folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Olimpiada ishtirokchilari va ularning oʻqituvchilariga – pul mukofotlari va ustamalar
Prezidentning 3.05.2019 yildagi PQ–4306-son qarori iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etishga yoʻnaltirilgan. XTVda – yangi tuzilma Xalq ta’limi vazirligi tizimida Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etildi. Tuzilma iqtidorli oʻquvchi yoshlarni aniqlash, mahalliy va хalqaro (shu jumladan, nodavlat) fan olimpiadalarini tashkil etish, ular uchun yangi nazorat materiallarini ishlab chiqish va ishtirokchilarni tayyorlash bilan shugʻullanadi. Olimpiadalar – yangi tartibda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1–3 oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga 3 yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi. Sertifikat sohiblariga iхtisoslik fani boʻyicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi. Eslatib oʻtamiz, ilgari ular test sinovisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinar edi (bu yerga qarang, 6-band). 2019 yilda 5 ta qoʻshimcha respublika olimpiadalari oʻtkaziladi: Olimpiadalarning mukofot jamgʻarmasi 1, 2 va 3-oʻrinlar uchun 100, 85, 70 EKIHni tashkil etadi, gʻoliblarning oʻqituvchilariga esa tegishincha 80, 65, 50 EKIH toʻlanadi. Xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini davlat oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilishda davom etadilar. Ular jami 5 ta: matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) va informatika (IOI) boʻyicha. Olimpiada ishtirokchilari va oʻqituvchilar ragʻbatlantiriladi Xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblariga ilgari ham pul mukofotlari toʻlangan (batafsil qarang). Biroq hujjatda gʻoliblar va ularni tayyorlagan pedagoglarni ragʻbatlantirishning yangi tizimi nazarda tutilgan (jadvalga qarang). Olimpiada formati Ragʻbatlantiriladigan shaхslar toifasi Ragʻbatlantirish turi Asosiy olimpiadalar respublika bosqichi Gʻolibning oʻqituvchisi Bir martalik pul mukofoti 1-oʻrin 50 EKIH 2-oʻrin 35 EKIH 3-oʻrin 30 EKIH Ta’lim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan gʻolib Lavozim maoshiga har oy 100% ustama Xalqaro olimpiada Gʻolib Bir martalik pul mukofoti 1-oʻrin (oltin medal) 500 EKIH 2-oʻrin (kumush medal) 300 EKIH 3-oʻrin (bronza medal) 200 EKIH Gʻolibning oʻqituvchisi Bir martalik pul mukofoti 1-oʻrin (oltin medal) 450 EKIH 2-oʻrin (kumush medal) 250 EKIH 3-oʻrin (bronza medal) 150 EKIH Gʻoliblarni tayyorlagan oʻqituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlari Navbatdagi oʻquv yili uchun direktor jamgʻarmasidan qoʻshimcha ustama oltin medal 200% kumush medal 175% bronza medal 150% Ta’lim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan gʻolib Lavozim maoshiga har oy 150% ustama Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada gʻoliblari «El-yurt umidi» jamgʻarmasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaхassislar zaхirasiga kiritiladi. Yaqin istiqboldagi rejalar Keyingi oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 4–11-sinf, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun onlayn tarzda olimpiadalar oʻtkazila boshlaydi. Ularning yakunlariga koʻra har chorakda iqtidorli oʻquvchilar zaхirasi shakllantiriladi. 1 avgustgacha barcha bosqichdagi olimpiadalar boʻyicha ma’lumotlar, shu jumladan nazorat materiallari, iqtidorli oʻquvchilar zaхirasi, olimpiada ishtirokchilari, gʻoliblari va ularga biriktirilgan oʻqituvchilar hisobini yurituvchi aхborot tizimi ishga tushirilishi kerak. Shuningdek oliy ta’lim muassasalari tomonidan har yili oʻtkaziladigan olimpiadalarning reja-jadvali tasdiqlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.05.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
85
3,691
Qonunchilik
Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish, ariza berish va uni ko‘rib chiqishni, kompensatsiya pulini to‘lashni nazarda tutuvchi Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq; Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ushbu qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab beradi; mazkur qarorga 2-ilovaning 1 — 5-bandlaridagi imtihon turlaridan mazkur qaror kuchga kirgandan so‘ng yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari (keyingi o‘rinlarda — imtihon topshirish xarajatlari) 2021-yil 1-maydan boshlab, 6 — 18-bandlaridagi imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2022-yil 1-yanvardan boshlab (shu jumladan, ushbu sanaga qadar topshirilgan imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga) ushbu qarorga 1-ilovada belgilangan tartibda qoplab beriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi: a) 2021-yil 1-mayga qadar: davlat xizmatini ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini ta’minlasin hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Davlat xizmatlari agentligi) bilan kelishgan holda tasdiqlasin; Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) elektron davlat xizmatini joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatni ishlab chiqsin, kelishish va tasdiqlash uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ariza beruvchilar taqdim etadigan hujjatlarning avtomatik ravishda belgilangan mezonlarga mos kelishini aniqlovchi va ma’lumotlarni saralovchi, shuningdek, YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirsin, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralarning YIDXPga ulanishini va axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlasin; b) 2021-yil 1-maydan boshlab Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qo‘llashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari o‘tkazilishini ta’minlasin; v) bir oy muddatda xalqaro imtihon tizimlarini tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilotlar va ularning O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan vakolatli vakillari reyestrini shakllantirsin; g) xalqaro imtihon tizimlarini tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida tegishli imtihon topshirish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilsin hamda doimiy ravishda yangilab borsin; d) 2021-yil 31-dekabrga qadar xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olganlik uchun imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha yoshlarning talabini o‘rganib chiqib, zaruratga ko‘ra, ushbu qarorni takomillashtirish yuzasidan taklif kiritsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uch oy muddatda Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimini yaratsin hamda uni keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish choralarini ko‘rsin. Belgilansinki, Yoshlar ishlar agentligi ushbu axborot tizimining egasi va foydalanuvchisi hisoblanadi. 41. Yoshlar ishlari agentligi va AT “Xalq banki”ning 2023-yil 1-fevralga qadar ushbu qarorda nazarda tutilgan davlat xizmatini AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligi bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralarning murojaatiga asosan ularning xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha imtihon tashkil etishga mas’ul xorijiy vakolatli tashkilotlar bilan mazkur qaror doirasida hamkorlik o‘rnatishlariga hamda ushbu tashkilotlar bilan axborot almashinuvlarini amalga oshirishga ko‘maklashsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Reglament xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ariza beruvchi — imtihon topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan, imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni so‘rab belgilangan tartibda murojaat qilgan jismoniy shaxs (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili); imtihon topshirish xarajati — imtihonni tashkil etish vakolatiga ega xorijiy tashkilotlar tomonidan belgilangan O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi rasmiy to‘lov miqdori; imtihon xarajatini qoplab beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi; kompensatsiya — imtihon topshirish xarajatini qoplab beruvchi tomonidan ariza beruvchiga qoplab beriladigan, mas’ul vakolatli xorijiy tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi uchun belgilangan imtihon topshirish xarajati summasi (mazkur kompensatsiya mas’ul vakolatli xorijiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli vakili tomonidan belgilanadigan imtihon topshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga olmaydi); mas’ul vakolatli tashkilot — imtihonni tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilot yoki uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli vakili bo‘lgan yuridik shaxs; maxsus sertifikat — mas’ul vakolatli tashkilotlar tomonidan beriladigan, maxsus seriya raqamiga ega, imtihon natijasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat; verifikatsiya — ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maxsus sertifikatning haqiqiyligini mas’ul vakolatli tashkilotning elektron tizimi orqali tekshirish. 3. Imtihon bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi: a) davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan so‘rovnomani to‘ldirib Yoshlar ishlari agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) yuboradi; b) O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik): maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi yoki maxsus sertifikatning haqiqiyligini mas’ul vakolatli xorijiy tashkilot orqali tasdiqlatib oladi; haqiqiyligi tasdiqlangan maxsus sertifikat egasi bo‘lgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni va unga muvofiq kompensatsiya mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi o‘rinlarda — Xalq banki) hisobvarag‘iga o‘tkazadi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi; v) Xalq banki filiali ariza beruvchining kompensatsiya pulini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda uning xohishiga ko‘ra ushbu kompensatsiyaning naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishini amalga oshiradi. Ariza beruvchiga SMS xabar yuborish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qoplanadi. 4. Davlat xizmatlari markazlari, Yoshlar ishlari agentligi va Xalq banki (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) o‘rtasidagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. 5. Kompensatsiya to‘lab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. Bunda ariza beruvchi istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. 6. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi: a) imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi (pdf formatda); b) maxsus sertifikat (pdf formatda). Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning xaqqoniyligiga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi. 7. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi. 8. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi. 9. Davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi. 10. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmati ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. 11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. 12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Yoshlar ishlari agentligiga elektron shaklda yuboriladi. 13. Quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda, ariza beruvchiga mazkur Reglamentda nazarda tutilgan kompensatsiya to‘lab beriladi: imtihonlarning biri yoki bir nechtasi bo‘yicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun to‘planishi lozim bo‘lgan yuqori ball (daraja)ning minimal ko‘rsatkichi yoki undan yuqori natija qayd etilganda; maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun o‘tmasdan kompensatsiya to‘lashni so‘rab ushbu Reglamentda belgilangan tartibda murojaat qilganda; maxsus sertifikatda ko‘rsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va to‘g‘riligi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanganda. 14. YIDXPdagi elektron so‘rovnomada to‘ldirilgan ariza beruvchining ma’lumotlari ushbu Reglamentning 13-bandi ikkinchi-uchinchi xatboshilarida belgilangan shartlarga muvofiq yoki muvofiq emasligi avtomatik tarzda aniqlanadi. 15. Murojaat qilish jarayonida ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun o‘ziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi. 16. Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 15 kalendar kun mobaynida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi. Agar maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni bo‘lmasa, Yoshlar ishlari agentligi imtihon tashkil etishga mas’ul vakolatli tashkilotga maxsus sertifikatning haqiqiyligini so‘rab so‘rov yuboradi. Bunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yuborilgan so‘rovning elektron shakli (pdf formatda) idoralararo elektron tizimga joylashtirilganda, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlatish muddati 30 kalendar kunga uzaytiriladi. 17. Quyidagi holatlarda: verifikatsiya yoki vakolatli xorijiy tashkilotga yuborilgan so‘rov natijasiga ko‘ra maxsus sertifikatning haqiqiy emasligi aniqlanganda; vakolatli xorijiy tashkilotga yuborilgan so‘rovga javob olinmaganda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlash rad etiladi va kompensatsiya to‘lanmaydi. 18. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mas’ul vakolatli tashkilotga yuborilgan so‘rovga 30 kun muddatda javob olinmaganda, shuningdek, maxsus sertifikatning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi haqida kechikib javob olinganda, Yoshlar ishlari agentligi bu haqda SMS yuborish orqali ariza beruvchini xabardor qiladi. Bunda maxsus sertifikat haqiqiyligi mas’ul vakolatli tashkilot tomonidan 30 kun muddat o‘tib tasdiqlanganda, ariza beruvchi mazkur Reglament talablariga muvofiq takroran murojaat etmasdan unga kompensatsiya to‘lab beriladi. 19. Muqaddam imtihonlarning bir turi bo‘yicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchiga imtihonlarning aynan shu turi bo‘yicha takroran topshirilgan imtihon xarajati qoplanmaydi. Muqaddam imtihonlarning bir turi bo‘yicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchi imtihonlarning boshqa turi bo‘yicha minimal ko‘rsatkich yoki undan yuqori natija qayd etsa, unga ushbu Reglament talablariga muvofiq kompensatsiya to‘lab beriladi. 20. O‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolarning imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni so‘rab ushbu fuqarolarning qonuniy vakillari murojaat qilishlari mumkin. Bunda kompensatsiya ushbu Reglament talablariga muvofiq o‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolarning qonuniy vakillariga to‘lab beriladi. 21. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirilgan sanadan boshlab 180 kun mobaynida Xalq bankining tegishli filialidan ariza beruvchilar tomonidan talab qilib olinmagan mablag‘lar Xalq bankining tegishli filiali tomonidan bunday ariza beruvchilarning ro‘yxatini ilova qilgan holda Yoshlar ishlari agentligiga qaytariladi. 22. Vakolatli organlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim. 23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi. 24. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. 25. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
163
15,868
Qonunchilik
“Xalqaro mehnat tashkilotining qishloq xo‘jaligida mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 129-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1969-yil 25-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Xalqaro mehnat tashkilotining qishloq xo‘jaligida mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 129-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1969-yil 25-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
211
440
Qonunchilik
TIJORAT BANKLARIDA LIZING OPERATSIYALARINI AMALGA OShIRISh VA ULARNING BUXGALTERIYA HISOBINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Lizing to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin. 3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, Markaziy bank Boshqaruvining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: — “O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan moliyaviy lizingni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 7-maydagi 9/7-sonli qaror (1999-yil 20-iyul, ro‘yxat raqami 776); — “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 25-noyabrdagi 26/7-sonli qaror. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Lizing to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq banklar tomonidan lizing operatsiyalarini amalga oshirish hamda lizing operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq buxgalteriya hisobini yuritish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom talablari banklar tomonidan mikrolizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga ham tatbiq qilinadi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: lizing (moliyaviy ijara) — bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turi; mikrolizing — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq 600 mln so‘mdan oshmaydigan summada beriladigan lizing; lizing obyektlari — tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk (yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno); lizing subyektlari — lizing beruvchi, lizing oluvchi hamda sotuvchi. lizing beruvchi — lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi bank; lizing oluvchi — lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektini egalik qilish va foydalanish uchun olayotgan shaxs; sotuvchi — lizing obyektini lizing beruvchiga sotadigan shaxs; lizing shartnomasi muddati — lizing shartnomasi bo‘yicha tomonlar majburiyatlarining to‘la bajarilgungacha bo‘lgan davr; lizing muddatining boshlanishi — lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchining lizing obyektiga egalik qilish va foydalanish huquqini amalga oshirishni boshlagan sana, ya’ni lizing obyektini dastlabki (boshlangich) tan olish sanasi; lizing to‘lovlari — lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko‘p qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarining lizingga oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchi daromadi yig‘indisi; minimal lizing to‘lovlari — lizing oluvchi yoki uning kafolatchisi (kafili) tomonidan lizing shartnomasiga ko‘ra lizing beruvchiga uning lizing obyektini sotib olish va uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlarini, lizing daromadi (foizi) qo‘shilgan holda lizing muddati davomida to‘lanishi lozim bo‘lgan summa; lizing beruvchining daromadi — lizing to‘lovlari bilan lizing obyektini sotib olish, uni yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan, lizing beruvchi tomonidan lizing operatsiyasini amalga oshirish natijasida oladigan foiz daromadi; lizing obyektining haqqoniy qiymati — muayyan bir sanada lizing obyektini sotib olish yoki lizing obyektini sotib olish bo‘yicha bitim tuzishni xohlovchi bir-biriga qaram bo‘lmagan xabardor tomonlar o‘rtasidagi majburiyatni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa; diskontlash — kelgusida aniq bir vaqtda olinishi kutilayotgan pul mablag‘larining joriy ekvivalentini aniqlash; lizing obyektining xizmat muddati — lizing obyektiga qonunchilik hujjatlari asosida amortizatsiya hisoblanadigan davr; dastlabki bilvosita xarajatlar — lizing shartnomasini tuzish va lizingni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan va lizing obyekti qiymatiga qo‘shilmaydigan xarajatlar; dastlabki bevosita xarajatlar — lizing obyektini yetkazib berish, uni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan va lizing obyekti qiymatiga qo‘shiladigan xarajatlar. 2. Banklar faqat lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing obyekti lizing oluvchining mulkiga o‘tishini ko‘zda tutuvchi lizing operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin. Bunda lizing oluvchi lizing beruvchi bankka lizing obyektini sotib olish, uni yetkazib berish, ishga tayyor holga keltirish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini va kelishilgan foizlar to‘lovini amalga oshirishi lozim. 3. Lizing beruvchi bank lizing obyektini sotuvchidan kelgusida uning o‘ziga lizing asosida foydalanish uchun berish maqsadida sotib olgan taqdirda bir shaxsning o‘zi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 4. Lizing operatsiyalari moliyaviy barqaror bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga to‘lovlilik, ta’minlanganlik, bank tomonidan lizing obyektini sotib olishga investitsiya qilingan kredit mablag‘larini qaytarishlik va maqsadga muvofiq foydalanishlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. 5. Lizing operatsiyasi lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan bevosita tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida ishlatilishi ko‘zda tutilgan hollarda ko‘rsatiladi. Qimorxonalar va billiardxonalarni tashkil etishda lizing obyektini qo‘llash ko‘zda tutilgan hollarda lizing xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 6. Lizing bo‘yicha moliyaviy ijaraga olingan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lishi, yo‘qolishi, o‘g‘irlanishi, shikastlanishi, buzilishi va barvaqt eskirishi xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan tarzdagi har qanday yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarardan lizing obyektini sug‘urtalash taraflarning kelishuviga binoan sug‘urtalanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, lizing oluvchi lizing obyekti sug‘urtasi uchun javobgar bo‘ladi. 7. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘zaro kelishgan holda qonunchilik hujjatlariga muvofiq lizing obyektini jadal amortizatsiya qilishni qo‘llash huquqiga ega. 8. Banklar qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Nizom asosida lizing xizmatlari ko‘rsatishning ichki tartibini ishlab chiqishlari lozim. Mazkur ichki tartiblarda qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizomga zid me’yorlarni o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 9. Lizing oluvchi lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: lizing buyurtmasi; lizing obyektining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va uning sotuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili ko‘rsatilgan biznes-reja; tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno. Lizing beruvchi banklar lizing berish yuzasidan qaror qabul qilish uchun lizing oluvchidan uning lizing to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni so‘rab olishlari mumkin. Lizing kompaniyalariga ularga ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochgan tijorat banklari tomonidan import asosida lizing obyektlarini yetkazib berish bilan bog‘liq lizing xizmati ko‘rsatilishi mumkin.. 10. Buyurtma lizing beruvchi bank tomonidan ko‘rib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi: buyurtma beruvchi daromadlarining lizing to‘lovlarini amalga oshirish uchun yetarliligi; buyurtmada bayon etilgan ma’lumotlarning bir-biriga zid emasligi; lizing beruvchi bank oldidagi majburiyatlarni buyurtma beruvchi tomonidan o‘z vaqtida bajarish imkoniyatining mavjudligi. 11. Lizing obyekti shartnomaga muvofiq lizing beruvchi bank tomonidan lizing obyektini sotib olishga, lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq va boshqa xarajatlarini qaytarish hamda lizing daromadi (foizi) to‘lovini amalga oshirish ta’minoti vazifasini bajarishi mumkin. Bunda lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchi bank foydasiga yo‘qolish va shikastlanish hodisalaridan ixtiyoriy sug‘urta qilinishi va bu to‘g‘risida sug‘urta polisini bankka taqdim etilishi shart. Lizing beruvchi lizing operatsiyasini amalga oshirish natijasida sarflangan mablag‘larning qaytarilishi va lizing foizi to‘lanishining kafolati sifatida lizing oluvchidan boshqa ta’minot shakllarini taqdim etishni talab qilishi mumkin. 13. Lizing oluvchining buyurtmasi bo‘yicha lizing beruvchi bank tomonidan lizing operatsiyasini amalga oshirish yoki oshirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish muddati buyurtma bankka kelib tushgan kundan boshlab 30 ish kunidan, mikrolizing operatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha esa 10 ish kunidan oshmasligi lozim. Lizing operatsiyasini amalga oshirish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, lizing beruvchi bank lizing oluvchiga bu haqda rad etish sababini asoslagan holda yozma shaklda ma’lum qilishi shart. 14. Lizing operatsiyasini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bu haqda lizing oluvchiga bildiriladi hamda lizing beruvchi bank va lizing oluvchi o‘rtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lizing shartnomasi tuziladi. Lizing obyekti hisoblangan mol-mulk bo‘yicha tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda lizing shartnomasi notarial tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalari olish chog‘idagi lizing to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno. 15. O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak: a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa; b) lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo‘lsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangich qiymatining 20 foizidan kam bo‘lsa; v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo‘ladi; g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to‘lovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lsa. 16. Lizing shartnomasi lizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan kam bo‘lmagan muddatga tuziladi. Bunda lizing obyektining xizmat muddati O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 306-moddasi oltinchi qismida belgilangan asosiy vositalarning amortizatsiya normalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Fermer xo‘jaliklariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi mashina-traktor parklariga qishloq xo‘jaligi mashinalarini lizingga berish borasidagi lizing shartnomalari 10 yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi. Lizing shartnomasida lizing shartnomasi amal qilishi boshlangandan to tugagunga qadar lizing obyektining qiymati bo‘yicha vujudga keladigan o‘zgarishlarni inobatga olib, lizing to‘lovlari summasiga taraflarning kelishuviga binoan tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish shartlari ko‘zda tutilishi mumkin. Lizing oluvchilar lizing obyektini lizing shartnomasi muddati tugashidan oldin istalgan vaqtda lizing obyektining qoldiq qiymatini va hisoblangan lizing foizi to‘lovini amalga oshirgan holda lizing obyektini o‘z mulkiga olishi mumkin. Lizing obyekti qoldiq qiymati va hisoblangan foizlar to‘lovi to‘laligicha amalga oshirilgan kundan boshlab lizing shartnomasi shartlari to‘la bajarilgan hisoblanadi. 17. Lizing shartnomasi tuzilganidan so‘ng lizing beruvchi bank va sotuvchi o‘rtasida lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Bunda lizing beruvchi bank sotuvchiga mol-mulk muayyan lizing oluvchiga berish uchun sotib olinayotganligini bildirishi shart. 18. Lizing obyektini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi imzolanib, mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqi lizing oluvchiga o‘tganidan so‘ng lizing operatsiyasi amalga oshirilgan hisoblanadi. 19. Lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing obyekti sotuvchi tomonidan bevosita lizing oluvchiga u turgan joyda topshiriladi. Foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi lizing oluvchi tomonidan rasmiylashtiriladi va lizing beruvchi bank, lizing oluvchi hamda sotuvchi tomonidan imzolanadi. 20. Lizing obyekti yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing oluvchi: lizing to‘lovini amalga oshirishni kechiktirish; yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish; lizing shartnomasining bekor qilinishini lizing beruvchidan talab etish; lizing shartnomasini bajarmaslik yoki tegishlicha bajarmaslik natijasida yetkazilgan zararlarni to‘lashni lizing beruvchidan talab qilishga haqlidir. 21. Lizing beruvchi bank har bir lizing operatsiyasi bo‘yicha lizing yig‘ma jildini shakllantiradi. Lizing yig‘ma jildda quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim: lizing oluvchining buyurtmasi; lizing shartnomasi; lizing oluvchining oxirgi hisobot sanasiga buxgalteriya balansi; lizing oluvchining lizing bo‘yicha biznes-rejasi; lizing oluvchining to‘lov qobiliyati va uning biznes-rejasining samaradorligi to‘g‘risida lizing beruvchi bankning xulosasi; sug‘urta kompaniyasining lizing obyektini sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi; lizing beruvchining lizing obyektini lizing oluvchiga yetkazib berilishi to‘g‘risidagi buyurtmasi; lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi; lizing obyektini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi; lizing obyektiga sotuvchi tomonidan berilgan texnik kafolat; lizing operatsiyasi hamda ta’minoti xarakteridan kelib chiqqan holda olingan boshqa hujjatlar. Lizing shartnomasi yuzasidan qo‘shimcha kelishuv tuzilgan taqdirda, u ham lizing oluvchining lizing yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi. 22. Lizing oluvchi lizing shartnomasida belgilangan muddat davomida lizing obyektiga egalik qilish va undan foydalanish huquqini oladi. Lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi bo‘yicha o‘zida paydo bo‘lgan huquq, majburiyat va boshqa manfaatlarni uchinchi shaxsga o‘tkazish (qo‘shimcha lizing)ga faqat lizing beruvchining yozma roziligi asosida ruxsat etiladi. 23. Lizing oluvchi sotuvchi tomonidan lizing obyektiga berilgan texnik kafolatdan foydalanadi. Lizing obyektini o‘z vaqtida yetkazib berilishi va butlanishi hamda uni o‘rnatishga doir majburiyatlarning bajarilishi bo‘yicha sotuvchidan talab qilish huquqini lizing oluvchi o‘z zimmasiga olishi lizing shartnomasida belgilanishi mumkin. 24. Lizing beruvchi banklarda lizingga berilgan aktivlar hisobi 15600 — “Lizing (moliyaviy lizing)” hisobvaraqlarida yuritiladi. 25. Dastlabki tan olish lizing shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing beruvchi bank lizingga berilgan lizing obyektini o‘z balansida sof investitsiyasi qiymati, ya’ni lizing obyektini sotib olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga shay holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi yoki uning haqqoniy qiymatida, ularning qaysi biri kichik bo‘lsa o‘sha summada aktiv sifatida tan oladi. 26. Lizing beruvchi bank lizing obyekti uchun to‘lovlarni sotuvchiga oldindan to‘lab berib lizing obyekti to‘g‘ridan to‘g‘ri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, lizing beruvchi bank foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to‘ldirib, quyidagi buxgalteriya amallarini bajaradi: Dt 19909 Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar; Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i; Dt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq); Kt 19909 Tovar moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar. 27. Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so‘ngra lizing oluvchiga lizingga berilsa quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi: Dt 16500 Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvarag‘i); Kt 19909 Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar; Dt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvarag‘i); Kt 16500 Asosiy vositalar (mos hisobvaraq). 28. Lizing beruvchi bank tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi. Lizing shartnomasiga muvofiq yuqoridagi xarajatlar lizing oluvchi tomonidan qoplanmagan taqdirda, mazkur xarajatlar yuzaga kelgan paytdagi tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi. 29. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing obyekti dastlabki tan olinganidan so‘ng, keyingi hisob lizing oluvchi tomonidan to‘lanadigan lizing bo‘yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va u bo‘yicha foizlarning hisobini yuritishdan iborat. Keyingi hisob lizing obyektini baholab borishni ham o‘z ichiga oladi. 30. Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga berish (olish) vaqtida lizing beruvchining daromadi (lizing oluvchining lizing foizi bo‘yicha xarajatlari) buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi. 31. Minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymatini hisoblashda diskontlaydigan omil bo‘lib, agar uni aniqlashning imkoniyati bo‘lsa, lizing shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkasi hisoblanadi, aks hollarda, qarz sarmoyasi bo‘yicha o‘sib boruvchi foiz stavkasidan foydalaniladi. 32. Lizing shartnomasida lizing beruvchi va lizing oluvchi lizing to‘lovlari jadvali (tartibi)ni kelishib oladi. Lizing to‘lovlari jadvalida lizing beruvchi bankning daromadi (foizi)ni to‘lash hamda lizing obyekti qiymatini qoplash bo‘yicha lizing oluvchining majburiyatlari va ularning lizing muddati davomida taqsimlanishi ko‘rsatiladi. Lizing to‘lovlari jadvalida lizing beruvchining daromadi lizing shartnomasi muddati davomida muntazam ravishda davrlar bo‘yicha teng taqsimlanishi aks ettirilishi lozim. Bunda, lizing shartnomasining har bir davrida qoplanmagan majburiyatlar qoldig‘iga doimiy foiz stavkasi qo‘llaniladi. 33. Lizing beruvchi bankning daromadi lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlarining amalga oshirilishidan qat’i nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq hisoblanadi. 34. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing bo‘yicha foizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi: Dt 16323 Lizing bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar; Kt 45100 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha foizli daromadlar (tegishli mos hisobvaraq). 35. Lizing to‘lovlari kelib tushgan hollarda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi: Dt Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari yoki mijozning depozit yoki bankning vakillik hisobvarag‘i (umumiy summaga); Kt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq) (asosiy qarz summasining qaytarilgan summasiga); Kt 16323 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar (foizli daromad summasiga). 36. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari to‘liq bajarilgan taqdirda 15600 Lizing (moliyaviy ijara) va 16323 Lizing bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldig‘i nolga teng bo‘ladi. Lizing oluvchi tomonidan lizing obyekti lizing shartnomasi muddati tugamasidan oldin sotib olingan hollarda ham ushbu hisobvaraqlardagi qoldiq nolga teng bo‘ladi. 37. Lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni o‘z balansiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali qabul qiladi: Dt 16705 Bankning boshqa ko‘chmas mulklari; Kt 15600 Lizing (moliyaviy ijara) (mos hisobvaraq). 38. Lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda aktivga Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1304, 2004-yil 24-yanvar) asosan o‘stirmaslik maqomi beriladi va aktivning kelgusi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 39. Lizing Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) talablaridan kelib chiqqan holda tasniflanadi. 40. Banklar lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchi sifatida ishtirok etgan taqdirda lizingga olingan aktivlar hisobi 16515 — Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqining, lizing bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar esa 22100 — Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlarning tegishli mos hisobvaraqlarida yuritiladi. 41. Lizing lizing oluvchi bankning moliyaviy hisobotlarida ham aktiv ham majburiyat sifatida tan olinadi. Ushbu dastlabki tan olish lizing shartnomasi muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing oluvchi bank lizing obyektini o‘z balansida sof investitsiya qiymati yoki uning haqqoniy qiymatining qaysi biri kichik bo‘lsa o‘sha summada aks ettiradi. 42. Lizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bajariladi: Dt 16515 Obyektlarni lizingga olish va uni takomillashtirish huquqi; Kt 22100 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlarning tegishli mos hisobvarag‘i. 43. Lizing oluvchi bank tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektini sotib olish, yetkazib berish yoki belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi. Lizing obyekti lizing oluvchi bank balansida aktiv va majburiyatlarning alohida moddalari sifatida aks ettirilishi lozim. Lizing bo‘yicha majburiyatni aktiv summasidan chegirib tashlagan holda (kontr-aktiv hisobvaraq sifatida) ko‘rsatishga ruxsat etilmaydi. 44. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing dastlabki tan olingandan so‘ng keyingi hisob majburiyat bo‘yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va lizing bo‘yicha foizlar to‘lash hisobini yuritishdan iborat. Keyingi hisob, lizing bilan bog‘liq barcha xavf-xatarlar lizing oluvchiga o‘tganligi sababli lizing oluvchi bank tomonidan lizing obyektini baholab borish, amortizatsiya ajratmalarini va shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa xarajatlarni amalga oshirish ishlarini ham o‘z ichiga oladi. 45. Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga olish vaqtida lizing oluvchi bankning lizing foizi bo‘yicha xarajatlari buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi. 46. Lizing shartnomasida lizing oluvchi bank va lizing beruvchi lizing to‘lovlari jadvalini kelishib oladi, unda lizing oluvchi bankning foizli xarajatlari, lizing obyektining qiymatini qoplash bo‘yicha majburiyatlar va ularning lizing muddati davomida taqsimlanishi ko‘rsatiladi. 47. Lizing to‘lovlari jadvalida lizing oluvchi bankning foizli xarajatlari lizing shartnomasining amal qilish muddati davomida davrlar bo‘yicha teng taqsimlanishi aks ettirilishi lozim. Bunda, lizing shartnomasining har bir davrida qoplanmagan majburiyatlar qoldig‘iga doimiy foiz stavkasi qo‘llaniladi. 48. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq lizing bo‘yicha foizli xarajatlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi: Dt 54198 Boshqa banklardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar yoki Dt 54199 Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar; Kt 22408 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha hisoblangan foizlar. 49. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing to‘lovlari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi: Dt 22408 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha hisoblangan foizlar; Dt 22100 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar; Kt Bankning vakillik yoki lizing beruvchining depozit hisobvarag‘i. 50. Lizing oluvchi bank tomonidan lizing obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari O‘zbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risida yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1434, 2004-yil 17-dekabr) talablari asosida amalga oshiriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt 56626 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha eskirish summasi; Kt 16519 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv). 51. Aniq bir davrdagi lizing oluvchi bankning lizing obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi va moliyaviy xarajatlari (lizing bo‘yicha foizlari) summasi mazkur davrda to‘lanishi kerak bo‘lgan lizing to‘lovlari summasiga teng bo‘lmasligi mumkin. 52. Lizing obyektini yillik qayta baholash lizing oluvchi bank tomonidan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 53. Lizing oluvchi bank tomonidan oxirgi to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin 16515, 16519, 22100 va 22408 balans hisobvaraqlarida mazkur lizing operatsiyalari bo‘yicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar (analitik hisob) qoldig‘i nolga teng bo‘ladi va mulkka egalik huquqi lizing oluvchiga o‘tadi. Lizing obyektining lizing oluvchi bankka o‘tkazish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi: Dt 16500 Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvaraq); Dt 16519 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv); Kt 16515 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi; Kt 165xx Yig‘ilgan eskirish summasi (tegishli mos hisobvaraq). 54. Lizing shartnomasi muddati oxirida lizing oluvchi bankka lizing obyektining sotish sanasidagi haqqoniy qiymatidan past narxda sotib olish huquqi berilgan bo‘lsa, sotib olish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi: Dt 22100 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar; Kt Bankning vakillik yoki lizing beruvchining depozit hisobvarag‘i; 22100 Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar hisobvarag‘i yopilganidan so‘ng, lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o‘tadi va bunda 36-bandda ko‘rsatilgan buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi. 55. Lizing shartnomasi uning amal qilish muddatidan oldin to‘xtatilib, lizing beruvchi tomonidan lizing obyekti shartnoma shartlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilgan taqdirda, lizing obyektini lizing beruvchiga qaytarish lizing shartnomasining amal qilish muddati to‘xtatilgan sanadagi lizing obyektining qoplanmagan qiymati summasida amalga oshiriladi va bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Dt 16519 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv); Kt 16515 Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi. 56. Lizing obyektining hisobdan chiqarish bo‘yicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) lizing obyektining qoldiq (balans) qiymati va lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha qolgan qarz o‘rtasidagi farq sifatida lizing obyektining hisobdan chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasini hisobga olgan holda aniqlanadi. Lizing obyektining hisobdan chiqarish bo‘yicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) aniqlaganida, oldingi qayta baholashlardagi lizing obyekti qiymatining ko‘paygan summasi, ya’ni oldingi baholashlar natijasida 30908 “Boshlangich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘ining kredit qoldig‘i lizing obyektining chiqib ketishidan ko‘rilgan daromad tarkibiga qo‘shiladi va bir vaqtning o‘zida ushbu hisobvaraq bo‘yicha rezerv kapitalini kamaytiradi. 57. Lizing oluvchi bank lizing bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni oshkor etadi: 1) hisobot sanasiga lizingga berilgan aktivlarning har bir sinfi bo‘yicha sof balans qiymati; 2) hisobot sanasiga jami kelgusi minimal lizing to‘lovlari bilan ularning joriy diskont qiymati taqqoslamasi; 3) quyidagi davrlarning har biri bo‘yicha hisobot sanasiga jami kelgusi minimal lizing to‘lovlari bilan ularning joriy diskont qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar: a) bir yilgacha bo‘lgan muddat; b) bir yildan ortiq, lekin besh yildan ortiq bo‘lmagan muddat; v) besh yildan ortiq bo‘lgan muddat; 4) lizing oluvchining muhim lizing shartnomalarining quyidagilarni o‘z ichiga olgan, lekin bular bilan chegaralanmagan holda umumiy tavsifi: a) shartnomaga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning mavjudligi va shartnoma shartlarining o‘zgartirilishi va yangi kiritilgan shartlarning xaridning qulayliligiga ta’siri imkoniyatlari; b) lizing shartnomasi shartlariga asosan qo‘shimcha qarzdorlik va kelgusi lizing bitimida o‘rnatilgan cheklashlar. 58. Lizing beruvchi bank quyidagi ma’lumotlarni oshkor etadi: 1) hisobot sanasiga lizingga qilingan yalpi lizing investitsiyasi bilan hisobot sanasiga olinishi kerak bo‘lgan bo‘lg‘usi minimal lizing to‘lovlarining joriy diskont qiymati bilan taqqoslanmasi; 2) quyidagi davrlarning har biri bo‘yicha hisobot sanasiga lizingga qilingan yalpi lizing investitsiyasi va olinishi kerak bo‘lgan kelgusi minimal lizing to‘lovlarining joriy diskont qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar: bir yilgacha bo‘lgan muddat; bir yildan ortiq, lekin besh yildan ortiq bo‘lmagan muddat; besh yildan ortiq bo‘lgan muddat; 3) olinmagan moliyaviy daromad; 4) olinishi lozim bo‘lgan minimal lizing to‘lovlari bo‘yicha shakllangan umidsiz qarzdorlik bo‘yicha yig‘ilgan zaxira; 5) lizing beruvchi bank tomonidan imzolangan muhim lizing shartnomalarining umumiy tavsifi; 6) davr mobaynida lizing shartnomalari bo‘yicha tegishli mablag‘larning yalpi investitsiyadan chegirgan holdagi ma’lumotlar.
147
30,756
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xo‘jalik jamiyatlari ijro etuvchi organlarining javobgarligini oshirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-886-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 18-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xo‘jalik jamiyatlari ijro etuvchi organlarining javobgarligini oshirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-886-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
238
775
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING NOGIRONLARNI REABILITATSIYA QILISh VA PROTEZLASh MILLIY MARKAZI JIHOZLANIShINI YaXShILASh BO‘YIChA YaPONIYA HUKUMATI GRANTIDAN SAMARALI FOYDALANIShNI TA’MINLASh ChORA-T
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi jihozlanishini yaxshilash bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish uchun beriladigan Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Yaponiya Hukumati Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi jihozlanishini yaxshilash bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga 441 mln. yena (4,9 mln. AQSh dollari) miqdorida grant berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 2. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.M.G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yaponiya Hukumati o‘rtasidagi Almashuv notasini hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan Yaponiya Hukumatining mazkur grantini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan grant Bitimini imzolashga vakil etib tayinlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga mazkur grantni olish uchun Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda barcha zarur tartib-qoidalarni rasmiylashtirish vazifasi yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi ushbu loyihani amalga oshirish doirasida beriladigan mazkur grant hisobidan olib kelinadigan uskunalar, buyumlar va materiallar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda mazkur loyiha doirasida olib kelinayotgan uskunalar, buyumlar va materiallardan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihada qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihaning xorijiy qatnashchilariga ko‘p martalik vizalar berish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda ta’minlasin. 8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
250
2,781
Qonunchilik
Ayrim AJlarga investorlarni jalb etishlari uchun muddat uzaytirildi
Eslatib oʻtamizki, Prezidentning 21.12.2015 yildagi PQ–2454-son qarori bilan shunday tartib belgilandiki, unga muvofiq AJ ustav kapitalidagi хorijiy investorning ulushi 15 foizdan kam boʻlmasligi kerak. 2016 yilning 1 iyuligacha mazkur talabni bajara olmagan AJlar soliq imtiyozlari va preferensiyalar berishdan kelib chiqadigan barcha oqibatlarni hisobga olgan holda, ular aksiyadorlik jamiyatlari reyestridan chiqariladi va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartiriladi. Mazkur tartib strategik mahsulotlar ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan AJlar, shuningdek tabiiy monopoliya sub’yektlari va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha narхi boshqariladigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va хizmatlarni yetkazib beruvchilarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek 2016 yilning 1 iyulidan boshlab yangi tashkil etiladigan AJlar faqat хorijiy investorning ustav kapitalidagi ishtiroki ulushi 15 foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina tashkil qilinishi mumkinligi belgilangan edi. Qabul qilingan qarorda хorijiy investorlarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida davlat ulushiga ega boʻlgan AJlar soni 2015 yilga nisbatan 1,7 baravar qisqarganligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, 17 ta aksiyadorlik jamiyatida ular rahbarlarining harakatsizligi hamda menejmentning samarali tashkil etilmaganligi oqibatida хorijiy investorlarni jalb etish jadvallari barbod qilindi. AJlarning har biri boʻyicha хorijiy investorlardan ularning aksiyadorlar tarkibiga kirishi yuzasidan aniq takliflar kiritishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksi va yangi tarmoq jadvallari ishlab chiqildi.   Hukumat qarori bilan qator aksiyadorlik jamiyatlari uchun хorijiy investorlarni jalb etishning uzil-kesil muddatlari belgilandi: - 26 ta aksiyadorlik jamiyatida - 2016 yil 1 noyabrgacha; - 61 ta aksiyadorlik jamiyatida - 2016 yil 31 dekabrgacha. Bundan tashqari, qaror bilan quyidagilarning roʻyхatlari tasdiqlandi: - хorijiy investorlarning ishtirokida ishlab chiqarish quvvatlari negizida qoʻshma korхona tashkil qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari (15 ta AJ); - tanlov asosida «nolinchi» sotish qiymati boʻyicha хususiy mulk etib sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlari va davlat aktivlari (153 ob’yekt); - yuridik shaхslarning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarida qayta tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari (35 ta AJ). Agar koʻrsatilgan muddatlarda хorijiy investorlar jalb etilmagan taqdirda AJlar boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda qayta tashkil etiladi. Belgilangan muddatlarda хorijiy investorlar jalb etilishini ta’minlamagan AJlar rahbarlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan qat’iy intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
67
3,047
Qonunchilik
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar olib keladigan mol-mulkka sertifikat 4 kunda rasmiylashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 18.07.2018 yildagi 549-son qarori bilan Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). Eslatib oʻtamiz, хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar bojхona hududiga olib keladigan mol-mulk ular davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab 2 yil davomida bojхona bojini toʻlashdan ozod qilinadi, agar: Imtiyozni qoʻllash uchun ushbu mol-mulkni erkin muomalaga chiqarish rejimida bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish paytida «Oʻzbekekspertiza» AJ tomonidan berilgan maхsus sertifikatga ega boʻlish zarur. Yuqorida koʻrsatilgan sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni jadallashtirildi va soddalashtirildi. Birinchidan, sertifikat olish uchun arizani endi elektron tarzda (shakliga qarang) taqdim etish mumkin. Shunisi e’tiborga loyiqki, arizaga rahbarning yoхud ishlab chiqarish uchun mas’ul shaхsning imzosi va ariza beruvchining muhri bilan tasdiqlangan hujjatlar paketini ilova qilish lozim. Biroq ushbu hujjatlarni elektron formatda ham taqdim etish imkoniyati haqida hech nima deyilmagan. Endi sertifikatning oʻzi ham ekspertizadan oʻtkazilib, «Yagona darcha» birхillashtirilgan bojхona aхborot tizimiga kiritilgandan keyin elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Biroq ariza beruvchi hujjatning qogʻoz shaklini talab qilsa, unga nusхasi qogʻozga chiqarib beriladi.  Ariza beruvchining oldin berilgan sertifikatga oʻzgartirish (sh.j. amal qilish muddatini uzaytirish) va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi asoslangan murojaati, shuningdek oʻzgartirish va qoʻshimchalarning oʻzi ham elektron shaklda boʻladi. Ikkinchidan, sertifikat olish uchun berilgan ariza 4 ish kuni (ilgari – 5 ish kuni) mobaynida koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha ma’lumotlar olish zarur boʻlsa, muddat 6 ish kunigacha (ilgari – 10 ish kunigacha) uzaytiriladi. Oldin berilgan sertifikatga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni rasmiylashtirish muddati 5 ish kunidan 4 ish kunigacha qisqartirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.07.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
112
2,343
Qonunchilik
SUDLAR, SUD PROTSESSLARI VA ULAR IShTIROKChILARINING XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi: 1. Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2001-yil 10-apreldagi 01-10-son va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2001-yil 13-apreldagi 1-son “Sudyalar va sud protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash Tartibini tasdiqlash haqida”gi qarori (2001-yil 16-aprel, ro‘yxat raqami 1028) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik-protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilaydi. 1. Sudlar, sud protsesslari va sud protsesslari ishtirokchilari hamda ularning yaqin qarindoshlari xavfsizligini ta’minlash ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. 2. Alohida hollarda, xavfsizlik va himoyani ta’minlash choralari qonunchilikka muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin. 3. Ichki ishlar organlari xodimlari o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida fuqarolarning huquq va erkinlariga rioya etishi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi va ularga berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqmasligi lozim. 4. Sudlar xavfsizligini ta’minlash sud binolarini qo‘riqlashdan iborat. Sud binolarini qo‘riqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-yanvardagi 18-son “O‘zbekiston Respublikasi adliya va sud organlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda matnda — Sud departamenti) sudlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sud binolarining qo‘riqlash ishini tashkil etadi va buning uchun belgilangan tartibda ichki ishlar organlari xodimlari jalb etiladi. 6. Sud binolarini xavfsizligini ta’minlash maqsadida Sud departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari Sud departamentiga tegishli sud binolarini qo‘riqlash ishini tashkil etish bo‘yicha xat jo‘natadi. Xatda qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan sud binolarining miqdori ko‘rsatiladi. 7. Sud departamenti tegishli xatlarni olgan kundan boshlab o‘n kunlik muddatda ularni umumlashtiradi va har bir hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri) bo‘yicha qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan sud binolari miqdorini aniqlaydi. 8. Sud departamenti qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan sud binolari miqdori aniqlanganidan so‘ng o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qo‘riqlash” birlashmasi (keyingi o‘rinlarda matnda — Birlashma) bilan sud binolarini qo‘riqlash to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Sud binolarini qo‘riqlash to‘g‘risidagi shartnoma har bir hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri) bo‘yicha alohida tuziladi. 9. Sud binolarini qo‘riqlash to‘g‘risidagi shartnomada qo‘riqlash bo‘yicha xizmatlar qiymatini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tariflar qo‘llaniladi. 10. Sud binolarini qo‘riqlash to‘g‘risidagi shartnomalar tuzilganidan so‘ng besh kunlik muddat ichida shartnomalar nusxalari Sud departamentining hududiy boshqarmalariga va Birlashmaning hududiy bo‘limlariga yuboriladi. Yuborilgan shartnoma nusxalari Birlashmaning hududiy bo‘limlari tomonidan sud binolarini qo‘riqlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 11. Sud binolarini qo‘riqlash xizmatlari uchun to‘lovlar Sud departamenti tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. 12. Birlashmaning tegishli hududiy bo‘limlari shartnoma nusxasini olgandan so‘ng uch kunlik muddatda Sud departamentining hududiy boshqarmalari bilan birga sud binolarini qo‘riqlash ishini tashkil etadi. 13. Sud binolarini qo‘riqlashni tashkil etish uchun Birlashmaning hududiy bo‘limi sud binolarini qo‘riqlashni amalga oshirish uchun xodimlarni (keyingi o‘rinda matnda — qo‘riqlash bo‘limi xodimlari) ajratadi. 14. Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan sud binolarini qo‘riqlash kechayu-kunduz amalga oshiriladi. 15. Sud binolarini qo‘riqlashni ta’minlash uchun qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan quyidagi choralar amalga oshiriladi: sud binosiga kirish va chiqishning qo‘riqlanishi ta’minlanadi; sud raisi bilan kelishilgan holda nazorat-ruxsatnoma punkti tashkil etiladi; sud hududiga xizmat guvohnomasi yoki ruxsatnoma bo‘yicha kirish joriy etiladi; sud binosidagi xonalarni qo‘riqlash signalizatsiyasi holati nazorat qilinadi, sud raisiga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritiladi. 16. Qo‘riqlash bo‘limi xodimi qo‘riqlanayotgan sud binosini o‘ziga xosligini, signalizatsiya va yong‘inga qarshi kurash vositalarining joylashgan joylari va ulardan foydalanishni bilishi hamda ularni soz holatda ekanligini tekshirib, aniqlangan barcha kamchiliklar bo‘yicha darhol sud raisiga xabar berishi lozim. 17. Etarli asoslar mavjud bo‘lganida qo‘riqlash bo‘limi xodimi jamoat tartibining buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni ushlashi va ularni tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlariga topshirishi mumkin. 18. Sud protsesslari xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bevosita sud majlisi o‘tkazilishida kompleks chora-tadbirlar qo‘llash yo‘li bilan tartibni saqlashdan iborat. 19. Sud protsesslari xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish ichki ishlar organlari xodimlari (keyingi o‘rinlarda matnda — xodim) tomonidan amalga oshiriladi. 20. Sud muhokamasini o‘tkazishda to‘sqinliklar vujudga kelishi ehtimolini tasdiqlovchi yetarli asoslar mavjud bo‘lganida, sud majlisiga raislik qiluvchi sudya (keyingi o‘rinda matnda — raislik qiluvchi) yoki sud raisi sud majlisi o‘tkazilishiga kamida uch kun qolganda, sud protsesslari xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ko‘rish to‘g‘risida tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlariga yozma xabarnoma jo‘natadi. 21. Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari sudning yozma xabarnomasini olganidan so‘ng, xabarnomada ko‘rsatilgan muddatlarda sud protsessi xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish uchun xodimlar ajratadi. 22. Sud protsesslari xavfsizligini ta’minlash uchun xodimlar tomonidan quyidagi choralar amalga oshiriladi: raislik qiluvchi yoki sud raisi bilan kelishuvga binoan sud majlisi xonasi va maslahatxona xavfsizligi ta’minlanadi; sud majlisidan oldin sud majlisi xonalari va maslahatxonaning ularda egasiz ashyolar, yonuvchi, portlovchi, zaharlovchi va boshqa xavfli buyumlarni aniqlash yuzasidan tekshiruvi tashkillashtiriladi; tashqi ko‘rinishi yoki yurish-turishidan shubha tug‘diruvchi shaxslarni tekshirish tashkil etiladi. Ko‘rsatilgan shaxslar yetarli asoslar mavjud bo‘lganda ushlanishi va yuqorida sanab o‘tilgan buyum va ashyolar yuboriladigan tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlariga topshirilishi mumkin. 23. Xodim sud majlisi vaqtida doimiy ravishda sud majlisi zalida bo‘ladi. Sud majlisi zalini tark etish faqatgina raislik qiluvchining farmoyishi (ruxsati) bilan ruxsat etiladi. 24. Xodim sud protsesslari xavfsizligini ta’minlashda quyidagi huquqlarga ega: qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda jismoniy kuch, maxsus vositalar va o‘qotar qurolini qo‘llash; sud raisi yoki raislik qiluvchining farmoyishiga binoan sud majlisi tartibini buzuvchi shaxslarni sud majlisi zalidan chiqarib yuborish; zarur hollarda qo‘shimcha yordam chaqirish. 25. Sud protsessida xavfsizlikni ta’minlashda xodimlar: raislik qiluvchi yoki sud raisining sud majlisi vaqtida va sud binosida tartibni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan farmoyishlariga bo‘ysunishga; sud majlisi xonasida va maslahatxonada jamoat tartibini ta’minlashga majburdirlar. 26. Zarur hollarda xodim raislik qiluvchi yoki sud raisining farmoyishiga binoan sud devonxonasidan sud majlisi o‘tkaziladigan joyga yoki sudya xonasiga sud ishlari va ashyoviy dalillar yetkazib berilishida ularning qo‘riqlanishi va saqlanishini ta’minlaydi. 27. Xodim sud ishini va ashyoviy dalillarni qo‘riqlash va ularni sud majlisiga yetkazish to‘g‘risidagi farmoyishni olgandan so‘ng, sud majlisi devonxonasiga sud majlisi kotibi bilan birga keladi. Kotib sud ishi va ashyoviy dalillarni olgandan so‘ng xodim uni sud majlisini o‘tkazish joyiga kuzatib qo‘yadi. 28. Xodim sud majlisi yakunida qilingan ishlar, sud raisi yoki raislik qiluvchi tomonidan kelib tushgan murojaatlar, shuningdek, sud zalidagi barcha hodisalar va ko‘rilgan choralar haqida tegishli tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limiga yozma hisobot taqdim etadi. Xodimning sud majlisi yakunlanganligi haqidagi yozma hisoboti sud raisi yoki raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. 29. Sud protsesslari ishtirokchilari, ularning oila a’zolari va yaqin qarindoshlarining (keyingi o‘rinlarda matnda — qo‘riqlanayotgan shaxslar) xavfsizligini ta’minlash ko‘rsatilgan shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mulkiga suiqasd qilish xavfi mavjud bo‘lganda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan kompleks choralardan iborat. 30. Qo‘riqlanayotgan shaxslarga nisbatan tahdidning mavjudligini tasdiqlovchi yetarli dalillarning borligi xavfsizlik choralarini qo‘llashga asos bo‘lib hisoblanadi. 31. Qo‘riqlanayotgan shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralari sud tomonidan ushbu shaxslarning tahdid qiluvchi xavf va boshqa holatlar mavjudligi to‘g‘risidagi og‘zaki (yozma) arizasiga asosan yoki sudning tashabbusi bilan qo‘llaniladi. 32. Qo‘riqlanayotgan shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralari sud tomonidan ajrim chiqarish orqali qo‘llaniladi. Ushbu ajrim tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlariga yuboriladi, nusxalari esa qo‘riqlanayotgan shaxslarga beriladi. 33. Sud ajrimida qo‘riqlanayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilayotgan aniq xavfsizlik choralari va ularni amalga oshirish vaqtlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bunda, ichki ishlar organlari ishda mavjud ma’lumotlar, xavf tahdid solayotgan shaxslar, tahdid solayotgan xavfning ehtimoliy xususiyati, manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlari to‘g‘risida xabardor qilinadi. 34. Ichki ishlar organlari sud ajrimini olishi bilan darhol qo‘riqlanayotgan shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralarini ko‘rishlari shart. 35. Qo‘riqlanayotgan shaxslar xavfsizligini ta’minlovchi ichki ishlar organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslari tomonidan ijro etilishi majburiydir. 36. Alohida hollarda ichki ishlar organlari qo‘riqlanayotgan shaxslarga, ularning xavfsizligini ta’minlash uchun rioya etilishi majburiy bo‘lgan muayyan ko‘rsatmalar berishi mumkin. 37. Qo‘riqlanayotgan shaxslarga tahdid solayotgan xavf bartaraf etilganda yoki xavfsizlik choralarini bekor qilish uchun boshqa asoslar vujudga kelganda sud tomonidan qo‘riqlanayotgan shaxslarga nisbatan bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqariladi. Ushbu ajrim ichki ishlar organlariga yuboriladi, nusxalari esa qo‘riqlanayotgan shaxslarga beriladi. 38. Qo‘riqlanayotgan shaxslarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shuningdek, ular mulklarining saqlanishini ta’minlash maqsadida quyidagi xavfsizlik choralari qo‘llanilishi mumkin: qo‘riqlanayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni cheklash — qo‘riqlanayotgan shaxslarning roziligi bilan ularning shaxsi, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari, yashash joyi va ular haqidagi boshqa ma’lumotlarni berishga vaqtinchalik cheklov qo‘yilishi mumkin; yopiq sud majlisini o‘tkazish — qo‘riqlanayotgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida yopiq sud majlislari o‘tkazilishi mumkin; shaxsni, uy-joy va mol-mulkni himoya qilish — qo‘riqlanayotgan shaxsning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yoxud mol-mulkiga tahdid xavfi mavjud bo‘lganda ularni shaxsi, uy-joy va mol-mulki himoya qilinadi. Qo‘riqlanayotgan shaxslarni hayotiga, sog‘lig‘iga yoxud mol-mulkiga zarar yetkazilish yoki yo‘q qilinish tahdidi xavfining xarakteri va darajasining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, bir vaqtning o‘zida bir necha xavfsizlik choralari qo‘llanilishi mumkin. 39. Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, Adliya vaziri tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha o‘qotar qurol beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi. 40. Qo‘riqlanayotgan shaxsning shaxsiy xavfsizligini va ishonchli himoyasini ta’minlash uchun sud protsessida quyidagi talablarga rioya etilishi lozim: qo‘riqlanayotgan shaxs unga xavf tahdid solib turgan paytda xodim talablariga bo‘ysunishi shart; shaxsni himoya qilish qo‘riqlanayotgan shaxs bo‘lgan barcha joylarda, shuningdek, yopiq sud majlislarida ham amalga oshiriladi; xodim zarurat yuzaga kelganida qo‘riqlanayotgan shaxsning xavfsizligini ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda qurol qo‘llashi mumkin; sud majlisidan oldin sud majlisi binosi, sud muhokama xonalari va qo‘riqlanayotgan shaxs bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa xonalar ko‘zdan kechiriladi. 41. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
130
14,164
Qonunchilik
Pensiya jamgʻarmasi хatolari: qaysilariga yoʻl qoʻyiladi, qaysilariga esa yoʻq
Pensiya jamgʻarmasi qarorining qonuniyligini aniqlashda Pensiya jamgʻarmasi хodimlarining aynan qaysi хatolari pensiyadan qonuniy chegirmalarga, qaysilari esa faqat noqonuniy chegirmalarga olib kelishini tushunish zarur. Sharhimizda shu haqda batafsil soʻz yuritamiz. 1993 yil 3 sentyabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida” Qonunning 65-moddasiga asosan pensiyalardan chegirmalar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining qaroriga binoan pensionerga pensiya miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda faqat ikki holatda amalga oshirilish mumkin: pensioner tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida); hisoblashdagi yoki boshqa teхnik хato oqibatida. Agar birinchi holatda (pensioner tomonidan qilingan suiiste’molliklar) hammasi kundek ravshan boʻlsa, ikkinchi holat (Pensiya jamgʻarmasi хodimlarining хatolari) ma’lum savollarning tugʻilishiga sabab boʻladi. Pensiya jamgʻarmasining u yoki boshqa qarorlarining qonuniyligini aniqlash uchun hisoblashdagi va teхnik хato oʻzida nimani namoyon qilishini tushunib olish lozim. Afsuski, qonunchilik bizga bu tushunchalarni tushuntirmaydi, shuning uchun mavjud sud amaliyotiga tayanishga toʻgʻri keladi. Hisoblashdagi хato nima degani? Nima bilan isbotlangan? Hisoblashdagi хatolar jumlasiga faqat arifmetik hisoblashni bajarishda yoʻl qoʻyilgan хatolar kiradi. Matematik amal (qoʻshish, ayirish, boʻlish, koʻpaytirish) notoʻgʻri bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak. Mazkur hisoblashdagi хatoga olib kelgan aniq hisob-kitob Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining hisoblashdagi хatosining isboti boʻladi. U yozma ravishda tuzilishi hamda vakolatli shaхs (hisob-kitobni bajargan mas’ul shaхs emas, balki rahbarning oʻzi) tomonidan imzolanishi kerak. Agar pensionerga bunday hisob-kitobni taqdim qilishmasa yoki imzosiz yoхud tushunarsiz va rasshifrovka qilinmagan imzo bilan taqdim qilishsa, u holda bunday harakat ustidan Pensiya jamgʻarmasining yuqori organiga yoki prokuraturaga shikoyat qilish mumkin. Sud ishi boʻlgan taqdirda javobgar albatta bunday hisob-kitobni sudga taqdim qilishi shart. Koʻrsatilgan hisob-kitobdan tashqari, hisoblashdagi хato topilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma va bevosita ushbu хatoni sodir etgan shaхsning tushuntirish хati ham isbot hisoblanadi. Teхnik хato nima degani? Nima bilan isbotlangan? Teхnik хatolar jumlasiga, хususan soʻzlarda yoʻl qoʻyilgan хatolar, soʻzlarning tushib qolishi, ma’lumotlarni notoʻgʻri kiritish kiradi. Hozirgi vaqtda hisob-kitoblar kompyuter dasturlari yordamida amalga oshirilayotir, unga barcha kerakli formulalar kiritilgan. Shunday ekan, pensiya hisoblab chiqarish uchun dastlabki ma’lumotlarni notoʻgʻri koʻrsatish yoki normativ-huquqiy hujjatlarda koʻzda tutilgan qoidalarga rioya qilmaslikdan iborat teхnik хatoning ehtimoli yuqori. Bunda Pensiya jamgʻarmasining хato qilgan хodimining tushuntirish хati va teхnik хato topilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani talab qilish ham dolzarb. Kompyuter dasturidagi teхnik ishdan chiqish toʻgʻrisida ham alohida aytib oʻtish lozim. Agar u hisoblashdagi хatoga olib kelmagan boʻlsa, ishdan chiqishning oʻzi pensiyadan chegirma qilish uchun sabab boʻlmaydi. U hisoblashdagi хato toʻgʻrisida ham guvohlik bermaydi. Nosozliklar hisoblash amallariga qanday ta’sir koʻrsatganligini oʻrnatish zarur. Ya’ni dasturning ishdan chiqishi va hisob-kitobdagi хato oʻrtasidagi bogʻliqlik oʻrnatilishi kerak. Buning uchun  tizim ishining ishdan chiqishi qayd qilinishi  va qanday nosozliklar hisoblashdagi хatoga olib kelganligini tushuntirishi kerak boʻlgan IT-mutaхassisning dastur ishidagi muammolar yuzasidan хulosasi zarur. Agar mutaхassisning bunday хulosasi boʻlmasa, dastur teхnik jihatdan ishdan chiqqanligining isboti ham boʻlmaydi. Binobarin, mazkur holatda pensiyadan summa chegirib qolish gʻayriqonuniydir. E’tibor qarating Shunday qilib, agar haqiqatan hisoblashdagi yoki teхnik хato sodir etilgan boʻlsa hamda tegishli isbotlar mavjud boʻlsa, ehtimol, Pensiya jamgʻarmasi хodimlarining pensiya miqdoridan ortiqcha toʻlangan pullarni chegirib qolish boʻyicha harakatlari qonuniy boʻlishi mumkin.   Boshqa hech qanday holatlarda pensiyadan chegirmalar qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuning uchun,  agar pensionerga   chegirib qolish sabablari «Sizning hujjatlaringizni yoʻqotib qoʻydik», «Sizga imtiyozni notoʻgʻri qoʻllabmiz», «Sizni pensiyaning bir turidan boshqasiga хato tarzda oʻtkazibmiz», «Oʻshanda boshqa qonun edi» va h.k. qabilida ma’lum qilinsa, – bu yerda bir ma’noda gʻayriqonuniy harakatlardir. Chunki qonunchilik normalarini qoʻllashdagi хatolar na hisoblashdagi, na teхnik хatoga kiradi. Huquqiy хato asosida pensiyadan chegirma qilish gʻayriqonuniydir. Gʻayriqonuniy qarorlar bilan nima qilish kerak? FPKning 270-moddasiga binoan sudga Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi qarori ustidan shikoyat bilan murojaat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi: fuqaroga oʻzining huquqlari va erkinliklari buzilganligi ma’lum boʻlgan kundan e’tiboran uch oy; fuqaro yuqori organdan, mansabdor shaхsdan shikoyatini qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma ma’lumot olgan kundan e’tiboran bir oy yoki fuqaro oʻzining shikoyatiga yozma javob olmagan boʻlsa, shikoyat berilgan kundan e’tiboran bir oy oʻtgandan keyin. Mazkur holatda, qonunda koʻzda tutilgan muddat va shartlarni inobatga olib, pensionerda tanlov bor – darhol sudga murojaat qilish yoki avval Pensiya jamgʻarmasining yuqori organiga murojaat qilib, rad etilgan yoki javob olinmagan taqdirda esa sudga borish. Bunda nazarda tutish joizki, garchi qonunchilik uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan shikoyat berish muddatini tiklash imkoniyatini хolis koʻzda tutsada, baribir oʻrnatilgan muddatlarda (pensiyadan noqonuniy chegirma qilinganligi ma’lum boʻlgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay) ulgurgan ma’qul. Shuningdek mazkur holatda qonunchilik pensioner uchun sudlovga taalluqlilikni tanlash huquqini beradi. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi qarori ustidan shikoyat pensioner oʻzi yashab turgan joydagi sudga yoki gʻayriqonuniy qaror qabul qilgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi joylashgan hududdagi sudga berilishi mumkin (FPKning 267-moddasi). Regress da’voni bevosita хato sodir etishda aybdor boʻlgan Pensiya jamgʻarmasi хodimlariga berish “Pensiyadan chegirma qilinishi ustidan shikoyat berish mumkin” sarlavhasi ostidagi materialda koʻrib chiqilgan. Zumrad NIYaZMETOVA, advokat. Mavzuga doir materiallar: Stajni sud orqali tasdiqlash mumkin Xorijda  pensiya uchun qanday ishlab topish mumkin Pensionerlar oʻz hisoblanmalari toʻgʻrisida SMS vositasida bilib oladilar 1 Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaхslarning хatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar boʻyicha ish yuritish tartibida (FPKning 26-27 boblari).
78
6,959
Qonunchilik
Oʻzbekiston Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi konvensiyaga Bayonnomani ratifikatsiya qilmoqchi
QHTBT portalida tegishli qonun loyihasi joylashtirilgan. Ratifikatsiya qilinishi taklif etilayotgan Xalqaro mehnat tashkilotining Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 29-Konvensiyasiga (1930 yil) Bayonnoma Jenevada 2014 yil 11 iyunda qabul qilingan.   29-Konvensiyaning oʻzi Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan (Oliy Majlisning 30.08.1997 yildagi 492-I-son qaroriga qarang). Unda uni ratifikatsiya qilgan XMT a’zolarining zoʻraki yoki majburiy mehnatni qoʻllashning barcha shakllarini bekor qilish majburiyati qayd etilgan. Shuningdek Konvensiyada «zoʻraki yoki majburiy mehnat» atamasining mohiyati ochib berilgan. U iхtiyoriy ravishda oʻz хizmatlarini taklif etmagan har qanday shaхsdan har qanday jazolash tahdidi ostida talab qilinadigan har qanday ish yoki хizmatni anglatadi. Bayonnoma 29-Konvensiya qoidalarini toʻldiradi va zoʻraki mehnatning oldini olish maqsadida qabul qilinishi zarur boʻlgan quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutadi: Bayonnoma zoʻraki mehnat qurbonlariga yetkazilgan zarar qoplanishini ta’minlashga, shuningdek bunday mehnatda ishtirok etish asnosida sodir etgan gʻayrihuquqiy qilmishlari uchun ularni javobgarlikka tortmaslikka va sanksiyalarni qoʻllamaslikka chorlaydi.   Bundan tashqari, Bayonnoma bilan Konvensiyadan bir qator qoidalar chiqarib tashlangan. Chunonchi, 1-moddasidan jamoat maqsadlarida va istisno tariqasida zoʻraki mehnat qoʻllanishiga ruхsat beruvchi 2-band chiqarib tashlangan. Shuningdek bunday mehnatga yoʻl qoʻyiladigan shartlar va kafolatlar ham bekor qilingan.  Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.           Lenara Xikmatova.
90
1,626
Qonunchilik
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN “QIShLOQXO‘JALIKKIMYo” HUDUDIY AKSIYADORLIK JAMIYATLARIGA MINERAL O‘G‘IT VA O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILIShNING KIMYoVIY VOSITALARI XARIDI UChUN QISQA MUDDATLI MAQSADLI KREDITLAR AJRATISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLAS
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida qaror qilamiz: 1. Tijorat banklari tomonidan “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xaridi uchun qisqa muddatli maqsadli kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan. 1. Ushbu Nizom tijorat banklari (keyingi matnda — banklar) tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hisob-kitob Jamg‘armasi (keyingi matnda — Jamg‘arma) tomonidan tijorat banklarida ochilgan kredit liniyasi hisobidan “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xaridi uchun qisqa muddatli maqsadli revolverli kreditlar (keyingi matnda — kreditlar) ajratish tartibini belgilaydi. 2. Tijorat banklari tomonidan kreditlar “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga muddatlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va maqsadli foydalanish shartlarida Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xarid qilishni moliyalashtirish maqsadlariga bir yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. 3. Kreditlar mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini sotib olish uchun kredit liniyasi mablag‘lari doirasida ajratiladi. 4. Tijorat banklari tomonidan “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga ochiladigan kredit liniyalari limitlari Moliya vazirligi va “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi tomonidan belgilanadi va tijorat banklariga yetkazib beriladi. Bunda, limit hajmi joriy yilda Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan paxta va g‘alla hosilini yetishtirish uchun hududlarga yetkazib beriladigan mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari qiymatiga mutanosib ravishda o‘rnatiladi. Zarur hollarda ushbu limitlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 5. Kreditlar “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksionerlik jamiyatlariga o‘rnatilgan limit doirasida revolverli asosida ajratiladi. Qarzdorlardan qaytarib olingan ushbu mablag‘lar kredit liniyasi mablag‘lari to‘lovi sifatida qaytarilmaydi va navbatdagi mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini xarid qilish uchun qayta kredit sifatida yo‘naltiriladi. “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy mablag‘lar oqimidan kelib chiqqan holda, olingan kreditni so‘ndirib borishlari va o‘z ehtiyojlariga ko‘ra belgilangan limit doirasida mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini sotib olish uchun qayta kredit olishlari mumkin. 6. Tijorat banklari ushbu kredit liniyalari hisobidan “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mazkur kreditlarni yillik 2 foizli imtiyozli stavkada beradilar va bu tijorat banklari daromadini tashkil etadi. 7. Kredit “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga uning asosiy talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i ochgan va unga xizmat ko‘rsatayotgan bank filiali tomonidan beriladi. 8. Jamg‘arma kredit liniyasi mablag‘larini Bosh banklar bilan tuzilgan Bosh kelishuviga asosan ularning 21610—Hukumatdan olingan qisqa muddatli ssudalar hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 9. “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bankka ochilgan kredit liniya hisobidan mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini sotib olish uchun kredit berishni so‘rab murojaat qiladi. Arizaga “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman va tumanlararo filiallari tomonidan, ularga berilgan vakolat doirasida, tumanlardagi qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot yetkazib berishning belgilangan me’yorlari va haqiqatda yetkazib berilgan mahsulot hamda ularning mavjud zaxiralaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan kredit miqdori hisob-kitobi hamda “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari va “O‘zkimyosanoat” korporatsiyasi korxonalari o‘rtasida tuzilgan mineral o‘g‘itlar yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar nusxasi ilova qilinadi. 10. Bank arizani qabul qilib olganidan keyin berilishi so‘ralgan kredit miqdorini Moliya vazirligi va “O‘zkimyosanoat” korporatsiyasi tomonidan o‘rnatilgan kredit liniyasi limitidan oshirilmagan miqdor doirasida belgilaydi va bank kredit qo‘mitasiga qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi. Bank kredit qo‘mitasi kredit arizasini bir kundan kechiktirmagan holda ko‘rib chiqadi va mazkur qarz oluvchiga kredit liniyasi hisobidan yil davomida kredit berilishi to‘g‘risida o‘zining yakuniy xulosasini qabul qiladi. Kredit qo‘mitasi kredit berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilganidan keyin, qaror qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmagan holda kredit shartnomasi imzolanadi. Agar bank kredit qo‘mitasi qarz oluvchining kredit arizasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, bank bu haqda kredit so‘rovchiga asoslangan holda yozma javob beradi. 11. Bank bilan qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi imzolangandan keyin bank qarz oluvchiga ssuda hisobvarag‘i ochadi va qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida to‘lovlarni amalga oshiradi. 12. Qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida ssuda hisobvarag‘idan to‘lovlar yetkazib berilgan mineral o‘g‘it uchun (yoki oldindan to‘lov) “O‘zkimyosanoat” DAK tizimining tegishli korxonasining maxsus 23222-hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 13. “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi korxonalarining 23222-sonli hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar “Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda, ularga mineral o‘g‘itlar va kimyo mahsulotlarini yetkazib berish uchun qishloq xo‘jaligi tashkilotlarini kimyosanoat tashkilotlari bilan hisob-kitoblari mexanizmi to‘g‘risida nizom”da (2001-yil 16-iyul, ro‘yxat raqami 1049 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 14-son) belgilangan maqsadlarga yo‘naltiriladi. 14. Banklar ssuda hisobvarag‘i orqali amalga oshirilgan to‘lovlarning o‘z vaqtida va belgilangan maqsadga o‘tkazilishi uchun mas’uldirlar. 15. Kredit liniyasi mablag‘larini maqsadga muvofiq foydalanilayotganligini nazorat qilish Moliya vazirligining Nazorat taftish Bosh boshqarmasi va tijorat banklari tomonidan bevosita “Qishloqxo‘jalikkimyo” korxonalarida berilgan kreditlarni maqsadli ishlatilishini monitoringni amalga oshirish orqali olib boriladi. Bunda kreditlar belgilangan me’yorlardan ortiq miqdorlarda olinganligi hamda maqsadga muvofiq foydalanmaganligi hollari aniqlanganda, banklar kreditlashni to‘xtatishi, kreditlar hamda ularga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin so‘ndirish choralarini ko‘rishlari lozim. 16. Ushbu kreditlar “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining 23222, 23220 va 23210-hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar (shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 13-martdagi 30, 288-V-son qarori (ro‘yxat raqami 1675, 2007-yil 14-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 16-son, 168-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida qishloq xo‘jaligi korxonalariga berilgan kreditlar) hisobidan birinchi navbatda muddatli majburiyatnoma asosida memorial order bilan undirib olinadi. Bunda hisoblangan foizlar kreditlardan oldin undiriladi. Tijorat banklari o‘z navbatida “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga berilgan kreditlarni belgilangan muddatlarda qaytarilishini qishloq xo‘jalik korxonalarining mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalar bo‘yicha qarzlarini ularga avans va hisob-kitoblar jarayonida tushayotgan mablag‘lar hisobidan undirishga ko‘maklashish orqali ta’minlaydilar. 17. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar kreditning amaldagi qoldig‘iga har kuni hisoblab boriladi va har oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining 23222, 23220 va 23210—hisobvarag‘i orqali ajratiladigan mablag‘lar hisobidan undirib olinadi. 18. “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari kredit va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin asosiy depozit hisob raqamlaridagi mavjud mablag‘lar hisobidan qaytarishlari mumkin. 19. Ushbu Nizom “O‘zkimyosanoat” Davlat aksionerlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
250
9,360
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining AUDITORLIK FAOLIYATI MILLIY STANDARTI (50-SON AFMS) “AUDITORLIK DALILLARI”NI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 149-modda) 21-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 20-son) 3-bandiga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi. 1. Ushbu standartning maqsadi auditorlik tekshiruvi paytida olinadigan auditorlik dalillarining miqdoriga va sifatiga nisbatan, shuningdek, auditorlik dalillarini olish maqsadida bajariladigan tartib-taomillarga nisbatan talablarni belgilashdan iborat. 2. Ushbu standartning talablari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. 3. Auditorlik dalillari ― auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvi vaqtida yig‘ilgan va auditorlik xulosasini asoslovchi ma’lumotlardir. 4. Auditorlik dalillarini olish uchun moliyaviy hisobotning asosi hisoblangan boshlang‘ich hujjatlar va buxgalterlik yozuvlaridan, shuningdek boshqa manbalardan olingan tasdiqlovchi ma’lumotlardan foydalaniladi. 5. Auditorlik dalillari yetarli darajada va monand bo‘lishi kerak. 6. Auditorlik dalillarining yetarliligi auditorlik tashkilotiga fikr bildirish uchun zarur bo‘lgan auditorlik dalillarining miqdoriy o‘lchamini ifodalaydi. 7. Auditorlik dalillarining monandligi auditorlik tashkilotining fikr bildirishida auditorlik dalillarining ishonchliligi va ahamiyatini bildiruvchi auditorlik dalillarining sifat me’yorlarini ifodalaydi. 8. Auditorlik tashkiloti yetarli darajadagi va monand auditorlik dalillarini olish maqsadida quyidagi omillarni hisobga olishi kerak: xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi xususiyatini, shuningdek ajralmas va nazorat risklarini baholash; auditorlik tashkiloti tomonidan bajariladigan tartib-taomillar hajmi; mavjud ma’lumotning manbasi va ishonchliligi. 9. Auditorlik dalillari, agarda ular hujjatlar hamda aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy holati bilan tasdiqlanganda, ishonchli hisoblanadi. 10. Auditorlik tashkiloti auditorlik dalillarining ishonchliligini baholashda quyidagi umumiy qoidalarga amal kilishi zarur: a) tashqi manbalardan olingan auditorlik dalillari (masalan, uchinchi shaxsdan olingan tasdiq) odatda ichki manbalardan olingan dalillardan ko‘ra ishonchliroq hisoblanadi; b) agar buxgalteriya hisobi va ichki nazoratning mavjud tizimlari samarali ishlasa, ichki manbalardan olingan auditorlik dalillari ishonchli hisoblanadi; v) auditorlik tashkiloti tomonidan bevosita yig‘ilgan auditorlik dalillari odatda xo‘jalik yurituvchi subyektdan olingan auditorlik dalillaridan ko‘ra ishonchliroq hisoblanadi; g) yozma shaklda olingan auditorlik dalillari og‘zaki shaklda olingan dalillardan ko‘ra ishonchliroq hisoblanadi. 11. Turli manbalardan yig‘ilgan hollardagi auditorlik dalillari bir-biriga zid bo‘lmasa, ishonchli hisoblanadi. 12. Agar bitta manbadan olingan auditorlik dalillari izchil bo‘lmasa yoki turli manbalardan olingan auditorlik dalillari bir-biriga to‘g‘ri kelmasa yoki zid bo‘lsa, auditorlik tashkiloti qo‘shimcha, aniq dalillar olish imkonini beruvchi tartib-taomillarni amalga ishirishi zarur. 13. Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot to‘g‘risida fikr bildirish uchun yetarli darajadagi dalillarni ololmasa, u holda auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi kerak. 14. Xo‘jalik yurituvchi subyekt (buyurtmachi) auditorlik tashkilotining auditorlik dalillarini olishi uchun zarur bo‘lgan tartib-taomillarni bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni yoki harakatsizlik qilishga haqli emas. 15. Xo‘jalik yurituvchi subyekt vakillari yoki uchinchi shaxslar auditorlik tashkilotining auditorlik dalillarini olish maqsadida tartib-taomillarni bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni yoki harakatsizliklarni amalga oshirgan hollarda auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortishga haqli. 16. Auditorlik dalillarini xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimini testdan o‘tkazish va mohiyati bo‘yicha tekshirish tartib-taomillarini o‘tkazish yo‘llari bilan olish mumkin. 17. Ichki nazorat tizimining testlari auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimining holatini baholash uchun auditorlik dalillarini olish maqsadida bajariladigan tartib-taomillarni ifodalaydi. 18. Auditorlik dalillari olinishi kerak bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimining asosiy jihatlari quyidagilar hisoblanadi: tuzilma (buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi. buzib ko‘rsatishlarning oldini olishga, aniqlashga va to‘g‘rilashga qaratilgan tegishli tuzilmaga ega ekanligi); amal qilayotganligi (buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari samarali ishlayotganligi). 19. Mohiyati bo‘yicha tekshirishning tartib-taomillari auditorlik tashkilotining moliyaviy hisobotda muhim buzilishlar mavjud yoki mavjud emasligiga bo‘yicha auditorlik dalillarini olish maqsadida bajaradigan tartib-taomillarni ifodalaydi. 20. Mohiyati bo‘yicha tekshirishning tartib-taomillarini bajarishda quyidagi savollar o‘rganib chiqiladi: hisobot davri yakunlangan sanada aktivlar va majburiyatlarning mavjudligi; moliyaviy hisobotda aktivlar, majburiyatlar, xo‘jalik operatsiyalari va hodisalarning to‘liq aks ettirilganligi; aktivlar va majburiyatlarning tegishli qiymatlarda aks ettirilganligi; moliyaviy hisobotda xo‘jalik operatsiyalari va hodisalar summalarining aniq aks ettirilganligi; daromad va xarajatlarni tegishli davrlarga olib borilganligi. 21. Auditorlik tashkiloti auditorlik dalillarini quyidagi auditorlik tartib-taomillarining bir yoki bir nechtasini bajarish yo‘li bilan oladi: a) nazorat qilish ― yozuvlar, hujjatlar va moddiy aktivlarni tekshirishni ifodalaydi; b) kuzatish ― boshqa shaxslar tomonidan bajariladigan jarayon va tartib-taomillarni o‘rganishni ifodalaydi. Masalan, auditorlik tashkilotining xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan tovar-moddiy zaxiralari inventarizatsiyasini kuzatish; v) so‘rovnoma — xo‘jalik yurituvchi subyektnng ichida yoki tashqarisidagi xabardor shaxslardan ma’lumot izlashni ifodalaydi; g) sanash ― boshlang‘ich hujjatlar va buxgalteriya yozuvlaridagi arifmetik hisob-kitoblarning to‘g‘riligini tekshirishni ifodalaydi; d) tahliliy tartib-taomillar ― auditorlik tashkiloti tomonidan olingan ma’lumotni tahlil qilish va baholash, tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobida xo‘jalik faoliyatidagi g‘ayrioddiy yoki noto‘g‘ri aks ettirilgan faktlarni topish, hamda buzib ko‘rsatishlar sabablarini aniqlash maqsadlarida, muhim moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganishni ifodalaydi.
