folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Farzandlarining xonasini mo‘jizalar mamlakatiga aylantirgan ota-onalarning ijod namunalari (foto)
Bolalar xonasini bezash haqida gap ketganda, beixtiyor inson xayoliga mo‘jizaviy mamlakatlarni yodga soluvchi tasvirlar keladi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki bolalar dunyoqarashining kengayishi ham hisobga olish kerak. Biroq ba’zi ota-onalar o‘g‘li yoki qizining yotoqxonasini shu qadar o‘zgartiradaki, natijada bolalar ko‘chaga chiqishni ham xohlamay qoladi. “O‘g‘lim uchun ‘Yulduzlar jangi’ devori. Suratni chizish uchun qancha vaqt ketganini bilmayman”. “6 haftalik o‘g‘lim uchun tayyorlangan xona nihoyat tayyor bo‘ldi”. “O‘g‘lim o‘z xonasini xuddi lagerga o‘xshashini istadi”. “Men hozirgina o‘g‘illarim xonasida qurilishni tugatdim. Buni siz bilan baham ko‘rmoqchiman”. “O‘smir qizimning xonasini ta’mirladim. Bu unga yoqdi”. “O‘g‘limning yangicha uslubda bezatilgan xonasi”. “Hozir bolalarning o‘yin xonasini bo‘yashni tugatdim. Bu, albatta, birinchisi”. “Bolalarimning yotoqxonasi. Ularning sevimli burchagi – aysberglar” “Bolalar uchun tayyorlangan “Garri Potter” xonasi”. “O‘zingiz yoqtirgan narsani birovga buyurishdan ko‘ra, uni o‘zingiz amalga oshirishingiz osonroq”. “4 yoshli go‘dak uchun 3 kun ichida tayyorlangan ertakona xona”. “Bolalar xonasi ayollar qo‘li bilan qayta bezatilganda”. “Men qizimga shunday o‘rin yasadim, rafiqam uni bezatib chiqdi”. “Farzandimizning yotoqxonasi ko‘proq qulayliklarga ega, go‘zallikka unchalik ham ahamiyat berilmagan”. “Hayotimda ilk marotaba xonani butunlay bezatdim”. “Qizim orzusidagi xona uchun minnatdorlik bildirdi”. “O‘g‘lim endi qaroqchidek uy atrofida yugurmoqda. Missiya bajarildi”. “Bolaga o‘yin uchun qo‘ldan kelganini qildik. U ulg‘aysa, albatta, sayohatga chiqishga va’da berdik”. “Bolalar uchun o‘yinga mo‘ljallangan yashirin xona”. “Rafiqam internetda shunga o‘xshash o‘rin topdi va biz dizaynni o‘zgartirdik. Kamchiliklari bor, ammo umid qilamanki, vaqt o‘tishi bilan bolalar bunga ko‘nikadi”. “O‘g‘limning o‘yinchoqlari uchun maxsus qutilarni yasab tugatdim”.
97
1,956
Foto
Fotogalereya: Hayot fotoshopsiz ham go‘zal ekanligini ko‘rsatuvchi suratlar
Fotoshop asrida suratlarga real va noreal narsalarni qo‘shish mumkin. Biroq hayotda fotoshopsiz ham go‘zal bo‘lgan narsalar va manzaralar bor. AdMe ana shunday manzaralar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
75
204
Foto
Fotogalereya: Londondagi Lumiere chiroq festivali
Londonda Lumiere chiroq festivali bo‘lib o‘tdi — ushbu madaniy tadbir davomida Buyuk Britaniya poytaxtidagi ko‘plab mashhur maydon va osori-atiqalar yoritish va chiroqli installyatsiyalarni qo‘llash natijasida o‘zgacha ko‘rinish kasb etdi.
49
239
Foto
Fotogalereya: Kerak bo‘lmagan joyga kirib qolgan hayvonlar
Agar hayvonlar har doim o‘zini tinch va mas’uliyat bilan tutganda, hayot juda zerikarli bo‘lardi. AdMe hayvonlarning zerikishga qo‘ymaydigan holatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
58
184
Foto
Jahon aholisi o‘zi yashayotgan shaharlar nomini aslida qanday talaffuz qiladi?
Geografik joy nomlari har tilda turlicha jaranglashi hech kimga sir emas. Bunga mahalliy og‘zaki nutqning shakllanishi bilan bog‘liq tarixiy o‘ziga xosliklar ta’sir ko‘rsatadi. AdMe nashri sayyohlar orasida nisbatan ommabop bo‘lgan bir qator yo‘nalishlarni tanlab, bu shaharlarning aholisi o‘zi tug‘ilgan joyni aslida qanday atashini aniqlashga urinib ko‘rdi.
78
359
Foto
Foto: Oddiy qora vodolazka bilan o‘ziga xos ko‘rinish mumkinligi yulduzlar obrazi misolida
Sovuq kunlarda kiyish uchun ayni muddao bo‘lgan vodolazka bilan turli obrazlar yaratib bo‘lmaydi, deb o‘ylaganlar yanglishadi. To‘g‘ri aksessuar tanlash va boshqa kiyimlarni moslash bilan ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. Midi va maksi uzunligidagi yubka Midi yoki maksi uzunligidagi istalgan yubka bilan ko‘ngildagidek obraz yaratish mumkin. Uzun modellarni hech ikkilanmasdan ofis yoki oqshom tadbirlariga kiysa bo‘ladi. Plissirovkali yubkaning kalta varianti bilan esa kundalik obrazlar yaratish mumkin. Kofta Vodolazka nafaqat asosiy, balki kiyinish uslubiga alohida urg‘u beradigan qo‘shimcha element ham hisoblanadi. Masalan, uning ustidan kofta kiyib, o‘ziga xos ko‘rinish mumkin. Quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak Yulduzlar aksariyat hollarda quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynakni vodolazkaga moslashni afzal biladi. Siz ham ulardan ilhomlanib, mazkur aksessuar bilan qishin-yozin obrazga urg‘u berishingiz mumkin. Charm matodan tikilgan shimlar Vodolazkalar bilan jinsi va charm matodan tikilgan shim kiyishingiz mumkin. Bunday kombinatsiya nafaqat kundalik, balki oqshom obrazlari uchun ham ayni muddao. Palto Didli va qulay kiyinish uchun vodolazka ustidan palto kiyishning o‘zi kifoya. Sharf va ro‘mol Kurtka yoki paltoni yechganda obraz tugallanmagandek ko‘rinishini istamasangiz, bo‘yningizga ro‘mol o‘rab, uni to‘ldiring. Pidjak va klassik shim Pidjakni klassik uslubdagisini, street style’ni xush ko‘radiganlar esa oversize’ini ham tanlashi mumkin. Shim bilan esa hammasi boshqacharoq. Masalan, beldan pastda turadigan klassik bichimli shimlar ofis uchun ayni muddao. Keng bichimli modellar esa kundalik obraz uchun yaxshi tanlov. Kostyum-shim Kostyum-shim va vodolazka ofis uchun eng yaxshi variant. Buning uchun uni monoxrom, ya’ni bir rangdagi, keng va harakatlanish qulay bo‘lgan variantlarini tanlang. Bu borada Irina Sheykning kiyinish uslubidan ilhomlanish, to‘q rangda kiyinib, rang-barang sumka bilan obrazga urg‘u berish mumkin. Yo bo‘lmasa, Rouzi Xantington singari vodolazka rangidagi aksessuar xarid qilish mumkin. Zanjir Vodolazka bilan zanjir taqib ham noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. Boshqa taqinchoqlardan farqli o‘laroq, hajmli zanjir ko‘rinishni jiddiy, shu bilan birga zamonaviy qilib ko‘rsatadi.
90
2,265
Foto
Moskvada yoqqan qor, temir yo'lni to'sib qo'ygan fermerlar, yasama archa ostida turgan ona-bola — 20 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Filippinda yuz bergan tayfun oqibatida 300 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi, 208 kishi vafot etdi. Qozog'istonning Jezqazg'an shahrida qutqaruv xizmati xodimlari Soyuz MS-20 kosmik kapsulasida yerga qaytib tushgan rossiyalik kosmonavt Aleksandr Misurkin va yaponiyalik kosmik turistlar Yusaku Maezava va Yozo Hiranolarga yordam ko'rsatmoqda. Moskvada yoqqan qor ustidan yurib ketayotgan piyodalar. Myanmada harbiy diktaturaga qarshi norozilik namoyishi bo'lib o'tmoqda. Suriya shimolidagi Idlib shahrida qochqinlar bolalari uchun o'rnatilgan maktabda xonalaridan qarab turgan bolalar. Ispaniyaning Vigo shahrida o'rnatilgan Rojdestvo archasi ostida turgan ona va uning qo'lidagi bola. Kobulda pul almashtirish uchun savdo markaziga kelayotgan odamlar va tartibni saqlab turgan “Tolibon” askari. Chilining yangi saylangan prezidenti Gabriel Borik o'z tarafdorlariga murojaat qilmoqda. Falastin osmoni uzra ochilgan kamalak. Hindistonda amritsarlik fermerlar hukumatning fermerlarga qarshi chiqargan qaroriga qarshi uyushtirgan namoyish paytida halok bo'lgan oila a'zolari uchun tovon puli talab qilib, temir yo'llarni to'sib qo'ydi.
117
1,199
Foto
Fotogalereya: Yosh — shunchaki raqam
Ba’zi yulduzlar o‘z yoshiga nisbatan 10 yoki 20 yil yosh ko‘rinadi. Olimlar qarish jarayoni hammada har xil tezlik bilan amalga oshishini aniqlagan. Unga ko‘ra, qarish jarayoni genetikaga emas, balki tashqi muhitga bog‘liq ekan. AdMe tashqi ko‘rinishi juda yosh ko‘rinuvchi 14 nafar yulduz suratlari bilan bo‘lishdi . 1. Miranda Kerr, 35 yosh 2. Iman, 62 yosh 3. Ellen Peyj, 31 yosh 4. Kristi Brinkli, 63 yosh 5. Jeyn Fonda, 81 yosh 6. Haydi Klum, 45 yosh 7. Sindi Krouford, 52 yosh 8. Helle Berri, 52 yosh 9. Salma Hayek, 52 yosh 10. Riz Uizerspun, 42 yosh 11. Endi Makdauell, 60 yosh 12. Tomas Sengster, 28 yosh 13. Jim Parsons, 45 yosh 14. Samuel Jekson, 70 yosh
36
678
Foto
Fotogalereya: Bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshash mashhur ayollar
Filmlarda bir-niriga o‘xshash aktyorlar uchrab turadi. AdMe bir-biriga juda o‘xshaydigan aktrisalar suratlarini taqdim etdi.
68
124
Foto
Dunyodagi eng qo‘rqinchli joydan fotosuratlar
AQShning San-Diyego shahri yaqinida Potato Chip Rock degan joy bor. Qoya o‘ziga xos tuzilishi tufayli dunyoning eng qo‘rqinchli va xavfli joylaridan biri sifatida ko‘riladi. Lekin, shunga qaramay, turistlar bu yerga tashrif buyurib va qo‘rquvni yengib, ajoyib fotosuratlar yaratishni kanda qilmaydi. AdMe ana shunday fotosuratlardan namunalar keltiradi.
45
353
Foto
Farg‘ona yo‘lini Nukus ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko‘prikni qayta tiklash ishlari jadallik bilan bormoqda (foto)
Toshkentda Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasiga o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgichni qurish ishlari jadallik bilan bormoqda, deb yozadi My Day. Ayni paytda Nukus ko‘chasida va Kichik halqa yo‘lida ko‘prikni qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. Mirobod tumanidagi bu ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi, eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi esa yangidan quriladi. Yo‘l o‘tkazgich turar-joy dahasini aylanib o‘tadi va shaharning sharqiy qismini markaz bilan bog‘laydi.
111
511
Foto
Dunyodagi eng xaroba mamlakatlardan biri — Afg‘oniston aholisining hayoti (fotogalereya)
“Saltanatlar qabristoni” deb ataluvchi Afg‘onistonni hech bir davlat zabt eta olmadi, deb yozadi AdMe. Mamlakat aholisining qariyb 80 foizi urush davrida tug‘ilib, yashamoqda. AdMe dunyodagi eng yopiq, jangovor va xaroba mamlakatlardan biri bo‘lgan zamonaviy Afg‘oniston aholisi qanday yashashi aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.
88
330
Foto
Fotogalereya: Jangari filmlarning haqiqiy qahramonlari “soyadan chiqdi”
AdMe filmlarda bosh qahramonlarning o‘zlari uddalashga qiynaladigan xavfli tryuklarni aslida kimlar ijro etishi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Tom Xardining so‘nggi filmlari — Mad Max, “Afsona” va “Omon qolgan” filmlaridagi eng xavfli va murakkab sahnalarni aynan Jeykob ijro etgan. Baster Rivz — aktyor, kaskadyor va ko‘plab mashhur filmlarda, jumladan, “Taxtlar o‘yini”, “Troya”, “Qora ritsar” kabi filmlarda tryuklar sahnalashtiruvchisi. Rivz 13 yoshida Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan: u bir daqiqa ichida oyog‘i bilan manekenning boshiga 218 ta zarbani amalga oshirgan. Keyinchalik Rivz ushbu rekordini yangilab, zarbalar sonini 256 taga chiqargan. Ular bir-biriga juda o‘xshash bo‘lganligi sabab suratga olish vaqtida grimchilarning xizmatiga u qadar ehtiyoj sezilmaydi. Vampir Edvard Kallinga qiyinchilik tug‘diruvchi sahnalarni Pol Darnell ijro etgan. Monik Ganderton Sigurni Uiver, Lili Sobeski, Deril Xanna, Rebekka Romin, Famke Yanssen va Sharliz Teron filmlarida murakkab sahnalarni ijro etuvchi kaskadyor bo‘libgina qolmay, o‘zi ham aktrisa sifatida kinoda rol ijro etadi. Uning “X odamlar: Qiyomat kuni” va “G‘ayritabiiy” kabi filmlari mashhur. Xaydi tryuklarni ijro etuvchi boshqa kaskadyorlar kabi yoshligidan gimnastika bilan shug‘ullangan. Marvel’ning filmlaridagi Natasha Romanoff ijro etgan birorta rol Xaydining ishtirokisiz suratga olinmagan. Bobbi Xolland o‘zining to‘rt yillik umrini professional kaskadyor bo‘lishga sarflagan. Hozirda u 35 dan ortiq to‘liq metrajli filmlarda qatnashgan. Lyusi Rombergni kuchli irodasi sabab “Po‘lat” Lyusi deb atashadi. U o‘z vaqtini erkaklarga xos bo‘lgan sport turlariga — friran va parkurga sarflaydi. Shu bilan birga kino uning ijodini ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. “Uzuklar hukmdori” trilogiyasida bosh qahramonga aynan Kiran Shax dublyorlik qilgan.
71
1,843
Foto
Fotogalereya: Juda qimmat turuvchi oddiy buyumlar
Dunyodagi turli kompaniyalar mijozlariga ma’qul kelish maqsadida ko‘plab noodatiy buyumlarni ishlab chiqarishga tayyor. Masalan, ular millionerlarga eng oddiy buyumlarni juda katta narxda taklif qilishadi. AdMe kundalik hayotda har kim ham ishlatadigan buyumlarning millionerlar uchun ishlab chiqarilgan variantini taqdim etdi. Uglerod tolalaridan qo‘l mehnati yordamida yasalgan hojatxona o‘rindig‘i. Goldstriker kompaniyasiga tegishli ushbu naushnik 24 karatli brilliantdan ishlangan. Falke kompaniyasi ushbu jun paypoqdan 10 juftgina ishlab chiqargan. Paypoq Janubiy Amerikada yashovchi tuyasimon hayvon (vikunya) junidan to‘qilgan. Ushbu hayvonning juni dunyoda eng noyob va qimmat hisoblanadi. Bu oshxona pichog‘ini Nesmuk kompaniyasi ishlab chiqargan bo‘lib, uning har bir millimetri juda qimmat. Pichoqning tig‘i uglerod po‘latidan, uning dastasi Kareliya oq qayinidan, asosi esa kumushdan ishlangan. Germaniyaning Faber-Castell kompaniyasi o‘zining tug‘ilgan kuniga oddiy toshqalam ishlab chiqardi. Qalamning o‘zi kedr daraxtidan ishlangan, uning qalpoqchasi esa oq oltindan yasalgan bo‘lib, uchta brilliant bilan bezatilgan. Angliyaning Liverpul shahridan bo‘lgan zargar Styuart Xyus ushbu telefonni qo‘l mehnati yordamida 24 karatli oltindan yasagan. Zafirro kompaniyasi ushbu ustarani meteorit qoldiqlari tarkibidagi metalldan ishlagan. Tig‘i oq yoqutdan, boltchalari esa platinadan yasalgan. Toilet Paper Man kompaniyasi 24 karatli oltindan hojatxona qog‘ozini ishlab chiqardi. Ushbu choynak oltindan yasalgan va 1500 dona brilliant hamda 500 dona yoqut bilan bezatilgan. Brilliant ko‘zi bor uzuk emas, brilliantdan yasalgan ushbu uzuk Shawish kompaniyasiga tegishli.
49
1,688
Foto
Dezinfeksiya qilayotgan oʻrgimchak odam, Madriddagi Falastin bayrogʻi, bombalarni zararsizlantirayotgan gʻazoliklar — 5 iyun suratlari
E'tiboringizga 5 iyunning eng diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz. Hindistonning eng yirik sanoat markazi boʻlmish Mumbay shahri koʻchalarini turli qahramonlar, jumladan, oʻrgimchak odam qahramoni libosidagi xoʻjalik sohasi vakillari dezinfeksiya qilmoqda. Gʻazodagi Hamas guruhi ekspertlari Isroil harbiylari tomonidan amalga oshirilgan hujum natijasida portlamay qolgan raketalarni zararsizlantirmoqda. Shu kunlarda poytaxt Toshkentda sambo boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda. 4 iyun kuni AQShning Minnesota shtatida yana bir qora tanli kishi sherif tomonidan oʻldirildi. Odamlar uning oʻldirilgan joyida toʻplanib, xotirasi uchun sham yoqdi. Minnesotada sherif tomonidan oʻldirilgan Uinston Smitning ukasi akasi uchun koʻz yosh toʻkmoqda. Suriyaning Idlib viloyatida qochoqlar uchun tashkil etilgan lagerda maxsus hovuzda choʻmilayotgan suriyalik bolalar quvonchi. Fransiya poytaxti Parij shahrida davom etayotgan Rolan Garros turnirida ishtirok etayotgan amerikalik Sloan Stefens raqibi uzatgan toʻpni qaytarishga tayyorlanmoqda. Ispaniya poytaxti Madrid shahrida 5 iyun kuni Isroilning sharqiy Quddusni egallab olgan kuni munosabati bilan norozilik namoyishi oʻtkazildi. Namoyishchilar shahar koʻchalarida Falastin bayrogʻini koʻtarib, Isroilning bosqinchilik siyosatiga qarshi shiorlarni ilgari surdi. 1967 yilning 5 iyun sanasida Isroil sharqiy Quddusni egallab olgan edi.
