text
stringlengths
83
999
class
stringclasses
10 values
Terrorchilik endilikda mahalliy hodisa hisoblanmaydi, undan global siyosiy o‘yinda o‘z qarorlarini qabul qilishda mustaqil harakat qiladigan mustaqil davlatlarni zaiflashtirish uchun foydalanilmoqda. Bunday fikrni Suriya prezidenti Bashar Asad aytdi. Asad hozirda Damashqda safar bilan bo‘lgan Marokash hukumati delegatsiyasining a’zolari bilan suhbatda ayni vaqtda "Suriyada vaziyat yaxshilanayotgani va Suriya xalqi o‘z vatanini himoya qilishda jasurona kurashni davom ettirayotganini" qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Siyosat
Rasmiy Damashq Suriyaning tashqi dunyo bilan moliyaviy operatsiyalari bo‘yicha qo‘llangan moliyaviy sanksiyalarni bekor qilish harakatlarini boshlagan. Bu haqda Suriya bosh vaziri Voil al-Xalqiga asoslanib RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan. Uning aytishicha, Suriyaning dunyodan uzilib qolmasligi va katta davlatlarning qo‘llab-quvvatlashiga erishilishi imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Suriya hukumati tashqi dunyo bilan aloqalaridagi moliyaviy sanksiyalarning bekor qilinishi bo‘yicha rejalar tuzgan. Vazir shuningdek, Suriyaning "barcha hamkor mamlakatlar bilan munosabatlarda moliyaviy tarmoq tashkil etishi, bu tarmoq orqali savdo, iqtisodiy hamda moliyaviy sohalarda hamkorlik qilishi" haqida gapirgan. Bundan oldinroq, Suriya «AvtoVAZ» bilan hamkorlik bo‘yicha dialogni tiklashga tayyorligi ma’lum qilingandi.
Siyosat
«Volfsburg» jamoasi daniyalik hujumchisi Niklas Bendtner bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Ushbu 28 yoshli daniyalikning «Volfsburg» bilan shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgandi va bu shartnoma muddatida oldin bekor qilindi. 31 mart kuni «Volfsburg» rahbariyati Bendtnerni ichki tartiblarga rioya etmagani uchun mashg‘ulotlardan chetlatgandi. Bendtner «Volfsburg»ga 2014 yili erkin agent sifatida kelgandi. U jamoa safida 47 uchrashuvda maydonga tushdi hamda 9 gol urdi. O‘z vaqtida Bendtner «Arsenal», «Sanderlend» va «Yuventus» jamoalari safida to‘p surgan. “Volfsburg” futbolchisi raqobatchi kompaniya mashinasi bilan suratga tushgani uchun jarimaga tortildi
Sport
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Igor Voronchenkoni Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining yangi qo‘mondoni etib tayinladi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali. "Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi, mudofaa vaziri va Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i bilan maslahatlashganimdan keyin, men sizning nomzodingizni ma’qullashga qaror qildim. Biz sizga o‘zingizning eng yaxshi sifatlaringizni ko‘rsatishingiz uchun biroz vaqt beramiz", deb aytdi Poroshenko. Avvalroq Poroshenko Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Sergey Gaydukni o‘z lavozimidan bo‘shatgandi. Poroshenkoning ta’kidlashicha, bunga Gaydukning xizmatini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani va obro‘si pastligi sabab bo‘lgan.
Siyosat
Qozog‘iston Respublikasining sobiq bosh prokurori o‘rinbosari Jakip Asanov Qozog‘iston bosh prokurori etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati tvitterda. "Davlat rahbari farmoni bilan J.Asanov Qozog‘iston bosh prokurori etib tayinlandi", deb aytilmoqda xabarda. Avval bu lavozimni Asxat Daulboyev egallab kelgan. "Davlat rahbari farmoni bilan Daulbayev Asxat Qayzullayevich boshqa ishga o‘tayotgani sababli Qozog‘iston bosh prokurori lavozimidan ozod etildi", deb qo‘shimcha qilindi Oqo‘rdada. Jakip Kajmanovich Asanov 1963 yil Qizilo‘rdada tavallud topgan. S.M.Kirov nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini "huquqshunoslik" mutaxassisligi bo‘yicha yakunlagan. 2012 yil 6 sentabrda Nursulton Nazarboyev farmoni bilan Qozog‘iston bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlangan. 3-sinf Davlat adliya maslahatchisi hisoblanadi. Huquqshunoslik fanlari nomzodi.Uylangan, uchta farzandi bor.
Siyosat
AQShda politsiyachilar tomonidan o‘qqa tutilgan 12 yoshli qora tanli bola oilasiga 6 mln dollar to‘lanadi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, bu pullarni Klivlend shtati hukumati to‘laydi. Rays ismli bola 2014 yil 22 noyabrda otib o‘ldirilgan. Bola haqiqiy to‘pponchaga o‘xshash o‘yinchoq to‘pponcha bilan o‘ynab yurganda, buni ko‘rgan guvohlar to‘pponchani haqiqiy deb o‘ylab, politsiyaga xabar berganlar. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar bolaga qo‘llarini ko‘tarishni buyurishgan, biroq bola kamaridagi o‘yinchoq to‘pponchaga qo‘lini uzatayotganda politsiyachilar tomondan 2 ta o‘q bilan o‘ldirilgan.
Siyosat
Frantsuz yozuvchisi Martin Grey 93 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi L’Express. U “Men sevgan insonlarga” nomli avtobiografik asari bilan tanilgan edi. Grey Varshava shahrida tavallud topgan. U “Men sevgan insonlarga” nomli asarida Ikkinchi jahon urushi vaqti Treblinka konslagerida onasi va aka-ukalaridan, Varshava gettosida esa otasidan qanday qilib ayrilgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Shuningdek, yozuvchi aynan mana shu asarida turmush o‘rtog‘i va farzandlari 1970 yilda o‘rmondagi yong‘in oqibatida halok bo‘lgani haqida ham so‘zlab bergan. 1983 yilda avtobiografik kitob asosida film suratga olingan. “Barcha yaqinlarim nomidan” kinokartinasida bosh rolni Maykl York ijro etgan. 2012 yildan beri Grey Sine (Belgiya) shahrida yashab kelgandi.
Oila va Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Vnukovo-2” aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Tantanali kutib olish marosimidan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi. Shu kuni Islom Karimov bilan Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tashrifning asosiy voqealari 26 aprelga belgilangan. Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston – Rossiya hamkorligi rivojining dolzarb masalalarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almashadilar. Avval xabar qilinganidek, muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.
Siyosat
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvni boshladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, bugungi uchrashuv norasmiy ko‘rinishga ega. Putin va Karimov o‘rtasidagi rasmiy muzokaralar 26 aprelga belgilangan. Prezidentlar o‘rtasidagi muzokaralarda rasman iqtisodiyot masalalari haqida gap ketishi belgilangan.
Siyosat
Polsha davlat rahbari Anjyey Duda mamlakat mudofaa vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvida Rossiya imperiya davri siyosatiga qaytayotgani haqida bayonot bergan, deb xabar qiladi «Radio Polsha». «Rossiya imperiya siyosatiga qaytgani va rahbariyati qanday qadamlar tashlayotgani hech kimga sir emas. 2008 yil Gruziyadagi voqealar, so‘nggi yillarda Ukrainada bo‘layotgan hodisalardan barchamizning xabarimiz bor, albatta. Yaqindagina, rus samolyoti ishtirokida Boltiq dengizida yuz bergan voqeani ham yaxshi bilamiz», — degan prezident Duda. Uning qayd etishicha, «xavfsizlik masalasi, qo‘mondonlik tizimi faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi hamda kuchli va salohiyatli armiyaga ega bo‘lish hukumatning bosh vazifalaridan biridir». Bundan avval, Polsha prezidenti Rossiya yangi "sovuq urush"ni boshlab berayotgani haqida fikr bildirgan edi.
Siyosat
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton agar prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lsa, o‘z ma’muriyatining yarmini ayollardan tuzishga va’da berdi, deb xabar bermoqda MSNBC. "Mening ma’muriyatim Amerika kabi bo‘ladi, Amerikaning 50 foizi esa ayollardan tashkil topgan", deb aytdi Klinton. Klinton bu mavzuda boshqa izohlar bermadi.
Siyosat
«Napoli» va Argentina terma jamoalarining sobiq hujumchisi Diyego Maradona neapolliklar mavsumlar oralig‘ida Gonsalo Iguainni sotib yuborishi mumkinligi haqida gapirdi. 28 yoshli argentinalik bu futbolchi A Seriyaning bu mavsumida 30ta gol urib, eng yaqin ta’qibchisini 14 gollik farq bilan ortda qoldirib, to‘purar bo‘lib turibdi. «Men chetdagi odam sifatida „Napoli“ sotishi kerak deb hisoblamayman. Lekin uni sotish kattagina mablag‘ keltiradi. U bu mavsumdagi ko‘rsatkichlarni takrorlashi qiyin. U bu mavsumdagi deyarli har o‘yinda gol urdi. „Napoli“ prezidentini yaxshi bilaman, Gonsaloni transfer qilishlari haqiqatga yaqinroq. Ularda yana bir hujumchi bor: Xolid Kulibali — fenomenal o‘yinchi. Agar u oq tanli bo‘lganida, katta ehtimoli bilan yoki „Real“ yoki „Barselona“ uni sotib olardi», — degan Maradona Piùenne uchun bergan intervyusida. A Seriyaning joriy mavsumida 24 yoshli senegallik himoyachi Kulibali 30 uchrashuvda maydonga tushgan va 12ta sariq kartochka olgan.
Sport
Fransiya Avstraliya buyurtmasi bo‘yicha yangi avloddagi suv osti kemalari qurishga 50 mlrd dollarlik tenderni yutdi, deb xabar bermoqda The Australian nashri. Nashrning ta’kidlashicha, Fransiyaning tenderda g‘olib bo‘lgani haqidagi xabarni Fransiya prezidenti Fransua Ollandga Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull ma’lum qildi. Tanlovda, shuningdek, Yaponiya va Germaniya ishtirok etgan.
Xorijiy Yangiliklar
Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbariyati foydalanuvchilarga fotosuratlar, videotasmalar, shuningdek ovozli yozuvlar bilan almashish imkonini beruvchi ilova ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqida The Wall Street Journal ma’lum qildi. Mazkur ilova Snapchat’ning analogi bo‘lishi kutilmoqda, u foydalanuvchilar uchun fotosuratlar va videotasmalar almashishga imkon yaratadi. Manbaning xabar berishicha, ushbu loyihaning amalga oshishiga to‘liq kafolat yo‘q, chunki u ishlab chiqishning eng boshlang‘ich bosqichida.