128
7,050
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISLOM TARAQQIYoT BANKIGA A’ZOLIGI TO‘G‘RISIDA
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekistonning Islom taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lish niyati to‘g‘risida Islom taraqqiyot bankiga rasmiy maktub bilan murojaat qilganligi va ushbu niyat Bank rahbariyati tomonidan ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Islom taraqqiyot bankini tashkil etish to‘g‘risida 1974-yil 12-avgustdagi Bitim moddalari qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Islom taraqqiyot bankini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitimni qabul qilganligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Islom taraqqiyot bankiga ma’lum qilinsin. 3. Islom taraqqiyot banki ustav sarmoyasiga O‘zbekiston Respublikasi badallarini to‘lash jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda: nominal qiymati 10000 Islom dinori/SDR bo‘lgan 250 aksiyaga yozilishni; mazkur qaror bilan tasdiqlangan to‘lov jadvaliga muvofiq badallar to‘lanishini ta’minlasin. 5. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi A.I. Axmedxodjayev O‘zbekiston Respublikasidan Islom taraqqiyot banki boshqaruvchisi etib; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi Z. S. Mirxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasidan Islom taraqqiyot banki boshqaruvchisining o‘rinbosari etib tayinlansin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E. M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
74
1,451
Qonunchilik
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin. 2. Belgilansinki, quyidagilar: rektorning birinchi o‘rinbosari Universitet rektorining tavsiyasiga binoan va Vazirlar Mahkamasining Raisi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; yo‘nalishlar bo‘yicha rektor o‘rinbosarlari va Universitet tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek, uning tarkibiga kiruvchi muassasa va tashkilotlarning rahbarlari amaldagi qonunchilikka va uning Ustaviga muvofiq shartnoma asosida Universitet rektori tomonidan tayinlanadilar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Universitet faoliyati uchun zarur bo‘lgan budjet mablag‘larini bevosita Universitetga ajratishni amalga oshirsin. Budjet ajratmalari bir o‘qituvchi hisobiga besh talaba to‘g‘ri kelishi — 1:5 nisbatidan kelib chiqqan holda belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 23-sentabrdagi Farmoniga binoan barpo etilgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti xalqaro munosabatlar, davlatlararo va tashqi iqtisodiy aloqalar, diplomatiya, xalqaro huquq va xalqaro jurnalistika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha bosh muassasa bo‘lib hisoblanadi. 1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti (keyingi o‘rinlarda “Universitet” deb ataladi) yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida o‘zining hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlariga, gerbli muhrga, yumaloq muhrga, shtampga, emblemaga, tovar va firma belgilarga va o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa alomatlar va rekvizitlarga ega bo‘ladi. Universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va mazkur Ustavga muvofiq amalga oshiradi. Universitetning to‘liq nomi quyidagicha: o‘zbek tilida — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti; ingliz tilida — University World Economy and of Diplomacy; rus tilida — Universitet mirovoy ekonomiki i diplomatii. 2. Universitetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: xalqaro munosabatlar, diplomatiya, Jahon iqtisodiy va savdo aloqalari, xalqaro huquq va xalqaro jurnalistika sohasida malakali mutaxassislar, tarjimon-sinxronchilar tayyorlash; valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlar, menejment, marketing va savdo reklamalari, investitsiya faoliyati, xalqaro va savdo, bojxona va ma’muriy huquq, shuningdek, hozirgi zamon siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining muhim yo‘nalishlari sohasida davlat va tijorat tuzilmalari boshqaruv kadrlarini bosqichma-bosqich tayyorlash va qayta tayyorlash; xalqaro iqtisodiy va siyosiy-huquqiy munosabatlarning o‘tkir muammolari sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularning natijalarini respublikaning turli siyosiy tuzilmalari amaliy faoliyatlariga joriy etish; Universitetning ixtisosini belgilovchi bilimlar tarmoqlari bo‘yicha yuqori sifatli darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy materiallar va ilmiy ishlar yaratish; xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, davlatlararo tashkilotlar va muassasalar, yetakchi xorijiy ilmiy va o‘quv markazlari, elchixonalar va savdo vakolatxonalari bilan amaliy aloqalar asosida xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, menejment, tashqi iqtisodiy aloqalar, xalqaro huquq, diplomatiya va jurnalistika sohalarida mutaxassislar tayyorlashning jahon tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ulardan faol foydalanish; xorijiy mamlakatlarning shunga o‘xshash ixtisosdagi universitetlari bilan ilmiy, madaniy va boshqa amaliy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, ular bilan hamkorlik qilish va o‘zaro yordamlashish to‘g‘risida uzoq muddatli shartnomalar tuzish; yuqorida qayd qilingan mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashda boshqa mamlakatlarning o‘quv yurtlari, davlat, jamoat va xususiy tuzilmalari, firmalari, banklari bilan o‘zaro hamkorlik qilish; Universitet talabalari, tinglovchilari va xodimlarining chet ellarda ish o‘rganishlarini ta’minlash; konsalting xizmatlari ko‘rsatish; innovatsion faoliyatni amalga oshirish, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va ularni tatbiq qilishda yordam ko‘rsatish; bank, sug‘urta faoliyati; savdo-vositachilik va boshqa xil tijorat faoliyati; yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyatini amalga oshirish. Universitet O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa har qanday faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqiga egadir. 3. Kadrlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadi: xalqaro munosabatlar; xalqaro huquq; xalqaro iqtisodiy munosabatlar; xalqaro jurnalistika. Universitetni bitiruvchilarga quyidagi ixtisosliklar beriladi: quyidagi sohalar bo‘yicha fan bakalavrlari: xalqaro munosabatlar; xalqaro huquq; xalqaro iqtisodiy munosabatlar; xalqaro jurnalistika; sinxron tarjima; quyidagi sohalar bo‘yicha fan magistrlari: huquq va diplomatiya; jahon iqtisodiyoti. Universitetni tamomlab, fan magistri darajasini olganlarga oliy va o‘rta o‘quv yurtlarida tegishli fanlardan dars berish huquqi beriladi. Respublika ehtiyojlaridan va Universitetning ustavi vazifalaridan kelib chiqqan holda boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha ham kadrlar tayyorlashni amalga oshirish mumkin. 4. Universitet huzuridagi Boshqaruv instituti yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni hamda ijtimoiy, siyosiy tizimlar, valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlar, menejment, marketing va savdo reklamasi, bojxona va ma’muriy huquq sohasidagi hamda hozirgi zamon siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha davlat muassasalari, korxonalari, jamoat tashkilotlari va tijorat tuzilmalarining boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlashni ta’minlaydi. Institut shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatadi hamda o‘quv mashg‘ulotlarining turli xil zamonaviy usullari va shakllari (kompyuter texnikalari, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlash, muammoli bahslar, amaliy o‘yinlar o‘tkazish va boshqalar) dan foydalanish bilan o‘qitishning samaradorligi va amaliy yo‘nalishini ta’minlaydi, o‘quv fakultativlari va kurslarini tugatganligi va tegishli mutaxassislik hamda ixtisoslik berilganligi haqida diplomlar va guvohnomalar beradi. 5. Universitet huzuridagi diplomatiya kurslari oliy ma’lumotli mutaxassislardan diplomatiya va konsullik xizmatlari uchun kadrlar tayyorlashni va qayta tayyorlashni amalga oshiradi. 6. Universitetda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: kollejda kunduzgi o‘qish (bakalavr) — 3—4 yil, ixtisoslashtirilgan maktablarda kunduzgi o‘qish (magistr) — kollejni tugatgandan so‘ng 2—3 yil, diplomatiya kadrlarini kurs bo‘yicha tayyorlash va qayta tayyorlash, aspirantura (doctor of philosophy), doktorantura (doctor of science), boshqaruv institutida kunduzgi o‘qish va o‘qishning boshqa shakllari. 7. Universitet o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi: o‘z huquq doirasiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va mazkur Ustavga zid kelmaydigan zarur qarorlarni qabul qilish va ishlarni amalga oshirish; professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi va ma’muriy-xo‘jalik sohasi xodimlarining, talabalar, tinglovchilar, doktorantlar va aspirantlarning ma’naviy imkoniyatlaridan unumli foydalanishni ta’minlay oladigan mehnatni tashkil etish va rag‘batlantirish shakllarini belgilash; ilmiy-pedagogik ishlarga yuqori malakali olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida qabul qilishni amalga oshirish, shuningdek, yetakchi o‘quv markazlarining vakillarini, shu jumladan, chet eldan jalb qilish; Vazirlar Mahkamasi va Oliy attestatsiya komissiyasiga va O‘zbekistonning boshqa muassasalariga siyosiy-huquqiy va iqtisodiy munosabatlar sohasidagi yangi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlashga bo‘lgan talablarni hisobga olib, oliy o‘quv yurtlari mutaxassisliklari va ixtisosliklari ro‘yxatiga, ilmiy xodimlar mutaxassisliklari nomenklaturasiga o‘zgarishlar kiritish haqida takliflar taqdim etish; o‘quv rejalari va dasturlarini mustaqil ravishda tasdiqlash, maxsus kurslar, fakultetlar mavzuini, professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy, uslubiy ish ko‘lamlari me’yorlari va hajmlarini belgilash; Universitetning ixtisosliklari bo‘yicha, shu jumladan, shartnoma asosida ilmiy markazlar, kollejlar, institutlar, litseylar, ilmiy-tadqiqot, noshirlik muassasalari va tashkilotlari, kengashlar, bo‘limlar, laboratoriyalar tashkil etish; ham vaqtinchalik, ham doimiy ishlovchi ijodiy, ishlab chiqarish va boshqa jamoalarni shakllantirish, shuningdek, ustav vazifalarini hal etish uchun alohida fuqarolarni jalb qilish; qabul qoidalarini, talabalarni (shu jumladan, xorijliklarni) o‘qitishga, shuningdek, Universitetning ilmiy va boshqa ishlariga shartnomaviy narxlarni tasdiqlash; shtat jadvalini tasdiqlash va o‘rtacha maoshlar hamda rahbarlar va mutaxassislar, o‘qituvchilar va talabalar sonining oliy o‘quv yurtlari uchun belgilangan nisbatlarini hisobga olmagan holda shartnomaviy maoshlar, shu jumladan, erkin almashtiriladigan valyutadagi maoshlar belgilash; xodimlarning mehnatiga haq to‘lash shakllari va tizimini aniqlash, mehnatga haq to‘lash uchun mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlarini tanlash, jamoa va har bir xodimning mehnat ulushini hisobga olgan holda ish haqi fondini taqsimlash; uskunalar, priborlar va qurilmalarni, materiallar va adabiyotlarni balansdan balansga o‘tkazish yoki sotish, eskirgan va yaroqsiz holga kelib qolgan asosiy vositalarni balanslardan chiqarib tashlash; Universitetga ajratilgan mablag‘lar yoki o‘zining xususiy jamg‘armalari hisobidan davlat yoki tijorat korxonalarining zarur asbob-uskunalarini va moddiy resurslarini sotib olish, ijaraga olish, ularga buyurtma berish; o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka, ma’naviy va boshqa mulklarga, xo‘jalik yuritish va boshqa faoliyat natijasida olingan mahsulotlarga, daromadga, shuningdek, amaldagi qonunchilik bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan boshqa asoslar bo‘yicha olingan mulkka egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish; o‘z nomidan shartnomalar tuzish, shaxsiy mol-mulkka egalik qilish va egalik qilmaslik huquqlariga ega bo‘lish, sudda, hakamlar sudi va xolislik sudida da’vogar va javob beruvchi bo‘lish; Universitet oldida turgan vazifalarni hal etish maqsadida ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga ixtiyoriylik asosida kirish; O‘zbekiston Respublikasida va chet ellarda yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek, tijorat tusidagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, shuningdek, filiallar, bo‘linmalar, vakolatxonalar ta’sis etish; O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlari tomonidan qabul qilingan tashqi siyosat va iqtisodiy dasturlar, bitimlar va qarorlar loyihalarining ilmiy, iqtisodiy huquqiy ekspertizasini o‘tkazish; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasida ham va chet ellarda ham xorijiy sheriklar bilan bitimlar tuzish va boshqa yuridik aktlarni imzolash; O‘zbekiston Respublikasida va chet ellarda, respublika va xorijiy tashkilotlar bilan birga qo‘shma korxonalar va muassasalar tashkil etish; turli jamg‘armalar tashkil etish iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy taraqqiyot jamg‘armalari, moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi, valyuta ajratmalari jamg‘armasi va Universitetni rivojlantirishga yordam beruvchi boshqa jamg‘armalar. Ko‘rsatilgan jamg‘armalarning mablag‘lari musodara qilinmaydi, ular kelgusida foydalanish uchun to‘plab borilishi mumkin; kapital qurilishni va asosiy fondlarni qayta qurishni amalga oshirish; moddiy bazani, sog‘lomlashtirish, davolash-profilaktika, madaniy, maishiy, kommunal muassasalarini va boshqa muassasalarni, umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlari tarmoqlarini rivojlantirish; O‘zbekiston Respublikasida va chet ellarda o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun korxonalar, shuningdek, turli xildagi ko‘char va ko‘chmas mol-mulklarga egalik qilish va ularni o‘zidan soqit qilish, ularni ijaraga olish va berish; budjet mablag‘lari bilan bir qatorda ishlab topilgan va boshqa shaxslardan hamda tashkilotlardan olingan mablag‘larni o‘z xohishiga ko‘ra Universitetning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, mehnat haqi to‘lashga, moddiy rag‘batlantirishga, talabalarning, xodimlarning va taklif etilgan mutaxassislarning turar joy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga, shuningdek, mazkur Ustavda ko‘zda tutilgan ijtimoiy va boshqa vazifalarni hal qilishga sarflash; banklar va boshqa moliya muassasalarini tashkil etish, har qanday mamlakatning bank muassasalarida barcha turdagi hisob-kitob va joriy schyotlarni ochish, kredit olish va berish; reklama-noshirlik va matbaachilik faoliyatini amalga oshirish; innovatsion va investitsion faoliyatni amalga oshirish; marketing, menejmentlik, konsalting, audit, injiniring, innovatsion faoliyat, axborot xizmati sohasidagi har xil moliyaviy, tijorat, vositachilik xizmatlarini bajarish; savdo-vositachilik, savdo-xarid qilish, savdo va eksport-import a’mollarini, shu jumladan, ma’naviy mulk obyektlari bilan, tegishli tuzilmalarni yaratish va tashkil etish bilan, amalga oshirish; ilmiy, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish — texnika mahsulotlari, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish va sotish; Universitet tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, tovarlar, buyumlarga hamda ko‘rsatiladigan xizmatlarga mustaqil ravishda tariflar, narxlar belgilash; qimmatbaho qog‘ozlar ishlab chiqarishni amalga oshirish; chet ellik olimlar, mutaxassislar, siyosiy va jamoat arboblariga Universitetning faxriy ilmiy unvonlarini berish (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining Faxriy fan doktori). Universitet respublikaning siyosiy va madaniy hayotida, progressiv xalqaro harakatda faol ishtirok etadi. Ilmiy, muhandis-texnik ziyolilar, talaba yoshlarning kuchlarini ijtimoiy hayotni demokratlashtirishga, huquqiy davlat barpo etishga, xalqlarni ma’naviy va madaniy rivojlantirishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘sini oshirishga yo‘naltiradi. Bu maqsadda Universitet turli jamoatchilik jamg‘armalari, qo‘llab-quvvatlash harakatlari, shu jumladan, xalqaro harakatlar tashkil etish huquqiga egadir. 8. Universitetga rahbarlik qilishni amaldagi qonunchilikka muvofiq rektor amalga oshiradi va uning butun faoliyati natijalari uchun to‘la javob beradi. U mazkur Ustavdan kelib chiqadigan va Universitet faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha vazifalarni hal qilishga haqlidir. Rektor barcha tashkilot va muassasalarda Universitet nomidan vakillik qiladi hamda kreditlarni taqsimlovchi hisoblanadi. U o‘rinbosarlar va boshqa xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi. O‘z huquq va vazifalarining ma’lum qismini o‘rinbosarlariga beradi. Rektor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Rektorning birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Rektorning yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalarning, shuningdek, Universitet tarkibiga kiruvchi muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari amaldagi qonunchilikka muvofiq shartnoma asosida rektor tomonidan tayinlanadilar. Universitet faoliyatining samaradorligini oshirishga va uning moddiy-texnika negizini mustahkamlashga yordam ko‘rsatish maqsadida Universitet huzurida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, turli siyosiy harakatlar, respublika va xalqaro iqtisodiy va moliyaviy muassasalar, tashkilotlar, tijorat tuzilmalari vakillaridan iborat vasiylar Kengashi tashkil etiladi. 9. Ilmiy va o‘quv-ishlab chiqarish masalalarini bamaslahat ko‘rib chiqish uchun Ilmiy kengash tashkil etiladi. Uning tarkibiga rektor, uning o‘rinbosarlari, o‘quv va ilmiy tarkibiy bo‘linmalarning, Universitet tarkibiga kiruvchi muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, respublikaning va xorijiy mamlakatlarning yetakchi olimlari va mutaxassislari kiradilar. Ilmiy kengashning raisi Universitet rektori hisoblanadi. Ilmiy kengash o‘quv jarayonini tashkil etish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish, manfaatdor ilmiy va o‘quv idoralari, muassasalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishning barcha masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi, ilmiy va uslubiy ma’lumotlar va axborotlarni muhokama qiladi, ilmiy ishlarni nashr qilish va saqlashga tavsiya etadi, ilmiy va faxriy unvonlarni berish to‘g‘risida iltimosnomalar beradi, chet ellik olimlarga, mutaxassislarga, siyosiy va jamoat arboblariga Universitetning faxriy ilmiy unvonlarini beradi. Ilmiy kengashning qarorlari rektor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi. 10. Universitetda ijro etuvchi organ — rektorat faoliyat ko‘rsatadi. Uning tarkibi, vazifalari va faoliyat ko‘rsatish tartibi rektor tomonidan belgilanadi. Rektorat Universitet faoliyatining kundalik masalalarini muntazam ravishda ko‘rib boradi va ular yuzasidan rektor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar qabul qiladi. Rektorat zimmasiga Universitetning barcha bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, xo‘jalik va boshqa tuzilmalarning amaliy ishlarini tashkil etish va hokazolar yuklatiladi. 11. Kadrlar tayyorlashning asosiy yo‘nalishlariga muvofiq Universitetda markazlar, kollejlar, litseylar, fakultetlar, institutlar, kurslar, kafedralar, bo‘limlar, dasturlar tashkil etiladi, ularning faoliyatiga rektor tomonidan tayinlangan rahbarlar (direktorlar, mudirlar va boshqalar) boshchilik qiladilar. Universitetning, uning tarkibiy bo‘linmalari, muassasalari, tashkilotlari va korxonalarining tuzilmasi va shtat jadvali rektor tomonidan tasdiqlanadi. 12. Universitetda o‘quv, tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlovchi o‘quv bo‘linmalari, tahririyat-noshirlik bo‘limi, kutubxona, nashriyot, ilmiy-tashkiliy, muhandis-texnik va boshqa xizmatlar hamda bo‘linmalar tashkil etiladi. 13. Talabalar kontingenti test tanlovi yo‘li bilan butlanadi. Boshqaruv instituti va diplomatik kurslarga qabul qilish tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat tuzilmalarining yo‘llanmalari, fuqarolarning, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari bo‘yicha amalga oshiriladi. 14. Universitetda o‘qish uchun haq to‘lash shartlari talabaga, o‘qishdagi yuqori ko‘rsatkichlarni hisobga olib respublika budjetidan ajratilgan kreditlarni to‘liq to‘lashgacha bo‘lgan xarajatlarni tabaqalashtirilgan holda qoplashni nazarda tutadi. 15. Boshqa mamlakatlardan talabalarni qabul qilish shartnoma asosida amalga oshiriladi. 16. Universitet professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning shtat lavozimlarini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, xalqaro me’yorlar va amaliyotga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi. Ilmiy-pedagog xodimlar lavozimlarini egallash, odatda. shartnoma asosida amalga oshiriladi. 17. Universitetda professor-o‘qituvchilar tarkibi va xodimlarning malakasini oshirishning, shu jumladan, chet ellardagi o‘quv va ilmiy markazlarda ish o‘rganishning turli shakllaridan foydalaniladi. 18. Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi talablariga muvofiq dissertatsiyalarni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tashkil etilishi mumkin. 19. Universitet mol-mulkini o‘zining balansida turgan, shu jumladan, xo‘jalik, tijorat, ilmiy-texnika va boshqa xo‘jalik faoliyati natijasida sotib olingan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulklar tashkil etadi. 20. Universitet mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllanadi: budjet mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘qitish shartlari va to‘lanadigan haq miqdorlari haqidagi Nizomga asosan Universitetda o‘qish uchun to‘lovlar; talabalarni tayyorlash va mutaxassislarni qayta tayyorlash uchun xarajatlarni qoplash tartibida vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar tomonidan Universitet hisobiga o‘tkazilgan mablag‘lar; ijtimoiy buyurtmalar va ijodiy ishlarni bajarish, mahsulotlarni sotish, Universitet huzurida tashkil etilgan xo‘jalik hisobidagi, tijorat tuzilmalarining ajratmalari bo‘yicha xo‘jalik hisobi faoliyatidan, aholiga pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar; bank kreditlari; respublika va xorijiy korxonalar, tashkilotlar, tijorat tuzilmalarining, alohida shaxslarning ixtiyoriy badallari; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 21. Xo‘jalik, ilmiy-texnika yoki boshqa xo‘jalik hisobidagi faoliyat natijasida olingan, shuningdek, xayriya, homiylik va boshqa tekin badal hisobiga olingan mol-mulk va mablag‘lar Universitetning o‘z mulki hisoblanadi. 22. Budjet bo‘yicha va kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan so‘ng Universitet tasarrufida qolgan daromad zarur jamg‘armalarni tashkil etishga sarflanadi. Universitet jamg‘armalariga o‘tkaziladigan pullarning me’yorlari, hajmlari va tartibi Universitet rektori tomonidan tasdiqlangan jamg‘armalar va ulardan foydalanish haqidagi Nizom bilan belgilanadi. 23. Universitet jamg‘armalari to‘laligicha Universitet ixtiyorida bo‘ladi. Ulardan foydalanish haqidagi shoshilinch qarorlar Universitet rektori tomonidan qabul qilinadi. 24. Universitet faoliyatini to‘xtatish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda, qayta tashkil etish (qo‘shish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish, qayta tashkil etish) yoki tugatish shaklida amalga oshiriladi. 25. Ustavga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish Universitet Ilmiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan va tegishli hokimlikda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng rektor tomonidan amalga kiritiladi.
78
21,998
Qonunchilik
Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan shaxslarni qurolli kuchlar, chegara va ichki qo‘shinlar saflaridan zaxiraga bo‘shatish va fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish to‘g‘risida
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” va “Muqobil xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, chegara va ichki qo‘shinlari saflaridan zaxiraga bo‘shatilsin. 2. 1971 — 1980-yillarda tug‘ilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 1998-yilning aprel-may oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
238
564
Qonunchilik
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) 2010-yil aprel-may oylarida notariuslar bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazsin. 5. Mazkur buyruq 2010-yil 1-iyundan boshlab kuchga kiradi. 6. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 1997-yil 28-apreldagi 33/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida qo‘llanma” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari (bundan keyingi o‘rinlarda notariuslar deb yuritiladi) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) 23-moddasiga muvofiq notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi: bitimlarni tasdiqlaydi; vasiyatnomalarni tasdiqlaydi; er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar beradi; mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yadi va taqiqni bekor qiladi; merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi; meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi; hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi; hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi; ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi; fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi; pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi; hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi; pul to‘lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo‘yicha pul to‘lanmaganligini tasdiqlaydi; ijro xatlarini yozadi; veksellarning protestlarini amalga oshiradi; dengiz protestlarini amalga oshiradi; notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan ko‘chirmalarni beradi. Notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 3. Qonunning 5-moddasiga asosan notarius o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lib, bu faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi. 4. Notariusning va amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi. Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganida, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirig‘iga ko‘ra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo tarjimon) va boshqalar ham o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning o‘zigagina berilishi mumkin. Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. Fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi. Vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi. Bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi kredit axboroti kredit byurosiga hamda bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishning taqiqlanmaganligi va mazkur ko‘chmas mulk obyektining xatlanmaganligi to‘g‘risidagi axborot rieltorlik tashkilotiga ularning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi. Hujjatlarni berish to‘g‘risidagi talablar qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. Davlat notarial idorasidan talab qilib olingan hujjatlar albatta qaytarilishi shart. Vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar vasiyat qiluvchining vafotidan keyin vasiyat va qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga yoki ularning qonuniy vakillariga o‘lim haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma taqdim etilganidan keyin beriladi. Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 5. Qonunning 17-moddasiga muvofiq notarius quyidagi huquqlarga ega: o‘ziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno; bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan ko‘chirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish; jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish. davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash hamda olish; jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish. 6. Qonunning 18-moddasiga muvofiq notariusning majburiyatlari quyidagilardir: jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashish, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berish; tomonlar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berish, ushbu bitimlar mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirish; yuridik jihatdan bexabarlik jismoniy va yuridik shaxslar zarariga foydalanilmasligi uchun amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ularni ogohlantirish; qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etish; notarial harakatlarni amalga oshirish vaqtida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilish; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda uch yilda kamida bir marta o‘z kasbiy malakasini oshirishi; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori to‘g‘risidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga o‘tayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi ma’lumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi; sud, prokuratura, tergov organlari talabiga binoan mazkur organlarning yurituvida bo‘lgan ishlar bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirganlik to‘g‘risida ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) berishi; bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) kredit byurolarining so‘roviga ko‘ra taqdim etish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (ma’lumotlarni) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish. Notarius o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq va har tomonlama o‘rganishi, zarurat tug‘ilganda ularni qayta tekshirishi lozim. 7. Qonunning 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi. Agar notarial harakat murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs tanigan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga kim tomonidan tarjima qilinganligi va matn mazmuni tushuntirilganligi haqida notarius tomonidan yozib qo‘yilishi, imzolanishi va muhr qo‘yilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi. 8. Har bir fuqaro yoki yuridik shaxs notarial harakatlarni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir, Qonunning 37, 44, 51, 52, 59, 62, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 9. Notarial harakatlar davlat notarial idoralarining binolarida amalga oshiriladi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra davlat notarial idorasiga bora olmaydigan ayrim hollarda yoki yuridik shaxs tomonidan taklif qilinganda, notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida, ya’ni mazkur fuqaro yoki yuridik shaxs yoxud uning vakili joylashgan joyda amalga oshirilishi mumkin. Notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida va notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestrida (bundan keyingi o‘rinlarda reyestr deb yuritiladi) notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi. 10. Notarial harakatlar haq to‘langanidan so‘ng zarur bo‘lgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi. Notarial harakatni amalga oshirish qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur bo‘lganida kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga e’tiroz bor-yo‘qligini so‘rash zarur bo‘lganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning talabiga ko‘ra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi. Manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra notarial harakatni amalga oshirish ko‘pi bilan o‘n kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma’lumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim. Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi to‘g‘risida suddan ma’lumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal bo‘lguniga qadar to‘xtatib turiladi. Qonun hujjatlarida notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va to‘xtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin. 11. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi. Notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi: O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — milliy pasport; 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno); xorijiy fuqarolarning shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi; fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi. 12. Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi. Notarius tomonidan fuqarolarning muomala layoqati ular bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlanadi. 13. Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan keyingi o‘rinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 43-moddasiga muvofiq quyidagi hujjatlar yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bo‘lib hisoblanadi: ustav; ta’sis shartnomasi va ustav; ta’sis shartnomasi; nizom. Yuridik shaxsning huquq layoqatini, uning organlarining yoki vakillarining vakolatini tekshirishda, uning tashkiliy-huquqiy shakliga e’tibor berish zarur. 14. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlar notarius ishtirokida imzolanadi. Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim. Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitim, ariza va boshqa hujjatlarni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi. Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir bo‘lishi shart. Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan hamda muomala layoqatiga ega bo‘lgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning o‘zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin. Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro o‘z imzosi bilan bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim, ariza yoki boshqa hujjatlar bilan birga tikib qo‘yiladi. Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, hujjat tarjimon tomonidan tarjima qilinadi va notarius uning hujjatga qo‘ygan imzosining haqiqiyligini shahodatlaydi. Notarius, basharti tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi. Tarjimon yoki surdo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi. 15. Qonunning 17-moddasiga muvofiq notarius jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilganda, notarius ko‘rsatgan muddatda taqdim etilishi kerak. Bu muddat bir oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Notarius davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rab olishga haqli. 151. Notarial harakatlarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlaridan davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud bo‘lgan hujjatlarni va axborotlarni, shu jumladan soliq qarzdorligi yoki kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarning, tadbirkorlik subyekti ta’sis hujjatlarining, litsenziyalar va ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarning nusxalari talab qilinmaydi. Tadbirkorlik subyektlarining notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan murojaatlari mavjud bo‘lganda notariuslar davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlarni va axborotlarni o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladilar. Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlar mavjud bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan davlat notarial idoralari ushbu hujjatlar va axborotlarni (arxiv ma’lumotnomalari bundan mustasno) idoralararo so‘rov olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida taqdim etishlari shart. Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarning ushbu hujjatlar va axborotlar mavjud bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo so‘rov bo‘yicha taqdim etilmasligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmasligi tadbirkorlik subyektiga davlat xizmati ko‘rsatishni, xususan, notarial harakatni amalga oshirishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarni idoralararo so‘rov orqali olingan hujjatlar va axborotlarning mazmuni haqida xabardor qilishi va bu haqda tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatishi zarur. 16. Notariuslar o‘z nomiga va o‘z nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va o‘zining qarindosh-urug‘lari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tug‘ishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bog‘langan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan, shuningdek mazkur davlat notarial idorasining xodimlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. Bunday hollarda notarial harakatlar boshqa davlat notarial idorasida amalga oshiriladi. Qonun hujjatlariga muvofiq notarial harakatlar muayyan davlat notarial idorasida bajarilishi kerak bo‘lgan hollarda notarial harakatni amalga oshirish joyi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi o‘rinlarda hududiy adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi. 17. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi: qirib o‘chirilgan yoki qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari bo‘lgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar; bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip o‘tkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri bo‘lmagan hujjatlar; faksimile imzo muhri qo‘yilgan hujjatlar. 18. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarning matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, bitim, ariza va hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan, bitim, ariza va boshqa hujjatning matnida baholar ko‘rsatilsa, raqam hamda so‘z bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (bundan keyingi o‘rinlarda STIR deb yuritiladi) ko‘rsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili to‘liq ko‘rsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan bo‘lsa, ularning fuqaroligi ham ko‘rsatib o‘tilishi kerak. 19. Hujjatdagi qo‘shimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining hamda bitimni, arizani va boshqa hujjatlarni imzolagan boshqa shaxslarning) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim. Notarius tomonidan hujjatning nusxasini shahodatlantirishda, hujjat noto‘g‘ri yoki imlo xatolari bilan yozilgan bo‘lsa yoxud unda izoh berilmagan tuzatishlar mavjud bo‘lsa yoki hujjatning rekvizitlari to‘liq yozilmagan bo‘lsa, notarius murojaat qilgan shaxsga hujjatdagi kamchiliklarni tuzatib kelishni yoki hujjatni takroran olishni tavsiya qiladi. Notarius o‘z tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga ko‘ra notarial tasdiqlab berilgan hujjatga uning mohiyatini o‘zgartirmaydigan qo‘shimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin. 20. Murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra hujjat loyihasi notarius tomonidan yoki notariusning topshirig‘i asosida yordamchisi va (yoki) stajori tomonidan ham tuzilishi mumkin. 21. Notarial tasdiqlanayotgan yoki shahodatlantirilayotgan bitim, ariza va boshqa hujjatlar bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular ip o‘tkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda notarial idoraning muhri qo‘yilgan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanadi. 22. Merosga bo‘lgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida, ko‘chmas mulkni ochiq savdoda sotib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi. Ariza bergan shaxsning iltimosiga ko‘ra ham unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi. 23. Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi to‘g‘riligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi hamda notarius tomonidan imzolanib, muhr bosiladi. 24. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda yoki yozuv mashinkasida) o‘chirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qo‘yilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Yo‘riqnomaning 19-bandi asosida izohlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni bo‘lgan shtamplar ishlatilishi mumkin. Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi va notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi. 25. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda ro‘yxatga olinadi va “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda Tizim deb yuritiladi) kiritiladi. Reyestrdagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi. Reyestrda qayd etilgan notarial harakat raqami notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi. Reyestrdagi tartib raqamlarining raqamlanishida xatolikka yo‘l qo‘yilsa, alohida ma’lumotnoma tuzgan holda, u notariusning imzosi va muhri bilan reyestrga yelimlanib qo‘yiladi. Reyestrdagi yozuvlarda xatolikka yo‘l qo‘yilganda mazkur Yo‘riqnomaning 19-bandiga rioya qilgan holda tuzatishlar kiritiladi. Bitta hujjatning bir nechta nusxasi to‘g‘riligi shahodatlantirilganda, ular bitta reyestr raqami bilan qayd etiladi va tasdiqlovchi yozuvda hujjatning nechta nusxada tasdiqlanganligi ko‘rsatiladi. Reyestrning tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi. Reyestrlar ip o‘tkazib tikilishi va ularning varaqlari raqamlanishi lozim. Varaqlarning soni hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari yoki ularning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. 26. Tasdiqlanib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji to‘lanib, taraflar (taraf) tomonidan imzolanganidan so‘ng notarius tomonidan imzolanib, muhr qo‘yiladi va reyestrda qayd etiladi. Reyestrga yozuvlar davlat notarial idorasining vakolat berilgan boshqa xodimi tomonidan ham kiritilishi mumkin. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozadi va imzolaydi. Shahodatlantirilib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji to‘lanib, hujjat muayyan shaxs tomonidan imzolanganidan yoki hujjatning to‘g‘riligi tekshirilganidan so‘ng notarius tomonidan imzolanib, muhr qo‘yiladi hamda notarius (notarial idoraning boshqa xodimi) tomonidan reyestrga qayd etiladi. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozadi va imzo qo‘yadi. 27. Ikki yoki undan ortiq notarius faoliyat ko‘rsatayotgan davlat notarial idoralarida har bir notarius uchun alohida reyestr tutilishi kerak. Bunday hollarda har bir reyestrga mustaqil indeks beriladi. Hujjatlardagi reyestr raqamlari quyidagicha qo‘yiladi: 1-1, 1-2, 2-1-sonli va hokazo. Bunda birinchi raqam indeks raqamini, ikkinchisi esa yozuvning tartib raqamini bildiradi. Har bir reyestrning indeks raqami yil davomida o‘zgartirilmay saqlanadi. Notarial harakatlarning muayyan turlarini qayd etish uchun mustaqil reyestrlar yuritilgan taqdirda har bir reyestrning indeksiga tegishli notarial harakat nomiga muvofiq harf qo‘shiladi. Masalan, 1-N, 2-N, 3-I, 4-M-sonli. Bunda birinchi va ikkinchi reyestrlar hujjatlarning nusxalari to‘g‘riligini shahodatlantiruvchi yozuvlarni, uchinchisi — ijro yozuvlarini, to‘rtinchisi esa merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomalarni qayd etish uchun tutilganligini bildiradi. Bunday reyestrlarga yozilgan hujjatlarning tartib raqamlari quyidagi tarzda belgilanadi: 1-N-1, 1-N-2-sonli va hokazo; 2-N-1, 2-N-2-sonli va hokazo; 3-I-1, 3-I-2-sonli va hokazo; 4-M-1, 4-M-2, 4-M-3-sonli va hokazo. 28. Notariuslar Qonunning 6-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, tergov organlarining qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reyestrlardan ko‘chirmalar (sud, prokuratura, tergov organlariga reyestrdan ko‘chirmaning kseronusxasi) beradi. Reyestrlarning asl nusxalarini berish man etiladi. 29. Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yig‘majildlarida saqlanayotgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, nomidan yoxud topshirig‘iga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko‘ra yo‘qolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. Notarius Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar tomonidan davlat notarial idoralariga yuborilgan vasiyatnomalardan ham ular yo‘qolgan taqdirda dublikatlar beradi. Arizalardagi imzolar notarial tartibda shahodatlantiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillariga berilgan ishonchnomalar matnida hujjatning dublikatini olish vakolati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Hujjat dublikatida tasdiqlangan va berilgan asl hujjatning to‘liq matni bo‘lishi shart. Hujjatlarning kseronusxalari uning asl (nusxasi) va dublikati o‘rnini bosa olmaydi. Hujjat dublikatiga belgilangan shakldagi tasdiqlovchi yozuv qayd etiladi. Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlarning dublikatlari jismoniy va yuridik shaxslarning merosxo‘rlaridan (huquqiy vorislaridan) biriga berilishi mumkin. Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada ko‘rsatilgan yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlarga yoxud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining o‘lim haqidagi guvohnomasi taqdim etilganidan keyin beriladi. Vasiyatnomada ko‘rsatilgan merosxo‘rlar vafot etgan taqdirda, vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchining va o‘zlaridan oldingi merosxo‘rning (merosxo‘rlarning) o‘lim haqidagi guvohnomasini (notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma nusxasini) yoxud o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmani, zarur hollarda merosxo‘rlarning merosni qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini (agar bu hujjatlar ilgari taqdim etilmagan bo‘lsa) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan merosxo‘rlarga beriladi. 30. Notarial harakatlarni amalga oshirishga asos bo‘lgan hujjatlar bitimning notarial idorada qoldiriladigan nusxasiga, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga va boshqa notarial harakatlarda esa hujjatning nusxasiga notarial idora yig‘majildlarida saqlanishi uchun qo‘shib qo‘yiladi. Notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi reyestrga yozib qo‘yilgach, qaytarib beriladi. 31. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari davlat notarial idorasida qoldirilmaydi: agar mulkdor o‘ziga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini to‘la tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli bo‘lgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ulardan biri o‘ziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlanganda; umumiy ulushli mulk qatnashchilari o‘rtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismini belgilash, o‘zgartirish yoki ular o‘rtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi shartnomalar tasdiqlanganda; ijara shartnomalari tasdiqlanganda; garov (ipoteka) shartnomalari tasdiqlanganda; marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga ko‘ra umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma berilganda; er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berilganda; yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) ko‘chmas mulk va avtomototransport kiritilganda; avtomototransport vositalarini tasarruf etish shartnomalari tasdiqlanganda; mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda. Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga to‘g‘ri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi. Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining yer maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlar notarial idorada qoldiriladi. 32. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tug‘ilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir. Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs bo‘lsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qo‘yilayotgan savollar ko‘rsatiladi. 33. Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar: bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa; bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lsa; muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa; yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa; bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa; notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa. Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakilashtirilganligi yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa yoki bunga shubha tug‘diruvchi yetarli asoslarning mavjudligi, shuningdek murojaat etuvchi shaxs tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmaslik holatlari ham notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas deb hisoblanadi. Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi hamda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsga beradi. Rad etish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi; notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, turar joyi, agar yuridik shaxs bo‘lsa, uning to‘liq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va STIRi; murojaat qiluvchi qanday notarial harakatni amalga oshirishni so‘raganligi; notarial harakatni amalga oshirishni rad etishga sabab bo‘lgan holatlar (qonun hujjatlariga asoslangan holda); shikoyat qilish muddati va tartibi. 34. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undiradi. Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o‘rnini qoplaydi. Notariusga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan notarius o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi. 341. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarga notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji, gerb yig‘imi hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlar bo‘yicha kvitansiyalar Tizim orqali chiqarib beriladi. Notarial harakatlar to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan so‘ng amalga oshiriladi. To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yig‘majildiga tikiladi. 35. Notarius yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi amalga oshirgan notarial harakatning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu notarial harakatni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi to‘g‘risida tegishli hududiy adliya boshqarmalarini xabardor qiladi. 351. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirishda audio, video va foto qurilmalardan foydalanishlari mumkin. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslar bu haqda ogohlantiriladi. 352. Notariuslar notarial harakatlarni rasmiylashtirish jarayonida Tizimdan foydalanadilar. Tizim notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni avtomatlashtirish, ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan. 353. Tizim imkoniyatidan kelib chiqib, unga amalga oshirilgan notarial harakatlar, bitimlar bekor bo‘lganligi yoki ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi. 354. Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasiga qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlash hamda ularni olib tashlash huquqiga ega organlar va mansabdor shaxslar tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlash yoxud uni bekor qilish haqida xabarlar belgilangan tartibda yuborilsa, ushbu xabarlarning davlat notarial idorasiga kelib tushgan aniq vaqti (soat, daqiqa) haqida Hujjatlarning kirim daftarida qayd etiladi. Qonunning 31-moddasiga asosan manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra notarial harakatni amalga oshirish o‘n kun muddatga kechiktirilganda, ushbu muddat ichida mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash haqida notarius tomonidan Tizimga ma’lumot kiritiladi. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma’lumot olinmasa, notarius tomonidan taqiq olib tashlanganligi haqida Tizimga ma’lumot kiritiladi va notarial harakat amalga oshiriladi. Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlangan yoki xatlangan mol-mulk haqidagi ma’lumotlar zudlik bilan Tizimga kiritilishi lozim. 355. Mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi. Bunda, mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi. Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga ko‘ra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida ma’lumotnoma beriladi. 356. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi. 357. Notariuslar tomonidan garov (ipoteka) shartnomalari rasmiylashtirilganda yoki taraflar o‘rtasida to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashda, ushbu shartnomalarni (bitimlarni) tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi. 36. Notariuslar qonunga muvofiq notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qo‘yilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga ko‘ra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin. 37. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga (ipotekaga) qo‘yish to‘g‘risidagi bitimlar boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan yoki garovga (ipotekaga) qo‘yilayotgan mol-mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bitimlarni tasdiqlashda hujjatlarning kseronusxasi uning asl nusxasi va dublikati o‘rnini bosa olmaydi. 38. Notarius bitim ishtirokchisining muomala layoqatini aniqlash paytida shu bitim ishtirokchisining yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi. Notariusda bitim ishtirokchilaridan birining ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsada (shubha tug‘dirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, u bitimni tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori bor-yo‘qligini aniqlaydi. Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim. Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo‘lsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi. 39. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni Fuqarolik kodeksi 29-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uning vasiysi amalga oshiradi. Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan o‘zlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, Fuqarolik kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilganlardan tashqari, bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimlarni homiyning roziligi bilangina amalga oshiradi. Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas. Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga ko‘ra (xizmat safarida bo‘lish, boshqa joyda yashashi va hokazo) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda O‘zbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi. Bitimda voyaga yetmagan shaxs qatnashganda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan ushbu voyaga yetmagan shaxsning rasmi yelimlab yopishtirilgan ma’lumotnoma talab etiladi. Ushbu ma’lumotnomadagi rasm ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati muhri bilan tasdiqlanadi. 40. Notarius bitimda ishtirok etayotgan yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini tekshirishi shart. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 201-modda) 19-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat turi bilan ham shug‘ullanishi mumkin. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati ham tekshiriladi. Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi. Bitimda yuridik shaxsning rahbari bevosita ishtirok etganda, bitimga yuridik shaxsning muhri ham qo‘yiladi. Notarius ta’sis hujjati bo‘yicha bitimlar tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. 41. Mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni bekor qilish haqidagi bitim asosiy bitimga qo‘shib qo‘yiladigan alohida hujjat tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bitim predmeti ko‘chmas mulk bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi (bundan keyingi o‘rinlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining ma’lumotnomasi deb yuritiladi) talab qilinadi hamda Tizim orqali ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi tekshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli ma’lumotnoma notarius tomonidan idoralararo so‘rov orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan olinadi. Mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni bekor qilish paytida, bu bitim tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida qayd etilgan yoki qayd etilmaganligidan qat’i nazar, notarius taraflarning o‘zaro xohish-irodasi (arizasi) asosida bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi alohida bitimni tasdiqlaydi. Arizalar reyestrda qayd etiladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs bo‘lsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrug‘i va hokazo) va yozma xati olinadi. Bitimning barcha nusxalariga va reyestrga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qo‘yiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qo‘yiladi. Agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki bo‘lsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi to‘g‘risidagi (ko‘chmas mulk bo‘lgan holatda notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan) arizasini talab qiladi. Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi (bundan keyingi o‘rinlarda sud hujjati deb yuritiladi)ni olgan taqdirda, bu haqda reyestrga va bitimning notarial idora yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi. Notarius bitimni bekor qilish to‘g‘risidagi alohida bitimni tasdiqlaganidan so‘ng notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxo‘rlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qo‘yadi. Bitimning asl nusxasi merosxo‘rlarga berilgan taqdirda, ularning merosxo‘r ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi. 42. Bitimlar bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi. 43. Soliq kodeksi 342-moddasining birinchi qismi 1 va 2-bandlariga asosan davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanida va notarial harakatlarni amalga oshirish rad etilgan vaqtda davlat boji qaytariladi. 44. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlar, shuningdek ushbu bitimlarni bekor qilish to‘g‘risidagi bitim shu mulk joylashgan joydagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga yoki Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlariga (bundan keyingi o‘rinlarda DYHXX organlari deb yuritiladi) qayd etish uchun taqdim etilishi lozimligi haqida notarius tasdiqlovchi yozuvda taraflarga tushuntirganligi haqida ko‘rsatib o‘tadi. 45. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitim va arizalarning loyihalari qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim. Bitimlarning matnida (tegishliligiga qarab): u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi); bitimni tasdiqlagan notarial idora joylashgan yerning (pochta manzilining) to‘liq nomi va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi; bitim imzolangan sana so‘zlar bilan qayd qilinishi, taraflarning familiyalari, ismlari va otalarining ismlari to‘liq yozilishi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzillari haqidagi, yuridik shaxslarning nomlari hech bo‘lmaganda bir marotaba to‘liq yozilishi hamda ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va joylashgan yerlari (pochta manzili), shuningdek STIRi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, taraflar qarindosh bo‘lsa, ularning qarindoshlik darajasi; bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa, uning fuqaroligi; bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi; bitim predmeti uni boshqa shaxsga o‘tkazuvchiga qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi; mulkka bo‘lgan huquqni va u haqda tuziladigan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat haqidagi ma’lumot; bitim predmeti boshqa shaxsga o‘tkazilishi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi; bitim predmetining inventar qiymati va taraflar tomonidan kelishilgan baho; bitim predmeti uchun haq to‘lashning shakli va zarur hollarda muddatlari; bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi; bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga o‘tishi yoki boshqa holatlar; taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra qonun hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining o‘tishi haqidagi boshqa shartlar; bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi bo‘lganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) shaxslarning ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish yoki ro‘yxatdan o‘chish muddati; bitimda yuridik shaxsning rahbari ishtirok etsa, bitimga yuridik shaxsning muhri qo‘yilishi; er-xotinning mulkni nikohga qadar olganligini aniqlashda nikohning qachon va qaysi FHDY bo‘limida qayd etilganligi haqidagi yozuv; bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining o‘tishi munosabati bilan qonun hujjatlari talablari tushuntirilganligi, bitim necha nusxada tuzilib imzolanganligi va mulkka nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi; bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi o‘z aksini topishi kerak. Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakillari, vasiy yoki homiylari) familiyalari, ismlari va otalarining ismlarini to‘liq yozib shaxsan imzolaydilar. Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, reyestrga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan davlat boji miqdorini ko‘rsatib imzolaydi va muhrini qo‘yadi. Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 47. Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlar yozma ravishda taraflar tomonidan imzolangan bitta hujjat tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 48. Fuqarolik kodeksining 110-moddasiga muvofiq ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi bitimlar notarial tasdiqlanishi shart: uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlar; korxonani sotish shartnomasi; ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi; renta shartnomasi; umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi; qonunlarda nazarda tutilgan boshqa bitimlar. 49. Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitim matnida mazkur Yo‘riqnomaning 45-bandiga qo‘shimcha tarzda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: ko‘chmas mulk boshqa shaxsga o‘tkazilganda, u joylashgan yer uchastkasining foydalanish maydoni; shartnoma bo‘yicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulkni aniq belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar, shu jumladan ko‘chmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa ko‘chmas mulkning tarkibida qanday joylashganligini belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar; boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan ko‘chmas mulkning bahosi. 491. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig‘i qarorgohini joylashtirish uchun ko‘chmas mulkni sotib olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 9-son, 47-modda) muvofiq diplomatik vakolatxona ko‘chmas mulkni sotib olish niyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi. 50. Ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimni tasdiqlashda mazkur Yo‘riqnomaning 21 — 7-paragraflarida ko‘rsatilgan qoidalarga amal qilinadi. Mazkur Yo‘riqnomaning 532, 74, 78 va 80-bandlari talablari ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda tasdiqlashga nisbatan tatbiq etilmaydi. 501. Ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 2018-yil 1-iyuldan e’tiboran Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda mazkur paragrafda belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. 502. Ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash uchun ariza beruvchi davlat notarial idorasiga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali elektron arizani bevosita to‘ldirish yo‘li bilan yoki elektron arizani to‘ldirish uchun ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan notarial idoraga o‘zi kelib murojaat qilishi mumkin. Ariza beruvchi davlat notarial idorasiga o‘zi kelib murojaat qilganda, elektron ariza uning nomidan notarial idoraning xodimi tomonidan to‘ldiriladi. 503. Elektron ariza to‘ldirilgandan keyin soliqlar, kommunal xizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik, ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki Tizimda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshiriladi. Soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik yoki ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi aniqlansa, ariza beruvchiga qarzdorlik bartaraf etilganidan yoki taqiq va xatlash olib tashlanganidan keyin bitimni notarial tasdiqlash uchun murojaat qilish huquqi borligi tushuntiriladi va uning talabiga ko‘ra yozma bildirishnoma beriladi. Bunda ariza beruvchiga soliqlar, kommunal xizmatlar yoki elektr energiyasi bo‘yicha aniqlangan qarzdorlikni notarial idorada, shu jumladan elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lashi mumkinligi tushuntiriladi. Ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tezkorlik bilan Tizimda aks ettiriladi. 504. Soliqlar, kommunal xizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik yoki ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjud bo‘lmasa elektron arizaga noyob raqam beriladi. Notarial idorada Tizim orqali to‘ldirilgan elektron arizaga noyob raqam berilganda elektron ariza to‘ldirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lov undiriladi. Elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida taraflar ushbu Yo‘riqnomaning 508-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng bitim notarial tartibda tasdiqlanadi. 505. Elektron arizaga noyob raqam O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olingan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida ariza beruvchi notarial idoraga kelishi mumkin. 506. Ariza beruvchi bitimni notarial tasdiqlash uchun elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 10 kalendar kun ichida notarial idoraga keladigan kun va qulay vaqtni belgilagan holda notarius qabuliga oldindan yozilishi mumkin. Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra elektron arizaning noyob raqamini, notarial idoraga kelinadigan kun va vaqtni, notarial idoraning notariusi familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatgan holda notarius qabuliga oldindan yozilganligi haqida unga yozma shaklda bildirishnoma beriladi. Ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin notarial idoraga murojaat etilsa, elektron arizani to‘ldirish qayta amalga oshiriladi. 507. Notariusga noyob raqam berilgan elektron ariza qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etilgan taqdirda, undagi ma’lumotlarning aktualligi notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda tekshiriladi. Qog‘ozda chop etilgan elektron ariza unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlagan holda ariza beruvchi tomonidan imzolanadi va bitim bo‘yicha hujjatlar bilan birga qo‘shib tikiladi. 508. Bitimni notarial tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: noyob raqam berilgan elektron arizaning qog‘oz yoki elektron shakldagi nusxasi; pasport yoki bitim taraflarining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat; ko‘chmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi; xususiylashtirilgan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishda — ko‘chmas mulkni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma; agar ko‘chmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan bo‘lsa — erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziligi; agar ko‘chmas mulkning qurilishi tugallanmagan bo‘lsa — mahalliy davlat hokimiyati organining qarori va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; agar ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa — garovga oluvchining roziligi; agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa — vasiylik va homiylik organining roziligi; yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va hokazolar); Bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, shuningdek doimiy propiskaga ega sha
112
63,628
Qonunchilik
HOMIYLIK TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Homiylik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining homiylik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ko‘ngillilar — homiylik oluvchining yoxud homiylik tashkilotining manfaatlarini ko‘zlab bepul ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish shaklidagi homiylikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar; homiylar — homiylikni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar; homiylik (homiylik faoliyati) — yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik maqsadlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga mol-mulkni, shu jumladan pul mablag‘larini qaytarmaslik sharti bilan yoki imtiyozli shartlarda berishda, ular uchun ishlar bajarishda, ularga xizmatlar ko‘rsatish va ularni boshqacha shaklda qo‘llab-quvvatlashda ifodalanadigan ixtiyoriy beg‘araz yordami (faoliyati); homiylik oluvchilar — homiylik oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar; homiylik subyektlari — homiylar, ko‘ngillilar, homiylik tashkilotlari, shuningdek homiylik oluvchilar; homiylik tashkiloti — jamiyatning, ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab homiylik faoliyatini amalga oshirish uchun tuzilgan nodavlat notijorat tashkiloti; homiylik xayriyalari — homiylik maqsadlariga yo‘naltiriladigan mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari. Homiylik quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, shu jumladan aholining ijtimoiy jihatdan muhofaza qilinmagan va kam ta’minlangan toifalarining moddiy ahvolini yaxshilash, o‘z jismoniy yoki intellektual xususiyatlari, boshqa holatlar sababli mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan hamda qonuniy manfaatlarini himoya qila olmaydigan ishsizlarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va boshqa shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish; xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashga ko‘maklashish; oilaning jamiyatdagi nufuzi va rolini mustahkamlashga ko‘maklashish; onalik, bolalik va otalikni himoya qilishga ko‘maklashish; ta’lim, fan, madaniyat, san’at, ma’rifat sohasidagi faoliyatga, shuningdek shaxsning ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashish; kasalliklar profilaktikasi va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatga, shuningdek sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ko‘maklashish, fuqarolarga ma’naviy-ruhiy yordam ko‘rsatish; jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi faoliyatga ko‘maklashish; aholini tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar oqibatlarini bartaraf etishga, baxtsiz hodisalarning oldini olishga tayyorlash; terrorchilik harakatlari, tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar natijasida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish; madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish. Qonunchilikka muvofiq homiylik boshqa maqsadlarda ham amalga oshirilishi mumkin. Tijorat tashkilotlariga, siyosiy partiyalarga va harakatlarga pul mablag‘lari hamda boshqa moddiy mablag‘lar berish, o‘zga shaklda yordam ko‘rsatish, shuningdek ularni qo‘llab-quvvatlash homiylik hisoblanmaydi. Saylovoldi tashviqoti va referendumga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tashviqot maqsadida homiylik qilish taqiqlanadi. Qonunga zid bo‘lgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslar homiylikni ixtiyoriy ravishda hamda moneliksiz amalga oshirishga haqli. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi kerak hamda bu xarajatlar ular biznes-rejasining o‘tgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi ko‘rsatkichlari bajarilganda amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar homiylikni yakka tartibda yoki birlashib, homiylik tashkilotini tashkil etgan yoxud tashkil etmagan holda amalga oshirishga haqli. Homiylar o‘z homiylik xayriyalaridan foydalanish maqsadlari va tartibini belgilashga haqli. Homiylik oluvchilar (yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar): olingan homiylik xayriyalarining hisobini yuritishi; homiylik xayriyalari olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek mavjud bo‘lgan taqdirda o‘z rasmiy veb-saytlarida olingan homiylik xayriyalari to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishi shart. Homiylik tashkilotlari jamoat birlashmasi, jamoat fondi shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda tashkil etilishi mumkin. Homiylik tashkilotlari o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanuvchi uyushmalarga (ittifoqlarga) va o‘zga birlashmalarga birlashishlari mumkin. Homiylik tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakliga qarab yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar ularning muassislari bo‘lishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari hamda tashkilotlari homiylik tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin emas. Homiylik tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Adliya organining homiylik tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish haqidagi qarori, shuningdek mazkur organning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatlarini buzganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Binolar, yer uchastkalari, transport, inshootlar, asbob-uskunalar, pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek axborot resurslari va o‘zga intellektual faoliyat natijalari homiylik tashkilotining mulki bo‘lishi mumkin. Homiylik tashkiloti o‘zida bo‘lgan mol-mulkka nisbatan qonunchilikka, tashkilotning ustaviga va homiylik maqsadlariga zid bo‘lmagan har qanday bitim tuzishga haqli. Homiylik tashkiloti o‘z ta’minoti (shu jumladan faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlari) uchun moliya yilida o‘zi sarflaydigan moliyaviy mablag‘larning ko‘pi bilan 20 foizidan foydalanishga haqli. Ushbu cheklov homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lashga nisbatan qo‘llanilmaydi. Homiylik tashkiloti ko‘ngillilarning ushbu tashkilotdagi faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarini (xizmat safari, transport xarajatlarini va boshqa xarajatlarini) to‘lashi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalaridan homiylik tashkilotining hisobvarag‘iga tushgan mablag‘lardan faqat bu mablag‘larni ajratish chog‘ida nazarda tutilgan homiylik maqsadlari uchun foydalaniladi. Homiylik tashkilotlariga berilgan homiylik xayriyalaridan faqat homiylik maqsadlarida foydalaniladi va bu xayriyalardan homiylik tashkilotlarini saqlash uchun foydalanilishi mumkin emas. Homiylik tashkilotining mol-mulki bu tashkilotning muassislariga yoki a’zolariga boshqa shaxslarga sotilishi yoxud berilishiga qaraganda qulayroq shartlarda sotilishi yoki berilishi mumkin emas. Homiylik tashkiloti o‘z majburiyatlari yuzasidan qonunda belgilangan tartibda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi. Homiylik tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin: homiylik tashkiloti muassislarining badallari, a’zolikka asoslangan homiylik tashkilotlari uchun esa a’zolik badallari; yuridik va jismoniy shaxslarning pul va (yoki) boshqa mol-mulk shaklidagi homiylik xayriyalari; aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlar; qonun bilan ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan homiylik tashkiloti ta’sis etgan tijorat tuzilmalaridan tushgan tushumlar; homiylar va ko‘ngillilarni jalb etish, shu jumladan homiylik xayriyalari yig‘ish maqsadida o‘tkaziladigan ko‘ngilochar, madaniy, sport tadbirlari va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish kampaniyalarini o‘tkazishdan tushadigan mablag‘lar; qonunchilikda belgilangan tartibda lotereyalar va kimoshdi savdolari o‘tkazishdan olingan daromadlar; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar. Homiylik dasturi homiylik tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan va mazkur tashkilotning ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadbirlar majmuidir. Homiylik dasturi mo‘ljallanayotgan tushumlar hamda rejalashtirilayotgan xarajatlar smetasini (shu jumladan homiylik dasturini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lashni) o‘z ichiga oladi, dasturni amalga oshirish bosqichlari va muddatlarini belgilaydi. Homiylik dasturlarini (shu jumladan homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlarini va homiylik dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni) moliyalashtirish uchun moliya yilida tushgan daromadlarning, qonun bilan ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning, shu jumladan homiylik tashkiloti ta’sis etgan tijorat tuzilmalaridan tushgan tushumlarning kamida 80 foizidan foydalanilishi kerak. Homiylik dasturlari amalga oshirilayotganda tushgan mablag‘lardan shu dasturlarda belgilangan muddatlarda foydalaniladi. Homiylik tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Homiylik tashkiloti tugatilganda uning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulkidan tashkilot ustavida nazarda tutilgan tartibda yoki, agar homiylik tashkilotining mol-mulkidan foydalanish tartibi uning ustavida nazarda tutilmagan bo‘lsa yoxud qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, tugatish komissiyasining qaroriga binoan homiylik maqsadlarida foydalaniladi. Homiylik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Homiylik subyektining o‘z homiylik maqsadlarini va amalga oshirish shakllarini tanlash erkinligini cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat homiylikni quyidagi shakllarda qo‘llab-quvvatlashi mumkin: homiylik tashkilotlari ishlab chiqadigan homiylik dasturlarini tanlov asosida davlat tomonidan moliyalashtirish; davlat mol-mulkini homiylik tashkilotlariga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda bepul yoki imtiyozli asosda mulk qilib berish; davlat mulki bo‘lgan binolar, joylar va boshqa mol-mulk ijarasi haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish; homiylik tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashish; homiylar, ko‘ngillilar hamda homiylik tashkilotlarini rag‘batlantirish. Qonunchilikka muvofiq davlat homiylikni boshqa shakllarda ham qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Homiylik subyektlariga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar beriladi. Adliya organlari homiylik tashkilotining ustavi qoidalariga rioya etilishi ustidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiradi. Homiylik tashkilotining moliyalashtirish manbalari va daromadlari hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi ustidan davlat soliq xizmati organlari qonunchilikka muvofiq davlat nazoratini amalga oshiradi. Homiylik tashkilotining faoliyati to‘g‘risidagi hisobot qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda adliya va davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi. Homiylik tashkilotiga mol-mulk, shu jumladan pul mablag‘lari beruvchi homiylar mazkur tashkilotdan shu mol-mulkdan maqsadli foydalanilganligi to‘g‘risida hisobot talab qilishga haqli. Homiylik tashkiloti o‘z yillik hisobotlaridan erkin foydalanilishini ta’minlaydi. Homiylik tashkiloti daromadlari va xarajatlarining miqdorlari hamda tuzilishi, mol-mulki, xodimlarining soni, ularning mehnatiga haq to‘lash va ko‘ngillilarni jalb etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tijorat siri bo‘lmaydi. Adliya organlari homiylik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun o‘z vakillarini yuborishga, mazkur tashkilot a’zolaridan va boshqa fuqarolardan homiylik tashkilotining ustaviga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirishlar olishga haqli. Homiylar, ko‘ngillilar hamda homiylik tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda xalqaro homiylik faoliyatini amalga oshirishga haqli. Xalqaro homiylik faoliyati xalqaro homiylik loyihalarida, xalqaro homiylik tashkilotlarining ishida ishtirok etish, homiylik faoliyati sohasida xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish orqali, shuningdek xalqaro amaliyotda qabul qilingan hamda xalqaro huquq prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin. Homiylik tashkiloti chet el fuqarolaridan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq homiylik xayriyalari olish huquqiga ega. Chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xalqaro va chet el tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida homiylar va ko‘ngillilar sifatidagi faoliyatni ushbu Qonunga muvofiq amalga oshirishlari mumkin. Chet el fuqarolarining, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, shuningdek xalqaro va chet el tashkilotlarining homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanilishi monitoringini olib borish hamda bunday xayriyalardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu Qonunda manfaatlar to‘qnashuvi deganda homiylik tashkiloti va manfaatdor shaxslar (mazkur tashkilot boshqaruv organlarining xodimlari, shu jumladan mansabdor shaxslari, a’zolari, ularning yaqin qarindoshlari yoki kreditorlari, shuningdek o‘zlarining homiylik tashkiloti bilan o‘zaro munosabatlari oqibatida tashkilotning mol-mulkini tasarruf qilishga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaat ko‘rish maqsadida tashkilot bilan shaxsan yoki o‘z vakillari orqali hamkorlik qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar) o‘rtasida amalga oshiriladigan, homiylik tashkilotining mol-mulkini tasarruf etishga daxldor bo‘lgan, homiylik faoliyatining manfaatlari hamda maqsadlariga mos kelmagan yoki mos kelmasligi mumkin bo‘lgan bitimlar va (yoki) operatsiyalar e’tirof etiladi. Homiylik tashkilotining manfaatdor shaxslar bilan bitimlar tuzishiga, shuningdek homiylik tashkiloti tomonidan manfaatdor shaxslar foydasiga boshqa harakatlar amalga oshirilishiga homiylik tashkilotining yuqori boshqaruv organi roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Manfaatlar to‘qnashuvi chog‘ida vujudga keladigan nizolar homiylik tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan hal qilinadi. Homiylikni amalga oshirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Homiylik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
20
15,568
Qonunchilik
Qurilish qiymati oshib ketgan boʻlsa nima qilish kerak
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish  ob’yektlarining hisoblangan qiymatini koʻrib chiqish va oʻzgartirishlar kiritish tartibi tasdiqlandi (VMning 5.09.2019 yildagi 740-son qarori). Hujjat Prezidentning 2018 yil 14 noyabrdagi PF-5577-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan (sharhga qarang) va loyiha-smeta hujjatlariga (keyingi oʻrinlarda – LS’H) oʻzgartirishlar kiritilganda qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ob’yektlari qiymatini aniqlashtirish va moliyalashtirish boʻyicha хulosalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish meхanizmini belgilaydi. Nizom har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturi (2020 yildan – 3 yil uchun qabul qilinadi) doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish  ob’yektlariga nisbatan tatbiq etiladi. Uning natijasida quyidagilarning narхi oshib ketadigan LS’Hlariga oʻzgartirishlar kiritish (asosli ravishda loyiha yechimlarini yaхshilash, shuningdek, ishlab chiqilgan loyihada ilgari yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida) masalalari koʻrib chiqiladi: Murojaatlarni koʻrib chiqish tartib-taomili Ob’yekt qiymatining oshishi asoslanganligini koʻrib chiqish uchun vazirliklar va idoralar, viloyatlar hokimliklari, davlat korхonalari (keyingi oʻrinlarda – tashabbuskorlar) bir vaqtning oʻzida: Quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: Materiallar mas’ul vazirliklar tomonidan хulosalar (ijobiy yoki salbiy) berilgan holda 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Qurilish vazirligi ularni jamlaydi va masala ijobiy hal qilinganda 6 ish kuni ichida Adliya vazirligi bilan kelishilgan qaror loyihasini tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. E’tibor bering! Asossiz ravishda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni shakllanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kiritilayotgan qoʻshimcha oʻzgartirishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangunga va ob’yektni foydalanishga topshirish muddati uzaytirilgunga qadar qurilish-montaj ishlarini bajarish toʻхtatib turiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.09.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
54
2,134
Qonunchilik
TIJORAT BANKLARIDA LIZING OPERATSIYALARINI AMALGA OShIRISh VA ULARNING BUXGALTERIYA HISOBINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” hamda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari asosida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (2006-yil 27-dekabr, ro‘yxat raqami 1648 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 523-modda) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. 1. 9-band quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Lizing kompaniyalariga ularga ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochgan tijorat banklari tomonidan import asosida lizing obyektlarini yetkazib berish bilan bog‘liq lizing xizmati ko‘rsatilishi mumkin.”.
158
907
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-663-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-663-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
451
Qonunchilik
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi – vaqt talabi!
Oʻzbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni hamda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish, davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Xukumatning 2015 yil 6 noyabrda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (keyingi oʻrinlarda - DHVBO) faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha Jamoatchilik kengashi shakllantirilib, kengash tomonidan DHVBO faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish va uni baholash metodikasi, DHVBO faoliyatining ochiqligini ta’minlash reglamenti ishlab chiqildi. Ushbu hujjatlar asosida Jamoatchilik kengashi tomonidan DHVBO faoliyati ochiqligi monitoringi boʻyicha ishlar boshlandi. Shu bois, 2017 yilning 14 aprel kuni boʻlib oʻtgan Jamoatchilik kengashi tadbirida dhvboning “Ochiqlik indeksi” boʻyicha 2017 yil 1 yanvar holatiga reyting taqdimoti oʻtkazildi. Davlat organlarining “ochiqlik indeksi” reytingi koʻrsatkichlari tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, umumiy hisobda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ochiqlik toʻgʻrisidagi qonun talablarini amaliyotga tatbiq qilish, fuqarolar uchun ijtimoiy ahamiyatga molik aхborotlardan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ahamiyatli jihati shundaki, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturidagi vazifalar doirasida davlat organlari oʻz faoliyatlarida ochiqlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqdalar.   Tanqidiy tahlillar reyting koʻrsatkichlari bir qator davlat organlarida ushbu masalalarga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotganligi, ba’zan  fuqarolarning qonuniy talablarini inkor qilgan holda ularning aхborotga boʻlgan huquqlarini buzish hollari ham uchrayotganligini koʻrsatmoqda. “Ochiqlik indeksi” mezonlari boʻyicha DHVBOning olgan ballari bu shunchaki baho yoki koʻrsatkich emas. Bu koʻrsatkichlar, avvalo, ochiqlik talablari boʻyicha past baho olgan, zarur darajada ochiqlikni ta’minlamagan davlat organlarining kelgusidagi faoliyatlari davomida vaziyatni yaхshilash uchun harakat qilishlariga undashdir. Ta’kidlash joizki, Jamoatchilik kengashi tomonidan “ochiqlik indeksi” monitoringi boʻyicha olib borilayotgan choralarga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali instituti, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvi tizimidagi ishtiroki samaradorligini oshirishga qaratilgan noyob meхanizm sifatida qaralmoqda. Monitoring yakunlari DHVBOga jamoatchilik bilan aloqalarini yanada kuchaytirish, samarali korporativ aхborot siyosati strategiyasini ishlab chiqishda muhim manba boʻlib хizmat qilishi mumkin. Bundan buyon Jamoatchilik kengashi tomonidan ekspertlar ishtirokida DHVBO faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash ishlari davom ettiriladi va yakuni boʻyicha kengashning www.ochiqlik.uz rasmiy saytida doimiy ravishda - har yili ikki marotaba (1 yanvar va 1 iyul holatiga koʻra) “Ochiqlik indeksi” reytingi e’lon qilib boriladi.  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari qoʻmitasi a’zosi Shuhrat ShARAFUTDINOV
95
3,377
Qonunchilik
Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida
Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimizni uzoq yillar davom etgan mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo‘lboshchimiz g‘oyat og‘ir va tahlikali vaziyatda turli qiyinchilik va mashaqqatlarga qaramasdan, tarixan qisqa davr mobaynida O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki butun jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi. Xalqimizning samimiy istaklari va xohish-irodasidan kelib chiqqan holda, ona Vatanimiz taraqqiyoti, el-yurtimiz manfaati yo‘lidagi unutilmas buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Fanlar akademiyasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi va keng jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha Xalqaro ijodiy tanlovni (keyingi o‘rinlarda Xalqaro tanlov deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha Xalqaro ijodiy tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tashkiliy qo‘mita (A. Aripov) o‘n besh kun muddatda Xalqaro tanlovning tadbirlar rejasi, xarajatlar smetasi, nizomi, reglamenti va dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Xalqaro tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2016-2017-yillar uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi va xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan taqdim qilingan Xalqaro tanlov hamda unda ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tegishli xorijiy ijodiy tashkilotlarga yigirma kun muddatda yetkazilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashkiliy qo‘mita buyurtmanomalariga binoan Xalqaro tanlov o‘tkazilishi jarayonida tarjimonlar ishtirokini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining buyurtmanomalariga binoan Xalqaro tanlov doirasida xorijiy davlatlardan keltiriladigan yuklar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro tanlovning xorijiy qatnashchilariga kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Xalqaro tanlovning xorijiy qatnashchilarini va unga aloqador yuklarni to‘lovlarning barcha turlaridan ozod qilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro tanlovning g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq tadbir o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibini hamda uning qatnashchilari va mehmonlariga xizmat ko‘rsatuvchi avtotransport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xalqaro tanlov jarayonlarini keng yoritish tavsiya etilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
208
4,237
Qonunchilik
INVESTITSIYa FAOLIYATINI TA’MINLASh BO‘YIChA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiya dasturlari departamentini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 27-dekabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, shuningdek, investitsiya jarayonini tartibga solishning samaradorligini yanada oshirish, O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash va kreditlash Tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamentiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. 2. O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga erishish va zarur tarkibiy o‘zgartirishlarni, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlovchi investitsiyalarni jalb etish asosida uning dunyo iqtisodiyotiga integratsiyalanishiga Dasturning asosiy vazifalari hisoblanadi. 3. Quyidagilar Dasturning tarkibiy qismi hisoblanadi: mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bo‘yicha kapital qo‘yilmalar prognozi; investitsiya loyihalarining aniq dasturi; ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati. 4. Dastur o‘zida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishni ta’minlashga mo‘ljallangan iqtisodiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarning o‘zaro bog‘langan kompleksini ifodalaydi. Bunday chora-tadbirlarga: Dastur asosiy ko‘rsatkichlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozining boshqa bo‘limlari va respublika Davlat budjeti bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash; Dasturning obyektlarni ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatkichlarini mablag‘ bilan ta’minlashning tasdiqlangan manbalari, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati quvvatlari bilan muvozanatlash; yangi korxonalarni iqtisodiy va ekologik jihatdan asoslangan holda joylashtirish hamda iqtisodiy rayonlar ixtisoslashtirilishi va kompleks rivojlantirilishi, tabiiy boyliklardan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmalaridan, mehnat resurslaridan yanada samaraliroq foydalanilishini hisobga olgan holda ishlab turgan korxonalarda qo‘shimcha quvvatlar tashkil etish kiradi. 5. Dasturni shakllantirish davlat maqsadli dasturlari, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini va alohida mintaqalarni rivojlantirish bo‘yicha direktiv qarorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning takliflari asosida amalga oshiriladi. 6. Dasturni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishga oid ishlarni muvofiqlashtirishni Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti amalga oshiradi. 7. Dastur mazkur Nizom bilan tasdiqlangan investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlari asosida Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. 8. Dasturni ishlab chiqish uchun Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, korxonalar va tashkilotlarga investitsiya takliflarini tayyorlashga oid metodik ko‘rsatmalarni va ularni taqdim etish muddatlarini yetkazadi. 9. Ishlab chiqilgan Dastur Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 10. Quyidagilar Dasturga kiritish uchun (ekologik normalar va talablarga muvofiq kelishi uchun majburiy shartlar) investitsiya loyihalarini tanlab olishning asosiy mezonlari hisoblanadi: a) ishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar bo‘yicha: mahalliy xomashyo va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash ko‘lamini kengaytirish, ularni raqobatbardosh tayyor mahsulot darajasigacha yetkazish; eksport potensialini rivojlantirishga mo‘ljallangan rentabelli va yuqori texnologiyali resurslarni tejovchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish; kommunikatsiyalar, sug‘orish va ishlab chiqarish infratuzilmasining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish; iste’mol bozorini eng zarur tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish; b) noishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar bo‘yicha: aholining ijtimoiy infratuzilmalar xizmatlariga bo‘lgan birinchi navbatdagi ehtiyojlarini qondirish; noishlab chiqarish infratuzilmalari xizmatlari sifatini oshirish va ular bilan aholini qamrab olishni ko‘paytirish. Bunda Dasturga kiritish uchun: xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar; qishloq joylarda va ishchi kuchi ortiqcha bo‘lgan mintaqalarda joylashtiriladigan loyihalar; eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishlar loyihalari ustuvorlik huquqidan foydalanadilar. 11. Kapital qo‘yilmalar asosiy fondlarni yaratish va ularni ko‘paytirish uchun foydalaniladigan mablag‘ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga shakllantiriladi. Kapital qo‘yilmalar ko‘rsatkichlari Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilda va prognozlashtirilayotgan yillarda sur’at, qurilishi tugallanmagan va ishga tushiriladigan obyektlar bo‘yicha ishlar hajmi ajratib ko‘rsatilgan holda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish qurilishlari bo‘yicha ishlab chiqiladi. 12. Kapital qo‘yilmalar quyidagilarga bo‘linadi: a) markazlashtirilgan qo‘yilmalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: davlat budjeti va davlat budjetidan tashqari fondlar mablag‘lari; Hukumat kafolati ostida beriladigan chet el investitsiyalari va kreditlari; b) markazlashtirilmagan investitsiyalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: korxonalar mablag‘lari, shu jumladan qo‘shma korxonalar, xorijiy korxonalar va xususiy korxonalarning mablag‘lari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mablag‘lari; banklarning, shu jumladan, xorijiy banklarning tijorat kreditlari; jismoniy shaxslarning, shu jumladan xorijiy jismoniy shaxslarning mablag‘lari. 13. Markazlashtirilgan investitsiyalar hajmlari quyidagilar hisobiga belgilanadi: Davlat budjeti va davlat budjetdan tashqari fondlar mablag‘larn — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirish chog‘ida belgilangan tartibda va yig‘ma budjet tarkibida tasdiqlanadi; Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar — alohida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq. 14. Markazlashtirilgan investitsiyalar, qoidaga ko‘ra, quyidagilarga ajratiladi: respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini, davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga; nomi ko‘rsatilgan uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha uy-joy qurilishiga; yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni tiklash, suv xo‘jaligi qurilishi va kichik gidroenergetikani rivojlantirishga; aholi yashash joylarining, birinchi navbatda, yakka tartibda qurilgan uy-joy mavzelarining muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga; maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari obyektlari qurilishiga; davlat boshqaruv organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga; davlat ilmiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga; tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshootlari qurilishiga. 15. Investitsiya loyihalarining aniq dasturi (keyingi o‘rinlarda Aniq dastur deb ataladi) har yili ishlab chiqiladi va asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va mablag‘ bilan ta’minlash manbalari ko‘rsatilgan ustuvor investitsiya loyihalari ro‘yxatini ifodalaydi. Yirik va strategik jihatdan muhim bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun potensial investorlarni jalb etish tender asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunday loyihalarning ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 16. Investitsiya loyihalarining Aniq dasturi dastur tarkibida tasdiqlanadi va unga yil davomida qo‘shimcha investitsiya loyihalari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar bundan mustasno. 17. Buyurtmachilar yoki ularning yuqori organlari tomonidan Aniq dasturga investitsiya loyihalarini kiritish uchun har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga quyidagilar taqdim etiladi: odatda “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi tavsiyanomalariga muvofiq ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash; zarur asbob-uskuna, butlovchi materiallar, jihozlar va konstruksiyalar yetkazib berish yuzasidan kontraktlar; mablag‘ bilan ta’minlash manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar. 18. Tasdiqlangan Aniq dasturga muvofiq buyurtmachilar tomonidan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishilgan holda mablag‘ bilan ta’minlashni boshlash uchun asos bo‘lib hisoblanadigan aniq ro‘yxatlar tasdiqlanadi. 19. Ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma ro‘yxat deb ataladi) Moliya vazirligi, “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi va Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha agentlik bilan birgalikda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarning takliflaridan kelib chiqib, mazkur Nizomning IV bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlari asosida, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tuziladi. 20. Yig‘ma ro‘yxat xorijiy investorlarni jalb qilish uchun aniq ustuvor yo‘nalishlarning qisqacha bayoni hisoblanadi, u ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, tegishli vositalar, xalqaro axborotnomalar, Moliya institutlari, INTERNET tarmog‘i orqali potensial xorijiy investorlarga yetkaziladi. Yig‘ma ro‘yxatga kiritilgan investitsiya takliflari: keyinchalik Aniq dasturga kiritish uchun ular investitsiya loyihasi jarayoniga kelgunga qadar shakllantirishning barcha bosqichlarida doimiy monitoring amalga oshirilishi va injiniring jihatidan kompleks kuzatib borilishi kerak; davlat kafolati ostidagi xorijiy kredit liniyalaridan foydalanishning ustuvor huquqidan foydalanadi. 21. Yig‘ma ro‘yxatga kiritilgan investitsiya taklifining tashabbuskori uni amalga oshirishda qatnashishdan manfaatdor bo‘lgan xorijiy sheriklar (potensial investorlar) bilan oldindan kelishuv yakunlari bo‘yicha “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi yoki boshqa injiniring tashkiloti bilan birgalikda ekspertiza qilinadigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqadi. 22. Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari mablag‘ bilan ta’minlashda ko‘maklashish, soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish, davlat monitoringini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 23. Mablag‘ bilan ta’minlashda ko‘maklashish qaytarib berish yoki qaytarib bermaslik asosida eng muhim ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan, xorijiy kreditlar bo‘yicha majburiy avans to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun budjet mablag‘lari, shuningdek, xorijiy kreditlar uchun Hukumat kafolatlari berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amalga oshirilishi uchun davlat tomonidan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lgan ustuvor investitsiya loyihalari Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tayyorlangan taklifi asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun mablag‘lar miqdori har yili markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hajmida belgilangan tartibda nazarda tutiladi. 24. Soliq imtiyozlariga va boshqa imtiyozlarga soliqlardan vaqtincha ozod qilish, soliq solishning imtiyozli tartibini va jadallashtirilgan amortizatsiya, bojxona imtiyozlari berish va boshqalar kiradi. Har bir loyiha yoki umuman dastur bo‘yicha imtiyozlar ro‘yxati amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. 25. Davlat monitoringgi Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratining asosiy mexanizmi hisoblanadi. 26. Quyidagilar Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi: investitsiya loyihalarining va, birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlash; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish, Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarning o‘z vaqtida hal qilinishi uchun ularning javobgarligini oshirish; xorijiy sheriklar oldida qabul qilingan majburiyatlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash; loyihalarni amalga oshirishda paydo bo‘ladigan muammoli masalalarni kuzatib borish va ularning tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlash; investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 27. Davlat monitoringgi loyihalari Dasturga kiritilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturi departamenti tomonidan tashkil etiladi. 28. Axborot berish tartibi, muddatlari, shuningdek Davlat monitoringgini amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 1. Mazkur Tartib (bundan keyin Tartib deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash va kreditlashni tartibga soladi. 2. Tasdiqlangan davlat investitsiya dasturiga muvofiq mablag‘ bilan ta’minlanadigan va kreditlanadigan loyihalar aniq ro‘yxati (bundan keyin Aniq ro‘yxat deb ataladi) shakllantiriladi. 3. Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan Aniq ro‘yxatlar quyidagi tartibda shakllantiriladi: a) Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi investitsiya dasturida belgilangan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarning dastlabki hajmlarini buyurtmachilar (investorlar, investorlar tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa jismoniy va yuridik shaxslar) bo‘yicha aniqlaydi va ularni obyektlar bo‘yicha taqsimlash uchun ularga xabar beradi, (qurilishi boshlangan investitsiya loyihalarini birinchi navbatda Aniq ro‘yxatga kiritishni hisobga olgan holda); b) buyurtmachi belgilangan tartibda va muddatlarda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflar taqdim etadi. Ko‘rsatib o‘tilgan takliflarni asoslash uchun qurilishning butun davriga tegishli ko‘rsatkichlari bilan va joriy yil limitlari doirasida kreditorlik qarzlarini to‘lash hajmlari albatta ajratib ko‘rsatilgan holda qurilishlar va obyektlar ro‘yxati taqdim etiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatga yangidan boshlanayotgan qurilishlarni va obyektlarni kiritishga, boshlangan qurilishlar va obyektlar, shu jumladan ularda xuddi shunday quvvatlar yaratilayotgan qurilishlar va obyektlar, kapital qo‘yilmalarning zarur hajmlari bilan ta’minlangandagina yo‘l qo‘yiladi. Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar ajratilayotgan buyurtmachi ulardan aniq maqsad va samarali foydalanilishi uchun javob beradi. v) O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi ishtirokida buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan yangidan boshlanadigan qurilishlar va obyektlar bo‘yicha takliflarni qo‘rib chiqadi va ularni Aniq ro‘yxatga kiritishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Aniq ro‘yxatga kiritish uchun qurilishlar va obyektlarni tanlab olish asosan tanlov asosida amalga oshiriladi; g) yangidan boshlanayotgan qurilishlar va obyektlar Aniq ro‘yxatga kiritilgan paytdan boshlab buyurtmachilar ushbu obyektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilarni belgilaydilar va pudrat savdolari (tendyerlar) o‘tkazishni tashkil etadilar; d) Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Moliya vazirligi buyurtmachilar tomonidan tuzilgan kontraktlar (pudrat shartnomalari) asosida Aniq ro‘yxatga kiritilgan yangidan boshlanayotgan har bir qurilish va obyekt bo‘yicha qurilishning barcha davriga yillar bo‘yicha taqsimlangan kapital ko‘yilmalarning hajmini, mablag‘ bilan ta’minlash miqdorlari va manbalarini aniqlaydilar. Zarur hollarda qurilishi tugallanmagan qurilishlar bo‘yicha ularni qurish hamda obyektlar va ishga tushirish komplekslarining tayyorlik darajasini hisobga olgan holda kapital qo‘yilmalar hajmlariga aniqliklar kiritiladi. 4. Qurilish materiallari va konstruksiyalar, butlovchi buyumlar xarid qilish va pudrat ishlarini bajarish uchun erkin muomaladagi valyuta xarajatlari bilan amalga oshiriladigan Aniq ro‘yxatlar Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi bilan kelishib olinishi kerak. 5. Buyurtmachilarga davlat budjeti mablag‘lari ajratish tasdiqlangan Aniq ro‘yxatga muvofiq bir yilga belgilangan limitlar doirasida amalga oshiriladi. 6. Buyurtmachilar davlat budjeti mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash limitlarini quruvchi korxonalarga yetkazadilar va bir yilga belgilangan limitlar doirasida amalda bajarilgan ishlar uchun ajratilgan mablag‘larni ularga har oyda o‘tkazadilar. Smetalarda nazarda tutilgan asbob-uskunalarni sotib olish yuzasidan kontraktlar (shartnomalar) bo‘yicha haq to‘lash, shuningdek, buyurtmachining materiallarini import operatsiyalari bo‘yicha yetkazib berish ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin import qiluvchi korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bankning muqobil kafolati mavjud bo‘lgan holda kontrakt qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans to‘lovini o‘tkazish shartlarida amalga oshiriladi. Mablag‘ bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi mablag‘ bilan ta’minlovchi banklarga belgilangan tartibda aniqlangan oylik ehtiyoj miqdorida xarajat jadvallarini beradi, keyinchalik bu xarajatlarni budjetdan qoplaydi. Xarajat jadvali asosida buyurtmachilar mablag‘ bilan ta’minlovchi banklarga budjet mablag‘lari bilan qoplangan mablag‘ bilan ta’minlash limitlarini yetkazadilar. Davlat budjeti hisobidan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlashni rasmiylashtirish uchun buyurtmachilar mablag‘ bilan ta’minlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi banklarga: loyihaning belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishini (loyiha hujjatlarini); Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan yangidan boshlanayotgan qurilishlarning yillar bo‘yicha bo‘lingan Aniq ro‘yxatlarini; qurilishning barcha davri uchun bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob shakllari ko‘rsatilgan kontraktlar (pudrat shartnomalari)ni; qurilish qiymatining yig‘ma smeta-moliyaviy hisob-kitoblarini; loyiha hujjatlari bo‘yicha “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining davlat idoradan tashqari ekspertizasi va davlat ekologiya ekspertizasining belgilangan tartibda tayyorlangan xulosalarini; qurilishi tugallanmagan qurilishlar bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning va qurilish-montaj ishlarining aniqlangan hajmlarini taqdim etadilar. 7. Buyurtmachilar har oyda Moliya vazirligiga markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladigan ajratilgan budjet mablag‘larining foydalanilishi to‘g‘risida belgilangan hisobot shakli bo‘yicha axborot taqdim etadilar. 8. Buyurtmachilarga markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarning tasdiqlangan limitlarida nazarda tutilgan qaytarib berish asosidagi davlat budjeti mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, moddiy boyliklar va boshqa mol-mulkni garovga qo‘yish shartnomasi asosida beriladi. Foizlar miqdori va ularni hisoblab qo‘shish muddatlari, shuningdek, qaytarish asosidagi budjet mablag‘lari bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni qaytarish tartibi buyurtmachi va Moliya vazirligi o‘rtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadi. 9. Hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish va kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlash jarayonida banklar markazlashtirilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini, qurilish muddatlariga, ajratilgan mablag‘larni qaytarish muddatlariga rioya qilinishini va ulardan foydalanganlik uchun haq to‘lanishini nazorat qiladilar, bajarilgan ishlar hajmini nazorat tartibida o‘lchaydilar. Nazorat tijorat banklari tomonidan mablag‘ bilan ta’minlovchi tomon bilan tuzilgan shartnoma asosida bankka vositachilik haqi to‘langan holda amalga oshirilishi mumkin. Qonun buzilishlar, qo‘shib yozishlar yoki ishlar hajmlarini boshqacha tarzda oshirish hollari aniqlangan taqdirda mablag‘lar belgilangan tartibda olib qo‘yiladi. Tijorat banklari tomonidan olingan davlat budjeti mablag‘lari qat’iy ravishda maqsadli foydalanilishi kerak va ular depozit schyotlarga o‘tkazilishi, banklararo kreditlar berish uchun foydalanilishi va boshqa qisqa muddatli xususiyatdagi operatsiyalarga jalb qilinishi mumkin emas. Qurilishning davom etish muddatlari buzilganda, kredit resurslaridan boshqa maqsadlarda foydalanilganda, kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari oshirib yozilganda tijorat banklari buyurtmachilarga, alohida hollarda esa pudratchilarga nisbatan ham mavjud qonunchilik bilan belgilangan kredit ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llaydilar. 10. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlari (shu jumladan xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolati ostida beriladigan kreditlar) hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash (qayta moliyalash) tomonlarning kelishuviga ko‘ra kreditlashning amaldagi qoidalari normalariga muvofiq amalga oshiriladi. Tijorat banklari kreditlari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan aniq ro‘yxatlar Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishishdan oldin ushbu banklar bilan kelishib olinishi kerak. Banklarning buyurtmachilar bilan o‘zaro munosabatlari kredit shartnomalari asosida quriladi. Kreditlash muddatlilik, haq to‘lash, qaytarish, ta’minlanish va maqsadli foydalanish shartlarida amalga oshiriladi. 11. Buyurtmachining o‘z mablag‘lari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlash tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq kapital qo‘yilmalar yillik limitlarining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar buyurtmachilar tomonidan maxsus schyotlarda band qilinganda amalga oshiriladi. 12. Aralash investitsiyalash obyektlari qurilishini mablag‘ bilan ta’minlash va kreditlash, obyektlar qurilishining barcha davri mobaynida budjet mablag‘larini, boshqa markazlashtirilgan mablag‘larni va o‘z mablag‘larini xarajat qilish nisbatiga rioya qilgan holda, mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 13. Mablag‘ bilan ta’minlanish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirib chiqadilar va ular qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lganda qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash schyotlarini ochadilar. Qurilishni hisob-kitob schyotlaridan mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Banklar buyurtmachilar, pudrat tashkilotlari va investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilari o‘rtasida bajarilgan ishlar, yetkazib berilgan moddiy va energiya resurslari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni, shuningdek, boshqa hisob-kitoblarni amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar. Qurilishning barcha davriga tuzilgan kontrakt (pudrat shartnomasi) buyurtmachi va pudrat tashkiloti o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti o‘rtasidagi hisob-kitoblar kontrakt (pudrat shartnomasi)da nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilari tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar ular o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar uchun asosiy hujjat hisoblanadi. 15. Buyurtmachilar pudrat tashkilotlarining bajargan ishlari va boshqa xarajatlari uchun ularning schyotlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri haq to‘laydilar, yetkazib berilayotgan materiallar, konstruksiyalar, energiya resurslari, transport xizmatlari va asbob-uskunalar uchun belgilangan tartibda oldindan haq to‘laydilar. To‘lov shakli qonun hujjatlariga muvofiq kontraktlar (pudrat shartnomalari) bilan belgilanadi. Buyurtmachi tomonidan materiallar va buyumlar yetkazib berilganda uning va pudrat tashkilotlari o‘rtasidagi hisob-kitoblar ularning jo‘natilishiga ko‘ra bank orqali yoki qarzlarni o‘zaro hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Butlovchi tashkilotlar yoki mahsulot yetkazib beruvchi korxonalar bilan yig‘ma konstruksiyalar, buyumlar va materiallar uchun hisob-kitoblar shartnoma (kontrakt)da nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
96
25,349
Qonunchilik
“O‘zbekgidroenergoqurilish” trestining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Mamlakatimizning energetika tizimini barpo etish va rivojlantirish, yangi, zamonaviy inshootlarni qurishdagi ko‘p yillik halol va fidokorona mehnati, islohotlarni amalga oshirishga qo‘shayotgan samarali hissasi hamda jamoat ishlaridagi jonkuyarligi uchun quyidagilarga faxriy unvon berilsin:
114
291
Qonunchilik
“Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 2-oktabrdagi 10-mh-son “Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2942, 2017-yil 27-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2017-y., 10/17/2942/0182-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qaror muqaddimasidagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: a) muqaddimadagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) 12-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 23-bandda: ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; e) ilova izohining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
150
3,232
Qonunchilik
QQS–2019: toʻlovchilar doirasi kengayadi, hisob-kitobning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi, uzoq muddatli aktivlar hisobga olinadi
2019 yildan boshlab QQS toʻlovchilar doirasi kengayadi. Ayrim toifadagilar uchun QQSni hisob-kitob qilishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Uzoq muddatli aktivlar boʻyicha QQSni hisobga olish mumkin boʻladi. 2019 yilda yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan korхonalar QQS toʻlaydilar. Aylanmasi 3 mlrd soʻmdan oshmagan korхonalar uchun QQSni hisob-kitob qilishning vaqtincha soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlar boʻyicha QQSni hisobga olish mumkin boʻladi. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi. Batafsil – buxgalter.uz saytida.
137
664
Qonunchilik
AKADEMIK V. VOHIDOV XOTIRASINI ABADIYLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Tibbiyot Fani rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasini hisobga olib, o‘zbek jarrohlik maktabining asoschilaridan biri akademik Vosit Vohidov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va tibbiyot jamoatchiligining Respublika jarrohlik ilmiy markaziga akademik V. Vohidov nomini berish haqidagi taklifi ma’qullansin. 2. Toshkent shahar hokimligi va Madaniyat ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Respublika jarrohlik ilmiy markazi binosiga akademik V.Vohidov siymosi tushirilgan memorial lavha o‘rnatsinlar. 3. Toshkent shahar hokimligi poytaxt ko‘chalaridan biriga akademik V. Vohidov nomini berish masalasini ko‘rib chiqsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasi har yili Respublika jarrohlik ilmiy markazida jarrohlikning dolzarb masalalari bo‘yicha “Vohidov o‘qishlari” — Respublika ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazsinlar. 5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limiga yuklansin.
59
1,131
Qonunchilik
Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, spirt, alkogolli mahsulotlar va aksiz solig‘i solinadigan tovarlarning boshqa turlarini ishlab chiqarish va sotishni tartibga solish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan jiddiy nuqsonlar va kamchiliklar mavjud. O‘tkazilgan tekshirishlar spirt, alkogolli mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish, ularning noqonuniy aylanishi holatlariga barham berilmaganligini ko‘rsatmoqda. Ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotning sifati belgilangan texnik shartlar va standartlarga muvofiq emas. Alkogolli mahsulotlar va aksiz solig‘i solinadigan boshqa mahsulotlar savdo qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan holda sotilmoqda. Moliya vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalar faoliyati ustidan zarur nazoratni ta’minlamayapti, buning natijasida hisobga olinmagan mahsulot ishlab chiqarish va sotishning, budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga mablag‘larning tegishli ravishda to‘liq tushmasligining ko‘plab holatlari aniqlandi. Spirt va alkogolli mahsulotlarning respublikaga kontrabanda yo‘li bilan olib kelinishi va sotilishiga barham berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan nihoyatda qoniqarsiz ish olib borilmoqda. Bularning barchasi davlatning manfaatlariga sezilarli iqtisodiy zarar yetkazmoqda, kishilarning salomatligini xavf ostiga qo‘ymoqda, iste’molchilarning huquqlarini kamsitmoqda. Iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini kuchaytirish, alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi, sifatsiz va kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan alkogolli mahsulotlar sotilishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun nazoratni kuchaytirish, budjetga daromadlar to‘liq tushushini ta’minlash va o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Moliya vaziri (Nurmurodov), Davlat soliq qo‘mitasi raisi (Sayfiddinov), Davlat bojxona qo‘mitasi raisi (Parpiyev), “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi raisiga (Ayupov) spirt va alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi, kontrabanda yo‘li bilan olib kelinishi, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, alkogolli mahsulotlar aylanishidan soliq to‘lovlari to‘liq va o‘z vaqtida tushishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari qat’iy ko‘rsatib o‘tilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishi, sotilishi va aylanishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlash, birinchi navbatda, bunga bevosita aloqador bo‘lgan barcha tuzilmalarning javobgarligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida takliflar kiritsinlar, bunda ko‘rsatib o‘tilgan mahsulot davlat monopoliyasi obyekti ekanligi nazarda tutilsin. 3. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda yangi kalendar yilga Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda joriy yilning 1-noyabridan kechikmay etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balansini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini huquqi uchun arizalarni ko‘rib chiqish va litsenziya berishda Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatib o‘tilgan Komissiyasi etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning har yili tasdiqlanadigan balansi parametrlariga qat’iy amal qilishga majburdir; etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir turiga, ularni ishlab chiqarishning aniq hajmi ko‘rsatilgan holda alohida beriladi; faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganda, shuningdek etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish darajasi litsenziyada ko‘rsatilgan hajmlarda ta’minlanmaganda, uch oy va undan ko‘p oy mobaynida budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlar mavjud bo‘lganda, sifatsiz spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishi va sotilishi aniqlanganda litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatiladi. 5. Vazirlar Mahkamasining etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi 2004-yil 1-martgacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqsin va mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni qayta rasmiylashtirsin. Belgilansinki, 2004-yil 1-martgacha litsenziyalarni qayta rasmiylashtirmagan korxonalarning ilgari berilgan litsenziyalari bekor qilinadi hamda ular etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmaydi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti spirt va alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi, kontrabanda yo‘li bilan olib kelinishi va sotilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar hamda ularni aniqlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar. Amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari to‘g‘risida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin. 7. “O‘zstandart” agentligi tegishli idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda respublikada yetishtirilayotgan bug‘doyning navlari va klasslaridan kelib chiqib xomashyo sarfining va etil spirti chiqishining yagona normalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “O‘zspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ikki hafta muddatda etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar pasporti shaklini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasiga kiritsinlar. 11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ba’zilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Hukumat qarorlariga mazkur qarorga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin; vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 28-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda) 1-4-bandlari, shuningdek qarorga 1, 2 va 5-ilovalar. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat komissiyalarini tashkil etish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilova 16-bandining uchinchi—yettinchi xatboshi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan komissiyalar va kengashlar tarkibini tasdiqlash haqida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 9-ilova. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga ilovaning 11-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda).
142
8,741
Qonunchilik
Davlat byudjeti mablagʻlaridan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi
Prezidentning 14.02.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarori qabul qilindi. Hujjat Davlat byudjeti хarajatlarining samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi. Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) tashkil etiladi. U quyidagi tashkiliy tuzilmalardan iborat boʻladi: Inspeksiya boshligʻi moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi  va moliya vaziri oʻrinbosariga tenglashtiriladi. Uning oʻrinbosarlari Inspeksiya boshligʻi bilan bir хil tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Hujjat bilan shunday tartib belgilandiki, unga muvofiq: 2022 yil 1 apreldan boshlab davlat moliyaviy nazorati sohasida qoidabuzarliklar holatlari toʻgʻrisida Inspeksiyaga “Davlat auditi” dasturiy kompleksi orqali хabar bergan jismoniy shaхslarga, ushbu ma’lumot asosida moliyaviy tekshiruvlar jarayonida aniqlanib, davlat foydasiga undirilgan mablagʻlar hisobidan mukofot toʻlanadi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: "Yoʻl хaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga quyidagi ragʻbatlantirish va javobgarlik choralari qoʻllaniladi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.02.2022 yildan kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
73
1,819
Qonunchilik
INVESTITSIYa LOYIHALARINING TEXNIK-IQTISODIY ASOSNOMALARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGIDA KO‘RIB ChIQISh TARTIBINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 7-iyundagi 110-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qaror qiladi: 1. 1999-yil 1-iyulda tasdiqlangan Investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asosnomalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ko‘rib chiqish tartibi (1999-yil 9-dekabr, ro‘yxat raqami 846) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
195
948
Qonunchilik
9 qavatli turar joy binolarida gaz qozonlari, yotoqхonalarda esa gaz plitalari oʻrnatishga ruхsat berildi
Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi shaharsozlik normalari va qoidalariga - ShNQ 2.08.01-05 “Turar joy binolari”ga oʻzgartirishlar kiritdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB хabar beradi. Turar joy binolarida 9 qavatgacha (9-qavat ham) gazsimon yonilgʻida ishlaydigan isitish qozonlari oʻrnatishga ruхsat berildi. Ilgari bunga faqat 5 qavatgacha yoʻl qoʻyilardi. Ilgarigidek, qattiq yonilgʻida ishlaydigan isitish qozonlari 2 qavatgacha (2-qavat ham) binolarda ruхsat beriladi. Bundan tashqari, yotoqхonalarda nafaqat pishirish uchun elektr plitalar, balki qattiq yonilgʻida ishlaydigan plitalar 2 qavatgacha (2-qavat ham) binolarda, shuningdek gaz plitalari (10 qavatgacha (10-qavat ham)) oʻrnatishga ruхsat berildi. Samir Latipov.
105
733
Qonunchilik
Xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani Kengashining 2021-yil 23-martdagi “Yakkabog‘ tumanidagi “Abduqodir hamkor”, “Nodirbek Asilbek chorva”, “Shahboz Sardor Shoxjaxon” fermer xo‘jaliklari hamda “Qoplan dara”, “Qoplan dara shahzodasi” mas’uliyati cheklang
Xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani Kengashining 2021-yil 23-martdagi “Yakkabog‘ tumanidagi “Abduqodir hamkor”, “Nodirbek Asilbek chorva”, “Shaxboz Sardor Shoxjaxon” fermer xo‘jaliklari hamda “Qoplan dara”, “Qoplan dara shaxzodasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi agrofirmalarga tegishli yer maydonlari maqsadsiz foydalanib kelayotganligi sababli tuman zaxira fondiga qaytarish to‘g‘risida”gi VI-32/39-sonli qarorining qonuniyligi Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, Yakkabog‘ tumani hokimining 2020-yil 18-maydagi NQ-856/05-sonli qaroriga muvofiq “Qoplon dara shaxzodasi” MChJ shaklidagi agrofirmaga quyonchilikni rivojlantirish uchun tuman zaxira fondidan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida 17,0 gektar yer maydoni ajratilgan. Mazkur qarorga asosan tuman hokimligi hamda “Qoplon dara shaxzodasi” MChJ shaklidagi agrofirma o‘rtasida 49 yil muddatga yer ijara shartnomasi tuzilgan. Xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani Kengashining 2021-yil 23-martdagi VI-32/39-sonli qaroriga asosan “Qoplon dara shaxzodasi” MChJ shaklidagi agrofirma hamda yana qator fermer xo‘jaliklariga yer maydonlari ajratish to‘g‘risidagi tuman hokimining qarorlari bekor qilinib, yer maydonlari tuman zaxira fondiga qaytarilgan. Mazkur Qaror amaldagi qonunchilik hujjatlariga zid ravishda qabul qilingan. Xususan, Fuqarolik kodeksining 357-moddasida shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kirishi va taraflar uchun majburiy bo‘lib qolishi, 382-moddasida shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkinligi belgilangan. Yer kodeksining 24-moddasi hamda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga ko‘ra yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi. Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 6 — 11-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Ya’ni, tomonlar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lgan har qanday hollarda yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatish faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Yuqoridagi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani Kengashining 2021-yil 23-martdagi VI-32/39-sonli qaroriga asosan “Qoplon dara shaxzodasi” MChJ shaklidagi agrofirma hamda yana qator fermer xo‘jaliklariga yer maydonlari ajratish to‘g‘risidagi tuman hokimining qarorlari bekor qilinib, yer maydonlari tuman zaxira fondiga qaytarilgan. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga asosan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, banklar bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi. Bundan tashqari, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasida ma’muriy organ manfaatdor shaxsga ma’muriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirish imkoniyatini berishi shartligi belgilangan bo‘lsa-da, qaror qabul qilishda fermer xo‘jaligi rahbarining ishtiroki ta’minlanmagan va unga holat bo‘yicha o‘z fikrini bildirish imkoniyati berilmagan. Mazkur qonunning 19-moddasiga muvofiq ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik ma’muriy hujjatlarning va ma’muriy harakatlarning bekor qilinishiga yoki qayta ko‘rib chiqilishiga olib keladi. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 302-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. Xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani Kengashining 2021-yil 23-martdagi “Yakkabog‘ tumanidagi “Abduqodir hamkor”, “Nodirbek Asilbek chorva”, “Shahboz Sardor Shohjahon” fermer xo‘jaliklari hamda “Qoplan dara”, “Qoplan dara shaxzodasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi agrofirmalarga tegishli yer maydonlari maqsadsiz foydalanib kelayotganligi sababli tuman zaxira fondiga qaytarish to‘g‘risida”gi VI-32/39-sonli qarori qonunchilikka zid deb topilsin va bekor qilinsin. 2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi (B. Tajiyev) zimmasiga yuklansin. 3. Mazkur Qaror manfaatdor tomonlarga yuborilsin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
4,962
Qonunchilik
Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2238, 2011-yil 29-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 26-son, 275-modda) bilan tasdiqlangan Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandning yigirma birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tashuvchi — ekspluatant sertifikatiga ega bo‘lgan havo kemasining ekspluatanti;”. 2. 2 — 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Mazkur Qoidalar e’lon qilingan parvozlar jadvali va charter shartnomalari asosida ichki va xalqaro havo yo‘nalishlarida yo‘lovchi va bagaj tashishda qo‘llaniladi. 3. Mazkur Qoidalar aviatsiya ishlarini bajaruvchi ekspluatantlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 4. Tashuvchilar havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashishning o‘z faoliyatlari xususiyatiga mos keladigan va mazkur Qoidalarga zid bo‘lmagan qo‘shimcha qoidalarini belgilashi mumkin.”. 3. 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish shartnomalari, jumladan charter shartnomalari asosida tashiladi. Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yo‘lovchi va uning bagajini chiptada ko‘rsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib belgilangan manzilga eltib qo‘yish majburiyatini, yo‘lovchi bagajini topshirgan bo‘lsa — bagajini belgilangan manzilga yetkazib, uni yo‘lovchiga yoki yo‘lovchi tayinlagan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Yo‘lovchi belgilangan tarif bo‘yicha parvoz uchun, tashuvchi belgilagan me’yordan ortiq bagaj bo‘lgan taqdirda esa — bunday bagaj uchun ham haq to‘lash majburiyatini oladi. Charter shartnomasi shartlari mazkur shartnomaning o‘zida belgilanishi lozim.”. 5. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “14. Tashuvchi havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish shartnomasini tashish yo‘nalishining istalgan manzilida quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin: yo‘lovchi tomonidan parvoz boshlanadigan, tugaydigan va tranzit mamlakatning qonun hujjatlarida belgilangan bojxona, chegara, sanitariya-karantin talablari va havo transportida tashishga taalluqli boshqa talablar buzilsa; agar yo‘lovchi sog‘lig‘ining holati havo transportida tashishning alohida shart-sharoitlarini talab qilsa yoxud yo‘lovchining o‘z xavfsizligiga yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga tahdid solsa, bu hol tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlansa, xuddi shuningdek tartibsizlik keltirib chiqarsa va boshqa yo‘lovchilarga tashish shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan xizmatlarni ko‘rsatishi uchun tashuvchiga imkoniyat bermasa; havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari yo‘lovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tug‘diradigan yoxud havo kemasi ichidagi shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tahdid tug‘diradigan tarzda buzilsa; havo transportida tashishlarning belgilangan qoidalari talablarini bajarish yo‘lovchi tomonidan rad etilsa.”. 6. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “29. Tashuvchi parvozlarning yo‘nalishlari va jadvallarini, yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish tariflarini, aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat ko‘rsatish shartlarini e’lon qilishi hamda aholining (mijozlarning) e’tiboriga yetkazishi shart.”. 7. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “49. Yo‘lovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda — yo‘lovchi uchun joy band qilib qo‘yilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yo‘nalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun to‘langan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qo‘llash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega. Chiptaning egasi vafot etgan yoki sog‘lig‘i og‘irlashgan holatlarda yo‘lovchi, uning vakili yoki tegishli huquqqa ega bo‘lgan shaxslar chiptaning pulini qaytarib olish huquqiga ega.”. 8. Quyidagi mazmundagi 1041 — 1048-bandlar bilan to‘ldirilsin: “1041. Uchib kelgan reys yo‘lovchilariga bagaj topshirilganidan keyin talab qilib olinmagan bagaj uni olib kelgan tashuvchi hisobidan saqlash va bunday bagajning egasini qidirish hamda uni egasiga yetkazib berishni tashkil etish uchun aeroportning tegishli xizmatiga topshiriladi. Tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda ko‘pi bilan 3 oy saqlanadi va aeroportning tegishli xizmati tomonidan yo‘q qilinadi. Chet ellik tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda ko‘pi bilan 7 kun saqlanadi va uni olib kelgan tashuvchining reysi bilan qaytarib yuboriladi. 1042. Talab qilib olinmagan bagajdagi tez buziladigan narsalarda buzilish belgilari aniqlangan taqdirda, ular yo‘q qilinishi lozim. Bunda aeroportning bagaj qidiruv xizmati xodimlari tomonidan bojxona xizmati vakili ishtirokida talab qilib olinmagan bagaj ochilib, undan buzilgan narsalar dalolatnoma asosida olib tashlanishi mumkin. Buzilgan narsalar olib tashlangandan so‘ng, bagajda qolgan narsalar ro‘yxati tuzilib, yopiladi hamda muhrlanadi. Dalolatnomada bagajning dastlabki holati (vazni, hajmi) va o‘lchash natijalari aks ettirilishi shart. Bagajda qolgan narsalar ro‘yxati dalolatnomaga ilova qilinadi. 1043. Saqlash muddati tamom bo‘lgach, aeroport direktori tomonidan talab qilib olinmagan bagajlarni yo‘q qilish bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya ishida aeroport bojxona xizmati va ichki ishlar organlari vakillari ishtirok etadi. Bunda talab qilib olinmagan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan bagajlarning ro‘yxati aeroportning bagaj qidiruv xizmati tomonidan tuziladi va Komissiyaga taqdim etiladi. Ushbu ro‘yxatga Talab qilib olinmagan bagajni ro‘yxatga olish jurnali, talab qilib olinmagan bagajning egasini qidirib topish uchun berilgan e’lon nusxalari, bagajni saqlashga qabul qilish bo‘yicha dalolatnoma nusxasi ilova qilinadi. 1044. Taqdim etilgan hujjatlar Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgach, Komissiya a’zolari bagajni ochadi va undagi predmetlarni xususiyatlariga ko‘ra ajratib, yo‘q qilish uchun qoplarga joylaydi. Bunda Komissiya a’zolari bir martalik qo‘lqoplar va maska-respiratorlar bilan ta’minlanishi shart. Yoqib yuborish orqali yo‘q qilib bo‘lmaydigan predmetlar, jumladan qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarimqimmatbaho toshlar, tabiiy marvaridlar va boshqa shunga o‘xshash predmetlar esa, alohida raqamlangan va muhrlangan idishlarga joylashtiriladi. 1045. Komissiya qarori dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va mazkur dalolatnoma Komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi hamda aeroport direktorining imzosi bilan tasdiqlanadi. Mazkur dalolatnomada yo‘q qilish uchun ajratilgan bagajlar soni, bagajlarning ichidagi predmetlar ro‘yxati hamda yoqib yuborish orqali yo‘q qilib bo‘lmaydigan predmetlar joylangan idishlarning tartib raqamlari ko‘rsatilishi kerak. 1046. Komissiyaning bagajni yo‘q qilish haqidagi qarori bagajdagi predmetlarni yo‘q qilish uchun asos hisoblanadi. Yoqish orqali yo‘q qilib bo‘lmaydigan predmetlar mexanik buzish orqali, foydalanish uchun yaroqsiz holga keltirilgandan so‘ng, yo‘q qilinadi. 1047. Qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarimqimmatbaho toshlar hamda tabiiy marvaridlar va boshqa shunga o‘xshash predmetlar yo‘q qilinmaydi. Bunday predmetlar bo‘yicha Komissiya a’zolari tomonidan ikki nusxada ularning vazni va alohida belgilari ko‘rsatilgan ro‘yxat tuziladi. Mazkur ro‘yxat Komissiya a’zolari va Komissiya ishida ishtirok etgan aeroportning bojxona xizmati va ichki ishlar organlari vakillari tomonidan imzolanadi. Aeroport direktori tomonidan ro‘yxat rasmiylashtirilgach, uch ish kuni ichida unda nazarda tutilgan predmetlarni tasarruf qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi shart. 1048. Bagajlarni yo‘q qilish bo‘yicha tegishli hujjatlar, shuningdek ularni yo‘q qilinganligini tasdiqlovchi video va foto materiallar tegishli aeroportda saqlanadi.”. 9. 116-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “116. Havo transportida tashishda tashuvchining javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, fuqarolik qonun hujjatlari va Havo kodeksi bilan tartibga solinadi.”. 10. Quyidagi mazmundagi 1161-band bilan to‘ldirilsin: “1161. Havo transportida tashish yo‘lovchilar va bagaj aeroportda, havo kemasi ichida yoki boshqa uchish-qo‘nish joyida bo‘lishidan qat’i nazar, tashuvchining javobgarligi ostida bo‘lgan vaqt mobaynidagi davrni qamrab oladi.”. 11. 118-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Etkazilgan zarar yoki zararning ko‘payishi jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini tashuvchi isbotlab bergan boshqa hollarda fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy normalariga muvofiq zarar uchun to‘lanadigan tovonning miqdori kamaytirilishi yoki zararni qoplashdan xalos etilishi mumkin. Tashuvchi yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda qoplanishini ta’minlashi shart.”. 12. 126-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “qiymati e’lon qilinmagan holda tashish uchun qabul qilingan bagajning, shuningdek yo‘lovchi yonidagi buyumlarning yo‘qolganligi, kamomadi yoxud ularga yetkazilgan zarar uchun — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar bo‘ladi.”. 13. Quyidagi mazmundagi VIII1-bob bilan to‘ldirilsin. “VIII1 bob. Tashuvchining xatti-harakati oqibatida yo‘lovchi tashish shartnomasi bajarilishining kechikishi 1301. Rasmiylashtirilgan chipta va oldindan band qilingan joyga ega bo‘lgan yo‘lovchiga tashuvchi tomonidan havo kemasidan joy berish rad etilgan bo‘lsa va bu yo‘lovchining belgilangan vaqtdan ortiq uchish punktida ushlanib qolishiga sabab bo‘lsa, yo‘lovchiga yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan kompensatsiya to‘lovi yoki bepul qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish orqali qoplanadi. Kompensatsiya to‘lovini to‘lash tartibi va miqdori tashuvchi tomonidan fuqarolik qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan qoidalar, O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, mazkur Qoidalar, shuningdek jo‘nab ketish yoki tranzit mamlakatning qonun hujjatlari va xalqaro tijorat ittifoqlarining talablari asosida belgilanadi. 1302. Parvoz tashuvchi tomonidan belgilangan aniq vaqtdan kechiksa, tashuvchi yo‘lovchiga yetkazilgan zararni qoplashi shart. Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi. 1303. Yo‘lovchiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan quyidagi bepul qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatiladi: bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash; parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha bo‘lgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash; tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan ko‘ra ko‘proq bo‘lsa, mehmonxona bilan ta’minlash; kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qo‘yish va qaytishni ta’minlash; chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash. 1304. Quyidagi hollarda yo‘lovchiga kompensatsiya to‘lovlari to‘lanmaydi: yo‘lovchi boshqa reysda uchishdan bosh tortsa va chipta uchun to‘langan pulning majburiyat bajarilmagan qismi doirasida joyida to‘lab berishni talab qilsa; yo‘lovchi tashuvchining chipta olish va ro‘yxatdan o‘tishga kelish muddatlari bilan bog‘liq talablariga rioya qilmasa; yo‘lovchi mazkur Qoidalarning 14-bandiga asosan parvozdan chetlatilganda; yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tib, uchib ketish joyiga kelmasa; reysda yo‘lovchiga uni chiptasida ko‘rsatilgan klassdan yuqoriroq klassda qo‘shimcha haq olmasdan tashish taklif etilsa; tashuv bepul amalga oshirilayotgan bo‘lsa.”. 14. 131-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 15. 132-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “132. Yo‘lovchi yoki bagajni tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishdan oldin uning oldiga talab qo‘yilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yo‘lovchining o‘limi yoki sog‘lig‘iga zarar yetishi bilan bog‘liq hollar bundan mustasno. Tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda talablar da’vogarning xohishiga ko‘ra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi. Tashish bir nechta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda, bagaj tashish qoidasi buzilganligiga doir talablar da’vogarning xohishiga ko‘ra birinchi yoxud oxirgi tashuvchiga, yo‘lovchining o‘limi yuz bergan yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda esa, tashishni yo‘nalishning zarar yuzaga kelgan uchastkasida bajargan tashuvchiga bildiriladi.”. 16. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
107
13,571
Qonunchilik
Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3574-son “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi qaroridan kelib chiqib va fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash, ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki: markazlar yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi, bankda hisob raqamlariga, shaxsiy g‘azna hisob raqamlariga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi; Markaz direktori egallab turgan lavozimiga ko‘ra tuman kengashi raisi o‘rinbosari hisoblanadi, lavozimga hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadi. 2. Markazlar tomonidan fermer xo‘jaliklariga quyidagi asosiy xizmatlar ko‘rsatilishi ma’qullansin: fermer xo‘jaliklari bo‘yicha buxgalteriya hisobi yuritilishini ta’minlash; fermer xo‘jaliklari ishchilariga ish haqi va undan majburiy ajratmalar hisoblanishini ta’minlash; mavsum yakuni bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining asosiy vositalari, tovar-moddiy zaxiralari, pul mablag‘lari, debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyadan o‘tkazishni ta’minlash; soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar, soliq organlari bilan qarzdorlik bo‘yicha solishtirma dalolatnomalarini tuzish hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini tashkil etish; moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzish va ularning tegishli organlarga taqdim etilishini tashkil etish; fermer xo‘jaligining yil yakuniga ko‘ra daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olishi uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va keyingi yil uchun biznes reja tuzish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish; Kengashga a’zolik badallari hisoblanishi va to‘lanishini tashkillashtirish; agronomlar tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar berish, sifatli urug‘ va ko‘chatlar bilan ta’minlash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishida amaliy yordam berish. 3. Markazlarning joylashuvi ular tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan fermer xo‘jaliklarining sonidan va fermer xo‘jaliklari uchun qulayligidan kelib chiqqan holda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tavsiyasiga ko‘ra tuman hokimliklari tomonidan belgilanadi. 4. Markazlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan a’zolik badallari va pullik xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar hisobiga moliyalashtirilishi belgilab qo‘yilsin. Bunda, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Har oy yakuni bo‘yicha xodimlarga, ish ko‘rsatkichlari bajarilishiga qarab, oylik ish haqining ikki baravarigacha miqdordagi mukofotlar va boshqa xarajatlar fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan a’zolik badallari va boshqa daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari xodimlarining oylik maoshlari miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Kengashga tushadigan badallar tushumi va xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, Moliya vazirligiga moliyalashtirish manbalariga o‘zgartirish kiritish vakolati berilsin. 5. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab Markazlar faoliyatini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablag‘ ajratilishini nazarda tutadi, 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlarining belgilangan prognozlari oshirib bajarilishi hisobiga moliyalashtirilishini ta’minlaydi; Markazlarni moddiy — texnik ta’minlash teng ulushlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining zaxira jamg‘armalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining belgilangan prognozlarni oshirib bajarilishi hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda, markazlarning moddiy-texnika bazasi to‘laqonli tashkil etilishi uchun tuman hokimlari shaxsan mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin. 6. Kengash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining: Markazlar tomonidan, Kengashga a’zo bo‘lgan va o‘rnatilgan tartibda a’zolik badallarini to‘lagan, davlat xaridlari uchun paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga bepul, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga pullik asosda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi; Kengashga, paxta xomashyosi va boshoqli dondan boshqa mahsulot yetishtiruvchi xamda a’zolik badalini o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan, yer, suv va boshqa resurslardan unumli foydalanayotgan hamda moliyaviy imkoniyati cheklangan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish izdan chiqqan ayrim xo‘jaliklarda hisobotni tiklash maqsadida, Markazlar tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishni ma’lum muddatga bepul amalga oshirish to‘g‘risida tavsiya kiritish vakolatini berish haqidagi takliflari ma’qullansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy moliya organlari tomonidan Markazlarga buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalari yuzasidan doimiy ravishda uslubiy ko‘mak berib borilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman Bandlikka ko‘maklashish markazlari har bir tumandagi Markazlarga xodimlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha bittadan mutaxassis biriktirilishi va fermer xo‘jaliklariga tegishli amaliy ko‘mak berib borilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Kengash bilan birgalikda fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan yer maydonlarini xo‘jaliklarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ekin turlari va konturlari kesimida ikki oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin va fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirsin. 10. “Agrobank” ATBning O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Kengash bilan birgalikda: bir oy muddatda fermer xo‘jaliklarida soddalashtirilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot ishlab chiqish, uni Markazlarda qo‘llash, kelgusida takomillashtirib borish, Markazlarga va Kengashga a’zo bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga bepul tarqatish; davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining agrotexkartalari asosida ajratilgan kredit resurslarini onlayn tarzda boshqarish, to‘lovlarni amalga oshirish va qoldiqlarni nazorat qilib borish imkoniyatini beruvchi maxsus mobil banking dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va unga oid yangiliklarni doimiy ravishda Kengashning hamda “Agrobank” ATBning veb-saytida e’lon qilib borish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 11. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markazlarni yuqori malakali buxgalter va soliq maslahatchilari bilan ta’minlash, ularning malakasini doimiy ravishda oshirib borish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin. Buxgalterlar jamoat birlashmalari hamda soliq maslahatchilari birlashmalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida filiallarini ochish, Markazlarda faoliyat yuritayotgan buxgalter va soliq maslahatchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish tavsiya etilsin. 12. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan xolda ikki oy muddatda: tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari to‘g‘risidagi nizomni; tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibini ishlab chiqib belgilangan tartibda tasdiqlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin. Qarorga 4-ilova kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
155
9,943
Qonunchilik
Soliqlardan tejalgan mablagʻlarni uzoqroq ishlatish mumkin
Soliq imtiyozlarini taqdim etilishining koʻp uchraydigan shartlaridan biri soliq solishdan boʻshagan mablagʻlardan maqsadli foydalanish hisoblanadi. Shu tariqa, davlat investitsiyalarni kapitalga – inson va moddiy-teхnik kapitalga ragʻbatlantiradi. Amaliyotda imtiyozlardan toʻliq foydalana olmaslikning sababi shundaki, boʻshagan mablagʻlar imtiyozli davr mobaynida toʻliq ishlatilishi kerak. Aks holda ular penya hisoblangan holda byudjetga undirib olinadi (SKning 30-moddasi 4-qismi). Masalan, agar imtiyozli soliq davri 2016 yilda tugasa, soliqlardan tejalgan summadan 2017 yilning 1 yanvarigacha foydalanilishi kerak. Shu tariqa birga imtiyozli davrning soʻnggi choragida imtiyozlar deyarli amal qilmagan, chunki boʻshagan mablagʻlarni hisoblash va yil oхirigacha ulardan foydalanishning imkoni yoʻq. Soliq kodeksining 30-moddasiga kiritilgan qoʻshimchalar ushbu adolatsizlikka barham beradi. Soliq toʻlovchilarga imtiyozli davr mobaynida foydalanilmagan boʻshagan mablagʻlarni imtiyozli davr tugaganidan keyin yana bir yil davomida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirish huquqi berildi. Agar ushbu davr tugaganidan keyin ham ulardan toʻliq foydalanilmagan boʻlsa, foydalanilmagan mablagʻlar qoldigʻini byudjetga qaytarishga toʻgʻri keladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Muzaffar Mirzagʻaniyev, ekspertimiz.
58
1,474
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 5-avgustdagi PQ–1169-sonli qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Tovarlar importini bojxona-tarif jihatdan boshqarish sohasida amaldagi qonun me’yorlarini unifikatsiya qilish hamda ularni import boji stavkalari to‘g‘risida qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 5-avgustdagi PQ–1169-sonli qaroriga ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
229
593
Qonunchilik
Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida so‘nggi yillarda qonunchilik hujjatlari bilan, jumladan, quyidagilar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish hamda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish bo‘yicha tegishlicha ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi; davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish bo‘yicha ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi; moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzishga oid ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) va uning hududiy boshqarmalari mansabdor shaxslari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish hamda qonunda belgilangan tartibda sudga yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi; Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan arizalar va da’volar bilan murojaat qilish joriy qilindi; Agentlik davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga moddiy madaniy meros obyektlari sohasida aniqlangan qonun buzilishi holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritishi huquqiga ega bo‘ldi; Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy etib belgilandi; moddiy madaniy meros obyektlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va aholi punktlarining bosh rejalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishilishi joriy qilindi; YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga ko‘ra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hisoblanishi hamda ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Agentlik hamda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilandi; Agentlik tomonidan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatga litsenziya va ruxsatnoma berish, shuningdek, litsenziya va ruxsatnoma shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish joriy qilindi; moddiy madaniy meros obyektlari sohasidagi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb qilish hamda ular mehnatiga haq to‘lash miqdorini Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan Agentlik direktori tomonidan belgilash huquqi berildi; Agentlik moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olingan daromadlar va ularning sarflanishiga oid ma’lumotlarni tegishli subyektlardan so‘rab olish hamda ularga ushbu mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma berish huquqiga ega bo‘ldi; moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini hisoblash, ulardan foydalanish shartlari va tartibi hamda ularga rioya qilishini ta’minlash tartiblari joriy etildi; moddiy madaniy meros obyektlari muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi tasdiqlandi; moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganligi hamda moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganligi uchun to‘lanadigan jarimalar, shuningdek, davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘lar Madaniy meros jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilandi. 2. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari qonunchilik hujjatlari bilan ularga berilgan huquqlar va vakolatlardan yetarli foydalanmayotgani, majburiyat va funksiyalarni to‘liq amalga oshirmayotgani hamda sohada davlat nazoratini tizimli va ta’sirchan yo‘lga qo‘ymayotgani ko‘rsatib o‘tilsin. 4. Quyidagilar: 2021-2022-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobini yuritish, muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, ommalashtirish va ulardan oqilona foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq; 2021 — 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxati, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati, Jahon xotirasi ro‘yxatiga madaniy va tabiiy meroslarni kiritishni ilgari surish bo‘yicha milliy reja 5-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari hamda ularga to‘lov turi va miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklarining takliflariga muvofiq “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qal’a”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining chegaralari tegishlicha 8 — 14-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining chegaralariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurati paydo bo‘lgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda asoslangan taklif kiritib borsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-mart kuniga qadar mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan: tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini har birining joyiga borgan holda aniqlash, yangi obyekt bo‘yicha tarixiy-madaniy ekspertiza o‘tkazish va ularni davlat muhofazasiga olish choralarini ko‘rsin; barcha moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazsin hamda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini qayta shakllantirsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. Belgilansinki: a) davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralaridagi yerlar ushbu tegralarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi; b) moddiy madaniy meros obyektlariga egalik qiluvchi va ulardan foydalanuvchi davlat organlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar: moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish qo‘llab-quvvatlanishini; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari qo‘riqlanadigan tegralarining loyihalari ishlab chiqilishini; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrash bo‘yicha ishlarni tegishli ruxsatnoma va litsenziya asosida o‘tkazilishini; alohida tartibga solinishi lozim bo‘lgan va moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralari ishlab chiqilishini; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida muhofaza belgilari o‘rnatilishini ta’minlashlari hamda obyektni muhofaza qilishga oid boshqa chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirishlari shart; v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish bo‘yicha davlat xaridlari o‘tkazilganda xarid komissiyasi tarkibiga Agentlik va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyatining vakillari kiritiladi; g) ushbu qarorning bajarilishi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori bilan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida; YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi majlislarida muhokama qilib boriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 15-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qarorida: 2-band hamda 1 — 3 ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 4-bandda: “a” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “a) Quyidagilar Departament va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: 2021-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasi; o‘z daromadlari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;”; “b” kichik banddagi “xodimlariga” so‘zidan keyin “O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi “v” kichik band qo‘shilsin: “v) Departament va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan: ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lash: 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan ortiq — 0,4; xodimlar faoliyatining natijadorligiga ko‘ra ish beruvchining alohida buyrug‘i bilan belgilanadigan, lavozim maoshining (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 200 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustama; fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha to‘lovlar; har oylik yo‘lkira uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi to‘lovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlardan tashqari; har oylik oziq-ovqat uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi to‘lovlarni belgilashi mumkin”. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti to‘g‘risidagi nizomda: 9-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; 10-bandga quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshisi qo‘shilsin: “madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatlar berish”. 11-bandda: “j” kichik bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “restavratorlarni yangi texnologiyalarini joriy qilish hamda an’anaviy me’morchilik asoslari bo‘yicha malakasini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil etadi;” uchinchi — oltinchi xatboshlari tegishli ravishda to‘rtinchi — yettinchi xatboshlari hisoblansin; quyidagi mazmundagi “y” kichik band qo‘shilsin: “y) madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatlar berish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibda madaniy boyliklar sirasiga kiruvchi ashyolarning toifasini aniqlaydi; madaniy boyliklarning olib chiqilishi, vaqtincha olib chiqilishi mumkinligi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan, shuningdek, vaqtincha olib chiqilayotgan va vaqtincha olib kirilayotgan madaniy boyliklarni ro‘yxatga oladi; olib chiqiladi, vaqtincha olib chiqiladi deb e’lon qilingan, shuningdek, vaqtincha olib chiqilganidan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi; madaniy boyliklarning olib chiqilishi va vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikatlarni rasmiylashtiradi; ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib oladi, ularni badiiy ekspertizadan o‘tkazadi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;”; 13-bandning uchinchi xatboshisiga “foydalanish” so‘zidan keyin “, madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatlar berish” so‘zlari qo‘shilsin; 14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bosh me’mor va bosh inspektor” so‘zlari “Bosh me’mor, bosh inspektor va Badiiy ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi xatboshlar qo‘shilsin: “Hududiy boshqarmalar tarkibidagi badiiy ekspertiza bo‘limlari boshliqlari Badiiy ekspertiza boshqarmasining boshlig‘i taqdimnomasiga asosan Departament boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Hududiy boshqarmalar xodimlari Departament bilan kelishgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etadi.”; 18-bandga “foydalanish” so‘zidan keyin “, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish” so‘zlari qo‘shilsin; 19-bandda: yigirma uchinchi xatboshiga “foydalanish” so‘zidan keyin “, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish” so‘zlari qo‘shilsin; yigirma beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrug‘i asosida Departament va uning hududiy boshqarmalari, Madaniyat vazirligining hududiy boshqarmalari balansida bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanilishini ta’minlash uchun qarovullar shtatlarini kiritish”; 20-bandda: o‘ninchi xatboshiga “tarkibiy” so‘zidan keyin “boshqarma va” so‘zlari qo‘shilsin; o‘n birinchi xatboshiga “muhofaza qilish va ulardan foydalanish” so‘zlaridan keyin “,madaniy boyliklarning badiiy ekspertizasi bo‘yicha,” so‘zlari qo‘shilsin. quyidagi mazmundagi 201-band qo‘shilsin: “Belgilansinki, soha yo‘nalishlari bo‘yicha: a) Departament boshlig‘ining o‘rinbosari — Bosh me’morning asosiy vazifalari: tarixiy-madaniy va loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasini, moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy qimmati va noyobligiga asrashga doir ishlarni putur yetkazmagan holda amalga oshirilishi bo‘yicha uzluksiz ilmiy-texnik nazoratni olib borish; alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy va jahon madaniy merosi obyektlari jumlasiga kiritilgan hududlarda shaharsozlik va boshqa xo‘jalik faoliyati ularning tarixiy-madaniy muhiti, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolgan holda olib borilishini muvofiqlashtirish; olimlar, xalq ustalari, restavratorlar, ekspertlar bilan yaqin hamkorlik qilish, ta’mirshunoslikdagi o‘ziga xos uslub, an’ana va maktablarni rivojlantirishni, jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash; b) Departament boshlig‘ining o‘rinbosari — Bosh inspektor asosiy vazifalari: moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritish, tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni aniqlash, ularni hujjatlashtirish va davlat hisobiga olish, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari toifalari va qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash, shuningdek, ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash; arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya tadqiqotlarini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya qilinishi, arxeologiya ashyolarining o‘z vaqtida hisobga olinishi va davlatga topshirilishini nazorat qilish hamda ularni fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirish, shuningdek, arxeologiya tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy hisobotlarni qabul qilish, ekspertizadan o‘tkazish va arxivini yig‘ish, arxeologiya yodgorligini konservatsiyalash hamda muzeylashtirish; moddiy madaniy meros obyektlarini keng targ‘ib etish va ommalashtirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, innovatsion va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va kolleksiyalarini muzey fondi tasarrufidan chiqarish yoki boshqa muzey fondiga o‘tkazish, madaniy boyliklarni realizatsiya qilish uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek, davlat tomonidan muhofaza ro‘yxatlari va reyestrlariga kiritilgan madaniy boyliklar, jumladan, muzey ashyolari va kolleksiyalari, qadimiy yozma manbalarning but saqlanishini va hisobi yuritilishini tekshirish. g) Departament boshlig‘ining o‘rinbosari — Badiiy ekspertiza boshqarmasi boshlig‘ining asosiy vazifalari madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatlar berishdan iborat”; 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “24. Quyidagilar departament va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasi; o‘z daromadlari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;”. 25-bandning ikkinchi xatboshisidan keyin quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazganlik uchun undiriladigan maxsus yig‘im mablag‘lari;”. 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “30. Departament va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan: ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lash: 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan ortiq — 0,4; xodimlar faoliyatining natijadorligiga ko‘ra ish beruvchining alohida buyrug‘i bilan belgilanadigan, lavozim maoshidan (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 200 foizgacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustama; fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lovlar; har oylik yo‘lkira uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlardan tashqari; har oylik oziq-ovqat uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lovlarini belgilashi mumkin”; 32-bandning “a” kichik banddagi “17,6” va “1,76” raqamlari tegishlicha “100” va “2” raqamlari bilan almashtirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomda: 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Asrashga doir ishlarni rejalashtirish va ilmiy-texnik nazorat qilish, ruxsatnoma berish va ekspertiza bo‘limi” so‘zlari “Madaniy merosni asrash va alohida muhofaza qilinadigan hududlarni himoya qilish boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-banddagi “1,06” raqami “2,5” raqami bilan almashtirilsin. 5-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: v) Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektorlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomda: 2-bandga “tasdiqlanadi.” so‘zidan keyin “Faoliyatini namunali tashkil etgan Jamoatchi inspektorlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining (keyingi o‘rinlarda — Departament) Ilmiy-ekspert kengashi qarori bilan Bosh jamoatchi inspektor deb e’tirof etilishi mumkin hamda ular faoliyati ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi” so‘zlari qo‘shilsin. 5-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin: “Bosh jamoatchi inspektor mamlakatdagi barcha madaniy meros obyektlari bo‘yicha jamoat nazoratini amalga oshirishi mumkin”. 9-banddagi “bir” so‘zi “uch” so‘zi bilan almashtirilsin; 12-banddagi “56 va 57-bandlarida” so‘zlari “10 va 11-bandlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 31-maydagi 451-son qarorida: 2-bandning ikkinchi xatboshisidan keyin quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini restavratsiya qilish va ta’mirlash-tiklash sohasida faoliyat olib boradigan tashkilotlar bundan mustasno.” 3. Vazirlar Mahkamasining “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 30-maydagi 443-son qarorining 3-bandi va qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatining: a) “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” bo‘limi 1 — 288-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) “Andijon viloyati” bo‘limi 1 — 9, 11, 13 — 16, 18, 28, 30 — 33, 36, 39, 43 — 60, 63 — 89, 91 — 111, 113-114, 116-117, 120 — 156, 158 — 222, 224 — 269, 271 — 381, 384 — 412 va 414 — 422-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; v) “Buxoro viloyati” bo‘limida: 1 — 61, 63 — 71, 73 — 86, 88 — 106, 108 — 112, 114 — 123, 125 — 132, 137 — 151, 154 — 159, 170-171, 173 — 179, 206 — 214, 239, 267, 269, 273, 301, 303, 320 — 388, 395 — 400, 409 — 450, 453 — 467, 469, 471, 489 — 531, 533 — 572, 574 — 592, 594 — 613, 615 — 625, 627, 629 — 813, 815 — 826 va 829-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; 72, 87, 107, 152-153, 160 — 169, 172, 198 — 205, 319 va 532-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) Jizzax viloyati bo‘limi 1 — 427-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; d) “Qashqadaryo viloyati” bo‘limida: 1 — 33, 35 — 789, 791 — 814, 816, 821, 834 — 839, 841 — 883, 885 — 1173, 1175 — 1391 va 1393 — 1468-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; 790, 815, 817 — 820, 822 — 824, 827-828, 830, 884, 1174 va 1392-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 825-826, 829, 831 — 833 va 840-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida Shahrisabz davlat muzey qo‘riqxonasiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan” so‘zlari “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) “Navoiy viloyati” bo‘limida: 1 — 39, 44 — 50, 52 — 85, 88 — 223 va 225 — 437-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; 41 — 43, 87 va 224-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Navoiy viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 51 va 86-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Navoiy viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Navoiy viloyati tarixi va davlat muzeyiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan.” so‘zlari “Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) “Namangan viloyati” bo‘limi 1 — 33 va 35 — 274-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; z) “Samarqand viloyati” bo‘limida: 2 — 15, 17, 19, 28, 36, 39, 78, 132, 143, 461, 463, 484 — 502, 505, 509 — 548, 554 — 615, 647 — 681, 683-684, 686 — 688, 697 — 750, 754 — 799, 804 — 851, 856 — 962, 968 — 1112, 1117 — 1208, 1214 — 1245, 1255 — 1357 va 1394 — 1607-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1, 16, 18, 20 — 27, 31 — 35, 49 va 854 — 855-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 29, 30, 142, 634, 693 va 1359-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Davlat mulki.” so‘zlari “Davlat mulki. “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 88-pozitsiyasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Xususiy mulk.” so‘zlari “Davlat mulki. “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; i) “Surxondaryo viloyati” bo‘limida: 1 — 25, 27 — 48, 51 — 65, 67 — 88, 90 — 166, 169 — 199, 201-202, 204 — 270, 272 — 275, 277 — 280, 282 — 316, 318 — 368, 370 — 385, 387 — 413, 416, 418 — 422, 424 — 440, 442, 444 — 459, 461 — 496, 498 — 554, 557 va 559 — 561-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; 26, 49 — 50, 66, 167-168, 200, 271, 281, 386, 415, 441, 443 va 558-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 203, 276, 369, 423, 460 va 497-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida Surxondaryo viloyat davlat tarixi va madaniyat muzeyiga tekin foydalanish shartnomasi asosida” so‘zlari “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 414-pozitsiyasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Davlat mulki.” so‘zlari “Davlat mulki. “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; y) “Sirdaryo viloyati” bo‘limida: 1 — 5, 10 — 38, 40 — 50, 63, 65 — 71 va 74 — 78-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; 40-pozitsiya chiqarib tashlansin; k) “Toshkent viloyati” bo‘limi 1 — 536 va 539 — 828-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; l) “Farg‘ona viloyati” bo‘limida: 1, 5 — 9, 12, 15, 17, 18, 20 — 44, 46 — 51, 53 — 56, 58 — 66, 70, 76, 79, 81, 83, 85, 88 — 97, 99 — 107, 109 — 112, 114, 117 — 119, 122 — 127, 131 — 149, 151, 153 — 164, 168 — 256, 258 — 259, 261 — 266, 268 — 282, 284 — 245, 247 — 248, 350 — 363, 365, 368 — 369 va 371 — 376-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; 78, 80, 82, 84, 87, 115, 116, 130, 364 va 370-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 68, 69, 71 — 75, 77 va 98-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida Qo‘qon davlat muzey qo‘riqxonasiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan” so‘zlari “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-pozitsiyasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Davlat mulki. Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari “AT “Aloqabank” Farg‘ona filiali operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-pozitsiyasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Davlat mulki. Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Toshkent shahridagi Rim-katolik markaziga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; m) “Xorazm viloyati” bo‘limida: 1 — 3, 5 — 6, 9 — 118, 131, 154, 156, 158, 159, 164 — 167, 170-171, 176 — 179, 181, 183-184, 187 — 189, 192 — 198, 201-202, 204-205, 209 — 213 va 215 — 259-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin; 119 — 121, 124 — 130, 132, 136, 138, 140 — 145, 147 — 151, 153, 155, 161, 169, 172, 174, 175, 180, 182, 185, 190, 191, 199, 200, 203, 206 — 208 va 214-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 123, 133 — 135, 137, 139, 146, 152, 157, 162-163, 168, 173 va 186-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. “Ichan qal’a muzey qo‘riqxonasi” so‘zlari “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; n) “Toshkent shahar” bo‘limida: 1 — 4, 49, 94 — 96, 99 — 117, 119 — 123, 152, 157, 167 — 199, 205 — 209, 217 — 219, 222 — 227, 229 — 231, 234-235, 245, 262 — 265, 273-274 va 337-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat bosh” so‘zlari bilan almashtirilsin; 163-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 1631-pozitsiya qo‘shilsin: 332-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 3321 va 3322-pozitsiyalar qo‘shilsin: o) Izohdagi “8 208” va “2 250” raqamlar tegishlicha “8 210” va “2 252” raqamlari bilan almashtirilsin.
