folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish ishlarini jadallashtirish hamda zamonaviy ishbilarmonlik va turar-joy markazlarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish ishlarini yanada jadallashtirish, tuman (shahar) markazlari me’moriy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarning jadal rivojlanishi hamda servis xizmatlari turlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Aqlli shahar” konsepsiyasi bo‘yicha Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-martdagi 236-son qaroriga muvofiq: Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi, shu jumladan “Konchi” massivi hududida — 113 gektar va “Yangi turmush” massivi hududida — 133,2 gektar yer uchastkasi ajratib berilganligi; Toshkent viloyati ma’muriy markazi hududida obyektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Nurafshon shahar hokimligi huzurida “Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etilganligi; “Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasi “Aqlli shahar” konsepsiyasi bo‘yicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida buyurtmachi funksiyasini amalga oshirganligi; “Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasini saqlab turish investitsiya loyihasining TIA (TIH) belgilangan tartibda tasdiqlangungacha, keyinchalik amalga oshirilgan xarajatlarni Toshkent viloyati mahalliy budjetiga buyurtmachini saqlab turishga investitsiya loyihasida nazarda tutilgan mablag‘lardan qoplagan holda — Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari, shuningdek, buyurtmachini saqlab turishga investitsiya loyihasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining: “Aqlli shahar” konsepsiyasi bo‘yicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish” investitsiya loyihasini “Nurafshon business city” konsepsiyasiga o‘zgartirish; Nurafshon shahar hokimligi huzuridagi “Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasini Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasi shaklida qayta tashkil etish (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 3. Belgilansinki: a) Direksiya Nurafshon shahar hokimligi huzuridagi “Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish direksiyasi” davlat unitar korxonasining huquq va majburiyatlari, shuningdek shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; b) Direksiyani saqlash xarajatlari Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari, shuningdek, buyurtmachini saqlab turishga investitsiya loyihasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi; v) Direksiya “Nurafshon business city” hamda tuman va shaharlarda tashkil etiladigan boshqa zamonaviy ishbilarmonlik va turar-joy markazlari (keyingi o‘rinlarda — biznes markazlar) bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi, ularning hududlarida obyektlar qurilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; g) Direksiyaning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarori 3-bandida belgilangan asosiy vazifalarga muvofiq tashkil etiladi; d) biznes markazlar hududlarida: muzey, xalqaro konferensiya va forumlar o‘tkazish uchun “Ekspomarkaz”, teatr, kutubxona, yoshlar ijodiyot saroyi, sport-sog‘lomlashtirish obyektlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo qilish ishlari — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar; boshqa obyektlarni qurish ishlari — investorlarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 4. Direksiyaga va biznes markazlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi — investorlar, bosh pudrat tashkilotlari hamda tashkilotlar — norezidentlarga “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida qonunchilik hujjatlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari uchun belgilangan huquqlar, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi inobatga olinsin. 5. Toshkenti viloyati hokimligi bir oy muddatda biznes markazlari hududida yer uchastkalarini realizatsiya qilish natijasida tushgan mablag‘larni Direksiyaning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni inobatga olgan holda taqsimlash tartibi bo‘yicha taklif kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Toshkent viloyati hokimligining biznes markazlar hududida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini va boshqa aloqa tarmoqlarini zamonaviy uzoq muddat xavfsiz ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan yer osti tonnel usulida qurish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 7. “Nurafshon business city” zamonaviy ishbilarmonlik va turar-joy markazini tasdiqlangan Bosh rejasiga muvofiq zarur infratuzilma, shu jumladan ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz, avtomobil yo‘llari hamda irrigatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash, loyihalash, qurish ishlari, keyinchalik ularni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarmoq tashkilotlariga topshirish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga Direksiya buyurtmachiligi asosida amalga oshirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi “Nurafshon Business city” zamonaviy ishbilarmonlik va turar-joy markazining tasdiqlangan Bosh rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Aqlli shahar” konsepsiyasi bo‘yicha Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-martdagi 236-son qarorining 2, 3 va 4-bandlari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda Toshkent viloyati hokimi D.A. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
185
7,159
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM TIZIMIDA MAGISTRATURA FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh, UNING SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq respublikada oliy ta’lim tizimining ikkinchi bosqichi sifatida magistraturaning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqildi, o‘quv jarayonini tashkil etishning asoslari belgilandi va o‘quv-metodika kompleksi, axborot ta’minotining yangi avlodi joriy etildi, ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibi shakllantirildi. O‘quv jarayonini, oliy ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlaydigan normativ-metodik hujjatlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish maqsadida malaka amaliyoti hamda Davlat attestatsiya komissiyalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining zamonaviy texnika va texnologiyalarga ega bo‘lgan ishlab chiqarish bazalarida, ilmiy laboratoriyalarida, tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida tashkil etildi. Magistrlarning qiziqishlarini oshirish hamda ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun muntazam ravishda ilmiy konferensiyalar o‘tkazilmoqda, ularga chet tillar o‘rgatilmoqda, o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogika texnologiyalari jalb etilmoqda. O‘tgan ikki o‘quv yili mobaynida magistraturada o‘rganilayotgan predmetlarning o‘quv dasturlari qayta ishlab chiqildi va yangilandi. Oliy ta’lim muassasalarida magistraturaning 20 tadan ortiq yangi mutaxassisliklari ochildi. Shu bilan birga, bugungi kunda magistratura faoliyatini tashkil etish, shuningdek kadrlar va axborot resurslari bazalari bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolar mavjud. Chunonchi, kadrlardan foydalanuvchilar (ish beruvchilar)ning aksariyati magistraturani bitiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risida to‘liq va to‘g‘ri tasavvurga ega emas. Magistraturani bitiruvchilardan belgilangan maqsadda foydalanmaslik hollari mavjud. O‘qitishning zamonaviy texnik vositalari bugungi kun talablariga muvofiq emas, ilmiy va maxsus adabiyotlarning yetishmasligi sezilmoqda, fan va texnologiyalarning yangi yutuqlari o‘quv jarayoniga tezkorlik bilan joriy etilmayapti, ta’lim, fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash to‘liq darajada amalga oshirilmayapti, buyurtmachilarning magistrlar tayyorlash jarayonidagi amaliy ulushi mavjud emas. Magistratura ta’limi sifatini oshirishga muayyan ulush qo‘shayotgan yuqori malakali professor-o‘qituvchi kadrlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashning samarali metodlaridan to‘liq foydalanilmayapti. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq magistratura faoliyatini tashkil etishni tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning sifatini hamda raqobatbardoshliligini oshirishni kuchaytirish, yuqori malakani va ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, shuningdek magistraturada ta’lim-tarbiya jarayonini normativ-huquqiy va ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 30-maydagi PQ-645-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Belgilab qo‘yilsinki, magistrlar tayyorlash jarayoniga eng yuqori malakali o‘qituvchilar hamda fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalariga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan olimlar, shuningdek davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni axborotlashtirish sharoitlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, “Iste’dod” jamg‘armasi bir oy muddatda: o‘qituvchilar va yosh olimlarning mamlakatimiz va chet ellardagi yetakchi universitetlarda va ilmiy markazlarda tajriba orttirishlarini (ularning natijalaridan biri magistraturada o‘qitish sifatini oshirishdan iborat), xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda magistratura dasturlari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilishini; respublikaning oliy ta’lim muassasalariga pedagogik ishlarga yuborilgan magistratura bitiruvchilariga ularning universitetlarda va ilg‘or texnologiyali ilmiy markazlarda malaka oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni, shuningdek magistratura o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqilishini hamda o‘quv jarayoniga zamonaviy ilm-fan yutuqlari joriy etilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning istiqbolli dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: magistrlar tayyorlash bilan band bo‘lgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifati monitoringini, shuningdek ularning malaka darajasini baholashni amalga oshirsin; magistrlarni o‘qitish va tayyorlash sifati o‘rganilishini tashkil etsin va uning sifati nazorat qilinishini ta’minlasin; oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassislari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqsin va har yili 1-martgacha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga magistraturaga qabul qilish parametrlari bo‘yicha asoslangan takliflar kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 1-yanvardan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga ish haqi fondi va ma’muriy-boshqaruv xodimlari soni doirasida 2-ilovaga muvofiq magistratura bo‘limlari tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Magistratura bo‘limlariga kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilar yuklansin: magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlashga, ulardagi ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilishga ko‘maklashish; o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini ta’minlash; oliy ta’lim muassasalari barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; magistrlarni o‘qitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish, magistrlar tayyorlash masalalarini muntazam ravishda tahlil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash. 6. Vazirliklar, idoralar va kadrlardan asosiy foydalanuvchilar bo‘lgan boshqa tashkilotlar magistrlar tayyorlash jarayonida faol qatnashsinlar hamda ularning mehnatidan samarali foydalanilishini ta’minlasinlar, magistrantlarning amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishlari, yetuk mutaxassislarning magistrlik tayyorgarligiga rahbarlik qilishlariga jalb etilishi, real topshiriqlar bo‘yicha dissertatsiyalar tayyorlashga, ularning ta’lim-kasbiy faoliyatini tashkil etish uchun ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda magistratura ta’lim jarayonini fundamental va amaliy fanlar bilan real integratsiyalash, Fanlar akademiyasining yetakchi olimlarini hamda uning moddiy-texnika bazasini magistrantlarni o‘qitish va ular tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ularning natijalarini amaliyotga jalb etish bo‘yicha Harakatlar dasturini ishlab chiqsin hamda uni 2008-yildan boshlab amalga oshirishga kirishsin; bir oy muddatda Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga ushbu qaror talablariga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
156
7,804
Qonunchilik
Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berishning yagona tartibini belgilash va ularning huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Hududida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladigan viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar maxsus industrial zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish bo‘yicha materiallarni kelishish va rasmiylashtirishni belgilangan muddatlarda ta’minlasinlar. 3. Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari hamda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi uch oy muddatda “Angren” maxsus industrial zonasi va “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining sifatini belgilagan holda turar joylar, binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlarning dastlabki qiymatini belgilasinlar. 4. Vazirlar Mahkamasining “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 29-maydagi 146-son qarorining 3-bandi beshinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 35-modda) “va” hamda “yer uchastkalaridan foydalanish to‘g‘risida” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
117
1,292
Qonunchilik
Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisi 11 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi
Sana Parlament yuqori palatasi Kengashining 4 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisi qarori bilan belgilandi. Yalpi majlis kun tartibiga quyidagilar kiritildi: birinchidan, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi va “Mudofaa toʻgʻrisida”gi qonunlarning yangi tahrirlari; ikkinchidan,  “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi, “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi, “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi qonunlar. Shuningdek, senatorlar kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish meхanizmlari, ba’zi davlat organlarining, shu jumladan Milliy gvardiya faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadilar. Senat a’zolari Madaniy oʻzlikni namoyon etish shakllari хilma-хilligini himoya qilish va ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyani (Parij, 2005 yil 20 oktyabr) ratifikatsiya qilish masalasini muhokama qiladi.  Yalpi majlisda bir qator tashkilotlar rahbarlarining aхboroti eshitiladi, ota-onalar qarovisiz qolgan va mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi dolzarb masalalar, tabiiy gaz quvurlari tizimi holati va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan  Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovlari yuborish toʻgʻrisidagi masalalar muhokama qilinadi. Oliy Majlis Senatining Aхborot хizmati хabari asosida.