Texnologiya
2016 yilning 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashida O‘zbekistonning bo‘lajak raisligi nuqtai nazaridan ikki tomonlama hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Siyosat
Polsha 4 iyuldan 2 avgustga qadar Yevropa Ittifoqi bilan vaqtinchalik chegara nazoratini o‘rnatishni rejalashtirgan. Bu haqda mahalliy OAV xabar qildi. Nazorat “jamoat tinchligini buzishi va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan shaxslarning Polshaga kirishi oldini olish maqsadida” Germaniya, Slovakiya, Chexiya, Litva chegaralarida, shuningdek, aeroportlarda o‘rnatiladi. OAVda ushbu harakatlar NATO iyul avvalida bo‘lib o‘tadigan sammitini Varshavada o‘tkazishi va Jahon yoshlar kuni bilan bilan bog‘liq deya ta’kidlanmoqda.
Siyosat
Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (ITM) tomonidan e’lon qilinadigan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) mart oyida fevral oyiga nisbatan 5,2 foizga o‘sib, 1052 punktgacha (mingdan yuqori raqam faollik o‘sishini, mingdan pasti tushishni anglatadi) ko‘tarilgan. Umuman, ishbilarmonlik faolligidagi o‘zgarishlar yuz bera boshlagan 2015 yil yanvaridan beri IFI 22,2 foizga o‘sib, 1222 punktni tashkil etgan. ITM hisobotida qayd etilishicha, mart oyi ko‘rsatkichining o‘sishiga IFIning 4 ta asosiy tarkibiy qismida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergani sabab bo‘lgan, deb yozadi gazeta.uz. Ishbilarmonlik faolligi indeksi ITM tomonidan 2014 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti iqtisodiy davriylikning qaysi bosqichida ekanini operativ bilish maqsadida ishlab chiqilgan. 1999 yili O‘zbekiston hukumati va BMT taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan ITM taraqqiyotga oid keng miqyosli masalalar yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazib, hukumatga takliflarini ishlab chiqadi.
Iqtisodiyot
Germaniya parlamenti Turkiya hukumatining jurnalistlar kirishini taqiqlashi bo‘yicha muhokama o‘tkazadi. Bu haqida Bild jurnali xabar beradi. Nashrning ma’lum qilishicha, mamlakat amaldorlari turk hukumatining jurnalistlarning kirishini taqiqlovchi ro‘yxatidan norozi bo‘lmoqda. “Jurnalistlar ro‘yxatining demokratiyaga hech qanday aloqasi yo‘q”, - dedi Yevroparlament prezidenti, ijtimoiy demokrat Martin Shults. GFR ijtimoiy-demokratik partiyasi deputati Mishel Myuntefering ham shunday fikrda. “Germaniya hukumati hattoki intensiv hamkorlik sharoitida ham bu savolni ko‘tarishi kerak”, - deya qayd etdi u. “Yashillar” rahbari Brita Xaselman ham “Turkiya prezidenti haqidagi har qanday tanqidiy so‘z ta’qibga sabab bo‘lishi mumkin”ligini tanqid qildi. Biroz oldinroq, Turkiya hukumati Germaniyaning Bild nashri fotosuratchisini mamlakat hududiga kiritmagani haqida xabar berilgandi.
Siyosat
Avstraliya shimolida timsoh uxlab yotgan sayyohning palatasiga kirib, uning oyog‘ini tishlab oldi. 19 yoshli o‘spirinning so‘zlariga ko‘ra, u yirtqichdan qutulishga muvaffaq bo‘lgan. Piter Rozvell oilasi bilan Palm-Krik daryosi qirg‘og‘ida dam olayotgandi. Yigitchaning so‘zlari bo‘yicha, tunlarning birida o‘smir kimdir oyog‘idan turtkilayotganidan uyg‘onib ketadi. Uyg‘onib, u “uch yoki to‘rt metrli uzunlikdagi timsoh”ni ko‘radi. Rozvell krokodildan qutilib, hatto uni daryoga haydab yuborgan. Voqeadan keyinoq, uning opasi Rozvella uni shifoxonaga jarohatini ko‘rsatishga olib bordi. Tishlab olingan jarohat hayot uchun xavfli emas ekani aniqlandi. Yaqinroqdagi Ketrin shahri meri muxbirlar bilan suhbatda ushbu suv bo‘yi dam olish mintaqasida timsohlar tobora ko‘proq uchrayotganini qayd etdi. Mer ularning tarqalishini qisqartirishga chaqirdi.
Oila va Jamiyat
11 aprel kuni Nigeriya qirg‘oqlari yaqinida jangarilar tomonidan garovga olingan Turkiyaning "M/T Pul" tankeri dengizchilari qo‘yib yuborilgan. Hurriyet agentligi xabariga ko‘ra, undagi turkiyalik 6 nafar dengizchi ayni vaqtda ozodlikda. 11 aprel kuni qurollangan shaxslar kemani to‘xtatib, undagi olti kishini, shu jumladan kema kapitanini olib ketishgandi. Tanker boshqa dengizchilar tomonidan eng yaqin portga olib borilgandi. Gazeta xabarida "Kaptanoglu" tankeri egasi hisoblanadigan "Kaptanoglu Denizjilik" kompaniya advokati Fexmi Ulgenerga asoslanib, ma’lum qilishicha, dengizchilarning barchasi sog‘-salomat. OAV: Qaroqchilar Nigeriya sohillarida turkiyalik olti dengizchini o‘g‘irlab ketishdi
Xorijiy Yangiliklar
Apple korporatsiyasi kadrlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi xodimlar sonini kamaytira boshladi. Bu haqda Venture Beat xabar qildi. Shunday qilib, kompaniya nafaqat shtatdan tashqari ishlaydigan HR-mutaxassislarni, balki doimiy rasman faoliyat yurituvchilarni ham vazifasidan ozod qilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, 100dan ortiq xodim ishidan ayrilishi mumkin. Biroq Apple bu masalada oshkora ma’lum qilmadi. Hozirgacha kompaniya yangi xodimlar sonini bir necha barobarga qisqartirib yubordi, shuning uchun kadrlar bo‘yicha mutaxassislarning xizmatidan voz kechishga qaror qilindi. Manbaga ko‘ra, kompaniya bonuslar tizimini ham o‘zgartirgan: agar HR-mutaxassislar yangi xodim maoshining 40 foizigacha mukofot olgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 10-15 foizni tashkil etadi. Ba’zi xodimlar esa bonuslardan butunlay mahrum etilgan.
Iqtisodiyot
Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon musulmon davlati diniy konstitutsiyaga muhtoj ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Hukumat tepasidagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasi Turkiyada harbiy to‘ntarishdan so‘ng 1980 yilda imzolangan konstitutsiyani almashtirishni talab qilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, undan hukumatni sekulyarizatsiya qilish (din ta’siridan chiqarish) bo‘limi olib tashlanadi. Tanqidchilar prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yangi konstitutsiya yordamida parlament tizimini ham o‘zgartiradi va butun hokimiyatni qo‘liga oladi, degan xavotirni bildirgan. Turkiya hukumati yangi konstitutsiya matni inson huquqlari yevropa standarti asosida qurilishini ma’lum qildi. Turkiya konstitutsiyaga islom dini – davlatning rasmiy davlat dini ekanini rad etuvchi punktni 1928 yilda kiritgan.
Siyosat
Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi mamlakatdagi 6ta aeroportda ish tashlashlar o‘tkazilgani tufayli 895ta reysini bekor qilgan. Bu reyslarning barchasi 27 aprel kuniga belgilangan. Aviatashuvchi kompaniyaning matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ish tashlashlar jami 87 ming yo‘lovchining harakatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan 40 foizi oldindan rejalashtirilgan uchishlarga taalluqli edi. Verdi kasaba-uyushmalari bundan oldinroq, Bremen, Frankfurt-Mayn, Myunxen, Dyusseldorf, Kyolna/Bonn va Hannover aeroportlarida ish tashlashlar uyushtirilishi haqida ogohlantirgandi. Bunga ish beruvchilar bilan tariflar bo‘yicha kelib chiqqan bahs sabab bo‘lgan.
Iqtisodiyot
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar, xavfsizlik masalalari bo‘yicha bosh komissari Federika Mogerinining fikricha, Turkiya Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirishdan ancha uzoqda. "Biz bu voqelikdan ancha uzoqmiz", — degan Mogerini Fransiyaning France Inter radiosiga bergan intervyusida. Turkiyaning YeIga a’zo bo‘lishi muddati xususida berilgan savolga javob berar ekan, Mogerini shunday bayonot bergan. Uning yodga olishicha, hatto Shengen hududida turk fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy qilish masalasi hal etilmagan. Shunga qaramay, Mogerinining ishonch bildirishicha, Bryussel va Anqara o‘rtasidagi muzokaralar "birinchi navbatda Turkiyaning o‘zi uchun foydalidir". "Turkiya bilan Ittifoqqa qabul qilish bo‘yicha muzokaralar, Turkiya davlatchiligini isloh qilish, OAV va so‘z erkinligiga erishishda yordam berishiga ishonaman", — degan Mogerini.
Siyosat
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qayd etishicha, mamlakatda O‘zbekistondan import qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 10 foizga, sitrus mevalar importi 54 marotabaga oshgan. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar tarqatdi. Bu haqda Putin O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov bilan rasmiy uchrashuvi paytida ma’lum qilgan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, bir qator sabzavot mahsulotlari ichida o‘sish 10 martagacha, uzum importi bo‘yicha esa 20 martaga o‘sgan. Uning qayd etishicha, tovarlar almashinuvida dollar orqali savdo qilish kamaygan, biroq rubl orqali savdo hajmi o‘sgan.
Iqtisodiyot
FIFAning axloq qo‘mitasi UYeFA prezidenti Mishel Platiniga qo‘yilgan ayblovlarni olib tashladi. Bu voqea Sport arbitraj sudining eshituvidan keyin sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda Football Italia nashri. Manbaga ko‘ra, hozircha FIFA mazkur xabarni rasman e’lon qilishga shoshilmayapti. UYeFA prezidenti lavozimida ishlab kelgan fransiyalik sobiq futbolchi FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter bilan tashkilot pullarini noqonuniy ishlatishda ayblangan va olti yilga futboldagi faoliyatidan chetlatilgandi. Shuningdek, Blatter va Platini mos ravishda 50 va 80 ming shveysariya franki miqdorida jarima ham to‘lagandi.
