text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
1 apreldan nimalar oʻzgaradi
norma.uz portali 2021 yil 1 apreldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Bir qator soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugaydi
2021 yil 1 apreldan boshlab Prezidentning 14.03.2007 yildagi «Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, teхnik va teхnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-3860-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotadi. Tegishli ravishda, ushbu sanadan boshlab unda nazarda tutilgan quyidagi soliq imtiyozlarining amal qilishi toʻхtatiladi:
Elektr teхnikasini ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarga – soliq imtiyozlari
Davlat funksiyalari хususiy tashkilotlarga oʻtkazilishining keyingi bosqichlari
Davlat organlari rahbarlarining mas’uliyati oshiriladi
Davlat хaridlari sohasidagi oʻzgarishlar
Davlat хaridlari ijrochisining muassislari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Moliya vazirligi va DSQ aхborot tizimlari oʻrtasidagi aхborot almashinuvidan foydalangan holda davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritiladi.
Sogʻlom ovqatlanish. Import mahsulotni nazorat qilish. Eksport qiluvchilarga kompensatsiya toʻlash
Qishloq хoʻjaligidagi oʻzgarishlar
Zargarlik sanoatidagi oʻzgarishlar
Intellektual mulk
NNT faoliyatining ochiqligi ta’minlanadi
NNTlar faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinadi. U Prezident huzuridagi Jamoatchilik palatasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladi. Indeks natijalari ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. NNTlar faoliyatining ochiqlik indeksini ishlab chiqish va toʻliq amaliyotga joriy qilish adliya organlariga yuklatiladi.
Zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari joriy etiladi
Uy-joy narхlarini maqbullashtirish
Yangi tartib doirasida uy-joy narхlarini pasaytirish maqsadida:
Seysmik хavfsizlikni ta’minlash
Respublikaning seysmik faol hududida joylashgan mavjud bino va inshootlar, koʻp qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholash uchun elektron teхnik pasportlar bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.
Kimlar nufuzli хorijiy oliygohlarda ta’lim oladi
Ayrim mutaхassislarning ish haqi oshiriladi
Pochta хizmatlari – autsorsing asosida
Olis va chekka hududlarda joylashgan pochta aloqasi ob’yektlarida kamida 13 ta turdagi davlat хizmati autsorsing asosida tashkil etiladi. Bunda pochta aloqasi хizmati haqi koʻrsatilgan davlat хizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlari va barcha turdagi toʻlovlar summasining 10%i miqdorida belgilanadi va Davlat хizmatlari agentligi tomonidan mablagʻlarning oʻziga yoʻnaltiriladigan qismi hisobidan toʻlab beriladi.
Nargiza Vohidova. | 10Qonunchilik
|
“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aksiyasida ovoz berish boshlandi
“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” – xalqning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning eng mashhur tarixiy va sayyohlik obyektlariga ovoz berish boshlandi. Bu haqda ZiyoNET Resurs markazi axborot xizmati ma’lum qildi.
Aksiyada ishtirok etish uchun ZiyoNET ta’lim portalining “O‘zbekistonning madaniy merosi” bo‘limiga kirib, o‘zingizga yoqqan madaniy, tarixiy yoki tabiat obyektlarini tanlab, unga ovoz berish talab etiladi. Ixtiyoriy miqdordagi mo‘jizalarning har biriga sutkasiga bir marta ovoz berish mumkin bo‘ladi.
Ovoz berish yil oxiriga qadar davom etib, eng ko‘p ovoz to‘plagan obyektlar O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi ro‘yxatiga kiritiladi.
Ushbu aksiya nafaqat O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylarini ommalashtirish, balki mamlakatning madaniy merosi bilan tanishtirish orqali fuqarolarning dunyoqarashini kengaytirishga ham qaratilgan. | 8O‘zbekiston
|
Sardor Rashidov to`p surayotgan “Al-Jaish” yirik hisobda taslim bo`ldi
Kecha Qatar Yulduzlar ligasining 17-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi. Turning markaziy uchrashuvida Osiyo Chempionlar ligasi “pley-off” bosqichidagi raqibimiz “Al-Jaish” klubi amaldagi chempion “Al-Rayyan” jamoasini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan bahsda Sardor Rashidov va uning jamoadoshlari raqibga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo`yishdi. Shu tariqa, bungacha musobaqa jadvalining 3-pog`onasida borgan “Al-Jaish” o`z joyini “Al-Rayyan”ga bo`shatib, 4-o`ringa tushib ketdi.
Qatar Yulduzlar Ligasi, 17-tur
“Al-Jaish” – “Al-Rayyan” 1:4 (1:1)
Gollar: Sebastyan Soriya 13 penalti (0:1), Lukas Mendes 30 (1:1), Serxio Garsiya 33 (1:2), Rodrigo Tabata 75 (1:3), Nazan Otavio 82 (1:4)
“Al-Jaish”: 22.Saud Al-Hater, 2.Murod Naji, 4.Lukas Mendes, 6.Yosir Abubakir, 8.Yusuf Muftah (67.Jassim Al-Xoshimi 83), 10.Sardor Rashidov, 14.Muhammad Moznani, 15.Dame Traore, 18.Muhammad Al-Yazidi, 24.Seydu Keyta, 55.Abdulqodir Ilyos (13.Solih Al-Yahri 83). | 13Sport
|
Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMT isloh qilinishi kerakligini navbatdagi marta aytdi. Erdo‘g‘anning fikricha, BMT hozirgi ko‘rinishida ixtiloflarning oldini olishda ham, ularni to‘xtatishda ham samarali bo‘la olmaydi.
Turkiya rahbari bunday fikrni BMT tashkil etilganining 75 yilligi munosabati bilan o‘tgan Bosh assambleyaning tantanali yig‘ilishida bildirib o‘tdi.
“Ilgari surilayotgan ideallarga qaramay, BMT tizimi hozirgi ixtiloflarning oldini olishda ham, ularni to‘xtatishda ham samarali bo‘la olmaydi. Bizning barchamiz bugungi sinovlarni o‘tgan asr ehtiyojlariga mos holda shakllantirilgan tuzilmalar yordamida yenga olmasligimizni ko‘rmoqdamiz. 7 milliarddan ko‘proq kishining taqdirini 5 ta davlatgina ixtiyoriga qoldiruvchi Xavfsizlik kengashi tuzilmasi biz kutganchalik barqaror va adolatli emas”, deb aytgan Erdo‘g‘an. Uning fikricha, BMT Xavfsizlik kengashi zamonaviy talablarga mos kelishi uchun isloh qilinishi lozim.
Erdo‘g‘an bunday fikrni birinchi marta bildirishi emas. U 21 sentyabrdagi nutqida, shuningdek, BMT bosh qarorgohini Istanbulga ko‘chirish g‘oyasini bildirdi. Xalqaro tashkilot shunda ikki qit'a kesishmasida joylashadi va bu unga dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda katta hissa qo‘shishiga imkon beradi.
Joriy yilda BMT Bosh assambleyasi koronavirus pandemiyasi sababli videoformat shaklida o‘tmoqda. Yig‘ilishlar zalidan BMTga a'zo davlatlarning doimiy vakillarigina joy olgan. | 2Dunyo
|
Rossiya chempionatiga o‘tgach, Odil Ahmedovning transfer narxi 6 barobar oshgani ma’lum qilindi
“Chempionat” internet-nashri Rossiya chempionatiga o‘tgach, transfer qiymati oshib ketgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Unga O‘zbekiston terma jamoasi sardori va “Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov ham kiritildi, deb xabar bermoqda “Fut.uz”.
Odil Ahmedov Rossiya Premyer-ligasida o‘ynaguniga qadar transfer qiymati 1,5 million yevro bo‘lgani, hozirga kelib uning narxi 9 million yevroga aylangani ta’kidlanmoqda.
“Odil Ahmedov kabi mehnatkash va bardoshli futbolchilar Osiyoda yuksak qadrlanadi. Shunday ekan, Odil xitoylik futbol sarmoyadorlari e’tiboriga tushgani ajablanarli emas. Ammo ‘Krasnodar’ xo‘jayini Sergey Galitskiy yarim himoyachini arzonga berib yubormaydi. Birinchidan, Galitskiy uchun pul muammo emas, kerak bo‘lsa uning o‘zi ‘Shandun’ning istalgan futbolchisini sotib olishi mumkin.
Ikkinchidan, Odil Ahmedovning transfer qiymati Rossiya chempionatidagi faoliyati davomida ancha o‘sdi. Bunday futbolchi qo‘yib yuborilsa, katta pul evaziga sotilishi turgan gap. Bu o‘rinda gap pulda ham emas, balki prinsipda”, – deyiladi “Chempionat”ning maqolasida.
Avvalroq Xitoyning “Shandong Luneng” klubi Odil Ahmedovni 8 million yevroga sotib olishga yaqin ekani, o‘zbekistonlik futbolchi Pekinda tibbiy ko‘rikdan o‘tishni boshlagani haqida xabar berilgandi. Keyinroq 29 yoshli futbolchi Xitoyga bormagani va u to‘g‘ilib o‘sgan Namangan shahrida bo‘lgani ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov 2006–2011-yillar davomida Toshkentning “Paxtakor” klubi sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u Rossiya chempionatiga yo‘l oldi va 2011–2014-yillarda u Maxachqal’aning “Anji” jamoasida to‘p surdi. 2014-yilda bugungi kunga qadar esa Ahmedov “Krasnodar” a’zosi hisoblanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 13Sport
|
Willkie Farr xalqaro yuridik firmasi DXSh loyihalari bo‘yicha yordam beradi
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida 10 dan ortiq vakolatxonalarga ega, 700 dan ortiq huquqshunoslarni qamrab olgan Willkie Farr xalqaro yuridik firmasi vakillaridan iborat delegatsiya Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsion islohotlar, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va qonunchilik yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
Willkie Farr kompaniyasi infratuzilma, energetika, moliya va tabiiy resurslardan foydalanish masalalarida xalqaro investorlar uchun loyihalarni amalga oshirish yuzasidan huquqiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi.
Uchrashuvda xalqaro yuridik firma vakillari joriy yilning 10 may kuni qabul qilingan «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va sarmoyaviy muhitni yaxshilashga asos bo‘lishini ta'kidladilar.
Yuridik firma mutaxassislarining fikricha, mazkur qonun jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqilgan va xalqaro talablarga javob beradi. Qayd etilganidek, hozirgi kunda respublikada investitsiya sohasida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Kompaniya vakillari mamlakatdagi infratuzilma va davlat xizmatlari sifatini oshirishda, xususiy investitsiyalarni kirib kelishi va ilg‘or zamonaviy boshqaruv tajribasining joriy etilishida davlat-xususiy sheriklikni tutgan o‘rni juda muhim ekanligini takidladi.
Shuningdek, Davlat-xususiy sheriklik agentligi rahbari davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan 10dan ortiq yirik loyihalar va bu loyihalar ustida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida kompaniya vakillariga ma'lumot berdi.
Uchrashuv so‘ngida, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarda ishonchli huquqiy bazani shakllantirish, loyihalarni amalga oshirishda xorij tajribasini keng jalb qilish bo‘yicha Willkie Farr kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda ishlash va treninglar o‘tkazishga kelishib olindi. | 8O‘zbekiston
|
Buxoroda deputat aralashuvi bilan qator yo‘llar ta’mirlandi
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida deputatlik so‘rovi tufayli qator yo‘llar ta’mirlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi deputati Hamrogul Ashurova 2017-yil 13-martida “Qalmoqon” MFYdagi Qalmoqon, Fayzullo Xo‘jayev, Istiqlol ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar talabidan kelib chiqqan holda bevosita mutasaddi korxonaga ichki yo‘llarni asfaltlash murojaati bilan chiqqan. O‘rganishdan ayon bo‘lishicha, hududda ta’mirlash ishlari paysalga solingani bois deputat Hamrogul Ashurova 2019-yil 30-aprelida xuddi shu masalada takror murojaat qilgan.
Shundan so‘ng viloyat Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasiga qarashli Shofirkon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Alisher Hamidov imzosi bilan murojaat muallifi, ya’ni tuman Kengashi deputatiga shu yilning 8-may kuni 206-sonli javob xati yo‘llangan. Unda jumladan, joriy yil yakuniga qadar hududdagi ichki yo‘llarning bir qismini asosiga shag‘al bostirilib, asfaltlashtirilishi bildirilgan.
Manzillar joyida o‘rganilganida, chindan ham “Qalmaqon” MFYdagi Qalmaqon, Fayzullo Xo‘jayev, Istiqlol hamda “Zarchabek” MFY hududidagi Zarchabek, Farhod, Tarozidor ko‘chalarining ichki yo‘llari ta’mirga muhtojligi aniqlandi.
Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi 2019-yilda mahalliy hokimlik balansida bo‘lgan umumiy foydalanuvdagi mazkur qishloq aholi punktlarining ichki ko‘chalari qisman ta’mirlangan. Aniq aytganda, manzilli dastur bo‘yicha “Zarchabek” MFY Zarchabek qishlog‘ida uzunligi 565 metr, shuningdek, Farhod ko‘chasida 1270 metr yo‘l qismi risoladagiday ko‘rinishga keltirilib, asfaltlashtirilgan.
“Qolgan manzillardagi ko‘chalar esa yuqorida korxona direktorining tuman Kengashi deputatiga taqdim qilgan javobida ta’kidlanganidek, tuman tasarrufidagi ichki xo‘jalik yo‘llarini 2019—2022-yillarda joriy, to‘la va qayta qurish uchun tuzilgan dastlabki manzilli dasturga binoan ‘Zarchabek’ MFY Tarozidor ko‘chasining 1 kilometri, ‘Qalmoqon’ MFY Qalmoqon ko‘chasining 1,1 kilometri va Istiqlol ko‘chasining 1 kilometr qismida bajariladigan ta’mirlash ishlari moliyalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarda. | 8O‘zbekiston
|
Narimon Umarov kommunal to‘lovlar miqdorini nazorat qilishga chaqirdi
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 5-noyabr kuni Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan talabini qondirishning maqbul yo‘llarini taklif etdi, deya xabar qildi partiya matbuot xizmati.
Nomzod saylovchilar e’tiborini Andijon viloyati respublikaning maydoni eng kichik va aholi zich yashaydigan hududi ekanligiga qaratar ekan, viloyatda bugungi kunda 2,9 milliondan ortiq kishi istiqomat qilayotgani hamda shunday sharoitda tabiiyki, viloyat aholisining uy-joyga bo‘lgan talab va ehtiyojlari juda yuqoriligi haqida to‘xtaldi.
Narimon Umarov uy-joy sotib olish va qurish uchun ajratilayotgan ipoteka kreditlash jarayonini takomillashtirish va foizlarini optimallashtirish, uy-joy bozoridagi firibgarliklar uchun javobgarlikni va nazoratni kuchaytirish tarafdori ekanini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, uy-joy-kommunal kompleksi ishini yanada yaxshilash, aholi uchun belgilanayotgan kommunal to‘lovlar miqdorini doimiy nazoratda tutish, bu sohalarda aholiga xizmat ko‘rsatadigan muqobil tashkilotlar o‘rtasidagi raqobatni oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirish ustuvor maqsadlaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Viloyatning barcha tuman va shaharlari saylovchilari bilan videokonferensiya orqali muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda jami 3000 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. | 12Siyosat
|
Bank krediti afzalroqmi yoki joyida “bo‘lib to‘lash”mi?
Markaziy bankning “Finlit.uz” loyihasi maishiy texnika va shunga o‘xshash mahsulotlarni iste’mol krediti orqali sotib olganda yoki joyida bo‘lib to′laganda arzonroqqa tushishini tahlil qildi.
Aynan, siz sotib olishni xohlagan mebel, oshxona jihozlari, maishiy-texnika yoki elektron jihozlar mo‘ljalingizga nisbatan qimmatroq bo‘lsa, nima qilasiz? Pulingiz yetmay turgan qismiga bankdan kredit olib do‘konga qaytasizmi yoki sotuvchining tavsiyasiga amal qilib joyida “bo‘lib to‘lash” taklifini qabul qilasizmi?
Bu holatda, xoh tovar yoki pul ko‘rinishida iste’mol krediti rasmiylashtirilishidan qat’i nazar, e’tiborni ko‘proq tovar sizga bozor qiymatiga nisbatan qanchalik qimmat tushayotganiga qaratishingizni tavsiya etamiz. Keling, bank va do‘konning bu tizimda qanday ishlashini aniq misollarda ko‘rib chiqamiz.
Bank krediti
Bank iste’mol kreditlari mamlakatimizning barcha banklari taklif etadigan bank xizmati turi bo‘lib, ular O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini xarid qilish maqsadida ajratiladi:
Iste’mol krediti har bir bankning ichki tartibiga asosan ajratiladi. Kredit mahsulot va xizmat yetkazib beruvchining hisob varag‘iga pul ko‘chirish yo‘li bilan beriladi.
Shuningdek, ba’zi banklar kredit uchun garov ta’minoti (ko‘chmas va ko‘char mulk, sug‘urta polisi) talab etadi. Aksariyat hollarda iste’mol kreditlari uchinchi shaxsning (masalan, doimiy daromadga ega bo‘lgan hamkasbingiz, o‘rtog‘ingiz yoki qarindoshingiz) kafilligi ostida ajratiladi.
Banklar iste’mol kreditlarini o‘rtacha 22-28 foizlik stavkalaridan, 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatlarda taklif etadi.
Ba’zi banklarda shartnomaning 20-25 foizi miqdorigacha boshlang‘ich badal qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Kreditni so‘ndirish kamayib borish tartibida yoki oyma-oy bir xil miqdordagi to‘lovlar (annuitet) asosida amalga oshirilishi mumkin.
Kredit uchun qaday hujjatlar taqdim etiladi?
Iste’mol krediti bo‘yicha barcha ma’lumotlarni banklarning veb-saytidan topishingiz, kredit bo‘yicha barcha xarajatlarni kredit kalkulyatori yordamida onlayn hisoblashingiz mumkin.
Ba’zi banklarning veb-sayti orqali iste’mol krediti uchun onlayn ariza topshirishingiz ham mumkin.
Do‘konda “bo‘lib-bo‘lib to‘lash”
Hozirgi kunda, ko‘chalarda “Mahsulotlar bo‘lib to‘lashga kreditga beriladi” mazmunidagi e’lon va reklamalarga ko‘zimiz tez-tez tushadi. Bunda “Creditasia.uz”, “Texnomart.uz”, “Mediapark.uz”, “Easymarket.uz”, “Crediton.uz” kabi elektron do‘konlar iste’mol kreditlarini tez, oson va masofadan turib rasmiylashtirilishini targ‘ib qilgan holda sizdan faqatgina:
Iste’molchi o‘ziga jalb etuvchi bunday taklifga osongina ko‘nishi mumkin. Keling, bugungi kunda bozor narxi 3,5 mln so‘mlik Artel HD341FN muzlatkichini kredit va “bo‘lib-bo‘lib to‘lash”ga sotib olinganda muzlatkichning asl bahosi qanchaga tushishini amaliy hisob-kitoblarda ko‘rib chiqamiz.
Demak, do‘kondan “bo‘lib to‘lash”ga olgan mahsulotingiz kreditga nisbatan ancha qimmatga tushadi.
Umuman olganda, siz o‘zingiz uchun bozorda eng yaxshi mahsulotni tanlab-tanlab sotib olganingiz kabi bankni va taklif etilayotgan kredit turini eng ma'qulini tanlashga haqlisiz.
Sizga maqbul tanlov qilishingizda ko‘maklashdik deb umid qilamiz.
Avvalroq Markaziy bank keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemasi haqida ogohlantirgan edi. | 8O‘zbekiston
|
Tanqidlardan so‘ng: Navbahorda bemorlardan pul olgan shifokor, Karmanada o‘qituvchilardan “hashar puli” undirmoqchi bo‘lgan hisobchi ishdan ketdi
Kun.uz Navbahor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi stomatolog shifokori Ilyos Jo‘rayev bemorlardan noqonuniy ravishda pul olgani hamda Karmana tumanidagi ayrim maktablarda o‘qituvchilarning ta’til pulidan umumxalq xayriya hashari uchun ikkinchi bor 20 ming so‘mdan ushlab qolishga topshiriq berilgani haqida ma’lum qilgandi. Holatlar yuzasidan Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Karmana tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Boshqarma munosabatiga ko‘ra, o‘rganish jarayonida stomatolog shifokor Ilyos Jo‘rayev haqiqatan ham bemorga tibbiy muolaja o‘tkazganligi, uning muolajasi uchun zarur bo‘lgan nur ta’sirida qotuvchi tish plombalarini xususiy klinikadan olib kelganligi va shu sababli fuqarodan bajarilgan muolaja uchun 60 ming so‘m olganligi aniqlangan.
“Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 fevraldagi 63-sonli buyrug‘iga asosan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hamda dori vositalari ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, stomatolog Ilyos Jo‘rayev tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmat ushbu ro‘yxatga kiritilmagan. Xususiy tibbiyot muassasasidan ishlatish uchun xarid qilgan sarflov vositalarini davlat tashkilotida ishlatganligi sababli xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Shuningdek, nazoratni yetarlicha olib bormaganligi tufayli bosh stomatolog J.Madaliyevga va tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri F.O‘sarovlarga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llash to‘g‘risidagi buyruqlar imzolanib, yuridik markazga xulosa olish uchun taqdim etildi”, — deyiladi rasmiy munosabatda.
Holat takrorlanmasligi uchun viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan 2022 yil 8 iyun kuni hududdagi barcha davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokorlik punktlari mudirlari ishtirokida videokonferensiya ko‘rinishida yig‘ilish o‘tkazilib, soha xodimlari qat’iy ogohlantirilgan.
Karmana tumani hokimligining rasmiy munosabatida bildirilishicha, kuzatilgan holat yuzasidan tuman hokimligi, tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Hokimlik munosabatida shunday deyiladi:
“Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi 199-F-sonli farmoyishi 8-bandiga asosan “Mahalla obodligi-yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish doirasida barcha korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘lari “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limining bankdagi hisobraqamiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan”.
Ammo Vazirlar Mahkamasining mazkur farmoyishida ham, Navoiy viloyati hokimining 2022 yil 28 apreldagi farmoyishida ham o‘tkazilgan hasharda tashkilot, korxona va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlarning ixtiyoriy mablag‘larini «Mahalla» xayriya jamoat fondining respublika boshqaruvi hamda joylardagi bo‘limlarining bankdagi hisobvaraqlariga o‘z tashabbuslari bilan o‘tkazish tavsiya etilgan. Ya’ni gap bir kunlik ish haqi emas, «xodimlarning ixtiyoriy mablag‘lari» haqida bormoqda. Bu, xodim hashar uchun o‘zi istagan miqdorda mablag‘ ajratishi mumkinligini (agar xohlasa) anglatadi.
“Shu munosabat bilan, Karmana tumani umumta’lim maktablaridagi pedagog va ishchi xodimlarning bir kunlik ish haqlari o‘rtacha 80000-150000 so‘mni tashkil etganligini inobatga olib, ularning ish haqlarini bir martada saqlab qolmaslik maqsadida, o‘z arizalariga asosan 2 oyda kamroq miqdorda saqlab qolish nazarda tutilgan.May oyi ish haqlaridan xodimlarning o‘z arizalariga asosan 15000, 20000, 30000 so‘mgacha saqlab qolingan. Karmana tumani 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ishchi-xodimlarining bir kunlik ish haqlari 2467000 so‘mni tashkil etsa-da, xayriya hashari uchun 740 000 so‘m saqlab qolingan. Tumandagi umumta’lim maktablarining pedagog va ishchi xodimlari ish haqlaridan hashar uchun 2 marotaba pul ushlanmagan”, — deya davom etadi rasmiy munosabat.
Bu bilan hokimlik Vazirlar Mahkamasi va Navoiy viloyati hokimining farmoyishlarini ochiqchasiga o‘z foydasiga “moslab olyapti”. Chunki “bir kunlik ish haqi” va “ixtiyoriy mablag‘” o‘rtasida ma’no jihatdan ham katta farq bor.
Hokimlikka ko‘ra, tuman XTB hisobchisi Zuvay Shokirov topshiriqni noto‘g‘ri talqin qilgani sababli o‘z arizasiga binoan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Shuningdek, Karmana tumanidagi 24-umumta’lim maktab direktori Dilfuza Sharipovaning shar’iy turmush o‘rtog‘i Lutfullo Xo‘jaqulov shu maktabda qorovul vazifasida ishlayotgani holati o‘rganilib, batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilingan. | 5Jamiyat
|
Hafta ijtimoiy muammolari: Kremniy vodiysiga intilyapmizmi?
“Daryo” kolumnisti o‘tgan haftada eng ko‘p muhokama qilingan mavzularga izoh berib o‘tadi.
Mehmonjonlardan aylanay
Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida mehmonni izzatlashga doir lavha bor. Dehqonqul poytaxtdan keladigan aziz mehmon uchun falon pulga o‘sha davrda tansiq bo‘lgan meva — xurmo olib keladi. Bolalarining og‘zidan suvi oqadi. Biri ikkita xurmoni olib qochadi, ota quvib yetib og‘ziga bir uradi. Iztirobli holat, shunday emasmi?
Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida masjidlarni ko‘rsatuvchi belgi o‘rnatilmoqda. Avvalroq poytaxtimizda ayollar uchun masjid ham ochilgandi. Faqat turistlar uchun, mahalliy namozxon ayollar kirolmas ekan, vaqtincha yopib qo‘yishdi. Shuncha yildan beri eslanmagan hojatxonalarimizning nochor ahvoli haqida bugun bot-bot yozishyapti. Yashirib nima qildik — bular ham turistlar uchun. Bizga teshik taxtalisi ham bo‘laveradi. Ammo turist chinni qoplamali hojatxonaga emas, latta bilan to‘silgan sassiqxonaga kirsa, toza uyatli bo‘lamiz. Munday o‘ylab qarasak, masjid uchun yo‘lko‘rsatkich, ozoda hojatxonaga avvalo o‘zimiz munosib emasmidik? Tog‘ay Murodning qahramonidan qanday farqimiz bor?
Yana bir gap. Shu kunlarda mamlakatimiz prezidenti Birlashgan Arab Amirliklarida yuribdi. Soqolli erkaklar, ro‘molli ayollar. Erta-indin ular yurtimizga investor sifatida kirib keladi. Taqdir hazilini qarangki, shu kunlarda Toshkentda ro‘molli talaba qizni ta’lim dargohiga kiritilmaganligi uchun sud ishi bo‘lib o‘tdi.
Kremniy vodiysiga intilayotgan o‘zbeklar
Ilm-fan tarixda tamaddunlararo ko‘chib yuradi. Kecha Sharq dunyo ilmining markazi bo‘lsa, bugun barchasi G‘arbga ko‘chib turibdi. Ilm-fan cho‘qqisida yuruvchi mamlakatlarning norasmiy ravishda “Kremniy vodiysi” deb ataluvchi texnologik markazlari mavjud. Mamlakat ilm-fanining qaymog‘i o‘sha yerda to‘plangani uchun olimlarning barchasi “kremniy”ga intiladi.
Biz esa bugun ilm-fanimiz bilan maqtanarli holda emasmiz. Yoshlar orasida fanga qiziqish sust. Ajratilayotgan bir necha milliard so‘m oz — tadqiqotchilar oila tebratishiga kifoya qilmaydi. Shuning uchun tadqiqotni chetda qilishni afzal ko‘radi.
Yosh olimlar chetga ketsa kim qoladi? Topdingiz — san’at muxlislari qoladi. Nima bilandir band bo‘lish kerak-ku. Qo‘shiq, kino, degan narsalar bor axir. Yoshlarimiz nega bunchalik qo‘shiqchilarni yaqindan ko‘rishga intilishini, artistni yeb yuborgudek shovqin solib muxlislik qilishini tushungandayman. Kuni kecha Munisa Rizayevaning konserti haqida “Hatto Maykl Jeksonning ham shuncha muxlisi bo‘lmagan” deya g‘urur bilan yozildi. Chetdagi “yutuqlarimizni ko‘rolmaydigan, qora niyatli, noxolis” saytlarning qayoqdandir aniqlab yozishicha, mahalliy aholining orasida puldorroqlari har mavsumda mashhur qo‘shiqchini olib kelib hamyurtlariga konsert tashkil etilishiga homiylik qilarkan. Ha, biz ilmsevar emas, qo‘shiqsevarlarmiz. Boylarimiz chiqib “men ilm-fanga homiylik qilaman, ixtirolaringizni moliyalashtiraman” deyishlarini kutib qolamiz xolos.
Rasmda esa, hozircha, “Kremniy vodiysi”dan sal uzoq hamyurtlarimizni ko‘rishingiz mumkin.
Sarvar usta
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:
Men o‘sha bozor buzuvchi hokimman
Uydan chiqqan dinozavr haqida
Men dardimni kimga aytaman…
Oshxo‘rga osh, ishxo‘rga ish
“Taroq” blokbasteriga marhabo
2019 yilda Toshkentda uchar avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
“O‘zing nima qilding?” “Kurakka suyandim”
Yusufbek hojining smayligi
“Fermer hokimni urganda nima bo‘lardi?” | 8O‘zbekiston
|
Eri tomonidan kaltaklanib, «pampers» yedirilgan ayol bilan bog‘liq holat Senat nazoratiga olindi
Samarqandda ayolni ayovsiz kaltaklash bilan bog‘liq holat nazoratga olingan, deya xabar qildi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, Samarqand shahar IIB tomonidan jabrlangan ayolga Samarqand shahar IIB tomonidan himoya orderi berilgan va u maxsus markazga farzandlari bilan birga joylashtirilgan.
«Markazda malakali psixologlar jalb qilinib, psixologik yordam berilyapti, shuningdek, M. to‘liq tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkazilgan. Barcha zarur dori vositalari olib berilib, sog‘lig‘ini tiklashi uchun yordam ko‘rsatilmoqda. Hozirgi kunda jabrlanuvchi mazkur maxsus markazda 2 nafar farzandi bilan yashab kelmoqda», — deyiladi Senat xabarida.
