id
int64 1
1.22M
| url
stringlengths 31
410
| title
stringlengths 1
147
⌀ | text
stringlengths 1
177k
|
---|---|---|---|
1,218,284 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Hulayl%20ibn%20Hubshiya | Hulayl ibn Hubshiya | Hulayl ibn Hubshiya ibn Salul ibn Kaʼb ibn Amr al-Xuzoiy () – Banu Xuzoa qabilasining boshligʻi. Qizi Hubbani Quraysh boshligʻi Qusay ibn Kilabga turmushga bergan. Bu nikohdan Muhammad nasli davom etgan.
Manbalar
Muhammad oilasi
5-asr arab shaxslari |
1,218,288 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Pon%20Pon%20Pon | Pon Pon Pon | Pon Pon Pon – yapon qoʻshiqchisi Kyari Pamyu Pamyuning qoʻshigʻi. Moshi Harajuku EP nomli albomiga kiritilgan. Qoʻshiq matnini Yasutaka Nakata yozgan. Kawaii va Decora madaniyatlarini aks ettirgan qoʻshiq 2011-yil 20-iyul kuni ommaga taqdim etildi va tez orada xitga aylandi. Qoʻshiq „iTunes“ platformasida joylashtirilgach, yuklab olishlar osni boʻyicha Finlandiyada 1-oʻrinni, Belgiyada esa 4-oʻrinni egallagan. 2012-yilgi holatga koʻra, qoʻshiqni yuklab olishlar soni 1 millionga yetgan. 2024-yilgi maʼlumotlarga koʻra esa, YouTube platformasida koʻrishlar soni 200 millionni tashkil etgan.
Manbalar |
1,218,289 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ali%20ibn%20Abdurahmon%20al-Huzayfiy | Ali ibn Abdurahmon al-Huzayfiy | Ali ibn Abdurahmon al-Huzayfiy (1947-yil 22-mayda tugʻilgan) (arabcha:علي بن عبد الرحمن الحذيفي) — Saudiya Arabistoni imomi, Al-Masjid an-Nabaviy xatibi, Quba masjidining sobiq imomi. Qur’onni sekin va chuqur ohangda qiroat qilish uslubi keng eʼtirof etilgan.
Hayoti va faoliyati
1972-yilda Imom Muhammad bin Saud nomidagi Islom universitetining huquq bakalavriatini tamomlagan. 1975-yilda Al-Azhar universitetida islom huquqi boʻyicha magistr, keyin esa shu universitetda doktorlik darajasini olgan.
1979-yilda Al-Masjid an-Nabaviyga imom boʻlgan. 1981-yilda Ramazon oyida Al-Masjid al-Haromda tarovih namoziga imom etib tayinlangan.
1987-yilda Qubo masjidida qisqa muddat imom va xatiblik qilgan.
Manbalar
Havolalar
archive.org
Bilal365-Abdul-Rahman-Hudhaify
Kalamullah
All’quran
Quranic Audio
Islamfactory
1947-yilda tugʻilganlar
Yashayotgan insonlar
Saudiya Arabistoni Qurʼon qorilari
Saudiya Arabistoni imomlari
Saudiya Arabistoni musulmonlari
Islom fiqhi boʻyicha musulmon olimlari
XX asr imomlari
XXI asr imomlari
Imom Muhammad ibn Saud islom universiteti bitiruvchilari
Al-Masjid an-Nabaviy imomlari
Ikki muqaddas masjid imomlari |
1,218,292 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Lashkarvarz | Lashkarvarz | Abu Mansur Lashkarvarz ibn Sahlon yoki shunchaki Lashkarvarz (shuningdek, Lashkarvaz deb ham ataladi) nomi bilan mashhur boʻlgan hamda buvayhiylar sulolasiga xizmat qilgan daylamiy harbiy ofitseri. Otasining ismi Sahlon boʻlib, Musofir ismli ukasi ham boʻlgan. Lashkarvarz birinchi marta buvayhiylar vaziri Abu Muhammad al-Hasan al-Muhallabiy qoʻshinida Ummonning vojihiy hukmdori Yusuf ibn Vojihga qarshi Basrani himoya qilishda qatnashganida tilga olingan. 954-yilda Lashkarvarz Muhtajiylar hukmdori Abu Ali Sagʻoniyga yordam berish uchun yuborilgan. Chunki uning Somoniylar Xurosoniga boʻlgan daʼvolarini buvayhiylar qoʻllab-quvvatlagan. Biroq, Abu Ali bir yil oʻtib kasallikdan vafot etishi tufayli bu urinish samarasiz boʻlgan. Lashkarvarzning qizi buvayhiylar hukmdori Muizz ud-Davlaning oʻgʻli Izz ud-Davlaga turmushga chiqqan. Lashkarvarz ukasi bilan bir vaqtda 958-yil vafot etgan.
Adabiyotlar
Buvayhiylar generallari
Daylamiylar
958-yilda vafot etganlar
10-asr eronlik kishilar
Tugʻilgan yili nomaʼlumlar |
1,218,294 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Des%20Bulpin | Des Bulpin | Desmond Donaldson Bulpin ( 1951-yil 31-mart) – shotlandiyalik futbol murabbiyi, Des 2009—2010-yillarda Filippin terma jamoasini boshqargan.
Faoliyati
Bulpin 1980-yilda Roy Hodgson bilan birgalikda oʻzining dastlabki murabbiylik faoliyatini boshlagan. Shundan soʻng, taniqli Bob Houghton oʻzi birgalikda Bristol jamoasining futbol maktabi oʻquvchilariga taʼlim berishga taklif qilgan. Keyinchalik Des murabbiy Bobby Gould tomonidan Bristol Rovers klubining yoshlar jamoasiga murabbiy sigfatida taklif etgan. Bristol Rovers klubidagi faoliyati davomida birinchi jamoa murabbiyi va oʻrinbosarlar jamoasi murabbiyi sifatida ishlagan. Bulpin Bristol Rovers jamoasi boshqa murabbiylar Gerry Francis, Ian Holloway, Andy Kilner, va David Burnsidelar bilan ishlagan.
Des Bulpin yoshlar jamoalaridagi faoliyati davomida Peter Crouch, Danny Dichio, Dougie Freedman, Kevin Gallen, Ledley King, Marcus Stewart, Steve Yates va boshqa koʻplab yosh, iqtidorli oʻyinchilarni aniqlash va rivojlantirish boʻyicha yaxshi tajriba va muvaffaqiyatlar ega.
Bulpin faoliyati davomida Tampines Rovers, Tottenham Hotspur, Queens Park Rangers, Bristol Siti, Bristol Rovers, Stockport County, Plymouth Argyle va Leicester City kabi futbol klublarining yoshlar jamoalari ishlagan. Des shuningdek, Singapur va Oʻzbekiston kabi mamlakatlarda xalqaro lavozimlarda ishlagan. Bulpin 2003-yilgi S.Liga mavsumida Tampines Rovers klubida ishlagan. 2004—2006-yillarda Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan. 2009-yil noyabr oyida u Filippin terma jamoasi murabbiyi etib tayinlangan va bir yillik shartnoma imzolagan. Bulpin murabbiylikka tayinlanganidan soʻng shunday dedi: „Bu katta qiyinchilik, lekin biz bu bilan davom etishimiz kerak“. Shuningdek, u jamoani „boshqa jamoalarga bosim oʻtkazadigan, yuqori tempda oʻynaydigan va toʻpni tez harakatga keltiradigan uyushgan jamoa“ga aylantirishga vaʼda bergan. 2010-yil iyul oyida Bulpin Filippindagi lavozimini tark etib, Hindistonning I-ligasining 2010/2011-yilgi mavsumida ishtirok etgan Hindistonning U-21 jamoasiga murabbiylik qilgan.
2010-yilning kuzidan boshlab Bulpin I-ligada jamoani maydonga tushirgan Hindistonning 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi Indian Arrows bosh murabbiyi edi. Jamoaning oʻrtacha yoshi 19 yosh boʻlgan. Bu jamoaning olti nafar futbolchisi keyinchalik Hindiston milliy erkaklar terma jamoasiga Bob Xoughton tomonidan jalb etilgan. 2011-yilning 23-aprelida Bob Houghton Hindiston terma jamoasi murabbiyligidan darhol isteʼfoga chiqdi, HFF buni qabul qilgan, lekin Bulpin oʻz lavozimida qolishini tasdiqlagan. Bulpin „Indian Arrows“ni va 23 yoshgacha boʻlganlar jamoasidagi lavozimini 2011-yilning avgustida tark etgan. Bulpin 2012-yilning iyun oyida Shillong Lajong jamoasiga bosh murabbiy sifatida qoʻshilgan va ikki yillik shartnoma imzolagan. Des 2013-yilning yanvarida Shillong jamoasi boshqaruvida liga oʻyinlarining oʻn yettitasidan uchtasida gʻalaba qozonganidan soʻng klubni tark etgan.
Bulpin 2013-yilning yozida Crystal Palace klubining 18 yoshgacha boʻlgan jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
Manbalar
Havolalar
Des Bulpin Transfermarkt saytida
1951-yilda tugʻilganlar
Yashayotgan insonlar
Shotlandiyalik futbol murabbiylar
Oʻzbekistonda chet ellik futbol murabbiylari |
1,218,297 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulloh%20ibn%20Ali%20ibn%20Abu%20Tolib | Abdulloh ibn Ali ibn Abu Tolib | Abdulloh ibn Ali ibn Abu Tolib () Alining oʻgʻillaridan biri. 680-yilda Karbaloda oʻldirilgan va Karbalo jangi shahidlari qatorida sanaladi. Hazamning qizi boʻlgan Ummu al-Baninning toʻrt oʻgʻlidan biri. Kunyasi – Abu Muhammad.
Karbalo jangi
Tarixchilar Abdulloh ibn Ali ibn Abu Tolib haqida yozishicha, Ashuro kuni Husayn ibn Ali va uning koʻplab oila aʼzolari oʻldirilganida, Abbos ibn Ali akalarini yoshga qarab chaqirib, ularga jang maydoniga kirishni va dushmanga qarshi hujum qilishni buyurgan. Abdulloh ibn Ali Umar ibn Saʼd qoʻshiniga qarshi urushga chaqirilgan birinchi kishi boʻlgan. Abbos unga qarata shunday deydi: „Ey birodarim, eng avvalo siz jang maydoniga borasiz, chunki sizning farzandlaringiz yoʻq, Alloh yoʻlida halok boʻlishingizni va shahidlik yoʻlida sabr-toqatli boʻlishingizni istayman“.
Abdulloh jang maydoniga borib, dostonlar oʻqiydi. Keyin qilich bilan jang maydoniga otlangan. Jang maydonida, Hani ibn Sobit Abdullohga hujum qilib, uning boshiga urib oʻldirgan. Oʻshanda Abdulloh 25 yoshda boʻlgan. Hani ibn Sobit nomi „Ziyorat an-Nahiya al-Muqaddasa“da va Jaʼfar ibn Ali ibn Abu tomonidan Abdulloh Tolibning qotili sifatida tilga olingan.
Manbalar
Alining farzandlari
656-yilda tugʻilganlar
680-yilda vafot etganlar
Karbalo jangida vafot etganlar |
1,218,299 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Usmon%20ibn%20Ali | Usmon ibn Ali | Usmon ibn Ali () – Ali ibn Abu Tolib va Umm al-Baninning oʻgʻli. Karbalo jangida ishtirok etgan va oʻsha jangda shahid boʻlgan. Musulmonlar tomonidan katta hurmatga sazovor shaxs. Baʼzi manbalarga koʻra, Usmon ibn Ali shahid boʻlgan vaqtida 21 yoshda boʻlgan va undan hech qanday voris qolmagan.
Usmon va uning ukalari Abbos, Abdulloh va Jaʼfar Husayn ibn Alini Makkadan Kufaga qilgan safarida hamrohlik qilgan. Ularning uchalasi ham Karbalo jangida shahid boʻlgan. Qabrlari Imom Husayn ziyoratgohidagi Karbalo shahidlarining jamoaviy qabri maqbarasida joylashgan.
Biografiyasi
Usmon xalifa Ali va Fotima binti Hizomning oʻgʻli edi. Bir qancha manbalarga koʻra, uylanmagan va shu sababdan farzandlari boʻlmagan. Shialik rivoyatlariga koʻra, Ali oʻgʻliga Usmon ibn Mazʼun sharafiga shunday ism qoʻygan.
Usmonning onasi Fotima arablarning Banu Kilob qabilasidan Hizom ibn Xolid ibn Rabiyaning qizi edi. U Alining yana uch oʻgʻli, Abbos, Abdulloh va Jaʼfarning ham onasi boʻlgan. Shu sababli ham Ummu al-Banin nomi bilan mashhur boʻlgan.
Oʻlimi
Usmon ibn Ali akalari bilan birgalikda Karbalo jangida ishtirok etgan. Xavliy ibn Yazid al-Asbohiy jang maydonida Usmonning peshonasiga oʻq otgan va natijada Usmon otdan yiqilib tushgan. Shundan keyin Banu Dorim qabilasidan bir kishi uning boshini olgan.
Usmon ibn Ali Ashuro kuni oʻldirilganida 21 yoshda boʻlgan. Qabri Imom Husayn ziyoratgohida joylashgan.
Manbalar
Alining farzandlari
659-yilda tugʻilganlar
680-yilda vafot etganlar
Karbalo jangida vafot etganlar |
1,218,315 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Umar%20ibn%20Ali | Umar ibn Ali | Umar ibn Ali () – Ali ibn Abu Tolibning farzandlaridan biri. Akasi Husayn ibn Ali bilan Karbaloga borgan va Ashuro kuni oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Alining Umardan (Umar al-Asgʻar deb ham atalgan) tashqari Umar al-Akbar ismli yana bir oʻgʻli boʻlib, uning onasi Ummu Habib as-Sahba Karbalo jangi vaqtida hayot boʻlmagan.
Nasabi
Ayrim sunniy manbalarda Umarni Umar al-Akbar deya tilga olishgan. Tekonimi Abulqosim yoki Abu Hafs boʻlgan. Ayrim tarixiy manbalar onasining ismini Robi’a at-Tagʻlibiyning qizi as-Sahba (Ummu Habib) deya maʼlumot bergan boʻlsa, baʼzilar uning ismini Laylo binti Mas’ud ad-Daramiy deya xabar bergan. Sunniy olim al-Faxr ar-Roziy tomonidan Umar Imom Alining kenja farzandi ekanligi eslatib oʻtilgan.
Karbalo jangi
Umar ibn Ali Ashuro kuni Karbalo jangiga kirgan va dushmanga hujum qilgan. Akasining qotili Zahrga hujum uyushtirib, uni oʻldirgan. Sunniy faqihi Axtab Xorazm Umarning ukasi Abu Bakr shahid boʻlganidan keyin oʻldirilganini xabar qilgan. Maʼlumotlarga koʻra, dushman askarlari avval uning otini yiqitgan, keyin esa Umarning oʻzini shahid qilgan.
Manbalar
Alining farzandlari
680-yilda vafot etganlar
Karbalo jangida vafot etganlar |
1,218,319 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20al-Asg%CA%BBar%20ibn%20Ali | Muhammad al-Asgʻar ibn Ali | Muhammad al-Asgʻar ibn Ali () – Alining oʻgʻli. Onasining ismi Laylo binti Mas’ud, Umoma binti Abu al-Os, Varha va Asmo binti Umays kabi nomlar bilan zikr qilingan. Muhammadning Karbalo jangida ishtirok etganligini tasdiqlovchi manbalar yetarlicha. Shuningdek, uning nomi ham shia, ham sunniy manbalarida shahidlar qatorida keltirilgan.
Muhammad al-Asgʻar Alining farzandlaridan boʻlib, Muhammad ibn al-Hanafiyyadan kichik edi. Muhammad ibn Ali oʻz akasining (Husayn) dushmanlari bilan qattiq urush olib borib, Kufa qoʻshini tarkibidagi koʻplab askarlarini oʻldirgan. Jangda uni Bani Abon ibn Dorimdan bir kishi oʻldirgan.
Manbalar
Alining farzandlari
680-yilda vafot etganlar
Karbalo jangida vafot etganlar |
1,218,321 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ja%CA%BCfar%20ibn%20Ali | Jaʼfar ibn Ali | Jaʼfar ibn Ali ibn Abu Tolib () – Ali va Ummu al-Baninning oʻgʻli. Xalifa Ali akasi Ja'far ibn Abu Tolib sharafiga oʻgʻliga shunday ism qoʻygan. Jaʼfar ibn Ali Karbalo jangida Husaynning hamrohlaridan biri boʻlib, u yerda akalari Abbos, Abdulloh va Usmon bilan birga Ashuro kunida shahid boʻlgan.
Yana qarang
Ashuro
Abbos ibn Ali
Manbalar
Alining farzandlari
680-yilda vafot etganlar
Karbalo jangida vafot etganlar |
1,218,324 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abu%20Is%CA%BChoq%20Ibrohim%20%28buvayhiy%29 | Abu Isʼhoq Ibrohim (buvayhiy) | Abu Isʼhoq Ibrohim, laqabi Umdat ud-Davla (Imperiyaning asosiy tayanchi) bilan mashhur, buvayhiy shahzodasi, buvayhiy hukmdor Muizz ud-Davlaning kichik oʻgʻli.
Hayoti
Oilasi va Hamdoniylar bilan ziddiyat
Abu Isʼhoq 953-yil 21-sentyabrda tugʻilgan. Otasi Muizz ud-Davla, onasi esa daylamiy sarkarda Ispahdostning qizi. Abu Isʼhoqning Baxtiyor, Habashiy, Marzuban, Abu Tohir ismli toʻrt aka-ukasi va Zubayda ismli singlisi boʻlgan. Abu Isʼhoq yoshlik davrida Bagʻdodda tarbiyalangan. Muizz ud-Davla 967-yilda vafot etgach, uning oʻrniga „Izz ud-Davla“ unvonini olgan oʻgʻli Baxtiyor oʻtirgan. Taxminan 972-yilda Abu Isʼhoq „Umdat ud-Davla“ faxriy unvonini olgan.
973-yilda Izz ud-Davla va uning turkiy sarkardasi Sabuktakin Hamdoniylar hukmdori Abu Tag‘lib hududlarida yurish qilgan. Sabuktakin buvayhiylar qo‘shinini ortda qoldirib, Bag‘dod tomon yuradi. Abu Isʼhoq onasi va Abbosiy xalifasi al-Mutiy hamrohligida shahar ayollari va bolalari bilan qal’a ichida mustahkamlanib, Sabuktakinning Bag‘dodga qaytishini kutishardi. Izz ud-Davlaning vaziri Ibn Boqiyya ko‘p o‘tmay Bag‘dodga yetib kelib, Abu Isʼhoqqa Bag‘dod mudofaasini mustahkamlashda yordam bergan. Oxir-oqibat shartnoma tuzilib, unga koʻra Mosul va uning atrofidagi hududlar Hamdoniylar qoʻliga qaytarilgan.
Sabuktakin qoʻzgʻoloni
Oradan bir necha oy oʻtgach, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan Izz ud-Davla, aksariyati Xuzistonda boʻlgan turk fiflarini qoʻlga kiritish orqali muammoni hal qilmoqchi boʻlgan. Xuddi shu vaqtda Sabuktakinni lavozimidan ozod qilgan. Bu harakatlar qoʻshinning katta qismini Izz ud-Davlaga dushman qilib qoʻygan. Izz ud-Davla Bagʻdoddan uzoqda boʻlganida, Sabuktakin qoʻshini Abu Isʼhoqni Iroqning yangi buvayhiy hukmdori deb eʼlon qilish niyatida boʻlgan. Abu Isʼhoq koʻp oʻtmay bu xabarni eshitib, dastlab ularga qoʻshilish haqida oʻylagan, lekin onasining aralashuvi bilan bu taklifni rad etgan.
Keyin qoʻshin qisqa vaqt ichida ochiq qoʻzgʻolon koʻtargan. Abu Isʼhoq onasi va ukasi Abu Tohir, shu jumladan boshqa tarafdorlarining xavfsizligi evaziga Sabuktakin bilan qarshilikni toʻxtatish haqida kelishuvga erishgan. Qoʻzgʻolonchilar qisqa vaqt ichida Bagʻdodni egallab, Izz ud-Davla mustahkamlanib olgan Vosit tomon yurish boshlashgan. Qamal paytida Sabuktakin vafot etib, oʻrniga Alptakin qoʻzgʻolonchilar boshligʻi etib tayinlangan.
Izz ud-Davla oilasining baxtiga uning amakivachchasi, otasi Rukn ud-Davla Izz ud-Davlaga yordam berishni buyurgan Fors hukmdori Adud ud-Davla Iroqqa yetib kelgan. 974-yilda Izz ud-Davla va Abu Is'hoq boshqa zobitlar bilan birga al-Madoin tomon yurgan. 975-yilga kelib qoʻzgʻolonchilar toʻliq magʻlubiyatga uchratilgan. Iroqda tartib o'rnatilgandan soʻng, Rukn ud-Davla Abu Ishoqqa sharaf libosi bergan. Izz ud-Davla esa Ahvoz noibi etib tayinlagan.
Adud ud-Davla bosqini va Suriyaga chekinish
976-yilda Rukn ad-Davla vafotidan keyin qisqa vaqt ichida Izz ud-Davla va Adud ud-Davla oʻrtasida urush boshlangan. Shundan so‘ng Abu Isʼhoq Izz ud-Davla saltanatining old qismini qo‘riqlash uchun Xuzistondagi Asqar Mukramga yuborilgan. Bu orada Adud ud-Davla Ramhormoz tomon yurib, shahar qoʻshinin tor-mor etgan va shaharni qoʻlga olgan. Izz ud-Davla Ramhormozning egallanishi haqidagi xabarni eshitgach, Abu Isʼhoqqa Asqar Mukramdan chekinib, Iroqqa qaytishni buyurgan. Adud ud-Davla Iroq tomon yo‘l olib, boshqa qo‘shinni tor-mor qilgan. Dushman qoʻshini Abu Isʼhoq, ukasi va Ibn Boqiyyani chegaradan qochishga majbur qilgan.
Adud ud-Davla oxir-oqibat Bagʻdodni egallagach, Izz ud-Davla va uning ukalariga Suriyaga joylashish uchun ruxsat bergan. So‘ngra Izz ud-Davla o‘g‘li Marzuban ibn Baxtiyor, ukalari Abu Isʼhoq va Abu Tohir bilan birga isyonchi Alptakin va uning tarafdorlari qo‘lidagi Damashqqa yo‘l olgan. Alptakin aka-uka buvayhiylar va ularning tarafdorlarini iliq kutib olib, keyin Misrning Fotimiylar xalifaligi bilan boʻlgan toʻqnashuviga jalb qilgan. Tez orada Ramlada jang boʻlib oʻtgan. Biroq jang paytida Marzuban Alptakinga xiyonat qilib, jang maydonini tashlab ketgan.
Alptakin qoʻshinlari qisqa vaqt ichida magʻlubiyatga uchragan. Abu Tohir oʻldirilgan, Abu Isʼhoq esa Fotimiylar tomonidan asirga olingan. Ushbu voqeadan keyin biror manbada Abu Isʼhoq haqida maʼlumot mavjud emas. U 994/995-yilda vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
953-yilda tugʻilganlar
Buvayhiy noiblari
Buvayhiy generallari
10-asrda vafot etganlar
10-asr eronlik kishilar
Buvayhiy shahzodalar |
1,218,325 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ferka%20lazer%20jarrohlik%20operatsiyasi | Ferka lazer jarrohlik operatsiyasi | Ferka — (prk) lazer jarrohlik operatsiyasi ilmiy nomi fotorefraktiv keratoktonomiya hisoblanadi. Ushbu turdagi jarrohlik ko'rish qobiliyati bilan kelib chiqadigan muommolarni bartaraf etishga yordam beradi. Davolashda lazerdan foydalaniladi.
Ferka yordamida oftalmologlar ko'z shox pardaning shaklini o'zgartirish uchun foydalanishadi. Bu jarrohlikning lasik jarohligidan farqi ferkada shox pardaning qopqog'i kesilmaydi ,asosan, ko'z shox pardasi yupqa bemorlar uchun yaxshi tanlov hisoblanadi. Va bu operatsiya faqat 18 yoshdan katta bo'lgan bemorlarda amalga oshiriladi.
Operatsiya hech qanday narkozlarsiz o'tkaziladi.
Operatsiyadan so'ng ko'zga dam bermoq kerak,uxlash operatsiyadan 3 soatdan so'ng ko'z tomchi vositalarini tomizgangan so'ng ruxsat beriadi. Va tinchlantiruvchi,og'riq qoldiruvchidori vositalarini qabul qilish mumkin.
Operatsiyadan keyingi dastlabki kunlarda quyidagi belgilar bezovta qilishi mumkin:ko'z oldida tuman,ko'z qizishi,yot modda va qum to'lgan hisi, achishish va qizishish, ko'zni shishib ketishi va 3 kungacha deyarli ocha olmaslik. Birinchi 3 kun orasida ko'zga qo'l bilan tegish, bosish,artish, va ko'zni qattiq qisish ta'qiqlanadi. Operatsiyaning 1-kuni quyoshdan himoyalovchi ko'zoynaklarni xatto uxlab yotgan vaqtda ham yechish tavsiya etilmaydi. ular ko'zni mehanik shikastlanish va yorqin nurdan himoyalaydi. Operatsiydan keyin ko'zga kontak linza taqilgan bo'lsa uni tushib qolishiga yo'l qo'ymaslik kerak,tushib qolsa qayta solib bo'lmaydi. Operatsiyadan so'ng 1 oy davomida ko'zga suv tegizmaslik, suzish havzalari va saunalarga kirish taqiqlanadi. Birinchi 2 4 hafta mobaynida ko'rishda xiraliklar bo'lishi mumkin va bu holat 5 haftada o'tib ketadiva ko'zning ko'rish qobiliyati yaxshilanadi. ==manbalar==
httsp/:www.aao.org |
1,218,337 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Yangi%20O%CA%BBzbekiston%20ko%CA%BBchasi | Yangi Oʻzbekiston koʻchasi | Yangi Oʻzbekiston koʻchasi – Toshkent shahrining sharqiy qismida joylashgan boʻlib, Yashnobod va Mirzo-Ulugʻbek tumanlarini Chirchiq daryosigacha boʻlgan hududda oʻzaro ajratib turadi. Koʻchaning umumiy uzunligi 11 kmni tashkil qiladi.
Tarixi
Kesishgan koʻchalar
Koʻcha 3 qavatlik aylana koʻprik hududidan boshlanib, 4R12 trassasi bilan kesishgan hududda tugaydi.
Binolar
Koʻcha boʻylab koʻp qavatli uylar, Olimpiya shaharchasi majmuasi, Ekspo Markaz, Akfa universiteti, Yangi Oʻzbekiston bogʻi, Toshkent Sharqiy Aeroporti, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish doʻkonlari joylashgan.
Tansport
Koʻcha boʻylab 190-sonli avtobus harakatlanadi.
Galereya
Yana qarang
Toshkent koʻchalari roʻyxati
Manbalar
Toshkent koʻchalari |
1,218,338 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Jarohatlanish | Jarohatlanish | Jarohatlanish – bu har qanday organizmning tirik toʻqimalarida yuzaga keladigan fiziologik zararlanish boʻlib, u insonlarda, hayvonlarda yoki o‘simliklarda sodir boʻladi.
Jarohatlar turli yoʻllar bilan yuzaga kelishi mumkin: masalan, mexanik tarzda oʻtkir predmetlar (tishlar) yoki oʻtmas narsalarning kirishi orqali, issiqlik yoki sovuqlik taʼsirida, shuningdek zahar va biotoksinlar tomonidan keltirib chiqarilishi mumkin. Koʻplab hayvonlarda jarohat yalligʻlanishga olib keladi va bu esa yarani bitishiga sabab boʻladi. Oʻsimliklar va hayvonlarda koʻpincha jarohatni yopish uchun maxsus moddalar ajralib chiqadi. Bu moddalar qon va suyuqlik yoʻqotilishini cheklaydi va bakteriyalar kabi patogenlarning kirishiga toʻsqinlik qiladi. Koʻplab organizmlar jarohat infeksiyasini yoʻq qiluvchi antimikrob kimyoviy moddalarni ajratib chiqaradi. Shu bilan birga, hayvonlar turli xil immun reaksiyalarga egadir. Oʻsimliklar va hayvonlarda jarohatning toʻliq yoki qisman bitishiga olib keladigan qayta tiklanish mexanizmlari mavjud. Hujayralar ham maʼlum darajada zararlanishni tuzata oladi.