134
1,441
Foto
Fotogalereya: Hayvonlarning asabiylikdan xalos qiluvchi suratlari
Yaxshi uxlay olmaslik kishini asabiylashtiradi. Psixologlar uy hayvonlari kishilarga ana shunday asabiylikdan xalos bo‘lishga yaxshi yordam beradi, deb hisoblaydi. AdMe ana shu yordamni olish mumkin bo‘lgan holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
65
249
Foto
Foto: Topqir kishilarning uydagi har bir santimetrdan unumli foydalanish mumkinligini isbotlaydigan g‘oyalari
Hatto juda katta bo‘lgan uylarda ham ba’zi vaqtda narsalarni qo‘yishga joy topilmay qoladi. Kimlardadir esa zarur buyumlarini joylash uchun shkaf yoki polkalar yetishmasligi mumkin. Ammo vaziyatdan kelib chiqib, imkoniyat darajasida yechim topish mumkin, buning uchun biroz boshqacharoq o‘ylab ko‘rishning o‘zi kifoya. “Shkaf ichiga qizim uchun shinamgina burchak qilib berdim”. “Ichidan kerakli mahsulotlarni olish oson bo‘lishi uchun muzlatkich polkasiga aylanadigan patnis qo‘yishning o‘zi kifoya”. “It uchun mo‘jaz yotoqxona o‘ylab topdik”. “Shkaf qo‘yishga joy yo‘q bo‘lgan kichik yotoqxonadagi ko‘plab narsalarni krovat tagiga qo‘yish mumkin”. “Vannada polka uchun joy bo‘lmasa, bir nechta karniz sotib olib, istalgan joyga qulay qilib o‘rnatishning o‘zi kifoya”. “Uyni tozalashda ishlatiladigan buyumlarning yerda yotishini yomon ko‘rganim sabab ularni devorga o‘rnatilgan tutqichga ilib qo‘ydim”. “Qallig‘imga pichoqlarning turishi yoqmagani sabab shunday ko‘rinishda taxlab chiqdim. Menda tashkilotchilik bo‘lmasa ham, buning uddasidan chiqa olganim uchun o‘zim bilan faxrlanaman”. “Taroqlar, soch yig‘adigan zakolka va rezinkalar uyning turli burchaklarida yotishi g‘ashimga tegdi. Ularning hammasini bir chemodanga to‘pladim”. “Turmush o‘rtog‘im menga qulay bo‘lishi uchun devorga polkalar o‘rnatib berdi. Avval ziravorlarning turli shkafda turishi juda ham noqulay edi”. “Va nihoyat, ziravorlarni qayerga joylashni o‘ylab topdim. Bu borada menga yelim va qisqichlar yordam berdi”. “Rakovina tagidagi shkafdan samarali foydalanish uchun g‘oya”. “Otam kichik garajida narsalarni saqlash uchun eski bankalardan foydalanadi. Buning uchun u shiftga banka qopqog‘ini vint bilan mahkamlagan”. “Ziravorlarni shkafga qanday qilib sig‘dirish mumkinligi haqida uzoq bosh qotirdim. Bankalar sotib oldim va ularning qopqog‘ini ikki tomonli skotch bilan polkaning pastki tomoniga yopishtirib chiqdim”. “Turmush o‘rtog‘imdan sovg‘a. Endi tovalar shkafda ortiqcha joy egallamaydi”. “Endi fen va men foydalanadigan boshqa vositalar bir yerda yig‘ilib turadi”. “Men singari aksessuarlarni yaxshi ko‘radiganlar uchun bunday oynali shkaf ayni muddao”. “Trubalarni berkitish uchun kompyuter stoli yasadim”. “Vannamiz kichkinaligi sabab kosmetika vositalari qo‘yiladigan polkaga joy yo‘q. Shu bois patnis sotib oldim va barcha vositalarni unga joyladim”.
109
2,362
Foto
Abortga qarshi namoyishlar, loyga botgan velosipedchi, Sochidagi suv toshqinlari — 4 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Meksika poytaxti Mexikoda abortga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Bangladeshda Hayvonlarni muhofaza qilish kuni munosabati bilan tadbirlar uyushtirildi. Dubaydagi «Ekspo–2020» koʻrgazmasida Qatar paviloni. Finlyandiyada oʻtayotgan rallida poygachi Nikolay Gryazin eng uzun sakrashni amalga oshirdi. Ispaniyada «Renfe» temir yoʻl operatori xodimlari 8 kunlik ish tashlash e‘lon qildi. U 12 oktyabr kuni nihoyasiga yetadi. Sochida yoqqan tinimsiz yomgʻir natijasida koʻchalarni suv bosdi. Pekin 2022 yilgi qishki Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrmoqda. Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili saqlanayotgan Rustavi qamoqxonasi. Parij-Rube velopoygasida ishtirok etayotgan belgiyalik velopoygachi Florian Vermersh. Parijda modalar haftaligi boshlandi.
102
835
Foto
Fotogalereya: Yoldor bo‘ri — boshi tulkiga o‘xshash, oyoqlari uzun hayvon
Yer yuzidagi hamma bo‘rilar ham kulrang yoki qutb bo‘risi kabi oq bo‘lavermaydi. Ularning orasida tashqi ko‘rinishi bilan butunlay farq qiladigan bir turi bor. Bu yoldor bo‘ri, yoki guara deb ham ataladi. U Janubiy Amerikada yashaydi. U nafaqat tulkiga o‘xshash uzun va ingizcha yuzi va qizil yunglari bilan, balki juda uzun zarbli oyoqlari bilan ovchi itga o‘xshab ko‘rinadi. Shunga qaramay bu hayvon bo‘ri deb ataladi. Travel Ask uning rasmlarini taqdim etdi.
73
461
Foto
Suv ustidagi shahar — Venetsiyadagi noodatiy yashash tarzini aks ettiruvchi suratlar (foto)
Venetsiya — bu minglab yangi sayohatchilarni jalb qiladigan va avval bu yerda bo‘lganlarni ham qaytishga undaydigan sehrli shahar. E’tiboringizga venetsiyaliklar hayoti haqida hikoya qiluvchi suratlarni havola qilamiz. “Venetsiyadagi oddiy supermarketlarning shifti ham ajoyib ko‘rinishga ega” “Karnaval mavsumida shahar ko‘chalaridagi odatiy holat” “Pitsseriya derazalarining ajoyib bezatilishi” “So‘nggi bor Venetsiyada bo‘lganimda, eshik qo‘ng‘iroqlaridagi tasvirlardan hayron qoldim. Ular retrorobotlarga o‘xshaydi” “San-Marko maydoni tunda suv ostida qoladi. Bu bir vaqtning o‘zida ham go‘zal, ham qiziqarli manzara” “Balkoningiz bo‘lishini juda ham xohlaganingizda” “Venetsiya yaxtada sayr qilayotgan vertolyotni ko‘rdim” “Shaharda avtomobil yo‘llari yo‘q, shuning uchun jo‘natmalar shunday yetkazib beriladi” “Do‘kondagi kitoblar toshqin paytida zarar ko‘rmasligi uchun haqiqiy qayiqda saqlanadi” “Muyulishdan burilishingiz bilan o‘zingizni surat ichiga tushib qilgandek his qilasiz” “Gidlarning so‘zlariga ko‘ra, bu Venetsiyadagi eng qadimiy eshik. U 1000 yoshda” “Bu yerda bitkoinga ko‘chmas mulk sotib olish mumkin” “Venetsiya ertalabki soat 7 va 19 da” “Odatiy ko‘chalardan biri” “Bu yerda kofein miqdori yuqori bo‘lgan kola sotiladi” “Tez tibbiy yordam” “Venetsiya yo‘llari” “Venetsiyadagi Rojdestvo archasi” “Deyarli har bir eshikda zulfin mavjud. Ko‘pincha ular sher shaklida, bundan tashqari eshik o‘rtasida noyob eshik tutqichlari ham bor” “Antik Burger King”
91
1,494
Foto
Fotogalereya: Kundalik hayotda asqotishi mumkin bo‘lgan maslahatlar
AdMe kundalik hayotning turli vaziyatlarida asqotishi mumkin bo‘lgan buyum va maslahatlardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
67
123
Foto
Kommunistik partiya muzeyiga sayohat, Italiyadagi umummilliy ish tashlash, AQShdagi tornado oqibatlari — 16 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Milandagi shifoxona devorlarida super qahramonlar kiyimidagi akrobatlar bemor bolakayga quvonch bag'ishlamoqda. AQShning Kentukki shtatidagi Meynfild shahri tornado oqibatida vayron bo'ldi. Ispaniyaning Navarra provintsiyasida tumanli kun. Vatikandagi ispaniyalik yepiskoplar uchrashuvi. Vladivostokda “Yosh professionallar” an'anaviy VII ochiq chempionati o'tkazilmoqda. Kasaba uyushmalarining mamlakat byudjetining yangi loyihasiga qarshi chaqirig'iga javoban Italiyada umummilliy ish tashlash o'tkazilmoqda. Qozog'istonlik badiiy gimnastikachi Roza Abitova Moskvadagi turnirda chiqish qilmoqda. Germaniyaning Gelzenkirxen shahridagi hayvonot bog'ida ikki oylik uchta sher bolasi ommaga namoyish qilindi. xitoydagi Kommunistik partiya muzeyiga sayohat. 100dan oshiq muhojirlar Kanar orollariga yetib keldi.
124
869
Foto
Fotogalereya: 4-iyul — AQSh mustaqillikka erishgan kun
Bugun, 4-iyul AQShda mustaqillik kuni. Ushbu kunda amerikaliklar yaqinlari hamda qarindoshlari bilan plyajlarga yo‘l oladi. Bayram munosabati bilan ko‘p qavatli uylarda ko‘ngilochar tadbirlar, kechalar bo‘lib o‘tadi. Butun mamlakat bo‘ylab bayram paradlari uyushtiriladi. Share America nashri bayramga oid turli ajoyib suratni to‘plab taqdim etdi.
54
347
Foto
Kasbi orqali kasalmand ayollarga umid berayotgan vizajist — Goar Avetisyan ijodidan namunalar (foto)
Goar Avetisyan — dunyoga mashhur vizajist. Uning ishi barchani hayratga soladi, chunki modellarning tashqi ko'rinishi tanib bo‘lmas darajada o‘zgaradi. Ko‘pincha unga makiyajdan ham ko‘ra ko‘proq narsa — umidga muhtoj bo‘lgan ayollar murojaat qilishadi. Ular o‘zlariga ishonishmaydi va qiyin sinovlarga dosh bera olmaydilar. Goar esa yaxshi shifokor kabi ularni qo‘rqmasdan, yana ko‘zguga qarashga, oyoqqa turib, g‘alaba sari davom etishga undaydi. Goarning iste’dodi va katta yuragiga qoyil qolgan AdMe nashri uning yangi ishlarini e’tiboringizga havola qiladi. Bunday ajoyib o‘zgarishdan so‘ng maftunkor Yuliya saraton kasalligini yengish uchun kasalxonaga ketgan. Goar Avetisyandan Xurram Sulton uslubidagi obraz. “Har bir ayolda Gollivud yulduzi yashiringan”, — deydi vizajist va buni isbotlaydi. Vlada 15 marta ko‘zidan operatsiya qilingan. Goar bu ayolni tikuvchilik sexida ko‘rib qolgan va unga syurpriz qilishga qaror qilgan. Goar 9 yillik faoliyati davomida birinchi marta sevimli buvisini o‘zgarishga ko‘ndirdi. Anastasiya kimyoterapiya kursiga boradi. Goarning “qo‘lidan” o‘tgach, u yanada kuchliroq bo‘ldi. Universal variant: tabiiy go‘zallikka urg‘u berish hamma uchun mos keladi. Madina ko‘krak bezi saratoni bilan kurashmoqda. Goar uni makiyaj yordamida qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Bu ayol 38 yillik umri davomida birinchi marta vizajist xizmatidan foydalangan. Jamila 2,5 yoshida fojiali voqeadan so‘ng kuyib qolgan. Goar Dog‘istonga chipta uchun pul yuborib, qiz uchun kichik ziyofat uyushtirdi. Yuliya saraton tufayli ko‘kragi va sochlaridan mahrum bo‘ldi. Goar unga yana o‘zini go‘zal his qilishiga yordam berdi. Kinoteatrda chipta nazoratchisi Irina Goarga uchinchi marta tashrif buyurdi. Maftunkor Liliya 2 marta teri transplantatsiyasini boshdan o‘tkazgan. Anya uchun ajoyib makiyaj vaqtinchalik bo‘lsa-da, alopesiya bilan kurashni davom ettirish uchun kuchli turtki bo‘ldi. 3 yildan buyon Goar ayollarni tekinga sohibjamolga aylantiradi. Ularning samimiy tabassumlari, ba’zida ko‘z yoshlari u uchun eng yaxshi mukofotdir.
100
2,065
Foto
Fotogalereya: Mashhurlar o‘z karyeralarining boshida
Mashhurlarning o‘z karyeralari boshida qanday bo‘lgani muxlislarni qiziqtirishi aniq. AdMe ana shunday qiziqish uyg‘otuvchi mashhurlarga e’tibor qaratdi.
52
153
Foto
Vaqt mashinasi: Vizajist makiyaj yordamida ayollarni 10 yilga yoshartirdi (foto)
Rossiyalik vizajist Goar Avetisyan makiyaj yordamida ayol va qizlarni butkul o‘zgartirib yuborish, ularning husniga urg‘u berishni qoyillatadi. U yuz terisidagi kamchiliklarnigina emas, yoshga xos o‘zgarish, dog‘lar hamda ajinlarni ham berkitib, odamni tanib bo‘lmas darajada go‘zal bo‘lishi, kayfiyatini ko‘tarilishiga sababchi bo‘ladi. Vizajistning amalga oshirgan makiyaji yordamida ayol kishining yosh ko‘rinishi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortishiga sabab bo‘ladigan suratlar ketma-ketligini e’tiboringizga havola etamiz. Goarning modellari orasida nafaqat yaqinlari, balki Instagram’dan vaqtincha bo‘lsa ham o‘zgarish istagini bildirib murojaat qiladigan oddiy ayollarni ham uchratish mumkin. Vazifa qanchalik qiyin va yuzdagi kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlansa, vizajist shunchalik mukammalroq va mas’uliyat bilan yondashishga harakat qiladi.
80
851
Foto
Foto: Moskva hayvonot bog‘idagi birinchi nikoh to‘yi
30-sentabr kuni Moskva hayvonot bog‘ida birinchi nikoh marosimi tashkil etildi. Shahar meri Sergey Sobyaninning farmoyishidan so‘ng hayvonot bog‘i nikohni qayd etish ruxsat etilgan joylar ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda TJournal ma’lum qilmoqda. Anton Kravchenko va Mariya Vlaskina hayvonot bog‘ining eski hududidagi Klyuyev bog‘ida turmush qurdi. Bu joy Tver FHDYo idorasining sayyor maydonchasi hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hayvonot bog‘ida nikoh to‘yi o‘tkazish bo‘yicha boshqa ariza kelib tushmagan. Marosim davomida hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar uchun hech qanday cheklov qo‘yilmagan.
52
600
Foto
O‘z ishining ustasi bo‘lgan dizaynerlar ijodidan namunalar (fotogalereya)
AdMe nashri o‘z ishini ajoyib tarzda uddalagan dizaynerlarning ijod namunlaridan bir nechtasini to‘pladi. Quyida ularni tomosha qilishingiz mumkin. Bizning ofisimizda timsoh ham bor! Ikki dollarlik Kanada tangasida faqat qorong‘ida ko‘zga tashlanadigan Shimol yog‘dusi aks ettirilgan. Bolalar shifoxonasidagi lift — yorqin va pozitiv! Komikslar tushirilgan muzqaymoq Chikago shahri markazidagi binoda elektron xarita aks etgan. U orqali qayerda ekanligingizni bilib olishingiz mumkin. Plastik kartochka ko‘rinishidagi universitet diplomi! Finlyandiyadagi supermarketlar oldidan itlar uchun maxsus to‘xtash joyi! Bunisi esa Daniyada do‘konga kirib ketgan xo‘jayinlarning itlari uchun maxsus uycha! Soyabonlar uchun maxsus javonlar, undan o‘g‘irlab ketish mushkul! Kutubxonada telefonda gaplashmoqchi bo‘lganlar uchun joy! Hech kimning jahlini chiqarmasdan gaplashaverasiz! Somsa chetiga ichida nima borligini aks ettirishibdi! Qoyil, dizayner! Mehmonxona oynasida tashqarida havo qanday ekanligi yozib qo‘yilgan.
73
1,022
Foto
Dunyoga mashhur 10 ta brendning biz ko‘rmagan asoschilari (fotogalereya)
Dunyoga mashhur kompaniyalar egalarining ba’zilari jurnal muqovalaridan tushmaydi, ularning ismlari gazeta sarlavhalarida tez-tez ko‘rinib turadi. Ammo ba’zilari jamoatchilik orasida shaxsi tanilishini istamaydi. AdMe ana shunday brend asoschilari bilan tanishtirdi.
72
266
Foto
Foto: Chorvoq ertalabki yomg‘irdan so‘ng
4-iyun kuni Toshkent shahri va viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Issiq kunlardan so‘ng yoqqan yomg‘ir o‘zi bilan musaffo va salqin havo olib keldi. Internet foydalanuvchilaridan biri yomg‘irdan so‘nggi Chorvoq suv ombori aks etgan fotosuratni “Pisma o Tashkente” nashriga taqdim etdi. “Chorvoqda sersuvlik... Havo ham yomg‘irdan so‘ng musaffo”, — deb yozdi u.
40
364
Foto
Farzandlari nevaralaridan kichik bo‘lgan mashhurlar (foto)
Allaqachon bobo va buvi bo‘lganida farzand ko‘rgan mashhurlar bilan tanishing. Mik Jagger The Rolling Stones guruhi yetakchisi Mik Jagger 8 nafar farzandning otasi, sakkizinchi farzandi dunyoga kelgan 2016-yilda u nafaqat 73 yoshda, balki allaqachon evarali bo‘lib ulgurgandi. 2014-yilda ikkinchi farzandi Jeydning qizi bo‘lgan nevarasi unga evara hadya etgan. Alla Pugachyova Tibbiyot rivojlanishi tufayli ayollar kech homiladorlikning qiyinchiliklari va xavf-xatarlarini boshdan kechirmasdan farzandli bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Maksim Galkin va Alla Pugachyovaning farzandlari — qizi Liza va o‘g‘li Garri primadonna 64 yoshda ekanligida surrogat ona yordamida dunyoga kelgan. Pugachyovaning uch nafar nabirasi — Nikita, Denis va Klavdiya (Kristina Orbakaytening farzandlari)ni yosh jihatdan ulardan katta deyish mumkin. Aniqrog‘i, eng kichik nevarasi Klaudiya atigi bir yil oldin tug‘ilgan. Robert De Niro Hozirda aktyorning to‘rt nafar nabirasi bor — uchtasi birinchi o‘g‘li Rafaeldan va bittasi qizi Drenadan. De Nironing so‘nggi farzandi — qizi Helen 2011-yilda surrogat ona yordamida tug‘ilgan, aktyor o‘sha paytda 68 yoshda bo‘lib, allaqachon ikki nevaraning bobosi bo‘lgan edi. Lera Kudryavseva Teleboshlovchining qizi — Masha uning nevarasidan uch oylikka kichik, xolos. Masha 2018-yil 9-avgustda tug‘ilgan bo‘lsa, Leraning nabirasi Leo o‘sha yilning 20-mayida dunyoga kelgan. Ahamiyatli jihati shundaki, Lera qizini 47 yoshida o‘zi dunyoga keltirgan. Hozirgi kunda bu deyarli qahramonlik bilan teng. Charli Chaplin Aktyor kenja o‘g‘li dunyoga kelganda 73 yoshda bo‘lgan. Chaplin 11 nafar farzandning otasi bo‘lib, eng kichik o‘g‘li  Kristofer Jeyms 1962-yilda tug‘ilgan. O‘sha paytda Chaplin allaqachon nevarali edi. Aktyor kenja o‘g‘lini ham oyoqqa qo‘yishga ulgurgan. Chaplin 88 yoshida Kristoferning 15 yoshini ko‘rib, olamdan o‘tgan. Hulio Iglesias Hulio Iglesias sakkiz farzandning otasi bo‘lib, so‘nggi farzandi tug‘ilganda qo‘shiqchi 64 yoshda edi. Hulio 57 yoshidayoq nevarali bo‘lgan: katta qizi Mariya uning birinchi nabirasini dunyoga keltirgan.