Shuningdek, ayol va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahar IIB tomonidan himoyaga olinib, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hozirda uning turmush o‘rtog‘iga nisbatan Samarqand shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan. Tegishli idoralarga ushbu masala qonuniy ko‘rib chiqilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan», — deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, jabrlanuvchi bloger Aqida Hanum bilan yozishmasida nima sababdan zo‘ravon erga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) va 110- moddalari (qiynash) bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini so‘ragan.
Shuningdek, bloger 3 sentyabr kuni jabrlanuvchi ayol bilan jonli efirga chiqqan. Mustahkam intervyu davomida zo‘ravon er ustidan ikki bor IIBga shikoyat qilganini ta’kidladi. Birinchi safarida o‘z joniga qasd qilib, reanimatsiyaga tushganida IIB xodimi kelib, arizani qabul qilgan. Ikkinchi safar esa unga majburlab ishlatilgan bolalar tagligi (pampers)ni yedirishganidan so‘ng huquq-tartibot organlariga arz qilgan. | 5Jamiyat
|
ATR Aircraft O‘zbekistonga kamxarj samolyotlar yetkazib berishi mumkin
Davlat aktivlarini boshqarish agentligida dunyoda samolyotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Fransiyaning ATR Aircraft kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi agentlik matbuot xizmati.
Ushbu kompaniya asosan 50-90 o‘ringa mo‘ljallangan samolyotlar ishlab chiqarib, jahonning 100 dan ortiq davlatiga yetkazib beradi. Uchrashuvda kompaniya vakillari tomonidan 2 xil turdagi havo kemalari haqida taqdimot o‘tkazildi.
Taklif etilayotgan samolyotlarning eng asosiy afzalligi sifatida yoqilg‘i tejamkorligi va uzoq muddat ekspluatatsiya qilinishi aytildi. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan ushbu samolyotlar boshqa havo kemalariga nisbatan past shovqinli bo‘lib, deyarli ikki barobar kamroq yoqilg‘i sarflaydi. Bundan tashqari, ulardan turli noqulay iqlim sharoitlarda, qattiq qoplamasiz aerodromlarda ham foydalanish imkoniyati mavjud.
Uchrashuvda bu turdagi samolyotlardan mamlakat ichki reyslari va qo‘shni respublikalarning 1000 km masofagacha bo‘lgan hududlari bo‘ylab parvozlarni amalga oshirishda foydalanish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Muloqot yakunida tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, yangi tashkil etilayotgan Humo Air aviakompaniyasi bilan ushbu takliflar doirasida fikrlashib, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ishonch bildirildi.
Avvalroq Uzbekistan Airways to‘rtta Boeing samolyotini sotuvga qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.
Uzbekistan Airways to‘rtta Boeing samolyotini sotmoqda | 8O‘zbekiston
|
“Jurnalistga qilingan xatti-harakatni oqlab bo‘lmaydi”. Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamda AOKA viloyat boshqarmasi qashqadaryolik jurnalist himoyasiga shayligini ma’lum qildi
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi qashqadaryolik jurnalist Dilshod Nabiyevni himoya qilishga shayligini bildirib, viloyat 1-son asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlarining jurnalistga qilgan xatti-harakatini oqlab bo‘lmasligini ta’kidladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
5-sentabr, payshanba kuni Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat Kengashi mas’ullari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi, ularni qiynab kelayotgan muammolar haqida so‘z bordi.
Davra suhbatida “Daryo” internet nashrida chop etilgan “Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasi sirini fosh qilishga uringan jurnalistga kuch ishlatilgani aytilmoqda. Shifoxona qanday sirni yashirmoqda?” sarlavhali maqolada tilga olingan muammo ham muhokama qilindi.
“Ushbu jarayonda jurnalistning yagona xatosi — bu yarim kechasi ma’lumot olishga borgani. Ammo har qanday holatda ham shifoxona xodimlarining jurnalistga bunday munosabatda bo‘lishi to‘g‘ri emas. Ularning bunga haqi yo‘q. Bu harakatni hech qanday holat bilan oqlab bo‘lmaydi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bunday holatda jurnalistni himoya qilishga tayyorligini bildiradi”, — deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Usmon Nusurov.
Usmon Nusurovning aytishicha, ushbu holat mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganilmoqda. Tez orada o‘rganish natijalari ma’lum qilinadi.
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i Galoviddin Yo‘ldoshevning ma’lumot berishicha, ular jurnalist Dilshod Nabiyev bilan bu haqda suhbatlashishgan va jurnalistni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Davra suhbatida Dilshod Nabiyevning xatti-harakati haqida ko‘rsatuv tayyorlagan Qashqadaryo viloyati televideniyesi jurnalisti Navro‘zshoh Xudoyqulov ham ishtirok etib, ko‘rsatuvning efirga chiqmasdan burun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishiga izoh berdi.
Navro‘zshoh Xudoyqulovning ma’lum qilishicha, ko‘rsatuv tayyor bo‘lgach, jurnalist Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali uni viloyat 1-son asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bosh shifokori G‘ayrat Murodovga jo‘natgan. Televideniye jurnalistining taxminicha, hali efirga ketmagan ko‘rsatuv shifoxona bosh shifokori G‘ayrat Murodov tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan.
“Ko‘rsatuv hali efirga ketmay turib, ijtimoiy tarmoqlarga joylanishini qanday tushunish mumkin? Televideniye rahbariyati buni qanday izohlaydi? Yoki Qashqadaryo televideniyesida bu odatiy holmi?”, — deydi Dilshod Nabiyev shu haqda fikr bildirar ekan.
Aniqlanishicha, ko‘rsatuv hali ham efirga chiqmagan.
“Ko‘rsatuv hali to‘ldiriladi va yaqin kunlarda efirga uzatiladi”, — deydi Navro‘zshoh Xudoyqulov.
Davra suhbatida so‘z olgan partiya vakillari jurnalist va blogerlar faoliyatini himoya qilish maqsadida qonunchilikdagi kamchiliklarni to‘ldirish uchun takliflar berishayotganini aytib, jurnalist va blogerlardan o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar haqida partiya vakillariga taklif berishlarini so‘radi. Aytilishicha, bu takliflar partiyadan saylangan deputatlar orqali Oliy Masjlis Qonunchilik palatasi deputatlariga yetkaziladi.
SSV Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida jurnalistga kuch ishlatilgani holati yuzasidan rasmiy bayonot berdi | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida teleko‘prik bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 5-mart kuni Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi China Foreign Trade Centre tashkiloti ko‘magida dunyoning eng yirik eksport va import tovarlari yarmarkasi - CANTON Fair (Xitoy, Guanchjou) tashkilotchilari bilan video-konferensiya o‘tkazadi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar bermoqda.
Ushbu yarmarka vakillari bilan bunday teleko‘prik ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda. 2014-yil qurilish, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan 40 nafardan ziyod tadbirkor ko‘rgazma tashkilotchilari bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.
Yaqinda tashkil etiladigan video-anjumanda 80 nafarga yaqin tadbirkor ishtirok etishi kutilmoqda.
Bunday uchrashuvlar biznesmenlarga O‘zbekistondan turib jonli efir orqali asbob –uskunalar olib kelish, mahsulotlarni yetkazib berish shartlari va sifat kafolatlari, sherikchilik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari hamda Xitoy tomonidan shartnomalarni tuzish bilan bog‘liq savollarni muhokama qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, mazkur tadbir bundan keyingi o‘zaro manfaatli hamkorliklarni yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladigan loyihalarni ko‘rib chiqishga ham ko‘maklashadi. | 8O‘zbekiston
|
Akademik Edvard Rtveladze 80 yoshida vafot etdi
Atoqli arxeolog olim, tarixchi, Fanlar akademiyasi akademigi Rtveladze Edvard Vasilevich 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar qildi.
Edvard Rtveladze 1942-yil 14-may kuni Gruziyaning Borjomi shahrida tug‘ilgan. 1967-yilda Toshkent davlat universitetini tugatgan. Shu yildan O‘zbekiston san’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. Ilmiy faoliyati O‘rta Osiyoning qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi, san’ati, madaniyati tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Marhum O‘rta Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya va Fransiyada olib borilgan 80 dan ortiq ilmiy arxeologik ekspeditsiyalar ishtirokchisi hisoblanadi. Ko‘pgina arxeologik yodgorliklarni ochgan va tekshirgan. Edvard Rtveladze rahbarligida Tohariston ekspeditsiyasi tomonidan Kampirtepada olib borilgan qazishlar natijasida arxeologik amaliyotda birinchi marta Kushonlar davriga oid qadimiy shahar xarobasi to‘liq ochilgani muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Edvard Rtveladze rahbarligi ostida shaharlar va taniqli davlat arboblari yubileylariga bag‘ishlangan kollektiv monografiyalar, shu jumladan, Amir Temur jahon tarixida, Xiva — ming gumbazli shahar, Shahrisabz, Termiz, Jaloliddin Manguberdi va boshqalar tayyorlangan. Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati (1985-yil). “Buyuk xizmatlari uchun” (2001-yil), “Mehnat shuhrati” (2003-yil), “El-yurt hurmati” va Gruziyaning “Ritsarlik sharafi” (2001-yil) ordeni bilan mukofotlangan.
1995-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, 1989-yilda tarix fanlari doktori, 1992-yilda professor ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
Avvalroq akademiklar Turg‘unpo‘lat Daminov 81 yoshida Saydiahrol To‘xtayev 79 yoshida, O‘zbekistonning faxriy jurnalisti Rustam Obidov 72 yoshida, akademiklar Temurbek Usmonov va Tolib Mo‘minov, Olim Mamatqul Jo‘rayev 65 yoshida, akademik Baxtiyor Nazarov 77 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
Erevenda norozilik namoyishlari davom etmoqda
Armaniya poytaxti Erevanda norozilik namoyishlari davom etmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Endilikda mitingga muxolifat etakchisi Nikol Pashinyan xam kelib qo`shildi.
Nikol Pashinyan shaxar markazidagi namoyish ishtirokchilari bilan uchrashib, bosh vazir bo`lish istagini bildirgan. Armaniston parlamenti deputati, barcha muxolifatchilar uni qo`llab- quvatlashsa, bosh vazir bo`lishiga to`siq qolmasligi ta`kidlagan.
Erik Nazariyan/ Men o`z vatanimda normal xayot tarzida yashashni istayman.Biz tinchgina ishlashni , yashashni xoxlaymiz. Buning uchun esa bizga kuchli siyosat kerak. Qonun xamisha g`alaba qilsagina hammasi joyida bo`ladi, deb o`ylayman” dedi Erik Nazaryan.
Erevanda ikki haftadan buyon sobiq bosh vazirSerj Sargsyanga qarshi davom etayotgan norozilik namoyishlari sabab Serj Sargsyan o`z lavozimidan iste`foga chiqishini ma`lum qilgan. | 2Dunyo
|
Turkiya: «AQSh terrorchilar armiyasini tuzib, olov bilan o‘ynashmoqda»
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ AQShning Suriyadagi siyosatini tanqid qildi.
«AQSh PYD/YPG terrorchilarini (Kurdiston ishchilar partiyasining Suriyadagi qanoti) IShIDga qarshi kurash bahonasida qurollantirdi. Vashingtonning Suriyadagi yangi qadamlari strategik hamkori va ittifoqchisi hisoblanadigan Turkiya bilan do‘stonalikni ifodalamaydi», - degan vazir o‘rinbosari.
«AQSh IShIDga qarshi kurashda Turkiya bilan emas, PYD/YPG terrorchilari bilan hamkorlik qilib, olov bilan o‘ynashmoqda. Ular terrorchilarga minglab yuk mashinalarida qurol-yarog‘ yetkazib berishdi. AQSh Suriya chegarasida xavfsizlikni ta'minlash niqobi ostida terrorchilar armiyasini tuzdi», - deya davom etgan u.
Bundan avvalroq AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakiliga asoslangan holda OAV Vashington Suriya chegaralarida 30 ming kishilik harbiy kontingent tashkil etayotgani haqida xabar tarqatgandi.
AQSh rejasiga ko‘ra, «chegara kuchlari»ning katta qismi YPG jangchilaridan tuziladi va Turkiya hamda Iroq bilan chegaralarni nazorat qiladi. | 2Dunyo
|
Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlashning yangi modeli joriy etiladi
Hujjatga muvofiq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.
Norma’ning yozishicha, tajriba-sinov loyihasi doirasida:
Sog‘liqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar kafolatlangan paketga kiritiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalari hajmini, shuningdek birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash mezonlari hamda rag‘batlantirish tartibini tasdiqlash topshirildi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi tashkil etiladi:
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi 2020 yil 1 dekabrdan tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
Tajriba-sinov loyihasi doirasida 2021 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi tartib o‘rnatiladi:
Shuningdek hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Konsepsiya davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni ko‘rsatish va uni moliyalashtirishda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish va aprobatsiyadan o‘tkazishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. 2021 yil 1 iyuldan 2022 yil yakunigacha bo‘lgan muddatda Sirdaryo viloyatida aprobatsiyadan o‘tkazish va uning ijobiy natijalarini 2023 yildan boshlab respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.
Hujjat 13.11.2020 yildan kuchga kirdi. | 8O‘zbekiston
|
«Bu yangi pnevmoniya emas» - O‘zbekistonga Qozog‘istondan yangi virus kirib kelgani haqidagi gaplar rad etildi
Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda vafot etayotgan aksariyat bemorlar o‘limiga Qozog‘iston hududidan kirib kelayotgan xavfli pnevmoniya sababligi borasidagi savolga javob berdi.
«Bu kabi ma'lumotlarni taqdim etayotganlar va tarqatayotganlar uchun aytmoqchiman, bu hech qanday yangi pnevmoniya emas.
Odamlarga bir narsani yetkazishni juda xohlardim. Qachonki biror-bir kasallik bo‘yicha epidemik vaziyat murakkab bo‘lib, qaysidir kasallik qo‘zg‘atuvchisi biror hududda gegemonlik qilib turar ekan, boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilari bu makonga kirolmaydi.
Odamlarda bo‘lishi mumkin bir-biriga xiyonat qilish, lekin mikroorganizmlarda bu kabi xiyonat bo‘lmaydi. Shuning uchun bu gaplarning birortasi to‘g‘ri emas», – dedi u.
Otabekovga ko‘ra, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bir guruh ekspertlari pnevmoniyaga chalingan bemorlar soni keskin oshishi sabablarini o‘rganish uchun yaqin orada Qozog‘istonga kelishi ko‘zda kutilmoqda.
«Ehtimol koronavirusga chalingan bemorlar kechikib yordam so‘ragan va ularda pnevmoniya alomatlari bordir, ammo Qozog‘istonda pnevmoniya chaqiruvchi yangi o‘tkir virus aniqlanganligi ilmiy laboratoriyalar tadqiqotlari asosida tasdiqlanmagan», dedi bosh davlat sanitariya inspektori.
Kun.uz muxbiri brifingdan so‘ng mazkur masalada Nurmat Otabekov bilan bog‘landi. U haqiqatan ham, qaysidir kasallik qo‘zg‘atuvchisi biror hududda gegemonlik qilayotgan paytda boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilari bu makonga kirmasligini ta'kidladi.
«Virus va bakteriyalar orasida ham antagonizm hodisasi bor (Antagonizm [lot. antagonisma – bahs, kurash] – bir-biriga qarama-qarshi kuchlar, g‘oyalarning keskin kurashini ifodalaydigan ziddiyat. Antagonizm tushunchasi biologiya, tibbiyot, matematika, fizika va boshqa fanlarda ham qo‘llanadi. Masalan, mikroblar va dorilar antagonizmi, harakat va qarshi harakat, musbat va manfiy elektr zaryadi va boshqalar antagonizm tabiat va jamiyat hodisalarida o‘ziga xos shakl va mazmunga ega – tahr).
Virus va bakteriyalar o‘zining joyini ikkinchisiga bermaydi. Bu mikroorganizmlardagi qonuniyat va uni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham kasalliklarda mavsumiylik tushunchasi bor. Masalan, yozdagi kasallik qishda, qishdagisi esa yozda boshqasiga o‘z o‘rnini bo‘shatadi.
Shundan keyin epidemik makonni egasi bo‘ladi», deydi Nurmat Otabekov. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekistonda 7 oy mobaynida qarovsiz va nazoratsiz qolgan 6 ming nafar voyaga yetmagan aniqlandi
O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi: ustuvor vazifalar ijrosi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma mutasaddilari ma’lum qildi.
Matbuot anjumanida qayd etilishicha, respublikada o‘tgan 7 oy mobaynida qarovsiz va nazoratsiz qolgan 6 ming voyaga yetmagan aniqlandi va ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga joylashtirildi. Ularning 3,5 ming nafari, yoki sal kam 60 foizi Toshkent shahrida aniqlangan. Bu bolalarning aksariyati Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Andijon va Namangan viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Voyaga yetmagan bolalarini tarbiyalash borasidagi majburiyatlarini bajarmagan 20 mingdan ortiq ota-onaga ma’muriy jazo qo‘llandi, 30 nafari ota-onalik huquqidan mahrum qilindi, 10 nafarining muomala layoqati cheklandi.
Tadbirda yakka tartibda profilaktik ishlar olib borilishi lozim bo‘lgan yoshlar asosan ichki ishlar idoralari tashabbusi bilan ro‘yxatga olinayotgani, aksariyat ta’lim muassasalarida bu holat salbiy ko‘rsatkich sifatida qaratilib, tarbiyasi og‘ir, huquqbuzarlik sodir etishga moyil o‘quvchilar to‘g‘risida ichki ishlar organlariga o‘z vaqtida rasmiy xabar berilmayotganiga e’tibor qaratildi.
O‘qituvchilar tomonidan darsga qatnashmagan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirish, ataylab noto‘g‘ri ko‘rsatish, sinf jurnallariga darsga kelmagan o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga qatnashayotganligi to‘g‘risida belgi qo‘yish yoki boshqa sabablar bilan o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qatnashmasdan yurishiga sharoit yaratib berish holatlari aniqlangan taqdirda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarda muhokama kilinib, tegishli ta’sir choralari qo‘llanishi bildirildi.
Boshqarmaga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida qo‘llanilgan tajribadan kelib chiqib, Respublika hududida mahallalar kesimida voyaga yetmaganlar va yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda. Bunda voyaga yetmaganlar va yoshlar svetoforning uch chirog‘i singari uch toifa, ya’ni qizil — jinoyat sodir etganlar, sariq—huquqburzaliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, o‘qimasdan, ishlamasdan, qarovsiz va nazoratsiz yurganlar hamda yashil—namunali tarbiyaga ega bo‘lganlar toifalariga ajratiladi. Har bir toifa bilan aniq maqsadli tadbirlar amalga oshiriladi. | 8O‘zbekiston
|
Bekobodda yosh tadbirkor sindirilmoqda. Yetimlikda o‘sgan yigitning onlayn auksionda sotib olgan mulki prokurorning “tashabbusi” bilan buzilmoqda
Olis Bekobod tumanining “Qo‘rg‘on” deya atalmish chekka bir qishlog‘i. Oddiy o‘zbek qishloqlaridan ko‘p ham farq qilmaydigan aholi yashash punkti – kichik-kichik do‘konlar va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari. Odamni o‘ziga tortuvchi ko‘rkam va zamonaviy binolardan xoli oddiygina qishloq. Bugungi hikoyamiz qahramoni, yosh tadbirkor G‘aybulla Xudoyberdiyev mana shu qishloqning qoq markazida zamonaviy tipdagi savdo do‘koni va tikuv fabrikasini ochmoqchi edi. Biroq...
Tahririyat bilan bog‘langan G‘aybulla Xudoyberdiyevning murojaatini tinglar ekanmiz, toki ko‘zimiz bilan ko‘rib, qulog‘imiz bilan eshitmaguncha prokuratura, sud va hokimlikning unga nisbatan bu qadar tuturiqsiz va adolatsiz ish tutganligiga ishongimiz kelmadi.
Ijodiy jamoa murojaat ortidan Bekobod tumanida bo‘lib, hokimlik, prokuratura va sud idoralarining adolatsizligi qurboniga aylangan yosh tadbirkorning qanday qilib sindirilayotganini o‘rgandi.
Prokuratura, sud va hokimlik uchburchagi – tadbirkorning eng katta dushmani
G‘.Xudoyberdiyev Bekobod tuman hokimining 2018 yil 30 noyabrdagi 2479-sonli qarori bilan MIB qoshidagi (o‘sha vaqtdagi) “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” orqali sotuvga qo‘yilgan «Ilg‘or» mahalla fuqarolar yig‘inidagi 0,02 ga bo‘sh yer maydonini ochiq auksion savdolarida investitsiya shartlari asosida sotib oladi.
Investitsiya majburiyatlariga ko‘ra, yosh tadbirkor 1 yil muddat ichida jami 250 mln so‘m mablag‘ kiritish orqali mazkur bo‘sh yerda savdo do‘koni binosini qurish va mahalliy aholi uchun 2 ta doimiy ish o‘rni yaratishni o‘z zimmasiga oladi.
Shundan so‘ng, Bekobod tuman hokimining 2018 yil 21 dekabrdagi 2635-sonli qarori bilan auksion g‘olibi G‘. Xudoyberdiyevga o‘zi yutib olgan 0,02 ga yer maydoni savdo do‘koni qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.
Tadbirkor investitsiya majburiyatlarini bajarish maqsadida tegishli tashkilotlarning roziligini olib qurilish ishlarini boshlab yuboradi.
Biroq, oradan roppa rosa bir yil o‘tib tadbirkorning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushadi. Tuman prokurori fuqaro Ikrom Suvonqulovning (!) manfaatida ma'muriy sudga ariza kiritib, tuman hokimining 2018 yil 21 dekabrdagi 2635-sonli qarori (!) va elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi YU 1003-000005-sonli bayonnomani (!) haqiqiy emas deb topishni so‘raydi.
Bekobod tuman Ma'muriy sud sudyasi M.Qobilov ishni ko‘rib chiqib, 2020 yil 29 yanvar kuni prokuror xohlaganidan-da ziyodroq qilib (!) hal qiluv qarori chiqardi. Sudyaning bu qarori tadbirkorning shikoyatiga asosan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasida ham ko‘rib chiqildi va aynan “kutilganidek” o‘zgarishsiz qoldirildi.
Prokuror kim tarafda: qonunmi yoki qonunsizlik?
Endi shaxsan tuman prokurori tomonidan ma'muriy sudga ariza kiritilishiga sabab va asos bo‘lgan holatlarga to‘xtalsak.
Arizadan ko‘rinishicha prokuratura shikoyatni fuqaro I.Suvonqulovning manfaatlarida kiritgan. Biroq I.Suvonqulovning aynan qaysi manfaatlari himoya qilinayotganligi ko‘rsatilmagan. Kun.uz o‘z surishtiruvlari davomida ushbu fuqaroning aynan qanday manfaatlari himoya qilinganligi bilan qiziqdi.
Ma'lum bo‘lishicha, G‘.Xudoyberdiyev bunyod etayotgan binoning orqa tomonida, taxminan 7-8 metr masofa bilan I.Suvonqulov va yana bir nechta fuqarolarga tegishli bo‘lgan bir qavatli binolar mavjud. Yangi qurilayotgan bu bino ularning old tomonidan ko‘cha yuzini to‘sib qo‘ymoqda. Garchand arizada bu haqida aynan bayon etilmagan bo‘lsa-da mana shu holat I.Suvonqulovning “manfaat”lariga putur yetkazmoqda, deb baholangan.
Masalaning ushbu jihatini o‘rganish maqsadida Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Bekobod tuman filialida bo‘lib, filial rahbari Abdumannon Hoshimov bilan suhbatlashdik.
A.Hoshimov G‘.Xudoyberdiyev onlayn auksionda sotib olgan yer ustida qurilayotgan bino bo‘yicha sud materiallarida aytilganidan ortiq ma'lumot taqdim etmadi. Biroq, undan surishtiruvga daxldor eng qimmatli ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo‘ldik. Ma'lum bo‘lishicha, prokuratura manfaatlarini himoya qilayotgan I.Suvonqulovga tegishli 30 kv/m bo‘lgan yer maydoni unga “Guliston” qishloq fuqarolar yig‘ini raisining 2007 yil 8 sentyabrdagi 44-sonli qarori bilan ajratib berilgan va ushbu qarorda uni tasdiqlab berish tuman hokimdan so‘ralishi ko‘rsatilgan. Biroq, hujjatlar orasida yerni ajratib berish to‘g‘risida hokim qarori mavjud emas.
Vaholanki, 1998 yildan buyon amalda bo‘lib kelayotgan Yer kodeksining 23-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra yer uchastkalarini ajratib berish tuman hokimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
I.Suvonqulovga tegishli kadastr yig‘ma jildining qonuniy ekanligiga eng ko‘p shubha tug‘diradigan joyi shundaki mazkur hujjatlar 2018 yilda rasmiylashtirilgan. Unda tegishli mansabdor shaxslarning imzolari ham yetarli emas. I.Suvonqulovning turmush o‘rtog‘i Zamira Jo‘rayeva biz bilan suhbatda bu joyga 2011 yildan buyon egalik qilib kelayotganligini aytgani bu shubhalarni ikki karra oshirmoqda.
Z.Jo‘rayeva mulkka egalikni tasdiqlovchi barcha hujjatlar mavjudligini va ularni bizga elektron tarzda yuborishi mumkinligini ma'lum qildi. Biroq, bog‘lanish uchun qoldirib kelgan telefon raqamimizga telegram tarmog‘i orqali mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar emas, faqatgina sud qarorlari tashlab berildi.
I.Suvonqulovga yondosh bino egasi Latofat Jo‘rayevaga tegishli kadastr hujjatlarida ham aynan shu holatni ko‘rish mumkin. O‘sha qatorda joylashgan boshqa mulk egalarining hujjatlarini ko‘rish imkoni bo‘lmadi. Kadastr xizmati rahbari ularni bor yoki yo‘qligi haqida aniq javob ayta olmadi.
Endi o‘ylab ko‘raylik: mulkka egalikni tasdiqlovchi hujjati shubhali bo‘lgan shaxs qonun oldida ko‘proq manfaatlimi yoki yerni davlat o‘zi belgilagan shartlarni to‘la ado etgan holda qo‘lga kiritgan shaxsmi?
Eng og‘riqli savol shundan kelib chiqmoqda: janob prokuror I.Suvonqulovning “manfaat”ini himoya qilishdan avval uning manfaatdorligi chegarasi qayergacha ekanligini nima uchun tekshirib ko‘rmagan?
Qonundan bexabar prokuror va uni aybini yopgan sud
I.Suvonqulovning “manfaati” haqidagi gaplarni bir chetga surib, sudga kiritilgan ariza mazmuniga to‘xtalsak.
Arizada hokim qarori va auksion bayonnomasini bekor qilishga birgina - Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-sonli qarori bilan tasdiqlangan avtomobil yo‘llari mintaqasida xavfsizlikni ta'minlash va tashkil etish qoidalari 22-bandi sabab sifatida keltiriladi.
Ya'ni, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari uchun xavfsizlik mintaqasi (qizil chiziqqacha bo‘lgan masofa) yo‘llarning toifalari bo‘yicha qurilish uchun ajratilgan yer tasmasi chegarasidan (4 va 5 — toifadagi avtomobil yo‘llarida) 15 metr belgilanishi inobatga olinib, G‘. Xudoyberdiyev auksionda yutib olgan 0,02 ga yer maydonini auksionga chiqarilishi xato, deb hisoblangan.
Prokuratura ushbu asosga tayanishda bir holatga umuman e'tibor qaratmagan. Yo‘l yoqasida qurilish qilgan birgina G‘aybulla Xudoyberdiyev emas. Ayni shu ko‘cha bo‘ylab bunyod etilgan yuzlab qurilmalar, jumladan aholi xonadonlari, savdo do‘konlari va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining barchasi bir chiziqda joylashgan. Hatto G‘.Xudoyberdiyev bunyod etayotgan savdo do‘koni boshqalarnikiga nisbatan biroz ichkarida joylashgan.
Qonun barcha uchun barobar, deb hisoblansa, nima uchun yo‘lning muhofaza chizig‘i ustiga qurilgan boshqa yuzlab bino-inshootlar buzilmasligi kerak?!
Tuman prokurorining arizasidagi yana bir jiddiy xatoga e'tibor qaratsak. Ma'muriy suddan 2018 yil 21 dekabrdagi 2635-sonli qarori (!) va elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi YU 1003-000005-sonli bayonnomani (!) haqiqiy emas deb topish so‘ralgan. Mana shuning o‘zi ham prokuratura tomonidan ish tafsilotlari chuqur o‘rganilmaganligini, masalaga yuzaki va bir tomonlama, ta'bir joiz bo‘lsa ko‘r-ko‘rona yondoshilganligini ko‘rsatmoqda.
Sababi, birinchidan, tuman hokimining yerni ajratib berish to‘g‘risida 2018 yil 21 dekabrdagi 2635-sonli qarorini auksion bayonnomasi kuchida bo‘la turib bekor qilish “ko‘zlangan natija”ni bermasligi haqida o‘ylab ham ko‘rilmagan. Ikkinchidan, auksion bayonnomasi ma'muriy organning qarori emasligi, u bitim hususiyatiga ega hujjat ekanligi, bitimlarning haqiqiy emasligiga oid nizolar esa ma'muriy sudlarda ko‘rilmasligiga ariza tashabbuskorlarining bilimi yetmagan ko‘rinadi.
Shunga qaramay, prokurorning “sazasi o‘lmasligi” uchun qolganini ma'muriy sud sudyasi M.Kobilovning o‘zi to‘g‘rilab yubordi. Arizada ta'kidlanmagan va suddan so‘ralmagan bo‘lsa-da ma'muriy sud o‘zining hal qiluv qarorida tuman hokimining yer uchastkasini auksionga chiqarish to‘g‘risidagi 2479-sonli qarorini ham haqiqiy emas, deb topdi.