Hayvonlar
Hayvonlardagi jarohat baʼzan hayvon tanasi tuzilishidagi mexanik shikastlanish sifatida taʼriflanadi. Biroq u keng maʼnoda har qanday sababdan kelib chiqqan jismoniy zarar, jumladan cho‘kish, kuyish va zaharlanishni ham oʻz ichiga oladi. Bunday zarar yirtqichlarning hujum qilishga urinishlari, hududiy nizolar, yiqilishlar va abiotik omillar natijasida yuz berishi mumkin.
Fila turiga mansub koʻplab hayvonlarda jarohat yalligʻlanish jarayonini keltirib chiqaradi. Bu qon yoki tana suyuqligining quyuqlashishiga olib keladi, soʻngra yara bitishi boshlanadi. Yara bitishi, masalan, knidariyalarda boʻlgani kabi tez kechishi mumkin. Boʻgʻimoyoqlilar esa oʻzlarining ekzoskeletini hosil qiluvchi boʻgʻimlarining jarohatlarini maʼlum darajada tuzatishga qodir.
Bir nechta fila turiga mansub hayvonlar: annelidlar, bo‘g‘imoyoqlilar, knidariyalar, mollyuskalar, nematodelar va vertebratelar jarohatlanganidan soʻng infeksiyaga qarshi kurashish uchun antimikrob peptidlarini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega.
Insonlar
Insonlardagi jarohatlar tibbiyotda muhimligi sababli keng koʻlamda oʻrganib kelingan. Tez tibbiy yordam va og‘riqni qoldirish kabi jarohatlarni davolashga yoʻnaltirilgan amaliyotlar tibbiyotning asosiy qismidir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti insonlarda jarohatlanishning tashqi sabablarini tavsiflovchi xalqaro sinflarni ishlab chiqdi. Bu sinflarga: jarohatlanish jarayoni, zarar yetkazuvchi obyektlar/moddalar, sodir boʻlgan joy, jarohatlanishdagi faoliyat va inson maqsadining ahamiyati kiradi. Jarohatlar jismoniy zarardan tashqari, psixologik zarar ham yetkazishi mumkin. Shuningdek jarohatlar post-travmatik stress buzilishini ham keltirib chiqarishi mumkin.
Oʻsimliklar
Oʻsimliklarda jarohatlar – oʻsimlik qismlarining hasharotlar, sut emizuvchilar va oʻtxoʻr hayvonlar tomonidan isteʼmol qilinishi, bakteriya va zamburug‘lar kabi oʻsimlik patogenlari tomonidan toʻqimalarning shikastlanishi natijasida kelib chiqadi. Bakteriya va zamburugʻlar oʻtxoʻrlarning zararlashidan keyin yoki boshqa yoʻllar bilan kirishi mumkin. Issiq urishi, muzlash, suv toshqinlari, chaqmoq zararli moddalar kabi abiotik omillar ham oʻsimliklarga jarohat yetkazadi.
Hujayra shikastlanishi
Hujayra shikastlanishi – bu hujayra tashqi va ichki muhit oʻzgarishlari tufayli duch keladigan turli xil stress holatlarining namoyon boʻlishidir. Boshqa sabablar qatorida, bu holat jismoniy, kimyoviy, yuqumli, biologik, ovqatlanish yoki immunologik omillar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Hujayra shikastlanishi qayta tiklanadigan yoki qayta tiklanmaydigan boʻlishi mumkin. Shikastlanish darajasiga qarab, hujayra moslashuvchan boʻlishi va imkon qadar gomeostaz qayta tiklanishi mumkin. Hujayraning shikastlanish darajasi uning oʻzini tiklash qobiliyatidan oshib ketganda, hujayra oʻlimi yuz beradi. Hujayra oʻlimi zararli taʼsirning davomiyligi va yetkazilgan zararning ogʻirligiga bogʻliq ravishda sodir boʻladi.
Manbalar
Jarohatlar
Biologik jarayonlar |
1,218,339 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Dilnoz%20Ruziyeva | Dilnoz Ruziyeva | Dilnoz Ruziyeva (toʻliq ismi: Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna; 1968-yil 24-may, Kogon shahri, Oʻzbekiston SSR) – pedagogika fanlari doktori, professor, „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sohibasi, shuningdek, Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori.
Biografiyasi
Dilnoz Ruziyeva 1968-yil 24-may kuni Buxoro viloyatiga qarashli Kogon shahrida tugʻilgan. Ammo Saʼdulla Gʻaybullayev oʻzining „Qorakoʻl zaminiga payvasta nomlar“ nomli biografiyalar toʻplamida Dilnoz Ruziyevani qorakoʻllik sifatida koʻrsatib oʻtgan. Dilnoz Ruziyeva dastlab Qorakoʻl tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olgan. 1991-yilda M. S. Olminsikiy nomidagi Belgorod davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
1986—1991-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali talabasi.
1991-yildan Navoiy davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyot oʻqitish metodikasi kafedrasi rus tili oʻqituvchisi.
1991—1994-yillarda Oʻz PFITI aspiranti.
1994—1996-yillarda Buxoro davlat universiteti Jahon adabiyoti va tarjima nazariyasi kafedrasi assistenti.
1996—1999-yillarda Buxoro davlat universiteti Jahon adabiyoti va tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti.
2000—2006-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti.
2006—2011-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti.
2011—2012-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi professori.
2012—2013-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogik qayta tayyorlash kursi professori.
2013—2016-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi professori.
2016—2017-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri.
2017—2020-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri.
2020—2021-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi professori.
2021—2021-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Uzluksiz taʼlim pedagogikasi va menejmenti kafedrasi professori.
2021—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Taʼlim sifati va ilmiy tadqiqotlar nazorati boʻlimi boshligʻi.
2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy vatanparvarlik maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi professori.
2023-yildan Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori.
Shuningdek, Dilnoz Ruziyeva Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetining Oʻzbekistondagi faxriy elchisidir.
Mukofotlari
2021-yilda Dilnoz Ruziyevaga „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni topshirilgan.
Manbalar
Kogonda tugʻilganlar
1968-yilda tugʻilganlar
24-mayda tugʻilganlar
Xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni sohiblari
Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari |
1,218,340 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Jarrohlik%20amaliyoti%20xonasi%20menejmenti | Jarrohlik amaliyoti xonasi menejmenti | Jarrohlik amaliyoti xonasi menejmenti – jarrohlik amaliyoti xonalarini qanday boshqarish toʻgʻrisidagi fandir. „Jarrohlik amaliyoti xonasi menejmenti“ning maqsadi jarrohlik samaradorligini eng yuqori darajaga oshirishga, yaʼni zarur resurslar va tegishli xarajatlarni kamaytirgan holda, maʼlum bir kunda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan jarrohlik amaliyotlari sonini maksimal darajada oshirishga qaratilgan. Bunga kutilayotgan ish hajmini qoplash uchun zarur boʻlgan anesteziologlar yoki sterillashga mas’ul hamshiralar sonini belgilash hamda jarrohlik amaliyoti xonasida ishlatiladigan dori-darmonlar xarajatlarini kamaytirishni oʻz ichiga olishi mumkin.
Manbalar
Sog‘liqni saqlash menejmenti
Tibbiyotda menejment
Jarrohlik |
1,218,341 | https://uz.wikipedia.org/wiki/FoydalanuvchiFoydalanuvchi%3ASayriddinova%20Kibriyo/qumloq/2 | FoydalanuvchiFoydalanuvchi:Sayriddinova Kibriyo/qumloq/2 | YOʻNALTIRISH Foydalanuvchi:Sayriddinova Kibriyo/qumloq/2 |
1,218,342 | https://uz.wikipedia.org/wiki/%D0%A3%D1%87%D0%B0%D1%81%D1%82%D0%BD%D0%B8%D0%BA%3AShohjaxonmuftillayev/%D0%9E%D0%B1%D1%80%D0%B0%D0%B7%D0%B5%D1%86%20%D1%81%D1%82%D1%80%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%86%D1%8B | Участник:Shohjaxonmuftillayev/Образец страницы | YOʻNALTIRISH Foydalanuvchi:Shohjaxonmuftillayev/Образец страницы |
1,218,344 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Vyacheslav%20Izvekov | Vyacheslav Izvekov | Vyacheslav Andreyevich Izvekov (; 1947-yil 13-noyabr, Voronej, SSSR – 2004-yil 4-oktyabr, Sankt-Peterburg, Rossiya) – sovet futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. SSSR sport ustasi unvonini olgan.
Biografiya
Voronej futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. 18 yoshida u RSFSR yoshlar terma jamoasi tarkibiga jalb etilgan. Vyacheslav mamlakatdagi eng istiqbolli markaziy himoyachilardan biri hisoblanagan. 1965-yilda Izvekov „Trud Voronej“ safida bitta oʻyin oʻtkazgan. 1966-yilda Leningradning „Dinamo“ jamoasida, 1967—1969-yillarda esa „Zenit“ klubi tarkibida oʻynagan. 1967-yilgi muvaffaqiyatsiz mavsumdan soʻng Vyacheslav Mixail Loxov oʻz oʻrnini boy bera boshlagan va 1970-yilni Oʻzbekiston SSRning „Politodel“ (Toshkent viloyati) jamoasi aʼzosi sifatida oʻtkazgan. 1971—1973-yillarda u „Voroshilovgrad Zarya“ jamoasida oʻynagan, 1972-yilgi mavsumda esa chempionat oʻyinlarida 7 ta oʻyinda maydonga tushgan. Keyinchalik Leningradning „Dinamo“ (Leningrad, 1973—1974, 1977), Saxalin (1974) klublarida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, Sankt-Peterburgda haydovchi boʻlib ishlagan.
Vafoti
2004-yil 4-oktyabrda Sankt-Peterburgda vafot etgan. Vyacheslav otasi va onasining yoniga, Voronejdagi Chap qirgʻoq qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
Havolalar
Vyacheslav Izvekov Footballfacts saytidagi profili
13-noyabrda tugʻilganlar
1947-yilda tugʻilganlar
Voronejda tugʻilganlar
4-oktyabrda vafot etganlar
2004-yilda vafot etganlar
Sankt-Peterburgda vafot etganlar
Alifbo boʻyicha sportchilar
Alifbo boʻyicha futbolchilar
SSSR sport ustasi
SSSR erkak futbolchilari
FC Fakel Voronezh futbolchilari
FC Dinamo Sankt-Peterburg futbolchilari
FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari
Doʻstlik Toshkent futbolchilari
FC Zorya Lugansk futbolchilari
FC Portovik-Energiya Kholmsk futbolchilari |
1,218,346 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Viktor%20Chistyakov | Viktor Chistyakov | Viktor Vasilyevich Chistyakov (1937-yil 14-mart, Moskva, SSSR – 2006-yil 22-noyabr, Moskva, Rossiya) – sovet futbolchisi (hujumchi, yarim himoyachi pozitsiyasilarida oʻynagan) va futbol murabbiyi. SSSR sport ustasi. 1958-yil SSSR chempioni va SSSR kubogi gʻolibi boʻlgan.
Futbolchi faoliyati
Viktor Moskvadagi yoshlar futbol maktabi (FShM, Moskva) tarbiyalanuvchisi. Chistyakov FShM jamoasidagi faoliyatini 1955-yilda boshlagan. 1956-yilda Moskvaning „Spartak“ jamoasiga tarkibiga oʻtgan. Viktor 1957-yil 28-iyun kuni qizil-oqlarning asosiy jamoadagi birinchi oʻyinini oʻtkazgan. Viktor 1960-yil 15-aprelda „Spartak“ klubi safida ilk golini urgan. 1958-yilda SSSR chempionatida oltin medallarni qoʻlga kiritgan va shu bilan birga SSSR kubogida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Hammasi boʻlib, Viktor „Spartak“ jamoasi tarkibida 57 ta oʻyin oʻtkazgan (SSSR chempionatida 51 ta va SSSR kubogida 6 ta oʻyin oʻtkazgan) va 3 ta gol urgan. Moskvaning „Spartak“ jamoasining oʻrinbosarlar jamoasida 54 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan.
1963-yilda SSSR „A“ toifasining ikkinchi kichik guruhida „Mehnat zahiralari“ (Lugansk) jamoasi tarkibida oʻynagan. Oʻsha yili Viktor Volgogradning „Traktor“ ga koʻchib oʻtgan. Traktor jamoasi safida „A“ ligasining ikkinchi kichik guruhida oʻynagan. Keyingi mavsumdayoq Zaporojyening „Metallurg“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Metallurg klubi tarkibida raqobatda yutqazgan va oʻz oʻrniga ega boʻlmay, 1966-yilda Oʻzbekiston SSRning „Politotdel/Doʻstlik“ klubiga (Toshkent viloyati) koʻchib oʻtgan. Viktor Toshkent viloyati jamoasi tarkibida „A“ ligasining 2-guruh final turnirida ishtirok etgan. 1968-yilgi mavsum oxirida u futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Chistyakov murabbiy sifatida ishlay boshlagan. 1969-yilda Kansk shahrining „Urojay“ (keyinchalik „Stroitel“) jamoasiga murabbiy etib tayinlangan va „B“ toifali ligada ikki yil davomida ishlagan. 1971-yilda u „Kolos“ KFC jamoasini boshqargan.
Yangi klubida Chistyakov SSSRda qishloq futboli yetakchilaridan biriga aylangan jamoani yaratgan. Ostankino sovxozi jamoasini boshqargan va 15 yil davomida bir necha bor Rossiya va Butunittifoq Oltin kubogini qoʻlga kiritgan.
1972-yilda Chistyakov jamoasi oʻz tarixida birinchi marta SSSRdagi eng kuchli qishloq jamoasiga aylangan. 1985-yilgi mavsum oxirida Chistyakov Ostankinoning „Urojay“ jamoasini tark etgan va keyingi yili Metallurg oʻsmirlar sport maktabi (Vidnoe) murabbiyi boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Oʻyinlar va urilgan gollar haqidagi maʼlumotlar har doim ham toʻliq emas. Toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar ↑ bilan koʻrsatilgan.
Yutuqlar
SSSR chempioni 1958-yil.
SSSR kubogi gʻolibi: 1958-yil
Butunittifoq „Oltin Kolos“ kubogi sovrindori: 1972, 1987
Butunrossiya Oltin Kolos kubogi sovrindori: 1974, 1979, 1983
Manbalar
Havolalar
Viktor Chistyakov Spartak (Moskva) veb-saytidagi profil
Viktor Chistyakov Spartak Moskva – material veb-saytidagi profil
Viktor Chistyakov Fanat1k.ru veb-saytidagi profil
Viktor Chistyakov Futbol.lg.ua saytidagi profil
14-martda tugʻilganlar
1937-yilda tugʻilganlar
Moskvada tugʻilganlar
22-noyabrda vafot etganlar
2006-yilda vafot etganlar
Moskvada vafot etganlar
Alifbo boʻyicha sportchilar
Alifbo boʻyicha futbolchilar
SSSR sport ustasi
SSSR erkak futbolchilari
FC Spartak Moskva futbolchilari
FC Zorya Lugansk futbolchilari
FC Rotor Volgograd futbolchilari
FC FShM Moskva futbolchilari
FC Metalurg Zaporojye futbolchilari
Doʻstlik Toshkent futbolchilari
SSSR futbol murabbiylari |
1,218,348 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Dzyudo%20-%20yozgi%20Olimpiada%20o%CA%BByinlarida | Dzyudo - yozgi Olimpiada oʻyinlarida | Dzyudo sport turi birinchi marta 1964-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan Yozgi Olimpiada o‘yinlariga kiritilgan. 1968-yilda kiritilmaganidan keyin, dzyudo shu vaqtdan boshlab har bir Olimpiadada Olimpiya sport turi sifatida o‘rin olib kelmoqda. 1988-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlariga qadar, ayollar dzyudo namoyishli sport turi sifatida tashkil etilgan paytgacha faqat erkak dzyudochilar ishtirok etishgan. Dzyudochi ayollar birinchi marta 1992-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida medallar bilan taqdirlangan.
Xulosasi
Izoh: Ayollar dzyudosi birinchi marta 1988-yilgi Olimpiada o‘yinlarida ko‘rgazmali sport turi sifatida paydo bo‘lgan. Ayollar dzyudosi 1992-yilgi Barselona o‘yinlaridan boshlab Olimpiada o‘yinlarining rasmiy qismiga aylandi va o‘shandan beri o‘yinlarning ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda.
Musobaqa formati
Dzyudochilar vazn toifalarida bellashadilar. Har bir mamlakat har bir vazn toifasida maksimal bitta sportchiga yo‘llanma berishi mumkin. Oltin va kumush medallar bitta saralash guruhi asosida beriladi. Har bir vazn toifasida ikkita bronza medali beriladi; chorak finalchi mag‘lubiyatga uchraganlar oʻzaro bir xil vazn toifasida kuch sinashadi. Mag‘lublar yettinchi o‘rinni egallaydi, g‘oliblar esa jadvalning qarama-qarshi yarimidagi mag‘lub bo‘lgan yarim finalchi bilan bronza medali uchun bellashuvga o‘tadi. Ushbu bellashuvlarning g‘oliblari bronza medalini qo‘lga kiritadi, mag‘lublar esa beshinchi o‘rinni egallaydi.
Vazn toifalari
Yillar davomida 4 dan 8 gacha Olimpiada vazn toifasi mavjud edi (hozirda 7), va har bir sinfning ta’rifi bir necha marta o‘zgartirildi, bu quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
Erkak
Ayol
Aralash jamoa musobaqasi
Aralash jamoa musobaqasi ilk bor 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlarida paydo bo‘ldi. Musobaqa turli vazn toifasidagi oltita sportchidan iborat jamoalarni o‘z ichiga oladi, shu jumladan uchta erkak (-73 kg, -90 kg va +90 kg) va uchta ayol (-57 kg, -70 kg va +70 kg). Mamlakatlar bir-biriga qarshi bellashadi, har bir raund oltita yakka tartibdagi musobaqadan tashkil topadi. Har bir jang g‘olibiga bir ochko beriladi va jamoa keyingi bosqichga chiqish uchun zarur bo‘lgan minimal ball 4:2 bo‘ladi. Agar hisob 3:3 bo‘lsa, qo‘shimcha jang bo‘lib o‘tadi, unda toifa qur’a tashlash yoʻli orqali tanlanadi.
Manbalar |
1,218,359 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abu%20Bakr%20ibn%20Ali | Abu Bakr ibn Ali | Abu Bakr ibn Ali () – Ali va Laylo binti Mas’udning oʻgʻli. Karbalo jangida shahid boʻlgan. Husayn ibn Alining hamrohlaridan.
Abu Bakr ibn Ali Karbalo jangida ishtirok etgan va oʻsha jangda shahid ketgan. U Ali ibn Abu Tolibning oʻgʻli boʻlgan. Uning shahidligi Muharram oyida xotirlanadi.
Abu Bakrning oʻlimi tafsilotlari haqida tarixiy maʼlumotlar turlicha. Ayrim manbalarga koʻra, Muhammad al-Boqirga nisbat berilgan hadisda uning Hamdan qabilasidan boʻlgan kishi tomonidan oʻldirilganligi aytiladi. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, uning jasadi daryodan topilgan, shu sababli uning qanday oʻlim topgani va kim tomonidan oʻldirilganligi nomaʼlum boʻlib qolgan. Abu Bakrning qabri Karbalodagi Imom Husayn ziyoratgohidagi Hoshimiy shahidlari orasida joylashgan.
Manbalar
Alining farzandlari
658-yilda tugʻilganlar
680-yilda vafot etganlar
Karbalo jangida vafot etganlar |
1,218,364 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20al-Avsat%20ibn%20Ali | Muhammad al-Avsat ibn Ali | Muhammad al-Avsat ibn Ali () – xalifa Alining oʻgʻli. Onasi Umoma binti Abu al-Os Zaynab binti Muhammadning qizi, Islom paygʻambari Muhammad va Xadicha binti Xuvaylidning nabirasi boʻlgan. Maqbarasi Eronning Isfahon ustoni Aran shahrida joylashgan.
Tarixiyligi
Muhammad al-Avsat shia olimlari tomonidan koʻp marta zikr qilingan. U haqida al-Voqidiydan rivoyat qiluvchi at-Tabariy tomonidan bir qancha maʼlumotlar keltirilgan boʻlib, xalifa Ali ibn Abu Tolib paygʻambar Muhammadning nabirasi Umomaga uylangani, ulardan Muhammad al-Avsat dunyoga kelgani aytiladi. Biroq al-Voqidiy tomonidan rivoyat qilingan hadislar sunniy muhaddislar tomonidan ishonchsiz deb hisoblaniladi. Shu sababdan Muhammad al-Avsatning tarixda mavjud boʻlganligi ham shubhalidir. Shia olimi al-Mufid Ali ibn Abu Tolibning oʻgʻillarini sanab oʻtganida Muhammad haqida zikr qilmagan.
Biroq Muhammad al-Avsat haqida maʼlumot bergan olimlar ham yetarlicha. Uning nomi bir qancha tarixchilar, jumladan, Ibn Shahrashub, al-Majlisiy, Nuriddin bin as-Sabbogʻ al-Molikiy, Abu al-Faraj bin al-Javziy, Sibt ibn al-Javziy, al-Hofiz al-Kanjiy ash-Shofeʼiy, ash-Shablaji ash-Shofeʼiy, Kamoliddin ibn Talha, al-Muhib at-Tabariy va Ibn Hojar al-Asqaloniy kabi olimlar tomonidan ham tilga olingan.
Biografiyasi
Muhammad al-Avsat haqida tarixchilar uning mavjudligini tan olishdan tashqari hech qanday maʼlumot bermagan. Muhammad Rizo ash-Sheroziyning oʻgʻli Abdulmajid oʻzining „Zaxirat ad-Darayn“ kitobida Muhammad al-Avsat Karbalo jangida qatnashganligi va oʻsha jangda shahid boʻlgunga qadar Husayn ibn Alining oldida turib jang qilgani haqida zikr qilgan. Garchi uning ushbu jangda shahid boʻlganligi ehtimoli katta boʻlsa-da, koʻpchilik zamonaviy va eski manbalarda Muhammad al-Avsatning shahid boʻlganligi haqida soʻz yuritilmaydi. Aranlik mulla Gʻulomrizo Araniy muallifligida hijriy 1242-yilda (milodiy 1826-yil) yozilgan „Risola Hiloliya“ nomli qoʻlyozma mavjud boʻlib, ushbu qoʻlyozmada Eronning Aran va Bidgol shahrida Muhammad al-Avsatning ziyoratgohi va taxminiy qabri joylashganligi haqida maʼlumotlar bergan.
Manbalar
Alining farzandlari
632-yilda tugʻilganlar
684-yilda vafot etganlar |
1,218,366 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ma%CA%BCmun%20al-Hudaybiy | Maʼmun al-Hudaybiy | Maʼmun al-Hudaybiy () (1921-yil 28-may — 2004-yil 8-yanvar) — Misrdagi Musulmon birodarlar tashkilotining oltinchi rahbari. 2002-yilda Mustafo Mashhurdan keyin qisqa muddatga rahbar lavozimini egallagan va 2004-yilning 8-yanvarida (vafotigacha) guruhga rahbarlik qilgan. Vorisi Muhammad Mahdi Akef.
Yoshligi va taʼlimi
1921-yil 28-mayda Yuqori Misrning Savhoj shahrida tug‘ilgan. Qirol Fuad universiteti yuridik kollejini tamomlashgan.
Siyosiy qarashlari
Hudaybiy Misr islomiy siyosatidagi muhim shaxsdir. Ichki siyosiy tashkilot nuqtai nazaridan, u tarixchi Favaz Gerges tomonidan "a'zolar yuqori rahbariyatga bo'ysunishlari kerak" deb hisoblaygan.
Manbalar
1921-yilda tugʻilganlar
2004-yilda vafot etganlar
Qohira universiteti bitiruvchilari
Misr musulmon birodarlari yetakchilari |
1,218,367 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Hishom%20ibn%20al-Mug%CA%BBiyra | Hishom ibn al-Mugʻiyra | Hishom ibn al-Mugʻira (598-yilda vafot etgan) — Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan arab qabila boshligʻi. Quraysh orasida yuqori martabaga ega bo'lgan.
Mugʻira Quraysh boshliqlaridan biri al-Mug‘iyra ibn Abdullohning o‘g‘li. Rafiqasi Asmo binti Muxarraba tomonidan Islom payg'ambari Muhammadning taniqli raqibi Amr ibn Hishomning otasi boʻlgan. Ukasi Valid ibn al-Mug'iyra. Hishom Muhammadning zamondoshi edi.
Manbalar
598-yilda vafot etganlar
6-asr arab xalqi
Arab qoʻmondonlari |
1,218,369 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Hishom%20ibn%20al-As | Hishom ibn al-As | Hishom ibn al-As () – Banu Sahm qabilasidan Al-Os ibn Vailning oʻgʻli,Amr ibn al-Osning ukasi va ilk sahobalardan biri. Hishom Umar bilan birga Madinaga hijrat qilmoqchi boʻlgan, lekin oilasi uning rejalarini barbod qilgan. Keyinchalik Oyosh bilan birga Madinaga hijrat qilgan.
Ibn al-As otasining vasiyatiga binoan 50 ta qulni ozod qilgan.
Hijriy 13-yili (milodiy 635) Yarmuk jangida halok boʻlgan.
Manbalar
Paygʻambar sahobalari
635-yilda vafot etganlar
Banu Sahm |
1,218,370 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Hind%20bint%20Amr | Hind bint Amr | Hind bint Amr ibn Haram () — Muhammad paygʻambarning sahobalaridan biri. Bint Amr Madinadagi Banu Salma qabilasining boshliqlaridan biri Amr ibn al-Jomuh bilan turmush qurgan.
Bint Amr va uning uch o'g'li Muavvaz ibn Amr, Muoz ibn Amr va Xallod ibn Amr Musʼab ibn Umayrning da'vatidan soʻng islomni qabul qilgan .
Manbalar
Paygʻambarning sahobiyalari |
1,218,372 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Hammod%20ibn%20Salamah | Hammod ibn Salamah | Abu Salma Hammod ibn Salamah ibn Dinor al-Basriy (; milodiy 783-yilda (hijriy 167-yilda vafot etgan)) – Salama ibn Dinorning oʻgʻli, koʻzga koʻringan hadis roviyi va arab tilining ilk grammatika mutaxassislaridan biri.
Banu Tamim yoki Qurayshning mavlosi. Taba tobein avlodidaт.
Hayoti
Ibn Salamah taxminan hijriy 82-yilda (701/702) tugʻilgan va hijriy 167-yilda (783/784) vafot etgan. Uning maqomi koʻplab musulmon olimlari tomonidan biografik baholash boʻyicha eng yuqori darajali deb hisoblangan va sunniy musulmonlar uchun eng muhim ikki toʻplam boʻlgan „Sahihi Muslim“ va „Sahih al-Buxoriy“ da keltirilgan. Shuningdek, Ibn Salamah Abu Dovud at-Tayoliy va Yunus ibn Habibning ustozidir.
Manbalar
783-yilda vafot etganlar
Arab grammatikachilari
Sunniy musulmon olimlari
Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar |
1,218,374 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Camdak%C4%B1%20k%C4%B1z%20%28roman%29 | Camdakı kız (roman) | Asar turk yozuvchisi Gülseren Budayıcıoğlu tomonidan yozilgan va 2019-yilda chop etilgan.
Syujet
Yoshligida shohona hayot kechirib, keyinchalik boy va obroʻli oilaga kelin boʻlgan Nalan maʻlum muddat oʻtgach, xotirasini yoʻqotadi. Uni bu oilaga keltirgan inson yetti yil Nalan bilan birga vaqt oʻtkazgan Hayridir. Hayri Nalanga hayotida boshqa sevgani borligi haqida aytgach, Nalanning turmushi ostin-ustun boʻladi. Hatto, bir necha bor oʻz joniga qasd qilishga urinadi. Nalan shifokoriga hayot hikoyasini asta-sekin anlata boshlaydi. Avval, Hayri bilan boʻlgan munosabatini va Hayri uni tark etishidan qanchalar qoʻrqqanligi haqida aytib beradi. Nalanning mutaxassisligi—meʼmorchilik hisoblanadi. U ishlayotgan shirkatidagi boy odamning oʻgʻli Sedat bilan turmush quradi. Har qanday vaziyatda qaynotasi va qaynonasi Nalanni qoʻllab-quvvatlasa ham, Sedat unga nisbatan sevgi, shavfqat kabi tuygʻularini koʻrsatmaydi. Xayoli faqat eng soʻnggi moda, zamonaviy kiyimlar kiyishda, goʻzal yerlarda sayr qilish, dabdabali mashinalar sotib olish va otasidan yashirincha qimor oʻynashda boʻlgan Sedat, Nalanga eʼtibor qaratmaydi. Nalan homilasini yoʻqotgach, ogʻir stressga tushadi va maʼlum muddat ishidan ayriladi. U aynan oʻsha kezlarda ota-onasini ham yoʻqotadi. Biroz vaqt oʻtgach qaynotasining yordami bilan ishiga qaytadi. Haydovchilik va xavfsizlikni bajarish uchun Nalan xizmatiga shirkat hodimi Hayri beriladi. Nalan Hayrini sevib qoladi. Eri bilan ajrashib, Hayri bilan 7 yil birga yashaydi. Ular turmush qurgach, 3 ta farzandli boʻlishadi.