70
1,571
Qonunchilik
Tadbirkorlik subyektlarining O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida temir yo‘l transporti sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq, shuningdek temir yo‘l transporti sohasida tadbirkorlik subyektlarining ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishining yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Harakatlanadigan tarkibning umumiy foydalaniladigan temir yo‘llarga chiqishi uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq; Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyati tadbirkorlik subyektlari orasida keng yoritilishi yuzasidan tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
200
1,501
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN TOJIKISTON RESPUBLIKASI O‘RTASIDAGI DO‘STLIK, YaXShI QO‘ShNIChILIK VA HAMKORLIK TO‘G‘RISIDAGI ShARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1993-yil 4-yanvarda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
164
261
Qonunchilik
OZIQ-OVQAT BUG‘DOYINING SUG‘URTA FONDINI G‘AMLASh, SAQLASh, YaNGILASh VA UNDAN FOYDALANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Oziq-ovqat bug‘doyining barqaror sug‘urta fondini shakllantirish, davlat resursidagi oziq-ovqat bug‘doyidan qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlash va ichki iste’mol bozorini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Oziq-ovqat bug‘doyining sug‘urta fondini g‘amlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 2008-yilning birinchi yarim yilligida davlat resursidagi oziq-ovqat bug‘doyidan foydalanishning belgilangan balansi hajmlarida hamda Oziq-ovqat bug‘doyining sug‘urta fondini g‘amlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga qat’iy muvofiq ravishda 2008-yil 20-aprelgacha 2007-yil hosilidan oziq-ovqat bug‘doyini sug‘urta fondiga g‘amlashni ta’minlasin. 3. Tarmoq korxonalarida joylashtirilgan sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyining hajmi zarur tarzda hisobga olinishi va sifatli saqlanishi uchun shaxsiy javobgarlik “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom oziq-ovqat bug‘doyining sug‘urta fondini g‘amlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish (keyingi o‘rinlarda matnda sug‘urta fondi deb ataladi) masalalarini tartibga soladi. 2. Oziq-ovqat bug‘doyining sug‘urta fondi daxlsiz hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorisiz sarflanishi mumkin emas. 3. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi oziq-ovqat bug‘doyining sug‘urta fondiga o‘z vaqtida g‘amlanishini, uning zarur tarzda saqlanishini va sug‘urta fondi daxlsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydi, shuningdek sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyini o‘z vaqtida yangilaydi. 4. Sug‘urta fondiga g‘amlanadigan oziq-ovqat bug‘doyi sifatiga ko‘ra belgilangan ko‘rsatkichlar va standartlarga qat’iy muvofiq bo‘lishi kerak. 5. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyi qat’iy belgilangan don qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalarida (keyingi o‘rinlarda don mahsulotlari korxonalari deb ataladi), ro‘yxati va joylashgan joyi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan ushbu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan elevator sig‘imlarida (siloslarda) saqlanadi. 6. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari rahbarlari sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyining miqdorini va sifatli saqlanishini muntazam ravishda tekshirishlari kerak, bunda korxonalar har yili, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan donni “nulli” tozalash va xatlovdan o‘tkazish jadvali bo‘yicha tortib ko‘rish yo‘li bilan tekshirilishi kerak. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi har yili 10-iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Iqtisodiyot vazirligiga tekshirish natijalari, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil axborot taqdim etadilar. 7. Oziq-ovqat bug‘doyini sug‘urta fondiga g‘amlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq ushbu qarorlarda belgilangan hajmlarda, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining naryadlari bo‘yicha qat’iy belgilangan korxonalarda amalga oshiriladi. 8. Oziq-ovqat bug‘doyini sug‘urta fondiga g‘amlash naryadlarida: korxonaning nomi; g‘amlanadigan oziq-ovqat bug‘doyining miqdori; oziq-ovqat bug‘doyining klassi va uni g‘amlash muddatlari ko‘rsatiladi. 9. Don mahsulotlari korxonasi rahbari oziq-ovqat bug‘doyini sug‘urta fondiga g‘amlash yuzasidan naryad olgandan keyin unda sug‘urta fondiga g‘amlash uchun oziq-ovqat bug‘doyining tegishli partiyalarini tanlash to‘g‘risida bosh buxgalterga, ishlab chiqarish-texnika laboratoriyasi boshlig‘iga topshiriqni qayd etadi. 10. G‘amlash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ikki nusxada ishlab chiqarish-texnika komissiyasining dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Agar oziq-ovqat bug‘doyini sug‘urta fondiga g‘amlash har xil moddiy javobgar shaxslarning javobgarligi ostida amalga oshirilsa, u holda dalolatnomalar har qaysi moddiy javobgar shaxs uchun alohida tuziladi. 11. Dalolatnomalar (har ikkala nusxasi) korxona rahbari, bosh buxgalter, laboratoriya mudiri, elevator va (yoki) ombor (moddiy javobgar shaxs) mudiri tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi korxonada qoladi. Korxona rahbari yoki moddiy javobgar shaxs o‘zgargan hollarda dalolatnomalar korxona rahbarining buyrug‘i asosida darhol yangi shaxs uchun qayta rasmiylashtiriladi. 12. Sug‘urta fondiga g‘amlanadigan oziq-ovqat bug‘doyi sifati jihatidan davlat zaxiralariga g‘amlanadigan oziq-ovqat bug‘doyi uchun belgilangan konditsiyalar talablariga yetkazilishi va g‘amlash uchun naryadda ko‘rsatilgan muddatlarga muvofiq bo‘lishi kerak. G‘amlanadigan bug‘doyning sifati quyidagi ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lishi kerak: Don zaxiralarining zararkunandalar bilan zararlanganligiga yo‘l qo‘yilmaydi. 13. Sug‘urta fondiga g‘amlanadigan oziq-ovqat bug‘doyi sifati jihatidan uzoq vaqt saqlash uchun yaroqli bo‘lishi kerak. 14. Toksin elementlar, mikotoksinlar va pestitsidlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari sifatining tibbiy-biologik talablari hamda sanitariya normalarida belgilangan yo‘l qo‘yiladigan darajadan oshmasligi kerak. 15. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don mahsulotlari korxonalarida sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyi kirimi, unga ishlov berish, uni sarflash bo‘yicha barcha operatsiyalar belgilangan tartibda dastlabki hisobga olish hujjatlari bilan (maxfiy emas) rasmiylashtiriladi. 16. Miqdori bo‘yicha (omborda) hisobga olishni o‘ziga ishonib topshirilgan don saqlash joylaridagi sug‘urta fondi oziq-ovqat bug‘doyining saqlanishi uchun javob beradigan moddiy javobgar shaxslar yuritadilar. 17. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyiga doir operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlar bir kilogrammgacha aniqlikdagi fizik massada aks ettiriladi. 18. Miqdor-sifat bo‘yicha hisobni don mahsulotlari korxonasining buxgalteriyasi yuritadi, miqdor-sifat bo‘yicha hisobning to‘g‘ri yuritilishi, fizik massadagi kamayishning qonuniyatini aniqlash, shuningdek saqlash paytida tabiiy kamayishning asoslanganligi ustidan nazoratni esa “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining nazorat-taftish boshqarmasi amalga oshiradi. 19. Elevator siloslarida saqlanayotgan sug‘urta fondi oziq-ovqat bug‘doyining har bir partiyasi uchun shaxsiy hisob raqamlari bilan birga miqdor va sifat bo‘yicha hisobga olishning alohida daftari yuritiladi. 20. Korxonalarda sug‘urta fondi oziq-ovqat bug‘doyining mavjudligi va uning harakatini hisobga olish belgilangan shakl bo‘yicha har oyda yuritiladi va u korxona rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyiga doir operatsiyalar o‘tkazishning amaldagi shartlari bilan oldindan tanishtirilgan don mahsulotlari korxonasi tegishli bo‘limining malakali xodimiga yuklanadi. Ushbu xodimlar korxonaning rahbari va bosh buxgalteri bilan birgalikda hisobga olish to‘g‘ri yuritilishi uchun to‘liq javob beradilar. 21. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyini saqlash va uning miqdor va sifat jihatidan saqlanishini ta’minlash uchun saqlash yuzasidan mas’ul bo‘lgan don mahsulotlari korxonasi tomonidan sanitariya normalariga javob beradigan va yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlangan, texnik jihatdan soz omborlar, sig‘imlar va silos ajratilishi kerak. 22. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyi partiyalarini shakllantirish va joylashtirish sug‘urta fondiga g‘amlash uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat bug‘doyi sifatining amaldagi standartlari va talablariga muvofiq sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 23. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyi don mahsulotlari korxonasiga tushirilgan paytdan boshlab va uni saqlashning butun davri mobaynida har bir partiyaning sifati va holati ustidan muntazam nazorat tashkil etiladi. Nazorat bug‘doyning harorati, namligi, don zaxiralarining zararkunandalar bilan zararlanganligi, hidi, rangi va amaldagi standartlar bilan normalanadigan boshqa sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan amalga oshiriladi. 24. Don mahsulotlari korxonasi tomonidan, bug‘doyning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda va uning saqlanishini ta’minlash maqsadida bug‘doyning joyini o‘zgartirish, shamollatish, quritish, bug‘doyni saqlashning qishki rejimiga o‘tkazish, zararsizlantirish bo‘yicha operatsiyalar va saqlashning belgilangan rejimini ta’minlashga doir boshqa operatsiyalar amalga oshiriladi. 25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan don mahsulotlari korxonalari o‘rtasida sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyini qayta g‘amlash va joyini o‘zgartirish umuman tizim bo‘yicha saqlash hajmini o‘zgartirmasdan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining naryadlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 26. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyini qayta g‘amlashda dastlab bug‘doy sug‘urta fondiga g‘amlanadi va faqat g‘amlanganlikni tasdiqlaydigan dalolatnomalar olingandan keyin sug‘urta fondidagi oziq-ovqat donining tegishli miqdori chiqariladi. 27. Oziq-ovqat bug‘doyini qayta g‘amlash va joyini o‘zgartirish faqat nihoyatda zarur hollarda (tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar, miqdor va sifat jihatidan saqlanishiga xavf tug‘ilganda) sug‘urta fondini oqilona joylashtirishga zarar yetkazilmasdan amalga oshirilishi kerak. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyini mintaqalararo yoki mintaqa ichida qayta g‘amlash va joyini o‘zgartirishga limit ajratish to‘g‘risida buyurtmanomalar taqdim etishda bunday qayta g‘amlash yoki joyini o‘zgartirish zarurligi batafsil asoslanadi. 28. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyini yangilash Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda har yili yangi hosildan amalga oshiriladi. 29. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyini yangilash korxonalar tomonidan, uni sug‘urta fondidan chiqarish va sug‘urta fondiga qo‘yish oralig‘idagi vaqtda uzilishsiz amalga oshiriladi. Yangi hosildan oziq-ovqat bug‘doyi sug‘urta fondiga to‘liq hajmda g‘amlangungacha ilgari g‘amlangan bug‘doy sotilishi mumkin emas. 30. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyidan faqat Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida: ichki bozor ehtiyojini qondirish, birinchi navbatda, aholining un va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarga bo‘lgan talabini qondirish uchun; davlat resurslaridagi oziq-ovqat bug‘doyidan foydalanish balansining boshqa moddalari bo‘yicha foydalaniladi. 31. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyidan foydalanish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar (keyingi o‘rinlarda tashabbuskorlar deb ataladi) Vazirlar Mahkamasiga sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyidan muayyan miqdorda bug‘doy ajratish zarurligi to‘g‘risida takliflar kiritishadi. Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) tashabbuskorlarning murojaatnomalarini xulosa tayyorlash uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga yuboradi. 32. Iqtisodiyot vazirligi ikki kun muddatda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda tashabbuskorlarning murojaatnomalarini o‘rganadi, bunda bug‘doy, unning qo‘shimcha hajmlariga ehtiyojning asoslanganligi, ulardan foydalanishning maqsadi, ehtiyojning hisob-kitoblari, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari masalalarini hal etish bo‘yicha erishiladigan natijalarni tahlil qilish va boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi. 33. Iqtisodiyot vazirligi tashabbuskorlarning murojaatnomalarini ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra sug‘urta fondidan bug‘doy ajratishning maqsadga muvofiq ekanligi yoki emasligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. 34. Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan taklifi Kotibiyat tomonidan ko‘rib chiqiladi. Kotibiyat Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taklifini ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra ikki kun muddatda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga qaror qabul qilish uchun taklif kiritadi. 35. Ijobiy qarorga kelingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tegishli Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda tayyorlash yuzasidan topshiriq beradi. 36. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq sug‘urta fondidan oziq-ovqat bug‘doyi sotish yuzasidan bir kun muddatda korxonalarga buyruq (naryad)lar beradi. Buyruq (naryad)larda korxonaning nomi, oziq-ovqat bug‘doyining miqdori (so‘z bilan), sifati, foydalanishning maqsadi va bajarish muddati ko‘rsatilishi kerak. Sug‘urta fondidan oziq-ovqat bug‘doyi sotish yuzasidan naryadlar ularda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiy hisoblanadi, ushbu muddat tugagach ular o‘z kuchini yo‘qotadi. 37. Korxona rahbari sug‘urta fondidan oziq-ovqat bug‘doyi sotish yuzasidan buyruq (naryad) olingach sug‘urta fondidan oziq-ovqat bug‘doyi sotish bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g‘risida bosh buxgaltyerga va ishlab chiqarish-texnika laboratoriyasi boshlig‘iga tegishli topshiriq beradi. Sug‘urta fondidan oziq-ovqat bug‘doyi sotish bo‘yicha barcha hujjatlar faqat korxona rahbari tomonidan, u bo‘lmaganda — uning vazifalari tegishli buyruq asosida zimmasiga yuklangan shaxs tomonidan imzolanishi kerak. 38. Sug‘urta fondidan oziq-ovqat bug‘doyi sotish bajarganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan ikki nusxada rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa korxonada qoladi hamda oziq-ovqat bug‘doyining mavjud miqdori va harakati to‘g‘risida belgilangan shakldagi har oylik hisobot tarkibida aks ettiriladi. 39. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyi qiymatini to‘lash bo‘yicha moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. 40. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyini saqlash xarajatlari korxonalar hisobidan amalga oshiriladi hamda un va don uchun ulgurji — sotish narxlarini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hisobga olinadi. 41. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyini qiymati bo‘yicha hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan ulgurji — hisob narxi bo‘yicha alohida yuritiladi. 42. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyini qayta g‘amlash, bug‘doyning joyini o‘zgartirish va yangilash bo‘yicha operatsiyalar qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar jalb etmasdan amalga oshiriladi. 43. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyi sifatining yomonlashishiga, uning o‘zboshimchalik bilan, buyruq (naryad)larsiz yoki muddati o‘tgan buyruq (naryad)lar bo‘yicha sotilishiga, yuklab jo‘natilishiga va foydalanilishiga, buyruq (naryad)lardagi ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lmagan sifat bilan boshqa joyga yuklab jo‘natilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaxsan javob beradilar: a) don mahsulotlari korxonasi rahbari — sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyining to‘liq va sifatli saqlanishi, to‘g‘ri va ishonchli hisobga olinishi uchun; b) moddiy javobgar shaxslar — bug‘doy vaznining to‘g‘ri aniqlanishi, bug‘doyga doir barcha operatsiyalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, shuningdek bug‘doy harakati to‘g‘risidagi hisobotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun; v) tarozibonlar — sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyining to‘g‘ri tortib ko‘rilishi va tortib ko‘rilgan miqdorining hujjatlarda to‘g‘ri aks ettirilishi uchun; g) korxonaning bosh buxgalteri va unga bo‘ysunuvchi, bug‘doyning miqdori va sifati bo‘yicha hisobini bevosita yurituvchi xodimlar — bug‘doyni hisobga olish, operatsiyalarni rasmiylashtirish va nobud bo‘lgan bug‘doyni hisobdan chiqarish tartibi buzilganligi uchun; d) ishlab chiqarish — texnika laboratoriyasi boshlig‘i va laborantlar — oziq-ovqat bug‘doyi sifatining to‘g‘ri aniqlanishi hamda daftarlar va hujjatlarda sifat ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri aks ettirilishi uchun shaxsan javob beradilar. 44. Sug‘urta fondidagi oziq-ovqat bug‘doyining miqdor va sifat bo‘yicha saqlanishi ta’minlanmagan taqdirda aybdor shaxslar yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda to‘laydilar.
138
16,717
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-908-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-908-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
243
414
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI E’LON QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
«O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini e’lon qilish tartibi» tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan davlatlararo shartnomalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan qo‘shilishilgan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining «Xabarnomasi»da e’lon qilinadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan hukumatlararo shartnomalar, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlariga asosan qo‘shilishilgan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari to‘plamida e’lon qilinadi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilinib, O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga asosan qo‘shilishilgan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasida e’lon qilinadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalari, shunday shartnomalar tuzgan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining qarori bo‘yicha idoraviy nashrlarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda e’lon qilinadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo va hukumatlararo xalqaro shartnomalarining har yilgi rasmiy to‘plamlarini chiqaradi. 6. O‘zbekiston Respublikasining asl matnlari xorijiy tillarda tuzilgan xalqaro shartnomalari davlat tilida e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boshqa tillarda ham e’lon qilinishi mumkin. 7. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash to‘g‘risida qaror qabul qilgan organning taqdimi bo‘yicha shu shartnoma belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi mumkin. 8. O‘zbekiston Respublikasi nomidan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari nomidan tuzilgan xalqaro shartnomalarning amal qilishini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi rasmiy axborotlar ham yuqorida bayon etilgan qoidalarga muvofiq e’lon qilinadi.