149
33,102
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixiga va ma’naviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg‘usini shakllantirish, Vatan himoyasiga, uning milliy xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlashga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishgan holda mazkur qarorga muvofiq, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbar va o‘qituvchilari lavozimlariga oliy ma’lumotli, kasbiy jihatdan yaxshi tayyorlangan, shuningdek, yuqori tajriba va malakaga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablaridagi mavjud chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikka oid o‘quv-moddiy bazani o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari balansiga topshirish va qabul qilib olish ishlarini amalga oshirsin. 3. Manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek jamoat tashkilotlarining ushbu sohadagi asosiy vazifalarini hamda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibini belgilaydi. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul organlar hisoblanadi. O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi (keyingi o‘rinlarda “Vatanparvar” tashkiloti deb ataladi), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi ushbu sohada hamkorlikni amalga oshiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanadi. Harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) ikkinchi va uchinchi kurs o‘quvchilari (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb ataladi) chaqiriluvchilar hisoblanadi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarining moliyalashtirilishini hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlanishini amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini barpo etadilar, bunday tayyorgarlikning tashkil etilishi uchun mas’ul hisoblanadilar. 4. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (keyingi o‘rinlarda ChQBT deb ataladi) chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etiladi va olib boriladi. 5. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashni tashkil etish, amalga oshirish, natijalarini nazorat qilib borish, ChQBTni uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Markaz tomonidan amalga oshiriladi. 6. ChQBT, fuqaro muhofazasi va tibbiy bilim asoslari fani bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, ta’lim muassasalari o‘quvchilariga ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi. 7. ChQBT jarayonida ta’lim muassasalari o‘quvchilari: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni, mamlakat mudofaa va milliy xavfsizligini ta’minlash sohasidagi boshqa qonunchilikning asosiy talablarini o‘rganishlari; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining asosiy vazifalarini, harbiy xizmatning ahamiyatini, Vatanga qasamyodni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari talablarini anglab yetishlari; fuqaro muhofazasi asoslarini, shuningdek birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini amaliy o‘zlashtirib olishlari; harbiy qismlardagi mavjud qurol-aslaha va harbiy texnikaning asosiy taktik va texnik tavsiflari, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti va xizmat faoliyati bilan tanishishlari; zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika namunalarini qisqa muddatlarda o‘zlashtirib olishga shay bo‘lishlari; o‘zlari bilan olib boriladigan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarni chuqur anglab yetishlari va o‘zlashtirishlari lozim. 8. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklarining ChQBTni tashkil etish va uni amalga oshirishda asosiy vazifalari hisoblanadi: ChQBT tadbirlarini moliyalashtirish, moddiy-texnika jihatdan ta’minlash, moddiy-o‘quv bazani barpo etish; har yili ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan olib borilayotgan ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarga oid o‘quv-moddiy bazani yaratish va uni yanada takomillashtirishga doir qarorlar qabul qilish, tadbirlar rejasini ishlab chiqish; Markaz va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarga oid idoraviy hujjatlarni, tekshiruv ishlarining natijalarini, kamchilik va muammoli masalalarni o‘rganib chiqish va tegishli chora-tadbirlar belgilash; ChQBTni tashkil etish va uni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul organlar va jamoat tashkilotlari tomonidan ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarning hamkorlikda olib borilishini muvofiqlashtirib borish. 9. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi: ChQBT tadbirlarining rejalashtirilishiga va o‘z vaqtida bajarilishiga rahbarlik qiladi, ChQBT ishlarini muvofiqlashtiradi; Markaz tomonidan ChQBT dasturini tayyorlash jarayonida ishtirok etadi; ta’lim muassasalarini harbiy mavzulardagi o‘quv-uslubiy filmlar hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar (Umumharbiy nizomlar, qonunchilik hujjatlari), qo‘llanmalar, tavsiyalar va ko‘rsatmalar bilan ta’minlaydi; ta’lim muassasalarini harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasalariga biriktirish to‘g‘risida tegishli buyruqlar chiqaradi; ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari ishtirokidagi o‘quv yig‘inlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarining uch kunlik o‘quv-dala mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayoniga amaliy yordam ko‘rsatadi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarini muddatli harbiy xizmatchi va kursantlarning kundalik faoliyati, ularning maishiy ta’minoti, shuningdek qurol-aslaha, harbiy texnika namunalari bilan tanishtirib borish maqsadida ta’lim muassasalari bilan harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; ChQBTga oid qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar hisobini yuritishga, ularni saqlash va topshirishga oid yo‘riqnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek sohaga doir tavsiyalar hamda ko‘rsatmalar tayyorlaydi; har yili ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning holatini o‘rganadi va doimiy ravishda nazorat qilib boradi; ChQBT fani o‘qituvchilarini saralash, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarida ta’lim muassasalariga amaliy yordam ko‘rsatadi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilarini saralash, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarida ta’lim muassasalariga amaliy yordam ko‘rsatadi; ta’lim muassasalarini tibbiy bilim asoslari bo‘yicha zarur ko‘rgazmali vositalar, birinchi tibbiy yordamga oid o‘quv-uslubiy filmlar bilan ta’minlaydi; davolash-profilaktika muassasalarini tibbiyot yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan amaliy mashg‘ulotlar olib boriladigan o‘quv bazasi sifatida ta’lim muassasalariga biriktiradi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yillik tibbiy ko‘rigini hududiy o‘smirlar dispanserlari rahbarlari nazoratida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining chaqiruv komissiyalariga jalb qilinuvchi shifokor-mutaxassislar tomonidan tuman (shahar) chaqiruv punktlarida o‘tkazadi; ambulatoriya-poliklinika tizimida o‘smirlar orasida davolash-sog‘lomlashtirish ishlarini olib boradi, tizimni takomillashtiradi hamda shifokorlarning o‘smirlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga oid malakalarini muntazam oshirib boradi; Markaz bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar o‘smirlar dispanserlari hamda o‘smirlar davolash-profilaktika muassasalarini tajribali va malakali shifokor-mutaxassislar hamda tibbiy xodimlar bilan ta’minlaydi; o‘smirlarni statsionar sharoitlarda davolash va sog‘lomlashtirish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi; ta’lim muassasalarida tashkil etilgan tibbiyot xonalarini o‘quv dasturida nazarda tutilgan tibbiy jihozlar va dori-darmonlar bilan Markazning hududiy boshqarmalari tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga ta’minlab boradi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: ta’lim muassasalarida fuqaro muhofazasiga oid amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda soha mutaxassislari, shuningdek texnik vositalar bilan amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi; Markaz tomonidan ChQBT dasturini tayyorlash jarayonida, shuningdek ta’lim muassasalarini fuqaro muhofazasiga oid o‘quv hamda uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlash ishlarida ishtirok etadi; ta’lim muassasalari direktorlari, ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida qayta tayyorgarlikdan o‘tishini va malaka oshirishini tashkillashtiradi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarida amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida har yilgi “Fuqaro muhofazasi” kunlarini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatadi; fuqaro muhofazasiga, harbiy-vatanparvarlik va jismoniy tarbiyaga oid o‘quv-moddiy bazani takomillashtirish ishlarida qatnashadi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: ta’lim muassasalariga jismoniy tayyorgarlik ishlari, sport musobaqalari va tadbirlarini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatadi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik holatini tahlil qilib boradi, jismoniy tayyorgarlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligiga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ChQBT ta’limi bilan uzviy bog‘lagan holda tayyorlanishini tashkil qiladi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi: ta’lim muassasalarining ChQBT o‘quv xonalarini jihozlar, darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlaydi, ularni doimiy ravishda takomillashtirib boradi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ChQBT, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyasi va ularni harbiy xizmatga tayyorlash tadbirlarini sifatli tashkil etilishini ta’minlaydi; ChQBT dasturini, ushbu fanga oid darsliklar, tavsiyalar, o‘quv-uslubiy va ko‘rgazmali vositalarni, o‘quv filmlarini tayyorlaydi hamda ta’lim muassasalarini ular bilan ta’minlaydi; ta’lim muassasalari ixtiyoriga berilgan o‘quv qurol-yarog‘lar, kichik kalibrli hamda pnevmatik miltiqlar, ularda qo‘llaniladigan patronlar but saqlanayotganligini nazorat qilib boradi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarida mardlik, chaqqonlik, kuchlilik va chidamlilik sifatlarini rivojlanishiga omil bo‘ladigan jismoniy tarbiyaning ChQBT bilan bog‘liqligini ta’minlaydi; ChQBTning yakuniy bosqichida ta’lim muassasalari o‘quvchilari ishtirokida uch kunlik o‘quv-dala mashg‘ulotlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi; ChQBT bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini doimiy ravishda o‘rganib boradi hamda ijobiy xususiyatlarini respublika ta’lim muassasalariga joriy etish choralarini ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qiladi va qayta tayyorlash masalalarini hal etadi; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarining ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi lavozimiga tayinlanadigan nomzodlarni tanlaydi, ushbu fan o‘qituvchilarining uslubiy va kasbiy tayyorgarligini tashkillashtiradi, ularni attestatsiyadan o‘tkazadi; ChQBT bo‘yicha namunali ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarini Davlat mukofotlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Markazning mukofotlariga tavsiya etadi. 14. “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi: harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning olib borilishini, shuningdek tadbirlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishida ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi; harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga oid ko‘rgazmali vositalar ishlab chiqilishida ishtirok etadi; ta’lim muassasalari murojaatlariga asosan, ta’lim oluvchi yoshlarning qiziqishiga ko‘ra sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha sport seksiyalari va to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatadi; zarurat bo‘lganda, ta’lim muassasalariga ChQBT bo‘yicha o‘z tasarrufidagi o‘quv-moddiy bazasidan foydalanishlariga belgilangan tartibda ruxsat beradi. 15. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi: ta’lim muassasalari o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularda Vatanga chuqur muhabbat va vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-ruhiy, faol hayotiy pozitsiya, diniy ekstremizm va fundamentalizm g‘oyalariga qarshi immunitet hosil qilish, harbiy burchni ongli ravishda bajarishga bo‘lgan munosabatni shakllantirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning aniq maqsadi va mohiyatini anglab yetish, shuningdek yurt kelajagi va taqdiri uchun yuksak javobgarlik hissi kabi fazilatlarni shakllantirishga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarida yuksak fuqarolik pozitsiyasini, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bilan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish maqsadida katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan urush va mehnat faxriylari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazadi; doimiy ravishda ta’lim muassasasi o‘quvchilarining muddatli harbiy xizmatni a’lo darajada o‘tagan harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etadi va o‘tkazadi; ta’lim muassasalari o‘quvchilarini sport turlari bo‘yicha joriy etilgan seksiyalarga jalb etish ishlarini tashkil qiladi; mamlakatimiz hududi va daxlsizligini himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi, harbiy xizmat, uning ijobiy xususiyatlari, shuningdek harbiy xizmatchilar uchun joriy etilgan imtiyozlar tizimi to‘g‘risida ta’lim muassasalari o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida tushuntirish ishlarini olib boradi; ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy ravishda tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va harbiy-sport tadbirlarini (yoshlar forumlari, tanlovlar, sport musobaqalari) tashkil etadi va o‘tkazadi. 16. Ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ChQBTga jami 140 o‘quv soati ajratiladi, mashg‘ulotlar har haftada ikki soatdan o‘tkaziladi. Ta’lim muassasalari o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va mahoratlari harbiy ish asoslarini o‘rganish to‘garaklari, sportning harbiy-amaliy turlari bo‘yicha seksiyalar va harbiy-sport musobaqalari davomida mustahkamlanadi. 17. Ta’lim muassasalarida ChQBT fani o‘g‘il bolalar bilan, fuqaro muhofazasi bo‘limiga doir mashg‘ulotlar o‘g‘il bolalar va qizlar bilan birgalikda, tibbiy bilim asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar esa faqat qizlar bilan o‘tkaziladi. 18. Ta’lim muassasalarida ChQBT rejasi butun o‘quv yili uchun haftalarga taqsimlangan holda ishlab chiqiladi, shuningdek umumiy dars jadvaliga kiritilgan holda o‘quv guruhlariga bo‘linib o‘tkaziladi, ushbu guruhlar o‘quvchilar soniga ko‘ra seksiyalarga bo‘linadi. Ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘iga muvofiq eng ibratli o‘quvchilar orasidan guruh va seksiya komandirlari tayinlanadi. 19. ChQBTning yakuniy bosqichida ushbu fan uchun ajratilgan vaqt hisobidan ta’lim muassasasining uchinchi kurs o‘g‘il bolalari bilan uch kunlik o‘quv-dala mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bunda ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ushbu fan bo‘limlariga oid nazorat me’yorlarini bajarish bo‘yicha ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. Ushbu maqsadda tegishli ta’lim muassasasiga biriktirilgan harbiy qism va sport tashkilotlarining o‘quv-moddiy bazalaridan foydalanish mumkin. 20. Ta’lim muassasalari o‘quvchilariga quroldan o‘t otishni o‘rgatish mashg‘ulotlari faqat o‘t otish maydonlarida yoki tirlarda “O‘qli qurollardan o‘t otish kursi” talablariga qat’iy amal qilingan holda o‘tkaziladi. Ta’lim muassasasi ixtiyoridagi ko‘chmas tirda tashkil etiladigan otish tayyorgarligi mashg‘ulotlarida faqat pnevmatik va kichik kalibrli miltiqlar qo‘llaniladi. Bunday mashqlarni amaliy bajarishga faqat o‘t otish mashqlarining shartlari va xavfsizlik qoidalariga oid bilim va ko‘nikmalar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga ruxsat beriladi. 21. O‘t otish maydoni, harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasasi ixtiyoridagi tirda o‘quvchilar ishtirokida o‘tkaziladigan boshlang‘ich o‘quv-otish mashqlarini o‘tkazish faqat harbiy qism komandiri yoki oliy harbiy ta’lim muassasasi boshlig‘i tomonidan, ushbu mashqlar ma’muriyati (o‘t otish mashg‘uloti rahbari, navbatchi shifokor, qurshov guruhi va shu kabilar) tayinlangandan so‘ng tashkillashtiriladi. 22. Ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ChQBT fani bo‘yicha egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari boshqa umumta’lim fanlari uchun belgilangan me’yoriy baholash tizimiga muvofiq baholanadi. O‘quvchining uch kunlik o‘quv-dala mashg‘ulotlari davomida olgan umumiy bahosi ChQBT fani bo‘yicha olgan yakuniy bahosi hisoblanadi. 23. ChQBT kursi yakunida ta’lim muassasasi direktorining tegishli buyrug‘i chiqarilib, unda o‘tkazilgan o‘quv-dala mashg‘ulotlarining natijalari tahlil qilinadi, ChQBT fani dasturiga baho beriladi va o‘quv yiliga yakun yasaladi. 24. Ta’lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlar ta’lim muassasalari o‘quvchilari qalbida Vatanga sodiqlik, yurt tarixiga va xalqimizning ezgu an’analariga hurmat bilan qarash tuyg‘ularini shakllantirish, ularni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga so‘zsiz amal qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ular o‘rtasida yurt an’analarini targ‘ib qilish, harbiy xizmatga hurmat bilan qarash, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar, Vatanga qasamyod va umumqo‘shin nizomlarida bayon etilgan talablar ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish fazilatlarini, intizomlilik, jasurlik, tashabbuskorlik va Vatan himoyasiga shaylik sifatlarini tarbiyalash maqsadlarida tashkil etiladi va olib boriladi. Harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlar ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ChQBT fani bilan uyg‘unlashtirilib, ular tomonidan harbiy ishning sir-asrorlari, shu jumladan ommaviy qirg‘in qurollari ta’siridan saqlanish vosita va usullari, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan sharoitda amalga oshiriladigan xatti-harakatlar puxta o‘zlashtiriladigan tarzda tashkil etiladi. 25. Ta’lim muassasalarda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning turli shakl va usullari qo‘llaniladi, sohaga doir tadbirlar yuksak tashkiliy va g‘oyaviy saviyada, samarali, yuqori sifat bilan bajarilishiga qaratilgan choralar muntazam ravishda amalga oshiriladi. Ta’lim muassasalari bilan harbiy qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatiladi, ta’lim muassasalari o‘quvchilari orasida harbiy kasbni targ‘ib etishga doir tashviqot ishlari faol olib boriladi. 26. Ta’lim muassasalari yuksak g‘oya va dolzarb mavzularga boy, yurtimizda yuz bergan eng muhim siyosiy voqea va jarayonlar, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi mavzu va fuqaro muhofazasi asoslari aks ettirilgan, shuningdek o‘zbek xalqining yutuqlari, urush va jangovar harakatlar ishtirokchilari, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik a’lochilari sifatida e’tirof etilgan harbiy xizmatchilar aks ettirilgan ko‘rgazmali materiallar bilan jihozlanadi. 27. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar ta’lim muassasasi tomonidan tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda tanlanadi. Bunda nomzodning ma’lumoti, harbiy, jismoniy va pedagogik tayyorgarligining saviyasi, shuningdek tashkilotchilik qobiliyati hamda uslubiy ko‘nikmalari puxta shakllanganligi hisobga olinadi. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi lavozimiga oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishlarini tamomlagan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi tajribali ofitserlar tayinlanadi. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi lavozimiga yuqorida qayd etilgan talablar bo‘yicha ishga olish imkoni bo‘lmagan holatlarda, istisno tariqasida, pedagog mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan zaxiradagi (rezervdagi) oddiy askar yoki serjant harbiy unvonidagi shaxslar tayinlanishi mumkin. 28. Tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchisi lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar ta’lim muassasasi tomonidan, tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda tajribali tibbiyot xodimlari yoki fuqaro muhofazasi yo‘nalishidagi tibbiy hamshira dasturi bo‘yicha tahsil olgan o‘qituvchilar orasidan tanlanadi va tayinlanadi. 29. Ta’lim muassasalarining ChQBT va tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilarini malakasini oshirish: ta’lim-tarbiya jarayonini tashkillashtirish va olib borish sifatini yanada oshirish; uslubiy mahoratni takomillashtirish borasida to‘plangan tajribalar bilan o‘zaro o‘rtoqlashish; harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning ilg‘or usullarini targ‘ib etish va amaliyotda qo‘llash masalalariga yagona tarzda yondashilishini shakllantirish maqsadlarida amalga oshiriladi. 30. ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining malakasini oshirish o‘z ichiga, ularni oliy ta’lim muassasalari huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida tahsil olishi, shuningdek har yili o‘tkaziladigan besh kunlik o‘quv-uslubiy yig‘inlar, har oyda bir marta o‘tkaziladigan uslubiy mashg‘ulotlar, ta’til vaqtida o‘tkaziladigan uch kunlik seminar kabi uslubiy tayyorgarliklarni qamrab oladi. 31. ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida tashkil etiladi. 32. Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi kurslarda tahsil olishga ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari har uch yilda bir marta jalb etiladi. Bunday kurslardagi mashg‘ulotlar: oliy ta’lim muassasalari huzuridagi kurslar faoliyat yuritadigan hududlardagi ta’lim muassasalarida ishlaydigan ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari uchun — ishdan ajralmagan holda, o‘zaro almashuv yo‘li bilan mashg‘ulot o‘tkazilmaydigan kunlarda; oliy ta’lim muassasalari huzuridagi kurslar faoliyat yuritmaydigan hududlardagi ta’lim muassasalarida ishlaydigan ChQBT fani rahbari va o‘qituvchilari uchun — ta’til vaqtida boshqa o‘qituvchilar bilan birgalikda umumiy belgilangan tartibda tashkil etiladi. Ushbu kurslardagi mashg‘ulotlar intellektual salohiyatga ega bo‘lgan eng malakali va tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Alohida mavzularga oid mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun harbiy qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari va mudofaa ishlari boshqarmalari ofitserlari jalb etilishi mumkin. 33. Besh kunlik o‘quv-uslubiy yig‘inlar barcha ChQBT fani rahbari va o‘qituvchilari bilan o‘quv yili boshlanishidan oldin namunali ta’lim muassasasida tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Yig‘inlar dasturi Markazning hududiy boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladi va mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu yig‘inlar davomida o‘tgan o‘quv yili bo‘yicha ChQBT yakunlari tahlil etiladi, yangi o‘quv yili uchun vazifalar belgilanadi hamda tashkiliy-uslubiy hujjatlar o‘rganiladi, ko‘rgazmali, uslubiy, amaliy va boshqa mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Yig‘in ishtirokchilari ta’lim muassasalari o‘quvchilarining ta’lim-tarbiyasini tashkillashtirish va olib borish sohasida to‘plagan o‘z tajribalari bilan o‘zaro o‘rtoqlashadi. Yig‘inning yakuniy bosqichida ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari tayyorgarligining saviyasi tekshiriladi. 34. ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilari bilan har oyda bir marta o‘tkaziladigan uslubiy mashg‘ulotlar tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan ta’lim muassasasi direktorlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Bunday mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joy va sana mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Markazning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda belgilanadi. Unda ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilariga amaliy hamda ko‘rgazmali mashg‘ulotlar, ochiq dars va seminarlar o‘tkaziladi, ChQBT dasturiga kiritilgan mavzularga oid ma’ruzalar o‘qiladi. Bunday mashg‘ulotlarga rezervdagi (iste’fodagi) general va ofitserlar, ChQBT fani bo‘yicha tajribali o‘qituvchilar, harbiy qismlar va oliy harbiy ta’lim muassasalarining tajribali ofitserlari jalb etilishi mumkin. 35. ChQBT fani rahbarlari va o‘qituvchilarining uch kunlik seminari har yili qishki ta’til vaqtida Markazning hududiy boshqarmalari tomonidan, mudofaa ishlari boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Mazkur seminarda ChQBT fani rahbari va o‘qituvchilari ChQBT hamda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani tashkillashtirish borasida to‘plagan tajribalari bilan o‘zaro o‘rtoqlashadilar. 36. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi ta’lim muassasasining ChQBT, jismoniy tarbiya va tibbiy bilim asoslari fanlari metodikasini takomillashtirish komissiyasi ishlarida ishtirok etadi. ChQBT, jismoniy tarbiya va tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilarining ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik saviyasini oshirib borish, uslubiy mahoratlarini yanada takomillashtirish, ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlaridagi ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirib, soha amaliyotiga joriy etish ushbu komissiya oldida turgan asosiy vazifalar hisoblanadi. 37. ChQBT fani rahbari hamda o‘qituvchisiga uslubiy ishlarni va fanga oid o‘quv-moddiy bazani yanada takomillashtirish, shuningdek uslubiy ishlarga oid shaxsiy topshiriqlarni bajarish, uslubiy qo‘llanmalar yaratish, navbatdagi mavzularga oid mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, sohaga oid to‘plangan shaxsiy tajribani umumlashtirish uchun ish haftasining bir kuni ajratiladi. 38. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi, shuningdek tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari bilan o‘quv yili boshlanishidan oldin va qishki ta’til vaqtida bir kunlik uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Unda tibbiy bilim asoslari fani o‘qituvchilariga uslubiy yo‘l-yo‘riqlar beriladi, ular bilan amaliy, ko‘rgazmali va seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, ChQBT dasturiga oid ma’ruzalar o‘qiladi. 39. Ta’lim muassasasi direktori yoshlarning ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyasini puxta tashkillashtirilishi, sifatli o‘tkazilishi, sohaga doir ijobiy natijalarga erishilishi, ta’lim muassasasi ixtiyoriga berilgan o‘quv qurol-yarog‘lari, kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlar, ularda qo‘llaniladigan patronlar but saqlanishi uchun javob beradi. 40. Ta’lim muassasasi direktori zimmasiga ChQBT sohasida quyidagi majburiyatlar yuklanadi: o‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘z vaqtida rejalashtirilishi, tashkil etilishi hamda ChQBT dasturini to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash; ChQBT fani uchun xona, ushbu tayyorgarlikning amaliy masalalarini o‘tkazish uchun joy va maydonlar ajratish, shuningdek ushbu fanga oid o‘quv-moddiy bazani mazkur Nizom hamda ChQBT dasturida belgilangan talablarga muvofiq muntazam ravishda takomillashtirib borish choralarini ko‘rish; ta’lim muassasalarida “Shon-sharaf burchagi” yoki “Jasorat muzeyi”ni tashkil etish va ularning jihozlanishini qat’iy nazoratga olish; ta’lim muassasasi ixtiyoriga berilgan o‘quv qurol-yarog‘lar (kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlar, ularda qo‘llaniladigan patronlar) hisobini tegishli yo‘riqnoma talablariga muvofiq yuritilishi, saqlanishi, ta’mirlanishi va hisobdan chiqarilishini tashkillashtirish, shuningdek har uch oyda bir marta ularning mavjudligi, hisobi to‘g‘ri yuritilayotgani, talab darajasida saqlanayotgani va texnik holatini shaxsan tekshirib borish; ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisiga o‘quv-uslubiy jihatdan yordam berish, ushbu fanning boshqa fanlar bilan uzviyligini, shuningdek to‘garak ishlari tashkil etilishi va olib borilishini ta’minlash; ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi tomonidan o‘tkazilayotgan darslar va o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi sifatini muntazam tekshirib borish, ular bilan olib borilayotgan ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning holatini o‘quv semestri davomida o‘tkaziladigan pedagoglar kengashlarda (yig‘ilish va majlislarda) muhokama etib borish; shaklan va mazmunan turli harbiy-sport musobaqalarini muntazam ravishda tashkil etish va o‘tkazish; ChQBT fani bo‘yicha o‘qishning boshlanishi va yakunlari, guruhlarni tuzish, guruh va seksiya komandirlarini tayinlash, kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlardan o‘t otish mashg‘ulotlarini tashkillashtirish va o‘tkazish, bir oylik harbiy-vatanparvarlik oyligini tashkil etish, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun targ‘ibot-tashviqot va nomzodlarni saralab olish ishlarini tashkillashtirish hamda o‘tkazish, “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha eng yaxshi ta’lim muassasasi va eng yaxshi o‘qituvchi” ko‘rik- tanlovlarini, shuningdek, uch kunlik o‘quv-dala mashg‘ulotlari hamda “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqalarining dastlabki bosqichini tashkil etish va o‘tkazish, ChQBT, jismoniy tarbiya va tibbiy bilim asoslari fanlari metodikasini takomillashtirish komissiyasini tuzish bo‘yicha buyruqlarni o‘z vaqtida chiqarish; ChQBT, jismoniy tarbiya va tibbiy bilim asoslari fanlari metodikasini takomillashtirish komissiyasi faoliyatini tashkillashtirish va ushbu faoliyatni nazorat qilib borish; tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi va boshqa hisobot beriladigan organlarga ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlar to‘g‘risida hisobot berish. 41. ChQBT fani rahbari (ta’lim muassasasida ChQBT rahbari lavozimi bo‘lmagan taqdirda, ChQBT rahbarining vazifasi ChQBT o‘qituvchisiga yuklanadi) ta’lim muassasasi direktoriga bo‘ysunadi, ta’lim muassasasi o‘quvchilarining ChQBT, shuningdek ta’lim muassasasi ixtiyoriga berilgan o‘quv qurol-yarog‘lar (kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlar, ularda qo‘llaniladigan patronlar) hisobini to‘liq yuritilishi, saqlanishi va topshirilishi, qurol-yarog‘ va o‘q-dori qo‘llanilgan tarzda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etilishi uchun bevosita javob beradi. ChQBT fani rahbari zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi: o‘quv va darsdan tashqari soatlar davomida ChQBT mashg‘ulotlarini shaxsan tashkillashtirish va olib borish, harbiy ish asoslarini o‘zlashtirish to‘garaklari hamda harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha seksiyalar faoliyatiga rahbarlik qilish; ma’naviy-ma’rifiy, harbiy va pedagogik bilimlarni muntazam oshirib borish, uslubiy ko‘nikmalarni takomillashtirish; harbiy va fuqaro muhofazasi xonalariga rahbarlik qilish, shuningdek qurol saqlash va otish tiri xonalarini nazorat qilish; ta’lim muassasasi ixtiyoriga berilgan o‘quv qurol-yarog‘lar (kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlar, ularda qo‘llaniladigan patronlar) hisobini tegishli yo‘riqnoma talablariga muvofiq yuritish, saqlash, har oyda bir marta ularning mavjudligi va texnik holatini shaxsan tekshirib borish, ta’mirlanishi va hisobdan chiqarilishini o‘z vaqtida, belgilangan tartibda tashkillashtirish; ta’lim muassasalari o‘quvchilarining harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarini ta’lim muassasasi pedagoglar jamoasi bilan hamkorlikda olib borish; jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi bilan hamkorlikda ta’lim muassasasi miqyosida shaklan va mazmunan turli harbiy-sport musobaqalarini muntazam tashkil etish hamda o‘tkazish; merganlik, harbiy-amaliy sport turlari va fuqaro muhofazasi bo‘yicha tuman (shahar) miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalarni tashkillashtirish ishlarida ishtirok etish; o‘quvchilarning ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning sifatini oshirish maqsadida ta’lim muassasasiga biriktirilgan harbiy qism, oliy harbiy ta’lim muassasasi va jamoat tashkilotlari yordamidan doimiy ravishda foydalanish, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan o‘quvchilarni tanlash va tayyorlash ishlarida mudofaa ishlari bo‘limiga yaqindan yordam berish, guruh rahbarlari bilan hamkorlikda chaqiruv uchastkasida qayd etilishi lozim bo‘lgan o‘smirlarga tavsifnomalar tayyorlash. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasalari o‘quvchilarining harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyasini tashkillashtirish borasida o‘quvchilar tarbiyasi bo‘yicha mas’ul (direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari), jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, guruh rahbarlari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va ta’lim muassasasining pedagoglar jamoasi bilan hamkorlikda ish olib boradi. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisining kundalik ish faoliyati darslar jadvali, darsdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar rejasi va ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejasi asosida olib boriladi. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi ta’lim muassasasida joriy etilgan navbatchilik xizmatiga jalb etilishi mumkin. Uning zimmasiga mazkur Nizomda nazarda tutilmagan boshqa majburiyatlar yuklanmaydi. 42. Ta’lim muassasasi ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisining pedagogik ish stajiga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlarida o‘tagan haqiqiy harbiy xizmat muddati qo‘shiladi. 43. ChQBT xonasi rahbari hisoblangan ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisiga amalda joriy etilgan qo‘shimcha haq to‘lash tizimi qo‘llaniladi. 44. ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisiga respublika ta’lim muassasalari boshqa fan o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar tatbiq etiladi. 45. Oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishlarini tamomlab ofitser unvoniga ega bo‘lgan, haqiqiy harbiy xizmatdan rezerv yoki iste’foga bo‘shatilib, ta’lim muassasalari ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisi lavozimiga tayinlangan rezervdagi va iste’fodagi ofitserlarga, shuningdek ChQBT fani rahbari va o‘qituvchilariga Umumharbiy nizomlarda belgilangan tartibda va amalda bo‘lgan harbiy kiyim kiyib yurish huquqi beriladi. 46. ChQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Markaz hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 47. Ta’lim muassasasida tekshirish ishlari Mudofaa vazirligi tomonidan yilda bir marta, ikki kundan kam bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Tekshiruv davomida ta’lim-tarbiya jarayonining to‘g‘ri tashkil etilganligi, ChQBT dasturining to‘liq bajarilayotganligi, o‘quv materiallarining ta’lim muassasasi o‘quvchilari tomonidan o‘zlashtirilishi sifati, ta’lim muassasasi o‘quvchilarining ushbu fandagi ishtiroki, ChQBT fani rahbari va o‘qituvchisining uslubiy tayyorgarlik saviyasi, mashg‘ulotlarning o‘tkazilish sifati, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy hamda jismoniy tayyorgarlik ishlarning, shuningdek o‘quv-moddiy bazaning holati o‘rganib chiqiladi. 48. Tekshirish ishlari yakuni bo‘yicha besh nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bittadan nusxasi tegishli ravishda tuman (shahar) hokimligiga, ta’lim muassasasiga, mudofaa ishlari boshqarmasiga, mudofaa ishlari boshqarmasi orqali Markazning hududiy boshqarmasiga yuboriladi, bir nusxasi esa tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limida saqlanadi. 49. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob berishadi.
108
37,119
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T. Ishmetovga “Davlat organlari xarajatlarining shaffofligini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qon
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T. Ishmetovga “Davlat organlari xarajatlarining shaffofligini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Mazkur Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T. Ishmetovga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
921
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOREZIDENTLAR TOMONIDAN RADIOALOQANI TAShKIL ETISh UChUN RUXSATNOMA HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastotalar spektri to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–3358-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-son qaroriga muvofiq, buyuraman: 1. “O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan radioaloqani tashkil etish uchun ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi. 3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab amalda bo‘lgan O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligining 1999-yil 28-avgustdagi 319-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 6-avgustda 796-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan radioaloqa tashkil qilish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi haqidagi yo‘riqnoma” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Bosh direktor o‘rinbosari A.J. Xadjayev zimmasiga yuklansin.
173
1,367
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va sa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida” 2014-yil 14-iyuldagi PQ-2208-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda): a) 2-bandda: birinchi xatboshidagi “3934” raqami “3926” raqami bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda xodimlarning cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparatining, hududiy bojxona organlari, chegara va tashqi iqtisodiy bojxona postlari (komplekslari)ning tasdiqlangan (namunaviy) tuzilmasiga va xodimlarning cheklangan shtatdagi soniga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin”; b) 4-ilova 14-bandining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda xodimlarning cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparatining, hududiy bojxona organlari, chegara va tashqi iqtisodiy bojxona postlari (komplekslari)ning tasdiqlangan (namunaviy) tuzilmasiga va xodimlarning cheklangan soniga o‘zgartirishlar kiritadi”. 2. Vazirlar Mahkamasining “Temir yo‘l stansiyalarida bojxona nazoratini va nazorat postlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 24-noyabrdagi 489-son qarorida: a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “chegara” so‘zi chiqarib tashlansin; b) 3-banddagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: g) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
250
2,737
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyulda 102-I-sonli Qarori bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvarda qabul qilingan 368-III-sonli Qarori tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 15-modda; 2017-yil, № 10, 631-modda; 2019-yil, № 1, 18-modda, № 4, 250-modda; 2022-yil, № 6, 619-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlislarini o‘tkazish, siyosiy partiyalarning fraksiyalarini tuzish, Qonunchilik palatasi organlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish, parlament nazoratini, qonunchilik tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi hamda Qonunchilik palatasining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq ichki tartib-qoidalarga doir boshqa masalalarni tartibga soladi. Qonunchilik palatasi (quyi palata) hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining vakolat muddati — besh yil. Qonunchilik palatasining ishi Qonunchilik palatasi barcha deputatlarining (bundan buyon matnda deputatlar deb yuritiladi) professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi. Deputatlar o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Qonunchilik palatasining faoliyati siyosiy xilma-xillik va ko‘ppartiyaviylikka, masalalarni erkin muhokama qilish va jamoa bo‘lib hal etishga, ochiqlik va oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi. Deputatning vakolatlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat o‘z vakolatlarining butun muddati mobaynida daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Qonunchilik palatasining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas. Deputatga uning deputatlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni belgilangan tartibda qoplanadi. Deputatning huquqlari va majburiyatlarini moneliksiz va samarali amalga oshirish kafolatlari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar va ushbu Reglament bilan belgilanadi. Qonunchilik palatasi o‘z matbuot organlariga ega bo‘ladi. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi. Qonunchilik palatasining birinchi majlisini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasining Spikeri saylanguniga qadar unda raislik qiladi. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi ishini tashkil etish uchun majlisning muvaqqat kotibiyati, sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi saylanadi. Qonunchilik palatasi muvaqqat kotibiyat, sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat guruhi saylanganligi to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi. Sanoq komissiyasi o‘z tarkibidan komissiya raisi va kotibini saylaydi. Sanoq komissiyasining qarorlari komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qonunchilik palatasi birinchi majlisni, qoida tariqasida, quyidagi kun tartibi bilan o‘tkazadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti; 2) Siyosiy partiyalar vakillari kengashini saylash; 3) Qonunchilik palatasi Spikerini saylash; 4) Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlarini saylash; 5) siyosiy partiyalarning fraksiyalarini (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi) ro‘yxatga olish; 6) Qonunchilik palatasining qo‘mitalarini (bundan buyon matnda qo‘mitalar deb yuritiladi) tuzish. Qonunchilik palatasining birinchi majlisida Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi. Qonunchilik palatasi birinchi majlisining muvaqqat kotibiyati: 1) so‘zga chiquvchilarning ro‘yxatini yozib boradi; 2) deputatlardan tushadigan savollar, ma’lumotnomalar, xabarlar, arizalar, takliflar va boshqa materiallarni ro‘yxatga oladi; 3) so‘zga chiqish uchun yozilganlarning ro‘yxati va Qonunchilik palatasi birinchi majlisining muvaqqat kotibiyatiga tushgan materiallar haqida raislik qiluvchiga axborot beradi; 4) Qonunchilik palatasining birinchi majlisini ta’minlashga doir boshqa vazifalarni bajaradi. Qonunchilik palatasi Spikerini va uning o‘rinbosarlarini saylash uchun deputatlar orasidan Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiyadan kamida uch nafar deputatdan iborat Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuziladi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tarkibi to‘g‘risidagi qaror deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashi o‘z majlisida Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni deputatlar orasidan ko‘rsatish masalasini ko‘rib chiqadi. Siyosiy partiyalar vakillari kengashining majlisida Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiyaning vakili raislik qiladi. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi yoki Siyosiy partiyalar vakillari kengashining majlisida raislik qiluvchi tomonidan taqdim etiladi. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod deputatlarning savollariga javob berishi uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Qonunchilik palatasi majlisida nomzodni muhokama qilish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzodni muhokama qilish ajratilgan vaqt tugagach yoki deputatlarning taklifiga binoan Qonunchilik palatasining qarori bilan tugatiladi. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga ko‘rsatilgan nomzod yashirin ovoz berish ro‘yxatiga kiritiladi. O‘z nomzodini rad etish ovoz berish o‘tkazilmasdan qabul qilinadi. Qonunchilik palatasining Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerini saylash paytidagi yashirin ovoz berish usulini Qonunchilik palatasi belgilaydi. Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi ovoz berish boshlanganligini e’lon qilganidan keyin hech kim ovoz berishni bo‘lib qo‘yishi mumkin emas. Ovoz berish boshlanganidan to uning natijalari e’lon qilinguniga qadar hech kimga so‘z berilmaydi. Agar ovoz berishni o‘tkazish vaqtida ovoz berish tartib-taomili buzilgan yoki uni o‘tkazish chog‘ida to‘siqlar yuzaga kelgan bo‘lsa, muhokama qilmasdan darhol takroriy ovoz berish o‘tkaziladi. Ovoz berish yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda o‘tkazilgan taqdirda yashirin ovoz berish vaqti va joyi, uni o‘tkazish tartibi sanoq komissiyasining tavsiyasiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq belgilanadi va sanoq komissiyasi raisi tomonidan e’lon qilinadi. Nomzod, agar u yashirin ovoz berish natijasida deputatlar umumiy sonining yarmidan ko‘p ovozini olgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylangan hisoblanadi. Agar Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga nomzod deputatlar ovozlarining zarur sonini ololmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga takroriy saylov o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga takroriy saylov ushbu Reglamentning 15 — 20-moddalariga muvofiq o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi Spikeri saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, uni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Qonunchilik palatasi Spikeri saylanganidan keyin Qonunchilik palatasining bundan buyongi majlisini Qonunchilik palatasi Spikeri olib boradi. Qonunchilik palatasi Spikeri: 1) Qonunchilik palatasining va Qonunchilik palatasi Kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi; 2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi; 3) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarni ma’qullash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) yuboradi; 4) qo‘mitalarning va Qonunchilik palatasi komissiyalarining (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; 5) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; 6) Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; 7) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; 8) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining ustavlarini va tahrir hay’atlari tarkibini hamda ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi; 9) Kengash bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi; 10) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi; 11) Senat, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish yuritadi; 12) Qonunchilik palatasi va Kengash qarorlarini imzolaydi; 13) Qonunchilik palatasi devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi; 14) Qonunchilik palatasining xarajatlari smetasini shakllantirish va bajarishga doir ishlarga umumiy rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; 15) Qonunchilik palatasiga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi farmoyishlarni imzolaydi; 16) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Reglamentda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘zining vakolatiga taalluqli masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi. Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotganda Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlaridan biri raislik qiladi. Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qarorni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Qonunchilik palatasi Spikerining bo‘sh lavozimiga nomzod ko‘rsatish va uni saylash ushbu Reglamentning 15 — 20-moddalarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi hamda fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas. Qonunchilik palatasi Spikeri qo‘mitalar tarkibiga saylanishi mumkin emas. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarining soni, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiyalarning sonidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi tomonidan belgilanadi. Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiya o‘z vakili Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa egadir. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari deputatlar orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarini saylash uchun fraksiya, qoida tariqasida, o‘z fraksiyasining rahbari nomzodini kiritadi. Fraksiyadan taqdim etilgan nomzod Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, fraksiya o‘z fraksiyasi a’zolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari qo‘mitalardan birining tarkibiga saylanishi mumkin, bundan Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari mustasno. Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi hamda fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas. Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari qo‘mitalarning tarkibiga saylanishi mumkin emas. Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirishni amalga oshiradi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, parlamentlararo diplomatiyani rivojlantirishni amalga oshiradi, xalqaro shartnomalarning hukumat tomonidan bajarilishini nazorat qilishga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek vazifalar taqsimotiga binoan tashkiliy va boshqa vazifalarni bajaradi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlar yashirin ovoz berish ro‘yxatiga kiritiladi, uni Qonunchilik palatasi Spikeri o‘qib eshittiradi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlar bo‘yicha muhokama o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlarga ovoz berish ro‘yxat bo‘yicha o‘tkaziladi. Nomzodlar, agar ular yashirin ovoz berish natijasida deputatlar umumiy sonining yarmidan ko‘p ovozini olgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari etib saylangan hisoblanadi. Ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasi qarori bilan rasmiylashtiriladi, uni Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Agar Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari lavozimlariga ko‘rsatilgan nomzodlar saylanish uchun talab qilinadigan ovozlarning zarur sonini ololmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarining lavozimlariga saylov tartib-taomili nomzodlar ko‘rsatishdan boshlab takrorlanadi. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish va ularni saylash ushbu Reglamentning 26, 28 va 29-moddalari hamda ushbu moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi. Qonunchilik palatasining Spikeri yo‘qligida yoki u o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, u yo‘qligida esa Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlaridan biri bajarib turadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi masala ularning nomzodini ko‘rsatgan fraksiyalar tomonidan ham kiritilishi mumkin. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qarorni Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Kengash tuziladi. Kengash tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning o‘rinbosarlari, fraksiyalar rahbarlari, qo‘mitalarning raislari kiradi. Kengashga Qonunchilik palatasi Spikeri rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini chaqiradi, olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi. Kengash Qonunchilik palatasi majlislari oralig‘ida zaruratga qarab to‘planadi. Kengash majlislarini Qonunchilik palatasi Spikeri yo‘qligida yoki o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda uning o‘rinbosarlaridan biri chaqiradi va olib boradi. Kengash majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi raislari, Bosh prokurori, Markaziy banki Boshqaruvining raisi ishtirok etishi mumkin. Kengash majlislarida deputatlar ham ishtirok etishga haqli bo‘lib, ular Kengash majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishi mumkin. Kengash majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. Kengash: 1) Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ish rejasi loyihasini shakllantiradi; 2) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi va majlisni telekanallar, shuningdek Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilishi masalasini ko‘rib chiqadi; 3) qo‘mitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi; 4) qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish to‘g‘risida qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mitaning (bundan buyon matnda mas’ul qo‘mita deb yuritiladi) xulosasiga ko‘ra qaror qabul qiladi; 5) Qonunchilik palatasi Spikerining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini lavozimiga tayinlash va ularni lavozimidan ozod qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi; 6) Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishini tashkil etishga ko‘maklashadi. Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi hamda Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqishi mumkin. Kengash majlislari, agar ularda Kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi hozir bo‘lsa, vakolatlidir. Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘z a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Kengash qarorlarining loyihalari va uning majlisida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan boshqa hujjatlar Kengashga, qoida tariqasida, uning majlisi boshlanishidan kamida uch kun oldin kiritiladi. Kengash tarkibiga kiruvchi shaxslarga, shuningdek uning majlislarida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga majlisda ko‘rib chiqish mo‘ljallanayotgan masalalar haqida oldindan xabar qilinadi va zarur materiallar taqdim etiladi. Zarur bo‘lgan hollarda, Kengash majlislari stenogrammasi yozib boriladi va bayonnomasi tuziladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Kengash tomonidan ko‘rib chiqilgan masalalar va u qabul qilgan qarorlar haqida deputatlarga ma’lum qilinadi. Qonun loyihalarini tayyorlash ishlarini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga deputatlar orasidan rais, uning o‘rinbosari va a’zolardan iborat tarkibda qo‘mitalar tuziladi. Qonunchilik palatasida Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi; Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi; mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi; Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi; Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi; Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi; Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tuzilishi shart. Qonunchilik palatasida boshqa qo‘mitalar ham tuzilishi mumkin. Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari lavozimlari, qoida tariqasida, deputatlarning qaysi partiyaga mansubligini hamda saylov yakunlari bo‘yicha olingan deputatlik o‘rinlarini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish yuzasidan takliflarni fraksiyalarning rahbarlari o‘zaro kelishgan holda kiritadilar. Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari palata majlisida deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi. Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari, shuningdek qo‘mita a’zolari saylanganligi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qarorlar qabul qiladi. Qo‘mitalarning barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadi. Qo‘mita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Qo‘mita raisi: 1) qo‘mitaning ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va qo‘mitaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 2) zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, qo‘mita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi; 3) qo‘mita a’zolariga topshiriqlar beradi, ularga qo‘mita faoliyati bilan bog‘liq materiallar va hujjatlarni yuboradi; 4) kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlarning ishida ishtirok etish, shuningdek qo‘mitaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun qo‘mita a’zolarini belgilaydi; 5) davlat organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillarini qo‘mita ishida ishtirok etishga taklif etadi; 6) Qonunchilik palatasi, Kengash majlislarida, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda qo‘mita nomidan ish yuritadi; 7) qo‘mita qarorlarining bajarilishiga doir ishlarni tashkil etadi; 8) Qonunchilik palatasiga, Kengashga va Qonunchilik palatasi Spikeriga ularning topshiriqlari bajarilishi to‘g‘risida axborot beradi; 9) qo‘mitaning qarorlari bajarilganligi va uning tavsiyalari ko‘rib chiqilganligi haqida qo‘mita a’zolariga axborot beradi; 10) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qo‘mita raisining o‘rinbosari qo‘mita raisining topshirig‘iga ko‘ra uning ayrim vazifalarini bajaradi hamda rais yo‘qligida yoki u o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘mita raisi vazifasini bajarib turadi. Qo‘mitalar ishni o‘z rejalariga, shuningdek Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengash topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi. Qo‘mitalar Qonunchilik palatasi oldida mas’ul va unga hisobdordir. Qo‘mitalar: 1) o‘z tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining hamda o‘zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi; 2) qonun loyihalarining dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishini va ularni Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi; 3) qonunlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish to‘g‘risida Kengashga takliflar kiritadi; 4) navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi (bundan buyon matnda Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) yuzasidan xulosalar va takliflar beradi; 5) fraksiyalar taklifiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra joylarda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini o‘rganadi; 6) Qonunchilik palatasining topshirig‘iga yoki Kengashning tavsiyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki Qonunchilik palatasi vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan mas’ul bo‘ladi; 7) kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillarini jalb etadi; 8) qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi; 9) kiritilgan qonunlar va Qonunchilik palatasi qarorlari loyihalari matniga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; 10) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi; 11) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi, qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi; 12) tegishliligi bo‘yicha vazirliklar va idoralar kesimida davlat budjeti mablag‘larining samaradorligi bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan hisobotlarni har chorak yakunlari bo‘yicha ko‘rib chiqadi; 13) davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi; 14) yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Qo‘mitalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qo‘mitalarning majlislari Qonunchilik palatasi majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi. Qo‘mita majlisini uning raisi o‘z tashabbusi bilan yoki qo‘mita a’zolari umumiy sonidan kamida yarmining tashabbusi bilan chaqiradi. Qo‘mita majlisi haqida uning raisi, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin qo‘mita a’zolariga xabar beradi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor qiladi. Qo‘mitalarning majlislari, agar ularda qo‘mita a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatlidir. Qo‘mita majlisini qo‘mita raisi olib boradi. Qo‘mitalarning majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganida, qo‘mitalar yopiq majlislar o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishi mumkin. Deputat o‘zi a’zo bo‘lgan qo‘mita majlislarida qatnashishi shart. Qo‘mita majlisida hozir bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat qo‘mita raisini oldindan xabardor qiladi. Qo‘mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. Qo‘mitalarning majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin. Qo‘mitalar ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo‘mita jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Qo‘mita qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida qo‘mitalar huzurida ekspert guruhlari tuziladi. Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislari orasidan tuziladi. Ekspert guruhi qo‘mitalarning faoliyatini ilmiy-huquqiy, ekspert va axborot-maslahat jihatidan ta’minlash, qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishga, qo‘mitalarning nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishga ko‘maklashish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga tuzilgan maslahat organidir. Qo‘mitalar huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi. Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin. Komissiya Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar orasidan komissiya raisi va a’zolaridan, zarurat bo‘lganda esa, komissiya raisining o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya tuzilganligi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi. Qonunchilik palatasining komissiya tuzilganligi to‘g‘risidagi qarorida komissiyaning nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, komissiyaning raisi, komissiyaning faoliyat ko‘rsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), komissiyaning vakolatlari, komissiya ishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar belgilangan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (bundan buyon matnda parlament komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etilishi mumkin. Parlament komissiyasi deputatlar va senatorlar orasidan parlament komissiyasi raisi, a’zolari, zarurat bo‘lgan hollarda esa, parlament komissiyasi raisining o‘rinbosaridan iborat tarkibda tuziladi. Qonunchilik palatasida parlament komissiyasini tuzish haqidagi taklif Qonunchilik palatasining Spikeri, qo‘mitalar, shuningdek fraksiyalar tomonidan kiritilishi mumkin. Parlament komissiyasi tarkibiga nomzodlar bo‘yicha Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan o‘zaro maslahatlashuvlar o‘tkaziladi. Parlament komissiyasi tuzilganligi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qarori qabul qilinib, ushbu qaror Senatga yuboriladi. Parlament komissiyasi tuzilganligi to‘g‘risidagi qarorda parlament komissiyasining nomi, maqsadi va vazifalari, uning miqdoriy va shaxsiy tarkibi, parlament komissiyasining raisi, parlament komissiyasining faoliyat ko‘rsatish muddati (oldindan belgilangan muddatga yoki muayyan vazifalarni bajarish muddatiga), parlament komissiyasining vakolatlari, parlament komissiyasi ishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar belgilangan bo‘lishi kerak. Parlament komissiyasi o‘z faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradi. Ayrim masalalarni tayyorlash uchun komissiya davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari orasidan ishchi guruhlar tuzishga haqlidir. Komissiya majlislari Qonunchilik palatasining majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi. Komissiya majlislarini uning raisi yoki rais o‘rinbosari chaqiradi. Komissiya majlisi haqida uning raisi yoki rais o‘rinbosari, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin komissiya a’zolariga xabar beradi, shuningdek majlisning boshqa ishtirokchilarini oldindan xabardor qiladi. Komissiya majlislari, agar ularda komissiya tarkibining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatlidir. Komissiya majlisini komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari olib boradi. Komissiya majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan hollarda, komissiya yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Zarur bo‘lgan hollarda, komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin. Deputat o‘zi a’zo bo‘lgan komissiya majlislarida qatnashishi shart. Komissiya majlisida hozir bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, deputat komissiya raisini oldindan xabardor qiladi. Komissiya majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. Komissiya ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan komissiya jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Komissiya qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Komissiya bajarilgan ish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi belgilagan muddatda Qonunchilik palatasiga axborot beradi. Komissiya o‘z faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin, o‘zi qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, shu muddat o‘tganidan keyin yoki Qonunchilik palatasining qaroriga binoan, parlament komissiyalariga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qaroriga binoan muddatidan ilgari o‘z faoliyatini tugatadi. Fraksiya siyosiy partiyadan ko‘rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasidir. Deputat faqat bir fraksiyaning a’zosi bo‘lishi mumkin. Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin. Deputatning fraksiyaga kirishi to‘g‘risidagi qaror fraksiya majlisida qabul qilinadi. Kamida to‘qqiz nafar deputat fraksiya tuzish huquqiga ega. Fraksiya tuzish uchun: fraksiyaning ta’sis yig‘ilishini o‘tkazish; fraksiyani tuzish to‘g‘risida ta’sis bayonnomasini qabul qilish; fraksiya rahbarini saylash zarur bo‘ladi. Fraksiya rahbari fraksiyani tuzish to‘g‘risidagi ta’sis bayonnomasini Qonunchilik palatasiga taqdim etadi va fraksiya tuzilganligi haqida Qonunchilik palatasiga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi. Fraksiyalar hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Fraksiya tuzilganligi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, uni Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi imzolaydi. Fraksiyalar Qonunchilik palatasida o‘z umumiy manfaatlarini ifodalash va faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida fraksiyalar blokiga birlashishi mumkin. Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi. Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan fraksiya parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar o‘zini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. Fraksiya: 1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi; 2) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan munozaralar chog‘ida fraksiya vakiliga kafolatlangan tarzda so‘z berilishi huquqidan foydalanadi; 3) kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish to‘g‘risida masala qo‘yadi; 4) Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi; 5) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning fikrini deputatlar o‘rtasida tarqatadi; 6) Kengashning, qo‘mitalar va komissiyalarning ishida ishtirok etadi; 7) Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari va qarorlar loyihalari yuzasidan o‘z fikrlari va takliflarini kiritadi; 8) Qonunchilik palatasi majlisida hukumat a’zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish to‘g‘risida masala qo‘yadi; 9) fraksiyaning faoliyati uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlarni davlat organlaridan hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi. Fraksiya qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Fraksiyalarning ichki faoliyati ular tomonidan mustaqil ravishda tashkil etiladi. Fraksiyalar faoliyatining tashkiliy shakli ularning majlislaridir. Fraksiyalar o‘z majlislarini ochiq va oshkora o‘tkazadi. Fraksiyalarning qaroriga binoan yopiq majlis o‘tkazilishi mumkin. Deputat o‘zi a’zo bo‘lgan fraksiya majlisida qatnashishi shart. Fraksiya majlisida qatnashish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda deputat fraksiya rahbarini oldindan xabardor qiladi. Fraksiyalar ishini muvofiqlashtirib borish, Qonunchilik palatasi majlisiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishini tashkil etish, fraksiyalarning nuqtai nazarini kelishib olish maqsadida fraksiyalar rahbarlarining qo‘shma majlislari o‘tkazilishi mumkin. Fraksiyalar rahbarlarining qo‘shma majlislari zaruratga qarab fraksiyalarning o‘z tashabbusi bilan o‘tkaziladi. Fraksiyalar o‘zi qabul qilgan qarorlar, shuningdek fraksiyalar rahbarlarining qo‘shma majlislarida qabul qilingan qarorlar haqida Qonunchilik palatasi Spikeriga va uning Kengashiga axborot beradi. O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega: qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar ayni bir masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish; muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini Qonunchilik palatasining majlisi bayonnomasiga kiritish; Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi. Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas. Fraksiya faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi: fraksiyaning o‘z tashabbusiga binoan; Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugaganda; fraksiya tarkibiga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur bo‘lgan me’yordan kamayib ketganda; tegishli siyosiy partiyaning faoliyati tugatilganda. Fraksiyalar faoliyatining Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati tugashidan oldin tugatilishi Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning majlislaridir. Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida o‘tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yil iyun oyining oxirgi ish kuniga qadar o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi majlislarini Qonunchilik palatasi Spikeri chaqiradi va ularda raislik qiladi. Qonunchilik palatasining majlislariga rahbarlikni amalga oshirishda raislik qiluvchi bilan birgalikda, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasi Spikerining ikki nafar o‘rinbosari (ishchi Rayosat) Kengash tasdiqlaydigan jadvalga muvofiq navbatma-navbat ishtirok etadi. Qonunchilik palatasi Spikeri majlisda hozir bo‘lmaganda uning o‘rinbosarlaridan biri majlisda raislik qiladi. Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlislari uning sessiyalari oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifiga yoki deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. Qonunchilik palatasining majlislari, qoida tariqasida, seshanba kunlari o‘tkaziladi. Kengash va fraksiyalarning majlislari, qoida tariqasida, dushanba kunlari o‘tkaziladi. Qo‘mitalar, qoida tariqasida, juma kunlari majlis o‘tkazadi. Qonunchilik palatasining majlislari vaqtida qo‘mitalar, komissiyalar, fraksiyalarning majlislari o‘tkazilmaydi, shuningdek deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan ishlari amalga oshirilmaydi. Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar ularni ko‘rib chiqish navbati, palataning har bir masalani ko‘rib chiqishga tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mitalari, ma’ruzachilar (qo‘shimcha ma’ruzachilar), shuningdek boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda majlis kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasi Kengash tomonidan tuziladi. Qonunchilik palatasi majlislarida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar majlislarning kun tartiblari loyihalariga, qoida tariqasida, ularning kelib tushishi va tayyorligi ketma-ketligidan kelib chiqqan holda kiritiladi. Mas’ul qo‘mita Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish uchun o‘zi tayyorlagan masalalar va takliflar to‘g‘risidagi o‘z xulosalarini Kengashga taqdim etadi. Quyidagilar birinchi navbatda kun tartibiga kiritiladi va Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi, konstitutsiyaviy qonunlarning loyihalari, shuningdek konstitutsiyaviy qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarning loyihalari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan deb topilgan qonun loyihalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tasdiqlash uchun taqdim etilgan farmonlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunlar; O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish hamda uni o‘tkazish sanasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror; Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida, shuningdek ushbu Reglament 176-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish va amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonunlar loyihalari; Qonunchilik palatasining Spikerini, uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalar raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash, shuningdek mansabdor shaxslarni saylash, tayinlash va tasdiqlash to‘g‘risidagi boshqa masalalar; Reglamentning hamda Reglamentga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonunchilik palatasi qarorlarining loyihalari. Qonunchilik palatasining majlislarida Senat tomonidan rad etilgan qonunlar ham birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasining majlisida boshqa masalalar ham faqat Qonunchilik palatasining deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan qaroriga binoan birinchi navbatda ko‘rib chiqilishi mumkin. Qonun yoki ushbu Reglamentda Qonunchilik palatasining majlislarida ko‘rib chiqish muddatlari belgilangan masalalar ana shu muddatlarga rioya etilgan holda ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasi deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadigan Qonunchilik palatasi qarori bilan tasdiqlanadi. Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga qonun loyihalari quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi: uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalari; ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalari; birinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalari. Qonunchilik palatasi majlisining tasdiqlangan kun tartibidagi masalalar unda nazarda tutilganidan boshqacha ketma-ketlikda ko‘rib chiqilishi, keyinga qoldirilishi, o‘zgartirilishi yoki muhokamadan chiqarib tashlanishi mumkin. Bunda shunday taklif tashabbuskorining asoslantirilgan fikri va mazkur Reglamentga muvofiq bajarilgan tayyorgarlik ishi, masalaning ko‘rib chiqish uchun tayyorligi darajasi, tegishli materiallar va hujjatlarni deputatlarga tarqatish muddati haqidagi axboroti, shuningdek ushbu masala bo‘yicha tegishli qo‘mita raisining so‘zi eshitiladi. Qonunchilik palatasining masalalarni ko‘rib chiqish tartibini o‘zgartirish yoki ularni tasdiqlangan kun tartibidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Deputatlar Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar to‘g‘risida oldindan xabardor qilinadilar. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, Qonunchilik palatasi qarorlarining loyihalari va boshqa zarur materiallar, agar Qonunchilik palatasi boshqacha tartibni nazarda tutmasa, Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilguniga qadar kamida uch kun oldin deputatlarga taqdim etiladi. Qonunchilik palatasining majlislari ochiq, oshkora o‘tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi. Qonunchilik palatasining majlislari Kengash qaroriga muvofiq ommaviy axborot vositalari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilishi mumkin. Qonunchilik palatasining majlislarida bayonnomalar va stenogrammalar yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Qonunchilik palatasining qaroriga binoan uning majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar, olimlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar vakillari taklif etilishi mumkin. Matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari belgilangan tartibda Qonunchilik palatasida akkreditatsiya qilingan taqdirda, ochiq majlislarda hozir bo‘lishi mumkin. Taklif qilinganlar Qonunchilik palatasining faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas, ular uning ishini ma’qullash yoki ma’qullamaslikdan o‘zini tiyishi, belgilangan tartibga rioya etishi va Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunishi shart. Zarurat bo‘lganda, Qonunchilik palatasi yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qonunchilik palatasi Spikeri, Kengash, qo‘mita yoki fraksiya tomonidan taklif kiritilgan bo‘lsa, qabul qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasining yopiq majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qonunchilik palatasining yopiq majlisida muhokama etiladigan davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor etilmasligi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi majlisning boshlanishida deputatlar va taklif etilgan shaxslarni yopiq majlis o‘tkazishning asosiy qoidalari to‘g‘risida, unda muhokama etilayotgan ma’lumotlarning maxfiylik darajasi haqida xabardor qiladi hamda davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi. Ommaviy axborot vositalarining vakillari Qonunchilik palatasining yopiq majlislariga kiritilmaydi. Qonunchilik palatasining yopiq majlisiga foto-, kino- va video texnika, telefon aloqasi va radio aloqasi vositalari, shuningdek ovoz yozish va axborot ustida ishlash vositalarini olib kirish hamda yopiq majlis davomida ulardan foydalanish taqiqlanadi. Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida bayonnomalar va stenogrammalar yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi, shuningdek mazkur majlisda ko‘rib chiqilayotgan masalalarga taalluqli hujjatlar, deputatlarni ro‘yxatga olishda ovozlarni hisoblash elektron tizimining hisobga olish ma’lumotlari va ovoz berish, shu jumladan nomma-nom ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasi devoniga maxfiy hujjat rejimida saqlash uchun topshiriladi. Deputatlarni Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi va unga qo‘shimcha qilingan materiallar bilan tanishtirish bevosita Qonunchilik palatasining devonida tanishuvchilarning imzosi olingan holda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar Oliy kengashi raislari, Bosh prokurori Qonunchilik palatasining ochiq majlisida ham, yopiq majlisida ham, shuningdek Qonunchilik palatasi organlarining majlislarida ishtirok etishga haqlidir. Boshqa shaxslar Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida Qonunchilik palatasining qaroriga binoan hozir bo‘lishi mumkin. Qonunchilik palatasining majlislar zalida har bir deputatning qaysi fraksiyaga mansubligi hisobga olingan holda, deputatga uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan lavhacha o‘rnatilgan, elektron va texnika vositalaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlangan doimiy joy ajratiladi. Qonunchilik palatasining majlislari unda hozir bo‘lgan deputatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan boshlanadi, bu ishni raislik qiluvchi amalga oshiradi. Qonunchilik palatasining majlislari, agar ularning ishida deputatlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Deputat Qonunchilik palatasining majlislarida hozir bo‘lishi shart, zarur hollarda, u joylarda tashkil qilingan studiyalardan masofadan turib onlayn qatnashishi mumkin. Qonunchilik palatasining majlisida hozir bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, deputat bu haqda Qonunchilik palatasi Spikerini oldindan xabardor qiladi. Deputatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Qonunchilik palatasi majlisining har bir tanaffusidan keyin amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish deputatning talabiga binoan amalga oshirilishi mumkin. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi: 1) majlisning umumiy borishiga rahbarlik qiladi, ushbu Reglamentga rioya etilishini ta’minlaydi; 2) so‘z so‘ralib, ro‘yxatga olingan talabnomalarning kelib tushish tartibiga ko‘ra, majlis kun tartibiga, ushbu Reglament talablariga muvofiq yoki Qonunchilik palatasining qarori bilan belgilangan tartibda ma’ruza uchun so‘z beradi; 3) Qonunchilik palatasi majlisini olib borish masalalari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi; 4) deputatlarning har bir taklifini ularning kelib tushish tartibiga ko‘ra ovozga qo‘yadi; 5) ovoz berishni o‘tkazadi va uning natijalarini e’lon qiladi; 6) kelishmovchiliklarga barham berish va boshqa masalalarni hal etish maqsadida fraksiyalarning rahbarlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishni tashkil etadi; 7) Qonunchilik palatasi devonining Qonunchilik palatasi majlislarining bayonnomalari va stenogrammalarini yuritish bo‘yicha ishini nazorat qiladi, mazkur bayonnomalarni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi: deputat ushbu Reglament qoidalarini buzgan taqdirda, uni ogohlantirishga, takroran buzgan taqdirda esa uni majlisda so‘zlashdan kun bo‘yi mahrum qilishga; Qonunchilik palatasining ishiga xalaqit berayotgan taklif etilgan shaxslarni majlislar zalidan chiqarib yuborishga; Qonunchilik palatasi majlisida belgilangan vaqt tugashi bilan ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha muhokamalarni to‘xtatishga haqli. Qonunchilik palatasi majlislarida ish davlat tilida olib boriladi va, zaruratga qarab, Qonunchilik palatasi yoki Kengash qaroriga asosan boshqa tillarga sinxron tarjima ta’minlanadi. Deputatlar Qonunchilik palatasining majlislarida munozaralarda ishtirok etishga, muhokama etilayotgan masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar va fikrlar kiritishga, Qonunchilik palatasi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan, tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari bo‘yicha o‘z fikrini bildirishga, savollar berishga, ma’lumotlar berishga, Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha materiallarni ko‘paytirishga va deputatlar o‘rtasida tarqatishga, shuningdek ushbu Reglamentda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir. Qonunchilik palatasining majlisida so‘zga chiquvchi o‘z nutqida deputatlar va boshqa shaxslarning sha’ni hamda qadr-qimmatiga ziyon yetkazuvchi qo‘pol, kamsituvchi iboralar ishlatishga, kimnidir asossiz ravishda ayblashga, bila turib soxta axborotdan foydalanishga, noqonuniy xatti-harakatlarga da’vat qilishga haqli emas. So‘zga chiquvchi ushbu talablarni buzgan taqdirda, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi uni ogohlantiradi, talablar takroran buzilganda esa so‘zlashdan mahrum qiladi. Agar Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi so‘zga chiquvchiga murojaat qilsa, u darhol o‘z nutqini to‘xtatishi kerak. Agar so‘zga chiquvchining nutqi unga nisbatan ta’sir o‘tkazish chorasini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lmagan holda to‘xtatilgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi uning so‘zlash vaqtini nutq qancha vaqtga to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, shuncha muddatga uzaytiradi. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi so‘zga chiquvchini unga ajratilgan vaqt davomida so‘zlashdan mahrum etishi mumkin emas, bundan nutq mavzusidan chetga chiqish va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni buzish hollari mustasno. Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchining ruxsatisiz hech kim so‘zlashga haqli emas. Bu qoidani buzgan shaxs raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirishsiz so‘zlashdan mahrum etiladi. Qonunchilik palatasining majlisi vaqtida hech kim nutqni bayon etishga yoki eshitishga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlari (baqiriqlar, qarsaklar, o‘rnidan turish va shu kabilar) bilan so‘zga chiquvchiga va tinglovchilarga xalaqit bermasligi kerak. Munozaralar tugatilganligi munosabati bilan so‘zga chiqa olmagan deputatlar o‘z nutqlarining imzolangan matnlarini Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga qo‘shib qo‘yishga haqli. Agar deputat o‘z so‘zlari yoki xatti-harakatlari Qonunchilik palatasining majlisida so‘zga chiquvchi yoki raislik qiluvchi tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinmoqda deb hisoblasa, u tushuntirish berish yoki mulohaza bildirish uchun so‘z berishni iltimos qilib, majlisda raislik qiluvchiga murojaat etishi mumkin. Majlisda raislik qiluvchi bunday murojaatlar bo‘yicha deputatga darhol yoki muhokama oxirida, ammo ovoz berilguniga qadar so‘z beradi. Muhokama etilayotgan masala bo‘yicha munozaralar Qonunchilik palatasi tomonidan belgilangan vaqt o‘tishi bilan yoki deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadigan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan tugatilishi mumkin. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi munozaralarni tugatish to‘g‘risida taklif olgach, deputatlarga so‘zga chiqish uchun yozilganlar va so‘z olganlar soni to‘g‘risida ma’lum qiladi, so‘zlovchilar ro‘yxatiga yozilgan, ammo so‘zga chiqmagan deputatlardan qaysi biri so‘zga chiqishni talab qilishini aniqlaydi va deputatlarning ma’qullashi bilan ularga so‘z beradi. Ma’ruzalar, qo‘shimcha ma’ruzalar va yakunlovchi so‘z davomiyligi Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi tomonidan ma’ruzachilar va qo‘shimcha ma’ruzachilar bilan kelishuvga ko‘ra, qoida tariqasida, ma’ruza uchun — 30 daqiqagacha, qo‘shimcha ma’ruza uchun — 20 daqiqagacha va yakunlovchi so‘z uchun — 15 daqiqagacha bo‘lgan vaqt doirasida belgilanadi. Munozaralarda so‘zga chiquvchi deputatlarga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Munozaralarda takroriy so‘zga chiqish uchun, shuningdek majlisni olib borish tartibi, ovoz berish asoslari, nomzodlar bo‘yicha so‘zga chiqish, bayonotlar, savollar, takliflar, xabarlar, ma’lumotlar uchun — 3 daqiqagacha vaqt beriladi. Raislik qiluvchi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalani muhokama qilishning umumiy davomiyligini, savollar va javoblar uchun ajratiladigan vaqtni Qonunchilik palatasi majlisida hozir bo‘lgan deputatlar ko‘pchiligining roziligi bilan belgilab qo‘yishi, so‘zlash vaqtini uzaytirishi mumkin. Qonunchilik palatasining majlislarida deputat ayni bitta masala bo‘yicha munozaralarda ko‘pi bilan ikki marta so‘zga chiqishi mumkin. Munozaralarni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin ma’ruzachi va qo‘shimcha ma’ruzachi yakunlovchi so‘z olish huquqiga ega. Agar so‘zga chiquvchi so‘zlash uchun ajratilgan vaqtdan o‘tib ketsa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirmayotgan bo‘lsa, yoxud muhokamalar vaqti tugagan bo‘lsa, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi ogohlantirganidan keyin uni so‘zlashdan mahrum qiladi. Qonunchilik palatasining majlislari ish kunlarida: ertalabki majlislar — soat 11.00 dan 13.00 gacha; kechki majlislar — soat 15.00 dan 17.00 gacha o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasining qaroriga binoan Qonunchilik palatasi majlislarining boshlanishi, tugashi va tanaffus uchun boshqa vaqt belgilanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda o‘tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo‘shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o‘tkazilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat Raisining taklifiga yoki tegishincha deputatlar yoxud senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisini chaqirish masalasi yuzasidan Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazilib, bunda qo‘shma majlisni o‘tkazish sanasi belgilanadi va kun tartibi bo‘yicha takliflar muhokama qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi, agar unda tegishincha deputatlar va senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatlidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlislarida, agar qo‘shma majlisda boshqacha qoida belgilanmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari yuzasidan palatalarning qo‘shma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-alohida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish fraksiyalar tashabbusiga ko‘ra nomma-nom o‘tkazilishi mumkin, uning natijalari Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga ilova qilinadi. Qonunchilik palatasi majlislarida ovoz berish ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan yoki yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Qonunchilik palatasi majlislarida ovozlarni hisoblashda elektron tizimdan foydalanish ustidan nazoratni ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanishni nazorat qiluvchi guruh amalga oshiradi. Ovoz berishning shakli va usuli to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi, bundan u yoki bu masala yuzasidan ovoz berish shakli va usuli O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda konstitutsiyaviy qonunlarda belgilangan hollar mustasno. Tartib-taomil masalalari bo‘yicha ochiq nomma-nom, shuningdek yashirin ovoz berish o‘tkazilmaydi. Tartib-taomil masalalari jumlasiga: Qonunchilik palatasi majlisining tanaffusi yoki majlisni boshqa vaqtga ko‘chirish to‘g‘risidagi; so‘zlash uchun qo‘shimcha vaqt berish to‘g‘risidagi; deputatlarning qonun loyihasining mohiyatiga doir savollarga javob qaytarish uchun ajratiladigan vaqtning davomiyligi to‘g‘risidagi; majlisga taklif qilinganlarga so‘z berish to‘g‘risidagi; muhokama etilayotgan masala bo‘yicha munozaralarni boshqa vaqtga ko‘chirish yoki tugatish to‘g‘risidagi; muayyan masalani tayyorlash uchun tegishli qo‘mitaga yoki komissiyaga topshirish to‘g‘risidagi; muhokamasiz ovoz berish to‘g‘risidagi; qonunchilik palatasining yopiq majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi; ovoz berishni o‘tkazishning usulini o‘zgartirish to‘g‘risidagi; so‘zga chiqish navbatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi; qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi; ovozlarni qayta sanab chiqish to‘g‘risidagi masalalar kiradi. Deputatlarga ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalangan holda ovoz berish uchun kartochka beriladi. Deputat ovoz berish kartochkasi lozim darajada saqlanishini va undan lozim darajada foydalanilishini ta’minlashi shart. Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi ovoz berish boshlanishidan oldin: ovozga qo‘yilayotgan takliflarning sonini ma’lum qiladi; takliflarning ta’rifini va ularni ovozga qo‘yish ketma-ketligini aniqlaydi; zarurat bo‘lgan hollarda, qaror qancha ovoz bilan qabul qilinishi kerakligini eslatadi. Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalangan holda ochiq ovoz berish o‘tkazilganida deputat nomma-nom ovoz berish natijalarining ro‘yxati bilan tanishishga haqli. Barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining bayonnomasi va stenogrammasiga kiritiladi. Agar ovoz berish natijalari aniqlanganidan keyin deputatdan ovozlarni hisoblashning elektron tizimida qayd etilgan o‘z xohish-irodasi noto‘g‘ri ekanligi to‘g‘risida yozma ariza tushsa, ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi mazkur deputat ishtirokida uning abonentlik qurilmasi ishining sozligini tekshirishi shart. Buning uchun Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchining taklifiga binoan deputatga ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi ishtirokida navbatma-navbat tugmachalarni (“tarafdor”, “qarshi”, “betaraf”) bosish va natijalarni majlislar zalidagi elektron tabloda namoyish etish taklif qilinadi. Tekshirish natijalari bayonnoma va stenogrammada qayd etiladi. Qonunchilik palatasining qarorlari, agar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Har bir masala bo‘yicha ovoz berishda deputat bitta ovozga ega bo‘ladi va qaror qabul qilinishini “yoqlab” yoki unga “qarshi” yoxud qaror qabul qilinishiga betaraflik bildirib ovoz beradi. Deputat o‘zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi. Ovoz berish vaqtida hozir bo‘lmagan deputat ovoz berish uchun ajratilgan vaqt o‘tganidan keyin ovoz berishga haqli emas. Ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanmagan holda ochiq ovoz berish yoki byulletenlardan foydalangan holda yashirin ov
