text
stringlengths
1
1.49M
timestamp
stringlengths
9
10
source
stringlengths
21
684
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Shveysariya franki dunyodagi eng barqaror va ishonchli valyutalardan biridir. Bu haqda “BKS Mir investitsiy” jamg‘arma bozori bo‘yicha ekspert Dmitriy Babin “Praym” agentligi bilan suhbatda ma’lum qildi. Iqtisodchining ta’kidlashicha, frankning barqarorligi mehnatning yuqori ixtisoslashgani va biznes yuritish uchun ko‘ngildagidek shart-sharoitlari bilan ajralib turuvchi Shveysariya iqtisodiyotiga bevosita bog‘liq. “Dunyodagi eng yirik oltinni qayta ishlovchi hamda Yevropaning amaldagi bank va moliya poytaxti bo‘lgan holda mamlakat haqiqatdan dunyodagi eng ishonchli moliyaviy-iqtisodiy tizimlaridan biri sifatida obro‘ga ega”, - dedi tahlilchi. U o‘tgan yili koronavirus pandemiya sabab barcha bozorlar jabr ko‘rganini eslatdi. Shveysariya franki esa bozorlar qayta tiklanayotgan paytda keskin ko‘tarilib, mustahkamlanishda davom etgan. “Galdagi inqiroz yana Shveysariya frankini ishonchli himoyali valyuta sifatida isbotlashini taxmin qilish mumkin”, - deb hisoblaydi Babin.
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/dunyodagi-eng-ishonchli-valyuta-qaysiligi-aytildi-20292676.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududida mayning-fermalardan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.D.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Aniqlanishicha, fuqaro X.I. kompyuter ehtiyot qismlaridan qo‘lbola usulda yasalgan, katta hajmdagi kripto-aktiv qurilmalaridan litsenziyasiz foydalanib kelgan. Shuningdek, tadbir davomida elektr energiyasidan foydalanish holati o‘rganilgan. Unda, 265,2 mln so‘m miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. E.D. va X.I.dan 11 turdan iborat jami 3529 dona, taxminiy qiymati 9,2 milliard so‘mlik kompyuter qurilmalari va boshqa turdagi tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan. Surishtiruvda fuqaro X.I. bu noqonuniy faoliyatni Janubiy Koreya davlati fuqarosi S.Y. bilan birgalikda tashkillashtirgani oydinlashgan. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Nima uchun kriptovalyutalar uchun elektr energiyasiga mutanosib haq to‘lash kerak?3 Oktabr 2019, 11:23
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/sirdaryoda-92-mlrd-somlik-noqonuniy-mayning-ferma-fosh-qilindi-20297985.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Kobul aeroporti 31-avgust kuni Amerika o‘z harbiylarini olib chiqib ketishni yakunlagach, “Tolibon”* nazorati ostiga o‘tadi. Bu haqda Al-Jazeera telekanali xabar qilmoqda. “Harakat Kobul aeroprti ustidagi nazoratni ertaga, 31-avgust kuni, AQSh qo‘shinlari to‘liq chiqarilgandan so‘ng o‘z nazorati ostiga oladi”, - degan manba. Manbaning aniqlik kiritishicha, hozirda toliblar aeroport ishini ta’minlash uchun texnik ko‘mak to‘g‘risida Turkiya va Qatar bilan maslahatshuvlar o‘tkazmoqda, ammo hozircha kelishuvga erishilmagan. Kobulda kuchli portlash sodir bo‘ldi29 Avgust 2021, 18:23 Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishi boshlanishi bilan toliblar faollashdi va qisqa muddat ichida mamlakatning yirik viloyatlarini egallab oldi. 15-avgust kuni Kobulni qo‘lga kiritishdi. Jangarilar Afg‘onistonning deyarli barcha chegara hududlarini nazorat qilishmoqda. G‘arb elchixonalari bilan ishlagan xorijliklar va afg‘onlarni evakuatsai qilish Kobuldagi yagona aeroport orqali amalga oshirilmoqda. Uni AQSh va NATOning boshqa mamlakat harbiylari nazorat qilmoqda. Oq uy rahbari Jo Bayden Amerika qo‘shinlari 31-avgustgacha Afg‘onistonni to‘liq tark etishini va’da bergan. Toliblar bu kuni “qizil chiziq” sifatida belgilashgan. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/tolibon-kobul-aeroportini-oz-nazorati-ostiga-olish-muddatini-belgiladi-20297619.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. O‘zbekistonga koronavirusga qarshi yana 90 ming doza “Sputnik V” vaksinasi keltirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. “Hozirgina "Sputnik V" vaksinasining 90 ming dozalik 2-komponenti yurtimizga olib kelindi”, - deyilgan xabarda. Ta’kidlanishicha, vaksinaning bu komponenti ushbu vaksinaning 1-komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlash uchun mo‘ljallangan. Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 17 million 946 ming 540 dozani tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratildi27 Avgust 2021, 08:40 Ulardan: 460 000 dozasi "Sputnik V", 986 480 dozasi AstraZeneca, 13 500 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001, 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni kungacha mamlakatda jami 14 million dozadan ziyod vaksinadan foydalanilgan. 1,7 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/ozbekistonga-sputnik-v-vaktsinasining-90-ming-doza-ikkinchi-komponenti-keltirildi-20288013.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Moskvaning Baumanskaya ko‘chadasida yuz bergan ommaviy mushtlashuvdan so‘ng jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. “Mazkur holat bo‘yicha Rossiya JKning 213-moddasi 2-qismi (Bezorilik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Jinoiy ish yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda”, - deyilgan xabarda. Bu moddada aybdor deb topilganlar yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Migrantlar o‘rtasida yana ommaviy mushtlashuv: bittasi kasalxonada, to‘rt nafari hibsga olingan24 Avgust 2021, 13:55 Avvalroq Moskvadagi Baumanskaya ko‘chasida Markaziy Osiy mamlakatlaridan bo‘lgan shaxslar ommaviy mushtlashgani xabar qilingan edi. Politsiya bo‘limiga voqeaga aloqadorligini tekshirish uchun qariyb 50 kishi olib kelingan. Shulardan 15 nafariga nisbatan mayda bezorilik moddasi bilan bayonnoma tuzilgan, qolganlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Bundan tashqari, shaxsan Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Moskva markazida migrantlar uyushtirgan ommaviy mushtlashuv yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni topshirgan.
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/moskvada-ommaviy-mushtlashgan-migrantlarga-qarshi-jinoiy-ish-ochildi-20296202.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Toshkentni Chimon bilan bog‘lovchi yangi yo‘lda 31-avgustdan 2-sentabrgacha transport harakati cheklanadi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi. Ma’lum qilinishicha, yangi barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakat Mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, 2021-yil 31-avgust hamda 1-2 sentabr kunlari mazkur bog‘ atrofida, Temur Malik hamda Ohangaron shoh ko‘chalari kesishmasidan boshlab “Maxtumquli-Istiqlol” avtomobil yo‘li bo‘ylab 4R-12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan masofada transport vositalari harakati cheklanishi mumkin Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaDvijenie po doroge cherez park "Noviy Uzbekistan" ogranichat Dvijenie po doroge cherez park "Noviy Uzbekistan" ogranichat Press-slujba GUBDD MVD Uzbekistana
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/yangi-ozbekiston-bogi-orqali-otgan-yolda-harakat-cheklanadi-20288628.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Kecha, 29-avgust kuni, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida paradzudo dasturi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashgan. Mamlakat paradzudochilari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Uchqun Quronboyev (-66 kg) va Feruz Sayidov (-73 kg) oltin medalga sazovor bo‘lgan holda Paralimpiya chempioni bo‘lgan. Dovurxon Karomatov (-81 kg) va Parvina Samandarova (-57 kg) kumush medalga ega chiqqan. Sharif Xalilov (-100 kg) va Nafisa Sheripboyeva (-63 kg) mamlakatga “bronza” taqdim etgan. Ta’kidlanishicha, paradzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga jami 12 nafar sportchi bilan yo‘l olgan edi. Shulardan 7 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar. “Qanot yoz”: Tokioda Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi25 Avgust 2021, 13:36 Tokio shahriga yetib borgach, 3 nafar paradzudochi – Lobar Xurramova, Sevinch Salayeva hamda Vasila Aliboyevada koronavirus aniqlandi va shu sababli ular musobaqada ishtirok eta olishmadi. Yana bir sportchi Shuhrat Boboyev bronza medali uchun bellashuvni davom ettirayotgan edi, biroq kutilmagan jarohat tufayli u ham kurashdan chiqdi. Shirin Sharipov esa hakamlar tomonidan raqibiga nisbatan qoidaga zid usulni qo‘llagani uchun chetlatildi. “Shunga qaramasdan, tatamida haqiqiy iroda namoyish eta olgan O‘zbekiston para dzudochilari umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi”, - deyilgan xabarda. Paralimpiada-2020: O‘zbekiston yana bitta oltin va bronza medalga ega chiqdi30 Avgust 2021, 09:31
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/paradzyudo-boyicha-ozbekiston-umumjamoa-hisobida-2-orinni-egalladi-20290016.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Nemis amaldorlari “Gazpromga” Yevropa Ittifoqi qoidalarini chetlab o‘tish uchun “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini sotishni taklif qilishdi, deya yozmoqda OAVlar. Bu g‘oyaga Sputnik radiosi efirida Mintaqaviy masalalar instituti rahbari, Rossiya Federatsiyasi huzuridagi Moliya universiteti dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Dmitriy Juravlov munosabat bildirdi. “Gaz direktivi gaz qazib olish va transportirovkasi bitta qo‘lda bo‘la olmasligini nazarada tutadi. Shu bois YeIda taklif qilishaptiki: gazingizga teginmaymiz, biroq bu direktiva ijro etilishi uchun “Gazprom” bizga gaz quvurining o‘zini sota qolsin. Ular bir necha marta neft quvurlarig ham shunday taklif bilan chiqishgandi, lekin, kechirasiz-u, kovushini to‘g‘rilab qo‘yishdi”, - deydi siyosatshunos. Uning ta’kidlashicha, bu G‘arbning agar biror bir texnologik jarayon taqsimlansa, u yanada raqobatli va samarali bo‘ladi degan mutlaqo yanglish g‘oyasi asosida tuzilgan xomxayol orzusidir. “Shimoliy oqim-2” nisbatan bu g‘oya ish bermaydi. Ukraina endi jim bo‘ladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi22 Iyul 2021, 17:43 “Raqobat – bu ikki kompaniya ishlab chiqarishni bir qismini boshqasidan ajratishi emas, balki bitta iste’molchi uchun kurash olib borishidir. Ikkita o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarish loyihalari raqobat qilmaydi, aksincha bir-birini to‘ldiradi”, - deydi u.
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/eskpert-shimoliy-oqim-2ni-sotish-goyasiga-munosabat-bildirdi-20295642.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Avgust oyining oxirgi kunlari O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va huddi yoz oylaridek issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet. Faqat Toshkent viloyatida hamda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Bu janubi-g‘arbiy Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati ushbu kunlarda kechalari +15...+20, kunduz kunlari +30...+35 darajani tashkil etadi. Sentabr oyining birinchi besh kunligida Mustaqillik bayramini nishonlash kunlarida O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning barcha hududida kuchsiz, ba’zi joylarda biroz shamollar bilan asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat yana ko‘tarila boshlaydi va haftaning oxiriga kelib kunduz kunlari termometr ustuni +36...+39 darajagacha ko‘tariladi.
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/hafta-oxirida-havo-39-darajagacha-kotariladi-20293142.html
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Kobulda aeroport yaqinida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga raketa zarbasi sabab bo‘lgan. Mahalliy TV portlash oqibatida bir bola halok bo‘lgani va uch kishi jarohatlanganini xabar qilmoqda.
2021-08-29
https://oz.sputniknews.uz/20210829/kobulda-kuchli-portlash-sodir-boldi-20286687.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Jizzax shahrida bir ayolni zo‘rlab, uni tunab ketgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. “Postda” nashri xabariga ko‘ra, shaharning “Sayiljoyi” mahallasida yashovchi N.X. ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uni tungi soat 02:30.lar atrofida ko‘chada bir necha shaxs “Nexia”ga majburlab mindirib olib ketgan. Andijonda zo‘rlangan 18 yoshli kelin voqeasi Senat nazoratiga olindi17 May 2021, 19:41 Keyin erkaklar uni “Obod” mahallasi hududida zo‘rlashgan. Bundan tashqari, sumkasida bo‘lgan uyali aloqa vositasi va 100 ming so‘m pulini olib qo‘yishgan. Ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib J.Sh., D.N., J.Yu. hibsga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/jizzaxda-uch-kishi-tungi-vaqtda-kochada-yurgan-ayolni-zorladi-20289165.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. BAAning Dubay shahridagi boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi. Yigitlar musobaqada 11 ta medal - 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Hojiakbar Mahmudov (-50 kg), Javohir Ummataliyev (-60 kg), Lazizbek To‘lqinov (-63 kg), Fazliddin Erkinboyev (-66 kg), Shavkatjon Boltayev (-70 kg) va Sardorbek Tursunov (-81 kg) oltin medal bilan chempion bo‘lishdi. Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBoksori Uzbekistana stali pervimi na yunosheskom chempionate Azii v Dubae Boksori Uzbekistana stali pervimi na yunosheskom chempionate Azii v Dubae Press-slujba Federatsii boksa Uzbekistana Abdulloh Madaminov (-52 kg), Mironshoh Norqosimov (-54 kg), Dalerjon Bozorov (-57 kg) va Mizrob Nekboyev (-75 kg) kumush medalga ega chiqishdi. Baxtiyor Yaxshiboyev (-46 kg) bronza bilan kifoyalandi. Ikkinchi o‘rinni qozog‘istonlik bokschilar band etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikka hindistonlik bokschilar yakun yasashdi. O‘zbekiston o‘smir qizlar terma jamoasi ham 11 ta medalga ega chiqishdi - 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medali. Gulsevar G‘aniyeva (-46 kg), Shahina Ne’matova (-50 kg) va Oysha Toirovaga (-70 kg) teng keladigani topilmadi. Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBoksori Uzbekistana stali pervimi na yunosheskom chempionate Azii v Dubae Boksori Uzbekistana stali pervimi na yunosheskom chempionate Azii v Dubae Press-slujba Federatsii boksa Uzbekistana Robiyaxon Baxtiyorova (-48 kg), Guldana Tilaubergenova (-54 kg) va Sanobar Bozorboyeva (-66 kg) “kumush” olishdi. Laziza Yusupova (-52 kg), Ra’no Muratbayeva (-57 kg), Muxlisa Tohirova (-60 kg), Sitora Bahodirova (-63 kg) i Oltinoy Sotimboyeva (-81 kg) “bronza”ni qo‘lga kiritishdi. Ma’lumot uchun, Dubaydagi Osiyo chempionati to‘rtta toifada (o‘smir o‘g‘il bolalar va qizlar, yoshlar va yosh qizlar) o‘tkazildi.
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/ozbekistonlik-bokschilar-osmirlar-ortasidagi-osiyo-chempionatida-birinchi-bolishdi-20298311.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. 30 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga tashrif bilan kelgan germaniyalik hamkasbi Xayko Maas bilan uchrashuv o‘tkazdi. TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Afg‘onistondagi bugungi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Xayko Maas O‘zbekiston tomoniga Afg‘onistondan Germaniya va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining evakuatsiyasini tashkillashtirishda ko‘rsatgan yordami uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi. “Tomonlar Afg‘oniston yo‘nalishida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildilar”, - deyilgan xabarda. Uchrashuvda ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi. Germaniya Kobuldan Toshkent orqali ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi23 Avgust 2021, 10:58
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/germaniya-tashqi-ishlar-vaziri-toshkentga-keldi-20291564.html
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para suzish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi final bahslari yakunlandi. Shohsanam Toshpo‘latova S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U masofani 2:27.92 daqiqa vaqt ichida suzib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 15 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza. Paradzudo bo‘yicha O‘zbekiston umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi30 Avgust 2021, 10:51
2021-08-30
https://oz.sputniknews.uz/20210830/paralimpiada-2020-shohsanam-toshpolatova-ozbekistonga-bronza-keltirdi-20296488.html
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Anna Cherkasova. Rossiya oliygohlari MDH mamlakatlaridan bo‘lgan talabalarni qabul qilishga tayyormi va qanday shartlar asosida, chet elliklar uchun kvotalar naqadar ko‘paytiriladi, Sputnik muxbiri shu va boshqa masalalarni Rossiya Davlat dumasining ta’lim va fan bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Lyubov Duxanina bilan muhokama qildi. Lyubov Duxaninaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga o‘qishga kelmoqchi bo‘lgan hamma xorijliklar talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berilishi mumkin. Bu masala tez kunda Davlat dumasidaMa’lumot uchun Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 688 ta OTMda 297,9 ming xorjlik talaba tahsil oladi. Oliygohlar orasida Qozon federal universiteti (KFU) – 9 256, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) – 7 569, “Sinergiya” Moskva moliya-sanoat universiteti – 7 008; “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadiqiqot universiteti (NIU VShE) – 5 238; Potr Birinchi Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) – 5 036 mashhur. ko‘rib chiqiladi. Deputat bugungi kunda Rossiya hududiga parvozlar qayta tiklangan va epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan mamlakat fuqarolari kirishi mumkinligini eslatdi. OTM har bilan mamlakatga kelayotgan xorijlik talaba haqida Rossiya Raqamlar vazirligiga xabar berishi shart. Bu chet ellikning chegarani kesib o‘tishda biror muammoga duch kelmasligi uchun qilinadi. O‘z o‘rnida, talabalar o‘z instituti yoki universitetini o‘zining kelish sanasi haqida oldindan xabardor qilishlari lozim. Bundan tashqari, koronavirusga topshirilgan PZR testining musbat natijasi qo‘lida bo‘lishi kerak. Rossiyaga kelgandan keyin 72 soat ichida qaytadan koronavirus test topshirish talab qilinadi. Test javobi tayyor bo‘lgunga qadar xorijlik talaba masofaviy shaklda o‘qib turadi. Qaysi vaksina bilan Rossiya OTMga kiritishadi Ko‘pchilik o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya oliygohlari ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy yoki “AstraZeneca”, “Pfizer” bilan emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni tan oladimi yoki yo‘qmi degan o‘ylantiradi. “Rossiya mamlakatlarga emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni o‘zaro tan olish tamoyilidan foydalanishni taklif qildi, shunday ekan bunda muammo tug‘ilmaydi”, - dedi Duxanina. Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi rahbari Valeriy Falkov talabalar emlanganligi yoki emlanmaganidan qat’i nazar ularning hammasining mashg‘ulotlarga qatnashga va yotoqxonaga joylashish imkoni bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, emlanmagan talabalarni masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazish, yotoqxonaga joylashish vaqtida immunizatsiyasini inobatga olish tavsiya qilinmoqda. Rossiyada emlanmagan talabalarni masofaviy ta’limga o‘tkazish tavsiya qilindi9 Avgust 2021, 13:55 Qayd etilishicha, OTMlar mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonini tashkillashtiradi. Duxaninaning so‘zlariga ko‘ra, ayrim oliygohlar talabalarni an’anaviy va masofaviy ta’lim shakli uchun guruhlarga ajratmoqda. “OTM iz imkoniyatlaridan va infratuzilmasidan kelib chiqqan holda talabalarni o‘qitish jarayonini tashkillashtiradi, lekin Rospotrebnazdor tomonidan tavsiya qilingan qoidalarga rioya qilgan tarzda”, - deydi Lyubov Duxanina. Rossiya OTMlarida xorijlik talabalar uchun kvota ikki baravarga ko‘paytiriladi Deputatning ma’lum qilishicha, yaqin yillarda Rossiyada Hukumat tomonidan belgilangan kvota doirasida tahsil oladigan chet ellik talabalar soni ikki baravarga oshadi. Karantin va vaksina: Rossiyada xorijlik talabalar o‘qishi qanday tashkil qilinadi 2 Iyul 2021, 18:23 Yildan yilga Rossiyada o‘qish istagida bo‘lgan boshqa mamlakat fuqarolaridan kelib tushayotgan arizalar soni o‘sib bormoqda. 2021-2022 yillarda kvota 18 ming kishiga berilgan, kvotalar soni 2022-2023 yillarda 23 ming, 2023-2024 yildan boshlab 30 mingtaga yetadi. Ma’lumot uchun Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 688 ta OTMda 297,9 ming xorjlik talaba tahsil oladi. Oliygohlar orasida Qozon federal universiteti (KFU) – 9 256, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) – 7 569, “Sinergiya” Moskva moliya-sanoat universiteti – 7 008; “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadiqiqot universiteti (NIU VShE) – 5 238; Potr Birinchi Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) – 5 036 mashhur.
2021-08-29
https://oz.sputniknews.uz/20210829/rossiyada-tahsil-olish-20281546.html
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini tiklamoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar qilmoqda. 2021 yil 31-avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent-3 aeroporti o‘z faoliyatini boshlaydi va respublika bo‘ylab amalga oshiriluvchi barcha aviaparvozlar ushbu aeroportdan jadvalga ko‘ra amalga oshiriladi. Germaniya Kobuldan Toshkent orqali ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi23 Avgust 2021, 10:58 Eslatib o‘tamiz, 19-avgustdan boshlab aeroport texnik sabablarga ko‘ra noma’lum muddatga yopilgan edi.
2021-08-29
https://oz.sputniknews.uz/20210829/toshkent-3-aeroporti-oz-faoliyatini-tiklamoqda-20286304.html
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. AQShning Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov amerikalik Jerald Mirshertga qarshi jang qildi. Jangning dastlabki raundi Murodovning katta ustunligida o‘tdi. Ammo ikkinchi raundda Mirshert bo‘g‘ish usulini qo‘llab, Murodovni muddatidan avval taslim etdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik jangchi UFC’dagi ketma-ket uch g‘alabadan keyin ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
2021-08-29
https://oz.sputniknews.uz/20210829/mahmud-murodov-navbatdagi-jangida-maglubiyatga-uchradi-20280345.html
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik paradzudochi Sharif Xalilov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. -100 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Xalilov bronza medali uchun kechgan bahsda braziliyalik Antonio da Silvadan ustun kelib, ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari sovrindoriga aylandi. U London-2012 Paralimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Shunday qilib, O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 12 taga yetdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza. Terma jamoa davlatlar orasida umumiy hisobda 12-pog‘onani egallab turibdi.
2021-08-29
https://oz.sputniknews.uz/20210829/paralimpiada-2020-sharif-xalilov-bronza-medali-sohibi-boldi-20283687.html
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. SSV ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaksina olgandan so‘ng ahvoli og‘irlashgani aytilgan fuqaro yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, videolavhadagi fuqaro S.Yo. 30 yoshda. U ilgari meningit belgilari bilan muolaja olgan, gepatit S va ikkala ko‘z miopiya yengil darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan. Fuqaro 27-avgust kuni shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, vaksina olishga qarshi ko‘rsatma bo‘lmaganligi sababli koronavirusga qarshi emlangan va oilaviy shifokor kuzatuvida bo‘lgan. Vaksina olgandan keyin hech qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagach, akasi S.O.ning uyiga ketgan. Vaksina olganidan keyin fuqaroning ahvoli og‘irlashgani aytilmoqda: SSV tekshiruvni boshladi28 Avgust 2021, 12:47 Shu kuni tungi soat chamasi 21:17larda S.Yoda umumiy holsizlik, qo‘l-oyoq tortishishi, nafas qisishi kabi belgilar kuzatilgan va shundan so‘ng fuqaroning yaqinlari tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Tibbiy brigada tomonidan S.Yoga “Vegetotomir distoniyasi” dastlabki tashxisi qo‘yilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. So‘ng u tekshiruv va davolash uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialiga olib borilgan. U davolash muassasasi qabul bo‘limida nevropatolog shifokor tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, belgilangan standartlar asosida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan va kuzatuvda bo‘lishi tushuntirilgan. Biroq, fuqaro shifoxonada yotishdan bosh tortgan. “Videomurojaatda ko‘zi ko‘rmay qolganligi qayd etilgan S.Yo. mazkur davolash muassasasi qabulxonasiga tez yordam mashinasidan mustaqil tushib, shifokor qabuliga o‘zi yurib kirganligi va yurib chiqib ketganligi videolavhada aytilgan so‘zlar haqiqatga mos kelmasligini ko‘rsatadi”, - deyilgan xabarda. Bundan tashqari, bugun Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori G‘ayrat Qoriyev boshchiligidagi neyroxirurg, infeksionist, nevropatolog, oftalmolog va immunolog kabi qator mutaxassislar S.Yo.ni yana bir bor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Ko‘rik davomida S.Yo.ning ahvoli qoniqarli, nafas olishi va yurak urishi meyoridaligi ma’lum bo‘lgan. Qolaversa, uning ko‘z tubida patologik o‘zgarishlar aniqlanmagan. Ayni paytda S.Yo. o‘zini yaxshi his qilmoqda. “Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan bosh mutaxassislarning yakuniy xulosalariga ko‘ra, fuqaro S.Yo.ning bir kun avvalgi sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar emlash bilan bog‘liq emasligi oydinlashgan”, - deyilgan vazirlik xabarida. SSV bugungi kunda mamlakatga olib kelinayotgan va butun dunyoda qo‘llanilayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar bo‘yicha ma’lum qarshi ko‘rsatmalar bo‘lib, eng asosiy mone’liklardan biri bu - anafilaktik shok ekanini eslatgan. Ushbu holat avval boshqa dorilar yoki vaksinaga nisbatan qandaydir reaksiyalar va anafilaktik shok yuz bergan bemorlardagina kuzatilishi mumkin. Boshqa hech bir insonda bunday noxush holat ro‘y bermaydi. Vaksina qilishga eng asosiy monyeliklardan biri hisoblangan anafilaktik shok holati vaksina qilingandan keyin 30 daqiqa ichida ro‘y berishi mumkin. Koronavirusga qarshi emlashga vaqtinchalik va doimiy monelik qiluvchi holatlar belgilandi26 Avgust 2021, 16:34 Ta’kidlanishchia, xorazmlik S.Yo. esa emlashdan avval hamda vaksina olgandan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va hech qanday salbiy ta’sirlar kuzatilmagandan so‘nggina uyiga ruxsat berilgan. Agar S.Yo.ning sog‘ligidagi salbiy o‘zgarishlar chindan ham vaksina bilan bog‘liq bo‘lganida, unda 30 daqiqa ichida anafilaktik shok yoki bir nuqtaga qarab, qotib qolish holati kuzatilgan bo‘lardi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ko‘rish mumkinki, S.Yo.ning es-xushi joyida, yon-atrofidagi gap-so‘zlarni eshitib, tushunib turibdi, hech qanday sudurgi holatlari yo‘q. Vazirlik fuqarolardan koronavirusga qarshi emlash tadbirlariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlarini, vaksina haqida fikr bildirishdan avval masalaga mulohaza bilan yondoshishlarini, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan kimnidir obro‘sizlantirish, aholi o‘rtasida emlash bo‘yicha noto‘g‘ri tassavvur uyg‘otish maqsadida foydalanmasliklarini so‘rab qolgan.