85
2,757
Qonunchilik
Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
“Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zbekneftgaz” MXK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar. Vazirliklar va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Qoida “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda qonunchilikka muvofiq, tashkiliy-huquqiy shakllari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish tartibini belgilaydi. Neftni qayta ishlash mahsulotlarining yetkazib beruvchilari va iste’molchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ilovaga asosan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: avtomatik quyish estakadasi — avtomobil tsisternalariga neft mahsulotlari quyish operatsiyalari bajarilishini ta’minlaydigan qurilmalar bilan jihozlangan inshoot; avtomatik to‘kish estakadasi — avtomobil tsisternalaridan neft mahsulotlarini to‘kish operatsiyalari bajarilishini ta’minlaydigan qurilmalar bilan jihozlangan inshoot; sifatini tiklash (tuzatish) — konditsiya talablariga javob bermaydigan neft mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini, tegishli sifat zaxirasi bo‘lgan shu markali konditsiyali neft mahsulotlari bilan aralashtirish hisobiga, talab darajasiga yetkazish; temir yo‘l to‘kish-quyish estakadasi — neft mahsulotlarini temir yo‘l tsisternalaridan to‘kish yoki (va) ularni temir yo‘l tsisternalariga quyish operatsiyalari bajarilishini ta’minlaydigan to‘kish-quyish qurilmalari bilan jihozlangan maxsus temir yo‘llardagi inshoot; sifat zaxirasi — haqiqiy sifat ko‘rsatkichlari va normativ sifat ko‘rsatkichlari qiymatining tafovuti bo‘yicha aniqlanadigan miqdori; neft mahsulotining sifati — neft mahsulotining belgilangan maqsadga muvofiq muayyan ehtiyojlarni qondirishga yaroqligini ta’minlaydigan xususiyatlar majmui; konditsiyali neft mahsuloti — normativ hujjatning barcha talablarini qanoatlantiradigan neft mahsuloti; neft mahsuloti — uglevodorod (neft, gaz kondensati, tabiiy gaz va boshqalar) yoki organik sintez xomashyosining boshqa turlarini qayta ishlashda olinadigan tayyor mahsulot; ishlatilgan neft mahsuloti — normativ hujjatlar bilan belgilab berilgan belgilangan muddatda ishlatilgan yoki foydalanish jarayonida sifatini yo‘qotgan va jihozlarning ish tizimidan (neft moyi) to‘kilgan, shuningdek tozalash inshootlari va tarkibida neft bo‘lgan suvlardan chiqarib olinadigan (neftli yuvib tozalash suyuqligi, neft va neft mahsulotlari aralashmasi) saqlash va tashish vositalarini yuvib tozalash, tozalash uchun foydalanishda o‘zining foydalanish xususiyatlarini yo‘qotgan neft mahsuloti; konditsiya talablariga javob bermaydigan neft mahsuloti — normativ hujjatlar talablarini qanoatlantirmaydigan neft mahsuloti; neft mahsulotini yetkazib beruvchi — iste’molchiga neft mahsuloti yetkazib berishni amalga oshiradigan neft mahsuloti mulkdori yoki uning tomonidan vakolat berilgan shaxs; neft mahsuloti iste’molchisi — maqsadli ravishda foydalanish uchun yetkazib beruvchidan neft mahsulotini sotib oladigan yuridik shaxs; sifat ko‘rsatkichi — neft mahsulotini yaratish va foydalanish yoki iste’mol qilishning muayyan shartlariga muvofiq ravishda ko‘rib chiqiladigan neft mahsulotining sifatini tashkil qiladigan uning bir yoki bir nechta xususiyatlarining miqdoriy tavsifi. 3. Neft mahsulotlarini sotish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Neft mahsulotlaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari va hajmlari Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan moddiy balanslarda belgilanadi. 6. Davlat ehtiyojlari, uzoq muddat saqlash korxonalari, ishlab chiqaruvchilarning ichki tarmoqlari ehtiyojlari, iste’molchilar uchun neft mahsulotlarini sotish birjalar va kim oshdi savdolarida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar, komissiya shartnomalari bo‘yicha, shuningdek eksportga sotish Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Neft mahsulotlarini sotish va ulardan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 8. Neft mahsulotlarini yetkazib berish yoki oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha yetkazib beruvchilar beradilar, oluvchilar esa qabul qiladilar, shartnomada ko‘rsatilgan ikkala tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligidan tashqari quyidagilar kelishib olinishi kerak: berish va qabul qilish shoxobchalari, ikkala tomon vakillarining ishtirok etishining zaruriyati, namuna olish joyi va metodi, o‘lchash metodining nisbiy xatolik chegaralari ko‘rsatilgan holda neft mahsulotlari miqdorini o‘lchash metodlari, Inkoterms (franko-zavod, franko-tashuvchi va boshqalar) qoidalarini qo‘llash. 9. Neft mahsulotlarini berish va qabul qilish texnologiyasi neft mahsuloti yetkazib beriladigan va yuklab jo‘natiladigan transport vositalarining turiga, to‘kish-quyish operatsiyalarining jadalligiga, iqlim sharoitlariga va neft mahsulotlarining fizikaviy-kimyoviy xossalariga bog‘liq bo‘ladi. 10. Neft mahsulotlarini berish va qabul qilish quyidagi statsionar to‘kish-quyish qurilmalari: temir yo‘l vagonlari-tsisternalariga va konteyner-tsisternalariga — maxsus estakadalarda, alohida ustunlar yoki to‘kish qurilmalari orqali; avtomobil tsisternalariga va konteyner-tsisternalariga — quyish stansiyalarida, avtoestakadalarda alohida ustunlar orqali; bochkalar, bidonlar va boshqa idishlarga — quyish va qadoqlash bo‘limlari orqali amalga oshirilishi kerak. Statsionar to‘kish-quyish qurilmalari mavjud bo‘lmaganda neft mahsulotlarini qabul qilish va berish bo‘yicha operatsiyalarning maxsus ko‘chma haydash vositalari tomonidan bajarilishiga yo‘l qo‘yiladi. 11. Neft mahsulotlarini berish va qabul qilishda ularning miqdori yetkazib berish yoki oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan o‘lchash metodlari bilan hamda sifat tavsifini muayyan neft mahsulotiga belgilangan normativ hujjat bilan aniqlanadi. 12. Neft mahsulotlarini berish “GOST 1510-84 (keyinchalik — GOST 1510) Neft va neft mahsulotlari. Markirovkalash, o‘rash, transport vositasida tashish va saqlash”ga, transportning har bir turida amalda bo‘lgan yo‘riqnomalar, qoidalarga muvofiq tayyorlangan hamda qiyoslash sertifikatiga ega bo‘lgan temir yo‘llar, avtomobil tsisternalari va ixtisoslashtirilgan konteyner-tsisternalarda, shuningdek kichik iste’mol idishlarida amalga oshiriladi. 13. Neft, mazut, moylar, bitum va fizikaviy-kimyoviy xossalari ularga o‘xshash neft mahsulotlarini “Benzin” trafaret yozuviga ega bo‘lgan tsisternalarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Neft mahsulotlarini ilova hujjatlarisiz tsisternalarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 15. Aviatsiya texnikasida foydalaniladigan neft mahsulotlari alohida tanlangan tsisternalarga beriladi. Ushbu tsisternalarga boshqa neft mahsulotlarini berishga ruxsat berilmaydi. 16. Neft mahsuloti neft mahsulotining markasi va massasi ko‘rsatilgan holda belgilangan shakllardagi temir yo‘l yoki tovar-transport nakladnoyi, shuningdek sifat pasporti va muvofiqlik sertifikati bilan birga beriladi. 17. Neft mahsulotlarini qabul qilish jarayonida yuklash miqdori va sifatining jo‘natish hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlanganda idoraviy texnikaviy normalar va qoidalar bilan belgilangan tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi. 18. Neft mahsulotlari omborlari, temir yo‘l va avtomobil to‘kish-quyish estakadalari, quyiladigan, qadoqlanadigan, tarqatiladigan va boshqa binolar, inshootlar hamda asbob-uskunalar amaldagi qurilish normalari, qoidalari va standartlari talablariga javob berishi kerak. 19. Neft mahsulotlarini berish va qabul qilishda Davlat reyestriga kiritilgan va qiyoslash sertifikatlariga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda qo‘llashga ruxsat berilgan asbob-uskunalar va o‘lchov vositalaridan foydalanilishi kerak. 20. Qiyoslashdan va davlat metrologiya attestatsiyasidan o‘tmagan o‘lchov vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. 21. Neftni qayta ishlash zavodlarida va neft bazalarida temir yo‘l vagonlari-tsisternalari (konteyner-tsisternalar)da tashiladigan neft mahsulotlarini berish va qabul qilish operatsiyalari, qoidaga ko‘ra, maxsus bir va ikki tomonlama estakadalar, quyish yoki to‘kish qurilmalari, tozalash va havo-vakuumli kollektorlar, mazut va moylar uchun oraliq rezervuarlar, neft mahsulotini hisobga olish bog‘lanmalari, qizdirish priborlarini ko‘tarish va tushirish hamda tsisternalarni maydonlar bo‘ylab ko‘chirish vositalari bilan jihozlangan kirish yo‘li mavjud bo‘lgan temir yo‘llarda amalga oshirilishi kerak. Iste’molchilarning omborlari va bazalarida temir yo‘l vagonlari-tsisternalari (konteyner-tsisternalar)da tashiladigan neft mahsulotlarini berish va qabul qilish operatsiyalari, qoidaga ko‘ra, xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda ushbu operatsiyalar uchun mo‘ljallangan kirish yo‘li mavjud bo‘lgan temir yo‘llarda amalga oshirilishi mumkin. 22. Boshi berk temir yo‘llarning to‘kish-quyish estakadalari yong‘in holatida vagon-tsisternalarni uzib qo‘yish va yong‘in hududidan uzoqlashtirish imkonini beradigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 23. Neft mahsulotlarini quyish uchun qo‘yiladigan vagon-tsisternalar va konteyner-tsisternalar soz holatda bo‘lishi, ilgari tashilgan neft mahsulotlaridan tozalangan bo‘lishi, GOST 1510 va idoraviy texnik normalar va qoidalar talablariga javob berishi kerak. Konteyner-tsisternalar texnik pasportga yoki davriy ravishda tekshiruvdan o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan sertifikatga ega bo‘lishi kerak Vagon-tsisternalarning neft mahsulotlari quyish uchun yaroqliligi yuk jo‘natuvchi tomonidan aniqlanadi. 24. Quyish oldidan barcha tsisternalar xavfli yuklarni tashishning texnik normalari va qoidalarida belgilangan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan holda texnik ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Neft mahsulotlarini quyish uchun texnik ko‘rikdan o‘tmagan va bunday neft mahsulotlarini tashish uchun ularning yaroqliligi e’tirof etilmagan tsisternalardan foydalanish taqiqlanadi. 25. Neft mahsulotlarini quyish avtomatlashtirilgan sharnirli biriktirilgan yopiq shlangsiz tizim bo‘yicha yoki tsisternalarga toshirib quyilishining bartaraf etilishini ta’minlaydigan quyishning avtomatik cheklagichlari bilan jihozlangan teleskopik qurilmalar, shuningdek bug‘larni regeneratsiya qurilmasi yoki gaz yig‘ish tizimiga chiqarib yuborish bilan quyishni germetizatsiya qilish (zichlash) qurilmalari bilan amalga oshirilishi kerak. Quyish qurilmasining pastki bo‘g‘ini zarba bo‘lganda uchqun yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan metalldan tayyorlangan bo‘lishi lozim. Zarba bo‘lganda uchqun yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan metalldan tayyorlangan erga ulangan simga ega bo‘lgan uchlik shlang rukavalarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Rukavalarning uchlik bilan uzunligi tsisternaning tubigacha uning tushishini ta’minlashi lozim. 26. Neft mahsulotini quyish jarayonida temir yo‘l tsisternasida (konteyner-tsisternada) uning oqishi aniqlanganda oqishni to‘liq bartaraf etgunga qadar quyish zudlik bilan to‘xtatib turilishi kerak. Oqishini bartaraf etishning imkoni bo‘lmaganda tsisternani quyilgan neft mahsulotidan bo‘shatish hamda jo‘nash stansiyasiga qaytarib yuborish lozim. 27. Sisternalarni to‘kish-quyish estakadalari hududida ta’mirlash taqiqlanadi. 28. Temir yo‘l tsisternalariga (konteyner-tsisternalarga) neft mahsulotlarini quyish suyuq qatlam ostida to‘ldirish darajasi belgilangunga qadar sachratmasdan va to‘kmasdan, borayotgan yo‘lda harorati oshishidan kengayishi imkonini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. 29. Yuqori qovushqoqli neft mahsulotlarining muzlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyish kommunikatsiyalarida neft mahsulotining unda aylanib turishi (sirkulatsiyasi)ni amalga oshirish lozim. Aylanib turishni ta’minlash uchun nasoslarni oshirish berish quyish uchun talab qilinadigan balandlikdan 30 foiz yuqori bo‘lishi kerak. 30. Quyish tugallangandan keyin quyish qurilmalari (rukavalar) faqat undan neft mahsuloti to‘liq oqib bo‘lgandan keyin tsisternalar tuynuklari og‘zidan chiqarib olinishi kerak. 31. Neft mahsuloti qoldiqlaridan quyish qurilmalari va kollektorlarni bo‘shatish drenaj quvurlar va so‘rish nasoslari yordamida amalga oshirilishi kerak. 32. Sisternadagi (konteyner-tsisternadagi) quyilgan neft mahsuloti sathi o‘lchangandan keyin uning tuynugining qopqog‘i germetik zich (prokladkalarda) yopilishi kerak. Qopqoq ehtiyotlik bilan zarbalarsiz yopilishi lozim. 33. Sisternalardan neft mahsulotini to‘kishdan oldin temir yo‘l va maxsus tashkilotlar (shartnomaga asosan) vakillari bilan yuk jo‘natuvchining plombalari butunligini va ilova qilingan hujjatlari mavjudligini tekshirish, amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq namunalar olish, yetkazib berish yoki oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan metod bilan neft mahsulotining massasini aniqlash kerak. 34. Neft mahsulotlarini to‘kish, qoidaga ko‘ra, yopiq (germetik) usulda tsisternalarning pastki to‘kish priborlari va pastki to‘kish qurilmalari orqali amalga oshirilishi kerak, ular nosoz bo‘lganda yoki to‘kish mavjud bo‘lmaganda tez alanga oluvchi neft mahsulotlarini vakuum-nasoslar va neft mahsulotining to‘liq to‘kilishini ta’minlaydigan boshqa vositalarni qo‘llagan holda tsisternalar og‘zi orqali amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Chaqnash harorati 1200 S dan yuqori bo‘lgan neft mahsulotlarini va mazutlarni to‘kish uchun rels oralig‘i ochiq to‘kish qurilmalari yoki qopqoqlari yechiladigan yon kollektorlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. 35. To‘kish jarayonida neft mahsulotining bug‘lanib ketishdagi yo‘qotishlarni qisqartirish, elektrlanishini va ko‘pik hosil bo‘lishini kamaytirish maqsadida to‘kish qurilmasi pastki bo‘g‘inining uzunligi uning tsisternaga tushirilishi tsisterna qozonining pastki hosilasidan 200 mm.dan ortiq bo‘lmagan masofada bo‘lishi ta’minlanishi kerak. 36. Temir yo‘llar tsisternalaridan neft mahsulotlarini to‘kish qabul qilish rezervuarlarga majburiy usulda (nasoslar yordamida) yoki o‘z oqimi bilan amalga oshirilishi kerak. To‘yingan bug‘lar bosimi yuqori bo‘lgan benzinlarni to‘kish uchun yuqoridan to‘kish uchun o‘zi so‘rmaydigan markazdan qochuvchi nasoslar qo‘llanilganda yoki rezervuardagi neft mahsuloti sathi va nasos o‘qi o‘rtasidagi belgining kichik farqi bo‘lganda ishonchli so‘rilishi va neft mahsulotining temir yo‘llar tsisternalaridan to‘liq to‘kilishini ta’minlaydigan qurilmalardan (vakuumli nasoslar, cho‘kuvchi ejektorlardan) foydalanish kerak. 37. Chuqurlashtirilgan oraliq rezervuarlarida o‘z oqimi bilan to‘kilishida ulardan neft mahsulotini yer usti rezervuarlariga bir vaqtda tortib chiqarib olinishini ta’minlash zarur. Oraliq rezervuarlari tsisternalardan bir vaqtda to‘kiladigan sig‘im summasining 75 foiziga teng bo‘lgan sig‘imga ega bo‘lishi kerak. Ushbu rezervuarlardan neft mahsulotini nasos bilan tortib chiqarish unumdorligi ularni to‘ldirish unumdorligining kamida 50 foizini tashkil qilishi kerak. Bunda sig‘im toshib ketishdan himoyaga ega bo‘lishi kerak. 38. Sisternalar va to‘kish-quyish qurilmalaridagi qotib qolgan neft mahsulotlarini qizitish zaruriyati bo‘lganda bug‘, issiq suv yoki elektr isitgichlar qo‘llaniladi. Ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi. 39. Temir yo‘llar tsisternalarini to‘kish va ularga quyish uchun keltirish faqat avvalgi tsisternalarga quyish va ulardan to‘kishda temir yo‘llar to‘kilgan neft mahsulotlaridan puxta tozalab tashlangandan keyin ruxsat beriladi. To‘kish-quyish operatsiyalarini bajarish vaqtida to‘kilgan neft mahsulotlari yig‘ib olinadi, tozalab olingan joyga qum sepiladi. 