transcription
stringlengths
2
899
audio
audioduration (s)
0.89
59.3
qabul davomida 16 nafar fuqaroning 17 ta turli masalalardagi murojaatlari ko'rib chiqildi
murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib huquqiy maslahatlar berildi
qo'shimcha o'rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko'rsatma va topshiriqlar berilib ijrosi alohida nazoratga olindi
namangan viloyati ichki ishlar bo'limi axborot xizmati
elektron savdo sohasi bo'yicha tajribaga ega yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!
o'zbekiston respublikasi prezidentining 2021-yil 2-apreldagi pq-5050-son ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risidagi qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni erkin bozor mexanizmlariga asoslangan elektron do'konlar orqali sotib olish imkoniyatini yaratish vazifasi yuklatilgan
mazkur vazifa ijrosini ta'minlash maqsadida o'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2024-yil 27-iyundagi o'zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti va uning tasarrufidagi muassasalarning bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risidagi 358-son qaroriga ko'ra jazoni ijro etish muassasalariga elektron savdo sohasida tajribaga ega bo'lgan yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlarni investor jalb etgan holda o'rnatish belgilangan
mazkur qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida o'zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti investitsiya kiritish asosida jazoni ijro etish muassasalariga face-id identifikatsiya tizimi mavjud bo'lgan infokiosklarni o'rnatish uchun elektron savdo sohasida tajribaga ega bo'lgan yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etadi
tanlovda qatnashish istagida bo'lgan tadbirkorlik subyektlari vakillaridan quyidagilar talab qilinadi
ma'lumot tariqasida talabgorning takliflari va investitsiya miqdoridan kelib chiqib olti oydan uch yilgacha shartnoma tuziladi
talabgorlar o'z takliflarida jazoni ijro etish muassasalariga infokiosk o'rnatishdan tashqari jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini raqamlashtirish bo'yicha qo'shimcha investitsiya kiritishlari daromadlaridan jazoni ijro etish muassasalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo'yicha ulush ajratishlarini nazarda tutishlari mumkin bu tanlov g'olibini aniqlashda ijobiy ko'rsatkich sifatida baholanadi
mazkur shartlar bo'yicha hamkorlik qilish istagida bo'lgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxs o'zbekiston rezidenti o'z takliflarini 2023-yil 20-iyul kuniga qadar quyidagi manzilga yuborishlari mumkin
face-id identifikatsiya tizimi mavjud bo'lgan infokiosklar elektron do'kon o'rnatiladigan jazoni ijro etish muassasalari va ularning manzili ilova
murojaat uchun manzil toshkent viloyati zangiota tumani bog'zor mfy qorasuv ko'chasi 32 uy o'zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti murojaat uchun telefon raqamlar 71 231-54-76 71 231-45-60
ichki ishlar vazirligining ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar belgilash to'g'risidagi farmoyishi hamda mazkur yo'nalishdagi tegishli dastur ijrosini ta'minlash maqsadida toshkent viloyatida bir qator tadbirlar o'tkazilmoqda
jumladan viloyat ichki ishlar bo'limi boshqarmasi ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati boshlig'i o'rinbosari kapitan mohira sobirova tomonidan ayol xodimalar o'rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish yuzasidan navbatdagi profilaktik tadbir tashkil qilindi tadbir davomida xodimlar bilan yakka tartibda suhbat va ularning oilaviy sharoitini o'rganish ishlari olib borildi
bundan tashqari viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni qo'llab quvvatlash xizmat yoki oilada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan stressli holatlarni oldini olish va ishni samarali tashkil qilishdagi ko'nikmalarni hosil qilish bo'yicha psixologik trening o'tkazildi unda mavzu yuzasidan fikr mulohazalarini bildirishdi amaliy mashg'ulotlar bilan stressni fiziologik va psixologik ta'sirlarini yengillashtirish va stressni bartaraf etish yo'llari va usullarini qo'llash ko'nikmasini shakllantirildi
xizmatda ayol xodimlar faolligini oshirish va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda
toshkent viloyati ichki ishlar bo'limi boshqarmasi axborot xizmati
samarqand viloyati ichki ishlar bo'limi boshlig'i rahmat mamatov viloyat prokurori murodqosim eshnazarov shahar sektor rahbarlari tomonidan hududlarda namunali jamoat tartibini saqlash fuqarolar osoyishtaligini ta'minlash borasida tungi xizmat oldi yo'riqnomasi o'tkazildi