Sport
AQShda eng chiroyli buldog zotiga mansub it tanlandi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Har yilgi an’naviy tanlov 37-marta o‘tkazildi. Tadbir Dreyk universitetida (Aynova shtati) bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘olibi Vinsent laqabli ingliz buldogi bo‘ldi. It egalari uni hayvonlar uchun mo‘ljallangan boshpanadan olishgan va uning yoshi nechada ekanligini bilishmaydi. Taxminlarcha, it 3 yosh atrofida. Endi Vinsent Drake Relays yengil atletika musobaqalarining ramzi bo‘lib "ishlab berishiga" to‘g‘ri keladi. U musobaqa ochilishida va fotosessiyalarda ishtirok etadi. Agar Vinsent o‘z majburiyatlarini bajara olmasa, unda uning o‘rnini tanlov bo‘yicha undan keyingi o‘rinni egallagan raqiblari egallaydi. Avvalroq Buyuk Britaniyada vest-xaylend-uayt-terer zotidagi it eng yaxshi it nomi uchun 22 mingta raqibini ortda qoldirgani ma’lum qilingandi.
Sport
25 aprel kuni Toshkentda ADWEEK.UZ Marketing va reklama haftaligi doirasida ikki kunlik ADFORUM 2016 marketing va reklama forumi ochildi. ADFORUM 2016 qatnashchilari reklamani boshqarish, tovar belgisi muhofazasi, mediarejalashtirish, brendni shakllantirish va olg‘a siljitish masalalarini muhokama qilmoqda. Forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada milliy kompaniyalarning mahsulot va xizmatlari taqdim etildi. Ilk bor tashkil etilgan ADWEEK.UZ haftaligi reklama va marketing bozorini rivojlantirishda bilim va tajribalarni almashish uchun qulay maydon bo‘lishi lozim, deya ta’kidladi forum ochilishida Davlat raqobat qo‘mitasi bosh boshqarma boshlig‘i Najmiddin Sharipov. Haftalik doirasida ADBRAND 2016 brendlar tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar 27 aprel kuni yopilish marosimida e’lon qilinadi. Suratlar manbasi: facebook.com/infocom.uz
Oila va Jamiyat
Bank o‘tkazmalari bo‘yicha SWIFT xalqaro tizimi so‘nggi kunlarda bir necha bor xakerlarning hujumiga duch kelgan. Moliyaviy birlashmaning shu haqda so‘z yuritilgan ichki hujjatlari Reuters agentligi ixtiyoriga tushgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, gap "kiberhududda amalga oshirilgan bir nechta hodisa xaqida bormoqda". Ammo hujjatda o‘g‘irlangan mablag‘ hajmi va sanasiga oydinlik kiritilmagan. Garchi ma’lumotlar OAV uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa-da, tizim operatorlari shunday hujumlar bo‘lganini Reuters agentligiga tasdiqlashgan. Shu bilan birga, 25 aprel kuni SWIFT tizimi xavfsizlik xizmati xodimlari, xakerlar hujumidan ogoh etuvchi dasturni yangilashga erishganlar. Endilikda, mazkur tizimga a’zo barcha moliya muassasalari 12 mayga qadar ushbu dasturni mustaqil ravishda o‘rnatib olishlari kerak bo‘ladi.
Iqtisodiyot
Rossiyadagi Tambov davlat universitetida tahsil oluvchi o‘zbekistonlik talabalar «Moya strana» nomi ostida o‘tkazilgan raqs tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Kun.uz saytiga talabalardan biri Muslimbek Obidov ma’lum qilgan. "Biz barchamiz Tambov shahridagi Gavriil Romanovich Derjavin nomidagi oliygohda, turli yo‘nalishlarda o‘qiymiz. Har yili universitetimizda «Moya strana» nomi bilan tanlov o‘tkaziladi. Unda milliy raqslar orqali urf-odatlar va milliy an’analar namoyish etiladi", degan u. Bu yilgi tanlovda O‘zbekistondan tashqari Hindiston, Xitoy, Marokash, Vetnam, Rossiya va Angoladan kelgan talabalar o‘zlarining milliy raqslari bilan ishtirok etgan.
Ta'lim
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Bokuda bo‘lib o‘tayotgan BMT sivilizatsiyalar al’yansi VII Global forumi ochilishida qilgan ma’ruzasida ma’lum qilishicha, mamlakat hududiga kirib kelayotgan qochqinlarni joylashtirish uchun 20 mlrd. dollardan ortiq mablag‘ sarflangan. "Bugungi kungacha, Turkiya Suriya va Iroqdan kelgan 3 million qochqinga boshpana berdi. Ularning ehtiyojlari uchun 10 mlrd. dollar sarfladi. Nohukumat tashkilotlari mablag‘larini ham e’tiborga oladigan bo‘lsak, bu raqam 20 mlrd. dollardan oshib ketadi" , — degan Erdo‘g‘an. Bunda uning qayd etishicha, "Turkiya eshiklari, G‘arbnikidan farqli ravishda qochqinlar uchun doimo ochiqdir". "Biz, ayrim G‘arb davlatlaridek ular oldidagi darvozalarimizni yopmaymiz", — degan Turkiya davlat rahbari.
Siyosat
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudlarga ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda majburiy dalillar sifatida foto va videomateriallarni olish majburiyatini qo‘yuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Kreml saytidagi xabarda aytildi. "Federal qonunga ko‘ra, foto- va kinos’yomka, audio va videoyozuvlar, axborot bazalari va ma’lumotlar bazalari hamda boshqa axborot tashuvchilar materiallariga ma’muriy qonunbuzarliklar bo‘yicha ishlarda ehtimoliy dalil emas, balki to‘laqonli dalil maqomi beriladi", deyilmoqda xabarda. Avvalroq Davlat dumasi uchinchi o‘qishda ma’muriy qonunbuzarliklar haqidagi Kodeksga sudlarga fotosurat va videoyozuvlarni majburiy dalil sifatida qabul qilish majburiyatini qo‘yuvchi tuzatishlarni qabul qilgandi.
Siyosat
“O‘zbekiston” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionatida hamyurtimiz Adham Ergashev uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda. 62 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida ishtirok etgan A.Ergashev dast ko‘tarishda 125 kilogramm natija bilan bronza medal sohibiga aylandi. Bugun o‘zbekistonlik sportchilardan Dostonbek Yoqubov (-69 kg) va Lola Qodirova (58 kg) musobaqalarda ishtirok etadi.
Sport
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning ta’kidlashicha, ShHT doirasidagi bir qator masalalar ochiq qolmoqda va ularni o‘z vaqtida kechiktirmagan holda hal qilish zarur hisoblanadi. "Ba’zi savollarga javob olish kerak. Ba’zi davlatlar o‘z qiziqishlaridagi savollarga alohida tarzda yechim topishni istashi mumkin. Bu masalani zudlik bilan hal qilish kerak", deydi jurnalistlarga Islom Karimov RF prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan keyin. O‘zbekiston rahbari "ShHTning kelajagi uchun favqulodda muhim hisoblanadigan hujjatlarni qabul qilish jarayonini tezlatish zarurligi"ni ta’kidladi. Karimov shuningdek, ShHTni Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy qarama-qarshiliklarga aralashmaslikka chaqirgan.
Siyosat
Bugun, 26 aprel kuni Gulruhbegim Tohirjonova Tashkent Open xalqaro turnirining so‘nggi turida musobaqaning ikkinchi tartib raqamli ishtirokchisi armanistonlik Tigran Petrosyanni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan. Shu tariqa, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Gulruhbegim Tohirjonova grossmeysterlik talabini bajargan. Endilikda O‘zbekistonda ayol grossmeysterlar soni ikki nafarga yetdi. O‘zbekistonning birinchi ayol grossmeysteri sifatida Gulruhbegim Tohirjonovaning opasi Nafisa Mo‘minova qayd etilgan.
Sport
Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sujata Mehta boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi. Delegatsiya 26 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Hindiston siyosiy maslahatlashuvlarining 12-raundida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi hamda ba’zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston muloqotidagi ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi, xususan Hindiston bosh vaziri Narendra Modining 2015 yil iyulidagi O‘zbekistonga tashrifi va oliy darajadagi muzokaralarning samarali yakunlari aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqani ta’kidlandi. Uchrashuvda Hindiston elchisi Vinod Kumar ishtirok etdi.
Siyosat
Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:45da Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalidagi dastlabki o‘yinda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Real»ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvda maydonga tushadigan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Zinedin Zidan boshlang‘ich tarkibga jamoaning asosiy hujumchisi Krishtianu Ronalduni kiritmagan. Uning nomi hatto o‘yin qaydnomasida ham yo‘q. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi Ispaniya chempionatining 34-turida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi va 23 aprel kuni «Rayo Valekano»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgandi. «Manchester Siti»: Xart, Sanya, Kompani, Otamendi, Klishi, Fernandino, Fernando, Xesum Navas, Silva, De Bryuyne, Aguero. «Real»:Keylor Navas, Karvaxal, Pepe, Ramos, Marselo, Kasemiro, Modrich, Kroos, Beyl, Vaskes, Benzema.
Sport
Taniqli videobloger Deyv Bennett o‘zining YouTube-kanaliga 1.6 Android Wear “aqlli” soatida Counter-Strike 1.6 jamoaviy otishma o‘yinini o‘ynayotgani aks ettirilgan videoni joyladi. Bloger rolik orqali soatda o‘yinni ishga tushirish sxemasini batafsil yoritib bergan. Shuningdek, u qurilma internetga ulanmaganligi bois faqat botlar bilan o‘ynash rejimidan foydalanish mumkinligini ham qayd etgan. Bundan tashqari, Bennett o‘zining saytida Android’da o‘yinlarni ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar joylashtirdi. Rolikda shuni ko‘rish mumkinki, “aqlli” soatlarda o‘yin o‘ynash — boshqaruv tugmalari butun ekranni egallab olganligi sababli noqulay va g‘ayrioddiy mashg‘ulot. Bundan tashqari, bloger boshqaruvni avval o‘zi xabar bergan “aqlli” soatlardagi Half-Life o‘yini bilan ham solishtirib ko‘rgan.