40. Quyish va to‘kish jarayonida ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan qismlarda amaldagi idoraviy yo‘riqnomalarga, texnik normalar va qoidalarga amal qilinadi. 41. Avtomobil tsisternalariga neft mahsulotlarini berish (quyish) avtomatlashtirilgan quyish tizimi, avtomatik tarzda quyish estakadalari va yakka ustunlar orqali, shuningdek maxsus ko‘chma haydash vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. 42. Avtomobil tsisternalari, tirkamalar va yarim tirkamalar, konteyner-tsisternalarga neft mahsulotlarini quyish uchun maxsus, shu jumladan avtomatlashtirilgan, hisobga olish-dozalash qurilmalari, masofadan boshqarish pulti bilan, quyish jarayonida to‘lib ketishini bartaraf etish va germetiklash (zichlab yopish) qurilmalari bilan jihozlangan, shuningdek quyilayotgan neft mahsulotlarining massa (hajm) birliklaridagi miqdorini avtomatlashtirilgan tarzda o‘lchash tizimlari bilan jihozlangan yuqori va pastki quyish qurilmalarini qo‘llash kerak. 43. Gidravlik zarbalarni kamaytirish, statistik elektr paydo bo‘lishining oldini olish va neft mahsulotlarini quyish sathining juda aniq balandligiga erishish uchun quyish qurilmasi quyishning boshlang‘ich va yakunlovchi bosqichlarida kamaytirilgan unumdorlik bilan neft mahsuloti berilishini ta’minlaydigan asbob-uskuna bilan jihozlanadi. 44. Neft mahsulotlarini quyish quyish rukavalari va quvurlarini tsisternalarning tubigacha to‘liq tushirgan holda suyuq qatlam bilan, sachratmasdan amalga oshirilishi zarur. Rukavaning uchlarida zarba bo‘lganda uchqun hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan metalldan tayyorlangan uchliklar bilan bo‘lishi hamda erga ulangan simi bo‘lishi kerak. 45. Neft mahsulotining avtomobil tsisternasiga (konteyner-tsisternasiga) beriladigan miqdori suyuqlik hisoblagichlar yordamida avtomobil tarozilarida tortish yoki tsisternalarning nominal sig‘imi bo‘yicha aniqlanadi (planka bo‘yicha). Avtomobil tarozilarining yuk ko‘tarish quvvati avtomobil tsisternalarining barcha turlari tortilishini ta’minlashi lozim. 46. Foydalaniladigan hisoblagichlar va filtrlar ularni neft mahsulotlarining bosimi, qovushqoqligi, unumdorligi va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha qo‘llash shartlariga mos kelishi kerak. 47. Neft mahsulotlarini quyish uchun qo‘yilayotgan avtomobil tsisternalari (konteyner-tsisternalari) GOST 1510 talablariga asosan tayyorlangan bo‘lishi lozim. 48. Avtomobil tsisternalari va konteyner-tsisternalar neft mahsulotlari quyilgandan keyin tashishlarning amaldagi qoidalariga muvofiq plombalanishi kerak, neft mahsulotlari oluvchining avtotransporti bilan tashib ketish (o‘zi olib ketish) holatlari bundan mustasno. 49. Tarqatish rezervuarlaridan quyish qurilmalarigacha bog‘lovchi quvurlar avtotransportga yuklab jo‘natiladigan neft mahsulotining har bir markasi (turi) uchun alohida bo‘lishi va amaldagi gradirovka (darajalash) jadvali bo‘lishi kerak. Ular orqali turli markalar (turlar)dagi neft mahsulotlarini ketma-ket oqizishga ruxsat berilmaydi. 50. Yong‘inga qarshi inventarlari buzilgan va ular bilan butlanmagan avtomobil tsisternalariga hamda konteyner-tsisternalariga neft mahsulotlarini quyishga yo‘l qo‘yilmaydi. 51. Atrof muhitning ifloslanishini bartaraf etish maqsadida quyish qurilmalari, quyish operatsiyalari tugagandan keyin, quyish qurilmalaridan neft mahsulotlari qoldig‘i oqishining oldini olish uchun tomchini tutadigan drenaj tizimiga ega bo‘lishi kerak. 52. Avtomobil tsisternalariga neft mahsulotlarini quyish dvigatel ishlamay turganda amalga oshirilishi lozim. 53. Avtomobil tsisternalaridan neft mahsulotlarini qabul qilib oluvchining rezervuariga qabul qilish (quyish) haydash nasosi va to‘kish muftasi orqali yoki (konteyner-tsisternalardan) o‘z oqimi bilan amalga oshiriladi. 54. To‘kish rukavalari uchqun hosil qilmaydigan materiallardan tayyorlangan uchliklardan iborat bo‘lgan, qatlamlarga ajralmagan va yoriqlar bo‘lmagan, moy va benzinga chidamli materiallardan ishlangan bo‘lishi, quvurlar va statik elektr energiyasini qaytarish tarmog‘ining qabul qiluvchi qurilmalar bilan germetik birikishini ta’minlashi kerak. 55. Neft mahsulotini to‘kishda texnologik asbob-uskunalar, quvurlar, rezervuarlar, berkitish armaturasi soz holatda bo‘lishi kerak. 56. Neft mahsulotlarini quyish va to‘kishda ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan qismlarida amaldagi idoraviy yo‘riqnomalar, texnik normalar va qoidalarga amal qilinadi. 57. GOST 1510 ga asosan idishga (bochkalar, bidonlar va boshqalarga) neft mahsulotlarini quyib berish quyib beradigan, qadoqlanadigan yoki tarqatiladigan bo‘limlar orqali, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 58. Tarqatish qurilmasiga neft mahsulotlarini quyib berish o‘z oqimi bilan yoki berish to‘xtatilganda quvurda bosim oshib ketganda ishlab ketadigan saqlovchi klapanlar bilan jihozlangan nasoslar yordamida amalga oshirilishi mumkin. 59. Neft mahsulotlarini kichik idishlarga quyishda quyidagi talablarni bajarish zarur: metall, yog‘ochdan yasalgan, polimer idish amaldagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi hamda neft mahsulotlarining sifati va miqdori saqlanishini ta’minlashi kerak; quyish oldidan idish toza va quruq bo‘lishi kerak, zarur hollarda u yaxshilab bug‘lanadi, yuviladi, quritiladi; neft mahsulotlarini bir marta tashish uchun ishlatiladigan yog‘och bochkalar va yashiklar, metall fanerli va fanerli bidonlar va barabanlar yangi va toza bo‘lishi kerak; neft mahsulotini bevosita idishga quyishdan oldin idishning ichi portlashdan himoyalovchi yoritgich yordamida ko‘zdan kechiriladi hamda chet buyumlar, kir va loylar aniqlanganda — brak qilinadi; neft mahsuloti quyilgandan keyin idish qopqoq bilan zich yopiladi. 60. Tez alanga oluvchi neft mahsulotlari faqat qopqog‘i maxsus kalitlar bilan burab qotiriladigan va burab bo‘shatiladigan metall idishga quyiladi. Idish va kalitlar uchqun hosil qilmaydigan metalldan tayyorlangan bo‘lishi kerak. 61. Neft mahsulotlari turiga qarab, GOST 1510ga asosan metall, temir-beton (vertikal, gorizontal) rezervuarlarda, shuningdek tashish (bochkalar, kanistrlar, barabanlarda) va iste’mol idishlarida (bidonlar, bankalar, shisha idishlarda) qadoqlangan holda saqlanadi. 62. Neft mahsulotlarini saqlash rezervuarlari GOST 31385-2008 “Neft va neft mahsulotlari uchun silindrsimon po‘lat vertikal rezervuarlar”, GOST 17032-2010 “Neft mahsulotlari uchun gorizontal po‘lat rezervuarlar”, idoraviy texnik normalar va qoidalar talablariga mos bo‘lishi, amaldagi gradirovka jadvaliga ega bo‘lishi hamda belgilangan tartibda qiyoslashdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. 63. Neft mahsulotlarini saqlashda rezervuarlarning ichki yuza qismini zanglardan tozalash, himoya qilishning GOST 1510 va rezervuarlardan foydalanish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalarda belgilangan talablariga rioya qilinadi. 64. Idishga solingan tez alanga oluvchi neft mahsulotlari va yonilg‘i-moylash materiallari amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bostirma tagida va maydonchalarda, maxsus jihozlangan binolarda saqlanishi kerak. 65. Neft mahsulotlari neft mahsuloti quvurlari, pastki quyish va to‘kish qurilmalari bilan jihozlangan temir yo‘llar hamda avtomobillar tsisternalari va konteyner-tsisternalarda, shuningdek solib joylangan tashish idishida tashiladi. 66. Neft mahsulotlarini tashish quyidagi tegishli transportda GOST 1510 va yuklarni tashish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak: temir yo‘l vagon-tsisternalari va konteyner-tsisternalarda — xavfli yuklarni tashishning texnik normalari va qoidalariga muvofiq; avtomobil transportida — Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalariga muvofiq. 67. Neft mahsulotlarini tashishda GOST 1510 va amaldagi transportning muayyan turi bilan yuklar tashish qoidalari talablariga rioya qilinadi. 68. Neft mahsulotlarini aralashtirish: bitta quvur orqali turli xil va turli markali neft mahsulotini haydashga, tegishli ravishda tozalamasdan turli markali neft mahsulotini idishga quyishga yo‘l qo‘yilmaydi. 69. Sifatini tiklash uchun turli markali neft mahsulotlarini aralashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 70. Neft mahsulotlarini g‘ayriqonuniy aralashtirish hollari aniqlanganda maxsus tuzilgan komissiya tomonidan neft mahsulotlarini aralashtirish sabablari, ularning miqdori va sifatini tiklash imkoniyati yoki boshqa markaga (turga) o‘tkazish sabablari ko‘rsatilgan holda tegishli dalolatnoma tuziladi. 71. Neft mahsulotlarini g‘ayriqonuniy aralashtirishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. 72. Kelib tushayotgan, saqlanayotgan, tashilayotgan va berilayotgan barcha neft mahsulotlari ularning miqdori bo‘yicha hisobga olinishi lozim. 73. Neft mahsulotlarini hisobga olish O‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va qiyoslash sertifikatiga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda qo‘llanishga ruxsat berilgan o‘lchov asbob-uskunalari va vositalari bilan ularning miqdorini o‘lchash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 74. Qiyoslashdan yoki davlat metrologiya attestatsiyasidan o‘tmagan o‘lchov vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. 75. GOST 8.587-2006 “Neft va neft mahsulotlari massasi. O‘lchovlarni bajarish metodikalariga umumiy talablar”da belgilangan neft mahsulotlari miqdorini o‘lchash metodlari qonuniy jihatdan bir xil hisoblanadi va metodlarni amalga oshirishning texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda texnologik operatsiyalarga muvofiq ravishda ularning aniqligini baholash asosida tanlab olinadi. 76. Neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, berishda, shuningdek xatlovdan o‘tkazishda ularni hisobga olish amaldagi buxgalteriya hisobi bo‘yicha milliy standartlarga muvofiq amalga oshiriladi. 77. Neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish transport vositasiga berishda, saqlashda, shu jumladan uzoq muddat saqlashda va ularni qabul qilishda amalga oshiriladi. 78. Neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish amaldagi normativ hujjatlarga hamda standartlarda va idoraviy texnik normalar va qoidalarda ko‘rsatilgan hajmlarga muvofiq olingan namunalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 79. Neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan va attestatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Arbitraj namunalar bo‘yicha neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish manfaatdor tomonlarning kelishuvi bo‘yicha tanlab olingan mustaqil laboratoriyada amalga oshiriladi. 80. Neft mahsulotlaridan namunalar olish, sifat tavsifini tahlil qilish bo‘yicha barcha operatsiyalar tegishli dalolatnomalarda, shakllari idoraviy texnik normalar va qoidalarda belgilangan ro‘yxatga olish daftarlarida aks ettiriladi. 81. Sifati bo‘yicha ular uchun standartlar talablariga muvofiq bo‘lmagan neft mahsulotlarini sotish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. 82. Aralashtirish, uzoq muddat saqlash jarayonida nobud bo‘lgan yoki sifati buzilgan neft mahsulotlari neft mahsulotini tahlil etish natijalariga ko‘ra laboratoriya tavsiyanomalari asosida sifati mos kelmaganligi aniqlangan korxona rahbari qaroriga ko‘ra tiklanishi mumkin. 83. Neft mahsuloti sifatini tiklash uning talab qilingan ko‘rsatkichlari bo‘yicha zaxirasiga ega bo‘lgan shunday markali neft mahsuloti bilan aralashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 84. Neft mahsuloti sifatini tiklash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar ro‘yxati idoraviy texnik normalar va qoidalarda belgilanadi. 85. Aviatsiya texnikalarida qo‘llaniladigan neft mahsulotlari sifatini tiklash qoidalari aviatsiya texnikasidan foydalanadigan idoralar va tashkilotlarning tegishli hujjatlari bilan belgilanadi. 86. Ishlatilgan barcha neft mahsulotlari to‘planishi, saqlanishi va hisobga olinishi kerak. 87. Faoliyati natijasida ishlatilgan neft mahsulotlari hosil bo‘ladigan korxonalar ishlatilgan neft mahsulotlarini to‘plash, saqlash va tashishni tartibga soladigan amaldagi normativ hujjatlar talablari bajarilishini ta’minlashi shart. 88. Ishlatilgan neft mahsulotlarini to‘plash GOST 21046-86 “Ishlatilgan neft mahsulotlari. Umumiy texnik shartlar”da hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentabrdagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan guruhlar bo‘yicha amalga oshiriladi. 89. Transport vositalari va texnologik asbob-uskunalardan ishlatilgan neft mahsulotlarini to‘kish maxsus qurilmalar va/yoki ularning to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslamalar yordamida amalga oshiriladi. 90. Ishlatilgan suyuq neft mahsulotlarini to‘plash tasodifiy to‘kilgan neft mahsulotini to‘plash uchun maxsus metall taglikka o‘rnatilgan germetik sig‘imlarda amalga oshiriladi. 91. Ishlatilgan qattiq neft mahsulotlarini to‘plash qopqog‘i mahkam yopiladigan maxsus plastik va metall germetik sig‘imlar (bochkalar, yashiklar va boshqalar) joylashtiriladigan polimer plyonkadan tayyorlangan, to‘g‘ri tushadigan quyosh nuridan, har qanday qizitish tarkibiy qismlari va isitish priborlaridan uzoqda joylashtirilgan pishiq germetik qoplarda amalga oshiriladi. 92. Ishlatilgan havo, yoqilg‘i, moy filtrlarini to‘plash faqat ishlatilgan suyuq neft mahsulotlari qoldiqlari oldindan yo‘q qilingandan keyin amalga oshiriladi. 93. Ishlatilgan neft mahsulotining har bir turi alohida sig‘imda yig‘ilishi, unda ishlatilgan neft mahsulotining nomi va guruhi (bo‘yoq bilan yoki stiker tarzida) yozib qo‘yilishi kerak. 94. Ishlatilgan neft mahsulotlari yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlaydigan, ularning to‘kilish va oqib ketish imkoniyatlarini cheklaydigan shartlarga rioya qilingan holda, shuningdek yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirishda yuk ko‘tarish mexanizmlarini qo‘llash imkoni bo‘lgan, maxsus ajratilgan maydonchalardagi yopiq sig‘imlarda saqlanishi kerak. 95. Korxona hududida ishlatilgan neft mahsulotlarining to‘planish joyi va saqlash uchastkalari chegaralari, shuningdek ishlatilgan neft mahsulotlarini to‘plash, saqlash va hisobga olish uchun mas’ul mansabdor shaxs korxona rahbari buyrug‘i bilan belgilanadi. 96. Ishlatilgan neft mahsulotlaridan takror foydalanish yoki ularni ixtisoslashtirilgan shoxobchalarga topshirishdan oldin belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan va akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda fizikaviy-kimyoviy xossalarini tahlil qilish yo‘li bilan ularning sifati nazoratdan o‘tkazilishi kerak. Tahlillar natijasi keyinchalik foydalanish uchun neft mahsulotini muayyan yaroqlilik toifasiga kiritish maqsadida sifati to‘g‘risidagi hujjat bilan rasmiylashtirilishi lozim. 97. Korxonalarda ishlatilgan neft mahsulotlarini miqdori (massasi va hajmi) bo‘yicha hisobga olish buxgalteriya tomonidan ularni to‘plash, saqlash va hisobga olish uchun javobgar bo‘lgan shaxs taqdim qilgan ma’lumotlar asosida moddiy boyliklarni hisobga olish hujjatlarida amalga oshiriladi. 98. Ishlatilgan neft mahsulotlari ixtisoslashtirilgan shoxobchalarga topshirilishi kerak. 99. Ixtisoslashtirilgan to‘plash, saqlash yoki qayta ishlash shoxobchalariga yuboriladigan ishlatilgan neft mahsulotlarining har bir partiyasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan miqdori va sifati to‘g‘risidagi hujjatlar bilan birga yuboriladi. 100. Ixtisoslashtirilgan to‘plash, saqlash yoki qayta ishlash shoxobchalariga ishlatilgan neft mahsulotlarini topshirish-qabul qilish shartlari ishlatilgan neft mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxonalar va ixtisoslashtirilgan to‘plash, saqlash yoki qayta ishlash shoxobchalari o‘rtasida tuziladigan shartnoma bilan belgilanadi. 