folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Kataloniya referendum arafasida (fotogalereya)
Kataloniya hukumati 1-oktabrga belgilangan mustaqillik haqidagi referendumga tayyorgarlikni yakunlamoqda, deb yozadi “Kommersant”. Uning arafasida Barselona va Kataloniyaning boshqa shaharlari ko‘chalarida ko‘p minglab kishilarni o‘z ichiga olgan mitinglar bo‘lib o‘tmoqda. Ispaniyadan ajralib chiqish haqidagi masalani hal qilishi kerak bo‘lgan hududda nimalar bo‘layotganini quyidagi fotogalereyadan anglab olishingiz mumkin.
46
427
Foto
Tabassum qiling, yulduzli mehmon. Boshqalarning kadrida to‘satdan ko‘rinish berishni xush ko‘radigan mashhurlar (foto)
Barcha mashhurlarga ham dastxat va selfiga tushish uchun kamtarona iltimos bilan murojaat qilish shart emas. Ularning orasida kimdir suratga tushayotganini ko‘rganda safiga qo‘shilishni xush ko‘radiganlari ham yo‘q emas. Selfi tushishga qaror qilgan qirolicha hazrati oliyalari. “Buvim Guns N’ Roses guruhi gitarachisi Sleshning muxlisi”. Silvester Stallone va muxlisi birgalikda tushayotgan fotoni beliga tepgan sigarali odam kim ekan? Yo‘l-yo‘lakay suratga tushib ketgan Dueyn Jonson. Yana Arni. Bu safar u sigara emas, velosiped bilan. “Suratga tushayotgandim kimdir xalal berdi”. Buvisi Yelizaveta II singari selfiga tushishni yoqtiradigan shahzoda Garri. Kamera qarshisidagi Bill Klinton. “Taxtlar o‘yini”dagi Aryaning selfisi. Mana buni haqiqiy foto desa bo‘ladi.
118
778
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi eng yaxshi smartfonlar o‘ntaligi
Mutaxassislar qaysi smartfon yaxshi-yu, qaysi biri yomon ekanini aniqlashni qiyin deb topdi, deya ma’lum qiladi “Vesti Ekonomika”. Agar faqat smartfon taqdim etadigan funksiyalarning o‘zini hisobga olganda, ancha oson bo‘lardi. Bu smartfonni baholashda muhim omil, ammo boshqa omillar ham bor. Narx, smartfon haqida qoldirilgan izohlar, dizayn ham alohida ahamiyatga ega. Quyida BusinessInsider mutaxassislari tomonidan tuzilgan Top-10 smartfonlar taqdim etilgan. 10. iPhone X iPhone X — Apple korporatsiyasining iPhone turiga mansub smartfon. 2017-yil 12-sentabrda Stiv Jobs teatrida iPhone 8, iPhone 8 Plus bilan birga namoyish etilgan. U Apple A11 protsessori bilan ishlaydi. 2436×1125 hajmdagi Super Retina ekraniga ega, diagonali 5, dyuym, 458 ppi; Apple mahsulotlari ichida OLED texnologiyasini ishlatgan birinchi smartfon hisoblanadi. Blokdan tez chiqarish va Apple Pay’ni tasdiqlash uchun yangi Face ID texnologiyasi o‘rnatilgan: u telefon egasining yuzidan tanib oladi. Asosiy kamera 12 megapiksel va ikkitali optik barqarorlashtirgichdan foydalanadi. 9. Samsung Galaxy S9 Plus Samsung Galaxy S9+ 2018-yil 25-fevralda namoyish qilingan Samsung Electronics kompaniyasining smartfoni hisoblanadi. Samsung Galaxy S seriyasi tarkibiga kiradi. Tanqidchilarning fikricha, telefon tashqi ko‘rinishi va vazifalariga ko‘ra, ko‘p jihatdan Galaxy S8 va S8+ smartfonlari bilan bir xil. Ammo yangi smartfonning narxi ancha yuqori. Yangi apparatlarning kamerasi retsenzentlar tomonidan yuqori baholangan. Shuningdek, tanqidchilar tomonidan yuqori baho olgan yangiliklardan biri — barmoq izi skanerining joylashuvidir: S8 va S8+ smartfonlarida kamera yonida joylashgan edi, yangisida esa kameraning tagida joylashgan. 8. iPhone XS va iPhone XS Max iPhone XS va iPhone XS Max 2018-yil 12-sentabrda iPhone XR bilan birga namoyish qilingan Apple korporatsiyasining smartfoni hisoblanadi.  Apple A12 Bionic protsessori va iOS 12 operatsion tizimi bilan ishlaydi. Orqa kamerasi 12 megapiksel, old kamerasi 7 megapiksel. 7. Samsung Galaxy Note 9 Samsung Galaxy Note 9 2018-yil yozda Rossiyada sotuvga qo‘yilgan. Samsung avvalgi barcha eng yaxshi innovatsiyalarni bir modelga yig‘gan va texnik sozlikni a’lo darajaga ko‘targan. 6.Google Pixel 3 va Pixel 3 XL Pixel 3 va Pixel 3 XL eng yaxshi kameraga ega smartfon hisoblanadi. Pixel 3 selfi-kamerasi ikki obyektivdan iborat. Biri oddiy selfi uchun, ikkinchisi keng burchakli selfi uchun. 5. Galaxy S10 Samsung Galaxy S10 — 2019-yil 20-fevralda taqdimoti bo‘lib o‘tgan. Smartfon Infinity-O deb nomlanuvchi yangi texnologiyali ekranga ega. Barmoq izlari skaneri yana o‘zgargan: endi u ultrtovushli va ekranning tagida joylashgan. 4. Galaxy S10 Plus Dynamic Amoled displeyga ega — S10 va S10+ 3040x1440 pikselda ishlaydi. Tomonlarining muvofiqligi — 19:9. Ekran diagonali — 6,4 dyuym. 3. iPhone XR iPhone XR —Apple A12 Bionic protsessori va iOS 12 operatsion tizimi asosida ishlaydi. Displeyi — Liquid Retina HD, diagonali 6,1 dyuym. 2. Galaxy S10e Galaxy S10е, S10 va S10+ tashqi ko‘rinishidan S9 и S9+ smartfonlariga o‘xshash. Faqat yangi modelning old kamerasida Infinity-O’dan foydalanilgan. Ekran diagonali 5,8 dyuym, operativ xotirasi 6/8 gegabayt. 1. OnePlus 6T Nashrning yozishicha, qurilmada raqiblariniki kabi ko‘p funksiyalar yo‘q.  Ammo uning chiroyli dizayni, tez quvvat olishi va bu quvvatning uzoq vaqtga yetishi, ilovalari smartfonni yuqori pog‘onaga olib chiqqan.
56
3,424
Foto
Fotogalereya: Insonlarni birlashtiruvchi tabassum
Tabassum — dunyodagi barcha insonlarni birlashtiruvchi eng qimmatli tuhfa. Biz qayerda bo‘lmaylik, jilmayishimiz bilan aytmoqchi bo‘lganlarimizni so‘zsiz anglash mumkin bo‘ladi. Bunday lahzalarda tana va ko‘z rangi, yosh va ijtimoiy tabaqa mutlaqo ahamiyatini yo‘qotadi. AdMe biz kulayotganimizda unchalik farqlanmasligimizni isbotlovchi fotolarni jamladi.
49
356
Foto
Fotogalereya: noodatiy muammolarning g‘aroyib yechimlari
AdMe insonlarning g‘aroyib topqirligi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
56
82
Foto
Foto: Moskva daryosidagi “Arvoh kema”
“Pikabu” foydalanuvchilaridan biri Moskva daryosida olingan “suzayotgan noma’lum obyekt” suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi, deb yozadi TJournal. Suratda ko‘prik soyasi kichikroq kema shaklida hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin. “Bu rasm ufologlar, gostxanter va boshqa ta’sirchan malder va skallilarning foto va videomateriallariga javob”, — deb yozadi suratga izoh qoldirganlardan biri. Unga izoh qoldirganlar buyumlarning soyasi tasodifan yoki ataylabdan g‘aroyib suratlar shaklini hosil qilganligiga oid boshqa misollarni ham joylashtira boshladi. Shuningdek, “yo‘lovchilar” bilan ham tajriba qilib ko‘rishdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
37
789
Foto
61 yoshli xitoylik mukammal qad-qomatga ega bo‘ldi (foto)
Xitoylik 61 yoshli Lyan Syan tirishqoqlik bilan mashq qilib, ajoyib natijalarga erishish orqali mashhur bo‘lib ketdi, deb yozadi “Kulturologiya”. Hozir ushbu erkakning qaddi-qomatiga har qanday yosh yigit ham havas qiladi. Buning ustiga, Lyan 2016-yilgi “Dakar” poygasida ishtirok etmoqchi va shu tariqa, marafonning eng keksa qatnashchisiga aylanmoqchi. Lyan Syanning o‘g‘li va nevarasi bor, ammo bunday buva jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha har qanday 30 yoshli erkakdan ustunroq. Bunday jismoniy formaga Lyan har kuni bir necha soatdan sport bilan shug‘ullanish orqali erishgan. Lyan Syan uzoq yillar mahalliy fabrikada ishlab, 1991-yilda o‘z biznesini ochgan. Ishlari rivojlanib ketib, yetarlicha pul topa boshlagach, Lyan o‘z bo‘sh vaqtini poygalarda ishtirok etishga sarflashga kirishdi. Ammo uning yoshi kattaroq bo‘lgani uchun yosh haydovchilar bilan raqobatga kirisha olmas edi. O‘n yil avval do‘stlaridan biri unga sport bilan jiddiy shug‘ullanishni boshlashni maslahat berdi. Shu tariqa, Lyan 50 yoshida sport klubiga qatnashni boshladi. So‘ng o‘z ovqatlanish ratsionini o‘zgartirdi: endi Lyan kuniga yetti mahal ovqatlanadi, go‘shtdan esa deyarli to‘liq voz kechgan. Lyan o‘z o‘g‘li bilan “Dakar” rallisida 2012-yilda ishtirok etgan va aynan o‘shanda ushbu marafonga mukammal jismoniy formaga erishgandan so‘ng qaytishga qaror qilgan edi.
57
1,354
Foto
Fotogalereya: Muz yuraklarni ham eritadigan suratlar
AdMe har qanday toshbag‘ir insonning yuragini yumshatuvchi suratlar jamlanmasini taqdim etdi. 94 yoshli bobo ikki oylik evarasi bilan uchrashdi Abadiy birga: Florensiya qabristonidagi haykal Hozir uchib ketadi Ikkita o‘rdakni tarbiyalagan yolg‘iz ota Uxlayotgan bolalarini kuzatib turgan ona it Kichkina tipratikanlar va ularning onasi Ushbu jonivorni bugun asrab olishdi Mushuklar — bolalarning eng yaqin do‘stlari Ushbu it 15 yoshda. U juni olinganidan so‘ng ancha yoshargandek ko‘rinmoqda Erkak sovuqda qolib ketgan laylaklarni uyiga olib keldi Mushukka sizdan biror narsa kerak bo‘lgan vaqtda
52
606
Foto
Trampning muhojirlar haqidagi farmoniga qarshi Londonda o‘tkazilgan norozilik namoyishi. Bitta surat
Londonda AQShga yetti mamlakat fuqarolari va qochoqlarning kirishini taqiqlovchi hujjatga qarshi ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Meduza. Namoyish qatnashchilari AQSh prezidenti Donald Trampga yo‘llangan Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan kelish haqidagi taklifni qaytarib olishni talab qilgan. Namoyishda 10 mingga yaqin odam qatnashgan. Ular AQSh elchixonasi oldidan Britaniya bosh vazirining idorasi joylashgan Dauning-stritdagi 10-uyga marsh bilan yurish qilgan. Trampning farmoni ijrosi 4-fevral kuni federal sudya qaroriga asosan to‘xtatib qo‘yildi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
100
774
Foto
Fotoreportaj: O‘zbekistonda ilk marotaba volontyorlar festivali bo‘lib o‘tmoqda
2022-yilning 20—28-aprel kunlari birinchi marotaba Toshkent shahrida O‘zbekiston volontyorlarining festivali o‘tkazilmoqda. Unda hududiy volontyorlar tomonidan keltirilgan milliy kiyimlar, gullar va turli kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lmoqda. Quyida “Daryo” muxbiri tomonidan tayyorlangan fotoreportajni taqdim etamiz. “Bugun butun respublikadan volontyorlar kelgan. Bir vaqtning o‘zida ko‘ngillilar jamoasi ko‘rgazmalar tashkil qilib, kitob va turli qo‘l mehnati bilan yasalgan buyumlarni sotib, tushgan pullarni xayriya uchun yig‘ishmoqda. Ham biz uchun amaliy konferensiyalar tashkil qilingan. Biz juda ham ko‘p energiya va motivatsiya olyapmiz. Yana bugun boshqa volontyorlar guruhlari bilan tanishyapmiz. Ulardan bilmaganlarimizni o‘rganish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lyapti. Hatto jamoamizga yangi volontyorlar ham qo‘shilyapti”, — deydi “Dunyoga keraksan” volontyorlar jamoasi tashkilotchisi Safina Islomova. “Bunday festival bizga katta kuch beradi. Bugun jamoamiz bilan qatnashyapmiz, o‘zimiz uchun ochilmagan qirralarni ochib, ancha ma’lumotga ega bo‘ldik. Kelgusida shu kabi volontyorlar uchun festivallar ko‘payishiga umidvorman”, — dedi “Baxt ulash” loyihasi asoschisi Mo‘tabar Xushvaqtova.
79
1,213
Foto
Fotogalereya: Tunda ham faollikni to‘xtatmagan Tokio
Fotograf Xosokava Rioxey Yaponiyaning poytaxti Tokioda tunda hukm surayotgan faol hayotni tasvirlashga ijodiy yondashdi. Travel Ask uning suratlarini taqdim etdi.
52
162
Foto
Foto: Og‘ir kasalligi tufayli Gucci modeliga aylangan qiz
Rossiyalik Olga Zapivoxina yoshligidan model bo’lishni orzu qilgan, biroq uning bo‘yi pastligi va tashqi ko‘rinishi bunga imkon bermagan, deb yozadi AdMe. Bu orzusidan voz kechgan Olga universitetda o‘qib yurgan vaqtida bosh og‘irig‘idan aziyat chekkan. Qiz bu haqda do‘stlaridan biriga aytgan, do‘sti esa uni shifokorga olib borgan. Aniqlanishicha, qizning bosh miyasida o‘simta bo‘lgan va bir necha marta qon ketishi kuzatilgan. Shifokorlar qizning shunday holatiga qaramasdan, u hali ham o‘z hushida ekanligidan hayratga tushgan. O‘simtani olib tashlash operatsiyasi uchun Olganing sochi to‘liq olib tashlangan. Qiz kasalxonaga yotgan vaqtda moda sohasida ishlaydigan do‘stlaridan biri undan hol-ahvol so‘rab, xabar jo‘natgan. Olga unga javoban o‘z suratini yuborgan. Qiz kasalxonadan chiqqach, uning suratini olgan do‘sti qiz bilan fotosessiya o‘tkazgan va suratlarni Gucci ayollar kolleksiyasiga yuborgan. Suratlar Gucci vakilini qiziqtirgan va Olgani Milanga chaqirgan. Shu tariqa Olga Gucci ayollar kolleksiyasining modeliga aylangan.
57
1,045
Foto
Kanadalik fotosuratchi Moskva metrosining ajoyib fotogalereyasini yaratdi (fotogalereya)
Kanadalik fotosuratchi Devid Bardeni Rossiyaga sayohat qilib kelgach, fotogalereya yaratdi va uni “Rossiya: yorqin kelajak” deb atadi. Bu haqda “Snelanounas.ru” xabar berdi. Bunda Devid Sankt-Peterburg qasrlari va Moskva metropolitenining eski bekatlariga e’tibor qaratdi. Metropoliten bekatlarini Devid tunda, ular butunlay kimsasiz bo‘lgan vaqtda suratga oldi, u tomoshabin diqqatini me’morchilik go‘zalliklardan hech narsa chalg‘itmasligini istadi.
88
451
Foto
Fotogalereya: Samsung o‘z xodimlari hayotining barcha jabhalarini nazorat qilishi haqida
Wired nashri fransiyalik fotosuratchi Romen Shampalyunning Samsung Galaxy (“Samsung galaktikasi”) deb nomlangan ishiga e’tibor qaratdi. “Vc.ru”ning yozishicha, fotosuratchi o‘z ijodiy ishlari orqali Janubiy Koreya poytaxti — Seul shahridagi hayot haqida hikoya qiladi. Uning suratlari Samsung korporatsiyasi shahar hayotining barcha sohalariga — ishdan tortib, ko‘ngilxushlikkacha hammasiga kirib borgani, hammasini qamrab olganini ko‘rsatib beradi. Samsung — Koreyaning eng yirik konglomeratlaridan biri. Kompaniyaga 1938-yili asos solingan va u o‘z faoliyatini baliq, un va shakar kabi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi sifatida boshlagan. 2013-yili Romen Shampalyun butun dunyoda foydalanilayotgan smartfonlar aslida qanday ishlab chiqarilishiga qiziqib qolgan. Uning so‘zlarga ko‘ra, u bir necha qiziqarli maqolalarni topgan, biroq ularning hech biri kompaniya shahar va mamlakat hayotiga qanchalik ta’sir qilayotgani haqida to‘liq tasavvur bera olmasdi. Shundan so‘ng fotosuratchi mazkur masalani mustaqil ravishda tadqiq etishga qaror qildi va Koreyaga chipta sotib oldi. Shampalyunning aniqlashicha, Samsung shahar hayotining deyarli barcha sohalariga kirib borgan. Seul yaqinidagi va chekkasidagi bir necha turar-joy tumanlarini to‘liq korporatsiya qurgan — ularda Samsung ishchilar yashaydi. Katta tibbiy markaz, bir necha sport stadionlari, novvoyxonalar ham unga tegishli. Samsung logotipi bo‘lmagan ko‘plab boshqa inshootlar ham kompaniyaniki. “Ba’zan koreyaliklarning o‘zi ham ularning hayotida konglomeratning o‘rni qanchalik darajada katta ekanligini tushunib yetmaydi”, — deb yozadi Samsung Galaxy loyihasi muallifi. Samsung mahalliy universitetlardan birining ulushiga egalik qiladi — uning aksariyat bitiruvchilari keyinchalik korporatsiyaga ishga kiradi. Kompaniya xodimlariga to‘yni Samsung ofisida o‘tkazish huquqi taqdim etiladi.