Texnologiya
O‘zbekiston chempionati o‘yini vaqtida Pikening qiyofadoshini payqashdi. Sports.ru nashridagi fotoxabarda «Olmaliq» futbol klubi darvozaboni «Barselona» himoyachisi Jyerar Pikega juda o‘xshash ekani aytildi. Tashqi ko‘rinishi Pikega juda o‘xshash bo‘lgan futbolchi Roman Abdulov bo‘lib, u «Olmaliq» futbol klubi darvozaboni. Fotosuratda uning tribunada o‘tirgan holati aks etgan. Surat manbasi: www.facebook.com/championat.asia/
Sport
AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Konnektikut shtatidagi dastlabki saylovlarda demokratlar partiyasidan nomzodlar ichida g‘alaba qozondi. Endilikda, Klinton 5ta shtatda o‘tkazilgan praymerizlarda 4tasida g‘alaba qildi. Bu haqda CNN xabar berdi. CNN’ning ma’lum qilishicha, 94 foiz ovozlarning hisob-kitob natijalariga ko‘ra, Klinton 51,2 foiz ovoz to‘plagan. Uning partiyadosh raqibi Berni Sanders esa 47 foiz ovoz to‘plagan. Bungacha Sandersning Rod-Aylenddagi praymerizda g‘alaba qilgani ma’lum bo‘lgandi. Klinton esa Merilend, Delaver va Pensilvaniyada undan ustun kelgandi. O‘z navbatida, AQSh prezidenti lavozimi uchun saylovlarda Respublikachilar partiyasidan nomzod barcha 5ta shtatda praymeriz g‘olibi bo‘ldi. AVS telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, respublikachi milliarderga Pensilvaniyada 69 foiz, Konnektikutda – 59 foiz, Rod-Aylendda – 66 foiz, Delaverda 59 foiz saylovchi ovoz berdi.
Siyosat
Rossiyadagi yangi Vostochniy kosmodromidan "Soyuz-2.1a" raketa-tashuvchisining parvozi 1 kunga qoldirilishi bo‘yicha qaror oxirgi daqiqada qabul qilingan. Bu haqda TASS agentligi kosmik sohadagi manbasiga asoslanib xabar tarqatgan. Raketa orbitaga "Lomonosov", "Aist-2D" koinot qurilmalari va SamSat-218 nanoyo‘ldoshini olib chiqishi kerak edi. Bu parvoz kosmodromdan amalga oshiriladigan ilk parvoz bo‘lib, u 27 aprel Moskva vaqti bilan soat 05:01 ga (Toshkent vaqti bilan 07:01) belgilangan edi. «Roskosmos»dagilar parvozning kechiktirilishi sababini ma’lum qilishmagan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, raketa parvozi 28 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 5.01da amalga oshiriladi.
Texnologiya
Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) rahbari Gerxard Shindler boshqarma talabiga ko‘ra, o‘z lavozimidan bo‘shatilgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan. Sueddeutsche Zeitung ma’lumotiga ko‘ra, 2012 yildan buyon shu lavozimda ishlab kelgan 63 yoshli Shindlerning o‘rnini ma’muriyatning boshqa xodimi Bruno Kal egallaydi. Germaniya hukumati va federal xizmat tomonidan bu xabarga munosabat bildirilmagan.
Siyosat
AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter harbiylarning tamaki iste’mol qilish darajasini kamaytirish tashabbusi bilan chiqqan. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, AQSh armiyasining harbiy bazalaridagi tamaki narxlari bozor narxiga yetkazib qo‘yiladi. Direktiva shuningdek, bolalar tashrif buyurishini inobatga olgan holda harbiy bazalarda chekish taqiqlangan hududlarni kengaytirmoqchi. Bundan oldinroq, AQSh hukumati samolyotlarda elektron sigaretlar chekishni taqiqlagandi.
Siyosat
Marg‘ilonda rekonstruksiya ishlaridan so‘ng Markaziy madaniyat va istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar qilgan. Bog‘ hududiga yangi attraksionlar o‘rnatilib, 400 o‘rinli amfiteatr va nuroniylar choyxonasi bunyod etildi, suzish havzasi hamda mini-stadion faoliyat ko‘rsatmoqda.
Madaniyat
Janubiy Koreyaning Renxap agentligi Pxenyan radiosiga tayangan holda tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya mehnat partiyasining s’yezdi so‘nggi 36 yil ichida ilk marotaba 6 may kuni bo‘lib o‘tadi. "KMP (Koreya mehnat partiyasi) markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi qaroriga ko‘ra, partiya s’yezdi 2016 yil 6 may kuni o‘tkaziladi", — deb e’lon qilgan KXDR markaziy radiosi. Janubiy Koreya axborot agentligi qayd etishicha, siyosiy anjuman mamlakat yetakchisi Kim Chen In hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan. Seul ekspertlarining fikricha, bu safargi partiya forumi 3-4 kun davom etishi mumkin. Aytish joizki, KMP s’yezdi oxirgi marotaba 1980 yilda tashkil etilgan edi. Unda mamlakatning hozirgi yetakchisining otasi Kim Chen Ir Shimoliy Koreya ilk rahbari Kim Sen Irning o‘rnini egallashi rasman tasdiqlangandi. Ammo KMP Kim Chen Ir hukmronligi davrida biron marta ham yirik anjuman o‘tkazmagan.
Siyosat
Rossiyaning «Lokomotiv» futbol klubi o‘zining rasmiy tvitterida 26-turdan o‘rin olgan «Spartak»ka qarshi o‘yin promo-roligini taqdim etdi. Videorolikda klubning o‘zbekistonlik himoyachisi Vitaliy Denisov Marvel komiksidagi Tor obrazida ko‘rinish bergan va unda «Spartak» xokkey klubi stikeridan foydalanilgan. Tor navodit poryadok na ulitsax stoLitsy – ocherednoye moshchnoye promo ot #LokoTV! Polnaya versiya:https://t.co/9sE13eaA7E pic.twitter.com/6RzK6I8kdi — FK Lokomotiv (@fclm_official) 26 aprelya 2016 g. Mazkur tvitga xokkey klubi javob qaytargan va Rossiya ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining «o‘zga mulkni yerga urish va unga zarar keltirish» moddasi bilan ayblagan va ularga buning uchun 1500 dan 2500 rublgacha jarima solinishini eslatib o‘tgan. @fclm_official st.7.17 Kodeksa ob administrativnyx pravonarusheniyax. Shtraf ot 1500₽ do 2500₽ — HC Spartak Moscow (@spartak_hc) 26 aprelya 2016 g.
Sport
"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Fuqarolar Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining bo‘lib o‘tadigan majlisi haqida” mavzuida ekspress-so‘rov o‘tkazdi. So‘raluvchilarning 81,5 foizi ShHT sammiti arafasida Toshkentning tashqi qiyofasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ijobiy baholagan. Ularning fikricha, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlarining uchrashuviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda va ular poytaxt qiyofasi kun sayin o‘zgarib borayotganidan mamnun. Shuningdek, 92,1 foizi kishi ShHTni eng nufuzli xalqaro tashkilotlardan, deb hisoblaydi. Ushbu xalqaro tuzilma terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm, qurol-yarog‘ va narkotiklarning noqonuniy savdosi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgani ta’kidlangan. Fuqarolarning fikricha, ShHT eng ta’sirli xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi.
Siyosat
Lesbos orolida joylashgan qochqinlar jamoasi Gretsiyaning muhojirlik siyosati vaziri Yannis Muzalasga suv solingan idishlar uloqtirdi, deb yozmoqda Proto Thema. Ma’lum qilinishicha, qarama-qarshilik 26 aprel tongida, qochqinlarni boshpana so‘rab, yiqqan 400 dan ziyod arizasi rad etilgach, yuz bergan. Muzalas qochqinlar qarorgohida bo‘lganida, u yerdagilar uni xushlamay kutib olgan va o‘z noroziliklarini yuqori holat misolida bildirishgan. Vazirning vaziyatni yumshatishga bo‘lgan urinishi besamar ketgan. Huquq-tartibot organlari ularni tinchlantirmoqchi bo‘lganda, qochqinlar ular ustiga tosh yog‘dirishgan. Nashrning ma’lum qilishicha, ayni damda politsiya maxsus kuchlari vaziyatni tartibga soluvchi ishlar olib bormoqda.
Siyosat
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, 27 aprel kuni tunda Ozarbayjon tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Bu haqda «Kavkazskiy uzel» xabar bermoqda. Vazirlikning ma’lum qilishicha, Ozarbayjon harbiy bo‘linmalari Martakert va boshqa aholi yashash punktlarini o‘qqa tutgan. Ma’lum qilishlaricha, Ozarbayjon qurolli kuchlari o‘t ochishda artilleriya, minomyotlar va «Grad» raketa uchirish tizimidan foydalanishgan. O‘ta og‘ir olingan jarohat tufayli Tog‘li Qorabog‘ qurolli kuchlari askari, 1996 yilda tug‘ilgan Ayk Minasyan halok bo‘lgan.
Xorijiy Yangiliklar
Foreign Affairs Amerika jurnali 2016 yil may-iyun oylari sonini ommalashtirish uchun videorolik namoyish etdi. Ushbu sonning o‘ziga xos jihati shundaki, u to‘liq Rossiyaga bag‘ishlangan. Videorolikda “yaralangan, biroq qudratli ayiq” hamda aroq quyilayotgan ryumka tasvirlangan. Ayiq obrazi jurnalning navbatdagi soni muqovasidan ham joy olgan. Bu rolikdan turli ma’nolar uqish mumkin: Rossiya iqtisodiyotining ahvoli, mudofaa sanoatining qayta yo‘lga qo‘yilishi, tashqi siyosat, Qrimning Rossiyaga birlashuvi va hokazo.
Siyosat
Avgust oyi oxirigacha Toshkentda qator maktabgacha ta’lim muassasalari to‘liq ta’mirdan chiqarilishi rejalashtirilgan. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish tenderini O‘zbekiston poytaxti hokimiyati “Yagona buyurtma xizmati” muhandislik kompaniyasi e’lon qildi («Vecherniy Tashkent» gazetasida). 30ta maktabgacha ta’lim muassasasini (MTM) ta’mirlash ishlarining boshlang‘ich umumiy qiymati mahalliy byudjyet hisobidan 23,772 milliard so‘mni tashkil etadi (QQS inobatga olinmagan holda). Kapital ta’mirdan chiqariladigan MTMlar: Olmazor tumani: 52, 94 va 472-sonli MTMlar; Bektemir tumani: 574-MTM; Mirobod tumani: 127 va 507-MTM; Mirzo Ulug‘bek tumani: 403, 446 va 466-MTM; Sirg‘ali tumani: 45, 87 va 459-MTM; Uchtepa tumani: 360, 409 va 465-MTM; Chilonzor tumani: 89, 368 va 462-MTM; Shayxontohur tumani: 27, 448 va 491-MTM; Yunusobod tumani: 160, 253, 417 va 499-MTM; Yakkasaroy tumani: 348 va 357-MTM; Yashnobod tumani: 129, 557 va 602-MTM.