101. Ixtisoslashtirilgan to‘plash, saqlash yoki qayta ishlash shoxobchalariga kelib tushgan ishlatilgan neft mahsulotlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishlatilgan neft mahsulotlarini qabul qilishni hisobga olish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 102. Korxonalar yoki ishlab chiqarishlardan tashqarida, ular oladigan ishlatilgan neft mahsulotlaridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan shoxobchalar quyidagilarga majbur: qayta ishlash va foydalanish uchun ishlatilgan neft mahsulotlarini ularning yaroqliligini toifalar bo‘yicha qabul qilish, tahlil qilish va turlarga ajratishni shartnomaga muvofiq amalga oshirish; davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasiga ega bo‘lgan loyihalarga muvofiq qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) amalga oshirilgan qurilmalarda ishlatilgan neft mahsulotlarini qayta ishlash yoki yo‘q qilish; yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan tarkibida o‘ta toksik komponentlar (yarimxlorlangan bifenillar, yarimxlorlangan terfenillar va shunga o‘xshashlar) mavjud bo‘lgan ishlatilgan neft mahsulotlarini qayta ishlashga va ulardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik; jarayonlarning ekologiyaligini oshirish va qo‘shimcha xomashyo manbai sifatida ishlatilgan neft mahsulotlarini xo‘jalikda ishlatishga maksimal jalb qilish maqsadida qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish. 103. Ishlatilgan neft mahsulotlari II klass yong‘in xavfsizligi yonilg‘i-moylash materiallariga mansub bo‘ladi hamda har bir transport vositasi uchun belgilangan amaldagi xavfli yuklarni tashish qoidalariga va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq tashilishi lozim. 104. Ishlatilgan neft mahsulotlarini joylash va markalash amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Idishda yoki yorlig‘ida quyidagi mazmundagi yozuv bo‘lishi kerak: ishlatilgan neft mahsuloti guruhining nomi; yetkazib beruvchi korxonaning nomi; “Yong‘indan xavfli” ogohlantiruvchi yozuvi. 105. Ishlatilgan neft mahsulotlarini tashish ularning normativ hujjatlar bilan belgilangan guruhlari bo‘yicha alohida amalga oshirilishi lozim. 106. Ishlatilgan neft mahsulotlarining har bir partiyasi ularning miqdori va sifatini tasdiqlaydigan ilova qilingan hujjatlari mavjud bo‘lganda tashiladi. 107. Transport vositasiga ishlatilgan neft mahsulotlarini yuklash vaqtidan tushirish vaqtigacha ularning xavfsiz olib yurilishi uchun javobgarlik ushbu transport vositasi tegishli bo‘lgan transport korxonasiga yuklanadi. 108. Temir yo‘l tsisternalarida neft mahsulotlarini qabul qilish va berishda xavfsizlik quyidagicha ta’minlanadi: avtomatlashtirilgan sharnirli biriktirilgan shlangsiz tizim yoki quyishning avtomatik cheklagichlari bo‘lgan teleskopik qurilmalar bilan jihozlangan maxsus asbob-uskunalar bilan ta’minlangan to‘kish-quyish qurilmalarini, shuningdek mexanizatsiya vositalarini qo‘llash; regeneratsiya qurilmasidagi bug‘larni gaz yig‘ish tizimiga chiqarib yuborgan holda neft mahsulotlari quyishni germetizatsiya qilish; bitta va aynan o‘sha quyish qurilmasi orqali quyiladigan neft mahsulotlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; to‘kishning yuqoridagi hamda pastki germetiklangan qurilmalari bilan to‘kish-quyish estakadalarini (bosimning kichik qismi bilan yuqori qovushqoqli neft mahsulotlaridan tashqari) jihozlash; keyinchalik tindirish va qabul qilish rezervuarlaridan bo‘sh (tovar ostidagi) suvlarni chiqarib yuborish uchun qabul qilish rezervuarlariga pastki yoki yuqorigi to‘kish qurilmalari orqali aviatsiya yoqilg‘isini va boshqa ochiq rangli neft mahsulotlarini to‘kish; drenaj tizimiga ifloslangan va to‘kilgan neft mahsulotlarini chiqarib yuborish qurilmalari bilan jihozlangan quyish va to‘kish zonalarini qattiq beton bilan qoplash; asosan quyishning avtomatik tarzda tez harakatlanadigan bekitib qo‘yuvchi (neft mahsulotining belgilangan hajmiga, tsisternani to‘ldirish cheklangan sathiga yetganda) tizimlari va quvurlardagi tez harakatlanuvchi berkitish qurilmalarini o‘rnatish; neft mahsulotini berish liniyasida berkitish-boshqarish armaturasi vositasi orqali neft mahsuloti sarfini tartibga solish yo‘li bilan xavfsiz chegaralargacha quyishning maksimal tezligini cheklash; portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun inert gaz yoki bug‘ni to‘kish va quyish quvurlari va kollektorlari tizimiga olib borish; ishlab chiqarish ishlarini kecha-kunduz amalga oshirishni ta’minlaydigan holda (zaruriyatga ko‘ra portlashga xavfsiz bo‘lganda) yoritish. 109. Avtomobil to‘kish-quyish stansiyalarida neft mahsulotlarini qabul qilish va berishda xavfsizlik quyidagicha ta’minlanadi: neft mahsulotlari guruhlari bo‘yicha avtomobil tsisternalarining quyish maydonchasini birlashtirgan va yonmaydigan materiallardan ishlangan bostirma ostida ularni joylashtirish; quyish uchun nasoslarni quyish qurilmalaridan alohida joylashtirish; to‘kish-quyish qurilmalari mexanizmlarining ixtiyoriy harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik; to‘kish-quyish qurilmalarini bug‘ chiqarish qurilmalari bilan ta’minlash; belgilangan mo‘ljalga yetganda avtomatik tarzda quyishni to‘xtatish imkonini beradigan quyish sathini avtomatik ravishda cheklaydigan cheklagichlarni qo‘llash. 110. To‘kish-quyish estakadalari alohida turadigan yashin qabul qilish joyini tashkil etish yo‘li bilan yashinning to‘g‘ridan to‘g‘ri urishidan va elektromagnit induksiyasidan himoya qilinadi. 111. Neft mahsulotlari bilan to‘kish-quyish texnologik operatsiyalarini bajarishda statitik elektr zaryadlari to‘planishi hamda xavfli razryadlarning vujudga kelishi imkoniyatining oldini olish uchun tsisternalar, quvurlar, quyish qurilmalarini erga sim bilan ulanishi, shuningdek quyishning dastlabki va yakuniy bosqichlarida quyish tezligini cheklash nazarda tutiladi. 112. Temir yo‘l to‘kish-quyish estakadalarida, avtomobil stansiyalarida va to‘kish-quyish shoxobchalarida neft mahsulotlari to‘yingan bug‘larining portlashdan oldin konsentratsiyasi signalizatorlari o‘rnatiladi. 113. Qotib qolgan va yuqori qovushqoq darajada bo‘lgan neft mahsulotlarini qizdirish neft mahsulotini sirkulatsiya usuli bilan, qizdirilgan bug‘ yoki portlashdan xavfsiz bo‘lgan materiallardan tayyorlangan elektr isitgichlar yordamida amalga oshiriladi. 114. Elektr isitgichlar qo‘llanilganda qizdiriladigan neft mahsuloti bilan tutash bo‘lgan yuzasidagi harorat 90 °C ga yetganda elektr energiyasi uzatishni to‘xtatadigan qurilma nazarda tutiladi. 115. Neft mahsulotlarini tashishda xavfsizlikni ta’minlash ishlab chiquvchilari tomonidan belgilanadigan himoyalovchi choralarga rioya qilgan holda neft mahsulotlarining muayyan turlari bo‘yicha quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi: tashilayotgan neft mahsulotlarining harorati va bosimiga qo‘yiladigan talablar; neft mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan idishga qo‘yiladigan talablar; bitta sig‘im yoki idishdagi tashilayotgan neft mahsulotlarining umumiy massasi normalari; portlash xavfi va yong‘in xavfi bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar; atrof muhit haroratiga bog‘liq ravishda neft mahsulotlari hajmining kengayishi oqibatida ular hajmining ko‘payishi imkoniyatini hisobga olgan holda temir yo‘l va avtomobil tsisternalarini neft mahsulotlari bilan to‘ldirish; neft mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan idishlardan xavfsiz takroriy foydalanish yoki ularni yo‘q qilish choralari; avariya holatlari, avariyalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish. 116. Neft mahsulotlarini berish, qabul qilish, saqlash, joylash va tashish, namunalar olish, rezervuarlarni tozalash bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni bajarishda har bir korxonada amalda bo‘lgan va ishlab chiqarish xususiyatini hisobga oluvchi texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yong‘in xavfsizligi yo‘riqnoma va qoidalariga, xavfli yuklarni tashish qoidalariga rioya qilinadi. 117. Neft mahsulotlari bilan ishlashda normativ hujjatlar bilan belgilangan individul himoya vositalarini qo‘llash zarur. 118. Neft mahsulotlaridan foydalanish asbob-uskunalaridan texnik foydalanish hamda ishlarni xavfsiz olib borish talablariga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 119. Neft mahsulotlarini sotish va ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. 120. Neft mahsulotlaridan foydalanish ularning atrof muhitga ta’sir qilish xavfiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 121. Neft mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, to‘kish-quyish operatsiyalari, tashishda texnologik asbob-uskunalar, gidravlik tizimlarning (rezervuarlar, quvurlar, shlanglar, kolonkalar va shu kabilarning) germetikligi ta’minlanadi. 122. Neft mahsulotlaridan foydalanishda atrof muhitni muhofaza qilishni ta’minlash quyidagilardan iborat bo‘ladi: qonunchilikka, amaldagi normativ hujjatlarga, normalar va qoidalarga rioya qilish; atmosfera havosi, suv obyektlari va tuproqning uglevodorodlar bilan ifloslanish darajasini nazorat qilish; tarkibida neft mahsulotlari bo‘lgan chiqindilarning utilizatsiya qilinishini va o‘z vaqtida yo‘qotilishini nazorat qilish; bug‘lanish hisobiga neft mahsulotlari nobud bo‘lishini qisqartirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. 123. Tarkibida neft mahsulotlari bo‘lgan chiqindilarning atrof muhitni ifloslantirishining oldini olish maqsadida quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi: ishlatilgan neft mahsulotlarini ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan suv, xo‘jalik-maishiy, yomg‘ir suvlari va sanoat kanalizatsiyalari obyektlariga to‘kish; ishlatilgan neft mahsulotlarini maishiy va sanoat chiqindilari poligonlarida, shuningdek ularni saqlash (ko‘mish) uchun mo‘ljallanmagan joylarda joylashtirish; belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan tarkibida toksik moddalar bo‘lgan ishlatilgan neft mahsulotlari hamda kelib chiqishi neftdan bo‘lmagan mahsulotlardan takroriy foydalanish. 124. Neft mahsulotlaridan foydalanish natijasida atmosfera, tuproq, suv havzalarining ifloslanishini nazorat qilishni qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amalga oshiradi. 125. Neft mahsulotlarining yetkazib beruvchilari, iste’molchilari, tashuvchilari va neft mahsulotlaridan foydalanuvchi boshqa tashkilotlar, korxonalar ushbu Qoidalarni buzganliklari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
83
42,812
Qonunchilik
Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdori
Vazirlar Mahkamasining 30.09.2015 yildagi 278-son qarori bilan Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi. Davlat oʻrmon fondi uchastkalari oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar va  vaqtincha foydalanuvchilarga oʻrmondan foydalanishning quyidagi turlari boʻyicha toʻlov asosida foydalanishga beriladi: chorva mollarini boqish; pichan oʻrish; asalari uyalari va qutilarini joylashtirish; daraхt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shoх-shabbalarni yigʻish; uchastkalardan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish. Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar yuridik shaхslar tomonidan naqd pulsiz shaklda, jismoniy shaхslar tomonidan esa naqd pul yoki naqd pulsiz shakllarda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. Uchastkadan foydalanishning bir kalendar yiligacha boʻlgan muddat uchun - oʻrmondan foydalanish boshlangunga qadar 100% miqdorida,  bir yildan ortiq boʻlgan muddati uchun - har bir kalendar yilning yanvar oyida yoki  oʻrmondan foydalanish mavsumi boshlanishida joriy kalendar yil uchun 100% miqdorida toʻlov amalga oshiriladi. Quyidagilar uchastkadan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda bepul foydalanishlari mumkin: maktabgacha yoshdagi bolalar; oʻzlarining tabiat bilan bogʻliq tegishli dasturlari boʻyicha davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan foydalanadigan maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari, umumta’lim muassasalarining oʻqituvchi va oʻquvchilari, oʻrta maхsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalarining oʻqituvchilari va talabalari; "Mehribonlik" uylari va "Muruvvat" bolalar internat-uylari tarbiyalanuvchilari; nogironlar; 1941-1945 yillardagi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaхslar; atom ob’yektlaridagi halokatlar oqibatida kelib chiqqan yuqori radiatsiya nurlanishi bilan bogʻliq nurlanish kasalligiga va boshqa kasalliklarga yoʻliqqan yoki ularni boshidan kechirgan shaхslar. Shuningdek qabul qilingan qaror bilan yuridik va jismoniy shaхslar yalangʻoch qizilmiyani хom ashyo sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqqanliklari uchun toʻlovlardan 2016 yil 31 dekabrgacha ozod qilingan. Yelena YeRMOXINA,  bizning ekspert-yuristimiz.
48
2,366
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QO‘MITASINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 26-fevraldagi PF-4191-son Farmoniga muvofiq hamda iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, raqobat muhitini rivojlantirish va iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi ishlarni faollashtirish maqsadida: 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida, Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlari sonini 7 nafarga ko‘paytirgan holda, Narx belgilash yig‘ma boshqarmasi tashkil etilsin. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Narx belgilash yig‘ma boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin: monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narx belgilash, monopol narxlar (tariflar)ning cheklangan darajalari to‘g‘risida ma’lum qilish hamda narxlar asossiz oshirilishining oldini olish masalalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar tovarlari (ishlari, xizmatlari) tannarxi tarkibini chuqur tahlil qilish, ularning xarajatlarini shu jumladan mahsulotlarga energiya va material sarfini kamaytirish yo‘li bilan maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tovar bozorlaridagi narxlar, shu jumladan pirovard iste’molchining mahsulotiga narxlarning o‘zgarishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish, monopol narxlar va tariflarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ularning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida narx belgilashga ta’sirini tahlil qilish; monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga asossiz ravishda oshirilgan narxlarni pasaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni sotishning maqbul mexanizmlarini belgilash yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar faoliyatini taqdim etilgan hisob-kitoblarning asoslanganligi, deklaratsiya qilinayotgan narxlarning shakllantirilishi yuzasidan birgalikda tekshirishlar o‘tkazish huquqi berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi: markaziy apparatni hamda hududiy organlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash hamda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida” 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qarori; “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2006-yil 20-yanvardagi PQ-265-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda: bir oy muddatda — qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; ikki oy muddatda — raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; vazirliklar va idoralarning o‘z normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirishini ta’minlasin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
135
4,536
Qonunchilik
“ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid bo‘lmagan qismlari qo‘llanilaveriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida: O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirishga oid takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin; O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari ushbu Qonunga zid keladigan o‘z me’yoriy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari hamda bekor qilishlarini ta’minlasin.