58
2,080
Foto
Fotogalereya: Britaniyalik rassom tashlandiq fabrikani ulkan buyumlar maqbarasiga aylantirdi
Britaniyalik rassom Flegm o‘zining boy tasavvuri bilan noodatiy obrazlarni yaratdi. Keyin esa o‘zi tug‘ilib, o‘sgan Sheffild shahrida epik shou tashkil qildi. Travel Ask uning rasmlarini taqdim etdi.
92
199
Foto
Tailandga sayohat: hayratlanishga arziydigan manzaralar (foto)
Sayyohlar Tailandning o‘ziga xos madaniyati, aholisining mehmondo‘stligi uchun ham yaxshi ko‘radi. Yer yuzidagi ushbu maskan o‘zining yana bir qancha ajoyibotlari bilan ham hayratlanishga majbur qiladi. Mamlakat sayyohlar orasida yovvoyi hamda mo‘jizaga boyligi bilan ham manzur bo‘lib kelmoqda. Tatu salonida mijozlar uchun ortiqcha xizmatlar mavjud emas. Ammo mushuklar esa mijozlarni shunchaki qo‘llab-quvvatlaydi. “Suratkash ushbu daqiqani tasvirga olishga muvaffaq bo‘lganidan xursandman”. Maeklong Railway Market temiryo‘l ustida joylashgan. Har gal poyezd yaqinlashganida, barcha sotilayotgan buyumlar yo‘ldan olinadi. Tailandda hamma narsa qat’iy, hatto mushuklar uchun ham. Ushbu mushuk komendantlik soatini buzgani uchun hibsga olingan. “Ushbu oshxonada bir inson Tom Kruzga o‘xshar ekan. U bilan tushilgan surat esdalik tarzida osib qo‘yilgan”. Tailand supermarketidagi odatiy holat. Bangkokdagi savdo markazlarida liftlardagi tugmachalar o‘rniga oyoq pedallari o‘rnatilgan. “Ota-onam ta’tilni Tailandda o‘tkazmoqda”. “Bu yerdagi plyajlar Maldiv orollaridan yomon emas. To‘g‘risi, meni suvning tozaligi va tirik mavjudotlarning ko‘pligi hayratga soldi”. “Bangkokda botayotgan quyosh va Budda haykali”. “Bu yerni Tailand deydilar”. Sovrin sifatida karam taqdim etadigan uskuna ham bor. “Orolga suzib bordik. U yerda dunyodagi eng mazali narsa g‘orlardan olinar ekan”. “Men xonani 25 dollarga oldim va bu yerda bir o‘zim mehmon bo‘ldim”. “Supermarketlarda shirinliklar bo‘limida shakar sepilgan sendvichlar sotiladi”. “Bu yerda muzqaymoqli sendvichlar ham juda mashhur”. “Har oqshom avtoturargohda mashinalar to‘planib, birinchi qatorni to‘sib qo‘yadi. Lekin erta tongda ularning ovozini eshitmayman”. Bolalar bog‘chasi oldida piyodalarning 3D o‘tish joyi. Rohiblar jamoat transportlarida alohida o‘ringa ega. Bongkokdagi suzuvchi bozor. “Ushbu manzarani Tailandda tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldim”. Ushbu jahldor mushukning ham o‘z vazifasi bor. U tarvuz fermasida qorovul bo‘lib ishlaydi. “Mening boshimda ilon bor. Lekin meni Meduza Gorgon deya ko‘rmang. Bu Tailand taassurotlari”. Tailanddan xayrli tun.
62
2,140
Foto
Fotogalereya: Bo‘yida katta farq bo‘lgan juftliklar
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, baland bo‘yli erkaklar va bo‘yi past bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi turmush boshqalarga qaraganda baxtliroq bo‘ladi. AdMe ana shunday juftliklar suratlarini taqdim etdi.
51
198
Foto
Fotogalereya: Mashhur brendlar logotipida tasvirlangan haqiqiy joylar
Har qanday brend o‘zining taniqli firma logotipini yaratishga harakat qiladi. Logotiplarda ba’zan kompaniya joylashgan geografik hudud, kompaniya binosi, diqqatga sazovor joylar tasvirlanadi. Bu iste’molchilarning kompaniyaga bo‘lgan ishonchini oshirish uchun amalga oshiriladi. AdMe nashri real hayotda mavjud joylar tasvirlangan logotiplar jamlanmasini taqdim etdi. Walt Disney Pictures, 1985–2006 Noyshvanshtayn — dunyodagi eng chiroyli qal’alardan biri. Qal’a Walt Disney kompaniyasining haqiqiy ramziga aylangan. Parij “Disneylend” bog‘idagi uyqudagi go‘zal inshooti aynan shu qal’a ko‘rinishini olgan va 1985-yilda Walt Disney korporatsiyasining logotipiga aylangan. Walt Disney Pictures, 2006 – hozirgi vaqtgacha 2006-yilda Walt Disney kompaniyasining logotipi o‘zgartirildi. Yangi qal’a balandroq, chiroyliroq va kattaroq bo‘ldi. Bu rassomlarni ilhomlantirgan “Zolushka” multfilmidagi qal’a. Qiziqarli tomoni shundaki, afsonaga ko‘ra, qal’a “Zolushka”ga tegishli bo‘lmagan. Sharl Perro shu qal’ani “Uyqudagi go‘zal” ertagida tasvirlagan, deb ta’kidlab kelinadi. Toblerone shokoladi Toblerone shokoladining logotipi bo‘lgan tog‘ni hech narsa bilan adashtirib bo‘lmaydi. To‘rt burchakli piramidaga o‘xshash Matterxorn Alp tog‘laridagi taniqli cho‘qqilardan biri. Shokoladning noodatiy tishli shakli Matterxornning ko‘p marta kichraytirilgan nusxasi, degan fikr mavjud. “Washington Capitals” xokkey klubi Bu yerda Kapitoliyning nima daxli bor dersiz. Poytaxt xokkey jamoasining ramzida an’anaviy ranglardagi yirtqich nigohli burgut tasvirlangan. Agar e’tibor berib qaralsa, ramzning pastki qismida Kapitoliyning gumbazini ko‘rish mumkin. A’lo darajadagi uyg‘unlik va dizaynerlarning go‘zal san’ati. XXII yozgi Olimpiada o‘yinlari 1980-yilgi Olimpiada o‘yinlari uchun maxsus yaratilgan ramziy logotip. Yugurish yo‘lakchalarini ifodalovchi parallel chiziqlar besh qirrali yulduz bilan tugovchi me’moriy shaklga o‘xshatilgan. Minimallashtirilgan dizaynda Moskvaning xalqaro ramzi Kremlning bir qismi bo‘lgan “Spasskaya” minorasini ko‘rish mumkin. Cisco Systems Telekommunikatsiya sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi Cisco Systems kompaniyasining logotipida San-Fransisko shahrida joylashgan “Oltin darvoza” ko‘prigi tasvirlangan Evian Fransiyada ishlab chiqariladigan Evian mineral suvi Evian-le-Ben shaharchasi sharafiga nomlangan. Shaharcha atrofida bir nechta buloqlar joylashgan. Aynan shu yerda, Jeneva ko‘lining bo‘yida, Alp tog‘lari etaklarida butun dunyoga mashhur suv idishlarga quyiladi. Shubhasiz, logotipda shu tog‘lar tasvirlangan. “Everton” futbol jamoasi 1930-yillarda “Everton” futbol jamoasining logotipiga kiritilgan shahzoda Rupert minorasi uzoq tarixga ega. XVIII asrda qurilgan minoradan xushyorxona, hatto qamoqxona sifatida ham foydalanilgan. Bugungi kunda Liverpul jamoasining ramzini bu minorasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
69
3,025
Foto
Hanuzgacha jumboqlari fosh etilmagan tarixiy yodgorliklar (fotogalereya)
Bizdan ming yillar avval yashab o‘tgan odamlar ba’zida tasavvur olamini hayratga soluvchi inshootlarni barpo etgan. Olimlar ular qanday barpo etilgani borasida yuz yillar mobaynida bosh qotirib kelmoqda. AdMe ana shunday siri bilan o‘ziga jalb etuvchi joylarni taqdim etishga qaror qildi. Stounxenj, Angliya Afsonaga ko‘ra, toshlar majmuasi sehrgar Merlin tomonidan barpo etilgan. Aslida esa Stounxenj qirol Artur zamondoshidan ancha yillar ilgari paydo bo‘lgan. Odamlar uchun bu kabi ko‘tarishning imkoni yo‘q toshlarni yuzlab kilometr masofadan qanday olib kelinganligi hamon tushunarsiz. Baalbek, Livan Qachonlardir gullab-yashagan shahar xarobalari — ibodatxona ansambli. Biroq rimliklar og‘irligi ming tonnagacha bo‘lgan tosh bloklarini o‘rnatish imkonini beruvchi texnologiyalarga ega bo‘lmagan. Bino asosi qurilishini ba’zan misrliklar, ba’zan esa devqomat odamlarning xizmati deb hisoblashadi. Nyugreynj, Irlandiya Qazishma ishlari tufayli bu yerda ideal darajada aylana shakldagi qo‘rg‘on ochilgan. Uning yoshi Misr piramidalaridan ham kattadir. Markazida esa arxeologlar tomonidan qabr topilgan. Irlandiyaliklar xurofoti bu joy elflar va parilar mamlakatiga kirish joyi deb hisoblaydi. Kavkaz dolmenlari, Rossiya Tog‘ qoyalari bo‘ylab tekis toshlardan yasalgan uychalar joylashgan. Ulardagi tosh plitalari tonnalab og‘irlikda bo‘lganligiga qaramasdan, bir-biriga shunchalik yaqin keltirilganki, ular orasiga pichoq tig‘ini ham kiritib bo‘lmaydi. Artefaktlar yoshi besh ming yilni tashkil etadi. Tikal, Gvatemala Mayyalarning eng yirik shaharlaridan biri yashil changalzorlarda yashiringan. Bu yerda sun’iy hovuzlar, koptok o‘ynash uchun maydon va saroylarni ko‘rish mumkin. Biroq shahar maydonini tashkil etuvchi piramidalar asosiy e’tiborni tortadi. Bu yer Ovozlar shahri degan nomga ham ega. Chunki bu yerda eng past ovozdagi shivirlash ham yangroq aks-sado qaytaradi. Petra, Iordaniya Dengiz sathidan 900 metr balandlikdagi mazkur mahobatli uyacha qoyalarda yashiringan. U o‘ymakor ustalar tomonidan qanday barpo etilganligi ko‘pchilik uchun jumboqligicha qolmoqda. Tosh sharlar, Kosta-Rika Tinch okeani sohilidagi tarixiy petrosferalar vandallar qurboniga aylanishdan arang qutulib qolgan. Ularni topib olgan ishchilar ularda oltin yashirilganligiga ishongan. Biroq artefaktlar sayyohlarni jalb qilish uchun shahar maydonlariga olib kelinganligi tufayli baribir jabrlangan. Suv ta’siri tufayli ularning kelib chiqishini aniqlashning imkoni yo‘q. Terrakotali armiya, Xitoy Sin Shixuandi maqbarasi sakkiz mingdan ortiq xitoylik askar va otning haykalini o‘zida saqlaydi. Eramizgacha 200-yillarda qo‘lda yaratilgan armiya haqiqiy kattalikda ishlangan bo‘lib, undagi hech bir yuz bir-birini takrorlamaydi. Angkor-Vat, Kambodja Yevropaliklar bu majmua haqida XIX asrgacha hech narsa bilmagan. Bilgandan keyin esa uni kxmerlar qurganligiga shubha bilan qaragan. Undagi toshlar juda silliq. 200 ibodatxonadan iborat ansambl shunday rejalashtirilganki, uning istalgan tomonidan yaqinlashgan sayyoh ulardan faqat uchtasini ko‘radi. Timbuktu, Mali Rivoyatga ko‘ra, shahar karvonlarni xursandchilik bilan kutib olgan keksa ayol Buktu va uning qudug‘i tufayli yuzaga kelgan. Shahar oltin ko‘chalari va donishmand aholisi bilan o‘rta asrlar rivoyatlarining haqiqiy qahramoni bo‘lgan. Pasxa oroli haykallari, Chili Tinch okeani suvlarining kichik quruqlik qismi ulkan moailar bilan qoplangan. Ularni bir joydan boshqa joyga ko‘chirishgani va ag‘darib turilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Orol jumbog‘ini ochishning yo‘li yagona — sukutdagi haykallarga bevosita murojaat qilish. Katta Sfinks, Misr Qumlar orasidagi ulkan haykalni eng katta jumboq deb hisoblash mumkin. U fir’avnlar ishi deb hisoblab kelinadi. Biroq ular Sfinksni qayta ta’mirdan chiqargan xolos. U cho‘llarning emas, suv ostida qolgan Atlantidadan qolgan sirli ma’lumot qo‘riqchisi ekanligi haqidagi taxminlar ham mavjud. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
72
3,975
Foto
Chikago ko‘chalari haqidagi Benjamin Suter olgan g‘aroyib suratlar (fotogalereya)
Benjamin Suter (@benjaminjsuter) — iqtidorli fotograf va shahar tadqiqotchisi. U Illinoys shtatidagi shamollar shahri bo‘lmish Chikagoda istiqomat qiladi. Benjamin shahar hamda u yerdagi me’moriy binolarni va tabiat manzaralarini suratga olishga e’tibor qaratgan. O‘z ishlarini Instagram’da e’lon qilib boradi. Fotograf jtimoiy tarmoqda deyarli 15 mingta obunachiga ega.
81
370
Foto
Foto: Qozog‘istondagi chiqindi va shovqindan xoli, “qazilmay” qazilma olinadigan “Qoratov” uran koni
Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun Qozog‘istonning Turkiston viloyatida joylashgan “Qoratov” uran koniga press-tur tashkil qildi. Kon “Rosatom” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Uranium One kompaniyasi hamda “Kazatomprom” MAKning teng ulushi asosida tashkil qilingan “Qoratov” QK MChShning to‘liq mulki hisoblanadi. Press-tur davomida OAV vakillari uran qazib olish jarayoni bilan to‘liq tanishdi. Kon Turkiston shahri markazidan ikki yuz kilometr uzoqlikda — Suzoq tumanida joylashgan. Uran konida bironta konchini uchratish amri mahol. Bu yerda hech narsa qazilmaydi, maydalanmaydi, ko‘pchilik konlarda bo‘ladigan ekskavatorlar ham yo‘q. Chiqindi yoki o‘ralar ham ko‘zga ko‘rinmaydi. Keng maydonda ko‘zga tashlanadigan yagona narsa bu — yerdan chiqib turadigan bir metr balandlikdagi qora quvurlar. Avvalida ruda aniqlangan joyda quduq qaziladi. Quduqqa quvur o‘rnatiladi, ular orqali, taxminan, yarim kilometr chuqurlikka sulfat kislotasi yuboriladi. U uranni eritadi, yuzaga kelgan suyuqlik esa nasos orqali so‘rib olinadi. Bu yerda qancha sulfat kislota yuborilgan bo‘lsa, shuncha miqdori nasos bilan yuzaga olib chiqiladi. Isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Shuning uchun ham uranni yer ostidan ishqorlash usulida qazib olish — eng samarali texnologiya hisoblanadi. Chunki bu usul ekologik jihatdan qulay, xavfsiz, yo‘qotishlar minimal darajada. Uran quduqlardan qazib olingach, quvurlar orqali qayta ishlash uskunalariga borib tushadi. Uranni mahsulot holatiga keltiradigan barcha kimyoviy va fizikaviy jarayonlar kondagi maxsus korpusda joylashgan yirik sisternalarda ro‘y beradi. Bu yerda deyarli 95 foiz ish avtomatlashtirilgani bois ishchilar faqat kuzatuvchi vazifasini bajaradi. Qayta ishlash zavodida uran ion almashinadigan qatron, ya’ni sorbent yordamida ajratib olinadi. Sorbent qorishmada o‘z ionlarini uran ionlariga almashish xususiyatiga ega material. Uran cho‘kmasi filtrlash orqali quritiladi, sariq rangli kukun holatidagi jism, uran oksidi buyurtmachilarga yuboriladi. Ma’lumot uchun, “Qoratov” konida uranni sanoat yo‘li bilan qazib olish 2009-yilda boshlangan. Konning ishlab chiqarish quvvati 3200 tonna uran hajmiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda qariyb 500 kishi mehnat qiladi. Ishchilar to‘liq ikki hafta mehnat qiladi, qolgan ikki haftada esa dam oladi. Kon hududida ishchilarning ishdan keyingi vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, katta basseyn, sportzal, futbol va basketbol maydonlari konchilar ixtiyorida. Shuningdek, ular har yili an’anaviy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Konda joriy etilgan qat’iy xavfsizlik nazorati tufayli ishchilarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar aniqlanmayapti. Shuningdek, “Qoratov” sanoat maydonchasi yaqinida joylashgan qishloq aholisi turmush sifatini oshirishga ham bee’tibor emas. Jumladan, urush qatnashchilarini qo‘llab-quvvatlash, daromadi past oilalar, yolg‘iz onalarni oziq-ovqat mahsulotlari, qish davrida ko‘mir bilan ta’minlash hamda ko‘chalarni yoritish kabi ishlarni amalga oshirmoqda.
100
3,071
Foto
Forbes reytingidagi eng yosh va bo‘ydoq milliarderlar (foto)
Forbes’ning 2017-yilgi milliarderlar global reytingiga 2064 kishi kirdi, shularning 2,9 foizi (42 erkak va 18 ayol) oila qurmagan, deb yozadi nashr. Yoshi: 21 Boyligi: 1,2 milliard dollar Otasi, investor Yoxan Andresen unga va singlisiga Ferd investitsiya kompaniyasining 42 foizdan ulushini bergan. Kompaniyaning o‘zini hamon otasi boshqaradi, Aleksandra kompaniyada ishlamaydi. Yoshi: 23 Boyligi: 1,6 milliard dollar Otasi Gustav Vitze Salmar ASA kompaniyasining 47 foiz aksiyalarini sovg‘a qilgan. Yoshi: 26 Boyligi: 1,1 milliard dollar Stripe to‘lov tizimiga asos solgan. U o‘z davlatini meros qilib olmasdan, o‘zi ishlab topgan dunyodagi eng yosh milliarderga aylandi. Yoshi: 28 Boyligi: 4 milliard dollar Qisqa vaqtdan so‘ng o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadigan foto va videoxabarlar bilan ayirboshlash uchun mo‘ljallangan Snapchat messenjeri asoschilaridan biri. Yoshi: 31 Boyligi: 2,4 milliard dollar Nyu-yorklik dijey va dunyodagi eng yirik pivo ishlab chiqaruvchilaridan biri — SABMiller kompaniyasi merosxo‘ri. Yoshi: 32 Boyligi: 2,1 milliard dollar Arzon kiyim-kechaklar do‘konlari tarmog‘i — H&M’ni yaratgan oilaning uchinchi avlodi vakili. Yoshi: 34 Boyligi: 1 milliard dollar Fayllar ayirboshlash servisi — Dropbox bosh direktori. U servisga 2007-yilda o‘z kursdoshi bilan birgalikda asos solgan. Yoshi: 39 Boyligi 3 milliard dollar Pera o‘z karyerasini 2003-yilda Apple’da boshlagan, ammo ikki yil o‘tib, u yerdan ketgan. U 2011-yilda milliarderga aylangan. Ayni paytda unga Ubiquiti Networks simsiz uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniya tegishli. Yoshi: 40 Boyligi: 6,3 milliard dollar Uber taksi xizmati bosh direktori va ta’sischilaridan biri. Yoshi: 40 Boyligi: 1,3 milliard dollar Tatuirovkachi tadbirkor Twitter va Square kabi ikkita yirik texnologiya kompaniyalarini boshqaradi.