2021-08-29
https://oz.sputniknews.uz/20210829/xorazmlik-ayolning-salomatligi-bilan-roy-bergan-holat-emlanishga-bogliq-emas--ssv--20284300.html
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik dzudochi Shirin Sharipov musobaqadan chetlatildi. Bu haqda MOQ xabar qilmoqda. Sportchi +100 kg vazn toifasida bronza medali uchun ozarbayjonlik Ilxam Zakiyev bilan kurash olib borishi kerak edi. Ma’lum bo‘lishicha, Sharipov bundan oldingi bosqichda raqibiga nisbatan mumkin bo‘lmagan usulni qo‘llagan. Shu bois hakamlar tomonidan bellashuvdan chetlatilgan va g‘alaba Ozarbayjon vakiliga berilgan.
2021-08-29
https://oz.sputniknews.uz/20210829/paralimpiada-2020-shirin-sharipov-musobaqadan-chetlatildi-20286018.html
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlab Uzbekistan Airways ilk loukost-tashuvlarni amalga oshirishni boshlaydi, deb ma’lum qildi aviakompaniya matbuot xizmati. Xabarda aytilishicha, Toshkent-Moskva yo‘nalishidagi birinchi reys 30-avgust kuni bajariladi. Toshkent-Moskva yo‘nalishidagi avichipta narxi 1 490 645 so‘mdan, Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishida esa 2 833 750 so‘mdan boshlanadi. Uzbekistan Airways Moskvaga yangi modelga asoslangan aviaqatnovlarni boshlaydi27 Avgust 2021, 13:46 Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin. Kuni kecha Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yangi modelga asoslangan aviatashuvlar boshlanishini e’lon qilgandi. Yangi modeldagi aviatashuvlar “Uzbekistan Express” nomi ostida aviakompaniyadagi mavjud liniyalarda parvozlarni amalga oshiradi. "To‘liq iqtisodiy klass"ga (ekonom) o‘tkazilgan Airbus A320 havo kemasida Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiradi.
2021-08-28
https://oz.sputniknews.uz/20210828/uzbekistan-airways-moskvaga-ilk-loukost-tashuvlarni-boshlaydi-chiptalar-narxi-20275907.html
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari “ArMI—2021” xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Tumen viloyatidagi dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan “Muhandislik formulasi” musobaqasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi – Rossiya, uchinchi o‘rinni Belarus jamoasi egalladi. Ministerstvo oboroni Uzbekistana Uzbekskie voyennie zanyali pochetnoe 2 mesto v “Injenernoy formule” Uzbekskie voyennie zanyali pochetnoe 2 mesto v “Injenernoy formule” Ministerstvo oboroni Uzbekistana “Muhandislik formulasi” musobaqasi doirasida harbiy muhandislardan iborat jamoalar uzunligi 4 kilometrga teng yo‘l bo‘ylab qurol va harbiy texnikalarni suvli to‘siqlardan suzishga mo‘ljallangan transportorlardan foydalangan holda olib o‘tdi. Ministerstvo oboroni Uzbekistana Uzbekskie voyennie zanyali pochetnoe 2 mesto v “Injenernoy formule” Uzbekskie voyennie zanyali pochetnoe 2 mesto v “Injenernoy formule” Ministerstvo oboroni Uzbekistana “BAT-2” yo‘l yotqizgichi, “IMR-3” to‘siqlarni tozalash mashinalari, “PTS-2” suzuvchi transport vositasi va “MDK-3” qazish mashinalaridan foydalanildi.
2021-08-28
https://oz.sputniknews.uz/20210828/ozbek-harbiylari-muhandislik-formulasida-faxrli-2-orinni-qolga-kiritishdi-20278124.html
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. “Tolibon”* jangarilari Afg‘oniston shimoliy-sharqidagi Bag‘lon viloyati folklor musiqasi ijrochisini o‘ldirishdi. Bu haqda RIA Novosti manbasi xabar bermoqda. Manbaning ta’kidlashicha, toliblar qo‘shiqchi Favad Andarabiyni uyidan haydab chiqarib o‘ldirishgan. Qo‘shiqchining o‘ldirilganini Afg‘oniston sobiq ichki ishlar vaziri Mas’ud Andaribiy ham yozdi. Sobiq vazir qo‘shiqchini toliblar nazorati ostida bo‘lmagan Panjsher vodiysidan uzoq bo‘lmagan Andarab qishlog‘ida “shafqatsizlarcha o‘ldirishganini” ma’lum qilgan. Taliban’s brutality continues in Andarab. Today they brutally killed folkloric singer, Fawad Andarabi who simply was brining joy to this valley and its people. As he sang here “our beautiful valley….land of our forefathers…” will not submit to Taliban’s brutality. pic.twitter.com/3Jc1DnpqDH— Masoud Andarabi (@andarabi) August 28, 2021 Avvalroq qator OAVlar toliblar Afg‘onistonda qo‘shiq ijro etishni taqiqlashlari haqida yozishgandi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti Afg‘onistonni tark etgan yulduzlar – foto26 Avgust 2021, 15:00
2021-08-29
https://oz.sputniknews.uz/20210829/oav-toliblar-afgon-xalq-qoshiqchisini-qatl-etishdi-20284051.html
Sentabr oyida yo‘l o‘tkazgichning birinchi uchastkasi bo‘ylab - Choponota ko‘chasidan Kichik halqa yo‘ligacha harakatni boshlash rejalashtirilgan. Yil oxirigacha ishchilar butun obyektni qurib bitkazishni rejalashtirmoqdalar, haydovchilar poytaxt markazidan Sergeliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri borishlari mumkin. Yo‘lning bir qismida asfalt yotqizilgan, yoritish ustunlari va yo‘l to‘siqlari o‘rnatilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahar hokimligi o‘tgan bir yil mobaynida loyihada bir qancha muhim o‘zgarishlar ro‘y berganini, ular ham xarajatlarga, ham muddatlarga ta’sir qilganini ma’lum qildi. Xususan, ko‘prikning o‘zi qurilishi texnologiyasi qayta ko‘rib chiqildi: bloklar troslar bilan tortilgan bir metr qalinlikdagi monolit plitalarga almashtirildi, bu esa strukturaga katta kuch va barqarorlik beradi. Ko‘prikni ikki metrga - 5,5 dan 7,5 metrgacha ko‘tarildi. Bundan tashqari, yo‘l o‘tkazgich hududida joylashgan kommunikatsiyalarni, shu jumladan gaz quvurini qayta yotqizish yoki almashtirish ishlari olib borilmoqda. Qurilish tugagandan so‘ng, Toshkent markazidan Sergeligacha bo‘lgan vaqt ancha qisqartiradi. Sergeli metro liniyasi ochilgandan so‘ng, bu poytaxtning janubiy tumanida transport infratuzilmasini yaxshilashga mo‘ljallangan ikkinchi yirik loyihadir. Toshkentning eng muhim infratuzilmaviy obyektlaridan biri qanday ko‘rinishda – bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri lavhasida.
2021-08-28
https://oz.sputniknews.uz/20210828/sergelidagi-yangi-koprik-yol-uzoq-kutilgan-obektdan-lavha-20276669.html
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Afg‘onistonda toliblar* hokimiyat tepasiga kelganidan keyin inqiroz va xaos davom etmoqda. Kobul aeroportidan evakuatsiya qilish uchun chet elliklar va afg‘on qochoqlari bo‘lgan samolyotlar har kuni uchmoqda. Amerika qo‘shinlari bazadagi qurol va o‘q dorilarni tashlab, deyarli o‘z kontingentini mamlakatdan olib ketdi. Jo Bayden 31-avgustga qadar barcha harbiy xizmatchilar mamlakatdan olib ketilishini tasdiqladi. VETERAN birlashmasi raisi Tal’at Murodov O‘zbekistonning janubiy qo‘shnisidan kelayotgan xabarlarni tushkunlik bilan eshitib, bo‘layotgan voqealardan hayrat va xavotir olayotganini yashirmadi. "Biz u yerda jang qilganimizda, butun dunyo bizga qarshi edi. Hamma cheklangan kontingentga qarshi urush qildi. Hozirgi vaziyat - hamma birlashib, afg‘on armiyasini o‘rgatmoqda. Biz hammamiz bu ikki kampaniyaning farqini va oqibatlarini ko‘rdik. Ular tinchgina o‘z pozitsiyalarini topshirib, sahnani tark etdi. Bu jangchilar emas", - deydi veteran. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi sovet missiyasining uzoq yillar davomida askarlardan hech biri o‘z pozitsiyalarini tashlab, mujohidlar yoki jangarilardan chegaraga qochmadi. "Biz begona yurtda edik. Bizdan internatsional yordam so‘rashdi, biz ularning manfaatlarini himoya qildik. Yigitlar demokratiya, bu mamlakat ozodligi uchun jonini berishdi. Va amerikaliklar o‘z harbiy texnikasini tashlab, oddiygina qochib ketishganini ko‘rib, albatta bu juda og‘riqli holat. Ko‘p yillar davomida tuzilgan armiya, u yerda paydo bo‘lgan korrupsiya uchun alamli. Agar Xudo ko‘rsatmasiz, u yerdan chegaralarimizga tajovuz qilinishini ko‘rsak, bundan ham alamli bo‘ladi", - deb ogohlantirdi Murodov. Baynalmilal-askarlariga nisbatan turlicha munosabat bo‘lishiga qaramay, u ham, uning do‘stlari ham hech qachon o‘z vataniga xiyonat qilmaydi va uni so‘nggi tomchi qonigacha himoya qiladi. "Men harbiylarning qochib ketishidan hayratda qoldim. Biz hech qachon bunday qilmagan bo‘lardik va bugun ham qilmaymiz", - deya xulosa qildi afg‘on urushi veterani. Sputnik / RamizNagrajdenie voinov-internatsionalistov gosudarstvennimi i boyevimi nagradami Nagrajdenie voinov-internatsionalistov gosudarstvennimi i boyevimi nagradami Sputnik / Ramiz 28 avgust, shanba kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi muzeyi yonidagi "Kasamod" ("Vatanga qasamod") yodgorligi yaqinida respublika baynalmilalchi askarlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ularga “Mehnat veterani“, 149 polk jangarilarga esa Rossiyadan yuborilgan ("Harbiy jasorat", "Harbiy xizmatlari uchun", "Jasorat uchun", "Afg‘on urushi veterani", "Afg‘oniston Demokratik Respublikasi yulduzi" va boshqa) orden va medallar topshirildi. * Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
2021-08-28
https://oz.sputniknews.uz/20210828/afgon-urushi-veterani-amerikaliklar-qurolni-tashlab-qochib-ketganini-korib-hayratda-qoldim-20279572.html
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik desantchilar ArMI-2021 “Desant vzvodi” xalqaro musobaqasining uchinchi bosqichi doirasida ta’qib poygasida ikkinchi bo‘lishdi. Musobaqalar Rossiyaning Razan viloyatidagi “Dubrovichi” poligonida bo‘lib o‘tdi. Musoqaba doirasida jamoalar ekipajlari jangovar BMD-2 va BTR-82A mashinalarida o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi. Avvaliga harbiylar 3,2 kilometr masofani tezlikda bosib o‘tishdi, keyin masofalardagi nishonlarni yakson qilishda kuch sinashishdi. Ular 600, 700, 800, 1300, 1400 va 1500metr masofadagi nishonlarni aniq mo‘ljalga olishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra birinchi o‘rin Rossiya, ikkinchi o‘rin esa O‘zbekiston jamoasiga nasib etdi. Belarus harbiylari uchinchi bo‘lishdi.
2021-08-29
https://oz.sputniknews.uz/20210829/armi-2021-ozbekistonlik-desantchilar-20282948.html
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasini pnevamatik to‘pponchasidan o‘qqa tutgan haydovchiga qarshi jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, hodisa 27-avgust kuni soat 16:34 atrofida tumanning Shifobuloq mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida ro‘y bergan. "Malibu" haydovchisi D.M. "KamAZ" yuk mashinasiga qarata to‘pponchadan 2-marta o‘q uzgan. Qarshilik erkak do‘stining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzdi24 Avgust 2021, 16:51 Hozirda to‘pponcha, 1 dona magazin va o‘qlar tekshirib ko‘rish uchun hujjatlashtirib olingan. D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2021-08-29
https://oz.sputniknews.uz/20210829/surxondaryoda-malibu-haydovchisi-yolda-ketayotgan-yuk-mashinasini-oqqa-tutdi-20282412.html
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. “Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi. 2022 yildan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish jarayonida qo‘llaniladigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi. Har yili avgust oyigacha minimal iste’mol xarajatlari qiymatining prognoz parametrlari inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblanadi. Minimal iste’mol xarajatlari va kambag‘allik darajasi har yilgi hisobot yilida inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20-yanvariga qadar e’lon qilib boriladi. Minimal iste’mol xarajatlari tarkibi kamida har 5-yilda qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda ilk bor minimal iste’mol xarajatlari miqdori hisoblab chiqildi 31 May 2021, 13:45 Qaror bilan Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2021-08-29
https://oz.sputniknews.uz/20210829/aholining-minimal-istemol-xarajatlari-qiymatini-hisoblash-tartibi-belgilandi-20280112.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Navoiy viloyati Karmana tumanida respublikadagi ilk quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Press-slujba prezidenta UzbekistanaSolnechnaya elektrostansiya v Navoyiskoy oblasti Solnechnaya elektrostansiya v Navoyiskoy oblasti Press-slujba prezidenta Uzbekistana Mazkur majmua qurilishi o‘tgan yili boshlangan edi. 110 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 300 mingta quyosh panellari o‘rnatildi. Uning quvvati 100 megaVatt. “Ushbu stansiya yangi O‘zbekiston energetika tizimida birinchi ulkan qadam, ta’bir joiz bo‘lsa, “birinchi qaldirg‘och” bo‘lib, soha rivojida mutlaqo yangi davrni boshlab bermoqda. Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi,” - dedi Shavkat Mirziyoyev. Press-slujba prezidenta UzbekistanaSolnechnaya elektrostansiya v Navoyiskoy oblasti Solnechnaya elektrostansiya v Navoyiskoy oblasti Press-slujba prezidenta Uzbekistana “Nur Navoiy solar” nomli ushbu loyiha Birlashgan Arab Amirligining “Masdar” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Prezident mazur davlat bilan o‘zaro hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. Birgina energetika sohasida umumiy qiymati qariyb 1,5 milliard dollar bo‘lgan 1 ming 700 megaVattli 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatining o‘zida 2023-yilda “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda 500 megaVattli shamol stansiyasi va “Fanes grupp” ishtirokida 200 megaVattli quyosh stansiyasi barpo etiladi. Davlat rahbari fotoelektr stansiyasi qurilishida ishtirok etgan xorijiy investorlar, barcha quruvchi va mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi. Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti Prezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti Press-slujba prezidenta Uzbekistana Bu stansiyaning ahamiyati shundaki, aholi va sanoatning o‘sib borayotgan ehtiyojini barqaror energiya bilan ta’minlaydi. Narxi ham arzon - 1 kiloVatt soat uchun 2,67 AQSh senti. Yana bir muhim jihati, bunday loyihalar tufayli yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlari, zamonaviy texnologiyalar paydo bo‘lmoqda. Xususan, mazkur stansiya qurilishi uchun “O‘zelektroapparat” korxonasidan elektrotexnika jihozlari, “O‘zbekkabel”, “Eych-Pi-Si sistems” korxonalaridan kabellar, Bektemir metall konstruksiyalari zavodidan tayanch ustunlar keltirilgan. Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti Prezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti Press-slujba prezidenta Uzbekistana Umuman, bunday yirik loyihalar mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yiliga kamida 1 milliard dollarlik yangi bozor, elektrotexnika klasteri tashkil etish uchun puxta zamin yaratadi. Ushbu klasterda quyosh panellari, kabel mahsulotlari, transformatorlar, akkumulyatorlar, elektr dvigatellar, shamol elektr stansiyasi uchun generator va tayanch uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish mumkin. Bu minglab yangi ish joylari deganidir. Prezident iqtisodiyot, jumladan, energetikani rivojlantirishga qaratilgan rejalarni ham aytib o‘tdi. Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti Prezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti Press-slujba prezidenta Uzbekistana “Kelgusi 5-yilda iqtisodiyotimiz o‘sishini 1,5 barobarga oshirib, yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 100 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz. Bu borada o‘rta va yirik shakldagi minglab yangi sanoat korxonalari ishga tushirilib, elektr energiyasiga ehtiyoj 100 milliard kiloVatt soatga yetadi. Bu raqam – hozirgidan 30 milliard kiloVatt soatga ko‘p degani. Shuning uchun, elektr energiyasi sohasida yangi islohot va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha juda katta rejalarni belgilab olganmiz. Jumladan, kelgusi 5-yilda qiymati 6,5 milliard dollar bo‘lgan 19 ta loyiha hisobidan qo‘shimcha ravishda 11 ming 500 megaVatt yangi quvvatlar ishga tushiriladi. 2030-yilga borib, elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi manbalar ulushi 30 foizdan ortadi. Elektr energiyasini hududlarga yetkazish uchun 500 va 220 kilovoltli 3 ming kilometr yangi elektr tarmoqlari barpo etiladi,” - dedi davlat rahbari. Mirziyoyev nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi19 Iyul 2021, 19:57 Shu bilan birga, bugungi kunda past kuchlanishli tarmoqlarning 66 foizi, podstansiyalarning 74 foizi va transformator punktlarining 50 foizdan ko‘prog‘i eskirgan. Shu bois kelgusi besh yilda jami 70 ming kilometr past kuchlanishli elektr tarmoqlari, 22 ming dona transformator va 100 dan ortiq podstansiyalar yangilanishi qayd etildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari yagona energetika zanjirini tashkil etish va bu sohadagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Shu maqsadda, elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi, mintaqa energiya tizimini o‘zaro bog‘laydigan qo‘shimcha magistral tarmoqlar qurilishi ma’lum qilindi. Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy dastakni harakatga keltirib, quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirdi. Tadbirda ishtirok etgan muhandis va quruvchilar, navoiylik nuroniylar va yoshlar, shuningdek, xorijiy investorlar so‘zga chiqib, yangi stansiyaning ahamiyati haqida gapirdi.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/ozbekistonda-yirik-quyosh-fotoelektr-stantsiyasi-ishga-tushirildi-20268498.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Kobul aeroporti yaqinidagi portlashlarda 1,3 ming nafardan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba ma’lum qildi. Teraktlar oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi, 1338 kishi yarador bo‘ldi. Kobul aeroportida portlash yuz berdi26 Avgust 2021, 19:03 Bundan avval Wall Street Journal nashri kamida 90 afg‘on halok bo‘lgani haqida yozdi. Shuningdek, Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, 13 nafar amerikalik askar halok bo‘ldi. Kuni kecha Kobul aeroporti yaqinida ikkita portlash yuz berdi – ulardan bittasi – Baron oteli yaqinida, u yerda xorijliklar, jumladan AQSh va Britaniya fuqarolari bo‘lgan. Birinchi portlashni xudkush-terrorchi amalga oshirdi, keyinchalik avtomobil portladi. OAV "Islom davlat"* aeroportga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganini xabar qildi. Vashington bu hujumlarda "IShID"*ga kiruvchi “Viloyat Xuroson” ishtirok etgan deb hisoblaydi. AQSh prezidenti Jo Bayden “Viloyat Xuroson” yetakchilari va obyektlariga zarba berish to‘g‘risida buyruq berdi. * Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/kobuldagi-portlashlar-oqibatida-mingdan-ortiq-kishi-jarohatlandi-20264692.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. So‘nggi kunlarda respublikada koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichlari nisbatan barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami tadbirlarini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida Koraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko‘ngil ochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar ma’qullandi. Prezident Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotladi25 Avgust 2021, 10:02 Mustaqillikning o‘ttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishni ta’minlashga mas’ullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni ta’minlash shartligi belgilandi. "Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlarda, shuningdek, tashkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarda niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotlariga rioya etilishini so‘rab qoladi", - deyilgan vazirlik xabarida.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/mustaqillik-bayrami-tadbirlari-ochiq-maydonlarda-otkaziladi-20265088.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi yangi vaksinani ro‘yxatga oldi. "EpiVakKorona-N" - COVID-19 qarshi emlanish uchun beshinchi preparat bo‘ldi. Vaksina “Vektor” markazida yaratildi. O‘zbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratildi27 Avgust 2021, 08:40 Vaksina preparatning oldingisidan "ishlab chiqarishning ba’zi texnologik xususiyatlari" bilan farq qiladi, deb ta’kidlashdi yaratuvchi-olimlar. COVID-19ning oldini olish maqsadida preparat peptid antigenlariga asosida yaratilgan. Ta’kidlanishicha, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan kishilar "EpiVakKorona-N" vaksinasini olishi mumkin. Homilador ayollarga bu vaksina qo‘llanilmaydi.. Hozirgi vaqtda Rossiya tibbiyot muassasalarida 4ta preparat mavjud – “Sputnik V”, “EpiVakKorona”, “KoviVak” va “Sputnik Layt”.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/rossiyada-koronavirusga-qarshi-yana-bir-vaktsina-paydo-boldi-20265269.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi. “Afg‘onistondagi vaziyat hammamizni o‘yga solishi tabiiy. Xavotir olmanglar, mudofaa qudratimiz har qanday vaziyatga tayyor, vaziyatni nazorat qilib turibmiz. Lekin meni o‘ylantirgani - ular bizning jonajon qo‘shnimiz, ular ham ko‘chib keta olmaydi, biz ham. Mana, kechadan boshlab jafokash afg‘on xalqiga ko‘mak bo‘lish maqsadida Hayraton ko‘prigini vaqtincha ishga tushirdik. Chunki Afg‘oniston xalqi hozir yordamga muhtoj, agar ular tinchlik sari harakat qilsalar, biz ularga ko‘makchi bo‘lamiz. Kobuldagi portlashlar oqibatida 1300 nafardan ortiq kishi jarohatlandi27 Avgust 2021, 11:42 Boshqa davlatlardan kelayotgan oziq-ovqatni poyezdlar orqali yetkazib beramiz, o‘zimiz ham bunga hissa qo‘shamiz. Chunki Mozori Sharif shahriga yagona temiryo‘l biz orqali o‘tadi. Toliblar bilan ikki yil oldin muloqot olib borgandik, hali hech bir davlat bu ishni qilmaganda men ular bilan muloqot qilish bo‘yicha topshiriq bergandim. Ularning Dohadagi rahbari Barodar janoblari o‘shanda O‘zbekiston tomoniga birorta o‘q otilmasligi bo‘yicha va’da bergandi. Va’dasini bajarayotgani uchun ham ular bilan muloqot qilib turishimiz tabiiy. Biz uchun xalqimizning tinchligi kerak. Xalqimiz tinch bo‘lishi uchun, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, istalgan tomon bilan gaplashaman. Afg‘onistonda shunday holat bo‘lishidan ikki yil oldingi tahlillarimiz dalolat bergan edi”, dedi prezident.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/mirziyoev-afgonistondagi-vaziyat-boyicha-munosabat-bildirdi-20266130.html
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasining tug‘uruqxona bo‘limi akusher-ginekologining sochidan tortib sudragani aks etgan lavha ortidan Farg‘ona viloyati IIB munosabat bildirdi. O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limida kelini M.S. dunyoga keltirgan o‘g‘il chaqaloqning 27-avgust kuni vafot etganligidan xabar topgan qaynota S.S. tug‘uruq bo‘limida ishlovchi akusher-ginekolog Yu.A.ning sochidan tortib, urib-do‘pposlab, xodimga tan jarohati yetkazgan. Buxoroda qarzni undirishga kelgan MIB xodimi korxona rahbari tomonidan kaltaklandi8 Avgust 2021, 08:44 Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, S.S.ga nisbatan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, fuqaro S.S. muqaddam ichki ishlar organlarida xizmat qilib, surunkali ravishda xizmat intizomini buzib, ichki ishlar organlari xodimlariga nomunosib xatti-harakatlar sodir etganligi uchun, salbiy sabablarga ko‘ra, 2002-yilda ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan. Andijonda ona o‘g‘lini kaltaklab, tilanchilik qilishga majburlayotgani aytilmoqda13 Iyun 2021, 16:07 Jinoyat ishining tergovi Farg‘ona viloyati prokurori hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan nazoratga olingan. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar olib bordi. "2021 yilning 25-avgust kuni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Nursuh qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro M.S. tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limiga "homiladorlik 2, tug‘ruq 2, homiladorlikning 39 haftasi. Tug‘ruqning birinchi davri" tashxisi bilan qabul qilinib, 26-avgust kuni soat 16:00larda tirik, jinsi o‘g‘il, 3200 gramm vaznli, ammo og‘ir ahvoldagi chaqaloqni dunyoga keltirgan. Surxondaryoda bir guruh shaxslar XDP deputatini kaltakladi25 May 2021, 17:42 Tug‘ruqni akusher-ginekolog Yu.A. va shifokor-neonatolog H.N qabul qilgan. Dastlabki tibbiy tekshiruvlar natijasida bolada ona qornidalik davrida embrional rivojlanish va homila organlarining paydo bo‘lishi buzilgani va nuqsonli rivojlangani aniqlangan. Natijada go‘dak to‘liq rivojlanmagan organlar bilan tug‘ilgan. Qolaversa, chaqaloqda tug‘ma nuqsonlar kuzatilib, bolaning o‘pkasi 70 foizga rivojlanmagan. Shu bois, chaqaloq zudlik bilan intensiv terapiya xonasiga o‘tkazilib, unga zarur reanimatsion yordam ko‘rsatilgan. Biroq bolaning o‘pkasi o‘z faoliyatini bajarmaganligi sababli unda og‘ir asfiksiya holati kuzatilgan. Chiroqchida kaltaklangan o‘qituvchi ishi yuzasidan jinoiy ish ochildi14 Aprel 2021, 10:22 Afsuski, tibbiyot xodimlari tomonidan olib borilgan kerakli reanimatsion chora-tadbirlarga qaramasdan go‘dak 2021-yilning 27-avgust kuni soat chamasi 12:20da "O‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi" tashxisidan vafot etgan. Shundan so‘ng chaqaloq murdasi va tibbiy hujjatlar patalogoanatomik tekshiruvga yuborilgan. Shifokor-neonatolog H.N chaqaloq vafot etganligi sababli shu kuni soat chamasi 12:30larda go‘dakning buvasi, fuqaro S.S.ni chaqirib, unga vaziyatni tushuntirishga harakat qilgan. Biroq S.S. muassasa tug‘ruq bo‘limining vrachlar xonasida tug‘ruq tarixlarini yozib o‘tirgan va tug‘ruqni olib borgan akusher-ginekolog Yu.A.ning oldiga borib, sababsiz uning sochidan tortib, tashqariga sudrab olib chiqib, jiddiy tan jarohati yetkazgan. Eng achinarlisi, dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ushbu zo‘ravonlik harakatini sodir etgan shaxs, ya’ni 1971-yilda tug‘ilgan fuqaro S.S. o‘z vaqtida ichki ishlar organlari tizimida ishlab, nafaqaga chiqqan. Tibbiy tekshiruv davomida jabrlangan shifokor Yu.A.ga miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda shifokor tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam markazi jarrohlik bo‘limida davo muolajalarini olmoqda", deyilgan SSV matbuot xizmati xabarida.