88
1,862
Foto
Fotogalereya: Shimoliy Koreyada maktab o‘quvchilari hayoti haqida
Shimoliy Koreyada maktab o‘quvchilarining hayoti haqida deyarli ma’lumotlar yo‘q. Bu yerga tashrif buyurgan xorijliklar faqat ijobiy taassurotlar uyg‘ota oladigan yo‘nalishlar bo‘yicha sayohat qilishi qattiq nazorat qilinadi. Chet elliklarga mahalliy aholi bilan muloqot qilish qat’iyan taqiqlanadi. Shimoliy Koreyada bolalar boshlang‘ich maktabda o‘qishni 4 yoshdan boshlaydi. 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 1 yil barcha bolalar uchun majburiy hisoblanadi. Maktablarda uzluksiz ta’lim 12 yilga teng bo‘lib, bolalar 1950-yildan buyon Sovet ta’lim tizimi asosida o‘qitilgan. Biroq 2012-yilda ta’lim tizimini zamonaviy ehtiyojlarga moslashtirish maqsadida o‘rta ta’lim qayta isloh qilingan. Shu davrdan boshlab, bolalar 6 yil boshlang‘ich maktabda, 3 yil o‘rta maktabda va yana 3 yil katta maktabda o‘qitiladi. Shimoliy Koreyada bolalar haftada 6 kun o‘qiydi, shanba kuni esa darslar kamroq bo‘ladi. Darslar soat 8 dan boshlanadi. O‘quv yili 2 semestrdan iborat: 1-apreldan 31-iyulga qadar va 1-sentabrdan mart oxirigacha. Maktablarda yozgi, qishki hamda bahorgi ta’tillar bor. Yozda omadi chopgan o‘quvchilar “Sondovon” xalqaro bolalar oromgohida dam olishi mumkin. “Sondovon” bolalar oromgohiga Rossiya, Xitoy, Pokiston, Vyetnam, Braziliya hamda Afrika mamlakatlaridan o‘quvchilar dam olish uchun tashrif buyuradi. Koreyalik bolajonlar uchun oromgoh bepul, xorijlik bolalar uchun 2 hafta dam olish – €450ga teng. Ota-onalarga formalarni sotib olish yoki tiktirish taqiqlangan. Maktablar davlat rahbari Kim Chen In shaxsan belgilab bergan namunadagi formalar bilan ta’minlanadi. Biroq doim ham ushbu va’daga amal qilinmaydi. Ba’zida forma yetmasa, ba’zida sifati to‘g‘ri kelmay qoladi. Turistlar ko‘p tashrif buyuradigan poytaxt – Pxenyanda maktab formalari qattiq nazorat qilinadi. Shuningdek, bolalar ittifoqiga qo‘shilgan o‘quvchilar, ko‘kragining chap tomoniga mamlakat rahbarlarining suratlari tushirilgan znachok va qizil galstuk taqib yurishlari shart. Iqtidorli bolalar uchun maxsus elita maktablarida o‘qish obro‘li hisoblanadi. Bunday maktablarni tamomlagan o‘quvchilar OTMga kirgan hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatda repetitorlar ko‘p. O‘qitiladigan asosiy fanlar – ingliz tili va matematika. Qo‘shimcha darslar oyiga $10-30 ga teng. Futbolga layoqati bor bolalar xalqaro futbolchilar maktabida o‘qiydi. Futbolchilar maktabida atiga 200 ta o‘quvchi o‘qiydi. Bu o‘quvchilarining xorijga ketish imkoniyati boshqalarga nisbatan ko‘proq hisoblanadi. Shimoliy Koreyadagi maktablarda o‘qish bepul, ammo ota-onalar sinf uchun, mebellarni ta’mirlash va zarur jihozlarni sotib olish uchun har oyda oz miqdorda pul to‘lashlari shart. Maktablarda matematika, ona tili, adabiyot, tarix, geografiya va xorijiy tillar o‘qitiladi. Ingliz tilining britancha varianti o‘rgatiladi. Shuningdek, “Kommunistik axloq”, “Kommunistik partiya siyosati”, “Buyuk Kim Ir Sung hayoti” singari fanlar mavjud. Bolalar yoshligidan qat’iy intizomga o‘rgatiladi. Maktab va bolalar bog‘chasida bir qancha marosimlar va rasmiyatchiliklar bor. Masalan, jo‘r bo‘lib qasamyod qilish, ta’zim qilish va boshqalar.
65
3,094
Foto
35 yildan so‘ng: dunyodagi yagona olti egizak qizlar hozir qayerda? (fotogalereya)
1983-yil 18-noyabr kuni Angliyaning Liverpul shahrida dunyoga kelgan Xanna, Rut, Lyusi, Keyt, Jenni va Sara ismli egizak qizlar bugun 35 yoshga kirdi, deb yozadi Big Pikcha. Ular dunyodagi birinchi yashab ketgan olti egizakka aylangan. Qizlar homiladorlikning 31-haftasida kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan. Ularning ikki nafari o‘pkalari yaxshi rivojlanmaganligi sababli inkubatorlarga joylashtirilgan. Ikki oydan keyin ona va bolalar kasalxonadan chiqarilgan. Baxtli ota-ona yiliga 10 minglab taglik almashtirdi va bir necha yil deyarli uxlamadi. Axir ularni bir vaqtda ovqatlantirish, cho‘miltirish, uxlatish va tagliklarini almashtirish kerak edi-da. Qizlar ulg‘aygach esa, maktab, to‘garaklar, sport mashg‘ulotlari boshlandi. Yaqinda ular 35 yoshga to‘ladi. Opa-singillar bir-biri bilan juda yaqin. Xanna — boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi, Keyt kadrlar bo‘limida, Lyusi esa mahalliy avialiniyada ishlaydi. Jennining o‘z qandolar sexi bor, Rut esa koll-markazda faoliyat yuritadi. 2014-yilda Sara farzandli bo‘ldi, bundan uning ota-onasi juda baxtiyor.
82
1,065
Foto
Fotogalereya: O‘tmishda buyuk imperiya bo‘lgan zamonaviy kichik davlatlar
Dunyoning ko‘plab davlatlari o‘z tarixi davomida taraqqiyot va tanazzulni boshdan o‘tkazgan. Dunyoning zamonaviy siyosiy xaritasi uzoq tarixiy jarayonlar natijasi hisoblanadi. TravelAsk o‘tmishda buyuk imperiya bo‘lgan, bugun esa kichik hududga ega bo‘lgan davlatlar haqida hikoya qildi. Zamonaviy Armaniston — kichik, maydoni 29,743 ming kilometr kvadratni tashkil qiluvchi Kavkazdagi dengiz portiga ega bo‘lmagan davlat. U maydoni bo‘yicha dunyoda 138-o‘rinni egallaydi. Miloddan avvalgi 80—70-yillarda Buyuk Armaniston Kaspiy dengizi bo‘ylaridan Quddusgacha cho‘zilgan hududni egallagan va o‘z ichiga zamonaviy Suriya, Falastin, Turkiyaning bir qismi, Eron va Iroqni olgan. Yaponiya Tinch okeanidagi shu nomli arxipelagda joylashgan va taxminan 378 ming kilometr kvadrat maydonga ega. Maydoni bo‘yicha dunyoda 61-o‘rinda turadi. Ikkinchi jahon urushidagi mag’lubiyatga qadar Yaponiya imperiyasi Kuril orollaridan Indoneziyagacha cho‘zilgan va Bangladesh, Filippin, Tailand, Vyetnam, Malayziya va Indoneziya kabi davlatlarni to‘liq egallagan. Rim imperiyasining merosxo‘ri bo‘lgan Italiya Apenin yarimorolini egallab turadi va 301,340 ming kilometr kvadrat maydonga ega — kattaligi bo‘yicha 71-o‘rinda. Rim imperiyasi o‘zining eng baland cho‘qqisiga chiqqan vaqtda davlat hududi Britaniya orollaridan Kaspiy dengizigacha cho‘zilgan edi. Zamonaviy Portugaliya Pireney yarimorolining g‘arbiy qismida joylashgan va 92,151 ming kilometr kvadrat maydon bilan dunyoda 102-o‘rinda turadi. O‘rta asrlarda Portugaliya dengiz hukmdori bo‘lgan va sayyoraning turli mintaqalarida katta koloniyalarga ega bo‘lgan. Yevropadagi kichik davlat bo‘lgan Niderlandiya 41,543 ming kilometr kvadrat maydon bilan dunyoda 131-o’rinda turadi. Niderlandiya Buyuk Britaniya bilan dengizda raqobat qilgan va XX asrga qadar ulkan koloniyalarga egalik qilgan. Zamonaviy Makedoniyani hamma ham xaritadan ko‘rsatib bera olmaydi. Bolqon yarimorolida joylashgan davlat 25,333 ming kilometr kvadrat maydon bilan dunyo mamlakatlari orasida 145-o‘rinni egallab turadi. Biroq Aleksandr Makedonskiy hukmronligi davrida Makedoniya qirolligi Yevropadan Hindistongacha bo‘lgan ulkan hududni egallagan. Tibet avtonom hududi Xitoyning g‘arbida joylashgan. Bugungi kunda Tibet o‘z mustaqilligini yo‘qotgan, biroq hudud hanuzgacha Xitoy hukumatini tan olmaydi. Tibet VII—XI asrlarda Mog‘ulistondan Hind okeanigacha cho‘zilgan o‘zining eng katta hududiga egalik qilgan.
73
2,431
Foto
Foto: Xitoylik ota-onalar bolalar bog‘chasining birinchi kunida
Xitoyda bolalar bog‘chasining birinchi kuni ota-onalar uchun bolalardan ko‘ra muhimroq bo‘ladi. Ko‘plab onalar bolalarni bog‘chaga kiritib yuborganidan so‘ng ham uyiga ketmaydi. Aksincha, to‘siqlar, devorlarni egallab olgan holda, bolalarini kuzatishda davom etadi. Bu holatlar aks etgan suratlarni TJoiurnal taqdim etdi. Xitoy ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, ota-onalar tashqaridan kuzatib turganda, tarbiyachilarga mashg‘ulotlarni o‘tish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchilar tez-tez ko‘chaga chiqb, ota-onalardan ketishni so‘raydi.
63
568
Foto
Dunyoning eng go‘zal manzarali restoranlari (fotogalereya)
Shunday restoranlar borki, mazali taomlari va a’lo darajadagi servisga qaramay, tomog‘ingizdan bir bo‘lak ham ovqat o‘tmaydi — ular shunchalik chiroyli joylarda joylashgan, deb yozadi AdMe.
58
189
Foto
Fotogalereya: Ispaniyalik fotograf tomonidan muhrlangan tasodifiy mosliklar
Ba’zan kundalik hayotdagi qiziq lahzalarni suratga olishga muvaffaq bo‘linadi. Ispaniyalik fotograf Pau Buskato bir necha yil davomida Oslo, London, Barselona va Nyu-Yorkda tasodifiy mosliklarni suratga oladi. AdMe ijodkorning suratlarini taqdim etdi.
75
251
Foto
Fotoreportaj: Bugungi Dushanbe
O‘zA Dushanbe shahri manzaralari aks etgan fotogalereyani taqdim etdi.
30
70
Foto
Fotogalereya: Fotograf shaharni abstrakt tunnel yorug‘ligiga aylantirdi
Ko‘plab xalqaro mukofotlar sohibi, fotograf va videograf Tobi Shinobi 8 yildan beri fotosyomka bilan shug‘ullanadi. London va Chikagoda uyi bor. Aynan shahr uning ilhom manbai hisoblanadi. Uning so‘nggi ishlaridan biri Shinobi’s Light Railing syomkasi bo‘ldi. Travel Ask shu syomkadan misollar taqdim etdi.
71
306
Foto
Fotogalereya: Ovqat asosiy o‘rinda turmaydigan restoranlar
Bugungi kunda restoran biznesi ovqatlanish muassasasi chegarasidan chiqib ketgan. Mehmonlar restoranlarga nafaqat ovqatlanish, balki go‘zal manzaralardan bahra olish uchun ham boradi. AdMe ana shunday go‘zal manzaralarni taklif etuvchi restoranlar suratlarini taqdim etdi.
58
272
Foto
Foto: Toshkent xalqaro aeroportida “qizil” va “yashil” yo‘laklar shay holga keltirildi
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “qizil” va “yashil” yo‘laklar shay holga keltirildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab Respublikaning barcha xalqaro aeroportlaridagi bojxona chegaralari orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizim ishga tushiriladi.
86
332
Foto
Hindistonda 72 yoshli ayol farzandli bo‘ldi. U nimalarni his qilmoqda? (foto)
Hindistonlik fuqaro Daljinder Kaur 72 yoshida o‘g‘illi bo‘ldi. Bunga qadar u turmush o‘rtog‘i bilan birga 46 yil yashagan, biroq biror marta homilador bo‘la olmagan, deb xabar berdi “Fotoshedevri”. O‘g‘li tug‘ilganidan 11 oy o‘tib Daljinder o‘zini qanday his qilayotganini so‘zlab berdi. Daljinderning aytishicha, onalik u o‘ylaganidan ancha qiyinroq bo‘lgan. U tez charchay boshlagan va qon bosimida ham muammolar kuzatilgan. Hozirda uning o‘g‘li Armaan emaklashni boshlagan va Daljinder ham farzandi bilan ko‘p vaqtini polda o‘tkazishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa 72 yoshli ayol uchun oson emas. Bolakayning 80 yoshli otasi ham bu yoshda tez-tez kasal bo‘lmoqda. Ota-ona farzandining sog‘ligidan xavotirda. Daljinder bolasini ko‘krat suti bilan oziqlantirishni 3 oyligidayoq to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Daljinder va uning turmush o‘rtog‘i o‘zlari va bolakayga qarashda charchayotganini tan olishdi, biroq ular o‘g‘lini sog‘lom va kuchli qilib tarbiyalsh uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda. Shuncha qiyinchiliklarga qaramay juftlik bu kabi jiddiy qadamni qo‘yishganidan afsusda emas. Daljinderning aytishicha, barcha qiyinchilar Armaan ularning quchog‘iga emaklab kelayotganida unut bo‘lib ketadi.
77
1,201
Foto
Antifeyslist: “Avlodi” yoki “ajdodi” ta’sirida qiyofasi o‘zgargan avtomobillar
Yangi mashinalarga eski modellarning “basharasi”ni va eskilariga, aksincha, yangilarning chehrasini qorishtirsa, nima bo‘ladi? Motor nashri mazkur savolga javob izladi.
78
168
Foto
Fotogalereya: 2000-yillarning mashhur aktyorlari
AdMe deyarli 20 yil oldin tomoshabinlar mehrini qozongan aktyorlarning bugungi kundagi suratlarini to‘plab taqdim etdi. “Perl-Xarbor” filmida kapitan Reyf Makkouli roli bilan tanilgan Ben Afflekni yaqin kunlarda “Adolat ligasi” filmida yana bir bor ko‘rish mumkin. Josh Xartnett — gonorar miqdoriga qarab rol tanlamaydigan aktyorlardan. Shu sababli ham “Perl-Xarbor” va “Slevinning omadli soni” filmlari unga mashhurlik olib kelgan. “Qamoqdan qochish”(Prison Break) serialida bosh rolni aynan Miller ijro etmaganida serial bu qadar mashhurlikka erishmagan bo‘lar edi. Joriy yilda ushbu serialning 5-mavsumi ham ekran yuzini ko‘rdi. “Hayot-mamot” filmi orqali mashhurlikka erishgan Mettyu yana bir nechta filmlarda rol ijro etgan. Hozirda u suratga tushish o‘rniga sayohat qilishni ma’qul ko‘radi. Charmed serialidagi Fibi hozirda ham suratga tushishni davom etmoqda, biroq mashhurroq loyihalarda ko‘zga tashlanmadi. “Komissar Reks” seriali orqali ko‘pchilikka tanish bo‘lgan aktyor serialda Tobias Morettining o‘rniga kelgan edi. Gedeon vatani — Germaniyada juda mashhur va ko‘plab loyihalarda ishtirok etgan. Shuningdek u Tarantinoning Inglourious Basterds filmida ham rol ijro etgan. Adam Brodi The O.C. serialidagi Set Koen roli orqali tanilgan. Dawson’s Creek serialining yulduzi bir nechta filmlarda epizod rollarni ijro etgan, biroq e’tiborga molik rollari ko‘zga tashlanmadi. Jared Supernatural seriali orqali mashhurlikka erishguniga qadar ham bir nechta loyihalarda ishtirok etgan: “Mum haykallar uyi”, “13-juma”, “Nyu-York lahzasi” kabi filmlar.
48
1,564
Foto
Noyob hodisaga duch kelganida uni muhrlashga ulgurib qolgan insonlarning ijod namunasi (foto)
Ehtimol, ajoyib kadrni qo‘lga kiritish uchun juda uzoq vaqt kutish yoki dunyoning narigi chetiga borishga to‘g‘ri kelish mumkin. Biroq oddiygina ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari faqat atrofga qarash yetarli ekanligini qayta-qayta isbotlamoqda. Yorug‘likning oyna orqali sinishi natijasida hosil bo‘lgan effekt. “Aylanma momaqaymoqni suratga oldim”. “Qo‘shni hovlisida bir daraxtni ko‘rdim, uning bir shoxidagina olmalar bor edi”. Quyosh atrofida paydo bo‘lgan kamalak. “Xolamning mushugida ‘No’ yozuvi yaqqol ko‘rinib turadi”. “Kecha qurbaqa mening mashinamga tashrif buyurganga o‘xshaydi”. “Bilaguzukim plyaj qumidan bir dasta temir topdi”. “Gulimning ichidan yana 2 ta g‘uncha ochildi”. “Bugun ertalab hovlimda bir juft kiyik tug‘ildi”. “Men 10 yillik Play-Doh plastilin idishini ochdim. Va uning hammasi kristallar bilan to‘lib toshgan”. Ushbu daraxt yaqin atrofdagi palma daraxtini yutib yuborganga o‘xshaydi. “Bizning tovuqlardan biri ulkan g‘alati tuxum qo‘ydi. Ichida esa shunday syurpriz kutib turardi”. Ushbu shaffof qanotlarga qarang. “Bizning mushukchamizning boshida itning yuzi aniq tasvirlangan”. “Bir dona meva bergan gilos daraxti”. “G‘alati naqshli tarvuz”. “McDonald’s logotipi hasharot tanasidan topildi”. Efiopiyada topilgan noyob tosh. Mushuk tufayli haykal Elvisga o‘xshay boshladi. Yam-yashil tojga ega bo‘lgan daraxtning soyasi quruq daraxt soyasida to‘liq yotib, noyob effekt yaratdi. “Kolibri ikki yildan buyon chiroqlar ustiga in qurib, bolalaydi”. “O‘tgan hafta ishimga ketayotib, albino kiyigini ko‘rib qoldim”. Ko‘chaning narigi tomonidagi bino xonada aks etadi.
93
1,615
Foto
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)dan qolgan noyob yodgorliklar (foto)
“Islam-today.ru” Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ga tegishli bo‘lgan buyumlar, sahobalari yozgan yozuvlar va ularning boshqa shaxsiy narsalari aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.