barcha huquq tartibot idoralari vakillari xizmatni a'lo kayfiyatda ko'tarinkilik bilan hushyor va sergak holda o'tkazishlari shartligi ta'kidlandi
hududlarda favqulodda holatlarni oldini olish yong'in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta'minlash lozimligi bo'yicha ko'rsatmalar berildi
shundan so'ng barcha soha vakillari o'zlariga biriktirilgan xizmat joylariga tantanali ravishda tarqatildi
samarqand viloyati ichki ishlar bo'limi axborot xizmati
xabaringiz bor buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik ikromjon tursunov hududlarda bo'lib bevosita aholining mavjud muammolarini o'rganish ularni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida yuzma-yuz muloqotlar o'tkazmoqda
boshqarma boshlig'ining navbatdagi sayyor qabuli buxoro shahrining g'afur g'ulom mahallasi aholisi bilan o'tkazildi
viloyat 3-sektor shtabi a'zolari tuman sektor rahbarlari taalluqli idoralar mas'ullari ishtirokida o'tkazilgan ochiq muloqotda 10 ga yaqin fuqarolarning 15 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari birma-bir ko'rib chiqildi
bunda sud-huquq masalalari ichki ishlar organlari va 3-sektor faoliyati shu jumladan aholini doimiy ish bilan ta'minlash tadbirkorlikni kengaytirishda amaliy yordam berish elektr energiyasi yo'l sohasidagi muammolarni bartaraf etish tungi yoritish chiroqlari o'rnatish masalalari ko'tarildi
murojaatlarning aksariyati shu kunning o'zida ijobiy hal etildi
shuningdek qabul davomida mahalladagi kam ta'minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi
albatta bu kabi sayyor qabullarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta'minlash orqali xalqimizning farovon baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iboratdir
boshqarma boshlig'ining bu kabi shaxsiy hamda sayyor qabullari tasdiqlangan grafik asosida navbati bilan barcha shahar va tumanlarda davom ettiriladi
buxoro viloyati ichki ishlar bo'limi axborot xizmati
buxoro shahridagi yoshlar markazi anjumanlar zalida viloyat ichki ishlar organlarining faxriy ustozlari hamda yosh xodimlari ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkillashtirildi
uchrashuvda buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik ikromjon tursunov sohada bir necha yillar samarali xizmat qilgan faxriy ustozlar viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar hamda ichki ishlar vazirligi akademiyasi va buxoro akademik litseyi o'quvchi yoshlari ishtirok etdilar
tadbirda so'zga chiqqan boshqarma boshlig'i podpolkovnik ikromjon tursunov bugungi kunda mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarga yaratib berilgan keng ko'lamli imkoniyatlarni alohida e'tirof etib yoshlarga o'z tajribalari haqida so'zlab vatanga muhabbat kasbga sadoqat xizmat intizomiga rioya qilish halollik shuningdek xalqqa xizmat qilish oliy burch tushunchalari yuzasidan o'zining bir qator tavsiya va maslahatlarini berdi
uchrashuv davomida uzoq yillar davomida ichki ishlar organlari tizimida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib yosh avlodga o'rnak va namuna bo'lib kelayotgan faxriy ustozlar ham o'zlarining boy amaliy tajribalari haqida so'zlab berishdi
ochiq va konstruktiv o'tgan yuzma-yuz muloqotda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar
jarayonda xodimlar tomonidan xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilish burchga sadoqat va halollikka chorlovchi videoroliklar ham namoyish etildi
shundan so'ng mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faollik ko'rsatib o'zining bilim va iqtidori tashabbuskorligi halol va samarali mehnati bilan vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib kelayotgan shuningdek ichki ishlar organlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi faol ishtiroki hamda sportdagi yutuqlari uchun 22 nafar yosh xodimlar boshqarma boshlig'ining esdalik qo'l soati pul mukofotlari faxriy yorlig'i hamda kitoblar to'plami bilan taqdirlandilar
tadbir yakunida sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan fidoyi faxriylarga minnatdorchilik bildirilib ulardan bir nechtasiga ham esdalik sovg'alari taqdim etildi
joriy yilning 5-iyul kuni bosh boshqarma boshlig'ining o'rinbosari polkovnik m aliqoriyev huzurida toshkent shahar ichki ishlar bo'limi boshqarmasi yhxb boshlig'ining o'rinbosarlari va ypx brigadasi komandirlari va ularning o'rinbosarlari batalyon komandirlari hamda ichki ishlar bo'limi boshqarmasi yhxb mas'ul xodimlari ishtirokida tezkor yig'ilish o'tkazildi