2021-08-28
https://oz.sputniknews.uz/20210828/akusherga-zorlik-qilgan-sobiq-ichki-ishlar-xodimi-qolga-olindi-20272388.html
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobuldagi teraktlar yuzasidan bayonot berdi. Kobuldagi portlashlar oqibatida 1300 nafardan ortiq kishi jarohatlandi27 Avgust 2021, 11:42 “O‘zbekiston Kobul shahrida sodir etilgan va ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan terroristik xurujlarni qat’iyan qoralaydi. Afg‘onistondagi barcha tomonlarni milliy yarashuv va kelishuvga erishish, ko‘p millatli Afg‘oniston xalqi manfaatlari yo‘lida mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida bosiqlik va konstruktiv yondoshuv namoyon etishga chorlaymiz. Ushbu shafqatsiz hujumlarda qurbon bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oilalariga samimiy hamdardlik izhor etamiz. O‘zbekiston bundan keyin ham afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, Afg‘onistonda tinchlik-osoyishtalik va farovonlikka erishishda keng ko‘lamli yordam ko‘rsatishda davom etadi”, - deyilgan TIV bayonotida. 26 avgust, payshanba kuni Kobul hududida portlashlar yuz berdi, OAV malumotlariga ko‘ra, 170 nafardan ortiq kishi, shu jumladan AQSh harbiylari qurbon bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni “IShID” (Rossiyada taqiqlagan terrorchilik tashkiloti) terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
2021-08-28
https://oz.sputniknews.uz/20210828/ozbekiston-tiv-kobuldagi-teraktlar-yuzasidan-bayonot-berdi-20272075.html
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 215 nafar shaxs afv etildi. Mustaqillik bayrami tadbirlari ochiq maydonlarda o‘tkaziladi27 Avgust 2021, 12:17 Afv etilgan shaxslarning 3 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 127 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 12 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 73 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi. Afv etilganlarning 14 nafarini ayollar, 12 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 69 nafarini chet davlat fuqarolari, 15 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.
2021-08-28
https://oz.sputniknews.uz/20210828/ozbekistonda-215-nafar-mahkum-afv-etildi-20273245.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Pandemiya davrida Rossiya hududida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni vatanga olib kelish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ quyidagi maxsus reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda: 27 avgust kuni soat 20:57 da 483-sonli yo‘lovchi poyezdi Voljskiy - Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi. 30 avgust kuni soat 12:35 da 446-sonli yo‘lovchi poyezdi Tolyatti - Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi. Uzbekistan Airways Moskvaga yangi modelga asoslangan aviaqatnovlarni boshlaydi27 Avgust 2021, 13:46 Poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Voljskiy-Toshkent hamda Tolyatti-Toshkent yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo‘natishlari ham mumkin.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/rossiyada-qolib-ketgan-migrantlarni-olib-kelish-uchun-maxsus-poezdlar-qatnovi-qoyildi-20268819.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Bugun Srechko Katanesning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Sloveniyalik mutaxassis 2025-yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. Rasmiy debut gol va muhim zafar: Shomurodov “Roma”ga g‘alaba keltirdi20 Avgust 2021, 10:52 Katanes 1963-yilda Sloveniyaning Lyublyana shahrida tavallud topgan. 1981-1994 yillar davomida “Partizan”, “Shtutgart”, “Sampdoriya” kabi jamoalarda to‘p surgan. Ushbu davr mobaynida A-Seriya va Italiya kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, UYeFA Championlar ligasi va UYeFA Kubogi final uchrashuvlarida ishtirok etgan hamda Yevropa Kubok egalari kubogida zafar quchgan. Murabbiylik faoliyatida esa Makedoniya, Birlashgan Arab Amirligi, Sloveniya va Iroq milliy terma jamoalarini boshqargan. Srechko Katanes tarixda birinchi bor Sloveniya milliy terma jamoasini Jahon va Yevropa chempionatlariga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/srechko-katanets-ozbekiston-milliy-terma-jamoasini-boshqaradi-20269203.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Botir Zokirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi. O‘zbek estradasi asoschisi, san’atkor Botir Zokirov tavalludining 85-yilligi munosabati bilan taqdirlandi. Botir Zokirov fondi ijrochilar tanlovi e’lon qildi19 Mart 2019, 14:30 “O‘zining buyuk iste’dodi, noyob va betakror ijodi bilan o‘zbek estrada san’atiga asos solib, milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib hamda tavalludining 85-yilligi munosabati bilan xalqimizning ardoqli farzandi, buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti, marhum Botir Karimovich Zokirov ‘El-yurt hurmati’ ordeni bilan mukofotlansin”, - deyilgan hujjatda. Prezidentning 2020-yil 2-dekabrdagi qaroriga muvofiq, 2021-yilda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85-yilligi nishonlanadi. Toshkentda san’atkor haykalini o‘rnatish belgilangan. O‘zbek estrada xonandasi, dramaturg va aktor 1936-yil 26-aprelda Moskvada tug‘ilgan. O‘zbekistonda estrada san’atining shakllanishi va rivojlanishi uning nomi bilan bog‘liq. 1965 yilda O‘zbekiston SSR xalq artisti unvonini oldi. 1985-yil 23-yanvarda Toshkentda vafot etdi. U Toshkentdagi Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/ozbekiston-xalq-artisti-marhum-botir-zokirov-el-yurt-hurmati-ordeni-bilan-mukofotlandi-20264267.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yangi modelga asoslangan aviatashuvlar boshlanishini e’lon qildi. O‘zbekiston Mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlab va O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 30-apreldagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Uzbekistan Airways AJ aviatashuvlar borasida gibrid modelga o‘tmoqda. “Uzbekistan Airways” Toshkent va Lohur o‘rtasidagi parvozlarni qayta tiklamoqda30 Iyun 2021, 17:21 Yangi modeldagi aviatashuvlar “Uzbekistan Express” nomi ostida aviakompaniyadagi mavjud liniyalarda parvozlarni amalga oshiradi. Uzbekistan Express ilk parvozini joriy yilning 30-avgust kuni "to‘liq iqtisodiy klass"ga (ekonom) o‘tkazilgan Airbus A320 havo kemasida Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiradi.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/uzbekistan-airways-yangi-modelga-asoslangan-aviatashuvlarni-boshlaydi-20266689.html
Amerikalik kongressmenlar yangi qonun loyihasini ishlab chiqdilar, unga qaraganda hatto surrealistik "Rodchenkov qonuni" xali boshlanishiga o‘xshaydi. AQSh Kongressi Xelsinki komissiyasi tomonidan tuzilgan "Oltin akt" doping qoidabuzarliklarini og‘ir jinoyat - pul yuvish va reket bilan tenglashtirishni taklif qiladi. Agar qonun qabul qilinsa, butun dunyo uni qo‘llash sohasi bo‘ladi. AQSh maxsus xizmatlari hech bo‘lmaganda bitta amerikalik sportchi ishtirok etadigan, hech bo‘lmaganda bitta Amerika kompaniyasi homiyligida yoki hech bo‘lmaganda bitta Amerika telekanali efirga uzatadigan har qanday xalqaro sport musobaqasida "doping sxemalarini tashkilotchilarini" qidiradi. Lavrov: tez orada rossiyalik diplomatlarni doping iste’mol qilishda ayblashadi – video 11 Dekabr 2019, 18:38 Pul yuvish va reket qarshi kurash (RICO) qonunlar to‘plami 1970-yilda AQShda mafiyaga qarshi kurash uchun qabul qilingan. Hujjatlar bu jinoyatlarda gumon qilinayotganlarni yashirincha eshitish, kuzatib borish va sudda telefonlarni tinglash materiallaridan foydalanish mumkin. RICO Nyu-Yorkning kriminal avtoritetlar va Los -Anjeles va Ki-Uestning korrupsionerlarini qamoqqa olish uchun qo‘llanildi. Ularning ko‘plari hali ham "uzoq qamoq muddatlarini" o‘tamoqda. "Oltin akt", xuddi "Rodchenkov akti" singari - mutlaqo eksterritorial. Hujjat Amerika maxsus xizmatlari butun dunyo bo‘ylab boshqa mamlakatlari fuqarolari orqasidan kuzatadi.Yashirincha kuzatish, eshitish, hibsga olish va AQShga ekstraditsiya qilishni so‘rash, bank hisoblarini bloklash ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, sirli "maxsus operatsiyalar" ni bajariladi. Bu yerda amerikalik sheriklar nimani nazarda tutayotganini xatto taxmin qilmoqchi emasmiz. Olimpiya o‘yinlari, doping: Mirziyoyev sport mutasaddilarini tanqid qildi4 Sentabr 2019, 21:18 Bu qonun aynan kimga qarshi qaratilganini hech kim yashirmaydi. "Rossiya kabi avtoritar davlatlar uchun doping asimmetrik qurol bo‘lib qoladi, u bilan qonunni buzadi",-deydi Xelsinki komissiyasi a’zosi, "Oltin akt" mualliflaridan biri Jo Uilson. Xelsinki komissiyasi hamraisi, kongressmen Stiv Koen tushuntirishicha, qonun loyihasining zarurligini amerikalik sportchilarning Tokio Olimpiadasidagi shikoyatlarini isbotlaydi. "Hamon dopingni ishlatilmoqda, deb gumonsiramoqda sportchilarimiz", - dedi Koen. Bu amerikalik Rayan Merfi ustidan g‘olib bo‘lgan suzuvchimiz Yevgeniy Rilovga aniq ishora, u 200 metr masofada oltin tortib oldi. "Bu yerda hamma narsa 100 foiz toza bo‘lganmi, bilmayman", - dedi mag‘lubiyatga uchragan sportchi. Keyin uning terma jamoadagi hamkasbi Lili King xuddi shu mavzuda gapira boshladi. "Bu Olimpiadada bo‘lishi kerak bo‘lmagan odamlar ko‘p", - dedi u. Doping mojarosi: O‘FA Ignatiy Nesterov ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi15 Fevral 2019, 19:54 Vaziyat juda bema’ni. WADA ham, XOQ ham Rossiya g‘oliblarida taqiqlangan moddalar topilmaganini bir necha bor tasdiqlagan. Ular halol kurashdilar va g‘alaba qozonishdi. Ammo mag‘lubiyatga uchragan amerikaliklar bunga tan bermayapti va mana ular yaxshiyam hozircha armiyani emas, o‘z xavfsizlik xodimlarini yordamga chaqirishmoqda. Unda Davlat departamentida Olimpiada medallarini berish kerak - faqat Amerika fuqarolariga, albatta? Yoki biron bir chempionat tashkilotchisi - mamlakatning qirg‘oq chegarasiga samolyot tashuvchi kemasini olib kelish kerakmasmi? Undan amerikalik sportchilar xafa qilishmayaptimi, deb qarab turish uchun. Masalan, oltinchi yo‘lakda u yerda g‘olib kim bo‘ldi? Rusmi? Aniqmi? Yo‘q ... Yaxshisi, qayta hisoblab chiqish zarur. So‘nggi paytdagi barcha doping janjallarining amerikalik sportchilar bilan bog‘liqligi telbalikka o‘ziga xos kuch beradi. Yuguruvchi Sha’Karri Richardson marixuana uchun diskvalifikatsiya qilindi. O‘zbekiston va yana 18 mamlakat sportchilari qonidan doping topildi10 May 2017, 20:59 Gimnastikachi Simona Baylz Olimpiadada qatnasha olmadi, chunki unga ritalin olib kelinmadi. Uch yil oldin afsonaviy suzuvchi, ko‘p karra Olimpiya chempioni va jahon chempioni Rayana Loxte doping uchun diskvalifikatsiya qilingandi. Butun sport faoliyatida kortikosteroidga o‘tirib qolgan mashhur velosipedchi Lens Armstrongni eslaysizmi? Bu faqat eng shov-shuvli janjallar. Ammo, shu bilan birga, jahon hamjamiyati nima bo‘layotganini umuman bilmaydi, masalan, AQShda professional sportida. Bu dunyoga mashhur milliy basketbol, ​​beysbol, xokkey ligalari. Minglab taniqli sportchilar, trillionlab dollarlik biznes, eng mashhur musobaqalar. Amerika antidoping qo‘mitasi USADA bu gullab-yashnayotgan yo‘nalishlarni umuman nazorat qilmaydi. Doping mojarosi: opa-singil Uilyamslar, Baylz, Aloyan, navbatdagi kim?15 Sentabr 2016, 15:56 Har bir liganing o‘z tashkiloti bor, u doping nazoratini olib boradigandek tuyuladi, lekin u yerda shunday pul aylanadiki, hech kim noqonuniy moddalar bilan ushlanmaydi. O‘ziga og‘ir bo‘ladi. 2012-yilda WADA bosh direktori Devid Xauman NBAni (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) doping nazoratidagi "bo‘shliqlar" uchun ochiq tanqid qildi. U hatto afsonaviy basketbolchilarni o‘sish gormoni uchun testdan o‘tishga taklif qildi. Ammo ularning barchasi bu g‘oyani e’tiborsiz qoldirdilar. Agar dopingni davlat qo‘llab-quvvatlovi haqida gapiradigan bo‘lsak, AQShdagi eng yuqori qismida Amerika sportchilarining muammolari haqida yaxshi bilishadi. Bu tizimli jarayonlar, ular faqat avloddan-avlodga murakkablashib bormoqda, o‘n minglab bolalar va yoshlarni mayib qilmoqda. Yo‘q, bu Rossiya propagandasining gumonlari emas. Keling, AQSh prezidentini eshitaylik. Vladimir Putin Rossiyada mustaqil doping komissiyasi tuzishni taklif qildi22 Iyul 2016, 20:01 "Barcha darajadagi amerikalik sportchilar - professionallar, havaskorlar va universitet sporti vakillari <...> - ularning barchasi steroid yoki boshqa taqiqlangan moddalarni ishlatish balosiga qarshi tura olmaydi <...> Bosim ayniqsa yuqori darajada, milliy terma jamoadan joy olish kerak bo‘lgan vaqtda <...> chunki siz echinish xonasiga kelasiz va yozda 20 funt (to‘qqiz kilogramm) mushak to‘plagan raqibni ko‘rasiz, va siz shunday deb o‘ylaysiz: men ham shunday qilishim kerak, aks holda u terma jamoadagi o‘rnimni oladi <...> Bu ulkan muammo ... ". Bu Jo Baydenning nutqidan iqtibos - 2008-yilda u AQShning Delaver shtatida senator bo‘lgan va shunga o‘xshash tarzda hamkasblari oldida dopingga qarshi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qilishga undagan. Ko‘rib turganingizdek, Amerika rasmiylari Amerika sportida nimalar bo‘layotganidan to‘liq xabardor. Biroq, negadir ular Rossiyada antidoping qonunlarini buzuvchilarni qo‘lga olmoqchi. Kafka dam olmoqda.