Xatoni qilgan davlat, jabrini tortayotgan esa fuqaro
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyunda qabul qilingan 493-sonli qarori (qaror 21.12.2019 yilda kuchini yo‘qotgan) bilan tasdiqlangan nizomda Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman filiali yerni xatlovdan o‘tkazib, har bir yer uchastkasi bo‘yicha ro‘yxatini tegishli ilovalari bilan shakllantirishi, unda chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxemani chizishi lozim.
Bundan tashqari, kadastri korxonasi tuman hokimligi va tuman qurilish bo‘limi ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, bo‘sh yer uchastkalarini onlayn auksionga chiqarishdan oldin materiallarni xulosa olish va kelishish uchun qator tashkilotlarga yuboradi. G‘.Xudayberdiyev ishtirok etgan savdodagi yer uchastkasi ham aynan ushbu bosqichlardan o‘tib, so‘ngra onlayn auksionga chiqarilgan edi.
Nizomda xulosa olish va kelishish lozim bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatida prokurorning “qahri”ga sabab bo‘lgan xulosani bergan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi keltirilmagan.
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratish to‘g‘risida elektron auksion natijalari asosida qabul qilingan qarorlar faqat ikkita holatda bekor bo‘lishi mumkinligi belgilangan. Bular:
- elektron auksion g‘oliblari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga rioya etmaslik
- yer uchastkalarining davlat hamda jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qo‘yilishi.
Boshqa hollarda yer ajratish to‘g‘risida elektron auksion natijalari asosida qabul qilingan qarorlarni bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Guvohi bo‘lganingizdek, surishtiruvlarimizda aniqlangan har bir holatda qonunlar va mavjud vaziyat hikoyamiz qahramoni G‘aybullaning foydasiga ishlamoqda. Ammo qonunlarni aniq va bir hilda bajarilishini ta'minlash uchun mas'ul bo‘lgan prokuror va adolat qo‘rg‘oni bo‘lmish sud bularni inkor etmoqda, xolos.
Prokuror ma'muriy sud qabul qilgan qaror ortidan fuqarolik sudiga ham da'vo ariza kiritdi. Da'vo ariza asosida ishni ko‘rib chiqqan fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudi tadbirkor qariyb 200 million sarflab bunyod etgan binoni uning hisobidan buzish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqardi. Fuqarolik sudlarida ham prokurorning “qo‘li baland” keldi - odamlarni ishli qilib, yurt ravnaqiga hissa qo‘shaman degan tadbirkorni “tor-mor” keltirdi.
“O‘zing uchun o‘l yetim!” Yoxud umidlar intihoda o‘ladi
G‘aybulla haqiqat va adolat uchun kurashni yolg‘iz o‘zi davom ettirmoqda. Bunda unga oson bo‘lmasligi aniq, sababi uning qarshisida prokuror, hokim, sudyalar va manfaatlari mavhum bo‘lgan “mulkdor”lar turibdi. Oldinda arizalarini Oliy sudda nazorat tartibida ko‘rilishiga erishishdek murakkab jarayon kutmoqda uni. Chunki uning bunga qadar yo‘llagan arizalariga ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga asoslar yetarli emasligi to‘g‘risida javoblar berilgan.
Yangi tashkil etilgan Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev o‘z chiqishlaridan birida yoshlarni ish bilan ta'minlashdagi muammolar va ularning yechimlari haqida gapirgan edi. G‘.Xudayberdiyevning faoliyatiga aralashuv va to‘sqinlik bo‘lmaganida u shu vaqtgacha xech bo‘lmaganda 4 yoki 5 nafar qishloq aholisini doimiy ish bilan ta'minlagan, ozmi-ko‘pmi daromadli qilgan bo‘lar edi.
Kun.uz tahririyati Yoshlar ishlari agentligi va Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil yosh tadbirkorni bu mashaqqatli kurashlarda yolg‘izlatib qo‘ymasligiga, ishni Oliy sudda xolisona va adolatli ko‘rib chiqilishida amaliy yordam berishiga umid bildirib qoladi.
Darvoqe, Bekobod tuman prokuraturasining yosh tadbirkorga nisbatan qilgan nohaqliklari hamda I.Suvonqulov va boshqalarning yerga egaligi qay darajada qonuniy ekanligi Bosh prokuratura tomonidan o‘rganib chiqilsa zarar qilmasdi.
Ushbu maqolaga rasmiylardan izoh kutib qolamiz. Mavzuga yana qaytamiz.
Tolib Rahmatov, Kun.uz muxbiri
tasvirchi Mirvoxid Mirrahimov | 5Jamiyat
|
Toshkentda adabiyotshunos olim Omonulla Madayev 76 yoshida vafot etdi
Toshkentda adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev 2-mart kuni 76 yoshida vafot etdi.
Omonulla Madayev 1942-yilda Toshkentda tug‘ilgan, 1964-yil ToshDU filologiya fakultetini tamomlagandi. 1966-yildan shu universitet o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida ishlagan, 1982- yildan kafedra dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan.
Ma’lum vaqt O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani sifatida ham faoliyat yuritgan.
Omonulla Madayev o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, adabiyotshunoslik va pedagogikaga oid qator kitoblar muallifi hisoblanadi.
Yaqinlariga ko‘ra, Omonulla Madayev 3-mart kuni “Shayx Zayniddin ota” masjidida peshin namozidan keyin so‘nggi manzilga kuzatiladi. | 8O‘zbekiston
|
Samsung “xavfsiz” partiyadagi Galaxy Note 7 smartfonlari savdosini to‘xtatadi
Samsung kompaniyasi sheriklari va riteylarlarga “xavfsiz” partiyadagi Galaxy Note 7 smartfonlari savdosini to‘xtatish talabini yo‘naltiradi. Bu haqda Reuters Janubiy Koreya kompaniyasi bayonotiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Samsung o‘z smartfonlarining savdosini butun dunyo bo‘ylab to‘xtatishni talab qilmoqchi. Kompaniyaning bunday qadami Samsung hattoki “xavfsiz” deb atalayotgan partiyadagi Galaxy Note 7 smartfonlari ham yonib va portlab ketishda davom etayotgani haqidagi xabarlarni tekshirayotgani bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, kompaniya ham birinchi partiyadagi, ham “xavfsiz” partiyadagi smartfonlar egalaridan qurilmalardan foydalanishni to‘xtatib, quvvatini o‘chirib qo‘yishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, AQShdagi uchta eng yirik uyali aloqa operatorlari — AT&T, Sprint va Verizon yangi Samsung Galaxy Note 7 smartfonini sotishdan bosh tortdi. | 14Texnologiya
|
Neymarning sermahsul o‘yini «PSJ»ga yirik g‘alabani keltirdi
«PSJ» Fransiya chempionatining 18-turida «Renn» klubini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Parijliklar hujumchisi Neymar o‘yinda ikkita gol urdi va Mbappe bilan Kavani gollariga hammualliflik qildi.
Har ikkala jamoa o‘yinni bir futbolchi kam bo‘lib tugatdi: «Renn» tarkibida Benjamen Andre, «PSJ»dan Presnel Kimpembe maydondan chetlatildi.
Ayni paytda «PSJ» 47 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Renn» 25 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Fransiya - Liga 1. 18-tur
16 dekabr, Renn
Renn - PSJ - 1:4
Gollar: 0:1 – Neymar – 4, 0:2 – Mbappe – 17, 1:2 – Mubele – 53, 1:3 – Kavani – 75, 1:4 – Neymar – 76
Chetlatishlar: Andre, 63 – Kimpembe, 89 | 13Sport
|
Darya Masalskaya: “MDH go‘zali”ga yana qaytaman, ammo boshqacha rolda
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan “MDH go‘zali — 2018” tanlovining o‘zbekistonlik ishtirokchisi, “Instagram MDH go‘zali” unvoni sohibasi Darya Masalskaya Sputnik nashriga intervyu berdi.
Model agentligi rahbari, model, teleboshlovchi, dizayner va qo‘shiqchi bo‘lgan Darya tanlovdan olgan taassurotlari, kelajakdagi rejalari bilan bo‘lishdi.
Unga berilgan unvon haqida gapirra ekan, Darya matbuotda katta faollikka ega ekanligi, televideniyeda ishlashi va norasmiy shaxsiy “Miss xeshteg” unvoni borligini hisobga olganda, bu hayratlanarli emasligini aytdi.
Darya tanlovda O‘zbekiston nomidan sariq sochli qiz qatnashayotgani hech kimni hayron qoldirmaganini, ammo o‘zbekistonliklar orasida bu muhokamalarga sabab bo‘lganini qayd etdi. “Biroq hayron qolarli jihati shundaki, odamlar O‘zbekistonga rus qiz vakillik qilayotganini muhokama qildi, shu bilan birga, fikrlarning 99 foizi ijobiy bo‘ldi, odamlar menga omad va g‘alaba tiladi”, — dedi u.
Darya bolaligidan teleboshlovchi, qo‘shiqchi, aktrisa, musiqachi bo‘lishni orzu qilgani, musiqa maktabida fortepiano sinfi bo‘yicha o‘qiganini aytdi. “Orzularim qisman amalga oshdi. Men filmlarda suratga tushdim, TVda ko‘rsatuvni olib boraman, ammo model bo‘lishni orzu qilmaganman, bu qiziqishning o‘zi meni topgan”, — dedi u.
Darya “MDH go‘zali”ga yana qaytishini, ammo bu safar boshqa rolda bo‘lishini, o‘z shogirdlariga muxlislik qilib, ularni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. | 8O‘zbekiston
|
Kechki dayjest: 12 noyabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 12 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
YeXHT kuzatuvchilari Namanganda o‘z missiyasini boshladi
Namanganda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Diana Franka Ferrari va Sheyn Kyong An o‘z missiyasini boshladi.
>>> Batafsil.
Pokistondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
Pokistonning Belujiston provinsiyasida joylashgan musulmonlar masjidida ro‘y bergan portlash oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.
>>> Batafsil.
Kerri iqlimning global o‘zgarishi haqiqat ekanligini tasdiqladi
AQSh davlat kotibi Jon Kerri shanba kuni o‘zining Twitter'dagi tarmog‘i orqali Antarktidada tushgan suratini taqdim etdi va iqlimning global o‘zgarishi - haqiqat ekanligini ta'kidladi.
>>> Batafsil.
Afg‘oniston parlamenti uch vazirni iste'foga chiqardi
Afg‘oniston parlamenti besamar faoliyati uchun uch nafar vazirni ishdan chetlatdi.
>>> Batafsil.
Janubiy Koreyada mamlakat prezidentiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda
Janubiy Koreyada o‘n minglab kishilar Seul shahri markaziga chiqib, prezident Pak Kin Xening iste'fosini talab qilishmoqda.
>>> Batafsil.
Fotojamlanma: Obama ham barchaga o‘xshash oddiy bir inson
Barak Obamaning suratkashi Pit Souza 8 yil davomida davlat rahbarining yonida bo‘lib, uning professional suratkashi sifatida xizmat qilmoqda.
>>> Batafsil.
2 milliondan ortiq kishi saylovchilar hay'atidan Klintonga ovoz berishni so‘ramoqda
Change.org saytida e'lon qilingan petitsiyani imzolaganlar, Saylovchilar kollegiyasini rasman sobiq davlat kotibi Hillari Klintonga ovoz berishga undamoqda.
>>> Batafsil.
Kanada Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga chaqirmoqda
Kanada tashqi ishlar vaziri Stefan Dion Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilgan barcha mamlakatlarni o‘z qarorlarida qat'iy turishga chaqirdi.
>>> Batafsil.
Saudiya Arabistoni qirolining ukasi vafot etdi
Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning ukasi shahzoda Turkiy ibn Abdulaziz Ol Saud shanba, 12 noyabr kuni olamdan o‘tdi.
>>> Batafsil.
Simpsonlar multserialidagi kelajakda amalga oshgan 11 bashorat
O‘n olti yil avval Simpsonlar epizodi Donald Tramp bir kun kelib AQSh prezidenti bo‘lishini ko‘rsatadi.
>>> Batafsil.
Donald Trampning sevimli avtomobillari
Amerikaning General Motors kompaniyasi ikki oydan so‘ng, AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp uchun maxsus limuzinni taqdim etadi.
>>> Batafsil.
Vitaliy Denisov Osiyoning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida e'tirof etildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv Moskva klubi himoyachisi Vitaliy Denisov Football Channel Asia portali tomonidan oktabr oyida eng yaxshi o‘yin namoyish etgan osiyolik futbolchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.
>>> Batafsil. | 2Dunyo
|
Oftalmologga murojaat qilish kerakligidan darak beruvchi 7 simptom
Ko‘rish bilan bog‘liq noqulaylik va kamchiliklar turli oqibatlarga olib kelmasligi uchun Grazia nashri qanday alomatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Kechasi mashina haydaganda ko‘zning yaxshi ko‘rmasligi
Ko‘zlar bilan bog‘liq muammo borligidan darak beruvchi ilk belgi kechasi mashina haydashga qiynalish va ko‘rish bilan bog‘liq muammo bo‘lishi. Bu ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi, yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar yoki katarakta boshlanayotganiga xos alomat bo‘lishi mumkin.
Ko‘zlarning qizarishi
Allergiya, konyuktivit va hatto glaukoma — singari kasalliklar sabab ko‘zlarda qizarish kuzatilishi mumkin. Agar qizarishlar ikki kun ichida o‘tib ketmasa, darhol oftalmologga murojaat qilish kerak.
Yorug‘likka bo‘lgan sezuvchanlikning ortishi
Yorug‘likka bo‘lgan sezuvchanlikning ortishi yallig‘lanish jarayonining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Agar o‘z vaqtida chora ko‘rilmasa, ko‘rish bilan bog‘liq jiddiy muammo kelib chiqishi mumkin.
Ko‘rishning ravshan emasligi
Ko‘rishning ravshan emasligi bilan bog‘liq kamchiliklar ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ko‘zda og‘riqning paydo bo‘lishi
Infeksiya, jarohat, quruq ko‘z, allergiya va hatto glaukoma – ko‘zda og‘riq paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu sabab ham ko‘z sohasida og‘riq sezsangiz, tezda shifokor bilan maslahatlashing.
Bosh og‘rishi
Tez-tez yoki juda qattiq bosh og‘rig‘i shifokor bilan maslahatlashish uchun sababdir. Bunday holat paydo bo‘lishining sabablari turli xil, ammo ular orasida ko‘z kasalliklari mavjud. Shuning uchun nevropatologdan tashqari oftalmolog bilan uchrashish lozim.
Ko‘z oldida qora dog‘lar paydo bo‘lishi
50 yoshdan keyin bu alomat makula distrofiyasini ko‘rsatadi. Agar o‘z vaqtida murojaat qilmasangiz, ko‘rish qobiliyatingizni butunlay yo‘qotishingiz mumkin. | 11Salomatlik
|
Yangi qonun loyihasi: yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishiga taqiq belgilanadi
Parlament saytida yozilishicha, unda “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasi Oliy sud tomonidan prezidentning 2019 yil 13 dekabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 6-bandining ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, taklif etilayotgan qonun loyihasi mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Qonun loyihasiga yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishiga taqiq belgilash, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tugatish bo‘yicha ularning vakolatlarini cheklash, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish va shu kabilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritish taklif etilmoqda.
Fraksiya a'zolari qonunlarning yuqori sifati va barqarorligiga erishish, ularni hayotga tatbiq etishning ishonchli mexanizmini yaratish partiya deputatlik korpusining dasturiy vazifasi ekanini qayd etib, taklif etilayotgan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi, deyiladi ma'lumotda. | 8O‘zbekiston
|
Bugun oqshomi. O'quvchini urgan o'qituvchi, Konstitutsiyani o'zgartirish bo'yicha taklif va eski davrni aks ettiruvchi holatlar
xayrli kech, ushbu o'qib turganingiz — “Bugun”ning eng sara va muhim xabarlari joy olgan “Bugun oqshomi” dayjesti.
Surxondaryoda o'qituvchi darsga tayyorlanmagan o'quvchini kaltakladi.
Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida o'qituvchi darsga tayyorlanmagan o'quvchini kaltakladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi “Bugun.uz”ga ma'lumot berdi.
Keltirilishicha, 22 aprel kuni tumandagi 4-maktabning ingliz tili fani o'qituvchisi 9-sinf o'quvchisi dars mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko'rmasdan kelgani uchun uni urgan.
Keyinchalik viloyat xalq ta'limi boshqarmasi matbuot kotibi “Bugun.uz”ga o'qituvchi ishdan olinganini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Yu.Sh. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati ham holat yuzasidan munosabat bildirgan.
“Shu o'rinda yurtimizdagi barcha pedagoglarga bolaga nisbatan kuch ishlatish mumkin emasligini eslatib o'tmoqchimiz. xalq ta'limi vazirligi o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga kuch ishlatish holatini keskin qoralaydi”, deyiladi munosabatda. Biz ham bunga qo'shilamiz, bolalarni urmang! Ular kelajagimiz.
O'zbekiston Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritish taklif qilindi.
O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraktsiyasi deputatlari Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha taklif bilan chiqdi.
Ma'lum bo'lishicha, Qonunchilik palatasida O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraktsiyasining navbatdagi yig'ilishida deputatlar Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqqan.
AQShning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum O'zbekistonda eski davrni aks ettiruvchi holatlar ham uchrab turganini ta'kidladi.
Muxbirimizning xabar qilishicha, Toshkentda 16 may kuni boshlangan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida elchi so'nggi yillarda mamlakatda diniy bag'rikenglik borasida ko'plab qilingan ishlar haqida gapirib, biroq eski davrni aks ettiruvchi holatlar ham uchrab turganini aytgan.
“O'zbekistonga keladigan bo'lsak, mamlakatda 2016 yildan buyon juda katta o'zgarishlar bo'ldi. 2020 yilda O'zbekiston diniy erkinlikni cheklash borasida maxsus kuzatib boriladigan mamlakatlar ro'yxatdan chiqarib tashlandi. Bu o'tgan davr mobaynida O'zbekiston hukumati tomonidan qilingan ishlarning natijasini ko'rsatadi. Shuningdek, yuzlab siyosiy va diniy maxbuslarning erkinlikka chiqarilishi ham bunga misol bo'la oladi.
Kichik diniy guruhlarning reydlari ham to'xtatildi. Bu esa diniy erkinlik borasida juda muhim qadamlardan edi. O'zbekiston hukumati diniy erkinlik borasidagi nozik masalalarni ham xalqaro hamjamiyat bilan muhokama qilishga tayyorligini ko'rsatdi. AQSh bularni qo'llab-quvvatlaydi”, — degan Deniel Rozenblyum.
Shuningdek, u amalga oshirilgan islohotlar bilan bir qatorda O'zbekistonda eski davrlarni aks ettiruvchi holatlarni ham ko'rib turganini qayd etgan. Bunga misol sifatida bir qator holatlarni sanab o'tgan.
“Biroq qilingan ishlardan qat'i nazar, oxirgi paytlarda O'zbekistonda eski davrlarni aks ettiruvchi holatlarni ham ko'rib turibmiz. Odamni tashvishga soladigan misollarni sanab o'tmoqchiman: ekstremistik material tufayli odamlarning qamalishi, kichik diniy tashkilotlarning ro'yxatdan o'tishida ularga to'siqlar qo'yish, xususan, viloyat va tumanlar o'rtasida, shuningdek, ichki ishlar hodimlari tomonidan soqol qo'ygan odamlarning soqolini majburlab oldirib tashlash holatlari va boshqalar. Bir narsani aytmoqchimanki, O'zbekistonning diniy bag'rikenglik borasida qonun qabul qilish harakatlaridan AQSh unchalik ham xursand emas.
Masalan, majburiy ro'yxatdan o'tish hozir ham qonuniy talab bo'lib qolmoqda. Yaqinda yangilangan qonun bo'yicha diniy tashkilotlarning ro'yxatdan o'tish jarayoni hali ham keng, murakkabligicha qolmoqda, ba'zi talablar xalqaro qonun talablariga zid kelyapti. Noqonuniy diniy adabiyotlar odamlarning ichki ishlar xodimlari tomonidan qo'lga olinishiga olib kelmoqda. Odamlarda o'z dinlariga erkin rioya qilish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak
Aytib o'tganimdek, O'zbekistonda 2016 yildan beri katta yutuqlarga erishildi, lekin shu kunlarda ayrim narsalar orqaga ketgandiek tuyulyapti. Orqaga ketmaylik, oldinga ketaylik, yanada bag'rikengroq jamiyat sari harakat qilaylik. Shunday jamiyat bo'lsinki, bu yerda turli xil dinlarga, kichik dinlarga ham joy bo'lsin”, — deya ta'kidlagan elchi.
Toshkentda Yangi yil kuni “ognetushitel” portlatgan yigitlarga hukm o'qildi.
Yodingizda bo'lsa, Toshkent shahridagi “Samarqand darvoza” savdo majmuasi oldida 1 yanvar kuni aholi yig'ilib, qo'lbola o't o'chirish moslamasini portlatgani hamda holat yuzasidan aybdorlarga jinoyat ishi qo'zg'atilgani haqida xabar qilgandik.
15 may kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Shayxontohur tuman sudida 13 nafar fuqaroga oid sud ishi ko'rib chiqildi. Ma'lum bo'lishicha, sudlanuvchi qolganlar bilan bir guruh bo'lib, pirotexnika vositalarini qonunga zid ravishda tayyorlash, saqlash, tashish va undan foydalanish jinoyatini sodir qilgan.
“Voqea joyidan 35 metr uzoqlikda turgan edim. Portlagandan keyin oyog'imga tegdi, dastlab sezmadim, keyin begona bolalar oyog'im qonayotganini aytdi. Ko'tarib shifoxonaga olib borishdi. To'rtta barmoq cingan deb tashxis qo'yildi.
Bitta barmog'im olib tashlandi, keyingi operatsiyada pay va nervlar ulanadi. 55 kun davolandim. Sudlanuvchilardan biri moddiy yordam ko'rsatdi. Hech kimdan davoyim yo'q, sudga havola qilaman”, — deydi jabrlanuvchi.
Sud hukmiga ko'ra, 5 nafar sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Qolgan 3 fuqaroga esa 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi qo'llanilgan. Pirotexnika vositalaridan foydalanmang, ular o'ta xavfli.
Toshkent viloyatining Parkent tumaniga kuchli sel keldi. “Bugun.uz” muxbiri hudud aholisi bilan suhbatlashib, ularning murojaatlarini tingladi. Reportajni to'liq quyida tomosha qilishingiz mumkin:
xo'sh, olamda nima gap?
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaga NATO’ga qo'shilish bo'yicha talab qo'ydi.
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATO’ga qo'shilishiga veto qo'yish bilan tahdid qilib, muzokaralar uchun ochiqligini e'lon qildi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on Finlyandiya va Shvetsiya kurd muxtoriyatini yaratish uchun kurashayotgan kurdlarni qo'llab-quvvatlashini, Anqara esa ularni terrorchi deb hisoblashini aytgan.
“Turk xalqining katta qismi Kurd Oliy Kengashining qurolli tuzilmalarini qo'llab-quvvatlayotgan mamlakatlarning NATO’ga a'zo bo'lishiga qarshi. Shuning uchun ular bizdan bu mamlakatlarni a'zolikka qo'shishni blokirovka qilishni so'ramoqda. Albatta, bu NATO’dagi ittifoqchilarimiz va unga qo'shilmoqchi bo'lgan davlatlar bilan olib boriladigan masala sanaladi”, — degan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'lu Berlindagi alyans tashqi ishlar vazirlari yig'ilishida.
Shu bilan birga, Anqara Finlyandiya va Shvetsiyadan kurdlarni qo'llab-quvvatlashni to'xtatish haqida kafolat berishni talab qilgan. “xavfsizlik kafolatlari bo'lishi kerak. Bu davlatlar terrorchilik tashkilotlarini qo'llab-quvvatlashni to'xtatishi kerak. Turkiya kabi ittifoqchi uchun eksport cheklovlari ham olib tashlanishi zarur”, — degan turk diplomati.
Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto esa kelishmovchiliklarni bartaraf eta olishiga ishonishini aytgan. “Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'luga taranglikni yumshatish uchun qo'ng'iroq qildim. Ishonchim komilki, bu masalada yechim topamiz”, — degan u.
Bugun bilan yashang. “Bugun”da qoling. | 5Jamiyat
|
Trendga chiqqan Navoiy, Toshkentda daraxt qayg‘usi, OChLdagi to‘rtovlon va kunning boshqa muhim yangiliklari
9-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Toshkentliklar daraxtlar kesilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga murojaat qildi. “Toshkent aholisini O‘zbekiston poytaxti va boshqa shaharlarida daraxtlar kesilayotgani g‘oyat tashvishlantirmoqda. Amaldorlarning chinor zararli daraxt ekanligi haqidagi gaplari tanqidga arzimaydi”.
2. Saudiya Arabistoni Suriyaga maxsus topshiriqli bo‘linmalarini yuborishga tayyorligini bildirdi. So‘nggi kunlarning dolzarb mavzularidan. Aytishlaricha, chechenlarning shunday bo‘linmalari allaqachon Suriyada, Turkiya esa hali bir qarorga kelmagan.
3. Twitter’ning o‘zbekistonlik foydalanuvchilari #Navoiy575 heshtegini jahon trendiga olib chiqdi. Biz esa Alisher Navoiy haqida oson va qiyin test tayyorladik.
4. Pentagon KXDRning orbitaga sun’iy yo‘ldosh uchirganligini tasdiqladi. Shimoliy Koreya 7-fevral, yakshanbaga o‘tar kechasi uzoq masofaga parvoz qiluvchi raketani uchirganligi haqida ma’lum qilingan edi.
5. “Bunyodkor” “Ash-Shabob”ni mag‘lub etdi va OChL guruh bosqichiga yo‘l oldi. Xalqaro musobaqa sabab bosh murabbiylik bo‘lib qolgan “Bunyodkor”, OChLda “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” qatoriga qo‘shildi.
iPhone 6 smartfoni borlar uchun bonus — Savol-javob: “53-xatolik” nima va u iPhone 6 ni “o‘ldiradimi”? | 8O‘zbekiston
|
Dunyoning eng obro‘li sportchisi kim ekanligi ma’lum bo‘ldi
YouGov tadqiqot markazi “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni yer sayyorasidagi eng obro‘li sportchi deb topdi. Bu haqda GiveMeSport portali xabar bermoqda. Dunyo bo‘yicha mashhur shaxslar global reytingida esa 35 yoshli portugaliyalik futbolchi 6-o‘rinni egallagan.
Uning abadiy raqobatchisi — Lionel Messi sportchilar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, umumiy ro‘yxatda 11-pog‘onada qayd etilgan. Basketbol afsonasi Maykl Jordan esa 13-o‘rinni egallagan. Ta’kidlanishicha, uning “So‘nggi raqs” nomli hujjatli filmi mazkur ro‘yxatdagi o‘rniga katta ta’sir o‘tkazgan.
Shuningdek, YouGov Ronaldu va Messining turli mamlakatlardagi pozitsiyalarini taqqoslab ko‘rdi. So‘rovnomada qatnashgan 42 mamlakatdan 32 tasida Ronaldu mashhurroq ekanligi aniqlangan. | 13Sport
|
Samarqanddagi bolalar oromgohi 9,5 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi
Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi “Do‘stlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot izohida yozilishicha, oromgoh 1 qavatli binolar va 20 ta xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 4,28 gektar. Binoning umumiy maydoni — 4447 kvadrat metr. Oromgohda gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan oromgohning boshlang‘ich bahosi — 9,53 mlrd so‘m. Arizalar 14-aprel 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkent shahridagi hovli MIB tomonidan 1,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi. | 8O‘zbekiston
|
Habib Nurmagomedov o‘ziga kelib tushgan taklif haqida ma'lum qildi
Yengil vazn toifasida Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedovning ma'lum qilishicha, unga WWE restling-promoushndan taklif kelib tushgan.
«WWE ularga kelishni so‘radi. Yigitlar, sizlar nima deb o‘ylaysiz?» - deya yozgan Habib tvitterdagi sahifasida. U postiga #SmashLesnar (Brok Lesnarni do‘pposlash) va #FakeFights (haqiqiy bo‘lmagan janglar) xeshteglarini ham qo‘shib qo‘ydi.
@WWE ask me to jump inside.
What do you think guys? #SmashLesnar #FakeFights
6 oktabr kuni Las-Vegasda Nurmagomedov UFC 229 musobaqasi doirasida yengil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qildi. Kechaning asosiy jangida u irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzon Qodirov Habib Nurmagomedovga mashina sovg‘a qilgani xabar berilgandi. | 13Sport
|
Sochni fen bilan quritishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 6 ta xato
Sochlarni fen yordamida quritish oddiy ishdek tuyuladi. Ammo bu borada aksariyat odamlar xatoga yo‘l qo‘yadi. Marie Claire nashri ana shu xatolardan 6 tasini ma’lum qildi.
Juda ho‘l sochlarni quritish
Bu qanchalik paradoksal bo‘lmasin, biroz ho‘l sochlarni fen yordamida quritish mumkin. Dushdan chiqqandan so‘ng sochlarni sochiq bilan yaxshilab quritish lozim, shuningdek, sochlarni bir-biriga ishqalamaslik kerak, aks holda bu soch tuzilishiga shikast yetkazadi. Shunday qilib, sochlarini fen bilan quritishni boshlash uchun ular 60-65 foiz nam bo‘lishi kerak, ya’ni ulardan suv oqmasligi kerak. Aks holda, juda ho‘l sochlar bilan quritishda kerakli natijaga erisha olmaslik va hatto hajm hamda silliqlikni yo‘qotish mumkin.