64
174
Foto
O‘zbekistonlik mashhurlarning opa-singillari nima ish qiladi? (foto)
O‘zbek shou-biznesi vakillarining opa-singillari qaysi sohalarda faoliyat yuritadi? Jurnalist Nargiza Murodova taniqli xonanda va aktrisalarning opa-singillari haqida ma’lumot to‘pladi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyevaning yakka-yu yagona Laziza ismli opasi bor. Xonanda undan nihoyatda minnatdor. Boisi opasi o‘z farzandlaridan ortib, singlisining ikki o‘g‘lining parvarishiga ham alohida ahamiyat beradi. Yulduz bekalar vazifalarini bajarishda, albatta, opasi bilan maslahatlashadi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda opa-singillarga boyligi bilan ijodkorlar orasida ajralib turadi.  Uning Aziza ismli singlisi opasiga havas qilib san’at sohasini egalladi. Bir qarashda opa singilni bir-biridan ajratish mushkul. Ular bir-biriga juda o‘xshaydi. Hozirda Aziza ijoddan bir muddat cheklanib, farzandinining tarbiyasi bilan band. Aktrisa Asal Shodiyevaning Robiya ismli singlisi bor. U opasidan farqli ravishda bolaligidan san’atga qiziqmagan. Robiya bugungi kunda kosmetolog sifatida faoliyat yuritadi. U oilali, bir nafar o‘g‘il farzandi bor. Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning ham ikki singlisi bor. Katta singlisi Anora bir necha yil avval rusiyzabon teleboshlovchisi sifatida faoliyat yuritardi. Hozirda to‘rt farzandning onasi bo‘lgan Anora bir necha yildan buyon AQShda istiqomat qiladi. U Instagram’dagi shaxsiy blogini yuritadi. Oilaning kenja farzandi Asal ham Insta-bloger. Asalning Amir ismli o‘g‘il farzandi bor. Aktrisa Sitora Alimjonovaning birgina opasi bor. Dildora Hoshimova taqdir taqozosi bilan Janubiy Koreyaga turmushga chiqqan, hozirda u ikki farzandning onasi. Asli jurnalistikaga qiziqqan Dildora koreys televideniyasida qator teleloyihalarga boshlovchilik qilgan. So‘nggi yillarda esa singlisi yordamida o‘zbek kino san’atida ham o‘z o‘rnini topishga harakat qilyapti. U  “Milliy” telekanalida efirga uzatilgan “Sevgi” serialida ham suratga tushgan. Jasur Umirovning singlisi Guli Umirova Instagram’da blog yuritadi. Uning sahifasini 55,9 ming kishi kuzatadi. Guli sahifasiga oilaviy suratlarini joylab boradi. Yosh aktrisa Durdona Qurbonovaning singlisi Ruxshona Qurbonova qo‘shiqchilikka qiziqadi. Ruxshona ayni kunlarda musiqa maktabida tahsil oladi va Instagram orqali ijod namunalarini havola etib boradi. Uning kuzatuvchilari soni 66 mingdan ortiq. Xonanda Munisa Rizayeva oilasida uch qiz ekanligini ko‘plab intervyularida aytib o‘tgan. Singlisi Karima Rizayeva qator teleloyihalarga prodyusserlik qilgan. U ham xuddi opasi singari biznesga juda qiziqadi. Ularning katta opasi Kamila bir necha yil avval oilasi bilan London shahriga ko‘chib ketgan. U interyer dizayni bilan shug‘ullanadi va shaxsiy agentligini ham tashkil etgan. Bundan tashqari, u xorijda o‘zbek milliy bezakchilik san’ati targ‘iboti bilan ham shug‘ullanadi. Ozoda Nursaidovaning ham yagona, Nilufar ismli singlisi bor. Nilufar yoshligidan opasining karyerasiga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qilgan. Ancha yillar avval ko‘nglida xonandalikka mehr uyg‘onib, qo‘shiq ijro etib ko‘rdi. Ammo muvaffaqiyatsiz kechgan ilk urinish uni bu fikridan qaytardi. Bir o‘g‘ilchanig onasi bo‘lgan Nilufar hozirda opasi Ozoda Nursaidovaning yordamchisi sifatida faoliyat yuritadi. Xonandalar Lola va Shahlo Ahmedovalar oilada uch qiz. Lolaning singlisi, Shahloning opasi Zulayho Turkiyada o‘z karyerasini rivojlantirish ustida ishlamoqda. U imij stilistikasi va fotograflikka qiziqadi. Xonanda Otabek Muhammadzohid O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning akasi ekanligini ko‘pchilik biladi. Ammo uning o‘zidan bir necha yosh katta opasi borligini xonandaning aksariyat muxlislari bilmasa kerak. Go‘zalxon bank xodimi va u Farg‘onada istiqomat qiladi. Bolaligidan hisob-kitobga usta bo‘lgan Go‘zalxon oliygohga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinib, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan.
68
3,826
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi.
29
84
Foto
“So‘nggi luqma”, “Oilaviy portret” “O‘yga tolgan maymun”: Wildlife Photographer of the Year 2020 tanlovi g‘oliblari aniqlandi (foto)
London Tabiatshunoslik muzeyi tomonidan o‘tkazilgan yovvoyi tabiat suratlari – Wildlife Photographer of the Year— 2020 natijalari ma’lum qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgan 49 mingdan ortiq murojaat ichida 15 nafari g‘oliblikka loyiq deb topildi. “Quchoqlashish”. Primoryedagi Amur yo‘lbarsining “Qoplon yeri” milliy bog‘idan olingan surat Sergey Gorshkovga omad keltirdi va “Yovvoyi tabiatning eng yaxshi suratkashi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yo‘lbarsning osoyishta daqiqani boshdan kechirayotgani ularni asrab qolishga umidlantiradi, deydi tanlov tashkilotchilari. “Onam yugur deganida”. Shanyuyan Li ushbu kadrni muhrlash uchun olti yil davomida Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismi Sinxay viloyatidagi yovvoyi mushuklarni kuzatdi. Suratkash “Xatti-harakat: sutemizuvchilar” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Anemonlardagi masxaraboz aslida Sem Sloss uchun oltin baliq vazifasini bajardi va 11-14 yoshli suratkashlar toifasi ichida g‘oliblikka erishdi. Kordilyeradagi Ritakuba-Blanko tepaligini suratga olgan Gabriyel Ayzenband “O‘simliklar va qo‘ziqorinlar” nominatsiyasida yutuqni qo‘lga kiritdi. Hayvonlarning noqonuniy savdosiga e’tibor qaratgan Pol Hilton “Yovvoyi tabiat fotojurnalisti: tarix” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Andres Luis Dominges Blanko juda yosh bo‘lishiga qaramay, “Mukammal muvozanat” deb nomlangan surati bilan muvaffaqiyat qozondi. U 10 yoshga to‘lmagan suratkashlar toifasida g‘olib deb topildi. Kirsten Lyus “Shou-biznes” nomli ijod mahsuli bilan “Yovvoyi tabiat fotojurnalisti: yagona surat” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Liyna Xaykkinen “Yilning yosh suratkashi” nominatsiyasida g‘ozni tutib olgan tulki surati bilan g‘olib bo‘ldi. Aleksey Badayev “Shaharning tirik tabiati” nominatsiyasida eng yaxshi surati bilan g‘olib bo‘ldi. Ripan Bisvasnikidek “So‘nggi luqma”ga o‘xshash surat ko‘rganmisiz? Agar ha desangiz, surat tanlovning “Portfolio” nominatsiyasida g‘olib bo‘lishi mumkin. Shisha qurbaqaning maroq bilan o‘rgimchak chaynashi nafaqat suratkashni, balki tanlovda ishtirok etayotgan hakamlar hay’atini ham o‘ziga jalb qildi. Surat “Xatti-harakat: amfibiya va sudralib yuruvchilar” nominatsiyasi sovrindoriga aylandi. Xose Luis Ruis “Xatti-harakat: qushlar” nominatsiyasida “Oilaviy portret” nomli surati bilan g‘olib bo‘ldi. Songda Kay Filippinda rombsimon ko‘rinishdagi kalmarni suratga muhrlagan lahzasi haqiqatan ham oltinga teng lahza bo‘ldi. Ushbu ijodiy ish “Suv osti” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi. “Holat”. Mogens Trollning suratida bir necha lahzaga qotib qolgan uzun burunli maymun xuddi meditatsiyaga singib ketgandek. “Etna yong‘in daryosi” Luchano Gaudensioga “Yerning muhiti” nominatsiyasida g‘oliblikni olib keldi.
132
2,767
Foto
Foto: Buyuk Britaniyada qurilgan birinchi masjid
Shoh Jahon masjidi Buyuk Britaniyaning Uoking shahrida 1889-yilda vengriyalik yahudiy Gotlib Vilgelm Leytner tomonidan qurdirilgan. U Buyuk Britaniyaga Qirollik kollejida o‘qish uchun borgan, deb yozadi Islam Today. Musulmon mamlakatlari bo‘ylab sayohati davomida u Abdurashid Sayyoh ismini qabul qilgan. 19 yoshida arab, turk va yangi grek tillari bo‘yicha o‘qituvchi bo‘lgan, 23 yoshida esa London qirollik kollejida arab tili va musulmon huquqi bo‘yicha professor bo‘lgan. Leytner ko‘plab maktablar, adabiyot assotsiatsiyalari, ommaviy kutubxonalar va akademik jurnallar asoschisi sanaladi. Shoh Jahon masjidi mamlakatdagi eng ko‘p kishi tashrif buyuradigan masjid hisoblanadi. Har yili masjidda uch million kishi namoz o‘qiydi. Ramazon oyida va juma namozlari vaqtida tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi — 1,8 million kishi masjidda namoz o‘qiydi. Quyidagi suratlarda o‘tgan asrning 1920-yillari, shu jumladan, Birinchi jahon urushi vaqti aks etgan. Suratlarda asosan Ramazon va Qurbon hayitlarini ko‘rish mumkin.
48
1,023
Foto
Mashhur filmlarda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar (foto)
Yorug‘lik, kamera, motor!  Filmni suratga olish ishlari ajoyib professionallar jamoasi tomonidan olib borilishi va har bir sahna sinchkovlik bilan kuzatilishiga qaramay, xatolar hamon uchrab turadi. Ularning bir nechtasi bilan quyida tanishib chiqish mumkin. “Tarzan” Sabor – “Tarzan” multfilmida bir necha bor ko‘rinish bergan va o‘zini jahldor tutadigan qoplon. Agar kartinaning  00:06:40 daqiqasi diqqat bilan kuzatilsa, Sabor quloqlarining rangi qoradan to‘q sariq rangga o‘zgarganini ko‘rish mumkin. “Qasoskorlar: Intiho” “Qasoskorlar: Intiho” – barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri bo‘lib, unga to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Kadrlarning birida qandaydir bolalar Xalkni suratga olish uchun yaqinlashgan sahnada quymoqning o‘rtasidan bo‘linganini ko‘rish mumkin (00:38:00). Aynan o‘sha soniyadan so‘ng ular butun bo‘lib qoladi. “Maymunlar sayyorasi: Qo‘zg‘olon” filmida ham bitta qo‘pol xatoni payqash mumkin. Kichkina Sezar o‘ynash uchun qochib ketayotganida, unga qo‘shnisi hujum qilish uchun stolni chelaklar bilan ag‘daradi (00:19:30). Ammo Uill Rodman (Jeyms Franko) uni himoya qilish uchun paydo bo‘lishi bilan chelakni yana stol ustida ko‘rish mumkin. “Yura davri dunyosi” “Yura davriga sayohat” filmida bu aslida nima ekanligini topish uchun yaxshilab qarash kerak. Ba’zi tomoshabinlar buni qo‘l, boshqalari esa dinozavrning dumi deyishadi. Bu lahzani 1:49:08 da ko‘rish mumkin va u ko‘proq qo‘lga o‘xshaydi. “Forsaj” Franshizaning birinchi qismida eng tezkor Jonni Tran sahnalarning birida qora futbolka kiyganini ko‘rish mumkin. Oradan 3 soniya o‘tib, u yengsiz kiyimda paydo bo‘ladi. “Sumerki” Ekrandagi eng mashhur juftliklardan biri bu Bella va vampir Edvard. 2008-yilgi filmda Edvardning orqasidagi tokchadagi gulni ko‘rish mumkin, lekin Bella bilan Edvard bir necha soniya so‘zlashgandan keyin to‘satdan u butunlay boshqacha narsaga aylanadi. “La-La-Lend” Bu ajoyib hikoya nafaqat tomoshabinlarni zavqlantiradi, balki bir nechta kamchilik topilgach, yuzda tabassum ham uyg‘otadi. Sebastyan Miyadan o‘zaro munosabatlari haqida so‘raganda (00:39:57), ular yashil soyabon ostidan o‘tadi. Bir necha qadam va soniyadan so‘ng ular yana soyabon ostidan o‘tayotganini ko‘rish mumkin (00:40:08). “Go‘zal ayol” Ajoyib juftliklar haqida gapirishni davom ettiraylik. “Go‘zal ayol”da Vivianni ijro etgan Juliya Roberts nonushta sahnasida mazali kruassan tanovul qilayotganini ko‘rish mumkin. (00:32:21). Ammo u maktabdan boshqa joyda o‘qimaganini eslatgandan so‘ng (00:32:38) kruassan oladyega aylanadi. “Garri Potter va hikmatlar toshi” Kinodagi eng mashhur chandiq, shubhasiz, Garri Potterning chandig‘idir. “Garri Potter va Hikmatlar toshi” filmida Dambldor Garrini magllar oilasida qoldirganida, bolaning peshonasida belgi bo‘lmaydi (00:03:42) va keyingi kadrda (00:03:49) u aniq ko‘ringan. “Titanik” Ushbu ro‘yxatga “Titanik”ni kiritmasdan iloji yo‘q. Jek quvurga kishanlab qo‘yilgan sahnada (02:06:06), uning egnida osma kamarni ko‘rish mumkin. Keyin Rouz uni bolta yordamida ozod qiladi. Aftidan, u bir vaqtning o‘zida partnyorining osma kamarini kesib tashlaganga o‘xshaydi. (02:06:15). Eng qizig‘i, keyingi kadrda ular o‘z joyiga qaytadi. “Kuz afsonalari” “Kuz afsonalari” filmida Tristan rolidagi Bred Pitt o‘zining sariq sochlari bilan XX asr boshidagi dehqondan ko‘ra 90-yillarning rok qo‘shiqchisiga ko‘proq o‘xshagani uchun bir qancha tanqidlarga uchragan. “Ozod etilgan Jango”  “Ozod etilgan Jango” filmida qahramon Jeymi Foks qora ko‘zoynak taqadi. Hammasi ajoyib, lekin filmdagi voqealar XIX asrning oxirida sodir bo‘ladi va quyoshdan saqlaydigan birinchi ko‘zoynaklar faqat 1929-yildagina paydo bo‘lgan.
50
3,657
Foto
Fotogalereya: Xonadondagi mikroiqlim uchun eng yaxshi o‘simliklar
AdMe xonadondagi muhitni go‘zal qilibgina qolmay havo namligini nazorat qiladigan va kislorodga boyitadigan o‘simliklar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Ayol baxti yoki oq yelkan guli — ushbu gul xonadonga baxt va muhabbat olib keladi degan tushuncha bor. Spatifillum nafaqat namlikni o‘ziga tortadi, balki xona iqlimini normallashtirib, zamburug‘lar sporalarini yo‘q qiladi. O‘simlik +18 Selsiy darajada o‘zini yaxshi his qiladi. Yuzlab turlari ichidan odamlar asosan arab va robusta kofe daraxtlaridan foydalanishadi. Ushbu daraxtlar birinchi mevalari 5—6 yildan so‘ng tuga boshlaydi, shuning uchun yoshi katta o‘simlikni sotib olgan ma’qul. Nim qorong‘u joyda yaxshi o‘sadi, tagiga tez-tez suv quyib turish kerak. Havodagi namlikni o‘ziga yutadi va gullagan vaqtida tropik hid tarqatadi. Tinchlik hamda xursandchilik ramzi. Qadimda odamlar ushbu daraxtni muqaddas hisoblashgan: qarilarga yoshligini qaytaradi deya. Mirt nafaqat xonadondagi mikoriqlimni normallashtiradi, balki odamlar sog‘lig‘i haqida ham o‘ylaydi: o‘simlik barglaridan ajralib chiqadigan fitonsitlar havodagi mikroblarni o‘ldiradi. Qadimda o‘txo‘r dinozavrlar lavrni juda yaxshi ko‘rgan. Yirtqichlar esa ushbu o‘simlik bilan oziqlanadigan o‘txo‘rlarni yeyishni yaxshi ko‘rgan, chunki bunda ziravorli tushlik qilish imkoni bo‘lgan. Odamlar lavrni shon-shuhrat, g‘alaba va buyuklik ramzi deya hisoblashgan. Limon havodagi ortiqcha namlikni o‘ziga tortib oladi. Uning barglari katta miqdorga o‘z atrofini tozalovchi shifobaxsh moddalar ishlab chiqaradi. U quyoshli muhitni va quruq tuproqni yaxshi ko‘radi. Yaponida sarv muqaddas daraxt hisoblanadi: o‘lganlar hamda xudolar ruhi unda yashaydi degan tushuncha bor. U bosh og‘rig‘ini yengillashtiradi, havoni namlantiradi. Buning uchun esa nim qorong‘ulik va muntazam suvni talab qiladi. Ushbu o‘simlik havo bilan aql bovar qilmas ishlarni amalga oshiradi: uni namlantiradi, katta miqdorda kislorod ajratib chiqaradi va sintetik materiallarga zarar keltiruvchi zararli bug‘larni yo‘q qiladi. Eng ommalashgan uy o‘simligi. Havoni namlantiradi, kislorodga boyitadi, viruslar va toksinlarni yo‘q qiladi, o‘zining keng barglari bilan changni ushlab qoladi. Keng joy va nim qorong‘i muhitni yaxshi ko‘radi.
65
2,229
Foto
Fotogalereya: Arktika peyzajlaridan ilhomlangan fotograf
Polshalik fotograf Rafal R.Nebelski sayyoraning shimoliy qismidagi tasvirlab bo‘lmas go‘zallikni suratga oldi. Travel Ask shu rasmlarni taqdim etdi.
56
148
Foto
Yaponiyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatlarireportaj
Yaponiyaning shimoli-sharqiy hududlarida 13 fevral, shanba kuni 7,1 balli zilzila sodir boʻldi. Episentri Tinch okeanida qayd etilgan zilzila kuchi eng koʻp Fukusima prefekturasi hududida sezildi. Maksimal silkinish kuchi 7 ballni tashkil etdi, yapon shkalasi boʻyicha esa 6+ ga teng boʻldi. Zilzila, shuningdek, poytaxt Tokioda ham sezilgan. Poytaxt markazidagi silkinish kuchi taxminan toʻrt ballni tashkil etgan. Zilzilada jabrlanganlar soni 100 kishidan oshdi. Shuningdek, zilzila oqibatida 900 mingga yaqin uy elektr quvvatisiz qoldi. Yaponiya milliy meteorologik boshqarmasi vakili hodisa 2011 yilgi vayronkor zilzila oqibati boʻlishi mumkinligini taxmin qildi. Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga mamlakat fuqarolariga uyda qolishni maslahat berdi. Moskvada kuchli qor boʻroni sabab 10 balli tirbandlik yuzaga keldi — fotoreportaj
55
837
Foto
Fotogalereya: Fotoshopning oliy darajasi
Tabiat olamiga oid shunday rasmlar borki, ularga ishlov bergan fotomuharrirlarga qoyil qolmay iloj yo‘q. Travel Ask ana shunday suratlarni taqdim etdi.