2021-08-28
https://oz.sputniknews.uz/20210828/aqsh-rossiya-sportiga-chegarasiz-urush-elon-qildi-20273659.html
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. “Forish” poligonida “ArMI-2021” Xalqaro armiya o‘yinlarining “Dala oshxonasi” yo‘nalishidagi “Taom tayyorlash” shartining ikkinchi bosqichi - “Baliq go‘shtidan taom tayyorlash” bahslari nihoyasiga yetdi. Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbekskie voyennie povara zanyali pervoe mesto v promejutochnom etape dissiplini - "Polevaya kuxnya". Uzbekskie voyennie povara zanyali pervoe mesto v promejutochnom etape dissiplini - "Polevaya kuxnya". Ministerstvo oboroni Uzbekistana Jamoalar 4 soat davomida baliq mahsulotlaridan qovurilgan, qaynatilgan hamda dimlangan holda taom tayyorlashdi. Shuningdek, qo‘shimcha ballarni to‘plash uchun gazak hamda sharbat tayyorlab taqdim etishdi. ArMI-2021: O‘zbekiston harbiylari “Dala oshxonasi” tanlovi ilk bosqichida yuqori baholandi26 Avgust 2021, 12:38 Bu bosqich yakunida jamoalarning turli xil usulda tayyorlagan taomlari xakamlar hay’ati quyidagicha baholadi: O‘zbekiston – 190 ball; Rossiya – 181 ball; Belarus – 159 ball; Vyetnam – 142 ball; Tojikiston – 123 ball. Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbekskie voyennie povara zanyali pervoe mesto v promejutochnom etape dissiplini - "Polevaya kuxnya". Uzbekskie voyennie povara zanyali pervoe mesto v promejutochnom etape dissiplini - "Polevaya kuxnya". Ministerstvo oboroni Uzbekistana Jamoalar endilikda yana 3 kun davomida shartli va berilgan masalliqlarga ko‘ra taom hamda non va non mahsulotlarini tayyorlash borasida bellashadi. Kuni kecha O‘zbekiston harbiy oshpazlari “Berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan erkin taom tayyorlash” bosqichida 188 ball bilan birinchi o‘rinni olgandi.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/armi-2021-ozbek-harbiy-oshpazlari-yana-birinchi-orinni-qolga-kiritishdi-20260337.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Kuni kecha Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi harbiy qism omborida 6ta portlash yuz berdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston. Xabarlarga ko‘ra, harbiy obyektda yong‘in payshanba kuni soat 19:00 atrofida boshlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omborda 500 tonna trotil saqlangan. Kuchli yong‘in oqibatida 4 nafar harbiy halok bo‘ldi, 49 nafar FVV xodimi jarohatlandi. Kobul aeroportida portlash yuz berdi26 Avgust 2021, 19:03 Favqulodda vaziyatni bartaraf etishga harbiy qismning o‘t o‘chirish guruhlari va yong‘inga qarshi maxsus texnikasi, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Jambil viloyatidagi o‘t o‘chirish brigadalari jalb qilingan. Shifoxonaga 90 nafar kishi olib kelindi, ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda. 1200 nafarga yaqin aholi evakuatsiya qilindi. Mudofaa vazirligi qasddan o‘t qo‘yish yoki qo‘poruvchilik bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Shuningdek, versiyalar orasida - xavfsizlik talablarini buzish, o‘z-o‘zidan yonish va kimoviy reaksiya. Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev iste’foga chiqishga qaror qilganini aytdi.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/qozogistondagi-qurol-yarog-omborida-kuchli-portlash-yuz-berdi-video-20263048.html
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Irina Badmayeva. Dollarning galdagi barbod bo‘lishi bashorat qilindi. Bu safar “afg‘on omili” tufayli. Ilgari xavotirli prognozlar uchun AQSh iqtisodiyotning beqarorligi sabab edi: davlat qarzining oshishi va trillionlab mablag‘lar quyilishi. Toliblar dunyo dedollarizatsiyasini tezlashtiradimi – RIA Novosti o‘rgandi. Galdagi qulash “Goldman Sachs Asset Management” sobiq raisi va Buyuk Britaniyaning sobiq moliya vaziri Jim O‘Nill amerika pul birligi taqdiridan xavotir bildirmoqda. U yetakchilik qo‘ldan boy berilgan deb hisoblaydi. Boz ustiga jahon valyutasi maqomi ham savol ostida. Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarining shoshilinch olib chiqib ketilishi vaziyatni faqat yomonlashtirapti. Dollar 1975-yilda AQSh Vyetnamdan ketayotgan paytda jiddiy shikastlangandi. Biroq Yaponiya, Germaniya va Xitoy kursning sezilarli o‘zgarmasligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llaridan kelganini qilishdi. Pekin moliya bozorlarinida yuan ishtirokini kengaytirishdan bosh tortgan – ichki va xalqaro bozorlarda. Hozir o‘yin qoidalari boshqacha. Iqtisodiy o‘sish drayveri Osiyo tomon ko‘chmoqda. Bu yerda aynan XXR ustunlik qilmoqda. O‘tgan asr o‘rtasidan xitoyliklar jahon YaIMda ulushlarini to‘rt baravarga ko‘tarishdi, deyarli 20 foizgacha. AQShniki esa 24. Rubl – dunyoning eng kam baholangan valyutalaridan biri3 Avgust 2021, 17:53 Xalqaro valyuta jamg‘armasi SDR savatini qayta ko‘rib chiqmoqda.Agar yuan mustahkamlansa, jahon moliya tizimi o‘zgaradi, deydi Jim O‘Nill. Yevropa markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda xalqaro zaxiralardagi amerika valyutasi ulushi 61,7 foizgacha qulagan – 20-yil ichidagi minimum. O‘tgan yili 60 dan pastga tushdi – bu 1995 yidan buyon ilk holat. AQSh monetar hukumatining ham bunda qo‘li bor. Pandemiya avj olgan paytda pul ishlab chiqaruvchi uskunalarni bor quvvati bilan ishlatishdi. Iqtisodiyotga trillionlar kiritishdi. Inflatsiya 5,4 foizga yetardi – 13 ichidagi maksimum. Dollar sur’atini hozir “bir qadam oldinga, ikki qadam ortga” sifatida ta’riflash mumkin, shu bois xavotirli prognozlar muntazam paydo bo‘lib turibdi. Kobuldan o‘ng‘aymagan evakuatsiyani amalga oshirish – yana bir ortiqcha sabab. Afg‘onistonda ro‘y berayotganlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xatarlari yo‘q, deb o‘ylashadi aksariyat iqtisodchilar. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotiga ta’siri sariq chaqachalik. Raqobatchilar esa amerika valyutasini jiddiy siqib chiqara olmaydilar. “Yaponiya – iqtisodiy va harbiy-siyosiy ma’nolarda AQShning dumi. Mustaqil hech qanaqa chora ko‘rmaydi. Hatto vashington bilan munosabatlari yomonlashgan Xitoy ham avvalgidek amerika bozoriga tobe. Pekin vaziyat keskinlashtirmaydi”, - deb hisoblaydi RUDN iqtisodiyot fakulteti dotsenti Vladimir Grigoryev. Qaytmas nuqtaga yetishdi: tahlilchilarning AQSh iqtisodiyotidan hafsalasi pir bo‘ldi12 Iyul 2021, 16:44 Dollar harbiy-siyosiy kuch, texnologik yetakchilik va moliyaviy manipulyatsiyalar evaziga bardosh beradi. Asosiy muammolardan biri – pul massasining o‘sishi. Lekin barcha ta’sir ko‘rsatish dastaklari AQSh Federal zaxira tizimining qo‘lida. Regulyator yil oxiriga qadar keskin siyosatga o‘tishi mumkin: asosiy stavkani ko‘taradi va bu milliy valyutani mustahkamlaydi. Buning dalili allaqachon bor: 18-avgust kuni FZT qo‘mita yig‘ilishi bayonnomasini chop qildi. Investorlar unda o‘zlari izlagan narsani topishdi: pul ishlab chiqaruvi uskunani to‘xtatishadi. Bozor bu noyabrda ro‘y berishiga umid qilmoqda. 2022 yilda esa stavka ko‘tarilishi kutilmoqda va bu ham dollarni qo‘llaydi. Yagona qulashi mumkin bo‘lgan ssenariy –agar AQSh yana bir katta va qimmatli urushga boshini suqsa. Biroq Oq uy aynan bu ssenariydan qochmoqda. Dollarsiz hech qayoqqa Mana bir necha o‘n yildirki dollarni moliya maydonidan siqib chiqarishga urinishmoqda. Yevro va dollar ulushi xalqaro operatsiyalarda haqiqatdan asta-sekinlik bilan oshmoqda. Lekin unutmaslik kerakki, YeI va XXR asosan eksport qiladi, AQSh esa ularning asosiy sotish bozori. Boz ustiga Yevropa pandemiyadan keyin sekinroq va og‘irroq qayta tiklanmoqda. “Yumshoqlik va turli xillik xalaqit berapti. Germaniya, Fransiya, Avstriyadan tashqari boshqa mamlakatlar ham bor. Agar Janubiy Yevropa loaqal mehnatning umumevropa taqsimlanishida ishtirok etsa, Shimoliy va Boltiqbo‘yi, Chexiyadan tashqari, butun mintaqani pastga tortuvchi iqtisodiy daxmaza. Tan olish kerakki, yevro dollardan keyin eng kuchli valyuta”, - deydi Vladimir Grigoryev. Xitoy AQShni neftni qayta ishlashda siqib chiqardi: bundan Rossiya yutadimi?2 Dekabr 2020, 16:36 Dunyoda Amerikanidan keyingi ikkichi iqtisodiyot – Xitoyniki. Shunga qaramasdan yuan global savdo-sotiqda unchalik ommabop emas, deb qo‘shimcha qiladi mustaqil moliya maslahatchisi Anna Xarchenko. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning markaziy banklari zaxiralarida 11,1 trillion dollarga teng keladigan pul massasi saqlanadi. Ulardan olti trillionga yaqini dollarda, atigi 2,3 yevroda saqlanadi. “Mablag‘larni saqlashda aynan dollarni hamisha tanlashadi. Ayniqsa, Rossiyada. 2014-yildan rubl amerika valyutasiga nisbatan ikki yarim baravarga arzonlashdi. Pandemiya boshlanishi bilan qulash – 25 foiz atrofida”, - deydi Moliyalarni boshqarish oliy maktabining tahliliy tadqiqotlar bo‘limi rahbari Mixail Kogan. Ammo xatarni kamaytirish uchun tuxumlarni bitta savatga joylashtirish yaramaydi. Diversifikatsiya qiling, deb maslahat berishadi tahlilchilar. Boz ustiga valyuta kapitalni ko‘paytirmadi. Yuqori inflatsiya va past stavka foizlarini inobatga olib zarar ko‘rish osonligini anglash qiyin emas. Iqtisodchilar ortiqcha mablag‘larni aktivlarga yo‘naltirishni tavsiya qilishmoqda: aksiyalar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk. Yil oxiriga qadar dollar, hoynahoy, 73-80 rubl atrofida bo‘ladi. Yevro kursi – 1,13-1,14. Bozorga moliyaviy yangiliklarni tarqatishda davom etishadi. Shubhasiz, dunyodagi epidemologik vaziyatni ham. Rossiya dollardan voz kechishi uchun necha yil kerak bo‘ladi – ekspert javobi 5 Aprel 2021, 12:40
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/toliblar-aqsh-iqtisodiyotini-bir-yoqlik-qilishlari-mumkin-20255094.html
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan ommaviy emlash jarayonlarida amal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalar ayta ko‘rib chiqildi. emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladigan ishlar belgilandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. Ta’kidlanishicha, emlanishi lozim bo‘lgan aholi vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birlamchi tibbiy-sanitariya bo‘g‘ini muassasalarining ro‘yxatxonasiga murojaat qiladi va oilaviy shifokor tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning xulosasi fuqaroning tibbiy kartasida qayd qilinadi. Emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, u holda emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklov qo‘yiladi. Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar faqat davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi. Vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalar: koronavirus kasalligining o‘tkir shakli bo‘lgan bemorlar;laboratoriyada SOVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilar bo‘lmagan shaxslar;koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar karantin muddati tugaganidan keyin emlanadi. Emlashga uzoq muddatli va doimiy moneliklar: anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari (anafilaktik shok) bo‘lgan shaxslar (tasdiqlovchi tibbiy hujjat bo‘lganda);homilador va emizikli ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumot yetarli emasligi sababli);18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;anamnezida tug‘ma yoki orttirilgan immunotanqislik holati, OIV infeksiyasi bo‘lgan bemorlar;vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo‘lgan shaxslar. Jahon sog‘likni saqlash tashkilotining tavsiyalariga va vaksinalarning yo‘riqnomalariga asoslangan holda emlashdagi interval 21 kundan 12 haftagacha belgilanadi. O‘zbekistonda shu kungacha 13 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan va 1,55 milliondan ziyod fuqaro to‘liq emlangan.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/koronavirusga-qarshi-emlashga-vaqtinchalik-va-doimiy-monelik-qiluvchi-holatlar-belgilandi-20255813.html
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Xamid Karzay va milliy yarashuv bo‘yicha kengash rahbari Abdulla Abdulla uy qamog‘iga olingan, deb xabar qilmoqda CNN o‘z manbasiga tayangan holda. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni toliblar sobiq-prezident Karzay qo‘riqchilarini quroldan mahrum qilishgan, shuningdek, avtomobilini ham tortib olishgan. G‘arb tashvishga tushgan: toliblar AQSh iqtisodiyotini bir yoqlik qilishlari mumkin26 Avgust 2021, 16:04 Chorshanba kuni harakat Abdullaning uyida tintuv o‘tkazgan va uni qo‘riqchi hamda avtomobillardan mahrum etgan. "Karzay va Abdulla hozir uy qamog‘ida o‘tirishibdi. Ular qo‘riqchidan mahrum etilib, "Tolibon"* nazoratida", - deyiladi telekanal saytida berilgan xabarda. Ilgariroq afg‘on OAVlari, Karzay va Abdulla, shuningdek, Islom partiyasi yetakchisi Gulbeddin Hikmator Afg‘onistonni boshqarish bo‘yicha "Tolibon"* harakati tomonidan shakllantirilayotgan kengash tarkibiga kiritilishlari haqida xabar tarqatgan edi. Ta’kidlanishicha, kengashdan 12 kishi shu jumladan, "Tolibon"* siyosiy qanoti yetakchisi Abdul G‘ani Barodar va "Tolibon"* harbiy komissiyasi boshlig‘i Mulavi Yakub o‘rin olishi aytilgandi. * RFda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/toliblar-afgonistonning-sobiq-prezidentini-uy-qamogiga-olishdi-20256429.html
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar o‘rtasida Afg‘onistonning yangi hukumatini tuzish bo‘yicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘n skkizinchi yalpi majlisida hisobot bergan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Farhod Arziyev bayonot qildi. Xususan, Arziyevning ta’kidiga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha O‘zbekiston Afg‘onistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar o‘rtasida Afg‘onistonning yangi hukumatini tuzish bo‘yicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor. O‘zbekiston mazkur mamlakatda keng vakillikka asoslangan inklyuziv koalitsion hukumatni tuzish asnosida tinchlik o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro hamkorlariga Afg‘onistondan fuqarolarni tranzit yo‘li bilan xavfsiz joyga ko‘chirish borasidagi ishlariga yordam bermoqda. Bundan tashqari, tranzit orqali Afg‘onistondan chiqib ketayotgan fuqarolar belgilangan manzilga yetib borishi kafolatlangan. "Tranzit yo‘li bilan O‘zbekistonga kirib kelganlarning hech biri mamlakatimizda qolmaydi", - degan vazir o‘rinbosari. Afg‘onistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakilatxonalari faoliyati to‘xtatilgani, o‘z navbatida O‘zbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyat olib borayotgani aytib o‘tildi.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/ozbekistonning-afgoniston-boyicha-rasmiy-pozitsiyasi-aytildi-20251670.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. U yerda quyosh fotoelektr stansiyasi va kimyo sanoati korxonalari ishga tushiriladi. Davlat rahbari, shuningdek, mavjud korxonalar faoliyati bilan tanishib, aholi bilan muloqot qiladi.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/mirziyoev-navoiy-viloyatiga-jonab-ketdi-20263892.html
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Kobul aeroportida Afg‘onistondan fuqarolarni evakuatsiya qilishda ishtirok etayotgan Italiya havo kuchlari samolyotlari o‘qqa tutildi, deb xabar qildi Agi agentligi harbiy manbalariga asosan. Afg‘onistonda Ukraina samolyoti olib qochildi24 Avgust 2021, 12:16 Samolyotda jurnalistlar va 98 nafar fuqaro bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, C-130J aeroportdan uchib chiqqach darhol og‘ir avtomatik qurollardan o‘qqa tutildi. Agentlik qayd etishicha, otishma aeroport tashqarisidan yoki yaqin tepalikdan amalga oshirilgan. Yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan hech kim yaralanmadi. Samolyot qo‘mondoni favqulodda manevr qildi. Samolyot Kuvaytga yo‘l oldi, u yerdan yo‘lovchilar boshqa samolyotda Italiyaga uchadi. Keyinchalik Corriere della Sera nashri "Italiya razvedkasi Kobul aeroportida Italiya harbiy samolyotiga emas, balki aeroport hududiga kirishga urinayotgan olomonni haydash uchun o‘q otilgan", - deb xabar qildi. Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Qobul aeroportida yaqin soatlarda terakt yuz beradi, deya ogohlantirgandi. "Britaniya hukumati bir necha soat ichida Qobul aeroportida terakt yuz berishini kutmoqda. Bir hafta ichida razvedka aeroportga uyushtirilayotgan hujum muqarrarligiga ishonch hosil qildi", - deb bayonot berdi Birlashgan qirollik Qurolli kuchlari vaziri Jeyms Xeppi.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/kobul-aeroportida-italiya-harbiy-samolyoti-oqqa-tutildi-20258238.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi arafasida prezidentning tegishli farmonlariga muvofiq quyidagi xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga Favqulodda va Muxtor Elchi oliy diplomatik martabasi berildi: Xitoy Xalq Respublikasidagi elchi Baxtiyor Saidov; Turkiya Respublikasidagi elchi Alisher Agzamxodjayev; Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchi Javlon Vaxabov; Rossiya Federatsiyasidagi elchi Botirjon Asadov; Koreya Respublikasidagi elchi Vitaliy Fen; Quvayt Davlatidagi elchi Baxrom A’loyev.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/elchilarga-oliy-diplomatik-martaba-berildi-20262707.html
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Bosh prokuratura fuqaro N.Fayziyevaning mehnat nizosiga oid sud qarorlaridan noroziligi haqidagi murojaatini o‘rganib chiqdi. Aniqlanishicha, N.Fayziyeva “Poytaxtbank” AJda ishlab kelib, bankning tashabbusiga ko‘ra, 11.09.2019 yilda ishdan bo‘shatilgan. Lekin bank kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan N.Fayziyeva bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda qonun talablariga rioya etilmagan. MIB xodimi qariyb 590 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgan – Bosh prokuratura27 May 2021, 10:26 Birinchi instansiya sudi ish holatlariga to‘g‘ri baho bergan holda da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirish haqida asosli xulosaga kelgan bo‘lsada, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari qonunga zid ravishda uning talablarini rad etib, sudning hal qiluv qarorini bekor qilgan. Mazkur sud ajrimlariga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqida protest keltirildi. Ish 19.08.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rilib, Bosh prokuratura protesti qanoatlantirildi. Natijada N.Fayziyevaga 31 mln. so‘m ish haqi, 6 mln. so‘mdan ortiq ma’naviy zarar undirish belgilandi.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/ishdan-boshatilgan-bank-xodimasiga-ish-haqi-va-manaviy-zarar-undirib-berildi-bp-20257459.html
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Qobul aeroportida yaqin soatlarda terakt yuz beradi, deya ogohlantirdi. "Britaniya hukumati bir necha soat ichida Qobul aeroportida terakt yuz berishini kutmoqda. Bir hafta ichida razvedka aeroportga uyushtirilayotgan hujum muqarrarligiga ishonch hosil qildi", - deb bayonot berdi Birlashgan qirollik Qurolli kuchlari vaziri Jeyms Xeppi. Afg‘onistonni tark etgan yulduzlar – foto26 Avgust 2021, 15:00 Idora rahbari so‘zlariga ko‘ra, "Islom davlati"* jangarilari ommaviy evakuatsiya tufayli u yerda son-sanoqsiz odam to‘planganini, va bu holat "ularga qandaydir odamlarni dovdiratib qo‘yadigan narsaga qo‘l urishga imkon berishini" anglashmoqda. Ilgariroq Buyuk Britaniya TIV o‘z fuqarolariga shaharning aeroport qismiga bormaslikni tavsiya etgan edi. Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgarishi Amerika harbiylari kontingenti chiqarilishi fonida "Tolibon"* jangarilari hujumni amalga oshirib, barcha yirik shaharlarni egallab oldi va yigirma yillik urush barham topdi, deya e’lon qilgan edi. Endilikda mamlakatni boshqaruvchi kengash shakllantirilmoqda, u 12 kishidan iborat bo‘ladi. Afg‘on poytaxti aeroporti orqali chet el fuqarolari va chet elliklar bilan hamkorlik qilgan mahalliy aholi evakuatsiyasi davom etmoqda. *RFda ta’qiqlangan terrorchi uyushma.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/buyuk-britaniya-mudofaa-vaziri-qobul-aeroportida-yaqin-soatlarda-terakt-sodir-boladi-20253453.html
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston hukumati respublikadagi Afg‘oniston fuqarolariga vizalarni uzaytirishiga umid qilmoqda. "O‘zbekistonda afg‘onlar ko‘p, biz ularning aniq sonini bilmaymiz. Ehtimol, rasmiylar bu odamlar uchun vizalarni uzaytirish haqida o‘ylashi kerak", - dedi Yevropa Ittifoqining respublikasidagi elchisi Sharlotta Adrian. O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha rasmiy pozitsiyasi aytildi26 Avgust 2021, 13:59 Adrian 2020-yilda O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi davrida transport cheklovlari sababli o‘z vataniga keta olmagan chet el fuqarolarining vizalarini bir necha bor uzaytirib berganligini eslatdi. "Biz bu odamlar (afg‘onlar - Sputnik) ga qanday yordam berish haqida o‘ylash kerak (afg‘onlar. - Sputnik). Bu savol ochiq qolmoqda", - deb qo‘shimcha qildi elchi.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/ei-ozbekiston-hukumati-respublikadagi-afgonlarning-vizalarini-uzaytirishiga-umid-qilmoqda-20254539.html
TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi olimlari pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratdi. Bu haqda "Zamon" nashri xabar berdi. Markaz mutaxassisining ma’lumotlariga ko‘ra, laboratoriya sharoitida yetishtirilgan pomidor iste’mol qilinsa, oshqozonda mahsulot hujayralari parchalanadi. Shundan so‘ng hujayralarning ichida antigen hosil bo‘ladi. Kelgusida homilador ayollar va bolalar ham emlanishi mumkin19 Avgust 2021, 10:59 Ushbu loyiha yuzasidan olimlarning tajribalari joriy yilning yanvar oyidan buyon davom etmoqda. Ma’lum qilinishicha, ushbu tajribaga bodring va pomidor kabi mahsulotlar tanlanishi bejizga emas, chunki ularga termik ishlov berilmaydi. Mahsulotlar yuqori haroratda pishirilganda, antitanachalar hosil qiluvchi vaksinalar parchalanib ketadi. Oziq ovqat mahsulotlari orqali emlash tajribasi hozirda Rossiya va Kanadada sut va jo‘xori mahsulotlarida qo‘llanilmoqda. Ushbu tajribalarning ham klinik sinovlari yakuniga yetgan. Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida 18 Avgust 2021, 21:25 Koronavirus infeksiyasiga samarali kurash olib borish ustida ilmiy izlanishlar bu bilan cheklanayotgani yo‘q. Bir muddat ilgari esa Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov shu kunlarda O‘zbekistondagi xalqaro allergologiya markazi Vena universiteti bilan hamkorlikda katta loyiha ustida ish olib borayotgani haqida xabar bergan edi. Vazir so‘zlariga ko‘ra Qoramol koronavirusga qarshi vaksina bilan emlansa, jonivor sutida immunoglobin – A paydo bo‘ladi. Bu sutni pishirmasdan ichilsa, inson organizmda virusga qarshi immunitet hosil bo‘ladi va u koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashadi.
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/ozbekistonda-pomidordan-koronavirusga-qarshi-vaksina-yaratildi-20262428.html
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi. Sutka davomida 841 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 153 204 nafarni tashkil qilmoqda. Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (87), Andijon viloyatida (41), Buxoro viloyatida (17), Jizzax viloyatida (28), Qashqadaryo viloyatida (15), Navoiy viloyatida (15), Namangan viloyatida (38), Samarqand viloyatida (79), Sirdaryo viloyatida (18), Surxondaryo viloyatida (51), Farg‘ona viloyatida (83), Xorazm viloyatida (22), Toshkent viloyatida (105), Toshkent shahrida (242) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. O‘zbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratildi27 Avgust 2021, 08:40 Pnevmoniya holatlari 361 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 22 505 nafarga yetdi. 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 159 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 145 693 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz. O‘lim holatlari Koronavirusga chalingan 6 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1056 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi. Dunyo salomatligi Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 214,6 milliondan oshdi, 4,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (38,2 mln), Hindistonda (32,5 mln), Braziliyada (20,6 mln).
2021-08-27
https://oz.sputniknews.uz/20210827/ozbekiston-1200-dan-ortiq-kovid-va-pnevmoniya-6-kishi-vafot-etdi-20263659.html
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga press-tur tashkil etildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey Restavratsiya drevnix rukopisey Press-slujba Akademii nauk Uzbekistana Jurnalistlarga institut faoliyati va bu yerda kechayotgan ilmiy jarayonlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Institutda saqlanayotgan asarlarning eng qadimiysi IX asrga, eng yangilari esa XX asr o‘rtalariga taalluqlidir. Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey Restavratsiya drevnix rukopisey Press-slujba Akademii nauk Uzbekistana Hozirgi vaqtda qo‘lozmalar xazinasida 26 000 jildga yaqin qo‘lozma mavjud. Toshbosma va nashr etilgan kitoblarning umumiy soni 40 000 jildni tashkil etadi. Bundan tashqari, 10 000 ga yaqin tarixiy hujjatlar ham saqlanadi. Ular Markaziy Osiyo va Sharq davlatlari tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey Restavratsiya drevnix rukopisey Press-slujba Akademii nauk Uzbekistana Institut Yosh olimlar kengashi raisi Hilola Nazirovaning ma’lum qilishicha, qo‘lozmalarni o‘rganish, dolzarb mavzularda tadqiqotlar o‘tkazish yuzasidan rossiyalik olimlar bilan muntazam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ular “Bilimkent” seminari doirasida o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etib kelishmoqda. Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey Restavratsiya drevnix rukopisey Press-slujba Akademii nauk Uzbekistana “Biz aholida saqlanayotgan qadimiy qo‘lozmalarni ham qabul qilib olamiz. Lekin ularni kimoviy zararsizlantirib, asosiy fondga qo‘shishda muammolar bor edi. Bunda bizga Hamdo‘stlik mamlakatlari kutubxona sohasi mutaxassislari uchun tashkil etilgan doimiy seminar yordam berdi. Bizning iltimosimizga ko‘ra, Rossiya chet el adabiyoti kutubxonasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan mahorat saboqlarida qo‘lozmalarga ishlov berish va zararsizlantirish usullarini o‘zlashtirib oldik” – dedi institut restavratsiya bo‘limining yetakchi mutaxassisi Xadjayeva Bashorat. Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey Restavratsiya drevnix rukopisey Press-slujba Akademii nauk Uzbekistana 2000 yilda Institutning qo‘lozmalar xazinasi dunyodagi eng boy qo‘lozmalar majmualaridan biri sifatida YuNESKO Madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Press-slujba Akademii nauk UzbekistanaRestavratsiya drevnix rukopisey Restavratsiya drevnix rukopisey Press-slujba Akademii nauk Uzbekistana
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/rossiya-olimlari-ozbekistondagi-qadimiy-qolyozmalarni-saqlashga-yordam-bermoqda-20247923.html
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi. Qarorga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 1-sentabrdan: 2021 yil 31-dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi;2023 yil 1-sentabrgacha turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda tegishli soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin. O‘zbekistonda kafe va restoranlarga maxsus QR-kodni ko‘rsatgan holda kirish mumkin bo‘ladi9 Avgust 2021, 07:46 Shuningdek, qaror bilan tijorat banklarining umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun bank xizmatlarining turli xil instrumentlaridan foydalanib, ular qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi. Eslatib o‘tamiz, umumiy ovqatlanish obyekti 2021-yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilinishi haqida Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotda ma’lum bo‘lgan edi.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/umumiy-ovqatlanish-korxonalari-yil-oxirigacha-er-va-mol-mulk-soligidan-ozod-qilinadi-20243026.html
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. 30 avgustdan boshlab poyezdlar qatnovi bo‘yicha yangi jadval joriy etiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.xabar bermoqda. Unga ko‘ra: Chilonzor yo‘nalishi soat 07:30 dan 9:00 gacha bo‘lgan ertalabki tig‘iz vaqtda 3 daqiqa oraliqda va kechqurungi "tig‘iz" vaqtda 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqa oraliqda;O‘zbekiston yo‘nalishi soat 07:30 dan 09:00 gacha bo‘lgan ertalabki tig‘iz vaqtda 4 daqiqa oraliqda va kechqurungi "tig‘iz" vaqtda 16:30 dan 19:30 gacha 5 daqiqa tashkil etiladi. Ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda Toshkentga 20 ta yangi va zamonaviy metro vagonlari olib kelinishi kutilmoqda. “Ulardan 5 ta metropoyezdni shakllantiriladi, bu esa eng gavjum hisoblangan Chilonzor yo‘nalishining sezilarli darajada tushirilishiga xizmat qilishi shubhasiz”, - deyilgan xabarda. Rossiyadan O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborildi20 Avgust 2021, 16:32
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/toshkent-metropoliteni-ish-jadvaliga-ozgartirish-kiritiladi-20247102.html
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Qonun bilan Jinoyat kodeksida bir nechta yangi jinoiy javobgarlik turlari belgilandi. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa – 12 mln 250 ming so‘m jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qo‘llanilishi belgilandi. Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki o‘tkazish 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin29 Noyabr 2020, 11:32 Avvalroq O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif etgan edi.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/ozbekistonda-endi-hayvonlarga-shafqatsiz-munosabatda-bolganlar-6-oygacha-qamalishi-mumkin-20249409.html
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi. Davlat rahbari O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar strategik sheriklik prinsiplariga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqchini boshlab berdi. “AQSh-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” - yangi maslahatlashuvlar platformasi16 Iyul 2021, 17:01 Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiy Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda O‘zbekiston yetakchisiga mintaqada barqarorlik va ravnaqni ta’minlash borasidagi faol sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Afg‘onistondagi vaziyat rivojiga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash jihatlari yuzasidan yaqin idoralararo aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi. Shuningdek, “Termiz – Mozori Sharif – Kobul - Peshovar” termil yo‘lini qurish loyihasini birgalikda yanada ilgari surishga intilish qat’iy ekanligi tasdiqlandi.