60
1,806
Foto
#10yearchallenge: Rossiyalik siyosatchilar va ishbilarmonlar 10 yil oldin va hozir (foto)
RBK Rossiyaning 2018-yilda eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan siyosatchi va ishbilarmonlarining 10 yil oldingi va hozirgi suratlarini jamladi. Lavozimlar 2019-yil holatiga ko‘ra berilgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Bosh vazir Dmitriy Medvedov Birinchi vitse-premier Anton Siluanov “Roskosmos”ning bosh direktori Dmitriy Rogozin “Sberbank” rahbari German Gref VTB bankining Prezidenti Andrey Kostin “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyatining bosharuvchi raisi Aleksey Miller “Rosneft” rahbari Igor Sechin En+ Group Prezidenti Oleg Deripaska Evraz aksioneri Roman Abramovich USM Holding asoschisi Alisher Usmonov “Rostex” korporatsiyasi bosh direktori Sergey Chemezov Rossiya prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva meri Sergey Sobyanin TIV vaziri Sergey Lavrov Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev “Korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi” asoschisi Aleksey Navalniy Rossiya LDP rahbari Vladimir Jirinovskiy “Lenin nomidagi sovxoz” yopiq aksiyadorlik jamiyati direktori, shahar deputatlar Kengashi raisi Vidnoye Pavel Grudinin Davlat Dumasi raisi Vyachelav Volodin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu
89
1,160
Foto
Professionallarsiz fazoga uchgan raketa, yorqin rangdagi hukumat binosi, qasamyod qilayotgan kursantlar — 16 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Ilon Maskning “SpaceX” kompaniyasi tarixda ilk bor kosmosga ekipaji professional astronavtlardan iborat bo'lmagan fazoviy kema uchirdi. Suratlarda Falcon 9 raketasining yerdan ko'tarilishi tasvirlangan. Shimoliy Koreyada temir yo'l raketa polkining sinov parvozi. Meksika hukumati binosi mamlakatning mustaqillik bayramida yorqin ranglarga burkandi. Sudanning Al-Qana shahrida yomg'ir sababli Oq Nil daryosi toshib ketdi. Toshqindan qochqinlar lageri katta zarar ko'rdi. Suratda qochqinlar toshqin oqibatlarini bartaraf etmoqda. Turkiyadagi Iskandar ko'rfazida chaqmoq chaqishi. Indoneziyaning Jakarta shahridagi kinoteatrlarning birida kinosevar tomoshabin kino boshlanishini kutmoqda. Mamlakatdagi kinoteatrlarga 16 sentyabrdan qayta faoliyat boshlashga ruxsat berildi. Germaniyada politsiya akademiyasini tamomlagan kursantlar qasamyod qilish marosimida. Londonda joylashgan “Royal Botanic Gardens Kew” bog'idagi gigant nilufar gullar. Ushbu bog' eng katta o'simliklarga egalik qilish bo'yicha Ginnes rekordlariga kirdi. Hindistondagi maktablarning birida koronavirus sababli ochiq havoda dars o'tilmoqda. Qizaloq dars davomida mikroskopdan foydalanmoqda. Kanadaning Kvebek provintsiyasida joylashgan restoranlarning birida amaldagi bosh vazir saylovoldi kampaniyasi o'tkazdi. Tanaffus paytida Jastin Tryudo chaqaloq bilan o'ynamoqda.
127
1,398
Foto
Fotogalereya: Yaponiyaning tungi ko‘chalari fotograf Jun Yamamoto nigohida
Yaponiya — kelajak bugungi kun ustidan hukmronlik qilgan mamlakat. Kunduz kunlari shahar qaynaydi, osmono‘par binolar, yo‘llar, ko‘priklar bir soniya ham yashashdan to‘xtamaydi. Tunda esa odamlar kamayadi, ammo butun atrof fonuslar yorug‘i, reklama bilbordlari, arxitektura salovati ulkan megapolislarga tarovat bag‘ishlaydi. Travel Ask yaponiyalik fotograf Jun Yamamoto olgan suratlarni taqdim etdi.
74
400
Foto
Fotogalereya: Mukammallik aks etgan suratlar
Mukammallikka intilish har bir kishiga xos. U turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. AdMe ana shunday ko‘rinishlarga e’tibor qaratdi.
44
132
Foto
Poyabzal, mashina, tarnov va boshqa kutilmagan joylardan o‘sib chiqqan o‘simliklar (foto)
O‘simlik o‘sishi uchun tuproq, suv kerak bo‘ladi. Lekin quyida fotosi keltirilgan o‘simliklarni tomosha qilib ularga bu taalluqli emas, degandek xulosaga kelish mumkin. Tarvuz, pomidor, kaktus va qirqquloqlar o‘sib chiqqan yerlarni ko‘rib, hayratda qolishingizga shubha yo‘q. Beton orasidagi yoriqdan o‘sib chiqqan pomidor. Bu pomidorlar esa daraxtdan o‘sib chiqqan. “Hovlini begona o‘tlardan tozalayotganda, sabzini ko‘rib qoldim”. “Bugun mashinamiz ichidan mazkur mitti o‘simlikni topib oldim”. Mashinaning kapoti ostidan esa mana shunday o‘t o‘sib chiqqan. “Ushbu kaktus do‘stlarimning metall tomidan o‘sib chiqayotganiga 4 yil bo‘ldi”. Gonkongda devordan daraxt o‘sib chiqqan. Tomdan o‘sib chiqqan ushbu o‘simlik orolni esga soladi. Ushbu qo‘ziqorin Bruklindagi bino devoridan o‘sib chiqqan. Bu daraxt yo‘l belgisi stolbasidan o‘sib chiqqan. O‘simlikdan o‘sib chiqqan qo‘ziqorinlar. Mazkur kungaboqar devordan o‘sib chiqqan. Bunisi esa kanalizatsiyadan… Mana bu kanalizatsiyadan bo‘lsa, butun boshli palma o‘sib chiqqan. Mashinalar to‘xtash yeridan o‘sib chiqqan tarvuz. Belkurakning ushlagichidan o‘t o‘sib chiqqan. “Bizning idishlarni quritish uchun qo‘yadigan “sushilka”mizdan kichkina o‘simlik o‘sib chiqa boshladi”. Mazkur o‘simlik bir gramm ham tuproq bo‘lmagan suvli bochkadan o‘sib chiqdi. Tok o‘tadigan tarmoqqa osilib qolgan oyoq kiyimdan ham o‘simlik o‘sib chiqqan. Eski va xaroba bino ichida o‘sib chiqqan qirqquloq. O‘saman desa, tarnovda ham o‘saveradi. Vodoprovod quvuridan kaktus o‘sib chiqqan.
89
1,536
Foto
“Bunday O‘zbekistonni hali ko‘rmagansiz!”: toshkentlik fotosuratchining ijod namunalari (foto)
Pazandalik kitoblari muallifi va Rossiya kanallaridan biridagi “Kazan Mangal” televizion rukni boshlovchisi Stalik Xankishiyev o‘z blogida toshkentlik fotosuratchi Andrey Kudryashovning O‘zbekiston manzaralari aks etgan suratlarini e’lon qildi. “Bunday O‘zbekistonni hali ko‘rmagansiz! Bu mamlakatga shunday nuqtai nazardan boqish uchun u yerda tug‘ilish va o‘sish, uzoq umr kechirish va donishmandga aylanish, bu o‘lkani tanish va g‘oyatda kuchli sevish kerak”, — deb yozadi bloger. “Ishoning, bular shunchaki manzaralar, portretlar va shahar hayotidan lavhalar emas. Bu yerda har bitta fotosurat obyektiv linzasi orqali emas, Vatanga nisbatan muhabbatga to‘la yurak orqali olingan”, — deb ta’rifladi Xankishiyev suratlarni.
94
725
Foto
Disney multfilmlaridagi malikalar kelin ko‘ylaklari kolleksiyasi sotuvga chiqarildi (foto)
Disney Weddings agentligi, Allure Bridals kelin liboslari saloni bilan hamkorlikda Disney Princess liboslar kolleksiyasini taqdim etdi. Bu haqda Elite daily nashri xabar berdi. Ta’kidlanishicha, kolleksiya Disney multfilmlaridagi malikalar — Bell, Jasmin, Ariel, Pokaxontas, Rapunsel, Tiana, Oppog‘oy, Avrora va Sindrella obrazlaridan ilhomlanib yaratilgan. Cindrella libosi shu nomli multfilmning 70 yilligi munosabati bilan yaratilgan bo‘lib, malikaning billur poyabzalini yodga soluvchi 4600 dan ziyod kristallar bilan bezatilgan. Kolleksiyadan klassik qirollik liboslaridan tortib, qomatni aks ettiradigan turli bichimdagi 16 bejirim libos o‘rin olgan. Har bir libos turli uzunlikdagi shleyf, marvarid va biserlar, tosh va naqshlar bilan bezatilgan. “Dizaynerlardan iborat jamoamiz har bir libos ustida tinimsiz ishladi. To‘plamdagi liboslar Allure va kelinlar uchun sevimli hamda taniqli bo‘lgan va malikalar libosidan ilhomlanib yaratilgan. Disney bilan hamkorlik qilish, ertaklarning reallikka aylanishini kuzatish biz uchun sharaf ”, — deydi Allure Bridals rahbari Kelli Kram. Uzoq kutilgan liboslar to‘plami ikki qismdan iborat. Birinchi asosiy The Disney Fairy Tale Weddings kolleksiyasidan 9 libos o‘rin olgan bo‘lib, undagi boshlang‘ich narx 1200 dollarni tashkil qiladi. The Disney Fairy Tale Weddings Platinum kolleksiyasidagi liboslar narxi esa 3500 dollardan boshlanib, faqatgina Kleinfeld Bridal do‘konlarining Nyu-York va Toronto filiallarida sotuvga qo‘yiladi.
90
1,484
Foto
Fotogalereya: Kameralarning injiqliklari tufayli olingan g‘aroyib suratlar
Suratga olishda nafaqat omadli lahza va fotografning to‘g‘ri qo‘llari, balki kameraning texnik imkoniyatlari ham muhim hisoblanadi. Ba’zan kameraning injiqliklari suratlarni shoh asarlarga aylantiradi. AdMe ana shunday suratlarni taqdim etdi.
74
242
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli suratlarini jamlab, taqdim etdi.
29
64
Foto
Fotogalereya: Zamonamiz monarxlari o‘z nikoh to‘ylarida qanaqa ko‘rinishda bo‘lgan?
Nikoh kuni barcha nigohlar turmush quruvchilarga qaratiladi. Juftlikning liboslariga, ayniqsa, ular qirollik oilasidan bo‘lsa, juda katta e’tibor beriladi. AdMe ana shunday juftliklarga e’tibor qaratdi.
83
202
Foto
Foto: Tarixiy shaxslar hozirgi davrda yashaganida qanday ko‘rinishga ega bo‘lardi?
Rassom Bekka Saladin butun dunyodagi tarixiy shaxslarni hozirgi zamonga qaytaradi. Shuning uchun ham uning Instagram’dagi Royalty Now akkaunti tarix va grafika dizayni ishqibozlariga manzur bo‘lmoqda. Rassomning aytishicha, haykallarga qarab, tarixiy shaxsning portretini yaratish murakkab jarayon. Murakkablik haykallardagi tasvirning noaniqligi ortidan kelib chiqadi. Bir necha soatlik mehnatdan so‘ng rangsiz, sovuq yuz ifodalari his-tuyg‘ular bilan to‘la suratlarga aylanadi. Tarixga qiziqadigan Bekka grafika dizayneri yo‘nalishida ijod qiladi. U tarixiy shaxslar portretini yaratishga bir yildan beri qiziqib qolgan. Quyida uning ijod namunalari bilan tanishish mumkin. Qadimgi Misr malikasi Xatshepsut. Anna Boleyn. Shotlandiya malikasi Mariya. Lui XIV. Chingizxon. Venera Bottichelli. Yekaterina Parr. Simon Bolivar. Shaka ka-Senzangakona Pokaxontas Qirolicha Idia.
82
895
Foto
Fotogalereya: Itini sayrga olib chiqqan yigit daryodan million yillik qush izlarini topdi
Sayrga chiqqan odam tarixiy ahamiyatga ega narsa topaman deb o‘ylamaydi. Agar odamlar e’tiborliroq bo‘lsa, ehtimol bunday imkon ko‘payishi mumkin edi, deya yozadi Travel Ask. Yangi Zelandiyada yashovchi Maykl Jonson yaqinda mana shunday topilmaga guvoh bo‘ldi. U daryo tubida ming yillardan beri saqlanib kelgan qush izlarini topdi. Yigit suvda qush iziga o‘xshash narsani tasodifan ko‘rib qolganida itini aylantirib yurgan edi. Yaqinroq kelib qaraganda, izlar bir emas, bir nechta katta jonzotniki ekani ma’lum bo‘lgan. U paytda Maykl buni u qadar muhim deb o‘ylamagan, shunchaki telefonida suratga olib, muzey xodimlariga ko‘rsatgan. Muzey xodimlari esa bu topilmaga u kutganidan ko‘ra ko‘proq e’tibor berdi. Unga tarixiy ahamiyatga ega topilmaning suratini olib kelganini aytishdi. Tez orada daryoda qazilma ishlari boshlanib ketdi. Izlarning hajmi 30x30 santimetr chiqdi.
89
877
Foto
Foto: Ozarbayjon bilan imzolangan tinchlik bitimiga qarshi norozilik bildirayotgan armanlar
11-noyabr kuni ham Yerevanda Ozarbayjon bilan imzolangan tinchlik bitimiga qarshi norozilik namoyishlari davom etdi. Muxolifat bosh vazirning iste’fosini va Tog‘li Qorabog‘da qo‘ldan chiqarilgan hududlarning qaytarilishini talab qilmoqda. “Kommersant” nashri Armaniston poytaxtidagi norozilik namoyishlariga oid suratlar bilan bo‘lishdi. Yerevan markazidagi “Ozodlik” maydonida o‘tkazilgan norozilik namoyishi aksiyasiga mingdan ortiq odam chiqdi Namoyishchilarning talabi avvalgidek qolmoqda. Muxolifat Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini va Ozarbayjon bilan imzolangan bitimni bekor qilinishini talab qilmoqda Namoyishchilar To‘g‘li Qorabog‘da urushning to‘xtatilishi va hududlarning berib yuborilishini hukumat tomonidan “xoinlik” deb atamoqda “Ozodlik” maydonida to‘planganlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga kelgan So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, muxolifat mitingida 130 dan ortiq odam qo‘lga olingan Norozilik namoyishini 17 ta muxolifat partiyasi va birlashmasi tashkillashtirgan Namoyishchilar “Ozodlik” maydonidan Armaniston parlamenti binosi tomon harakatlanib, “Nikol — xoin!” deya baqirgan Kuch tuzilmalarining xodimlari parlament binosini qurshab olgan Kechga borib politsiya bilan to‘qnashuvlar kamaygan, biroq ko‘chalardagi odamlar soni ortgan Aksiyadagi ishtirok etganlarning umumiy soni 5 mingdan oshgan Yerevandagi norozilik namoyishi ishtirokchilarining qo‘lga olinishi Muxolifat Tog‘li Qorabog‘dagi uch tomonlama bitimning qonuniyligini muhokama qilish uchun navbatdan tashqari yig‘ilish chaqirmoqchi Yerevandagi norozilik namoyishi aksiyasi ishtirokchilari va politsiya xodimlari Muxolifat mitingida Qorabog‘ aholisi ham ishtirok etgan. Ularning jurnalistlarga aytishicha, Ozarbayjon bilan tinchlik bitimining imzolanishi, ularni uysiz qoldirgan Armaniston poytaxtidagi norozilik namoyishi ishtirokchilari Kechga borib politsiya qo‘lgan olingan 135 kishining 70 nafarini qo‘yib yuborgan Parlament binosi qarshisida Yerevandagi namoyishchilarning qo‘lga olinishi Armaniston muxolifat kuchlari norozilik namoyishi ishtirokchilarining talablari bajarilishini ta’minlaydigan Milliy qutqaruv qo‘mitasi yaratilishini ma’lum qildi  Tog‘li Qorabog‘da urushning to‘xtatilishi Ozarbayjon va Armanistonda qanday kutib olindi? (foto)
91
2,289
Foto
Fotogalereya: Har bir o‘quvchi uchun yiliga 100 ming yevro to‘lanadigan dunyodagi eng qimmat maktab
Boy odamlar qanday yashashini kuzatish har doim qiziq. AdMe ana shunday hayotni dunyodagi eng qimmat maktab misolida kuzatdi. Institut Le Rosey — Shveysariyada joylashgan tarixiy o‘rta maktablardan biri. U “qirollik maktabi” deb ataladi. 1880-yildan bugungi kunga qadar maktab va uning hududida joylashgan qal‘a bitta sulola tomonidan boshqariladi. Maktabda yozgi va qishki qarorgohlar mavjud. Qishda maktab o‘quvchilarga turli sport turlari bo‘yicha alohida darslar taklif qiladi. O‘quv jarayoni O‘qishdan tashqari o‘quvchilar birgalikda qayiqda sayr qiladi, sayohatga chiqadi, qoyaga chiqish bilan shug‘ullanadi. Mazkur maktab dunyoning istalgan burchagidan keladigan barcha bolalar uchun ochiq. Ota-onalar bolasining o‘qishi uchun yiliga 100 ming yevro to‘lasa, kifoya.
99
783
Foto
Toshkent hayvonot bog‘ida bir qancha jonivor bolaladi
Toshkent hayvonot bog‘ida istiqomat qiluvchi bir qancha jonivorlar ko‘payishgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda hayvonot bog‘ining rasmiy saytida xabar qilindi. “Tuyoqli jonivorlar volyerida — haqiqiy bebi-bum. Tuyalar, lamalar, mo‘ynali qo‘ylar, dog‘li kiyiklar, jayronlar va Nubiya echkilari o‘z farzandlarini emizmoqda”, — deyiladi xabarnomada. Shuningdek, ibislar, baqlanlar, chag‘alaklar va boshqa qushlar tuyoqli jonivorlardan ortda qolmayotgani ma’lum qilindi. Bir necha hafta muqaddam Kanada bo‘risi va chiyabo‘ri ham bolalagan, ammo ularning bolalarini ikki oylardan keyin ko‘rish mumkin bo‘ladi. Yava makakasi, lapunder va sarg‘ish langur bolalarini esa hozirdan kuzatish mumkin.
53
687
Foto
Foto: Kortda tungi soat 3 gacha davom etgan tennis o‘yinini tomosha qilgan muxlislar
17-yanvar kuni tennis bo‘yicha Australian Open turnirining Yoxanna Konta va Garbinye Mugurusa o‘rtasidagi matchi bo‘lib o‘tdi. Mugurusa g‘olib chiqdi, biroq buni ko‘pchilik kuta olmadi, match soat mahalliy vaqt bilan tungi 3:12 da tamom bo‘lgan. Bahs oxirida tribunalarda faqat bir nechta muxlis qolgan, ularning bir qismi esa shu yerning o‘zida uxlab qolgan, deb yozmoqda TJournal. Match bir nechta omil sababli yarim tundan keyin boshlangan. Konta va Mugurusaga qadar erkaklar o‘rtasida ikkita match bo‘lgan va ular cho‘zilib ketgan. Qizlarga taklif qilingan zaxira kortini esa qushlar yomon holatga keltirib qo‘ygan edi.
