id
int64
1
1.22M
url
stringlengths
31
410
title
stringlengths
1
147
text
stringlengths
1
177k
1,882
https://uz.wikipedia.org/wiki/Berlin
Berlin
Berlin (nemischa talaffuzi: [bɛʁˈliːn]) Germaniya poytaxti va eng yirik shahridir. Federal maʼmuriy birlik — Yerga tenglashtirilgan. Bu shahar Shpre daryosi Xafeldaryosiga quyiladigan yerda, Shimoliy va Boltiq dengizlariga chiqiladigan kanallar boʻyida joylashgan. Maydoni — 891.7 km2. Shaharning gʻarbi va sharqida koʻl koʻp. Tarixi Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244-yilga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486-yildan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan. XVII asrda Fransiya va Bohemiyadan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisi tez oʻsdi. XIX asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edi. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945-yilgacha Berlin Germaniyaning eng yirik fan, madaniyat va siyosiy markazi boʻlgan. 1933—1945-yillarda Berlin gitlerchilar „uchinchi reyxi“ning poytaxti. Berlin Ikkinchi jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomonidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945-yil 2-mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: Sovet Ittifoqi, AQSh, Angliya va Fransiya sektorlariga boʻlishdi. Keyinchalik ittifoqchilar oʻrtasidagi yuz bergan kelishmovchiliklar sababli Germaniya kabi Berlin ham 2 qismga — Sharqiy va Gʻarbiy Berlinga boʻlindi va Germaniya Demokratik Respublikasi aholisini ommaviy ravishda Gʻarbga oʻtishini toʻxtatish maqsadida 1961-yilda „Berlin devori“ (Sharqiy Germaniya va Gʻarbiy Berlin oʻrtasida umumiy uz. 162 km, jumladan shahar doirasida 45 km boʻlgan toʻsiq ikshootlar tizimi) qurildi. 70- yillar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989-yil 9-noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (qarang Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Germaniya) va GDR (Sharqiy Germaniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990-yil 3-oktabr dan kuchga kirdi va birlashgan Germaniyaning federal poytaxti statuyey Bonn shahridan Berlinga oʻtdi. Geografiyasi Iqlimi Iqlimi moʻtadil, sernam; oʻrtacha yillik temperatura 8,4 °C, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—0,6°C, iyulniki 18 °C. Bir yilda oʻrtacha 587 mm yogʻin yogʻadi. Demografiyasi Berlin poytaxt boʻlgach, aholisining soni chetdan koʻchib kelganlar hisobiga tez oʻsdi, shahar chegarasi ham kengaydi. Berlin aholisi soni quyidagicha oʻzgarib bordi: 1939-yilda 4,3 million, 1945-yilda 2,8 million va 1995-yilda 3,4 million. Hozirga kelib, 2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, ushbu shahar aholisi 3 664 088 nafarni tashkil etadi. Millatlar Iqtisodi Berlinning siyosiy mavqei oshishi bilan uning iqtisodi ham tez rivojlandi. Kimyo-farmatsevtika, poligrafiya, optika, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik (elektrotexnika, elektr priborlari ishlab chiqarish, umumiy va transport mashinasozligi) sanoati korxonalari mavjud. Berlin faqat Germaniyaning iqtisodiy markazi boʻlibgina qolmay, balki Yevropaning yirik sanoat markazlaridan biridir. Berlinda yirik bank va kredit muassasalari joylashgan. Berlin mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguii, bir necha vokzal va aeroportlar bor. Madaniyati Berlin radial aylana reja asosida qurilgan va oʻz qiyofasini hozirgacha saqlagan. Shaharda oʻrta asr yodgorliklaridan gotika uslubiga xos Mariyenkirxe va Klosterkirxe cherkovlari (XIII-XIV asrlar), barokko uslubidagi Nemis tarixi muzeyi (1695—1706), Brandenburg darvozasi (1788—1791), klassitsizm uslubidagi opera teatri, drama teatri (1819—1821) va Berlin saqlanib qolgan. Shaharda koʻplab zamonaviy savdo-sotiq binolari, saroy, uy-joylar va Berlin binolar barpo etilgan. Metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, A. Gumboldt nomidagi universitet (1809) va maxsus oʻquv yurtlari mavjud. Madaniymaishiy muassasalar: teatrlar. muzeylar, (ularda badiiy osori atiqalartoʻplangan), kutubxonalar, milliy galereya kabi yirik binolar juda koʻp. Hayvonot bogʻlari bor. 11-Olimpiada oʻyinlari (1936) boʻlib oʻtgan. Galereya Manbalar Havolalar Berlin shahrining rasmiy veb-sayti Berlin shahri haqida sayyohlar uchun maʼlumot Alifbo boʻyicha aholi punktlari Germaniya shaharlari
1,887
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekistondagi%20universitetlar
Oʻzbekistondagi universitetlar
Ushbu sahifada Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxati keltirilgan. Andijon viloyatida Andijon davlat universiteti Andijon mashinasozlik instituti Andijon tibbiyot instituti Toshkent davlat stomatologiya institutining Andijon filiali Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti Buxoro viloyatida Buxoro davlat universiteti Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Buxoro tibbiyot instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filiali Toshkent davlat stomatologiya institutining Buxoro filiali Zarmed Universiteti Fargʻona viloyatida Fargʻona davlat universiteti Fargʻona politexnika instituti Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Qoʻqon davlat pedagogika instituti Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filiali Sirdaryo viloyatida Guliston davlat universiteti Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali Jizzax viloyatida Jizzax davlat pedagogika instituti Jizzax politexnika instituti Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali Namangan viloyatida Namangan davlat universiteti Namangan muhandislik-texnologiya instituti Namangan muhandislik-qurilish instituti Namangan davlat pedagogika instituti Navoiy viloyatida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq fakulteti Navoiy davlat konchilik institutining Zarafshon fakulteti Navoiy davlat pedagogika instituti Qoraqalpogʻistonda Nukus davlat pedagogika instituti Qoraqalpoq davlat universiteti Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Nukus filiali Toshkent davlat stomatologiya institutining Nukus filiali Toshkent kimyo-texnologiya institutining Qoʻngʻirot boʻlimi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali Navoiy davlat konchilik institutining Nukus filiali Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali Toshkent davlat texnika universitetining Nukus filiali Qashqadaryo viloyatida Qarshi davlat universiteti Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali Shahrisabz davlat pedagogika instituti Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo'jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti Qarshi Filiali Samarqand viloyatida Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Samarqand davlat chet tillar instituti Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali Ipak yoʻli xalqaro turizm universiteti Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali Toshkent davlat transport universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali Samarqand davlat universitetining Urgut filiali Surxondaryo viloyatida Termiz davlat universiteti Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorazm viloyatida Urganch davlat universiteti Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali Toshkent farmatsevtika institutining Xazorasp filiali O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali Toshkent viloyatida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali Toshkent davlat agrar universiteti Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Toshkent viloyat pedagogika instituti Toshkent shahrida Davlat boshqaruvi akademiyasi Bank-moliya akademiyasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Milliy rassomlik va dizayn instituti Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti Oʻzbekiston jahon tillari universiteti Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Oʻzbekiston milliy universiteti Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Soliq akademiyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Toshkent davlat transport universiteti Toshkent avtomobil yoʻllar instituti Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent davlat pedagogika universiteti Toshkent davlat stomatologiya instituti Toshkent davlat texnika universiteti Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali Toshkent farmatsevtika instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent islom instituti Toshkent kimyo-texnologiya instituti Toshkent moliya instituti Toshkent tibbiyot pediatriya instituti Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Yangi Oʻzbekiston universiteti Farmatsevtika texnik universiteti Harbiy taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy harbiy bojxona instituti Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti Samarqand avtomobilchi komandir-muhandislar oliy harbiy bilim yurti Xorijiy universitetlarning filiallari Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti Toshkent shahridagi Inha universiteti Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Toshkent shahridagi Puchon universiteti G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali I. M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkent filiali Moskva davlat xalqaro aloqalar institutining Toshkent filiali Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Toshkent shahridagi Amiti universiteti Toshkent shahridagi Aju universiteti Toshkent shahridagi Vebster universiteti Andijon shahridagi Sharda universiteti MISiS Olmaliq filiali MMFI Toshkent filiali Latviya Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Fargʻona shahridagi filiali Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filiali Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent filiali D. I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filiali Toshkent shahridagi Shinxan universiteti Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent filiali Angren shahridagi Kukmin universiteti Urganch shahridagi Binary universiteti Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkent filiali Sambhram universitetining Jizzax filiali Piza universitetining Toshkent filiali Margʻilon shahridagi Shveysariya tibbiyot va axborot texnologiyalari universiteti Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti "Collegium humanum" Varshava menejment universteti Andijon filiali Nodavlat OTMlar Akfa universiteti Termiz shahridagi TEAM universiteti Toshkent shahridagi TEAM universiteti PDP university Qoʻqon universiteti Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti Toshkent xalqaro taʼlim universiteti Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti Toshkent shahridagi Kembrij xalqaro universiteti ISFT Tashkent IT-Park University Oxus University Manbalar
1,888
https://uz.wikipedia.org/wiki/Amir%20Temur
Amir Temur
Amir Temur (Eski turkcha: امیر تیمور – Amir Temur) (1336-yil 9-aprel – 1405-yil 18-fevral) – oʻrta asrlarning buyuk turk askari va qoʻmondoni, Temuriylar imperiyasi asoschisi, Oltin Oʻrda, Mamluk sultonligi, Dehli sultonligi, Usmonli davlati, Kavkaz va Erondagi davlatlarni barisini yengishi ortidan musulmon olamining toʻla yetakchisi, yeri 4,4 mln km² ga yetishgan 14-yuzyilliknig eng kuchli davlati quruvchisi, 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, oʻtmishda koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik urush va yurush qoʻmondonlaridan biri, Temurlilar uygʻonish davri yaratuvchisi, ilm-fan, meʼmorchilik, sanʼat va adabiyot homiysi. Oilasi, shaxsiyati va kelib chiqishi Temurbek shabon oyining yigirma beshida, hijriy yetti yuz oʻttiz oltinchi yilda (8.04.1336), oʻn ikki hayvonli Turk yilligiga koʻra Sichqon yilida Kesh shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida tulilgan. Ayricha amerikalik tarixchi Beatrice Forbes Manz xonim Temurbekning tugʻilgan yilini oʻn toʻrtinchi yuzyillikning yigirmanchi yillariga toʻgʻri kelishini kabi oʻz ikkilanishli qarashlarini oldinga surib keladi va bu shubhalanishiga sabab qilib Temurbekning 1336-yilda tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar uning davridan keyin yozilganini va uning davriga tegishli bir nechta manbalardagi voqealarda Temurbekning yoshi uning 1320-yillar oxirida tugʻilganini koʻrsatishini aytadi (qarang, Tamerlane and the Symbolism of Sovereignty, B. F. Manz). Biroq birorta tarix kitoblarida Temurbekning tugʻilgan yili 1336-yil emas, balki boshqa yil ekanligi toʻgʻrisida bilgi umuman uchramaydi. Otasi Amir Taragʻay (oʻrta chogʻ turkchasida Taragʻay – qoraquyruq qushi) barlos qabilasining beklaridan biri va qabilaning asosiy 5 ta urugʻidan birining yetakchisi edi (qarang, The rise and rule of Tamerlane, B. F. Manz va The Mongol Period B. Spuler). Taragʻaybek Chigʻatoy ulusining taniqli beklaridan biri boʻlib, Kesh viloyatida amirlik qilgan. Amir Taragʻay yillik Ili daryosi boʻyida Xon tomonidan chaqiriladigan yurt beklarining qurultoyiga chaqirilgan va bunday yigʻinlarda qoldirmasdan qatnashgan. Butga topinuvchi oʻlaroq tugʻilgan Taragʻaybek Chigʻatoy ulusi orasida birinchilardan boʻlib islom dinini qabul qilgan. Otasi Barqul Noyondek Taragʻaybek harb va siyosat ishlariga qiziqmagan va asosan islom dinini oʻrganish bilan umrini kechirgan. Temurbek tez-tez qabrini ziyorat qiladigan va keyinchalik qabri ustiga maqbara (1373–1374) qurdirgan Shamsiddin Kulol Taragʻaybekning piri boʻlgan. Onasi Takina Xotun va yoki Takina Mohbegim toʻgʻrisida bilgilar oz. Zafarnoma (Yazdli Sharafiddin)da yolgʻiz otigina soʻzlanadi. 1403-yilda Temurbek Jenoa, Fransiya, Angliya qirollariga elchi qilib yuborgan, Sultoniya bosh rohibi (archiepiscopus) Johannes de Galonifontibus Takina Xotunning oddiy oiladan ekanini yozadi. Temurli saroyida yozilgan, biroq yozuvchisi aniq bilinmagan Muyizz al-Ansab (Izzatli nasablar) asarida Takina Xotun barlos qabilasi bilan chegaradosh boʻlgan Chigʻatoy ulusining Yasaur qabilasidan ekanligi yoziladi. Temurbek bilan yuzma-yuz soʻzlashgan Ibn Haldun (1400–01) Temurbek onasini afsonaviy „Avesto“ bahodiri Manuchehrning avlodidan ekanligini aytganini yozadi. Temurbekning siyosiy kitobyozar raqibi Ahmad ibn Arabshoh oʻz Ajoyib ul-maqdur fi navaib (fi axbor) at-Taymur (arabcha: عجائب المقدور في نوائب تيمور – oʻzbekcha: Temurdagi taqdirning ajoyibotlar) asarida uning Chingizxonning naslidan ekanligini yozadi. 18-yuzyillikda yuzaga chiqqan Temurbek kimligi toʻgʻrisidagi kitoblarda Takina Xotun Buxoro „Sadr ash-Sharia“ (Shariat qonunlarini izohlovchi)si Ubaydullo Mahbubiyning qizi oʻlaroq tanitiladi. Oʻzbek tarixchisi Turgʻun Fayziyez oʻzining „Temuriylar shajarasi“ (Toshkent, 1995) kitobida Temurbekning onasi toʻgʻrisida „Jangnomayi Amir Temur Koʻragon“ kitobiga tayangan holda Buxoro ulamolarining eng ulugʻi „Sadr ash-Sharia“ning qizi ekanligini bildiradi. Temurbekning opasi Qutlugʻ Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo edi. Ular Temurbekdan oldin oʻlishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralarda koʻmilishgan. Arabcha sohib (صاحب) va qiron (yaqinlik, yaqinlashma) soʻzlaridan tuzilib forscha sohib-i qiron (صاحب كران) holiga kelgan Sohibqiron soʻzi yulduzbilimchilari tomonidan Mushtariy (Yupiter) yulduzi va Zuhro (Venera) yulduzining bir burjda toʻplanganligi asosida tugʻilgan kishi maʼnosida qoʻllangan. Bu sifat baxtli, qutli va doimo gʻolib va jahonolar kishilarni ifoda etish uchun ishlatilgan. Amir Temurgada bu sifat Sohibqiron va yoki hazrat Sohibqiron shakllarida qoʻllangan. Temurbek 1362-yilda Seyistonga birinchi kelishi chogʻida oʻng oyogʻidan va oʻng qoʻlidan Mamaqtuv (Yazdli Sharafiddin, Zafarnoma 19a,19b, 89b) tomonidan yoydan otilgan oʻqdan yaralangan. Ayricha Temurbekning siyosiy raqiblari tomonidan unga soʻkinish maʼnosidagi Temur-i lang (forscha: تیمور لنگ) nomi qoʻllangan. Oqsoq Temur va yoki choʻloq Temur maʼnosida kelgan Temurlang soʻzi kunbotar (gʻarb) ellari tomonidan Tamerlane, (inglizcha), Tamburlaine (inglizcha), Tamerlan (fransuzcha), Tamorlan (ispancha), Tamerlanis (lotincha), Timurlenk (usmonli turkcha) va Temur Aksak,Tamerlan (ruscha) kabi shakllarda oʻzlashtirilgan. 1370-yilda Chingizlilar xonadonidan boʻlgan Qozonxonning qizi Saroy Mulk Xonim (Bibi Xonim)ga uylanishi ortidan Temurbek Temur Koʻragon (تیمور کورگن) va yoki Temur Guragon otini oladi. Koʻragon (xүrgen) moʻgʻulcha kuyov soʻzi boʻlib „Xonning kuyovi“ maʼnosida qoʻllangan. Chingizxonning qonidan boʻlmaganligi uchun Xonlik otini olmaydi va musulmonlarning boshi oʻlaroq Amir otini oladi. Temurbek Islom dini bilimlariga tayanib yurishlar qiladi va oʻzini „Islom qilichi“ sifatida taniltiradi. Islom dinini yoyish yoʻlida qilgan yurishlaridan keyin Abu Fotih otini oladi. 1402-yilda Izmir qal’a qamalida katolik Hospitaller (lotin, Ordo Fratrum Hospitalis)larini, Gurjiston(Gruziya) nasroniylarini bir necha bor yutishi ortidan Abu Gʻoziy otini oladi. Turklar oʻz odatiga koʻra oʻz yetakchilarini Bek deb atashardi. Shu yuzdan Temurbek ham Bek otini oladi. 1404-yilda Samarqandda boʻlgan Kastiliya (ispaniya) elchisi Rui Gonzales de Klavixo oʻzining sayohat qoʻlyozma kundaligida ham Temurbek otini qoʻllaydi. Temurbekning turk yoki moʻgʻul ekanligi toʻgʻrisadagi bilimlar yolgʻiz kunbotar olamidagina tortishmali. Rui Gonsales de Klavixo Temurbekning kelib chiqishini Chigʻatoy ulusining ellariga bogʻlasa, nabirasi Muhammad Taragʻay (Ulugʻbek nomi bilan tanilgan) „Tarix-i arba ulus“ kitobida Shajarat al-atrak (Turklar kelib chiqishi)ni koʻrsatadi va unga koʻra Temurbek va ota-bobolari Yofas oʻgʻli Turkning bolalari ekanligini aytadi. Turk otli kishi esa butun turklarning otasi ekanligi koʻrsatiladi. Kunbotar ellarining oʻtmish yozuvchilari oʻrtasida Temurbekni turk-moʻgʻul yoki turklashgan moʻgʻul kelib chiqishli ekanligi keng yoyilgan. Biroq Richard Bulliet (A Global history) Temurbekning qabilasi Barloslarning moʻgʻullarga aloqasi yoʻqligini soʻzlasa, Rene Grousset (qarang, L’empire des steppes, Atilla, Gengis-Khan, Tamerlan,1939 Paris) Temurbekning kelib chiqishi Chingizxonga bogʻlanganligini yolgʻiz oʻz chogʻida yozilgan kitoblardagina ekanini, biroq uni moʻgʻullik bilan umuman birligi yoʻqligini va Turk ekanligini yozadi. Temurbek tarixi boʻyicha 3 salmoqli kitobdan birisi sanalgan Ahmad ibn Arabshohning „Ajoyib ul-maqdur fi navaib at-Taymur“ kitobida boʻlsa Temurbekni barlos turki ekanligini yoziladi: „Turklarda ham Arablarda boʻlganidek qabilalar va urugʻlar bordir va har bir qabilada vazir (qabilaboshi) bordir. U oʻz qabilasi ichida yashash tarzi boʻyicha maslahat beradigan yorituvchi chiroqdir. Ulardan birinchisi Arlot, ikkinchisi Jaloyir, uchinchisi Qavchin, toʻrtinchisi Barlosdir. Temur(bek) toʻrtichisidan chiqqandir.“ (4-bet). Temurbek Turk ekanligidan gʻururlanar, oʻz oʻrnida oʻziga qarata aytilgan Moʻgʻul soʻzini yomon koʻrardi (Yusuf Husayn Xon, Two studies in early mongol history, 1976). Oʻzbek tarix yozuvchilari Temurbekning soʻzsiz turk boʻlganligini aytib keladi. Temurbekning oʻzi yozganligi aytiladigan Mulfazot-i Temuriy (Temur qissalari yoki Temur tuzuklari) kitobida Taragʻaybek oʻgʻli bilan soʻzlashganda (Zuhriddin Bobokalonov, 2004, 48-bet) turk kelib chiqishli ekanligini aytgani yoziladi. Temurbekning bolalik va yoshlik yillari Temurbekning yoshligi Keshda kechadi. Otasi Taragʻaybek oʻz chogʻining odatlariga koʻra Temurbekka ot minish, ov qilish, yoydan oʻq otishni oʻrgatuvchilarni tayin qiladi. Shu yuzdan Temurbek 18-20 yoshlarida tulporlarni yaxshi ajrata oladigan epchil otliq va qoʻrqmas bahodir boʻlib ulgʻayadi. Temurbekni yoshligida madrasaga ham beradilar. Biroq Temurbekning oʻqimishsiz boʻlganligi toʻgʻrisida kunbotar ellari oʻrtasida yanglish qarash ular chindek oʻrnashib qolgan. Temurbek oʻzi toʻgʻrisida kitobida 21 yoshga toʻlganida otasining hosili yaxshi boʻlganini, qoramol va yilqilar koʻp bolalaganini, oʻzi ularni 10 tadan qilib ishchilariga boʻlib berganini yozadi. Temurbekning yoshlik yillari toʻgʻrisida bilgilar juda oz. Temurbekning til bilimlari Temurbek oʻz ona tilisi chigʻatoy (eski turkcha yoki eski adabiy oʻzbekcha)cha va forschada soʻzlashgan. Temurbek arabcha soʻzlasha olmagan va moʻgʻul tilida soʻzlasha olganligiga tegisgli bilgilar tortishmali. Uning davrida Turk(Eski oʻzbek adabiy tili)cha – soʻzlashuv, qoʻshin boshqarish, adabiyot va davlat ishlari tili, forscha – huquq, davlat ishlari, adabiyot va soʻzlashuv tili, arabcha – din tili boʻlgan. Oʻrta chogʻ davlatlariga boʻlganidek Temurbek davlatida ham asosiy huquqiy ishlar – soliqlar yigʻish, gʻaznachilik ishlari, moliya ishlari fors tilida olib borilgan. Temurbek oʻz yurishlari chogʻlarida yilyozarlariga kunlik ishlarni Turkcha va forscha tillarda yozib borishlarini buyurgan. Temurbek oʻtmishining bilingan 3 ta tamal asaridan 2 tasi, Nizomiddin Shomiy – Zafarnoma, Sharafiddin Ali Yazdiy – Zafarnoma, aynan shu kunlik qoʻlyozmalarga asoslanib yozilgan kitoblardir. Rasmiy yozuv turi esa arab alifbosiga asoslangan fors va turk (eski uygʻur alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvi) yozuvlari edi. 28.03.1391 – yilda (Yazdiy,Zafarnoma,119a) Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishxonga qarshi yurish chogʻida Temurbek hozirgi Qozogʻistondagi Ulugʻ togʻda askarlariga tosh keltirishlarini buyuradi va toshga oʻyib bitik yozdiradi. Nizomiddin Shomiy Zafarnomasida esa 28.04.1391 da ushbu bitik bitilganligi yoziladi. Bu bitikda 3 qator arabcha va 8 qator turklarning oʻz yozuvi boʻlmish eski uygʻur yozuviga asoslangan eski adabiy oʻzbekchada yozigʻ yozilgan. Bu bitik 1935-yil avgust oyida Ulugʻ togʻdan kunbotar(gʻarb)da yerlashgan Qaramoʻla togʻ yon bagʻri oldidagi Qarsaqpay mis koni yaqinida qozoq geologi Qanish Satbaev tomonidan topilgan. Bu yuzdan Qarsaqpay bitigi ham deb ataladi. Bitik bugungi kunda Sant-Peterburg(Roosiya Federatsiyasi)da Ermitaj muzeyida saqlanadi. Temurbekning siyosiy-harbiy kechmishi Temurbekning siyosatga kirib kelishi 1358-yil Qazagʻanbekning oʻlimidan soʻng Movarounnahrda boshlangan bosh-boshdoqlik chogʻida Temurbek amakisi Xoji Barlos bilan Kesh yerlarini boshqarardi. 1360-yil yanvarda Jeta (Moʻgʻuliston) xoni Tugʻluq Temur Movarounnahrga yurish qiladi. Tugʻluq Temur bilan kelishgan Temurbekka Keshdan Sirdaryogacha boʻlgan yerlar topshiriladi. Tugʻluq Temur orqasiga qaytib ketadi. Xizr Yasuriy va Temurbek birga qoʻshin yigʻadilari. Xoji Barlos esa Yasuriy bilan yovlashadi va unga qarshi yurish qiladi. Tomonlar Oyqor yaqinida toʻqnashishadi. Temurbek tomon dushmanni yengadi. Biroq keyinroq Temurbek Yasuriy bilan yovlashadi. Kesh yaqinidagi Surushdagi urushda Temurbek dushmanni yengadi. Temurbek Termiz tomonga qarab yuradi. Ali Jarjariy bilan yovlashadi. Angor yaqinida toʻqnashishadi. Temurbek dushmanni yengadi. 1361-yil martda Tugʻluq Temur yana Movarounnahrga yurish qiladi. Temurbek yana Tugʻluq Temur oldiga boradi va Temurbekka Kesh viloyati va 10 ming kishi topshiriladi. Movarounnahrga xon qilib Ilyosxoʻja, Tugʻluq Temurning oʻgʻli, tayinlanadi. Tugʻluq Temur oʻz yurtiga qaytadi. Temurbek Husaynbek bilan uchrashadi. Alibek Joni Qurboniy bu ikki bekni tutib qamatadi. Moxonda qamoqda bir necha kun qolgan beklar Muhammadbek, Alibekning akasi, tomonidan ozod qilinadi. Temurbek Seyiston tomon yuradi. Temurbek va Husaynbek Seyiston hokimi soʻrovi va bergan soʻzlariga koʻra uning yovlariga qarshi urushishadi. Temurbek tomon dushmanni yengadi. Seyiston hokimi soʻzini ustidan chiqmaydi. Temurbek Seyistondan qaytishida Sagziylar Mekrondan kelib Temurbek va yoʻldoshlariga tashlanishadi. Sagziylar qoʻshini chekinadi. Temurbekning oʻng qoʻli va oʻng oyogʻi yaralanadi. Temurbek Garmsirga keladi va tuzaladi. Keyin Balxga qarab boradi va Abdulloh arigʻi oldida, Abu Said, Mangli Buʼga, Haydarlarga qarshi urushadi. Temurbek dushmanni yengadi. Temurbek Dashti Koʻlankaga keladi. Toshkoʻprik yaqinida Temurbek Yumkon oʻgʻli Temur, Sariq, Shingum va Tugʻluq Xoʻjaga qarshi urushadi. Temurbek dushmanni yengadi. 1364-yil Temurbek va Husaynbek Kesh yaqinidagi Qubba-i metinda Ilyosxoʻja bilan toʻqnashishadi. Temurbek tomon dushmanni yengadi. Temurbek Qobulshoh Oʻgʻlonni Movarounnahrga xon qilib koʻtaradi. Ilyosxoʻja yana Movarounnahrga yurish qiladi. 1365-yil 22- mayda Chinoz yaqinida Chirchiq daryosi boʻyida Loy jangi boʻlib oʻtadi. Temurbek boʻlinmasi qarshi tomon boʻlinmasini yengadi. Biroq Husaynbek dushmanga qarshi turolmaydi. Bu yuzdan Temurbek Keshga qaytishga majbur boʻladi. 1366- yil Husaynbek va Temurbek yovlashadi. Qatlashdagi urushda Temurbek tomon dushmanni yengadi. Temurbek Qarshiga qarab yuradi. Qarshi qamalida Musabekni 12000 otligʻini 243 kishi bilan yengadi. 1367-yil Moxon yaqinidagi Bermasda Bekishohga qarshi yuradi. Temurbek dushmanni yengadi. Temurbek Husaynbek bilan yarashib Qobul tomon yuradi. Temurbek tomon Qobul sharini egallayadi. 1368-yil Temurbek Badaxshonni yagʻmo etib qaytadi. Temurbek Husaynbek ila yana yovlashadi. 1370-yil Arxangdagi urushda Temurbek Husaynbekni uzil-kesil yengadi. Sayyid Baraka Temurbekka tabl va yalov taqdim etadi. Temurbek Balx tomon yuradi va Balxni qoʻlga olib Suyurgʻotmish Oʻgʻlonni xon qilib koʻtaradi. 1370-yil Temurlilar davlati quriladi. Amir Temurning hokimiyat boshqaruvi chogʻi Temurbek Amir unvonini oladi va Samarqandni boshshahar etib belgilaydi. 1370-yil kuzida yirik Qurultoy oʻtkazadi. 1371-yil Amir Temur Jeta tomon 2 bora yurish qiladi. Hevak oʻlkasi va Kot shahri aslan Chigʻatoy ulusining yerlari boʻlsada, biroq u yerlar soliqlarini Xorazmdagi Soʻfiylar yigʻar edi. 1372-yil bahorda bu yerlarni qaytarishni koʻzlab Temurbek Xorazm tomon ilk yurishini qiladi. Temurbek Qot qal’asini qamal qiladi va qal’ani egallaydi. Temurbek Qovun arigʻiining oldida Husayn Soʻfiy bilan urushib dushmanni yengadi. Husayn Soʻfiy yengilishdan soʻng Xorazmga qarab chekinadi va oʻsha yerda oʻladi. Temurbek Yusuf Soʻfiy bilan yarashadi va ortiga qaytadi. Qaytish ortidan Yusuf Soʻfiy Kotni talaydi. Temurbek 2-bora Xorazm tomon yuradi. Temurbek qudachilik qilish uchun bu gal Xorazmni urmaydi. 1375-yil yanvarda Temurbek Jeta tomon 3-bora yurish qiladi. Ili daryosi boʻyida urushda Temurbek dushmanni yengadi. 1376-yil Temurbek Xorazm tomon 3 chi yurishini qiladi. Biroq bu yurish chogʻida Sari Bugʻa va Odilshoh yovlik yoʻliga oʻtgani uchun ortiga qaytadi. Keyi 4-bora Jetaga yurish qiladi. Temurbek qoʻshini Jeta xoni Qamariddinni toʻla yengadi. Shu yili toʻngʻich oʻgʻli Jahongir Temuroʻgʻli oʻladi. Temurbek 5-bora Jeta tomon yuradi va Toʻqtamish oʻgʻlon bilan uchrashadi. Toʻqtamishga Sigʻnoq va Sabron oʻlkalarini beradi. 1376-yilning oʻzida Temurbek Oʻrisxon tomon qoʻshin tortadi. Jayron Qamishda yogʻiy qoʻshinini yengadi. 1377-yilda Samarqandga qaytadi. Temurbek qaytishi ortidan Toʻqtamish hokimiyati yiqiladi. Temurbek Toʻqtamishni yana qoʻllaydi va qurol-yaroq bilan taʼminlaydi. 1379-yil Temurbek Xorazm tomon 4-bora yurish qiladi. Xorazm qal’a qamalida Yusuf Soʻfiy Temurbek bilan birga-bir urushishni soʻraydi. Temurbek soʻrovni sharaf bilib yolgʻiz oʻzi qal’a ostiga boradi. Biroq Yusuf Soʻfiy tashqariga chiqmaydi. Temurbek qal’ani egallaydi. 1381-yilda Temurbek Eron oʻlkasi tomon qoʻshin tortadi. Temurbek ketma-ket Fushanj qal’asini va Hirotni oʻz davlati yerlariga qoʻshib oladi. Keyin Samarqandga qaytadi. 1382-yil boshlarida Xuroson tomon yurish qiladi. Kalot qal’asi va Tushriz qal’asini egallaydi. Ortidan Mozandaron Tomon yoʻl oladi. Biroq Alibekning Kalotga yurishi yuzidan Temurbek orqaga qaytadi. Keyin Samarqandga qaytadi. 1383-yil yozida Temurbekning xotini Dilshod ogʻo va egachisi Qutlugʻ Turkon ogʻo oʻladi. Jeta tomon qoʻshin joʻnatgan Amir Temur oʻzi Mozandaron tomon yuradi. 1383-yil kuzida Sabzavor qal’asi yiqitildi. Temurbek Seyiston tomon yoʻl oladi. Rizo qal’a qamalida Shoh Qutbiddinni yengadi va Seyistonni oladi. Keyin Boʻst tomon yuradi. Qal’ayi Toqni va Boʻst qal’asini egallaydi. Hirmand daryosi boʻylab yurib Hazorbaro qal’asi(dinsizlar qal’asi) va Dahna qal’asini egallaydi. Qaytishda Afgʻoniylar bilan urushda dushmanni yengadi. Seyiston va Zobuliston qoʻshilishi ortidan Temurbek Samarqandga qaytib keladi. 1384-yil bahorida qayta Mozandaron tomon yoʻl oladi. 1385-yil yozida Sultoniya shahrini oladi. Soʻngra Omul va Sori oʻlkalarini qoʻl ostiga kiritadi va Samarqandga qaytadi. Temurbekning Eron oʻlkalaridan qaytishi ortidan Toʻqtamishxon Eronga bostirib kiradi va shahar va qishloqlarni talaydi. 1386-yil oʻtmishda 3-yillik yurish oti bilan ingan yurishini boshlaydi. Luristonda qaroqchilar urilishidan keyin Ozarbayjon yerlari tomon yoʻl oladi. Sulton Ahmad Tabrizni tashlab qochishi yuzidan Temurbek Tabrizni oladi. Gurjistonga qarab yurishda Garni, Sarmoluka va Qars qal’alarini oladi. Gurjiston boshshahri Tiflis(Tbilisi)ni oʻzgadinlilarga qarshi kurashib fath qiladi. Temurbek Gʻoziylik urushidan keyin Qorabogʻga boradi. 1387-yil Toʻqtamish Kaspiy(Xorazm dengizi)ning kunbotari oldidan oʻtgan yoʻl orqali Ozarbayjonga qarab qarab qoʻshin joʻnatadi. Temurbek qoʻshini ol qoʻshin gʻajirchilari Toʻqtamish qoʻshinini uradi. Amir Temur karvontalar Turkman qaroqchilarini yoʻqotish uchun Oydin, Avniq va Arzirum qal’arini yiqitadi. Keyin Van va Vaston oʻlkalari tomon yoʻl oladi. Van qal’a qamali 20 kun choʻziladi va qal’a egallanadi. Kurdiston va Urmiya Turkiga oʻz noiblari belgilaydi. 1387-yil kuzida Fors oʻlkasiga qarab yuradi. Xamadon oʻlkasidan oʻtib Isfahon qal’asini egallaydi. Biroq Isfahonliklarning yanglish urushi sabab Isfahon shahri eli qirgʻin qilinadi. Shu yil oxirida Sheroz shahri olinadi. Biroq Temurbek Toʻqtamishxonning ontlashmani buzib Movorounnahrga qilgan yurishi ketidan Samarqandga qaytadi. 1388-yil koʻklam chogʻida Amir Temur Xorazmga 5-gal yurish qiladi. Xorazm qal’asini buzib ichiga arpa ektiradi va shahar elini Samarqandga koʻchirtiradi. Soʻngra Toʻqtamishxon tomon qoʻshin tortib boradi. 1389-yil Temurbekning izidan kelayotganini bilib qolgan Toʻqtamishxon ortiga chekinib ketadi. Kengash bilan soʻzlashgan Temurbek Jeta tomon 5 chi yurishini qiladi. 1389-yil yozida Jeta qoʻshinlarini yengib Samarqandga qaytib keladi. 1391-yil Dashti Qipchoq tomon yurish qiladi. Amir Temur 18/06/1391 Qunduzcha urushida Toʻqtamishxon bilan toʻqnashadi. Qoʻshinini yetti boʻlak qilib tizgan Temurbek yogʻiyni yengadi. 1392-yil koʻklam boshida Samarqandga qaytadi. 1392-yil yozida oʻtmishda 5-yillik yurish oti bilan ingan yurishini boshlaydi. Omul va Gitisiston qal’asi olinadi. Temurbek 1393-yil boshida Iroq tomon qarab yuradi. Olinmas deb atalgan Safed qal’asi olinadi. Potila yeri yaqinidagi urushda Temurbek Fors oʻlkasing shohi Shoh Mansurni yengadi va Shoh Mansurning boshi kesiladi. Temurbek Eron oʻlkasi noibligini Muzaffar oilasidan olib oʻz beklariga boʻlib beradi. 1393-yil kuzida Bogʻdodga yetib keladi. Sulton Ahmad Jaloyir urushsiz qal’ani tashlab qochadi va Temurbek Bogʻdodni egallaydi. 1393-yil qish boshida olinmas deb atalgan Tikrit qal’asi olinadi. Ortidan Diyorbakr tomon joʻnab u yerda oʻz yoʻrigʻini oʻrnatadi. 1394-yil Ruha(Urfa) tomon borib u yerda oʻz yoʻrigʻini oʻrnatadi. 1394-yil yanvarda Temurbekning ikkinchi oʻgʻli Umarshayx oʻladi. Mardin qal’asi olinadi. Ortidan 3-4 ming yildan buyon olinmagan Homid qal’asi olinadi. 14/07/1394 da Avniq qal’asi yiqitiladi. Amir Temur Gurjiston oʻzgadinlilari ustiga yana bir bor yurish qilib talaydi. Ortidan Toʻqtamishxon ustiga yurish qiladi. 15/04/1395 da Tarak daryosi yoqasida Temurbek Toʻqtamish bilan toʻqnashadi. Temurbek Toʻqtamishxonni tamoman yengadi. Temurbek Joʻjixon ulusini urish uchun Oʻrus tomon yuradi. Ulus boshshahri Saroy Botu qal’a shahri qulatiladi. Ortidan Qorasuv(Voronej) otli Oʻrus viloyati yagʻmolanadi. Keyin Maskav(Moskva) shahri tomon yuradi va u yerni talaydi. Temurbek Ozoq(Azov) qal’asini oladi. 1396-yil Temurbek Elburzkoʻhga qaytadi. Olinmas deb atalgan Kula va Tovus qal’alarini oladi. Temurbek Kavkaz va shimoldagi oʻlkalarda oʻz hokimiyatini oʻrnatgandan keyin 18/07/1396 Hamadondan Samarqand tomon yoʻlga tushadi. 1398-yil Amir Temur Chinga yurish qilishni istagan boʻlsada kengash soʻziga koʻra Hindiston tomon yuradi. Musulmonlar soʻrovi sabab 1398-yil yoz boshlarida Katur gabr(kofir)larini yoʻq etadi. 1398-yil sentabrda Puriyon Afgʻonlarini yengadi. 25/10/1398 da Shohnavoz qal’asi olinadi. Ketidan Batnir, Sarasati, Fathobod va Amurani kentlari yerlari davlat yerlariga qoʻshib olinadi. Temurbek 1 oy ichida 20 dan ortiq qal’a qamallari va urushlarda yutadi. 16-17/12/1398 Dehli sultoni Mahmud Sulton bilan toʻqnashadi. Temurbek Filli Mahmud Sulton qoʻshinlarini sochib yanchib tashlaydi. 18/12/1398 da Dehlida Temurlilar davlati bayrogʻi ilinadi. Temurbek 10/01/1399 Gang daryosi boʻyida gabrlarga qarshi urushadi va dushmanni yengadi. 12/01/1399 da bir kunda 3 bora urushadi va yovlarining barisini yengadi. 14/10/1399 da Hindiston yurishidan qayta boshlaydi. Suvalak togʻida dinsizlarga qarshi va Jammu oʻlkasida oʻzgadinlilarga qarshi gʻazo qiladi. Amir Temur 28/04/1399 da Samarqandga kirib keladi. Shu yil kuzida oʻtmishda 7-yillik yurish oti bilan ingan yurishini boshlaydi. 1400-yilda Gurjiston tomon yurish qiladi. Zarit va Svanet qal’alarini egallaydi. Bu yerda oʻz hokimiyatini oʻrnatib ortga qaytadi. Shom oʻlkasi tomon yoʻl olgan Temurbek Bihishti va Ayntob qal’alarini oladi. 28/10/1400 da Temurbek Halab qal’asini oladi. Xama, Xams va Baʼalbak kentlari egallanadi. 05/01/1401 da Damashq urushida Temurbek Mamluq davlati sultoni Farajni uzil-kesil yengadi. Temurbek Damashqni oladi. Keyin Shomdan Iroq tomon yuradi. 09/07/1401 da Temurbek Bogʻdodni qayta egallaydi va buzdiradi. Keyin Tabriz tomon yuradi. Undan chiqib Qorabogʻ tomon yuradi. Bu orada Usmonli bilan orasi sovigan Temurbek Rum(Anadoʻli, bugungi Turkiya) tomon yuradi. Shu qishda Tartum qal’asi ortidan Qamoh va Horun qal’alarini oladi. Qaysariya va Anquriya(Anqara) qal’a qamallari chogʻida Boyazid Yildirim qoʻshini bilan Anqara yaqiniga kelganini bilgan Temurbek Boyazitga qarshi qoʻshinini tizadi. 20/07/1402 Anqara urushida Temurbek Boyazid Yildirimni uzil-kesil yengadi. Yengish yorliqlari dunyoning 4 tomoniga yuboriladi. Birin-ketin Rumdagi shaharlar egallanadi. 02/12/1402 da Amir Temur Izmir tomon yuradi. 14 kundan qisqa chogʻda 7 yil Usmonli davlati ola bilmagan Izmir qal’asi olinadi. Ortidan Egridir va Nasibin qal’alari olinadi. Temurbek Rum viloyatidan chiqib Gurjiston tomon yuradi. Umuman olib boʻlmas deb atalgan Kartin qal’asini oladi. Qishni Qorabogʻda oʻtqazgan Temurbek 26/03/1404 da Samarqand tomon yuradi. 19/05/1404 da yana biror bora umuman olinmagan qal’a Feruzkoʻh qal’asi 2 kunda oladi. 1404-yil iyulda Amir Temur Samarqandga kelib tushadi. 1405-yil Xitoyni olishni istagan Temurbek Xitoy tomon yurishini boshlaydi. 14/01/1405 da Oʻtrorga kelib tushadi. Biroq yurish yakuniga yetmaydi. 1405-yil 18-fevralida ayozning ayozli kunlarida Temurbek Oʻtrorda hayotdan koʻz yumadi. 23/02/1405 da Sohibqiron Amir Temur Samarqandda Goʻri Amirda koʻmiladi. Temurbekning boshqa davlatlar bilan siyosiy bogʻlanishlari Oltin Oʻrda davlati – Toʻqtamishxonning yengilishlaridan keyin Temurbek Oltin Oʻrdada oʻzi xon belgilab keladi va savdo aloqalarini saqlaydi. Oltin Oʻrda Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga toʻla kirmasada ortiq xavf tugʻdirmaydigan davlatga aylanadi. Oltin Oʻrda davlatining choʻkish davri boshlanadi. Mamluqlilar davlati – Shomdagi qaqshatqich yengilishdan keyin Mamluqli davlati Temurbekning soʻrovlarini, elchi Atalmishni qoʻyib yuborish va soʻralgan mollarni berish, oʻtaydi. Urushdan oldin va keyin bir necha bora 2 tomondan ham elchilar borib keladi. Maktublar almashiniladi. Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga kiradi. Jete davlati – 5 bora ogʻir yurishlardan soʻng Jete yoki Moʻgʻuliston Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga toʻla kirmasada ortiq xavf tugʻdirmaydigan davlatga aylanadi. Dehli sultonligi – Dehlidagi qayta tiklanib boʻlmas yengilishdan keyin Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga kiradi. Usmonli sultonligi – Anqara urushidagi qaqshatqich yengilishdan keyin Usmonli davlati Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga kiradi. Usmonli davlatida bir necha yillik Fitrat chogʻi boshlanadi. Gurji qirolligi – bir necha bora talanishi va bosib olinishi ortidan Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga kiradi. Yillik belgilangan soliq toʻlashi belgilanadi. Eron, Afgʻoniston va Kavkazdagi davlatlar – barchasi Temurbek davlati ichiga kiradi. Rus davlati – Toʻqtamishxonning yengilishi ortidan Temurbekka bir qancha sovgʻa salomlar oʻtaydi. Bir qancha shaharlari tekislanadi. Moskva yagʻmosi esa tarixchilar orasida tortishmali. Koʻplab rus tarixchilari, aynan kim Yakubovskiy. A.Y va Grekov. B. D „Oltin Oʻrda va uning qulashi“(Zolotaya Orda i ee padenie) kitobida Temurbek Mashkav(Moskva)ni olmaganligi, Mashkav olinganlgi va talanganligi toʻgʻrisida oʻz kitoblarida bilgi bergan Nazimiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylarning jugʻrofiya(geografiya) bilimlari Rus geografiyasi borasida yetarli emasligini, ular ikkovlari birdek adashib Ryazanni Moskva deb oʻylaganliklarini aytib oʻtadilar. Biroq Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiyda Moskvani va undanda uzoqroqda, shimolroqda boʻlgan yerlarningda aniq geografik bilimlari borligiga tegishli bir necha bitiklar uchraydi. Fransiya qirolligi – Usmonli davlati yengilishi ortidan Temurbek davlati bilan savdo aloqalari oʻrnatilishi kelishiladi. Elchilar va maktublar almashinuvi boʻladi. Kastiliya(Ispaniya) qirolligi – Usmonli davlati yengilishi ortidan Temurbek davlati bilan savdo aloqalarini oʻrnatilishi kelishiladi. Elchilar va maktublar almashinuvi boʻladi. Vizantiya imperiyasi – Usmonli davlati yengilishi ortidan Istanbul uchun Temurbekka juzya(din soligʻi)ni oʻtaydi. Elchilar almashinuvi boʻladi. Xitoy davlati (Ming imperiyasi – Xitoy bilan savdo aloqalari va elchilar almashinuvi mavjud boʻlgan. Temurbekning oʻlimi ortidan Xitoy yurishi qoldiriladi. Bolalari Temurbekning oʻgillari va ularning bolalari Muhammad Jahongir Mirzo (1356-1376) Muhammad Sulton Mirzo (1376-1403) Muhammad Jahongir Mirzo (1396-1433) Muhammad Sulton Mirzo (1423-1448) Halil Sulton Mirzo (1426-1459) Muhammad Umar Mirzo (1442-1471) Sad Vaqqos Mirzo (1399-1418) Yahyo Mirzo (1400-1408) Pir Muhammad Mirzo (1376-1407) Qaydu Mirzo (1397-1418) Xolid Mirzo (1399-1427) Sad Vaqqos Mirzo (1400-1418) Qaysar Mirzo (1401-1418) Jahongir Mirzo (1402-1433) Buzanjar Mirzo (1402-1429) Sanjar Mirzo (1403- 1429) Umar Shayx Mirzo (1356-1394) Pir Muhammad Mirzo (1379-1410) Umarshayx Mirzo (1406-1416) Solih Mirzo (1406-1452) Rustam Mirzo (1381-1424) Usmon Mirzo (1400-1424) Sulton Ali Mirzo (1402-1422) Iskandar Mirzo (1384-1415) Pir Ali Mirzo (1406-1416) Ahmad Mirzo (1388-1425) Saydi Ahmad Mirzo (1391-1429) Ahmad Mirzo (1420-1498) Muhammad Sulton Mirzo (1458-1484) Usmon Mirzo (yashagan yillari bilinmagan) Abdulboqi Mirzo (bilinmagan-1507) Boyqaro Mirzo (1393-1423) Muhammad Mirzo (yashagan yillari bilinmagan) Sulton Uvays Mirzo (yashagan yillari bilinmagan) Muzaffar Mirzo (1409-1429) Gʻiyosiddin Mansur Mirzo (1413-1445) Boyqaro Mirzo (1430-1487) Sulton Muhammad Mirzo (1451-1483) Sulton Vays Mirzo (1454-1487) Sulton Muhammad Mirzo (1472-1501) Sulton Iskandar Mirzo (1460-1487) Abulgʻozi Sulton Husayn Boyqaro Mirzo (1438-1506) Badiuz-Zamon Mirzo (1458-1515) Muhammad Moʻmin Mirzo (1486-1497) Muhammad Zamon Mirzo (1496-bilinmagan) Shohgʻarib Mirzo (1470-1496) Abu Turob Mirzo (1472-1498) Suxrob Mirzo (1490-1509) Abul Muhsin Mirzo (1472-1507) Sulton Muhammad Boyqaro Mirzo (yashagan yillari bilinmagan) Muzaffar Husayn Mirzo (1473-1509) Muhammad Husayn Mirzo (1476-1503) Muhammad Muhsin Mirzo (1476-1507) Muhammad Maʼsum Mirzo (1476-1501) Haydar Mirzo (1477-1503) Faridun Husayn Mirzo (1478-1509) Ibrohim Husayn Mirzo (1478-1505) Farruh Husayn Mirzo (1480-1503) Ibn Husayn Mirzo (1480-1513) Muhammad Qosim Mirzo (1482-1507) Mironshoh Mirzo (1366-1408) Shohruh Mirzo Temurbekning qizlari Begi aka (1382-yilda vafot etgan) – Turmish ogʻa tomonidan. Amir Muso Tayichiudning oʻgʻli Muhammad begimga uylangan Sulton Husayn Toychiud Sulton Baxt Begim (1429/30-yilda vafot etgan) – Oʻljay Turxan ogʻa tomonidan. Birinchi turmushga chiqqan Muhammad Mirke Apardi, ikkinchisiga uylangan, 1389/90, Sulaymon Shoh Duglat. Saodat Sulton – Dilshod ogʻa Bikijan – Mengli ogʻa Qutlugʻ Sulton ogʻa – Togʻay Turxon ogʻa Oq Oʻrda bilan jang Amir Temur Movarounnahrni moʻgʻullar hukmronligidan ozod etib, bu qad. mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan boʻlsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik oʻrnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir Temur hakimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan boʻlsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shim. hududlari notinch edi. Moʻgʻuliston bilan Oq Oʻrda hukmdorlari Fargʻona vodiysining sharqi, Oʻtror, Yassi (Turkiston) va Sayram sh.lariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talontoroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini taʼminlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370-yil kuzi va 1371-yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirgʻon viloyati boʻisundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq Oʻrda hukmdorlariga suyanib, hanuz boʻysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir Temur Chigʻatoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni oʻz davlatiga koʻshib olish siyosatini tutdi. Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yoʻl bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi 1371-yil yoz (iyul)ida Kot shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373-yil bahori va 1375-yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf soʻfi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorakoʻl viloyati va Buxoro tumanlarini talon-toroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni toʻrtinchi marotaba Xorazmga qoʻshin tortishga majbur etdi. Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf soʻfi ilgari Xorazmning Chigʻatoy ulusiga tegishli boʻlgan jan.-sharqiy (Kot va Xiva sh.lari birga) qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf soʻfining tutgan bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshinchi marta yurish qilishiga sabab boʻldi. 1388-yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, uning hududlari Amir Temur davlatiga boʻysundirildi. Mogʻuliston istilosi Bu orada Amir Temur Moʻgʻuliston hokimi Qamariddin bilan ham toʻqnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga boʻlgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370 – 71-yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376-yilda esa Qamariddin hatto Fargʻona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur mamlakatning shim.-sharqiy hududlariga nisbatan boʻlayotgan muttasil taxdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371 – 1390) mobaynida Sohibqiron Moʻgʻulistonga yetti marta yurish qilib, moʻgʻul hukmdorlari Anqotoʻra va Kamariddin ustidan gʻalaba qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, oʻzaro nizolar, shuningdek Moʻgʻuliston tomonidan boʻlib turgan tazyiqqa chek qoʻyib, ushbu hududda yashovchi elu elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi. Eron va Kavkaz yurishlari Ammo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qoʻshni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni oʻziga boʻysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Bu davrda Oltin Oʻrda, Xuroson va Erondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qoʻl keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi. 1381-yil u Hirotni egalladi. Saraxs, Jom va Qavsiya sh.lari jangsiz taslim boʻldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga oʻtishda koʻprik vazifasini oʻtardi. 1381 – 84 yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qalʼalari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari istilo qilindi. Amir Temurning 3 yirik istilolari Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga 3 marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda „3 yillik“, „5 yillik“ va „7 yillik“ urushlar nomi bilan mashhur. 3 yillik (1386 – 1388) harbiy istilolar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van koʻli atrofidagi yerlar egallandi. 3 yillik istilo Amir Temur shu bilan birga shimoliy-gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan boʻlayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toʻxtamishga qarshi 3 marta qoʻshin tortishga majbur boʻldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391-yilning 18-iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari orasida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida (qarang Qunduzcha jangi) va nihoyat, 1395-yilda (28 fevral) Shimoliy Kavkazda Terek daryosi boʻiida Toʻxtamish qoʻshiniga qaqshatqich zarba beradi (qarang Terek daryosi boʻyidagi jang). Amir Temur harbiy yurishlari natijasida Quyi Idil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar gʻorat qilindi. Amir Temur Toʻxtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelets shahrini ishgʻol qildi. Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva istilosini shunday taʼriflaydi: „Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshiʼor cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andagʻi hokimlarni tobeʼ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti…“ („Zafarnoma“, 179-bet). Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekegandi. Qizigʻi shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechuvi boʻyida Oʻrusxonning oʻgʻli Quyrichoq oʻgʻlonni chaqirtirib, unga qoʻlga kiritilgan sobiq Joʻchi ulusini inʼom etdi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiyparnmnt yozishlaricha, Amir Temurning Toʻxtamish ustidan qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan. 5 yillik istilo Shundan soʻng Amir Temur butun eʼtiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392 – 1396) urush davomida Gʻarbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi. Hindiston istilosi Amir Temurning Hindiston istilosi (1398-yil may – 1399-yil mart) qariyb 11 oy davom etdi. Amir Temur Hindistondan katta oʻlja, shu jumladan 120 jangovar fil bilan qaytdi. Oʻljalarning bir qismi qoʻshinga taqsimlab berildi, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi. 7 yillik istilo Amir Temurning 1399 – 1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Baʼalbak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston oʻlkasi (qad. Kappadokiya) bilan Bagʻdod, shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Anqara jangida Amir Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan gʻalaba qozondi. Turk sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tushdilar. Soʻng, Amir Temur Anadolu yarim orolini egallab, Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. Soʻngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim boʻldilar, Misr ham oʻz itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga yigʻib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qoʻlga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning oʻzi kattagina karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan Boyazid oʻrdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi. Uning vafotidan soʻng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat koʻzi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) shahri uning poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shimoliy-gʻarbiy qismi suyurgʻol sifatida Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantirildi. Usmoniy turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi. Amir Temur Usmoniy turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida boʻlmagan, chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qoʻlini choʻzdi. Shunday boʻlsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu gʻalaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380 – 1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399 – 1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar. Chunki Amir Temur endigina uygʻonayotgan Yevropaga islom dinini yoymoqchi boʻlgan Usmoniy turklar davlatiga zarba berib, Yevropadagi nasroniylarning xaloskoriga aylangan edi. Xitoyga yurishining boshlanishi Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qoʻshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning Oʻtrorda vafoti (1405-yil 18-fevral)amalga oshmay qoldi. Maʼlumki, Amir Temur 1405-yil kuchli shamollash sababli olamda oʻtdi deyiladi. Lekin, Amir Temurni vafotini tezlashtirgan boshqa sabablar ham bor. Ibn Arabshohning yozishicha (1436-yil yozilgan) kuchli sovuq natijasida Temur ibrida (sovuqdan jismni zaiflashtiradigan kasallik) kasaliga chalinib, tabiblar uni dad etish maqsadida tayyorlagan tarkibida isitadigan moddalar, xushboʻyliklar va rezavorliklar boʻlgan xamr aragʻini isteʼmol qilgan. Tarixchi, Xondamirning fikricha Amir Temur oʻlimini tabiblar Dori sifatida tayyorlagan araq tezlashtirib yuborgan. Xondamir „ Habib us-siyar“ asarida shunday yozadi: "…sohibqiron shu asosda araqqa ragʻbat koʻrsatdi, unga javhar keltirishlarini buyurdi, koʻrinishidan suvdek boʻlsa ham sifati jihatidan olovdek edi. Oliyjanob Sohibqiron ikki kecha kunduz araq ichdi, ammo aslo ovqat yemadi. Shuning uchun mijozoda oʻzgarish yuz berdi. Bu oʻzgarishni tabiblar xumor belgisi boʻlsa kerak deb tushundilar. Yana unga bir-ikki qadah berdilar, harorati biroz taskin topdi, ammo vujudi va tabiatiga sharob taʼsir qildi shekilli, issigʻi Yana koʻtarilib ketdi. Sohibqiron sogʻligʻi yomonlashdi. Mazkur ichimlik bu vaqtda faqat tabobatda qoʻllanilib, mast qiluvchi funksiyasi oʻzlashtirilmagan edi. Temur kasalining kuchayishi va koʻp miqdorda isteʼmol qilingan araq sabab boʻlgani haqida oʻsha davr tarixchisi Hofiz Abru ham yozadi.[2] Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avvalda sir tutilsada, ammo koʻp vaqt oʻtmay bu noxush xabar mamlakat boʻylab tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilinadi (qarang Amir Temur maqbarasi). Amir Temur siymosiga tarix va madaniyat nuqtai-nazaridan qarashlar Amir Temur davrida madaniyat va fan Amir Temur – buyuk davlat asoschisi hisoblanadi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shim.-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shim.-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha; jan.-sharqda esa Shim. Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur. davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning „… davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim“, degan soʻzlari buning yorqin dalilidir. Shaharsozlik va meʼmorlik Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu qoʻhna dunyoda oʻtgan koʻp jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashgʻul bulgan. Uning „Qay bir joydan bir gisht olsam, oʻrniga un gʻisht qoʻydirdim, bir daraxt kestirsam, oʻrniga unta kuchat ektirdim“ degan soʻzlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat boʻlgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur ustahunarmandlari mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari (Bagʻdod, Darband, Baylaqon)ni qayta tikladi. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bagʻdodda Madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan boʻlsada, lekin asosiy eʼtiborini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi. Keshda otasining qabri ustiga maqbara, oʻgʻli Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida boʻlib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad koʻtardi. Amir Temur Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar „Qubbat ul-ilm val-adab“ unvoniga ega boʻldi. Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh sh.larining meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo etiladi (qarang Amir Temur bogʻlari). Xususan Shohizinda meʼmoriy majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi. Fan va rassomlikning rivojlantirilishi Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida taʼkidlash kerakki, uning faoliyati qoʻyilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga boʻlinadi. Birinchi bosqich (1360 – 86)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yoʻlida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor boʻlgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliyati Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yoʻlida shubhasiz ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqpik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat i.ch. kuchlarini va moʻgʻullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida boʻhronga uchragan iqgisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni vaqnda xoʻjalikning asosi boʻlgan dehqonchilikda muayyan siljishlar roʻy berdi. Yangi-yangi ariq (kanal)lar qazilib, dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur biror mamlakatni tasarrufiga olishdan avval albatta oʻsha joy aholisiga tinchlik yoʻlini taklif etgan, bu yoʻl inkor etilgan holdagina harbiy kuch ishlatgan. Shahrisabzdagi Temur oʻgʻillari Jahongir va Umarshayxning maqbarasi]] Amir Temur hayotligi chogʻidayoq saltanatni asosan toʻrt qism (ulus)ga boʻlib, oʻgʻil, nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) Shohruxga, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga, Fors, yaʼni Eronning jan. qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga, Afgʻoniston va Shim. Hindiston (markazi Gʻazna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurgʻol qilib berilgan. Amir Temur davlati oʻziga xos tartib-qoidalarga asoslangan holda idora etilgan (qarang Temuriylar davlati). Amir Temur asos solgan bu davlat Xuroson va Movarounnahrda XVI asr boshigacha mavjud boʻlib, Shayboniyxon tomonidan tugatilgan. Shoʻrolar tuzumi davrida Amir Temur. shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondoshilib, bir yoqlama baho berilib kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng bunday qarashlarga barham berildi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan oʻrni oʻz joyiga qoʻyila boshlandi. Oʻzbekistonda uning faoliyatini oʻrganishga va uni ommalashtirishga keng yoʻl ochildi. Uning nomi Oʻzbekistonda abadiylashtirildi. Koʻplab shahar va qishloqlardagi shoh koʻchalar, maydonlar, jamoa xoʻjaliklari, maktablar, kinoteatrlar va boshqa uning nomi bilan ataldi. Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal oʻrnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996-yilda), „Amir Temur“ ordeni taʼsis etildi (1996-yilda) va Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi tashkil qilindi (1995-yilda). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996-yilda). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va sheʼriy hamda nasriy asarlar yaratildi. Temur va Fransiya qiroli U davlat ahamiyatiga ega boʻlgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashardi. Odatdatibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar oʻtkazardi. Amir Temur saroyida ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi, mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono Nuʼmonuddin Xorazmiy, Xoʻja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa xizmat qilardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning ilm va maʼnaviyat aqliga koʻrsatgan gʻamxoʻrligi juda yoqar edi. Bu haqda Navoiy shunday degandi: „Agar Temur qayerda fan, madaniyat va sanʼat ahlini uchratsa, ularni oʻz homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom koʻrsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu zotlardan oʻz oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqa lavozimlarda foydalanardi“. Amir Temur davrida savdo va hunarmandchilik gʻoyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilinadi. Klavixo Samarqand bozorlarida bugʻdoy va guruchning moʻlligi va arzonligi haqida gapirib, shahar hunarmandchiligi mahsulotlarini – atlas, kimxob, har xil ip va jun toʻqima mollar, moʻynali va ipakli poʻstinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda boshqa mollarning serobligini ham taʼkidlaydilar. Bu davrda Amir Temur va uning joy Sulton Mahmudxon asir olingan noiblari Xitoy va Hindistondan Oʻrta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yoʻnalgan asosiy xalqaro savdo yoʻli – „Buyuk ipak yoʻli“ni nazorat qilib, savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini taʼminlashda, rabotlar, qalʼalar, koʻpriklar qurish yoʻlida muhim chora-tadbirlar koʻrdilar va Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga gʻoyat katta eʼtibor berdilar. Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar oʻrtasidagi tarqoklik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqgar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qoʻshdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik kirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar oʻrnatdi. Manbalar
1,889
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbek%20xalq%20maqollari
Oʻzbek xalq maqollari
A Avval salom baʼdaz kalom. B Bir kattani bil, bir kichikni bil. Bola aziz — odobi undan aziz. Bolaning erkasi, bitning sirkasi. Bilmaganni soʻrab oʻrgangan olim, Orlanib soʻramagan oʻziga zolim. Bosh boʻlmagan uyda otasi turib oʻgʻli soʻzlar. I Ilmli bir yashar, ilmli ming yashar Inson odobi bilan, osmon oftobi bilan. K Katta izzatda — kichik xizmatda. Kattada izzat yoq, kichikda xizmat yoq. Kattaga katta boʻl, kichikka — kichik. Kattaga salom ber, kichikka alif lom . Kattani hurmati — qarz, Kichikka salom — farz. Kattani katta desang oʻzidan ketar, Kichikni katta desang, kattaga yetar. Kattani uyalgisi kelsa, kichikka tegar. Koʻp oʻynagan bola, el koʻzida ola. Kattaga hurmatda boʻl, Kichikka izzatda boʻl. O Odob — kishinig zebu ziynati. Odob — oltindan qimmat. Odob — peshada, gunoh — teshada. Odob bozorda sotilmas. Odobim — oftobim. Odobli bola elga manzur. Odobli kelinning supurgisi hashak ostida turar. Odobli oʻqil — koʻkdagi yulduz, odobli qiz — yoqadagi qunduz. Odoblikni belgisi — eshilib salom bergani, Yaqinlikning belgisi — kelib-ketib turgani. Odobni beodobdan oʻrgan. Odobning boshi — til. Odobsiz betga chopar. Y Yolgʻiz bolaga indamasang, koʻpayar. Oʻzbekiston adabiyoti. Yaxshi otga bir qamchi ,yomon otga ming qamchi
1,890
https://uz.wikipedia.org/wiki/A%20%28lotin%29
A (lotin)
A — oʻzbek kirill alifbosining birinchi harfi. Unli, til oldi, lablanmagan tovushni ifoda etadi (mas., archa, barcha). 1929—39-yillarda amalda boʻlgan oʻzbek lotin alifbosi va 1995-yilda qabul qilingan keyingi oʻzbek lotin alifbosida birinchi harf ham ayni shunday. Jahon yozuvi tarixida turkiy xalqlar, shu jumladan oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda A harfi oʻziga xos shaklda boʻlgan. Manbalar Havolalar Oʻzbek lotin yozuvi klaviatura terilmasi Lotin alifbosi harflari A klavishi
1,891
https://uz.wikipedia.org/wiki/B
B
B (lotin): B (lotin) — lotin alifbosining ikkinchi harfi. Bor (unsur) — B kabi ifodalanadigan kimyoviy unsur. B (dasturlash tili) — dasturlash tili. B — musiqada si bemol notasini yoki si bemol major akkordini ifodalaydi; shuningdek si notasining yoki si major akkordining ifodasi sifatida qoʻllanadi. В — Moskva metropolitenida ishga tushirilgan oʻlja qilib olingan olmon vagonlarining ifodasi. B vitamini Oʻn oltilik sanoq tizimida B «11» oʻnlik soniga teng. В — Sochma oʻq oʻlchami. B — Populyatsion genetikada B (mtDNK) galoguruhining va B (Y-DNK) galoguruhiining ifodasi. Yana qarang В (qiymati) (kirill) Б (qiymati)
1,893
https://uz.wikipedia.org/wiki/D
D
D — lotin alifbosi harfi. Shuningdek: D D — dasturlash tili D, dinamik trassirovka freymvorkida DTrace foydalaniladigan dasturlash tili D (axborot tilini aniqlash) — Soʻrovlar tili, axborot tili D (re) — nota D — vodorod izotopi boʻlgan deyteriyning kimyoviy belgisi. D` — moliyaviy jurnal D — 500 rim raqamlari bilan D oʻn oltilik sanoq tizimida 13 soniga ekvivalent D — Populyatsion genetikada D (mtDNK) galoguruhi va D (Y-DNK) galoguruhining ifodalanishi. D — Kendzi Eno videooʻyini d d — deytron belgisi d — diametr d — Differensial operator d’ — familiyalarda fransuzcha De "dan" prefiksining qisqartmasi, misol uchun D’Artanyan (d’Artagnan) Yana qarang Д Manbalar
1,894
https://uz.wikipedia.org/wiki/E
E
E (lotin), Е (kirill): E — oʻzbek-kirill alifbosining oltinchi harfi. "Y" va "e (ye)" tovushlari birikmasini ifodalaydi. Oʻzbek adabiy tilida oʻrta koʻtarilishdagi til oldi, yarim tor, lablanmagan, unli tovush. Oʻrxun-Yenisey, turkiy (uygʻur) yozuv yodgorliklarida uchramaydi. Sof oʻzbek soʻzlarida, asosan, soʻz boshi va boʻgʻin boshida (yer, yel va boshqalar) uchraydi. Boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlarda soʻz oxirida ham keladi (mas, buldozer va boshqalar). Soʻz boshida y+ye va soʻz oʻrtasida e shaklida talaffuz qilinadi: yel im (y+yelim), yedim (y+ye-dim). Jahon yozuvi tarixida turkiy xalqlar, shu jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda Ye harfi oʻziga xos shakldadir. Kirill alifbosi Е — kirill harfi, oʻzbek kirill alifbosining oltinchi harfi. Е — parovozlar seriyasi (qar.: Е parovozi). Е — metrovagonlar tipi (qar.: Е tipidagi metro vagoni). Ѣ (kirill) — harf. Lotin E — lotin alifbosining beshinchi harfi. E qatorlar — radiodetallarda foydalanish uchun qoʻllaniladigan qatorlar. e — Eyler soni, Neper soni, matematik oʻzgarmas, natural logarigm asosi, transsendent son. E — Yung moduli, egiluvchan shakl oʻzgarishida materialning qisilishi-yoyilishining qarshiligini ifodalovchi koeffitsient. Exxx — oziq-ovqat qoʻshilmalarini kodlash yevropa sxemasi. E — yevropa avtomobil yoʻnalishlari prefiksi. E — Piyoda turizmi Yevropa asosatsiyasining yevropa piyoda yoʻnalishlari prefiksi (). E — musiqada mi notasining yoki mi major akkordining ifodasi. E — oʻn oltilik sanoq tizimida 14 sonining yozuvi. E vitamini E — Xabbl tizimi boʻyicha elliptik galaktikalar ifodasi. E — fizikada energiya ifodasi. E — fizikada elektr maydon kuchlanishi ifodasi. e, e- — elementar qismlar fizikasida elektron ifodasi. E — daraja koʻrsatkichi (exponent), "15e6" koʻrinishidagi yozuvda "*10^"ni bildiradi («darajaga 10ni koʻpaytirish»). E — Ekstaz narkotigining jargon nomi. E — ikki xil turdagi obyektga moʻljallangan dasturlash tillarining nomi: E va E. E — в ommaviy genetikada E (mtDNK) galoguruhi va E (Y-DNK) galoguruhining ifodasi. Yana qarang Ё (maʼnolari) Ye () — Fransiyaning Atlantika sohillaridan 20 km uzoqlikdagi Biskay koʻrfazidagi orol. Е () — Myanma Uyushmasi Jumhuriyatining Mon shtatidagi shahar. Ε (Epsilon) — yunon alifbosining beshinchi harfi. Е — kana belgisi. e² — musiqiy albom. Е-metr Σ (sigma) Manbalar
1,895
https://uz.wikipedia.org/wiki/Alifbo
Alifbo
Alifbo (arab Alifbosining boshlangʻich ikki harfi — alif va bo nomidan olingan) — biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari (mas, arab Alifbosi, lotin Alifbosi) yoki boʻgʻin belgilar (mas, hind Alifbosi — devanagari) majmui. Alifbo miloddan avvalgi 2000-yil oxirlarida qad. Uga-rit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud boʻlgan, deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning run, Urxun-Yenisey yozuvi va turkiy (uygʻur) yozuvlari boʻlgan. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi maʼlumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Hozirgi harfiy va baʼzan boʻgʻin Alifbolari finikiy Alifbo sidan, oromiy (arab, yahudiy), yunon (lotin va hokazo) va boshqa Alardan kelib chiqqan. Arab Alifbosiga — barcha arab mamlakatlari, shuning-dek Eron, Afgʻoniston, Pokiston, Sharqiy Turkiston — Shinjon, shuningdek XIII—XX-asr boshlarida turkiy xalqlar yozuv tizimida; lotin Alifbosiga Amerika, Avstraliya qitʼasidagi barcha xalqlar, Yevropaning koʻpchilik xalqlari, Osiyo va Afrikadagi baʼzi xalqlar (Indoneziya, Turkiya va boshqalar) yozuv tizimida; Kirill Alifbosiga — Yevropa, Osiyodagi baʼ-zi xalqlar yozuv tizimida; hind boʻgʻin Alifbosiga — Hindistondagi koʻpgina elatlar yozuv tizimida amal qilingan. Alifbolar Runik yozuv Arman yozuvi Gruzin yozuvi Koreys yozuvi Turkiy (uygʻur) yozuvi, Oʻrxun-yenisey yozuvi , Yunon yozuvi Hind yozuvi Lotin alifbosi Kirill alifbosi Arab alifbosi Urdu alifbosi Japon kanjilari Xitoy yozuvi Yahudiy yozuvi Yana qarang Tilshunoslik Manbalar Alifbo Yozuv
1,896
https://uz.wikipedia.org/wiki/F
F
F: F (lotin) — lotin alifbosining oltinchi harfi. F — doimiy Faradeya. F — musiqada fa notasi yoki fa major akkordining ifodasi. Ftor — kimyoviy unsur, обозначается как F sifatida ifodalanadi. F# — .Net platfomasi uchun funksional dasturlash tili. oʻn oltilik sanoq tizimi F "15" oʻnlik soniga teng. F — Farengeyt gradusi F (anime) F — Populyatsion genetikada F (mtDNK) galoguruhi va F (Y-DNK) galoguruhi ifodasi. Yana qarang Ғ (kirill)
1,897
https://uz.wikipedia.org/wiki/G
G
G: G — lotin alifbosining yettinchi harfi. G — oʻzbek Kirill alifbosining toʻrtinchi harfi. Yaqin til orqa, portlovchi, jarangli undosh. Soʻz boshi (gul, goʻzal), oʻrtasi (yugur, egar), oxiri (barg, tong)da keladi. Soʻz oxirida tub oʻzbek soʻzlarida deyarli uchramaydi. Boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlarda jarangsizlashadi (pedagog — pedagok, buldog — buldok va hokazo). 1995-yilda qabul qilingan oʻzbek lotin alifbosida oltinchi harf. Turkiy xalqlar, jumladan oʻzbek xalqi uchun umumiy bulgan yozuvlarda bu harf oʻziga xos shaklga egadir. G — siljish moduli, materialning hajm saqlangan holda shakl oʻzgarishiga qarshilik koʻrsatish qobiliyati. G — musiqada sol yoki sol major akkordining ifodasi. G — kinoda Amerika kinoassotsatsiyasi reytinglar tizimi boʻyicha General audiences reytingining ifodasi. G — Gravitatsion doimiy, m³s−2kg−1 Erkin ogʻish tezlanishi — tezlanishning tizimdan tashqari birligi, g sifatida ifodalanadi. G — LabVIEWda foydalaniladigan grafik dasturlash tili. g — Umumiy intellekt faktori ifodasi. Kenny G — amerikalik jaz saksofonchisi. G — Populyatsion genetikada G (mtDNK) galoguruhining va G (Y-DNK) galoguruhining ifodasi. G-nuqta — qin old devorining uncha katta boʻlmagan qismi. G (katak) G-funk G-Unit G-olmaxon G-Man Katepsin (G) MKB-10: G sinfi 3G 4G G G++ Qisqartma: G.Don G.Forst. G.rev Sh. qarang Г Manbalar Alifbo ca:G#Significats de G fi:G#G-kirjaimen merkityksiä hu:G#Jelentései ja:G#G の意味 la:G#Abbreviationes simple:G#Meanings for G sl:G#Pomeni sv:G#Betydelser
1,899
https://uz.wikipedia.org/wiki/H
H
H (lotin), Н (kirill): H — lotin alifbosi harfi. Н — kirill alifbosi harfi. Н — kana belgisi. Lotin alifbosida ifodalanishi musiqada H — si notasi H — si major (H-dur) ohangdoshligining tonik akkordi. His — si-diyes notasi. h (Hm) — si minor (h-moll) ohangdoshligining tonik akkordi. fizikada  — Plank doimiysi.  — reduksiyalashgan Plank doimiysi (Dirak doimiysi). — magnit maydon kuchlanganligi. H — Genri (oʻlchov birligi). -teorema — termodinamika va kinetik nazariyaning teoremasi. H — vodorod. H yoki  — kvaternion, giperkompleks sonlar maxsus toʻplami. H guruhi (H1—H6) — 5-3-0 tipidagi fin parovozlari. H — populyatsion genetikada H (mtDNK) galoguruhi va H (Y-DNK) galoguruhining ifodalanishi. Kirill alifbosida ifodalanishi Н — Nyuton (oʻlchov birligi). Н — 1-3-0 tipidagi Rossiya parovozi. Yana qarang N (maʼnolari)
1,903
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jahon%20iqtisodiyoti%20va%20diplomatiya%20universiteti
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qaraydi. Toshkent shahrida joylashgan. 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan. Tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar fakultetlari, 25 kafedra, til markazi (jahon tillari, fransuz tili, nemis tili, oʻzbek tili kafedralari bilan), kompyuter; testlar; „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazlari; boshqaruv instituti; tahrir va nashriyot boʻlimi; „Biznes olami“ va „Ziyokor“ oʻquv markazlari, „Internet“ klubi va yuridik klinika faoliyat yuritadi. Jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq sohalari, siyosiy va ijtimoiy muammolar, diplomatiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet ilmiy kutubxonaga ega (300 ming asar). Universitetda oʻquv ishlariga xorijiy mamlakatlardan professorlar, amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinadi, zamonaviy kompyuter texnologiyasidan keng foydalaniladi. Universitetda BMT, UNESCO, TASISning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari, xorijiy davlat arboblari, diplomatlari, Oʻzbekistondagi chet mamlakatlar elchixonalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar chop etadi, „Xalqaro munosabatlar“ jurnali nashr etiladi. Rektorlar 1992-1998 — Saidmuxtor Saidqosimov 1998-2003 — Abdulaziz Komilov 2003-2005 — Sodiq Safoyev 2005-2009 — Hamidulla Karomatov 2009-2011 — Rustam Qosimov 2011-2014 — Nodir Jumayev 2014-2017 — Abdumalik Jumanov 2017-2020 — Abdujabbor Abduvohidov 2020-2021 — Komiljon Karimov 2021-yildan — Sodiq Safoyev Bakalavriat yoʻnalishlari Magistratura yoʻnalishlari Mashhur bitiruvchilar Saida Mirziyoyeva — Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi raisi oʻrinbosari. Feruza Eshmatova — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori. Feruza Maxmudova — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Ruslanbek Davletov — Oʻzbekiston adliya vaziri. Sherzod Asadov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi. Oybek Kasimov — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi. Gulnora Karimova — Oʻzbekistonning Ispaniyadagi sobiq elchisi. Lola Karimova-Tillayeva — Oʻzbekistonning UNESCOdagi sobiq vakili. Hilola Umarova — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri. Javlon Vahobov — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻribosari. Shaxzoda Matchanova Baxtiyor Abdusamatov Eldor Toʻlyakov G‘ayrat Fozilov Manbalar Havolalar Universitet rasmiy sayti Oʻzbekistondagi universitetlar 1992-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar
1,910
https://uz.wikipedia.org/wiki/Iqtisodiyot%20%28fan%29
Iqtisodiyot (fan)
Iqtisodiyot ( „uy, xonadon“ + „nom, boshqaruv ostidagi hudud“) — jamiyatning iqtisodiy faoliyati, shuningdek ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilish tizimida rivojlanadigan munosabatlar yigʻindisi hisoblanadi. Birinchi marta ilmiy ishda „iqtisod“ soʻzi IV asrda ishlatila boshlangan. Miloddan avvalgi Ksenofontdan, uni „tabiatshunoslik“ deb ataydi. Aristotel iqtisodni xrematistika bilan qarama-qarshi qoʻydi — foyda olish bilan bogʻliq boʻlgan inson faoliyati sohasi deb hisoblagan. Zamonaviy falsafada iqtisodiyot qiymat tushunchasi nuqtai nazaridan qaraladigan ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida qaraladi. Iqtisodiyotning asosiy vazifasi — insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan va ularsiz jamiyat rivojlanib boʻlmaydigan shunday neʼmatlarni doimiy ravishda yaratish hisoblanadi. Iqtisodiyot cheklangan resurslar dunyosida inson ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan tarmoq sohasi hisoblanadi. Jamiyat iqtisodiyoti insonning va butun jamiyatning hayotiy faoliyatini taʼminlaydigan murakkab hamda tomonlama oʻz ichiga olgan organizm sanalmaydi. Iqtisodiyot tarmoqlari Iqtisodiyotning birlamchi tarmogʻi qishloq xoʻjaligi, baliqchilik, oʻrmon xoʻjaligi, ovchilik va qazib oluvchi sanoatni birlashtiradi. Iqtisodiyotning ikkilamchi tarmogʻi — ishlab chiqarish va qurilish . Iqtisodiyotning uchinchi sektori xizmat koʻrsatish sohasi deb ataladi. Koʻpincha iqtisodiyotning uchinchi sektoridan ajratilgan Iqtisodiyotning toʻrtlamchi sektori — axborot texnologiyalari, taʼlim, tadqiqot, global marketing, bank — moliya xizmatlari va ishlab chiqarish bilan emas, balki uni rejalashtirish va tashkil etish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar. Mulkchilik shakliga koʻra davlat va xususiy sektorlar ajratiladi. Iqtisodiy faoliyatning oʻziga xos turlariga qarab iqtisodiyotning real sektori, noishlab chiqarish, moliyaviy sektorlarga boʻlingan. Iqtisodiyot shakllari Iqtisodiyotning quyidagi asosiy shakllari, realdan ajralib turadi: bozor rejalashtirilgan anʼanaviy aralashgan Iqtisodiy oʻsish Iqtisodiy oʻsish deganda xalq xoʻjaligida real ishlab chiqarishning maʼlum vaqt oraligʻida (oy, chorak, yil) oʻsishi tushuniladi. Iqtisodiy rivojlanishdan farqli oʻlaroq, iqtisodiy oʻsish miqdoriy koʻrsatkich sanaladi. Haqiqiy ishlab chiqarish odatda real (yaʼni inflyatsiya omillaridan tozalangan) yalpi ichki mahsulot (YaIM), kamroq — real yalpi milliy mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM) yoki milliy daromad (ND) tushuniladi. Iqtisodiy oʻsish umumiy farovonlikning oʻsishi bilan chambarchas bogʻliq: umr koʻrish davomiyligining oshishi, tibbiy yordam sifati, taʼlim darajasi, ish kunining davomiyligining qisqarishi va boshqalar bilan xarekterlanadi. Iqtisodiy oʻsishning ekstensiv va intensiv omillari bilan farqlanadi. Iqtisodiyot tarixi Ibtidoiy jamiyatda iqtisodiy rivojlanish darajasi past boʻlgan. Dastlab ibtidoiy odamlar ovchilik va termachilik bilan tirikchilik qilishgan, ammo neolit inqilobi natijasida dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgan. Jamiyatning rivojlanishi mehnat taqsimotiga olib keldi — dehqonchilik va chorvador qabilalar ajralib turdi, hunarmandlar ajralib turdi, ulardan birinchisi temirchilar edi. Ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy sinflar va davlat kabi turli tabaqalar paydo boʻldi. Qullik ham mustamlakachilik davrlarida paydo boʻla boshlagan. Asta-sekin tovar ayirboshlash rivojlandi, u dastlab ayirboshlash (barter) shaklida amalga oshirildi, lekin pulning paydo boʻlishi bilan savdoga aylana boshladi. Shunga qaramay, qadimgi dunyo va oʻrta asrlar jamiyatlarida oʻziga xos dehqonchilik ustunlik qilgan edi. Qadimgi Antik davrning koʻpgina hududlarida rejali xoʻjalik va oʻziga xos xoʻjalik kombinatsiyasiga asoslangan saroy xoʻjaligi deb ataladigan xoʻjalik mavjud boʻlgan edi. Salib yurishlari boshlanishi bilan yevropaliklar Oʻrta asrlarda Yevropada kamdan-kam uchraydigan ziravorlar, ipak va boshqa mahsulotlarni qayta kashf etdilar. Bu kashfiyot natijasida savdoning kengayishiga va Sharq mamlakatlari bilan savdo raqobatining kuchayishiga olib kela boshladi. XV asrning oxiridan boshlab kashfiyotlar davri boshlandi, bu jahon iqtisodiyotining shakllanishiga va ibtidoiy jamgʻarma davrining boshlanishiga olib kelgan edi. XVIII asrning oxirgi choragidan sanoat inqilobi boshlandi, bu esa eng rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxiriga kelib aholining aksariyat qismi qishloq xoʻjaligida emas, balki sanoatda band boʻlishiga olib keldi. Kapitalizm hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. XX asrda bir qator mamlakatlarda maʼmuriy-buyruqbozlik sotsialistik iqtisodiyot vujudga keldi. Boshqa mamlakatlarda kapitalizm rivojlangan. XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnikaviy inqilob boshlandi, buning natijasida eng rivojlangan mamlakatlarda sanoat jamiyati postindustrial jamiyatga aylana boshladi. YaIM boʻyicha dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlar YaIM boʻyicha 2020—yilda dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlar (trillionlab AQSh dollarida) Manbalar Havolalar Milliy iqtisodiy ensiklopediya Tadqiqot kutubxonalaridan olingan iqtisodiy maqolalar Iqtisodiyot, faol tizimlar nazariyasi va boshqaruvi elektron kutubxonasi Makroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot boʻyicha elektron kitoblar Mikroiqtisodiyot Mikroiqtisodiyot boʻyicha elektron kitoblar Federal taʼlim portali „Iqtisodiyot. Sotsiologiya. Menejment“ Belarus iqtisodiy portali „ECONOMICS. BY“ Taʼlim portali „Iqtisodiyot. Boshqaruv. Oʻng“ YaIM Dunyo iqtisodiyoti Pul masalasi Pages with unreviewed translations
1,912
https://uz.wikipedia.org/wiki/Anatomiya
Anatomiya
Anatomiya (grekcha soʻzdan olingan boʻlib, kesish, kesib ochish degan maʼnolarini bildiradi) biologiyaning boʻlimi boʻlib, odam tanasining qismlarini va joylashishini organadi. Anatomiya ikki asosiy boʻlimdan iborat boʻlib, Umumiy Anatomiya va Histologiyadan iborat. Umumiy anatomiyada koʻz bilan koʻrib boladigan qismlar oʻrganilinadi va gistologiyada mikroskop bilan koʻrish kerak boʻlgan qismlar oʻrganilinadi. Umumiy anatomiya yana bir qancha boʻlimlarga boʻlingan: hayvon anatomiyasi, oʻsimlik anatomiyasi va odam anatomiyasi. Anatomiya — ayrim aʼzolar, sistemalar va butun organizmning shakli va tuzilishini oʻrganadigan fan; morfologiyaning bir qismi (qarang Hayvonlar morfologiyasi, Oʻsimliklar morfologiyasi). Anatomiya hayvonlar Anatomiyasi (zootomiya) va oʻsimliklar anatomiyasi (fitotomiya)ga boʻlinadi. Hayvonlar Anatomiyasidan odam Anatomiyasi (antropotomiya) ajratiladi. Odam va hayvonlar organizmi evolyutsiyasining asosiy bosqichlarini oʻrganadigan qiyosiy (solishtirma) Anatomiya ham bor. „A“ termini koʻproq odam Anatomiyasini ifodalash uchun ishlatiladi. Odam Anatomiyasiga inson organizmi faoliyati haqidagi fan — fiziologiya bilan bir butun holda qaraladi. Anatomiya har bir aʼzoning kishi jinsi va yoshiga qarab oʻzgarish xususiyatlarini, atrof muhit hamda mehnat faoliyatining aʼzolar tuzilishi, vazifasiga taʼsirini ham oʻrganadi. Dastlab har bir aʼzo alohida-alohida oʻrganilgan boʻlsa, keyinchalik aʼzolarning oʻzaro munosabatlarini, ularning bir sistemaga birlashish qonuniyatlarini, organizm bir butun boʻlib, uni tashqi muhit bilan chambarchas bogʻliqligini, aʼzolarning shakli bilan funksiyasi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni hisobga olgan holda oʻrganila boshlandi. Anatomiyaga oid dastlabki maʼlumotlar eng qadimgi xitoy va hind asarlarida, shuningdek Gippokrat, Aristotel (Arastu) asarlari va ayniqsa Aleksandriya maktabi vakillarining asarlarida uchraydi. Keyinchalik Abu Ali Ibn Sinoning 5 jildli „Tib qonunlari“ asarida tibbiyotning barcha sohalariga, xususan Anatomiyaga oid mukammal maʼlumot berildi. Italyan rassomi Leonardoda Vinchi mur-dani yorib tekshirib normal Anatomiyaning bir qadar mufassal tavsifini bergan. Hozirgi zamon Anatomiyasi Uygʻonish davridan, yaʼni yevropalik anatom-olim A.Vezaliy murdalarni yorib tekshirib, odam tanasi tuzilishining toʻliq, sistematik va aniq 470tavsifini bergan vaqtdan boshlanadi. A. umuman normal aʼzo va toʻqimalarning shakli va tuzilishini oʻrgangani uchun normal Anatomiya deb ataladi. Normal Anatomiya organizmning funksional sistemalariga muvofiq ravishda suyaklar haqidagi taʼlimot — osteologiya, boʻgʻimlar haqidagi taʼlimot — artrologiya, muskullar haqidagi taʼlimot — miologiya, ichki aʼzolar haqidagi taʼlimot -splanxnologiya, qon aylanish va limfa sistemasi haqidagi taʼlimot — angiologiya, markaziy va pereferik nerv sistemasi haqidagi taʼlimot — nevrologiya, sezgi aʼzolari haqidagi taʼlimot — esteziologiya va ichki sekresiya bezlari haqidagi taʼlimot — endokrinologiyatga boʻlinadi. Anatomiyadan quyidagi fanlar ajralib chiqqan: gistologiya (aʼzo va toʻqimalarning mikroskopik tuzilishini oʻrganadi); patologik A. (kasallik oqibatida oʻzgargan aʼzo va toʻqimalarning shakli va tuzilishini oʻrganadi), topografik yoki amaliy A. (xirurgik A. ham deyiladi, odam tanasida aʼzo va toʻqimalarning joyla-nishini oʻrganadi). Bundan tashqari, vazifasi tasviriy sanʼat (rassomchilik, haykaltaroshlik) uchun odam gavdasining tashqi koʻrinishini tasvirlab berishdan iborat boʻlgan plastik A., aʼzolarning shakllari va tuzilishini ularning fa-oliyati bilan bogʻliq holda oʻrganadigan funksional yoki nazariy Anatomiya yosh A.si va boshqa A.lar ham bor. Miyaning faoliyati bilan bogʻliq holda uning noziq tuzilishi, qon va limfa to-mirlarining nerv bilan taʼminlanishi, bir qismi ishdan chik,-qan qon aylanish sistemasining tiklanish (kompensatsiya) qobiliyati va boshqa masalalar ham A.ning tadqiqot mavzuidir. A.ning asosiy va eng qadimgi oʻrganish usulidan foydalanilgan, bora-bora ke-sib preparatlar tayyorlash, arralash, qon tomirlarga turli suyukliklar yuborish, rentgen nuri va mikroskopii qoʻllash usullari joriy etildi: tirik odamda esa paypaslab koʻrish, perkussiya (barmoq yoki bolgʻacha bilan urib oʻrganish) yoki au-skultatsiya (eshitib koʻrish) usullari qoʻllanila boshlandi. Bundan tashqari, A. (proyeksion A.) hayvonlar va sogʻlom odamlarda (tashqi belgilarga qarab) chuqurroq yotgan aʼzolarning joylanishini tajriba yoʻli bilan aniqlaydi. Oʻzbekistonda A. fanining haqiqiy rivoji 1940-50 yillarga toʻgʻri keladi. Oʻzbek olimlaridan H. 3. Zohidov markaziy nerv sistemasining ayrim sohalarini, odamning yoshiga xos tuzili-shini, R. E. Xudoyberdiyev nerv sistema-sining qon bilan taʼminlanishini, qon to-mirlar A.sini, M. N. Xolqoʻziyev vegeta-tiv nerv sistemasi A. sini, N. K. Ahmedov periferik nerv sistemasiga rentgen nurlarining taʼsirini oʻrgandilar. Olimlardan S. Sh. Shahrbiddinov, A. T. Okdlov, F. N. Bahodirov, N. A. Ibodov, I. K. Qosimxoʻjayevlar ham A. rivojla-nishiga munosib hissa qoʻshdilar. Hozir A.ning dolzarb masalalari — jigar, tomirlarning normal va regeneratsiya sha-roitidagi oʻzgarishlari hamda nervlarning tiklanishi va periferik qon aylanishi ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Odam anatomiyasi Boshqa boʻlimlar ichida, odam anatomiyasi eng kerakli anatomiya boʻlimi hisoblanadi. Tibbiyot nuqtai nazaridan, odam anatomiyasi sogʻlom insonning badan qismlarini shaklini, badanda joylashishini, katta-kichikligini va boshqa qismlar bilan aloqadorligini oʻrganuvchi boʻlimdir. Topografik anatomiyada bir qancha jasadlarni kesib, uni yaxshilab oʻrganiladi. Morfologik nuqtai nazaridan, odam anatomiyasi eng qiziqarli boʻlim hisoblanadi. Har bir qism nega shunday shakl, shunday joylashishda ekanligini savol qiladi. Bu qiziqish biologiya fanida qoʻshimcha boʻlimlar — embriologiya yoki rivojlanish biologiyasini va gistologiyani yaratdi. Manbalar Biologiya Tibbiyotga oid fanlar
1,917
https://uz.wikipedia.org/wiki/Moliya
Moliya
Moliya – markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari – bu Moliya resurslari yoki Moliya obʼyektidir. Moliya subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon Moliyasi yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona Moliya fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi. Moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi – jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi – Moliya fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish Moliya vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi – nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi – mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi – moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi. Milliy iqtisodiyotning boʻgʻinlariga qarab turli darajada Moliya amal qiladi. Uning asosiy boʻgʻini quyi darajadagi yoki mikromoliyadir. Bunga korxona Moliya si (buni korporativ Moliya deb yuritiladi), xonadon Moliyasi, jamoat tashkilotlari Moliyasi, sugʻurtalash Moliyasi kabilar kiradi. Davlat Moliyasi makrodarajadagi Moliyani tashkil etadi va milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Nihoyat milliy iqtisodiyotning eng yuqori darajasi bu metimoliya boʻlib, bu tabiatan xalqaro Moliya munosabatlari hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro Moliya tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Turli darajadagi Moliya oʻzining koʻlami bilan ajralib turadi. Moliya turli darajadagi moliyalashtirish usullari jihatidan ham farqlanadi. Korxona, sugʻurta va xonadon Moliyasi oʻzini oʻzi moliyalashtirish qoidasiga tayanadi. Davlat moliyasi byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarini qoʻllaydi. Turli nodavlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari qisman oʻzini oʻzi moliyalashtiradi. Milliy iqtisodiyotning mohiyati va funksiyalari moliya tizimi faoliyatida oʻz ifodasini topadi Moliya – pul mablagʻlaridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimi boʻlib, uning vositasida turli darajada pul mablagʻlari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya iqtisodiyot doirasida oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir qator vazifalarni bajaradi. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy taʼminlash, ularga xizmat koʻrsatish vazifasini bajaradi. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari oʻrtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon boʻladi. Moliyaning ragʻbatlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar boʻlish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablagʻ bilan taʼminlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy Tizim Moliyaviy tizim individual shaxslar (shaxsiy moliya), korxonalar (biznes moliya) va hukumatlar (jamoat moliyasi) oʻrtasidagi kapital oqimlarini oʻz ichiga oladi. Moliya investorlar va sarmoyachilardan mablagʻlarni muxtoj tijoratlarga oldi-berdi harakatini oʻrganadi. Agar investor foydali ishlab chiqarishga sarmoya kiritsa bu hissasidan foiz hisobida ulush yoki dividendlar oladi. Shaxslar, korxonalar va hatto hukumatlar oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlarini tashqi jamgʻarmalardan oladi. Moliyaviy qarorlar Uy xoʻjaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar-Odatda, tarkibi va hajmi turlicha boʻlgan oilalar uy xoʻjaliklari deb ataladi. Bunda qutbning bir tomonida bir necha avlod vakillaridan tashkil topgan, bir uyda yashaydigan va maʼlum iqtisodiy resurslarga birgalikda egalik qiladigan katta oilalar tursa, qutbning ikkinchi tomonida bir oʻzi yashaydigan va anʼanaviy oila tushunchasiga mos kelmaydigan yakka inson turadi. Amaliyotda uy xoʻjaliklari tomonidan, odatda, toʻrt xil moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga toʻgʻri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Pul mablagʻlarini isteʼmol qilish va jamgʻarish toʻgʻrisidagi qarorlar. Investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan qarorlar. Moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar. Riskni boshqarish bilan bogʻliq qarorlar. Uy xoʻjaliklari oʻz daromadlarining maʼlum qismini kelajakda sarflash uchun jamgʻarib qoʻyishlari natijasida ular umumiy boylik jamgʻarmasini (pool of wealth) toʻplab qoʻyadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin. Kimdir pullarni bankdagi hisob raqamlarida saqlashni afzal koʻrsa, kimdir koʻchmas mulkka yoki biror biznesga tikadi . Bu mablagʻlarning umumiy nomi bor. Ular aktivlar (assets) nomini olgan. Iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan barcha narsalar aktivlar deyiladi. Uy xoʻjaliklarining oʻzlari toʻplagan mablagʻlarni sarflash borasida qaror qabul qilish jarayoni xususiy investitsiyalash (asset allocation) yoki pul mablagʻlarini turli aktivlar turlari oʻrtasida taqsimlash deb ataladi. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar – Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishdan iborat boʻlgan iqtisodiy faoliyat sub’ekti firma deb ataladi. Xuddi uy xoʻjaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajmda boʻladi. Bunda, bir tarafda bitta odamga tegishli yoki oilaviy biznes hisoblangan ustaxonalar, doʻkonlar va restoranlar tursa, ikkinchi tarafda – yuzlab, baʼzida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft, Oʻzbekneftgaz kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari koʻp korporatsiyalar turadi. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shugʻullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasi yoki korporativ moliya (business or corporate finance) deb ataladi. Manbalar Iqtisodiyot
1,918
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jahongir%20Muhammad
Jahongir Muhammad