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/mirziyoev-va-pokiston-tiv-rahbari-afgonistondagi-vaziyatni-muhokama-qildi-20240825.html
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati 2020-2021 yillar davomida viloyatning Olot tumanida soxta o‘t o‘chiruvchilar va mo‘ri tozalovchilar "ish qilgani" haqida xabar berdi. IIV ma’lumotiga ko‘ra, noma’lum shaxslar tumanda yashovchi fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, dudburonlarini tozalash, o‘t o‘chirish xizmati ko‘rsatish, elektr energiyasi tarmoqlarini ko‘zdan kechirib, aholidan va ijtimoiy soha obyektlaridan garchi biror-bir xizmat ko‘rsatmagan bo‘lsalar-da, xizmat ko‘rsatganliklarini bildirib, 49 ta holatda 25 000 so‘mdan pul mablag‘larini yig‘ib olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan. Markaziy bank fuqarolarni firibgarlardan ogohlikka chaqirdi24 Aprel 2021, 11:35 Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tergov hamda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilgan. Natijada ushbu jinoyatni, Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahallasida yashovchi, 1994 y.t. "Gaz va elektrdan maxsus nazorat" MChJ rahbari J.M. sodir qilganligi aniqlangan. Hozirgi kunda ushbu fuqaroning yana shu kabi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Buxoroda 17 kishiga Moskvaga soxta aviachipta sotgan firibgarlar qo‘lga olindi23 Mart 2021, 14:01 "Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar sizning xonadoningiz yoki ishxonangizga kelib ma’lum haq evaziga dudburonlarni tozalash, o‘t o‘chirish xizmati ko‘rsatish, elektr energiyasi tarmoqlarini ko‘zdan kechirib amalda hech qanday xizmatlar ko‘rsatmaydigan ushbu toifa shaxslar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz ichki ishlar boshqarmasining 102 avtomatlashtirilgan tizim orqali xabar berishingizni so‘rab qolamiz", - deyiladi IIV xabarida.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/soxta-ot-ochiruvchilar-va-mori-tozalovchilar-biznesi-ozbekistonda-ommalashmoqda-20250504.html
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Panjerdagi afg‘on milliy qarshilik ko‘satish harakati yetakchisi Ahmad Mas’ud ularning “Tolibon”* vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishida Rossiya yordam berishi mumkin deb hisoblaydi. Mas’udning fikricha, bundan Moskva manfaatdor, chunki agar Afg‘onistonda ekstremistik g‘oya joriy qilinsa, u butun Markaziy Osiyo va Rossiya janubida avj olishi mumkin. “Men o‘ylaymanki, Moskva biz va “Tolibon”* o‘rtasida favqulodda sulh muzokaralariga o‘xshash biror bir narsani o‘tkazishda ko‘mak bera oladi va ularni muzokaralarga kelishga ko‘ndira oladi. Bu imkoni bo‘lgan va bizga yordam beradigan narsa”, - dedi Ahmad Mas’ud RBK bilan suhbatda. Shuningdek, u Rossiya tomoni siyosiy jihatdan aralashib, Afg‘onistonda zo‘ravonlikning kuchayishining oldini olishga yordam berishiga umid bildirdi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti Ahmad Ma’sud toliblar yetakchisi bilan muzokara o‘tkazdi23 Avgust 2021, 14:15
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/ahmad-masud-toliblar-muzokaralarda-rossiya-komagiga-umid-qilmoqda--20244729.html
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. "Milliy tiklanish partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga Alisher Qodirov nomzodi tasdiqlandi. "O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirovning nomzodi Syezd delegatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlandi", - deb xabar qildi bugun partiya matbuot-xizmati. O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida23 Iyul 2021, 23:19 "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining VII Syezdi shu bilan o‘z ishini yakunlagan.Alisher Qodirov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berayotgani aytilmoqda.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/alisher-qodirov-nomzodi-ozbekiston-prezidentligiga-tasdiqlandi-20250882.html
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilda tug‘ilganlar soni 841 817 nafarni tashkil etgan. Shundan 436 351 nafari (51,8 %) o‘g‘il bolalar, 405 466 kishi (49,2 %) qiz bolalardir. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda. Qo‘mita xabariga ko‘ra, 1991-yilda 723 420 kishi tug‘ilgan. Shundan 372 193 nafari (51,4 %) o‘g‘il bolalar, 351 227 nafari (49,6 %) qiz bolalar. 2021 yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi 34,6 mln. kishini tashkil etmoqda. O‘zbekiston aholisining etnik tarkibi ma’lum qilindi19 Avgust 2021, 09:14
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/statqom-ozbekistonda-30-yilda-tugilishlar-soni-164-foizga-oshgan-20245604.html
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bir ayol IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan o‘zini vazir o‘rinbosarining ikkinchi xotini ekanligini aytib, janjal ko‘targani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB bu holat yuzasidan munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, 30-iyul kuni Uchtepa tumani KXAY ko‘chasida o‘tkazilayotgan maxsus reyd tadbirida YPX inspektori “Nexia-3” avtomobiliga to‘xtash ishorasini bergan. Biroq haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan o‘z harakatini davom ettirgan. Ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida mazkur transport vositasi KXAY va Farxod ko‘chalari kesishmasida to‘xtatilgan. Avtomobil haydovchisi 25 yoshli E.M. avtotransport vositasini texnik qayd etish guvohnomasidan tashqari boshqa xujjatlarni taqdim eta olmagan. Samarqandda o‘g‘irlik qilayotgan erkak IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatib, unga jarohat yetkazdi30 Iyun 2021, 13:47 Shundan so‘ng, javobgarlikdan qochib qutulish maqsadida qoidabuzar va uning 22 yoshli ukasi E.U. IIO xodimlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilib, janjal ko‘targan. Ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomashina esa vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Ta’kidlanishicha, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo choralari qo‘llanilgan. Xabarda o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida qoidabuzar E.M.ning hech qaysi vazir o‘rinbosariga aloqasi yo‘qligi aniqlani qo‘shimcha qilingan.
2021-08-26
https://oz.sputniknews.uz/20210826/men-zamministrning-ikkinchi-xotiniman-toshkentda-qoidabuzar-ayol-janjal-kotardi-20248674.html
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. Unda Buyuk Britaniya elchisi tranzit orqali O‘zbekiston hududidan o‘tayotgan Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonalarni, shuningdek, mahalliy afg‘on xodimlarini evakuatsiya qilishda faol yordam ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi. Muloqotda Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat, xalqaro hamjamiyatning Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tomonlar, shuningdek, Afg‘oniston yo‘nalishida O‘zbekiston-Britaniya o‘zaro munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. Germaniya Kobuldan Toshkent orqali ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi23 Avgust 2021, 10:58
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/britaniya-elchisi-ozbekiston-rahbariyatiga-minnatdorlik-bildirdi-20232071.html
Ammo aynan Ukraina mustaqilligi e’lon qilingan paytda (SSSR rasman parchalanishidan oldin ham) Ukraina inqirozi 2014-yilda emas, balki 2004-yilda boshlangan edi. Hatto o‘sha paytda sovet respublikasi rahbarlari ikkiyuzlamachilik bilan fuqarolik tamoyiliga asoslangan zamonaviy davlat qurish niyatini e’lon qilib, aslida esa etnik tozalash ximera yaratish yo‘lini tutdilar. Bu tanlov keyingi barcha muammolarni oldindan belgilab berdi. Demokratiya faqat so‘zda: Ukraina qanday qilib repressiya va senzura mamlakatiga aylandi24 Avgust 2021, 17:33 Latviya va Estoniyadan farqli o‘laroq, mahalliy rus jamoalariga qarshi qaratilgan fuqarolar bo‘lmagan institutni darhol joriy qilgan ukrain millatchilari asta-sekin o‘z bosimlarini oshirdilar. Shuning uchun Boltiqbo‘yi davlatlari, ular tashkil etilgan paytda nisbatan zaif siyosiy inqirozni boshdan kechirgan holda, uzoq vaqt davomida mahalliy ruslarning qarshilik ko‘rsatish ehtimoliga to‘sqinlik qila olishdi. 90-yillarning boshlarida Rossiya siyosiy, iqtisodiy jihatdan yoqimsiz edi va Boltiqbo‘yi davlatlaridagi ruslarning katta qismi har qanday holatda ham mahalliy jamiyatlarga qo‘shilishni afzal ko‘rdi. 90 -yillarning oxirigacha Rossiya Federatsiyasining migratsiya qonunchiligi immigratsiya uchun ancha qulay bo‘lganidan foydalanib, chiday olmagan odamlar Rossiyaga ko‘chib ketishdi. Shunday qilib, Boltiqbo‘yi davlatlaridagi rus hamjamiyati bo‘linib ketdi va qarshilik ko‘rsatishga tayyor kuchlar chetga surildi. Boshida ruslar haqida Ukrainada ular boshqa yo‘l bilan ketishdi. Qonuniy ravishda ruslarning huquqlari deyarli uzoq vaqt davomida buzilmadi. Ukrainizatsiya sudralib yurish usuli bilan amalga oshirildi va aholining aksariyati buni deyarli payqamadi. Uzoq vaqt davomida bu etnik tinchlikni saqlashga va mahalliy ruslarni ixtiyoriy ravishda haqiqiy (pasport emas) ukrainaliklarga "aylantirishga" imkon berdi. Ammo 2005-yildan boshlab (Yushchenko prezidentligi boshlanishi) davlat OAV, madaniyat va san’atda til kvotalarini qonunlashtirish va amalga oshirishni boshlaydi. Rasmiylar Ukrainaning aksariyat shaharlari ko‘chalarida faqat ruscha ovoz eshitilayotganidan noroziligini bildira boshladi. Ta’limni majburiy Ukrainalashtirish boshlanadi. Siyosiy va kredit qaramligi: YeI bilan do‘stlik Ukrainaga nima keltirdi23 Avgust 2021, 18:11 Ukraina poytaxtidagi rus maktablari elitali bo‘lmoqda, chunki to‘rt millionlik (rasman 2,6 million) shaharda ulardan o‘ndan kamrog‘i qoldi. Ukrainaning g‘arbiy qismida rus tilida ta’lim deyarli butunlay yo‘qolib bormoqda. Davlat propagandasi asta -sekin o‘zlarini ukrainlar deb hisoblaydigan (yoki oddiygina Ukrainada yashaydigan) va "tilni o‘rgana olmagan" odamlarning past pog‘onada ekanligi haqidagi fikrni targ‘ib qilishni boshlaydi. Ukrainaning rus tilida so‘zlashadigan fuqarolarining ko‘pchiligi ukrain tilini bilishar edi, chunki u Ukraina SSR maktablarida o‘qilgan edi, odamlar oilada eshitgan o‘z ona tillarida muloqot qilishni afzal ko‘rishardi. Ammo rus tilida so‘zlashuvchilarning past pog‘onada ekanligi haqidagi tezis ishlay boshladi. Va odamlar tanlashni boshladilar. Kimdir o‘zini kundalik hayotda ukrain tilidan foydalanishga majbur qilishni boshladi. Bu muhim emas "haqiqiy vatanparvar"lar hali ham ukrain tilida ruscha talaffuz bilan gapiradigan odamlarni "razil moskal" deb bilishadi. Kimdir norozilik bildira boshladi. Boshqa tomondan, davlat til vintlarini mahkamlashni davom ettirdi, bu hatto o‘zlarini ukrainaliklarni patentlangan deb hisoblaydigan Maydanning rusiyzabon faollariga qarshi qildi. Keyin millatchilar harakat qiladi Natijada bugun o‘ta ola-bula bo‘lgan Ukraina etnopolitik voqeliki yanada parchalanib ketdi. Ukrainada yashovchi ruslar Rossiyaga borishni xohlaydiganlarga bo‘linadi va ittifoqtuzilmasini tiklashni orzu qiladiganlarga bo‘linadi, bunda Moskva Ukrainani boshqarishga aralashmaydi, faqat biror narsa qurish yoki pul berish kerak bo‘lgan hollar bundan mustasno. Cobiq sovet ittifoq davlatlari uchun Ukraina darslari20 Avgust 2021, 17:47 Ukrainaliklar Ukraina prezidentlar bilan eksperiment o‘tkazish, udavlatni “Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shadigan" odam topilguncha, shundan so‘ng barcha muammolar o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi, deb hisoblaganlarga bo‘linadi. Yana bir guruh - Ukraina hududlarida etnik avtarkiya yaratmoqchi bo‘lganlar, ular kelajakdagi "oliy irq"ning inkubatori deb hisoblaydilar. Va keyin Maydanning rus tilida so‘zlashadigan faollari va "ATO qahramonlari" bor, ular o‘zlarini rus bo‘lishni to‘xtatganini his qilishdi, lekin ukrainalik bo‘lishmadi. Tushunganingizdek, davlat tashkil etuvchi davlatda shunday og‘ir ahvolda bo‘lgan mamlakat barqarorlikdan juda uzoqda. Shu bilan birga, moliyaviy va siyosiy guruhlardan tashkil topgan elitaning nihoyatda tarqoqligi ham vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda, chunki ukrainizatsiya uchun kurash halokatli iqtisodiyotga olib keldi. Jamiyat shunga o‘xshash muammoga duch keldi. Ish o‘rinlarining keskin tanqisligi, real ish haqining qulashi va hamma narsaga narxlarning ko‘tarilishi sharoitida, mamlakat fuqarolarining kamida o‘n millioni (Ukraina rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra) doimiy ravishda chet elda mehnat qilmoqda. Pessimistlar hatto 15 million odam haqida gapirishadi. Optimistik hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda Ukrainaning haqiqiy doimiy aholisi 35 million kishini tashkil etadi (pessimistlar 25 million haqida gapiradi), bu shuni anglatadiki, deyarli har bir ukrain oilasida, kimdir chet elda mehnat qilmoqda. Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi20 Avgust 2021, 11:11 Bilaman, Ukrainada hech kim xorijda ishlamaydigan va o‘zlarini yaxshi his qiladigan minglab oilalarni topish mumkin. Biz o‘rtacha raqamlar haqida gapirayapmiz, Zelenskiy, Kuchma yoki Timoshenkoning qarindoshlari xorijga ishlash uchun ketishga hojat yo‘qligini tushunishadi. Ammo bu farovonlik Ukrainani to‘liq,ko‘pchilik abadiy tark etgan ko‘plab oilalar tomonidan qoplanadi. Gap shundaki, hatto Rossiya va Ukrainaning Ukraina fuqaroligidan Rossiya fuqaroligiga o‘tish to‘g‘risidagi ma’lumotlari ham deyarli to‘rtta darajada farq qiladi. Besh yillik davr mobaynida Rossiya Ukraina fuqarolariga qariyb bir million pasport berdi (Qrimni hisobga olmaganda va joriy yil ma’lumotlarisiz), Ukraina esa shu vaqt ichida yarim ming fuqarosidan ayrilgan deb hisoblaydi. Ammo 30-yil davomida har yili minglab va hatto o‘n minglab odamlarga venger, rumin pasportlari, polyak kartalari (Polsha fuqaroligini tez olish huquqini beradi) topshiriladi. Ukrainaliklar Italiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstraliya, Kanada, AQSh fuqaroligini oladilar. Yanukovich Ukrainaning 30-yil mustaqillikdagi asosiy xatosini aytdi17 Avgust 2021, 14:38 Ya’ni, hatto mamlakatdagi demografik vaziyatni tavsiflovchi rasmiy Ukraina tuzilmalarining halokatli baholari ham o‘ta yuqori baholanadi. Hatto eng optimistik baholar ham Ukraina jamiyati atomizatsiyaga uchragan, parchalanib ketgan va oddiy ijtimoiy hayotni tiklashga ham, o‘z davlatchiligini tiklashga ham qodir emasligini tasdiqlashga imkon beradi. Strategik maqsad va unga erishish uchun sarflanishi mumkin bo‘lgan resurslarning maksimal miqdori muddatidan oldin aniqlangan taqdirdagina bunday qiyin vaziyatda maksimal samaraga erishish mumkin. Bu, albatta, Ukrainada saqlanib qolgan aholi uchun umidsiz tashxis. Ammo u o‘ttiz yil oldin tashqi siyosatda iste’mol qilinadigan mahsulot rolini tanlagan va o‘sha paytdan beri bu qarorni doimo tasdiqlab kelmoqda.
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/ukraina-inqiroz-yubileyi-20232251.html
TOShKENT, 25 avg - Sputnik. O‘zbekiston Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi OTMda yangi o‘quv yili qay shaklda boshlanishiga aniqlik kiritdi. Ta’kidlanishicha, OTMlarda yangi o‘quv yili an’anaviy (oflayn) shaklda boshlanadi. "Oliy ta’lim muassasalarida 2021/2022 o‘quv yili 6-sentabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun an’anaviy (oflayn) shaklda boshlanadi", - deyiladi xabarda. Sal avval Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ta’lim jarayonini an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganilayotgani xabar qilingan edi. Jumladan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalardan pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, ularning ota-onalaridan ham farzandlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan qarashlari va, albatta, vaksinatsiya jarayonida faol ishtirok etishlarini so‘ragan edi.
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/otmlarda-yangi-oquv-yili-6-sentyabrdan-ananaviy-shaklda-boshlanadi--20238067.html
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi 2021-yil birinchi yarim yilligida davlat tashkilotlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida aniqlangan moliyaviy moliyaviy qonunbuzilishlar haqida ma’lumot berdi. Nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd so‘m miqdorida budjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan. Hisobot davrida budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha aniqlangan moliyaviy qonunbuzilish holatlari 120,1 mlrd so‘mni, shundan naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish va kamomadlarga yo‘l qo‘yish holatlari 25,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Vazirliklar va tashkilotlar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari: Xalq ta’limi vazirligi - 65,2 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilishi, bu 2020-yilning mos davriga (21,5 mlrd so‘m) nisbatan 3-martaga ko‘proq;Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi - 59,3 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilishi (2020 yilning birinchi yarim yilida 981 mln so‘m);Maktabgacha ta’lim vazirligi - 59,2 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilishi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 martaga ko‘proq (7 mlrd so‘m);Sog‘liqni saqlash vazirligi - 41,7 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilishi, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 2,9 martaga ko‘proq (14,1 mlrd so‘m). Jumladan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 24,1 mlrd so‘m, Suv xo‘jaligida (6,8 mlrd so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (6,4 mlrd so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (5,2 mlrd so‘m), Bandlik va mehnat munosabatlari (4,5 mlrd so‘m), Qishloq xo‘jaligi (4,2 mlrd so‘m), Mudofaa (3,2 mlrd so‘m), Madaniyat (2,6 mlrd so‘m) vazirliklari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish (4,7 mlrd so‘m), O‘rmon xo‘jaligi (4,4 mlrd so‘m), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish (3,1 mlrd so‘m) davlat qo‘mitalari va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bundan tashqari, hokimliklar (5 mlrd so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (5,6 mlrd so‘m), hokimliklar huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyalari (55,8 mlrd so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan. Moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan hududlar qo‘yidagicha: Sirdaryo (52,8 mlrd so‘m)Andijon (33,2 mlrd so‘m)Jizzax (28,3 mlrd so‘m)Toshkent (24,1 mlrd so‘m)Farg‘ona (19,6 mlrd so‘m)Surxondaryo (18,6 mlrd so‘m)Qashqadaryo (15,6 mlrd so‘m)Samarqand (15,5 mlrd so‘m)Buxoro (11 mlrd so‘m)Namangan (10,4 mlrd so‘m)Xorazm (8,7 mlrd so‘m)Navoiy (2,1 mlrd so‘m)Toshkent shahrida (21,1 mlrd so‘m)Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29,1 mlrd so‘m). Budjet qonunchiligini buzganligi uchun budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 12 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzilib, ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudlarga yuborilgan. Bundan tashqari, 2 696ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 369,9 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/birinchi-yarim-yillikda-qaysi-sohalar-eng-kop-byudjet-mablaglarini-ozlashtirgan-20231544.html
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan 4 kishiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi. Farmon prezident saytida chop qilingan. Oliy unvonga sazovor ko‘rilganlar: Muhammad Ahmedov — Buxoro viloyati "Madaniyat Muhammad Ismat" fermer xo‘jaligi rahbari;Shavkat Ayupov — O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori;Ibrohim G‘ofurov — Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;Munojotxon Yo‘lchiyeva — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri. Farmonda ularga unvon mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, Vatan obodligi, turmush farovonligini ta’minlash borasidagi katta xizmatlari, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi, davlat va xalq manfaatlari yo‘lidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-ma’naviy sohalardagi ko‘p yillik samarali va ibratli faoliyati, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun berilgani qayd etilgan.