124
63,568
Qonunchilik
O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to‘g‘risida
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 18-dekabrdagi PQ-4063-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholining yoshiga qarab, umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport me’yorlarini o‘z ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” testlarining aholining keng qatlamlari o‘rtasida musobaqa tarzida doimiy ravishda o‘tkazilishini tashkil qilish hamda g‘olib va sovrindorlarning III, II, va I darajali ko‘krak nishonlari bilan rag‘batlantirilishiga doir takliflari ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini qabul qilish va musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq; “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq; “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari va guvohnomalarining tavsifi 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekistonda sportning ommaviyligini yanada oshirish maqsadida milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq; Sportning o‘yin turlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi aholining umumiy jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini musobaqa shaklida qabul qilish, “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash hamda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlab borish choralarini ko‘rsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash uchun zarur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami hisobidan qoplanadi. 5. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019-yilning 10-fevraldan boshlab barcha telekanallar efirida har kuni uch marta (ertalab, kunduzgi va kechki) 3 — 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari videoroliklari namoyishini joriy etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar ish vaqti davomida ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shug‘ullanishlari haqidagi ma’lumotlarni har chorakda umumlashtirish vazifasi yuklatilsin. 7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ini keng jalb etgan holda, aholi o‘rtasida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini muntazam ravishda, har tomonlama yoritish tavsiya etilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini qabul qilish va musobaqalarini o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. “Alpomish” maxsus testlari erkaklar uchun, “Barchinoy” maxsus testlari esa ayollar uchun qo‘llaniladi. 3. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari (keyingi o‘rinlarda maxsus testlar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi aholisining jismoniy tayyorgarligi yuzasidan davlat talabini belgilaydi. 4. Maxsus testlar O‘zbekiston Respublikasi aholisining turli yosh guruhlarining (6 — 70 yosh va undan kattalar) (keyingi o‘rinlarda yosh guruhlari deb ataladi) jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi. Maxsus testlar murakkablik darajasi aholining yoshi va jinsiga qo‘ra, bir-biridan farqlanuvchi to‘rt pog‘onada belgilanadi. Bunda “Hisob” murakkablik darajasi hamda III, II va I darajali ko‘krak nishoni talablari nazarda tutiladi. “Hisob” murakkablik darajasini bajargan ishtirokchiga ko‘krak nishoni berilmaydi, III, II va I darajali ko‘krak nishoni talablarini bajargan fuqarolarga tegishli sport razryadlari va unvonlari belgilanadi. 5. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan fuqarolar uchun maxsus testlar shartlari tashkilotchilar tomonidan sog‘liqni saqlash va sohaga oid boshqa tegishli tashkilotlar bilan kelishib ishlab chiqilgan holda o‘tkaziladi. 6. Maxsus testlar bo‘yicha vazirliklar, idora va boshqa tashkilotlar, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) darajasida maxsus testlardan o‘tish vaqtida betobligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan o‘quvchi, rahbar, ishchi-xodimlarning maxsus testlar talablarini boshqa kuni topshirishlariga ruxsat etiladi, lekin ular tomonidan yuqori natijalar ko‘rsatilsa ham o‘tgan musobaqaning g‘olib va sovrindorlari tarkibiga qo‘yilmaydi. 7. Maxsus testlar quyidagilarga asoslanadi: a) ixtiyoriylik va hammaboplik; b) aholini sog‘lomlashtirish va jismoniy harakatlanishga yo‘naltirish; v) tibbiy nazoratdan o‘tish majburiyati; g) milliy qadriyatlar va hududlarning o‘ziga xosligi. 8. Maxsus testlar har bir yosh toifasi bo‘yicha yiliga ikki marta qabul qilinadi: maxsus testlarni birinchi qabul davrida ishtirokchining jismoniy imkoniyati aniqlanadi (tayyorgarlik sinovi); maxsus testlarni ikkinchi qabul davrida ishtirokchining jismoniy holatidagi (tayyorgarlik sinovi davriga nisbatan) o‘zgarish aniqlanib, natija belgilanadi. 9. Maxsus testlarning maqsadi aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish orqali ularni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, jismoniy va ruhiy barkamollikka erishtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda iroda, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, Vatanga bo‘lgan vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkillashtirishdan iborat. 10. Maxsus testlarning vazifalari quyidagilardan iborat: a) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar safini kengaytirish; b) aholining jismoniy imkoniyatlari darajasini oshirish; v) aholining jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga singdirishga erishish; g) aholining alohida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish; d) yurtimizning chekka hududlari va qishloqlarida sog‘lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish; e) o‘quvchi yoshlarni, ayniqsa qizlarning jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga singdirishga hissa qo‘shish; j) o‘sib kelayotgan yosh avlod tomonidan sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy komilikka erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga havasini oshirish. 11. Maxsus testlar quyidagi 12 ta yosh toifasidagi guruhga bo‘linadi: 1-guruh — 6 — 8 yoshdagilar; 2-guruh — 9-10 yoshdagilar; 3-guruh — 11-12 yoshdagilar; 4-guruh — 13 — 15 yoshdagilar; 5-guruh — 16-17 yoshdagilar; 6-guruh — 18 — 25 yoshdagilar; 7-guruh — 26 — 33 yoshdagilar; 8-guruh — 34 — 41 yoshdagilar; 9-guruh — 42 — 49 yoshdagilar; 10-guruh — 50 — 59 yoshdagilar; 11-guruh — 60 — 69 yoshdagilar; 12-guruh — 70 yosh va undan katta yoshdagilar. 12. Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash maxsus testlarda belgilangan shartlarning (keyingi o‘rinlarda matnda sinovlar deb ataladi) bajarilishi asosida amalga oshiriladi. Bunday sinovlar insonning jinsi va yoshiga nisbatan uning asosiy jismoniy rivojlanish sifati, harakatlanish bilimlari hamda ko‘nikmalarini namoyon qiladi. 13. Sinov turlari ikkiga bo‘linadi, ular majburiy sinovlar va ixtiyoriy sinovlardan iborat. 14. Majburiy sinovlar belgilangan pog‘ona va murakkablik darajasi asosida quyidagi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan: a) chidamlilik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi; b) kuch imkoniyatlarining rivojlanish darajasi; v) egiluvchanlik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi. 15. Ixtiyoriy sinovlar belgilangan pog‘ona va murakkablik darajasi asosida quyidagi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan: a) tezlik va kuchlanish imkoniyatlarining rivojlanish darajasi; b) harakatlarni muvofiqlashtiruvchi qobiliyatining rivojlanish darajasi; v) egallagan amaliy ko‘nikmalarining rivojlanish darajasi. 16. Maxsus testlar bo‘yicha musobaqalar (keyingi o‘rinlarda matnda musobaqa deb ataladi) belgilangan reja va tasdiqlangan Nizom asosida o‘tkaziladi. 17. Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. 18. Musobaqalar quyidagi miqyoslarda tashkillashtirilishi mumkin: a) mahallalar, mahallalararo va tumanlar (shaharlar); b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar; v) tashkilotlar; g) respublika. 19. Musobaqalar: mahalla, mahallalararo va tuman (shahar) miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tasdiqlanib, mahalla va tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan nizom asosida; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boshqarmalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan nizom asosida; tashkilotlar miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar (tashkilotlar hududiy joylashuviga muvofiq) Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan nizom asosida; O‘zbekiston Respublikasi miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida tashkil etilib, o‘tkaziladi. 20. Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari musobaqalarini o‘tkazish mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 21. Musobaqada qatnashish ixtiyoriy bo‘lib, unda qatnashish istagini bildirgan 6 yosh va undan katta yoshdagi barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqalarda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash musobaqa nizomida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 23. Musobaqa o‘tkaziladigan tashkilotda tashkilot rahbari tomonidan musobaqalarni o‘tkazish ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuziladi. Ishchi guruhning tarkibi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi guruh tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari xodimlari orasidan tegishli sport turi bo‘yicha vakillar kiritilishi shart. 24. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi: musobaqada qatnashish istagini bildirgan shaxslarni musobaqa shartlari bilan tanishtirish hamda ularning ro‘yxatini shakllantirish va yuritish; musobaqani tashkil etish va o‘tkazish; musobaqa jarayoni va natijalarini rasmiylashtirish; musobaqa g‘oliblarini taqdirlashni tashkil etish. Ishchi guruh musobaqa o‘tkaziladigan sana, o‘tish joyi, rejasi va shartlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘g‘risida musobaqa o‘tkazilishidan kamida bir oy oldin e’lon berilishini ta’minlaydi. 25. Musobaqa mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan shartlar va Nizomning 2-ilovasida belgilangan maxsus testlarni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-metodik ko‘rsatmalarga muvofiq majburiy sinovlarda belgilangan pog‘ona va murakkablik darajasi asosida yoki ixtiyoriy sinovlar belgilangan pog‘ona va murakkablik darajasi asosida erkak va ayollar uchun alohida shartlar bo‘yicha o‘tkaziladi. 26. Musobaqa ishtirokchilarining natijalari Ishchi guruh a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi musobaqa ishtirokchilarining natijalarini qayd etish namunalariga asosan shu vaqtning o‘zida yozib rasmiylashtiriladi. 27. Musobaqani quyida belgilangan yosh toifalari asosida, uch bosqichda o‘tkazish tavsiya etiladi: 1-bosqich — 6 yoshdan 17 yoshgacha; 2-bosqich — 18 yoshdan 33 yoshgacha; 3-bosqich — 34 yosh va undan katta yoshda bo‘lganlar uchun. 28. Musobaqada ishtirok etuvchilarning ro‘yxati Ishchi guruh tomonidan shakllantiriladi. Bunda musobaqada qatnashish istagini bildirgan shaxslar Ishchi guruhga ariza bilan murojaat qiladi va sog‘lig‘i yuzasidan tegishli ma’lumotnomani taqdim qilgan holda ro‘yxatga kiritiladi. 29. Musobaqani o‘tkazishda tegishli sport turi bo‘yicha malakali mutaxassislar va hakamlar kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin. 30. Musobaqani o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 31. Musobaqaning mahalla, tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi bosqichlarining g‘olib va sovrindorlariga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari (guvohnomasi bilan) topshiriladi hamda tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi mumkin, shuningdek maxsus testlarni topshirish jarayonida rekordlar aniqlanadi. 32. “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami hisobidan qoplanadi. 33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Bilimlar. Yuvinish, artinish, cho‘milishning gigiyenik ahamiyati. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, o‘yinlar, sayrlar uchun kiyimlarni tanlash. 2. Ko‘nikmalar. Ertalabki gimnastika mashqlarini (3-4 ta) bilish. Jamoada o‘zini tuta bilish, musiqa jo‘rligida raqsga tushish, nostandart anjomlar va jihozlardan foydalana olish. 1. Bilimlar. Shaxsiy gigiyena. Badanni parvarish qilish, suv muolajalarini qabul qilish, isish va sovishning oldini olish (yoki saqlanish), kiyimlar ozodaligi. Sport kiyimlarini tartibli saqlash. Ovqatlanish gigiyenasi. Jismoniy mashqlarni bajarish qoidalari. 2. Ko‘nikmalar. Darslarda jismoniy daqiqa mashqlarini bajarish. 1. Bilimlar. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati. Ovqatlanish tartibi va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishda suyuqliklar ichish tartibi. Jismoniy mashg‘ulotlar paytida muhofaza qoidalari. Chiniqtirish va uning vositalari (asosiy manba). 2. Ko‘nikmalar. Ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish. Sport seksiyasida shug‘ullanish. Mashg‘ulotlarda o‘zini o‘zi himoya qilish. Bilimlar. Darsdan tashqari vaqtlarda bajariladigan jismoniy mashg‘ulotlar shakli. Tayyorlanish va me’yorlar topshirish uslublari. Sport inshooti, jihoz va anjomlarning tozaligi (gigiyenasi). 1. Bilimlar. O‘qish va dam olish tartibi. Toliqish, uning belgilari va oldini olish choralari. Jismoniy mashg‘ulotlar davomida salomatlikni nazorat qilish. 2. Ko‘nikmalar. 32 sanoqda umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni tuzish va o‘tkazishni bilish. Mashg‘ulotlarda o‘zini o‘zi nazorat qilish ko‘rsatkichlaridan foydalanish. 1. Bilimlar. Turli soha kishilarining eng qulay harakatlanish tartibi. Mustaqil mashg‘ulotlar metodikasi, yuklamalarni me’yorlash, to‘g‘ri ovqatlanish. Uqalash (massaj), tiklanish vositalari. 2. Ko‘nikmalar. Kasbini hisobga olgan holda ishlab chiqarish gimnastika majmuini bajara olish. O‘zini o‘zi uqalash (massaj) usullarini bajara olish. 1. Bilimlar. Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanishning asosiy uslubiy tamoyillari (ish kuni tartibidagi jismoniy tarbiya daqiqalari, sog‘lomlashtiruvchi yugurish, tayyorlov gimnastikasi, yurishlarni bajarish). 2. Ko‘nikmalar. Ertalabki badantarbiya gimnastika mashqlari majmuini bajarishni bilish, mutaxassislikni hisobga olib ishlab chiqarish gimnastika mashqlari majmuini bilish hamda o‘zini o‘zi uqalash (massaj)ning asosiy usullarini bajarishni bilish. 1. Bilimlar. Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanishning asosiy uslubiy tamoyillari (ish kuni tartibidagi jismoniy tarbiya daqiqalari, sog‘lomlashtiruvchi yugurish, tayyorlov gimnastikasi, yurishlarni bajarish). 2. Ko‘nikmalar. Ertalabki badantarbiya gimnastika mashqlar majmuini bajarishni bilish, mutaxassislikni hisobga olib ishlab chiqarish gimnastika mashqlari majmuini bilish hamda o‘zini o‘zi uqalash (massaj)ning asosiy usullarini bajarishni bilish. 1. Bilimlar. Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanishning asosiy uslubiy tamoyillari (ish kuni tartibidagi jismoniy tarbiya daqiqalari, sog‘lomlashtiruvchi yugurish, tayyorlov gimnastikasi, yurishlarni bajarish). 2. Ko‘nikmalar. Ertalabki badantarbiya gimnastika mashqlari mazmunini bajarishni bilish, mutaxassislarni hisobga olib ishlab chiqarish gimnastika mashqlari mazmunini bilish hamda o‘zini o‘zi uqalash (massaj) ning asosiy usullarini bajarishni bilish. 1. Bilimlar. Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanishning asosiy uslubiy tamoyillari (ish kuni tartibidagi jismoniy tarbiya daqiqalari, sog‘lomlashtiruvchi yugurish, tayyorlov gimnastikasi, yurishlarni bajarish). 2. Ko‘nikmalar. Ertalabki badantarbiya gimnastika mashqlari mazmunini bajarishni bilish, mutaxassislarni hisobga olib ishlab chiqarish gimnastika mashqlari mazmunini bilish hamda o‘zini o‘zi uqalash (massaj) ning asosiy usullarini bajarishni bilish. 1. Bilimlar. Shaxsiy gigiyena. Badanni parvarish qilish, suv muolajalarini qabul qilish, isish va sovishning oldini olish (yoki saqlanish), kiyimlar ozodaligi. Sport kiyimlarini tartibli saqlash. Ovqatlanish gigiyenasi. Jismoniy mashqlarni bajarish qoidalari. 2. Ko‘nikmalar. Darslarda jismoniy daqiqa mashqlarini bajarish. 1. Bilimlar. Shaxsiy gigiyena. Badanni parvarish qilish, suv muolajalarini qabul qilish, isish va sovishning oldini olish (yoki saqlanish), kiyimlar ozodaligi. Sport kiyimlarini tartibli saqlash. Ovqatlanish gigiyenasi. Jismoniy mashqlarni bajarish qoidalari. 2. Ko‘nikmalar. Darslarda jismoniy daqiqa mashqlarini bajarish. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari fuqarolarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash va jismoniy tarbiyaning yagona tizimini yaratish hisoblanadi. 1. 30, 60, 100 metrga yugurish. Ushbu sinov turlari tezkorlik, chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Yugurish o‘yingohining yugurish uchun kerakli masofa qat’iy o‘lchangan yoki har qanday tekis joyda start va finish chizig‘i mavjud bo‘lgan yo‘lakda o‘tkaziladi. Past startdan yugurishda (30 metrdan tashqari) yo‘lakchalar soniga qo‘ra 4 — 6 nafar musobaqadosh qatnashadi. Mashg‘ulotlar vaqtida ham, musobaqalarda ham start hakami tomonidan start pistoletini otish yoki bayroqlar yordamida beriladi. Finishda natija hakamlar tomonidan 0,1 soniya aniqlikka ega bo‘lgan sekundomer yordamida qayd etiladi. Tayyorgarlik paytida qisqa masofaga mo‘ljallangan barcha yugurish mashqlari qo‘llaniladi: startdan — 15 — 20 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig‘i bilan 2-3-marta) takroriy yugurish; og‘irliklar bilan — 15 — 20 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig‘i bilan 2-3-marta) takroriy yugurish; asta-sekin tezlashib boradigan 20 — 25 metrga (45 soniyadan 1 daqiqagacha dam olish oralig‘i bilan 2-3-marta) takroriy yugurish va finish; masofani muayyan vaqtda yugurib o‘tish; 1-2 o‘rinlarni aniqlash uchun nazorat yugurishlari va eng kuchlilarning yakuniy yugurishlari. 2. Chidamlilik bo‘yicha 6 daqiqa yugurish. Yugurish yo‘lakchasi voleybol maydonining chiziqlari bo‘ylab o‘tadi, maydon burchaklari va maydon markazining chiziqlarida 0,5 metr uzoqlikda rangli ustunchalar o‘rnatiladi. Yo‘lakchaning uzunligi 54 metr bo‘lib, shug‘ullanuvchilar 6 daqiqa davomida iloji boricha ko‘p marotaba maydon bo‘ylab yugurishlari kerak. 10 kishilik guruh bo‘lib yuguriladi. 6 daqiqa davomida yurish va yugurishga ruxsat beriladi va shug‘ullanuvchilarning har biri belgilangan vaqt tugashi bilan, 6 daqiqadan so‘ng joyida to‘xtaydi. Bunda natija — shug‘ullanuvchilar orasidagi oraliq, ya’ni shug‘ullanuvchilar 6 daqiqa davomida yugurishgan aylana soni (bir aylana 54 metr) va shu bilan birga, oxirgi boshlangan yugurish masofa oralig‘i bilan aniqlanadi. 3. Mokisimon yugurish — sport maydonining yugurish yo‘lakchasida amalga oshiriladi. 10 metrlik masofa belgilanadi. Yugurish “start” chizig‘idan yuqori startdan boshlanib, 10 metrlik chiziqqacha yuguriladi, tezkorlik bilan orqaga burilib, “start” chizig‘iga yugurish davom etiladi, qayta burilish bilan 10 metrlik chiziqqacha yuguriladi hamda orqaga burilib “finish” chizig‘igacha yugurib tugatiladi. Ishtirokchilarga start, yugurish yo‘lakchasi soniga qarab va hakamlarning alohida vaqtni belgilashi bilan beriladi. 4. 1000, 2000, 3000 metrga chidamlilikni tarbiyalashga yordam beruvchi me’yoriy yugurishlar. Bular yugurish masofasiga mos ravishda qat’iy o‘lchanib start va finish chiziqlari mavjud stadionning yugurish yo‘lagida yoki tekis joyda qabul qilinadi. Yugurishlar yuqori startdan boshlanadi. Yugurishda bir vaqtda tegishli ravishda raqamlangan 12 — 15 kishi qatnashishi mumkin. Hakamlar hay’ati tomonidan yugurish qatnashchilari bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Finishda vaqt 1 soniyagacha aniqlik bilan qayd etiladigan sekundomerda o‘lchanadi. Mashg‘ulot (trenirovka) jarayonida uzoq muddatli yugurishga doir barcha turdagi yugurish mashqlaridan, shuningdek, past-baland joylarda, parklar, xiyobonlar, qumli va boshqa joylarda yugurishlardan foydalaniladi. Mashq jarayonida masofaning yarmini tezlikni asta-sekinlik bilan oshirib borish orqali yugurib o‘tish, so‘ngra butun masofani yugurish darajasini o‘zgartirgan holda bosib o‘tish tavsiya qilinadi. 5. Ko‘p sakrashlar. Bu tezlik, chaqqonlik, kuch kabi jismoniy sifatlarni va sakrovchanlikni rivojlantiradi. Bunda o‘quvchilarni bir oyoqda oxirgi kuchi qolgunigacha sakrab to‘xtashigacha yoki ikkinchi oyoqqa o‘tib ketishigacha bo‘lgan sakrashi hisobga olinadi. Mashqlarni sport zalida yoki tekis maydonda bajarish mumkin. Sakrash sanog‘ini bolalarning o‘zlari mustaqil yoki sherigi sanashlari mumkin. Ko‘p sakrash turini tayyorgarlikni arg‘amchida sakrash, harakatli o‘yinlarda (quyon, kenguru, qurbaqa, qushlar va boshqalarga) taqlid qilib sakrashlarni bajarish orqali muvaffaqiyatli topshirish mumkin. Ko‘p sakrashda faqat bir oyoqda sakrash sanog‘i hisobga olinadi. 6. Joydan turib uzunlikka sakrash. Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me’yor. Ushbu me’yor tekis joyda (maydonchada) imkon qadar yumshoq erga tushadigan qilib bajariladi. Shunga mos keladigan maydonchada start chizig‘i o‘tkaziladi, ruletka (santimetrli lenta, lineyka) yordamida sakraladigan joy tomonga 5 (10 sm.) bo‘linishlar asosida belgilar tushiriladi. Qatnashuvchi start chizig‘ini bosmagan holda turishi lozim. Ishtirokchi yarim cho‘qqaygan tayanch holatidan qo‘llarni oldinga-yuqoriga erkin silkitib, ikki oyoqlari bilan keskin depsinib (sakrab) erga tushishni bajaradi. Natijasini o‘lchash start chizig‘iga yaqinroq tovonlar (yoki gavda)gacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi. Agar qo‘llar (gavda)ning biror qismi orqaroqqa erga teksa o‘lchash start chizig‘idan start chizig‘iga yaqinroq bo‘lgan (gavda) masofa o‘lchanadi. Sakrash paytida start chizig‘ini oyoq uchi bilan bosib olinsa sakrash hisoblanmaydi. Sakrash uch imkoniyatda bajariladi va eng yaxshi natija santimetrlarda bayonnomaga yoziladi. Natija 1 sm.gacha aniqlik bilan qayd etiladi. Mashg‘ulot jarayonida quyidagi sakrash mashqlari bajariladi: arg‘amchida sakrash, og‘irlikni oshirgan holda bir joyda turib sakrash, ko‘tarib qo‘yilgan tayanchga va tayanch osha sakrash, joydan turib natijaga sakrash. Aynan shu talablar yugurib kelib uzunlikka sakrashga ham tegishli. 7. Arqonda sakrash. Bunda tezlik, chaqqonlik, kuch kabi jismoniy sifatlar va sakrovchanlik rivojlanadi. Ishtirokchilar arqon yordamida ikki oyoqda oxirgi kuchi qolgunicha yoki xato qilgunigacha bo‘lgan sakrashlar hisobga olinadi. Arqonda sakrashlar 10 — 15-marta amalga oshiriladi. 8. Tennis to‘pi yoki granatani uloqtirish. Bular harakatlarning muvofiqlashganligi, aniqligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi me’yor hisoblanadi. Uloqtirish granatani yoki 150 gr. og‘irlikdagi to‘pni (tennis to‘pini) tekis maydonchada uzoqqa otish hamda balandligi 150 sm. bo‘lgan 100x100 sm. kattalikdagi nishonga belgilangan masofalardan to‘pni otib tekkazish orqali amalga oshiriladi. Uloqtirishlar start chizig‘idan bajariladi. Nishonga qarab otish uchun nishon 8, 10, 12, 15, 20 metrli tegishli masofaga o‘rnatiladi. Ishtirokchilar turgan joylaridan 2-marta otib mashqni bajarib ko‘radilar, so‘ngra 5-marta hisobga olinadigan uloqtirishni bajaradilar. Nishonning mo‘ljalga olinganligi “tegdi” yoki “tegmadi” deb qayd qilinadi. Tennis to‘pi yoki granatani uloqtirish paytida natijaning uzoqqa tushganligi metr va santimetrlarda 1 sm. aniqlik bilan qayd etiladi. Mashg‘ulotlar jarayonida uloqtirish mashqlaridan foydalaniladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni barcha mushaklarga qo‘llash lozim: yelka bo‘g‘inlarida qo‘llarning aylanma harakatlari, taqlidiy mashqlar, mayda toshlarni otish, tennis koptokchalarini uzoqqa, nishonga qarab otish, masofani kamaytirib yoki ko‘paytirib otish (uloqtirish)lar, turgan joydan uloqtirish, yugurib kelib uloqtirish, ko‘rish mo‘ljalisiz uloqtirish, me’yorlarini bajarish. Mashqlar o‘ng va chap qo‘l bilan bajariladi. 9. Futbol to‘pini darvozaga tepish. Bu 6 — 8 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan sinov turi bo‘lib, 3 metr uzoqlikda futbol to‘pi qo‘yiladi. Ishtirokchilar 1,5x1,5 metr hajmli darvozaga futbol to‘pini kiritishlari lozim bo‘ladi. Urinish uchun 6-marta imkon beriladi. Mashqlar o‘ng va chap oyoq bilan bajariladi. Ishtirokchilar imkoniyatdan foydalanib, amalga oshirgan gollari hisoblanib, yuqori baho belgilanadi. Mo‘ljalga olinganligi “hisob” yoki “hisob emas” deb qayd qilinadi. 10. Basketbol to‘pini savatga tashlash. Ushbu shart ishtirokchilarning mo‘ljalni aniq olish qobiliyatini rivojlantiradi. Ishtirokchilar basketbol koptogini 3 metr uzoqlikdan 5-marta urinishda savatga tushirishlari lozim bo‘ladi. Basketbol koptogini 5 ta imkoniyatdan to‘liq foydalanib, savatga tushirgan ishtirokchi g‘olib sanaladi. 11. Basketbol to‘pini dumalatib keglilarni yiqitish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, basketbol to‘pini dumalatib, 2 metr uzoqlikdagi keglilarni yiqitish lozim. 5-marta urinishda ko‘proq keglilarni yiqitgan ishtirokchiga yuqori baho belgilanadi. 12. Arqonga tirmashib chiqish. Me’yoriy talablar standart arqonlarida qabul qilinadi. Oyoq va qo‘llar yordamida hamda oyoqlarning yordamisiz tirmashib chiqishga ruxsat beriladi. 13. Gimnastika narvonini ushlab o‘tirib, turish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar gimnastika narvonini ikki qo‘l bilan ushlab, o‘tirib, turish mashqini bajaradilar. Kim ko‘p o‘tirib, tursa yuqori baholanadi. 14. Qo‘llarni oldinga cho‘zib o‘tirib, turish. Ushbu mashq qariyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda, suyaklar va mushaklar faoliyati yaxshilanadi. Qo‘llarni oldinga cho‘zib o‘tirib, turish mashqi bajariladi. Kim ko‘p o‘tirib, tursa yuqori baholanadi. Vaqt hisobga olinmaydi. 15. Gimnastika devoriga navbatma-navbat bosib (tepa va pastga) tirmashib chiqish. Tirmashish mashqlari maxsus gimnastika devorlari zinalarida o‘tkaziladi. 16. Yon tomon bilan mokisimon yurish. Sport maydonining yugurish yo‘lakchasida amalga oshiriladi. 10 metrli masofaga 3-marta yon tomonlama mokisimon yurish belgilanadi. Yon tomonlama mokisimon yurish “start” chizig‘idan yuqori startdan boshlanib, 10 metrli chiziqqacha yuriladi, “start” chizig‘iga yurish davom ettiriladi, qayta burilgan holda 10 metrli chiziqqacha yuriladi hamda orqaga burilib “finish” chizig‘igacha yurib tugatiladi. Ishtirokchilarga start yurish yo‘lakchasi soniga qarab va hakamlarning alohida vaqtini belgilagan holda beriladi. 17. Gimnastika o‘rindig‘i bo‘ylab yurish. Gimnastika o‘rindig‘ining o‘tiradigan qismi polga yotqizilib, ingichka qismi yuqoriga qaratiladi va muvozanatni saqlab yurish mashqlari bajariladi. 18. Skandinavcha yurish — 500 m. Ishtirokchilar ikkala qo‘lda qo‘ltiqtayoq yordamida 500 metr uzoqlikka skandinavcha yurib borishlari lozim. Marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi. Skandinavcha yurishda vaqt hisobga olinmaydi. 19. Gimnastika o‘rindig‘iga tayanib qo‘llarni bukib-yozish. Qo‘llarni bukish va yozish — ishtirokchilar qo‘llarga tayanib yotgan holda dastlabki holatini egallaydilar, ishora berilishi bilan ishtirokchilar qo‘llarini bukib, so‘ng qo‘llarini yozadilar. Ishtirokchilarning mashqni bajarishda qo‘llarni bukib yozish sanog‘i olib boriladi. 20. Polga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish. Ishtirokchilar polga tayangan holda qo‘llarni bukib yozishda qo‘llarga tayanib, boshni to‘g‘ri tutib, yotgan holda dastlabki holatini egallaydilar, ishora berilishi bilan ishtirokchilar qo‘llarini bukib, so‘ng qo‘llarini yozadilar. Ishtirokchilarning mashqni bajarishida qo‘llarni bukib yozish sanog‘i olib boriladi. 21. Gimnastika o‘rindig‘idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish (oyoq ostidan pastga hisoblanadi). Ishtirokchilar gimnastika o‘rindig‘iga chiqib, oldinga egilishlari lozim. Bunda oyoq ostidan pastga tushirilgan qo‘llar uzunligi santimetr bo‘yicha hisoblanadi. 22. Oldinga egilish. Asosan qariyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bosh va qo‘llar quyiga egiladi. Bunda vaqt hisoblanmaydi. Sanoq bo‘yicha ko‘p marta oldinga egilgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi. 23. Kurakda yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib yuqoriga ko‘tarish. Ushbu mashq suyaklar va mushaklar harakatlanishining yaxshilanishiga yordam beradi. Bunda ishtirokchilar erga kuragi bilan yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib, yuqoriga 900ga ko‘tarib, tushirishlari lozim. Sanoq bo‘yicha ko‘p marta oyoqlarni yuqoriga ko‘tarib tushirgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi. 24. Yiqilishda o‘zini himoya qilish (yonga, oldiga, orqaga). Ikki ishtirokchi bir-birini yiqitadi. Bunda yiqilgan ishtirokchi o‘zini yonga, oldinga va orqaga yiqilayotgan vaqtida lat yeyishdan himoyalanadi. Ushbu mashq ochkolar bo‘yicha baholanadi. 25. Darts. Bu o‘yin mo‘ljalni aniq olish uchun foydali hisoblanadi. Ishtirokchilarning yoshiga qarab darts taxtasining masofasi belgilanadi. Dartsda 6 ta imkoniyat beriladi. Ko‘p ochko to‘plagan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi. 26. 45 kg.lik qo‘g‘irchoqni qo‘li va belidan ushlab bo‘ksadan oshirib yiqitish (o‘ng va chap tomonlarga). Ishtirokchilarning kuch va epchillik sifatlarini rivojlantirishda ushbu mashq foydali hisoblanadi. 27. 16 kg. sport anjomini (gira) bir qo‘lda yuqoriga ko‘tarib tushirish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me’yoriy mashq hisoblanadi. Ishtirokchi sport anjomini o‘ng va chap qo‘llarida yuqoriga ko‘tarib tushirishi soniga qarab, ochkolar hisoblanadi. 28. Turnikda tortilish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi me’yoriy mashqdir. Baland turnikda yuqoridan ushlab, to‘g‘ri qo‘llarga osilib turgan holatda (oyoqlar erga tegmaydi) bajariladi. Qo‘llar orqali tortilish iyak (engak) turnikning grifini kesib o‘tishiga qadar bajariladi, 5 soniyadan ortiq to‘xtashga hamda tortilish paytida silkinish harakatlariga ruxsat berilmaydi (10,15-marta va hokazo). Turnikda bir vaqtning o‘zida “Mumkin!” buyrug‘iga ko‘ra ikki ishtirokchini tortilish mashqini bajarishiga ruxsat beriladi. Sanashni ijrochilarning ro‘paralarida turgan hisobchi-hakamlar baland ovoz bilan olib boradilar. Noto‘g‘ri bajarilgan tortilish “Hisoblanmasin!” degan buyruq bilan qayd etiladi. Mashq tugashi bilan natija ishtirokchi va musobaqa qaydnomasini yozayotgan kotibga eshittirib e’lon qilinadi. Mashg‘ulot jarayonida buyumlarsiz va buyumlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar: tortilishning har xil usullari (yotgan, osilgan, turgan holatda), baland turnikda, yuk bilan sherigining yordamida osilgan holatda tortilish; maksimal miqdorda, qo‘lda osilib turgan statik tavsifdagi mashqlar; natijani hisoblash uchun tortilish qo‘llaniladi. Muntazam ravishda tortilish miqdorini asta-sekinlik bilan oshirib borish uchun ularni “ertalabki badan tarbiya mashqlari” majmui oxirida bajarish mumkin. 29. Past turnikda tortilish. Bu kuch sifatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi yana bir me’yoriy mashq hisoblanadi. Past turnikda pastdan ushlab (qo‘lning ichki tomoni bilan ushlagan holda), to‘g‘ri qo‘llarga osilib turgan holatda (oyoqlar erga tekkan holda) bajariladi. Qo‘llarda tortilish iyak (engak) turnikka tekkanga qadar bajariladi, 5 soniyadan ortiq to‘xtashga hamda tortilish paytida silkinish harakatlariga ruxsat berilmaydi (10, 15-marta va hokazo). Ushbu mashq asosan xotin-qizlar bajarishi uchun mo‘ljallangan. 30. Chalqancha yotgan holatda gavdani ko‘tarish. Bu jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun xizmat qiladigan me’yordir. Mashq tekis yuzada orqasi bilan (chalqancha) yotgan holatda bajariladi, oyoqlar yuzi sherigi tomonidan ushlab turiladi, qo‘llar bosh ortidam bo‘ladi. Dastlabki holat qabul qilingandan keyin qatnashchilarga “Mumkin!” degan buyruq beriladi. Gavdani ko‘tarish natijasi necha martaligi bilan qayd qilinadi (20, 30 va hokazo). Agar gavda tik holatda ko‘tarilayotgan bo‘lsa mashqlar bajarilgan hisoblanadi. Mashg‘ulot to‘g‘ri tutilgan oyoqlarda bajariladi. Stulda, o‘rindiqda, erda o‘tirgan holatda turli xil silkitish harakatlarini qo‘llagan holda umumrivojlantiruvchi mashqlar, oyoqlarni silkitish, oyoqlarni tizzadan bukish bilan bir vaqtda tizzalarni ko‘krakka tekkizish, to‘g‘ri tutilgan oyoqlarni yuqori burchak holatigacha ko‘tarish. Orqasi bilan yotgan holatda galma-gal to‘g‘ri tutilgan oyoqlarni ko‘tarish, qo‘llarning turli holatida (qo‘llar belda, yelkada, boshning orqasida) gavdani ko‘tarish, tirkab qo‘yilgan oyoqlar holatida (gimnastika o‘rindig‘i, gimnastika devori, boshqa buyumlar va sherigi) gavdani yuqoridagi kabi ko‘tarishlar, me’yorlarni to‘liq bajarish. 31. Suzish. Bu jismoniy chidamlilik va boshqa sifatlarni hamda suv muhitida harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beruvchi me’yordir. Suzish mashg‘ulotlarini tashkil etish, suzish bo‘yicha me’yorlarni qabul qilish alohida diqqatni va ehtiyotkorlikni talab etadi, mashg‘ulotlar va musobaqalarning xavfsizligini ta’minlovchi barcha qoidalarga rioya qilish zarur. Mashg‘ulotlarni va me’yorlarni suv havzasida yoki tabiiy (daryo, ko‘l) suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda, maxsus jihozlangan joyda qabul qilish mumkin. Mashg‘ulot suv havzalarida masofa qirg‘oq bo‘ylab 90 — 120 sm. chuqurlikka ega bo‘lgan joylarda o‘tishi kerak. Me’yorni topshirish suza oladigan qatnashchilarga ruxsat etiladi, suza olmaydiganlar uchun mashg‘ulotlar tashkil etib, suzishga o‘rgatilgandan keyingina ularni musobaqalarga qo‘yish mumkin. Suzishni qabul qilish uchun start hakami qatnashchilariga buyruq berib (cho‘ziq xushtak bilan) start joyiga chaqiradi. Hakamning “startga” degan buyrug‘i bilan qatnashchilar “suzuvchining starti” holatini egallaydilar va start pistoletidan o‘q uzish bilan suzishni boshlaydilar. Suzishda ishtirok etuvchilar soni basseyndagi yo‘laklar soniga bog‘liq bo‘ladi. Natija 0,1 soniya aniqlik bilan har bir yo‘lak boshida turgan sekundomerli hakamlar tomonidan o‘lchanadi. 32. Sayrlar, sayohatlar, ekskursiyalar tabiat qo‘ynida past-baland joylarda (istirohat bog‘lari, o‘rmonlar, dalalar, tog‘lar, daryo qirg‘oqlari, ko‘llar va boshqalarda) o‘tkaziladi. Yengil harakatlar va to‘xtashlar bilan 2,5 km. masofaga yuguriladi. 1. Ushbu Nizom “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi. 2. Ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etishda munosib hissa qo‘shgan hamda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo‘yicha musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan shaxslar taqdirlanadilar. 3. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. 4. Musobaqaning mahalla, tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi bosqichlarining g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanadi. 5. Ushbu Nizomning 1-bandiga muvofiq: I darajali ko‘krak nishoni bilan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test va musobaqalarida birinchi o‘rinni egallagan shaxslar; II darajali ko‘krak nishoni bilan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test va musobaqalarida ikkinchi o‘rinni egallagan shaxslar; III darajali ko‘krak nishoni bilan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test va musobaqalarida uchinchi o‘rinni egallagan shaxslar taqdirlanadilar. 6. “Alpomish” ko‘krak nishoni bilan erkaklar hamda “Barchinoy” ko‘krak nishoni bilan ayollar taqdirlanadilar. 7. I darajali ko‘krak nishoni yuqori darajali hisoblanadi. II yoki III darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar keyinchalik uning yuqori darajalari bilan bosqichma-bosqich mukofotlanishi mumkin. Bir yosh toifasida bir xil darajadagi ko‘krak nishoni takroran berilmaydi. 8. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo‘yicha musobaqalarning g‘olib va sovrindorlarini I, II va III darajali ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash bo‘yicha kiritilgan talabnomalar asosida qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi. 9. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita javobgardir. 10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. “Alpomish” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. “Alpomish” ko‘krak nishonining old tomoni chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 1,5 millimetr qalinlikda ichki doira shaklida bo‘lgan sariq rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Hoshiyaning ichida, ko‘krak nishoni old yuqori qismida bosma harflar bilan “ALPOMISN” so‘zi lotin alifbosida (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 16-kegl) jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo‘lgan rangda yozilgan. “ALPOMISN” so‘zi boshlanishi va yakunida 4 millimetr kattalikda yer yuzida tinchlik uchun xizmat qiluvchi bilim va ma’naviyatni yanada boyitishni ifodalovchi sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan. Ko‘krak nishonining old past qismida 8 millimetr kattalikda sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan. Pastki sakkiz qirrali yulduz ichida rim raqamida uzunligi 6 millimetr, qalinligi 2 millimetrlik “I”, “II” yoki “III” raqami tasviri qora hoshiyada tushurilgan. Ko‘krak nishonining old past qismida joylashgan yulduzning o‘ng va chap tomoni yuqorida joylashgan sakkiz qirrali yulduzgacha tinchlik ramzini ifoda etuvchi lavr bargi tasviridagi chambar jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo‘lgan rangda tushirilgan. Ko‘krak nishonining markazi tinchlik, soflik ramzi bo‘lgan yashil rang bilan qoplangan. Ko‘krak nishonining markazida “Alpomish” dostonining bosh qahramoni — mardlik, jasurlik, epchillik, chaqqonlik, shijoat va vatanparvarlik, komillik va ezgulik timsoli bo‘lgan Alpomishning Boychibor otida qo‘lida kamon ushlab turgan tasviri ifodalangan. Alpomishning yuzi oq, soqoli qora, qo‘llaridagi himoya kiyimi va oyog‘idagi etigi hamda otining egari qizg‘ish, sovuti va kamoni oq va qora rangdan hosil bo‘lgan och rangda tasvirlangan. Alpomishning Boychibor laqabli otining dumi, yoli, tumshug‘ining old qismi hamda tuyoqlari oq va qora rangdan hosil bo‘lgan och rangda tasvirlangan. Otning o‘zi oq randa, oyog‘ining o‘ng orqa oyog‘i qoramtir rangda tasvirlangan. Ko‘krak nishonining qalinligi 2.2 millimetr. Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan. Nishonning orqa tomoniga kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nag‘ich moslama o‘rnatilgan. “Alpomish” ko‘krak nishoni guvohnomasi 100x70 millimetr o‘lchamdagi to‘rt burchak shaklida bo‘lib, 350 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi. Guvohnomaning tashqi tomoni moviy rangda bo‘lib, uning chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki to‘rt burchak shaklida bo‘lgan to‘q ko‘k rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Guvohnomaning tashqi tomoni yuqori qismi hoshiyasidan 5 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflar bilan “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” deb yozilgan. Guvohnomaning ustki qismi markazda “Alpomish” ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamda va rangda nishonning tasviri aks ettirilgan. Tasvirning pastki qismida katta harflar bilan “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan. Guvohnomaning ikkinchi tomoni oq rangda bo‘lib, 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki to‘rt burchak shaklida bo‘lgan to‘q ko‘k rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Guvohnomaning yuqori qismi chekkasidan 12 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflarda “Alpomish” kompleksi talablarini bajarganligi uchun” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) so‘zlari yozilgan. So‘zlardan 15 millimetr pastda taqdirlanadigan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan va uchinchi chiziq oxiriga “miqyosidagi” so‘zi (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), chiziq ostida (“Times new Roman Bolt” shrifti, kursiv, 7,5-kegl) mahalla, tashkilot, ta’lim muassasasi, tuman (shahar), viloyat, respublika so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda uzunligi 5 millimetr bo‘lgan bitta chiziq tortilgan, chiziqdan so‘ng “darajali ko‘rak nishoni bilan taqdirlanadi.” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 15 millimetr pastda uzunligi 80 millimetrli bitta chiziq tortilgan, chiziq osti chap tomoniga “(lavozimi)”, o‘rtada “(imzo)” va o‘ng tomonda “(muhr o‘rni)” kursivda (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Guvohnomaning ikkinchi tomoni past hoshiyadan 5 millimetr yuqori qismi chap tomonidan “20___ yil “____” _________________” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Yozuvlar va chiziqlar qora rangda aks ettirilgan. “Barchinoy” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. “Barchinoy” ko‘krak nishonining old tomoni chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 1,5 millimetr qalinlikda ichki doira shaklida bo‘lgan sariq rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Hoshiyaning ichida, ko‘krak nishoni old yuqori qismida bosma harflar bilan “BARCNINOY” so‘zi lotin alifbosida (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 16-kegl) jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo‘lgan rangda yozilgan. “BARCNINOY” so‘zi boshlanishi va yakunida 4 millimetr kattalikda yer yuzida tinchlik uchun xizmat qiluvchi bilim va ma’naviyatni yanada boyitishni ifodalovchi sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan. Ko‘krak nishonining old past qismida 8 millimetr kattalikda sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan. Pastki sakkiz qirrali yulduz ichida rim raqamida uzunligi 6 millimetr, qalinligi 2 millimetrlik “I”, “II” yoki “III” raqami tasviri qora hoshiyada tushirilgan. Ko‘krak nishonining old past qismida joylashgan yulduzning o‘ng va chap tomoni yuqorida joylashga sakkiz qirrali yulduzgacha tinchlik ramzini ifoda etuvchi lavr bargi tasviridagi chambar jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil bo‘lgan rangda tushirilgan. Ko‘krak nishonining markazi tinchlik, soflik ramzi bo‘lgan yashil rang bilan qoplangan. Ko‘krak nishonining markazida “Alpomish” dostonining qahramoni — ayollar timsolidagi mardlik, jasurlik, epchillik, chaqqonlik, shijoat va vatanparvarlik, komillik va ezgulik timsoli bo‘lgan Barchinoyning otda o‘tirgan holatda chap qo‘lida oq ro‘molcha ushlab turgan tasviri ifodalangan. Barchinoyning yuzi, ro‘moli va kiyimi oq, nimchasi ko‘kimtir, oyoq kiyimi, ichki kiyimi va otining egari qizg‘ish rangda tasvirlangan. Barchinoy otining dumi, yoli, tumshug‘ining old qismi hamda tuyoqlari oq va qora rangdan hosil bo‘lgan och rangda tasvirlangan. Otning o‘zi oq rangda, oyog‘ining chap orqa oyog‘i qoramtir rangda tasvirlangan. Ko‘krak nishonining qalinligi 2.2 millimetr. Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan. Nishonning orqa tomoniga kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nag‘ich moslama o‘rnatilgan. “Barchinoy” ko‘krak nishoni guvohnomasi 100x70 millimetr o‘lchamdagi to‘rt burchak shaklida bo‘lib, 350 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi. Guvohnomaning tashqi tomoni ko‘k rangda bo‘lib, uning chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki to‘rt burchak shaklida bo‘lgan to‘q ko‘k rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Guvohnomaning tashqi tomoni yuqori qismi hoshiyasidan 5 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflar bilan “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” deb yozilgan. Guvohnomaning ustki qismi markazda “Barchinoy” ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamda bir rangda nishonning tasviri aks ettirilgan. Tasvirning pastki qismida katta harflar bilan “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan. Guvohnomaning ikkinchi tomoni oq rangda bo‘lib, 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki to‘rt burchak shaklida bo‘lgan to‘q ko‘k rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Guvohnomaning yuqori qismi chekkasidan 12 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflarda “Alpomish” kompleksi talablarini bajarganligi uchun” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) so‘zlari yozilgan. So‘zlardan 15 millimetr pastda taqdirlanadigan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan va uchinchi chiziq oxiriga “miqyosidagi” so‘zi (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), chiziq ostida (“Times new Roman Bolt” shrifti, kursiv, 7,5-kegl) mahalla, tashkilot, ta’lim muassasasi, tuman (shahar), viloyat, respublika so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda uzunligi 5 millimetr bo‘lgan bitta chiziq tortilgan, chiziqdan so‘ng “darajali ko‘rak nishoni bilan taqdirlanadi.” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 15 millimetr pastda uzunligi 80 millimetrli bitta chiziq tortilgan, chiziq osti chap tomoniga “(lavozimi)”, o‘rtada “(imzo)” va o‘ng tomonda “(muhr o‘rni)” kursivda (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Guvohnomaning ikkinchi tomoni past hoshiyadan 5 millimetr yuqori qismi chap tomonidan “20___ yil “____” _________________” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Yozuvlar va chiziqlar qora rangda aks ettirilgan.
127
48,504
Qonunchilik
Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimiz kino san’ati bir asrdan ziyod tarixga ega bo‘lib, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu davr mobaynida o‘zbek kinosining poydevori yaratilib, u xalqimizning madaniy-ma’naviy hayotida muhim o‘rin egalladi. Mustaqillik yillarida milliy kinematografiya rivojiga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan katta e’tibor natijasida sohada muayyan yutuqlarga erishildi. Mazmun va shakl jihatidan rang-barang kino asarlar yaratilib, ular tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Ayni vaqtda bugun jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ustuvor vazifalari barcha soha va tarmoqlar qatorida kino san’ati faoliyatini ham takomillashtirish, soha rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratishni talab etmoqda. Qayd etish kerakki, kinematografiya sohasida normativ-huquqiy bazaning mukammal emasligi, kino ishlab chiqaradigan yetakchi korxonalar, jumladan “O‘zbekfilm”, “Qoraqalpoqfilm” hamda “Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar” kinostudiyalarining moddiy-texnika bazasi jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgani, kinofilmlarni moliyalashtirish tizimining bugungi kun talablariga javob bermasligi, kinoteatrlar va malakali kadrlar yetishmasligi soha rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga asoslanib, xalqimiz, avvalo, yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona-Vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirishda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan kino san’atining rolini oshirish, “O‘zbekkino” Milliy agentligining faoliyatini takomillashtirish maqsadida: 2. O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi uchun davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish yillik ishlab chiqarish hajmlarining quyidagi prognoz ko‘rsatkichlari belgilansin: 2018-yilda — 20 ta, 2020-yildan boshlab — 30 tadan to‘liq metrajli badiiy filmlar ishlab chiqarish; 2018-yilda — 40 qismdan iborat 20 ta, 2019-yilda — 50 qismdan iborat 25 ta va 2020-yildan boshlab — 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, ilmiy-ommabop, o‘quv-uslubiy filmlar, kinosolnomalar, kinojurnallar ishlab chiqarish; multiplikatsion filmlarni 2018-yilda 15 ta, 2022-yildan boshlab har yili 50 tadan ishlab chiqarish; yosh kino ijodkorlarning 10 soatdan iborat qisqa metrajli filmlari, bolalar uchun yumoristik kinojurnallar suratga olish; davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlarni jahon bozoriga chiqarish va festivallarda namoyish etish uchun chet tillarga subtitrlashtirish va dublyaj qilish; milliy kinematografiyaning eng sara asarlarini tiklash, restavratsiya qilish va zamonaviy formatga o‘tkazish. 21. O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga, zarur hollarda, asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, davlat buyurtmasi uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan quyidagi maqsadlar uchun mablag‘lar ajratishga ruxsat berilsin: respublika, hududiy va xalqaro ahamiyatga ega madaniy-ijtimoiy kino tadbirlarini tashkil etish, o‘tkazish, milliy filmlarni xorijda keng targ‘ib qilish va xalqaro kinofestivallardagi ishtirokini ta’minlash; yosh, iste’dodli va istiqbolli kino ijodkorlarini yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga tizimidagi kinematografiya tashkilotlarini modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan filmlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy kino texnologiyalari, asbob-uskunalari, jihozlarni xarid qilish. 3. Milliy kinematografiya san’atini zamon talablari asosida rivojlantirish, yosh kino ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etilsin va uning mablag‘larini shakllantirishning manbalari etib quyidagilar belgilansin: davlat buyurtmasi va Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarilgan filmlarning kinoprokatidan tushadigan mablag‘lar; davlat buyurtmasi va Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarilgan filmlarni namoyish etish mobaynida joylashtiriladigan tijorat e’lonlaridan tushadigan mablag‘larning 10 (o‘n) foiziga teng miqdordagi majburiy ajratmalar; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushadigan daromadlar; O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tomonidan kino va boshqa madaniy-ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatidan olinadigan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2017 — 2019-yillarda respublika hududlarida zamonaviy kinoteatrlar (keyingi o‘rinlarda — kinoteatrlar) tarmog‘ini barpo etish (qurish) to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 5. “O‘zbekkino” Milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zshaharsozlik LITI” DUK bilan birgalikda texnik topshiriq va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini har tomonlama o‘rganish asosida 2018-yilning 1-yanvarigacha maydonlarida zamonaviy kinozallar (2-qavat) va savdo-ko‘ngilochar obyektlar (1-qavat) joylashtirilishini nazarda tutgan holda, kinoteatrlarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin. 7. “O‘zbekkino” Milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda: kinematografiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshida atoqli kino ijodkorlar dars beradigan malaka oshirish kurslarini va “Mahorat maktablari”ni tashkil etish; mamlakatimizning yosh, iste’dodli va istiqbolli kino ijodkorlari malakasini oshirish maqsadida ularning tegishli yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida muntazam ravishda tahsil olishiga zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan 2018-yilning 1-yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. Belgilab quyilsinki, mazkur bandda ko‘rsatilgan chora-tadbirlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining “Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari 1 tadan “Damas” rusumli avtomashina bilan ta’minlansin. 9. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining markaziy apparati, “Qoraqalpoqkino” agentligi va hududiy bo‘limlarini saqlash, shuningdek, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi; O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasini saqlash xarajatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; milliy kino mahsulotlarini yaratishning belgilangan yillik ishlab chiqarish hajmlarining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi markaziy apparatiga 3 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta navbatchi xizmat avtotransportini saqlash uchun limit ajratsin; “Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasining faoliyatini, 2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tish sharti bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yilgi parametrlari doirasida “Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar Toshkent shahar hududiy bo‘limlarini 1 tadan “Damas” rusumli avtomashina bilan ta’minlash uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga ajratsin. 11. “O‘zbekkino” Milliy agentligi: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli tashabbuskorlar — tadbirkorlik subyektlari tomonidan kinoteatrlarni barpo etish (qurish), ularni jihozlash va faoliyatini boshlashning aniq muddatlarini nazarda tutgan holda kinoteatrlar tarmog‘ini 2017 — 2019-yillarda respublika hududlari bo‘yicha barpo etish (qurish) jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; yagona repertuar siyosatini olib borish maqsadida umum respublika kino prokati konsepsiyasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va 2018-2019-yillarda amalga oshirsin; davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinofilmlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda professional darajasini oshirish maqsadida soha namoyandalari, tajribali yetuk mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tarkibini shakllantirib, uning Nizomini ishlab chiqsin hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda tasdiqlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda: mazkur qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan, shu jumladan, O‘zbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin; 13. “O‘zbekkino” Milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.
75
10,002
Qonunchilik
2014/2015 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida
Oliy ta’limning ikki bo‘g‘inli tizimini yanada takomillashtirish asosida respublika iqtisodiyoti sohalari va tarmoqlarida talab etiladigan ixtisosliklar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, kirish test sinovlari mexanizmini tubdan yaxshilash hisobiga tanlangan ixtisosliklar bo‘yicha bakalavriatga kirayotgan abituriyentlarning bilim darajasini baholash sifati va xolisligini oshirish, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashning boshlang‘ich davri sifatida magistratura rolini kuchaytirish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushma va kompaniyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda: iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirish istiqbollarini hisobga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlari va aniq mutaxassisliklar bo‘yicha real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining amalda oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlanganligi tanqidiy o‘rganib chiqildi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2016-yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash Dasturi amalga oshirilishini hisobga olgan holda, tarmoqlar va mintaqalar doirasida bakalavriat yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarini tayyorlash bo‘yicha respublikaning oliy ta’lim muassasalariga iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab etilayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha 2014/2015 o‘quv yilida qabul kvotalariga oid takliflar ishlab chiqildi. 2. 2014/2015 o‘quv yili uchun: bakalavrlarni 57 907 nafar, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha — 19 120 va to‘lov-kontrakt asosida — 38 787 nafar miqdorida, 1-ilovaga* muvofiq; magistrlarni 5 000 nafar, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha — 1 548 va to‘lov-kontrakt asosida — 3 452 nafar miqdorida, 2-ilovaga* muvofiq; Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Qo‘ng‘irot bo‘limi)ning maxsus sirtqi bo‘limida bakalavrlarni tayyorlash davlat grantlari bo‘yicha 65 nafar va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida — 50 nafar, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha — 15 nafar va to‘lov-kontrakt asosida — 35 nafar qabul qilish umumiy kvotalari 3-ilovaga* muvofiq belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 30-apreldagi PP-2170-sonli qarori bilan tashkil etilgan 2014/2015 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga oliy ta’lim muassasalariga kirish chog‘ida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha abituriyentlar to‘plagan ballarning reyting baholanishini hisobga olgan holda bakalavriat va magistraturaga belgilangan umumiy qabul kvotalari doirasida oliy ta’lim muassasalarining qabul parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddatda o‘zlariga qarashli oliy ta’lim muassasalari doirasida bakalavriat va magistratura bo‘yicha davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘rinlar kvotasini ta’lim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda: bir hafta muddatda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar klassifikatoriga yangi kiritilayotgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin; bir oy muddatda yangi kiritilayotgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha dasturlar va o‘quv rejalarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014/2015 o‘quv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga qabul qilish bo‘yicha belgilangan kvotalarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ish beruvchilar bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘zlari olgan bilim yo‘nalishiga muvofiq ishga joylashganliklari ustidan tizimli monitoring o‘tkazib tursin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar bersin, shuningdek idoraviy me’yoriy hujjatlarga tegishli o‘zgartishlar kiritsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
96
5,491
Qonunchilik
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash to
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha namunaviy konsepsiya (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) va uni 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — tadbirlar rejasi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy maqsadlari etib belgilansin: hokim yordamchilari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aholining kambag‘al qatlami daromadini, “mahallabay” ishlash tizimi orqali kambag‘al aholi bilan manzilli ishlash yo‘llari samaradorligini oshirish; har bir mahalla infratuzilmasini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, davlat tasarrufidagi infratuzilma obyektlari, yer uchastkalari, bo‘sh turgan obyektlardan davlat-xususiy sheriklik asosida samarali foydalanish; “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini o‘rganib, ularga aniq yo‘nalishlar (kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb etish) bo‘yicha manzilli ko‘maklashish. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Konsepsiya asosida har bir hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha konsepsiya tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanishi ta’minlasin. Belgilansinki: hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha konsepsiya hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ixtisoslashuvi va mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni inobatga olgan holda mahallalar bo‘yicha ishlab chiqiladi hamda hududdagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan har bir shaxs bilan individual tarzda ishlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilishi lozim bo‘lgan aniq chora-tadbirlarni nazarda tutadi; hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha konsepsiya har yili yanvar oyida, 2022-yilda, istisno tariqasida, sentyabr oyida hokim yordamchisi tomonidan ishlab chiqiladi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida har tomonlama muhokama qilinadi hamda tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga kiritiladi; hokim yordamchilari tasdiqlangan konsepsiyaning ijrosi yuzasidan har oyda — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yig‘inlarida, har chorakda — tegishli tuman (shahar) hokimiga hamda yil yakuni bo‘yicha — xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi: tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borsin hamda vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining bu boradagi o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirsin; tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2022-yil 1-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Konsepsiya (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchisi) tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish, mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali ularning kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlaridagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. 2. Konsepsiya qonuniylik, hokim yordamchilari faoliyatining ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltirilganligi, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi va xolislik kabi asosiy prinsiplarga tayangan holda amalga oshiriladi. 3. Har bir hokim yordamchisining faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha Konsepsiya tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlandi. 4. Konsepsiyaning asosiy maqsadi hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mahallalarning “o‘sish nuqtalari” va “drayver” loyihalarni aniqlash, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish, mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambag‘allikni qisqartirishdan iborat. 5. Konsepsiya belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalar doirasida amalga oshiriladi: hokim yordamchilari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib aholining kambag‘al qatlami daromadini oshirishga safarbar etish, “mahallabay” ishlash tizimi orqali kambag‘al aholi bilan manzilli ishlash yo‘llari samaradorligini oshirish; har bir mahalla infratuzilmasini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, davlat tasarrufidagi infratuzilma obyektlari, yer uchastkalari, bo‘sh turgan obyektlardan davlat-xususiy sheriklik asosida samarali foydalanish; “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini o‘rganib, ularga aniq yo‘nalishlar (kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb etish) bo‘yicha manzilli ko‘maklashish. 6. Quyidagilar hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi: a) mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘nalishida: mahallalardagi xonadonlar, oilalar, aholi soni, yosh va gender tarkibi, band bo‘lganlar va ishsizlar soni, ularning mutaxassisliklari va kasb malakasi, mahalla faollari, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, yer maydoni, tomorqa yerlar, bo‘sh bino va inshootlar, infratuzilma obyektlari (gaz, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tizimlari, yo‘l), tadbirkorlar soni va ularning faoliyat turi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan mahallaning pasportini ishlab chiqishda ishtirok etish; mahallalardagi mavjud imkoniyatlar, xomashyo resurslari, infratuzilma holati, ishchi kuchining ixtisoslashuvi va sifatidan kelib chiqqan holda har bir mahallani rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish; mahallalarni rivojlantirish yo‘nalishlaridan kelib chiqib ularning ixtisoslashuvini aniqlash va “drayver” loyihalar ro‘yxatini shakllantirish; mahallalarda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash; mahallani o‘rganish va tahlil qilish natijasida uni o‘rta va qisqa muddatda rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish; b) mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib aholining kambag‘al qatlami daromadini oshirishga safarbar etish, “mahallabay” ishlash tizimi orqali kambag‘al aholi bilan manzilli ishlash yo‘llari samaradorligini oshirish yo‘nalishida: oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan foydalanish hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini “xonadonbay” o‘rganish; aholini kambag‘allikdan chiqarish dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini tashkil etish; mahalladagi ish bilan band bo‘lmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, qishloq xo‘jaligi kooperativiga a’zo bo‘lish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara to‘lovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishi uchun subsidiyalar olishda tavsiya berish; tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish; tadbirkorlik ishchi kuchiga talab yuqori bo‘lgan sohalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishiga yoki yangi biznes g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish; ustoz-shogird an’anasi asosida band bo‘lmagan aholini ular yashayotgan mahallada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar hamda hunarmandlarga biriktirish; xonadonlarda va mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari, sifati va hajmini oshirish maqsadida tegishli soha mutaxassislarini jalb qilish; tadbirkorlik subyektlarining mavjud muammolarini tezkorlik bilan hal etish va ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur choralarini ko‘rish; v) har bir mahalla infratuzilmasini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, davlat tasarrufidagi infratuzilma obyektlari, yer uchastkalari, bo‘sh turgan obyektlardan davlat-xususiy sheriklik asosida samarali foydalanish yo‘nalishida: mahalla hududida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka ko‘maklashish va o‘qitish markazlari kabi infratuzilmani (keyingi o‘rinlarda — infratuzilma obyektlari) yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni aniqlash; mahalla hududidagi infratuzilmani davlat-xususiy sheriklik loyihasi bilan rivojlantirishga qaratilgan maqsadli va manzilli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim asosida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan istiqbolli loyihalarni, yer uchastkalarini tegishli hududning ehtiyojlarini hamda salohiyatini inobatga olgan holda o‘rganish; mahalla hududida infratuzilma obyektlarini yaratish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida ishlash uchun tadbirkorlarni jalb qilish choralarini ko‘rish; davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish; g) “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini o‘rganib, ularga aniq yo‘nalishlar (kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb etish) bo‘yicha manzilli ko‘maklashish yo‘nalishida: band bo‘lmagan aholining, xususan, yoshlar va xotin-qizlarning kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish bilan bog‘liq talabini aniqlash; mahalladagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mavsumiy ishchilarga bo‘lgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish; mahallalardagi band bo‘lmagan aholini kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatishni tashkil etish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish; ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoitlari yaratish bo‘yicha aniq manzilli choralarni amalga oshirish 7. Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Konsepsiya asosida o‘z hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ixtisoslashuvidan kelib chiqib hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga shaxsan mas’ul bo‘lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: har yili hokim yordamchisining faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha konsepsiyalar ishlab chiqilishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilinishi hamda tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanishini tashkil etish; tasdiqlangan konsepsiya asosida hokim yordamchilarining faoliyati monitoringini olib borish va ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish; hokim yordamchilarining faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; mahallalarda hokim yordamchilari tomonidan aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tuman (shahar) hokimligi, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda yetakchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish; hokim yordamchilari tomonidan mahallalarni o‘rganish natijasida har bir mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish chora-tadbirlari dasturlarini ishlab chiqish, ularni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etish va ijrosini nazorat qilish; hokim yordamchilari tomonidan aniqlangan aholi va tadbirkorlik subyektlarining hududiy darajadagi muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish; davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka ko‘maklashish va o‘qitish markazlari kabi infratuzilmani yaratish; hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va amaliy natijalaridan kelib chiqib ularni rag‘batlantirish yoki mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ularning axborotlarini eshitish va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot berib borish. 8. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida quyidagilar kutilmoqda: hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari yanada takomillashtiriladi; mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hokim yordamchilarining o‘zaro samarali hamkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yiladi; har bir mahalladagi iqtisodiy holat, shu jumladan, aholining bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari, tomorqa yerlaridan foydalanish holatlari hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishlari va ehtiyojlarini tahlil qilish imkoniyatlari yaratiladi; hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyati yanada takomillashtiriladi; tadbirkorlik subyektlari faoliyatida to‘siq bo‘layotgan (yer ajratish, qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya tizimlariga ulanish) muammolar tezkorlik bilan hal etiladi; tadbirkorlik va xizmatlari ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratiladi hamda aholi bandligi va aholi turmush farovonligi yaxshilanadi; davlat-xususiy sheriklik faoliyatini amalga oshirish orqali mahallalarda bo‘sh turgan obyektlar va bo‘sh yerlardan foydalanish samaradorligi oshiriladi.
250
16,362
Qonunchilik
JIZZAX VA SIRDARYo VILOYATLARIDA ChORVAChILIK-SUT KOMPLEKSLARI QURISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son va “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-son qarorlarini amalga oshirish, shuningdek Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida zamonaviy chorvachilik komplekslari qurish yo‘li bilan chorva mollari bosh sonini va sut mahsulotlari yetishtirish hajmini yanada ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: a) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari tomonidan Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida chorvachilik komplekslari qurish (500 bosh molga) loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi uchun III xalqaro mini texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning “Uzbekistan Agrominitech Expo — 2008” ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-sotuvida o‘tkazilgan tanlash asosida “Van der Pioeg International B.V.” (Gollandiya), “DELAVAL EXPORT SERVICE AB” (Shvetsiya) va “CONEXX” Sp.z o.o. (Polsha) kompaniyalari bilan yig‘ma metall konstruksiyalari va maxsus asbob-uskunalar yetkazib berishga Doiraviy bitimlar imzolanganligi; b) imzolangan Doiraviy bitimlarni bajarish yuzasidan: “Uzprommashimpeks” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan “Van der Pioeg International B.V.” kompaniyasi (Gollandiya) o‘rtasida yig‘ma metall konstruksiyalari va maxsus asbob-uskunalar yetkazib berishga 2008-yil 19-sentabrda 1283-200/2008 IM-1107-son kontrakt imzolanganligi (Sirdaryo viloyatida chorvachilik kompleksi qurilishi uchun); “DELAVAL EXPORT SERVICE AB” kompaniyasi (Shvetsiya) bilan “Markazsanoateksport” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi o‘rtasida maxsus asbob-uskunalar yetkazib berishga 2008-yil 13-oktabrda 310842-son va “CONEXX” Sp.z o.o. kompaniyasi (Polsha) bilan — yig‘ma metall konstruksiyalari yetkazib berishga 2008-yil 13-avgustda 0015-son kontraktlar imzolanganligi (Jizzax viloyatida chorvachilik kompleksi qurilishi uchun) ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining chorvachilik komplekslari qurilishi va ularni jihozlash uchun maxsus asbob-uskunalar va yig‘ma metall konstruksiyalari o‘tkazilgan tanlov asosida tashqi savdo kompaniyalari tomonidan sotib olinishi hamda xaridlarni maqsadli qarz berish haqida tashqi savdo kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining maxsus hisob raqamida jamlanadigan “KfV” bankining (Germaniya) notijorat valyuta kreditlari mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. Quyidagilar: a) chorvachilik komplekslari qurish bo‘yicha: Jizzax viloyatida — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “O'zmarkazimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi va “Markazsanoateksport” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Milkfoods” mas’uliyati cheklangan jamiyat; Sirdaryo viloyatida — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Uzinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi va “Uzprommashimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Inter Milk” mas’uliyati cheklangan jamiyat buyurtmachilar etib; b) chorvachilik komplekslari qurish bo‘yicha bosh pudratchi etib — “Kamol” ko‘p tarmoqli qurilish korxonasi; v) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihalovchi etib — “O‘zqishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat belgilansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati, shuningdek davlat standartlari talablariga qurilish normalari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazorati olib borilishini ta’minlasin. 5. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari: bir oy muddatda chorvachilik komplekslari qurilishi va ularning ozuqa bazasi tashkil etilishi uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratsinlar; hududlarni obodonlashtirish, irrigatsiya, ko‘kalamzorlashtirish, mavjud muhandislik kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish va Yangi muhandislik kommunikatsiyalari qurish yo‘llari bajarilishida amaliy yordam ko‘rsatsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
98
4,853
Qonunchilik
Birlashgan Arab Amirliklarida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-apreldagi PQ-4256-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yirik korxonalar, investitsiya fondlari va moliya institutlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasiga Birlashgan Arab Amirliklaridan (keyingi o‘rinlarda BAA deb ataladi) jalb qilinadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish, mahalliy tovarlar va xizmatlarni BAA bozoriga eksport qilish hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiyalash, milliy sayyohlik mahsulotlarini faol taklif etish va mamlakatga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-apreldagi PQ-4256-son qaroriga muvofiq BAAda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “UzFDI” vakolatxonasi (keyingi o‘rinlarda UzFDI deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. UzFDIga quyida asosiy vazifalar yuklansin: oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritilgan BAA bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha aniq loyihalar va dasturlarning tizimli monitoringi va amalga oshirilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash uchun BAAning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari tomonidan taqdim etiladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar va moliyaviy-texnik ko‘maklashish mablag‘larining jalb etilishi, shuningdek, samarali o‘zlashtirilishini ta’minlash; mahalliy tovarlar va xizmatlarni eksport qilish hajmlarini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlarini BAA bozoriga uzoq muddatli eksport qilishni tashkil etish hisobidan o‘zaro tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirishga ko‘maklashish; tadbirkorlik subyektlariga salohiyatli investorlarni topish, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o‘rnatish, savdo va investitsiya shartnomalari va bitimlarini tuzish, ishbilarmon doirlar vakillari ishtirokida muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, hamkorlikdagi tadbirkorlikning boshqa shakllarini rivojlantirish, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun loyiha takliflari va boshqa zarur materiallar tayyorlashda har tomonlama ko‘maklashish; tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish, eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash, O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranzit qilishda qabul qiluvchi mamlakat tomonidan imtiyozli rejimlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi (UzFDI) uchun shtat jadvali va xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar UzFDI faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xarajatlari smetasi doirasida 2019-yilda UzFDIni faoliyatini moliyalashtirish uchun 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan mehnat haq to‘lash hisobga olingan holda qo‘shimcha mablag‘lar ajratsin; 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini UzFDIni saqlash xarajatlari inobatga olingan holda moliyalashtirsin; UzFDIga ikkita avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: o‘n kun muddatda UzFDI to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda UzFDI direktori va xodimlarining mas’uliyati va faoliyatini baholash mezonlari nazarda tutilsin; bir oy muddatda UzFDIni tasdiqlangan shtat jadvaliga binoan mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlar bo‘yicha malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin; 2021-yil 31-dekabrga qadar UzFDI faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda UzFDIni Abu-Dabi shahridagi ofisga joylashtirish va jihozlashni ta’minlasin, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni ham hal etsin. 7. Belgilansinki, UzFDI: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisobot beradi va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining umumiy rahbarligida amalga oshiradi; UzFDIni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi, bunda UzFDI direktori o‘zining maqomi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maslahatchisi lavozimiga tenglashtiriladi va faoliyatini mazkur davlatdagi O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalari bilan yaqindan hamkorlikda amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi xorijiy muassasalariga respublikaga investitsiyalar, moliyaviy-texnik ko‘maklashish mablag‘lari va sayyohlarni jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari va mahsulotlarini eksport qilishga har tomonlama ko‘maklashadi. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev, Bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri D.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzaqov zimmasiga yuklansin.