Soch ildizlariga kam vaqt ajratish
Soch ildizlariga ham alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik kerak bo‘ladi. Sochlarni quritishda ildizlari emas, balki uzunligi bo‘ylab quritiladi. Natijada sochlar hajmga ega bo‘lmaydi. Soch turmagi salondagidek bo‘lishi uchun ozgina maxsus vositalardan ildiziga ham qo‘llash lozim. Quritish jarayonida dumaloq taroqlar yordamida turmaklashni soch ildizidan pastga aylana harakat bilan boshlash lozim. Natijada kutilgandek hajm va turmak hosil bo‘ladi.
Soch uchlarini quritish
Ko‘pchilik sochlarni uchidan quritishni boshlaydi, ammo namlikni quritishni ildizlardan pastga qarab boshlash kerak. Bunda, albatta, cho‘tka yoki massaj tarog‘i yordam beradi, uning yordamida quritish paytida soch taraladi. Shuningdek, ushbu jarayon ancha kam vaqt talab etadi.
Turmaklovchi mahsulotlarni noto‘g‘ri ishlatish
Sochlarni issiq haroratdan himoya qiluvchi vositadan hamisha foydalanish kerak. Shuningdek, bu kabi mahsulotlar tarkibiga ko‘ra faqat o‘z vazifasini bajaradi. Demak, sochni qotiruvchi, yanada jilokor yoki ifor beruvchi vositalar o‘rnini bosmaydi. Shuning uchun turmaklash jarayonida ularning bir nechtasidan o‘z o‘rnida foydalanish mumkin.
Noto‘g‘ri cho‘tkadan foydalanish
Esingizda bo‘lsin, metall asosli cho‘tka bilan uslublar plastikdan ko‘ra chiroyli ko‘rinadi, lekin birinchisi ikkinchisiga qaraganda ko‘proq zarar keltiradi, chunki u dazmol prinsipi asosida ishlaydi. Metall qiziydi va sochlar issiq cho‘tka bilan aloqa qilganda tezroq va yaxshiroq tekislanadi. Shunday qilib, kundalik foydalanish uchun plastik turdagisini tanlash yaxshiroq: u tuzilishi va xususiyatlari tufayli sochni bir tekis isitish imkonini beradi.
Fenning maxsus havo yo‘naltirgichini ishlatmaslik
Odatda fen sotib olingan kuniyoq yo‘qolib qoladigan uning uch qismi juda muhim vazifani bajaradi. Aslida, u juda kerak. Uning yordamida sochlarga fenning issiq havosi to‘g‘ridan to‘g‘ri butun boshga emas, balki u yo‘naltiradigan tolalarga to‘g‘ri keladi. Avvaliga fenning bu qismi soch quritishni sekinlashtirayotgandek tuyilishi mumkin. Ammo bunday emas. Aynan konussimon qism bilan sochlarni tezroq quritish va istalgan turmakka ega bo‘lish mumkin. | 1Ayollar
|
Urushning ilk soatlari, qaynoq nuqtalarda bo‘lishi va urush qaritgani haqida. Zelenskiy bilan katta intervyu
Jurnal muxbiri Saymon Shuster aprel oyining ikki haftasini Zelenskiyning Kiyevdagi ofisida o‘tkazdi va bo‘lib o‘tgan voqealar Ukraina prezidentini qanchalik o‘zgartirib yuborgani haqida hikoya qildi.
Urushning birinchi soatlari haqida
Urushning birinchi soatlarida rus harbiylari Kiyevning Bankovaya ko‘chasida joylashgan hukumat binolarini egallashga harakat qilgandi. Xalq orasida Uchburchak deb ataladigan bu yerda prezident Zelenskiyning ofisi ham joylashgan. Zelenskiy u damlarni elas-elas eslashini aytadi, ovozsiz, xira suratlarda. Prezident xotini bilan 17 yoshli qizi va 9 yoshli o‘g‘lini tong otmay uyg‘otgani borganini esa juda yaxshi eslaydi. Chunki bu vaqtda shovqin-suron ko‘tarilgan, atrofda bombalar portlayotgandi. Harbiylar Rossiya Kiyevga desantchilarni tashlagani, ularning maqsadi prezident va oilasini o‘ldirish ekanini aytishadi.
«O‘sha tungacha bunaqasini faqat kinolarda ko‘rgandik», deydi Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak. Harbiylar ko‘chada urishayotgan bir vaqtda prezident gvardiyasi Zelenskiyning qarorgohini qo‘lida bor narsalar bilan mustahkamlashga harakat qilardi. U qal’adan ko‘ra ko‘proq temirlar uyumini eslatib yuborardi. Bankovaya ko‘chasiga Zelenskiyning juda ko‘p tarafdorlari yig‘ilishdi. Ba’zilar oilasi bilan borgandi. Prezident va yordamchilariga zirhli nimchalar, avtomat beriladi.
Urushning birinchi kunida rus harbiylari binoni egallab olish uchun ikkita shturmni amalga oshirishadi. «O‘sha kuni aqldan ozish mumkin edi», deb eslaydi Zelenskiy ofisi rahbarining maslahatchisi Aleksey Arestovich. Zelenskiyning aytishicha, bosqin vaqtida xotini va bolalari Bankovaya ko‘chasidagi qarorgohda bo‘lishgan.
AQSh va Britaniya Ukraina prezidentiga hukumat vakillari bilan birga Polshaga evakuatsiya qilishni taklif etadi. Ya’ni o‘sha yerdan turib hukumatni boshqarish uchun. Ammo AQSh prezidentining telefondagi taklifiga Zelenskiy shunday javob beradi: «Menga qurol kerak, transport emas». Ukraina yetakchisining bu gaplari butun dunyo nashrlarining muqovasiga olib chiqiladi.
Shuningdek, Zelenskiyga Kiyevdan uzoqroqda bosqinga dosh bera oladigan bunker taklif qilishadi. Zelenskiy buni rad etadi va bosqinning ikkinchi kunida Bankovaya ko‘chasidagi qarorgoh oldida mulozimlari bilan birga video e’lon qildi-da, hech qayerga ketmaganini aytdi. Bu vaqtda atrofda harbiy harakatlar davom etayotgandi.
Harbiy holatda prezident ofisida ishlash
Bosqinning birinchi haftasida, hali Rossiya armiyasi artilleriya tizimlari Kiyevga «qo‘l uzatsa yetgulik» masofada turgan vaqtda Zelenskiy tonggi soat 05:00 da harbiylar yetakchilariga qo‘ng‘iroq qilib, frontdagi holat haqida hisobot so‘rab bordi. Rus askarlari Kiyev oblastidan chiqib ketgach, bu hisobotni soat 07:00 ga surishdi, prezident nonushta qilib olishi uchun.
Time muxbirining yozishicha, prezident ofisi binosining atrofiga qum solingan qoplarni terib tashlashadi. Bino hududida mobil telefondan foydalanish mumkin emas, elektrdan ham kamroq foydalanishardi. Hamma harbiylar qurshovida yurardi. Hozirgi administratsiya xushlamaydigan tilla bargli naqshlari bor mebellar o‘sha holatda turardi. «Bu yerga hujum qilishganda bu mebellarga ortiq qarashga majbur bo‘lmasdik», deydi hazillashib Zelenskiy ofisi vakillaridan biri.
Prezident ofisi joylashgan kompleks blokpost va to‘siqlardan iborat labirintga aylangandi. U yerga shaxsiy avtomobilda borib bo‘lmas, chaqirtirilgan mehmonlardan g‘alati so‘zlar birikmasidan iborat parollar so‘rashardi. Masalan, parol «qahva finjonlari ishqibozi» kabi noodatiy jumla bo‘lishi mumkin va har kun o‘zgarardi.
Zelenskiy jamoasi asosiy vaqtni kompleksdagi yashirin bunkerlarda o‘tkazardi. Kiyev atrofidan rus askarlari chiqib ketgach esa mulozimlar odatiy kabinetlariga qaytishdi. Zelenskiy asosiy vaqtini situatsion xona deb ataladigan kabinetda o‘tkazardi. Derazalari yo‘q va katta ekranlar bilan to‘lgan bu xonada onlayn uchrashuvlarni o‘tkazish mumkin.
Vijdon qiynalishi va dunyo e’tibori
Har kuni bunkerda uyquga ketishdan avval Zelenskiy odatiga ko‘ra ortda qolgan kun tartibini nimanidir o‘tkazib yubormadimmi, degan xavotir bilan ko‘zdan kechirardi. «Bu bema’nilikka o‘xshaydi. Bilaman, bugunga belgilangan hamma ishni qildim, lekin baribir nimadir qolib ketgandek qayta ko‘zdan kechirardim. Chunki vijdonim qiynalardi», deydi Zelenskiy.
Ukrainaga bombalar yog‘dirilayotgan, odamlar bombapanagohlarda jon saqlayotgan, harbiy jinoyatlar sodir etilayotgan bir vaqtda prezident shunchaki ko‘zini yumib uyquga ketma olmasdi. «Boshqa davlatdagi odamlar urushni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishmoqda. Ular joniga tegsa, shunchaki ekranni o‘chirib qo‘yishlari mumkin», deydi Zelenskiy. Insonning tabiati shunaqa, dahshatli narsalarni ko‘rgisi kelmaydi. Zelenskiy dunyo bu urushni juda xotirjam qabul qilayotganidan xafa bo‘lmoqda. U butun erkin dunyo ham urushni jon saqlashga urinayotgan Ukrainadek og‘riqli qabul qilishini istaydi.
Qaynoq zonalarga borish
Mart oyi boshida, Kiyevni egallash uchun otishmalar davom etayotgan bir vaqtda Zelenskiy ikki do‘sti va qo‘riqchilari hamrohligida qarorgohini noma’lum tarzda tark etadi va harbiy harakatlar masshtabini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni istaydi. Prezident shahar aylanarkan, vayron bo‘lgan ko‘prik va bomba zarbidan o‘yilib yotgan yo‘lni ko‘radi.
Zelenskiy blokpostda ukrainalik harbiylar bilan gaplashayotganda uning qo‘riqchilari aqldan ozar darajaga yetishdi. Chunki rus harbiylari juda yaqinda yurgandi. Bir necha kun o‘tib Zelenskiy «karam sho‘rva sayohati»ga chiqadi. O‘sha kuni blokpostda uni har kuni askarlarga issiq karam sho‘rva olib keladigan odam kutib olgandi.
Prezident karam sho‘rva olib kelgan oshpaz bilan rus snayperlari poylashi mumkin bo‘lgan masofada suhbatlashardi. Ular sobiq ittifoq davri, SSSR tarqalgach Rossiyaga nima bo‘lgani haqida gaplashishadi. Zelenskiyning aytishicha, bu uchrashuvdan katta taassurotlar bilan qaytadi. Oshpaz ruslarni yomon ko‘rib qolganini aytish asnosida sobiq ittifoq armiyasida xizmat qilgani uchun olgan medallarini ko‘rsatadi.
Urushning 40-kunida Zelenskiy jurnalistlar hamrohligida Buchaga bordi. U yerda rus askarlari ketganidan keyin o‘nlab tinch aholi vakillarining jasadlari topilgandi. Bularning barchasini ko‘zi bilan ko‘rgan Zelenskiy va jamoasi nafratga to‘ladi. «Rossiya bilan hamma tinchlik kelishuvini bekor qilmoqchi bo‘ldik, chunki ularning ko‘ziga zo‘rg‘a qarardik», deydi muzokaralardagi Ukraina tomoni yetakchisi David Araxamiya.
Zelenskiyning murojaatlari haqida
Urushning birinchi kunlarida Zelenskiy kuniga bittadan nutq so‘zladi. Yevropa parlamentida, Jahon banki, «Gremmi» taqdimot marosimi kabi butun dunyo diqqat markazidagi maydonlarda. Har bir nutq eshitadigan auditoriyaga qarab tayyorlanardi. Shuningdek, har kuni kechasi Zelenskiy Ukraina xalqiga murojaat qildi. Nutqlarning matnini Zelenskiyning o‘zi tayyorlaydi.
Deyarli har bir g‘arblik siyosatchi bilan uchrashuv yakunida Zelenskiy qurol berishni so‘rardi. U ba’zan suhbatdoshlarining ikkilanishlarini juda keskin kutib olardi. Masalan, u BMT Xavfsizlik kengashida nutq so‘zlar ekan, tashkilotni tarqatib yuborishni taklif qildi, Germaniya prezidentidan esa Kiyevga kelib o‘tirmaslikni so‘radi.
Zelenskiy o‘zini harbiy strateg deb bilmaydi. U o‘zini jon saqlash uchun kurashayotgan davlatning tirik ramzi deb hisoblaydi. «U ba’zan aktyor nutq so‘zlayotgandek gapiradi. O‘ziga kelganda esa haqiqiy erkak va dangal insonga aylanadi», deydi Aleksey Arestovich prezident haqida.
Donbass uchun urush haqida
Urushning 55-kunida Zelenskiy Rossiya harbiy harakatlarning ikkinchi fazasini boshlagani, bu Donbass uchun jang bo‘lishini aytdi. Ikki tomondan birining armiyasi bu jangda yakson etiladi, deb hisoblaydi Zelenskiy. «Bu juda katta urush bo‘ladi, bunaqasi hali Ukraina hududida bo‘lmagan. Turib bersak, bu biz uchun hal qiluvchi vaziyat bo‘ladi», deydi Zelenskiy.
Urush o‘zgatirgani haqida
«Bunaqa dono bo‘lishni hech qachon istamaganman, u meni qaritdi. Bu rus askarlari tomonidan o‘ldirilgan, azoblangan odamlarning aksidir. Bunday narsalar haqida bilib, bu qadar dono bo‘lishni hech qachon istamaganman», dedi Zelenskiy.
Zelenskiydan aktyorlikni tashlab prezidentlikka nomzod bo‘lganiga achinishi yoki yo‘qligi haqida so‘radik: «Bir soniyaga ham afsuslanmayman», deb javob berdi prezident. U urush qanday tugashi, tarixda qanday nom bilan qolishini ham bilmaydi, lekin urush vaqtida Ukrainaga prezident kerak ekanini biladi. Va bu lavozimda bardosh bilan ishlamoqchi. | 2Dunyo
|
Polsha O‘zbekistonga 300 ming dollarlik insonparvarlik yordami yubordi
Polsha hukumati yuborgan gumanitar yuk Varshava–Toshkent reysi orqali I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga 24-noyabr kuni keldi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Polsha neft va gaz kompaniyasi va Polshaning Xalqaro birdamlik jamg‘armasi O‘zbekistonga shaxsiy himoya vositalari, tibbiy o‘lchash moslamalari va COVID-19’ga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan 300 ming AQSh dollariga teng dori-darmon vositalari bilan yordam ko‘rsatdi.
Polsha Mudofaa vazirligining maxsus harbiy samolyoti koronavirusga qarshi kurashish uchun yuborilgan vositalarni yetkazib berdi.
Bundan tashqari, yukning bir qismi Qarshi va Nukus shaharlaridagi zo‘ravonlik qurbonlari hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish uchun qurilgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari uchun mo‘ljallangan qandolat va tikuv uskunalaridan iborat.
Ushbu yordam Polshadan Ijtimoiy chetlab o‘tish xavfi ostida bo‘lgan shaxslarning integratsiyasi nomli Polsha ko‘magi doirasida rivojlanish loyihalarini amalga oshirish uchun yetkazib berildi. | 8O‘zbekiston
|
Dunyodagi eng tezkor avtomobil — Owl giperkari 2,9 mln yevro narxida sotuvga chiqdi
Yaponiyaning Osaka shahrida Aspark kompaniyasining birinchi shourumi ochildi. U yerda dunyodagi eng tezkor va kuchli seriyali avtomobil deya e’tirof etilgan Owl elektrogiperkari sotiladi. Bir vaqtning o‘zida, ushbu yangi modelni Yevropa va Shimoliy Amerikada ham xarid qilish mumkin. Mashina narxi 2,9 million yevrodan boshlanadi, deb yozadi Motor.
O‘tgan yilning oxirlarida namoyish etilgan Owl giperkariga to‘rtta elektromotor va sig‘imi 64 kilovatt-soatga teng 800 voltli batareya o‘rnatilgan. Agregatlar umumiy hisobda 2012 ot kuchini (2000 Nm) taqdim etishga qodir. Shunday qilib avtomobil 1900 ot kuchiga ega Pininfarna Battista va Rimac C-Two, shuningdek, Lotus Evija’ni ortda qoldirdi.
Avvalroq kompaniya to‘liq uzatmali Owl soatiga 60 mil tezlikka (97 km/soat) 1,69 soniyada erishishini ma’lum qilgandi. Biroq oktabr oyida Italiyaning Misano World Circuit poyga yo‘lida o‘tkazilgan sinovda giperkar ushbu masofani 1,72 soniyada bosib o‘tgan. Mashinaga poyga shinalari kiygizilgan boshqa sinovlarda ushbu ko‘rsatkich 1,87 soniyani tashkil etgan.
Giperkarning maksimal tezligi — soatiga 400 kilometr. U bir marta quvvatlanish orqali 450 kilometr yo‘l bosa oladi.
Owl’ning mazkur giperkaridan jami 50 nusxa yaratiladi. Ularning 20 tasi Yevropa, yana 20 tasi Osiyo va Yaqin Sharq, 10 tasi esa — Shimoliy Amerika uchun mo‘ljallangan. | 0Avto
|
Iroq va Saudiya 27 yil avval to‘xtatib qo‘yilgan aviaqatnovni qayta tikladi
Iroq va Saudiya Arabistoni 27 yil ilgari to‘xtatib qo‘yilgan aviaqatnovlarni qayta tikladi. Bu haqida Iroq transport vazirligi bayonotida ma'lum qilingan.
"Iroq va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida tomonlar aviaqatnovlarni tashkillashtirishga doir hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi", - deyiladi Iroq vazirligi bayonotida.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Iroq barcha davlatlar, birinchi navbatda mintaqadagi qo‘shnilari bilan hamkorlik uchun ochiq.
18 oktabr, chorshanba kuni Bog‘dod aeroportiga Saudiya Arabistoni Flynas aviakompaniyasining 27 yil ichidagi birinchi samolyoti qo‘ndi. Uni Iroq transport vaziri Kozim Finjon va Saudiya Arabistonining Iroq poytaxtidagi elchixonasi xodimlari kutib olishdi.
Rejaga ko‘ra, Saudiya aviakompaniyasi Iroqning turli mintaqalariga reyslarni amalga oshiradi. | 2Dunyo
|
Toqayev Rossiya va Qozog‘istonning ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashini bildirdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda asosiy vazifasi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni ta'minlash ekanligini bildirdi.
"Munosabatlarimiz muntazam ravishda rivojlanib bormoqda va Nursulton Nazarboyev aytganidek, qat'iy o‘lchamga ega. Shu bois mening vazifam mazkur strategiyani, ayniqsa Rossiya bilan munosabatlarimiz saqlanib qolishini ta'minlashdan iborat. Men xalqlarimiz o‘rtasida erishilgan do‘stlik salohiyatini mustahkamlash uchun bor imkoniyatimni ishga solaman", - dedi Toqayev. U aynan mana shunday munosabatlar Qozog‘iston va Rossiya milliy manfaatlariga to‘laligicha mos kelishini ta'kidladi.
Toqayev ittifoqchilik munosabatlari va undan kelib chiqadigan majburiyatlar nima ekanligini yaxshi tushunishini qayd etdi.
"Shuning uchun, ittifoqchilik va sherikchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Yekaterinburgda imzolangan shartnoma shubhasiz barcha sohalar – iqtisodiyot, siyosat, xalqaro munosabatlar va gumanitar sohalardagi izchil hamkorligimiz uchun jiddiy asos bo‘ladi deb o‘ylayman", - dedi Qozog‘iston prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, bugun 3 aprelda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga ko‘ra, Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu Toqayevning prezident sifatidagi ilk xorijiy tashrifi hisoblanadi. | 2Dunyo
|
O‘zbekiston Markaziy banki 300 mln dollar miqdoridagi valyuta zaxirasi qanday maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkinligini ma’lum qildi
O‘zbekiston Markaziy banki 2020-yilning 9 oyidagi ichki valyuta bozoridagi holat va yil yakuniga qadar kutilayotgan tendensiyalar yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi ikki oy davomida karantin bilan bog‘liq cheklovlarning yumshatilishi hamda iqtisodiy faollikning asta-sekinlik bilan tiklanib borishi ta’sirida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning nisbatan yuqori darajada bo‘lishi kuzatildi. Bu, asosan, karantin sharoitlarida qondirilmagan talabning ma’lum bir kechikish orqali yuzaga chiqishi bilan izohlangan.
2020-yilning yanvar—sentabr oylari davomida ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan jami 10,7 milliard dollarlik xorijiy valyuta sotib olindi.
“Mazkur davrda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 7,0 milliard dollarni tashkil etib, qolgan 3,7 milliard dollarlik talab esa Markaziy bankning intervensiyalari hisobiga to‘liq qondirildi”, — deyiladi ma’lumotda.
Ta’kidlanishicha, hisobot davrida ichki valyuta bozoridagi Markaziy bankning intervensiyalari oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi tamoyiliga asoslangan holda, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan oltin miqdori doirasida amalga oshirildi.
O‘zbekiston avgust oyida 31,7 tonna oltin sotgani ma’lum bo‘ldi
“Markaziy bank kelgusi oktabr—dekabr oylari davomida ham ushbu tamoyilga asosan ichki valyuta bozoriga intervensiyalarni amalga oshirib boradi. Bunda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishi kuzatilgan holatlarda zaruriyatga qarab, yil boshidan oltin xaridi va amalga oshirilgan intervensiya operatsiyalari o‘rtasidagi tafovutdan hosil bo‘lgan 300 million dollar miqdoridagi valyuta zaxirasi ham ushbu maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkin”, — deyiladi Markaziy bank ma’lumotida.
O‘zbekiston so‘mi 9 oy davomida dollarga nisbatan qanchaga qadrsizlangani ma’lum qilindi | 8O‘zbekiston
|
«Qolipga solingan fikrlar yoshlarga qiziq emas» - Yoshlar ittifoqini o‘zgartirishga intilayotgan Alisher Sa'dullayev bilan suhbat
Shu yilning 29 avgust kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkilotida rahbar o‘zgarishi kuzatildi. Unga ko‘ra, Qahramon Quronboyev Yoshlar Ittifoqi raisligidan ketdi va uning o‘rnini tashkilot raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Alisher Sa'dullayev egalladi.
Kun.uz O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining o‘tgan davrdagi faoliyati tahlili va kelgusi rejalari haqida fikrlashish maqsadida Alisher Sa'dullayev bilan suhbat tashkil qildi. Tashkilot rahbari bilan qilgan mazkur suhbatimiz O‘zbekistonda yoshlar masalalari va bu borada ularni qiynayotgan muammolar, yangi rejalar hamda yosh rahbarning shaxsiy kar'yerasidagi o‘sish sirlari haqida kechdi.
- Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining Qurultoyidagi chiqish, Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga kelish va ushbu tashkilotda rahbarlik...
Alisher, O‘zbekistonda deyarli barcha sizni mana shu bosqichlardan boshlab biladi, taniydi. Ayting-chi, Alisher Sa'dullayev undan avval kim edi?
- Yaxshi eslayman, maktab davridan boshlab yaxshi o‘qishga, boshqalardan ajralib turish va liderlikka harakat qilardim. Keyinchalik Jizzaxdagi umumta'lim maktabini tamomlab litseyda tahsil oldim.
Litseyda o‘qiyotgan paytda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishim boshlangan va o‘sha paytlarda bu tilning jahonni o‘rganish uchun kalit ekanligini tushungandim.
Shu sababli, litsey davrimda ko‘p vaqtimni xorijiy tildagi adabiyotlarni mutolaa qilishga sarflardim.
O‘sha paytda yana bir voqea yaxshi esimda qolgan, dadam menga mahallamizda hali ko‘pchilikda bo‘lmagan yangi noutbukni olib bergan edi. O‘sha paytda bu noutbukning narxi 725 dollar edi. Keyin Toshkentga kelib 107 dollarga printer qurilmasi va 7 dollarga modem olib ketganmiz. Menimcha, dadam bu ishlarni o‘g‘lim ilm olsin, ilm olib kelajakda yaxshi kasblarni egallasin, deb qilgan. Chunki, biz badavlat emasdik, oilamiz o‘rtahol edi.
Bu ota-onani, ular farzandi uchun qilgan mehnatlarni qadrlaydigan bola uchun juda katta qarz.
Litseyni tamomlab, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga o‘qishga kirdim. O‘sha paytda oilamizda chet el oliy ta'lim muassasalari haqida to‘la tasavvur bo‘lmagani uchun biroz ikkilanishlar ham bo‘lgan, qaysiki, keyinchalik O‘zbekistondagi davlat ishlariga joylashib keta oladimi, degan xavotirlar bor edi. Bunday xavotirlar hozir ham ko‘pchilik yoshlarda bor. Shu o‘rinda ularga qarata aytmoqchi edimki, sizda yetarli salohiyat, bilim va o‘z kasbini yaxshi ko‘rish xislatlari bo‘lsa har qanday ishga joylasha olasiz.
Universitetda o‘qish davrida nafaqat men balki oilamiz ham ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi, masalan, o‘qish shartnoma pulimni to‘lash uchun oilamizga qadrli bo‘lgan ko‘p narsalarni sotishga majbur bo‘ldik. Lekin ota-onam taslim bo‘lishmadi, meni qo‘llab-quvvatlashdi.
O‘qishimni ikkinchi kursidan boshlab men abituriyentlarga ingliz tilidan dars bera boshladim. Uchinchi kursga kelib esa endi shartnoma pulimni to‘liq o‘zim to‘lay oladigan holatga keldim.
To‘rtinchi kursga kelib esa Toshkentda orttirgan yaqin do‘stlarim bilan birgalikda o‘z o‘quv markazimizni ochishga erishdik. Endi biz oldimizga kattaroq maqsadlarni qo‘yib, harakat qila boshladik.
Ozgina vaqt o‘tgach, menga “Kamolot” YoIHning Qurultoyi bo‘lishini aytib qolishdi. To‘g‘risini aytsam, bu xabar Qurultoyga juda kam vaqt qolganda menga aytildi. Ya'ni, Prezidentga zehni o‘tkir, kuchli fikrga ega yoshlarni kerak ekanligi aytilganda biz ham ruhlanib, “Kamolot”ga murojaat qilganmiz. O‘sha murojaatdan keyin bizni ham Qurultoyga taklif qilishdi. Qurultoyda hammasi tabiiy kechgan, Prezident yoshlar bilan juda ochiq gaplashdi, har kim o‘z fikrini erkin aytdi. Yig‘ilishda men ham ikkinchi bo‘lib so‘zga chiqdim va taklifim xorijdagi IDP IELTS tashkilotini Avstraliya bilan hamkorlikda O‘zbekistonga olib kirish va bu yo‘ldagi ba'zi muammolarni Prezident orqali yechish edi.
- O‘zbekistonda shu paytga qadar yoshlar tashkilotlari bir necha bor qayta tashkil etilgan. Qiziq jihati, bu tashkilotlar har safar ishonchni oqlamaydi yoki boshqa bir sabab bilan qayta tashkil etiladi. Nima deb o‘ylaysiz, o‘zi O‘zbekistonda yoshlar bilan ishlash sohasida tanlangan aniq manzilli yo‘l bormi va u nimalarni maqsad qiladi?
Savolning davomi sifatida aslida tili, dunyoqarashi, qiziqishlari turlicha bo‘lgan yoshlarni bir tashkilotga qamrab olishga intilish qanchalik to‘g‘ri?
- Menimcha, bu tabiiy holat, chunki, vaqt o‘tgan sari yoshlarni dunyoqarashi, fikrlashi rivojlanib boradi. Buni esa eskicha ishlash tizimi va eskicha qoliplar bilan hech kanaqasiga qondirib bo‘lmaydi.
Yoshlar doimiy rivojlanuvchi, ular har soatda o‘z ustida, loyihalar ustida ishlaydi, yangiliklarni kutishadi.
Yana bir narsani aytishim kerak, Yoshlar ittifoqi ham “Kamolot”ning vorisi sifatida tashkil qilingan. Lekin bu tizimdagi asosiy qatlam to‘lig‘icha olib tashlangani yo‘q. Bu yo‘nalishdagi tashkilotlarning ishi baribir yoshlar bilan ishlash.
U qanday nom bilan atalishidan qat'i nazar yoshlarning huquqlarini himoya qiladi, ularga yordam beradi, ko‘maklashadi. Men buni tabiiy holat deb hisoblayman.
- Alisher , tashkilot rahbarligiga saylanganingizdan keyin Yoshlar ittifoqida a'zolik degan narsa bo‘lmaydi, yoshlar endilikda a'zolar va a'zo bo‘lmaganga ajratilmaydi, dedingiz. Bundan albatta ko‘pchilik xursand bo‘ldi, lekin meni masalaning boshqa bir tarafi o‘ylantirib qo‘ydi. Ya'ni, tashkilot ustavida uning nizomi, dasturi, va boshqa hujjatlariga o‘zgartirish kiritish faqat Qurultoy qarori bilan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Ya'ni tashkilotni katta jamoa boshqarishi belgilangan. Xo‘sh, sizning bu fikrlaringiz ushbu qoidalarga zid emasmi?
- Ilyos aka, rostini aytaman, ustav nuqtayi nazaridan olinsa, mening ba'zi bir fikrlarim zid bo‘lishi mumkin, lekin bir narsani to‘g‘ri tushunish kerak, yoshlarga bizning ustavlarimiz, bizning qonun qoidalarimiz yoki qolipga solingan g‘oyalarimiz har doim ham yoqavermaydi.