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/tort-kishi-ozbekiston-qahramoni-unvoni-bilan-taqdirlandi-20226411.html
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. NATO blokiga nomzod sho‘rpeshonalar haqida nima ham deyish mumkin? Gruzin va ukrainlarni, amerika qiziqishi doirasiga nima sababdan kirib olganlari noma’lum, ularning xo‘jayinlari shunchaki tashlab ketishdi – dunyoning bir chetiga, o‘ta xavfli joyga. Birgina Kobuldagi Amerika bazasida bugun 400 nafarcha odam qolib ketdi. Ular shartnoma asosida amerikaliklar uchun ishlashardi, toliblar saqlanayotgan qamoqxonani qo‘riqlashardi. Hozir toliblar ozodlikka chiqishda va ulardan qurollarini tortib olishdi, lekin hozircha, umuman olganda, xafa qilishmayapti. Ukrainalik yollanmalar Rossiya hukumatidan ular ortidan samolyot jo‘natishni so‘rashdi. Nima sababdan bu hayratga solmaydi? Amerikaliklar uchun ishlagan afg‘onlarni ham, aftidan, ruslar qutqarishlari kerak bo‘ladi. Har doimgidek. NATO sammitining qo‘rqinchli yakuni: alyans RF va MDHga soxta "ayblar" uchun tahdid qilmoqda16 Iyun 2021, 14:54 Ammo amerikaliklar o‘zlarining eng yaqin hamkorlari, NATOning to‘laqonli a’zolari bo‘lgan mamlakatlar bilan ham yaxshi munosabatda bo‘lishmadi. Amerikaliklarning qochishi sabab yuzaga kelgan xaos na nemislar, na gollandlar, na chexlarning o‘z fuqarolarini Kobul aeroportidan olib keta olishiga imkon bermadi. Amerikaliklar hech bilan maslahatlashmasdan 31-avgustni evakuatsiyaning oxirgi kuni deb e’lon qilishdi. Fuqarolarimizning taqdiri ne kechadi, degan savol bilan yuzlanishmoqda NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar. Vashington bunga javob bermayapti. AQSh hamkorlarining o‘ylay boshlaganlarining ajablanarli joyi yo‘q. Dunyodagi eng kuchli deb hisoblanuvchi armiyaning shiddat bilan qochishi ularda turli shubhalar tug‘dirdi. Amerikaliklar Afg‘onistonda nafaqat odamlarni, balki jangovar samolyot, vertolot, zihrli texnika va qurol-aslahalarni qoldirib ketishdi. Bularning bari NATO bo‘yicha hamkorlardan yashirinchi tuzilgan qandaydir maxfiy kelishuvlar evaziga jo‘rttaga yuz million dollarlik qurol-yaroqni tashlab ketishganday bo‘lib ko‘rinadi. Bu haqda bir necha o‘n yuz minglik “shippakli soqollilar” misli ko‘rilmagan tezlik bilan mamlakat va uning poytaxtini egallab olgani aytib turibdi. Amerikaliklar buni oldindar bilan bo‘lishlari va hozirlik ko‘rgan bo‘lishlari mumkin. Uning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari uchun esa bu yoqimsiz surpriz bo‘ldi. Cobiq sovet ittifoq davlatlari uchun Ukraina darslari20 Avgust 2021, 17:47 Aslida toliblar bilan bir tomonlama bitim AQShda azaldan ishlab chiqilgan. 2010-yilda “Xalqaro tinchlik uchun” Karnegi jamg‘armasi ma’ruza chop qilgandi. Unda jangarilar bilan yarashishning turli variantlari muhokama qilingan – viloyatlarni amerikaparast hukumat va “Tolibon”* o‘rtasida tasqimlashdan tortib “o‘zining” diktatorini tayinlashga qadar. Bari “Xavfsizlik demorkatiyadan muhimroq” shiori ostida. 2018-2020 yillarda Amerikaning Afg‘onistondagi sobiq elchisi Zalmay Xalilzad Tramp ma’muriyati nomidan “Tolibon”* vakillari bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazgan. Ular 2020-yil toliblar bilan bitim tuzish bilan yakunlandi. Bu Vashingtonning tashabbuskorlik ishi edi. Oq uy NATo bo‘yicha yevropalik ittifoqdoshlariga o‘z rejalarini ochiqlaman. 2021 yilda davlat kotibi Entoni Blinken hamida Pokiston hukumati bilan qo‘ng‘iroqlashib turgan, iyun oyida esa MRB rahbari Uilms Berns Islomobodga uchgandi. Pokiston deyaroi rasmiy ravishda “Tolibon”*ni boqib keladi. Janob Berns Pokiston hukumati bilan nimalarga kelishib olgani hammaga qiziq edi, ammo muzokaralar mazmuni maxfiylashtirildi. Boz ustiga ittifoqdoshlarning hammasi tushunishardi va o‘z o‘yinlarini olib borishdi. Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles jurnalistlarga oxirgi yilda Afg‘onistonda birlashgan kontingentni qoldirish uchun turk va italyan harbiylari bilan kelishishga uringanini tan oldi. Muzokaralar imi-jimida olib borilgan, albatta. Vashingtonda bundan bexabar bo‘lishgan. Ammo natijada g‘oyani amalga oshirib bo‘lmaydigan deb topishdi. NATO Qora dengiz bo‘yicha aniq qarorga keldi - Rossiya javobi qanday bo‘ladi?12 Iyul 2021, 16:03 Ittifoqchilarni Vashington ularni o‘z qo‘shinlarini olib chiqish fakti oldida qoldirgani g‘azablantiradi – maslahatsiz, muhokamasiz, hech qanday diplomatik ishsiz. Albatta, omma oldida blok yakdilligini ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi. Ammo yetakchi yevropalik siyosatchilarning achchig‘i chiqayotgani istar-istamas ayon bo‘lmoqda. Hatto “Brexit”dan keyin AQShga to‘liq tobe bo‘lib olgan Angliyada mutlaqo boshqacha gap-so‘zlar yangamoqda. Sobiq bosh vazir Toni Bler AQShning amaldagi prezidenti “imbetsil” deb atadi. Amaldagi bosh vazir Boris Jonson “uyqusirigan Joga qaraganda, Tramp bilan ishlar yaxshiroq borganini” bildirdi. Keyin u hech qachon bunday demaganini aytdi, ammo ibora iqtibos tarzida tarqalib ketdi. Angela Merkel uni Germaniyaning yangi kanserligiga mo‘ljallayotgan Armin Lashetning fikricha, Afg‘onistondan qo‘shinlarning olib chiqilishi “NATO blokining butun tarixidagi eng ulkan mag‘lubiyat bo‘lgan”. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Baydonga sim qoqib, uni mamlakatdan afg‘onlarni olib chiqishdan bosh tortgani uchun keskin tanqid qildi. Fransiya prezidentining jahlini tushunish mumkin: amerikalik hamkorlar uddaburonlik bilan afg‘on qochoqlari masalasini yevropaliklar ustiga tashlab qo‘ydi. O‘n minglab noqonuniy migrantlar yaqin kunlarda Yevropa va Britaniyaga yopiriladi, ular orasida qancha ehtimoliy terrorchilar bo‘lishini o‘ylashning o‘zi dahshat. Agarda yevropaliklar chegarani yopishga urinishsa, Vashington omma oldida ularni bag‘ritoshlik uchun po‘staklarini qoqadi. Amerikaliklar nafaqat NATO bo‘yicha hamkorlarini kamsitishdi. Ularni boshi berk ko‘chaga kirgizib qo‘ydi. Agar YeI mamlakatlari rahbarlari Afg‘onistondan o‘z fuqarolarini chiqarib ololmasa, halq g‘alayoni ularning yuqori lavozimlaridan mahrum qilishi mumkin. Agar Yevropa mamlakatlariga afg‘on qochoqlari yopirilib kelsa, vaziyat bundan battar bo‘ladi. Biroq ehtimoliy istiqbollar bundan-da dahshatliroq. Keyingi safar amerikalik siyosatchilar qo‘shinlarni qayerga yuborishmoqchi? Yevropalik askarlarning ular ortidan qayerga sudralishi kerak bo‘ladi, qayerda va nima uchun jon berish kerak? Afg‘onistonda, eslatamiz, NATO blokidan uch yarim mingdan ziyod harbiylar halok bo‘ldi. Nima uchun? Nima uchun ular jonlarini fido qilishdi? OAV: Amerika MRB rahbari “Tolibon”* siyosiy ofisi yetakchisi bilan yashirincha uchrashdi24 Avgust 2021, 17:53 Yevropaliklarning qo‘rqinchli tushi AQSh ularni Xitoy bilan jang qilishga olib ketishi haqidagi g‘oya bo‘ldi. Bu oxiri yo‘q urush bo‘lishi va qurbonlar son-sanoqsiz bo‘lishi bilan tahdid soladi. Oq uy o‘z mag‘lubiyatini tan olib, o‘z vaqtida hamkorlarini sotib, jang maydanidan juftakni rostlab qolsachi. Bunday voqealar rivoji kimga kerak? Agar Vashington sobiq Ittifoq hududida jang qilishga qaror qilsachi? Lekin bu mavzu natochi zobitlarning g‘amgin kinoyasiga sabab bo‘ladi. “Afg‘onistondan keyin Amerika dunyosi poyoniga yetdi – NATOniki ham”, - deya yozadi taniqli ingliz tahlilchisi Saymon Tisdall. Yevropaning harbiy obro‘yi bilan birgalikla uning ma’naviy obro‘yi ham ketmoqda: AQSh sayyoraning turli joylarida gegemoniyani ta’minlab bergan o‘sha “yumshoq kuch”. Afg‘onistondagi mag‘lubiyat Shtatlarning Yevropa taqdiridagi rolini qaydan ko‘rib chiqishning debochasi bo‘ldi. Bir paytlar NATO Yevropani ayyorona “sovet tahdididan” himoya qiladi deb aytilgandi. Allaqachon bundan tahdid yo‘q. Bugungi kunda AQSh yakka tartibda blokdan o‘zining siyosiy vositasi sifatidan foydalanmoqda va unga a’zo mamlakatlarni uni saqlash uchun soliqqa tortmoqda. Ittifoqdoshlarini himoya qilish o‘rniga ularni oxiri voy bo‘lgan ishlarga tortmoqda. Keyin esa ularni butun dunyo ko‘z o‘ngida tashlab ketmoqda. Rossiya Afg‘onistondan o‘zining va boshqa davlatlar fuqarolarini evakuatsiya qiladi25 Avgust 2021, 10:44 NATOga a’zolik uchun ikki bukilayotgan ukrainlar va gruzinlarning, Toni bilan aytgandek, “chuqur mulohaza” qilishlarining fursati. Bu, ayniqsa, Kobulda qolib ketganlarga taalluqli. Ularning vaqti bisyor – bil-da dunyo taqdiri haqida fikr yurit va rus samolyotini kut. Shoyad olib ketsa seni. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti Manba: RIA Novosti.
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/ulkan-maglubiyat-nato-ozini-dafn-qilmoqda-20238273.html
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Tokioda boshlangan Paralimpiya o‘yinlarining dastlabki kunida O‘zbekiston vakili Islom Aslanov para-suzish bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda. Erkaklar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bahsida 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi final dasturida qatnashdi. Islom Aslanov 57.12 soniya natija qayd etdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Paralimpiada 2020: uch nafar o‘zbekistonlik suzuvchi finalga yo‘l oldi25 Avgust 2021, 09:34 Ushbu dasturda qatnashgan Muzaffar Tursunxo‘jayev esa 57.44 soniya bilan beshinchi pog‘onani band etdi. Xuddi shu yo‘nalishda ayollar toifasida ishtirok etgan Shohsanamxon Toshpo‘latova esa to‘rtinchi natijani ko‘rsatdi.
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/paralimpiada-2020-ozbekiston-ilk-medalni-qolga-kiritdi-20237482.html
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekistonda prezident saylovi jarayonlariga qatnashuvchilarning koronavirusga chalinishining oldini olish maqsadida yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri. Yo‘riqnomani ishlab chiqishda Koreya Respublikasi, Rossiya, Qozog‘iston mamlakatlarining pandemiya davrida saylov o‘tkazish tajribasi o‘rganilgan va IFES xalqaro saylov fondi tavsiyalari inobatga olingan. Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bemorlarini davolashga mo‘ljallangan muassasalaga yopiq saylov uchastkalari maqomi berilgan. Mustaqil yurish imkoniyati bo‘lgan bemorlar shifoxonalarda maxsus tayyorlagan xonalarda ovoz berishlari tashkillashtiriladi. Koronavirus infeksiyasidan uy sharoitida davolanayotgan saylovchining turgan (yashash) joyida ovoz berish tashkil etiladi. Saylovchi va komissiya a’zolari o‘rtasida ijtimoiy masofa saqlangan holda saylovchining shaxsi aniqlanadi, so‘ng komissiya a’zosi saylovchiga sellofan paketga solingan to‘plamni va imzo qo‘yishi uchun saylovchilar ro‘yxatidan ko‘chirmani beradi. Saylovchi niqob va qo‘lqopni taqqan holda saylov bulletenini olganligi haqida saylovchilar ro‘yxati ko‘chirmasiga imzo qo‘yadi. Saylovchiga yashirin ovoz berish huquqi ta’minlanadi. Shundan so‘ng, saylovchi saylov bulletenini ko‘chma saylov qutisiga tashlaydi. Saylov jarayoni ishtirokchilari himoya niqoblaridan foydalanishi, ijtimoiy masofaga rioya qilishlari lozim. Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarga biriktirilgan tibbiyot xodimi saylov komissiyalari binolarining kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o‘lchaydi, antiseptik vosita bilan qo‘llarini dezinfeksiya qiladi va himoya niqobida bo‘lishini nazorat qiladi, zaruratiga ko‘ra himoya niqobi beradi. O‘zbekistonda prezident saylovi uchun okruglar tuzildi9 Avgust 2021, 17:54 Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan kamida olti soat oldin barcha uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish binolari va xonalari zararsizlantiriladi. Saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining tana harorati 37° S va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ular ovoz berish xonasiga kiritilmaydi. Bunda, tana harorati 37° S va undan yuqori bo‘lgan saylovchilar uchun alohida ajratilgan joylarda (binoning kirish qismi va boshqalar) ikki nafar uchastka saylov komissiyasi a’zosi hozirligida ko‘chma saylov qutilari va kabinalaridan foydalangan holda yashirin ovoz berish huquqi ta’minlanadi.
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/koronavirusdan-davolanayotganlar-bemorlar-saylovda-qanday-ovoz-beradi-20234916.html
Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishYaponiya imperatori Naruxito Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarini ochiq deb e’lon qildi va mash’al yoqildi. 1/12 Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishYaponiya imperatori Naruxito Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarini ochiq deb e’lon qildi va mash’al yoqildi. Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishOchilish marosimida 162 mamlakat vakillari ishtirok etdi.2/12 Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishOchilish marosimida 162 mamlakat vakillari ishtirok etdi. Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishParalimpiya o‘yinlari 2021-yilning 24-avgustidan 5-sentabriga qadar bo‘lib o‘tadi.3/12 Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishParalimpiya o‘yinlari 2021-yilning 24-avgustidan 5-sentabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishO‘yinlarda jami sportining 22 turida 559 medal majmuasi o‘ynaladi.4/12 Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishO‘yinlarda jami sportining 22 turida 559 medal majmuasi o‘ynaladi. Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston paralimpiyachilari 8 sport turida 55 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan.5/12 Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston paralimpiyachilari 8 sport turida 55 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan. Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishMusobaqalarda jami 48 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashadi..6/12 Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishMusobaqalarda jami 48 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashadi.. Sputnik / Pavel BednyakovTokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi7/12 Sputnik / Pavel BednyakovTokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKoronavirus pandemiyasi sabab O‘yinlar muxlislarsiz o‘tkazilmoqda.8/12 Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKoronavirus pandemiyasi sabab O‘yinlar muxlislarsiz o‘tkazilmoqda. Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishParalimiya mash’ali9/12 Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishParalimiya mash’ali Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishTokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari boshlanishi10/12 Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishTokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari boshlanishi Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishO‘yinlar 2020-yilda o‘tkazilishi kerak edm, biroq koronavirus sabab bir yil ortga surildi.11/12 Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishO‘yinlar 2020-yilda o‘tkazilishi kerak edm, biroq koronavirus sabab bir yil ortga surildi. AFP / KAZUHIRO NOGITokioda Paralimpiada mash’ali yoqilishi12/12 AFP / KAZUHIRO NOGITokioda Paralimpiada mash’ali yoqilishi
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/tokio-paralimpiya-oyinlari-20232547.html
TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Rossiya Markaziy Osiyoning qaysidir mamlakati Afg‘onistonni tark etgan AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qabul qilib, nishonga aylanishdan manfaatdor ekaniga shubha qiladi, deya bayonot qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. "Agar siz Markaziy Osiyoning biror bir mamlakati yoki boshqa davlatlar amerikaliklar o‘z tashabbuslarini qoniqtirishlari uchun bunday nishonga aylanishdan manfaatdor deb o‘ylasangiz, meni bunga qattiq shubham bor", - dedi Lavrov matbuot anjumani davomida. OAV: Amerika MRB rahbari “Tolibon”* siyosiy ofisi yetakchisi bilan yashirincha uchrashdi24 Avgust 2021, 17:53 Ilgariroq Lavrov Markaziy Osiyoning na KXShTga a’zo davlatlari, na O‘zbekiston Afg‘onistondan chiqib ketgan amerika harbiylarini o‘z hududida joylashtirishdan manfaatdor emasligini qayd etgan edi. AQSh vakillar palatasi razvedka qo‘mitasi rahbari Adam Shiff amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan evakuatsiyasi 31-avgust sanasiga qadar yakunlanishiga shubha bildirdi va ular missiyasi uzaytirilishi kerak, degan fikrni aytdi. Amerika OAVlari AQSh prezidenti Jo Bayden seshanba kuni Afg‘onistondagi amerika qo‘shinlari 31-avgustdan keyin ham mamlakatda qoldirilishi haqida qaror qabul qilishini kutmoqda. Bayden ilgariroq AQSh fuqarolarining hammasi olib chiqilmas ekan, harbiylar Qobulni tark etmaydi, deya va’da bergan edi.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/lavrov-mo-mamlakatlari-oz-hududida-aqsh-qoshinlarini-qabul-qilishni-istamaydi-degan-fikrda-20222542.html
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘natildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, agentlik hamda Rossiyaning Vladivostok viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan "Russkiy mintay" MChJ o‘rtasida dengiz maxsulotlarini qayta ishlash uchun bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbeksiton fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Qirq nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi21 Avgust 2021, 13:51 Unga asosan, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning 50 nafari belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilgan. Migrantlar Farg‘ona xalqaro aeroporti orqali Vladivastokka jo‘nab ketgan. Yo‘l va turar joy xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplangan. Shuningdek, agentlik va Rossiyaning "MobiStaff" korxonasi o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan 9 nafar fuqaro Toshkent Moskva yo‘nalishidagi aviareys orqali jo‘nab ketgan. Bundan tashqari, "Promekskavatsiya" korxonasi o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan 32 nafar fuqaro Buxoro–Chelyabinsk yo‘nalishidagi aviareys orqali ishlash uchun tashkiliy tartibda Rossiyaga jo‘natilgan.
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/ozbekistondan-91-nafar-fuqaro-ishlash-uchun-rossiyaga-jonab-ketdi-20229903.html
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda madaniyat va san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotladi. Farmon davlat rahbari saytida chop qilingan. "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan quyidagilar taqdirlandi: Azizov Mirzajon Mamadjonovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktorAminov Ne’mat - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisiAsomov Obid Agzamovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, badiiy so‘z ustasiIkramova Dildorxon (Dilbar Ikromova) - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisaKarimov Ergash - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktorQodirov Tavakkal - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonandaQurbonov Rahmatjon Xudarganovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonandaMasudov Fatxulla Husanovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktorMirtojiyev Jaloliddin Tursunovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi, haykaltaroshNizomov To‘lan (To‘lan Nizom) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiriRahimov Kamoliddin - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonandaRahmonov Shavkat Rahmonovich (Shavkat Rahmon) - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoirTojiboyev Mahmudjon G‘oziyevich - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofiziUmarbekov O‘lmas Rahimbekovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisiUmarov Faxriddin - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofiziUsnatdinov Sharap - Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq yozuvchisiXolmirzayev Shukur - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisiXudoyberdiyeva Halima Ummatqulovna - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoirasiXudoyshukurov Otajon - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonandaSharipov Husan Ortiqovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktor "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlarganlar: Abduvahobov Abduraim Abdullaxayevich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktorBo‘ronov Ikromjon - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonandaJabborov Jumaniyoz - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri, dramaturg, tarjimonQodirjonova Dilnura - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, maqom ijrochisiMatchanov Amanbay (Omon Matjon) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiriMuxtorov Omon Sulaymonovich - O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, shoir, yozuvchiOtajonov Ortiq - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonandaRahimov Mirzohid Sobitovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, suxandonRahmonov Muhammadi - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoirTojiboyev Hojimurod Shodiyevich (Hojiboy Tojiboyev) - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, badiiy so‘z ustasiO‘tbosarov Abdumo‘min Abdumajitovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, suxandon
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/prezident-mustaqillik-bayrami-munosabati-bilan-bir-guruh-marhum-ijodkorlarni-mukofotladi-20227228.html
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Tokioda XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari rasman boshlandi. Musobaqalarning ilk kunida besh nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarga kirishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda. Erkaklar o‘rtasida 100 metrga “batterflyay” usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Muzaffar Tursunxo‘jayev va Islom Aslanov, ayollar o‘rtasida 100 metrga “batterflyay” usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Shohsanamxon Toshpo‘latova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralash bahsida qatnashdi. Islom Aslanov 57.29 soniya vaqt bilan 1-o‘rinni egalladi. 57.73 soniya vaqt sarflagan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Muzaffar Tursunxo‘jayev 3-o‘rinni egalladi. Shu tariqa ikkala O‘zbekiston vakili ham final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Paralimpiada-2020 : O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi sportchilar ro‘yxati24 Avgust 2021, 15:34 Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Shohsanamxon Toshpo‘latova 1 daqiqa 6.24 soniya vaqt bilan 1-o‘rinni egallagan holda final yo‘llanmasini naqd qildi. Afsuski, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralashdan o‘ta olmadi. Final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:32 da boshlanadi.
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/paralimpiada-2020-3-nafar-ozbekistonlik-suzuvchilar-finalga-yol-oldi-20226874.html
Olga Suxarevskaya, tashqi siyosat magistri, huquqshunos – Sputnik uchun maxsus O‘ttiz yil - tarixiy ko‘lamda oladigan bo‘lsak - bu bir lahza. Ammo Ukraina uchun - uning davlatchiligi mavjud bo‘lgan davr sanaladi. Shunday bir vaqt oralig‘ida Yevropaning eng rivojlangan davlatidan fuqarolar urushi domida qolgan, hududining bir qismini yo‘qotgan, to‘liq iqtisodiy inqirozga uchrashgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan bunday mamlakatni topish qiyin. Bunda zo‘rlik bilan ukrainlashtirish roli katta bo‘lgan, albatta. Agar kimdir rus tilida so‘zlashuvchi aholining etnotsidi faqat 2004 va 2014-yillardagi rangli inqiloblardan keyin boshlangan deb o‘ylasa, yanglishadi. Hammasi qanday boshlangan edi? SSSR parchalanishi paytida hozirgi Ukrainaning aholisi asosan rusiyzabon edi. Ukrain tili faqat mamlakatning g‘arbiy hududlarida keng qo‘llanilgan. "Mustaqillik uchun kurash" va Galich millatchilari bilan "do‘stlik poyezdlari" tashriflari boshlangach, rus tilida so‘zlashuvchilar Ukrainaning millatchi davlatga aylanishidan havotir ola boshlashgani bejizga emas edi. Demokratiya faqat so‘zda: Ukraina qanday qilib repressiya va senzura mamlakatiga aylandi24 Avgust 2021, 17:33 1991 yilda Leonid Kravchuk mamlakat aholisini shunday ishontirgan edi: "Ruslarning zo‘rlik bilan ukrainlashtirilishiga zinhor yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Millati bo‘yicha kamsitishga bo‘lgan har qanday urinish qat’iyan bostiriladi". Taassufki, unga ishonishdi va mustaqillikni qo‘llab-quvvatlashdi. Va’daga vafo qilmaslik Belovej bitimi siyohlari qurib ulgurmasidanoq boshlab yuborildi. Maktab ta’limini ukrainlashtirish tizimi dinamikasi buning yaqqol dalilidir. Shuningdek, mustaqillik e’lon qilingach, oliy ta’lim dargohlarining barchasi majburiy tarzda ukrain tiliga o‘tkazildi. 1996 yilda millatchilar bosimi ostida Konstitutsiya qabul qilingan bo‘lib, uning 10-moddasi ukrain tilini yagona davlat tili sifatida e’lon qilgan. Murosa tarzida xuddi shu moddaning ikkinchi punktida rus tilini erkin rivojlantirish kafolatlangan edi. 2012-yilgacha "Ukraina SSRda til to‘g‘risidagi qonun" amal qilgan, unga ko‘ra, rus tili xalqaro muloqot tili maqomiga ega bo‘lgan. Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi20 Avgust 2021, 11:11 Ammo ukrainlashtiruvchilar na qonun, na konstitutsiyani tan olardi. 1997-yilda Ukrainaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Leonid Kuchma jamiyat hayotining barcha sohalarini qonuniy tarzda ommaviy ukrainlashtirishni boshlab yubordi. Qiziqarli fakt: zamonaviy Ukrainaning bugungi kuniga aylangan "jazolovchi filologiya" aynan Kuchma qalamiga mansub. O‘shanda "Ukrainada tillarni rivojlantirish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi paydo bo‘lgan. Hujjatga ko‘ra, davlat tilida faoliyat yuritmagan OAVlarga nisbatan jarima belgilanib, ular litsenziyasidan mahrum etilgan. 1999 yilda Konstitutsiyaviy sud 10-moddaga rasmiy talqin berib, til nizolariga nuqta qo‘ydi, talqinga ko‘ra, ukrain tili davlat tili sifatida butun Ukraina hududida davlat hokimiyati organlari ishidagina majburiy muloqot vositasi bo‘libgina qolmay, balki boshqa sohalarda ham shunday ta’sirga ega edi. Natijada, 2012-yilga kelib, xalq deputatlari Vadim Kolesnichenko va Sergey Kivalov tillar to‘g‘risida yangi qonun tayyorlaganda, Ukrainada rus tilini kamsituvchi amaldagi qonunlar soni 70 dan oshdi, qonunosti hujjatlari soni esa - bir necha mingga yetgan edi. Eslatib o‘tamiz, bu Asosiy qonun va tillar to‘g‘risidagi sovet qonunidan tashqari qabul qilingan hujjatlar edi. Ukraina SSR tillari to‘g‘risidagi qonun bilan solishtirganda ancha hajmsiz bo‘lgan Kivalov-Kolesnichenko qonuni hatto, rus tilini mintaqaviy til deb e’lon qilish imkoniyatiyatini berdi va Ukrainaning qator janubi-sharqiy regionlari mahalliy kengashlari bundan foydalanishdi. Ammo 2014-yilgi davlat to‘ntarishi hammasini yo‘qqa chiqardi. Ukrainlashtirishdan etnotsid tomon Sobiq SSSR hududida qonunlarning jiddiyligi ularni bajarish majburiy emasligi bilan qoplanadi, degan hazil yuradi. Yaqin vaqtlargacha shunday edi ham. Odamlar rasmiy tadbirlarda davlat tilida bir nechta iborani aytish bilan “nomerni o‘ynab tugatar” va nutqni rus tilida davom ettirishardi. Cobiq sovet ittifoq davlatlari uchun Ukraina darslari20 Avgust 2021, 17:47 Mana shunday voqealar fonida millatchilar: "Qanaqa kamsitish? Kim sizlarga ruscha gapirishni man etapti?", deya munofiqlarcha o‘zlarini tushunmaganga olishardi. O‘zlari esa bu vaqtda til inspektorlarini joriy etish, hayotning barcha jabhalarida rus tilini to‘liq man qilish, "ukrain tilini kamsitganlik uchun" jinoiy javobgarlik va jarimalarni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini tayyorlar edilar. Potr Poroshenko o‘z hukmronligi davrida tasdiqlagan hujjat Oliy Radada 2005-yildan buyon yotardi. Munofiqlarcha "Qadr-qimmat inqilobi" deb nomlangan davlat to‘ntarishidan so‘ng, ukrainlashtirish tizimli etnotsid xarakteriga ega bo‘ldi. Bu shunchaki quruq gaplar emasdi. YuNESKOning Lotin Amerikasidagi etnotsid va etnik rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi qaroriga ko‘ra (San -Xose, 1981), etnotsid - bu "etnik guruhga o‘z madaniyati yoki tiliga ega bo‘lish, uni rivojlantirish yoki tarqatish huquqidan mahrum bo‘lgan vaziyatdir". Ukrainada post-maydon rejimi mamlakatda yashovchi barcha xalqlarga o‘z tillarini rivojlantirish va undan foydalanishni bevosita ta’qiqlovchi qonunlar tizimini qabul qildi. Bundan faqat, qrim tatarlari, karaimlar va qrimliklar mustasno edi. Qolaversa, butun boshli huquq tizimi shunday tuzilgan ediki, kamsitish va yo‘q qilish choralari aynan rus tiliga qaratilgandi. Siyosiy va kredit qaramligi: YeI bilan do‘stlik Ukrainaga nima keltirdi23 Avgust 2021, 18:11 Shu tariqa, o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, Yevropa Ittifoqining rasmiy tillaridan biriga ega bo‘lgan milliy ozchiliklar, bazaviy o‘rta ta’limni davlat tilida 5 -sinfda 20% hajmda, 9 sinfda 40% gacha hajmda oladilar. Boshqa ozchiliklar esa, asosan ruslar albatta, o‘qish vaqtida kamida 80% hajmda ukrain tilida ta’lim olishlari belgilandi. Milliy ozchiliklarning "sortlarga" bo‘linishi PASEning ikkiyuzlamachilik pozitsiyasi va Yevropa Ittifoqining Sharqiy Yevropa a’zolari bosimi tufayli yuzaga keldi. Bunda 2020-yil sentabr oyidan boshlab Ukrainadagi rus maktablari umuman tugatilganini aytishning o‘zi kifoya. Siyosatshunos: millatchilik – ukrain siyosatining avangardi19 Avgust 2021, 13:12 Davlat tili to‘g‘risidagi qonun "faollar" tomonidan oddiy ishchilarning ommaviy ta’qib qilinishiga olib keldi. Ishchilar ustidan til inspektorlariga "yumaloq xat" yozish avj oldi, buni oqibatida ular jarimaga tortildi va ishdan bo‘shatildi. Agar bunga shunchaki Rossiyaga, "rus dunyosiga" bo‘lgan xayrixohlik uchun Ukraina hududiy yaxlitligini buzish, terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va vatanga xiyonatda ayblanib uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etilish xavfini qo‘shadigan bo‘lsak, Ukrainada rus millatiga mansub bo‘lish - katta jasoratga aylanib qoldi. Sotsiologiya xulosalariga ko‘ra, odamlar o‘zlarini rus deb atashdan qo‘rqib qoldi. Agar 1989-yilda Ukrainada aholining 22,1% o‘zini rus deb atagan bo‘lsa, 2001-yilda bu ko‘rsatkich - 17,3%ni, 2018-yilda - atigi 6%ni tashkil qilgan. Shu bilan birga, ko‘pmillatlilik ortida o‘zining rusligini yashirish fenomeni kuzatildi. O‘zini rus deb hisoblaydigan kishilarning atigi 39 %i bitta millatni aytgan bo‘lsa, ruslarning 30%i bir vaqtning o‘zida bir necha millatga mansubligini aytishgan. Ukrainlashtirish = degradatsiya O‘n yillar davomida davom etgan va ochiqchasiga repressiya ko‘rinishini olgan zo‘rlik bilan ukrainlashtirishlarga qaramay, Ukraina rus tilli davlatligicha qolmoqda. "Ijtimoiy monitoring" markazining so‘nggi so‘rovi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisining faqat 31,9%i uyda ukrain tilida gaplashadi. Bu rasmiy so‘rov. Google ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, unga ko‘ra 2019-yilda rus tili, ukrain tili va ingliz tilida yuborilgan so‘rovlar foizi 86%, 10% va 4%ni tashkil qilgan. Bu til inspektorlari va saroy sotsiologlaridan olisda mamlakat qaysi tilda gaplashishining yorqin namunasidir. Ona tilida emas, begona tilda gapirish va ta’lim olish zarurati ta’lim sifatiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. 2018 g. Ukrainani ilk marotaba xalqaro ta’lim tashkiloti PISA testdan o‘tkazdi. Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev19 Avgust 2021, 12:45 Agar Ukraina va Rossiya ballarini solishtirsak, quyidagi holat kelib chiqadi: o‘qish – 466 (Ukraina) va 479 (Rossiya), matematika – 453 va 488 balldan, tabiiy fanlar – 469 va 478 balldan. Umuman olganda ukrainalik maktab o‘quvchilari rossiyalik o‘quvchilardan bir yilga ortda qolishmoqda. Keyingi tadqiqot 2021-yilda o‘tkaziladi va o‘shanda dinamikaga baho berish mumkin bo‘ladi. Ammo e’tiborga molik jihati, ukrainalik maktab o‘quvchilari "ona" tilidan imtihonlardan "yiqilishayotgani". Ukrain tili va adabiyotidan tashqi mustaqil test imtihonini 2018-yilda maktab bitiruvchilarining 14,5%i topshira olmagan bo‘lsa, mamlakat tarixidan — 14,19% bitiruvchilar "yiqilgan". Buning ajablanarli tomoni yo‘q. Tilshunos Yevgeniy Vereshchaginning so‘zlariga ko‘ra, yoshligida (14 yoshgacha) ona tilida emas, balki yaxshi o‘zlashtirilmagan chet tilda o‘qitish nafaqat tilni o‘rganishda, balki o‘qitilayotgan fanning ma’nosini tushunishda ham samarasiz bo‘ladi. Bu bolaning normal ruhiy rivojlanishi uchun ham xavflidir. U o‘zining ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqara olmaydi, uni o‘qituvchiga yetkaza olmaydi. Natijada aqliy zaiflik, yodlangan ojizlik, lingvopsixozlar, nevrozlar va psixosomatik kasalliklar rivojlanishi mumkin. Shuning uchun ham Ukrainada "faollar" ko‘p emasmi? Ukrainalik fuqarolarning Rossiyaga ommaviy emigratsiyasi ukrainlashtirishning "ommabopligidan" darak beradi. 2014-yildan 2021-yilning birinchi yarmiga qadar Ukrainaning 1 mln.dan ortiq aholisi Rossiya fuqaroligini qabul qildi. 2018-yilda Rossiya fuqaroligi hali DXR va LXRga taqdim etilmagan vaqtda, Rossiyada ukrainaliklar soni 0,5 mln.ga oshgan edi. *** Bu yerda eng paradoksal narsa shu-ki, ukrain tiliga hech nima tahdid solgani yo‘q. Agar unda aholining uchdan bir qismi doimiy ravishda gapirsa, u aniq o‘lmaydi. Albatta, bu odamlar o‘z ona tillarida ma’lumot, ta’lim va xizmatlar olishga muhtoj. Putin Ukraina to‘g‘risida maqola yozdi12 Iyul 2021, 20:27 Ukrain tiliga boshqa til tashuvchilarining muloqot vositasi, ma’lumot olish va hokazo maqsadlar uchun bo‘lgan talabi repressiv choralarga emas, balki davlat tilida taqdim etilayotgan kontent sifati va imkoniyatlarga bog‘liq. O‘ttiz yillik etnotsid siyosati til landshaftining o‘zgarishiga emas, balki fuqarolar urushiga olib keldi. Xulosa chiqarish vaqti kelgani aniq.
