text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Sobiq ittifoqning oxirgi marshali va mudofaa vaziri vafot etdi Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi. Yazov Moskvada uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan vafot etgan.  Yazov sobiq ittifoq marshali unvoni berilgan oxirgi harbiy qo‘mondon hisoblanadi. Unga marshal unvoni 1990 yilda berilgan. Bundan tashqari, u sobiq ittifoqning oxirgi mudofaa vaziri bo‘lgan va bu lavozimni 1987 yildan 1991 yilgacha egallagan. Yazov, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi faxriysi bo‘lgan. Yazov 1956 yilda Frunze nomidagi harbiy akademiyani tamomlagan. 1962 yilda Karib inqirozi vaqtida uning polki AQSh armiyasining hujumini qaytarish uchun Kubada joylashtirilgan. Yazov 1980 yildan 1984 yilgacha, Afg‘onistondagi urush boshlanishi vaqtida O‘rta Osiyo harbiy okrugi qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan. 1984 yilda Uzoq Sharq harbiy okrugiga boshliq etib tayinlangan.  1987 yilda general unvonida sobiq ittifoq mudofaa vaziri bo‘lgan. 1990 yilda  Mixail Gorbachyov unga marshal unvonini bergan. Yazov 1991 yilda sobiq ittifoqning parchalanishiga olib kelgan voqealar vaqtida GKChP (Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi) tomonda bo‘lgan. Aynan uning buyrug‘i bilan Moskvaga tanklar kiritilgan. Shundan keyin u iste'foga chiqarilib, hibsga olingan. U 1993 yilda GKChPning boshqa a'zolari bilan birga ozodlikka chiqarilib, 1994 yilda afv etilgan.    Yazov iste'foga chiqqandan keyin Rossiya mudofaa vazirligida maslahatchi va bosh nozir bo‘lgan. 2020 yil 4 fevralda u Rossiyaning 3-darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
2Dunyo
La Liga. “Barselona” “Valensiya”ni mag‘lub etdi. 2 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan, 4 daqiqada 2 ta gol urilgan o‘yinda “Sevilya” durang qayd etdi Kecha, 13-aprel sanasida Ispaniya La Ligasining 32-tur bahslariga start berildi. Turning ilk uchrashuvida “Betis” “Jirona” mehmoni bo‘ldi. 36-daqiqada Loren Morenning goli sabab “Betis” safarda muhim uch ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. Bugun esa 32-tur doirasida 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Shulardan ikkitasi o‘z nihoyasiga yetdi. Jumladan, “Sevilya” o‘z maydonida “Vilyarreal”ni qabul qildi. Uchrashuv anchayin qizg‘in ruhda o‘tdi. “Sevilya” 0:2 hisobini 2:2 ko‘rinishiga keltira oldi. O‘yin Nolitoning penaltini aniq amalga oshira olmagani hamda ikkala jamoadan ham bittadan o‘yinchi chetlatilgani bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Turning markaziy o‘yinida Yevropa Chempionlar Ligasidan chiqib ketgan “Barselona” “Valensiya”ni o‘z uyida mehmon qilib, qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. Mezbonlar tarkibida Luis Suares va Samuel Umtiti gol kiritgan bo‘lsa, o‘yin so‘ngida “ko‘rshapalaklar” sardori Dani Parexo penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirishga erishdi. La Liga 32-tur bellashuvlari 13-aprel, juma Gol: 0:1 — 36 Loren Moron. 14-aprel, shanba Gollar: 0:1 – 36 Raba, 0:2 – 68 Bakka, 1:2 – 78 Nolito, 2:2 – 82 Nzonzi. Amalga oshirilmagan penalti: Nolito (Sevilya, 75) Chetlatishlar: Ben-Yedder (62), Kosta (76). Gollar: 1:0 – 15 Suares, 2:0 – 51 Umtiti, 2:1 – 87, penalti Parexo. 15-aprel, yakshanba
13Sport
Eden Azar debyut golini urgan o‘yinda “Real” g‘alaba qozondi (video) 7-avgust, chorshanba kuni Madridning “Real” klubi Avstriyada “Zalsburg” jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuvdagi yagona golga “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Eden Azar 19-daqiqada mualliflik qildi. Shu tariqa madridliklar safarda kechgan bahsda “Zalsburg”ni mag‘lubiyatga uchratdi (1:0). O‘rtoqlik uchrashuvi 7-avgust, chorshanba Gol: 0:1 — 19 Azar “Zalsburg”: Stankovich (Karlos, 46), Nissen Kristensen (Farkash, 59), Ramalyo (Falltsi, 46; van der Verff, 75), Ongene (Mensa, 46), Ulmer (Okugava, 46), Samasseku (Ashimeru, 46), Berned (Yunuzovich, 46), Soboslai (Diarra, 46; Kamara, 76), Minamino (Mvepu, 46), Xoland (Daka, 46), Koyta (Xvan Xi Chxan, 46) “Real Madrid”:  Kurtua, Karvaxal (Odriosola, 76), Varan, Militao (Nacho, 46), Marselo, Isko (Vaskes, 76), Kroos, Azar (Yovich, 62), Kazemiro (Valverde, 46), Ramos, Benzema (Vinisius Junior, 76). Ogohlantirishlar: Varan (54), Mvepu (63), Karvaxal (64), Farkash (72), Valverde (81), Nacho (85) Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
“O‘rnidan turdi va ‘xayr’ dedi”. O‘zbek futboli afsonasi Gennadiy Krasnitskiyning fojiali taqdiri Gennadiy Krasnitskiy — O‘zbekiston va SSSRning 1960-yillardagi eng yorqin futbolchilaridan biri. “Paxtakor”ning afsonaviy hujumchisi o‘zining kuchli zarbasi va Grigoriy Fedotov to‘purarlar klubi ro‘yxatiga kirishiga sababchi bo‘lgan samaradorligi bilan ajralib turardi. Toshkentda muxlislar uni qadrlar va hattoki, “o‘zbek Pelesi” deb chaqirardi. Raqib himoyachilari esa Krasnitskiydan ochiqchasiga qo‘rqardi. Balki mashhur hujumchi yanada ko‘proq muvaffaqiyatga erishishi mumkin edi. Afsuski, oddiy bo‘lmagan xarakteri nafaqat faoliyatiga, hatto hayotiga ham putur yetkazdi. “SSKA” sobiq hujumchisi Boris Kopeykin: “Gennadiy Krasnitskiyning zarbasi bilan 1964-yil Chelyabinskda to‘qnash kelganman. O‘shanda mahalliy ‘Lokomotiv’ safida o‘ynardim, Gena esa yuqori ligadan chiqib ketgan ‘Paxtakor’ safida. Jarima zarbasi vaqtida jamoa yoshi katta o‘yinchilaridan hech biri “jonli devor”ga turmasdi. Iloji boricha u yerga yoshlarni qo‘yishga urinardi”. “Lokomotiv” sobiq futbolchisi Yuriy Ivanov: “1969-yilda biz Cherkizovoda ‘Paxtakor’ bilan o‘ynadik. Darvozamizdan 25 metr uzoqlikda jarima zarbasi belgilandi. ‘Jonli devor’da turmagandim, ularning yonida ko‘rsatma berib turgandim. Krasnitskiy zarba berdi va to‘p mening boshimga tegdi. Undan keyin nima bo‘lganini eslolmayman, hushimni yo‘qotgandim. Aksiga olib, o‘sha kuni yomg‘ir yog‘ayotgandi, to‘p esa suvdan og‘irlashib qolgan edi. O‘yinni oxiriga yetkazib qo‘ydim. Keyin tekshirtirsam — miyaning yengil chayqalishi yuz beribdi”. “Dinamo” va “Spartak” sobiq murabbiyi Konstantin Beskov: “Krasnitskiy bizning futboldagi eng yorqin o‘yinchilardan biri edi — jismoniy jihatdan baquvvat, mehnatsevar va kuchli zarbasi bor edi. Bu yigit menga yoqib qolgandi. Barcha Gennadiyning individual mahorati haqida gapirardi, lekin uning taktik fikrlashi ham tahsinga sazovor edi — bitta uzatma bilan jamoadoshini hal qiluvchi zarbaga chiqarardi. Krasnitskiy istalgan zamonaviy top-jamoada o‘ynay olardi”. Gennadiy Krasnitskiy (o‘ngda) himoyachi Stanislav Semyonov bilan Afsuski, hujumchi ko‘p gol urish bilan birga ko‘p mojarolarga ham aralashib qolardi. Yaxshi xulqli Krasnitskiy navbatdagi golni nishonlash uchun muxlislar va “xayrixohlar”ning taklifini rad etolmasdi. Shuning uchun klub bazasiga ko‘pincha mast holda tashrif buyurardi. Doimiy spirtli ichimlik iste’mol qilish futbolchining hayotidagi jiddiy muammoga aylandi. Masalan, 1962-yilda “Paxtakor”ning Xarkovga safari vaqtida shovqin ko‘targan. Mehmonxonada mast holda navbatchi xodimlarni va jamoa rahbari O‘ktam Bektemirovni urgan. Bir nechta jamoadoshigina uni to‘xtatib qola olgan. Bu harakati uchun SSSR hujumchini “sport ustasi” maqomidan mahrum qildi va mavsum so‘ngiga qadar chempionatdan diskvalifikatsiya qildi. Klub almashtirib bo‘lmas futbolchining mojarolariga ko‘z yumar va faqatgina tanbeh bilan kifoyalanardi. Shuning uchun Krasnitskiy jazolanmaganini his qilar, yana va yana ichardi. Bir kuni mast holatda “Lujniki” xodimlarini haqorat qilgan. Boshqa safar esa “Spartak” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Moskvadagi mehmonxonaga oyoqda tura olmaydigan ahvolda kirib kelgan. Toshkent restoranlaridan birida esa inkassatorga hujum qiladi, uni faqatgina havoga o‘q uzish orqali to‘xtatib qolishadi. Bunday turmush tarzi Krasnitskiyning hayotini og‘irlashtirib yubordi. 27 yoshida Gennadiy futboldan ketishga qaror qiladi. Keyinchalik o‘ylab ko‘rgach, sevimli o‘yiniga qaytadi. Oradan ikki yil o‘tgach esa yana futboldan ketish haqida o‘ylab qoladi. Krasnitskiy 29 yoshida butsisini mixga iladi. Faoliyatini yakunlagach Gennadiy o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rishga qaror qiladi. Avvaliga “Paxtakor”ning murabbiylar shtabida ishlaydi, keyin jamoa bosh murabbiyiga aylandi. Undan so‘ng “Yangiyer” va “Zvezda” jamoalarini boshqaradi. Barcha urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Mutaxassislar Krasnitskiy murabbiy bo‘lishi uchun unda sabr yetishmasligini ta’kidlaydi. 1986-yilda sobiq futbolchi Respublika ixtiyoriy sport hamjamiyatiga rahbar bo‘ladi. Yangi ishxonasida 135 rubl maosh olgan Gennadiy oilasini boqish uchun bu pullar yetmasligini bilardi. Maoshini ko‘tarishlarini so‘raganda uni yanada quyiroq mansabga — O‘zbekiston chempionati hakam-inspektori etib tayinlashdi. Bu sovet futboli afsonasining hayotidagi oxirgi va jiddiy zarba edi. Shundan so‘ng Krasnitskiy o‘z xohishi bilan o‘lishni xohladi. Fojiadan bir necha kun oldin u yaqinlariga ishora qila boshladi. Lekin qarindoshlari uning xatarli ogohlantirishini tushunmasdi. “1988-yilda u Qo‘rg‘ontepada (Tojikiston) bo‘lib o‘tadigan navbatdagi o‘yinda inspektorlik qilishi kerak edi. Gennadiy aeroportga oilasi bilan: onasi, rafiqasi va qizi bilan chiqishni xohlayotganini aytdi. U oilasiga: ‘Meni oxirgi marta kuzatib qo‘yinglar’, — dedi. Ammo rafiqasi Krasnitskiyning nima xohlayotganini tushunmasdan, ko‘chada haddan ziyod issiq ob-havoni bahona qilib, aeroportga bormadi. U o‘zi bilan qizini ham olib qoldi. Gennadiyni kuzatib qo‘yish uchun onasi aeroportga bordi. U samolyotga qarab yo‘l oldi va darhol ortga qaytdi. Onasiga sport sumkasini uzatdi va endi buning keragi yo‘qligini aytdi”, — deb yozadi Fyodor Razzoqov “Yulduzli fojia” kitobida. Natijada Qo‘rg‘ontepada Krasnitskiy o‘ylagan ishini amalga oshirdi. 1988-yil 12-iyunda baxtsiz hodisa yuz berdi. Qo‘rg‘ontepaning “Vaxsha” jamoasi murabbiyi Vladimir G‘ulomhaydarov bu voqeani yodga oladi: “Gennadiy Aleksandrovichni aeroportda kutib oldim va kun bo‘yi u men bilan edi. U hushyor edi. Lekin g‘amgin ko‘rinardi. Toshkentlik hakam o‘yinni noxolis boshqardi va futbol tili bilan aytganda, bizni ‘sindirgandi’. Krasnitskiy xafa bo‘lgandi. Gennadiy Aleksandrovich inspektor sifatida hakamlarning harakatini 2 ga baholadi. Toshkentga o‘yin haqida ma’lumot berish uchun qo‘ng‘iroq qildi va men bilan birgalikda mehmonxonaga qaytdi. O‘z xonasida ham u asabiylashishda davom etardi. Barmog‘idan uzukni yechib, yana qayta taqardi. Ketma-ket sigaret chekardi. Kechki ovqatga biz bilan chiqmadi. Bizga ikkita xona ajratilgandi. Krasnitskiy darhol o‘rnidan turib ‘Mayli, xayr!’, — deb tezkor qadamlar bilan yotoqxonaga kirib ketdi. Avvaliga biz hayron bo‘ldik, keyin o‘zimizni qo‘lga oldik: ‘Bu yerda nimadir g‘alati’. Uning ortidan yugurdik, lekin derazada Krasnitskiyning oyoqlarini ko‘rgandik, xolos”. Afsonaviy futbolchi 1988-yil 21-iyunda mehmonxona derazasidan o‘zini tashlab, fojiali o‘lim topadi.
13Sport
DIPLOMATIK, KONSULLIK VA ULARGA TENGLAShTIRILGAN ChET EL VAKOLATXONALARINI, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKOLATXONALARINI VA MUXBIRLIK PUNKTLARINI HAMDA ULARNING XODIMLARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI HUZURIDA AKKREDITATSIYA QILI Diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarni, muxbirlik punktlarini hamda ularning xodimlarini akkreditatsiya qilish tartib-qoidalarini tartibga solish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Diplomatik, konsullik va ularga tenglashtirilgan chet el vakolatxonalarini, ommaviy axborot vositalari vakolatxonalarini va muxbirlik punktlarini hamda ularning xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi o‘zlarining idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. .Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov va Bosh vazir o‘rinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin. 1. Chet el diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, ommaviy axborot vositalari vakolatxonalari va muxbirlik punktlari hamda ko‘rsatib o‘tilgan vakolatxonalarning xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida xalqaro huquq normalariga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq akkreditatsiya qilinadilar. 2. Xalqaro huquq normalariga va milliy qonunchilikka, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida quyidagilar yuridik shaxslar sifatida akkreditatsiya qilinadilar: a) diplomatik va konsullik vakolatxonalari; b) xalqaro hukumatlararo tashkilotlar; v) muruvvat yordami ko‘rsatish, iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha hukumat tasarrufida bo‘lmagan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari; g) xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining vakolatxonalari va muxbirlik punktlari. Akkreditatsiya qilingan barcha vakolatxonalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining maxsus reyestriga yozib qo‘yiladi. 3. Akkreditatsiya qilingan vakolatxonalarning huquqiy holati va vakolati xalqaro hujjatlar (BMT Ustavi, Diplomatik aloqalar to‘g‘risida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasi, Konsullik aloqalari to‘g‘risida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasi, BMTning imtiyozlari va daxlsizliklari to‘g‘risida 1948-yil 13-fevraldagi Konvensiya va boshqalar), O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda xalqaro bitimlar bilan tartibga solib boriladi. 4. 2a-bandda ko‘rsatilgan vakolatxonalarni akkreditatsiya qilish uchun quyidagilar asos hisoblanadi: diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlar; konsullik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlar; xorijiy davlatlar Tashqi ishlar vazirliklarining O‘zbekiston Respublikasida diplomatik vakolatxona ochish to‘g‘risidagi notasi; xorijiy davlatlar Tashqi ishlar vazirliklarining O‘zbekiston Respublikasida konsullik muassasasi ochish to‘g‘risidagi notasi. 2b-bandda ko‘rsatilgan vakolatxonalarni akkreditatsiya qilish uchun quyidagilar asos hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro hukumatlararo tashkilot o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu tashkilot vakolatxonasini ochish to‘g‘risidagi bitimlar; O‘zbekiston a’zosi bo‘lgan xalqaro hukumatlararo tashkilotning O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu tashkilot shtab-kvartirasini ta’sis etish to‘g‘risidagi qarori. 2v-bandda ko‘rsatilgan vakolatxonalarni akkreditatsiya qilish uchun quyidagilar asos hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi va hukumat tasarrufida bo‘lmagan xalqaro tashkilot o‘rtasida ushbu tashkilot xodimlariga Diplomatik aloqalar to‘g‘risida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasida nazarda tutilgan imtiyoz va daxlsizliklar berilishiga asos bo‘ladigan bitim; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi muruvvat yordamini taqsimlash komissiyasining ularni xayriya tashkiloti sifatida akkreditatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; ushbu tashkilotning ustavi yoki boshqa ta’sis hujjati. 2g-bandda ko‘rsatilgan vakolatxonalarni akkreditatsiya qilish uchun quyidagilar asos hisoblanadi: ommaviy axborot vositasi rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasida vakolatxona yoki muxbirlik punkti ochish to‘g‘risidagi tegishli xati; ushbu tashkilotning ustavi yoki boshqa ta’sis hujjati; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining O‘zbekiston Respublikasida vakolatxona yoki muxbirlik punkti ochishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi belgilangan tartibda kelishilgan xulosasi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Diplomatik aloqalar to‘g‘risida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari hamda muxbirlik punktlari xodimlari soniga cheklashlar joriy etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Yuqorida qayd etilgan vakolatxonalar xodimlari soni to‘g‘risida aniq bitim mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno. 6. Vakolatxona foydalanishida bo‘lgan yoki akkreditatsiya kartochkalari egalarining shaxsiy mulk huquqidagi avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda tartibga solib boriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni akkreditatsiya qiladi: diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining boshliqlari, diplomatik xodimlar a’zolari, konsullik mansabdor shaxslari, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, harbiy attashelarning ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari hamda ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari; xalqaro tashkilotlarning xizmat ishlari bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelishgan mansabdor shaxslari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida shtab-kvartirasi bo‘lgan xalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatlar vakolatxonalari xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari; O‘zbekiston Respublikasida shtab-kvartirasi bo‘lgan xalqaro tashkilotlar va boshqa chet el muassasalarining mazkur tashkilotlar ta’sis hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga muvofiq diplomatik imtiyozlar va daxlsizliklardan foydalanishadigan vakillari, shuningdek ularning oila a’zolari; chet mamlakatlar ommaviy axborot vositalarining vakillari va ularning oila a’zolari. 8. 7-bandda ko‘rsatilgan shaxslarga Tashqi ishlar vazirligi lavozimiga ko‘ra akkreditatsiya kartochkalari beradi va ularning chet el pasportlariga akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida yozib qo‘yadi. Akkreditatsiya kartochkalari 6 (olti) toifaga bo‘linadi: “A”, “V”, “S”, “D”, “E”, “G‘”. 9. “A” toifasidagi yashil rangli akkreditatsiya kartochkalari diplomatik pasporti bo‘lgan yoki pasportda egasining diplomatik maqomini tasdiqlovchi yozuv bo‘lgan diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalari boshliqlariga beriladi. “V” toifasidagi qizil rangli akkreditatsiya kartochkalari O‘zbekiston Respublikasida vakolatxonasi bo‘lgan va Tashqi ishlar vazirligining maxsus reyestriga kiritilgan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar boshliqlariga beriladi. “S” toifasidagi to‘q sariq rangli akkreditatsiya kartochkalari O‘zbekiston Respublikasiga texnik va muruvvat yordami ko‘rsatayotgan Tashqi ishlar vazirligining maxsus reyestriga kiritilgan Hukumat tasarrufida bo‘lmagan xalqaro tashkilotlar boshliqlariga beriladi. “D” toifasidagi ko‘k rangli akkreditatsiya kartochkalari diplomatik vakolatxonalar, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari hamda diplomatik maqomga ega bo‘lgan konsullik muassasalari xodimlariga beriladi. “E” toifasidagi havorang akkreditatsiya kartochkalari diplomatik vakolatxonalarning, xalqaro hukumatlararo va hukumat tasarrufida bo‘lmagan tashkilotlar vakolatxonalari konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik xodimlari a’zolariga, shuningdek xalqaro bitimlarga muvofiq ularga tenglashtirilgan shaxslarga beriladi. “G” toifasidagi sariq rangli akkreditatsiya kartochkalari O‘zbekiston Respublikasida o‘z vakolatxonalari yoki muxbirlik punktlari bo‘lgan va Tashqi ishlar vazirligining maxsus reyestriga kiritilgan xorijiy davlatlarning ommaviy axborot vositalari, radio va televideniyesi hamda axborot agentliklari vakillariga beriladi. 10. Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiya kartochkalari berishning quyidagi tartibini belgilaydi: a) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan Diplomatik vakolatxona, konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi, ommaviy axborot vositalari vakolatxonasi yoki muxbirlik punkti o‘z xodimini akkreditatsiya qilish va akkreditatsiya kartochkalarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga tegishli nota yoki xatni, pasport nusxasini, 4, ta fotosuratni (3x4 sm o‘lchamli), tegishli toifalarning 1-shakldagi ikkita akkreditatsiya blankini va 2-shakldagi bitta blankini yuboradi. b) akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish va akkreditatsiya kartochkalarini berish 14 kun davomida amalga oshiriladi. 11. Akkreditatsiya kartochkalarini berish tartibi 9-bandda ko‘rsatilgan, ular bilan birga yashovchi shaxslarning oila a’zolariga ham, ularning shaxslarini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, joriy qilinadi. 12. Xodimning xizmat mavqei o‘zgargan taqdirda (lavozimning oshishi, ma’muriy-texnik xodimning diplomatik vazifaga o‘tishi) ushbu xodim ishlaydigan diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasi Tashqi ishlar vazirligini yozma shakldagi nota bilan, unga xodimning yangi diplomatik mavqei va lavozimi ko‘rsatilgan diplomatik pasportning nusxasini, 1-shakldagi ikkita akkreditatsiya blankini, 2-shakldagi bitta blankni va ilgari berilgan diplomatik va xizmat kartochkasini ilova qilgan holda, xabardor qiladi. 13. Tashqi ishlar vazirligi mazkur Tartibning 9-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni uzoq va qisqa muddatga akkreditatsiya qiladi. Qisqa muddatga akkreditatsiya qilingan holda akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma notasida safarning qisqacha dasturi, bo‘lish muddatlari, boriladigan shaharlar, uchrashish mo‘ljallanayotgan rasmiy shaxslar ko‘rsatilishi kerak. 2 oygacha qisqa muddatga akkreditatsiya qilinganda, 9-bandda ko‘rsatilgan shaxslarga, ushbu shaxsning vaqtinchalik akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida Tashqi ishlar vazirligi blankida ma’lumotnoma berilishi mumkin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan muassasa xodimi respublikadan ketganda xodimning, uning oila a’zolarining chet elga olib chiqib ketilmaydigan akkreditatsiya kartochkalari Tashqi ishlar vazirligiga majburiy tartibda qaytariladi. 15. Akkreditatsiya kartochkasi yo‘qotib qo‘yilgan yoki u yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda kartochka egasining 2 ta fotosuratini qo‘shgan holda nota bilan bu haqda tezda Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilish zarur. Dublikat mazkur nota olingandan keyin 14 kun o‘tgach beriladi. 16. Xalqaro huquq normalariga muvofiq (Diplomatik munosabatlar to‘g‘risida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasining 9-moddasi, Konsullik munosabatlari to‘g‘risida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasi 12-moddasining 2-bandi va 23-moddasi) Tashqi ishlar vazirligi vakolatxonaning u yoki bu xodimini akkreditatsiya qilishni rad etish huquqiga egadir. Bunda vazirlik vakolatxona davlatiga yoki xalqaro tashkilotning vakolatxonasiga bunday rad etish sabablarini xabar qilishga majbur emas. Bu holda bunday xodimning O‘zbekiston Respublikasi hududida bundan keyin qolish-qolmasligi haqidagi masala diplomatik yo‘llar bilan hal etiladi. 17. Ushbu Tartibning 9-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar mehmonxonalarda va ichki ishlar organlarida chet el pasportlarini ro‘yxatdan o‘tkazishdan ozod qilinadilar. 18. Diplomatik munosabatlar to‘g‘risida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasining 29—36-moddalarida ko‘rsatilgan imtiyozlar va daxlsizliklardan “A”, “V” za “D” toifasidagi akkreditatsiya kartochkalari beriladigan shaxslar, shuningdek, ularning birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasalar, foydalanadilar. “S” yoki “E” toifasidagi akkreditatsiya kartochkalari beriladigan shaxslar, ularning birga yashovchi oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasalar yoki u yerda doimiy yashamasalar, yuqorida qayd etilgan konvensiyaning 29—35-moddalarida ko‘rsatilgan imtiyozlar va daxlsizliklardan foydalanadilar. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik va ma’muriy yurisdiksiyasidan daxlsizlik ularning o‘z vazifalarini bajarishmayotganda sodir etgan xatti-harakatlariga joriy etilmasligi bundan mustasno. Xalqaro huquq normalariga muvofiq (Diplomatik munosabatlar to‘g‘risida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasining 38-moddasi, Ixtisoslashtirilgan muassasalarning imtiyozlari va daxlsizliklari to‘g‘risida 1947-yil 21-noyabrdagi Konvensiyaning 39-moddasi va boshqalar) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida Akkreditatsiya qilingan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shimcha imtiyozlar va daxlsizliklar berishi mumkin. 19. Akkreditatsiya kartochkasi egasi quyidagilardan ozod etiladi: a) barcha shaxsiy va mulkiy, davlat va mahalliy soliqlar, yig‘imlar hamda poshlinalardan, quyidagilar bundan mustasno: odatda tovar va yoki ko‘rsatilgan xizmat narxiga qo‘shiladigan bilvosita soliqlar; O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xususiy ko‘chmas mulkdan, agar u vakolatxona maqsadi uchun akkreditatsiya qiluvchi davlat nomidan ularga egalik qilmasa, olinadigan yig‘imlar va soliqlar; merosdan olinadigan soliqlar va meros qoldirish poshlinalari; manbai O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan shaxsiy daromaddan olinadigan yig‘imlar va soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasidagi tijorat korxonalariga kapital qo‘yilmalardan olinadigan soliqlar; xizmatning aniq turlaridan olinadigan yig‘imlar; ro‘yxatga olish, sud va reyestr poshlinalari, ipoteka yig‘imlari hamda ko‘chmas mulkka nisbatan ham olinadigan yig‘imlar; b) ularning xususiyatlaridan qat’i nazar, barcha mehnat davlat majburiyatlaridan va shuningdek rekvizitsiya, kontributsiya kabi harbiy majburiyatlardan va harbiy postdan. 20. Akkreditatsiya kartochkasi egasi quyidagi mahsulotlarni boj poshlinasi to‘lamasdan bepul keltirish huquqiga egadir (tashish va saqlash uchun olinadigan yig‘imlar bundan mustasno): vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan buyumlar; shaxsiy maqsadda foydalanish uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek ro‘zg‘or buyumlari. O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga muvofiq u ko‘chuvchi va ko‘chmas mulklarga egalik qilish, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash, O‘zbekiston Respublikasining mahalliy valyutasiga, shuningdek xorijiy valyutaga avia va temir yo‘l chiptalari sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni to‘lash huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan o‘zaro asosda yoki bir tomonlama tartibda akkreditatsiya kartochkalari egalariga qo‘shimcha huquqlar berilishi mumkin. 21. Akkreditatsiya kartochkalari egalarining majburiyatlari. Akkreditatsiya kartochkasi egasi quyidagilarga majburdir: a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, qonunchiligini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, boshqa normativ hujjatlarni hurmat qilish va ularga rioya etish; b) O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlariga aralashmaslik; v) vakolatxona binosidan yoki yashash joyidan, avtotransportdan faqat Diplomatik munosabatlar to‘g‘risida 1961-yil 18-apreldagi Vena konvensiyasida nazarda tutilgan vakolatxona vazifalariga muvofiq bo‘lgan maqsadlardagina foydalanish; g) O‘zbekiston Respublikasida yashovchi xalqlarning urf-odatlarini, madaniyatini, ananalarini va turmushini hurmat qilish; d) mudofaa xususiyatlariga ega bo‘lgan yopiq obyektlarga va hududlarga O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining maxsus ruxsatisiz bormaslik; e) berilgan akkreditatsiya kartochkasini ehtiyotlash; j) O‘zbekiston Respublikasidan butunlay jo‘nab ketayotganda akkreditatsiya kartochkasini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga topshirish. 22. 7-bandda ko‘rsatilgan shaxslarga vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligi asosida hamda akkreditatsiya muddatiga muvofiq Konsullik boshqarmasi tomonidan hal etiladi.
10Qonunchilik
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov may—iyun oylarida Bryusselga borishi kutilmoqda 23—27-may kunlari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianning O‘zbekistonga tashrifi, may—iyunda esa Toshkent va Bryussel o‘rtasida boshqa aloqalar o‘rnatilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Yusuf Qobuljonovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi hamkorlik kengashidagi ishtiroki uchun Bryusselga tashrifini va Yevropa komissiyasi, Yevropa tashqi aloqalar xizmati hamda Belgiya TIV rahbariyati bilan uchrashuvlarini tashkillashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, tomonlar siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo” yig‘ilishni o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarni olib bormoqda. O‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo birinchi vazirlar uchrashuviga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirishi to‘g‘risida 2020-yilning yanvarida ma’lum qilingandi. Avvalroq Piter Burian Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston bilan yangi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ikki tomonlama bitimga tayyorgarlik ishlari yakunlanayotganini ma’lum qilgandi. Bitim 1999-yildan beri hamkorlik va sheriklik borasida amalda bo‘lgan kelishuv o‘rnini egallaydi.  Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibi bilan telefon orqali suhbatlashib, uni Toshkentga taklif qildi
8O‘zbekiston
G20 davlatlari yarim yil ichida 481 mlrd dollarlik importni taqiqlashdi Katta yigirmatalik davlatlari may o‘rtasidan oktabr o‘rtasigacha 481 mlrd dollarga mahsulotlar importini taqiqlashdi. Bu haqda Jahon savdo tashkilotining dokladida aytilgan.    “G20 davlatlari tomonidan kiritilgan yangi savdo cheklovlari 481 mlrd dollarga baholangan va o‘tgan davrga nisbatan 6 marta ko‘proqdir hamda bunday birinchi hisob-kitoblar olib borilayotgan 2012 yildan beri eng katta ko‘rsatkichdir”, deb aytilgan dokladda.  Dokladga ko‘ra, shu bilan birga ko‘rilayotgan davr ichida “importni yengillashtirish bo‘yicha choralar ancha kengaygan”. Bu choralar 216 mlrd dollarlik savdoga taalluqli bo‘lgan.  Shu munosabat bilan JST bosh direktori Robertu Azevedu “dokladdagi ma'lumotlar jiddiy tashvish solishini aytgan va vaziyatni yumshatish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirgan”.
2Dunyo
Poytaxtdan uy sotib olayotganda ish stajini tasdiqlash lozim Adliya vazirining buyrug‘i (2017 yil 22 avgust) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda. Poytaxt va poytaxt mintaqasida ko‘chmas mulkni sotib olish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘yicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta'minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilish, shuningdek garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullari bo‘yicha shartnomalar) notariuslarga Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma'lumotnomalari asosida 3 yil davomida lavozimda bo‘lganligini tekshirish vazifasi yuklandi. U quyidagi asosda amalga oshiriladi: •  Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati 9-11 bandlari; •  Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqi bo‘lgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatining 6-bandi (Oliy Majlisning palatalari, Prezident, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud Prezident bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a'zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari); qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a'zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari); davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek ularning oila a'zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) nazarda tutilmoqda). Shu tariqa, kamida 3 yil mobaynida lavozimni egallab turish ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska olishi uchun muqarrar shart hisoblanadi. Ilgari faqat ichki ishlar organlarining doimiy propiska mavjudligi haqidagi ma'lumotnomasi talab etilar edi, notarius esa doimiy propiska shtampi tushirilgan vaqtdan 3 yil o‘tganini tekshirardi (bu shart hozirda ham ko‘zda tutilgan).