84
623
Foto
Sobiq futbolchi Raul Manxettendagi o‘zbekistonlikning telefoni kamerasi ishlashini kutdi
Futbol bo‘yicha Ispaniya milliy terma jamoasi va Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Raul Gonsales Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik talaba bilan selfiga tushdi. Bu haqda Raul bilan selfiga tushgan Sherzod G‘aybullayevning o‘zi blogida ma’lum qilgan. Uning yozishicha, Manxetten avenyularidan birida ketayotganida, hamrohi qarshi tarafdan Raul Gonsales kelayotganini ko‘rib qolgan. Sherzod G‘aybullayev hamrohi bilan Raulni to‘xtatib, undan birgalikda suratga tushishni so‘ragan. “Men rasmga olayotganimda, telefonim ozgina pand berdi. Vaqti tig‘iz bo‘lgan futbol yulduzini bir daqiqadan ortiq vaqtini oldim. Do‘stining qistoviga qaramay, kameramning ishlashini kutgan, buning uchun uning o‘zi ham telefonim ekranidagi tugmani bosib ko‘rgan Raulga nisbatan hurmatim ortdi”, — deb yozadi Sherzod G‘aybullayev. Ispaniyalik eng taniqli futbolchilardan biri hisoblangan Raul Gonsales 2015-yil 16-noyabr kuni professional futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi o‘yinni o‘tkazdi va faoliyatini yakunladi. U Madridning “Real” klubidan tashqari, Germaniyaning “Shalke-04”, Qatarning “As-Sadd” va AQShning “Nyu-York Kosmos” jamoalarida ham to‘p surgan.
88
1,137
Foto
Foto: Los-Anjeles tarixidagi eng katta o‘rmon yong‘ini
Kaliforniya gubernatori 1-sentabrda La Tuna Kanon parkida boshlangan o‘rmon yong‘ini sababli Los-Anjeles okrugida favqulodda holat joriy qildi. Yong‘in sababli avtomagistrallar va kichik yo‘llar yopilgan, 700 dan ortiq uyda yashovchi aholi evakuatsiya qilingan. Bu haqda TJournal xabar berdi. Los-Anjeles meri Erik Garsettining ma’lum qilishicha, yong‘in boshlanganidan buyon uning egallagan hududi besh ming akrgacha yetgan. Yong‘in maydoni bo‘yicha okrug tarixidagi eng kattasi sifatida qayd etilgan. Yong‘inni o‘chirishga mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan. Ular yong‘inga qarshi qiya va notekis joylarda kurashishiga to‘g’ri kelmoqda.
54
649
Foto
Makiyaj yordamida lab va ko‘z hajmini kattalashtirgan yulduzlar (foto)
Lab va ko‘z shaklini kattalashtirish yoki urfga moslash uchun doim ham plastik operatsiyaga murojaat qilishmaydi. Bu borada makiyaj yaqindan yordam beradi. Kontur yordamida labga hajm bergan yulduzlar  Jennifer Lopes Zendeya Kardi Bi Emma Roberts Aleksa Demi Jennifer Eniston Rozi Xantington-Uaytli Kayli Jenner Viktoriya Bonya Emili Blant Xloi Kardashyan Lili Kollinz Makiyaj yordamida ko‘zini kattalashtirgan yulduzlar Jennifer Lourens Megan Foks Gven Stefani Jiji Xadid Eshli Benson Yeva Grin Adriana Lima Dita fon Tiz Niki Minaj Kim Kardashyan Rita Ora
70
578
Foto
Ko‘rimsiz ayollar rollari bilan tanilgan 10 sohibjamol (fotogalereya)
Sohibjamol qiz ko‘rimsiz ayol rolini o‘ynayotganda bu shunchalik tabiiy ko‘rinadiki, aktrisaning “ichki” go‘zalligi hech kimning xayoliga ham kelmaydi, bunda gap haqiqiy aktyorlik mahorati haqida bormoqda. AdMe o‘nta mashhur personajning haqiqiy qiyofasini ochib berishga qaror qildi.
69
284
Foto
Foto: Har qanday insonni hayratga soluvchi optik illyuziyalar
Agar siz turli narsalarda yuz, hayvon yoki g‘alati tasvirlarni ko‘rishga moyil bo‘lsangiz, unda siz pareydoliya deb nomlanuvchi ajablanarli hodisaga duch kelgansiz. Bu haqiqiy dunyo tafsilotlari asosida xayoliy tasvirlarni shakllantiradigan vizual illyuziyaning bir turi hisoblanadi. Quyida shunday tasvirlardan misollar tomosha qiling. Tog‘ tizmasida kaltakesak shaklidagi qor. “Muzlik davri” multfilmidagi yalqov Sitmi? Qo‘rqoq chiroqyoqqichlar Chigirtka tanasidagi ko‘zoynak taqqan sher tasvirini payqadingizmi? Kaptarning g‘ayrioddiy avtoportreti Tuxumdan chiqqan shilliqqurt Ajdar-daraxt Ajdarning kalla suyagi “Bizni qo‘yib yuboringlar!” Qorni xush ko‘ruvchi avtomobil Choy ko‘pigidan hosil bo‘lgan mushukcha Tog‘ tizmasida aks etgan inson yuz shakli “Moydodir” multfilmi qahramoni
61
799
Foto
Hashamatli 4 shaxsiy samolyot. Ular orasida Alisher Usmonovning “Burhon”i ham bor (foto)
Mport nashri dunyodagi eng hashamatli shaxsiy samolyotlar borasidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Ular orasidan asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovning “Burhon”i ham o‘rin olgan. Boeing 747-8 Uzaytirilgan fyuzelyajga ega ushbu Boeing Yaqin Sharq mamlakatlaridan birining rahbariga tegishli. To‘rt motorli ikki palubali avialayner ichi — haqiqiy saroy. U yerda hashamatli yotoqxona, ulkan oshxona va taniqli bosh oshpaz, chill-out zonasi, kabinet, anjuman zali va mehmonlar uchun maxsus yotoqxona mavjud. Bularning barchasiga tilla bilan ishlov berilgan. 600 kishini sig‘dira oladigan 448 tonnali samolyot bir necha o‘n kishi uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning konsturksiyasiga 400 million funt sterling sarflangan. Airbus A380 Custom Ushbu samolyot haqida bilish kerak bo‘lgan dastlabki narsa — unda ikkita Rolls-Royce sig‘adigan garaj, konsert zali, otxona va qirg‘iylar uchun maxsus xona borligi. Mazkur samolyot Saudiya Arabistonining amaldagi podshohining jiyani shahzoda Al-Valid bin Talyalga tegishli. To‘rtta turboventilayatorli motorga ega uchar saroyning balandligi 24, uzunligi 73 metrga teng bo‘lib, marmar hammom, ulkan yotoqxona, taxt zali va sport spa-markaziga ega. Shahzoda ushbu samolyotni 2016-yilda 488 million dollarga sotib olgan. Airbus A340-300 Custom Agarda siz milliarder Alisher Usmonov bo‘lsangiz, oddiy biznes-klassda uchish yaramaydi. Ulkan shaxsiy samolyot kerak, masalan, 220 million dollarlik Airbus A340. Mazkur samolyot jigarrangga bo‘yalib, unga milliarderning otasining ismi — Burhon — berilgan. Boshqa qimmatbaho samolyotlardan farqli o‘laroq, “Burhon” yangiligida sotib olingan va bir marta havoga ko‘tarilish orqali 14 ming kilometr uzoqlikka ucha oladi. Boeing 747-430 Mazkur samolyotni Bruney sultoni Hassanal Bolkiax Lufthansa’dan 100 million dollar evaziga xarid qilgan. Sulton samolyot ichini to‘ldirish uchun yana shuncha mablag‘ sarflagan.  Dunyo prezidentlarining 20 ta eng qimmatbaho samolyoti (fotogalereya) Bu yerda toza oltindan ishlangan rakovina, fransuz qandillari, tabiiy charm qoplamali va zarhal yog‘ochdan yasalgan shponlar mavjud.
88
2,126
Foto
Qashqadaryoda yoqqan qalin qor, Indoneziyadagi buqalar poygasi, Parij moda haftaligi — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Shotlandiyaning Glazgo shahridagi musiqa festivalining ochilish marosimi. “Viktor & Rolf” liboslarining Parij moda haftaligida namoyishi. Indoneziyaning Sulavesi orolida arava qo'shilgan buqalar poygasi bo'lib o'tdi. O'tgan haftada Turkiyaning bir qator hududlarida qalin qor yog'di. Suratda Istanbul. Vengriyada elektr simlariga qo'nib turgan kabutarlar. Chexiyadagi Evroosiyo boyo'g'lisi. Chexiyada hayvonot bog'idagi zebralar. Bavariyada quyosh chiqishi. Gaunjouda safari parkidagi egizak oq yo'lbarslar. Florida uzra quyosh botmoqda. Qashqadaryo viloyatining ayrim hududlarida qalin qor yog'di. Qashqadaryo viloyatining ayrim hududlarida qalin qor yog'di. Qashqadaryo viloyatining ayrim hududlarida qalin qor yog'di.
102
781
Foto
Britaniya va Amerikadagi ingliz tilining farqlari
ADME Britaniya va Amerikada qo‘llaniladigan ingliz tilining farqlarini rasmlar orqali ko‘rsatib berdi.
49
102
Foto
Fotogalereya: Chernobilda yashayotgan hayvonlar
Yaqinda Chernobildagi laboratoriyalardan birining biologi 1986-yilda insoniyat tarixidagi eng dahshatli halokatlardan biri yuz bergan hududga hayvonot olami vakillari qaytayotganini aniqladi. Biolog Sergey Gashak tomonidan bir necha yil davomida maxsus kameralar yordamida olingan tasvirlar Chernobil halokati ostidagi hududlarda yovvoyi hayvonlar yashay boshlaganini ko‘rsatdi. TravelAsk ana shu suratlardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
47
439
Foto
O‘rnak olsa arziydi: jonivorlar masofa saqlashni bilishini isbotlovchi suratlar
Koronavirus pandemiyasi davrida odamlar uyda o‘tirishiga to‘g‘ri kelmoqda, jamoat joylarida esa masofa saqlash tavsiya etilmoqda. Biroq hamma ham bu qoidaga rioya qilmayapti. Vaholanki, jonivorlar ham hozirgi paytda masofa saqlash qanchalik muhimligi bo‘yicha o‘rnak ko‘rsatmoqda.Esquire nashri jonivorlarning ijtimoiy masofa saqlayotgani aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.
79
374
Foto
Fotogalereya: Qadimgi dunyoning 7 mo‘jizasi qanday ko‘rinishda
Bugungi kunda sayohatga otlangan istalgan kishi avval internetga nazar tashlaydi. Bu bilan u diqqatga sazovor joylarning reytingini, u haqida boshqa sayyohlarning fikrini, qayerga borishi ma’qulligini bilib oladi. Bugungi kunda “Dunyoning yetti mo‘jizasi” deb tanilgan sayyohlik markazlarining ro‘yxati ana shu maqsadda tuzilgan. Bu ro‘yxat o‘zida miloddan avvalgi 1-va 2-asrga oid inson tasavvuri va topqirligining ajoyib misollarini, mukammal me’morchilik va muhandislik, turli yunon yozuvchilari tomonidan yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida qurilgan mayoqni jamlagan. Lekin siz endigi ta’tilingizda mana shu yo‘nalishga qarab safar qilsangiz, hafsalangiz pir bo‘ladi. Ulardan faqatgina Misr ehromlari — Giza piramidasi vaqt zarbalariga qarshi turib, bugungi kungacha yetib keldi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan Budget Direct me’morlik byurosi ushbu ehromlarning 3D suratini ishlab chiqdi, Travel Ask esa ularni omma e’tiboriga taqdim etdi. Qadimgi yunonlarning quyosh xudosi Geliosning bronzadan ishlangan ulkan haykali miloddan avvalgi 280-yilda qurilgan. Afsonaga ko‘ra ushbu haykal 32 metr balandlikni tashkil etgan. 56 yildan so‘ng zilzila haykalni yakson qilgan. Miloddan avval 4-asrda Rodos oroliga hujum qilingan. Biroq, erksevar rodosliklarning mardona qahramonliklari tufayli ular hujumchi kiprliklar ustidan g‘alab qozongan. Ushbu g‘alabadan xotira qoldirish uchun mudofaachilar dunyoda eng katta haykal o‘rnatmoqchi bo‘lgan. Rodoslik Koloss (yunonlar baland haykalni shunday atashgan) nomi bilan mashhur bo‘lgan bu haykal 12 yil davomida qurilgan.  Maydonda bronzadan yasalgan o‘spirinning qiyofasi qad ko‘targan. Bu qadimgi yunonlarning Quyosh xudosi — Geliosning tasviri bo‘lib, orol aholisi bu xudoni o‘zlarining homiylari deb hisoblagan. Rivoyatlarga qaraganda, Rodos oroli dastlab dengiz ostida bo‘lgan, uni yorug‘likka Quyosh xudosi Gelios olib chiqqan. Shu sababli Rodos orolini Gelios oroli deb ham ataladi. 19-asrgacha insoniyat Gizadagi piramidadan ham balandroq bino qura olmagan. Ushbu piramida 4000 yildan ortiq vaqt dunyoning eng baland binosi bo‘lib qoldi. Miloddan avvalgi 2560-yilda Qadimgi Misr ahli balandligi 147 metr bo‘lgan piramidani qurib, Misrning marhum fir’avni Xufuni joyladi.  Xufu ehromining har bir tomoni 233 metrga teng, atrofini bir marta aylanib chiqish uchun bir kilometrga yaqin yo‘l bosish kerak. Har bir plitaning og‘irligi ikki tonnaga yaqin. Bobil shohi Navoxodonosor tomonidan miloddan avvalgi taxminan 600-yilda barpo etilgan. Bobil osma bog‘lari tog‘ga ayvon usulida qurilgan. Qadimgi tarixchilarning xabar berishicha, o‘sha paytlarda Bobil buyuk davlat bo‘lib, o‘zining devorlari, saroy, qasr va dahmalari bilan mashhur bo‘lgan. Osma bog‘lar ustun qilib yuqoriga ko‘tarilgan bir nechta ayvonlardan tashkil topgan. Ularning balandligi 24 metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o‘sgan va ular Frot daryosi suvi bilan sug‘orilgan. Bu bog‘lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahri — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo‘lgan. Samoviy bog‘larning yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida nomi bilan bog‘lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan bunyod etilgan. Mukammallikning namunasi bo‘lgan mayoq Misrda miloddan avvalgi IV asrning oxiri III asrning boshlarida Prolemey Ining buyrug‘iga ko‘ra qurilgan. Binoning balandligi 100 metrdan oshgan va u ko‘p yillar davomida dunyoning eng baland binolari reytingida uchinchi o‘rinni egallab kelgan. Ammo XII va XVI asr oralig‘ida bo‘lgan zilzilalar sabab, vayron bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan uning o‘rnida o‘rta asr qal’asi qurilgan. Bugungi kunda ko‘hna joy sifatida xizmat qiladigan ulkan xonani tasvirlaydigan “maqbara” so‘zi aslida shunchaki ism bo‘lgan. Bu ism Karya shohining ismi bo‘lib, u uchun ilk marotaba ulkan, juda murakkab qabr qurilgan. 45 metrli nufuzli maqbara hozirgi Bodrum hududida joylashgan bo‘lib, miloddan avvalgi  350-yilda qurilgan. Misr, yunon va likiya haykaltaroshligi bilan bezatilgan hashamatli oq marmar janoza yodgorligi XIII asrda yuz bergan bir necha zilzilalar qurboni bo‘ldi. Noyob yog‘ochlardan, tilladan, fil suyagi va qimmatbaho toshlardan ishlangan mahobatli 13 metrli Zevs haykali Olimp tog‘ida miloddan avvalgi 430-yilda qurilgan. Ammo u uzoq vaqt insonlarni hayratga sololmadi. 425-yilda bo‘lgan yong‘inda haykal vayron bo‘lgan. Kichik Osiyoda joylashgan bu ibodatxona miloddan avvalgi 356-yilda qurilgan. Artemida qadimgi Rimda Diana nomi bilan mashhur bo‘lib, ov ilohasi bo‘lgan. Ushbu iloha sharafiga Efesda (hozirda Turkiyada) miloddan avvalgi VI asrda ibodatxona qurilib, yonib ketgandan keyin miloddan avvalgi  356-yilda qayta tiklangan. Arxeologlarning aytishicha, ibodatxona uzunasiga 104 metr, yonmachasiga 50 metrni tashkil etgan. Uning tosh ustunlari esa 18 metrdan baland bo‘lgan.
62
4,800
Foto
Afroamerikalik albinos qizcha moda olamini zabt etmoqda (foto)
Ava Klark ismli yosh model o‘zining g‘aroyib tashqi ko‘rinishi bilan butun moda olamiga mashhur bo‘lib ketdi. 8 yoshli afroamerikalik qizcha albinizm xastaligiga chalingan. Bu kasallik organizmda teri va soch rangi, ko‘z rangdor pardasining tusi uchun javob beradigan melanin pigmentining bo‘lmasligi bilan tavsiflanadi. Ava Klark bir qancha yirik modalar agentliklarining diqqatini o‘ziga tortdi. Bular orasida Vogue, BOOM va Denim bor, deb xabar beradi Big Picture. Avaning hayoti bir tekis kechmagan. Ikki oyligida shifokorlar qizcha genetik sabablarga ko‘ra so‘qir bo‘lib qolishini aytgan edi. Ammo bu taxminlar o‘zini oqlamadi. Ava oddiy maktabga boradi va ko‘zoynak taqib yuradi. Ava onasi bilan. Ava Vogue’da. Birinchi professional fotosessiya. Ava 3 yoshda. Ava akasi bilan. Hozir Ava, yosh bo‘lishiga qaramay, juda omadli model hisoblanadi. Moda biznesi bilan band bo‘lmaganida qizcha gimnastika, balet va mutolaa bilan mashg‘ul bo‘ladi.
62
955
Foto
Janubiy Koreyaning birinchi kosmik raketasi namoyish etildi
Janubiy Koreyaning birinchi kosmik raketasi modeli taqdim etildi. Bu haqda «Yonhap» xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, qurilma ustida ishlash jarayoni 2010 yilda boshlangan. Hozirda esa 2021 yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan ilk parvozdan oldingi sinovlarning soʻnggi bosqichi davom etmoqda. Qayd etilishicha, sinovlar raketaning yonilgʻi baklarini zaryadlash va uchirish maydonchasidan ajralib chiqish kabi bosqichlarni qamrab oladi. Ma'lumotlarga koʻra, ishlab chiqilishiga ikki million von (1,8 milliard dollar) ajratilgan «Nuri» deb nomlangan birinchi kosmik qurilma Koxindagi Naro kosmik markazidagi uchirish maydonchasiga oʻrnatilgan boʻlib, 200 tonnalik raketa 1,5 tonna ogʻirlikkacha boʻlgan sun'iy yoʻldoshni tashiy oladi. Avvalroq Janubiy Koreya olimlari kuchli lazer yaratgani ma'lum qilingan. Shuningdek, mamlakat Oyga qoʻnish uchun raketa ishlab chiqishi xabar berilgandi.
59
889
Foto
“Zakovat”da qatnashgan Prezident, Ispaniyada otilgan vulqon, Marokashdagi poygachi — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Chexiyaning Trebon shahridagi baliqchilar Polshaning Prjemisl shahridagi sovuq tong Germaniyaning Shtukenbrok shahridagi safari bogʻidagi jirafa bolasi Marokashdagi xalqaro poyga ishtirokchisi Nepalning Sanxa shahridagi Dashain festivalida argʻimchoq uchayotgan qiz Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga safari chogʻida «Zakovat» oʻyinlariga tashrif buyurdi. Londonning janubi-gʻarbiy qismidagi Richmond Parkdagi bugʻu Boltiq dengizining Germaniya sohillari Ispaniyaning Palma orolida Kumbre Vexa vulqoni otilishi «Novaya gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratovning Nobel mukofotiga loyiq koʻrilganidan soʻng Moskvada kutib olinishi
100
701
Foto
Fotogalereya: Oliy darajadagi ijodkorlik ishlatilgan reklamalar
Kino ko‘rib o‘tirganingizda to‘satdan reklama chiqib qolishi yoqimsiz, albatta. Ammo marketologlar shu qadar ijodkorlik bilan ishlamoqdaki, reklamaga beixtiyor e’tibor berasiz. AdMe ana shunday rekalamalar bilan bo‘lishdi.