2021-08-25
https://oz.sputniknews.uz/20210825/huquq-nuqtai-nazaridan-zorlik-bilan-ukrainlashtirish-20222758.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq 53 ta holatlarda 55 nafar chet el fuqarolari ushlangan. Bundan Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi ma’lumotlari darak bermoqda. Ular Afg‘oniston (23 nafar), Tojikiston (9), Qozog‘iston (9), Qirg‘iziston (6), Rossiya (6), Moldova (2) fuqarolaridir. Ulardan jami 303,2 kg giyohvandlik vositalari musodara qilingan. “Zahri qotil”: Toshkentda 1,3 tonna giyohvand moddalar yoqib yuborildi — video24 Avgust 2021, 12:44 2020 yilda O‘zbekistonda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 (5026) ta, ya’ni avvalgi yilga nisbatan 20 foiz ko‘proq jinoyat fosh etilgan. O‘tgan yili respublikada noqonuniy muomaladan 1542,6kg narkotik moddalar musodara qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,5 foizga ko‘p.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/otgan-yili-ozbekistonda-55--nafar-chet-el-fuqarolari-giyohvand-moddalari-bilan-ushlangan-20214094.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekistonda daraxtlarni kesishga moratoriy 2024-yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, o‘tgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan. Biroq, shunga qaramasdan, o‘tgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan. Shu bois, Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etiladi. Uning zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonyerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi. Ekologiya politsiyasi Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, ekologiya sohasida qo‘llaniladigan jarimalar miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya miqdori 2 baravar oshiriladi. “Barcha rahbarlar bir narsani aniq eshitib olsin. Bundan buyon birorta “yashil hudud” va jamoat parkida har qanday daraxtlarni kesish qat’iyan taqiqlanadi”, - dedi prezident. Joylarda daraxtlarni saqlash bo‘yicha guruhlar tashkil etiladi24 Avgust 2021, 16:55
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/daraxtlarni-kesishga-moratoriy-2024-yilga-qadar-uzaytiriladi-20221100.html
TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Senat a’zosi etib saylandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Toshkent viloyati hokimligi matbuot-xizmati xabar berdi. Bundan keyin uylar “korobka” holatida topshirilmaydi - Hidoyatov8 Yanvar 2021, 12:37 "Sanoq komissiyasi xulosasiga ko‘ra, qo‘shma majlisda 535 ta deputat ishtirok etib, ovoz berish jarayonlariga 531 kishi qatnashdi. Shundan 4 ta saylov blyuteni haqiqiy emas, deb topildi, 9 ta blyutendan foydalanilmadi. Qo‘shma majlisda ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning 518 nafari Davron Hidoyatovni yoqlab ovoz bergani ma’lum qilindi. Shunday qilib, viloyat hokimi mutloq ko‘pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi", - dedi suhbatdosh. Ta’kidlanishicha, qo‘shma yig‘ilishda Hidoyatov so‘z olib, bildirilgan ishonch uchun xalq vakillariga minnatdorlik bildirgan. Ma’lumot uchun, Davron Hidoyatov joriy yilning 19-martida prezident taklifiga binoan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/davron-hidoyatov-senator-boldi-20215992.html
Gap rusiyzabonlarga o‘z adovatini bildirgan yoki Ulug‘ Vatan urushi faxriylarini haqorat qilgan chet elliklar haqida bormoqda. Bunday qonun loyihasini ishlab chiqishga MDH hududida kuchayib borayotgan rusofob kayfiyat sabab bo‘lgan. Hujjat mualliflaridan biri deputat Aleksandr Xinshteyn Rossiyaning turli millatchi, shovinist va ekstremistlarga ehtiyoji yo‘qligini bildirdi. Davlat dumasi deputati Sputnik agentligiga bergan intervyusida bu choralar faqat ochiq-oydin va omma oldida rus tili va mamlakat tarixiga nafrat ko‘zi bilan qaraganlarga ko‘rilishini ta’kidladi.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/ayrim-xorijliklarning-rossiyaga-kirishini-taqiqlash-taklif-qilindi--ular-kimlar-20211048.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdorlaridan biri o‘zgardi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, dzudo bo‘yicha bir nafar o‘zbekistonlik sportchi va murabbiyda koronavirus aniqlangan va ular Tokio shahrida karantinga olingan. O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Tokioga jo‘nab ketdi22 Avgust 2021, 09:38 Shuningdek, yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi va bayroqdor Nurxon Qurbonova samolyotda ularga yaqin masofada bo‘lganligi bois karantinga olingan. Shu sababli u Paralimpiada o‘yinlarning ochilish marosimida bayroqdor sifatida ishtirok eta olmaydi. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi parakanoe bo‘yicha Jahon chempioni Shahnoza Mirzayeva Muxammad Rixsimov bilan birgalikda bayroqdor sifatida ishtirok etishi taklifini ma’qulladi. Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qiladi – yakuniy ro‘yxat19 Avgust 2021, 13:40
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/tokio-2020-paralimpiya-oyinlarida-ozbekiston-bayroqdorlaridan-biri-ozgardi-20211633.html
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. “Olib qochilgan Ukraina samolyoti" Afg‘onistondan uchib chiqib, hech qanday hodisa yuz bermay Eronga yetib bordi. Bu haqda RIA Novostiga Eron fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi vakili Muhammad Xasan Zibaxsh ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mashhadda samolyotga yonilg‘i quyilgan va Kiyev tomon uchib ketgan. Afg‘onistonda Ukraina samolyoti olib qochildi24 Avgust 2021, 12:16 Samolyot kechki payt havo kemasi xavfsiz tarzda Ukraina poytaxti aeroportiga qo‘ndi. "Samolyot o‘g‘irlab ketilgani yo‘q, samolyot Ukrainaniki emas edi", - dedi suhbatdosh. Bundan avval, Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin ukrainaliklarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishi kerak bo‘lgan Ukraina samolyoti noma’lum shaxslar tomonidan ushlanib, boshqa yo‘lovchilar birga Eronga olib ketilgani haqida ma’lum qildi. Keyinchalik Ukraina TIV bu xabarni rad etdi.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/ogirlab-ketilgan-ukraina-samolyoti-kiev-aeroportiga-qondi-eron-aviatsiyasi-20221422.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida katta yoshdagi kishi yosh bolani urayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22-avgust kuni D.O‘. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘g‘lini urgan qo‘shnisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Aniqlanishicha, shu kuni soat 14:00 larda Chilonzor tumani 8-mavzeda istiqomat qiluvchi yosh bolalar o‘zaro urishib qolgan. Ularning tortishuviga bolalardan birining otasi 35 yoshli Q.B. aralashgan. U voyaga yetmagan 11 yoshli bola K.A.ni urib, tan jarohati yetkazgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Voyaga yetmagan K.A.ga yetkazilgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/toshkentda-erkak-ogli-bilan-urishib-qolgan-11-yoshli-bolani-dopposladi-20217813.html
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta ukrainaliklarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishi kerak bo‘lgan Ukraina samolyoti noma’lum shaxslar tomonidan ushlanib, boshqa yo‘lovchilar birga Eronga olib ketildi. Dushanba kuni kechqurun Afg‘onistondan evakuatsiya qilingan fuqarolar bilan uchinchi samolyot Ukrainaga yetib keldi, bortda 98 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 41 nafari Ukraina fuqarosi. Prezident kerakmas: Afg‘onistonni bir necha kishi boshqaradi24 Avgust 2021, 11:08 "Bizning samolyotni boshqa odamlar qo‘lga olishdi. O‘tgan seshanba kuni samolyotimiz o‘g‘irlab ketildi - u ukrainaliklarni olib ketish o‘rniga noma’lum yo‘lovchilar guruhi bilan Eronga uchib ketdi", - dedi u mahalliy radio efirida. Ammo u voqea qanday tugaganiga aniqlik kiritmadi. "Fuqarolarni evakuatsiya qilish bo‘yicha keyingi uchta urinishimiz ham muvaffaqiyatsiz tugadi, chunki yo‘lovchilarimiz aeroportga kira olishmadi", - deb qo‘shimcha qildi Ukraina TIV o‘rinbosari.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/afgonistonda-ukraina-samolyoti-olib-qochildi-20212116.html
Ikki marta - 2004 va 2013-14 yillarda - qarama-qarshilik konstitutsiyaga zid, kuch ishlatish shakllarga aylandi. Mamlakat janubi -sharqidagi voqealarni hisobga olmasak ham, hokimiyatni radikallar asosida kuch orqali markazlashtirish natijasi senzura va terror bo‘ldi. Ukrainada boshqacha fikrlovchi odamlarga qarshi qatag‘onlar va jurnalistlarni ovlash haqida - Sputnik materialida. Donbassga qarshi nafrat propagandasi "Yevromaydan" va Ukraina janubi-sharqidagi fuqarolar urushi - mamlakatning yangi tarixidagi eng qonli sahifadir. 2014 yil fevral oyida Kiyevda noma’lum snayperlartomonidan o‘qotishi natijasida Yevromaydanning 75 nafar ishtirokchisi va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘ldirildi, 570 nafardan ortiq kishi yaralandi. Haligacha tergov yakunlanmadi, jinoyatchilar aniqlanmadi. Siyosiy va kredit qaramligi: YeI bilan do‘stlik Ukrainaga nima keltirdi23 Avgust 2021, 18:11 2014 yil may oyida Odessada Kasaba uyushmalari uyi yoqib yuborildi. O‘shanda 42 kishi halok bo‘ldi - bo‘g‘ilib, yonib ketdi yoki olomon tomonidan urib o‘ldirildi. Ukraina matbuoti rassom Aleksandr Roytburdning taklifiga binoan, o‘lganlar orasida "Rossiya va Pridnestrovye fuqarolari" bo‘lgani haqida yolg‘on xabar berishdi. Ukraina janubi -sharqidagi qurolli mojaro tufayli odamlar haligacha halok bo‘lmoqda. Lugansklik kinoijodkorlar Donbassdagi haqiqiy voqealar haqida " Opolchenochka" nomli filmini suratga olishdi. Loyiha Rossotrudnichestvo tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Film olti tilga tarjima qilib, chet eldagi barcha “Rossiya uylari”da namoyish etish rejalashtirilgan. "2019 yilda biz "Opolchenochka" filmini chiqardik, u yerda mojaro qanday boshlangani, Donbass aholisi nimaga qarshi chiqqanligi, nima uchun odamlar qurol olishgani haqida so‘zlab berdi. Bu vaqtga kelib Ukraina propagandasi beshta badiiy filmni chiqardi. Va har bir filmda Rossiyaning tajovuzkorligi tasvirlangan, Donbass aholisi esa ahmoq razzillar va vahshiylar ko‘rinishida taqdim etilgan", - deydi "Lugafilm"kinostudiyasi rahbari Roman Razum. Cobiq sovet ittifoq davlatlari uchun Ukraina darslari20 Avgust 2021, 17:47 Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik yoshlar orasida Donbass aholisiga nafrat atayinshakllantirilmoqda, ular dushman sifatida ko‘rsatilmoqda. Bugun Ukraina jamiyati bo‘linib ketdi, deb ta’kidlaydi RT international telekanali muxbiri Roman Kosarev, u Donbassdagi harbiy mojaroni 2014-yildan beri yoritib keladi. Biroq, uning fikricha, fuqarolarning aksariyati rusofob qarashlarni qo‘llab-quvvatlamaydi. "Afsuski, quturgan rusofobiyani qo‘llab-quvvatlamaydigan ukrainaliklar o‘z nuqtayi nazarini ochiqchasiga ifoda eta olmaydilar. Sabablaridan biri - o‘z hayoti, oilasi va yaqinlarining xavfsizligi uchun qo‘rquv. O‘z pozitsiyasini aytishga jur’at etganlar – ularning uyiga Milliy korpus vakillari kelib, kechirim so‘rashga majbur bo‘lishadi", - deya ta’rif beradi vaziyatga Kosarev. Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi20 Avgust 2021, 11:11 Agressiv ozchilik esa, deydi Kosarev, rusofobiya, qotillikni propaganda qilib, Donbassni ruslardan, hatto o‘sha yerda tug‘ilgan va ulg‘ayganlardan tozalashga chaqiradi. Ukrainaning "Milliy korpus" partiyasi "Azov" milliy bataloni negizida tuzilgan, Rossiyada unga qarshi jinoiy ishi qo‘zg‘atilgan. Dekommunizatsiya kursi 2014 yildan keyin Ukrainada "dekommunizatsiya" e’lon qilindi, natijada tezda yirik muxolifat partiyalaridan biri-Ukraina Kommunistik partiyasi taqiqlandi. Faqat kommunistlar Ukraina hukumatini davlat to‘ntarilishi, Donbassdagi fuqarolar urushi va Konstitutsiyani buzishda ayblagandi. "Nega muxolifat OAVlariga qirg‘inlar paydo bo‘ldi?! Muxolifat siyosatchilari nima uchun kaltaklanmoqda?! Nega Oles Buzin o‘ldirildi?!" Chunki Ukraina - demokratik davlat emas. U demokratik faqat qog‘ozda va G‘arb siyosatchilari gapirayotgan so‘zlarda. Kommunistik partiya taqiqlanganidan ajablanarli narsa yo‘q. Balki u hozirgi hukumat uchun eng katta tahdid emas. Ammo hozirgi siyosiy elita e’tirof etayotgan antikommunistik tendensiya doirasida bu partiyani taqiqlash mantiqan to‘g‘ri keladi”, - deydi integratsiya istiqbollarini o‘rganish markazi direktori Sergey Rekeda. Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev19 Avgust 2021, 12:45 Yana yaqinroq misol - "Davlatga xiyonat" va "ayirmachilarni moliyalashtirish" siyosiy ayblovlari bilan "Muxolifat platformasi - hayot uchun" partiyasi rahbari Viktor Medvedchukning ta’qib qilinishi. 2019-yil fevral oyida Medvedchuk Donbassni avtonomlashtirish bo‘yicha yangi tinchlik takliflarini e’lon qilganidan keyin unga qarshi jinoyat ishi ochildi. Partiyaning siyosiy kengashi raisi rejasining asosiy maqsadi Donbassni o‘z parlamenti va hukumati bo‘lgan Ukraina tarkibidagi avtonom viloyatga aylantirish edi. Buni Ukraina hukumati separatizmga chaqiriq deb hisoblashgan. Hukumat g‘azabiga yo‘lliqqan jurnalistlar Rasmiy hokimiyat nuqtayi nazaridan emas, Ukrainada bo‘layotgan voqealarni yoritayotgan jurnalistlarga internetda xeyteylar va davlat darajasidagi turli ta’qiblarga uchramoqda. "Donbassdan to‘g‘ridan -to‘g‘ri ko‘rsatuvlardan so‘ng, menga ijtimoiy tarmoqlarda:" Senga jonli efirda o‘lishingni tilayman! Sen 200 yoki hech bo‘lmaganda 300 bo‘lganingda yomon bo‘lmasdi! Shaxsiy adovatim yo‘q, lekin sen dushmansan", - deydi Roman Kosarev. RT muxbiri ham "propaganda reportajlari" va Ukraina chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun “Mirotvores” ma’lumotlar bazasiga kiritilgan. Ukraina armiyasi – 2021: qurollanish va jangovarlik qobiliyati18 Avgust 2021, 18:44 "Bu Ukraina saytida men Donbass bolalarini har yili xayriya aksiya doirasida Yangi yil bilan tabriklashim, bolalarga sovg‘alar berishimni “vahshiyliklarim”ga kiritishdi. Mana shunday juda xavfli jinoyatchiman", - deb kuladi Kosarev. U Donbassning ba’zi bolalari urush paytida tug‘ilgan va mana hozir urush vaqtida birinchi sinfga borishmoqda, urush esa tugamaydi, deb qayg‘urmoqda. Ukrainadagi bolalarga esa "haqiqatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan" zamonaviy tarixni o‘rganishmoqda. Jurnalistlarning ko‘p sonli qotillik va qotillikka urinish holatlarini ham esga olish kerak. 2014-yil fevral oyida Kiyev markazida "Vesti" gazetasining muxbiri Vacheslav Veremiy otib o‘ldirildi; 2015-yil mart oyida "Netishinskiy Vestnik" gazetasi bosh muharriri Olga Moroz o‘z uyida o‘ldirildi; 2016-yil iyul oyida telejurnalist Pavel Sheremet avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘ldi. * “200”, “300” (Yuk-200, Yuk-300) – shaxsiy tarkib o‘lgan yoki yaralanganini anglatuvchi kod. 200 – o‘lgan, 300 – yarador.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/demokratiya-faqat-sozda-ukraina-qanday-qilib-repressiya-va-tsenzura-mamlakatiga-aylandi-20220045.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Bugun “Ipak yo‘li durdonasi” XIIIToshkent xalqaro kinofestivali ishchi guruhi – shtabi o‘z faoliyatini boshladi. Uning to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun “O‘zbekfilm” kinokonsernida alohida pavilon tashkil etilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. “Bugungi tadbir bahona turli tashkilotlarning ijodiy kuchlarini birlashtirishni niyat qilganmiz, - deydi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. - Biz ushbu kinoanjumanni yuqori darajada o‘tkazishimiz lozim, chunki juda ko‘p xorijlik ijodkorlar, Toshkent festivalining ilgarigi ishtirokchilari ham shunday istak bildirishayapti – toki eski an’analar yangi shaklda davom etsin”. SputnikNachal rabotat shtab rabochey gruppi Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya Nachal rabotat shtab rabochey gruppi Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya Sputnik Agentlik matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent festivalining tarixi sinchiklab o‘rganib chiqilgan – o‘sha paytda qanday tadbirlar o‘tkazilgan, qanday o‘ziga xosliklar bo‘lgan – va bularning barchasi 28-sentabr – 3-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan festivalda yangi ko‘rinishda aks etadi. Festival kun tartibi nihoyatda tig‘iz, shu sababli anjuman doirasidagi ijodiy tadbirlar ancha oldinroq boshlanadi. Misol uchun, 6-30 sentabr kunlari “Adiblar xiyoboni” turkumidagi filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi. “Dunyo kinosi yangi O‘zbekistonda” yosh kinoijodkorlar festivalida ishtirok etish uchun shu paytga qadar 2000 ta film taqdim etildi. Ishchi guruh ularni ko‘rib chiqishni boshladi. SputnikNachal rabotat shtab rabochey gruppi Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya Nachal rabotat shtab rabochey gruppi Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya Sputnik Yana bir qiziqarli tadbir – “Kino 5 kunda” deb nomlanadi. Unga ko‘ra, har biri to‘rt kishidan iborat ijodiy guruhlar O‘zbekistonning tarixiy va e’tiborga molik maskanlariga yuboriladi. Ular besh kun davomida film yaratib, hay’at hukmiga havola etadi. Bu yo‘nalish ham xorijliklarda kuchli qiziqish uyg‘otapti. “Mazkur kino bayrami yoshlar uchun ulkan mahorat maktabi vazifasini o‘taydi. Yoshlar men ham festivalda qatnashsam, deb orzu qiladi, shunga intiladi”, - deydi taniqli kinorejissor Hilol Nasimov. Ko‘pchilikni qiziqtirgan savollardan biri – festivalga jahon kino yulduzlari ham tashrif buyuradimi? Agentlik bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mashhur ijodkorlarning ishtiroki bo‘yicha bir qancha kelishuvlarga erishilgan, yana ayrimlari bilan muzokaralar davom etmoqda. “Lekin hozircha ularning kimligi sir bo‘la qolsin, vaqti kelganda, albatta oshkor qilinadi”, - dedi Firdavs Abduxoliqov. Festival doirasida eng ahamiyatli voqealardan biri 1 oktbr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayapti – shu kuni Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialining ochilish marosimi o‘tkaziladi. Darvoqe, festivalda rossiyalik kinoijodkorlar ham bir nechta film bilan ishtirok etadi. Bugungi kunda kinoanjuman dasturidan o‘rin olgan kartinalarni o‘zbekchalashtirish ishlari davom etmoqda. Ular nafaqat poytaxtda, balki Respublikaning barcha hududlarida namoyish etiladi. Shu maqsadda 30-sentabr kuni Toshkentda va viloyatlarda o‘nga yaqin yangi kinoteatrlar ochiladi. Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkaziladigan sana ma’lum bo‘ldi20 Iyun 2021, 10:21
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/jahon-kino-yulduzlarining-toshkent-xalqaro-kinofestivaliga-tashrif-buyurishi-kutilmoqda-20216830.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (Central Intelligence Agency, CIA) direktori Uilyam Berns “Tolibon”* harakati siyosiy yetakchilaridan biri Abdul G‘ani Barodar bilan yashirincha uchrashdi. Bu haqda “The Washington Post” Amerika ma’muriyatidagi manbalariga tayangan holda xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, uchrashuv 23-avgust kuni Kobulda bo‘lib o‘tgan. Bu toliblar Afg‘onistonni egallab olgandan keyin AQSh va ular o‘rtasidagi bunday darajadagi birinchi muzokaralar ekani aytilmoqda. Nashrning yozishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden Bernsni Kobulga u yerda avakuatsiya ishlarini o‘tkazish munosabati bilan yuborgan. Taxmin qilinishicha, uchrashuvda tomonlar 31 kuni yakunlanishi kerak bo‘lgan Kobuldagi NATO mamlakatlarining evakuatsiya muddatini uzaytirish masalasiga to‘xtalishgan. “Tolibon” AQSh uchun “qizil chiziq” belgiladi23 Avgust 2021, 12:46 MRB bu xabar yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan. Barodar toliblarning birinchi hukumatida mudofa vazirining o‘rinbosari lavozimini egallagan edi. 2010-yilda u MRB va Pokiston maxsus xizmatlarining qo‘shma operatsiyasi natijasida hibsga olingan. Keyingi sakkiz yilni qamoqda o‘tgangan. 2018-yilda uni ozod qilishdi, bu Vashington va toliblar o‘rtasidagi siyosiy kelishuvlarning birinchi qadami bo‘ldi. 2020-yilda Barodar Qatarda AQSh bilan bitim imzoladi, u Amerika qo‘shinlarini Afg‘oniston olib chiqib ketishni nazarda tutardi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti Prezident kerakmas: Afg‘onistonni bir necha kishi boshqaradi24 Avgust 2021, 11:08