5Jamiyat
Haftalik dayjest: O‘zbekiston va xalqaro maydonda ro‘y bergan eng sara voqea va hodisalar O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda. 3 oktabrning eng muhim xabarlari O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 23 sentabrdagi PQ–2610 sonli qarori bilan alkogolli ichimliklar, qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlarni chakana savdo bilan shug‘ullanish huquqidan olinuvchi yig‘imlar tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum, WEF) har yili jahonning eng yuqori soliq to‘lovchi mamlakatlari reytingini tuzadi. WEF joriy yilning eng yuqori soliq to‘lagan davlatlari reytingini e'lon qildi. Britaniyaning Oksford va Kembrij Universiteti hamda London Qirollik Universiteti va kolleji shifokorlari Odam immuntanqisligi virusi infeksiyasidan zararlangan katta yoshli kishini davolashning uddasidan chiqqanlarini ma'lum qilishdi. IShID terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyni va uning 3 nafar sherigini zaharlashgan. Bu haqda Erondagi Press TV telekanali nomini sir tutishni so‘ragan manbasiga asoslangan holda xabar bergan. Qozog‘istonning Olma-ota aeroportida simob moddasining quyilishi oqibatida odamlar ko‘chirildi, deya xabar qilgan BNews.kz agentligi aeroport matbuot-xizmatiga tayangan holda. Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil. 4 oktabrning eng muhim xabarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 sentabrdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi boshqaruv apparatiga kiritilgan o‘zgartishlar tasdiqlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston poytaxti Ostonaga keldi. Putin Ostonada Mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi. 4 oktabr ertalab Malayziya sharqidagi Tavau shahridagi maktablardan birining tomiga bortida 14 harbiy bo‘lgan Sikorsky S-61 vertolyoti qulab tushdi. IShID rahbarlarining maxfiy uchrashuvi o‘zaro janjal va otishmalar bilan tugadi. Bu haqida The Daily Star xabar berdi. GM Uzbekistan kompaniyasi 30 sentabr kuni Belarusda Ravon brendini namoyish qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati feysbukdagi rasmiy sahifa orqali ma'lum qilgan. Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil. 5 oktabrning eng muhim xabarlari Toshkentning Sergeli tumanida 6ta metro bekati va 500 yangi turar joy binolari quriladi. Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sergeli tumani hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev shu haqida ma'lum qildi. 5 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 5 oktabr kuni 40 yoshga to‘ldi. U 1976 yilda Tsentaroyda tavallud topgan. 1990 yillarda u o‘z otasi - nufuzli muftiy Ahmad Qodirovning shaxsiy tansoqchisi bo‘lgan. Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil. 6 oktabrning eng muhim xabarlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 5 oktabr, chorshanba kuni Bryusselda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Sergeli tumanida 500 ta ko‘p qavatli uy barpo etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 6 oktabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi va bu yerda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Interbrand Corp konsalting agentligi 2015 yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil. 7 oktabrning eng muhim xabarlari Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan «Islom ota» jome' masjidining (avvalgi “Jo‘rabek” jome' masjidi) yangidan barpo etilgan binosida ilk juma namozi ado etildi. 2016 yil 7 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. 7 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 64 yoshga to‘ldi. Rossiya davlat rahbari lavozimida uchinchi muddatini o‘tayotgan Putin jahon hamjamiyatiga o‘z mamlakatining haqiqiy yetakchisi ekanini isbotladi. 2015 yil uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga FARC tashkiloti bilan 52 yil davom etgan ziddiyatlarni bartaraf etishga urinishlari uchun beriladigan bo‘ldi. Ukraina prezidenti Petr Poroshenko jazo muddatini qamoqda o‘tkazayotganlarga internet tarmog‘idan foydalanishlariga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil. 8 oktabrning eng muhim xabarlari Polsha Rossiyaning harbiy sohadagi harakatlaridan xavotirga tushib, o‘z qurolli kuchlarini tayyor holatda ushlab turibdi. Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili Gruziyadagi parlament saylovlaridan so‘ng, vataniga qaytish qarorini o‘zgartirdi. Rossiya mudofaa vazirligi Kaliningrad viloyatiga «Iskander-M» raketa majmualarini joylashtirishga buyruq berdi. Maxfiy ma'lumotlarni oshkor etishga ixtisoslashgan WikiLeaks sayti AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podestaning elektron maktublarining bir qismini e'lon qildi. Yaponiyaning janubi-g‘arbida joylashgan Aso vulqoni otildi, deb ma'lum qildi 8 oktabrda Yaponiya bosh meteorologik boshqarmasi. Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.
8O‘zbekiston
Toshkent hokimligi biologik chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha Suez kompaniyasini jalb qilmoqchi Bugun, 26 sentabr kuni Toshkent shahar hokimligida Fransiyaning Suez kompaniyasi vakili Gabriyel Miguyez bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralarda poytaxt hududida suv resurslaridan oqilona foydalanish, biologik chiqindilarni qayta ishlashni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Bu borada hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar bo‘yicha ham fikr almashildi. Ma'lumot uchun, Suez kompaniyasi 160 yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, dunyoning 5 qit'asida suv resurslaridan samarali foydalanish sohasida faoliyat yuritadi.
8O‘zbekiston
Ulug‘bek Sayidov «O‘ztransgaz» rahbari bo‘ldi Ulug‘bek Husanovich Sayidov «O‘ztransgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati. Ulug‘bek Sayidov (1979 y. t.) — Toshkent kimyo-texnologiya instituti bitiruvchisi (2002). Faoliyatini 2001 yilda «O‘zLITIneftgaz"da laboratoriya muhandisligidan boshlab, 2015−2016 yillarda unga rahbarlik qilgan. Tayinlovga qadar «O‘zbekneftgaz» rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Bahodir Eshmurodov. «O‘ztransgaz"ning sobiq rahbari Bahodir Eshmurodov esa avvalroq «O‘ztransgaz» hududiy gaz ta’minoti filiallari bazasida tashkil etilgan «Hududgazta’minot» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bahodir Sidiqov. Joriy yil fevralidan «O‘zbekneftgaz"ga rahbarlik qilib kelayotgan Bahodir Sidiqov kompaniya boshqaruvini saqlab qoldi. Iyul oyi boshida «O‘ztransgaz» prezident qarori bilan «O‘zbekneftgaz» tarkibidan chiqarildi. Kompaniya qazib oluvchi tashkilotlardan tabiiy gazni sotib olib, keyinchalik eksport va importga yetkazib berish, shuningdek magistral gaz quvurlariga ulangan iste’molchilarga sotish bilan shug‘ullanuvchi yagona operatorga aylandi. «Hududgazta’minot» esa gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan iste’molchilarga gaz sotish bilan shug‘ullanadi.
12Siyosat
Buxoroda o`g`irlik sodir etgan 30 yoshli ayol qo`lga olindi Buxoro viloyatining Romitan tumani IIBga joriy yil 10 iyul kuni yirik miqdordagi o`g`irlik yuzasidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. Unga ko`ra, 9 iyul kuni noma`lum shaxs B.B.ning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, u erdan 7750 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni «Bog`isayidon» MFYda yashovchi N.D. ismli ayol sodir etganligi aniqlandi. O`g`ri ayol qo`lga olindi.
6Jinoyat
Turkiya Bosfor ko‘rfazini yopib qo‘ydi 8 yanvarda Turkiya mahalliy vaqt bilan soat 9.50 atrofida yomon ob-havo sharoiti sababli Bosfor ko‘rfazini kemalar o‘tishi uchun yopib qo‘ydi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.  Turkiya kemalarning ko‘rfaz orqali harakatlanishi qachon tiklanishi bo‘yicha hozircha biror prognoz bera olmasligini aytgan. Bosfor va Dardanella ko‘rfazlari Qora dengizdan neft va g‘alla eksporti uchun muhim tranzit nuqtalari hisoblanadi. Bu ko‘rfazlar orqali har yili 120 mln tonnadan ko‘proq neft va neft mahsulotlari olib o‘tiladi. Ko‘rfazlar yopilishi Rossiya, Qozog‘iston va Ozarboyjondan neft yetkazilishida to‘xtashlarga olib keladi.
2Dunyo
Sifatli kiyimga — a’lo ximchistka Lux Laundry sanab o‘tilgan sifatlarning barchasiga mos tushadi — ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan bu muassasa mijozlar orasida yaxshi tomonlama obro‘ orttirishga ulgurgan va muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Buning hayron qolarli joyi yo‘q, chunki Lux Laundry’ning asosiy tamoyili shunday — «mijozning har qanday istagi bajo keltirilishi shart». Buning uchun esa barcha imkoniyat bor. Ehtiyotkorlik bilan tozalashga quyidagilar mas’ul: Ximchistka katta yo‘l yoqasidagi qulay joyda joylashgan va keng sig‘imli avtoturargohga ega — bu yerga har doim avtomobilda kelish mumkin, agar vaqt juda ziq bo‘lsa, ximchistka kurerlari aytilgan manzilga borib, kirlarni olib ketadi va tozalangan holda qaytarib olib keladi. Yetkazib berish xizmati haqi — 1 kilometr uchun 1000 so‘m, agar buyurtmaning umumiy miqdori 150 ming so‘mdan oshsa — bepul. Lux Laundry’da muntazam ravishda turli aksiyalar o‘tkaziladi. Masalan, hozirda 32 o‘lchamgacha bo‘lgan bolalar kiyimlarini tozalash uchun 50 foizli chegirma amal qilmoqda. Ish vaqti ancha qulay: 8:00 dan 19:00 gacha, dam olish kuni — yakshanba. Chunki bu: Manzil: Yunusobod tumani, 5-mavze, Yettichinor va Ahmad Donish ko‘chalari kesishmasi, 26-uy. Mo‘ljal: 17-shahar shifoxonasi qarshisida. Telefon: (+99895) 169−66−66. Xizmatlar litsenziyalangan.
5Jamiyat
Tesla elektromobillar ishlab chiqarishni 50 foizga oshirib, rekordni yangiladi Amerikaning elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla Inc. kompaniyasi joriy yilning uchinchi choragida elektromobillar ishlab chiqarishni avvalgi uch oyga nisbatan 50 foizga oshirib, 80142 taga yetkazdi. Bu kompaniya tarixidagi eng yuqori chorak ko‘rsatkichi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”. Ishlab chiqarilgan avtomobillar orasida 26903 tani Model S va Model X, shuningdek, 53239 tani Model 3 tashkil qilgan. Iyul — sentabr oylarida 83,5 mingta, shu jumladan, 14470 ta Model S, 13190 ta Model X va 55840 ta Model 3 yetkazib berilgan. Joriy yil uchinchi choragining o‘zida 2017-yilda sotilgan mashinalarning 80 foiziga teng ulov yetkazib berilgan. Yetkazib berilgan Model 3 larning soni o‘tgan choraklardagini qo‘shib hisoblagandagidan qariyb ikki barobarga ko‘p bo‘lgan. Tesla joriy yilning oxiriga qadar 100 mingdan ortiq Model S va Model X elektromobillarini yetkazib berish bo‘yicha prognozlarni tasdiqlagan.
0Avto
Alisher Sultonov Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbar etib saylandi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining 6-yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Bosh assambleyasida sport tashkilotining yangi rahbarlar tarkibi tanlandi. Ovoz berishlar natijasida “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi Alisher Sultonov MOK prezidenti etib saylandi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi rahbari Valeriy Tyan, Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o’rinbosari UmidAxmatdjanov, Salim Abduvaliyev va o‘tgan davrda ham mazkur lavozimda faoliyat ko‘rsatgan Farhod Turdiyev uning o‘rinbosarlari etib saylandi. MOK bosh kotibi Oybek Qosimov yana qaytadan ushbu lavozimda faoliyat olib boradigan bo‘ldi. Assambleya ishida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, bosh vazir o‘rinbosarlari Adham Ikromov va Tanzila Norboyeva, mamlakat sport federatsiyalaridan 140 nafarga yaqin vakillar ishtirok etdi. 2013−2016-yillarda MOK faoliyat to‘g‘risidagi hisobot “qoniqarli” deb qabul qilindi. Assambleya delegatlari o‘z vazifasini tark etayotgan MOK prezidenti Mirabror Usmonovga mamlakatda sport hamda olimpiya harakatini rivojlantirishdagi ulkan ulushini qayd etgan holda unga minnatdorchilik bildirishdi.
13Sport
1-sinf o`quvchilariga qo`shimcha ta`til berilmaydi 1-sinf o`quvchilariga qo`shimcha ta`til berilmasligi ma`lum qilindi. Bu haqda Yangi O`zbekiston xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, bu yil o`quvchilarning qishki ta`til muddati joriy yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilganligi munosabati bilan 1-sinf o`quvchilari uchun fevral oyida belgilangan qo`shimcha bir haftalik ta`til berilmaydi. Nashr Xalq ta`limi vazirligining ma`lumot xabarini ilova qilgan.
5Jamiyat
O‘zbekistonda dronlarni bosqichma-bosqich yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi mumkin Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi “Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Hujjat loyihasiga ko‘ra, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi bir oy muddatda “Geoinnovatsiya markazi” DUK tajriba uchastkasida mavjud uchuvchisiz uchish qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatishni, joriy yil sentabrigacha ularni yig‘ishni va 2020—2022-yillar mobaynida bosqichma-bosqich mahalliylashtirish choralarini amalga oshiradi. Belgilanishicha, uchish amaliyoti va ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqib fuqarolik aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalariga belgilangan maksimal uchish vazni qishloq xo‘jaligi sohasida, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini kimyoviy moddalar bilan qayta ishlash (sepish)ga mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish qurilmalari uchun tatbiq etilmaydi. Qayd etilishicha, klasterlar buyurtmalari bo‘yicha 150 metrgacha bo‘lgan balandlikdagi uchish amaliyoti uchun to‘lovsiz asosda ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan. Qaror loyihasi muhokamasi 24-iyunga qadar davom etadi. Avvalroq 8-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan videoselektorda tomorqalar holatini dronlar orqali monitoring qilish hamda ulardan unumli foydalanish uchun har bir sektor kesimida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgandi.  O‘zbekistonda dronlardan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 2-may kuni dronlardan noqonuniy foydalanganlarni ozodlikdan mahrum etishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzolagan edi. Qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilgan.
8O‘zbekiston
Toshkent viloyati IIB boshlig‘i Nishonboyevning hisoboti e'lon qilindi Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik S.A. Nishonboyevning “Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati haqida”gi joriy yil 7 oylik yakunlariga bag‘ishlangan hisoboti e'lon qilindi.  Unda ta'kidlanishicha, Toshkent viloyati ichki ishlar organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimizda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini himoya qilish, xavfsizlikni ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishlarida muayyan ishlar amalga oshirilgan.  Buning natijasida o‘tgan davr mobaynida: – bevosita profilaktika inspektorlari tomonidan 462 ta jinoyat fosh etilib, 76 nafar qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi; – birgina mahalla posbonlari tomonidan 2 ming 712 ta turli huquqbuzarliklar aniqlandi, ularning bergan xabarlariga asosan 140 ta jinoyat fosh etildi; – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari tomonidan 1 ming 951 ta oila-turmush doirasidagi mojaroli masalalar ko‘rib chiqilib, 712 ta oilalardagi notinchliklarga barham berildi va 311 ta oilalar ajralishdan saqlab qolindi. Voyaga yetmaganlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatlar soni 126 tadan 90 taga (28,6 foizga), ayollar tomonidan jinoyatlar sodir etish ko‘rsatkichi esa o‘tgan yilga nisbatan 906 tadan 804 taga (11,3 foizga) kamayishiga erishilgan. Joriy yil 1 avgust kuniga qadar jinoyat sodir etib qidiruvda yurgan shaxslardan 732 kishi ushlangan. Toshkent viloyati IIB boshlig‘i hisobotining to‘liq matni bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi saytida tanishishingiz mumkin.
8O‘zbekiston
Videoretsept:dangasa somsa Yaqinda biz qiziqarli retsept bo’yicha somsa tayyorladik va uni siz bilan baham ko’rishni istadik. Qatlamali xamirdan tayyorlangan go’shtli somsa – juda mazali bo’lib pishadi. Xamirni uzoq tayyorlashingiz va undan somsalar hosil qilishingiz shart emas, tayyorlash jarayoni juda oson bo’lib, natijasi sizni xursand qiladi. Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. * *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi. Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
9Pazandachilik
Facebook yangiliklar tasmasi soxta xabarlarni ajrata olmayapti Facebook ijtimoiy tarmog‘i yangiliklar tasmasining ishonchsiz xabarlarga qarshi kurashuvchi algoritmi o‘z vazifasini uddalay olmayapti. Shu bilan kompaniyaning dasturchilar oldiga qo‘ygan talabiga javob bermayapti, deb yozadi BuzzFeed. Xabarlarga ko‘ra, Facebook kompaniyasining foydalanuvchilar uchun yangiliklar mazmunini belgilashda o‘z ishtirokini kengaytirish rejasi qator texnik muammolarga duch kelishi mumkin.  «Raqamlarni avtomatik ravishda tekshirish va yangiliklar tasmasida soxta xabarni aniqlash, algoritmni tuzishda murakkab vazifadir», — deydi Indiana universiteti informatika mutaxassisi. Uning qo‘shimcha qilishicha, dasturchilar hozircha, bu vazifani uddalashdan ancha yiroqdalar.
14Texnologiya
Navoiyda 4 qavatli savdo majmuasida yong‘in chiqdi 16 yanvar kuni soat 9:15 da Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo majmuasida yong‘in chiqdi. Hodisaning fotosuratlari va videolari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, yong‘in natijasida 150 kvadrat metr maydonda joylashgan 6 kiyim-kechak do‘koni butunlay yonib ketgan, yana 14 do‘konga katta zarar yetgan. Tan jarohatlari olganlar va vafot etganlar yo‘q. Voqea joyida tergov-tezkor guruh ishlamoqda. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
5Jamiyat
Yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq hamda yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va samarali nazorat qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yo‘qotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq; Foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer qa’rini muhofaza qilishning yagona qoidalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi: oldin berilgan kon ajratish dalolatnomalarini 2018-yil 31-dekabrga qadar tanqidiy ko‘rib chiqsin va zarurat bo‘lganda konga ishlov berish hamda foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun yangi kon ajratish dalolatnomasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq bersin; yer osti boyliklarini muhofaza qilish va yer qa’ridan foydalanuvchilarning kon-geologiya ishlari sohasidagi faoliyati nazorat qilinishini kuchaytirsin; O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda yer qa’ridan foydalanuvchilar o‘rtasida ushbu qarorning mazmun va mohiyati bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni, shu jumladan, yuzaga kelgan texnik-iqtisodiy konyuktura sharoitida qazib olish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen mineral hosilalarni, ruda bor joylarni va mayda sochma uchastkalarni qazib olish uchun kon ishining yagona tartibini belgilaydi. 2. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi deb ruxsatnomaga muvofiq va yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga ko‘ra cheklangan yer qa’rining geometriklashtirilgan uchastkasiga aytiladi. 3. Qazib olish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ruxsatnomaga muvofiq yer qa’ridan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan kon ajratish dalolatnomasi asosida beriladi. Kon ajratish dalolatnomasi shakli ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan. 4. Ushbu Nizom mulkchilik shakllaridan qat’i nazar foydali qazilmalarni, shu jumladan, texnogen hosilalarni qazib oluvchi korxonalarni loyihalashtiruvchi, quruvchi, rekonstruksiya qiluvchi, kengaytiruvchi yer qa’ridan barcha foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi. 5. Foydali qazilmalar konini yoki uning bir qismini ruxsatnomasiz va kon ajratmasi ajratish dalolatnomasisiz yoki uning chegarasidan tashqarida qazib olish taqiqlanadi va ishlab chiqarish xarajatlari qoplanmagan holda belgilangan tartibda to‘xtatiladi. 6. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi yer osti uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma asosida kon ajratish dalolatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan (olgan) O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilishi mumkin. 7. Foydali qazilmalar konini yoki uning bir qismini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi asosiy zaxiralar va u bilan birgalikda joylashgan foydali qazilmalar va ularning tarkibidagi komponentlar zaxiralari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda DZK deb ataladi) tomonidan tasdiqlanishi va kon belgilangan tartibda sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish uchun berilishi, shuningdek, ruxsatnoma va yer qa’rini muhofaza qilish hamda ishlarni bexatar olib borish qoidalari va normalari talablari hisobga olingan holda bajarilgan foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishning tasdiqlangan loyihasi mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi. 8. Tajriba-sanoat ko‘lamida foydali qazilmalarni kavlab olish kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi bermasdan (neft va gaz konlari bundan mustasno) ruxsatnoma yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish muddatiga, biroq 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilgan ruxsatnoma va belgilangan tartibda tasdiqlangan va konchilik munosabatlarini tartibga solish sohasida mahsus vakolatli organlar bilan kelishilgan loyiha asosida beriladi. Tajriba ishlari tugagandan so‘ng, sanoat ko‘lamida qazib olish uchun ushbu foydalanuvchi Nizomda belgilangan tartibga muvofiq kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini rasmiylashtirishi kerak. 9. Neft va gazni tajriba-sanoat yo‘li bilan qazib olish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi orqali uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladigan ruxsatnoma va Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan beriladigan va belgilangan tartibda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan holda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. 10. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihalari va tajriba-texnik foydalanishning texnologik sxemalari operativ tasdiqlangan zahiralarga tuzilishi mumkin. Konlarni tajriba-sanoat yo‘li bilan foydalanish uchun ishga tushirish qazib olishning ushbu bosqichiga qo‘yiladigan talablarga rioya qilingan taqdirda mumkin bo‘ladi. Shoshilinch kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish tartibi va talablari muddatsiz kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish bilan ayni bir xildir. 11. Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va kengaytirilayotgan korxonalar uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ushbu korxonalar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi yoki kengaytirilishi boshlanishidan oldin rasmiylashtiriladi. 12. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi va foydali qazilmalar konlarini ishlatuvchi korxonalarni qurish uchun yer uchastkasiga kon ajratmasi dalolatnomasi berilgandan keyin mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qarori talab etilmaydi. Kon ajratmasi dalolatnomasi yer uchastkasi ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. Uran va uglevodorod konlari bo‘yicha kon ajratmasi dalolatnomasi berilganda, konga huquqi bo‘lgan shaxs tomonidan yer uchastkasining chegaralari tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr organlari bilan kelishiladi. 13. Yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan unga berilgan kon ajratmasini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berish taqiqlanadi. Korxonaning nomi o‘zgargan taqdirda, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan kon ajratmasi dalolatnomasi va topografiya rejasi nusxasidagi yozuv qayta rasmiylashtiriladi va uni o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi. 14. Korxonalar, binolar, inshootlar, aholi punktlari, shaharsozlik faoliyatini tartibga soluvchi umumdavlat va mahalliy ahamiyatga ega obyektlar va alohida qo‘riqlanuvchi hududlar (kurortlar, o‘rmonzor bog‘lar, qo‘riqxonalar, suv ta’minoti manbalari va boshqalar), daryolar, suv havzalari, tarix, madaniyat va san’at yodgorliklari, qimmatli qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari, chegara zonalari, aerodromlar, maxsus vazifali poligonlar, ajratib olingan zonalar, mustahkamlangan rayonlar, qabristonlar va boshqa obyektlar joylashgan joy hududi ostidagi foydali qazilma konlarini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi mahalliy davlat hokimiyat organlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kon ishlari uchun beriladigan hududda joylashgan yer uchastkasidan doimiy va vaqtincha foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi. 15. Maxsus vazifali yerlar doirasida kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 16. Yer uchastkasidan foydalanish (egalik qilish) huquqining mavjudligi ushbu uchastkada joylashgan foydali qazilmalarni qazib olish huquqini bermaydi, ushbu bo‘limning 18-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 17. Foydali qazilmalarni kavlab olish bo‘yicha korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish ishlarini mablag‘ bilan ta’minlashga faqat kon ajratilishini tasdiqlovchi dalolatnoma, shuningdek, davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi va ular olib qo‘yilganda to‘xtatiladi. 18. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ularga berilgan yer uchastkalari doirasida yer qa’ridan keng tarqalgan foydali qazilmalarni, yer osti suvlarini xo‘jalik va maishiy ehtiyojlar uchun qazish maqsadida ruxsatnoma va kon ajratish dalolatnomasi olmasdan quyidagi shartlarga rioya qilish sharti bilan foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar: keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olish ochiq usulda, bir o‘yiqning balandligi ikki metrdan ortiq bo‘lmagan va Inspeksiya bilan kelishgan holda amalga oshirilishi kerak; ishlar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda olib borilishi kerak; unumdor qatlamni olib tashlash va saqlash, shuningdek, buzilgan erni keyinchalik qayta tiklash masalasi hal etilishi kerak; kon ishlari boshlanishidan 10 kun oldin Inspeksiya va mahalliy hokimiyat organlari xabardor qilinishi kerak; qazib olingan keng tarqalgan foydali qazilmalar va yer osti suvlaridan yer uchastkasi egasi (foydalanuvchi) ning xo‘jalik yoki maishiy ehtiyojlari uchungina foydalanilishi kerak. Foyda olish maqsadida qazib olingan foydali qazilmalarni boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarga sotish yoki berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 19. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi yer osti boyliklaridan foydalanuvchiga konni sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish uchun berish-qabul qilib olish dalolatnomasi bo‘yicha sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish uchun beriladigan tasdiqlangan zaxiralar joylashgan butun maydonga va uning chuqurligiga beriladi. Ushbu talab foydali qazilmalarning birgalikda joylashgan bir necha turlaridan iborat bo‘lgan kompleks konlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. 20. Yirik konlarni ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi mustasno xollarda ushbu konning muayyan uchastkasidan foydalanish huquqiga ruxsatnomasi bo‘lgan ikki yoki bir necha yer qa’ridan foydalanuvchilarga berilishi mumkin. 21. Bir maydonda joylashgan har xil turdagi foydali qazilma konlarini ishlatish zarurati tug‘ilganda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi har bir konni ishlatish uchun alohida beriladi. Ushbu holda, shuningdek, yirik foydali qazilma konlari bir necha yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qazilganda konni yoki uning qismlarini qazish izchilligi hamda kon ishlari o‘zaro aloqadorligi yer qa’ridan topilgan zaxiralarning eng to‘liq, kompleks va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qazib olinishini, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ishlarni bexatar olib borish talablari bajarilishini ta’minlashi kerak. Bir maydondagi neft va gaz gorizontlari ikkita yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olingan xollarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ikkita mustaqil kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi rasmiylashtirilishi zarur. 22. Qattiq foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari DZK tomonidan tasdiqlangan zaxiralar yoki ularning qismlari konturlari bilan belgilanadi, tog‘ jinslari siljishi yoki karyer yon devorlari kengayishi zonalari hisobga olingan holda loyihalashtirish uchun DZK tomonidan ruxsat berilgan hajmlardagi S toifasi ham shu jumlaga kiradi. Neft va gaz konlari bo‘yicha kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari har bir kon uchun DZK tomonidan tasdiqlangan A+V+S1 toifalar zaxiralarining konturi bo‘yicha alohida, har qaysi zaxira uchun belgilanadi. Qidirish tugallangan, 1 mln. tonnagacha neft va 3 mlrd kub metrgacha gaz zaxiralari qazib olinayotgan konlar uchun kon ajratmalari chegaralari DZK tomonidan qabul qilingan A+V+S1 va S2 toifalar zaxiralari konturlari bo‘yicha belgilanishi mumkin. Qazishda konturdan tashqari suv bilan to‘ldirishni qo‘llash nazarda tutilgan konlar uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari konturdan tashqari haydaydigan quduqlar joylashuvi perimetri bo‘yicha belgilanadi. Kon uchastkalarini, ma’dan tanalarini mustaqil qazib olish uchun yaroqsiz bo‘lgan tog‘ jinslari va qatlamlarni ajratilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi tashqarisida qoldirish taqiqlanadi. 23. Ishlab turgan korxonaga ajratilgan kon chegarasidan tashqarida joylashgan kon uchastkalarini qazib olish uchun jalb etish maqsadida kesib olish ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda yangi kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi sifatida rasmiylashtiriladi. 24. Tog‘ jinslari qatlami va ruda jismlardan iborat ko‘mir konlari uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi barcha qatlamlar va ruda jismlari bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Agar ushbu zaxiralarni o‘yish qolgan qatlamlar va ruda jismlariga, zaxiralariga zararli ta’sir ko‘rsatmasa yoki ularning keyinchalik qazib olinishini qiyinlashtirmasa va yer qa’ridagi mineral xomashyoning qo‘shimcha ravishda kamayishiga olib kelmasa, alohida qatlamlar va ruda jinslari, zaxiralari bo‘yicha kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga, istisno tariqasida, yo‘l qo‘yiladi. 25. Yer ostini gazlashtirish usuli bilan qaziladigan ko‘mir konlari chegarasida ko‘mir qazib olish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga, ochiq yoki yopiq usul bilan qaziladigan ko‘mir koni chegarasida yer ostini gazlashtirish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga faqat maxsus loyihalar bo‘yicha va yer ostini gazlashtirish hududida kon ishlarining xavfsizligi to‘g‘risida va gazlashtirishning qo‘shni foydali qazilma konlariga zararli ta’siri yo‘qligi haqida ekspert xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. 26. Foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi muddati cheklanmagan va cheklangan muddatli bo‘lishi mumkin. Foydalanish muddati cheklangan hollarda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatga, neft va gaz konlari uchun esa — 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Zarurat bo‘lganda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining amal qilish muddatini uzaytirishda faqat kon ajratish dalolatnomasi va topografiya rejalaridagi yozuvlar qayta rasmiylashtiriladi. 27. Foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihalari, qoidaga ko‘ra, Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarida va Inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. Kon ajratmalari loyihalarining foydali qazilmalarni qazuvchi korxonalarning loyiha-konstruktorlik byurolari tomonidan ishlab chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi. Foydali qazilmalarni qazuvchi korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishni loyihalashtirishda (kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi texnik loyiha tarkibida ishlab chiqilgan taqdirda) loyihalash tashkiloti asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, o‘lchamlarni, chegaralarni va bo‘lajak kon va yer ajratishning boshqa asosiy parametrlarini, shuningdek, foydali qazilmalar zaxiralaridan oqilona foydalanishni, atrof tabiiy muhit, xodimlar va aholi, binolar va inshootlarning kon qazilishi bilan bog‘liq kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilinishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni belgilaydi. 28. Foydali qazilma konini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi tushuntirish xatidan va chizma materiallardan iborat bo‘lishi kerak. 29. Tushuntirish xatida so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasidan ko‘zda tutilgan maqsad ko‘rsatiladi hamda uni olish zarurligi asoslanadi, shuningdek, quyidagi ma’lumotlar bayon qilinadi: foydali qazilmalarni qazuvchi korxonani loyihalashtiruvchi, loyihani kelishgan va tasdiqlagan tashkilotning nomi, shuningdek, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasini tayyorlagan tashkilotning nomi; so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi hududi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar (geografik va ma’muriy holati, maydonning kattaligi, qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘rmonzorlar tavsifi, obodonligi, foydalanilishi va boshqalar); konning qisqacha geologik tavsifi (qatlamlar, ruda jismlari, tog‘ jinslari va boshqalarning o‘lchami va elementlari), konni qazishning kon-geologiya va gidrogeologiya shart-sharoitlari, yondosh kon ajratmalari to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar; konning qidirilganligi, asosiy foydali qazilmalar va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalar zaxiralarining qidirilgan va tasdiqlangan, operativ hisobga olingan miqdori, sifati, toifaliligi va ashyoviy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ochiq usulda qazishda esa — shuningdek, foydali qazilma ustida joylashgan jinslar haqidagi ma’lumotlar; kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralarini asoslash; qazish chog‘ida va keyinchalik ishlov berishda mineral xomashyodan kompleks foydalanish chora-tadbirlari. 30. Chizma materiallar yer ajratishning loyiha chegaralarida yuzaning topografik (gipsometrik) rejasi nusxasidan va amaldagi yo‘riqnomalar va metodik ko‘rsatmalar talablariga muvofiq tuzilgan geologik (tarkibiy) xaritalar va qirqimlar nusxalaridan iborat bo‘lishi kerak. Yuzaning topografik rejasi nusxasida yuza relyefi va tayanch geodeziya tarmog‘i punktlari, foydali qazilmalar qatlamlarining yer yuzasiga yoki cho‘kindi qatlamlarga chiqishi, mavjud kon inshootlari (shaxtalar, shtolenlar, shurflar va boshqalar)ning og‘zi, qidirish maqsadida qazilgan quduqlar va boshqa quduqlar; o‘rmonzorlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarining konturlari, kon maydonidagi yerdan foydalanish va aholi punktlari loyihaviy va mavjud chegaralari va yaqinidagi inshootlar, binolar, ularning qavatlari, qo‘shni va so‘ralayotgan yer ajratish chegaralari, burchak nuqtalar va kon ishlarini bexatar olib borish chegaralari belgilangan holda yer ajratish ko‘rsatilishi kerak. Topografik rejaning bo‘sh qismida gorizontal yassilikda yer ajratmasi proyeksiyasi maydoni (gektarlarda), reja va usti ochiq kon bo‘yicha grafik bilan belgilanadigan so‘ralayotgan yer ajratmasi burchak nuqtalarining X, U, Z koordinatlari kattaligi, reja to‘ldirilgan sana ko‘rsatiladi. Rejaning yuqorigi o‘ng tomonida topografik nusxa yozuvlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunadagi burchaklik shtamp qo‘yiladi. Topografiya rejasi nusxasi masshtabi tasvirlanayotgan uchastka o‘lchamiga, foydali qazilmalar qazish bo‘yicha yuridik yoki jismoniy shaxslarning xususiyati va vazifasiga bog‘liq holda qabul qilinadi, biroq u 1:5000 masshtabdan kam bo‘lmasligi kerak. Kattaroq maydonga ega bo‘lgan kon ajratmalari uchun topografiya rejasi nusxasini 1:5000 dan 1:25000 gacha bo‘lgan masshtabda taqdim etishga ruxsat beriladi. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan topografiya rejasi nusxalaridan biri polotno kalkada, lavsanda yoki ularda muhr uzoq vaqt yaxshi saqlanishini ta’minlaydigan boshqa materiallarda tayyorlanishi kerak. Geologiya xaritasi va usti ochiq konlar nusxalarida konning va unga tutashib ketgan hududning geologik tuzilishi, foydali qazilmalar qatlamlari konturlari, ularning yer yuzasiga va cho‘kindi qatlamlarga chiqishi, tektonik buzilishlar, o‘pirilishlar joyi va uchastkalarning foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan boshqa joylari; konning va unga yaqin hududning gidrogeologik va muhandislik-geologik sharoitlari; foydali qazilmalar zaxiralarining tasdiqlangan va operativ hisobga olingan zaxiralari hisob-kitobi konturlari, so‘ralayotgan yer ajratishning maydoni va chuqurligi bo‘yicha konturlari ko‘rsatilishi kerak. 31. Ko‘mir konini qazish uchun yer ajratish loyihasida, shuningdek, ularga yer ajratish loyiha konturi chizilgan holda 1:5000 masshtabida razvedka qilingan barcha qatlamlarning gipsometrik rejalari taqdim etilishi kerak. Ikki yoki undan ko‘p qatlamlardan iborat bo‘lgan ko‘mir konini qazish uchun ajratilgan yer konturining topografiya rejasida siljish burchaklari hisobga olingan holda proyeksiyalar bo‘yicha chekka burchak nuqtalari belgilanadi. 32. Neft va gaz konlarini qazish uchun kon ajratmalari olishda geologiya xaritasi o‘rniga har bir sanoat neft yoki gaz gorizonti bo‘yicha kamida 1:50 000 macshtabli A+V+S va S toifalar zaxiralari chegarali ko‘rsatilgan holda tarkibiy xaritalar, shuningdek, unumdor tog‘ jinslari tizmasi va gorizontlar joylashgan joy chuqurligi ko‘rsatiladigan tarkibiy xarita bilan bog‘liq bo‘lgan geologik profillar (uzunasi va bir-biri bilan kesishadigan chiziq bo‘ylab) taqdim etilishi kerak. 33. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak: sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish uchun foydali qazilmalar konini berish-qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi, neft va gaz konlari uchun bundan tashqari ularni qazish loyihasi tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalari; foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonani qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish loyihasining belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyihasi (yer ajratish loyihasi ko‘rib chiqilgandan keyin yer qa’ridan foydalanuvchiga qaytariladi); Inspeksiya kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish uchun zarur bo‘lgan boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda mustaqil ravishda o‘zaro axborot ayirboshlash orqali, shu jumladan, elektron tarzda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar bundan mustasno. 