40
151
Foto
Amerikalik bir yashar qizaloq xuddi Buyuk Britaniya qirolichasidek kiyindi. Uning bu obrazi Yelizaveta II ga manzur bo‘ldi
Amerikaning Ogayo shtatida yashovchi bir yashar qizaloqning ota-onasi Xellouin munosabati bilan farzandini Buyuk Britaniyaning qirolichasi Yelizaveta II singari kiyintirib, ushbu obraz aks etgan fotoni Vindzor qasriga yubordi. Shundan keyin ular qirolichaga ushbu surat manzur kelgani mazmunidagi javob xati olgan. Qizaloqqa och-moviy rang palto va xuddi shu rangdagi shlyapa kiydirilgan. Obraz ko‘k rangli gul, kichkina sumka va o‘ziga xos ko‘rinishdagi qo‘lqop bilan qiziqarli ko‘ringan. Bu ham yetmagandek, ota-onasi qizaloqqa oq rangli parik kiydirgan. “Ushbu obrazni yaratishda itlarimiz – qizimizning eng yaxshi do‘stlari ekanidan ilhomlandik. Esda qolarli nimadir qilishni istadik. Biz shak-shubhasiz qirollik oilasining muxlisimiz”, – degan qizaloqning onasi. Qirollik oilasidan kelgan javob maktubida qirolicha qizaloqning mazkur obrazidan quvongani aytiladi. “Hazrati oliyalari unga maktub yo‘llaganingizni siz tomoningizdan ko‘rsatilgan iltifot deb hisoblaydi. Qirolicha qizingiz Jaleynni qoyilmaqom libosdagi suratini ko‘rib xursand bo‘ldi. Hazrati oliyalari Rojdestvoda juda ham baxtiyor ekaningizga umid qiladi va men Jaleyn xohlashi mumkin bo‘lgan qirollik uy hayvonlari haqida ham biroz ma’lumot berib o‘taman”, — deyiladi javob xatida.
122
1,257
Foto
Avstraliyalik besh nafar egizak chaqaloqlar ishtirokidagi fotosessiya Facebook’ni zabt etdi (foto)
Avstraliyaning Pert shahrida yashovchi besh farzandning onasi birinchi marta kichkintoylar bilan fotosessiyada qatnashdi. Facebook’da chop etilgan suratlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini qozondi, deb yozadi Daily Mail. 26 yoshli Kim Tuchchi och rangdagi yo‘rgaklarga o‘ralgan chaqaloqlari bilan birga suratga tushdi. Tuchchi bungacha ham bolalarning rasmlarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan bo‘lsa-da, bu ularning besh farzandi uchun ilk professional fotosessiyaga aylandi. Eslatib o‘tamiz, Kim va Von Tuchchi 2016-yil yanvarida ikki daqiqa ichida besh nafar egizak farzand — to‘rt qiz va bir o‘g‘illi bo‘lgan edi. Kim Tuchchining avvaldan uch bolasi — ikki qizi va bir o‘g‘li bor edi. Ta’kidlanishicha, u turmush o‘rtog‘i bilan oilasi yana bir o‘g‘il farzand bilan kengayishini orzu qilgan. Shifokorlar esa unga egizak farzandlar kutayotganini ma’lum qilgan.
98
876
Foto
Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprioning 10 mln dollarlik yangi uyiga sayohat (foto)
Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprio bahosi deyarli 10 million dollarga teng uy sotib oldi, deb yozadi People Talk. Ko‘rinishidan, Leonardo Di Kaprioning daromadi Jennifer Lourens, Timoti Shalame va Arina Grande ishtirok etgan “Yuqoriga qarama” (“Don’t Look Up”) nomli yangi filmda suratga tushgandan so‘ng ortgan. Aktyor o‘ziga Beverli-Hillzdan yana bir villa sotib oldi. Di Kaprio sotib olgan uyning narxi 9,9 million dollar bo‘lib, villaning kattaligi haqiqatan ham hayratlanarli – 465 kvadrat metrni tashkil etadi.
83
518
Foto
Fotogalereya: Tarixiy shaxslarning metall simlardan yasalgan portretlari
Ruminiyalik haykaltarosh Darius Xulea zanglamaydigan jez va mis aralashmali simlardan foydalangan holda tarixiy shaxslarning portretlarini yaratadi. Darius Xulea qurilish materiallaridan uch o‘lchamli rasmlarni “chizish” bilan boshqa haykaltaroshlardan ajralib turadi. Uning ishlari klassikaga dahldor bo‘lmasa-da, asosini tasviriy san’atninig klassik prinsiplari tashkil etadi. Darius Xulea tarixiy shaxslarninig portretini “chizganda” nozik shtrixlar uchun turli kattalikdagi simlardan foydalanadi. U bu ijod namunalari orqali tarixni jonlantirganday bo‘ladi. TravelAsk haykaltaroshning ijodidan namunalarni to‘plab, taqdim etdi. Ferdinant I  George Koshbuk — Rumin shoiri  Ion Dezideriu Sirbu— faylasuf Grigore Bradeya— haykaltarosh Ferdinant I  Ferdinant I  Ferdinant I  Qirolicha Mariya Mircha Eliade — faylasuf  Mircha Eliade — faylasuf  Ion Dezideriu Sirbu— faylasuf
72
883
Foto
Avval va keyin: Makiyaj yordamida yaqinlari ham tanimaydigan darajada o‘zgargan kelinchaklar (foto)
Har bir inson hayotida eng muhim kun hisoblangan to‘y marosimi mukammal tarzda o‘tishini istaydi. Ayniqsa, kelinlar ushbu baxtiyor kunda haqiqiy malikaga aylanishni orzu qiladi. Bu ularning professional vizajistlarga murojaat qilishining asosiy sababidir. Bugunda pardoz insonlarni qay darajada o‘zgartirishini guvohi bo‘ling.
99
326
Foto
«Toshkent besh tashabbus harakati»ning 1-kuni qanday oʻtdi? — suratlarda
«Toshkent besh tashabbus harakati» doirasida tadbirlarga 21 may sanasida start berildi. Unda qatnashgan «Bugun.uz» muxbiri tadbirning 1-kuni qanday oʻtgani boʻyicha fotoreportaj tayyorladi. Poytaxtda 21 maydan 25 mayga qadar tadbir doirasida madaniy va intellektual tanlovlar, sport musobaqalari, mediatreninglar, poytaxtning mashhur odamlari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. «Toshkent besh tashabbus harakati»da faol va iste'dodli yigit-qizlar sovrinli oʻrinlar uchun musobaqalashmoqda. Bu tanlovlar boʻyicha oldindan onlayn-saralash oʻtkazilgan, vokal ijro tanlovi qatnashchilari esa qoʻshimcha ravishda jonli eshituvga ham taklif qilingan va uning yakunlariga koʻra, 200 nafar xohlovchidan 30 nafar ishtirokchi qolgan. Shuningdek, «Zakovat» intellektual oʻyini turniri ham boʻlib oʻtmoqda. Bunyod etilgan shaharcha hududida maxsus devorlar qurilgan boʻlib, unda yosh rassomlar ijodkorlik mahoratini namoyon etdi. Bu Street Art tanloviga tegishli hisoblanadi. Yuqoridagi kompozisiyaning mavzusi «Kelajakdagi Toshkent» boʻlib, asosiy mazmuni yoshlar vaqtdan unumli foydalanishga intilayotgani tasvirlangan. Tashkent Cyber Cup-2021 videooʻyinlar ixlosmandlarini birlashtirmoqda. Ular Counter-Strike: Global Offensive boʻyicha kuch sinashmoqda. Oʻyinlar 9 soatdan davom etmoqda. Faol, zamonaviy va maqsad sari intiladigan qizlar uchun Ayollar netvorkingi haftaligi oʻtkaziladi. Unda jamoalar 4 yoʻnalish: ilm-fan va texnologiyalar (STEM), biznes, ijtimoiy soha va art boʻyicha loyihalarni taqdim etadi. «Toshkent besh tashabbus harakati» mehmonlari uchun ham koʻplab tadbirlar rejalashtirilgan. Ular tadbir davomida mediatreninglar, vazirlar, mashhur jurnalistlar, yozuvchilar, blogerlar, vaynerlar bilan uchrashuvlar, qoʻlda yasalgan buyumlar yarmarkasi va modalar namoyishiga tashrif buyurishi mumkin. Narzullaeva Barno Jizzax viloyatidan. Hunarmandchilik bilan 8 yildan beri shugʻullanadi. Munchoqlardan miniatura asarlarini sopol laganga yopishtirish gʻoyasini oʻylab topgan. 2020 yilda «Jasorat» medali bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, u qator tanlov va festivallar gʻolibasi sanaladi. Ma'lumot uchun, roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar va mehmonlarning umumiy soni 40 000 nafarga yetdi. Lekin mehmonlar soni juda koʻp boʻlishi kutilmoqda, chunki kirish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish shart emas. Avvalroq «Toshkent 5 tashabbus harakati» festivaliga hozirgacha qancha mablagʻ ajratilgani ochiqlangandi. Shuningdek,  tashabbus doirasida oylik maoshi 15 million soʻmgacha boʻlgan vakant oʻrinlarga nomzodlar tanlab olinishi ma'lum qilingan.
72
2,565
Foto
Fotogalereya: Moskvadagi may qori
Moskvada may oyining boshida qorli ob-havo kuzatilmoqda. “Gazeta.ru” nashri shahardagi ob-havo aks etgan fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi.
33
143
Foto
Yaxshi sartarosh plastik jarrohdan afzalroq ekanligini isbotlovchi suratlar
Chiroyli turmak va sochning yangi rangi har qanday ayolni ham butunlay boshqa odamga aylantirishi mumkin. Masalan, buni litvalik sartarosh Yurgita Malakauskayte har kuni o‘zining SelfStation nomli go‘zallik salonida isbotlamoqda. Yurgita qo‘liga ilk bora qaychi olganida 16 yoshda edi. U o‘zining kasbiy faoliyatini ona shahri Majekayda ota-onasi tomonidan ochilgan kichik go‘zallik salonidan boshlagan, hozirda 24 yillik tajribaga ega Yurgita ayollarga go‘zal qiyofa baxsh etish uchun nima qilish kerakligini aniq biladi. Sartarosh o‘z ishida nafaqat mijozning sochiga, balki teri va ko‘zlar rangiga ham e’tibor beradi. Yurgita mijozlarning sochlarini rangi va murakkabligiga qarab to‘rt faslga – qish, bahor, yoz va kuzga ajratadi. “Bu xuddi rasm chizishga o‘xshaydi. Avval tahlil qilasiz, rang tanlaysiz, aralashib ketgan ranglarni chiqarib tashlaysiz. Shundan so‘ng mijozning tashqi ko‘rinishi, yuzning shakli va sochlarning tuzilishini o‘rganib, ‘rasm chizish’ni boshlash mumkin”, – deydi sartarosh. “Sochlar – bu energiya, deydi Yurgita. – Ayrim odamlar sochiga oro berish kerak. Boshqalari esa chindan ham tashqi ko‘rinishi chiroyli ekaniga ishonishi kerak, shunda soch yanada sog‘lomlashadi. Biz ularga o‘zlarini yaxshi ko‘rishini va g‘amxo‘rlik qilishini, soch go‘zallikning bir qismi ekanligini tushunishiga yordam beramiz”.
75
1,341
Foto
Fotogalereya: So‘nggi 20 yil ichida qirilib ketgan hayvonlar
Bir necha kun avval Keniyada Sudan laqabli dunyodagi eng so‘nggi erkak shimol oq karkidoni o‘ldi. Dunyoda bu turdagi atigi ikkita urg‘ochi karkidon qoldi. “Vesti Finance” so‘nggi 20 yil ichida qirilib ketgan hayvonlarga e’tibor qaratdi. Xitoy daryo delfini 1918-yilda Xitoydagi chuchuk suvli Duntin ko‘lida topilgan. Havorang-kulrang delfinning uzunligi 1,4 — 2,5 metrni, vazni 42 — 167 kilogrammni tashkil qilgan. Urg‘ochisi erkagidan ko‘ra kattaroq bo‘lgan. 2006-yilda ekspeditsiya bu turni topa olmagan. Xitoyning yo‘qolib ketgan hayvonlar bo‘yicha komissiyasi bu turni 2017-yilda qirilib ketgan deb e’lon qildi. Tayvan kulrang leopardi tashqi ko‘rinishi va jismoniy tuzilishi jihatdan Xitoyning materik qismida yashayotgan qondoshlariga o‘xshagan. U vazni 20 kilogrammni tashkil qiluvchi daraxtlarda yashaydigan yirtqich bo‘lgan. Kulang leopardni so‘nggi marta 1983-yilda ko‘rishgan, uch yildan so‘ng esa tadqiqotchilar bu yirtqichning izlarini topa olmagan. Sanoatning rivojlanishi va o‘rmonlarning kesilishi sababli leopardlar tog‘larga chiqib ketishga majbur bo‘lgan, u yerda esa brakonerlar ta’qibiga uchragan. 2000-yilda olimlar yirtqichni topish uchun oxirgi marta urinib ko‘rgan, biroq hech qanday izni topa olmagan. O‘rdak Tinch okeanidagi faqat uchta orolda yashagan. Okean o‘rdaklari Ikkinchi jahon urushidan keyin qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun botqoqlarning quritilishi oqibatida qirilib ketgan. Xitoy uzunburuni chuchuk suvlarda yashagan eng yirik baliq bo‘lgan. Uning uzunligi uch metrgacha, vazni esa 300 kilogrammgacha yetgan. Xitoylik olimlar 2006—2008-yilda baliqni yovvoyi tabiatda izlab topishga harakat qilgan, biroq turning birorta vakilini topa olmagan. O‘rta asrlarda yovvoyi echki Pireney yarimorolida juda ko‘p uchragan, biroq ularning populyatsiyasi nazoratsiz ov sababli XIX—XX asrda tezlik bilan qisqargan. XX asrning ikkinchi yarmida bu hududda faqatgina kichik populyatsiya saqlanib qolgan, 2000-yilda esa turning so‘nggi vakili o‘lik holda topilgan. Qachonlardir Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan Kamerun qora karkidoni ov va brakonerlik oqibatida 2000-yilga kelib qirilib ketish holatiga keldi. 2011-yilda tur yo‘q bo‘lib ketgan deb e’lon qilingan. “Dengiz bo‘risi” deb atalgan Karib monax-tyuleni Karib havzasida yashagan eng yirik tyulen turi bo‘lgan. Haddan ortiq ov va ozuqa manbasining yo‘q bo‘lishi turning qirilib ketishida asosiy sabab bo‘lgan. Tur so‘nggi marta 1952-yilda kuzatilgan va 2008-yilda rasman yo‘q bo‘lib ketgan deb tan olingan. Sharq pumasi qachonlardir Shimoliy Amerikaning shimolida yashagan va qirilib ketgan puma turi hisoblanadi. Bu tur AQShning baliq resurslari va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xizmati tomonidan 2011-yilda qirilib ketgan deb tan olingan. Kaltakesaklar oilasining yagona gigant vakili Afrikaning g‘arbiy tomonidagi orollarda yashagan. U hozirgi kunda butunlay qirilib ketgan hisoblanadi. Kichik poganka yoki Madagaskar qizilbo‘yin pogankasi kichik pogankalar oilasiga kiradi. Qushning ovozini so‘nggi marta 1988-yilda eshitishgan. 2010-yilda esa u rasman qirilib ketgan deb tan olingan.
60
3,101
Foto
Britaniyada itlar uchun 200 ming dollarlik uylar ishlab chiqarilmoqda (foto)
Britaniyaning Hecate Verona kompaniyasi itlar uchun yangi uylar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, biroq ularni shunchaki uy deb bo‘lmaydi: ular xuddi koshonaga o‘xshaydi, deb yozadi TravelAsk. Yangi koshonalar itlarning yashashi uchun eng qulay sharoitlarni taqdim etadi. Uyda isitish tizimi, maxsus ovqatlanadigan joy, akustik tizim, shuningdek, it bilan aloqada bo‘lib turish uchun ratsiya ham mavjud. Bu turdagi uylarning narxi 40 ming dollardan 200 ming dollargacha.
76
475
Foto
Fotogalereya: Butun dunyodan uzilgan qabilalar
Dunyoda zamonaviy hayotdan uzoq bo‘lgan bir qancha qabilalar mavjud. TravelAsk ana shu qabilalarga e’tibor qaratdi.
46
115
Foto
Hayvonlarning ham kulgili, ham qo‘rqinchli panorama suratlari (foto)
Panorama ko‘rinishda olingan suratlar ko‘pchilikka yoqadi. Bunday telefon texnologiyasi o‘tloqlar, tepaliklar, cho‘llar va shunga o‘xshash tabiat manzaralarini suratga olishda qo‘l keladi. Ammo hayvonlarni suratga olishda bu borada biroz muammolarga duch kelish mumkin. Shunga qaramay, ba’zi odamlar hayvonlarni ham panorama suratga olishda davom etadi. Quyida TravelAsk ana shunday ko‘rinishda olingan bir nechta suratlarni taqdim etdi.