Gap bu yerda maqsadlarda. Masalan, Respublikadagi yoshlar tomonidan Yoshlar ittifoqining barcha yoshlar bilan teng ishlashi kerakligi borasida takliflar bo‘ladi. Vaholanki, tashkilot ustavida uning asosiy vazifasi o‘z a'zolari bilan ishlash ekanligi ko‘rsatilgan. Bu yerda qo‘yilayotgan talab va asl holat bir-biriga mos bo‘lmay qoladi. Shu nuqtayi nazardan biz aytdikki, mayli u bizga a'zomi, a'zo emasmi, muhimi, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsin va shu asos bizga u bilan ishlay olishimizga yetarli fakt bo‘lsin.
Agar Qurultoy yo‘q, bu ustavga zid, buni qabul qila olmaymiz degan taqdirda ham biz yoshlar bilan ishlayveramiz. Chunki bizning maqsadimiz yoshlar tashkilot ozgina bo‘lsa ham ko‘mak his qilsin.
Hozirgi kunda yoshlardagi fikrlar xilma-xilligini, taklif va g‘oyalarini ularning o‘zisiz va ularning ishtirokisiz hal qilishning iloji yo‘q.
- 2017 yil 5 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab–quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi. Mazkur farmonda xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq manfaatlarini himoya qilish tashkilot zimmasidagi vazifa sifatida belgilangan. Xo‘sh, bu borada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi nima ishlarni amalga oshirdi va endilikda qanday rejalari bor?
Nega bu savolni beryapman, afsuski, chet davlatlarda ishlayotgan, o‘qiyotgan yoshlar bilan ko‘pgina holatda ko‘ngilsiz xabarlarni eshityapmiz, lekin ularning birortasida tashkilot munosabatini kuzatmadik. Shaxsan sizda bu borada qanday rejalar bor?
- Bu biz uchun haqiqatda og‘ir savol. Nazarimda, bu vaziyatni jamiyatda hamma ko‘rib, his qilib turibdi.
Xorijga migrant sifatida ketayotgan yoshlar ham yaxshi sharoit, pul topish va shu orqali oilasini qo‘llab-quvvatlash va hayotidagi boshqa muhim qarorlarga yordam bo‘lishni maqsad qilgan bo‘ladi.
Biz mana shunday yoshlarga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasini tashkil qildik. Hozirda bu assotsiatsiyaning bir qancha davlatlarda bo‘limlari bor. Lekin tan olib aytish kerak, xorijda migrant sifatida ishlayotgan yoshlarni himoya qilishga bizning vakolatimiz ham salohiyatimiz ham yetmasligi mumkin.
Biz yaqinda xorijdagi yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun «Yosh vatandoshlar» forumini o‘tkazdik. Bu forum yakunida xorijdagi ko‘pchilik yoshlarimiz O‘zbekistondagi imkoniyatlarni ko‘rib shu yerda qolganlari ham bo‘ldi, ba'zi birlari keyinchalik tajriba to‘plab yurtga qaytadigan bo‘ldi.
Albatta, xorijda migrant sifatida ishlash davomida ko‘ngilsiz holatlarga duch kelayotgan yoshlarni himoya qilish uchun xorijdagi xodimlarimiz sonini oshirishga harakat qilyapmiz, ammo ularning ham vakolatlari juda keng emas.
Lekin shunday bo‘lsa-da bizga turli muammolar bilan murojaat qilgan yoshlarga qo‘limizdan kelganicha ko‘mak beramiz.
- Bilasizmi, bu yerda eng katta muammoni nimada ko‘raman, chet elga ishlash uchun chiqib ketayotgan yoshlarning aksariyati borayotgan davlatidagi qonun-qoidalar bilan yetarlicha tanishmaydi, huquqlari bilan yaxshi tanish emas. Muammoning ildizlaridan biri shu yerda emasmikan?
- To‘g‘ri, bu joyda men ikkita asosiy masalani aytgan bo‘lardim. Ya'ni, chet elga ketayotgan yoshlar u yerda nima ish uchun borishyapti va o‘sha kasbning mutaxassisimi?
Chunki hozir yoshlarning ko‘pchiligi biror kasbsiz, til bilmasdan va o‘z huquqlaridan yaxshi xabardor bo‘lmagan holatda xorijga ketishyapti. Muammolarning asosiy qismi ham shu sabablardan kelib chiqadi.
Shu sababli ham biz joylardagi bo‘limlarimizda, Yoshlar markazlarida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e'tibor qaratamiz.
Suhbat davomida Alisher Sa'dullayev Yoshlar uylari masalasida kelib chiqqan muammolarning asosiy sabablari, yoshlar orasida «ittifoqchi» va «uyushmagan» sifatida ikkiga bo‘linish sabablari, Yoshlar telekanali va Yoshlar radiosi faoliyatida kutilayotgan o‘zgarishlar, Yoshlar press klubi faoliyatidagi samarasizlik sabablari va boshqa mavzularda qiziqarli fikrlarini bildirdi.
Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin. | 8O‘zbekiston
|
Sirdaryoda yo‘llarni ta’mirlash jarayonida budjet pullarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘rganishlar olib borilgan.
DXX xabarida aytilishicha, o‘rganishlar natijasida yo‘l infratuzilmasi obektlarida budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.
2020-2021 yillarda Boyovut tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tumandagi umumfoydalanuv avtomobil yo‘llari va “Obod qishloq” dasturiga asosan ichki yo‘llarda amalga oshirilgan qayta ta’mirlash ishlari nazorat o‘lchovidan o‘tkazilganda, mazkur korxona mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, hisobotlarga bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 1 mlrd 525 mln so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda Boyovut tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksi 167- (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish”) va 209- (“Mansab soxtakorligi”) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
FRANSIYaDA HARBIYLAR GURUHINI AVTOMOBIL BOSIB KETDI
Fransiya poytaxti Parij yaqinidagi Levalua-Perre shahrida avtomobil harbiylar guruhini bosib ketdi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.
Hodisa oqibatida kamida olti kishi jabrlandi, ulardan ikki nafarining ahvoli og`ir ekanligi aytilmoqda. Haydovchi voqea joyidan yashiringan. Levallua-Perre shahar meri Patrik Balkani bu ish puxta rejalashtirilganligini ma`lum qildi. Uning aytishicha, jinoyatchi harbiylarning kazarmadan chiqib, mashinalari yoniga borishini kutgan.
Polisiya jinoyatchini topish maqsadida tumanda maxsus qidiruv tadbirini o`tkazmoqda.
Hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. | 2Dunyo
|
Taniqli aktyor Bahrom Matchonov 17 yildan keyin AQShdan O‘zbekistonga qaytdi
Taniqli o‘zbek aktyori Bahrom Matchonov 17 yildan keyin AQShdan O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda bir qator OAV ma'lum qildi.
Matchonov o‘z vaqtida “Kichkina tabib”, “Shaytanat” va “Ona” filmlaridagi rollari evaziga mashhurlikka erishgan. U oxirgi 17 yil davomida AQShda yashagan.
“Men AQShga 2002 yilda ketganman. O‘shanda teatrimizda katta inqiroz bo‘lgan. O‘zbekistonda 2000 yildan keyin filmlar ishlab chiqarilishi keskin qisqargan. O‘shanda AQShga ketishimga to‘g‘ri kelgan. Men o‘z farzandlarimga yaxshi ta'lim berishim va oilamni boqishim kerak edi. AQShga hech narsasiz ketganman va hattoki inglizchani bilmasdim”, deb aytgan aktyor intervyu vaqtida.
Matchonov O‘zbekistonga mamlakatdagi o‘zgarishlarni ko‘rgach qaytishga qaror qilgan. Uning aytishicha, u rejissyor Jahongir Qosimovning “Ibrat” filmida rol olgan.
Bahrom Matchonovning qizi taniqli rossiyalik teatr va kino aktrisasi Ravshana Kurkova bo‘lib, u “Barvixa”, “A u nas vo dvore” seriallaridagi rollari orqali tanilgan. Ravshana Bahromovna Kurkova (qizlik familiyasi Matchonova) 1980 yil 22 avgustda Toshkentda tug‘ilgan. Uning butun oilasi san'at olami bilan bog‘langan. Otasidan tashqari onasi Ra'no Kubayeva ham kinoaktrisa va rejissyor, tog‘asi Rauf Kubayev rejissyor va ssenariynavis hisoblanadi. | 5Jamiyat
|
Video: Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Kontening hissiyotlari
Futbol bo‘yicha 2016-yilgi Yevropa chempionati starti arafasida muxlisu mutaxassislarning aksariyati Italiya terma jamoasining imkoniyatlariga nisbatan past baho berayotgan edi.
Biroq Antonio Konte qo‘li ostidagi “moviy gvardiya” o‘ziga xos sensatsiyalarni boshlab ulgurdi — guruh bosqichida musobaqa favoritlaridan biri deya e’tirof etilgan Belgiya termasini, nimchorak finalda esa musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblangan Ispaniya termasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ispaniyaga qarshi o‘yin alohida e’tiborga molik — to‘rt yil avvalgi Yevro finalida ispanlar aynan Italiyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta Yevropa chempioniga aylangan edi.
2012-yilgi finaldagi mag‘lubiyat Italiya uchun ancha og‘riqli bo‘lgan, Yevro—2016 nimchorak final o‘yinidagi o‘yin esa o‘sha mag‘lubiyat uchun qaysidir ma’noda qasos olish imkonidek ko‘rilayotgan edi.
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Kontening Ispaniyaga qarshi so‘nggi o‘yindagi his-hayajonga to‘la harakatlarini balki shu bilan izohlash mumkindir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 13Sport
|
Fuqarolik burchiga befarq bo`lmagan fuqarolar “bosqinchi”ni ushlashdi
2021 yilning 1 fevral kuni soat 15:00 larda voyaga etmagan 17 yoshli fuqaro bosqinchilik yo`li bilan jinoyat sodir etgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Xabarga ko`ra, 9-sinf o`quvchisi Erlan Z. Toshkent shahri Bektemir tumani hududida joylashgan “Vodiy” shoh bekati oldida “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi 29 yoshli Abdunabi X., bilan uni va oila a`zolarini Andijon viloyati Asaka tumaniga olib borishiga kelishgan.
Oila a`zolarini Ohangaron tumani hududidan yo`l-yo`lakay olib ketishlarini aytib, ushbu avtomashinani old o`ng tomon o`rindig`iga o`tirib, yo`lni ko`rsatib borib, O`zar qishlog`iga etmasdan Erlan Z., yonida bo`lgan oshxona pichog`ini Abdunabi X., ning bo`yin qismiga tirab, yonida bo`lgan bor pullari va buyumlarini berishini talab qilib, haydovchi Abdunabi X.,ga tegishli bo`lgan narxi 1.500.000 so`mlik “HUAWEY” rusumli uyali telefon apparatini, avtomashinasini boshqaruv pultini bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritgan.
Shundan so`ng Erlan Z., haydovchi Abdunabi X.,ga avtomashinasini Nurafshon shahri yo`nalishi bo`ylab boshqarishini talab qilgan, haydovchi Abdunabi X., avtomashinasini Ohangaron tumani Oybuloq MFY O`zar qishlog`idan chiqishdagi avtobus bekati ro`parasida to`xtatib, bekatda turgan notanish shaxslardan yordam so`ragan va avtobus bekatida o`tirgan notanish fuqarolar Erlan Z.,ni ushlab IIB xodimlariga topshirishgan.
Mazkur holat yuzasidan Oxangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Erlan Z.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. | 6Jinoyat
|
O‘zbekistonda 2021-yil iyuldan boshlab vazir va hokimlarning semizlik darajasini onlayn kuzatib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, aholini sog‘lom turmush tarziga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Xususan, tadbirda “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va xodimlari, ularning oila a’zolarining ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil etish ko‘zda tutilgani ta’kidlandi.
Respublikada aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, workout (mahalla va ko‘cha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilandi.
Har chorakda har bir tuman (shahar)da “Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovi tashkil etiladi. 2021-yilda 50 ta sport zali, 48 ta sport inshooti qurilib, foydalanishga topshiriladi.
“Endi ishga piyoda kelib, piyoda ketaman”. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov “Avtomashinasiz 10 kun” aksiyasini o‘tkazishni taklif qildi
2021/2022-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘quv soatlari doirasida jismoniy tarbiya fanini barcha sinflarda haftada 2 soatdan o‘qitish tashkil etiladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilanadi.
Shuningdek, 2021-yil 1-iyuldan boshlab vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini), boshqa o‘tkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Respublika hududlarida 2021-yil 1-sentabrga qadar ekspeditsiya tashkil qilgan holda milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari tarixini o‘rganish asosida “O‘zbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq o‘yinlari ensiklopediyasi” tayyorlanadi va chop etiladi.
“Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 3-noyabrdagi Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filiali, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha maxsus ilmiy laboratoriyasi negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil etiladi.
Universitet 2020-yil 1-dekabrdan boshlab respublikadagi barcha jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat tashkilotlari hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) faoliyati ustidan o‘quv va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Universitet huzurida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yuritadigan Respublika ilmiy-uslubiy kengashi tashkil etiladi.
Prezident farmoni bilan bir sutkada 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to‘lanishi belgilandi
Shu bilan birga, 2021-yildan boshlab har yili jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga va sohadagi muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan loyihalar tanlovlari muntazam tashkil etiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalarida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va diyetologiyasi mutaxassisliklari yo‘lga qo‘yiladi.
2020-yilning yakuniga qadar sport-ta’lim muassasalari hamda sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) uchun bosma nashrlarni chop etish maqsadida Universitetda “Jismoniy tarbiya va sport” nashriyoti va bosmaxona faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Shaxsiy namuna ko‘rsatish oson emas ekan”. Sherzod Shermatov rahbar sifatida piyoda yurgani haqida
Avvalroq O‘zbekistonda mahsulotlar tarkibidagi tuz, shakar va yog‘ni markirovkalash boshlanishi xabar qilingandi. | 8O‘zbekiston
|
Venesuelaga 40 ta atom bombasi qurib berishni va’da qilgan amerikalik olim 5 yilga qamaldi
Amerikalik olim Venesuelaga 40 ta atom bombasi qurib berishni va Nyu-York ustiga bomba tashlashni taklif qilgani uchun ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Argentinada tug‘ilgan Pedro Leonardo Maskeroni AQSh fuqaroligini olgan va 1979−1989-yillarda Los-Alamos milliy laboratoriyasining yadro qurolini rivojlantirish departamentida ishlagan. Uning xotini Merjori Roksbi Maskeroni ham o‘sha laboratoriyaning texnik hujjatlar bo‘limida 1981-yildan 2010-yilgacha ishlagan.
FQB o‘z maxfiy agentining Maskeroni bilan Venesuela vakili sifatida olib borgan muzokarasi videolavhasini sudga taqdim etgan. Olim “hokimiyat va pul” evaziga ommaviy qirg‘in quroli arsenalini 10 yil ichida qurishga va’da bergan. Bundan tashqari, u namoyish maqsadida Nyu-York ustiga bomba tashlashni maslahat bergan. Uning fikricha, bundan odamlar aziyat chekmaydi, faqatgina elektr energiyasi uzilib qoladi.
Albukerke shahrining okrug sudi olimni 5 yilga, rafiqasini 1 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Ular sud bilan aybni tan olish to‘g‘risida kelishuv imzolagach, muddat qisqartirilgan. Biroq o‘z chiqishida u harakatlarining noto‘g‘riligini tan olishdan bosh tortgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u “venesuelalik” kishiga hech qanday maxfiy texnologiyalarni taklif qilmagan, bunday qilishga AQSh uning yadro energiyasini olishda ftor-vodorod lazeridan foydalanish nazariyasini tan olmagani majbur qilgan. | 2Dunyo
|
Manhattan Flatiron premium inshootining sotuvlari boshlandi
Poytaxtning eng nufuzli tumanida joylashgan Manhattan turar joy majmuasida Nyu-Yorkning yana bir timsoli hisoblangan, dazmolga o‘xshash mashhur Flatiron Building binosi qad rostlaydi. Toshkentdagi ushbu elita minorasi me’morchiligida ana shu afsonaviy binoga ishora qiluvchi taniqli elementlar mavjud.
Shahardagi uzoq kutilgan bunday qurilish binolaridan birida xonadonlar sotuvi boshlandi. Sizning e’tiboringizga shaharning qoq markazida, 25 qavatgacha bo‘lgan 143 ta xonadon taqdim etiladi va ulardan o‘zingizga ma’qulini tanlashingiz mumkin. Bunday baland imoratdan tom ma’noda qushlar parvozidek yuksak masofadan qarash imkoni bo‘ladi.
E’tiborlisi shuki, kvadrat maydon kengligini tanlashingizda ham sizni hech kim cheklamaydi — 33 kvadrat metrlik kichik studiya xonadonlardan tortib, katta oila uchun mo‘ljallangan 300 kvadrat metrga teng muhtasham xonadonni xarid qilib olishingiz mumkin bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, rejalashtirish yechimlari mutlaqo eksklyuziv bo‘lishi aniq. Boisi, binoning shakl-shamoyili har bir bo‘lg‘usi xonadon sohibining o‘ziga xosligini namoyon etadi. Flatiron’dagi xonadonlar narxi kvadrat metri 12,7 million so‘mdan boshlanadi.
Bu yerda baxtli va farovon hayotning barcha ko‘rinishlari taqdim etilgan. Asosiysi hovlida mashinalar to‘planib qolmaydigan xavfsiz va osoyishta maskan. Shahar markazida kun davomidagi mashaqqatli ish kunidan keyin siz xonadoningizda o‘zingizni himoyalangan va erkin his qilishingiz lozim. Majmuaning o‘ziga xos uslubi shundaki, xonadonga kirishdan avval zamonaviy Nyu-York muhitiga yetaklaydi. Bunday muhtasham xonadonda yashash nafaqat yoqimli va obro‘li, balki yangi xonadon sohiblari bu yerga kelib, tom ma’noda boshqa bir dunyoga sho‘ng‘ishadi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, siz xonadoningizni imkon qadar kamroq tark etishni istaysiz, garchi Manhattan atrofidagi boy infratuzilma ko‘zingizni quvontirsa ham. Bejiz Darxon Toshkentning nufuzli tumani hisoblanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, xonadon narxi har doimgidek qurilishning birinchi bosqichida eng maqbul va qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, endilikda yoqimli 5 foizli chegirma ham mavjud, bundan, albatta, foydalansangiz arziydi. Shuningdek, FDG 30 oygacha bo‘lgan foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash rejasini ham taklif qiladi. Bunday ideal sharoitlarda kechiktirmasdan orzu qilingan uyni xarid qilib olish foydali bo‘ladi.
Batafsil ma’lumot uchun Manhattan TJM savdo ofisiga tashrif buyuring va yana bir bor bizga mashhur seriallar va filmlardagidek Nyu-Yorkning o‘ziga xos betkaror muhitiga sho‘ng‘ing.
Telefon: +99878 777 01 01
Markaziy sotuv ofisi: Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi 180
Manhattan bosh sotuv ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Mahatma Gandi ko‘chasi 41
Sayt: manhattan.uz | 8O‘zbekiston
|
Saudiya Arabistoni avizarbasi tufayli Yamanda 50 dan ortiq maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlari samolyotlari Yamanga yog‘dirgan bombalar tufayli 50 dan ortiq maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Yaman rasmiy manbalariga tayanib, Eronning Tasnim agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Agentlikka ko‘ra, mamlakat shimoli-g‘arbida joylashgan Sa’da viloyatining Bani Fazl tumanidagi diniy maktab bombardimonga duch keldi. Viloyatning boshqa tumanlariga ham havodan zarbalar berilgan. Jumladan, Barkan tumanida xonadonlardan birida aviabomba portlashi oqibatida 6 kishi halok halok bo‘ldi va 5 kishi yaralandi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor. | 2Dunyo
|
Google o‘z yangiliklarida RT va Sputnik’dan “Rossiya targ‘iboti”ni filtrlab oladi
Google kompaniyasi “Rossiya targ‘iboti”dan iborat yangiliklarni filtrlash algoritmini yaratish ustida ishlamoqda, deb yozadi “Vedomosti” Alphabet xoldingi ijrochi direktori Erik Shmidtga tayanib.
Uning aniqlik kiritishicha, kompaniyadagilar birinchi o‘rinda “RT va Sputnik”ni targ‘ibot manbalari deb hisoblaydi. “Biz yaxshi bilamiz, va buning oldini olish uchun tizimlarni ishlab chiqishga harakat qilyapmiz”, — dedi Shmidt.
Yangi algoritm kompaniya nuqtai nazaridan shubhali bo‘lgan yangiliklarni Google News natijalarida pastga tushirish imkonini beradi. Gap saytlarni to‘liq bloklash haqida bormayapti. “Biz saytlarni taqiqlashni istamaymiz. Bu bizning uslubimiz emas. Men senzuraga butunlay qarshiman. Men tartib bilan joylashtirishni juda qattiq qo‘llab-quvvatlayman. Bu aynan biz qilayotgan narsa”, — dedi Shmidt. | 14Texnologiya
|
Marg‘ilondagi “Xo‘ja Porso” masjidining tarixiy binosi buzilgani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja Porso” masjidi buzib tashlangani bo‘yicha ishni tergov qilish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura.
Ma’lum qilinishicha, Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja Porso” masjidining tarixiy binosi buzilgani holati yuzasidan Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 132-moddasi (moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan Marg‘ilondagi qadimiy “Xo‘ja Porso” jome masjidi buzib tashlangani haqida xabar berilgandi.
Unda jurnalist Elmira Tuxvatullinaning Facebook’da yozishicha, gid Jamil Qosimov Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlarni betakror ustunlar va naqshinkor shiftni ko‘rsatish uchun olib borganida masjid buzilib, uning o‘rnida qurilish ishlari olib borilayotganiga guvoh bo‘lgan.
“1869-yilda qurilgan, ko‘plab sayohat jurnallarida yozilgan va bir qator suratlari e’lon qilingan hamda pandemiyadan avval jon deb ekskursiyaga olib borilgan ushbu masjid endi yo‘q. Ustunlar va buzib tashlangan naqshinkor shift esa shunchaki keraksiz buyumdek yerda changga belanib yotibdi”, — degan Jamil Qosimov va masjidning o‘sha kungi holati aks etgan video hamda 2019-yilda o‘tkazilgan avvalgi ekskursiyalaridan olingan suratlarni taqdim etgan.
Qayd etilishicha, masjid o‘rnida pishiq g‘ishtdan yangisi qurilmoqda, yodgorliklar yangi masjidga qayta o‘rnatiladi. Chet ellik sayyohlar bundan hayratga tushgan: “Qanday qilib shunday go‘zallikni buzish mumkin, axir bu ushbu obyektni sayyohlik jihatidan jalb qilib turgan narsa-ku? Yangi narsa baribir yangi”.
Aksariyat mamlakatlarda tarixiy binolar xarob holga kelib qolsa ham uni yo restavratsiya, yo konservatsiya qilishga harakat qilishadi. Angliyaning o‘zida, deylik, 50 yillik binoni ta’mirlash uchun ko‘plab komissiyalardan o‘tish kerak. “Nega bizda tarixiy inshootlarni buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorlar osongina qabul qilinadi?” — deya savol bergan jurnalist.
Jurnalist va bloger Nikita Makarenko ayvon shiftidagi bezaklar butun binoga qo‘shib buzib tashlanganiga noroziligini bildirgan. “Tolibon’ tashqarida emas, ‘Tolibon’ allaqachon ichimizda. Bu siyosiy harakat emas, muayyan shaxslarning ijtimoiy va madaniy rivojlanish darajasidir”, — deb yozgan u o‘zining Telegram kanalida.
Farg‘ona viloyati hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirgan. Unda ta’kidlanishicha, 2019-yil noyabrda olib borilgan texnik ekspertiza davomida xom g‘ishtdan qurilgan binoning devorlar konstruksiyasida hamda poydevorida cho‘kish yoki yorilishlar mavjudligi, namlik ta’sirida devorning uqalanishi boshlangani, “yuk ko‘taruvchi va to‘siq konstruksiyalar” me’yoriy hujjatlar talablariga umuman mos kelmay qolgani aniqlangan.
Xabarda, shuningdek, “texnik jihatdan binoni restavratsiya yoki rekonstruksiya qilish imkoniyatlari yo‘qligi sababli buzib, qayta qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan hamda mas’ul idoralar ekspertlari xulosasi olingan”, — deya qayd etilgan.
Madaniy meros agentligi Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja Porso” jome masjidi buzib tashlangani yuzasidan o‘z xulosasini e’lon qilib, agentlik huzuridagi Ilmiy kengash ruxsat bermaganini ma’lum qildi.
Farg‘ona viloyati Madaniy meros boshqarmasining 2021-yil 14-avgustdagi 851-sonli xatiga asosan “Xo‘ja Porso” jome masjidi hududida qo‘shimcha bino inshootlar qurish bo‘yicha loyiha taklifi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti qoshidagi ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan.
O‘rganishlar natijasi yuzasidan 2020-yil 3-noyabrdagi xat bilan Farg‘ona viloyati Madaniy meros boshqarmasiga “Xo‘ja Porso” jome masjidi hududida milliy ro‘yxatdagi Respublika ahamiyatiga ega bino majmuasi saqlangan holda, binoning yangi bosh rejasi taqdim qilinishi, bino ko‘rinishi Marg‘ilon an’anaviy me’morchiligi asosida loyihalashtirilishi, gumbaz, arka (ravoq) qurilishi usuliga e’tibor qaratilishi yuzasidan ko‘rsatma berilgan.
“Binoning tarixiy bosh tarxi taqdim etilmagani, yangi va eski binolarning bir-biri bilan mutanosibligi ishlab chiqilmagani hamda loyiha tashkiloti litsenziyasiz kengashga taqdim etilgani sababli loyiha taklifi Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan rad etilgan”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, “ilmiy-ekspert kengashi tomonidan so‘ralgan ma’lumotlar Madaniy meros agentligiga qayta taqdim etilmagan”.
O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlariga zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan jazo choralari kuchaytiriladi | 8O‘zbekiston
|
“Toshkent” seysmostansiyasi: Jizzaxdagi zilzila kuchi Toshkentda 4 ballni tashkil etdi
29-sentabr kuni yuz bergan va epitsentri Jizzax viloyatida bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahrida 4 ballni tashkil etdi. Bu haqda, “Toshkent” seysmostansiyasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Stansiya ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentrda magnituda 5,1 ni tashkil etgan (avvalroq Yevropa—O‘rtayer seysmik markazi zilzila magnitudasiga 5,2 ga baholagani haqida xabar berilgan edi).
Xabar berishlaricha, zilzila Toshkent va Jizzaxdan tashqari, Guliston, Samarqand, Olmaliq va boshqa shaharlarda ham sezilgan.
Toshkentda yerosti silkinishlari sezildi. 5,2 magnitudali zilzila markazi Zomindan 27 kilometr uzoqlikda joylashgan | 8O‘zbekiston
|
Andijonda 2 oylik o‘g‘lini 4 million so‘mga pullayotgan er-xotin qo‘lga olindi
Andijon viloyatida 27-oktabr kuni viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan bola sotish holatining oldi olindi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir fuqaro Andijon viloyati IIB ga murojaat etib, Andijon shahrida yashovchi T.T. hamda uning turmush o‘rtog‘i T.M. lar o‘z farzandini begona shaxsga 4 million so‘mga sotmoqchi bo‘lib yurganini bildirgan.
Xabarga asosan zudlik bilan mazkur holatning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilib, Andijon shahrida yashovchi T.T hamda uning turmush o‘rtog‘i T.M.lar 2018-yilning avgust oyida tug‘ilgan, 2 oylik o‘g‘lini fuqaro U.A.ga 4 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi.
Sotilgan chaqaloq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, Vasiylik va homiylik tashkiloti dalolatnomasi asosida Andijon viloyat bolalar uyiga topshirildi. Yuqoridagi holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv tadbirlari davom etmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Yevroittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi atrof-muhit himoyasiga bag‘ishlangan haftalikni boshladi
Iqlim o‘zgarishiga befarq bo‘lmagan yoshlar ishtirokida hafta davomida YeIning Instagram sahifasida #BeTheWave (Hamnafas bo‘l) deb nomlangan maxsus eko-chellenj o‘tkazilib, unda mavzuga oid fikrlar va mulohazalar bilan bo‘lishish mumkin bo‘ladi. Ushbu chellenj Yevropa komissiyasi tomonidan ilgari surilgan global tashabbusning ajralmas qismidir. U insonlarni iqlimga zarar keltirmaydigan oddiy va kundalik amallarni uy sharoitida va jamiyatda bajarishga va Instagram'ning boshqa foydalanuvchilarini ushbu amallarga rioya qilishga chorlaydi.
#EU4Environment haftaligi iqlim o‘zgarishi oqibatlariga omma e'tiborini qaratish va Yevropa ittifoqining bu yo‘nalishdagi muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi dasturlarining olib borilishiga qaratilgan. Ushbu o‘ziga xos aksiya, shuningdek, tabiat bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun yaxshi turtki. Haftalik global, milliy va shaxsiy darajalarda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishni kuchaytirish kerak bo‘lgan harakatlarning eslatmasidir. | 8O‘zbekiston
|
Samsung 6G texnologiyasini taqdim etadi — OAV
Samsung kompaniya yaqin vaqtlar ichida oltinchi avlod mobil aloqa standartini (6G) taqdim etishi mumkin, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, 22-iyun kuni texnogigant Unleashing the full power of 5G tadbirini o‘tkazib, unda kompaniya 5G’ga bog‘liq yangi ixtirolardan tashqari, “keying avlod tarmog‘ini rivojlantirishdagi yetakchiligini” ham namoyish etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Samsung’ning Advanced Communications Research Center bo‘linmasi 6G ustida ish boshlagan edi. O‘tgan yili kompaniya 6G standartining dasturiy hujjatlari bilan bo‘lishgan. The Next Hyper-Connected Experience’da keying avlod tarmog‘ining asosiy prinsiplariga izoh berilgan.