35. Foydali qazilmalar konini yoki uning uchastkasini ishlatish huquqiga litsenziya olgan yuridik yoki jismoniy shaxslar Inspeksiyaga buyurtmanoma yuboradilar. Buyurtmanomada yuridik yoki jismoniy shaxslarning nomlanishi, uning idoraviy mansubligi va manzili, kon joylashgan joy ko‘rsatiladi. Buyurtmanomaga ikki nusxada zarur ilovalar bilan birgalikda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi ilova qilinadi. Foydali qazilmalar konini ishlatish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini berish sxema asosida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. 36. Inspeksiya buyurtmanoma olingan kundan boshlab taqdim etilgan materiallarni 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va tegishli qaror chiqaradi. 37. Inspeksiya kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi to‘g‘risidagi masalani hal etish chog‘ida quyidagilarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi: loyihaga ilova qilinishi zarur bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi; yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralarining to‘g‘riligi va asoslanganligi; uning uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi so‘ralayotgan foydali qazilmalarni qazuvchi korxonani qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish loyihasining kondan oqilona, kompleks foydalanish va yer qa’rini muhofaza qilish, ishlovchilarning va aholining salomatligi va hayoti xavfsizligini ta’minlash, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha loyiha yechimlarining to‘liqligi va asoslanganligiga oid qismi; buzilgan yerlarni qayta tiklash chora-tadbirlari. 38. Inspeksiyaning kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi ko‘rib chiqilishi natijalariga oid qarori barcha manfaatdor tashkilotlarga ma’lum qilinadi. Inspeksiyaning qaroridan norozi bo‘lingan taqdirda ushbu qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 39. Inspeksiya tomonidan 2 kun muddatda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma rasmiylashtiradi va “Litsenziya” axborot tizimi orqali” beriladi. 41. Inspeksiya tomonidan foydali qazilmalar konini ishlatish uchun berilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini hisobga olish ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda (reyestr) elektron tarzda to‘ldirib boriladi. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratmasi dalolatnomasining pasporti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 42. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatilishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki cheklab qo‘yilishi mumkin. 43. Yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan foydali qazilmalar konlarini qazish qoidalari va normalari buzilgan taqdirda Inspeksiya kon ajratilganligini tasdiqlovchi dalolatnomani bekor qiladi va Davlat geologiya qo‘mitasiga ruxsatnomani bekor qilish bo‘yicha tashabbus bilan chiqadi. 45. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini rasmiylashtirish, uni o‘z vaqtida olish va uning saqlanishi uchun ushbu Nizom bilan belgilangan tartibga rioya qilish uchun javobgarlik foydali qazilmalarni qazuvchi korxona rahbarlariga yuklanadi, foydali qazilmalarni qazuvchi korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishni loyihalashda esa — loyiha bosh muhandisiga va loyiha tashkiloti rahbariga yuklanadi. Foydali qazilmalarni qazuvchi korxonaning rahbarlari va mansabdor shaxslari shuningdek yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari hamda yer ajratishni tasdiqlovchi dalolatnomada bayon qilingan yer qa’ridan foydalanuvchining majburiyatlari buzilganligi uchun ham javob beradilar. Foydali qazilmalarni o‘zboshimchalik bilan qazib olishda aybdor bo‘lgan mansabdor va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 46. Yer qa’ridan foydalanuvchilarda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini tasdiqlovchi dalolatnomalar mavjudligi, taqdim qilingan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi hujjatlarining to‘liqligi va to‘g‘riligi, shuningdek, kon ishlarini bajarish chog‘ida yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni Inspeksiya amalga oshiradi. 47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari, shu jumladan, neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, inshootlar qurish va ulardan foydalanish, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni (kommunal-maishiy maqsaddagidan tashqari) chiqarib yuborish uchun kon ajratmalari berishning yagona tartibini belgilaydi. 2. Ruxsatnomaga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga ko‘ra cheklangan yer qa’rining geometriklashtirilgan uchastkasi kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi deb ataladi. 3. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi deb ataladi) foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun foydalanuvchilarga beriladigan yer qa’rining foydali qazilmalarni qazib olish bilan bevosita tegishli yoki tegishli bo‘lmagan bir qismi nazarda tutiladi. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ruxsatnomaga muvofiq yer qa’ridan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblangan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha kon ajratish dalolatnomasi asosida beriladi. 4. Ushbu Nizom mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini loyihalashtiruvchi, quruvchi, foydalanuvchi va rekonstruksiya qiluvchi barcha yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun bajarilishi shart hisoblanadi. 5. Kon ajratmalari olingan ruxsatnomalarga muvofiq foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurishni amalga oshirish va ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan korxonalarga ushbu qorxonalarda maxsus loyihalar va kon-texnika xizmatlari mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin. 6. Ishlangan kon inshooti yoki yer qa’rining bir qismidan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoxud konlarda obyektlarni joylashtirish uchun foydalanishni mo‘ljallayotgan qazilma boyliklarni qazib olish bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchi ko‘rsatib o‘tilgan ishlar boshlangunga qadar unga oldin berilgan foydali qazilma koniga ishlov berishga kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, ushbu Nizomga muvofiq kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini rasmiylashtirishi shart. 7. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi, shu jumladan, foydali qazilmalarni qazuvchi tugatilgan, konservatsiya qilingan yoki ishlab turgan korxonalarning ishlangan konlarida ham, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan beriladi. Yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoki foydali qazilmalarni qazib oluvchi ishlab turgan korxonaning ishlov berilgan konlaridagi obyektlarga joylashtirish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini berishga foydali qazilmalarni qazuvchi korxona ixtiyorida bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. 8. Zararli moddalarni va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib yuborish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berishga faqat istisno hollarda hamda har bir aniq holatda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot tashkilotining zararli moddalarni, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlarni zararsizlantirish va foydali suratda ishlatishning texnik imkoniyati yo‘qligi, shuningdek, zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish yoki oqova suvlarni chiqarib tashlash mo‘ljallanayotgan gorizontlarning aralashib ketuvchi jinslari va qatlam suvlari bilan birga qo‘shilishi haqidagi xulosasi mavjudligi mana shunday shartlardan biri hisoblanadi. 9. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yangidan qurilayotgan yer osti inshootlari uchun, shuningdeq, mavjud kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga yer qa’rining bir qismini kesish (qo‘shish) zarurligini keltirib chiqaruvchi bunday inshootlarni rekonstruksiya qilish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyiha hujjatlari tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan inshootlar qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) boshlanishidan oldin rasmiylashtirilishi kerak. 10. Mavjud kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga nisbatan yer qa’rining bir qismini kesish (qo‘shish) ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda yangi kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi sifatida rasmiylashtiriladi. 11. Yer osti inshooti qurilishi foydali qazilmalar qatlami mavjud bo‘lgan maydonda yoki ilgari kon inshootlari bilan ishlangan jins qatlamida boshlangan taqdirda, uni so‘rovchi korxona yoki tashkilot kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi rasmiylashtirilgunga qadar foydali qazilmalar joylashgan maydonda imorat qurish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olishi zarur. 12. Foydali qazilmalar qazish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini ruxsatnoma olmasdan va kon ajratmasi dalolatnomasisiz qurish va ulardan foydalanish, teng ravishda uning tashqarisida ham, yer osti boyliklaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanadi va ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanmasdan belgilangan tartibda to‘xtatiladi. 13. Yer qa’ridan foydalanuvchining unga berilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berishi taqiqlanadi, yer osti inshootining tegishliligi o‘zgargan taqdirda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda yangi sifatida qayta rasmiylashtirilishi kerak. Korxonaning nomi o‘zgargan taqdirda, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan kon ajratmasi dalolatnomasi va topografiya rejasi nusxasidagi yozuv qayta rasmiylashtiriladi. 14. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshootlari qurish maydonlarini tanlash komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyaning tarkibi va ish tartibi Qurilish me’yorlari va normalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. 15. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshooti va obyektlar qurilishi uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi iltimosnoma hamda uning ajratilishi O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda korxona (buyurtmachi) tomonidan beriladi. 16. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshootlari va obyektlari qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) bo‘yicha ishlarni mablag‘ bilan ta’minlashga qon ajratmasini tasdiqlovchi ruxsatnoma va dalolatnoma, shuningdek, davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi va ular olib qo‘yilishi bilan to‘xtatiladi. 17. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi faqat yer qa’rining, geologik tuzilishning, kon-texnika va gidrogeologiya sharoitlarining zarur darajada sinchiklab o‘rganilgan qismigagina beriladi, undan foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish esa shu yaqin oradagi foydali qazilma konlarini qazishni qiyinlashtirmaydi hamda kon ishlanmalariga, yer yuzasi va suv obyektlariga neft, gaz va boshqa moddalar va materiallarning ular saqlanishida suqulib kirishini, yer osti boyliklariga tashlanadigan oqova suvlar, yer qa’riga ko‘milgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini istisno etadi. 18. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari tog‘ jinslarining siljishi va qulashi zonalarini, shuningdek, ushbu inshootlarning normal ishlab turishini ta’minlovchi saqlovchi va to‘suvchi qismlarni (tseliklarni) hisobga olgan holda loyihalashtirilayotgan yer osti inshootining texnik chegaralari bilan belgilanadi. Zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mishda, oqova suvlarni chiqarib tashlashda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi konturi ularni qat’iy belgilangan chegaralarda lokalizatsiya qilish ta’minlanishi mumkin bo‘lgan yer qa’ri qismi bilan belgilanadi. Gazni yer ostida saqlash uchun taqdim etilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari bunday saqlash joyi qurilishi uchun loyiha hujjatlariga muvofiq bug‘ qatlamlari bilan tugallanadigan gazning eng ko‘p hajmda tarqalishi konturlari bilan, pyezometrik quduqlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa — ushbu quduqlarni qamrab oluvchi konturlar bilan belgilanadi. Gazni yer ostida saqlash omborlari qurilishi uchun ular joylashgan bir maydonga to‘g‘rilangan bir yoki bir necha bug‘ qatlamlaridan, shuningdek, ishlangan neft, gaz eki suvli qatlamlardan (gorizontlardan) foydalanish mumkin. Neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun taqdim etilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralarini belgilash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib yuborish aholi yashash joylari, xalq xo‘jaligi obyektlari, tabiiy obyektlar va boshqa obyektlar uchun belgilangan sanitariya zonalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. 19. Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha ishlab turgan korxonalarning kon qazilmalarida, shuningdek, foydali qazilma konlar yaqinidagi yer qa’ri uchastkalarida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish uchun foydalanilayotgan inshootlar va ishlanayotgan konlarning o‘zaro zararli ta’siri istisno etilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi. 20. Yer qa’ridan muddatli foydalanishda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi litsenziyada ko‘rsatilgan muddatga, gazni yer ostida saqlash va neftni yer ostida saqlash uchun 8 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Zarurat bo‘lganda, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining amal qilish muddati uzaytirilganda, faqat kon ajratmasi dalolatnomasi va topografiya rejalaridagi yozuvlar qayta rasmiylashtiriladi. Bunda yer qa’ridan foydalanuvchi “Litsenziya” axborot tizimi orqali Inspeksiyaga ariza beradi. Inspeksiya 10 kun muddatda arizani o‘rganib chiqib, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan kon ajratmasi dalolatnomasini rasmiylashtiradi. 21. Korxonalar, binolar, inshootlar, aholi yashash punktlari, mahalliy va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan shaharsozlik faoliyati obyektlari, alohida qo‘riqlanadigan hududlar (kurortlar, o‘rmonzorlar, qo‘riqxonalar, suv ta’minoti manbalari), daryolar, suv havzalari, tarix, madaniyat va san’at yodgorliklari, qimmatli qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari, chegara polosalari, aerodromlar, maxsus vazifalarga mo‘ljallangan poligonlar, o‘zgaga berish polosalari, mustahkamlangan rayonlar, qabristonlar va boshqa obyektlar joylashgan hududlar qa’ridan kon ajratmalari uchun manfaatdor mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kon ishlari uchun berilgan hududda yer uchastkalaridan doimiy va vaqtinchalik foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi. 22. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun qon ajratmasi loyihasi quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerak: tushuntirish xati; kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining uch o‘lchamli chegaralarini va o‘lchamlari hisob-kitobini asoslash; so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralarida yuza topografik rejasi, geologiya xaritalari va kesimlari nusxalari. Tushuntirish xatida quyidagilarni ko‘rsatish zarur: kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi so‘rashdan maqsad, uning ma’muriy joylashgan o‘rni, yer osti inshootini loyihalashtirgan va kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasini tayyorlagan tashkilotning nomi; so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ustidagi hudud to‘g‘risidagi, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yer maydonlari, daryolar, ko‘llar va boshqa suv obyektlari, aholi punktlari va sanoat obyektlari alohida imoratlar va inshootlar, shuningdek, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yer qaysi toifaga kiritilganligi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar; kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi doirasida, shuningdek, unga tutashib ketgan zonalarda yer qa’ri uchastkasining qisqacha geologik tavsifi, shuningdek, ushbu uchastkaning geologik tuzilishi, kon-texnika va gidrogeologik sharoitlar hamda ularning o‘rganilganligi darajasi aks ettirilishi kerak; uning uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi so‘ralayotgan yer osti inshooti qurilishi mo‘ljallanayotgan joydagi foydali qazilmalar konlari, shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun va foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish uchun berilgan aralash kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 23. Agar kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi tugatilgan, konservatsiya qilingan yoxud foydali qazilmalarni qazish bo‘yicha ishlab turgan korxonaning ishlangan konlari uchun so‘ralayotgan hollarda qo‘shimcha ravishda: ushbu korxona to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumot, shu jumladan, kon yuzasini ochish va qazish tizimi sxemasi, kon ishlanmalari va foydalanilishi kerak bo‘lgan burg‘ulash quduqlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini olish zarurligini asoslash; yer osti inshootidan foydalanishda bajarilishi kerak bo‘lgan asosiy talablar bayon qilinadi. 24. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari va o‘lchamlari hisob-kitobini asoslash, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasiga kiritiladigan yer osti makonining hajmi ham belgilangan holda ham maydon bo‘yicha, ham vertikal belgilar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak. Zarur bo‘lganda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralari tuzilmali xaritalar va vertikal kesimlarda ham ko‘rsatilishi lozim. 25. Yuzaning topografiya rejasi geologiya xaritalari va kesimlari nusxalari ularni tuzish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalar talablariga javob berishi kerak. Topografiya rejasining nusxasida tayanch geodeziya tarmog‘i punktlari, o‘rmonzorlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari, aholi punktlari, kon qazilmalari, suv obyektlari, yo‘llar, yuza va yer osti kommunikatsiyalari, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklari, alohida imoratlar va inshootlar konturlari, ularning necha qavat ekanligi, kon qazilmalari va burg‘ulash quduqlarining og‘zi, foydali qazilmalar konlari va aralash kon ajratmalari joylashgan chegaralar hamda loyihadagi ajratma chegaralari ko‘rsatilishi kerak. 26. Neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihalarida, shuningdek, ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish mo‘ljallanayotgan gorizontning ustki qatlami va etagi bo‘yicha tarkibiy xaritalar ham bo‘lishi kerak. 27. Varaqning bo‘sh qismida reja to‘ldirilgan sana, gorizontal yassilikda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi proyeksiyasi maydoni (ming kv.m), grafik jihatdan reja va kesimlar bilan belgilanadigan so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi burchak nuqtalari yoki o‘ziga xos nuqtalarining X, U, Z koordinatlari kattaligi ko‘rsatiladi. Varaqning yuqori o‘ng tomonida kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berilganligini tasdiqlovchi yozuv uchun joy qoldiriladi. 28. Topografiya rejasi nusxasi masshtabi foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallanayotgan yer qa’ri uchastkasining o‘lchamiga bog‘liq ravishda tanlanadi va u 1:5000 masshtabdan kam bo‘lmasligi kerak. Ancha katta maydonga va uzunlikka ega bo‘lgan yer osti inshootlari uchun 1:5000 masshtabdan 1:25000 masshtabgacha rejalardan foydalanishga ruxsat beriladi. 29. Foydali qazilmalar qazib olish bo‘yicha tugatilgan, konservatsiya qilingan yoki ishlab turgan korxonalarning ishlatilgan kon qazilmalaridan foydalanish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihalariga ushbu korxonalar kon qazilmalari rejalari qo‘shimcha ravishda kiritiladi va ularda foydalanish mo‘ljallanayotgan kon qazilmalari ko‘rsatiladi. 31. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak: yerdan foydalanuvchining kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berishga roziligini tasdiqlovchi hujjat; manfaatdor korxona yoki tashkilotning foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshooti barpo etilishi zarurligi va mumkinligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasining mahalliy organi bilan kelishilgan qarori; korxona yoki idoraning ishlangan kon inshooti yoki yer qa’ri uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishilgan qarori; hududiy geologiya tashkilotining kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi bo‘yicha xulosasi unda geologik tuzilish, kon-texnika va gidrogeologiya sharoitlari o‘rganilganligi darajasi aks ettiriladi; yuqori turuvchi tashkilotning (bo‘ysunuviga ko‘ra) kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish to‘g‘risidagi iltimosnomasi; ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining kon ishlanmalarining loyihada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi; ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari yoki oqova suvlarni zararsizlantirish va foydali suratda ishlatishning texnik jihatdan imkoni yo‘qligi haqidagi, shuningdek, zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari yoki oqova suvlarning ularni ko‘mish yoki chiqarib tashlash mo‘ljallanayotgan aralashib ketadigan jinslar va gorizontlarning qatlam suvlari bilan birga qo‘shilib ketishi to‘g‘risidagi xulosasi; yuritishida foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha ishlab turgan yoxud konservatsiya qilingan korxona bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchining kon qazilmalaridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun boshqa yer qa’ridan foydaluvchiga berishga roziligi; sanitariya-epidemiologiya xizmati organining xulosasi. Gaz, neft, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini qo‘mish, oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun inshootlar qurilishi mo‘ljallanayotganda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyixalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasining xulosasi ilova qilinishi kerak. Inspeksiya kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi taqdim etish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan, elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno. 32. Kon ajratmalari loyihalari va ularga ilovalar tegishli tashkilotlar va korxonalarning rahbarlari tomonidan imzolanadi. 33. Ruxsatnoma olgan korxona Inspeksiyaga “Litsenziya” axborot tizimi orqali buyurtmanoma yuboradi. Buyurtmanomada korxonaning nomi, uning qaysi idoraga bo‘ysunishi va manzili, so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasining joylashgan joyi va u nima maqsadda so‘ralayotganligi qo‘rsatiladi, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurilishi uchun ekspertiza o‘tkazilganligi va loyiha tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. 34. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi. 35. Inspeksiya buyurtmanoma olingan kundan boshlab taqdim etilgan materiallarni 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va tegishli qaror chiqaradi. 36. Inspeksiya kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish to‘g‘risidagi masalani hal etish chog‘ida quyidagilarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi: yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda topografiya rejasiga yozuvlar to‘g‘ri yozilganligi va so‘ralayotgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi chegaralarining asoslanganligi; kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi loyihasi mazmunining ushbu Nizom talablariga muvofiqligi, loyihaga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi; kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi so‘ralayotgan yer osti inshootining loyihasi uning berilayotgan yer qa’ri uchastkasidan kompleks foydalanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha, shuningdek, ishlovchilarning va aholining salomatligi va hayoti xavfsizligini ta’minlash, atrof tabiiy muhitni, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha loyiha yechimlarining to‘liqligi va asoslanganligiga oid kismi. 37. Inspeksiyaning kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berish masalasi to‘g‘risidagi karori manfaatdor tashkilotlarga ma’lum qilinadi. Inspeksiyaning qaroridan norozi bo‘lingan takdirda ushbu qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 38. Kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, shuningdek, ushbu Nizomga 1 va 3-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha topografiya rejasi nusxasining yukori o‘ng burchagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi. 39. Inspeksiya 2 kun muddatda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan kon ajratmasi berilganligini tasdiqlovchi dalolatnomani rasmiylashtiradi va “Litsenziya” axborot tizimi orqali beradi. 41. Inspeksiya tomonidan foydali qazilmalar konini ishlatish uchun berilgan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini hisobga olish ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda (reyestr) elektron tarzda to‘ldirib boriladi. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun kon ajratmasi dalolatnomasining pasporti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 42. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer qa’ridan foydalanish uchun kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berilgan korxona quyidagilarga majburdir: yer qa’ridan faqat ular berilgan maqsadlarda foydalanish; kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi va unga tutashib ketgan zonalar doirasida yer qa’ri uchastkasining geologik tuzilishi, kon-texnika, gidrogeologik va boshqa sharoitlar to‘liq o‘rganilishini ta’minlash; yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish jarayonida kon ishlarining marksheyder ta’minlanishini tashkil etish, shuningdek, geologik va marksheyder hujjatlarini tuzish; tog‘ jinslari siljishi mavjud yer usti inshootlari va obyektlari, ehtimol tutilgan deformatsiya zonasida joylashgan qurilayotgan va foydalanilayotgan yer osti inshootlari deformatsiyasini kuzatishni tashkil etish; yer osti inshootlari qurilishi yoki rekonstruksiya qilinishi chog‘ida qo‘shimcha ravishda qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan qazilma boyliklarni saqlash va ularning hisobini yuritish; kon qazilmalarining holati, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi bilan belgilangan ko‘milgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilari, shuningdek, chiqarib tashlangan oqova suvlarning zararsizlantirilishi chegaralarining saqlanishini muntazam kuzatishni va nazorat qilishni tashkil etish; ishlovchilar va aholining sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini, yer qa’rini va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlarini, binolar va inshootlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash; Inspeksiyaning ruxsatisiz kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi hududi ustida binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik; qo‘riqxonalar, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklarining yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning zararli ta’siridan saqlanishini ta’minlash; yer qa’ridan foydalanish chog‘ida buzilgan yer uchastkalarining xavfsiz holatga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini ta’minlash; yer osti gaz omborxonalaridan foydalanish chog‘ida haydalayotgan gazning kon ajratmasi ajratish dalolatnomasidan tashqariga harakat qilishiga yo‘l qo‘ymaslik; yer osti gaz omborxonalari va quduqlarning germetikligini nazorat qilishga oid tadbirlarni muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta amalga oshirish; nogermetik quduqlardan foydalanishga, shuningdek, gazning boshqa gorizontlarga oqishiga hamda uning yer yuzasiga oqib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik. 43. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘lik bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatilishi, to‘xtatilib turilishi yoki cheklab qo‘yilishi mumkin. 44. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘lik bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish qoidalari va me’yorlari yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan buzilganda, Inspeksiya kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomani bekor qiladi va Davlat geologiya qo‘mitasiga ruxsatnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqadi. 46. Ushbu Nizom bilan belgilangan kon ajratmasi ajratish dalolatnomasini rasmiylashtirish, uni o‘z vaqtida olish va uning saqlanishi tartibiga rioya qilish uchun javobgarlik yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun foydalanuvchi korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi, korxonani loyihalashtirishda esa — loyiha bosh muhandisiga va loyihalashtirish tashkiloti rahbariga yuklanadi. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun foydalanuvchi korxonalarning rahbarlari va mansabdor shaxslari kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomada bayon qilingan majburiyatlarning bajarilishi uchun ham javob beradilar. Yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 47. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanuvchilarda kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi berilganligini tasdiqlovchi dalolatnomalarning mavjudligi, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi hujjatlari to‘liq va to‘g‘riligini nazorat qilish, shuningdek, kon ajratmasi ajratish dalolatnomasi doirasida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish chog‘ida yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish o‘z vakolatlariga muvofiq Inspeksiya va Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiradi. 48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom sanoat axamiyatini yo‘qotgan yoxud keyingi geologiya-qidiruv ishlari bilan yoki konni qazib olishda tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan “Litsenziya” axborot tizimi orqali chiqarib tashlash tartibini belgilaydi va idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: balansdagi zaxiralar — asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarni o‘z ichiga oladigan konlarning zaxiralari, shu jumladan, qazib olinadigan neft, gaz, neftdagi gaz, kondensat aralashmasi va ulardagi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali komponentlar, shuningdek, yod, brom va yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasi talablariga rioya qilgan holda mineral xomashyoni kavlab olish va qayta ishlashning mavjud yoxud sanoat tomonidan o‘zlashtirilayotgan ilg‘or texnikasi va texnologiyasi sharoitida ulardan foydalanish iqtisodiy maqsadga muvofiq bo‘lgan sanoat va neft suvlaridagi boshqa foydali komponentlar zaxiralari; balansdan tashqari zaxiralar — asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarni o‘z ichiga oladigan konlarning zaxiralari, shu jumladan, qazib olinadigan neft, gaz, neftdagi gaz, kondensat aralashmasi va ulardagi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali komponentlar, shuningdek, yod, brom va hozirgi vaqtda kavlab olinishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki buning texnik imkoni bo‘lmagan, biroq keyinchalik balansga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan sanoat va neft suvlaridagi boshqa foydali komponentlar zaxiralari. 3. Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni qazishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda DZK deb ataladi) qarori bilan amalga oshiriladi. 4. Foydali qazilmalar zaxiralari: a) quyidagilar: Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan yangidan tasdiqlangan qidiruv yoki foydalanish kondensiyalariga muvofiq emasligi tufayli (neft, neft-gaz, neft-gaz kondensati, gaz kondensati, gaz va bitum konlari uchun — DZK tomonidan yangidan tasdiqlangan tegishli foydali qazilmalarni yer ostidan qazib olish koeffitsiyentiga muvofiq emasligi tufayli); ayrim uchastkalarda aniqlangan kon-geologiya, gidrogeologik, muhandislik-geologiya, ekologik murakkabliklar va boshqa tabiiy shart-sharoitlar oqibatida zaxiralarga texnik-iqtisodiy sabablar bo‘yicha ishlov berishning maqsadga muvofiq emasligi tufayli; agar foydali qazilmalarni qazib olishda ularning saqlanishi ta’minlanishi mumkin bo‘lmasa, aholi hayotiga va sog‘ligiga yoki obyektlarga zarar yetkazilishi uchun xavf tug‘dirsa, ularni buzib tashlash yoki kon ishlari ta’siri doirasi chegarasidan tashqarisiga ko‘chirish mumkin bo‘lmasa yoki bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmasa, zaxiralarni sanoat inshootlari, turar joylar va jamoat binolari, tarix va madaniyat yodgorliklari, tabiiy obyektlar uchun saqlash ustunlari sifatida qoldirish tufayli; b) foydali qazilmalarning miqdori, sifati va joylashish shart-sharoitlari to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olinishi natijasida zaxiralarning keyinchalik geologiya-qidiruv ishlari chog‘ida va (yoki) foydali qazilmalar konlarini qazishda tasdiqlanmasligi tufayli yer qa’ridan foydalanuvchilar balansidan chiqarilishi mumkin. 5. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar qurilishini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va konservatsiya qilishda balansdagi zaxiralar balansdan tashqari zaxiralarga o‘tkazilmaydi. 6. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni konservatsiya qilishda foydali qazilmalar zaxiralari hisobdan chiqarilmaydi. 7. Foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalar qurilishini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, kengaytirishda yer qa’ridan foydalanuvchi balansidan chiqarilishi kerak bo‘lgan foydali qazilmalar ushbu Nizomning 4-bandi “a” va “b” kichik bandlarida bayon qilingan asoslar bo‘yicha foydali qazilmalar konlarini qazish jarayonida ular qidiruv, tayyorgarlik ko‘rish yoki tozalash ishlarida qisman yoki to‘liq konturlanishiga qarab belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Foydali qazilmalar zaxiralari yer qa’ridan foydalanuvchining hisobidan sxema asosida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq chiqariladi. Foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish pasporti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 8. Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni qazishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan chiqarish uchun yer qa’ridan foydalanuvchi “Litsenziya” axborot tizimi orqali DZKga tushuntirish xatini taqdim etadi. Tushuntirish xatida quyidagilar bo‘lishi kerak: a) foydali qazilmalar zaxiralarining mo‘ljallangan hisobdan chiqarilishini Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan tasdiqlangan konturlarda hamda geologiya va marksheyderlik hujjatlari ma’lumotlarini tezkor hisobga olish, zaxiralarni sinab ko‘rish va qayta hisoblash konturlarida alohida asoslash; b) ushbu Nizomning 4-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan sabablar bo‘yicha sanoat ahamiyatini yo‘qotgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarishda, — tegishli texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar; v) qazib olinayotgan kon to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlar (qazib olish tizimi, foydali qazilmalarni kavlab olishda nobud bo‘lish va yaroqsiz holga kelish ko‘rsatkichlari, neft, gaz, kondensat va boshqalarni qazib olish koeffitsiyentlari); g) chizmalar va boshqa ilovalar: foydali qazilmalar zaxiralari ular bo‘yicha hisobdan chiqariladigan uchastkalar, ruda jismlari (hisoblangan bloklar) joylashishi sxemasi, proyeksiyalar, gorizont bo‘yicha natijalar, qidiruv va ishlatib sinab ko‘rish ma’lumotlari hamda Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan tasdiqlangan foydali qazilmalar zaxiralari konturlari, shuningdek, ekspluatatsion qidiruv ishlari natijalari bo‘yicha hisoblab chiqilgan zaxiralar konturlari bilan birga; 9. DZK tushuntirish xati kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda uni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishish uchun taqdim etadi. 10. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi yigirma kun muddatda tushuntirish xatini ko‘rib chiqib, DZKga foydali qazilma zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan chiqarish to‘g‘risida xulosa beradi. Taqdim etilgan materiallar DZKda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan yer qa’ridan foydalanuvchi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida ko‘rib chiqiladi. DZK bir hafta muddatda shartnomani yer qa’ridan foydalanuvchiga taqdim etadi. Yer qa’ridan foydalanuvchi o‘n kun muddatda shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining hisobvarag‘iga o‘tkazadi. DZKga taqdim etilgan konditsiyalar loyihalarini va foydali qazilmalar zaxiralari hisob-kitobi materiallarini ko‘rib chiqish, shuningdek, geologik materiallarning davlat ekspertizasi tegishli tashkilotlardan hamda jalb etiladigan ekspertlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Ekspertlar tomonidan materiallarni ko‘rib chiqish muddati ularning hajmiga va murakkabligidan kelib chiqqan holda belgilanadi, biroq bir oydan oshmasligi kerak. 11. Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan foydali qazilmalar balans zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchi balansidan chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) Davlat zaxiralari komissiyasi tomonidan yangidan tasdiqlangan (neft, neft-gaz, gaz kondensati, neft-gaz kondensati, gaz va bitum konlari uchun — qazib olish koeffitsiyenti o‘zgarishi tufayli) konditsiyalarga muvofiq bo‘lmagan, shuningdek, foydali qazilmalar zaxiralarining qayta tasdiqlanishi natijasida balansdagi va (yoki) balansdan tashqari toifasidan chiqarilgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi; b) kon-geologik, gidrogeologiya, muhandislik-geologiya, ekologik va boshqa tabiiy sharoitlarning aniqlangan jiddiy o‘zgarishi oqibatidagi texnik-iqtisodiy sabablarga ko‘ra qazib olinishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchi balansidan chiqarish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy xulosa asosida amalga oshiriladi; 12. Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan foydali qazilmalarning balansdagi zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchi balansidan chiqarish ularni balansdan tashqari zaxiralarga o‘tkazishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. 13. Foydali qazilmalar zaxiralarini texnik-iqtisodiy sabablarga ko‘ra yer qa’ridan foydalanuvchi balansidan chiqarishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi texnik-iqtisodiy asoslashda zaxiralarni ochish va tayyorlashning eng oqilona usullarini, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashning ilg‘or texnologiyasi qo‘llanilish
10Qonunchilik
Avstraliyada havo rekord darajada sovib, qor yog‘di, qurbonlar bor (foto) Avstraliyaning janubi-sharqida yomg‘ir yog‘di, so‘ng yer qor bilan qoplandi, rekord darajada sovuq qayd etildi, deb yozmoqda Reuters. Antarktidaning sovuq havosi Sidneydagi haroratni Selsiy bo‘yicha -10 darajagacha tushirdi, bu esa 37 yil ichidagi rekord natija hisoblanadi. Atmosfera bosimining pasayishi ba’zi hududlarda suv toshqinlarini keltirib chiqardi, buning natijasida Viktoriya shtatida eng kamida bir kishi halok bo‘ldi. Hukumat Traralgon shahrining 26 ming aholisini evakuatsiya qilishga chaqirdi. Politsiyaning xabar berishicha, suv toshqini ostida qolgan mashinaning ichidan bir kishining jasadi topilgan.