yig'ilishda joriy yilning 6 oyi davomida yo'l-transport hodisalarining oldini olish yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash qidiruvda bo'lganlarni aniqlash va qoidabuzarliklarga qarshi kurashish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklar muhokamasi tahlil qilindi
shuningdek yo'l-patrul xizmati xodimlari tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar hamda salbiy holatlar muhokama qilindi
toshkent shahar ichki ishlar bo'limi boshqarmasi yhxb axborot xizmati
namangan viloyati ichki ishlar bo'limi boshlig'i polkovnik shuxrat aliyev tomonidan boshqarma mas'ul rahbarlari hududga biriktirilgan xodimlar ishtirokida barcha-shahar tuman ichki ishlar bo'limilarining olti oylik faoliyatlari atroflicha tahlil qilinib kelgusidagi ustuvor vazifalari belgilab berib kelinmoqda
jumladan navbatdagi muhokama yig'ilishlari namangan chortoq va uychi tumanlarida bo'lib unda tuman ichki ishlar bo'limilarining joriy yilning olti oyi davomidagi faoliyati yuzasidan bo'lim boshlilarining hisobotlari tinglandi shundan so'ng boshqarma boshlig'i ma'ruzalarda keltirib o'tilgan erishilgan ijobiy natijalar yuzasidan xodimlarni munosib rag'batlantirishni alohida ta'kidlab o'tib shu bilan birga bir qator mahallalarda jinoyatlarning ayrim turlari sezilarli daraja ortganligini keskin tanqid qildi
yig'ilish davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish qidiruvda bo'lgan shaxslarni ushlash mavhum holda sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish tergov sifatini yaxshilash fuqarolar murojaatlarini belgilangan muddatlarda qonuniy hal etish xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash yuzasidan mas'ul rahbar hamda xodimlarga aniq topshiriqlar berildi
yig'ilish so'ngida boshqarma boshlig'i o'rinbosarlari va sohaviy xizmat rahbarlarining o'z yo'nalishi yuzasidan hisobotlari tinglandi
namangan viloyati ichki ishlar bo'limi axborot xizmati
joriy yilning 10-iyul kuni surxondaryo viloyati viloyat ichki ishlar boshqarmasi viloyat prokuraturasi termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi termiz shahar prokuraturasi huquq-tartibot organlari va boshqa tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda termiz shahar hududida obod va xavfsiz hudud tamoyili asosida fuqarolar xavfsizligi jamoat tartibini saqlash maqsadida xizmat oldi yo'riqnomasi o'tkazildi
o'tkazilgan yo'riqnomada shahar ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik м болтаев viloyat ichki ishlar bo'limi sohaviy xizmat rahbarlari shahar prokuraturasi termiz shahar fvb milliy gvardiya mas'ullari ishtirok etib xodimlarga tadbir davomida xizmat intizomi va qonunchilikka qat'iy amal qilgan holda xizmat faoliyatlarini olib borishlari ta'kidlanib fuqarolarning tinchligi shahar osoyishtaligi jamoat va yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash borasida aniq topshiriq va vazifalar berildi
tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash barqarorlik hamda turli ko'ngilsizliklarning oldini olishda osuda hayotimizni ta'minlashda tinchligimiz posbonlarining alohida o'rni bor
termiz shahri hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi profilaktik tadbir oldidan saf tortgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining asosiy maqsadi hisoblanadi
obod va xavfsiz hudud doirasida termiz shahri hududidagi turli ko'ngilochar maskanlar kompyuter xonalari va boshqa aholi gavjum maskanlarda shuningdek transport harakati serqatnov ko'chalarda targ'ibot tadbirlari olib borildi
probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o'tkazildi
termiz shahar bo'ylab jamoat osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish – bu kabi amaliy ishlardan kutilgan natija sanaladi
hamkorlikda o'tkazilayotgan bu kabi tungi profilaktik tadbirlar belgilangan reja asosida davom etmoqda
surxondaryo viloyati ichki ishlar bo'limi axborot xizmati
milliy gvardiya surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasida o'zbekiston respublikasi prezidentining 2024 yil 5 fevral kunidagi voyaga yetmaganlar o'rtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida seminar o'tkazildi
seminarda viloyat ichki ishlar bo'limi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik a xudoyberdiyev viloyat ichki ishlar bo'limi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi shahar –tuman voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashni tashkil etish guruhi katta inspektorlari milliy gvardiya tasarrufidagi voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha inspektor psixologlar o'zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi va mahallalar uyushmasi mas'ul xodimlari ishtirok etdi