Ta'lim
Italiyaning «Roma» va Angliyaning «Chelsi» klublari rimliklar yarimhimoyachisi Raja Nainggolan transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishmoqda. Londonliklarning bo‘lajak bosh murabbiyi Antonio Konte belgiyalik yarimhimoyachini sotib olishni tayinlagan. «Chelsi» Nainggolan uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi. Football Italia nashrining Sky Sport Italia va ESPN nashrlari manbalariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, inglizlar mazkur xaridni amalga oshirish uchun juda yaqin turishibdi. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nainggolan «Chelsi»ning Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etmasligi tufayli londonliklar safiga borib qo‘shilishni istamayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi. Ma’lumot uchun, «Roma» Nainggolanni 2014 yilning yanvarida «Kalyari» 50 foiz transfer huquqi evaziga 9 million yevro to‘lab sotib olgandi. 2015 yilda klub futbolchi uchun yana 9 million yevro to‘lagan va belgiyalik futbolchini to‘liq o‘ziniki qilib olgandi.
Sport
Taniqli shoira Munavvara Usmonovaning "Keragimsan" deb nomlangan yangi kitobi nashrdan chiqdi. Shoiraning bugungacha o‘nlab kitobi chop etilib, she’riyat ixlosmandlari tomonidan iliq kutib olingan. Jumladan, uning "Bunday elni qaydan topasan" nomi bilan mashhur bo‘lgan she’ri Ozodbek Nazarbekov tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan. Shoiraning ijodiga yana-da yuksak parvozlar tilaymiz!
Madaniyat
Fransiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Tiago Silva yana bir marotaba Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqishlari doirasi tushmoqda. 31 yoshli futbolchiga yaqin bo‘lgan manbalarning aytishicha, kataloniyaliklarning qiziqishidan Silvaning o‘zi ham xabardor qilingan. Biroq parijliklar o‘z sardorini qo‘yib yuborishi katta so‘roq ostida. Buning uchun Silvaning «PSJ» rahbarlaridan qo‘yib yuborishlarini so‘rashi kerak bo‘ladi. Qayd etib o‘tish joiz, «Barselona» birinchi marta Silvani 2012 yilda, futbolchi hali Italiyaning «Milan» klubi safida to‘p surgan paytlari sotib olishni rejalashtirgandi. Biroq futbolchi «PSJ» ko‘proq pul taklif qilgani bois fransuz klubini tanlaganini bildirib o‘tgan. 2014 yilda kataloniyaliklar yana bir bor Silvani sotib olishga urinishgan, biroq 50 million yevrolik taklif javobsiz qolgandi.
Sport
Sankt-Peterburgda gopnikka yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Arb-obekt konsepsiyasi “Sadaqa bering!” va “Qo‘ng‘iroq qilib olay?” iboralari kiradi. Bu haqda loyiha saytida xabar berildi. “Sankt-Peterburg Rossiyaning madaniyat poytaxti sifatida konsepsiyani qabul qilishi va gopnikka yodgorlik o‘rnatishi lozim. Skulptura hamon o‘ziga makon izlamoqda”, - deyiladi art-obekt tavsifida. Taxminlarga ko‘ra, yodgorlik chetroq tumanga yoki uning tarixiy-geografik joyida (Ligovskiy prospekti) o‘rnatiladi. Yangi yodgorlikni sayyohlar ko‘p tashrif buyuruvchi diqqatiga sazovor joyga aylantirish rejalashtirilmoqda. Gopniklar – rus tilining jargon so‘zi. Bu so‘z shahar aholisining pastki tabaqasi, bilimsiz, tajovuzkor kayfiyatdagi yoshlar (o‘smirlar), ko‘pincha betayin oiladan chiqqanlarni ifodalashda qo‘llanadi.
Madaniyat
Vashington Milliy dendrariysidagi ikkita qushga Ozodlik va Mustaqillik deb nom qo‘yishdi. Bu haqda CBS News xabar berdi. Nomlar ijtimoiy tarmoqlarda tashkillashtirilgan “Qushlar uchun laqab” kampaniyasi davomida tanlab olindi. Ovoz berish jarayonida 36 ming kishi ishtirok etdi. Tanlovga quyidagi laqablar taklif etilgandi: Anakostiya (Vashingtonning tarixiy bo‘lagi) va Potomak (AQSh sharqidagi daryo), Sharaf va Shuhrat, Olcha va Gulcha kabi. Qushlarning "ota-onasi" ham sharafli Prezident va Birinchi Ledi laqablariga ega.
Siyosat
Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqan xalqaro xavfsizlik bo‘yicha V Xalqaro konferensiya doirasida Amerika, Isroil va Saudiya Arabistoni terrorchilarning takfirist-sionist harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi. Bu haqida “Gazeta.ru” muxbiri xabar bergan. Takfirizm – radikal islomning nafaqat terrorchilarni, balki boshqa musulmonlarni ham qatl qilishga yo‘l qo‘yuvchi bir yo‘nalishi. IShID terrorchi guruhi ana shu pozitsiyaga amal qiladi. U shuningdek, Eron Isroilning “sionistik rejimi” yadroviy qurolsizlanish tarafdori ekanligini qayd etdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy qurolning tarqalmasligi haqidagi Shartnomada bu eng asosiy masalalardan biri bo‘lishi kerak. Bundan avval, OAVda Eron Suriya prezidenti Bashar Asad va uning oilasiga mamlakatdan panoh berish taklifini bildirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Siyosat
Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Biz tayyormiz. Biz tavakkal qilishni istaymiz. Biz harakat qilamiz. «Bavariya»da yaxshi futbolchilar juda ko‘p. Hujumda ham ularga variantlar ko‘proq. Ammo janglarda askari ko‘p bo‘lganlar emas, ulardan yaxshi foydalanganlar g‘alaba qozonadi. Finalga yo‘llanma olishimiz uchun nafaqat yaxshi himoyalanishimiz, balki gol ham urishimiz kerak bo‘ladi. Biz «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda bu ishni amalga oshirishga harakat qilib ko‘ramiz», – deya ta’kidlagan Simeone.
Sport
Shimoliy Kavkaz okrug sudi bugun – 27 aprel kuni asli qozog‘istonlik Vazgen Zargaryanni bir necha bor “IShID” terroristik guruhiga qo‘shilishga uringani uchun 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga asoslanib TASS xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra, sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Tergov natijalari bo‘yicha, ayblanuvchi 2014 yilning mart oyida IShIDga qo‘shilish va hukumat kuchlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etish maqsadida Suriya hududiga kirmoqchi bo‘ladi. 2014-2015 yillarda u boshqa davlatlar orqali ham Suriyaga kirishga urinadi. Oxirgi urinish paytida Zargaryan Rostov-Donda huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.
Siyosat
«O‘zkimyosanoat» AJ korxonalari 2016 yil yanvar-mart oylarida 576,6 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,3 foizga ko‘p demakdir. «O‘zkimyosanoat» AJ matbuot xizmatida ma’lum qilishlaricha, hisobot davri mobaynida 51,1 mlrd so‘mlik xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilgan. Bu esa, 2015 yil birinchi choragiga nisbatan 10,9 foizlik o‘sishni anglatadi, deb yozadi uzdaily.uz nashri. Soha ishlab chiqarish quvvatlari birinchi chorakda 328,46 ming tonna mineral o‘g‘it ishlab chiqqan. Xususan, 266,1 ming tonna azotli o‘g‘itlar, 35,9 ming tonna fosforli 26,46 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqilgan. Mahalliylashtirish dasturi doirasida kimyo sanoati tomonidan 65,44 mlrd so‘mlik mahsulot mijozlarga yetkazilgan. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha AJ tomonidan 42,9 mln dollarlik xorijiy sarmoya o‘zlashtirilgan.
Iqtisodiyot
Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xamenei Qo‘shma shtatlar Eronga doir sanksiyalarni faqatgina qog‘ozlarda bekor qilganini, aslida esa ular tadbirkorlarni ushbu mamlakatga sarmoya tikishdan qaytarayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi. “Hujjatlarda Qo‘shma Shtatlar xorijiy banklarga Eron bilan bitimlar imzolashga ruxsat beradi, amalda esa “eronofobiya” yaratmoqda, shuning uchun hech kim Eron bilan biznes yuritmayapti”, - dedi u Tehron ishchilariga murojaat qilish chog‘ida.
Xorijiy Yangiliklar
Sankt-Peterburgda ikki ayol o‘rtasida nizo yuzaga keldi. Bu haqda “Voditel Peterburga” xabar berdi. 26 aprel kuni tunga yaqin paytda avtomobil boshqarayotgan ayol ko‘p qavatli uylardan birining oldiga mashinasini to‘xtatmoqchi bo‘lgan va piyoda yo‘lovchi ayolga yo‘l bermagan. Piyoda javoban haydovchiga o‘q uza boshlagan. Jabrlanuvchini shifoxonaga olib ketishgan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Oila va Jamiyat
YouTube videoxosting xizmati reklamaning yangicha ko‘rinishini sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, xizmatning mobil versiyalarida 6 sekundli reklama roliklari paydo bo‘lib, ularni o‘tkazib yuborishning imkoni bo‘lmaydi. Bu haqida Google kompaniyasining blogida xabar berildi. YouTube qayd etishicha, Bumper deb nomlangan reklamalar aynan mobil qurilmalardagi videolar namoyishidan avvalgi oraliqda yozilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, bu turdagi reklamalar yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan. Shu bilan birgalikda, an’anaviy ko‘rinishdagi reklamalar ham yo‘qolmaydi — uzun roliklarni avvalgidek 5 daqiqalik tomoshadan so‘ng o‘tkazib yuborish mumkin.