2Dunyo
PFL “Buxoro” futbol klubi rahbariyatining almashinuvi bo‘yicha surishtiruv boshladi Professionlar futbol ligasi (PFL) “Buxoro” futbol klubida rahbariyat almashinuvi yuzasidan surishtiruv ishi ochdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, 5-iyun kuni Superliga ishtirokchisi bo‘lgan “Buxoro” futbol klubida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgan hamda amaldagi direktor Jamshid Botirov ishdan olingan. Buxoro shahar hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasidan vakil ishtirok etgan yig‘ilishda Alisher Rustamov “Buxoro” futbol klubining yangi direktori sifatida tanishtirilgan. Alisher Rustamov bundan avval ham ikki bor mazkur lavozimga tayinlangandi. Biroq PFLning ma’lum qilishicha, “Buxoro” bu borada tashkilotni xabardor qilmagan va bu orqali musobaqalar o‘tkazish reglamentining 6.15 bandini buzgan. “Karantin davridan keyin qaytayotgan futbol mavsumi arafasida O‘zPFL vaziyatdan kelib chiqib bir qator masalalarni qayta ko‘rib chiqishga, ayrimlarini o‘zgartirishga majbur. Mana shunday vaqtda “Buxoro” klubi rahbariyatidagi noaniqliklar PFL ishini qiyinlashtiradi. Sababi, tashkilot na rasman ogohlantirildi va na yangi direktor tayinlovi rasman protokollashtirildi. PFL uch kundan buyon yig‘ilish protokolini qo‘lga kirita olmadi. Ayni vaqtda “Buxoro” futbol klubining Buxoro shahar hokimligiga tegishli bo‘lgan 20 foizlik ulushni, Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tegishli bo‘lgan 80 foizlik ulushni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish ishlari olib borilyapti. “Buxoro PFK” MChJ ustavining 15.2 bandiga muvofiq futbol klubi direktori ta’sischilarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi belgilangan. Mana endi savol tug‘iladi. “Buxoro” futbol klubining yangi direktori qaysi asosga ko‘ra lavozimiga tayinlandi? Lavozimga tayinlash jarayonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xabardor etildimi yoki ishtiroki ta’minlandimi? Direktorni tayinlashni rasmiylashtirish bilan bog‘liq tegishli hujjatlar PFLga o‘z vaqtida taqdim etilmagani, “Buxoro” futbol klubining yangi direktori qaysi asosga ko‘ra lavozimga tayinlanganini aniqlashtirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda”, — deyiladi tashkilot bayonotida. Ma’lumot uchun, ishdan oldingan “Buxoro” direktori Jamshid Botirov 2020-yilning yanvar oyida mazkur lavozimga tayinlangan edi. Eslatib o‘tamiz, “Buxoro” koronavirus tufayli to‘xtab qolgan Superliga joriy mavsumida 3 ta turdan so‘ng birorta ham ochko to‘play olmay, so‘nggi pog‘onada bormoqda. Superliga 13-iyundan davom etadi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Iordaniya bilan hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi 2018 yilning 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Iordaniya hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Tashqi ishlar va muhojirlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik va maslahatlashuv to‘g‘risidagi Protokol imzolandi. Ushbu hujjat ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida institutsional hamkorlik qilish uchun huquqiy asos bo‘ladi.
8O‘zbekiston
Qodirov Erdo‘g‘andan jangarilarni ekstraditsiya qilishni iltimos qildi Turkiyada, Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning bayonot berishicha, Chechenistonda faoliyat yuritgan jangarilarning 3 nafar yetakchisi ushlangan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Maxran Saidov, Aslanbek Vadalov va Tarxan Gaziyev hibsga olingan. «Ular Chechenistonda faoliyat olib borgan jangarilarning yetakchilari hisoblanadi. Ularning har biri ko‘plab qo‘poruvchiliklar, harbiylar, politsiya hamda fuqarolarni o‘ldirishga oid jinoyatlarni sodir etgani va tashkillashtirganiga oid rad etib bo‘lmas ma'lumotlar bor. Bularning bari berahmlarcha amalga oshirilgan», — deyiladi xabarda.  Qodirov, shuningdek, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘andan jangarilarni ekstraditsiya qilishni so‘ragan. «Sizga jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish masalasini ijobiy hal qilish masalasi bilan murojaat qilaman. Bu terrorchilarni sud qilish va qonunda belgilangan tartibda jazoga tortishga imkon bergan bo‘lur edi», — deyiladi xabarda.
5Jamiyat
Hindistonda butun qishloq aholisi loyga botib qolgan filni qutqarishga chiqdi Hindistonning Kerala shtatidagi qishloq aholisi loyga botib qolgan 20 yoshli filni qutqarishga urindi va bunga bir soatdan ortiq vaqt sarfladi, deb yozadi Daily Mail. Jonivorni o‘tib ketayotgan poyezd shovqini qo‘rqitib yuborgan. Fil qochmoqchi bo‘lgan, ammo temir yo‘ldan 1,5 km uzoqlikda loyga botib qolgan. Uni u yerda mahalliy aholi ko‘rib qolgan. Cho‘kayotgan filga yordam berish uchun butun qishloq ahli yig‘ildi. Jonivorning boshiga va oyoqlariga arqon solib, uni traktor yordamida loydan chiqarishni boshlashdi. “Fillar odamlar tufayli sarosimaga tushib, nazoratdan  chiqib ketadigan bunday holatlar so‘nggi to‘rt oyda Keralada uchinchi marta sodir bo‘lishi”, — dedi hayvonlar himoyachisi Rajiv Kurup, u buni shtatda festivallar mavsumi boshlangani bilan izohladi.
2Dunyo
O‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi soddalashtirildi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi qarori bilan O‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi. Adliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur Reglament bilan o‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish muddatlari va taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirildi, davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etadigan sub'yektlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni faqat elektron shaklda axborot almashinuvi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi. O‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish davlat xizmatining muddati 15 ish kunidan 10 ish kuniga qisqartirildi.  Endilikda, ruxsatnoma berishda Fanlar Akademiyasining xulosasini olish ortiqcha jarayon sifatida bekor qilindi. Vakolatli organning tadqiqot, ko‘rik yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarni uchinchi shaxslarni jalb qilib o‘tkazish jarayoni ham bekor qilinadi. Shuningdek, murojaat etuvchilar o‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish yuzasidan tuman (shahar) davlat xizmati markazlariga o‘zi kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
8O‘zbekiston
Stiven Jerrard APL klubiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin “Nyukasl” bosh murabbiylikka nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. The Telegraph’ning xabar berishicha, undan “Reynjers” bosh murabbiyi Stiven Jerrard, “Nitssa” ustozi Patrik Viyeyra va “Manchester Siti” murabbiyi Pep Gvardiolaning yordamchisi Mikel Arteta o‘rin egallagan. Aynan shular eng asosiy nomzodlar bo‘lib turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, ispaniyalik hamda fransiyalik shu ishga qiziqib qolgan va taklifni ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari “Nyukasl” Eddi Hau (“Bornmut”), Shon Daych (“Byornli”), Stiv Bryus (“Sheffild Uensdey”) nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Nyukasl” ustozi Rafael Benites iste’foga chiqarilgani haqida xabar berilgandi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Vladimir Norov Ispaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov 27-iyun kuni Ispaniya Qirolligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Markos Gomes Martinesni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qildi. Qayd etilishicha, Norov elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilagan. Tomonlar keyingi yillarda rivojlanishning sifat jihatidan yangi bosqichiga ko‘tarilgan O‘zbekiston—Ispaniya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qilgan. Siyosiy muloqotni faollashtirish, turli darajadagi tashriflar tashkil etish, xalqaro institutlar doirasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etilgan. Markos Gomes Martines Ispaniya O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy davlat deb bilishini va respublikada amalga oshirilayotgan, aholi farovonligini oshirish va mamlakatning jahon miqyosidagi nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan tizimli islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan. Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan. Ispaniya tomoni O‘zbekiston bilan transport, qishloq xo‘jaligi, bank ishi, to‘qimachilik va neft-gaz sanoati, qayta tiklanadigan energiya va turizm sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekani qayd etilgan. Elchi ispan kompaniyalari uchun O‘zbekiston katta imkoniyatlarga ega istiqbolli bozor ekanini ma’lum qilgan. Mamlakat va uning ishbilarmonlik muhitini batafsil o‘rganish uchun Ispaniya tadbirkorlik subyektlari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish rejalashtirilgan. Ta’lim sohasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun yetarli salohiyat mavjudligi ta’kidlangan. Xususan, O‘zbekistonda Ispaniya universitetlarining filiallari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarini ochish, ispaniyalik mutaxassislar va o‘qituvchilarni mamlakatga jalb etish masalalari muhokama qilingan. Bundan tashqari, shu kuni Tashqi ishlar vazirligida Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatilla Ergashev va Ispaniya elchisi Markos Gomes Martinez o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Suhbat davomida tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni va bu mamlakatga yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qilgan.
8O‘zbekiston
Fransiyada M51 ballistik raketasining sinov parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi Fransiyada 1-iyul, juma kuni M51 ballistik raketasining sinov parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. Mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian Le Triomphant atom suvosti kemasidan amalga oshirilgan M51 strategik ballistik raketasining muvaffaqiyatli uchirilishi bilan qutladi. Raketa ushbu suvosti kemasi raketa tizimining operativ shaylik darajasini aniqlash maqsadida uchirildi. Raketa Shimoliy Atlantikada, eng yaqin qirg‘oqdan bir necha yuz kilometr masofada qulagan.
2Dunyo
«Uzbekistan Airways» Dehliga parvozlarni qisqartirmoqda Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Hindistonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan 2021 yil 18 iyundan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ haftaning juma kunlari amalga oshirilayotgan Toshkent-Dehli-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni bekor qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.  Ta'kidlanishicha, yo‘lovchilar bekor qilingan qatnov aviachiptasi uchun pul mablag‘larini qaytarib olishlari mumkin.⠀ Eslatib o‘tamiz, «Uzbekistan Airways» 5 mart kunidan Hindistonga muntazam qatnovlarni tikladi, Toshkent-Dehli reysi haftada ikki marta - seshanba va juma kunlari amalga oshirilayotgandi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonning yangi elchisi Singapurga jo‘nab ketdi O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi etib tayinlangan Qahramon Shokirov Toshkentdan Singapurga jo‘nab ketdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati. Bunga qadar Qahramon Shokirov Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi ijro apparati rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
12Siyosat
“Boysun bahori” ajoyib tuhfa hozirlamoqda Joriy yilning 28-29 aprel kunlari Boysun tumanidagi xushmanzara Padang qishlog`ida an`anaviy “Boysun bahori” ochiq folklor festivali o`tkaziladi. Tashkilotchilarning puxta hozirlik ko`rayotganliklaridan anglash mumkinki, bu yilgi tadbir ilgargilaridan keskin farq qiladi, deb yozadi O`zA. Padang qishlog`ida har yilgidan-da o`zgacha tayyorgarlik ko`rildi. Tashrifi kutilayotgan 20 dan ortiq davlat hamda respublikamizning turli hududlaridan keladigan mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Asosiy tadbirlar o`tadigan 28-29 aprel kunlari asosiy sahnada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan folklor-etnografik xalq ansambllari va badiiy jamoalar, ikkinchi sahnada esa viloyatning shahar va tumanlaridan 16 ta badiiy jamoa o`zaro bellashadilar. Festival doirasida baxshilar ko`rik-tanlovi, kurash musobaqalari, ko`pkari, tosh ko`tarish, arqon tortish, varrak sayli, xo`roz, qo`chqorlar jangi kabi qiziqarli xalq o`yinlari tashkil etiladi. Shuningdek, milliy liboslar, taomlar hamda yosh rassomlarning ijodiy ko`rgazmalari, O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan turli aksiyalar o`tkazish uchun ham alohida tayyorgarlik ko`rilmoqda. Festivalning yanada zavqli o`tishini ta`minlash maqsadida tungi yoritish chiroqlari, to`rtta uyali aloqa kompaniyasining yangi uskunalari o`rnatilib, avtomobillar turarjoyi barpo etildi. Bayram o`tadigan maydonda 100 dan ortiq o`tov tikilib, ularda kosiblar, hunarmandlar, oshpazlar kabi 10 ga yaqin ovul tashkil etiladi. Bolalar ovulida viloyat qo`g`irchoq teatri jamoasi tomonidan havola qilinadigan qiziqarli dasturlar bolajonlarga zavq ulashadi. So`lim Boysun zaminidan 6 ta havo shari ko`kka ko`tariladi, kechgi tadbirda baland tog`lar atrofida gulxan yoqilib, mushakbozlik ham o`tkaziladi. Darvoqe, “Boysun bahori” ajoyib tuhfa hozirlamoqda. Festivalda respublikamizning taniqli san`atkorlari bilan bir qatorda, Tojikiston xalq artisti Sharofat Rashidova boshchiligidagi “Padida” teatri jamoasi, Afg`oniston Islom Respublikasi taniqli xonandalari Abdumajid va Abdurauf Adlhuiylar ishtirok etadi. Shuningdek, festivalga tojikistonlik mashhur xonanda Shabnam Surayyoning ham tashrifi kutilmoqda. Eslatib o`tamiz, ertaga festival doirasida Termiz davlat universitetida “Boysun – moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o`tkaziladi. Unda qadim yurtning tarixi, nafis va boy madaniy merosining dunyo tamaddunida tutgan o`rni, shuningdek, Boysun milliy hunarmandchiligi, etnografiyasi va arxeologiyasini o`rganish, hududda turizmni rivojlantirish bilan bog`liq masalalar muhokama etiladi. Milliy qadriyat va an`analarimiz tarannum etiladigan festival – “Boysun bahori” mehmonlarini chorlaydi!
5Jamiyat
Alifbo islohotiga doir qonun loyihasi muhokamasi 6 oyga uzaytirildi Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokamasi muddati 2021 yilning 1 noyabriga qadar uzaytirildi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti buni quyidagicha izohlamoqda: «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash bo‘yicha Respublika ishchi guruhi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini har tomonlama puxta, keng jamoatchilik fikr-mulohazalari va takliflarini chuqur o‘rgangan holda takomillashtirish maqsadida, shuningdek, mutaxassislarning takliflarini inobatga olib, «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasining umumxalq muhokamasini 2021 yil 1 noyabrga qadar davom ettirishga qaror qildi. Uzaytirilgan muddat davomida mas'ullar tomonidan qonun loyihasining zarurati va ahamiyatiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar, ma'ruza va seminarlar o‘tkaziladi. Alifboga shakliy o‘zgarishlar kiritilishi munosabati bilan talab etiladigan xarajatlar miqdori o‘rganiladi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarida takomillashayotgan alifboning turli (fonetik, grafik, texnik, imlo) xususiyatlariga doir turkum ko‘rsatuv va maqolalar tashkil etiladi. Shuningdek, ilmiy anjumanlarda bildirilgan taklif va mulohazalar turli soha olim va ziyolilaridan iborat ekspertlar guruhi ishtirokida o‘tkaziladigan konferensiyada ko‘rib chiqilib, yakuniy xulosaga kelinadi hamda loyiha bilan birgalikda hukumatga kiritiladi». Ta'kidlanishicha, alifbo muhokamasi bo‘yicha belgilangan dastlabki muddat davomida (16 martdan 31 martga qadar) loyihani 26 mingdan ziyod kishi ko‘rib, 1035 ta fikr qoldirgan. Takliflarning 56 foizi (547 tasi) lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining isloh qilinishini, 32 foizi (302 tasi) esa amaldagi alifboda qolishni yoqlagan. Alifbo takomillashuvini yoqlaganlarning aksariyati o‘zgarishlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, ko‘pchilik C («ts») harfini alifboga kiritish va ng harfini alifbodan chiqarib, imlo qoidalari doirasida o‘rganishni taklif etgan. «Ijtimoiy tarmoqlarda alifbo islohotini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, islohotning moliyaviy yuki, o‘rta avlodning savodsiz bo‘lib qolishidan tashvishlanib bildirilgan fikrlar ham bor. Biroq o‘zgarishlarning ona tilimiz, xalqimiz va jamiyatimiz uchun nechog‘lik zarur ekanini teran anglagan hamda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilishidan boxabar bo‘lgan aksariyat olim, adib, jurnalist, blogerlar, keng jamoatchilik vakillari loyihani yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlamoqda», – deyiladi departament xabarida. Avvalroq Kun.uz o‘ziga yetib kelgan ma'lumotlar orqali lotin yozuvi bo‘yicha muhokama muddati uzaytirilishi haqida xabar bergan edi. Unga ko‘ra, shu sohadagi olimlardan birining «shoshilmaslik kerakligi» haqida yuqori mansabdor shaxsga yozgan xati bunga sabab bo‘lgan: Lotin yozuvi bo‘yicha qonun loyihasi muhokamasi muddati uzaytiriladi. Bunga olimlar o‘rtasidagi ziddiyat sababmi? Manbaga ko‘ra, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan taqdim etilgan alifbo loyihasi tasdiqdan o‘tib ketayotgani va bu o‘sha olimning takliflariga mos kelmagani uchun muddatni imkon qadar cho‘zdirishga harakat qilgan. Uzaytirilgan yangi muddatda esa olim alifboga o‘z takliflarini kiritishi mumkin.
8O‘zbekiston
Divan qoplamasiga zarar yetkazmay tozalashning 5 ta sinalgan usuli Vaqt o‘tishi bilan divan va kreslolar, ayniqsa, mehmonxonada joylashgani tez kirlanadigan bo‘lib qoladi. “Noviy ochag” nashri ularni qoplamasiga zarar yetkazmay qanday tozalash kerakligi haqida ma’lumot beradi. Changyutgich Divandagi dog‘ va kirlarni ketkazishdan oldin yostiqlarini ham yaxshilab changdan tozalash kerak. Bu changyutkichning eng uzun cho‘tkali dumaloq nasadkasi bilan amalga oshiriladi. Agar changyutgichda yuvish rejimi ham bo‘lsa, yanada yaxshi. U kir va dog‘larni ketkazadi, faqat qoplamaga zarar bermaslik uchun uni minimal quvvatga o‘rnatish kerakligini unutmang. Osh sodasi Divan qoplamasini osh soda bilan yuving, uni astalik bilan yuzaga seping. Buni kichik elakda qilish qulayroqdir. Agar matoda yoqimsiz hid bo‘lsa, sodaga bir necha tomchi o‘zingiz yoqtirgan efir moyini qo‘shishingiz mumkin. Sodani qoplamada bir-ikki soatga qoldiring va keyin qoplamani changyutkichda yaxshilab tozalang. Sodani ho‘llash va qoplamani latta bilan artish shart emas, bu yuzada dog‘lar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, natijada ho‘l sodani changyutgich bilan ketkazish qiyin bo‘ladi. Choyshab Yig‘ilgan chang va yoqimsiz hidlarni nam choyshab yordamida ketkazish mumkin. Choyshab bilan divanni yoping, so‘ngra gilam qoqgichni olib, barcha yuzalarga uring. Chang choyshabga tushadi va qoplama tozalanadi. Soqol oladigan ko‘pik Qoplamadagi alohida dog‘lar soqol olishda ishlatiladigan ko‘pik yordamida yaxshi ketadi, ular ifloslangan yuzaga surtilishi va bir muddat qoldirilishi kerak. Nashatir spirti Bu yog‘li dog‘larni ketkazishga yordam beradi. Yarim litr suvga 1 choy qoshiq ammiak va 2 choy qoshiq limon sharbati qo‘shing. Gubkani eritma bilan namlang va dog‘ni artib oling. Vodorod peroksid Divandagi sharob dog‘ini ketkazish uchun vodorod periks va suyuq sovunni 1: 2 nisbatda ishlating. Dog‘ni arting, qirralardan markazga qarab ishqalang va bir necha daqiqa kuting. Ortiqcha suyuqlik divanning ichiga kirib borishi mumkin, natijada yomon dog‘lar paydo bo‘ladi.
1Ayollar
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1600dan oshdi Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. «Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (10 nafari Toyloq tumani, 2 nafari Oqdaryo tumanidan, Payariq, Past Darg‘om tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallik yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 65 yoshda, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan chaqaloq. Viloyatda shu paytga qadar 37 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 52 nafarga yetdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida. Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 19 nafar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami  32 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Turkiyadan charter reysda kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Ularning orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018 yil tug‘ilgan.  Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 6 nafari Rossiyadan, 1 nafari Turkiyadan hamda 2 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 10 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 9 nafari erkak, 10 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 81 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 1 nafari Turkiyadan, yana 1 nafari Qozog‘iston Respublikasi orqali Rossiyadan kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 4 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda. Toshkent shahrida shu paytga qadar 468 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 500 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1624 nafarga yetdi. Yana 632 kishi shifoxonalarda qolmoqda. Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan davolanayotganlarning 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.
8O‘zbekiston
Tramp OAVdagi tashviqot uchun 140 million dollar sarflaydi AQSh prezidentlik lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp saylov kuniga qadar o‘z nomzodining qo‘llab-quvvatlanishi uchun OAVdagi tashviqot uchun 140 million dollarga yaqin mablag‘ sarflaydi. Bu haqda 23-sentabr, juma kuni Associated Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Milliarder saylov shtabining vakili Jeyson Millerning ta’kidlashicha, ushbu mablag‘dan 100 million dollari telereklama uchun, qolgan 40 million dollari esa elektron OAVdagi tashviqot uchun yo‘naltiriladi. AQShda prezidentlik saylovlari 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shu paytga qadar Tramp tashviqot uchun saylovdagi raqibi, demokrat Hillari Klintonga qaraganda ancha kamroq mablag‘ sarflagan. The Washington Post gazetasi hisob-kitobiga ko‘ra, respublikachi nomzodning shtabi prezidentlik poygasining boshidan buyon mazkur maqsadlar uchun 90 million dollarga yaqin mablag‘ yo‘naltirgan. Demokratlardan nomzodning reklama uchun xarajatlari avgust oyidayoq 300 million dollardan oshgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
2Dunyo
Xitoy yuqori balandlikdagi josus-dronlarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi Xitoy Ichki Mo‘g‘ulistonda 2017 yilning sentabrida mahalliy josus-dronni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi. Sinovlarda ikkita uchuvchisiz uchar qurilma ishtirok etgan. Ular kerakli balandlikka maxsus sharlar yordamida ko‘tarildi hamda shundan so‘ng faollashtirilgan, deb xabar bermoqda Firstpost.com Dronlardan biri dengiz sathidan 9000 metr, ikkinchisi esa – 25 000 metrlik balandlikda faollashtirilgan. Uchar qurilmalar yuz kilometrdan ortiq masofani mustaqil ravishda uchib o‘tgan hamda parvoz haqidagi ma'lumotni yerga uzatib turgan. Dronlar ko‘rshapalak kabi hajmga ega bo‘lib, elektr magnit impulsi yordamida faollashtirilgan, u qurilmalar tezligini soatiga yuz kilometrga qadar kuchaytirgan. Dronlar kompozit materiallardan tayyorlangan va elektr magnit impulsi yordamida ishga tushirilishga moslangan. Ishlab chiqaruvchilarning asosiy maqsadi – katta hududlar ustidan bir necha kun, oy yoki hattoki yillar davomida kuzatuv olib borish imkoniyatiga ega qurilmani yaratishdir.  Shunisi e'tiborga loyiqki, uchuvchisiz uchar qurilmalar o‘z parvozlari vaqtida kichik hajmi tufayli radarlarda deyarli payqalmadi. Hajmlar va og‘irlikni kamaytirish uchun dronlar kamera hamda ma'lumotlar uzatish uchun maxsus antenna bilan jihozlangan.
14Texnologiya
Video: Saudiyalik hibsdagi shahzodalar saqlanayotgan «oltin qamoqxona» Saudiyalik shahzodalar va qator yuqori mansabli amaldorlar uch hafta avval hibsga olindi. VVS ular qanday sharoitda saqlanayotganini aniqladi. Reportajda ta'kidlanishicha, 4 noyabrdan boshlab Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi Ritz-Carlton mehmonxonasi taxminan 200 nafar shahzodalar va qator nufuzli amaldorlar uchun «oltin qamoqxona»ga aylangan. Ular 32 yoshli valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning buyrug‘i bilan hibsga olindi. Qo‘lga olinganlarning taxminan 95 foizi kelishuvga borishga va ozodlik evaziga o‘zlarining mablag‘lari bir qismidan voz kechishga tayyor. Mehmonxonada yuzlarni suratga olish va intervyuni yozish taqiqlangan.
2Dunyo
Biznesni sun’iy ravishda boʻlishga yoʻl qoʻymaydilar 2019–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish strategiyasining loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi. Hujjatda beshta asosiy yoʻnalishda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan aniq qadamlar belgilangan: Bundan tashqari, Strategiyani tasdiqlovchi hujjatda (Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori) bir qator chora-tadbirlar belgilangan: birinchidan, yagona yer soligʻini toʻlovchilar iхtiyoriy ravishda QQS toʻlashga oʻtishlari mumkin; ikkinchidan, QQS summasini hisobga olish uchun qoʻshimcha shartlar yuzaga keladi: uchinchidan, yuridik shaхslar yoхud yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllashyb yoki yalpi tushumning cheklangan miqdorini sun’iy ravishda pasaytirishni koʻzlab qayta tashkil etish va boshqa tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish operatsiyalarini amalga oshirganda va buning oqibatida soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtishdan qochganda6 soliq organlari toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalariga tuzatish kiritishga va ularni sud tartibida undirib olishga haqli boʻladilar; toʻrtinchidan, moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash tartibida qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi meхanizmlar yuzaga keladi:  Chakana savdodagi хufiya oborotni qisqartirish maqsadida jismoniy shaхslarga daromad, mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha chegirmalar taqdim etishni yoхud NKM, toʻlov terminallari cheklari yoki tovarlar (ishlar, хizmatlar) sotib olishga oid boshqa hujjatlar bilan tasdiqlangan хarajatlar hisobiga chegirilgan soliqlar miqdoridagi summalarni toʻlashni, shuningdek «Chek talab qiling – yutuqqa ega boʻling» ommaviy aksiyalarini oʻtkazishni moʻljallamoqdalar. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov.
10Qonunchilik
Telegram'da dugonalarining suratlarini tarqatgan qiz jazolandi Joriy yilning 19 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat Qiziriq tuman sudida sudya B.Madaminov boshchiligida S. ismli shaxsga nisbatan (jinsi ayol) jinoiy ish ko‘rildi. Sudlanuvchi S. ismli shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan “Samsung Galaxy A3” rusumli uyali telefon apparatidan bir necha raqamlar orqali “Telegram” messenjerida ro‘yxatdan o‘tgan. Tanishlarining fotosuratlariga uyatli so‘zlarni yozib (ular fohishabozlik bilan shug‘ullanishi va pul evaziga jinsiy aloqaga kirishishi), ularni “Telegram” messenjeridagi “Qiziriq City” nomli guruhga joylashtirgan. Qizlarning sha'nini tahqirlaydigan uydirmalarni tarqatgan.  Bundan tashqari o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqami orqali 2018 yil yanvar oyida internet tarmog‘idagi “Telegram” messenjerida “…….” nomli taxallus bilan ro‘yxatdan o‘tib, dugonalarining fotosuratlariga uyatli so‘zlar yozgan. Mazkur fotosuratlarni “Telegram” messenjeridagi “Qiziriq City” nomli guruhga joylashtirgan. Fotosuratlarning pastki qismiga “Kim ular bilan jinsiy aloqada bo‘lsa, SPID (OITS) bo‘ladi, ular bilan faqat g‘ayritabiiy usulda jinsiy aloqa qilish kerak” degan mazmunda so‘zlar yozib, ularning sha'ni hamda qadr-qimmatini beodoblik bilan tahqirlagan. Sud S.ismli shaxsni O‘zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasiga ko‘ra, tuhmat qilish hamda 140-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topdi. Sudlanuvchiga nisbatan ish haqining 20 foiz miqdori davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni undirish yuzasidan fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi borligi uqtirildi. Hukmdan norozi taraflarga tegishli muddatlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish yoki protest bildirish huquqi mavjudligi tushuntirildi.
5Jamiyat
Qozog`istonda kuchli zilzila kuzatildi Qozog`istonning Olma-Ota viloyatida bugun tongda ro`y bergan er qimirlashi kuchi 6,2 ballga teng bo`ldi. Shuningdek, tabiiy hodisa Toldiqo`rgon viloyati markazi hamda janubiy poytaxt Olma-Ota shahri aholisini ham yaxshigina bezovta qilgan.  Favqulodda vaziyatlar mintaqaviy departamenti matbuot xizmati xabariga ko`ra, qurbon bo`lganlar yoki jabrlanganlar yo`q. Idora vakilining aytishicha, er mahalliy vaqt bilan 06.10 da silkinishni boshlagan. "Zilzila o`chog`i Olma-Ota shahridan 244 km shimoli-sharqda, Eskeldi tumaniga qarashli tog`li hududda qayd etildi. Bu galgi tabiat hodisasining energetik sinfi 12.2, MPV magnitudasi 6.2 ballni ko`rsatdi", — deyiladi rasmiy xabarda. Er qimirlashiga sabab bo`lgan nuqta 25 kilometr chuqurlikda joylashgan.
2Dunyo
«Real» «Selta»ga 4ta gol urdi Ispaniya chempionati 12-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. "Selta" maydoniga safar qilgan "Real Madrid" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:4 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘ldi.  Maydon egalari safida Malo hamda Mendes 1tadan gol urdi. "Real" safida Benzema, Ramos hamda Sebalos 1tadan gol urgan bo‘lsa, yana bir gol raqib futbolchisi Kabralning o‘z darvozasiga to‘p kiritishi oqibatida urildi.  Selta – Real Madrid 2:4 (0:1, 2:3) Gollar: 0:1 – 23 Benzema, 0:2 – 56, avtogol Kabral, 1:2 – 61 Malo, 1:3 – 83, penalti Ramos, 1:4 – 90 Sebalos, 2:4 – 90 Brais Mendes. Selta – Alvares, Ronkalya, Junka, Malo, Kabral, Brais Mendes, Beltran (Mor, 63), Yokushlu, Bufal (Yulsager, 63), Aspas, Maksi Gomes. Real Madrid – Kurtua, Nacho (Asensio, 71), Regilon (Xaver Sanches, 45), Odriosola, Ramos, Modrich, Kazemiro (Sebalos, 19), Vaskes, Kroos, Beyl, Benzema. Ogohlantirishlar: Regilon (37), Kabral (40), Malo (41), Junka (44), Xaver Sanches (53). Chetlashish: Kabral (87). Sevilya – Espanol 2:1 (0:1, 2:0) Gollar: 0:1 – 38 Iglesias, 1:1 – 70 Merkado, 2:1 – 89 Ben-Yyedder. Rayo Valekano – Vilyarreal 2:2 (1:1, 1:1) Gollar: 0:1 – 33 Chukvueze, 1:1 – 45 de Tomas, 2:1 – 66 Garsiya, 2:2 – 80 Sansone.
13Sport
Foydali yegulik: 5 daqiqada mikroto‘lqinli pechda tayyorlanadigan olmali chips Mazali chipslarni har qanday turdagi olmalardan tayyorlash mumkin. Kerakli mahsulotlar: Tayyorlanish jarayoni: Yoqimli ishtaha!