Jahongir Mamatov (1955-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) — siyosat arbobi, tilshunos olim, yozuvchi va jurnalist. Hayoti Jahongir Mamatov 1955-yilning 1-sentyabrida Oʻzbekistonning Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tugʻilgan. U 1972-yilda Samarqand tumanidagi 24-oʻrta maktabni tamomlagan. 1973–1978-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan va 1981-yilgacha tilshunoslik va jurnalistika boʻyicha etika boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Mehnat faoliyatini 1973-yilda „Toshkent haqiqati“ gazetasida korrektorlikdan boshlagan. 1974–1979-yillarda respublika „Qishloq haqiqati“ gazetasida mas’ul kotib oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 1976–1978-yillarda armiyada xizmat qilgan. 1979–1981-yillarda Oʻzbekiston radiosining qishloq xoʻjalik boʻlimida redaktor lavozimida ishlash bilan birga qishloq xoʻjalik va qishloq madaniyati muammolariga bagʻishlangan maxsus „Tabarruk zamin“ dasturiga muharrirlik qilgan. 1980-yilda Rohila Qodirova bilan oila qurgan va ularning 4 farzandi bor. 1981–1982-yillarda Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi Ulugʻbek davlat xoʻjaligida Madaniyat masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 1982–1985-yillarda Samarqand viloyati „Lenin yoʻli“ („Zarafshon“) gazetasining qishloq xoʻjaligi va „Partiya turmushi“ boʻlimlarini boshqargan. 1985–1990-yillarda „Sovet Oʻzbekistoni“ („Oʻzbekiston ovozi“) gazetasining Samarqand viloyat boʻyicha maxsus muxbiri boʻlib faoliyat koʻrsatgan. Ayni paytda „Mushtum“ jurnali va „Qishloq haqiqati“ gazetalarining jamoatchi muxbiri boʻlgan. Shu yillarda uning mingdan ziyod felyetonlari, tanqidiy va tahliliy maqolalari eʼlon qilingan. Baʼzi asarlari „Yoshlik“ almanaxi va „Begʻubor tong“, „Samarqandni titratgan 525 kun“ kitoblarida nashr etildi. Qayta qurish yillarida oshkoralik muammolari haqida yozilgan „Qur’on va Qurol“, „Yonayotgan ayol“, „Yopiq eshikning ochilishi“ kabi turkum tahliliy ocherklari Oʻzbekiston hamda Ittifoq Jurnalistlar uyushmalarida birinchi oʻrinni egallagan. 1990-yilda 35 yoshli Jahongir Mamatovga „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoni berilgan. Shu yili u Samarqand viloyati Jomboy tumanidan Oʻzbekiston Xalq deputati etib saylangan. 1990–1993-yillarda u Oʻzbekiston Oliy kengashida Oshkoralik qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan va „Matbuot haqida“gi ilk qonun loyihasining muallifidir. Oliy kengashda u „Tashabbus“ deputatlar guruhi faoliyatini boshqardi, Parlamentning „Xalq soʻzi“ gazetasini tuzish ishiga boshchilik qildi. Oʻzbekiston Oliy kengashida 1990-yilning 20-iyunida Kengash kotibiyatining raisi etib saylangan Jahongir Mamatov mazkur sessiyaning kun tartibiga Oʻzbekiston Mustaqilligi deklaratsiyasini qabul qilish masalasini kiritishga muvaffaq boʻldi. „ERK“ va „Birlik“ taqdim etgan loyihalar asosida yangi bir loyiha yozish uchun tuzilgan besh kishilik komissiya tarkibiga kirga Mamatov sessiyada qabul qilingan Oʻzbekiston Mustaqillik deklaratsiyasi matnini yozgan edi. Bekobod, Boʻka voqealaridan keyin Parkentda Mesxetin turklari bilan yuz bergan qonli hodisalarni hukumatning oʻzi uyushtirganini iddao etgan Jahongir Mamatov safdoshlari bilan birga mazkur masalada Oliy kengash komissiyasini tuzdirishga muvaffaq boʻldi. Oʻzi ham mazkur komissiya tarkibiga saylanga Mamatov haqiqatdan ham Parkent voqealari ortida SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasi (KGB) turganini isbotlovchi hujjatlarni oʻrtaga chiqarishga muvaffaq boʻlgan va shundan keyin quvgʻinga uchragan. Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy komiteti uni prezident Islom Karimovni va Oliy sud raisini televideniye orqali haqorat qilishda ayblab ustidan ish ochish uchun ruxsat soʻrab Oliy kengash rayosatiga murojaat qildi, ammo deputatlarning faolligi bois bunday ruxsatni ololmadi. U Oliy kengashda tashkil etishga kirishgan „Yuzma-yuz“ gazetasi bilan bogʻlab uning masalasi rayosatda muhokama etildi va yana hukumat oʻz maqsadiga erisha olmadi. 1991-yilning 17-avgust kuni demokratiya uchqunlarini oʻldirish uchun uyushtirilgan Davlat toʻntarishi — GKCHP jarayonidagi qonunbuzarliklarga qarshi u bir necha safdoshi bilan birga Oliy kengash binosi yonida Kommunistik partiya biletini yoqib, oʻz noroziligini oshkor bildirgan edi. U Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining raisi etib saylanganda esa hukumat saylov natijalarini buzib eʼlon qilish bilan uning yoʻlini toʻsdi. U ishlagan Oshkoralik qoʻmitasi Oliy kengashning qudratli kuchiga aylandi. Shu sabab ham Islom Karimovning topshirigʻi bilan bir necha marta bu qoʻmitani yopishga urinishdi, ammo Jahongir Mamatov tarafdorlari bunga yoʻl bermadi. Oxir oqibatda, Oliy kengash haqidagi qonunlar qoʻpol buzilgan holda bu qoʻmita yopildi. Ayrim manbalarga koʻra, buning sababi Mamatovni chetlatish boʻlgan. Uni chetlatishgach, qoʻmita qayta ochilgan. 1991-yilda Jahongir Mamatov oʻz safdoshlari bilan birga prezident Islom Karimovning diktatorona harakatlarini jilovlash masalasini Oliy Kengashning 7-sessiyasi kun tartibiga kirita oldi. Tashabbuskor deputatlarning talabi bilan Oʻzbekiston prezidenti va Xalq deputatlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boʻlim ochildi va Jahongir Mamatov mazkur boʻlimga mudir boʻldi. Keyin u Oʻzbekiston televideniyesiga rahbar etib tayinlandi. 1992-yilning 16-yanvarida Toshkent talabalar shaharchasida yuz bergan qonli voqealardan keyin mazkur hodisalarni Oʻzbekiston televideniyesida oshkora yoritish imkoniyatlari cheklangani va mamlakatda diktatura oʻrnatilganini eʼlon qilib u oʻz vazifasidan isteʼfo berdi. Bu voqea Oʻzbekiston tarixida hukumat tarkibida turib, hukumatga norozilik bildirgan, diktatura oʻrnatilganini ochiq, yozma ravishda eʼlon qilib oʻz vazifasidan isteʼfo etgan ilk voqea edi. Jahongir Mamatov oʻzbek demokratik muxolifatini birlashtirib diktaturaga qarshi turishga yoʻnalib 1992-yil 2-mart kuni ERK partiyasi binosida oʻtgan Oʻzbekiston Demokratik kuchlari forumining tashkilotchilaridan biri boʻldi. Jahongir Mamatov shundan keyin nohukumat „Turon“ tashkilotiga prezidentlik qildi. Garchi qonunlarda tashkilotni yopish vakolati sudga berilgan boʻlsa-da qonunlar oyoqosti qilingan holda Adliya vazirligining hukmi bilan shoshilinch tarzda bu tashkilot bekitildi, mol-mulki musodara qilindi. Jahongir Mamatov shu davrda Islom Karimovning qilmishlari haqida „Saroy oʻyinlari“ kitobini yozdi. Bu kitobning qoʻlyozmalari hukumat tomonidan musodara qilinganiga qaramay uning nusxalari tarqalib ketdi va ERK gazetasining 1994-yilgi sonlarida nashr etildi ham. 1993-yilning 3-yanvard Mamatov ERK partiyasining mafkura masalalari boʻyicha kotibi va „ERK“ gazetasining Bosh muharriri etib saylandi. Bundan hukumat vahimaga tushdi. 1993-yil 6-yanvarda ERK partiyasi binosi yaqinida u suiqasddan qutulib qoldi. Voqeaning keyingi kuni Moskvada chop etiladigan „Izvestiya“ gazetasida Lebedeva imzosi bilan chiqqan maqolada suiqasd ortida hukumat turgani yozilgandi. 1993-yil 7-fevralda hukumat qonunga xilof ravishda u bosh muharriri boʻlgan gazetani yopdi. 1993-yil 13-fevralda uning Toshkentdagi uyi tortib olindi va u kuch bilan Samarqandga koʻchirildi. 1993-yil 21-mart sanasida Mamatov Ozarbayjonda oʻtkazilishi kerak boʻlgan Turk dunyosi qurultoyiga ERK partiyasining vakili sifatida yoʻl oldi. Qurultoy Turkiyaga koʻchirildi va u mazkur qurultoyda ERK partiyasi va rahbariyati boshiga kelgan qatagʻonlar, Oʻzbekistonda diktatura avj olgani haqida bayonotlar tarqatdi. Mamlakatga qaytishi bilan 1993-yil 17-aprel kuni u Samarqandda qoʻlga olindi. Jahongir Mamatovning xalq orasidagi obroʻyidan qoʻrqqan hukumat bu ishni amalga oshirish uchun shu kuni Samarqandga respublika Bosh prokurori Boʻritosh Mustafoyev, Adliya vaziri Alisher Mardiyev, Ichki ishlar vaziri Zokir Almatovni yubordi va viloyat hokimi Poʻlat Abdurahmonov boshchiligida maxsus amaliyot oʻtkazilib Jahongir Mamatov va uning qarindoshlari, doʻstlari qoʻlga olindi. U bilan tanish boʻlgan juda koʻplab shaxslar hokimiyat tizimlaridan chetlatildi. Uning deputatlik vakolati toʻxtatildi. Mamatovning turmush oʻrtogʻi Rohila Qodirovaga eridan voz kechish va bu haqda matbuotga maqola yozish talabi qoʻyildi. Qodirova buni rad etdi. Tintuv paytida oʻzlari pasportini olib ketganlari holda toʻrt farzandning onasini pasport rejimini buzganlikda ayblab sud qilishdi va ikki yil jazo berishdi. 1993–1994-yillar orasida Jahongir Mamatov Ozarbayjon, Turkmaniston, Gurjiston davlatlarida yashagan. „ERK“ gazetasinng xorijdagi bir qancha nashriga jamoatchilik asosida, haq olmay muharrirlik qildi. Keyinchalik „Harakat“ jurnaliga ham xayrihoxlik asosida yordam berdi. Oilasini ham Oʻzbekistondan olib chiqqandan keyin 1994-yildan eʼtiboran Turkiyada yashay boshlagan Jahongir Mamatov 1994–1998-yillarda Istanbul shahridagi Koch universitetida, „Turkiya“ gazetasida ishlash barobarida BBC Jahon xizmatining Oʻzbek boʻlimiga muxbirlik qildi va Ozodlik radiosining ham hamkori boʻldi. U xorijga chiqqandan keyin Islom Karimov shaxsi va rejimining mohiyatini ochib tashlagan „Quvgʻin“ romanini yozdi. Bu kitob Oʻzbek adabiyoti tarixida sodda va yangi uslubda yozilgan hamda qoʻlma-qoʻl oʻqilgan, turli yoʻllar bilan qishloqlarga qadar yetib borgan asar boʻldi. 1995-yilda Oʻzbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati talabi bilan Oʻzbekiston Oliy Sudi uni „ERK“ gazetasini xorijda chop etganlikda, prezidentni haqorat qilganlikda, izn olmay mamlakatdan chiqib ketganlikda aybladi. Shu zayl uni konstitutsiyaviy tuzumni agʻdarishga urinish kabi uydirma bilan ayblab qidiruv eʼlon qildi. Shundan keyin rejim Jahongir Mamatovni yoʻqotish uchun xorijga uch marotaba suiqasdchilarni yubordi. Uning hayoti Turkiyada ham xavf ostida qoldi. U Turkiya hukumatining bosimiga uchradi va 1998-yilning fevral oyida BMTning qochqinlar komissarligi orqali AQSHdan siyosiy boshpana oldi. 2000-yilda Oʻzbekiston Oliy sudi yana bir marta ajrim chiqarib, uni qidiruvda deb eʼlon qildi va 2001-yil may oyida uning opa-singillari, yaqinlari toʻhmat qilan qamoqqa olini. Bunga qadar uning koʻplab kitoblari nashr etildi. AQSHda u jurnalistik faoliyatini davom ettirdi va 1999–2004-yillarda „Amerika ovozi“ radiosining Oʻzbek xizmatida ishladi. Ilgari tinglovchilari deyarli boʻlmagan radioni Oʻzbekistonda BBC va Ozodlik radiosi darajasiga koʻtardi. Ayni paytda u AQSHda chet tillar maktablarida Oʻzbek tilidan dars berdi va 2001-yildan eʼtiboran Xalqaro tilshunoslik markazida katta ilmiy xodim vazifasida ishlab kelmoqda. 2005-yilning 23-may kuni Jahongir Mamatov Oʻzbek muxolifatini birlashtirish murojaati bilan chiqdi va uzoq yillardan keyin ilk bor 2005-yilning 11-iyulida muxolifat liderlari va faollarini bir joyga toʻplashga muvaffaq boʻldi. Shu yilning 25-sentyabrida uning tashabbusi bilan Demokratik Oʻzbekiston Kongressi mustaqil nohukumat tashkiloti sifatida shaklanganini eʼlon qildi va 2009-yilga qadar bu tashkilotni boshqardi. Shundan beri u siyosiy faoliyat bilan emas, balki ilmiy hamda ijodiy faoliyat bilan band. Tanqid Mamatov Islom Karimov komandasi tomonidan tanqid qilib kelinadi. Jurnalist Safar Ostonov uni davlat toʻntarishi qilishda ayblagan. Ilmiy faoliyati Muhammad oʻzbek va ingliz tillarida 40 ga yaqin kitoblar va toʻplamlar yozgan. Bir qancha kitoblari boshqa tillarga, jumladan rus, ingliz, nemis va turk tillariga oʻgirilgan hamda AQSh, Turkiya, Ozarbayjon kabi davlatlarda nashr etilgan. 2011-yilda AQSHda 5 yil davomida “O‘zbekcha-inglizcha mukammal lug‘at” tuzib nashrdan ettirgan. Uning kitoblari AQSH Kongressi kutubxonasi katalogiga kirgan. Ammo uning asarlari oʻzi mustaqilligi uchun kurashgan Vatani — Oʻzbekistonda taʼqiqlangan. Kitoblar: IAK Karimovning kashfiyotlari Oʻzbeklar va oʻzbeklar Oqsaroy sirlari Zehniyat jumbogʻi Qatagʻon 2006-yil Hayqiriq Tarixni titratgan kunlar Quvgʻin-1 Quvgʻin-2 Quvgʻin-3 Assasin 220 latifa Ankabut: Siyosiy latifalar Kulmagan elning baxti ham kulmaydi Aldarkoʻsa taxtga minganda Karimovning 100 kuni Ozodlikning olovli yoʻli Ishoratlar Oltinchi qavat Turonzamin faryodlari Yaqin moziy Siam egizaklari Panjaralar Ikkinchi front Samarqandni sogʻinib Vatan mansiz… Oʻzligim Havzi qulqulum Nurnoma Shahidlar mozori Islom lashkarlari 60 ning 60 lahzasi Dictionary of Central Asian Islamic Terms Uzbek Islamic Debates Tajik-English Dictionary The Dark Days Comprehensive Uzbek-English Dictionary Manbalar Adabiyotlar „IAK“ Ahmadjon Muxtorov: „Soʻz mulki Jahongirligiga daʼvogar“ Yodgor Obid: „Otash qalb uchqunlari“ Gulchehra Nurullayeva: Munosabat Abdurahim Polatov, „Nur yoʻli“ „Birlik“: „Ozodlikning olovli yoʻllari“ Xalq deputati guvohnomasi ERK partiyasi guvohnomasi Prezident devoni guvohnomasi Amerika ovozi" hujjatlari Yilning eng yaxshi jurnalisti. Mukofotlar. VOA — „Tun in“, December, 2000, vol.4 No.6 page 6 Amerika hukumatining siyosatini ifodalagan bosh maqola, 30-May, 2001-yil („Repression in Uzbekistan“, BBG-IBB-VOA-editorial=0-09287 5/30/2001) Amerika hukumatining siyosatini ifodalagan bosh maqola, 8-Avgust, 2001 („Repression in Uzbekistan continues“, BBG-IBB-VOA-editorial=0-09394 8/21/2001) Inson huquqlari masalalarini yaxshi yoritganligi uchun mukofotlar: 2001; 2002; 2003; 2004-yillar Nasratulla Laheb, „Interviews by Jahangir Muhammad“ 2001 BBC: „Exiled writers“, Bi-bi-si „Generalning iqrori“, Bi-bi-si Muhammad Solih, „Xalq irodasi“, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1990yil, 29 Iyun. Rasim Ekshi: „Dr. Baymirza Hayit armagʻani“, Istanbul, 1999, ISBN 975-7893-15-3 Arslan Tekin, „Bir Turan Yolchisi“, Istanbul, 1996, ISBN 975-7893-11-0 Istanbul, 1999, ISBN 975-78-15-3 Abduvali Vohidov, „Zagovorshiki“, „Trud“ gazetasi, 1995-yil, 19 May. Zaynutdinov, X. A. Oʻzbekiston MXX Tergov boshqarmasining boshligʻi, „Ayblov fikri“, 12 Sentyabr, 1994-yil. Oʻzbekiston Oliy Sudining hukmi, 2000-yil Zayniddin Asqarov Bayonoti Havolalar turonzamin 1955-yilda tugʻilganlar Oʻzbekiston siyosatchilari Oʻzbekistonlik yozuvchilar Yashayotgan insonlar Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Oʻzbek tarjimonlari
1,919
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro%20tashkilot
Xalqaro tashkilot
Xalqaro tashkilotlar – davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, madaniyat va shu kabi sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar XIX asrda vujudga keldi va ikkinchi jahon urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi. Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va shu kabi nomlar bilan ataladi. Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir. Xalqaro tashkilotlar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (1992-yil 2-martda) MDH (1991-yil 21-dekabrdan) TURKSOY (1993-yil 12-iyuldan) Turkiy davlatlar tashkiloti Jahon savdo tashkiloti (1992–1993-yillar) ECOSAN (1993-yil 20-sentabrda) Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) (2001-yil 15-iyun) Osiyo Parlament Assambleyasi (OPA) (2006-yil) Interpol (1994-yildan) UNICEF (1946-yil qabul tashkil topgan) MAGATE (1994-yil 21-yanvardan) UNESCO (1993-yil 26-oktabrdan) UNIDO (1992-yildan) NATO (1994-yil 13-iyuldan) OPEC (2017-yil 30-noyabrdan (kuzatuvchi sifatida)) EXHT Manbalar Xalqaro tashkilotlar Tashkilotlar
1,920
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xudoybergan%20Devonov
Xudoybergan Devonov
Xudoybergan Devonov (1878, Xiva — 1938, Toshkent) — birinchi oʻzbek kinooperatori va oʻzbek kinosanʼatining asoschisi. Hayoti Xudoybergan Devonov 1879-yilda Xorazmda tugʻilgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va ijodiy isteʼdodi bilan ajralib turgan. U arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Qiziquvchan oʻsmir nemis tilini oʻrgana boshlagan va bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan. XX asr oxirida Xorazmning oʻsha paytdagi hukmdori Muhammad Rahimxon II nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga oʻlkada yashashiga ruxsat bergan. Ularning eng yoshi ulugʻi Vilgelm Penner yoki mahalliy odamlarning tili bilan Panor buvada qiziquvchan Xudoybergan birinchi marta fotoapparatni koʻrgan va undan foydalanishga ruxsat soʻragan. Keyinchalik Panor buva shogirdining muvaffaqiyatlaridan xursand boʻlib, unga fotoapparatni sovgʻa qilgan. Shunday qilib 1903-yilda Xudoybergan Devonov Xivaning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy ulamolarning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad Rahimxon oʻz himoyasiga olgan. U nafaqat xon, balki isteʼdodli shoir va bastakor sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoyberganga oʻzining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni oʻz devoniga ishga taklif qilgan. 1907-yilda Devonov Xiva xonligining bir guruh vakillari bilan birga Sankt-Peterburgga safar qilgan. Tashrifdan soʻng delegatsiya rahbaridan Rossiya poytaxtida bir necha kun qolishga ruxsat soʻragan. Bu yerda 29 yoshli Xudoybergan foto sirlarini oʻrganishni davom ettiribgina qolmay, kinematografiya bilan ham qiziqib qolgan. U ona yurtiga qaytib, Xorazmga birinchi kinoapparatni olib kelgan. 1907—1908-yillar Moskva, Peterburgdan teleskop, grammofon, foto va kino asboblari olib kelib fotolaboratoriya tashkil etgan. Bu laboratoriya Xorazmda fotokinostudiya vazifasini oʻtagan. Devonov ijodi rus kinosanʼatkorlari faoliyati bilan deyarli bir vaqtda boshlangan. U „Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorliklari“, „Turkiston koʻrinishlari“, „Xiva va xivaliklar“ kabi qisqa filmlarni ishlagan. Oʻz filmlarida vatanparvarlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan. Xorazm xalqi urf-odatlari ifodalangan mingga yaqin fotosurat yaratdi. XXSR davrida maktab, internatlar ochib, unda foto-kino ishlarini olib bordi. „Oʻzbekistanskaya pravda“ („Oʻzbekistan haqiqati“), „Inqilob quyoshi“ gaz.larida fotomuxbirlik qilib, Xorazm dalalarida birinchi traktorning paydo boʻlishi, dehqonlarga yer taqsimlanishi va ommaviy yigʻilishlarga oid koʻp fotosurat va kinolavhalar yaratdi. Oʻzbek kinostudiyasi tashkil etilgach (1925), Devonovga Xorazmda kino ishlarini olib borish topshirildi. Keyinroq „Sovkino“ning muxbiri etib tayinlandi va Moskvaga „Shoʻr koʻl“, „Ishchi ayollar“ singari syujet va lavhalarini yuborib turdi. Devonov. suratga olgan kinolentalarning koʻpi haligacha topilgani yoʻq. Urganch shahridagi kinoteatr, Xiva shahridagi Devonov, yashagan koʻcha uning nomi bilan yuritiladi. Xudoybergan Devonov — birinchi oʻzbek fotosuratchisi va kinotasvirchisi. Vafoti 1936-yilda Stalin qatagʻonlari avjiga chiqqan davrda, Devonov „xalq dushmani“ sifatida hibsga olingan. 1938-yilda X.Devanov Yangiyoʻl shahridagi siyosiy mahbuslar lageriga joʻnatilgan va 1940-yilda vafot etgan. 1958-yilda Xudoybergan Devonovning nomi oqlanib, aybsiz deb topildi. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston kinooperatorlari 1878-yilda tugʻilganlar 1940-yilda vafot etganlar Oʻzbekiston fotosuratchilari Qatagʻon qurbonlari Oʻzbekistonlik ssenariychilar O‘zbekiston kinorejissyorlari
1,921
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20siyosiy%20partiyalari
Oʻzbekiston siyosiy partiyalari
Markaziy Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda siyosiy partiyalar tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida yuzaga kela boshlagan. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshirish, ommani Chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi (qarang Jadidchilik). Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qilgan. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk siyosiy partiyalar shakllanib ulgurmadi. Oktabr toʻntarishi arafasida va undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga uchradi, badargʻa va surgun qilindi (qarang „Milliy ittihod“, Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar). Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8 dekabr), Oʻzbekiston Respublikasining „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“gi qonuni (1996-yil 26 dekabr), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34-moddasida mustahkamlangan. Qonunga koʻra siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, oʻz xohish-irodalarini erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huquqliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Lekin, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi; Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi; xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni boʻyicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar (sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar. Siyosiy partiyalarga aʼzolik faqat yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyaning aʼzosi ayni vaqtda ikkinchi partiyaga aʼzolikka qabul qilinmaydi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subʼyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida boʻlgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi. Siyosiy partiyalar saylab qoʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda, qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. Oʻz partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Siyosiy partiyalarning fraksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuziladi. „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“gi qonunda Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish, roʻyxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini toʻxtatish tartibi va boshqa masalalar toʻliq koʻrsatib berilgan. <code></O’zXDP/O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi></code> Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasiga (qisqacha nomlanishi – Oʻzbekiston XDP) 1991-yil 1-noyabrdagi partiyaning Taʼsis qurultoyida asos solindi. <code></SDP / O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi</code> Oʻzbekiston „Adolat“ sosial-demokratik partiyasi 1995-yil 18-fevralda partiyaning birinchi Taʼsis Qurultoyida tashkil topgan. <code></O’zLiDep/O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi></code> Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003-yil 15-noyabrda boʻlib oʻtgan Taʼsis S’yezdida tashkil topgan. <code></O’zMTDP / O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi></code> 2008-yil 20-iyun kuni Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi va Oʻzbekiston „Fidokorlar“ milliy demokratik partiyasining birlashish Qurultoyi boʻlib oʻtib, ikki partiya negizida yangi Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi tashkil topdi. <code></O’zbekiston Ekologik partiyasi></code> 2019 yil 24 yanvarda Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Rasmiy partiyalar OʻzXDP / Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi OʻZLiDeP / Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi OʻzMTDP / Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi SDP Adolat / Oʻzbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasi Ekoharakat / Oʻzbekiston ekologik harakati Jamoat birlashmalari Oʻzbekiston Kamolot Yoshlar Ijtimoiy Harakati Oʻzbekiston Kamolot Yoshlar Jamgʻarmasi Oʻzbekiston Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Xalq Birlig Jamoatchilik Harakati Manbalar Oʻzbekiston siyosiy partiyalari Oʻzbekistonda joylashgan tashkilotlar roʻyxati
1,929
https://uz.wikipedia.org/wiki/Alisher%20Navoiy
Alisher Navoiy
Bu maqola oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri Alisher Navoiy haqidadir. Navoiy soʻzining boshqa maʼnolari uchun mana bu sahifaga oʻting. Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yildan 3-yanvar 1501-yilgacha umr koʻrgan) — oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda Chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi. Tarixchi Ali Yazdiy nazariga tushgan, shoir Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469-yilda) mansabiga, vazirlik (1472-yilda) va Astrobod hokimligi (1487-yilda)ga tayinlanadi. 1480–1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Hayoti Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning oʻgli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tugʻildi. Zamondoshlari uning haqida koʻpincha „Nizomiddin Mir Alisher“ deb yozadilar. 'Nizomiddin" — din-diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, „mir“ amir demakdir. Uning otasi Gʻiyosiddin Muhammad (uni Gʻiyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi boʻlgan, ismi maʼlum emas. Alisherning bobosi Temurning oʻgʻli Umarshayx bilan emikdosh (koʻkaldosh) boʻlgan ekan. Buyuk shoir oʻz asarlarida bu qutlugʻ dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot toʻgʻrisidagi baʼzi maʼlumotlarni esa uning zamondoshlari oʻz kitoblarida beradilar. Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda oʻsdi. Kichiklik chogʻidan sheʼr va musiqaga ishqi tushdi. Olim-u fozillar davrasida boʻldi. Uch-toʻrt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir sheʼrini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan soʻng uni maktabga berdilar. U boʻlajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga oʻqidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi. 1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch boʻlib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yoʻl oladi. Yoʻlda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, „Zafarnoma“ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi. Alisher xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bogʻliq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd choʻli bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yoʻldan chiqib, boʻlajak shoir egardan tushib qoladi, uyqu zoʻrlik qilib, uygʻonmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, toʻxtab qoladi. Alisher tong otib, quyosh qiziganda uygʻonadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yoʻq. Yolgʻiz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. Oʻn yoshli bola oʻzini qoʻlga oladi. Otini minib, zehn bilan yoʻlni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib koʻrinadi. U suv toʻla mesh ekan, Ollohga shukronalar aytib, Alisher yoʻlini davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, oʻgʻilllarining yoʻqligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim koʻp yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, goʻyo u qayta tugʻilganday, quvonch bilan kutib oladilar. 1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga oʻtiradi, notinchliklar bosiladi. Gʻiyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa oʻqishini davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni sheʼriyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Boʻlajak shoir Saʼdiy Sheroziyning „Guliston“. „Boʻston“, asarlarini, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“(„Qush mantigʻi“)ni soʻngsiz ishtiyoq bilan oʻqidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning oʻy-xayolini tamom egallab oldi: Bir kuni qushlar jam boʻlibdi. Har xil: toʻti, qumri, tovus, bulbul va hokazo. Oʻrtaga hudhud (sassiqpopishak) chiqibdi. Boshidagi tojini selkillatib, oʻzini taʼrifu tavsif etibdi. Soʻng u hammani olam podshosi Semurgʻni izlashga undabdi. Qushlar uni surishtira boshlabdilar. „Zotini, sifatini, sifatini ayt, bizga nishon ber!“ — deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi: Semurgʻ bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar edi. Nogoh yoʻli Chin shahri ustidan tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga gʻarq boʻldi. Patidan biri tushib qolgan ekan. Ogoh boʻlganlar aqlu shuurini yoʻqotdilar. Chin mulki esa hashamat(ulugʻvorlikka) chulgʻandi. Qushlar zavq-u shavq bilan yoʻlga tushadilar. Biroq bu zavq-shavq uzoq davom etmaydi. Qushlar eʼtiroz bildirib, uzr aytib, oʻzlarini chetga ola boshlaydi. Hudhud har biriga javob aytadi. Semurgʻga yetishish baxti oldida bu dunyoning tashvishlari hechligini isbot etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning gaplari, hikoyalari qushlarga yangi bir kuch bagʻishlaydi. Ular hudhudni boshliq qilib, yoʻlga tushadilar. Hudhud buy oʻlning ishq yoʻli ekanligi, unga kirgan odam Shayx Sanʼon singari oʻzligidan kechishi lozimligini aytadi. Yana bir-biridan jozibali hikoyalar: Nihoyat, qushlar yetti vodiyni bosib oʻtadilar va oʻzlarining Semurgʻ ekanligini anglab yetadilar. „Mantiq ut-tayr“ xayoli Alisherga bir umr hamroh boʻldi. Umrining soʻngida esa „Lison ut-tayr“(„Qush tili“) nomi bilan kitob yozdi. Boʻlajak shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib oʻqir edi. 1453-yilda Alisherning otasi Gʻiyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, soʻng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh doʻst — Husayn va Alisher yana birga boʻldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra sheʼr yod olganini aytdi. Sheʼr shunchaki nutq oʻstirish emas, maʼrifat, taffakur mashqi ham edi. Navoiy 15 yoshlarida oʻz sheʼrlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tortdi. Xondamirning yozishicha, sheʼrlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher oʻz davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan sheʼr oʻqishni iltimos qiladi. Alisher oʻzining: Orazin yopgʻoch, koʻzimdin sochilur har lahza yosh, Boʻylakim, paydo boʻlur yulduz nihon boʻlgʻoch quyosh. matlaʼi bilan boshlanadigan gʻazalini oʻqiydi. Sheʼrdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: „Valloh, agar muyassar boʻlsa edi, oʻzumning forsiy va turkiy tillarda aytgan oʻn-oʻn ikki ming baytimni shu gʻazalga almashtirardim va buni oʻzimning katta yutugʻim deb hisoblar edim“. Bu turkiy (oʻzbek) sheʼriyatiga juda katta isteʼdod kirib kelayotganidan nishona edi. Yigitlik yillari 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga shoʻngʻib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida oʻqishni davom ettirdi. Doʻstlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi. Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxtda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini taʼqib va tayziq ostiga olgan, jumladan, togʻalari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular isteʼdodli shoirlar edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashab turgan boshpanasi ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiydek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan edi. Navoiy — „Mahmud Nuran“ deb eʼzozlagan bu mashhur shoir va olim oʻzini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Saʼdiddin Koshgʻariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, oʻsha yerda yashar edi. Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan sheʼriy maktubi bor. U „Masnaviy“ nomi bilan „Xazoyin ul-maoniy“ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga joʻnash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida Ardasher bilan xayrlashmoqchi boʻlgan, lekin uni topmagan. Soʻng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va oʻz otasidek yaqin koʻrgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini taʼrif etish bilan boshlanadi. Vatan va doʻstlarni tashlab ketish ogʻir. Xayrlashmay ketish undan ham ogʻir. U ulugʻ doʻstiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson soʻz bilan ulugʻdir, „falak jismining joni“ — soʻz, ayqisa „nazm“ (sheʼr), deydi shoir. Va oʻzida sheʼr yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy oʻz „Shohnoma“sini 30 yilda yozgan boʻlsa, u oʻshanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan „Xamsa“si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo yoʻq. Insoniylik qolmagan, zulm avjida. Hatto tasalli beruvchi kishi ham yoʻq. Ketaman, desang etagingdan tutadigan umr yoʻldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan doʻsting boʻlmasa. Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning bu shaharga kelishi sababini turlicha talqin qiladilar. Xondamir, oʻqish uchun keldi, deydi. Toʻgʻri u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazulloh Abullays qoʻlida oʻqidi. Zahiriddin Muhammad Bobur uni „Abusaid surgun qildi“, deydi. Bunda ham asos bor. Abusaidning Alisherga munosabati yomon edi. Shoir Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilik ichida yashaydi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad Hojibek ragʻbat va hoiylik koʻrsatadi. Nihoyat, Samarqand oʻz goʻzalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi. Shoir uni „firdavsmonand“(jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon „gardi fano“ oʻltirmasligini — zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465–1466-yillarda uning muxlislari sheʼrlarini toʻplab, „devon“ tuzadilar. Bu kitob bugun „Ilk devon“ nomi bilan mashhurdir. 1468-yil oxirida Eronni eggalash uchun boʻlgan jangda Abusaid halok boʻladi. Husayn Bayqaro 1469-yilning boshida Hirotni qoʻlga oladi va Samarqandga xat yoʻllab, Navoiyni oʻz yoniga chaqiradi. Husayn Bayqaro uni davlat ishlariga jalb etadi va muhrdor qilib tayinlaydi. Davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy 1469–1472-yillarda muhrdor, 1472–1476-yillarda vazir boʻlib ishlaydi. 1487–1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Boyqaro uni oʻziga gʻoyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. Toʻgʻri, Bayqaro va Navoiy oʻrtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham boʻldi, lekin oʻz davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi juda koʻp sinovlardan muvaffaqiyat bilan oʻtib, avlodlarga oʻrnak boʻldi. Husayn Bayqaro saltanatining daslabki yillarida juda notinch kechdi. Xondamirning yozishicha, u taxtga chiqqan yilning oʻzida Abusaid Mirzoning oʻgʻli Yodgor Muhammad taxt daʼvosi bilan qoʻzgʻaldi. Husayn Bayqaro unga qarshi qoʻshin tortadi va gʻalaba qozonadi. 1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh koʻtaradi. Husayn Bayqaro Navoiyni yoniga olib, qoʻshin bilan yana yoʻlga tushadi. Xuddi shu payt Hirotda qoʻzgʻolon boʻlganligi xabari keladi. Husayn Bayqaro Navoiyni unga katta vakolatlar berib poytaxtga qaytaradi. Navoiy shaharda adolatni tiklab, xalqni tinchlantiradi. Shunday toʻqnashuvlarning birida Yodgor Mirzoning qoʻli baland kelib, poytaxdagi ayrim kishilar unga qoʻshiladilar. Mojarolarni tinchlantirish maqsadida uylangani Abusaidning qizi Robiya Sultonbegim eriga hiyonat qilib, u safariga ketganida poytaxtda inisi Yodgor Mirzo nomiga xutba oʻqitadi. Yurt bir muddat Yodgor Mirzo qoʻliga oʻtadi. Bu hol Husayn Bayqaroga qattiq taʼsir etadi va u tushkunlikka tushadi. Navoiy shunday paytda uning yonida turadi, tassali beradi. Oʻsha 1470-yilning oʻzida payt poylab, Navoiyning maslahati bilan Murgʻob daryosi boʻylaridan juda qisqa muddatda Hirotga yetib keladi va Bogʻi Zogʻonda maishatdan charchab uxlab yotgan Yodgor Mirzoni qoʻlga oladi. Shundan keyingina Xurosonda maʼlum muddat tinchlik, osoyishtalik qaror topadi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, gʻoyat noziktaʼb bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak boʻlmasin uning uchun zil-zambil yuk boʻlib, Husayn Boyqaroga boʻlgan ixlos va muhabbatigina uni isteʼfo berishdan saqlab turar edi. Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. Donishmadnligi, tadbirkorligi bilan koʻplab gʻalayonu qon toʻkishlarning oldini oldi, urushlarni yarashishga aylantirdi. Uning bu fazilati, ayniqsa, 1472–1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon boʻldi. Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish koʻrdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa „amir“(vazir)likka qoʻydi. Buyuk shoir „amiri kabir“ (ulugʻ amir), „amirul muqarrab“ (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf boʻldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan davr boʻldi. Ulugʻ amir oʻzi bosh boʻlib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozallatirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni taʼmir qildirib, yangilarini qurdirdi. Koʻplab madrasalar, xonahoqlar soldirdi. Ijod ogʻushida Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham sheʼr yozishni toʻxtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga ragʻbat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning oʻzi unga rahnamolik qildi. Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy devonini muxlislari tuzgan boʻlsalar, birinchi devoni — „Badoye ul-bidoya“ („Badiiylik ibtidosi“)ni 1472–1476-yillarda shohning amri va istagiga koʻra oʻzi kitob qildi. 1485–1486-yillarda ikkinchi devon — „Navodir un-nihoya“(„Nihoyasiz nodirliklar“) maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481–1482-yillarda „Vaqfiya“ asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarf-u xarajatini taʼmin qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan „Xamsa“ yaratish edi. Nizomiyning „Panj ganj“ nomi bilan tarixga kirgan „Xamsa“si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: „Maxzan ul-asror“(„Sirlar xazinas“), „Xusrav va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Hayf paykar“(„Yetti goʻzal“), „Iskandarnoma“. Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253–1325) javob qildi. U oʻz dostonlarini „Matla ul-anvor“ („Nurlar boshlanishi“), „Shirin va Xusrav“, „Majnun va Layli“, „Hasht behisht“(„Sakkiz jannat“), „Oynayi Iskandariy“ (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand boʻldilar. Oʻz xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi. Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483-yilda oʻz „Xamsa“sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba „Xamsa“ yaratiladi. Olimu fuzalo — barcha bu hodisani zoʻr olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning „Badoyeʼ ul-vaqoe“sidan: "Shoh Navoiyga: „Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan koʻpdan hal boʻlmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik“, deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi boʻlishini koʻpdan orzu qilar va uni „pirim“ deb atar edi. Alisher esa har gal: „Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap boʻldi! Aslida — biz muridmiz, siz — hammasiga pirsiz“, der edi. Endi Sulton Husayn Alisherdan soʻradi: — Pir nima-yu, murid nima? Alisher javob berdi: Pirning tilagi — muridning tilagi boʻlishi kerak. Shunda Sulton Husayn oʻzining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopagʻon edi. Sulton Husayn aytdi: Siz pir, men murid boʻladigan boʻlsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman. Alisher noiloj otga minishga majbur boʻladi. Ot gʻoyat asov boʻlib, shohdan boshqani oʻziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyogʻini uzangiga qoʻyishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton Husayn otiga oʻshqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga oʻtirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan koʻtarib oldilar. Tarihda bunday hol koʻrilmagan edi. Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmas edi. 1480–1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr boʻldi. Shoir „Xamsa“ dan keyin koʻp oʻtmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488-yilda yozgan „Tarixi mulki ajam“ („Ajam shohlar tarixi“) shularning biri edi. Bu asar „Muhokamat ul-lugʻatayn“da „Zubdat ut-tavoxir“(„Tarixlar qaymogʻi“) deb ham ataladi. 1480-yillarning oxiri, 1490-yillarning boshida Navoiyning yaqin doʻstlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga bagʻishlab „Holoti Sayyid Hasan Ardasher“, „Xamsat ul-mutahayyirin“, „Holoti Pahlavon Muhammad“ asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy boʻlib, shoirning bu ulugʻ zamondoshlari haqidagi memuar xotiralaridan tashkil topgan edi. 1491-yilda muammo janriga bagʻishlangan „Risolayi muammo“ (ikkinchi nomi „Mufradot“) risolasini yozi. Navoiy zamonasida muammo janri keng tarqalgan boʻlsa — da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy oʻzbek tilida muammo yozgan ilk oʻzbek shoirlaridan boʻldi. „Xazoyin ul-maoniy“ga uning 52 muamosi kiritilgan. Shoirning fors tilidagi muammolarini esa 500 chamalaydilar. Navoiyning 1490-yillardagi eng katta xizmatlaridan biri „Xazoin ul maoniy“ („Maʼnolar xazinasi“)ni tuzish boʻldi. 1492–1498-yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan sheʼriy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik sheʼrlarini qamrab olgan edi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha boʻlgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini „Gʻaroyib us-sigʻar“(„Yoshlik gʻaroyibotlari“) deb atadi. Hayotining soʻnggi yillari 1490-yillarning boshidagi ogʻir yoʻqotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo boʻlish Navoiyga qattiq taʼsir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar toʻqiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qoʻyadi. Bu-Moʻmin Mirzoning oʻz bobosi farmoni bilan qatl qilinishi edi. 1489-yilda Navoiy Hirotga qaytgach oʻrniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon tayinlagan edi. Bu orada Balxda Darveshali qoʻzgʻoloni boshlanadi. Husayn Bayqaro Navoiyni olib, Balxga joʻnaydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin Hisorda Abusaidning oʻgʻli Sulton Mahmud Husayn Bayqaroga qarshi kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, oʻgʻli Badiuzzamonni olib Hirotga otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasaruffiga beradi. Badiuzzamon oʻgʻli — 13 yoshli Moʻmin Mirzoni Astrobodda qoldirib Balxga keladi. Xadichbegim Nizomulkmulk bilan birgalikda Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Husayn Bayqaro va Badiuzzamon oʻrtasidagi munosabat yomonlashadi. Badiuzzamon Moʻmin Mirzoga Muzaffar Mirzoni shaharga kiritmaslikka buyuruq beradi. Shoh tezda Navoiyni Balxga yuboradi. Navoiy ota va oʻgʻil orasiga tushib, ularni yarashtiradi. Biroq huddi shu paytda Husayn Bayqaroning Badiuzzamonni qoʻlga tushirish va qamoqqa olish haqidagi Balxga, shahar qutloviga yoʻllagan yashirin farmoni maʼlum boʻlib qoladi. Yarash yana urushga aylanadi. Navoiy voqeani bunday izga kirib ketganidan qattiq iztirob chekadi va umidsiz orqaga qaytadi. Ota-oʻgʻil urushida Badiuzzamon yengiladi. Moʻmin Mirzoni Muzaffar Mirzo asir oladi. 1499-yilda Marvda Husayn Bayqaroning yana bir oʻgʻli Abulmuhsin otasiga qarshi bosh koʻtaradi. Shoh oʻz qoʻshini bilan Marvga otlanadi. Bu paytlarda Navoiy hajga boorish orzusida edi. Mirxondning xabar berishicha, Abulmuhsin otasi bilan sulh tuzish uchun Alisherning podshoh nomidan vakil boʻlib kelishini shart qilib qoʻyadi. Navoiyga tez chopar yuboriladi. Chopar shoirga yetib, shohning maktubini topshiradi. Unda shoirning hajni keyinga qoldirib, texda Marvga yetib kelishi iltimos qilingan edi. Alisher Mashhad ulugʻlari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchiligi uchun Alisherning hajga borishidan kechishini soʻraydilar. Alisher belgilangan joyga yetib boradi, ota-oʻgʻillarni yarashtirib, Hirotga qaytadi. 1498-yilda Alisher Navoiy „Majolis un–nafois“ni qayta koʻzdan kechirib, toʻldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan „Mantiq ut–tayr“ ga javob yozadi. „Lison ut-tayr“ Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498–1499-yillarda xatlarini toʻplab, „Munshaot“ tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan boʻlib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yoʻllangan. Shoirning 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan „Mahbub ul–qulub“ asari uning eng soʻnggi asari boʻlib qoldi. Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun xalq — shohda gadogacha, olimdan choʻpongacha, shoirdan dehqongacha ulugʻ farzandining oʻlimiga qaygʻu va iztirob bilan motam tutadi. „Xamsa“ Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483–1485)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida: „Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“ deya taʼkid etadi. „Xamsa“ tarkibiga „Hayrat ul-abror“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi. "Hayratul-abror"da hamd, munojot, naʼt, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi. „Farhod va Shirin“da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki oʻsha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali oʻzining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy anʼanalari yangilangan boʻlsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining oʻzak muammolarini hal etishda asosiy oʻrin tutdi va bu yoʻnalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy va boshqa dostonlari yaratildi. „Layli va Majnun“ dostonida arab ertaklari orqali maʼlum syujet oʻzining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun maʼnaviy zamin boʻldi. „Xamsa“ tarkibidagi „Sabʼai sayyor“ va „Saddi Iskandariy“da shohlik bilan bogʻliq masalalarni birinchi oʻringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik anʼanasida oʻzining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. „Xamsa“ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414–1492) yuqori baho berdi. OʻR FA ShI qoʻlyozmalar fondida XV–XX asrlarda koʻchirilgan 166 qoʻlyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan. „Xamsa“ haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, E.Partele; rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy, A.Semyonov; turk olimlari F.Koʻprulu, A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari H. Arasli, G. Aliev; oʻzbek olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov, Sodir Erkinov, S.Nazrullaeva, A.Abdugʻafurov, M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari maʼlum. OʻzMUda „Xamsa“ni tadqiq etish borasida B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Tasavvufiy asarlari Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan boʻlsa-da, maxsus "Lison ut-tayr" dostoni(1499)da, "Nasoyim ul-muhabbat" (1495–1496)da, "Tarixi anbiyo va hukamo"(1485–1488), „Arbain“, „Munojot“ singari asarlarida aks etgan. "Lison ut-tayr"da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy bahosini olmoqda. „Arbain“, „Munojot“ kabi asarlari chop etildi. Jomiyning „Nafahotul-uns min hazarotil-quds“ tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib, soʻz yuritilgan 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi. Nasriy asarlari Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy yoʻnalishdadir. "Mahbub ul-qulub"(1500–1501) Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib, unda ulugʻ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, toʻplagan boy tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda „Soriun-nosning afʼol va ahvolining kayfiyati“ (1), axloqiy muammolar (2), „mutafarriqa favoyid va amsol surati“ (3) masalalari ifodalangan. „Xamsatul-mutahayyirin“(„Besh hayrat“,1494) asarida ustozi va doʻsti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. „Holoti Sayyid Hasan Ardasher“ (1488–1489), „Holoti Rahlavon Muhammad“(1493) asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan. „Munshaot“ (1498–1499) Navoiyning maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib, ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari, taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar, sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan. Ilmiy-filologik merosi „Majolisun-nafois“ (1490–1491; 1497–1498) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521–1522), Muhammad Qazviniy(1522–1523), Shoh Ali Abdulali (1598)'' tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan. Navoiy „Muhokamatul-lugʻatayn“ asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllangan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi. Aruz nazariyasiga bagʻishlangan „Mezonul-avzon“(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki sheʼriyati namunalarining vazn xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. Toʻqqizta yangi vazn va sheʼriy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi. Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish XX asrning 20-yillaridan yoʻlga qoʻyildi. Bu yoʻnalishda Fitrat, Oybek, A.Saʼdiy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari eʼtiborli. Tarix va iqtisodga oid asarlari „Tarixi muluki Ajam“ („Ajam shohlari tarixi“,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan „Tarixi Tabariy“, „Shohnoma“ asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻlgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. „Tarixi anbiyo va hukamo“ („Paygʻambarlar va hakimlar tarixi“, 1485–1498) asarining birinchi boʻlimida „Qissasul-anbiyo“lar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning „Hukamo zikrida“ deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi. „Vaqfiya“ (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir. Tarix va iqtisodiy yoʻnalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.Gʻulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan. Arab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan sheʼrlari asosida „Devoni Foniy“ tuzilgan boʻlib, uning muqaddimasida „Sittai zaruriya“ („Olti zarurat“) va „Fusuli arbaa“ („Toʻrt fasl“) forsiy qasidalari majmualari berilgan. „Sittai zaruriya“ toʻplamidagi qasidalar „Ruhul-quds“ („Muqaddas ruh“), „Aynul-hayot“ („Hayot chashmasi“), „Tuhfatul-afkor“ („Fikrlar tuhfasi“), „Qutul-qulub“ („Qalbdar gʻizosi“), „Minhojun-najot“ („Qutilish yoʻli“), „Nasimul-xuld“ („Jannat nasimi“) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan. „Fusuli arbaa“da Sulton Husayn Boyqaro madhidan soʻng „Bahor“, „Saraton“, „Xazon“ („Kuz“) va „Day“ („Qish“) vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bagʻishlangan „Mufradot“ (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz sheʼriyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qitʼa, tuyuq, ayrim hollarda gʻazal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini oʻrgatish barobarida 121 ta misol keltirdi. Navoiyning arab tilida „Sabʼatul-abhur“ („Yetti dengiz“) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lugʻat xarakteridagi asar yozgani maʼlum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada oʻrganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan oʻrganilgan. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin oldi. Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat mukofoti, Oʻzbekiston Respublikasi FA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar, jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan ataladi. [Kitobning butun bir koʻrinishi] Alisher Navoiy oʻz asarlarida oʻzbek sʻozini etnonim sifatida ishlatgan. „Shohu toju xilʼatekim, men tomosha qilgʻali, Uzbakim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas“. Sheʼrlari Nashr qilingan asarlari Alisher Navoiy. Asarlar. 1-4 jildlar, -T.: 1963–1968; Alisher Navoiy. Xazoyinul-maoniy. -T.: 1959–1960; Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 1-6 jildlar. -T.: 1987–1992; Alisher Navoiy. Asarlar. 6-10 jildlar, -T.: 1963–1968. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 7-12 jildlar, Toshkent, 1991–1996; Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiev). -T.: 1960; Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi Gʻafur Gʻulom). — T.: 1956; Alisher Navoiy. Hayratul-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiev). -T.: 1970; Alisher Navoiy. Lisonut-tayr (nasriy bayon muallifi: Sh.Sharirov). — T.: 1984; Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. — T.: 1991; Alisher Navoiy. Nasoyimul-muhabbat. MAT. 17-jild. -T.: Fan, 2001; Alisher Navoiy. Munojot (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva). — T.: Sharq, 1991; Alisher Navoiy. Mahbubul-qulub. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.;1967; Alisher Navoiy. Xamsatul-mutahayyirin. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967; Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967; Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967; Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.:1967 Alisher Navoiy. Majolisun-nafois. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.12. -T.: 1966; Alisher Navoiy. Muhokamatul-lugʻatayn. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967; Alisher Navoiy. Mezonul-avzon. Asarlar. Oʻn besh tomlik T.14. — T.:1967; Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967; Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15. — T.:1968; Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. -T.: 1967; Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.5. 1-2 kitob. — T.:1966; Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15.- T.:1968; Manbalar Adabiyotlar O.Sharafiddinov. Alisher Navoiy. Kitobda: Tanlangan asarlar.-T.: Fan,1978: Ya. Gʻulomov. Alisher Navoiyning davrini oʻrganish haqida. Kitobda: „Ulugʻ oʻzbek shoiri“. -T.:1948; Bertels E.E. Navoiy. Opit tvorcheskoy biografii. -M,L.: 1948; Oybek. Navoiyning tarjimayi holi. Kitobda: „Navoiy gulshani“. -T.:1967; S.Gʻanieva. Alisher Navoiy. -T.:1968; V.Abdullaev. Navoiy Samarqandda. -T.: 1968; Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. -T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1969; V. Zohidov. Ulugʻ shoir ijodining qalbi. -T.: Oʻzbekiston, 1970; A.Qayumov. Alisher Navoiy (ajoyib kishilar hayoti). -T.:1976; S.Ayniy. Tanlangan ilmiy asarlar. — T.: Fan, 1978; Fitrat. Navoyining forsiy shoirligʻi va fors tilidagi asarlari toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000; M.Shayxzoda. Gʻazal mulkining sultoni. Asarlar. Olti tomlik. T.4. -T.:1972; Hamid Sulaymon. Alisher Navoiyning fors tilidagi poetik merosi tadqiqotidan. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurn. 1965, № 5; A.Rustamov. Navoiyning badiiy mahorati. -T.: 1979; A.Hayitmetov. Navoiy lirikasi. -T.: 1961; Yo.Ishoqov. Navoiy poetikasi. — T.:1984; M.Hakimov. Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining tavsifi. — T.: 1983). B. Akrom. Fasohat mulkining sohibqironi. -T.:1991; Z.Hamidov. Navoiy badiiy sanʼatlari. — T.: Universitet, 2001; N.Bozorova. Alisher Navoiy gʻazallarida koʻngil obrazi. -T.: 2002; ]]"Insoniyat haqida Navoiyning fikri. — T.: 1919; Fitrat. „Farhodu Shirin“ dostoni toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000; T.Jalolov. „Xamsa“ talqinlari. -T.: 1962; S.Erkinov. Alisher Navoiyning „Farhodu Shirin“i va uning qiyosiy tahlili. — T.: Fan, 1971; A.Qayumov. „Xayratul–abror“ talqinlari. — T.: 1972; A.Abdugʻafurov. Navoiy ijodida satira. -T.: Fan, 1972; A.Qayumov. „Saddi Iskandariy“ haqida -T.: 1975; A. Qayumov. „Farhod va Shirin“ sirlari. — T.: 1979; „[[Nazrullaeva S. Tema “Leyli i Medjnun“ v literaturax narodov sovetskogo Vostoka. -T.: 1983); A.Abdugʻafurov. Buyuk beshlik sirlari. — T.: 1993; Alisher Navoiy „Xamsa“sining qoʻlyozmalari katalogi. (tuz. Q.Munirov, M.Hakimov. -T.: 1986). S.Hasanov. „Sabʼai sayyor“. A.Erkinov. Alisher Navoiy „Xamsa“si talqinining XV–XX asr manbalari. Dokt. diss. -T.: 1998; E.E.Bertels. Sufizm i sufiyskaya literatura. -M.:1965; Z.Hamidov. Alisher Navoiy „Lisonut–tayr“ asari tilining leksik-stilistik xususiyatlari. Nomz. diss. -T.: 1982; I.Haqqulov. Tasavvuf va sheʼriyat. — T.: 1991; H.Karomatov. Qurʼon va oʻzbek adabiyoti. -T.: Fan, 1993; N.Komilov. Tasavvuf. -T.: 1996; I.Haqqulov. Oʻzbek tasavvuf sheʼriyatining shakllanishi va taraqqiyoti. DDA.- T.:1995. Sultonmurod Olim. Naqshband va Navoiy. — T.: Oʻqituvchi, 1996; R.Vohidov. Navoiy va ilohiyot. — T.: 1997; 9. A.Aʼzamov. Munojotnoma. -Namangan: 1997, -T.: 2001; Yo.Ishoqov. Naqshbandiya taʼlimoti va oʻzbek adabiyoti. -T.: 2002; A.Rustamov. Alisher Navoiyning „Maxbubul–qulub“ asari grammatik xususiyatlari. Nomz. diss. -T.: 1959; Bertels E.E. Navoiy i Djami. -M.: Nauka, 1965; Navoiy va adabiy taʼsir masalalari. — T.: Fan, 1968; A.Hayitmetov. Adabiyotimiz tarixining oʻz izohlari. „Sharq yulduzi“ jurn. −1971, № 12; M.Qodirov. Alisher Navoiy nasrida kelishik shakllari. Nomz. diss. — T.: 1977; Jomiy va Navoiy. Toʻplam. -T.: 1981; Fitrat. Aruz haqida. -T.: 1936; A.Saʼdiy. Adabiyot olimi va tanqidchi sifatida Mir Alisher Navoiy. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ jurn. 1938. № 11-12; Oybek. Navoiyning „Majolisun–nafois“ asari haqida. Kitobda: Asarlar. T.9. -T.: 1974; A. Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari.-T.:1959; A.K.Borovkov. Alisher Navoiy, kak osnovopolojnik uzbekskogo literaturnogo yazika. V kn. Alisher Navoiy. -M.: 1946; A.Usmanov. „Muxokamat al–lugatayn“ Alishera Navoiy. -T.: 1948; I.Sulton. „Mezonul–avzon“ va uning kritik teksti. T.: 1940; H.Qudratullaev. Navoiyning adabiy-estetik olami. — T.: 1991; L.Xalilov. Alisher Navoiy „Tarixi muluki ajam“ asarining tekstologik tadqiqi. Nomz. diss. -T.:1975; V.Zohidov. Vaqfiya. „Sharq yulduzi“ jurn. 1974, № ; M.Hakimov. Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining tavsifi. -T.:1983; M.Hakimov. Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlar. -T.: 1991; Fitrat. Navoyining forsiy shoirligʻi va fors tilidagi asarlari toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000; M.Shayxzoda. Gʻazal mulkining sultoni. Asarlar. Olti tomlik. T.4. -T.:1972; Hamid Sulaymon. Alisher Navoiyning fors tilidagi poetik merosi tadqiqotidan. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurn. 1965, № 5; Hamil Sulaymon. Alisher Navoiyning yangi topilgan „Sittai zaruriya“ asari va uning qoʻlyozma manbalari haqida. „Adabiy meros“, -T.: 1968; № 1; Mirzoev. Foniy va Hofizika — Dushanbe: Irfon, 1968; Boltaeva. Alisher Navoiyning „Fusuli arbaa“ asarining tahlili. -Samarqand: 2000; Xondamir. Makorimul-axloq (M.Faxriddinov, P.Shamsiev tarj.) -T.: 1967; Zaynuddin Mahmud Vosifiy. Badoʻeul-vaqoe (N.Norqulov tarj.) — T:1979; Davlatshoh Samarqandiy. Tazkiratush-shuaro. OʻRFAShI, inv.2119; Husayn Boyqaro. Devon, risola. -T.: 1968; Bobir. Bobirnoma. — T.:1960. Zohidov L. Navoiy asarlarida muammo janri. Havolalar Alisher Navoiy OʻzLib kutubxonasida Turkiylarning Chauceri Alisher Navoiy haqida Narod.ru saytida maʼlumot 1441-yilda tugʻilganlar 1501-yilda vafot etganlar Samarqand madrasalarida tahsil olganlar Fazlulloh Abu Laysiy madrasasida tahsil olganlar Madrasa asoschilari Shoirlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Chigʻatoy tilida ijod qilgan shoirlar
1,936
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sherobod%20tumani
Sherobod tumani
Sherobod tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarb tomondan Turkmaniston bilan chegaradosh. Tuman shimolidan Boysun, shimoli-sharqsan Bandixon, sharqdan Qiziriq, jan.dan Muzrabot, janubi-shardan Angor tumanlari, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming km². Aholisi 173.2 ming kishi (2018). Sherobod tumanida 1 shahar (Sherobod), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Choʻyanchi, Zarabogʻ, Oqqoʻrgʻon, Rabotak, Sariqamish, Seplon, Talashqon, Koʻhitang, Yangiturmush) bor. Markazi — Sherobod shahri. Aholisi, asosan, oʻzbeklar (95,9%), shuningdek, tojik, rus, turkman, tatar, qozoq, koreys va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km² ga 50 kishi. Tabiati Relyefi tekislik, adir va togʻlikdan iborat. Tekislik qismi choʻl landshaftli. Tuman gʻarbida Koʻhitang togʻ tizmasi (eng baland joyi Ayri ota choʻqqisi, 3139 m), togʻlar orasida Zarabogʻ va Pashxoʻrd botiqlari joylashgan. Janubiy gʻarbidan shimoli-sharqqa tomon SherobodSariqamish qirlari oʻtadi. Foydali qazilmalardan katta zaxiraga ega boʻlgan osh tuzi, oltingugurt, qoʻmir, yonuvchi slanets, marmar, granit va qurilish materiallari konlari mavjud. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yillik oʻrtacha temperatura 18°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekislik qismida 3,6°, togʻlarda −6°, eng past tempatura −20°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 32,1°, eng yuqori tempatura 48°. Yiliga 150 mm yogʻin tushadi, gʻarbiy togʻ oldi zonasida 500 mm ga yetadi. Vegetatsiya davri 266 kun. Tuman hududidan Sherobod daryosi va uning Maydon, Ilonsoy, Laylagonsoy irmoqlari oʻtadi. Tumanning janubiy chegarasi boʻylab Zang kanali, sharqdan Sherobod magistral kanali oqadi. Oqtosh, Dashxoʻrd, Zarabogʻ qishloqlari atroflarida qadimda foydalanib kelinayotgan korizlar bor. Tekislikda och va toʻq boʻz tuproqlar, adirlarda arid, togʻlarda sur tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan archa, mavrak, kiyikoʻt, togʻ rayhon, kovrak, shuvok, Vandob qishlogʻi atroflarida shirinmiya, zanjabil, rovoch va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, jayran, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, jayra, koʻrsichqon, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, qobon, chiyaboʻri; qushlardan kaklik, mayna, qaldirgʻoch, soʻfitoʻrgʻay, chil, koʻrshapalak, gʻoz, oʻrdak; sudraluvchilardan, oʻqilon, gekkon, koʻzoynakli ilon va boshqalar yashaydi. Iqtisodiyoti Tumanda paxta tozalash, keramika, gʻisht, un zavodlari, MTP, „Xoʻjaikon“ tuz koni, „Kampirtepa“ granit karyeri, 130 dan ziyod xususiy firma, 16 aksiyadorlik jamiyati, dehqon bozori, qurilish va transport korxonalari, 250 savdo, 170 maishiy xizmat, 50 jamoa ovqatlanish obyektlari bor. Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilik, gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sabzavotchilik, polizchilik, pillachilik ham rivojlangan. Sherobod tumanida 11 shirkat, 3 dehqon fermer xoʻjaliklari uyushmasi, 256 fermer, 1 asalarichilik, 2 qorakoʻlchilik xoʻjaliklari mavjud. Sugʻoriladigan yerlarning 16,5 ming gektariga paxta, 13,4 ming gektariga gʻalla ekiladi. Shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, uzum, meva ham yetishtiriladi. 24,7 ming gektar yer oʻrmonzor, 2,2 ming gektar yer koʻp yillik daraxtzor, 127 ming gektar yer yaylov bilan band (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 32,6 ming qoramol (shu jumladan, 15,3 ming sigir), 122,6 ming qoʻy va echki, 57,3 ming parranda, 800 dan ziyod yilqi boqiladi. Tumandagi 69 umumiy taʼlim maktabida 37 ming oʻquvchi taʼlim oladi (2003), 9 kasb-hunar kolleji, madaniyat va istirohat bogʻi, 7 klub va madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari mavjud. 2 stadion, 18 sport zali, 316 sport maydonchasi, sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. 5 kasalxona (shu jumladan, 2 tasi qishloqda), 24 ambulatoriyapoliklinika, 51 feldsherakusherlik punkti, 10 qishloq vrachlik punkti, tez yordam punkti, 13 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. Tibbiy muassasalarda 165 vrach, 1137 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududida „Oqtosh“ va „Vandob“ sanatoriy va sogʻlomlashtirish oromgohlari joylashgan. Sherobod-Qumqoʻrgʻon, Sherobod-Angor-Termiz va boshqalar yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi. Arxeologik topilmalar Sherobod tumani hududi qadimiyligini tasdiqlaydi. Tuman hududida ibtidoiy sanʼatga tegishli Zaravutsoy rasmlari, Jarsoʻton va Jondavlattepa qadimiy shahar xarobalari, Nondahana inshooti (19- 20-asr boshlari) bor. Hozirgi Sherobod tumani hududidan islom olamidagi mashhur muhaddis Imom Termiziy yetishib chiqqan. Tumanda Imom atTermiziy maqbarasi saqlangan. Tabiati Relyefi tekislik, choʻl, adir va togʻlardan iborat. Gʻarbida Koʻhitang togʻ tizimasi (eng baland Ayriota choʻqqisi 3139 m), togʻlar orasida Poshxurd, Zarabogʻ botiqlari bor. Tuman markazi — Sherobod shahri Termizdan 59 km shimoli — gʻarbda. Yaqin temir yoʻl bekati — Navshahargacha 42 km. Tumanda 9 qishloq (Katta rivojlangan qishlogʻi Gʻurin kichik Boʻstonsoy, Zarabogʻ Oqqoʻrgʻon, Rabotak, Sariqamish, Seplon, Tallashqon, Koʻhitang, Yangiturmush) bor. Sherobod shahri (aholisi 22,2 ming kishi) Sheroboddaryoning oʻng sohilida joylashgan. Shahar Oʻzbekistonning asosiy maʼmuriy va madaniy markazlari bilan avtomabil yoʻllari orqali bogʻlangan — u Katta Oʻzbekiston yoʻli yoqasida. Sherobod bir necha ming yillik tarixga ega. U shahari Haybar deb atalib, Iskandar Zulqarnayn davrida ham mavjud boʻlgan. Rivoyat etilishicha, arab xalifalaridan Ali boshliq qoʻshin shaharni bir hamla bilan zabt etgan. Shu munosabat bilan shahar Sherobod deb atalgan (Ali Ollohning yerdagi sheri deb sifatlangan). V. V. Bartolʼdning tahminicha esa, Sherobod hozirgi nomini 18-asr boshlarida olgan boʻlib, Sherobod daryoning oʻng sohilida qalʼa qurilgan qoʻngʻirot urugʻidan hukumron — Sher Ali nomi bilan atalgan. Yani bir taxmin shuki, Sherobod — „bosh rabot“, yaʼni „bosh bekat“ maʼnosini anglatadi. Arxeologik topilmalar Sherobodning nihoyatda qadimiyligi haqidagi rivoyatlarni tasdiqlamoqda. Sherobod tumanining Koʻhitang togʻlaridagi Zaravutsoy qoyalarida biz muraqqaning bosh qish qismida qayd etib oʻtgan ibtidoiy rasmlar tasvirlangan yodgorlik topilgan. Sheroboddan oʻn kilometr janubi — gʻarbda jez davriga oid yirik yirik qoʻrgʻon — Jarqoʻtan, 6 km janubi-sharqdan esa 6-5-asrlarda paydo boʻlgan Jondavlattepa qoʻrgʻoni joylashgan. Sherobodning shimoliy chekkasida yana bir katta qoʻrgʻon — Kofirqalʼa topildi. Qoʻrgʻonning umumiy maydonni 14 gektar boʻlib miloddan avalgi 1 asr milodiy 4 asrga taluqlidir. Uning qalasida soʻngi oʻrta asrda ham hayot joʻsh urgan 10 asrda Sherabodda Termiz darvoza yoʻlidagi soʻngi boʻkat Roziqravod bino boʻlgan Sherobod daryo oqib keladigan togʻ darasi yoqalab Turkistonni Afgʻoniston va Hindistonni bogʻlovchi muhim savdo yoʻli oʻtgan Sheroboddan 3 km shimoldan mahkam istihkomli Nondaxana (non yoʻli) inshoati joylashgan. 19 asr −20 asr boshlarida bu yer maxsus boj yigʻliadigan joy boʻlgani uchun shunday atalgan. Bu yerda Sheroboddaryodan koʻp kanal va ariq shaxobchari chiqan. Binobarin Nondaxana faqat karvon yoʻlini emas suv taqsimotini ham nazorat qiladigan joy boʻlgan. 19 asr 20 asr boshlarida Sherobod Boxoro amirligiga qarashli katta bekliklardan hisoblangan. Asrimiz 70 yillarning ikkinchi yarmida Sherobod dashtini jadal oʻzlashtirishga kirishildi. Hozirgi Sherobod shahri zamonoviy obod shaharlardan. Sheroboddaryo sohili boʻylab madaniyat va istrahat bogʻi joylashgan Shahrning yangi qismida. 2 va 4 qavatli uylar qurilgan. Janubiy qismida sanoat korxonalari — paxta tozalash, sut maqsulotlari zavodi qurilish korhonalari oʻrnashgan. Sherobod tumanida 200 dan ortiq kichik va xususiy korxonalar 13 ta xisadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatmoqda „Ulugʻbek“ xususiy firmasida ip yigiruv fabrikasi ishga tusirildi. N Murodov nomidagi hirkat xoʻjaligida bir kecha kunduzda 30 tonnadan ortiq un tortadigan zavod ishlab turibdi. „Kulol“ xisodorlik jamiyatida kulolchilik, ohak, qandolatchilik temirchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi Xoʻjaikon tuz koni 1942-yilda ishga tushirilgan edi. Hozirgi kunda u mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonasidir. Tuz konidi yiliga 760 ming tonna sanoat tuzi, 93 ming tonna osh tuzi ishlab chiqarilmoqda 1995-yili Amerika Qoʻshma Shitatlaridan keltirilgan jihozlar bilan ishlaydigan istemol tuzi ishlab chiqarish yoʻnalishi tushirildi. Sherobod tumanida assosan paxta, beda, makkajoʻxori, gʻalla, kartoshka etishtiriladi. Qoʻy echki, qora mol parranda boqiladi. Ishiqxonalarda limon apilsin etishriladi. Anordan, hurmadan yaxshi xosil olinadi. Tumanda paxtachilik 2 chorvachilik 1 asalarichilik jamoa va shirkat xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. 3 saniatoriya va soʻglamlashtirish oromgohlari, 9 kasalxona, 3 hunar bilim yurti 62 maktab 4 maktabdan tashqi muassa litsey 45 bogʻcha ishlayapdi. 11 madaniyat va istirohat bogʻlari, asosiy katta stadioni 7ta kattasi Gʻurin qishlogʻida boshqalari tuman markazida sportsmenlardan box boʻyicha chimpiyon sherabodlik Sharof Xolmamatov Baxriddinovich kurash boʻyicha Karimov Dilmurod Allamurodovich taykvando buyicha yoshlar ichida iqtidorli sportchi Boymurodov Otabek Gʻayratovich larni misol keltirishimiz mumkin. Sheroboddan koʻplab ijodkorlar taniqli kishilar etishib chiqan bulardan bir rang tasvir ustasi Oʻzbekiston xalq rassomi (1987) Roʻzi Choriyevdir. U 1931-yilda Sherobod tumanidagi Poshhurt qishlogʻida tugilgan Roʻzi Choriyev asarlarida oʻlka manzaralari, oʻtmishi va buguni katta mahprat bilan aks etrilgan. "Boysunlik qariya ", „ Poshhurlik qiz Barno t“ „Sayroblik Chol“"Boysun manzarasi " "Bahor Sherobod manzarasi " „Togʻlar manzarasi“ shular jumlasidandir. Roʻzi Choriyev asarlari Respublika va -xalqarokoʻrgazmalarda namosh etilgan. U — Respublikada xizmat koʻrsatgan sanat arbobi, Xamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati. Hurram Maqsadqulov, Nodir Normatov va Xolmurodov Mansur kabi shoir yozivchilar ham shu tumandan oʻsib ulgʻaygan. Manbalar Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Surxondaryo viloyati tumanlari
1,937
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sariosiyo%20tumani
Sariosiyo tumani
Sariosiyo tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. 1962-yil 24-dekabrda bu tuman Denov tumaniga qoʻshib yuborilgan edi. 1964-yil 22-fevralda u qaytadan tuzildi. Umumiy yer maydoni 3,93 ming kv. km. Aholisi 217704 kishi (2022). Tumanda 1 shahar shahar (Shargʻun), 1 shaharcha (Sariosiyo), 9 qishloq (Boʻston, Dashnabod, Navroʻz, Sangardak, Sariosiyo, Soʻfiyon, Toqchiyon, Xufar, Oʻzbekiston) bor. Tuman markazi – Sariosiyo shaharchasi Termizdan 180 km shimolda. Tuman xududidan Toshkent – Dushanbe, Uzun-Shargʻun poyezdlari oʻtadi. Sariosiyo shaharchasidan yaqin temir yoʻl bekatigacha (Uzun) 7 km. Sariosiyoda Surxondaryo viloyatida ikkinchi boʻlgan aerport bor. Sariosiyo tumanining shimolida Hisor togʻ tizmalari (eng baland nuqtasi – Xoʻjapiryax togʻi – 4303 m), janubi—gʻarbiy qismida Bobotogʻ va Boysuntogʻ tizmalari (eng baland nuqtasi – Zarkosa togʻi 2280 m.) boʻy choʻzgan. Ular orasida past – baland adirlar, daryo vodiylari bor. Oʻzbekistondagi eng baland toʻg (4688m) shu tuman xududida joylashgan. Sariosiyo tumanida jumhuriyatda yagona kokslanuvchi koʻmir chiqaradigan Shargʻun koni, Xonjiza polimetall koni, qurilish materiallari, neft, gaz, bor. Shargʻun koʻmir briketlash zavodi, tosh – shagʻal saralash zavodi, maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari va bosqalar ishlab turibdi. Ayniqsa parandachilik majmuoti mashhur. Bu yerda tovuq – xoʻroz, oʻrdakdan tortib, tustovuq, qirgʻavul, kaklikgacha bor. Tuman xalq xoʻjaligi asosan pahtachilik, gʻallachilikdan iborat; chorvachilik keng rivojlangan. Tumanda oʻziga xos hurmolar, yirik vaznli hisor qoʻylari etishtiladi, Bobotogʻ pistasi va koʻpgina dorivor oʻsimliklar terib olinadi. Sariosiyo tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1959-yildan Denov, 1962-yildan Uzun tumanlari tarkibida, 1964-yil 22-fevraldan Sariosiyo tumani nomi bilan qaytadan tuzilgan. Jan.sharqsan Uzun, janubi-gʻarbdan Boysun, jan.dan Denov, Qumqoʻrgʻon tumanlari, shimoliy va sharqdan Tojikiston Respublikasi, shim.gʻarb va gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 3,15 ming km². Aholisi 217,7 ming kishi (2022). Tumanda 1 shaharcha (Sariosiyo), 1 shahar (Shargʻun), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Dashnobod, Navroʻz, Sangardak, Sariosiyo, Soʻfiyon, Toqchiyon, Xufar, Oʻzbekiston) bor. Markazi – Sariosiyo shaharchasi. Tabiati. Tuman viloyatning shimoliy qismida joylashgan. Relyefi xilmaxil. Shimoliy Hisor (eng baland joyi – Xoʻjapiryax togʻi – 4303 m) tog tizmalari va ular orasidagi Surxondaryo, Tupolondaryo va irmoklarining vodiylaridan iborat. Jan.gʻarbiy qismi Bobotogʻ va Boysuntogʻ tizmalari (eng baland joyi – Zarkosa togʻi, 2290 m) va ular orasidagi pastbaland adirlar bilan band. Xufor, Xondiza, Istoch, Vochax, Maland, Zoxona qishloqlari 2500-2800 m balandlikda joylashgan. Yer usti tuzilishining xilmaxilligi iqlim, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ham taʼsir etgan. Iqlimi quruq subtropik iqlimga xos, qishi qisqa, yozi esa davomli. Yillik oʻrtacha temperatura 15,6°. Tekislik qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,5, iyulniki 28°. Eng yuqori temperatura 44°. Vegetatsiya davri 270— 280 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 200-300 mm. Togʻlarda 790 mm. Jan.gʻarbdan esuvchi, quruq, changboʻronli afgʻon shamoli salbiy taʼsir koʻrsatadi. Tumanning hududidan oʻtuvchi eng uzun va sersuv Toʻpolondaryo Surxondaryoga quyiladi, shuningdek, Obizarang, Sangardakdaryolar ham bor. Yezda daryo va soylarda suv keskin kamayadi. Toʻpolon suv ombori Surxondaryo viloyatining 10 ta tumanini suv bilan taʼminlaydi. Hisor togʻi etaklarida oddiy yoki tipik boʻz, qoʻngʻir boʻz tuproqlar, Bobotogʻ etaklarida och boʻz, shagʻalli boʻz, daryo vodiylarida esa allyuvial oʻtloqi, oʻtloqibotqoq, tekisliklarda och boʻz tuproklar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan: togʻlarda zarang, yongʻoq, archa, bodom, qatrangʻi; butalardan pista, doʻlana, itburun, chiya; kserofitlardan tikanli kavrak, betaga, chaytab, oqmomiq, toʻngʻizsirt, suvrang, choyoʻt, chalov, qiziltikan, astragal va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: boʻri, sugʻur, tulki, qora va qoʻngʻir ayiq, qoplon, silovsin, qobon, jayran, jayra, kalamush, qoʻshoyoq, koʻrsichqon; oʻqilon, Oʻrta Osiyo kobrasi (koʻzoynakli ilon), boʻgʻma va qora ilonlar, gekkon kaltakesagi; qushlardan togʻ lochini, kopcha, kalxat, burgut, soʻfitoʻrgʻay, chil, xilol, kaklik, kaptar; baliklardan shohbaliq, ilonbaliq, laqqabaliq va boshqa bor. Oʻzbekistonda yagona kokslanuvchi koʻmir olinadigan Shargʻun koʻmir koni, Xondiza polimetall koni, kurilish materiallari, neft, gaz mavjud. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 47 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 115,3 ming kishi, shahar aholisi 32,5 ming kishi (2003). Xoʻjaligi. Qishloq xoʻjaligi da paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik taraqqiy etgan. Sanoati ham salmoqli oʻrin tutadi. Shargʻun toshkoʻmir koni, marmar, fosfor konlari, rux foydali kazilmalari mavjud. 3 ta qoʻshma korxona, 34 kichik korxona, 2 temirbeton buyumlari, 2 shagʻalsaralash zavodlari, Sariosiyo parrandachilik korxonasi bor. Qoʻshma korxonalardan „Miftox“ Oʻzbekiston—Rossiya, „Lajer“ Oʻzbekiston—Tojikiston (pivo ishlab chiqaradigan) korxonalari ishlab turipti. Tuman hududidan Kalif – Termiz – Sariosiyo – Tojikiston „Doʻstlik“ tabiiy gaz quvuri, temir yoʻl oʻtgan. Tumanda 11 shirkat, 229 fermer dehqon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Uzun oʻrmon xoʻjaligi, Hisor dorivor oʻsimliklar xoʻjaligi, asalchilikka ixtisoslashgan xoʻjalik bor. 5765 ga maydonga paxta, 3300 ga maydonga gʻalla, shuningdek, sabzavot, beda, yem-xashak ekinlari ekiladi (2003). Meva va uzum yetishtiruvchi xoʻjaliklar ham bor. Oʻrmon xoʻjaligida bobotogʻ pistasi va koʻpgina dorivor oʻsimliklar tayyorlanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 51 ming qoʻy va echki, 7 ming ot boqiladi, shuningdek, qoramol, parrandachilik fermalari ham bor. Yirik hisor qoʻylari yetishtiriladi. Ekinzorlar Hasanxon kanali, Katta va Kichik Damariq kanallaridan sugʻoriladi. Tumanda 71 ta umumiy taʼlim maktabi (31 mingoʻquvchi), 2 ta gimnaziya, 3 ta maxsus internat maktab, 3 ta kasb-hunar kolleji (3 mingga yaqin oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi. Sariosiyo tumanida 41 ta kutubxona, 3 madaniyat uyi, 11 klub, xalq teatri, ashula va rake ansambli ishlab turibdi. Stadion va boshqa muassasalar mavjud. Kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, qishloq vrachlik punktlari, Xondiza dam olish majmuoasi aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman xududi orqali Toshkent – Dushanbe, Uzun – Shargʻun poyezdlari oʻtadi. „Sariosiyo“ tumani, gaz. 1932-yildan chiqadi (adadi 2000). Sariosiyoning Qorovultepasidan topilgan buyumlar bu yerda milodning I—III asrlarida ham madaniy hayot mavjud boʻlganidan guvohlik beradi. Ilk oʻrta asrda (5-8-asrlar) tuman xududida bir qancha qalʼa – shaharlar mavjud boʻlgan. Bulardan yiriklari: Kultepa, Nonvoytepa, Xumdontepa, Xoʻroztepa, Kofirqalʼa (Navandaqtepa), Qoʻrgʻontepa, Boburtepa, Beshkapa, Hisortepa va boshqalar. Tumanning togʻli qismida yuqori paliolit, mustʼe devoriga oid manzillar (Xushdara, Podaxona, Namozgoh, Qoʻrgʻonjuvoz, Darianhor va boshqalar) uchraydi. 10 – 12-asrlarda Xumdontepa juda rivojlangani haqida maʼlumotlar bor. Arab – fors manbalarida tilga olingan Xumdon qishlogʻi shu joy oʻrniga toʻgʻri keladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Telpakchinordagi X asr oxiri – XI asr boshlarida bunyod etilgan „Oq Ostona“ bobo maqbarasi mashhur. Shagʻun shahri 1973-yil tashkil etilgan. Aholisi 12 mingdan ortiq (1996). Hisor togʻlarining yonbagʻridagi xushmanzara yerda joylashgan. Shargʻun koʻmir koni 1941-yilda oʻrta va yuqori yura davriga mansub koʻmir yotqiziqlari ichida topilgan. Shahardagi asosiy jamoat binolari shu konning faoliyati bilan bogʻliq. Shahardan Shargʻun koʻmir konigacha osma sim yoʻli oʻtkazilgan. Uylar asosan bir qavatli. Shaharning shimoliy qismida Shahtiyor koʻchasi boʻylab ikki qavatli uylar qurilgan. Shaharda bir necha bilim yurtlari, musiqa maktabi, kinoteatr, savdo rastalari, istirohat bogʻi bor. Tumanda koʻplab yirik inshoatlar korxonalar, kichik korxonalar qurilishi jadal davom etmoqda. Keyingi vaqtda neft mahsulotlari bazasi, un zavodi majmuotini oʻz ichiga olgan yirik tayorlov korxonasi, yangi paxta zavod, maktablar, agrobank, xalq banki binolari qurildi. Manbalar Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Surxondaryo viloyati tumanlari
1,938
https://uz.wikipedia.org/wiki/Angor%20tumani
Angor tumani
Angor tumani 1952-yil 16-aprelda tashkil tashkil etilgan edi. 1962-yil dekabridan Termiz tumani tarkibiga qoʻshib yuborildi. 1979-yili dekabrda qayta tashkil etildi. Umumiy maydoni 387,3 kv.km. Aholisi 82,1 ming kishi (1996). Tuman markazi—Angor shaharchasi Termiz shahridan 33 km shimoli—gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 qishloq bor (Birinchi may, Doʻstlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayron). Angor soʻzini „Gʻalladan boʻshagan dala“ maʼnosini anglatadi. Toshkent—Termiz avtomobil yoʻli yoqasida, yaqin temir yoʻl bekati (Navshahar)—14 km. Angor tumanida 8 jamoa xoʻjaligi bor. Tuman gʻalla, paxta va sabzavot – poliz ekinlariga ixtisoslashgan. Bogʻ va tokzor bor. Angor tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Termiz tumaniga birlashtirilgan. 1979-yil 4-dekabrda qayta tuziddi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqoʻrgʻon tumanlari bilan che-garadosh. Maydoni 0,39 ming km². Aholisi 85 ming kishi (1997). Angor tumanida 1 shaharcha (Angor) va 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Istiqlol, Doʻstlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayran) bor. Markazi – Angor shaharchasi. Angorda miloddan avvalgi 6—4-asrlarda aholi manzillari boʻlgan. Kushan podsholi-gi davrida (1-3-asrlar) dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qalʼasi Angorning markazi boʻlgan. 6—7-asrlarda qalʼalar, qoʻrgʻonlar vujudga kelgan. Oʻtmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qoʻnib oʻtadigan qishloq hisoblangan. Tabiati. Tuman viloyatning eng janubida joylashgan. Shimolida Kiziriq, gʻarbda Xotinrabot dashtlariga tutashgan. Shimolida Xovdogʻ, janubi-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2 – 3°. Yozi issiq, davomli. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 31 – 32°. Yiliga 120 – 130 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududining gʻarbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib oʻtadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sugʻoriladi. Tuprogʻi boʻz, taqir, qumloq tuproq. Tuproq shoʻrlanishini kamay-tirish uchun tuman hududi boʻylab shimoli-sharqdan janubi-gʻarb yoʻnalishida zovur qazilgan. Shoʻra, yantoq, jingʻil, qiyoq, qamish, burgan kabi choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Tuman hududining koʻp qismi 484oʻzlashtirilganligi sababli choʻldashtga xos yovvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi. Aholisining aksari qismi oʻzbeklar; shuningdek tojik, turkman, rus, tatar, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 218 kishi toʻgʻri keladi. Aholisining 90%dan ortigʻi qishloqlarda yashaydi. Xoʻjaligi. Angor tumanida 8 jamoa xoʻjaligi, 104 dehqon-fermer xoʻjaligi, 36 hissadorlik jamiyati, 123 kichik kor-xona, 7 sanoat korxonasi bor. Tu-man gʻalla, paxta va sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslash-gan. Bogʻdorchilik va tokchilik bilan ham shugʻullaniladi. 1999/2000 oʻquv yilida 40dan ortiq umumiy taʼlim maktabida 20559 oʻquvchi taʼlim oldi. 20 mingdan ziyod maktabgacha tarbiya muassasasi, mu-allimlar tayyorlash, kasb-hunar litseyi, 2 iqtidorli bolalar litseyi mavjud. 30 kutubxona, madaniyat uyi, 14 qishloq klu-bi, Angor shaharchasida A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, „Orzu“ kinoteatri aholiga xizmat koʻrsatadi. Markaziy kasalxona, 8 qishloq ambulato-riyasi, 52 feldsher-akusherlik punkti, 2 poliklinika, markaziy stadion, 12 sport zali, 28 futbol maydonchasi ishlab turibdi (2000). Etimalogiyasi Mahalliy aholi „Hosili yigʻishtirib olingan gʻalla maydoni“ maʼnosidagi angor soʻzi bilan bogʻlab, qadimda Termiz va uning atrofidagi oʻtroq aholining lalmikor dehqonchilik qiladigan gʻallazori, yaylovi boʻlgan joy, deb izohlaydi. Tuman nomiga aylangan angor geografik termini haqida ikki xil talqin mavjud. Birinchisi, odatda bugʻdoy, arpa kabi gʻallasi oʻrib olingan maydon shevalarda angor, adabiy tilda angʻiz deyiladi. Qadimda angor soʻzi oʻlchov birligini ham anglatgan. Koʻpincha, atrofi uvat bilan oʻralgan yaxlit ekin maydoni bir angor deyilgan. Ikkinchi talqin toponimist olim T.Nafasovga tegishli, uning yozishicha, aholi punkti nomiga forscha angor soʻzi emas, balki „suv yoʻli, kanal“ maʼnosidagi anhor (arabcha – „nahr“ soʻzining koʻpligi) soʻzi asos boʻlib xizmat qilgan. Olimning fikricha, nom dastlab suv obyekti – Surxon va Sherobod daryolaridan chiqarilgan kanalning nomi boʻlgan. Bu suv yoʻli Anhor (arabcha „ariq, kanal“) deb atalgan. Vaqt oʻtishi bilan anhor soʻzi mahalliy xalq talaffuzida angor shakliga oʻzgargan. Ayrim hollarda anhor soʻzining oʻzi ham mustaqil toponim oʻrnida ishlatiladi. Tarixiy manbalarda hozirgi angor tumani hududida miloddan avvalgi VI-IV asrlarda ham aholi manzilgohlari boʻlganligi qayd qilingan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Kushon podsholigi davrida (I-III asrlar) ushbu hududda dehqonchilik rivojlangan oʻsha davrlarda Zartepa qal’asi Angorning markazi boʻlgan. Angor shaharchasi (aholisi 14,3 ming kishi) hududi oʻrnida Axomaniylar davridayoq (miloddan avvalgi 6-9-asr) aholi manzillari boʻlgan. Kushon podsholigi davrida (1-3-asr) bu yerda dehqonchilik vohasi tarkib topdi. Angorning janubiydagi Zartepa qalʼasi uning maʼmuriy markazi boʻlgan. Kushon podsholigidan soʻng mavqey soʻndi. 6-7 – asrda bu yerda hayot yangidan jonlandi. Katta – kichik qalʼalar, qoʻrgʻonlar vujudga keldi. Bulardan yiriklari : Bolaliktepa, Yumoloqtepa, Gazlartepa, Kuchuktepa, Jovliqoʻrgʻon, Zangtepa, Zartepa, Kuyovqoʻrgʻon, Qarlamtepa, Qizqoʻrgʻon, Oʻrdalitepa. Oktabr toʻntarilishiga qadar Angor Termizga boradigan savdo karvoni qoʻnib oʻtadigan qishloq hisoblangan. Keyingi vaqtda yangi – yangi koʻchalar ochildi, 1991-yil shaharchaga (shahar tipidagi posyolka) aylantirildi. Angorning sanoat korxonalari asosan qishloq xoʻjalik mahsulotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq. Shaharchada madaniyat va istirohat bogʻi, stadion bor. Manbalar Surxondaryo viloyati‎ Surxondaryo viloyati tumanlari OLTIN K
1,939
https://uz.wikipedia.org/wiki/Zartepa
Zartepa
Zartepa – Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: V—VII asrlar. Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Zartepa“ MFY . Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan. Zartepa – Termiz shahridan 26 km shim, gʻarbda joylashgan qadimiy shahar harobasi. Zartepa 1951—1952 yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan tekshirilgan. Zartepa kvadrat shaklida boʻlib, devorlarining uzunlik 400 m dan. Sharqiy devor xarobalari 6-7 m, gʻarbiy devori 4 m gacha saqlanib qolgan. Shaharning shimoli-sharqida kvadrat shaklida qalʼaqoʻrgʻon bor, u Shahristondan mudofaa chizigʻi – katta xandaq bilan ajratilgan. 1960—1980 yillarda arxeolog V.Zavyalov, Q.Sobirov va Sh. Pidayevlar tomonidan oʻrganish davom ettirilgan. Arxeologik qazishmalar tufayli Zartepaning shahriston qismidan uy-joy qoldiqdari va koʻchalar ochilgan. Sopol idishlarining asosiy qismi angob bilan boʻyalgan. Zartepadan odam va hayvonlarning haykalchalari va har xil tangalar ham topilgan. Topilmalarning eng qadimgisi mil. av. IV asr— mil. av. II asrlarga, keyingilari ilk oʻrta asrlar (V asr—VII asrlar)ga toʻgʻri keladi. Qadimiy shahar xarobasi Kushon podsholigining Shimoliy Baqtriyada joylashgan yirik markazlardan biri. 1949-yilda topilgan; 1951-1952 va 1972-yillarda qazishmalar olib borib oʻrganilgan. Maydon 16,9 ga, kvadrat shaklida boʻlib, devorlarining uzunligi 400 m. Sharqiy devor xarobalari 6-7m. Gʻarbiy devori 4m. gacha saqlanib qolgan. Shaharning shimoli—sharqida kvadrat shaklida qoʻrgʻon bor, u shahardan katta xandaq bilan ajratilgan. Toʻrtta darvozasi (ikkitasi sharq, ikkitasi gʻarb tomonlarda) boʻlgan. Koʻchalar va koʻpgina arxtektura inshootlarining izi qolgan. Koʻplab sopol idishlar, odam va hayvonlarning xaykallari, tangalar topilgan. Sopol idishlarning asosiy qismi qizil angob bilan boʻyalgan. Tapilmalarning eng qadimiylari millodan avvalgi IV-II asrlarga, keyingilari ilk oʻrta asrlarga V-VII asr) toʻgʻri keladi. Manbalar Oʻzbekistondagi arxeologiya yodgorliklari Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Surxondaryo viloyati Kushon podsholigi shaharlari
1,942
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bandixon%20tumani
Bandixon tumani
Bandixon tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1992-yil 18-mayda tashkil etilgan. 2010-yil moliyaviy kamchiliklar tufayli tugatilgan 18-oktabr 2019-yilda qayta tashkil etilgan. Bandixon tumani viloyatning Qumqoʻrgʻon, Qiziriq, Jarqoʻrgʻon, Sherobod, Boysun tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,20 ming km2. Aholisi 75,0 mingdan ortiq kishi (2019). Bandixon tumanida 2 mahalla fuqarolari yigʻini (Bandixon, Navbahor,Paxtakor,Polvontosh, Saroy,Chinor,Bektepa,Quduqsoy,Navro'z,Obikor,Obod turmush,Bag'rikeng,Zevar,Obod yurt,Xo'jaipok,Baxoriston,Gulbog',Qaldirg'och,Limonzor,O'rg'ilsoy,Farovon ) bor. Markazi — Bandixon shaxri. Tarixi Tumanda bir qancha tarixiy obidalar mavjud, bulardan eng yirigi Bandixon qoʻrgʻonidir. Bandixon qoʻrgʻoni miloddan avvalgi 2-1-asrlarga talluqli boʻlib, arxeologlar tomonidan 1973-yili aniqlangan. 1975—1976-yillarda qazishmalar olib borilgan. Qadimiy kanal — Oʻrgulsoy oʻzani bilan ikki qismga ajralgan. Umumiy maydoni 1,5 gektar. Sharqdan gʻarbgacha 250 m, shimoldan janubga — 170 m. Qoʻrgʻon qalʼasi yodgorlikning sharqiy qismida — hozirgi qabriston oʻrnida joylashgan. Kvadrat shaklidagi tarhi 90-70 metr; balandligi 5—6 metr. Turarjoylar paxta va xom gʻishtdan qurilgan. Turli davrlarga oid sopol idishlar, tosh qurollar topilgan. Bandixon atrofidagi Maydatepa, Gʻozimullo, Bektepa, Kindiktepa, Qoʻrgʻon kabi tepaliklar ham qadimda aholi manzillari boʻlib kelgani isbotlandi. Qadimda Badixon soyi pishiq gʻishtdan toʻgʻon bilan toʻsilgan va Bandixon — Qiziriq tekistliklariga suv chiqarib bergan. Xususan, Gʻozimullo tepaligi tekshirilganda sopol quvurlarda uzoqlardan ichimlik buloq suvi olib kelgani aniqlandi. Bandixon nomi „band“ soʻzidan olingan boʻlib, toʻgʻon — koʻprik maʼnosini bildiradi. Tabiati Bandixon tumani hududi asosan gʻarbda shimoldan sharq va janubga tomon pasayib boradigan Surxon-Sherobod dashtlarining shimoliy qismida joylashgan. Tuman hududida asosan janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan Sherobod-Sariqamish togʻlari va Bandixon-Qiziriq adiri bor. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati 2,5 °C — 3 °C, iyulniki 30 °C — 31 °C. Yiliga 160 — 200 mm yogʻin tushadi. Tumanning shimolidan Bandixon soyi oqib oʻtadi. Tuman xoʻjaliklari Oqqopchigʻay va Sherobod ariqlaridan sugʻoriladi. Tuprogʻi tipik boʻz, qumloq va qisman taqir-boʻz tuproqlar. Oʻsimliklari efemer va efemeroidlardan iborat. Togʻli qismlari va jarliklarda boʻri, tulki, sudralib yuruvchilar, qushlar va hasharotlar (chayon, qoraqurt) yashaydi. Aholisi Aholisining asosiy qismi (96 %)ni oʻzbeklar, 3 % ni tojiklar tashkil qiladi, shuningdek tatarlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 145 kishi toʻgʻri keladi. Barcha aholi qishloqlarda yashaydi. Xoʻjaligi Xoʻjaligi asosan agrar xususiyatga ega. Sugʻoriladigan ekin maydonlari tuman yer fondining 70 %ni tashkil etadi. Yaylovlar 27,5 % ni, dehqonchilikka yaroqli yerlar 2,5 %ni tashkil qiladi. Bandixon tumanida 6 jamoa xoʻjaligi mavjud. Qishloq xoʻjaligida paxtachilik asosiy oʻrinni egallaydi. Gʻalla ekinlari ekiladi, tokchilik, bogʻdorchilik rivojlangan. Iqtisodi Tumanda 4 kichik korxona, 46 dehqon va fermer xoʻjaligi, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan 5 aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatmoqda. 22 xususiy kichik korxona, 11 tegirmon, 40 xususiy doʻkon va oshxonalar, 6 objuvoz bor. Sherobod — Denov avtomobil yoʻli Bandixon tumanini kesib oʻtgan. Bandixon tumanida Shreder nomidagi respublika Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik korporatsiyasining filiali mavjud. Bandixon tumanida 6 jamoa xoʻjaligi bor. Qishloq xoʻjaligida paxtachilik asosiy oʻrin tutadi. Don ekinlari ekiladi, uzumchilik, bogʻdorchilik rivojlangan. Bandixon bugʻdoylari yaqin — yaqingacha bozorlarda 1,5-2 baravar narxlangan. Bandixonda hisori qoʻylari 180-200 kg tosh bosadi. Ijtimoiy soha Tumanda 27 ta maktab, bolalar va sport maktabi, 5 bolalar bogʻchasi bor. Bandixondagi Markaziy shifoxonada 15 turdagi tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Tumanda ommaviy sport turlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Maktab va tashkilotlarda stadion, sport zali, valebol maydoni tipda ishlab turibdi. Tuman markazida zamonaviy tipda qurilgan Sayyid Muhammad jomie masjidi faoliyat koʻrsatmoqda. Manbalar Surxondaryo viloyati Oʻzbekiston tumanlari Surxondaryo viloyati tumanlari
1,943
https://uz.wikipedia.org/wiki/Boysun%20%28tuman%29
Boysun (tuman)
Boysun tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. Umumiy yer maydon 3,72 ming kv.km. Aholisi 115.8 ming kishi [2018]. Tuman markazi – Boysun shahri Termizdan 145 km shimoliy-gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 ta qishloq bor: Avlod, Boysun darvadar, Machay, Rabot, Sayrob, Qoʻrgʻoncha. Yaqin temir yoʻl bekati – Elbayongacha 72 km. Xongarangsoy, Shoʻrsoy, Qayroqsoy boshqa soylardan suv ichadi. Boysun tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Sherobod tumani bilan birlashtirilgan. 1965-yil 29-dekabrda qayta tuziddi). Boysun tumani viloyatning gʻarbida joylashgan. Shimoli-sharqda Sariosiyo, sharqda Qumqoʻrgʻon, janubida Qiziriq, Bandixon tumanlari, janubi-gʻarbda Sherobod tumani bilan, shimoli-gʻarbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va gʻarbda Dehqonobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,72 ming km². Aholisi 79 ming kishi (2000). Boysun tumanida 1 ta tumanga boʻysunuvchi shahar (Boysun), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Avlod, Boysun, Darband, Machay, Rabot, Sayrob, Qurgʻoncha) bor. Markazi – Boysun shahri Tabiati. Boysun tumani hududining shimoliy va gʻarbiy qismini Hisor togʻ tizmasi tarkibidagi Boysuntogʻ va uning tarmoqlari (Belovti, Xoʻjaboʻzbarak, Chol togʻi, Xoʻjagurgurota, Gaurli, Sariqil, KentalaMachay togʻlari, Ketmonchopti, Sarimas, Suvsiztogʻ, Kulbatogʻ va boshqalar) egallagan. Janubiy va sharqi togʻ oldi va adirlardan iborat. Togʻlar orasidagi soyliklar, togʻ oldilari oʻzlashtirilgan. Ukonit, keramzit, karbid, ohaktosh qazilma boyliklari topilgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Oʻzbekistonning boshqa togʻli tumanlaridan issiklik resurslarining ancha balandlikkacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 850 m balandlikda 2°, 3200 m balandlikda —6°, iyulniki 830 m balandlikda 30°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 500-1200 m balandlikda 150-400 mm, 1200 m dan balandda 450-800 mm. Vegetatsiya davri 230—240 kun. Mahalliy shamollar, fyon shamoli, afgʻon shamoli esadi. Boysun tumani togʻlaridan juda koʻp daryo va soylar boshlanadi. Ularning eng muhimlari: Sheroboddaryo va uning irmoqlari Machaydaryo (Oʻrmoncha, Jakandi, Olchasoy), Shurob, Xoʻjabulgansoy, Panjob, Laylagansoy; Xoʻjaipok daryosi va uning irmoqlari: Qoʻrgʻonchasoy (Xoʻjaboʻzbarak, Qizilsoy, Chindon, Oʻrtanago soylari qoʻshiluvidan hosil boʻlgan), Halqajar (Olachopon va Qayroqsoy). Bulardan tashqari Hangaronsoy (Boysun), Pulhakimsoy va boshqa bor. Boysun tumanida qadimiy qalʼashaharlar koʻplab topilgan. Eng yiriklari: Poykoʻrgʻon, Qozimullatepa, Saribandtepa, Yalangtoʻshtepa, Darband, Munchoqtepa, Boʻyrachi, Qiziljartepa, Mullatepa, Kallaqoʻrgʻon. Ibtidoiy odamlar yashagan gʻorlar, manzillar: Teshiktosh, Machay, Katta Suluvkamar, Doʻkonxona, Amir Temur, Iskandarxon va boshqa Sayrob chinori (Sayrob qishlogʻida), Temir darvoza (Darband qishlogʻida), Teshiktosh gori (Machay qishlogʻida), Dinozavr izlari, Bibishox shotisi, Boybuloq gʻori (Qoʻrgʻoncha qishlogʻida), Poyonqoʻrgʻon (Rabot qishlogʻida) kabi tarixiy obidalar bor. Tuproqlari boʻz tuproq, chimli, qoʻngʻir va och qoʻngʻir togʻ tuproqlari, shurxok tuprok/iap. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, yantoq, jinchak, qizgʻaldoq. boychechak, yaltirbosh, noʻxatak, togʻrayxon, kiyikoʻt, gulxayri, shuvoq; dorivor oʻsimliklardan alkor, hartol, zanjovul, oʻlmasoʻt, qontepar, oqshair; archa, yovvoyi mevali daraxtlar va boshqa usadi. Jayron, togʻ echkisi, yovvoyi choʻchka, silovsin, sugʻur, boʻri, tulki, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan kaklik, kalxat, burgut, lochin, qarchigʻay, boyoʻgʻli, olashaqshak,, chil va boshqa yashaydi. Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek tojiklar ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi har bir km² ga 20,8 kishi. Shaharliklar 23899 kishi, qishloq aholisi 55099 kishi. Xoʻjaligi. Boysun tumanida sanoat kam rivojlangan. Tuman Surxondaryo viloyati sanoat mahsulotining 0,8%ini beradi. Muhim foydali qazilmalari: kumir (Boysun), tabiiy gaz (Gajak), polimetall rudalari (Boysuntogʻ), boksit (Qayroq), fosforit, kaliy tuzi (Boysun), oltingugurt, yonuvchi slanes (Boysun), qurilish materiallari va boshqa Asosiy sanoat korxonalari: „Ishonch“ aksiyadorlik jamiyati, Boysun (Tuda) kumir koni, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaradigan kichik korxona va sexlar. 1994-yil Boysunda respublikada karbid ishlab chiqaruvchi birinchi korxona ishga tushirildi. Aholiga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar uyushmasi, hunarmandlar uyushmasi, 164 kichik korxona, 18 aksiyadorlik jamiyati, „Boysun“, „Boysunqurilish“ va 256 koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, avtokorxonalar, „Boysun“ bozori bor. Boysun tumanining asosiy tarmoqlari chorvachilik, don xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, beda urugʻchiligi, bogʻdorchilik va tokchilikdir. Boysun tumanining jami yer maydoni 329,3 ming ga, shu jumladan sugoriladigan yerlar 6,1 ming ga. Ekinzorlar jami (shu jumladan lalmi yerlar) 21,9 ming ga, kup yillik daraxtlar 1,5 ming ga. Tomorqalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,2 ming ga (1999). Boysun tumanida 9 jamoa xoʻjaligi (2 donchorvachilik, 3 chorvachilik, 2 beda urugʻchiligi, bogʻdorchiliktokchilik, asalarichilik, qishloq xoʻjaligi shirkat uyushmasi (boʻrdoqichilik), 70 ta fermer va dehqon xoʻjaliklari mavjud. Asosiy ekin maydonlari don, sabzavot, yemxashak ekinlari bilan band. „Qoʻrgʻoncha“ va „Machay“ jamoa xoʻjaliklari beda urugʻchiligiga, „Rabot“ jamoa xujaligi bogʻdorchiliktokchilikka ixtisoslashgan. Boysun tumanida 21,8 ming qoramol, shundan 11,2 mingi sigir, 190,6 ming qoʻy va echki, 41.7 ming parranda, 184 yilqi bor (1999). Chorvachilik asosan goʻsht-yogʻ beruvchi dumbali hisori qoʻychilik, qorakoʻlchilik, yilqichilik, goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilikka (barcha xoʻjaliklarda) ixtisoslashgan. Boysun tumanida 25 ming ga oʻrmon (archazorlar) bor (1999). Boysun tumanida tuman markazi va togʻ qishloqlarini Surxondaryo viloyatining asosiy avtomobil yoʻli – Katta Oʻzbekiston trakta bilan bogʻlaydigan yoʻllar bor. 1995-yilda qariyb 230 km uzunlikdagi Gʻuzor – Boysun – Qumqoʻrgʻon temir yoʻl kurilishi boshlandi. 1999/2000-oʻquv yilida 54 umumiy taʼlim maktablarida 18869 oʻquvchi, 2 kasb hunartexnika litseyida 944 oʻquvchi, 1 hunartexnika bilim yurtida 466 oʻquvchi oʻqidi. 83 ommaviy kutubxona, 11 klub, madaniyat uyi, sanʼat muzeyi bor. Tumanda 370 oʻrinli 5 kasalxona, „Omonxona“ shifo maskani, 5 ambulatoriya, 30 feldsherakusherlik, 3 qishloq vrachlik shoxobchalarida 138 vrach, 491 oʻrta tibbiy xodim ishlab turibdi. 1932-yildan „Boysun ovozi“ tuman gaz. chiqadi (adadi 2200). Tuman hududida qazilma boyliklardan koʻmir, yonuvchi silaney, oltingurgut va boshqalar topilgan. Boysun koʻmir koni yopa qatlamlarida joylashgan. 1940-yillardan oʻzlashtirila boshlagan. Boysun togʻida fosfor konlari bor. Uning 95 foizi maʼdanli oʻgit sifatida ishlatiladi. Tuman asosan chorva, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlariga ihtisoslashgan. Boysunda hisor qoʻyi boqiladigan „Boysun“ nasilchilik qoʻy zavodi, „Sayrob“ qorakoʻlchilik, „Darband“ yilqichilik – goʻsht, „Rabod“ bogʻdorchilik – savzovodchilik jamoa xoʻjaliklari bor. Darbandagi qora bayr otlar nasilchilik farmasi mamlakatimizda yagonadir. Boysunda „Ishonch“ hissadorlik jamiyati, goʻsht – sut savzovodi, non zavodi, gʻisht zavodi, bir necha kishik korhonalar, fermer xoʻjaliklari bor. Boysun shahri (20,1 ming aholi) Ketmonchopdi togʻining janubiy yonbagʻrida, Xongarangsoy boʻyida, dengiz sathidan 1200 m balandlikda joylashgan. Bu shahar Surxondaryo viloyatidagi eng qadimiy aholi manzilidir. Shaharga tutash togʻ etaklarida oʻrta paleolit davridayoq aholi yashagan. Boysun shahrining shimoli – gʻarbida joylashgan mashhur teshik tosh gʻori va uning topilmalari haqida muroqaning bosh qismida hikoya qilingan. Boysun shahrining oʻzi miloddan avalgi tahminan 5-mingyillik oxirlarida aholi manzili boʻlgan. Miloddan avvalgi I asr – milodiy I asrda bu yerda Poikalon deb atalgan qudratli qalʼa-shahar mavjud edi. Boysun nomi yozma manbalarda „Basand“ shaklida dastlab 10-asrda Istahri asarlarida, nomaʼlum muallif tomonidan yozilgan „Hudud ul-olam“ („Jahon mamlakatlarining chegaralari“) asarida tilga olingan. Istahrining qayd etishicha, koʻplab bogʻ-rogʻlar boʻlgan bu qishloq Buxoro va Samarqanddan Chagʻaniyonga boradigan yoʻl ustida boʻlib, Chagʻaniyon shahridan ikki kunlik yoʻldir. 1951-yili artellar negizida tuman sanoat kombinati tashkil etildi, 1967-yilda u mahalliy sanoat korxonasiga aylantirildi. 1972-yil mazkur korxona negizida Boysun eksperimental shoyi toʻqish fabrikasi ish boshladi. Unda tikuvchilik, toʻquvchilik va badiiy buyumlar ishlab chiqarish sexlari mavjud edi. 1991-yil fabrika tarkibidan tikuvchilik, trikotaj buyumlari ishlab chiqarish boʻlimlari ajratilib, Boysun „Tong yuluzi“ tikuvchilik fabrikasi tashkil etildi. 1993-yil fabrika „Ishonch“ hissadorlik jamiyatiga aylantirildi. Unda tayorlov, toʻqimachilik ommaviy kiyim tikish va kashtachilik sehlari bor. Asosan abirlik atlas va shoyi, beqasam, trikotaj mahsulotlari, ommaviy kiyimlar, bolalar kiyim kechaklari, toʻn – chaponlar, koʻrpa – koʻrpachalar tayorlanadi. Boysunda Oʻzbekiston xalq yozivchisi Shukur Xolmirzayev, adiblar – Sattor Tursun va Erkin Aʼzam, shoir Usmon Azim tugʻilgan. Manbalar Havolalar Surxondaryo viloyati Oʻzbekiston tumanlari Surxondaryo viloyati tumanlari