Texnologiya
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy majlisning vakillar palatasi yangi tarkibi uchun saylovlarni 11 sentabrda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Mamlakat markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshina saylov jarayonini takomillashtirish bo‘yicha davlat rahbari huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqda ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi. Uning bildirishicha, saylovoldi tashviqot kampaniyasi 10 iyundan kechikmasdan boshlanadi. An’anaga ko‘ra, saylovlarga MDH va YeXHT vakillari kuzatuvchi sifatida taklif etiladi. Ammo Yermoshina bo‘lajak siyosiy voqelikdagi kuzatuvchilarning taxminiy soniga oydinlik kiritolmagan. Uning aytishicha, 2012 yilgi parlament saylovlarida 600 nafar atrofida xalqaro vakil ovoz berish jarayonini kuzatib borgan.
Siyosat
Birlashgan Arab Amirliklari aviakompaniyasi Etihad Airways sof foydasini 41 foizga oshirdi. Bu haqda Market Watch xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya foydasi 2015 yilda 103 millionni tashkil etgan, 2014 yili esa bu ko‘rsatkich 73 million dollar bo‘lgan. Ushbu natijalarga tashilgan yo‘lovchilar sonining ortishi hamda aviayoqilg‘i sarfini kamaytirishga xizmat qilgan neft narxining pasayishi evaziga erishildi. 2015 yilda kompaniya 17,6 million kishini o‘z manziliga yetkazgan, bu esa 2014 yil ko‘rsatkichidan 18,9 foizga ko‘p. Bundan tashqari, Etihad Airways yillik daromadi 19,5 foizga – 7,55 milliard dollardan 9,02 milliard dollarga oshdi.
Iqtisodiyot
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Dasturi“ning I chorakdagi ijrosi yakunlari va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, O‘zbekkino milliy agentligi mas’ul xodimlari, vazirlik rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari prorektorlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. So‘zga chiquvchilar globallashuv jarayonida yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularning iqtidorlarini namoyon etish, kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorlash oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining asosiy vazifalaridan biri ekanligini aytib o‘tildi.
Ta'lim
Vnukovo aeroporti kameralari yordamida Sankt-Peterburgga chiptasiz uchib ketgan 11 yoshli qizchaning qanday qilib bu ishga qo‘l urganligiga oydinlik kiritildi. Ma’lum bo‘lishicha, qizcha aniq maqsad bilan harakatlangan. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” manbaga asoslanib xabar bermoqda. “Vnukovoga u kattalar izidan kelgan. Pasport nazorati vaqtida u bir yo‘lovchining ortiga ochiq-oydin berkinib oladi. Aeroport xodimi uni tik turgani uchun payqamay qoladi. Yo‘lovchilarning shaxsiy tekshiruv paytida ulardan hujjat talab etilmaydi, shu bois qizcha qiynalmasdan bu bosqichdan ham o‘tib oladi”, — deb yozadi nashr. Ma’lum bo‘lishicha, qizcha samolyot bortiga ko‘p farzandli oilaga qo‘shilib kirib oladi. Oilaning biletlari tekshirilgach, qizcha ular bilan birga samolyot bortiga kirib oladi. 11 yoshli o‘quvchi qiz bir o‘zi Moskvadan Peterburgga chiptasiz uchib ketdi
Oila va Jamiyat
Hollivud aktyori Kianu Rivz “Kianu” nomli hajviy jangari filmda mushukchaga ovoz berdi. Bu haqda Moviefone xabar berdi. Film rejissyori Piter Atensio, asosiy rollar ijrochilari Kigen-Maykl Ki va Jordan Pil. Filmdagi mushukchaning laqabi Rivzning sharafiga Kianu deb atalgan. Atensioning so‘zlariga ko‘ra, aktyorning roziligiga erishish oson bo‘lmagan. 2016 yili birinchi treyler taqdim etilgach, vaziyat o‘zgaradi. Rejissyorning so‘zlari bo‘yicha, Rivzning opasi, ehtimol, bu rolikni akasiga ko‘rsatgan. Shundan keyin Rivz film yaratuvchilari bilan bog‘langan. Film prokati 29 apreldan boshlanadi. Key & Peele & a cute kitten make a mostly funny ‘John Wick’ riff in ‘Keanu.’ Our review: https://t.co/3S8pjWRexp pic.twitter.com/6OHuBCrZuZ — ScreenCrush (@screencrushnews) 27 aprelya 2016 g.
Madaniyat
Toshkentda armrestling bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar, kattalar, xotin-qizlar, faxriylar va jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida XV Osiyo chempionati boshlandi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda. Osiyo chempionati ishtirokchilari sifatida O‘zbekiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Iroq, Indoneziya, Hindiston, Pokiston, Quvayt, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston terma jamoalari qayd etildi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, mamlakatimiz armrestling federatsiyasi va Osiyo armrestling federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada to‘rt yuzdan ortiq sportchi kuch sinashmoqda. Bu galgi Osiyo chempionatida Umidjon Ahmedov, Bobur Bekchonov, Islom Bahromov, Sardor Xudoyberdiyev, Sirojiddin Kunishov, Humoyun Toshmuhamedov, Husniddin Mehmonov, Maftuna Davlatova kabi o‘zbekistonlik armrestlingchilar ishtirok etmoqda.
Sport
Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari Kiyevda IShID terrorchi tashkilotining xorijlik besh a’zosini qo‘lga olishdi. Bu haqida Ukraina xavfsizlik xizmatining saytida ma’lum qilindi. “Sobiq sovet mamalakatlari fuqarolari Ukrainaga tashrif buyurishdi, ularga chegaradan soxta hujjatlar yetkazib berishni va’da qilishgan. Keyinchalik ular Suriyadagi ziddiyat mintaqasiga yo‘l olishni rejalashtirishgan. Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari muhojirlik xizmati bilan hamkorlikda bu shaxslarning poytaxtdagi ijaraga olingan uylarning birida joylashganini aniqladi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. Boshqarma xorij fuqarolarini o‘z vatanlariga majburiy qaytarish haqida qaror qabul qilganini qayd qilmoqda. Shuningdek, Ukraina xavfsizlik xizmatida o‘tgan yili mamlakatdan terrorchi guruhning 25 nafar a’zosi chiqarib yuborilgani ma’lum qilingan. Interpol tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan IShIDning olti a’zosini maxsus xizmat xodimlari keyingi ekstraditsiyalar uchun ushlab qolishdi.
Xorijiy Yangiliklar
AQShda rezina o‘rdakchalar poygasi g‘olibiga dunyoning istalgan yerida kechki ovqat taklif qilinadi, deb xabar bermoqda Boston Globe. An’anaviy Ducky Wucky River Race musobaqasi 7 mayda Garvardda bo‘lib o‘tadi. Daryoda o‘tadigan poygada bir necha ming raqamlangan rezina o‘rdakchalar ishtirok etadi. Chiptasi raqami birinchi o‘rinni egallagan o‘rdakchaning raqami bilan mos tushgan tomoshabin g‘olib deb topiladi. G‘olibga dunyoning istalgan yeriga ikki kishilik sayohat, jumladan bepul kechki ovqat, aviachiptalar, mehmonxona mukofot sifatida beriladi. Avvalgi musobaqalar g‘oliblari sayohat qiladigan manzillari sifatida Venetsiya, Parij, Tokio, Dublin, Avstraliya, Indoneziya, JARni tanlashgan. Poyga Garvardda 20 yildan ko‘proq vaqtdan beri o‘tkazib kelinadi. Bir dona o‘rdakchaning narxi 5,5 dollarni, 5 ta o‘rdakchadan iborat to‘plamning narxi 21 dollarni, 13 talik to‘plamning narxi esa 42 dollarni tashkil qiladi.
Sport
Bugun, 27 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining markazi Nukus shahrida «Kitob olami» majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan 2015 yil 2 noyabrda Toshkent shahrida «Kitob olami» ma’rifiy majmuasi ochilgan edi. Joriy yildan viloyatlar va tumanlarda ushbu ma’rifiy majmuaning tarmoqlari kengaytirilmoqda. Agentlik axborot xizmatidan xabar qilinishicha, Nukusdagi kitob do‘koni 300 metr kvadrat maydonni egallagan bo‘lib, unda turli yo‘nalishdagi adabiyotlar stendlari tashkil etilgan va 15 ming nusxadagi kitoblar o‘rin olgan. Ayni vaqtda Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari markazlarida «Kitob olami» majmualari qurilishi ishlari davom etmoqda.
Ta'lim
Xorazmda 1999-2000 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 250 dan ziyod yosh polvon g‘oliblik uchun gilamga chiqdi. – Yoshlar orasida belbog‘li kurashga qiziqish tobora ortmoqda, – deydi belbog‘li kurash bo‘yicha Xorazm viloyati yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Usmonjon Muhammadov. – Xorazmlik yosh sportchilar bu yilgi sport musobaqalari mavsumini omadli boshladi. Mazkur musobaqaning o‘zida ular 1 oltin, 3 kumush va 7 bronza medalini qo‘lga kiritgani ham fikrimiz dalilidir. Musobaqada turli vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sport
Rossiya Polshadan Sovet armiyasi askarlarining Vrotslavdagi yodgorlik qabristoni bilan bog‘liq vandallik holati uchun kechirim so‘rashini talab qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi ham aybdorlarni jazolashni talab qildi. "Varshavadan "jinoyatchilarni qidirish va jazolash bo‘yicha choralar ko‘rish, yodgorlikni dastlabki ko‘rinishiga keltirish va rasmiy uzr keltirishini talab qilamiz", deyilmoqda xabarda.
Siyosat
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp IShID terrorchilik guruhi yaqin orada yakson qilinishini aytdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. "Menda ularga oddiy murojaat bor. Ularning kuni bitdi. Men ularga bu qachon va qanday yuz berishini aytmayman", deb ta’kidlab o‘tdi Tramp. Trampning fikricha, AQShga IShID bilan kurashdagi harakatlarida "ayyorlik" yetishmayapti. "Ular yo‘q bo‘ladi. Agar meni prezident etib tanlasalar, IShID yakson bo‘ladi. Va bu juda tez yuz beradi", deb qo‘shimcha qildi Tramp. Avvalroq IShID terrorchilari Trampning tasviridan Belgiyadagi hujumlar haqidagi yangi videoda foydalangandi.