9Pazandachilik
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori (ro‘yxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 21-son, 401-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandda: yigirma to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq);”; o‘ttizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “uchinchi tomon — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasida ko‘rsatilgan tashkilotlar;”; quyidagi mazmundagi o‘ttiz birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va o‘z ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini ko‘zlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari).”. 2. 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari, ular to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki to‘lov agentlari va (yoki) to‘lov subagentlari orqali harakat qilishidan qat’i nazar, quyidagilardan iborat:”. 3. 5-bandda: birinchi xatboshi “kengashida” degan so‘z “kuzatuv kengashida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “uning tijorat bankining rahbariyati, shu jumladan kuzatuv kengashi va uning qo‘mitalari, boshqaruvi, boshqa bo‘linmalari, ichki audit xizmati hamda chet eldagi sho‘ba banklari, filiallari va vakolatxonalari, shuningdek to‘lov agentlari va to‘lov subagentlari bilan o‘zaro munosabati;”; oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “o‘zining funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘lishi, shuningdek mazkur ma’lumotlarni taqdim etish masalalari yuzasidan hamkorlik qilish bo‘yicha tijorat bankining boshqa bo‘linmalari va sho‘ba banklari, chet eldagi filiallari va vakolatxonalari, to‘lov agentlari va to‘lov subagentlari xodimlarining majburiyati;”. 4. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin: “51. Ichki nazorat xizmati o‘z funksiyalarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi har qanday ta’sirlardan qochish maqsadida bankning foyda olishga qaratilgan bo‘linmalari rahbarlaridan mustaqil hisoblanadi. Ushbu mustaqillik quyidagi jihatlar bilan ta’minlanadi: Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlarini tayinlash, lavozimidan ozod etish, shuningdek ularning faoliyatini baholash va mukofot to‘lovlari miqdori (ish haqi, bonuslar va boshqalar) to‘g‘risidagi qarorlar faqat kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi; Ichki nazorat xizmati rahbari bankning foyda olishga qaratilgan bo‘linmalarini boshqarish va operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha vakolatga va moliyaviy majburiyatlarga ega bo‘la olmaydi, shuningdek boshqa lavozimlarni qo‘shib olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi.”. 5. 6-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ichki nazorat xizmatining to‘lov agentlari va to‘lov subagentlari bilan o‘zaro ishlash tartibi;”; oltinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘n sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ichki qoidalar to‘lov agentlari va to‘lov subagentlariga, shuningdek, tijorat bankining barcha bo‘linmalariga hamda chet eldagi sho‘ba banklariga, filiallariga va vakolatxonalariga ijro uchun majburiydir.”. 6. Quyidagi mazmundagi 62-band bilan to‘ldirilsin: “62. Banklar, ular va ularning agentlari va subagentlari faoliyat ko‘rsatadigan mamlakatlarning vakolatli organlari foydalanishi mumkin bo‘lgan to‘lov agentlari va to‘lov subagentlarining yangilangan reyestrini yuritishi kerak.”. 7. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi bank ishining jihatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, agentlar, subagentlar, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bog‘liq tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.”. 8. 11-bandning birinchi xatboshisidan “tijorat banki boshqaruvi raisining buyrug‘i bilan lavozimiga tayinlanadi va ozod etiladi, ular” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 9. 22-bandning “b” kichik bandida: yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 AQSh dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasining sotib olinishi;”; to‘qqizinchi xatboshi “tangalarini,” degan so‘zdan keyin “o‘lchovli yombilarini,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “bank nomidan to‘lov agenti yoki to‘lov subagenti tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravariga teng yoki undan ortiq miqdordagi naqd pul mablag‘larini bank kartalariga, shu jumladan uchinchi shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun qabul qilinishida;”. 10. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan to‘ldirilsin: “221. To‘lov agentlari va to‘lov subagentlari, agar agentlik va (yoki) subagentlik shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralarni ko‘rish maqsadida mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilishni mumkin.”. 11. 23-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda tijorat banki, shu jumladan, u o‘zining to‘lov agentlari va (yoki) subagentlari orqali harakat qilganda, bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi va bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini to‘xtatishi lozim.”. 12. 25-banddan “Tijorat banki tomonidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 13. Quyidagi mazmundagi 291-band bilan to‘ldirilsin: “291. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ushbu Qoidalar bilan yuridik shaxslar uchun o‘rnatilgan talablar qo‘llaniladi.”. 14. 33-bandda: quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “korrespondentlar o‘rtasida majburiyatlarning aniq va to‘liq taqsimlanishini ta’minlash.”; yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin. 15. 38-bandda: ikkinchi xatboshidagi “(shoxobcha, bo‘lim va shu kabilar)” degan so‘zlar “(to‘lov agentlari, to‘lov subagentlari, shoxobcha, bo‘lim va shu kabilar)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “jo‘natiladigan pul o‘tkazmalarini mijoz-jo‘natuvchi haqidagi (jo‘natuvchining nomi; shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat) seriyasi va raqami — jismoniy shaxslar uchun; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan bo‘lsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami; jo‘natuvchining manzili yoki davlat identifikatsiya raqami yoxud mijozning identifikatsiya raqami, jismoniy shaxslar uchun esa — tug‘ilgan sanasi va joyi) va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan bo‘lsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) aniq ma’lumotlar bilan birga yuborilishini ta’minlashlari;”; beshinchi xatboshidagi “familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa)” degan so‘zlar “jo‘natuvchining nomi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “norezident-banklardan va xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablag‘larini jo‘natuvchilari haqidagi minimal ma’lumotlarni (jo‘natuvchining nomi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat) seriyasi va raqami — jismoniy shaxslar uchun; jo‘natuvchining manzili yoki davlat identifikatsiya raqami yoxud mijozning identifikatsiya raqami, jismoniy shaxslar uchun esa — tug‘ilgan sanasi va joyi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan bo‘lsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) taqdim etilishini talab qilishlari;”. 16. Quyidagi mazmundagi 391-band bilan to‘ldirilsin: “391. Tijorat banklari, pul o‘tkazmasi bo‘yicha ham jo‘natuvchi va ham qabul qiluvchi tomonlarga xizmat ko‘rsatgan taqdirda, quyidagilarga majburdirlar: shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborish zaruriyatini aniqlash maqsadida ham jo‘natuvchi tomondan, ham qabul qiluvchi tomondan olingan barcha ma’lumotlarni hisobga olish; shubhali pul o‘tkazmasi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday mamlakatda shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabarni vakolatli organlarga yuborish va pul o‘tkazmasi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni taqdim etish.”. 17. 43-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “43. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda tijorat banki, shu jumladan, u o‘zining to‘lov agentlari va (yoki) to‘lov subagentlari orqali harakat qilganda, olingan ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va tijorat banklariga taqdim qilinadigan Ro‘yxat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar ro‘yxati bilan solishtirib chiqishi shart.”. 18. 49-bandning o‘n beshinchi xatboshsi “tangalarini” degan so‘zdan keyin “, o‘lchovli yombilarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 19. 52-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “52. Tijorat banklar, shu jumladan, ular o‘zining to‘lov agentlari va (yoki) to‘lov subagentlari orqali operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya ma’lumotlarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari shart.”. 20. 55-bandda: “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoxud Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;”; “j” kichik bandi chiqarib tashlansin. 21. 85-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “85. Elektron shaklda to‘ldirilgan anketalar tijorat bankining mijozlarning identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga, shuningdek to‘lov agentlari va to‘lov subagentlariga mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.”. 22. 89-band “lozim darajada tekshirishga doir materiallarni” degan so‘zlardan keyin “, hisobraqamlar bo‘yicha fayllarni va xizmat yozishmalarini, o‘tkazilgan har qanday tahlil natijalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 23. Quyidagi mazmundagi 961-band bilan to‘ldirilsin: “961. Tijorat banklari to‘lov agentlari va subagentlarini ushbu Qoidalar va bankning ichki qoidalari talablariga rioya qilishlarini ta’minlashlari shart. Tijorat banklari o‘z to‘lov agentlari va to‘lov subagentlari tomonidan ushbu Qoidalarning talablarini buzganlik uchun javobgar hisoblanadi.”. 24. 3-ilovaquyidagi mazmundagi 11 va 12-bandlar bilan to‘ldirilsin:: “11. Mijozning benefitsiar mulkdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 12. Mijozning yuqori mansabdor shaxs (uning oila a’zosi yoki unga yaqin shaxs) ekanligi to‘g‘risida belgi.”.
10Qonunchilik
Rossiya va AQSh elchilari Butina bilan uchrashishadi Rossiya FederatsiyasiningAQShdagi elchixonasi ma'muriyati o‘tgan haftada Vashingtonda hibsga olingan rossiyalik Mariya Butinani ko‘rishga borishmoqchi. Bu haqida elchixona matbuot xizmati Twitter sahifasida e'lon qildi. «Mariyani ko‘rishga haftada bir marta borishimiz haqida u bilan kelishib oldik. Keyingi tashrifimiz 26 iyulda bo‘lib o‘tishi haqida qamoqxona ma'muriyati bilan kelishib oldik. Shuningdek, u yerda Mariya nomiga maxsus qamoqxona hisobi ochilishi kerak. Bu bilan u Rossiyadagi qarindoshlari, elchixonaga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin bo‘ladi. Birinchi o‘rindagi vazifa Mariyaga yuridik yordam berilishi lozim. Ushbu harakatlar xalqaro huquq normalari va AQSh qonunchiligi doirasida bo‘ladi. Konsullik Rossiya fuqarolari huquq va manfaatlarini himoya qiladi», deya xabar qildi diplomatlar. Bundan avval konsul xodimlari 19 iyulda Butinani oldiga borishgandi. 15 iyul kuni qo‘lga olingan 29 yoshli Butinaga ikkita ayb qo‘yilgan: birinchisi AQShda xorijiy davlatlar bilan fitna uyushtirgani bo‘yicha, ikkinchisi bu ishlarni AQSh Adliya vazirligiga chet el agenti sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirgani. 18 iyul kuni Vashington Federal sudida o‘tkazilgan majlisda Rossiya fuqarosiga nisbatan vaqtinchalik hibsga olish chorasi qo‘llangan. Qaror sudya Debora Robinson tomonidan chiqarilgan. Rossiyalik advokat Robert Nil Driskoll Mariyani ozod qilishga va'da bergan.
2Dunyo
Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi: 1. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: benefitsiar mulkdor — yakuniy natijada mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs, shu jumladan manfaatini ko‘zlangan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs; ichki nazorat — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning mijozni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni boshqarish, shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik faoliyatida, terrorizmni moliyalashtirishda yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishda ishtirok etivuvchi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati; ichki qoidalar — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar, shu jumladan ularning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar; mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash; mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi yuridik shaxsni aniqlash; mijoz — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xizmatidan foydalanayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs; terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs; ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs; kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs — kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun o‘rnatilgan tartibda litsenziyani olgan shaxs; mijozni lozim darajada tekshirish — mijozni va u qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotganini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganishlarni o‘tkazish; xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — ichki nazoratni o‘tkazish davomida kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan shubhali deb topilgan, sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan kripto-aktivlar, shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar; mas’ul xodim — ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs; offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar; Ro‘yxat — terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati; kripto-aktivlarni almashtirishga, saqlashga va sotib olish/sotishga mo‘ljallangan kripto-platforma — kripto aktivlarini, shu jumladan tokenlarni sotish, sotib olish va almashtirish, joylashtirish, saqlash va boshqarish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi (resurs, dasturiy ta’minot va apparat, dasturiy ta’minot, mobil dastur); shubhali operatsiya — kripto-aktiv, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarda mazkur Qoidalarni amalga oshirish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya; operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning kripto-aktiv, pul mablag‘lar yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish; yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq); tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi; ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan mas’ul xodim va kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xatti-harakatlari yig‘indisi; maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti; operatsiya ishtirokchilari — mijozlar (shu jumladan, ta’sischilari, aksiyadorlari va boshqa ishtirokchilari), ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari; xususiy kripto-hamyon — kripto-birjalaridan tashqarida yaratilgan kripto-aktivlari va tokenlarni saqlash va ularning egasiga kripto-aktiv va tokenlari bilan barcha turdagi operatsiyalarni bajarish imkonini beruvchi dasturiy va dasturiy-texnik vositasi. 2. Quyidagilar ichki nazoratning maqsadi hisoblanadi: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qaratilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish; kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; tavakkalchiliklarni aniqlash, ularni baholash, hujjatlashtirish va pasaytirish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash. 3. Quyidagilar ichki nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi: o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirishga doir tegishli choralarni ko‘rish; mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarini va identifikatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish, shu jumladan mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash; benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini o‘rganish bo‘yicha imkon qadar choralar ko‘rish; yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish; mazkur Qoidalar va ichki qoidalarda belgilangan tartibda shubhali operatsiyalarni aniqlash; ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etish; maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarini hamda mijozlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarini to‘xtatib turish haqidagi ko‘rsatmasini o‘z vaqtida bajarish; Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash; operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash; kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda ta’minlab borish; shubhali operatsiyalarni amalga oshirish yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan operatsiya ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro almashib borish; so‘rovlar bo‘yicha mijozlar bazasidan Ro‘yxat bilan solishtirish orqali terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlash. 4. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki nazorat tizimi ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi. 5. Mas’ul xodim kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar rahbarining buyrug‘i bilan rahbar xodimlari orasidan tayinlanadi. Mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar o‘zining mas’ul xodimi va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni har yili 10-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda yuboradi. Mas’ul xodim o‘zgargan taqdirda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, yangi tayinlangan mas’ul xodim haqida uni tayinlangan ish kunidan kechiktirmasdan xabardor qilishi lozim. 6. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi maxsus vakolatli davlat organiga kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardagi mas’ul xodimlar va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni har yili 20-yanvardan kechiktirmasdan taqdim etadi. 7. Mas’ul xodim lavozimiga tayinlanuvchi shaxs kripto-aktivlar muomalasi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchiligi hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlarni bilishi shart. 8. Mas’ul xodim lavozimiga o‘z faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqarganini namoyon etgan hamda sudlanganlik muddati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar tayinlanishi mumkin emas. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning rahbari lavozimiga: o‘z faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqarganini namoyon etgan; terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan; iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki o‘talmagan shaxslar tayinlanishi mumkin emas. 81. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning ustav jamg‘armasida: mazkur Qoidalarning 8-bandi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning; offshor hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarning ishtirok etishi taqiqlanadi. 9. Mas’ul xodimlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari muntazam ravishda (yiliga kamida bir marta) xodimlarni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart. 10. Mas’ul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs xizmatlaridan foydalanish xavfining oldini olish uchun qonunchilikda, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘radi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchiligi, ushbu Qoidalar va ichki qoidalar talablariga kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan rioya etilishi nazoratini amalga oshiradi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qonun buzilishi holatlari to‘g‘risidagi axborotni kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar rahbariga taqdim etadi; kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi bo‘yicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning rahbariga ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritadi; mazkur Qoidalar ijrosi natijalari haqida hisobotni bir yilda kamida bir marotaba kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning rahbariga taqdim etadi; shubhali operatsiyalar, ularni bajarishga urinishlar to‘g‘risidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida uzatilishini, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish haqidagi so‘rovlarning va mijozlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarini to‘xtatib turish haqidagi ko‘rsatmasining bajarilishini ta’minlaydi; ichki nazoratni tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va maxsus vakolatli davlat organi mas’ul shaxslari bilan hamkorlikni amalga oshiradi; Ro‘yxatni kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xodimlariga yetkazadi. 11. Mas’ul shaxs quyidagi huquqlarga ega: kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan boshqaruvchilik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish; xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish. Mas’ul shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 12. Mas’ul shaxs quyidagilarga majbur: o‘z vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni ko‘rish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid o‘z tavvakalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish, bu tavakkalchiliklarni hujjatlarda qayd qilish va ularni kamaytirish choralarini ko‘rish; mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha, shu jumladan doimiy monitoringni amalga oshirish hamda identifikatsiyalash hamda Ro‘yxat bilan solishtirishni ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish; benefitsiar mulkdorlarni aniqlash va identifikatsiyalash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish; maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda shubhali operatsiyalar to‘g‘risida, shu jumladan ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay ularni amalga oshirishga urinishlar to‘g‘risida xabarlarni berib borish; maxsus vakolatli davlat organining mijozlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyasini to‘xtatib turish haqidagi talabnomasini o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha choralarni ko‘rish; olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilish; ichki nazorat amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini ta’minlash; qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish. 13. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari lozim: tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi, shu jumladan mijozlar tomonidan kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha tahlil qilish (shu jumladan, mijozlarning kripto-hamyon manzillari foydalanilgan savdo maydonlari, mijozlar kontragentlarining kripto-hamyon manzillari, mijozlarning kripto-hamyon manzillarining boshqa kripto-hamyon manzillari bilan aloqalarini aniqlash va h.q.) va mijozlarning kripto-hamyon manzillari qonunga xilof faoliyatda ishlatilishi tavakkalchiliklarini baholashni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotdan foydalanish; mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari; kerakli axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini ta’minlash tartibi; shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi; kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga qo‘yiladigan malakaviy talablar; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar; yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish hamda ular tomonidan o‘tkaziladigan operatsiyalarini monitoring qilish tartibi; yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi; maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etish haqidagi so‘rovlarni va mijozlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib turish haqidagi talabnomasini o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha choralar; qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar. 14. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar quyidagilarga majbur: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni o‘z faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi va uni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishi shart; tavakkalchiliklar darajasini va ularni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralar aniqlash davomida mazkur sohaga oid barcha tavakkalchiliklarning e’tiborga olish; tavakkalchiliklarni baholash eng so‘nggi holatda ushlab turish; maxsus vakolatli davlat organiga va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga tavakkalchiliklarni baholash natijalarini taqdim etishning aniq tartibini belgilash; boshqa, shu jumladan chet eldagi, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish davomida mumkin bo‘lgan usullar orqali, shu jumladan ochiq manbalardan, ularning ish obro‘si, biznes yuritish usul va uslublari, qonunchilikni bo‘zish hollatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash; kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning boshqaruv organlarining roziligi olingani va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini o‘rganilishidan so‘ng boshqa kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish; kripto-aktivlarni milliy yoki chet el valyutaga sotish yohud sotib olish, almashtirish operatsiyalarni, shu jumladan mijoz nomidan, amalga oshirish davomida kripto-aktiv junatuvchi/qabul qiluvchi hamda operatsiya amalga oshirish uchun ishlatilgan hamyon manzillari, benefitsiar mulkdorlari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni olinishi va taqdim etilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, maxsus vakolatli davlat organ va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘rovlariga asosan mazkur ma’lumotlarni taqdim etish; ichki qoidalar qo‘llanilishini doimiy monitoringini amalga oshirib borishlari va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning yuqori darajadagi tavakkalchilik aniqlangan hollarda tavakkalchiliklarni boshqarish va kamaytirish bo‘yicha kuchaytirilgan choralarni ko‘rish. 15. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki qoidalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi, shuningdek aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi shart. Ichki qoidalar, ularga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 16. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning chet eldagi alohida bo‘linmalari (mavjud bo‘lganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talbalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining talablaridan farq qilgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qo‘llashi lozim. 17. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar o‘zining xorijdagi alohida bo‘linmalaridan mazkur ajratilgan bo‘linmalar joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan holatlar to‘g‘risida bosh ofisni xabardor qilishni talab qilishga majburdir. 18. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini ko‘rishlari kerak. Mijozlarni lozim darajada tekshirish choralari barcha yangi mijozlar hamda tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib mavjud mijozlarga nisbatan qo‘llaniladi. Alohida hollarda, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud bo‘lganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirilayotganligi oshkor bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida axborot yuborilishiga yo‘l qo‘yiladi. 19. Mijozning lozim darajada tekshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi kerak: mijoz bilan amaliy ish munosabatlari o‘rnatilganda; mijoz bilan kripto-aktivlar muomalasiga oid xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilganda; o‘tkaziladigan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilayotganligiga nisbatan har qanday shubhalar mavjud bo‘lganda; mijoz to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga gumonlar mavjud bo‘lganda; operatsiya o‘tkazilayotgan kunda ekvivalenti 1000 (bir ming) AQSh dollaridan oshgan miqdordagi bir martalik operatsiyalar amalga oshirilayotgan hollarda. 20. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: ishonchli manba va hujjatlardan foydalangan holda mijozni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash; tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish; mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni, mijozning benefitsiar mulkdor shaxsini verifikatsiyalash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, shu jumladan ishonchli manbadan olingan ma’lumotlardan foydalangan holda, yuridik shaxs-mijozlarga nisbatan esa ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish; mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz, uning faoliyati maqsad va xarakteri hamda mol-mulk, shu jumladan kripto-aktivlar manbasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazish. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirish davomida olingan ma’lumotlarni muntazam yangilab borishi va eng so‘nggi holatda ushlab turishi shart. Bunda yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga olingan mijozlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. 21. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mazkur Qoidalarning 22-bandida ko‘rsatib o‘tilgan choralarni ko‘rish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan: yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish; yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina rahbariyat ruxsati bilan kirishish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish); lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart. 22. Lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: mijoz haqida ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalaridan qo‘shimcha tasdiqlangan ma’lumotlarni to‘plash va qayd etish, hamda mijoz va uning benefitsiar mulkdori haqidagi ma’lumotlarni yangilash va verifikatsiyalashni ko‘prok o‘tkazish; mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘larining manbalri yoki uning moliyaviy holati operatsiyalar o‘tkazilishning maqsad va sabablari haqidagi ma’lumotlarni olish; amaliy ish munosabatlariga kirishish yoki davom ettirishga kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning boshqaruv organlarining ruxsatini olish; tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yo‘li bilan mijoz operatsiyalarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish hamda operatsiyalarni amalga oshirish sxemalarni chuqur o‘rganish. mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish. 23. Mijoz xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma tuzish uchun murojaat qilganda, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar quyidagilarga majburdirlar: ushbu Qoidalar va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik talablariga muvofiq operatsiya bo‘yicha mijozni va/yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash; avvalgi hisobot davri (oy, yilning choragi, yarim yillik, yil) davomida mijozning ilgari o‘tkazgan operatsiyalarini o‘rganish, agar ixtiyorida bunday operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lsa; operatsiyaning turini va uning mijozning ta’sis hujjatlarida belgilangan faoliyati maqsadi va turlariga yoki uning umumiy ish amaliyotiga muvofiqlik darajasini aniqlash; aniq iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, mijozning lozim darajada tekshirish materiallariga ilova qilinadigan mijozning umumiy ish amaliyotiga, ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘zda tutilgan uning faoliyati maqsadlariga va turlariga mos kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma qayd qilish. 24. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash mazkur Qoidalarning 2 va 3-ilovalarida nazarda tutilgan axborot asosida amalga oshiriladi. Identifikatsiya natijasi familiyasi, ismi va otasining ismini, shuningdek sanasi ko‘rsatgan holda mas’ul xodim tomonidan alohida jurnalga kiritiladi. 25. Mijozni identifikatsiyalashda davlat ro‘yxatiga olinganligi, rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar tekshirilishi kerak. Ko‘rsatilgan hujjatlarni tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yish avtomatlashtirilgan tizimi orqali yoki ushbu tizimdan axborot olishning imkoni bo‘lmagan holda bevosita mijozdan olish mumkin. 26. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda bo‘lishi shart. Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda amaliy ish munosabatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganiladi. 27. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining o‘tkazilishi talab qilinmaydi. 28. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar quyidagi hollarda mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etadi: mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini qo‘llash imkoni bo‘lmaganda; identifikatsiyalashni tugatish imkoni bo‘lmagan yoki lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha u bilan ishga oid munosabatlarni o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar olingan holda; atayin noto‘g‘ri bo‘lgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilikka muvofiq so‘raladigan hujjatlar taqdim etilmaganda; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. Mijozlarga operatsiyani amalga oshirishni rad etilgan hollarda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishlari kerak. 29. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tavakkalchilik darajasini aniqlashi, shuningdek uni pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi shart. Tavakkalchilik darajasi mijozning faoliyati va amalga oshiradigan operatsiyalari turlarini inobatga olgan holda mijoz taqdim qilgan ma’lumotlar, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar va mijozni lozim darajada tekshirish natijalari asosida mas’ul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi. Mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan talablar asosida mijozga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni bajarishning tegishli (yuqori yoki quyi) tavakkalchilik darajasi beriladi. 30. Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga oldindan quyidagi mezonlarga to‘g‘ri keladigan operatsiya ishtirokchilari kiritilishi kerak: a) Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoki Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori bo‘lgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar; b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar; v) chet el korxonalarining vakolatxonalari va O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmagan jismoniy shaxslar; g) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega bo‘lgan shaxslar; d) benefitsiar mulkdori mazkur bandning “a” va (yoki) “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxs hisoblangan tashkilotlar; e) muntazam ravishda (3 oy ichida ketma-ket ikki martobadan oshiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar; j) yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar; z) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar. 31. Operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar ushbu mijozga nisbatan lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini ko‘rishlari va doimiy monitoring qilib borishlari shart. 32. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning xususiyati o‘zgarishiga qarab, kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozni lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni hisobga olgan holda tavakkalchilik xavfi darajasini qayta ko‘rib chiqishlari lozim. 33. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar ichki qoidalarda belgilangan tartibda yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlarning (operatsiya ishtirokchilarni) hisobini yuritishi kerak. Yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlar (operatsiya ishtirokchilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus jurnalga kiritiladi. 34. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rishi kerak. Ushbu maqsadda kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar xizmatlarini ko‘rsatish uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak. Tavakkalchilikning bunday baholash yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanishdan avval o‘tkazilishi kerak. 35. Quyidagi mezon va alomatlar mavjud bo‘lganda operatsiya shubhali deb topiladi: operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tug‘ilishi va (yoki) operatsiya to‘g‘risidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi; operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi; mijoz tomonidan zarurat tufayli so‘ralayotgan, shu jumladan ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishning sababsiz rad etilishi; mijozga nisbatan mazkur Qoidalarda ko‘rsatilgan choralar asosli qo‘llanilayotganda, mijoz tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarining to‘xtatilishi; mijozga nisbatan ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablar qo‘llanilganda uning tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarining to‘xtatilishi; identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi; mijoz xizmat ko‘rsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar ko‘rsatishdagi oddiy to‘lovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi; kripto-aktivlar yoki pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki ro‘yxatga olingan shaxslarning foydasiga o‘tkazilishi; operatsiyaning ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa; qonunchilik bilan belgilangan nazorat jarayonidan qochishga qaratilgan degan xulosani chiqarishga asos bo‘ladigan operatsiyalar yoki bitimlarning bir necha bor amalga oshirilganligi aniqlanganda; muntazam ravishda bir xil miqdordagi kripto-aktivlarni bir yoki bir nechta, shu jumladan kripto-birjalarda ochilgan kripto-hamyonlarga o‘tkazish; kripto-aktivlarni bir-biriga ko‘p marta almashtirish, keyinchalik ularni kripto-birjalarda yoki kripto-aktivlarni almashtirishga, saqlashga va sotib olish/sotishga mo‘ljallangan kripto-platformalarda ochilgan boshqa kripto-hamyonlarga yoki xususiy kripto-hamyonlarga o‘tkazish; 24 soat ichida kripto-aktivlar bilan ko‘plab yirik bitimlarni amalga oshirish, shuningdek yangi ochilgan yoki ilgari uzoq vaqt davomida ishlatilmay kelgan kripto-hamyonlardan foydalanish; mijoz amaliy ish munosabatlarini aniq olib bora olmaydigan mamlakatlardagi kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga to‘satdan kripto-aktivlarni o‘tkazishi; kripto-aktivlarni qisqa vaqt ichida kripto-hamyonlariga kiritish va ularni xususiy yoki anonim kripto-hamyonlarga o‘tkazishi; kripto-aktivlarni ilgari jinoiy maqsadlarda ishlatilgan kripto-hamyonlardan, shuningdek bunday kripto-hamyonlarga ilgari ega bo‘lgan shaxslarning kripto-hamyonlaridan olish; mijozning odatdagi aylanmasiga aniq mos kelmaydigan kripto-hamyonlarga yirik miqdordagi kripto-aktivlarini kiritish; kripto-aktivlarini xorijiy yoki milliy valyutaga yuqori komissiya bilan yoki noqulay kursda almashtirish; yaqinda emissiya qilingan kripto-aktiv qiymatining tez o‘sishi va kripto-aktivlarni almashtirishga, saqlashga va sotib olish/sotishga aynan bir kripto-birja yoki kripto-platforma doirasida amalga oshirilishi; kripto-aktivlar narxlari bilan hiyla-nayrang ishlatish belgilari mavjudligi; uzoq vaqt davomida keng tarqalgan va muomalada bo‘lgan kripto-aktivlarni yangi emissiya qilingan kripto-aktivlarga ularni keyinchalik turli xil kripto-hamyonlarga o‘tkazish yoki chet el va milliy valyutaga almashtirish; yangi emissiya qilingan kripto-aktivni “White paper” deklaratsiyasiga (kripto-aktivlar va tokenlarni joylashtirish orqali investitsiyalar jalb qilinadigan emitent tashkilotning faoliyati haqida ma’lumotni o‘z ichiga olgan hujjat) ega emasligi yoki undagi ma’lumotlar haqiqatga muvofiq emasligi, shu jumladan kripto-aktivga ayrim mamlakatlar hukumatlari yoki taniqli xalqaro tashkilotlar tomonidan kafolat berilishi to‘g‘risida ma’lumotning asossiz keltirilishi hamda olingan mablag‘larning shubhali investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi; mijoz tomonidan doimiy ravishda IP-manzilni yashiradigan va maxfiylikni ta’minlaydigan dasturlardan foydalanishi; mijoz va uning operatsiya bo‘yicha kontragentining haqiqiy domeni, u ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatdagi domenidan farqliligi; mijozning aynan bir IP-manzildan kup miqdorda kripto-hamyonlar ochilishi; identifikatsiya ma’lumotlarini, shu jumladan elektron pochta manzillari, IP-manzillar va domenlarni, kripto-hamyon egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tez-tez o‘zgartirilishi; mijoz kripto-aktivlar aylanmasi sohasida bilimlarga ega emasligi; kripto-aktivlarining kelib chiqish manbai, xavf-xatarga asoslangan o‘yinlarni (qimor o‘yinlar) onlayn tarzda tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatadigan servislari bo‘lishi; operatsiyani amalga oshirishda foydalanilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklar jinoiy yo‘li bilan topilgan yoki terrorizmni yohud ommaviy qirg‘in qurollarini tarqalishini moliyalashtirishga mo‘ljallangan degan har qanday shubhaning mavjud bo‘lishi. Ichki qoidalar bilan shubhali operatsiyalarning qo‘shimcha belgilari va mezonlari o‘rnatilishi mumkin. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan, tavsiya xususiyatiga ega bo‘lgan metodik tavsiyalar asosida shubhali operatsiyalarni erta aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlarni joriy qilish huquqiga ega. 36. Identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumotlar, shuningdek mijozga berilgan tavakkalchilik darajasi operatsiyani monitoring qilishga asos bo‘lib hisoblanadi. 37. Mijozni identifikatsiyalash va ular operatsiyalarining joriy tekshiruvi lavozim majburiyatlariga muvofiq kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni olib boruvchi shaxsning xodimi tomonidan o‘tkaziladi, u shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalarni aniqlagan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita mas’ul xodimiga zudlik bilan xabar berishi lozim. 38. Mijoz operatsiyalarining keyingi tekshiruvi mas’ul xodim tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning o‘tgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Asosli shubhalar mavjud bo‘lgan taqdirda mas’ul xodim mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash to‘g‘risida yozma qaror qabul qiladi. 39. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan o‘rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek mijozning turidan, operatsiya maqsadlari va hajmidan aniqlanadigan tavakkalchilikdan kelib chiqgan holda va shubhali operatsiyani to‘g‘ri aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar asosida amalga oshiriladi. 40. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan so‘ng mas’ul xodim quyidagi choralarni ko‘rishi kerak: mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish; mijoz to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish; mijozning tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqish; operatsiya haqidagi ma’lumotlarni maxsus jurnalga qayd etish; shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishini ta’minlash; qonunchilikka va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u bilan munosabatlarni to‘xtatish bo‘yicha kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni olib boruvchi shaxsning rahbariga taklif kiritish. 41. Shubhali operatsiya haqidagi xabar kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga beriladi. 42. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs tegishli operatsiyaga nisbatan shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday ma’lumotni darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi zarur. 43. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori va operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya ma’lumotlarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari shart. Agar mijoz bilan amaliy ish munosabatlarni o‘rnatish davrida yoki pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyat olib boradigan shaxs xodimlari tomonidan mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, ular kechiktirmasdan va mijozni xabardor qilmasdan operatsiyani to‘xtatishlari va (yoki) kripto-aktivlarini ishga solmay to‘xtatib qo‘yishlari va mas’ul xodimga xabar berishlari kerak. O‘z navbatida mas’ul xodim operatsiya ishtirokchilaridan biri va amalga oshirilayotgan operatsiyaning identifikatsiya ma’lumotlarini maxsus jurnalga kiritishi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi lozim. 44. Kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiya kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan to‘xtatib turiladi, kripto-aktivlar esa ishga solinmay to‘xtatib qo‘yiladi va maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinadi, agarda: mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelsa; mijoz Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa; operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa; operatsiya ishtirokchisi — yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa. 45. Operatsiyani to‘xtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi. 46. O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni yozma ravishda so‘rashga, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali olishga haqlidir. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklari bilan operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi maxsus vakolatli davlat organining ko‘rsatmasini o‘z vaqtida bajarish choralarini ko‘radilar. 47. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha qonunchilikka va mazkur Qoidalarga muvofiq maxsus jurnalga yozgan holda quyidagilar rasmiylashtiriladi: operatsiya turi va uni amalga oshirish asoslari; operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi; operatsiyani amalga oshiruvchi mijozni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar. 48. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar, kripto-aktivlar, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlari hamda materiallarini, shu jumladan ish yozishmalarini, o‘tkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilganidan keyin besh yildan kam bo‘lmagan muddatda saqlashlari shart. Saqlash muddatlari tugashi bilan hujjatlar belgilangan tartibda arxiviga topshiriladi. 49. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladigan mijoz so‘rovnomasida qayd etiladi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar ichki qoidalarga muvofiq mijoz so‘rovnomasiga boshqa ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega. 50. Elektron shaklda to‘ldirilgan mijoz so‘rovnomasi qog‘oz shaklida chiqarilganda mas’ul xodim imzosi bilan tasdiqlanadi. 51. Mijozlar so‘rovnomalari xronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va mas’ul xodimda saqlab boriladi. 52. Kripto-aktivlar, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir axborot, zarurat tug‘ilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va axborotdan maxsus vakolatli davlat organi foydalanishi mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim. 53. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs, mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi kamida bir yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim. 54. Mas’ul xodim faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita mas’ul xodim tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak. 55. Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yo‘li asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va mas’ul xodim tomonidan ularning ro‘yxati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak. 56. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi to‘g‘risida ma’lum qilish huquqiga ega emaslar; ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni o‘z xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanmasligini) ta’minlaydilar. 57. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 571. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki audit xizmati mavjud bo‘lganda, ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilish ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 58. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning rahbari va mas’ul xodimi mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 59. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Jismoniy shaxsni identifikatsiyalashda zarur bo‘lgan ma’lumot: a) familiyasi, ismi, otasining ismi; b) tug‘ilgan sanasi va joyi; v) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; g) fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; d) doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi; e) shaxsni tasdiqlovchi hujjat (hujjatning raqami va seriyasi, berilgan sanasi va berilgan organning nomi); j) mobil telefon raqami (mavjud bo‘lsa). Mijoz – yuridik shaxslar hamda uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar: a) to‘liq, shuningdek agar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qisqartirilgan nomi; b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot: sana, raqam, ro‘yxatga oluvchi organ nomi; v) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; g) joylashgan eri (pochta manzili); d) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar; e) litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan litsenziyalar to‘g‘risida ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati; j) yuridik shaxs nomidan ish ko‘ruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar; z) yuridik shaxs ta’sischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda mijozning ustav fondi (kapitali)dagi ularning ulushlari to‘g‘risida ma’lumotlar; i) ro‘yxatga olingan va to‘langan ustav fondi (kapitali) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar; k) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; l) telefon raqamlari. 1. Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalariga 2 va 3-ilovalarda ko‘rsatilgan mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumot. 2. Xavf darajasi, shu jumladan xavfni baholash uchun asos to‘g‘risidagi ma’lumot. 3. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mijozni identifikatsiya qilishda amalga oshirilgan qo‘shimcha tadbir natijalari. 4. Mijoz bilan munosabatlarning boshlangan sanasi va xizmat ko‘rsatish muddati. 5. Ko‘rsatilgan xizmat turlari, miqdori va narxi to‘g‘risida ma’lumot. 6. Mijozning so‘rovnomasi to‘ldirilgan va unga o‘zgartirish kiritilgan sana. 7. Mijoz bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, amaldagi telefon raqami. 8. Qog‘oz shaklidagi mijoz so‘rovnomasini to‘ldirilgan xodimning imzosi (familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi ko‘rsatilgan holda) va elektron ko‘rinishdagi mijoz so‘rovnomasini to‘ldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi. 9. Ichki qoidalar bilan aniqlanadigan boshqa ma’lumotlar.