63
222
Foto
Fotogaleraya: Hayvonlarga nisbatan xushmuomala bo‘lishdan uyalmaydigan mashhurlar
AdMe o‘zining tashqi ko‘rinishi vajohatli bo‘lsada hayvonlarga nisbatan iliq munosabatda bo‘ladigan mashhurlarning suratlarni to‘plab taqdim etdi. Lasse Matberg, Norvegiya qirollik harbiy floti ofitseri o‘zining yangi do‘sti bilan Parker Egerton, sportchi va onlayn-murabbiy Kora laqabli iti bilan Ayron Nik, italiyalik model va meyn-kun Andre Xamann, germaniyalik model, We Are Freaks brendining egasi o‘zining Daplo laqabli kuchugi bilan Kelli Land, koloradolik suratkash va Loki laqabli it Kris Pasechnik, madridlik aktyor va model o‘zining Gizmo laqabli qora mushugi bilan Vito Pepe, italiyalik insta-bloger va Udini laqabli quyon Mayk Tayson va kabutar Xyu Jekman o‘zining Allegra va Deli laqabli itlari bilan Oralndo Blum Mayti laqabli pudeli bilan Tom Xardi o‘zining kuchugi bilan
81
797
Foto
Mohiyatini anglash uchun yaqinlashtirib ko‘rish istagini uyg‘otuvchi suratlar
Ba’zan nima tasvirlanganini bir qarashda tushunib bo‘lmaydigan suratlar mavjud. Ammo ularni sinchiklab tomosha qilgandan so‘ng o‘zgacha taassurot paydo bo‘lishi shubhasiz. “Xizmat safariga bordim. Xonada meni mehmon kutib oldi va tuni bo‘yi birga uxladik”. Qor maydonida oq formali futbolchilar. Suratga ko‘ra, yana bir shahar suv ostida yashiringanga o‘xshaydi. Stomatologiyaga kirish oldidagi asl butalar. “Mening lego daraxtim pushtirang qurbaqa bilan gullaydi”. “Kitoblarni joylashtirgan sotuvchi mukofot puli olishiga umid qilaman”. “Aftidan, kimdir meni ta’qib qilayotganga o‘xshaydi”. Ular qayergadir yo‘l olgani aniq. “Termometr yaqinda tugaydi”. “O‘sha kuchuk mening ovqatimga juda qiziqqanga o‘xshaydi”. Qor mashinaning old oynasidan shunday ko‘rinishda siljidi. “Oladyega o‘xshaydigan qo‘ziqorinlar”. “Rafiqam bolalar xonasiga kirib, uni ko‘rib qoldi”. Pitssa xamirining markazida glyuten tolalari yig‘ilgan. “Magnitni barmoq uchlariga joylashtirganman”. “Mashina burilishi vaqtida ikkita ajoyib yurakcha qoldirdi”. Bunday rangga bo‘yalgan quvur interyerni yanada bezaydi. “Bugun sayr vaqtida menga oq-qora olmaxon ergashdi”. Mushuk ko‘rinishidan juda xavotirlanganga o‘xshaydi. “Idish oyna kabi tovlanib, chipslarni yoqib yubordi”.
77
1,262
Foto
Fotogalereya: Xo‘jalik ishlarining “innovatsion” yechimlari
Biror ish qilish kerak bo‘lganda kishilar uni amalga oshirishning oson, qulay va tez usulini izlaydi. AdMe ana shunday usullar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
59
160
Foto
Rimdagi tinchlik ramzi bo'lgan graffiti, Petropolisdagi suv toshqini talafotlari, Nyu-Yorkdagi moda haftaligida Michael Kors kollektsiyasi namoyishi — 16 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Rim shahridagi Rossiya va Ukraina elchixonalari oldida tinchlik ramzi bo'lgan graffitilar chizildi. Petropolisdagi suv toshqini talafotlari oqibatida 6 kishi vafot etdi. Nyu-Yorkdagi moda haftaligida Michael Kors kollektsiyasi namoyishi. Vetnamning xanoy shahrida harbiy chaqiriq joriy etildi. Peruda neft oqishi oqibatlari bartaraf etilmoqda. Nepal poytaxti Katmanduda namoyishchilar va politsiyachilar to'qnashuvi. Ukrainada Birlik kuni nishonlandi. Gonkongda eng katta havorang brilliant kimoshdi savdolarida sotildi. Suriyaning Halab shahrida hujum natijasida 4 kishi vafot etdi. Rossiyaning “Dmitriy Rogachev” nomli kemasi Bosfor orqali Qora dengizga qarab suzmoqda.
170
732
Foto
Eski narsalardan voz kechishni istamay, ulardan yangilik yaratgan insonlarning ijod namunalari (foto)
Ba’zi odamlar eskirgan buyumlarni chiqindiga chiqaradi. Yana boshqalar uchun esa eski jihozlar qadrli va ulardan osonlikcha voz kechmaydi. Shuningdek, buyumlarning umri tugagan bo‘lsada, ularga ikkinchi hayotni baxsh etadi. Va ba’zida bunday o‘zgarish natijasida asl nusxadan ham ko‘ra ko‘proq jozibali va funksionalroq ijod namunalari dunyoga keladi. “60-yillarning choyshabidan ko‘ylak tikdim”. “Juda ham eski pianino topdim va uni tashlab yuborishga ko‘zim qiymadi”. “Nemis kompaniyasi eskirgan kartalardan konvertlar yasaydi. Men mijozlarimga hisob-fakturalarni shunday konvertda yuboraman. Bu ularga yoqadi”. Vintaj televizor uchun yangi hayot. “O'rta asrlar uslubidagi eski ko‘ylakdan 4 kun ichida yubka tikdim”. Bu o‘rindiqlar yanada yaxshiroq ko‘rinishga keldi. “Cho‘zilgan va eski kiyimlardan gilam to‘qidim”. “Men sovunli idish sotib olishni xohlamadim. O‘z qo‘llarim bilan 5 ta plastik paketdan yasadim”. “Men bu stulni temir-tersak uyumidan topdim”. Ko‘zni qamashtiradigan ziraklar. “Eskirgan sviterlardan yumshoq o‘yinchoqlar to‘qishni yaxshi ko‘raman”. “Kimdir uyim tashqarisida ishlatilmaydigan telefon budkasini kutubxonaga aylantirdi”. Mening eski velosipedim ko‘ylak osgichga aylandi. “Eski lampalar o‘simlik tuvagi sifatida ishlatildi”. “Onam eski chamadondan ish stoli yaratdi”. “Yaroqsiz holga kelgan chamadondan ajoyib jihoz paydo bo‘ldi”. “Yangi uy bilan birgalikda ushbu o‘rindiq ham keldi”.
101
1,431
Foto
Luytla-Duymun — Farer arxipelagidagi yagona kimsasiz orol (foto+video)
Farer arxipelagi tarkibiga kiruvchi, maydoni 0,8 kvadrat kilometrga teng Luytla-Duymun oroli hech qachon odamlar bilan to‘lib toshmagan: u yerda resusrlar juda kam. 414 metrli tepalikning qiyaliklari to‘g‘ri sovuq to‘lqinlarga borib tutashadi, deb xabar berdi National Geographic. Luytla-Duymun skandinaviyaliklarga o‘rta asrlardayoq ma’lum bo‘lgan. 1852-yilga qadar u Daniya qirolligiga tegishli bo‘lgan va keyinchalik qo‘shni Suvuroy orollarining aholisiga sotib yuborilgan. Natijada orolda qachonlardir yashagan sut emizuvchilarning yagona turi yo‘q bo‘lib ketdi: yovvoyi qo‘ylar. Bugungi kunda Luytla-Duymun o‘tloqlarida yurgan qo‘ylar — xonakidir: fermerlar ularni iliq mavsumlarda olib kelishadi. Turizmning rivojlanishi bilan orol odamlar e’tiborini ko‘proq jalb qila boshladi (u yerga tashrif buyurish qiyinligiga qaramay). Faqatgina tinch ob-havo sharoitida uning qirg‘oqlari bo‘ylab sayr qilish, undan keyin qo‘ylarning egalari tomonidan tortilgan arqonlar yordamida tepaga tirmashib chiqish mumkin. 1918-yilda kimsasiz Luytla-Duymun oroli o‘z qirg‘oqlarida halokatga uchragan “Kasper” kemasining olti nafar dengizchisi uchun boshpanaga aylangan. Jamoa bir juft qo‘y va qushlarni ushlab, suvuroyliklar yordamga kelguniga qadar 17 kun yashashga muvaffaq bo‘lgan. Luytla-Duymunda uyali aloqa, elektr ta’minoti va internet bo‘lmaganligi sabab ba’zida odamlar bu yerga sokinlik istab tashrif buyuradi.
70
1,410
Foto
Tun qo‘ynidagi Namangan (fotoreportaj)
O‘zA tungi Namangan shahri aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.
38
62
Foto
Foto: Niderlandiyadagi muzlagan ko‘llar ustida sayr qilayotgan odamlar
Niderlandiyada kuzatilgan sovuq ob-havo tufayli kanallar va ko‘llar muzlab qoldi. Odamlar muz ustida sayr qilmoqda, konkida uchmoqda, deb yozadi BBC News. Mahalliy hukumat aholidan o‘z atrofidagi hududlarda sayr qilishni, koronavirus pandemiyasi sharoitida guruh-guruh bo‘lib to‘planmaslikni so‘radi.
70
300
Foto
Fotoreportaj: “Mirza Yusuf” jome masjidida Laylatul Qadr kechasi
Facebook’dagi “Mehrob.uz” sahifasi “Mirza Yusuf” jome masjidida Laylatul Qadr kechasidagi Qur’oni karim xatmonasidan fotolavhalarni taqdim qildi.
64
145
Foto
Yoqib yuborilgan mashinalar, yiqitilgan Nazarboyev haykali, politsiya bilan to'qnashuvlar. Qozog'istondagi namoyishlar — suratlarda
Bir necha kundan buyon qo'shni Qozog'istonda norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda. Voqealar haqida saytimizda ham batafsil xabarlar berib borilmoqda. O'zbekiston ham bu borada o'z bayonotini e'lon qildi. “Bugun suratlari” ruknining bugungi sonini Qozog'istonda yuz berayotgan namoyishlarga bag'ishlaymiz. Namoyishchilar Nursulton Nazarboyev haykalini yiqitdi. Yerda yotgan politsiya himoya qalqoni. Politsiyaga qarshi jonli devor hosil qilgan namoyishchilar. Namoyishchilar harbiy mashinalarning yo'lini to'sib qo'ymoqda. Politsiya namoyishchilarni hibsga olmoqda. Namoyishchilar yo'llardagi avtomobillarga o't qo'yib yubordi. Politsiya va namoyishchilar o'rtasida jiddiy to'qnashuvlar ham yuz bermoqda. Bir qator hukumat binolari ham yoqib yuborildi.
131
753
Foto
Keniyada “fillar malikasi” halok bo‘ldi (foto)
Keniyaning Savo milliy bog‘idagi savannada 60 yildan ortiq vaqt davomida F_MU1 nomi bilan mashhur bo‘lgan fil halok bo‘ldi, deb yozadi BBC. U Afrikadagi tishlarining uzunligi yergacha yetib boruvchi eng oxirgi fillardan biri edi. Britaniyalik suratkash Uill Berrard-Lukas fil vafot etgunga qadar uni bir necha marta suratga olgan. “Agar fillarning o‘z malikasi bo‘lganida, aynan shu fil bu nomga loyiq bo‘lar edi”, — deydi suratkash. Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Afrikada bunday fillar 30 tadan kam qolgan.
46
511
Foto
Yo‘qolib borayotgan qabilalar turmushidan fotolavhalar
Fotograf Jimmi Nelson yulduzlar, modellar va mashinalardan ko‘ra teri yopingan, boshiga pat qadagan odamlarni suratga olishni yaxshi ko‘radi. U Chukotkadan Papua Yangi Gvineyagacha bo‘lgan yerlarni 3 yil aylanib, yo‘qolib borayotgan qabilalar vakillarini suratga oldi. AdMe britaniyalik sayohatchi va fotograf Jimmi Nelsonning kam o‘rganilgan, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan kam sonli qabilalar haqidagi “Ular g‘oyib bo‘lishidan oldin” nomli fotoloyihasini taqdim etdi. Goroka Istern-Xaylends viloyatining poytaxtidir. Shahar atrofida yashaydigan tub aholi vakillari haligacha ruhlarga ishonadi va tabiat mo‘jizalariga topinadi. Ularning asosiy quroli yoy va ramziy ma’noga ega tumorlardir. Har yili bu yerda Goroka-shou o‘tkaziladi. Unda mintaqaning 100 dan ortiq qabilasi vakillari tomoshabinlarni raqslari, qo‘shiqlari va an’analari bilan tanishtirib boradi. Xuli qabilasi ovchilik bilan kun ko‘radi. Erkaklar asosan ov bilan shug‘ullansa, ayollar fermer xo‘jaligini yuritadi. Sayyohlar ular yaratgan bog‘-rog‘lardan hayratga tushadi. Xuli erkaklari yuzini sariq, qizil va oq ranglarga bo‘yab, bu bilan raqiblarni sarosimaga solishga urinadi. Qabilaning o‘ziga xos an’anasi o‘z sochlaridan parik yasashdir. Bu qabila erkaklari ham ovchilik bilan shug‘ullanadi, ayollari esa qishloq xo‘jaligida band. Qabila bolalari voyaga yetgach, ularning burunlari teshiladi va yuzlarini bo‘yashga ruxsat beriladi. Erkaklar badanini bezashda karkidon qushning tumshug‘idan yasalgan marjonshodalardan, turli bo‘yoqlar va patlardan foydalanadi. Asaro mintaqaning eng sirli qabilalaridan biridir. Uning vakillari tanasini oq loy bilan qoplashi, maxsus sopol niqoblarda yurishi bilan mashhur. Niqoblar papuaslarning ruhlar haqidagi tasavvurlariga monand: quloqlar, dandon tishlar, shoxlar, g‘ayritabiiy joylashgan og‘iz. Maori an’anaviy san’atining asosiy yo‘nalishlari raqs, amaliy san’at, afsonalar, tatuirovka va muloqotdan iborat. Qabila vakilining ijtimoiy maqomi uning badaniga tushirilgan suratlarda aks etadi. Xaka harbiy raqsi maorilarning eng mashhur an’analaridan biridir. Maorilar turli xudolar va ruhlarga sig‘inadi. Ular ilohiy mavjudotlar qiyin pallalarda yordamga kelishiga ishonadi. Chukcha qabilasi erkaklari ovchilik bilan shug‘ullanadi, shuningdek, shimol bug‘ularini parvarishlaydi, ayollari uy-ro‘zg‘or va tikish-bichish ishlari bilan band bo‘ladi. Chukchalar suyaklar va morj tishlaridan o‘ymakorlik usuli bilan san’at asarlari yaratadi. Chukchalarda mehmondo‘stlik va bag‘rikenglik eng muhim qadriyat hisoblanadi, shu bois bu olis sovuq o‘lkaga kelib qolgan sayyohlar ko‘chada qolib ketmaydi. Sobiq Lo qirolligi tarixiy, madaniy va diniy nuqtai nazardan Tibet bilan bog‘liq bo‘lsa-da, bugun Nepal tarkibidadir. Mahalliy aholi vakillarining ko‘pchiligi bugungi kunga qadar dunyoning yassiligiga, kasalliklarni esa yovuz ruhlar keltirib chiqarishiga ishonadi. Katta farzand mol-mulk merosxo‘riga aylanganida kenja farzand ibodatxona xizmatiga yuboriladi. Bu qabila Hindistonga Erondan ming yillar muqaddam ko‘chib kelgan, degan qarash bor. Hozir u Gujorot va Rojaston viloyatlarida istiqomat qiladi. Rabari erkaklari poda boqadi, ayollari esa tikuvchilik va uy ishlari bilan shug‘ullanadi. Rabarilarning butun tanasi tatuirovka bilan qoplanadi.
54
3,282
Foto
Fotogalereya: Gollivudning oltin davridagi xushbichim aktyorlar
Gollivudning oltin davri — bu aktyorlardan faqatgina kadrda chiroyli ko‘rinishi emas, balki tabiatan iqtidorli bo‘lishi ham talab etilgan davr. Bu davr 1927-yilda ilk ovozli film “Jaz qo‘shiqchisi” lentasi bilan boshlanib, 1950-yillargacha davom etgan. AdMe nashri ko‘chada uchratib, kinostudiyaga olib kelinib, joyida yo‘l-yo‘riq berilgan aktyorlarning suratini yig‘di. Ularning ko‘pchiligi o‘z davri uchun kelishgan yigit edi, balki kelajak avlodlar uchun ham o‘rnak bo‘lishga arziydi.
63
487
Foto
Fotogalereya: Luxu — dunyodagi eng g‘amgin mushuk
Xitoyda Meggi Lyu xonadonida yashaydigan Luxu laqabli mushuk juda g‘amgin tashqi ko‘rinishga ega ekanligi bilan mashhur. Uning Instagram’dagi sahifasini 135 ming odam kuzatib boradi. TravelAsk “g‘amgin” Luxuning eng ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
49
255
Foto
Fotogalereya: Amalga oshirilgan orzulardagi ixtirolar
Ba’zan biror kerakli buyumni orzu qilishga ulgurib bo‘lmaydi — u allaqachon ixtiro qilingan bo‘ladi. AdMe ana shunday ixtirolarga e’tibor qaratdi.
53
146
Foto
Foto: “Yulduzlar jangi” uslubidagi Disney xiyoboni
Disney kompaniyasi AQShning Kaliforniya va Florida shtatlarida “Yulduzlar jangi” filmiga bag‘ishlangan bog‘lar quradi. Ularni 2019-yilda ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi. Kaliforniyadagi bog‘ o‘ylab topilgan va hanuzgacha filmlarda ko‘rinmagan Batuu sayyorasiga bag‘ishlanadi. Uning qurilishi 2016-yilning aprel oyida boshlangan. Butun loyihaning qiymati taxminan ikki milliard dollarni tashkil qiladi.
50
426
Foto
Foto: Yaylovdagi 500 ta qo‘y
Kanadalik fermer Lizel Kennedi qorli maydonda o‘tlab yurgan qo‘ylar suratini e’lon qildi. Manzara bilan qo‘shilib ketgan yuzlab hayvonlarni izlash uning har yillik vazifasi, deb yozadi National Geographic. Lizel Kennedining fermer xo‘jaligida 500 dan ortiq qo‘y bor. Jun hayvonlarni sovuqdan himoya qiladi, shu bilan birga, niqoblanishga imkon beradi. Junning ranggi o‘simliklarninig kuzgi ranggi bilan uyg‘unlashib ketadi. Kennedining aytishicha, u birinchi marta qo‘ylarning yonidan ularni payqamasdan o‘tib ketgan. Qo‘ylarni o‘simliklardan farqlash uchun ularga 15 metrga yaqinlashish kerak bo‘lgan.