Siyosat
Apple korporatsiyasining Kupertinodagi (Kaliforniya shtati) bosh qarorgohi anjuman-zallaridan birida noma’lum erkakning jasadi topildi, deb xabar bermoqda TechnoBuffalo. Jasadni topgan xodimlar politsiyani chaqirtirib, o‘z joniga suiqasd qilish holati yuz bergan bo‘lishi mumkinligini aytishgan. "Apple vakillari o‘z qarorgohida jasad topilganiga izoh berishmayapti. Murda korporatsiyaning xodiminiki ekanligi yoki yo‘qligi haqida ma’lumot yo‘q", deb yozdi ABC7 kanali jurnalisti Mett Keller o‘z tvitterida. Ayni vaqtda politsiya teshiruv o‘tkazmoqda. Apple’ning Kupertinodagi bosh qarorgohi 1993 yilda qurilgan va 10 mingdan ko‘proq xodimni o‘z ichiga sig‘dira oladi.
Xorijiy Yangiliklar
Turkiyaning shimolida joylashgan Bursa shahridagi portlash oqibatida 13 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Mexmet Muyazino‘g‘lu ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, jarohatlanganlardan hech kimning ahvoli og‘ir emas. Mahalliy amaldorlar ushbu terakt bu yil ichida shaharda yuz bergan 5-terakt ekanligini ma’lum qilishgan. Avvalroq Bursada ayol terrorchi-xudkush tomonidan terakt amalga oshirilgani ma’lum qilingandi.
Xorijiy Yangiliklar
Unilad tarmoq jurnali o‘zining Facebook’dagi sahifasida Sendi laqabli kuchukcha yetti oylik ayriliqdan so‘ng o‘z egasi bilan uchrashgani tasvirlangan videoni joyladi. 15 soat ichida rolikni 14 milliondan ortiq foydalanuvchi tomosha qildi. Facebook a’zolari mazkur videolavhaga 70 mingdan ortiq izohlar yozib qoldirishdi. Ko‘pchilik Sendi haqida iliq fikrlar qoldirib, uni juda ham vafodor jonzot deya ta’riflashgan. Ba’zilar itni inson bilan taqqoslab, ayrim kimsalar hayotda Sendi ko‘rsatgan sadoqatni bajarishga qodir emasligini aytib o‘tishgan. Shuningdek, itlarni mushuklar bilan ham solishtirib ko‘rishdi. Ko‘pchilikning fikricha, mushuklar itlar kabi insonlarga vafodor bo‘la olishmaydi.
Madaniyat
Hindistonning shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida to‘y vaqtida gaz ballon portlashi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda politsiyadagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi. "Gaz ballon portlashi oqibatida 2 ayol va 5 bola halok bo‘lgan, yana 15 kishi jarohat olgan", deb ma’lum qildi politsiya vakili. Shuningdek, ballon to‘y marosimi uchun taomlar tayyorlanayotganla yonib ketib, portlab ketgani ma’lum qilindi. Barcha jarohatlanganlar tezlik bilan mahalliy shifoxonaga yetkazilgan, ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda qolmoqda. Portlash oqibatida yaqin oradagi uylarga o‘t ketgan.
Oila va Jamiyat
BMT may oyida Suriyadagi tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarni qaytadan boshlashga umid qilmoqda. Bu haqda BMT Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Misturaga asoslanib, Associated Press xabar bergan. U Xavfsizlik kengashi brifingidan keyin Rossiya va Qo‘shma Shtatlar bu masalaga, ya’ni muzokaralarning o‘tkazilishiga "oliy darajada yondashishi" kerakligini qayd etgan. Bundan oldinroq, de Mistura Suriyadagi ziddiyatga aloqador tomonlarning umumiy ro‘yxati tayyorlangani haqida ma’lum qilingandi. Suriya muxolifati o‘tgan haftada Bashar Asad hukumati bilan sulhga amal qilishni to‘xtatgandi. Bunga hukumat qo‘shinlari muxoliftga o‘t ochishda davom etayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Shuningdek, kelishuvning boshqa shartlari, jumladan asirdagilar qaytarilmagani aytilgan.
Siyosat
Mark Tsukerbergga tegishli Facebook kompaniyasi 2016 yil birinchi kvartal uchun foydaning keskin o‘sganini ma’lum qiluvchi hisobotini e’lon qildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda. Kompaniyaning sof foydasi 1,51 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yil shu davr ko‘rsatkichlaridan deyarli 2 barobar ko‘p. Birinchi chorak umumiy daromadi ham analitiklarning prognozlaridan ortiq - bir yarim barobardan ko‘proqqa: 3,54 dan 5,38 milliard dollarga oshdi. Kompaniyaga asosiy daromadni reklama keltirmoqda, o‘tgan davr mobaynida asosan ijtimoiy tarmoqlardagi mobil ilova foyda olib keldi. Kelgusida ham, ayniqsa, Instagram tarmog‘idagi reklamalar hisobiga o‘sish kutilmoqda. Hisobot chop etilgach, Facebook aksiyalari 9,5 foizga ko‘tarildi.
Iqtisodiyot
2016 yilning 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha Mintaqaviy byurosi direktori o‘rinbosari Olive Adam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida O‘zbekistonning BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorligining joriy masalalari va uni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Siyosat
Nintendo kompaniyasi 2017 yilning mart oyida NX deb nomlanuvchi yangi videoo‘yinni taqdim etadi. Bu haqida The Verge xabar beradi. Yangi mahsulot haqida kompaniyaning yillik hisobotida keltirib o‘tilgan. Biroq, o‘yin qanday ko‘rinishda bo‘lishi va qay tariqa ishlashi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar berilmagan. Turli xabarlarga ko‘ra, o‘yin tezlik bo‘yicha Xbox One va PlayStation 4ni ortda qoldiradi. Qurilma shuningdek, Android operatsion tizimida ham ishlay oladi. Internetda bir necha marotaba yangi videoo‘yinning suratlari paydo bo‘ldi, lekin Nintendo rasmlar soxta ekanligini qayd etib kelmoqda.
Texnologiya
Belgiya fuqarolariga radiatsiyaning inson tanasiga salbiy ta’sirini kamaytirishda yordam beruvchi tarkibida yod miqdori ko‘p bo‘lgan tabletkalar tarqatiladi. La Libre Belgique gazetasi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Meggi de Blok so‘zlariga tayangan holda shunday xabar qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytga qadar nurlanishga qarshi xapdorilar mamlakatdagi AES hududidan 20 km. radiusda istiqomat qiluvchi aholiga tarqatilar edi. Yangi qarorga binoan radius masofasi 100 km.ga o‘zgartirildi. Endilikda, AESning joylashuvi hisobga olinadigan bo‘lsa, mamlakatning barcha fuqarolari radioaktiv xavfli hududda istiqomat qiladigan bo‘lishdi. Bundan avval, Belgiyaning "Dul" AES reaktori avtomatik tarzda to‘xtab qolgan edi.
Salomatlik
Elabe jamoatchilik fikri so‘rovnomasi bo‘yicha, 78 foiz fransuzlar mamlakatda yuqori “ijtimoiy larza” xavfi hukm surayotganini bildirgan bo‘lsa, 22 foiz fransiyalik esa “ijtimoiy portlash” xatari past ekaniga ishonishi ma’lum bo‘ldi. So‘rovnoma BFM TV telekanali uchun o‘tkazildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Bundan tashqari, so‘rovnomada ishtirok etganlarning juda katta qismi Fransiya prezidenti Fransua Ollandning mamlakatda hayot yaxshilangani to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilmas ekan. Olland 14 aprel kuni so‘zlagan nutqida mamlakatda hayot yaxshi tomonga o‘zgarayotganini: iqtisodiyot darajasining o‘sgani, yetishmovchilikning kamaygani, soliqlarning pasayganini his qilayotganini gapirgan. So‘rovnoma natijasida 2 foizgina fransuz Ollandning fikrlariga “to‘liq qo‘shilishlari”, 15 foizi “qaysidir ma’noda qo‘shilishlari”, 83 foizi esa “qo‘shilmasliklari”, 47 foizi esa “butunlay qo‘shilmasliklari”ni ma’lum qilganlar.
Siyosat
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionlar ligasining 1/2 final «Manchester Siti»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. Cadena Cope radiosining bergan xabariga ko‘ra, Ronaldu oyog‘ining son qismi mushaklaridan olgan jarohatini davolashda davom etmoqda. Portugaliyalik futbolchining tuzalish jarayonini tezlashtirish uchun u yaqin kunlarda hujayra to‘qimalarida davolash amaliyotini o‘tkazadi. Ronalduning Ispaniya chempionati doirasidagi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lib turibdi. 4 may kuni Madridda o‘tadigan «Siti»ga qarshi uchrashuvgacha uning qanchalik tayyor bo‘lishi faqat o‘yin kuni ma’lum bo‘ladi.
Sport
Xitoylik fermer suv osti qayig‘ini qurib bitirdi va unga patent olishga ham muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The South China Morning Post xabar tarqatdi. Anxoy provinsiyasi Maanshan shahar okrugida istiqomat qiluvchi Chjan Shenu televizion shoudan ta’sirlanib, shaxsiy suv osti qayig‘ini ishlab chiqish g‘oyasi bilan ustida ish boshladi. Uyda xotini yo‘qligidan foydalanib darrov ishga kirishdi (xotini onasini ko‘rgani ketgandi). Ikki oy davomida u po‘lat plitalarni payvandlab tunlari bilan ishlab chiqdi. Natijada uzunligi olti metr, eni 60 santimetrli submarina paydo bo‘ldi. Bir uchi suv yuzasida joylashgan quvurcha orqali qayiq kislorod bilan ta’minlanadi. Tajribalar davomida erishilgan maksimal tezlik – yetti uzel (soatiga dengiz mili). Submarina xitoylik mansabdorlarda katta taassurot uyg‘otgani uchun unga patent ham berishdi.
Texnologiya
Angliyaning «Manchester Siti» klubi amaldagi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Fransiyaning «PSJ» klubi qiziqishlari doirasida turibdi. Parij klubi 62 yoshli chililik mutaxassisni Loran Blanni iste’foga chiqargan taqdirda jamoaga taklif etishni rejalashtirib qo‘ygan, deya xabar beradi As gazetasining Chilidagi tahririyatida. Manba bergan xabarga ko‘ra, «PSJ»da jamoaning YeChL 1/4 finalida aynan «Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyatidan keyin amaldagi murabbiyning faoliyatidan norozi bo‘lganlar soni ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Mavsum yakuniga yetgach, Pellegrini «Siti»ni tark etadi, uning o‘rniga jamoani Xosep Gvardiola boshqaradi. Hozirda chililik mutaxassisga Rossiyaning «Zenit» klubi ham qiziqish bildirgan. Ma’lumot uchun, «PSJ»ning amaldagi bosh murabbiyi Loran Blan fevral oyida parijliklar bilan amaldagi shartnomasini yana ikki yilga uzaytirgandi.