68
437
Foto
Qizlar muxlislik qiladigan Bollivudning 10 nafar mashhur aktyori
Hindiston kinemotografiyasi yildan yilga mashhur bo‘lib bormoqda. Bollivudda har yili minglab film va seriallar suratga olinadi, muvaffaqiyat qozonganlari esa jahon e’tiboriga havola etiladi. Hind aktyorlari ham o‘z hamkasblari bilan ham iqtidori, ham tashqi ko‘rinishi bilan bellashadi. Mitxun Chakrabortining davri o‘tdi, ammo uning o‘rniga boshqa yosh aktyorlar kelib, minglab qizlar e’tiboriga tushdi. Haqiqiy hind machosi. 60 ta filmda suratga tushgan. Ulardan eng mashhurlari: “Dada”, “Orzuning qora ko‘rinishi” va “Baykerlar”. Jon Hindistonda juda mashhur. U, shuningdek, fitness bo‘yicha o‘z blogiga ega. 45 yosh. Uylangan. Eng mashhur hind aktyorlaridan biri. Bollivudning eng kassabop filmlarida suratga tushgan. “Seni ko‘ryapman”, “Om Shanti Om” va “Sizni yaxshi ko‘raman, oyijon” filmlari shular jumlasidan. Bir qancha moda agentliklari va parfyumeriya brendlari bilan hamkorlik qiladi. Ma’lumoti bo‘yicha — iqtisodchi. Xayriya ishlarida faol qatnashadi. 13 nafar yetim bolani o‘z qaramog‘iga olgan. 45 yosh. Model Mexr Rampalga uylangan. 2 nafar qiz farzandi bor. Aktyor va prodyuser Saif Ali Xon Hindistondan tashqarida ham mashhur. Chet elda ham film suratga oladi. Uning eng mashhur filmlari: “Toabad birgamiz”, “Salam Namaste” va “Ertangi kun keladimi?”. 48 yosh. Hozirda ikkinchi turmushi Karina Kapur bilan yashaydi. Bir nafar farzandi bor. Birinchi rafiqasi Amrita Singxdan ham 2 nafar farzandi bor. Mashhur sulola vakili. 43 ta filmda suratga tushgan. Hindiston bo‘ylab o‘z fan-klublariga ega. Uning ishtirokidagi eng mashhur filmlar: “Fasllar”, “Raqsga tush” va “Nikoh”. 37 yosh. Uylangan. Ispanlarning Enrike Iglesiasiga hindcha javob. Imron Xon o‘ziga to‘q hind oilasining farzandi. Buvasi mashhur hind rejissori, amakisi esa afsonaviy Amir Xon. Imron AQShda tug‘ilgan. 21 ta filmda suratga tushgan. 35 yosh. Aktrisa Avantika Malikka uylangan. Bir nafar farzandi bor. Hindistonning eng mashhur aktyorlaridan biri. Jangari filmlarda bosh qahramon rolini ijro etadi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi. Bir qo‘lida 6 ta barmoq bilan tug‘ilgan. 45 ta filmda suratga tushgan. 44 yosh. Ajrashgan. 2 nafar farzandi bor. Hind aktyorlarining yangi avlodi. Varun eng yaxshi hind rejissorlaridan biri Devid Dxavanning o‘g‘li. Unga “Sevishganlar” va “Yil talabasi” filmlaridagi roli shuhrat keltirgan. 31 yosh. Uylanmagan. Televideniyedagi ishi sabab ekranlarda ko‘rina boshlagan. Unga “Ont ichaman, sevgilim” filmi mashhurlik olib kelgan. 11 ta filmda suratga tushgan. 34 yosh. Uylanmagan. Bu aktyorning butun hayoti muvaffaqiyatga to‘la. Buyuk hind aktyori Abitabx Bachchanning oilasida tug‘ilgan. Shveysariyada moliya sohasida o‘qigan. Hindistonning eng go‘zal aktrisasi Ayshvariya Rayga uylangan. 75 ta filmda suratga tushgan. Eng mashhur filmlari: “Hech qachon alvido demang”, “Sohibjamol Laknau” va “Yaqin do‘stlar”. 42 yosh. Uylangan. Bir nafar qiz farzandi bor. Shohrux Xon yoshi o‘tayotgan bo‘lsa ham buyukligini yo‘qotmagan. U Bachchan va Chakraborti o‘ynagan hind filmlari va yosh avlod o‘rtasidagi davr aktyori hisoblanadi. E’tiqodi bo‘yicha musulmon. Hozirda filmdan ko‘ra ko‘proq televideniye bilan mashg‘ul. Lekin u 131 ta filmda suratga tushgan. Ulardan eng mashhurlari: “Gohi shodlik, gohi g‘am”, “Vir va Zara” va “O‘g‘irlanmagan kelin”. 53 yosh. Aktrisa Gauri Xonga uylangan. 3 nafar farzandi bor.
64
3,342
Foto
“Matryoshka” mehmonxona, skripka ko‘rinishidagi uy: Xitoyda eng ko‘rimsiz inshootlar an’anaviy tanlovi o‘tkazilmoqda (foto)
Xitoyda 11-yil qatorasiga eng xunuk binolar tanlovi o‘tkazilmoqda. Bu yili fuqarolar 87 ta loyihadan eng ko‘rimsiziga ovoz berish orqali tanlab oladi. South China Morning Post nashrining ma’lum qilishicha, tanlovni o‘tkazishdan maqsad “arxitekturaning go‘zalligi va xunukligi haqida munozarani boshlash, shuningdek, me’morlarga ijtimoiy mas’uliyatini eslatish”dan iborat. Ayni vaqtda ishtirokchilarning aksariyati (8800 nafari) Chjesyan universitetining Janubiy darvozasi uchun ovoz bergan. Ikkinchi o‘rinda Xitoy milliy kostyumidagi erkak va ayol ko‘rinishidagi shishadan ishlangan osma ko‘prik bo‘lgan. Unga 3 mingdan ortiq kishi ovoz bergan. 1700 ovoz bilan eng xunuk binolar ro‘yxatida Foshanedagi skripka ko‘rinishidagi cherkov bo‘lgan. Siandagi bolalar san’ati xalqaro markazi esa to‘rtinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Ko‘rinishi bolalar dunyosining ramzi ekani aytiladigan binoga 1500 dan ko‘proq ovoz bergan. Taqdim qilingan ishlar orasida, shuningdek, “matryoshka” ko‘rinishidagi 72 metrli Taowa Theme mehmonxonasi ham bor. Mongoliyada joylashgan mazkur mehmonxona dunyodagi eng yirik qo‘g‘irchoq bino hisoblanadi. Ayni vaqtga qadar unga 1449 ta ovoz berilgan. Oltinchi o‘rinda esa hozircha Dapindagi 12 ta xonali to‘nkarilgan uy bo‘lib turibdi. Bu binolardan tashqari, Yunnan bog‘idagi darvoza, Guyyan shahar okrugidagi san’at markazi, qolaversa, kubik-rubik ko‘rinishidagi bino hamda boshqa loyihalarga ovoz bersa ham bo‘ladi.
123
1,442
Foto
Fotogalereya: Aqlbovar qilmas joylarda qurilgan uylar
Har bir inson turar joyga muhtoj, lekin hamma ham shahar va hatto qishloq joylaridagi hayotidan mamnun bo‘lmaydi. Ba’zilar barchadan uzoqda yashashni xohlaydi va yangi joyga ko‘chishni istamaydi. TravelAsk aqlbovar qilmas joylarda qurilgan uylar haqida ma’lumot berib, ularning suratini bir sahifaga jamladi. Serbiyaning Baina Bashta shahri yaqinida antiqa uy bor. Uy egalari uni 1968-yili daryo o‘rtasidagi qoyaga qurgan. AQSh va Kanada chegarasidagi Avliyo Lavrentiy daryosidagi orolchaga qurilgan uy. Bu yerda kichik plyajga ham joy yetgan. Islandiya yaqinidagi Edlidaey orodila bir nechta oila istiqomat qiladi. Orolda yashashiga qaramay, u yerdagilar kutilmagan mehmonlardan saqlanish uchun devor ham qurgan. Keret House – inson alohida yashashni xohlashini ko‘rsatib beruvchi namuna. Uyning eng keng joyidagi kengligi atigi 90 santimetrni tashkil etadi. Avstraliyaning Kuber-Pedi konchilar shahrida aksariyat aholi g‘orda yashaydi. Bu ularga jaziramani oson o‘tkazishga yordam beradi. Angliyada g‘aroyib norozilik namoyishlari bo‘lib turadi. Shulardan birida 4 yil davomida mana shunday uylar bo‘lgan. Bu ham daraxt ustidagi uy, ammo Angliyada emas, Kanadada. 2011-yilda Xitoyning Guandun shahrida mahalliy fabrika tomida ikkita uy qurildi. Bu ham Xitoy. Xunan provinsiyasidagi savdo markazlaridan birida 2013-yili kichik qishloq barpo etilgan. Butan tog‘li mamlakat sanaladi. Taksang-lakxang ibodatxonasi monaxlari esa yanada uzoqqa borib, ortiqcha e’tibordan holi bo‘lish uchun baland qoya cho‘qqisida joy topdi. Gretsiyadagi Meteorlar ibodatxonalari. Shveysariyaning Matterxorn tog‘i. Solve kulbasi 4003 metr balandlikda joylashgan. Bu yerga chiqqanlar kulba ichida dam olishi mumkin. Yolg‘iz qolishni istaganlar uchun Yangi Zelandiyada zamonaviy yechim topildi. Skysphere nomli uy yolg‘iz qolishni xohlaganlar uchun mo‘ljallangan. Xitoyda qurilayotgan yo‘l. Kimdir bu yerdan ko‘chishni istamay, yo‘l o‘rtasida qolishni afzal topgan. Bu esa Turkiya. Uyining buzilishiga qarshi chiqishdan charchagan oila oxir-oqibat uni tark etdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
53
2,211
Foto
Bir kunlik farq bilan olingan 10 ta fotosurat (fotogalereya)
AdMe dunyoning turli shaharlarida bir kun ichida yuz bergan hayratlanarli o‘zgarishlar aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.
60
122
Foto
Fotogalereya: Yangi o‘tmish — gollandiyalik ayol sovet davridagi suratlardan kollaj yasadi
Sovet davridagi kitoblarda niderlandiyalik rassom ayol Tamara Stoffersning ajoyib suratlari ishlandi. Ular allaqachon Bryussel, Stokgolm va Rotterdamdagi ko‘rgazmalarda namoyish qilingan. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi.
90
229
Foto
Real hayotdan biroz uzoqlashib, hordiq chiqarish istagini uyg‘otuvchi ajabtovur maskanlar (foto)
Ba’zan insonlar shaharning shovqin-suronli hayotidan charchab, uzoqlarga, ruhiyat dam oladigan joylarga ketgisi keladi. Xuddi suratlarda aks etadigan manzaralar, masalan, quyoshning botishini tomosha qilish imkoni bor maskanlarda sayohat qilishni xohlaydi. Quyidagi suratlarda esa xotirjamlikni his etishga yordam beradigan joylar bilan tanishing. “Norvegiyadagi uyim”. “Rimdagi  terrasda mo‘jazgina choy ichish joyi”. “O‘quv xonasidan ko‘rinib turgan qorli manzara”. Issiq o‘choq yonidagi hammom. “Har yozda oilamiz bilan birgalikda Avstraliyadagi ushbu uyga kelamiz”. “Dunyodagi eng sevimli joyim”. Texasda kuz va bir chashka issiq choy. Norvegiyaning shimolidagi baliqchilar qishlog‘i. Ushbu qadimiy joy 1890-yilda qurilgan. “Yomg‘irli qish tongida men issiq uydaman”. “Bu yer juda qulay, onam buning uchun juda ko‘p harakat qildi”. “Ertalab uydan oziq-ovqat uchun chiqib ketgan edim, qaytib kelganimda esa meni haqiqiy qish qarshi oldi”. “Qor juda chiroyli, ayniqsa, unga issiq uydan qarasangiz”. “Men bu yerda o‘tirib, kitob o‘qishni va gitara chalishni juda yoqtiraman”. “Bu yerdan meni hech kim majburan olib chiqib keta olmaydi, ayniqsa, yog‘och pech bo‘lsa”. “Manzarani ko‘rgach, shunchaki lol qoldim” O‘rmon ichidagi qulay uy. Qorga burkangan Shotlandiya bog‘idagi ofis-uy.
96
1,299
Foto
Aksariyat kishi noto‘g‘ri talaffuz qiladigan mashhur brendlar (foto)
Odatda ko‘pchilik noto‘g‘ri talaffus qiladigan ko‘plab brend va mashhur kompaniyalar nomi qanday o‘qilishi kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Nivea Ayrim odamlar ushbu kosmetik brendni “Niveya” deb ataydi. Ammo kompaniyaning ona yurti Germaniyada “Nivea” deyiladi. Tissot Tissot — Shveytsariyaning soat ishlab chiqaruvchi kompaniyasiga 1853-yilda Sharl Felisen Tisso va uning o‘g‘li Sharl-Emil tomonidan asos solingan. Brend nomini unga asos solgan shaxslarning familiyasi singari “Tisso” deb atash kerak. Virgin View this post on Instagram Richard Brenson asos solgan birlashtiruvchi kompaniyaning nomi “Vedjin” deb o‘qiladi. YvesRocher View this post on Instagram Mazkur kosmetika brendining nomi asoschisining ism familiyasi singari “Iv Roshe” deb aytiladi. Acer Tayvandning kompyuter texnikalari va elektronikani ishlab chiqaruvchi firmasining nomi “Aser” emas “Eyser” deb o‘qilishi kerak. Givenchy View this post on Instagram Givenchy 1952-yilda dizayner Yuber de Jivanshi tomonidan asos solingan fransuz modalar uyi. Brendni nomi “Jivenchi” yoki “Givenchi” emas, asoschining familiyasi singari “Jivanshi” deb o‘qiladi. Mitsubishi View this post on Instagram Mitsubishi brendi esa “Mitsubisi” yoki “Mitsubishi” emas “Misubishi” deb talaffuz qilinishi kerak. HP View this post on Instagram Ko‘pchilik HP’ning qisqartmasini to‘g‘ri talaffuz qiladi, ammo brendning to‘liq nomini aytishda yanglishadi. Hewlett-Packard “Xyulett-Pakkard” deb aytilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Sega Aksariyat kishilar mazkur o‘yinlar ishlab chiqaruvchisini “Sega” deb o‘qiydi, aslida esa “Siga” deyilishi to‘g‘ri bo‘ladi. Cartier View this post on Instagram Soat va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi Cartier fransuz modalar uyi “Kartye” deb o‘qiladi. Hugo Boss View this post on Instagram Agar mazkur brend asoschisi ingliz bo‘lganida, kompaniya nomi “Hyugo Boss” deb o‘qilsa, to‘g‘ri bo‘lardi. Ammo asoschining millati nemis ekanini hisobga olib “Xugo Boss” deb aytilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Logitech View this post on Instagram Logitech — Shveytsariyaning klaviatura, sichqoncha va boshqa kompyuterga oid qurilmalar ishlab chiqaradigan kompaniya hisoblanadi. Brend nomi “Lojitek” deb o‘qiladi. Carolina Herrera View this post on Instagram Jaklin Kennedi mijozi bo‘lgan moda brendi “Karolina Xerrera” emas “Karolina Errera” deb aytilishi kerak. Bombardier View this post on Instagram Kanadaning mazkur mashinasozlik kompaniyasi “Bombardir” emas, “Bombardye” deb o‘qilishi kerak. Guy Laroche Fransiya moda uyining nomi unga asos solgan shaxsning ismi singari “Gi Larosh” deb aytilishi kerak.
68
2,734
Foto
Fotogalereya: Suv ostidagi yo‘l
Fransiyaning Atlantika sohili yaqinidagi Nuarmutye orolchasi quruqlikdan Gule-de-Fromanten bo‘g‘ozi bilan ajratilgan. U orqali o‘ziga xos yo‘l o‘tadi. Toshdan yotqizilgan yo‘l suratkashlar va sayyohlar orasida juda mashhurdir. 4 kilometrlik yo‘lning o‘ziga xos jihati shundaki, kuniga ikki mahal okean quyilib kelgan paytda u suv ostida qolib ketadi. Yo‘lning ikki chetida kun tartibi haqida eslatma joylashtirilganiga qaramay, ayrim sayyohlar quyilib kelayotgan suv tufayli murakkab ahvolga tushib qoladi va suvning ketishini yo‘l bo‘ylab o‘rnatib chiqilgan minoralardan birida kutishga majbur bo‘ladi. Suv ostida qolgan transport odatda evakuatsiyaga muhtoj bo‘ladi. TJournal sayyohlar ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan, ushbu orolga aloqador suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
31
776
Foto
Bird photographer of the year tanlovining finali uchun eng yaxshi fotolar saralab olindi
Bird photographer of the year fototanlovining 2021-yilgi final ishtirokchilari tanlab olindi. Bu haqda tanlovning saytida ma’lum qilingan, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ma’lum qilinishicha, tanlovda g‘olib deb topilgan ishtirokchi 5 ming funt sterling (6870 dollar) miqdorda pulga sazovor bo‘ladi va “Yil fotografi”, deb topiladi. Ishlar 73 ta mamlakat ishtirokchilari tomonidan taqdim qilingan 22 ming surat orasidan tanlab olingan. Tanlov g‘oliblari 2021-yilning 1-sentabr kuni e’lon qilinadi. Ma’lumot uchun, tabiat va atrof-muhitni himoya qiluvchi mahalliy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan BPOTY tanlovi bu yil oltinchi marta o‘tkazilmoqda. Avvalroq, World Photography Awards 2021-yil tanlovida ishtirok etayotgan eng yaxshi suratlar e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.
88
815
Foto
Sayyoradagi ko‘zni quvnatuvchi manzaraga ega maskanlar suratlari
Dunyo turli xil makonlarga boy: o‘rmon ichidagi shinam uylar, vaqt to‘xtab qolgandek ko‘rinadigan shaharlar, inson aralashuvidan aziyat chekmagan landshaftlar. Quyida ana shunday joylarga tashrif buyurgan baxtli insonlar bo‘lishgan suratlar bilan tanishing. Dengiz tomonga qaragan devorga chizilgan ko‘z. “Men oxirgi 3 kunni shu yerda o‘tkazdim”. “Ota-onam yaqinda ko‘chdi va bu yer yangi yashash joyi” “Mening eski Mercedes’im o‘rmonda”. “Kosta-Rikadagi yangi uyimning derazasidan ko‘rinadigan manzara”. “Vermontdagi hovlim bir necha daqiqa oldin”. Ashxobod o‘zga sayyoradagi shaharga o‘xshaydi. “Taxtlar o‘yini” muxlislari uchun “Qirollar yo‘li”. “Sandimaunt plyajidagi ikki itim”. “Tog‘ning issiq chashmasida dam olyapman” Meksika ko‘rfazi ustidagi bulutlar. Ichkaridagi hayot juda ham qulay. “Sevimli sharsharani toshga chizdim”. Ushbu yovvoyi ko‘l shunchalar osoyishta. “Men bu rasmni bir necha yil oldin sohilda olganman. Umrimda bu kabi manzarani ko‘rmaganman”. “Men Windows XP dasturi ichidaman”.
64
1,019
Foto
Fotogalereya: BAAda tashlandiq mashinalar qabristoni topildi
Ushbu mashinalar biror kolleksionerning quvonchiga aylanishi mumkin edi, ammo ular qayerdadir chang bosib yotibdi. Sharja shahridagi (BAA) katta garajda avtomobillarning haqiqiy jannati qurilgan. Travel Ask uning rasmlarini taqdim etdi.