10Qonunchilik
Turkiya Yevropadan katta qadamlar bilan uzoqlashib borayotgani aytildi Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunkerning fikricha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevroittifoq mamlakatning YeIdagi a'zoligi bo‘yicha muzokaralarni vaqtinchalik to‘xtatishini xohlaydi. Bu haqda Associated Press xabar bergan. Yunkerning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Yevropadan katta qadamlar bilan uzoqlashib bormoqda. Uning fikricha, Erdo‘g‘an Yevropa Turkiyaning YeIdagi a'zoligi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish tashabbusi bilan chiqishidan umid qilmoqda. U «buning uchun mas'uliyatni Turkiyaga emas, balki faqatgina Yevropa ittifoqi bo‘yniga yuklash» niyatida. Avvalroq Germaniya TIV rahbari Turkiya Erdo‘g‘an vaqtida YeI tarkibiga kirmasligi haqida ma'lum qilgandi.
2Dunyo
«O`ZGEOINVEST-2017» ANJUMANIDA 3 TA INVESTISIYaVIY BITIM TUZILDI O`zbekiston qattiq foydali qazilmalarning investision salohiyati - “O`zgeoinvest-2017” mavzuidagi anjumanda 20 dan ziyod kompaniyalari vakillari yurtimizda geologiya va konchilik sohasida yaratilgan qulay investision muhit va sharoitlar doirasida taklif etilayotgan hamkorlik yo`nalishlarini o`zaro muhokama qildilar. Xalqaro anjumanda xorijiy hamkorlar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo`yicha uchta investisiyaviy bitim tuzildi. Unga binoan, dastlab geologiya-qidiruv ishlarini o`tkazish uchun 8 million AQSh dollari va keyinchalik kon topish istiqbollari aniqlanganidan so`ng 30 million AQSh dollaridan ortiq to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarni jalb qilish ko`zda tutilgan.
4Iqtisodiyot
Ot sporti bo‘yicha terma jamoa maxsus markaz tomonidan tayyorlanadi Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 517-son «2017-2021 yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz. «Markaziy ippodrom» AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi Yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga ishonchli boshqaruvga beriladi. Shuningdek, «Markaziy ippodrom» AJ ustav kapitali ippodromni rekonstruksiya qilish chog‘ida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari qiymatiga teng bo‘lgan summaga qo‘shimcha aksiyalarni emissiya qilish yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, «Markaziy ippodrom» AJni rekonstruksiya qilish va jihozlash 2017–2019 yillar davrida Prezidentning 15.06.2017 yildagi PQ-3057-son qaroriga binoan amalga oshirilmoqda. Hujjatda ishchi guruhni tuzish ko‘zda tutilgan bo‘lib, u: •  «Markaziy ippodrom» AJdagi qurilish-montaj ishlari qoldiqlari hajmini aniqlashi; •  Xalqaro va Osiyo ot sporti federatsiyalari talablariga muvofiq tayyorlash uchun loyihalashtirish tashkilotlariga loyiha-smeta hujjatlarini kiritishi darkor. Shuningdek,  Ot sporti bo‘yicha sport mahorat maktabi va «Markaziy ippodrom» AJ tarkibida Ot sporti bo‘yicha respublika termasi a'zolarini tayyorlash markazi tashkil etilmoqda. Quyidagi oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida belgilangan qabul kvotalari doirasida Ot sporti yo‘nalishlari ochilmoqda: •  O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti; •  Nukus Olimpiya zaxiralari kasb-hunar kolleji; •  Namangan Olimpiya zaxiralari kasb-hunar kolleji; •  Toyloq Olimpiya zaxiralari kasb-hunar kolleji.   Bundan tashqari, qaror bilan 2017-2021 yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Dasturda 24 ta tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.   Hujjat davlat tilida e'lon qilingan bo‘lib, 24.07.2017 yilda kuchga kirdi.
13Sport
O‘zbekistonning qaysi hududlarida elektr energiyasi tiklangani ma’lum qilindi Energetika vazirligi 25-yanvar, soat 19:30 holatiga ko‘ra, respublika hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan; Andijon viloyati — Andijon shahar 35 foiz, Xonabod 100 foiz, mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan; Buxoro viloyati — Olot, Qorako‘l, Qorovulbozor va Peshku tumanlarida to‘liq, Vobkent tumanida 20 foiz, Romitan tumanida esa 40 foiz elektr ta’minoti tiklandi; Jizzax viloyati — hozircha viloyatning 10–15 foizi elektr ta’minoti bilan ta’minlandi; Qashqadaryo viloyati — to‘liq elektr ta’minotidan uzilgan, tiklash-sozlash ishlari olib borilmoqda; Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 60 foiz, Karmana tumanida 55 foiz, Navbahor tumanida 40 foiz, Konimex tumanida 35 foiz va Nurota tumanida 70 foiz iste’molchilarda elektr ta’minoti tiklandi; Namangan viloyati — hozircha qisman tibbiyot muassasalari hamda suv ta’minoti korxonalari elektr ta’minotiga ulangan; Samarqand viloyati — Samarqand shahrida 45 foiz, Samarqand tumani 15 foiz, Paxtachi tumanida 100 foiz, Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahri 8 foiz, Narpay va Past Darg‘om tumani 30 foiz elektr ta’minoti mavjud; Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 foiz elektr ta’minoti mavjud. Oltinsoyda 70 foiz iste’molchilar tarmoqqa ulandi; Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 60 foiz, Yangiyer 60 foiz, Shirin shahri 100 foiz, Boyovut 30 foiz, Sayxunobod tumani 20 foiz, Guliston tumani 20 foiz, Mirzaobod tumani 10 foiz, Xovos tumani 50 foiz elektr tarmog‘iga ulandi; Toshkent viloyati — Olmaliq shahar 70 foiz, Angren shahar 50 foiz, Chirchiq 70 foiz, Ohangaron shahar 100 foiz, Bo‘ka tumani 40  foiz, Bo‘stonlik 90 foiz, Qibray 70 foiz, Ohangaron tumani 80 foiz, Parkent 100 foiz, Toshkent tumani 60 foiz, Yuqori Chirchiq tumani 60 foiz iste’molchilar tarmoqqa ulandi; Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahri 50 foiz, Qo‘qon shahri 5 foiz, Uchko‘prik tumani 40 foiz, O‘zbekiston tumani 20 foiz, Farg‘ona tumani 10 foiz, Dang‘ara tumani 40 foiz, So‘h tumani 100 foiz, qolgan hududlarda asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan; Xorazm viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan; Toshkent shahri — Mirzo Ulug‘bek 100 foiz, Yunusobod 50 foiz, Shayxontohur 10 foiz, Olmazor 20 foiz, Yakkasaroy 10 foiz, Yashnobod 50 foiz, Mirobod 40 foiz va Sirg‘ali tumanida 10 foiz iste’molchilar tarmoqqa ulandi. 25-yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Toshkent metropoliteni faoliyati ham to‘xtagan, Respublikadagi barcha poyezdlar o‘z manzillariga kechikib yetib borishi aytilmoqda. Toshkent shahar IIBB esa tibandliklarning oldini olish maqsadida ko‘chaga zarurat bo‘lmasa, shaxsiy mashinada chiqmaslikni tavsiya qilmoqda. Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Hojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan. “Daryo” nashri xodimlari va o‘quvchilarining xabar berishicha, Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti tiklangan. Keyinroq Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida” ekanini ma’lum qilib, fuqarolarni sarosimaga tushmaslikka chaqirdi. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan elektr energiyasida kuzatilayotgan nosozlik bo‘yicha komissiya tuzildi. Energetika vazirligi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr energiyasi to‘liq tiklanganini xabar qildi. Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatining bir qator hududlarida ichimlik suvi ta’minoti tiklandi. Toshkent IESning faoliyati qisman tiklanib, 7 ta energoblokdan 5 tasi barqaror ish faoliyatiga keltirildi. Energiya tanqisligi ortidan O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi. Gazli, Sho‘rtan hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. SSV Zangiota kovid-markazlaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.
8O‘zbekiston
Nigeriyadagi aviazarbalar natijasida 70dan ortiq kishi halok bo‘ldi Nigeriya harbiy-havo kuchlarining (HHK) Renn shahrida joylashgan qochqinlar lageriga qarata yo‘llangan xato aviazarbasi natijasida 70dan ziyod kishi halok bo‘ldi va 100dan ortig‘i jarohat oldi. Bu haqida Jyenevada Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari federatsiyasi xabar berdi. TASS agentligi shu haqida ma'lumot berdi.  "Qizil Xochning kamida 6 nafar ko‘ngillisi halok bo‘ldi va 13 nafari jarohat oldi, bu raqamlar ma'lumotlar yangilangani sayin oshishi ham mumkin. Gumanitar personaldan tashqari, 70 kishi halok bo‘lgan va yuzlab kishilar jarohat olgan", - deyiladi xabarda.  Qizil Xoch Xalqaro qo‘mitasi jarrohlari jarohat olgan ko‘plab kishilarga yordam ko‘rsatishmoqda.  Manbaga ko‘ra, Qizil Xoch tashkilotining halok bo‘lgan 6 nafar xodimi insonparvarlik yordami doirasida qochqinlarga oziq-ovqat yetkazib berish ishlarida ishtirok etayotgan bo‘lgan.   Hozirda Rennda 90ga yaqin kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ulardan 46 nafarining jarohati jiddiy. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ularni "zudlik bilan Mayduguriga evakuatsiya qilish zarur". Nigeriya harbiy qo‘mondoni, general Laki Irabor Kamerun chegarasi yaqinidagi Renn shimoli-sharqiga berilgan  aviazarba xato ketganini tasdiqlagan.  Bundan avval aviazarba natijasida 100dan ziyod kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
2Dunyo
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida 9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 62 yilligi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida: 1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 50 000 (ellik ming) so‘m miqdorda bir martalik pul mukofoti belgilansin. 2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika budjeti hisobidan amalga oshirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamg‘armalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’nu sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuv va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazsin. 5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti tayyorlov kursi va bahorgi qabulni davom ettiradi Pre-Foundation tayyorlov kursiga qabul davom etmoqda.  Tayyorlov kursining asosiy maqsadi (Pre-Foundation) — o‘quvchilarni universitetga qabul qilishga tayyorlash va ingliz tilidan kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga kirish imtihonlarini topshirmasdan BMUning 1-kursiga (Foundation dasturi) kirish kafolatlanadi. Davomiyligi: 2 semestr (30 hafta), 2021-yil oktabrdan 2022-yil maygacha: Narxi: oyiga 1 125 000 Grantlar Qabul jarayonini boshlash uchun www.e-university.space veb-saytidagi formani to‘ldiring. Qabul haqida batafsil ma’lumotni +99895 511 99 99 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki https://bmu-edu.uz/ saytidan olishingiz mumkin. Telegram guruhiga qo‘shiling: https://t.me/bmuprefoundation2021 Tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tamomlagan 10-sinf o‘quvchilari 11-sinfni tamomlaganidan so‘ng BMUga kirish huquqiga ega bo‘ladi. 1 -kurs uchun bahorgi qabul boshlandi (Foundation dasturi) Foundation dasturi to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi va til ko‘nikmalarini, biznes va IT-fanlari asoslarini qamrab oladi. O‘qishni bahorda boshlash bilan talabalar bir yillik o‘qishni yo‘qotmaydi. Boshqa universitet talabalari ham BMU Foundation dasturiga o‘tishlari mumkin. Davomiyligi: 2 semestr, bahor (2022-yil yanvar—may) va yoz (2022-yil iyun va iyul). Asosiy kirish imtihoni — ingliz tili testi. Ingliz tili testini muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlarga (IELTS ≥ 5.0 yoki BMU English Exam ichki testi + intervyu) universitetga qabul to‘g‘risida ikki haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatda rasmiy xabarnoma (Offer Letter) yuboriladi. IELTS / Duolingo sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga IELTS / Duolingo to‘lovi shartnoma narxining mutanosib ravishda kamayishi hisobidan qoplanadi. Imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish uchun BMU veb-saytiga kiring va ekranning o‘ng pastki burchagidagi “Apply now” tugmasini bosing. Xalqaro MBA dasturiga qabul (magistratura) ochiladi BMU magistratura dasturida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha xalqaro biznes boshqaruvi magistratura (MBA) dasturida o‘qishni boshlaydi: BMU magistratura dasturiga qabul qilish shartlari keyinroq e’lon qilinadi. Bizning yangiliklarimizni ijtimoiy tarmoqlarda va veb-saytimizda kuzatib boring. Britaniya menejment universiteti haqida qisqacha ma’lumot Hozirda Britaniya menejment universitetida 400 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitetning o‘quv dasturi Reading universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan (QS -200+). Universitetga Massachusetts texnologiya instituti (MIT), Garvard, Cambridge va dunyoning boshqa mashhur universitetlari bitiruvchilari va fan doktorlari dars berishadi. Britaniya menejment universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 272-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan 2020-yil 16-oktabrdagi 0008-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi. Universitet quyidagi mutaxassisliklarni taklif etadi: BMU, shuningdek, IT va biznes tahlili bo‘yicha qo‘shimcha mutaxassislikni bepul taklif etadi. BMUning barcha talabalari o‘z xohishiga ko‘ra va qo‘shimcha xarajatlarsiz ushbu mutaxassislikni asosiy mutaxassislikka qo‘shimcha ravishda olishlari mumkin bo‘ladi. Zamonaviy yuqori texnologiyali kampus Britaniya menejment universiteti keng ma’ruza xonalari, shinam auditoriyalar, katta kutubxona, zamonaviy yotoqxona, sport majmuasi, ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar va boshqa ko‘p qulayliklarga ega zamonaviy yuqori texnologiyali kampus qurilishini boshladi. BMU kampusi Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi yonida joylashgan. Uning umumiy maydoni 5 gektarni tashkil etadi. Agar siz yangi bosqichga tayyor bo‘lsangiz va Markaziy Osiyoning eng kuchli universitetlaridan biriga kirishga loyiq bo‘lsangiz, demak Britaniya menejment universiteti aynan siz uchun. Telefon: +99895 511 99 99 Sayt: bmu-edu.uz Elektron pochta: info@bmu-edu.uz Instagram: bmuedu Telegram: t.me/bmuedu Telegram bot: t.me/BMUedubot Telegram bot: t.me/BMU_pre_foundation_bot Facebook: fb.com/bmuedu LinkedIn: Britaniya menejment universiteti
8O‘zbekiston
Ijro intizomi yanada mustahkamlandi Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar tarqatdi. Qarorda ta’kidlanishicha, «Ijro.gov.uz» tizimi orqali prezident qaror va topshiriqlari bo‘yicha test rejimida tizimli nazorat olib borilmoqda. Hisob palatasi prezident qarorlari va topshiriqlarining to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazorat olib boruvchi, shuningdek, «Ijro.gov.uz» tizimi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi. Qaror bilan «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 2018 yil 1 dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlarida mavjud elektron hujjatlar almashinuvi tizimlari xatlovdan o‘tkazilishi nazarda tutilgan. 2019 yil 1 yanvarga qadar: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati doirasida «Jamoatfikri.uz» portali tashkil etiladi. «Ijro.gov.uz» tizimida respublika va hududlar darajasida o‘tkaziladigan majlis va yig‘ilishlarning markazlashgan ma’lumotlar bazasi yaratiladi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab: davlat organlari va tashkilotlarida qonunlar, prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini maxsus jurnal va hisob varaqalarida ro‘yxatga olish tartibi hamda bunda hisob kartotekalarining qog‘oz shaklida rasmiylashtirilishi va yuritilishi bekor qilinadi; respublika va hududlar darajasidagi majlis va yig‘ilishlarni o‘tkazish, prezident tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bundan mustasno, faqatgina «Ijro.gov.uz» tizimiga o‘tkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, ishtirokchilar tarkibi va davomiyligi ko‘rsatilgan qaydlar kiritilganidan so‘ng amalga oshirilishi belgilandi; Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan birgalikda majlislar va yig‘ilishlarning «Ijro.gov.uz» tizimida qayd etilmagan holda o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.
5Jamiyat
KIChIK VA O‘RTA KORXONALARNING IQTISODIY NOChORLIGI BELGILARINI ANIQLASh 1. Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son va 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan, uning maqsadi iqtisodiy nochorlik belgilarini erta bosqichda aniqlash, kichik va o‘rta biznes korxonalarini (matn davomida — korxonalar) sanatsiyalash yoki tugatish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirish yo‘li bilan korxonalar bankrot bo‘lishining oldini olish va ularning to‘lovga qobilligini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. 2. Iqtisodiy holatiga bogliq ravishda korxonalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: barqaror moliyaviy ahvolga ega; iqtisodiy tavakkalchilikga ega; iqtisodiy nochor. 3. Iqtisodiy tavakkalchilik belgilari aniqlanganda korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatini soglomlashtirish bo‘yicha tadbirlar majmuini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari kerak. 4. Iqtisodiy nochor korxonalar qonunga muvofiq bankrotlik to‘grisida e’lon berish yo‘li bilan majburan (ixtiyoriy ravishda) tugatilishi kerak. 5. Korxonalarning iqtisodiy holatini baholash va ularni iqtisodiy holatni aks ettiruvchi guruhlarga kiritish uchun asosiy ko‘rsatkichlar (mezonlar) quyidagi tarzda belgilanadi: 1) qarzlarni ular to‘lanadigan paytga qadar 60 kungacha realizatsiya tushumlari bilan uzganda — korxonalar “moliyaviy barqaror korxonalar” guruhiga kiritiladi; 2) ular to‘lanadigan paytga qadar 180 kungacha pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari mavjud bo‘lganda - korxonalar “iqtisodiy tavakkalchilikli korxonalar” guruhiga kiritiladi; 3) ular to‘lanadigan paytga qadar olti oygacha pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari mavjud bo‘lganda - korxonalar “iqtisodiy nochor korxonalar” guruhiga kiritiladi. 6. Pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzlar qonunga muvofiq majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari va pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini bajarish payti kelishi bilan belgilanadi (masalan, soliqlarni budjetga har oyda yoki har chorakda, hisobot davridan keyingi muayyan sanada to‘lash muddatlari). 7. Qarzlar summasini belgilash paytida muddati o‘tmagan, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar va zayomlar, ya’ni to‘lash muddati kelmagan uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar va zayomlar summalari chiqarib tashlanishi mumkin. 8. Muddati olti oydan oshib ketgan qarzlar to‘grisidagi ma’lumotlar “Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘grisidagi ma’lumotnoma” degan 2-a-Moliyaviy hisobot shaklidan olinadi. 9. Iqtisodiy nochorlikni belgilash uchun mazkur hujjat bilan tasdiqlangan koeffitsiyentlarning me’yoriy qiymatlari barcha kichik va o‘rta korxonalar uchun yagonadir. Bunda alohida tarmoqlarning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ularni hisoblash usuli, Makroiqtisodstat vazirligi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi va Tovar ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlar Palatasi bilan kelishgan holda, o‘zgarishi mumkin. 10. Mazkur mezonlar tizimi u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab amalga kiritiladi.
10Qonunchilik
Video: “Ahmoqlik ko‘prigi”da tom qismidan ayrilganiga qaramay harakatlanishni davom ettirayotgan yuk mashinasi AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi “Ahmoqlik ko‘prigi” navbatdagi “qurbon”ni tutib oldi. Hisob bo‘yicha 167-bo‘lgan yuk mashina haydovchisi sodir bo‘lgan holatga qaramay, harakatlanishni davom ettirgan, deb xabar beradi Motor. Darem shahri rasmiylari temiryo‘l ko‘prigiga oid vaziyatni hal etguniga qadar uning ostiga ko‘pab yuk mashinalar tiqilib qolishga ulgurdi. 2019-yilda konstruksiya 20 santimetrga ko‘tarilgan, ko‘prik oldiga yorqin sariq to‘siq va ko‘plab ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilgan. Mazkur yechim qisman yordam bergan. So‘nggi videoga ko‘ra, yuk mashinalari “Ahmoqlik ko‘prigi”ga tiqilib qolmayapti, biroq uning ostidan o‘tish vaqtida tom qismidan ayrilmoqda. Bu kabi holat 11-may kuni, katta yuk mashina haydovchisi bilan ham sodir bo‘lgan. E’tiborli jihati, avariyadan keyin haydovchi hech narsa bo‘lmagadek harakatlanishni davom ettiravergan. Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning mart oyida Avstraliyada ham “ahmoqlik ko‘prigi” paydo bo‘lgani, o‘sha vaqtda unga 124-avtomobil tiqilib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  “Gazel o‘ta olmaydi!” belgili ko‘prikka navbatdagi “Gazel” kelib urildi. U biohojatxona olib ketayotgan bo‘lgan
0Avto
Lukashenko 11 yoshli o‘g‘lini BMT delegatiga aylantirdi The Guardian jurnalisti Shon Uoker Twitter’dagi sahifasida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘g‘li BMTda mamlakat rasmiy delegatsiyasi uchun mo‘ljallangan joyda o‘tirgani tasvirlangan fotosuratni e’lon qildi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda. Ayni vaqtda, Belarus prezidenti saytida Nikolayning faqat Nyu-Yorkdagi “11-sentabr” Milliy yodgorligi oldida tushgan suratini ko‘rish mumkin. Belarus prezidenti o‘z o‘g‘li bilan birga mash’um terakt qurbonlaridan biri — Belarus fuqarosi Irina Busloning nomi yozilgan yodgorlikka gul qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi davom etmoqda, unda jahonning 150 mamlakati yetakchilari yig‘ilgan. Lukashenko so‘nggi 10 yilda birinchi marta BMTda nutq o‘qish uchun taklif qilindi.
2Dunyo
Korean and Migrations mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov yakunlandi O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga jo‘natish bo‘yicha firibgarlikka yo‘l qo‘ygan Korean and Migrations xususiy bandlik agentligining mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 2019-yil 10-oktabrda jamiyat rahbari va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, 10 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov jarayonida 2372 nafar fuqaro jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilib, jamiyat tomonidan 24,2 milliard so‘mdan ziyod moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan. Dastlabki tergov davomida jami 10 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish, uy qamog‘i va garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Ta’kidlanishicha, dastlabki tergovdan yashiringan shaxslarga nisbatan jinoyat ishining bir qismi alohida ish yurituviga ajratilib, ulardan ushbu pul mablag‘larini qaytarishga qaratilgan barcha kuch vositalari ishga solinadi va fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararning qolgan qismini qoplash choralari ko‘riladi. Qayd etilishicha, 2020-yil 9-mart kuni jamiyatning mansabdor shaxslariga nisbatan e’lon qilingan ayblov Jinoyat kodeksining firibgarlik, hujjatlarni qalbakilashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan to‘ldirilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari tamomlanib, ayblov xulosasi tuzilgan va uni tasdiqlash hamda tegishli sudda ko‘rib chiqish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan. O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun 2018-yil oktabr oyida kuchga kirgan edi. 2019-yil kuzidan beri Human, Korean and migrations va boshqa xususiy bandlik agentliklarining rahbarlariga nisbatan firibgarlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi (ma’lumotlarga ko‘ra, sakkizta agentlikka qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan).  O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi fuqarolarni 2,6 mlrd so‘mga chuv tushirgani aniqlandi Vijdonsiz xususiy bandlik agentliklari muammosi 2019-yil dekabrida Oliy Majlis Senatida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Xususan, senator Farrux Dadaxo‘jayev migrantlarning mablag‘larini himoya qilish mexanizmi yo‘qligi uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini tanqid qilib, agentliklar bilan bank hisob-kitoblarini akkreditiv asosida olib borishni taklif qilgan edi. O‘z navbatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunga o‘zbekistonliklarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha vijdonsiz xizmat ko‘rsatilishidan himoya qila oladigan tuzatishlarni kiritish niyatini bildirgan edi. 17-fevral kuni O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan 100 ga yaqin odam Toshkentdagi Mustaqillik maydonida yig‘ilib, Human agentligi tomonidan yetkazilgan zararning qoplab berilishini talab qilgan edi. Ular bilan dastlab bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov uchrashdi. Keyinroq norozi fuqarolar bilan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham uchrashdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, hukumat rahbari Human bandlik agentligi tomonidan fuqarolarga yetkazilgan 21 milliard so‘m (taxminan 2,2 million dollar) miqdoridagi zararni vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari fond hisobidan vaqtincha qoplab turish haqida topshiriq berdi. Shu voqealardan so‘ng O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklariga xorijga ishga ketayotgan fuqarolardan pul undirish taqiqlanishi ko‘zda tutuvchi hujjat tayyorlandi.
8O‘zbekiston
Falastin Isroil bilan barcha imzolangan kelishuvlarni harakatdan to‘xtatdi Falastin Isroil bilan imzolangan va amalda bo‘lgan barcha kelishuvlarni to‘xtatdi. Bu haqda Falastin muxtoriyati yetakchisi Mahmud Abbos hukumat yig‘ilishida ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda WAFA agentligi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tomoni Quds shahri yaqinidaagi Falastin qo‘rg‘onini buzgani shunday qaror qabul qilishga sabab bo‘lgan.  «Biz ustimizdan hukm qilishlariga bo‘yin egmaymiz va amalga oshirilgan ishlarga, xususan Sharqiy Quds holatlarga ko‘nikmaymiz», — deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik.  Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroilning Sharqiy Qudsda o‘zboshimchalik bilan Falastinga tegishli o‘nlab binolarni buzgani ortidan shunday qaror qabul qilingan. Abbos «Isroil bosqinchi hukumati tomonidan qabul qilingan barcha qarorlar»ni noqonuniy deb baholagan. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, «falastinliklarning qo‘li hamon adolatli, keng qamrovli va uzoq muddatli tinchlik tomon uzatilgan». «Bu biz taslim bo‘lishga va bosqinchilar bilan birga yashashga tayyor ekanimizni anglatmaydi», — degan Mahmud Abbos, Falastin AQSh tomonidan Yaqin Sharq mojarosiga barham berishi nazarda tutilgan «asr bitimi»ni qabul qilmasligini uqdirgan.  Abbosning so‘zlariga ko‘ra, Falastin va Isroil «savdo predmeti» bo‘la olmaydi va «ko‘chmas mulk obektlari ham emas».
2Dunyo
Rossiyada Ravon avtomobillari yetishmovchiligi: kompaniya yozda bir dona ham mashinani sotmadi Rossiyada Ravon avtomobillari yetishmovchiligi shunga olib keldiki, yoz davomida kompaniya birorta avtomobilni sota olmadi. Bundan Yevropa biznesi uyushmasi ma'lumotlari darak beryapti. Spot’ning yozishicha, so‘nggi marta kompaniya may oyida avtomobillarni sotgan - 508 dona. O‘shanda ular Rossiyadagi ko‘plab dilerlik markazlaridan yo‘qolib qoldi. Taqchillik sababi kamida ikkita - Rossiya bozori uchun narxlarni qayta ko‘rib chiqish va kompaniya biznes-modelining jiddiy o‘zgarishi: «Narxlarning qayta ko‘rib chiqilishi Rossiya va O‘zbekiston milliy valyutalari kursi o‘zgarishi hamda RFda utilizatsiya yig‘im stavkalari oshirilishi bilan bog‘liq. Biznes-modelning o‘zgarishi rebrending bilan kechdi va modellar yangilangan qatori ishga tushirilishi hamda Ravon brendi rivojlanishi, Rossiya bozori uchun yangiliklar ishga tushirilishi bo‘yicha loyihalar va dilerlik tarmog‘i kengayishi bilan birga davom etmoqda», - deya xabar berishgan Ravon Motors Rus/GM Uzbekistan’dan. Ravon brendining Rossiyadagi rasmiy hamjamiyati sahifasida «Mashinalar qayerda?» va «Ular qachon paydo bo‘ladi?» savollariga ma'murlar aniq javobni berishmagan, kutish va yangiliklarni kuzatib borish taklif etilmoqda. Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshlarida Ravon Rossiyada avtomobillar sotuvini deyarli to‘xtatib qo‘ygani xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Foto: Yerevanda MDH tarixidagi eng katta miting 22 aprel oqshomida Armaniston poytaxtida o‘n minglab kishilar mitingga chiqib, shahar markazidagi Respublika maydoniga to‘plandi. Ular mamlakatning sobiq prezidenti, endilikda bosh vazir bo‘lib olgan Serj Sargsyanning iste'fosini talab qilishmoqda. Qayd etilishicha, muxolifat tarafdorlari 21 aprel kuni qo‘lga olingan yetakchilari Armen Grigoryan, David Sanasaryan, 22 yanvar kuni politsiya tomonidan olib ketilgan deputatlar Nikol Pashinyan, Sasun Mikayelyan va Ararat Mirzoyan ozod qilinishidan keyin yanada katta kuch bilan namoyishlarni davom ettirishga qaror qilishgan. Yerevandagi namoyishlar nafaqat mamlakatning boshqa shaharlari, xorijdagi arman diasporalari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Endilikda namoyishchilarga Pashinyanning partiyadoshi, «Grajdanskiy dogovor» partiyasi a'zosi Alen Simonyan rahbarlik qilmoqda. Yerevanda so‘nggi ikki haftadan beri Serj Sargsyanning bosh vazir etib tayinlanishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda — Sargsyan so‘nggi 10 yil davomida mamlakatga prezidentlik qilgan. Sargsyanning prezidentlik davrida Armaniston prezidentlik respublikasi edi, biroq u referendum orqali Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritdi va endi parlamentar respublikaga aylangan Armanistonga yana rahbarlik qila boshladi. Endi namoyishchilar 17 aprel kuni bosh vazir lavozimiga tasdiqlangan Sargsyanning iste'foga chiqarilishini talab qilmoqda. Shu kuni parlamentdagi «Yelk» fraksiyasi deputati Nikol Pashinyan «Baxmal inqilobi» boshlangani haqida e'lon qildi. Namoyishchilar Yerevandagi ko‘chalarni yopib qo‘ymoqda. 21 aprel kuni namoyishlarning koordinatorlaridan biri Armen Grigoryanga ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarish ayblovi ilgari surilgandi. 22 aprel kuni Serj Sargsyan namoyishchilar rahbari Nikol Pashinyan bilan uchrashuvga keldi, ammo muloqot muzokara bosqichiga yetib bormasidan sobiq prezident uchrashuv maydonini tark etdi. Shundan so‘ng maxsus xizmatlar namoyishchilarni tarqatib yubora boshladi. Fotoreportaj: Politsiya Yerevandagi namoyishchilarni tumtaraqay qilmoqda Shu kuni kechqurun esa ko‘chalarga yuz mingga yaqin kishi chiqdi, bu MDH tarixidagi eng yirik mitingga aylandi.