Prognozlarga ko‘ra, yangi texnologiyani joriy etish 2028-yildan boshlanadi. Tarmoq soniyasi 1 terabitgacha ma’lumotlarni yuklash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 6G hozirda joriy etilayotgan 5G texnologiyasidan 50 barobar ko‘proq tezlikni taqdim etadi.
Nokia Yevropa Ittifoqining pullari evaziga 6G texnologiyasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi
Ma’lumot uchun, 2018-yilning sentabrida Oulu universiteti professori Ari Pouttu 6G texnologiyalarini joriy etish uchun o‘n yilliklar kerakligini va u 2030-yilga kelib paydo bo‘lishini aytgan edi. | 14Texnologiya
|
Qirg‘izistondagi yer silkinishi kuchi Andijonda sezildi
Yer silkinishi koordinatalari: 41,1 gradus shimoliy kenglik; 73,03 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6, chuqurlik - 10 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi: | 8O‘zbekiston
|
Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasiga boshliq tayinlandi
Hukumat qarori bilan Faxriddin Muhiddinovich Solihov Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Eslatib o‘tamiz, inspeksiyaning asosiy vazifasi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qurilishi ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish hisoblanadi. | 5Jamiyat
|
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida
Surxondaryo viloyatida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, yoshlarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishlarida hal etilishi lozim bo‘lgan qator dolzarb masalalar mavjud.
Xususan, Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va uning atrofidagi Termiz, Angor, Sherobod, Muzrabot, Qiziriq, Boysun va Jarqo‘rg‘on tumanlarida 158 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida 1500 nafardan ziyod tarbiyachi, 404 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 4082 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 457 nafar, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarni oliy ma’lumotli kadr etib tayyorlash bilan birga, qo‘shimcha 244 nafar oliy ma’lumotli mutaxassisga ehtiyoj sezilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son qaroriga muvofiq 2018-yildan boshlab, hududda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish belgilangan bo‘lib, bu qo‘shimcha ravishda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni taqozo etadi.
Hududdagi ta’lim muassasalarining malakali pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylardagi ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;
pedagogik ta’lim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;
yurtimizning pedagogika fani bo‘yicha qadimdan rivojlanib kelgan yutuqlari, xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining tajribasi va Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish;
o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida pedagogika sohasidagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2017-yil 5-maydagi PQ-2955-son qarori talablariga muvofiq Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, Filialning 2017/2018 o‘quv yili uchun talabalar kontingentini Surxondaryo viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) Termiz davlat universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur oliy ta’lim muassasalariga to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30% dan (68,0 balldan) kam bo‘lmagan, Filial uchun to‘lov kontrakt asosida mos ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari hisobidan shakllantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi ballar ketma-ketligiga rioya etgan holda tegishli ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi test natijalari qaydnomalarini chop etsin va belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun Filialga yetkazsin.
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilansin.
4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda Filialning 2017/2018 o‘quv yili qabul kvotalari hamda o‘qishga tavsiya etiladiganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Surxondaryo viloyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
5. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Filial (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga zarur hollarda, Filialning tuzilmasiga oliy ta’lim muassasasi uchun o‘rnatilgan normativlarga muvofiq xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Filial Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018-yil 10-martgacha:
Filialning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Filialni tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
1-kurs yuklamasini 2018-yilning iyul oyi yakuniga qadar bajarish bo‘yicha moslashtirilgan maxsus o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Filialda o‘quv-metodik jarayonlarning tashkil etilishini ta’minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Filial axborot-resurs markazini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
2017/2018 o‘quv yilida Filialga talabalikka qabul qilingan abituriyentlar o‘qishni bitirgandan so‘ng Surxondaryo viloyatidagi doimiy yashash joyida o‘n yil mobaynida tegishli ta’lim muassasalarida ishlab berishlari (aniq ish joyi ko‘rsatilgan) to‘g‘risida tuman hokimligi, oliy ta’lim muassasasi va jismoniy shaxs (abituriyent) o‘rtasida belgilangan tartibda uch tomonlama shartnomalar tuzilsin.
7. Surxondaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining:
Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 228 “B”-uyda joylashgan Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududlari bilan birga Filialga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish;
Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji faoliyati 2017/2018 o‘quv yili yakuniga qadar Termiz axborot texnologiyalari va turizm kasb-hunar kolleji bino va inshootlarida davom ettirilishi to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Surxondaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur bandda ko‘rsatilgan bino va inshootlarning belgilangan tartibda qabul qilinishi va topshirilishini ta’minlasin.
8. Surxondaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 228 “B”-uyida joylashgan bino va inshootlari Filialga berilishi munosabati bilan mazkur kollej faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan 2018-yilning 1-iyuliga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga binoan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturining 2019-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda Filialning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash loyihalarini belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Filialni saqlash xarajatlari 2018-yilda “Maorif” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2019-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
Filialning dastlabki faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining budjetdan tashqari, o‘qitishning kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
11. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
12. Filialga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Filialni onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilmasi bilan ta’minlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi internet hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
14. Surxondaryo viloyati hokimligi respublika oliy ta’lim muassasalaridan Filialga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-o‘qituvchilarni uy-joy bilan ta’minlash, uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish choralarini ko‘rsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov va Surxondaryo viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin. | 10Qonunchilik
|
Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 25 kishi, Qirg‘izistonda esa 44 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etdi
Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 942 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 743 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1685 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.
Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:
Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 75 153 kishiga yetgan. Hozirga qadar 46 790 kishi sog‘aygan, 610 kishi virus qurboniga aylangan.
Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi mamlakatda 2 million nafarga yaqin odam koronavirus bilan kasallanib, tuzalib bo‘lganini taxmin qildi
Qirg‘izistonda 22-iyul holatiga ko‘ra, koronavirus va shifoxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya bilan kasallanish bo‘yicha yana 1108 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Kloop.
Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 324 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:
Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 va kasalxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya bilan kasallanganlarning umumiy soni 29 359 kishiga yetgan. Koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlarga oid statistika umumiylashtirilgach, ularning soni ortib ketgan.
Shuningdek, Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida pnevmoniya bilan kasallangan 948 bemor sog‘aygan. Ayni vaqtda kasallikdan sog‘ayganlar soni 15 851 kishiga yetdi.
Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tgan bir sutka ichida 44 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etgani qayd qilingan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon vafot etganlar soni 1123 kishiga yetdi.
Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan kasalxona shifokorlarsiz qoldi (video)
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 112 kishida koronavirus aniqlangan.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 615 kishini tashkil etmoqda.
Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 23 741 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1186 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.
Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6967 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 46 kishida koronavirus aniqlangan.
Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 54 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 57 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5683 bemor sog‘aygan.
JSST missiyasi Turkmaniston hukumatiga mamlakatda koronavirus bordek ish tutishni tavsiya qildi
O‘zbekistonda 22-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 171 nafarga yetdi. Ayni paytda O‘zbekistonda 9521 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (52 foiz) sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan statistika bo‘yicha mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 96 kishi vafot etgan, “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra, COVID-19 qurbonlari soni 100 nafarga yetdi. | 2Dunyo
|
AQSh jurnalida Rossiya va AQSh yetakchilariga karikatura paydo bo‘ldi
AQShning The Week jurnali o‘zining yangi soni muqovasida bir nechta taniqli odamlar, jumladan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQShning bo‘lg‘usi prezidenti Donald Tramp tasvirlangan karikaturani joylashtirdi.
Jurnal muqovasida ta'kidlanishicha, jurnalning ushbu soni mavzusi 2016 yil shaxslariga bag‘ishlangan. Hajviy suratda Tramp taxtda o‘tirgan holda tasvirlangan. Suratda, shuningdek, bo‘lg‘usi vitse-prezident Mayk Pens Trampning boshiga toj kiygazmoqda, Xillari Klinton esa divanda boshini ushlagancha yotibdi, FQB direktori Jyeyms Komi esa "menda ayb yo‘q" degandek alfozda turibdi. Shuningdek, demokratlardan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Berni Sanders, AQShning amaldagi va bo‘lg‘usi birinchi xonimlari Mishel Obama va Melanya Tramp tasvirlangan.
Hajviy suratning yana bir e'tiborli jihati shundaki, orqa planda Rossiya Vladimir Putin noutbuk bilan o‘tiribdi. Ko‘rinishicha, surat muallifi shu tariqa 2016 yilda keng tarqalgan, go‘yoki rossiyalik xakerlarning AQShdagi saylovoldi kampaniyasiga aralashuvi haqidagi mish-mishlarni hajv qilmoqchi bo‘lgan.
Jurnal 23 dekabrda bosiladi. | 5Jamiyat
|
YPX xodimi suratini uning ruxsatisiz tarqatishni taqiqlash taklif etilmoqda
Ichki ishlar vazirligi YPX xodimi suratini uning ruxsatisiz tarqatishni taqiqlash bo‘yicha taklifni bildirmoqda. Tegishli Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 14 martdan 29 martga qadar jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi [975-son] qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 19-bandi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirish nazarda tutilmoqda:
«YPX xodimining o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holatda olingan foto va video tasvirlarini uning ruxsatisiz Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirmaslik».
Mazkur o‘zgartishlarga prezidentining «Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022 yil 8 fevraldagi [PQ-118-son] qarori asos qilib olingan.
Biroq, prezidentning mazkur qarori hozirgacha qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi — Lex.uz sayti, Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali yoki O‘zbekiston axborot agentligida ham e’lon qilinmagan.
Mazkur xabar tarqalgach, O‘zbekistonda jamoatchilik vakillari o‘zining munosabatini bildira boshladi.
Jumladan, Davletovuz`ning yozishicha, «bu yopiqlikka, orqaga tashlangan qadam».
«YPX xodimi budjetdan maosh olib, xalqqa xizmat ko‘rsatadi. Uni uyida, ishdan bo‘sh vaqtida kimdir rasmga olsa noqonuniy, lekin xizmat vaqtida, ayniqsa, qonunni buzayotgan payti tasvirga olish va uni tarqatishni taqiqlash jamoatchilik nazoratiga, shaffoflikka qarshi qadam. Undan ko‘ra YPX o‘z safini professional, halol kadrlar bilan to‘ldirsin, toki ularga hech qanaqa kamera xavf bo‘lmaydi, ochiqlikdan qo‘rqmaydi. Bu holat esa jamoatchilik ko‘zidan qochishga urinishdan boshqa narsa emas», — degan fikrda bloger.
Bloger Nurbek Alimov esa «bu hujjat qabul qilinadigan bo‘lsa, jamoatchilik nazorati yo‘qoladi» degan fikrda.
Hech kim hech narsani isbotlay olmay qoladi. Xodimni qonun buzganini kimdir videoga olib tarqatsa, o‘sha videoni tarqatgan odamni o‘zi javobgarlikka tortilib ketishi absurd. Keyin ha, yo‘lda xodimni shantaj qilish, ustidan kulish kabi ishlar ham bo‘ladi, ammo o‘shalarni ham jamoatchilikni o‘zi bir necha martta «savaladi». Voydod musulmonlar yordam beringlar deb baqirib chiqqan bratni yoki «zamministrni ikkinchi xotini» bo‘lgan opalarni birorta odam internetda yonini olganini ko‘rmadim. Xalq yaxshi va yomonni ajrata oladi", — dedi u.
Blogerning qo‘shimcha qilishicha, «bu asos bo‘la olmaydi». «Agar shu asos bo‘ladigan bo‘lsa yana o‘sha birovga yaxshilik qilmaslik keysiga va aholi oshxonalaridan pichoqlarni yo‘qotishga qaytishimiz kerak. Bilib bo‘lmaydi pichoq bilan odam o‘ldirish mumkin, osh qilish mumkinligi esa qiziqmas. Gugurtni ham tortib olishni unutmanglar. Olov yomon», — deya kinoya qildi u.
Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev esa mazkur holatga huquqiy nuqtai nazardan e’tibor qaratdi.
«Bu yerda cheklov faqat qonun bilan bo‘lishi kerak, Vazirlar Mahkamasining bunga vakolati ham, huquqi ham yo‘q. Nahotki loyiha mualliflarining shunga aqli yetmagan?», — deydi u.
«YPX inspektorining va o‘zi umuman boshqa istalgan davlat xizmatchisining ishdan tashqaridagi shaxsiy hayoti qonun bilan himoya qilinadi, bunda albatta rozilik shart. Ammo o‘z vazifasini bajarayotganda cheklashga urinish — bu orqaga qaytish degani», — dedi bloger.
«Bu xuddi bolaligimizdagi bir voqeani eslatadi. Mabodo koptokning egasi futbolda yutqazib qo‘yaversa, alami kelganidan koptogini uyga olib ketib qolardi. Undan ko‘ra, yaxshiroq o‘ynashni o‘rgan, shunda yutqazmaysan, deyish befoyda edi. Ichki ishlar vazirligi ham o‘zicha videolardan arazlab, qaror yo‘li bilan buni taqiqlashga urinmoqda», — degan fikrda huquqshunos.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunaqasi ilgari ham bo‘lgan. «Haydovchilarga orqa yon oynaga parda taqishni noqonuniy taqiqlagan vazirlik hamda o‘sha paytdagi YHXBB sudlarda ketma-ket yutqazgandan so‘ng, nohaqligini tan olish o‘rniga, sekingina imi-jimida o‘zlarining foydasi uchun qonunga o‘zgartirish kiritib olmoqchi bo‘lishgandi. Bu haqda mana bu yerda yozganman. Lekin xayriyat o‘shanda ularning bu nomardlarcha „yurishi“ o‘xshamay qolgandi», — dedi u.
«Yetar endi. Qachondir tugashi kerakku bunaqa ishlar. Hadeb orqaga qaytaveramizmi? Nahotki ichki ishlar tizimini xalqning haqiqiy madadkori va do‘stiga aylantirishning boshqa birorta yo‘li yo‘q bo‘lsa?», — deya savol bilan yuzlandi Xushnudbek.
Avvalroq, mazkur holatga Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ham «xalqdan nimadir talab qilishdan avval inson o‘zi xalqqa namuna bo‘lishi kerak» deya munosabat bildirgandi. «Buni prezident topshirig‘i, deya talqin qilmoqda. Lekin bizningcha bu ko‘proq vazirlikning xohishi, balki Bekmurod Abdullayev janoblarining o‘zi istayapti… Albatta biz bu kabi demokratiyaga zid, jamoatchilik nazoratini cheklaydigan qonunlar qabul qilinishiga qarshimiz», — degandi u.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov mazkur taklif ishlab chiqilishidan oldinroq, taqiq bo‘lmasligini aytgandi. «Ushbu taklif ishlab chiqilgach, loyiha shaklida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, hamma bu borada o‘zining fikrini bildirishi mumkin bo‘ladi. Shunda ham to‘liq taqiq bo‘lmaydi, lekin qandaydir chegaralar qo‘yiladi», — degandi u. | 5Jamiyat
|
Eronda yadro qurolini to‘liq yo‘q qilish zarurati haqida e’lon qilindi
Eron hukumati yadro qurolini to‘liq yo‘q qilish zarurati haqida e’lon qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Eron Islom Respublikasi xalqaro xavfsizlik talabi va yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi kelishuvning majburiyati yuzasidan yadro qurolini to‘liq yo‘q qilish zaruratini ta’kidlaydi”,—deyiladi rasmiy xabarda.
Shuningdek, mamlakatning insoniyatni yadroviy tahdiddan qutqarish uchun yo‘naltirilgan barcha harakatlarda faol qatnashmoqchi ekanligi ta’kidlandi. | 2Dunyo
|
OAV: Xitoylik amaldorlar har ikki oyda musulmon oilalari bilan birga yashab, ularni kuzatmoqda (video)
2018-yil boshidan buyon ikki millionga yaqin xitoylik amaldor har ikki oyda mamlakatdagi musulmonlar oilasida biroz muddat yashab kelmoqda. Amaldorlar oilani kuzatib, ular haqida hukumatga hisobot topshiradi. Bu haqda Human Right Watch nashriga tayanib, TJournal xabar berdi.
Kadr: YouTube
Dastur 11 million musulmon yashaydigan Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida amalda qo‘llanilmoqda. Becoming Family (“Oilaga aylanish”) milliy ozchiliklarning Xitoy madaniyatiga moslashishini ta’minlashga qaratilgan.
Musulmon oilasida yashash davrida amaldorlar ularni mandarin tiliga, Xitoy madhiyasini to‘g‘ri aytishga o‘rgatadi, shuningdek, ularning diniy va siyosiy qarashlarini baholaydi. HRW ma’lumotlariga ko‘ra, amaldorlar aholiga “Si Szinpin g‘oyalari”ni singdirishi va ularni “panislomizm”dan ogohlantirishi lozim.
HRW’ning ta’kidlashicha, Xitoy shimoli-g‘arbidagi aholini kuzatish darajasi aqlbovar qilmas ko‘lamda amalga oshirilmoqda va bu orqali hukumat insonlarning oila va madaniy qadriyatlar kabi birlamchi huhuqlarini ham buzmoqda. | 2Dunyo
|
Zarina Nizomiddinova uni yomon ko‘rganlarga qanday javob berdi? (video)
Aktrisa Zarina Nizomiddinova yaqinda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan katta intervyuda uni yomon ko‘rganlarga javob qaytardi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aktrisaga tez-tez salbiy ma’nodagi xabarlar yuborishadi. Lekin u haqida odamlar yomon gaplar yozganini ko‘rgan Zarina bundan xafa bo‘lmaydi.
“Tez-tez tanishlarim men haqimda yozilgan yomon gaplarni yuboradi. Bu borada men sira xafa bo‘lmayman. Tanqid qilishyaptimi, demak men haqimda gapirishga arzirli nimadir bor. Men haqida gapirishdan to‘xtashsa, demak men ortiq mashhur aktrisa hisoblanmayman”, — deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Zarina Nizomiddinova o‘zbek aktrisasi hamda afsonaviy “Yalla” ansamblining asoschilaridan biri Shahboz Nizamutdinovning qizi. | 7Madaniyat
|
Mirishkordagi hosil bayramida yuqori natijaga erishgan 10 nafar fermerga Prezident nomidan avtomobil topshirildi
9-iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida davlatga 61 ming tonna g‘alla topshirgan fermer xo‘jaliklari uchun tashkil etilgan hosil bayramida 65–70 sentnerdan yuqori hosildorlikka erishgan 10 nafar fermerga Prezident sovg‘asi — avtomobillar topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Joriy yil Qashqadaryo viloyati mirishkorlari davlatga 500 ming tonna g‘alla topshirib, rejani ortig‘i bilan bajardi. Mazkur rejaning 61 ming tonnasi Mirishkor tumani fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tuman hokimi Ravshan Komilovning ma’lumot berishicha, joriy yil tuman mirishkorlari davlatga 60 tonna pilla va 61 ming tonna g‘alla topshirib, yuqori natijalarga erishgan.
— Ushbu yutuqlarimizni nishonlash uchun bugun tumanda 500 kishilik bayram dasturxoni tashkil etildi va kam ta’minlangan oila farzandlari bo‘lmish 6 nafar juftlikning nikoh to‘yi, 24 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazib berildi, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari Samariddin Salayev. – Yanayam quvonarlisi, tumanda joriy yilgi mavsumda g‘alladan yuqori hosildorlikka erishgan 10 nafar fermerga Prezidentimiz sovg‘asi — 10 ta avtomobil topshirildi.
Bayram dasturxonidan so‘ng, kechki soat 19:00 da tumandagi markaziy stadionda 20 ming kishi ishtirok etgan bayram kechasi tashkil etildi. Oqshomda poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar chiqishi mirishkorliklar quvonchiga quvonch qo‘shdi.
Bayram oqshomida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev, viloyat prokurori Botir Yusupov, IIB boshlig‘i Dilshod Tursunboyev hamda viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. | 8O‘zbekiston
|
«Havas» Samsung Galaxy smartfonlarini sotishni boshladi va ularni xarid qilganlarga vaucherlar taqdim etmoqda!
Endi «Havas» diskaunterlari tarmog‘ida Samsung Galaxy smartfonlarini manfaat bilan sotib olishingiz mumkin, 10-31 dekabr kunlari esa A seriyasidagi smartfonlarni xarid qilganlarga 100 000 so‘mlik sovg‘a vaucheri hadya etiladi.
Havas – iste'molchilarga sifatli mahsulotlarni imkon qadar arzonroq taqdim etadigan «uy yaqinidagi do‘kon» formatida ishlaydigan diskaunterlar tarmog‘i Samsung Galaxy smartfonlarini sotishni boshladi.
Modellarning keng assortimenti, har xil turkumdagi narxlar (flagmanlardan tortib hamyonbop qurilmalargacha) va yuqori sifati tufayli Samsung Galaxy smartfonlari allaqachon ko‘plab foydalanuvchilarning sevimli qurilmalariga aylanib ulgurgan. Endi Samsung Galaxy A seriyasi gadjetlarini xarid qilishni istagan xaridorlarning uzoqqa borishiga hojati yo‘q – ularni o‘z uylariga eng yaqin bo‘lgan «Havas» tarmog‘ining har qaysi do‘konidan manfaatli narxlarda – 999 000 so‘mdan boshlab sotib olishlari mumkin.
Dekabr oyida «Havas» aksiya boshladi. Iste'molchilar Samsung Galaxy A seriyadagi smartfonlarni sotib olishlari va tarmoq do‘konlarida xarid uchun 100 000 so‘mlik vaucherni sovg‘a sifatida olishlari mumkin.
2020 yilning 10-31 dekabr kunlari Samsung Galaxy A01 core/A11/A21s/A31 seriyasidagi smartfonlarni sotib olganlarga sovg‘a vaucheri taqdim etiladi. 100 000 so‘mlik sovg‘a vaucheri «Havas» do‘konlari tarmog‘ida aksiya davrida ishlatilishi kerak.
Aksiya 31 dekabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Sovg‘alar soni cheklangan. Manfaatli xaridni amalga oshirishga ulguring!
Aksiya haqidagi batafsil ma'lumotni Samsung Uzbekistan rasmiy saytida (www.samsung.uz) yoki quyidagi raqam bo‘yicha «Havas» do‘konlar tarmog‘ining qo‘llab-quvvatlash xizmati orqali olishingiz mumkin: +998712059595 | 8O‘zbekiston
|
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga yangi rais saylandi
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi etib saylandi, deya xabar qildi «Yuksalish» harakati.
Bahrom Abduxalimov 1959 yil 27 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1981 yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan. FA Sharqshunoslik institutida kichik, o‘rta, katta ilmiy xodimi, bo‘lim mudiri, olim kotib, fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari va direktori lavozimlarida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 60 dan ziyod ilmiy asarlar, shu jumladan, 2 ta monografiya muallifi. Bitta doktorlik, uchta fan nomzodlarini tayyorlagan.
Tarix fanlari doktori, Markaziy Osiyo va sharqshunoslik tarixi olimi Bahrom Abduhalimov 2011 yildan beri Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti sifatida ishlab kelayotgan edi.
«Adolat» partiyasining sobiq rahbari Nariman Umarov avvalroq prezident farmoni bilan senator etib tayinlangan va Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi etib saylangan edi. | 12Siyosat
|
18,6 million kishi umumxalq hasharida ishtirok etdi
Dam olish kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida 18,67 million kishi ishtirok etdi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi axborot xizmati ushbu ma’lumotlarni e’lon qildi.
Mustaqillik bayrami arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan tadbirda 12,42 million yoshlar vakillari ishtirok etdi, deyiladi kengash xabarida.
Ikki kun davomida umumiy maydoni 41 ming gektarga yaqin maydon obodonlashtirildi, 27 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi ariqlar tozalandi, 9000 ta qabriston va 800 ziyoratgoh hududi tartibga keltirildi. 18 milliondan ortiq daraxt tuplari oqlandi.
Ikki kun davomida 18 ming oilaga xonadonlarini ta’mirlashga ko‘maklashildi. 24 ming ehtiyojmand oila, jumladan 8000 imkoniyati cheklangan va yolg‘iz keksalarga moddiy yordam berildi. Ushbu maqsadlar uchun 5,3 mlrd so‘m ajratildi.
Dam olish kunlari 297 ta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ekti, 18 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binosi hamda 32 ta bolalar sport maydonchalari foydalanishga topshirildi. Xashar munosabati bilan korxona, muassasa va tashkilotlar xodimlarining bir kunlik oylik ish haqi «Mahalla» jamg‘armasi va uning hududiy bo‘linmalari hisob raqamiga o‘tkazildi. Ushbu mablag‘lar «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. | 5Jamiyat
|
Mazali tovuqli sendvichlar tayyorlaymiz
Tovuqli sendvichlar juda to‘yimli va mazali. Taomning ustki qismi qarsillaydi va ichi suvli bo‘ladi. Nonushta tayyorlayotgan paytda vaqtni tejash uchun tovuqni bir kun oldin qovurib qo‘ysa ham bo‘ladi. Kechki ovqatdan ortib qolgan go‘shtni ham ishlatish mumkin.
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlanishi:
Yoqimli ishtaha! | 9Pazandachilik
|
Daryo o‘zanlarida noqonuniy shag‘al va qum qazib olishga qarshi kurash kuchaytiriladi
O‘zbekiston Prezidenti 23 sentyabr kuni «Suv resurslarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Hujjat daryo, ko‘l, suv omborlari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv ob’ektlari o‘zanlarini tozalash va ular qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazish niqobi ostida shag‘al va qum mahsulotlarini nazoratsiz qazib olish holatlariga barham berishga qaratilgan.
Bunday faoliyat ustki va yer osti suvlarining tugashi, muhofaza qilinadigan suv zonalarining botqoqlanishi va ifloslanishi, ular qirg‘oqlari, sug‘orish tizimlari, transport va gidrotexnika infratuzilmalarining buzilishi, shuningdek favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelishi mumkin, deyiladi hujjatda.
2017 yil boshidan buyon daryo o‘zanlarini tozalash va ular qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha noqonuniy ish olib borilgan 228 ta holat aniqlangan bo‘lib, ularning 176 tasida sub’ektlar davlat ekologiya ekspertizasi shartnomasini tuzmasdan yoki noruda foydali qazilmalar mavjud yer usti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyasiz faoliyat olib borgani ma’lum bo‘ldi.
Qarorda bu kabi ishlar faqatgina toshqin suvlar va sel oqimlarini o‘tkazish imkoniyati cheklanganligi natijasida vujudga keladigan salbiy oqibatlarga barham berish uchungina amalga oshirilishi belgilandi.
Mazkur choralarni amalga oshirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ixtisoslashgan muhandislik-texnik otryadlar tashkil etilib, ular toshqin, sel va o‘pirilish xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda qirg‘oqlarni mustahkamlash, himoya va tiklash ishlarini amalga oshiradi. Mazkur faoliyat bilan boshqa tashkilotlar ham shug‘ullanishi mumkin.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olishni tartibga solish va ularning ekologiyaga salbiy ta’sirini bartaraf etish uchun mazkur faoliyat daryo o‘zanlarini tozalash va ular qirg‘oqlarini mustahkamlashda litsenziya asosida amalga oshirilishga ijozat beriladi.
O‘zanlarda noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun litsenziya tasdiqlangan zaxiralar mavjud bo‘lganda va suv rejimiga salbiy ta’siri aniqlanmaganda Vazirlar Mahkamasining maxsus komissiyasi tomonidan taqdim etiladi.
Ushbu sohada qonunchilikning buzilishini aniqlash va bartaraf etish maqsadida viloyat, tuman va shahar darajasida 12 ta vazirlik va tashkilotlar vakillaridan iborat doimiy faoliyat olib boruvchi mahkamalararo guruhlar tashkil etiladi.
Ushbu guruhlar respublikadagi umumiy uzunligi 12,7 ming kilometrni tashkil etuvchi 437 ta daryo va boshqa suv ob’ekti hududida faoliyat olib boradi. Mahkamalararo guruhlarga prokuratura organlari rahbarlik qiladi. | 5Jamiyat
|
Yamanlik isyonchilar Saudiya Arabistoni poytaxtidagi harbiy obektga hujum qilishdi – OAV
Yamanlik isyonchi husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti hududida joylashgan harbiy obektga qarshi hujum amalga oshirishdi. Bu haqda isyonchilar vakiliga iqtibos keltirgan holda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Uning aytishicha, hujumda qurollangan dron qo‘llangan. Biroq husiylar aynan qanday obektga hujum qilishganiga aniqlik kiritilmagan.
Saudiya Arabistoni hukumati tomondan ham ushbu hujum yuzasidan izoh berilmagan.
Al Jazeera’ning eslatishicha, 25 avgustda husiylar Saudiya Arabistoni janubidagi Jizan shahriga qarata 10 ta ballistik raketa uchirgan. Isyonchilarning ta'kidlashicha, raketa hujumi o‘nlab odamlarning halok bo‘lishiga olib kelgan. O‘z navbatida arab koalitsiyasi uchirilgan raketalardan 6 tasi urib tushirilganini ma'lum qilgan. | 2Dunyo
|
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash uchun buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish tartibini takomillashtirish hamda bunday hujjatlarni g‘ayriqonuniy tayyorlash va ulardan foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni saqlash, hisobga olish va hisobdan chiqarish hamda topshirish vakolatiga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bir oy muddatda tegishli hujjatlarini mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasi rasmiy davlat hujjatlarini buyurtmalar asosida muhofazalangan maxsus qog‘ozlarda tayyorlab bersin.
4. Barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar o‘z xodimlarining rasmiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rasmiy hujjatlarni g‘ayriqonuniy tarzda tayyorlash va ulardan foydalanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlab, qonunbuzarlarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralarni ko‘rsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom rasmiy davlat hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda “rasmiy hujjatlar” deb ataladi)tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi rasmiy hujjatlar blankalari asl nusxalarini ishlab chiquvchi, ularga buyurtma beruvchi, ularni tayyorlovchi, hisobga oluvchi, saqlovchi, topshiruvchi va hisobdan chiqaruvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga joriy etiladi.