Sport
Shu yilning mart oyi boshida KXDRga nisbatan yangi jazo choralari qo‘llanilgandan so‘ng, Shimoliy Koreyaning xorijiy davlatlardagi 20ga yaqin restorani mijozlar kirmay qo‘yganligi sabab yopilgan, deb yozmoqda "Tona ilbo" gazetasi Koreya respublikasi Milliy razvedka xizmati (MRX)ga tayangan holda. MRX direktori Li Byon Xoning so‘zlariga ko‘ra, restoranlarning asosiy mijozlari janubiy koreyalik sayyohlar bo‘lgan. Koreya Respublikasi hukumati esa, KXDR tomonidan yadro va raketa sinovlari o‘tkazilgach, o‘z fuqarolariga Shimoliy Koreya restoranlariga kirishni taqiqlagan edi. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR dunyoning 12 davlatida 120ga yaqin restoraniga ega. Ularda ishlab topilgan xalqaro valyuta mamlakat raketa-yadro dasturini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi, deb hisoblanadi. MRX direktorining qayd etishicha, rasmiy Pxenyan atom bombasining navbatdagi 5 sinovini o‘tkazish uchun tayyorgarlikni yakunlagan va istalgan vaqtda sinovni o‘tkazishi mumkin.
Xorijiy Yangiliklar
O‘zbekistonlik mahalliy aholi vakillari mobil telefonga g‘aroyib sigirni videosuratga oldi. Sigirning shoxlari odatdagidek bir juft emas, balki uchta. Uchinchi shox, xuddi afsonaviy jonivorlarnikidek, jonivor kallasining qoq markazida joylashgan. Bu kadrlar Britaniya matbuotining e’tiborini tortdi. Mirror, Daily Mail va Express nashrlar g‘aroyib sigir to‘g‘risida yozishga ham ulgurdi. Kadr ortida so‘zlayotgan odamning so‘zlariga ko‘ra, sigir 2011 yili dunyoga kelgan. Bir oy o‘tib, uning egasi uchinchi shoxni sezilib qolgan.
Xorijiy Yangiliklar
Iroq kommunikatsiya va OAV komissiyasi Al Jazeera mediatarmog‘ining Bag‘doddagi byurosini yopdi va undagi jurnalistlarga mamlakat hududida yangiliklar tayyorlashni taqiqlandi. Bu haqda kompaniya o‘z saytida ma’lum qilgan. Hukumat tomonidan Al Jazeera’ga yo‘llangan maktubda kompaniyaning mamlakat hududida harakatlanishi ta’minlovchi litsenziyani qaytarib olish masalasi tilga olingan. Al Jazeera, o‘z navbatida, bunday xatti-harakatdan shok holatiga tushganini va mamlakat hayotiga oid yangiliklarni o‘z auditoriyasiga berishda davom etishini ma’lum qilib o‘tgan.
Siyosat
Yevropa futbol ittifoqi UYeFA Yevropa chempionlar ligasi 1/2 final dastlabki uchrashuvlari ramziy terma jamoasini taqdim etdi. Mazkur ramziy terma jamoa tarkibidan 3 nafar «Manchester Siti», 2 nafar «Real» va 6 nafar «Atletiko» Madrid futbolchilari joy olishdi. UYeFA ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish olgan: Jo Xart, Filipe Luis, Pepe, Vensan Kompani, Xuanfran, Kazemiro, Augusto Fernandes, Saul Ngiyes, Fernando Torres, Antuan Grizmann.
Sport
Fransiya parlamentining quyi palatasi — Milliy Assambleyada Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirish masalasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tgan. Unda quyi palataning 577 nafar a’zosidan 101 deputati ishtirok etgan. Ovoz berish jarayonida ishtirok etganlarning aksariyati ushbu sanksiyalar muddati poyoniga yetgach, bekor qilish rezolyutsiyasini ma’qullashgan. Milliy Assambleya saytiga joylangan ma’lumotlar shundan dalolat beradi. Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish tashabbusini 55 nafar parlamentariy qo‘llab-quvvatlagan. 44 deputat qarshi chiqqan. Aytish joizki, bunday mazmundagi hujjatning qabul qilinishi tavsiya ma’nosiga ega. Fransiya ijroiya hokimiyatiga uni bajarish majburiyati yuklatilmaydi. Ushbu rezolyutsiyani "Fransiya-Rossiya muloqoti" uyushmasi hamraisi deputat Terri Mariani ilgari surgan. U 2015 yil iyul oyida fransuz deputatlari delegatsiyasiga rahbarlik qilib, Qrimga tashrif buyurgan edi.
Siyosat
Buyuk Britaniyaning Barclays banki iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pastligi tufayli yana bir necha bo‘limlarini sotishga qaror qildi. Bu safar Ispaniya va Portugaliyadagi bizneslar sotilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Financial Times. Xabarga ko‘ra, bank Ispaniyaning Bancopopular-e kompaniyasi bilan 1 milliard yevrolik (taxminan 1,5 milliard dollar) shartnoma imzolagan. Bank aksiyalari 2016 yil boshidan 21,4 foizga arzonlab ketgan.
Iqtisodiyot
Samsung kompaniyasi 2016 yil birinchi chorak uchun iqtisodiy hisobotini ma’lum qildi. Bu haqda Nasdaq xabar bergan. Yilning birinchi uch oyida kompaniyaning umumiy daromadi 48,78 trillion vonni (43,33 milliard dollar) tashkil etdi. Bu o‘tgan yil shu davr ko‘rsatkichlaridan 5,7 foizga ko‘p. Samsung operatsion foydasi esa 12 foizga zsdi va 6,68 trillion vondan (5,81 milliard dollar) iborat bo‘ldi. Bu esa kompaniya kutgan raqamlardan ko‘ra 4 foizga ortiq. Bunday yuqori ko‘rsatkichlarga Samsung Galaxy S7 smartfonining ishlab chiqilishi hamda mahsulotning muvaffaqiyatli savdosi sabab bo‘ldi. Shuningdek, kompaniya mahsuloti hisoblanmish OLED-panellar, mikroprotsessorga bo‘lgan talabning oshgani ham yuqori samaradorlikka zamin yaratgan.
Iqtisodiyot
Fransiyaning «PSJ» klubi Kataloniyaning «Barselona» jamoasi yarimhmoyachisi Serxio Busketsga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Marca. Manba bergan xabarga ko‘ra, parijliklar klubi Ispaniya terma jamoasi a’zosiga 100 mln yevro to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi. Futbolchining o‘zi uchun esa yiliga 16 mln maosh berilishi rejalashtirilgan. «PSJ» vakillari shuningdek, Busketsdan «Barselona» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish niyati bor-yo‘qligi haqida ham ma’lumot berishini so‘ragan. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buskets shartnomasini uzaytirish bo‘yicha mzokaralarning berk ko‘chaga kirib qolganidan sabri tugayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Busketsning Ispaniya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar mo‘ljallangan.
Sport
Suriya Tashqi ishlar vazirligi AQShning mamlakat shimoli-sharqidagi Rumeylan shahriga 150 nafar harbiysini joylashtirishiga norozilik bildirdi. "Damashq bu harakatni Suriya hukumati bilan kelishilgan holda amalga oshirilmagan agressiya deb biladi. Bu Suriyaning ichki ishlariga o‘zboshimchalik bilan aralashishdir", deyiladi TIV bayonotida. "Biz bu ochiq qadamni Suriyaning milliy suverenitetiga ochiqdan-ochiq tajovuz qilish deb hisoblaymiz", deya hujjatdan iqtibos keltiradi SANA agentligi.
Siyosat
Joriy yilning 20 aprelida Samarqand viloyati hokimi “Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti – avtobuslardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra 2016 yil 1 maydan boshlab Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti — avtobuslarda yo‘lovchilar tomonidan yo‘l kira haqini to‘lashda, plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan jyetonlar vositasida tashkil etiladi. Bu haqda “Zarafshon” nashri yozmoqda. Jyetonlar sotilishini amalga oshirish uchun shahar hududi bo‘ylab maxsus shoxobchalarni tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu maxsus shoxobchalar soni 13 ta bo‘lishi nazarda tutilgan.
Iqtisodiyot
"Gazprom" 2016 yil yanvarda Finlyandiyaning Gasum kompaniyasidagi 25 foizlik ulushini Finlyandiya hukumatiga 251 mln yevroga sotib yuborgan, deb aytilmoqda Rossiya gaz xoldingi hisobotida. 2015 yil dekabrda "Gazprom" Gasum aksiyadorlik kapitalidan chiqishi mumkinligini e’lon qilgandi. Finlyandiya vazirlar mahkamasida Rossiya kompaniyasiga tegishli ulushni sotib olish bo‘yicha qarorni gaz o‘zining turli shakllarida mamlakatning energiya ta’minotida muhim rol o‘ynashi va ko‘mirdan foydalanishdan voz kechishni osonlashtirishi bilan tushuntirilgan. Finlyandiya hozir sekin-astalik bilan ko‘mirdan voz kechmoqda. Gasum Oy kompaniyasi Finlyandiyada tabiiy gaz importi va uni taqsimlash bilan shug‘ullanadi. 2015 yil noyabrda Finlyandiya hukumati kompaniyaning asosiy aksiyadoriga aylangan. Jumladan, u kompaniyaning Fortum fin kompaniyasi va E.ON nemis kompaniyasiga tegishli ulushlarini sotib olib, aksiyalar paketini 75 foizga yetkazgandi.
Iqtisodiyot
Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi O‘rikzor mahallasida yashovchi 64 yoshli S.Yunusxon ko‘chada ketayotganida kutilmaganda ortidan kimdir yugurib kelib, ichida 2 million 270 ming so‘m puli bo‘lgan sumkani tortib olmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda. Otaxon sumkani qo‘yib yubormasdan atrofdagilarni yordamga chaqirdi. Shu yaqin atrofda xizmat vazifasini bajarayotgan Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari baqir-chaqirni eshitib, otaxonga yordamga shoshilishdi. Talonchi qo‘lga olindi. U shu mahallada yashovchi 31 yoshli Sh.D. ekan. U qilmishiga yarasha qonun oldida javob beradigan bo‘ldi.
Oila va Jamiyat