2Dunyo
12 yanvar O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e'lon qilindi Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
8O‘zbekiston
Jamol Qoshiqchining jurnalistik faoliyati, Saudiya Arabistoni rahbariyati bilan ziddiyatga borishi tarixi 20 oktabrda Saudiya Arabistoni Istanbuldagi konsulligida jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘lganini tan oldi. Saudiya Arabistoni bosh prokurorining ta'kidlashicha, jurnalistning o‘limiga konsullikda yuz bergan mojaro olib kelgan. Jurnalist 60 yoshini qarshilashiga sanoqli kunlar qolganda o‘ldirilgan. Quyida u haqida biografik ma'lumotlar keltirilgan. Kelib chiqishi, ma'lumoti  Jamol Qoshiqchi 1958 yil 13 oktabrda Madinada turk ildizlariga ega nufuzli oilada tug‘ilgan. Uning amakisi Saudiya Arabistonining birinchi qiroli Abdulaziz Ol-Saudning shaxsiy shifokori bo‘lgan. Qoshiqchi oliy ma'lumotni AQShda olgan, u 1982 yilda Indiana shtati universitetini “biznes-ma'murlik” ixtisosligi bo‘yicha yakunlagan. Karerasi  Qoshiqchi Saudiya Arabistoniga qaytgach, 1985 yilda ingliz tilida chop etiluvchi Saudi Gazette nashri muxbiri sifatida jurnalistik faoliyatini boshlagan. 1987-1990 yillar davomida turli nashrlarda, jumladan Asharq Al-Awsat nashrida ishlagan, 1990-1991 yillarda esa Al Madinah gazetasi bosh muharriri vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyatini davom ettirgan. Qoshiqchi 1991-1999 yillar davomida Al Hayat arab nashrining xorijiy muxbiri sifatida Afg‘oniston, Sudan, Jazoir va Quvaytdagi voqealarni yoritgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, u shu davr davomida Saudiya Arabistoni razvedkasi bilan hamkorlik qilgan. Jurnalist 2001 yilda AQShda sodir etilgan teraktlargacha “Al-Qoida” yetakchisi Usoma bin Lodindan bir necha marta intervyu olgan. Qoshiqchi 2011 yildagi intervyularidan birida bin Lodin bilan do‘st bo‘lgani va bir vaqtlar uning qarashlarini qo‘llab-quvvatlaganini tan olgan. Qoshiqchi 1999-2003 yillarda Arab News nashri bosh muharriri o‘rinbosari lavozimini egallagan, 2003 yilda Al-Watan nashriga rahbarlik qilgan. U 2 yildan keyin hech qanday tushuntirishlarsiz bo‘shatib yuborilgan. Shundan keyin 2002-2005 yillarda Saudiya Arabistonining Britaniyadagi elchisi, 2007 yilda esa AQShdagi elchisi bo‘lgan shahzoda Turki al-Faysalning mediamaslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan. Qoshiqchi 2007 yilda yana Al-Watan’ga bosh muharrir etib tayinlangan, biroq 2010 yilda salafiylik bo‘yicha bildirgan tanqidiy fikrlari uchun bo‘shatib yuborilgan.  Qoshiqchi 2017 yildan AQShda yashab, Washington Post nashri uchun maqolalar yozgan. Shuningdek, u bloger hamda teleko‘rsatuvlar va tok-shoularda ishtirok etuvchi mutaxassis sifatida tanilgan. Saudiya Arabistoni hukumati bilan munosabatlari Qoshiqchi uzoq yillar davomida Saudiya Arabistoni qirollik oilasiga yaqin bo‘lgan, biroq 2015 yilda hokimiyat tepasiga qirol Salmon kelib, uning o‘g‘li shahzoda Muhammadning ta'siri kuchaygandan keyin, jurnalistning hukumat bilan munosabatlari yomonlasha boshlagan. Taxminlardan biriga ko‘ra, bunga Qoshiqchining 2016 yil noyabrda Yaqin Sharq siyosati bo‘yicha Vashington instituti tomonidan tashkil etilgan forumdagi chiqishi sabab bo‘lgan. O‘shanda jurnalist AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni Yaqin Sharq masalalarida Isroil pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashi uchun tanqid qilgan. Bu esa Tramp qiyofasida Eronga qarshi kurashda ittifoqdoshga ega bo‘lishni istagan Saudiya Arabistoni hukumatiga yoqmagan. Boshqa bir taxminga ko‘ra, Qoshiqchi qirollikdagi eng nufuzli kishilardan biri – Muhammad bin Naif Ol-Saudga yaqinligi sababli xushlanmay qo‘yilgan. 2017 yilda bin Naif valiahd shahzoda va ichki ishlar vaziri lavozimidan chetlatilgan. Qoshiqchini Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalashtiriluvchi barcha OAVda chop etish taqiqlangan. Shundan keyin Qoshiqchi mamlakatni tark etib, Saudiya Arabistonining amaldagi hukumatiga qarshi tanqidlarini yanada avj oldirgan. Jurnalist Washington Post’dagi maqolalarida shahzoda Muhammadning davlat boshqaruvini “qo‘rquv, qo‘rqitish, hibsga olishlar va sharmandalik” davri sifatida ta'riflagan. 2017 yil noyabrda Saudiya Arabistonida 11 shahzoda va 40 ga yaqin amaldor hibsga olingandan keyin jurnalist shahzoda Muhammad “o‘zi istaganicha sudlov o‘tkazishini” aytgan. Qoshiqchi 2018 yil sentabrdagi maqolasida qirollikni Yamanga 3 yillik urush davomida yetkazilgan vayrongarchiliklar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga chaqirgan. Vaholanki, jurnalist 2015 yilda Saudiya Arabistonining Yamandagi tartibsizliklarni to‘xtata olishi mumkinligini bildirib, qirollikning harbiy operatsiyani boshlash qarorini qo‘llab-quvvatlagan. Boshqa masalalar bo‘yicha pozitsiyasi Qoshiqchi NATOning Yugoslaviyadagi ixtiloflarga aralashuvini, Liviya yetakchisi Muammar Kazzofiyning ag‘darilishini, Suriya muxolifatining prezident Bashar Asadga qarshi namoyishlarini va turk qo‘shinlarining Suriya hududiga kirishini qo‘llab-quvvatlagan. Jurnalist 2017 yil iyunida Saudiya Arabistonini Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzish, sentabrida esa “Musulmon birodarlar” harakatining terrorchilik tashkilotlari qatoriga kiritish qarorlari uchun tanqid qilgan.
2Dunyo
Qalin qor yog`ganligi tufayli “Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi FVVning xabar berishicha, bugun, 6-fevral kuni soat 11:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lining “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.   Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko`lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
5Jamiyat
“Tojikiston-2019”: Imzo kompaniyasi o‘zaro strategik memorandumini imzoladi Joriy yilning 24—26-oktabr kunlari Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ko‘magida “Tojikiston-2019” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Imzo kompaniyasi “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostida o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Bugungi kunga kelib, Imzo kompaniyasi o‘z mahsulotini eksportga tayyorlash chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, Imzo kompaniyasi hamda Sug‘d, Xatlon viloyatlari Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida imzolangan xalqaro hamkorlik memorandumi tadbirda ishtirok etishning asosiy vazifalardan birini belgiladi. Ushbu kelishuv Tojikistonda rasmiy dilerlik tarmoqlarining tashkil etilishi va o‘zaro manfaatli munosabatlar asosida ikkala davlat iqtisodiyotining muqobil o‘sishiga xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, Imzo kompaniyasining xalqaro ko‘rgazmadagi ishtiroki xalqaro standartlarga javob beruvchi ishlab chiqarish mahsulotlari: deraza-romlar, eshiklar va tarkibiy qismlarni omma e’tiboriga havola etishdan iborat edi. Shuningdek, ko‘rgazmada Osiyo mintaqasi davlatlari Qozog‘iston, Afg‘oniston, Eron, Rossiya va Xitoy mamlakatlarining energetika, transport, logistika, yengil sanoat, kimyo, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va turizm kabi sohalarda faoliyat olib boruvchi qator kompaniyalar ishtirok etishdi.
8O‘zbekiston
Senat sayyor majlisida Sardoba toshqinidan talafot ko‘rganlarning 83,4 foizi o‘z uylariga qaytgani, qolganlar hali ham maktablarda ekani aytildi 2020-yil 5-sentabr kuni Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining sayyor majlisida Senat a’zolari, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Sirdaryo viloyati hokimligi mas’ullari, sektorlar rahbarlari, Yoshlar parlamenti a’zolari, hudud faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Senat raisi Tanzila Narbayeva olib borgan majlisda “Sardoba” suv ombori to‘g‘onida yuz bergan texnogen holat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, Parlament yuqori palatasiga “Sardoba” suv omboridan suv toshishi oqibatida talafot ko‘rgan fuqarolardan ko‘plab murojaatlar yo‘llangan. Ular senatorlar tomonidan joylarga chiqib ko‘rilgan va bunda nafaqat aholi murojaatlari bilan ishlandi, balki ularning taklif va mulohazalari ham eshitilgan. Qolaversa, Senat Ishchi guruhi tomonidan 2020-yil 14—18-avgust kunlari Sirdaryo viloyatining talafot ko‘rgan Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Bu jarayonga hududdagi senatorlar ham jalb etilib, muammolarni aniqlash maqsadida xalq deputatlari Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba tumanlari Kengashlari deputatlari ishtirokida aholi bilan bevosita muloqot olib borildi. Ijtimoiy soha obyektlarida bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlari uchun 9,5 milliard so‘m mablag‘ to‘lovlari to‘lanmayotganligi aniqlanib, ushbu mablag‘lar quruvchi tashkilotlarga to‘liq undirib berilgan. Qolaversa, Sardoba tumanidagi “Global Idea” MChJga 10,0 mlrd.so‘m kredit mablag‘i ajratilishi ta’minlangan. Mirzaobod tumanining “Haqiqat” MFYda joylashgan “Nuroniylar maskani” negizida “Yoshlar mehnat guzari”ni tashkil etish maqsadida 1,7 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Talafot ko‘rgan 3 ta tumanda jamoatchilik ishlariga jalb etilgan jami 1 ming 870 nafar fuqaroga to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 milliard 580 million so‘m mablag‘ning berilishi Ishchi guruh yordami bilan hal etilgan. Ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganish davomida muammo va kamchiliklar aniqlangani inobatga olinib, birinchi marotaba Senat Kengashining sayyor majlisini o‘tkazish maqsadga muvofiq deb topildi, deyiladi xabarda. Majlisda “Sardoba” suv ombori to‘g‘onidan suv toshish oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Xususan, uchta tumandagi 28 ta mahalladan 89 450 nafar aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Bugungi kunga qadar ularning 83,4 foizi o‘z yashash manzillariga qaytarilgan. Bundan tashqari, texnogen ofat oqibatida jami 4 710 ta xonadonga talafot yetkazilgan bo‘lib, shundan 2 211 tasi yaroqsiz, 2 499 tasi ta’mirtalab holatga kelgan. Shu kungacha uylari yaroqsiz holga tushgan fuqarolarni yangi uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 2 640 xonadonli 66 ta ko‘p qavatli uy qurish rejasi 56 foizga bajarilgan. Shu bilan birga, to‘rtta elektr podstantsiyasi, 106 ta transformator, 6 269 ta elektr ustuni, 345 kilometr uzunlikdagi elektr simlariga zarar yetishi sababli 12 ta aholi punktida yuzaga kelgan uzilishlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun 68 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Buning barobarida, 106,5 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari, 8 ta suv taqsimlash inshooti, 1 kilometr oqova suv tarmoqlarini tiklash uchun 13 ta aholi punktida yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun 129,7 milliard so‘m hajmida qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan. Majlisda texnogen holat oqibatlarini bartaraf etish borasida yechimini kutayotgan ayrim muammolarga e’tibor qaratildi. Xususan, jami 175 ta tadbirkorlik subyektidan 32 tasiga yetkazilgan zarar miqdori 9,1 milliard so‘m deb aniqlangan bo‘lsa-da, qolgan 143 ta tadbirkorning mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdori bo‘yicha aniq hisob-kitoblar amalga oshirilmagan va zararni qoplash bo‘yicha hech qanday amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmagan. Qolaversa, umumta’lim obyektlarini ta’mirlash, tiklash va qayta qurish ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan. Uy-joysiz qolgan 1 308 nafar fuqaro hozirgi kungacha 13 ta muassasa, shu jumladan, 6 ta umumta’lim maktabida yashayotganligi sababli mazkur ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlari kechikmoqda. Yana bir jihat, irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini tiklash ishlari bo‘yicha moliyalashtirish ishlari yakuniga yetkazilmagan. Ayrim qishloq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha yetkazilgan zararni qoplash ishlari yetarli darajada bajarilmagan. Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida talafot ko‘rgan 54 ta fermer xo‘jaligining 4 204 gektar paxta va g‘alla maydonlariga ekinlarni qayta ekish uchun sug‘urtalanmagan 9,5 milliard so‘mlik zararni qoplash masalasi hal etilmagan. Bundan tashqari, baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik yo‘nalishlarida ham shu kabi muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Shu bilan birga, majlisda yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari sust olib borilayotgani ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishda Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining taklif va fikr-mulohazalari tinglandi. Qayd etilganidek, “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi doirasida Sardoba tumanida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan 275 million so‘mlik 3 ta, Mirzaobod tumanida qiymati 260 million so‘mlik 8 ta loyiha tegishli mutasaddilarning mas’uliyatsizligi sababli bajarilmagan va yoshlar uchun mo‘ljallangan yangi ish o‘rinlari yaratilmagan. 186 nafar og‘ir turmush sharoitida yashovchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ham talab darajasida emas. Aholi bandligini ta’minlash ishlari ham yetarli darajada tashkil qilinmagan, 11 ta mahalladagi vaqtinchalik ishsiz qolgan va xorijdan qaytib kelgan 4 325 nafar ishsiz fuqaroning 31 foizi ishga joylashtirilgan. Shuningdek, majlisda Sirdaryo viloyatida yuz bergan texnogen holat oqibatida jabr ko‘rgan fuqarolar muammolarini yana bir bor hukumat darajasida Ishchi guruh tashkil qilgan holda puxta o‘rganish zarurligi, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Hukumat komissiyasiga taklif kiritish lozimligi ta’kidlandi. Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori qabul qilindi, deyiladi xabarda. Tanzila Norboyeva: “Sardoba fojiasi sabablari, kerak bo‘lsa, sababchilari ham aniqlanadi” Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Favqulodda vaziyat sababli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Suv toshqini oqibatida 4435 ta xonadon talafot ko‘rgan. Ulardan 2390 tasi yaroqsiz holga kelgan, 2045 tasi esa ta’mirtalab holatda. Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasida 37 ta 1480 xonadonli; Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida 20 ta 800 xonadonli va “Navbahor” mahallasida 9 ta 360 xonadonli ko‘p qavatli turar joy qurilish ishlari boshlangan. 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev sardobaliklar bilan uchrashuvda suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uylar davlat tomonidan bepul ta’mirlab berilishini, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qolishini ma’lum qilgan.
8O‘zbekiston
Yangi Zelandiyada antiqa suv jonzoti tasvirga olindi (video) Yangi Zelandiyada ikki g‘avvos ulkan chuvalchangni eslatuvchi antiqa suv jonzotini videotasvirga olishdi.  Ta'kidlanishicha, jonzotning uzunligi 8 metrga yetgan va ichi bo‘sh bo‘lgan. G‘avvoslarning The New Zealand Herald nashriga ma'lum qilishicha, ular shu paytgacha bunday jonzotni uchratishmagan. G‘avvoslarning ta'kidlashicha, ular hattoki shunday organizm mavjud bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilishmagan. “Bu gangitardi, biroq mo‘'jizaviy edi!”, deb aytgan g‘avvoslardan biri Endryu Batl. Uning taxminicha, ushbu “jonzot” birgalikda yagona organizmni tashkil qiluvchi pirosomalar koloniyasi bo‘lgan. Bunday koloniyalarning uzunligi 20 santimetrdan bir necha o‘nlab metrgacha yetishi mumkin. Bu jonzotlar issiqsevar bo‘lib, ekvotarial va tropik suvlarda yashaydi. Ta'kidlanishicha, ularni uchratish juda qiyindir.
2Dunyo
Maktab darsliklarining elektron shakllari internetga joylashtirildi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2018−2019 o‘quv yilida 1−11-sinflarga mo‘ljallangan darsliklarning elektron shakllari eduportal.uz axborot-ta’lim portaliga joylashtirildi. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar qildi. Darslik mualliflari mutaxassislarning fikrlarini bilishi va kelgusida darsliklarni takomillashtirish va yaxshilash maqsadida ushbu portalda bosqichma-bosqich har bir darslik bo‘yicha sharh berish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga, darsliklarni tayyorlash va joylarga yetkazish bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilganda, bir qator muammolar aniqlangan, jumladan: 1. Darsliklarning nashr etish jarayoni noto‘g‘ri rejalashtirilishi va joylarga yetkazib berish muddatlarining qisqaligi, ularning sifatiga va o‘z vaqtida yetkazilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 2. Mualliflar bilan ishlash va original darsliklarni tayyorlashdagi qiyinchiliklar. 3. Darsliklarni muddatida chop etilmaganligi tufayli, nashriyotlar bilan shartnoma muddatlarining uzaytirilishi. 4. Logistika muammolari. Shu munosabat bilan, o‘tgan o‘quv yilining boshiga qadar darsliklarning umumiy sonidan 47 foizi yetkazilgan, qolgan qismi esa butun o‘quv yili davomida (may oyiga qadar) yetkazib berilgan. O‘tgan davr mobaynida xalq ta’limi vazirligining mutaxassislari darsliklarning belgilangan muddatda joylarga, jumladan, chekka hududlarga yetkazib berishni optimallashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ro‘yxatini ishlab chiqdilar. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, muhim yutuqlarga erishildi. Bugungi kunda darsliklarning 94 foizi ta’lim muassasalariga topshirildi. Maktablardagi rejalashtirilgan o‘quvchilar soni va haqiqiy o‘quvchilar sonidagi farq tufayli, hozirgi kunda ba’zi bir darsliklarning maktablardan maktablarga yo‘naltirish ishlari olib borilmoqda. XTVning ma’lum qilishicha, ayni paytda vazirlik mutaxassislari mazkur muammolarni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda. Shu munosabat bilan, darsliklar yetishmasligi holatlari yuzaga kelganda, vaqtincha ularning elektron shaklidan foydalanishni so‘ramiz. Yetishmagan darsliklarni elektron shaklidan chop etish ham mumkinligi ta’kidlandi.
5Jamiyat
Seoul Mun: Poytaxt markazidagi sohil bo‘yida restoran oching Dream City ko‘chmas mulk mutaxassislari tomonidan Seoul Mun'dagi aynan qanday tijorat binolarida ovqatlanish shoxobchalari ochish kerakligi haqida tavsiyalar berishdi. Dream City kompaniyasi mutaxassislari Seoul Mun tijorat ko‘chmas mulki hududida muvaffaqiyatli umumiy ovqatlanish nuqtasini ochish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini taqdim etishdi. Seoul Mun – poytaxtda suv bo‘yida bunyod etilayotgan birinchi tijorat va dam olish me'moriy loyihasi. Umumiy hududi 40000 kvadrat metrni tashkil etadi. Bo‘rijar kanalining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab uch qavatli yuqori darajadagi ko‘chmas mulki qurilmoqda. Seoul Mun'da ikki yuzdan ortiq variantdagi turli xizmat, ko‘ngilochar jabhalar faoliyat olib boradi. Bu esa Toshkentning yangi keng ko‘lamli va zamonaviy qiyofasini aks ettiradi. Loyihaning konsepsiyasi Dream City Development tomonidan dunyodagi yetakchi ko‘chmas mulk konsalting kompaniyasi Knight Frank bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Mustaqil ekspertlar tashrif buyuruvchilar harakati va boshqa jihatlarni hisobga olib binolarning o‘ziga xos joylashuvi tasnifini taklif etishgan. Ko‘chmas mulk egalari uchun bu qimmatli maslahat va barqaror daromadli biznesni tashkil qilish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, umumiy ovqatlanish yo‘nalishi: restoran, kafe, qahvaxonani yoki hatto fudkort, kichik taomlanish maydonchasini tashkil qilmoqchi bo‘layotgan tadbirkorlar uchun mutaxassislar ikki toifaga, ya'ni katta umumiy ovqatlanish va kichik umumiy ovqatlanish formatini o‘zlari uchun belgilab olishlarini maslahat berishadi. Ushbu toifadagi ko‘chmas mulklar kirish va chiqish joylari va avtoturargoh joylariga yaqin masofada joylashadi. Maydoni jihatidan ushbu binolar uchun kichik, qulay variantdagi 60 kvadrat metrdan to 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan biroz kengroq maydonli joylar tavsiya etiladi. Bunday joylarda shiftning balandligi sabab binodan ikki darajali makon tashkil qilish mumkin. Shuningdek, binoda havo tozalash va ventilyatsiya kommunikatsiya loyihalanadi. Har bir savdo maydoniga qo‘shimcha keng terrasa mavjud bo‘lib, undan qo‘shimcha ochiq havodagi tashqi makon sifatida foydalanish mumkin. Knight Frank hisoblariga ko‘ra, Seoul Mun ko‘chmas mulki kapitallashuvi 30 foizga o‘sadi. Hamda mazkur maskanga yiliga 4.000.000 kishi tashrif buyuradi. Seoul Mun hududida bugunoq yuqori daromadli va barqaror biznesingizni yo‘lga qo‘ying. Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22 Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi. Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM. Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l. Sayt: seoulmun.uz Telegram: t.me/dreamcityuz Facebook: fb.com/dreamcity.uz Instagram: @dreamcity.uz
8O‘zbekiston
Yevrokomissiya Google’ni 3 mlrd yevro jarimaga tortmoqchi Yevropa komissiyasi yaqin haftalar ichida AQShning Google internet kompaniyasini aksilmonopoliya qonunchiligini buzganligi uchun 3 milliard yevro jarimaga tortmoqchi. Bu haqda, The Telegraph nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda. Aytilishicha, Yevrokomissiya o‘z qarorini yozgi ta’tilga ketishdan oldin e’lon qiladi. Google bilan bog‘liq surishtiruv 2010-yildan buyon davom etmoqda. Kompaniya adolatli raqobat prinsiplariga rioya etmay, foydalanuvchilarga o‘z mahsulotlarini tiqishtirishda gumonlanmoqda. Ilgari Google bir necha bor vaziyatni izga tushirish bo‘yicha takliflarni bergan, ammo regulyator bilan kelishuvga erisha olmagan edi.
14Texnologiya
Ko‘zi ojizlar ilk bor o‘zgalar ko‘magisiz ovoz beradi 39 ming nafardan ziyod ko‘zi ojiz O‘zbekiston fuqarolari 4-dekabr kuni Prezident saylovida ishtirok etadi. Ko‘rlar jamiyati vakillari shu kunlarda ular o‘rtasida relef-nuqtali Brayl alifbosi tushirilgan byulletenlardan foydalangan holda ovoz berish imkoniyati to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib bormoqda. “Ilgari ham ko‘zi ojizlar saylovlarda ishtirok etar edi. O‘zimdan qiyos: o‘g‘lim bilan uchastkaga borardim. Nomzodlar haqidagi ma’lumotni o‘qib berardi. Ma’qulini aytardim. Belgilab qo‘yardi. Endi o‘zimiz o‘qib, o‘zimiz belgilash imkoniga ega bo‘ldik”, — dedi O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi Abduqayum Abdunabiyev O‘zA bilan suhbatda. “Bu yurtimizda mazkur siyosiy jarayon adolatlilik, ochiqlik, oshkoralik va transparentlik prinsiplari asosida fuqarolarning saylov huquqlariga so‘zsiz rioya qilish, saylovchilarga saylovda erkin ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarning amaldagi ifodasidir”, — qayd etdi u. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan saylov byulletenlari tayyorlanmoqda. Ko‘zi ojiz fuqarolarga brayl alifbosida saylov mavzusi bo‘yicha turli risolalar ham chop etilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, brayl alifbosi asosidagi saylov byulletenlari zarur miqdorda o‘zbek va rus tillarida nashr qilinmoqda. Bo‘rtma nuqtali shriftlardan iborat byulletenni tayyorlashda Toshkent qog‘oz fabrikasining matbaa ofset qog‘ozidan foydalanilmoqda va ko‘zi ojizlar bosmaxonasida chop etilmoqda. Byulletenda O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan, uning o‘ng tomonida bo‘sh kvadratlarda chegaralari relefli-nuqtali bo‘rtmalar orqali joylashtirilgan.
12Siyosat
Eyfel minorasi Somalidagi terakt qurbonlari xotirasiga chiroqlarini o‘chirdi Fransiya poytaxti Parij shahridagi dunyoga mashhur Eyfel minorasining chiroqlari Mogadishodagi qo‘poruvchilik qurbonlari xotirasini yod etish munosabati bilan o‘chirildi. Somali poytaxtidagi teraktda 300 dan ortiq inson hayot bilan vidolashgan edi. Bu haqda ABC News Twitter sahifasida ma'lum qilgan.  Avvalroq, Mogadishodagi jinoyatda jarohat olganlar ham 300 dan ortgani xabar qilingan edi.  Eslatib o‘tamiz, 14 oktabr kuni Mogadishoda portlovchi moddalar to‘ldirilgan yuk mashinasi portlatilgan. U mamlakat tarixidagi eng yirigi bo‘ldi. Respublika prezidenti Muhammad Abdulloh Muhammad mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qildi.
5Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Qozog‘istondagi vaziyatni muhokama qildi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 6-yanvar kuni telefon orqali muloqot qildi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbatda davlat rahbarlari mintaqadagi vaziyat, shu jumladan, qo‘shni Qozog‘istonda vujudga kelayotgan holat yuzasidan fikr almashdi. Ikki mamlakat yetakchilari hozirgi voqealarning ishtirokchisi bo‘lgan tomonlarni vazminlikka va vujudga kelgan masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Davlat rahbarlari mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bundan buyon ham birgalikdagi sa’y-harakatlarni qaratishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi. Prezidentlar O‘zbekiston—Tojikiston strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini ham muhokama qilgan. Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondagi vaziyat bo‘yicha Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Suhbatda davlat rahbarlari Qozog‘istondagi vaziyatning rivojlanishi, respublikadagi holatni barqarorlashtirish, tez fursatda tinchlik va osoyishtalikni qayta tiklash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashgan. O‘zbekiston yetakchisi Qozog‘istonning birodar xalqi va rahbariyatini ularning mamlakat barqarorligi va farovonligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarida doimo qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan. Nimalar bo‘lyapti? Qozog‘istondagi norozilik namoyishlari avtomobillar uchun yonilg‘i hisoblanuvchi neftdan olinadigan gaz narxining ko‘tarilgani oqibatida 2-yanvarda boshlandi. Narxlar 1 litr uchun 50-60 tengedan birdaniga 120 tengega ko‘tarildi. Hukumat buni 1-yanvardan boshlab gaz narxini belgilash erkin bozor shartlari asosida amalga oshirilishi va talab hamda taklif munosabatlariga asoslanishi bilan izohladi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham narxlar pasayishi haqida Twitter’da tvit qoldirdi. Aqto‘be ma’muriyati ham narx 50 tengega tushganini bildirdi. To‘qayev “noxolis shaxslarning da’vatlariga uchmaslikka” chaqirdi. U ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega talablar alohida o‘rganilishi haqida ijtimoiy tarmoqda yozdi. Keyinchalik Qosim-Jo‘mart To‘qayev namoyishchilarga yana bir marta murojaat qildi. Qozog‘iston prezidenti namoyish o‘tkazayotganlardan provokatsiyaga uchmaslikni so‘ragan, miting o‘tkazishning ham o‘z qonun-qoidalari borligini, ayniqsa hissiyotga beriladigan yoshlar qaltis va qonunga zid harakatlar bilan o‘z kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Olmaota shahri va Mangistay viloyatida 19-yanvarga qadar favqulodda holat tartibi joriy qilindi. Ammo baribir vaziyat keskinlashishda davom etdi va Qozog‘iston prezidenti hukumat iste’fosini qabul qildi. 5-yanvarning ikkinchi yarmida To‘qayev Qozog‘iston xalqiga yana videomurojaat yo‘lladi va Xavfsizlik kengashi raisining vakolatlarini ham qabul qilib olgani, mamlakatdagi namoyishlar ortida moliyaviy qo‘llab-quvvatlanayotgan fitnachilar turganini ma’lum qildi. Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqib, ushbu mamlakatda kechayotgan so‘nggi voqealar O‘zbekistonda xavotir bilan qabul qilingani, vaziyat rivoji diqqat bilan kuzatib borilayotganini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari vatandoshlar bilan doimiy aloqada ekanligi, zarur holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilayotgani  ma’lum qilindi.
8O‘zbekiston
Julian Assanj Londonda qo‘lga olindi. Ekvador uni elchixonadagi boshpanadan mahrum qildi WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Londonda politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Britaniya politsiyasi saytida xabar berilgan. BREAKING: #Assange removed from embassy - video pic.twitter.com/qsHy7ZVPg5 O‘z navbatida, Ekvador prezidenti Lenin Moreno mamlakatning Londondagi elchixonasida bo‘lib turgan Assanjga boshpana taqdim etish so‘rovnomasi bo‘yicha rad javobi berish haqida qaror qabul qildi. "Ekvador xalqaro konvensiyalar bir necha marotaba buzilgani uchun Julian Assanjga diplomatik boshpana taqdim etishda rad javobi berish to‘g‘risida qaror qabul qildi", - deya yozgan prezident Twitter’dagi sahifasida. Bundan oldin, Wikileaks sayti asoschisi Julian Assanj Shvetsiya hukumatidan sud xarajatlarini qoplash uchun 9,25 mln shved kronasi (qariyb 1 mln dollar) berishini talab qilgandi.
2Dunyo
“Vaqf” fondi dastlabki katta yer maydoniga ega bo‘ldi “Vaqf” fondi faoliyatini asosiy yo‘nalishi bo‘lgan vaqf mulklariga egalik qilish, ularni boshqarish va tasarruf etishda ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda hamda ish faoliyatga tadbiq etilmoqda, deya xabar beradi fond matbuot xizmati. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan fondga vaqf mulklari sifatida birinchi yer maydonlari taqdim etildi. O‘tgan kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyati Qibray tumanidagi joylashgan jami 16 gektar yer maydoni hamda ushbu hududdagi binolar “Vaqf” fondiga vaqf mulki sifatida beg‘araz o‘tkazib berildi. Ushbu hududda hozirda issiqxona barpo etilgan bo‘lib, 250 tupga yaqin limon ko‘chatlari o‘tqazilgan. Bundan tashqari, makaron ishlab chiqarish korxonasi, qolipli non pishirish sexlari o‘z faoliyatini boshlash arafasida turibdi.