viloyat ichki ishlar bo'limi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'i bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lib kelayotgan voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining oldini olish oila-mahalla-maktab uzviy tizimi asosida voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlashni yo'lga qo'yish kerakligi va boshqa bir qator mavzuga aloqador vazifalarni ta'kidlab o'tdi
polkovnik shuxrat aliyev rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishda boshqarma boshlig'i o'rinbosarlari sohaviy xizmat rahbarlari va tumanga biriktirilgan mas'ul xodimlar hamda tuman ichki ishlar bo'limining barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etdi
dastlab tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'ining hisoboti tinglanib joriy yilning olti oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yo'l qo'yilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi va ma'ruzada keltirib o'tilgan mas'ul xodim hamda rahbarlarning faoliyati keskin tanqid qilindi
chust tumani ichki ishlar bo'limida o'tkazilgan muhokama yig'ilishida ham jinoyatlar salmog'i sezilarli darajada ortgan mahallalarning profilaktika inspektorlari va hududga biriktirilgan mas'ul xodimlar qat'iy ogohlantirildi hamda tuman ichki ishlar bo'limining kelgusida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi aniq vazifalari belgilab berildi
shuningdek boshqarma boshlig'i o'rinbosarlari va sohaviy xizmat rahbarlarining o'z yo'nalishi yuzasidan hisobotlari tinglandi
muborak tuman ichki ishlar bo'limida joriy yilning olti oyida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi
unda qashqadaryo viloyat ichki ishlar bo'limi va tuman ichki ishlar bo'limi rahbariyati tezkor va boshqa sohaviy xizmat vakillari ishtirok etishdi
hisobot yig'ilishida boshqarma boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik isroil ximmatov ishtirok etib joriy yilning o'tgan davrida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish sodir etilgan jinoyatlarni issiq izlarda fosh etish jamoat tartibini saqlash fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil etdi
huquqbuzarliklar jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ro'y berganlarini fosh etish qonunbuzarliklarga barham berish jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda tuman ichki ishlar bo'limi tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o'zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi
yig'ilish so'ngida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi
qashqadaryo viloyati ichki ishlar bo'limi axborot xizmati
jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda tungi xizmatning o'rni muhim ahamiyatga ega bo'lib ichki ishlar organlari shuningdek boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorlikda tunu-kun xizmat olib bormoqda
xodimlarning tungi xizmat faoliyatlari esa rahbarlar tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinib tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berib borilmoqda
jumladan polkovnik shuxrat aliyev pop va chust tumanlarida bo'lib tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar mas'ul rahbarlar hamda navbatchilik qismi faoliyatini o'rganib ularga hudud osoyishtaligi va fuqarolarimizni tinchligini ta'minlashda hushyor hamda qonuniylikka qat'iy amal qilgan holda xizmat olib borishlari yuzasidan aniq topshiriqlar berildi
prezident shavkat mirziyoyev 26-mart kuni namangan viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig'ilish o'tkazdi
lekin hali ko'p imkoniyatlar ishga solinmagan joylarda kamchiliklar ham bor masalan viloyat eksportining 86 foizi to'qimachilik va meva-sabzavotchilik hissasiga to'g'ri keladi pop chortoq norin va yangiqo'rg'onda sanoatlashish darajasi past viloyatda 56 ming tomorqada mahsulot yetishtirilmayapti
tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda shu kabi muammolar tahlil qilinib imkoniyatlarni to'liq ishga solish bo'yicha vazifalar belgilandi
davlatimiz rahbari eng asosiy masala aholi bandligini ta'minlash va daromadini oshirish ekanini ta'kidladi
sayxunobod tajribasi asosida namanganda ham katta harakat boshlangan viloyatning 14 ta tumanidagi 788 ta mahallaga bank filiallari biriktirilgan ular mahalla yettiligi bilan birga xonadonlardagi imkoniyatlarni oilaning xohish-istaklarini o'rganmoqda