Mavzusi
Kitob hayoti davomida sevgi koʻrmagan qiz haqida hikoya qiladi. Otasi va onasi aslida uning buvisi va bobosi boʻladi. "Camdaki kız kitobining mavzusi sevgining inson hayotidagi ahamiyati haqida.
Qahramonlar
*Nalan: Romanning bosh qahramoni. Asar soʻngida psixalogik travmaga uchraydi.
*Hayri: Ayoli boʻlsa ham Nalan bilan turmush qurgan kishi.
*Sedat: Nalan bilan turmush qurgach, unga zarracha mehr-muhabbat koʻrsatmagan inson.
*Türkan: Hayrining xotini.
*Lazkızı: Hayrini oʻldirgan kishi.
Ekranlashtirish
Ilk marotaba 2021-yil 8-aprelda film ekranlarga uzatilgan. Rejissyor—Nadim Güç, ssenarist—Seda Altaylı va Yeşim Aslan. Bosh rollarni Burcu Biricik, Feyyaz Şerifoğlu, Selma Ergeç, Enis Arıkan va Cihangir Ceyhanlar ijro qilishgan. Serial 3 ta sezondan iborat. Bu uch sezon 82 ta qismni tashkil qiladi. Teleserial 2023-yil 15-iyunda efirga uzatilgan.
Turk romanchilari
Turkiya teleseriallari
Turk adabiyoti |
1,218,382 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Colin%20Toal | Colin Toal | Colm Joseph Toal (; 1948-yil 6-iyulda tugʻilgan) – ingliz futboli maʼmuri, murabbiyi va sobiq futbolchisi, hozirda Xitoy Chempionlar Ligasining (Xitoyning 4-darajali ligasi) Kunming Siti klubini boshqaradi.
Faoliyati
Oʻzining futbolchilik faoliyatida Colin eng koʻp Angliyaning „Uimbldon“ klubida oʻynagan va asosan hujumchi ampulasida oʻynagan, shuningdek, Tonbridge Angels, Gravesend & Northfleet, Maidstone United klublarida oʻynagan. Janubiy Afrikaning Berea Park klubida Roy Hodgson bilan birga oʻynagan. Toal 1996-yilda Shvetsiyaning IFK Norrköping jamoasini boshqargan. Colin Hindiston futbolining texnik direktori boʻlgan. Colin shuningdek, 1978-yilda Shvetsiyaning Xalmstads, 1990—2000-yillarda Xitoy milliy futbol jamoasi Trelleborg, Kopengagen, Udineze, 20 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va „Panatinaikos“ klublarida ishlagan.
2024-yilda Colin Xitoy Chempionlar Ligasi „Kunming Siti“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Manbalar
1948-yilda tugʻilganlar
Yashayotgan insonlar
Angliyalik erkak futbolchilari
Angliyalik futbol murabbiylar
Futboldagi erkak hujumchilar
Tonbridge Angels F.C. futbolchilari
Ebbsfleet United F.C. futbolchilari
Wimbledon F.C. futbolchilari
Maidstone United F.C. futbolchilari
Berea Park F.C. futbolchilari
Oʻzbekistonda chet ellik futbol murabbiylari |
1,218,392 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Mazda%20RX-7 | Mazda RX-7 | Mazda RX-7 – 1978-yildan 2002-yilgacha yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi Mazda tomonidan ishlab chiqarilgan sport avtomobili.
Manbalar |
1,218,393 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhsin%20ibn%20Ali | Muhsin ibn Ali | Muhsin ibn Ali (, shuningdek, Mohsin deb ham ataladi) – Fotima binti Muhammad va Ali ibn Abu Tolibning kenja oʻgʻli, Islom paygʻambari Muhammadning nabirasi. Husayn va Hasan ibn Alining ukasi. Muhsinning taqdiri bilan bogʻliq bahs-munozaralar mavjud boʻlib, baʼzi kanonik shia manbalari uning xalifa Umar boshchiligida uyiga qilingan bosqindan keyin vafot etgani haqida xabar beradi. Shu bilan bir qatorda, sunniylar Muhsin goʻdakligida tabiiy sabablar tufayli vafot etgan deb hisoblashadi.
Ismi
Muhsin soʻzi arabcha tildan olingan boʻlib, „xayrli“, „xayr-ehson qiluvchi“ yoki „yordamchi“ maʼnolarini bildiradi.
Tarixi
Saqifa
Milodiy 632-yilda (hijriy 11-yil) paygʻambar Muhammad vafot etganidan soʻng, ansorlar (Madinaning tub aholisi) musulmon jamiyati oʻzaro yangi rahbar tayinlash uchun Saqifaga yigʻilishdi. Germaniyalik olim Madelung tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, bu uchrashuvda muhojirlar (Makkadan kelgan muhojirlar) ishtirok etmagan. Ansorlar ularni Muhammadning oʻlimidan keyin oʻz shahri Makkaga qaytib ketadi deb ishongan va oʻz shaharlari Madina ustidan nazoratini tiklash uchun toʻplanishgan.
Muhammadning sahobalari Abu Bakr va Umar bu voqeadan xabar topib, shoshilinch ravishda yigʻilishgan. Qizgʻin yigʻilishdan soʻng, Saqifada yigʻilganlar Abu Bakrni jamiyatning yangi boshligʻi sifatida kelishib olishgan.
Muxolifat
Saqifa voqeasi Muhammadni dafn etishga hozirlik koʻrayotgan oilasi va koʻpchilik muhojirlarni chetlab oʻtgani aytiladi. Arab tarixchisi al-Balozuriy (vafoti: 892) tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, yangi rahbar sifatida Abu Bakrning tayinlanishiga boʻlgan norozilik sabab Banu Hoshim va bir necha sahobalar Fotimaning uyiga toʻplanishgan. Madelung bergan manbalarga koʻra, ular orasida Muhammadning amakisi Abbos ibn Abdulmuttalib va uning hamrohi Zubayr ibn Avvom ham bor edi. Norozi tomonlar, jumladan, Fotima ham eri Alini Muhammadning qonuniy vorisi deb hisoblagan. Katta ehtimol bilan Muhammadning Gʻadir Xum yigʻilishida aynan Alini oʻzidan keyin jamoatni boshqarishi uchun tayinlagani bois ham noroziliklar ortgan. Shuningdek, xalifa Ali ham ushbu vaziyatni Abu Bakrga tushuntirgan deb hisoblaniladi.
Aliga qarshi tahdidlar
Maʼlumotlarga koʻra, Saqifa ishidan keyin Abu Bakr ittifoqchisi Umarga Ali bay’ati bilan shugʻullanishni buyurgan. Sunniy olimi at-Tabariy (vafoti: 923) taʼkidlaganidek, Umar qurolli olomonni Alining qarorgohiga olib borib, agar Ali va uning tarafdorlari Abu Bakrga bay’at bermasalar, uyga oʻt qoʻyish bilan tahdid qilgan. Koʻp oʻtmay, voqea shiddat bilan avj olgan va Zubayr ibn Avvom qurolsizlantirilgan holda olib ketilgan. Ammo „Al-Imoma va al-siyasa“ asarida xabar qilinganidek, Fotimaning iltijolaridan soʻng, olomon Alining bay’atisiz orqaga chekingan. Shu bilan bir qatorda, al-Balozuriy Umarning tahdididan soʻng Ali darhol taslim boʻlib, Abu Bakrga bay’at berganini aytgan. Kanonik „Sahihi Buxoriy“ va „Sahihi Muslim“da keltirilgan rivoyatga koʻra esa Ali Fotimaning vafotidan keyin Abu Bakrga bay’at qilgan.
Fotimaning uyiga hujum
Fotimaning uyida boʻlib oʻtgan yuqoridagi janjaldan keyin aynan nima boʻlgani nomaʼlum. Baʼzi shia manbalari, jumladan, „Kitob al-Kafi“ Fotimaning Umar boshchiligidagi bosqin paytida jarohat olganini xabar qilgan.
Zoʻravonlik haqidagi daʼvolar sunniy manbalari tomonidan qatʼiyan rad etiladi. Biroq bunday daʼvolar baʼzi sunniy tarixiy manbalarda, jumladan, al-Javhariyning (vafoti: 935) „As-Saqifa va Fadak“ asarida uchraydi. Unda keltirilishicha, Umar va uning odamlari birinchi marta Fotimaning uyiga oʻt qoʻyish bilan tahdid qilgan. Iltimoslarga qaramay, ular uyga kirib, Ali va uning tarafdorlarini uydan chiqarib yuborishgan. „Al-Imoma va as-siyasa“ kitobining qolgan qismida Ali oʻz uyidan kuch bilan chiqarib yuborilgani va unga oʻlim bilan tahdid qilingani tasvirlangan. Muoviya I () Siffin jangi oldidan Alining zoʻravonlik bilan hibsga olinganiga ishora qilgani maʼlum. Tarixchi at-Tabariy xalifa Abu Bakr oʻlim toʻshagida yotganida Saqifada sodir boʻlgan voqealardan afsusda boʻlganini taʼkidlab, garchi itoatsizlik belgisi sifatida eshikni qulflab qoʻygan boʻlsalar ham, hech qachon uni ochishmagan boʻlsalar edi, deya pushaymon boʻlgani haqida yozgan.
Zamonaviy qarashlar
Madelung bergan maʼlumotlarga koʻra, Ali va uning tarafdorlariga nisbatan kuch ishlatilganligi noaniq. Shunga qaramay, tarixchi Fotimaning uyi tintuv qilinganiga oid dalillar (sunniy manbalarda) borligini qayd etgan. Madelungning yozishicha, Ali keyinchalik oʻzining yonida qirq kishi boʻlganida ularga qarshilik koʻrsatgan boʻlardim, deb qayta-qayta aytgan. Shu bilan bir qatorda, tarichi Buehler zoʻravonlik haqidagi daʼvolarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni taklif qilgan, chunki ular oʻsha davrning siyosiy kun tartibini aks ettirishini taʼkidlagan. Bundan farqli oʻlaroq, Veccia Vaglieri shia ayblovlari hatto boʻrttirilgan boʻlsa ham faktlarga asoslangan, degan fikrda. Tarixchi olim Abbosning yozishicha, baʼzi taniqli sunniy manbalarida Umarning bosqinini va Fotimaning ushbu hujumdan olgan jarohatlari eslab oʻtilgan.
Sunniy qarashlar
Ayrim sunniy mualliflar Fotimaning Muhsin ismli beshinchi farzandi borligini qayd etishgan. Al-Balozuriy Fotimaning farzandlari orasida Muhsinning goʻdakligida vafot etganini taʼkidlagan.
Shia qarashlar
Baʼzi shia manbalari, jumladan, „Kitob al-Kafi“ Fotima Umar boshchiligida uyiga qilingan hujum paytida jarohat olganini xabar beradi. Boshqa koʻpchilik manbalarda, shuningdek, olim Hassan Abbos Fotima uyiga bosqin uyushtirilgan vaqtda oʻgʻliga homilador boʻlganini, oʻlimidan oldin otasi Muhammad uning ismini Muhsin deb qoʻyishni aytgani haqida maʼlumot bergan.
Fotimaning oʻlimi
Fotima hijriy 11-yilda (milodiy 632-yil, otasi Muhammadning oʻlimidan keyin olti oy ichida) vafot etgan. Shia va sunniy manbalariga koʻra, oʻsha paytda Fotima taxminan oʻn sakkiz yoki yigirma yetti yoshda boʻlgan. Sunniylik nazarida Fotima Muhammadning vafotidan keyin chuqur qaygʻudan vafot etgan. Ammo shialikka doir fikrlarga koʻra, Fotimaning Umar bosqini paytida olgan jarohatlari uning tushkunlikka tushib qolishiga va koʻp oʻtmay oʻlimiga sabab boʻlgan.
Baʼzi manbalar qisman sunniylarning „Sahih al-Buxoriy“ toʻplamidagi anʼanaga asoslanib, Fotima hech qachon Abu Bakr va Umar bilan yarashmaganligini xabar qiladi. Shuningdek, Madelung tomonidan Abu Bakr va Umarning kechirim soʻrash uchun Fotima oʻlim toʻshagida yotgan vaqtida uni ziyorat qilish uchun borgan deb hisoblaydi. „Al-Imoma va al-siyasa“da keltirilishicha, Fotima ularga Muhammadning „Fotima mening bir qismimdir, kim uni gʻazablantirsa, meni gʻazablantirgan boʻladi“, degan soʻzlarini eslatgan. Oʻlim arafasida turgan Fotima ularning ikkoviga haqiqatan ham uni gʻazablantirganliklarini, tez orada Xudo va paygʻambari Muhammadga ularning ishidan shikoyat qilishini aytgan. Biroq sunniy maʼlumotlariga koʻra, Fotima keyinchalik Abu Bakr va Umar bilan yarashgan, biroq Madelung tomonidan bu maʼlumot Fotimaning gʻazabi keltirib chiqaradigan oqibatlarni bartaraf etish uchun oʻylab topilgan deb taxmin qilingan.
Tabariyning taʼkidlashicha, Fotima oʻlim arafasida Abu Bakrning dafn marosimda ishtirok etmasligi xohlagan, shu boisdan Ali uning bu iltimosini amalga oshirgan. Vasiyatiga binoan Ali Fotimani tunda yashirincha dafn qilingan. Shu sababdan uning Madinadagi aniq koʻmilgan joyi nomaʼlumligicha qolmoqda.
Manbalar
Alining farzandlari |
1,218,394 | https://uz.wikipedia.org/wiki/ASKO | ASKO |
Kirish
ASKO- O'zbekistondagi deyarli barcha viloyatlarda, o'z filiallariga ega bo'lgan, ko'p tarmoqli shinalar savdosi bilan shug'ulanuvchi kompaniya hisoblanadi. ASKOning barcha filiallarida turli xil mahsulotlar, jumladan: shina, diska, akkumulyator va boshqa turdagi mahsulotlar bilan savdo qilinadi. 2021chi yil bir nechta filiallar bilan ish boshlagan ASKO, 2024 chi yil yarimiga kelib, 30dan ortiq do'konlari bilan faoliyat yuritmoqda.
Tarix
U 2021chi yil, 24chi sentabrda o'z faoliyatini boshlagan. Kompaniya Largo holding asoschilari tomonidan tashkil etilgan va ASKO ham Largo holding tarkibiga kiruvchi kompaniyalardan biri.
Mahsulotlar va Xizmatlar
Do'konlarda shina, disklar, akkumulyator va radar detektorlarini sotish bilan shug'ullanadi. Kompaniya 12 dan ortiq shina brendlarini taklif qiladi. Ayniqsa, LARGO brendi ostida ishlab chiqarilgan shinalarga alohida e'tibor qaratiladi.
ASKO da sotiluvchi mahsilotlarga, Largo, Yallama, Tracmaxx, Grelander va boshqa turdagi shinalar, bir necha xil turdagi diskalar va akkumulyatorlar kiradi. Ularning bari Xitoydan import qilinadi va asosan yengil turdagi mashinalar uchun mo'ljallangan.
Afzalliklar
ASKO, O'zbekiston bozorida birinchilardan bo'lib, bepul servis ko'rsatishni joriy qilgan. Va bir necha yillar davomida mijozlarga o'z mahsulotlarini muddatli to'lov evaziga ham berayotgan birinchi kompaniya hisoblanadi.
Faoliyat
2024-yil avgust holatiga ko'ra, ASKOning filiallar kesimida joylashuvi quydagicha:
Toshkent shahrida: 4 filial
Toshkent viloyatida: 6 filial
Sirdaryo viloyatida: 2 filial
Jizzax viloyatida: 2 filial
Samarqand viloyatida: 4 filial
Navoi viloyatida: 5 filial
Buxoro viloyatida: 1 filial
Surxandaryo viloyatida: 2 filial
Qashqadaryo viloyatida: 3 filial
Xorazm viloyatida: 1 filial
Qoraqalpog'iston Respublikasi: 1 filial.
Kompaniyaning asosiy missiyalaridan bir bu, tez orada MDX davlatlarida ham o'z mijozlariga mahsulot va servislarini taklif qilish imkoniyatini yaratishdir.
Boshqaruv
ASKO kompaniyasi Largo holding tarkibidagi kompaniya, uning tarkibida yana bir qator kompaniyalar mavjud. Ular:
Largo Tyres Group,
Dilargo Restaurant,
Largo Grand Car Service,
Largo Motors,
Largobike,
ASKO
ASKOning boshqaruvi ham bevosita, Largo holding ta'sischisi va boshqaruv kengashiga bog'liq.
Qo'shimcha Ma'lumotlar
2024-yil aprelda ASKO o'z tarkibida bo'lgan ASKOCOMFORT loyihasini ishga tushurgan.
Havolalar
ASKOUZBEKISTAN Instagram sahifasi
ASKOUZBEKISTAN Telegram sahifasi
ASKOUZBEKISTAN sayti
ASKOUZBEKISTAN Youtube sahifasi
Shinalar savdosi O'zbekistonda shina sotuvchi brend |
1,218,401 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulrahmon%20ibn%20Abdulloh%20al-Arhabiy | Abdulrahmon ibn Abdulloh al-Arhabiy | Abdulrahmon ibn Abdulloh al-Arhabiy () – Karbaloda shahid boʻlgan jangchilardan biri.
Nasabi
Abdulrahmon Abdulloh al-Arhabiyning oʻgʻli boʻlgan. Arhab shialarning Banu Hamdon qabilasi mashhur tarmoqlaridan biri edi. Abdulrahmon Kufada yuqori nufuzga ega shaxs boʻlib, Ali ibn Abu Tolib va Husayn ibn Alining hamrohlaridan edi. Uning ismi Abdulrahmon al-Kudariy, Abdulrahmon ibn Abdulloh al-Arhabiy va Abdulrahmon ibn Ubayd al-Arhabiy deb ham tilga olingan.
Kufaga safari
Husayn ibn Ali Yazid I ga bay’at qilishdan bosh tortib, Makkaga borgach, Kufa ahli Husaynni u yerga taklif qilish uchun xat yozgan. Abdulrahmon ibn Abdulloh va Qays ibn Mushir Kufa ahli tomonidan 53 ta, boshqa bir manbaga koʻra esa, Husaynga yuborilgan 153 yoki 50 ta maktubda nomi keltirilganlardan boʻlgan. Bu maktublarning umumiy mazmuni uni Kufaga borishga chorlash edi. Ular Makkaga hijriy 60-yil Ramazon oyining 10 yoki 12-kuni (milodiy 680-yil iyul) kirib borganlar.
Kufaliklarning maktublariga javoban Husayn ularning qay darajada yordam bera olishini aniqlash maqsadida Muslim ibn Oqilni Kufaga joʻnatishga qaror qilgan. Muslim ibn Oqilning Kufaga qilgan safarida unga Qays ibn Mushir as-Saydaviy, Abdulrahmon ibn Abdulloh va Umarat ibn Ubayd as-Saluliylar hamrohlik qilgan. Muslim ibn Oqil shahid boʻlgach, Abdulrahmon Kufadan yashirincha chiqib, Husaynning karvoniga qoʻshilgan.
Karbalo jangidagi ishtiroki
Ashuro kuni Abdulrahmon Umar ibn Saʼd qoʻshinining bir qancha askarlarini yarador qilgan va oʻldirgan. U dushmanning birinchi hujumidan shahid boʻlganlar qatorida sanaladi. Banu Asad uning jasadini boshqa Karbalo jangi shahidlari bilan birgalikda shahidlar qabriga dafn qilgan. Uning nomi „Ziyora an-Nahiya al-Muqaddasa“da Abdulrahmon ibn Abdulloh ibn al-Kudoriy al-Arhabiy deya tilga olingan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
Husayn ibn Ali
600-yilda tugʻilganlar
680-yilda vafot etganlar |
1,218,410 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Coca-Cola%20Students%20Cup | Coca-Cola Students Cup | Coca-Cola Students Cup – Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan mini-futbol musobaqasi.
Tarixi
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan talabalar oʻrtasida futbol turnirini oʻtkazish tashabbusi ilgari surilgan. Musobaqalarga Coca-Cola shirkati homiylik qiladi.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2021-yil 5-noyabrda „Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va Workout sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori hamda 2023-yil 7-aprelda „Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mazkur vazirliklar tizimida 2022-yildan boshlab talabalar kubogi musobaqalari oʻtkaziladi.
Manbalar
Oʻzbekiston futboli
Oʻzbekistonda futbol musobaqalari |
1,218,412 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Robia%20ibn%20Farrux | Robia ibn Farrux | Robia ibn Farrux (toʻliq ismi: Robia ibn Abdurahmon Farrux; Robiatur Roy nomi bilan tanilgan) — faqih, muhaddis, mujtahid olim.
Manbalar
Havolalar
Faqihlar
Muhaddislar
Mujtahidlar |
1,218,425 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Inshoot | Inshoot | Inshoot bino so'zi bilan sinonim hisoblanadi. Inshoot ham bino maqbara kabi tarixiy yodgorliklarga kiradi. Ajoyib inshootlar deganda qurilayotgan har qanday tarixiy binolarni tushunsak bo'ladi
Bu ma'lumotlar https://www.youtube.com/@FC_ASPIRINGBOYS tomonidan yozib chiqildi inshoot haqida ozgina bo'lsa ham ma'lumot oldingizmi? Avvalambor BU meni fikrim tushunmaydiganlar uchun bu ma'lumotlar kam bo'lsa ham chiqarildi |
1,218,431 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Qizil%20sharbat | Qizil sharbat | Qizil sharbat (asl nomi turkcha – Kızılcık Şerbeti) – Gold Film tomonidan suratga olingan, birinchi qismi 2022-yil 28-oktabrda efirga uzatilgan, rejissyor Hakan Kirvavach tomonidan boshqarilgan hamda ssenariysi Melis Jivelek va Zeynep Gur tomonidan yozilgan turk dramatik teleseriali. Bosh rollarni Barish Kilich, Evrim Alasya, Sila Turkoʻgʻli, Sibel Tashchioʻgʻli, Dogʻukan Gungoʻr va Ahmet Mumtaz Taylan ijro etmoqda .
Aktyorlar jamoasi va personajlar
Bosh qahramonlar
Yon rollar
Mehmon aktyorlar
Tugatilgan personajlar
Efir taqvimi
Boʻlimlar
1-mavsum (2022-2023)
2-mavsum (2023-2024)
3-mavsum (2024-)
Manbalar
Tashqi havolalar
Show TV'ning rasmiy saytida Qizil sharbat ()
IMDb'da
YouTube |
1,218,434 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ch%C3%A9rif%20Ousmane%20Madani%20Ha%C3%AFdara | Chérif Ousmane Madani Haïdara | Shayx Chérif Usmon Madani Haïdara — Malidagi diniy arbob. 2019-yil aprel oyidan buyon Mali Oliy Islom Kengashi prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Islomning Molikiy mazhabi tarafdori.
1991-yilda Haïdara soʻfiylarga asosnlangan „Ansar Dine“ islomiy harakatini (shuningdek, „Ançar Dine“ deb ham yoziladi) tashkil etgan. Harakat Mali janubi, Kot-d’Ivuar, Burkina-Faso va Mali diasporasida kuchli.
Manbalar
Malilik soʻfiylar
Yashayotgan insonlar
Muftiylar |
1,218,435 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Habib | Muhammad Habib | Muhammad Habib () – Misr Musulmon Birodarlarining ikkinchi qoʻmondoni. 2009-yil aprel oyida sobiq rahbar, Oliy yoʻlboshchi Muhammad Mahdi Akef isteʼfoga chiqishini eʼlon qilganidan keyin tashkilotning navbatdagi rahbari boʻlishi kutilgan edi. Habib „Musulmon birodarlar“ni tark etdi va oʻshandan beri Misr prezidenti boʻlgan Muhammad Mursiyning tanqidchisiga aylandi.
Habib tashkilot ichida islohotchi aʼzo sifatida koʻrilgan. Demokratiyani qoʻllab-quvvatlaydi. Habib shuningdek, „Renessans“ partiyasining asoschisi hisoblanadi.
Manbalar
Yashayotgan insonlar
XX asr Misr siyosatchilari
Musulmon birodarlar dissidentlari
Misr siyosiy partiyasi asoschilari |
1,218,437 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmad%20Qobil | Ahmad Qobil | Ahmad Qobil () – eronlik hujjat al-Islom shia musulmonlari ulamosi, ilohiyotchi, oʻqituvchi, tadqiqotchi va yozuvchi.
Qobil dissident ruhoniy Oyatulloh Husayn Ali Montazeriyning izdoshi boʻlgan va Eron hukumati tomonidan bir necha bor hibsga olingan. 2012-yil 22-oktyabrda vafot etgan.
Biografiyasi
„Hayat-é-No“ gazetasida jurnalist boʻlib ishlaganida. 2001-yil 31-dekabrda Ruhoniylar uchun maxsus sud qarori bilan hibsga olingan. Bu „Chegara bilmas muxbirlar“ xalqaro matbuot xizmatining noroziligiga sabab boʻlgan.
2009-yil dekabr oyida Husayn Ali Montazeriyning dafn marosimida qatnashish uchun Qumga ketayotganida hibsga olingan. Bungacha u „Hikmat va din“ loyihasi ustida ishlagan. Islohotchilar veb saytiga koʻra, 170 kunlik qamoqdan soʻng ozod qilingan, biroq 2010-yilning yozida „Mashhaddagi Vakilobod qamoqxonasidagi yashirin ommaviy qatllar va oliy rahbarni tanqid qilgani“ uchun qayta hibsga olingan.
2010-yil 14-dekabrda hukmron tuzumga qarshi ishlaganlikda va mamlakat oliy rahbarini haqorat qilganlikda ayblanib, 20 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan va unga apellyatsiya shikoyati uchun 20 kun muhlat berilgan. 2011-yilning iyul oyida jazoni oʻta boshlagan, ammo oʻsha yozda miya shishi tugayli kasalxonaga yotqizilgan.
2012-yil 22-oktyabrda olti kunlik komadan soʻng kasalxonada vafot etgan.
Manbalar
XX asr musulmon ilohiyotshunoslari
Eron olimlari
Eronda inson huquqlarining buzilishi
1954-yilda tugʻilganlar
2012-yilda vafot etganlar
21-asr musulmon ilohiyotshunoslari
Eronda miya saratonidan oʻlganlar |
1,218,438 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ispahdost | Ispahdost | Ispahdost () yoki Isfahdust () buvayhiylar oilasiga xizmat qilgan daylamiy harbiy sarkardasi. U birinchi marta 945-yilda buvayhiylar hukmdori Muizz ud-Davlaning Abbosiylar Iroqini bosib olishda ishtirok etgan zobitlari qatorida tilga olingan. Qolaversa, Ispahdost keyinchalik Muizz ad-Davlaning qaynisi ekanligi eslab oʻtilgan. Bir yildan so‘ng Bag‘dodni Hamdoniylarga qarshi himoya qilishda ham qatnashgan. 948-yilda Ispahdost Abbosiylar xalifasi al-Mutiy bilan birgalikda Muizz ud-Davlaga qarshi fitna uyushtirishni rejalashtirgan. Bu haqda Muizz Davla xabar topgach, Ispahdostni qamoqqa tashlagan. Ispahdost tez orada vafot etgan.
Adabiyotlar
Buvayhiy generallar
Daylamiylar
948-yilda vafot etganlar
10-asr eronlik kishilar
Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar
Buvayhiylar sulolasining mahbuslari va asirlari |
1,218,440 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdurahmon%20ibn%20Abdurobiy%20al-Ansoriy%20al-Xazrajiy | Abdurahmon ibn Abdurobiy al-Ansoriy al-Xazrajiy | Abdurahmon ibn Abdurobiy al-Ansoriy al-Xazrajiy () Karbalo jangida shahid boʻlgan, Muhammad va Alining sahobalaridan.