3. Rasmiy hujjatlar blankalari, shu jumladan bunga Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan matbaa korxonalari (keyingi o‘rinlarda “matbaa korxonalari” deb ataladi) tomonidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqarilgan, qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari bo‘lgan maxsus qog‘ozda tayyorlanadi.
4. 1992-yilning 1-yanvaridan so‘ng berilgan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning tan olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar shakli Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi va uning buyurtmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasida muhofazalangan qog‘ozlarda tayyorlanadi.
5. Rasmiy hujjatlar muayyan seriyaga va tartib raqamiga ega bo‘lgan qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.
Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlashga mo‘ljallangan qog‘oz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma ashyolar qat’iy hisobda turadigan ashyolar jumlasiga kiradi.
6. Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlash vakolatli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda “buyurtmachilar” deb ataladi) yozma buyurtmanomalari asosida matbaa korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
7. Matbaa korxonalari tomonidan rasmiy hujjatlar blankalari tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish buyurtmachida seriyalari va tartib raqamlari majburiy ravishda ko‘rsatilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalar mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
8. Rasmiy hujjatlarni tayyorlashga barcha buyurtmalar tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan, muhr bilan tasdiqlangan, matbaa korxonasi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarlari tomonidan imzolangan alohida “Buyurtmalar daftari”da ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
9. Matbaa korxonalarida qat’iy hisobda turadigan buyumlarning saqlanishi va tezkor hisobga olinishini ta’minlaydigan qat’iy tartib o‘rnatiladi.
10. Tartib talablariga rioya etish matbaa korxonasi barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
11. Matbaa korxonasida tartibning tashkil etilishi va holati uchun rahbar va tartib bo‘yicha mas’ul shaxs javob beradi.
Matbaa korxonasida tartibning holati uchun mas’ul shaxs bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi.
12. Ishlab chiqarish va omborxona binolarida tartibga rioya qilish uchun tegishli bo‘linmalarning rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, ustalar, katta omborchilar va omborchilar javob beradilar.
13. Maxsus qog‘oz, yarim tayyor mahsulotlar, rasmiy hujjatlar blankalarining tayyor bosma va quyma mahsulotlari qoldiqlarining buxgalteriya hisobi tashkil etilishi uchun matbaa korxonasining bosh (katta) buxgalteri javob beradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarning tezkor hisobi o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishi uchun sexlar (uchastkalar) boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, ustalar, omborchilar hamda qat’iy hisobda turadigan maxsus qog‘oz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash va hisobga olish bilan bog‘liq boshqa shaxslar javob beradilar.
14. Qat’iy hisobda turadigan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash bilan bog‘liq shaxslar tartib buzilishining barcha hollari to‘g‘risida matbaa korxonasi rahbariyatiga yoki tartibning holati uchun mas’ul shaxsga, buxgalteriya hisobi buzilishi to‘g‘risida esa, shuningdek bosh (katta) buxgalterga yozma shaklda axborot berishlari kerak.
15. Daftarlardagi va boshqa hisobga olish hujjatlaridagi yozuvlar operatsiyalar sodir etilgan paytda yuritiladi. Aniqlangan xato bitta chiziq bilan o‘chiriladi va uning tepasiga to‘g‘ri yozuv yozib qo‘yiladi. O‘chirib yozish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Matbaa korxonasi rahbari, shuningdek tartibning holati uchun mas’ul shaxs qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bog‘liq barcha xodimlar bilan belgilangan tartibni o‘rganishni tashkil etadilar hamda bir yilda kamida bir marta jurnalga tegishli shaklda belgi qo‘ygan holda ushbu tartib bo‘yicha bilimlarni tekshiradilar. Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berishga yangi xodim qo‘yilishi oldidan uning tartib bo‘yicha bilimlari jurnalga belgi qo‘yilgan holda albatta tekshiriladi.
17. Omborxona uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashtirilgan taqdirda uning zimmasida bo‘lgan qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarni berish matbaa korxonasi rahbari tomonidan tayinlanadigan va tasdiqlanadigan komissiya ishtirokida dalolatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi. Dalolatnoma korxona bosh buxgalteriga beriladi.
Omborxona ichidagi uchastka uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashgan taqdirda uning zimmasida bo‘lgan qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarni topshirish sex boshlig‘ining farmoyishi bo‘yicha amalga oshiriladi hamda katta usta va usta ishtirokida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
18. Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan sexlar binolarini, ustaxonalar, bo‘limlar, yuk saqlanadigan joylar va omborxonalarni ochish tegishli bo‘linmalarning boshliqlari, o‘rinbosarlari yoki katta smena ustalari, qo‘riqlash vakili hamda moddiy javobgar shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi. Eshiklar ochilishidan oldin muhrlarning butunligi puxta ko‘zdan kechiriladi, qulflarning sozligi tekshiriladi.
Ikkita moddiy javobgar shaxs birgalikda ishlashi nazarda tutilgan qat’iy hisobda turadigan yukxonada saqlanadigan mahsulotlarni ochish va yopish ular hozir bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslardan biri hozir bo‘lmagan taqdirda yukxonalarni ochish va yopish korxonadagi tartib uchun javob beruvchi shaxs ishtirokida bajariladi.
19. Ish tamom bo‘lgandan keyin sex binolari, ustaxonalar, bo‘limlar, yukxonalar va qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bog‘liq omborxonalar yong‘indan saqlash nuqtai nazaridan tekshiriladi, qulflanadi hamda qo‘riqlash vakili hozirligida tegishli boshliqlar, o‘rinbosarlar, katta smena masterlari tomonidan muhrlanadi.
Yopilgan va muhrlangan binoning kalitlari maxsus shaklda qo‘riqlashga obyektni qabul qilib olish daftaridagi dasxat bilan mas’ul shaxsga saqlash uchun topshiriladi.
20. Sexlar, ustaxonalar, bo‘limlar, yukxonalar va omborxonalarni avariyalar paytida sex boshliqlari va moddiy javobgar shaxslar hozir bo‘lmaganda ochish faqat matbaa korxonasi rahbari, uning o‘rinbosari yoki korxona bo‘yicha mas’ul navbatchining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish binolari va yukxonalarni ochishning bunday har bir holati dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda keyingi kuni komissiya ishtirokida qat’iy hisobda turadigan mahsulotlar mavjudligi tekshiriladi.
Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlar kamomadi aniqlangan taqdirda tegishli shakldagi dalolatnoma tuziladi, u tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun tuzilgan zahoti matbaa korxonasi rahbariga yoki tartibning holati uchun mas’ul shaxsga beriladi.
21. Qat’iy hisobda turadigan buyumlarni matbaa korxonasi hududidan olib chiqib ketish ishonchnoma asosida berilgan, matbaa korxonasi rahbari va bosh buxgalteri yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan imzolangan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
22. Qat’iy hisobda turadigan mahsulot ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan bosmaxonalar yoki maxsus uchastkalar tegishli alohida qo‘riqchi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
23. Qat’iy hisobda turadigan mahsulot tayyorlovchi maxsus uchastkalarda yoki ixtisoslashtirilgan bosmaxonalarda ishlaydigan shaxslarni kiritish maxsus doimiy ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi (ruxsatnomaning old tomonida rekvizitlar: xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, ruxsatnomaning tartib raqami, 3x4 sm o‘lchamdagi surat, guvohnomaning amal qilish muddati, rahbarning imzosi va korxona muhri bo‘ladi).
Ruxsatnomalar nazorat-o‘tkazish punkti kartotekasida saqlanadi. Xodim ishga kelganda o‘zining tartib raqamini aytadi, qo‘riqchi kartotekadan ushbu tartib raqamli ruxsatnomani oladi, shaxsni surati bilan solishtiradi va shundan keyingina uni maxsus uchastka hududiga kiritadi (ruxsatnoma ish smenasi tugagungacha xodimda bo‘ladi).
Ish tugagach nazorat o‘tkazish punktidan o‘tayotganda xodim ruxsatnomani qo‘riqchiga ko‘rsatadi, qo‘riqchi uni kartotekaga biriktirib qo‘yadi.
24. Maxsus uchastkaga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (chilangarlar, elektrchilar, santexniklar) korxonaga ularda ruxsatnomalar byurosi tomonidan katta usta (usta)ning oldindan berilgan, matbaa korxonasi rahbari yoki korxonadagi tartib uchun mas’ul shaxs imzolagan yozma buyurtmanomasi asosida beriladigan maxsus shakldagi vaqtinchalik ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda kiritiladi.
25. Korxonaga keluvchilar (buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, energiya, bug‘ qozonxonalari nazorati vakillari va shu kabilar) maxsus uchastka yoki maxsus bosmaxona hududiga ma’muriyat ruxsati bilan ruxsatnomalar byurosi tomonidan beriladigan bir martalik ruxsatnomalar bo‘yicha, shaxsini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda kiritiladilar. Ruxsatnomalar byurosi bo‘lmaganda, ruxsatnomalar matbaa korxonasi rahbari tomonidan maxsus tayinlanadigan shaxs tomonidan beriladi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati, keluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning borayotgan joyi, ruxsatnoma berishga asos bo‘lgan hujjatning nomi va tartib raqami, matbaa korxonasining muhri bo‘ladi. Ruxsatnomada nazorat koreshogi bo‘ladi. Unda ham yuqoridagi rekvizitlar ko‘rsatiladi.
Koreshokli bir martalik ruxsatnoma keluvchiga beriladi, uni berishga buyurtmanoma koreshoklar daftarining ruxsatnoma “yirtib olingan” joyiga yopishtirib qo‘yiladi.
Korxonaga kirayotganda keluvchi bir martalik ruxsatnomani pasporti (shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma) bilan birga qo‘riqchiga ko‘rsatadi, qo‘riqchi bir martalik ruxsatnoma koreshogini yirtib oladi va alohida kartochkada saqlaydi. Chiqib ketish chog‘ida usta keluvchining ruxsatnomasiga chiqib ketayotgani to‘g‘risida (vaqtini ko‘rsatgan holda) belgi qo‘yadi. Qo‘riqchiga belgi qo‘yilgan ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilgan taqdirda keluvchi korxonadan chiqariladi, ruxsatnoma esa qo‘riqchidagi alohida kartochkada qoladi.
Keluvchining uncha katta bo‘lmagan bosmaxonaning maxsus uchastkasi hududida bo‘lishiga uning ma’muriyati vakili ishtirokida yo‘l qo‘yilishi mumkin. Sexlarda ishlamaydigan va ularga xizmat ko‘rsatmaydigan, shuningdek ustki kiyim-boshdagi va xo‘jalik sumkalari bo‘lgan xodimlarning ushbu sexlarga, ustaxonalarga, omborxonalarga kirishi qat’iyan taqiqlanadi.
26. Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlar tayyorlanadigan va saqlanadigan ixtisoslashtirilgan bosmaxona binosi yoki maxsus uchastka derazalari maxsus to‘siqlar va qoidaga ko‘ra, avtomatik signalizatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
27. Tartib-qoida talablariga rioya etilmagan holda qat’iy hisobda turadigan qog‘ozlar, chala tayyor mahsulotlar, tayyor matbaa va shaklli buyumlarning yo‘qolishiga hamda o‘g‘irlanishiga olib kelgan aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
28. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va topshirish (jo‘natish) bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar tayinlanadi. Bundan tashqari, ushbu hujjatlarni matbaa korxonasidan tashib ketish uchun avtotransport vositasi biriktirib qo‘yiladi.
Agar rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish va topshirish (jo‘natish) uchun mas’ul shaxslar vaqtinchalik bo‘lmagan yoki boshqa ishga o‘tgan taqdirda guvohnomalar blankalari aynan shu maqsadda tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan imzolangan dalolatnoma bo‘yicha ushbu vazifalarni vaqtinchalik bajarayotgan shaxslarga berilishi kerak.
29. Matbaa korxonasidan rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilib olish buning uchun maxsus vakil qilingan mas’ul shaxs tomonidan amalga oshiriladi va, qoidaga ko‘ra, tegishli vazirlik, idora, korxona va tashkilotga qarashli avtotransportda tashib ketiladi.
30. Rasmiy hujjatlar blankalarini olish chog‘ida blankalar paketlari, to‘g‘ri joylanganligini aniqlash maqsadida, mas’ul shaxs tomonidan majburiy tartibda ko‘zdan kechiriladi, olingan o‘ramlar sonining ularning ilova qilinayotgan hujjatlarda ko‘rsatilgan soniga muvofiqligi tekshirib ko‘riladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.
31. Matbaa korxonasidan olingan rasmiy hujjatlar blankalari belgilangan joyga yetkazib kelingan kuniyoq ularni hisobga olish va saqlash uchun mas’ul shaxslar tomonidan rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarida darhol kirim qilinadi.
Rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarlari aniq, tushunarli holda va qisqartirishlarsiz to‘ldiriladi. Daftarlarda o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
Rasmiy hujjatlar daftarlari ip o‘tkazib bog‘langan, ularning varaqlariga tartib raqamlari qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Daftardagi jami varaqlar soni daftarlarni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
32. Qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadigan rasmiy hujjatlar blankalari po‘lat sandiqlarda yoxud yonmaydigan shkaflarda va maxsus jihozlangan xonalarda saqlanishi kerak.
Ishdan tashqari vaqtda rasmiy hujjatlar joylangan po‘lat sandiqlar, yonmaydigan shkaflar, shuningdek, blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlangan yoki so‘rg‘ichlangan bo‘lishi kerak. Muhr yoki so‘rg‘ich rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish va saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda saqlanadi.
Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga kirishga ularni hisobga olish va saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar haqlidirlar. Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga ulardan tashqari, biroq ularning ishtirokida, ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning to‘g‘ridan to‘g‘ri va yuqori turuvchi boshliqlari kiritilishi mumkin.
33. Blankalarning yetishmasligi yoki nuqsoni borlari (himoya kataklarining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari bo‘lgan, qiyshaygan shriftli, noto‘g‘ri kesilgan va noto‘g‘ri shaklli, seriya va tartib raqamlari yo‘q bo‘lgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalariga boshqacha tarzda nomuvofiq bo‘lgan blankalar) aniqlangan taqdirda maxsus komissiya tomonidan zarur nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalari va nuqsoni bor blankalar hamda ilova xat bilan yuqori turuvchi tashkilotga (u mavjud bo‘lsa) jo‘natiladi. Bu holda dalolatnomaning birinchi nusxasi matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchasi va nuqsoni bor blankalar bilan yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tegishli xat bilan matbaa korxonasiga jo‘natiladi, ikkinchi nusxasi esa yuqori turuvchi tashkilotda qoladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi yopishtirilgan varaqcha kseronusxasi bilan bevosita vazirlikda (idora, korxona, tashkilotda) qoldiriladi.
34. To‘ldirish chog‘ida buzilgan blankalar, eskirgan, topib olingan yoki yozuvlariga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan almashtirish uchun topshirilgan bekor qilingan rasmiy hujjatlar, blankalarni qabul qilib olish uchun tuzilgan komissiya tomonidan, ikki nusxada tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha, har yili bir marta yo‘q qilinadi, ulardan bir nusxasi albatta yuqori turuvchi tashkilotga jo‘natiladi. Yo‘q qilish yondirib yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
35. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish tartibi xususiyatlari vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan hamda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan talablardan iborat bo‘lgan maxsus me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
36. Rasmiy hujjatlar yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishining har bir holati bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilot tomonidan, blankalarning yo‘qolishida aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida, darhol xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi, zudlik bilan taftish qilinadi va mavjud blankalar qoldiqlari olib tashlanadi, shuningdek, ularning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar ko‘riladi.
Zarur hollarda, blankalarning yo‘qolishida aybdor bo‘lgan shaxslar bo‘yicha hujjatlar tergov organlariga topshiriladi.
1. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma
2. Nikohdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma
3. Nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma
4. Vafot etganlik to‘g‘risida guvohnoma
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti
2. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnoma
1. Chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi
2. Harbiy bilet
3. Ofitserning shaxsiy guvohnomasi
4. Zaxiradagi ofitserning shaxsiy guvohnomasi
1. To‘liqsiz o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma
2. O‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestat
3. O‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risida diplom
4. Oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom
5. Fan nomzodi yoki doktori diplomi
1. Mehnat daftarchasi
2. Haydovchilik guvohnomasi
3. Nogironlik guvohnomasi
4. Urush qatnashchisi guvohnomasi
1. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvargacha fuqarolarga berilgan fan doktori va nomzodi diplomlari, professor, dotsent va katta ilmiy xodim shahodatnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanadi.
2. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga fan doktori va nomzodi ilmiy darajalari berilgani haqidagi hujjatlar, shuningdek, xorijiy davlatlarda falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar olinganligi haqidagi hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinda OAK deb ataladi) tomonidan nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan o‘tkazish asosida tenglashtiriladi).
3. Ilmiy daraja haqidagi diplomlari OAK nostrifikatsiyalangan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida oliy malaka haqidagi hujjat egalari uchun amalda qo‘llanilayotgan huquq va imtiyozlardan foydalanishga haqlidirlar. Nostrifikatsiyalanmagan oliy malaka hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanmaydi.
4. Ilmiy darajalar diplomlarini OAK nostrifikatsiya qilish uchun 1-ilovaga muvofiq, 2-ilovadagi tartibda hujjatlar taqdim etiladi.
5. Nostrifikatsiya uchun hujjatlar OAK tomonidan qabul qilinadi.
Taqdim etilgan hujjatlarni OAKning tegishli soha bo‘yicha ekspert kengashi ko‘rib chiqib, dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan o‘tkazib, o‘z xulosasini chiqaradi.
OAKning Tartib-qoida komissiyasi ekspert kengashi xulosasi va OAK Kotibiyati fikri asosida o‘z tavsiyasini OAK Prezidiumi muhokamasiga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan tegishli ilmiy yoki ilmiy-tadqiqot muassasaga yoxud ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin.
6. OAK Prezidiumining oliy malaka haqidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran ushbu hujjatlar O‘zbekiston hududida kuchga kiradi. Hujjat egalariga OAK Prezidiumining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasining ilmiy daraja diplomlari beriladi.
7. Fan doktori ilmiy darajasi haqidagi diplomni nostrifikatsiyalash muddati uch oydan, fan nomzodi ilmiy darajasi, falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlar ilmiy darajalari diplomlarini nostrifikatsiyalash muddati ikki oydan oshmasligi kerak. Zarur holatlarda ushbu hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
8. Ilmiy daraja haqidagi diplomlarni tenglashtirish masalalari yuzasidan OAK Prezidiumi chiqargan qarordan norozi bo‘lgan da’vogar qaror chiqqan kundan boshlab ikki oy mobaynida OAKga apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilishi mumkin.
9. Xorijiy davlatlarda berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va ekvivalentligini qayd etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
1. Talabgor ish joyidan (agar u ishlayotgan bo‘lsa) muassasa rahbari imzolagan yo‘llanma xat yoki talabgorning imzosi notarial tasdiqlangan arizasi (1 nusxa). Xatda (arizada) talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, ish joyi va lavozimi, shuningdek, qachon va qaysi davlatda ilmiy daraja diplomini olganligi, ilmiy darajaning rasmiy nomi, xorijda olingan hujjatning berilgan kuni, seriyasi va raqami, dissertatsiya mavzusi, qaysi ixtisoslik bo‘yicha himoya qilganligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
2. Muassasa rahbarining tegishli ixtisoslashgan kengashga murojaatnomasi (aspirant va doktorantlar uchun esa — ularni chet elda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida o‘qishga yuborish uchun buyruq) nusxasi hamda agar ilmiy ish O‘zbekistonda tayyorlangan bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda OAK deb ataladi) ushbu dissertatsiyaning xorijiy davlatlarda himoya qilinishiga ruxsat berib, xorijiy davlatlar attestatsiya organlariga yuborgan yo‘llanma xatining nusxasi.
3. Ilmiy daraja diplomi (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
4. Talabgorning ish joyidan tasdiqlangan yoki uning imzosi qo‘yilgan xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqasi (talabgor pasportining nusxasi ilova qilinadi).
5. Dissertatsiya himoyasi o‘tgan muassasaning hamda ixtisoslik nomining ilmiy kotib (agar u ishlayotgan bo‘lsa) imzosi bilan tasdiqlangan yoki talabgor tomonidan imzolangan davlat tilidagi (lotin grafikasi harflari bilan) va ingliz tilidagi shakllari.
6. Mehnat daftarchasidan ko‘chirma.
7. Talabgor himoya qilgan dissertatsiya nusxasi va mavjud bo‘lgan taqdirda — 2 nusxa avtoreferat.
8. Attestatsiya ishidagi hujjatlar ro‘yxati. | 10Qonunchilik
|
“Darakchi” gazetasi asoschisi Firdavs Abduxoliqov “O‘zbekkino”ga direktor bo‘ldi
Furqat Zokirov “O‘zbekkino” milliy agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi. “Daryo”ning agentlikdagi ishonchli manbalari bergan axborotga ko‘ra, uning o‘rniga Firdavs Abduxoliqov agentlikning yangi rahbari etib tayinlangan.
Firdavs Abduxoliqov.
56 yoshli Firdavs Abduxoliqov 1992—1995-yillarda O‘zbekistondagi dastlabki xususiy telekanallardan biri — “STV” va ilk nodavlat gazetalardan biri — “Darakchi”ga asos solgan. 2003-yildan O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga rahbarlik qilib keladi.
Bundan tashqari, u O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining raisi hisoblanadi. Uning prodyuserligida ko‘plab hujjatli filmlar suratga olingan, u BBC, Euronews, CNBC va boshqa qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Furqat Zokirov 2017-yil avgustida “O‘zbekkino” milliy agentligi direktori etib tayinlangan edi. Zokirov ushbu lavozimda Otabek Musayevning o‘rnini egallagan edi.
Firdavs Abduxoliqov: Gulnoraning tosh-tarozisi | 7Madaniyat
|
Hindistonda qum bo‘roni tufayli qariyb 110 kishi halok bo‘ldi
Hindiston shimolida kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq bilan birga kuzatilayotgan qum bo‘roni oqibatida halok bo‘lganlar soni deyarli 110 kishiga yetdi. Bu haqda The Indian Express xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 109 kishini tashkil etgan. Uttar-Pradesh shtati tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rdi, u yerda 64 kishi halok bo‘ldi. Rajastxonda esa qurbonlar soni 30 kishidan oshdi. Jabrlanganlarning umumiy soni 130 kishiga teng. Bo‘ron Xariyana shtati va Dehli Milliy poytaxt okrugini ham qamrab oldi.
Hindiston shimoliga qum bo‘roni chorshanba kuni kechqurun yopirildi. Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. | 2Dunyo
|
YHXBB jarimalar, YTHlar, yopilgan yo‘llar haqida ma’lumot beradigan mobil dasturni ishga tushiradi
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yilda yo‘l harakati sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha Road24 axborot tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan va hozirda test talqini ishga tushirilish arafasida. Bu haqda idora axborot xizmati xabar berdi.
Mobil dastur yo‘l harakati qatnashchilari va YPX xodimlari uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda axborot kiritish, olish va tarqatish imkoniyatlari mavjud.
Dastur orqali yo‘l-transport hodisasi o‘choqlari, yangi o‘rnatilgan yo‘l belgilari haqida xabardor qilish, chorrahalarda tirbandliklarning oldini olish, muammoli vaziyatlarni kamaytirish maqsadlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, mobil dasturda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar haqida ma’lumotlarni olish va ularni to‘lash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bunda har bir foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali transport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun masofadan turib, onlayn tarzda ruxsatnoma olish mumkin.
Dastur orqali ma’lum muddatga yopilgan yo‘llar haqida statistik ma’lumotlar berib boriladi. Bundan tushqari, haydovchi yoki piyoda tomonidan aniqlangan yo‘lda harakatlanish bilan bog‘liq muammolar ushbu dasturga belgilanib, boshqa haydovchilar ogohlantiriladi.
“Ko‘zlangan maqsadlardan yana biri — dasturda belgilangan kamchilik va muammolar mas’ullar tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilishidir”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zbekistonda profilaktika inspektorlari uchun Xitoydan 690 dollarlik planshetlar xarid qilinayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mudofaa vazirligi IIV uchun yaratgan mobil ilovani taqdim etdi | 8O‘zbekiston
|
Korrupsiyaga qarshi kurash: prokuratura nafaqaxo‘rlarning pulini o‘zlashtirgan mansabdorlarni aniqladi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 28 iyun kuni Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini o‘qib eshittirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Hisobotda sohadagi yutuq va kamchiliklar, o‘tgan yil davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilingan. Ular orasida eng diqqatga sazovor raqamlardan biri quyidagi ifodalangan:
«Og‘ir bo‘lsa ham, biz aytishim kerak, xalq ta'limi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda sog‘liqni saqlash tizimida mansabdor shaxslarga nisbatan 294ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu ishlarning asosiy qismini budjet mablag‘larini talon-taroj qilish, poraxo‘rlik, turli mansab suiiste'molchiligi kabi jinoyatlar tashkil etadi», deydi Bosh prokuror.
O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodovning qayd etishicha, to‘lovlarni asossiz kechiktirish holatlari yuzasidan 727 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi.
«Masalan, Ellikqal'a tumani pochta aloqasi bo‘limi mansabdor shaxslari 278 million nafaqa pulini o‘zlashtirgani uchun sud hukmi bilan jazoga tortildi. Yoki Quva agrosanoat kasb-hunar kolleji mansabdor shaxslari 94 million so‘m fuqarolarning haqini talon-taroj qilgani uchun qonun oldida javob berdi», deydi u. | 8O‘zbekiston
|
Ko`p hokimlar narx-navoga e`tibor qilmasdan, jilovni qo`lidan chiqarib yuborgan — Shavkat Mirziyoev
Prezident yig`ilish davom etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Dunyoda kun sayin oziq-ovqat bilan bog`liq cheklovlar va narxlarning o`sishi kuchaymoqda. Albatta, bu bizga ham ta`sir ko`rsatmoqda.
Lekin, hamma viloyat, tuman va shahar hokimlari ham dunyoda bo`layotgan vaziyatni baholab, ishini to`g`ri tashkil qilayotgani yo`q. Buni bozorlarimizdagif narx-navo ko`rsatib turibdi.
Jumladan, may oyida inflyasiya darajasi 1 foizga oshib, bu o`tgan yilga nisbatan yuqori bo`ldi.
Albatta, narx-navoning o`sishiga jahon bozorlarida bug`doy narxi 50 foizga, o`simlik yog`i – 33 foizga, shakar – 14 foizga, neft – 47 foizga oshgani bevosita ta`sir ko`rsatmoqda.
Bunday sharoitda hokimlar barcha ichki imkoniyatlarni safarbar etib, bozorlarni mahsulotlar, eng muhimi – oziq-ovqat bilan to`ldirish uchun ikki karra ko`proq ishlashlari shart.
Lekin, ko`p hokimlar narx-navoga e`tibor qilmasdan, jilovni qo`lidan chiqarib yuborgan”, dedi Prezident yig`ilishda.
Uch kun muddatda barcha mahalla va qishloqlarda asosiy mahsulotlar bilan ta`minlash darajasini o`rganib, kerak bo`lsa, boshqa hududlardan tezkorlik bilan etkazib berish vazifasi qo`yildi. | 5Jamiyat
|
Mirzacho‘ldagi tug‘ruqxonada muddatdan oldin tug‘ilgan chaqaloqning vafoti bilan bog‘liq holat prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi shifoxonada yetarli sharoit bo‘lmaganligi sababli muddatidan oldin dunyoga kelgan chaqaloq vafot etganligi xususida xabar tarqalgan. Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2020-yilning 29-oktabr kuni soat 09:00-10:00 atrofida Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limida 1997-yilda tug‘ilgan ayol A.Yo. 20 haftalik, vazni 500 gramm bo‘lgan qiz farzand ko‘rgan. Chaqaloq taxminan 20 daqiqa yashab, vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzacho‘l tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda 8 oy davomida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum qilindi | 8O‘zbekiston
|
"Vaziyat yaqin kelajakda o`zgaradi". Tramp sakkiz shtatda g`alaba qozonishga va`da bermoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp rasmiy ma`lumotlarga ko`ra yutqazgan sakkiz shtatda g`olib bo`lish niyatida ekanligini ma`lum qildi. Bu haqda ria.ru yozmoqda.
AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden Trampni masxara qildi: u koronavirusga qarshi kurash o`rniga saylov natijalari to`g`risida "xirillab, shikoyat qilmoqda".
"Men sakkiz shtatdan shikoyat qilaman va ularning barchasida g`alaba qozonaman deb o`ylayman", - dedi Tramp tarafdorlari oldida so`zlar ekan.
Tramp tomoshabinlarga vaziyat yaqin kelajakda o`zgarishini va`da qildi. "Qarangki, yaqin ikki hafta ichida nima bo`ladi, nima bo`ladi va nima ochiladi", dedi davlat rahbari.
Donald Tramp prezidentlik saylovidagi mag`lubiyatini tan olmaydi. Hisob-kitoblarga ko`ra, Bayden uchun 306, Tramp uchun 232 saylovchi ovoz berdi. Natija 6 yanvar kuni Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak. Saylangan Prezidentning inaugurasiyasi 20 yanvarga belgilangan, deyiladi xabarda. | 2Dunyo
|
Toshkentda “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ning filiali tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filialini ta'sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilar “MMFI” MTYaU filiali faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
yadro energetikasi va issiqlik fizikasining tarmoq ehtiyojlarini qondirish uchun eng muhim ilmiy-texnologik ishlab chiqarish vazifalarini hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlash;
mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ta'lim va ilm-fan uzluksizligi va izchilligi prinsipi, shuningdek, jahon ta'lim hamda ilmiy hamjamiyatiga muvofiq ravishda albatta integratsiyalashtirish asosida rivojlantirish;
yadro fizikasi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yangi ta'lim dasturlari va o‘qitish shakllarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitishning pedagogik uslublari va texnologiyalarini faol takomillashtirish;
ta'lim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish hamda mustahkamlash.