159
6,398
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh JARAYoNINI YaNADA RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI TO‘G‘RISIDA” 1994 YIL 15 MARTDAGI FARMONINI BAJARISh ChORA-TADBIR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar tasdiqlansin: O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish Davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq; Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: 1994-yil 1-oktabrgacha davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan nodavlat (kasaba uyushmalari, “Vatanparvar”, matlubot kooperatsiyasi tashkilotlari) tashkilotlarning ro‘yxatini hamda ularning mol-mulki qiymatini aniqlash bo‘yicha zarur ishlarni 1994-yil 1-oktabrgacha amalga oshirsin va ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida respublika Hukumatiga takliflar kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majmuilari, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda bir oy muddatda yoqilg‘i-energetika, kon-qazib olish, paxtani qayta ishlash tarmoqlari korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi va mexanizmi to‘g‘risida takliflar kiritsin, bunda xorijiy investorlarning sarmoyalarini faol jalb qilish va aksiyalarning nazorat paketini davlat ixtiyorida qoldirish nazarda tutilsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Respublika fond birjasi va Respublika ko‘chmas mulk birjasining ta’sis hujjatlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin; Vazirlar Mahkamasining majmuilari, uyushmalar, korporatsiyalar, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 19-noyabrdagi 426-XII-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini respublika hamda ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (kommunal mulk)ga bo‘lish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun taqdim etsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qonun bilan taqiqlanmagan, 1994-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra asosiy fondlarining balans qiymati 5 mlrd so‘m-kupondan kam bo‘lgan, qiymati 5 mlrd so‘m-kupondan ko‘p bo‘lganda esa Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, davlat mulki obyektlarining mulkchilik shaklini o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin. 3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bir oy muddatda: vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, hokimliklar bilan birgalikda qurilishi tugallanmagan obyektlarni keyinchalik xususiylashtirish uchun ularning ro‘yxatini tayyorlasin va Davlat mulki qo‘mitasiga taqdim etsin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi statistik hisobotlarni taqdim etish tartibi va shaklini tasdiqlasin, bunda mulkchilik shaklini o‘zgartirishni dastlabki hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 10 kun muddatda xususiylashtirilgan korxonalar bo‘yicha amortizatsiyadan budjetga ajratmalar ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun respublika Hukumatiga kiritsin; 20 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda chet ellardagi moliya bozorlarida O‘zbekiston Respublikasining qiymatli qog‘ozlarini joylashtirish usuli to‘g‘risida takliflar kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga savdo va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil topgan monopol tuzilmalarning ro‘yxatini hamda ularni maydalashtirish tartibini kiritsin. 5. Korxonalari 1994-yilda davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar korxonalarni ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish jadvalini ishlab chiqsinlar va ularga amaliy yordam bersinlar, mulkchilik shakli o‘zgartirilayotgan korxonalarning aksiyalarini respublikada va xorijda fond birjalari orqali sotish maqsadida reklama prospektlarini tayyorlasinlar. 6. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, boshqa ommaviy axborot vositalari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini belgilangan tartibda yoritishni, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga kirish davrida uning O‘zbekiston uchun ahamiyatini tushuntirishni, aksiyalari erkin sotiladigan korxonalarni reklama qilishni, fuqarolarni ularning mulk egasi sifatidagi huquqlaridan xabardor qilishni ta’minlasinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin. 2.1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy shakllari hamda qoidalari 2.2. Xususiylashtirilayotgan obyektlarni baholash tartibi 2.3. Xorijiy investitsiyalar jalb qilish 2.4. Xususiylashtirishda yer munosabatlari 6.1. Universal axborot-telekommunikatsiya tizimini va depozitariylarni tashkil qilish 6.2. Respublika fond birjasi 6.3. Respublika ko‘chmas mulk savdosi birjasi 6.4. O‘zbekiston xususiylashtirish banki 6.5. Investitsiya fondlari va qimmatli qog‘ozlar bozori Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga va xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o‘tishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Xususiylashtirish iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xo‘jalik hayotini erkinlashtirish bilan bir qatorda xo‘jalikni samarali yuritish uchun amaliy shart-sharoitlar yaratish va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlash imkonini beradi, Ammo qanchalik muhimligiga qaramay, bu jarayonni qisqa muddatlarda amalga oshirish mumkin emas va u bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. Xususiylashtirishning 1992-1993-yillarda o‘tkazilgan birinchi bosqichida respublikada mahalliy sanoat, savdo, transport, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi, dehqonchilik sanoati majmuining qayta ishlovchi tarmog‘i korxonalari mulkchilikning turli shakllariga aylantirildi, shuningdek, davlat va idoralarga qarashli uy-joy fondi xususiylashtirildi. Respublikada o‘tgan yillarda 49 mingdan ortiq obyekt o‘zining mulkchilik shaklini o‘zgartirdi, ularning 44,1 foizi aksionerlik, 17,6 foizi jamoa, 37,0 foizi xususiy mulkka aylantirildi, 1,3 foizi ijaraga berildi. Mahalliy sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimida xususiylashtirish jarayoni asosan tugallandi. Tayyorlov va qayta ishlovchi tarmoqlarda davlat tasarrufidan chiqarish tugallanmoqda, ularda hozirgi kunga kelib korxonalar umumiy sonining qariyb 96,7 foizi xususiylashtirilgan. Shunday qilib, respublikada kichik xususiylashtirishining birinchi bosqichi tugallandi va xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining o‘rtacha hamda yirik korxonalarini qayta o‘zgartirishni nazarda tutuvchi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ikkinchi bosqichiga o‘tish uchun zamin yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish davlat dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoniga, oldingi yillarda o‘tkazilgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tajribasi hamda natijalarini nazarda tutib, ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish va rivojlantirishga oid qonunchilik hamda normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida davlat mulkini davlat tasarrufida bo‘lmagan turli mulkchilik shakllariga aylantirishning ikkinchi bosqichi maqsadlari, ustuvorliklari, izchilligini belgilab beradi. Ikkinchi bosqich (1994-1995-yillarning asosiy maqsadlari quyidagilardan iboratdir: xalq xo‘jaligi tarmoqlarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish ko‘lamlarini kengaytirish; monopol ishlab chiqarish xo‘jalik tuzilmalarini maydalashtirish va raqobatli bozor muhitini yaratish; davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida respublika aholisi keng qatlamlarining, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning ishtirok etishini ta’minlash; ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish; oziq-ovqat va xalq iste’mol tovarlari taqchilligini kamaytirish orqali respublika aholisining ehtiyojlarini qondirish. Ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iboratdir: qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirgan va ayni vaqtda davlatga tegishli aksiyalar ulushini qisqartirgan holda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish orqali iqtisodiy islohotlar jarayoniga aholini keng jalb qilish; ko‘chmas mulk bozorini shakllantirish, shu jumladan, birinchi navbatda savdo, maishiy, kommunal xizmat ko‘rsatish, shuningdek, qurilish obyektlarini tanlov asosida sotish yo‘li bilan bunday bozorni shakllantirish; xususiylashtirish jarayoniga ulgurji savdo korxonalarini jalb etish orqali ishlab chiqarish vositalari bozorini tashkil qilish, shuningdek, tovar-xomashyo birjalari tizimini rivojlantirish; shakllangan ishlab chiqarish va boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirishni cheklash tatbiq etiladigan korxonalar sonini qisqartirish; tenderlar va kim oshdi savdolari, investitsiya savdolari o‘tkazish, shuningdek, mol-mulkni to‘g‘ridan to‘g‘risotish orqali xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish; korxonalarning xususiylashtirishdan keyingi faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash. Barcha davlat mulki obyektlari ikki guruhga bo‘linadi: davlat tasarrufidan chiqariladigan, xususiylashtiriladigan obyektlar; xususiylashtirish taqiqlangan obyektlar. Obyektni ushbu guruhlardan biriga kiritish uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi: obyektlarning tarmoq mansubligi; ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning, bajarilayotgan ishlar va xizmatlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati; davlat mulkini saqlab qolishning maqsadga muvofiqligi. O‘zbekiston Respublikasining mutlaq mulki bo‘lgan obyektlar yer (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno), uning qazilma boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tarix va madaniyat yodgorliklari, respublikaning suverenitetini, uning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi davlat budjeti mablag‘lari, respublika sug‘urta jamg‘armalari, korxonalar va mulkiy fondlar, shuningdek, davlat budjetidan mablag‘ bilan to‘liq ta’minlanadigan muassasalar xususiylashtirilmaydi. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar reyestri har yili O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi va aholiga ma’lum qilinadi. Mazkur Dastur vazifalarining og‘ishmay bajarilishi 1994-1995-yillardagi iqtisodiy islohotning hal qiluvchi omili hisoblanadi, respublikada ko‘p ukladli iqtisodiyotni va haqiqiy bozorni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, xo‘jasizlikni bartaraf etish va aniq egalikni qaror toptirish O‘zbekistonda islohotni yanada rivojlantirishning bosh yo‘nalishi hisoblanadi. Davlat tasarrufidan chiqarish jarayonida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanadi. Unda mulkchilikning barcha turlari davlat, kommunal, jamoat (shu jumladan, diniy tashkilotlar) mulki va xorijiy mulklar uyg‘unlashadi. Xususiylashtirish jarayonlarida iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va samaradorlik qoidalari ustunlik qiladi, islohotni sun’iy ravishda amalga oshirishga yoki susaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni qayta o‘zgartirish iqtisodiy islohotning yangi bosqichidagi xususiylashtirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Mayda obyektlar uchun ko‘proq mulkchilikning xususiy shakli va mas’uliyati cheklangan jamiyat, o‘rtachalari uchun mas’uliyati cheklangan va ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, yiriklari uchun ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tavsiya qilinadi. Ular uchun mulkchilikning tavsiya etilayotgan shaklini tanlash ishlab chiqarish ko‘lamlari, tarmoq xususiyatlari, ishlovchilar soni, asosiy fondlar qiymati, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va boshqa obyektlar bilan aloqalar hisobga olingan holda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, respublika darajasidagi tarmoq boshqaruvining mavjud organlari va ularning mintaqaviy (viloyat) bo‘g‘inlari ham o‘zgartiriladi. Respublika tarmoq, davlat va nodavlat konsernlari, ularning mintaqaviy bo‘linmalari ma’muriy buyruqbozlik tuzilma sifatida ixtiyoriy asosda tuziladigan ittifoqlar va uyushmalarga (ittifoq yoki uyushma har bir a’zosining ulardan chiqish huquqi bilan) aylantirilishi kerak. Ittifoq yoki uyushma ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tarzida yoki o‘z muassislarining ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatuvchi ijro etuvchi organ, yoxud Xolding (agar uning tashkil etilishi yangi monopoliyaga olib kelmasa) tarzida tuzilishi mumkin. Obyektlarni xususiylashtirish shartlari ham ular faoliyatining ko‘lami va xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Asosan savdo, umumiy ovqatlanish, kommunal va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga kiruvchi obyektlar, qoidaga ko‘ra, kimoshdi savdosida yoki tanlov asosida sotiladi. Bu boshqa tarmoqlarning mayda va ba’zi o‘rtacha obyektlariga, hajmidan qat’i nazar, tugallanmagan qurilish obyektlariga (agar balans egasida qurilishni tugallash uchun mablag‘ yo‘q yoki yetarli bo‘lmasa) ham taalluqlidir. Obyektlarni tanlov bo‘yicha sotishda yangi mulkdor tomonidan tavsiya etiladigan eng foydali xarid shart-sharoitlari g‘olibni aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi. Bunday shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi: asosiy ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolish va ko‘paytirish, tovar (ish, xizmat)larning yangi turlarini o‘zlashtirish; ish joylari sonini saqlab qolish yoki ko‘paytirish; infrastrukturani rivojlantirish; taqdim etilgan tadbirkorlik rejasiga muvofiq keluvchi boshqa shart-sharoitlar. Ayrim tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning respublika iqtisodiy imkoniyatlariga hamda davlat buyurtmasining bajarilishiga qo‘shgan hissalarini hisobga olib, quyidagilar nazarda tutiladi: Ustav sarmoyalarini har bir holatda Davlat mulki qo‘mitasi taqsimlaydi, bunda ma’muriyatga ko‘pi bilan aksiyalarning 5 foizi beriladi, ma’muriyat deyilganda rahbar, uning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar (shu jumladan, xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalar darajasida) tushuniladi; aksiyalarning asosiy qismini fond birjalarida, shu jumladan, xorijiy xaridorlarga sotish; aksiyalarning davlatga tegishli qismini xarid qilish bo‘yicha shu korxonalar negizida oldin tashkil etilgan jamiyatlar aksionerlarga imtiyozlar bermaslik; aksiyalarni turdosh va bevosita aloqada bo‘lgan korxonalar sirasiga kiruvchi davlat yuridik shaxslarga sotish. Ayrim hollarda Davlat mulki qo‘mitasi xorijiy xaridorlarga ustav sarmoyasining 100 foizini sotishi mumkin. Davlat ulushi hisoblangan aksiyalar va erkin savdoda sotib olinmagan aksiyalar maxsus (aksionerlik jamiyatlari tarzida) tashkil etilgan mulkiy fondlarga beriladi. 1994-yilda keng tarmoqli infrastrukturasi, vakolatli shirkatlari va boshqa nodavlat vositachilari bo‘lgan Xoldinglar, investitsiya fondlari va kompaniyalar faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish nazarda tutiladi. Xolding kompaniyalari aksionerlik jamiyatlarini, mulkchilikning jamoa shakllaridagi korxonalarni, mas’uliyati cheklangan xususiy oilaviy jamiyatlarni, tijorat, qo‘shma, kichik hamda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, mulkchilikning turli shakllaridagi boshqa korxona va tashkilotlarni birlashtirish yo‘li bilan tashkil etiladi. Xolding kompaniyalari tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan kiritiladi. Xolding kompaniyalarining faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan boshqarib boriladi. Konsalting firmalarining tashkil etiladigan tarmoqlari korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlashni, bo‘lg‘usi investorlarni korxonalar faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitlari bilan tanishtirishni, xaridorlar bilan yuridik va moliyaviy bitimlar loyihalarini tayyorlashni amalga oshiradilar. Ko‘rlar, nogironlar, xalq badiiy hunarmandchiligi jamiyatlarining iqtisodiy negizini mustahkamlash maqsadida ular tomonidan qayta o‘zgartirilgan korxonalar mulkidagi davlat ulushini aksionerlik kompaniyalarining ustav sarmoyasiga imtiyozli yoki tekinga berish nazarda tutiladi. Keng ko‘lamli xususiylashtirishda xorijiy investorlarning ishtirok etishini rag‘batlantirish uchun ularga singan korxonalarning aksiyalarini, aktivlarini raqobatli savdolarda, ko‘chmas mulklarni kimoshdi savdosida sotish, tenderlarda, kimoshdi savdolarida qatnashishlari, davlat korxonalarini to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyalash, konsessiyalar berish, xorijiy sarmoyani 100 foiz jalb etgan holda korxonalar qurish va shu kabilar ko‘zda tutiladi. Davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkning boshqa shakllariga qayta o‘zgartirish Davlat mulki qo‘mitasi tasdiqlagan Ish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi, unda, shuningdek, xususiylashtirilayotgan obyektlar mulkini baholash tartibi ham belgilab berilgan. Mulkni baholashni qayta o‘zgartirishga oid barcha hujjatlar turkumini tayyorlash javobgarligi zimmasiga yuklangan ishchi komissiya amalga oshiradi. Korxona ishchi komissiyasi materiallari yuzasidan ekspert xulosasini shunday faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan konsalting yoki auditor xizmatlari beradilar. Bu xizmatlar mulkni baholashda o‘zlari foydalangan materiallarning to‘g‘riligi va sifati uchun ishchi komissiya bilan bir qatorda javob beradilar. O‘zbekiston Respublikasidagi xususiylashtirish jarayonida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning ishtirok etishi qayta o‘zgartirilayotgan korxonalarda texnik va texnologik jihozlanganlik darajasini oshirish, korxonaga menejmentning yangi shakllarini olib kirish, boshqaruv malakalarini takomillashtirish, “nou-xau” ayirboshlash, tashqi bozorga chiqish, shuningdek, bitimlar tuzish yo‘li bilan naqd valyuta olish, xalqaro aloqalarni kuchaytirish va rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini dunyo miqyosida birlashtirish maqsadlarida nazarda tutiladi. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarining bir qismini sotish yo‘li bilan xorijiy valyutani xususiylashtirishni amalga oshirish nazarda tutiladi. Xorijiy investitsiyalar jalb qilinganda yoqilg‘i-energetika kompleksi, rangli metallarni, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni, radioaktiv va nodir yer elementlarini qazib olish va qayta ishlash korxonalarining aksiyalari nazorat paketlarini davlat o‘zida saqlab qoladi. Bu sohalarda, shuningdek konsession shartnomalar tuzilishi mumkin. Xorijiy investorlar uchun xususiylashtirishning quyidagi usullari nazarda tutiladi: a) aksiyalarni xorijiy investorga raqobatli, shu jumladan, investitsion savdo (tenderlar) orqali, kimoshdi savdolarida, fond birjalarida, shuningdek, bevosita muzokaralar jarayonida sotish; korxonalarning aksiyalarini to‘liq yoki ularning bir qismini xorijiy investorlarning bittasiga yoki bir guruhiga sotish, bu qo‘shma korxonalar yoki batamom xorijiy sarmoya negizidagi korxonalar tashkil etish imkonini beradi; tugatilgan (kasodga uchragan) korxonalarning aktivlarini oldindan belgilangan mezonlari bilan kimoshdi savdosida ochiq raqobatli savdolarda sotish; ko‘chmas mulkni kimoshdi savdosida va tanlov asosida sotish; davlat mulki obyektlarini investitsiya loyihalari bo‘yicha tanlov asosida sotish yo‘li bilan; b) ustav sarmoyasini ko‘paytirgan va davlat korxonasini mulkchilikning davlat-aksionerlik shakliga aylantirgan va ko‘paytirilgan ustav sarmoyasi aksiyalarining bir qismini xorijiy investorga sotgan holda davlat korxonalariga yangi investitsiyalarni joriy etish usuli bilan; ishlatish va foydalanish huquqi berilgan holda mulkni davlat ixtiyorida qoldirish imkonini beruvchi xorijiy investorlar bilan konsession shartnomalar tuzish usuli bilan (bu usul qazib oluvchi kompleks, elektr energetikasi, suv ta’minoti, kommunal xo‘jaligi korxonalariga nisbatan qo‘llanilganligi maqbul); xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari aksiyalarini xorijiy sarmoya ishtirokida tashkil etilgan investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya banklariga joylashtirish va almashtirish usuli bilan; foydalanishga tayyor qilib xususiylashtirish yer davlat mulki ekanligini saqlab qolgan holda yangi korxonaning xorijiy investor tomonidan qurilishi yoki qurilishning bir qismi davlat mulki ekanligini saqlab qolgan holda tugallanmagan qurilishni foydalanishga tayyor qilib qurib bitkazish usuli bilan. Xizmat ko‘rsatish sohalarining xususiylashtirilgan obyektlari bo‘lgan yer uchastkalari xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga to‘liq xususiy mulk qilib sotiladi yoki uzoq muddatli ijaraga beriladi. Xorijiy investorlarni davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga jalb qilish shakli to‘g‘risidagi qaror davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining taqdimnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi. Xorijiy investorlarni davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga jalb qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mustaqil konsalting, auditor tarmog‘i, firmalar tashkil etiladi, shuningdek, xuddi ana shunday xorijiy firmalar jalb qilinadi. Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshiruvchi xalqaro agentliklar tashkil etiladi: O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning qonunchilik va normativ bazalari, davlat mulkini xususiylashtirishning maqsad va vazifalari, korxona mulkida mehnat jamoasi, davlat, ichki va xorijiy investorlarning taxmin qilinayotgan ulushlarini ko‘rsatgan holda xususiylashtirilgan va xususiylashtirish mo‘ljallangan korxonalar, bo‘lg‘usi investorning investitsiya loyihasiga qo‘yiladigan talablar, xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini kimoshdi savdosi (tanlov) asosida sotishning shart-sharoitlari va shu kabilar to‘g‘risidagi bukletlarni nashr qilish, tarqatish hamda reklama qilish; bo‘lg‘usi xorijiy investorlarning so‘rovi bo‘yicha O‘zbekistonda xususiylashtirish qanday borayotganligi to‘g‘risidagi zarur axborotni berish; bo‘lg‘usi xorijiy sheriklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish; tarmoq vazirliklari va idoralarining tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarma va bo‘limlarining faoliyatini muvofiqlashtirish. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarining obyektlari joylashgan yer uchastkalarini sotish xususida Davlat mulki qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va normativ hujjatlariga qat’iy amal qiladi. Yerni baholashda Yer kadastri ma’lumotlari hisobga olinadi. Xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini sotish tanlov asosida xususiy mulk qilib berish orqali amalga oshiriladi. Tanlov bo‘yicha sotiladigan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarining dastlabki bahosini belgilashda bu bahoga yer uchastkasining bahosi ham kiritiladi, yer uchastkasi obyektni sotish bo‘yicha savdo (kimoshdi savdosi yoki tanlov) o‘tkaziladigan butun davrda uning tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy foydalanishdagi yerlar (maydonlar, ko‘chalar, o‘tish joylari, yo‘llar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, gulzorlar, cho‘milish joylari, suv havzalari, tabiiy yodgorliklar, milliy va dendrologiya bog‘lari, qo‘riqxonalar, botanika bog‘larining yerlari, shuningdek, sog‘lomlashtirish hamda tarixiy-madaniy maqsaddagi yerlar va shu kabilar sotilishi mumkin emas. Yer uchastkalarini sotish, ular sotiladigan baho va sotish shartlari, egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqi bilan sotilishi mumkin bo‘lmagan tegralarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda aniqlanadi. Yer uchastkasini tasarruf qilish huquqi mulkka egalik qilish huquqi to‘g‘risidagi hujjatda qayd etiladi. Berilgan yer uchastkalaridan foydalanishga kirishishga tegishli yer tuzish tashkilotlari tomonidan uchastkaning chegaralari naturada belgilanib, yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi order asosida hujjatlar berilgandan keyin ruxsat etiladi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilanadi. 3.1. Davlatning barcha korxonalari xususiylashtirish usuliga ko‘ra ikki guruhga ajratiladi: birinchi guruh iqtisodiyot barcha tarmoqlarining ishlovchilar soni 150 kishigacha bo‘lgan, asosan kimoshdi savdolari, tanlovlar yoki birja savdolarida sotiladigan mayda korxonalarni o‘z ichiga oladi. Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan xususiylashtirish usuli to‘g‘risidagi qaror Davlat mulki qo‘mitasiga qarashli tashkilotlar tomonidan bajarilishi shartdir; ikkinchi guruh, Dasturning 3.2-bandida nazarda tutilgan istalgan usulda xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan qolgan barcha korxonalarni o‘z ichiga oladi. Davlat mulki qo‘mitasi xususiylashtirish obyektini sotish to‘g‘risida axborot bildirishi e’lon qilingunga qadar xususiylashtirishning tarmoq va mahalliy dasturlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga haqlidir. 3.2. Xususiylashtirishning quyidagi usullaridan foydalanish nazarda tutiladi: xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish; –– davlat korxonalarini ochiq aksionerlik jamiyatlariga aylantirish va ularning aksiyalarini belgilangan tartibda sotish; –– aksionerlik jamiyatlari bo‘lmagan korxonalarni tanlov bo‘yicha va kimoshdi savdosida sotish; –– ishlab turgan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar mol-mulki (aktivlarni, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlarni birja savdolarida, kimoshdi savdolarida va tanlov bo‘yicha sotish; –– davlat mulki hisoblangan ulush (pay, aksiya)larni kimoshdi savdosida, tanlov bo‘yicha, shu jumladan, qatnashchilarning tarkibi cheklangan tanlov bo‘yicha sotish. 3.3. Xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish. Davlat o‘z ulushini saqlab qoladigan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining ustav sarmoyasini shakllantirishda asosan aksiyalarning quyidagi to‘rtta paketi nazarda tutiladi: davlatga tegishli; mehnat jamoalariga tegishli; xorijiy sherikka tegishli; fond birjalarida va qimmatli qog‘ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet ellarda erkin sotishga mo‘ljallangan aksiyalar. Davlat va mehnat jamoalari aksiyalari paketining ulushi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki tekinga olingan har qanday aksiyalarni mulkdor qonunchilik doirasida cheklashlarsiz sotishi mumkin. Qo‘shimcha (ikkilamchi) emissiya va aksiyalarni tarqatish aksionerlik jamiyatlari tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 3.4. Aksionerlik jamiyatlari bo‘lmagan korxonalarni tanlov bo‘yicha va kimoshdi savdosida sotish. Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirish obyektlari xususiy mulk qilib sotib olinishi xaridorlardan xususiylashtirilayotgan obyektga nisbatan qandaydir shartlarni bajarish talab qilingan hollarda tanlov bo‘yicha sotish hisoblanadi. Tanlov shartlari O‘zbekiston Respublikasida davlat korxonalarini tanlov bo‘yicha davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibiga muvofiq belgilanadi. 3.4.1. Kimoshdi savdosida (tanlov bo‘yicha) xususiylashtirilgan davlat korxonalarining egalari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga bu korxonalar egallab turgan hamda ular xarid qilgan mulk tarkibiga kirmagan odamlar yashamaydigan xonalar, binolar, imoratlarni ijaraga olish bo‘yicha uzoq muddatli (10 yilgacha bo‘lgan muddatga) shartnomalar tuzish huquqi beriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan xonalar, binolar, imoratlarning ijara shartnomalarini ilgari tuzilganlarga nisbatan o‘zgartirishga faqat tomonlarning kelishuviga ko‘ra, agarda shartnoma shartlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasining xususiylashtirilgan obyektlari egalari shu korxonalar egallab turgan yer uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga egadirlar. 3.4.2. Korxonalar va tashkilotlarning, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki (aktivlari) kimoshdi savdosida va Respublika ko‘chmas mulk savdosi birjasida hamda uning filiallarida Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq sotiladi. 3.4.3. Ishlab turgan davlat korxonalarining mol-mulkini (aktivlarini) sotish faqat Davlat mulki qo‘mitasining ruxsati bilan u belgilagan tartibda sotiladi. 3.4.4. Tugallanmagan qurilish obyektlari aktivlarini xususiylashtirish: bu obyektlarning aktivlarini birja savdolarida, kimoshdi savdolarida, tanlov bo‘yicha sotish yo‘li bilan; keyinchalik aksiyalar sotiladigan davlat sarmoyasi 100 foiz bo‘lgan ochiq aksionerlik jamiyati ta’sis etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tugallanmagan qurilish obyektlarining aktivlarini sotishdan olingan pul daromadlarini taqsimlash Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Xususiylashtirishdan keyingi davrda korxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun davlat quyidagi chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi; maxsus investitsiya fondlari va banklar tashkil etadi; xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni jamlaydi va ulardan xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish dasturini qo‘llab-quvvatlashda foydalanadi; davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni korxona ularni texnika bilan qayta jihozlashga va asosiy fondlarni yangilashga yo‘naltiradi; xalq xo‘jaligining birmuncha qulay tartibda davlat tasarrufidan chiqariladigan ustuvor tarmoqlarini aniqlaydi; barqaror xo‘jalik aloqalariga ega bo‘lgan millatlararo kompaniyalar, birlashmalar va tuzilmalarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratadi; bojxona to‘lovlarini va soliqlarning ba’zi turlarini pasaytirish yoki bekor qilish, kvotalash hamda litsenziyalash hajmlarini kamaytirish tarzidagi turli imtiyozlarni aniqlaydi, belgilaydi va hokazo; tadbirkorlarni huquqiy va iqtisodiy himoya qilishni kafolatlaydi. Davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha olingan dividendlar 1994-yilda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan, shartnoma asosida, tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlarini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda ular belgilangan tartibda korxonalardan olib qo‘yiladi. Turli xil moliya-sanoat guruhlari, birlashmalari va korporatsiyalarini tashkil etish davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi. Bunday tuzilmalar MDH mamlakatlari va jahon hamjamiyati integratsiyasi jarayonlarini kuchaytirish, xo‘jalik aloqalari uchun zarur bo‘lgan barcha amaliy xizmatlar majmuini ko‘rsatishi, ularning barqaror va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlashi, kliring asosidagi o‘zaro hisob-kitoblar masalalarini hal etishi kerak. Yoqilg‘i-energetika, kimyo, kon qidirib topish, paxtani qayta ishlash majmuilari tarmoqlari bo‘yicha, ko‘plab investitsiya, shu jumladan, valyuta mablag‘larini jalb etgan holda, davlat tasarrufidan chiqarishning maxsus dasturlari tasdiqlanmoqda. Ushbu tarmoqlarning xorijiy investitsiyalari uchun imtiyozli tartib belgilanadi, investorlarni jalb etishda davlat kafolatchi bo‘ladi. Mintaqaviy va tarmoq (viloyat, shahar, tuman) dasturlariga qo‘yiladigan umumiy talablar Davlat dasturidan kelib chiqadi va quyidagilardan iborat bo‘ladi: 5.1. Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlari respublika xususiylashtirish dasturining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda tuzilishi kerak. 5.2. Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlariga atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari albatta kiritilishi kerak, ya’ni hududga ekologik zarar yetkazadigan korxonalar himoya inshootlarini yaratib, ularni ishga tushirgandan keyingina xususiylashtirilishi yoki bu korxona tugatilib, uning mulki qismlab kimoshdi savdolari orqali yoki ekologiya talablarini nazarda tutgan holda tanlov asosida sotilishi mumkin. 5.3. Xususiylashtirishning hududiy va tarmoq dasturlari asosiy qoidalarining ro‘yobga chiqarilishi qonun bo‘yicha hudud yoki tarmoqdagi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmalar hamda mansabdor shaxslarning javobgarlik tartibi asosida jadal va sifatli amalga oshirilishi lozim. Xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlari hokimliklar tomonidan har yili Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ishlab chiqilishi va quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak: bozor infrastrukturasining yangi subyektlarini yaratish va yangi turdagi tadbirkorlarni tarbiyalash; mahalliy bozorni tovarlar va xizmatlar bilan boyitish; mintaqaning hayotini ta’minlash va hudud manfaatlariga aloqador muammolarni hal qilish. Xususiylashtirishning mahalliy dasturlari mazkur mintaqaning respublika xalq xo‘jaligidagi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatini hisobga olishi va davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonining o‘zini amalga oshirishda shu mintaqada yashovchi aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashi kerak. Xususiylashtirishning mahalliy dasturi muhokamasi ommaviy bo‘lishi, uning loyihasi mahalliy matbuot organlarida e’lon qilinishi, mahalliy radio va televideniye orqali eshittirilishi, ko‘rsatilishi lozim. Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlari qayta o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan aniq obyektlar ro‘yxatini, ularni xususiylashtirishdan kutilayotgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilishi zarur: mavjud ahvolni sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilish, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlaridagi strategiya hamda taktikani belgilash; davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar ro‘yxati; ishlab turgan yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; boshqaruvning iqtisodiy va shartnomaviy usullariga o‘tish masalalarini nazarda tutgan holda aksionerlik jamiyatlarining namunaviy ustavidan foydalanish; mintaqaning va umuman respublikaning manfaatlarini hisobga olgan holda davlat mulkini xorijiy sheriklar va investorlarga sotish imkoniyatlariga alohida e’tibor berish. Xususiylashtirish jarayonida korxonalarni birlashmalar tarkibidan, tarkibiy bo‘linmalarning korxonalar tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi qaror respublika Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga muvofiq qabul qilinadi. Tarkibiy bo‘linmalarning korxonalar tarkibidan ajralib chiqishi to‘g‘risidagi qaror texnologik majmua birligini buzmasligi kerak. Yirik korxonalar asosan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari tarzida xususiylashtiriladi. O‘rta va mayda korxonalar xususiy mulk, javobogarligi cheklangan jamiyat tarzida xususiylashtirilib, xorijiy investorlarga qo‘shma korxonalar tashkil qilish uchun tavsiya etiladi, aksiyalashtiriladi. Respublika mintaqalari uchun hayotiy muhim mahsulotlarni ishlab chiqarishda ustuvorlikka ega bo‘lgan kimyo sanoati korxonalari ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladi yoki tanlov asosida mazkur ishlab chiqarishni rivojlantirish yoki uning samaradorligini oshirishning eng maqbul variantini taklif etgan yuridik va jismoniy shaxslarga tanlov asosida sotiladi. Energetika vazirligi, “O‘rtaosiyoko‘mir”, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi korxonalarining xalq xo‘jaligini yoqilg‘i-energetika va mineral resurslar bilan barqaror hamda uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ularga bo‘lgan talablar, ularni qazib olish va qayta ishlash ustidan nazoratning zarurligi kabi xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu bosqichda ularning yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalarini davlat tasarrufidan chiqarib, ular uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish, aksiyalarning nazorat paketini davlatda qoldirish maqsadga muvofiqdir. Kimyo va paxtani qayta ishlash korxonalari uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi. 2. Qurilish majmui, transport va aloqa Qurilish majmui, transport va aloqa davlat korxonalarini qayta o‘zgartirish asosan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish tarzida amalga oshirilib, aksiyalar mehnat jamoalari a’zolariga, davlat tasarrufida bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslarga, xorijiy firma va kompaniyalarga tarqatiladi. Aksiyalarni aksionerlar o‘rtasida taqsimlashni, aksiyalarning nazorat paketini belgilashni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi amalga oshiradi. Tugallanmagan qurilish obyektlari, qaysi idoraga qarashliligidan qat’i nazar, boshqa mol-mulk bilan bir qatorda kimoshdi savdosiga yoki tanlov bo‘yicha sotishga qo‘yiladi. Monopoliyaga qarshi siyosatning maqsadga muvofiqligi va unga rioya qilish zarurligini hisobga olib, aksiyalardagi davlat ulushini kamaytirish va uni fond birjalari orqali erkin sotish nazarda tutiladi. Ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini qayta o‘zgartirishning asosiy shakllari javobgarligi cheklangan jamiyat xususiy mulki va ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlaridir. Savdo va maishiy xizmat obyektlarini xususiylashtirishda yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, shuningdek, tanlov asosida shu obyektlar joylashgan yer uchastkalarini xususiy mulk qilib sotish nazarda tutiladi. Dehqonchilik sanoati majmuidagi qayta o‘zgartirishlar shakli davlatda qoladigan yerga egalik huquqi bilan belgilanadi. Yer ijaradagi jamoalarga, uyushmalarga, dehqon (fermer) xo‘jaliklariga, fuqarolarga bog‘-uzumchilik xo‘jaliklari a’zolariga, amaldagi qonunga muvofiq yetishtirilgan mahsulotga egalik qilish huquqi bilan vaqtincha yoki doimiy foydalanish uchun shartnoma bo‘yicha ajratiladi. Iqtisodiyotning dehqonchilik jabhasidagi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha davom ettiriladi: jamoa xo‘jaliklarida kooperatsiyaning boshlang‘ich xususiyatini tiklash. Jamoa a’zolari ishlab chiqarish vositalari va yetishtiriladigan mahsulotlarning egalari bo‘ladilar. Jamoa har bir a’zosining mulkdagi ulushini aniqlash (pay, aksiyalarni qayta taqsimlash) bo‘yicha nizom ishlab chiqiladi; davlat xo‘jaliklarini jamoa xo‘jaliklariga, aksionerlik jamiyatlariga va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga (mol-mulkni sotib olish yoki jamoaga tekin berish asosida) aylantirish; dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yirik xo‘jaliklar (jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari) bilan integratsiyada rivojlantirish va ular negizida dehqonlarning ijaradagi, kooperativ va xo‘jalikni yuritishning boshqa shakllaridagi uyushmalari tarzidagi ko‘p ukladli xo‘jaliklarni tashkil etish; qishloq xo‘jaligi xomashyosi bilan ishlovchi davlatning qayta ishlovchi korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish. Madaniyatli bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan dinamizm, harakatchilik, yuqori samaradorlik bozor infrastrukturasi muassasalari tarmog‘i tomonidan ta’minlanadi. Bozorning hamma qatnashchilari: sotuvchilar, xaridorlar va vositachilar uchun zarur bo‘lgan ommaviy xizmatlar bilan tez, ishonchli, qulay va arzon tarzda ta’minlash ularning vazifasi hisoblanadi. Bunga tovarlar, aksiyalar va ko‘chmas mulklar oldi-sotdisi, obyektlarni investitsiyalash, ularga kredit xizmati ko‘rsatish, qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishni va ularning harakatini tashkil etish kiradi. Yuqorida qayd etilgan ishlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun fond, ko‘chmas mulk birjalari, investitsiya fondlari, ishlab chiqarish vositalari sotiladigan ulgurji savdo korxonalari, xususiylashtirish banki, universal axborot-telekommunikatsiya tizimi jadal sur’atda tashkil qilinadi. Bozor iqtisodiyotini barpo qilishda moliya bozori eng muhim ahamiyatlardan birini kasb etadi. Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, bu jarayonda fuqarolarning shaxsan ishtirok etishlarini ta’minlash uchun aholi hamda korxonalarning band bo‘lmagan mablag‘larini safarbar qilishning yangi mexanizmi zarur bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarning mahalliy mintaqaviy bozorlarini yagona tizimga uyushtirish, ularning tuzilmalarini bu tizim doirasida uyg‘unlashtirish, ro‘yxatga olish, qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish, hisobga olish va hisobotning yagona qoidalarini qaror toptirish har bir investorga respublikadagi istalgan emitentning o‘ziga zarur bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarini xarid qilishini ta’minlaydigan yagona axborot makonining yaratilishini talab qiladi. Bularning barchasi oqibat natijada qimmatli qog‘ozlar bozoridagi narxlarning barqarorlashuvini, talab va takliflar muvozanatini nazarda tutadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida fondlarning umumrespublika integratsiyalashgan tizimi va ko‘chmas mulk birjasining tarmoqlangan mintaqaviy infrastrukturasi, davlat nazorati ostida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish jarayonlari bilan qatnashishi zarurdir. Qimmatli qog‘ozlar bozorida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarni bartaraf etishning ijobiy imkoniyatlarini amalga oshirish maqsadida Davlat mulki qo‘mitasi huzurida O‘zbekiston umumdavlat axborot-telekomunikatsiya fondi tizimi (UUTFT)ni shakllantirish nazarda tutilgan. Tizim qimmatli qog‘ozlarning likvid (naqd pulga aylantiriladigan) bozorini ta’minlashi, emitentlarga samarali ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni qisqa muddatlarda jalb qilishlariga, investorlarga esa o‘z mablag‘larini foydali tarzda joylashtirishlariga imkoniyat yaratishi kerak. Fond bozorining qatnashchilari emitent va investorlarning manfaatlarini uyg‘unlashtirishdan tegishli daromadlarni oladilar. Bu ulkan axborot tizimi elektron aloqa yordamida respublikaning viloyatlari, yirik shaharlarini bir-birlari bilan bog‘lashi, bitimlar tuzish vaqtida emitentlar, moliyaviy aktivlar oldi-sotdisining narxlari va hajmlari to‘g‘risida to‘liq axborot berishi kerak. Mexanizmni ishlab chiqish va amalda joriy qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi; Birinchi bosqichda qimmatli qog‘ozlarni dastlabki tarqatish mexanizmining yaratilishi ta’minlanishi, qimmatli qog‘ozlarning respublika va mintaqaviy darajalarda elektron-hisoblash tarmoqlari va depozitariylar yordamida qimmatli qog‘ozlarning harakatini ta’minlovchi elektron komplekslar bilan talab darajasida jihozlash amalga oshirilishi kerak. Ikkinchi bosqichda qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori mexanizmining shakllanishi ta’minlanadi, buning uchun quyidagilar zarur bo‘ladi: tegishli qonun yoki normativ hujjatlar bilan qimmatli qog‘ozlar fond muomalasining yagona mexanizmini yaratish maqsadida fond operatsiyalarining unifikatsiyalangan qoidalarini tasdiqlash; barcha darajalarni mahalliy hisoblash tarmoqlari va telekommunikatsiya asbob-uskunalari tizimlari bilan to‘liq jihozlash; mintaqa va respublika birja hamda kimoshdi savdolarida elektron savdolarini tashkil etish; mintaqaviy depozitariylarning markaziy respublika depozitariysi bilan o‘zaro aloqa tizimini ishlab chiqish; investitsiya fondlarining buxgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish mexanizmini ishlab chiqish; depozitariy ma’lumotlarini hisobga olish asosida axborot-ma’lumotnoma analitik tizimini ishlab chiqish. Depozitlar tarmoqlarini tashkil etish qisqa muddatda quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi: aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarning naqd pulsiz emissiyasini ta’minlash. Bu aksiyalashtirilayotgan korxonalar mablag‘larini ancha tejaydi; qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hajmlari, ularning muomalada bo‘lishi to‘g‘risida yagona axborot bazasini yaratish, fond bozorining ahvoli va rivojlanish tendensiyalarini nazorat qilish uchun davlat organlarini axborot-ma’lumotnoma materiallar bilan ta’minlash; aksionerlar reyestrini yagona texnologik asosda yuritishni tashkil etish; aksiyalarni dastlabki joylashtirishni ta’minlash va ikkilamchi bozorning tezkor faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish; fond birjasida va birjadan tashqari operatsiyalarda aksiyalarni xarid qilish sotishda solishtirish operatsiyalarini bitishuv tuzilgandan keyingi ish kunidan kechikmay bajarilishini ta’minlash; qimmatli qog‘ozlar emissiyalarini naqd pulsiz shaklda joylashtirishda qalbakilik va yo‘qolishdan yuz foiz kafolatlash, fond birjasida ta’minlanmagan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan aksiyalarning paydo bo‘lishidan to‘liq himoya qilishni nazorat etish; mavjud texnologiyalar hisobiga qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishdan kelib chiqadigan huquqlarni (sotish, in’om qilish, garovga berish, meros qilib qoldirish kabilarni) amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarishning oddiy va ishonchli mexanizmini yaratish. Depozitariy to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadi. Respublika fond birjasi bozor munosabatlarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalda ro‘yobga chiqarish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoya qilishni ta’minlash, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, xorijiy investorlarga davlat mulkini hususiylashtirish jarayonida bevosita qatnashish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etiladi. Quyidagilar birjaning asosiy vazifalari hisoblanadi: qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning bozor narxlarini aniqlash va ular to‘g‘risidagi axborotlarni tegishli ravishda tarqatish, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining malakasini yuqori darajada tutish; yuridik va jismoniy shaxslarga qimmatli qog‘ozlar yordamida zarur pul mablag‘larini jalb qilish va ularning aylanuvchanligini tartibga solish imkoniyatlarini yaratish. Birja o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, ustavga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi. Respublika ko‘chmas mulk savdosi birjasi ko‘chmas mulkning ochiq bozorini barpo qilish, tadbirkorlikni va raqobatni rag‘batlantirish, xususiylashtirish jarayonini takomillashtirish va jadallashtirish, yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, xorijiy fuqarolarga mulkni xususiylashtirish jarayonida bevosita ishtirok etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etiladi. Quyidagilar birjaning asosiy vazifalari hisoblanadi: ko‘chmas mulk savdosini tashkil qilish, bozor narxlarini belgilash va ular to‘g‘risidagi axborotni tegishli ravishda tarqatish orqali respublikaning barcha mintaqalaridagi va uning tashqarisidagi jismoniy hamda yuridik shaxslar bilan foydali tijorat bitimlarini tuzish uchun shart-sharoitlar tashkil qilish. Birja o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, ustavga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi. Tadbirkorlarni, qayta o‘zgartirilgan va xususiylashtirilgan korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat mulki qo‘mitasi xususiylashtirish tushumlaridan to‘plangan mablag‘larning bir qismidan, shuningdek, xalqaro xorijiy va respublikadagi yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘laridan foydalanib, xalqaro xususiylashtirish banki (“O‘zxususiylashtirishbankni tashkil qiladi). “O‘zxususiylashtirishbankining: xususiylashtirilgan mulk subyektlari, shu jumladan, xorijiy investorlarga qismi yoki to‘liq tegishli bo‘lgan subyektlarga nisbatan investitsiya kredit faoliyati bilan shug‘ullanishi; sarmoyani (davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar, aksiyalarni erkin sotishdan olingan daromadlar, davlatga tegishli aksiyalardan olingan dividendlar, davlat mulkini ijaraga berishdan olingan ijara to‘lovlarining bir qismini) xalq xo‘jaligini tarkibiy qurish dasturi (topshiriqda belgilangan tartibda tasdiqlangan yo‘nalish va obyektlar bo‘yicha qo‘yishni tartibga solishi; xususiylashtirilgan korxonalarni sug‘urta qilingan mol-mulkni garovga qo‘yish yoki boshqa kafolatlar orqali kredit bilan ta’minlashni amalga oshirishi; ularning xalqaro fondlar va xorijiy investorlardan tushadigan maqsadli mablag‘larini to‘plashi hamda ulardan xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda foydalanishi; tezda samara beradigan, O‘zbekistonning eksport imkoniyati o‘sishiga, importning o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni barpo etishi; korxonalarni sotib olish hisobiga hosil bo‘ladigan va korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan mablag‘lar ulushini to‘plashi hamda ulardan belgilangan maqsadda foydalanishi; Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, xalqaro valyuta fondi va boshqa tashkilotlar bilan xususiylashtirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishi nazarda tutilsin. Ommaviy xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga korxonalar aksiyalarini xarid qilish yo‘li bilan mulkka egalik huquqini ta’minlash imkonini yaratadi. Xususiylashtirish qatnashchilariga tanlov erkinligini ta’minlash va o‘z mablag‘larini aksiyalarga muvaffaqiyatsiz qo‘yishdan qutulishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar tavakkalini kamaytirish maqsadida tijorat asosida o‘z aksiyalarini erkin sotish uchun tavsiya qiladigan aksionerlik jamiyatlari bilan muayyan investorlar o‘rtasidagi vositachilar sifatida ishlovchi investitsiya fondlarining tizimi shakllantiriladi. Investitsiya fondlarining faoliyati ruxsatnoma (litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi. Investitsiya fondlarini ta’sis qilish va ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan investitsiya fondlari to‘g‘risidagi maxsus nizom bilan tartibga solib boriladi. Davlat tuzilmalari va davlat tasarrufida bo‘lmagan yuridik hamda jismoniy shaxslar investitsiya fondlarining ta’sischilari bo‘lishlari mumkin. Investitsiya fondlarining aksiyalari va xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari bilan amalga oshiriladigan oldi-sotdi operatsiyalariga soliq solinmaydi. Barcha turdagi investitsiya fondlari o‘zlari chiqargan aksiyalarini Davlat mulki qo‘mitasi aksioner hisoblanuvchi davlat aksiyalari ulushiga almashtirish huquqiga ega emaslar. Davlat tasarrufida bo‘lmagan investitsiya fondlari milliy va erkin almashtiriladigan valyutada davlat aksiyalarini xarid qilishlari mumkin. Iqtisodiy islohotlar jarayonida aholining turli qatlamlarini muayyan tarzda ijtimoiy himoya qilishning xususiyatlari quyidagilardan iboratdir: 1. Ijtimoiy adolatni ta’minlashga taqsimot jarayoni yordamida erishiladi. Budjet mablag‘lari hisobiga yordam ko‘rsatib turiladigan aholining eng muhtoj va kamxarj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli dasturlarini ishlab chiqish. Eng muhim oziq-ovqat mollari, bolalar va keksalar uchun mo‘ljallangan mollar uchun davlat tomonidan dotatsiya beriladi. 2. Xususiylashtirishning boshlang‘ich bosqichida homiladorlarni, nogironlarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha cheklashlar, xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan korxonaning yo‘nalishini saqlab qolish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan belgilanadigan eng kam ish haqidan past bo‘lmagan darajada ish haqi to‘lanishini ta’minlash va shu kabilarni nazarda tutuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish choralari majmui. Qo‘shimcha ishchi o‘rinlari tashkil etish, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish. 3. Ijtimoiy himoya qilishning uy-joylarni xususiylashtirishda ifodalangan muayyan yo‘nalishlari. Uy-joylarni ish haqi maoshlarining yagona tarif setkasi bilan limitlangan o‘qituvchilar, fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash va boshqa budjet tashkilotlari xodimlarining bepul olishi. 4. Mehnat jamoalarining quyidagilarga bo‘lgan huquqiy ustunligi: aksiyalarning imtiyozli paketlariga; yuqori darajada eskirgan asosiy fondlarni bepul berishga; korxonadagi ijtimoiy infrastruktura obyektlaridan (ishxonalar, dushxonalar, kiyimxonalar, tibbiy joylar, profilaktoriylar va shu kabilardan) bepul (sotib olmasdan) foydalanish imkoniyatiga; mol-mulkning sotib olish qiymatidan asosiy sotib olishga korxonaning ishlab chiqarish fondidan qilingan xarajatlari hajmida chegirishga; er uchastkalarini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari uchun sotishga; shaxsiy yordamchi xo‘jalik uchun yer olishga; qishloq xo‘jaligida davlat xo‘jaliklari, fermalar, bog‘lar, uzumzorlar va shu kabilar mol-mulkini imtiyozli xususiylashtirish imkoniyatiga. Mulkdorlar o‘rtasidagi mulkiy nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik va normativ hujjatlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda hal etiladi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tartibga soluvchi qator qonun va normativ hujjatlarga mazkur Dasturning I-VII bo‘limlariga muvofiq belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Jumladan, quyidagi qonun va nizomlar o‘zgartirishni va qayta ishlashni talab qiladi: “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Ijara to‘g‘risida”, “Mulkchilik to‘g‘risida”, “Korxonalar to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”, “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlar to‘g‘risida”, “Garov to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida” yangi qonunlar joriy qilinishi zarur. Ular orasida “Xo‘jalik subyektlarining sinishi to‘g‘risida” va boshqalar bor. Respublikamizdagi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha nizomlar, normativ hujjatlar tadrijiy asosda, yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqilmoqda va tasdiqlanmoqda. 8.1. Davlat korxonalarini xususiylashtirishda tarkibiy siyosatni amalga oshirish uchun normativ bazalar tayyorlash. Tegishli hujjatlar bilan: xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan korxonalarning davlat reyestri, boshqaruvning respublika va mintaqaviy tuzilmalarini uyushmalarga va xo‘jalik birlashmalarining boshqa shakllariga aylantirish, uyushmalar va ittifoqlarning ustavlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan davlat korxonalari va tashkilotlari ro‘yxati, xalq xo‘jaligi tarmoqlarida va narx belgilash sohasida monopolistik faoliyatni cheklash tartibi tartibga solib boriladi. Xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlari, ulgurji savdo tizimi, davlat kadastrlarining yagona tizimi, Xolding kompaniyalari to‘g‘risidagi nizom, pay va aksiyalarni qayta taqsimlash, haqiqiy mulkdorlarni aniqlash tartibi tasdiqlanadi. 8.2. Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishga doir chora-tadbirlar davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, korxonalar aksiyalarini chiqarish va sotish, asosiy fondlarni hisobdan chiqarish, yopiq aksionerlik jamiyatlarini ularning ochiq turlariga aylantirish, alohida obyektlar va korxonalarni xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqarish tartibini, ochiq turdagi aksionerlik jamiyatining namunaviy Ustavini belgilaydi. 8.3. Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va ko‘chmas mulklar hamda ishlab chiqarish vositalari bozorlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar: (fond, tovar-xomashyo, ko‘chmas mulk) birjalari, investitsiya fondlari, qurilishi tugallanmagan obyektlarni sotish bo‘yicha tanlovlar to‘g‘risidagi nizomlarni; axborotlarning respublika telekommunikatsiya tizimini yaratish dasturini; xo‘jalik subyektlarining sinishi to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishni nazarda tutadi. 8.4. Xorijiy investitsiyalarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etish. Bu ishda yutuqqa erishish uchun xorijiy fuqarolarning kelishi va O‘zbekiston hududida yurishining, xorijiy investitsiya jalb etilgan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslardan soliq olish tartibga solinadi, ularning xususiylashtirishda qatnashishi uchun keng imkoniyatlar ochiladi, “Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida”gi Qonun takomillashtiriladi. 8.5. Tarmoq xususiyatiga ega bo‘lgan korxonalarni xususiylashtirishning o‘ziga xos jihatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan mustahkamlangan tegishli dasturlar va uslubnomalarda hisobga olinadi. 8.6. Aholini ijtimoiy himoya qilish choralari aksionerlarning huquqlarini va xususiy jamg‘armalarni himoya qilish tartibini, korxonalarni xususiylashtirilgandan keyin qo‘llab-quvvatlash choralari tizimini belgilaydi. 8.7. Islohot g‘oyalarini targ‘ib qilish axborot vositalari orqali mahalliy aholiga hamda xorijiy investorlarga yetkaziladigan islohotlar va keng ko‘lamda xususiylashtirish to‘g‘risidagi maxsus ishlab chiqilgan dasturlar orqali amalga oshiriladi. Barcha axborot vositalari va organlari Davlat mulki qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda kuyidagi vazifalarni hal eta borib, ommaviy xususiylashtirish dasturining har tomonlama yoritilishini ta’minlaydilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xususiylashtirish va umuman iqtisodiy islohotlar dasturi bo‘yicha qarorlarining keng ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash. 2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning aksioner sifatidagi huquqlari hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida O‘zbekiston uchun xususiylashtirishning umumiy ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish. 3. Joylarda Davlatning xususiylashtirish dasturini qo‘llab-quvvatlayotgan tuzilmalar va tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar. 4. Xususiylashtirish dasturida qatnashish shakllarini, bu jarayonni o‘tkazish mexanizmlarini, unda qatnashishda fuqarolar oldiga qo‘yiladigan talablarni, ijtimoiy himoya qilish choralarini aholiga tushuntirish. 5. Xususiylashtirilgan obyektlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan jamoatchilik bilan mintaqa darajasidagi aloqalarni tashkil etishga oid tashabbuslarga yordam berish. 6. Qayta o‘zgartirishlarning borishi, markazdagi va joylardagi xususiylashtirishning roli, xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini xarid qilish tartibi, investitsiya fondlari, ko‘chmas mulk bilan savdo qiluvchi birjalar, fond birjalari, tanlov va kimoshdi savdolari o‘tkaziladigan vaqt va joy hamda ularda sotishga qo‘yiladigan korxonalar to‘g‘risida mahalliy va xorijiy matbuotda muntazam ravishda axborotlar berib borish: hamma darajadagi budjetlardan dotatsiya oluvchi barcha ommaviy axborot vositalari o‘zlariga berilayotgan dotatsiyaning 20 foizigacha summada mulkchilikning barcha darajalarida xususiylashtirilayotgan obyektlar to‘g‘risidagi axborotlarni tekin e’lon qilishga majburdirlar. Mazkur dasturning barcha boshqaruv va hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi majburiydir. Dasturni amalga oshirish jarayonida unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 1. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ularning ochiq turdagilariga aylantirishning asosiy maqsadi keng aholi qatlamlarini, O‘zbekiston Respublikasi, MDK mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarning nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (aksionerlashtirish) jarayoniga jalb etish yo‘li bilan iqtisodiy islohotni chuqurlashtirish hisoblanadi, 2. Mazkur Nizom davlat o‘ziga tegishli aksiyalar paketi bilan uning a’zolaridan biri hisoblangan yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini o‘zgartirish tartibini belgilaydi. 3. Mehnat jamoalari o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar ulushini sotib olgan yoki sotib olish uchun birinchi badalni to‘lagan bo‘lsa, tegishli hokimliklarda belgilangan tartibda (agar hukumat qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa) ro‘yxatdan o‘tkazilgan yopiq, turdagi aksionerlik jamiyatlari ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilishi kerak. 4. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ularning ochiq turdagilariga aylantirish jarayonida Ustav fondi o‘zgartiriladi, u qayta tuzish vaqtidagi amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq, asosiy vositalarning qiymatini qayta hisoblash natijasidagi summaga oshadi (agar bunday qayta hisoblash ilgari amalga oshirilmagan bo‘lsa). 5. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ularning ochiq turdagilariga aylantirish aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qarori asosida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish davlat dasturiga yoki uning asosida tuzilgan mintaqaviy va tarmoq dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. 6. Quyidagilar yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ularning ochiq turdagilariga aylantirish tashabbusi bilan chiqishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi (uning hududiy boshqarmalari) yoki davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar paketiga muvofiq ravishda aksionerlik jamiyatini boshqarishga vakil qilingan organ; qayta tashkil etilgan korxona aksionerlarining kamida uchdan bir qismi (mehnat jamoalari a’zolari). 7. Korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda, ilgari mehnat jamoasi a’zolari topshirilgan arizalariga ko‘ra tegishli tartibda yopiq turdagi jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha qaror qabul qilinmagan aksionerlik jamiyati ochiq turdagi jamiyatga aylanadi. 8. Davlatga tegishli aksiyalari bo‘lmagan yopiq aksiyadorlik jamiyatlari (mehnat jamoasi a’zolarining) umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi mumkin. 9. Davlat mulki qo‘mitasi yoki aksionerlik jamiyatini boshqarishga vakil qilingan organ davlatga tegishli aksiyalar paketiga muvofiq, yopiq turdagi jamiyatni ochiq turdagi jamiyatga aylantirish bo‘yicha uni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Ustavga zarur o‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan aksionerlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishni tashkil etadi. Ushbu yig‘ilish aksiyalarning mehnat jamoalari a’zolari tomonidan sotib olinmagan qismini aksionerlik jamiyati qatnashchilari o‘rtasida qayta taqsimlash hamda aksiyalarni fond birjasi yoki uning filiallari orqali sotishdan iborat boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi mumkin. 10. Ustavga kiritilgan o‘zgartirishlar har bir instansiyada 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda korxona joylashgan yerdagi hokimlikda, boshqa ro‘yxatdan o‘tkazadigan va faoliyat turiga litsenziya beradigan organlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 11. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatini o‘zgartirish natijasida ochiq turdagi aksionerlik jamiyati ta’sis etilgandan (Ustavga kiritilgan o‘zgartirishlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan) keyin qiymatli qog‘ozlar (aksiyalar) qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar)ni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va ularning harakatini nazorat qilishni: ularning umumiy qiymati yuz million so‘m-kupongacha bo‘lganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari; umumiy summasi yuz million so‘m-kupondan yuqori bo‘lgan qiymatli qog‘ozlar (aksiyalar)ni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi amalga oshiradilar. Qimmatli qog‘oz aksiyalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun emitent quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: qimmatli qog‘ozlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun emitentning arizasi; aksionerlarning umumiy yig‘ilishi bayoni nusxasi, jamiyat joylashgan yerdagi hokimlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksionerlik jamiyati Ustaviga kiritilgan va notarius tomonidan tasdiqlangan o‘zgartirishlar; qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan aksiyalarning to‘liq paketi. Qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga oid hujjatlar 10 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Emitentga qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar)ning qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi va davlat nomeri ko‘rsatilgan dalolatnoma berilishi kerak. Taqdim etilgan aksiyalarga “qayta ro‘yxatdan o‘tkazil
250
63,760
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligini kompleks rivojlantirishni samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berish bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlarini faollashtirish va kuchaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi lavozimi kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisiga: qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish, lizing va servis xizmati ko‘rsatish tizimini joriy etish; yangi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashning eksport salohiyatini kengaytirish borasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati tuzilmasida 6 nafar xodimdan iborat, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining umumiy soni doirasida 3 nafar xodim hisobiga qishloq xo‘jaligi mashinasozligini, yangi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlashning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari kotibiyati tashkil etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov bir hafta muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan shtat jadvalini tasdiqlasin; Bosh vazirning maslahatchisi — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisining funksional vazifalarini hamda Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini, yangi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlashning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov o‘n kun muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
116
2,806
Qonunchilik
Chorvachilik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoni, “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PQ-4984-son hamda “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyuldagi PQ-5178-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Subsidiya berish yuzasidan arizani kiritish va ko‘rib chiqish shartlari, qaror qabul qilish va subsidiya berish tartibini nazarda tutuvchi: Qorako‘lchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq: Tadbirkorlik subyektlariga nasldor qo‘y va echkilarning import qilingan embrioni uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq: Qorako‘lchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlar uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi: Moliya vazirligi bilan birgalikda “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom eksportbop qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirib, eksport qiluvchi qorako‘lchilik subyektlariga subsidiya berish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: subsidiya — eksportbop qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirib, eksport qiluvchi qorako‘lchilik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan moliyaviy yordam; qorako‘lchilik subyektlari — qorako‘l zotli qo‘ylarni parvarish qiluvchi hamda qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari; qorako‘l teri — qorako‘l zotiga mansub ona (sovliq) qo‘ylardan tug‘ilgan qo‘zilardan olinadigan xomashyo; qorako‘lcha teri — asosiy podaga yaroqsiz ona (sovliq) qo‘ylarni bo‘rdoqiga boqib va urug‘lantirib, bo‘g‘ozlikning 130-135 kunligida so‘yilishi natijasida olinadigan xomashyo. 3. Subsidiya O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan beriladi. 4. Qorako‘l va qorako‘lcha terini o‘zi yetishtirmasdan aholi va boshqa qorako‘lchilik subyektlaridan xarid qilgan yoki qorako‘l va qorako‘lcha terini eksportga yo‘naltirmagan qorako‘lchilik subyektlariga subsidiya berilmaydi. 5. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida beriladi. 6. Qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirib, eksportga yo‘naltiruvchi qorako‘lchilik subyektlari subsidiya oluvchilar hisoblanadi. 7. Qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirib, eksport qiluvchi qorako‘lchilik subyektlariga har moliya yilida keyingi moliya yiliga qadar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyidagi miqdorda bir martalik subsidiya beriladi: qorako‘lchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan har bir dona qorako‘l teri uchun 50 ming so‘mdan; qorako‘lchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan har bir dona qorako‘lcha teri uchun 75 ming so‘mdan. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya oluvchilarga subsidiya berish uchun zarur mablag‘larni hisobga oladi. 9. Qorako‘lchilik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) subsidiya berishni so‘rab mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza topshiradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: qorako‘l va qorako‘lcha terini eksport qilish bo‘yicha eksport shartnomasi nusxasi; eksport shartnomasi bo‘yicha qorako‘lchilik subyekti hisobvarag‘iga kelib tushgan pul o‘tkazmalari haqidagi bank ma’lumotnomasi. 10. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga bevosita, elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etiladi. 11. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi. 12. Qorako‘lchilik subyektlaridan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 13. Qo‘mita eksport qilingan mahsulotlar hisob-faktura hujjatlari nusxalarini davlat bojxona xizmati organlaridan tegishli so‘rovnomalar yuborish orqali oladi. 14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. 15. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, Qo‘mita ariza kelib tushgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida ariza beruvchiga tegishlicha elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali arizani ko‘rib chiqish rad etilganligi to‘g‘risida javob xatini yuboradi. 16. Mazkur Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda, Qo‘mita ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida qorako‘lchilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan hamda eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri sonini o‘rganadi hamda natijasi bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qilib, bir ish kunida ariza beruvchiga bu haqda xabar yuboradi. 17. Subsidiya berish to‘g‘risidagi xabarda subsidiya summasi ko‘rsatilishi zarur. 18. Qorako‘lchilik subyektiga subsidiya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: qorako‘lchilik subyektining mazkur Nizomda belgilangan talablarga mos kelmasligi; qorako‘lchilik subyekti tomonidan soxta hujjatlar taqdim etilganligi yoki hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi. 19. Mazkur Nizomning 14-bandida qayd etilganidan boshqa asoslarda subsidiya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 20. Subsidiya berish rad etilgan qorako‘lchilik subyekti xabarda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda subsidiya olish uchun Qo‘mitaga ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin. Bunda arizalar Qo‘mita tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. 21. Subsidiya oluvchining arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi. 22. Qo‘mita subsidiya berish to‘g‘risida xulosa qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya berish to‘g‘risida buyurtmanomani taqdim etadi. 23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir ish kuni ichida buyurtmanomada ko‘rsatilgan mablag‘larni Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 24. Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar bir ish kuni ichida subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. 25. Moliya yili yakuni bo‘yicha Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytariladi. 26. Qo‘mita tomonidan subsidiya berilgan qorako‘lchilik subyektlari reyestri yuritib boriladi. 27. Reyestrdagi ma’lumotlar o‘zgargan hollarda, Qo‘mita tomonidan uch ish kuni ichida unga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim. 28. Qo‘mita ma’lumotlarning reyestrga to‘g‘ri, o‘z vaqtida kiritilishi va yangilab borilishiga mas’ul hisoblanadi. 29. Subsidiya oluvchilarga beriladigan subsidiyaning Qo‘mita tomonidan yetkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi. 30. Qorako‘lchilik subyekti subsidiya berilishini rad etish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega. 31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlariga nasldor qo‘y va echkilarning, shu jumladan, qorako‘l zotli qo‘ylarning chet davlatlardan import qilingan embrioni uchun subsidiya berish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: import qiluvchi — nasldor qo‘y va echkilarning embrionini chet davlatdan olib kiruvchi tadbirkorlik subyekti; nasldor qo‘y va echkining embrioni — chet davlatdan olib kirilgan, kelib chiqishi tegishli hujjatlar (nasldor qo‘y va echki guvohnomasi) bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror ko‘paytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan hayvon homilasi; subsidiya — nasldor qo‘y va echkilarning embrionini import qilishda xarajatlar o‘rnini qisman qoplash uchun import qiluvchiga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan moliyaviy yordam; subsidiya oluvchilar — ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda nasldor qo‘y va echkilarning embrionini import qilgan tadbirkorlik subyektlari. 3. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida beriladi. 4. Nasldor qo‘y va echkilarning embrionini import qiluvchilar subsidiya oluvchilar hisoblanadi. 5. Import qiluvchilarga har moliya yilida keyingi moliya yiliga qadar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi. 6. Nasldor qo‘y va echkilarning har bir embrioniga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan 400 ming so‘m miqdorda subsidiya beriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarini shakllantirishda, subsidiya oluvchilarga subsidiya berish uchun zarur mablag‘larni hisobga oladi. 8. Import qiluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) subsidiya ajratishni so‘rab mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza topshiradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: import qilingan qo‘y va echki embrionining nasldorligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi; nasldor qo‘y va echki embrionini sotib olish yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va to‘lov topshiriqnomasi nusxasi. 9. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga bevosita, elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etiladi. 10. Nasldor qo‘y va echkining embrioni quyidagi talablarga mos kelishi lozim: nasldor qo‘y va echki embrionining kelib chiqishi, ya’ni ota-onasining nasllilik xususiyatlari yuqori zotga mansub bo‘lishi; nasldor qo‘y va echkining embrioni respublikada urchitiladigan qo‘y va echkilar zotlari yo‘nalishiga mos kelishi. 11. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga bevosita, elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etiladi. 12. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi. 13. Ariza beruvchidan mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 14. Qo‘mita nasldor qo‘y va echkining embrioni hisob-faktura hujjatlari nusxalarini davlat bojxona xizmati organlaridan tegishli so‘rovnomalar yuborish orqali oladi. 15. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar subsidiya oluvchi tomonidan Qo‘mitaga taqdim etilganda, ushbu Nizomning 8-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. 16. Mazkur Nizomning 8-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda, Qo‘mita ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida nasldor qo‘y va echkining embrioni import qilinganligini o‘rganadi hamda natijasi bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qilib, bir ish kunida ariza beruvchiga bu haqida xabar yuboradi. 17. Subsidiya berish to‘g‘risidagi xabarda subsidiya summasi ko‘rsatilishi zarur. 18. Subsidiya berish rad etilgan import qiluvchi xabarda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda subsidiya olish uchun Qo‘mitaga ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin. Bunda arizalar Qo‘mita tomonidan ikki ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. 19. Import qiluvchining arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi. 20. Qo‘mita subsidiya berish to‘g‘risida xulosa qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya berish to‘g‘risida buyurtmanomani taqdim etadi. 21. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir ish kuni ichida buyurtmanomada ko‘rsatilgan mablag‘larni Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 22. Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar bir ish kuni ichida subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. 23. Moliya yili yakuni bo‘yicha Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytariladi. 24. Qo‘mita tomonidan nasldor qo‘y va echkining embrioni uchun subsidiya berilgan chorvachilik subyektlari reyestri yuritib boriladi. 25. Reyestrdagi ma’lumotlar o‘zgargan hollarda, Qo‘mita tomonidan uch ish kuni ichida unga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim. 26. Qo‘mita ma’lumotlarning reyestrga to‘g‘ri, o‘z vaqtida kiritilishi va yangilab borilishiga mas’ul hisoblanadi. 27. Subsidiya oluvchilarga berilgan subsidiyaning Qo‘mita tomonidan yetkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi. 28. Import qiluvchi subsidiya ajratilishini rad etish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega. 29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Ushbu Nizom qorako‘lchilik klasterlariga yaylov yerlarida shaxtali va tik quduqlar hamda suv tortish uchun nasos stansiyalarini (keyingi o‘rinlarda — suv inshootlari) yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlar uchun subsidiya berish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: subsidiya — yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga qorako‘lchilik klasteriga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan moliyaviy yordam; suv ko‘tarish lentasi — shaxtali quduqdan suv chiqaruvchi yassi tasma; tik quduq — yer osti chuqur qatlamidagi suv manbasidan elektr nasosi orqali yer ustiga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq; shaxtali quduq — yer osti birinchi qatlamidagi suv manbasidan suv ko‘tarish lentasi orqali yer ustiga suv chiqarish uchun qazilgan quduq; qorako‘lchilik klasteri — respublikaning yaylovlarga ega bo‘lgan barcha hududlarida oziqa bazasini yaratgan holda, mayda shoxli nasldor mollarni ko‘paytirish, shuningdek, mol so‘yish, teri va junni qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishga ixtisoslashgan klaster. 3. Subsidiya O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tegishli bo‘lmagan yer maydonlarida qazilgan suv chiqarish quduqlariga subsidiya ajratilmaydi. 5. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida beriladi. 6. Yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirgan qorako‘lchilik klasterlari subsidiya oluvchilar hisoblanadi. 7. Yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirgan qorako‘lchilik klasterlariga har moliya yilida keyingi moliya yiliga qadar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan 120 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya beriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya oluvchilarga subsidiya berish uchun zarur mablag‘larni hisobga oladi. 9. Qorako‘lchilik klasterlari Qo‘mitaga subsidiya berishni so‘rab mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza topshiradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha bajaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma; resurs tejamkor uskunalar, suv ko‘tarish lentasi yoki boshqa uskunalar sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalari; yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilganligi to‘g‘risida loyihalashtirish tashkilotining xulosasi (ekspertiza xulosasi) nusxasi; kooperatsiya orqali yaylov yerlaridan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan tuzilgan yaylov ijara shartnoma nusxasi. 10. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga bevosita, elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etiladi. 11. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi. 12. Ariza beruvchidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 13. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. 14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, Qo‘mita ariza kelib tushgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida ariza beruvchiga tegishlicha elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali arizani ko‘rib chiqish rad etilganligi to‘g‘risida javob xatini yuboradi. 15. Mazkur Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda, Qo‘mita ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida yaylov yerlarida suv inshootlari qurilganligini (rekonstruksiya qilinganligini) o‘rganadi hamda natijasi bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qilib, bir ish kunida ariza beruvchiga bu haqda xabar yuboradi. 16. Subsidiya berish to‘g‘risidagi xabarda subsidiya summasi ko‘rsatilishi zarur. 17. Qorako‘lchilik klasteriga subsidiya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: qorako‘lchilik klasterining mazkur Nizomda belgilangan talablarga mos kelmasligi; qorako‘lchilik klasteri tomonidan soxta hujjatlar taqdim etilganligi yoki hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi. 18. Mazkur Nizomning 18-bandida qayd etilganidan boshqa asoslarda subsidiya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 19. Subsidiya berish rad etilgan qorako‘lchilik klasteri xabarda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda subsidiya olish uchun Qo‘mitaga ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin. Bunda arizalar Qo‘mita tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. 20. Subsidiya oluvchining arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi. 21. Qo‘mita subsidiya berish to‘g‘risida xulosa qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya berish to‘g‘risida buyurtmanomani taqdim etadi. 22. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir ish kuni ichida buyurtmanomada ko‘rsatilgan mablag‘larni Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 23. Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar bir ish kuni ichida qorako‘lchilik klasterlarining tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. 24. Moliya yili yakuni bo‘yicha Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytariladi. 25. Qo‘mita: o‘ziga tegishli yaylov yerlaridagi suv inshootlarini xatlovdan o‘tkazadi va ularning reyestrini yuritadi; kelgusi yilda yaylov yerlarida suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tumanlar, hududlar hamda qorako‘lchilik klasterlari kesimida yaylov yer maydoni va suv manbai ko‘rsatilgan holda, hududiy manzilli ro‘yxatni tasdiqlaydi. Tasdiqlangan manzilli ro‘yxat har yili 1-fevralga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilinadi. 26. Qo‘mita tomonidan subsidiya berilgan qorako‘lchilik klasterlari reyestri yuritib boriladi. 27. Reyestrdagi ma’lumotlar o‘zgargan hollarda Qo‘mita tomonidan uch ish kuni ichida unga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim. 28. Qo‘mita ma’lumotlarning reyestrga to‘g‘ri, o‘z vaqtida kiritilishi va yangilab borilishiga mas’ul hisoblanadi. 29. Subsidiya oluvchilarga beriladigan subsidiyaning Qo‘mita tomonidan yetkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi. 30. Qorako‘lchilik klasteri subsidiya berilishini rad etish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega. 31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
131
21,514
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI XORIJIY INVESTITSIYaLAR VA KREDITLAR MASALALARI BO‘YIChA IDORALARARO KENGASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-noyabrdagi 526-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari bo‘yicha Idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi beshinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “korxonalarning xususiy xorijiy investitsiyalar (xorijiy davlat fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashaydigan fuqarolari, shuningdek xorijiy nodavlat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar) jalb etiladigan korxonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni ularga tatbiq etish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlariga muvofiqligini belgilash”; oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
188
1,148
Qonunchilik
ISTE’MOLChILARNING ELEKTR QURILMALARIDAN TEXNIK FOYDALANISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) muvofiq buyuraman: 1. Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2004-yil 21-maydagi 207-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalariga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
122
849
Qonunchilik
Shifokor retseptisiz – 1254 ta dori
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2946, 2017 yil 8 noyabr) bilan retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangilangan Roʻyхati tasdiqlandi. Ta’kidlash joizki, roʻyхatga muhim oʻzgartirishlar kiritildi. Avvalgi tahriri (oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi) bilan qiyoslaganda  roʻyхat 1225 dan 1254 nomgacha kengaytirildi. Bunda unga 129 ta yangi nom qoʻshildi, 100 tasi – chiqarib tashlandi. Retseptsiz beriladigan dorilar roʻyхati bilan havola boʻyicha tanishish mumkin. Hujjat 9.11.2017 yilda kuchga kirdi.   Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Oleg Zamanov,   ekspertimiz.
35
758
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Jun yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish, ipak va junni qayta ishlash, ulardan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6059-son Farmonida: a) 1-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) a’zolari — klaster ishtirokchilariga kavrak plantatsiyalarini tashkil qilish va uni qayta ishlash, mayda shoxli nasldor mol xarid qilish va ko‘paytirish, shuningdek, mol so‘yish, ozuqa bazasini yaratish, yarim tayyor va tayyor, shu jumladan go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish, teri va junni qayta ishlash hamda binolarni rekonstruksiya qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash loyihalarini moliyalashtirish uchun 2020 — 2023-yillarda ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga, loyihalar hajmi, soni va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan valyuta turidan qat’i nazar, tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan foiz stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizlik punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiyalar beriladi”; b) 3-banddagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 4-banddagi “2 — 2.13-ilovalarga” so‘zlari “2-2.1, 2.3. — 2.6, 2.8, 2.9 va 2.13-ilovalarga” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 5-bandda: birinchi xatboshidagi “(keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Quyidagilar Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)ning asosiy vazifasi etib belgilansin:”; quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “junni qayta ishlash sanoatida raqobatni rivojlantirish, jun yetishtirish va uni qayta ishlash yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash; junni qayta ishlashga hunarmandlarni keng jalb qilish orqali aholi bandligini ta’minlashga va ularning daromadini oshirishga ko‘maklashish; xorijiy investitsiyalar, jumladan xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan sohani rivojlantirish”; d) 6-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida qorako‘lchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlarida belgilangan barcha yaylovlar Qo‘mitaning doimiy egaligiga o‘tkaziladi”; e) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: j) 2.2, 2.7 va 2.10 — 2.12-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; z) 3-ilovada: nomlanishidagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2, 7 va 10 — 12-pozitsiyalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; i) 4-ilovada: 1-banddagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-banddagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2841-son qarorida: 7-bandda: birinchi xatboshidagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “jun yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish, jun ishlab chiqarish hajmini oshirish va uni chuqur qayta ishlash; Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining doimiy egaligidagi yaylovlar hosildorligini oshirish, yaylov o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish va kavrak plantatsiyalarini tashkil etishga ko‘maklashish, shuningdek, tabiiy holda o‘suvchi kavrak o‘simliklaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos keladigan ozuqabop o‘simliklar yetishtirishni tashkil etish va tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha takliflar tayyorlash; respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish”; to‘qqizinchi xatboshi o‘n uchinchi xatboshi deb hisoblansin; 8-banddagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi “respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-banddagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3603-son qarorida: 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-bandning “v” kichik bandidagi “O‘zcharmsanoat” va “Qorako‘lchilik” uyushmalari” so‘zlari “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 15-banddagi “Qorako‘lchilik” so‘zi “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 22-banddagi “Qorako‘lchilik” so‘zi “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4420-son qarorida: 2-banddagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-bandning to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilaridagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-banddagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-banddagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-bandning birinchi xatboshisidagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 13-banddagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17-banddagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4817-son qarorida: a) nomlanishidagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2-banddagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 3-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 5-bandda: uchinchi xatboshidagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “Respublika “Qorako‘lchilik” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: j) 2-ilovaning nomlanishidagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; z) 3-ilovaning nomlanishidagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
109
8,911
Qonunchilik
XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI ShIRKATLARI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Qayd etilsinki, keyingi yillarda kommunal xo‘jaligini isloh qilish, uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha zarur qonunchilik va normativ-huquqiy baza yaratildi, uy-joy mulkdorlari bilan kommunal xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlar mustahkamlanmoqda. Shu bilan birga uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tashkil qilish jarayoni va ularning faoliyati yuzaki olib borilmoqda, amalda tasodifiy kishilar ixtiyoriga berib qo‘yilgan, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va ularni saqlash nihoyatda qoniqarsiz ahvolda, ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun iste’molchilarning to‘lov intizomi hamon pastligicha qolmoqda. Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mahalliy hokimiyat organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi ekspluatatsiya va ta’mirlash tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar—viloyat markazlarida, Toshkent shahri tumanlarida, shuningdek aholisi 60 ming kishidan oshadigan, ko‘p xonadonli uylarga ega bo‘lgan shaharlarda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uyushmalarini (bundan buyon matnda XUMSh Uyushmalari deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, tashkil etiladigan XUMSh Uyushmalarining muassislari tarkibiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (bundan buyon matnda — XUMSh deb yuritiladi), kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ta’mirlash-qayta tiklash, avariya xizmatlari, shuningdek tegishli hududlardagi ko‘p xonadonli uy-joylarni boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi boshqa pudrat tashkilotlari kiradilar. 2. Quyidagilar XUMSh Uyushmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin: uy-joylar hamda uylar yaqin atrofidagi hududlarni texnikaviy va sanitariya jihatdan yaxshi holatda saqlash, uy-joy fondini kuz-qish fasliga tayyorlash va undan foydalanish masalalarida XUMShning mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash; uy-joy fondining texnikaviy holatini saqlash, uy-joylarni kapital va joriy ta’mirlash, shuningdek avariya-qayta tiklash ishlarini o‘tkazish masalalari bo‘yicha XUMShning xizmat ko‘rsatish, avariya-ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish; XUMShning moddiy-texnika resurslari va sifatli uy-joy kommunal xizmatlariga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondiradigan to‘laqonli bozor infratuzilmasini tashkil qilishga ko‘maklashish; XUMShning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining kadrlari hamda rahbarlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti, “O‘zkommunxizmat” Agentligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda UMSh shahar va tuman Uyushmalarining Namunaviy nizomini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 3. Quyidagilar tasdiqlansin; 1 va 2-ilovalarga* muvofiq shahar, tuman Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati tuzilmasi; 3-ilovaga* muvofiq xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat ro‘yxatiga olish tartibi va hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi nizom. Belgilansinki, XUMSh Uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi ishtirokchilari, Uyushmaga kiruvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari, ta’mirlash-tiklash va avariya xizmatlari, uy-joyni boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot vakillari hisoblanadilar. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shahar va tumanlarda uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalariga mutasaddilik qiluvchi hokim o‘rinbosari boshchiligida uy-joy fondini saqlash monitoringi Komissiyalarini tuzsinlar, ularning tarkibiga kadastr, soliq, moliya xizmatlarining, qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyalarning, ichki ishlar organlarining, mahallalar, UMSh Uyushmalarining vakillarini jalb etsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.O‘. To‘xtayev, Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zkommunxizmat” Agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, UMSh Uyushmalari bilan birgalikda 2005-yilning birinchi yarmida UMSh rahbar xodimlarini, jumladan tarmoq kollejlari bazasida o‘qitishni tashkil qilsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 5-iyuldagi F–1992-son Farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh (R.S. Azimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlarning hokimliklari: 2005-yilning fevral-mart oylarida bitta UMShga birlashtiriladigan xonadonlar (uylar) sonini qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish maqsadida ko‘p xonadonli uylardagi uy-joy egalarining navbatdan tashqari yig‘ilishlarini o‘tkazishni ta’minlasin; 2005-yilning 1-apreliga qadar muddatda UMSh hududiy uyushmalarining ta’sis yig‘ilishlarini o‘tkazsin; 2005-yilning 1-mayiga qadar muddatda tuzilayotgan UMSh Uyushmalarini zarur xonalar, anjomlar, shuningdek tashkiliy texnika bilan ta’minlasin. 8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda: ko‘p xonadonli uy-joyni kapital ta’mirlash dasturlariga ko‘p xonadonli uy-joy mulkdorlari tomonidan uy-joy binosini kapital ta’mirlash umumiy smeta qiymatining kamida 30 foizi hajmida moliyalashtirilgan uylar kiritiladi; ko‘p xonadonli uy-joy binolarida joylashgan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan xonalarning egalari joy binosining umumiy mulkini saqlash va ta’mirlashda ishtirok etishlari majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari mahalliy budjetlarga rejadan ortiqcha tushgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlash-qayta tiklash ishlari uchun XUMShga budjetdan ssudalar bersin. 9. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi “O‘zkommunxizmat” Agentligi, “Sanoatkontexnazorat”, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda belgilangan tartibda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin: ko‘p xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiyalash, o‘zgartirish va qayta uskunalash bo‘yicha binolar xavfsizligini ta’minlaydigan qurilish norma va qoidalari; har bir xonadonda sovuq va issiq suv uchun bittadan oshmaydigan hisoblagich asbob o‘rnatilishini ko‘zda tutadigan uy ichi va xonadon ichi kommunal tarmoqlarining sxemalari eng maqbul bo‘lgan ko‘p xonadonli uylarning namunaviy loyihalari. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda: hududiy kommunal-foydalanish birlashmalarini tugatib, ularning vazifalarini kommunal xizmatini rivojlantirish masalalariga mas’ul bo‘lgan hokim o‘rinbosari kotibiyati ixtiyoriga topshirsinlar; viloyat “Kommundrenaj” ishlab chiqarish korxonalarini shahar va tuman hokimliklari bilan shartnomalar asosida ixtisoslashtirilgan drenaj ishlarini bajaruvchi pudrat korxonalariga aylantirsinlar. Shahar va tumanlarni obodonlashtirish, ko‘chalarni yoritish, drenaj ishlarini bajarish masalalari nodavlat mulkchilik shaklida barpo etilayotgan korxonalar tomonidan mahalliy hokimiyat organlari, UMSh Uyushmalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnoma asosida hal etilishi belgilab qo‘yilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zkommunxizmat” Agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar; ikki oy muddatda — “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qonuni loyihasi. 12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
118
8,363
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING “ADABIYOT, SAN’AT VA ME’MORChILIK SOHASIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUKOFOTLARI TO‘G‘RISIDA” 1991 YIL 6 FEVRALDAGI 33-SON QARORIGA VA UShBU QAROR BILAN TASDIQLANGAN NIZOML
Ijodkor ziyolilarning eng yaxshi asarlari uchun beriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining mablag‘larini Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 590-son qarori bilan joriy qilingan haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiqlashtirish va yuksak badiiy-estetik mezonlar ustuvorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari to‘g‘risida” 1991-yil 6-fevraldagi 36-son qarorining 2-bandiga, shu qaror bilan tasdiqlangan Navoiy nomidagi Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandiga va Qodiriy nomidagi Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilib: 1994-yildan boshlab uch yilda bir marta beriladigan Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining har biri 40 ta eng kam ish haqi miqdorida; 1994-yildan boshlab uch yilda bir marta beriladigan Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining har biri 30 ta eng kam ish haqi miqdorida belgilansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-fevraldagi 33-son qarorining Hamza nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. 1990-yil va undan oldingi yillarda adabiyot, san’at va me’morchilik namoyandalariga berilgan Hamza nomidagi mukofotlarning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari” degan maqomi saqlab qolinsin. 1993-yilgi Hamza nomidagi Davlat mukofotlariga taqdim qilingan asarlar Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari qo‘mitasida muhokamadan o‘tkazilib, munosib topilganlari Navoiy nomidagi va Qodiriy nomidagi Davlat mukofotlarining navbatdagi ijodiy tanlovlarida ko‘rib chiqilsin. 4. B.A. Nazarov, E. Samandrov, R.R. Rahmonov, L.O. Fayziyev, Tohir Malik (Hobilov), B.F. Giyenko o‘rtoqlar Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari Qo‘mitasi a’zoligidan ozod etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari Qo‘mitasi a’zoligiga quyidagi o‘rtoqlar kiritilsin: Qoraboyev Muhammadjon Qoraboyevich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari; Hayitboyev Erkin Qahhorovich — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri; To‘xtamishev Ismoil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining konsultanti; Jamol Kamol — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi; Jo‘rayev Xayrulla Ravshanovich — O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining raisi; Jabborov Jumaniyoz — shoir, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi”, Davlat mukofotlari qo‘mitasining mas’ul kotibi.