Abdurahmon Gʻadir kunining guvohi boʻlgan va Gʻadir hadislarini rivoyat qilgan sahobalardan boʻlgan.
Karbalo jangi
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, Abdurahmon Makkadan Husayn ibn Alining karvoniga qoʻshilgan. Karbalo jangida Umar ibn Saʼd qoʻshinining birinchi hujumida shahid boʻlgan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
Husayn ibn Ali
600-yilda tugʻilganlar
680-yilda vafot etganlar |
1,218,441 | https://uz.wikipedia.org/wiki/2021-yilgi%20Angliya%20Superkubogi | 2021-yilgi Angliya Superkubogi | 2021-yilgi Angliya Supekubogi (rasmiy nomi FA Community Shield) – tarixdagi 99-bor oʻtkazilayotgan FA Community Shield turniri. Unda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari oʻzaro toʻp surishadi. 2021-yilgi final bahsi 7-avgust sanasida London shahridagi Wembley stadionida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 2020-2021-yilgi mavsum Premyer-liga chempioni „Manchester City“ hamda Angliya kubogi sohibi „Leicester City“ klublari toʻqnash keldi. Bu „Shaharliklar“ning 2019-yilda „Liverpool“ni penaltilar seriyasida 5:4 hisobida magʻlub etganidan buyon FA Community Shielddagi ilk oʻyini edi. „Leicester City“ jamoasi esa soʻnggi bor 2016-yili finalda ishtirok etgan boʻlib „Manchester United“ jamoasiga imkoniyatni boy berishgan edi. Bu yilgi final oʻyinda Kelechi Iheanachoning yagona goli klubiga chempionlikni taqdim edi.
„Arsenal“ turnirning amaldagi chempioni edi, biroq klubning Angliya kubogi va Premyer-ligada ham omadi yurishmaganligi sababli bu mavsumdagi bahsda ishtirok eta olmadi. Oʻyin Buyuk Britaniyaning ITV telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efirda namoyish etildi. Bu turnirning 2012-yilgi finaldan buyon ilk marotaba jonli efirda namoyish etilishi edi.
Tarixi
„Leicester City“ finalda „Chelsea“ni 1:0 hisobida magʻlub etib, Angliya kubogidagi ilk chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu ularning Community Shield doirasidagi uchinchi oʻyini boʻlib, jamoa ularning bittasida gʻalaba qozongan (1971), bittasida esa magʻlubiyatga boʻlgan edi (2016).
„Manchester City“ 2021-yil 11-may kuni Old Traffordda kechgan oʻyinda azaliy raqiblari „Manchester United“ „Leicester City“ga 2:1 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng Pep Gvardiola boshqaruvida toʻrt yil ichida uchinchi Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu yili klub superkubokda oʻzining 13-oʻyinida maydonga tushdi. Ulardan oltitasida (1937, 1968, 1972, 2012, 2018, 2019) ularning qoʻlib baland kelgan boʻlsa va yana oltitasida (1934, 1956, 1969, 1973, 2011, 2014) raqiblarining qoʻli baland kelgan.
Tafsilotlar
Manbalar
FA Community Shield
Manchester City F.C. oʻyinlari
Wembley stadionida oʻtgan sport musobaqalari
Leicester City F.C. oʻyinlari |
1,218,446 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Filip%20J%C3%B6rgensen | Filip Jörgensen | Filip Jörgensen (2002-yil 16-aprelda tugʻilgan) – shved-daniyalik professional futbolchi, Preymer-liganing „Chelsea“ klubi darvozaboni.
Klublardagi karyerasi
Lomma sharida tugʻilgan Jörgensen dastlab „Mallorca“, „AD Penya Arrabal“, „Santa Catalina Atlético“, „Malmö FF“ va „GIF Nike Lomma“ jamoalari sharafini himoya qilgan. Keyinchalik 2017-yilda „Villarreal“ klubining yoshlar akademiyasiga borib qoʻshilgan. 3 yilda davomida u yerda toʻp surgan futbolchi 2020-yilga kelib Segunda B divizionidagi zaxira jamoasida faoliyatini davom ettirgan.
Jörgensen 2020-yil 18-oktyabrda „SCR Peña Deportiva“ klubiga qarshi safar uchrashuvida (0:1) katta futboldagi debyutini oʻtkazgan. 12-noyabr kuni esa u jamoa bilan shartnomasini 2025-yilga qadar uzaytirgan.
Jörgensen Villarreal asosiy jamoasidagi debyutini 2021-yilning 15-dekabrida oʻtkazgan. Darvozabon Ispaniya kubogi doirasida „Atlético Sanluqueño CF“ jamoasiga qarshi bahsning ikkinchi boʻlimida Geronimo Rullining oʻrniga maydonga tushirilgan.
Jörgensen La Ligadagi debyutini 2023-yilning 30-yanvarida „Rayo Vallecano“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Avgust oyida u toʻlaqonli ravishda asosiy jamoa futbolchisiga aylantirilgan va unga 13-raqam berilgan. 2023-2024-yilgi mavsumda u 143 ta seyv bilan La Ligada bu natija borasida birinchi oʻrinni egallagan. 2024-yil 13-iyunda u jamoa bilan shartnomasini 2029-yilgacha uzaytirgan.
2024-yilning 30-iyulida Jörgensen 20 million funt sterling evaziga Preymer-liganing „Chelsea“ jamoasi bilan yetti yilga moʻljallangan shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi karyerasi
Jörgensenning Shvetsiyada tugʻilgan. Otasi daniyalik, onasi shved bo'lgan. U 2021-yil may oyida Daniya terma jamoasiga oʻtishdan oldin Shvetsiyanining 16 va 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari safida toʻp surgan.
Statistikasi
Sovrinlar
Villarreal
UEFA Yevropa Ligasi: 2020-2021
Manbalar
Shvetsiyalik erkak futbolchilari
Chelsea F.C. futbolchilari
Villarreal CF futbolchilari
Alifbo boʻyicha futbolchilar |
1,218,447 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibn%20Boqiyya | Ibn Boqiyya | Abu Tohir Muhammad ibn Muhammad ibn Boqiyya, shuningdek Nasir ud-Davla, Nasih, eng mashhur ismi Ibn Boqiyya buvayhiylar sulolasining davlat arbobi. 973-yildan 977-yilgacha Izz ud-Davlaning vaziri vazifasida ishlagan.
Biografiyasi
Bagʻdod yaqinidagi Avona shahridan boʻlgan Ibn Boqiyya past tabaqadagi oilada tugʻilgan. Shu sababli, uni raqiblari keyinchalik past tabaqadagi davlat arboblarini yuqori lavozimlarga tayinlash uchun yordam berishda gumon qilishgan. Birinchi marta buvayhiylar hukmdori Muizz ud-Davlaning Abbosiylar Iroqini zabt etilishi voqealarida tilga olingan. Tezda yuqori lavozimlarga koʻtarilib, 973-yildan Muizz ud-Davlaning oʻgʻli va vorisi Izz ud-Davlaning () vaziri vazifasini bajara boshlagan. Biroq Izz ud-Davla va uning Fors hamda Kirmonda hukmronlik qilgan amakivachchasi Adud ud-Davla oʻrtasida asta-sekin dushmanlik paydo boʻlgan. Bu vaziyatda Adud ud-Davlaning qudratini yaxshi bilgan Ibn Boqiyya uning marhamatini qozonishga intilgan.
975-yilda Adud ud-Davla Iroqqa bostirib kirgan. Bu orada Izz ud-Davla Ibn Boqiyyani xiyonatda gumon qilgan. 977-yilda Ahvozda Adud ud-Davladan mag‘lub boʻlgach, Ibn Boqiyyani vazirlikdan olib, ko‘zini ko‘r qilgan. Qonli kurashdan soʻng Adud ud-Davla oxir-oqibat Izz ud-Davlani magʻlub etib, qatl qilishga muvaffaq boʻlgan. Ibn Boqiyya qutqarilgan. Biroq, Adud ud-Davlani haqorat qilgani uchun Bahrom ibn al-Majusiy va boshqa davlat arboblari boshchiligida Adud ud-Davla yuborgan kuchlar tomonidan hibsga olingan. Ibn Boqiyya ko‘p o‘tmay oʻlgunicha oyoq osti qilingan va birinchi marta 983-yilda Adud ad-Davla vafotidan keyin dafn etilgan.
Adabiyotlar
Buvayhiylar vazirlari
978-yilda vafot etganlar
Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar
Buvayhiylar sulolasi tomonidan qatl etilgan kishilar
10-asr Iroqda |
1,218,450 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdurahmon%20ibn%20Oqil | Abdurahmon ibn Oqil | Abdurahmon ibn Oqil () — Karbalo jangida (milodiy 680) shahid boʻlgan, Husayn ibn Alining hamrohlaridan biri. Aqil ibn Abu Tolibning oʻgʻli (), toʻrtinchi xalifa va birinchi shia imomi Ali ibn Abu Tolibning () jiyani hamda kuyovi.
Nasabi
Abdurahmonning otasi Oqil ibn Abu Tolib, onasi esa choʻri boʻlgan. U Alining kuyovlaridan biri boʻlib, turmush oʻrtogʻi Alining qizi Xadicha edi.
Karbalo jangi
Abdurahmon Ashuro kuni Husayn ibn Alining qoʻshini bilan jang maydoniga kirgan.
Karbalo jangida Abdurahmon Umar ibn Saʼd qoʻshinidan 17 otliq askarni oʻldirgan, ammo uning oʻzi oxir-oqibat Usmon ibn Xolid ibn Roshim tomonidan oʻldirilgan.
Abdurahmonning hayoti haqida koʻp narsa maʼlum emas, lekin „Labab al-Ansab“ kitobining muallifi tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 35 yoshida oʻldirilgan. Bundan tashqari, uning nomi „Ziyarat Nahiya Muqaddasa“ va „Ziyarat Rajabiya“ kitoblarida ham zikr qilingan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
Karbalo jangi
680-yilda vafot etganlar |
1,218,453 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulloh%20ibn%20Oqil | Abdulloh ibn Oqil | Abdulloh ibn Oqil () Karbalo jangida shahid boʻlgan, Husayn ibn Alining hamrohlaridan.
Nasabi
Oqil ibn Abu Tolibning Abdulloh ismli ikki farzandi boʻlgan. Kattasining ismi Abdulloh al-Akbar, kichigi Abdulloh al-Asgʻar edi. Ayrim manbalarda uning ikkala oʻgʻli ham Karbalo jangida shahid boʻlganligi aytilgan. Abdulloh ibn Oqil uning katta farzandi Abdulloh al-Askar edi.
Abdulloh ibn Oqil xalifa Ali ibn Abu Tolibning qizi Maymunaga uylangan.
Karbalo jangi
Abdulloh ibn Oqilning ismi „Ziyorat Shuhada“da Abu Abdulloh ibn Muslim ibn Oqil deya tilga olingan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
680-yilda vafot etganlar
Husayn ibn Ali |
1,218,456 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Marzuban%20ibn%20Baxtiyor | Marzuban ibn Baxtiyor | Marzuban ibn Baxtiyor buvayhiy shahzodasi va Iroqning buvayhiy hukmdori Izz ud-Davlaning oʻgʻli.
Marzubanning hayoti haqida juda kam maʼlumot mavjud. 970-yilda turkiy sarkarda Buxtakin Azaruvayhning qiziga uylangan. 975-yilda oilasining turli unvonlarga erishgan boshqa a'zolari va sarkardalar kabi Abbosiy xalifa at-Toiydan Eʼzoz ud-Davla (imperiyaning ud-davla istehkomi) unvonini olgan. 977-yilda otasi oʻz qarindoshi Adud ud-Davladan magʻlub boʻlgach, u otasi va amakilari bilan birga Damashqqa borgan. Alptakin ularni iliq kutib olgan boʻlsa-da, keyinroq Misrning Fotimiylar xalifaligi bilan boʻlgan harbiy toʻqnashuvga jalb qilgan.
Tez orada Ramlada Alptakin qoʻshini va Fotimiylar oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Biroq, jang paytida Marzuban Alptakinga xiyonat qilib, jang maydonidan qochib ketgan. Qisqa vaqt ichida Alptakin kuchlari magʻlubiyatga uchragan. Marzubanning amakisi Abu Tohir oʻldirilgan, boshqa amakisi Abu Isʼhoq Ibrohim esa fotimiylar tomonidan asirga olingan . Shundan soʻng Marzuban haqida biror maʼlumot mavjud emas.
Manbalar
Adabiyotlar
10-asrda tugʻilganlar
10-asr eronlik kishilar
Buvayhiy shahzodalar
Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar
10-asr Osiyoda |
1,218,461 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulloh%20ibn%20Hasan%20ibn%20Ali | Abdulloh ibn Hasan ibn Ali | Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali () – Hasan ibn Alining oʻgʻli. Amakisi Husayn ibn Ali bilan Karbaloga borgan va Karbalo jangida halok boʻlgan. Uning ismi „Ziyarat an-Nahiya al-Muqaddasa“da zikr qilingan.
Shia musulmonlari tomonidan keltirilgan manbalarga koʻra, Abdulloh ibn al-Hasan Karbalo jangida halok boʻlgan vaqtiida 11 yoshda boʻlgan. Husayn ibn Ali hayotining soʻnggi damlarida Bahr ibn Kaʼb uni urmoqchi boʻlganida, Abdulloh chodirdan yugurib chiqib kelgan. Uning yoʻlida turib, „Ey, buzuq ayolning oʻgʻli! Togʻamni urasanmi?“, deb qichqirgan. Abdulloh Husaynni qilich zarbasidan himoya qilgan va qoʻli kesilib, osilib qolgan. Abdulloh: „Ey, amaki“, deb baqirgan. Husayn jiyanini ushlab, koʻksiga tortgan va: „Ey ukamning oʻgʻli! Azoblaringga sabr qil va uni yaxshi deb bil, chunki Alloh seni taqvoli ota-bobolaringni uchrashtiradi“, deydi. Shu payt Harmala ibn Kohil Abdullohga oʻq otib, uni amakisining qoʻllarida oʻldirgan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
680-yilda vafot etganlar
Hasaniylar |
1,218,468 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Bahodir%20Mirzayev%20%28futbolchi%29 | Bahodir Mirzayev (futbolchi) | Bahodir Mirzayev (Баҳодир Мирзаев) — oʻzbekistonlik sobiq futbolchi. „AGMK“ futbol klubi bosh direktori.
Manbalar
Yashayotgan insonlar
Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
Alifbo boʻyicha sportchilar |
1,218,473 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Bahrom%20ibn%20Ardasher%20al-Majusiy | Bahrom ibn Ardasher al-Majusiy | Bahrom ibn Ardasher al-Majusiy zardushtiy qabiladan chiqqan buvayhiylar zobiti boʻlib, dastlabki faoliyatida Buvayhiylar hukmdori Adud ud-Davlaga, keyinroq uning oʻgʻli Samsam ud-Davlaga xizmat qilgan.
Biografiyasi
Bahrom Ardasher ismli shaxsning oʻgʻli va zardushtiy oilaga mansub. Birinchi marta buvayhiylar hukmdori Adud ud-Davlaning kotiblari qatorida tilga olingan. 976/77-yillarda oilaviy mojaroda Adud ud-Davla muzokarachisi boʻlgan. Adud ad-Davla Ahvozda amakivachchasi Izz ud-Davlani magʻlub etgandan soʻng, Bahrom Izz ud-Davla bilan muzokaralar olib borish uchun yuborilib, Izz ud-Davlaga isteʼfoga chiqib, Suriyaga borib, Hamdoniylar nazorati ostida yashashga ruxsat bergan.
Suriyaga ketayotgan Izz ud-Davlani Mosulning hamdoniy hukmdori Abu Tagʻlib oʻz amakivachchasiga qarshi yana jang qilishga koʻndirgan. 978-yil 29-mayda Izz ud-Davla Abu Tag‘lib bilan birga Adud ud-Davla hududiga bostirib kirib, Samarra yaqinida unga qarshi jang qilgan. Bahrom ham bu jangda ishtirok etgan. Izz ud-Davla yana bir bor magʻlub boʻlgach, Adud ud-Davlaning buyrugʻi bilan qoʻlga olinib, qatl etilgan.
Bahrom qolgan buvayhiy qoʻshini bilan Mosulga yoʻl olib, shaharni egallagan. Abu Tagʻlib esa Anzitenedagi Vizantiya hududiga qochib borib, yordam soʻragan. Bu vaqtda buvayhiylar qoʻshini Diyor Bakr va Diyor Mudarni zabt etishni yakunlayotgan edi. Hamdoniylarning muhim shahri Mayyafariqin qisqa vaqt ichida egallangach, Abu Tagʻlib Rahbaga qochishga majbur boʻlgan. U yerda Adud ud-Davla bilan tinchlik muzokaralari olib borishga harakat qilgan.
Xuddi shu davrda Bahrom boshqa buvayhiy zobitlari bilan Izz ud-Davlaning sobiq vaziri Ibn Boqiyyani hibsga olish uchun yuborilgan. 983-yilda Bahrom kurd marvoniy hukmdori Abu Shuja Badga qarshi jang qilish uchun qoʻshin bilan yuborilgan, ammo magʻlubiyatga uchragan. Adud ud-Davlaning o‘g‘li Samsam ud-Davla davrida Bahrom hukmdor noibi bo‘lgan, ammo 986-yilda qatl etilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Eron zardushtiylari
10-asr eronlik kishilar
986-yilda vafot etganlar
10-asrda tugʻilganlar
Buvayhiy generallari |
1,218,476 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulloh%20ibn%20Yaqtor | Abdulloh ibn Yaqtor | Abdulloh ibn Yaqtor () – Karbalo jangi shahidlaridan. Baʼzi manbalarga koʻra, Ali va Husayn ibn Alini laʼnatlashdan bosh tortgan va shu sababli Dorul-Xilafadan quvilgan. Boshqa manbalarda Karbalo shahidlari qatorida nomi keltirilgan.
Nasabi
Abdulloh ibn Yaqtor Madinada tugʻilgan. U Husayn ibn Alining ridoiy ukasi sifatida tanilgan edi. Ibn Hojar Husayn bilan boʻlgan bunday yaqinligi bois Abdullohni uning yaqin kishilari qatoriga qoʻygan.
Aksariyat tarixchilarning fikricha, Abdullohning otasining ismi Yaqtor boʻlgan, ammo at-Tabariy uni Baqtor deb atagan. Onasining ismi Maymuna boʻlgan.
Elchilik qilishi
Aksariyat ulamolar Abdulloh ibn Yaqtor Husayn tomonidan uning karvoni Kufaga ketayotganligi toʻgʻrisidagi xabarni Muslim ibn Oqilga yetkazishi uchun yuborgani haqida maʼlumot berishgan.
Shahidligi
Ibn Ziyod Abdulloh ibn Yaqtorni saroydan quvishni buyurgan. Uni saroydan haydab, suyaklarini sindirishgan va qattiq azob berishgan. Keyin bir kishi pastga tushib, uning boshini olgan. Vaziyatning guvohi boʻlgan oddiy xalq uning oʻldirilishiga eʼtiroz bildirganda, Abdullohning qotili shunchaki uning ogʻriqdan xalos boʻlishini xohlayotganini aytgan. Tabariy bu kishining ismini Abdulmalik ibn Umayr al-Laxmiy deya maʼlumot keltirgan.
Ibn Saʼd Abdullohning Ibn Ziyod qoʻshini Kufaga kelganining birinchi kunida, Muslim ibn Oqil shahid boʻlishidan oldinroq vafot etganini rivoyat qilgan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
680-yilda vafot etganlar
Husayn ibn Ali |
1,218,478 | https://uz.wikipedia.org/wiki/BMB%20Holding | BMB Holding | BMB – Oʻzbekistondagi investitsion konsalting shirkati.
Tarixi
2017-yil 4-aprel kuni „BMB Trade Group“ nomi ostida faoliyatini boshlagan. 2023-yil 25-avgustda rebrending qilgan va nomi „BMB Holding“ deb oʻzgartirilgan.
Brendlari
Manbalar
Havolalar
BMB Trade Group LinkedIn sahifasi
Oʻzbekiston shirkatlari
2017-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar |
1,218,481 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Braziliya%20milliy%20futzal%20terma%20jamoasi | Braziliya milliy futzal terma jamoasi | Futzal boʻyicha Braziliya terma jamoasi xalqaro futzal musobaqalarida Braziliya sharafini himoya qiladi. Terma jamoa Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) tomonidan boshqariladi. Jamoa FIFA Futzal Jahon chempionatida ketma-ket uch marta gʻolib boʻlgan. Shuningdek, Braziliya Copa América de Futsal nomi bilan tanilgan Janubiy Amerika futzal chempionatida oʻn ikki marta, Taça América de Futsal chempionatida besh marta gʻolib chiqqan. 2016-yil noyabr oyiga kelib, Braziliya futzal boʻyicha jahon reytingida birinchi oʻringa chiqib oldi. Braziliya futzal boʻyicha barcha jahon chempionatlarida ishtirok etgan va sakkiz marta kuchli uchlikdan joy olgan, shu jumladan 2021-yilda futzal boʻyicha Jahon chempionatida gʻolib chiqqan. 2024-yil holatiga koʻra, Braziliya terma jamoasi oʻzi toʻqnash kelgan har bir davlat ustidan gʻalaba qozongan, 89% dan ortiq oʻyinlarda gʻalaba qozongan va 5% magʻlubiyatga uchragan.
Tarixi
FIFA Era
FIFA Futzal Jahon chempionatining dastabki musobaqalaridan Braziliya xalqaro maydonda kuchli raqib sifatida qaralgan. Auriverde 1989-yilda Niderlandiyada, 1992-yilda Gonkongda va 1996-yilda Ispaniyada oʻtkazilgan ushbu nufuzli musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Biroq, keyinchalik Ispaniya milliy futzal terma jamoasi Braziliyani bir necha bor magʻlub etdi. La Furia Roja 2000-yilgi Gvatemalada boʻlib oʻtgan jahon chempionati finalida va 2004-yilgi Tayvanda boʻlib oʻtgan jahon chempionati yarim finalida Braziliya terma jamoasini magʻlub etdi va chempionlikni qoʻlga kiritdi. Braziliya 2008-yilda Braziliyada va 2012-yilda Tailandda boʻlib oʻtgan jahon chempionati finalida Ispaniyani magʻlub etib, 4 va 5-chi unvonlarini qoʻlga kiritdi. Terma jamoa 2006-yilda Makaoda boʻlib oʻtgan Lusofoniya oʻyinlarida Sharqiy Timorni 76-0 hisobida magʻlub etgani bilan mashhur.
Natijalar
Quyida so‘nggi 12 oy ichidagi o‘yin natijalari hamda rejalashtirilgan kelajakdagi uchrashuvlar ro‘yxati keltirilgan.
Izoh
2021
Jamoa
Hozirgi tarkib
Quyidagi futbolchilar 2022-yil 5-10-aprel kunlari Fransiyada boʻlib oʻtadigan turnir uchun Braziliya terma jamoasiga chaqirilgan.
Bosh murabbiy: Marquinhos Xavier
Oxirgi chaqiruvlar
Keyingi 5 yil ichida Braziliya terma jamoasiga quyidagi futbolchilar ham chaqirilgan.
INJ Futbolchi jarohati tufayli jamoani tark etdi.
COV O‘yinchi COVID-19 tufayli jamoani tark etdi.
PRE Dastlabki tarkib.
RET Xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlagan.
Mashhur oʻyinchilar
Jackson João Bosco Moreira dos Santos (1979–1988)
Douglas Pierotti (1980–1989)
Eduardo Valdez Basso (1983–1991)
Raul Cerqueira de Rezende (1985–1990)
Paulo Sérgio Lira Goés (1992–2004)
Jorge Luis da Costa Pimentel (1992)
Manoel Tobias (1992–2004)
Vander (1988–1997)
Carlos Roberto Castro Silva (1993–1999)
Lenísio (1999–2012)
Falcão (1998–2018)
Musobaqalardagi ishtirok
Futzal bo‘yicha jahon chempionati
Futzal bo‘yicha FIFUSA/AMF jahon chempionati
Copa América de Futsal
Futzal bo‘yicha Janubiy Amerika chempionati (norasmiy)
1965 – 2-oʻrin
1969 – Chempion
1971 – Chempion (mezbon)
1973 – Chempion
1975 – Chempion
1976 – Chempion
1977 – Chempion (mezbon)
1979 – Chempion
1983 – Chempion
1986 – Chempion
1989 – Chempion (mezbon)
Copa América de Futsal
1992 – Chempion (mezbon)
1995 – Chempion (mezbon)
1996 – Chempion (mezbon)
1997 – Chempion (mezbon)
1998 – Chempion (mezbon)
1999 – Chempion (mezbon)
2000 – Chempion (mezbon)
2003 – 2-oʻrin
2008 – Chempion
2011 – Chempion
2015 – 3-oʻrin
2017 – Chempion
2022 – 3-oʻrin
2024 – Chempion
Natijalar
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati saralashi (CONMEBOL)
2012 – 3-oʻrin (mezbon)
2016 – Chempion
2020 – 2-oʻrin
Futzal Konfederatsiyalar kubogi
2009 – ishtirok etmadi
2013 – Chempion (mezbon)
2014 – 3-oʻrin
Panamerika o‘yinlari
2007 – Chempion (mezbon)
Panamerika FIFUSA chempionati
1980 – Chempion
1984 – Chempion (mezbon)
1990 – ishtirok etmadi
1993 – Yarim final
1996 – 4-oʻrin
1999 – ishtirok etmadi
Janubiy Amerika o‘yinlari
2002 – Chempion (mezbon)
2006 – Chempion
2010 – Chempion
2014 – Chempion
Grand Prix de Futsal
2005 – Chempion (mezbon)
2006 – Chempion (mezbon)
2007 – Chempion (mezbon)
2008 – Chempion (mezbon)
2009 – Chempion (mezbon)
2010 – 2-oʻrin (mezbon)
2011 – Chempion (mezbon)
2013 – Chempion (mezbon)
2014 – Chempion (mezbon)
2015 – Chempion (mezbon)
2018 – Chempion (mezbon)
Futsal Mundialito
1995 – Chempion
1996 – Chempion
1998 – Chempion
2007 – Chempion
2008 – Chempion
Boshqa turnirlar
Futsal Pyramids Cup
2002 – Chempion
2003 – 3-oʻrin
Futsal World Tournament
1986 – 8-oʻrin
1987 – 3-oʻrin
1987 – 2-oʻrin
Lusophony Games
2006 – Chempion
2009 – Chempion
Futsal Tiger's Cup
1997 – 2-oʻrin
1999 – Chempion
2001 – 2-oʻrin
KL World 5's (Futsal, Kuala Lumpur)
2003 – 2-oʻrin
2008 – Chempion
IBSA Blind Futsal World Championship
1998 – Chempion
2000 – Chempion
2002 – 3-oʻrin
2006 – 2-oʻrin
2010 – Chempion
Ho Chi Minh City International Futsal Tournament
2013 – Chempion
Boshqa terma jamoalar bilan oʻzaro natijalari
Yana qarang
Braziliyadagi sport
Braziliyada futzal
Braziliyadagi futbol
Braziliyadagi plyaj futboli
Futzal bo‘yicha Braziliya ayollar terma jamoasi
Braziliya milliy futbol terma jamoasi
Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Manbalar
Janubiy Amerika futzal terma jamoalari
Braziliyada futzal
Braziliya milliy futzal terma jamoasi |
1,218,490 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Sobit%20Banoniy | Sobit Banoniy | Sobit Banoniy (toʻliq ismi: Abu Muhammad Sobit ibn Aslam al-Banoniy al-Basriy; ; VII asrning ikkinchi yarmi, Basra — 745-yil, Basra) — dono so‘zlari va ibodatga bo‘lgan muhabbati bilan mashhur bo‘lgan zohid. Muhammad payg‘ambar sahobalarining shogirdlari avlodi hisoblangan tobeinlar orasida tasavvuf amaliyotining mavjudligi ko‘pincha uning nomi bilan bog‘lanadi.
Manbalar
Havolalar |
1,218,504 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Yagi%20to%CA%BBfoni | Yagi toʻfoni | Yagi toʻfoni – 2024-yil sentabr oyi boshida Filippinda Enteng tropik boʻroni nomi bilan tanilgan toʻfon.
Hodisa Filippin, Janubiy Xitoy, Vetnam, Laos, Tailand va Myanmaga taʼsir koʻrsatgan halokatli, kuchli va vayronkor tropik siklondir. Yagi, yapon tilida echki yoki Capricorn yulduz turkumi maʼnosini beradi. Ayni paytda u Shimoliy Vyetnamni qamrab olgan eng kuchli toʻfonlardan biri.