28
604
Foto
Yiqilgan Kamila Valieva, evakuatsiya qilinayotgan donbasliklar, sayrga chiqqan robot it — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Braziliyaning Petropolis shahrida yuz bergan yer ko'chkisidan jabr chekkanlar. Rimda talabalar oliygohlardagi xavfsizlikni kuchaytirish hamda ta'lim sifatini nazorat qilishni talab qilib namoyish o'tkazdi. Efiopiyada urush sababli o'z uyini tashlab ketgan qochqin bola. Doping mojarolari sabab tushkunlikka tushib qolgan rossiyalik sportchi Kamila Valieva final bahsda o'z chiqishini namoyish etayotgan paytda bir necha bor yiqilib tushdi. Pekinda qishki Olimpiada o'yinlari davom etmoqda. Kanadada koronavirus tadbirlariga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Rossiya va Ukraina o'rtasidagi ehtimoliy urush fonida Donbassdagi aholi evakuatsiya qilinmoqda. Rossiya va Ukraina o'rtasidagi ehtimoliy urush fonida Donbassdagi aholi evakuatsiya qilinmoqda. Kanadalik Vanessa Jeyms va Erik Redfordlar Pekin Olimpiadasidagi o'z chiqishini namoyish etmoqda. Gamburgda robot it egasi bilan sayr qilmoqda. Moskvada quyosh botmoqda.
105
991
Foto
Suratlar ortidagi sirlar: Instagram’dagi fotobloger eng omadli suratlarining sirini fosh etdi (foto)
AQShning Florida shtati Tampa shahrida yashovchi 22 yoshli Kris Ernandes Instagram’da 100 000 obunachiga ega. U fotoapparatning oddiy sozlamalari va obyektni to‘g‘ri joylashtirish vositasida yorqin va betakror suratlar oladi. Kris fotolarning qanday qilib g‘ayrioddiy san’at asarlariga aylanganini jarayonni boshidan ko‘rsatish orqali tushuntiradi va chiroyli rasmlar uchun alohida muhit yaratish hamda dekoratsiyalar qurish zarur emasligini tushuntiradi.
100
455
Foto
Fotoreportaj: Ohangaron o‘rmon xo‘jaligi archazorlari
Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i tarkibidagi Qurama tog‘ tizmasini o‘z ichiga olgan Ohangaron o‘rmon xo‘jaligi havosi musaffo, suvi zilol va qishning qorli-qirovli kunlarida kishi ko‘zini quvnatadigan, ko‘ngliga sokinlik bag‘ishlaydigan qalin archazorlari bilan alohida ajralib turadi, deb yozadi O‘zA. Umumiy maydoni 9 ming 220 gektardan iborat bo‘lgan mazkur o‘rmon xo‘jaligining 14-nazorat hududida Zarafshon archasini ko‘paytirishda ilg‘or fan yutuqlaridan, samarali ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanilmoqda. Zarafshon archasining bo‘yi 10—15 metr, diametri 1—1,5 metr, shox-shabbasi qalin, sharsimon, piramida yoki yoyiq shakldagi daraxtdir. U urug‘idan ko‘payadi. Urug‘i uchburchak, tuxumsimon, yerga to‘kilgandan so‘ng qulay sharoitda 1—3 yilda unib chiqadi. Katta yoshida ildizi baquvvat bo‘lib rivojlanadi.
53
830
Foto
Orol dengizi ekoturizm va innovatsiyalar maskaniga aylana oladimi?
2021 yil 18 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Orol dengizi mintaqasi ekologik innovatsiyalar zonasi deb e'lon qilindi. Biz kechagacha Orolni ekologik fojia zonasi deb bilardik. Mintaqadagi holatni yaxshilash maqsadida yuzlab tadbirlar, konferentsiyalar o'tkazdik, kitoblar yozdik, hatto 1993 yilda “Orolni saqlash xalqaro jamg'armasi”ni ham tuzdik. Ammo bu bilan orol to'lib yoki yashnab qolmadi. Zamon o'zgarmoqda, endi biz real vaziyatni qabul qilib va undan kelib chiqqan holda yo'l tutishimiz, mintaqani qanday jonlantirish, imkoni bo'lgan narsalarni qanday qutqarib qolish haqida bosh qotirishimiz kerak. Shavkat Mirziyoevning tashabbusi ham aynan shu maqsadlarni ko'zda tutadi. Orolbo'yini ekologik turizm zonasiga aylantirish borasidagi fikrlar ancha vaqtlardan beri uzoq-yaqindan quloqqa chalinib turardi. Yaqinda bo'lgan Orolga safarim real vaziyatni o'z ko'zim bilan ko'rishim va baho berishimga imkon tug'dirdi. Safar chog'ida soha mutaxassislari va jurnalist-blogerlar bilan mazkur masala, bu yo'nalishda nima ishlar qilish mumkinligi haqida suhbatlashdim. Ular bergan ma'lumotlarni o'z kuzatuvlarim bilan birlashtirib, ma'lum xulosalarga keldim. Quyida ularni bayon etishga harakat qilaman. xx asrning 30-yillarida O'rta Osiyoda keng miqyosda sug'orish kanallari qurilishi boshlandi, bu jarayon, ayniqsa, 1960-yillarning boshlarida kuchaydi. 1961 yildan boshlab dengizda keskin sayozlashuv boshlandi. Buning sabablari qatorida Orolga quyiladigan daryolardan sug'orish uchun iste'mol qilinadigan suv tobora ko'payib borishi ham bor edi. 1960 yildan 1990 yilgacha O'rta Osiyoda sug'oriladigan yerlar maydoni 4,5 milliondan 7 million gektarga o'sdi. 1961 yildan boshlab dengiz sathi yiliga 20 dan 80–90 santimetrgacha pasayib bordi. Qo'shimcha hisob-kitoblar shuni ko'rsatdiki, Orol dengizi sathining pasayish ulushi iqlim omillari ta'sirida 15 foizni, sug'orish ishlari tufayli 23 foizni, suvning yerning ichki qismiga tortilishi ta'sirida 62 foizni tashkil etgan. 1989 yilda dengiz ikkita ayri suv havzasiga — Shimoliy (Kichik) va Janubiy (Katta) Orol dengizlariga bo'lindi. 2003 yilda Orolning yuzasi asl holatining to'rtdan biriga teng edi. Baliqchilik ishlari faqat Kichik Orolda saqlanib qoldi. Katta Orolda esa suv sho'rligi yuqori bo'lgani sababli baliqlar nobud bo'ldi. 2003 yilda Katta Orol dengizi ham g'arbiy va sharqiy qismlarga bo'lindi. Bugun sobiq dengiz tubining 54 ming kilometr kvadrat maydoni tuz bilan qoplangan. Orolda kuzatilayotgan shiddatli bo'ronlar tuz, chang va zaharli kimyoviy moddalarni 500 kilometr masofagacha eltmoqda. Orolning flora va faunasi juda boy edi. Bu yerda ovlangan baliqlar Sobiq Ittifoq mamlakatlaridagi jami adadning 1/6 qismini tashkil qilgan va Orolbo'yi aholisini ish va oziq-ovqat bilan to'laligicha ta'minlagan. Orolda ikkita yirik port va dam olish maskani ham bor edi. O'tgan asrning 50-yillaridan 2000-yillarga qadar Orol dengizi iqtisodiyotini, xususan, qishloq xo'jaligini sezilarli darajada rivojlantiradigan va Orol dengizini qisman tiklaydigan Ob ko'li havzasidan Orol dengizi havzasiga suv o'tkazadigan kanal qurish loyihalari taklif qilindi. Ammo juda katta xarajat talab qilgani sababli u amalga oshmay qoldi. Ekologik jihatini qo'ya turaylik. Orol, eng avvalo, uning yon atrofida yashovchi yuz minglab aholining tirikchilik manbai edi. Baliqchilik, andatra-norkachilik, ekin ekish, konserva zavodlari ortidan kun ko'rgan aholi ofatdan so'ng tushkun va umidsiz insonlar guruhiga aylanib qolgandi go'yo. Ammo hududga bo'lgan sayohatimda butunlay o'zgacha manzara bo'y ko'rsatdi. Bugun Orolbo'yiga turistlar kelishi sezilarli darajada ko'payibdi. Mo'ynoq shahri jonlanib qolibdi. Kichkina shaharchada beshta katta-kichik mehmonxona va bir qancha mehmon uyi ko'rdim. Ekologik jihatdan obod ko'pgina tumanlarda ham bunday turistik xilma-xillikni doimam uchratavermaysiz. Turistik firmalar ham Orolga boshqacha nigoh bilan qarashni boshlagan: sayyohlar uchun turli paketlar taklif qilinmoqda. Kimgadir Orolbo'yi kutilmaganda ekologik innovatsiyalar zonasi deb e'lon qilinishi g'alati tuyulishi mumkin. Tan olaman, Orol bo'yicha doimiy ravishda juda ko'p (asosan umumiy mazmundagi) material o'qib borishimga qaramay, to'laqonli tasavvurim yo'q edi. Bunda mualliflarimizning mahoratsizligi aybdormi, e'tiborsizligimmi, aniq ayta olmayman. Lekin safar asnosida vaziyat haqida to'laqonli tasavvurim shakllandi. Ilgari Orolbo'yini odamlar qochib ketayotgan, tabiat nobud bo'lib ketayotgan mintaqa deb o'ylagan bo'lsam, hozir u yerda hali odam ko'pligini, hayotni jonlantirishga harakat bo'layotganini, qolaversa, hatto ekologik ofat girdobidagi Orol ham ko'p foyda keltira olishini (foydali qazilmalar, ya'ni gaz, hamda turizm hisobidan) bilaman. 2019 yil yanvar oyida Mo'ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi hukumat qarori qabul qilingan edi. Yaqin orada Mo'ynoqqa borgan odam ushbu qaror ijrosi ortig'i bilan bajarilganligini ko'rishi mumkin. Aytish kerakki, bugungi Mo'ynoq va 5–10 yil ilgarigi Mo'ynoq orasida yaqqol sezilarli farqlar bor. Shahar tubdan rekonstruktsiya qilingan. Har qadamda mehmonxonalar, xostellar, restoranlar, sport komplekslari, yangi uylar, inshootlar ko'rasiz. Hozirda Mo'ynoqda Orol fojiasi va uning tafsilotlariga bag'ishlangan muzey faoliyat olib bormoqda (shahar markazida filiali, kemalar qabristoni yonida esa asosiy binosi). Muzeyda 300 ga yaqin eksponat mavjud bo'lib, ular Orolning qisqacha tarixi va bugunidan hikoya qiladi. Mintaqada turizm sohasi ko'rsatkichlarining o'sishi mehmonxona biznesi rivojiga ham ma'lum ma'noda turtki bo'lyapti. Mo'ynoqda mehmonxona va xostellar, restoranlar ko'paygan. Tumanga Qo'ng'irotdan suv tortib keltirilgan. Bir so'z bilan aytganda, ilgari Mo'ynoq tushkun ahvolda edi. Muammoga yangicha nazar bilan qarash va to'g'ri yo'l esa uni qayta jonlantirmoqda. Turistlar bilan birga tumanga hayot qayta kirib kelyapti. Mazkur soha ortidan oziq-ovqat, transport va xizmat ko'rsatish sohalari ham qizg'in ish faoliyatiga qaytmoqda. Yangi ish o'rinlari yaratilyapti. Orolga sayohatim qiziqarli xotira va taassurotlarga boy, o'ziga xos ruhda o'tdi. Dengiz tubi dashtga aylanib borayotganiga o'z ko'zim bilan guvoh bo'lar ekanman, xayolimdan shular o'tdi: bu yerlar hududning katta yoshli avlodi xotiralari bilan birga kimsasiz biyobonga aylanmoqda. Afsuski, Orolning tubidan ko'tarilgan tuz butun Qoraqalpog'istonga yoyilib, dehqonchilik ishlarini qiyinlashtirmoqda. Shuning uchun hududda saksovul ekish jarayonlari yo'lga qo'yilgan. Sababi, saksovul ekilsa, bu yerda o'rmon hosil bo'lib, tuz ko'tarilishi to'xtaydi. Shu maqsadda bugun Orolga saksovul ekish aktsiyalari ham o'tkazilmoqdaki, minglab odamlar ixtiyoriy ravishda bu savobli ishga bosh qo'shmoqda. Real raqamlarga yuzlanadigan bo'lsak, 2020 yilda O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 3 gektar yerga saksovul ekilgan edi. 2019 yil 18 fevral holatiga ko'ra Orolda 917,2 ming gektar yer maydoni ekishga tayyorlangan, uning 363 ming gektariga saksovul urug'i ekilgan. Ekish va boshqa tadbirlarda jami 1 ming 560 kishi ishtirok etgan, bu ishlarga 462 texnika va 2 ta samolyot jalb qilingandi. Ko'p maqtab yubordim. Muammolar ham ko'pligini ta'kidlab o'tay. Muammo faqatgina Orol tubidan ko'tarilayotgan chang va tuz emas. Oroldan 200 kilometr naridagi odamlar istiqomat qiladigan oxirgi hududlardagi muammoni nazarda tutyapman. Yo'lda ketayotganimizda ulkan qora tutun osmonni qoplab olganini ko'rdik. Bunday noxush holatni xorijlik ekspertlarga qanday tushuntirish haqida o'yladik. Keyin bizga ma'lum qilishlaricha, yoqib yuborilgan hudud botqoq yer bo'lib, agar undagi qamishlar doimiy yoqib turilmasa, yer butkul botqoqlikka aylanib qolishi mumkin ekan. Bu albatta tabiat uchun zarar, ammo masalaning ikkinchi tomoni borligini ham unutmaslik lozim. Buni qarang, tabiat bilan bog'liq muammolardan boshi chiqmayotgan mintaqada aholi mana shunaqa dilemmaga (botqoqlashuv va tutun o'rtasidagi tanlovga) duch kelayotgani qiziq. Sayohatimiz davomida bizni Ustyurt platosi kutib oldi. Ustyurt juda go'zal tabiiy maskan bo'lib, u tom ma'noda turistik markazga aylanishi mumkinligini payqash qiyin emas. Maydoni 200 ming kilometr/kvadratga teng Ustyurt platosi, olimlarning fikriga ko'ra, qadimiy dengizning tubi bo'lib, 21 million yillik tarixga egadir. Uni Orolning qurigan tubidan farqlab olish qiyin emas – balandligi ham, ko'rinishi ham, jinslari ham farqlanib turadi. Ustyurt platosi haqida o'zbek o'quvchisi geografiya darslarida ko'p o'qiydi. Men ham o'qiganman. Lekin, tan olaman, bu platoning nimaligi, qanday o'ziga xosligi bor ekani haqida mutlaqo hech qanday tasavvurim yo'q edi. Ustyurtga bir marotaba kelgach, endi uning nimaligini va qanday ko'rinishda ekanini bilaman. Ustyurt go'zalliklari chet ellik turistlargina emas, o'zbekistonliklar orasida ham trend bo'lishiga aminman. O'zbekiston mintaqalari orasida o'zaro aloqalar ancha sustligi, mamlakat ichidagi sayohatlar Samarqand va Buxoro bilan cheklanib qolishi juda ayanchli holat. O'zbekistonliklarning mobilligi oshishi asnosida Qoraqalpog'istonga tashrif buyuruvchi ichki sayyohlar ham ko'payishi muhim deb o'ylayman. Bu ham qo'shimcha turistik oqim, ham mintaqalararo aloqalarga xizmat qiladi. Ustyurt har bir o'zbekistonlik kelib ko'rishi lozim bo'lgan milliy boylik, tabiat go'zalligidir. XX asrning o'rtalariga qadar Ustyurtning an'anaviy hayvonot dunyosi bo'rsiq, jayron, Ustyurt mufloni, qum mushugi, gepard va leopard va boshqa sut emizuvchilardan tashkil topgandi. Biroq so'nggi uchta tur xx asrning o'rtalariga kelib qirib yuborilgan. Quvonarlisi, Ustyurt mufloni va leopardi bu yerda qayta kashf etilgan. 2018 yil kuzida platoning Qozog'istondagi qismida ilgari yo'q bo'lib ketgan deb hisoblangan Ustyurt mufloni topildi. Ustyurt davlat qo'riqxonasi 1984 yildan beri noyob turlarni o'rganish va ularni muhofaza qilish bilan shug'ullanadi. Qor emas, tuz. Orol bo'yida Ustyurtdan so'ng Orolning “omon qolgan” suvlarini ko'rish uchun yo'l oldik. Bu yerda kichik suv ombori darajasida suv qolgan ekan. Lekin, achinarlisi, bu suv hayotbaxsh emas — o'lik, unda tirik narsa yashamaydi, qirg'og'ini esa qalin tuz qoplagan. Yana bir jihatga e'tibor berish kerakki, odamlarning bu yerga kelib, o'zlaridan keyin chiqindilar qoldirib, ifloslantirib ketishi mavjud vaziyatni yanada og'irlashtirmoqda. Turizm rivojlanishi vaziyatni yanada chigallashtirsa kerak. Oz sonli sayyohlar shunaqasiyam yo'qolib borayotgan Orolning ekologiyasini yanada yomon ahvolga solmoqda. Qoraqalpoq yoshlari tashabbus ko'rsatib, qirg'oqni tozalashga borib turishar ekan. Bu tashabbusda biz ham qatnashdik. Orol dengizi deganda kishining xayoliga birdan bahaybat suv havzasidan huvillab qolgan sahroga aylanib qolgan g'arib hudud kelishi tayin. Lekin orolliklarning o'zi bu ayanchli qarashlarni buzib yuborish va Orolda hayotni qayta jonlantirish uchun harakat qilmoqda va bu harakatlar o'z natijasini beryapti deyish mumkin. Orol dengizining omon qolgan qismi bo'yida o'tovli mehmonxona qurilgan bo'lib, bu yerdan turistlarning qadami uzilmas ekan. Hozir o'tovdan lager, mehmonxona va restoranlar qurish urf bo'lgan bir paytda, bu tendentsiya ayniqsa Orolbo'yi uchun juda mos va qulaydir. Yana bir jihati, Orolning tubida, ayniqsa qirg'og'ida millionlab, balki milliardlab chig'anoqlar yotibdi. Qoraqalpoq tijoratchilari shu chig'anoqlardan esdalik sovg'alar yasab sotishni yo'lga qo'ymoqchi. Ilgari bu masalada hatto bir qancha tashabbuslar bo'lgan, yoshlar chig'anoqlardan buyumlar yasab, ko'rgazmalar uyushtirgan ekan. Yuqorida aytganimdek, qurib, yo'qolib borayotgan Orol hali ham aholini ish bilan ta'minlash layoqatiga ega – eng kutilmagan joylardan tijoriy loyihalar o'sib chiqmoqda. Shu o'rinda qo'shimcha ma'lumot. 14–15 may kunlari (mening sayohatimdan salkam bir oy o'tib) Mo'ynoqda navbatdagi “Stixiya” elektron musiqa, san'at va ilm-fan festivali bo'lib o'tdi. Festivalda jahonga mashhur musiqiy prodyuser Nina Kravits mehmon bo'ldi. Rossiya, Qozog'iston, Turkiya va Qirg'izistondan kelgan musiqachilar va didjeylar chiqishlari uni yanada qizitdi. Festivalda, shuningdek, O'zbekiston va Rossiya olimlari, ekologlari va mutaxassislari ham qatnashdi. Festivalning ahamiyatli va e'tiborga molik tashabbuslaridan biri shu bo'ldiki, tadbir doirasida “6 milliard daraxt” ijtimoiy aktsiyasi o'tkazilib, Mo'ynoq shahrida 5 mingdan ortiq daraxt o'tkazildi. Loyiha Turizm va sport vazirligi hamda “Akustika fakulteti” MChJ tashabbusi bilan Rossiyaning “RosAtom” korporatsiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Yana bir umidbaxsh jihat borki, Orol dengizini hali qutqarish mumkin. Ammo uni tiklash va hozirgi ko'rinishini asrab qolish uchun daryolardan yiliga hech bo'lmaganda 50 million kilometr/kub suv kirishi kerak bo'ladi, bu esa bizning qo'limizda. “O'zbekistonning qolgan hududlarida suvni isrof qilish kamaysa, tomchilab sug'orish kengroq joriy etilsa, yerlarga suvni bostirib sug'orish bas qilinsa, Sirdaryo suvlari, Amudaryo suvlari yana Orolga kelishni boshlaydi”, deydi qoraqalpog'istonlik olim, Orol muammolari bilan uzoq yillardan buyon shug'ullanib keladigan A'zam Kamolov. 