60
236
Foto
Qrimdagi eng baland sharshara muzlab qoldi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlarda balandligi salkam 100 metrga teng Qrimdagi Uchan-Su sharsharasi muzlab qolgani tasvirlangan suratlar tarqaldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Instagram foydalanuvchilari tomonidan e’lon qilingan foto va videolardan ko‘rish mumkinki, Uchan-Su qiyaligini muz qoplagan. Sharsharaning o‘zi esa hozirda sumalaklar va qor jamlanmasini yodga solmoqda. “Uchayotgan suv” deya tarjima qilinuvchi Uchan-Su sharsharasi Yaltadan 6 kilometr g‘arbda joylashgan. U Qrim yarimorolidagi eng baland sharshara hisoblanadi, balandligi 98,5 metrga teng. “Aftidan, muz yarimorolga yopirilgan sovuq arktik havosi natijasida paydo bo‘lgan”, — deyiladi xabarda. View this post on Instagram Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sharshara tez orada o‘zining avvalgi holatiga qaytadi. Avvalroq Qashqadaryodagi Hisor qo‘riqxonasida joylashgan Suvtushar sharsharasi muzlab qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  “Tashmore”ning yuzasi muzlab qoldi (video)
49
963
Foto
Yulduzli osmon aks etgan eng yaxshi fotosuratlar (foto)
Avstraliyada David Malin Awards — yulduzli osmon fotosuratlari ko‘rik tanlovi yakunlandi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Tanlovning bosh sovrini Tasmaniya orolidagi ko‘l ustida aks etgan Somon yo‘li tasviri uchun fotograf Kyuk Sarkega nasib etdi. Ushbu tanlov yulduzli osmonni suratga olishning bir nechta novatorlik uslublarini yaratgan avstraliyalik astronom va fotograf Devid Mallin sharafiga shunday nomlangan.
55
412
Foto
Fotogalereya: Hafta suratlari National Geographic talqinida
National Geographic hafta davomida yuklangan eng yorqin beshta suratni taqdim etdi.
59
83
Foto
Fotogalereya: Turli xalqlarning an’analariga asoslangan nikoh ko‘ylaklari
Nikoh ko‘plab madaniyatlarda juda chiroyli va muhim an’ana hisoblanadi. Shuning uchun marosimda kelin kiyadigan ko‘ylakka alohida e’tibor qaratiladi. AdMe turli xalqlarning an’analariga asoslangan nikoh ko‘ylaklari suratlarini taqdim etdi.
73
239
Foto
Fotogalereya: Mashhurlar va ularning bolalari bir xil yosh davrida
Ba’zan bola ota yoki onaning haqiqiy nusxasi bo‘ladi. Buni ayniqsa bolalar va ota-onalarning bir xil yosh davrida olingan suratlarini solishtirganda, aniq ko‘rish mumkin. AdMe bir qator mashhurlarning bolalikdagi suratlarini ularning bolalari suratlari bilan taqqosladi.
66
270
Foto
Dunyoning yuksak did bilan kiyinuvchi biznesmenlari reytingi tuzildi (foto)
Amerikaning GQ erkaklar jurnali Mercedes-Benz bilan hamkorlikda dunyoning yuksak did bilan kiyinuvchi ishbilarmon kishilari reytingini tuzdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Nashr ta’kidlashicha, katta va shafqatsiz biznes dunyosida muvaffaqiyatga erishish uchun kuchli jihatlaringizning barchasini ko‘rsatayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lishi kerak — bular aynan “harakat qilish uchun kiyingan” o‘n nafar erkakdir.
75
430
Foto
Keraksiz axlat million-million boylik bo‘lib chiqqan 8 ta voqea (foto)
AdMe odamlar keraksiz axlat deb hisoblagan buyumlar aslida qimmatbaho bo‘lib chiqib, ularning bahuzur kelajagini ta’minlaganligi haqidagi voqealarni to‘pladi. Angliyalik oddiy yigit 1945-yilda o‘z bobosidan allaqanday metall krujkani sovg‘a sifatida olgan, bolaligida undan pnevmatik miltiqdan otishda nishon sifatida foydalangan, keyin esa u yillar davomida karavot ostida chang bosib yotgan. Aslida esa u 2300 yil avval Forsiyada sof oltindan yasalgan qadah bo‘lib chiqdi. Yaqinda sotib olingan uy devorlarini buzish chog‘ida minnesotalik quruvchi Devid Gonsalez qog‘oz va gazetalar uyumi orasidan 1938-yilgi komiksni topib oldi. Ushbu nashrda birinchi marta Supermen paydo bo‘lishi sababli, u qadrlanadi. Komiks to‘zg‘igan holatda bo‘lgani uchun uni 175 ming dollarga sotishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu komiksning eng qimmat nusxasi esa 2014-yilda 3,2 million dollarga sotilgan. Robin Darvel kimoshdi savdosida san’atga aloqador mayda-chuydalar bo‘lgan qutini 46 dollarga sotib oldi. Unda otkritka kattaligidagi qishloq manzarasi aks etgan kartina ham bor edi. U o‘n yil davomida bir burchakda chang bosib yotdi. Uning o‘g‘li ko‘p yillardan so‘ng otkritkaning orqa tomonida g‘alati imzo borligini ko‘rib qoldi va u Britaniyaning eng qimmat rassomlaridan biri — Jon Konsteblning mo‘yqalamiga mansubligini aniqladi. Ummonlik uch baliqchi badbo‘y hidli jismni tutishdi, tekshiruvdan so‘ng u 80 kilogrammlik anbar bo‘lagi ekanligi ma’lum bo‘ldi. U kitlar organizmi faoliyatining chiqindisi bo‘lib, parfyumeriyada hidni mustahkamlashda foydalaniladi. Sifatiga qarab, anbarning 1 grammi 35 dollargacha bo‘lishi mumkin. 1999-yilda Avstraliyada konchi Bobbi pensiyaga chiqishidan bir kun oldin qimmatbaho tosh topilib qolar degan umidda bir chelak chag‘irtoshlarni uyiga olib ketdi. Toshlardan birida u ko‘k rang jilosini payqab qoldi va ikki yil davomida uni tarashlash bilan shug‘ullandi. 14 yildan so‘ng tosh sotuvga qo‘yildi, hozirda u 3 million dollarga baholanmoqda. 1989-yilda pensilvaniyalik erkak eski-tuskilar bozoridan kartinali kichik romni sotib oldi. Uyga kelib, romni ochganida bir hujjatni topib oldi, u 1776-yilgi Mustaqillik deklaratsiyasining nusxasi bo‘lib chiqdi. Erkak 1991-yilda nusxani 2,4 million dollarga sotdi, 2000-yilda esa u 8,1 million dollarga qayta sotildi. Guldonni uyni tozalash vaqtida topib olishdi, ekspert uni XVIII asrda tayyorlangan noyob Xitoy buyumi deb topdi. 2010-yil noyabrida u 83 million dollarga sotildi. 1938-yilda 12 yoshli Roy Spenser ismli bola tepalik yonbag‘ridan to‘q kulrang toshni topib olib, o‘zining konchi otasiga keltirib berdi. Janob Spenser topilmani qora kristall deb o‘yladi va 9 yil davomida toshdan eshik tambasi sifatida foydalanishdi. So‘ng los-anjeleslik taniqli zargarlar, aka-uka Kazanjyanlar toshni 18 ming dollarga sotib olishdi. Shundan buyon yoqut bir necha marta olib-sotildi, hozirda esa u 88 million dollarga baholanmoqda.
70
2,902
Foto
Fotogalereya: Noodatiy Yaponiya poyezdlari
Yaponiyada ilk innovatsion super tezkor temiryo‘l qatnovi 1964-yilda ochilgan. U mamlakatning bir chetidan ikkinchi chetiga tunning o‘zidayoq yetib borishi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Travel Ask shu poyezdlarning noodatiy ichki ko‘rinishini taqdim etdi.
42
254
Foto
Fotogalereya: Islandiyaning abstrakt janrdagi manzaralari
Gollandiyalik fotograf Albert Dros yaqinda Islandiyaga sayohat uyushtirdi. U yerda yuqoriga ko‘tarilib, aerosuratlar oldi. Ushbu abstrakt peyzajlar aks etgan suratlarni “Osmondan nazar” deb nomladi. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi.
57
240
Foto
Fotogalereya: Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi farqlar
Shimoliy va Janubiy Koreya 70 yil avval bo‘linib ketganidan so‘ng ikki mamlakatda ham turli o‘zgarishlar yuz bergan. AdMe 70 yil avval bitta xalq bo‘lgan ikki mamlakatdagi oddiy odamlarning bugungi hayoti aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
60
242
Foto
Toshkentdagi Flowers Garden Park istirohat bog‘iga sayohat (foto)
May oyi oxirida Toshkentda shahar aholisi va mehmonlarining maroqli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlarga ega yangi park zonasi ochildi, deb yozadi “Afisha.uz”. Sergeli tumanidagi 10 gektar yashil hududda bog‘ hamda zamonaviy gullar markazi joylashgan. Flowers Garden Park’da zarang, magnoliya, qora qarag‘ay, fotiniya va yana 25 turdagi dekorativ daraxtlar ekilgan. Bundan tashqari bog‘da gazon yotqizilgan bo‘lib, “yashil hayvonlar” o‘rnatilgan. Shuningdek, bog‘da ko‘chatlar xiyoboni ham bo‘lib, har bir ko‘chat oldida u haqdagi ma’lumot yozib qo‘yilgan. Bog‘da kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan attraksionlar hamda o‘yin maydonchasi ham borligi tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratadi.  Fotojamlanma: Uch oy huvillab qolgan Samarqand sayyohlarni qabul qila boshladi
65
795
Foto
Sirli rassom Toshkentdagi binolar devorlarini koronavirus pandemiyasi mavzusidagi graffitilar bilan bezatmoqda (foto)
Toshkentning Chilonzor tumanidagi ayrim binolar devorlarida @inkUZart taxallusi bilan ijod qilayotgan rassom tomonidan chizilgan graffitilar paydo bo‘ldi, deb yozadi Sputnik. Rassomning ijod namunalari koronavirus pandemiyasiga bag‘ishlangan. Tibbiy niqob, farishta qanotli shifokor surati, niqob taqqan Mona Liza, kislorod niqobini ushlab turib, bemorlarga yordam berishga shay turgan shifokor aks etgan “Ko‘z” nomli rasmlar shular jumlasidandir. Ma’lumot uchun, graffitilar imoratlarning devorlari va idishlar sirtiga tirnash yo‘li bilan chizilgan qadimiy yozuv, naqsh va suratlar bo‘lib, italyan tilidan tarjima qilinganda “tirnalgan” degan ma’noni anglatadi. Graffitilar qadimiy odamlarning kasbi, qiziqishi, san’ati, turmush tarzi to‘g‘risida muhim ma’lumotlarni saqlab qolgan. Graffitilar qadimiy qabilalarning jonli tilini bilishga imkon beradi. U paleografiya fanini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega.  O‘zbekistonda milliy uslubdagi graffitilar yaratishga qonunan ruxsat berilishi mumkin
117
1,025
Foto
Jahondagi eng hashamatli samolyot bortidagi sayohat mana shunday bo‘ladi (foto)
Ko‘pchilik yo‘l davomida xuddi uyidagi yotoqda yotgandek biror joyga sayohatga borgisi keladi. Etihad Airways aviakompaniyasi bu orzuning ro‘yobini har qachongidan ham yaqinlashtirib, A380 layneri bortida butun boshli apartamentlar tayyorladi. AdMe mazkur laynerdagi virtual sayrga taklif etadi. Bir yilcha avval aviakompaniya livreyalarini biroz o‘zgartirdi va yangi chiziqlar paydo bo‘lgan ilk samolyot A380 bo‘ldi: Birlashgan Arab Amirligi gerbi va bayrog‘i o‘rniga kilga turli rangdagi uchburchaklardan iborat surat tushirildi. A380 aerobusi — ikki qavatli, unda 4 turdagi joylar bor: ekonom, biznes, birinchi klass va rezidensiya. Yuqori palubada lyuks o‘rinlar joylashgan. Ikki yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan rezidensiya zinaning o‘ng tomonida joylashgan. 12 kvadrat metr maydonda uch xona — mehmonxona (undan oshxona va kinozal sifatida foydalansa ham bo‘ladi), yotoqxona va hojatxonasi bor dushxona mavjud. Rezidensiyada Londondagi Savoy mehmonxonasida malaka oshirgan xodimlar xizmat ko‘rsatadi. Bunday rezidensiyada (A380 bortida u atigi bitta) Abu-Dabidan, masalan, Londonga bo‘ladigan parvoz 77 ming dirhamga (taxminan 20 ming dollar)ga tushadi. E’tiborli tomoni, bu o‘rin uchun chiptalar qariyb bir yil oldindan band qilib bo‘linadi. To‘laqonli karavoti bor yotoqxona. Bir kishilik birinchi klass saloni biroz “oddiyroq” ko‘rinishga ega: uning maydoni taxminan 5 kvadrat metr. “Abu-Dabi — London” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz 31—36 ming dirham (taxminan 8,5—9,9 ming dollar)ga tushadi. Pardevorni tushirib, qo‘shni bilan muloqot qilish mumkin. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, pardevorning ikkinchi qismi yig‘ilmaydigan qilib ishlangan. Birinchi klass hojatxonasi. Biznes-klassga o‘tamiz. Bu yerda har kim pardevor bilan ajratilgan o‘z bo‘lmasida “yashaydi”. Yo‘lovchi uchun to‘plamdan paypoqlar, quloqni shovqindan asraydigan vosita, tish cho‘tkasi, taroq va yo‘lda kerak bo‘ladigan boshqa zarur va yoqimli buyumlar o‘rin olgan. Samolyotning dum qismi yuqori palubasida dam olish xonasi — biznes-klass yo‘lovchilariga mo‘ljallangan bar joylashgan. Pastga tushib, ekonom-klassga o‘tamiz. Qirqilgan joyi bor qulay yostiqlarni ishlab chiqishga oxiri kimningdir aqli yetibdi. Yo‘lovchi va bort kuzatuvchilar uchun avariyaviy chiqish eshigi oldida joylashgan o‘rindiqlar. Bolalar uchun mo‘ljallangan to‘plam. Uchuvchilar kabinasi. Boshqaruv kabinasining shundoqqina ortida ekipajning dam olishi uchun mo‘ljallangan joy bor. Bu yerga biroz mizg‘ib olish uchun oromkursi va yotoq joyi o‘rnatilgan. Yoqimli parvoz tilaymiz!
79
2,556
Foto
Foto: Stiv Jobs teatrining yangi iPhone namoyish etiladigan yerosti qismi
Yangi iPhone’ning rasmiy taqdimoti 12-sentabrda Stiv Jobs teatrida bo‘lib o‘tadi. TJournal mazkur teatrning Macmagazine nashri tomonidan e’lon qilingan suratlarini taqdim etdi. Bu teatrning yerosti qismidagi konstruksiyasini baholashga imkon beruvchi birinchi suratlar hisoblanadi. Suratlar 2017-yilning iyun oyi oxirida olingan bo‘lib, ularda sentabr oyidagi taqdimotga tayyorgarlik ishlari aks etgan. Apple asoschisi Stiv Jobs nomi bilan ataladigan teatr Apple Park hududida, Kaliforniyadagi Santa Klara vodiysi markazida joylashgan.
73
537
Foto
Kobuldagi ilk tijoriy reys, bambuk koʻprikdan oʻtayotgan oʻquvchilar, yopinchiq toʻshalgan Arc de Triomphe — 13 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Seuldagi kosmos gulzorida selfi tushayotgan ayol. Doja Cat Bruklindagi Barslays markazida 2021 yilgi MTV video musiqa mukofotlarini topshirish paytida sahnada chiqish qilmoqda. Indoneziyadagi qishloqlarning birida 2020 yilgi toshqinlar oqibatida buzilgan koʻprikdan oʻtmoqda. Danger Deyvning «Damel Xirst akulalarni qidirmoqda» deb nomlangan haykalchasi «Swell» haykaltaroshlik festivalida namoyish etilmoqda. Festival Kurrumbin sohilida 65 ta keng koʻlamli asarni oʻz ichiga oladi. Bangladeshning Gazipur shahrida oʻquvchilar maktabni bambuk koʻprik orqali tark etmoqda. Kuchli yomgʻirlar sabab bu hudud suv toshqini ostida qolgan. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson British Gas oʻquv akademiyasiga tashrifi davomida xodimlar ishini kuzatmoqda. Peruda tibbiyot xodimlari madaniyatlararo menejer Rita Subana hamrohligida Urosning suzuvchi orollaridagi himoyasiz odamlarga COVID jabduqlarini taklif qilish uchun tashrif buyurdi. Bugun Kobulga hukumat «Tolibon» qoʻliga oʻtganidan buyon ilk tijorat reysi amalga oshirildi. Reys Pokistondan amalga oshirilgan. Fil boshli hind xudosi Ganeshaning buti Ganesh Chaturthi festivali paytida sun‘iy suv havzasida tasvirlangan. Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan mashhur «Gʻalaba arkasi» marhum rassom Kristo dizayni asosida kumushrang mato bilan oʻrab qoʻyilmoqda.
130
1,380
Foto
Foto: Xitoydagi velosipedlar chiqindixonasi
TravelAsk Xitoydagi velosipedlar chiqindixonasi aks etgan suratni taqdim etdi. Suratda Xitoyning Xefey shahar boshqarmasi xodimlari chiqindixonaga eski velosipedlarni tashlayotganini ko‘rish mumkin.
43
199
Foto
Fotogalereya: Yulduzlarga o‘xshashligidan yaxshi pul topa oladigan kishilar
Har kimning o‘z kumiri bor. Va tabiiyki, tashqi ko‘rinish jihatdan ularga o‘xshash istagi ham mavjud. Ko‘pchilik o‘zini grim va yoki xatti-harakatlari orqali sevgan qahramonlariga o‘xshashga intiladi. Biroq shunday insonlar borki, ularga hech qanday bo‘yanish va qobiliyat kerak emas. Chunki ular yulduzlarga juda o‘xshaydi. AdMe taqdim etgan suratlarga boqib, bunga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin. Bu qiz bir vaqtning o‘zida Britni Spirs va Evanna Linchga o‘xshaydi Rossiya politsiyasida yana bir Leonardo Di Kaprio ishlaydi AQSh Olimpiya jamoasida Leonardo Di Kaprio bor Meksikalik Obama bilan tanishing!  “Mening buvim yoshligida Skarlett Yoxanssonga o‘xshardi” Osiyolik Jonni Depp “Bobomni doim Shurik deyishardi. Ushbu fotosuratni ko‘rib endi tushundim”  Kichkina Rihanna Agar Garri Potter o‘qituvchi bo‘lsa
75
827
Foto
“Yulduzlar jangi”, “Indiana Jons” filmlarining yulduzi — Xarrison Ford 75 yoshni qarshi oldi (foto)
13-iyul kuni 75 yoshli Xarrison Ford — zamonaviy Gollivudning mutloq yulduzi o‘z tug‘ilgan kunini nishonladi. Xarrison Ford o‘zining aktyorlik karyerasini omadsiz boshlagan, avvaliga u ishtirok etgan film sahnasi qirqib tashlangan. Uni Jorj Lukas uchratib qolib “Amerika graffitlari” filmiga taklif qilganidan so‘ng unga omad kulib boqa boshlagan. Xarrison Ford ishtirokidagi “Yulduzlar jangi” va “Indiana Jons” kabi filmlar uni butun dunyoga tanitdi. “Gazeta.ru” ushbu aktyorning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning yorqin suratlarini to‘plab taqdim etdi.