1,944
https://uz.wikipedia.org/wiki/Denov%20tumani
Denov tumani
Denov tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 2-sentabrda tashkil etilgan. Denov tumani viloyatning Shoʻrchi, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydon. 0,75 ming km2. Aholisi 409.5 mingdan kishidan ziyod (2023). Denov tumanida 1 shahar (Denov), 2 shaharcha (Doʻstlik va Xayrabod), 19 qishloq fuqarolari yigʻini (Qaraxon, Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Navroʻz, Pistamozor, Sina, Tortuvli, Xayrobod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Kiziljar, Hazorbogʻ ,Paxtakurash MYF) bor. Markazi — Denov shahri. Tabiati Denov tumanining shimol, janubiy va markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotogʻ, gʻarbda Boysuntogʻ tizmalari bilan oʻralgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Qishi qisqa, iliq. yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,9°, iyulniki 28,4°. Tekisliklarda yiliga 130 mm dan 360 mm gacha, togʻ oldi va togʻlarda 445 mm dan 625 mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Denov tumanidan Surxondaryo, Toʻpolondaryo, Sangardak, Qizilsuv daryolari, Hazorbogʻ, Oy-barak kanallari, Daytoʻlak, Denov ariklari oqib oʻtadi. Yer osti suvlariga boy boʻlganligi uchun artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz tuproq, daryo sohillarida oʻtloqi botqoq, togʻ oldi va togʻlarda och qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Togʻlarda boshoqli oʻsimliklar, archa, yovvoyi mevali daraxt va butalar oʻsadi. Bobotogʻda pistazorlar bor. Jayran, togʻ echkisi, qobon, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi. Daryolarda soʻzanbaliq, oq amur, zogʻora baliq (sazan) koʻp. Aholining aksari qismi (89,5%) oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 337 kishi toʻgʻri keladi. Xoʻjaligi Tuman sanoat korxonalari asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yogʻ ekstraksiya, araq-vino va pivo, konserva, sut, taʼmirlash-mexanika, gisht zavodlari, qurilish, neft mahsuloti korxonalari, paxta chuvish, kandolatchilik fabrikaalari, jami 38 sanoat korxonasi mavjud. Tadbirkorlarga karashli 200 ga yaqin kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, limon yetishtirish va boshqalar Togʻ etaklarida lalmikor dehq-onchilik (asosan bugdoy va arpa) bilan shugullaniladi. 12,7 ming ga yerga paxta, 10,1 ming ga yerga gʻalla ekiladi. Sugʻoriladigan yerlar 24,7 ming ga. Yaylovlarda qoramol, qoʻy (jumladan, hisor qoʻylari) boqiladi. Tumanda 17 jamoa xoʻjaligi mavjud. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik korporatsiyasining seleksiya stansiyasi joylashgan. Denov dendrariysi deb atalgan bu ilmiy laboratoriyada tabiatning 900 dan ziyod oʻsimligi, mevali oʻsimliklar (jumladan Yaponiyadan keltirilgan palma daraxti, magnoliya, xurmo, apelsin, yongʻoq, boshoqli oʻsimliklar) yetishtiriladi. Tuman hududidan xalqaro temir yoʻl, Xoʻjand—Dushanba, Termiz—Dushanba avtomagistral yoʻli oʻtgan. 87 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, 2 litsey, 3 oʻrta maxsus oʻquv yurti, sanʼat, musiqa maktablari, 3 kasb-hunar maktabi, 58 ommaviy kutubxona (500 ming kitob), 46 klub, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxonalar, 13 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 6 qishloq"vrachlik punkti, 7 poliklinika, feldsher-akusherlik punktlari, 4 dispanser bor. Bu muassasalarda 3800 dan ziyod tibbiyot xodimlari ishlaydi. 1932-yildan „Chagʻoniyon“ tuman gazeta nashr etiladi (adadi 9000). Denov tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Umumiy yer maydoni 752,8 kv. km. Aholisi 181,6 ming kishi (Denov shahri aholisi bilan birga;1996). Tuman markazi-Denov shahri Termizdan 156 km shimoli — sharqda joylashgan. Termiz- Dushanbe temir yoʻlidagi bekat. Denovda Doʻstlik shaharchasi, 17 qishloq (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Pistamazor, Sina, Tortuvli, Xayrabod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Qiziljar, Hazarbogʻ) bor. Denov tumaning yer usti ulkan amfiteatrni eslatadi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdan — koʻp soylar va togʻ etaklaridagi baland „ zinapoyalar“ ajoyib manzara hosil qiladi. Tuman Surxondaryo vohasining shimoliy qismidagi serunum tekislikda joylashgan. Shimoliy va sharqiy chegaralari boʻylab Surxondaryo va Toʻpolondaryo oqib oʻtadi. Gʻarbida Sina-Sangardak (3722m) togʻlari joylashgan. Tumandan Sangardak- Qizilsuv daryosi oʻtadi. Tumanda bir qancha koʻhna shahar xarobalari topilgan. Bulardan eng yiriklari: Badrach, Xolchayon, Yurchi, Kuloltepa, Oqqoʻrgʻon, Changilbuva, Jartepa, Teshiktepa, Quloqtepa, Qizqoʻrgʻon, Qilichbuloq, Uchtepa, Chimqoʻrgʻon, Kallaminor va boshqalar. Tumanda 17 jamoa xoʻjaligi bor. Qishloq xoʻjaligida paxtachilik asosiy oʻrin tutadi. Don ekinlari, sabzavot, yem — hashak ham yetishtiriladi. Uzumchilik, umuman, bogʻdorchilik rivojlangan. Yalovlarida qoramol, qoʻy (jumladan, hisor qoʻylari) boqiladi. „Hazarbogʻ“ jamoa xoʻjaligida 25 gektarlik terakzor barpo etildi. Anbarsoyning oʻng qirgʻogʻidagi qarovsiz joylarga 1,5 milion tup kaliforniya teragining qalamchasi ekildi. Qalamcha xoʻjalikning oʻzidan chiqdi. "Terak koʻp boʻlsa- uy — joy qurish Koʻpayadi, — deydi jamoa xoʻjalik boshqaruvi raisi Musurmonqul Sherqobilov.-Ota -bobomiz ilgari yogʻochni hech bir tashqaridan olib kelmagan. Shuning uchun terakzorlarni yana ham kengaytirish niyatidamiz ". Denov tumanida 9 soat korxonasi mavjud boʻlib, 1995-yilda ularda 171 milion soʻmdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi. 70 kichik korxona va bitta qoʻshma korxona tuman xududida faoliyat koʻrsatmoqda. Denov tumanida 72 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, 9 bogʻcha — yasli, 4 maktabdan tashqimuassasa bor. 900 oʻrinli 14 kasalxona ishlab turibdi. Tumanda Muhammadi Keldiyev, Shaymardon Qobilov, Islomqul Toʻrayev, Boboraxmat Yusupov, Qayum Karimov, Zulfiya Allayorova, Halima Azimova kabi taniqli raislar, Mehnat Qahramonlari faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi, Termiz Davlat universitetining rektori Nazar Toʻrayev, fan doktori, jarroh Abdurahmon Mamadaliyev; taniqli baxshilar: Toshmurod baxshi, Boborahim baxshi; Mengziyo Safarov, Togʻay Murod, Nizomjon Parda kabi ijodkorlar; milliy kurash boʻyicha jahon chempioni Ergash polvon Mamarasulovlar tumanning faxri. Manbalar Oʻzbekiston tumanlari Surxondaryo viloyati Surxondaryo viloyati tumanlari
1,946
https://uz.wikipedia.org/wiki/Said%20otaliq%20madrasasi
Said otaliq madrasasi
Said otaliq madrasasi — Oʻzbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Denov shahri markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. XIX asrda Mangʻitlar oʻzbek sulolasi vakili amir Haydar hukmronligi davrida, uning qaynotasi Sayyid otaliq homiyligida, Buxorolik meʼmor usta Ahmad Mamat Buxoriy tomonidan bunyod etilgan. Madrasa XVI asrda Shayboniylar hukmronligi davrida islom dini arbobi — Hazrat Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan deya taxmin qilinar edi. Buxoroning yirik madrasalari qurilishi uslubida barpo etilgan (Koʻkaldosh va boshqa madrasalar). Mazkur shakldagi madrasa Surxondaryo viloyatida yagonadir. Denovning Mustaqillik koʻchasida joylashgan. Hozirda madrasa ayanchli ahvolga kelib qolgan boʻlib, qulash arafasida. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Tarixi "Tuhfat az-zoiriyn"da aytilishicha, Hazrat Xoja Alouddin Attor shayx, naqshbandiya tariqati shayhlari oltin zanjiri ketma-ketligi hisobida — oʻn yettinchisi boʻlib, Bahouddin Naqshbandning vorisi, muridi, kuyovi boʻlgan. U kishining ikki halifalaridan biri hisoblangan. Hazrat Xoja Alouddin Attor Chagʻoniyon viloyatiga 1389—1396-yillarda oilasi bilan kelib qolgan va milodiy 1400-yil 18-martda Denovda vafot etgan. Sarmozor ota degan joyda dafn qilingan. Bu yer hozirda „Shayx Attor Valiy“ yoki „Ostona buva“ deb ataladi. Qabristonda Xoja Alouddin Attorning keyingi avlodlari, jumladan, uning oʻgʻli — Shayx Hasan Attoriy, nevarasi Xoja Yusuf Attor ham dafn etilgan. Tadqiqotchilar Said otaliq madrasasini Hazrat Xoja Alouddin Attor avlodlari tomonidan bunyod etilgani va boshqa maʼlumotlarni qayd etishadi. Fathnomai sultoniy asariga koʻra, uni Buxoro amirligi hukmdori Haydarning qaynotasi Sayyid otaliq XIX asr boshlarida qurdirgan. U bir necha yillar Denovda hokimlik vazifasini bajargan ekan. Buxoro inqilobidan oldin madrasada 400 ga yaqin talaba tahsil olgan, ularga 33 mudarris saboq bergan. Shoʻrolar tuzumi davrida madrasa yopib qoʻyilgan. 1956—1960 va 1972—1973-yillarda Oʻzbekiston SSR olimlari tomonidan ilmiy oʻrganilgan. 1991-yildan, Hoji Luqmonxon Haydarxon oʻgʻli tashabbusi bilan madrasada talabalarning 4 yillik oʻqitilishi boshlangan. Bugungi kunda madrasaning oʻrta maxsus islom bilim yurti sifatidagi faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan. 2018—2019-yillardagi xabarlarga koʻra, madrasa binosi ayanchli ahvolga kelib qolgan, qulash arafasida boʻlgan. Madrasa 2019-yilda tasdiqlangan "Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari" milliy roʻyxatiga kiritilib, unda hunarmandchilik markazi barpo etish rejalashtirilgan. 2020-yilda binoni saqlab qolish va uning infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, ularning ijro muddati etib 2021-yilning mart—aprel oylari belgilangan. Meʼmorchiligi Madrasasining meʼmorchilik uslubi tartibi oʻz davrida belgilangan anʼanalarga mos ravishda barpo etilgan. Bino hovlisi ikki qavatli qurilgan katta-kichik hujralardan tashkil topgan boʻlib, peshtoq ortida miyonsaroy, uning ikki yonida esa masjid va darsxona joylashgan. Madrasa burchaklariga esa guldastalar ishlangan. 40x29.5 metr tarxli hovlisidagi peshayvonlar soni 2 ta. Madrasa poydevorining chuqurligi 5,5 metr. Tomi balxi gumbazli. Hujra derazalariga ganchdan panjaralar ishlangan. Manbalar Adabiyotlar Arshavskaya Z. A., Rtveladze E. V., Xakimov Z. A., Srednevekovie pamyatniki Surxandari — T., 1982. Askarov Sh. D., Genezis arxitekturi Uzbekistana — T. 2014. Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Istoriya iskusstv Uzbekistana s drevneyshix vremyon do seredini devyatnadsatogo veka — T. 1965. Oʻzbekiston madrasalari Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklari XIX asrda qurilgan madrasalar
1,953
https://uz.wikipedia.org/wiki/Intranet
Intranet
Intranet (inglizcha intranet — ichki tarmoq) — internet texnologiyasi, dastur taʼminoti va qaydnomalari asosida tashkil etilgan maʼlumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa boʻlib ishlashga imkon beruvchi korxona va tashkilot miqyosidagi kompyuter tarmogʻi. Informatika Manbalar
1,956
https://uz.wikipedia.org/wiki/Firewall
Firewall
Biror komputer yoki komputerlar netiga tashqaridan keluvchi havflarni tosish uchun chiqarilagan programma yoki qurilma. Vazifasi: virus, haker va informatsiyani tashqariga oqib ketishidan saqlaydi… Havolalar Informatika
1,957
https://uz.wikipedia.org/wiki/LAN
LAN
Local area network – mahalliy kichik tizim. Koʻpincha bu tizimni bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlar va ular oʻrtasida oʻrnatilgan aloqa kanallarini tushunish mumkin Yana qarang Kompyuter tarmogʻi Informatika
1,958
https://uz.wikipedia.org/wiki/Network
Network
Networkka oid muhim atamalar: LAN WAN VAN Ethernet Internet Intranet Extranet Modem HUB Bridge Router Switsch Gateway Proxy Server Informatika
1,961
https://uz.wikipedia.org/wiki/SAP
SAP
Software ishlab chiqarish bo'yicha 3 eng katta nemis aktsionerlik firmasi nomi. SAP AG ERP asosida ishlaydi. ... Informatika Iqtisodiyot
1,963
https://uz.wikipedia.org/wiki/Linux
Linux
Linux (lɪnʊks ) Linux yadrosiga asoslangan ochiq kodli Unixga oʻxshash operatsion tizimlar oilasi boʻlib, operatsion tizim yadrosi birinchi marta 1991-yil 17 sentyabrda Linus Torvalds tomonidan chiqarilgan. Linux odatda Linux distribyutorlarida paketlanadi. Taʼminotlar Linux yadrosi va qoʻllab-quvvatlovchi tizim dasturlari va kutubxonalarni oʻz ichiga oladi, ularning koʻpchiligi GNU loyihasi tomonidan taqdim etiladi. Koʻpgina Linux distribyutorlari oʻz nomida „Linux“ soʻzidan foydalanadi, ammo Free Software Foundation GNU dasturiy taʼminotining ahamiyatini taʼkidlash uchun baʼzi tortishuvlarga sabab boʻluvchi „GNU/Linux“ nomidan foydalanadi. Linux, shuningdek, oʻrnatilgan tizimlarda, yaʼni operatsion tizimda odatda proshivka ichiga oʻrnatilgan va tizimga juda moslashtirilgan qurilmalarda ishlaydi. Bunga routerlar, avtomat boshqaruvlari, aqlli uy qurilmalari, video oʻyin konsollari, televizorlar (Samsung va LG Smart TVlar), avtomobillar (Tesla, Audi, Mercedes-Benz, Hyundai va Toyota) va kosmik kema (Falcon 9 raketasi, Dragon ekipaj kapsulasi va Perseverance rover) kiradi. Linux bepul va ochiq manbali dasturiy ta'minot hamkorligining eng yorqin namunalaridan biridir. Manba kodi GNU General Public License (GPL) kabi tegishli litsenziyalari shartlariga muvofiq hamma tomonidan tijorat yoki notijorat maqsadlarda foydalanilishi, oʻzgartirilishi va tarqatilishi mumkin. Masalan, Linux yadrosi GPLv2 ostida litsenziyalangan, tizim qoʻgʻiroqlari bundan mustasno, bu yadroni tizim chaqiruvlari orqali amalga oshiradigan kodga GPL boʻyicha litsenziyalanishi mumkin emas. Dizayni Manbalar Operatsion tizimlar
1,965
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gateway
Gateway
Gateway(O'zbekchasiga shlyuz deb tanilgan) - bu boshqa tarmoqqa kirish nuqtasi bo'lib xizmat qiladigan kompyuter tarmog'idagi tugun (router, kompyuter, server). Uni bir tarmoqdan boshqasiga kirish imkonini beruvchi eshikka o'xshatish mumkin (Manba: Cisco Systems). Shlyuz (Ing. Gateway) odatda turli protokollardan foydalanadigan ikkita tarmoq aloqa o'rnatishi kerak bo'lganda ishlatiladi. Ushbu shlyuzlar tarjimon vazifasini bajaradi va ma'lumotlarni tarmoqlar o'rtasida uzluksiz uzatish imkonini beradi (Manba: Microsoft Docs). Shlyuz qanday ishlaydi? Shlyuz Ochiq tizimlarning o'zaro aloqasi (Ing. Open Systems Interconnection (OSI)) modelining (3-qavat) tarmoq sathida ishlaydi. U paketlarni qayerga yuborishni aniqlash uchun IP manzillaridan foydalanadi (ma'lumotlarni uzatishning eng kichik birligi). Shlyuzlar kiruvchi ma'lumotlar paketlari sarlavhasi ma'lumotlarini, xususan, IP manzilini tekshiradi. Agar IP-manzil tarmoq diapazonida bo'lsa, u to'g'ridan-to'g'ri paketni manzilga yuboradi. Agar manzil tarmoqdan tashqarida bo'lsa, shlyuz paketni belgilangan joyga yaqinroq bo'lgan boshqa shlyuzga yoki yo'riqnomaga yuboradi (Manba: Internet Engineering Task Force). Shlyuzlar, asosan, tarmoq sathida ishlaydigan marshrutizatorlardan farqli o'laroq, OSI modelining yuqori darajalarida ham ishlashi mumkin. Ushbu ko'p qatlamli operatsiya shlyuzlarga yanada murakkab funksiyalarni, jumladan, protokollarni tarjima qilish imkonini beradi. Masalan, shlyuz fayl uzatish protokoli (Ing. FTP) paketlarini gipermatnni uzatish protokoli (Ing. HTTP) paketlariga o'zgartirishi mumkin (Manba: Internet jamiyati). Shlyuzlarning turlari Dunyoda ko'p turdagi shlyuzlar mavjud bo'lib, ularning har biri muayyan tarmoq turlari uchun mo'ljallangan: Internet shlyuzi: Internet shlyuzi mahalliy tarmoqni (Ing LAN) Internetga ulaydi. U tez-tez marshrutizatorga kiritilgan shu bilan birga u tarmoqqa kirish va undan chiqish internet-trafigini boshqarish uchun ishlatiladi (Manba: Amazon Web Services). Blutli Shlyuz: Bulutli shlyuz mahalliy ilovalar va bulut xizmatlari o'rtasidagi aloqani osonlashtiradi. U turli xil protokollar va formatlarni bulutga asoslangan ilovalar bilan mos keladigan tarzda o'zgartirishi mumkin (Manba: TechTarget). VoIP shlyuzi: Ushbu turdagi shlyuz analog ovozli signallarni raqamli va aksincha, an'anaviy telefon tarmoqlari va VoIP tarmoqlari o'rtasida qo'ng'iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi (Manba: Network World). API shlyuzi: API shlyuzi mikroservislar arxitekturasidagi interfeys bo‘lib, API-larni to‘playdi va boshqaradi. U mikroservislarning belgilangan to'plamlari uchun kirish nuqtasini ta'minlaydi (Manba: Red Hat). Manba Cisco Systems, Inc. (2021). Tarmoq shlyuzi. https://www.cisco.com/c/en/us/solutions/small-business/resource-center/networking/what-is-a-network-gateway.html dan olindi. Microsoft korporatsiyasi. (2021). Gateway nima? Microsoft Azure. https://docs.microsoft.com/en-us/azure/architecture/guide/technology-choices/connectivity dan olindi Internet muhandisligi ishchi guruhi. (1995). IP-marshrutlashni tushunish. https://datatracker.ietf.org/doc/html/rfc1812 dan olindi Internet jamiyati. (2015). Internet arxitekturasi va institutlariga kirish. https://www.internetsociety.org/resources/doc/2015/introduction-to-internet-architecture-and-institutions/ dan olindi Amazon Web Services, Inc. (2021). Internet shlyuzi nima? https://docs.aws.amazon.com/vpc/latest/userguide/VPC_Internet_Gateway.html dan olindi. TechTarget. (2021). Cloud Gateway nima. https://searchstorage.techtarget.com/definition/cloud-storage-gateway dan olindi Tarmoq dunyosi. (2017). VoIP shlyuzi nima? https://www.networkworld.com/article/3236877/what-is-a-voip-gateway.html dan olindi. Red Hat, Inc. (2021). API shlyuzi nima? https://www.redhat.com/en/topics/api/what-is-an-api-gateway dan olindi Informatika
1,969
https://uz.wikipedia.org/wiki/Husayn%20Boyqaro
Husayn Boyqaro
Husayn Boyqaro (Husayniy) (1438-yil, Hirot—1506-yil, 4-may, Bobo-Ilohi, Hirot yaqinida) — Temuriylar sulolasining vakili, Xuroson podshosi, taniqli turkiy shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469-yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi. Tarixiy manbalardan shu narsa maʼlumki, Husayn Boyqaro Temuriy shahzodalar orasida jasoratli, mard, odil va tadbirkor saltanat sohibi boʻlgan. Husayn Boyqaro Hukmronlik qilgan davrda Xuroson fuqarolari birmuncha osoyishta va farovon hayot kechirgan. Ayniqsa, vaziri Alisher Navoiyning saʼy-harakatlari natijasi oʻlaroq, mamlakatda yirik suv inshootlari, maʼmuriy va madaniy qurilishlar, madrasa, masjid, karvonsaroy, rabotlar, ko‘priklar va sh.k. qurilish ishlari keng koʻlamda olib borilgan. Shu bois Husayn Boyqaroning hukmronlik davrida Hirot fan va madaniyat markaziga aylangan edi. Bu davrda ilmu fanning barcha jabhalarida qalam tebratgan allomalar, soʻz ustalari, adiblar, shoirlar, musiqashunoslar, hunarmand naqqoshlar va musavvirlar Hirotning dovrugʻini jahonga mashhur qilganlar. Husayn Boyqaro, Husayniy (toʻliq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaro) (1438— Hirot — 1506) — Xuroson hukmdori (1469-1506), shoir. 15-asr oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. Temuriylardan Umarshayx mirzoning evarasi. Onasi Feruzabegim temuriylardan Mironshohning nabirasi. Husayn Boyqaro, Bobur taʼriflaganidek, ikki tomonlama ulugʻ („karim ut-tarafayn“) boʻlgan. Hukmdorlik yillari 14 yoshda Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kirgan. 1454-yil Abulqosim Boburning Samarqandga — Abu Said Mirzoga qarshi yurishida qatnashgan. Abulqosim Bobur yengilgach, sulh tuzib, Hirotga qaytgan. Husayn Boyqaro esa onasining tavsiyasi bilan Abu Said Mirzo saroyida qolgan. Koʻp oʻtmay, qamoqqa olingan. Feruzabegim uni qutqarib, Hirotga olib kelgan. Shoh vafot etgach, Husayn Boyqaro Marv hukmdori Sulton Sanjar xizmatiga kirgan va uning qizi Beka Sultonbegimga uylangan. Sulton Sanjar Husayn Boyqaroni oʻz oʻrniga qoʻyib, Mashhadga yurish qilgan. Bu orada Marvda Husayn Boyqaroga qarshi fitna uyushtirilib, u ovga chiqqanda, shahar darvozalari berkitib olingan. Husayn Boyqaro 1457-yilni qoʻshni Marv bilan Xiva oraligʻidagi biyobonda oʻtkazgan. 1458-yilda 300 kishilik qoʻshin bilan Sulton Sanjarning yaqinlaridan Bobo Hasan qoʻshinini yengib, Niso viloyati, soʻng Astrobodni egallagan. 1459-yilda Husayn Boyqaro huzuriga Abdurazzoq Samarqandiy elchi boʻlib kelgan. 1460-yilda vaziyat taqozosi bilan Husayn Boyqaro Astrobodni tashlab chiqishga majbur boʻlgan. Ammo 1461-yil shaharni qaytarib olgan. Shu yil yoz oxirlarida Hirotga yurish qilgan. Biroq Abu Said Mirzoga bas kelolmay, orqaga chekingan, buning ustiga, Astroboddan ham mahrum boʻlgan. Amudaryo orqali Xorazmga oʻtib, Vazir shahriga — Mustafoxon huzuriga elchi yuborib, Abu Saidga qarshi birgalikda kurashishga daʼvat etgan. Lekin elchi kelguncha, uning ogʻasi Pir Budogʻ bilan kelishib, Mustafoxonga qarshi yurish qilishgan, lekin Vazir shahrini ololmay, bitim tuzganlar. Husayn Boyqaro Adoqqa borib, 1461-yil oxirlarigacha oʻsha yerda qolgan. Adoqda turib, Astrobod, Gurgon va Eronning boshqa tumanlariga hujumlar uyushtirgan, magʻlubiyatga uchraganida, shu yerdan panoh topgan. Mustafo zulmiga qarshi koʻtarilgan isyondan foydalanib, avval Vazirni, 1462-yilda Urganch va Xivani qoʻlga kiritgan. Oradan 1 yil oʻtmay, Abu Said uni Xorazmdan surib chiqargan. 1463-1464-yillarda Urganch, Xiva, Hazorasp, Tirsakni qoʻlga kiritgan. Shu yerda kuch toʻplab, yana Xurosonga hujum qilgan. Ammo Abu Said qoʻshinlari Xivani egallay. Husayn Boyqaro uni qaytarib oladi. 1467-yilda yana Urganchni egallaydi. Shu yili u oʻzbeklar xoni Abulxayrxondan yordam soʻrab, Dashti Qipchoqqa boradi. Xon yordam vaʼda qiladi, lekin betob boʻlib qolganligi tufayli, bu vaʼda amalga oshmaydi. 1469-yil martigacha Xorazm va Buxoro oʻrtasida sarson-sargardon yurgan Husayn Boyqaro, Abu Said vafot etgach, Hirotni egallab, Samarqanddan doʻsti Alisher Navoiyni maxsus yorliq bilan chaqirib oladi va muhrdorlik vazifasiga tayinlaydi. Navoiy doʻstini taxtga chiqishi bilan qutlab, unga „Hiloliya“ qasidasini taqdim etgan. 1469-1470-yillar Shohrux mirzoning avlodlaridan Yodgor Muhammad Mirzo va Abu Said Mirzoning oʻgʻli Sulton Mahmud Mirzo taxt daʼvogarlari sifatida maydonga chiqadilar. Yodgor Mirzoning tarafdorlari, xususan, onasi Poyanda Sultonbegim Hirot ichkarisida zimdan ish olib borgan. 1470-yilning iyulida Husayn Boyqaro qoʻshin bilan dushmanga qarshi jangga ketganda, poytaxtda sotqin bek va amaldorlar Yodgor Mirzo nomiga xutba oʻqitganlar. Husayn Boyqaro 1 oydan soʻng Navoiyning tadbirkorligi bilan Yodgor Mirzoni qoʻlga olib, taxtni qayta egallagan va umrining oxirigacha hukmdorlik qilgan. Saltanatiga Xorazm, Seyiston, Qandahor, Balx, Gʻaznadan Domgʻongacha boʻlgan yerlar kirgan. Yurak xastaligidan vafot etgan Husayn Boyqaro oʻzi qurdirgan madrasa ichidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozir maqbara vayron boʻlgan, qabr va uning ustiga oʻrnatilgan „Sangi haft qalam“ saqlanib qolgan. Xuroson mamlakati Husayn Boyqaro davrida Husayn Boyqaro Temuriylar orasida ancha shijoatli va maʼrifatli, shariatga qatʼiy amal qilgan hukmdor boʻlgan. Husayn Boyqaro Xurosonda hokimiyatni egallagach, asosiy eʼtiborni mamlakatda tinchlik, osoyishtalikni qaror toptirish, ichki hududiy nizolar, ziddiyatlarni bartaraf etish va markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratgan. U oʻlkada madaniy-maʼrifiy va obodonchilik ishlarini rivojlantirishga alohida ragʻbat koʻrsatgan: iqtisodiy hayot yuksalib, savdo-sotiq rivojlangan, yuzlab karvonsaroylar, rabot, koʻprik, maktab, madrasa, masjid, xonaqoh, hammom, tabobatxona, yetimxona, suv havzalari qurilgan, kanallar qazilgan, bogʻlar barpo etilgan. Hirot mamlakati Husayn Boyqaro davrida Husayn Boyqaro davrida Hirot Sharqning fan, madaniyat, hunarmandchilik rivojlangan yirik markaziga aylangan: turli mamlakatlardan isteʼdod sohiblari Hirotga panoh axtarib kelganlar. Til, adabiyot, tarix, tasviriy sanʼat, xattotlik, kitobat sanʼati, tabobat, handasa, musiqa, qogʻoz tayyorlash, tomosha sanʼati va boshqa sohalar rivojlangan. Hirot, Mashhad, Marv, Nishopur singari shaharlarda koʻplab noyob obidalar barpo etilgan. Mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar Xurosondan tashqarida ham mashhur boʻlgan. Husayn Boyqaro, Navoiy va Jomiy koʻplab isteʼdodlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaganlar; oʻz davrining zabardast shoir, olim, muarrix, musiqachi, xattot, naqqoshlari xuddi shu zamonda yetishib chiqqanlar va faol ijod qilganlar. Ijodi Husayn Boyqaro turkiy tilda yozishni ragʻbatlantirgan va shunga daʼvat qilgan. Oʻzi ham badiiy ijod bilan shugʻullanib, „Husayniy“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, sheʼriyat majlislari tashkil etib, shoirlarga rahnamolik qilgan. Undan bizgacha sheʼrlar devoni va Navoiyga bagʻishlangan "Risola" asari yetib kelgan. „Risola“ asari 1945-yilda turk olimi Ismoil Hikmat tomonidan topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan. Shoh shoirning hozirgacha 202 gʻazal, Navoiy gazaliga bogʻlangan 3 muxammas, 6 ruboiy, shuningdek, fors-tojikcha 2 gʻazal 1 ruboiy va bir necha baytlari maʼlum. Gʻazallarining barchasi ramal bahrida. Lekin ular Husayn Boyqaroning tabʼi baland, didi nozik shoir boʻlganligini koʻrsatadi. Navoiy "Majolis un-nafois" tazkirasining 8-majlisini toʻliq Husayn Boyqaro ijodiboʻgʻina bagʻishlab, uning devonidagi 164 gʻazalning matlaʼini keltiradi va u qoʻllagan badiiy timsollar, sheʼriy sanʼatlar, nozik maʼno va ohorli tashbehlar xususida fikr yuritadi. Husayn Boyqaro gʻazallari tilining musiqiyligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi. Farzandlari Husayn Boyqarodan 14 oʻgʻil, 11 qiz qolgan. Badiuzzamon Mirzo, Shohgʻarib Mirzo, Muhammad Husayn, Ibrohim Husayn kabi oʻgʻillari badiiy ijod bilan ham shugʻullanishgan. Keyinchalik oʻzaroichki urushlar, Husayn Boyqaro va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi oqibatida Xuroson davlati zaiflashgan. Uning vafotidan soʻng 1507-yili Hirot shayboniylar tomonidan zabt etilgan. Husayn Boyqaro badiiy ijod bilan shugʻullanib, gʻazalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. Boburning xabariga koʻra, devonidagi gʻazallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan. Gʻazallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan. „Risola“ nomli nasriy asarida Navoiy ijodiga keng va ob’yektiv baho bergan. Husayniy asarlari OʻR FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Shoir ijodi bilan E.Rustamov, S.Gʻanieva, E.Ahmadxoʻjaev, A.Erkinov va boshqalar shugʻullanganlar. Nashr qilingan asarlari Husayn Boyqaro. Devon, risola. (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva) — T.: 1968; Shoh va shoir: Husayniy (nashrga tayyorl. A.Erkinov). — T.: 1993; Manbalar Adabiyotlar H.Arasli. Husayn Boyqaro risolasi haqida. Oʻzbek tili va adabiyoti" jurn. 1968, № 3; Oʻzbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. — T.: Fan, 1978. Alisher Navoiy, Majolis unnafois [Mukammal asarlar toʻplami], 13j., T., 1998; Zahiriddin Muhammad bobur, Boburnoma, T., 1989; Oʻzbek adabiyoti tarixi, 2-j., T., 1977; Ahmedov B., tarix saboqlari, T., 1994; Buyuk siymolar, allomalar, 2-kitob, T., 1996; Homidiy H., Koʻhna Sharq dargʻalari, T., 1999. Begali Qosimov. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000. Devon [Risola], T., 1968; Husayn Boyqaro [Risola], T., 1991; Jamolingdin koʻzum ravshan [Sheʼrlar), T., 1991; Devon, T., 1995. Havolalar Roemer H. S. Ḥosayn Bāyqarā. Encyclopædia Iranica. (ingl.) Tarix Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston tarixi Temuriylar Shoirlar Turkiy shoirlar Madrasa asoschilari Madrasada dafn etilganlar Hirot kishilari
1,970
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shohrux%20Mirzo
Shohrux Mirzo
Mirzo Shohrux (, Shohrux ismining lugʻaviy manosi Shoh (podsho)ning Yuzi degan manoga egadir, boshqa ismlari: Amirzoda Shohrux, Mirzo Shohrux, Shohrux mirzo, Xoqoni saʼid, Abu Nasr Shohrux bahodir sulton, 1377-yil 20-avgust, Samarqand – 1447-yil 19-mart, Ray) Amir Temurning toʻrtinchi oʻgʻli, Mirzo Ulugʻbekning otasi. 1397-yildan Xuroson (hozirgi Afgʻoniston) shohi boʻlgan, 1409-yildan esa Temuriylar davlatini shohi boʻlgan. Hayoti davomida Temuriylar davlati boʻlinishi toʻxtatishni istagan. Yoshlik Yoshlik yillari Samarqandda oʻtgan, shu yerda dunyoviy va diniy taʼlim olgan. Amir Temur 1390-91-yillar Dashti Qipchoqqa va 1392-yil harbiy mamlakatlarga 5 yillik yurishlari chogʻida Shohruxni mamlakatni boshqarishga tayinlab qoldirgan. Koʻp oʻtmay, Amir Temur Shohruxni oʻz yoniga chaqirib oladi va 17 yoshli Shohrux jangovar harakatlarda qatnasha boshlaydi. Amir Temur uni lashkarning mangʻlay va juvangʻar qismlariga tayinlaydi, keyinroq esa, Samarqandga qaytarib, poytaxtni boshqarib turishni topshiradi. Amir Temur 1396-yil Shohruxga Xuroson oʻlkasini suyurgʻol qiladi va tegishli qoʻshin hamda elat bilan birga uni oʻz mulkiga joʻnatadi. Shohrux Amir Temurning 7 yillik yurishida, xususan, Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarda bevosita qatnashgan, lashkarning ilgʻor, mangʻlay, juvangʻar qismlarini boshqargan; janglarda shaxsiy dov-yuraklik va mahorat namoyish etgan. Uni adolatparvar, raiyat tinchligini koʻzlovchi shaxs sifatida bilganlar; qamalda qolgan shaharlar aholisi aksari hollarda sulh taklifi bilan Shohruxga murojaat qilganlar va u ham oʻz yordamini ayamagan. Baʼzi hollarda, Amir Temur Shohruxni lashkarning oʻgʻruq qismini qoʻriqlashga mutasaddi qilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy „Zafarnoma“da yozishicha, Amir Temur hayotining keyingi yillarida Shohruxning davlatdorlik sifatlariga alohida eʼtibor bergan. Chunonchi, Xitoyga yurishi chogʻida, saltanat xavfsizligini taʼminlash, xususan, harbiy oʻlkalarni idora etish kabi katta mas’uliyatni Shohrux zimmasiga yuklaydi va uni Xurosonda qoldiradi. Sohibqiron 1391-92-yillar moʻgʻullar bosqini davrida butunlay xarob qilingan Banokat shahri oʻrniga yangi shahar barpo etib, u yerga atrof yerlardan aholini koʻchirib obod qiladi hamda uni Shohruxga suyurgʻol qiladi va bu shahar Shohruxiya nomi bilan shuhrat topadi. Hukmdor Amir Temur vafotidan soʻng, 1405-yil martda Shohrux rasmiy ravishda Temuriylar saltanati hukmdori sifatida Xuroson taxtiga oʻtirdi va oʻz nomidan xutba oʻqitib, pul (tanga) zarb qildirdi. Shohrux hukmdorligining dastlabki yillarida Temuriylar saltanatida kuchli tarqoqlik yuzaga kelib, saltanatning turli qismlarida yakkahokimlik uchun kurash boshlanib ketdi. Movarounnahrda Samarqand taxtini Xalil Sulton egalladi, Ozarbayjon va Iroqi Ajamni Qora Yusuf, Iroqi Arab hududini Sulton Ahmad oʻz qoʻliga kiritdi. Eronzaminda temuriy shahzodalar oʻzaro nizolashardilar, Mozandaron, Balx, Gʻur va boshqa viloyatlarda ham isyonlar yuzaga keldi. Shohrux saltanatda vujudga kelgan nizolar, isyonlar, yakkahokimlik uchun chiqishlarni teran qobiliyati, mahorati, tafakkuri, olib borgan siyosati tufayli birin-ketin bostirishga muvaffaq boʻldi. Shohrux oʻz hukmdorligi chogʻida Temuriylar saltanatining hududiy kengligi, harbiy salohiyati, kuchli iqtisodiy mavqeini saqlashga intildi. Buning uchun Movarounnahr, Eronzamin, Ozarbayjonga yurishlar qilib gʻalaba qozondi; 1429-yil Shohrux Ozarbayjonda xavfli kuchga aylangan amir Iskandar ibn Qora Yusuf ustiga deyarli butun saltanati hududidan lashkar yigʻib yurish qiladi. Salmos choʻlida ikkala tomon oʻrtasida qattiq jang boʻladi; Shohrux oʻgʻillari Mirzo Boysungʻurni lashkarning juvangʻarini, Ibrohim Sultonni barangʻarini boshqarishga belgilaydi; Muhammad Joʻgiyni esa oʻziga tegishli boʻlgan gʻul qismda qoldiradi. Shiddatli jangdan soʻng Shohrux lashkari zafar quchadi. Shohrux Seyiston va Badaxshonga lashkar joʻnatib, u yerlardagi isyonlarga chek qoʻyadi. 1405-yildan 7 yil davomida Xorazmni zabt etib turgan Dashti Qipchoq amirlariga qarshi Shohrux katta lashkar joʻnatadi va gʻolib kelib, Xorazmni Temuriylar saltanati tarkibiga kiritadi hamda viloyatni boshqarishga sarkarda amir Shohmalikni belgilaydi. Shohrux koʻpgina nizolarni sulh yoʻli bilan bartaraf qilgan va bunda taniqli davlat arboblari va shayxlar xizmatidan keng foydalangan. Umuman, Shohrux hukmronligi davrida sharqda Moʻgʻulistondan tortib gʻarbda Misr va Rum yerlarigacha, janubda Hindistonning markaziy qismidan boshlab shimoldan to Dashti Qipchoq chegaralarigacha boʻlgan joylar Temuriylar saltanati tarkibiga kirgan. Davlat boshqaruvi tizimi Saltanatni suyurgʻol tizimi boʻyicha boshqargan; mamlakat hududini oʻgʻillari, nevaralari, qarindoshlari, xizmat koʻrsatgan sadoqatli amirlariga suyurgʻol qilib bergan. Tarixchi Hofizi Abruning „Zubdat at-tavorix“ asarida yozilishicha, Shohrux 1443- yil Misr podshosiga elchi yoʻllab Ka’ba uyiga yopinchiq kiygazishni soʻraydi va rozilik oladi. Shu asosda 1444-1445-yil kaʼbapoʻsh tayyorlatib, uni shayx Nuriddin Muhammad al-Murshidiy va mavlono Shamsiddin Muhammad Abhariy vositasida Makkaga joʻnatadi; ular kaʼbapoʻshni muqaddas Kaʼba uyiga yopib qaytadilar. Shohrux podshohlik devonida kundalik ishlarni doim nazorat qilib borgan; qarorlar qabul qilishda kengash va maslahatga keng oʻrin ajratgan, koʻpchilik fikrini inobatga olgan holda adolatli hukmlar chiqargan. Shuningdek, devonda diniy va dunyoviy masalalar yuzasidan yetuk allomalar ishtirokida suhbatlar, fiqh, tib, nujum, geografiya, tilshunoslik va boshqa fan sohalari boʻyicha bahs-munozaralar tashkil qilgan, oʻzi ham ularda faol qatnashgan. Shohrux saltanati hududida bunyodkorlik faoliyati uchun katta imkoniyatlar yuzaga keldi. Shaharsozlik, hunarmandchilik, savdo, dehqonchilik, ilm-fan, madaniyat tez sur’atlar bilan rivojlandi. Shohrux bunyodkorlik ishlariga, xususan, shaharlar obodonchiligi va sugʻorish tizimini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratib Hirot (1405-yil), Balx (1407-yil) shaharlarini tiklashga oliy farmon bergan. Chingizxon yurishi chogʻida xarob qilingan (1220-yil) Marv shahrini qayta barpo etilib, unga Murgʻob daryosidan ariq qazdirib suv keltirildi. Sugʻorish tizimi yaxshilandi, yangi yerlar oʻzlashtirildi, ekin maydonlari kengaydi. Shaharlarda hunarmandchilik va savdo rivojlandi, koʻplab madaniy-maʼnaviy muassasalar – madrasalar, masjidlar, xonaqohlar qurildi. Shohrux ilm-fan rivojiga alohida eʼtibor berdi. Hirot, Samarqand, Buxoro, Mashhad, Sheroz va boshqa shaharlarda ilm-fan keng rivoj topdi. Movarounnahrda Mirzo Ulugʻbek rasadxona barpo etib aniq fanlar rivojlandi; Naqshbandiya taʼlimoti yozma meros tarzida shakllandi va shu yoʻnalishda bir qancha asarlar yozildi. Hirot va Sheroz shaharlarida tarixnavislikka katta eʼtibor qaratildi. Amir Temur va temuriylar tarixiga oid bir qancha yirik asarlar yaratildi. Temuriylar saltanatida kitobat va miniatyura sanʼati yuksaldi. Hirotda Mirzo Boysungʻur va Sherozda Ibrohim Sulton bu sohalarning rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Islohotlar Shohrux hukmronligi davrida Temuriylar saltanatining xalqaro miqyosdagi nufuzi ortdi, davlatlar oʻrtasidagi elchilik munosabatlariga Shohrux juda katta eʼtibor bergan. Uning huzuriga Xitoy, Hindiston, Misr, Shom, Rim, Yevropa, Dashti Qipchoq hukmdorlaridan elchilar kelgani va Shohrux ham oʻz elchilarini joʻnatgani haqida Temuriylar davri tarixiy manbalarida maʼlumotlar qayd etilgan va ikkita elchilik haqida mukammal kundalik ham yozilgan. 1419-1422-yillar Xitoyga borib kelgan safar xotirotlari, unda bevosita qatnashgan Gʻiyosiddin Naqqoshning kundaligi hamda 1442-1444-yillar Janubiy Hindistonga borib qaytgan elchilarning safar tafsilotlari, uni boshqargan Abdurazzoq Samarqandiyning safarnomasida aks etgan. Shohruxning elchilar vositasida yoʻllagan maktublarida savdo yoʻllari xavfsizligini taʼminlash va xalqaro savdo-sotiqni rivojlantirish alohida taʼkidlangan. Buyuk Ipak yoʻli orqali savdo va elchilik karvonlari muntazam qatnab turgan. Shohrux oʻzining xalqaro siyosatida davlatlararo tinch-totuvlik va doʻstona munosabatlar taʼminlanishini ustuvor yoʻnalish deb bilgan. Shohruxning davlatchilik siyosatida bunyodkorlik ishlariga katta eʼtibori natijasida ilm-fan va madaniyat rivojida oʻziga xos uygʻonish (renessans) boʻldi va bu XV asrning 2-yarmida Alisher Navoiy davrida Xurosonda ilm-fanning yuksak rivojlanishi uchun zamin yaratdi. Vafoti va merosi Sulton Muhammad qoʻzgʻolonini bostirgandan koʻp oʻtmay, sogʻligʻi zaiflashgan Shohruh 1447-yilning mart oyida Ray yaqinidagi qishloqda vafot etgan. Buni yashirish uchun qilingan dastlabki urinishlarga qaramay, hukmdorning oʻlimi haqidagi xabar tezda tarqaldi. Harbiy qismda tartibsizlik yuzaga kelib, Shohruhning jasadini dafn etish uchun poytaxtga olib borishning imkoni boʻlmadi. Uning oʻlimidan keyingi uchinchi kunigina jasad, xotini Gavhar Shodbegim va Shohruhning nabirasi Abdulatif hamrohligida sharqqa qarab yoʻl oladi. Biroq, Abdulatif buvisini ham, jasadni ham garovga oladi. Yana bir nabirasi Alouddavla amakivachchasining qoʻshinlarini magʻlub etib, Gavhar Shodbegimni ozod qiladi. Shundan keyin Shohrux Hirotdagi Gavhar Shod maqbarasiga dafn qilinadi. Keyingi yili Mirzo Ulugʻbek shaharni qoʻlga kiritgach, otasining jasadini Samarqanddagi Goʻri amirda Temurning jasadi bilan birga dafn qilishni buyurgan. Shohrux oilasi oʻrtasidagi vorislik kurashi bir necha yil davom etgan. Dastlab Ulugʻbek va Alouddavla oʻrtasida davom etgan kurashda Ulugʻbek gʻalaba qozongan. Biroq 1449-yilda oʻldirilgandan soʻng, keyingi ichki urushlarda Temuriylar saltanati ustidan nazorat Shohruh avlodlariga oʻtgan. Manbalar Temuriylar Oʻzbekiston tarixi Hirot Hirot kishilari Samarqand kishilari
1,975
https://uz.wikipedia.org/wiki/Foiz
Foiz
Foiz (bir deb qabul qilinuvchi) har qanday qiymatning yuzdan bir qismidir. % belgisi bilan ifodalanadi. Masalan: 23% (23 foiz) = 23 / 100. Yana qarang Kasr Manbalar Matematika
1,982
https://uz.wikipedia.org/wiki/Marg%CA%BBilon
Margʻilon
Margʻilon (boshqa nomlari Margilan, Margelan) – Oʻzbekiston shaharlaridan biri. Fargʻona viloyatida joylashgan. Aholisi 246,7 ming kishi. Shaharda 30 dan artiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Jumladan, 91,9 % oʻzbeklar, 3,1 % ruslar, 1,4 % tatarlar. Shahar iqlimi – kontinental, qish yumshoq, yoz esa juda issiq keladi. Geografik joylashuvi Fargʻona vodiysining janubiy qismida, Oltoy togʻlari etagida joylashgan. Geografik kordinatlari: 40°28' 16 N Shimoliy kenglik, 71°43' 29 E Sharqiy uzunlikda. Dengizdan 487 metr balandlikda. Fargʻona shahridan 10-12 km shimolida, 475 m balandlikda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Margʻilon (4 km). Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25—26°, yanvarniki —3,5°. Margʻilonning janubiy chekkasidan Janubiy Fargʻona kanali va shahar ichidan Margʻilonsoy oqib oʻtadi. Aholisi 183,2 ming kishi (2002; 1973-yilda 117 ming, 1939-yilda 46 ming, 1897-yilda 36 ming kishini tashkil etgan), asosan, oʻzbeklar (89,3%), shuningdek, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Margʻilondan 3-4 km janubroqda joylashgan Yangi Margʻilon (sobiq Gorchakova) shaharchasi Margʻilon shahar Kengashiga qaraydi. 2007-yil YUNESKO qaroriga binoan shahrning 2000 yillik tantanalari oʻtkaziladi. Tarixi Afsonalarga koʻra, Margʻilonga Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan. Aytishlaricha Zulqarnayn ovqatlangani toʻxtaganda, unga Murgʻ yaʼni tovuq va Non berilgan ekan va shundan Murgʻinon boʻlib shaharni nomi kelib chiqqan ekan. Lekin boshqa ishonchliroq maʼlumotlarga qaraganda Margʻilon Miloddan Keyingi IX asrda Buyuk Ipak yoʻli muhim shahrlardan boʻlgan. XV asrda yashab oʻtkan vatandoshimiz va Boburiylar imperiyasining asoschisi Bobur oʻzinig Boburnoma kitobida „koʻp yahshi narsalarga boy shahar. Uning Shaftolilari va Anorlari ham koʻb yahshidur“ deb yozgan. Va uning aytishicha „Samarqand ning va Toshkent ning eng koʻzga koʻringan bezori va urishqoqlari Margʻilonliklardir“. 1710—1876-yillarda Qo'qon xonligi davrida shahar Margʻilon bekligi markazi, xonlikning muhim strategik ahamiyatga molik kenti boʻlgan. Margʻilon Fargʻona vodiysining qadimiy shaharlaridan biridir. 1994-2004 yillarda Oʻzbekiston Arxeologiya instituti xodimlari shaharda ish olib borib, Margʻilon vohasida eramizdan avvalgi IV – III asrlardan boshlab sugʻorma dehqonchilik mavjudligini aniqladilar. Margʻilon Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston guberniyasi takibidagi, Farg'ona viloyati, Margʻilon uezdi markazi boʻlgan. Shaharda hamma zamonlarda ham hunarmandchilik va savdogarlik yuksak darajada rivojlangani maʼlum. Shuningdek, Margʻilonni „Sunduqul orifiyn“ (Oriflar sandigʻi) deydilar. Bunga sabab esa bu shahardan juda koʻp olimu fuzalo, oriflarning chiqqanidir. Margʻilon savdogarlari Oʻrta Osiyo savdo-sotiq ishlarida muhim rol oʻynaganlar va Sovet ittifoqi davrida bu shaharni odamlarini qonun bilan chiqishmovchiliklari boʻlgan. Margʻilon toʻgʻrisidagi dastlabki yozma maʼlumotlar X asrga taalluqli. Oʻsha davrlarda shahar „Margʻinon“ deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib kelingan. Margʻilon nomining kelib chiqishi haqida aniq bir maʼlumot yoʻq. Ayrim toponimistlar „margʻ“ – „maysazor“, „oʻtzor“dan deb taxmin qiladilar. Margʻilon „murgʻ“ va „yunon“ soʻzlaridan degan mahalliy toʻqima rivoyat ham bor. Ibratning „Tarixi Fargʻona“ qoʻlyozma asarida yozilishicha, shaharga 883-yilda asos solingan. Arxeologik topilmalar Margʻilon oʻrnida mil. boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, X asrda u katta qishloq boʻlganligini, XI – XII-asrlarda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V. V. Bartold „Moʻgʻullar istilosi davrida Turkiston“ asarida Qoraxoniylar davrida ham Margʻilon viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. „Boburnoma“da Margʻilon Fargʻonadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida soʻz yuritilib, uning „donai kalon“ deb ataluvchi anori va „subhoniy“ navli oʻrigi maqtaladi. Shaharning qad. qismida oʻtkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida Margʻilonga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha shaharning 12 darvozasi boʻlgan. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Margʻilon aholisi qadimdan atlas toʻqish bilan shugʻullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. Margʻilonning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashgʻar savdogarlari tomonidan koʻplab xarid qilingan. Shuningdek, Margʻilonda doʻppidoʻzlik, misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti bilan tanga ham zarb qilingan. Shahar turli davrlarda Temuriylar, Shayboniylar davlatlari, keyingi davrda Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 1875-yilda rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Margʻilonda oq podsho maʼmurlari zulmiga qarshi qaratilgan, tarixda maʼlum boʻlgan „Poʻlatxon qoʻzgʻoloni“ (1873—76), mahalliy aholini Rossiyadagi front orti ishlariga zoʻrlab olib ketilishiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1916) boʻlib oʻtgan. Margʻilon 1876—1926-yillarda Fargʻona viloyatining uyezd shahri boʻlgan, soʻngra Fargʻona okrugi miqyosidagi shaharga aylantirilgan. 1927-yilda Margʻilonda birinchi pillakashlik fabrikasini qurishga kirishildi. Bundan tashqari, ikkita elektr stansiyasi, bosmaxona, mexanika ustaxonasi, non va limonad zavodlari bor edi. Keyinroq mexanizatsiyalashgan koʻnchilik zavodi, taxta tilish tsexi, poyabzal f-kasi foydalanishga topshirildi. Shoyi toʻqish artellari yiriklashtirildi, bir qancha yangi hunarmandchilik korxonalari ishga tushirildi. 1963-yilda badiiy gazlamalar ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik artellari negizida „Atlas“ firmasi vujudga keldi (1976-yildan „Atlas“ ishlab chiqarish birlashmasi). Shaharda 20 ga yaqin sanoat, 8 avtotransport korxonalari, 17 qurilish tashkiloti bor (2002). „Turonshoyi“, A. Navoiy nomli ipak gazlamalar va mexanika, „Fargʻonasut“, yogʻochsozlik korxonalari mavjud. „Doʻstlik— Margʻilon“ qoʻshma korxonasi, 600 dan ortiq kichik va xususiy korxona, markaziy dehqon bozori, „Margʻilon“ mehmonxonasi, avtobuslar shohbekati, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Margʻilonda hunarmandchilik (ayniqsa, doʻppidoʻzlik, tandirchilik, misgarlik) rivojlangan. 34 umumiy taʼlim maktabi, „Istiqbol“ gimnaziyasi, milliy xunarmandchilik va aniq fanlar litseylari mavjud boʻlib, ularda 200 oʻquvchi taʼlim oladi. 2 musiqa, 2 kasb-hunar maktabi, qurilish, tijorat, hisob-kredit, tibbiyot va pedagogika kollejlari, maxsus maktab, mehribonlik uyi, „Shoyi“ korxonasiining ipakchilik instituti faoliyat koʻrsatmoqda.12 jamoat va bolalar kutubxonasi (168 ming kitob), 6 madaniyat uyi (jumladan, markaziy madaniyat uyi), Y. Oxunboboyev memorial muzeyi, madaniyat va sanʼat muzeyi, „Nurxon“ xalq teatri, madaniyat va istirohat bogʻi bor. „Al Hidoya“ xotira majmui mavjud. Shahar televideniyesi va radioeshittirishlari qoʻmitasi ishlab turibdi. Margʻilon vodiydagi yirik shaharlar bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. „Margʻilon haqiqati“, „Turon shoyisi“ gazetalari chiqarilmoqda. Shaharda 1037 oʻringa moʻljallangan kasalxonalar, 2 tibbiyot sanitariya qismi, Salomatlik markazi, tez tibbiy yordam markazi va boshqa tibbiy muassasalarda 422 vrach, 1599 oʻrta tibbiy xodim xizmat qiladi. „Atlaschi“ va „Turon“ stadionlari, 33 sport zali, koʻplab voleybol, basketbol va futbol maydonlari, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi bor. 56 ta jismoniy tarbiya jamoasida 43 ming nafardan ziyod yoshlar shugʻullanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Pir Siddiq majmui („Kaptarlik“, 18-asr oʻrtalari), Xoʻja Magʻiz maqbarasi (18-asrning birinchi yarmi), Chokar, Toronbozor masjidlari (20-asr boshlari), Saidahmad Xoja Eshon madrasasi (19-asr oxiri) va boshqa saqlanib qolgan. Margʻilonda buyuk alloma Burhoniddin Margʻinoniy yashab oʻtgan, shoira Uvaysiy (Jahon Otin) tugʻilgan va boshqa bir qancha mashhur kishilar ijod qilganlar. Margʻilon shahri ming yillardan beri oʻzining usta-hunarmandlari, olimu fuzalolari bilan dunyoga mashhurdir. 2007-yil UNESCO qaroriga binoan shahrning 2000 yillik tantanalari oʻtkazildi. Qadimiy Xitoy yozma manbalarida Dovonda Lar gi shahri keltirilgan, Xitoy olimlari ilmiy ishlarida bu shahar Hozirgi Margʻilon shahriga togʻri keladi va bu shahar 2700-yil tarihga ega ekanligini isbotlaydi. Yana shaharda,Oʻzbekistondagi eng yirik shoyi ishlab chiqaradigan Yodgorlkik shoyi Korhonasi va Turon shoyisi Korhonalari joylashgan.Fargʻona vodiysi Shoyi toʻqish qachon kelganligi nomaʼlum, lekin eski zamonlardan maʼlumki Margʻilon bu sohada juda mashhur boʻlgan. 2019-yil Margʻilon shahrida oʻtkazilgan „Buyuk ipak yoʻli“ xalqaro folklor musiqa festivalining ochilish marosimida „Margʻilon qadim sanʼat darvozasi“ kitobi taqdim etidli. Tarixiy va arxitektura yodgorliklari va asosiy joylar Yodgorlik ipak fabrikasi Sanoatlashtirish sharoitida anʼanaviy ipak toʻqish texnikasini saqlab qolish maqsadida 1983-yilda tashkil etilgan „Yodgorlik“ ipakchilik fabrikasi yuqori sifatli qoʻlda ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarishga eʼtibor qaratadi. Bu yerda 200 dan ortiq ishchi mehnat qiladi, ipak qurtlarini tut barglari bilan boqishdan tortib, ipaklarni tabiiy mineral va oʻsimlik boʻyoqlari bilan boʻyash, ipak toʻqishgacha boʻlgan toʻliq ishlab chiqarish jarayoni fabrikada amalga oshiriladi. Fabrikada sayyohlar Margʻilonning anʼanaviy ipak toʻqish sanoati bilan tanishish imkonini beruvchi ekskursiyalar uchun ochiqdir. Margʻilon ipak fabrikasi Margʻilon ipak kombinati sanoat ipak ishlab chiqarish boʻyicha davlat tasarrufidagi ulkan obyektdir. Oʻzining eng yuqori choʻqqisida u har yili 22 million kvadrat metrgacha ipak ishlab chiqargan 15 ming ishchi ishlagan. Hali ham tashrif buyurish mumkin. Qumtepa bozori Qumtepa bozori Markaziy Osiyodagi eng jonli bozorlardan biridir. U yakshanba va payshanba kunlari shahar markazidan 5 km gʻarbda joylashgan joyda boʻlib oʻtadi. Ushbu bozor toʻqimachilik, yangi mahsulotlar va uy-roʻzgʻor buyumlarini sotib olish uchun yaxshi joy. Toron masjidi Toʻron masjidi Margʻilon markaziy bozorining shimolda joylashgan. Unga 19-asrda bolsheviklar inqilobi davrida Margʻilonga qochgan chor maʼmuriyatining maslahatchisi, boy filantrop Said Ahmad Xoʻjayev asos solgan. 20-asrda bino qamoqxona sifatida ishlatilgan, keyin esa ofisga aylangan. Hozir bu yerda anʼanaviy atlas va adras toʻqimachilik texnologiyalari saqlanib qolgan Margʻilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi joylashgan. Istirohat bogʻi Margʻilonning eng katta va eng jozibali bogʻi – Erkin Vohidov nomidagi (sobiq Maʼmurjon Uzoqov nomidagi) Istirohat bogʻi. U yoʻllar, maysazorlar va daraxtlar bilan yaxshi tartibga solingan va mahalliy aholi koʻplab tashrif buyuradigan madaniy maskanlardan biri hisoblanadi. Xonaqoh jome masjidi Xonaqoh jome masjidi XVI asrda qurilgan va Madaniyat vazirligi tomonidan taʼmirlangan. Masjidda har birining balandligi 26 m boʻlgan ikkita taʼsirchan minora va margʻilonlik ustalar tomonidan sadr yogʻochidan yasalgan oʻziga xos oʻyilgan yogʻoch ustunlar mavjud. Masjid gumbazi ostida osilgan oʻyilgan yogʻoch shift va qandil ham jozibali koʻrinishda. Yana qarang Said Ahmadxoʻja madrasasi – XIX asrda faoliyat koʻrsatgan maktab, madrasa hisoblanadi. Margʻilonda shoʻrolar davrida oʻzbek raqqosasi Nurxon Yoʻldoshxoʻjayeva sharafiga haykal qurilib, oʻrnatilgan, biroq 1991-yilda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi barham topganidan soʻng koʻp oʻtmay buzib tashlangan. Pir Siddiq majmuasi (Kaptarlikmozor) – Burhoniddin Margʻinoniy yashab ijod qilgan chillahona va uning shogirdlarida biri dafn etilgan maqbara. Hoʻja Maoz yoki Hasti Maoz – shahar chetida joylashgan, mashhur sahobai kirom Muoz ibni Jabal maqbarasi. Hoʻja Porso maqbarasi. Hoʻja Egiz masjidi Oq masjid Hokimlar Axatov Nematillo Asatovich, Nasibullo Rahmatullayev (2008-yil 29-maygacha), Ilhom Mamatov (2008-yil 29-maydan), Erkaboyev Shavkat Shokirovich (2012—2016), Toirjonov Muhammadali Abdusattorovich (2019—2021). Iqtisodiyot Shahar Oʻzbekistondagi eng yirik anʼanaviy ipak fabrikasi – Yodgorlik ipak fabrikasi joylashgan. 2000 dan ortiq ishchini ish bilan taʼminlagan holda, hamma narsa anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi, yiliga 250 000 kvadrat metr yuqori sifatli ipak mato ishlab chiqariladi. Qoʻshni Margʻilon ipak kombinatida 15 ming nafar ishchi zamonaviy texnika asosida ishlaydi va yiliga qariyb 22 million kvadrat metr mahsulot ishlab chiqaradi. Fargʻona vodiysiga ipakchilik sirlari qachon kelgani nomaʼlum, lekin, albatta, Margʻilon qadimdan sanoatda faol. Margʻilondan yetishib chiqqan mashhur shaxslar va davlat arboblari Burhoniddin Margʻinoniy – Buyuk Islom huquqshunosi. fiqh ilmi olimi, „Al-Hidoya“ asari muallifi. Uvaysiy (Jahon otin) (1781—1845) – Oʻzbek shoirasi. Yoʻldosh Oxunboboyev (1885—1943) – Oʻzbekiston SSR oliy ijroqoʻmi 1-chi kotibi. Saodat Qobulova (1925—2007) – SSSR va Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1959) opera ijrochisi. Nurali Latipov „Что? Где? Когда?“ teleoʻyini ishtirokchisi, eng birinchi „xrustal boyqush“ mukofoti sohibi. Andrey Fyodorov – Oʻzbekiston MTJ sobiq futbolchisi va sardori. Sergey Tetyuhin – voleybolchi, jahon kubogi sihibi va Olimpiya o'yinlari chempioni. Maʼmurjon Uzoqov – xalq hofizi Joʻraxon Sultonov – xalq hofizi Yusufjon qiziq Shakarjonov – xalq askiyachisi Ohun qiziq – xalq askiyachisi Berta Dovidova – Oʻzbekiston xalq artisti, qoʻshiqchi. Yulduz Usmonova – Oʻzbekiston xalq artisti, qoʻshiqchi. Yulduz Abdullaeva Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist— qoʻshiqchi Ilhom Ibrohimov – Oʻzbekiston Xalq Hofizi Munavvara Abdullayeva – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi. Aktrisa Tamaraxonim, Oʻzbekiston xalq artisti, raqqosa Abdulaxad Abdurashidov (1956.11.06, Margʻilon) – sozanda (naychi). Oʻzbekiston xalq artisti Abdurahmon Xoltojiyev — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, sozanda Gavhar Artyomovna Petrosyan Rahimova (1911.7.11, Margʻilon – 2003.18.2, Toshkent) – raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti Lizaxonim Petrosova Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, raqqosa Manbalar Havolalar Rasmiy sayti Oʻzbekiston shaharlari Fargʻona shaharlari Qadimiy shaharlar Margʻilon
2,034
https://uz.wikipedia.org/wiki/1336
1336
1336 Voqealar Tugʻilgan Amir Temur Vafot etgan
2,036
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammadsharif%20So%CA%BBfizoda
Muhammadsharif Soʻfizoda
Muhammadsharif Soʻfizoda (1869–1937) Maʼrifatparvar ziyoli, shoir Muhammadsharif Soʻfizoda Oʻzbek madaniyati tarixida yorqin iz qoldirgan zotlardandir. Muhammadsharif Egamberdi ogʻli 1869-yil 29-yanvarda Chustda tugʻildi, uning otasi pichoqchi-hunarmand edi. U mahallasidagi qoʻshnisi Manzura otinda savod chiqardi. 1893–1898-yillarda Qoʻqonda yashadi va madrasada taʼlim oldi. Qoʻqon adabiy muhitining mashhur shoirlari Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nodim Namangoniy bilan yaqin munosabatda bo’ldi. Muqimiy toʻgaragida faol qatnashishi shoir dunyoqarashining shakllanishida, badiiy mahoratining oʻsishida oʻziga xos maktab boʻldi. Boʻlajak shoir dastlabki sheʼrlariga Muqimiy tavsiyasi bilan „Vahshiy“ taxallusini qoʻlladi. Soʻfizoda 1893-yilda ona shahri Chustda boyonlarni, chor amaldorlarini, mutaassiblarni hajv qiluvchi sheʼrlari uchun „badasl“, „beadab“, „dahriy“ deb ayblanadi va o’limga hukm qilinadi. Shoir o’z vatanini tark etishga, 14 yil turli mamlakatlarda istiqomat qilishga majbur bo’ladi. Ijodi Soʻfizoda adabiyot dargohiga 1890-yillarda kirib keldi. Uning „Gʻubor dardu alam“, „Oʻray“ kabi lirik gʻazallari, „Dakaning“, „Bedanang“ kabi hajviyalari, maʼrifat haqidagi „Oʻqing onalar“, „Gazeta toʻgʻrisida“, „Vatan“, „Xonimlar isminda“ kabi qator sheʼrlari uning demokratik adabiyot ostonasiga kirishida oʻziga xos yoʻllanma boʻldi. Soʻfizoda 1900-1913-yillarda Oʻrta Osiyoning turli shaharlarida, Tiflis, Boku, Arabiston, Hindiston, Turkiyada boʻlgan. U qayerda yashamasin, Toshkent, Kavkaz, Qrim, Orenburg, Turkiyada chop etiladigan gazetalar bilan aloqasini uzmagan. Uning maqolalari, sheʼrlari „Turkiston viloyatining gazeti“, „Sadoyi Turkiston“, „Sadoyi Fargʻona“ gazetalarida muntazam chiqib turgan. 1913-yilda Soʻfizoda chet el safaridan Chustga qaytib keladi va usuli jadid maktabini ochadi. Kamarsada qishlogʻida yetim bolalar uchun „Dorulaytom“ („Yetimlar uyi“) va kattalar uchun kechki maktab tashkil qiladi. Bu maktablarda u ona tili, handasa kabi fanlarni oʻqitadi. 1914-yilda Soʻfizoda Turkiston miqyosida hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy tanazzulni fosh etuvchi „Chustilar bizlar“ sheʼrini eʼlon qiladi. Sheʼr boshidan oxirigacha „usuli qadim“chilarga- mutaassiblarga nisbatan achchiq kinoya, asar qahramonlarining oʻzini oʻzi fosh etishi uslubida yozilgan edi. Bu toʻqnashuvdan keyin Soʻfizoda oʻz vatani Chustdan quvgʻin qilindi. U Toʻraqoʻrgʻon yaqinidagi Shahand qishlogʻida usuli jadid maktabi ochdi. Soʻfizodaning bu ishida Toʻraqoʻrgʻon qozisi, maʼrifatparvar, shoir, pedagog Is’hoqxon toʻra Ibrat yaqindan yordam berdi. Soʻfizoda shoʻrolar hukumati davrida ham xalqiga chin dildan xizmat qilaverdi va adabiy-ijodiy, pedagogik faoliyat bilan shugʻullandi. 1937-yilda shoir „xalq dushmani“ deb eʼlon qilinib, qamoqqa olindi. Soʻfizoda qabrining qayerdaligi nomaʼlum. 1935 yilning 29 yanvarida Soʻfizodaning tugʻilganiga 55 yil toʻlishi munosabati bilan yubiley oʻtkazilgan va 200 dan ortiq sheʼri nashr etish uchun toʻplangan edi. Nashr qilingan adabiyotlar Soʻfizoda. Taronalar. T.: Adabiyot va sanʼat, 1968. Ibrat, Ajziy, Soʻfizoda. Tanlangan asarlar (matn, soʻzboshi, izoh). T.: Maʼnaviyat, 1999 Adabiyot Qosimov B., Dolimov U. Maʼrifat dargʻalari. T.: Oʻqituvchi, 1990. Oʻzbekistonlik yozuvchilar
2,037
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulla%20Qodiriy
Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) – XX-asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820—1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904–1906), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925-26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan. Abdulla Qodiriyning ulkan merosi haligacha kitobxonlar qalbidan joy olmoqda. Faoliyati Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik va gumashtalik qildi (1907–15). 1917-yil Oktabr davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar ozuqa qoʻmitasining sarkotibi (1918), „Oziq ishlari“ gazetasining muharriri (1919), Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), „Mushtum“ jurnalining tashkilotchilaridan va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26). Ijodi Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. „Sadoi Turkiston“ gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan „Yangi masjid va maktab“ sarlavhali xabar bosiladi. Bu boʻlajak adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi. Oradan koʻp oʻtmay, uning „Toʻy“, „Ahvolimiz“, „Millatimga“, „Fikr aylagil“ kabi sheʼrlari, „Baxtsiz kuyov“ dramasi, „Juvonboz“ hikoyasi chop etiladi (1914—1915). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari boʻlgan bu asarlar millatparvarlik, maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib, jadidchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning „Uloqda“ hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada yuqori boʻlib, XX-asr tongidagi oʻzbek realistik adabiyotining choʻqqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi. Hikoyalari Abdulla Qodiriyning 1917-yil Oktabr toʻntarishidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bogʻlangan. Uning 1919—1925-yillar oraligʻida yozgan maqolalari soni 300 atrofida. Abdulla Qodiriyning publitsistik chiqishlari avvalo oʻsha davrning tarixiy hujjati, zamonasining solnomasi. 20-yillar oʻrtalarida yozilgan „Kalvak Mahzumning xotira daftaridan“, „Toshpoʻlat tajang nima deydir?“ satirik hikoyalar turkumida yozuvchi kulgusi „xarakter kulgusi“ darajasiga koʻtarildi. Muallif bunda hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yoʻlidan bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan koʻrsatishga jazm etadi. „Oʻtkan kunlar“ romani Abdulla Qodiriy shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida qizgʻin jurnalistik faoliyati bilan barobar oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman – „Oʻtkan kunlar“ni yaratdi (1919—1920). Romandan boblar 1922-yil „Inqilob“ jurnalida eʼlon etildi. 1924—1926-yillari har bir boʻlimi alohida-alohida kitob holida bosildi. „Oʻtkan kunlar“ yaratilgan davr oʻzbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi, jahondagi oʻrni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Abdulla Qodiriy mintaqamiz taraqqiyparvar ziyolilari safida turib ona yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil qaygʻurdi, oʻzicha najot yoʻlini izladi. Avvaliga u bolsheviklarning yolgʻon vaʼdalariga ishondi, ammo adib bu vaʼdalar qogʻozda qolib ketayotganini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat-eʼtibori bilan oʻzgarmay qolayotganini, munofiqona tus olayotganini, el orasida buzgʻunchilik, fitna, sinfiy-mafkuraviy adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, shoʻrlik xalq bu qonli siyosatning qurboni boʻlayotganini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Ayniqsa, Qoʻqon muxtoriyatining tor-mor etilishi koʻpgina hur fikrli ziyolilar qatori Abdulla Qodiriyning qalbini larzaga soldi. Adib „Oʻtkan kunlar“ romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi boʻldi, „tariximizning eng kir, qora kunlari“ – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi „xon zamonlari“ – XIX-asr oʻrtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida soʻz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi. „Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi „Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviyishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yoʻliga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. „Oʻtkan kunlar“ bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan gavdalantirilgan. „Oʻtkan kunlar“, bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi juda katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni hayajonga soladi, Otabek bilan Kumushning goʻzal baxtini barbod etgan omillar kishini chuqur oʻyga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda gavdalantiradi. Qodiriy ishqiy sarguzashtlar koʻrinishida oʻlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va oʻzaro ichki nizolardir degan fikrni gʻoyat ustalik bilan aytadi. Garchi romanda adib shaxs harakteri va qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy muammolar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvir va tahlil etsa-da, inson shaxsining muhit va sharoitga bogʻliq boʻlmagan tugʻma, sirli-sehrli gʻaroyib shevalariga ham eʼtiborni tortadi. Bu jihatdan bir oila, bir xil sharoitda tugʻilib voyaga yetgan saviya-xarakter, surat va siymo vajidan ikki olam – egachi -singil Zaynab va Xushroʻybibi obrazlarining talqini gʻoyat ibratlidir. Biri mute, itoatkor, nuqul oʻzgalar izni bilan ish koʻradi; ikkinchisi esa dadil, mustaqil, oʻz baxti va taqdiri uchun faol kurash olib boradi. Yozuvchi bu ikki shaxs xarakteriga xos tugʻma xususiyatlarni sharhlash bilangina cheklanmaydi, bunday xislatlarning oʻsha kimsalar, qolaversa, oʻzgalar taqdiriga koʻrsatgan taʼsiri, fojeiy oqibatlarini ham ifoda etadi. Oʻzini boshqalar ixtiyoriga topshirib qoʻygan Zaynab shu ojizligi tufayli oʻz baxtiga zomin boʻlibgina qolmay, yana oʻsha ojizligi tufayli oʻzgalar qutqusi orqasida beixtiyor jinoyatga qoʻl uradi – Kumushga zahar beradi. Mustaqillik, dadillik – yaxshi xislat, biroq unga xudbinlik aralashsa baloi azimga aylanishi mumkin. Xushroʻybibi oʻz baxti uchun kurashadi; shaxsiy manfaatlari yoʻlida hech narsadan qaytmaydi; birovlarning koʻz yoshlari hisobiga, oʻzgalarning baxtiqaroligi evaziga oʻz baxtini tiklaydi. Romandagi Oʻzbek oyim obrazi ham nihoyatda tabiiy va goʻzal siymolardan biridir. Dumbul tabiat bu ayol oʻgʻli Otabek, qolaversa kelinlari – Kumush, Zaynab taqdirlarining chigʻallashib ketishi, oxiri fojiaga yuz tutishida bosh sababchi ekani ayon. Biroq har qancha gunohkor boʻlmasin, oʻta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Nima boʻlganda ham, Oʻzbek oyim, baribir ona… Ayni paytda rostgoʻy, realist yozuvchi onaning pala-partish, dovdir xattiharakatlaridan, tabiatidagi ayrim kamchiliklaridan koʻz yumib oʻtolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qoʻl keladi. Bu obraz tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo – ham kinoya-kesatiqgarga, ham ardoq-mehrga toʻla yumor bilan yoʻgʻrilgan. Xullas, „Oʻtkan kunlar“ romani toʻqima qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uygʻunligi jihatidan ham, mujassamot butunligi va tilidagi nafosati jihatidan ham oʻzbek adabiyoti xazinasidagi durdonalar qatoridan oʻrin olgandir. „Oʻtkan kunlar“ oʻzbek adabiyotida ilk roman boʻlishining oʻzi bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi. Unda realizmning asosiy tamoyillari yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi. Roman, umuman, oʻzbek adabiyotida yetuk realizmga asos soluvchilik rolini oʻynadi. „Mehrobdan chayon“ romani Abdulla Qodiriy ikkinchi yirik asari „Mehrobdan chayon“ni 1928-yil fevralda yozib tugatdi. Roman 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Garchi bu roman mavzui ham XIX adabiyot hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan. „Mehrobdan chayon“ romanining mazmuni Garchi „Mehrobdan chayon“da davr zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari koʻrinsada, amalda realizm mavqeida turgan, tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Yozuvchining „Mehrobdan chayon“dagi realistik mahorati Solih maxdum obrazida juda yorqin namoyon boʻlgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali maxdum tabiatiga xos „maqtab boʻlmaydigan“ xususiyatlarni batafsil koʻrsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni paytda mahdumning „hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik“ fazilatini ham taʼkidlaydi: „nima boʻlganda ham maxdum oʻz zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qoʻqon aksariyatining savodxon boʻlishlariga sababchi ustozlardan“. Romandagi Anvar bilan Raʼno obrazlari, bir qarashda, romantik qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik – aql-zakovat, doʻstga, sevgiga sadoqat, erk, adolat yoʻlidagi shijoat bobida ular afsona, doston qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin, oralaridagi gap-soʻzlar bir qadar kitobiy, shoirona… Masalaga sinchiklab qaralsa, Anvar va Raʼnodagi favqulodda, kitobiy tuyulgan xislatlar, ularning „gʻayritabiiy“ xatti-harakatlari mantiqan va ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab koʻrgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim olgan, Sharqning yuksak madaniyati, gumanistik gʻoyalarini oʻzlari uchun chin eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib asar personajlari qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham maʼlumot beradi. Solih maxdumning kechmishi, ota-bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning kanizi toʻgʻrisidagi hikoya, haq ishlari uchun jabr koʻrgan Sayidxon, mulla Siddiq va Moʻminjonlarning achchiq qismati, Xudoyorxon tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Ogʻacha oyim sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, oʻrdadagi qullar haqidagi aniq maʼlumotlar asarda salmoqli oʻrin tutadi. Ular bilan tanishganda hujjatli-tarixiy, publitsistik asar oʻqiyotganday boʻlasiz. Yozuvchi baʼzan qahramonlari tabiatini, xususan haramdagi qizlar fojiasini hazil-mutoyiba, oʻyin-kulgi orqali ochib beradi. Ammo bu kulgili boʻlib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama va shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas, „Mehrobdan chayon“ hayot haqiqatini „orttirmay va kamitmay“ oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar vositasida kashf etib bergan oʻxshashi yoʻq badiiy obidadir. Abdulla Qodiriy tarixiy romanlarining 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyotiga taʼsiri Abdulla Qodiriyning tarixiy romanlari 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyoti oldida turgan murakkab gʻoyaviy-badiiy muammolarning juda koʻpini yechib berib, adabiy taraqqiyotning tezlanishiga xizmat etdi. Keyinroq oʻzbek adabiyotining atoqli vakillari qatoriga koʻtarilgan Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor Abdulla Qodiriy ijodining katta taʼsiri ostida yetuk yozuvchi boʻlib yetishdilar. Abdulla Qodiriy ijodining milliy adabiyotlarga taʼsirini tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz adabiyotining Sadriddin Ayniy, M. Avezov, X. Deryayev, Chingiz Aytmatov singari yirik vakillari ham qayta-qayta qayd etishgan. Nemis adabiyotshunoslari N.Tun, I. Baddauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, asli eronlik amerika olimi Eden Nabi Abdulla Qodiriy ijodi boʻyicha jiddiy ishlar qilganlar. Abdulla Qodiriy ijodidagi chuqur mazmunni jozibador va ravshan shaklda ifoda eta olish, hayotdan yirik va salmoqli voqealarni tasvir uchun tanlay olish, hayotdagi dramatik vaziyatlarga eʼtibor, shaklning ixchamligi va katta prozada ortiqchaliklardan xoli ifodaning ustunligi, soʻzning maʼnoga mosligi va yorqinligi, hammadan ham muhimi – kishilar harakteridagi muhim xususiyatlarni koʻra olish va tasvir eta bilish yosh avlod uchun doimo ibrat namunasi boʻlib kelmoqda. Oybek aytganidek, „Oʻtkan kunlar“ romanida yozuvchi til ustida katta mahorat koʻrsatadi. Romanning tili haqiqatan boy, boʻyoqli, sodda, ifoda kuchi zoʻr, ommaga anglashilarlik bir tildir. Oʻzbek adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz, katta. Abdulla Qodiriy yosh adabiy avlodni doimo jahon realistik adabiyotidan oʻrganishga chaqirar, oʻzi ham jahon klassiklarini mutolaa etish va ularning asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilish jarayonida realizm ustalaridan oʻqib-oʻrganib borar edi. Adib oʻz kasbi haqida toʻxtalib shunday degan edi: „Yozuvchilikda bir qonun bor: hammadan ilgari maʼno, undan soʻng shu maʼnoni ifoda qilish uchun soʻz qurish, soʻzgina emas, sanʼatkorona, yaʼni shundogʻ soʻzki, aytmoqchi boʻlgan fikringizning ifodasi uchungina maxsus yaratilgan boʻlib, yasama boʻlmasin. Mana shu shartni bajarib, bu jihatdan taʼmin etilgach, boshqa masalalarga oʻtishga haq olgan boʻlasan…“. „Obid ketmon“ qissasi Abdulla Qodiriy 30-yillardagi murakkab sharoitda ham ijodni davom ettirdi. 1934-yil qishloq hayotidan „Obid ketmon“ qissasini yozdi. Asardagi Obid obrazi oʻzbek adabiyotidagi noyob hodisa. Uni oʻzbek xalqining mehnat, dehqonchilik madaniyati bobidagi yetukligi timsoli, deyish mumkin. Yozuvchi bu obraz tasvirida oʻsha davrda odat tusiga kirgan tor „sinfiylik“ doirasidan ancha chetga chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlash yoʻlidan boradi; xolis turib qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish harakatining bir qancha tomonlarini haqqoniy koʻrsatdi; ichki muammo – ziddiyatlarni ochib berdi, kolxoz tuzumi oxir-oqibatda odamlardagi tashabbusni, shaxsiy egalik, manfaatdorlik tuygʻusini soʻndirishligini aytdi. Qodiriyning mazkur qissasini oʻzbek adabiyotidagi birinchi „ishlab chiqarish“ qissasi, Obidni esa birinchi ishbilarmon odam obrazi deyish mumkin. Abdulla Qodiriy bu oʻrinda iqtisod, xoʻjalik masalalarining bilimdoni, tadqiqotchisi sifatida ham koʻrinadi; asar bosh qahramonining harakteri, ruhiy olami asosan mehnatda, xoʻjalik ishlarida ochiladi. Tarjima asarlari Abdulla Qodiriy zukko tilshunos, zabardast tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shunosiyning „Fizika“ (1928), Gogolning „Uylanish“ (1935), Anton Chexovning „Olchazor“ (1936) asarlarini oʻzbekchaga tarjima qildi. Qozonda bosilgan „Toʻla ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ni (1934) tuzishda ishtirok etgan. Adibning boshqa tillarga tarjima qilingan asarlari Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa romanlari, jahon miqyosida tez tarqaldi. „Oʻtkan kunlar“ ozarbayjon tilida 1928-yilda, „Mehrobdan chayon“ tojik tilida 1935-yilda, „Obid ketmon“ rus tilida 1935-yilda nashr etildi. Shundan buyon bu asarlar rus, qozoq, uygʻur, tatar, arab, italyan, ingliz, nemis va boshqa tillarda qayta-qayta nashr etilib kelayotir. Vafoti Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, taʼqibu tahdidlar ichida oʻtdi. Rostgoʻy adib shoʻro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida shoʻro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib koʻrsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yil „Mushtum“da bosilgan „Yigʻindi gaplar“ hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun „aksilinqilobiy harakat qilganlik“da ayblanib qamoqqa olinadi, turli boʻxtonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib oʻz shaʼnini himoya qiladi. „Obid ketmon“ qissasi ham shoʻro mafkurachilariga maʼqul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; „ideologik buzuqliklar va xatolar“ga toʻla, „siyosiy tutruqsiz“ asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlarining esa asosiy mavzusi – millat taqdiri, birligi, el-yurt qaygʻusi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar boʻlib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, oʻzga millat kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar shoʻro davri siyosati uchun zararli kitoblar sifatida bot-bot qoralandi. 30-yillar oʻrtalariga kelib, bu mashʼum kampaniya avjiga chiqdi. Gʻofir Gʻulom, Abdulla Qahhor, Uygʻun kabi shogirdlarining "donos"lari ortidan Abdulla Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni xibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi soʻroq-tergov, qiynoq, xoʻrlikdan soʻng Choʻlpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy xibsga olingach, asarlari „zararli“ sanalib oʻtda yoqildi, kutubxonalardan yoʻqotildi, ularni oʻqish taʼqiqlandi. Xotira Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991), „Mustaqillik“ ordeni bilan taqdirlandi (1994). Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Toshkent Davlat Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bogʻiga, respublikaning turli shaharlari koʻchalariga, respublikamizdagi koʻplab madaniyat muassasalariga uning nomi berilgan. „Oʻtkan kunlar“ va „Mehrobdan chayon“ romanlari asosida kinofilmlar (1969, 1996, 1973) va koʻp seriyali telefilmlar yaratilgan. Oilalarda farzand tugʻilsa, Abdulla Qodiriy romanlari qahramonlari nomlarini qoʻyish rasm boʻlgan. Eng muhimi, Abdulla Qodiriy, uning hayoti, ijodi haqidagi bor haqiqatni aytish, yozish, asarlarini asl holida „tahrirsiz“ chop etish uchun yoʻl ochilgan. 2023-yilgi oqlanishi Abdulla Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilib, 1926-yil 16-iyun kuni „Yigʻindi gaplar“ nomli maqolasi uchun qoʻyilgan ayblov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati qarori bilan olib tashlandi va u oqlandi. Nashr qilingan asarlari Abdulla Qodiriy. Toʻla asarlar toʻplami, 1-jild. Sheʼrlar. Hikoya va ocherklar. Hajviyalar. T.: Fan, 1995. Abdulla Qodiriy. Oʻtgan kunlar. Mehrobdan chayon (romanlar). T., 1992 Ilmiy adabiyotlar Oybek, Asarlar [19 jildli], 16-jild (Abdulla Qodiriyning ijodiy yoʻli), T., 1979; Qodiriy H., Otam haqida, T., 1983; Abdulla Qodiriy zamondoshlari xotirasida, T., 1988; Boqiy N., Qatlnoma, T., 1992; Qoʻshjonov M., Oʻzbekning oʻzligi, T., 1994; Normatov U., Qodiriy bogʻi, T., 1995; Normatov U., „Oʻtgan kunlar“ hayrati, T., 1996. Umarali Normatov, Bahodir Karimov. Qoʻshjonov M. Abdulla Qodiriyning tasvirlash sanʼati. T.: Fan, 1966. Qoʻshjonov M. Oʻzbekning oʻzligi. T., 1994. Mirzaev I. Abdulla Qodiriyning ijodiy evolyutsiyasi. T.: Fan, 1977. Qodiriy H. Otam haqida. T., 1983. Normatov U. Qodiriy bogʻi. T., 1995. Karimov B. 20 asr oʻzbek adabiyotshunosligida talqin muammosi (Qodiriyshunoslik misolida). FFD dissertatsiyasi, T., 2002 Toshkent madrasalarida tahsil olganlar Abulqosim madrasasida tahsil olganlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar 1894-yilda tugʻilganlar 1938-yilda vafot etganlar Kishilar 4-oktyabrda tugʻilganlar 10-aprelda vafot etganlar Oʻzbek tarjimonlari
2,038
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulla%20Avloniy
Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy (1878-yil 12-iyul, Toshkent — 1934-yil 25-avgust, Toshkent) — XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi. Bolalik va yoshlik yillari Avloniy 1878-yil 12-iyulida Toshkentda Mergancha mahallsida toʻquvchilar oilasida tugʻilgan. Oilasidagi moddiy yetishmovchiliklar sababli bolaligidan suvoqchilik, gʻisht quyish, pechkachilik, binokorlik, duradgorlik kabi kasblar bilan shugʻullangan. Bularning ortidan „Imoratchi usta“ degan nom oladi. U tarjimai holida bu haqida shunday yozgan: "12 yoshimdan Oʻqchi mahallasidagi madrasada dars oʻqiy boshladim. 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor boʻlib ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari oʻqir edim. 14 yoshimdan boshlab, oʻsha zamonga muvofiq har xil sheʼrlar yoza boshladim. Bu zamonlarda „Tarjumon“ gazetasini oʻqib, zamondan xabardor boʻldim". Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada oʻqigan (1885—1895). Madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shugʻullandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib borgan. Faoliyati Avloniy XX asr boshida jadidchilik harakatiga qoʻshildi. Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri sifatida tanildi. 1906-yildan sheʼrlari bilan matbuotda qatnasha boshlagan. Arab, fors, rus tillarini oʻrganib, bu tillarda ijod qilgan mutafakkirlarning asarlarini oʻqigan, baʼzilari (masalan, Lev Tolstoy, Konstantin Ushinskiy asarlari) ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1906-yilda. „Taraqqiy“, 1907-yilda oʻz uyida „Shuhrat“ gazetalarini chiqargan. Bu gazetalar yopib qoʻyilgach, 1908-yilda yashirin ravishda „Osiyo“ gazetasini nashr etdi. 6-sonidan soʻng hukumat bu gazetani ham taqiqlab qoʻygan. Avloniy birinchi boʻlib kimyo, geografiya, fizika va astronomiya fanlarini maktabda oʻqitish taklifini beradi. Ilgʻor gʻoyalarni maktab orqali xalqqa tarqatishga harakat qildi: Toshkent shahrining Mirobod mahallasida mahalliy aholi bolalari uchun yangi usul maktabi ochib (1908), oʻzi ona tili va adabiyotdan dars berdi. 1909-yilda „Jamiyati xayriya“ tuzib, yetim bolalarni oʻqitgan. Shu yili „Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar“ nomli toʻrt qismdan iborat sheʼriy toʻplamining birinchi juzʼini nashr ettirgan. 1912-yilda Avloniy Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfli maktab ochgan. Bu maktabda dunyoviy fanlar oʻqitilishi bilan maktabxonalardan farq qilgan. Avloniy yangi maktablar uchun qoʻllanma va oʻqish kitoblar yozib, nashr qildirgan (masalan, „Birinchi muallim“, 1911; „Ikkinchi muallim“, 1912; „Turkiy guliston yoxud axloq“, 1913; 4 juzd (qism) li „Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar“ toʻplami, 1909—1915; „Maktab gulistoni“, 1915; „Mardikorlar ashuvlasi“, 1917 va boshqalar). Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan birgalikda „Nashriyot“ (1914), „Maktab“ (1916) shirkatlarini tashkil etgan. Avloniy xalq ongini oshirish uchun teatr sanʼatidan ham foydalangan. U 1913-yilda „Turkiston“ nomli teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol qatnashgan. 1910—1916-yillarda bir qancha sahna asarlarini tarjima qildi va oʻzi sahnalashtirdi. Avloniyning sahna asarlari Toshkent, Fargʻona, Andijon, Qoʻqon, Xoʻjand kabi shaharlarda qoʻyilgan. Bu asarlarda XX asr boshlaridagi Turkiston hayotining keng manzaralari oʻz ifodasini topgan. Avloniy truppasida Mannon Uygʻur tarbiya topgan; truppa bilan Hamza, Ozarbayjon dramaturglari Uzayr Hojibekov, Ruhullo hamkorlikda boʻlgan. Oktyabr inqilobidan keyin xalqqa vaʼda qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida tushkunlikning paydo boʻlishiga olib keldi („Xafalik soatda“ sheʼri, 1919). Avloniy 1917-yilda „Turon“ gazetasini nashr qildi. Gazetasida siyosiy va ijtimoiy voqealar yoritilgan. 1918-yilda Avloniy „Ishtirokiyun“ gazetasini tashkil etishda qatnashdi va uning muharriri boʻldi. 1919—1920-yillarda Shoʻro hukumatining Afgʻonistondagi siyosiy vakili va konsuli. Afgʻoniston xalq taʼlimi vaziri. „Kasabachilik harakati“ jurnali bosh muharriri (1921). 1921-yildan Avloniy maktablar ochish, xalqni savodxon qilish, oʻzbek xotin-qizlarini oʻqitish, oʻqituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash ishlari bilan shugʻullandi. U 1923—1924-yillarda Eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari (inproslar) da mudir, 1924—1929-yillarda Toshkent harbiy maktabida oʻqituvchi, 1930—1934-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) da til va adabiyot kafedrasi mudiri, professori. Shu davrda u oʻzbek maktablarining 7-sinfi uchun „Adabiyot xrestomatiyasi“ tuzib, nashr ettirdi (1933). .Avloniy 1895-yildan Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chigʻaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq sheʼr ijod qilgan. Asarlari „Advokatlik osonmi“ (1914), „Pinak“ (1916), „Biz va siz“ (1917), „Portugaliya inqilobi“, „Ikki muhabbat“, „Boʻron“ kabi pesalari, „Tulki ila qargʻa“ masali, „Mardikorlar ashulasi“, „Vatan“ (1916), „Maktab“, „Bogʻcha“, „Yalqov shogird tilidan“, „Togʻlardan bir manzara“, „Millatga xitob“, „Ishchilara tortuq“, „Koʻklam keldi“, „Tovush“ kabi sheʼrlari, „Maqsad va maslak“ (1908-yil 9-aprel), „Holimizga doir“ (1908-yil 14-fevral) kabi maqolalari, „Hasad balosi“ majoziy hikoyasi va boshqalar. Vafoti Avloniy Toshkentda 1934-yil 25-avgustda 56 yoshida vafot etgan va Botkin koʻchasidagi qabristoniga dafn qilingan. Mukofotlari 1927-yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. 2020-yilda „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlandi. Xotira Avloniy qatagʻon qilinmagan, xalq dushmani sifatida qoralanmagan boʻlsa-da, lekin 1966-yilgacha uning ijodi oʻrganilmagan. Oʻlimidan soʻng asarlari chop etilmagan. Uning ijodini Begali Qosimov tadqiq etgan va „Abdulla Avloniy“ asarini yozgan. 1968-yilda Avloniy yodgorlik uy-muzeyi tashkil etilgan. Toshkentda Avloniy nomidagi koʻcha, 2 ta mahalla, madaniyat uyi, miliy-tadqiqot intituti mavjud. 2019-yilda Avloniyning Afgʻonistondagi missiyalari togʻrisida hikoya qiluvchi „Avloniy“ filmi premyerasi boʻlib oʻtgan. Shoir Muhammad Ali oʻzining „Boqiy dunyo“ (1979) sheʼriy romanida Abdulla Avloniyni asar qahramonlaridan biri sifatida tasvirlagan. Toshkentdagi Adiblar xiyobonida Avloniy haykali oʻrnatilgan. Oilasi Avloniy 1900-yilda toshkentlik savdogarning Salomatxon ismli qiziga uylangan. Ularning 7 nafar farzandi boʻlib, ular: Savriniso, Karima, Kunduz, Hakima, Asadilla, Otaliq va Kenja. Nashr qilingan asarlari Avloniy. „Toshkent tongi“. T., 1978. Avloniy. Oʻson millat. T., 1993. Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T., 1992. Avloniy. Afgʻon sayohati. Kundaliklar. „Sharq yulduzi“, 1990, 7-son. Milliy uygʻonish. T., 1993. Avloniy, Tanlangan asarlar, Ikki tomlik, „Maʼnaviyat“., T., 1998-yil Manbalar Adabiyotlar Havolalar Toshkent madrasalarida tahsil olganlar Toshkentda vafot etganlar Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Sovet yozuvchilari
2,039
https://uz.wikipedia.org/wiki/Saidnosir%20Mirjalilov
Saidnosir Mirjalilov
Saidnosir Mirjalilov (1884-1937) — atoqli maʼrifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli namoyandalaridan biri. U 1884-yili Turkiston shahrida tavallud topgan. Yoshligidan oʻta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash boʻlgan Saidnosir tujjorlik faoliyatini kichik bir gazlama doʻkonini ochishdan boshlagan. Koʻp oʻtmay u Turkistonda birinchi jadid maktabini tashkil etgan. 1914-yilda paxta zavodini qurib, Turkistonning taniqli boylari va savdogarlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Saidnosir Mirjalilov 1917-yil siyosiy faoliyatga oʻtadi. Fevral inqilobidan soʻng u Toshkentda tashkil etilgan „Shoʻroyi islomiya“ tashkilotining faol a’zolaridan biriga aylandi. Turkiston mustaqillikka erishishini orzu qilgan Saidnosir Mirjalilov tijoratchi sifatida topgan sarmoyasining katta qismini milliy ittihod va istiqlol uchun olib borilgan kurashga bagʻishladi. Turkiston Muxtoriyati hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etdi va hukumat a’zosi etib saylandi. Muxtoriyat qonga botirilib, uning rahbarlari taʼqib ostiga olingach, Saidnosir Mirjalilov xorijga ketishga majbur boʻldi va dastlab Samaraga borib, Turkistonda roʻy berayotgan xunrezliklarga chek qoʻyish yoʻllarini axtardi, soʻng Turkiya va Tiflisda bir muddat yashadi. Bolsheviklar e’lon qilgan umumiy afvga ishonib, u 1921-yili vataniga qaytdi. U „Turkiston“ savdo-sanoat shirkatini tashkil qilib, undan tushgan foyda evaziga „Koʻmak“ jamiyati orqali isteʼdodli yoshlarni Germaniya va boshqa mamlakatlarga oʻqishga yuborish, „Nashri maorif“ jamiyati faoliyatini avj oldirish ishiga oʻz ulushini qoʻshdi. Lekin bolsheviklar kuzatuvidan ozod boʻlmagan Saidnosir Mirjalilov 1925-yil 12-dekabr kuni hibsga olinib, Solovetsk orollariga qamoqqa yuborildi. U uch yillik qamoq muddatini oʻtaganidan keyin 1932-yili yana besh yil muddatga qamaladi, nihoyat 1937-yil 21-iyul kuni takror hibsga olinib, oʻsha yilning 25-oktabrida otib tashlanadi. Saidnosir Mirjalilov qabrining qayerdaligi nomaʼlum. Manbalar http://xotira.freenet.uz Oʻzbekistonlik yozuvchilar Qozogʻistonlik oʻzbeklar
2,043
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20shaharlari
Oʻzbekiston shaharlari
Oʻzbekiston eng katta shaharlari (2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra) Toshkent (2 955 700) Namangan (678 200) Samarqand (573 200) Andijon (468 100) Nukus (334 600) Fargʻona (305 600) Qarshi (289 600) Buxoro (289 200) Qoʻqon (264 100) Margʻilon (246 700) Termiz (195 900) Angren (188 360) Jizzax (177 447) Chirchiq (157 220) Navoiy (144 158) Urganch (143 750) Shahrisabz (139 113) Olmaliq (131 111) Bekobod (95 833) Quvasoy (93 217) Oʻzbekiston tarixiy turistik shaharlari Termiz Samarqand Buxoro Xiva Shahrisabz Toshkent Qoʻqon Karmana Andijon Qarshi Margʻilon A Andijon – Andijon viloyati Asaka – Andijon viloyati Angren – Toshkent viloyati B Bekobod – Toshkent viloyati Buxoro – Buxoro viloyati Beruniy – Qoraqolpogʻiston Boʻzatov – Qoraqolpogʻiston Beshariq - Fargʻona viloyati D Denov – Surxondaryo viloyati E Ellikqalʼa – Qoraqolpogʻiston F Fargʻona – Fargʻona viloyati G Guliston – Sirdaryo viloyati H I J Jizzax – Jizzax viloyati K Kattaqoʻrgʻon – Samarqand viloyati Kogon – Buxoro viloyati L M Moʻynoq – Qoraqolpogʻiston Margʻilon – Fargʻona viloyati N Namangan – Namangan viloyati Navoiy – Navoiy viloyati Nukus – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nurafshon – Toshkent viloyati O Ohangaron – Toshkent viloyati Olmaliq – Toshkent viloyati P Pastdargʻom Paxtakor – Jizzax viloyati Q Qarshi – Qashqadaryo viloyati Qoʻqon – Fargʻona viloyati Quvasoy – Fargʻona viloyati Qanlikul – Qoraqolpogʻiston Qongʻirot – Qoraqolpogʻiston R Rishton shahri* – Fargʻona viloyati hududida joylashgan qadimiy anʼanalar saqlanib qolingan shahar. S Samarqand – Samarqand viloyati T Termiz – Surxondaryo viloyati Toshkent – Oʻzbekiston To'raqo'rg'on – Namangan viloyati Toʻrtkoʻl – Qoraqolpogʻiston Taxtakoʻpir – Qoraqolpogʻiston U Urganch – Xorazm viloyati V X Xiva – Xorazm viloyati Xonobod – Andijon viloyati Y Yangiyer – Sirdaryo viloyati Yangiyoʻl – Toshkent viloyati Yozyovon – Fargʻona viloyati Z Zarafshon – Navoiy viloyati Zarbdor – Jizzax viloyati Oʻ Gʻ Sh Shahrisabz – Qashqadaryo viloyati Shirin – Sirdaryo viloyati Ch Manbalar Oʻzbekiston shaharlari Oʻzbekiston geografiyasiga oid roʻyxatlar
2,047
https://uz.wikipedia.org/wiki/Lotin%20alifbosi
Lotin alifbosi
Lotin alifbosi — yozuv tizimidir. roman, olmon va boshqa koʻpchilik tillarning asosiy yozuvi hisoblangan hozirgi lotin alifbosi 26 harfdan iborat. Harflar har tilda har xil nomlanadi. Lotin alifbosi asosidagi yozuvdan roman, olmon, kelt va baltiy guruhlari barcha tillari, shuningdek slavyan, fin-ugor, turk, semit va eron guruhlarining ayrim tillari, alban, bask tillari, shuningdek ayrim Hindi-xitoy (vetnam tili), Myanma tillari, Zond arxipelagi va Filippin, Afrika (Saxara janubi), Amerika, Avstraliya va Okeaniya koʻpchilik tillari foydalanadilar. Lotin alifbosi Qadim Rimda uncha katta boʻlmagan Latsiy viloyatining („lotin“ soʻzi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; gʻarbiy yunon yozuvi asosida paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 9—8-asrlarda hozirgi Italiya hududiga kirib kelgan alifboli yunon yozuvi asta-sekin rivojlanib, faqat miloddan avvalgi 4—3-asrlardagina mustaqil Lotin alifbosi yuzaga kelgan. Ushbu yozuvdagi eng qad. yodgorliklarda (miloddan avvalgi 6—4-asrlar) yozuv yoʻnalishi ham oʻngdan chapga, ham chapdan Lotin alifbosi oʻngga boʻlgan, miloddan avvalgi 4-asrdan keyingina chapdan oʻngga qarab yozish barqarorlashgan. Bu davrdagi yozuvda tinish belgilari boʻlmagan, harflar bosh (katta) va kichik harflarga ajratilmagan. Lotin alifbosida dastlab 20 ta harf boʻlgan, miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab yunon tilidan kirgan soʻzlarni yozish uchun Y, Z harflari qoʻllana boshlagan. Ushbu alifbo oʻrta asrlarda koʻplab shakl oʻzgarishlariga uchragan xrlda rivojlanishda davom etadi. 11 -a.da W harfi, 16-asrda xa J va V harflari alifboga kiritiladi. Keyingi rivojlanish davrida, kitov bosish ishlari yoʻlga qoʻyilganidan keyin, tinish belgilari, diakritik belgilar paydo boʻldi, bosh va kichik harflar farqlana boshlandi. Hozirgi Lotin alifbosi 2 xil tipografik shaklga ega: asl lotin harflari (ikkinchi nomi — „antikva“) va got yozuvi („fraktura“ deb ham ataladi). Ularning birinchisi, yaʼni lotin harflari eng qad. alifboga yaqin boʻlib, hozirgi amaliyotda, asosan, ana shu harflardan foydalaniladi. Rim imperiyasi kulagach, xususan, 8-asr dan eʼtiboran Lotin alifbosi Gʻarbiy Yevropadagi koʻplab xalqlarning yozuv tizimlari uchun asos boʻldi. Hozirgi davrda dunyo tillarining 30—35 %i Lotin alifbosidan foydalanadi. Oʻzbekistonda ham 1929—1940-yillarda shu alifbo asosidagi oʻzbek yozuvi amalda boʻlgan (qarang Yozuv, Oʻzbek lotin alifbosi). Milliy yozuv tizimlari Lotin alifbosiga asoslangan xalqlarning alifbolaridagi harflar tarkibi, albatta, qad. Lotin alifbosidan farq qiladi. Lotin alifbosining tegishli fonetik tizimlarga moslashuvi diakritik belgilarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Tarixi A B C D E F Z H I K L M N O P Q R S T V X A B C D E F G H I K L M N O P Q R S T V X Y Z Aa Bb Cc Dd Ee Ff Gg Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn Oo Pp Qq Rr Ss Tt Uu Vv Xx Yy Zz Aa Bb Cc Dd Ee Ff Gg Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn Oo Pp Qq Rr Ss Tt Uu Vv Ww Xx Yy Zz Hozirgi holati Harflar koʻrinishlari Ā Ă Â Ä Å Ą Æ Ç Ð Ē Ę Ğ Ģ Î Ķ Ł Ñ Ö Ő Ó Ø Œ ß Ş Ţ Ū Ŭ Ž Ź Ż Tarqalishi Lotin yozuvi xalqaro sifatida Yana qarang Lotin talaffuzi va imlosi Lotin yozuvi asosidagi alifbolar Yunikoddagi lotin alifbosi Lotinlashtirish — SSSJ xalqlarining yozuvini lotin alifbosiga oʻtkazish loyihasi Aviatsiya alifbosi Lotin harflari roʻyxati Manbalar Havolalar Hammasi lotin yozuvi haqida Tilshunoslik ensiklopediya lugʻati (1990) / Lotin yozuvi Lotin tili Qadimiy Yevropa yozuvlari
2,056
https://uz.wikipedia.org/wiki/Oracle
Oracle
Oracle Corporation — shtab-kvartirasi Texasning Austin shahrida joylashgan koʻp tarmoqli kompyuter texnologiyaga asoslangan shirkat. Manbalar Havolalar
2,057
https://uz.wikipedia.org/wiki/Fransiya
Fransiya