Manbalar
2024-yil Filippindagi halokatli hodisalar
2024-yil Vetnamdagi halokatli hodisalar
2024-yil Tailandagi halokatli hodisalar |
1,218,505 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Wilson%20Odobert | Wilson Odobert | Wilson Serj Erik Odobert (; 2004-yil 28-noyabrda tugʻilgan) – fransuz futbolchisi, Angliyaning "Tottenham Hotspur FC" klubida Yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klub karyerasi
Odobert Trilport va Paris Saint-Germain FC yoshlar jamoalarida oʻynagan. 20220yilning yanvarida Parij klubi Wilsonga professional shartnoma taklif qilgan, biroq futbolchi bu taklifni rad etgan.
2022-yil 15-iyulda Odobert Troyes klubiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan. 2022-yilning 7-avgustida u Fransiya 1-ligasida „Monpelye“ ga qarshi oʻyinda „Troya“ safida debyut qilgan. Uch hafta oʻtgach, 28-avgust kuni u „Anje“ ga qarshi oʻyinda klub uchun birinchi golini urgan.
20230yilning 120avgustida u Angliyaning „Byornli“ klubiga oʻtgan.
2024-yilning 16-avgustida u 25 million funt sterling evaziga "Tottenham Hotspur FC" ga oʻtib, London klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati
Odobert U16, U18, U19, U20 va U21 Fransiya terma jamoalarida oʻynagan.
Manbalar
Havolalar
"Byornli" FC rasmiy saytida futbolchi profili
Frantsiya Liga 1 veb-saytidagi futbolchi profili
Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari
Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari
Fransiyada tugʻilganlar
Angliyadagi chet ellik erkak futbolchilari
Yashayotgan insonlar
Premyer-liga legionerlari |
1,218,507 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Leuphana%20University%20of%20L%C3%BCneburg | Leuphana University of Lüneburg | Leuphana University of Lüneburg – Germaniyaning Quyi Saksoniya shtatida joylashgan davlat universiteti. U 1946-yilda pedagogika kolleji (nemischa: Pädagogische Hochschule) sifatida tashkil etilgan. Leuphana Germaniya akademik muhitida bir necha mukofotlarga sazovor boʻlgan noyob universitet modelini yaratgan. Leuphana universiteti Yevropadagi kam sonli universitetlardan biri boʻlib, oʻzining Studium Individuale bakalavr dasturi orqali liberal san’at taʼlim yoʻnalishini taqdim etgan. Universitet „ommaviy huquq asosidagi jamgʻarma“ maqomiga ega.
Leuphana nomi Ptolemyning milodiy II asrda tuzgan geografik dunyo atlasida tilga olingan Elbe daryosi boʻyidagi qadimiy aholi punktidan olingan.
Leuphana kollejning bakalavriat dasturlari sakkizta boʻlim va ikkita oʻqituvchilar tayyorlashga ixtisoslashgan. 2008-yilda magistratura va doktorantura dasturlarini birlashtirgan aspirantura kolleji ochilgan. Bunga qoʻshimcha ravishda, barcha boʻlimlar aro ilmiy-tadqiqot markazi hamda biznes hamkorlik kabi ilgʻor oʻquv kurslari uchun professional maktab faoliyat yuritmoqda.
Tarixi
Leuphana 1946-yil mayda Quyi Saksoniyadagi sakkizta pedagogika oliy taʼlim muassasalaridan biri sifatida tashkil etilgan va 1989-yil mayda Quyi Saksoniya pedagogika oliy taʼlim muassasasining Lüneburg boʻlimidan Lüneburg universitetiga qayta nomlangan.
2009-yilda Suderburgdagi kampus Braunschweig/Wolfenbüttel amaliy fanlar oliy taʼlim muassasasiga (Sharqiy Faliya amaliy fanlar universiteti) oʻtkazilgan.
Taniqli xodimlar va bitiruvchilar
Daniel Libeskind, mehmon professor
Richard David Precht, mehmon professor
Britt Reinecke, televizion tok-shou boshlovchisi
Thomas Schomerus, ijtimoiy huquq professori
Jörg Philipp Terhechte, professor va dekan
Tine Wittler, writer, Teleboshlovchi va aktrisa
Reytingi
Times Higher Education World University Rankings 2024 reytingida universitet global miqyosda 501-600 va mamlakat ichida 42-45 oʻrinni egallagan.
Manbalar
Havolalar
Leuphana Universität Lüneburg
AStA der Universität Lüneburg
Kunstraum of Leuphana University Lüneburg
Lehrstuhl für Gründungsmanagement (gmlg) |
1,218,515 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Norto%CA%BBxta%20Qilich | Nortoʻxta Qilich | Nortoʻxta Qilich (1947-yil Buxoroda tugʻilgan) — yozuvchi.
Hayoti
Nortoʻxta Qilich 1947-yil 7-fevralda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Gʻishti qishlogʻida tugʻilgan. 1971-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ni tamomlagan. Soʻngra, „Buxoro haqiqati“, „Xorazm haqiqati“, „Toshkent oqshomi“ gazetalarida, shuningdek, „Sharq yulduzi“ jurnalida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida faoliyat yuritgan.
Ijodi
Nortoʻxta Qilichning dastlabki hikoyalari 60-yillarda tuman gazetasida nashr etilgan. 1981-yilda ilk hikoyalar toʻplami „Oppoq tong“ nomi ostida bosilib chiqqan. Keyingi yillarda „Yorongul“ (1981), „Moʻjiza“ (1984), „Chigʻiriq“ (1988), „Bayram“ (1991), „505“ (1992), „Iltijo“ (1992) nomli hikoya va qissalar toʻplamlari chop etilgan.
1993-yilda „Vijdon hukmi“ nomli qissa va hikoyalar toʻplami qoraqalpoq tilida bosmadan chiqqan.
Manbalar
Buxoroda tugʻilganlar
Buxorolik kishilar
Gʻijduvonda tugʻilganlar
Gʻijduvon kishilari
Yozuvchilar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari |
1,218,523 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Alberto%20Dossena | Alberto Dossena | Alberto Dossena (1998-yil 13-oktabrda Italiyaning Breshia shahrida tugʻilgan) – italiyalik futbolchi, „Komo“ klubi himoyachisi.
Klubdagi faoliyati
Atalanta
Alberto Dossena „Lumedzane“ futbol klubi akademiyasida taʼlim olayotganida „Atalanta“ skautlari eʼtiborini tortgan. 2015-yil yozida transfer amalga oshirilgan. 2017-yil 31-yanvarda Dossena B seriyasidagi „Perugia“ jamoasiga ijaraga berilgan. 4-mart kuni u „Avellino 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda professional darajadagi debyutini oʻtkazgan va uning jamoasi 5:0 hisobida gʻalaba qozongan. Oʻsha yilning 28-oktabrida Dossena „Cremonese“ darvozasiga oʻzining birinchi golini urgan. Ijaradan qaytgan futbolchi darhol C seriyasidagi „Siena“ jamoasiga yoʻl olgan. Biroq, u atigi olti marta maydonga tushgan. Keyingi ikki mavsumda Dossena uchinchi ligada qolib, „Pistoyeze“ va „Alessandria“ kabi jamoalarda toʻp surgan.
Avellino 1912
2020-yil 15-sentabrda Alberto Dossena bir qator ijara shartnomalaridan soʻng „Atalanta“ni tark etgan va „Avellino 1912“ bilan shartnoma imzolagan. U tezda asosiy tarkibdan joy olgan va ketma-ket ikki mavsum davomida jamoaga ligada koʻtarilish uchun kurashda yordam bergan. U jami 54 ta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urgan.
Cagliari
2022-yil 12-avgustda u A Seriyadan tushib ketgan „Cagliari“ jamoasiga yangi futbolchi sifatida namoyish etilgan. Klub tarkibida Antonio Barreka va Edoardo Goldani unga jiddiy raqobatchilar boʻlishgan. Debyuti 26-dekabr kuni „Kozentsa“ klubiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Mavsumning ikkinchi yarmida Klaudio Ranyeri bosh murabbiylik lavozimiga kelgach, Dossena asosiy tarkibdan joy olgan. 2023-yil 11-iyun kuni „Bari“ga qarshi pley-off oʻyinida Dossena oʻz jamoasi bilan A Seriyaga qaytishga muvaffaq boʻlgan.
2023-yilning 12-avgustida Dossena Italiya kubogi doirasida „Palermo“ga qarshi oʻyinda „Cagliari“ safidagi ilk golini urgan va jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. A Seriyadagi debyuti 21-avgustda boʻlib oʻtgan, u „Torino“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. 30-avgust kuni Dossena „Cagliari“ bilan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirgan. 11-noyabr kuni futbolchi A Seriya doirasida „Yuventus“ darvozasiga klub safidagi ilk golini kiritisha muvaffaq boʻlgan.
Manbalar |
1,218,526 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ivan%20Zolotuxin | Ivan Zolotuxin | Ivan Vasilyevich Zolotuxin (; 1924-yil 3-aprel, Moskva – 1992-yil 13-fevral, Moskva) – sovet sobiq futbolchisi va futbol murabbiyi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Futbolchilik faoliyati
Krilya Sovetov (Kuybishev) (1949).
DO (Toshkent) (1950).
Murabbiylik faoliyati
Sovet davrida olti xil jamoa bilan darajasi boʻyicha uchinchi ligadan ikkinchi darajali ligaga koʻtarilishga erishgan:
Volga (Gorkiy) – 1963-yilda
Dinamo (Maxachqal’a) – 1967-yil
Shinnik (Yaroslavl) – 1970-yilda
Spartak (Nalchik) – 1978-yilda
Spartak (Kostroma) – 1980-yilda
Rubin (Qozon) – 1991-yil
Faoliyatining soʻngi yillarida Ivan asosiy kuchini Tulaning „Arsenal“ jamoasiga bagʻishlagan. Tulada yangi kelganlarni va yosh futbolchilarni qoʻrqmasdan asosiy jamoa tarkibiga kiritgan. Bu davrda jamoa yaxshi natijalarga erishgan va iqtidorli oʻyinchilardan biri, yosh darvozabon Zabiyakin ajoyib natijalarni koʻrsatgan. 1987-yilda „Arsenal“ jamoasi autsayderlardan biriga magʻlub boʻlganidan keyin isteʼfoga chiqishini aytgan.
Zolotuxinning hamkasblari uning oʻziga xos hazilini, oʻzi biladigan va sevadigan tarixga gʻayrioddiy qarashini, shuningdek, futbolchilarni taqdirlashda koʻrsatgan gʻamxoʻrligini taʼkidladilar.
Manbalar
Havolalar
Ivan Zolotuxin Metalist veb-saytidagi statistika (Xarkov)
Ivan Zolotuxin Zolotuxina hodisasi
Ivan Zolotuxin Tulaning „Arsenal“ afsonasi
Ivan Zolotuxin Torpedo (Vladimir) rasmiy veb-saytidagi profil
Ivan Zolotuxin Footballfactsru saytida
3-aprelda tugʻilganlar
1924-yilda tugʻilganlar
Moskvada tugʻilganlar
12-fevralda vafot etganlar
1992-yilda vafot etganlar
Moskvada vafot etganlar
Alifbo boʻyicha sportchilar
Alifbo boʻyicha futbolchilar
Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
SSSR erkak futbolchilari
Sverdlovets klubi futbolchilari
PFC Krylia Sovetov Samara futbolchilari
SSSR futbol murabbiylari
FC Rubin Qozon murabbiylari |
1,218,530 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Sergey%20Melkumov | Sergey Melkumov | Sergey Farsadanovich Melkumov (; 1944-yil, SSSR – 1994-yil 21-fevral, Nizomiy, Masis tumani) – sovet futbolchisi, SSSR sport ustasi (1966).
Futbolchilik faoliyati
Sergey 1961-yilda Bokuning „Spartak“ jamoasida futbolchilik faoliyatini boshlagan. 1961—1963-yillarda Bokuning „Neftyanik“ jamoasida oʻynagan. 1963-yildan Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. Dastlabki mavsumida Paxtakor jamoasi SSSR Oliy ligasida omadsiz ishtirok etgan va birinchi ligaga tushib ketgan. Ammo oradan bir mavsum oʻtganidan soʻng oʻzbek klubi Oliy ligaga qaytgan va ikkinchi „A“ guruhida uchinchi oʻrinni egallagan. Melkumov chempionatda 10 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 1966-yilda Sergey Neftyanik jamoasiga qaytib kelgan va jamoa bilan SSSR bronza medali sovrindori boʻlgan. Keyinchalik Melkumov Yerevanning „Ararat“ jamoasida oʻynagan. 1969-yilgi mavsumda „Paxtakor“ jamoasiga qaytgan va Birodar Abduraimov, Gennadiy Krasnitskiy bilan hujumkor uchlikni tashkil qilgan. 1971-yilda Melkumov „Yangiyer“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Sergey birinchi davra davomida Yangiyer jamoasi oʻynaganidan soʻng Ozarbayjon futbolining koʻplab tarbiyalanuvchilari kabi Mahachqalʼaning „Dinamo“ jamoasisiga yoʻl olgan. 1972-yilda Sergey „Qorabogʻ“ jamoasida oʻynagan. 1973-yilda Melkumov faoliyatini Mahachqalʼaning „Dinamo“ jamoasida yakunlagan.
Sergey SSSR yoshlar va yoshlar terma jamoalarida oʻynagan, 1965-yilda esa SSSR Olimpiya terma jamoasiga jalb qilingan.
Yutuqlar
SSSR chempionatining bronza medali sovrindori: 1966-yil
Ikkinchi „A“ guruhida uchinchi oʻrin: 1964-yil (Yuqori divizionga chiqish)
Shaxsiy hayot
Melkumovning ota-onasi Togʻli Qorabogʻ avtonom viloyatining Martuni tumanidagi Krasniy Bozor qishlogʻidan boʻlgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, asosan Ozarbayjonda yashagan. Sergey umrining soʻnggi kunlarida qashshoqlikda yashagan va 1994-yil 21-fevralda vafot etgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, singlisi uni Nizomiy qabristoniga dafn qilgan.
Manbalar
Havolalar
Sergey Melkumov „Arman Garrincha“ qayerda dafn etilgan?
Grigoryan A. G., „Arman Garrincha“, Chet tillar instituti „De Facto“.
Sergey Melkumov Footballfactsru saytida
1944-yilda tugʻilganlar
SSSRda tugʻilganlar
21-fevralda vafot etganlar
1994-yilda vafot etganlar
Armanistonda vafot etganlar
SSSR sport ustasi
Alifbo boʻyicha sportchilar
Alifbo boʻyicha futbolchilar
Neftçi Boku klubi futbolchilari
Paxtakor jamoasi futbolchilari
FC Ararat Yerevan futbolchilari
Kopetdag Ashhabot klubi futbolchilari
Qarabağ FK futbolchilari
FC Dinamo Mahachqalʼa futbolchilari
Yangiyer klubi futbolchilari
Armanistonda dafn etilganlar |
1,218,534 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Boris%20Koverznev | Boris Koverznev | Boris Filippovich Koverznev (; 1921-yil 11-iyun, Bejitsa, Bryansk viloyati – 1989, Moskva) – sovet futbolchisi, markaziy hujumchi. Moskva armiyasi jamoasi tarkibida uch karra chempion va SSSR kubogi gʻolibi.
Yutuqlar
SSSR chempioni (3): 1948, 1950, 1951.
SSSR kubogi gʻolibi: 1951-yil.
Adabiyotlar
''Paxomov V.'' „Rossiya klublari. CSKA“. – M.: „Terra Sport“, 2001-yil. – ISBN 5-93127-140-6
Manbalar
Havolalar
Boris Koverznev CSKA-games.ru maʼlumotlar bazasidagi profili
Boris Koverznev Toshkent ODO gʻalabasi
Boris Koverznev
Boris Koverznev
11-iyunda tugʻilganlar
1921-yilda tugʻilganlar
1989-yilda vafot etganlar
Moskvada vafot etganlar
Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari
Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar
Alifbo boʻyicha sportchilar
Alifbo boʻyicha futbolchilar
Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
SSSR erkak futbolchilari
Sverdlovets klubi futbolchilari
PFK SSKA Moskva futbolchilari
FC MVO futbolchilari
SKA Tbilisi futbolchilari
SSSR futbol murabbiylari |
1,218,539 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Dmitriy%20Kuzmichyov | Dmitriy Kuzmichyov | Dmitriy Vladimirovich Kuzmichyov (; 1952-yil 18-aprel) – sovet va rus futbolchisi va futbol murabbiyi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Yutuqlar
Ummon chempioni: 1998-yil
Ummon kubogi gʻolibi: 1998-yil
Ummon Superkubogi sohibi: 2000-yil
Latviya chempionati:
Kumush medal sohibi: 1995-yil
Bronza medali sohibi: 1996, 1997
Latviya kubogi finalchisi: 1997-yil
Granatkin yodgorligi gʻolibi: 1990-yil
Gʻarbiy Osiyo futbol federatsiyasi kubogi sohibi: 1992-yil
Koʻrfaz Chempionlar Ligasi finalchisi: 1992, 2000
Manbalar
Havolalar
Dmitriy Kuzmichyov
18-aprelda tugʻilganlar
1952-yilda tugʻilganlar
Alifbo boʻyicha sportchilar
Alifbo boʻyicha futbolchilar
Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
SSSR erkak futbolchilari
FC Ribinsk futbolchilari
FC Presnya Moskva futbolchilari
Narimanovets klubi futbolchilari
Rossiyalik futbol murabbiylari |
1,218,542 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abis%20ibn%20Abu%20Shabib%20ash-Shuqayriy | Abis ibn Abu Shabib ash-Shuqayriy | Abis ibn Abi Shabib ash-Shuqayriy () Siffin jangida ishtirok etib yaralangan, Karbalo jangida shahid boʻlgan.
Nasabi
Abis ibn Abu Shabib buyuk Banu Hamdon qabilasining Banu Shokir boʻlimidan boʻlgan. Qabila odamlari urushlarda ishtirok etgan jasur kishilar boʻlgan va shu sababli arablar ularni „Fatayan as-Saboh“, yaʼni „Tong yoshlari“ deb atagan. Manbalarda Abisning otasining ismi Shabib, Habib, Shibs yoki Lays sifatida qayd etilgan. Abis shia zodagonlaridan va ularning boshliqlaridan biri boʻlgan. U, shuningdek, ahli-bayt ixlosmandlari va Ali ibn Abu Tolibning izdoshlaridan boʻlib, alohida hurmat-eʼtiborga sazovor shaxs boʻlgan.
Siffin jangi
Abis Siffin jangida Ali ibn Abu Tolibning askarlari safiga qoʻshilgan. Jangda peshonasidan olgan jarohati butun umr iz boʻlib qolgan.
Muslim ibn Oqilga qoʻshilishi
Muslim ibn Oqil Kufaga kirgach, Muxtor ibn Abu Ubaydning uyiga borgan. U yerda Kufa shialari toʻplanib turgan edi. Muslim ibn Oqil ularga Husaynning maktubini oʻqib bergan, maktubni eshitganlar yigʻlay boshlagan. Yigʻilishda birinchi boʻlib Abis oʻrnidan turib, Allohga hamd va tasbeh aytgan: „Bugundan boshlab men odamlarning nomidan gapirmayman, ularning qalblarida yashiringan narsadan xabardor emasman va shu sababli sizni aldashni xohlamayman. Allohga qasamki, men faqat yuragimdagini aytaman. Allohga qasamki, qachon chaqirsang, men senga javob beraman va dushmanlaringga qarshi yoningda turib jang qilaman. Sening huzuringda Allohga roʻbaroʻ boʻlgunimcha ularga qarshi qilich koʻtaraman. Allohning marhamatidan boshqa narsani niyat qilmayman“. Shundan keyin Habib ibn Muzohir ham oʻrnidan turib, Husaynga yordam berishga tayyorligini bildirgan. Bu ikki shaxsning nutqlari odamlarning bay’atiga zamin boʻlgan va 18 mingdan ortiq kishi Muslim ibn Oqilga bay’at qilgan.
Husayn ibn Alini qoʻllab-quvvatlashi
Kufa ahlining koʻpchiligi Muslimga bay’at qilganlaridan soʻng, Muslim Husaynga maktub yozib, uni Kufaga taklif qilgan. Maktubni Abis ibn Abu Shabib va uning quli bilan joʻnatib yuborgan. Abis maktubni Makkada Husaynga yetkazib bergan. Maktubni olgan Husayn ibn Ali va uning karvonini Makkadan Karbalogacha kuzatib borgan. Jangda Husaynning koʻp sahobalari shahid boʻlib, kamchilik boʻlib qolganini koʻrgach, Abis xizmatkori Shavzobga yuzlanib: „Endi nima qilmoqchisan?“ deb soʻraydi. Shavzob: „Men sen bilan birga paygʻambarning oʻgʻlini himoya qilaman“, deb javob beradi.
Umar ibn Saʼd qoʻshinida boʻlgan Rabi’ ibn Tamim al-Hamdaniy shunday deydi: "Abisning jang maydoniga kelayotganini koʻrib, uni tanidim, turli urushlarda uning janglariga guvoh boʻlganligim bois uni bilardim. Umar ibn Saʼdning qoʻshiniga: „Bu kishi Shabibning oʻgʻli“, deb aytdim. Abis uzoq baqirib, kimnidir u bilan jang qilishini soʻrar edi, lekin hech kim unga qarshi jang maydoniga borishga jur’at eta olmasdi. Abis hech kim u bilan jang qilmasligini koʻrgach, zirh va dubulgʻasini yechib, Kufa lashkariga hujum qildi va ularni birma-bir qira boshladi. Shundan keyin Umar ibn Saʼdning buyrugʻi bilan Abis toshboʻron qilindi. Rabiʼ ibn Tamim shunday deydi: „Xudoga qasamki, men uning 200 dan ortiq odamni yaralaganini va oʻldirganini koʻrdim, lekin oxir-oqibat, uni qamal qilib, boshini kesib olishdi. Men shohid boʻldimki, Abis ibn Shabibning boshini bir-birlariga uzatib berishayotgan edi“. Umar ibn Saʼd: „Bir-biringiz bilan bahslashmanglar! Xudoga qasamki, bu odamni hech kim oʻldira olmas edi“, deb aytgan. Abisning boshsiz jasadi Husayn tomonidan shahidlar chodiriga koʻchirilgan va Ashuro voqeasidan keyin Banu Asad qabilasi tomonidan dafn etilgan.
Abis Husaynning hamrohlaridan boʻlib, uning nomi „Ziyorat Rajabiyya“ va „Ziyorat an-Nahiya al-Muqaddasa“da tilga olingan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
680-yilda vafot etganlar
Husayn ibn Ali |
1,218,544 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Munir%20Farid | Munir Farid | Munir Gulam Farid (1956-yilda tugʻilgan) – musulmon olim va ShAIJ (Shimoliy Amerika islom jamiyati) sobiq bosh kotibi.
Biografiyasi
Munir Farid asli hindistonlik. Janubiy Afrika fuqarosi. Makkadagi Qirol Abdulaziz universitetida arab tili va adabiyoti boʻyicha tahsil olgan va Hindistonning Dorul Ulum Deoband shahrida islomshunoslik boʻyicha ilohiyot litsenziyasini olgan. Farid 1989-yilda AQShga koʻchib oʻtgan va 1994-yilda Michigan universitetida „Musulmon dunyosida huquqiy islohot: 19-asr va 20-asr boshlarida ijtihoddan huquqiy vosita sifatida foydalanish boʻyicha ilmiy munozaraning anatomiyasi“ nomli dissertatsiyasi bilan doktorlik darajasini olgan. 1989-yildan 2000-yilgacha Buyuk Detroit islom uyushmasining imomi va 2006-yilgacha Ueyn shtat universitetida islomshunoslik kafedrasi dotsenti boʻlgan. 2006-yil oxirida Sayyid Sayiddan keyin Shimoliy Amerika islom jamiyatining yangi bosh kotibi lavozimini egallagan. Farid, shuningdek, Shimoliy Amerika Fiqh Kengashining ham aʼzosi.
Havolalar
Muneer Farid rezyume
Munir Farid ISNA sobiq bosh kotibi (2007—2008)
Diffused Congruence podkastiga intervyu, 2014-yil 7-fevral
1956-yilda tugʻilganlar
Michigan universiteti bitiruvchilari
Yashayotgan insonlar
Islomshunoslik boʻyicha musulmon olimlari |
1,218,545 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Baho%20ud-Davla | Baho ud-Davla | Abu Nasr Firuz Xarshad (; 1012-yil 22-dekabrda vafot etgan), Baho ad-Davla () laqabi bilan mashhur, Iroqning buvayhiy amiri (988–1012). Shu bilan bir vaqtda Fors va Kirmon amiri (998–1012) ham boʻlgan. Hukmronligining dastlabki davrlari gʻarbiy Fors viloyatlarini nazorat qilish uchun raqib qarindoshlari bilan kurashlar ostida oʻtgan. 998-yilga kelib buvayhiylar konfederatsiyasi ustidan toʻliq ustunligini oʻrnatishga muvaffaq boʻlgan. Shunga qaramay, hukmronligi davrida qoʻshni kuchlarning buvayhiylar hududiga bostirib kirishi kuchayib borib, buvayhiylar hokimiyati qudratining pasaya boshlashi kuzatilgan. Adud ud-Davlaning uchinchi oʻgʻli boʻlgan.
Biografiyasi
986-yilda Asfar ibn Kurdavayh ismli daylamiy zobit Iroq hukmdori Samsam ud-Davlaga qarshi isyon ko‘tarib, Sharaf ud-Davlaga bayʼat qilgan. Biroq, Asfar tezda fikridan qaytib, uning ikkinchi ukasi, qisqa vaqt ichida „Baho ud-Davla“ sharafli unvoni berilgan Abu Nasr Firuz Xarshadga bay’at e’lon qilgan. Biroq Samsam ud-Davla Fulad ibn Manazar yordami bilan isyonni bostirib, Baho ud-Davlani qamoqqa tashlagan. Samsam ud-Davla qisqa vaqt ichida Sharaf ud-Davla bilan sulh tuzib, Baho ud-Davlani ozod qilishga rozi boʻlgan. Sharaf ud-Davla qisqa vaqt ichida Samsam ud-Davlaga xiyonat qilib, Iroqni egallagach, Samsam ud-Davlani qal’aga qamab qoʻygan.
Hukmronligi
988-yilda Sharaf ud-Davla vafot etgach, uning o'rniga Baho ud-Davla oʻtirib, qoʻshimcha Diyo ul-Milla unvonini olgan. Qamoqdan qochishga muvaffaq bo‘lgan Samsam ud-Davla Fors, Kirmon va Xuzistonni o‘z nazoratiga olib, Baho ud-Davlaning Sharaf ud-Davlaga tegishli barcha mulklarini qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qilgan. Biroq, Baho ud-Davla ham, Samsam ud-Davla ham ikki aka-uka hududlari oʻrtasida toʻsiq boʻlish uchun Xuzistonga bostirib kirgan Jibal hukmdori, amaki-bobolari Faxr ud-Davla tahdidiga duch kelgan. Bu kutilmagan harakat aka-ukalarni ittifoq tuzishga undagan. Samsam ud-Davla Baho ud-Davlani Iroq va Xuziston hukmdori deb tan olish evaziga Arrajan, Fors va Kirmonni oʻzida saqlab qolgan. Ikkalasi ham bir-birini oʻzaro teng deb bilishga vaʼda berib, podshoh (malik) unvonini olgan. Baho ud-Davla 990-yilda Sabur ibn Ardasherni oʻziga vazir etib tayinlagan.
991-yilda Baho ud-Davla Samsam ud-Davla saltanati ustidan hukmronlik qilishga uringan. Oʻziga qadimiy Shahanshoh unvonini qabul qilib, uning hududiga bostirib kirgan. Biroq, qoʻshinlari magʻlubiyatga uchrab, Samsam ud-Davla Xuzistonni qaytarib olgan. Hatto Ummondagi buvayhiylar hududlarini nazorat qilishni ham qoʻlga kiritgan. Keyin Faxr ud-Davlani hokimiyatiga bo‘ysungan holda katta amir deb tan olgan.