124
1,155
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3545-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3560-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 23-martdagi PQ-3622-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 28-maydagi PQ-3742-son qarorlariga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmoniga 1-ilovaning yigirma sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Rizayev K.S. — Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 28-avgustdagi PF-3793-son Farmoniga 1-ilovaning rus tilidagi matnining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Po doljnosti — glavniy spetsialist Informatsionno-analiticheskogo departamenta po voprosam obrazovaniya, zdravooxraneniya, fizicheskoy kulturi i sporta Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmoni 3-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoniga 4-ilovada: a) “Davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha yig‘ma guruh tarkibi” bo‘limida: 8-banddan “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 10-bandga “soha” so‘zidan so‘ng “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin; b) “Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 4-ishchi guruh tarkibi” bo‘limining 3 va 10-bandlaridan “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) “Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha 6-ishchi guruh tarkibi” bo‘limining 2-bandiga “soha” so‘zidan so‘ng “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son Farmoniga 1-ilova rus tilidagi matnining 24-bandidan “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalarning yangilangan tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 21-fevraldagi PF-5357-son Farmoniga 5-ilovaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Abduxakimov A.A. — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari”. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashning samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-son qarorining rus tilidagi matnida: a) 2-ilovaning to‘rtinchi xatboshisidan “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 3-ilovaning 10-bandidan “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning ro‘yxati 1 va 2-bandlaridan “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qaroriga 5-ilova rus tilidagi matnining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Maxkamov I.R. — zaveduyuщiy IAD po voprosam kommunalnoy sferi, ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, transporta, kapitalnogo stroitelstva i stroyindustrii Kabineta Ministrov”. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni 6-bandidan “ministr selskogo i vodnogo xozyaystva” so‘zlari chiqarib tashlansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2910-son qaroriga 7-ilovaning rus tilidagi matni uchinchi xatboshisiga “sferi” so‘zidan so‘ng “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi” so‘zlari qo‘shilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga 6-ilova rus tilidagi matnining uchinchi xatboshisiga “sferi” so‘zidan so‘ng “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi” so‘zlari qo‘shilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-son qaroriga 3-ilova rus tilidagi matnining o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “po doljnosti — zaveduyuщiy IAD Kabineta Ministrov po voprosam kommunalnoy sferi, ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, transporta, kapitalnogo stroitelstva i stroyindustrii”. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qarorida: a) 3-banddan “qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 1, 8 va 9-ilovalarning rus tilidagi matni birinchi xatboshilaridan “ministr selskogo i vodnogo xozyaystva” so‘zlari chiqarib tashlansin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qaroriga 5-ilova rus tilidagi matnining birinchi xatboshisidan “ministr selskogo i vodnogo xozyaystva” so‘zlari chiqarib tashlansin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-son qaroriga 4-ilovada: a) 1-banddan “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 12-banddan “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin. 21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son qaroriga 1-ilova rus tilidagi matnining uchinchi xatboshisidan “ministr selskogo i vodnogo xozyaystva” so‘zlari chiqarib tashlansin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga 1-ilovaning “Mas’ul shaxslar” ustunidan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-Faza” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3282-son qarorining 5-bandidan “qishloq va suv ho‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin. 25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3283-son qarorining 5-bandidan “qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin. 26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 6-oktabrdagi PQ-3313-son qarori 1-bandining yettinchi xatboshisidan “qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin. 27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga 5-ilovaning 4-bandidan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin. 28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-son qaroriga 2-ilova rus tilidagi matnining 3-bandiga “sferi” so‘zidan so‘ng “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi” so‘zlari qo‘shilsin. 29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarorida: a) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori hisoblanadi”; b) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va realizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining boshchiligida amalga oshiriladi”; v) 1-ilovaning rus tilidagi matnida: 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Koordinatsiya vsey raboti po razrabotke, formirovaniyu i realizatsii konsepsiy razvitiya osuщestvlyayetsya Gosudarstvennim komitetom Respubliki Uzbekistan po investitsiyam pod rukovodstvom zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan — predsedatelya Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po investitsiyam — rukovoditelya Kompleksa po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”; 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “30. Koordinatsiya vsey raboti po razrabotke, formirovaniyu i realizatsii gosudarstvennix programm razvitiya osuщestvlyayetsya Gosudarstvennim komitetom Respubliki Uzbekistan po investitsiyam pod rukovodstvom zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan — predsedatelya Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po investitsiyam — rukovoditelya Kompleksa po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”. 30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3473-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matnining yigirma yettinchi xatboshisiga “sferi” so‘zidan so‘ng “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi” so‘zlari qo‘shilsin. 31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son qaroriga 3-ilova rus tilidagi matnining 6-pozitsiyasi “Doljnost” bo‘limidan “ministr selskogo i vodnogo xozyaystva” so‘zlari chiqarib tashlansin. 32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qaroriga 2-ilovaning uchinchi va o‘n beshinchi xatboshilariga “soha” so‘zidan so‘ng “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin. 33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida” 2005-yil 28-fevraldagi F-2146-son farmoyishining rus tilidagi matnida: a) 2-ilovaning 14-bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisidan “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 3-ilovada: 9-banddan “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi” so‘zlari chiqarib tashlansin; 10-bandning birinchi xatboshisidagi “zdravooxraneniya, ekologii, oxrani okrujayuщey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” so‘zlari “zdravooxraneniya, fizicheskoy kulturi, sporta i turizma” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1-ilovadan “ekologii, oxrani okrujayuщey sredi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
218
15,146
Qonunchilik
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi 400-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2547, 2013-yil 31-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 1-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (bundan buyon matnda FHDY organlari deb yuritiladi) ish yuritish tartibini belgilaydi.”. 2. 4-band “, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 3. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “FHDY organlari ushbu dalolatnoma yozuvlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida ularni Yagona elektron FHDY arxiviga ham kiritadilar. Dalolatnoma yozuvlari haqida ma’lumotlar Yagona elektron FHDY arxiviga kiritilganda, uni kiritgan FHDY organi xodimining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi hamda ma’lumotlar kiritilgan sana ko‘rsatilishi lozim. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar kiritilganda, ularning elektron shakliga shu kunning o‘zida yangi yozuvlar kiritiladi.”. 4. 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “FHDY organlarida gerbli guvohnomalarning tugab qolishi dalolatnoma yozuvlarini qayd etmaslikka asos bo‘lmaydi va dalolatnoma yozuvlari belgilangan tartibda qayd etiladi. Bunda dalolatnoma yozuvining gerbli guvohnoma raqami yoziladigan joyi ochiq qoldiriladi va “Belgilar uchun” ustunida gerbli guvohnoma berilmaganligi haqida yozib qo‘yiladi hamda dalolatnoma yozuvi qayd etilganligi haqida ma’lumotnoma beriladi. Keyinchalik gerbli guvohnoma to‘ldirilganida, guvohnoma raqamining yoniga uning berilgan sanasi yozib qo‘yiladi.”. 5. 8-banddagi “(1-ilova)” degan so‘zlar “1, 1a, 1b-ilovalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 12-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur daftarlar raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va adliya boshqarmasi rahbari yoki o‘rinbosarlaridan biri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko‘rsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim.”. 7. 17-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “FHDY organlarining Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish daftari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va adliya boshqarmasi rahbari yoki o‘rinbosarlaridan biri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko‘rsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim. QFYlarning FHDY organidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish daftari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va FHDY organi rahbari tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana ko‘rsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim.”. 8. 28-bandda: quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish, familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish, shuningdek dalolatnoma yozuvini tiklash munosabati bilan beriladigan gerbli guvohnomalar ham Takroriy guvohnomalarni sarflash daftariga qayd etiladi.”; ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin. 9. 29-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kiritilgan har bir tuzatish shu varaqning pastki qismida izohlanib, FHDY organi rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanishi zarur.”. 10. 31-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Bunda dalolatnomaning birinchi nusxasi adliya boshqarmasida, ikkinchi nusxasi esa FHDY organida saqlanadi.”. 11. 46-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ota-onalardan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmaganda ota yoki ona haqida ma’lumotlar nikoh tuzilganligi yoki avvalgi bolalarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari asosida ko‘rsatiladi.”. 12. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tug‘ruqxonadan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaning tug‘ilishini qayd etish uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan berilgan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.”. 13. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “49. Bolaning tug‘ilishini qayd etish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ya’ni tug‘ilganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda, hujjatlarda jiddiy tafovutlar mavjud bo‘lganda va boshqa hollarda bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganlik faktini qayd etish sudning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bola 16 yoshdan oshgan va tug‘ilishi qayd etilmagan hollarda ham bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganlik faktini qayd etish sudning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi.”. 14. 51-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Oila kodeksining 60-moddasi 3-qismiga muvofiq agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug‘ilsa va bu davrda bolaning onasi yangi nikohga kirgan bo‘lsa, bola yangi nikohda tug‘ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda bolaning tug‘ilishini qayd etishda sobiq erdan rozilik olinishi talab etilmaydi.”. 15. 52-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan hollarda ma’lumotnoma takroran berilishi mumkin. Bunda ma’lumotnomaning yuqori o‘ng qismida “takroriy” degan so‘z yozib qo‘yiladi.”. 16. 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “53. Tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma yoki bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganlik faktini belgilash haqidagi sudning hal qiluv qarori tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi birinchi nusxasining orqa tomoniga tikiladi va u bilan birga saqlanadi.”. 17. 54-bandning ikkinchi xatboshisi ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bunda bolani tuqqan onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan birga yashash va o‘qish joyidan rasmi yelimlangan holdagi ma’lumotnomalar taqdim etilishi lozim.”. 18. 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “55. Yolg‘iz onaning arizasida ona va otaning familiyasi bir xilda — onaning familiyasi bo‘yicha ko‘rsatilishi lozim. Bolaning familiyasi esa onaning familiyasi yoki milliy an’analarga ko‘ra ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha berilishi mumkin.”. 19. 59-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “bolaning tug‘ilganligi haqida tibbiy ma’lumotnoma;”. 20. 61-bandning uchinchi xatboshisidagi “yoshi va jinsini tasdiqlovchi” degan so‘zlar “yoshi, jinsi, vazni va bo‘yi to‘g‘risidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 21. 65-band quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Bunda ariza beruvchi tomonidan sudning hal qiluv qarori va bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi taqdim qilinishi zarur.”. 22. 68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “68. Tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda rasmiylashtirilmagan hollarda, otalikni belgilash bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish qoidalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Agar otalikni belgilash 16 yoshga to‘lgan shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda ota haqidagi ma’lumotlar o‘zgartirilishi lozim. Bola haqidagi ma’lumotlar familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish tartibi va qoidalariga asosan kiritiladi. O‘zgartirishlar kiritgan FHDY organi tomonidan bu haqda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish uchun FHDY arxiviga yetti kun ichida Otalik belgilanganligi haqida xabarnoma (22-ilova) yuboriladi.”. 23. 70-banddagi “sudning hal qiluv qaroridan” degan so‘zlar “sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 24. 71-banddagi “sudning hal qiluv qarori” degan so‘zlar “sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 25. 72-bandda: birinchi xatboshi “xabarnoma” degan so‘zdan keyin “(22a-ilova)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Agar o‘n yoshdan oshmagan bolaning tug‘ilgan sanasi sudning hal qiluv qarori asosida bir yildan ortiq bo‘lmagan farq bilan o‘zgartirilsa va ushbu sana bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd qilingan sanadan keyin qilib belgilansa, u holda FHDY organi tomonidan tiklangan dalolatnoma yozuvi qayd etilib, dastlabki dalolatnoma yozuvi bekor qilinadi va yetti kun ichida dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasi saqlanayotgan FHDY arxiviga uni bekor qilish haqida xabarnoma yuboriladi.”. 26. 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “76. Ijrosi ta’minlangan hal qiluv qarori bolaning tug‘ilganlik haqidagi dastlabki guvohnomasi bilan birgalikda farzandlikka olish bo‘yicha alohida yig‘majildga tartib bilan tikiladi.”. 27. 79-band “FHDY organi tomonidan” degan so‘zlardan keyin “farzandlikka olinuvchining tug‘ilganlik haqidagi yangi guvohnomasi va zarur bo‘lganda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 28. 84-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha nikohlanuvchi shaxslarda yoki ularning birida ruhiy kasallik mavjudligi aniqlansa, FHDY organi ruhiy kasalligi aniqlangan nikohlanuvchi shaxsning yashash joyidagi tuman, shahar tibbiyot birlashmasidan uning ruhiyat buzilishi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganligi haqida ma’lumot mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashi lozim.”. 29. 93-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “93. Nikohlari qayd etilgan shaxslarning arizalari ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar va taqdim qilingan hujjatlardan nusxalar bilan birgalikda, qayd etilgan dalolatnoma yozuvi tartibiga qat’iy amal qilgan holda mazkur hujjatlarning soniga qarab, oylik, choraklik yoki yillik yig‘majildlarga tikib boriladi. Mazkur yig‘majildlar muqovasining ichki chap tomonida qayd etilgan nikohlar haqidagi ma’lumotlar (29-ilova) yozib boriladi.”. 30. 94-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Alohida hollarda, istisno tariqasida (agar ota-onasi va nikohlanuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasining turli hududlarida yoxud uning tashqarisida yashab turgan bo‘lsalar) nikohlanuvchi shaxslarning iltimosi va otasi yoki onasining yozma arizasiga ko‘ra, nikoh tuzilganligi ota-onaning yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDY organida qayd etilishi mumkin.”. 31. Quyidagi mazmundagi 951-band bilan to‘ldirilsin: “951. Sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida FHDY organi nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga bu haqda belgi qo‘yadi va dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasi saqlanayotgan FHDY arxiviga yetti kun ichida xabarnoma (29a-ilova) yuboradi.”. 32. 96-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Er-xotinlarning o‘zaro roziligi asosida, er (xotin) uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganligi haqidagi qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari asosida er (xotin) tomonidan berilgan arizalar Nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga (30-ilova) kirim qilinadi. Sudlarning 1998-yil 1-sentabrgacha va 2010-yil 15-sentabrdan keyin qabul qilingan nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarorlari asosida nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizalar Sudning nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarori asosida nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga (31-ilova) kirim qilinadi.”. 33. Quyidagi mazmundagi 961-band bilan to‘ldirilsin: “961. 1998-yil 1-sentabrdan 2010-yil 15-sentabrgacha bo‘lgan davrda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bo‘yicha nikohdan ajratishni qayd etish bo‘yicha murojaat kelib tushganda, ushbu harakat yo‘qolgan dalolatnoma yozuvlarini tiklash tartibi va qoidalariga binoan amalga oshiriladi.”. 34. 