Farangiston (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] ), rasmiy nomi Fransiya Respublikasi () — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi, janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni: 674687 ming km². Aholisi: 66 561 000 kishi (2024). Poytaxti — Parij shahri. Pul birligi (EUR) Parij eng katta shahri va poytaxti hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor. Davlat tuzumi Fransiya — respublika, tarixda xonlik bolgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1958-yil referendumda qabul qilingan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridan toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5yil muddatga saylanadi va yana 1marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati Fransiyaning sharq va janubida togʻ tizmalari, markazining janubiy qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. Fransiyadagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 m gacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shimoli- sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, Fransiya Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda balandligi 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. Fransiya va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi Fransiya tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. Fransiyada foydali qazilmalardan koʻmir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xomashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam miqdorda. Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz iqlimi. Fransiya iqlimi qishloq xoʻjaligi uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shimolida Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻtadil iqlimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz sohillari, Yura, Rona pasttekisliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shimoli-sharqdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvar -fevralda oʻrtacha temperatura 13°, gʻarb va janubi-gʻarbda 5—7°, mamlakat janubida 8—10°. Iyul va avgustda tekisliklarda 16—18°, shimolida 20—22°, janubi-gʻarbda 23—24". Yillik yogʻinning eng koʻpi (1500-2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna. Mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. Fransiyada koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveysariya hududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang, chimli kulrang, qoʻngʻir rendzin, kulrang hamda „terra rossa“ deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20 % ni tashkil etadi. Shimolda keng bargli oʻrmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay oʻsadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxoʻrak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, janubda qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliq lar bor. Mamlakat hududining 10 % himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va boshqalar), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi). Aholisi Aholisining 90 % dan koʻprogʻini fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring, katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va boshqalar) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73 %. Aholining 80 % xristian (katolik), 5 % ga yaqini musulmon, 2 % protestant, 1 % yahudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpelye, Lill. Tarixi Fransiya hududida odam juda qadim zamondan, taxminan 1 mln. yildan buyon yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi („Fransiya“ franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Fransiya mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-asrdan mamlakat „Fransiya“ deb atala boshladi. 1302-yil dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (qarang Oʻttiz yillik urush). 17-asrga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida Fransiya Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701 — 1714) va nihoyat Yetti yillik urush (1756—1763) natijasida Fransiyaning Shimoliy Amerika (Kanada va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shimoliy fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792-yil 22-sentabrda Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793-yil 24-iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—1795) va Direktoriya rejimi (1795—1799) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804-yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—1815 va 1815—1830-yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815-yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815-yil 18-iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830-yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi. 1848-yil fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851-yil 2-dekabrda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852-yil 2-dekabrda u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—1771-yillardagi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871-yil 18-martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871-yil Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, Fransiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875-yil Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (1870— 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u Birinchi jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. Fransiya bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891—1893-yillarda Fransiya — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 y.gi Fransiya— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. Fransiya Birinchi jahon urushi (1914—1918)da qatnashdi. Olmoniyaning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, Fransiya Yevropada oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Fransiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi Fransiyadagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936-yil iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938-yil boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. 1939-yil 3-sentabrda Fransiya Olmoniyaning Fransiya ittifoqchisi boʻlgan Polshaga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. 1940-yil may oyida Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududiga bostirib kirdi. 10-iyunda Fransiyaga Italiya urush eʼlon qildi. 14-iyunda esa Olmoniya qoʻshinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22-iyunda Fransiya hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududining 2/3 qismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942-yil 11-noyabrda Germaniya bilan Italiya bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940-yil general Sh. de Goll boshchiligida „Ozod Fransiya“ harakati (1942-yildan „Kurashayotgan Fransiya“) tuzildi. Bu harakatga Fransiyaning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta Kongo, Gabon va boshqalar)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. 1941-yil 24-sentabrda de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi Fransiya hukumatiningoʻzagi boʻldi. 1943-yil 3-iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida Fransiya Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. 1944-yil 2-iyunda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Fransiya respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944-yil oxmriga kelib, Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi. Ikkinchi jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946-yil 24-dekabrda demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi. Toʻrtinchi respublika davri (1946—1958) boshlandi. 1949-yil Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga aʼzo boʻldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958-yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida „milliy najot“ hukumatini tuzishni talab qildi. 1-iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu-yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda Fransiya Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger, Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hozirgi Kotd’ Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1966-yil martda Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib, oʻz hududidagi AQSH harbiy bazalarini tugatdi. 1965-yil 19-dekabrda Sh. de Goll qaytadan 7-yilga prezident etib saylandi. 1968-yilgi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik Fransiyani larzaga keltirdi. 1968-yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969-yil de Goll maʼmuriyhududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969-yil „Respublika uchun demokratlar ittifoqi“ partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974-yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981-yil soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986— 88-yillar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988-yil Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995-yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000-yil 25-sentyabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7-yildan 5-yilga oʻzgartirildi. 2002-yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya — 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini 1992-yil 3-yanvar[[da tan olgan va 1992-yil 1-martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14-iyul — Bastiliya ishg'ol qilingan kun (1789). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Fransiya sotsialistik partiyasi, 1971-yil tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962-yil tuzilgan, 1976-yilgacha turli nomda boʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978-yil asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965-yil tashkil etilgan, 1995-yildan hozirgi nomda; Fransiya kommunistik partiyasi, 1920-yiltuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972-yil asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi Fransiyadagi eng katta kasaba uyushmasi boʻlib, 1895-yil tuzilgan; Fransiya demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919-yil asos solingan; Fransiya xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919-yil asos solingan; „Fors uvriyer“, kasaba uyushma markazi, 1947-yil tuzilgan. Xoʻjaligi Fransiya — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 16,9 %, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7 %., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 80,4 % ni tashkil etadi (2022). Sanoati Fransiya sanoat ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, Yaponiya va Germaniyadan soʻng dunyoda 4oʻrinni egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar. Fransiyada temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer va boshqa konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya kumir qazib chiqarishning anʼanaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va janubida kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qoʻrgʻoshin, pyx va kumush qazib chiqariladi. Fransiyaning janubi-gʻarbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya kombinatlarida poʻlat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qoʻrgʻoshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va boshqa eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum, shagʻal, tosh butun Fransiya hududida qazib olinadi. „Reno“ va „Pejo“ kompaniyalari avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari va boshqa ishlab chiqariladi. Fransiya kompaniyalari mudofaa, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlarda oʻzining eng yangi texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga oʻrtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBushe, Pyerlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral oʻgʻit, doridarmon, upaelik va boshqa mahsulotlar ishlab chikaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik boʻlib, Parij, Lill, Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. Toʻqimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chikargan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6 % ni tashkil qiladi, shundan 40 % yaylov va pichanzor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi (mahsulot qiymatining 55 %). Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini boʻlgan bugʻdoy Shimoliy Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajoʻxori katta ahamiyatga ega. Markaziy Fransiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zigʻir, xmel va tamaki muhim oʻrin oladi. Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Oʻrmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va Oʻrta dengizda baliq ovlanadi. Transporti Temir yoʻl uzunligi 42000 km. Soatiga 300 km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uzunligi 8,6 ming km. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi. Tashqi savdosi Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan:-yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank. Tibbiy xizmati Sogʻliqni saqlash sohasi kasalxonalardan va „shahar tibbiyoti“ deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmogʻida 2 mln.ga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sogʻliqni saqlash tizimi rivojlangan. Fransiyada profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tugishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim koʻp tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va hokazo) boʻyicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va hokazolardir. Shu tufayli Fransiyada bolalar oʻlimi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 universitetning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, PlombyerleBen, EksleBen va boshqa; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard sohil), Biarrits, Dyep. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-asr boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy taʼlim tizimi 19-asr oxirlarida qabul qilingan. 1905-yildan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959-yildan majburiy taʼlim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va universitet darajasiga barcha oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Maktabgacha taʼlim muassasalari hamda oʻrta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va taʼlim oladi (2002). Oʻsmirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri — 99 %. 2—3-yil maktabgacha tarbiyadan soʻng 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar boshlangʻich maktabda oʻqiydilar. Oʻrta maktabdagi taʼlim 2 bosqichdan iborat boʻlib, oʻquvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, soʻng umumiy litsey, akademik kurslarda oʻqiydilar yoki hunar litseylarida texnika taʼlimi oladilar va hunar oʻrganadilar. Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet, 3600 oliy oʻquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika instituti, Oliy amaliy maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va boshqa Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya instituti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va universitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If oroldagi muzey va boshqa Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan.institutlarning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat ilmiy tadqiqot muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sogʻliqni saqlash milliy instituti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy instituti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik ilmiy tadqiqot markazlari: „Noraviasion“, „Elektrisite de Frans“, „Sharbonaj de Frans“, „Gaz de Frans“, „SenGoben“, „FransAtom“, „MerlenJeren“, „Krezo“ va „Shneyder“ kompaniyalari. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Fransiyada matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. Fransiyada nashr etiladigan yirik gaz. va jurnallar: „Figaro“ (kundalik gazeta, 1826-yildan), „Le Pariziyen“ („Parijlik“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Mond“ („Tinchlik“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Frans Suar“ („Fransiya oqshomi“, kundalik kechki gazeta, 1941-yildan), „Oror“ (kundalik gazeta, 1944-yildan), „Krua“ („Xoch“, kundalik kechki katolik gazeta, 1880-yildan), „Yumanite“ („Insoniyat“, kundalik gazeta, 1904-yildan), „Uest—Frans“ („Gʻarbiy Fransiya“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Syud—Uest“ („JanubiGʻarb“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „L ekspress“ (haftalik ijtimoiysiyosiy jurnal, 1953-yildan), „Pari match“ („Parij matchi“, haftalik bezakli jurnal, 1949-yildan), „MariKler“ (oylik jurnal, 1954-yildan) va boshqa Frans Press agentligi — muxtor tijorat agentligi (1944-yilda tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835-yil tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan taʼminlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Telekoʻrsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekoʻrsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yoʻldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye tashkilotlari: „Radio Frans“, 1975-yil tuzilgan, Televizion fransez— 1, „Antenn—2“, „Frans rejone“ davlat televideniye kompaniyalari, 1975-yil tashkil etilgan. Adabiyoti Eng qad. adabiyot namunalari 9-asrning 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda boʻlgan (mas, „Avliyo Yevlaliya haqida kantilena“). 10—11-asrlarda birinchi epik afsonalar paydo boʻlgan. „Roland haqida qoʻshiq“ asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. „Russilonli Jirar“ asari ham oʻsha davrga mansub. Epik afsonalar 11-asrdan 13-asrgacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-asr oʻrtalaridan ritsarlik romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning „Aleksandr haqida roman“, „Fiva haqida roman“, „Eney“, „Troya haqida roman“ (barchasi 1140—65-yillarda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxminan IZO—taxminan 1191) „Erek va Enida“, „Iveyn“, „Perseval“ va boshqa romanlari kiradi. 12-asrning oxirlarida"Tristan va Izolda" afsonasi, „Fluar va Blansheflor“, „Okassen va Nikolet“ kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-asrlar Fransiya adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxminan 1300—77), Estash Deshan (taxminan 1346— taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363—taxminan 1431), Alen Shartye (1385— taxminan 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337—1453-yilgi 100 yillik urush fojeasini aks ettirdilar. 15-asr oxirlarida Fransiyada uygʻonish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uygʻonish davri adabiyotining Fransiyadagi yirik vakili Fransiya Rable (1494—1553) „Gargantyua va Pantagryuel“ asari bilan mashhur boʻldi. 16-asr 1yarmida Fransiya lirikasi italyan neopetrarkizmi taʼsiri ostiga tushib qoldi va asr oʻrtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot oʻtkazildi. „Pleyada“ deb nomlangan fransuz sheʼriy maktab shoirlari adabiyetda gumanizm gʻoyalarini olgʻa surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va boshqalar) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. „Pleyada“ sheʼriy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532—73) va boshqadir. 16-asrning oxirida shoirlar T. A. d’Obinye (1552— 1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), F. Deport (1546—1606) „Pleyada“ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qoʻlladilar. 17-asr boshida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), F. d’Obinyak (1604—76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635-yil tashkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga koʻproq taʼsir oʻtkazdi. Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U oʻzining „Tartyuf“, „Mizantrop“, „Xasis“, „Don Juan“ va boshqa asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxoʻrligini zoʻr isteʼdod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali taʼsir kursatdi. 17-asr 2yarmida klassitsizmning yangi qirralari ochildi. Bu davrda F. Fenelonning „Telemakning sarguzashtlari“ romani, Sh. SentEvremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639— 99)ning „Andromaxa“, „Britannik“, „Fedra“ asarlari yaratildi. 18-asrning boshida rokoko adabiyoti paydo boʻldi. U oʻzining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri bilan ajralib turgan. J. B. Russo oʻynoqi rokokoni klassitsizm meʼyorlari bilan uygunlashtirishga harakat qilgan. Monteskye, Volter, Didro kabi maʼrifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanishgan. 18-asr 1yarmida komediya va roman janri rivojlandi. Molyer, A. R. Lesaj, P. K. Marivo, F. N. Detush, Sh. L. Monteskye („Fors maktublari“) bu janrning yetuk namoyandalari boʻlsa, unda Volter yetakchi rol oʻynadi. 1751-yildan D. Didro, J. L. D’Alamber va boshqa maʼrifatparvarlar tomonidan Ensiklopediya nashr etila boshlandi. 18-asr 2yarmi — 19-asr boshida Fransiya adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo boʻldi. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida sentimentalizm bilan bir qatorda romantizm kurtaklari koʻrina boshladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J. B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P. A. F. Shoderlo de Lakloning „Xavfli aloqalar“ romani, Bomarshening „Figaroning uylanishi“ komediyasida namoyon boʻldi. K. J. Ruje de Lillning „Marselyeza“ qoʻshigʻi, Robespyer, Maratlarning publitsistik maqolalari oʻsha davrda keng tarqaddi. 19-asr boshlarida Fransiya adabiyotida romantizm yetakchi oqim boʻldi, uning 2bosqichida inqilob shabadasi esa boshladi. Bu davr V. Gyugo asarlarida oʻzining yorqin aksini topdi. Shuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning jamiyatda mehnatkash inson fojiasi katta mahorat bilan koʻrsatilgan romanlarida, P. J. Beranje (1780—1857)ning satirik sheʼr va qoʻshiklarida realizm tamoyillari oʻzining yuksak ifodasini topdi. 60—70-yillardagi ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870—71-yil Fransiya-Prussiya urushi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlanish davri boshlandi. E. Potye 1871-yil iyunda „Internatsional“ sheʼri va 1876-yil „Parij Kommunasi“ dostonini yezdi. E. Zolya ijodida, Gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining oʻta tubanligi, mehnatkash insonning ogʻir qismati oʻz badiiy ifodasini topdi. 19-asr oxirida nazmda koʻproq simvolizm asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. Birinchi jahon urushi davrida A. Barbyus asarlari fransuz adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi. Barbyus 1919-yil „Klarte“ Xalqaro yozuvchilar tashkilotini tuzdi. 20—30-yillar adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Tsara, A. Breton, P. Elyuar, L. Aragon, F. Supo kabi shoir va yozuvchilar ijodi salmokli oʻrin egalladi. 2jaqon urushi davrida antifashistik ruxdagi adabiy asarlar yozila boshladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A. SentEkzyuperi kabi yozuvchilar asarlarida urush voqealari aks etdi. 50—60-yillarda fransuz adabiyotida ekzistensializm oqimi vujudga keldi. J. P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N. Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985-yil Nobel mukofoti laureata boʻlgan) va boshqa bu oqimning namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903— 87), Margerit Dyura (1914—1996) kabi yozuvchilar Fransiya adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvchilardan Mishel Turnye, Filipp Sollers, JanMari LeKlezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar mashhur. Fransiya yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. Sent Ekzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Meʼmorchiligi Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu yerda gallrim sanʼati rivojlandi: toshdan makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topgandan soʻng oʻrta asrlar sanʼati shakllana boshladi. Karolinglar sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi (10—12-asrlar), ibodatxona va monastirlar koʻproq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-asr, Perigyodagi SenFron, 1120-yildan keyin, Langedokdagi cherkovqoʻrgʻonlar). 12-asrda Shimoliy Fransiya shaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda shaqarlar soni ortdi, shaharlarda soborlar koʻplab qurila boshladi. Ularning eng yiriklari: SenDeni abbatligidagi cherkov (1137—44), Sane (taxminan 1140) va Lan, Shartr, Reyms, Amyendagi soborlar, Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi (1163—1257). 15-asrning 2yarmidan meʼmorlikda fransuz Uygʻonish davrining hashamdor va goʻzal uslubi shakllana boshladi. Shu davrda vujudga kelgan Ambuaz (1492—98), Gayon (1501 — 10) qirol va dvoryanlar qoʻrgʻonlari oʻzining qulayligi hamda hashamatliligi bilan ajralib turadi. Qirol Fransisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan mashhur meʼmorlardan (jumladan, Leonardoda Vinchi) tashqari, Fransiyaning oʻzida ham N. Bashelye, F. Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi isteʼdodli meʼmorlar yetishib chiqa boshladi. Fransuz Uygʻonish davri meʼmorligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Fransisk I qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi AzeleRido, Shenonso, Shambor kabi qoʻrgʻonqarorgohlar, Fontenblo saroyi va Parijdagi Yangi Luvr binosini (meʼmor P. Lesko, haykaltarosh J. Gujon) kiritish mumkin. 17-asrda absolyutizm kuchayishi bilan sanʼatda monarx shaxsi va hokimiyatini ulugʻlash kuchaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda meʼmorlik (1671) akademiyalari tashkil topdi. Klassitsizmning sipo va vazminligi bilan kenglik kulamini uygʻunlashtirgan absolyut monarxiya deb atalgan uslub shakllandi. U klassitsizmning ulugʻvorligi, mantiqiy tuzilishini aks ettirgan edi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar uylari kurilishida namoyon boʻldi. Parij geometrik jihatdan toʻgʻri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov, Gʻalaba, Vandom maydonlari bilan bezaldi. PaleRuayal saroyi (1629—36), Nogironlar uyi (1671 — 76), Sorbonna binosi (cherkov bn, 1629—54), Versal saroyi (1661—89), zafar darvozalar va koʻpriklar kurildi. Saroy va binolar plastik naqshlari hamda ixchamligi bilan ajralib turadi. 18-asrning 1yarmida hashamatli reja uslubi qoʻllandi. Bordodagi maydon va koʻchalar tarmogi, Nansidagi maydonlar, Lyudovik XV maydoni shular jumlasidandir. 18-asr 2yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati bilan maʼrifatparvarlik klassitsizmi yoʻnalishi vujudga keldi. Klassitsizm ruxida cherkovlar (SentJenevyev, hozirgi Parijdagi Panteon), saroylar (Versaldagi Kichik Trianon), teatrlar (Bordodagi Katta teatr) va boshqa jamoat inshootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-asr boshlarida yangi meʼmoriy uslub — ampir uslubida ulugʻvor, mahobatli inshootlar kurildi (La Madlen cherkovi, Vandom kolonnasi). 19-asr oʻrtalarida Parijda yirik kurilish ishlari amalga oshirildi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Amyen, Nant, Orlean,Tuluza va boshqa shaharlar qisman rekonstruksiya qilindi. 19-asr 2yarmida kurilishlar eklektizm ruhida olib borildi („GrandOpera“ teatri, SakreKyor bazilikasi). Yopiq bozor, universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi SentJenevyev kutubxonasi va Milliy kutubxona), elevator, depo va boshqalarlar kurildi. Mashhur Eyfel minorasi ham shu davrda kurildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida modern uslubida inshootlar yaratildi (Parij metrosining bekatlari, Parijdagi „Kastel Beranja“ mehmonxonasi). 1860-yildan qurilishda temirbeton ishlatila boshlandi. 1920—1930-yillarda zamonaviy meʼmorlikning asosiy qirralarini shakllantirishga kirishildi. Meʼmor Le Korbyuzye shakllarning funksional va konstruktivligini, beton, oyna va poʻlatning keng qoʻllanilishini zamonaviy meʼmorlikning 5 asosiy prinsipiga aylantirishga harakat qildi. 1960—1970-yillarda Parij va uning atroflarida kurilishlar avj oldi. Bu davrning mashhur meʼmorlari R. Kamelo, J. de Mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan meʼmorlikda ajoyib inshootlar yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va Radio uyini koʻrsatish mumkin. 1980-yillardan Fransiya meʼmorligida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy meʼmorlarning gʻoyalariga keng yoʻl ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik meʼmor Mario Pey tomonidan toʻliq qayta rekonstruksiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi-yillarda yaratilgan meʼmoriy inshootlardan Parij shahridagi SenLazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi (1985), Sen Jermen oroldagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), „Ateney“ teatridagi rassom JanPyer Shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni koʻrsatish mumkin. Tasviriy sanʼati Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko, FondeGom), hayvonlar tasviri va haykallari (LaMadlen, Tyukd’Odeber) saqlanib qolgan. Temir davri galiitat madaniyati va laten madaniyati yodgorliklari bilan namoyon buldi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topishi bilan oʻrta asrlar sanʼati (merovinglar sanʼati) vujudga kelgan. 10—12-asrlarda karoling sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi. Bu davrdan har xil taqinchoklar, Limoj emallari, mato va kashtalar, gilamlar saqlanib krlgan. Fransiyaning gotik haykaltaroshligida insonning jismoniy goʻzalligi va hislariga, real tabiiy shakllarga qiziqish ortdi. Bu Parij Bibi Maryam ibodatxonasidagi haykallar, Amyen soborining haykal va obrazlarida namoyon boʻldi. 14-asrda haykaltaroshlik majmualari kamroq yaratildi, interyerlarda koʻproq tasviriy sanʼat asarlari va boʻyalgan yogʻoch haykallar paydo boʻldi. Gotika tasviriy sanʼatida interyerni rangli bezatishda vitraj eng asosiy unsur boʻlib qoldi (Parijdagi SentShapel ibodatxonasi va Shartr sobori vitrajlari). 13-asr 2yarmidan vitrajlarda koʻproq yorugʻ ranglar qoʻllanila boshladi. Freska saroy va qasrlar devorlarida koʻproq uchraydi. 14—15-asrlarda niderland va italyan sanʼati taʼsiri ostida dastgoxli kartina va portretlar paydo boʻla boshladi. Tevarak atrofii real tasvirlash akauka Limburglar ijodidan boshlandi. Ularning „Berriy gersogining eng boy chasoslovi“ (taxminan 1411 — 16) asari saqlanib qrlgan. 15-asr urtalarida qirol saroyi qoshida fransuz Uygʻonish davri kurtaklari boʻlgan maktablar tashkil topgan. Uning eng mashhur vakili J. Fuke boʻlgan. Uygʻonish davri haykaltaroshligini M. Kolomb boshlab bergan. 15-asr 2yarmida Uygonish davri uslubi yogochdan ishlanadigan gravyuralarga ham taʼsir qildi. 16-asr boshlarida qirol saroyi tasviriy sanʼat markaziga aylandi. Inson shaxsiyatiga boʻlgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham oʻz aksini topdi. Bu davr sanʼatiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining hissalarini qoʻshdilar. 17-asrga kelib, klassitsizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy sanʼatning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manyerizmini uygunlashtirdi. 17-asr 2-choragida tasviriy sanʼatda klassitsizm yetakchi rol oʻynay boshladi. Bu davr sanʼat asarlari plastik shakllari aniq boʻlishi, tabiat manzaralarining chuqur lirizmi bilan ajralib turadi. 17-asr oʻrtalarida Fransiya sanʼat hayotining peshqadami Sh. Lebren Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning koʻp asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, zargarlik rivojlandi. 18-asr tasviriy sanʼatida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos boʻldi. Rokoko uslubi manzarali naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega boʻlgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. F. Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-asr 1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M. K. Latura, J. B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikkoʻrinadi. 18-aar oʻrtalariga kelib tabiatga boʻlgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-asr boshida baʼzi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari oʻrnini Napoleon I ni ulugʻlaydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon boʻldi. Haykaltaroshlikda romantizm tamoyillari F. Ryudaning „Marselyeza“ asarida, P. J. David d’Anje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848-yilgi inqilob Fransiya sanʼatiga demokratlashtiruvchi taʼsir koʻrsatdi. 1851-yil toʻntarishdan soʻng reaksiya kuchlari qukmronligi sharoitida demokratik sanʼat koʻp jihatdan oʻzining ommaviyligini yoʻqotdi. 1860-yillarda mamlakat tasviriy sanʼatida E. Manening realistik izlanishlari markaziy oʻrinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yoʻnalishi bilan yaqinlashdi. Bu yoʻnalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilishgan. 1850—60-yillar x, aykaltaroshlikda J. B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening ekspressivgrotesk plastikasi alohida oʻrin tutadi. 19-asr soʻnggi choragida fransuz xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida impressionizm bilan birgalikda „modern“ uslubining paydo boʻlishiga taʼsir etgan simvolizmnnng turli variantlari ham rivojlandi. 19-asr oxirida tasviriy sanʼatda ijtimoiy mavzulardan birmuncha chekinish seziladi. 20-asr boshidan Parijga koʻplab chet el rassomlari kela boshladi va ularning ijodi fransuz sanʼatining ajralmas qismiga aylandi. 1905-yilda A. Matiss boshchiligida fovizm (A. Marke, J. Ruo, A. Deren, M. Vlamink, R. Dyufi va boshqalar), 1907-yilda esa kubizm okimi (P. Pikasso, J. Brak, X. Gris) vujudga keldi. Birinchi jahon urushidan soʻng syurrealizm, Ikkinchi jahon urushidan keyin abstrakt sanʼatning turli yunalishlari vujudga keddi. 1970-yillarda sanʼatda abstraksionizmdan chekinish va sanʼatning turli xil figurativ turlari (gipperrealizm)ga oʻtish kuzatiddi. Umuman olganda, Fransiya tasviriy sanʼatida gumanizm koyalari saqlanib qolgan. P. Pikasso va F. Leje asarlarida urush va fashizmga qarshi alangali gʻalayon, xalqlarning tinchlik uchun kurashi mavzulari koʻp aks etgan. 1945-yildan soʻng neorealizm okimi paydo boʻldi, karikatura sanʼati rivojlandi, qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyati asketik rassomchilikda aks etdi. Gumanistik sanʼat anʼanalari haykaltaroshlikda ham yetakchi rolni egallaydi. A. Burdelning qahramonona dramatik obrazlarida, A. Mayolning garmonik haykallarida, J. Bernarning oʻtkir psixologik portretlarida bu narsa oʻz aksini topdi. Umuman, Fransiya 21-asrda ham jahon badiiy sanʼatining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi. Musiqasi Fransiya milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-asrlarda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-asrdagi ilk Uygʻonish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672—87-yillar „Grand opera“ teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-asrdan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-asrning eng yirik kompozitori J. R. Ramo K. V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-asr oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini („Dezertir“, 1769), A. E. M. Gretri („Lyusil“, 1769) kiradi. Komik operalar „Opera komik“ teatri (1715-yil SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801-yildan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792-yil J. Ruje de Lil tomonidan „Marselyeza“ yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793-yil Parijda Milliy musika instituti (1795-yildan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-asr boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-asr 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi („Karmen“, 1874). 19-asr 80-yillarida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-asr 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-asr oxiri — 20-asr boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. Fransiyada shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-asr musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). Birinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi („Oltilik“ kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va boshqalar). Ikkinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-yillardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va boshqalar). 20-asr fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long, R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va boshqa Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg, Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, „Sxola kantorum“ (1894-yil asos solingan), „Ekol normal de myuzik“ (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, Fransiya Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jurnallari chop etiladi. Teatri Fransiya teatr sanʼati oʻrta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9—10-asrlardayoq oʻrta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15 a. oʻrtalaridagi A. Grebanning „Xudo ehtiroslari misteriyasi“dir. 1599-yildan professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qoʻyar edilar. 17-asrdan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qoʻyila boshladi. 1634-yil „Mars“ teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Molyer vafotidan soʻng tashkil etilgan „Komedi Fransez“ teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom ettirdilar. Fransuz maʼrifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. Maʼrifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik sanʼatini vujudga keltirdi. 1791-yil „Teatrlar erkinligi haqida dekret“dan soʻng, Parijda 19 teatr tashkil topdi. „Komedi Fransez“ teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari koʻrsatildi. Gyugoning „Ernani“ dramasining qoʻyilishi (1830) fransuz teatrida muhim voqea boʻldi. 19-asr 1yarmida bulvar teatrlari paydo boʻldi. 1848-yildan qahramonlik mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-asr oxirida E. Zolya yangi „onangni ami“ nomli dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz sahnasidagi chuqur oʻzgarishlar A. Antuan nomi bilan bogʻliq. „Erkin teatr“ va „Antuan teatri“ asoschisi, „Odeon“ teatri boshqaruvchisi boʻlgan Antuan oʻz davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910-yil J. Rushe tomonidan „Teatr dez Ar“ tashkil etildi. 1926-yil toʻrt buyuk rejissor: G. Bati, Sh. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi — „Kartel“ tuzildi. Ular koʻproq klassikaga — Molyer, Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-yillar boshida demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol oʻynadi. Ikkinchi jahon urushi-yillari — nemisfashist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari deyarli ishlamadi. Ilgʻor jamoatchilik Fransiyaning qadimiy teatrlaridan boʻlgan „Komedi Fransez“ni qoʻllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rejissorlardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va boshqalarlar voyaga yetdilar. 40-yillar 2yarmi — 50-yillar 1-yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va boshqa shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. Milliy xalq teatri teatr sanʼatining yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-yillarda Buyuk fransuz inkilobiga bagʻishlangan „1789“ va „1793“ teatrlarining tashkil topishi Fransiya teatri hayotida katta voqea boʻddi. Fransuz sahna sanʼatining rivojiga aktyor va rejissor J. L. Barro katta hissa koʻshdi. Turmush oʻrtogʻi M. Reno bilan birgalikda „Kompani Reno—Barro“ truppasi yaratildi va u 20-asrda fransuz dramaturgiyasini targib etdi. 1950 — 60-yillarda teatr hayotida „absurd teatri“ katta oʻrin egalladi. 20-asr 2yarmidan Fransiya teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93 ylarda Fransiya madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa qoʻshdi. Parijning koʻp teatrlari, jumladan, „Grandopera“, „Komedi Fransez“, „Odeon“ va „Shayo“ milliy teatrlari hukumat tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J. L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rejissorlar mashhur. Fransiyada 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. „Komedi Fransez“ teatri milliy teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954-yil tashkil etilgan „Xalqlar teatri“da xalqaro teatr festivallari oʻtkaziladi. Kinosi Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli „Poyezdning kelishi“, „Bolani emizish“, „Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi“ filmlari) 1895-yil 28-dekabrda Parijda namoyish etilgan. Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning „Film d’ar“ firmasi kinoga mashhur dramaturg, aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919-yilda rejissor A. Gans urushga qarshi ruhdagi „Men ayblayman“ pamfletini, rejissor A. Antuan esa bir qancha filmlar („Yer“, 1921; „Arlezianlik ayol“, 1922)ni yaratdi. Birinchi jahon urushidan keyingi-yillarda kinodan tijorat yoʻlida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M. L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak „Avangard“ harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rejissorlar qad. anʼanalarga tayangan holda koʻpgina asarlarni yaratdilar ["Krenkebil" (1922) va „Yangi janoblar“ (1928, rejissor J. Feyder), „Nana“ (1926) va „Kichik gugurt sotuvchi“ (1927, rejissor J. Renuar), „Somon shlyapa“ (1927, rejissor R. Kler)]. 30-yillardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-yillar oʻrtalarida Fransiya kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati bilan bogʻliq; „Oktabr“ va „Erkin kino“ uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun „Marselyeza“ (1938, rejissor R. Renuar), „Buyuk sarob“ (1937, rejissor R. Renuar), „Oxirgi milliarder“ siyosiy satirasi (1934, rejissor R. Kler), „Ahil kompaniya“ (1936, rejissor J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. Ikkinchi jahon urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi „Kechki mehmonlar“, „Osmon sizlarga tegishli“ kabi filmlarni yaratdilar. 1944-yil „Parijni ozod etish“ filmi chiqarildi. „Rayka bolalari“ filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. rejissor R. Klemanning „Relslar ustidagi jang“ filmi ozod etilgan Fransiyaning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashhur filmlar: „Parma ibodatxonasi“ (1948, rejissor KristianJak), „Qizil va kora“ (1954, rejissor K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), „Tereza Raken“ (1953, rejissor M. Karne), „Jerveza“ (1956, rejissor R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), „Oʻlimga mahkum qilingan qochdi“ (1956, rejissor R. Bresson). 1940 —50-yillar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va boshqa aktyorlar mashhur. 50-yillarning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. Fransiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. „Kun va soat“ (1963), „Parij yonyaptimi?“ (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968-yildan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining „Bayram kuni“ (1949), „Mening amakim“ (1958), Kristian Jakning „FanfanTyulpan“ (1952), „Qonun — bu qonun“ (1958), P. Eteksning „Ohtortuvchi“ (1963), „Yoyo“ (1965) filmlari komediya janriga mansub. Fransiya kiska metrajli filmlari (rejissor A. Lamorisning „Qizil shar“), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashhur. 70ylar oʻrtalariga kelib, fransuz kinosida oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil ochar kinolarni ishlab chiqarish keng rivojlandi. 60 —70-yillardagi eng mashhur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J. L. Trentinyan, J. P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va boshqa kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga oʻzlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qoʻshgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va boshqa 1943-yil tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rejissor, tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946-yildan Kannda har-yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi. 1936-yil „Sinematika“, 1972-yil Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976-yilda Amerikaning „Oscar“ mukofotiga oʻxshash „Sezar“ milliy kino mukofoti taʼsis etilgan. 1970 —90-yillarda rejissorlar J.Sh. Takell („Jiyanlar“, 1975), D. Vin („Martin Gerrning qaytishi“, 1984), D. Kyuri („Oramizda“, 1985), K. Berri („Jan de Florett“, 1987), J. Rivett („Maftunkor yongʻoq daraxti“, 1991), R. Varnyer („Hindixitoy“, 1992) hishayajonli hamda anʼanaviy mavzularda filmlar yaratishdi. Fransiyada 4400 kinoteatr mavjud,-yiliga 130 ga yaqin toʻliq metrajli film yaratiladi (2003). Qoʻshimcha maʼlumotlar „Fransiya“ Yevropada, muharirlar — Ferdie McDonald, Claire Marsden va Dorling Kindersley (Gale, 2010), 144-217-betlar. online „France“ in Worldmark Encyclopedia of the Nations, muharirlar — Timothy L. Gall and Derek M. Gleason, (13-nashr., 5-jild: Yevropa, Gale, 2012), pp. 215-243. online Mavzular Carls, Alice-Catherine. „France.“ in World Press Encyclopedia, edited by Amanda C. Quick, (2-nashr, 1-jild, Gale, 2003), pp. 314-337. online coverage of press and media Chabal, Emile, ed. France since the 1970s: History, Politics and Memory in an Age of Uncertainty (2015) Excerpt Gildea, Robert. France Since 1945 (2-nashr. Oxford University Press, 2002). Goodliffe, Gabriel, and Riccardo Brizzi, eds. France After 2012 (Bergham, 2015) Haine, W. S. Culture and Customs of France (Greenwood Press, 2006). Kelly, Michael, ed. French Culture and Society: The Essentials (Oxford University Press, 2001). Raymond, Gino. Historical Dictionary of France (2nd ed. Scarecrow, 2008). Jones, Colin. Cambridge Illustrated History of France (Cambridge University Press, 1999) contains, france%20%20maps&tab=default_tab&search_scope=Local&sortby=lso01&vid=NLI&mfacet=tlevel, include, online_resources,1&mfacet=rtype, include,Maps,1&mfacet=topic, include,France,1&lang=en_US&offset=0&came_from=sort Ancient maps of France from the Eran Laor Cartographic Collection, Isroil milliy kutubxonasi Manbalar Havolalar Fransiya — Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Fransiya UCB Libraries GovPubsda Fransiya Yevropa Ittifoqida Yevropa
2,060
https://uz.wikipedia.org/wiki/Navro%CA%BBz
Navroʻz
Navroʻz (forscha نوروز – „shahzodning kuni“) – bahor bayrami hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni. „Navroʻz“ soʻzi forschadan tarjima qilinganda, „yangi kun“ maʼnosini beradi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda Navroʻz 21-mart kuni, Qozogʻistonda esa 22-martda nishonlanadi. Navroʻz Shimoliy yarimsharda bahorning boshlanishi sifatida, kecha-kunduz tenglashgan kunda (martning 20, 21 va yoki 22-kunlarida) boshlanadi. Baʼzi xalqlar bahor faslining kelishini tabiatning uygʻonishi bilan bogʻlaydilar, shu munosabat bilan bayramlar oʻtkazishadi, uni yangi yilning boshlanishidek bayram qiladilar. Qadim zamonlardan boshlab Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Eron, Afgʻonıston, Tojikiston va yana koʻplab sharqiy davlatlarda bahorning – yangi yilning kelishini bayramlar bilan qarshi olishadi. Martning 21-sanasi Eron va Afgʻonistonda rasmiy taqvimning dastlabki birinchi kuni hisoblanadi. 2009-yil 30-sentyabrda Navroʻz UNESCO tarafidan nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan, 2010-yil 23-fevralda esa BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida 21-mart "Xalqaro Navroʻz Kuni" deb eʼlon qilindi. Hali ham bu bayram xalqlar oʻrtasida keng koʻlamda davom etib kelmoqda. Bayramning umumiy tasnifi Navroʻz qadimiyligi, keng geografik qamrovi va uni nishonlash vaqtidagi turli davrlari sababli, nomoddiy madaniy merosning xilma-xil xususiyatlarini oʻz ichiga oladi. U „Navroʻzi Jamshid“ini anglatgan Eronning afsonaviy shohi Jamshid va shu kabi afsonalarga asoslangan koʻpgina madaniy shakl va tasvirlardan tashkil topgan. Shunga oʻxshash afsona hind mifologiyasida ham mavjuddir, bundan tashqari „Boʻzqurt“ nomli turk afsonasida, „Ammo Navroʻz“ Eron afsonasida, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo mamlakatlari afsonalarida Nanex Novrouz Amoo Novrouzni kutadi, lekin yangi yil kirib kelganida uxlab qoladi. Amoo Novrouz u uxlab ѐtganida kelib ketadi. Bu voqea har yili takrorlanaveradi. Bu afsonalar eskirgandek tuyulsa ham, ular bugungi kunda madaniyatimizda uchrab turadi. Ertaklar, epik sheʼrlar, „Navroʻz sheʼrlari“ deb nomlanadigan mumtoz sheʼrlar bilan birga, bugungi kunda Navroʻz marosimidan oldin va keyin kitob, jurnal, internetda chop etilgan shoirlar va radio, televidenieda yangraydigan musiqa: qadimgi va mumtoz Eron musiqasida maxsus kuylar va qoʻshiqlar mavjud boʻlib, ular „Naz-e Novrouz“, „Yaad-e Novrouz“, „Novrouz-e Xordak“, „Novrouz-e Xara“ i „Novrouz-e Saba“ deb nomlanadi. Usmonli turk imperiyasida ham shunga oʻxshash kuy va musiqalar yang- ragan. Boshqa Navroʻzlarda bu marosimga aloqador koʻpgina kuy va musiqalar mavjud. „Navroʻz“, „Muborakbod“, „Shohmoylar“, „Sumalak“, „Boychechak“, „Binafsha“ kabi folʼklor ashulalalari Oʻzbekistonda bugungi kunda ham mashhur. Hozirda mahalliy, milliy va hatto millatlararo konsertlarda kuylanadigan Navroʻz kuy-qoʻshiqlari mavjud. Bundan tashqari, „Mulla Mamajon“ afgʻon qoʻshigʻi juda mashhur boʻlib, Mozori Sharifda, Eron, Tojikistonda ham kuylanadi. Barcha Navroʻzlarda mahalliy va anʼanaviy raqslar mavjud boʻlib, ular etnik guruhlar tomonidan ijro etiladi, Ozarbayjon va oʻzbek raqslari kerakli maromda ijro etiladi va madaniy hamda lingvistik koʻrinish – maxsus folklor koʻrinishlarida uygʻunlashgan. Bular orasida „Xan Bazi“ va „Kusex Galin“ Eronda, „Kusa Kusa Xani“ Ozarbayjon va Turkiyada hamda „Bahor Xonim“, „Navroʻz bobo“, „Dehqon bobo“, „Nasriddin“ Oʻzbekistonda, „Aspak bozi“ (masxaraboz), „Laklak bozi“ Qirgʻizistonda, uloq, otchopar, koʻpkari, kurash, qoʻchqorlar, xoʻrozlar jangi va boshqalar. Tajriba, bilim va hunar, shuningdek, uy jihozlarini yangilash, bolalar uchun oʻyinchoqlar yasash, qimmatli tosh va metallardan yasalgan zargarlik buyumlari, ayniqsa yosh kelinlar uchun bezaklar, zeb-ziynat mahsulotlari bayram nishonlanishning turli bosqichlarida qoʻllanadi. Umuman olganda, bayram marosimlarida ushbu odatlar umumiy qiymatga va boy madaniy xilma-xillik koʻrinishidagi oʻziga xoslikka ega. Sanalarni belgilash asosan qadimiy astronomik taʼlimot asosida hisoblanadi. Oʻrta asrlarda yilnoma asosan Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshgʻariy va Umar Xayyom kabi mashhur olimlar tomonidan tasdiqlangan va toʻgʻrilangan. Har bir oila va jamiyatda nishonlanadigan koʻpgina marosim, anʼana va madaniy hodisalar mavjud. Bayramning eng muhim vazifalaridan biri bu ommaviy yigʻinlar boʻlib, u yerda madaniy almashinuv va tadbirlar marosimlarga qoʻshib oʻtkaziladi. Suv va olov bilan bogʻliq maxsus ommaviy marosimlar bunga misol boʻla oladi. Masalan, Eronda aholi „Charshanbeh Suri“ yoki „Charshanbeh-e Otash“ deb nomlanadigan yilning soʻnggi chorshanba kuni, buloq yoki olov ustidan sakrashadi. Ozarbayjonda ketma-ket keladigan yilning soʻnggi toʻrt chorshanbasi mashhur boʻlib, ular „Charshanbeh Ob (suv)“, „Charshanbeh Bod (shamol)“, „Charshanbeh Xok (er)“ va „Charshanbeh Otash (olov)“ deb nomlanadi, bu paytda odamlar olov atrofida yurib, anʼanaviy qoʻshiqlar aytadilar va yoxud olov yoki suv atrofida raqsga tushadilar. Kurd va zardoʻshtlar, Turkiya va Oʻrta Osiyo mamlakatlari xalqlari orasida Navroʻz arafasida olov bilan bogʻliq marosimlar mavjud. Masalan, Qirgʻiziston Respublikasida odamlar qarzlarini toʻlaydilar, uylarini yigʻishtiradilar, qoʻshnilari bilan urishib qolgan boʻlsa yarashib, ularni kechiradilar. Toʻkin-sochinlik, hosildorlik va yomgʻir timsoli sifatida barcha idishlarni sut, qatiq, bugʻdoy va bahorgi suv bilan toʻldiradilar. Qariyalarning aytishlaricha, bu insonlardan turli xil kasalliklar va omadsizliklarni ketkazadi. Koʻpgina qishloq va qabilalarda yilning soʻnggi chorshanbasi va Navroʻz arafasida uy bekalari va qizlar uylari yaqindagi chashma, buloq yoki quduqdan suv keltirishadi. Bayramning birinchi soatlari oila-oila boʻlib keksalarni, qoʻshnilarni, yordamga muhtoj oilalarni va nogironlarni yoʻqlash bilan boshlanadi. Mehmondorchilik chogʻida odamlar bir- biriga sovgʻalar ulashadi, ayniqsa, yosh bolalar va kelin-kuyovlar- ga sovgʻa ulashish odat boʻlgan. Bayram oʻyin va tomoshalar bilan davom etadi, Eronda mahalliy kurash, poyga, „Bandbozi“ (dorda yurish), Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo mamlakatlarida chavandoz buzoq boshini eslatadigan buyumni tutishga harakat qiladigan „Buz kashi“ oʻyini keng tarqalgan va bu oʻyinlar bir necha kun davom etadi. Qirgʻiziston Respublikasida oʻtkaziladigan oʻyinlar haqida alohida toʻxtalish kerak: Ot Charbish (poyga), Qiz Kumay (otda qiz ortidan quvish), Kok Noru yoki Uloq Tortish (echki tutish), Enish (ot ustida kurash), Kurash (anʼanaviy kurash) va Jambu Atuu (otda kumush boʻlakka oʻq otish) va oʻsmirlar va bolalar uchun oʻtkaziladigan maxsus oʻyin „Ak Cholmok“. Oʻtganlar haqiga noz-neʼmatlar keltirib, ularning qabrlarida sham qoʻyishadi. Ozarbayjonda Navroʻz nishonlashning ikkinchi kuni erkaklar oʻtganlarning haqiga duo oʻqiydi va bu „Otalar kuni“ deb nomlanadi. Qozogʻistonda bayram arafasida odamlar eshik oldiga ikkita yoqilgan sham olib keladi. Ikkita asosiy va muqaddas taom mavjud boʻlib, birinchisi Navroʻzda yoki uning arafasida tushlik, ikkinchisi Navroʻzda peshin taomi. Taom qaynatilgan guruch va sabzavot, tovuq goʻshti, bugʻdoy ugrasi va baliq kabi masalliqlardan iborat boʻlib, ular odamlar yashayotgan hududga qarab qoʻshiladi. Qirgʻizistonda bayram tushligidan soʻng odamlar koʻchaga saylga chiqib bayramni nishonlaydilar. Kichik shahar va qishloqlarda qurbonlikka keltirilgan buqadan Nooruz Kedji yoki Chon Kedji (shoʻrva) tayyorlash uchun maxsus joylar tanlanadi. Bu qadimiy taom goʻsht, yogʻ, guruch, noʻxot, arpa, bugʻdoy, joʻxori, soʻli uni, tariq, kartoshka va ziravorlardan tayyorlanadi. Shuni taʼkidlash joizki, Qirgʻiziston Respublikasida yarim muqaddas taomlar oilaviy bayram tushliklarida tortilib, jamoaviy marosimlarda tortilmaydi. Bayramning eng muhim nishonalaridan biri bu dasturxon boʻlib, unga ramziy buyumlarga mos taomlar qoʻyiladi. Buyumlar tozalik, nur, tinchlik va boylikni anglatadi. „Sofrex“ yoki Eronda „Sofrex-ye haft Sin“ deb nomlanadigan stol, poklik belgisi suv, yorugʻlik belgisi sifatida sham yoki fonus, oʻsimliklar belgisi sifatida „Sabzex“ yoki „koʻkatlardan tayyorlangan taom“, Eronda „Samanu“, Qirgʻizistonda va Oʻzbekistonda „Sumalak“, Turkmanistonda „Samani“, Tojikistonda „Somoluk“lardan tuziladi. Qirgʻiziston Respublikasida Navroʻz bayramini nishonlashning asosiy anʼanalaridan biri bu uylarini, odamlarni va mol-mulkini tozalash uchun uylarga qora archa hidini taratish (Alastau) yoki „Adirashman“ (ignabargli daraxt bilan), Eronda esa yovvoyi ruta bilan taratish odat boʻlgan. Bayramning asosiy elementlari musiqa, raqs, ogʻzaki nutq hamda adabiyot, hunarmandchilik va rassomchilik (asosan miniatyura sanʼati)dan tashkil topadi. Turli xil hunarmandlar oʻz qoʻllari bilan bezaklar, bolalar uchun oʻyinchoqlar yasab berishadi. Bu oʻyinchoqlardagi bezaklar, sheʼriyatdagi asosiy mazmun, musiqa va raqslardagi badiiy maʼno, rasmlardagi asosiy mazmun Navroʻz bayramida bahorni kelishi va tabiatning yangilanishini aks ettirgan. Misol uchun, Qirgʻiziston Respublikasida Akayn – koʻcha sanʼatkorlarining chiqishlarida Yangi yilni olqishlash maʼnosi koʻtarilgan. Bundan tashqari akaynlar afsonaviy voqealarni koʻrsatib namoyishlar qoʻyishgan. Shuningdek, Oʻzbekstonda ham Navroʻzni sharaflash qoʻshiqlari folklor sanʼatkorlar baxshi, shoir va dostonchilar repertuaridan ham joy olgan. Navroʻzga bagʻishlangan ayrim epik afsonalar shu kungacha saqlanib qolgan (Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand). Anʼanaviy musiqaning rivojlanishiga marosim ohangi ham oʻziga xos hissa qoʻshgan, bular Buxoroning „Shoshmaqom“, „Xorazm maqomlari“ va „Fargʻona – Toshkent maqomlari“ kabi cholgʻu va yakkaxon maqom siklini yaratishga asos boʻlgan. Tarixi Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga koʻra, Navroʻzning shakllanish davri – eng qadimgi zamonlardan „zardushtiylik“ning paydo boʻlishigacha davom etgan asrlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbek xalqining allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy „Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar“ kitobida Quyosh yili hisobida yilning birinchi oyi deb sanalgan Farvardin oyi toʻgʻrisida soʻzlab: "Bu oyning birinchi kuni Navroʻzdir, – deydi. – Navroʻz yilning birinchi kuni boʻlib, uning forscha nomi ham shu maʼnoni anglatarkan. Navroʻz eronliklar „zij“lari boʻyicha oʻtmish zamonlarda, ular yillarini kabisali qilgan vaqtlarida Quyoshning Saraton burjiga kirish paytiga toʻgʻri kelar edi. Soʻngra u orqaga surilgach, bahorga keladigan boʻldi. Endi u butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqtda, yaʼni bahor yomgʻirining birinchi tomchisi tushishidan, gullar ochilgan, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha, oʻsimlik unib chiqa boshlashdan takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun Navroʻz olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan" deya izohlaydi. Qadim-qadimdan Navroʻz xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi boʻlib kelgan. Oʻsha kunlarda hatto urush-janjallar ham toʻxtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan oʻtishgan. Bahor va yangi ayyom har bir yurakdan muhim joy olgan quvonchli damlarda koʻpchilikning „Navroʻz qaerda va qachon paydo boʻlgan ekan?“ – degan savoliga „Saodat“ jurnalida eʼlon qilingan „Onaqutining saxovati“ maqolasida bunga asosli javob berilgan. Unda jumladan: "Dunyoga ilk alifboni bergan buyuk allomalarning vatani boʻlgan, dunyoviy fanlarga asos solgan Xorazm yurti qadimda, hatto eramizdan avvalgi minginchi yillarda Xvayrazam deb atalgan. Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va etnografik izlanishlar Navroʻz bayrami ilk bor xuddi shu zaminda Niso (yaʼni, ayol shahri poytaxti boʻlmish Parfiyona) grek va Ovrupa faylasuflari asarlarida Parfiyada nishonlanganini ashyoviy topilmalar tasdiqladi. Bunga Burgut qalʻa, Jomboq qalʻa va Niso qoʻrgʻonlarida bunyod qilingan va shu kunlargacha saqlanib qolgan „olov uy“lari yaqqol misol boʻla oladi. Burgut qalʻa markazida moviy gumbazli maqbara boʻlgan. Maqbara mehrobida Onaqutining koʻtarilgan qoʻlida Zumrad tosh boʻlgan. Bahorgi teng kunlikda-shamsiy hisob bilan hamal oyining birinchi kuni, hozirgi taqvimimiz boʻyicha 22-martda maqbara gumbazidagi tuynukdan quyosh nuri Onaquti qoʻlidagi Zumrad toshiga tushib, sumalak pishirish uchun tayyor turgan qozonning oʻtxonasiga oʻt yoqqan", deyilgan. Boshqa afsonalarga qaraganda, Odam Ato Momo Havo bilan uchrashgan kun Navroʻz deb tan olingan emish. Firdavsiyniig „Shohnoma“sida yangi yil bayrami shoh Jamshid nomi bilan bogʻlanadi. Jumladan, Jamshid yurtga yaxshilik qilish maqsadida odamlarga kasb oʻrgatadi, temir eritib qurol yasatadi, ip yigirtirib kiyim toʻqitadi, imoratlar barpo qiladi, tabiblik sirlarini ochadi, kema yasaydi, bogʻ bunyod qiladi. Nihoyat, „ishlari gurkirab berganda meva“ bir kuni taxt yasatib, unda osmonga koʻtariladi. Ushbu afsonaga koʻra xuddi shu kuni Navroʻz nishonlangan. Alisher Navoiy „Tarixi mulki ajam“ („Ajam shohlari tarixi“) asarida Jamshidning buyuk kashfiyotlari soʻngida ulugʻ Navroʻz ixtiro qilinganligini bayon qiladi. Navoiy yozishicha: "Jamshid „Chihil minor“ nomli odamzod koʻrmagan va aql bovar qilmaydigan baland bino qurib… „bu imorat tugandi, olam salomin va ashrov va ahbarin yigʻib, anda azim jashn qildi. Ul vaqtkim, quyosh nuqta eʼtiqodli rabiygʻa taqvil qilib erdi ul binoda taxt ustiga oʻltirib, adolat sayt va sadosin olamgʻa muntashir qildi va ul kunining otin navroʻz qoʻydi“. Darhaqiqat, Navroʻzning qachon va qanday vujudga kelganligini aniq koʻrsatish qiyin boʻlsa-da, shuni aytish mumkinki, bu bayram dono kishilar tomonidan kashf qilingan. Chunki Navroʻzning dunyoga kelishi chuqur ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, yaʼni Quyoshning hamal burjiga kirishi, tun va kunning tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi bilan bogʻliq boʻlgan. Bu esa (har qanday jamiyatda) yil boshi qachon kelishidan qatʼi nazar navroʻzni uygʻonish bayrami sifatida nishonlash uchun asos boʻlgan. Bundan tashqari, Navroʻzning chuqur ildizlariga murojaat qilsak, u eng qadimiy davrlarda – ibtidoiy odamlarning dehkonchilikka oʻtganidan soʻng dalalarda yangi ish mavsumi boshlanishidan oldin oʻtkazilgan bahor bayramlariga borib taqaladi. Bugun mana yana elimizga Navroʻzi olam uz sepini yoymokda. Maʼlumki, xalqimiz istak-xohishlarini eʼtiborga olgan holda Yurtboshimiz tomonidan, 21-martni dam olish kuni deb eʼlon qilingan. Navroʻz barcha viloyatlarning shaharu qishloqlarida, korxonalarida, ilm-fan dargohlarida oʻziga xos tarzda koʻtarinki kayfiyat va tashabbus ila oʻtkaziladi. Bayram kuni turli xil musobaqalar, qariyalar bilan muloqotlar boʻladi. Bahor koʻkatlaridan tayyorlangan nozu neʼmatlar tortiq etiladi. Barcha viloyatlarning eng isteʼdodli va yosh xonandalari xizmatda boʻladilar. Elimizning murodu maqsadini kuylagan, yurtimizning oromu osoyishini oʻylagan, butun borliq muruvvat aylagan, bagʻriga benihoya ezgu muhabbat joylagan, yomonliklar yoʻlin boylagan, yaxshilikdan doston soʻylagan, barchani birday siylagan bayramdir bu. "Bu bayramni bahori barobar kelguvchi, bir xil yigʻlab, bir xilda kulguvchi, muchal yilini bilguvchi, urfini hurmat qilguvchi talay elu elatlar, mazhablaru millatlar yangi yil deb nishonlaydilar. „Toʻqson“ning baxayr oʻtganini, yaʼni „koʻk“ka ogʻizlari etganini aytib, bir-biri bilan omon-omonlashadi". Xavashyaliklarning aytishicha, Sulaymon podshohning uzugi yoʻqolgan kun podshohligi ham qoʻlidan ketgan. Qirq kundan keyin uzugi topilgach, podshohligi ham, ravnaqi ham qaytib kelgan. Podshohlar uning huzuriga toʻplanadilar. SHunda eronliklar „Navroʻz omad“, yangi kun keldi" deganlar. Natijada shu kun Navroʻz deb ataladi. Hozir 21-martdan to 3-maygacha barcha kunlarni Navroʻz oyi deb bayram qilinadi. Bu kunlarda turli urf-odatlarni eslab, atrof-muhit tozalanadi, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari avj oladi, har xil mevali va mevasiz ixota kuchatlari utkaziladi, gullar ekiladi, turli koʻkatlarni terib, vitaminli taomlar, bugʻdoy undirib, sumalaklar pishiriladi. Qarindosh-urugʻlarni yod olib ular holidan xabar olishga boriladi, ota-bobolarni, oʻtgan avlodlarni xotirlab, qabrlarini ziyorat qiladilar. Bemorlarni Navroʻz taomlari bilan yoʻqlab, koʻngil koʻtaradilar va shundan keyingi kunlardan dala, ishlariga kirishib ketadilar. Musulmon davlatlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari Miloddan avvalgi III asrdayoq Navroʻz bayramini Yangi yil tariqasida keng nishonlaganlar. Yangi yil – yilning birinchi kuni boʻlib, dunyodagi koʻpgina xalqlarning eng muhim bayramidir. Yangi yilni kutib olish va nishonlash turli davrlarga toʻgʻri kelgan. Masalan, bizda Navroʻz 21-mart kuni. Ovrupaliklar Yangi yilni 1-yanvarda, moʻgʻul va xitoyliklar Yangi yil-sagalganni fevralda nishonlar ekanlar. Mutaxassislarning asoslangan fikrlariga koʻra, Quyosh ayni shu kuni hayotbaxsh nurlarini tik, yaʼni 90 daraja burchak hosil qilib, sayyoramizning qoq beliga – ekvatorga yoʻnaltiradi. Shu daqiqalarda bahorgi kecha-kunduz tenglashadi va 22-martdan boshlab Quyoshning tik yoʻnalgan nuri shimoliy tropik chizigʻi tomon harakatlanadi. Bu Navroʻzning ilk va qutlugʻ qadami boʻlib, tabiatning jonlanishi bilan kishilarning xoʻjalik faoliyati oʻrtasida uygʻunlik namoyon boʻladi. Jumladan, bobo dehqon ona erga mehr ishlov berishga kirishadi; tabiat oʻt-oʻlanlar, qir-adirlarni gilam singari yashil libosga boʻyaydi… Navroʻz musulmon xalqlarining taqvimida mustahkam oʻrin olgan eng sara bayramlaridan biridir. U inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlikni anglatadigan noyob va ijtimoiy hamda tabiiy hodisadir. Lekin ayni paytda biz kutib olayotgan, yangi yilning birinchi kuni 1-yanvar toʻgʻrisida bunday fikrni aytish mumkin emas, chunki bu marosim taqvimda turgʻunsiz boʻlgan sunʼiy, yaʼni kishilarning xohish-irodasiga bogʻliq holda belgilangan sanadir. Qadim-qadimdan xalqimiz Navroʻz arafasidan boshlaboq, rizq-roʻzimiz manbai ona erga alohida mehr bilan ishlov berib, urugʻ qadagan, mevali va mevasiz daraxtlar oʻtkazish marosimlari tashkil etilgan, xilma-xil tansiq taomlar, pishiriqlar tayyorlangan, turli musobaqalar, oʻyin-kulgular, sayillar va hokazolar boʻlib oʻtgan. Darhaqiqat, oʻz xalqiga qaytarilgan yangi yil – Navroʻz barchaga olam-olam quvonch keltirib, maʼnaviy oziq beradigan taqvimdagi muhrlangan qadimiy anʼanamizdir. Yaqin tarix Navroʻz Sovet davrida Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa qismlarida ochiq nishonlanmagan. Bir necha ming yillik tarixga ega bu bayram Oʻzbekistonda ayniqsa 1980-yillarga kelib rasman taqiqlangani haqida maʼlumotlar bor. Bu davrga kelib, deydi yaqin tarixni sharhlayotgan ayrim mutaxassislar, Oʻzbekistonda milliylik tuygʻusi kuchaya boshlagan. Mustaqillikdan keyin esa Navroʻz davlat miqyosida keng nishonlanadigan bayramga aylandi. Dastlab madaniy ayyom sifatida koʻrilib, xalq sayli sifatida tantana qilingan Nazroʻz bugunga kelib ancha siyosiy-rasmiy tus olgan. Sovet davrida Navroʻzning taqiqlanishi ikki bosqichda kuzatilgan. "Avval 1920-yillarda „xudosizlar jamiyati“ni tuzish davrida, odamlarni dindan voz kechasan, deb majburlash paytida, Navroʻz ham taqiqlangan bayramlar qatoriga kirgan", – deydi tarixchi olim Fayzulla Isʼhoqov. 1985-1986-yillarda esa Navroʻz asosan Oʻzbekistonda „xavfli anʼana“ sifatida koʻrilgan. Qayta qurish davrida kechgan bu taʼqiblar milliy uygʻonish davrini boshdan kechirayotgan oʻzbek ziyolilari oʻrtasida keng muhokama qilingan. Xalq hofizi Dadaxon Hasanning eslashicha, shu yillarda Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Navroʻzni „Baxt va Bahor“ bayrami deb oʻzgartirish tashabbusi bilan chiqqan. "Oʻzbekiston Markaziy qoʻmitasining ideologiya boʻyicha kotibasi Raʼno Abdullayeva edi. U qoʻmita plenumida Navroʻzni diniy bayram deb tanqid qilgan. Abdulla Oripov esa bu baxt va bahor bayrami degan. Keyin men „Marhabo Navroʻzi olam“ degan qoshigʻimni aytib chiqqan edim", – deydi Dadaxon Hasan. 1980—1990-yillardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ishtirokchisi boʻlgan oʻzbek ziyolilaridan biri Hayitboy Abdullayev fikricha, Navroʻzni taqiqlash oʻzbek kommunistlari tashabbusi edi. „Bu faqat Oʻzbekiston kompartiyasining qarori bilan taqiqlangan. Chunki qoʻshni Tojikiston va Qozogʻistonda Navroʻz bayram qilinayotgan edi“, – deydi u. Fayzulla Isʼhoqov fikricha esa Navroʻzni cheklash asosan Moskva buyrugʻi bilan amalga oshirilgan. „1986-yili shunday qaror qabul qilingan. Hozir koʻplar buning uchun Raʼno Abdullayevani ayblashadi. Lekin aslida bu Moskva tomonidan boshqarilgan. Bu ayolning aybi shuki, u bu tazyiqlarga qarshilik qila olmagan“, – deydi tarixchi olim. "Ikkinchi Jahon Urushidan keyingi yillarda Navroʻzni „Qozon toʻldi“ deb ham atashgan. Oʻtroq turkiylar bu bayramda yetti xil ovqat qilishgan. Uni yangi yil sifatida kutishgan. Keyingi yilgacha qozonimiz toʻlib tursin degan maʼnoda. Ayrim joylarda lola bayrami sifatida nishonlangan", – deydi Hayitboy Abdullayev. Navroʻz mustaqillikdan keyingi yillarda 1991-yildan keyin Navroʻz umumxalq bayrami darajasiga koʻtarildi. Bayram bugun katta tayyorgarlik bilan qarshilanadi. Oʻzbekiston prezidenti har yili xalqni Navroʻz bilan rasman tabriklaydi. Biroq, deydi sharhlovchilar, Navroʻz haligacha ham, tom maʼnoda xalq bayramiga aylanmagan. „Sovet davrida asosan 9-may, 1-may bayram qilinar edi. Milliy bayramlar yoʻq edi. Xalqimiz oʻsha qolipga tushib qolgan. Navroʻz kelganini ham konsert berilganiga qarab sezadi. Chunki sovetlar xalqimizni Navroʻz ruhidan uzib qoʻygan. Xalqimiz hamon shu izimdan chiqolmayapti“, – deydi hofiz Dadaxon Hasan. Hayitboy Abdullayev fikricha esa Navroʻz toʻqchilik, toʻkin-sochinlik bayramidir. Xalq moliyaviy yetishmovchilikdan qiynalar ekan, Navroʻzga nisbatan munosabat ham shunga yarasha. „Hozir bayramni milliy ruhga singdirish uchun harakat boʻlayapti. Masalan, avval kuzatilgan shanbaliklar tiklanayapti. Bu ham ehtimol pokizalikni saqlash uchun foydalidir. Lekin 4-5 ming kishiga osh berish bilan ish bitmaydi. Toʻqlik zamon boʻlsa, har bir kishi Navroʻzni oʻz xonadonida bayram qiladi“, – deydi Hayitboy Abdullayev. Adabiyotshunos olim Naim Karimov nazarida tarix chigʻiriqlaridan qatʼiy nazar Navroʻz ruhi xalqni tark etmagan. „Navroz bayrami tiklangach bildikki, u bilan bogʻliq qancha udumlarimiz bor ekan. Qancha qoʻshiqlar, qancha taomlar bor ekan. Hatto birgalikda joʻr boʻlib, aytiladigan qoʻshiqlarimiz bor ekan. Qabristonga borish, oʻtganlarni xotirlash kabi udumlari bor ekan“, – deydi u. Navroʻz, ayrim dindorlar nazarida, islomga xos bayram emas. Shariatga toʻgʻri kelmaydi, deydi ular. Bu munozaralar Oʻzbekistonda ochiq muhokama qilinmasa-da, ijtimoiy tarixdan xabarbor insonlar yuqoridagi talqinni tamonan rad etadi. „Qadim zamonlarda Navroʻz ehtimol boshqa bir diniy tarixga ega boʻlgandir. Lekin vaqt oʻtishi bilan Navroʻz milliy anʼanaga aylandi. Navroz kuni quyosh bir kundan ikkinchi kunga oʻtadi. Burj tahlil qilinadi. Islom dunyosi bu haqiqatni tan oladi. Shariatda bunga qarshilik yoʻq. Aksincha hamisha hurmat qilib kelingan. Afsuski, mutaassib, fikr doirasi tor diniy oqimlar nafaqat Navroʻzni, balki boshqa anʼanalarni ham inkor etishi etishi mumkin“, – deydi islomshunos olimlardan biri. Adabiyotsunos Naim Karimov deydiki Navroʻz xalq hayotida, qolaversa oʻzbek madaniyati va adabiyotida yangilanish timsoli sifatida oʻrin egallab boʻlgan. Ozarbayjonda nishonlanishi Ozarbayjonda odatga koʻra Navroʻz bayramida qoʻyiladigan taomlar bahorning kelishidan, tabiatning jonlanishidan, uygʻonishidan darak beruvchi taomlardir. Ozarbayjon qishloq aholisi yil davomida moʻl-koʻlchilikni orzu qiladilar, bayramga toʻrt hafta qolganda har chorshanba oqshomi va bayram kuni olov yoqib, qoʻshiq („kun chiq!“ nagʻmasi va boshq.) aytish bilan olovga, quyoshga eʼtiqod va imon keltirishadi. Butun bu marosimlar Islomdan ancha avval mavjud boʻlgan qadimgi sharq anʼanalarining davomidir. Chorshanbalar Baʼzi qadimgi manbalarda aytilishicha, koinot 4 unsur-suv, havo, tuproq, olovdan iboratdir. Har yil 4 chorshanba Navroʻzdan, kun va tunning tenglashishidan avval nishonlanadi. Yaʼni inson suv, olov, havo, tuproq bilan bogʻliqdir. Birinchi suv chorshanbasi deyiladi. Yaʼni bahorda daryolar daryoga tushib, muzli yerlar buloqqa aylanadi. Tuproq asta-sekin iliqlasha boshlaydi. Qızlar buloqlardan shirin suv keltiradilar, uyning atrofiga sepadilar, yuzlarini yuvadilar. İkkinchisi olov chorshanbasi deyiladi. Unga koʻra, bahorda quyosh asta-sekin tuproqni qizdiradi, insonni yaratmoq uchun tayyorlaydi. Olov chorshanbasida gulxanlar yoqiladi. Har bir oila aʼzosi uchun sham yoqiladi. Uchinchisi havo chorshanbasidir. Yaʼni shamol yerdagi daraxtlarni, gullarni silkitadi. Toʻrtinchisi tuproq chorshanbasidir. Tuproqni ona tabiat suv bilan ishlatdi, quyosh-la isitdi, insonni yaratmoq uchun hozirladi. Unga koʻra ilk bahor ekinini tuproq chorshanbasi kuni ekishni boshlagan. Keksa ayollar „bugʻdoyni, meni asra“ deb duo qiladilar. Odatlar Navroʻz bayramida quyidagi odatlar bajariladi: Shlyapa otmoq. Eshikka tashlangan shlyapani boʻsh qaytarmaslik. Quloq tutishga chiqish. Agar yashirin tinglanayotgan uydan xush suhbatlar eshitilsa, bu orzularning amalga oshishiga ishoradir. Olovda toblanmoq. Olovda toblanayotganda quyidagicha aytiladi: „Ogʻirligim oʻtda yonsin“. Uzuk foliga qarash. Qizlar uzukni tutqichga bogʻlab suv toʻla stakanga soladilar. Uzuk stakanga necha marta tegsa qiz shu yoshida turmushga chiqadi. Bugʻdoy yetishtirish. Bu bahorning kelishiga ishoradir. Tuxum chaqishtirish. Oʻyinning natijasida taraflardan biri yutgan tarafning talablarini bajaradi. Mehmonga bormoq. Navroʻzda qarindosh va tanishlarning uyiga mehmonga ketadilar, ularga Navroʻz sovgʻalari oboradilar. Sham yondirmoq. Navroʻzda oilaning soni qadar sham yondiradilar. Urishganlarning yarashishi. Navroʻzda hech kim arazlashib qolmasligi kerak. Butun urishganlar yarashadilar. Yalla. Ozarbayjon xalqining qadim davrlaridan beri mavjud boʻlgan raqsidir. Buning maʼnosi insonlarning birligidir. Xoʻroz urishtirmoq. Buning uchun maxsus xoʻrozlar boqiladi. Navroʻz oʻyinları oʻynamoq. Masalan, enzeli. Qadriyatlar Navroʻzda tinchlik va birdamlik, totuvlik va qoʻshnichilik kabi ulugʻ qadriyatlar ilgari surilgan. Misol uchun, oqsoqollar urishgan oilalarni yarashtirib oilalarni saqlab qolishgan. Tojikistonda munosabatlari buzilgan insonlar oqsoqollarning nasihatlarisiz oʻzlari yarashib ketishgan. Bu madaniy marosimlarda madaniy xilma-xillik va insonparvarlik, sogʻlom turmush tarzi va yashash sharoitini yanglish kabi odatlar avloddan-avlodga oʻtib kelmoqda. Bolalar ham Sofreh, yaʼni tuxumlarini boʻyash va bezash kabi udumlarda faol qatnashib kelishgan. Bu tuxumlar sovgʻa sifatida bolalarga tarqatilgan. Taqdim qilingan filmda ham, bu shuni bildiradiki, tuxumlarni boʻyash asosan bolalar tomonidan bajariladigan Navroʻz bayramining goʻzal bir udumidir. Sovgʻalar (koʻpincha yangi kiyimlar) asosan bolalarga beriladi. Bu tantanalar bolalarning xotirasida muhrlanib qoladi va ular ham keyinchalik bu anʼanalarni davom ettirib, oʻzlaridan key- ingi yosh avlodga oʻtkazadilar. Navroʻz bayramida tabrik xatlarini joʻnatish ham doʻstlikni mustahkamlaydi. Bir-biridan uzoq oʻlkalarda yashovchi insonlar tabrik maktublarini joʻnatib oʻrtalaridagi aloqalarini yaqinlashtiradilar va bu bir-birinikiga mehmonga, sayohatga chiqishga undaydi. Navroʻz bayramlari vaqtida pochta idoralarida ish boshqa kunlarga nisbatan juda ham faollashadi. Ayollarning tutgan oʻrni Ayollar marosimlarni boshqarib, yoshlarga anʼana va udumlar boʻyicha bilimlarini oʻrgatib, ushbu madaniy marosimda asosiy rolni oʻynaydilar. Ular marosimlarda muhim ahamiyat kasb etib, ayrim hollarda marosimni boshqaradigan: Samanini muqaddas taom sifatida tayyorlaydigan yagona inson boʻlib qoladilar. Qirgʻiziston Respublikasida ayollar Somoloka taomini Navroʻzdan oʻn toʻrt kun avval tayyorlashga tushadilar, lekin Afgʻonistonda bu taomni Navroʻz arafasida tayyorlashadi. Bundan tashqari, ular „Sabzeh“ (loviyaning yashil novdalari), Sofreh, shirinliklar ni muqaddas belgi sifatida tayyorlaydilar. Madaniy birdamlik Bu bayram madaniyatning bir qismi boʻlib, madaniy birdamlikni kuchaytiradi. Bayram nishonlash chogʻida hunarmandlar ushbu madaniyatning keng yoʻnalishlarini va mahalliy, milliy va hududiy madaniyatni oʻzida aks ettiruvchi va tarqatuvchi boʻgʻin hisoblanadi. Navroʻz marosimi va ayniqsa, mahalliy anʼanaviy marosimlar turli davlatlarda xalq uchun milliy va mahalliy birdamlik kasb etadi. Misol uchun, Navroʻz bayrami kunlari tugʻilgan ayrim bolalarning ismini Navroʻz yoki unga boshqa ism qoʻshib „Navroʻz+Ali“ (Navroʻzali) deb qoʻyishadi. Bunga isbot sifatida Tehrondagi asoschisi va egasi nomiga qoʻyilgan mashhur „Novrouz Xan Bazar“ bozorini misol qilib keltirish mumkin. Musiqada Uzeyir Hajiboyev – Bahor nagʻmasi Mehmed Quliyev (bastakor) – „Aldangan yulduzlar“ (1977) operasini yozgan va asarni Navroʻz bayrami bilan bogʻliq boʻlgan xalq sahnalari asosida sahnalashtirgan. Vosif Adıgoʻzelov – Rafiq Zeka Xendaning muallifligidagi toʻrt qismdan iborat „Navroʻzim“ kantatası (1993) Fikret Emirov – "Kulgi " qoʻshigʻi Ramiz Mirishli – „Bayram oqshomida“ Oqtay Zulfiqorov – "Bola qoʻshigʻi jamoalari " Elnora Dadashova – Husayn Javidin soʻzi „İlk bahor“, Abdulla Şaiqin soʻzi „Semeni“ („Bola albomi“ qoʻshiqlar turkumidan), Samad Vurguning soʻzi „Bahar kuyii“ va „Qoʻlimga navroʻz keladi“ Rohila Hasanova – „Kos-kosa“ balet-pantomima Sardor Feresov – simli kvartet uchun 5 qismli (1984): rangsiz, deyişmə, məzə, qulaq falı, rəqs. Jalol Abbosov – „Bahor marosimi“ kantatası (1986), rus tilida „Şen bahor“ bolalar operası Azar Dadashov – 2 soprano va orkestr uchun „Bahor kuyi“ ariyası, Vohid Azizning soʻzi „Bahor ovozi“ va M. E. Sabrin soʻzi „Kel, kel, ey, bahor kunlari“ bolalar qoʻshiqlari Shafiqa Oxundova – „Xush kelibsiz“ qoʻshigʻi Efser Javanshirov – „Xush keldi bahor bayrami“ Filmlarda Navroʻz gulchambari (film, 1989) Navroʻz (film, 1995) Navroʻz Bayrami (film, 2006) Oʻchoq (film, 1987) Oʻzbekistonda navroʻzning nishonlanishi Oʻzbekistonda navroʻz 21-mart kuni nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi. Navroʻz – yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun – Yangi yil, yani Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi. Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navroʻz kunlari qishki manzillari – qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlari – yozloqlarga koʻchib oʻtishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar yerga qoʻsh solishgan. Jamoa-jamoa boʻlib, hasharlar uyushtirishgan. Oʻtgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda meʼvali, manzarali daraxtlar oʻtqazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navroʻz – yangi yil, yangi hayot qaynagan. Ajdodlarimiz Navroʻz bayramiga atab maxsus kiyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navroʻz taomlari ham oʻziga xos boʻlgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayerlash ananaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol boʻlgan. Ular Navroʻz bayramida turli ommaviy bayram oʻyinlari oʻynaganlar. Ot oʻyin, chillak, qoʻgʻirchoq, toshoʻyin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, oʻsmirlar, oʻspirinlar, boʻy qizlar sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun ancha ilgariroq tayyorgarlik koʻrishgan. Bu jarayonlarda turli-tuman xalq oʻyinlari, bahor qoʻshiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiyaga oid sovrinli oʻyinlar, musobaqalar tashkil etilgan. Koʻpkari-uloq, kurash oʻyinlari, hayvon va parrandalar (xoʻroz, it, qoʻchqor)ni urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor oʻyinlari, turli xil xalq tomoshalari oʻtkazilgan. Navroʻz – mehnat, mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi. Keksa, nogiron, yolgʻiz qariyalar, ota-onalar yoʻqlanadi. Kishilar bir-birlariga sovgʻa-salomlar ulashib, shirinliklar hadya etishadi. Navroʻz – muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Navroʻz munosabati bilan nikoh toʻylari oʻtkazilgan. Yigit-qizlar bir-birlari bilan ahdu paymon qilishgan. Yangi tushgan kelin qoʻlidan choy ichish maqsadida „kelin koʻrdi“ga borilgan. Navroʻz – doʻstlik, birodarlik bayramidir. Ushbu kunni nafaqat Sharq xalqlari, balki millati, dini, eʼtiqodidan qati nazar, barcha bayram qiladi. Navroʻz bayrami Oʻzbekistonda dam olish kuni, rasmiy bayram kuni deb qabul qilingan. Uni hozirgacha ham yoshlardan tortib yoshi keksa kishilar ham tantali tarzda kutib olishadi. Havolalar Navroʻz tarixi www.kamolot.uzda Navroʻz haqida www.yalquzaq.com saytida Novruz Bayramy-Baku pages Celebration That Would Not Die Novruz adətləri Bayramlar-Novruz شمارش معکوس تا تحويل سال 1392 شمسی Nowruz Countdown to 20-mart 2013-yil Galereya Manbalar Bayramlar Ozarbayjondagi festivallar Eron milliy ramzlari Forscha soʻzlar va iboralar Navroʻz Shamsiya yili taqvimiga koʻra belgilangan marosimlar Eron madaniyati Oʻzbekiston bayramlari
2,063
https://uz.wikipedia.org/wiki/Pingvin
Pingvin
Pingvin — Antarktidada mavjud qush turi bulib, antika qush hisoblanadi. U umuman ucha olmaydi. Tuxum qoʻyadi. Mashhur turi — imperator pingvinlaridir. Ular chiroyli tashki koʻrinishga ega boʻladilar. Ular eng chuqurga shoʻngʻiy oladigan qushlar sifatida Guinnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Biologik turlar Qushlar Uchmaydigan qushlar
2,065
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xurshid%20Davron
Xurshid Davron
Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchisi, yozuvchisi va tarjimoni. Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshgʻariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro „Oltin qalam“ mukofoti (2009), Ozarbayjonning „Mikoyil Mushfiq“ mukofoti (2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputati (2000). „Doʻstlik“ ordeni (1997) bilan mukofotlangan. Xurshid Davronning ilk sheʼriy toʻplami ("Sheʼrlarim") nomi bilan 1976-yilda chop etilgan, birinchi kitobi("Qadrdon quyosh") 1979-yilda bosib chiqarilgan. Shundan soʻng shoirning "Shahardagi olma daraxti" (1979), "Tungi bogʻlar" (1981), "Uchib boraman qushlar bilan" (1983), "Toʻmarisning koʻzlari" (1984), "Bolalikning ovozi" (1986), "Qaqnus" (1987), "Bahordan bir kun oldin" (1989), "Bibihonim" singari kitoblari dunyoga keldi. Hayoti va ijodiy faoliyati Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-oʻrta maktabda tahsil olgan (1959-1969).1969-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. Uzoq yillar (1974-1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat yuritgan. 1996-2014 yillar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi OʻzTV Bosh muharriri, „Toshkent“, „Yoshlar“, „Oʻzbekiston“ telekanallari direktori vazifasida ishladi. Dastlabki sheʼrlar toʻplami — „Qadrdon quyosh“ (1979). „Shahardagi olma daraxti“ (1979), „Tungi bogʻlar“ (1981), „Uchib boraman qushlar bilan“ (1983) „Toʻmarisning koʻzlari“ (1984), „Bolalikning ovozi“ (1986), „Qaqnus“ (1987) va „Bahordan bir kun oldin“ (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat hissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.Davron soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi. Xurshid Davron 90-yillarda sheʼriyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Samarqand xayoli' (1989), 'Sohibqiron nabirasi' (1995), 'Shahidlar shohi yoxud Shayx Kubro tushlari' (1998,2008), 'Bibixonim qissasiʼ (2006), kabi tarixiy-maʼrifiy qissa va 'Algʻul' (1995), 'Boburshoh sogʻinchi' (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi. Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Temurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, „Odeon“ teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli „Temurnoma“, 2 qismli „Buxoroyi Sharif“ videofilmlari ssenariylari muallifi. Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat „Qirq oshiq daftari“ (1989) va yapon shoirlarining sheʼrlaridan tarkib topgan „Dengiz yaproqlari“ (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Xurshid Davron sheʼrlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning kitoblari va sheʼrlari Ozarbayjon, Polsha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Fransiya, Ispaniya, AQSh, Yaponiya, Moʻgʻuliston, Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va boshqa davlatlarda nashr etilgan. Rus tilida 2 kitobi („Drevniy napev molodogo dojdya“. Moskva., Molodaya gvardiya, 1982 va „Polet odinokoy ptitsi“. Toshkent., 1989) nashr etilgan. Xurshid Davron 1993-yilda Turkiyaning Bursa shahrida boʻlib oʻtgan Birinchi Turkiy shoirlar anjumanida, 1996-yilda Vashingtonda boʻlib oʻtgan Osiyo adiblari kongressida, Rossiya, Polsha, Bolgariya, Janubiy Koreyada oʻtkazilgan poeziya festivallarida ishtirok etgan. Bibliografiya Chop etilgan kitoblari: Qadrdon quyosh. Sheʼrlar. T., 1979 Shahardagi olma daraxti. Sheʼrlar. T., 1979 Tungi bogʻlar. Sheʼrlar. T., 1981 „Drevniy napev molodogo dojdya“. Moskva., Molodaya gvardiya, 1982 Uchib boraman qushlar bilan. Sheʼrlar. T., 1983 Toʻmarisning koʻzlari. Sheʼrlar va doston. T., 1984 Bolalikning ovozi. Sheʼrlar. T., 1986 Qaqnus. Sheʼrlar va doston. T., 1987 Polet odinokoy ptitsi. Sbornik stixov na russkom yazike. T., 1989 Samarqand xayoli. Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy qissalar. T., 1991 Sohibqiron nabirasi. Tarixiy hikoylar va qissalar. T,1995 Shahidlar shohi-Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa. T., 1998 Bahordan bir kun oldin. Sheʼrlar va tarjimalar. T., 1997 Bibixonim qissasi. Tarixiy hikoyalar va qissalar. T.,2007 Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr. T., 2008 Televizion, radio va drama asarlari Temurnoma. 21 qismmli televizion serial (1996). İpak Yoʻlu. Musiqiy-xoreografik badiiy kompozitsiya. „Odeon“ teatri, Parij, Fransiya (1997) Buxoroyi Sharif. 2 qismli musiqiy film-opera (1997). Jaloliddin Xorazmshoh.(Nomıq Kamol asari asosida) 5 qismmli televizion film.(1998) Ming bir rivoyat. Televizion loyiha. (1995-2013) Mirzo Ulugʻbek. Radyop’esa. (2008) Boburshoh yoxud Sogʻinch. Radyop’esa. (2005) Algʻul (Mirzo Ulugʻbek). 2 qismli televizyon spektakl. (2009) Algʻul (Mirzo Ulugʻbek). „Sharq yulduzi“ jurnali,2012 yil,1-son Tarjimalari Oyar Vatsietis. Yomgʻir yogʻaloq. Bolalar uchun sheʼrlar. Toshkent, „Yosh gvardiya“. 1976 Anna Axmatova. Marsiya. Doston. „Saodat“ jurnali, 1976 Qadim yapon sheʼriyatidan.,"Yoshlik" almanaxi,1984 Nikolay Zabolotskiy. Turnalar. Sheʼrlar. Toshkent. 1985 Selma Lagerlef. Nil`sning yovvoyi gʻozlar bilan gʻaroyib sayohati. Toshkent. 1986 Maris Chaklays. Otoʻyin. Toshkent. 1986 Dengiz yaproqlari. Yapon sheʼriyati antologiyasi. Toshkent. 1988 Asr ovozi. XX asr jahon sheʼriyatidan. Yannis Ritsos. Toshkent. 1988 Qirq oshiq daftari. Toshkent. 1989 Nomıq Kamol. Jaloliddin Xorazmshoh. Fojia(Qoʻlyozma, nashr etilmagan), 1991 Edigey. Tatar xalq dostoni.,"Jahon adabiyoti",2012 yil,11-son Eski yapon sheʼriyatidan.,"Jahon adabiyoti",2013 yil,10-son Audio va video materiallar Xurshid Davronning „Boburshoh“ p’esasi videosi Sheʼrlardan namunalar. Audio Algʻul yoxud Mirzo Ulugʻbek — Radiop’yesa. Audio Xurshid Davron haqida Asqarali Sharopov. Ruhiy eʼtiyoj va mas’uliyat hissi. T.,1983 Ahmad Aʼzam..Navqiron yomgʻir. T.,1987 Bahodir Sodiqov. Tushlarga sigʻmagan Vatan. T.,1989 Fatma AÇIK — Hurşid Devranʼın „Emir Timur’un Oğlunun Ölümü Hakkında Rivayat“ Adlı Hikâyesinin Üslup Açısından İncelenmesi. A.,2011 Xurshid Davronga bagʻishlangan maqola (uygʻur tilida) („Aqsu adibiyati — Aksu Literature“ jurnali,2013, 4-son) . Abdulla Ulugʻov. Vatanga muhabbatdan paydo… Qozoqboy Yoʻldosh,Muhayyo Ismoilova. Erk va gʻurur kuychisi. Baxtiyor Nazarov. Yuragimning derazalari. Xurshid Doʻstmuhammad. „Toʻgʻrilik toʻnini kiygil…“ Eshqobil Shukur. Sheʼrda ustoz vijdondir faqat… Eshqobil Shukur. Lahzaga qoʻyilgan haykal. Esse Sadullo Quronov. Hozirgi sheʼriyatning tasvir imkoniyatlari haqida. Nodir Jonuzoq. Mitti giyoh moʻjizasi. Manbalar Samarqand xayoli, T., 1991; Bahordan bir kun oldin [sheʼrlar, rivoyatlar, tarjimalar], T., 1997; Shahidlar shohi (Shayx Kubro tushlari), T., 1998. Havolalar Adibning shaxsiy web-sahfasi (oʻzbek va rus tillarida) Xurshid Davron asarlari GreyLib kutubxonasida peoples.ru sahifasida Xurshid Davron Xurshid Davron Facebookda Xurshid Davron Twitterda Xurshid Davron asarlari Yandex — videoda Xurshid Davron Biografisi youtubeda Xurshid Davron asarlari bolgar tilida Xurshid Davron sheʼrlari tojik tilida Xurshid Davron sheʼrlari uygur tilida Yozuvchilar Shoirlar Oʻzbekiston xalq shoirlari Yashayotgan insonlar Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari Oʻzbek tarjimonlari Oʻzbekiston dramaturglari Oʻzbekistonlik yozuvchilar
2,067
https://uz.wikipedia.org/wiki/Birlashgan%20Millatlar%20Tashkilotining%20Nizomi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi
Birlashgan millatlar tashkilotining nizomi – tashkilot faoliyatini tartibga soladigan yagona hujjatdir. Tarixi 1945-yil 26-iyunda San Fransiskoda Birlashgan Millatlar Konferentsiyasining Xalqaro Tashkilot tuzish boʻyicha yakuniy majlisida imzolangan va 1945-yilning 24-oktyabrida kuchga kirgan Xalqaro Sud Statuti Nizomning tarkibiy qismi hisoblanadi. Nizomning 23,27 va 61-moddalariga tuzatishlar Bosh Assambleya tomonidan 1963-yilning 31-avgustida kuchga kirgan. 1865-yilning 20-dekabrida Bosh Assambleya qabul qilgan 109-moddaga tuzatish 1968-yilning 12-iyunida kuchga kirdi. Nizomning 23-moddasiga tuzatish Xavfsizlik Kengashi aʼzolari sonini oʻn bittadan oʻn beshtaga oshirdi. Tuzatilgan 27-modda Xavfsizlik Kengashining tartobot masalalari boʻyicha qarorlari ularga toʻqqiz aʼzo (ilgari – yettita) ovoz bergan boʻlsa va boshqa barcha masalalar boʻyicha esa Xavfsizlik Kengashi doimiy aʼzolarining beshta bir xil ovozinin ham hisobga olgandagi toʻqqiz ovozi (ilgari – yettita) berilgan boʻlsa, qabul qilingan, deb hisoblanishinin koʻzda tutgan. 61-modda tuzatish Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash aʼzolarisoninin oʻn sakkiztadan yigirma ettitaga oshirdi. 1973-yil 24-sentyabrda kuchga kirgan ushbu moddaga tuzatish Kengash aʼzolari sonini yigirma ettitadan ellik toʻrttaga oshirdi. 109-moddaning birinchi bandiga tuzatish aʼzo-davlatlarning Bosh Konferentsiya Nizomni qayta koʻrib chiqish maqsadida oʻtkazadigan Bosh Konferentsiya vaqti va joyi Bosh Assambleya aʼzolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan va Xavfsizlik Kengashi aʼzolarining har qanday toʻqqiz (ilgari – etti) ovozi bilan belgilanishini koʻzda tutgan. Nizomni qayta koʻrib chiqish imkoniyatlarini koʻzda tutgan 109-moddaning 30bandi Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi tomonidan Bosh Assambleyaning 1955-yildagi navbatdagi oʻninchi sessiyasida koʻrib chiqilgan va uning dastlabki shaklida: „Xavfsizlik Kengashining ettita har qanday aʼzosi ovozi bilan“ qoldirilgan edi. Nizom matni Kirish Biz birlashgan millatlar xalqlari, kelajak avlodlarni hayotimizda ikki martda insoniyatga ifodalab boʻlmaydigan gʻam-gʻussa keltirgan urush kulfatlaridan xalos etishga va insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqligiga va katta-kichik millatlar huquqlarining tengligiga ishonchni qayta qaror toptirishga va shartnomalar va xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga hurmat bilan qarash va adolatga rioya qilish mumkin boʻlgan shart-sharoitni vujudga keltirishga va ijtimoiy taraqqiyot va keng ozodlik sharoitida turmushni axshilashga yordam berishga va shu maqsadda sabr-toqat namoyon etib, yaxshi qoʻshnilar kabi birgalikda, oʻzaro totuvlikda yashashga va xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun kuchlarimizni birlashtirishga va tegishli prinsip va uslublarni qabul qilish bilan qurolli kuchlarning umumiy manfaatlardan boʻlak maqsadlar uchun ishlatilmasligini taʼminlashga va xalqaro apparatdan barcha xalqlarning iqtisodiy va ijtomoiy taraqqiyotiga yordam berish uchun foydalanishga qatʼiy ahd qilib, oʻz kuch-gʻayratimizni shu maqsadlarga sarflashga qaror qildik. Shunga binoan, bizning tegishli hukumatlarimiz San-Fransisko shahrida toʻplangan, oʻzlarining haqiqiy deb topilgan vakolarnomalarini taqdim etgan vakillari orqali Birlashgan Millatlar Tashkilotining uchbu Nizomini qabul qilishga rozilik berdilar va shu asosda „Birlashgan Millatlar“ deb nomlangan xalqaro tashkilot taʼsis etdilar. 1-bob 1-modda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti koʻzlagan Maqsadlar: Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va shu maqsadda tinchlikka tahdidning oldini olish va uni bartaraf etish va tajovuz harakatlari yoki tinchlikka raxa soluvchi boshqa harakatlarni bostirish uchun birgalikda samarali choralar koʻrish hamda adolat va xalqaro huquq printsiplariga asoslangan holda tinchlik vositalaridan foydalanib, tinchlikning buzilishiga olib keluvchi xalqaro nizo yoki vaziyatlarni tinchitish yoki hal etish; Xalqlarning teng huquqligi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi printsipini hurmat qilish asosida millatlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirish hamda yalpi tinchlikni mustahkamlash uchun boshqa tegishli choralarni koʻrish; Iqtisodiy, ijtomoiy, madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro muammolarni hal etishda hamda inson huquqlariga va barchaning irqi, jinsi, tili va dinidan qatʼi nazar asosiy erkinliklariga hurmatni ragʻbatlantirish va rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish; va Shu umumiy maqsadlaga erishishda millatlar harakatlarini movofiqlashtirish markazi boʻlish. 2-modda 1-moddada koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun Tashkilot va uning Aʼzolari quyidagi printsiplar asosida ish yiritadilar: 1. Tashkilot oʻzining barcha Aʼzolarining suveren tengligi printsipiga asoslanadi; 2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha Aʼzolari hammalarini Tashkilot Aʼzolari tarkibiga mansublikdan kelib chiqadigan barcha huquq va imtiyozlar bilan taʼminlash uchun ushbu Nizom boʻyicha zimmalariga olgan majburiyatlarini vijdonan bajaradilar; 3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha Aʼzolari xakqaro tinchlik, xavfsizlik va adolatni tahdid ostiga qoʻymaslik uchun oʻzalrining xalqaro nizolarini tinchlik vositalari bilan hal qiladilar; 4. Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha Aʼzolari oʻzlarining xalqaro munosabatlarida har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch bilan tahdid qilish yoki uni ishlatishdan, shuningdek, Birlashgan Millatlar Maqsadlariga toʻgʻri kelmaydigan boshqa biron-bir tarzdagi harakatlardan oʻzlarinin tiyadilar; 5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining barch Aʼzolari unga ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirayotgan barcha harakatlarida har tomonlama yordam beradilar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qaysi davlatga qarshi ogohlantiruvchi yoki majburlovchi xarakterdagi harakatlar amalga oshirilayotgan boʻlsa, bunday davlatga yordam koʻrsatishdan oʻzlarini tiyadilar; 6. Tashkilot oʻziga Aʼzo boʻlmagan davlatlarning shu printsiplar asosida harakat qilishlarinin taʼminlaydi, zero bu xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur boʻlishi mumkin; 7. Ushbu Nizom Birlashgan Millatlar tashkilotiga har qanday davlatning aslida ichki vakolatiga kiradigan ishlariga aralashish uchun aslo huquq bermaydi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aʼzolaridan bunday ishlarni ushbu Nizom doirasida hal etishga kiritishni talab etmaydi; ammo ushbu printsip VII bobga asoslanib, majburiy choralar qoʻllanishiga daxldor emas. 2-bob 3-modda Xalqaro Tashkilot tuzish yuzasidan San-Frantsiskoda boʻlgan Konferentsiyada qatnashib yoki ilgariroq Birlashgan Millatlarning 1942-yil 1-yanvardagi Deklaratsiyasini imzolab, 110-moddaga muvofiq ushbu Nizomni imzolagan va ratifikatsiya qilgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining dastlabki Aʼzolari hisoblanadi. 4-modda 1. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladigan va, Tashkilotning firicha, shu majburiyatlarni oladigan va bajarishni istaydigan barcha tinchliksevar davlatlar Tashkilotga Aʼzo boʻla oladilar. 2. Har qanday davlatni Tashkilot Aʼzoligiga qabul qilish Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga muvofiq Bosh Assambleya qarori bilan amalga oshiriladi. 5-modda Agar Xavfsizlik Kengashi Tashkilotning biron-bir Aʼzosiga qarshi ogohlantiruvchi yoki majburlovchi xarakterdagi choralarni koʻrgan boʻlsa, Bosh Assambleya Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga muvofiq, uning Tashkilot Aʼzosi sifatidagi tegishli huquq va imtiyozlaridan foydalanishini Xavfsizlik Kengashi qayta tiklashi mumkin. 6-modda Tashkilotning ushbu Nizomda koʻrsatilgan printsiplarni muttasil ravishda buzib kelgan Aʼzosi Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga binoan Bosh Assambleya Tashkilotidan chiqarilishi mumkin. 3-bob 7-modda 1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy organlari sifatida Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi, Xalqaro Sud va Kotibiyat taʼsis etiladi. 2. Zarur boʻlib qolganda ushbu Nuzomga muvofiq yordamchi organlar taʼsis etilishi mumkin. 8-modda Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining asosiy va yordamchi organlarida erkak bilan xotin-qizlarning istagan vazifada va teng sharoitlarda qatnashish huquqini hech ham cheklamaydi. IV BOB. BOSH ASSAMBLEYA Tarkibi 9-modda 1. Bosh Assambleya Tashkilot Aʼzolaridan iborat. 2. Tashkilotning har bir Aʼzosi Bosh Assambleyada beshtadan ortiq boʻlmagan vakillariga ega boʻladi. Vazifa va vakolatlari 10-modda Bosh Assambleya ushbu Nizom doirasida yoki Nizomda koʻzda tutilgan har qanday organning vakolatlari hamda vazifalariga taaluqli har qanday masala yoki ishni muhokama kilishga va 12-moddada koʻrsatilgan istisnolardan tashqari, shu yoʻnalishdagi har qanday masala yoki ish yuzasidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aʼzolariga yoki Xavfsizlik Kengashiga yoki Tashkilot Aʼzolariga ham, Xavfsizlik kengashiga ham tavsiyalar berishga vakil qilinadi. 11-modda 1. Bosh Assambleya xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash ishida hamkorlikning umumiy printsiplarinin, shu jumladan, qurolsizlanish va qurol-arogʻni tartibga solishni belgilab beruvchi printsiplarni koʻrib chiqishga va shu qoidalar yuzasidan Tashkilot Aʼzolariga yoki Xavfsizlik Kengashiga yoki Tashkilot Aʼzolariga ham, Xavfsizlik Kengashiga ham tavsiyalar berishga vakil qilinadi. 2. Bosh Assambleya xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yuzasidan oʻz oldiga Tashkilotning har qanday Aʼzosi yoki Xavfsizlik Kengashi tomonidan yoki Tashkilotga Aʼzo boʻlmagandavlat tomonidan koʻyilgan har qanday masalarni 35-moddaning 2-bandiga muvofiq muhokama qilishga va 12-moddada koʻrsatilgan istisnolardan tashqari, shunday yoʻnalishdagihar qanday masala yuzasidan manfaatdor davlat yoki davlatlarga yoki Xavfsizlik Kengashiga tavsiyalar berishga vakil qilinadi. Bosh Assambleya chora koʻrish zarur boʻlganbuday har qanaqa masalani muhokamagacha yoki muhokamadan soʻng Xavfsizlik Kengashiga oshiradi. 3. Bosh Assambleya Xavfsizlik Kengashining eʼtiborinin xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid qilishi mumkin boʻlgan vaziyatlarga jalb eta oladi. 4. Bosh Assambleyaning ushbu moddada bayon qilingan vakolatlari 10-moddaning umumiy maʼnosini cheklab qoʻymasligi lozim. 12-modda 1. Xavfsizlik Kengashi biron nizo yoki vaziyat boʻyicha ushbu Nizomda oʻziga yuklangan vazifalarni bajarayotganida, agar Xavfsizlik kengashining oʻzi soʻramasa, Bosh Assambleya shu nizo yoki vaziyatga taaluqli hech qanday tavsiya bera olmaydi. 2. Bosh Kotib Xavfsizlik Kengashining roziligi bilan Bosh Assambleyani uning har bir sessiyasida Xavfsizlik Kengashi muhokama qilayotgan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash taaluqli barcha masalalar yuzasidan xabardor qiladi, xuddi shu tariqa Xavfsizlik kengashi bunday masalalarni muhokama qilishni toʻxtatgan zahoti darhol Bosh Assambleyani, agar Bosh Assambleya majlis oʻtkazlayotgan boʻlsa, Tashkilot Aʼzolarini xabardor qiladi. 13-modda 1. Bosh Assambleya: a) Siyosiy sohadagi xalqaro hamkorlikka koʻmaklashish va xalqaro huquqning tobora taraqqiy etishi va uning kodifikatsiya qilinishinin ragʻbatlantirish; b) Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash sohalaridagi xalqaro hamkorlikka koʻmaklashish, inson huquqlarini va barchaning asosiy erkinliklarini irqi, jinsi, tili va dinini ajratmagan holda amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida tadqiqotlar uyushtiradi va tavsiyalar beradi. 2. Bosh Assambleyaning yuqorida, 1 b bandda eslatilganmasalarga taaluqli boshqa majburiyatlari vazifalari va vakolatlari IX va X boblarda bayon qilingan. 14-modda Bosh Assambleyaga, 12-moddadagi qoidalarga rioya qilgan holda, kelib chiqishidan qatʼi nazar, Assambleya fikriga koʻra, millatlar umumiy farovonligiga yoki oʻrtalaridagi doʻstona munosabatlarga raxna solishi mumkin boʻlgan har qanday vaziyatni, jumladan, ushbu Nizomdagi, Birlashgan Millatlarning Maqsad va Printsiplari bayon etilgan qoidalarni buzish natijasida yuzaga keluvchi vaziyatlarnig, tinch yoʻl bilan bartaraf etish choralarini tavsiya etish vakolati beriladi. 15-modda 1. Bosh Assambleya Xavfsizlik Kengashining yillik va maxsus maʼruzalarini qabul qilib oladi va koʻrib chiqadi; bu maʼruzalar xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash boʻyicha Xavfsizlik Kengashi koʻrishga ahd qilgan yoki koʻrgan choralar toʻgʻrisidagi hisobotni oʻz ichiga oladi. 2. Bosh Assambleya Tashkilotning boshqa organlari maʼruzalarini qabul qilib oladi va koʻrib chiqadi. 16-modda Bosh Assambleya xalqaro vasiylik tizimi uozasidan oʻziga XII va XIII boblar asosida yuklangan vazifalarni bajaradi, bunga strategik hududlar qatoriga kiritilmagan hududlar uchun vasiylik toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash ham kiradi. 17-modda 1. Bosh Assambleya Tashkilotning byudjetini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi. 2. Tashkilot Aʼzolari uning xarajatlarini Bosh Assambleya belgilagan taqsimotga muvofiq toʻlaydi. 3. Bosh Assambleya 57-moddada eslatilgan ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan tuzilgan har qanday moliya va byudjet bitimlarini koʻrib chiqib, tasdiqlaydi va manfaatdor muassasalarga tavsiyalar berish maqsadida shunday ixtisoslashtirilgan muassasalarning maʼmuriy byudjetlarini tekshirib chiqadi. Ovoz berish 18-modda 1. Bosh Assambleyaning har bir Aʼzosi bitta ovozga ega. 2. Bosh Assambleyaning muhim masalalar boʻyicha qarorlari Assambleyaning ovoz berishda hozir boʻlgan va qatnashgan aʼzolarining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilinadi. Bu masalalarga quyidagilar kiradi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashga oid tavsiyalar, Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan Aʼzolarinin saylash, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Aʼzolarini saylash, 86-moddaning 1-c badiga muvofiq Vasiylik Kengashi aʼzolarini saylash, Birlashgan Millatlar tashkilotiga yangi Aʼzolar qabul qilish,Tashkilot Aʼzolarining huquq va imtiyozlarini toʻxtatib turish,Tashkilotdan uning Aʼzolarini chiqarish vasiylik tizimining ishlashiga taaluqli masalalar va byudjet masalalari. 3. Boshqa masalalarga taaluqli qarorlar, jumladan, ovozlarning uchdan ikki qismidan iboratkoʻpchiligi bilan hal qilinadigan masalarning koʻshimcha turlarini aniqlash haqidagi qarorlar ovoz berishda hozir boʻlgan va qatnashganlarning oddiy koʻpchiligi bilan qabul qilinadi. 19-modda Tashkilotga aʼzolik badali toʻlash boʻyicha qarzdor boʻlgan Tashkilot Aʼzosi, agar qarzning miqdori uning oxirgi toʻliq ikki yil uchun toʻlashi lozim boʻlgan pul miqdoriga barobar yoki undan ortiq boʻlsa, Bosh Assambleyada ovoz berish huquqidan mahrum etiladi. Ammo Bosh Assambleya Tashkilot Aʼzosi aʼzolik badalinin oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oʻz vaqtida toʻlay olmagan, deb topsa, bunday Aʼzoni ovoz berishda qatnashishiga ruxsat berishi mumkin. Tartibot 20-modda Bosh Assambleya navbatdagi yillik sessiyalariga va vaziyat taqozosi bilan maxsus sessiyalarga toʻplanadi. Maxsus sessiyalarni Bosh Kotib Xavfsizlik Kengashining yoki Tashkilot Aʼzolaridan koʻpchiligining talabi bilan chaqiradi. 21-modda Bosh Assembleya oʻzining tartibot qoidalarini belgilaydi. U har bir sessiyaga oʻz Raisini saylaydi. 22-modda Bosh Assambleyaga oʻz vazifalarinibajarish uchun zarur deb topgan yordamchi tashkilotkarni taʼsis etishiga vakolat beriladi. V BOB. XAVFSIZLIK KENGASHI Tarkibi 23-modda 1. Xavfsizlik Kengashi Tashkilotning oʻn besh Aʼzosidan iborat. Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya, Sovet Sotsiyalistik Respublikarai Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolaridir. Bosh Assambleya Tashkilotning boshqa aʼzosini Xavfsixlik Kengashining muvaqqat aʼzolari sifatida saylaydi, bunda, avvalo, Tashkilot Aʼzolarining xakqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashda va Tashkilotning boshqa maqsadlariga etishishda nechogʻliqatnashganligiga, shuningdek, adolatli jugʻrofiy taqsimotga alohida eʼtibor beradi. 2. Xavfsizlik Kengashining muvaqqat aʼzolari ikki yillik muddatga saylanadi. Muvaqqat aʼzolari soni oʻn bittadan oʻn beshtagacha koʻpaygach, toʻrtta qoʻshimcha aʼzolardan ikkitasi bir yil muddatga saylanadi. Xavfsizlik Kengashining chiqib ketayotgan aʼzosi darhol qayta saylana olmaydi. 3. Xavfsizlik Kengashining har bir aʼzosi bitta vakilga ega. Vazifa va vakolatlari 24-modda 1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tez va samarali harakat qilishini taʼminlash uchun uning Aʼzolari Xavfsizlik Kengashiga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash boʻyicha asosiy maʼsuliyatni yuklaydilar va Xavfsizlik Kengashi shu maʼsuliyatdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarayotganda Tashkilot Aʼzolari nomidan ish koʻrishiga rozi boʻladilar. 2. Xavfsizlik Kengashi ushbu majburiyatlarini bajarayotganda Birlashgan Millatlarning Maqsad va Printsiplariga movofiq ish koʻradi. Shu majburiyatlarni bajarish uchun Xavfsizlik Kengashiga berilgan muayyan vakolatlar VI,VII,VIII,XII boblarda bayon qilingan. 3. Xavfsizlik Kengashi Bosh Assambleya muhokamasiga yillik maʼruzalar va, zaruratga qarab, maxsus maʼruzalar taqdim qiladi. 25-modda Tashkilot Aʼzolari, ushbu Nizomga muvofiq, Xavfsizlik Kengashining qarorlariga boʻysunishga va ularni bajarishga rozilik beradilar. 26-modda Qurollanish ishi uchun jahonning odam va iqtisodiyot zaxiralarini eng kam miqdorda jalb qilgan holda xalqaro tinchlik va xavfsizlik oʻrnatish va saqlashga koʻmaklashish maqsadida Xavfsizlik kengashi Tashkilot Aʼzolariga taqdim etish uchun qurollanishni tartibga solish tizimini vujudga keltirish rejalarining 47-moddada koʻrsatilgan Harbiy Shtab qoʻmitasi yordami bilan tuzilishiga javobgar hisoblanadi. Ovoz berish 27-modda 1. Xavfsizlik Kengashining har bir Aʼzosi bitta ovozga ega. 2. Xavfsizlik Kengashining tartibot masalalari boʻyicha qarorlari, agar ularga Kengashning toʻqqiz aʼzosi yoqlabovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan, deb hisoblanadi, bunda bahsda qatnashivchi tomon VI bob asosida va 52-moddaning 3-bandi asosida qaror qabul qilishga ovoz berishdan oʻzini saqlashi kerak. Tartibot 28-modda 1. Xavfsizlik Kengashi uzluksiz ishlay oladigan tarzda tuziladi. Buning uchun Xavfsizlik Kengashining har bir aʼzosi Birlashgan Millatlar Tashkiloti joylashgan joyda doimo oʻz vakiliga ega boʻlishi kerak. 2. Xavfsizlik Kengashi vaqti-vaqti bilan boʻladigan majlislarga toʻplanadi, ularda aʼzolardan har biri oʻz istagiga qarab yo hukumat aʼzosini yoki maxsus tayinlangan boshqa bir vakilini vakil qila oladi. 3. Xavfsizlik Kengashi majlislari nafaqat Tashkilot joylashgan joyda, balki Kengashning fikricha, uning ishlashiga koʻproq imkon beradigan boshqa har qanday joyda ham oʻtkazilishi mumkin. 29-modda Xavfsizlik Kengashi oʻz vazifalarini bajarishi uchun qanday yordamchi organlarni zarur deb topsa, ularni taʼsis eta oladi. 30-modda Xavfsizlik Kengashi oʻzining tartibot qoidalarini, shu jumladan, oʻz Raisini saylash tartibini belgilaydi. 31-modda Tashkilotning Xavfsizlik Kengashiga aʼzo boʻlmagan har bir aʼzosi Xavfsizlik Kengashi muhokamasigs kiritilgan har qanday masalani koʻrib chiqishga, Xavfsizlik Kengashi ana shu masalani mazkur Aʼzoning manfaatlariga taaluqli deb topgan har bir holatda, ovoz berish huquqisiz qatnasha oladi. 32-modda Tashkilotning Xavfsizlik Kengashi aʼzoligida turmagan har qanday aʼzosi yoki Tashkilotning aʼzoligida turmagan har qanday davlat, Xavfsizlik Kengashi koʻrib chiqadigan nizoda qatnashuvchi tomon boʻlsa, ular shu nizoga taaluqli muhokamada ovoz berish huquqidan foydalanmay qatnashish uchun taklif etiladi. Xavfsizlik Kengashi Tashkilot Aʼzosi boʻlmagan davlatning qatnashuvi uchun qanday sharoitni adolatli deb topsa, oʻshanday sharoitni vujudga keltiradi. VI BOB. NIZOLARNI TINCH YOʻL BILAN HAL QILISH 33-modda 1. Har qanday nizoda qatnashubchi tomonlar, bu nizoning davom etishi xalqaro tinchlik va xavfsizlikning saqlanishiga tahdid soladigan boʻlsa, avvalo, nizoning muzokaralar yuritish, tekshirish, vositachulik, yarashish, arbitraj, sud yoʻli bilan hal etish yoki mintaqaviy organlar yo bitimlarga murojaat qilish yoki oʻz xohishlariga koʻra, boshqa tinchlik vositalari bilan bartaraf qilishga intilishlari lozim. 2. Xavfsizlik Kengashi, zarur deb topsa, tomonlardan oralaridagi nizoni shunday vositalar yordamida bartaraf qilishni talab etadi. 34-modda Xavfsizlik Kenggashi xalqaro ixtilofga sabab boʻlishi yoki nizo chiqarishi mumkin boʻlgan har qanday kelishmovchilik yoki vaziyatni, ularning davom etishi xalqaro tinchlik va xavfsizlikning saqlanishiga tahdid sola olishi ehtimolini aniqlash maqsadida, tekshirishga vakil qilinadi. 35-modda 1. Tashkilotning har bir Aʼzosi 34-moddada koʻrsatilgan tarzdagi har qanday nizo yoki vaziyatni Xavfsizlik Kengashiga yoki Bosh Assambleyaga maʼlum qila oladi. 2. Tashkilot aʼzosi boʻlmagan davlat xavfsizlik Kengashi yoki Bosh Assambleyani oʻzi bir tomoni boʻlgan har qanday nizo toʻgʻrisida, agar u ushbu Nizomda koʻrsatilgan nizolarni tinchlik yoʻli bilan bartaraf qilish majburiyatlarini oldindan oʻz zimmasiga olsa, xabardor qila oladi. 3. Bosh Assambleya oʻzoga ushbu modda asosida maʼlum qilingan ishlarni 11- va 12-moddalardagi qoidalarga muvofiq hal etadi. 36-modda 1. Xavfsizlik Kengashi 33-moddada koʻrsatilgan tarzdagi nizoning yoki shunga oʻxshash vaziyatning har qanday bosqichida uni bartaraf etishning tegishli tartibi yoki usulini tavsiya etishga vakil qilinadi. 2. Xavfsizlik Kengashi shu nizoni bartaraf qilish uchun tomonlar tarafidan qabul qilib boʻlingan har qanday tartibni eʼtiborga oladi. 3. Xafvsizlik Kengashiushbu modda asosida tavsiyalar berganda yuridik xarakterdagi nizolar umumiy qoida sifatida, Sud Statuti qoidalariga muvofiq Xalqaro Sudga oshirilishi kerakligini ham eʼtiborga oladi. 37-modda 1. Agar tomonlar 33-moddada koʻrsatilgan tarzdagi nizoni shu moddada koʻrsatilgan vositalar bilan bartaraf qilolmasalar, uni Xavfsizlik Kengashiga oshiradilar. 2. Agar Xavfsizlik Kengashi shu nizoning davom etishi xalqaro tinchlik va xavfsizlikning saqlanishiga haqiqatan tahdid qilishi mumkin, deb hisoblasa, u 36-modda asosida ish koʻrosh kerakmi yoki nizoni bartaraf qilishning oʻzi maʼqul topgan shartlarni tavsiya etish kerakligini hal qiladi. 38-modda Xavfsizlik Kengashi, agar har qanday nizoda qatnashuvchi barcha tomonlar iltimos qilsalar, 33-37-moddalarning qoidalariga putur etkazmasdan tomonlarga shu nizoni tinch yoʻl bilan bartaraf etish maqsadida tavsiyalar berishga vakil qilinadi. VII BOB. TINCHLIKKA TAHDID QILISH, TINCHLIKNI BUZISH VA BOSQINCHILIK HARAKATLARIGA NISBATAN KOʻRILADIGAN CHORALAR 39-modda Xavfsizlik Kengashi tinchlikka har qanday tahdid qilish, tinchlikni har qanday tarzda buzish yoki bosqinchilik harakati mavjudligini aniqlaydi va tavsiyalar beradi yoki xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoxud tiklash uchun 41- va 42-moddalarga muvofiq qanday choralar koʻrish kerakligini hal qiladi. 40-modda Xavfsizlik Kengashi vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun tavsiyalar berish yoki 39-moddada koʻzda tutilgan choralarni koʻrish haqida qaror qabul qilishdan avval, manfaatdor tomonlardan oʻzi vaqtincha koʻrilishi lozim va maʼqul, deb topgan choralarning bajaralishini talab etishga vakil qilinadi. Bunday vaqtincha choralar manfaatdor tomonlarning huquqlariga, daʼvolariga yoki mavqeiga zarar etkazmasligi lozim. Xavfsizlik Kengashi shu muvaqqat choralarning bajarilmaganligini tegishlicha hisobga oladi. 41-modda Xavfsizlik Kengashi oʻz qarorlarini amalga oshirish uchun qurolli kuchlardan foydalanish bilan aloqador boʻlmaganqanday choralar koʻrish kerakligini hal etishga vakil qilinadi va u Tashkilot Aʼzolaridan shunday choralarni koʻrishni talab qila oladi. Bu choralarga iqtisodiy munosabatlarni, temir yoʻl, dengiz, havo, pochta, telegraf, radio yoki boshqa aloqa vositalarini toʻla yoki qisman toʻxtatish, shuningdek, diplomatic munosabatlarni uzib qoʻyish kirishi mumkin. 42-modda Agar Xavfsizlik Kengashi 41-moddada koʻzda tutilgan choralarning etarli boʻlmasligi mumkin yoki etarli emas, deb topsa, u havo, dengiz yoki quruqlikdagi kuchlar yordamida xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoki tiklash uchunzarur choralar koʻrishga vakil qilinadi. Bu choralarga Tashkilot Aʼzolarining havo, dengiz yoki quruqlikdagi kuchlarining namoyishi, qamal qilishi va boshqa amaliyotlari kirishi mumkin. 43-modda 1. Tashkilotning barcha aʼzolari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash ishiga oʻz hissasini qoʻshish uchun Xavfsizlik Kengashi ixtiyoriga unung talabi boʻyicha va maxsus bitim yoki bitimlarga binoan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun zarur qurolli kuchlar, yordam va tegishli xizmat vositalarini, shu jumladan, hududidan oʻtish huquqini berish majburiyatini oladilar. 2. Bunday bitim yoki bitimlar qoʻshinlarning soni va turi, ularning tayyorgarlik darajasi va umumiy joylashuvi hamda xizmat koʻrsatish vositalari va yordam xarakterini belgilaydi. 3. Bitim yoki bitimlar tuzish toʻgrisidagi muzokaralar Xavfsizlik Kengashining tashabbusi bilan mumkin qadar qisqa muddatda olib boriladi. Bitim yoki bitimlar Xavfsizlik Kengashi bilan Tashkilot Aʼzolari oʻrtasida yoki Xavfsizlik Kengashi bilan Tashkilotning bir guruh Aʼzolari oʻrtasida tuzilib, ularni imzolagan davlatlar tomonidan shu davlatlarning konstitutsion tartibotiga muvofiq ratifikatsiya qilinishi kerak. 44-modda Xavfsizlik Kengashi kuch ishlatishga qaror qilganida, Kengashda vakili boʻlmagan Tashkilot Aʼzosidan 43-modda asosida uning oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish yuzasidan qurolli kuchlar berishini talab qilishdan ilgari, Tashkilotning shu aʼzosini, agar u istasa, Xavfsizlik Kengashining shu Tashkilot Aʼzosining qurolli kuchlari qismlaridan foydalanish yuzasidan qarori qabul qilinishida qatnashishga taklif etadi. 45-modda Birlashgan Millatlar Tashkilotining shoshilinch harbiy choralar koʻrishiga imkoniyat tugʻdirish maqsadida, Tashkilot aʼzolari oʻz milliy harbiy havo kuchlari qismlarini birgalikda xalqaro majburiy choralar koʻrish uchun tayor holatda ushlashlari lozim. Bu qismlarning soni va tayorgarlik darajasini hamda ularning birgalikda harakat qilish rejalarini Xavfsizlik Kengashi Harbiy-Shtab qoʻmitasi yordami bilan maxsus bitimda yoki 43-moddada eslatilgan bitimlarda koʻrsatilgan meʼyorda belgilaydi. 46-modda Qurolli kuchlar ishlatish rejalarini Xavfsizlik Kengashi Harbiy-Shtab qoʻmitasi yordami bilan tuzadi. 47-modda 1. Harbiy-Shtab qoʻmitasi Xavfsizlik Kengashiga uning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash ishidagi harbiy ehtiyojlariga, oʻz ixtiyoriga berilgan qoʻshinlardan foydalanish va ularga qoʻmondonlik qilishga, shunnigdek, qurollanishni tartibga solish va ehtimol tutilgan qurolsizlanishga doir barcha masalalar boʻyicha maslahatlar berish va yordam koʻrsatish uchun tuziladi. 2. Harbiy-Shtab qoʻmitasi Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari shtablari boshliqlari yoki ularning vakillaridan tahkil topadi. 3. Harbiy-Shtab qoʻmitasi Xavfsizlik Kengashiga boʻysingani holda, Xavfsizlik Kengashining ixtiyoriga berilgan har qanday qurolli kuchlarga strategik rahbarlik qilishga javobgardir. Bunday kuchlarga qoʻmondonlik qilishga taalluqli masalalar keyinchalik ishlab chiqilishi lozim. 4. Harbiy-Shtab qoʻmitasi Xavfsizlik Kengashining ruxsati bilan va tegishli mintaqaviy Tashkilotlar bilan maslahatlashgandan keyin oʻzining mintaqaviy kichik qoʻmitalarini taʼsis eta oladi. 48-modda Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash maqsadida Xavfsizlik Kengashi qarorlarini bajarish uchun talab qilinadigan harakatlar Xavfsizlik Kengashi qanday belgilaganiga qarab, Tashkilotning barcha Aʼzolari yoki ularning baʼzilari tomonidan amalga oshiriladi. 49-modda Tashkilot Aʼzolari Xavfsizlik Kengashi qabul qilgan qarorlarda koʻrsatilgan choralarni amalga oshirishda oʻzaro yordam berish uchun birlashishlari kerak. 50-modda Xavfsizlik Kengashi biron davlatga qarshi ogohlantiruvchi yoki majburlovchi choralarni koʻrsa, boshqa har qanday davlat yuqorida eslatilgan choralarni amalga oshirishdan kelib chiqadigan maxsus iqtisodiy muammolarga duch kelsa, Tashkilotga Aʼzo yoki Aʼzo emasligidan qatʼi nazar, shu muammolarni hal qilish uchun Xavfsizlik Kengashi bilan maslahatlashishga haqli. 51-modda Ushbu Nizom Tashkilot Aʼzosiga qurolli hujum qilingan taqdirda, Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun zarur choralar koʻrmaguncha, uning alohida yoki birgalikda oʻz-oʻzini mudofaa qilishdan iborat ajralmas huquqiga also monelik qilmaydi. Tashkilot Aʼzolarining oʻz-oʻzini mudofaa qilish huquqini amalga oshirishda koʻrgan choralari Xavfsizlik Kengashiga darhol maʼlum qilinishi va uning mazkur Nizomga muvofiq hamma vaqt xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoki tiklash uchun qanday chorani zarur topsa, uni amalga oshirishda Xavfsizlik Kengashiga berilgan vakolatlarga va uning mas`uliyatiga hech bir daxl qilmasligi kerak. VIII BOB. MINTAQAVIY BITIMLAR 52-modda 1. Ushbu Nizom xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashga taalluqli boʻlgan va mintaqaviy xarakterlarga toʻgʻri keladigan masalalarni hal etish uchun mintaqaviy bitimlar yoki organlarning mavjud boʻlishiga hech bir toʻsqinlik qilmaydi, lekin bunday bitim yoki organlar va ularning faoliyati Tashkilotning Maqsad va Prinsiplari bilan hamohang boʻlishi shart. 2. Shunday bitimlarni yoki organlarni tuzgan Tashkilot Aʼzolari mahalliy nizolarni Xavfsizlik Kengashiga oshirgunga qadar ularni shunday mintaqaviy bitimlar yoki shunday mintaqaviy organlar yordamida tinch yoʻl bilan hal etishga erishish uchun bor kuchlarini safarbar etishlari kerak. 3. Xavfsizlik Kengashi mahalliy nizolarning shunday mintaqaviy bitimlar yoki shunday mintaqaviy organlar yordamida yo manfaatdor davlatlar tashabbusi bilan yoki oʻz tashabbusi bilan hal etilishini ragʻbatlantirishi lozim. 4. Ushbu modda 34- va 35-moddalarning qoʻllanishiga hech bir daxl qilmaydi. 53-modda 1. Xavfsizlik Kengashi oʻz rahbarligida majburiy choralar koʻrish uchun qaerda oʻrinli boʻlsa, oʻsha erda shunday mintaqaviy bitimlar yoki organlardan foydalanadi. Ammo Xavfsizlik Kengashidan vakolat olmay turib, mazkur mintaqaviy bitimlar asosida yoki mintaqaviy organlar tomonidan hech qanday majburiy choralar koʻrilmaydi, bundan 107-moddada koʻzda tutilgan, ushbu moddaning 2-bandida taʼriflangan har qanday dushman davlatga qarshi choralar yoki har qanday shunday davlat tomonidan tajovuzkorona siyosat yurgizilishiga qarshi mintaqaviy bitimlarda nazarda tutilgan choralar, yaʼni shunday davlatning yana tajovuz qilishiga yoʻl qoʻyilmasligi uchun javobgarlik manfaatdor hukumatlar iltimoslari bilan Tashkilotga yuklanadigan vaqtigacha koʻriladigan choralar mustasnodir. 2. Ushbu moddaning 1-bandida qoʻllangan „dushman davlat“ atamasi Ikkinchi jahon urushi mobaynida ushbu Nizomni imzolagan davlatlarga dushman boʻlgan har qanday davlatga taalluqlidir. 54-modda Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun mintaqaviy bitimlar asosida yoki mintaqaviy organlar tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan harakatlar haqida hamisha toʻliq xabardor qilinib turishi lozim. IX BOB. XALQARO IQTISODIY VA IJTIMOIY HAMKORLIK 55-modda Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqlarning teng huquqliligi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi tamoyilini hurmat qilishga asoslangan millatlar oʻrtasida tinchlik va doʻstona munosabatlar uchun zarur barqaror va farovonlik sharoitini vujudga keltirish maqsadida: a) aholining turmush va ish bilan toʻla taʼminlash darajasini oshirishga, iqtisodiy va ijtimoiy oʻsish va rivojlanish sharoitini yaxshilashga; b) iqtisodiy, ijtimoiy, sogʻliqni saqlash sohasidagi xalqaro muammolarni hal etishga, maʼnaviyat va maorif sohasidagi xalqaro hamkorlikka; c) inson huquqlariga, kishilarning irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutlaridan qatʼi nazar, hammaning asosiy erkinliklariga yalpi hurmat bilan qaras h va ularga rioya qilishga koʻmaklashadi. 56-modda Tashkilotning barcha Aʼzolari 55-moddada koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun Tashkilot bilan hamkorlikda va mustaqil ish koʻrish majburiyatini oladilar. 57-modda 1. Hukumatlaro bitimlarga binoan taʼsis etilgan va, oʻzlarining taʼsis hujjatlarida belgilangandek, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyat, maorif va shu kabi sohalarda xalqaro mas`uliyat yuklangan ixtisoslashtirilgan muassasalar Tashkilot bilan 63-modda qoidalariga muvofiq bogʻlanadilar. 2. Tashkilot bilan yuqorida koʻrsatilgan tarzda bogʻlanadigan bunday muassalar keyingi moddalarda „ixtisoslashtirilgan muassasalar“ deb yuritiladi. 58-modda Tashkilot ixtisoslashtirilgan muassasalarning siyosatini va faoliyatini uygʻunlashtirishga taalluqli tavsiyalar beradi. 59-modda Tashkilot, zarur boʻlsa, manfaatdor davlatlarning 55-moddada koʻrsatilgan maqsadlarni bajarish uchun talab qilinadigan har qanday ixtisoslashtirilgan muassasalar tuzish toʻgʻrisidagi muzokaralarga kirishishi uchun tashabbus koʻrsatadi. 60-modda Tashkilotning ushbu Bobda koʻrsatilgan vazifalarini bajarish uchun mas`uliyat Bosh Assambleyaga va Bosh Assambleya rahbarligida Iqtisodiy va Ijtimoiy Kehgashga yuklanadi, unga X bobda koʻrsatilgan vakolatlar beriladi. X BOB. IQTISODIY VA IJTIMOIY KENGASH TARKIBI 61-modda 1. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Tashkilotning Bosh Assambleya tomonidan saylanadigan ellik toʻrt Aʼzosidan iborat. 2 Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashning oʻn sakkiz aʼzosi 3-bandda bayon qilingan qoidalarga rioya qilingan holda har yili uch yillik muddatga saylanadi. Kengashning muddati tugashi bilan chiqib ketadigan aʼzosi darol qayta saylanishi mumkin. 3. Dastlabki saylovda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash aʼzolarining soni yigirma yettitadan ellik toʻrttaga koʻpaygach, shu yil oxirida vakolat muddatlari tugaydigan toʻqqiz aʼzo oʻrniga saylanuvchi aʼzolar qoʻshimcha qilib yigirma yetti aʼzo saylanadi. Shu tariqa saylangan yigirma yetti qoʻshimcha aʼzolardan toʻqqiztasining vakolat muddati, Bosh Assambleyaning qroriga koʻra birinchi yil oxirida, boshqa toʻqqiz aʼzosining vakolat muddati ikkinchi yil oxirida tugaydi. 4. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashning har bir aʼzosi bittadan vakilga ega boʻladi. Vazifa va vakolatlari 62-modda 1. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash sohasidagi xalqaro masalalar va shunga oʻxshash masalalar ga doir tadqiqotlar oʻtkazish va maʼruza tayorlashga yoki boshqalarni shunday ishlarga ragʻbatlantirishga, shuningdek, masalalardan birortasi boʻyicha Bosh Assambleyaga, Tashkilot Aʼzolari va manfaatdor ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga tavsiyalar berishga vakil qilinadi. 2. Kengash inson huquqlariga va hammaning asosiy erkinliklariga ehtirom va rioya qilishni ragʻbatlantirish maqsadida tavsiyalar berishga vakil qilinadi. 3. Kengash oʻz vakolati doirasidagi masalalarga taalluqli konvensiyalar loyihalarini Bosh Assambleyaga taqdim etish uchun tayorlab berish uchun vakil qilinadi. 4. Kengash Tashkilot tomonidan belgilangan qoidalarga koʻra oʻz vakolati doirasidagi masalalarga taalluqli xalqaro anjumanlar chaqirishga vakil qilinadi. 63-modda 1. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash 57-moddada koʻrsatilgan har qanday muassasa bilan mazkur muassasalarning Tashkilot bilan bogʻlanish shartlarini belgilab beruvchi bitimlar tuzishga vakil qilinadi. 2. Kengash ixtisoslashtirilgan muassasalarning faoliyatini ularga maslahat va tavsiyalar berish hamda Bosh Assambleya va Tashkilot Aʼzolariga tavsiyalar berish yoʻli bilan uygʻunlashtirishga vakil qilinadi. 64-modda 1. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash ixtisoslashgan muassasalardan muntazam maʼruzalar olib turish uchun zarur choralar koʻrishga vakil qilinadi. Kengash Tashkilot aʼzolaridan va ixtisoslashgan muassasalardan oʻzining vakolat doirasidagi masalalar boʻyicha Bosh Assambleyaga qilgan tavsiyalarining ijrosi yuzasidan koʻrilgan choralar haqidagi maʼruzalarini olib turish maqsadida Tashkilot Aʼzolari va ixtisoslashgan muassasalar bilan bitimlar tuzishga vakil qilinadi. 2. Kengash shu maʼruzalar haqidagi mulohazalarini Bosh Assambleyaga bildirishga vakil qilinadi. 65-modda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Xavfsizlik Kengashiga axborot etkazib berishga vakil qilinadi va u Xavfsizlik Kengashining taklifi bilan unga yordam berishga majbur hisoblanadi. 66-modda 1. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Bosh Assambleya tavsiyalarini bajarishi munosabati bilan oʻz vakolati doirasiga kiradigan vazifalarni amalga oshiradi. 2. Kengash Bosh Assambleyaning roziligi bilan, Tashkilot Aʼzolarining v aixtisoslashtirilgan muassasalarning iltimosi boʻyicha ish bajarishga vakil qilinadi. 3. Kengash ushbu Nizomning boshqa qismlarida sanab oʻtilgan boshqa vazifalarni yoki Assambleya tomonidan unga yuklatilishi mumkin boʻlgan vazifalarni bajarishi lozim. Ovoz berish 67-modda 1. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashning har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi. 2. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashning qarorlari ovoz berishda hozir boʻlgan va qatnashgan Kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Tartibot 68-modda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda hamda inson huquqlarini ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyalar tuzadi, shuningdek, oʻzining vazifalarini bajarish uchun zarur boʻladigan boshqa komissiyalarni ham tuzadi. 69-modda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Tashkilotning har qanday Aʼzosini unga taalluqli boʻlgan masalani muhokama qilishda ovoz berish huquqisiz qatnashish uchun taklif etadi. 70-modda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash ixtisoslashtirilgan muassasalar vakillarining masalalarni Kengashda yoki u tuzgan komissiyalarda muhokama qilishda ovoz berish huquqisiz qatnashishi uchun, shuningdek, ixtisoslashtirilgan muassasalarda masalalarni muhokama qilish chogʻida Kengash vakillarining qatnashishi uchun tadbirlar koʻrishga vakil qilinadi. 71-modda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash oʻz vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha qiziqqan nohukumat tashkilotlar bilan maslahatlashish uchun zarur tadbirlar koʻrishga vakil qilinadi. Bunday tadbirlar xalqaro tashkilotlar bilan, zarur boʻlganda esa, Tashkilotning manfaatdor Aʼzosi bilan maslahatlashgandan soʻng milliy tashkilotlar bilan shartlashib olinishi mumkin. 72-modda 1. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash oʻzining tartibot qoidalarini, jumladan, oʻz Raisini saylash tartibini belgilaydi. 2. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash zaruratga qarab, shaxsiy qoidalariga muvofiq chaqiriladi, bu qoidalar oʻz aʼzolarining koʻpchiligi talabi bilan majlis chaqirish tartibini ham oʻz ichiga olmogʻi kerak. XI BOB. OʻZINI OʻZI BOSHQARMAYDIGAN HUDUDLARGA TAALLUQLI DEKLARATSIYA 73-modda Xalqlari hali oʻzini oʻzi toʻliq boshqarishga erishmagan hududlarni idora qilish mas`uliyatini oʻz zimmasiga olgan yoki olayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aʼzolari bu hududlardagi aholining manfaatlarini birinchi darajalidir, degan prinsipni eʼtirof etadilar va, oʻzlarining muqaddas burchlari sifatida, ushbu Nizomda belgilangan xalqaro tinchlik va xavfsizlik tizimi doirasida oʻsha hududlar aholisining farovonligiga imkoniyat boricha yordam berish majburiyatini oladilar va shu maqsadda: a) Yuqorida koʻrsatilgan xalqlarning madaniyatiga hurmatni saqlagan holda, ularning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishini, maorif sohasidagi taraqqiyotini, ularga adolatli munosabatda boʻlishni va ularni suiisteʼmol qilinishidan himoyalashni taminlaydilar; b) Oʻzini oʻzi boshqarishni rivojlantirish, shu xalqlarning siyosiy intilishlarini tegishlicha hisobga olish, ularning erkin siyosiy institutlari har bir hudud va undagi xalqlarga xos shart-sharoitga va taraqqiyotning turli bosqichiga muvofiq rivojlanib borishi uchun yordam beradilar; c) Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlaydilar; d) Bunyodkorlik tadbirlarini avj oldirishga koʻmaklashadilar, tadqiqotlarni ragʻbatlantiradilar va bir-biri bilan hamda maʼqul topilgan joyida va vaqtida ushbu moddada bayon qilingan ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy maqsadlarga erishish uchun ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladilar; va e) Bosh Kotibga iqtisodiy va ijtimoiy sharoitga, shuningdek, oʻzlari javobgar boʻlgan hududdagi maorif ahvoliga oid statistik va boshqa maxsus xarakterdagi axborotni xavfsizlik va konstitutsiyaviy tartib nuqtai nazaridan talab qilinishi mumkin cheklanishda muntazam ravishda etkazib beradilar, XII va XIII boblar amal qiladigan hududlar bundan mustasnodir. 74-modda Tashkilot Aʼzolari oʻzlarining ushbu Bobning taʼsiri oʻtadigan hududlarga nisbatan oʻtkaziladigan siyosatlari, oʻz metropoliyalaridagi siyosatlaridan kam boʻlmagan darajada, yaxshi qoʻshnichilik umumiy prinsipiga, ijtimoiy, iqtisodiy va savdo ishlarida dunyoning barcha mamlakatlari manfaatlarini va farovonligini tegishlicha hisobga olishga asoslanishi lozim, degan fikrga ham qoʻshiladilar. XII BOB. XALQARO VASIYLIK TIZIMI 75-modda Birlashgan Millatlar Tashkiloti keyinchalik alohida bitimlar bilan oʻziga kirishi mumkin boʻlgan hududlarni boshqarish va shu hududlarni kuzatib turish uchun oʻz rahbarligida xalqaro vasiylik tizimini tuzadi. Bu hududlar bundan buyon vasiylik hududlari deb ataladi. 76-modda Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Nizomning birinchi moddasida bayon qilingan maqsadlariga muvofiq vasiylik tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash; b) Vasiylik hududlaridagi aholining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, maorif sohasidagi taraqqiyotiga, har bir hudud va undagi xalqlarning oʻziga xos tomonlariga mos holda va u xalqlarning erkin bildirilgan xohishlarini inobatga olib va vasiylik toʻgʻrisidagi har bir shartnomada koʻzda tutilgan shartlarga koʻra, ularning oʻz-oʻzini boshqarishi yoki mustaqillik yoʻlidagi taraqqiyotiga yordam berish; c) Inson huquqlariga va kishilarning irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutlardan qatʼi nazar, hamma uchun asosiy erkinliklarga hurmat bilan qarashni va jahon xalqlarining bir-biriga bogʻliqligini tan olishni ragʻbatlantirish; d) Tashkilot Aʼzolariga va ularning fuqarolariga ijtimoiy, iqtisodiy va savdo sohalarida teng munosabatda boʻlishni, shuningdek, yuqorida koʻrsatilgan vazifalarni bajarishga hech qanday ziyon yetqazmagan holda va 80-moddadagi qoidalarga rioya qilish sharti bilan odil sud yuritishda ularga teng munosabatda boʻlishni taʼminlaydi. 77-modda 1. Vasiylik tizimi oʻziga vasiylik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan kiritilishi mumkin boʻlgan quyida sanab oʻtilgan toifadagi hududlarda joriy qilinadi: a) hozirgi kunda mandat ostida boʻlgan hududlar; b) Ikkinchi jahon urushi natijasida dushman davlatlardan ajratib olinishi mumkin boʻlgan hududlar; va c) boshqarish uchun javobgar davlatlar tomonidan vasiylik tizimiga ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan hududlar. 2. Yuqorida sanab oʻtilgan toifadagi hududlardan qaysilarini va qanday shartlar bilan vasiylik tizimiga qoʻshish kerak, degan masala shu haqda kelgusida tuziladigan bitimda aniqlanadi. 78-modda Vasiylik tizimi Tashkilot Aʼzolari boʻlgan mamlakatlarga joriy qilinmaydi, bu mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar suveren tenglik prinsipini hurmat qilishga asoslanishi lozim. 79-modda Vasiylik tizimiga qoʻshiladigan har bir hudud uchun vasiylik shartlari, shu jumladan, barcha oʻzgarish va tuzatishlar bevosita manfaatdor davlatlarning, shu jumladan, mandatariya-mamlakatlarining, agar hududlar Tashkilot Aʼzolaridan birining mandati ostida boʻlsa, bitimlari bilan belgilanadi hamda 83- va 95-moddalarda koʻrsatilgandek tasdiqlanadi. 80-modda 1. Har bir hududni vasiylik tizimiga qoʻshadigan 77-, 79- va 81-moddalarga muvofiq tuzilgan vasiylik haqidagi alohida bitimlarda kelishib olinadigan hollardan tashqari va bundan buyon shunday bitimlar tuzilguncha ushbu Bobdagi biron qoida har qanday davlat yoki har qanday xalqlar huquqlarining yoki Tashkilot Aʼzolari qatnasha oladigan mavjud xalqaro bitimlar shartlarining oʻzgarishi, deb talqin qilinmasligi lozim. 2. Ushbu moddaning 1-bandi mandat ostidagi va boshqa hududlarni, 77-moddada koʻrsatilgandek vasiylik tizimiga qoʻshish toʻgʻrisida muzokaralar olib borish va bitimlar tuzishni kechiktirish yoki paysalga solishga asos beradi, deb talqin qilinmasligi lozim. 81-modda Vasiylik haqidagi bitim har holda vasiylik hududini boshqarish shartlarini oʻz ichiga olishi, shuningdek vasiylik hududini boshqaruvchi hokimiyatni belgilab berishi lozim. Bundan buyon boshqaruvchi hokimiyat deb ataladigan bunday hokimiyat bir yoki koʻproq davlat yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlishi mumkin. 82-modda Vasiylik haqidagi har qanday bitimda shu bitim joriy qilinadigan vasiylik hududining bir qismini yoki hammasini 43-modda asosida tuzilgan bitimlarga yoki biron-bir maxsus bir bitimga hech bir ziyon yetkazmasdan oʻz ichiga oluvchi strategik rayon yoki rayonlar aniqlanishi mumkin. 83-modda 1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining strategik rayonlarga taalluqli barcha vazifalari, jumladan vasiylik haqidagi bitimlarning shartlarini, ularga kiritiladigan tuzatish yoki qoʻshimchalarni tasdiqlash vasifasi Xavfsizlik Kengashi tomonidan bajariladi. 2. 76-moddada bayon qilingan asosiy maqsadlar har bir strategik rayon aholisiga taalluqlidir. 3. Xavfsizlik Kengashi vasiylik haqidagi bitim shartlariga rioya qilib va xavfsizlik talablariga ziyon yetkazmasdan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining vasiylik tizimiga muvofiq strategik rayonlardagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy masalarga, shuningdek, maorif sohasidagi masalalarga doir vazifalarini bajarish uchun Vasiylik Kengashining yordamidan foydalanadi. 84-modda Vasiylik hududi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashda oʻz rolini oʻynashini taʼminlash boshqaruvchi hokimiyatning vaifasidir. Shu maqsadda boshqaruvchi hokimiyat Xavfsizlik Kengashi oldida oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishda, shuningdek vasiylik hududi doirasida mahalliy mudofaa, qonun va tartibni saqlash uchun vasiylik hududining koʻngilli qurolli kuchlaridan, xizmat koʻrsatish vositalari yordamidan foydalanishga vakil qilinadi. 85-modda 1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining strategik rayonlarga qoʻshilmagan barcha rayonlar uchun vasiylik haqidagi bitimlarga taalluqli vazifalarini, jumladan vasiylik haqidagi bitimlarninng shartlaini, ularga kiritiladigan oʻzgarish yoki qoʻshimchalarni tasdiqlashni Bosh Assambleya amalga oshiradi. 2. Bosh Assambleya rahbarligi ostida ishlaydigan Vasiylik Kengashi shu vazifalarni bajarishda Bosh Assambleyaga yordam beradi. XIII BOB. VASIYLIK KENGASHI Tarkibi 86-modda 1. Vasiylik Kengashi Birlashgan Millatlar Tashkilotining quyidagi Aʼzolaridan iborat boʻladi: a) Vasiylik hududlarini boshqaruvchi Tashkilot Aʼzolaridan; b) 23-moddada nomlari koʻrsatilgan vasiylik hududlarini boshqarmaydigan Tashkilot Aʼzolaridan; c) Bosh Assambleya tomonidan uch yillik muddatga saylangan, Vasiylik Kengashi aʼzolarining umumiy soni vasiylik hudularini boshqaruvchi va boshqarmaydigan Tashkilot Aʼzolari orasida teng boʻlinishi uchun zarur boʻladigan miqdordagi Tashkilotning boshqa Aʼzolaridan. 2. Vasiylik Kengashining har bir aʼzosi yuqori malakali shaxsni oʻzining Vasiylik Kengashidagi vakili etib tayinlaydi. Vazifa va vakolatlari 87-modda Bosh Assambleya va uning rahbarligi ostidagi Vasiylik Kengashi oʻz vazifalarini bajarayotganda quyidagilarga vakil qilinadi: a) Boshqaruvchi hokimiyat taqdim qilgan hisobotlarni koʻrib chiqish; b) Boshqaruvchi hokimiyat bilan maslahatlashgan holda iltimosnomalarni qabul qilish va koʻrib chiqish; c) Boshqaruvchi hokimiyat bilan kelishilgan muddatlarda tegishli vasiylik hududlariga vaqti-vaqti bilan borib turish; va d) Vasiylik haqidagi bitimlarning shartlariga koʻra, yuqorida eslatilgan va yana boshqa ishlarni bajarish. 88-modda Vasiylik Kengashi har bir vasiylik hududi aholisining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, shuningdek, maorif taraqqiyotiga doir anketa ishlab chiqadi. Bosh Assambleya vakolatiga kiradigan har bir vasiylik hududining boshqaruvchi hokimiyati esa shu anketa asosida yillik maʼruza tuzib, Bosh Assambleyaga taqdim qiladi. Ovoz berish 89-modda 1. Vasiylik Kengashining har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi. 2. Vasiylik Kengashining qarorlari ovoz berishda hozir boʻlgan va qatnashgan Kengash Aʼzolarining koʻpchiligi ovozi bilan qabul qilinadi. Tartibot 90-modda 1. Vasiylik Kengashi oʻzining tartibot qoidalarini, jumladan, oʻz Raisini saylash tartibini qabul qiladi. 2. Vasiylik Kengashining majlislari zaruriyatga qarab, majlislar Kengash Aʼzolarining koʻpchiligi talabi bilan chaqirilishini nazarda tutgan tartibot qoidalariga muvofiq chaqirib turiladi. 91-modda Vasiylik Kengashi tegishli hollarda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashning va ixtisoslashgan muassasalarning oʻzlari manfaatdor boʻlgan masalalar boʻyicha yordamidan foydalanadi. XIV BOB. XALQARO SUD 92-modda Xalqaro Sud Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy sud organi hisoblanadi. U Xalqaro Odil Sudlov Doimiy Palatasi Statutiga asoslangan quyida havola etilayotgan Statutga muvofiq harakat qiladi va ushbu Nizomning ajralmas qismi hisoblanadi. 93-modda 1. Tashkilotning barcha Aʼzolari Xalqaro Sud Statutining IPSO facto qatnashchilari hisoblanadi. 2. Tashkilot Aʼzosi boʻlmagan davlat, har bir ayrim holda Bosh Assambleyaning Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga muvofiq belgilab bergan shartlari asosida, Xalqaro Sud Statutining qatnashchisi boʻla oladi. 94-modda 1. Tashkiotning har bir Aʼzosi Xalqaro Sudning qarorini oʻzi tomon hisoblangan ish boʻyicha bajarish majburiyatini oladi. 2. Ish yuzasidan biror tomon Sud qarori bilan oʻziga yuklangan vazifani bajarmagan taqdirda ikkinchi tomon Xavfsizlik Kengashiga murojaat qila oladi. Xavfsizlik Kengashi esa, zarur topsa, tavsiyalar berishi yoki qarorni ijro etish uchun choralar koʻrish masalasini hal etishi mumkin. 95-modda Ushbu Nizom Tashkilot Aʼzolarining oʻz ixtiloflarini hal etishni mavjud bitimlar asosida yoki kelajakda tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlar asosida boshqa sudlarga topshirishga mutlaqo monelik qilmaydi. 96-modda 1. Bosh Assambleya yoki Xavfsizlik Kengashi Xalqaro Suddan har qanday yuridik masala boʻyucha konsultativ xulosalar berishni talab qila oladi. 2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa organlari va Bosh Assambleya bunga istagan vaqtda ruxsat berishi mumkin boʻlgan ixtisoslashgan muassasalar ham oʻzlarining faoliyat doirasi chegarasida kelib chiqadigan yuridik masalalar boʻyicha Sudning konsultativ xulosalarini talab qilishi mumkin. XV BOB. KOTIBIYAT 97-modda Kotibiyat Bosh Kotibdan va Tashkilotga kerak boʻladigan xodimlardan iborat boʻladi. Bosh Kotib Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga muvofiq Bosh Assambleya tomonidan tayinlanadi. Bosh Kotib Tashkilotning asosiy mansabdor shaxsi hisoblanadi. 98-modda Bosh Kotib shunday lavozimda Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash va Vasiylik Kengashining majlislarida qatnashadi va oʻziga mazkur organlar tomonidan yuklatiladigan boshqa vazifalarni bajaradi. Bosh Kotib Tashkilotning ishi haqidagi yillik hisobotni Bosh Assambleyaga taqdim etadi. 99-modda Bosh Kotib xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin, deb hisoblangan har qanday masalani Xavfsizlik Kengashiga xabar qilishga haqlidir. 100-modda 1. Bosh Kotib va Kotibiyat xodimlari oʻz vazifalarini ijro etayotganda Tashkilot uchun begona birorta ham hukumat yoki hokimiyatdan koʻrsatmalar talab qilmasliklari yoki olmasliklari lozim. Ular oʻzlarining faqat Tashkilot oldida javobgar boʻlgan xalqaro mansabdor sifatidagi obroʻlariga putur yetkazadigan har qanday hatti-harakatlardan saqlanishlari lozim. 2. Tashkilotning har bir Aʼzosi Bosh Kotib va kotibiyat xodimlari vazifalarining xalqaro ahamiyatga ega ekanini qatʼiy hurmat qilish va ularga oʻz vazifalarini ijro etayotganda taʼsir oʻtkazmaslik majburiyatini oladi. 101-modda 1. Kotibiyat xodimlarini Bosh Assambleya tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq Bosh Kotib tayinlaydi. 2. Ijtimoiy va Iqtisodiy Kengashga, Vasiylik Kengashiga va, zaruriyatga qarab, Tashkilotning boshqa organlariga doimiy ishlash uchun zarur xodimlar ajratib beriladi. Bu xodimlar Kotibiyatning bir qismini tashkil qiladilar. 3. Xizmatga qabul qilish va xizmat shartlarini belgilashda, asosan, ishchanlik, bilimdonlik, halollikni yuksak darajada boʻlishini taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqish kerak. Xodimlarni mumkin qadar kengroq jugʻrofiy asosda tanlashning muhimligiga koʻproq eʼtibor berish kerak. XVI BOB. TURLI QOIDALAR 102-modda 1. Ushbu Nizom kuchga kirganidan keyin Tashkilotning har qanday Aʼzosi bilan tuzilgan har qanaqa shartnoma va har qanday xalqaro bitim birinchi imkoniyat boʻlgan hamono Kotibiyat tomonidan qayd qilinishi va chop etilishi lozim. 2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq qayd qilinmagan har qanday shartnoma yoki xalqaro bitimda qatnashuvchi tomonlardan hech biri Birlashgan Millatlar Tashkilotining organlaridan birortasiga shunday shartnoma yoki bitimni asos qilib koʻrsata olmaydi. 103-modda Tashkilot Aʼzolarining ushbu Nizomdan kelib chiqadigan majburiyatlari ularning boshqa biror xalqaro bitimdan kelib chiqadigan majburiyatlariga zid boʻlib qolgan taqdirda, Tashkilot Aʼzolarining ushbu Nizom boʻyicha olgan majburiyatlari ustun kuchga ega boʻladi. 104-modda Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻz Aʼzolaridan har birining hududida oʻz vazifalarini bajarish va oʻz maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlib qolishi mumkin boʻlgan huquq layoqatidan foydalanadi. 105-modda 1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻz Aʼzolaridan har birining hududida oʻz vazifalarini bajarish va oʻz maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan imtiyoz va daxlsizliklardan foydalanadi. 2. Tashkilot Aʼzolarining vakillari va uning mansabdor shaxslari tashkilot faoliyatiga aloqador boʻlgan vazifalarini mustaqil bajarish uchun zarur boʻlgan imtiyoz va daxlsizliklardan foydalanadilar. 3. Bosh Assambleya ushbu moddaning 1- va 2- bandlarini tadbiq etish holatlarini aniqlamoq uchun tavsiyalar berishi, shuningdek, Tashkilot Aʼzolariga shu maqsadda Konvensiyalar taklif etishi mumkin. XVII BOB. OʻTISH DAVRIDAGI XAVFSIZLIK TADBIRLARI 106-modda Bundan buyon, 43-moddada koʻrsatib oʻtilgan va, Xavfsizlik Kengashi fikricha, uning 42-moddasiga muvofiq oʻz vazifalarini amalga oshira boshlash imkoniyatini beradigan maxsus bitimlar kuchga kirguncha 1943 yil 30 oktyabrda Moskvada imzolangan Toʻrt Davlat Deklaratsiyasi qatnashchilari va Fransiya shu Deklarasiyaning 5-bandidagi qoidalarga muvofiq, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun qanday choralar zarur boʻlib qolsa, Tashkilot nomidan birgalikda shunday choralar koʻrish maqsadida bir-birlari bilan va, zarur boʻlgan taqdirda, Tashkilotning boshqa Aʼzolari bilan maslahatlashadilar. 107-modda Ushbu Nizom Ikkinchi jahon urushi tufayli tegishli hukumatlarning shu urush davomida ushbu Nizomni imzolagan davlatlardan har qandayining dushmani boʻlgan har qanday davlatga nisbatan amalga oshirgan yoki oshirilishini maʼqullagan choralarini aslo yuridik kuchdan mahrum qilmaydi, shuningdek, bunday choralarni qoʻllashiga toʻsqinlik qilmaydi. XVIII BOB. TUZATISHLAR 108-modda Ushbu Nizomga kiritiladigan tuzatishlar, ular Bosh Assambleya Aʼzolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinib, Tashkilot Aʼzolarining Xavfsizlik Kengashi doimiy Aʼzolarining hammasini qoʻshgandagi uchdan ikki qismi ovozi bilan ularning konstitutsiyaviy tartibotiga muvofiq ratifikatsiya qilingach, Tashkilotning barcha Aʼzolari uchun kuchga kiradi. 109-modda 1. Ushbu Nizomni qaytadan koʻrib chiqish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aʼzolarining Bosh Konferensiyasi Bosh Assambleya aʼzolarining uchdan ikki qismi ovozi va Xavfsizlik Kengashining istalgan toʻqqiz aʼzosining ovozi bilan belgilanadigan muddatda va joyda chaqirilishi mumkin. Tashkilotning har bir Aʼzosi Konferernsiyada bir ovozga ega boʻladi. 2. Ushbu Nizomga Konferensiya qatnashchilarining uchdan ikki qismi ovozi bilan tavsiya etilgan har qanday oʻzgartirish Tashkilot Aʼzolarining konstitutsiyaviy tartibotiga muvofiq, ularning Xavfsizlik Kengashi doimiy aʼzolarining hammasini qoʻshgandagi uchdan ikki qismi tomonidan ratifikatsiya qilingach, kuchga kiradi. 3. Agar shunday Konferensiya ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab hisoblaganda Bosh Assambleyaning oʻninchi yillik sessiyasigacha boʻlib oʻtmasa, shunday Konferensiya chaqirish toʻgʻrisidagi taklif Bosh Assambleyaning shu sessiyasi kun tartibiga kiritiladi va Bosh Assambleya Aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ovozi bilan va Xavfsizlik Kengashining istalgan yetti aʼzosi ovozi bilan Konferensiya chaqiriladi. XIX-BOB. RATIFIKATSIYA QILISH VA IMZOLASH 110-modda 1. Ushbu Nizomni imzolagan davlatlar uni oʻzlarining konstitutsiyaviy tartibotlariga muvofiq ratifikatsiya qilishlari kerak. 2. Ratifikatsiya yorliqlari saqlash uchun America Qoʻshma Shtatlari hukumatiga topshirilishi lozim, u har bir yorliqning saqlash uchun topshirilganini Nizomni imzolagan barcha davlatlarga, shuningdek, Tashkilotning Bosh Kotibi tayinlangach, unga maʼlum qiladi. 3. Ushbu Nizom Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya, Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi va America Qoʻshma Shtatlari va Nizomni imzolagan boshqa koʻpchilik davlatlar ratifikatsiya yorliqlarini saqlashga topshirgandan keyin kuchga kiradi. Soʻngra America Qoʻshma Shtatlari hukumati ratifikatsiya yorliqlarini saqlashga topshirilganligi haqida protocol tuzadi, bu protokolning nusxalari Nizomni imzolagan barcha davlatlarga yuboriladi. 4. Ushbu Nizomni imzolagan davlatlar Nizom kuchga kirgandan keyin uni ratifikatsiya qilgach, oʻzlarining tegishli ratifikatsiya yorliqlarini saqlashga topshirgan kundan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dastlabki Aʼzolari boʻlib qoladilar. 111-modda Xitoycha, fransuzcha, ruscha, inglizcha va ispancha matnlari bir xil kuchga ega boʻlgan ushbu Nizom America Qoʻshma Shtatlari Hukumatining arxivida saqlanadi. Bu hukumat Nizomning tegishlicha muhr bosilgan nusxalarini uni imzolagan boshqa davlatlarning hukumatlariga yuboradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hukumatlarining vakillari yuqorida bayon qilinganlarning tasdigʻi uchun ushbu Niozomni imzoladilar. Bir ming toʻqqiz yuz qirq beshinchi yil yigirma oltinchi iyunda San-Franisisko Shahrida tuzildi. Manbalar
2,099
https://uz.wikipedia.org/wiki/Navoiy%20%28shahar%29
Navoiy (shahar)
Navoiy — Oʻzbekistonning Navoiy viloyatidagi shahar. Bu shahar Navoiy viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda joylashgan. Ushbu shaharda temir yoʻl stansiyasi avtotransport yoʻllarining muhim tuguni boʻlib, Toshkentdan 509 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi — 161 300 kishi (2024). Tarixi Navoiy shahri Alisher Navoiy sharafiga atab shunday nomlangan. Shaharning hozirgi hududi oʻrnida choʻl boʻlgan. Shimolda qadimiy Karmana shahri joylashgan boʻlib, oʻtmishda Buxoro amirligining bekligi hisoblangan. Janubda temir yoʻl stansiyasi va bir qishloq boʻlgan, hozirda bu joy Navoiy shahrining Vokzaloldi hududi deb ataladi. 1958-yilning sentyabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi. Shu vaqtdan Navoiy viloyati tashkil topganga qadar Navoiy shahri Buxoro viloyati tarkibida boʻlib keldi. Zarafshon daryosining yaqinligi, yirik qishloq xoʻjaligi hududning markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi taʼminlanganligi shaharning tez oʻsish omili boʻldi. Navoiy Oʻrta Osiyoda yirik elektr energiya va kimyo sanoati markazi hisoblanadi. Navoiyda 21 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining koʻp qismi Navoiyda ishlab chiqariladi. Shahar sanoat tarmoqlarida elektr quvvati, mineral oʻgʻitlar, ip hamda ipak gazlamalar ishlab chiqariladi. Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasi, elektr-kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, un kombinati, non konbinatlari, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qizilqumsement korxonasi, paxta tozalash zavodi, mashinasozlik zavodi (NMZ), sut, pak qurti zavodlari, Sintepon korxonasi, oziq-ovqat va mahalliy sanoat muassasalari mavjuddir. Shaharda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan 18 dan oshiq qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan „Agama“, „Zerispark“ korxonalari samarali ishlamoqda. Shahar orqali Uchquduq, Buxoro, Nukus shaharlariga boruvchi temir yoʻl oʻtgan. Navoiyda 20 ga yaqin yoʻnalishda avtomobil transporti qatnaydi. Navoiy xalqaro aeroporti shaharni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan oshiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. Sarmish darasi Navoiydan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan hamda u „dunyodagi eng katta tosh devorlar galereyasi“ sanaladi. Geografiyasi Hududi Navoiyning hududi 35 km² dir. Shahar Navoiy viloyatining janubidagi Zarafshon daryosi yaqinida, Toshkent shahridan 360 km janubi-gʻarbda joylashgan. Samarqandgacha boʻlgan masofa 140 km, Buxorogacha — deyarli 100 km. Shahardan shimolidan Zarafshon daryosi oqadi. Shahar chekkasidan 10 km shimolda, Zarafshon daryosi qirgʻoqlaridan tashqarida Nurota togʻlari choʻzilgan. Iqlimi Navoiyning iqlimi keskin kontinental boʻlib, qishda havo ancha sovuq, yozda boʻlsa ancha issiqdir. Bahor va kuzda koʻp yomgʻir yogʻadi, ammo yozda yogʻingarchilik koʻp boʻlmaydi. Navoiyda yozlar uzun boʻlib, odatda maydan sentyabrgacha davom etadi. Yoz oylarida havo keskin isishi mumkin. Shaharda yoz oylarida juda oz yogʻingarchilik kuzatiladi, ayniqsa iyundan sentyabrgacha. Yozda harorat +54 ° C gacha chiqishi, qishda −18 ° C gacha tushishi mumkin. Anomal sovuq kam uchraydi. Qish (oʻrtacha sutkalik harorat 0 °C dan past boʻlgan davr) oʻrtacha noyabrning 3-oʻn kunligidan martning 2-oʻn kunligigacha davom etadi. Kalendar qishda qisqa (3-8 kun) sovuqlar kuzatilishi mumkin (kechasi harorat −12 ° C gacha, kamdan-kam hollarda −18 ° C gacha). Oʻtish fasllari juda qisqa. Iyun va iyul oylarida kunlik harorat odatda 45 darajadan oshadi (yoz mavsumida oʻrtacha 30-40 kun). Maʼmuriyat Hokimlar roʻyxati Demografiyasi Navoiy shahrida 161 300 nafar aholi istiqomat qiladi (2024). Bunda, oʻzbeklar — 88,7%, qozoqlar — 3,6%, qoraqalpoqlar — 2,3%, ruslar — 1,6%, tojiklar — 1,4%, tatarlar — 0,6% va boshqa millat vakillari — 1,8%ni tashkil etadi. Aholi zichligi — 4608.6 kishi/kvadrat kilometr. Navoiy O‘zbekistondagi shunday shaharlardan biri bo‘lib, u yerda ruslar va umuman rusiyzabonlar umumiy aholining 4% dan ortig‘ini tashkil qiladi. SSSR parchalanishi va aholining Rossiya va boshqa mamlakatlarga chiqib ketishining keskin kuchayishi munosabati bilan Navoiyda oʻzbeklarning ustunligi va ularning sonining koʻpayishi tendentsiyasi bilan milliy tarkibning nisbati oʻzgardi. Madaniyati Navoiy yirik ilm-maʼnaviyat va maʼrifat markazlaridan. Bu yerda 2 oliy oʻquv yurti (Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik instituti), 3 ta akademik litsey, 18 ta umumiy taʼlim maktabi, 1 ta muzey — Navoiy viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 3 madaniyat saroyi (Farhod madaniyat saroyi, Shirin madaniyat saroyi, Navroʻz madaniyat saroyi), madaniyat va istirohat bogʻlari, kutubxonalar, 3 stadion (Soʻgʻdiyona markaziy stadioni, Kimyogar markaziy stadioni, Yoshlar sport majmuasi markaziy stadioni), 3 suzish havzasi (Delfin, Suv sporti saroyi, Akvapark), kasalxonalar, poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazi, tibbiy dispanserlar faoliyat koʻrsatadi. 1958—1960-yillarda shahar yagona bosh plan asosida issiq iqlim, milliy anʼanalarni hisobga olgan holda qurilgan. Meʼmor va quruvchilardan bir guruhi davlat mukofotlariga sazovor boʻlishgan. Shuningdek, 2001-yilda Alisher Navoiy tavalludining 560-yilligi munosabati bilan Navoiyda Alisher Navoiy istirohat bogʻi ochilib, u yerda Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan. Iqtisodi Navoiy shahri Oʻzbekistonning eng sanoatlashgan shaharlaridan biridir. Shaharda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiyazot, Qizilqumsement va boshqa sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi. Quyidagilar shaharda joylashgan: „Navoiyazot“ AJ (kimyo zavodi), Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) , „Qizilqumsement“ AJ (Oʻzbekistondagi eng yirik sement zavodi), Navoiy mashinasozlik zavodi, oltinni qayta ishlash zavodi, elektrokimyoviy zavod, paxta tozalash mashinasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari, Navoiy GRES (viloyat energetikasining asosi). Barcha ishlab chiqarish korxonalari shaharning gʻarbiy chegarasi yaqinidagi sanoat zonasida (turar-joylardan 2 km uzoqlikda) toʻplangan. Transporti Navoiy — O‘zbekistondagi eng yirik transport markazlaridan biri. Navoiy xalqaro aeroporti shahardan 12 km gʻarbda joylashgan boʻlib, u Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti va Oʻzbekistonning boshqa yirik shaharlaridagi aeroportlar, shuningdek, Moskva Vnukovo xalqaro aeroporti bilan aloqaga ega. Navoiyning janubida yuk va yoʻlovchi tashishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan temir yoʻl vokzali joylashgan. Shahar jamoat transporti Navoiyda avtobuslar, qatnovchi taksilar (Daewoo Damas avtomobillari), shuningdek, xususiy va jamoat taksilari (asosan Daewoo Nexia, Daewoo Matiz, Daewoo Gentra, Chevrolet Lacetti, Chevrolet Cobalt, Chevrolet Epica) mavjud. Diqqatga sazovor joylari Bu yerga va yaqin atrofdagi shaharlarga kelgan fuqarolar va sayyohlar uchun sevimli dam olish maskanlaridan biri bu Janubiy Park boʻlib, uning hududida stadion, basseyn va kinoteatrlar mavjud. Manbalar Havolalar Rasmiy sayti Rasmiy sayti Gov.uz NGMK.uz Alisher Navoiy sharafiga nomlangan joylar Oʻzbekiston shaharlari Navoiy viloyati shaharlari Navoiy shahar
2,101
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kur%C3%B3w
Kurów
Kurów-Polshaning Janubi-Sharqidagi,Kurówka daryosida joylashgan va Puławy bilan Lublin orasidagi qishloq. Polsha Alifbo boʻyicha aholi punktlari Polsha qishloqlari
2,112
https://uz.wikipedia.org/wiki/System%20of%20a%20Down
System of a Down
System of a Down (baʼzida S.O.A.D. deb qisqartiriladi) — armani-amerikalik rok-guruh, orient nu-metal yoʻnalishida ijod qiladi. Guruh Serj Tankiyan (vokal, klavish), Jon Dolmayan (baraban), Daron Malakyan (gitara, vokal) va Odajyan, Shavo (bas-gitara) dan tashkil topgan. Hamma aʼzolar — armanilar. Aʼzolar Serj Tankiyan — vokal, klavish Jon Dolmayan — baraban Daron Malakyan — gitara, vokal, klavish Shavo Odajyan — bas-gitara Sobiq aʼzolar Andy Khachaturian — baraban Diskografiya Albomlar System of a Down (LP, 30 iyun 1998) — platina Toxicity (LP, 4 sentabr 2001) — toʻrt karra platina Steal This Album! (LP, 26 noyabr 2002) — platina Mezmerize (LP, 17 may 2005) — platina Hypnotize (LP, 22 noyabr 2005) Qoʻshimcha System of a Down vebsayti AllSOAD.Info System Of a Down qoʻshiqlari matnlari System of a Down Lyrics Musiqa Rok-musiqa AQSh rok-guruhlari Heavy metal guruhlar Hard rock guruhlar Alternative metal guruhlar Nu metal guruhlar MTV Europe Music Award sovrindorlari Grammy mukofoti sovrindorlari
2,115
https://uz.wikipedia.org/wiki/CMM
CMM
Capability Maturity Model (CMM) biror software programmani yozish, yaratishda optimal metod va qoʻllanmalarni oʻrganuvchi tashkilot hamda CMM ning yeyingi versiyasi CMMI hisobnlanadi. CMM’ning etaplari <table> Initial (Boshlangʻich) Repeatable (Takrorlanuvchi) Difined (Anoqlangan) Managed (Boshqarilgan) Optimizing (Opmallashtirish) <table> Texnologiya Informatika
2,117
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shohimardon%20eksklavi
Shohimardon eksklavi
Shohimardon — Oʻzbekistonning sharqiy qismida, Fargʻona viloyatining Fargʻona tumanida joylashgan eksklav. Anklavning maydoni 90 kv kmni tashkil etib, aholisi 10,000 dan ortiq. 91% i oʻzbeklar, 9% i qirgʻiz millatiga mansub. Oʻzbekistonning eksklavi, Qirgʻiziston bilan oʻralgan, Pomir-Olay togʻlarida joylashgan. Bu nom fors tilida „odamlar shohi“ degan ma'noni anglatadi. Shohimardonsoy daryosi eksklav orqali oqib oʻtadi. Eksklavda Shohimardon va Yordon nomli ikkita qishloq mavjud. Shohimardon bir qancha sanatoriylarga ega mashhur kurort, gavjum ziyoratgoh. Bir xalq afsonasiga koʻra, xalifa Ali Shohimardonda dafn etilgan. Shahimardan City Resort dengiz sathidan 1975 metr balandlikda, Fargʻona shahridan 155 km uzoqlikda, togʻli tumanda joylashgan. Quliqurbon )Moviy koʻl deb ham ataladi) Shohimardondan yetti kilometr janubi-sharqda joylashgan. U 1766-yilda bir qator kuchli zilzilalardan keyin tashkil topgan. Koʻl 1724 metr balandlikda joylashgan. Uzunligi 170 m, balandligi 60 m, chuqurligi 5–10 metr. Oʻzbek shoiri Hamza Hakimzoda Niyoziy 1929-yil toshboʻron qilingunga qadar shu yerda yashab ijod qilgan. Geografiyasi Shohimardon — Oʻzbekistonning eksklavi, Sharqiy Markaziy Osiyoda Qirgʻizistonning Batken viloyati, Qadamjoy tumani bilan oʻralgan. Uning togʻli relyefi, tabiiy tekisligi boʻlmagan, Olay togʻlari tizmasiga kiradi. Qirgʻizistonda joylashgan Oʻzbekistonning 4 ta eksklavidan biri, jumladan Soʻx, Chon-Qora (Qalacha) va Jani-Ayil. Shohimardon 325 km2 (125 sq mi) bilan bularning eng kattasi. Undan keyingisi Soʻx boʻlib, 90 km2 (35 sq mi)ni tashkil etadi. Togʻlar va daryolar U Ala togʻlarining shimoliy yon bagʻirlaridagi vodiyda taxminan 1550 m balandlikda joylashgan. Eksklavning eng baland nuqtalari Olmaliq (2841 m), Chivirgan (2465 m) va Qizil-Gʻazo (2568 m) choʻqqilaridir. Shohimardon qishlogʻining gʻarbiy tomonida Koʻzdibel togʻlari joylashgan. Eksklavdan bir qancha daryolar oqib oʻtadi, ulardan eng yiriklari Koʻksu, Oqsu va Shohimardonsoydir. Koʻksuv Oqsuvga qoʻshilgach, qishloq bogʻi yonidan Shohimardonsoy daryosi boshlanadi va Margʻilonga quyiladi. Daryolarning asosiy manbai Qirgʻizistondagi muzliklardir. Oqsuvning oqimi Shimoliy Alouddin, Archa-Boshi va Gʻarbiy Qoraqoziq muzliklaridan boshlanadi. Boshida Alouddin degan daryo, Alouddin Archa-Boshi oqimi bilan qoʻshilib, Oqsu nomini olgan. Yordon qishlogʻida unga Dugoba oqimi qoʻshiladi. Iqlimi Yanvarning eng past harorati -23,0 °C. Eng yuqori harorat iyul oyidagi +42,0 °C. Yomgʻir va qor sifatida tushadigan namlikning oʻrtacha miqdori 350–400 mm. Iyulning oʻrtacha harorati 22°C, yanvarniki -3 dan 3°C gacha. Flora and Fauna Shohimardonsoy suvida Shohimardonsoy daryosining endemik baliq turi Fargʻona yalangbaligʻi yashaydi. Togʻlar yogʻoch bilan qoplangan. Yassi yerlarning katta qismi qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari uchun foydalaniladi. Demografiya 1993-yilda eksklav aholisi 5100 ga yaqin edi, shundan 91% oʻzbeklar, 9% qirgʻizlar edi. Bugungi kunda eksklavda 10 000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi, asosan oʻzbeklar. 19-asr oxiri va 20-asrning dastlabki yigirma yilligida Shohimardon (va Yordon) aholisi haqida statistik maʼlumotlar: Taʼlim Shohimardon shaharchasidagi 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi va bitta umumta’lim maktabi, Yordon qishlog‘idagi bitta maktabgacha ta’lim muassasasi va bitta umumta’lim maktabi tumandagi xalq ta’limi muassasalari hisoblanadi. Davlat taʼlimidan tashqari, til oʻrgatish va universitet imtihonlariga tayyorgarlik boʻyicha xususiy repetitorlik kurslari ham mavjud. Tibbiyot Boʻlimda ikkita kasalxona mavjud. Oʻzbekiston hukumati alohida mintaqada maqbul hayot sifatini saqlab qolish uchun taʼlim va sogʻliqni saqlash xizmatlarining koʻpchiligini doimiy ravishda subsidiyalaydi. Din Eksklavning barcha qishloqlarida islom asosiy din hisoblanadi. Hanafiy mazhabidagi sunniy islom mazhabidir. Foydalanishda bitta masjid bor. Hamza Hakimzoda Niyoziy Shohimardon shahrida dinga qarshi faoliyatda ayblanib, islom fundamentalistlari tomonidan toshboʻron qilingan. Transport Shohimardon materik Oʻzbekiston bilan Fargʻona-Shohimardon 4R-144 avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Shohimardon shaharchasi markazidan R-144a mahalliy yoʻli Qurbonkoʻlga, R-144b Dugoba togʻ lageriga olib boradi. Shohimardonda davlat aeroportlari mavjud emas. Fargʻona xalqaro aeroportiga havo orqali yetib kelgan xorijdan yoki Oʻzbekistonning boshqa hududlaridan kelgan sayyohlarning aksariyati avtomashinada boradi. Boʻlimda turizmni rivojlantirish uchun yengil samolyotlar uchun kichik aeroport qurish va uni Qirgʻiziston chegarasini kesib oʻtmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston bilan bogʻlash taklif qilinmoqda, chunki u boshqa alohida ajratilgan anklav – Soʻx hududida qurilgan. Shohimardonda temir yoʻl yoʻq. Eng yaqin temir yoʻl vokzali Fargʻona shahrida joylashgan. Shohimardondan ikkita daryo va bir qancha soylar oqib oʻtadi, lekin u yerda na yirik suv transporti, na port va na bandargoh bor. Jamoat transporti “Fargʻona – Shohimardon” yoʻnalishi boʻyicha avtobus qatnovi 2013-yil avgust oyida toʻxtatilgan edi. 2017-yilning 25-aprelidan boshlab mazkur yoʻnalishda qatnov qayta yoʻlga qoʻyildi. Yoʻnalishda 2 ta „Isuzu“ rusumli avtobus qatnovi boʻlib, unga „Farg‘ona oltin vodiysi navkari“ MChJ xizmat koʻrsatadi. Shuningdek, Qurbonkoʻlga 2 kilometr uzunlikdagi kanat yoʻli bor, asosan Qirgʻiziston hududida joylashgan. Iqtisodiyoti Qishloq xo'jaligi Togʻli hududlarda Oʻzbekistonga nisbatan oʻrtacha harorat pastroq, Shohimardonda dehqonchilik qiyin boʻlib, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tekisliklarida mashhur boʻlgan bugʻdoy yoki paxta kabi qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining koʻpchiligiga mos kelmaydi. Qishloq yerlarida olma, oʻrik va shaftoli bogʻlari keng tarqalgan. Chorvachilik, sut mahsulotlari, goʻsht, sabzavot yetishtirish faqat ichki isteʼmol uchun yetarli boʻlib, faqat ichki ehtiyojni qondiradi. Turizm Sovetlar davrida Shohimardon Fargʻona vodiysi aholisining sayohat qilish uchun asosiy manzillaridan biri boʻlgan. Sobiq Ittifoq respublikalari mustaqillikka erishgach, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegara masalalari Shohimardonga sayyohlar oqimini sezilarli darajada kamaytirdi. Bugungi kunda oromgohlar, turistik bazalar va sanatoriylarning aksariyati tashlab ketilgan. Ammo mahalliy aholi koʻproq sayyohlarni jalb qilish uchun yangi mehmonxonalar ochmoqda. Shohimardondagi muzey Shohimardon shaharchasida, Koʻksu va Oqsuv daryolari kesishgan joyda joylashgan. Muzey oʻzbek yozuvchisi va olimi Hamza Hakimzoda Niyoziy nomi bilan atalgan. U 1989-yilda UNESCO tomonidan Niyoziy tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ochilgan. Muzey kolleksiyasi Niyoziyning umrboqiy hikoyalari, kitoblari hamda Shohimardon tarixiga oid materiallardan iborat. Muzeyning vazifasi kichik eksklav Shohimardon va uning aholisiga madaniyat va madaniy meros va tabiatni oʻrgatish va targʻib qilishdan iborat. Shohimardon ziyorat turizmi bilan bir qatorda ekoturizm yoʻnalishi sifatida ham rivojlanmoqda. Bu yerda uchta mashhur tarix arbobi yashaydi va ulardan ikkitasi Markaziy Osiyo xalqlari juda hurmat qiladigan diniy shaxslardir. Ziyoratgoh majmuasida 3 ta qabr bor: Hazrati Ali qabri Shohi Tolib (Hazrat Alining 4-avlodi) qabri Hamza Hakimzoda Niyoziy qabri Turistik mavsum iyundan sentyabrgacha davom etadi. Mavsum yuzlab mahalliy aholi uchun ish oʻrinlari yaratadi. Mavsumiy restoranlar, mehmonxonalar, doʻkonlar, suvenir doʻkonlari sayyohlarga xizmat koʻrsatish uchun ochilgan. Toza havosi, musaffo tabiati va suvi bilan Shohimardonning yana bir istiqboli tibbiy turizmdir. Mehnat migratsiyasi Eksklav qishloqlarida ishsizlikning yuqori darajasi materik Oʻzbekistonga yoki xorijiy davlatlarga qochib ketishga olib keladi. Aksariyat yoshlar mehnat immigratsiyasi uchun Rossiyaga boradilar. Energiya Shohimardon gidroenergetika resurslariga boy. Baland togʻlardan oqib oʻtadigan daryolar kichik gidroelektr stansiyalarni qurish uchun katta imkoniyatlardir. „Oʻzbekgidroenergo“ aksiyadorlik jamiyati va Hydro4U konsorsiumi yangi gidroelektr stansiyasi uchun uskunalar sotib olish uchun 1 million yevrosarflashdi. Tomonlar kelishuvni 2022-yil 21-iyun kuni Hydro4U kichik elektr stansiyasini qurish loyihasi ishtirokchilarining yillik yigʻilishida imzoladilar. Loyihada Shohimardon qishlog'i yaqinida, kichik GES 2,2 MVt quvvatga ega GESlar qurish rejalashtirilgan. Elektr stansiyasi 2023-yilda ishga tushirilgach, har yili 12,8 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. 7 ming aholiga ega 2100 xonadonni ta’minlash loyihasida qoʻshimcha ishlab chiqarish quvvatlari ham mavjud. Loyihani amalga oshirish 2 million yevroga baholanmoqda. Ularning yarmi EU tomonidan texnologik asbob-uskunalar sotib olish uchun grant shaklida ajratiladi. Yana 12 milliard soʻm Oʻzbekiston tomonidan ajratiladi. „Oʻzbekgidroenergo“ AJ Avstriyaning „Global Hydro“ kompaniyasi bilan ham mikro gidroenergetika stendini yaratish boʻyicha muzokaralar olib bordi. Qayd etilishicha, blok-modulli tizimlarni oʻrnatish qurilish xarajatlarini taxminan 500 ming yevroga kamaytirishi mumkin. Madaniyat Shohimardon madaniyati Fargʻona vodiysidagi Oʻzbek anʼanaviy urf-odatlarining bir qismidir. Shohimardonliklar xuddi Oʻzbekistonda boʻlgani kabi anʼanaviy bayramlarni, jumladan Navroʻz, Islomiy bayramlar, Mustaqillik bayrami va Yangi yilni nishonlaydilar. Shohimardonning goʻzal tabiati turli joylardan, asosan sobiq ittifoq respublikalaridan kelgan rassomlarni oʻziga tortadi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning eng mashhur rassomlari san’at asarlari orasida Shohimardon suratlarini koʻrish qiyin emas. Shohimardon Oʻzbekiston xonandalari va shoirlari orasida ham mashhur. Shohimardon togʻlari va xalqiga oid bir qancha qoʻshiqlar yaratilgan. Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf kabi shoirlar Shohimardonni she’rlari bilan yurt miqyosida yanada mashhur qildilar. Yana qarang Soʻx, Oʻzbekistonning Qirgʻizistonda joylashgan yana bir eksklavi Sarvak, Tojikistonning Oʻzbekistondagi eksklavi Vorux, Tojikistonning Qirgʻizistondagi eksklavi Botken viloyati anklavlari va eksklavlari Manbalar Alifbo boʻyicha aholi punktlari Oʻzbekiston eksklavlari Anklavlar Oʻzbekiston kurortlari Shohimardon
2,118
https://uz.wikipedia.org/wiki/Polvontosh
Polvontosh
Polvontosh — Andijon viloyatining Marxamat tumaniga qarashli aholi punkti. Polvontosh — Andijon viloyati Marhamat tuman idagi shaharcha (1947-yildan). Adirlar oʻrtasida joylashgan. Viloyat markazidan 30 km, tuman mar-kazidan 17 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Asaka (15 km). Aholisi 6,7 ming kishidan ziyod (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, rus, qirgʻiz, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. P. 1940-yilda neft koni ochilishi munosabati bilan konchilar shaharchasi sifa-tida vujudga kelgan. P. atrofidan neft va gaz qazib olinadi. Poyabzal fabrikasi, 2 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, tibbiy sanitariya qismi, Polvontosh sanatoriysi (PO oʻrinli) mavjud. P. — Asaka, P. — Marhamat yoʻnalishida avtobuslar qatnaydi. Bu shaharchada sovet paytida koʻp turli millatga mansub xalqlar yashagan. Koʻpchiligi oʻzbek, qirim-tatar, rus, koreys, qirgʻiz, tojik millatlari. Adirlardan neft qazib olingan va olinmoqda. Sovet paytida magazinlar, doʻkonlar Moskva, markazdan taʼminlangan. Manbalar Oʻzbekiston:Shaharchalar Marhamat tumani
2,122
https://uz.wikipedia.org/wiki/So%CA%BBx%20tumani
Soʻx tumani
Qirgʻizistondagi Oʻzbekistonga qarashli anklav hudud. Soʻx tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidagi tuman. Tuman 1942-yil iyulda tashkil etilgan. 1959-yil 7-martda Rishton tumaniga qoʻshib yuboriladi, 1990-yil 27-fevralda esa qaytadan tuziladi. Qirgʻiziston bilan chegaradosh tuman. Maydoni 0,22 ming km². Aholisi 80 mingga yaqin (2016). Tumanda 27 ta mahalla fuqarolari yigʻini (Ravon, Hushyor, Soʻx, Qizilqiyoq, Sarikanda, Saribozorcha, Demirsad, Qal’a, Devayron, Navobod, Gʻaznov, Tul, Chumoqcha, Devayron, Lenburg, Hazrati Ali, Sharqobod, Qizilqiyoq, Chashma) mavjud. Tuman mararkazi — Ravon qishlogʻi. Taniqli shaxslar Hakimjon Soʻfiyev (Hakim Soʻfiy) — Soʻx tumanining atoqli shaxslaridan biri. Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi. „Anfigue WORLD“ xalqaro ilmiy akademiyasi laureati va faxriy dotsenti. Bir qancha kitoblar muallifi. Teshaboy Odilov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mergan, urush davomida 114 nafar fashistlarni yoʻq qilgani tasdiqlangan. Amirali Saidbekov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni. Savror Ernazarov — „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“ unvoni sohibi, respublika olimpiadalariga koʻplab shogirdlar chiqargan fidoyi oʻqituvchi. Nodir Nodiri — shoir, koʻplab nashriyotlarda sheʼrlari bosilib chiqqan. Ayniqsa, „Jiloi axtaroni Soʻx“ majmuasidagi misralari sheʼriyat shinavandalariga maʼlum va mashhur. Shoir 2013-yilda vafot etgan. Mas’ud Mirzo (Mirzoyev) — shoir, jurnalist. Koʻplab sheʼrlari turli matbuotlarda bosilgan. Hozirda Tojik milliy madaniy markazining Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari, Fargʻona teleradiokompaniyasining tojik tilidagi koʻrsatuvlar muharriri. Tabiati Tuman hududi Fargʻona viloyati janubida, Soʻx daryosi vodiysida joylashgan. Foydali qazilmalardan neft, gaz, shagʻal mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyidagi oʻrtacha temperatura — 6—7°, eng past temperatura — 27°, iyul oyida oʻrtacha —23,6°, eng yuqori koʻrsatkich — 42°. Yillik yogʻin miqdori —180 mm. Tuproqlari boʻz tuproq va oʻtloqi tuproqlardan iborat. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, toʻngʻiz, quyon, togʻ echkisi, parrandalardan kaklik, bedana, zagʻcha, qargʻa, toʻrgʻay, kaptar, chumchuq, qaldirgʻoch, kemiruvchilardan kalamush va boshqa koʻplab turlar uchraydi. Shuningdek, daryo va koʻllarida turli xildagi baliqlar bor. Togʻ sharoitida naʼmatak, rovoch, kiyikoʻt, zira, yalpiz, shuvoq va shunga oʻxshash dorivor oʻsimliklar oʻsadi. Aholisi, asosan, tojiklar, shuningdek, oʻzbek va qirgʻiz millati vakillari ham istiqomat qiladi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 300 kishi. Aholinning barchasi istiqomat qiladi. Xoʻjaligi Asosiy daromadi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Tumanda kichikroq korxonalar, jumladan, 50 ta xususiy korxona, shirkat, dehqon, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarga don, sabzavot, urugʻlik kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Tumanda bogʻdorchilik ham rivojlangan. Xususan, „Safedak“, „Qandak“ kabi oʻrik va „Pistapoʻchoq“, „Chaspak“ singari yongʻoq navlari aynan shu hududda yetishtiriladi. Tumanning jamoa va xususiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy, echki va parranda boqiladi. Tumanda 30 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 1 ta kasb-hunar kolleji, 3 ta IDUM, 1 ta aerodrom, 1 ta dehqon bozori,1 ta madaniyat markazi, „Doʻstlik“ istirohat bogʻi, 1 ta bolalar oromgohi,1 ta markaziy stadion va 1 ta markaziy kasalxona mavjud. Tuman hududida dam olish va xushmanzara joylar ham bor. Markazda, shuningdek, „Soʻx“ telestudiyasi hamda „Sadoi Soʻx“ gazetasi oʻz faoliyatini olib boradi. Soʻx tumani Oʻzbekistonning tarixiy maskanlaridan biri hisoblanadi. Soʻx havzasida joylashgan Selungur gʻoridan paleolit davriga mansub ashyolar topilgan. Soʻx tumani Soʻx — Haydarkon konchilik hududini ham tashkil qiladi. XI asrdan Buyuk Ipak yoʻlining janubiy tarmogʻi Soʻx tumanidan oʻtgan. 1890-yil Soʻx qishlogʻi hududidan ilon shakli boʻrttirib tushirilgan tosh tumor topilgan boʻlib, uning ustki qismida ravoqsimon ushlagich bor, quyi qismi esa toʻrtburchak quti shaklida boʻlgan. Arxeologlarning aniqlashicha, bu tumor miloddan avvalgi uch ming yillik oxiri — ikki ming yillik boshlariga mansub hisoblanadi. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur Hindiston sari yurishidan avval bir yil Soʻxda turganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar „Boburnoma“ asarida ham keltirilgan. Soʻx — Soʻx daryosini oʻz ichiga olgan holda 350 kv km ni tashkil etuvchi Oʻzbekistonning eksklavidir. Bu hudud toʻlaligicha Qirgʻizistonning Botken viloyati tomonidan oʻrab olingan. Tarixi Eksklav 1955-yilda siyosiy xaritada paydo boʻlgan. Uning paydo boʻlish sababi borasida aniq maʼlumot mavjud emas. Baʼzi manbalarga koʻra hudud qirgʻiz va oʻzbek Kommunistik Partiyasi rasmiylari oʻrtasidagi qimor oʻyinida qirgʻiz rasmiysi tomonidan yutqazib qoʻyilgan deyiladi. Boshqa manbalarga koʻra esa kommunistlarning bu hududni oʻzbeklarga berish sababi quyidagicha: hududning asosiy yoʻllari Qirgʻizistonda joylashganiga qaramay, Oʻzbekiston bilan bogʻlangan, chunki qirgʻizlar hududidagi qismi, asosan, togʻlardan iborat boʻlgan. Soʻx ziddiyati Sovet davridan soʻng ham davom etadi. 1991-yilda davlatlar mustaqillikka erishganidan koʻp oʻtmay, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlatlari oʻrtasida Oʻzbekiston eksklaviga qirgʻiz hududidan oʻtuvchi yoʻllar orqali borishga ruxsat etuvchi kelishuv imzolanadi. 1999-yilda oʻzbek hukumati Oʻzbekiston Islomiy Harakati terroristik guruhi oʻzining har ikki davlatga qarshi operatsiyalarida Soʻx hududidan baza sifatida foydalanayotgani daʼvosi bilan eksklavdagi harbiy mavjudligini keskin oshirib, chegaralarni minalay boshlaydi. Shundan beri Qirgʻiziston oʻz hududiga minalar oʻrnatilgani va buning natijasida oʻzbek askarlari vaqti-vaqti bilan mahalliy aholiga zugʻum oʻtkazishidan arz qiladi. 2001-yil yanvarida Oʻzbekistondagi quvurlar zararlangani vaji bilan Qirgʻizistonga gaz uzatishni toʻxtatib qoʻyadi. Bishkek shahri rasmiylari esa ushbu vaziyatga Soʻx tumanini Oʻzbekiston bilan bevosita bogʻlash imkonini beruvchi 20 kvadrat kilometrlik hududlar ustida kechayotgan muzokaralarda ijobiy natijaga erishish maqsadida qilingan bosim deya baholaydi. 2001-yil fevralida davlatlar Soʻx chegaralarini aniqlashtirib beruvchi va Soʻxni Oʻzbekiston bilan bogʻlovchi hudud toʻgʻrisidagi memorandumga imzo chekishadi. Toshkent shahri rasmiylari ushbu hudud oʻrniga qirgʻizlarga boshqa bir hududni berishni taklif qiladi, biroq keyinchalik kelishuv Qirgʻizistondagi omma eʼtiboriga havola etilganidan soʻng, qirgʻizlar orasida „qirgʻiz yerini Oʻzbekistonga qoʻshqoʻllab topshirish milliy manfaatlarga nisbatan xoinlikdir“ mazmunidagi noroziliklar avj olib ketadi. Shu sababli Bishkek kelishuvni rad etishga majbur boʻladi va natijada ushbu muzokaralar hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Shundan beri soʻxliklar eksklavga kirib-chiqish uchun har ikki mamlakatning bir qancha chegara punktlaridan oʻtishga majbur hisoblanishadi. Oʻz navbatida qirgʻiz fuqarolari ham mamlakatning sharqiy va gʻarbiy qismlariga oʻtish uchun minalangan hududlarni bosib oʻtishlariga toʻgʻri keladi. Xudoyorxon qal’asi XVIII asr oʻrtalarida qoʻzgʻolonchi qirgʻizlarni tinchlantirish va Qorateginga boradigan karvon yoʻli ustidan nazorat oʻrnatish maqsadida Qoʻqon hukmdori Xudoyorxon ushbu hududda bir qalʼa qurdiradi. Terassaning butun perimetri boʻylab tosh-gil devor koʻrinib turadi. Bino qoya ustiga osilib turgan holda juda chiroyli manzara hosil qiladi. Bir paytlar bu yerda qilich va nayza bilan qurollangan zanjirli jangchilar istiqomat qilgan. Qalʼa strukturasining ikkala qismi tutashgan joyda konussimon ikkita minora qad koʻtargan. Aynan ular qal’aga qoʻrgʻon koʻrinishini beradi. Uning hududida hayvonlar va tuya chavandozlari tasvirlangan qadimiy tosh plitalar ham mavjud. Chizmalar, albatta, qal’a devorlaridan ancha eski boʻlib, ularning qal’aga hech qanday aloqasi yoʻq. Aholisi Arxiv maʼlumotlariga koʻra, 1909-yilda Soʻx volosti Konibodom uchastkasi tarkibiga kirgan boʻlib, bu yerdagi 2594 xonadonda 12 144 nafar aholi istiqomat qilgan, shundan 8853 nafari tojiklar, 3291 nafari qirgʻizlar boʻlgan. Hozirda tuman 19 ta aholi punktidan iborat. Aholisi 74,1 ming kishi, shu jumladan, shahar aholisi 38,8 ming kishini (65,9%) va qishloq aholisi esa 20,1 ming kishini (34,1%) tashkil etadi. Millatiga koʻra tojiklar 99,2% ni, qirgʻizlar 0,7% ni, oʻzbeklar 0,1% ni tashkil etadi. Tili So‘xning tojik aholisi tojik tilining turli shevalarida so‘zlashishadi, ular qabul qilingan tasnifga ko‘ra „Janubiy Farg‘ona“ guruhiga mansub hisoblanishadi. Koʻpgina eksklav aholisi anʼanaviy ravishda uch yoki undan ortiq tilda (tojik, oʻzbek, rus, qirgʻiz) gaplashadi, ammo deyarli barcha aholisining ona tili tojik tili hisoblanadi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari, xususan, haftalik „Sadoi sux“ („So‘x ovozi“) gazetasi ham aynan tojik tilida nashr etiladi. Oʻzbekistonda tojik tilidavlat tili maqomiga ega boʻlmasa-da, Soʻx qishloqlarida oʻttizdan ortiq oʻrta umumtaʼlim va maxsus taʼlim muassasalarida taʼlim ushbu tilda olib boriladi. SSSR parchalanganidan keyin eksklav tojiklari bilan Tojikistonning tojik aholisi oʻrtasidagi taʼlim va madaniy aloqalar toʻxtatilgan. Bugungi kun Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida koʻplab ziddiyatlarga sabab boʻladigan bu tumanda 80,000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Aholisining aksariyati, 95 % dan ziyodrogʻi tojik millatiga mansub. Tumanda ishsizlik darajasi yuqori boʻlib, aholi, asosan, qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. 2021-yil may oyiga qadar Soʻx tumanining Novobod mahallasi hududidan 4,5 gektar yer ajratilib, u yerda samolyot va vertolyotlar uchun aerodrom qurilishi rejalashtirilgan. Aerodrom qurilishi bitkazilganidan soʻng, u yerdan Fargʻona va Qoʻqon yoʻnalishlarida aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi. 2021-yilning aprel oyida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlatlari oʻrtasidagi kelishuvga asosan Soʻx tumanini Rishton tumani bilan bogʻlovchi avtomobil yoʻli ochilgan. Manbalar 5. https://kitobxon.com/uz/kitob/soh-tumori Oʻzbekiston eksklavlari Fargʻona viloyati tumanlari Anklavlar
2,125
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ochiq%20Software
Ochiq Software
Open software - bu butun jamiyat tomonidan programmalashtiriladigan bepul software. Bularga misol: Linux (Oper Syst.) (solishtirish uchun Windows) Open Office (solishtirish uchun Microsoft Office) Apache Server mySQL Database (solishtirish uchun.asp) php Scriptlari - Dinamic web sahifalar yaratishda qo'llaniladi (solishtirish uchun.asp) Eclipse
2,126
https://uz.wikipedia.org/wiki/Google%20Scholar
Google Scholar
Google Scholar — ilm-fan, maorif, referat, diplom, kurs, doktorlik ishlari togʻrisidagi maqolalarni topishga yordam beradi. Boʻlimlar: Kutubxonalarga yordam Nashriyotlarga koʻmaklashish Hozirda mazkur xizmat faqat ingliz tilida mavjud: Havolalar Google
2,127
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20daryolari
Oʻzbekiston daryolari
Oʻzbekistonda 25mingdan ziyod daryo, soy, soyliklar mavjud boʻlib, ular relyefga bogʻliq holda notekis joylashgan. Galereya Daryolari * Boshqa mamlakatlardan oqib o'tadigan daryolar Kanallar Fargʻona kanali Qorasuv kanali Qoraqamish kanali Darxonariq Salor kanali Sardoba kanali Oʻzbekistondagi daryolar Oʻzbekiston geografiyasiga oid roʻyxatlar
2,130
https://uz.wikipedia.org/wiki/Rossiya%20mamlakat%20tuzulishi
Rossiya mamlakat tuzulishi
Asosiy maqola Rossiya mamlakat tuzilishi Rossiyaning davlat tuzilishni 1993-yil qabul qilingan Konstitutsiya bilan belgilanadi. Davlat boshligʻi Rossiya Federatsiyasining Prezidenti hamda oliy harbiy qoʻmondon hisoblanadi — 4 yilga saylov asosida saylanadi. Rossiyaning qonun chiqaruvchi organi 2 palatadan iborat boʻlib Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasidan iborat. Prezident Davlat Dumasini ishdan chetlatish huquqiga ega. Hozirgi kunda prezident Vladimir Putin xisoblanadi. Davlat Dumasining yarimi bir mandatli okruglar tizimi boʻyicha saylanadi, ikkinchi yarimi esa partiya roʻyxatlari boʻycha (2006-yil 7-dekabrdan boshlab partiya roʻyxatlari boʻyicha)
2,131
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bremen
Bremen
Bremen — Germaniya yeri yoki erkin Ganza shahri. Shim. Germaniya pasttekisligida, Vezer daryosining Shimoliy dengizga quyilish joyida, bir-biridan 65 km masofada joylashgan ikki shahar — Bremen va Bremerxafenni (avanport) oʻz ichiga oladi, bu ikki shahar oraligʻidagi yerlar quyi Saksoniya hududi tarkibida. Maydoni 404 km². Aholisi 680 ming kishi (1995). B.— Germaniya yerlarining eng kichigi. Maʼmuriy markazi — Bremen shahri B.ga 787 yilda yepiskop qarorgohi sifatida asos solingan. 11-asrda u "Shimoliy Rim" deb atalgan. 1358-yilda B. Ganza shaharlari ittifoqi aʼzosi boʻlgan. 1646-yilda Erkin imperiya shahri huquqini olgan. 1618—48 ylardagi 30 yillik urushdan soʻng B. Shvesiya tarkibiga, 1715-yilda Gannoverga oʻtdi. 1815-yilda erkin shahar deb eʼlon qilindi. 1871-yildan Germaniya tarkibidagi erkin shahar. Iqtisodining poydevorini port xoʻjaligi, xalqaro savdo va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etadi. Mamlakatning eng yirik dengiz portlari shu shaharlarda joylashgan, ular yuk ortish va tushirish jihatidan dunyoda yetakchi oʻrinni egallaydi. Bremerxafen portila yuklarning katta qismi konteynerlarda qabul qilinadi va joʻnatiladi. Bu portlarda dengiz kemalariga tezkorlik bilan xizmat koʻrsatiladi. Sanoatida kemasozlik yetakchi urin da. Aviasozlik va kosmonavtika sanoati hajmi jihatidan va bu sohalarda yangi texnologiyalarni yaratish va joriy etish boʻyicha muhim ahamiyatga ega. Avtomobilsozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Bremerxafenda Germaniya qutbni oʻrganish markazi joylashgan. Iqtisodining yana bir muhim tarmogʻi — turizm. Dunyoga mashhur kemasozlik muzeyi, unt, ilmiy tadqiqot institutlari, sanʼat maktabi bor. Kad. B. SanktPetri gotika sobori, Uygʻonish davrida qurilgan binolari bilan mashhur. Bremen () Olmoniyaning shimoli-gʻarbida joylashgan Ganza shaharlaridan biridir. Manbalar Alifbo boʻyicha aholi punktlari Germaniya shaharlari
2,132
https://uz.wikipedia.org/wiki/Hessen
Hessen
Hessen yoki Gessen — Olmoniya yeri. G.ning katta qismi Oʻrta Olmoniya togʻlarida, oz qismi Mayn-Reyn pasttekisligida joylashgan. Mayd. 21,1 ming km. Aholisi 5 971 816 kishi Bosh shahri —Visbaden. 8—9-asrlarda graflik boʻlgan. 13-asr oxiridan Olmoniya knyazligi hududi. 1567 yilda 2 ta: Gessen-Kassel (1866 yildan Prussiya qoʻshib olgan) va Gessendarmshtadt (1866 yildan —Buyuk gersoglik, 1918 yildan —Veymar respublikasi tarkibidagi yer) knyazligiga boʻlingan. 1945 yilda Amerika va Fransiya okkupatsiya zonasida boʻlgan. 1949 yildan Olmoniya yeri. Iqlimi moʻʼtadil. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0-2°, iyulniki 18—20°. Keng bargli oʻrmonlar (hududining 40%) oʻsadi. Qoʻngʻir koʻmir qazib chiqariladi. G. Olmoniyada chiqariladigan kaliy tuzlarining 1/3 qismini beradi. Qora metallurgiya va metall buyumlar quyish sanoati rivojlangan. Yirik kimyo sanoati korxonalari (Frankfurtmayn, Xyoxst, Visbaden sh.larida) bor. Umumiy mashinasozlik, ayniksa, stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Koʻnchilik va rezina, anik, mexanika va optika buyumlari, oyna sanoati va zargarlik korxonalari bor. Bu yerda Wiesbaden, Frankfurt am Main, Darmstadt, Kassel, Offenbach, Wetzlar, Fulda va Gießen (Giessen) kabi taniqli shaharlar bor. Gessen hududida transport yoʻli va avtomobil yoʻllari zich joylashgan. Reyn va Mayn daryolarida kema qatnaydi. Asosiy transport tuguni — Frankfurtmayn. Turizm G. iqtisodiyotida salmokli oʻrin olgan. OPEL, MERCK, WELLA, LEICA va shunga oxshash koʻp yirik firmalarning markazi. Manbalar
2,134
https://uz.wikipedia.org/wiki/Erkin%20Vohidov
Erkin Vohidov
Erkin Vohidov (1936-yil 28-dekabr, Oltiariq tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2016-yil 30-may, Toshkent, Oʻzbekiston) – taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi. Vohidov oʻz sheʼrlarini yozish bilan bir qatorda taniqli xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Tvardovskiy, Johann Wolfgang von Goethe, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov hamda Sergey Yesenin asarlarini yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa, shoirning Yesenin asarlaridan hamda Goethening „Faust“ asarini qilgan tarjimalari eʼtiborga loyiqdir. Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1987-yil Oʻzbekiston xalq shoiri unvonini olgan. 1999-yilda esa oliy darajadagi Oʻzbekiston Qahramoni mukofotiga sazovor boʻlgan. Vohidovning sheʼrlari oʻzbeklar orasida yaxshi tanilgan va tez-tez toʻplamlarda chop etiladi. Shoirning bir necha sheʼriga kuy bastalangan, jumladan, Sherali Joʻrayev tomonidan. 2020-yilning oktyabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligi munosabati bilan Vohidovning „Inson“ sheʼri asosida yozilgan „Human“ (Inson) ashulasi arab, ingliz, italyan, qozoq, rus, tojik, turk va oʻzbek tillarida taqdim etildi. Hayoti Erkin Vohidovich Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan. Oʻqituvchi boʻlib ishlagan otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, qaytib kelganidan keyin vafot etgan. Vohidov oʻsha paytda toʻqqiz yoshda boʻlgan. Vohidov oʻsha davr qiyinchiliklarini shunday eslaydi: 1945-yil Vohidov onasi Roziyaxon Vohidova bilan Toshkentga koʻchib borgan. Onasi ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtgan. Vohidov togʻasi Karimboy Sohiboyev qoʻlida katta boʻlgan. Vohidovning sheʼriyatga boʻlgan qiziqishini togʻasi uygʻotgan: Vohidov 1960-yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishlagan. Shoir 2016-yilning 30-mayida 79 yoshda vafot etdi. Ijodi Vohidov 1960-yildan 1963-yilgacha „Yosh gvardiya“ jurnali muharriri oʻlaroq ishlagan. 1975—1982-yillarda jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlagan. 1963—1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti bosh muharriri, 1985—1987-yillarda esa direktori boʻlib ishlagan. 1982—1985-yillarda „Yoshlik“ oylik jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Oliy Majlisi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi (1995—2005) hamda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (2005—2009) lavozimlarida ishlagan. Vohidov oʻquvchilik yillarida sheʼr yoza boshlagan. Ilk sheʼri 14 yoshida „Mushtum“ jurnalida chop etilgan. Shoirning ilk sheʼriy toʻplami „Tong nafasi“ kitobi boʻlib, u 1961-yil bosilib chiqqan. 1987-yil „Shoiru, sheʼru shuur“ nomli asari nashr qilingan. Vohidov uch pyesa ham yozgan. Bular „Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“ hamda „Ikkinchi tumor“ pyesalaridir. „Oltin devor“ komediyasi Pokistonning Lohur shahri teatrida qoʻyilgan. Nazmiy asarlari Quyida Vohidovning sheʼriy toʻplamlari keltirilgan: „Tong nafasi“ (1961) „Qoʻshiqlarim sizga“ (1962) „Yurak va aql“ (1963) „Mening yulduzim“ (1964) „Nido“ (1965) „Lirika“ (1965) „Palatkada yozilgan doston“ (1967) „Yoshlik devoni“ (1969) „Charogʻbon“ (1970) „Quyosh maskani“ (1972) „Dostonlar“ (1973) „Muhabbat“ (1976) „Tirik sayyoralar“ (1978) „Ruhlar isyoni“ (1980) „Sharqiy qirgʻoq“ (1980) „Kelajakka maktub“ (1983) „Bedorlik“ (1985) „Hozirgi yoshlar“ (1986) „Saylanma“ „Birinchi jild: Muhabbatnoma“ (1986) „Ikkinchi jild: Sadoqatnoma“ (1986) „Daraxtlar suhbati“ (1988) „Kuy avjida uzilmasin tor“ (1991) „Oʻrtada begona yoʻq“ (1991) „Yaxshidir achchiq haqiqat“ (1992) „Qumursqalar jangi“ (1993) „Mening yulduzim“ (2000) „Saylanma“ „Birinchi jild: Ishq savdosi“ (2000) „Ikkinchi jild: Sheʼr dunyosi“ (2001) „Uchinchi jild: Umrim daryosi“ (2001) „Oʻzbegim: Sheʼrlar“ (2005) „Oʻzbegim“ (2006) „Orzuli dunyo“ (2010) „Tabassum“ (2010) „Yangi sheʼrlar“ (2014) „Zamin sayyorasi“ (2014) „Devon: Senga baxtdan taxt tilarman“ (2015) „Inson“ (2015) „Saylanma“ „Birinchi jild: Bahor tarovati“ (2015) „Ikkinchi jild: Yoz harorati“ (2015) „Uchinchi jild: Kuz saxovati“ (2016) „Toʻrtinchi jild: Qish halovati“ (2016) Nasriy asarlari „Adabiy portretlar“ (1985) (hammualif) „Shoiru, sheʼru shuur“ (1987) „Iztirob“ (1991) „Saylanma“ „Toʻrtinchi jild: Koʻngil nidosi“ (2001) „Soʻz latofati“ (2014) „Saylanma“ „Beshinchi jild: Qalb sadoqati“ (2018) „Oltinchi jild: Erk saodati“ (2018) Rus tilida chop etilgan sheʼriy toʻplamlari Vohidovning koʻp sheʼri rus tiliga tarjima qilingan. Quyida shoirning rus tilida chop etilgan toʻplamlari keltirilgan. „Lirika“ („Lirika“) (1970) „Stixi“ („Sheʼrlar“) (1974) „Uzelok na pamyat“ („Uchi tugilgan roʻmolcha“) (1980) „Vosstanie bessmertnix“ („Ruhlar isyoni“) (1983) „Liniya jizni“ („Hayot yoʻli“) (1984) „V minutu pesni ne porvis, struna…“ („Kuy avjida uzilmasin tor“) (1986) Adabiy tarjimalari Vohidov koʻplab xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Blok, Aleksandr Tvardovskiy, Friedrich Schiller, Johann Wolfgang von Goethe, Lesya Ukrainka, Mixail Svetlov, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov, Sergey Yesenin hamda Silva Kaputikyan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Xususan, shoir 1974-yil Goethening „Faust“ asarini oʻzbekchaga oʻgirgan. Shoir Yesenin sheʼrlarini ayniqsa yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Quyida Yeseninning vidolashish sheʼri boʻlmish „Xayr endi, xayr, doʻstginam“ (1925) sheʼrining Vohidov qilgan tarjimasi keltirilgan. Vohidov sheʼrlari esa nemis, fransuz, ingliz, urdu, hind, arab va boshqa turkiy tillarga tarjima qilingan. Sovet shoiri Robert Rojdestvenskiy Vohidov asarlarini juda yuqori baholagan. Quyida shoirning „Oʻzbegim“ sheʼrining inglizcha tarjimasidan parcha keltirilgan: Kuy bastalangan sheʼrlari Vohidovning koʻp sheʼriga oʻzbek ijodkorlari qoʻshiq bastalagan. Bular orasida eng taniqlilari Sherali Joʻrayev ijro etgan „Inson“ hamda „Oʻzbegim“ ashulalaridir. Merosi Vohidov oʻzbeklarning eng sevimli shoirlaridan biri. Oʻzbekistonda koʻplab muassasa va joylarga shoir nomi berilgan. 2018-yilda Margʻilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi. 2019-yilda esa shaharda Erkin Vohidov memorial muzeyi ochildi. Vohidov hayoti va ijodi haqida koʻplab kitob yozilgan, shu jumladan, „Erkin Vohidov saboqlari“ (2016), „To quyosh sochgayki nur“ (2016), „Soʻz sehri“, „Oʻzbegimning Erkin oʻzbegi“ kitoblari. Manbalar Havolalar Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlangan sayt Oʻzbekistonlik yozuvchilar Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari Oʻzbek tarjimonlari Oʻzbekiston dramaturglari Oʻzbekiston SSR xalq shoirlari Shoirlar Oʻzbekistonlik shoirlar Yozuvchilar