997-yilda Faxr ud-Davlaning vafoti hamda Samsam ud-Davlaning o‘z saltanatida tobora kuchayib borayotgan muammolari Baho ud-Davlaga Forsda o‘z hokimiyatini mustahkamlash imkoniyatini bergan. Hasanvayhiylar hukmdori Badr ibn Hasanvayhning qo‘lloviga erishgach, harbiy yurishga hozirlik ko‘ra boshlagan. Bosqin 998-yil dekabrda Samsam ud-Davlani qoʻzgʻolon koʻtargan Izz ud-Davlaning oʻgʻillaridan biri oʻldirgan vaqtda boshlangan. Shundan keyin Baho ud-Davla Sherozni egallab, Izz ud-Davlaning o‘g‘illarini mag‘lub etgan. Ibn Ustad-Hurmuz qo‘l ostidagi Forsning Daylamiylari esa uning hokimiyatini tan olgan. Baho ud-davla umrining oxirigacha Forsda qolgan. U, shuningdek, Shimoliy Eron ustidan bilvosita nazoratni ham qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Bu yerda hukmronlik qilayotgan Faxr ud-Davlaning ikki oʻgʻli Majd ud-Davla va Shams ud-Davla 1009 yoki 1010-yillarda uni katta amir deb tan olishgan. 1001-yilda Baho ud-Davla Ibn Ustad-Hurmuzni Ahvoz hokimligiga tayinlagan. Bir yildan keyin uni Iroq hokimi etib tayinlagan. Yangi noib Iroqda turli diniy oqimlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish va mintaqada tartibsizliklar keltirib chiqargan banditlarni yengish orqali tartibni saqlay olgan.
Shuningdek, kurdlar va shaybon arablari qo‘llab-quvvatlagan Iroqning sobiq gubernatori Abu Ja’far al-Hajjojni ham mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan. 1007-yilda Baho ud-Davla al-Mazidiyning „Sanad ad-Davla“ faxriy unvoni berilgan hukmdori Ali ibn Mazyod bilan sulh tuzgan. U hukmronligi tan olinishi evaziga Baho ud-Davlaning vassali boʻlishga rozi boʻlgan. Bu shartnoma Ali ibn Mazyoddan Iroq va uning atrofidagi hududlarda buvayhiylar taʼsirini qoʻriqlovchi sifatida foydalana olgan Baho ud-Davla foydasiga ishlagan. 1011-yilda Ibn Ustad-Hurmuz vafot etgach, uning oʻrniga Baho ud-Davloning yangi vaziri Faxr ul-Mulk Iroq hokimi etib tayinlangan.
Baho ud-Davlaning hukmronligi buvayhiylar tanazzulining boshlanishiga toʻgʻri kelgan. Kurd yetakchisi Badx Diyorbakirda Marvoniylar amirligiga asos solgan boʻlsa, Mosulning dastlab tobe boʻlgan Uqayliylari hukmronligi buvayhiylar hisobidan Iroqqa tarqalgan. Baho ud-Davla vafot etgan vaqtda Bagʻdod va Vosit uning nazorati ostida saqlanib qolgan Iroqning yagona ikkita yirik shahri edi. Faxr ud-Davlaning oʻgʻillari hukmronlik qilgan shimolda, Goʻrgon va Tabariston ziyoriylari doimiy ravishda buvayhiylar nazoratidan tashqarida boʻlib qolgani sababli, Buvayhiylar chegarasi ham orqaga chekingan. Gʻaznaviylar Xuroson chegarasiga bosim oʻtkazishda davom etgan boʻlsa, Kakuyiylar Isfahonda davlat tuza boshlagan.
Oʻlimi
Baho ud-Davla turli sabablarga ko`ra chegaralarni faol himoya qilmagan. Buvayhiylar davlati ustidan toʻliq nazoratni qo‘lga kiritgach, tashqi dushmanlarning g‘arb va shimoldagi hududlarni egallab olishiga ruxsat bergandek tuyulgan. 1012-yil dekabrda Arrajanda vafot etgan. Vafotidan koʻp oʻtmay Sulton ud-Davla ismli oʻgʻli voris boʻlgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
971-yilda tugʻilganlar
1012-yilda vafot etganlar
Forsning buvayhiy amirlari
Iroqning buvayhiy amirlari
Kermonning buvayhiy amirlari
10-asr Oʻrta Sharqdagi monarxlar
11-asr Oʻrta Sharqdagi monarxlar
Shahanshohlar
Abbosiylar xalifaligining amir ul-umarosi |
1,218,547 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Xoulud%20Faqih | Xoulud Faqih | Xoulud Faqih (arabcha: ) — falastinlik sudya va Yaqin Sharqdagi birinchi ayol shariat qozisi.
Xoulud Al-Quds universitetida huquq fakultetida tahsil olgan va 1999-yilda tamomlagan. 2001-yilda advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish litsenziyaga ega boʻlgan. Ayollarga yuridik yordam va maslahat berish markazida ishlagan. 2003-yildan 2008-yilgacha kaltaklangan ayollarni himoya qilish tashkilotida ishlagan. 2005-yilda Al-Quds universitetida xususiy huquq yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini olgan. 2009-yilda Ramalla shariat sudiga sudya etib tayinlangan.
2012-yilda Middle East jurnali bosh direktori uni dunyodagi „100 ta eng kuchli arab ayollari“ roʻyxatida 10-oʻringa qoʻygan.
Manbalar
Yashayotgan insonlar
Falastinlik sudyalar
Shariat qozilari
Ayol sudyalar
Ayol huquqshunoslar
Al-Quds universiteti bitiruvchilari |
1,218,548 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr%20Goryuxov | Aleksandr Goryuxov | Aleksandr Anatolyevich Goryuxov (; 1960-yil 29-yanvar, Moskva, SSSR) – sovet va rus futbolchisi va yarim himoyachisi.
Faoliyati
Aleksandr CSKA futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. 1979-yildan 1980-yilgacha u SSSR Oliy ligasida 7 ta oʻyin oʻtkazgan. 1981-yilda Aleksandr Moskvaning „Lokomotiv“ klubida 42 oʻyinda 1 ta gol urgan. 1982—1983-yillarda Jizzaxning „Zvezda“ jamoasini tarkibida o'ynab, 31 uchrashuvda 2 ta gol urgan.
1983-yilda Goryuxov Moskvaning „Dinamo“ jamoasi tarkibida boʻlgan, ammo maydonga tushmagan. 1984-yilgi mavsumda yana „Zvezda“ safida oʻynagan va 27 oʻyin oʻtkazgan. 1985-yildan 1987-yilgacha Aleksandr „Shinnik“ safida toʻp surgan va 108 ta oʻyinda 4 ta gol urgan.
Aleksandr 1988-yilgi mavsumni Daugava Riga jamoasida oʻtkazgan, 41 oʻyin oʻtkazdi va 2 gol urgan. 1989-yilda Tulaning „Arsenal“ jamoasida oʻynagan va 39 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1990-yilda u Saxalin klubi tarkibida 18 ta oʻyinda qatnashgan.
1991-yilgi mavsumda „Zarya Kaluga“ safida oʻynagan va 21 uchrashuvda 1 ta gol urgan. 1992-yildan 1993-yilgacha Aleksandr Mytishchining „Torpedo-MCB“ klubida oʻynagan va 58 oʻyin oʻtkazgan.
Bundan tashqari, 1993-yilda Goryuxov Germaniyaga „Stal“ (Brandenburg) klubiga yoʻl olgan, lekin hech qachon rasmiy oʻyinlarda qatnashmagan.
1994-yildan 1995-yilgacha Goryuxov „Kuban“ klubi safida 51 oʻyinda 3 ta gol urgan. Keyinchalik „Vympel“ va „Chayka“ jamoalari safida havaskor darajasida oʻynagan.
Aleksandr SSSR terma jamoasi yiginlariga jalb etilgan.
Murabbiylik faoliyati
Aleksandr Yubileyniyning „Chayka“ havaskorlar jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. Shu bilan birga, bir necha yillar oʻsha jamoaning oʻsmirlar sport maktabida murabbiylik qilgan.
Manbalar
Havolalar
Aleksandr Goryuxov cska-games.ru veb-saytidagi profil
Aleksandr Goryuxov Footballfactsru saytida
29-yanvarda tugʻilganlar
1960-yilda tugʻilganlar
Moskvada tugʻilganlar
Alifbo boʻyicha sportchilar
Alifbo boʻyicha futbolchilar
Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
SSSR erkak futbolchilari
PFK SSKA Moskva futbolchilari
FC Lokomotiv Moskva futbolchilari
Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari
FC Daugava Riga futbolchilari
FC Arsenal Tula futbolchilari
FC Portovik-Energiya Kholmsk futbolchilari
FK Torpedo Mytishchi futbolchilari
FC Stahl Brandenburg futbolchilari
FC Kuban Krasnodar futbolchilari
FK Zarya Kaluga futbolchilari
Erkak futbol himoyachilari |
1,218,551 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Talal%20Eid | Talal Eid | Talal Eid (arabcha: مام طلال عید) (1951-yilda tugʻilgan) – livanlik imom, musulmonlarni terrorchi sifatida koʻrsatishga qarshi kurashgan va AQShning Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi komissari lavozimida ishlagan.
Biografiyasi
Talal Eid 1951-yilda Livanda tugʻilgan. 1974-yilda Qohiradagi al-Azhar universitetining islom huquqi fakultetini tamomlagan. 2005-yilda Massachusets shtatining Kembrij shahridagi Garvard ilohiyot maktabida ilohiyot fanlari doktori darajasini olgan. Dissertatsiyasi „Amerika musulmonlari tajribasida nikoh, ajralish va bolalarni vasiylik qilish: diniy, ijtimoiy va huquqiy mulohazalar“ deb nomlangan.
Livan urushini qoʻllab-quvvatlashni istamaganidan soʻng, Islom olami uyushmasiga nomzod qilib koʻrsatilgan. 1982-yilda Eid Yangi Angliya Islom markazining direktori va Massachusets shtatidagi Quincy shahridagi Kvinsi masjidining imomi boʻlgan.
2005-yil 30-iyulda fraksiyaviy kurash tufayli masjidni tark etgan. 2005-yilda Eid Boston islom institutining imom-xatibi va ijrochi direktori boʻlgan. 2015-yilgacha bu lavozimda ishlagan.
11-sentyabr xurujlaridan soʻng Eid musulmonlarni terrorchi sifatida koʻrsatishga qarshi kurashish uchun koʻplab oʻrta maktablar, cherkovlar va jamoat tashkilotlariga tashrif buyurgan.
2007-yil 15-mayda Prezident George W. Bush tomonidan Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha AQSh komissiyasiga tayinlangan birinchi musulmon ulamosi boʻlgan. 2011-yil iyungacha komissar sifatida ishlagan.
2015-yil iyun oyida Buyuk Toledo Islom markazining imomi va diniy ishlar boʻyicha direktori boʻlgan.
Manbalar
1951-yilda tugʻilganlar
Yashayotgan insonlar
Amerika imomlari
Al-Azhar universiteti bitiruvchilari
Garvard Divinity School bitiruvchilari
Brandeis universiteti xodimlari
XXI asr imomlari |
1,218,552 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abu%20al-Hatuf%20ibn%20al-Horis%20al-Ansoriy | Abu al-Hatuf ibn al-Horis al-Ansoriy | Abu al-Hatuf ibn al-Horis al-Ansoriy () – Karbalo jangi shahidlaridan biri.
Nasabi
Abu al-Hutuf Salama ibn al-Horis al-Ansoriy al-Ajloniy nomi bilan ham tanilgan. Otasining ismi al-Horis ibn Salama al-Ansoriy al-Ajloniy boʻlgan. Abu al-Hutuf Madinadagi Xazraj qabilasi, Xavorij boʻlimi, Banu Ajlon urugʻining ansorlaridan boʻlgan.
Husayn ibn Aliga qoʻshilishi
Abu al-Hatuf va uning ukasi Saʼd ibn al-Hart Husayn ibn Aliga qarshi urushayotgan Umar ibn Saʼd qoʻshinining tarkibida boʻlgan. Ashuro kuni Husaynning Suvayd ibn Amr ibn Abu Muta va Bashir ibn Amr al-Hadramiydan boshqa barcha sahobalari shahid boʻlgan vaqtda odamlardan yordam soʻraydi. Abu al-Hutuf va uning ukasi Saʼd Husaynning nidosini, paygʻambar Muhammadning xonadonidan boʻlgan ayollar va bolalarning faryodini eshitib, qilichlarini sugʻurib Husaynning qoʻshini tomon oʻtishgan. Askarlardan uch nafarini oʻldirib, bir qancha odamni yarador qilganidan keyin har ikkalasi ham bir joyda shahid boʻlgan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
Husayn ibn Ali
680-yilda vafot etganlar |
1,218,555 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abu%20Bakr%20ibn%20Hasan%20ibn%20Ali | Abu Bakr ibn Hasan ibn Ali | Abu Bakr ibn al-Hasan ibn Ali () – Hasan ibn Alining oʻgʻli. Amakisi Husayn ibn Ali bilan Karbaloga borib, Ashuro kuni Karbalo jangida halok boʻlgan.
Abu Bakr Hasan ibn Alining oʻgʻli boʻlgan. Baʼzilar u va uning ukasi Qosim ibn Hasan ibn Alining ikkalasi ham Ramlaning oʻgʻli boʻlgan deb hisoblashadi.
Ashuro kuni
Tarixchi olim Abu al-Faraj Abu Bakrni Karbalo jangida ukasi Qosimdan oldin shahid boʻlgan deb hisoblaydi. Abu al-Faraj tomonidan al-Madainiydan, al-Madainiy Abu Mixnaf va Sulaymon ibn Roshiddan shunday iqtibos keltirilgan: „Abu Bakr Abdulloh ibn Uqba al-Gʻanaviy tomonidan otilgan oʻqdan shahid boʻlgan“. Ammo Tabariy, Ibn Osir, Shayx Mufid va boshqalar uni Qosimdan keyin shahid boʻlgan deya maʼlumot bergan.
Abu Bakrning nomi „Ziyarat an-Nahiya al-Muqaddasa“ va „Ziyarat Rajabiyya“da zikr qilingan va uning qotili laʼnatlangan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
680-yilda vafot etganlar
Husayn ibn Ali |
1,218,563 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Abu%20Hajal%20Muslim%20ibn%20Avsaja | Abu Hajal Muslim ibn Avsaja | Abu Hajal Muslim ibn Avsaja al-Asadiy () – islom paygʻambari Muhammadning hamrohi, sahoba. Kufada Muslim ibn Oqilga yordam bergan. Keyinchalik oilasi bilan Husayn ibn Ali qoʻshiniga qoʻshilgan va Karbalo jangida halok boʻlgan.
Hayoti
Toʻliq ismi Abu Hajal Muslim ibn Avsaja ibn Saʼd ibn Saʼlaba ibn Dudan ibn Asad ibn Xuzayma al-Asadiy. Kunyasi Abu Hajal. Abu Hajal Husayn ibn Alining hamrohi boʻlgan. Muslim ibn Avsaja va Habib ibn Muzohir ham Banu Asad qabilasidan boʻlishgan.
Muslim ibn Avsaja Kufada Husayn ibn Alining elchisi Muslim ibn Oqilni qurol-yarogʻ bilan taʼminlagan. Ubaydulloh ibn Ziyodning qotili Maʼqil Muslim ibn Avsaja orqali Muslim ibn Oqil xavfsizlikda turgan uyni topgan. Unga uyida boshpana bergan Haniy ibn Urva hibsga olingan. Shundan keyin Muslim ibn Oqil qoʻshin tashkil qilish uchun Muslim ibn Avsajani Banu Asad va Madhij qabilalariga qoʻmondon etib tayinlagan. Oradan koʻp oʻtmay, Haniy ibn Urva va Muslim ibn Oqil Ubaydulloh ibn Ziyod tomonidan oʻldirilgan. Muslim ibn Avsaja bir muddat xavfsiz uyda yashiringan. Keyinchalik esa oilasi bilan Karbaloda Husayn ibn Alining qoʻshini tarkibiga qoʻshilgan.
Vafoti
Muslim ibn Avsaja Amr ibn Qartodan oldin Karbalo jangida halok boʻlgan birinchi kishidir. Karbalo jangi vaqtida taxminan 70 yoshlarda boʻlgan.
Yana qarang
Ashuro
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
680-yilda vafot etganlar
Husayn ibn Ali |
1,218,564 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Yuriy%20Pereskokov | Yuriy Pereskokov | Yuriy Valentinovich Pereskokov (1963-yil 15-may, Moskva – 2023-yil 23-iyun, Tula) – sovet va rus futbolchisi. U darvozabon sifatida oʻynadi. Davlat menejment universitetini „Jamoaviy sport turlarida menejment“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Karyera
Yuriy Pereskokov FSM Moskva jamoasining futbol maktabu tarbiyalanuvchsi. Faoliyatini CSKA (Moskva) jamoasida boshlagan. Yuriy faqat o'rinbosarlar jamoasida oʻynagan. Keyinchalik Yuriy birinchi liganing „Dinamo“ (Kirov) klubiga oʻtgan va Kirov jamoasi tarkibida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. 1983-yilda Yuriy Moskvaning „Spartak“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Qizil-oqlar safida ikkita oʻyin oʻtkazgan. Birinchi jamoa tarkibi uchun Andrey Mixalichevga raqobatda yutqazgan va olti oydan keyin Krasnaya Presnya jamoasiga koʻchib oʻtgan. Krasnaya Presnaya klubida Oleg Romantsev boshchiligida jamoaning asosiy tarkib oʻyinchisiga aylangan. 1987-yilda Pereskokov Bokuning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va Boku klubi tarkibida SSSR chempionati oliy ligasida debyut qilgan. Keyinchalik Yuriy „Fakel“ (Voronej), „Spartak“ (Vladikavkaz) va „Paxtakor“ klublarida oʻynagan. Faoliyatini Nijniy Novgorodning „Lokomotiv“ klubida yakunlagan.
Pereskokov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, „Lokomotiv“da qoldi va u yerda darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlay boshladi. 1998 va 1999-yillarda u klub futbolchisi sifatida qayd etilgan, biroq birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.
Murabbiylik faoliyati
2001-yil apreldan dekabrgacha Pereskokov „Norilsk Nikel“ mini-futbol klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. 2002-yildan 2003-yil iyuligacha Novorossiysk Chernomorets jamoasida darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan.
Keyinchalik Moskvaning „Spartak“ klubida darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan. 2007-yilning mart oyida klub sport direktori Sergey Shavlo Pereskokovni „Spartak“ klubining o'rinbosarlar jamoasi darvozabonlariga murabbiylikka oʻtkazgan, shundan soʻng Pereskokov klubdan isteʼfoga chiqqan. Keyinchalik Pereskokov Moskva viloyatining „Ximki“ klubi bilan darvozabonlar murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan.
2009-yil mart oyida Pereskokov „Lokomotiv“ darvozabonlar murabbiyi boʻlgan. 2010-yil sentyabridan Bryanskning „Dinamo“ klubi darvozabonlar murabbiyi, 2014-yilning iyunidan Ufa darvozaboni murabbiyi bo'lgan.
2023-yil 23-iyunda vafot etgan.
Yutuqlar
RSFSR kubogi gʻolibi: 1985-yil
Manbalar
Havolalar
Yuriy Pereskokov Spartak.com saytidagi profil
Yuriy Pereskokov Pereskokov bilan suhbat
Yuriy Pereskokov Yuriy Pereskokov: Hozir faqat oligarxlargina futbolchilardan ko'proq maosh oladi
15-mayda tugʻilganlar
1963-yilda tugʻilganlar
Moskvada tugʻilganlar
23-iyunda vafot etganlar
2023-yilda vafot etganlar
Alifbo boʻyicha sportchilar
Alifbo boʻyicha futbolchilar
Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
SSSR erkak futbolchilari
Erkak futbol darvozabonlari
FC Dinamo Kirov futbolchilari
FC Presnya Moskva futbolchilari
Neftçi Boku klubi futbolchilari
FC Fakel Voronezh futbolchilari
FC Spartak Vladikavkaz futbolchilari
Paxtakor jamoasi futbolchilari
Rossiyalik futbol murabbiylari |
1,218,574 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Kurdus%20ibn%20Zuhayr%20al-Tag%CA%BBlibiy | Kurdus ibn Zuhayr al-Tagʻlibiy | Kurdus ibn Zuhayr at-Tagʻlibiy () – 680-yilda Karbalo jangida halok boʻlgan Ali ibn Abu Tolibning hamrohlaridan biri.
Hayoti
Tagʻlib qabilasi boshligʻining oʻgʻli Kurdus deb atalgan. Kurduz ibn Zuhayr Ali ibn Abu Tolibning hamrohi boʻlib, u bilan birga Tuya jangi, Siffin jangi va Nahravon janglarida qatnashgan.
Oʻlimi
Zuhayr ibn Kurdusning nomi „Ziyorat ash-Shuhada“da shunday zikr qilingan: „Zuhayr at-Tagʻlibiyning oʻgʻillari Qosit va Kurdusga salom boʻlsin“.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
680-yilda vafot etganlar
Husayn ibn Ali |
1,218,575 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Anatoliy%20Suslov | Anatoliy Suslov | Anatoliy Ivanovich Suslov (; 1946-yil 24-fevral, Stupino, Moskva viloyati) – sovet futbolchisi, yarim himoyachi („dispetcher“) pozitsiyasida oʻynagan. SSSR Oliy ligasida 17 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.
Biografiya
Anatoliy Moskvaning „Dinamo“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, RSFSR yoshlar terma jamoasi sardori boʻlgan va 1964-yilda Butunittifoq yoshlar musobaqasi gʻolibi boʻlgan. 1964-yildan koʻk-oqlar oʻrinbosarlari oʻyinlarida ishtirok etishni boshlagan va keyingi olti mavsumda oʻrinbosarlar chempionatida 117 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. Anatoliy 1965-yil 16-oktyabrda „Odessa Chernomorets“ jamoasiga qarshi oliy liga oʻyinida „Dinamo“ jamoasining asosiy jamoasida debyut qilgan. Professional faoliyati davomidagi birinchi golini 1967-yil 28-avgustda Kuybishevning „Krilya Sovetov“ jamoasi darvozasiga kiritgan. Oʻzining iqtidori va murabbiylarning uning imkoniyatlarini yuqori baxolaganiga qaramay, „Dinamo“ jamoasining asosiy jamoasida oʻz oʻrniga ega boʻlmagan. 1967-yil Dinamo jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Konstantin Beskov Anatoliyning oʻyin uslubini yoqtirmagan. Hammasi boʻlib „oq-koʻklar“ jamoasi tarkibida oliy ligada 9 ta oʻyin (1 ta gol), SSSR kubogida 2 ta oʻyin va 11 ta oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etgan.
1969-yilgi mavsumda Anatoliy Barnaulning Dinamo jamoasiga oʻtgan va u yerda ikki mavsum davomida oʻynagan. 1971-yili Toshkentning „Paxtakor“ klubi safida oliy ligada oʻynagan va sakkizta oʻyinda maydonga tushgan. 1972-yilda u Barnaulga qaytib, yana sakkiz mavsum mahalliy jamoada oʻynagan va jamoa sardori boʻlgan. Umuman olganda, Suslov milliy chempionatlarda Barnaul jamoasi uchun 300 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan (1978-yilgi mavsumni hisobga olmaganda 288 ta, oʻtkazilgan oʻyinlar haqida maʼlumot yoʻq).
Manbalar
Havolalar
Anatoliy Suslov Profil fc-dynamo.ru veb-saytida
24-fevralda tugʻilganlar
1946-yilda tugʻilganlar
Alifbo boʻyicha sportchilar
Alifbo boʻyicha futbolchilar
SSSR erkak futbolchilari
Dinamo Moskva klubi futbolchilari
FC Dynamo Barnaul futbolchilari
Paxtakor jamoasi futbolchilari
Erkak futbol yarim himoyachilari |
1,218,579 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Al%20Wasl%20F.C. | Al Wasl F.C. | Al Vasl Futbol Klubi () – Dubayda joylashgan, Birlashgan Arab Amirliklari Futbol Ligasida ishtirok etadigan amirlik professional futbol klubi. Al Wasl SC sport klubining bir qismidir. Klub Zabeel shahrida joylashgan boʻlib, Zabeel nomli stadionida oʻynaydi. „Al-Vasl“ BAA va Dubayning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biri boʻlib, tashkil etilganidan beri 8 marta chempionlikni qoʻlga kiritgan. Klub, shuningdek, BAAdagi eng katta muxlislarga aga jamoadir.
Joriy tarkib
BAA Pro-ligasi holatiga koʻra:
Roʻyhatga kiritilmgan futbolchilar
Ijaraga berilgan futbolchilar
Yutuqlar
Mahalliy musobaqalar
BAA Pro ligasi: 8
Winner: 1981–82, 1982–83, 1984–85, 1987–88, 1991–92, 1996–97, 2006–07 , 2023–24
BAA Prezidenti kubogi: 3
Gʻolib: 1986–87, 2006–07, 2023–24
BAA federatsiya kubogi: 1
Gʻolib: 1992–93
IFFHS Al Vaslni BAAning 20-asrdagi eng yaxshi klubi deb tan olgan.
Mintaqaviy musobaqalar
Fors ko'rfazi klublari chempionlar kubogi
Gʻolib (1) : 2009/2010
Ikkinchi oʻrin (2): 2005, 2012
Arab Chempionlar ligasi
Yarim final: 1998
Chorak final: 2018
Osiyo chempionlar ligasida ishtirok
AFC Champions League:
2008: Guruh bosqichi
2018: Guruh bosqichi
2019: Guruh bosqichi
1986: Saralash bosqichi
1989–90: Saralash bosqichi
1992–93: Third Place
1994–95: Chorak final
Murabbiylar shtabi
Murabbiylar tarixi
* Vaqtinchalik murabbiy sifatida ishlagan.
Pro-liag natijalari
Notes 2019–20 UAE football season was cancelled due to the COVID-19 pandemic in the United Arab Emirates.
Key
Pos. = Position
Tms. = Number of teams
Lvl. = League
Manbalar
Havolalar
Official Website
Al Wasl F.C.
Dubaydagi futbol klublari
BAA futbol klublari
1960-yilda tashkil etilgan futbol klublari |
1,218,581 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Yamayka%201988-yilgi%20Qishki%20Olimpiada%20o%E2%80%98yinlarida | Yamayka 1988-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlarida | Yamayka 1988-yilda Kanadaning Kalgari shahrida oʻtkazilgan qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Bu Yamaykaning qishki Olimpiadada birinchi ishtiroki boʻlgan. Yamaykaliklar faqat bitta sport turi – bobsleyda, ikkilik va toʻrtlik musobaqalarida qatnashib, ikkala holatda ham medalga sazovor boʻla olishmagan. Sportchilar Yamayka mudofaa kuchlari askarlaridan tanlab olingan edi. Dastlab, jamoaga Dadli Stouks, Devon Xarris, Maykl Uayt va Kasvel Allen chaqirilgan, biroq Allen musobaqa boshlanishidan sal oldin jarohatlanib, oʻrniga akasi Dadlini qoʻllab-quvvatlash uchun Kanadaga kelgan Kris Stouks jalb etilgan.
Avval juftlik musobaqalari oʻtkazilib, unda Dadli Stouks va Maykl Uayt 30-oʻrinni egallagan. Amerika televideniyesi toʻgʻridan-toʻgʻri efirda Yamayka toʻrtligining poygasini namoyish etgan. Ular uchinchi bosqichda musobaqani tark etib, oxirgi oʻrinda yakunlashgan. Muvaffaqiyatsizlikka qaramay, 1993-yilda Yamayka bobsleychilarining chiqishlariga asoslangan „Krutoye viraji“ filmi suratga olingan.
Olimpiya oʻyinlarigacha
Yamayka Olimpiya uyushmasi 1936-yilda tashkil etilgan, biroq Ikkinchi jahon urushi sababli 1940 va 1944-yillardagi oʻyinlar bekor qilingani tufayli, mamlakat ilk bor 1948-yilda Londonda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Keyinchalik yamaykaliklar barcha Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishgan, shu jumladan 1960-yilgi oʻyinlarda ham ishtirok etishgan bu musobaqada Yamayka Gʻarbiy Hindiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. 1956 va 1964-yilgi Olimpiadalardan tashqari, Yamayka terma jamoasi barcha Olimpiya oʻyinlarida medallar sohibiga aylanishgan.