99
558
Foto
Fotogalereya: Ajrashib keyin qayta turmush qurgan mashhurlar
AdMe ajrashib bundan afsuslangan va yana qayta turmush qurgan mashhurlarga e’tibor qaratdi.
60
91
Foto
“Tinib-tinchimagan odamlar nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya?” Niderlandiyadagi hayotning o‘ziga xosligini ifodalovchi suratlar
Ilg‘or texnologiyalardan eng birinchilarda bo‘lib foydalaniladigan lolalar mamlakati — Niderlandiyaga bejiz Yevropaning Yaponiyasi deb ta’rif berilmaydi. Aholining qulayligi hamma narsadan ustun turadigan mamlakat bilan bog‘liq ma’lumotlar kishini lol qoldirishi aniq, deya hikoya qiladi AdMe. Supermarketlardagi personal skanerlar Do‘konlarda xarid amalga oshirganda kassadagi vaqtni tejash uchun personal skanerlardan foydalansa bo‘ladi. Savdo zalining kiraverishida joylashgan uncha katta bo‘lmagan devaysni aravachalarga o‘rnatsa ham bo‘ladi. Peshtaxtalardagi mahsulotlarni olish bilan undagi shtrix kodni skanerga ko‘rsatish kerak. Barcha kerakli narsalarni olgandan keyin to‘lovni ham ushbu skanerda amalga oshirsa bo‘ladi. Buning uchun bank kartasini skanerga ko‘rsatish kifoya. Yana bir boshqa variant ham bor. Buning uchun telefoningizga maxsus ilovani yuklab olib, mahsulotlarni telefon kamerasi orqali skanerlasa ham bo‘ladi. Velosipedchilar uchun chiqindi qutisi Qulay ekani sabab ham Niderlandiyada velosipeddan keng foydalaniladi. Velosipedlar harakatlanadigan yo‘llarning chetida esa tezlikni pasaytirmasdan turib uloqtirish imkonini beruvchi chiqindi idishlari o‘rnatilgan. Plastiksiz mahsulotlar sotiladigan dunyodagi birinchi do‘kon Niderlandiyadagi supermarketlardan birida 700 mingdan ortiq plastik bo‘lmagan mahsulot o‘rin olgan bo‘lim bor. Qo‘riqxonalarda ho‘kizlarni uchratish mumkin Qo‘riqxona bo‘ylab sayr qilganda yo‘ldan ho‘kizlarning chiqib qolishi Niderlandiya uchun tabiiy. Harakatlanadigan poyezd uchun avtoyuvish shoxobchasi Bir necha yil avval Niderlandiyada soatiga 20 km tezlikda harakatlanayotgan poyezdni chinnidek toza qilishga mo‘ljallangan avtoyuvish shoxobchasi ishga tushirilgan. Ekologik va ancha tejamkor hisoblangan ushbu shoxobchada yuvish uchun oddiy sovundan foydalaniladi. Jarayon, darhaqiqat, poyezd yuvilishi kerak yoki yo‘qligini tekshiradigan kompyuterdagi tizim orqali boshqariladi. Mayonezli kartoshka fri Niderlandiyada mayonezdan ham va fritsaus — qovurilgan kartoshka uchun sousdan ham foydalaniladi. Mayonezning yog‘i 80 foizni tashkil qilsa, fritsausda 25 foiz ekani hisobiga ushbu sous ham arzon, ham foydali hisoblanadi. Baland karavotlar Niderlandiyadagi xonadonlarda joylashgan karavotlar, asosan, baland bo‘ladi. Gap shundaki, bola tug‘ilgach, tug‘uruqxonalarda bir necha soatdan keyin javob berib yuboriladi. Shundan keyin yosh ona hamshira yollashiga to‘g‘ri keladi — ushbu xizmat sug‘urtaning ichiga kirib ketadi. Ammo o‘ziga yarasha talab ham bor: hamshiraga qulay bo‘lishi uchun karavotlar ma’lum balandlikda bo‘lishi kerak. Agar unday bo‘lmasa, balandlatadigan maxsus vosita sotib olishga to‘g‘ri keladi. Mitti avtomobillar Aslida nogironlar uchun mo‘ljallab ishlab chiqarilgan mashinalar keyinchalik Amsterdamning tor ko‘chalari uchun ham qulay deb baholangan. Unchalik ko‘p yoqilg‘i sarflamagani va ikki elektr bilan ishlaydigan modellar borligi esa talabning yanada ortishiga sabab bo‘lgan. Ixcham bo‘lgan ushbu mashinalarni velosiped yo‘lida haydasa ham bo‘ladi. O‘ziga xos yechim  Jamoat joyida vandalizm (madaniy yodgorliklarni oyoqosti qilish)ning oldini olish va yosh hamda uysizlar deraza ostida uxlamasligi uchun g‘ishtlar qirrali qilib teriladi. Biroq mahalliy aholi bunday usullarni ma’qullamagan holda muammolarni boshqacha hal qilishga chaqiradi. Shkafdan xo‘jalik blogi o‘rin oladi Bir qancha xonadonlardagi shkaflarda quvurlar, hisoblagich, qurilma va modemlar joylashadi. Pishloq va tuxum sotiladigan avtomatlar Niderlandiyada mahalliy fermerlar vositachilarga alohida mablag‘ sarflamasligi uchun pishloq va tuxum sotadigan avtomatlar o‘rnatiladi. Bunda fermer ko‘proq pul topib, supermarketdagidan kamroq mablag‘ sarflaydi, mahsulotlar esa hamisha yangi bo‘ladi. Uzluksiz yo‘laklar Niderlandiyadagi trotuarlar katta yo‘lga ulanib ketgan bo‘ladi. Aksariyat hollarda avtomobillar yaqqol ko‘zga tashlanadigan “zebra”lar va hatto “stop” belgisini ko‘rganda ham tezlikni kamaytirmaydi. Uzluksiz yo‘lkalar dizayni esa haydovchilarni sekin harakatlanishga majbur qiladi. Amsterdamdagi katta oynalarning tepasida ilgak bor Bu arqonni ilib, mebellarni uyga olib kirish va undan olib chiqish uchun maxsus o‘rnatilgan. Uy zinalari odatda ingichka ekani sabab mana shunday usul o‘ylab topilgan. Yo‘llardagi avtomatlashtirilgan ustunlar Bunday harakatlanadigan yo‘l ustunlari shahar markazlaridagi transport harakatlarini nazorat qilish uchun o‘rnatilgan. Shahar avtobusi harakatlanayotgan vaqtda pastga tushgan ustun, boshqa vaziyatlarda yo‘lovchi va velosipedchilar bemalol harakatlanishi uchun mashinalar uchun yo‘l topadi. Qoziqoyoq ustiga qurilgan uylar Tuproqning haddan ortiq yumshoqligi sabab uylar yer ostiga 12 metrdan ko‘proq ichkariga kiritiladigan yog‘och va beton qoziqoyoqlarga qo‘yiladi. Kanallar chetida to‘siq bo‘lmaydi Kanallar unchalik chuqur bo‘lmaydi, aholining aksariyati suzishni biladi. Bundan tashqari, kanallar hududi bo‘ylab odatda yo‘lkalar bo‘lmaydi. Uncha katta bo‘lmagan bunday yerlarga ko‘pincha mashinalar qo‘yiladi. Quyoshli yo‘l va batareyalar Niderlandiyada ob-havo, asosan, bulutli ekaniga qaramay, deyarli har bir uyning tomiga quyosh batareyalari o‘rnatilgan. Qolaversa, aynan ushbu mamlakatda quyosh batareyali dunyodagi ilk velosiped yo‘li tashkil qilingan. U Solaroud yoki “Quyoshli yo‘l” deb nomlanadi. Solaroud yo‘llarni yoritish, transport vositalari va elektromobillar uchun elektroenergiya bilan ta’minlaydi. Kassada navbat kutilsa Niderlandiyadagi supermarketlarda 4 kishidan ortiq kishi navbatda tursa va do‘kondagi qolgan kassalar ochiq bo‘lmasa, savatchaga solingan mahsulotlardan biri bepul beriladi. Hojatxonalarda sochiq Jamoat hojatxonalarida qog‘oz sochiq o‘rniga matolisidan foydalaniladi. Qo‘llar artilganidan keyin o‘sha qismi avtomatik ravishda pastga tortiladi. Foydalangandan keyin ushbu qismi yuvilib, dezinfeksiyalanadi va qayta ishlatiladi. Lolalarning kelib chiqishi Piyozining 70 foizi Niderlandiya bilan bog‘liq bo‘lsa-da, lolalar ilk bor XVI asrda Usmonlilar imperiyasidan keltirilgan. Niderlandiyada lolalar har yili aprel oyining o‘rtasidan may oyining birinchi haftasigacha gullashni boshlaydi.
125
6,163
Foto
Go‘daklikdan Bollivuddagi muvaffaqiyatgacha: Shohruh Xonning avval e’lon qilinmagan suratlari (foto)
Bugungi kunda Shohruh Xon hind kinosining butun dunyodagi ixlosmandlari uchun birdek sevimli aktyor hisoblanadi. Turli yo‘nalishdagi bir-birini takrorlamaydigan obrazlar unga olamshumul mashhurlik olib kelgan. Quyida uning hayotining turli davrlari aks etgan fotojamlanma taqdim etiladi. Talabalik Shohruhxon Dehli universiteti kollejida tahsil olayotgan damlar. Bu esa aktyorning kollejga qabul qilingani to‘g‘risidagi varaqa. U iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qigan. Sport Shohruh Xon sport musobaqalariga har doim qiziqqan, kriket uning sevimli sport turi bo‘lgan. Shohruhxonning hozirda ham kriket bo‘yicha o‘z jamoasi bor. Go‘dakligi va bolaligi Yangi tug‘ilgan Shohruh Xonni uning otasi Mir Toj Muhammad Xon ko‘tarib turibdi. Uning yonida esa Shohruh Xonning opasi Shahnoz. Go‘dak Shohruh Xon. Yoshlik yillari Shohruh Xon rafiqasi Gauri va opasi Shahnoz Lolaruh bilan. Maktab yillari Shohruh Xon maktabda a’lochi o‘quvchi bo‘lgan. Ushbu suratda Shohruh Xon ayol kishi obrazini ijro etmoqda. Shohruh Xonning ota-onasi. Aktyorning otasi Mir Toj Muhammad Xon va onasi Fotima Latif. Aktyorning ota-onasi va opasi. Kino olami Muvaffaqiyat va mashhurlik Shohruh Xon va Hindistonning sobiq prezidenti Kocheril Raman Narayan “Ashoka” filmi taqdimotida. Aktyor filmda bosh rolni ijro etgan. Shohruh Xon va Ayshvariya Ray Fransiyada o‘tkazilgan 55-Kann kinofestivalida. Moda namoyishida. Suratda Shohruh Xon, Nita Lulla va Ayshvariya Ray. Nita Lulla hindistonlik taniqli dizayner bo‘lib, u 300 dan ortiq film uchun liboslar yaratgan.  Bollivud qiroli Shohruh Xonning Dubaydagi hashamatli uyi — “Jannat” qanday ko‘rinishga ega? (foto)
100
1,640
Foto
Fotogalereya: Mehmonxonadan farq qilmaydigan qamoqxonalar
Insider Pro dunyoning turli mamlakatlarida qamoqxonada jazo muddatini o‘tash turlicha bo‘lishini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi. Finlyandiyaning Suomenlinna qamoqxonasida tikonli simlar yo‘q, faqatgina u qadar baland bo‘lmagan panjara mavjud, shuning uchun ham bu yerni “ochiq qamoqxona” deya atashadi. Norvegiyadagi Xalden qamoqxonasida mahbuslarga ovqat pishirishga, videoo‘yinlar o‘ynashga va basketbol bilan shug‘ullanishga ruxsat berishadi. Mahbus xonasi esa universitet yotoqxonasiga o‘xshaydi, maxsus yumshoq matraslar bilan ta’minlangan. Norveglar mahbuslarga nisbatan yaxshi munosabat bildirilsa ular jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylanishi mumkin deb hisoblashadi. Yangi Zelandiyadaning Otago shahrida joylashgan axloq tuzatish markazidagi mahbusning xonasi o‘smirning yotoqxonasini eslatadi. San-Pedro qamoqxonasi 20 yil oldin paydo bo‘lgan. U Boliviyadagi La-Pas shahrining butun boshli kvartalini egallagan. Kvartal baland devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, uning ichida qo‘riqchilar yo‘q, ular faqat chegara qismida soqchilik qilishadi. San-Pedroda 3 mingga yaqin mahbuslar oilasi bilan yashaydi. Uning hududida ochiqdan ochiq giyohvand moddalar bilan savdo qilinadi. Avstriyadagi adolat markazi arxitektura nuqtayi nazaridan boshqa qamoqxonalarga o‘xshamaydi. Binoning loyihachisi Jozef Xoushenn uni juda yoqin qilishni istagan. Qamoqxonaga kirishda mahbuslarning insoniy muomala huquqiga ega ekanligi va shaxsiy qadr-qimmatini hurmat qilishi kerakligini ta’kidlovchi ikkita yozuvga ko‘zingiz tushishi mumkin. Ispaniyaning Aranxues qamoqxonasida bolalarga jazoga hukm etilgan oila a’zosi bilan qolishga ruxsat berishadi. Bu yerda bolalar bog‘chasi va maydonchasi mavjud, devorlarga Disney multfilmi qahramonlarining suratlari tushirilgan. Indoneziyadagi Pondok Bambu ayollar qamoqxonasida jazo muddatini lyuks xonada yashab o‘tkazish mumkin. Ushbu xizmat pulli hisoblanadi. Pora berib u yerda yashaydigan ba’zi mahbuslar ham mavjud. Uelsdagi Qirolicha qamoqxonasining o‘g‘ir eshiklarini hisobga olmaganda bu yer davlat maktabiga o‘xshaydi. Qamoqxonada mahbuslarning o‘qishi, sport bilan shug‘ullanishi, stol tennisi va bilyard o‘ynashi uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilgan. Shvetsiyaning Sollentuna qamoqxonasi mahbuslarning o‘zlari ovqat pishirishiga, shuningdek, soatlab televizor yoki sportzalda vaqt o‘tkazishiga imkoniyat yaratib beradi. So‘nggi yillarda Shveysariyaning Champ-Dolon qamoqxonasi to‘lib ketgani uchun hukumat 40 million dollar sarflab unga yangi qanot qo‘shdi.
57
2,516
Foto
Fotogalereya: Yolg‘iz sayohat qilish uchun eng yaxshi 10 mamlakat
Agar sayohat uchun hamroh topa olmasangiz, Ispaniya yoki Kanadaga boring. National Geographic’ning yozishicha, bu joylar yolg‘iz sayohat uchun mos mamlakatlar reytingida kuchli o‘nlikdan joy oldi. Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida yolg‘iz sayohat uchun eng qulay mamlakatlar reytingi e’lon qilindi. US News & World Report tomonidan tuzilgan reytingdan Markaziy Osiyo mamlakatlaridan faqat Qozog‘iston o‘rin olgan. Reytingning kuchli o‘nligi bilan quyida tanishish mumkin.
65
473
Foto
Xitoyda qumdan dunyodagi eng ulkan haykal yasaldi (foto)
Xitoyda qumdan yasalgan haykallar bog‘i tashkil qilindi. Haykallar ichida dunyodagi qumdan yasalgan eng yirik haykal bor. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Loulan Qirolligi kompozitsiyasining balandligi 25 metrni, asosining perimetri esa 400 metrni tashkil qiladi. Bu haykal Shensi provinsiyasida tashkil qilingan bog‘ning markaziy elementi hisoblanadi.
56
362
Foto
Izohi o‘qilmasa, tushunish mushkul bo‘lgan suratlar
Biror jismni anglash uchun uni avval ko‘rish kerak. Aks holda ongda turli tasavvurlar paydo bo‘ladi. Ushbu holat mazkur suratlar uchun ham tegishli bo‘lib, ularga yozilgan sharh o‘qilmasa, sirligicha qolaveradi. “Mening mushugim irsiy mutatsiyaga ega. Uning ko‘zlari g‘alati, ko‘rish qobiliyati esa mukammal”. “Eski poyabzal tozalash vositasida tushunarsiz shakllar mavjud”. “Men xaritashunoslik ishimdan voz kechdim va yog‘ochga ishlov berish bilan shug‘ullanyapman”. “Itimiz hojatxonaga kirganlarni shunday qo‘riqlaydi”. “Mashinam g‘ildiragida hosil bo‘lgan muz”. “Italiyada Etna vulqonining otilishi”. “Faqatgina Argentinada uchratish mumkin bo‘lgan noyob Patagoniya krater agati”. “Dublindagi mahalliy do‘konda XI asrga tegishli Viking qudug‘i bor”. “Allergiyaga test topshirgan edim. Natijaga qaraganda menda hammasi bor ekan”. “Ishlatilgan gitara torlari”. “Panja izi bor 300 yillik g‘isht”. “O‘simliklar uchun quyosh nuri o‘rnini bosadigan maxsus yoritkichli tokchalar”. “Tokiodagi art-do‘kon”. “Elektr uzatish liniyasi yo‘lakni eritib yubordi va qum shishaga aylandi”. “Bog‘imizda yetishtirilgan gulkaram”. “Yunon plyajidagi suv o‘tlari Eyfel minorasi shaklida o‘sadi”. Ushbu ruchka kubik-rubikdir. Jumboq yechilganidan so‘nggina ochiladi. “Qo‘ylar o‘tishi uchun eshik”. “Erkaklar ko‘ylagi bilan sotiladigan keraksiz qismlar”.
51
1,352
Foto
Foto: Taxtiqoracha dovoni go‘zal manzaralari
O‘zA Samarqand viloyatining Urgut va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha dovoni manzaralari aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi. Dovon bo‘ylab yo‘l chetlarida dam olish joylari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, sanitariya xonalari, ma’lumotlar taxtasi tashkil etilmoqda.
44
318
Foto
Qanday qilib elektr quvvatisiz ishlaydigan muzlatkich yasash mumkin?