birinchi bosqichda kam daromadli 4 mingta xonadon tanlab olinib oila a'zolari jon boshiga oylik daromadni 2 million so'mgacha oshirish choralari ko'riladi keyingi bosqichda yana 4 mingtasiga moliyaviy texnik maslahat va boshqa ko'rinishdagi amaliy yordam beriladi mahallalarda gulchilik baliqchilik asalarichilik chorvachilik uzumchilik qulupnay va kartoshka yetishtirish imkoniyati ayniqsa yaxshi bunga imtiyozli kreditlar ajratiladi
bu ishlarni kim qilishi kerak? prezident vakili bo'lgan hokimlar sektor rahbarlari 5 mingdan ortiq iqtisodiy idora xodimlari mahalladagi yettilik qilishi lozim buning uchun barcha mas'ullar har bir korxona tadbirkor va xonadon bilan yaqindan ishlaydigan tizimni yo'lga qo'yishi kerak dedi davlatimiz rahbari
so'nggi yillarda to'qimachilikda xomashyoni to'liq qayta ishlash yo'lga qo'yilib eksport hajmi 1 milliarddan 4 milliard dollarga ko'paydi xuddi shunday zargarlikda ham salohiyat hozirgidan ancha yuqori yurtimizda yiliga 100 tonna oltin qazib olinmoqda lekin uning atigi 6 foizi qayta ishlanib bor-yo'g'i 78 million dollar eksport bo'lgan
shu bois tadbirkorlar uchun alohida sharoitlarga ega zargarlik zonalari tashkil qilinishi aytildi sohaga xomashyo yetkazish mutaxassis tayyorlash ishlab chiqarish zanjiri va sotish tizimi butunlay qayta ko'rib chiqiladi bu borada qonunchilikka ham takliflar kiritiladi
namangan viloyatining tog'li va xushmanzara hududlarida turizmni rivojlantirish sayyohlarga qulaylik yaratish uchun avia va temiryo'l qatnovlarini ko'paytirish zarurligi aytildi
viloyatda sanoat salohiyati ham yuqori so'nggi yillarda 72 ta kichik va yoshlar sanoat zonalari ishga tushdi
shu bois konlarni savdoga chiqarish qo'shimcha bojxona postlari va savdo uylari ochish namangan xalqaro aeroportida yuk terminali va qamchiq dovoniga yaqin joyda logistika markazi tashkil etish choralari belgilandi to'qimachilik charm-poyabzal zargarlik elektr texnikasi qurilish materiallari tarmoqlaridagi loyihalar bo'yicha ko'rsatmlar berildi
kuni kecha norin daryosida geslar kaskadi pop tumanida ming megavattli 2 ta quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi kelgusi yilda katta andijon kanalida 51 megavattli kichik geslar kaskadi ham ishga tushirilishi rejalashtirilgan buni davom ettirib gidroenergetikani har bir soy har bir mahallaga olib kiradigan tizim qilish muhimligi qayd etildi
qishloq xo'jaligidagi masalalar muhokama qilinar ekan kanallarni betonlash suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish ishlari mutlaqo qoniqarsiz ekani ko'rsatib o'tildi
uchqo'rg'on pop uychi va mingbuloqda sloveniya tajribasi asosida intensiv baliqchilik yo'lga qo'yilishi bu tarmoqda 4 ta yirik loyiha ishga tushirilishi aytildi
viloyatda meva-sabzavot go'sht va sutni qayta ishlash darajasi ham kam masalan kosonsoy va chortoq meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan bo'lsa-da birorta qayta ishlash korxonasi yo'q
shu bois bu yo'nalishda 141 million dollarlik 62 ta loyiha ishga tushiriladi kosonsoy va popda yirik chorvachilik klasterlari tashkil etiladi
shahar va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash vazifalari ham juda muhim bugungi kunda 200 ming aholi uchun yangi namangan shahri qurilmoqda endi chust va pop tumanida 10 ming aholi uchun yangi o'zbekiston massivlari yana 20 ming xonadonli turar joylar it-park va bog' barpo etiladi
tumanlarda ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash yo'llar qurish va ta'mirlash vazifalari belgilandi
viloyatdagi 16 ta ixtisoslashgan tibbiyot markazi negizida ikkita – birinchi va ikkinchi namangan tibbiyot markazlari tashkil etiladi bunda shoshilinch va boshqa tibbiy xizmatlar diagnostik tekshiruvlar hamda tor soha mutaxassislarini bir joyga jamlash aholiga tunu kun xizmat ko'rsatish imkoni yaratiladi
oliy o'quv yurtlarida ta'lim sifatini oshirish yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash vazifalariga ham to'xtalib o'tildi
yig'ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan viloyat va tuman hokimlari vazirlar axborot berdi videoaloqa orqali tumanlar jamoatchiligi bilan samimiy muloqot bo'ldi
o'zbekiston respublikasi prezidenti shavkat mirziyoyev 10-yanvar kuni iqtisodiy rivojlanish samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha maslahatchi suma chakrabarti bilan amaliy uchrashuv o'tkazdi
o'zbekiston 2030 strategiyasi doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi va ularning samaradorligini oshirish borasidagi navbatdagi qadamlar ko'rib chiqildi
strategiyani yurtimizda yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili deb e'lon qilingan 2024-yilda amalga oshirishning amaliy jihatlariga alohida e'tibor qaratildi
README.md exists but content is empty.
Downloads last month
87

Space using Beehzod/UzTTS_data 1