101-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Dalolatnoma yozuvining to‘ldirilmagan qismiga yozuvlar kiritgan FHDY organi tomonidan dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga shunday yozuvlar kiritish uchun tegishli FHDY arxiviga 7 kun ichida xabarnoma (36a-ilova) yuboriladi.”. 35. 102-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “102. Nikohdan ajralishni qayd etish haqidagi arizaning yuqori o‘ng burchagiga dalolatnoma yozuvi raqami va sanasi yozib qo‘yiladi.”. 36. 106-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “106. Nikohdan ajralishni sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida qayd etish er yoki xotinning yoxud er yoki xotindan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilining nikohdan ajralishni qayd etish to‘g‘risidagi arizasi (38-ilova) asosida amalga oshiriladi. Bunda arizaga sudning hal qiluv qarori ilova qilinadi. Jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotgan er (xotin)ning ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilining arizasi asosida nikohdan ajralishni qayd etish jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotgan er (xotin)ning oxirgi yashash joyidagi yoki xotin (er)ning doimiy yashash joyidagi FHDY organi tomonidan qayd qilinadi. Sudning hal qiluv qarorida nikohgacha bo‘lgan familiyani qaytarish masalasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ariza beruvchining nikohgacha bo‘lgan familiyani qaytarish to‘g‘risidagi istagi nikohdan ajralish haqidagi arizada ko‘rsatilishi lozim.”. 37. 107-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “107. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan er (xotin) bilan nikohdan ajralishni qayd etish uchun xotin (er) muomalaga layoqatsiz er (xotin) vasiysining yoki bedarak yo‘qolgan er (xotin) mol-mulki boshqaruvchisining manzili, shuningdek nikohdan ajratishda tanlanadigan familiya ko‘rsatilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorining nusxasi ilova qilingan holda shaxs doimiy yashash joyidagi FHDY organiga ariza (39-ilova) bilan murojaat qilishi lozim.”. 38. 108-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “108. Sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan er (xotin) bilan nikohdan ajralishni qayd etish uchun xotin (er) mahkum(a)ning jazoni o‘tayotgan joyi, shuningdek nikohdan ajratishda tanlanadigan familiya ko‘rsatilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmining nusxasi ilova qilingan holda shaxs doimiy yashash joyidagi FHDY organiga ariza (40-ilova) bilan murojaat qilinishi lozim.”. 39. 109-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “109. Er yoki xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratish haqidagi arizani qabul qilgan FHDY organi mahkum(a)ni, muomalaga layoqatsiz er (xotin) vasiysini yoki bedarak yo‘qolgan er (xotin) mol-mulki boshqaruvchisini xabardor qilish hamda uning roziligini aniqlash uchun shu kunning o‘zida ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha xabarnoma (41, 41a-ilovalar) yuboradi Muomalaga layoqatsiz er (xotin) vasiysi yoki bedarak yo‘qolgan er (xotin) mol-mulki boshqaruvchisi tayinlanmaganda, u holda xabarnoma tegishli vasiylik va homiylik organiga yuboriladi. Xabarnomada bolalari to‘g‘risida, birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er(xotin)ga ta’minoti uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etish vaqti ko‘rsatiladi. Xabarnomada belgilangan muddat ichida javob kelmasligi FXDYo organi tomonidan nikohdan ajralishni qayd qilinishiga to‘sqinlik qilmaydi. Xabarnoma nusxasi ariza bilan birga tikib qo‘yiladi. Er yoki xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratish FHDY organiga ariza bilan murojaat etgan kundan bir oy o‘tgach, lekin uzog‘i uch oy ichida uning ishtirokida qayd etadi. Bolalar to‘g‘risida, birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er(xotin)ga ta’minoti uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lgan taqdirda FHDY organi ariza beruvchiga nikohdan ajralishni qayd etish sud tomonidan amalga oshirilishi haqida asoslantirilgan xulosa taqdim etadi.”. 40. 110-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “110. MDH mamlakatlari va chet el davlatlari sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohdan ajratish (qaror qachon chiqqanidan qat’i nazar) agar davlatlararo bitimda boshqa hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ariza beruvchining turar joyidagi FHDY organida qayd etiladi. O‘zbekiston Respublikasida qayd etilgan nikohdan chet el davlatining vakolatli organi qarori asosida ajrashgan shaxslar nikohdan ajratilganligini tasdiqlovchi hujjati (guvohnoma, ma’lumotnoma, sertifikat va h.k.)ning legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan kseronusxasi uning tarjimasi bilan birga, nikoh tuzilganligi qayd etilgan FHDY organiga taqdim etishi lozim. Bunda FHDY organi tomonidan nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli yozuv kiritiladi, murojaat qilgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikohdan ajratilganligi haqida belgi qo‘yiladi hamda unga bu haqda ma’lumotnoma beriladi.”. 41. 111-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Er (xotin) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari ro‘yxatining 5-bandiga muvofiq Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinganidan so‘ng bir yil ichida nikohdan ajrashgan taqdirda FHDY organi tomonidan er (xotin) Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga olingan joydagi tegishli ichki ishlar organiga bu haqda yetti kun ichida xabarnoma (42a-ilova) yuboriladi.” 42. 113-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “113. O‘limni qayd etish uchun FHDY organiga o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vafot etgan shaxsning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, o‘n olti yoshdan oshgan vafot etgan shaxsning esa shaxsini va harbiy xizmatga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi. Hujjatlar taqdim etilmagan hollarda o‘limni qayd etish rad etilmaydi. Bunda dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustuniga shaxsni va (yoki) harbiy xizmatga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjat (lar) topshirilmaganligi va dalolatnoma yozuvining o‘lim haqida tibbiy guvohnomaga yoki sudning shaxsni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi hal qiluv qaroriga asosan qayd etilganligi yozib qo‘yiladi.”. 43. 115-band quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Bunda FHDY organi vafot etgan shaxsning o‘lim sodir bo‘lgan joydagi tegishli FHDY organidan unga nisbatan o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligini aniqlash lozim.”. 44. 118-banddagi “bandning birinchi xatboshisida” degan so‘zlar “Yo‘riqnomaning 117-bandida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 45. 119-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) va harbiy xizmatga aloqadorlikni tasdiqlovchi hujjatlari topshirilmagan vafot etgan shaxslarning o‘limi haqidagi ma’lumotlar ham tegishli ro‘yxatlar (44a, 45a-ilovalar) asosida ichki ishlar va mudofaa ishlari organlariga topshiriladi. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan vafot etgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) va harbiy xizmatga aloqadorlikni tasdiqlovchi hujjatlari har oyda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarining ikkala nusxasi va hisobotlar bilan birga FHDY organlariga topshiriladi.”. 46. 120 va 121-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “120. Vafot etgan shaxslarning ro‘yxatlari hamda hujjatlari ichki ishlar va mudofaa ishlari organlariga topshirilganda, ro‘yxatlarning ikkinchi nusxasida qabul qilingan sana va qabul qilgan xodimning lavozimi, familiyasi, ismi va imzosi ko‘rsatiladi.”. 121. Shaxsning o‘limi uning doimiy yashash joyi bo‘yicha emas, balki vafot etgan joyi bo‘yicha qayd etilganda, uning pasporti va harbiy xizmatga aloqadorlikni tasdiqlovchi hujjati o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organi joylashgan hududdagi ichki ishlar va mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.”. 47. 123-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “123. FHDY organi tomonidan o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilganidan so‘ng, vafot etgan shaxsning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustuniga uning vafot etganligi haqida yozuv kiritiladi. Agar vafot etgan shaxsning tug‘ilishi O‘zbekiston Respublikasi doirasida boshqa FHDY organi tomonidan qayd etilgan bo‘lsa, bu haqda o‘limni qayd etgan FHDY organi tomonidan tug‘ilishni qayd etgan FHDY organiga xabarnoma (45b-ilova) yuboriladi. Agar vafot etgan shaxsning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organi haqida yetarlicha ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, unda xabarnoma uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatida ko‘rsatilgan tug‘ilgan joyi bo‘yicha tegishli FHDY arxiviga yuboriladi. FHDY arxivi tomonidan tegishli alfavit daftarlari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilib, tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi mavjudligi aniqlansa, dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga yozuv kiritiladi va dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi saqlanayotgan FHDY organiga xabarnoma yuboriladi. Dalolatnoma yozuvi mavjud bo‘lmaganda o‘lim haqida alfavit daftariga bu haqda ma’lumot kiritiladi.”. 48. 127-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “127. O‘n olti yoshga to‘lmagan bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish ota-onasining birgalikdagi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi (48-ilova) asosida amalga oshiriladi. O‘n yoshga to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bunda bolaning roziligi ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan berilgan arizada uning shaxsiy imzosi bilan ifodalanadi. Bola o‘n olti yoshga to‘lishi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini olgunga qadar, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida xatolarni tuzatish yoki ismiga qo‘shimcha kiritish, bolaning arizasi, yashash joyidan rasmi yelimlangan holdagi ma’lumotnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi asosida amalga oshiriladi. Masalan, imloviy xato bilan yozilgan “Adil” degan ismni “Odil”ga o‘zgartirib tuzatish kiritish yoki “Azim” degan ismga “-bek” qo‘shimchasini kiritib, “Azimbek”ka yoxud otasining millatini “o‘zbek”dan “turkman”ga o‘zgartirish kabi.”. 49. 128-band “kiritishni” degan so‘zdan keyin “yoki shu kabi qo‘shimchalarni olib tashlashni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 50. 133-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “133. FHDY organi tomonidan ariza 15 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim, uzrli sabablar mavjud bo‘lganda (o‘zgartirish kiritilishiga asos bo‘lgan dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar mavjud emasligi va boshqalarda) arizani ko‘rib chiqish muddati FHDY organi mudiri tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda, tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi va ariza beruvchiga yangi guvohnoma rasmiylashtirib beriladi. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish sababli beriladigan yangi guvohnomaga “takroriy” deb belgi qo‘yilmaydi.”. 51. 135-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “135. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish uchun asos bo‘lgan holatlar haqida dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida qisqa va aniq izoh yozilib, FHDY organi mas’ul xodimining familiyasi ko‘rsatilib, imzolanishi va gerbli muhr bilan tasdiqlanishi zarur. Masalan, 16.11.2016-yildagi 125-son arizaga asosan bola va onaning familiyalariga tuzatish kiritildi.”. 52. 137-banddagi “shu kunning o‘zida” degan so‘zlar “uch kun ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 53. 139-band “yozuviga” degan so‘zdan keyin “uning familiya, ismi va ota ismi hamda tug‘ilgan sanasi va joyi haqidagi yozuvlarga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 54. Quyidagi mazmundagi 1431-band bilan to‘ldirilsin: “1431. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan yoki manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lgan hollarda FHDY organi tomonidan Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishni rad etish to‘g‘risida xulosa (52a-ilova) tuziladi va murojaat qiluvchiga beriladi.”. 55. 148-banddagi “nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik, voyaga yetmagan” degan so‘zlar “tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik, 16 yoshga to‘lmagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 56. 149-band ikkinchi xatboshidagi “shu kunning o‘zida” degan so‘zlar “uch kun ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 57. 151-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “151. Shaxsning familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqida arizasini qabul qilgan FHDY organi tomonidan ariza beruvchiga yangi guvohnoma berilganidan so‘ng ichki ishlar va mudofaa ishlari organlariga yetti kun ichida xabarnoma (59-60-ilovalar) yuboriladi. Bunda yangi guvohnoma berilayotganda familiya, ism va ota ismi o‘zgartirilgan shaxsning pasportiga uni almashtirish lozimligi haqida belgi qo‘yiladi. Agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, boshqa er (xotin)ning pasportidagi oilaviy ahvoli haqida qo‘yilgan belgi ham tekshirilishi, zaruratga ko‘ra o‘zgartirilishi lozim. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirganlik sababli berilgan yangi guvohnomaning seriyasi, raqami va berilgan sanasi familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi xulosaga yozib qo‘yiladi.”. 58. 154-bandda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvini tiklash sudning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi.”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin. 59. 155-banddagi “141, 146 va 147” degan so‘zlar “139, 143 va 144” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 60. 156-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “FHDY organi zaruratga qarab FHDY organlari va boshqa tegishli tashkilotlardan dalolatnoma yozuvini tiklashga asos bo‘luvchi hujjatlardan nusxalar va ma’lumotlar so‘rab olishi mumkin. Arizani qabul qilgan FHDY organi ilgari mavjud bo‘lgan dalolatnoma yozuvining yo‘qolganligi sabablariga aniqlik kiritishi lozim.”. 61. Quyidagi mazmundagi 1611-band bilan to‘ldirilsin: “1611. FHDY organi tomonidan 1998-yil 1-sentabrdan 2010-yil 15-sentabrgacha bo‘lgan davrda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bo‘yicha nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi tiklanganda, nikohdan ajralganlik haqidagi gerbli guvohnomaning “Bu haqda ________ yil _______ oyining ______ kunida ______________ -son bilan dalolatnoma yozuvi qayd etildi” ustunida qonuniy kuchga kirgan sud qarorining sanasi, qavs ichida esa tiklangan dalolatnoma yozuvining raqami va sanasi yozib qo‘yiladi.”. 62. 162-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Dalolatnoma yozuvlarini tiklash uchun yetarli asoslar bo‘lmasa, FHDY organi tomonidan tiklashni rad qilish haqida xulosa (64a-ilova) tuziladi, xulosada rad qilish sabablari aniq ko‘rsatiladi va ariza beruvchiga sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi tushuntiriladi.”. 63. Quyidagi mazmundagi 1631-band bilan to‘ldirilsin: “1631. Konsul tomonidan O‘zbekiston Respublikasining chet elda yashovchi fuqarolaridan qabul qilingan dalolatnoma yozuvlarini tiklash haqidagi arizalar ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash joyidagi FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi. FHDY organi tomonidan kelib tushgan ariza Dalolatnoma yozuvlarini tiklash haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga kirim qilinadi. Dalolatnoma yozuvlarini tiklash uchun asos bo‘lgan barcha holatlar FHDY organi tomonidan aniqlangandan keyingina tiklash amalga oshirilib, yangi guvohnoma rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda konsullik muassasasiga yuboriladi.”. 64. 164-banddagi “dalolatnoma yozuvlari” degan so‘zlar “guvohnomalari yoki ma’lumotnomalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 65. 166-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “166. FHDY organi tomonidan manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra va qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnoma va ma’lumotnomalar beriladi. Takroriy guvohnomaga dalolatnoma yozuvida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar o‘zgarishsiz ko‘chiriladi va guvohnomaning ichki qismi o‘ng tomonining yuqori qismiga “takroriy” deb belgi qo‘yiladi. Dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar (ko‘chirmalar) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, ish yurituvida mavjud bo‘lgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari va O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining so‘roviga ko‘ra beriladi (yuboriladi).”. 66. 167-banddagi “dalolatnoma yozuvidan nusxalar” degan so‘zlar “ma’lumotnomalar” degan so‘z bilan almashtirilsin. 67. 169-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Zarur hollarda, vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlariga tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnoma beriladi.”. 68. 170-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “170. Nikoh qayd etilganligi hamda nikohdan ajralganlik haqidagi takroriy guvohnoma yoki ma’lumotnoma dalolatnoma yozuvi qayd etilgan tegishli shaxslarning o‘zlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma orqali boshqa shaxslarga ularning arizasi (68-ilova) asosida beriladi. Nikohdan ajratilganda nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma berilmaydi. Bunday hollarda nikoh tuzilganligi haqidagi ma’lumotnoma berilishi mumkin. Zarur hollarda, nikohlangan yoki ajrashgan shaxslarning ota-onalari va farzandlariga ularning arizasi asosida nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganlik qayd etilganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.”. 69. 172-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “172. O‘lim haqidagi takroriy guvohnomalar yoki ma’lumotnoma marhumning yaqin qarindoshlariga va merosxo‘rlariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma orqali boshqa shaxslarga ularning arizasi (69-ilova) asosida beriladi.”. 70. 173-banddagi “dalolatnoma yozuvidan nusxa” degan so‘zlar “ma’lumotnoma” degan so‘z bilan almashtirilsin. 71. 175-banddagi “dalolatnoma yozuvi berish” haqidagi so‘zlar “ma’lumotnoma berish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 72. 176-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “176. Dalolatnoma yozuvlaridan nusxa yoki ulardan ko‘chirmalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, yurituvida mavjud bo‘lgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari va O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining so‘rovlariga ko‘ra berilishi (yuborilishi) mumkin. Dalolatnoma yozuvidagi barcha ma’lumotlar dalolatnoma yozuvidan nusxaga (ko‘chirmaga) o‘zgarishsiz ko‘chiriladi va uning orqa tarafi pastki qismiga asliga to‘g‘riligini ko‘rsatuvchi belgi qo‘yilib, FHDY organi rahbarining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi hamda ko‘chirilgan sana yozib qo‘yiladi. Fuqarolarga dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, begona shaxslarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi va ularga kiritilgan o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilganigi haqida ma’lumot berish taqiqlanadi.”. 73. 184-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvi tegishli hududiy statistika boshqarmasidan kelib tushmagan taqdirda, o‘zgartirish kiritish haqidagi xabarnoma tegishli dalolatnoma yozuvi kelib tushgunga qadar yig‘majildda saqlanishi lozim.”