250
2,793
Qonunchilik
2013-yilning noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilgan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari to‘g‘risida
Fuqarolar yig‘inlari raislari va ular maslahatchilarining vakolat muddati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8, 10 va 11-moddalariga muvofiq 2013-yil noyabr-dekabr oylarida mamlakatda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi o‘tkazildi. Saylovni yuksak tashkiliy-siyosiy saviyada o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 14-iyunda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qoidalari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi KQ-65-II-sonli Qarori bilan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman, shahar Kengashlariga tavsiyalar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi KQ-90-II-sonli Qarori bilan saylovni o‘tkazish muddatlari belgilandi, Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga doir tadbirlar rejasi (bundan buyon matnda Tadbirlar rejasi deb yuritiladi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat Kengashining komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi tasdiqlandi. 2013-yil noyabr-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovning o‘ziga xos farqli xususiyati shundaki, u yangi tahrirdagi “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida o‘tkazildi. Ushbu Qonunning 11-moddasida Senat Kengashi komissiyasining vakolatlari mustahkamlab qo‘yilgan. Tadbirlar rejasiga muvofiq Senat Kengashi komissiyasining kengaytirilgan majlisi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalarni (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan sessiyalari o‘tkazildi. 207 ta komissiya va fuqarolar yig‘inlari tomonidan tuzilgan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha 9756 ta ishchi guruh (bundan buyon matnda ishchi guruhlar deb yuritiladi) tarkibiga ular hududida joylashgan fuqarolar yig‘inlari, davlat, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek xalq deputatlari tegishli tuman va shahar Kengashlarining deputatlari kiritildi. Senat Kengashining komissiyasi tomonidan saylov jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlari bilan belgilangan vakolatlarga muvofiq keng ko‘lamli ish olib borildi. Xususan, saylov hujjatlarining namunalari tayyorlandi va barcha ishchi guruhlarga elektron shaklda yuborildi, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin o‘zaro hamkorlikda komissiyalar va ishchi guruhlarni shakllantirish jarayonining, saylov o‘tkazilishining tizimli monitoringi amalga oshirildi, saylov kampaniyasining borishini aholi o‘rtasida tushuntirish, uni OAVda yoritish hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha ish tashkil etildi. Joylardagi komissiyalar rais va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari ijro etilishini ta’minladi, tegishli ishchi guruhlar faoliyatini yo‘naltirib turdi, rais lavozimlariga nomzodlarni tuman va shaharlarning hokimlari bilan kelishdi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari saylovni tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashdi, zarur hollarda esa ularni binolar, transport vositalari hamda aloqa vositalari bilan ta’minladi. Ishchi guruhlar hovlilar, uylar va ko‘chalar aholisining fuqarolar vakillarini saylash bo‘yicha umumiy yig‘ilishlarini tashkil etdi va o‘tkazdi. Ular tomonidan tegishli hududda doimiy yashaydigan fuqarolarning fikrlarini hisobga olgan holda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Saylov oldi tadbirlarini o‘tkazishda senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari faol ishtirok etdilar. Saylovning borishi to‘g‘risida markaziy va mahalliy OAVda, xususan radio va televideniyeda senatorlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari, yetakchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy qoidalarini, saylovni tashkil etish prinsiplari hamda vazifalarini, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining mahalla institutini rivojlantirishdagi roli va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan 1265 ta chiqishi tashkil etildi. “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo”, “Mahalla” gazetalari va boshqa markaziy nashrlarda, shuningdek viloyatlar, tumanlar va shaharlar gazetalarida saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning borishi, saylovchilar va saylanuvchilarning huquqlari haqida 1652 ta material e’lon qilindi. Tadbirlar rejasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi masalalari bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida 1050 ta seminar o‘tkazildi. Ularda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishi masalalari bo‘yicha keng fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. Olib borilgan tayyorgarlik ishi fuqarolarning faolligi oshishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Saylovchilar tomonidan 9756 nafar fuqarolar yig‘inlari raislari lavozimlariga 32292 nafar nomzod (bir o‘ringa o‘rta hisobda 3,3 nafar nomzod) ko‘rsatildi. 1753 ta (18,0%) saylov yashirin ovoz berish orqali o‘tkazildi. Saylov 9756 ta fuqarolar yig‘inida (194 ta shaharcha, 1293 ta qishloq, 157 ta ovul, 8112 ta mahallada) muqobillik asosida bo‘lib o‘tdi. Yig‘inlarning raislari etib saylangan 9756 nafar fuqarodan 5473 nafari (56,1%) oliy ma’lumotga ega (asosan pedagoglar, iqtisodchilar, muhandislar). Ushbu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida 82,8%ni, Qashqadaryo viloyatida 79,7%ni, Toshkent shahrida 75,4%ni tashkil etdi. Raislarning 3760 nafari (38,5%) o‘rta maxsus, 523 nafari (5,4%) o‘rta ma’lumotga ega. Fuqarolar yig‘inlari raislarining 46,6%i ushbu lavozimga birinchi marta saylandi (2011-yilda 40,3%). Maslahatchilar o‘rtasida bu ko‘rsatkich 47,2%ni tashkil etdi (39,2% edi). 7208 nafar fuqarolar yig‘inlari raisi (73,9%) davlat organlarida, nodavlat notijorat tashkilotlarda, tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati sohasida boshqaruv ishlarida tajribaga ega. Saylangan fuqarolar yig‘inlari raislarining 378 nafari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatidir. Shularning 59 nafari Samarqand viloyatida, 48 nafari Farg‘ona viloyatida, 40 nafari Toshkent viloyatida saylandi. Saylangan raislarning 1310 nafari (13,4%) xotin-qizlardir. Bunga doir ko‘rsatkichning o‘sishi diqqatga sazovor: rais etib saylangan xotin-qizlar 2006-yilda 9,9%ni, 2008-yilda 11,5%ni, 2011-yilda 12,7%ni tashkil etgan edi. Fuqarolar yig‘inlari raislari etib saylangan xotin-qizlar soni ayrim mintaqalarda mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha oshgan. Chunonchi, rais etib saylangan xotin-qizlar soni Andijon viloyatida 22,7%ni, Namangan viloyatida 19,0%ni, Toshkent shahrida 18,7%ni, Buxoro viloyatida 16,4%ni, Toshkent viloyatida 16,0%ni tashkil etadi. 2013-yilda 22 ta takroriy saylov o‘tkazilgan bo‘lib (2011-yilda — 25, 2008-yilda — 64), bu tegishli tayyorgarlik ishi samarali bo‘lganligidan dalolat beradi. Takroriy saylov saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda o‘tkazildi va natijada tegishli hududlarda yashayotgan aholining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan nomzodlar saylandi. Shuningdek, saylovda fuqarolar yig‘inlari raislarining 99618 nafar maslahatchisi saylandi. Ularning 44428 nafari (44,6%) oliy ma’lumotga, 36088 nafari (36,2%) o‘rta maxsus ma’lumotga, 19102 nafari (19,2%) o‘rta ma’lumotga ega. Saylangan maslahatchilarning 30665 nafari xotin-qizlardir (30,8%). Ushbu ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida 77,3%ni, Toshkent viloyatida 46,1%ni, Toshkent shahrida 36,4%ni tashkil etdi. Saylangan maslahatchilarning 1101 nafari, shu jumladan Xorazm viloyatida 193 nafari, Namangan viloyatida 134 nafari, Samarqand viloyatida 130 nafari, Andijon viloyatida 121 nafari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatidir. Shu bilan birga ko‘rsatib o‘tish kerakki, agar butun mamlakat bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari raislarining 18,0%i yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylangan bo‘lsa, Toshkent shahrida bor-yo‘g‘i 1,9%i, Xorazm viloyatida 3,5%i, Buxoro viloyatida 3,8%i saylandi. Mamlakatda fuqarolar yig‘inlari raislari etib saylanganlar orasida oliy ma’lumotli shaxslar 56,1%ni tashkil etgan bo‘lsa, Andijon viloyatida ular 45,7%ni, Toshkent viloyatida 46,3%ni, Namangan viloyatida 47,7%ni, Sirdaryo viloyatida 48,9%ni tashkil etdi. Jamoatchilik vakillarining saylov jarayonida keng ishtirok etganligi oshkoralik, muqobillik va teng saylov huquqini ta’minladi. Saylov fuqarolarning siyosiy faolligi oshganligini namoyish qildi. Qonuniylik va xolislikni ta’minlash bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rilganligi natijasida saylov qonunchiligi jiddiy buzilgan holatlar qayd etilmadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining komissiyalari saylov kampaniyasini aniq va uyushqoqlik bilan o‘tkazdi, fuqarolarning murojaatlariga belgilangan muddatlarda asosli javoblarni berdi, saylov yakunlari bo‘yicha batafsil tahliliy axborot tayyorladi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar komissiyalar tomonidan tezkorlik bilan ko‘rib borildi, ular tomonidan batafsil va asoslantirilgan javoblar berildi. Senat Kengashining komissiyasiga saylov masalalari bo‘yicha kelib tushgan fuqarolar murojaatlarining soni 226 tani tashkil etdi. Ularning ko‘pchilik qismi Toshkent shahridan (20,4%), Qashqadaryo (19,5%) va Surxondaryo (15,5%) viloyatlaridan kelib tushdi. Ko‘rib chiqilgan 226 ta murojaatdan 10 tasi o‘z tasdig‘ini topdi, 207 tasi tasdig‘ini topmadi, 7 tasi bo‘yicha sudga murojaat qilish tavsiya etildi, 2 ta murojaatda takliflar bayon etilgan. Shuningdek, fuqarolar saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi arizalar bilan sudlarga murojaat qilgan. Chunonchi, berilgan 11 ta arizaning 4 tasi Qashqadaryo viloyatiga, 2 tadan murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatiga va 1 tadan murojaat Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Tushgan murojaatlarning 4 tasi qanoatlantirilgan, 2 tasi rad etilgan va 5 tasi ko‘rib chiqish bosqichida turibdi. Fuqarolarning ijtimoiy faolligi va huquqiy madaniyati oshganligi ularning mahalla institutini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarida ham kuzatilmoqda. Ular fuqarolar yig‘inlari xodimlari va faollarining bilim darajasini hamda malakasini oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalarini amalda ro‘yobga chiqarish mexanizmini ishlab chiqish, ular faoliyatini moddiy va moliyaviy ta’minlash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga va boshqa masalalarga taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi S. Artikovaning 2013-yilning noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilgan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari to‘g‘risidagi axborotini tinglab va muhokama etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi S. Artikovaning 2013-yilning noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilgan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlari to‘g‘risidagi axboroti bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining yakunlarini tanqidiy tahlil qilsin, ayniqsa, Toshkent shahrida, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar ishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini aniqlasin va sessiyalarda ko‘rib chiqsin, ularning bartaraf etilishini ta’minlasin, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar bilan birgalikda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqsin va ro‘yobga chiqarsin. 3. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tumanlar va shaharlar komissiyalarining raislari, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarning rahbarlari fuqarolar yig‘inlari raislarining (oqsoqollarining) vakolatlari muddatidan oldin tugagan taqdirda, bo‘shab qolgan o‘rinlarga qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida saylov o‘tkazib borsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mamlakat bo‘yicha 83 ta (0,9%) fuqarolar yig‘ini o‘z binosiga ega emasligini, 3281 ta (33,6%) fuqarolar yig‘ini boshqa yuridik shaxslarning balansida turgan binolarda joylashganligini, 1980 ta (20,3%) fuqarolar yig‘ini kompyuterlar bilan ta’minlanmaganligini, 4426 ta (45,4%) fuqarolar yig‘ini mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro‘yxatdan o‘tmaganligini hisobga olib, ushbu masalalarni o‘rgansin va ularni hal qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda navbatdagi moliya yili uchun mahalliy budjetlarni shakllantirish vaqtida fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ularni jihozlashga mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin. 6. Mamlakatimizda 2014-yil Sog‘lom bola yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari Davlat dasturi va tegishli hududiy dasturlarning o‘z vakolatlariga taalluqli qismi bajarilishiga alohida ahamiyat bersin. 7. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ushbu Qarorning ijro etilishi haqidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga 2014-yil 1-iyulga qadar (2-band bo‘yicha 2014-yil 1-fevralga qadar) taqdim etsin. 8. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi (S. Artikova) zimmasiga yuklatilsin.
149
16,482
Qonunchilik
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘ris
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 19-aprelda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
818
Qonunchilik
Huquqni himoya qilish organlari maхsus teхnika va uskunalar bilan ta’minlandi
Prezidentning 6.06.2017 yildagi F–4957-son Farmoyishi bilan 2015 — 2019 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari 463 uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi Dasturlarini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, teхnika va transport vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari qabul qilindi. MXX, IIV, DBQ va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy aхborot-tahlil markazi loyiha doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, teхnika va transport vositalaridan (hammasi boʻlib 28 ta) samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan, Oʻzbekiston tomonidan mas’ul ijrochi organlari sanaladi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish doirasida: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov, ekspertimiz.
77
951
Qonunchilik
KREDIT UYuShMALARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh VA ULARGA LITSENZIYA BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2084, 2010-yil 1-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 9-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan “Kredit uyushmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Kredit uyushmasida axborot tizimlarining o‘zaro ishlashi va almashinuvini ta’minlash maqsadida quyidagilar mavjud bo‘lishi lozim: bank telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanish uchun modem aloqasi; kredit uyushmasi binosi va bank telekommunikatsiya tarmog‘ining jihozlari o‘rnatilgan avtomatik telefon stansiyasi bilan alohida sifatli aloqa liniyasi; kafolatlangan elektr ta’minoti (220 V); kunlik buxgalteriya hisobi yuritilishini ta’minlovchi dasturiy ta’minot; kredit uyushmasi faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnik vositalar. Kredit uyushmasi binoci va undagi kassa xonalari texnik jihatdan mustahkamlangan va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Kredit uyushmasi binoci va undagi kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamlanganligi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi, shuningdek axborot tizimlarining o‘zaro ishlashi va almashinuvini ta’minlash maqsadida modem va sifatli aloqa liniyasi mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi amaliyotlarini amalga oshirish bo‘yicha texnik talablarga mos keluvchi dasturiy ta’minot bilan ta’minlanganligi bo‘yicha Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi olinishi lozim”.
136
2,458
Qonunchilik
MUALLIFLIK HAQI VA BOShQA HAQ TO‘LASh TURLARI STAVKALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida” 2005-yil 10-martdagi PQ-24-son qaroriga va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek ijodiy jarayonni yanada rag‘batlantirish va faollashtirish, xalqimizning ma’naviy-axloqiy an’analarini tiklash va yanada rivojlantirish, badiiy jihatdan yuksak asarlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Fan, adabiyot va san’at asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari 1-ilovaga muvofiq; Ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajarganlik uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san’at asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari, shuningdek ushbu haq Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga to‘langanda uning eng yuqori stavkalari 2-ilovaga muvofiq; Dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari hamda ushbu haq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘langanda uning eng yuqori stavkalari 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari 4-ilovaga muvofiq; Kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qo‘shiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari 5-ilovaga muvofiq; Kinofilmlar uchun maslahatlar berish bo‘yicha mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashning eng kam stavkalari 6-ilovaga muvofiq; Kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga ko‘ra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka uchun haqning eng kam stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2007-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin. 2. Belgilansinki, mualliflik haqini va boshqa haq to‘lash turlarini ushbu qarorning 1—7-ilovalarida belgilangandan kam miqdorda to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, ijodiy uyushmalar hamda mualliflik haqini va boshqa haq to‘lash turlarini davlat budjeti mablag‘lari hisobiga to‘laydigan boshqa tashkilotlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga xarajatlarni qat’iy ravishda har yili Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida ta’minlasinlar. 4. O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 1—7-ilovalarga muvofiq mualliflik haqini va boshqa haq to‘lash turlarini to‘lash tartibini tartibga soluvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. Vazirlar Mahkamasining “1993-yilning 1-iyulidan boshlab mualliflik, sahnalashtirish va ijrochilik haqlari stavkalari va miqdorlarini oshirish haqida” 1993-yil 23-iyundagi 307-son qarori hamda qarorga ilova 2007-yil 1-fevraldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. 1. Bitta kitobning boshlang‘ich narxi (qiymati)dan foiz stavkalari tarzida to‘lanadigan mualliflik haqining eng kam stavkalari 2. Eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsiyent bo‘yicha to‘lanadigan mualliflik haqining eng kam stavkalari 3. Asarlar reprografiyasi uchun A-4 (30x21 cm) o‘lchamli bitta sahifa uchun mualliflik haqining eng kam oylik ish haqi bo‘yicha eng kam stavkalari 1. Ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratishga buyurtmalarni bajarganlik uchun mualliflik haqi stavkalari 2. Haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san’at asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash uchun mualliflik haqi stavkalari 1. Badiiy kinofilmlarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari: 2. Multiplikatsion filmlarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari: 3. Hujjatli, ilmiy-ommabop, o‘quv, voqeali kinofilmlar va kinojurnallarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari: 3.1. Materialni oldindan o‘rgangan va to‘plagan holda,shuningdek suratga olish joyini va obyektlarini o‘rgangan holda mavzuni mustaqil ravishda original tarzda ijodiy hal qilish bilan bog‘liq ssenariylar: 3.2. Mazmuni asosan suratga olinayotgan voqea materiali bilan aniqlanadigan kinofilmlar ssenariylari: 4. To‘la metrajli kinofilmlar uchun qo‘shiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari: 5. Kinofilmlar uchun original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari: 5.1. To‘la metrajli badiiy kinofilmlarga original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari: 5.2. Qisqa metrajli xronikal-hujjatli, publitsistik, ilmiy-ommabop va voqeali xronikal-hujjatlar kinofilmlarga original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari: 6. Ushbu ilovada belgilangan haq to‘lashning eng kam stavkalari video-telefilmlar uchun ham qo‘llanadi. 1. Xronikal-hujjatli va o‘quv kinofilmlari uchun maslahatlar berish bo‘yicha mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashning eng kam stavkalari: 2. Ilmiy-ommabop kinofilmlar uchun maslahatlar berish bo‘yicha mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashning eng kam stavkalari: 1. To‘la metrajli badiiy kinofilmlar postanovkasi uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari: 2. Badiiy-publitsistik kinofilmlar postanovkasi uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari: 3. Multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari: 3.1. To‘la metrajli (5 va undan ko‘p qismli) multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari: 3.2. Kompyuter chizmasi asosida to‘la metrajli multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari: 3.3. Qisqa metrajli multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari: 4. To‘la metrajli badiiy filmlarni dublyaj qilganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka haqining eng kam stavkalari: 5. To‘la metrajli badiiy filmlarni chet ellarda reklama qiladigan 1 qismli kinofilmlarni yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari: 6. Xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop va o‘quv kinofilmlari postanovkasi uchun suratga olish guruhi xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari: 6.1. To‘la metrajli xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop va o‘quv kinofilmlari postanovkasi uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari: 6.2. Qisqa metrajli xronikal-hujjatli, voqeali, ilmiy-ommabop va o‘quv kinofilmlari postanovkasi uchun postanovka haqining stavkalari: 7. Xronikal-hujjatli kinoalmanaxlar va kinojurnallar postanovkasi uchun postanovka haqining eng kam stavkalari: 8. Kinosolnomalar uchun sujetlar postanovkasi uchun postanovka haqining eng kam stavkalari:
81
7,608
Qonunchilik
AHOLIGA MAIShIY XIZMAT KO‘RSATISh TIZIMIDA ISLOHOTLARNI DAVOM ETTIRISh TO‘G‘RISIDA
Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarishni markazlashtirishdan chiqarishni davom ettirish va raqobat muhitini mustahkamlash, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari va mahalliy boshqaruv organlarining xo‘jalik mustaqilligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalarining O‘zbekiston aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlari respublika uyushmasi (“O‘zmaishiyxizmatuyushma”)ni tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish mavjud hududiy uyushmalarini hamda maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalarini saqlab qolish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Belgilab qo‘yilsinki, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalari o‘z faoliyati to‘g‘risida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalari esa tuman (shahar)lar hokimliklariga hisob beradilar. 3. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin: tuman (shahar) maishiy xizmat ko‘rsatish uyushmalari, shuningdek ixtiyoriy asosda uyushmaga kiruvchi maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularga korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish masalalarida ko‘maklashish; aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tuman (shahar) uyushmalari va korxonalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik, moliyaviy, texnik va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatish; aholini ish bilan ta’minlashni kengaytirish uchun tegishli mintaqalar hududlarida, birinchi navbatda, qishloq joylarda xizmatlar ko‘rsatishning har xil turlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; hududiy uyushmalarga kiruvchi korxonalarga marketing faoliyatida, moddiy xomashyo resurslari sotib olishda ko‘maklashish. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalariga ular zimmasiga yuklangan vazifalarni hal etishda har tomonlama ko‘maklashsinlar. 4. Quyidagilar maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin: ixtiyoriy asosda uyushma tarkibiga kiruvchi maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalariga ular faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, jihozlar, ishlatiladigan va boshqa xomashyo resurslari bilan ta’minlash masalalarida ko‘maklashish; maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalariga korxonalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy masalalar bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish. 5. Maishiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlar va korxonalarga samarali va malakali yordam berish maqsadida texnika siyosati bilan shug‘ullanuvchi hamda konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar negizida “Maishiy xizmat markazi” aksiyadorlik firmasi tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. 6. Ushbu Farmonni bajarish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzilsin. Tashkiliy qo‘mitaga, shuningdek O‘zbekiston aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlari respublika uyushmasi (“O‘zmaishiyxizmatuyushma”)ni tugatish komissiyasi funksiyasi ham yuklansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-apreldagi PF-385-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni bajarish yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
82
3,673
Qonunchilik
5 aprel – Davlat хavfsizlik хizmati kuni
2.10.2018 yildagi OʻRQ–490-son «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi. Mazkur Qonunga muvofiq 5 aprel Davlat хavfsizlik хizmati kuni etib belgilandi. Bu sanada «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilingan. Eslatib oʻtamiz, DXX (ilgari – MXX) – mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaхlitligini hamda boshqa manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish masalalari boʻyicha maхsus vakolatli organ. Idoraning asosiy funksiyalari, vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari Prezidentning 14.03.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining davlat хavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5379-son Farmoni va «Oʻzbekiston Respublikasi davlat хavfsizlik хizmati toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilangan.   Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 3.10.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
40
964
Qonunchilik
“Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritis
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilanO‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
538
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 27-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman: 1. “Iste’molchilarni tabiiy gaz bilan limitsiz asosda ta’minlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1395, 2004-yil 30-iyul) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi BU-1-7/6-3427-5-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zbekneftgaz” MXK va “O‘zkommunxizmat” agentligining 2004-yil 26-iyuldagi 39, 73, 03/09-401, 16-1-44 va 012-1-912-son “Iste’molchilarni tabiiy gaz bilan limitsiz asosda ta’minlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1395, 2004-yil 30-iyul) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
75
2,005
Qonunchilik
Tabiiy gaz narхlari ikki marta oshiriladi
Barcha iste’molchilar uchun gaz tariflari 2018 yil 16 noyabrdan va 2019 yil 1 iyundan oshadi. Yunusobod tumanida 2019 yil boshidan tabiiy gazning maishiy iste’molchilari bilan oʻzaro hisoblashishning yangi sхemasini joriy etish boʻyicha eksperiment boshlanadi. Adliya vazirligi Telegram orqali shunday хabar berdi. Vazirlar Mahkamasining 1.11.2018 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslarining narх va tariflarini bosqichma-bosqich  oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi 897-son qaroriga muvofiq, tabiiy gazning yangi tariflari va suyultirilgan gaz uchun yangi narхlar belgilandi (jadvalga qarang). T/r Nomi Tabiiy gaz tarifi (QQS hisobga olingan holda): soʻm / kub m va suyultirilgan gaz narхi (QQS hisobga olingan holda): soʻm / kg  2018 yil 16 noyabrdan 2019 yil 1 iyundan 1 Tabiiy gaz 1.1 aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun, gaz hisoblagichi mavjud boʻlganda 320 350 1.2 aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun, gaz hisoblagichi mavjud boʻlmaganda: ovqat tayyorlash va issiq suv uchun 553 605 isitish uchun 320 350 1.3 Pishirilgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korхonalar; ohaktosh va gips qazib oluvchi, qayta ishlovchi va ishlab chiqaruvchi korхonalar; sement ishlab chiqaruvchi korхonalar; asfalt, beton, temir beton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korхonalar; issiqхonalar va issiqхona-parnik хoʻjaliklari; farfor va fayans mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar; restoranlar, kafelar, tantanalar oʻtkazish ob’yektlari va boshqa umumiy ovqatlanish ob’yektlari (mehmonхonalar va ularga tegishli hududda joylashgan ob’yektlar bundan mustasno); gipsokarton, trotuar va keramik plita, bruschatka, keramik va sement-qumli cherepitsa, quruq qurilish qorishmalari, shuningdek truba mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar. 1 000 1 000 1.4 avtomobillarga gaz toʻldiruvchi kompressor stansiyalari (shu jumladan balansida avtomobillarga gaz toʻldiruvchi kompressor stansiyalari boʻlgan yuridik shaхslar) uchun 800 800 1.5 boshqa ulgurji iste’molchilar uchun, pishirilgan gʻisht, asfalt va sement ishlab chiqaruvchi, energiya jihatidan samarali teхnologiyalar va uskunalarni joriy etgan, shuningdek, yoqilgʻining muqobil turlaridan (koʻmirdan), shu jumladan, sement ishlab chiqarishning «quruq usuli»dan foydalanuvchi korхonalar uchun 600 ga 600 2 Aholiga maishiy turmushda iste’mol qilishi uchun realizatsiya qilinadigan suyultirilgan gaz 950 1 200 2019 yil 1 yanvardan Toshkentning Yunusobod tumanida eksperiment sifatida yangi toʻlov shakli joriy etiladi. Quyidagilarning haqi belgilangan tarif boʻyicha toʻlanadi: Bazaviy normadan oshgan hajm uchun 1,2 oshiruvchi koeffitsiyentini qoʻllagan holda haq toʻlash kerak boʻladi
41
2,671
Qonunchilik
Biznes yoʻliga gʻov boʻlish qimmatga tushishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasining 20.08.2015 yildagi Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida materiallar siklini davom ettiramiz. JKning 1923–moddasi bilan  Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga хilof ravishda toʻхtatib turish   uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidagi normalar aniqlashtirildi. Avval хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatiga qonunga хilof ravishda aralashish uchun javobgarlik hozir JKdan chiqarib tashlangan 2061-modda bilan koʻzda tutilgandi. Jinoyat sub’yektlari Qonun ushbu holatda bu modda nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi yoхud boshqa davlat organlarining vijdonsiz mansabdor shaхslarini javobgarlikka tortishni maхsus koʻzda tutadigan modda ekanligini koʻrsatmaydi. Ya’ni, mazkur modda boʻyicha javobgarlikka mansabdor shaхslar jumlasiga kirishi yoki JKga muvofiq bu toifaga kirmaydigan davlat organi хodimi boʻlishidan qat’i nazar tadbirkorlik sub’yektining faoliyatini va (yoki) uning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga хilof ravishda toʻхtatib turgan   shaхs tortilishi mumkin. Qilmishning jinoiyligi quyidagi harakatlarni sodir etganda namoyon boʻladi: tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini qonunga хilof ravishda toʻхtatib turish. Ya’ni harakatlar tadbirkorlik sub’yektining ustavga oid tijoriy faoliyatini vaqtinchalik yoki butunlay toʻхtatishga qaratilgan, bunda buning uchun Qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlmaydi yoki toʻхtatib turish yoхud toʻхtatish tartibi buzilgan1;   tadbirkorlik sub’yektlarining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga хilof ravishda toʻхtatish. Ya’ni tadbirkorlik sub’yektlarining banklardagi hisobvaraqlarini toʻliq yoki qisman  “muzlatish”  buning  uchun qonuniy asoslar mavjud boʻlmaganda yoki belgilangan tartib-taomillarni buzgan holda bajariladi. Jazo 1923-modda uch qismdan iborat. Har bir keyingi qismi  muayyan ogʻirlashtiruvchi holatlarga bogʻliq holda jazoni ogʻirlashtiradi. 1-qism: tekshiruv va taftishlar oʻtkazish tartibini oddiy tarzda buzish  JKning1923-moddasining birinchi qismi tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini yoki ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish tartibini mazkur moddaning 2 va 3-qismlarida koʻzda tutilgan ogʻirlashtiruvchi holatlarsiz sodir etilgan buzishda qoʻllanadi. Mazkur qismga binoan jazoning eng yuqori miqdori – 3 yil aхloq tuzatish ishlari.  Mazkur holatda aybdorni faqat u oldin2 shunday harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan taqdirdagina  jinoiy javobgarlikka tortish mumkin. Ma’lumot uchun: Agar ma’muriy undiruv ijro etilgan paytdan boshlab bir yildan koʻp vaqt oʻtgan hamda fuqaro boshqa ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan boʻlsa, u ma’muriy javobgarlikka tortilmagan hisoblanadi. 2-qism: 300 dan 500 EKIHgacha zarar3 Agar tadbirkorlik sub’yektiga koʻp miqdorda zarar (300 dan 500 EKIHgacha) yetkazilgan boʻlsa yoki jinoyat bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa,  u holda aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish uchun u oldin shunday harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligi ahamiyatga ega emas. Ya’ni, ushbu qism boʻyicha jinoiy javobgarlik darhol boshlanadi. Jazoning  eng yuqori miqdori – 3 yil ozodlikdan mahrum qilish. 3-qism: 500 EKIHdan ortiq zarar JK  1923-moddasining soʻnggi va eng ogʻir qismi tadbirkorlik sub’yektiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan hollarda (500 va undan ortiq EKIH) yoki aybdor birgalikda jinoiy faoliyat uchun ikki va undan ortiq shaхsning uyushganligida namoyon boʻladigan, ya’ni birgalikda bir necha marotaba jinoyat sodir qiladigan uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab harakat qilganda qoʻllanadi. Bu qism boʻyicha jazoning eng koʻp miqdori – muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Qonuniy asos Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini yoki ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish tartibi quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi:  “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” (2.05.2012 yil yangi tahriridagi OʻRQ-328-son) va “Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida” Qonunlar, shuningdek  Prezidentning “Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” (14.06.2005 yildagi PF-3619-son) va “Xususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” (15.05.2015 yildagi PF-4725-son) Farmonlari. Qonunda koʻzda tutilgan istisnolar Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi (хoʻjalik sudlari qarorlari asosida).  Biroq  qonun hujjatlarida ayrim istisnolar koʻzda tutilgan. Demak, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga  (26.08.2004 yildagi 660-II-son) binoan jinoiy daromadlarni  legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish faktlari mavjudligi toʻgʻrisida aхborot boʻlganda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar 2 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib turilishi mumkin. Bundan tashqari, jinoyat tufayli keltirilgan ziyonni undirish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror oʻzining qarori bilan tadbirkorlik sub’yektining mol-mulkini хatlashga haqli. Shu bilan birga aksariyat hollarda bunday choralar sud qarori asosida qoʻllanadi. Demak, tadbirkorlik sub’yekti tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni buzish holatlarida  faoliyatni toʻхtatib turish sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, agar litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya bitimida koʻzda tutilgan litsenziya talablari va shartlarining buzilishi aniqlangan boʻlsa,  tadbirkorlik sub’yekti esa aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi uning qarorini  bajarmagan boʻlsa, u holda nazorat qiluvchi organlar tegishli arizalar bilan sudga murojaat qilishga haqli. Litsenziyasiz (ruхsatnomasiz) yoki qonunda taqiqlangan faoliyatni amalga oshirish yoхud davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan  muddat mobaynida oʻzining ustav fondini ta’sis hujjatlarida koʻzda tutilgan miqdorda shakllantirilmaganligi ham   sabab boʻlib хizmat qilishi mumkin. “Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasi 8-bandiga binoan quyidagi sabablar mavjud boʻlganda soliq хizmati organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari tadbirkorlik sub’yektlarining banklardagi hisobvaraqlarini toʻхtatib turish tashabbusi bilan  chiqishlari mumkin: soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilinganda; soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoхud soliq solish ob’yektini saqlash bilan bogʻliq  hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq хizmati organining mansabdor shaхslarini kiritishni rad etganda; soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmaganda; soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmaganda. Nazorat qiluvchi organlar harakatlaridan norozi boʻlganda Bosh prokuraturaga 232-10-07 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin. Samir LATIPOV, ekspertimiz.  1 Fikrimizcha, tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini qonunga хilof ravishda toʻхtatish ham jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi, chunki faoliyatni toʻхtatish  uning muqarrar toʻхtatib turilishini qamrab oladi. 2 MJtKning  2413-moddasida shunga oʻхshash huquqbuzarlik uchun koʻzda tutilgan ma’muriy jarima miqdori 20–60 EKIHni tashkil qiladi. 3Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat sodir etilgan kun holatiga belgilangan eng kam ish haqi  miqdori. Mavzu boʻyicha maqola: Biznesni notoʻgʻri tekshirdingmi – Jinoyat kodeksi boʻyicha javob berasan
53
7,952
Qonunchilik
Buхoro viloyatida хalqaro matematika maktabi tashkil etiladi
Qorakoʻl tumanidagi 1-son iхtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatiga “хalqaro matematika maktabi” maqomi berildi (VMning 9.08.2019 yildagi 654-son qaroriga qarang). Buхoro viloyati, Qorakoʻl tumani, Ulugʻbek koʻchasi, 5-uy manzilida joylashgan Qorakoʻl sanoat va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda maktabga bepul beriladi. Zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarini chuqur oʻqitish, oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni respublika va хalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash хalqaro maktabning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab хalqaro matematika maktabining 7-sinfiga 90 nafar oʻquvchi qabul qilinadi. Unda matematika faniga qiziquvchi хorijiy fuqarolar ham shartnoma asosida ta’lim olishlari mumkin. Ta’lim jarayoni sifatini oshirish uchun maktab хorijiy mamlakatlardan ham oʻqituvchilarni ishga qabul qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasining 7.08.2008 yildagi 173-son qarorida nazarda tutilgan ustamalar хalqaro maktab хodimlariga toʻlanmaydi. 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab direktor, uning oʻrinbosarlari va oʻqituvchilar byudjet mablagʻlari hisobidan 100% qoʻshimcha ustama haq oladilar. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2019 yildan kuchga kirdi.
60
1,400
Qonunchilik
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi dori vositalari va tibbiy buyumlar shaxsiy foydalanish uchun olib kirilishi hamda olib chiqilishining belgilangan tartibiga jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatsin. 3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qaroriga muvofiq dori vositalari, shu jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar va tibbiy buyumlar shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi va olib chiqilishi tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari; shaxsiy foydalanish uchun tovarlar — bojxona chegarasi orqali o‘tadigan jismoniy shaxslarning ehtiyojlari uchun shaxsiy, oilaviy, uy ehtiyojlari va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan tovarlar; tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar; dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llashga tayyor dori vositalari; shaxsiy foydalanish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarni olib kirish, olib chiqish — dori vositalari va tibbiy buyumlarni, shu jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni boshqa davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan boshqa davlat hududiga olib o‘tish; gomeopatik dori vositalari — bir — yoki ko‘p komponentli — har xil dori shakllari tarzidagi maxsus texnologiya bo‘yicha ishlab chiqariladigan peroral, inyeksiyali yoki mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan, qoidaga ko‘ra, tarkibida aktiv birikmalar mikrodozasi mavjud bo‘lgan preparatlar; eritma — ichki va tashqi qo‘llash uchun, shuningdek inyeksiyalar uchun foydalaniladigan suyuq, qattiq yoki gazsimon moddalarni tegishli eritgichda eritish yo‘li bilan olinadigan suyuq dori shakli; infuzion eritmalar — organizmga qon tomirlari orqali yuborish uchun mo‘ljallangan suyuq eritmalar; inyeksiyalar uchun eritmalar — tegishli eritgichdagi dori vositalarining sterillangan suvli va (yoki) suvli bo‘lmagan eritmalari; tashqi dorilar — malham dori, emulsiya, linimentlar, losonlar, jelelar, gellar, ko‘piklar, pastalar, eritmalar, aralashmalar, kukunlar, damlamalar, aerozollar va tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan dorilarning boshqa shakllari. 3. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni quyidagi hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan hamda bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi, agar ular: mamlakatda bo‘lish davrida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatma asosida, davolash kursi doirasida davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa; diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ular bilan birga yashab turgan oila a’zolarining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlari ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalar ishtirokchilarini davolash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa. 4. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan hollarda dori vositalari va tibbiy buyumlar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirilishi va olib chiqilishida faqat ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun foydalanilishi va sotish uchun boshqa shaxslarga berilmasligi kerak. 5. Yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan quyidagilar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladi va olib chiqiladi: turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan dori vositalari; 5 birlikdan ortiq bo‘lmagan tibbiy buyumlar. Bunda bir o‘ramda: qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar, kapsulalar) dori shakllari uchun — 100 birlikdan ortiq emas; eritma tayyorlash uchun qo‘llaniladigan kukunlar uchun — 500 grammdan ortiq emas; granula shakldagi gomeopatik dori vositalari uchun — 50 grammdan ortiq emas; infuzion eritmalar va oral (og‘iz orqali) qo‘llaniladigan eritmalar uchun — 500 millilitrdan ortiq emas; inyeksiyalar uchun eritmalar — 10 ampuladan yoki 10 flakondan ortiq emas; tashqi dorilar uchun — 200 millilitrdan yoki 200 grammdan ortiq emas. Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchining o‘ramida bo‘lishi kerak. 6. Dori vositalarini ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilganidan ortiq miqdorda olib kirish va olib chiqishda jismoniy shaxslar bojxona organlariga bo‘lish yoki yashash mamlakatining tibbiyot muassasasidan uning shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan dori vositasining nomini, uning dorivor shaklini va davolash kursiga tavsiya qilingan miqdorini ko‘rsatgan holda muayyan jismoniy shaxsga berilgan hujjatni taqdim etadilar. 7. Xalqaro qatnaydigan dengiz (daryo) kemalarida, samolyotlarda tibbiy dorilar qutichasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining cheklangan miqdorini olib kirish va olib chiqish tegishli transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatning qonunchilikda belgilangan nazorat choralariga rioya etilgan holda litsenziyasiz amalga oshiriladi. 8. Tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bo‘lgan dori vositalarini jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish va olib chiqish Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga muvofiq amalga oshiriladi. 9. Giyohvandlik vositalarini 7 sutkalik ehtiyojdan ortiq bo‘lmagan miqdorda olib chiqishga tibbiyot muassasasining davolash-maslahat komissiyasining muhri bilan tasdiqlangan xulosasi mavjud bo‘lganda ruxsat beriladi. 10. Giyohvandlik vositalarini 7 sutkalik ehtiyojdan ortiq bo‘lmagan miqdorda olib kirishga yashash yoki bo‘lish mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, davolash kursining tavsiya etiladigan soni ko‘rsatilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda ruxsat beriladi. 11. Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun psixotrop moddalarni yashash yoki bo‘lish mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan turli nomdagi 5 tagacha davolash preparatlarini va ulardan har birining ikkitadan ortiq bo‘lmagan o‘ramini davolash kursi doirasida olib kirish va olib chiqishda ruxsat beriladi. 12. O‘tkazish punktlarida bojxona chegarasini kesib o‘tishda jismoniy shaxslar ularda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar borligini deklaratsiyada qayd etishlari shart, bunda giyohvandlik vositalari uchun — bojxona organiga jismoniy shaxsning yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, dori vositasining nomi, uning dori shakli va davolash kursining tavsiya etiladigan soni ko‘rsatilgan hujjat taqdim etilishi kerak. 13. O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjatlar mavjudligini va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning jismoniy shaxsdagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning nomlariga va soniga muvofiqligini belgilangan tartibda nazorat qiladilar. 14. Jismoniy shaxslar tomonidan tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjatda va bojxona organiga bildirilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar nomlari va sonidan ortiq bo‘lgan taqdirda ortiqchasi olib qo‘yilishi va belgilangan tartibda yo‘q qilinishi kerak. 15. Jismoniy shaxs dori vositalari va tibbiy buyumlarni, shu jumladan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish va olib chiqishda taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.
169
10,006
Qonunchilik
Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati bo‘yicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi”ga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 44-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2375, 2012-yil 28-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 26-27-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati bo‘yicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Hisobotning har bir beti soliq maslahatini amalga oshirgan soliq maslahatchisi tomonidan imzolanadi, shuningdek hisobot soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”. 2. 124-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “124. Xulosa soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari) va soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi kerak.”.
230
1,247
Qonunchilik
“Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublikamiz kimyo sohasiga zamonaviy xorijiy tajribalarni jalb etgan holda, kadrlarning kasbiy ko‘nikma va bilimlarini oshirish, ilm-fan, loyihalash va ishlab chiqarish o‘rtasida chuqur integratsiyalashuvni ta’minlash, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PQ-4301-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2019-yil 6-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ va Koreya Respublikasining Eksimbanki o‘rtasida “Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) birgalikda amalga oshirish va moliyalashtirish to‘g‘risida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganligi; loyihani amalga oshirish uchun “O‘zkimyosanoat” AJ muassisligida “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda — “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ) tashkil etilganligi; loyihani amalga oshirish doirasida “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJga Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Choshtepa qishlog‘i manzili bo‘yicha 25,36 ga yer maydoni ajratilganligi; 2020-yil may oyida umumiy qiymati 53,8 mln dollarga teng bo‘lgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilganligi va belgilangan tartibda vakolatli davlat organlarida ekspertizadan o‘tkazilganligi hamda loyiha 2024-yil dekabrda ishga tushirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Koreya Respublikasi Eksimbanki tomonidan 40 yil muddatga, shu jumladan, 10 yil imtiyozli davr bilan, yillik foiz stavkasi 0,15 foizni tashkil etuvchi 40 mln AQSh dollari miqdorida ajratiladigan kredit; “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning sof foydasidan Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalariga ajratiladigan mablag‘larning 50 foizini yo‘naltirish hisobidan 13,8 mln AQSh dollari. 3. Quyidagilar: “Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq; “Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasi doirasida Koreya Respublikasi Eksimbanki kreditining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa to‘lovlarni qaytarish prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga Koreya Respublikasi Eksimbanki bilan loyihani moliyalashtirish uchun 40 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimini va “O‘zkimyosanoat” AJ bilan qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni belgilangan tartibda imzolash vakolati berilsin. Bunda O‘zbekiston Respublikasining yillik 0,075 foiz marjasi inobatga olinsin. 5. Belgilansinki: Koreya Respublikasi Eksimbanki krediti bo‘yicha asosiy qarz, unga hisoblangan foizlar va boshqa to‘lovlar “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning sof foydasi, Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari mablag‘lari hamda “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti” MChJ tomonidan sohadagi yangiliklar va patentlarni sotishdan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshiriladi; “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti” MChJ “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiritiladi, bino va inshootlardan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari “O‘zkimyosanoat” AJ mablag‘lari hamda loyiha doirasida sohadagi yangiliklar va patentlarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. 6. “O‘zkimyosanoat” AJ: bir oy muddatda loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin va uning faoliyatini samarali tashkil etish choralarini ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan konsultant bilan birgalikda yangi binoni qurish o‘rniga mavjud binolardan foydalanish evaziga loyiha qiymatini maqbullashtirsin va 2021-yil 1-noyabrga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga aniqlik kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali bilan qo‘shma joylashuv tamoyili asosida Koreya tomoni bilan kelishilgan holda, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uyda joylashgan Mirzo Ulug‘bek sanoat kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasining Eksimbanki o‘rtasida imzolangan qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamaxmudov zimmasiga yuklansin.
157
5,399
Qonunchilik
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22 va 7/4-son qarori (ro‘yxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandning birinchi xatboshisidan “tegishliligi bo‘yicha hududiy davlat soliq boshqarmalariga yoki Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga, shuningdek” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. 3-banddagi “aloqa kanallari” degan so‘zlar “soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga quyidagi faktlar aniqlangan taqdirda ma’lumotni mazkur Nizomning 5 va 6-ilovalariga muvofiq shakllarda onlayn rejimda elektron ko‘rinishda jo‘natadi:”. 4. 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
194
1,987
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. 2019-yil 15-aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining mas’ul vakolatli organlari etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston tomoniga mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida va uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar haqida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalarini amalga oshirish ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlansin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
42
1,257
Qonunchilik
“AXBOROTLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) o‘z qarorlarini “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari hamda bekor qilishlarini ta’minlasin. 3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 252-modda); O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 253-modda); O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda) I bo‘limining 6-bandi.
90
1,352
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Jizzax va Navoiy viloyatlarining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, shu jumladan suvda dam olish va plyaj turizmini tashkil etish, mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududini tashkil etish taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar: Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va To‘dako‘l ko‘li rekreatsion ko‘llar hududida (keyingi o‘rinlarda — rekreatsion ko‘llar hududi) 2021 — 2025-yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq; Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va To‘dako‘l ko‘li rekreatsion ko‘llar hududida turizm xizmatlarini rivojlantirish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari: uch oy muddatda rekreatsion ko‘llar hududining chegaralarini belgilasin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin; 2021-yil 1-dekabrga qadar loyiha institutlarini jalb etgan holda rekreatsion ko‘llar hududining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilgandan so‘ng ikki oy muddatda rekreatsion ko‘llar hududi va ularning atrofida yo‘l-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish manzilli dasturini ishlab chiqsin va 2022 — 2024-yillarda investitsiya dasturiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlasin. 4. Belgilansinki: rekreatsion ko‘llar hududiga kiruvchi yer uchastkalarini tadbirkorlarga berish, ularda qurilish va barpo etish loyihalarini amalga oshirish Turizm va madaniy meros vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi; rekreatsion ko‘llar hududiga kirish nuqtasida tegishligicha Navoiy va Jizzax viloyatlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan axborot markazi va zamonaviy avtoturargoh tashkil etiladi. 5. Quyidagilar rekreatsion ko‘llar hududida ustuvor ravishda amalga oshiriladigan yo‘nalishlar etib belgilansin: zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini (plyaj va suvda dam olish turizmi, ko‘llar qirg‘og‘i bo‘ylab sayr qilish yo‘laklari, mehmonxona majmualari, sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar) barpo etish hamda turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; hududning ekologik muhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda, turizmning alohida turlari, shu jumladan zamonaviy plyaj, faol va safari turizm hamda suv sporti turlarini tashkil etish; hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olish va minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; hududning transport logistikasini rivojlantirish, hududda transport harakatining yangi (avtobus, mikroavtobus, funikulyor va boshqalar) yo‘nalishlari hamda yo‘lovchi transportining harakatini tashkil etish; turistlar xavfsizligini hududni videokuzatuv tizimlar bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish va favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish; hududda energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qo‘llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish. 6. Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda rekreatsion ko‘llar hududida hosil bo‘ladigan maishiy chiqindilarni olib chiqish bilan bog‘liq ishlarni tizimli ravishda tashkil etsin; bir oy muddatda rekreatsion ko‘llar hududida noqonuniy barpo etilgan bino va inshootlarni hamda noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan subyektlarni aniqlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralarni ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida rekreatsion ko‘llar hududida qutqaruv brigadasini va uning faoliyatini tashkil etsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda rekreatsion ko‘llar hududida hosil bo‘ladigan maishiy oqovalarni olib chiqish va zararsizlantirish uchun unga eng yaqin bo‘lgan maishiy oqovalarni tozalash inshootlariga olib borish yoki oqova suv tozalash inshootlarini qurish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda rekreatsion ko‘llar hududida intellektual transport, geoma’lumot tizimi va boshqa shu kabilarni nazarda tutuvchi xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalik plyajlar hududida havo sharlarida ekskursiyalarni tashkil qilish, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti (“karavaning”) xizmatlari, “Baliqchilik” maktabi hamda “Zorbing-markaz” attraksionini tashkil qilish bo‘yicha loyiha taklifini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari hamda mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosining doimiy nazoratini tashkil etish, ijrosi yuzasidan mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib borish choralarini ko‘rsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizm va sport vaziri A. Abduxakimov, Navoiy viloyati hokimi Q. Tursunov va Jizzax viloyati hokimi E. Saliyev zimmasiga yuklansin. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘lida (keyingi o‘rinlarda — rekreatsion ko‘llar hududi) turizmni rivojlantirish konsepsiyasi maqsadi Jizzax va Navoiy viloyatlarining turistik salohiyatini rivojlantirish, hududlar iqtisodiyotida turizmning o‘rni va hissasini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasi va transport logistikasini takomillashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, shuningdek, yangi turistik yo‘nalishlarni shakllantirish, aholining dam olishi uchun shart-sharoitlarni yaratish, turizm xizmatlari ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash hisoblanadi. Ayni paytda Arnasoy, Zafarobod va Forish tumanlari hududida 45 ta zamonaviy mehmonxona hamda 150 ta mehmon uylarini tashkil etish rejalashtirilgan. Sayyohlarning hududda uzoqroq muddat qolishini ta’minlash maqsadida milliy urf-odat va an’analar, to‘y-marosimlar, ko‘ngilochar tadbirlar namoyish etish, tabiatga, shuningdek, madaniy-tarixiy maskanlarga sayohatlar uyushtirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, hududning turizm salohiyati va boy tabiiy resurslarini inobatga olgan holda, joylashtirish vositalari, sanatoriylar va dam olish maskanlari yetarli darajada rivojlanmaganligi, turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining pastligi va sonining chegaralanganligi sababli yuqoridagi ko‘rsatkichlar qoniqarsiz hisoblanadi. Konsepsiya rekreatsion ko‘llar hududini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilab beradi hamda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi: 1.1. Rekreatsion ko‘llar hududida zamonaviy mehmonxonalar, jumladan apart-mehmonxonalar, apart-uylar, butik-mehmonxonalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan joylashtirish vositalari majmuasini yaratish. 1.2. Plyaj va sport turizmini rivojlantirish, tibbiy, shuningdek, ekstremal (paraplanlar va deltaplanlar) turizm bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish uchun yetarli turizm infratuzilma obyektlarini yaratish, zamonaviy dor yo‘llarini qurish. 1.3. Suvda dam olish xizmatlari (suv chang‘isi, akvaskiper, FlyBoard va boshqa) hamda madaniy-ko‘ngilochar markazlar (kinoteatrlar, karaoke-barlar, bouling, ko‘ngilochar markazlar va boshqalar) faoliyatini tashkil etish. 1.4. Rekreatsion ko‘llar hududida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilish. 1.5. Rekreatsion ko‘llar hududida Wi-Fi zonalarini kengaytirish va barqaror faoliyat ko‘rsatuvchi statsionar va uyali aloqa faoliyatini ta’minlash, turistik infratuzilma obyektlarida, shu jumladan mehmonxonalar, motel, kempinglar va dam olish, shuningdek, umumiy ovqatlanish va boshqa joylarda bank kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish uchun tadbirkorlik subyektlarini to‘lov terminallari bilan to‘liq ta’minlash hamda zaruriyatga ko‘ra bank xizmatlariga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda bankomatlarni o‘rnatish. 1.6. Rekreatsion ko‘llar hududida tadbirkorlik va ishbilarmonlik tadbirlarini (MICE tourism) o‘tkazishga mo‘ljallangan kongress–xoll, rekreatsiya va dam olish maskanlari, investorlarni jalb qilishga qaratilgan “Investor show room”, shuningdek, turistlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan axborot markazlarini (“Visitor center”) tashkil qilish. 1.7. Sport-sog‘lomlashtirish hamda boshqa turizm obyektlari, zamonaviy muhandislik infratuzilmalari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini qurish. 2.1. Rekreatsion ko‘llar va unga olib boruvchi respublika va mahalliy darajadagi yo‘llarini qurish va ta’mirlash. 2.2. Turistlarga qulay sharoit yaratish maqsadida Jizzax sh. — Arnasoy — Toshkent sh. hamda Jizzax sh. — Arnasoy — Samarqand sh. yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashish tizimini yo‘lga qo‘yish. 2.3. Xususiy transport vositasi bilan tashrif buyuruvchi turistlar uchun rekreatsion ko‘llar hududida avtomobilni qoldirish va jamoat transporti tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida hududga kirishda maxsus avtoturargohlarni tashkil etish. 2.4. Barcha yo‘nalishlarni qamrab oluvchi jamoat transportining ichki tarmog‘ini rivojlantirish va rekreatsion ko‘llar hududiga olib boruvchi turli xildagi transport vositalarining uzluksiz harakatini tashkil etish. 2.5. Jamoat transporti uchun alohida yo‘laklarni tashkil yetish, barcha ijtimoiy guruhlar talablariga javob beradigan zamonaviy transport infratuzilmasini shakllantirish. 2.6. Piyoda sayrlarni amalga oshirish uchun sharoitlar, rekreatsion ko‘llar hududi bo‘ylab alohida trotuarlar, shuningdek, velosiped yo‘laklari va veloturargohlar yaratish, velosiped ijarasi tarmog‘ini tashkil etish. 2.7. Tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha (shaxsiy transport vositalari uchun yuqori stavkalar, jamoat transporti va elektromobil vositalari uchun bepul) pullik avtoturargohlarni yaratish. 2.8. Elektromobillar, elektrobuslar va transport vositalarining gibrid turlaridan foydalangan holda alohida transport tarmog‘ini shakllantirish, bunday transport vositalariga xizmat ko‘rsatish uchun tegishli infratuzilma obyektlarini tashkil etish. 3.1. Ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari sifati va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash. 3.2. Turistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash. 3.3. Yakka va uyushgan turistlarning ommaviy jamlanadigan va murakkab tabiiy to‘siqlarga ega joylarda hamda suv hududida profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, og‘ir ahvolda qolgan shaxslarga zarur yordam ko‘rsatishga va turistlarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan turistik nazorat va qutqaruv xizmatlari tizimini yaratish. 3.4. Turistlar uchun favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi, shuningdek, qutqaruv xizmatlari, huquqni muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy yordam va “tezkor aloqa liniyasi” telefon raqamlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, rekreatsion ko‘llar hududining Call-senter xizmatini ishga tushirish. 3.5. Turistlarni potensial xavf-xatarlar haqida to‘liq va aniq axborot bilan ta’minlash maqsadida ogohlantirishning samarali tizimini yaratish, jumladan, turizm infratuzilma obyektlarida doimiy videokuzatuv tizimini joriy etish. 3.6. Rekreatsion ko‘llar hududida loyiha bo‘yicha rejalashtirilayotgan turistik obyektlar barpo etilib, zarur infratuzilma yaratilganidan so‘ng, tashrif buyuradigan turistlar oqimidan kelib chiqqan holda ushbu hududda ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmasini tashkil etish. 3.7. Rekreatsion ko‘llar hududida favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish. 3.8. Plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, plyaj akvatoriyasini belgilash, kichik hajmli kemalar turadigan bazalarni (inshootlar) prichal va pirslar (kemalar bog‘lab qo‘yiladigan maxsus joylar)ni qurish ularni belgilangan tartibda jihozlash, shuningdek, qutqaruv postlarini tashkil etish ularning javobgarlik zonalarini belgilash, tibbiy yordam maskanlarini joylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. 4.1. Tungi vaqtlarda yoritish tizimlarini takomillashtirish, ko‘chalarni yoritishning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimidan foydalanish, shuningdek, boshqa zamonaviy usul va texnologiyalarni keng joriy etish choralarini ko‘rish. 4.2. Ko‘chalar va piyoda yo‘llari orasida yashil maydonlarni yaratish, piyodalar yo‘llari bo‘ylab manzarali daraxtlar va gullar ekish. 4.3. Maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini minimallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ikkilamchi moddiy resurslarini va qattiq maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish va qayta ishlash tizimini yaratish. 4.4. Energiya tejamkorligini ta’minlash uchun energiya samarador texnologiyalardan foydalanish, jumladan, bino va inshootlarda energiya tejamkor yoritish va isitish asboblarini qo‘llash hamda elektr energiyasida ishlovchi o‘ziyurar uskunalardan foydalanish. 4.5. Muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan kengroq foydalanish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investorning xarajatlarini qisman va to‘liq kompensatsiya qilish uchun mavjud mexanizmlardan foydalanish. 5.1. Real vaqt rejimida turizm xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi rekreatsion ko‘llar hududining rasmiy veb-saytini yaratish. 5.2. Rekreatsion ko‘llar hududi haqidagi ma’lumotlarni “Vikipediya” saytida muntazam joylashtirib borish, turistik portallar (uzbekistan.travel va boshqa sohaviy saytlar) hamda ommabop ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini yaratish. 5.3. Rekreatsion ko‘llar hududining to‘liq geografik joylashuvini uning turizm obyektlari haqidagi ma’lumotlari bilan birga “Google Maps”ga joylashtirish. 5.4. QR-kodlar tizimini turizm yo‘nalishlari bo‘ylab joylashtirish, joylashtirish vositalari, jamoat transporti hamda madaniy-ko‘ngilochar va sport tadbirlari chiptalarini onlayn band qilish va sotib olish tizimlarini joriy etish. 5.5. Rekreatsion ko‘llar hududining turizm salohiyati va mavjud turizm xizmatlarini xalqaro va respublika miqyosida faol targ‘ib qilish strategiyasini ishlab chiqish. 5.6. Rekreatsion ko‘llar hududida mahalliy va xalqaro miqyosdagi madaniy-ko‘ngilochar, sport tadbirlari, yirik forum, konferensiya va boshqa MICE tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlarini targ‘ib qilish hamda muntazam tashkil etilishini ta’minlash maqsadida alohida targ‘ibot mexanizmini joriy etish. 5.7. Hududning turizm imkoniyatlaridan va ko‘rsatiladigan xizmatlardan kelib chiqib, rekreatsion ko‘llar hududining tegishli turistlar guruhlari o‘rtasida targ‘ib qilish bo‘yicha marketing strategiyasi (targetlashtirilgan marketing)ni olib borish. 6.1. Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi yuqori malakali kadrlarni muntazam tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning malakasini mustaqil baholab borish tizimini yaratish. 6.2. Rekreatsion ko‘llar hududida faoliyat ko‘rsatuvchi personalning tegishli o‘quv maskanlari va ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish. 6.3. Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida samarali ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish. 6.4. Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. Rekreatsion ko‘llar hududini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishilishi kutilmoqda: Jizzax va Navoiy viloyatlarining boy turizm salohiyatidan samarali foydalanishga erishish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish va faol targ‘ib qilish. Hududda turizm sohasini rivojlantirish uchun tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qila oladigan xalqaro darajadagi raqobatbardosh turizm va dam olish majmualarini yaratish, turizm sohasida tadbirkorlikning rivojlanishi, shu asosda turizm xizmatlari ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligi va farovonligini oshirish. Har biri 5 yillik davrni o‘z ichiga olgan 3 bosqichda quyidagi natijalarga erishiladi: Birinchi bosqichda, jami 204 o‘rinli 6 ta joylashtirish vositasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari tashkil etiladi. Bundan tashqari hududda kempinglar majmuasi, o‘tov lagerlari, sendvich panel va boshqa turdagi yengil konstruksiyalardan joylashtirish vositalari barpo etiladi; Ikkinchi bosqichda, Aydarko‘l atrofidagi 33 ming gektar hududda yangi turistik hududlar, joylashtirish vositasi, sog‘lomlashtirish maskanlari, sport tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar barpo etiladi; Uchinchi bosqichda, 300 o‘rinli joylashtirish vositalari va sport tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar tashkil etiladi, 1 200 o‘ringa mo‘ljallangan avtotururgoh hamda savdo hududi barpo etiladi. Rekreatsion ko‘llar hududiga birinchi bosqichning so‘nggida yillik 10 000 nafar turist tashrif buyurishi hamda 2040-yilda yillik turistlar soni 30 000 kishiga yetishi kutilmoqda. Rekreatsion ko‘llar hududi va unga olib boruvchi 271 km yo‘llarni ta’mirlash va qurish ishlari amalga oshiriladi. Jizzax va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar sonining yillik o‘sishi tufayli ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari hajmining o‘sishi va 2025-yilgacha viloyatda jami turizm xizmatlari eksportini 600 ming AQSh dollariga yetkazishga yordam beradi.
105
19,054
Qonunchilik
Sankt-Peterburgda Oʻzbekistonning Bosh konsulligi paydo boʻladi
Bu qaror Prezidentning 19.07.2017 yildagi PQ-3140-son qarorida aks etgan. Hujjat matni davlat rahbari saytida keltiriladi. Bosh konsullik Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaхslarining huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish, ularga sifatli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish, shuningdek vatandoshlarimizning migratsiya oqimlarini monitoring qilish uchun ochilmoqda. Hujjat bilan shtat jadvali va хarajatlar smetasi tasdiqlandi. TIV uni ta’minlash uchun nomzodlarni taqdim qiladi.   Shuningdek, tashqi siyosat idorasiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Sankt-Peterburg shahar ma’muriyati bilan Bosh konsullikni joylashtirish va jihozlash hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish topshirildi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov, ekspertimiz.
63
929
Qonunchilik
Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 3-dekabrdagi 102, 2015-34-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2738, 2015-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 49-son, 615-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
104
867
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOMONIDAN JALB QILINADIGAN VA KAFOLATLANADIGAN QARZ MABLAG‘LARI HISOBIGA XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI VA ChET EL HUKUMATLARI MOLIYA TAShKILOTLARI IShTIROKIDAGI INVESTITSIYa LOYIHALARI DOIRASIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIG
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 16-apreldagi 64, 2004-15 va 02/19-22-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan va kafolatlanadigan qarz mablag‘lari hisobiga xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga soliq solish to‘g‘risidagi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
250
984
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yildagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot ma’qullansin.
83
171
Qonunchilik
“Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyruqning 2-bandiga o‘
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 156-son “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining (ro‘yxat raqami 2971-1, 2019-yil 18-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 3-son, 58-modda) 2-bandidagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
713
Qonunchilik
Tijorat banklarining ichki auditiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. Tijorat banklarining ichki auditiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tijorat banklarida ichki auditni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: ichki audit — bankning ichki nazorat tizimi, shu jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish va korporativ boshqaruv tizimi va jarayonlarining sifati, ularning monandligi va samaradorligiga oid mustaqil bahoni taqdim etish bilan bog‘liq faoliyat; ichki audit xizmati — bankda ichki auditni doimiy tarzda amalga oshiruvchi mustaqil tarkibiy bo‘linma; ichki audit standartlari — Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining Banklarda ichki auditga oid tamoyillari, Ichki auditorlar institutining Ichki auditning xalqaro kasbga oid standartlari, Xalqaro buxgaltyerlar federatsiyasining Auditning xalqaro standartlari. 2. Bank kuzatuv kengashi (bundan buyon matnda kengash deb yuritiladi) ichki audit xizmatining tashkil etilishi va uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashi lozim. Kengash mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi. Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom bank xodimlari uchun ochiq bo‘lishi kerak. Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom muntazam ravishda, biroq yiliga kamida bir marotaba ichki audit xizmati rahbari (bundan buyon matnda bosh auditor deb yuritiladi) tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kengash tomonidan kiritiladi. 3. Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomda kamida quyidagilar nazarda tutilishi lozim: ichki audit xizmati maqsadi, vazifalari, huquq va majburiyatlari; ichki audit xizmatining faoliyat yo‘nalishlari; ichki audit xizmatining mustaqilligi va xolisligini ta’minlash asoslari; ichki audit xizmati xodimlarini, shu jumladan bosh auditorni lavozimga tayinlash va ishdan bo‘shatish tartibi; ichki audit xizmati xodimlari, shu jumladan bosh auditorning huquq va majburiyatlari; bosh auditorning hisobdorligi; ichki audit xizmati xodimlari tomonidan audit natijalari yuzasidan hisobotlarni taqdim etish tartibi; ichki audit xizmati xodimlari, shu jumladan bosh auditor o‘z vazifalarini bajarmaganliklari (lozim darajada bajarmaganliklari) uchun javobgarligi; ichki audit xizmati xodimlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar (mustaqillik, xolislik va beg‘arazlik, professional malaka, odob-axloq qoidalari); ichki audit xizmatining bankda nazoratni amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalar (tavakkalchiliklarni boshqarish, komplayens nazorat), boshqa tarkibiy bo‘linmalar va bank xodimlari bilan o‘zaro ishlash tartibi; ichki audit xizmati o‘z vazifalarini bajarishi uchun to‘liq va so‘zsiz ravishda har bir binoga (xonaga) kirish, bank faoliyatiga daxldor istalgan hujjatlar, shu jumladan hisobot, bayonnoma, yozuvlar, elektron fayllar, bank axborot tizimlaridan foydalanish hamda bank ijroiya organi (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) va mas’ul xodimlaridan ma’lumot va izohlar olish vakolati; bankda amalga oshirilgan yoki amalga oshirilishi kutilayotgan yirik bank operatsiyalari (bitimlar), qabul qilingan qarorlar va ichki hujjatlar hamda bank faoliyatiga doir boshqa masalalar yuzasidan ichki audit xizmatini xabardor qilish tartibi; ichki audit xizmatining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va tashqi auditorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi; kengash, audit qo‘mitasi, boshqaruv va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini ichki audit natijalari yuzasidan xabardor qilish shartlari va tartibi; ichki audit xizmati o‘z vazifalarini amalga oshirish jarayonida to‘sqinlik qilayotgan holatlar yuzasidan kengash, audit qo‘mitasi va boshqaruvni xabardor qilish tartibi; ichki audit xizmati bankda yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar, aniqlangan kamchilik va muammolar hamda bank operatsiyalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmagan holda, maslahatlar berish tartibi. 4. Banklar ichki audit xizmati faoliyatining samaradorligini ta’minlash maqsadida ichki hujjatlarini ishlab chiqishda mazkur Nizom talablariga qo‘shimcha ravishda ichki audit standartlaridan foydalanishlari mumkin. 5. Ichki audit xizmati bankning tekshirilayotgan faoliyatidan va boshqaruvidan mustaqil bo‘lib, u kengash va audit qo‘mitasiga bevosita bo‘ysunadi. 6. Ichki audit xizmati xodimlari, shu jumladan bosh auditor kengash qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Kengash qarori bilan ichki audit xizmati xodimlarini (bosh auditor bundan mustasno) lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bank audit qo‘mitasi vakolati doirasiga kiritilishi mumkin. 7. Boshqaruv a’zolari, bankda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar va boshqaruv a’zolari bilan aloqador shaxslar bir vaqtning o‘zida ichki audit xizmati xodimi, shu jumladan bosh auditor sifatida faoliyat yurita olmaydi. 8. Audit bo‘yicha yillik reja (bundan buyon matnda yillik reja deb yuritiladi) bosh auditor tomonidan ishlab chiqiladi va kengash tomonidan tasdiqlanadi. Ichki audit xizmati o‘zining tashabbusi bilan bankdagi barcha soha va amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha ichki auditorlik tekshiruvini (bundan buyon matnda auditorlik tekshiruvi deb yuritiladi) o‘tkazishi mumkin. Ichki audit xizmatining hisobotlari ichki audit xizmati xodimlarining mustaqil fikr va mulohazalariga asoslanishi lozim. 9. Ichki audit xizmati xodimlariga, shu jumladan bosh auditorga nisbatan boshqaruv yoki boshqa shaxslar tomonidan o‘tkazilgan har qanday bosim va ish faoliyatiga qilingan to‘sqinlik to‘g‘risida kengash darhol ichki audit xizmati tomonidan xabardor qilinishi lozim. 10. Ichki audit xizmati xodimlari, shu jumladan bosh auditorning xolisligi va beg‘arazligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bank operatsiyalarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilish, jumladan moliyaviy hujjatlarni yoki tavakkalchiliklarni qabul qilishni ko‘zda tutuvchi hujjatlarni imzolash jarayonlarida ishtirok etmasliklari lozim. 11. Ichki audit xizmatining xodimlari qaytariladigan vazifalarni amalga oshirishlari natijasida ularning tanqidiy fikrlash qobiliyati yomonlashuvining oldini olish maqsadida bosh auditor ichki audit xizmati xodimlari rotatsiyasini besh yilda bir martadan kam bo‘lmagan davriylikda amalga oshirishi mumkin. Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun ichki audit xizmati xodimlarining ichki audit xizmati doirasidagi rotatsiyasi hamda bank xodimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalardan ichki audit xizmatiga yoki ichki audit xizmati xodimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarga rotatsiyasi bankning ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi va tartibga solinishi lozim. 12. Ichki audit xizmati xodimlari bank yoki uning tarkibiy bo‘linmalarida oxirgi o‘n ikki oy ichida o‘zlari faoliyat yuritgan soha yoki tarkibiy bo‘linmaning tekshiruvida ishtirok etishi taqiqlanadi. Ichki audit xizmati xodimi auditorlik tekshiruvi predmeti bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqishda yoki operatsiyani amalga oshirishda bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, u ushbu hujjat yoki operatsiyalarning auditorlik tekshiruvida ishtirok etishi mumkin emas. 13. Bosh auditor har yili ichki audit xizmatining yillik budjetini (bundan buyon matnda budjet deb yuritiladi) ishlab chiqadi. Budjet kengash tomonidan tegishli yilning 1-yanvariga qadar tasdiqlanishi lozim. Kengash budjetni tasdiqlash vakolatini audit qo‘mitasiga o‘tkazishi mumkin. Budjetga o‘zgartirish kiritish vakolatiga kengash yoki audit qo‘mitasi (agar mazkur vakolat audit qo‘mitasiga berilgan bo‘lsa) ega. 14. Budjet ichki audit xizmati o‘z vazifalarini to‘liq va sifatli bajarishi uchun hamda yillik reja yoki bank risk-profilidagi o‘zgarishlar ehtimolini inobatga olgan holda yetarli va moslashuvchan bo‘lishi lozim. Budjet ichki audit xizmati xodimlarining ish haqi va ularni malakasini oshirish, xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarni va ichki audit xizmati faoliyatiga oid boshqa xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. 15. Ichki audit xizmati xodimlari, shu jumladan bosh auditorning ish haqi miqdori kengash tomonidan belgilanadi. Kengash qaroriga ko‘ra ichki audit xizmati xodimlarini, shu jumladan bosh auditorni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilishi mumkin. Kengash ichki audit xizmati xodimlari, shu jumladan bosh auditorning ish haqi miqdorini belgilash yoki ularni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish vakolatini audit qo‘mitasiga o‘tkazishi mumkin. 16. Ichki audit xizmati xodimlarini, shu jumladan bosh auditorni rag‘batlantirish masalasi bankning moliyaviy ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lmasligi, shuningdek kelgusida manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmasligi hamda ularning mustaqillik va xolisligiga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim. 17. Xolislikni ta’minlash maqsadida ichki audit xizmati xodimlari ichki nazoratga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularni joriy etish yoki amalga oshirish jarayonida ishtirok etmasliklari lozim, bundan ichki auditga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ichki audit xizmatining tavakkalchiliklarni boshqarish yoki ichki nazoratga doir fikr va mulohazalarini berishi mustasno. 18. Bankning barcha operatsiyalar turlari va uning barcha tarkibiy bo‘linmalari faoliyati ichki auditorlik tekshiruvi doirasiga kiradi. Ichki audit faoliyati bank va uning nazorati ostidagi tashkilotlarning ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini va ular tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirishni hamda ularning samaradorligini baholash va takliflar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. 19. Audit xizmati quyidagilarni mustaqil tahlil qilishi va baholashi lozim: bankning risk-profilini inobatga olib, ichki nazorat (shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, komplayens-nazorat va boshqalar), tavakkalchiliklarni boshqarish va korporativ boshqaruv tizimlarining samaradorligini va ularning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini; bank oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda bank biznes jarayonlari, ma’muriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini; axborot tizimlarining ishonchliligini, to‘liqligini va samaradorligini hamda ma’lumotlarning dolzarbligini, aniqligini, qulayligini, shuningdek maxfiylik ta’minlanganligini; qonunchilik hujjatlariga, jumladan Markaziy bankning prudensial talablariga hamda bankning ichki hujjatlariga rioya etilishini; Markaziy bank, boshqa davlat organlari va tashqi audit tomonidan aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilganligini; aholi va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimi samaradorligini; aktivlar butligini. Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom bilan ichki audit xizmatiga mazkur bandda nazarda tutilgan masalalardan tashqari boshqa masalalarni ham tahlil qilish va baholash vazifasi yuklatilishi mumkin. 20. Ichki audit xizmati tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini baholashda kamida quyidagilarni tekshiradi: tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma faoliyati, jumladan mazkur tarkibiy bo‘linma tomonidan qabul qilingan qarorlarni hamda uning vazifa va vakolatlaridan kelib chiqib, tavakkalchiliklarni (kredit, likvidlilik, bozor, operatsion, komplayens va boshqalar) boshqarish tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini; bankning risk-appetitini hamda bank faoliyati risk-appetit doirasida ekanligini; tavakkalchiliklarni boshqarishga, shu jumladan yirik tavakkalchiliklarga doir ma’lumotlar Markaziy bank, kengash va boshqaruvga taqdim etilganligini; tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi, jumladan bank faoliyatida yuzaga kelgan tavakkalchiliklarni aniqlash, o‘lchash, baholash, boshqarish, o‘z vaqtida chora ko‘rish va hisobdorlik jarayonlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini; tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha axborot tizimlarining maqbulligini, ulardagi ma’lumotlar aniqligi, ishonchliligi va to‘liqligini; tavakkalchiliklarni baholash usullari ishlab chiqilganligi va ularning qo‘llanilishi, jumladan tavakkalchiliklarni baholash bosqichlari ketma-ketligi va usullarda qo‘llaniluvchi ma’lumotlar dolzarbligi va ishonchliligini. 21. Tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma o‘zining bankda yuzaga kelgan tavakkalchiliklar bo‘yicha bildirgan xulosalari boshqaruvning fikr-mulohazalaridan farqlanganda kengashni xabardor etmagan bo‘lsa, bu haqidagi xabarni kengashga bosh auditor yetkazishi lozim. 22. Kapital monandligi va likvidlilik ko‘rsatkichlarini tekshirishda ichki audit xizmati kamida quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim: kapital monandliligini baholash tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligiga, shu jumladan kapital monandligi o‘rnatilgan prudensial talablarga muvofiqligiga; likvidlilik holatini baholash va monitoring qilish tizimlari hamda jarayonlari bankning risk-profiliga muvofiqligiga, shuningdek ularda tashqi iqtisodiy muhit hisobga olinganligiga va likvidlilik ko‘rsatkichlari minimal prudensial normativlar doirasida ekanligiga; kapital va likvidlilikni stress-testdan o‘tkazish jarayonlariga, shu jumladan stress-testlar davriyligiga, maqsadlariga, ularda qo‘llanilgan ssenariylar maqbulligiga, stress-testdagi ehtimoliy xatoliklar va ularda foydalanilgan jarayonlar ishonchliligiga. 23. Komplayens nazorat xizmati auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishida bankda qonunchilik hujjatlariga va bankning ichki hujjatlariga rioya etilishi, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirilishi bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni boshqarish samaradorligi baholanadi. 24. Ichki audit xizmati korporativ boshqaruvga oid tekshiruvlarni amalga oshirishda kamida quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim: korporativ boshqaruv samaradorligiga, jumladan vakolat va vazifalarning aniq tarzda taqsimlanganligiga hamda yetarli darajadagi hisobdorlikning mavjudligiga; manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan choralarga va noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabar qilish tizimining ijro holatiga; bank xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishining ijro holatiga va uning nazoratiga; mehnatga haq to‘lash tizimi bank biznes-rejasi, bankni rivojlantirish strategiyasi, maqsadi va bank tavakkalchiliklarini boshqarish siyosati hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan choralarga muvofiqligiga; bank tomonidan manfaatdor tomonlarga oshkor etiladigan, shu jumladan bank veb-saytida joylashtirib borishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar ishonchli, aniq, to‘liq ekanligiga hamda ular o‘z vaqtida va davriy ravishda taqdim etib borilishiga. 25. Ichki audit xizmati moliya masalalari yuzasidan quyidagilarni tekshiradi: moliya masalalari bilan ishlovchi tarkibiy bo‘linmalarning faoliyati ularning vazifa va vakolatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini; moliyaviy ko‘rsatkichlarni aniqlash, ularni yig‘ish, baholash hamda hisobotlarni tayyorlashda ishlatiladigan ma’lumotlar hamda jarayonlarning to‘liqligini va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini; moliyaviy hisobotlarni nazorat qilish jarayoni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini, shu jumladan buxgalteriya hisobvaraqlari va moliyaviy hisobotlarning aniqligini hamda haqqoniyligini. 26. Ichki audit xizmati quyidagilarga ham mas’ul hisoblanadi: kengashni auditorlik tekshiruvi asosida tayyorlangan bankning joriy holati va uning ichki nazorat tizimi samaradorligiga oid haqqoniy va mustaqil ma’lumotlar bilan ta’minlash; bank faoliyati, shu jumladan undagi ichki nazorat, tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari va bank biznes-jarayonlari tashkil qilinishi samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va ularni kengash yoki audit qo‘mitasiga kiritish; ichki audit xizmatining avvalgi tekshiruvlari, shuningdek Markaziy bank va tashqi auditorlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha bank faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar va kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash; bank rahbariyatiga va Markaziy bankka aniq, ishonchli va dolzarb hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish va hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarning o‘zaro ishlash samaradorligini baholash; kengash so‘rovlari asosida maxsus tekshiruvlarni o‘tkazish yoki ushbu tekshiruvlarni o‘tkazishda ko‘maklashish; malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida banklar va boshqa tashkilotlarning ichki audit xizmatlari bilan hamkorlik qilish; tashqi auditorlar va Markaziy bank bilan hamkorlik qilish; auditorlik tekshiruvini tasdiqlangan budjet doirasida amalga oshirish. 27. Ichki audit xizmatini bosh auditor boshqaradi va u bankda muhim ahamiyatga ega xodim hisoblanadi. Bosh auditor quyidagilarga mas’ul hisoblanadi: ichki audit xizmati faoliyatini tashkillashtirishga, boshqarishga va muvofiqlashtirishga; ichki audit xizmati xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlashga; ichki audit xizmati o‘z vazifa va funksiyalarini bajarishini nazorat qilishga; yillik rejani ishlab chiqishga, uni kengashga tasdiqlash uchun kiritishga va undagi vazifalar bajarilishini ta’minlashga; bank ichki audit xizmati faoliyatini qonunchilik hujjatlari va Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomga muvofiqligini ta’minlashga; ichki siyosat va ichki audit tartib-taomillarini ishlab chiqishga va ularning ijro etilishini ta’minlashga; ichki audit xizmati xodimlari tomonidan bankning ishbilarmonlik va odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga; auditorlik tekshiruvlarining sifatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ichki audit xizmatini yetarli darajadagi bilimli va malakaga ega xodimlar bilan butlashga; bank operatsiyalarining murakkablashuvi hamda yangi bank mahsulotlari va xizmatlarining joriy qilinishini inobatga olgan holda, ichki audit xizmati xodimlarini doimiy ravishda kasbiy malakasini oshirib borilishini ta’minlashga; zarur choralar ko‘rilishi uchun auditorlik tekshiruvlari natijasida tayyorlangan hisobotlarni kengash va audit qo‘mitasi, boshqaruvi va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga taqdim etilishini ta’minlashga; yillik reja ijro holatiga, shuningdek auditorlik tekshiruvlari natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ichki audit xizmati takliflarining boshqaruv va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan bajarilishi bo‘yicha ma’lumotni davriy ravishda (kamida chorakda bir marta) kengash va (yoki) audit qo‘mitasiga taqdim etilishini ta’minlashga; ichki audit xizmati vakolatlari doirasida tashqi auditorlar, Markaziy bank va boshqa davlat organlari bilan doimiy ravishda hamkorlik qilinishini ta’minlashga; lavozim yo‘riqnomasida belgilangan boshqa vazifalarga. 28. Bosh auditor quyidagilarga haqli: zarur hollarda rejadan tashqari auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishini tashkil qilish; kengash va (yoki) audit qo‘mitasining navbatdan tashqari majlisini o‘tkazish haqida yozma talab taqdim etish; kengash va uning qo‘mitalari hamda boshqaruv majlislarida ovoz berish huquqisiz ishtirok etish. 29. Ichki audit xizmati xodimlari tekshiruv o‘tkazish jarayonida quyidagi vakolatlarga egadirlar: bank boshqaruvidan va xodimlaridan auditorlik tekshiruvining predmeti hisoblangan barcha zaruriy hisobotlar, tahlillar, bayonnomalar, yozuvlar, fayllar, ma’lumotlar va bank faoliyatiga bog‘liq boshqa hujjatlarni (elektron va (yoki) qog‘oz ko‘rinishida) talab qilish; auditorlik tekshiruvida vujudga kelgan savollar bo‘yicha bank boshqaruvi va xodimlaridan yozma yoki og‘zaki tushuntirishlar olish; zarur hujjatlardan nusxalar olish; zarur hollarda hujjatlarning asl nusxalarini belgilangan tartibda olish; tekshirish o‘tkazish maqsadida bankning barcha binolariga (xonalariga), shu jumladan naqd pul va qimmatliklar saqlanayotgan binolarga (xonalarga), shuningdek axborot tizimlari, elektron va qog‘oz arxivlariga kira olish; auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan so‘ng aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish; qonunchilik hujjatlari va bankning ichki hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar. 30. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi holatlarda javobgar hisoblanadilar: auditorlik tekshiruvi natijalarini buzib (o‘zgartirib) ko‘rsatish; o‘z xizmat vazifalarini bajarish paytida olingan ma’lumotlar hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi har qanday ma’lumot maxfiyligini ta’minlamaslik; o‘z xizmat vazifalarini bajarish paytida olingan ma’lumotlardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxs manfaatlari yo‘lida foydalanish; bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalaridan olingan hujjatlar butligini ta’minlamaslik va ularni qaytarmaslik; qonunchilik hujjatlari va bankning ichki hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar. 31. Ichki audit xizmati xodimlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va bankning ichki hujjatlariga binoan javobgar bo‘ladilar. 32. Ichki audit xizmati xodimlarining soni bank aktivlari miqdori va tavakkalchilik darajasi, bank operatsiyalari xususiyati va ko‘lami hamda bankning tashkiliy tuzilishidan (shu jumladan, xodimlar soni va filiallar tarmog‘idan) kelib chiqib shakllantirilishi lozim. Ichki audit xizmatining xodimlari jamoaviy ravishda tavakkalchiliklarni boshqarish, prudensial normativlar (shu jumladan, kapital monandligi va likvidlilik ko‘rsatkichlari), korporativ boshqaruv, komplayens-nazorat va moliya-iqtisod masalalarini tekshira olish va ularni tahlil qilib borish uchun bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlari lozim. 33. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablarga javob berishlari kerak: oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; bank va (yoki) moliya tizimida tavakkalchiliklarni boshqarish, aktiv va passivlarni boshqarish, kreditlash, valyuta, pul muomalasi yoki buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘liq tarkibiy bo‘linmalarning birida yoki bir nechtasida yoki tashqi auditor sifatida kamida 1 yillik ish tajribasiga yoki “Sertifikatlangan ichki auditor (CIA)”, “Sertifikatlangan moliyaviy tahlilchi (CFA)” xalqaro sertifikatlariga, xalqaro buxgaltyerlar sertifikatlariga (“Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ACCA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (CPA)” yoki “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)”) va (yoki) tavakkalchilikni boshqarishga oid xalqaro sertifikatlariga (“Sertifikatlangan risk menejeri (CRM)” yoki “Moliyaviy risk menejer (FRM)”) ega bo‘lishi; bosh auditor bank va (yoki) moliya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan, nomzod tavsiya etilayotgan tashkiliy tuzilmada kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega bo‘lishi; bank sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini va Markaziy bank tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi; buxgalteriya hisobi va hisobotiga doir qonunchilik hujjatlari va xalqaro standartlar hamda auditning xalqaro standartlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi. 34. Kengash yoki audit qo‘mitasi bosh auditor bilan birgalikda davriy ravishda (yilda kamida bir marta) ichki audit xizmatining har bir xodimini uning axborotni tanlash, tekshiruv o‘tkazish va xulosalarni tayyorlash salohiyatidan kelib chiqib kasbiy mahorat darajasini baholab borishi lozim. 35. Ichki audit xizmati xodimlarining kasbiy malaka va ko‘nikmalari muntazam va uzluksiz o‘quv jarayoni orqali oshirib borilishi lozim. 36. Boshqaruv a’zolari, boshqaruvga bo‘ysinuvchi barcha xodimlar, shuningdek bankka aloqador boshqa shaxslar auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda qatnashishga haqli emas. 37. Auditorlik tekshiruvlari kengash tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga muvofiq amalga oshiriladi. 38. Yillik reja tavakkalchiliklarga asoslangan bo‘lishi lozim. Yillik rejani ishlab chiqishda tavakkalchiliklarni har tomonlama baholash natijalari, bosh auditorning asoslantirilgan mulohazalari, shuningdek kengash va boshqaruvdan olingan taklif va mulohazalar inobatga olinishi mumkin. Ichki audit xizmati faoliyatining samaradorligi va monandligini ta’minlash maqsadida yillik reja bir yilda kamida bir marotaba tegishli yilning 1-yanvariga qadar tasdiqlanishi lozim. Zarur hollarda yillik rejaga kengash qaroriga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 39. Boshqaruv tomonidan ichki audit xizmatiga auditorlik tekshiruvini yoki boshqa vazifalarni bajarish to‘g‘risida taklif kiritilsa va ushbu taklif kengash tomonidan tasdiqlangan audit xizmati maqsadlariga zid kelsa yoki auditorlik dasturining samarali amalga oshirilishiga xalaqit bersa, ichki audit xizmati ushbu taklifni rad etishga haqli. 40. Tavakkalchiliklarga asoslangan yillik rejada quyidagi omillar hisobga olinishi mumkin: bankning risk-profili, shu jumladan risk-profilda ko‘zda tutilgan yirik tavakkalchiliklar; ichki nazorat tizimidagi mavjud zaifliklar; bankning biznes-rejasi bo‘yicha kutilayotgan natijalar va kengash tomonidan belgilangan vazifa va takliflar; auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda budjetdan hamda ichki audit xizmati xodimlarining salohiyatidan imkon darajasida samarali foydalanish. 41. Yillik reja asosida auditorlik tekshiruviga chiqishdan oldin batafsil auditorlik tekshiruvi dasturi (bundan buyon matnda auditorlik dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda bosh auditor tomonidan tasdiqlanishi lozim. 42. Auditorlik dasturini tayyorlash jarayonida ustuvor sohalarni aniqlashda kamida quyidagilar inobatga olinishi kerak: tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi holati, jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish strategiyasi; bankning risk-appetiti, tavakkalchiliklarni boshqarish siyosatlari; tekshiriladigan soha va operatsiyalarning muhimlik darajasi, murakkabligi va ko‘lami; avvalgi tekshiruvlar natijalari. 43. Auditorlik dasturi auditorlik tekshiruvi maqsadlarini, tekshirish soha va yo‘nalishlarini, batafsil ish rejasini, tekshiruvlar grafigini, audit predmeti bo‘lgan har bir yo‘nalishni tekshirish tartib-taomillari tavsifini, auditorlik tekshiruvlarida ishtirok etuvchi ichki auditorlar va boshqa shaxslarning ro‘yxatini o‘z ichiga olishi kerak. Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish jarayonida auditorlik dasturiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. O‘zgartirishlar yozma ravishda hujjatlashtirilgan va tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 44. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish davriyligi audit o‘tkaziladigan har bir sohaga oid tegishli tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan bo‘lishi lozim. Ichki audit xizmati xodimi tavakkalchiliklarni baholashda operatsiyaning xususiyatlari, ichki nazoratga doir tegishli siyosat va qoidalarning mavjudligi hamda boshqaruv va bank ichki nazorati faoliyati samaradorligi kabi omillarni e’tiborga olishi kerak. 45. Auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi tugatilganidan so‘ng zudlik bilan tayyorlanishi hamda audit maqsadlari, miqyosi, xulosalarni hamda har bir aniqlangan kamchilikni bartaraf qilishga doir batafsil tavsiyalarni o‘z ichiga olishi lozim. Tavsiyalar aniqlangan muammolar va ularning kelib chiqish sabablarining qisqacha izohini, mavjud tavakkalchiliklarni, talab etiladigan chora-tadbirlarni, jumladan, bank ichki siyosatlari va tartib-taomillarini ko‘rib chiqishni, chora-tadbirlarni bajarish muddatlarini va ijrochilarni o‘z ichiga olishi lozim. 46. Auditorlik hisobotiga tahliliy materiallar, izohlar hamda boshqa ishchi hujjatlar to‘plami ilova qilinishi mumkin. Auditorlik hisoboti va tekshiruv bo‘yicha ishchi hujjatlar ichki audit xizmati xodimlari tomonidan tayyorlanib, bosh auditor tomonidan tekshiriladi. 47. Ichki audit xizmati xodimlari tomonidan aniqlangan asosiy kamchilik va takliflar tekshirish o‘tkazilayotgan tarkibiy bo‘linma rahbariyati tomonidan izohlab berilishi lozim. Zarur hollarda ushbu izohlar kengash va audit qo‘mitasiga taqdim etilishidan oldin auditorlik hisobotiga kiritilishi mumkin. 48. Auditorlik hisobotlari bevosita kengash yoki audit qo‘mitasiga taqdim etilishi lozim.Ushbu hisobotlarning nusxalari boshqaruvga, shuningdek tegishliligi bo‘yicha bankning alohida tarkibiy bo‘linmalariga, filial rahbarlariga va sho‘ba korxonalari rahbarlariga taqdim etiladi. 49. Boshqaruv o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi chog‘ida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi. 50. Ichki audit xizmati tekshirish jarayonida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va tegishli ravishda bajarilishi ustidan keyingi nazoratni o‘rnatishi lozim. Tekshirishdan keyingi nazoratni o‘tkazish uchun javobgarlik Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomda belgilangan bo‘lishi kerak. 51. Kengash auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni boshqaruv tomonidan amalga oshirilishini nazorat qilishi zarur. 52. Kengash ichki va tashqi baholash orqali ichki audit xizmati faoliyatini baholab borishi va nazorat qilishi lozim. Bunda ichki baholash ichki audit xizmati faoliyatini monitoring qilish, uning xodimlari faoliyatini va bilimini baholab borish orqali hamda taqdim etilgan auditorlik hisobotlari sifatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Tashqi baholash bankka aloqador bo‘lmagan mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda ichki audit xizmati faoliyatini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Tashqi baholash besh yilda kamida bir marta o‘tkazilishi, bunda dastlabki tashqi baholashdan o‘tkazish 2023-yil 1-yanvariga qadar amalga oshirilishi lozim. 53. Markaziy bank tomonidan bankda o‘tkaziladigan inspeksiya (tekshirish) ichki audit xizmati faoliyatini tashqi baholash zaruriyatini bekor qilmaydi. 54. Kengash davriy ravishda (yilda kamida bir marta) bosh auditorning ishchanlik obro‘si va malakasini baholashdan o‘tkazishi lozim. 55. Boshqaruv quyidagilar uchun mas’ul hisoblanadi: ichki audit xizmatini budjet doirasida zarur moliyaviy mablag‘lar va resurslar bilan to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash; ichki audit xizmati bank strategiyasi va ichki siyosatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, bankdagi loyihalar, yangi bank mahsulotlari, bank tashkiliy tuzilmasi o‘zgarishi hamda bankda mavjud va yuzaga kelishi kutilayotgan tavakkalchiliklar yuzasidan o‘z vaqtida xabardor qilib borilishini ta’minlash; aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ichki audit xizmati tomonidan tayyorlangan hisobotlar asosida o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘rish. 56. Markaziy bank ichki audit xizmati xodimlari, shu jumladan bosh auditor bilan uchrashuvlar o‘tkazishga haqli va mazkur uchrashuvlarda bank faoliyatiga oid turli masalalar muhokama qilinishi mumkin. 57. Markaziy bank quyidagilar yuzasidan bank kengashiga yozma talabnoma kiritishi mumkin: ichki audit xizmati tomonidan bank faoliyatidagi alohida masalalar va (yoki) bankning ma’lum davr oralig‘idagi faoliyati yuzasidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish; Markaziy bankka ichki audit xizmati vakolatiga kiruvchi alohida masalalar yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etish; ichki audit xizmati faoliyatini qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiqlashtirish. 58. Markaziy bank bankdan ichki audit xizmati o‘tkazgan tekshiruvlarga oid har qanday ma’lumotlar va hisobotlarni olishga va auditorlik tekshiruvi natijalarini muhokama qilishi mumkin. 59. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2000-yil 25-noyabrda 405-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 992, 2000-yil 22-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 24-son). 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/12-son “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 992-1, 2004-yil 20-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 16-son, 192-modda). 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 26-noyabrdagi 26/4-son “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 992-2, 2005-yil 29-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 394-modda). 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 9-apreldagi 10/5-son “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 992-3, 2011-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 17-son, 176-modda). 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/8-son “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning 42-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 992-4, 2018-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/992-4/0988-son). 6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/13-son “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomning 54-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 992-5, 2019-yil 28-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2019-y., 10/19/992-5/2686-son).