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/oav-amerika-mrb-rahbari-tolibon-siyosiy-ofisi-etakchisi-bilan-yashirincha-uchrashdi-20220900.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi keskin tanqidiy ruhda o‘tmoqda. Alisher Maqsudov sohadagi tizimli muammolar hal qilinmagani va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun ishdan bo‘shatilgan. U 2020-yil noyabrida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi sifatida ish boshlagan edi. Alisher Maqsudov 1974-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2017 yildan Ekoqo‘mita raisi lavozimiga tayinlangunga qadar "O‘zpaxtasanoat" AJ boshqaruvi raisi lavozimida mehnat qilgan.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/prezident-ekoqomita-raisini-ishdan-boshatdi-20218950.html
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. UzAuto Motors kompaniyada yangi direktor - avtomobilsozlik sohasida dunyodagi top-menejeri Bu Andersson. U xarajatlarni optimallashtirish, ehtiyot qismlarni yuqori darajada sifatli yetkazib berish va ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Mashhur shved mutaxassisi O‘zbekistonning konservativ bozoriga nima olib kelishi mumkin, AvtoVAZ va ​​GAZ undan nima uchun minnatdor, Sputnik muxbiri mustaqil avtoekspert Aleksey Sharapov va "Avtostat" tahlil agentligining sherigi Igor Morjaretto, u Anderssonni shaxsan taniydi, bilan suhbatlashdi. Bu Anderssson nima uchun O‘zbekistonga taklif qilindi? 2018 yildan beri UzAuto Motors keng ko‘lamli o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda, ularning maqsadi zarar ko‘rayotgan biznesni barqaror daromadga aylantirish. Zavod imtiyozlar oldi va davlat tomonidan soliqlardan ozod qilindi. Biroq hozircha eksportga ketayotgan avtomobillar ichki bozorga qaraganda arzonroq sotilmoqda. “UzAuto Motors” kompaniyasiga yangi bosh direktor tayinlandi23 Avgust 2021, 15:07 O‘zbekistonlik mutaxassislarning fikricha, Andersson kompaniyaga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va logistika va yarimo‘tkazgichlar tanqisligi bilan bog‘liq inqirozni yengishga yordam bera oladi. "U haqiqiy professional. Uning tarjimai holida "uddalay olmagan" degan joy yo‘q. Agar ot bilan aravani chiqarish kerak bo‘lsa, UzAuto ot bilan aravani chiqaradi", - deydi Aleksey Sharapov. Mutloq professional, lekin diplomat emas 2009 yildan 2013-yilgacha Andersson Rossiyaning GAZ avtomobil zavodini boshqargan, u yerda o‘zining samaradorligini ko‘rsatdi. Keyinchalik u AvtoVAZ prezidenti lavozimiga tayinlandi, u yerda ishlab chiqarishni ko‘paytirdi. Shved mutaxassisi juda qattiqqo‘l xarakterga ega, deydi avtoekspertlarimiz, lekin biznesda uning tengi yo‘q. "Bu Andersson davrida GAZ muhim qadam qo‘ydi: u arzon, ishonchsiz GAZelldan zamonaviy “GAZel Biznes” va “GAZel NEXT” modellariga o‘tdi", - deydi Igor Morjaretto. UzAuto navbatni sotishni biznesga aylantirgan shaxslarni aniqladi28 Iyul 2021, 10:20 Shved menejeri boshchiligida “GAZ Grupp”, so‘nggi yillarda duch kelgan sanksiyalarga qaramay, Rossiya Federatsiyasida tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalarga qarshi tura oldi. 2012-yilda kompaniya Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) bo‘yicha 8,8 milliard rubl sof foyda oldi, bu 2011-yilga nisbatan 3,5 foizga ko‘p. AvtoVAZda ikki yillik ish paytida Andersson ishlab chiqarishni to‘liq o‘zgartirdi, yoqimsiz yetkazib beruvchilardan xalos bo‘ldi va jiddiy ishonchli sheriklarni olib keldi. Ammo prinsipial shved sobiq sheriklari bilan til topisha olmadi, shuning uchun u boshlagan ishini oxirigacha bajarmay konsernni tark etdi. "U armiyacha boshqaradi, bu o‘z vaqtida GAZ va ​​AvtoVAZni qutqardi. Menimcha, u qo‘yilgan har qanday biznes, shubhasiz, rivojlana boshlaydi, lekin uning do‘stlari bo‘lmaydi", - deydi Aleksey Sharapov. Eslatib o‘tamiz, shved top-menejeri qo‘l ostida Lada Vesta avtomashinalari chiqarildi, u hatto G‘arbda ham tan olindi. Andersson O‘zbekistoda nima bilan ishlashga to‘g‘ri keladi – bu Sharqda g‘arbcha yondashuv. UzAuto Motors yaqin vaqt ichida 2ta yangi model ishlab chiqarishni boshlaydi17 Iyul 2021, 10:41 Igor Morjarettoning so‘zlariga ko‘ra, Anderssonni o‘zbek avtokonserni rahbari yetib tayinlash masalasida, shved mutaxassisi uchun munosabatlar tizimi nuqtayi nazaridan qiyin mamlakat bo‘ladi. Avtomobil ekspertining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda har xil toifadagi va ta’sir o‘tkazish guruhlarining manfaatlari bilan hisoblashish kerak va Andersson esa bu jihatdan unchalik ustomon rahbar emas. "Men Anderssonni tabriklayman, lekin unga qiyin bo‘ladi. Sharqda an’anaviy tarzda milliy korxonalarni boshqaradigan chet elliklardan ehtiyot bo‘lishadi", - deydi Igor Morjaretto. Shu bilan birga, Aleksey Sharapov ta’kidlashicha, shved mutaxassisi uchun qaysi kompaniyada va qaysi mamlakatda ishlash muhim emas, modellar assortimentining dolzarbligi ham muhim emas, asosiysi, bu odam “avtomobil sanoatidagi bardak bilan qanday kurashishni biladi". Bu Andersson 2013 Xalqaro Rossiya avtomobil forumida "Rossiya avtomobilsozlik sanoatining jahon avtomobilsozlik sanoatiga integratsiyalashuviga qo‘shgan hissasi uchun" mukofotiga sazovor bo‘ldi va Adam Smit xalqaro avtomobil sanoati forumida Rossiya avtomobilsozligida "2010 yilning eng yaxshi rahbari" deb tan olindi.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/andersson-ozbek-avtosanoatini-ertakka-aylantira-oladimi-va-bunga-nima-halal-berishi-mumkin-20215470.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Afg‘onistonning sobiq aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Said Ahmadshoh Sadat 2020-yildan buyon Germaniyada yashaydi va oziq-ovqat yetkazib beruvchi bo‘lib ishlaydi. Bu haqda “Leipziger Volkszeitung” gazetasi xabar bermoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Sadat 2018-yilgacha Afg‘oniston hukumatida ishlagan. O‘sha paytda uning asosiy vazifalaridan biri telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirishdan iborat bo‘lgan. U 2020-yil dekabrida Germaniyaga kelgan va puli tugagandan keyin ish topgan. “Endi oddiy hayot kechirmoqdaman”, - deya uning so‘zlarini keltiradi gazeta. Erkak kelajakda “Telekom” kompaniyasiga ishga kirishga umid qilmoqda.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/oav-sobiq-afgon-vaziri-germaniyada-kurer-bolib-ishlamoqda-20208107.html
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. KXShT bosh kotibi Stanislav Zas RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan sammitda qanday masalalar kun tartibidan o‘rin olmagani haqida so‘zladi. Afg‘onistondagi vaziyat ziddiylashuvi fonida O‘zbekistonning tashkilotga a’zoligi qayta tiklanishi masalasi yig‘ilish davomida ko‘tarilmadi, deb aytgan Zas. "(O‘zbekiston) bu masalani ko‘tarmadi (KXShTda a’zolikni qayta tiklash – tahr.). (Bu masala bilan) murojaat qilmadi. Hammasi eng avvalo O‘zbekiston irodasiga bog‘liq bo‘ladi", - degan KXShT bosh kotibi Stanislav Zas. O‘zbekiston MOda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashadi - Mirziyoyev23 Avgust 2021, 19:44 O‘zbekiston joriy sammitda taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdi. Ayni vaqtda KXShTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston a’zo. Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak19 Iyul 2021, 18:19 Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi vaziyat amerika qo‘shinlari chiqarilishi fonida o‘ta keskin tus oldi. So‘nggi haftalarda radikal harakat yetakchilari yirik hududlar va shaharlarni bosib olmoqda. Jangarilar yakshanba kuni Qobulni o‘z nazoratiga oldi, prezident Ashraf G‘ani esa "qirg‘in-barotning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etdi.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/ozbekiston-kxshtga-qaytish-masalasini-kotargani-yoq---zas-20206878.html
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Innovatsion loyihalar O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada doimiy ravishda kelishuvlar, memorandumlar, shartnomalar imzolanadi. Sputnik muxbiri ular amalda qanday samara berayotgani bilan qiziqdi. Ana shunday hujjatlardan biri – O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarga ko‘maklashish jamg‘armasi o‘rtasidagi kelishuvdir, deyiladi vazirlik axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarda. “Skolkovo” O‘zbekiston innovatsion rivojlanishiga qanday hissa qo‘shmoqda5 Aprel 2021, 18:39 Unga ko‘ra, startap loyihalar bo‘yicha qo‘shma tanlov o‘tkazilib, 30 ga yaqin ishtirokchi orasidan 3 nafar g‘olib tanlab olingan. Har biri 1 milliard so‘mdan moliyalashtirilgan ushbu loyihalar ustida tadqiqotlar olib borilmoqda va amaliyotga joriy etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. “Rossiya bilan hamkorlikda ro‘yobga chiqarayotgan loyihamiz Germaniy-68 radionuklidini, undan esa o‘z navbatida, Galiy-68 nuklidini olishga qaratilgan, - deydi O‘zbekiston FA Yadro fizikasi instituti laboratoriya mudiri, kimyo fanlari nomzodi, qo‘shma startap loyihasi muallifi Saidahmad Xo‘jayev. – Galiy-68 yadroviy tibbiyotda qo‘llaniladi. U ma’lum bir birikmaga qo‘shilib inson organizmiga yuboriladi va tomografiya jarayonida kerakli a’zoning keng hajmli ko‘rinishini aks ettiradi”. Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, Galiy-68 ga talab har doim yuqori bo‘lgan. Shu paytgacha u O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan, respublika tadqiqotchilari bu mavzuda ilmiy maqolalar yozish bilan cheklanishgan, xolos. Foto predostavleno Saidaxmadom XodjayevimV protsesse raboti proyektov V protsesse raboti proyektov Foto predostavleno Saidaxmadom Xodjayevim Amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha doirasida rossiyalik hamkorlar nurlantirilgan xom ashyoni yetkazib berishadi, o‘zbek olimlari esa undan kerakli mahsulotni olishmoqda. “Dastlabki xomaki mahsulotni kelgusi yilning birinchi choragida olishni mo‘ljallayapmiz, ishlab chiqarish esa 2023-yilning iyuniga qadar yo‘lga qo‘yiladi”, - Xo‘jayev. Innovatsion sohadagi hamkorlik haqida so‘z borganda, “Skolkovo” innovatsion markazi va “Innopolis” universiteti bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni ham qayd etib o‘tish mumkin. “Bizning loyihalarimiz sanoat sohasida salmoqli ahamiyatga ega. Shulardan biri – tarkibida nikel bo‘lgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratapmiz”, - deydi “Global Texno Met” korxonasi texnik direktori Viktor Dubov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugunga qadar O‘zbekistonda ushbu jarayon gidrometallurgiya usulida amalga oshirilgan. Bu sanoat chiqindilari tarkibida 7,5 foizdan ko‘proq nikel bo‘lishini taqozo etadi. Ustiga-ustak, katta miqdorda kimoviy reagentlar sarflanadi. Rossiya bilan hamkorlikdagi loyihada esa bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 1,05 foiz bo‘lsa ham, kifoya. Texnologiyani avtomatlashtirish va dasturiy ta’minot rossiyalik mutaxassislar zimmasida. Foto predostavleno Viktorom DubovimV protsesse raboti proyektov V protsesse raboti proyektov Foto predostavleno Viktorom Dubovim Rejaga ko‘ra, loyiha 2023-yilning birinchi yarmida yakunlanishi lozim. Pirovardida, shu paytgacha past rentabelli deb hisoblab kelingan qayta ishlash jarayonlari yo‘lga qo‘yiladi. Yuqori tozalikka ega nikeldan turli hamjmdagi quvurlar, plastinalar, katalizatorlarni ishlab chiqarish boshlanadi. Foto predostavleno Viktorom DubovimV protsesse raboti proyektov V protsesse raboti proyektov Foto predostavleno Viktorom Dubovim Shu yilning iyul oyi avvalida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Kurchatov instituti Milliy tadqiqot markazi prezidenti Mixail Kovalchuk ishtirokida videomuloqot bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida yagona ilmiy-tadqiqot va ta’lim infratuzilmasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar gen texnologiyalarini qo‘llagan holda, yuqori samarali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, sanoat biotexnologiyalari, tibbiyot, xususan, yadro tibbiyoti texnologiyalari, robototexnika, sun’iy intellekt sohalarini rivojlatirish, madaniy obyektlarni o‘rganishda yadro-fizika usullarini qo‘lash, ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. O‘zbekiston “Skolkovo”da o‘zining startaplari qo‘llab-quvvatlanishiga umid qilmoqda21 Noyabr 2019, 17:32
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/rossiya-bilan-hamkorlikda-qanday-istiqbolli-innovatsion-loyihalar-amalga-oshirilmoqda-20199894.html
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. "Tolibon" radikal harakati jangarilari Afg‘oniston toliblar qo‘liga o‘tgach, mamlakatdan qochib ketgan prezident Ashrf G‘anini ta’qib qilmaslik haqida bayonot bilan chiqish qildilar. Bu haqda EADaily portali xabar bermoqda. “Tolibon” AQSh uchun “qizil chiziq” belgiladi23 Avgust 2021, 12:46 "Bizning tomon barchani - generaldan tortib oddiy odamnida afv etmoqda", - deb aytgan toliblarning oliy martabali yetakchilaridan biri Xalil ur-Rahmon Xaqqoniy. "Tolibon"* va Afg‘onistonni tark etgan sobiq prezident yoki boshqa amaldorlar o‘rtasida dushmanlik yo‘q. Agar ular qaytish istagini bildirishisa, ularni hech kim ta’qib qilmaydi, deya ishontirgan Haqqoniy. Toliblar vakilining aytishicha, harakat vakillari kimdandir o‘ch olishi to‘g‘risidagi mish-mishlarni "dushmanlar tarqatmoqda", mamalakatda yashayotgan millatlar esa, uning aytishicha, "o‘zlarini hotirjam his etaverishlari mumkin". Toliblar Panjsher yetakchisiga taslim bo‘lish uchun 4 soat vaqt berdi 22 Avgust 2021, 17:39 AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilgach, "Tolibon"* harakati jangarilari mamlakat hududini bosib olishni boshladilar va 15-avgust kuni Qobulga kirib keldilar. Respublika prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi. Vitse-prezident Amrulla Solix o‘zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qildi va afg‘on poytaxti shimolidagi hududlarda toliblarga qarshi harakatlarni tashkillashtirdi. Sal avval "Tolibon"* harakatining yuzlab a’zolari o‘zlarining nazoratida bo‘lmagan Panjsherga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rishayotgani haqida xabar bergan edik. * Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/toliblar-prezident-ganini-taqib-qilmaslikka-vada-berishmoqda-20197168.html
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk Moskvada “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi tashkil etilishini muhokama qildi. Ta’kidlanishicha, bu o‘zbek mahsulotlarining oldin o‘tkazilgan ko‘rgazmalaridan ham yirik bo‘lgan sanoat ko‘rgazmasi bo‘ladi. Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik dasturiga kiritilgan va umumiy qiymati 5,8 mlrd dollarni tashkil etuvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha birgalikda sa’y-harakatlarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Avvalroq O‘zbekiston Moskvadagi VDNX milliy pavilonida ko‘rgazmalarini tayyorlayotgani xabar qilingan edi. O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘pi bilan besh kunda yetkazib beriladi22 Avgust 2021, 10:36 O‘zbekiston prezidenti qarori bilan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi 66-pavilonida “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan edi. Pavilon O‘zbekistonga 49-yilga ijaraga berilgan.
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/made-in-uzbekistan-moskvada-yirik-korgazma-tashkil-etiladi-20198720.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Shveysariya hukumati tomonidan beg‘araz ko‘mak sifatida taqdim etilgan tibbiy niqoblar O‘zbekistonga olib kelindi Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar qilmoqda. Jami FFP2 markali 1 145 000 dona tibbiy niqoblar olib kelingan. Ular koronavirusga qarshi kurashish doirasida O‘zbekiston tibbiyot muassasalarining tibbiy ta’minot zaxiralarini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida jo‘natilgan. Toshkentda niqob rejimi kuchaytirilmoqda22 Iyun 2021, 18:17 Toshkent aeroportida taqdim etilgan tibbiy niqoblar hukumat vakillari tomonidan qabul qilib olingan
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/shveytsariya-ozbekistonga-11-milliondan-ziyod-tibbiy-niqob-yubordi-20207476.html
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Afg‘on milliy qarshilik ko‘satish harakati yetakchisi Ahmad Ma’sud "Tolibon" vakillaridan biri Amirxon Muttakiy bilan mamlakatdagi ziddiylashgan vaziyatni muhokama qildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikistonga Ma’sudning maslahatchilaridan biri. Ma’lum bo‘lishicha, muloqot kuni kecha telefon orqali bo‘lib o‘tgan. Ma’sud bu vaqtda Panjsherda, Amirxon Muttakiy esa - Qobulda bo‘lgan. Toliblar prezident G‘anini ta’qib qilmaslikka va’da berishmoqda23 Avgust 2021, 13:11 Aniqlik kiritilishicha, toliblar yetakchisi qarshilik ko‘rsatish harakatining yosh rahbaridan qurolni tushirib, muzokaralar stoli atrofiga o‘tirishni taklif etgan. Toliblar yetakchisi Ahmad Ma’sudga "Tolibon"* bilan urush olib borish ma’nisizligini, chunki ularni kuchli davlatlar qo‘llab-quvvatlashini, harakatning o‘zi esa old va zamonaviy harbiy texnikaga egaligini aytgan. Ahmad Ma’sud qarshilik ko‘rsatish harakati kuchlari ham yaxshi qurollanganliklarini, eng asosiysi, ular "kuchli jangovar ruhga egaliklarini" qayd etib o‘tgan. "Biz Afg‘oniston erkin mustaqil va gullab-yashnayotgan diyor sifatida qolishi tarafdorimiz, bunga esa muloqot va o‘zaro tushunish orqali erishish mumkin. Ammo agar gap kuch va urushga borib taqaladigan bo‘lsa, sizlar bizlarni yaxshi bilasizlar. Men otamning o‘g‘liman, mamlakatni va xalqni himoya qilish uchun bor harakatlarimni ishga solaman", - degan kichik-Ma’sud. “Tolibon” AQSh uchun “qizil chiziq” belgiladi23 Avgust 2021, 12:46 Muttakiy, o‘z navbatida muloqot davomida Qobuldagi afg‘on milliy qarshilik ko‘rsatish harakati yetakchisining mol-mulki va uylariga hech kim ko‘z olaytirmasligini: ularning barchasi butun va talon-taroj qilinmagan holda ularga topshirilishini aytgan. Bunga javoban Ahmad Ma’sud afg‘on poytaxtida hech qanday shaxsiy mulkka ega emasman, deya ta’kidlagan. "Otamning ham boyligi bo‘lmagan. Menga oilamizga tegishli bo‘lgan buvamdan qolgan uy meros qolgan", - deya aniqlik kiritgan u. Ta’kidlash kerakki, Qobul tumanlaridan birida kichik-Ma’sudning uyi joylashgan, toliblar shaharni bosib olmagunga qadar, bu uy unga siyosiy ofis sifatida xizmat qilgan. Uning otasi, Afg‘oniston milliy qahramoni Ahmad Shoh Ma’sudning o‘quvchilik yillari shu uyda o‘tgan. Toliblar Panjsherga hujum qilishga shaylanishmoqda23 Avgust 2021, 10:45 "Biz Panjsher uchun emas, balki erkin Afg‘oniston uchun kurashamiz, o‘zimizning e’tiqod va qadriyatlarimiz uchun jang qilamiz", - deb qayd etgan Ma’sud. Eslatib o‘tamiz, sal avval toliblar bir necha ming harbiy xizmatchilarni qurol, artilleriya va tanklar bilan Panjsherni okkupatsiya qilib olish uchun yuborishgan edi. Bunday harakatlar 30-yil ichida ikkinchi bor ro‘y bermoqda. Toliblar ilk bor, 1996-yilda Panjsher darasi darvozasiga yaqin kelishgan va katta Ahmad Shoh Ma’sud boshchiligidagi qarshilik ko‘rsatish kuchlari tomonidan tor-mor etilgan. Mashhur afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’ud "Tolibon"* haqida nima degan edi10 Avgust 2021, 14:32 Bugungi kunga kelib, bu toliblar tomonidan bosib olinmagan Afg‘onistonning yagona provinsiyasi maqomini saqlab turibdi. Qolgan 33ta provinsiya so‘nggi ikki oy davomida toliblar tomonidan to‘liq egallab olingan. *- "Tolibon" terrorchi harakat sifatida tan olingan va RF hamda qator boshqa davlatlarda ta’qiqlangan.
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/ahmad-masud-toliblar-etakchisi-bilan-muzokara-otkazdi-20198484.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan fuqarolarni mamlakatga olib kelish maqsadida ikkita maxsus poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli yo‘lovchi poyezd 2021-yil 27-avgust kuni soat 20:57 da "Voljskiy - Toshkent" yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi. Shuningdek, 30-avgust kuni “Tolyatti – Toshkent” yo‘nalishida 446-sonli yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi. Bu poyezd Tolyatti vokzalidan soat 12:35 da jo‘naydi. Rossiyaga ketayotgan migrantlar emlanishi shartmi - mutaxassis javobi23 Avgust 2021, 14:54 Ta’kidlanishicha, mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” hamda “Tolyatti-Toshkent” yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Chiptalarni e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali elektron tarzda xarid qilish mumkin.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/maxsus-poezd-qatnovi--20207173.html