2,135
https://uz.wikipedia.org/wiki/Java
Java
Java qati’y va statik tipizatsiyaga ega boʻlgan va obyektga yoʻnaltirilgan umumiy maqsaddagi dasturlash tilidir. Avvaliga Sun Microsystems tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik Oracle kompaniyasi tarafidan sotib olingan. Tarixi Java dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʻldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga, yaʼni operatsion sistemaga bogʻliq boʻlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlari C++ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʻra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun maʼlum oʻzgarishlar qilishdi. Tilning asosiy xususiyatlari Java obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash () tili va u C++ ga ancha oʻxshash. Eng koʻp yoʻl qoʻyildigan xatolarga sabab boʻluvchi qismlari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java kod yozilgan fayllar (*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod () ga oʻtadi va bu bayt kod Java Virtual Mashinasi JVM tomonidan oʻqib yurgizdiriladi. Java afzalliklari: WORA — ( - portable). Platforma tanlamaydi; xavfsizlik (ishonch yoʻq kodni xavfsiz ishga tushirish); xotirani xavfsiz boshqarish (avtomat ravishda chiqindilarni yigʻadi); tarmoq uchun dasturlar yozish ; koʻp oqimli () dasturlash; dinamik & kengaytirish; Class lar alohida fayllarda saqlanadi. Kerak boʻlsa ishlatiladi. Dinamik ravishda imkoniyatini oshirish xam mumkin kerak boʻlsa. Java texnologiyalari Java SE () — serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlay oladi (Windows NT, Macintosh, Linux va Solaris). Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.JVM (Java Virtual mashinasi) JVM ning vazifasi tarjimonlik ya’ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida bayt kod ga o’giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo’lsa, kodlarni ham o’sha platformaga moslab beradi. JVM ni ko’pgina qurilmalar va dasturiy ta’minotlar uchun ishlatish mumkin. Har bir OT(operatsion tizim) uchun JVM JRE va JDK lar konfiguratsiyasi farq qiladi, chunki bular platformaga bog’liq. Lekin java mustaqil platforma hisoblanadi.JVM ning amalga oshiradigan asosiy vazifalari Loads code (kod yuklanishi) Verifies code (kod tekshirilishi) Executes code (kod bajarilishi) Provides runtime environment (dasturni bajarilish muhitini ta’minlash) JRE (Java bajarilish muhiti) JRE – Java Runtime Environment JRE – bu faqat dastur bajarilishi uchun kerak bo`lgan muhit xolos. Dasturchi bo`lmagan oddiy foydalanuvchilarga Java dasturlari bajarilishi uchun JRE yetarlidir. JDK(Java Development Kid) - JDK tarkibida JRE va boshqa qo'shimcha dasturlash uskunalari bo'ladi. Manbalar Dasturlash tillari Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tillari
2,141
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shveysariya
Shveysariya
Shveysariya (Switzerland, nem. Schweiz, , ), Shveysariya Konfederatsiyasi (, , ) – Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 41 285km². Aholisi 10 mln. kishi (2023). Yuridik jihatdan Poytaxti yoʻq. Poytaxt sifatida Bern shaxri foydalaniladi. Maʼmuriy jihatdan 23 kanton (ulardan 3 tasi yarim kantonlar)ga boʻlinadi. Dunyodagi kambagʻallik darajasi eng past boʻlgan davlat hisoblanadi. Davlat tili Shveysariyada 4 ta davlat tili bor: nemis, fransuz, italyan va retromancha tillari. Shveysariyaning birinchi davlat tili nemis tilidir. Chunki bu tilda 5 millionga yaqin aholi soʻzlashadi. Lekin ular shevada soʻzlashishadi. Bu degani ular shveysarcha-nemischa gaplashishadi. Shveysariyada 50 dan ortiq sheva turi bor. Bundan tashqari fransuz, italyan tillari ham aholi tomonidan shevalashtirilgan. Davlat tuzumi Shveysariya – federal parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1874-yil 29-mayda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat va hukumat boshligʻi – prezident, u Federal majlis tomonidan Federal kengash (hukumat) aʼzolaridan 1 yil muddatga saylanadi va qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy kengash va Kantonlar kengashi) Federal majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va Federal kengash (hukumat) amalga oshiradi. Har bir kanton oʻz konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega. Tabiati Hududining katta qismida Alp togʻlari joylashgan (bal. 4634 m gacha, Dyufur togʻi). Mamlakat markazida Shveysariya yassitogʻligi, shimoliy gʻarbida Yura togʻlari bor. Iqlimi nam, moʻtadil iqlim boʻlib, Jenevada yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 0°, iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800–2500 mm. shahrida daryo koʻp. Reyn (Aare irmogʻi bilan) daryosi, Rona, Inn, Tichino daryolarining yuqori oqimi shahridan oqib oʻtadi. Jeneva, Boden va boshqalar koʻllar bor. Togʻ qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% i oʻrmon. Yassitogʻlik va togʻlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar oʻsadi, baland togʻlar subalp va alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Alp togʻlarida muzliklar bor (2 ming km²ga yaqin). Hayvonot dunyosi boy. Togʻlarda sut emizuvchilardan yovvoyi echki, suvsar, quyon, sugʻur, ayiq, tulki va boshqalar, parrandalardan burgut, karqur, togʻchumchuq, daryo va koʻl qirgʻoqlarida baliqchi qush uchraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Togʻlarda turizm, alpinizm, sportning qishki turlari bilan shugʻullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Shveysariya milliy bogʻi, koʻplab rezervat va buyurtma qoʻriqxonalar bor. Aholisi olmon-shveysariyaliklar, fransuz-shveysariyaliklar, italyan-shveysariyaliklar va reto-romanlardan iborat. Italyan, nemis, ispan, fransuz, portugal va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar – nemis, fransuz, italyan va reto-roman tillari. Aholining 67,7% shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning aksariyati katolik va protestantlar. Yirik shaharlari: Syurix, Bazel, Jeneva, Bern, Lozanna. Tarixi shahrida yashagan odamlarning qadimiy qarorgohlari paleolit davriga mansub. Shveysariya haqidagi birinchi yozma manbalar mil. av. 2-asrga oid. Oʻsha davrda shahrining katta qismiga gelvetlarning kelt qabilalari kelib oʻrnashgan (shahrining qadimiy nomi – Gelvetsiya shundan kelib chiqqan). 496—536 yillarda Shveysariya hududi Franklar davlati tarkibiga kirdi. 7-asrda aholini xristian diniga kiritish nihoyasiga yetdi. 10-asrda shahrining sharqiy, 1032—34 yillarda gʻarbiy qismi „Muqaddas Rim imperiyasi“ tarkibiga kirdi. 13-asr oʻrtalarida Gabsburglarga qarshi boshlangan kurash natijasida Shvits, Uri, Untervalden kantonlari 1291-yil 1-avgustda oʻzaro „abadiy ittifoq“ tuzib, „Muqaddas Rim imperiyasi“ doirasida Shveysariya konfederatsiyasiga asos soldi, 1499-yilda esa amalda mustaqil davlatga aylandi. 1513-yil 13 kantondan iborat federatsiya sifatida toʻliq shakllandi (1798-yilgacha mavjud boʻlgan). 1648-yilgi Vestfaliya sulhiga binoan Shveysariya suveren davlat deb tan olindi. 16-asrda shahrida reformatsiya harakati tarqaldi. 18-asr oxirida shahrida sanoat va savdo birmuncha rivojlandi. 1798—1803-yillar Shveysariya hududida Gelvetsiya respublikasi mavjud boʻldi. 1814— 15 yilgi Vena kongressi shahrining hozirgi davrdagi chegarasiga yaqin boʻlgan chegarani belgilab berdi va uni abadiy betaraf davlat deb eʼlon qildi. 19-asrning 30—40-yillari siyosiy tuzumni demokratlashtirish va mamlakatni markazlashtirish harakati avj oldi. 1848-yilgi konstitutsiya boʻyicha Shveysariya kantonlarning uncha mustahkam boʻlmagan ittifoqidan yagona federativ davlatga aylandi. 1va Ikkinchi jahon urushi yillari Shveysariya oʻz betarafligini tasdiqladi. Shveysariya hududida turli xalqaro tashkilotlar joylashgan. Shveysariya 2002-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 23-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil 7-mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 1-avgust – Konfederatsiya tashkil etilgan kun (1291); 1899-yildan beri nishonlanadi. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Shveysariya demokratikxristian partiyasi, 1935-yil tashkil etilgan; Shveysariya demokratlari partiyasi; Shveysariya „koʻkatparvarlar“ partiyasi, 1983-yil asos solingan; Shveysariya radikaldemokratik partiyasi, 1848-yil tuzilgan; Shveysariya sotsialdemokratik partiyasi, 1888-yil tashkil etilgan; Shveysariya liberal partiyasi, 1913-yil asos solingan; Shveysariya xalq partiyasi, 1971-yil sentabrda Shveysariya dehqon, hunarmand va byurgerlar birlashgan partiyasi (1919) hamda Shveysariya demokratik partiyasi (1944) negizida tuzilgan; Shveysariya ozodlik partiyasi, 1985-yil tashkil etilgan; Shveysariya mehnat partiyasi, 1944-yil Shveysariya KP (1921) va soʻl sotsialistlar guruhi birlashishi natijasida tuzilgan. Shveysariya kasaba uyushmalari birlashmasi, 1880-yilda tashkil etilgan. Iqtisodiyoti Shveysariya – intensiv qishloq xoʻjaligiga ega boʻlgan yuksak rivojlangan industrial mamlakat; jahondagi yirik moliya markazlaridan va kapital eksport qiluvchilardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 25%, qishloq xoʻjaligi niki 2,9%, moliya va sugʻurtaniki 25,4% ni tashkil etadi. Sanoatida mashinasozlik va metallsozlik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Mashinasozlik sanoati metall ishlovchi aniq stanoklar, temirpress asbobuskunalari, elektrotexnika buyumlari ishlab chiqaradi. Jahonda ishlab chiqariladigan soatning U2qismi shahriga toʻgʻri keladi. Kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, qogʻoz, poligrafiya, oziqovqat (pishloq, shokolad va konsentratlar) sanoati rivojlangan. Toshtuz va qurilish materiallari qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 60,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (ʻ/2qismi GESlarda, 2/5qismi AES larda). Qishloq xoʻjaligining asosi chorvachilik (asosan, sut chorvachiligi) hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 3/4 qismi chorvachilikka toʻgʻri keladi, qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Dehqonchilikda bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Tokchilik rivojlangan. Togʻlarda yogʻoch tayyorlanadi. Transportning turli xillari mavjud. Transport yoʻlilar hammasi elektrlashtirilgan boʻlib, ularning uz. 5 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 71,1 ming km. Kanat va osma yoʻllar ham bor. Reyn daryosi va koʻllarda kemalar qatnaydi. Eng yirik porti – Bazel shahri Syurix va Jenevada xalqaro aeroportlar bor. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan (yiliga oʻrtacha 7 mln. kishi kelibketadi). Shveysariya chetga mashinasozlik va metallsozlik mahsulotlari, jumladan, soat, aniq priborlar, ximikat, toʻqimachilik mollari, kiyimkechak, oziq-ovqat va boshqalar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, xom ashyo, jihozlar oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH va boshqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – shveysariya franki. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Shveysariya vrachlar untlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Lezen, Lugano, Davos, Montryo va boshqalar shaharlarda mashhur kurortlar bor. shahrida taʼlimning yagona tizimi yoʻq. Har bir kanton oʻzining maktab qonuni va boshqaruviga ega. Lekin barcha kantonlar uchun 6—7 yoshdan 15—16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Asosiy (boshlangʻich) maktablar har bir kantonda qabul qilingan sistemaga qarab 7, 8 yoki 9 yillik boʻlib, ular 2 bosqichdan iborat (4+3, 4+4 yoki 4+5). Oʻrta maktablar 2 turkumli boʻlib umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablarga boʻlinadi. Hunartexnika oʻquv yurtlari, tijorat, maʼmuriy, texnika, qishloq xoʻjaligi va badiiy maktablar, oʻqituvchilar gimnaziyalari mavjud. Oliy taʼlim tizimiga universitet va institutlar kiradi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Syurix universiteti, Jeneva, Bazel, Bern untlari, Syurix va Lozannadagi federal texnologiya institutlari, SanktGallendagi iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar maktabi. Shveysariya ilmiytadqiqotlarga Shveysariya milliy fondi (1952) rahbarlik qiladi. Yirik kutubxonalari: Bazel universiteti kutubxonasi (2 mln.dan ortiq asar), Shveysariya milliy qutubxonasi (Bern shahrida, 1,5 mln.dan ortiq asar). shahrida 600 muzey bor. Yiriklari: Syurixdagi tarix muzeyi, Bazel, Bern, Jeneva va Syurixdagi sanʼat muzeylari, Lozannadagi nafis sanʼat muzeyi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Shveysariya bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Bazler saytung“ („Bazel gazetasi“, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1977-yildan), „Berner saytung“ („Bern gazetasi“, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1979-yildan), „Blik“ („Nigoh“, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), „Veltvoxe“ („Jahon hafta ichida“, nemis tilidagi haftanoma, 1933-yildan), „Tages ansayer Syurix“ („Syurix kundalik sharhi“, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1893-yildan), „Tribyun de Lozann – maten“ („Lozanna minbari – tong“, fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1862-yildan). Shveysariya telegraf agentligi (ATS) 1894-yilda tashkil etilgan; yirik gaz. nashriyotlarining aksiyadorlik jamiyati. Shveysariya radioeshittirish va televideniye jamiyati, yarim tijorat tashkiloti. shahrida radioeshittirishlar 1923-yildan, muntazam telekoʻrsatuvlar 1958-yildan boshlangan. Adabiyoti Adabiyoti nemis, fransuz, italyan, retoroman tillarida rivoj topmoqda; tiliga koʻra qardosh boʻlgan qoʻshni mamlakatlardagi adabiyot bilan bogʻlangan. Nemis tilidagi adabiyot qadimiy xalq qoʻshiqlari, afsonalarga boy (Vilgelm Tell haqidagi afsonalar, tarixiy xronikalar). Maʼrifatchilik oqimi davrida A. Geller va buyuk pedagog I. G. Pestalotssi ijodida milliy xususiyatlar oʻz aksini topdi. Fransuz yozuvchisi J. J. Russo hayoti va ijodi ham Shveysariya bilan bogʻlangan. 1848-yilgi inqilobdan soʻng nemis tilida ijod qiluvchi I.Gotxelf, G. Keller, K. F. Meyer kabi yozuvchilar ijodida realizmni ravnaq topishiga imkon yaratildi; 19-asr fransuz tilidagi adabiyotning mashhur vakili R. Tepferdir. Shu yozuvchilarning ijodi tufayli Shveysariya adabiyoti birinchi marta chet elga tanildi. 20-asrning 1-yarmida nemis tilida yozuvchi R. Valzer, Ya. Byurer, fransuz tilida yozuvchi Shveysariya F.Ramyu kabi adiblar oʻz asarlarida dolzarb ijtimoiy muammolarga murojaat qildilar. Ular urushdan keyingi davrdagi realistik adabiyotni yanada yuksaltirish uchun zamin yaratdilar. Nemis tilida ijod qiluvchi M. Frish va F.Dyurrenmatt asarlari milliy adabiyotni Yevropa madaniyatining boyligi darajasiga olib chiqsi. 1960—70 yillarda nemis tilida yozuvchi V. M. Diggelman, A. Mushg, O. F. Valter kabi adiblar roman va hikoyalarida, A.Martining sheʼriy toʻplamlarida nemis tilidagi shveysar adabiyotining realistik anʼanalari zamonaviy tasviriy vositalar bilan uygʻunlashib ketgan. Fransuz tilida yozuvchi J. Alda, F. Jakotte, J. Shesseke, italyan tilida yozuvchi F.Kyeza, retoroman tilida yozuvchi K. Birt, A. Peyer, S. Kens kabi adiblar mashhur. Meʼmorligi Shveysariyaning qadimiy meʼmoriy yodgorliklari merovinglar sanʼati (RivaSanVitaldagi baptisteriy, 5— 6-asrlar), keyinchalik „Karolinglar uygʻonish davri“ sanʼati (SanktGallendagi monastir, 7-asr) bilan bogʻlangan. Romangotika uslubidagi binolar (Syurixdagi Grosmyunster, 12—15-asrlar; Bazeldagi soborlar, 1185—1200) Fransiya va Olmoniya meʼmorligiga yaqin. Uygʻonish davri meʼmorligi anʼanalari 17-asr inshootlarida saqlanib qolgan (Syurixdagi ratusha, 1694—98, meʼmor I.Ya. Keller). 17—18-asrlar meʼmorligida barokko uslubi qaror topdi (SanktGallendagi cherkov, 1755— 70; Lozannadagi ratusha, 17-asrda qayta qurilgan). 18-asr oxirida klassitsizm keng tarqaldi (Nevshateldagi ratusha, 1782—90, meʼmor P. A. Pari). 19-asr oʻrtalarida eklektizm, 19-asr oxirida modern uslubi koʻrinishlari paydo boʻla boshladi. 20-asrning 20-yillari meʼmorlar xalq meʼmorligi anʼanalaridan va funksionalizm usul va metodlaridan foydalandilar. 30-yillardagi buyuk inshootlar: Lyutserndagi Lyutsern kantoni sanʼat va majlislar uyi (1930—33, meʼmor A.Meyli), Jenevadagi Millatlar saroyi (1927—37, meʼmor Giyol). 50—70-yillarda yoʻddoshshaharlar (LeLinon, Jeneva yaqinida, 1962— 70, meʼmorlar G. va P. Amman va boshqalar), ijtimoiy va maʼmuriy binolar [Lozanna shahridagi „Kodak“ firmasi maʼmuriy binosi va omborxonasi, 1961—63, meʼmor F. Blugger; Syurixdagi „Bashariyat uyi“ (Le Korbyuzye markazi), 1967, meʼmor Le Korbyuzye; Sug shahridagi turar joy binolari, 1958—68, meʼmor F. Shtukki va boshqalar; Jenevadagi „Le Pari“ kinoteatri, 1971, meʼmor M. J. Soje]. Tasviriy sanʼati Shveysariya hududidan topilgan ilk tasviriy sanʼat yodgorliklari mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmiga mansub (qarang Laten madaniyati). Myunster (hozirgi Myustair)dagi SanktIogann cherkovidagi devoriy rasmlar 9-asrga oid boʻlib, monumental rangtasvirning qadimiy yodgorligi hisoblanadi. 13—15-asrlarda gotika haykaltaroshligi va rassomligi, kitob miniatyurasi, vitraj hamda dastgoh sanʼati rivojlandi. 16-asrda rassomlar N. ManuelDeych, U. Graf va kichik X. Ley ijodi diqqatga sazovor. G.Asper, yil Amman va T. Shtimmer 16-asr kitob miniatyurasi ustalaridir. Bazelda kichik X. Xolbeyn uzoq vaqt faoliyat yuritdi. 17-asr Shveysariya sanʼatida barokko uslubi yaqqol koʻzga tashlanadi. 18-asrda koʻp shveysariyalik sanʼat ustalari Fransiyada taʼlim olganligi va ishlaganligi sababli, oʻsha davr Shveysariya tasviriy sanʼati Fransiya taʼsiri ostida boʻldi. Shu davr rangtasvirida pastel va miniatyura portreti (J.Ye. Liotar), manzara (S. Gesner), tarixiy va maishiy (I. L. Aberli, 3. Freydenberger) janrlarda koʻplab asarlar yaratiddi; ayniqsa, A. Graf va I. G. Fyusli (asosan, Angliyada ishlagan) ijodi diqqatga sazovor. 19-asr boshida tasviriy sanʼatda klassitsizm va romantizm deyarli rivojlanmadi (rassomlar X. L. Fogel, X. Xeys, grafikachi R.Tepfer ijodi). 19-asr oʻrtalarida realistik manzaralar (A. Kalam), mehnatkash xalq hayoti ifodalangan maishiy kartinalar (F. Buxser, A. Anker) yaratildi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida simvolizm va „modern“ uslubida ijod qilgan A. Beklin shuhrat qozondi; F. Xodler ijodi milliy tarix mavzusiga bagʻishlandi. Bu davrda Shveysariya sanʼatida impressionizm, postimpressionizm, simvolizm oqimlari avj oldi (shveysariyalik rassomlardan F. Vallotton, T. Steynlen Fransiyada ishladilar, A. Jakometti ijodi ham fransuz maktabi bilan bogʻliq). Birinchi jahon urushi yillari Shveysariya sanʼatida ekspressionizm yoʻnalishi rivojlandi. 60—70-yillar Shveysariya sanʼatida Yevropa sanʼati oqim va yoʻnalishlari koʻzga tashlandi. Xalq sanʼatida yogʻoch oʻymakorligi, kulollik, toʻqimachilik, charm va metall buyumlar tayyorlash rivojlangan. Musiqasi Shveysariya xalq musiqa sanʼatida Alp togʻlarida yashovchi togʻlilarning oʻziga xos janri – yodl va choʻpon kuylari ajralib turadi. Musiqa asboblari – alp burgʻusi va shveysar hushtagi. Professional diniy musiqa taxminan 10-asrda vujudga kelgan. SanktGallen monastiri Yevropa musiqa markazi boʻlgan. 13-asrdan dunyoviy musiqa sanʼatini tarqatuvchi minnezingerlar faoliyat koʻrsatgan. 16-asrda polifoniya musiqasi ustalari X. Kotter, L. Zenfl, L. Burjua ijod qildilar. 17-asrda shahar musiqa birlashmalari tuzila boshladi. 18-asr oxiri – 20-asrda xor va musiqa jamiyatlari tuzildi, musiqa taʼlimi rivojlandi (kompozitor va pedagoglar X. G. Negeli, I. F. Xegar, X. Xuber, ritmik tarbiya tizimi asoschisi E. JakDalkroz). 20-asrda F. Andre, V. Burkxard, G. Dore, F. Marten, K. F. Seminn, 20-asr 2-yarmida G. Xolliger, V. Fogel, Yu. Vittenbax, R. Mozer kabi kompozitorlar mashhur boʻlgan. shahrida 10 dan ortiq simfonik orkestr, bir qancha opera truppalari, xor jamoalari va kamercholgʻu ansambllari, Bazel musiqa akademiyasi, Jeneva, Syurix, Bern, Lozannada konservatoriyalar bor. Teatri Shveysariya teatr sanʼati xalq rasmrusumlari asosida vujudga kelgan va fransuz, nemis, italyan tillarida rivojlanmoqda. 16-asrda reformatsiyaning katolitsizmga qarshi kurashini aks ettiruvchi pyesalar yaratilgan. 1512-yil birinchi dunyoviy pyesa – „Tell toʻgʻrisida oʻyin“qoʻyilgan. Fastnaxtshpil janri keng tarqalgan; bunda voqelikni haqqoniy aks ettirish siyosiy satira bilan uygʻunlashib ketgan. 1738-yil Jenevada birinchi professional truppa tashkil boʻldi va u fransuz dramaturglarining pyesalarini sahnalashtirdi. Lozanna (1781), Jeneva (1782 va 1789), Shatlen (1786) va boshqalar shaharlarda teatr binolari qurildi. 1801-yil Sankt-Gallenda professional teatrga asos solindi. 1879—1951-yillar Jenevada „Granteatr“ faoliyat koʻrsatdi. 1908-yil Syurixda „Pfauenteatr“ drama teatri (keyinchalik „Shaushpilxauz“) ochildi va shahrining yetakchi milliy teatriga aylandi. 1938—61 yillarda bu teatrga taniqli rejissor Oskar Velterlin rahbarlik qildi va teatrlarda B. Brext, F. Dyurrenmatt, A. Chexov va boshqalarning pyesalari qoʻyildi. shahridagi boshqa mashhur teatrlar: Lozannadagi „Pti shen“ va „Bolye“, Jenevadagi komediya, „Nuvo teatr de posh“ va „De Rosh“ teatrlari, Syurixdagi Noymarkt teatri, Bazeldagi teatr, Bern, Lyutserndagi teatrlar. Shveysariya teatrining yetakchi arboblari: O. Eberle, X. Gnekov, L. Lindtberg, teatr rassomi G.Otto. Filmi Birinchi toʻla metrajli badiiy film („Konfederatsiyaning vujudga kelishi“, rejissor E. Xarder) 1924-yilda yaratilgan. Shu yili Syurixda „Prazens“ kinofirmasi tashkil etildi. 1930—40 yillarda hujjatli filmlar rejissorlari A. Veksler, E. Layzer ishlari, rejissor L. Lindtbergning vatanparvarlik ruhidagi badiiy filmlari („Oʻqchi Vipf“, 1938; „Soʻnggi imkoniyat“, 1945) ajralib turadi. 1950-yillarda „Batrak Uli“ (1954), „Pishloq pishiruvchilar“ (1958; ikkalasining rejissor F. Shneyder), „Odeon kafesi“ (1958, rejissor K. Fryu) filmlari ekranga chiqdi. 60-yillargacha shahrida kino, asosan, nemis tilida boʻlgan. Fransuz tilida ijod qiluvchilar orasida hujjatli filmlar rejissor Shveysariya Dyuvanel va hujjatli filmpamfletlar muallifi A. Brandt mashhur. 1968-yil rejissorlar A. Tanner, K.Goretta, J. L. Rua, M. Sutter va J. J. Lagranj (keyinchalik oʻrniga N. Yersen boʻldi). „Beshlar guruhi“ga birlashdilar va voqelikni boʻyab berishga qarshi chiqdilar. Ular oʻz filmlari („Salamandra“: 1971; „Afrikadan qaytish“, 1975; „Dunyo oraligʻi“, 1975, barchasining rejissor A. Tanner; „Taklif“, 1972, rejissor K. Goretta)da oddiy kishilar turmushini, hayot qiyinchiliklarini koʻrsatdilar. 1970—80 yillarda rejissorlar R. Lissi, T. Kyorfer, D. Shmid mashhur boʻlgan. Syurixda Shveysariya kinomarkazi faoliyat yuritadi. 1946-yildan Lokarnoda xalqaro kinofestivallar oʻtkaziladi. Manbalar Oʻzbekiston – Shveysariya munosabatlari
2,142
https://uz.wikipedia.org/wiki/Choy
Choy
Choy () — choy butasi barglarini, haslarini bir necha daqiqaga issiq suvda ivitilishidan tayyorlanadigan ichimlik. Haqiqiy choyning asosiy toʻrt turi mavjud: qora choy oolong choy koʻk choy oq choy Yetishtirish va yigʻib olish Choyni tayyorlash uchun xomashyo sifatida maxsus plantatsiyalarda koʻplab miqdorda oʻstiriladigan choy butasining barglaridan foydalaniladi. Choy yetishtirish boʻyicha eng koʻp ulushga ega boʻlgan Xitoy, Hindiston va Afrikada yiliga toʻrt marotabagacha hosil yigʻib olinadi. Avvalgi ikki hosildan olinadigan choy eng koʻp qadrlanadi. Choy yetishtirish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hududlarning shimoliy chegarasi taxminan sobiq sovet ittifoqining janubiy respublikalari (Ozarbayjon, Gruziya) yoki Rossiyaning Krasnodar oʻlkasi kengliklaridan oʻtadi. Yuqori navli choylar uchun xomashyo unchalik katta boʻlmagan (taxminan 0,5 ga maydonda) togʻ yonbagʻirlaridagi tarqoq holda joylashgan plantatsiyalarda oʻsadi, shu sababli, barglarni yigʻish ishlariga bir plantatsiyadan boshqasiga oʻtish zaruriyati ham qoʻshiladi. Choy barglari qoʻl bilan yigʻiladi va navlarga ajratiladi. Terimchilarning mehnati yetarlicha ogʻir va bir hil yoʻsindagi ish hisoblanadi: tayyor qora choyning va xom bargning massa nisbati – taxminan ¼ ni tashkil qiladi, ya’ni bir kilogramm choy tayyorlash uchun toʻrt kilogramm barg yigʻish kerak boʻladi (taxminan 2000 dona barg). Terimchilar uchun barg terimi me’yori kuniga 30—35 kg ni tashkil qiladi, bunda sifat standartlariga rioya qilish va butalardan faqat kerakli barglarnigina olish talab qilinadi. Qoʻlda terish zaruriyati choyni yetishtirish imkoniyatlarini chegaralaydi: qoʻlda terish terimchilarning qoʻl mehnati narxi yetarli darajada past va yetarli darajada yuqori samaradorlikka ega boʻlgan hududlardagina mantiqqa ega. Choy bargini terish va navlarga ajratishni mexaniatsiyalashtirishga bir necha bor harakat qilib koʻrilgan, xususan, SSSRda 1958-yildayoq mexanizatsiyalashgan choy terish agregati yaratilgan edi, biroq mexanizatsiyalashgan terim texnologiyasi hanuzgacha oxirigacha yetkazilmagan: kombaynlar yordamida terilgan barglarning sifati juda xam past boʻladi, buning asosiy sababi – agregatlardagi begona hatti-harakatlarning koʻpligidadir, shuning uchun ham bunday terimdan yo eng past navli choyni ishlab chiqarish uchun, yoxud kelgusida kofein va choy tarkibidagi boshqa moddalarni ajratib olish maqsadida farmasevtika sanoati uchun foydalaniladi. Havolalar Choy Choy FAQ Choy reseptlari Xalqaro Choy Kuni — 15-dekabr Manbalar Ichimliklar Choylar Xitoy oshxonasi O‘simlik va qo‘ziqorin stimulyatorlari
2,143
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qahva
Qahva
Qahva (arabcha) — qahva daraxtining qovurilgan donlaridan tayyorlanuvchi, keng tarqalgan ichimlikdir. Qahva bilan bogʻliq tijorat IX asrda, Efiopiyada boshlangan. Efiopiyadan u Misr va Yamanga, soʻngra XV asrda Eron, Turkiya hamda shimoliy Afrikaga tarqalgan. Musulmon mamlakatlardan qahva Italiyaga, u yerdan esa Yevropaning boshqa mamlakatlari va Amerikaga yoyilgan. Qahva daraxtining Coffea canephora va Coffea arabica navlari ekiladi, plantatsiyalar Lotin Amerikasi, Janubi-sharqiy Osiyo va ekvatorial Afrikada joylashgan. Qahva donlari teriladi, saralanadi va quritiladi. Keyin esa 200°C haroratda qovuriladi, bunda donlardagi uglevodlar quyuqlashadi, rang oʻzgaradi va taʼm paydo boʻladi. Qahva butunjahon sotilishi hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi (neftdan keyin). Yana qarang Choy Infuziyalar Adabiyotlar Malecka Anna, How Turks and Persians drank Coffee, Turkish Historical Review 6/ii, 2015 Manbalar Ichimliklar Qahva Issiq ichimliklar Alkogolsiz ichimliklar O‘simlik va qo‘ziqorin stimulyatorlari
2,144
https://uz.wikipedia.org/wiki/Polsha
Polsha
Polsha (Pólsha Respúblikasi, bunda mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha republika (respublika) soʻzi emas, balki eski – Rzeczpospolita (polyakchadan: Mushtarak narsa) soʻzi ishlatiladi) – Yevropadagi davlat, shimoldan Boltiq dengizi bilan yuviladi. Yevropa Ittifoqi aʼzosi. Maydoni-312,7 ming km². Aholisi- 38,5 mln kishi (2014). Poytaxti – Varshava(warszawa) shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (województwo)ga boʻlinadi. Tabiati Polsha Visla va Odra daryolari havzasida, shimolida Boltiq dengizi va janubida Karpat va Sudet togʻlari oraligʻida joylashgan. Hududining 90% dan koʻprogʻi tekislik va payettekislik, janubida togʻliklar bor. Dengiz boʻylari past, qumloq. Qazilma boyliklari – toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tabiiy gaz va neft, temir, mis, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, rux; kaliymagniy tuz konlari bor. Iqlimi moʻtadil, okean iqlimi bilan kontinental iqlim oʻrtasida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –G dan – 6° gacha, iyulniki 10–19°. Yillik yogʻin 500–1800 mm. Yomgʻir va qordan suv oladigan Odra, Visla, Bug, Notets va Var-ta daryolarida kema katnaydi. Polshada 9000 dan ortiq koʻl bor. Eng kattalari: Snyar-dvi (113,8 km²), Mamri (104 km²). Polsha hududining yarmidan koʻprogʻi haydaladigan yerlar, 28% oʻrmon. Aksariyat joylarda igna bargli, gʻarbi va janubida keng bargli daraxtlar usadi. Mamlakat shimoliy va sharqida yaxlit oʻrmonzorlar (Belaya Veja pushchasining bir qismi va boshqalar) saqlangan. Shimoliy va shimoli-sharqda katta maydonlar vereyekzor va torfli yerlar bilan band. Tekisliklarda aksari chimli-podzolli tuproqlar, sharq va shimoli-sharqda botqoqli tuproqlar, togʻ oldi va togʻ etaklarida qoʻngʻir oʻrmon va qora tuproklar, togʻlarda esa, togʻ qoʻngʻir, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. Oʻrmonlarda boʻri, silovsin, tulki, boʻrsiq, ayiq; tuyoqlilardan toʻngʻiz, los, bugʻu yashaydi. Qushlardan karqur, kaklik, togʻlarda burgut uchraydi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq koʻp. Polshada Tatra, Penin va boshqa milliy bogʻlar bor. Aholisining 98,5% polyaklar; ukrainlar, belaruslar, slovaklar ham yashaydi. Rasmiy til – polyak tili. Dindorlarning koʻpchiligi – katoliklar. Shahar aholisi – 62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, Krakov, Vrotslav, Poznan, Gdansk va boshqalar. Tarixi Polsha hududida paleolit davridayoq odamlar yashagan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va milodiy 1-ming yillikning 1-yarmida Polsha hududida slavyan kabilalarining shakllanish jarayoni sodir boʻldi. XVII-IX asrlarda qabila knyazliklari vujudga keldi. X asrda Odra, Visla va Bug daryolari oraligʻida yashovchi polyan (Polsha, polyaklar nomi shundan kelib chiqqan), mazovshan, vislyan, pomoryan qabilalarining knyazliklari birlashtirildi va yagona Polsha davlati tashkil topdi. Biroq, XII asrga kelib Polsha davlati yana knyazliklarga boʻlinib ketdi. XIII asr oxirida knyaz Pshemisl II rahbarligida Polsha yerlarini birlashtirish uchun kurash boshlandi. XIV-XV asrlarda yagona Polsha davlati paydo boʻldi, madaniyat rivojlandi, polyak tili shakllandi. XV asrning 1-yarmida Krakovdagi Yagaylo universiteti (1364-yilda asos solingan) polyak fani markaziga aylandi. XVI asrning 2-yarmidan Polsha davlati ukrain, belarus va rus yerlarini bosib ola boshladi. Polsha bilan Litvaning birlashuvi natijasida Rech Pospolita paydo boʻldi. 1609–1612 yillarda Polsha Rossiyaga hujum qildi. Bir necha asr mobaynida Polsha Yevropadagi eng qudratli davlatlardan biri boʻlib turdi. Ammo ogʻir urushlar sababli mamlakat inqirozga uchrab, uch marta (1772–1793–1795-yillarda) Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi, Polsha davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807-yil Napoleon I qoʻshinlari Prussiyani yengib, Fransiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814–1815-yillarda Vena kongressida Polsha yana boʻlindi. Varshava gersogligining katta qismi Polsha qirolligiga aylantirilib, Rossiyaga topshirildi. Prussiya Varshava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va Dengiz boʻyini oʻzida saqlab qoldi. Avstriya (1867-yildan Avstro-Vengriya)ga Galitsiya berildi. Krakov respublikasi tuzildi. Polyak xalqi ozodlik uchun tinimsiz kurashdi (1794-yil T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon, shuningdek, 1830–1831, 1846–1848, 1863–64 ylardagi qoʻzgʻolonlar). XIX asr oxiri – XX-asr boshlarida Polshada sanoat birmuncha rivojlandi, temir yoʻl qurildi. Ozodlik harakati yanada kuchaydi. Birinchi jahon urushida Polshaga anchagina zarar yetdi. Bosqinchi qoʻshinlar olib chiqib ketilgach, Polshani boʻlish toʻgʻrisidagi barcha bitimlar bekor qilindi va 1918-yil noyabrda Polsha Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1920-yil aprelda Sovet-Polsha urushi boshlandi. 1921-yil shartnomasiga binoan, Gʻarbiy Ukraina bilan Gʻarbiy Belarus Polshagaoʻtdi va 1939-yilda bu yerlar yana SSSRga kay-tarib olindi. 1939-yil 1-sentyabrda Olmoniya Polshaga hujum qilib, Ikkinchi jahon urushini boshladi. Polyak xalqi ozodlik uchun qattiq kurash olib bordi. 1945-yil mayda barcha polyak yerlari ozod qilindi. 1952-yildan 1989-yil-gacha mamlakat Polsha Xalq Respublikasi deb ataldi. 80-yillar boshida mamlakatda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tanglik roʻy berdi. 1981-yil dekabrda xarbiy holat joriy etildi. 1989-yilda „Birdamlik“ kasaba uyushma birlashmasi vakillari hokimiyat te-pasiga chikdi va davlatning nomi Polsha Respublikasi deb atala boshladi. 1997-yil 25-mayda oʻtkazilgan referendumda mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Polsha – 1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari –3-may – 1791-yilgi Konstitutsiya kuni va 11-noyabr – Mustaqillik kuni (1918). X – XIX asrlar X asrda Polsha davlati vujudga keldi, xristianlik qabul qilindi (966), 1025dan Polsha – qirollik. XIV asrda Gall-Volin knyazligiga qoʻshilib, totor-moʻgʻul bosqinidan kuchsizlangan gʻarbiy rus yerlariga yurish qiladi. Lyublino birligiga boʻysunib (1569) Polsha Buyuk Litva knyazligi bilan birgalikda yagona davlat – Mushtarak narsani tashkil qiladi.Peterburg konvensiyalariga koʻra 1770 –90-x yillarda Pospolita Nutqi hududi Prussiya, Avstriya va Rossiya oʻrtasida boʻlinib olingan edi (3 boʻlim – 1772, 1793, 1795). Ukrain va belaruslar yashaydigan kattagina yer qismi, rus tarixchilari fikricha Polsha tomonidan XIV–XVI asrlar mobaynida bosib olingan asl rus yerlaridir. 1807da Napoleon I Polsha yerlarining bir qismidan Varshava knyazligini tashkil etdi. Vena kongressi (1814–15) Polshani qaytadan taqsimladi: Varshava knyazligining katta qismidan Polsha Chorligi barpo etildi (Rossiyaga berilgan); Poznanshchina Prussiyaga tegdi hamda oʻzi bilan birga Sileziya va Pomoryeni saqlab qoldi; baʼzi hududlar Avstriyaga oʻtgan. Polyak milliy-ozodlik harakatlari (1794) (T. Kostyushko boschiligida), 1830–1831, 1846, 1848, 1863–64da bostirilgan. XX asr 1915–18da, Birinchi jahon urushi paytida, Polsha Germaniya va Avstro-Vengriya tomonidan fath etildi. 1918da Polsha mustaqilligi tiklandi. 1919-21 Sovet-polyak urushi Sovet Rossiyasi magʻlubiyati bilan tugaydi va 1921-yilgi Riga tinchlik shartnomasiga koʻra 1921yili Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belarus yerlari Polsha tasarrufiga oʻtadi. 1926da Polshada Yuzef Pilsudskiy boshchiligida avtoritar milliy-separatik sanacion tuzum tuziladi. 1931 yilning 15-iyunida SSSR va Polsha doʻstlik va savdo aloqalari toʻgʻrisidagi Bitimga kelishishadi. 1932 yilning 25-yanvarida SSSR va Polsha oʻzaro hujum qilmaslik haqida Bitimni imzolashadi. 1938da Polsha Germaniya bilan Chexoslovakiyani boʻlib olishadi. Polsha qaramogʻiga koʻmir koni joylashgan Teshin rayoni oʻtadi. Davlat tuzumi Polsha – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-yil 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (1995-yildan Aleksander Kvasnevski), u Polsha fuqarolari tomonidan umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (quyi palata – seym va yuqori palata – senat), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Asosiy siyosiy partiyalari, birlashmalari va kasaba uyushmalari Demokrat partiya, 1939-yil asos solingan; Konservativ xalq partiyasi, 1997-yil tuzilgan; Mustaqil Polsha konfederatsiyasi partiyasi, 1979-yil tashkil etilgan; Polyak dehqonlari partiyasi, 1990-yil asos solingan; Polyak xristian demokratlari kelishuvi partiyasi, 1999-yil tuzilgan; Oraliq kuchlari bitishuvi partiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; Mehnat ittifoqi partiyasi, 1992-yil asos solingan; Polshani tiklash harakati, 1995-yil tuzilgan; Demokratik soʻl kuchlar ittifoqi, 1991-yil saylovoldi birlashmasi sifatida tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi tashkiloti, 1994-yilda tuzilgan. Umumpolsha kasaba uyushmalari bitishuvi, 1984-yil asos solingan; Yakkahol dehqonlarning „Birdamlik“ kasaba uyushmasi, 1981-yil tuzilgan; „Birdamlik“ kasaba uyushmasi, 1980-yil tashkil etilgan; „Birdamlik-80“ kasaba uyushmasi, 1990-yil „Birdamlik“ kasaba uyushmasidan ajralib chiqqan va oʻzini 1980–81 yillardagi kasaba uyushma harakatining birdan-bir davomchisi deb hisoblaydi. Iqtisodiyoti Xoʻjaligi Polsha – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 5,1%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 68,3%. Qishloq xoʻjaligi – Mamlakat maydonining 61% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonchilik xoʻjaliklari ustun. Davlat xoʻjaliklari, shir-katlar va qishloq xoʻjaligi toʻgaraklari ham bor. Eng muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari: javdar, bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va boshqa Sabzavot, tamaki, yem-xashak, re-zavor mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachilik salmogʻi katta. Koramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi. Sanoati Polsha toshkoʻmir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumush qazib olishda, poʻlat eritishda Yevropada oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kumir mamlakat yoqilgʻienergetika balansining asosini tashkil etadi. Toshkoʻmir Yuqori Sileziya, shuningdek, Valbshix va Lyublin havzalarida, qoʻngʻir koʻmir Bogatinda qazib chiqariladi. Elektr styalari, asosan, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik elektr styalarida yiliga oʻrtacha 135,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, ozroq miqdorda neft ham qazib olinadi. Mamlakat ehtiyojlari uchun zarur neftning 90% dan koʻprogʻi chet ellardan sotib olinadi. Neftni qayta ishlash sanoatining asosiy markazlari – Plotsk va Gdansk. Chetdan keltiriladigan temir ruda va mahalliy koks asosida ishlovchi metallurgiya zavodlari (shu jumladan, Krakovdagi metallurgiya kombinati va mashhur „Katovitse“ kombinati) Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida joylashgan. Rangli metallurgiya sanoati tarkibida mis (Gloguv, Legnitsa), qoʻrgʻoshin, rux (Katovitse, Bukovno, Myastechko-Slyonske) va alyuminiy (Konin) zavodlari bor. Sanoatning asosiy tarmoqlari boʻlmish mashinasozlik va metall ishlash sanoati xilma-xil mahsulot ishlab chiqaradi. Kemasozlik (Gdansk, Gdinya, Shchetsin), samo-lyotsozlik (Varshava, Melen, Svidvin), vagon va lokomotivsozlik (Svidnitsa, Zelena Gura, Vrotslav, Poznan, Xshanuv), avtomobilsozlik (Varshava, Staraxovitse, Yelch, Lyublin, Nisa), traktorsozlik (Varshava) rivojlangan. Shaxta va metallurgiya zavodlari uchun texnologiya asbob-uskunalari, quyuv, kimyo, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, bino-korlik materiallari korxonalari uchun komplekt asbob-uskunalar, shuningdek, stanoklar, kema dvigatellari, elektr motorlar, koʻtarma-trans-port vositalari, roʻzgʻor mashinalari va apparatlar, elektron asboblar va boshqa ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatida oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, soda, xlor, plastmassa, sintetik tola, kauchuk ishlab chiqarish korxonalari bor. Asosiy markazlari – Tarnuv, Osvensim, Plotsk, Bidgoshch. Farmatsevtika, fotokimyo, parfyumeriya (Varshava, Lodz, Krakov), rezina, sement, shisha, chinnifayans, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogoz, koʻn-poyabzal, tikuvchilik sanoati mavjud. Toʻqimachilik (ip, zigʻir, jun gazlama, trikotaj), oziq-ovqat (qand-shakar, spirt-araq, goʻsht, yogʻ, baliq, tamaki) sanoat tarmoklari rivojlangan. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Polsha chet ellarga mashinalar, sanoat asbobuskunalari, kemalar, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari, kumir, koks, mis, rux, kora metallar prokati va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, don, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa oladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQSH bilan savdo qiladi. Transport Transportning asosini temir yoʻllar tashkil etadi. Transport yoʻli uzunligi – 24 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 372,5 ming km. Dare kemachiligi rivojlangan. Asosiy dengiz portlari – Gdansk, Gdinya, Shchetsin. Dengiz savdo flotining tonnaji – 4,5 mln. tonna dedveyt. Asosiy xalqaro aeroporti – Okense (Varshava yaqinida). Tibbiy xizmati Davlatga qarashli kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Vrachlar 10 tibbiyot akademiyasida tayyorlanadi. Kurortlar orasida eng mashhurlari: Krinitsa, Polyanitsa-Zdruy, Sopot, Kolobjeg, Zakopane. Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari Maorifi 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy, barcha pogʻonalari davlat taʼminotida. Hunartexnika maktabi boshlangʻich (1– 3-sinflar) va muntazam (4–10-sinflar) taʼlimni oʻz ichiga oladi. Ixtisoslashgan litseylar ham bor. Xususiy maktablar tarmogʻi kengaymoqda. Polshada 130 oliy oʻquv yurti faoliyat koʻrsatadi. Yevropadagi eng qad. universitetlardan biri Krakov universiteti (1364), shuningdek, Varshava universiteti (1816), politexnika institutlari, oliy qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot, ped. maktablari, tibbiyot va rassomchilik akademiyalari shu jumlaga kiradi. Mamlakatdagi ilmiy faoliyatni Polsha Fanlar akademiyasi bilan birga Fan vazirligi muvofiklashtirib boradi.institutlar Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarida, oliy oʻquv yurtlarida, idoraviy ilmiy muassasalarda olib boriladi. Polshada Banax nomidagi xalq-aro matematika markazi (Varshavada) va Xalq-aroʻ kuchli magnit maydonlari va past temperaturalarlaboratoriya (Vrotslavda) ishlaydi. Yi-rik kutubxonalari: Krakov universiteti ku-tubxonasi (1364), Varshavadagi milliy kutubxona (1928), Varshava universiteti ku-tubxonasi (1817), Poznan universiteti ku-tubxonasi (1902), shuningdek, Polsha fanlar akademiyasining Varshava, Gdansk, Krakovdagi kutubxonalari. Eng yirik muzeylari: Varshavadagi milliy muzey (1863), Krakovdagi milliy muzey (1879), Poznandagi milliy muzey (1857), Varshavadagi F. Shopen va A. Mitskevich muzeylari. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Polsha poytaxti va voyevodalarida koʻpgina gazeta va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: „Gazeta viborcha“ („Saylovchilar gazetasi“, kundalik mustaqil gazeta, 1989-yildan), „Tribuna“ („Minbar“, kundalik gazeta, 1948-yil „Tribuna lyudu“ nomi bilan asos solingan, 1990-yildan xoz. nomda chiqadi), „Gazeta Krakovska“ („Krakov gazetasi“, kundalik gazeta, 1949-yildan), „Gazeta Lyubuska“ („Lyubuska gazetasi“, kundalik gazeta, 1952-yildan) „Gazeta samojondova“ („Oʻzini oʻzi boshqarish“, kundalik gazeta, 1990-yildan), „Gromadarolnik polski“ („Polyak deqqoni minbari“, haftasiga 3-marta chikadigan gazeta, 1947-yildan), „Yednost“ („Birlik“ haftanoma, 1989-yildan), „Jiche Varshavi“ („Varshava hayoti“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Rech Pospolita“ („Respublika“, kundalik gazeta, 1981-yildan), „Jiche gospo-darche“ („Iqtisodiy hayot“, haftalik iqtisodiy jurnal, 1945-yildan), „Nova respublika“ („Yangi respublika“, oylik jurnal, 1987-yildan). Polsha matbuot agentligi, davlat maxkamasi, 1918-yil tuzilgan; Polsha axborot agentligi, aksiyadorlik korxonasi, 1991-yil tashkil etilgan. Polsha radio va televideniye qoʻmitasi davlat mahkamasi boʻlib, 1944-yil tuzilgan, ra-dioeshittirish va telekoʻrsatuvlarga rahbarlik qiladi. Telekoʻrsatuvlar 1952-yildan olib boriladi. Adabiyoti Polsha adabiyoti 10-asrdalotin tilida vujudga keldi. 16-asrgacha unda diniy ruhdagi kitoblar, shuningdek, yilnoma va voqeiy hikoyalar ustun boʻlgan. Polyak tilidagi ilk asarlar ham diniy mazmunda edi („Bibi Maryam“ qoʻshigʻi, 13-asr). 15-asrda dunyoviy ruhdagi asarlar yaratila boshladi („Yalqov dehqonlar hajvi“). 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida Uygʻonish davri boshlandi. M. Rey, Ya. Koxanovskiy, Sh. Shimonovich, S Klyonovich asarlari adolat va vatanparvarlik gʻoyalarini tarannum etdi. 16–17-asrlarda hajviy doston va qissalar, nasihatomuz koʻshiq va dramalar, qisqa hazil sheʼrlar („frashka“lar) mashhur boʻldi. Maʼrifatparvarlik davri (18-asr oʻrtalari)da milliy mustaqillik uchun kurash, ilgʻor ijtimoiy-falsafiy gʻoyalar tarqaldi, adabiy-badiiy jurnallar nashr etila boshladi. 19-asr boshlarida A. Mitskevich milliy-ozodlik kurashi taʼsirida inqilobiy romantizmga asos soldi, demokratik Polsha haqidagi orzularini kuyladi. 1863-yildan keyin adabiyotda realizm yuzaga keldi (A. Asnik, M. Konop-’ nitskaya, E. Ojeshko, B. Prus ijodiyoti). 19-asr oxiri –20-asr boshlarida realizm bilan bir katorda modernistik okimlar hukmron boʻldi (L. Staff, S. Jeromskiy). 1va 2-jahon urushlari oʻrtasidagi davr adabiyetida ijtimoiy ziddiyatlar tanqidiy yoritildi. Urushdan ke-yingi adabiy asarlarda okkupatsiya yillarida yashirin kurash olib borgan vatanparvarlarning qiyofasi har tomonlama ochib berildi. Ammo sotsialistik realizm degan soxta adabiy qoliplar zoʻrlab tiqishtirilishi oqibatida polyak adabiyetida xalq hayoti va qahramonlarning ishlari, xulq atvori bir yoklama yoritilishiga olib bordi. Polyak yozuvchilarining ayrim asarlari, jumladan, A. Mitskevich, Yu. Tuvim sheʼrlari, V. Vasilevskaya romanlari uzbek tilida nashr etilgan. Meʼmorligi Miloddan avvalgi 4–3-asrlarga oid Biskupin jamoa manzilgoxlarida yogochdan yasalgan inshootlar Polsha qududidagi eng qad. yodgorliklardir. Xristi-anlik qabul etilgach (966), diniy tosh meʼmorligi rivojlandi (Krakovning Vavel tepaligidagi bibi Maryam ka-pellarotondasi, 10-asrning 2yarmi). 11 -a.ning 2yarmidan roman uslubida haykallar bilan bezatilgan mahobatli binolar qurildi (Krakov va Tumadagi avliyo Anjey kostyollari, 1090, 1141–61 yillar; Vrotslavdagi Mariya Magdalina kostyoli, 12-asr vab.). 13–15-asrlarda gotika tarqaldi, shaharlar qad koʻtardi, ularning markazlarida meʼmoriy majmualar (bozor maydonlari) vujudga keldi, yangi turdagi imoratlar (minorali ratushalar, movut ras-talari), mudofaa istehkomlari va shahri k. paydo boʻldi. Ular orasida Torundagi ratusha (13–17-asrlar) va avliyo Yan kostyoli, Vrotslavdagi ratusha (13-asr 2yarmi –16-asr boshlari) va Ioann Krestitel kostyoli (13–18-asrlar), Gdanskdagi „Artus hovlisi“ (14-asr) va boshqalarlarni koʻrsatish mumkin. Uygʻonish davrida ravoklar bilan oʻralgan hovlili saroylarning yangi turi yaratildi (Krakovning Vavel tepaligidagi, Baranuv, Miruvdagi qasr saroylar). 16-asr oxiridan 18-asr 1yarmigacha Polsha meʼmorligida barokko us-lubi ustun boʻldi (Krakovdagi Petr va Pavel kostyoli, Varshavadagi Vilyanuv qirol chorbogʻi va boshqalar). Xalq yogʻoch meʼmorligi rivojlandi. 18-asr 2yarmidan klassitsizm urf boʻldi; shaharlarda mahobatli jamoat binolari va majmualari barpo etildi (Varshavadagi Belveder saroyi, 1818–22, meʼmor Ya. Kubitskiy; Lazenka saroylar majmuasi, 1784–95, meʼmor D. Merlini, Ya. Kamzetser va boshqa; Katta teatr, 1820–32, meʼmor A. Koratssi, X. P. Aygner). 19-asr 2yarmidan eklektizm, keyinroq konstruktivizm ustunlik qildi, Ikkinchi jahon urushi yillarida (1939–45) fashistlar Polshaning shahar va qishloqlarini vayron etib, koʻpgina meʼmoriy yodgorliklarini gʻorat qil-dilar. Urushdan keyin ularni qayta tiklash va yangilarini barpo etish sohasida koʻp ish qilindi. „Krakoviya“ mehmonxonasi, Varshavadagi „Oʻn yillik“ stadioni, „Supersam“ savdo mar-kazi, uy-joy dahalari, Poznandagi „Univermag“, „Merkuriy“ mehmonxonasi shu jumlaga kiradi. Tasviriy sanʼati Polsha hududidagi aholi neolit davridayoq naqshinkor sopol idishlar yasagan. Jez va temir davrlarida sopol va jez idishlar, parranda va xayvon rasmi tushirilgan ikki gʻildirakli aravalar ishlangan. 11 – 13-asrlarda roman uslubi hukmron boʻldi (Gneznodagi bibi Mariya kostyolining bronza eshiklari, taxminan 1170-yil, Stshelnodagi kostyolning oʻymakor ravokdari, 12-asr, Tumadagi kostyol naqshlari, taxminan 1161-yil, „Emmeran ko-deksi“ miniatyuralari, 1099-yil va boshqalar). 13-asr oxiridan 15-asr boshlarigacha sanʼatda gotika urf boʻldi (Krakovdagi Vavel soborida V. Yagello daxmasi, 1421-yil, „Gnezno bibliyasi“ miniatyuralari, 1414-yil). 15-asr oxiri – 16-asrda polyak Uygʻonish davri sanʼati shakllana boshladi, 16-asr oxiridan 18-asr oʻrtalarigacha barokko yoyildi. 18-asr 2yarmi – 19-asr boshlari Polsha sanʼati maʼrifatparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan edi. Garchi ayrim moʻyqalam ustalari (M. Bachcharelli) saroybop rasmlarni klassitsizm uslubida yaratsalar ham, koʻpchilik rassomlar hayotni haqqoniy tasvirlashga (B. Bellotto, J. P. Norblin, A. Orlovskiy), polyak xalqining milliy ozodlik kurashini ifodalashga (A. Grotger) intildilar. A. Kotsis, V. Gerson asarlarida tanqidiy realizm nishonalari seziladi. 19-asrda A. va M. Gerimskiylar ijodida bu yoʻnalish yuqori pogʻonaga koʻtarildi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida L. Vichulkovskiy, Ya. Stanislavskiy, Yu. Falat asarlari impressionizm, S. Vispyanskiy, Ya. Malchevskiy asarlari simvolizm ru-hida yaratildi. 1918-yildan keyin polyak sanʼati ziddiyatli rivojlandi. Ayrim rassomlar Gʻarbiy Yevropa madaniyati yutuqlariga ergashsa, boshqalari zamo-naviy milliy uslubni yaratishga institutildi. Tanik^i polyak haykaltaroshi K. Dunikovskiy oʻz faoliyatini shu davrda boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tasviriy sanʼatda rassomlardan V. Veys, F. Kovarskiy, X. Krayevskaya va Yu. Krayevskiy, haykaltarosh S. Gorno-Poplavskiy, grafiklardan T. Kulise-vich, T. Trepkovskiy va boshqa mashhur boʻldi. Mahobatli haykaltaroshlik rivoj topdi. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari qadimdan keng tarqalgan, badiiy hunarmandchilik avj olgan. Musiqasida boshqa slavyan xalqlari musiqa madaniyati bilan umumiylik koʻp. 20-asrgacha saqlangan xalq cholgʻu asboblari shaqildoq, buben, hushtaklar joʻrligida marosim qoʻshiqlar (asosan, bir ovozli), raqslar ijro etilgan. Skripka, mazanka kabi torli, ligavka, bazun kabi puflab chalinadigan sozlar keng tarqalgan. 9–10-asrdan katolitsizm tarqalishi bilan birga grigo-rian xoralk keng oʻrin tutadi. 11 – 12-asrlarda cherkov ashulachilik maktablari ochilib, ularning talabalari cherkov musiqasini turli joylardagi xalqmusiqasi bilan boyitdilar. 12-asrdan dunyoviy professional musiqa (jumladan, ritsarlar qoʻshiqchiligi) rivoj topdi, saroy kapellalari tashkil etildi. 16-asrdan universitetlarda musiqa nazariyasi oʻrgatila boshladi. 16–17-asrlarda yetishib chiqqan kompozitorlar milliy kuylarni Gʻarbiy Yevropa raqs va musiqa janrlari bilan uygʻunlashti-ruvchi asarlar yarata boshladi. 1765-yil Varshavada ochilgan „Xalq teatri“da milliy operalar sahnalashtirildi. K. Kurpinskiy, M. Kamenskiy, M. Oginskiy, Yu. Elsner va boshqa milliy musiqa rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 19-asrda bukj kompozitorlar F. Shopen, S. Monyushko, virtuozskripkachi aka-uka Venyavskiylar polyak musiqasini jahon musikasi darajasiga koʻtarishdi. 1901-yilda Varshava milliy filarmo-niyasi ochiddi. 20-asr musiqa madaniyatiga K. Shimanovskiy, V. Lyutoslavskiy, K. Penderetskiy kabi kompozitorlar katta hissa qoʻshdilar. Polshada 21 simfonik orkestr, 10 opera teatri, 9 operetta teatri, 9 balet truppasi, 7 oliy mu-siqa maktabi,4 xoreografiya bilim yurti bor. 1927-yildan xalqaro Shopen nomidagi pianinochilar ganlovi, 1935-yildan Venyavskiy nomidagi skripkachilar tanlovi hamda Zamonaviy musiqa festivali va boshqa oʻtkaziladi. Teatri Xristianlikdan avvalgi davr xalq marosimlari va oʻyinlarida teatr sanʼati nishonalari boʻlgan. 13– 16-asrlarda turgʻun va sayyor xalq tomo-shaxonalari qurilgan, diniy dramalar rivojlangan. 13-asrning 2yarmida koʻrsa-tilgan teatr tomoshalarining ayrim ssenariylari saqpangan. 1633-yil Var-shavadagi qirol saroyida birinchi do-imiy teatr ishga tushdi. 18-asr oxirida ilgʻor milliy teatr sanʼati uchun ku-rashga rejissor, artist, dramaturg V. Bu-guslavskiy boshchilik qildi. 19-asr 60-yillari oxiridan Krakov teatri mamlakatnin g yetakch i teatri ga aylandi.1913-yil Varshavada „Polyak teatri“ tashkil topdi. 20–30 yillarda L. Shiller Varshava, Lvov va boshqa shaharlardagi teatrlarda ishlab, mahobatli, nazmiy va siyosiy teatrlarni uygʻunlashtirishga harakat qildi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng teatr hayoti tiklandi, yangi teatrlar barpo etildi. Polshada 60 teatr bor. Varshava teatr hayotining markazidir(„Xalq teatri“, „Polyak teatri“, „Zamonaviy“, „Umumiy“ teatrlari), Kra-. kov, Lodz, Lyublin va boshqa shaharlardagi teatrlarda jaqon mumtoz dramaturgiyasi va mahalliy mualliflarning asarlari sahnalashtirilgan. Polshada sirk sanʼati rivojlangan. Kinosi Alohida badiiy filmlar 1908-yilda chiqarila boshlagan. Dastlabki filmlardan biri – „Antek Varshavaga ilk bor qadam ranjida qildi“ hazil filmida mashhur hajvchi artist A. Fertner bosh rolni oʻynagan. 1909– 10 yillarda kinofirmalar tashkil etildi. Ularning eng nufuzlisi „Sfinks“ kompaniyasi muntazam filmlar chiqara boshladi. 1914-yil 14 film suratga olindi. 1910–18 yillarda milliy adabiyot asarlari: „Gunoh tarixi“ (rejissor A. Bendarchik), „Qiyomat qoyim“ (rejissor S. KnakeZavadzkiy), „Meir Yezo-fovich“ (rejissor Yu. Ostoya-Sulnitskiy) ekranlashtirildi. „Start“ kino uyushmasi (1930) va „Kinomualliflar ko-operativi“ (1937) kino sanʼati rivo-jida muhim rol oʻynadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin „Film polskiy“ davlat studiyasi tashkil etildi. „Avlod“, „Kul va olmos“ (rejissor A. Vayda). „Xayrlashuv“ (rejissor V. Xaye) filmlarida urush oqibatlari tasvirlandi. „Yoʻlovchi ayol“ (rejissor A. Munk), „Jangdan keyingi man-zara“ (rejissor A. Vayda), „Sehrli stolchalar“ (rejissor Ya. Mayevskiy), „Yer hidi“ (rejissor D. Yovanovich) filmlari polyak ki-nematografiyasida salmokli oʻrin oldi. Hujjatli va multiplikatsiya kinosi sohasida ham koʻpgina qiziqarli asarlar yaratildi. Varshava, Lodz, Vrotslavda kinostudiyalar, Krakovda multfilmlar studiyasi bor. Lodzdagi Oliy teatr, kino va televideniye maktabining rejissorlik, aktyorlik, operatorlik, televideniye fakultetlari, ayrim oliy oʻquv yurtlarining maxsus boʻlimlari kino xodimlari tayyorlaydi. Oʻzbekiston – Polsha munosabatlari Maydoni – 312,7 ming km². Aholisi – 38,6 mln. odam. Rasmiy til – polyakcha. Din – asosan katolizm hamda iudaizm, lyuteranlik, pravoslavie; aholining 6 foizi ateist. Davlat boshligʻi – prezident. Qonun chiqaruvchi organ – Ikki palatali parlament: Seym (quyi palata) va Senat (yuqori palata). Poytaxti – Varshava. Maʼmuriy-huduiy taqsimoti: 16 voyevodstvo. Pul birligi – zlotiy. Galereya Manbalar
2,151
https://uz.wikipedia.org/wiki/Eksport
Eksport
Eksport — tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish boʻlib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. Eksportni ragʻbatlantirishning kredit-moliyaviy usullari Eksport (ing., lot. — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarish (reeksport) ham eksportga kiradi. Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar eksport tarkibi (koʻrinma eksport) milliy iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar eksport qilish xos boʻlsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar eksportida xomashyo va oziq-ovqat asosiy rol oʻynaydi. Yakka ziroatchilik xoʻjaliklari hukmron boʻlgan mamlakatlar eksportida 1—2 tovar turi asosiy oʻrinni egallaydi. Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiy texnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar koʻrinmas eksportni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda. Har qanday davlat uchun eksport, import va chet ellarda boshqa xarajatlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida (qarang Tashqi iqtisodiy siyosat) eksportni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashning turli shakllarini keng qoʻllaydi (soliq imtiyozlari va boshqalar moliyaviy koʻmaklar; eksportni davlat tomonidan kreditlash). Eksportni cheklash (qarang Kvota) aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yoʻli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar eksportni baʼzan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga koʻra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yoʻqolib borayotgan hayvonlar yoki oʻsimliklar turlarini, milliy madaniy badiiy boyliklarni asrash va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar eksportni bojxona rejimida, bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi eksporti 3725,0 mln. AQSH dollaridan iborat boʻldi (import 2964,2 mln. AQSH dollari). Uning tovarlar tarkibida paxta tolasi (19,8%), oziq-ovqat tovarlari (2,7%), kimyo mahsulotlari, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar (3,1%), energiya manbalari (9,8%), qora va rangli metallar (6,4%), mashina va uskunalar (5,9%), xizmatlar (14,4%) va boshqalar asosiy oʻrinda turadi. Koʻpgina mamlakatlarda eksport tovarlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan va shunga oʻxshash soliqlardan ozod qilinadi (yana qarang Tashqi savdo). Qodirjon Yusupov. eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash; eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar berilishini ragʻbatlantirish; xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sugʻurtalash; eksportdan olinuvchi foydadan soliq toʻlashdan ozod etish va hokazo. Yana qarang Import iqtisod
2,152
https://uz.wikipedia.org/wiki/Import
Import
Import (lotincha importare — „olib kirish“) — biror molni mamlakatga sotish uchun olib kirish. Import mamlakati, deganda import qilinayotgan mol ishlab chiqarilgan mamlakat tushuniladi. Import (ing . import — keltirish, olib kelish) — mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga oʻtkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qogozlar va b. keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sugʻurta, ilmiy-texnika bilimlari va b. xizmatlar harajatlari ham I. tarkibiga kiradi. I. bojxona bojlari, shuningdek, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va b. notarif tarzdagi vositalar bilan tartibga solinadi. I.ning eksportaan ustunligi mamlakatning tash-qi savdosida salbiy saldoni vujudga keltiradi va bu hol mamlakatning umumiy iqtisodiy salohiyatida salbiy hodisa deb qaraladi. Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli toʻsiq sifatida bojxona bojlarini oshirish va cheklovlar qoʻyilishi tushuniladi. Yana qarang Eksport iqtisodiyot Manbalar
2,158
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mobil%20telefon
Mobil telefon
Mobil telefon, uyali telefon yoki qoʻl telefoni uyali aloqa tizimi boʻylab ovoz va boshqa axborot uzatuvchi hamda qabul qiluvchi elektron qurilmadir. Zamonaviy mobil telefonlar bundan tashqari internet mijozlari, oʻyinlar, infraqizil va bluetooth portlar, video/fotokamera, MP3 player, radio va hokazo taʼminot bilan qurollangan. Uyali telefon, qoʻl telefon — simsiz telefon turi. Har bir abonent (uyali telefon apparati) muayyan bir uyali telefon kompaniyasining telefon tarmogʻidagi baza st-yaga bogʻlanadi. har qaysi baza st-yada "uyalar" boʻladi (nomi shundan). Har bir uyaga bir necha kanal biriktirib qoʻyiladi; tarmoqning katta va kichikligiga qarab uyalar soni har xil boʻladi. Mobil telefon apparati qaysi kompaniya tarmogʻining baza st-yasiga ulanganligiga qarab uning aloqa bogʻlash doirasi chegarasi har xil boʻladi. Baʼzi abonentlar faqat bir shahar doirasida aloqa bogʻlay olsa, baʼzilari boshqa shaharlar va hatto boshqa mamlakatlar bilan ham aloqa bogʻlay oladi. Butun yer kurrasini qamrab oladigan xizmat koʻrsatish zonasini faqat baza st-yalar vazifasini sunʼiy yoʻldoshlar bajaradigan Mobil telefon tarmogʻida yaratish mumkin. Mobil telefon tarmoqlarining barcha baza styalari bir-birlari bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi, shu bilan birga umum foydalanadigan simli telefon tarmogʻiga ulana olishi lozim. Shundagina qoʻl (mobil) telefon apparati egasi muqim (simli) telefon apparati egasi bilan bogʻlanishi mumkin. Bunga radiorele liniyalar yordamida, yo boʻlmasa, mis kabel yoki tolali optik telefon aloqa liniyalari yordamida erishiladi. Mobil telefon yordamida abonent boshqa abonent bilan gaplashishdan tashqari, matnli va faksimil xabarlarni, internet grafiklari va boshqalarni uzata oladi. Buning uchun Mobil telefon apparati ixcham koʻchma kompyuterga ulanadi. Telefonning tipiga qarab, maxsus modem yoki oddiy kabel (ichki dasturli modelini ulash uchun) talab qilinadi. Eng oddiy modeldagi Mobil telefon apparati ham haqiqiy mikrokompyuterdan iborat. Murakkab apparatlarda esa kompyuterlar bilan bajariladigan barcha operatsiyalarni bajarish (har xil oʻyinlar oʻynash, suratga olish va uni saqlash, "telefon qilgan" boshqa abonentning raqamini qayd qilish vaqtinchalik oʻchirib qoʻyish va boshqalar) mumkin. Dastlab, XX asrning 80-yillarida qoʻl telefon aloqa, asosan, analog texnologiyalariga asoslangan, keyinroq Mobil telefonda aloqa tizimi sof raqamli tizimga oʻtgan. Yevropa mamlakatlarining deyarli har birida oʻz milliy tarmogʻi ishlab chiqilgan (mas, Fransiyada Radiocom 2000). Mobil telefonga doir xalqaro hamkorlik dastlab koʻchma radioaloqa tizimi masalalari boʻyicha nemisfransuz tadqiqotlari natijasi sifatida pochta va kommunikatsiyalar maʼmuriy xodimlarining Yevropa konfederatsiyasi CERT (Conference des admi nistrations Europcennes des Postes et Telecommunications) rahbarligida tashkil etildi. 1982-yil bu institut 26 Yevropa mamlakatini, aniqrogʻi pochta, telefon va telegraf aloqa PTT (Post, Telephone and Telegraph) maʼmuriy muassasalarini birlashtirdi. Shu tariqa Yevropa konferensiyam "Mobil aloqani ishlab chiqish boʻyicha maxsus guruh" (GSM) ni tuzdi. Keyinchalik u "Mobil aloqa global tizimi" deb atala boshladi. Yevropa hududida bu tizim 1993-yil arafasida toʻliq faoliyat koʻrsata boshladi. GSM tizimi boshidanoq xalqaro koʻlamdagi tizim sifatida ishlab chiqilgan. Barcha qit'alardagi koʻp mamlakatlar unga qoʻshilgan. Mobil telefon tizimi inson hayotining barcha sohalariga kirib keldi. GSM tarmoqlari abonentlarining soni dunyoda 200 mln. kishidan oshib ketdi (2005). Oʻzbekistonda ham bir necha Mobil telefon kompaniyalari faoliyat koʻrsatmoqda. Ular eng keng tarqalgan zamonaviy Mobil telefon aloqa standartlari — AMPS/ DAMPS, GSM, CDMA dan foydalanadi. Respublikada quyidagi bir necha Uyali telefon kompaniyalari faoliyat yuritadi: "Oʻzdunrobita" Oʻzbekiston — Amerika QK (1992-yilda ishga tushgan; Oʻzbekistondagi 1000 dan ortiq shahar va aholi yashash punktlarini ishonchli Uyali telefon aloqasi bilan taʼminlagan); BUZTEL GSM (Bakri Oʻzbekiston telekom) kompaniyasini Indoneziyaning "Bakri kommyunikeyshn" kompaniyasi 1996-yilda taʼsis qilgan (eng arzon tarifli kompaniya); COSCOM kompaniyasi Oʻzbekiston — Amerika QK (1997-yilda ishga tushgan; Oʻzbekistonda GSM tarmoqlari eng keng tarqalgan); "Oʻzmakom" kompaniyasi (Malayziyaning "Superior Kommyunikeyshne" kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokida 1996-yilda tashkil qilingan; asosan, Toshkent shahri va unga yaqin hududlarga xizmat koʻrsatadi); Koreyaning "Daewoo Unitel" kompaniyasi (1997-yilda ishga tushgan, Oʻzbekistonning barcha hududlariga xizmat koʻrsatadi), RWC (Rubicon Wireless Communications) Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi (1997-yilda ishga tushgan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida xizmat koʻrsatish doiralarini borgan sari kengaytirib boriladi). Oʻzbekistonda Mobil telefon xizmatiga ehtiyoj koʻpayayotganligi uchun yana boshqa yangi kompaniyalar tuziladi. Telefon
2,159
https://uz.wikipedia.org/wiki/Avtomobil
Avtomobil
Avtomobil ( – harakatchan) – dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan relssiz transport vositasi. Yoʻlovchilar va yuk tashishga moʻljallangan.1751-1752-yillarda Nijniy Novgorod gubernyasi (Rossiya) dehqoni Leontiy Shamshurenkov ikki kishi oyogʻi bilan yurgiziladigan „oʻziyurar aravacha“ qurdi. I. P. Kulibin bir qancha muhim mexanizmlarni, uzatmalar qutisini taklif qildi. Bugʻ mashinasi paydo boʻlgandan keyin ixtirochilar undan mexanik aravada foydalanishga harakat qildilar. 1769-1770 yillarda fransuz harbiy muhandisi N. J. Kyuno artilleriya toʻplari uchun 3 gʻildirakli bugʻ aravasi qurdi. Angliyada 1802-yilda Trevitnik bugʻ mashinasi oʻrnatilgan A. qurdi. 1830-yilda rus ustasi K. Yankevich bugʻ avtomobillariga temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz quvurli bugʻ qozoni oʻrnatishni taklif etdi. Akkumulyatordan tok olib ishlay-digan elektr dvigatelli avtomobillar bilan ham koʻpgina tajribalar oʻtkazildi. Ichki yonuv dvigateli ixtiro qilingandan keyin avtomobillar muntazam rivojlantirila boshlandi. Avtomobillarga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar oʻrnatish borasida turli mamlakatlarning koʻpgina ixtirochilari ish olib bordilar. 1885-1886-yillarda Germaniyada Daymler benzin bilan ishlaydigan dvigatelni mototsiklga, Bens esa uch gʻildirakli avtomobillarga oʻrnatdi. Temir gʻildiraklar oʻrniga yaxlit rezina shinalar, 1890-yildan esa pnevmatik rezina shinalar ishlatila boshladi. Avtomobilsozlik dastlab Fransiyada, soʻngra AQSH, Germaniya va Yaponiyada rivojlandi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng avtomobil sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Asaka shahri (Andijon viloyati)da Janubiy Koreyaning DAEWOO korporatsiyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan „OʻzDAEWOO Avto“ qoʻshma korxonasida 1996-yildan boshlab „Neksiya“, „Damas“ va „Tiko“ yengil avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. 1999-yilda Samarqandda ishga tushgan „SamKochAvto“ oʻzbek-turk qoʻshma korxonasi M23.9, M24.9, M29 rusumli avtobuslar va 35.9, 65.9, 80.12, 85.12, 85.14 rusumli har xil yuk avtomobillari ishlab chiqaradi (qarang Avtomobil sanoati). Avtomobil turlarining transport, maxsus va poygaga muljallangan xillari bor. Transport avtomobillari yengil avtomobillar, avtobus va yuk avtomobillarga boʻlinadi. Maxsus avtomobillar maʼlum ishlar uchun moʻljallanadi va tegishli uskunalar bilan jihozlanadi. Oʻt oʻchirish, un tashish, sement tashish, sanitariya avtomobillari, axlat tashiydigan avtomobillar, avtokranlar, avtoyuklagichlar va boshqa maxsus avtomobillar shular jumlasidan. Poyga avtomobillari sportda ishla-tiladi. Yengil avtomobillar 2 dan 8 tagacha oʻrinli boʻladi. Ular berk kuzovli (sedan va limuzin), ochiq kuzovli (faeton) va ochiladigan kuzovli (kabriolet) boʻlishi mumkin. Yuk avtomobillari 0,25 tonnadan 100 tonnagacha va undan ortiq yuklarni tashiydigan kuzovli, tirkamalar, yarim tirkamalarni tortish uchun muljallangan kuzovsiz boʻladi. Oʻtuvchanligi boʻyicha tekis va qiyin yoʻllarda yuradigan, harakatlanuvchi qismning tuzilishi boʻyicha gʻildirakli, gʻildirak-gusenitsali, yarim gusenitsali, pnevmatik galtakli va boshqa xillarga boʻlinadi. Avtomobil tuzilishi Avtomobil dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, elektr jihozlar, kuzov yoki kabinadan iborat. Dvigatelning turiga qarab, bugʻli avtomobillar (keng tarqalmagan), benzinli avtomobillar (yengil va yuk avtomobillar), dizelli avtomobillar (yuk avtomobillari, avtobuslar, yengil avtomobillar), gaz-ballonli avtomobil (yengil, yuk avtomobillari, avtobuslar), gaz generatorli avtomobil (ogʻir yuk ta-shiydigan avtomobillar), akkumulyatorlar batareyasida ishlaydigan avtomobillar (elektromobillar) turlariga boʻlinadi (yana qarang Avtomobil dvigateli). Transmissiya (kuch uzatmasi) dvigatelning aylantiruvchi momentini avtomobilning harakatlantiruvchi qismiga (gʻildiraklar, gusenitsalar va boshqalarga) uzatadi. Uning mexanik, elektrmexanik, gidromexanik xillari bor. Mexanik transmissiya turi eng keng tarqalgan. U, odatda, ishlashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, bosh uzatma, differensialdan tashkil topgan. Yurish qismi rama, osma, oʻq (koʻpriklar) va gʻildiraklardan iborat. Ramaga kuzov, kabina, dvigatel, uzatmalar qutisi va boshqa mexanizm va uzellar mahkamlanadi. Yengil avtomobillar va avtobuslarda kuzovi rama vazifasini bajaradi. Osma rama (kuzov) bilan oʻqlarni elastik boglaydi va dinamik kuchlarni yumshatadi. Gʻildiraklarning mustaqil osmasi keng tarqalgan. Boshqarish mexanizmlariga rul boshqarmasi va tormoz tizimlari kiradi. Rul boshqarmasi avtomobilning harakat yoʻnalishini haydovchining boshqarishiga mos ravishda oʻzgartirish uchun xizmat qiladi. Rul chambaragi burilganda valni, val esa oʻz navbatida rul mexanizmlarini, u esa sapfalarga oʻrnatilgan old gildiraklarni buradi. Avtomobilni boshqarishni yengillashtirish uchun rul yuritmasiga gidravlik, pnevmatik yoki gidropnevmatik kuchaytirgich oʻrnatiladi. Tormoz tizimi avtomobilning harakatini sekinlashtirish, toʻxtatish va bir joyda toʻxtatib turish (qoʻl tormoz yordamida) uchun xizmat qiladi. Ish tormozi barcha gʻildiraklarga taʼsir etadi. Har qaysi gʻildirakka gidravlik, pnevmatik yoki pnevmogidravlik yuritma bilan taʼsir etuvchi barabanli yoki diskli tormoz mexanizmi oʻrnatiladi. Tormozlash vaqtida friksion nakladkali tormoz kolodkalari gʻildiraklardagi tormoz barabanlari yoki disklarga qisiladi. Katta avtobuslar va ogir yuk avtomobillariga qoʻshimcha sekinlashtiruvchi tormoz oʻrnatiladi. Elektr jihozlar tok manbai (akkumulyatorlar batareyasi va dvigatelga oʻrnatilgan generator) va isteʼmolchilaridan iborat; dvigatelni oʻt oldirish va yurgizib yuborish tizimini ishlatish, tashqi va ichki yoritish, yorugʻlik va tovush signallari uchun zarur boʻladi. Avtomobil konstruksiyalari borgan sari takomillashtirib borilmoqda. Avtomobil konstruksiyasi koʻpgina omillar, yoʻl va iqlim sharoitlari, yoʻlovchilar soni hamda yuk hajmi va boshqalarni hisobga olib yaratiladi. Konstruktorlar avtomobillarni loyihalashda ularning sigʻimi, puxtaligi, tejamliligi, boshqarish osonligi, shinamligi, oʻtagʻonligi va boshqa xususiyatlarini hisobga oladilar. Avtomobil (yunoncha αυτο – oʻzi va lotincha mobilis – harakatlanuvchi, yuruvchi) oʻz dvigateliga ega, yer sirtida harakatlanish uchun moʻljallangan, relssiz oʻziyurar transport vositasidir. Atamaning koʻpgina taʼriflari avtomobil yoʻlda yurishga moslangan, bittadan to sakkiztagacha yoʻlovchi uchun joyli, odatda toʻrt gʻildirakli va aksar holatlarda yuk enas, balki odam tashishga moʻljallanganligini taʼkidlaydi. Biroq, bunday taʼrif aniq emas, zero shu ishlarni bajaradigan boshqa tur transport vositalari ham mavjud. 2002-yil maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 590 million avtomobil bor (taxminan har oʻn bir kishiga bittadan). Etimologiyasi Avtomobil soʻzi fransuzcha automobiledan, u esa oʻz navbatida qadimgi yunon tilidagi αὐτός (autós, „oʻzi“) hamda lotincha mobilis („yuruvchi“) soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, oʻzi, yaʼni hech qanday hayvon yoki boshqa ulov yordamisiz harakatlanuvchi ulovni anglatadi. Tarixi Birinchi oʻziyurar mexanik ulov yoki avtomobil 1769-yili Nicolas-Joseph Cugnot tomonidan ixtiro qilingan, deb hisoblansada, baʼzilar Cugnotʼning uch gʻildirakli mashinasi haqiqatdan ham ishlaganiga shubha bildirishadi, boshqalar esa ilk bugʻ mashinasini Xitoyda iezuit missioneri 1672-yilda yasagan, deb taʼkidlashadi. Nima boʻlganda ham François Isaac de Rivaz, shveysariyalik ixtirochi, birinchi ichki yonuv dvigateli muallifi hisoblanadi; u yasagan dvigatel yoqilgʻi sifatida vodorod va kislorod aralashmasini ishlatib, dunyoda shu tipdagi eng birinchi dvigatel edi. Biroq u Samuel Brown, Samuel Morey va Etienne Lenoir'lar yasagan ichki yonuv dvigatelli ulovlar kabi qoʻpol va beoʻxshov edi. 1881-yilning noyabrida farang ixtirochisi Gustave Trouvé uch gʻildirakli, ishlaydigan avtomobilni namoyish etdi. Bu voqea Parijdagi Xalqaro Elektr Koʻrgazmasida sodir boʻlgandi. 1885-yili Olmoniyaning Manheim shahrida Karl Benz toʻrt qadamli dvigatelga ega avtomobil qurib, keyingi yili, yanvar oyida oʻzining Benz & Cie. shirkati (1883-yili asos solingan) yordamida shu ixtirosi uchun patent oldi. Shu muammo ustida boshqa olmon ixtirochilari (shu jumladan, Gottlieb Daimler, Wilhelm Maybach va Siegfried Marcus) ishlashgan boʻlishsada, zamonaviy avtomobilning rasman ixtirochisi, deb koʻriladi. 1879-yili Benz oʻzining ilk dvigateli (1878-yilgi) uchun patent olgandi. Uning koʻpgina boshqa ixtirolari ulovni yurgiza oladigan dvigatel yasashda qoʻl keldi va 1896-yili Benz birinchi oppozit dvigatel patentladi. 1893-yilda Benz oʻzining toʻrt gʻildirakli avtomobilini namoyish etdi, ungacha taxminan 25 dona Benz ulovlari sotilgandi. Ular Benz'ning oʻzi loyihalagan toʻrt qadamli dvigatellar yordamida harakat qilar edi. Litsenziyalangan Benz dvigatellarini ishlab chiqarayotgan fransiyalik Emile Roger, endi uning avtomobillarini ham sota boshladi. Fransiya avtomobil bozori Olmoniyadagiga nisbatan chaqqonroq boʻlgani uchun ulovlar Roger orqali tezroq sotila boshladi. Daimler va Maybach 1890-yili Cannstatt'da Daimler Motoren Gesellschaft (Daimler Motor Shirkati, DMG) ga asos solishib, shu savdo belgisi ostidagi ilk avtomobilni 1892-yilda sotishdi. 1895-yilga kelib 30ga yaqin DMG avtomobillari sotildi. Benz va Daimler avvalboshda bir-birlarining ishlaridan bexabar boʻlib, mustaqil ishlashgani taxmin etiladi. Daimler 1900-yilda vafot etdi va shu yili, biroz vaqt oʻtib, Maybach Emil Jellinek buyurtmasiga binoan Daimler-Mercedes motorini yasadi. Ikki yildan soʻng DMG'da shu motorli avtomobil ishlab chiqarilib, "Mercedes" deb ataldi. Soʻngra Maybach DMG'dan ketdi va oʻz biznesini ochdi. Daimler savdo belgisi boshqa ishlab chiqaruvchilarga sotildi. Karl Benz Birinchi Jahon Urushidan soʻnggi Olmoniya iqtisodiyotining ojizlana boshlaganida DMG va Benz & Cie. orasida hamkorlik oʻrnatishni taklif etdi, biroq DMG direktorlar kengashi bu taklifni rad etdi. Ikki shirkat orasidagi muhokamalar bir necha yil oʻtib boshlandi va 1924-yilda ular 2000-yilgacha kuch saqlaydigan Oʻzaro Manfaatdorlik Shartnomasini imzoladilar. Ikkala tashkilot oʻz belgilarini saqlab qolishsada, dizayn, ishlab chiqarish, sotuv, xarid va reklama marketinglarini kelishib loyihalasha boshlashdi. Nihoyat, 1926-yilning 28-iyunida Benz & Cie. va DMG Daimler-Benz nomi ostida birlashib, avtomobillarini DMG'ning eng muhim markasi, Maybach loyihalagan 1902 Mercedes-35hp ulovi va Benz sharafiga Mercedes Benz, deb atashdi. Karl Benz vafotigacha (1929) Daimler-Benz direktorlar kengashining vakili boʻlib qoldi. 1890-yili fransuzlar Emile Levassor va Armand Peugeot Daimler motorili ulovlar chiqara boshlab, Fransiya avtomobil sanoatini yoʻlga qoʻyishdi. AQShda esa, ilk ichki yonuv dvigatelli mashina 1877-yilda George Selden (Rochester, New York) tomonidan yasalib, 1879-yili patentlandi. Birlashgan Qirollikda ham oʻziyurar ulov yaratishga harakatlar boʻldi, xususan Thomas Rickett ismli ixtirochi 1860-yili bugʻ mashinalari ishlab chiqarishni boshlamoqchi boʻldi. Britaniyaning ilk ichki yonuv motorili avtomobili esa 1894 va 1895 (Frederick William Lanchester) yillarida yasaldi, lekin ommaviy chiqarishga oʻtmadi. Bu sohada Daimler Motor Company (asoschi – Harry J. Lawson, 1896) kashshof boʻldi; ilk ommaviy avtomobillar 1897-yili sotuvga chiqa boshladi. 1892-yili olmon mehandisi Rudolf Diesel "Yangi Ratsional Yonuv Motori" uchun patent oldi. 1897-yilda u ilk Diesel motorini yasadi. 1895-yilda Selden ikki taktli motori uchun AQSh patenti (549160 raqamli ) oldi. Bugʻ, elektr va benzin energiyasidan foydalanuvchi avtomobillar yillab raqobatlik qilishdi va natijada, 1910larda benzin ishlatuvchi motorlar boshqa tur motorlarni siqib chiqardi. Turli porshensiz rotorli dvigatellar anʼanaviy porshen va tirsakli valli motorlar bilan raqobatlashishga harakat qilishgan boʻlsada, faqatgina sanoqli shunday motorlar oz-moz omadga erishishdi (masalan, Mazdaning Wankel motori). Ishlab chiqarish Ilk bor ommaviy avtomobillarni keng miqyosda ishlab chiqarish 1902-yili Ransom Olds'ning Oldsmobile zavodida yoʻlga qoʻyildi. Bu konseptni keyinchalik (1914-yildan) Henry Ford kengaytirdi. Natijada Ford avtomobillarining har biri har oʻn besh daqiqada zavoddan chiqadigan boʻldi, avtomobilni yigʻish ancha tezlashdi (Ford’gacha bir avtomobil uchun 12,5 kishi-soat sarflanar edi, bu koʻrsatkich keyin 1,5 soatga tushdi), bunday surʼat oʻz davri uchun misli koʻrilmagan edi. Avtomobil ishlab chiqarishda vaqt asosan uni boʻyashga ketadigan boʻldi. Eng tez quriydigan boʻyoq qora boʻlgani uchun, avtomobil zavodi rang-baranglikdan voz kechdi (bu 1926-yilgacha, tez quriydigan loklar ixtiro qilinguncha davom etdi). 1914-yilga kelib avtomobil narxi shu qadar pasaydiki, oddiy zavod ishchisi toʻrt oylik maoshiga Model T sotib olishi mumkin edi. Ford tomonidan joriy etilgan xavfsizlik choralari – ayniqsa har bir ishchiga oʻz ish joyi ajratilishi (bu ishchilarning korxona hududida sangʻib yurishining oldini oladi) – jarohatlar sonini keskin kamaytirdi. Yuqori samaradorlikka erishish uchun yuqori maoshlar tayinlash „Fordchilik“ deb atalib, boshqa katta tashkilotlar tomonidan ham qoʻllanila boshlandi. Yigʻish liniyasi – konveyerning samaralari Amerika Qoʻshma Shtatlari iqtisodiyotiga katta yordam berdi. Konveyer ishchilarni muayyan bir xil ishlarni tez-tez bajarishga koʻniktirib, yuksak samaradorlikka erishishni taʼminladi; boshqa mamlakatlarda esa nisbatan kam samarali usullardan foydalanilar edi. Avtomobilsozlik sanoatida bunday usul tezda shuhrat topib, dunyo boʻylab tarqalib ketdi; 1911-yili Ford Fransiya va Ford Britaniya, 1923-yili Ford Daniya, 1925-yili Ford Olmoniya mahalliy shirkatlari ochildi; 1921-yildan boshlab Citroën Yevropa shirkatlari orasida birinchi boʻlib Ford konveyerlarini qoʻllay boshladi. Konveyersiz ishlaydigan avtomobilsozlik shirkatlari sinish xavfiga duch kelishdi; 1930-yilga kelib bunday shirkatlardan 250 tasi yoʻqolib ketdi. Avtomobilsozlik texnologiyasi taraqqiyoti yuzlab kichik shirkatlar raqobatlashuvi tufayli ilgʻorlab ketdi. Shu davr uchun xos muhim ixtirolar safiga oʻt oldirish va elektr starter (Charles Kettering tomonidan Cadillac Motor Company uchun, 1910–1911), amortizator toʻrt gʻildirakli tormozi kiradi. Manbalar Havolalar Automuseum Dr. Carl Benz, Ladenburg/Germany Bertha Benz Memorial Route Manbalar Transport Avtomobillar
2,162
https://uz.wikipedia.org/wiki/Moskva
Moskva
Moskva () – Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatdagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Janubi-Sharqiy, Janubiy, Jan.-Gʻarbiy, Gʻarbiy, Shim.-Gʻarbiy, Shimoliy, Shim. Sharqiy hamda Zelenograd shahri) boʻlingan. Shahar chegarasi, asosan, Moskva halqa avtomobil yoʻlidan oʻtadi. Maydoni (Moskva meriyasiga karashli boʻlgan Zelenograd va boshqa aholi punktlaridan tashkari) 994,0 km², shu jumladan, Moskva halqa avtomobil yoʻli doirasida 878,7 km². Aholisi 8305,0 ming kishi (2001; Moskva shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan 8600 ming kishi)dan ziyod. Geografik joylashuvi Rossiyaning Yevropa qismida Smolensk-Moskva qirlari, Oka-Moskvoretsk tekisligi va Meshchyora pasttekisligi tutashgan joyda, Oka va Volga daryolari orasida, Moskva daryosi sohillarida joylashgan. Shahar hududining asosiy qismi 120 m balandlikda, keng tarqalgan qayirlar va qayir usti terrasalariga ega boʻlgan Moskva daryosi va uning irmoqlari (Yauza, Setuni va boshqalar)ning keng vodiyli morena va flyuvioglya-sial tekisliklari chegarasi ichida oʻrnashgan. Suvayirgʻichlar (shu jumladan, „etti tepalik“ – Kreml, Sreten, Tver, Tryoxgorka, Tagan, Lefort, Vorobyov tepaliklari)ning bir oz koʻtarilgan qismlari daryo vodiylari va jarliklar bilan almashib boradi. Relyefning eng yuqori nuqtalari Teplostan qirlari (balandligi 254 m gacha) kirib borgan janubi-sharq va SmolenskMoskva qirlarining janubiy yon bagʻridagi Ximki suv havzasi xududida joylashgan. Shaharning sharqiy, janubi-sharqiy qismlari Meshchyora pasttekisligining gʻarbiy chekkasida oʻrnashgan. Moskvaning markaziy rayonlarida qayta ishlangan grunt, koʻchalar va hokazo qoldiqlaridan tarkib topgan madaniy qatlamning qalinligi 4–6 m (koʻmilgan jarliklar, kichkina soylar, hovuz va botqoqliklar oʻrnida 10–20 m)ga yetadi. 100 dan ziyod soy, shu jumladan, Neglinnaya yer osti quvurlari orqali oʻtkazilgan. Moskva iqlimi moʻtadil kontinental. Qishi moʼtadil sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10,2°. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 18,1°. Shahar markazi temperaturasi chekkalarga nisbatan oʻrta hisobda 1,5—2° yuqori. Yillik yogʻin 540–650 mm (eng koʻpi iyul— avgustda). Rossiyada ilk bor barpo qilingan Los Oroli milliy bogʻi Moskva hududida joylashgan. Tarixi Moskva toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 1147-yildagi solnomada berilgan. Suzdal va Buyuk Kiyev knyazi Yuriy Dolgorukiy anʼana boʻyicha Moskvaning asoschisi hisoblanadi. 1156-yil chamasi Borovitsk tepaligida, Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida dastlabki qoʻrgʻoncha oʻrnida keyinroq Kreml nomini olgan yogʻoch-tuproqdan istehkom qurilgan (qarang Kreml). Vladimir-Suzdal Rusining chekka shahri hisoblangan. Moskva Chernigovdan Kiyevga boradigan yoʻllar chorrahasida shakllangan. 1237-yilda, moʻgʻullar bosqini davrida, Botuxon qoʻshinlarining bostirib kirishi natijasida Moskva vayron qilindi, lekin, tez orada qayta tiklanib kichikroq udel knyazligining markazi boʻldi. Knyaz Yuriy Danilovich (1303—25 yillarda boshqargan) knyazlikka yorliq olgan birinchi Moskva knyazi boʻldi. 14—15-asrlarda Moskva rus yerlarini birlashtirish, moʻgʻullar zulmidan ozod boʻlishga qaratilgan kurashning tashkilotchisi, markaziga aylandi. Moskva atrofida rus yerlarining astoydil birlashtirishni boshlagan knyaz I. D. Kalitaning (1325—40) faoliyati katta ahamiyatga ega boʻldi. taxminan 1326-yilda Moskvaga Vladimir shahridan Rus pravo-slav cherkovi mitropolitlarining qarorgohi koʻchirildi. KnyazD. I. Donskoy (1359—89) davrida Moskva moʻgʻullar zulmiga qarshi kurash markaziga aylandi. 1380-yilda Kulikovo maydonida moʻgʻullar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan umumrus qoʻshini Moskvada shakllandi. 15-asr oxirida ulugʻ knyaz Ivan III Vasilyevich (1462—1505) davrida Moskva yagona Rus davlatining poytaxti boʻldi. 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida Kremlni qayta qurilishi, uning hududida Moskva davlatining bosh soborlari – Uspeniye, Arxangelskiy va Blagoveshcheniye qad koʻtardi. 1547-yilda ulugʻ knyaz Ivan IV Grozniy (1533—84) podsho unvonini qabul qildi. Romanovlar sulolasining birinchi podsholari Mixail Fyodorovich va Aleksey Mixaylovichlarning hukmronligi davri – notinch yillarda yoqib tashlangan Moskva yangidan qurildi. 1687-yilda Slavyan-grek lotin akademiyasi ochildi. 1708-yilda shahar Moskva gubernyasining markazi boʻldi. Rossiya poytaxtining Sankt-Peterburgga koʻchirilishi (1712) bilan Moskva birinchi poytaxt, muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini saqlab qoldi. Moskvada imperatorlarga toj kiygizish marosimlari oʻtkazib kelingan. 1703-yildan boshlab podsho Petr-Ining tashabbusi bilan „Vedomosti“ birinchi rus bosma gaz. nashr qilina boshlandi. 17-asr oxiridan shaharning oʻzini oʻzi boshqarish tizimi shakllandi. Izchillik bilan shahar bo-shqaruvi organi sifatida Burmistr palatasi, Ratusha, Magistrat, 1785-yildan – Umumiy va Olti ovozli Duma, ke-yinroq (1870-yilda) shahar Dumasi tuzildi, 1812-yildagi urush davrida Moskva sentabr-oktabr oylarida Napoleon-Ining fransuz qoʻshinlari qoʻlida edi. Katta yongʻin shahar binolarining 2/3 qismini yoʻq qildi. Fransuzlar Moskvani tashlab chiqib ketdilar. Sanoat va temir yoʻl qurilishining rivojlanishi bilan Moskva Rossiyaning iqtisodiy va transport markazlaridan biriga aylandi. 1917-yil noyabrda shaharda bolsheviklar xrkimiyati oʻrnatildi. 1918-yil 12-martda poytaxt yana Moskvaga koʻchirildi. SSSR tashkil qilingandan keyin (1922-yil 30-dekabrda) Moskva uning poytaxti boʻldi. 1929-yildan Moskva – Moskva viloyati markazi. 1935-yilda Moskvani birinchi Bosh plani qabul qilindi. Oʻsha yili Moskvada metropoliten ishga tushirildi. 1941-yil dekabrda nemis qoʻshinlari Moskva ostonalariga yetib keldi va shaharni bombardimon qila boshladi. Keyinroq nemislar chekinishga majbur boʻldi. 1945-yil 24-iyunda Moskvada Gʻalaba Paradi boʻlib oʻtdi. 1965-yil 8-mayda Moskvaga qaxramon shahar unvoni berildi. 1950-yillar oʻrtalaridan shaharda keng miqyosda uy-joy va madaniy qurilish avj oldi. 1980-yilda Moskvada 22-olimpiada oʻyini boʻlib oʻtdi. SSSR qulagach, Moskva (1991-yil 25-dekabrdan) – Rossiya Federatsiyasiga aylanadi Iqtisodiyoti Moskvada aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, priborsozlik sanoatlarining yetakchi korxonalari joylashgan. Shuningdek, mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan stanok-asbobsozlik (Moskvada Rossiya metall kesuvchi stanoklarning 9,3% hamda asboblar, temirchilikpress uskunalari, sanoat robotlari, avtomat va yarim avtomat liniyalar va boshqalar), turli elektronika, avtomobilsozlik (6,8% Rossiya yuk avtomobillari va 6,3% yengil avtomobillar) sanoati rivojlangan. Sovitkich, kompressor va koʻtargich (Rossiya liftlarining 64%) uskunalar, podshipnik, soatlar va boshqa ishlab chiqariladi, kimyo sanoati (shu jumladan, avtomobil shinalari, texnik rezina mahsulotlari, boʻyoklar, maishiy kimyo mollari), neftni qayta ishlash zavodlari mavjud. Kora metallurgiya korxonalarida sifatli poʻlatdan turli xil mahsulotlar, quvurlar, metall buyumlar ishlab chiqariladi. Moskva – yengil, asosan, toʻqimachilik (Rossiya ip gazlama ishlab chiqarishning 5,9%, ipakning 9,4% hamda jun gazlamalar) va tikuvchilik sanoatining anʼanaviy markazi. Poligrafiya, oziq-ovqat (Rossiya qandolatpazlik mahsulotlarining 22% hamda koʻpgina tamaki mahsulotlar) sanoatlari bor. AMO „ZIL“, AZLK avtomobil zavodi, „Moskva podshipniki“ va aviatsiya korxonasi ishlab turibdi. Transport Shahardan turli yoʻnalishlarda temir yoʻl liniyasi ketgan. Har kuni Moskvaning 9 ta temir yoʻl vokzali orqali 2 mln. ga yaqin yoʻlovchi kelib-ketadi. Moskvada 3 yirik dare porti (Gʻarbiy, Shimoliy va Jan.) bor. Moskva 13 avtoyoʻl orqali Rossiyaning yirik shaharlari, uzoq va yaqin xorij davlatlari bilan bogʻlangan. Moskva mamlakat havo yoʻllarining eng yirik tugunidir (Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo, Bikovo aeroportlari). Moskvada Rossiyaning toʻngʻich va eng katta masofaga choʻzilgan (1999-yilda 160 stansiya) metropoliteni mavjud. Oʻquv yurtlari Poytaxtda Rossiya fanlar akademiyasi, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi, Rossiya qishloq xoʻjaligi akademiyasi, Rossiya taʼlim akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi va boshqa faoliyat koʻrsatadi. 1000 dan ziyod ilmiy tadqiqotlar instituti va konstruktorlik byurolari ishlab turibdi. 80 dan ziyod oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 13 universitet mavjud. Tarixiy va arxitektura yodgorliklari Shaharda 140 dan ziyod professional teatr bor, shulardan: Katta teatr, K. S. Stanislavskiy va V. I. NemirovichDanchenko nomidagi, Operetta teatrlari; dramatik teatrlar – Kichik teatr, Moskva Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik te-atri, Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, V. Mayakovskiy, Mossovet, M. N. Yermolova nomidagi, Rossiya Armiyasi Markaziy teatri, Tagankadagi, Kichik Bronniy, Satira, „Sovremennik“, A. I. Raykin nomidagi „Satirikon“, S. V. Obrazsov nomidagi Markaziy qoʻgʻir-choq teatri va boshqa 2 sirk, konservatoriya, P. I. Chaykovskiyning konsert zali va boshqa bor. Moskvada „Mosfilm“ kino-konserni va boshqa kinostudiyalar joylashgan. Moskva mamlakat tele- va radioeshittirish tizimining markazi, bu yerda mashhur Ostankino teleminorasi mavjud. Moskvada 70 dan ziyod muzey bor. Ular orasida A. S. Pushkin nomidagi tasviriy sanʼat muzeyi, Tarixiy muzey, Politexnika muzeyi, Kremlning Qurol-aslaqa palatasi, A. V. Shchusev nomidagi meʼmorlik muzeyi, Moskva tarixi muzeyi, A. A. Baxrushin nomidagi Teatr muzeyi, Adabiyot muzeyi, V. M. Vasnetsov uymuzeyi, M. Gorkiy, M. Yu. Lermontov, A. N. Ostrovskiy, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. I. Svetayeva, A. P. Chexov, F. I. Shalyapin muzeylari va boshqa mavjud. Moskvaning eski qismi radialhalqa shaklidagi tuzilishga ega. Moskvaning tarixiy markazi – Moskva Kremli ansamblidir, uning yonida Kizil maydon, Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi joylashgan. Saqlanib qolgan yedgorliklar orasida – Kolomenskoyedagi Vozneseniye cherkovi, monastirlar meʼmoriy majmuasi (Andronikov, Donskoy, Svyato-Danilov, Novodevichiy, Simonov va boshqalar), qoʻrgʻonlar ansambllari (Kuskovo, Ostankino, Kuzminki, Saritsino va boshqalar), 17-asr cherkov va ayrim binolari, 18-asr – 19-asrlarning 1-yarmidagi klassitsizm uslubidagi turar joy va jamoat binolari – Pashkov uyi (hozirgi Rossiya davlat kutubxonasi binosi), Oliy Majlis binosi, Moskva universitetining eski binosi, Katta teatr bor. 1920—70 yillarda Moskva markazi va yirik magistrallar qayta tiklandi (bu jarayon davomida koʻpgina nodir tarixiy va meʼmorii yedgorliklar buzib tashlandi). 50-yillar oʻrtalaridan zamonaviy loyiha boʻyicha katta shahar rayonlari qurildi, yangi mikrorayon va yirik jamoat inshootlari, baland binolar (shu jumladan, Vorobyev te-paligidagi universitet), Lujnikidagi Markaziy stadion majmuasi, Kremldagi sʼyezdlar saroyi, Yangi Arbat ansambli, olimpiya obʼyektlari barpo qilindi. 1990-yillar boshlaridan koʻpgina meʼmorii va tarixiy yedgorliklar (shu jumladan, Iso paygʻambar ibodatxonasi) taʼmirlanmoqda. Poklonnaya tepaligidagi Zafar bogʻi memorial majmuasi va Manej maydonidagi savdo majmuasi qurildi, Lujnikidagi Markaziy stadion taʼmirlandi, shahar va uning atrofi transport infrastrukturam yaxshilandi. Moskva atrofida Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik shaqar aglomera-siyasi vujudga keldi. 2001-yilda Moskvadagi Dobrininsk maydonida Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi (haykaltarosh J. Mirtojiyev). Aholi Havolalar http://www.mos.ru/ https://forum-msk.info/ http://www.moscow.ru/ Manbalar Rossiya shaharlari
2,164
https://uz.wikipedia.org/wiki/Matematika
Matematika