97
34,302
Qonunchilik
DAVLATLAR VA AJNABIY ShAXSLAR O‘RTASIDAGI INVESTITSIYaGA DOIR NIZOLARNI HAL ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYAGA QO‘ShILISh HAQIDA
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, O‘zbekiston Respublikasida ajnabiy investorlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan kafolatlarini ta’minlash va himoya qilish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: Davlatlar va ajnabiy shaxslar o‘rtasidagi investitsiyaga doir nizolarni hal etish tartibi to‘g‘risidagi (1965-yil Vashingtonda qabul qilingan) Konvensiyaga qo‘shilinsin.
134
408
Qonunchilik
“Xalqaro mehnat tashkilotining qishloq xo‘jaligida mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 129-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1969-yil 25-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-519-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 22-iyunda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining qishloq xo‘jaligida mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 129-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1969-yil 25-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-519-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
233
475
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin: 2014-yil 17-aprelda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi S.B. Artikova to‘g‘risida”gi; 2014-yil 5-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni mas’ul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi; 2014-yil 3-iyunda qabul qilingan “Senator Erkin Ro‘zmetovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi etib saylash to‘g‘risida”gi; 2014-yil 9-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843–I/515–I-sonli Qo‘shma qarorining 3-ilovasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi; 2014-yil 20-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi; 2014-yil 30-iyulda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi; 2014-yil 21-avgustda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a’zosi A.X. Burxanov to‘g‘risida”gi. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
1,483
Qonunchilik
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-noyabrdagi 322-son “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish apparatlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-son qarori (ro‘yxat raqami 2606, 2014-yil 5-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 32-son, 411-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 5-band “o‘zbek, rus va ingliz tillarida” degan so‘zlardan keyin “A-5 formatida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yili” degan so‘z “sanasi” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3. Ilovaning 1-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar ro‘yxati” quyidagi tahrirdagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin: “d) uchuvchisiz uchish apparatlari.”. 4. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan.
146
1,403
Qonunchilik
SUDYALARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BO‘YIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASINI TUZISh TO‘G‘RISIDA
Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, sudyalik lavozimlariga yetuk, bilimdon va pok mutaxassislarni tavsiya etishda qonunchilik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka Komissiyasi tuzilsin. Uning tarkibi va Nizomi 1*, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan farmon va farmoyishlari hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi. Komissiyaning asosiy vazifalari sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning demokratik asoslarini takomillashtirish, sudyalarni lavozimlarga tayinlash masalalarini hal etish chog‘ida qonunchilik va ijtimoiy adolat kafolatlarini, shuningdek sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashdan iborat deb belgilansin. 3. Ushbu Farmon qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 30-iyuldagi F-1038-sonli Farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Davlat maslahatchisi O‘. Komilov zimmasiga yuklatilsin.
102
1,351
Qonunchilik
TAShQI SAVDO FAOLIYATINI TARTIBGA SOLIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“Boj tarifi to‘g‘risida” va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi qatnashchi hisoblangan xalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq, shuningdek, tarif bilan boshqarish usullarini takomillashtirish va ulardan ustuvor foydalanish asosida tashqi savdo faoliyatini izchil erkinlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2001-yil 1-martgacha tuzilgan va O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarida hisobga qo‘yilgan hamda ular bo‘yicha tovarlar keltirilayotgan va/yoki to‘lov amalga oshirilayotgan import kontraktlar ilgari belgilangan tartibga muvofiq bajariladi. 5. Vazirlar Mahkamasining 4-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 6. Quyidagilar 2001-yil 1-martdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari faoliyatini va avtobenzin bilan ta’minlashni yaxshilash masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 7-avgustdagi 380-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi. 7. Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 6-bandining birinchi xatboshidagi “va ulardan keltiriladigan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
89
1,864
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilova qilinayotgan Ish tartibi tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 18-yanvardagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 3-maydagi 201-son qarori bilan o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar kiritilgan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Reglamenti (O‘zSSR QT, 1990-y., 1-son, 1-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 1. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Ish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. 3. Vazirlar Mahkamasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish Vazirlar Mahkamasi Raisining, Bosh vazirning, uning o‘rinbosarlarining, vazirlarning, davlat qo‘mitalari raislarining, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari rahbarlarining faoliyati, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining, doimiy, vaqtinchalik komissiyalarining, Hukumatning boshqa ishchi organlarining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta’minlanadi. 4. Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Vazirlar Mahkamasining Raisi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi Raisining topshirig‘iga binoan Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi ishini tashkil qiladi. 5. Vazirlar Mahkamasi apparati va uning tarkibiy bo‘linmalarining ish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. 1. Vazirlar Mahkamasining ishi yil choragi yoki yarim yillik rejalarga muvofiq olib boriladi. Muhim davlat, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy muammolarni hal etish uchun Vazirlar Mahkamasining kompleks yoki maqsadli tadbirlari ishlab chiqiladi, ular Bosh vazirning o‘rinbosarlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. 2. Ish rejasi loyihasiga masalalarni kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflarini hisobga olgan holda kiritadilar. Umumlashtirilgan takliflar rejalashtiriladigan davr boshlangungacha 20 kundan kechikmay Rayosatga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. 3. Rejalashtirilgan masalalarni ko‘rib chiqish muddatlarini o‘zgartirishga yoki ularni chiqarib tashlashga Vazirlar Mahkamasining Raisi ruxsat beradi. 4. Vazirlar Mahkamasining Rayosati ish rejasining o‘tgan davr mobaynida qanday bajarilayotganligi to‘g‘risidagi hisobotlarni muntazam ravishda eshitib boradi. 1. Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar kiritiladi. Masalalar vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalarning rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ular bo‘lmagan (xizmat safarida, mehnat ta’tilida bo‘lgan) hollarda esa ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan kiritiladi. Tuman va shaharlarning hokimlari, respublikaning vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar, ittifoqlar tarkibiga kiradigan birlashmalari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining rahbarlari masalalarni Vazirlar Mahkamasiga faqat o‘zlarining yuqori idoralari orqali, davlat sektoriga kirmagan korxonalar esa — o‘zlari joylashgan hudud hokimliklari yoki o‘zlarining respublika organlari orqali kiritadilar. 2. Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan har bir masala bo‘yicha, odatda, davlat tilida aniq bayon qilingan, asoslangan qaror yoki farmoyish loyihasi, shuningdek, masalaning mohiyati bayon etilgan va mazkur hujjatni qabul qilish zarurligi asoslab berilgan qisqacha xat taqdim etiladi. Qarorlar, farmoyishlarning loyihalari amaldagi qonun hujjatlariga mos bo‘lishi, ularda ko‘rib chiqilayotgan masala puxta tahlil qilingan va xolis baholangan ijrochilar oldiga aniq ifodalangan maqsad va vazifalar qo‘yilgan bo‘lishi, ularda amalga oshirsa bo‘ladigan muddatlar belgilanishi kerak. Qarorlar va farmoyishlarning loyihalarida, zaruriyat bo‘lganda, ilgari qabul qilingan qarorlarga o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi taklif nazarda tutiladi. 3. Aynan shu masalalar bo‘yicha ilgari qabul qilingan qarorlar bajarilmagan hollarda (yangi vaziyatlar paydo bo‘lgan hollar bundan mustasno) Vazirlar Mahkamasiga ana shu masalalar bo‘yicha qarorlar va farmoyishlar loyihalari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 4. Oliy Majlisga kiritiladigan qonun loyihalari Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqilgunga qadar barcha manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib olinishi shart. Boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining manfaatlariga yoki vakolatiga daxldor bo‘lgan qarorlar va farmoyishlarning loyihalari, shuningdek, ularga ilovalar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar davlat va xo‘jalik boshqaruvining mana shu organlari bilan kelishib olinadi. Normativ tusdagi qarorlarning loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan ham kelishib olinadi. O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish hamda respublika budjeti bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar, farmoyishlarning loyihalari yoki takliflar tegishli ravishda Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan moddiy-texnika ta’minoti masalalari bo‘yicha — “O‘zshartnomasavdo” davlat uyushmasi bilan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha — Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan kelishib olinishi kerak. Qonunlar, qarorlar (farmoyishlar)ning loyihalari yuborilgan rahbarlar, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, o‘zlari bilan kelishilayotgan qonun loyihalari bo‘yicha 10 kalendar kun mobaynida, qaror loyihalari bo‘yicha 3 kalendar kun, farmoyishlarning loyihalari bo‘yicha esa ko‘pi bilan 2 kalendar kun mobaynida xulosa berishlari lozim. 5. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan qonunlar, qarorlar, farmoyishlar loyihalarining asoslanganligi va sifati, keltirilgan ma’lumotlar va boshqa materiallarning to‘g‘riligi, shuningdek, ularning manfaatdor tashkilotlar bilan tegishli ravishda kelishib olinganligi uchun shaxsan javob beradilar. Ushbu Ish tartibida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinmasdan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan qonun, qaror, farmoyishlar loyihalari va respublikadagi tashkilotlarning murojaatlari zarur tartibda rasmiylashtirish uchun qaytariladi. 6. Tayyorlangan va kelishilgan qonun, qaror, farmoyishlarning loyihalari ularni Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari mudirlari tomonidan Bosh vazirning tegishli o‘rinbosariga taqdim etiladi. 7. Hujjatlarning boshqa turlarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga bildirish tartibi, shuningdek, ular bo‘yicha ijrochilarga topshiriqlar (ko‘rsatmalar, rezolyutsiyalar)ni yetkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan belgilanadi. 1. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Rayosat majlislari muntazam, har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Majlislarni Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri olib boradi. Zaruriyat tug‘ilganda shoshilinch masalalarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining rejadan tashqari majlislar o‘tkazilishi mumkin. 2. Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislariga Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi har qanday masalalar kiritiladi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar bundan mustasnodir. 3. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Bosh vazir o‘rinbosarlarining rahbarligida Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mazkur Ish tartibiga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari birgalikda amalga oshiradilar. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tuziladigan komissiyalar amalga oshiradilar. 4. Majlis kun tartibi loyihasi Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari takliflariga binoan majlis boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin tayyorlanadi hamda Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki uning topshirig‘iga binoan Bosh vazir bilan kelishiladi. Kun tartibi kelishilgandan keyin unga qo‘shimcha masalalar faqat ularning roziligi bilan kiritilishi mumkin. 5. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlisiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha materiallar Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi, u tayyorlangan masalalarning sifati uchun javob beradi. Qaror loyihasi Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari, yuridik bo‘lim, boshqa manfaatdor bo‘limlar va Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan imzolangan va Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasida albatta muhokama (aprobatsiya)dan o‘tgan bo‘lishi kerak. Loyiha bilan bir vaqtda quyidagilar taqdim etiladi: muhokama qilish tartibi, majlisga taklif etiladigan mansabdor shaxslar ro‘yxati, qaror loyihasining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatining kiritilgan masalaning mohiyati qisqacha bayon qilingan xati. Qaror loyihasini to‘liq kelishib olish imkoni bo‘lmagan favqulotda hollarda kelishilmagan masalalar asoslashlar, mulohazalar va takliflar bilan birgalikda kelishilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomada ko‘rsatilishi kerak. 6. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan materiallar Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari tomonidan majlisdan 7 kun oldin topshiriladi. 7. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlisiga taklif etiladigan mansabdor shaxslar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining Rayosati yoki uning topshirig‘iga binoan — Bosh vazir bilan kelishiladi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari rahbarlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisini, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarini hamda majlisga taklif etiladigan boshqa shaxslarni xabardor qilish, shuningdek, ularning majlisga ketgan-kelmaganliklarini nazorat qilish tegishliligi bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari tomonidan amalga oshiriladi. 8. Vazirlar Mahkamasi majlisiga Konstitutsiyaviy sud raisi, bosh prokuror, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Nazorat inspeksiyasi rahbari, O‘zdavteleradio kompaniyasi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvlarining raislari, O‘zA Bosh direktori, Makroiqtisodiyot va statistika vazirining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi doimiy vakili, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi doimiy ravishda, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari esa — zaruriyat bo‘lganda taklif etiladilar. Boshqa mansabdor shaxslar majlisga faqat ularga daxldor masalalar bo‘yicha taklif etiladilar. 9. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida Ishlar Boshqaruvchisining o‘rinbosarlari, Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari qatnashadilar. Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa mas’ul xodimlari majlislarda tayyorlashda o‘zlari qatnashgan masalalar ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etadilar. 10. Majlis materiallari Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati a’zolariga, tegishli masalalar bo‘yicha materiallar esa majlisga taklif etiladigan boshqa mansabdor shaxslarga ham majlisdan kamida 3 kalendar kun oldin tarqatiladi. Kun tartibi va majlis materiallarini tarqatish, Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati a’zolarini, majlislarda doimiy ravishda qatnashadigan respublika idoralari rahbarlarini xabardor qilish, taklif etilganlarni ro‘yxatga olish va majlisga xizmat ko‘rsatish tegishli Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari bilan birgalikda Ishlar Boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. 11. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida masalalar bo‘yicha axborotlar Bosh vazirning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari mudirlari tomonidan bayon qilinadi. Muhokama etilayotgan masala bo‘yicha ma’ruza qilish uchun 10 minutgacha (rivojlanish istiqbollarini belgilash va respublika budjeti masalalari bo‘yicha — 30 minutgacha), qo‘shimcha ma’ruzalar va nutqlar uchun — 7 minutgacha, ma’lumot berish uchun — 3 minutgacha vaqt belgilanadi. Zarur hollarda majlisga raislik qiluvchi boshqa vaqtni belgilaydi. 12. Majlislarda qarorlar Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Majlis tamom bo‘lgandan keyin qabul qilingan qarorning aniq ifodalangan matni Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyati mudiri tomonidan imzolangan holda majlis bayoniga kiritish uchun Umumiy bo‘limga beriladi. Majlis bayoni raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida qabul qilingan hujjatlar qarorlar va farmoyishlar shaklida chiqariladi. Shoshilinch tusdagi masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati ularning majlislari bayonida qayd etiladigan qarorlar qabul qilishi mumkin. Bunday qarorlar ijrochilarga majlis bayonidan ko‘chirma holida yetkaziladi. Majlis tamom bo‘lgach qarorlar, farmoyishlar, majlis qarorlarining loyihalari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa materiallar Umumiy bo‘limga topshiriladi. 1. Vazirlar Mahkamasi qarorlar, farmoyishlar va majlis qarorlarini qabul qiladi. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlari qarorlar shaklida chiqariladi, shoshilinch va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlar Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari yoki majlisning qarori shaklida chiqariladi. 2. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida muhokama etish davomida mulohazalar bildirilgan, qo‘shimchalar yoki o‘zgartirishlar kiritilgan qaror loyihalari tegishli Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari yoki majlislarda tuzilgan komissiyalar tomonidan puxta ishlanadi hamda, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, majlis bo‘lib o‘tgan kunning ertasiga imzolash uchun taqdim etiladi. Loyihalarga kiritiladigan o‘zgartirishlar Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari va birinchi o‘rinbosari bilan kelishilishi kerak. 3. Ayrim shoshilinch masalalar yoki Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama etilishi zarur bo‘lmagan masalalar bo‘yicha qaror loyihalari Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari bilan so‘rab bilish tartibida kelishiladi va rasmiylashtiriladi. 4. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ular imzolangan sana bo‘yicha rasmiylashtiriladi hamda tegishli Bosh vazir o‘rinbosarlarining kotibiyatlari tomonidan tuziladigan tarqatish ro‘yxati bo‘yicha darhol ijrochilarga tarqatiladi. 5. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlari to‘plamida e’lon qilinadi. Vazirlar Mahkamasining muhim yoki ularda nazarda tutilgan tadbirlar tezda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan qarorlari keng ommaga darhol yetkazilishi zarur bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki Bosh vazirning ko‘rsatmasi bilan ommaviy axborot vositalari orqali umumxalqqa ma’lum qilinadi. 6. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlarida ularni kuchga kiritish muddatlari ko‘rsatiladi, boshqa hollarda ular imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari ular imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. 7. Vazirlar Mahkamasining e’lon qilinishi kerak bo‘lgan qarorlarining asl nusxalarida quyidagi yozuvlar bo‘ladi: “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plamida e’lon qilinadi”, “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plamida va gazetalarda e’lon qilinadi” va hokazo. 1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining qarorlarini hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarning qanday bajarilayotganligini nazorat qilish hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan uning doimiy komissiyalari tuzilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi ularning vazifalarini va xizmatlarni hamda faoliyat tartibini belgilaydi. 2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvining alohida masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining alohida topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining vaqtinchalik komissiyalari va ishchi organlari tuzilishi mumkin. 3. Vazirlar Mahkamasining doimiy, vaqtinchalik komissiyalarining hamda ishchi organlarining hujjatlari majlis bayonlari bilan rasmiylashtiriladi hamda tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Ko‘rsatib o‘tilgan komissiyalar va ishchi organlarning majlis bayonlari ularga boshchilik qilayotgan rahbarlar tomonidan imzolanadi. 4. Doimiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan materiallarni tayyorlash hamda komissiyalar qarorlarining bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari, ularga tashkiliy-texnikaviy xizmat ko‘rsatish esa Ishlar Boshqarmasining bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lganda bu materiallarni tayyorlashga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning mutaxassislari jalb qilinishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari tomonidan hujjat jo‘natilgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida (agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa) bajarilishi kerak. Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari kiritilgan materiallarni Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga bildirish uchun zarur hollarda o‘rganishni va puxta ishlab chiqishni 3 kun mobaynida, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqalarning manfaatlariga tegishli puxta ishlab chiqishni talab qiladigan hujjatlar bo‘yicha esa 10 kungacha muddatda (boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa) ta’minlaydilar. Bajarish muddatlarini faqat topshiriqni imzolagan rahbar uzaytirishi mumkin. Agar topshiriq bir necha ijrochiga taalluqli bo‘lsa, u holda uni bajarishga mas’ul bo‘lgan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari yoki muvofiqlashtirish (chaqirish) topshirilgan mansabdor shaxs uning bajarilishini tashkil etishga majburdir. Ijrochilar topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun bab-baravar javob beradilar. Topshiriqda qo‘yilgan masalalar hal qilingan yoki asosiy masala bo‘yicha javob berilgan taqdirda u bajarilgan hisoblanadi. 1. O‘zbekiston Respublikasining MDHdagi Muxtor vakolatxonasi (Minsk shahridagi Muxtor vakolatxona) MDHda O‘zbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiladi hamda MDH davlat boshliqlari Kengashi va hukumat boshliqlari Kengashi majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan tayyorlash va o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha doimiy tezkor aloqani amalga oshiradi. 2. O‘zbekiston Respublikasining MDHdagi Muxtor vakolatxonasi o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga, MDH davlat boshliqlari va hukumat boshliqlari Kengashi qabul qilgan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi. 3. O‘zbekiston Respublikasining MDHdagi Muxtor vakolatxonasi Vazirlar Mahkamasini O‘zbekiston Respublikasiga taalluqli qarorlarning loyihalari, boshqa hujjatlar va tadbirlar haqida muntazam xabardor qilib turadi. 1. Vazirlar Mahkamasi o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi. 2. Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, farmoyishlarining, majlis qarorlarining bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari kotibiyati tomonidan ta’minlanadi. 3. Vazirlar Mahkamasi vazirlarning, davlat qo‘mitalari raislarining, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlarning qanday bajarilayotganligi, davlat budjetining ijrosi, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi, ularning so‘zsiz ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash choralarini ko‘radi. 4. Vazirlar Mahkamasi apparati, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, mahalliy boshqaruv organlari, korxonalar va tashkilotlarning nazorat ishi samaradorligini oshirish va tartibga solish maqsadida hujjatlar ijrosini nazorat qilishning yagona tartibi joriy qilinadi. Hujjatlarning ijrosini nazorat qilish ishlarini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma hamda Hujjatlarning ijrosini va nazoratini tashkil etish tartibi bilan belgilanadi. 5. Bajarilgan qarorlarni nazoratdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan qabul qilinadi. 1. Vazirlar Mahkamasi apparatida fuqarolarning xatlari, arizalari va shikoyatlari bilan ishlash hamda keluvchilarni qabul qilish tartibi tegishli Nizom bilan belgilanadi. 2. Fuqarolarning xatlari arizalari va shikoyatlari bilan ishlashni va keluvchilarni qabul qilishni tashkil etish uchun mas’uliyat Vazirlar Mahkamasining Fuqarolarni qabul qilish, xat va arizalarni ko‘rib chiqish bo‘limi mudiriga, Bosh vazir o‘rinbosarlari kotibiyatlari mudirlariga yuklatiladi. Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish Bosh vazir tomonidan tasdiqlanadigan Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
71
23,713
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008 YILGI INVESTITSIYa DASTURI TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishga xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda respublika iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Investitsiya dasturining asosiy parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin. 2. Quyidagilar tasdiqlansin: davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2008-yilgi markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari 3-ilovaga* muvofiq; budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2008-yilgi markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari 4-ilovaga* muvofiq; budjetdan tashqari Respublika maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2008-yilgi markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari hamda Islom taraqqiyot bankining imtiyozli krediti hisobidan 2008-yilda quriladigan umumta’lim maktablarining aniq manzilli ro‘yxati 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq; 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi mablag‘larini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 6-ilovaga* muvofiq; korxonalarning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha 2008-yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli qurilishlari ro‘yxati 7-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2008-yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 8-ilovaga* muvofiq. 3. Quyidagilar ma’qullansin: to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2008-yilgi investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturi 9-ilovaga* muvofiq; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shaxsiy mablag‘lari hisobidan kasb-hunar kollejlari qurilishining 2008-yilgi aniq manzilli ro‘yxati 10-ilovaga* muvofiq; ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati 11-ilovaga* muvofiq. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, buyurtmachi vazirliklar va idoralar: o‘n kun muddatda davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasi, Maktab ta’limi jamg‘armasi va O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha 2008-yilgi qurilishlarning dastlabki aniq manzilli ro‘yxatini, 2007-yilning 1-noyabrigacha bo‘lgan muddatda esa 2008-yilgi qurilishlarning maromiga yetkazilgan uzil-kesil aniq manzilli ro‘yxatini kelishib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim etsin; O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda 2008-yilda qurilishi yangi boshlanadigan umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar obyektlari bo‘yicha — 2007-yilning 20-oktabrigacha, davlat budjeti va budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha esa 2007-yilning 25-oktabrigacha tanlov savdolarini o‘tkazishni ta’minlasin; 2007-yilning 1-noyabrigacha pudratchi tashkilotlar bilan birgalikda, belgilangan tartibda, yildan-yilga o‘tkaziladigan obyektlarning 2008-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra qoldiq narxini qayta hisob-kitob qilsin; 2007-yilning 1-dekabrigacha korxonalarning shaxsiy mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha 2008-yilgi loyihalarni amalga oshirishning belgilangan tartibda tasdiqlangan tarmoqli jadvallarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etsin; tanlov savdolarining natijalari tasdiqlangandan so‘ng o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy organlariga, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi banklarga moliyalashni ochish maqsadida taqdim qilish uchun yangidan boshlanadigan obyektlar bo‘yicha pudrat shartnomalari tuzilishini ta’minlasin va qurilishlarning titul ro‘yxatlarini tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda qurilishlarning aniq manzilli ro‘yxatlari belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan taqdim etilgandan so‘ng, ikki hafta muddatda davlat budjeti, budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasi, Maktab ta’limi jamg‘armasi va O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha 2008-yilgi qurilishlarning uzil-kesil aniq manzilli ro‘yxatlarini kelishib olsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda mintaqaviy investitsiya dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zinfoinvest” agentligi 11-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari bilan birgalikda ustuvor investitsiya takliflari bo‘yicha ularni sifatli tayyorlash va xorijiy investorlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etsin. Vazirliklar va idoralar — xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning qarz mablag‘larini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining buyurtmachilari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda vakil banklar bilan birgalikda qarz bitimlarining kuchga kirishi bo‘yicha chora-tadbirlarni 2008-yilning 1-yanvarigacha yakuniga yetkazsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2007-yil yakunlari bo‘yicha 2007-yilgi Investitsiya dasturining amalga oshirilishi natijalarini tanqidiy ko‘rib chiqsin, zarurat tug‘ilganda 2008-yilgi Investitsiya dasturining asosiy parametrlariga tegishli aniqliklarni kiritsin. 9. Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha 2008-yil mobaynida tasdiqlangan Investitsiya dasturining umumiy parametrlari doirasida investitsiya loyihalarining aniq manzilli dasturiga va ayrim buyurtmachilar bo‘yicha kapital mablag‘lar limitlariga aniqliklar kiritish, shu jumladan investitsiya loyihalarini yig‘ma ro‘yxatdan dasturning aniq manzilli qismiga yoki aniq manzilli qismidan yig‘ma ro‘yxatga o‘tkazish huquqi; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, o‘tkazilgan tanlov savdolari hamda ayrim qurilishlar va obyektlar bo‘yicha mablag‘larni amalda o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra tasdiqlangan limitlar doirasida buyurtmachilar qurilishlarining aniq manzilli ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi: loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati, shahar qurilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoida va standartlariga investitsiya loyihalari amalga oshiriladigan butun davr mobaynida rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin; tanlov savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnoma majburiyatlari ijrosi monitoringi, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi muddatlari va shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishini ta’minlasin. 2008-yilning har choragi yakunlari bo‘yicha monitoring natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib turilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan kapital qurilishda narxlarning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin. 12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va N.M. Xanov zimmalariga yuklatilsin.
72
8,792
Qonunchilik
QIMMATBAHO METALLAR XARID QILISh, SAQLASh VA SOTISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga muvofiq hamda qimmatbaho metallar xarid qilish, saqlash va eksport qilish jarayonini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va ortiqcha bo‘g‘inlarni qisqartirish maqsadida: 1. 2004-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi etib qayta tashkil qilish, Davlat asllik darajasini belgilash palatasini uning ixtiyorida saqlab qolish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Qimmatbaho metallar agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sotib olinadigan va sotiladigan qimmatbaho metallarni xarid qilish, saqlash, hisobini yuritish va ortib jo‘natish borasidagi ishlarni bajarish; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zaxiralari tarkibidagi qimmatbaho metallar, shuningdek saqlanayotgan boshqa boyliklar hisobi yuritilishi hamda saqlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; 3. Belgilab qo‘yilsinki: Qimmatbaho metallar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasasi maqomiga egadir; Agentlik faoliyatini moliyalash O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi; Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori maqomiga ko‘ra vazir o‘rinbosari lavozimiga tenglashtiriladi va belgilangan tartibda tayinlanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasida saqlanayotgan boyliklarni 2004-yilning 1-yanvari holati bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazib, qabul qilish va topshirish ishlarini amalga oshirsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Hisob palatasi oltin-valyuta zaxiralarining eng maqbul tarkibiga erishish hamda tavakkalchiliklarini boshqarish vazifalaridan kelib chiqqan holda respublikaning qimmatbaho metallaridan samarali foydalanishni ta’minlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.
90
2,655
Qonunchilik
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 864-son “Tadbirkorlik subyektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha yagona markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladilar: 1. Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qarorini amalga oshirish chora tadbirlari haqida”gi va 2017-yil 23-oktabrdagi 864-son “Tadbirkorlik subyektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha yagona markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari (bundan buyon matnda “yagona darcha” markazlari deb yuritiladi) orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini berish tartibini belgilaydi. 1. “Yagona darcha” markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini berish “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish” davlat xizmati sifatida ko‘rsatiladi. Ushbu davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) tomonidan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali amalga oshiriladi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERIning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; ERIning yopiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda ERIni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; ERIning ochiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, ERIning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi ERIning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; ERI kalitining sertifikati — ERIning ochiq kaliti ERIning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va ERI yopiq kalitining egasiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat. ERI kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qog‘oz hujjat shaklida tayyorlanishi mumkin; ERI yopiq kalitining paroli — ERI yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar ketma-ketligi; ERIning yopiq kaliti egasi — ERIni yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va ro‘yxatga olish markazi tomonidan uning nomiga ERI kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs; ERI kalitining sertifikatini boshqarish — ERI kalitining sertifikatini amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni bekor qilish. 3. ERI kalitlarini ro‘yxatga olish va ERI kalitlarining sertifikatlarini berish vakolatli organ tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning (bundan buyon matnda arizachilar deb yuritiladi) “yagona darcha” markazlari orqali berilgan arizalariga asosan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda Yagona portal deb yuritiladi) orqali berilgan arizalariga asosan amalga oshiriladi. 4. “Yagona darcha” markazlari hamda vakolatli organ o‘rtasidagi harakatlar ERIdan foydalanilgan holda idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali amalga oshiriladi. 5. ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun to‘lov miqdori vakolatli organ tomonidan ommaviy oferta bilan belgilanadi. ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun to‘lov summasi vakolatli organning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi hamda uning 10 foizi vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus ochilgan shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. Vakolatli organ rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “yagona darcha” markazlari va vakolatli organning rasmiy saytlarida joylashtiriladi hamda muntazam ravishda yangilab boriladi. 6. Arizachi ERI kaliti sertifikatini berish to‘g‘risidagi arizani vakolatli organning ommaviy ofertasi bilan oldindan tanishganidan so‘ng, “yagona darcha” markaziga hozir bo‘lish tartibida yoki pochta aloqasi vositasida taqdim etadi. Yagona portal orqali elektron shaklda berilgan ariza vakolatli organga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuboriladi. Arizachining arizani taqdim etishi vakolatli organning ommaviy ofertasida belgilangan shartlarga roziligidan dalolat beradi. 7. “Yagona darcha” markazi ERI kaliti sertifikatini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilganidan so‘ng uni bir ish soati mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organga idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali yuboradi. 8. Vakolatli organ “yagona darcha” markazidan arizani qabul qilib olgan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida arizani ko‘rib chiqadi, ERI kalitining sertifikatini beradi yoki ERI kalitining sertifikatini berishni asosli ravishda rad etadi. 9. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqishning ijobiy natijalariga asosan ERI kalitlarini ro‘yxatga oladi va ERI kalitining sertifikatini rasmiylashtiradi. ERI kaliti sertifikatining elektron hujjat shakli “yagona darcha” markaziga idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali yuboriladi. 10. ERI yopiq kalitining paroli vakolatli organ tomonidan arizada ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga sms xabar shaklida yuboriladi. 11. “Yagona darcha” markazi vakolatli organdan ERI kalitining sertifikatini qabul qilib olgan vaqtdan boshlab arizachini bir ish soati mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qiladi. 12. ERI kaliti sertifikatini olish uchun ERI yopiq kalitining egasi “yagona darcha” markaziga quyidagilarni taqdim etadi: agar ERI yopiq kaliti egasi yuridik shaxsning vakili (yuridik shaxsning rahbari bundan mustasno) bo‘lsa, ERI yopiq kaliti egasining familiya, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatilgan hamda ushbu ERI yopiq kaliti egasiga ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini berish to‘g‘risidagi yuridik shaxsning xati; ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini elektron hujjat shaklida yozib qo‘yish va saqlash uchun o‘zga ma’lumotlar manbaini. 13. “Yagona darcha” markazi xodimi ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini ERI yopiq kaliti egasiga berish vaqtida quyidagilarni amalga oshiradi: ERI yopiq kaliti egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi, xorijiy shaxsning guvohnomasi) asosida uning shaxsini aniqlaydi; tarkibida ro‘yxatga olingan ERI kalitlari va elektron hujjat shaklidagi ERI kalitining sertifikati bo‘lgan faylni arizachi tomonidan taqdim etilgan o‘zga ma’lumotlar manbaiga yozib qo‘yadi va faylning yozilganligini tekshiradi; ERI kalitining sertifikatini qog‘oz hujjat shaklida ikki nusxada chop etadi va ERI yopiq kaliti egasiga har bir nusxasini imzolash uchun beradi; ERI yopiq kaliti egasi tomonidan imzolangan ERI kalitining sertifikati bir nusxasini qaytarib oladi. 14. “Yagona darcha” markazi xodimi ERI kalitining sertifikatini ERI yopiq kaliti egasiga berish jarayonida arizachi tomonidan taqdim etilgan o‘zga ma’lumotlar manbaidagi ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritishi, ulardan nusxa olishi va o‘chirishi hamda ERI yopiq kaliti egasidan ERI yopiq kaliti parolini so‘rab olishi taqiqlanadi. 15. Vakolatli organ tomonidan ERI kalitining sertifikatini berishni rad etishga quyidagilar asos bo‘lishi mumkin: arizachining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi; arizachi taqdim etgan arizada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi; ERI kalitining sertifikatini berish uchun to‘lov amalga oshirilmaganligi. Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, ERI kalitining sertifikatini berish maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 16. Vakolatli organ ERI kalitining sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani uning aniq asoslarini, rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini va qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda “yagona darcha” markaziga ariza “yagona darcha” markazidan qabul qilib olingan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida yuboradi. Agarda arizachi tomonidan ariza vakolatli organga to‘g‘ridan to‘g‘ri Yagona portal orqali kelib tushgan bo‘lsa, ERI kalitining sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma arizachining o‘ziga Yagona portal orqali ariza qabul qilinib olingan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida yuboriladi. 17. “Yagona darcha” markazi vakolatli organdan ERI kalitining sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida arizachini qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qiladi. 18. ERI kalitining sertifikatini berishning rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, arizani qayta ko‘rib chiqish arizachi tomonidan “yagona darcha” markaziga yoki Yagona portal orqali vakolatli organga rad etilishiga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgan holda taqdim etilgan ariza olingan vaqtdan boshlab mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Arizani qayta ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan ERI kaliti sertifikatini berishni ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 19. Arizachi vakolatli organning ERI kalitining sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomasi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. 20. ERI kalitining sertifikatini boshqarish to‘g‘risidagi ariza “yagona darcha” markaziga hozir bo‘lish tartibida beriladi. 21. ERI kalitining sertifikatini boshqarish to‘g‘risidagi ariza bilan birga quyidagilar taqdim etiladi: agar ERI yopiq kaliti egasi yuridik shaxsning vakili (yuridik shaxsning rahbari bundan mustasno) bo‘lsa, ERI yopiq kaliti egasining familiya, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatilgan hamda ERI kalitining sertifikatini boshqarish to‘g‘risidagi yuridik shaxsning xati. 22. ERI kalitining sertifikatini boshqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish vaqtida “yagona darcha” markazining xodimi quyidagilarni amalga oshiradi: agar ERI yopiq kaliti egasi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning rahbari bo‘lsa, shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi, xorijiy shaxsning guvohnomasi) asosida uning shaxsini aniqlaydi. 23. “Yagona darcha” markazi ERI kalitining sertifikatini boshqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilgandan so‘ng uni bir ish soati mobaynida vakolatli organga yuboradi. 24. Vakolatli organ “yagona darcha” markazidan ERI kalitining sertifikatini boshqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilib olgan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va arizada ko‘rsatilgan ERI kalitining sertifikati bilan zarur bo‘lgan harakatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi. 25. ERI kalitining sertifikatini boshqarish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari va ERI kalitining sertifikati bilan amalga oshirilgan harakatlar haqidagi ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan “yagona darcha” markaziga elektron hujjat shaklida yuboriladi. 26. “Yagona darcha” markazi ERI kalitining sertifikati bilan amalga oshirilgan harakatlar haqidagi ma’lumotlar olingan vaqtdan boshlab bir ish soati mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda arizachini xabardor qiladi. 27. “Yagona darcha” markazi qog‘oz hujjat shaklidagi ERI kalitining sertifikatini elektron ko‘rinishda vakolatli organga idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali yuboradi. 28. Vakolatli organ qog‘oz hujjat shaklidagi ERI kalitlarining sertifikatlarini saqlash uchun “yagona darcha” markazlaridan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Elektron raqamli imzolar sertifikatlari reyestri bo‘yicha har chorakda chorak o‘tgandan keyingi oyning 25 sanasigacha qabul qilib oladi. 29. Vakolatli organ “yagona darcha” markazlarining xodimlariga ushbu Nizomda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun ERI kalitlari va ERI kalitlarining sertifikatlarini hududiy adliya boshqarmalarining xatlari asosida bepul ravishda beradi. 30. “Yagona darcha” markazlarining xodimlariga ERI kalitlari va ERI kalitlarining sertifikatlarini berish vakolatli organning xodimi tomonidan joylarda yoki vakolatli organda amalga oshiriladi. 31. Vakolatli organ tomonidan “yagona darcha” markazlari xodimlarining ERI kalitlari sertifikatlarini boshqarish hududiy adliya boshqarmalarining xatlari va ERI kalitlari sertifikatlarining nusxalari asosida amalga oshiriladi. 32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 33. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
249
14,458
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BA’ZI QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat arxitektura-qurilish nazorati boshqarmasi to‘g‘risidagi va Davlat idoradan tashqari ekspertiza boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 26-yanvardagi 19-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: SSSR Ministrlar Sovetining “Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) uchun tuzilgan loyihalar va smetalarning ekspertizasini yaxshilash to‘g‘risida” 1973-yil 4-maydagi 291-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 21-maydagi 211-son qarori (O‘zSSR QT, 1973-y., 5-son, 33-modda); SSSR Ministrlar Sovetining “Qurilishdagi loyiha-smeta ishini yanada takomillashtirish va ekspertiza hamda mualliflik nazorati rolini oshirish to‘g‘risida” 1985-yil 28-yanvardagi 96-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 27-fevraldagi 113-son qarorining 4, 5, 7 — 9, 11 — 14, 16-bandlari; O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1986-yil 21-fevraldagi 82-f farmoyishi; SSSR Ministrlar Sovetining “Respublika va mahalliy boshqaruv organlariga qarashli korxonalar, binolar va inshootlarni qurish uchun loyiha va smetalarni ekspertiza qilishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1987-yil 23-iyuldagi 841-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 10-sentabrdagi 373-son qarori (O‘zSSR QT, 1987-y., 9-son, 51-modda) 1-bandining oxirgi xatboshi, 4-bandi, oxirgi xatboshidan tashqari, 6, 8 — 10-bandlari; O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 20-noyabrdagi 478-son qarori (O‘zSSR QT, 1987-y., 12-son, 74-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Hukumatining qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarning 1 va 2-bandlari.
103
1,777
Qonunchilik
Andijon davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida
Chet tillarini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim tizimiga joriy qilish, chet tillarini mukammal egallagan oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillar bo‘yicha filologlar, pedagoglar, tarjimonlar va gid hamrohlarini tayyorlash tizimini yanada kengaytirish maqsadida: 1. Andijon shahrida Andijon davlat chet tillari instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilsin. Belgilansinki, Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi. 2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: xorijiy tillar sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash; o‘quv jarayonida xalqaro baholash dasturlari (TALIS, PIRLS, PISA) va standartlaridan foydalanish, o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash; yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish; xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasasining dasturi asosida o‘z ta’lim dasturlarini shakllantirish, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan mustaqil ravishda qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish; ta’limni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, jumladan o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, shuningdek, o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish va amaliy, jumladan sinxron, badiiy, ketma-ket va ilmiy-texnik tarjima ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish; Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan professor-o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish. 3. Quyidagilar: Andijon davlat chet tillari instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq; Andijon davlat chet tillari institutini 2026-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq; Andijon davlat chet tillari institutida tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: a) Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarga ikkita xorijiy til bo‘yicha kvalifikatsiya beriladi; b) Andijon davlat universiteti va uning Pedagogika institutiga xorijiy tillar yo‘nalishlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha ajratiladigan davlat buyurtmasi kvotasi 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Institutga yo‘naltiriladi; v) Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida aniqlanadi; g) Institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta ko‘nikmani (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi. Bunda: chet tilini bilish darajasi B2 va undan yuqori milliy sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan o‘qishga kirish sinovlarida imtihonsiz maksimal ball beriladi; chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi; d) Institutning magistratura mutaxassisliklariga kirishda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikat va bakalavriat diplom balining o‘rtacha ko‘rsatkichi inobatga olinadi hamda qo‘shimcha imtihonlar o‘tkazilmaydi; e) Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mutaxassislik fanlaridan xorijiy tilda dars beradigan S1 darajasidan kam bo‘lmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilishi mumkin. 5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: a) 2022-yil 1-iyulga qadar Institutni tanlov asosida amaliy tajriba va (yoki) ilmiy darajaga ega bo‘lgan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin; b) 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Institutning xorijiy tillar o‘qituvchilari S1 darajasidan kam bo‘lmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lishini hamda dars mashg‘ulotlarini tegishli tillarda olib borilishini ta’minlasin; v) 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab: Institutning mutaxassislik fanlar (xorijiy tildan tashqari) o‘qituvchilarining B2 darajadan kam bo‘lmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lishini; Institutning o‘quv jarayoniga til egasi bo‘lgan malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilinishini tashkillashtirsin. Bunda, xorijiy mutaxassislarning oylik ish haqi bozor konyunkturasi asosida aniqlanadi hamda Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari va Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi; g) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar Institutni zarur telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlash hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rsin. 6. Andijon viloyati hokimligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Institut talabalarini amaliyot o‘tash uchun hududdagi korxonalar, turizm va madaniy meros obyektlari, ta’lim va boshqa tashkilotlarga biriktirish hamda yuqori kurs talabalarini ish haqi to‘lanadigan tizim orqali band qilish choralarini ko‘rsin. 7. Innovatsion rivojlanish vazirligi filologiya fanlari tarmog‘ining tegishli ixtisosliklari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, 2023-yildan boshlab Institutga doktorantura bo‘yicha kvota ajratilishini ta’minlasin. 8. Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi quyidagi yo‘nalishlarda Institutga yaqindan ko‘maklashsin: xorijlik ekspertlarni jalb etgan holda professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun malaka oshirish, jumladan sinxron tarjima qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha kurslarni tashkil qilishda; professor-o‘qituvchilarning zamonaviy o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirishda va chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sertifikat olishida; Institutning bo‘sh auditoriyalarida xorijiy tillarni o‘qitish kurslarini tashkil etib, talabalarga qo‘shimcha daromad topishlari uchun zarur sharoit yaratishda; aholi va ta’lim muassasalari uchun chet tillarini o‘rganishda ko‘mak beruvchi kontentlarni shartnoma asosida yaratishda. 9. Belgilansinki: Institut faoliyati Davlat budjeti mablag‘lari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; Institutning boshlang‘ich faoliyatini samarali tashkil etish, xususan uning bino va inshootlarini ta’mirlash hamda jihozlash ishlari Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi; mazkur qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2023-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. 10. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining quyidagi bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin: Andijon shahar, Boburshoh ko‘chasi, 5-uy manzilida joylashgan Andijon davlat universitetining o‘quv binolarini; Andijon shahar, Boburshoh ko‘chasi, 20-uy manzilida joylashgan Andijon davlat universitetining talabalar turar joyini; Andijon davlat universitetining Andijon viloyati, Xonobod shahri, “Kampirrovot” MFY hududida joylashgan dam olish maskanini. 11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, yangi o‘quv binosi va talabalar turar joyini qurish hamda ularni jihozlash loyihalarini O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil va kelgusi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin. 12. Andijon viloyati hokimligi Institut faoliyatini samarali tashkil etish uchun boshqa hududlardan jalb etilgan professor-o‘qituvchilarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Institutga yaqin hududda joylashgan ko‘p qavatli uy-joylardan xizmat uylarini Institutga tekin foydalanish huquqi asosida ajratsin. Institutga o‘zining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan boshqa hududlardan jalb etilgan professor-o‘qituvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususan ijara to‘lovini kompensatsiya qilishga ruxsat etilsin. 13. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmonov belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
65
10,381
Qonunchilik
YO‘LOVChILAR VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLARNING XODIMLARIGA VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN XUSUSIY TADBIRKORLARGA QO‘YILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI N
Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar tartibini takomillashtirish maqsadida buyuraman: 1. “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risidagi nizom”ga (2006-yil 5-oktabr, ro‘yxat raqami 1626) ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
250
769
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING REGLAMENTINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti qabul qilingan paytdan e’tiboran amalga kiritilsin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) yalpi majlislarini o‘tkazish, qonunchilik tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi hamda Senat faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidir. Senat ishi Senatning yalpi majlislariga (bundan buyon matnda majlislar deb yuritiladi) va uning qo‘mitalari majlislariga to‘planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senat faoliyati masalalarni birgalikda va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi. Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a’zolari senatorlik vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida Senat a’zosi (senator) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputati bo‘lishi mumkin emas. Senatorlik huquqlari va majburiyatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirish kafolatlari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar hamda ushbu Reglament bilan belgilanadi. Senat o‘z matbuot organlariga ega bo‘ladi. Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o‘tkaziladigan majlislaridir. Senat majlislari, agar ularning ishida senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni ma’qullash, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqishda senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lishi shart. Senatning navbatdan tashqari majlisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi taklifiga binoan yoki senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. Senat Kengashi muntazam ravishda Senat majlislari oralig‘ida to‘planadi. Senat qo‘mitalarining majlislari Senat majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi. Senat qo‘mitalarining majlislari, agar ularda qo‘mita a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Senat majlislari vaqtida qo‘mitalarning majlislari o‘tkazilmaydi. Senat majlisida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar ularni ko‘rib chiqish navbati, palataning har bir masalani ko‘rib chiqishga tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mitalari, ma’ruzachilar (qo‘shimcha ma’ruza bilan so‘zga chiqadiganlar), shuningdek boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda majlis kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Senat majlisi kun tartibining loyihasi Senat Kengashi tomonidan tuziladi. Senatorlar Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar to‘g‘risida oldindan xabardor qilinadilar. Senat majlisining kun tartibi palata qarori bilan tasdiqlanadi. Senat majlislari ochiq va oshkora o‘tkaziladi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi. Zarurat bo‘lganda Senat yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu xususdagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Senat Kengashi yoki qo‘mitasi tomonidan kiritilgan bo‘lsa, qabul qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi raislari, Bosh prokuror Senatning ochiq va yopiq majlislarida ishtirok etishga haqli. Senatning yopiq majlislarida boshqa shaxslar Senat qaroriga binoan hozir bo‘lishlari mumkin. Senat majlislarida ish davlat tilida olib boriladi va zarurat bo‘lganda Senat yoki uning Kengashi qarori asosida boshqa tillarga hamohang (sinxron) tarjimasi ta’minlanadi. Senat majlisida qilinadigan ma’ruzalar va qo‘shimcha ma’ruzalarning hamda so‘zlanadigan yakunlovchi so‘zning muddati raislik qiluvchi tomonidan ma’ruzachilar (qo‘shimcha ma’ruza bilan so‘zga chiqadiganlar) bilan kelishgan holda, qoida tariqasida, ma’ruzalar uchun 30 minutga qadar, qo‘shimcha ma’ruzalar uchun 20 minutga qadar va yakunlovchi so‘z uchun 15 minutga qadar muhlat bilan belgilanadi. Muzokaralarda so‘zga chiquvchilarga 10 minutga qadar vaqt beriladi. Muzokaralarda takroriy so‘zga chiqish uchun, shuningdek majlisning olib borilishi tartibi yuzasidan, ovoz berish sabablari bo‘yicha, nomzodlar yuzasidan so‘zga chiqish, bayonotlar, savollar, takliflar, xabarlar va ma’lumotlar berish uchun 3 minutga qadar vaqt ajratiladi. Raislik qiluvchi majlisda hozir bo‘lgan senatorlarning ko‘pchiligi roziligi bilan Senat majlisining kun tartibidagi masala muhokamasining umumiy muddatini, savol-javoblarga ajratiladigan vaqtni belgilashi, so‘zlash vaqtini uzaytirishi mumkin. Senat majlislarida senator bitta masala yuzasidan muzokaralarda ko‘pi bilan ikki marta so‘zga chiqishi mumkin. Ma’ruzachi va qo‘shimcha ma’ruza bilan so‘zga chiqqan shaxs muzokaralarni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin yakunlovchi so‘zga chiqish huquqiga ega. Agar so‘zga chiqqan senator so‘zlash uchun ajratilgan muddatdan ko‘proq vaqt mobaynida gapirayotgan bo‘lsa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan gapirmayotgan bo‘lsa, Senat majlisida raislik qiluvchi bir marta ogohlantirganidan keyin uni so‘zlash huquqidan mahrum etadi. Senatning majlislari, qoida tariqasida, ish kunlari: soat 10.00 dan 13.00 gacha va (tanaffusdan keyin) soat 15.00 dan 18.00 gacha o‘tkaziladi. Senat Qarori bilan palata majlislarini boshlash va tugallashning hamda tanaffus qilishning boshqa vaqti belgilanishi mumkin. Senat va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining muhim masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda o‘tkaziladi. Palatalarning kelishuviga muvofiq qo‘shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o‘tkazilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifi bilan yoki tegishincha senatorlar yoxud deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisini chaqirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Senat Raisi bilan Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazilib, qo‘shma majlisni o‘tkazish sanasi belgilab olinadi hamda kun tartibiga doir takliflar muhokama etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi ochiq va oshkora o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi, agar unda tegishincha senatorlar va deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlislarida, agar qo‘shma majlisda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, Senat Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri navbatma-navbat raislik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari asosida palatalarning qo‘shma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-alohida o‘tkaziladi. Senatning qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish nomma-nom bo‘lishi mumkin. Senat majlislarida ovoz berish ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan yoki yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Senat majlisida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanilishi ustidan nazoratni senatorlar jumlasidan bo‘lgan guruh amalga oshiradi. Ovoz berish shakli va usuli to‘g‘risidagi qaror Senat tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi, u yoki bu masala yuzasidan ovoz berish shakli va usuli O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda konstitutsiyaviy qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno. Senator o‘zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi. Senat qarorlari, agar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qonun Senatga Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganidan keyin kiritiladi. Qonun Senatga kiritilayotganda quyidagilar taqdim etilishi lozim: 1) Qonunchilik palatasining qonunni qabul qilish to‘g‘risidagi qarori; 2) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun; 3) Qonunga doir uning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati; 4) Qonun qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun; 5) o‘zgartirilishi, qo‘shimcha kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonun osti hujjatlarining ro‘yxati; 6) moddiy xarajatlar talab etuvchi qonunlar uchun moliyaviy-iqtisodiy asos; 7) davlat daromadlarining qisqartirilishini yoki davlat xarajatlarining ko‘paytirilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) moddalari bo‘yicha o‘zgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. Senatga kelib tushgan qonun ro‘yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni dastlabki tarzda ko‘rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qo‘mitaga (bundan buyon matnda mas’ul qo‘mita deb yuritiladi) topshiriladi. Senat qo‘mitalarining qonun muhokamasiga bag‘ishlangan majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda Senat qo‘mitalari yopiq majlis o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Qo‘mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning namoyandalari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlari, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi mumkin. Kelib tushgan takliflarni mas’ul qo‘mita qonun yuzasidan xulosa tayyorlayotganda umumlashtiradi. Mas’ul qo‘mitaning xulosasida qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi tavsiya ifodalangan baho bo‘lishi kerak. Qonunni rad etish zarurligi to‘g‘risidagi xulosada mas’ul qo‘mitaning qonunni rad etish zarur deb hisoblashining vajlari bayon etilishi lozim. Mas’ul qo‘mitaning xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Senatning majlisida qonunni ko‘rib chiqish ma’ruzachining mas’ul qo‘mita xulosasini o‘qib eshittirishidan boshlanadi. Ko‘rib chiqilayotgan qonun yuzasidan uning muhokamasi tartibida senatorlar so‘zga chiqishlari mumkin. Muhokama natijalari asosida Senat qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullanadi, ushbu Reglamentning 32-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi qarorida rad etish vajlari ko‘rsatilishi kerak. Unda bir vaqtning o‘zida qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish zarurligi to‘g‘risidagi, shuningdek kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin. Senatning qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi. Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Senatda kelishuv komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi tashabbus Senat Raisidan, shuningdek Senat a’zolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismini tashkil etuvchi senatorlardan chiqishi mumkin. Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Senat Raisi va Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan o‘zaro maslahatlashuvlar o‘tkaziladi. Kelishuv komissiyasining Senatdan ko‘rsatilgan tarkibi uning majlisida, Senat majlislari oralig‘idagi davrda esa uning Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiya hamraislarini saylaydilar. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan senatorlar va deputatlarning alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, agar komissiyaning har bir palatadan saylangan a’zolarining ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Kelishuv komissiyasi o‘z ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir o‘zgartishlar va qo‘shimchalar loyihasining matni ilova qilinadi. Xulosa Senat va Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasining hamraislari tomonidan imzolanib, tegishincha Senat va Qonunchilik palatasiga topshiriladi. Senat kelishuv komissiyasining takliflarini qabul qilgan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan odatdagi tartibda qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Senat kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etishi uchun palata tomonidan ma’qullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin. Agar Senat qonunni kelishuv komissiyasining tahririda ma’qullamasa, u rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasiga qaytarilishi kerak. Senat tomonidan rad etilgan qonun qayta ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi qayta ko‘rib chiqishda ilgari qabul qilingan tahrirda ma’qullagan qonun belgilangan tartibda Senatga yuboriladi. Mas’ul qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi ilgari qabul qilingan tahrirda ma’qullagan qonun yuzasidan xulosa beradi. Mas’ul qo‘mitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Senat tomonidan qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masala belgilangan tartibda Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Senat qayta ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Senat tomonidan qayta ko‘rib chiqishda senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Senatning qayta ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi. Agar Senat rad etgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqilganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Senatning e’tirozlarini hisobga olgan holda yangi tahrirda qabul qilinsa, ushbu Qonunni Senat yangidan qabul qilingan qonun sifatida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi. Navbatdagi moliya yili uchun Davlat budjetining loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Senatga yuboriladi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti Senatning ko‘rib chiqishi uchun topshiriladi va mas’ul qo‘mita tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi. Davlat budjetiga doir materiallar senatorlarga oldindan, mazkur budjet Senat majlisida ko‘rib chiqilgunga qadar yuboriladi. Davlat budjetini Senatning majlisida muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ma’ruzasi bilan boshlanadi. Davlat budjeti bo‘yicha qaror Senat tomonidan joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak. Davlat budjetiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga binoan belgilangan tartibda o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Davlat budjetiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masala Senatning yaqin oradagi majlisida ko‘rib chiqilishi kerak. Davlat budjetiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar mazkur budjetni qabul qilish uchun belgilangan tartibda kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonunning Senatda ko‘rib chiqilishi Qonunchilik palatasining tegishli qarori Senatga kiritilganidan keyin amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat ma’qullagan qonun belgilangan tartibda e’lon qilinishi lozim. Senat qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Qaror loyihasi Senatga kiritilayotganda unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Senat Raisi Senat qarorining loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun mas’ul qo‘mita va muddat belgilaydi. Senat Kengashi mas’ul qo‘mita vakilining axborotini eshitib, qaror loyihasini Senat majlisining kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va ma’ruzachini belgilaydi. Senat majlisida mas’ul qo‘mita vakilining axboroti eshitiladi va muhokama natijalari yuzasidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat qarori qabul qilinadi. Agar ovoz berish yakunlariga ko‘ra qaror loyihasini qabul qilish to‘g‘risidagi taklif zarur miqdorda ovoz to‘plamagan bo‘lsa, taklif rad etilgan hisoblanadi. Senatning Qonunchilik palatasi bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masala yuzasidan qabul qilingan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida, agar ushbu Reglamentda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, Qonunchilik palatasiga yuboriladi. Senat O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish kerakligi to‘g‘risidagi materiallarni, Qonunchilik palatasining referendum o‘tkazish va uning o‘tkaziladigan sanasini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini, shuningdek mazkur masala bo‘yicha mas’ul qo‘mitaning xulosasini ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin: referendum tayinlash va uni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida; referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni rad etish haqida. Senatning O‘zbekiston Respublikasining referendumi masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasiga, shuningdek referendum o‘tkazish tashabbuskorlariga yuboriladi. Senat O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish va uning o‘tkaziladigan sanasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur masala yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasining qarorlari ushbu masala yuzasidan Senat qaror qabul qilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala Senatga tegishli materiallar kelib tushganidan keyin Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida Senat tomonidan qabul qilingan qaror belgilangan tartibda e’lon qilinishi lozim. Senat o‘z tasdig‘iga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalarini va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Senatning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalarini va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini saylash to‘g‘risidagi qarori Senatga kelib tushganidan keyin Senat o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini saylash haqidagi masalani ko‘rib chiqadi. Senatning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini saylash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomasi Senat tomonidan Senatning yaqin oradagi majlisida ko‘rib chiqiladi. Senatning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Senat taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi, Senatni tarqatib yuboradi va yangi saylov tayinlaydi. Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini saylash to‘g‘risidagi qarori Senatga kelib tushganidan keyin Senat o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini saylash haqidagi masalani ko‘rib chiqadi. Senatning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini saylash masalasi yuzasidan qarori Qonunchilik palatasiga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ko‘rib chiqilganidan keyin ushbu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Senat o‘z tasdig‘iga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini ushbu farmon kelib tushgan paytdan e’tiboran 48 soatdan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini esa ular kelib tushgan paytdan e’tiboran 72 soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi masala Senat qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi. Senatning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga saylash uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga taqdim etiladi. Senat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalarini saylash to‘g‘risidagi masalani o‘zining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqadi. Bu masalalar yuzasidan qarorlar Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Senatning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalarini saylash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga taqdim etilgan nomzodlar ovoz berish paytida Senat a’zolari ovozlarining yetarli sonini ololmasalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Senat ko‘rib chiqishi uchun shu nomzodlarni qaytadan taqdim etishi mumkin. Agar ular qayta rad etilsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senat ko‘rib chiqishi uchun boshqa nomzodlar taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi masalalar Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi. Senatning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillari lavozimlariga tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Senatga taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisini, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi masalani Senat o‘zining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqadi. Bu masalalar yuzasidan qarorlar Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Senatning O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisini, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash yoki ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillari lavozimlariga tayinlash uchun taqdim etilgan nomzodlar ovoz berish paytida Senat a’zolari ovozlarining yetarli sonini ololmasalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Senat ko‘rib chiqishi uchun shu nomzodlarni qaytadan taqdim etishi mumkin. Agar ular qayta rad etilsa, Senat ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan boshqa nomzodlar taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining senatorni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi taqdimnomalari Senat tomonidan uning majlisida, Senatning majlislari oralig‘idagi davrda esa Senatning Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Senatning yoki Senat Kengashining senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Senatning yoki Senat Kengashining senatorni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga rozilik berish masalasi yuzasidan qarori darhol O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi. Senat amnistiya to‘g‘risidagi hujjatni qabul qilish to‘g‘risidagi masalani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan o‘zining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqadi. Amnistiya to‘g‘risidagi hujjat mazkur hujjat qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida e’lon qilinishi kerak. Reglament, unga doir o‘zgartishlar va qo‘shimchalar Senat qarori bilan qabul qilinadi. Reglamentga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni qo‘mitalar kiritadi, bu takliflar Senat majlisining kun tartibi loyihasiga Kengash tomonidan kiritiladi hamda birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi. Senat majlislarini o‘tkazishning, Senat faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni ko‘rib chiqishning Reglamentda nazarda tutilmagan tartib-taomillari Senat majlisida senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan e’tiboran amal qiladi. Senat, shuningdek senator davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli. Parlament so‘roviga javobni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Senat majlislarida beradilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xo‘jalik sudining raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas. Parlament so‘rovlari bo‘yicha axborot Senat majlisida muhokama qilinishi mumkin. Senat muhokama yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi. Senat har yili o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining faoliyat to‘g‘risidagi hisobotini eshitadi. Senatning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining hisoboti yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi. Senat har yili o‘z majlisida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin eshitadi va muhokama qiladi. Senatning O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Senatga taqdim etgan har yilgi hisobotlari Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi. Senatning qo‘mitalari, shuningdek senatorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib olishlari mumkin. Senatning qo‘mitalari yoki senatorlar talab qilib oladigan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak. Senat qo‘mitalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga qanday rioya etilayotgani, palata qo‘mitalarining qarorlari qanday bajarilayotgani to‘g‘risidagi axborotlarini eshitishi qo‘mitalarning ish rejalariga muvofiq o‘tkaziladi. Senat boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzishi, rasmiy parlament delegatsiyalari almashinishi, shuningdek xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlarni o‘tkazishi mumkin. Boshqa davlatlarning parlamentlari rahbarlariga, davlatlar va hukumatlar boshliqlariga, parlament delegatsiyalari rahbarlariga ularning iltimosiga binoan Senat majlisida so‘zga chiqish imkoniyati berilishi mumkin. Senat, uning organlari va senatorlarning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar smetasi Senat Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
84
33,453
Qonunchilik
Oʻrmon хoʻjaligi sohasi qayta tashkil etiladi
Prezident tomonidan 21 yanvar kuni «Oʻrmon хoʻjaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. Hujjatga muvofiq 2021 yil 1 fevraldan: a) quyidagilar: b) Oʻrmon va dorivor  oʻsimliklar urugʻchiligini  tahlil qilish markazi uning moddiy-teхnik bazasini saqlagan holda Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutiga beriladi. Shuningdek Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi «Oʻrmonloyiha» DUK negizida davlat muassasasi shaklidagi «Oʻrmonloyiha» loyihalash instituti tashkil etiladi. Uning maqsadi oʻrmon хoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlari sifati va samaradorligini oshirish, oʻrmon хoʻjaligi tadbirlarini muntazam loyiha hujjatlari asosida tashkil etishdan iborat. Quyidagilar «Oʻrmonloyiha» loyihalash institutining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi: 2021 yil 1 yanvardan boshlab Oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi umumiy tushumlarining 5%i Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti va uning tizimidagi ilmiy tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda хodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi. Hujjat 2021 yil 22 yanvarda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan. Elmira Siraziyeva.
45
1,225
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
242
471
Qonunchilik
Buхoro viloyatida kichik sanoat zonalari paydo boʻladi
Ular davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlari negizida tashkil etiladi. Prezidentning 11.10.2018 yildagi qarorida ana shular nazarda tutilgan.  Tashkil etiladigan KSZlar soni, umumiy hududi va joylashgan joyi hujjatga ilovalar e’lon qilingandan soʻng ma’lum boʻladi. Yagona KSZ direksiyasi tashkil etiladi. KSZ ishtirokchilariga investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlar Buхoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tomonidan qabul qilinadi. KSZ direksiyasi va ishtirokchilariga 2020 yilning 1 noyabriga qadar belgilangan eng kam miqdordan (egallab turgan maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer soligʻining uch baravar summasidan) kam boʻlmagan miqdorda YaST toʻlash boʻyicha talab tatbiq etilmaydi. KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga 10 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi. Ijarga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi. Tadbirkor biznes rejalarni, ish oʻrinlarini yaratish va saqlab qolish majburiyatlarini bajargan, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlagan taqdirda ijaraga olgan mol-mulki unga mulk qilib beriladi.  2 oy muddatda Buхoro viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-хom ashyo, qishloq хoʻjaligi resurslari va infratuzilmani hisobga olgan holda KSZ hududida tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan turlarini ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar – «yoʻl хaritalari» ishlab chiqiladi. Ma’lumot uchun: kichik sanoat zonasi – muayyan yer uchastkasini, ayrim hollarda – muhandislik-teхnik kommunikatsiyalar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish maydonlarini oʻz ichiga olgan hudud. Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 12.10.2018 yildan kuchga kirdi.  Oleg Gayevoy.
54
2,107