2005 yilda Jahon banki Orolni tiklash bo'yicha uzoq muddatli loyihani moliyalashtirdi. Bir kun kelib ko'l qayta tiklanadi degan umidda uning janubiy va shimoliy qismlarini ajratib turadigan to'g'on qurildi. Orolning qurishi — fojia, fojia bo'lganda ham chakanasi emas. Orol bizning yuzimizga ko'zgu tutadi, borni yo'qqa aylantirgan, tabiatning tayyor ne'matidan oqilona foydalanmay, uni barbod qilganimizni eslatib turadi. Lekin endi afsuslarga berilish bilan cheklanib qolmaslik, Orolning saqlanib qolgan qismi haqida qayg'urish va bor imkoniyatlardan unumli foydalanish darkor. Orolga ko'plab olimlar guruhi jalb qilish va albatta, ularning xulosalariga quloq tutish kerak. Bizning bugungi qarorlarimiz bizdan yuz yil keyin yashaydigan avlodlarimizning ham hayotiga bevosita o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bugun Orolning tubida o'nlab gaz tug'malari ochilgan, konlar ishlamoqda, Orol ilgari odamlarni baliq bilan ta'minlagan bo'lsa, endilikda gaz bilan ta'minlay boshladi. Bu yerda umumiy qiymati 4 milliard dollarlik Ustyurt Gaz kimyo majmuasi ishga tushirilgan bo'lib, uning tarkibida 5 ta zavod bor. Ulardan biri yiliga 3,7 milliard tabiiy gaz, yana biri polietilen, yana biri polipropilen va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Ijtimoiy-iqtisodiy foyda haqida so'z ketganda, ta'kidlash joizki, majmuaning ishga tushirilishi ortidan 1480 dan ortiq ish joylari tashkil qilindi. Korxonaning ishga tushirilishi hududda ichimlik suvi tizimi, ishonchli energiya ta'minoti va transport infratuzilmasining yaxshilanishiga ham hissa qo'shgan. Majmuaning ishga tushirilishi ortidan Surg'ilda chin ma'nodagi shaharcha barpo bo'lgan. Hozirgi paytda bu yerda 140 ta kottej, 144 kishilik 3 ta yotoqxona, bozor mavjud bo'lib, bolalar bog'chasi, maktab, poliklinika qurish va posyolka infratuzilmasini yanada rivojlantirish ko'zda tutilgan. Loyihaning ahamiyatini dunyo e'tirof etmoqda. 2014 yilda ushbu loyihaga “Infrastructure Journal” xalqaro nashri tomonidan “2014 yilning global bitimi” mukofoti berilgan. * * * Yuqorida Orolbo'yida, sobiq dengiz tubida, ulug'vor Ustyurt ustida ko'rgan-kechirganlarimni faktlarga, raqamlarga, Orol atrofidagi loyiha va tashabbuslarga bog'lab, o'z ko'z qarashimni bayon etdim. Orol deganda faqat tabiiy ofat, ochlik va muhtojlikni ko'z oldiga keltiradigan o'quvchilar materialimdan mintaqada ijobiy o'zgarishlar ro'y berayotganini, hali u yerlarda hayotni jonlantirish imkoni borligini, ekologik turizm va ekologik innovatsiyalar haqidagi gap-so'zlar ostida ma'lum asos, muayyan amalga oshirilayotgan ish borligini anglaydi deb umid qilaman. Orol hududi ekologik innovatsiyalar va ekoturizm markaziga aylanadimi, yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi. Biz esa bir kun ushbu sa'y-harakatlar o'z natijasini berishi – Orolbo'yida yana farovon hayot va jonli tabiat yaralishiga umid qilib, jarayonni kuzatishda davom etamiz. Eldar Asanov
66
16,168
Foto
Fotogalereya: Shimoliy koreyalik ayollarning jamiyatdagi o‘rni
KXDRda ayollar bayrami — Onalar kuni nishonlandi. Mamlakatda erkak va ayollarning tengligi qonun jihatidan rasman ta’minlangan bo‘lsa-da, jamiyat — patriarxat. Ayollar nafaqat fabrikalarda mehnat qiladi, balki uy xo‘jaligi va bolalar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanadi. “Kommersant” KXDRdagi ayollarning jamiyatdagi o‘rni tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Qizlar Mehnat partiyasi kunida ijro etiladigan raqs namoyishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. KXDRda har bir maktab o‘quvchisi qo‘shiq aytishni, raqsga tushishni bilishi, musiqiy anjomlarni ishlata olishi kerak. Noyob kadr — velosiped mingan shaharlik ayol. Shimoliy Koreyada velosiped erkaklarning harakatlanish vositasi hisoblanadi, shaharlik qizlar undan juda kam foydalanadi. Pxenyanda elektron svetoforlar paydo bo‘lmoqda, biroq yo‘lni tartibga soluvchi xodim chorrahalarda hamon turadi, hatto bo‘shlarida ham. Yo‘l nazoratchisi kasbi — mamlakatda ayollar uchun hurmatli kasb hisoblanadi. Shimoliy koreyalik maktab o‘quvchilar kiyadigan formalar standartlashtirilgan elementlardan iborat, biroq ular biroz bir-biridan farq qilishi mumkin. Soch turmak esa hammada bir xil. Kim Ir Sen hamda Kim Chen Irning haykallari — to‘y marosimi vaqtida kelin-kuyovlar suratga tushadigan asosiy joy. KXDRda oilada ikki nafar farzand bo‘lsa, baxtli oila hisoblanadi, agar farzand bo‘lmasa — baxtsiz oila. Qizlar 20—23 yoshida turmushga chiqadi, yigitlar esa 27—30 yoshida uylanadi. Samimiy tabassum — Shimoliy koreyalik gidlarning majburiy atributi. Bu yerdagi gidlarning asosiy qismini ayollar tashkil etadi. Do‘konlarda turistlar uchun shirinliklar, mevalar va suvenirlarni faqatgina ayollar sotadi. Mamlakat ayollari istagan kasbni tanlashi mumkin va bajargan ishi uchun erkaklar bilan birdek oylik oladi. Ishdan so‘ng ayollar farzandlariga qaraydi, ovqat pishiradi, uy tozalaydi, kiyim-kechaklarini yuvadi… Erkak shunchaki divanda yotib televizor ko‘rishga haqli. Turistlar bu yerda ko‘chalar bo‘ylab o‘zi xohlaganidek sayr qila olmaydi, metroga esa tashkillashtirilgan holda, shunda ham tekshirilgan to‘rtta stansiyaga tushishlari mumkin. KXDR aholisi turistlarning suratga yoki videoga olishiga turlicha munosabat bildiradi: ayrimlar bu borada gidlarga shikoyat qilsa, qolganlari bunga yaxshi munosabat bildiradi va o‘zini xushmuomala tutadi. Muzeyga ekskursiya uyushtirgan pionerlar fotokameradan qo‘rqib ketishdi. Ishchi ayollar va erkaklar daladan qaytmoqda. KXDR qishloq xo‘jaligida ayollar va erkaklar birdek mehnat qiladi.
62
2,497
Foto
Fotogalereya: Yaponiyada bahorgi go‘zallik — sakura va nemofilning gullashi
Yaponiyaning Xakata shahrida katta milliy park bor. U oilaviy sayr uchun yaratilgan. Parkka nafaqat mahalliy aholi, balki sayyohlar ham tashrif buyuradi. Hozirda esa u yerda nemofil va sakura daraxti gullab, yanada chiroyli tusga kirgan. Travel Ask uning rasmlarini taqdim etdi.
75
278
Foto
Baland bo‘yli insonlar kundalik hayotda duch keladigan qiyinchiliklar (foto)
Qisqa va o‘rta bo‘yli insonlar hamisha baland bo‘ylilarga hasad qilib kelgan, chunki ular uchun hayot boshqalarnikiga qaraganda osonroq, deb o‘ylaydi. Ular xohlaganda javonning yuqori qismidan biror narsa olishi mumkin, tomosha zallarida barchadan ko‘ra yaxshi ko‘radi. Ammo vaqti-vaqti bilan baland bo‘ylilar ham turli xil muammolarga duch keladi va ular boshqalarnikidan ancha farq qiladi. Bo‘y 1,85 santimetr bo‘lganda bankomatdan foydalanish juda qiyin. Uzun bo‘yli qiz hamkasblarini ko‘pincha farzandlaridek qabul qiladi. Yaponiyadagi ikki metrli odamning kundalik hayoti. An’anaviy yapon uyida ikki oy yashagan balandli bo‘yli kishi boshini hamisha eshikka urib olgan. Mashg‘ulotdan ko‘ra shu holda turish biroz qiyin qiyin. Bo‘yi uzunlar hech kim ko‘ra olmaydigan ifloslikni ham ko‘rishi mumkin. Qisqa bo‘yli hamkasblar ofisni bezatib qo‘yganda. Shuningdek, atrofni kuzatib ham turish mumkin. Idishlarni osonlikcha yuvib bo‘lmaydi. Tiz cho‘kishga ham majbur bo‘ladi kishi. “Boshim osmonga yetdi” iborasi bunday holatga to‘g‘ri kelmaydi. Ishlashdan ham ko‘ra shunday o‘tirish charchatadi. Rasmga tushish uchun emas, liftga sig‘ish uchun shunday bo‘lish kerak. Boshsiz mehmon tashrif buyurdi.
76
1,210
Foto
Fotogalereya: Bugungi kunda yo‘qolib ketgan kasblar
Hech narsa abadiy emas, shu jumladan, odamlarning mashg‘ulotlari ham. Qo‘l mehnati mashinalar, aqliy mehnat esa kompyuter tomonidan egallanmoqda. AdMe bugungi kunda yo‘qolib ketgan kasblarga e’tibor qaratdi. Bu kasb Buyuk Britaniyada sanoat inqilobi vaqtida tarqalgan va mamlakatning ba’zi hududlarida 1970-yilgacha mavjud bo‘lgan. Shaharlarda markaziy suv ta’minoti tizimi paydo bo‘lguniga qadar odamlar suvni o‘zlari tashigan yoki suv tashuvchi xizmatidan foydalangan. Bugungi kunda esa suv yetkazib berish xizmatlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur kasb 1990-yillarda, yozuv mashinasi o‘rnini kompyuter va printerlar egallaganda yo‘qolib ketgan. London ko‘chalarida 1417-yilda shahar merining topshirig‘iga binoan ko‘cha chiroqlari o‘rnatilgan, keyinchalik bu yangilik butun Yevropaga tarqalgan. Chiroqlarni yoqish, o‘chirish, ularga yoqilg‘i quyish va ularni tozalash bilan chiroqchilar shug‘ullangan. Mazkur kasb XIX asrning o‘rtalarigacha, chiroqlar gazda avtomatik tarzda yonadigan bo‘lgunga qadar mavjud bo‘lgan. Bugungi kunda shaharlarda izvoshchilarning vazifalarini taksichilar bajarmoqda. Shunday bo‘lsa ham, ba’zi shaharlarda arava xizmatlaridan foydalanish mumkin. Avtomatik telefon stansiyalarning yaratilguniga qadar abonentlarni telefonchi qizlar bog‘lab bergan. Bu kasb nufuzli hisoblangan va unga yaxshi oilalarning yoqimli ovozga, kelishuvchan xarakterga ega va bo‘yi baland qizlar qabul qilingan. Fabrikalarda ishchilar bir xil tondagi ish vaqtida rivojlanishi uchun lektorlar kitob yoki gazeta o‘qib bergan. XIX—XX asrlarda Yevropa, Rossiya imperiyasi va AQShda latta-putta va lash-lushlarni sotib oluvchilar ishlagan. Sotib olingan latta, qog‘oz, arqon qayta ishlangan va qaytadan mato va qog‘oz ishlab chiqarilgan. Ko‘plab mamlakatlarda issiq fasllarda muz tayyorlsh va saqlash amaliyoti mavjud bo‘lgan, biroq XIX asrda muz sotish bo‘yicha sanoat paydo bo‘lgan. Pinsetter yoki pinspotterlar bovling keglilarini terish va sharlarni o‘yinchilarga qaytaruvchilar bo‘lgan. 1938-yilda pinspotter mashinalar yaratilgach, bu kasb egalariga ehtiyoj qolmagan. Superkompyuterlar paydo bo‘lguniga qadar hisoblash ishlari bilan odamlar, asosan, ayollar shug‘ullangan.
51
2,188
Foto
Darhol voz kechish lozim: Anchadan beri urfdan qolgan 8 kiyim
Moda qaytadi, degan gapni hamma eshitgan bo‘lsa kerak. Ammo shunday narsalar borki, ular moda olami uchun allaqachon eskirgan bo‘lib, bunday kiyimlarni qayta kiymagan ma’qul. Toshlar bilan bezatilgan uggi Klassik uslubdagi uggilar nihoyat yana urfga kirdi. Ularni qahraton sovuqda xavfsiz holda kiyishingiz mumkin. Ammo bundan avvalgi vaqtlarda ishlab chiqarilgan bachkana modellar, tosh va munchoqlar bilan bezatilgan uggilarni allaqachon tashlab yuborish vaqti kelgan. Burmali uzun yubka Ushbu mavsumda midi yubkalar eng dolzarb hisoblanadi. Shu sababli polgacha tushib turuvchi yubkalarni kiymagan ma’qul. Platforma + poshnali tufli Moda mutaxassislari anchadan beri platforma va baland poshna birlashtirilgan tufli oyoqni “tuyoq”qa o‘xshatib qo‘yishi haqida aytib kelishsa-da, ammo ba’zilar o‘jarlik bilan bunday poyabzallarni sotib olishda davom etmoqda. Katta sumka Albatta, bunday sumkaga hamma narsani, hatto sevimli mushugingizni ham sig‘dira olasiz, lekin aslida sumkani keraksiz narsalar bilan to‘ldirgan bo‘lasiz. Kichkina sumka esa qulayligi bilan birga, sizni keraksiz narsalarni ko‘tarib yurishdan xalos etadi. Gulli ro‘mollar Har yili stilistlar qizlarga “buvisining ro‘moli”ni kiymasliklarini maslahat beradi. Zamonaviy va katta sharflar chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lib, bunday ro‘mollarga qaraganda yaxshi isitadi. Mo‘ynali kurtkalar Bunday kurtka nimaga kerak: kuzda issiq, qishda esa qo‘llar ochiq qoladi. Undan ko‘ra chiroyli, zamonaviy va eng muhimi, chindan ham issiq tutuvchi kurtka olgan ma’qul. Rasmli kolgotkalar Bunday kolgotkalar ehtimol 10 yoshli o‘quvchi qizlarga yarashishi mumkindir, ammo 30 yoshli qiz kiyib olgan mushuk va boshqa rasmli kolgotka nafaqat g‘alati, balki ochiqchasiga bachkana ko‘rinadi. Osilgan panjali shapkalar Bunday shapkalar sun’iy mo‘ynadan tayyorlangan bo‘lsa ham, zamonaviy qiz obrazini emas, balki yoqimsiz g‘or odami ko‘rinishini yaratadi.
61
1,907
Foto
Eng baland “Tolibon” bayrog'i, Berlinda Smitning shapalog'i, Evropada yoqqan qor — 1 aprel suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Hindistonda hukumatga muxolif partiya tarafdorlari mazut narxi oshirilishiga qarshi namoyishga chiqdi. Politsiya namoyishchilardan birini hibsga olayotganida unga qarshilik ko'rsatildi. Ukraina chegarasida Polshaga o'tishni kutib turgan muhojirlar. FIFA prezidenti Janni Infantino va Qatar bosh vaziri Shayx xolid bin xalifa bin Abdulaziz 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionatining qur'a tashlash marosimida suhbatlashmoqda. “Tolibon” harakati Kobulda Afg'onistondagi eng baland bayroqni o'rnatdi. Berlindagi ko'cha devorlaridan birida Gollivud aktyori Uill Smitning “Oskar” mukofotining taqdirlash marosimida komik Kris Rokka tushirgan shapalog'i graffitisi paydo bo'ldi. Unda “Mening xayoliy ijtimoiy tarqmoqlardagi hayotim” (Kris Rok) va “Mening real hayotim” (Uill Smit) degan yozuvlarni ko'rish mumkin. Bugun G'arbiy Evropaning bir qator davlatlarida qor yog'ishi kuzatildi. Suratda Frantsiyaning Lyon shahrida yoqqan qor. 2 aprel sahardan musulmon dunyosi Ramazon oyi ro'zasini tutishni boshlaydi. Suratda Misrning Giza shahridagi aholi mazkur oyga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ispaniyaning Pamplona shahrida o'quvchilar qor ostida maktabga ketmoqda. Bangladeshdagi g'isht zavodi ishchilari. Karantin sabab bo'shab qolgan Shanxay ko'chalarida yurgan tibbiyot xizmati xodimi.
100
1,365
Foto
Fotogalereya: Markaziy Osiyoning buyuk ayollari
Markaziy Osiyodan tarixda o‘chmas iz qoldirgan ko‘plab buyuk ayollar yetishib chiqqan. “Kaktakto” ana shunday ayollarga e’tibor qaratdi.
47
136
Foto
Fotogalereya: “Oskar—2016”ning eng yaxshi lahzalari
Los-Anjelesda 28-fevral (Toshkent vaqti bilan 29-fevral) kuni “Oskar” mukofoti taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tomas Makkartining “Diqqat markazida” kartinasi 2015-yilning eng yaxshi filmi, deb topildi. Leonardo Di Kaprio ilk bor eng yaxshi aktyor sifatida oltin haykalcha egasiga aylangan bo‘lsa, Bri Larson eng yaxshi aktrisa sifatida tan olindi. Meduza jahondagi eng nufuzli kinomukofotning 88-taqdimoti qanday o‘tganini ko‘rsatuvchi fotosuratlarni jamladi (g‘oliblar ro‘yxati bilan bu yerda yoki bu yerda tanishish mumkin).
51
520
Foto
Foto: “Temur darvozasi” bo‘ylab harakatlanayotgan dizel-poyezd
Facebook’dagi Tashkent Retrospective guruhida “Temur darvozasi” o‘tgan temiryo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan dizel-poyezdning surati va unga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, ushbu surat 1945-yilda olingan bo‘lib, unda “Rozariya” dizel-poyezdining “Temur darvozasi”da sinovdan o‘tkazilayotgani tasvirlangan. Surat muallifi noma’lum. Poyezdning old qismida SSSR tarkibiga kirganidan so‘ng, yopishtirilgan besh qirrali qizil yulduz yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, DP dizel-poyezdlari — Vengriyaga Gans zavodi tomonidan 1940, 1945—1946-yillar davomida qurilgan dizel-poyezdlar sirasiga kirib, u yerda Argentina davlat temiryo‘llari uchun poyezdlar yig‘ilgan. Ta’kidlanishicha, harbiy harakatlar sabab poyezd buyurtmachiga yetkazilmagan va 1945-yilda uni Sovet Ittifoqiga reparatsion yetkazmalar hisobidan yuborishga qaror qilingan. Dizel-poyezdning konstruksion ma’lumotlari 1938-yildan boshlab qurilgan shu turdagi dizel-poyezdlar oilasining rivojlanishiga xizmat qilgan. 1946-yildan boshlab dizel-poyezdlar Kavkazortiga, Orjonikidze, O‘rta Osiyo va Toshkent temiryo‘llariga ekspluatatsiya qilingan. 1949-yilda dizel-poyezdlar Litva temiryo‘li parkiga topshirilgan bo‘lib, u yerda 1950-yillar oxiriga qadar harakatlangan va shundan so‘ng foydalanishdan olingan. Hozirga qadar DP seriyasiga kiruvchi bu kabi poyezdlarning birortasi saqlanib qolmagan.
62
1,358