Bobsley
Biznesmenlar George Fitch va Uilyam Maloni Yamayka aeroportlaridan birida yuklarni tashish aravasini misol qilib, Yamayka bobsley terma jamoasini tuzish gʻoyasini ilgari surishgan. Yamayka Olimpiya assotsiatsiyasi raisi bu gʻoyani qoʻllab-quvvatlagan, shu tariqa terma jamoaga sportchilarni jalb qilish zaruriyati paydo boʻlgan. Reklama kampaniyasi mamlakat tarixidagi birinchi bobsley jamoasiga qoʻshilish uchun sinovlarni „xavfli va mashaqqatli“ deb taʼriflagan. Biroq, tropik mamlakatda bobsleychilarni topish mushkul boʻlgani sababli, Yamayka mudofaa kuchlari xodimlarini yollashga toʻgʻri kelgan. Dadli Stouks, Devon Xarris va Maykl Uayt 1987-yil oktabrda jamoaga qabul qilingan, keyinchalik ularga Kasvell Allen qoʻshilgan.
Fitch va Yamayka sayyohlik kengashi tomonidan moliyalashtirilgani tufayli, Olimpiadaga tayyorgarlik Avstriya va Kanadada olib borilgan. Terma jamoaga Zepp Haydaxer murabbiy etib tayinlangan. Yamaykaliklar Olimpiada oʻyinlarida ikkilik va toʻrtlik musobaqalarida ishtirok etish uchun Xalqaro bobsley federatsiyasi bilan kelishuv tuzishga majbur boʻlishgan. Kalgariga kelganidan soʻng, jamoa bunday sharoitlarga koʻnikish uchun muzlagan koʻlda mashq qilgan. Mashqlardan birida Allen yiqilib, jarohat olgan. Hech qachon bobsleyda oʻtirmagan va faqat ukasi Dadlini qoʻllab-quvvatlash uchun Kanadaga kelgan Kris Stouks musobaqadan uch kun oldin terma jamoa tarkibiga kiritilgan.
Yamayka ishtirok etgan birinchi musobaqa ikkilik poygasi boʻlib, unda Dudli Stouks va Maykl Uayt qatnashgan. Ular Yamayka davlatining qishki Olimpiya oʻyinlarida ilk ishtirokchilari boʻlishgan. Birinchi poygada yamaykaliklar 34-oʻrinni egallab, Yangi Zelandiyaning bir jamoasini, shuningdek, Portugaliya, Amerika Virjiniya orollari va Meksika davlatlaridan ikki jamoani ortda qoldirishgan. Ikkinchi poygadan soʻng ular 22-oʻringa koʻtarilishgan, ammo uchinchi poygadan keyin 31-oʻringa tushib ketishgan. Toʻrtinchi poygadan soʻng esa bir pogʻona yuqoriga koʻtarilib, musobaqani shu oʻrinda yakunlashgan. Natijada, juftlik 41 jamoa orasida 30-oʻrinni egallagan. AQShning xokkey jamoasi turnirdan chiqib ketgach, Amerika telekanallari efir vaqtini toʻldirish uchun Yamayka toʻrtlik bobsley jamoasining chiqishini namoyish etishga qaror qilishgan. Birinchi poyga muvaffaqiyatsiz oʻtgan, chunki Dudli Stouks bobsleyga sakrash paytida chananing tormozi ishdan chiqqan. Shu sababli ular 24-oʻrinni egallashgan. Ikkinchi urinishdan soʻng esa, Uaytning chanaga sakrashga muvaffaqiyatsiz urinishi tufayli yamaykaliklar yana bir pogʻona pastga tushishgan.
Bobsleydagi uchinchi ishtirok tufayli Yamayka terma jamoasi mashhurlikka erishgan. Dudli Stouks poyga oldidan yelkasidan jarohatlanganiga qaramay, musobaqada ishtirok etishga qaror qilgan. Jamoa barcha ishtirokchilar orasida yettinchi boʻlib startga chiqqan. „Kreysel“ burilishida Stouks bobsley boshqaruvini yoʻqotgan, natijada chanalar trek devoriga urilib, agʻdarilib ketgan. Jamoaning barcha aʼzolari chanalarni olib, ularni finishgacha sudrab borishgan. Shu tufayli jamoa toʻrtinchi poygada qatnashishdan voz kechishgan, Yamayka diskvalifikatsiya qilingan va oxirgi oʻringa tushirilgan.
Manbalar
Qishki olimpiada oʻyinlari |
1,218,591 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Yoshlar%20ovozi | Yoshlar ovozi | Yoshlar ovozi – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi muassisligidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, adabiy-badiiy gazeta.
Tarixi
Gazetaning ilk soni 1925-yil 8-fevralda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasining 51-soniga ilova tarzida nashr etilgan. Gazeta 1925-yil 18-apreldan „Yosh leninchi“ nomi ostida Oʻzbekiston Sovet Yoshlar ittifoqi tashkiloti muassisligida haftada 1 marta chiqa boshlagan. Oʻsha paytda gazeta 8 ming nusxada chop etilgan. 1929-yildan 1935-yilgacha nomuntazam tarzda nashr etilgan. 1936-yildan 1966-yilgacha haftada uch marotaba chop etilgan. Gazetaning 1929-yildan 1930-yilgacha tahririyati Samarqand shahrida joylashgan edi. Ikkinchi jahon urushi boʻlgan 1939-yildan 1945-yilgacha gazetaning faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan. 1992-yil 1-yanvardan boshlab gazeta „Turkiston“ nomi ostida nashr qilingan. 2001-yil 25-aprelda „Turkiston“ gazetasi „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati muassisligiga oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi „Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“ gi PF-5106-sonli Farmoniga asosan „Turkiston“ gazetasi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi muassisligiga oʻtkazildi . 2017-yil iyul oyidan hozirgi „Yoshlar ovozi“ nomi ostida chop etila boshlandi.
Tavsifi
Gazeta haftada bir marotaba chop etiladi. Gazetaning bosh shiori „Biz-kelajak bunyodkorimiz“. Bosh muharrir-Hamza Abdullayev. Bosh hamkor Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hisoblanadi. Gazeta materiallari toʻliq oʻzbek tilida chop etiladi. Gazeta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2020-yil 11-dekabrda № 0242-raqami bilan qayta roʻyxatdan oʻtgan. Gazetada asosan hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar oid davlat siyosati, ijtimoiy yangiliklar, mahallardagi yoshlar yetakchilari faoliyati hamda shu kabi materiallar eʼlon qilinadi. Gazetaning tahririyati Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 2-uyda joylashgan. Gazeta „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasida chop etiladi. Oʻlchami A2 formatda ofset usulida nashr etiladi. Oʻrtacha adadi 10 mingdan oshiqni tashkil etadi. Gazeta asosan 4 sahifadan iborat boʻlib, ayrim sonlari 6-8 sahifasini tashkil etadi.
Manbalar
Oʻzbekiston gazetalari |
1,218,597 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Fransiya%20madaniyati | Fransiya madaniyati | Fransiya madaniyati geografiyasi, tarixiy voqealari, xorijiy va ichki taʼsiri bilan shakllanib borgan. Fransiya madaniyati XVII-XIX asrdan boshlab butun dunyoda mashhur boʻlishni boshladi. XIX asr oxiridan boshlab Fransiya madaniyatida kino, moda, adabiyot, texnologiyalar va ijtimoiy fanlari shu bilan birga matematikasi bilan muhim rol oʻynaydi. Fransuz madaniyatining ahamiyati uning iqtisodiy, siyosiy va harbiy ahamiyatiga qarab asrlar davomida oshib bordi. Fransiya madaniyati bugungi kunda katta mintaqaviy va kuchli birlashtiruvchi tendensiyalar bilan ajralib turadi. BBC tomonidan oʻtkazilgan global soʻrov natijalariga koʻra, Fransiya 2014-yilda dunyodagi eng ijobiy taʼsirga ega davlatlardan biri sifatida (Germaniya, Kanada va Buyuk Britaniyadan keyin) toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Fransiyada til
Fransuz akademiyasi lingvistikani rasmiy standartini belgilaydi. Hukumat tomonidan Fransuz madaniyati va fransuz tilini targʻib qilish boʻyicha baʼzi ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, hukumat Fransuz kinosini qoʻllab-quvvatlash uchun subsidiyalar va imtiyozli kreditlar tizimini yoʻlga qoʻygan. „Toubon“ qonuniga koʻra, hukumat tomonidan Fransiya hududi boʻylab joylashtiriladigan reklamalar Fransuz tilida boʻlishi majburiy ekanligi belgilab qoʻyildi
. Fransiya koʻplab mintaqaviy tillar mavjud. Ularning baʼzilari standart Fransuz tilidan juda farq qiladi, masalan, Breton(Cornish va Welsh tillariga yaqin Celtic tili) va Alsatian (nemis tilining Alemannic dialekti). Bask tili fransuz tiliga va dunyodagi boshqa tillarga mutlaqo yaqin emas. Fransiyaning janubi-gʻarbiy qismi va Ispaniya shimoli oʻrtasidagi chegarasida joylashgan aholi ushbu tilda gaplashadi. Bu tillarning ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilgan. Ammo mahalliy tillarning haqiqiy ahamiyati munozarali boʻlib qolmoqda. 2001-yil aprel oyida taʼlim vaziri Jek Lang rasman tan olishicha, ikki asrdan koʻproq vaqt davomida Fransiya hukumatining siyosiy vakolatlari mintaqaviy tillardan ustun koʻrilgan. U fransuz davlat maktablarida boshqa tillarni oʻqitishni qoʻllab-quvvatlash uchun ikki til oʻqituvchilarini yollashini eʼlon qildi. Fransuz maktablarida oʻquvchilar kamida ikkita chet tilini oʻrganishlari lozim, ulardan birinchisi Fransuz tilida boʻlsa, ikkinchisi nemis yoki ingliz tili boʻlishi kerak.
Fransiya Konsitutsiyasining mintaqaviy tillarni rasmiy tan olinishi boʻyicha nazarda tutilgan qarori Parlament tomonidan 2008-yili iyul oyida Versaldagi Congressda qayta koʻrib chiqildi.
Anʼanalar
Zamonaviy Fransiya asrlar davomida millat qurilishi va bir qator tarixiy viloyatlar hamda xorijiy koloniyalarni oʻzining geografik va siyosiy tuzilmasiga qoʻshib olish natijasida shakllangan. Bu hududlar oʻziga xos madaniy va til anʼanalari bilan rivojlangan: moda, diniy eʼtiqod, mintaqaviy til va lahja, oila tuzilishi, oshxona, boʻsh vaqtni oʻtkazish faoliyatlari, sanoat va hatto vino quyishning oddiy usullari kabi
. 20-asrda mamlakatning sanoatlashtirilishi natijasida fransuzlarning katta qismi qishloqlardan shahar hududlariga koʻchdi. XIX asr oxirida fransuzlarning xoʻjaligi taxminan 50% qishloq xoʻjaligiga bogʻliq boʻlsa, bugungi kunda fransuz dehqonlari faqat 6-7% ni tashkil etadi, 73% esa shaharlarda yashaydi. Sanoatlashtirish, migratsiya va urbanizatsiya XIX va XX asrlarda Fransiyada yangi ijtimoiy-iqtisodiy mintaqaviy jamoalarni yaratdi, bular shaharlarda (masalan, Parij, Lion, Villeurbanne, Lille, Marsel va boshqalar) hamda shahar aglomeratsiyalarining (turli xil „banlieues“ deb ataladigan, baʼzida „chic“ yoki „pauvres“ yoki „les cités“ deb ataladigan „boshpana loyihalari“ kabi) suburban va ishchilar sinfi hududlarda paydo boʻldi.
Manbalar |
1,218,605 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Jo%CA%BBra%20Fozil | Joʻra Fozil | Joʻra Fozil (1949-yil Buxoroda tugʻilgan) — jurnalist, yozuvchi va tarjimon.
Hayoti
Joʻra Fozil 1949-yil 5-oktyabrda Buxoro viloyati Romitan tumani Musicha qishlogʻida muallim oilasida tugʻilgan. 1966-yil oʻrta maktabni tamomlagach, tuman bosmaxonasida harf teruvchi, adabiy xodim, musahhih vazifalarida ishlagan hamda armiya xizmatini oʻtagan (1968—1970).
Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan. Romitan tuman gazetasida, „Buxoronoma“ gazetasida, Respublika „Mulkdor“ haftanomasida ishlagan. 2000-yildan „Romitannoma“ gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat yuritib keladi.
Asarlari
Dastlabki hikoyalar toʻplami 1991-yilda „Muhabbatning bayramlari“ nomi ostida nashr etilgan. Keyinchalik „Barqut mavsumi“ (1992), „Buxoro elchisi“ (1996), „Baxt yulduzi“ (1997), „Mening qizil gulim“ (1998), „Bolalikning yolgʻiz yodgori“ (2000), „Buxoriyning qaytib kelishi“ (2004), „Ibtido va intiho“ (2005) nomli qissalari, „Ayriliq ostonasi“ (2006), „Tiramoh armonlari“ (2008) romanlari hamda „Biz lola termagan bahor“ (2010) nomi ostida hikoyalar toʻplami chop etilgan.
Tarjimalari
Joʻra Fozil tarjimon sifatida Konstantin Paustovskiyning „Sevgi“ romani va hikoyalarini, Viktor Astafyevning „Gʻamgin sarguzasht“ romani hamda „Munavvar yulduzlar“ qissasini oʻzbek tiliga oʻgʻirgan.
Manbalar
Buxoroda tugʻilganlar
Buxorolik kishilar
Romitan tumanida tugʻilganlar
Yozuvchilar
Oʻzbekistonlik yozuvchilar
Jurnalistlar
Tarjimonlar
Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari |
1,218,609 | https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Respublikasining%20fan%20va%20texnika%2C%20adabiyot%2C%20san%CA%BCat%20va%20me%CA%BCmorchilik%20sohasidagi%20davlat%20mukofotlari%20sovrindorlari%20ro%CA%BByxati | Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlari sovrindorlari roʻyxati | Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlari sovrindorlari roʻyxati berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika; adabiyot; sanʼat va meʼmorchilik yoʻnalishlarida jami oltita – uchta birinchi darajali va uchta ikkinchi darajali Davlat mukofotlari har ikki yilda bir marta beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlari kengashining taklifiga asosan, Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan beriladi.
Fan va texnika boʻyicha sovrindorlar roʻyxati
2017-yil
Birinchi darajali
Shavkat Ayupov
Karimbergen Kudaybergenov
Baxrom Omirov
Oʻtkir Roziqov
Flora Inoyatova
Dilorom Ahmedova
Shavkat Amonov
Ikkinchi darajali
Mirzag‘olib Tillashayxov
2022-yil
Birinchi darajali
Quvondiq Sanaqulov
Nikolay Snitka
Rustamjon Usmonov
Ulugʻbek Ergashev
Otabek Mustaqimov
Ikkinchi darajali
Vladimir Kvint
Adabiyot boʻyicha sovrindorlar roʻyxati
2017-yil
Birinchi darajali
Pirimqul Qodirov
Ikkinchi darajali
Sirojiddin Sayyid
2022-yil
Birinchi darajali
Naim Karimov
Ikkinchi darajali
Sanʼat va meʼmorchilik boʻyicha sovrindorlar roʻyxati
2017-yil
Birinchi darajali
Otanazar Matyoqubov
2022-yil
Birinchi darajali
Alisher Aliqulov
Ikkinchi darajali
Jaloliddin Mirtojiyev
Najimaddin Muhammeddinov
Manbalar
Oʻzbekiston davlat mukofoti laureatlari
Oʻzbekiston olimlari |
1,218,616 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Ispaniya%20milliy%20futzal%20terma%20jamoasi | Ispaniya milliy futzal terma jamoasi | Ispaniya milliy futzal terma jamoasi - xalqaro futzal musobaqalarida Ispaniya sharafini himoya qiladi va Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Ispaniya dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, futzal boʻyicha UEFA chempionatining yetti karra chempioni va futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionatining ikki karra ketma-ket chempioni hisoblanadi.
Terma jamoa 2000 va 2004-yillarda jahon chempioni, 1996, 2008 va 2012-yillarda uch marta ikkinchi oʻrinni egallagan.
Ispaniya UEFAning qitʼa musobaqalarida, shu jumladan, futzal boʻyicha UEFA Yevropa chempionatida oʻn bir marta ishtirok etgan, ulardan birinchi ikkitasi, 1996 va 1999-yillarda mezbon boʻlgan. Ular yetti marta qitʼa chempioni boʻlgan, 1996, 2001, 2005, 2007, 2010, 2012 va 2016-yillarda, shuningdek, 1999 va 2018-yillarda ikkinchi oʻrinni egallagan. 2003 va 2014-yillarda finalga chiqa olmagan va yarim finalda magʻlub boʻlgan.
Ushbu unvonlar Ispaniya terma jamoasini Braziliyadan keyingi ikkinchi eng muvaffaqiyatli terma jamoaga aylantirdi.
Natijalar
Quyida soʻnggi 12 oy ichidagi oʻyin natijalari hamda rejalashtirilgan kelajak oʻyinlar roʻyxati keltirilgan.
Izoh
2024
Murabbiylar jamoasi
Hozirgi murabbiylar jamoasi
Bosh murabbiy – Fede Vidal
Futzalchilar
Joriy tarkib
Quyidagi futzalchilar 2023-yil 15 va 20-sentabr kunlari mos ravishda Chexiya va Italiyaga qarshi futbol boʻyicha 2024-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlari uchun terma jamoaga chaqirilgan.
Bosh murabbiy: Fede Vidal
Soʻnggi chaqiruvlar
Soʻnggi 12 oy ichida quyidagi futzalchilar ham terma jamoaga chaqirilgan.
COV Oʻyinchi COVID-19 bilan kasallanganligi sababli jamoani tark etdi.
INJ Oʻyinchi jarohati tufayli jamoani tark etgan.
PRE Boshlangʻich tarkib.
RET Xalqaro futzaldagi faoliyatini yakunlagan.
Musobaqalardagi ishtirok
Futzal boʻyicha jahon chempionati
UEFA Yevropa chempionati
Grand Prix de Futsal
Konfederatsiyalar kubogi
Yana qarang
Ispaniyada futzal
Ispaniya milliy futbol terma jamoasi
Manbalar
Yevropa futzal terma jamoalari
Ispaniyada futzal
Ispaniya milliy futzal terma jamoasi |
1,218,617 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Argentina%20milliy%20futzal%20terma%20jamoasi | Argentina milliy futzal terma jamoasi | Argentina milliy futzal terma jamoasi futzal boʻyicha xalqaro musobaqalarda Argentina sharafini himoya qiladi va Argentina futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi.
Argentina futzal boʻyicha sakkizta jahon chempionatida ishtirok etgan va 2016-yilda FIFA futzal boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqqan. Argentina, shuningdek, 2003, 2015 va 2022-yillarda uch marta Amerika kubogini qoʻlga kiritgan. Argentina FIFA futzal boʻyicha jahon reytingida 4-oʻrinni egallab turibdi.
Natijalar
Quyida soʻnggi 12 oy ichidagi oʻyin natijalari hamda rejalashtirilgan kelajakdagi uchrashuvlar roʻyxati keltirilgan.
Izoh
2024
Jamoa
Hozirgi tarkib
Quyidagi futbolchilar 2022-yil Argentina terma jamoasiga chaqirilgan.
Bosh murabbiy: Matías Lucuix
Oxirgi chaqiruvlar
Soʻnggi 12 oy ichida quyidagi futbolchilar ham terma jamoaga chaqirilgan.
INJ Futbolchi jarohati tufayli jamoani tark etdi.
COV Oʻyinchi COVID-19 tufayli jamoani tark etdi.
PRE Dastlabki tarkib.
RET Xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlagan.
Musobaqalardagi ishtirok
Futzal boʻyicha jahon chempionati
Gʻoliblar
Ikkinchi oʻrin
Uchinchi oʻrin
Toʻrtinchi oʻrin
Futzal Finalissima
Janubiy Amerika futzal chempionati
Futsal boʻyicha FIFA Jahon chempionati saralashi (CONMEBOL)
Futzal boʻyicha AMF Jahon kubogi
Futzal Konfederatsiyalar kubogi
Panamerika oʻyinlari
Janubiy Amerika oʻyinlari
Grand Prix de Futsal
Futsal Mundialito
Futzal boʻyicha Janubiy Amerika U-20 chempionati
2006 – Ikkinchi oʻrin
2008 – Ikkinchi oʻrin
2010 – Uchinchi oʻrin
2013 – Uchinchi oʻrin
2014 – Uchinchi oʻrin
2016 – Chempion
2018 – Ikkinchi oʻrin
2022 – Ikkinchi oʻrin
Futzal boʻyicha IBSA koʻzi ojizlar jahon chempionati
2002 – Chempion
2006 – Chempion
IBSA Jahon oʻyinlari
2015 – Chempion
Manbalar
Janubiy Amerika futzal terma jamoalari
Argentinada futzal |
1,218,621 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Al-Shorta%20SC | Al-Shorta SC | Al-Shorta sport klubi () – Bagʻdodning Al-Rusafa shahrida joylashgan Iroq sport klubi. Al-Shorta sport klubi sifatida 19 xil sport turi boʻyicha jamoalarga ega va klubning eng mashhur boʻlimi futbol jamoasi boʻlib, uning kelib chiqishi 1932-yilga borib taqaladi. Al-Shorta 1978-yilda Iroqda faqat futbol klublar siyosati joriy qilinganidan keyin rasmiy ravishda sport klubi sifatida tashkil etilgan.
Al-Shorta futbol jamoasi Iroqdagi eng muvaffaqiyatli jamoalardan biri boʻlib, 7 marta Iroq Yulduzlar ligasida va bir marta Iroq FA kubogida gʻalaba qozongan. 2023-2024-yilgi mavsumda ichki musoboqalar chempionlik va kubokni qoʻlga kiritib mavsumni dubl bilan yakunlagan. Al-Shorta 1982-yilda ilk bor Arab klublari chempionlari kubogi gʻolibi boʻlgan. Al-Shorta ikki marta Iroq Superkubogini qoʻlga kiritdi va shuningdek, ketma-ket uch marta Umm al-Maʼarik chempionligini qoʻlga kiritgan yagona jamoadir.
Al-Shorta Iroq Yulduzlar Ligasining eng uzoq davom etgan magʻlubiyatsiz seriyasi (39 oʻyin) va bir mavsumdagi eng ketma-ket gʻalabasi (11 gʻalaba) boʻyicha rekordlarga ega. 2021-2022-yilgi mavsumda „Al-Shorta“ ligadagi eng erta chempionlik (yetti tur qolganda chempionlik hal qilingan) va eng yirik chempionlik farqi (21 ochko ikkinchi oʻrindan oldinda boʻlgan) boʻyicha rekord oʻrnatgan, shuningdek, Bagʻdod derbilarida bir mavsumda ketma-ket uy va safar oʻyinlarida gʻalaba qozongan birinchi klubga aylangan.
Qoʻllab-quvvatlovchilar
Jamoaning asosiy qoʻllab-quvvatlavchi guruhi Ultras Green Arp ultras guruhi boʻlib, 2012-2013-yilgi mavsum boshida 2012-yilda tashkil etilgan va Iroqning eng yirik muxlislar guruhlaridan biriga aylangan. Fan-klub oʻz-oʻzini moliyalashtiradigan guruh boʻlib, Iroq boʻylab uy va safar oʻyinlariga sayohat qiladi va oʻyin davomida muxlislarga bayroqlar va bannerlar bilan taʼminlaydi. Oʻyinlar boshlanishidan oldin, Ultras Green Arp aʼzolari koʻpincha raqib jamoa muxlislariga qarshi va oʻz jamoalarini qoʻllab quvatlovchi katta bannerni ushlab turishadi. Majaneen Al-Qitara deb nomlangan yana bir taniqli muxlislar guruhi 2017-yilda tashkil etilgan.
Raqobat
Al-Shorta Bagʻdodning Al-Quva Al-Jawiya, Al-Zavra va Al-Talaba bilan birga eng yaxshi toʻrtta klubidan biri; Bu toʻrtta klub birgalikda Bagʻdod derbilarida ishtirok etadilar. Bagʻdod derbilari koʻpincha mavsumning eng muhim oʻyinlari hisoblanadi va odatda koʻproq tomoshabinlarni sigʻdirish uchun Al-Shaab stadioni kabi neytral maydonlarda oʻtkaziladi.
Al-Shortaning Al-Quwa Al-Jawiya bilan raqobati eng uzoq davom etgan raqobat boʻlib, uning kelib chiqishi 1930-yillarga borib taqaladi. Al-Quva Al-Jawiya ham Al-Shortaning mahalliy raqibi hisoblanadi, chunki ikki klubning stadionlari Falastin koʻchasida bir-biridan qisqa masofada joylashgan.
Al-Shorta, shuningdek, „Al-Daxiliya derbisi“da Ichki ishlar vazirligining boshqa klublari Al-Hudud va Aliyat Al-Shorta bilan raqobatlashadi.
Futbolchilar
Birinchi jamoa tarkibi
Ijaraga berilgan futbolchilar
Xodimlar
Texnik xodimlar
Boshqaruv
Murabbiylar
1958-yilda Al-Shorta Select XI jamoasi falastinlik murabbiy Dennis Nasravini birinchi xorijlik murabbiyi etib tayinlagan. 1974-yildan beri „Al-Shorta“ klubini yetti mamlakatdan toʻqqiz nafar xorijlik murabbiy boshqargan. Ulardan birinchisi yugoslaviyalik murabbiy Rayko Menista boʻlib, 1982-yildan 1983-yilgacha „Al-Shorta“ klubini boshqargan.
2013-yildan beri Al-Shorta ikki braziliyalik murabbiy (Lorival Santos va Markos Paqueta), ikkita misrlik (Mohamed Youssef va Moamen Soliman), bitta iordaniyalik (Haytham Al-Shabul vaqtinchalik), bir chernogoriyalik (Neboysha Yovovich), bir serbiyalik murabbiy (Aleksandar Ilić) va bitta tunislik murabbiy (Chiheb Ellili) jamoani boshqargan. Tarix davomida klubning qolgan murabbiylari iroqlik boʻlgan.