Yoz oylarida oziq-ovqat mahsulotlari qizish oqibatida tez aynib qoladi. Ana shunday paytlarda har qanday sharoitlarda, hatto elektr tarmog‘iga ulanish imkoni yo‘qligida, aytaylik, tabiat qo‘ynida asqatadigan mitti muzlatkich juda foydali bo‘ladi. U mahsulotlarni sovutish va aynishdan asrash imkonini beradi. “101 Sovet” sayti mana shunday muzlatkich yasash bo‘yicha tavsiyalarni keltirdi. Buning uchun kerak bo‘ladigan asbob-anjomlar: - 2 ta har xil o‘lchamdagi gultuvak; - qum; - sovuq suv; - qopqoq. Amallar ketma-ketligi: 1. Kichikroq gultuvak kattarog‘ining ichiga yopishtirib qo‘yiladi. 2. Ikki gultuvak orasida qolgan bo‘shliq qum bilan to‘ldiriladi. 3. Qum gultuvak ichidagi haroratni termos prinsipi bo‘yicha bir darajada saqlab turadi. 4. Qumga muzday suv quyiladi. Quduq suvi tavsiya etiladi, lekin bu birlamchi ahamiyatga ega emas. 5. Hosil bo‘lgan muzlatkich tepadan qopqoq bilan berkitiladi. Quyosh nurlaridan himoya maqsadlarida oq sochiqdan foydalanish mumkin. 6. 15 daqiqadan so‘ng harorat 12 darajaga yetadi. Endi unda ichimliklarni sovutish mumkin. 7. Qumga sovuq suv quyishda davom etilsa, muzlatkich ichidagi past harorat uzoq muddat saqlanadi. Vaqti kelib u hatto minus darajaga tushib, minus beshni ko‘rsatishi mumkin. Bunday sodda uslubda yasalishiga qaramay, ushbu muzlatkich ko‘p foyda keltiradi. Uning yasalishini quyidagi videolavhada kuzatish mumkin.
68
1,387
Foto
“Yeyayotganingizda u qimirlaydi”: Dunyo mamlakatlaridagi eng antiqa yeguliklar (foto)
Sayohat davomida sayyohlar ko‘plab g‘ayrioddiy voqealarga duch keladi va yillar o‘tgandan keyin ham ular o‘z taassurotlarini yaqinlari bilan o‘rtoqlashib yuradi. Ayniqsa, taom borasidagi xotiralar boshqa mamlakatga tashrif buyurgan sayyoh hayotida unutilmas va qiziqarli voqealarga sabab bo‘ladi. Bugun eng antiqa hid va ta’mga ega bo‘lgan ovqatni qayerda tatib ko‘rish kerak, degan savolga “RIA Novosti” e’lon qilgan fotosuratlar orqali javob topamiz. Chirigan baliq Karbamid moddasi miqdorining yuqoriligi sababli qutb akulasi go‘shti zaharli deb hisoblana boshladi. Shu sababli ham islandiyalik vikinglar xaukarl, ya’ni chirigan baliq tayyorlashni o‘rgandi. Ushbu taomni uzoq safarga otlanganingizda o‘zingiz bilan birga olib ketishingiz mumkin. Tayyorlanishi juda oddiy: baliq go‘shtini mayda toshlar solingan idishga terib qo‘yasiz, shunda baliqdagi suyuqliklar oqib chiqib ketishi oson bo‘ladi. Vaqt o‘tgach, ularni ilgaklarga osib, yana ikki oydan to‘rt oygacha quritasiz. Ta’mi qaynatilgan oq baliqni eslatadi, lekin hidi yoqimsizroq bo‘ladi. Durian “Do‘zax tashqarida, jannat ichkarida” – bu Tailanddagi durianga berilgan ta’rif. Uning ko‘rinishini ko‘rganingizdan so‘ng nega unday deyilganiga guvoh bo‘lasiz. U faqat ta’mi uchungina emas, balki hidi uchun ham sizni hayratga solishi aniq. Durianning hidi chirigan go‘sht, eski paypoq, piyoz va sarimsoqpiyoz hidlariga taqqoslangan. “Ta’til vaqtida turmush o‘rtog‘im bilan durianli muzqaymoq sotib olishga qaror qildik. U to‘q sariq rangda edi, deyarli mangoga o‘xshardi va ko‘rinishidan mazali deb o‘ylardi odam. Avval sutli qovunga o‘xshagan ta’m sezilgan bo‘lsa, keyin sarimsoqpiyozning ta’mini his qilish mumkin edi. Bu dahshat! Biz qolgan muzqaymoqni ortiq yeyolmadik”, — deydi moskvalik sayyoh Irina Lebedova. Irina o‘sha yerlik odamlar kulganini ko‘rib, bunday holatga duch kelgan birinchi sayyohlar biz emasmiz shekilli, degan xulosaga keldi. Aynigan pishloq Siz suratda ko‘rib turgan pishloqning vatani Italiyaning Sardiniya oroli hisoblanadi. Tayyor pishloqlar yerto‘ladan pashshalar tuxum qo‘yishi uchun olib chiqiladi. So‘ng lichinkalar pishloq bilan oziqlanadi va ular chiqaradigan fermentlar pishloqning qolgan qismini yumshoq, qaymoqqa o‘xshagan shaklga keltiradi. Uning nomi “aynigan pishloq” deb tarjima qilinadi. “Yaxshiyamki men pishloqni tatib ko‘rganimda uning tayyorlanishidan bexabar edim, aks holda sayohat davomida umuman ovqatlanmagan bo‘lardim”, — deb eslaydi moskavlik sayyoh Irina Pyatkova. Yuz yillik tuxum Xitoyda “yuz yillik tuxum” mashhur gazak hisoblanadi. Uni tayyorlash uchun mahsulotlar bir necha oy davomida havo kiritilmay, maxsus aralashma holatida saqlanishi kerak. To‘g‘ri tayyorlangan tuxumlar oqi elastik holatda, to‘q jigarrang va shaffof ko‘rinishda bo‘ladi. Tuxumning sarig‘i esa yumshoq bo‘lib, och kulrangdan qora ranggacha, kuchli ammiak hidiga ega bo‘ladi. Tozalangan tuxumlar yuzasida qishda derazalarda paydo bo‘ladigan muzli naqshlar kabi belgilar paydo bo‘ladi. Dengiz bodringi Xitoy dengiz bodringi qisqichbaqa go‘shti yoki qora ikra taomlari kabi tansiq ovqat sifatida qadrlanadi. U suv yuzasida yashaydi, tashqaridan tikanli qurtga o‘xshab ketadi. Juda foydali hisoblanadi. “Uning ta’mi yumshoq qisqichbaqalarni eslatadi, ammo negadir ko‘rinishi yoqimsizroq”, — deydi Olga Lazereva. Tirik sakkizoyoqlar Janubiy koreyaliklar tirik sakkizoyoqlarni butunicha yoki harakatlanayotgan qismlarini iste’mol qiladi. Mollyuskalar ustiga kunjut moyi quyiladi va turli ziravorlar sepiladi. Taom “sannakchi” deb nomlanadi. “U xuddi rezinkaga o‘xshaydi, lekin bu hammasi emas! Taomni iste’mol qilayotganingizda sakkizoyoqlar tomog‘ingizga yopishib oladi, xuddi hayot uchun kurashayotganday!”, — deydi Olga Lazereva. Vedjimayt Vedjimayt – Avstraliyaning milliy taomi bo‘lib, xamirturush qo‘shib tayyorlangan quyuq, to‘q jigarrang ko‘rinishidagi xamirli taom. “Bu taom faqat avstraliyaliklar uchun, uni boshqalar tatib ko‘rishni istamaydi. Sayyohlar ushbu taomni uyga olib kelgach va tatib ko‘rgach, ularning yuzidagi ifoda juda kulgili holatda bo‘ladi", — deydi Melburnda yashovchi talaba qiz Anjelika. Syurstremming Syurstryomming shvedlarning milliy mahsuloti bo‘lib, u tuzlangan seld konservasidan iborat. Shvedlar ushbu mahsulotni qaynatilgan kartoshka, piyoz, pomidor va non bilan birgalikda iste’mol qiladi. Baqa panjasi Baqa panjalari fransuz taomlari menyusiga kiradi. Ushbu taomning ommalashib ketishida cherkovning “ayb”i bor. Ro‘za mahalida ko‘p go‘sht yeyish taqiqlab qo‘yilgan edi, natijada qurbaqa oyoqlari arzon muqobilga aylandi. Qizil va qora ikra Qizil va qora ikra – chet elliklar uchun tavsiya etiladigan eng mashhur rus xalqining o‘ziga xos ta’mlaridan biri. Ammo sayyohlarga ko‘pincha bu g‘alati taom sifatida ko‘rinadi. “Amerikalik do‘stlarimning hammasi ham bu taomdan tatib ko‘rishga jur’at qilmaydi. Tatib ko‘rganlar esa bir qoshiq bilan cheklanadi”, — deydi dasturchi Vadim Getskiy.
85
4,920
Foto
Fotogalereya: AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp 36 yoshga to‘ldi
“AQSh prezidenti Donald Trampga qaror qabul qilishda ta’sir o‘tkazuvchi”, “birinchi xonimning vazifalarini bajaruvchi”, deya e’tirof etilgan Ivanka Tramp 30-oktabr kuni 36 yoshni qarshi oldi. “Gazeta.ru” uning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
68
249
Foto
Fotogalereya: Soqol qiyofani qanchalik o‘zgartirib yuborishi mumkinligi yulduzlar misolida
Mashhur yozuvchi Anton Chexov “soqolsiz erkak soqolli ayol kabidir” deb ta’kidlagan edi. Bir marta soqol qo‘yib ko‘rgan aktyorlar o‘z hayotini batamom o‘zgartirgan holatlar ham uchraydi. AdMe mashhurlardan kimlarga bunday o‘zgarish foydali bo‘lganligini tomosha qilishga taklif qiladi. Kit Xarington Jeyson Momoa Djud Lou Xyu Jekman Yuen Makgregor Mel Gibson Kris Evans Pol Radd Liam Nison Kianu Rivz Jona Xill Tom Xiddlston Deniyel Redkliff Kolin Fert Bredli Kuper Jeyk Jillenxol Eshton Kutcher Entoni Xopkins
90
527
Foto
Fotogalereya: Kerakli lahzada olingan suratlar
AdMe kerakli lahzada olingan va ajoyib manzara hamda holatni aks ettirgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
46
108
Foto
Dunyodagi eng hashamatli samolyot ichra sayohat (fotogalereya)
Etihad Airways aviakompaniyasi A380 samolyoti bortida butun bir apartamentlarni yaratdi, deb yozadi AdMe. A380 aerobusi ikki qavatli bo‘lib, ekonom, biznes, birinchi klass va rezidensiya kabi to‘rt turdagi joylarga ega. Yuqori palubada lyukslar joylashgan. Ikki kishilik rezidensiya zinadan o‘ngda joylashgan. 12 kv. m maydonda uchta xona bor: mehmonxona (u yemakxona va kinozal hamdir), yotoqxona va dush xonasi. Bunday rezidensiyada (U A380 bortida bitta) Abu-Dabidan Londongacha parvoz qilish 22 500 dollarga tushadi. Ammo chiptalar qariyb bir yil avvaldan sotilib ketadi. Bir kishilik birinchi klass saloni esa biroz “oddiyroq” ko‘rinishga ega: uning maydoni 5 kv. m. Abu-Dabidan Londonga chipta bunda taxminan 9300 dollarga tushadi. Biznes-klassga o‘tamiz. Bu yerda har bir kishi to‘siqli yacheykasida o‘tiradi, to‘siq pultdagi tugmani bosish orqali ko‘tariladi. Kresloni yotqizib, karavot hosil qilish mumkin. Samolyotning dum qismida yuqori palubada biznes-klass yo‘lovchilari uchun dam olish xonasi — divanli bar bor. Pastga tushganda, ekonom-klassni ko‘rish mumkin. Uchuvchilar kabinasi. Ekipaj dam olish xonasi.
62
1,132
Foto
Fotogalereya: “Suv ostida suratga olish” tanlovi g‘oliblarining ajoyib suratlari
Scuba Diving Magazine jurnali professional dayverlar va oddiy suratkashlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, har yili tashkillashtiriladigan Through Your Lens suv osti suratlari tanlovining g‘olibini aniqladi. Tanlovning bosh mukofoti — 1000 dollar va Fiji oroliga yo‘llanma. TravelAsk ushbu tanlovda qatnashgan eng yaxshi suratlarni to‘plab taqdim etdi. Raoul Caprez, “Makrosurat” kategoriyasi g‘olibi Suratda yashil toshbaqa ko‘zidagi kichkina baliq tasvirlangan. Greg Lecoeur, joriy yilning Through Your Lens tanlovi g‘olibi Suratda dengiz qushining skrumbiyani (dengiz balig‘i) ovlayotgani tasvirlangan. Kevin Richter, “Qulay kamera” kategoriyasi g‘olibi Lembex (Indoneziya) oroli yaqinidagi dengiz tubida yashovchi sakkizoyoq Rodney Bursiel, “Keng burchakli surat” kategoriyasi g‘olibi Tonga qirg‘oqlaridagi kitning bolasi Jens Troeger, “Keng burchakli surat” kategoriyasi bo‘yicha 3-o‘rin Xornbi (Britaniya Kolumbiyasi, Kanada) oroli yaqinidagi suvlarda suzib yurgan shalpangquloq tyulenlar Eduardo Acevedo, “Makrosurat” kategoriyasi bo‘yicha 2-o‘rin Kamalaksimon Rhinomuraena quaesita Marc Henauer, “Keng burchakli surat” kategoriyasi bo‘yicha 2-o‘rin Bagam orollari atrofida suzishni yaxshi ko‘ruvchi g‘avvos Gabriel Barathieu, “Makrosurat” kategoriyasi bo‘yicha 3-o‘rin Suv ostidagi kalmarning tunda ko‘rinishi
80
1,320
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi eng sirli va tashlandiq qal’alar
Dunyoning turli mamlakatlarida qadimiy qasrlar va qal’alar bo‘lib, ularning ba’zilari hali ham gavjum bo‘lsa, ba’zilari tashlandiq va sirli ko‘rinishni olgan. TravelAsk ana shunday qal’alar jamlanmasini taqdim etdi.
56
215
Foto
Fotogalereya: Sayyoraning qanchalik ifloslanganini aks ettirgan suratlar
Turli jonzotlarga panoh bo‘lgan Yer kundan-kunga ifloslanib bormoqda. AdMe sayyoraning qanchalik ifloslanganini aks ettirgan suratlarni taqdim etdi.
72
148
Foto
Fotogalereya: Milliardlab dollarlarga egalik qiluvchi ayollar
AdMe otasidan yoki boshqa yaqinidan milliardlab dollar meros bo‘lib qolgan dunyodagi eng boy ayollar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Wal-Mart asoschisi Sem Uoltonning qizi. U o‘zi mustaqil ravishda iqtisod va moliya sohasida ishlab ko‘rgach, otasining biznesidagi ulushini olishga rozi bo‘lgan. Germaniyadagi eng boy ayollardan hisoblanmish Syuzan Klattenga otasining Altana hamda BMW’dagi ulushi meros bo‘lib qolgan. Syuzan oilaviy biznesga sho‘ng‘ib ketguniga qadar reklama sohasida va BMW’da muhandis lavozimida ishlagan. Loren — afsonaviy Stiv Jobsning bevasi. U Stenford universitetini tamomlagan, ilmiy darajaga ega, Apple Inc. hamda The Walt Disney Company hayotida ishtirok etgan. Loren muntazam ravishda xayriya ishlari bilan shug‘ullanib keladi. Jina — Avstraliyadagi eng boy odam. U temir rudasini qazib oluvchi yirik kompaniyaga xo‘jayinlik qiladi. U uch marta turmushga chiqqan va uch nafar farzandi bor.  Jina otasidan meros bo‘lib qolgan kompaniya uchun kurashishiga to‘g‘ri kelgan: qarzga botgan, biroq u kompaniyani yuqori darajaga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Abigeyl Fidelity Investments kompaniyasiga (dunyo bo‘ylab investorlarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya) rahbarlik qiluvchi Jonsonlar oilasining uchinchi avlodi. Hozirgi kunda Abigeyl o‘zining 24,4 foiz aksiyalaridan qo‘shimcha daromad olib turadi. Moskva sobiq meri Yuriy Lujkovning sobiq xotini bo‘lmish Yelena Rossiya, Avstriya, Chexiya va Irlandiyada mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u Yevropada ko‘chmas mulk va muqobil energetikaga investorlik qiladi. Dunyoda pivo ishlab chiqarish sohasida yirikligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan Heineken korporatsiyasining merosxo‘ri. Otasining o‘limidan so‘ng, u Heineken’ning 25 foiz aksiyasiga ega bo‘lgan. Shundan buyon Sharlen oilaviy biznesini rivojlantirishga harakat qilmoqda. Serono kompaniyasining xo‘jayinini rafiqasi bo‘lmish Bertarelli — Buyuk Britaniyadagi eng boy ayol. Bundan tashqari u All Saints guruhi tomonidan ijro etilgan mashhur “Qora qahva” qo‘shig‘ining muallifi sifatida ham tanilgan. Shuningdek, u Buyuk Britaniya sobiq go‘zali hamdir.
61
2,122
Foto
Fotogalereya: Eng maftunkor joylarni izlab
Janubiy afrikalik fotograf Stivo Denbeger va uning sevgan qizi Shanel Kartel bir yarim yil davomida dunyoning maftunkor joylarini izlab, turli mamlakatlarni kezib chiqdi. TravelAsk juftlik tomonidan olingan suratlarni taqdim etdi.
42
230
Foto
Qashqadaryoni qoplagan qalin bulutlar — suratlarda
Qashqadaryo viloyati, xususan, Qarshi shahrida 9 mart kuni tropik hududlarda kuzatiluvchi bulutlar paydo bo'lgani haqida xabar berilgandi. “Bugun.uz” ushbu hodisada olingan bir qancha fotosuratlarni taqdim etadi. Meteorolog Erkin Abdulahatovning ma'lum qilishicha, bu kabi bulutlar mavsumga xos emas, asosan tropik hududlarda kuzatiladi. Shuningdek, bulutlar mamlakatning tekislik hududlari uchun xos bo'lmagan bulut turlariga kirishi aytilgan. Mart oyining birinchi o'n kunligida tekislik hududlarda bu kabi bulutlar oqimi kamdan kam rivojlanadi. “O'zgidromet”ning 9 mart, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotida Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg'ir yog'ishi aytilgandi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq bo'lishi qayd etilgandi. “Bular o'zidan juda ko'p yog'inlar beradi. Yog'ingarchilik chaqmoq-momaqaldiroqli bo'lishi mumkin, do'l va kuchli jala keltirib chiqaradi. Ayni damda oqim Qashqadaryo vioyatidan shimolga, Samarqand va Navoiy viloyati janubiy hududlariga harakatlanmoqda”, — deydi meteorolog Erkin Abdulahatov. Eslatib o'tamiz, avvalroq “O'zgidromet” shoshilinch axborot e'lon qilib, Toshkent shahrida yaqin 2 soat ichida kuchli momaqaldiroq bilan yomg'ir yog'ishi, shuningdek, shamol tezligi 12–14 metr sekund bo'lishi kutilayotganini xabar qilgandi.
50
1,392
Foto
Internetni zabt etgan 14 nafar mashhur otalar (foto)
Bu erkaklarning hamma narsaga vaqti yetadi: ular nafaqat muvaffaqiyatli mashhurlar, balki mehribon otalar hamdir. Ularning farzandlariga e’tibor va mehr ulashayotgan suratlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Bu haqda AdMe yozdi. Mashhur otalarning ta’sirli suratlarini e’tiboringizga havola etamiz. Ular bir qarashdayoq ko‘nglingizni zabt etadi. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
52
952