Matematika (;  — „bilim“, „fan“) — aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obyekti sanoq boʻlgani uchun koʻpincha unga „hisob-kitob haqidagi fan“ deb qaralgan (bugungi matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik oʻrin egallaydi). Matematika eng qadimiy fanlardan biri boʻlib, uzoq rivojlanish tarixini bosib oʻtgan va buning barobarida „matematika nima?“ degan savolga javob ham oʻzgarib, chuqurlashib borgan. Yunonistonda matematika deganda geometriya tushunilgan. IXXIII asrlarda matematika tushunchasini algebra va trigonometriya kengaytirgan. 17—18-asrlarda matematikada analitik geometriya, differensial va integral hisob asosiy oʻrinni egallaganidan soʻng, to XX asr boshlarigacha u „miqdoriy munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fan“ mazmunida taʼriflangan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida turli geometriyalar (Lobachevskiy geometriyasi, proyektiv geometriya, Riman geometriyasi kabi), algebralar (Bul algebrasi, kvaternionlar algebrasi, Keli algebrasi kabi), cheksiz oʻlchovli fazolar kabi mazmunan juda xilma-xil, koʻpincha sunʼiy tabiatli obyektlar oʻrganila boshlanishi bilan matematikaning yuqoridagi taʼrifi oʻta tor boʻlib qolgan. Bu davrda matematik mantiq va toʻplamlar nazariyasi asosida oʻziga xos mushohada uslubi hamda tili shakllanishi natijasida matematikada eng asosiy xususiyat — qatʼiy mantiqiy mushohada, degan gʻoya vujudga keldi (J. Peano, G. Frege, B. Rassel, D. Xilbert). XX asr oʻrtalarida Burbaki taxallusi ostida matematika taʼrifini qayta koʻrib chiqqan bir guruh fransuz matematiklari bu gʻoyani rivojlantirib, „Matematika — matematik strukturalar haqidagi fan“ degan taʼrif kiritdi. Bu yondashuv avvalgi taʼriflarga koʻra kengroq va aniqroq boʻlsada, baribir cheklangan edi — strukturalar oʻrtasidagi munosabatlar (masalan, matematika, turkumlar nazariyasi, algebraik topologiya), amaliy hamda tatbiqiy nazariyalar, xususan, fizika, texnika va ijtimoiy fanlarda matematik modellar bu taʼrif doirasiga sigʻavermas edi. Soʻnggi asrda xilma-xil matematik obyektlar orasida juda chuqur munosabatlar mavjudligi va aynan shunga asoslangan natijalar Matematikaning bundan keyingi taraqqiyotida asosiy oʻrinni egallashini koʻrsatmoqda. Elektron hisoblash vositalari bilan birga Matematika tatbiqlarining kengayishi (biometriya, sotsiometriya, ekonometrika, psixometriya va boshqalar), matematik usullar hayotining turli sohalariga jadal surʼatlar bilan kirib borayotgani ham Matematika predmetini ixcham taʼrif bilan qamrab boʻlmaydigan darajada kengaytirib yubordi. Demak, Matematika aksiomatik nazariyalar va matematik modellarni, ular orasidagi munosabatlarni oʻrganadigan, xulosalari qatʼiy mantiqiy mushohadalar orqali asoslanadigan fandir. Dastlab oddiy sanoq sonlar va ular ustidagi arifmetik amallardan boshlangan tematik bilimlar umuminsoniy taraqqiyot bilan birga kengayib va chuqurlashib borgan. Eng qadimgi yozma manbalardayoq (masalan, matematik papiruslar) kayerlar ustida amallar va chiziqli tenglamalarni yechishga doir misollar uchraydi. Sugʻorma dehqonchilik, meʼmorlikning rivojlanishi, astronomik kuzatuvlarning ahamiyati ortishi geometriyaga oid dalillar jamgʻarilishiga olib kelgan. Masalan, Qadimgi Misrda tomonlari 3, 4 va 5 birlik boʻlgan uchburchak toʻgʻri burchakli bulishidan foydalanilgan. Bu davr Matematikasining oliy yutuqlarini muntazam toʻrtburchakli kesik piramida hajmini hisoblash qoidasi (hozirgi yozuvda V— (a2 + ab + b2) L/3 formulaga mos keladi) va l= (16/9)2 taqribiy qiymatini misollarida koʻrish mumkin. Yunonistonda geometrik xossalar faqat kuzatuv va tajriba yoʻli bilangina topilmay, avvaldan maʼlum xossalardan keltirib chiqarilishi mumkinligi ham payqalgan hamda deduktiv isbot gʻoyasi rivojlantirilgan (Fales, Pifagor va boshqalar). Bu gʻoyaning choʻqqisi Yevklidning „Negizlar“ asarida geometriyaning aksiomatik qurilishi boʻldi. Bu kitob Matematikaning keyingi rivojiga katta taʼsir qildi va XIX asr boshlarigacha mantiqiy bayonning mukammalligi boʻyicha namuna boʻlib keldi. Yunonlar Matematikani geometriya bilan tenglashtirib, sanʼat darajasiga koʻtarganlar. Buning natijasida planimetriya va stereometriya ancha mukammal darajaga yetgan. Faqat 5 xil qavariq muntazam kupyoqlikning mavjudligi (Platon), kvadratning tomoni bilan diagonali umumiy oʻlchovga ega emasligi (Pifagor), nisbatlar nazariyasiga asoslangan son tushunchasi (Evdoks), qamrash usuli bilan egri chiziqli shakllar yuzi va yer uzunligini, jismlar hajmini hisoblash, Geron formulasi, konus kesimlari (Apolloniy, Pergayos), sterografik proyeksiya (Ptolemey), geometrik yasashlar va shu munosabat bilan turli egri chiziqlarning oʻrganilishi yunon geometriyasining taraqqiyot darajasi haqida tasavvur beradi. Yunon olimlari qoʻygan burchak triseksiyasi, kubni ikkilash, doira kvadraturasi, muntazam koʻpburchak yasash masalalari XIX asrga kelib oʻz yechimini topdi, mukammal va „doʻst“ sonlar haqidagi muammolar esa hamon ochiqligicha qolmoqda. Ayniqsa, Arximed tadqiqotlarida yunon Matematikasi oʻz davridan juda ilgarilab ketgan — u integral hisob, ogʻirlik markazi gʻoyalarini qoʻllagan. Yunon olimlari trigonometriyaga oid dastlabki maʼlumotlarga ham ega boʻlganlar (Gipparx, Ptolemey), Diofantning „Arifmetika“ asarida sonlar nazariyasiga oid masalalar qaralgan. Ayni paytda Matematika Qadimgi Xitoy va Hindistonda ham taraqqiy topdi. „Toʻqqiz kitobli matematika“ nomli xitoy manbasida (miloddan avvalgi II-I asrlar) natural sonlardan kvadrat va kub ildiz chiqarish qoidalari berilgan. Keyinroq xitoy olimlari chiziqli tenglamalar sistemasi va chegirmalar nazariyasi bilan shu-gʻullanib, xususan, „qoldiqlar haqidagi xitoy teoremasi“ni topganlar. V asrda Szu Chun-chji π soni 3,1415926 bilan 3,1415927 oraligʻida boʻlishini koʻrsatgan. Hindistonda Matematika Ariabhata (V asr), Brahmagupta (VII asr), Bxaskara (XII asr) ishlarida rivojlantirilgan. Hind Matematikasining olamshumul yutugʻi oʻnli sanoq sistemasi va 0 raqamining ixtiro qilinishidir. Shuningdek, hind olimlari manfiy sonlar va irratsional ifodalar bilan tanish boʻlganlar, geometriyada muhim natijalarni qoʻlga kiritganlar. Yunon, xitoy va hind Matematikasi bir-biridan deyarli mustaqil holda mavjud boʻlgan. III-IV asrlarga kelib Yunonistonda fan inqirozga uchraydi, mavjud asarlar ham unutila boshlaydi. Yevropa sivilizatsiyasining bundan keyin to Uygʻonish davrigacha boʻlgan davri „zulmat asrlari“ deb atalgan (A. Mets). VII asrda islom dini tarqalishi va Arab xalifaligi vujudga kelishi bilan fan hamda madaniyat yuksalishi uchun yangi sharoit tugʻildi. Horun ar Rashid davrida xalifalik poytaxti Bagʻdod yirik shaharga aylanib, bu yerga turli mintaqalardan olimlar kela boshlaydi. Ular dastlab yunon, suryoniy va hind tilidagi asarlarni arabchaga oʻgirish bilan shugʻullangan. Xuroson va Movarounnahr voliysi etib tayinlangan Horun ar Rashidning oʻgʻli Maʼmunning ilmparvarligi tufayli Marvga oʻrta Osiyolik olimlar yigʻila boshlaydi. 813-yilda xalifalikka oʻtirgan Maʼmun Marvdagi olimlar toʻgaragini Bagʻdodga olib ketadi va mashhur „Bayt ul-hikma“ (Maʼmun akademiyasi)ga asos soladi. Bu ilmiy muassasaga Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy rahbarlik qilgani haqida maʼlumotlar saqlangan. „Bayt ul-hikma“da, shuningdek, Ahmad al-Fargʻoniy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Habash Hosib al-Marvaziy, Muso ibn Shokir oʻgʻillari kabi koʻplab oʻrta Osiyolik olimlar faoliyat koʻrsatgani bu oʻlkada arablar istilosiga qadar ham fan rivojlanganligi, xususan, yosh iqtidorli olimlar chiqishi uchun qulay muhit mavjud boʻlganligidan dalolat beradi. IX asrdan fan tarixi „Musulmon renessansi“ deb nomlangan yangi yuksalish davriga kiradi. „Bayt ul-xikma“da Yunoniston, Hindiston, Xorazm va Xitoyda jamgʻarilgan bilimlar sintez qilinib, Matematika izchil rivojlantirila boshlandi. Xorazmiy tarqoq bilimlarni tartibga keltirib, algebraga asos soladi. Uning oʻnli sanoq sistemasi bayon qilingan asari tufayli bu qulay hisoblash vositasi dunyoga yoyildi. Asarlari oʻqimishli boʻlishi uchun Xorazmiy aniq va loʻnda bayon uslubini qoʻllagan. Shu tufayli uning asarlari keng tarqalgan. Xorazmiy uslubi yevropalik tarjimonlar tomonidan muallif nomi bilan algoritm deb atalgan. Musulmon Sharqi olimlari geometriyani ham rivojlantirgan (Sobit ibn Qurra, Abulvafo, Umar Xayyom), trigonometriyaga fan sifatida asos solganlar (Ibn al-Haysam, Beruniy, Tusiy), xususan, Ahmad al-Fargʻoniy tomonidan Ptolemeyning stereografik proyeksiya haqidagi teoremasining isbotlanishi Bagʻdod akademiyasida geometriya chuqur oʻrganilganini koʻrsatdi. Arab tilida ijod qilgan matematiklarning uchinchi va toʻrtinchi darajali tenglamalarni geometrik usulda yechish yoʻllari keyinchalik analitik geometriya yaratilishiga turtki boʻlgan. Matematika rivojlanishida Xorazm Maʼmun akademiyasi (Ibn Iroq, Beruniy) ham muhim rol oʻynagan. Sharq Matematikasi rivojining choʻqqisi esa Samarqand ilmiy maktabi davriga toʻgʻri keladi. Ulugʻbek va uning rahbarligidagi olimlar (Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Qushchi, Miram Chalabiy, Husayn Birjaniy va boshqalar) ulkan rasadxona qurish, yulduzlar koordinatalari va sayyoralar harakatini katta aniqlikda kuzatish ishlari bilan birga kuzatuv natijalari boʻyicha yoritqichlarning sferik koordinatalarini hisoblash usullarini, interpolyasiya formulalari, keyinchalik Gorner sxemasi deb atalgan usulni hamda ketma-ket yaqinlashishlar usulini ishlab chiqadilar. Ulugʻbekning „Ziji jadidi Koʻragoniy“ asaridan oʻta aniqlikdagi trigonometrik funksiyalar jadvallari ham oʻrin olgan. Ulkan hajmdagi hisoblash ishlarini bajarish uchun Ulugʻbek rasadxonasi qoshida maxsus guruh — oʻziga xos hisoblash markazi tuzilgan. Bunda masalan, x = sin G ni aniqlash uchun avval geometrik usul bilan sin 3° hisoblangan, soʻngra sin3a = 3sinacos2a — sin3a formula asosida x3-45xf0,785039343364006=0 tenglama tuzilib, sinG=0,0174524066437283571 qiymati topilgan. Koshiy aylanaga muntazam 3-228 burchak chizish yoʻli bilan j sonini verguldan soʻng 17 xona aniqlikda hisoblagan. XVI asrdan Sharqda fan inqiroz sari yuz tutdi. Islom dunyosi olimlarining asarlari X-XII asrlardan Yevropaga tarqalib, tarjima qilina boshlangan va Matematikaning XVI asrdan jadal rivojlanish yoʻliga kirishi uchun zamin hozirlagan. Jumladan, al-Xorazmiy, al-Fargʻoniy asarlari Ispaniya va Italiya orqali, Ulugʻbekning „Ziji jadidi Koʻragoniy“ asari Istanbul orqali Yevropaga kirib borgan. Bu asarlar taʼsirida Italiyada Matematikaga qiziqish kuchaydi (L. Fibonachchi, L. Pacholi, N. Tartalya). Arifmetik amallar qatoridan daraja, ildiz va logarifm oʻrin egallaydi. Uchinchi va toʻrtinchi darajali tenglamalarning ildizlari haqiqiy boʻlsada, manfiy sondan kvadrat ildiz vositasidagina yechish mumkinligi kompleks sonlarga ehtiyoj tugʻdiradi. XVII asrdan Matematika tarixining J. Vallis, I. Kepler, R. Dekart, B. Kavalyeri, P. Ferma, F. Viyet va boshqa Paskal nomlari bilan bogʻliq yangi davri boshlanadi. Matematik belgilashlar keng joriy etiladi. Bu, oʻz navbatida, Matematika rivojiga ijobiy taʼsir etadi, analitik geometriya, proyektiv geometriya, ehtimollar nazariyasi va sonlar nazariyasiga asos soladi. Birin-ketin ochila boshlagan universitetlarda Matematika asosiy predmetga aylanadi. Bu davrda fransuz olimi M. Mersenn orqali dunyo olimlari oʻrtasida olib borilgan oʻzaro yozishmalar tufayli dastlabki xalqaro matematiklar jamoasi vujudga keldi, ular oʻrtasida ilmiy musobaqa muhiti kuchaydi, natijada yangi obyektlar (chiziqlar va tenglamalar) tadqiqotga tortildi, ekstremum topish, urinma yasash, yuzlarni hisoblash, kombinatorikaga oid yangi masalalar qoʻyish rayem boʻldi, funksiyalar, yaʼni oʻzgarishi bir-biri bilan bogʻliq kattaliklar bilan ishlashga toʻgʻri kela boshladi. Bunday masalalarni yechishda elementar usullar yetishmagani uchun cheksiz marta takrorlanadigan amallarga murojaat eta boshladilar. B. Kavalyeri aylanma jismlar hajmini hisoblashda „boʻlinmaslar usuli“ni qoʻlladi, F. Viyet ayniyatni, J. Vallis 12.32.52.72,. tenglikni, N. Merkator formulani topdi. I. Barrou egri chiziqli temperaturapetsiya yuzi bilan urinmaning oʻzgarishi orasidagi munosabatni payqadi. XVII asr oxirida bu yoʻnalishdagi izlanishlar differensial va integral hisob yaratilishiga olib keladi. G. Leybnits yangi hisobga „cheksiz kichik“ kattaliklar tushunchasini asos qilib oldi — bunday kattaliklar oʻz holicha aniq maʼnoga ega boʻlmasada, ularning nisbatlari va cheksiz yigʻindilari tayin qiymatlarga teng chiqar edi. Leybnits bu usul bilan geometriyaning avvaldan yechilmay kelgan koʻplab muammolarini hal etish mumkinligini koʻrsatdi (1782—86 yy.). I. Nyuton differensial va integral hisob gʻoyasiga boshqa tomondan — mexanika masalalari orqali yondashdi. Bu yerda ham ahvol geometriyaga oʻxshash edi: tekis harakatlarni oʻrgangan G. Galiley uchun elementar geometriya ki-foya qilgan boʻlsa, murakkabroq harakatlar murakkabroq chiziqlarni tekshirishni talab etar edi. I. Nyuton 1669-yilda bu mavzudagi tadqiqotlari jamlangan „Flyuksiyalar metodi“ nomli asarini I. Barrou va J. Kollinzga taqdim etgan, lekin u 1736-yilda nashr etilgan. 18-asrda M. taraqqiyoti, asosan, differensial va integral hisobni rivojlantirish hamda tatbiq etish bilan bogʻliq boʻldi. Bernullilar oilasi, Eyler, Dʼalamber, Lagranj, Lejandr va Laplas kabi koʻplab atoqli olimlar yangi sohani atroflicha rivojlantirib, matematik analiz nomi bilan kuchli tadqiqot quroliga aylantirdilar. Uning asosida differensial tenglamalar, variatsion hisob va differensial geometriya kabi mustaqil sohalar vujudga keldi. Bu davrda Parij, Berlin, Peterburg akademiyalari va Kembrij universiteti yirik fan markazlariga aylangani, dastlabki ilmiy jur.lar nashr etila boshlagani M. taraqqiyotini jadallashtirdi. Proyektiv geometriya, ehtimollar nazariyasi, chiziqli algebra va sonlar nazariyasi rivoj topdi, kompleks sonlar keng qoʻllanib, kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar oʻrganila boshladi. 19-asrda ham M.ning rivoji asosan 2 yoʻnalishda: ham boʻyiga, ham ildizi tomon oʻsishda davom etdi. Bu davrda M.ning hozir universitetlar quyi kurslarining dasturini tashkil etadigan sohalari: matematik analiz, analitik geometriya va chiziqli algebra, differensial tenglamalar, haqiqiy hamda kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyalari asosan shakllanib boʻldi va ular asosida mutlaqo yangi gʻoyalar kun tartibiga chiqa boshladi. K. F. Gauss l darajali koʻphad kompleks sonlar maydonida pta chiziqli koʻpaytuvchiga ajralishini (algebraning asosiy teoremasini) bekamu koʻst isbotladi. Bir necha asr davomida 5 darajali tenglamani yechish masalasi matematiklarni bezovta qilib kelgan edi. P. Ruffini va N. Abel bu tenglama ildizini uning koeffitsiyentlari orqali toʻrt arifmetik amal hamda ildiz chiqarish orqali ifodalash mumkin emasligini asosladilar. E. Galua esa Lagranj, Lejandr gʻoyalarini davom ettirib, algebraik tenglama ana shu maʼnoda yechilishechilmasligi masalasi iLdizlarining simmetrik funksiyalari tenglamaning koeffitsiyentlari orqali ifodalanishiga bogʻliq boʻlishini koʻrsatdi. Bu yerda Galua birinchi marta simmetriyaning oʻlchovi vazifasini bajaradigan gruppa tushunchasini qoʻlladi. Bundan avvalroq shunga yaqin gʻoya asosida Gauss sirkul va chizgʻich yordamida muntazam koʻpburchak yasash muammosini hal qilgan edi. Galua gʻoyalaridan hosil boʻlgan maydonlar nazariyasi bunday yasashlar masalasini umumiy holda hal qilish im-konini berdi. Gauss va Galua gʻoyalari taʼsirida avval mustaqil rivojlangan sohalarning bir-biriga aralashuvi boshlandi: kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar differensial tenglamalar va sonlar nazariyasiga, algebra — sonlar nazariyasi va kristallografiyaga tatbiq etildi. Ayniqsa, Kleyn har bir almashtirishlar guruppasiga alohida geometriya mos kelishi asoslangan, fan tarixiga „Erlangen dasturi“ nomi bilan kirgan maʼruzasidan soʻng matematik krnuniyatlarning tagida yotuvchi tub tamoyillar ochila boshladi. Ayni paytda M.ning „ildizlari“ ham oʻsdi. Evklid zamonidan rayem boʻlib kelgan tasdiqlarni qatʼiy isbotlash prinsipi ortga chekindi. Differensial va integral hisobni asoslamay qoʻllash, ayniqsa, cheksiz amallar bilan erkin muomala qilish paradokslar, anglashilmovchiliklar keltirib chiqardi. Masalan, I— I + 1 — 1 + 1 —… yigʻindining qiymati amallarni bajarish tartibiga qarab 0, 1 yoki S ga tengchiqar, log (— I)2 = logl2 tenglikka log a" = nloga formulani qoʻllab boʻlmas edi va hokazo. Uzoq vaqt „differensial“, „cheksiz kichik“ tushunchalari taʼrifeiz qoʻllanilib kelindi, „funksiya“, „uzluksiz“ deganda nimani tushunish lozimligi ham munozaraga sabab boʻldi. 10-asr boshida O. Koshining differensial va integral hisob limit hamda uzluksiz tushunchasi asosida bayon etilgan dareligi bu vaziyatga ancha oydinlik kiritdi. Lekin uzluksiz funk-siyaning integrali mavjudligini is-botlashda bu tushunchalar kamlik qildi. Kemtikni toʻldirish yoʻlidagi urinishlar K. Veyershtrassni „haqiqiy son nima?“ — degan savolga olib keldi. Ayni paytda Evklidning mashhur beshinchi postulatini isbotlash uchun ming yillik samarasiz urinishlar noevklid geometriya ixtiro qilinishi bilan yakunlandi. Bu esa geometriya asoslarini chuqur taftish qilishni talab eta boshladi. 19-asr oxiriga kelib matematika asoslarini mustahkamlash boʻyicha katta qadamlar qoʻyildi: haqiqiy sonlar nazariyasi tugallandi (Veyershtrass, Dedekind), matematik mantiq shakllandi (Peano, Frege), funksiyalar nazariyasi yaratildi (Riman, Lebeg, Fubini, Stiltyes), geometriyaning aksiomalar sistemasi takomilga yetkazildi (Hilbert), toʻplam tushunchasining ahamiyati anglandi, bu tushuncha asosida geometriya kabi butun matematikani ham qatʼiy aksiomalar asosiga qurishga ishonch paydo boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlari M. tarixida misli koʻrilmagan yuksalish yillari boʻldi. 1893-yilda Chikagoda Amerika qitʼasi ochilishining 400 yilligi munosabati bilan keng xalqaro miqyosda M. kongressi oʻtkazildi. Kongressda dunyo matematiklari muntazam uchrashib, eng yangi natijalar haqida maʼruzalar qilib turishlari zarurati eʼtirof etildi. Dastlabki rasmiy xalqaro M. kongresslari 1897-yilda Syurixda va 1900-yilda Parijda oʻtkazildi. Syurix kongressida A. Puankarening gʻoyalari yetakchi mavzuni tashkil etgan boʻlsa, Parij kongressida esa D. Hil-bert oʻzining mashhur 23 muammosini bayon etdi. Puankare gʻoyalari va Hil-bert konsepsiyasi M.ning 20-asr davomidagi taraqqiyotiga juda unumdor taʼsir koʻrsatdi. Ammo M. asoslariga chuqurroq kirishilgani sayin muammolar ham oʻtkirlashib bordi — 20-asrning boshlari M. tarixidagi eng chuqur inqirozga toʻqnash keldi — M.ning asoslarida chuqur ziddiyatlar ochila boshladi (Burali — Forti, Rassel, Rishar, Grelling paradokslari). Ularni yengib oʻtish yoʻlidagi urinishlar natijasida toʻplamlar nazariyasining aksiomatik nazariyasi yaratildi (Sermelo, Frenkel, Bernays, J. Fon Neyman) va „M. binosi yaxlit mukammal loyiha asosiga qurilgani“ haqidagi Hilbert tasavvuri qayta tiklandi. 20-asrning 1-choragida M.da qatʼiy isbot gʻoyasi batamom shakllandi. Shu asosda N. Burbaki butun M.ning asosiy qismini yagona usul — natijalarni eng umumlashgan tarzda bayon qilish maqsadida „Matematika elementlari“ nomli koʻp jildli monografiyani chop etishga kirishdi. Burbaki targʻib qilgan uslub M.ning ayrim (abstrakt) sohalari rivojiga katta turtki berdi. Bir kator davlatlarda (jumladan, sobiq Ittifokda) M.ni oʻqitish „burbakizm“ uslubida isloh qilina boshladi, lekin muvaffaqiyatsiz chiqqan bu tajriba M. taʼlimida hozirgacha yengib oʻtilmagan muammolarni keltirib chiqardi. 20-asr oʻrtalaridan M. ikki yoʻnalishda rivojlana bordi: bir tomondan, ilmiytexnik taraqqiyot ehtiyoji bilan differensial tenglamalar, matematik fizika, chekli M., ehtimollar nazariyasi, hisoblash M.si klassik sohalar kengayib, oʻta tarmoqlashib ketdi, ikkinchi tomondan, M.ning ichkm rivojlanish qonunlaridan kelib chiqqan masalalar birinchi oʻrinda turuvchi, tatbiq doirasi juda tor, oʻta abstrakt sohalar (umumiy algebra, differensial va algebraik geometriya, topologiya, funksional analiz kabi) sohalar xilma-xil yoʻnalishlarni vujudga keltirdi. Rivojlangan mamlakatlarda shakllangan yirik ilmiy maktablar tor sohalar boʻyicha yoʻnalishlarga boʻlina boshladi. 20-asrgacha M. alohida olimlarning mashgʻulot obyekti boʻlib kelgan boʻlsa, soʻnggi yuz yilda jamoaviy faoliyat tabiatini kasb eta boshladi. Ilmiy jur.lar, risolalar, ilmiy toʻplamlar, maqolalar soni geometrik progressiya boʻyicha oʻsa boshladi. Bu esa, oʻz navbatida, M. taraqqiyotida yana bir muammo — turli yoʻnalishlar oʻrtasida aloqalarning susayishi, bayon uslubining ogʻirlashib ketishi, isbotlarning toʻgʻriligini tekshirib koʻrishni hamda natijalarning toʻgʻriligi yo notoʻgʻriligiga ishonch hosil qilishni murakkablashtirdi, mavzularning gʻoyat maydalashib ketishiga olib keldi. Yaxlit „matematik“ kasbi „algebraist“, „geometr“, „topolog“, „ehtimolchi“ va „funksionalchi“ kabi oʻnlab ixtisoslarga, ularning har biri ham bir-birini deyarli tushunmaydigan yuzlab tor shoxobcha mutaxassislariga boʻlinib keta boshladi. Bu hodisani M. Klayn „M.ning yangi inqirozi“ deb baholadi. Garchi bu tabiatan tashkiliy inqiroz hali toʻliq yengib oʻtilmagan boʻlsada, 20-asr nihoyasida M.da yangi koʻtarilish yuz berdi, xususan, Fermaning katta teoremasi isbotlandi (E. Uayls), M.ning bir-biridan yiroq sohalari oʻrtasida chuqur aloqalar ochila boshladi. M. sohasida taʼsis etilgan xalqaro Fields medaliga sazovor boʻlgan ishlarning koʻpchiligi M.ning bir-biridan mustaqil uch-toʻrt sohasiga oid tushuncha va usullar qoʻllanib olingan natijalar ekani „M. — yaxlit fan“ degan konsepsiyaga qaytadan jon bagʻishladi. AQSH lik matematik D. Knut tomonidan universal Tex matn muharriri ishlab chiqilishi va elektron aloqa vujudga kelishi 21-asrda M. rivojlanishi uchun yangi ufklarni ochib bermoqda. Bugun P. Dirakning quyidagi ramziy taʼrifi yana ham oʻrinliroq: „M. bu — istalgan tabiatli abstrakt tu-shunchalar bilan ishlash uchun maxsus moslashgan quroldir. Bu borada uning qudratiga cheku chegara yoʻq“. Oʻrta asrlarda hozirgi Oʻzbekiston hududi va uning atrofidagi mintaqada yuksalishga erishgan M. fani taraqqi-yoti 16-asrdan toʻxtab qoldi. 20-asrning 2-choragidan bu sohada yangi yuksalish davri boshlandi. 1918-yilda tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi birinchi universitet (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) da V. I. Romanovskiy M. professori boʻldi. Sharqona milliy qadriyatlarni chuqur hurmat qilgan, oʻzbek tilini oʻrgangan professor iqtidorli yoshlardan professional matematiklar yetishtirishga kirishdi va Toshkent ehtimollar nazariyasi va matematik statistika maktabiga asos soldi. Bu maktabdan T. A. Sarimsoqov, S. H. Sirojiddinov, T. Azlarov, Sh. Farmonov kabi yuzdan ortiq mutaxassislar yetishib chikdi. Xalqaro Bernulli jamiyatining I kongressi Toshkentda oʻtkazilgani (1986-yil) bu sohada Oʻzbekistonda olib borilayotgan tadqiqotlarning xalqaro miqyosda tan olinishi natijasidir. 20-asr 50-yillaridan boshlab respublika M.ning boshqa sohalari boʻyicha ham ilmiy maktablar vujudga keldi. T. A. Sarimsokrv funksional analiz sohasida, I. S. Arjanix, M. S. Salohiddinov va T. J. Joʻrayev — matematik fizika tenglamalari nazariyasi, I. S. Kukles — oddiy differensial tenglamalar nazariyasi, T. N. Qori-Niyoziy, S. H. Sirojiddinov, G. P. Matviyevskaya — matematika tarixi, V. Q. Qobulov, F. B. Abutaliyev, N. A. Bondarenko, T. Boʻriyev, A. F. Lavrik hisoblash M.si va sonlar nazariyasi yoʻnalishlariga asos soldilar. 20-asrning soʻnggi choragida optimal boshqaruv nazariyasi (N. Yu. Sotimov), invariantlar nazariyasi (J. Hojiyev), matematik fizikaning funksional usullari (Sh. O. Alimov), operator algebralari va kvant fizikasining matematik usullari (Sh. A. Ayupov) kup kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasi (A. S. Sadullayev) kabi eng zamonaviy sohalarida tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi, Oʻzbekiston matematiklari Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Kiyev, Yekaterinburgdagi ilmiy markazlar bilan anʼanaviy aloqalaridan tashqari yangi imkoniyatlarga ega boʻldilar. Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh ilmiy markazlarida oʻzbekistonlik matematiklar asarlari muntazam chop etila boshladi. 1999-yilda Oʻzbekiston matematiklari jamiyati tashkil etildi (raisi — T. J. Joʻrayev), 1991-yildan „Oʻzbek matematika jurnali — Oʻzbekskiy matematicheskiy jurnal“, 2001-yildan oʻquvchilar uchun „Matematika, fizika va informatika“ jurnali nashr etila boshladi. Bugungi kunda (2001-yil) respublikada 70 dan ortiq fan doktori, 300 dan ortiq fan nomzodi faoliyat koʻrsatmoqda. Adabiyot Varden V., Probujdayushayasya nauka, M., 1959; Istoriya matematiki (v 3 tomax), M, 1970—72; Matviyevskaya G. P., Ucheniye o chisle na srednevekovom Vostoke, T., 1967; Burbaki N., Ocherki po istorii matematiki, M., 1963. Metodologiyasi: Puankare A., O nauke, M., 1990; Klayn M., Matematika. Utrata opredelyonnosti, M., 1984; Klayn M., Matematika. Poisk istini, M., 1988; Matematicheskoye modelirovaniye, M., 1979; M. tarixi, toʻplamlar, T. 2000; Froydental G., Matematika kak pedagogicheskaya zadacha, Chasti 1 i 2, M., 1982-83. Matemátika (yunoncha „μάθημα“ — „bilim“, „μαθηματικός“ — „bilimni oʻrganish“) — sonlar, strukturalar, fazolar hamda oʻzgarishlarni tadqiq etuvchi fan. Avvalboshda matematika hisoblash, oʻlchash, shuningdek fizik jismlar tabiatini deduktiv oʻrganish uchun qoʻllangan. Bundan tashqari matematika matematik bilimlarning samarali uzatilishi uchun rasmiy til taklif etadi. Shuning uchun matematika tabiiy fanlar, iqtisodiyot, modellashtirishda eng muhim vositalardan biridir. Matematika, uslublarning absolyut aniqligi va natijalarning xatosizligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega. Uning shu xususiyatlari boshqa barcha fanlardan yaqqol ajratib turadi. Eng qadimgi matematikaga oid qoʻlyozmalar miloddan avvalgi VI-asrda Yunonistonda Yevklid tomonidan yozib qoldiralgan. Keng jamoatchilikda doirasida elementar metemetikakadan foydalaniladi. Qaysiki, uning yozdamida sonlar ustida amallar, amaliy masalalar, oddiy tenglamalar va geometrik obyektlar oʻrganiladi. Fizika, kimyo, informatika, iqtisodiyot va xok. sohalarda odatda amaliy matemetika qoʻllanadi. Sof matemetikaning oʻzi faqatgina mavhum abstrakt tushunchalarni oʻrganib, haqiqiy hayotda amalda mavjud emas. Sof matematikaning baʼzi bir yoʻnalishlari falsafa va mantiq chegaralari bilan chambarchas bogʻliq. Matematikaning uslub va maqsadlari Boshqa fanlarga nisbatan matematika, abstraktsiyaning eng yuqori oʻlchamdaligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Uning bu xususiyati "fanlar podshoxi" deyilishiga sababdir. Matematik bilimlarning nihoyatda mantiqiyligi, inson ongining boshlangʻich aqli yetmasligini namoyish etadi. Matemetik isbotlash xossa va tasdiqlarni haqiqiyligini belgilovchi eng ishonchli uslubdir. XX-XXI asr zamonaviy matematikasi uchun eng yuqori aniqlik darajasiga erishish bu masalani toʻliq umumiylashtirishdir. Agar koʻrilayotgan boshlangʻich masalalarga isbot talab qilinmasa (aksioma), unda umumiylashtirish yordamida isbotni keltirib chiqarish mumkin. Tarixi Matematika tarixdan ilgarigi davrlarga borib taqaladi. Yaʼni birinchi abstrakt matematik tushuncha bu — natural son. Matemetikaning keng koʻlamda rivoj topishi antik Yunonistonda geometriyadagi katta yutugʻlar bilan belgilanadi. Matematikaning paydo boʻlishida har xil savdo-sotiq, yer taqsimlash, qurilishlar va vaqtni oʻlchash kabi amaliy masalalarni hal qilish, yechish katta ahamiyat kasb etgan. Matematikaning rivojlanishida oʻrta asrlardagi islom dunyosining alohida oʻz oʻrni bor. U yunon matematikasidan farq qilgan holda, nisbatan koʻproq amaliy xarakterga ega boʻlgan. Matematika asosan savdo-sotiq, kasb-hunar, qurilish, geografiya, astronomiya va astrologiya, mexanika, optika va xok. yoʻnalishlarida keng qoʻllangan. Islom dunyosining madaniy markazi Bog'dod hisoblanib, Bayt al-Hikmaga turli millat olim va ulamolar yigʻilishgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy (arab محمد بن موسى الخوارزمي) — (taxminan 780-850 yillarda yashagan) — mashhur O'rta Osiyolik musulmon matematigi, astronomi, astrologi, geografi, hamda qomusiy olimidir. Ayrim manbalarga koʻra, u forsiy boʻlgan. U, taxminan, 780-yilda Xorazmda (hozirgi Xivada, Oʻzbekiston) dunyoga kelgan va 850-yillarda vafot etgan. Al-Xorazmiy oʻz umrining aksariyatini Bogʻdoddagi Bayt al-Hikmada olim sifatida ishlab oʻtkazdi. Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi toʻgʻrisidagi birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant kabi "algebra fanining otasi" degan unvonga sazovor boʻldi. Uning hind raqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda Gʻarb olamiga oʻnlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi. Al-Xorazmiy Batlimusning „Joʻgʻrofiya“ asarini koʻrib chiqib, yangiladi va shuningdek, uning oʻzi ham astronomiya va astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi. Matematikaning goʻzalligi Koʻpchilik matematiklar oʻz sohasini estetik miqyosda yetakchi deb baholashadi. Haqiqatdan ham, koʻpchilik matematik isbotlar "nodir" hisoblanib, ularning natijalari esa "goʻzallik" dir. Ularga misol qilib qoʻyidagilarni keltirish mumkin: Tpanstsendent soni, Eyler tenglamasi (eiπ + 1 = 0) va xok. Matematik asosiy tushunchalari Sonlar Transformatsiya Strukturasi {| style="border:1px solid #ddd; text-align:center; margin: auto;" cellspacing="15" | || || || |- | Sonlar nazariyasi || Algebra || Guruhlash nazariyasi || Tartiblash nazariyasi |} Fazo Diskret matematika Matematika va falsafa asoslari {| style="border:1px solid #ddd; text-align:center; margin: auto;" cellspacing="15" | || || |- | Matematik mantiq || To'plamlar nazariyasi || Kategiriya nazariyasi |} Amaliy matematika {| style="border:1px solid #ddd; text-align:center; margin: auto;" cellspacing="15" | || || || || || || || |- | Matematik fizika || Suyuqlik mexanikasi || Sonlar matematikasi || Optimallashtirish || Ehtimollar nazariyasi || Statistika || Moliyaviy matematika || Oʻyinlar nazariyasi |} Yana qarang Manbalar Havolalar Elektron kutubxona (Matematikadan) Arifmetika. Algebra. Analiz Tom perviy Geometriya. Tom vtoroy EqWorld (ruscha) MathWorld (inglizcha) Matematik Özel Ders Ankara (Tr) Trmatematik (turkcha) Matematik (turkcha blog) Matematik (Tr) Ankara Özel Ders (Tr)
2,166
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kompyuter
Kompyuter
Kompyuter ( — „hisoblayman“) — oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSh), YESEVM (Rossiya) va boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy kompyuter (mikro va mikro EHM) tushunchasi XX asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati esa Macintosh (talaffuzi: „Makintosh“) yoki oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. XXI asr boshlarida dunyoda oʻnlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEVM) boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan kompyuterdan, hujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar blokida kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir koʻrinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, kompyuter tarkibiga „sichqoncha“ manipulyatori va printer kiritiladi. „Sichqoncha“ ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida kompyuter ishi osonlashtiriladi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradi va boshqaradi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetik-mantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish-chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Kompyuter oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud. Ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin. Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi (qarang: Intranet, Internet, Kompyuter tarmogʻi). Manbalar Adabiyotlar Xolmatov T., Taylaqov N.; Informatika va hisoblash texnikasi Toshkent, 2001-yil. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Havolalar Informatika
2,169
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nokia
Nokia
Nokia Corporation (aslida Nokia Oyj, Nokia deb ataladi) – Finlandiyaning telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari va maishiy elektronika koʻp millatli korporatsiyasi boʻlib, 1865-yilda tashkil etilgan. Nokia kompaniyasining asosiy shtab-kvartirasi Finlandiyaning Espoo shahrida, Xelsinki metropolitanining katta qismida joylashgan, ammo kompaniyaning haqiqiy ildizlari Pirkanmaaning Tampere mintaqasida joylashgan. 2020 yilda Nokia 100 dan ortiq mamlakatlarda 92 000 ga yaqin odamni ish bilan ta'minladi, 130 dan ortiq mamlakatlarda biznes yuritdi va yillik daromadi 23 milliard yevroni tashkil qildi. Nokia Xelsinki fond birjasi va Nyu-York fond birjalarida ro'yxatga olingan ochiq ma'suliyatli kompaniyadir. Bu Fortune Global 500 ma'lumotlariga ko'ra 2016 yildagi daromadlari bo'yicha dunyodagi 415-o'rindagi eng yirik kompaniya bo'lib, 2009 yilda 85-o'rinni egallagan. Bu Euro Stoxx 50 fond bozori indeksining tarkibiy qismidir. Tarix Kompaniyaning yaratilishi tarixi 1865 yilga borib taqaladi, oʻsha yilda Finlandiyaning Tampere shahrida, Fredrik Idestam () kichkina qogʻoz fabrikasiga asos soldi. Unga tegishli kompaniya 1871 yilda Nokia Ab deb atala boshlashgan. Kompaniyaning nomini kelib chiqish tarixi Kompaniya oʻzining nomini kelib chiqishi, Fredrik Idestam 1868-yilda oʻzining ikkinchi qogʻoz fabrikasining joyinig nomidan kelib chiqqan. Shunigdek eʼtibor bering Nokia mobil telefonlari Manbalar Havolalar Nokia kompaniyasi Nokia kompaniyasi Rossiyada Nokia mobil telefonlari Nokia
2,172
https://uz.wikipedia.org/wiki/Smartfon
Smartfon
Smartfon ( — „aqlli telefon“) uyali telefon hamda qoʻl kompyuteri vazifasini bajaruvchi moslamadir. "Smartfon" atamasi 2000-yillarda "Ericsson" kompaniyasi yomonidan "Ericsson R380" yangi telefonini nomlash uchun kiritilgan. Hamma knopkali(tugmali) telefonlar ortidan quvgan paytda 2007-yilda Stiv Jobs ozining "Iphone" 2g smartfonini dunyoga taqdim etdi. Bu smartfon kamchiliklarga bisyor bolsada smartfonlar erasini ochib berdi. Smartfonlar asosan quyidagi operatsion sistemalarda ishlashadi: Symbian OS Palm OS Windows CE, Windows Mobile Linux Havolalar Telefon
2,173
https://uz.wikipedia.org/wiki/Symbian%20OS
Symbian OS
Symbian OS — smartfonlar uchun operatsion sistema. Symbian OS EPOC operatsion sistemasining vorisi bo'lib, ARM processorlarida ishlaydi. Statistika Linklar Rasmiy sayti Symbianning hamma seriyalari Symbian uchun programmalashtirish Symbian platformasidagi smartfonlar haqida sayt
2,176
https://uz.wikipedia.org/wiki/EBay
EBay
eBay Inc. — Internet-auksion (asosiy faoliyati), internet-magazin, tezda toʻlovni amalga oshirish va VoIP kabi sohalarda hizmat taklif etuvchi Amerika kompaniyasidir. eBay.com saytini boshqaradi, Paypal va Skype kompaniyalari egasi hisoblanadi. Haridlari 1999yil may oyida eBay Billpoint online-toʻlov sismtemasini sotib oldi, keyinchalik Paypal ni sotib olgach yopiladi. 1999-yil eBay Butterfield & Butterfield auksionini sotib oladi, keyinchalik 2002-yilda Bonhams kompaniyasiga sotib yuboriladi. 1999-yil eBay Mark va Oliver Zamverlardan Alando auksionini $43 millionga sotib oladi , keyinchalik u eBay Germanyga aylantirilgan edi. 2000 yil iyun oyida eBay Half.comni sotib oladi, keyinchalik u eBay Marketplace ga aylantiriladi. 2001yil avgustda eBay Mercado Libre, Lokau va iBazar larni sotib oladi — yirik lotinamerikasi online-auksion saytlari. 2002 yil iyul eBay PayPal toʻlov sistemasini $1.5 milliardga sotib oladi. 11-iyul 2003 yil eBay Inc.elektron tijorat sohasi bilan shugʻullanuvchi EachNet xitoy kompaniyasini $150 millionga sotib oladi. 22-iyun 2004 yil eBay Baazee.com ni $50 millionga sotib oladi, u Hindiston dagi ilgʻor auksion sayti hisoblanadi. 13-avgust 2004 yil eBay craigslist.org ning 25% aksiyasini qoʻlga kiritadi. 2004 yil sentyabrda eBay Koreya bozoriga kirib kela boshlaydi, Korean online trading company dan 3 millionga aksiya sotib oladi, har bir aksiyani 12,000 koreya voniga (tahminan $109 AQSH dollari) sotib oladi. 2004 yil noyabrda eBay Marktplaats.nl ni €225 millionga sotib oldi. Bu nemis firmasi Niderlandiya auksion bozorining 80% ga egalik qilar edi va asosiy daromadi reklama sotishdan kelib tushar edi. 16-dekabr 2004 yil eBay rent.com ni $30 million pul va $385 millionlik eBay aksiyalariga sotib oladi. 2005 yil mayda eBay Gumtree ni oʻz tarkibi qoʻshadi, Birlashgan Qirollik dagi reklamalar sayti tizimi. 2005 yil iyun eBay Shopping.com ni $635 millionga oʻz tarkibiga qoʻshadi, ushbu sayt tovarlar va ular narhlarni solishtirish boʻyicha hizmatlar taklif etadi. 2005 yil avgust eBay VoIP Skype kompaniyasini $2.6 milliard pul va aksiyalar bilan sotib oladi. Qiziq faktlar eBay auksionida sotilgan qimmatbaxo predmetlar 340 yillik Shekspir qoʻlyozmasi (Prince of Tyre),1666 yilda buyuk London yongʻinini boshidan kechirgan (£5 mln) Grumman Gulfstream II samolyoti ($4,9 mln) Sariq rangli McLaren F1 1993-yilgi ($1,7 mln.) (dunyoda faqatgina yaqona sariq rangliMcLaren F1 mavjud) Xonus Vagnerning 1909-yilgi Beysbol kartochkasi ($1,65 mln.) Daymond Leyk Kurorti, Gʻarbiy Kentukki, AQSH ($1,2 mln.) Ferrari Enzo ($975 000, dekabr 2005) Buyuk beisbolist Djo Djeksonning bitasi «Black Betsy» ($577 610) Buyuk golfistTayger Vuds bilan bir partiya golf ($425 000) Yana qarang Elektron tijorat Internet-auksion modeli Savdo markazlari Manbalar Havolalar eBay.com eBay auksioni.Forum
2,177
https://uz.wikipedia.org/wiki/UNIX
UNIX
UNIX (; UNIX — The Open Group kompaniyasining roʻyxatdan oʻtgan savdo belgisidir) — portativ, koʻp vazifali va koʻp foydalanuvchili operatsion tizimlar oilasi boʻlib, ular 1970-yillarda Ken Tompson, Dennis Richi va boshqalar tomonidan Bell labaratoriyasi (Bell Labs)da ishlab chiqilgan original AT&T Unix loyihasi gʻoyalariga asoslangan. Unix tizimining yuzaga kelishida Multics operatsion tizimining taʼsiri katta boʻlgan. Unix turkumiga kiruvchi operatsion tizimlar modulli konstruksiya bilan ajralib turadi, bunda har bir vazifa alohida yordamchi dastur tomonidan bajariladi, oʻzaro aloqa yagona fayl tizimi orqali amalga oshiriladi va utilitlar bilan ishlash uchun buyruqlar satri qoʻllanadi. Unix gʻoyasi kompyuter operatsion tizimlarining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Unix tizimlari hozirda tarixiy eng muhim operatsion tizimlardan biri sifatida tan olingan. Umumiy maʼlumot Birinchi Unix tizimi AT&Tʼning Bell Labs boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan. Oʻshandan beri koʻp sonli turli xil Unix tizimlari tuzildi. Qonuniy jihatdan, faqat „Yagona UNIX spesifikatsiyasiga muvofiqligi“ (Single UNIX Specification) uchun sertifikatlangan operatsion tizimlar „UNIX“ deb nomlanish huquqiga ega. Qolganlari, oʻxshash tushuncha va texnologiyalardan foydalansalar ham, Unixʼsimon operatsion tizimlar (inglizcha Unix-like) deb ataladi. Oʻziga xosligi Unixʼsimon tizimlarning boshqa operatsion tizimlardan asosiy farqi shundaki, ular dastlab koʻp foydalanuvchili, koʻp vazifali tizim hisoblanishidadir. Unixʼda koʻp odamlar bir vaqtning oʻzida har biri oʻz terminali (vazifalarni bajarish uchun buyruqlar berish vositasi)da ishlashi mumkin, shu bilan birga ularning har biri ushbu kompyuterning resurslaridan foydalanadigan koʻplab turli xil hisoblash jarayonlarini amalga oshirishi mumkin. Unixʼning ikkinchi ulkan afzalligi uning koʻp platformaliligidir. Tizimning yadrosi deyarli har qanday mikroprotsessorga osongina moslasha oladigan tarzda tuzilgan. Unix boshqa muhim xususiyatlarga ega: tizimni sozlash va boshqarish uchun oddiy matnli fayllardan foydalanish; buyruq satridan ishga tushirilgan yordamchi dasturlardan keng foydalanish; virtual qurilma — terminal orqali foydalanuvchi bilan oʻzaro aloqani taʼminlash; jismiy va virtual qurilmalarni va jarayonlararo aloqaning ayrim vositalarini fayllar shaklida taqdim etish; har biri bitta vazifani bajaradigan bir nechta dastur konveyerlarini qoʻllash. Tizimdan foydalanish Hozirgi vaqtda Unix tizimlari asosan serverlar, shuningdek, turli qurilmalar, jumladan smartfonlar uchun oʻrnatilgan tizimlar orasida keng tarqalgan. Unix tizimlari superkompyuterlarda ham qoʻllanilmoqda, xususan, Linux TOP500 superkompyuterlarida 100 foiz Unix tizimida ishlamoqda. Ish stantsiyalari va uyda foydalanish uchun operatsion tizimlar orasida Unix va Unixʼsimon operatsion tizimlar Microsoft Windowsʼdan keyin ikkinchi (Mac OS), uchinchi (GNU/Linux)dan keyingi oʻrinlarda turadi. Tarixi Oʻtmishdoshlari 1957-yilda Bell laboratoriyasida ichki ehtiyojlar uchun operatsion tizim ishlab chiqish boʻyicha ish boshlandi. BESYS tizimi Viktor Visotskiy boshchiligida ishlab chiqilgan. Keyinchalik u Multics loyihasiga rahbarlik qildi, keyin esa Bell Labs axborot boʻlimi rahbari boʻldi. 1964-yilda uchinchi avlod kompyuterlari paydo boʻldi, ular uchun BESYS imkoniyatlari endi mos emas edi. Visotskiy va uning hamkasblari yangi operatsion tizimini ishlab chiqishga emas, balki General Electric va MITʼning qoʻshma loyihasi Multicsʼga eʼtibor qaratishga qaror qilishdi. Bell Labsʼni oʻz ichiga olgan telekommunikatsiya giganti AT&T loyihani sezilarli darajada qoʻllab-quvvatladi, biroq 1969-yilda loyihadan moliyaviy foyda keltirmagani uchun undan voz kechdi. Birinchi Unix tizimlari Unix dastlab 1960-yillarning oxirida Bell Labs xodimlari, xususan, Ken Tompson, Dennis Ritchi va Duglas Makilroy tomonidan ishlab chiqilgan. 1969-yilda Ken Tompson 70-yillarning minikompyuterlar uchun Multics gʻoyasini amalga oshirish uchun yangi operatsion tizimning birinchi versiyasini avval boshida oddiyroq apparat (DEC PDP-7)da yozdi. Ushbu versiya 1-nashr (Edition 1) deb nomlangan va birinchi rasmiy versiya edi. Barcha Unix ilovalarining tizim vaqti 1970-yil 1-yanvardan boshlab hisoblanadi. Tizimning birinchi nomi UNICS sifatida qisqartirilgan Uniplexed Information and Computing Service edi. Bu nom 1970-yilda Multicsga oʻxshab berilgan. Ammo oxir-oqibat operatsion tizim Unix nomi bilan mashhur boʻldi. Unix tizimining birinchi versiyalari assembler tilida yozilgan va oʻrnatilgan yuqori darajali kompilyatorga ega emas edi. Taxminan 1969-yilda Ken Tompson Dennis Ritchi yordamida Bi (B) tilini ishlab chiqdi va tadbiq etdi. Bu til 1966-yilda ishlab chiqilgan BCPL tilining soddalashtirilgan (minikompyuterlarda amalga oshirish uchun) versiyasi edi. Bi, BCPL kabi, talqin qilingan til edi. 1972-yilda Unixʼning Bi tilida qayta yozilgan ikkinchi nashri chiqdi. 1969—1973-yillarda Bi asosida Si (C) deb nomlangan kompilyatsiya qilingan til ishlab chiqilgan. 1973-yilda Unixʼning uchinchi nashri oʻrnatilgan C kompilyatori bilan chiqdi. Oʻsha yilning 15-oktyabrida tizimning toʻrtinchi nashri yadrosi C tilida qayta yozildi (Multics tizimi ruhida, shuningdek, PL/1 yuqori darajadagi tilda yozilgan). 1975-yilda beshinchi nashri C tilida butunlay qayta yozib chiqildi. 1974-yildan beri Unix universitetlar va akademik muassasalarga tarqaldi. 1975-yilda Bell laboratoriyalaridan tashqarida ishlab chiqilgan yangi versiyalar paydo boʻldi va tizimning mashhurligi ortdi. Shuningdek, 1975-yilda Bell labaratoriyasi oltinchi nashrini chiqardi. 1978-yilga kelib, tizim 600 dan ortiq mashinalarga, birinchi navbatda, universitetlarga oʻrnatildi. Yettinchi nashr Unixning yagona soʻnggi versiyasi edi. Aynan u yerda zamonaviyga yaqin buyruqlar satri tarjimoni boʻlgan „Bourne shell“ mavjud edi. 1980-yillarning boshida Bell labaratoriyasiga egalik qilgan AT&T Unix qiymatini tan oldi va operatsion tizimning tijorat versiyasini yaratishni boshladi. 1982-yilda sotuvga chiqarilgan ushbu versiya UNIX System III deb nomlandi va tizimning yettinchi versiyasiga asoslangan edi. Biroq, 1956-yilda AQSh hukumati tomonidan kiritilgan taqiq tufayli kompaniya Unixʼni tijorat mahsuloti sifatida ishlab chiqishni bevosita boshlay olmadi. Adliya departamenti AT&T kompaniyasini telefon va telegraf tarmoqlari va uskunalari bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat bilan shugʻullanishni taqiqlovchi shartnoma imzolashga majbur qildi. Unixʼni hali ham tijorat mahsulotlari darajasiga oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlish uchun kompaniya operatsion tizimning dastlabki kodini baʼzi oliy oʻquv yurtlariga berdi va kodni juda liberal shartlar ostida litsenziyaladi. 1973-yil dekabr oyida Berkli universiteti birinchilardan boʻlib manba kodini oldi. 1978-yildan beri Berkli universitetida yaratilgan BSD Unix oʻz tarixini boshlaydi. Uning birinchi versiyasi Unixʼning oltinchi nashriga asoslangan edi. 1979-yilda yettinchi nashrga asoslangan 3BSD deb nomlangan yangi versiya chiqdi. BSD virtual xotira va talab boʻyicha sahifalarni joylash kabi foydali xususiyatlarni qoʻllab-quvvatladi. BSD Bill Joy tomonidan yozilgan. Unix tizimida boʻlinishning muhim sababi 1980-yilda TCP/IP protokoli stekining amalga oshirilishi edi. Shu vaqtgacha Unixʼda mashinadan mashinaga aloqa oʻzining boshlangʻich bosqichida edi — aloqaning eng muhim usuli UUCP (fayllarni bir Unix tizimidan boshqasiga koʻchirish vositasi, dastlab modemlar yordamida telefon tarmoqlari orqali ishlagan). Tarmoq ilovalari uchun ikkita dasturlash interfeysi taklif qilingan: Berkley soketlari va TLI (Transport Layer Interface). Unixʼsimon bepul operatsion tizimlar 1983-yilda Richard Stollman GNU loyihasini eʼlon qildi, bu asl manba kodidan foydalanmasdan, noldan bepul Unixʼsimon operatsion tizimni yaratishga urinish edi. Ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan dasturiy taʼminotning aksariyati — GNU asboblar zanjiri, Glibc (C standart kutubxonasi) va Coreutils boshqa bepul operatsion tizimlarda asosiy rol oʻynaydi. Biroq, GNU vazifalarini toʻliq bajarish uchun zarur boʻlgan Unix yadrosi oʻrnini yaratish boʻyicha ish juda sekin davom etdi. Hozirda GNU Hurd — Mach mikroyadrosi arxitekturasi asosida zamonaviy yadro yaratishga urinish hali tugallanmagan. 1991-yilda Linus Torvalds Linux yadrosini yozish uchun yordamchilarni jalb qilganida, GNU loyihasi tomonidan ishlab chiqilgan vositalardan foydalanish aniq tanlov edi. GNU operatsion tizimi va Linux yadrosi birgalikda GNU/Linux deb nomlanuvchi operatsion tizimni tashkil qiladi. Yadro, GNU yordam dasturlari va qoʻshimcha dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olgan ushbu tizimning tarqatilishi (masalan, Red Hat va Debian) ham havaskorlar, ham bizneslar orasida mashhur boʻldi. 1992-yil boshida Networking Release 2 asosida 386/BSD distributivi chiqarildi. UNIX Systems Laboratories BSDIʼga, keyin esa Berkli universitetiga Unix fayllarini manba va ikkilik formatlarda deyarli hech narsa evaziga tarqatishga ruxsat bergani uchun sudga murojaat qildi. Butun 1992-yil USL uchun sud ishlarida sezilarli muvaffaqiyat keltirmadi, ammo Kaliforniya universitetining qarshi daʼvosi paydo boʻldi. 1993-yil boshida 386/BSD distributivi oʻz nomini NetBSDʼga oʻzgartirdi. 1993-yil dekabr oyida oddiy foydalanuvchilarga moʻljallangan yana bir distributor FreeBSD paydo boʻldi. 1993-yilning yozida Novell USLʼni sotib olgandan soʻng, BSD kodlari holatini hal qilish boʻyicha muzokaralar boshlandi. 1994-yil yanvariga kelib, CSRG va Novell 18 000 Tarmoq relizi 2 dan uchta faylni olib tashlashga kelishib oldilar, baʼzi fayllar qayta koʻrib chiqilishi kerak edi va universitet 70 ga yaqin faylga USL mualliflik huquqi maʼlumotlarini qoʻshishi kerak edi. 1994-yil iyun oyida 4.4BSD-Liteʼning „toza“ versiyasi chiqdi. Shu vaqtdan boshlab, BSDI, NetBSD va FreeBSD guruhlari oʻzlarining tizim versiyalarini toza 4.4BSD-Lite tizimi bilan qayta sinxronlashtirishlari kerak edi. Shunday qilib, USL daʼvosi topshirilgandan keyin uch yil ichida amalga oshirilgan barcha ishlanmalar mualliflik huquqining buzilishi va uchinchi tomon kodidan foydalanish uchun koʻrib chiqilishi kerak edi. Yadro va operatsion muhitning muhim komponentlarini qayta yozib chiqildi. Keyinchalik ular mustaqil OpenBSD, TrustedBSD va DragonFlyBSD loyihalariga ajralishdi. 1997-yilda Apple oʻzining yangi operatsion tizimi uchun poydevor qidirdi va NeXT tomonidan ishlab chiqilgan bepul yadroli NEXTSTEP operatsion tizimini tanladi. 2000-yilda Apple Inc. ochiq kodli POSIXʼga mos keladigan Darvin operatsion tizimini chiqaradi. U Apple tomonidan yozilgan kodni NeXTSTEP, FreeBSD va boshqa bepul loyihalardan olingan kod bilan birlashtiradi. Darvin — bu Mac OS X va Apple iOS tomonidan qoʻllanadigan asosiy komponentlar toʻplamidir. U Unified UNIX Spetsifikatsiyasining 3-versiyasi (SUSv3) va POSIX ilovalari va yordamchi dasturlari bilan mos keladi. 2005-yil 14-iyunda Solaris operatsion tizimi ochiq kodli edi. Ushbu loyiha, xuddi uning asosida yaratilgan operatsion tizim kabi, OpenSolaris nomini oldi. 17-iyun kuni, kod topilganidan uch kun oʻtgach, SchilliX distributivi tuzildi. 2008-yil may oyida OpenSolaris 2008.05 uchun birinchi rasmiy distributiv chiqdi. OpenSolarisʼga asoslangan oʻndan ortiq distributivlar mavjud, ulardan eng mashhurlari BeleniX va Nexenta OSdir. GNU/Linux va BSD oilasi hozirda tijoriy Unix tizimlaridan bozor ulushini tez surʼatda qoʻlga kiritmoqda va bir vaqtning oʻzida oxirgi foydalanuvchi ish stollariga, mobil va oʻrnatilgan tizimlarga kirib bormoqda. Unixʼsimon pullik operatsion tizimlar AT&T boʻlingandan soʻng, Unix savdo belgisi va asl manba kodiga boʻlgan huquqlar egalarini bir necha bor oʻzgartirdi, xususan, ular uzoq vaqt davomida Novellga tegishli edi. 1993-yilda Novell savdo belgisi va dasturiy taʼminotni sertifikatlash huquqlarini X/Open konsorsiumiga topshirdi, keyin esa Open Software Foundation bilan birlashib, The Open Group tashkil qilindi. U yetakchi kompyuter korporatsiyalari va davlat tashkilotlarini, jumladan IBM, Hewlett-Packard, Sun, NASA va boshqalarni birlashtiradi. Konsorsium operatsion tizimlar uchun ochiq standartlarni ishlab chiqadi, ulardan eng muhimi, avval POSIX nomi bilan tanilgan Yagona UNIX Spetsifikatsiyasi. Ochiq guruh nuqtai nazaridan, UNIX nomini faqat Yagona UNIX spetsifikatsiyasiga sertifikatlangan tizimlar olishi mumkin. 1995-yilda Novell Santa Cruz Operationruen kompaniyasiga mavjud litsenziyalar va tizim Vni yanada rivojlantirish huquqlarini sotdi. 2000-yilda Santa Cruz Operation oʻzining Unix biznesini Kalderaga sotdi, uning nomi SCO Group deb oʻzgartirildi. Unix tizining operatsion tizimlar evolyutsiyasiga taʼsiri Unix tizimlari katta tarixiy ahamiyatga ega, chunki ular bugungi kunda OT hamda dasturiy taʼminot sohasidagi baʼzi mashhur tushunchalar va yondashuvlarning tarqalishiga yordam berdi. Shuningdek, Unix tizimlarining rivojlanishi asnosida Si (C) tili yaratildi. Multics singari, Unix ham assembler tilida emas, balki yuqori darajali tilda yozilgan (oʻsha paytda bu til dominant edi). Unda oldingi operatsion tizimlar bilan solishtirganda sezilarli darajada soddalashtirilgan fayl modeli mavjud edi. Fayl tizimi xizmatlar va qurilmalarni (masalan, printerlar, terminallar va qattiq disklar) oʻz ichiga olgan va ular uchun bir xil koʻrinadigan interfeys taʼminlagan edi, ammo qurilmalar bilan ishlash uchun qoʻshimcha mexanizmlar (masalan, IOCTL va kirish bitlari) oddiy baytga toʻgʻri kelmasdi. Unix Multicsʼning oʻzboshimchalik chuqurligi bilan ierarxik fayl tizimi haqidagi gʻoyasini ommalashtirdi. Oʻsha paytdagi boshqa operatsion tizimlar (jumladan, DOS) disk maydonini kataloglar yoki boʻlimlarga boʻlish imkonini berdi, lekin joylashtirish darajalari soni aniqlangan va koʻpincha faqat bitta joylashtirish darajasi mavjud edi. Keyinchalik, barcha asosiy xususiy operatsion tizimlar Multics-dan olingan rekursiv pastki kataloglarni yaratish qobiliyatiga ega boʻldi. Buyruqlar satri interpretatori foydalanuvchi dasturlaridan biriga aylangani va alohida dasturlarning qoʻshimcha buyruqlar vazifasini bajarishi Unix tomonidan ommalashtirilgan yana bir Multics innovatsiyasidir. Unix qobiq tili foydalanuvchi tomonidan interaktiv ish uchun ham, skript yozish uchun ham qoʻllanadi, yaʼni, masalan, IBM JCL tizimidagi kabi vazifalarni tavsiflash uchun alohida til mavjud emas. Qobiq va operatsion tizim buyruqlari oddiy dasturlar boʻlgani uchun foydalanuvchi ularni oʻz xohishiga koʻra tanlashi yoki hatto oʻz qobigʻini yozishi mumkin. Va nihoyat, yadroni qayta kompilyatsiya qilmasdan tizimga yangi buyruqlar qoʻshilishi mumkin. Maʼlumotlarni ketma-ket qayta ishlaydigan dasturlar zanjirini yaratishning yangi Unix buyruq qatori maʼlumotlarni parallel qayta ishlashdan foydalanishni osonlashtirdi. Unixʼning asosiy xususiyatlari matnni kiritish va uni eʼlon qilishga toʻliq eʼtibor qaratish hamda soʻzining hajmi sakkiz bitga koʻpaytirilishini taxmin qilish edi. Dastlab Unixʼda ikkilik muharrirlari ham yoʻqligi bois tizim matnli buyruqlar yordamida toʻliq moslangan edi. Kirish/chiqarishning eng katta va eng kichik birligi matn bayti boʻlib, Unix I/Uʼni boshqa operatsion tizimlarning rekordga yoʻnaltirilgan kiritish-chiqarish tizimidan butunlay ajratib turdi. Unix muntazam iboralarning keng qoʻllanilishiga hissa qoʻshdi, ular birinchi marta „ed“ nomli Unix matn muharririda amalga oshirildi. Unix dasturlariga taqdim etilgan imkoniyatlar standart operatsion tizim interfeyslari (POSIX)ning asosiga aylandi. Tizimli dasturlashda keng qoʻllanadigan, dastlab Unix ishlab chiqish uchun yaratilgan C tili mashhurligi boʻyicha Unix tilidan oʻzib ketdi. C tili dasturchiga maʼlum bir dasturlash uslubini yuklashga urinmagan birinchi „tolerant“ til edi. C protsessorning barcha imkoniyatlariga kirishni taʼminlovchi birinchi yuqori darajadagi til boʻldi, masalan, havolalar, jadvallar, bitni siljitish (bitlarni soʻzlarga oʻtkazish), oʻsish va hokazo. Unixʼsimon operatsion tizimlarning eng mashhur namunalaridan baʼzilari macOS, Solaris, BSD va NeXTSTEP hisoblanadi. Unix tizimining standart buyruqlari Fayllar va jildlarni tuzish hamda kezish buyruqlari: touch, ls, mv, rm, cp, ln, pwd, cd, mkdir, rmdir, find, du. Fayllarni koʻrish va tahrir qilish buyruqlari: nano, more, less, ed, ex, vi, emacs. Matnlarga ishlov berish buyruqlari: echo, cat, grep, sort, uniq, sed, awk, tee, head, tail, cut, tr, split, printf. Fayllarni solishtirish buyruqlari: comm, cmp, diff, patch. Turli tuman buyruqlar interpretarori buyruqlari: yes, test, xargs, expr. Tizim boshqaruviga oid buyruqlar: chmod, chgrp, chown, ps, su, w, who, df, mount, umount. Aloqaga oid buyruqlar: mail, telnet, ftp, finger, rsh, ssh. Buyruqlar qobigʻi buyruqlari: sh, bash, csh, ksh, tcsh, zsh. Manba va obyekt kodlari bilan ishlash buyruqlari: cc, gcc, ld, nm, yacc, bison, lex, flex, ar, ranlib, make. Maʼlumotni siqish va arxivlash buyruqlari: compress, uncompress, gzip, gunzip, tar. Ikkilik fayllar bilan ishlash buyruqlar: od, strings. Manbalar Havolalar Informatika Unix
2,179
https://uz.wikipedia.org/wiki/Logistika
Logistika
Logistika (yun. logistike – hisoblash, muhokama sanʼati) – 1) matematik mantiq tushunchasining sinonimi; 2) B. Rassel va uning maktabi vakillarining asarlarida bayon etilgan matematik mantiq taraqqiyotidagi bosqichning nomi. Nazariy matematikaga qarama-qarshi qoʻyiladigan hisoblash va geometrik oʻlchovlar „sanʼati“ qadimiy matematikada L.deb atalgan. G. V. Leybnits „L.“ va matematik mantiq terminlarini oʻzi ishlab chiqqan xulosa chiqarishdagi hisobning sinonimi sifatida qoʻllagan. Uning gʻoyalari xoz. zamon matematik mantiqda oʻzining toʻliq ifodasini topgan. „L.“ tushunchasi logistik metod (formal mantiqni formallashtirilgan tillar nazariyasi yordamida bayon etish usuli), logistik tizim (formal tizim) va boshqa maʼnolarni ham anglatadi. Logistikaning asl maqsadi kam xarajat qilib, koʻp foyda olish va yetarli natijaga erishishdir. Manbalar Logistika
2,180
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yaqin%20Sharq
Yaqin Sharq
Yaqin Sharq — Osiyoning gʻarbiy va jan.gʻarbiy hamda Afrikaning shim,sharqiy qismidagi hududlarning nomi. Yaqin Sharqda Misr, Sudan, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Iroq, Isroil, Falastin, Kipr, Quvayt, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya, Turkiya, Ummon, Yaman, Qatar kabi davlatlar va amirliklar joylashgan. Gʻarb adabiyotlarida Yaqin Sharq hududini Eron va Afgʻoniston bilan birga Oʻrta Sharqdeb atash qabul qilingan. 19-asr va 20-asr boshlarida Yaqin Sharq tushunchasiga Usmonli turk imperiyasi, jumladan, Bolqon yarim orol ham kiritilgan. Yaqin sharq davlatlari Iroq Livan Falastin Isroil Iordan Suriya Turkiya Kipr Yaman Omon BAA Iroq Qatar Bahrayn Misr Quvayt Saudiya Arabistoni Xitoy Koreya
2,181
https://uz.wikipedia.org/wiki/Isroil
Isroil
Isroil (, ) — Yaqin Sharq oʻlkasida, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengizning janubi-sharqiy boʻyida joylashgan davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 22,072 km. Aholisi soni 2024-yilgi maʼlumotlarga koʻra 9,883,520 kishi. Poytaxti — Tel-Aviv. Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi — Iyerusalim va Tel-Aviv. Rasmiy tili — ivrit. Tan olingan til — arabcha. Davlat tuzumi Isroil — respublika. Mamlakatda yagona konstitutsiya yoʻq. Uning oʻrnini bosuvchi bir qancha qonunlar bor. Eng muhimlari: Qonun chiqaruvchi va ijrochi idoralarni tashkil etish toʻgʻrisida 1948-yilgi Qonun va Maʼmuriy farmon, 1949-yilgi Muvaqqat qonun, Qaytib kelish toʻgʻrisida 1950-yilgi Qonun, Fuqarolik haqida 1952-yilgi Qonun, Knesset toʻgʻrisida 1958-yilgi Asosiy qonun va boshqalar. 1947-yil 29-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi koʻpchilik ovoz bilan (33 va 13) Falastinni ikki davlatga boʻlish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Davlat boshligʻi — prezident (2021-yildan Isaak Herzog), u knesset (bir palatali parlament) tomonidan 7 yil muddatga saylanadi, ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — knesset, uning 120 deputati umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi, hukumat knesset tomonidan tasdiqlanadi. Tabiati Isroil Yaqin Sharqning Levant qismida joylashgan davlat. Mamlakat O'rtayer dengizining sharqiy qismida joylashgan bo'lib, shimolda Livan, shimoli-sharqda Suriya, sharqda Iordaniya va G'arbiy Sohil, janubi-g'arbda esa Misr va G'azo sektori bilan chegaralangan. U 29° va 34° N kengliklari hamda 34° va 36° E uzunliklari orasida joylashgan. Isroil davlatining suveren hududi (1949-yilgi O't ochishni to'xtatish kelishuvlari chegarasiga ko'ra va 1967-yilgi Olti kunlik urush davomida egallangan yerlarni hisobga olmaganda) tahminan 20,770 kvadrat kilometr va hududning ikki foiz qismi suvdan iborat. Biroq Isroil hududining shakli shu qadar torki (g'arbdan sharqqa eng keng joyi 100 kilometr, lekin shimoldan janubga 400 kilometr), O'rta yer dengizidagi eksklyuziv iqtisodiy zona hajmi mamlakat hududidan ikki karra kattadir. Isroil qonunlari amal qiluvchi hudud, Sharqiy Iyerusalim va Golan tepaliklarini ham qo'shib hisoblaganda 22,072 kvadrat kilometr va Isroil nazorati ostida bo'lgan hudud, jumladan harbiy nazorat ostida bo'lgan, qisman Falastinliklar tomonidan boshqariladigan G'arbiy Sohil bilan qo'shib hisoblaganda 27,799 kvadrat kilometr. Hajmi kichikligiga qaramasdan, Isroil turfaxil geografiyaga ega bo'lib, janubda Negev sahrosi, markazda Isroil vodiysi, Jalila, Karmel tog' tizmalari va shimolda Golan tepaliklari mavjud. Aholining asosiy qismi O'rtayer dengizi bo'yidagi Isroil qirg'oqbo'yi tekisliklarida istiqomat qiladi. Markaziy tog'liklardan sharqda Iordaniya vodiysi joylashgan bo'lib, Hermon tog'idan Hula vodiysigacha, Jalila dengizidan O'lik dengizgacha qamrab oluvchi ushbu hudud Yer yuzidagi dengiz sathidan eng past nuqta hisoblanadi. Janubroqda Arava cho'li va Isroilning eng janubiy nuqtasi hisoblanmish Qizil dengizidagi Eilat bo'g'ozi joylashgan. Negev cho'li va Sinay yarim orolining o'ziga xos jihatlaridan biri unda joylashgan yer eroziyasi ko'rinishlaridan biri, yoki "maxtesh" yarim-doiralari bo'lib, ulardan eng yirigi 38 kilometrga cho'zilgan Ramon maxteshidir. Isroilga O'rta yer dengizi basseynida joylashgan mamlakatlar ichida har bir kvadrat metr uchun eng ko'p sonli o'simlik turlari to'g'ri keladi. Isroil to'rt eko-mintaqadan iborat: Sharqiy O'rtayer dengizi archazorlari, Janubiy Anatoliya archazor o'rmonlar, Arab sahrosi va Mesopotamiya sahrosi butazorlari. 1948-yilda o'rmonlar Isroil hududining 2 foizini tashkil qilgan bo'lsa, Yahudiy Milliy fondi tomonidan amalga oshirilgan keng ko'lamli daraxt o'tqazish dasturlari tufayli 2016-yilda o'rmonlar davlat hududining 8.5 foizini tashkil qildi. Isroilning dengiz boʻyi qismi kambar pasttekislik, sharqiy qismi balandligi 500–1000 metrli plato boʻlib, uning sharqiy chekkasi tor, chuqur Hor botigʻiga tik tushgan. Xula va Tiveriad koʻllari, oʻlik dengiz, janubda Negev choʻli bor. Fosforit, toshtuz, marmar, mis, temir rudasi, neft, gaz konlari topilgan. Iqlimi subtropik, janubda va soyliklarda chala choʻl va choʻl iqlimi. Yozi issiq (24–36°), qishi iliq (6–18°). Yillik yogʻin 100–800 mm. Shimoli-sharqidan Iordan daryosining yuqori qismi oʻtadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi qoʻngʻir, togʻ boʻz-qoʻngʻir, boʻz, janubdagi choʻllarda boʻz-qoʻngʻir. Togʻlarda makvis, gariga, doim yashil eman, qaragʻay va boshqalar usadi. Sirtlon, chiyaboʻri, daman, kemiruvchi va sudralib yuruvchilar koʻp. Qushlarning choʻl va dashtga xos turlari uchraydi. Aholisining 82%i yahudiylar, 16%i arablar, qolgan qismi armanlar, druzlar. Isroil yahudiylarining yarmidan koʻprogʻi boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlardir. Rasmiy til — ivrit va arab tillari. Koʻpchilik aholi yahudiylik, qolganlari musulmon va xristian dinida. Aholining 90%i shahar va shaharchalarda yashaydi. Yirik shaharlari: Tel-Aviv, Xayfo, Quddus (gʻarbiy qismi), Ramat-Gan. Tarixi Gominidlarning Afrika qit'asini tark etib, qadimgi Levant hududiga ko'chib kelishi 1.5 million yil oldinga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 10 mingyillikda Janubiy Levantda Natuf madaniyati yuzaga kelgan bo'lsa, miloddan avvalgi 4500-yillarda Gxassul madaniyati yuzaga kelgan. Bronza va Temir davrlari Kanʼonliklarning kelib chiqishi O'rta Bronza davriga (m.av. 2100-1550-yillar) borib taqaladi. Bronza davri yakunida Kan'on hududining katta qismida Qadimgi Misrdagi Yangi podsholikka o'lpon to'lovchi vassal-davlatlar mavjud bo'lgan. Bronza davri yakunidagi inqirozlar oqibatida Kan'onni tartibsizliklar qamrab oldi va misrliklarning hudud ustidan nazorati butkul qo'ldan chiqdi. Hududdagi Hazor, Beit She'an, Megiddo, Ekron, Ashdod va Ashkelon kabi aholi punktlari vayron bo'lgan yoki zarar ko'rgan. Isroil nomli xalq haqidagi dastlabki ma'lumotlar tahminan miloddan avvalgi 1200-yillarga borib taqaluvchi Merneptah Stele nomli Qadimgi Misr toshbitigida yozilgan. Isroilliklar ajdodlari ushbu hududlarda yashagan somiy tillarida so'zlashuvchi xalqlar bo'lgani haqida ma'lumot bor. Zamonaviy arxeologik kuzatuvlarga ko'ra, Isroilliklar va ularning madaniyati Kan'onliklar va ularning madaniyatidan ajralib, tobora Yahvega asoslanuvchi avvaliga monolatristik, keyinchalik monoteistik din va madaniyat shakllana boshlaydi. Ushbu xalq Bibliyaviy ivrit deb ataluvchi ivrit tilida so'zlashgan. Tahminan shu davrda filistimliklar janubdagi qirg'oqbo'yi tekisliklariga o'rnashishgan. Zamonaviy arxeologik topilmalar Tavrotda keltirilgan otalar, Chiqish va Joshua kitobidagi istilo haqidagi fikrlarning tarixiy asosga ega emasligini ko'rsatib, ularni Isroil davlatining milliy afsonalari qatoriga qo'shilishiga sabab bo'ldi. Biroq, ushbu an'analarning ba'zi elementlari tarixiy asoslarga egadir. Qadimgi Isroil va Yahudiy podsholiklarining ko'lami va qudrati borasida turli bahs-munozaralar mavjud. Birlashgan Isroil podsholigi mavjudligi aniq bo'lmasada, miloddan avvalgi 900-yillar atrofiga kelib shimolda Isroil podsholigi, m.av. 850-yillar atrofiga kelib esa Yahudiy podsholigi yuzaga keladi. Ikki podsholik orasida Isroil podsholigi badavlatroq bo'lib, tezda mintaqaviy qudratli davlatga aylanadi. Omridlar sulolasi davrida podsholik Samariya, Galileya, Iordan vodiysi yuqori qismi, Sharon va Transiordaniyaning katta qismlari ustidan nazorat o'rnatgan. Poytaxt Samariyada Temir davri Levant mintaqasidagi eng yirik inshootlar barpo etilgan. Tahminan m.av. 720-yillarda Isroil podsholigi Yangi Ossuriya podsholigi tomonidan istilo etiladi va barham topadi. Iyerusalimni poytaxt qilgan Yahudiy podsholigi esa avvaliga Yangi Ossuriya podsholigiga, keyinchalik Yangi Bobil imperiyasiga qaram davlatga aylanadi. Temir davrida mintaqada 400 000 kishi yashagani haqida ma'lumotlar mavjud. M.av. 587/6-yilda Iuda qo'zg'olonidan keyin podsho Navuxodonosor II Iyerusalimni qamal qilgan, Sulaymon ibodatxonasini vayron qilgan, podsholikni tugatib, Yahudiya zodagonlarining katta qismini Bobilga surgun qilgan. Aynan shu davrdan yahudiy xalqining Bobildagi tutqunligi davri boshlanadi. Yahudiyaning ushbu mag'lubiyati Bobil solnomalarida ham qayd etilgan. Miloddan avvalgi 539-yilda Bobilni zabt etgan Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II quvg'inga uchragan Yahudiya aholisini o'z vatanlariga qaytishlariga ruxsat beruvchi farmon e'lon qiladi. O'z vataniga qaytgan yahudiy aholisiga o'z-o'zini boshqarish va ibodatxona qurish huquqi beriladi. Antik davr Ikkinchi ibodatxona m.av. 520-yilda qurib bitkaziladi. Forslar hududni Yehud viloyati sifatida boshqarishadi va viloyat aholisi miloddan avvalgi V va IV asrlarda tahminan 30 000 kishini tashkil qiladi. Miloddan avvalgi 332-yilda Aleksandr o'zining Ahamoniylar davlatiga qarshi yurishi davomida hududni istilo qiladi. Uning o'limidan keyin hudud Ptolemeylar va Salavkiylar sulolalari tomonidan Kelesuriya hududining bir qismi sifatida boshqariladi. Keyingi asrlarda hududda olib borilgan ellinlashtirish siyosati oqibatida kelib chiqqan ijtimoiy-madaniy nizolar Salavkiylar podshohi Antiox IV davrida o'z cho'qqisiga chiqdi va m.av. 167-yilda Makkabiylar qo'zg'oloni sodir bo'ldi. Hududdagi tartibsizliklar Salavkiylar hokimiyatini kuchsizlantirdi va miloddan avvalgi II asr oxirida yarim mustaqil Yahudiy-Hasmoniylar podsholigi vujudga keldi. Podsholik oxir-oqibatda to'la mustaqillikka erishdi va qo'shni hududlarni ham o'ziga qo'shib oldi. Rim Respublikasi hududni miloddan avvalgi 63-yilda istilo qilib, dastlab Suriya ustidan nazorat o'rnatadi va keyinchalik Hasmoniy fuqarolar urushiga aralashadi. Yahudiyadagi Rim Respublikasi va Parfiya tarafdorlari orasidagi kurashlar oxir-oqibatda Herodning Rim Respublikasi vassali sifatida Yahudiy podshosi rutbasiga ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Milodiy 6-yilda hudud rimliklar tomonidan to'la-to'kis anneksiya qilinib, Judaea provinsiyasiga aylantiriladi va bu oxir-oqibatda katta vayronagarchiliklar keltirgan Rim-Yahudiya urushlariga sabab bo'ladi. Milodiy 66–73-yillarda sodir bo'lgan Birinchi Rim-Yahudiya urushi oqibatida Iyerusalim va Ikkinchi Ibodatxona vayron etiladi, aholining sezilarli qismi esa halok bo'ladi, yoki ko'chirib yuboriladi. Yahudiylarning Rim Respublikasiga qarshi ikkinchi qo'zg'oloni Bar Koxba qo'zg'oloni deb nomlanib, u 132–136-yillarda sodir bo'ladi. Dastlabki muvaffaqiyatdan ruhlangan yahudiylar Yahudiyada mustaqil davlat tuzishadi, biroq rimliklar katta qo'shin to'plab qo'zg'olonni shafqatsizlik bilan bostiradi va Yahudiya hududi aholisi qirg'in qilinadi. Iyerusalim Aelia Capitolina nomi ostida Rim koloniyasi sifatida qayta quriladi, Yahudiya provinsiyasi nomi esa Syria Palaestina deb o'zgartiriladi. Iyerusalim hududi atrofida yashovchi yahudiylar o'z uylaridan quvib chiqariladi va butun imperiya bo'ylab sochilib ketadi. Biroq, quvg'inlarga qaramasdan, hududda muntazam ravishda yahudiylar istiqomat qilgan va Galileya yahudiylarning hududdagi diniy markaziga aylangan. Shuningdek, yahudiy jamoalari Hebron tepaliklari janubida va qirg'oqbo'yi tekisliklarida istiqomat qilishgan. O'rta asrlar Imperator Konstantin davrida keng tarqalgan Xristianlik dini Yahudiyada oldindan mavjud bo'lgan Rim ma'jusiyligi o'rnini egallay boshladi. IV asrda Konstantinning Xristian diniga o'tishi bilan Yahudiylar uchun vaziyat "yanada murakkablashdi". Yahudiylar va yahudiylik dinini ta'qiqlovchi bir qancha qonunlar qabul qilindi va yahudiylar Cherkov va hokimiyat vakillarining ta’qibiga duchor boʻldi. Koʻplab yahudiylar oʻzga mamlakatlarda shakllangan va tobora rivojlanayotgan diasporalarga ko'chib ketishdi va Isroil hududiga esa Xristianlarning ko'chib kelishi va aholining Xristian diniga o'tishi davom etdi. V asr o'rtalariga kelib aholi sonida xristianlar koʻpchilikni tashkil qila boshladi. V asr oxiriga kelib Samariylar qo'zg'oloni boshlandi va samariylar aholi sonining keskin qisqarishiga olib kelgan ushbu qo'zg'olon VI asrga qadar davom etdi. Iyerusalimning Sosoniylar tomonidan zabt etilishi va 614-yildagi Herakleiosga qarshi qo'zg'olondan so'ng yana hudud 628-yilda Vizantiya imperiyasi nazorati ostiga o'tdi. 634–641-yillar oralig'ida Rashidun xalifaligi Levantni istilo qildi. Keyingi olti asr davomida hudud Umaviylar, Abbosiylar, Fotimiylar xalifaliklari, undan keyin Saljuqlar va Ayyubiylar sulolalari qo'lida talash bo'ldi. Ushbu asrlar davomida hudud aholisi keskin qisqarib, Rim va Vizantiya davridagi 1 million kishidan Usmonlilar hokimiyati boshlanishiga kelib tahminan 300 000 ga tushib qoldi. Aholi soni qisqarishi bilan bir qatorda hududda muntazam ravishda mahalliy aholining ko'chirib yuborilishi, musulmonlarning ko'chib kelishi, arablashuv, islomiylashuv va aholining Islomga o'tishi sodir bo'ldi. XI asr oxirida Salib yurishlari va Papa yo'riqnomasi asosida hududga xristianlarning kirib kelishi, shuningdek Iyerusalim hamda Muqaddas zaminni musulmonlardan tortib olib, Salibchi davlatlar shakllanishi sodir bo'ldi. Ayyubiylar bosqinchi salibchilarga qarshi kurashni boshladi va 1291-yilga kelib Misrdagi mamluklar davlati hudud ustidan to'la nazorat o'rmatdi. Yangi davr va Sionizmning yuzaga kelishi 1516-yilda hudud Usmonlilar saltanati tomonidan istilo qilingan va keyingi to'rt asr davomida Usmonli Suriyasining bir qismi sifatida boshqarilgan. 1660-yildagi Darziylar qo'zg'oloni Safed va Tiberiasning vayron bo'lishiga olib keldi. XVIII asr oxirida mahalliy arab shayxi Zohir al-Umar Jalilada de facto mustaqil Amirlikka asos soladi. Usmonlilarning Shayx ustidan nazorat o'rnatishga urinishlari bekor ketdi, biroq Zohirning o'limidan keyin hudud ustidan yana Usmonlilar nazorati o'rnatildi. 1799-yilda hudud gubernatori (voliysi) Jazzar Posha Napoleon tomondan Akkoga bo'lgan hujumni qaytardi va bu fransuzlarning Suriya yurishini bekor qilishiga sabab bo'ldi. 1834-yilda Falastinlik arab dehqonlarining Muhammad Ali hukmronligi ostidagi Misr armiyasiga safarbarlik tartiblariga va og'ir soliqlarga qarshi qo'zg'oloni bostirildi; Muhammad Ali qo'shinlari chekindi va 1840-yilda Britaniya Imperiyasi ko'magi ostida hududda yana Usmonlilar hokimiyati tiklandi. Tez orada butun Usmonlilar saltanati bo'ylab Tanzimot islohotlari boshlandi. Butun dunyo bo'ylab yahudiy diasporasi mavjud bo'lganidan buyon ko'plab yahudiylar o'z vatanlariga, "Sion" ga qaytishga umid qilishgan. Isroilda Usmonlilar hokimiyati boshlanishidan Sionizm harakatiga qadar hududda yahudiy aholisi ozchilikni tashkil qilib, raqamlar o'zgarib turgan. XVI asrda to'rt muqaddas shahar — Iyerusalim, Tiberias, Hebron va Safedda yahudiy jamoalariga asos solingan va 1697-yilda ravvin Yehuda Hachasid 1,500 yahudiyni Iyerusalim tomon boshlab borgan. XVIII asrning ikkinchi yarmida Hasidizmga qarshi bo'lgan, Perushim deb nomlangan Sharqiy Yevropa yahudiylari Falastin hududlariga kelib o'rnashgan. Usmonlilar qo'li ostidagi Falastinga 1881-yilda yahudiylarning birinchi bora ko'chib kelishi Birinchi Aliya deb nomlanib, bunga Sharqiy Yevropada yahudiylarga qarshi amalga oshirilgan pogromlar sabab bo'lgan. Rossiya Imperiyasida 1882-yilda qabul qilingan qonunlar "May qonunlari" deb nomlanib, bu qonunlar yahudiylarning qayerda yashashi mumkinligini belgilab, ularga nisbatan iqtisodiy ayirmachilikni aks ettirardi. Bunga javoban siyosiy Sionizm shakllana boshladi va faollar tomonidan Bilu va Sion Mahbublari (Hibbat Sion) kabi tashkilotlarga asos solindi. Leon Pinsker tomonidan esa yahudiylarni milliy mustaqillik tomon undovchi "Avto-emansipatsiya" ("Auto-Emancipation") pamfleti chop etildi. Theodor Herzl tomonidan Isroil hududida Yahudiy davlatiga asos solish orqali Yevropa davlatlaridagi "Yahudiylar masalasi"ga yechim berishni targ'ib qiluvchi siyosiy Sionizm harakatiga asos solindi. 1896-yilda Herzl Der Judenstaat ("Yahudiy davlati") asarini yozdi; keyingi yilda esa u Birinchi Sionist Kongressiga prezidentlik qildi. Kishinyov pogromidan keyin esa Ikkinchi Aliya (1904-1914) boshlandi; tahminan 40,000 yahudiy kelib o'rnashdi, biroq ularning salkam yarmi oxir-oqibatda qaytib ketishdi. Migrantlarning birinchi va ikkinchi to'lqinida kelganlarning asosiy qismi Ortodoksal yahudiylar bo'lsa-da, Ikkinchi Aliyada Sionist sotsialist guruhlari ham bo'lib, ular faqatgina yahudiy mehnatiga asoslangan yahudiy iqtisodiyotini yaratish uchun kibbutz harakatini boshlashdi. Keyinchalik Yishuv (Yahudiy jamoalari) yetakchilariga aylanuvchi Ikkinchi Aliyada kelgan yahudiylar yahudiy iqtisodiyotining arab ishchi kuchiga asoslanmasligi kerakligini tushunib yetishdi. Ushbu "ishchi kuchi istilosi" keyinchalik arab aholisi bilan dushmanlik kayfiyatining asosiy sababiga aylandi. Yangi jamoalardagi millatchi mafkura ham oldingi sotsialist mafkurani siqib chiqara boshladi. Garchi Ikkinchi Aliyada kelgan migrantlar asosan jamoaviy yahudiy qishloq xo'jaligi manzilgohlariga asos solishni maqsad qilgan bo'lsada, aynan shu davrda, 1909-yilda Tel-Aviv birinchi reja asosida barpo etilgan yahudiy shaharchasiga aylandi. Aynan shu davrda birinchi yahudiy qurolli partizanlar guruhlari tashkil topa boshladi. Bularning birinchisi 1907-yilda yuzaga kelgan "Bar-Giora" bo'lsa, ikki yil o'tib, u yirikroq Hashomer tashkilotiga almashtirildi. Britaniya Falastin mandati Chaim Weizmann tomonidan Britaniya hukumatining Sionizm harakatini qo'llab-quvvatlashiga erishishga bo'lgan urinishlar oxir-oqibatda 1917-yilda Balfour Deklaratsiyasining e'lon qilinishi bilan yakunlandi. Britaniya Tashqi ishlar kotibi Arthur Balfour deklaratsiyani Britaniya yahudiylari jamoasi yetakchilaridan biri Lord Rothschild'ga yo'llab, Britaniya hukumatining Falastinda o'zlari uchun "milliy vatan" yaratishlarini qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Weizmann talqini bo'yicha deklaratsiyada bo'lg'usi davlat yaratilishi bo'yicha kelishuvlar bevosita Britaniya va yahudiylar orasida bo'lib, arablarning vakilligi hisobga olinmagandi. Uning Parij tinchlik konferensiyasidagi mashhur "Xuddi Angliya inglizlar yurti bo'lgani kabi, Falastinni ham yahudiy yurtiga aylantirish" maqsadini e'lon qilishi xuddi shu talqin bilan bog'liq edi. Keyingi yillarda yahudiy-arab munosabatlari keskin tarzda yomonlashib ketdi. 1918-yilda asosan yahudiy ko'ngillilaridan iborat Yahudiy Legioni Britaniya tomonidan Falastinning istilo etilishiga ko'maklashdi. 1920-yilda hudud mandat tizimi asosida Britaniya va Fransiya orasida bo'lib olindi va Britaniya qo'li ostidagi hudud (jumladan bugungi Isroil hududi) Falastin Mandati (ing.: Mandatory Palestine) deb nomlandi. Britaniya hukmronligiga va yahudiy immigratsiyasiga qarshi arablarning qarshiligi 1920-yilda Falastin qo'zg'olonlariga va Haganah (ivrit: הַהֲגָנָה; Mudofaa) nomli yahudiy partizan tashkiloti tuzilishiga sabab bo'ldi. Bu tashkilot oldingi Hashomer tashkilotining shaxobchalaridan biri bo'lib, keyinchalik undan Irgun va Lehi yarim-harbiy guruhlari ajralib chiqqan. 1922-yilda Millatlar Ligasi Falastin Mandatini Balfour deklaratsiyasini ham o'z ichiga oluvchi shartlar asosida Britaniyaga berdi. Hudud aholisining asosiy qismi arab va musulmonlar bo'lib, yahudiylar aholining tahminan 11% ni, arab xristianlari esa 9.5% ni tashkil qilgan. Uchinchi va To'rtinchi Aliyalar Falastinga qo'shimcha 100,000 yahudiylarni olib keldi.1930-yillarda Yevropada natsizmning kuchayishi va yahudiylarga nisbatan ayirmachilikning zo'rayishi oqibatida Beshinchi Aliya sodir bo'ldi va hududga tahminan chorak million yahudiy ko'chib keldi. Bu 1936-1939-yillardagi arab qo'zg'olonlarining asosiy sababi edi. Qo'zg'olonda arablar orasida o'zaro to'qnashuvlar ham bo'lib, oxir-oqibatda Britaniya kuchlari va Sionist ko'ngillilari qo'z'golonni bostirishdi. Bir necha yuz britan harbiylari va yahudiylar o'ldirildi. Arablar orasida o'ldirilganlar esa 5,000 mingdan ortiq edi. Britaniya hukumati 1939-yilgi "Oq qog'oz" siyosati bilan Falastinga yahudiylarning ko'chib kelishiga cheklovlar joriy qildi. Butun dunyo Holokostdan qochayotgan yahudiylardan yuz o'girayotgan bir paytda yahudiylarni Falastinga olib kelishni maqsad qilgan "Aliyah Bet" nomli yashirin tashkilot tuzildi. Ikkinchi Jahon Urushi yakuniga kelib Falastin aholisining 30% yahudiy edi. Britaniya hukumati yahudiy immigratsiyasiga cheklov siyosati oqibatida bir tomondan yahudiy partizan harakatlari qarshiligiga, ikkinchi tomondan cheklov darajasi bo'yicha arab jamoatchiligi bilan tortishuvlarga duch keldi. Haganah Irgun va Lehi tashkilotlari bilan qo'shilib, Britaniya hukumatiga qarshi qurolli kurash boshladi. Ayni paytda yuz minglab Holokostdan omon qolgan yahudiylar o'zlarining Yevropadagi vayron bo'lgan jamiyatlaridan uzoqda, Falastinda yangi hayot topdilar. Haganah Aliyah Bet nomli dasturga ko'ra kema orqali o'n minglab yahudiylarni Falastinga olib kelishga urindi. Kemalarning asosiy qismi Britaniya Qirollik harbiy-dengiz floti tomonidan ushlandi va qochqinlar Kiprga va Falastindagi Atlit qochqinlar lagerlariga joylandi. 1946-yil 22-iyulda Irgun Falastindagi Britaniya ma'muriyati binosini portlatib, 91 kishi o'limiga sabab bo'ldi. Hujum dastlab Haganah tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Bu Agatha Operatsiyasiga (britanlar tomonidan amalga oshirilgan bir necha reydlar; ulardan biri Yahudiy Agentligi — notijorat tashkilotiga qarshi o'tkazilgan) qarshi javob bo'lib, Mandat davridagi Britaniya hukumatiga qarshi qaratilgan eng qonli harakat edi. Britaniya harbiylari va Falastin Mandati politsiyasining birlashgan say-harakatlariga qaramasdan, 1946-1947-yillarda yahudiylar qarshilik harakatlari davom etdi. Britaniyaning yahudiy va arab vakillari orasidagi kelishuvlarga vositachilik qilishga urinishlari ham bekor ketdi, chunki yahudiylar yahudiy davlati tuzilishini o'z ichiga olmaydigan har qanday yechimga qarshi chiqishdi va Falastinda bir-biridan mustaqil yahudiy va arab davlatlarini tuzishni taklif qilishdi. Arablar esa Falastinning har qanday qismida yahudiy davlati tashkil etilishiga qarshi bo'lib, yagona yechim sifatida arablar boshqaruvi ostidagi birlashgan Falastin davlatining tashkil etilishini ko'rishdi. 1947-yil fevral oyida Britaniya hukumati Falastin masalasini yangi tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yo'lladi. 1947-yil 15-mayda BMT Bosh Assambleyasi "Falastin masalasi bo'yicha raport ... tayyorlash" uchun Maxsus Qo'mita tuzishga qaror qildi. Qo'mita Raportida Britaniya Mandati tizimini "Mustaqil Arab davlati, mustaqil Yahudiy davlati va Xalqaro boshqaruv ostida bo'luvchi Iyerusalim Shahri" bilan almashtirish rejasini taklif qildi. Orada Falastinda yahudiy qurolli qarshilik harakati davom etdi va 1947-yil iyul oyida keng ko'lamli partizan reydlari va "Serjantlar ishi" mojarosi bilan o'z cho'qqisiga chiqdi. Unda Irgun ikki britan serjantlarini asirga olib, uch Irgun operativlarining rejalashtirilgan qatl etilishini oldini olishga urindi. Qatl etilish marosimi baribir amalga oshirilgani tufayli Irgun ikkala serjantni ham o'ldirdi, ularning tanasini daraxtlarga ilib qo'yib, atrofni esa minalashtirdi. Bu esa bir britan askarining yaralanishiga sabab bo'ldi. Bu voqea Britaniyada keng ko'lamli norozilikka sabab bo'ldi. 1947-yil sentyabr oyida Britaniya hukumati shtabi Falastinni tark etishga qaror qildi, chunki endi Mandat ustidan nazorat butkul yo'qotilgan edi. 1947-yil 29-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi 181 (II) Rezolyutsiyasini qabul qildi. Rezolyutsiyaga ilova qilingan reja mohiyatan 3-sentyabrdagi raportda taklif qilingan rejaning o'zi edi. Yahudiylarning tan olingan vakillik tashkiloti hisoblanmish Yahudiy Agentligi rejani qabul qildi. Rejaga ko'ra Falastin Mandati hududining 55-56% yahudiylar uchun ajratilishi ko'rsatilgan edi. O'sha vaqtda yahudiylar aholining tahminan uchdan birini tashkil qilib, hududning 67-% ga egalik qilishar edi. Arablar ko'pchilikni tashkil qilib, yerlarning 20% ga egalik qilishgan. Qolgan yerlar esa Mandat hokimiyati va chet ellik yer egalariga tegishli bo'lgan. Arab Ligasi va Falastin Arab Oliy qo'mitasi rejani rad etishdi va har qanday bo'linish rejasiga qarshi ekanliklarini bildirishdi. 1947-yil 1-dekabrda Arab Oliy qo'mitasi uch kunlik zabastovka e'lon qilishdi va Iyerusalimda qo'zg'olonlar boshlandi. Vaziyat izdan chiqib, fuqarolar urushi boshlandi; BMT ovoz berish natijalari e'lon qilinganidan atigi ikki hafta o'tib, Mustamlakalar bo'yicha davlat kotibi Arthur Creech Jones Britaniya Mandati 1948-yil 15-mayda yakunlanishini va shu paytdan Britaniya hukumati Mandatni tark etishini e'lon qildi. Arab qurolli to'dalari yahudiy hududlariga hujum qilib, asosan Haganah va kichikroq Irgun va Lehi guruhlari bilan to'qnashishdi. 1948-yilda Haganah hujumga o'tdi. Ushbu davrda turli sabablarga ko'ra 250,000 Falastinlik arablar hududni tark etishgan. Isroil davlati Asos solinishi va dastlabki yillar Britaniya Mandati yakunlanishidan bir kun oldin, 1948-yil 14-mayda Yahudiy Agentligi boshlig'i David Ben-Gurion "Isroil zaminida Isroil davlati deb nomlanuvchi yahudiylar davlati tuzilganini" e'lon qildi. Deklaratsiya matnida yangi davlat chegaralari o'rnida faqatgina Eretz Israel (ivrit: אֶרֶץ יִשְׂרָאֵל; transl.: Erets Israel) ya'ni Isroil zamini nomi ishlatilgan. Keyingi kuni, to'rt arab davlatlari - Misr, Suriya, Transiordaniya va Iroq — armiyalari sobiq Britaniya Falastin Mandati hududiga bostirib kirdi va 1948-yilgi Arab—Isroil urushi boshlanib ketdi. Yaman, Marokash, Saudiya Arabistoni va Sudan davlatlaridan harbiy qismlar urushga qo'shildi. Bosqindan maqsad yahudiy davlati yaratilishining oldini olish edi. Ba'zi arab davlatlari yetakchilari "yahudiylarni dengizga haydash" haqida so'zlashardi. Benny Morris fikricha, yahudiylar bostirib kirgan arab armiyalari ularni qatliom qilish niyatida ekanidan xavotir olishgan. Arab Ligasi esa bosqin tartibni tiklash va qon to'kilishini oldini olish maqsadida amalga oshirilgan edi. Bir yillik to'qnashuvlardan keyin o't ochishni to'xtatish e'lon qilindi va Yashil chiziq deb nom chiqargan vaqtinchalik chegaralar belgilandi. Iordaniya keyinchalik G'arbiy sohil nomi bilan tanilgan hududni, jumladan Iyerusalimni, Misr esa G'azo sektorini egalladi. BMTga ko'ra 700,000 falastinlik arablar hududdan qochib chiqqan, yoki haydab chiqarilgan. Bu voqea arab tilida Nakba, yoki fojea deb ataladi. 156,000 arablar esa o'z uylarida qolishdi va Isroilning arab fuqarolariga aylanishdi. 1949-yil 11-may kuni Isroil BMT a'zosi sifatida qabul qilindi. Isroil va Iordaniya orasida kelishuvga urinish bo'ldi, lekin Misrning reaksiyasdan xavotir olgan Britaniya hukumati Iordaniya hukumatiga o'z qarshiligini bildirganidan keyin bu shartnoma ham bekor bo'ldi. Davlatning dastlabki yillarida David Ben-Gurion yetakchiligidagi Mehkatkash Sionist partiyasi mamlakat siyosatida hukmron mavqega ega edi. 1940-yillar oxiri va 1950-yillar boshlaridagi Isroilga immigratsiya say-harakatlariga Isroil Immigratsiya idorasi hamda Mossad LeAliyah Bet (tarjimasi: "B Immigratsiya Instituti") tomonidan ko'mak berildi. Ushbu tashkilot ayniqsa Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropa kabi, yahudiylarning hayotiga xavf tug'ilishi mumkin bo'lgan, yoki tark etish mushkul bo'lgan mamlakatlardagi yahudiylarni olib chiqishga ko'maklashish uchun ushbu davlatlarda maxfiy operatsiyalar o'tkazdi. Mossad LeAliyah Bet 1953-yilga kelib tarqatildi. Immigratsiya ishlari Bir Million rejasiga ko'ra amalga oshirilib, unga ko'ra 18 oy ichida mamlakatga bir million yahudiy immigrantlari olib kirilishiga erishish maqsad qilingandi. Ba'zi immigrantlar sionistik qarashlarga ega bo'lishgan, yoki yaxshi hayot istab Isroilga kelishgan bo'lsa, boshqalari ta'qibdan qochishgan, yoki shunchaki o'z mamlakatlaridan haydalgan. Isroil mavjudligining dastlabki uch yilida Holokostdan omon qolgan va arab-musulmon davlatlarini tark etgan yahudiylarning mamlakatga kirishi natijasida mamlakat ichidagi yahudiylar soni 700,000 dan 1,400,000 ga ko'paydi. 1948-1970-yillar oralig'ida esa tahminan 1,150,000 yahudiylar Isroilga ko'chib kelishdi. Ba'zi yangi migrantlar qochqin sifatida kelgan bo'lib, ular ma'abarot nomli vaqtinchalik lagerlarga joylangan. 1952-yilga kelib bunday chodir shaharlarda 200,000 dan ortiq kishi istiqomat qilmoqda edi. Odatda Yevropa davlatlaridan kelgan yahudiylar Yaqin Sharq yoki Shimoliy Afrikalik yahudiylarga nisbatan yaxshiroq munosabat ko'rishgan. Odatda Yevropalik yahudiy-migrantlarga o'zgalar uchun ajratilgan xonadonlar ulashilib, odatda arab mamlakatidan kelgan yahudiylar vaqtinchalik lagerlarda ko'proq qolib ketgan. Oziq-ovqat, kiyim-kechak va mebellar ratsion asosida bu davr keyinchalik "yo'qchilik davri" deb nom oldi. Ushbu inqirozni bartaraf etish ehtiyoji Ben-Gurionning G'arbiy Germaniya hukumati bilan reparatsiya bo'yicha shartnoma imzolashga majbur qildi. Holokost uchun bunday moliyaviy kompensatsiya olish g'oyasi esa yahudiylarni g'azabga keltirib, mamlakatda ommaviy noroziliklar va namoyishlar o'tkazildi. Arab-Isroil nizosi 1950-yillarda Isroil Falastinlik jangarilarning ko'plab hujumlariga uchradi va hujumlar asosan Misr qo'li ostidagi G'azo sektoridan asosan tinch fuqarolarga nisbatan uyushtirildi. Bu esa Isroilning bir necha qarshi hujumlariga sabab bo'ldi. 1956-yilda Buyuk Britaniya va Fransiya Misr hukumati tomonidan milliylashtirilgan Suvaysh kanali ustidan nazoratni qayta o'rnatishga urinib ko'rishdi. Suvaysh kanali va Tiran bo'g'ozining Isroil kemalari uchun blokada qilinishi, qolaversa Falastinlik jangarilarning janubdagi tinch aholiga hujumi va Arab davlatlarining tahdidlari birgalikda Isroilning Misrga hujum qilishiga sabab bo'ldi. Isroil sirli ravishda Buyuk Britaniya va Fransiya bilan ittifoq tuzdi va Suvaysh inqirozi paytida Sinay yarimorolini egalladi. Lekin BMT bosimi bilan, Isroil kemalari uchun kanalning ochilishi kafolat berilishi evaziga qo'shinlarini nizoli hududlardan olib chiqib ketdi. Urush Isroil chegaralari buzilishining qisqarishiga olib keldi. 1960-yillar boshida natsist urush jinoyatchisi Adolf Eichmann Argentinada Isroil maxfiy xizmatlari tomonidan qo'lga tushirildi va sud uchun Isroilga keltirildi. Eichmann Isroil hududida Isroil fuqarolik sudi tomonidan o'limga hukm qilingan yagona insonligicha qolmoqda. 1963-yil bahor va yozida Isroil yadroviy dasturi AQSH va Isroil orasidagi diplomatik munosabatlarning sovuqlashishiga sabab bo'ldi. 1964-yildan buyon Isroilning Iordan daryosi suvlarini qirg'oqbo'yi tekisliklariga burishidan xavotir olgan Arab davlatlari Isroilni suv resurslaridan quruq qoldirish maqsadida daryo suvlari boshlanish nuqtalarini boshqa tomonga burishga urinishdi va bu bir tomonda Isroil va ikkinchi tomonda Suriya va Livan o'rtasida kelishmovchiliklarga sabab bo'ldi. Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir boshchiligida arab millatchilari Isroil mustaqilligini tan olishdan bosh tortishdi va uni vayron qilishga chaqirishdi.1966-yilga kelib munosabatlar shunchalar sovuqlashgan ediki, Isroil va Arab davlatlari harbiylari orasida to'qnashuvlar kelib chiqishi boshlangandi. 1967-yil may oyida Misr o'z armiyasini Isroil chegarasiga to'pladi, 1957-yildan buyon Sinay yarimoroliga joylashtirilgan BMT tinchlikparvar kuchlarini mamlakatdan haydab chiqardi va Isroilning Qizil dengizga chiqish yo'lini to'sib qo'ydi. Isroil esa bu xatti-harakatlarni casus belli sifatida qabul qildi va 5-iyun kuni Misrga qarshi oldini oluvchi hujum boshladi. Iordaniya, Suriya va Iroq Isroilga hujum boshladi. Olti kunlik urush nomi bilan tanilgan to'qnashuvda Isroil Iordan daryosining G'arbiy qirg'og'ini Iordaniyadan, G'azo sektori va Sinay yarimorolini Misrdan va Golan tepaliklarini Suriyadan tortib oldi va egalladi. Iyerusalim chegaralari kengaytirilib, unga Sharqiy Iyerusalim ham qo'shildi va 1949-yilgi Yashil chiziq Isroil va egallangan hududlar o'rtasida chegara etib belgilandi. 1967-yilgi urush va Arab ligasining "Uchta yo'q" qaroridan keyin Isroil Sinay yarimorolida 1967-1970-yillarda misrliklar hujumiga, egallangan hududlarda falastinlik guruhlarning isroilliklariga hujumiga duch keldi. Turli falastinlik va arab guruhlari orasida 1964-yilda tashkil etilgan va dastlab o'zini "vatanni himoya qilishning yagona yo'li sifatida qurolli qarshilikni" tanlagan guruh sifatida tanishtirgan Falastin Ozodlik tashkiloti eng muhimi edi. 1960-yillar oxiri va 1970-yillar boshida falastinlik guruhlar butun dunyo bo'ylab Isroillik va yahudiy manzillarga hujumlar uyushtirishdi. Bunga misol sifatida 1972-yilgi Myunxen yozgi olimpiadasida Isroillik sportchilarning qatliom qilinishini keltirish mumkin. Isroil hukumati esa bunga qatliom tashkilotchilarini o'ldirish kampaniyasini uyushtirish, Livandagi FOT shtabiga reyd uyushtirish va uni portlatish bilan javob berdi. 1973-yil 6-oktyabr kuni Misr va Suriya armiyalari Sinay yarimoroli va Golan tepaliklarida Isroil armiyasiga qarshi kutilmagan hujum uyushtirishdi va bu Yom Kippur urushiga sabab bo'ldi. 25-oktyabrda urush tugadi va tahminan 20 kun davomida 35,000 kishi qurbon bo'lgan urushda Isroil 2,500 askarini yo'qotdi. Ichki tekshiruvlar hukumatning urushdan oldingi va urush davridagi muvaffaqiyatsizliklarga javobgarlikdan xalos qildi, biroq jamoatchilik g'azabi Bosh vazir Golda Meir'ni istefoga chiqishga majburladi. 1976-yilda Isroildan Fransiyaga uchayotgan samolyot Falastinlik jangarilar tomonidan qo'lga olindi va Ugandadagi Entebbe xalqaro aeroportiga qo'ndirildi. Isroil kommandolari 106 isroillik asirdan 102 tasini qutqarishga erishdi. Tinchlik jarayoni 1977-yilgi Knesset saylovlari oqibatida Mehnat partiyasi hokimiyatdan ketib, Menachem Begin boshchiligidagi Likud partiyasi hokimiyatga kelishi Isroil siyosiy tarixidagi muhim burilish nuqtasi bo'ldi. Shu yil oxirida Misr prezidenti Anvar Sadat Isroilga tashrif buyurdi va Sadatning Knessetda nuqt so'zlashi Isroilning birinchi arab davlati rahbari tomonidan tan olinishini bildirar edi. Sadat va Begin 1978-yilda Camp David shartnomasini va 1979-yilda Misr-Isroil tinchlik shartnomasini tuzishdi. Evaziga Isroil Sinaydan qo'shinlarini olib chiqib ketdi va G'arbiy Sohil hamda G'azo sektoridagi falastinliklarning muxtoriyati masalasi bo'yicha kelishuvlarga kirishdi. 1978-yil 11-mart kuni FOT partizanlarining Livandan Isroilga bostirib kirishi Qirg'oqbo'yi qatliomiga sabab bo'ldi. Isroil esa Janubiy Livanga bostirib kirib, FOT bazalarini yakson qilish bilan javob qaytardi. Ko'pchilik FOT askarlari qochib ketishdi, biroq Isroil BMT qo'shinlari va Livan armiyasi nazoratni qo'lga olgancha Livan janubini barqaror saqlab turishga erishdi. FOT tez orada o'zining Isroilga qarshi partizanlar urushini davom ettira boshladi. Keyingi bir necha yil davomida FOT janubga kirib keldi va chegara bo'ylab tarqoq artilleriya zarbalarini berishda davom etdi. Isroil ham bir necha hujumlar bilan javob qaytardi. Orada Begin hukumati G'arbiy Sohilga isroilliklarning ko'chib kirishi va yerlarni egallashi uchun rag'bat yaratish orqali shu joyda falastinliklar bilan munosabatlar keskinlashishiga sabab bo'ldi. 1980-yilda qabul qilingan "Iyerusalim to'g'risidagi qonun" ba'zilar fikricha 1967-yilgi Isroilning shaharni qo'shib olish to'g'risidagi qarorini mustahkamladi va shaharning maqomi bo'yicha xalqaro munozaralarni yanada keskinlashtirdi. Zero, hech bir qonun Isroil hududini aniq belgilamagan va hech qanday bo'lim orqali Sharqiy Iyerusalim unga kiritilgan edi. 1981-yilda Isroil amalda Golan tepaliklarini o'ziga qo'shib oldi. Xalqaro hamjamiyat ushbu xatti-harakatlarni inkor etdi va BMT Xavfsizlik kengashi Iyerusalim to'g'risidagi qonunni ham, Golan tepaliklari to'g'risidagi qonunni ham bekor deb e'lon qildi. 1980-yillardan buyon bir necha yahudiy immigrantlari to'lqini Isroilga keldi va 1990-1994-yillar oralig'ida post-Sovet davlatlari hududidan kelgan immigrantlar oqimi Isroil aholisini 12% ga oshishiga sabab bo'ldi. 1981-yil 7-iyunda, Eron-Iroq urushi davrida, Iroqning yadro qurollari dasturiga to'sqinlik qilish maqsadida Isroil harbiy xavo kuchlari Iroqning Bag'dod tashqarisida qurilayotgan yagona yadro reaktorini yakson qildi. 1982-yildagi bir necha FOT hujumlaridan keyin Isroil Livanga bostirib kirdi va FOT bazalarini yakson qildi. Urushning dastlabki olti kunida Isroil FOT harbiy kuchlarini yengib, Suriya kuchlarini batamom yakson qildi. Keyinchalik Isroil hukumati tomonidan o'tkazilgan Kahan komissiyasi Begin va bir necha Isroil generallarini Sabra va Shatila qatliomlari uchun bilvosita javobgar, Mudofaa vaziri Ariel Sharonni esa "shaxsan javobgar" deb topdi. Sharon iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. 1985-yilda Isroil Kiprdagi falastinlik terroristlar hujumiga Tunisdagi FOT shtabini portlatish orqali javob qaytardi. Isroil 1986-yilda Livanning asosiy qismidan chiqib ketdi, biroq 2000-yilga qadar Janubiy Livanda chegara buffer zonasini ushlab turdi va shu yerdan turib Isroil qo'shinlari Hizbulloh jangarilari bilan to'qnashuvlarga kirishdi.1987-yilda falastinliklarning Isroil hokimiyatiga qarshi birinchi qo'zg'oloni - Birinchi Intifoda - sodir bo'ldi va G'arbiy Sohil hamda G'azo sektorining turli qismlarida namoyishlar va qon to'kilish holatlari yuz berdi. Keyingi olti yil davomida Intifoda qayta tashkillanib, Isroil okkupatsiyasiga barham berish uchun iqtisodiy va madaniy choralarni ham ko'ra boshladi. 