Taniqli murabbiylar
Quyidagi murabbiylar jamoani boshqarganlarida kamida bitta yirik sovrinni qoʻlga kiritishgan:
Yutuqlar
shared record
Minor
Rekordlar
Oʻyinlar
Birinchilar
Birinchi oʻyin: Al-Lasilki 1-1 Al-Shorta, Shahzoda Gʻozi kubogi, 1932-yil dekabr
Birinchi markaziy Angliya Premer-ligasi oʻyini: Al-Kuliya Al-Askariya Al-Malakiya 5-1 Al-Shorta Select XI, 1948-yil 5-noyabr
Angliya kubogining birinchi oʻyini: Al-Shorta Select XI awd. (w/o) Kuliyat Al-Huquq, birinchi tur
Birinchi Milliy klublar ligasidagi oʻyini: Al-Muvasalat 3-0 Al-Shorta, 1974-yil 4-oktyabr
Al-Shorta stadionidagi birinchi oʻyin: Al-Shorta 3-2 Al-Tijara, Milliy klublar ligasi, 1990-yil 23-dekabr
Gʻalaba qozondi
Klub tarixidagi eng yirik gʻalaba: Al-Samava jamoasiga qarshi 11:0, Iroq FA kubogi 32-raund, 1998-yil 16-noyabr
Klubning liga tarixidagi eng yirik gʻalabasi: Duhok jamoasiga qarshi 8-0, Birinchi liga ligasi, 2002-yil 18-oktyabr
Liga saralash bosqichdagi eng yirik gʻalabasi: Al-Hudoodga qarshi 10-1, 2000-yil 25-sentyabr
Umm al-Maʼarik chempionatida eng yirik gʻalaba: Salahaddinga qarshi 7-1, guruh bosqichi, 2000-yil 5-dekabr
AFC musobaqasidagi eng yirik gʻalaba: „Al-Vahda“ ga qarshi 5:0, Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati ikkinchi bosqichi, 1999-yil 18-noyabr
UAFA musobaqasidagi eng yirik gʻalaba: FC Nouadhibouga qarshi 5-0, Arab klublari chempionlar kubogi ikkinchi bosqichi, 25-noyabr 2019-yil
Oʻyinning bir boʻlimida urilgan eng koʻp gol: 10 ta, „Al-Bahri“ ga qarshi 10:1 hisobidagi gʻalaba, Iroq FA kubogi 1/8 finali, 1998-yil 14-dekabr
Magʻlubiyatlar
Eng yirik magʻlubiyat: Al-Naqil jamoasiga qarshi 0:11, Milliy klublar ligasi, 1974-yil 12-oktyabr
Iroq FA kubogidagi eng yirik magʻlubiyat: Al-Zavra jamoasiga qarshi 0-4, chorak final, 1977-78
Umm al-Maʼarik chempionatidagi eng yirik magʻlubiyat: Al-Quva Al-Javiya jamoasiga qarshi 0-6, guruh bosqichi, 1996-yil fevral
AFC musobaqasida eng yirik magʻlubiyat: FK Köpetdag Aşgabat jamoasiga qarshi 0:4, Osiyo Kubogi egalari kubogi chorak finali, 1998-yil 13-fevral
UAFA musobaqasida eng yirik magʻlubiyat: Al-Shabab jamoasiga qarshi 0–6, Arab klublari chempionlar kubogi chorak finali, 2019-yil 23-dekabr
Ketma-ket natijalar
Ligadagi ketma-ket 11 ta oʻyinda gʻalaba qozonilgan oʻyinlar: Premyer-liga, 1998-yil 13-martdan 1998-yil 22-maygacha
Premyer-ligada ketma-ket 37 ta oʻyinda raqib darvozasiga gol kiritilgan;1997-yil 13-oktabrdan 1998-yil 13-noyabrgacha
Ligadagi ketma-ket magʻlubiyatga uchralgan oʻyinlar: 6 ta, Elit Liga, 2012-yil 15-iyuldan 2012-yil 10-avgustgacha
Ketma-ket magʻlubiyatsiz oʻtkazilgan oʻyinlar: 39, Premer-liga, 2018-yil 21-maydan 2019-yil 23-may
Davomatlar
Eng koʻp tomoshabinlar tashrifi: 68 000, Al-Shaab stadionida Al -Zavraga qarshi oʻyin, Milliy klublar ligasi, 1991-yil 13-dekabr
Ishtirok
Klub tarkibida debyut qilgan eng yosh oʻyinchi: Mohanad Ali, 13 yosh, 279 kun („Al-Talaba“ga qarshi, Premyer-liga, 2014-yil 26-mart)
Al-Shorta Select XI oʻyinchisi paytidagi birinchi xalqaro terma jamoa: Ali Karim, 1957-yilda Iroq uchun
Al-Shorta tarkibida eng koʻp terma oʻyinlarini oʻtkazgan: Raad Hammudi, Iroq termasi uchun 104
Jahon chempionatida oʻynagan birinchi futbolchilar: Raad Hammudi (boshlangʻich) va Basim Qosim (zaxira), 1986-yil 4-iyunda Iroq terma jamoasida Paragvayga qarshi oʻyinda
Gollar
Bir mavsumda eng koʻp Liga gollari: Yunis Abid Ali, Milliy klublar ligasida 36 ta gol, 1993–94
Bir mavsumda Iroq FA Kubogida eng koʻp gol urgan: Hoshim Ridha, 14 gol, 1998–99
Liganing bir oʻyinida eng koʻp gol urgan: Ahmad Khudhair, 5 gol (Al-Kut, Elite League, 2001-yil 14-iyun)
Angliya kubogining bitta oʻyinida eng koʻp gol urgan: Said Nuri, 5 ta gol (Salahaddinga, 1989-yil 16-may)
AFC va UAFA musobaqalarida eng koʻp gol urgan: 5
Ala Kadhim (Osiyo kubogi egalari kubogida 3 ta, klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 2 ta)
Marvon Husayn (OFK kubogida 4 ta, Arab klublari chempionlari kubogida 1 ta)
Birinchi gol muallifi: Abid Abtou (Al-Lasilkiga qarshi, Shahzoda Gʻozi kubogi, 1932-yil noyabr)
Milliy klublar ligasining birinchi toʻpurari: Zahravi Jaber (1976–77)
Liganing eng koʻp toʻpurari sovrini: Hoshim Ridha, 2 (1998-99 va 2001-02)
Birinchi xorijlik gol muallifi: Innosent Avoa („Al-Sina“ ga qarshi, Elit Liga, 2012-yil 20 oktyabr)
Birinchi xorijlik xet-trik muallifi: Jan Mishel NʼLend („Al-Quva Al-Jawiya“ ga qarshi, Elit Liga, 2012-yil 18-noyabr)
Gol urgan birinchi darvozabon: Raad Hammudi („Al-Samava“ ga qarshi, Milliy klublar ligasi, 1975–76)
soniya, Ala Abdul-Zahra („Naft Al-Junoob“ ga qarshi Premer-liga, 2018-yil 21-oktyabr
Eng yaxshi toʻpurarlar
Faqat Iroq Yulduzlar Ligasi (1974 yildan hozirgi kungacha) oʻyinlari boʻyicha.
Manbalar
Havolalar
Alifbo boʻyicha futbol klublari
Al-Shorta SC
Iroqdagi futbol klublari
Bagʻdoddagi futbol klublari
1932-yilda tashkil etilgan futbol klublari |
1,218,625 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Al-Rayyan%20SC | Al-Rayyan SC | Al-Rayyan sport klubi () – Qatarning futbol, futzal, basketbol, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi va suzish kabi bir qator sport turlaridagi sportchilarni birlashtirgan sport klubi. Klub Al Rayyan shahridagi Umm Al Afai shahridagi Ahmad bin Ali stadionida uy oʻyinlarini oʻtkazadi. Klub 1967-yilda eski Rayyan jamoasining Nusoor klubi bilan birlashtirilganidan soʻng tashkil etilgan. Jamoaning rasmiy ranglari qizil va qora.
Al-Rayyan SC barcha sport turlari boʻyicha koʻplab unvonlarni qoʻlga kiritga boʻlib, jumladan, basketbol boʻyicha ikkita Osiyo chempionati, qoʻl toʻpi boʻyicha arab chempionati, futzal boʻyicha ichki chempionat, stol tennisi va voleybol, shuningdek, GCCning koʻplab basketbol, qoʻl toʻpi va voleybol chempionatlarida, basketbol va gandbol jamoalari jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Biroq, futbol jamoasiga klubning eng koʻp rasmiylari, OAV va muxlislar eʼtiborini qaratadi.
Qoʻllab-quvvatlovchilar
Al-Rayyan koʻrfaz mintaqasidagi Qatarning eng mashhur klublaridan biri boʻlib, hamda dunyoning boshqa qismlarida qoʻllab-quvvatlanadi. 2010-yilda klub Qatar Yulduzlar Ligasida eng koʻp tomoshabinlar tashrifi boʻyicha eng yaxshi natijani qayd etishgan. Fan-klub 2008-2009-yilgi mavsumda QFA tomonidan tasdiqlangan „eng yaxshi muxlislar“ mukofotini qoʻlga kiritgan va 2012-2013-yilgi mavsumda „Al Sadd“ jamoasi bilan bu mukofotni boʻlishib olgan.
Yutuqlar
2023-yil 9-may holatiga
Liga
Qatar Yulduzlar Ligasi
Chempionlar (8): 1975–76, 1977–78, 1981–82, 1983–84, 1985–86, 1989–90, 1994–95, 2015–16
Kubok
Qatar amiri kubogi
Chempionlar (6): 1998–99, 2003–04, 2005–06, 2010, 2011, 2013
Qatar kubogi
Chempionlar (4): 1995, 1996, 2001, 2012
Shayx Jassim kubogi
Chempionlar (5): 1992, 2000, 2012, 2013, 2018
Xalqaro oʻyinlardagi natijalar
Key: PO – Pley-off bosqichi; 1R/2R – Birinchi/ikkinchi tur; R16 – 16-tur; QF – Chorak final; SF – Yarim final;
Eslatmalar
Osiyo musobaqalari gollar
Statistik maʼlumotlar 2023-yil 7-mart xolatiga toʻgʻri
Joriy tarkib
Qatar Yulduzlar Ligasi holatiga koʻra:
Roʻyxatga kiritilmagan futbolchilar
Ijaraga berilgan futbolchilar
Murabbiylar tarixi
1967-yildan beri Ar-Rayyanning hozirgi va oldingi menejerlari (toʻliq emas):
Salem Ashour (1967–??), (1973–??)1
Saleh Youssef (ca. 1976)2
Powell (1976–??)3
Abdul Moneim Al Haj (1981–83)
Vavá (1984–85)
Wayne Jones (1985)
Alan Dicks (1985)
Colin Dobson (1985–87)
Vavá (ca. 1989)
Alan Dicks (1989–90)
Abdul Moneim Al Haj (1990)
René Simões (1-iyul 1990–91)
Luis Alberto (1991–92)
René Simões (1992 – 30-iyun 1993)
Cabralzinho (1993–94)
Jørgen E. Larsen (1-iyul 1994 – 30-iyun 1995)
Evaristo de Macedo (1995)
Benny Johansen (1-iyul 1995–96)
Eid Mubarak (1996–97)
Antoni Piechniczek (1997)
Zdzisław Podedworny (1997–98)
Allan Jones (1998)
Roald Poulsen (1998–99)
Jørgen E. Larsen (1-iyul 1999 – 30-iyun 2000)
Dutra (2000)
Paulo Campos (2000)
Santos (2000–01)
Paulo Henrique (2001–02)
Amarildo (2002)
Jean Castaneda (2002–04)
Bosse Nilsson (2004)
Jørgen E. Larsen (1-iyul 2004 – 30-iyun 2005)
Ron van den Berg (2005)
Luis Fernández (26-iyun 2005 – 15-noyabr 2005)
Hassan Hormatallah (noyabr, 2005–05)
Ladislas Lozano (2005–06)
Rabah Madjer (2006 – 30-iyun 2006)
Pierre Lechantre (2006–07)
Paulo Autuori (2-may 2007 – 17-may 2009)
Marcos Paquetá (1-iyul 2009 – 30-iyun 2010)
Paulo Autuori (21-noyabr 2009 – 30-iyun 2011)
Diego Aguirre (6-sentyabr, 2011 – 3-noyabr 2013)
Rastko Stojkovic (2013)
Manuel Jiménez (4-noyabr 2013 – 20-may 2015)
Jorge Fossati (20-may 2015 – 3-oktyabr 2016)
Michael Laudrup (26-sentyabr 2016 – 30-iyun 2018)
Rodolfo Arruabarrena (5-iyul 2018 – 8-oktyabr 2018)
Bülent Uygun (10-oktyabr 2018 – 5-mart 2019)
Gilson (6-mart 2019 – 30-iyun 2019)
Diego Aguirre (28-may 2019 – 11-dekabr 2020)
Fábio César (10-dekabr 2020 – 18-dekabr 2020)
Laurent Blanc (19-dekabr 2020 – 13-fevral 2022)
Nicolás Córdova (13-fevral 2022 – hozirgacha)
Maʼmuriy murabbiylar
Ashraf Mehdi (1984–85)
Saad Abu El Dahab (1985–)
Eslatmalar
1. Professional boʻlmagan murabbiy; mahalliy jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.
2. Birinchi professional murabbiy.
3. Birinchi arab boʻlmagan murabbiy.
Manbalar
Havolalar
Al Rayyan Club at QFA
Alifbo boʻyicha futbol klublari
Al-Rayyan SC
Rayyan
Rayyan |
1,218,638 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Asfar%20ibn%20Kurduya | Asfar ibn Kurduya | Asfar ibn Kurduya (shuningdek, Kurdavayh va Kardavayh) buvayhiylar sulolasiga xizmat qilgan daylamiy zobiti.
Asfar birinchi marta buvayhiylar hukmdori Adud ud-Davla davrida imperiyaning eng koʻzga koʻringan zobitlari qatorida tilga olingan. 983-yilda Adud ud-Davla vafotidan keyin buvayhiylar imperiyasida uning ikki oʻgʻli Samsam ud-Davla va Sharaf ud-Davla oʻrtasida vorislik uchun fuqarolar urushi boshlangan. Bu vaqtda Samsam ud-Davla Iroqni, Sharaf ud-Davla esa Fors va Kermonni boshqarayotgan edi.
986-yilda Asfar Samsam ud-Davlaga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, Sharof ud-Davlaga bayʼat qilgan. Biroq, Asfar tezda fikridan qaytib, uning boshqa ukasi, qisqa vaqt ichida „Baho ud-Davla“ unvonini olgan Abu Nasr Firuz Xarshadga bay’at e’lon qilgan. Samsam ud-Davla Fulad ibn Manazar yordami bilan isyonni bostirib, Baho ud-Davlani qamoqqa tashlagan. Shu voqeadan keyyin Asfar haqida boshqa maʼlumot mavjud emas.
Adabiyotlar
Daylamiylar
Buvayhiy generallari
Tugʻilgan sanasi nomaʼlum boʻlgan kishilar
10-asr eronlik kishilar
Buvayhiylar sulolasiga qarshi qoʻzgʻolonlar |
1,218,643 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Amr%20ibn%20Xolid | Amr ibn Xolid | Amr ibn Xolid al-Bariqiy al-Azdiy () – Husayn ibn Alining hamrohlaridan biri, u bilan birga Karbalo jangida shahid boʻlgan. Amr ibn Xolid Karbaloda Husayn ibn Alining qoʻshini tarkibiga qoʻshilgan va u bilan birga jang qilgan. Banu Azd qabilasining boriq boʻlimidan.
Amr ibn Xolidning ukasining ismi Asmo ibn Xolid al-Bariqiy () edi.
Yana qarang
Husayn ibn Ali
Ashuro kuni
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
680-yilda vafot etganlar |
1,218,645 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Fulad%20ibn%20Manazar | Fulad ibn Manazar | Fulad ibn Manazar () buvayhiylar sulolasiga xizmat qilgan oliy darajali harbiy zobit boʻlgan justaniy shahzodasi.
Biografiyasi
Fulad justaniy qirol Manazarning oʻgʻli. Fuladning Xusravshoh ismli akasi otasi Manazar vafotida keyin Rudbarni boshqargan. Shuningdek, ismi nomaʼlum singlisi ham boʻlib, u buvayhiylar hukmdori Adud ud-Davlaga turmushga chiqqan va undan Abul Husayn Ahmad va Abu Tohir Firuzshoh ismli ikki oʻgʻilni dunyoga keltirgan. Bu davrda Fulad Ziyor ibn Shahravayh ismli gilyaniy zobit bilan birga Bagʻdoddagi buvayhiylar saroyida hukmron mavqega ega boʻlgan. Adud ud-Davla vafotidan keyin buvayhiylar imperiyasida uning ikki oʻgʻli Samsam ud-Davla va Sharaf ud-Davla oʻrtasida vorislik uchun fuqarolar urushi boshlangan. Bu vaqtda Samsam ud-Davla Iroqni, Sharaf ud-Davla esa Fors va Kermonni boshqarayotgan edi.
986-yilda Asfar ibn Kurdavayh ismli daylamiy zobit Samsam ad-Davlaga qarshi isyon koʻtarib, Sharaf ad-Davlaga bay’at keltirgan. Biroq, Asfar tezda fikridan qaytib, uning boshqa ukasi, qisqa vaqt ichida „Baho ud-Davla“ unvonini olgan Abu Nasr Firuz Xarshadga bay’at e’lon qilgan. Samsam ud-Davla Fuladning yordami bilan isyonni bostirib, Baho ud-Davlani qamoqqa tashlagan. Samsam ud-Davla qisqa vaqt ichida Sharaf ud-Davla bilan shartnoma imzolagach, Baho ud-Davlani ozod qilishga rozilik bildirgan. 987-yilda Samsam ud-Davlaga xiyonat qilgan Sharaf ud-Davla Iroqni bosib olgan va Samsamni qalʼaga qamab qoʻygan. Shundan soʻng Fuladni ham qamoqqa tashlagan. Ziyorni esa qatl qilgan.
988/989-yilda Fulad ozod qilingan. Ozod qilingan Fulad yana Sherozda Samsam ud-Davlaga xizmat qila boshlagan. U yana saroyda taniqli shaxsga aylangan. Biroq, Fuladning keyinchalik Sheroz noibini agʻdarishga harakat qilishi Samsam gʻazabidan qochishga majbur qilgan. Fulad Raydagi Faxr ud-Davla saroyiga borib, u yerda taxminan 994-yilda oʻlimigacha yashagan. Uning Ibn Fulad ismli oʻgʻli boʻlib, u keyinchalik buvayhiylar hokimiyatiga qarshi chiqqan va Qazvinni oʻz mulkining bir qismi deb daʼvo qilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Daylamiylar
Buvayhiy generallari
Justaniylar
Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar
Vafot etgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar
990-yillarda vafot etganlar
10-asr eronlik kishilar |
1,218,648 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Badr%20ibn%20Hasanvayh | Badr ibn Hasanvayh | Badr ibn Hasanvayh Hasanvayhiylar sulolasining 979—1014-yillarda hukmronlik qilgan ikkinchi hukmdori. Hasanvayhning () oʻgʻli va vorisi boʻlgan.
Biografiyasi
Ikki aka-uka buvayhiy Adud ud-Davla () va Izz ud-Davla () oʻrtasidagi fuqarolar urushi davrida Hasanvayh ikkinchisini qoʻllab-quvvatlagan. 979-yilda Hasanvayh vafotidan keyin Adud ud-Davla uning hududlariga bostirib kirib, oʻgʻillarining bir qanchasini qatl qilib, Badrni Hasanvayhiy taxtiga chiqargan va qoʻshni kurd hududlari boʻyicha oʻz noibi etib tayinlagan. 983-yilda Adud ud-Davla vafot etgach, Badr yigirma kishini Adud ud-Davla (shuningdek, Badrning ota-onasi) nomidan Makkaga har yili haj ziyoratiga joʻnatib, unga minnatdorchilik bildirgan.
Badr otasidan farqli oʻlaroq, buvayhiylar saroyining koʻp majlislarida qatnashgan. Buvayhiy hukmdori Faxr ud-Davla (, 984—997) vafotidan soʻng Badr Majd ud-Davlaga () mahalliy ishlarni boshqarishda yordam berish uchun Rayga borgan, ammo uning yordami rad etilgan. Natijada, Badr asta-sekin Raydagi ishlardan chetlashib borgan.
Badr 1014-yilda qoʻmondonlari tomonidan kurd qal’asini qamal qilish chogʻida qishda jang qilmaslik haqidagi maslahatlarga e’tibor bermagani uchun oʻldirilgan. Badr vafotidan keyin mulkining katta qismini Annoziylar bosib olgan boʻlsa, qolganini buvayhiylar hukmdori Shams ud-Davla () egallagan. Badrning nabirasi Zohir ibn Hilol ibn Badr Hamadon buvayhiylar koʻmagida bobosining mavqeini tiklashga harakat qilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
10-asr Oʻrta Sharqdagi monarxlar
11-asr Oʻrta Sharqdagi monarxlar
Kurd hukmdorlar
1014-yilda vafot etganlar
Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar
10-asr kurdlari
11-asr kurdlari
Shia monarxlar |
1,218,653 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Amr%20ibn%20Junoda%20al-Ansoriy | Amr ibn Junoda al-Ansoriy | Amr ibn Junada al-Ansoriy () – Husayn ibn Alining hamrohi, Karbalo shahidlaridan biri.
Nasabi
Amr ibn Junodaning otasi Junoda ibn Haras Muhammadning sahobalaridan boʻlib, Siffin jangida qatnashgan Ali ibn Abu Tolibningtarafdorlaridan edi. Onasi Karbalo jangida ishtirok etgan ayollardan biri Mas’ud al-Xazrojiyning qizi Bahriya boʻlgan. Ayrim manbalarda Amrning ismi Umar deb ham zikr qilingan.
Husayn ibn Aliga qoʻshilishi
Amr ibn Junoda baʼzi manbalarga koʻra 21 yoshda, yana boshqa maʼlumotlarga koʻra 11 yoki 9 yoshda boʻlgan vaqtida ota-onasi bilan birgalikda Makkada Husayn ibn Alining tarafdorlari safiga qoʻshilgan.
Karbalo jangidagi ishtiroki
Amr ibn Junodaning otasi shahid boʻlgach, onasi oʻgʻliga: „Oʻgʻlim, borib, Husaynga yordam ber!“ deydi. Amr Husaynning oldiga borib, jang maydoniga kirishga va ular bilan birgalikda jang qilishga ruxsat soʻraydi. Husayn ibn Ali dastlab unga ruxsat bermagan, biroq Amr yana bir bor jangga kirishni iltimos qilgan. Shunda Husayn: „Bu yigitning otasi shahid boʻldi, balki onasi uning jang maydoniga borishini yoqtirmas“, deydi. Amr ibn Junoda: „Ey Paygʻambarning oʻgʻli, onam menga senga yordam berishimni buyurib, egnimga jangga kirish uchun kiyimimni kiydirdi“, deb javob berdi. Shundan soʻng Husayn Amr ibn Junodaga urushda ishtirok etishga ruxsat bergan.
Urushda Amr shunday jangovar nido oʻqigan: „Mening sarkardam Husayn, u yaxshi qoʻmondondir. Husayn paygʻambar qalbining zavqi, xushxabar yetkazuvchi va ogohlantiruvchidir. Otasi Ali, onasi Fotimadir. Uning yuzi nurli, peshonasi oydek“
Amr ibn Junoda shahid boʻlguniga qadar dushmanlari bilan jang qilganligi haqida maʼlumotlar keltirilgan. Karbalo jangida Molik ibn Nasr uning boshini kesib, Imom Husayn lashkari tomon tashlagan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
680-yilda vafot etganlar
Husayn ibn Ali |
1,218,655 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Amr%20ibn%20Dubay%CA%BCa | Amr ibn Dubayʼa | Umar ibn Dubayʾa () – Umar ibn Saʼd, keyinchalik Husayn ibn Ali qoʻshini tarkibidagi askarlardan biri. Ashuro kuni Husayn tomonga oʻtgan va Karbalo jangida shahid boʻlgan.
Karbalo jangi
Amr ibn Dubay’a dastlab Umar ibn Saʼd tarafida boʻlgan, ammo Umarning Husayn ibn Ali tomonidan berilgan takliflarni qabul qilmaganini koʻrgach, Husayn tomonga oʻtgan. Jangda Amr dushmanning birinchi hujumida shahid boʻlgan.
„Ziyorat ash-Shuhada“da Amr ibn Dubay’aning nomi zikr qilingan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
680-yilda vafot etganlar
Husayn ibn Ali |
1,218,659 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Amr%20ibn%20Abdulloh%20al-Jundaiy | Amr ibn Abdulloh al-Jundaiy | Amr ibn Abdulloh al-Jundaiy () – Ashuro kuni Karbalo jangida shahid boʻlgan Husayn ibn Alining hamrohlaridan biri.
Hayoti
Amr ibn Abdulloh al-Jundaiy Hamdon qabilasidan boʻlib, Husayn ibn Alining qoʻshini tarkibiga qoʻshilgan.
Ashuro kuni
Baʼzi manbalarga koʻra, Amr ibn Abdulloh Ashuro kuni oldidan Umar ibn Saʼdning qoʻshini Husaynning askarlariga qilgan birinchi hujumda shahid boʻlgan. Biroq boshqa manbalarda Amrning boshidan olgan koʻplab jarohatlari tufayli hushsiz yiqilganligi, oila aʼzolari uni jang maydonidan olib chiqib ketganligi va oradan bir yil oʻtib vafot etganligi qayd etilgan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar |
1,218,664 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Amir%20ibn%20Muslim%20al-Abdiy | Amir ibn Muslim al-Abdiy | Amir ibn Muslim al-Abdiy () – Husayn ibn Alining hamrohlaridan biri, Karbalo jangida shahid boʻlgan. Uning nomi jangda dushmanning birinchi hujumidan shahid boʻlganlar qatorida qayd etilgan.
Nasabi
Amir Abdulqays oilasidan Muslimning oʻgʻli boʻlgan. Mamaqoniyning yozishicha, Muslim Ali ibn Abu Tolib qoʻshini tarkibida Siffin jangida ishtirok etgan va oʻsha jangda shahid boʻlgan.
Ashuro kuni
Amir ibn Muslim asli basralik boʻlib, xizmatkori Solim bilan birga Makkada Husayn ibn Alining qoʻshiniga qoʻshilgan. Ashuro kuni Karbalo jangida dushmanning birinchi hujumida oʻldirilgan. Uning nomi „Ziyorat ash-Shuhada“ va „Ziyorat Rajabiyya“da zikr qilingan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar |
1,218,670 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Nogironlar%20aravachasida%20basketbol%202024-yilgi%20Yozgi%20Paralimpiada%20o%CA%BByinlarida%20%E2%80%93%20erkaklar%20jamoalari | Nogironlar aravachasida basketbol 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida – erkaklar jamoalari | Bu sahifada 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida nogironlar aravachasida basketbol musobaqasida ishtirok etgan basketbolchilar roʻyxati berilgan.
A guruhi
Kanada
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Kanada erkaklar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Germaniya
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Germaniya erkaklar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Buyuk Britaniya
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Buyuk Britaniya erkaklar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Fransiya
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Fransiya erkaklar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
B guruhi
Avstraliya
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Avstraliya erkaklar terma jamoasining tarkibi keltirilgan
Niderlandiya
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Niderlandiya erkaklar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Ispaniya
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Ispaniya erkaklar terma jamoasining tarkibi keltirilgan
Amerika Qoʻshma Shtatlari
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi AQSh erkaklar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Manbalar
erkaklar jamoalari
2024-yilda basketbol
Nogironlar aravachasida basketbol 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida |
1,218,672 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Sunan%20Dalem | Sunan Dalem | Sunan Dalem (1545-yilda vafot etgan; asl ismi Shayx Mavlana Zaenal Obidin) — sharqiy yavalik valiy. Islomni targʻib qilgan. Uch qavatli peshtoqli masjid qurgan, hozir Tiban masjidi deb ataladi.
Manbalar
1545-yilda vafot etganlar |
1,218,675 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Nogironlar%20aravachasida%20basketbol%202024-yilgi%20Yozgi%20Paralimpiada%20o%CA%BByinlarida%20%E2%80%93%20ayollar%20jamoalari | Nogironlar aravachasida basketbol 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida – ayollar jamoalari | Bu sahifada 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida nogironlar aravachasida basketbol musobaqasida ishtirok etgan basketbolchilar roʻyxati berilgan.
A guruhi
Kanada
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Kanada ayollar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Xitoy
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Xitoy ayollar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Buyuk Britaniya
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Buyuk Britaniya ayollar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Ispaniya
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Ispaniya ayollar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
B guruhi
Germaniya
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Germaniya ayollar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Yaponiya
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Yaponiya ayollar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Niderlandiya
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi Niderlandiya ayollar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari
Quyida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining nogironlar aravachasida basketbol basketbol turnirida ishtirok etuvchi AQSh ayollar terma jamoasining tarkibi keltirilgan.
Manbalar
ayollar jamoalari
2024-yilda basketbol
Nogironlar aravachasida basketbol 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida |
1,218,683 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Suzish%202024-yilgi%20Yozgi%20Paralimpiada%20o%CA%BByinlarida%20%E2%80%93%20erkaklar%20400%20metrga%20erkin%20usulda%20suzish%20S7 | Suzish 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida – erkaklar 400 metrga erkin usulda suzish S7 | 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Erkaklar oʻrtasida 400 metrga erkin usulda suzish S7 musobaqalari 2024-yil 2-sentyabrda Paris La Défense Arenada boʻlib oʻtgan.
Rekordlar
Saralash
8 nafar eng yuqori natijani qayd etgan suzuvchilar finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan.
Final
Manbalar
Suzish 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida |
1,218,684 | https://uz.wikipedia.org/wiki/Amr%20ibn%20Xolid%20al-Saydaviy | Amr ibn Xolid al-Saydaviy | Amr ibn Xolid al-Asadi Saydaviy () Karbalo jangida ishtirok etgan, Husayn ibn Alining kufalik sahobalaridan biri.
Ashuro kuni
Amr ibn Xolid Kufadagi Ibn Ziyod qoʻshinidan xizmatkori Saʼd Mujammiy ibn Abdulloh al-Aidiy va Nafiʼ ibn Hilol bilan birgalikda qochib, Husayn ibn Alining karvoniga qoʻshilgan. Al-Hurr ibn Yazid al-Tamimiy ularni qoʻlga olib, Ibn Ziyodga qaytarib bermoqchi boʻlganida Husayn bunga toʻsqinlik qilgan.
Ashuro kuni avval Amr ibn Xolid va uning xizmatkori bir necha kishi bilan birga Umar ibn Saʼdning qoʻshiniga hujum qilgan. Biroq keyin Umar ibn Saʼd qoʻshini ularni qamal qilgan. Soʻngra Abbos ibn Ali Umar ibn Saʼdning qoʻshiniga hujum qilib, ularni qutqarib olgan. Ular yana qayta hujum boshlab, barchalari jangda shahid boʻlmagunlariga qadar kurash davom etgan.
Manbalar
Karbalo jangida vafot etganlar
680-yilda vafot etganlar
Husayn ibn Ali |