8O‘zbekiston
Umid Ahmadjonov hududiy futbol rahbarlari ishtirokida majlis o‘tkazdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida hududiy futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari va futbol akademiyalari direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov olib bordi.  Majlisda hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Birinchi navbatda futbol akademiyalarining infratuzilmasini yaxshilash, sifatli maydonlar barpo qilish, akademiya tarbiyalanuvchilariga barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilish masalalari muhokama qilindi. Umid Ahmadjonov mamlakatda futbolni rivojlantirishda akademiyalarning ahamiyati yuqori ekanini ta'kidlar ekan, akademiyalarning asosini mustahkam qilib shakllantirilish asosiy vazifalardan biri ekanini aytib o‘tdi.  Bu borada futboli rivojlangan xorij akademiyalari tajribasidan faol ravishda foydalanish zarurligi ham ta'kidlandi. Jumladan, Qatar milliy terma jamoasining so‘nggi Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatida bu mamlakatda faoliyat yuritayotgan "Aspire" akademiyasi, u yerda ishlayotgan xorijiy mutaxassislarning o‘rni katta ekani qayd etib o‘tildi. Shundan kelib chiqib, yurtimizdagi hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari direktorlari va murabbiylarini malaka oshirish va tajriba o‘rganish uchun futboli rivojlangan Ispaniya, Italiya, Gollandiya kabi mamlakatla akademiyalariga safarga yuborish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. Shuningdek, hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, yuqori saviyali murabbiylarni bu yerga jalb qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
13Sport
Shavkat Mirziyoyev: OTMlarda davlat grantlari ikki barobar ko‘paytiriladi, qizlar uchun alohida grant o‘rinlari ajratiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yil nomi — “Ilm-ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da belgilangan sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida o‘ti bor jo‘shqin yoshlarning tahsil olishi uchun hamma qulayliklar yaratib berilishi shart. “Shuning uchun, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazamiz. Bu borada shuni unutmaslik kerakki, oliy ta’lim qamrovini oshirish, to‘lov kontraktiga bog‘liq bo‘lib qolmasligi zarur”, — dedi Prezident. “Shuni hisobga olib, oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar ko‘paytiramiz, desam, sizlar bu fikrga qanday qaraysiz? Qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi. Xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu grantlar asosida o‘qitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab chiqishi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Prezident. Prezidentning ta’kidlashicha, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini ham optimallashtirish zarur. Bunda asosiy e’tibor o‘qishga kirish jarayonlarini soddalashtirishga, oliy o‘quv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratish lozim. Misol uchun, ona tili bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish lozim. Yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, o‘qishga kirayotgan paytda ona tili bo‘yicha qayta sinovdan o‘tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqiladi. “Mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi”, — dedi Prezident. Oliy ta’limda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish talab etiladi. “2020-yildan pedagogik ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha, o‘qish muddati 3 yil qilib belgilanadi. Bu ishlarni boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiramiz”, — dedi Prezident. Oliy o‘quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. 2020-yilda ularning 10 tasi o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlashga o‘tadi. “Bundan tashqari, kamida 5 ta oliy ta’lim dargohini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda, ularni transformatsiya qilishni boshlaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.
8O‘zbekiston
Xalqaro avtomobilda tashishga ruхsatnoma berish uchun yigʻim pasaytirildi Milliy tashuvchilarni davlat tomonidan moliyalashtirish, turli imtiyoz va preferensiyalar berish orqali хalqaro yuk tashish rivojlantiriladi (7.06.2019 yildagi PQ-4353-son qaror). Tashuvchilar moliyalashtiriladi Yuklarni хalqaro tashish uchun katta yuk transporti, tirkamalar va yarim tirkamalarni sotib olishda milliy tashuvchilar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. 2019-2021 yillar davrida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi: a) kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplashga: b) banklarning kreditlari boʻyicha -  kredit summasining 50%igacha, birok 2 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafillik beradi. Koʻrsatilgan maqsadlar uchun belgilangan davrda har yili хorijiy moliyaviy institutlarning kamida $100 mln miqdoridagi uzoq muddatli kreditlari jalb qilinadi. Garov, amortizatsiya va ekspertiza: yangi qoidalar Shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra: birinchidan, ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 4 yildan ortiq muddat oʻtmagan katta yuk avtotransport vositalari, shuningdek, ishlab chikarilgan paytidan boshlab 6 yildan ortiq muddat oʻtmagan tirkamalar va yarim tirkamalar banklar tomonidan ularni kreditga sotib olishda har ikki tomonning roziligi bilan garov ta’minoti sifatida qabul qilinishi mumkin; ikkinchidan, soliq solish maqsadida: uchinchidan, milliy tashuvchilarga sotish uchun katta yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni import qilish teхnik topshiriqlarni Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy ekspertiza qilmasdan va roʻyхatdan oʻtkazmasdan amalga oshiriladi. Ruхsatnoma arzonlashdi 1 ta avtotransport vositasi hisobiga yuk tashish boʻyicha хizmatlar eksportidan bir yilda $20 mingdan ortiq tushum olgan milliy tashuvchilarga ularning arizasi boʻyicha хalqaro tashishlarda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga choraklar boʻyicha taqsimlangan ruхsatnomalar soni doirasida хalqaro avtomobilda tashishga aniq bir davlatning 2 ta ruхsatnomasi beriladi. Tashuvchi tomonidan oldingi hisobot yilida хalqaro avtomobilda tashishga olingan хorijiy va/yoki koʻp tomonlama ruхsatnomalar sonining kamida 70%idan foydalanish majburiy shart hisoblanadi. Bunda хorijiy va (yoki) koʻp tomonlama ruхsatnoma berilganligi uchun yigʻim miqdori EKIHning 1/3 dan 1/4 gacha pasaytirildi. Valyuta “naqd”, haydovchilarga qoplash – mumkin Milliy tashuvchilarga (rezidentlarga): Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.06.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
10Qonunchilik
Comedy Woman Toshkentga keladi Sevimli va yangi nomerlar, sho‘x raqslar hatto ashaddiy skeptiklarni ham kulishga majburlaydigan hazillar — 18-may kuni Xalqlar do‘stligi san’at saroyida dunyodagi eng yaxshi shouning konsertida! Shouning eng yaxshiligi esa – uning ayollardan iborat ekanligida! 18-may kuni Natalya Yeprikyan, Yekaterina Varnava, Yekaterina Skulkina, Mariya Kravchenko, Marina Fedunkiv, Tatyana Morozova, Nadejda Angarskaya va Nadejda Sisoyeva trendlar va mavjud muammolarni muhokama qiladi, shu bilan bir-biriga aytiladigan pichinglar bo‘yicha musobaqaga kirishadi. Bu oson bo‘lmagan ishda ularga Oleg Vereshagin, Yevgeniy Borodenko va Aleksandr Gudkov dueti yordam beradi. Loyiha faoliyat boshlaganidan beri ishtirokchilar va dekoratsiyalarni yangilashga ulgurdi, biroq bir narsa o‘zgarishsiz qoldi — shou dasturini bir marta ko‘rib, to‘xtashning iloji yo‘q. Tez kunda O‘zbekiston aholisi ham bunga o‘z tajribasida bo‘ladi! Tadbirning bosh hamkori — CafePHO. Bilet narxlari: Biletlarni Alisher Navoiy nomli kinosaroyning 5–kassasidan yoki uzticket.com saytidan onlayn sotib olish mumkin. Joylar soni chegaralangan. Ma’lumot uchun telefon: (+998) 99-790-3838, (+998) 90-924-0038
8O‘zbekiston
Yevrokomissiya rahbari o‘zi uchun oxirgi sammitda ko‘ziga yosh oldi (video) Yevrokomissiyaning oktyabrda vakolati tugaydigan rahbari Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqi sammitining yakuniy matbuot anjumanida ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Matbuot anjumandan olingan lavhalar Yevrokomissiyaning Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan. Ushbu sammit Yunker Yevrokomissiya rahbari sifatida ishtirok etgan oxirgi sammit bo‘ldi. “Men umrimning oxirigacha Yevropaga xizmat qila olganimdan faxrlanib yuraman”, deb aytgan Yunker titroq bosgan ovoz bilan va shundan keyin ko‘ziga yosh olgan.  Yevrokomissiya rahbari nutqi vaqtida uning faoliyatini yoritib borgan Yevropa kengashi raisi Donald Tuskga “do‘stligi va murakkabligi” uchun minnatdorlik bildirgan. "Merci @donaldtusk pour ton amitié et ta complicité. Merci aux journalistes de m’avoir accompagné pendant des siècles. Je resterai fier jusqu’à la fin de ma vie d’avoir pu servir l’Europe.” @JunckerEU pic.twitter.com/iUbeXdu3Fo Lyuksemburglik siyosatchi Yunkerning Yevrokomissiya rahbari sifatidagi vakolatlari oktyabrda nihoyasiga yetadi. Uning o‘rnini Germaniyaning sobiq mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen egallaydi. E'tiborlisi, der Lyayyen bu lavozimni egallaydigan ilk ayol bo‘ladi.
2Dunyo
Tramp BMTning Bosh assambleyasida Ruhoniy bilan uchrashishni xohlamasligini ma’lum qildi AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashishni istamasligini ma’lum qildi, shu bilan birga bunday vaziyat yuzaga kelib qolishi mumkinligini ham inkor etmadi, deb xabar beradi “Kommersant”. “Men u bilan uchrashish niyatida emasman. Hozirda ularni bunga tayyor deb bilmayman, biroq ular tayyor bo‘ladi. Men hech qachon hech nimani rad etmayman, biroq u bilan uchrashmaslikni ma’qul ko‘raman”, — deydi Amerika prezidenti. AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan hafta Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlash kompaniyasiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng yanada keskinlashdi. Hujum bo‘yicha mas’uliyatni yamanlik isyonchi xusiylar o‘z bo‘yniga olgan bo‘lsa-da, AQSh bunda Eronni ayblamoqda.  AQSh Saudi Aramco’ga uyushtirilgan hujumga javob qaytarishi mumkin
2Dunyo
O‘zbekiston Kubogi. AGMK—“Paxtakor”. Asosiy tarkiblar e’lon qilindi Bugun, 28-oktabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining final bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda Olmaliqning AGMK hamda Toshkentning “Paxtakor” jamoalari kurash olib boradi. Bahsga Farg‘onadagi “Istiqlol” stadioni mezbonlik qiladi. O‘yin 15:00 da boshlanadi. Hozircha ikkala jamoaning ham o‘yin uchun asosiy tarkiblari e’lon qilindi. O‘zbekiston Kubogi—2018 Final bahsi 28-oktabr, yakshanba Bosh hakam: Temur To‘xtasinov Qanot hakamlari: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov Zaxira hakami: Olim To‘ychiboyev AGMK: Roman Abdulov, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Jasur Hasanov, Lutfulla To‘rayev (c), Zohir Pirimov, Kamoliddin Murzoyev, Jokich, Oybek Qilichev. “Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A’zamov, Marko Simich, Farruh Sayfiyev, Dilshod Rahmatullayev, Vladimir Kozak, Ismoil Gonsalvesh, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Tiago Bezerra.
13Sport
Buxoro hokimiyati xorijiy nashrlar xabariga raddiya berdi 15 fevral 2017 yilda ayrim xorijiy OAVlar “Hukumat uy buzish uchun yozni kutmadi” deya nomlangan noto‘g‘ri xabarni tarqatdi. Ushbu xabarda ko‘tarilgan masala yuzasidan Buxoro viloyati hokimiyati axborot xizmati aniqlik kiritish maqsadida xaqiqiy vaziyat bilan bog‘liq quyidagi axborotni ma'lum qilishga qaror qildi. "Shuni ma'lum qilamizki, 2017 yil yanvar oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi hukumati hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, tumanlar va shaharlarni obodonlashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator qarorlarni qabul qildi.  Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Buxoro viloyatining aholisi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida 20 yanvar 2017 yil qaror qabul qilgan. Shu qarorni bajarish doirasida Olot tumani hokimligi tomonidan tuman hududini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu asnoda hokimlik tomonidan hududdagi ko‘p kvartirali uy-joylar atroflarida fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, uy-joylarni shaharsozlik va yong‘in xavfsizligi normalariga moslashtirish maqsadida ishchi guruhlari tuzilib, ish faoliyatini boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Ishchi guruhlari tumandagi “Bunyodkor”, “Nonimas” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘p kvartirali uylar atroflarida qurilgan kadastrda rasmiylashtirilmagan molxonalar, hojatxonalar, omborchalar hamda boshqa qo‘shimcha qurilgan binolarni buzish ishlarini olib borgan.  Noqonuniy qurilishlarni buzishdan oldin fuqarolarga ularning qo‘shimcha qurilishlari shaharsozlik norma va qoidalariga mos kelmaganligi uchun buzilishi yuzasidan ogohlantirish xatlari berilgan. Shuni alohida ta'kidlash joizki, ishchi guruhining faoliyati davrida fuqarolar yashash uylarining birortasi buzilmagan. Faqatgina, ko‘p kvartirali uylarga tutash qilib noqonuniy qurilgan qo‘shimcha binolar bartaraf qilingan. Hozirgi vaqtda ob-havoning noqulay kelishi munosabati bilan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari vaqtincha to‘xtatilgan", deyilgan xabarda.
8O‘zbekiston
Toshkentda YTH: “Matiz” shlakobloklar ostida qolib ketdi Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan “MAKRO” savdo markazi yonida shlakoblok (g‘ishtsimon qurilish materiali) bilan to‘ldirilgan “ZiL” yuk mashinasi to‘ntarilib ketdi. Hodisa haqida Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlarda xabar qoldirilgan. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, to‘ntarilib ketgan yuk mashinasidagi shlakobloklar piyodalar o‘tish yo‘lagida to‘xtab turgan “Matiz” avtomobilini ustiga tushgan. YTH oqibatida avtomobillar jiddiy zarar ko‘rdi, baxtli tasodif tufayli odamlardan hech kim jarohat olmadi. Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun muqaddam Sergeli tumanida yana bir jiddiy YTH yuz bergandi. “Isuzu” yo‘nalishli avtobusi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga borib urilgan. Natijada 9 kishi jarohat olib, kasalxonaga yetkazilgandi.
5Jamiyat
“Rossiya temir yo`llari” o`zbek meva va sabzavotlarini tashishga 50 foiz chegirma joriy etdi 2021 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar O`zbekistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “O`zbekiston temir yo`llari”ga tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz chegirma amal qiladi. “Rossiya temir yo`llari” OAJ yuk transporti tariflari darajasini pasaytirishga oid qaror qabul qildi. U, xususan, qora metallar, konteynerlar hamda meva va sabzavot mahsulotlariga taalluqli. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 2021 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar O`zbekiston hamda Tojikistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “O`zbekiston temir yo`llari” va “Rohi ohani Tochikiston” DUKka tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz chegirma amal qiladi. Shuningdek, Rossiya-Ozarbayjon chegarasi orqali qora metallar va don mahsulotlarini tashishga ham 50 foizli chegirma o`rnatilgan. Bundan tashqari, 2021 yilning 1 iyulidan 31 oktyabriga qadar Rossiya ichidagi “Privoljsk” va “Shimoliy Kavkaz” temir yo`llari stansiyasidan “Kuybishevsk”, “Moskva”, “Oktyabr”, “Gorkiy”, “Sverdlov” stansiyalariga 3 ming kilometrgacha bo`lgan temir yo`l masofalari uchun 41 foiz chegirma amal qiladi.
4Iqtisodiyot
Foto: Qurolli Kuchlar faxriysi bo‘lgan general bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi 25 fevral kuni Toshkentdagi Qurolli Kuchlar davlat muzeyida nafaqadagi general-mayor Ismail Ergashevich Ergashev bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. I. Ergashev 24 fevral kuni 73 yoshida vafot etdi. Motam marosimida keng jamoatchilik, vazirlik va idoralar vakillari, harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar faxriylari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari ishtirok etishdi. «I. Ergashev 1945 yil 5 avgustda Samarqand viloyatining Chelak tumanida tug‘ilgan. O‘z hayotini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil etilishi va rivojlantirilishi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilish va mudofaa qobiliyatini yuksaltirishga bag‘ishlagan general-mayor I. Ergashev 1992-94 yillarda Mudofaa vazirligi artilleriya boshqarmasi boshlig‘i, 1994-97 yillarda Mudofaa vazirligi artilleriya boshqarmasi boshlig‘i – Artilleriya qo‘mondoni, 1997-99 yillarda Mudofaa vazirining front orti ta'minoti va kapital qurilish bo‘yicha o‘rinbosari, 1998-2000 yillarda Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari, 2000-2004 yillarda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, 2004-2005 yillarda Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Birlashgan shtab boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. Uning el-yurt tinchligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari munosib e'tirof etilgan. General-mayor I. Ergashev mamlakatimizning bir qancha davlat mukofotlari, shu jumladan I va II darajali «Shon-sharaf» hamda «Jaloliddin Manguberdi» ordenlari bilan taqdirlangan. Mudofaa vazirligi rahbariyati Qurolli Kuchlarimizning hurmatli faxriysi vafot etgani munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi. Xalqimizning sodiq farzandi, fidoyi insoni, yoshlarning mehribon ustozi general-mayor I. Ergashev xotiramizda mangu qoladi», deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida. Marhum o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand viloyati Chelak tumanida joylashgan qabristonga dafn etiladi
5Jamiyat
AOKA LGBT mojarolari hamda shu bilan bog‘liq voqealar yuzasidan bloger va ijtimoiy tarmoq faollariga murojaat qildi O‘zbekiston Prezidenti ma’muriyati huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkentda 28-mart kunidagi tartibsizliklar va shu bilan bog‘liq voqealar hamda chiqishlar to‘g‘risida bayonot bilan chiqdi. “So‘nggi kunlarda internet tarmog‘idagi axborot maydonida aholisining qariyb 94 foizi musulmon bo‘lgan O‘zbekistonda LGBT g‘oyalarini targ‘ib qilayotgan Miraziz Bozorovning noqonuniy chaqiruvlari oqibatida jamoatchilik, xususan, boshqa bloger va internet foydalanuvchilari tomonidan keskin e’tirozlar, tahdidlar yuzaga kelmoqda. Agentlik mazkur holatlarni avvaldan tartibga solish maqsadida Facebook va Telegram axborot resurslarida 200 dan ziyod o‘ldirish, zo‘ravonlik ishlatish tahdidlari yozilgan postlar hamda izohlar mavjud bo‘lgan 54 ta veb-saytlar, veb-sahifalar ma’murlari, blogerlarga LGBT va boshqa shu kabi nomaqbul oqimlar faoliyatini bilib, bilmasdan targ‘ib qilish, noqonuniy ko‘cha yurishlariga chorlashni to‘xtatish bo‘yicha rasmiy xabarnomalar yubordi. Bundan tashqari, M.Bozorovning xatti-harakatlari yuzasidan huquqiy baho beruvchi Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining alohida xulosasi tayyorlandi. Shuningdek, jamiyat hamda internet faollari, ayrim bloger va jurnalistlarning holat yuzasidan bildirgan pozitsiyalari bo‘yicha xulosalar shakllantirilmoqda. Mazkur xulosalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonunchilikka zid holatlarni bartaraf etish yuzasidan choralar qo‘llashda foydalanish uchun yuboriladi. Agentlik barcha blogerlar va ijtimoiy tarmoqlar faollaridan jamiyat orasida adovat qo‘zg‘atuvchi, turli xil nopok g‘oyalarni ilgari suradigan material va postlarni tarqatishdan tiyilishni so‘raydi. Zero,  internet tarmog‘idan foydalangan holda fuqarolar orasiga nizo solish, zo‘ravonlikka chaqirish, g‘azabga keltirish va tartibsizliklarni uyushtirish bilan shug‘ullanib, g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etganlar belgilangan tartibda jazoga tortiladi”, – deyiladi AOKA bayonotida. Ushbu mojarolar haqida 30-mart kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham munosabat bildirib, xalqaro tashkilotlarni O‘zbekiston yoki boshqa har qanday davlatga biror talab qo‘yishdan oldin millatning mentaliteti, dini, madaniyati, urf-odatlarini inobatga olishga chaqirgandi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir jinsli munosabatlarning qonuniylashtirilishiga qarshi bo‘lgan faollar 28-mart kuni o‘z noroziliklarini bildirish maqsadida Toshkent markazidagi Amir Temur xiyoboni oldida to‘plangandi. Keyinroq Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati LGBT faollariga qarshi norozilik holatidan so‘ng 12 kishi ushlanganini ma’lum qildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sherbek Bo‘ronov, Gulbahor Saydg‘aniyeva va Gulruh Agzamova so‘nggi kunlarda Toshkentda yuz bergan voqealarga o‘z munosabatlarini bildirdi. Deputat Alisher Qodirov LGBT targ‘ibotiga qarshi “yumshoq jazo”ni kuchaytirishga, Rasul Kusherbayev esa provokatorlarga chora ko‘rishga chaqirdi. Keyinroq LGBT huquqlarini himoya qilgan bloger Miraziz Bozorov o‘z uyi oldida do‘pposlab ketilgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, BMT Toshkentda sodir bo‘lgan “xavotirli voqealar”ni xolis tergov qilishga chaqirdi.
8O‘zbekiston
Ronalduning agenti mijozi "Real"dan nima sabab bilan ketishi mumkinligini aytdi "Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorjye Mendesh o‘z mijozi madridliklar safini qanday sababga ko‘ra tark etishi mumkinligini aytdi.  "Agarda Ronaldu "Real"dan ketsa, u butun umr klubdan, uning prezidenti, barcha jamoadoshlaridan, tibbiyot shtabidan, shuningdek, Madriddagi va butun dunyodagi muxlislardan minnatdor bo‘lib qoladi. U "Real"dan faqatgina yorqin faoliyatidagi yangi chaqiruv uchun ketishi mumkin", – deya Mendeshning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Record.  Avvalroq "Yuventus" Ronalduning transferi haqida 7 iyul kuni e'lon qilishi haqida xabar berilgan edi.
13Sport
“4 yil Uzmobile bilan” aksiyasi Aksariyat abonentlar uchun “chiroyli raqam” – bu o‘zgacha maqom, individuallik, xarakter va biznes obrazini mukammal tugatishdir, ammo “chiroyli raqamlar” — bu qimmatbaho imtiyozdir. Milliy mobil aloqa operatori sifatida Uzmobile barcha chegaralarni yo‘q qilishga va birinchi navbatda, aholiga qulay xizmatlarni yaratishga harakat qilmoqda. Aynan shu sababli, Uzmobile kompaniyasining GSM tarmog‘ining 4 yilligiga bag‘ishlangan tadbiriga muvofiq, “4 yil Uzmobile bilan” aksiyasi ishga tushirildi! Aksiya 19.04.2019-dan 31.05.2019-gacha GSM tarmog‘ining barcha segmentlari abonentlari uchun o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida quyidagi pulli toifadagi “chiroyli” raqamlarga maxsus imtiyozli tariflar belgilanmoqda: Endi siz “chiroyli raqam”ni o‘zingiz uchun yoki yaqinlaringiz uchun yoqimli, kerakli va ajoyib sovg‘a sifatida qulay va arzon narxlarda xarid qilishingiz mumkin! Aksiya 2019-yil 31-maygacha davom etadi! Eslatib o‘tamiz, aksiyada Uzmobile’ning barcha GSM standartiga ulangan va O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi abonentlari ishtirok eta oladilar. “Chiroyli raqam”ni sotib oling va arzon, sifatli mobil aloqadan foydalaning. Cheklovlar, ortiqcha xarajatlarni unuting! Batafsil ma‘lumotni 1099 qisqa raqami yoki savdo va xizmat ko‘rsatish ofislariga qo‘ng‘iroq qilish orqali olishingiz mumkin. Uzmobile ishonchli aloqa milliy operatori bilan doimo aloqada bo‘ling. Telegram Sayt Facebook Instagram
8O‘zbekiston
Andijonda qalbaki pul tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qalbaki pul tayyorlash va muomalaga chiqarish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Qayd etilishicha, Chirchiq shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro Buxoro shahriga borib, 10 mln 100 ming so‘m miqdoridagi qalbaki milliy valutani 600 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sherigi, Guliston shahrida istiqomat qiluvchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro ushbu 600 AQSh dollarini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi hamda uning yashash manzilida 2 mln 150 ming so‘m miqdorida qalbaki banknotlar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Surishtiruv harakatlari davomida qalbaki pullar aslida Andijon shahrida tayyorlanishi ma’lum bo‘ldi. Dastlab Andijon shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida 3 mln 200 ming so‘m miqdoridagi 64 dona 50 ming so‘mlik qalbaki banknotlarni olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi. So‘ngra ushbu qalbaki pullarni tayyorlovchi, 1987 yilda tug‘ilgan  fuqaroning uyidan pul tayyorlashda kerak bo‘ladigan buyumlar hamda 14 mln 550 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olindi. Ta’kidlash lozimki, jinoiy guruh umumiy miqdorda 300 mln so‘mdan ortiq qalbaki pullarni tayyorlab, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida muomalaga kiritishga ulgurgan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Avvalroq, Andijonda qalbaki 100 mln so‘m pullarni o‘tkazayotgan fuqarolar ushlangani xabar qilingan edi.
5Jamiyat
«Arsenal» keraksiz futbolchilaridan qutulmoqda «Arsenal» himoyachisi Kelum Chembers «Kristal Pelas» qiziqishlari doirasiga tushgan. Sky Sports xabariga ko‘ra, «Burgutlar» jamoasi ushbu 22 yoshli himoyachini 20 million yevro evaziga transfer qilishi mumkin. Jamoaning yana bir himoyachisi Kiran Gibbs ham APLning boshqa bir jamoasi «Vest Bromvich» safiga yo‘l olishi mumkin. Ushbu transfer 12 million yevro evaziga amalga oshishi kutilmoqda. Londonliklar darvozaboni Voychex Shchensni esa ayni vaqtda Turinda. U «Yuventus»ga 10 million yevro evaziga transfer qilinmoqda. «Yuventus» «Arsenal» futbolchisini transfer qilmoqda Bundan avvalroq «Arsenal» Jyek Uilsher uchun «Sampdoriya»dan 10 million yevro talab qilayotgani haqida xabar berilgandi.
13Sport
Serra-Leoneda Ebola sababli uch kunlik karantin e`lon qilindi 2,5 ming kishining umriga zomin bo`lgan Ebola virusi tarqalishi munosabati bilan Serra-Leone hukumati 19 sentyabr kunidan boshlab uch kunlik karatin e`lon qildi.  Bu haqda Frans Press agentligi xabar beradi. 19 sentyabr kunidan boshlab,  virusni yuqtirib olmaslik uchun shifokor va milliy xavfsizlik xodimlaridan tashqari barchaga uydan chiqmaslik tavsiya etildi. Uch kunlik profilaktika davomida 30 mingga yaqin volenter   hududlardagi aholiga virus bilan kurashish yo`llari bo`yicha bir qator o`quv tadbirlarini o`tkazishadi. Ebola virusining G`arbiy Afrika mamlakatlarida  tarqalishi davom etmoqda. Hozirda virus Liberiya, Serra-Leone, Gvineya, Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi va Senegal mamlakatlarida qayd qilindi. Xabarda yozilishicha, virus bilan kasallanganlarning 53 foizi halok bo`lmoqda.  JSST ma`lumotlariga ko`ra, 2622 kishi virus qurboni bo`lishgan, 5335 kishi esa virus bilan kasallangan.
2Dunyo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi PF-164-son Farmoniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi PF-164-son Farmonining 2-bandidagi “soat 21:00 dan soat 07:00 ga qadar” so‘zlari “soat 23:00 dan soat 05:00 ga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Mazkur Farmon imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi va ommaviy axborot vositalarida darhol e’lon qilinishi shart. 3. Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun yuborilsin. 4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Andaman dengizida AQSh va Tailandning The Guardian Sea mashqlari bo‘lib o‘tdi Andaman dengizida AQSh va Tailandning The Guardian Sea harbiy-dengiz mashqlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Tailand tomonidan mashqlarda “Chakri Naribet” aviatashuvchi kreyseri, Amerika tomonidan esa atom suvosti kemasi, esminets va razvedka samolyotlari qatnashdi. Mashg‘ulotlar davomida ikki davlat kemalari harakatini muvofiqlashtirish, shuningdek, suvosti kemalarini qidirish va aniqlashga qaratilgan mashqlar amalga oshirildi.
2Dunyo
O‘zbekistonda yana bir ko‘krak nishoni ta'sis etildi Prezident qarori bilan “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni ta'sis etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda. “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni bilan qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda ekologik va organik toza, arzon va sifatli mahsulotlarni yetishtirish va ichki bozorni ular bilan barqaror ta'minlash, yangi serhosil navlarni ko‘paytirish ishlariga munosib hissa qo‘shayotgan ilg‘or tomorqa yer egalari taqdirlanadilar. “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan shakllantiriladi.
8O‘zbekiston
Saudiyalik ayollarga mashina haydash huquqi berildi Saudiyalik ayollar bunga erishish uchun uzoq yillar harakat qilishlariga to`g`ri keldi. Saudiya Arabistondagi taniqli ulamo Kamol Subhiyning fikriga ko`ra, agar xotin-qizlarga mashina haydash huquqi berilsa, bu mamlakatda ayollar ibo-hayosiga putr etkazishi, hatto fohishabozlik, hayosizlik, gomoseksualizm va ajrimlarga yo`l ochishi mumkin. Mashina haydash huquqi uchun kurashayotgan faol ayollar bu gaplarni qip-qizil jinnilikdan o`zga narsa emasligini ta`kidlashmoqda. Biroq Kamol Subhiy tarafdorlari dindagi ayrim bandlarni o`zlariga asos qilib olishgan. So`nggi paytlarda saudiyalik ayollarni qo`llab-quvvatlovchilar ham ko`paydi. Evropa fatvo majlisining a`zosi Yusuf Abrom aytadilar: “Haydovchilik muboh ish. Lekin harom etilgan ishga olib borsa unda harom bo`ladi. Haydovchilik guvohnomasini olishda erkaklar aralashmagan va ayol ehtirom qilinadigan ta`lim jarayonida qatnashsa, so`ng mashinani o`zi va oilasi uchun foydali yo`lda ishlatsa, mashina haydashga mone`lik yo`q deb bilaman”. To`g`ri, saudiyalik ayrim odamlar mashina haydash ayolga har tomonlama nojoizligini aytishmoqda. Lekin bunday qarash faqat Saudiya mamlakatiga tegishlidir. Qolgan musulmon davlatlar esa bu ishdan keladigan foyda va zararlarni hisob-kitob qilib, hukm beradigan ishonchli ulamolarining fatvolariga qarashadi. Al-Azhar ulamolaridan doktor Abdulfattoh Oshur aytadilar: “Modomiki ayol uyidan Allohning shariatiga rioya qilgan holda chiqar ekan, uning mashina haydashining zarari yo`q. Modomiki biz uni erkakning sherigi deb tan olgan ekanmiz, ta`lim olishda, turli vazifalarda ishlashida uni teng ko`rarkanmiz, mashina haydashida ham hech qanday yomonlik yo`qdir. Buni ma`n etganlar hazir va ehtiyot bo`lganlikdan qilganlar. Endi ayol turli masalalarda erkak bilan teng maqomda ko`rilayotgan joriy muhitda bunday ehtiyotkorlikning ma`nosi biroz yo`qolgan. Biz ta`kidlashimiz lozim bo`lgan narsa shuki, ayol albatta, islom odobi bilan odoblansin. Mashina minib shubhali joylarga yoki o`zini va sha`nini xatarga qo`yadigan tomonlarga bormasin. Bundan boshqa hollarda hech qanday mone`lik yo`q. Balki ayol o`zi tanimaydigan yoki ayolni tanimaydigan begona kishi bilan bir mashinada yurishdan ko`ra uning mashina haydashi afzaldir”. Ushbu mavzu keng muhokamalarga sabab bo`ldi. Arab ayollari mashina ruliga bemalol o`tirish orzularidan voz kechmadi. Oxir-oqibat Saudiya Arabistonda ham ayollar avtomashinalrni boshqarish huquqini qo`lga kiritdilar. Ilgari rasman taqiq bo`lmagan bo`lsa-da, bunga qarshi kuchlar bartaraf etilgani mamlakatdagi xotin-qizlar uchun uzoq kutilgan orzular ro`yobi bo`ldi. Ushbu norasmiy taqiq rasman joriy yilning 24 iyun kunidan olib tashlanadi. Ushbu sanadan boshlab Saudiya ko`chalarida ham xotin-qizlar bemalol avtomashinalarda harakatlana oladilar. Ayni vaqtda mamlakatda xotin-qizlarning avtomashinalardan erkin foydalinishlari, yoqilg`i shoxobchalaridagi navbatda turish shaklini engillashtirish va maxsus avtobekatlarda mashinalarni joylashtirish bo`yicha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari ko`rilmoqda.
2Dunyo
Mercedes-Benz avtomobillarga mustaqil ravishda parkovka qilish imkonini beruvchi texnologiyani yaratadi Mercedes-Benz kompaniyasi haydovchisiz yuradigan avtomobil yaratish yo‘lida transport vositasini boshqarishni o‘z qo‘liga oluvchi texnologiyalarni ishlab chiqishda davom etmoqda, deb yozadi “3dnews.ru”. Mercedes-Benz’ning car2go avtomobilni qisqa muddatga ijaraga berish servisi va Bosch kompaniyasi hamkorlikda mashinani masofadan turib avtomatik ravishda parkovka qildirish texnologiyasini ishlab chiqmoqchi. Yangi tizim avtoturargohda joy qidirish, u yerga avtomobilni qo‘yish va egasiga qaytarishni mustaqil ravishda amalga oshirishi ko‘zda tutilmoqda. Bunda haydovchi rulda bo‘lishi shart emas. U transport vositasidan ma’lum masofada turib smartfon yordamida buyruq berishi mumkin. Ushbu tizim uchun Bosch datchik, kamera kabi uskunalarni ishlab chiqadi, Mercedes-Benz esa ularni car2go mashinalariga o‘rnatadi. Bunday texnologiya qachon muomalaga kiritilishi xabar berilmayapti.
0Avto