Belgilab qo‘yilishicha:
“MMFI” MTYaU filiali oliy ta'lim muassasasi – yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan notijorat tashkilot shaklidagi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi;
“MMFI” MTYaU filiali “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi o‘rinlarda – bosh muassasa) alohida bo‘linmasi sifatida kadrlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, bosh muassasa bilan kelishilgan o‘qitishning asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, shu jumladan, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi;
“MMFI” MTYaU filiali o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi;
“MMFI” MTYaU filialida o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta'lim standartlarining talablari inobatga olingan holda, bosh muassasa tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
“MMFI” MTYaU filialining ta'lim faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi;
“MMFI” MTYaU filialiga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda, bosh muassasa tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
“MMFI” MTYaU filiali bitiruvchilariga o‘qish tamomlanganidan so‘ng bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi va bu diplom O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi. | 8O‘zbekiston
|
Sportrico tarixda eng ko‘p haq to‘langan sportchilar reytingini e'lon qildi
Unda sportchilarning shu paytgacha ishlab topgan maoshi, reklama shartnomalari va boshqa daromadlari hisoblangan. 1-o‘rinni amerikalik basketbolchi Maykl Jordan egalladi.
Reytingdan 4 nafar futbolchi joy olgan: Krishtianu Ronaldu (5), Lionel Messi (8), Devid Bekhem (12) va Neymar (21).
To‘liq ro‘yxat bilan tanishing:
1. Maykl Jordan (basketbol) – 2,62 mlrd dollar;
2. Tayger Vuds (golf) – 2,1 mlrd;
3. Arnold Palmer (golf) – 1,5 mlrd;
4. Jyek Niklaus (golf) – 1,38 mlrd;
5. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 1,24 mlrd;
6. Floyd Meyvezer (boks) – 1,2 mlrd;
7. Lebron Jyeyms (basketbol) – 1,17 mlrd;
8. Lionel Messi (futbol) – 1,14 mlrd;
9. Mixael Shumaxer (avtopoyga) – 1,13 mlrd;
10. Rojyer Federer (tennis) – 1,12 mlrd;
11. Fil Mikelson (golf) – 1,08 mlrd;
12. Devid Bekhem (futbol) – 1,05 mlrd;
13. Kobe Brayant (basketbol) – 930 mln;
14. Shakil O’Nil (basketbol) – 870 mln;
15. Greg Norman (golf) – 815 mln;
16. Mayk Tayson (boks) – 775 mln;
17. Aleks Rodriges (beysbol) – 650 mln;
18. Menni Pakyao (boks) – 630 mln;
19. Kevin Dyurent (basketbol) – 625 mln;
20. Lyuis Hemilton (avtopoyga) – 620 mln;
21. Neymar (futbol) – 615 mln;
22. Jyeff Gordon (avtopoyga) – 595 mln;
23. Oskar De La Xoyya (boks) – 580 mln;
24. Peyton Menning (amerikancha futbol) – 570 mln;
25. Derek Jiter (beysbol) – 555 mln. | 13Sport
|
JCh-2018. Italiya 1958 yildan beri ilk bor jahon chempionatiga chiqa olmadi
2018 yilgi jahon chempionati saralashi pley-off bosqichining javob o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
Italiya terma jamoasi o‘z maydonida Shvetsiyani qabul qildi. "San-Siro" stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi.
Shu tariqa, birinchi o‘yinda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan italiyaliklar ikki natijasiga ko‘ra jahon chempionatiga chiqa olmadi.
Italiya – Shvetsiya 0:0 (0:0, 0:0)
Italiya – Buffon, Bardzali, Bonuchchi, Kellini, Darmian (El-Shaaravi, 63), Parolo, Kandreva (Bernardeski, 76), Florentsi, Jorjino, Immobile, Gabbyadini (Belotti, 63).
Shvetsiya – Olsen, Grankvist, Augustinsson, Lindelef, Lyustig, Klasson (Roden, 72), Larsson, Yuxansson (Svensson, 19), Forsberg, Berg, Toyvonen (Telin, 54).
Ogohlantirishlar: Kellini (9), Yuxansson (9), Bardzali (22), Forsberg (29), Lyustig (65), Telin (69), Immobile (90), Bernardeski (90), Olsen (90).
Birinchi uchrashuv – 0:1 | 13Sport
|
Janubiy Koreyada 95 yoshli Lotte Group asoschisi 4 yil qamoq jazosiga hukm qilindi
Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalaridan biri — Lotte Group asoschisi Sin Gyokxo 4 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aqliy zaiflikka mubtalo bo‘lgan 95 yoshli Gyokxo va uning 3 nafar farzandiga nisbatan o‘tgan yili soliqlardan bo‘yin tovlash va firibgarlikda ayblov e’lon qilingandi.
Tergovga ko‘ra, Lotte Group asoschisi kompaniya hisob raqamlaridan kamida 128,6 milliard vonani (119 million dollar) yaqinlariga o‘tkazib bergan. Sud apellyatsiya ko‘rib chiqilgunga qadar uni salomatligi sabab ochiqlikda qoldirishga qaror qildi.
Gyokxoning o‘g‘li Donbin 20 oydan iborat shartli jazo oldi. Qizi Sin Yun-Ya ikki yil qamoq jazosiga hukm qilindi, katta o‘g‘li esa aybsiz deb topildi. | 2Dunyo
|
Dubayda oyoqyalang yurgan Messi, o‘g‘li bilan ko‘rinish bergan Ilon Mask, gilamlar bilan qoplangan dala. 14-dekabr suratlari
14-dekabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Moskvadagi Tverskoy bulvarida chiroqlar bilan bezatilgan tunnel o‘rnatildi.
Otasining ortiga yashirinib turgan bolakay. Toshkent.
Qisqichbaqa ovchisi. Jiangsu viloyati, Xitoy.
Ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadon ayvonchasi. Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasi.
Shavkat Mirziyoyev hududlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi haqidagi farmonni imzoladi
Turkiyaning Antaliya shahri yaqinidagi dalada quritilayotgan gilamlar.
Xurmo. Olmazor tumani.
Oddiy va samarali tavsiya: xurmodagi taxir ta’mni qanday yo‘qotish mumkin?
Bag‘doddagi uyining garajida mebel ta’mirlayotgan duradgor ayol Nur al-Janabiy.
Kentukki shtatida 11-dekabr kuni sodir bo‘lgan bir nechta tornado Meyfild shahri va uning atrofini vayron qildi.
Dakkada qum ustida o‘ynayotgan bolalar.
Portugaliyaning Nazar shahrida syorfing bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Lionel Messi Dubai Expo 2020 ko‘rgazmasidagi suvli Surreal instalyatsiyasiga tashrif buyurdi.
APL va Superligada oy laureatlari, kuni to‘rtinchi darajali hujumchiga qolgan “Barselona”, Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Doston Yoqubov. Eng so‘nggi sport yangiliklari
Los Anjelsdagi Regency Village teatrida “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmining premyerasida qatnashayotgan kaskadyor.
“O‘rgimchak-odam: uyga yo‘l yo‘q” filmining rasmiy treyleri namoyish etildi
Vladivostokdan korinayotgan Geminida meteorit yomg‘iri.
Futbol bo‘yicha Meksika chempionati “Atlas” klubining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Italiyadagi Alp tog‘larida qor bilan qoplangan dalalar va kichik uy.
Liverpulda ertalabki tuman.
Time jurnali tomonidan “Yil odami” deb topilgan Ilon Mask va uning o‘g‘li X Æ A-12 Nyu-Yorkdagi mukofotlash vaqtida.
Ilon Maskning 1,5 yoshli o‘g‘li otasi bilan majlisda qatnashdi. U videokonferensiya ishtirokchilariga murojaat ham yo‘lladi (video)
Barselonadagi Zamonaviy madaniyat markazida niqoblar ko‘rgazma.
Gonkongdagi savdo markazi yaqinida kuzgi barglari bo‘lgan sun’iy daraxtlar o‘rnatildi.
Moskva viloyatida mamlakatning asosiy Yangi yil archasi kesildi.
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari: | 8O‘zbekiston
|
Fransiyada prezidentlikka nomzodlarning ilk telemunozaralari bo‘lib o‘tdi
20-mart, dushanba kuni kechqurun Fransiyaning TF1 telekanalida ilk saylovoldi munozaralar bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”: uch yarim soat davomida siyosatchilar zamonaviy Fransiyaning ijtimoiy modeli, iqtisodiy vaziyat va mamlakatning dunyodagi o‘rni haqida gapirdi.
Fransiya prezidenti lavozimiga nomzodlar o‘n bir kishidan iborat. Ammo ilk debatlarda ularning besh nafari, saylovoldi so‘rovlar yetakchilari qatnashdi, bular — o‘ng “Milliy front” raisi Marin Le Pen, “Olg‘a” partiyasi yetakchisi, sotsial-liberal Emmanuel Makron, o‘ng markazchilarning “Respublikachilar” partiyasidan nomzod Fransua Fiyon, “Sotsialistik partiya” praymerizi g‘olibi Benua Amon va o‘ta so‘llar vakili, “Bo‘ysunmagan Fransiya” asoschisi Jan-Lyuk Melanshon.
Efir tugaganidan so‘ng BFMTV telekanali buyurtmasiga muvofiq o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, bu munozarada hammadan ko‘p ishontira olgan nomzod Makron bo‘ldi (29%). Undan keyingi o‘rinlarni Melanshon (20%), Le Pen (19%), Fiyon (19%) va Amon (11%) egalladi. Kanal ekspertlari “Bo‘ysunmagan Fransiya” yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon va “Respublikachilar”dan nomzod Fransua Fiyonni eng yaxshi deb topdi. | 2Dunyo
|
Saratov maktab o‘quvchilarining ota-onalari harbiy samolyot uchun pul to‘plash kampaniyasidan shikoyat qildi
Rossiyaning Saratov shahridagi 3-raqamli gimnaziya o‘quvchilarining ota-onalari gimnaziya direktori Tatyana Raykova tomonidan e’lon qilingan harbiy samolyot uchun pul to‘plashga qarshi chiqdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Direktor Rossiya Su-24 bombardimonchi samolyoti turk qiruvchi samolyoti tomonidan urib tushirilgandan keyin ushbu tashabbus bilan chiqdi.
O‘quvchilarning ota-onalari Raykova nomiga ochiq maktub yo‘llab, uning harakatlarini tekshirish iltimosi bilan prokuraturaga murojaat qilishini bayon qilgan. Ota-onalardan biri Araik Arzumanyanning ma’lum qilishicha, ular bolalarning terrorchilar nishoniga aylanishidan xavotir olmoqda.
Tatyana Raykova 27-noyabr kuni Saratov viloyat dumasi qoshidagi jamoat kengashi yig‘ilishida yangi harbiy samolyot uchun mablag‘ to‘plashni taklif qilgan edi. | 2Dunyo
|
Foto: Kuchli yomg‘ir tufayli Namangan ko‘chalari suvga to‘ldi
Bir necha kundan buyon davom etayotgan yog‘ingarchilik tufayli Namangan shahrining ayrim ko‘chalari suvga to‘lgan.
Viloyat FVB axborot xizmatining xabar berishicha, Namangan shahar Boburshoh ko‘chasida joylashgan Jahon ixtisoslashtirilgan aralash mollari bozori oldidagi yo‘lda yomg‘ir natijasida suv to‘planib qolgan.
Bundan tashqari mazkur bozor ortidagi ko‘chalarda yig‘ilgan yomg‘ir suvlaridan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, kuchli yomg‘ir tufayli Samarqand ko‘chalari suvga to‘lganligi xabar qilingan edi. | 8O‘zbekiston
|
Putin Gruziyaga aviaparvozlarni taqiqladi va barcha rossiyaliklarni bu mamlakatdan qaytarishni topshirdi
Vladimir Putin Rossiya aviakompaniyalariga joriy yil 8-iyulidan Gruziyaga yo‘lovchi qatnovini vaqtincha man etuvchi farmonni imzoladi.
Farmon “milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida” qabul qilingan. Taqiq qancha davom etishi noma’lum.
Rossiya turoperator va turagentlariga taqiq davomida Gruziyaga yo‘llanmalar sotishni to‘xtatish tavsiya qilingan.
Putin hukumatga hozirda Gruziyada bo‘lib turgan Rossiya fuqarolarini mamlakatga qaytarish choralarini ko‘rishni topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tbilisida rossiyalik deputatning parlamentdagi chiqishi tufayli norozilik aksiyalari boshlangandi. Ularda bir kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi hibsga olindi. Parlament spikeri iste’foga chiqdi, Gruziya prezidenti esa Rossiyani mamlakatda ichki nizolarni tashkillashtirishda aybladi. | 2Dunyo
|
Rossiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri suddagi so‘nggi so‘zida Suqrotdan iqtibos keltirdi
Moskvaning Zamoskvoretskiy sudida so‘nggi so‘z bilan chiqish qilgan Rossiya sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayev Suqrotdan iqtibos keltirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Ketish muhlati yetdi. Siz uchun yashash, men uchun o‘lim vaqti keldi”, — dedi sobiq vazir.
Shuningdek, Ulyukayev o‘zini aybdor sanashini bildirdi.
“Faqat prokurorlar zo‘r berib tiqishtirayotgan mantiqsiz ayblovlarda emas. Mamlakat uchun juda kam ish qilganimda aybdorman. Lavozimlarni egalladim, o‘zimni o‘tga-cho‘qqa urdim, sovg‘alar qildim. Meni kechiring, odamlar. Qolgan umrimni insonlarga yordam berishga bag‘ishlayman”, — izoh berdi Ulyukayev. | 2Dunyo
|
Bog‘ot tumanidagi «Ma'naviyat» mahallasi qachon obod bo‘ladi?
2018 yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod qishloq» dasturi to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.
Unda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini barcha hududlarda amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, qishloq aholi punktlarining me'moriy qiyofasini tubdan yangilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish asosiy vazifa ekani belgilab qo‘yilgan.
Bu farmon asosida Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, Mirishkor qishlog‘idagi «Ma'naviyat» mahallasi ham «Obod qishloq» dasturiga kiritildi.
«Ma'naviyat» mahallasida 5 mingdan ortiq aholi 900ga yaqin xonadonda yashamoqda. «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha mahallada 712ta uy-joyni ta'mirlash, 5,5 km uzunlikda ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish, 0,7 km uzunlikda oqova suv inshootlarini o‘rnatish, 0,8 km uzunlikda elektr tarmog‘ini, 0,6 km uzunlikda tabiiy gaz tarmog‘ini o‘tkazish, 3,0 km uzunlikdagi ichki yo‘llarni, 2 km uzunlikda piyodalar yo‘laklarini ta'mirlash, 3ta ijtimoiy soha, 6ta maishiy xizmat obektlarini qurish va ta'mirlash, 1ta ko‘mir ombori, 1ta suyultirilgan gaz shoxobchasini yangidan qurish, 300ta ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish, 2,5 km uzunlikda gulzorlar tashkil etish ko‘zda tutilgan edi.
Bu ishlarni moliyalashtirish uchun jami 7 milliard 515 million so‘m ajratilgan.
Biroq «Ma'naviyat» mahallasi aholisining so‘zlariga ko‘ra, rejadagi ishlar to‘liq bajarilmagan. Bunda asosiy e'tiroz yo‘llarning abgor ahvoliga qaratilmoqda.
Mahalla yo‘llarining ahvolini ko‘rib, «Obod qishloq» dasturi asosida obod qilinganiga ishonish qiyin. Bu yo‘llar yomg‘ir-qorli mavsumda botqoqqa aylanadi, issiq-quruq mavsumda esa chang-to‘zon ostida qoladi. Mahalla hududini aylanar ekanmiz, dov-daraxtlar, uylarning tomlari, avtomashinalar changga ko‘milganini kuzatish mumkin. Bu yo‘llardan har kuni ishga, yumushga o‘tadigan odamlar, bog‘chaga, maktabga qatnaydigan bolalarning ahvoliga faqat achinish mumkin.
Bu murojaat bo‘yicha Bog‘ot tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Matyaqubovdan izoh oldik, hujjatlar bilan tanishdik.
Dastur bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisobotiga ko‘ra, «Ma'naviyat» mahallasida 712ta uy-joy ta'mirlangan, 150ta uydan 88tasining tomi yopilgan, 890ta uyning fasadi ta'mirlangan, 27ta noqonuniy qurilma buzilgan, 22ta ko‘cha chirog‘i o‘rnatilgan, 13 km uzunlikdagi ariqlar tozalangan, 4700ta manzarali daraxt, 3350 tup gul ko‘chatlari ekilgan, 16-son maktabgacha ta'lim muassasasi va 23-son maktab binosi to‘liq ta'mirlangan, 3,3 km uzunlikdagi yo‘l ta'mirlangan, 4,3 km ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazilgan, 1 km gaz quvuri yotqizilib, 0,8 km elektr simi tortilgan.
Ulug‘bek Matyaqubov so‘zlariga ko‘ra, «Ma'naviyat» mahallasida ishlarning chala qolishiga tajribasizlik va mablag‘ tanqisligi sabab bo‘lgan.
«Obod qishloq» dasturi bo‘yicha ishlar 2018 yili ilk marta boshlandi. Bu tadbir bo‘yicha tajribamiz yo‘qligi sababli kamchiliklar ham bo‘ldi. Bog‘ot tumani bo‘yicha «Ashxobod» va «Ma'naviyat» mahallasi «Obod qishloq» dasturiga tushgan edi. «Ma'naviyat» mahallasiga 7,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Ularning asosiy qismi maktab va bog‘chani ta'mirlashga sarflandi. Endi oxiriga yetkazilmay qolgan ishlarni mahalliy budjet hisobidan moliyalashtirib, 2019 yil davomida yakunlaymiz. Hozir bu tadbirlar «Ashxobod» mahallasida davom ettirilmoqda. Ishlar yakunlangach, «Ma'naviyat» mahallasidagi kamchiliklar bartaraf qilinadi», - dedi Matyaqubov.
Savol: «Obod qishloq» dasturiga asosan, «Ma'naviyat» mahallasida 3 km avtomobil yo‘llarini ta'mirlash ko‘zda tutilgan edi, ammo hisobotda 1,1 km ta'mirlangani ko‘rsatilgan, biroq asfalt yotqizilmagan. 2 km piyodalar yo‘lagidan faqat 300 metr yo‘lak ta'mirlangan, xolos.
«Obod qishloq» dasturi bo‘yicha ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi emas, balki ShQA (shag‘al-qum aralashmasi yoki ShPS – «shebenno-pesochnaya smes») yotqizilishi ko‘zda tutilgan. Yo‘llarni ta'mirlash ishlari chala qolgani yuqorida aytilganidek mablag‘ tanqisligi bilan bog‘liq. To‘g‘ri, ShQA yotqizilganida issiq va quruq havoda chang-to‘zon ko‘tariladi. Ammo har bir xonadon egasi o‘z uyining oldidagi yo‘lga suv sepib tursa, bunday holat yuz bermaydi. Ichki yo‘llarga asfalt yotqizish «Obod qishloq» dasturida ko‘zda tutilmagan», - deydi Matyaqubov.
«Obod qishloq» dasturi bo‘yicha yo‘llarga asfalt emas, balki ShQA yotqizilishi Xorazm viloyatining issiq va quruq ob-havo sharoitiga qanchalik mos ekani yaxshilab o‘rganib chiqilganmikan? Ha, ShQA yo‘llarning notekisligini bartaraf qilishga qisman imkoniyat beryapti, ammo chang-to‘zon odamlarga qo‘shimcha noqulayliklar tug‘dirmoqda. Unga suv sepib turish uchun har bir xonadondan kimdir shu ish bilan muntazam shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. Buning qanchalik imkoni borligini esa bilmadik...
Bog‘ot tumani hokimligi «Ma'naviyat» mahallasidagi «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan, biroq oxiriga yetkazilmay qolgan ishlarni 2019 yil davomida yakunlashga, kamchiliklarni bartaraf qilishga va'da bermoqda. O‘z navbatida biz ham bog‘otliklar faqat qog‘ozdagi emas, balki haqiqiy obod qishloqda, obod mahallada farovon hayot kechiradilar degan umiddamiz.
Nurmuhammad Said | 5Jamiyat
|
Urganchda koronavirusli bemorlar uchun maxsus davolash markazlari tashkil etilmoqda
Jumladan, Olimpiya zaxiralari kollejining 4ta katta binosidagi sport zallari davolash maskaniga aylantirilyapti. Umumiy hisobda 708 nafar bemorga o‘rin tayyorlanib, ularning salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 30 iyul holatiga Xorazm viloyatida koronavirus yuqtirib olganlar soni 374ni, vafot etganlar soni 1ni, sog‘ayib ketganlar soni 312ni tashkil qiladi. | 5Jamiyat
|
Chirchiqda noqonuniy tikuvchilik sexi aniqlandi
Chirchiq shahrida joylashgan «Aziya» to‘yxonasida 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro M.E. hech qanday hujjatlarsiz tibbiy niqob ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu tikuvchilik sexi 2 aprelda ish boshlab, noqonuniy ravishda 183 nafar ishchi ayollarni yollagan. Ular bilan og‘zaki ravishda, har bir niqob uchun 60 so‘mdan ish xaqi berishga kelishgan. Ushbu joyda tayyorlanayotgan mahsulotlarning sifati va belgilangan sanitariya talablariga javob berishiga e’tibor berilmagan deyiladi xabarda.
Chirchiq shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan bino ko‘zdan kechirilganda 131 973 dona tayyor tibbiy niqob, 170 000 dona yarim tayyor mahsulot va 21 dona kleylash uskunasi, jami 301 994 dona, umumiy narxi 156 million 696 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklar borligi aniqlandi.
Nazorat tadbiri natijasida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik ashyolari masala qonuniy hal bo‘lgunga qadar vaqtinchalik olib qo‘yilgan. | 5Jamiyat
|
Isroil harbiylari Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida 9 nafar falastinlik fuqaroni hisbga oldi
Isroil harbiylari Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida 21-noyabr, dushanba kuni kechasi o‘tkazgan reyd davomida 9 nafar falastinlik fuqaroni hisbga oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Armiya va harbiy politsiya kuchlari Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida 9 nafar falastinlikni hisbga oldi. Shulardan 4 nafari terrorchilik faoliyati va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishda gumonlanmoqda”, – deyiladi Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmati xabarida.
Falastin va Isroil hududidagi mojaro 2015-yilning sentabr oyida keskin yomonlashdi. 14 oy davomida Isroil va Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘ohida tig‘li va o‘q otar qurol hamda portlovchi qurilmalar yordamida 300 dan ortiq hujumlar uyushtirilishi oqibatida 40 isroillik halok bo‘ldi, yana 450 nafari jarohat oldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 2Dunyo
|
Singapurda mashhur oq ayiq Inuka vafot etdi
27 yoshli Inuka — tropiklarda dunyoga kelgan ilk va yagona oq ayiq qarilikdan vafot etdi, deb yozadi National Geographic.
1990-yilning 26-dekabrida Singapur hayvonot bog‘ida oq ayiq Inuka dunyoga keldi. U bu turning tropik iqlimda dunyoga kelgan birinchi vakili bo‘ldi. Qulay sharoit, foydali oziq-ovqat va tibbiy yordam Inukaga uzoq yashash imkonini berdi: o‘tgan yil yakunida uning 27 yoshga to‘lishi nishonlandi.
Yovvoyi tabiatda oq ayiqlar 25 yildan ortiq yashamaydi. Tutqunlikda esa bu muddat ba’zan 45 yilga ham yetishi mumkin, biroq bu paytga kelib ularning organizmi juda zaiflashib qoladi. Inuka ham oxirgi yillarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekkan.
2018-yilning 25-apreli tongida ayiq vafot etdi. 26-aprel kuni u bilan xayrlashish marosimiga 400 nafar xodim keldi. | 2Dunyo
|
Toshkentda O‘zbekiston-Yaponiya parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi
2015-yilning 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiyaning O‘zbekistondagi sobiq Elchisi, deputat Kyoko Nakayama boshchiligidagi Yaponiya Parlamenti maslahatchilari Palatasining bir guruh a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yaponiya tomoni mamlakatimiz bilan turli sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan O‘zbekiston Hukumatidagi samarali muzokalar hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardan orttirgan taasurotlarini so‘zlab berdi.
TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibining ayrim masalalari hamda Toshkent shahrida bo‘lajak O‘zbekiston-Yaponiya parlamentlararo forumining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Yaponiya Elchisi Fumihiko Kato ishtirok etdi. | 8O‘zbekiston
|
Qaysi davlatda fuqarolikni sotib olish mumkin va bu qancha turadi?
Bloomberg axborot agentligi pasportini sotib olish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini keltirdi. Ko‘plab davlatlar, jumladan AQShda qonuniy yashovchilarga muayyan mezonlar bajarilganda fuqarolikni olishga ariza berishga ruxsat berilsa-da, dunyoda pasportini sotuvchi 10 davlatgina mavjud.
Bu ko‘p hollarda ko‘chmas mulk yoki mahalliy biznesga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yordamida qilinadi.
Ro‘yxatga ko‘ra, fuqarolikni quyidagi davlatlarda sotib olish mumkin: Avstriyada (23,75 mln dollar), Kiprda (2,375 mln), Maltada (1,065 mln), Turkiyada (1 mln), Vanuatuda (226,5 ming dollar), Grenadada (208 ming dollar), Sent-Kits va Nevisda (150 ming), Sent-Lyusiyada (100 ming), Dominikada (100 ming) va Antigua va Barbudada (100 ming dollar).
Ba'zi davlatlarda qo‘shimcha shartlar mavjud. Misol uchun, Avstriya fuqarolikni olishga da'vogardan mahalliy iqtisodiyotga faol investitsiya kiritishni, Turkiyada esa pul ko‘chmas mulk sotib olishga yoki bank hisobraqamiga qo‘yilishi (bu holda gap 3 mln dollar haqida borib, bu pullar depozitga 3 yilga qo‘yilishi) talab qiladi.
Bu davlatlardan aksariyati, ya'ni 8 tasi Xalqaro valuta jamg‘armasi tomonidan ofshor moliya markazlari sifatida tasniflangan.
Henley & Partners’dan Kristian Kalinning aytishicha, o‘ziga to‘q odamlar ikkinchi pasportni soliqlardan emas, balki o‘z yurtlaridagi tub o‘zgarishlar oqibatidan qochish uchun sotib olishga intiladilar. Yana bir sabab, bu oddiygina o‘zini ko‘rsatish, manmanlikdir.
“Agar sizda yaxta va ikkita samolyot bo‘lsa, unda keyingi narsangiz Malta pasporti bo‘ladi”, deb aytgan Kalin. | 2Dunyo
|
18 ta mag‘lubiyat. “Real” mavsumni omadsiz yakunladi
19-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 38-turida “Real Madrid” o‘z maydonida “Betis”ga mag‘lub bo‘ldi (0:2).
Joriy mavsum Madrid klubi barcha musobaqalarni hisoblaganda 18 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi — bu tarixdagi ikkinchi eng yomon natija hisoblanadi.
So‘nggi bor 1994/95-yilgi mavsumda shunday holat kuzatilgandi.
Ma’lumot uchun, mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha antirekord 1984/85-yilgi mavsumda o‘rnatilgan. O‘shanda klub 19 ta mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Qirollik klubi” tugallangan mavsum 68 ochko to‘plab, La Liga jadvalida 3-o‘rinni egalladi (21 ta g‘alaba, 5 ta durang, 12 ta mag‘lubiyat).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
Toshkent viloyatida “Amirsoy Polo Cup 2022” musobaqasi bo`lib o`tadi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-yanvardagi “O`zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni rivojlantirish davlat dasturi to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, O`zbekiston polo federasiyasi tomonidan 2022-yil 9-yanvarda Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida “Amirsoy Polo Cup 2022” nomli ot polo bo`yicha qordagi musobaqa tashkil etilmoqda.
Musobaqalar O`zbekistonda ushbu sport turini ommalashtirish va O`zbekiston hududlarida ot polosini keng rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochish maqsadida o`tkazilmoqda.
Eslatib o`tamiz, ot polosi bo`yicha musobaqalar 2021-yil yanvar oyida “Amirsoy Resort” tog` majmuasida o`tkazilgan edi. Musobaqa 1820 metr balandlikda bo`lib o`tdi va O`zbekistonning baland tog`li hududlarida o`tkazilgan qor polosi bo`yicha jahon tarixidagi ilk musobaqa bo`ldi.
Ma`lumot uchun: Ot polosi ajoyib sport turi. U “shohlar sporti” deb ham ataladi. Ushbu qiyin va qiziqarli jamoaviy o`yin o`yinchilardan tanani mohirlik bilan boshqarishni, otni mukammal boshqarishni va yuqori konsentrasiyani talab qiladi.Poloning tarixiy vatani Buyuk Britaniya hisoblanadi. Aynan o`sha erda zamonaviy ot poygasi muxlislari jamoaviy o`yinning yangi qoidalarini o`ylab topishdi va uni mukammallikka olib chiqishdi.
O`zbekistonda ular polo o`ynashni ancha oldin boshlagan, uloq-ko`pkari, turkiston kabi etno-o`yinlar bu mintaqada ko`proq ommalashgan, biroq zamonaviy sport turi sifatida O`zbekistonda ot polosi nisbatan yaqin-yaqindan rivojlana boshladi.2018-yilda Qashqadaryo va Farg`ona viloyatlarida bizning sharoitimizda polo o`ynash uchun eng qulay bo`lgan polo-poni va qorabayir otlarini ko`paytirish va etishtirish bo`yicha yangi zamonaviy majmualar ochish boshlandi. 2020-yilda O`zbekistonda ot polo federasiyasi ochildi. Federasiyani bungacha O`zbekiston ot sporti federasiyasi raisi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bahromjon Gaziev boshqarib kelmoqda. | 13Sport
|