1991-yildagi Ko'rfaz urushida FOT Saddam Husaynni va Isroilga qarshi Iroq raketa hujumlarini qo'lladi. Jamoatchilik g'azabiga qaramasdan, Isroil AQSHning undovlariga ko'nib, qayta zarba berishdan o'zini tiydi. 1992-yilda Yitzhak Rabin Bosh vazir etib saylandi va uning partiyasi saylov dasturlaridan biri sifatida Isroilning qo'shnilari bilan aloqalarni yaxshilashni ilgari surgan edi. Keyingi yili Isroil tomonidan Shimon Peres va FOT tomonidan Mahmud Abbos Oslo shartnomasiga imzo qo'yishdi va shu orqali Falastin muxtoriyati G'arbiy Sohilning muayyan qismlarini va G'azo sektorini boshqarish imkoniyatiga ega bo'ldi. FOT shuningdek Isroilning mavjudlikka bo'lgan huquqini tan oldi va terrorizmga yakun yasashga va'da berdi. 1994-yilda Isroil-Iordaniya Tinchlik shartnomasi imzolandi va Iordaniya Isroil bilan munosabatlarni yaxshilagan ikkinchi arab davlatiga aylandi. Isroilliklarning falastinliklar yeriga ko'chib o'tishining davom etishi, shuningdek mamlakatda falastinliklar uchun iqtisodiy sharoitning og'irlashishi shartnomaga nisbatan ko'rsatilgan arab jamoatchiligining qo'llab-quvvatlashlariga to'sqinlik qildi. Falastinlik xudkushlarning hujumlari shartnomaga isroilliklarning ham qo'llab-quvvatlashini kamaytirdi. 1995-yilda Yigal Amir - shartnomaga qarshi bo'lgan radikal yahudiy - Yitzhak Rabinni otib o'ldirdi. Benjamin Netanyahuning 1990-yillar oxiridagi Bosh vazirligi davrida Hebrondan chiqib ketishga rozi bo'ldi (lekin bu ratifikatsiya qilinmadi va amalga oshmadi) va Falastin Milliy muxtoriyatiga yanada keng ko'lamli mustaqillik berishni ko'zlovchi Wye River Memorandumini imzoladi.1999-yilda Ehud Barak Bosh vazir etib saylandi va mamlakat qo'shinlarini Janubiy Livandan olib chiqib ketdi hamda 2000-yilgi Camp David sammitida PMM Raisi Yosir Arafot va AQSH Prezidenti Bill Clinton bilan kelishuvlarni boshladi. Barak Falastin davlati tuzilishi va unga G'azo sektori to'lig'icha va G'arbiy Sohilning 90% dan oshig'i kiritilishiga rozilik berishini, evaziga Iyerusalim umumiy poytaxt bo'lishini taklif qildi. Kelishuvlar muvaffaqiyatsiz chiqdi va bunga har ikki tomon bir-birini aybladi. XXI asr 2000-yil oxirida Ariel Sharonning Ibodatxona tepasiga tashrifidan so'ng Ikkinchi Intifoda boshlandi. To'rt yarim yil davom etgan qo'zg'olonlarda xudkushlik hujumlari tez-tez sodir bo'ldi. Ba'zi tahlilchilar kelishuvlar barbod bo'lishidan keyin Intifoda Arafot tomonidan oldindan rejalashtirilgan deb hisoblashadi. 2001-yilgi saylovlar natijasida Sharon Bosh vazir bo'ldi va o'zining G'azo sektoridan batamom chiqib ketish va Isroil-G'arbiy Sohil devorini qurish rejasini davom ettirdi. Bu esa Intifodaning yakunlanishiga olib keldi. 2000-2008-yillar oralig'ida 1,063 isroillik, 4,907 falastinlik hamda 64 horijlik kishilar halok bo'lgan. 2006-yilda Hizbulloh jangarilarining Isroil shimoliy chegara hududlariga artilleriya zarbasini berishi va ikki Isroil askarlarini asir olib chegaradan nariga o'tkazib ketishlari bir oy davom etgan Ikkinchi Livan urushiga olib keldi. 2007-yilda Isroil harbiy xavo kuchlari Suriyada yadro reaktorini yakson qildi. 2008-yilda Hamas va Isroil orasidagi o't ochishni to'xtatish kelishuvlari barbod bo'ldi. 2008-2009-yilgi G'azo urushi uch hafta davom etdi va Isroilning bir tomonlama o't ochishni to'xtatishini e'lon qilganidan keyin yakunlandi. Hamas o'zining o't ochishini to'xtatishini e'lon qildi va o'zining butkul chekinishi va chegara postlarini ochishi shartlarini e'lon qildi. Hamas raketa hujumlari va Isroilning javob hujumlari batamom to'xtamagan bo'lsada, nozik o't ochishni to'xtatish kelishuvlari saqlanib qoldi. Isroil janubiga Hamas tomonidan otilgan yuzdan ortiq raketa hujumlariga javoban Isroil 2012-yilda G'azo sektorida operatsiya boshladi va bu sakkiz kun davom etdi. 2014-yilda Hamas tomonidan raketa hujumlariga javoban Isroil G'azoda yana bir operatsiya boshladi. 2021-yil may oyida G'azo va Isroil orasida yana bir to'qnashuv sodir bo'ldi va 11 kun davom etdi. 2010-yillarga kelib Isroil va Arab Ligasi davlatlari orasida hamkorlik aloqalari o'rnatildi va bu 2020-yilda Abraham shartnomasining imzolanishiga sabab bo'ldi. Isroilning mudofaa siyosatining diqqati an'anaviy Arab-Isroil nizosidan Eron-Isroil maxfiy nizosiga qaratildi va 2011-yilgi Suriya fuqarolar urushi davrida Eron bilan to'g'ridan-to'g'ri to'qnashuvlar sodir bo'ldi. 2023-yil 7-oktyabr kuni G'azolik falastin jangari guruhlari Isroilga qarata bir necha koordinatsiyalashtirilgan hujumlar uyushtirdi va bu 2023-yilda Isroil-Hamas urushiga sabab bo'ldi. O'sha kuni musiqa festivaliga qatnashayotgan, G'azo yaqinidagi yashovchi asosan tinch fuqarolar bo'lgan 1,300 isroilliklar o'ldirildi. Keksalar, ayollar va 9 oylikgacha yoshdagi bolalardan iborat 200 dan ortiq asirlar o'g'rilanib, G'azo ichiga olib kirib ketildi. Isroil — 1949-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 25-dekabrda tan oldi va 1992-yilda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (1948) — Yahudiylar taqvimiga koʻra, bu bayram har yili har xil kunda kelishi mumkin (2001-yilda 26-aprelga toʻgʻri keldi). Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. „Avoda“ („Mehnat“) sotsialistik partiyasi, 1968-yilda tuzilgan; „Likud“ („Ittifoq“) partiyasi, 1973-yilda tashkil etilgan; SHAS diniy partiyasi, 1984-yilda tuzilgan; „Mafdal“ milliy-diniy partiyasi, 1956-yilda tashkil etilgan; Arab demokratik partiyasi, 1988-yilda tuzilgan; „Isra-el ba-Aliya“ („Isroil yuksalishda“) partiyasi, 1996-yilda asos solingan. I. umumiy mehnat federatsiyasi kasaba uyushmasi 1920-yilda tashkil etilgan. Hukumati va siyosati Isroil davlatida parlamentar tizim, proporsional vakillik demokratiyasi va universal saylov huquqi mavjud. Parlamentar ko'pchilik tomonidan qo'llangan parlament a'zosi bosh vazir bo'ladi va u odatda eng yirik partiyaning raisi bo'ladi. Bosh vazir — hukumat va hukumat mahkamasi boshlig'i. Prezident davlat boshlig'i va cheklangan, asosan ramziy majburiyatlarga ega. Isroilni Knesset deb ataluvchi 120 kishilik parlament boshqaradi. Knessetga a'zolik siyosiy partiyalarning proporsional vakilligiga asoslanadi. Partiyalarning Knessetga a'zoligi chegarasi 3.25% bo'lib, bu odatda koalitsiya hukumatlarining tuzilishiga sabab bo'ladi. Isroil manzilgohlari istiqomatchilari ham ovoz berish huquqiga ega va 2015-yilgi saylovlari natijalariga ko'ra 120 Knesset a'zosidan 10 kishi (8%) manzilgohlar istiqomatchilaridir. Parlament saylovlari har 4 yilda bir marta o'tkaziladi, lekin beqaror koalitsiyalar va ishonchsizlik ovozlari odatda hukumatlarning ertaroq tarqatilishiga olib keladi. 1988-yilda arablar yetakchiligidagi birinchi partiya tuzildi va 2022-yil hisobiga ko'ra arablar partiyalari Knesset o'rinlaridan tahminan 10% ga egalik qiladi. Asosiy qonun, Knesset va unga kiritilgan o'zgartirishlar "Isroil davlatining yahudiy xalqi davlati sifatidagi mavjudligini inkor qiladigan" har qanday partiyaning saylovlarda qatnashishini ta'qiqlaydi. Isroilning Asosiy qonuni kodekslashtirilmagan konstitutsiya sifatida amal qiladi. Asosiy qonunida Isroil yahudiy demokratik davlati deb ta'riflanadi. 2003-yilda Knesset ushbu qonunlar asosida rasmiy konstitutsiya ishlab chiqishni boshlagan. Isroilda rasman din mavjud emas, biroq davlatning "yahudiy va demokratik" deb ta'riflanishi davlat va Iudaizm orasida kuchli aloqadorlik mavjudliga ishora qiladi. 2018-yil 19-iyulda Knesset Isroilni avvalo "yahudiy xalqining milliy davlati", rasmiy davlat tilini esa yahudiy tili deb belgilovchi Asosiy qonun qabul qildi. Qonunda arab tiliga "maxsus maqom" beriladi. Qonun yahudiylarga o'ziga xos milliy o'zlikni ta'minlash va rivojlantirish huquqini beradi, yahudiy manzilgohlarini rivojlantirishni mamlakatning "milliy manfaati" deb ta'riflaydi va "ushbu manfaatni amalga oshirishda" hukumatga hokimiyat taqdim qiladi. Ma'muriy bo'linishi Isroil davlati mehozot (yahudiycha: מחוזות; birlikda: mahoz) deb nomlanuvchi olti ma'muriy viloyatlarga bo'linadi va ular — Markaziy, Haifa, Iyerusalim, Shimoliy, Janubiy va Tel Aviv viloyatlari, shuningdek G'arbiy Sohildagi Yahudiya va Samariyadir. Yahudiya va Samariya hududi, shuningdek Iyerusalim hamda Shimoliy viloyatlarning muayyan qismlari xalqaro darajada Isroilning bir qismi sifatida tan olinmagan. Viloyatlar nafot deb nomlanuvchi o'n besh tumanlarga bo'linadi va ularning o'zi ellik tabiiy hududlarga bo'lingan. Iqtisodiyoti Isroil iqtisodiy va sanoat ishlab chiqarishi taraqqiyoti bo'yicha G'arbiy Osiyodagi eng rivojlangan mamlakat hisoblanadi. 2023-yil oktyabr oyi hisobiga Xalqaro Valyuta Fondi ma'lumotlariga ko'ra Isroilda YaIM 521.7 milliard dollarni, aholi jon boshiga esa 53.2 ming dollarni (dunyo bo'yicha 13-o'rinda) tashkil qilgan va bu ko'rsatkichlar Isroilni dunyodagi eng rivojlangan va badavlat mamlakatlar bilan bir qatorga kiritadi. Dunyoning rivojlangan davlatlari orasida Isroil kambag'allik darajasi bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi va bunga asosan Isroilning falastinlik fuqarolari orasidagi kambag'allik sabab bo'lgan. Isroil nominal aholi jon boshiga daromad hajmi bo'yicha Osiyodagi eng boy uchinchi davlatdir. Isroil voyaga yetganlar jon boshiga to'g'ri keladigan mulk hajmi bo'yicha Yaqin Sharqda birinchi o'rinda turadi. The Economist nashri 2022-yilda Isroilni rivojlangan davlatlar orasida 4-eng muvaffaqiyatli iqtisodiyotga ega deb topdi. So'nggi yillarda Isroil dunyodagi eng tez iqtisodiy o'sish natijalarini ko'rsatdi. Milliarderlar soni bo'yicha Isroil Yaqin Sharqda birinchi o'rinda, dunyoda esa 18-o'rinda turadi. 2010-yilda Isroil Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga qo'shildi. Isroil Jahon Iqtisodiy Forumining Raqobatchilik indeksida (Global Competitiveness Index) 20-o'rinda, Jahon Bankining Tadbirkorlik uchun yaratilgan sharoitlar (Ease of Doing Business Index) indeksida 35-o'rinda tilga olindi. Isroil shuningdek yuqori malakali kasblarda faoliyat yurituvchi ishchilar ulushi bo'yicha ham jahonda 5-o'rinni egallagan. Isroilga oid iqtisodiy ma'lumotlar butun Isroil hududlarini, jumladan Golan tepaliklari, Sharqiy Iyerusalim va G'arbiy Sohildagi Isroil manzilgohlarini ham qamrab oladi. Tabiiy va mineral boyliklari taqchilligiga qaramasdan so'nggi dekadalarda qishloq xo'jaligi va sanoat sektorlarining rivojlanishi Isroilning ozuqa eksportlariga qaramligi yakunlanishiga sabab bo'ldi (don va go'sht mahsulotlaridan tashqari). 2020-yilda jami 96.5 milliard dollarni tashkil qilgan Isroil importlari asosan xomashyolar, harbiy texnika, investitsiya tovarlari, taroshlanmagan olmoslar, yoqilg'i, don va iste'mol tovarlaridan iborat bo'ldi. Asosiy eksportlari: mashina va qurilmalar, elektron dasturlar, taroshlangan olmoslar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, kimyoviy materiallar, tekstil va kiyim-kechak mahsulotlari; eksportlar hajmi 2020-yilda 114 milliard dollarni tashkil qildi. Isroil Bankining tashqi valyuta zaxiralari 201 milliardni tashkil qilib, bu bilan dunyoda 17-o'rinni egallagan. 1970-yillar boshidan Isroil AQSHdan hadbiy yordam olib kelmoqda. Qolaversa, AQSH Isroilga qarz kafolatlari ko'rinishda iqtisodiy ko'mak ham ko'rsatib, bugungi kunda Isroil tashqi qarzining tahminan yarmi shunga to'g'ri keladi. Rivojlangan mamlakatlar ichida Isroil eng past tashqi qarz ko'rsatkichiga ega bo'lib, 2015-yilda tashqi qarz balansi musbat 69 millard dollarni tashkil qilgan. Isroil start-uplar soni bo'yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o'rinda va NASDAQ birjasida savdo qiluvchi kompaniyalar soni bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Aholi jon boshiga start-uplar bo'yicha Isroil jahonda yetakchi mamlakatdir. Shu sababdan ham Isroil "Start-up davlat" deb nomlangan. Intel va Microsoft kabi kompaniyalar o'zlarining birinchi dengizorti tadqiqot institutlarini Isroilda qurgan bo'lib, boshqa yuqori texnologiya sohasida faoliyat yurituvchi transmilliy korporatsiyalar ham Isroilda tadqiqot markazlariga ega. Isroilda ish kunlari besh kunlik ishlar uchun yakshanbadan paychanbagacha, olti kunlik ishlar uchun jumagacha. Juma kuni ish kuni va aholining asosiy qismi yahudiy bo'lgan hududlarda Juma kuni Shabbat qoidalariga ko'ra "yarim ish kuni" hisoblanadi. Ish kunini dunyoning asosiy qismi bilan moslashtirish uchun bir necha takliflar ilgari surilgan. Ilm-fan va texnologiya Isroildagi dasturlash, telekommunikatsiya va tibbiyot sohalarining misli ko'rilmagan darajada rivojlanishi uning AQSHdagi Silicon vodiysiga solishtirilishiga sabab bo'lgan. Isroil tadqiqot va ishlanmalar sohasi uchun sarflanadigan mablag'larning YaIMdagi ulushi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi. Davlat 2023-yilda Global Innovation Index bo'yicha dunyoda 14-o'rinda, 2019-yil Bloomberg indeksida beshinchi o'rinda bo'lgan. Isroilda har 10,000 ishchiga 140 olim, texnik, muhandislar to'g'ri keladi va bu borada Isroil dunyoda birinchi o'rinda turadi. Isroil 2004-yildan buyon oltita ilm-fan sohasida Nobel mukofotiga sazovor olimlarni yetishtirdi va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan chop etilgan ilmiy maqolalar bo'yicha ham oldingi o'rinlarda turadi. Isroil universitetlari informatika (Technion va Tel Aviv University), matematika (Iyerusalimdagi Yahudiy universiteti) va kimyo (Weizmann Institute of Science) sohalari bo'yicha dunyodagi eng nufuzli universitetlar top 50 taligiga kiradi. 2012-yilda Isroil Futron Kosmik raqobatbardoshlik indeksida (Futron's Space Competitiveness Index) to'qqizinchi o'rinda qayd etildi. Isroil Kosmik agentligi Isroildagi barcha kosmik tadqiqot dasturlarini ilmiy va tijoriy maqsadlar bilan muvofiqlashtiradi va mahalliy tarzda kamida 13 tijoriy, ilmiy-tadqiqot va razvedka sun'iy yo'ldoshlarini ishlab chiqarilishiga boshchilik qilgan. Isroil tomonidan ishlab chiqarilgan ba'zi sun'iy yo'ldoshlar dunyodagi eng ilg'or kosmik qurilmalar sifatida e'tirof etilgan. Isroil tomonidan kichik sun'iy yo'ldoshlarni quyi Yer orbitasiga uchira oladigan Shavit kosmik eltuvchi raketa tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim 1988-yilda birinchi bora amaliyotda qo'llangan bo'lib, bu Isroilning sakkizinchi kosmik eltuvchi tizimga ega davlatga aylanishiga sabab bo'ldi. Birinchi Isroil kosmonavti Ilan Ramon 2003-yilda Columbia kosmik kemasi parvozi davomida halok bo'lgan. Mamlakatdagi suv tanqisligi bilan bog'liq muammolar suv saqlash va qayta ishlash texnologiyalarining rivojlanishiga sabab bo'lib, Isroilda qishloq xo'jaligi modernizatsiyasi va tomchilatib sug'orish kabi texnologiyalar ixtiro qilindi. Isroil shuningdek suvni tuzsizlantirish va qayta ishlash texnologiyalari bo'yida ham yetakchi o'rindadir. Isroildagi Sorek tuzsizlantirish zavodi dunyodagi eng yirik teskari osmozis tuzsizlantirish zavodi hisoblanadi. 2014-yilga qadar Isroildagi tuzsizlantirish dasturlari mamlakat ichimlik suvi ehtiyojlarining 35% ni qopladi va bu ko'rsatkich 2050-yilga qadar 70% ga chiqishi kutiladi. 2015-yil hisobi bo'yicha Isroil uy xo'jaliklari, qishloq xo'jaligi va sanoatidagi suv ehtiyojlarining 50% dan oshig'i sun'iy tarzda ishlab chiqarilmoqda. 2011-yilda Isroil suv texnologiyalari sanoati yillik tovar va pul aylanmasi 2 milliard AQSH dollariga yetdi va mahsulot hamda xizmatlarning yillik eksportlari hajmi o'nlab million dollarni tashkil qildi. Teskari osmozis texnologiyasidagi innovatsiyalari bilan Isroil suv eksport qiluvchi davlatga aylanishi kutilgan. Isroilda quyosh energiyasidan ham samarali tarzda foydalaniladi; mamlakat muhandislari quyosh energiyasi texnologiyalari sohasidagi eng ilg'or kadrlar hisoblanib, Isroil quyosh energiyasi kompaniyalari esa butun dunyo bo'ylab mijozlarga xizmat ko'rsatadi. Isroildagi uy xo'jaliklarining 90% dan oshig'i issiq suv yaratish uchun quyosh energiyasidan foydalanadi va aholi jon boshiga bu ko'rsatkich bo'yicha Isroil dunyoda birinchi o'rinda turadi. Hukumat ma'lumotlariga ko'ra, isitish maqsadlarida quyosh energiyasidan foydalanilgani tufayli mamlakat yiliga o'zining elektr energiyasi iste'molining 8% ni tejamoqda. Mamlakat, ayniqsa mamlakatdagi Negev cho'li quyosh energiyasi ishlab chiqarish, bu sohada tadqiqotlar o'tkazish uchun ideal kenglikda joylashgan. Oldin Isroilda zamonaviy elektr mashinalari infrastrukturasi ham bo'lib, elektr mashinalari uchun quvvat to'ldirish shaxobchalari butun mamlakat bo'ylab mavjud bo'lgan. Biroq Isroilning elektr avtomobillari ishlab chiqarish kompaniyasi Better Place 2013-yilda yopilgan. Energiya tizimi Isroil 2004-yildan buyon o'zining qirg'oqbo'yi dengiz gaz maydonlaridan tabiiy gaz qazib chiqarishni boshladi. 2009-yilda Isroil qirg'oqlari yaqinida Tamar tabiiy gaz maydoni aniqlandi. Ikkinchi gaz zaxirasi maydoni, Leviathan 2010-yilda aniqlandi. Ushbu ikki maydondan qazib chiqarilishi mumkin bo'lgan tabiiy gaz Isroilni 50 yildan oshiqroq muddatga energiya bilan ta'minlashi mumkin. 2013-yilda Isroilda Tamar maydoni gazlarini tijoriy maqsadlarda qazib chiqarish boshlandi. 2014-yil hisobida Isroilda yiliga 7.5 milliard kub metr (mkm) tabiiy gaz ishlab chiqarilishi boshlandi. Isroilda 2016-yil hisobida 199 millard kub metr aniqlangan gaz zaxiralari mavjudligi e'tirof etildi. Leviathan gaz maydonida gaz ishlab chiqarilishi 2019-yilda boshlandi. Ketura Sun Isroilning birinchi tijoriy quyosh panellari fermasidir. 2011-yilda Arava Power Company tomonidan barpo etilgan ushbu maydonda Suntech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 18,500 fotovoltaik panellar mavjud va ular birgalikda yiliga 9 gigavat-soat elektr ishlab chiqaradi. Keyingi 20 yil davomida ushbu maydondagi ishlab chiqariluvchi elektr energiyasi tahminan 125,000 metrik tonna karbonat angidridning havoga chiqarilishini oldini oladi. Transporti Isroilda 19,224 kilometr qoplamali yo'llar va 3 million motorli ulovlar mavjud. Har 1,000 kishi uchun to'g'ri keladigan motor ulovlar soni 365 bo'lib, bu raqam rivojlangan mamlakatlar bilan solishtirganda ancha pastdir. Isroilda belgilangan marshrut bo'ylab harakatlanuvchi 5,715 avtobuslar mavjud bo'lib, ular bir necha kompaniyalarga tegishli va ulardan eng yirigi hamda eng eskisi mamlakatning deyarli barcha nuqtalarida xizmat ko'rsatuvchi Egged kompaniyasidir. Temir yo'llar uzunligi 1,277 kilometr bo'lib, ularning barchasi davlatga tegishli Isroil temir yo'llariga qarashli. 1990-yillar boshlari va o'rtalarida kiritilgan yirik sarmoyalar tufayli poyezd yo'lovchilari soni 1990-yilda yiliga 2.5 million kishidan 2015-yilda 53 million kishiga oshdi va temir yo'l orqali tashiluvchi tovarlar hajmi esa yiliga 7.5 million tonnaga yetdi. Isroilda uch xalqaro aeroport mavjud: mamlakatdagi xalqaro havo safarlari uchun javobgar Ben Gurion aeroporti; Ramon aeroporti; va Haifa aeroporti. Isroilning eng yirik aeroporti bo'lmish Ben Gurion aeroporti 2015-yilda 15 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatgan. Mamlakatda uchta asosiy port mavjud: O'rtayer dengizi qirg'og'ida joylashgan, mamlakatdagi eng eski va eng yirik Haifa porti; Ashdod porti va Qizil dengiz sohilida joylashgan kichikroq Eilat porti. Isroil chetga taroshlangan olmos, tozalangan neft, dori darmon mahsulotlari, mashina va uskunalar, tibbiyot uskunalari, kompyuter qurilmalari va dasturlari, qishloq xo'jalik mahsulotlari, kimyoviy moddalar, tekstil mahsulotlari eksport qiladi. Chetdan xomashyolar, harbiy uskunalar, motor ulovlari, investitsiya mahsulotlari, taroshlanmagan olmos, qayta ishlanmagan neft, don mahsulotlari va iste'mol tovarlari import qiladi. Savdo-sotiqdagi asosiy hamkorlari: AQSH, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Shveysariya, Hong Kong, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Braziliya. Pul birligi — yangi shekel. Turizm Turizm, ayniqsa diniy turizm Isroildagi muhim sanoat sohalaridan biri bo'lib, mamlakat plyajlari, arxeologik va boshqa tarixiy hamda Bibliyaviy manzilgohlar, shuningdek mamlakatning o'ziga xos geografik jihatlari turistlarni o'ziga jalb qiladi. Isroilning xavfsizlik bilan bog'liq muammolari sanoatga ham o'zining salbiy ta'sirini o'tkazmasdan qolmadi, biroq turistlar miqdori yana qayta o'smoqda. 2017-yilda Isroilga 3.6 million turist tashrif buyurgan bo'lib, bu rekord natijadir. Bu 2016-yil ko'rsatkichidan 25 foizga baland bo'lib, Isroil iqtisodiyotiga 20 milliard shekel kiritilishiga sabab bo'ldi. Ko'chmas mulk sohasi Isroil xonadonlar narxi ko'rsatkichlari bo'yicha dunyoning eng baland uchdan bir davlatlari qatoriga kiradi. 2022-yil hisobi bo'yicha Isroilda 2.7 million ko'chmas mulk obyektlari mavjud bo'lib, bu ko'rsatkich yiliga 50 mingdan oshmoqda. Biroq, shunda ham talab taklifdan ustun bo'lib, 2021-yil holati bo'yicha 200,000 xonadonlar yetishmovchiligi mavjud. Oiqbatda 2021-yilda xonadonlar narxi 5.6% ga oshishi kuzatildi. 2021-yil hisobi bo'yicha isroilliklar 116.1 milliard shekel miqdorida ipoteka kreditlari olgan bo'lib, bu 2020-yil hisobidan 50% ga oshgan. Tibbiy xizmati Aholi sogʻligʻini saqlash yuqori darajada. Davlat tibbiyot muassasalari bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar uch oliy oʻquv yurtining tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Isroilda yahudiylar va arablar uchun alohida-alohida maktablar bor. Davlat maktablaridan tashqari xususiy oʻquv yurtlari ham boʻlib, ularning bir qismi diniy tashkilotlar mablagʻi hisobiga ishlaydi. 1969-yildan 5 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 yil Oʻrta maktab — 6 yillik (3 yillik quyi va 3 yillik yuqori maktab). Isroilda 5 universitet va 17 institut bor. Eng yiriklari: Quddusdagi yahudiy universiteti (1918), Tel-Aviv universiteti (1953), Xay-fodagi universitet va Texnologiya instituti („Texnikoy“, 1912). Isroil Tabiiy va ijtimoiy Fanlar akademiyasi (1961) ishlaydi. Yirik kutubxonalari: Yahudiy milliy kutubxonasi, universitetlarning kutubxonalari. Isroil davlat arxivi bor. Muzeylari: Isroil milliy muzeyi (1965), Tiberiasdagi munitsipal osori atiqa muzeyi, Tel-Avivdagi Gaarets muzeyi, Xayfodagi zamonaviy sanʼat muzeyi va hokazo Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Isroilda 400 dan ortiq gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Gaa-rets“ („Mamlakat“, kundalik gazeta, 1918-yildan), „Gamodiya“ („Xabarchi“, kundalik gazeta, 1950-yildan), „Gatsofe“ („Sharhchi“, kundalik gazeta, 1938-yildan), „Yediot axronot“ („Soʻnggi yangiliklar“, kundalik kechki gazeta, 1939-yildan), „Ma-ariv“ („Oqshom“, kundalik kechki gazeta, 1948-yildan). Ivrit tilida chiqadigan yuqoridagi gaz.lardan tashqari ingliz tilida kundalik „Djeruzalem post“ („Quddus pochtasi“, 1932-yildan) va arab tilida „Al-Ittihod“ („Ittifoq“, 1944-yildan) gazetalari nashr etiladi. Quddusda Isroil telegraf agentligi va Tel-Avivda Isroil axborot agentligi ishlaydi. Isroil radioeshittirish boshqarmasi hukumat xizmati boʻlib, radio va televideniyeni boshqaradi, 1948-yilda tuzilgan. Adabiyoti qadimgi Sharq adabiyotida va qadimgi yahudiy adabiyoti alohida oʻrin tutadi. U butun Yevropa va Sharq madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Qadimgi yaxudiy adabiyoti deganda, birinchi navbatda, Bibliya tushuniladi. Yahudiy adabiyoti keyingi asrlarda, asosan, ivrit tilida rivojlangan. Ayrim yozuvchilar (yil Agnon, A. Shlyon-skiy, L. Goldberg, X. Byalik va boshqalar) Isroil tashkil topishidan ancha avval Falastinga koʻchib kelgan va 1948-yildan keyin ham ijodini davom ettirgan. Ayniqsa, Nobel mukofoti laureati (1966) Yosef Agnon hikoyalari haqqoniyligi va chuqur psixologizmi bilan eʼtiborni tortadi. 50-yillarda Falastinda oʻsib voyaga yetgan adiblar guruhi — Ye. Map, Ye. Amixay, T. Rivner, S. Izhar va b. adabiyotga kirib keldi. Ular oʻz asarlarida ijtimoiy muam-molarni oʻrtaga qoʻydilar. 60-yillarda Gʻarbiy Yevropa modernizmi va ekzistensializm falsafasi taʼsiri kuchaydi. Ilgor yozuvchilardan M. Avi-Shaul, A. Pen, X. Kadmon, A. Kenan, D. Ben-Amots, E. BenEzer va b. yahudiy-arab munosabatlari muammolarini, rasmiy ekstremistik siyosatdan norozilik kayfiyatlarini aks ettirdilar. Ivrit tilida ijod qiluvchi koʻpgina yozuvchilar idish tilida ham asarlar yarata boshladi. Isroil Zrubavel, M. Man, I. Papernikov, P. Binetskiy va boshqa idish tilidagi adabiyot namoyandalaridir. Arab tilida kalam tebratuvchi shoirlar — Tavfiq Ziyod, Xanna Abu Xon, Solih al-Qosim, hikoyanavislar — Emil Habibiy, Muhammad Ali Taxiy va boshqa mamlakatdagi arab aholisi kamsitilishiga qarshi norozilikni asosiy mavzu qilib olganlar. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Isroil hududida turli tarixiy davrlarga mansub koʻpgina meʼmorlik va sanʼat yodgorliklari sakdanib qolgan. Galileyda mil.av. 10—8ming yilliklarda toshdan yasalgan yertoʻlalar, Beysan, Megiddo va b. joylardagi mil.av. 4ming yillikka oid koʻhna shaharlar, Tel-Baytmirsim, Megiddo, Lahish, Gezer, Xatsorda qoyalar orasidan oʻtkazilgan vodoprovod lahmlari, tosh va xom gʻishtdan qurilgan qalin mudofaa is-tehkomlari, ibodatxonalar, turar joylar mavjud. Isroil va Yaxudo pod-shoxliklari (mil. av. 11-asr oxiri — 6-asr boshlari) davridan qolgan ogʻilxonalar, istehkomlar, saroylar, maishatxonalarning harobalari uchraydi. Neolit davriga mansub tasviriy va amaliy bezak sanʼati namunalari — uy hayvonlarining fil suyagi va sopoldan yasalgan haykalchalari, oʻyma va na-qshin idishlar topilgan. Rim xukmronligi davri (mil. av. 1-asr — mil. 4-asr) Rim badiiy madaniyatiga xos boʻlgan koʻpgina yodgorliklarni qoldirgan (Beysandagi Dionis ibodatxonasi, Beysan va Sezardagi teatrlar, Sezar va Askalondagi osma kuvurlar, jamo-at va turar joy binolari). Qabr ustiga qoʻyilgan byustlar va marmar sarkofaglardagi qabariq tasvirlar saqlangan. Vizantiya davridan bazilika (Bet-Alfadagi sinagogda koshinkori tasviridagi muchal aylanasi, qator bibliya sahnasi, qurbonlik marosimi tasvirlari va boshqalar), monastir va ibodatxonalar, arablar davridan masjid, madrasalar, salibchilardan qalʼa, qoʻrgʻonlar, istehkomlar qolgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yahudiylarning Falastinga koʻchib kela boshlashi bilan Isroilning zamonaviy meʼmorligi va badiiy madaniyati shakllandi. Turli mamlakatlardan koʻchib kelgan yahudiylar har xil badiiy va meʼmoriy maktab hamda yoʻnalish anʼanalarini olib keldi. 20-asrning 50-yillaridan Tel-Aviv, Xayfo, Rexovat sh.lari rivojlana boshladi. Yangi barpo etilgan maʼmuriy va jamoat binolari orasida Tel-Avivdagi F. Mann konsert zali (1957, meʼmorlar 3. Rexter, D. Karmi, M. Zarxi, Ya. Rexter), Beylinson shifoxonasi (1950—58, meʼmorlari A. Sharon, B. Idelson), Gaarets-muzey (1958—60, meʼmorlar V. Vitkover, E. Baumen), 36 qavatli „Shalom“ maʼmuriy va savdo binosi (70-yillar), Bet-Yam sh.dagi mehmonxona majmui (1968—1969), Rexovat sh.dagi atom fizikasi instituti va b. alohida ajralib turadi. Tasviriy sanʼ-atda turli modern yoʻnalishlari va us-lublari ustun. I. Zaritskiy, I. Krize, B. Brizel kabi rassomlar mashhur. „Be-salel“ sanʼat va badiiy hunarmandchilik maktabi realistik tamoyillarga asos soldi. Amaliy bezak sanʼatida metall, plastmassa, loy va xurmo danagidan, guldor gazmoldan yasalgan badiiy buyumlar keng tarqalgan. Kitoblarni badiiy bezashga katta eʼtibor beriladi. Musiqasi falastinlik yahudiylar va arablarning madaniyati (xalq qoʻshiqlari, raqslar, musiqa joʻrligidagi marosim va urf-odatlar), shuningdek koʻchib kelgan yahudiylarning anʼanalari asosida rivojlangan. 1948-yildan keyin musiqa muassasalari tashkil etildi. Isroil filarmoniyasi, milliy opera va „Inbal“ musiqali teatri, Xolon konservatoriyasi, Tel-Aviv yaxudiy konservatoriyasi, Quddus musiqa akademiyasi bor. 1950 yillardan kompo-zitorlik maktabi rivojlana boshladi (M. Lavri, E. Partosh, P. Benxaim, M. Avid va boshqalar). Teatri 1926-yilda birinchi professional teatr — „Ogel“ („Chodir“) teatri tashkil etildi. Dastlab uning repertuarida diniy aqidalar asosidagi pyesalar bor edi. Keyin xorijiy mualliflarning dunyoviy asarlari sahnalashtirildi. Teatr rahbari M. Galevi A. Makarenko asarlari asosidagi „Pedagogik poema“, Kishonning „Nikoh shartnomasi“ pyesalarini koʻrsatish orqali tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. „Matete“ („Supurgi“) deb atalgan hajviy teatr 1928-yilda bolgar rejissor I. Daniel tomonidan tashkil etildi. Dramaturglardan E. Harusi, A. Penn, Alterman teatr uchun dolzarb mavzularda pyesalar yozib berishdi. 1949* yilda bu teatr moliyaviy qiyinchiliklar sababli yopilib qoldi. 50-yillarda „Batsal yarok“ („Koʻk piyoz“) va „Hamem“ („Ili-miliq“) satirik teatrlari yuzaga keldi. Isroilning yetakchi teatri „Gabi-ma“ („Saxna“) 1928-yildan beri Falas-tinda ishlab kelayotir. Uning sahnasida Shekspir, Shiller, Gyote pyesalari koʻrsatildi. 20-asrning 2-yarmida bu teatrda X. Rovina, A. Meskin, Sh. Finkel, M. Zohar, Sh. Rudenskiy, A. Tal, I. Beker, M. Asherov kabi sahna ustalari shuhrat qozondi. Tel-Avivda Milliy teatr (1958-yilda asos solingan) va Kamer teatri (1944), Xayfoda Shahar teatri (1963), Tel-Aviv universitetida musiqa fakulteti, 20 dan ziyod musiqa maktabi mavjud. Kinosi Isroilda kino ishlab chiqarish 1950-yilda boshlandi. Shu yili rejissor A. Amar „Sulh“ badiiy filmini yaratdi. 1954-yilda milliy kinematografiyani ragʻbatlantirish haqida qonun qabul qilinib, kinoteatrlarda albatta Isroil filmlarini koʻrsatish joriy etildi. „Yodingda tut“ (rej. F. Artvis) badiiy filmi va „Salax Shabati“ hajviy komediyasi (ikkalasi ham 1964-yilda yaratilgan) ayniqsa diqqatga sazovor. Keyingi yillarda musiqiy filmlar, komediyalar, josuslik va „jangari“ filmlar yaratildi. Savdo va sanoat vazirligi xuzurida kino markazi tashkil etilgan. Tel-Avivda ikkita, Quddusda bitta kinostudiya bor. Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari BMT qaroriga koʻra ikkinchi jahon urushidan keyin tuzilgan Yaqin Sharqdagi davlat. Poytaxti Iyerusalim shahri. Aholisi asosan yahudiy millatiga mansub insonlar. Aholisining beshdan bir qismini arablar tashkil etadi. Manbalar Geografiya Levant
2,182
https://uz.wikipedia.org/wiki/Falastin%20davlati
Falastin davlati
Falastin, rasman Falastin Davlati () – Yaqin sharqda joylashgan qisman tan olingan suveren davlat boʻlib, hozirda BMT tomonidan „aʼzo boʻlmagan kuzatuvchi davlat“ sifatida tasniflangan arab mamlakati. Falastinning huquqiy maqomi munozarali. Shunday boʻlsa-da, BMTga aʼzo 193 mamlakatning 139 tasi mamlakatni tan oladi. Falastin Iordan daryosining Gʻarbiy sohili (Gʻarbiy Sohil) hamda Gʻazo sektori oʻz hududi ekanligini daʼvo qiladi, ammo bu hududlarning barchasini Terrorchi Isroil 1967-yildan beri okkupatsiya qilib kelmoqda. Dastlab Falastin yerlari 1948-yilgacha Misr va Iordaniya tomonidan bosib olingan boʻlsa, 1967-yilda olti kunlik urushdan keyin Terrorchi Isroil tomonidan bosib olingan. 2020-yil fevral holatiga koʻra Falastinda 5,051,493 kishi yashaydi. Aholi soni boʻyicha Falastin dunyoda 121-oʻrinni egallab turibdi. Etimologiyasi Falastin mintaqasi va uning geografik miqyosi kontseptsiyasi tarix davomida turlicha boʻlgan boʻlsa-da, hozirda u zamonaviy Isroil Davlati, Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektori tomonidan tuzilgan deb hisoblanadi. „Falastin“ atamasi yoki Oʻrta yer dengizining janubi-sharqiy burchagida Suriya boʻylab joylashgan hududga tegishli atamalarning umumiy qoʻllanishi tarixan Qadimgi Yunoniston davridan beri mavjud boʻlib, Gerodot eramizdan avvalgi 5-asrda yozgan birinchi tarixchidir. Finikiyaliklar boshqa dengiz xalqlari bilan aloqada boʻlgan „Palaistina deb nomlangan Suriya okrugi“ tarixi. „Falastin“ atamasi (lotincha, Palæstina) qadimgi yunonlar tomonidan filistlar tomonidan egallab olingan erlar uchun kiritilgan atama boʻlgan, ammo boshqa tushuntirishlar ham mavjud. Tarixi Miloddan avvalgi davrlarda Falastin Taxminan miloddan avvalgi 600 ming yilga oid Tabariya koʻlining janubiy qismida qadimdan insonlar yashaganligining izlari aniqlangan. Neolit ​​davrida (miloddan avvalgi 10000 – 5000-yillar) dehqonchilik bilan barqoror ravishda shugʻullangan jamoalar mavjud boʻlgan. Erixo devori, Yetti quduq va Oʻlik dengizdan eneolit ​​davriga oid boʻlgan (miloddan avvalgi 5000–3000-yillar) mis va tosh qurollar topilgan. Kanʼonliklar Arabiston yarim orolidan Falastinga koʻchib oʻtganlar. Shundan keyin bu hududlar Kanʼon yurti deb nomlana boshlangan. Taxminan miloddan avvalgi 1250-yilda dengiz aholisi (falastinliklar) oʻz mulklarini barpo etgan qirgʻoq boʻylab joylashdilar. Ular ichki togʻli hududlarda tarqalgan kanʼonlik mamluklar bilan chatishgan va savdo aloqalarini oʻrnatganlar. Bu davrdan koʻp oʻtmay, al-Abiro (Bani Isroil) Falastinliklar va kanʼonliklar bilan urushlardan keyingi Erixo davridan boshlab, miloddan avvalgi 1000-yilgacha Kanʼon yerlarining bir qismini bosib olganlar. Bu orada Dovud yabusiylar (kanʼonliklarning bir qismi) bilan urushdan keyin Quddus shahrini nazorat qila boshlagan. Sulaymon 965–928-yillarda Quddusda oʻzi uchun haykal oʻrnattirgan. Miloddan avvalgi 928-yilda Bani Isroil davlati Isroil hamda Yahudiy davlatlariga boʻlinib, milodiy 721-yilga kelib, mamluklar butun Falastinning tarixiy yerlarini qoʻldan chiqarishgan. Ularning qoʻl ostida butun qirgʻoq mintaqasi qolgan xolos. Ossuriyaliklar Isroil yurtini egallab, miloddan avvalgi 586-yilda Navuxaz Nasr boshchiligidagi bobilliklar qoʻshini Yahudiyani magʻlub etgan va u yerdagi aholi Bobilga koʻchirilgan. Haykal esa buzib tashlangan. Miloddan avvalgi 539-yilda forslar Bobilni egallab, yahudiylarning Falastinga qaytishiga ruxsat berganlar. Falastinga qaytgan yahudiylar tomonidan haykal qayta oʻrnatilgan. Miloddan avvalgi 333-yilda Aleksandr Makedonskiy Forsni zabt etib, Falastinda yunon hukmronligini oʻrnatgan. Aleksandr Miloddan avvalgi 323-yilda vafot etganidan keyin Misr Ptolemeylari va Suriyadagi Salavkiylar galma-gal Falastin ustidan hukmronlik oʻrnatganlar. Salavkiylar imperiyasi Falastin aholisiga ellin (yunon) madaniyati va dinini majburan qabul qildirishga urinib koʻrishgan. Lekin, miloddan avvalgi 165-yilda yahudiylar tarixiga koʻra, makkabiylar salavkiylar hukmdori Antiox Ibifanga qarshi isyon qilgan va mustaqil yahudiy davlatini barpo etgan. Miloddan avvalgi 63-yilda Falastin Rim imperiyasiga qoʻshib olingan. Falastinning yaqin tarixi 1947-yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat – Isroil yahudiy va Falastin – arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo boʻylab tarqalib ketgan yahudiylami bir joyga – Falastinga toʻplashda ularning xalqaro tashkiloti katta rol oʻynadi. Bu tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi. (Bu nom Falastindagi Sion togʻi nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni shu atrofda toʻplanishga daʼvat etadi). Ayni paytda sionizm gʻoyasi ham vujudga keldi. 1942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0.5 millionga yetdi. Ulardan yaxshi harbiy tayyorgarlikka ega, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan zamonaviy qurollar bilan qurollantirilgan armiya tuzildi. Yahudiylar arablar uchun ajratilgan hududlarni ham ishgʻol qilib oldilar. 1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi Ben Gurion Isroil davlati tuzilganligini eʼlon qildi. Tel-Aviv shahri bu davlatning poytaxti boʻlib qoldi. Falastin arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil birinchi isroil-arab urushi yuz berdi. Bu urushda ishtirok etgan arab davlatlari armiyasi yengildi. Chunki ular qoloq, zamonaviy armiyaga ega boʻlmagan davlatlar edi. Yahudiylar Falastin arablarini oʻz yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5 mln falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib oʻtishga majbur boʻldi. Misr, Suriya, Livan, Iordan va Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur boʻldilar. Dunyo sionistik tashkilotlari koʻrsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga toʻlagan 1 milliard $ dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH koʻrsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo – neftga boy oʻlka. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud. 1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr ichida Isroil oʻz hududidan 2 baravar katta boʻlgan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham qilina boshlandi. Misr Sinay yarim orolini, Suriya Joʻlan tepaligini, Iordan esa Iordan daryosining gʻarbiy qirgʻogʻini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qoʻliga oʻtdi. Gʻazza sektori va Falastin davlati poytaxti boʻlishi kerak boʻigan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. 1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara oʻtkazmaslik; Isroilni tan olmaslik va u bilan separat tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga oʻz davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi. Isroil ittifoqchilari katta miqdorda yordam koʻrsatishni davom ettirdilar. 1969–1979-yillar oraligʻidagi 10 yil ichida Isroil 20 milliard dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi. Arab davlatlari ham oʻzlarining harbiy salohiyatiarini mustahkamlash choralarini koʻrdilar. SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi. 1973-yil 6-oktabrda yana arab-isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr-Suriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor Isroilni ogʻir ahvolga solib qoʻydi. Ayni paytda FOTning xalqaro obroʻsi oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining yagona vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi. Isroilning ogʻir ahvolga solib qoʻyilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil-arab munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obroʻsini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi. 1979-yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr oʻrtasida separat Kemp-Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga koʻra, Isroil oʻz qoʻshinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilik berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam koʻrsatish majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yoʻlga qoʻyishda Misrga yordam koʻrsatdi. Arab xalqi Misr Prezidenti A. Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va 1981-yilning 6-oktabrida uni oʻldirishga muvaffaq boʻldilar. 1980–1990-yillarda arab davlatlari oʻrtasida Yaqin Sharq masaiasida boʻlinish yuz berdi. Boy arab davlatlari – Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Ummon davlatlari muammoni Isroil bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Iordan va Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv yoʻlini inkor eldilar. 1994-yildan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bosqichga kirdi. Isroil Falastin milliy avtonomiyasini tuzishga ijozat berdi. Biroq bir qancha muzokaralar oʻtkazilsa-da, Falastin davlatini tuzish muammosi hamon ochiqligicha qolmoqda. 2005-yilda Yosir Arofat vafot etgach, uning oʻrniga kelgan Mahmud Abbos bu ishni davom ettirmoqda. 2005-yil avgustidan Isroil Gʻazza sektoridan 8,5 mingdan ortiq yahudiylarni koʻchirib olib chiqib ketdi. Joylashuvi Falastin davlati daʼvo qilgan hududlar Janubiy Levantda joylashgan. Gʻazo sektori gʻarbda Oʻrta yer dengizi, janubda Misr, shimol va sharqda Isroil bilan chegaradosh. Gʻarbiy Sohil sharqda Iordaniya, shimol, janub va gʻarbda Isroil bilan chegaradosh. Shunday qilib, Falastin davlati daʼvo qilgan hududni tashkil etuvchi ikki anklav bir-biri bilan geografik chegaraga ega emas, ular Isroil tomonidan ajratilgan. Bu hududlar quruqlik boʻyicha dunyoda 163-oʻrinni egallaydi. Iqlimi Falastindagi harorat juda xilma-xil. Gʻarbiy sohildagi iqlim asosan Oʻrta yer dengizi, qirgʻoq chizigʻiga nisbatan baland joylarda biroz salqinroq, hududdan gʻarbda. Sharqda Gʻarbiy Sohil quruq va issiq iqlimi bilan ajralib turadigan Oʻlik dengizning gʻarbiy qirgʻogʻini oʻz ichiga olgan Yahudiya choʻlining katta qismini oʻz ichiga oladi. Gʻazoda issiq yarim qurgʻoqchil iqlim, qishi yumshoq va yozi quruq issiq. Taxminan mart-aprel oylarida bahor keladi va eng issiq oylar iyul va avgust, oʻrtacha eng yuqori harorat 33 °C. Eng sovuq oy yanvar, harorat odatda 7 °C. Yomgʻir kam va odatda noyabr va mart oylari orasida tushadi, yillik yogʻingarchilik darajasi taxminan 116 mm ni tashkil qiladi. Manbalar Falastin Davlati Arab davlatlari Levant
2,183
https://uz.wikipedia.org/wiki/IT
IT
IT yoki It quyidagilarni anglatishi mumkin: It (canis lupus familiaris) - itsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon. IT - ingl. Information technology (axborot texnologiyalari). .it - Italiya uchun yuqori darajali milliy domen. Internet-televideniye.
2,184
https://uz.wikipedia.org/wiki/Skype
Skype
Skype () — foydalanuvchilarga internet tarmogʻi uzra telefon qilishi imkonini beruvchi dastur. Xizmatning boshqa foydalanuvchilariga (komputerdan komputerga) qoʻngʻiroq qilish tekin, biroq oddiy telefon va uyali telefonlarga qoʻngʻiroq qilish uchun haq toʻlanadi. Shuningdek, skype qisqa xabar yoʻllash, fayllar almashinuvi va video konferensiya kabi xususiyatlarga ham ega. 2011-yil 10-mayida Microsoft shirkati Skypeʼni $8.5 milliardga sotib oldi. Bu Microsoftʼning eng yirik xaridi boʻldi. Manbalar Havolalar Rasmiy veb-sayti Portable Skype (Windows) Kross-platformali dasturlar
2,188
https://uz.wikipedia.org/wiki/Allergiya
Allergiya
Allergiya (yunoncha αλλεργία — begonaga taʼsir) — organizmning spetsifik holati, allergen taʼsirida yuzaga keladi. Bunda shu organizm shu allergenga sezgir boʻladi. Gipersezgirlikning tez yoki sekin turlari koʻrinadi. Idiosinkraziyadan antitelolar paydo boʻlishi bilan farqlanadi. Allergiya (yun. allos — boshqa, oʻzga, begona va ergon — taʼsir) — kishi organizmida tashqaridan taʼsir qiluvchi allergenlik xususiyatiga ega boʻlgan har xil yot moddalarga nisbatan paydo boʻladigan oʻziga xos reaksiya. Allergenga nisbatan javob raksiyasi darhol yoki asta-sekin oʻta sezuvchanlik koʻrsatish orqali sodir boʻladi. Allergen organizmga tushganida unga javoban haqiqiy va soxta (psevdoallergik) allergik reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin. Haqiqiy allergik reaksiya boshlanishidan oldin maʼlum bir davr oʻtib, bunda organizmning unga birinchi bor tushgan moddaga sezgirligi ortib boradi, bu sensibilizatsiya deb ataladi. Sensibilizatsiya yuzaga kelishi organizmda unga birinchi bor tushgan allergenga javoban alohida oqsil moddalar — antitelolar yoki oʻsha allergen bilan oʻzaro taʼsir qila oladigan limfotsitlar paydo boʻlishiga bogʻliq. Shungacha allergen organizmdan chiqarib yuborilgan boʻlsa, hech qanday kasallik alomati koʻzga tashlanmaydi. Agar allergen chiqib ketmagan boʻlsa yoki chiqib ketganidan keyin organizmga takror tushsa, bunda u yuqoridagi antitelolar yoki limfotsitlar bilan oʻzaro taʼsirlashib, allergiyaga sabab boʻladi. Natijada bir qancha biokimyoviy jarayonlar boshlanib, gistamin, serotonin kabi talaygina moddalar ishlanib chiqib, hujayralar, toʻqimalar va aʼzolarni zararlantiradi, shu tariqa maxsus, yaʼni ilgari organizmga taʼsir qilgan allergenga javoban reaksiya roʻy berib, allergik kasallik paydo boʻladi. Soxta reaksiyalar organizm allergenga birinchi bor duch kelganida boshlanaveradi. Bunda sensibilizatsiya davri boʻlmaydi. Organizmga tushgan allergenning oʻzi hujayra, toʻqima va aʼzolarni zararlantiradigan moddalarni paydo qiladi. Soxta reaksiyalar koʻpincha dori-darmonlar va oziq-ovqatlarga nisbatan roʻy beradi. Organizm allergenga duch kelganida hamisha ham allergiyav paydo boʻlavermaydi. Bunda irsiyat, nerv va endokrin sistemalar ahvoli muhim ahamiyatga ega, chunki kasallikka asosan bu sistemalar funksiyasining buzilishi, ogʻir ruhiy kechinmalar sabab boʻladi. Allergiyaning oldini olish sensibillovchi taʼsirga ega boʻlgan moddalarning organizmga takror kirishiga va organizm himoya reaksiyalarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishdan iborat. Antigenler: a) oʻz hujayralari membranalarining tarkibiy qismlari (turli omillar taʼsirida oʻzgarmagan va oʻzgargan); b) hujayra membranalarida ikkilamchi fiksatsiyalangan (adsorbsiyalangan) antijenler, masalan, dorilar; v) toʻqimalarning hujayra boʻlmagan komponentlari (kollagen, miyelin). Allergiya davrlari Allergiyani uch davrga boʻlish mumkin. Boshlangʻich davri mart oyining boshidan may oyi oʻrtasigacha, yaʼni daraxtlar gullashi paytiga toʻgʻri keladi. Ikkinchi davri may oyidan iyulning oxiri, avgust boshigacha davom etadi. Bu vaqtda dala oʻtlarining gullashi yuz beradi. Uchinchi davri esa boshoqli oʻsimliklar gullashi bilan bogʻliq boʻlib, avgust oyidan noyabrgacha choʻziladi. Immunologiya Tibbiyot Kimyoviy birikmalar Manbalar
2,189
https://uz.wikipedia.org/wiki/Turkiy%20tillar
Turkiy tillar
Turkiy tillar — hozirgi va qadimgi turkiy ellar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq. Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalari atamasi qabul qilinadi. Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbek va shuningdek hammasi turk tilining lahjalari hisob qilinadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi. Universitetlarda Çağdaş Türk Lehçeleri ve Edebiyatları nomidagi kafedralarda turkiy tillar va ularning adabiyotlari oʻrgatiladi. Umumiy maʼlumot Baʼzi olimlar Turkiy tillarni moʻgʻul tillari hamda tungus manjur tillari bilan birga qoʻshib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye.D.Polivanov, G.Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qoʻshish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga koʻra, Turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til boʻlib tashkil topgan qadim zamondan — oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab 2 ga — tungusmanjur va turkmoʻgʻul tillariga, soʻngra turkmoʻgʻul tili ham 2 ga — turk va moʻgʻul tillariga ajralgan. Lekin Turkiy tillarning oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida qolmoqda. Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Janubiy. Sharqiy Osiyo, Janubiy va Gʻarbiy Sibir, Volga-Kama havzasi, Shimoliy Kavkaz, Kavkazorti va Qora dengiz boʻyi. Turkiy tillarning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan oʻzaro munosabati masalasiga qiziqish juda qadimdan davom etib keladi. Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshgʻariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish 19-asr oxiri va 20-asrda qayta avj oldi va hozirgigacha koʻplab tasniflar vujudga keldi (rus olimlari I.N.Berezin, V.V.Radlov, F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich, V.A.Bogoroditskiy, N.A.Baskakov, B.A.Serebrennikov, turk olimi R.R.Arat, fin olimlari G. Y. Ramstedt va A.M.O.Ryasyanen, nemis olimlari I.Bensing va K.G. Mengeslarning tasniflari). Bu tasniflar metodi, oldiga qoʻygan maqsadi nuqtai nazaridan xilma-xil. Shuning uchun bu tasniflarning birida biron bir guruhga mansub deb hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir guruhga tushib qolishi mumkin. Turkiy tillarni tasnif qilishning oʻziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, Turkiy tillarning oʻzaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning oʻzida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi. Masalan, V.A.Bogoroditskiy oʻz tasnifida Turkiy tillarning geografik tarqalish xususiyatini asos qilib, ularni 7 guruhga ajratadi: shimoliy-sharqiy (saxayoqut, karagas va tuva tillari); xakas (mintaqadagi xakas aholining shevalari); oltoy (oltoy va teleut tillari, bir qancha lahjalar); gʻarbiy sibir (sibir tatarlariningbarcha laxjalari); volgaboʻyi-uraloldi (tatar va boshqird tillari); oʻrta osiyo (uzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq tillari); janubiy-gʻarbiy (turkman, ozarbayjon, qoʻmiq, gagauz, turk tillari va chuvash tili). Bu tasnifda turkiy xalqlar va tillarning tarixiy tarakane™ hisobga olinmagan, karaim, noʻgʻay kabi tillar eʼtibordan chetdan qolgan. V.V.Radlov tomonidan Turkiy tillar quyidagicha tasnif qilingan: sharqiy guruh (Oltoy, Ob, Yenisey turkiylari va Chulim tatarlarining til va lahjalari, karagas, xakas, shor va tuva tillari); gʻarbiy guruh (Gʻarbiy Sibir tatarlarining lahjalari, qirgʻiz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari); oʻrta osiyo guruhi (oʻzbek va uygʻur tillari); janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrimtatar tillari). Bu tasnifga Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari asos qilib olingan boʻlsada, baʼzi fonetik belgilar muayyan bir guruhga emas, bir necha guruh tillarga xos ekanligi seziladi. Boshqa tasniflar ham u yoki bu darajada kamchiliklarga ega. Tasniflar orasida Turkiy tillarning ham til xususiyatlarini, ham tarixiy taraqqiyotini, ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda Turkiy tillarning barchasini tuliq qamrab olgan tasnif N.A.Baskakov tomonidan taklif etilgan va u koʻpchilik turkiyshunoslar tomonidan tan olingan. Turkiy tillar oilasi uchun xos bulgan singarmonizm (hozirgi oʻzbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, oʻzakning deyarli oʻzgarmasligi, gap boʻlaklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farklab turadi. Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farklovchi xususiyatlaridan biri lugʻat tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishining oʻxshashligidir. Shuning uchun gʻam chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalklar vakillari oʻz ona tillarida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi. Turkiy tillar umumiy genetik va tipologik belgilarga ega: fonetikada yuqoridagi belgilardan tashqari unli va undoshlar oppozitsiyasi mavjud. Hozirgi Turkiy tillarda unli va undosh tovushlar mik, dori bir xil emas. Unlilar miqdori baʼzi Turkiy tillarda (tuva, gagauz, chulimtatar tillarida) 20 dan ortiq boʻlsa, koʻpchiligida 8 ta (xoz. oʻzbek adabiy tilida 6 ta). Undosh tovushlar miqdorida esa bunchalik katta farq yoʻq. Maxsus adabiyotlarda undoshlar miqdori 20 dan kam kursatilmaganidek, 30 dan ortiqham qayd etilmaydi. Baʼzi Turkiy tillarda suz boshida jarangsiz undoshlar (k, p, t) ishlatilsa, boshqalarida ayni urinda jarangli undoshlar (g, b, d) qoʻllanadi; soʻz boshida sonor undoshlar (l, m, n, r) deyarli uchramaydi. Morfologiya sohasida agglyutinatsiya shakl va soʻz yasalishining asosiy usuli hisoblanadi, grammatik jins turkumsi yuq, prefiks va old qoʻshimchalar mavjud emas (koʻmakchilar faol qoʻllanadi), bir turdagi turlanish va bir turdagi tuslanish mavjud; sintaksis sohasida gap boʻlaklari oʻzining muntazam joylashish tartibiga ega (aniqlovchi aniqlanmishdan, ega kesimdan oldin joylashadi), bogʻlovchilar deyarli yoʻq (ularning aksariyati arab va fors tillaridan oʻzlashgan), sifatdoshli, ravishdoshli tuzilmalar keng qoʻllanadi, ikki ot yoki otlashgan soʻzning birikuvidan hosil boʻlgan va turkiy izofa deb ataluvchi aniklovchili soʻz birikmalari barcha Turkiy tillarda uchraydi. Soʻz yasalishi, asosan, affiksatsiyadan iborat, shuningdek, soʻz hosil qilishning analitik va boshqa usullari ham bor. Eng qad. turkiy yozma yodgorliklar (urxunenisey yozuvida) 7— 11-asrlarga mansub boʻlib, ular, asosan, qabrtoshlar tarzida Shimoliy Mongoliya, Qirgʻizistonda, Yenisey daryosining yuqori qismi, Talas vodiysida va boshqa joylarda topilgan. Brahmi va sugʻd yoʻzuvlarida bitilgan qad. turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va Oʻrta Osiyo). Keyinchalik uygʻur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqsa (Qashqar, Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda hududi, Volgaboʻyida) va gʻarbda (saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uygʻurlar 11-asrdan hozirgigacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Qad. yozuv anʼanalariga ega boʻlgan turkiy xalqlarning aksariyati (oʻzbek, uygʻur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) 20-asrning 20-yillarigacha arab alifbosi asosidagi yozuvga ega boʻlgan. Turk tili 1929-yildan lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtgan. Sobiq SSSRdagi barcha Turkiy tillar uchun 20-yillar oʻrtalarida lotin grafikasi asosida alifbolar ishlab chiqildi va ular 1930-yilgacha ixtiyoriymajburiy tarzda ana shu yozuvga oʻtkazildi; 1938—40 yillarda esa ayni shu tartibda rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazildi. SSSR parchalanib ketgandan keyin 1991-yilda Ozarbayjon va Turkmanistonda, 1993-yilda Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy etish haqida qaror qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirilmoqda. Turkiy tillarning oʻrganilishi haqida q. Turkiyshunoslik. Turkiy tillar orasidagi oʻxshashliklar Klassifikatsiyasi Yana qarang Turkic Languages Verb Comparison Turkiy xalqlar Devonu lugʻotit turk Turkiy davlatlar tashkiloti Manbalar Adabiyotlar Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2 izd., M., 1969; Kononov A. N., Istoriya izucheniya tyurkskix yazikov v Rossii, L., 1972; Serebrennikov B.A., Gadjiyeva M.Z., Sravnitelnoistoricheskaya grammatika tyurkskix yazikov, Baku, 1979; Qoʻch qortoyev I., Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T., 1984. Havolalar Turkiy tillar portali Turkiy obidalar ~ Bilge Kağan
2,190
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20ta%CA%BCtil%20kunlari
Oʻzbekiston taʼtil kunlari
Oʻzbekiston Respublikasida taʼtil, deb eʼlon qilingan kunlar roʻyxati: 1-yanvar — Yangi yil 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni 21 mart — Navroʻz 9-may — Xotira va qadrlash kuni 1-sentyabr — Mustaqillik kuni 1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni 8-dekabr — Konstitutsiya kuni Ramazon va Qurbon Hayit kunlari Oʻzbekiston madaniyati Oʻzbekistondagi voqealar
2,191
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20mobil%20telefon%20kodlari
Oʻzbekiston mobil telefon kodlari
Mobil telefon kodlari Buztel 91 8–10–998–91-105 - telefon nomeri 8–10–998–91-106 - telefon nomeri UCell (sobiq Coscom) 50-93-94 8–10–998–93-171 - telefon nomeri 8–10–998–93-172 - telefon nomeri 8–10–998–93-180 - telefon nomeri 8–10–998–93-181 - telefon nomeri 8–10–998–93-182 - telefon nomeri 8–10–998–93-184 - telefon nomeri 8–10–998–93-380 - telefon nomeri Yotiq matn Perfectum Mobile 99 8–10–998–98-2445144 - telefon nomeri 8–10–998–98-126 - telefon nomeri 8–10–998–98-127 - telefon nomeri 8–10–998–98-128 - telefon nomeri 8–10–998–98-300 - telefon nomeri 8–10–998–98-301 - telefon nomeri Beeline GSM (sobiq Unitel) 90-91 8–10–998–90-108 - telefon nomeri 8–10–998–90-167 - telefon nomeri 8–10–998–90-168 - telefon nomeri 8–10–998–90-175 - telefon nomeri 8–10–998–90-176 - telefon nomeri 8–10–998–90-185 - telefon nomeri 8–10–998–90-186 - telefon nomeri 8–10–998–90-187 - telefon nomeri 8–10–998–90-188 - telefon nomeri 8–10–998–90-189 - telefon nomeri 8–10–998–90-323 - telefon nomeri 8–10–998–90-325 - telefon nomeri 8–10–998–90-327 - telefon nomeri 8–10–998–97-104 - telefon nomeri 8–10–998–97-107 - telefon nomeri 8–10–998–97-110 - telefon nomeri 8–10–998–97-111 - telefon nomeri 8–10–998–97-119 - telefon nomeri 8–10–998–97-130 - telefon nomeri 8–10–998–97-131 - telefon nomeri 8–10–998–97-154 - telefon nomeri 8–10–998–97-155 - telefon nomeri 8–10–998–97-156 - telefon nomeri 8–10–998–97-157 - telefon nomeri 8–10–998–97-330 - telefon nomeri 8–10–998–97-331 - telefon nomeri 8–10–998–97-332 - telefon nomeri 8–10–998–97-333 - telefon nomeri 8–10–998–97-334 - telefon nomeri Uzmacom 92 8–10–998–92-100-00-09 - telefon nomeri 8–10–998–92-101 - telefon nomeri 8–10–998–92-102 - telefon nomeri Ucell +998–95-xx-xx - telefon nomeri Shaharlararo Telefon Kodlari Toshkent 242 8–10–998–71 - 7 ta raqamli telefon nomeri 8–10–998–712 - 6 ta raqamli telefon nomeri Viloyatlar Manbalar Havolalar http://www.fromuz.com/information/phonecode Oʻzbekiston shaharlari
2,192
https://uz.wikipedia.org/wiki/Universal%20Serial%20Bus
Universal Serial Bus
Universal Serial Bus (USB). Komputerni qoʻshimcha Moslamalar bilan bogʻlovchi BUS Sistema.
2,193
https://uz.wikipedia.org/wiki/Armaniston
Armaniston
Armaniston Respublikasi (, Hayastani Hanrapetutyun) — Zakavkazyening janubiy qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, gʻarbda Turkiya bilan chegaradosh. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor. Maydoni 29,8 ming km². Aholisi 3,277 mln (2012). kishi. Poytaxti — Yerevan shahri. Davlat tuzumi. Armaniston — Demokratik respublika. Davlat boshligʻi — Prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Millat majlisi (1995-yildan). Oliy ijroiya va farmoyish beruvchi organi — Vazirlar Kengashi. Tabiati Armaniston — togʻli mamlakat, relyefi murakkab, past-baland. Hududining 90 % ga yaqini dengiz sathidan 1000 m dan baland. Yer yuzasining dengiz sathidan eng yuqori nuqtasi 4090 m (Aragats togʻi), eng past nuqtasi 350 m. Respublikaning Shimolva Shimolsharqida Kichik Kavkaz tizmasi, janubdaArmaniston yassitogʻligi bor. Togʻ tizmalari oraligʻida Pambak va Shiroq vodiylari, Sevan havzasi, Armanistonning janubiygʻarbida — togʻlar oraligʻida — Ararat tekisligi joylashgan. Armanistonda mis-molibden, mis kolchedani, polimetall rudalar, oltin, temir rudasi, nefelin boʻyoklari, bentonit gillari, tosh tuz konlari bor. Binokorlik materiallari (marmar, dolomit, tuf, pemza, obsidion, per-lit) zaxiralari anchagina. Respublika subtropik mintaqada joylashgan. Armaniston iqlimi xilma-xil. Tekislik va togʻ etaklarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°, 26°, yanvarniki — 5°, yillik yogʻin miqdori 200 — 400 mm. Plato va togʻ yon bagʻirlarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 18°, 20°, yanvarniki — 4°, yillik yogʻin miqdori 500 mm. Janubi-sharq va Shimol-sharqda iqlimi quruq subtropik. Armanistonda eng yuqori temperatura 42° (Araks vodiysida), eng past temperatura — 46° (Shimol-gʻarbda). Qor qatlamining qalinligi 10 — 200 sm. Daryolarning koʻpi Araks daryosi irmoklaridir, faqat Armaniston Shimoldagi daryolar Kura daryo tizimiga kiradi. Armaniston daryolarida kema qatnay olmaydi. Daryolarning umumiy gidroenergiya zaxirasi 1700 ming kVt. Armanistonda yuzdan ortiq mayda koʻl bor. Eng kattasi — Sevan. Unda mashhur gulmohi (forel) baligʻi ovlanadi. Mingga yaqin mineral buloq bor. Ala xilma-xil tuproklar uchraydi; respublika maydonining yarmiga yaqini qora tuproqli. Togʻ etaklarida tikanli butalar, archa, tol, naʼmatak oʻsadi. Oʻrmon va butazorlar Armaniston hududining 12 % ni egallagan. Shimoli-sharqda buk, janubdadub va grab oʻrmonlari mavjud. Armanistonda umurtqali hayvonlarning 450 turi bor. Shundan 70 turi sut emizuvchilar, 300 turi parrandalar, 40 turi sudralib yuruvchilar, 23 turi baliqlardir. Qoʻriqxonalari: Dilijon. Xosrov va boshqalar Sevan milliy bogʻi bor.. Aholisi Armanistonning asosiy aholisi — armanlar (3 mln.dan ortiq). Ruslar, kurdlar, gruzinlar, ukrainlar va boshqalar ham yashaydi. Aholining 69,5 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — Arman tili. Dindorlar asosan xristian-monofisiylardir. Yirik shaharlari — Yerevan, Gyumri, Vanadzor. Tarixi Arxeologik qazishlar natijasida hozirgi Armaniston yerlarida quyi paleolitning shell va ashel davriga oid tosh qurollari topildi. Armaniston togʻ etaklarida toʻrtlamchi davrning birinchi yarmida ibtidoiy odamlar yashagan. Armanistonda neolit yodgorliklari, qishloq xoʻjalik va chorvachilikning dastlabki rivojidan dalolat beruvchi eneolit madaniyati ham ochilgan. 1956-yil Sevan koʻlining suvi quritilib, arxeologik qazish ishlari oʻtkazilganda miloddan avvalgi 2 minginchi yilga oid tarixiy yodgorliklar topildi. Urartu quldorlik davlati madaniyati (miloddan avvalgi 9-asr) temir davrining yodgorligidir. Arman xalqi qadimgi hay, arman, urart va boshqalar qabilalarning birlashuvidan paydo boʻlgan. miloddan avvalgi 6-asrda arman qabilalari Urartu davlati yerlarini egallagan. miloddan avvalgi 6-asr oxirlarida Armaniston Eron Axomaniylar davlati tar-kibiga kirgan. Makedoniyalik Aleksandr Eron davlatini tor-mor keltirgach, Armaniston yerlari ham uning imperiyasiga qoʻshildi. miloddan avvalgi 4-asr oxirlarida Kichik Armanistonda va Ararat vodiysida mustaqil arman podsholiklari ajralib chiqdi. janubiy — gʻarbiy Armaniston va Janubiy Armaniston tobe podsholiklar sifatida Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. taxminan miloddan avvalgi 220 yil Ararat podsholigi bilan Janubiy Armanistonning birlashuvidan Buyuk Armaniston tashkil topdi. Salavkiylarning rimliklarga qarshi kurashdagi magʻlubiyati (miloddan avvalgi 190 yil)dan foydalanib, Buyuk Armaniston bilan Sofena mustaqillikka erishdi. Armaniston Tigran II Artashes (miloddan avvalgi 1-asr) davrida savdo va ma-daniyati rivojlangan yirik davlatga aylandi. Mil. 1-asrdan Buyuk Armaniston Rim bilan Eron davlati oʻrtasida kurash maydoni boʻlib qoldi va inqirozga yuz tuta boshladi. 3-asr boshlarida Armanistonda feodal munosabatlar yuzaga kela boshladi. Ayniqsa, 4-asrda xristian dinining qabul qilinishi natijasida arman cherkovi feodalizmning qudratli tashkilotlariga aylandi. 387-yilda Armaniston Eron sosoniylari va Vizantiya oʻrtasida taqsimlandi. Armanistonning katta qismi Eronning vassaliga aylanib qoldi. 7-asrning 2-yarmida Armaniston arab xalifaligiga boʻysundi. Arman xalqi bosqinchilarga qarshi bir necha bor (450 — 451, 482 — 484, 571 — 572, 747 — 750, 772 — 775, 850 — 855 yillar) qoʻzgʻolon koʻtardi. Milliy madaniyatni saqlab qolish uchun olib borilgan kurash natijasida arman feodal adabiyoti va meʼmorligi rivojlandi. 393 yilda Mesrop Mashtots arman alifbosini yaratdi. Arablarga qarshi uzoqdavom etgan kurash jarayonida bagratiylar podsholigi tashkil topdi. Bafatiylar sulolasiga asos solgan Ashot I davri (886 — 891)da arab xalifaligi va Vizantiya imperatori Armaniston mustaqilligini tan oldi. Ashot II (914 — 928) Sevan koʻli atro-fida arab qoʻshinini magʻlubiyatga uchratdi (921) va oʻzini Armaniston knyazlarining knyazi deb eʼlon qildi. Ashot III (953 — 977) mamlakatni birlashtirish, markazlash-gan hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizdi. Mamlakatda katta-katta inshootlar qurildi. Iqtisodiy va madaniy hayot yuksala boshladi. Dvin, Ani, Kars, Naxichevan hamda Van mamlakatning yirik madaniy shaharlariga aylandi. Lekin feodallarning bir-biriga qarshi urushi arman davlatini par-chalab yubordi. Vizantiya imperiyasining bosqinchilik siyosati esa mamlakatni tushkunlikka uchratdi. Armanistonni I-asrda saljuqiylar, 13-asrda moʻgʻullar, 14-asrda Amir Temur bosib oldi. 16 — 18-asrlarda Turkiya bilan Eron oʻrtasida kurash maydoniga aylandi. 1555-yilda Turkiya bilan Eron oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan Turkiya Gʻarbiy Armanistonning katta qismini, Eron esa Sharqiy Armanistonni oldi. 1801-yildan Sharqiy Armaniston Eron zulmidan ozod qilina boshladi. 1828-yilgi rus-eron urushi natijasida Erevan va [Naxichevan xonliklari Rossiyaga qoʻshildi. 1877 — 78 yillardagi rus-turk urushi natijasida Kars va Gʻarbiy Armanistonning ayrim hududlari Rossiyaga qoʻshib olindi. 1917-yilda hokimi-yat dashnoklar qoʻliga oʻtdi. 1918-yil yezda Turkiya Brest sulhi shartnomasini buzib, Armanistonning katta qismini bosib oldi. 1918-yil noyabrda ularning oʻrnini ingliz qoʻshinlari egalladi. 1920-yilda sovet hokimiyati oʻrnatiddi va Armaniston SSR tuzildi. 1922-yildan Armaniston Zakavkazye federatsiyasiga, 1936-yildan bevosita SSSR tarkibiga kirdi. 1990-yil avpda Armaniston Oliy Kengashi uni Armaniston Respublikasi deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1991-yil 24-sentabrda Armaniston mustaqil deb eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1995-yil 27-oktabrda oʻrnatgan. Siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari Armanistonda 20 dan ortiq siyosiy partiya faoliyat koʻrsatmoqda. Bular: Armaniston umummilliy harakati, Liberal demokratik partiya, Respublika partisi, Xristian-demokratik partiya, Milliy-konservativ partiya, Milliy uy-gʻonish partiyasi, Milliy oʻzligini anglash birlashmasi, Konstitutsion huquq ittifoqi, Milliy-demokratik ittifoq. Armaniston millatparvar partiyasi va boshqalar Eng muhim jamoat tashkilotlari: Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi. Umumarman „Ayastan“ jamgʻarmasi, Respublika xotin-qizlar kengashi va boshqalar. Iqtisodiyoti Armaniston sanoatlashgan va koʻp tarmoqli qishloq xoʻjalik yaxshi rivojlangan mamlakat. Asosiy tarmoklari: rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari, sabzavotchilik, uzumchilik, mevachilik. Yalpi ichki mahsulot tizimida sanoatning ulushi 48,3 %, qishloq xoʻjalikning ulushi 25,7 % ni tashkil etadi. Sanoati Sanoatida aniq stanoklar, devorbop tuf materiallari, molibden konsentrati, mis kuporosi, koʻchma elektr stansiyalar, markazdan qochirma nasoslar, soatlar, tozalangan mis, kalsiy karbid, sirka kislotasi, sintetik kauchuk, avtopokrishkalar, temirchilik-press mashinalari, elektr motorlar, kompressorlar, gidronasoslar, liftlar, marmar, gilamlar, trikotaj, kiyim-kechak, poyabzal, meva konservalari, efir moyli mahsulotlar, vino-konyak ishlab chiqarish asosiy oʻrin tutadi. Elektr energetika sohasida Razdan, Yerevan issiklik elektr stansiyalari, 6 stansiyadan iborat Razdan kaskadi ishlab turibdi. Yiliga 9,5 mlrd. Kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Yerevan, Gyumri, Charensavan, Abovyan, Dilijon va boshqalar Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar kam boʻlishiga qaramay, qishloq xoʻjalik koʻp tarmokli. Sugʻorma dehqonchilik katta ahamiyatga ega. Yirik kanallari: Artashat, Arzni-Shamiram va boshqalar Meva va rezavor meva hosili 156 ming t, uzum hosili 144 ming t. Ekinzorlari 437 mingga, shu jumladan gʻallazorlar 32 % (bugʻ-doy, arpa), yem-xashak ekinzorlari 58 %. Yalpi don hosili 0,2 mln. tonna. Kartoshka, sabzavot, tamaki, qand lavlagi yetishtiriladi. Chorvachilik asosan sut-goʻsht, jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Transporti Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida 56 % dan koʻprogʻi temir yoʻl ga toʻgʻri keladi. Temir yoʻllar uzunligi — 640 km. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari — 7,7 ming km. Ham-masi qattiq qoplamali. Aviayoʻnalishlar Armanistonni MDH davlatlarining koʻpgina shaharlari bilan bogʻlaydi. Gaz quvuri tarmoklari bor. Kurortlari Arzni, Jermuk, Dilijon, Saxkadzor va boshqalar Pul birligi — Dram. Xalq maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Armanistonda barcha turdagi maktablar, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari keng tarmogʻi mavjud. Armanistonda 65 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 13 oliy oʻquv yurti, jumladan Yerevan universiteti, Politexnika, Tibbiyot, Xalq xoʻjaligi, Ped. va boshqalar institutlar bor. Armaniston Fanlar akademiyasi, oʻnlab ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari ishlab turibdi. Armanistonda 1,3 ming ommaviy kutubxona, 14 teatr, mingdan ortiq klub muassasasi, 800 dan koʻproq kino qurilma, 37 muzey mavjud. Bir nechta gazeta va jurnal nashr etiladi; kitob nashri yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. 1926-yildan Yerevandan radio eshittirish, 1956-yildan telekoʻrsatuv boshlangan. Adabiyoti Arman xalq ogʻzaki ijodidan koʻpgina namunalar yetib kelgan. Bulardan eng mashhuri „Sosunlik Dovud“ dostonidir. Unda armanlarning bosqinchilarga qarshi kurashi aks etgan. Arman yozma adabiyoti 5-asrda yuzaga kelgan, bungacha yaratilgan adabiy asarlar armanlarning xristianlik diniga utishi payti (4-asr)da yoʻq boʻlib ketgan. Maʼrifatparvar olim Mesrop Mashtots yaratgan yozuv adabiyotning tez rivojlanishiga yoʻl ochdi. 10-asrga kelib, iqtisodiy hayot jonlanishi tufayli adabiyot va sanʼatda insonparvarlik ruhidagi asarlar paydo boʻla boshladi. 10 — 13-asrlardagi shoirlar Nerses Shnorali, Mxitar Gosh, Vardan Aygeksi ijo-dida uygʻonish davri gʻoyalari seziladi. 14 — 18-asrlarda Ovanes Tupkuransi, M. Nagash, G. Axtamarsi, N. Kuchak, N. Ovnatan, Sayat Nova kabi shoirlar dunyoviy adabiyot anʼanalarini davom ettirdilar. X. Abovyan yangi arman adabiyotiga asos soldi. 19-asr 60-yillaridan xalq hayotini aks ettiruvchi dramaturgiya rivojlana boshladi. G. Sundukyanning pyesalari sahnalashtirildi. 18-asr oxiri va 20-asr boshlarida H. Paronyan, O. Tumanyan, A. Isaakyan, A. Akopyan, Shirvonzoda arman adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdilar. 20-yillarda A. Vshtuni, G. Maari, V. Alazan, G. Saryan, S. Vauni kabi shoirlar keng omma orasida shuhrat qozondi. 30-yillarda arman adabiyoti E. Charens, A. Bakuns, M. Armen, V. Totovens, V. Norens, N. Zaryan, S. Taronsi, D. Demirchyan va M. Janan kabi adiblarning asarlari bilan boyidi. 1932-yilda Armaniston Yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin romanchilik rivojlandi, qator poetik asarlar yaratildi. G. Sevunsning „Tehron“, L. Gurunsning „Oltin tong“, R. Kocharning „Katta uy bolalari“, Armaniston Sanyanning „Tashnalik“ romanlari, A. Grashi, O. Sheroz, R. Ovanesyan, S. Kaputikyanlarning sheʼriy toʻplamlari bosilib chiqdi. Oʻzbek yozuvchi va shoirlarining mashhur asarlari arman tilida nashr etilgan. Arman adabiyotining eng yaxshi namunalari ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Meʼmorligi Armaniston hududida eng qadimgi meʼmoriy yodgorliklar neolit davriga mansub. Urartu davridan (miloddan avvalgi 9 — 6-asrlar) Teyshebaini va Erebuni (Yerevan, miloddan avvalgi 782 yilda asos solingan), antik davrdan Artashat, Tigranakert shlarining qoldiklari, Garni qalʻasi (mil. 1-asr) saqlanib qolgan. Ksenofont tasvirlagan toifadagi turar joy — glxatun (rejada toʻgʻri burchakli, zinali yogʻoch gumbazli uy) 20-asrgacha anʼana tarzida saqlanib keldi. Xristianlik qabul etilgach (301 yil), cherkovlar (Echmiadzindagi katta butxona, 5-asr), istehkom qasrlar, hashamatli saroylar (Zvartnots, Aruch, Dvindagi) qurildi. Bu binolarayoning rejasi aniq, meʼmoriy shakllari ixcham, bezaklari nafis. Uzunchoq yoki silindr shaklidagi gumbazli binolar (Zoravar, Ripsimdagi ibodatxonalar, Echmiadzindagi Gayane, hammasi 7-asr) barpo etildi. 9-12-asrlarda Armaniston meʼmorligi yuksak darajaga koʻtarildi. Shaharlarda mahobatli jamoat binolari va diniy inshootlar qurildi. Ani shahrida mustahkam mudofaa devorlari (989), Gagikashenda saroylar, ibodatxonalar (989-1010;meʼmor Trdat), Axtamar o.da saroy va cherkov (915-921; meʼmor Manuel) barpo etildi. 12-14-asrlarda jamoat meʼmorligi (mehmonxonalar, karvon-saroylar, koʻpriklar) rivoj topdi. Qoya toshlar orasini oʻyib hosil qilingan Gegard monastiri (Ayrivank) saqlanib qolgan. 14-asrda Armaniston meʼmorligida inqiroz boshlandi. Ammo bu davrda oʻzga mamlakatlarga borib oʻrnashib qolgan armanlar yashovchi joylarda arman ustalari ishtirokidagi qurilish rivojlandi (Feodosiya, Lvovdagi arman ibodatxonalari, Kamenets-Podolskiy, Lutskdagm imoratlar va boshqalar). Hozirgi zamon Armaniston meʼmorligi anʼanaviy milliy meʼmorlik, tabiiy va yangi ijtimoiy-maishiy sharoitlar asosida davom ettirilmoqda. Tasviriy sanʼati Armaniston togʻlarida yashagan qabilalar va xalqlar ibtidoiy jamoa madaniyatining ham na bosqichlaridan oʻtishgan. Neolit davriga mansub qoya toshlariga ishlangan suratlar saqlanib qolgan. 4 — 6-asrlarga oad tasviriy sanʼat namunalari ham uchraidi (naqshli xotira lavhalar, sagʻanalarga oʻyilgan yozuvlar va boshqalar). Armaniston xaykaltaroshligi meʼmorlik bilan birga rivojlandi. Axtamar qasri (10-asr) bezaklari, Tate", Ani, Axtaldagi devoriy naqshlar bunga misol boʻla oladi. Miniatyura ham bir-muncha rivojlandi. 18-asrdan rassomlij ravnaq topdi. 19-asrning 20-yillarida Armaniston Rossiyaga qoʻshilishi tufayli rus sanʼatkorlarining taʼsiri kuchaydi. Rassom Akop Ovnatanyan (1806 — 81) millim rassomlikka asos soldi. 80-yillardan I. Ayvazovskiy, G. Bashinjagyan, Ye. Tatevosyan, V. Surenyans, A. Shamshinyan. V sanʼatining rivojiga hissa qoʻshdlar. 20-asrda isteʼdodli rassom va haykaltaroshlar avlodi kamol topdi. M. Saryan, S. Agajanyan, Armaniston Kojoyan, Armaniston Urartu, S. Arakelyan, Ye. Kochar, T. Chubaryan kabi sanʼatkorlar yetishib chiqdi. Musiqasi Necha ming yillik anʼanalarga ega boʻlgan qadimgi armani musiqasi asosan bir ovozli boʻlsa ham, ammo koʻp ovozlilik elementlari uchrab turgan. Oʻtmish musiqiy madaniyatining atoqli namoyandalari Komitas (6-7-asrlar" va Nerses Shnorali (12-asr) diniy malhiyalar va sharakanlar yozishgan. 17-asr oxirlaridan ashug (baxshi)lar sanʼati rivoj topdi (18-asrdagi mashhur baxshi — Sayat Nova). 19-asr 2-yarmida yangi kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 1868-yildaT. Chuxajyan „Arshak II“ nomln birinchi arman operasini yaratdi. Xal taronalarini yevropacha kompozitsii vositalari bilan birga qoʻshish orqali oʻziga xos milliy uslub shakllana bordi (kompozitorlar: X. Kara Murza, M. Ekmalyan, N. Tigranyan, Komitas, A. Spendiarov, R. Melikyan, A. Tigranyan va boshqalar). Armani xalq cholgʻu asboblari: puf-lab chalinadigan, kamonli, chertma, urma asboblardir. Chem-chem (yakka raqs), choror (duet), ver-ver, kochari (tuda raqs)lar keng tarqalgan. 19-asr boshlaridan yangi arman nota yozuvi (Armaniston Limonjyan ixtirosi) boshlandi. 19-asrning oxirgi choragidan xor qoʻshiklari rivojlandi, xalq taronalari, qoʻshiqlari qayta ishlandi. 20-asr boshlarida yangi musiqiy janrlar: simfoniya, balet, simfonik doston, kamer-cholgʻu musiqasi, ommaviy qushiq, spektakl va kinofilmlarga musiqa yozish rivojlandi. A. Xachaturyan, K. Zakaryan, V. Talyan, A. Ayvazyan va boshqalarlar turli janrlarda ijod qildilar. Yerevanda opera va balet teatri (1933), Musiqali komediya teatri (1942) barpo etildi. Armaniston filarmoniyasi tarkibida simfonik orkestr, torli kvartet, ashula va raqs dastasi, xor kapellasi, gusan ashula dastasi kabi ijodiy jamoalar bor. Davlat konservatoriyasi xamda Sanʼat institutining musiqa va xalq musiqa ijodiyoti boʻlimi malakali kadrlar tayyorlaydi. 1933-yilda Armaniston Kompozitorlar uyushmasiga asos solingan. Arman musiqasi Oʻzbekistonda keng yoyilgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasining simfonik orkestri A. Babajanyanning „Qahramonlik balladasi“ni, E. Mirzoyanning simfoniyasini, A. Doluxanyan, A. Arutyunyan va boshqalarlarning asarlarini ijro etgan. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek Davlat akademik katta opera va balet teatri Armaniston Xachaturyanning „Spartak“ baletini sahnalashtirgan. Teatri Arman teatr sanʼati miloddan avvalgi 1-asrda vujudga kelgan (miloddan avvalgi 69 yilda Tigranakertda teatr binosi qurilgan). Arman va yunon mualliflarining asarlari sahnalashtirilgan. 4 — 11-asrlarda folklorxor va qorishma janrlarda ishlovchi teatr mavjud boʻlgan. 12-asrda cherkov va maktab teatrlari paydo boʻldi. 14-asrdan qadimgi arman teatri sekin-asta yoʻqolib bordi. 18-asrda sayyor truppalar tashkil etildi. 17 — 18-asrlarda oʻzga yurtlardagi (Moskva, Venetsiya, Vena, Madras, Kalkutta va boshqalar joylardagi) arman muhojirlari yangi arman teatrlarini yaratdilar. 19-asrda Armaniston teatr sanʼatida yuksalish davri boshlandi. Konstantinopol (1861), Tiflis (1863) va boshqalar shaharlarda dastlabki arman doimiy professional teatrlari vujudga keldi. Milliy dramaturglardan M. Peshiktashyan, S. Ekimyan, M. Patkanyan, G. Sundukyan ijodida realistik yoʻnalish qaror topdi. 20-asr boshlarida Yerevan drama teatri (1921; 1937-yildan Sundukyan nomidagi), Gyumrida A. Mravyan nomidagi teatr (1928), Yerevan Yosh tomoshabinlar teatri (1929), Vanadzor teatri (1931), Nor-Bayazet teatri (1935) tashkil topdi. Kinosi Armanistonda dastlabki xronika kinolari 1907-yilda suratga olina boshlangan. 1923-yilda tashkil etilgan Armaniston „Davkino“si hozirgi A. Beknazarov nomidagi „Armenfilm“ deb ataladi. Badiiy filmlar 1925-yildan chiqarila boshlagan. Ular orasida „Namus“ (1925), „Xas-Push“ (1928) va birinchi tovushli film „Pepo“ (1935, barchasining rejissor A. Beknazarov), „Shaxsan maʼlum“ (1958) va „Favqulodda topshiriq“ (1965, ikkala film rejissorlari — S. Kevorkov va E. Karamyan), „Salom, bu men!“ (1966, rejissor F. Davlatyan), „Quyosh ostidagi joy“ (1976, rejissor A. Babayan) va boshqalar Mashhur arman aktyorlari — A. Jigarxanyan, G. Tonuns, M. Simonyan, M. Mkrtchyan. 1958-yilda Armaniston Kinematografchilari uyushmasi tuzilgan. Manbalar Unitar davlatlar Geografiya Xristian davlatlari Armaniston Kavkaz BMT aʼzolari
2,195
https://uz.wikipedia.org/wiki/PHP
PHP
PHP (;  — „hipermatnli protsessor“) — skript tili boʻlib, web serverda oʻzgaruvchan HTML fayllarini yaratishda qoʻllanadi. 1994-yilda kanadalik dasturchi Rasmus Lerdorf tomonidan yaratilgan. Hozirgi kunda deyarli barcha hosting-provayderlar mazkur tilni qoʻllab-quvvatlaydi. Odatda, PHP maʼlumotlar bazasi bilan ishlatiladi. PHP GNU GPL litsenziyasi orqali tekin tarqatiladi. Sintaksis <!DOCTYPE html> <html> <head> <title>PHP "Hello, World!" program</title> </head> <body> <?php echo '<p>Hello, World!</p>'; ?> </body> </html> <?php echo 'Hello, World!'; ?> Manbalar Oʻqish uchun Havolalar PHP haqida maʼlumotlar Informatika Internet Dasturlash tillari Kross-platformali dasturlar Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tillari
2,197
https://uz.wikipedia.org/wiki/Microsoft
Microsoft
Microsoft korporatsiyasi (Microsoft Corporation, Microsoft) — har xil turdagi hisoblash uskunalari: shaxsiy kompyuterlar, oʻyin pristavkalari, PDAʼlar, mobil telefonlar va boshqalar uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi eng yirik transmilliy kompaniyalardan biridir. Ayni paytda dunyoda eng keng tarqalgan dasturiy platforma — Windows operatsion tizimlar oilasi ham shu korporatsiyaga tegishlidir. Korporatsiyaning shoʻbalarida Xbox oʻyin pristavkalari, shuningdek, shaxsiy kompyuterlar uchun aksessuarlar (klaviatura, sichqon va boshqalar) ham ishlab chiqaradi. 2012-yildan beri oʻzining planshet kompyuteri — Surfaceʼni ishlab chiqarmoqda. Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi, dasturlar 45 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi. Korporatsiya shtab-kvartirasi AQShning Vashington shtati Redmond shahrida joylashgan. Korporatsiyada 2020-yil 30-iyun holatiga koʻra, 163 mingdan ziyod kishi ishlamoqda. 2018-yilda u Forbes jurnali boʻyicha dunyoning 500 ta eng yaxshi ish beruvchilari roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi. Microsoft Rossiyada 1992-yil noyabr oyidan (2004-yil iyulidan “Майкрософт Рус” MCHJ deb qayta tashkil etildi) faoliyat yuritadi. Microsoft 2002-yilgi kelishuv natijasida AQSh sudi nazorati ostida. Tarixi Kompaniya oʻz tarixini 1975-yilda, Harvard universiteti talabalari Bill Gates va Paul Allen 1975-yil 1-yanvarda “Popular Electronics” jurnalida yangi Altair 8800 shaxsiy kompyuteri uchun Basic dasturlash tili interpretatori ishlab chiqish toʻgʻrisidagi maqolani oʻqishgandan soʻng boshlandi. Bir oy oʻtgach, 1-fevral kuni ushbu kompyuterni ishlab chiqaruvchi Micro Instrumentation and Telemetry Systems (MITS) bilan Basic tilidan Altair dasturiy taʼminotining bir qismi sifatida foydalanish uchun litsenziya shartnomasi imzolandi. Ular oʻz kompaniyasini “Allen va Geyts” deb nomlashni oʻylashdi, lekin ular yuridik firma uchun Pol taklif etgan “Micro-Soft” yaʼni “microcomputer” va “software” — mikrokompyuterlar uchun dastur nomini maʼqul deb topishdi. Uch kishini ish bilan ta’minlagan yangi kompaniya oʻzining birinchi yilini 16 005 dollar tovar aylanmasi bilan yakunladi (taqqoslash uchun: 2000-yilda korporatsiya daromadi 25,3 milliard dollar, sof foydasi esa 7,3 milliard dollardan ortiq boʻlgan). 1980-yillar boshida ikki asoschi ajralishdi: Allenning xotirlashiga koʻra, u butun hayotini Microsoftʼga bagʻishlashni istamagan boʻlsa-da, Geyts butun eʼtiborini kompaniyaning ishi va rivojlanishiga qaratgan. Geytsning talabiga koʻra, sheriklar biznesdagi ulushlarini bir necha bor qayta koʻrib chiqishdi, Allen Geyts foydasiga magʻlub boʻldi. Allen oʻz kitobida shunday yozgan: Sherigim imkon qadar foydaning yanada koʻprogʻiga ega boʻlishni xohlardi. Men u bilan kelisha olmadim... Keyin men qachondir ketishim kerak deb oʻyladim. 1981-yilda kompaniya MS-DOS operatsion tizimini chiqardi, u Sietl Computer Products kompaniyasidan Tim Paterson tomonidan yozilgan 86-DOSʼning qayta nomlangan versiyasi edi. 86-DOSʼni ishlab chiqish atigi olti hafta davom etdi. U Digital Research kompaniyasining CP/M kloni edi va 8086 protsessorida foydalanish uchun koʻchirilgan va asl nusxadan faqat ikkita farq: takomillashtirilgan disk sektori buferlash mantigʻi va yangi FAT12 fayl tizimi ajralib turgan. 86-DOSʼning birinchi versiyasi 1980-yil avgust oyida chiqarilgan. 1980-yil noyabr oyida IBM bilan imzolangan shartnomaga koʻra, Microsoft kompaniyasi Intel 8086 protsessoriga asoslangan yangi IBM shaxsiy kompyuteri uchun operatsion tizim tuzib berishi kerak edi. Buning uchun Microsoft 1981-yilning may oyida Tim Patersonni 86-DOSʼga moslashtirishni yakunlash uchun ishga oldi. IBM PC prototipi, keyin esa oʻsha yilning iyul oyida u 75 ming dollarga 86-DOS 1.10 huquqlarini toʻliq sotib oldi. Microsoft versiya raqamlashni saqlab qoldi, lekin OS nomini MS-DOS deb oʻzgartirdi. 1981-yil avgust oyida IBM korporatsiyasi tomonidan litsenziyalangan MS-DOS 1.10/1.14 PC DOS 1.0 nomi bilan yangi shaxsiy kompyuterlar IBM PC bilan yetkazib berila boshlandi. 1983-yilda Allen Microsoftni tark etib, oʻz aksiyalarining bir qismini har birini 10 dollarga sotdi va direktorlar kengashidagi oʻrnini saqlab qoldi. Shartnoma unga sarmoya kiritish imkoniyatini berdi va oxir-oqibat uni dunyodagi eng boy odamlardan biriga aylantirdi: 2011-yilda u 13 milliard dollar kapital bilan Forbes jurnalida 57-oʻrinni egalladi. Keyinchalik, Microsoft mutlaqo yangi operatsion tizim ustida ishladi. Lekin uning grafik foydalanuvchi interfeysi, uning ayrim tamoyillari allaqachon Xerox va ayniqsa, Apple tomonidan ishlab chiqilgan. IBM bilan hamkorlik davom etdi va 1985-yil 20-noyabrda yangi operatsion tizim Microsoft Windows chiqarildi. Shu tariqa Windows davri boshlandi. Windows Bill Gatesni mashhur qilgan va eng boy odamga aylantirgan operatsion tizim boʻldi. Sotib olish va birlashish 2011-yilda korporatsiyaning eng yirik xaridi aQuantive onlayn reklama kompaniyasini sotib olishi boʻldi (kelishuv 2007-yilning avgustida jami 6,333 milliard dollarga tuzilgan). 2012-yilda korporatsiya ushbu bitimning foydasiz deb topilishi munosabati bilan foydadan 6,2 milliard dollar hisobdan chiqardi. 2008-yilda Microsoft Yahoo!ʼni 48 milliard dollarga sotib olishga urindi, ammo minoritar aktsiyadorlarning qarshiligi tufayli bitim amalga oshmadi. 2011-yil may oyida korporatsiya internet-telefoniyaga ixtisoslashgan Skype Limited kompaniyasini 8,5 milliard dollarga sotib olgani haqida eʼlon qildi. Skype asoschilari va bir qator investitsiya fondlari aksiyalarning sotuvchisi boʻlishdi. Xarid bajarilgach, Skype Limited negizida Microsoft Skype boʻlimi tashkil etildi va Skype direktori Toni Beyts uning rahbari boʻlib qoldi. 2013-yil sentabr boshida Microsoft Finlandiyaning Nokia kompaniyasidan Devices & Services mobil telefonlarini ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish boʻlimini 5,44 milliard yevroga sotib olganini e’lon qildi. Tahlilchilarning fikriga koʻra, xuddi shunday tarzda, Microsoft mobil qurilmalarni ishlab chiqish va ular uchun dasturiy taʼminotni toʻldirishni birlashtirib, Apple bilan kurashishdan iborat edi. 2013-yil 19-noyabrda Nokia aksiyadorlari yigʻilishi bitimni ma’qulladi. Kelishuv 2014-yilning birinchi choragida yopilishi rejalashtirilgan edi, ammo bu amalga oshmadi. Bitim 2014-yil 25-aprelda yopilgan. 2014-yil sentabrida Microsoft Shvetsiyaning Mojang AB kompaniyasi mahsuloti Minecraft kompyuter oʻynini 2,5 milliard dollarga sotib oldi. 2018-yil yanvar oyida Microsoft bulutli oʻyinlarni yaratish va ishga tushirish uchun backend xizmat koʻrsatuvchi PlayFabʼni sotib olganini eʼlon qildi. Kompaniya xizmatlaridan 3 mingdan ortiq studiyalar foydalanadi, uni 1,2 mingdan ortiq faol oʻyinlarda topish mumkin, ular 700 millionga yaqin kishini qamrab oladi. Mashhur mijozlar: Disney, Rovio va Atari. Eʼtiborli loyihalar qatoriga Idle Miner Tycoon, Angry Birds Seasons va Roller Coaster Tycoon Touch kiradi. Xuddi shu yili Microsoft GitHub’ni 7,5 milliard dollarga sotib oldi, bu dunyodagi eng yirik manba kodli hosting va hamkorlikda ishlab chiqish xizmati hisoblanadi. Rahbariyat va boshqaruv Microsoft aksiyalari quyidagicha taqsimlanadi: Bill Gates 7,55%, Stiv Balmer 4,66%, korporatsiyaning boshqa menejerlari bir foizdan kamroqni tashkil qiladi, qolgan qimmatli qogʻozlar NASDAQ (Nyu York birjasi)da erkin sotuvda. 2021-yil iyul oyida korporatsiyaning bozor kapitallashuvi 2,14 trillion dollar deb baholandi. Kompaniya direktorlar kengashining ijrochi boʻlmagan raisi Jon Tompson, bosh ijrochi direktori esa Satya Nadella hisoblanadi. Microsoft oʻn kishidan iborat direktorlar kengashi tomonidan boshqariladi. Bu oʻn kishi aksiyadorlarning yillik yigʻilishida saylanadi. Koʻpchilik ovoz ololmaganlar isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi arizani topshirishlari kerak, keyin esa koʻrib chiqiladi. Turli masalalarni koʻrib chiqish uchun 5 ta qoʻmita mavjud: audit (auditorlik masalalari bilan bog'liq), kompensatsiya (kompaniya xodimlariga kompensatsiyalarni tasdiqlaydi), moliyaviy (moliyaviy muammolarni hal qilish), boshqaruv va nomzodlik (turli ichki muammolarni hal qilish) va inqirozga qarshi (prognozlash va inqirozlarni oldini olish) qoʻmita faoliyat koʻrsatmoqda. Faoliyati Microsoft korporatsiyasi dasturiy va texnik vositalarning keng assortimentini ishlab chiqaruvchisi boʻlib, u birinchi navbatda Windows oilasining operatsion tizimlari, shuningdek hujjatlari bilan ishlash dasturi — Microsoft Office bilan butun dunyoga mashhur boʻldi. Bugungi kunga kelib korporatsiya turli xil mahsulotlarni ishlab chiqaradi: server dasturlari toʻplamlari, oʻyinlar, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish vositalari va Xbox oʻyin konsollari shular jumlasidandir. Microsoft muntazam ravishda boshqa dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilarni sotib olish bilan shugʻullanib kelmoqda. Xususan, Navision, Solomonruen, Great Plainsruen kompaniyalarini sotib olish natijasida Microsoft assortimentida Microsoft Dynamicsʼning yangi yirik yoʻnalishi (ilgari Microsoft Business Solutions deb ataladi) paydo boʻldi. Microsoft kompaniyasi Groove musiqa xizmatini eʼlon qildi. U mavjud Xbox Music xizmatining oʻrnini bosadi va shunga oʻxshash imkoniyatlarga ega boʻladi: Windows doʻkoni (Microsoft Store)dan qoʻshiq va albomlarni yuklab olish, treklarni, shu jumladan OneDriveʼga yuklanganlarni oqimlash va tanlangan treklar, albomlar yoki ijrochilar asosida radioni avtomatik ijro etish imkoniyati mavjud. 2021-yil aprel oyida Microsoft AQSh Mudofaa vazirligidan armiya uchun koʻzga taqiladigan qurilmalarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma olgani ma’lum boʻldi. Shartnoma summasi 21,9 milliard dollarni tashkil etadi. Oʻn yil ichida Microsoft AQSh armiyasiga HoloLens qoʻshimcha reallik koʻzoynaklari asosidagi 120 mingta qurilma yetkazib berishni oʻz zimmasiga oldi. Tanqidlar Korporatsiya turli xil bosim usullaridan foydalangan holda, oʻz monopoliyasini saqlab qolishga harakat qiladigan haqiqiy va potentsial raqobatchilarni (birinchi navbatda Linux operatsion tizimini) kuzatib boradi. Microsoft oʻz mahsulotlarining koʻpchiligini ishlab chiqishda shaffoflik yoʻqligi uchun tanqid qilindi, bu esa bir necha sud jarayonlariga sabab boʻldi. Google kompaniyasining Microsoftʼga qarshi daʼvosi mashhur boʻldi, uning maqsadi Googleʼdan Windows Vista qidiruv tizimi va Windows Vista uchun Google Desktopʼni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni olish edi. Microsoft, shuningdek, Office Open XML (OOXML) matn hujjati formatini ISO standarti sifatida targʻib qilgani uchun tanqid qilinadi, chunki bir tomondan, standart allaqachon OpenDocument (ODF, ISO/IEC 26300 standarti), boshqa tomondan, OOXML hujjatidir. Microsoft Office 2007 tomonidan ishlatiladigan format Microsoftʼning OOXML standartiga mos kelmaydi. Manbalar Yirik korporatsiyalar Dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Microsoft
2,198
https://uz.wikipedia.org/wiki/Microsoft%20Windows
Microsoft Windows
Microsoft Windows Microsoft tomonidan shaxsiy kompyuterlar va serverlar uchun yaratilgan operatsion tizimlar oilasining nomidir. Windows 1.01 (1985) Windows 1.02 (1986) Windows 1.03 (1986) Windows 1.04 (1987) Windows 2.0 (1 noyabr 1987) Windows 2.1 (Windows 386) (1987) Windows 3.0 (22 may 1990) Windows 3.1 (1992) Windows NT 3.1 (1993) Windows NT 3.5 (1994) Windows NT 3.51 (1995) Windows 95 (24 avgust 1995) Windows NT 4.0 (1996) Windows CE 1.0 (1996) Windows CE 2.0 (1997) Windows 98 (25 iyun 1998) Windows 2000 (17 fevral 2000) Windows CE 3.0 (2000) Windows Millenium Edition (Me) (14 sentyabr 2000) Windows XP (25 oktyabr 2001) Windows CE 4.0 (2002) Windows Server 2003 (24 aprel 2003) Windows Mobile 2003 (2003) Windows Mobile 5.0 (2005) Windows Fundamentals for Legacy PCs (8 iyun 2006) Windows Vista (30 yanvar 2007) Windows Mobile 6 (2007) Windows Server 2008 (2008) Windows Home Server Windows 7 (2009-yil, 22-oktyabr) Windows Phone 7 (2010-yil, 8-noyabr) Versiyalar Shartli belgilar: as. — birinchi (asosiy) reliz uchun litsenziya muddatining tugashi SBL — ishlab chiqaruvchilar uchun litsenziya muddatining tugashi retail — chakana xaridorlar uchun litsenziya muddatining tugashi SPx — Tizimga kiritilgan turli qo’shimchlar (service pack)lar uchun litsenziya muddatining tugashi ext — tizimni qo’llab-quvvatlashning to’liq tugashi Manbalar
2,200
https://uz.wikipedia.org/wiki/ALDI
ALDI
ALDI (ALbrecht DIscount) Germaniyaning oziq-ovqat va kundalik mollari sotish bilan shugʻullanuvchi biznes tizimidir. ALDI haqida ALDI ikki aka-uka miliarderlar ism-familiyasi hamda inglizcha discount sozlaridan qisqartma hisoblanadi, Albrecht-Discount. Bu firma aslida ikki alohida firma hisoblanadi. Aldi Sued va Aldi Nord markalari bilan farq qilib, Aldi Sued Germaniyaning janubida, Aldi Nord esa, Germaniyaning Shimoliy qismida faoliyat olib boradi. Ular Germaniyada oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollarini sotuvchi yirik supermarket tizimiga egalik qilishadi. Biroq, Aldi supermarketlar tizimi bugungi kunda nafaqat Germaniya balki butun Yevropa boʻylab hamda boshqa qitalarda koplab shubalariga ega. Masalan, Avstriya va Sloveniyada Aldi dukonlari Hofer nomi bilan mashxur. Aldi tizimining yillik daromadi 37 milliard dollar deb baholanadi. Qisqa Tarixi Kompaniya aka-uka Teo va Karl Albrextlar tomonidan 1948-yilda, Germaniyaning Essen shahrida asos solingan. 1961-yilda Aka-ukalar sigaret sotish masalasida kelisha olmay, ikki alohida firmaga ayrilishgan. Biroq, bugunga kelib, sigaretlar sotilishiga ilgari qarshi bolgan Aldi Sued egasi Karl, 2003-yildan boshlab sigaret sotilishiga oʻz ruxsatini bergan. Aldi dunyoda Aldi Nord doʻkonlari Shimoliy Germaniyadan tashqari, Belgiya,Daniya, Fransiya, Lyuksemburg, Gollandiya, Ispaniya va 2006 yildan Portugaliyada faoliyat olib boradi. Polshada ham shubalari ochilishi kutilmoqda. Aldi Sued esa, Janubiy Germaniya, Avstriya, Sloveniya, Irlandiya, Birlashgan Qirollik, Shvetsariya, Avstraliya va AQShda shubalarini ochgan. Tijorat siyosati Bu supermarketlarni barcha davlatlarda xaridorlarni oʻziga jalb qiluvchi asosiy jihati ularda sotiladigan mollarning arzonligidir. Aldi Yevropadagi diskaunter doʻkonlardan hisoblanadi. Oʻziga xos jihatlarda yana biri, bu doʻkonda ishlaydiganlar barcha vazifalarni bajarishlari shart, yani kassada ishlashdan tortib, mahsulotlarlarni joylashtirish va dokonda tozalashgacha. Shu yosinda supermarket ishchi kuchiga sarflanadigan xarajatlarini qisqartirish imkoniga ega boladi. Bunga qoshimcha ravishda dokonlarda mahsulotlar ustma-ust katta miqdorda joylashtirilib, rastalarni tez-tez toldirib turish uchun ortiqcha ishchilarni olishga hojat qolmaydi. Aldi dokonlarida, Ovruponing kopchilik dokonlarida bolgani kabi, mijozlar selofan paketni sotib olishlari shart (hatto, Avstraliya va Birlashgan Qirollikda ham), chunki bu umumiy atrof muhitni asrash siyosatiga muvofiqdir. Biroq, misol uchun AQShdagi ALDI dokonlarida bu tajriba yolga qoyilmagan. Aldiga munosabat Germaniyada 1990-yillargacha Aldi, kambagʻal va quyi tabaqa insonlar xarid qiladigan doʻkon hisoblanardi. Biroq GFR va GDR birlashgach, koʻplab nemislar xaridlarida iqtisod qilishga majbur bolishdi. Shuningdek, 1999-yilda yevro pul birligi kiritilganda, omma fikrida pul almashinuvi davrida dokonlar mahsulot narxlarini oshirgan deb hisoblagan bir paytda, Aldi "bugun va avval" degan yozuv bilan yevro hamda nemis markasi qiymatida narxlarni korsatgan. Bu albatta, Aldi obrusining kotarilishiga olib kelgan. Biroq, Birlashgan Qirollik, Avstraliya va hatto Germaniyaning ozida Aldi dokonlari jamiyatning kam taminlangan tabaqalari xarid qiladigan joy degan umumiy fikr saqlanib qolgan. Havolalar http://www.aldi.de Germaniya: Iqtisodiyot