. 74. Quyidagi mazmundagi XI1 bob bilan to‘ldirilsin: 1851. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish va ular bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa harakatlardan tashkil topgan hujjatlardan shakllantiriladi. 1852. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi FHDY organining nomi ko‘rsatilgan holda adliya boshqarmasi rahbari yoki o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi bir kalendar yil davomida amalda bo‘ladi va har yili yangidan tasdiqlanadi. Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi ikki nusxada tuziladi. Birinchi nusxa adliya boshqarmasida, ikkinchi nusxasi esa FHDY organida saqlanadi. 1853. Yig‘majildlar quyidagicha shakllantirilishi va yuritilishi zarur: yig‘majildlarga ko‘rib chiqilgan va natijasiga ko‘ra ijro etilgan yoki rad qilingan hujjatlarni joylashtirish; bitta masalaning hal qilinishiga taalluqli barcha hujjatlarni ularning ilovalari bilan birgalikda joylashtirish; yig‘majildlarda bir kalendar yilga oid hujjatlarni guruhlash; yig‘majild varaqlarining jami 250 varaqdan oshmasligini ta’minlash, agar ortsa, mazkur yig‘majildning navbatdagi jildini yuritish. 1854. Yig‘majild oxirida alohida toza varaq tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa FHDY organi mudiri tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi. Yig‘majild muqovasidagi sana hujjatlar yig‘majildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak. 1855. FHDY organlari faoliyatiga oid hujjatlarning saqlash muddatlari tugaganda, ular adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi ishtirokida dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi. Dalolatnoma ekspert komissiyasi a’zolari va FHDY organi rahbari tomonidan imzolanadi hamda unga FHDY organining gerbli muhri qo‘yiladi.”. 75. 1, 10, 19, 26, 30, 32, 38 — 43, 49, 56, 58 va 72-ilovalar mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 76. Yo‘riqnoma mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda tegishlicha 1a, 1b, 22a, 29a, 36a, 41a, 42a, 44a, 45a, 45b, 52a va 64a-ilovalar bilan to‘ldirilsin. I/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari. I/2. Alfavit daftari. I/3. Yolg‘iz onalarning arizalarini ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. I/4. Otalikni belgilash bo‘yicha arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. I/5. Farzandlikka olish bo‘yicha sudning hal qiluv qarorlarini ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. I/6. Tug‘ilishni muddatini o‘tkazib qayd etish bilan bog‘liq hujjatlarni ro‘yxatga olish daftari (16 yoshgacha) va hujjatlar yig‘majildi. I/7. Topib olingan (tashlab ketilgan) hujjatlarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. II/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari. II/2. Alfavit daftari. II/3. Nikohni qayd etish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. II/4. Qayd etilgan nikohlar bo‘yicha arizalar yig‘majildi. II/5. Muddatida qayd etilmagan arizalar yig‘majildi. II/6. Muddatida yo‘qlanmagan arizalarni yo‘q qilish dalolatnomalari yig‘majildi. II/7. Sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to‘g‘risidagi ijro qilingan qarorlar yig‘majildi. III/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari. III/2. Alfavit daftari. III/3. Er-xotinning nikohdan ajralish haqidagi birgalikdagi yoki ulardan birining arizalarini ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. III/4. Dastlabki dalolatnoma yozuvini qayd etish bo‘yicha sud qarorlarini ijro etish yuzasidan berilgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari. III/5. Dastlabki dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha hujjatlar yig‘majildi. III/6. Dastlabki dalolatnoma yozuvlariga qo‘shimchalar kiritish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. III/7. Muddatida qayd etilmagan arizalar yig‘majildi. III/8. Muddatida yo‘qlanmagan arizalarni yo‘q qilish dalolatnomalari yig‘majildi. III/9. Qayd etilgan nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuviga chet el davlatining vakolatli organi tomonidan nikohdan ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgi qo‘yish haqida ariza hujjatlari yig‘majildi. IV/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari. IV/2. Alfavit daftari. IV/3. Vafot etganlarning ro‘yxatlari: a) ichki ishlar organiga (44 va 44-a-ilovalar); b) mudofaa ishlari organiga (45 va 45-a-ilovalar); v) budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga. IV/4. 16 yoshgacha vafot etganlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari. IV/5. 16 yoshgacha vafot etganlarning tug‘ilganlik haqida guvohnomalarini yo‘q qilish dalolatnomalari. IV/6. Muddatini o‘tkazib o‘limni qayd etish bo‘yicha hujjatlar yig‘majildi. IV/7. O‘lim qayd etilgan shaxsi aniqlanmaganlarning tanib olish haqidagi hujjatlar yig‘majildi. V/1. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. V/2. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi xulosalar yig‘majildi. VI/1. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftari. VI/2. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi qanoatlantirilgan arizalar hujjatlar yig‘majildlari. VI/3. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi rad etilgan arizalar hujjatlar yig‘majildlari. VII/1. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftari. VII/2. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi qanoatlantirilgan arizalar hujjatlar yig‘majildlari. VII/3. Dalolatnoma yozuvini tiklash haqidagi rad etilgan arizalar hujjatlar yig‘majildlari. VIII/1. Arxiv fondi. VIII/2. Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish va tarqatish daftari (QFYning FHDY organidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish va sarflash daftarlari). VIII/3. Xat, xabarnoma va arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi (kirim daftari). VIII/4. FHDY organidan jo‘natilayotgan xatlarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi (chiqish daftari). VIII/5. Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. VIII/6. Nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. VIII/7. Nikohdan ajralganlik haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. VIII/8. O‘lim haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. VIII/9. “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi konvensiya (1993-yil 22-yanvar, Minsk sh.) bo‘yicha kelgan hujjatlar va ularning ijrosiga oid yig‘majild va ro‘yxatga olish daftari. VIII/10. Boshqa FHDY organlaridan kelgan gerbli guvohnomalar va ma’lumotnomalar uchun alfavit daftari. VIII/11. Arxivda saqlash muddati o‘tgan hujjatlarni yo‘q qilish dalolatnomalari yig‘majildi. VIII/12. Qonun hujjatlari va adabiyotlarni ro‘yxatga olish daftari. IX/1. 97-shakl bo‘yicha hisobotlar yig‘majildi. IX/2. 12 (A, B)-shakl bo‘yicha hisobotlar yig‘majildi. IX/3. 1-shakl bo‘yicha hisobotlar yig‘majildi. IX/4. Moliyaviy hisobotlar (davlat boji, gerb yig‘imi va pullik xizmat) yig‘majildi. IX/5. FHDY organida o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari yig‘majildi. X/1. Ish rejalar (yarim yillik, yillik) va u bo‘yicha bajarilgan ishlarning ma’lumotnomalari yig‘majildi. X/2. FHDY sohasiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar. X/3. Adliya vazirligi va adliya boshqarmasidan kelgan topshiriq va ko‘rsatmalar. X/4. Qishloq fuqarolar yig‘inlari bilan olib borilgan ishlar. X/5. FHDY organi xodimlarining ish taqsimoti va mansab yo‘riqnomalari. X/6. FHDY organining moddiy-texnik bazasiga oid ma’lumotlar. X/7. Topshirish-qabul qilish dalolatnomalari. X/8. Viloyat (shahar) FHDY arxivlariga topshirilgan alfavit daftarlarining ro‘yxati. I/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari. I/2. Alfavit daftari. I/3. Nikohni qayd etish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. I/4. Qayd etilgan nikohlar bo‘yicha arizalar yig‘majildi. I/5. Muddatida qayd etilmagan arizalar yig‘majildi. I/6. Muddatida yo‘qlanmagan arizalarni yo‘q qilish dalolatnomalari yig‘majildi. I/7. Sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to‘g‘risidagi ijro qilingan qarorlar yig‘majildi. II/1. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. II/2. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi xulosalar yig‘majildi. III. Qayd etilgan nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuviga chet el davlatining vakolatli organi tomonidan nikohdan ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgi qo‘yish haqida ariza hujjatlari yig‘majildi. IV/1. Arxiv fondi. IV/2. Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish va tarqatish daftari. IV/3. Xat, xabarnoma va arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi (kirim daftari). IV/4. Nikoh uyidan jo‘natilayotgan xatlarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi (chiqish daftari). IV/5. Nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. IV/6. “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi konvensiya (1993-yil 22-yanvar, Minsk sh.) bo‘yicha kelgan hujjatlar va ularning ijrosiga oid yig‘majild va ro‘yxatga olish daftari. IV/7. Arxivda saqlash muddati o‘tgan hujjatlarni yo‘q qilish dalolatnomalari yig‘majildi. IV/8. Qonun hujjatlari va adabiyotlarni ro‘yxatga olish daftari. V/1. 97-shakl bo‘yicha hisobotlar yig‘majildi. V/2. 12 (A, B)-shakl bo‘yicha hisobotlar yig‘majildi. V/3. 1-shakl bo‘yicha hisobotlar yig‘majildi. V/4. Moliyaviy hisobotlar (davlat boji, gerb yig‘imi va pullik xizmat) yig‘majildi. V/5. Nikoh uyida o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari yig‘majildi. VI/1. Ish rejalar (yarim yillik, yillik) va u bo‘yicha bajarilgan ishlarning ma’lumotnomalari yig‘majildi. VI/2. FHDY sohasiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar. VI/3. Adliya vazirligi va adliya boshqarmasidan kelgan topshiriq va ko‘rsatmalar. VI/4. Nikoh uyi xodimlarining ish taqsimoti va mansab yo‘riqnomalari. VI/5. Nikoh uyining moddiy-texnik bazasiga oid ma’lumotlar. VI/6. Topshirish-qabul qilish dalolatnomalari. VI/7. Viloyat (shahar) FHDY arxivlariga topshirilgan alfavit daftarlarining ro‘yxati. VI/8. Saqlash muddati tugagan hujjatlarni yo‘q qilish haqidagi dalolatnomalar yig‘majildi. I/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari. I/2. Alfavit daftari. I/3. Vafot etgan shaxslarning o‘limi to‘g‘risida tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvlariga ma’lumot kiritish yuzasidan xabarnomalar yig‘majildi. I/4. Otalikni belgilash bo‘yicha arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. I/5. Farzandlikka olish bo‘yicha sudning hal qiluv qarorlarini ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. II/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari. II/2. Alfavit daftari. II/3. Turli hududlarda qayd etilgan shaxslarning nikohlari haqida xabarnomalar yig‘majildi. III/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari. III/2. Alfavit daftari. III/3. Dastlabki dalolatnoma yozuvlariga qo‘shimchalar kiritish haqidagi xabarnomalar yig‘majildi. III/4. Qayd etilgan nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuviga chet el davlatining vakolatli organi tomonidan nikohdan ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgi qo‘yish haqida ariza hujjatlari yig‘majildi. IV/1. Gerbli guvohnomalarni sarflash daftari. IV/2. Alfavit daftari. V/1. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. V/2. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi xulosalar yig‘majildi. VI/1. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftari. VI/2. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi qanoatlantirilgan arizalar hujjatlar yig‘majildlari. VI/3. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi rad etilgan arizalar hujjatlar yig‘majildlari. VII/1. Arxiv fondi. VII/2. Adliya boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalarni kirim qilish va tarqatish daftari. VII/3. Xat, xabarnoma va arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi (kirim daftari). VII/4. FHDY arxividan jo‘natilayotgan xatlarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi (chiqish daftari). VII/5. Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. VII/6. Nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. VII/7. Nikohdan ajralganlik haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. VII/8. O‘lim haqida takroriy guvohnoma so‘ralgan arizalarni ro‘yxatga olish daftari va hujjatlar yig‘majildi. VII/9. “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi konvensiya (1993-yil 22-yanvar, Minsk sh.) bo‘yicha kelgan hujjatlar va ularning ijrosiga oid yig‘majild va ro‘yxatga olish daftari. VII/10. Boshqa FHDY organlaridan kelgan gerbli guvohnomalar va ma’lumotnomalar uchun alfavit daftari. VII/11. Arxivda saqlash muddati o‘tgan hujjatlarni yo‘q qilish dalolatnomalari yig‘majildi. VII/12. Qonun hujjatlari va adabiyotlarni ro‘yxatga olish daftari. IX/1. 12 (A, B)-shakl bo‘yicha hisobotlar yig‘majildi. IX/2. 1-shakl bo‘yicha hisobotlar yig‘majildi. IX/3. Moliyaviy hisobotlar (davlat boji, gerb yig‘imi va pullik xizmat) yig‘majildi. IX/4. FHDY arxivida o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari yig‘majildi. X/1. Ish rejalar (yarim yillik, yillik) va u bo‘yicha bajarilgan ishlarning ma’lumotnomalari yig‘majildi. X/2. FHDY sohasiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar. X/3. Adliya vazirligi va adliya boshqarmasidan kelgan topshiriq va ko‘rsatmalar. X/4. FHDY arxivi xodimlarining ish taqsimoti va mansab yo‘riqnomalari. X/5. FHDY arxivining moddiy-texnik bazasiga oid ma’lumotlar. X/6. Topshirish-qabul qilish dalolatnomalari. X/7. FHDY arxivlariga topshirilgan alfavit daftarlarining ro‘yxati.
152
47,193
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoni, 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-son va 2021-yil 24-dekabrdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-62-son qarorlariga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni 11-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmoni 4-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-5780-son Farmonida: a) 11-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Belgilab qo‘yilsinki, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) respublika davlat boshqaruvi organi bo‘lib, o‘z faoliyatida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga bo‘ysunadi”; v) 18-bandda: uchinchi xatboshi “shakllantirilishini” so‘zidan keyin “ta’minlasin” so‘zi bilan to‘ldirilsin; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; g) 21-bandda: ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin; d) 23-banddan “va Agentlik tarkibiga o‘tkazilsin” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasining 2-bobi “III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish” qismining o‘ninchi xatboshisidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-son Farmoni 1-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidan “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi PF-6059-son Farmoni 1-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlariga almashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6218-son Farmoniga 3-ilova “Vazirliklar” bo‘limining 27-pozitsiyasi “Idoraviy mansub tashkilotlar” bobi “Tizimlashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlar*” ustunining birinchi xatboshisidagi hamda “Mas’ul davlat organlari” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoni 3-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori rahbarlik qiladi”. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-iyundagi PQ-655-son qarori bilan tasdiqlangan Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 32-bandidan “, shuningdek soliq organlari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-son qarorida: a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;”; b) 1a, 2, 2a — 2g-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; v) 3a — 3g-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2724-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidan “sanitariya qoidalarining buzilishlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarori 15-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3782-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4105-son qarorining 7-bandidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4417-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4525-son qarorida: a) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) ilovaning 38-pozitsiyasi “Mas’ul organ” ustunidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Mamatkulov)” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4653-son qarorida: a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada: “Elektron kooperatsiya portali markazi” bloki chiqarib tashlansin; “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” bloki “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” bloki bilan almashtirilsin; v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: g) 3-ilovada: 8-bandda: beshinchi xatboshidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘n ikkinchi xatboshi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin; 10-banddagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi,” so‘zlari bilan almashtirilsin; 11-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “g) mamlakatda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida: respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish; mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga yo‘naltirish; vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini muvofiqlashtirish; iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; mahalliy hokimliklar bilan birga hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish; aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish”; 12-bandda: “4” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4) mamlakatda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida: respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritadi, tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, respublika vakillari va hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning ishini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida mahalladagi iqtisodiy holatni “xonadonbay” o‘rganishlarni, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatlarini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishlarini va ehtiyojlarini tahlil qilish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi; aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilishning boshqa shakllarini rag‘batlantirish va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; tadbirkorlikni boshlash uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalarini takomillashtirish, kambag‘al aholini ishga olgan korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish asosida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini muvofiqlashtiradi; aholida tadbirkorlik sohasida zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini keng jalb qiladi; aholini tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish uchun subsidiyalar berish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; respublika hududlarining xususiyatlari va salohiyatidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlaydi va ularni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ularning bajarilishi ustidan samarali monitoring olib boradi; aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; hududlarda mahallabay ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni, “yetakchi” tadbirkorlik subyektlari va aholi o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiyani rivojlantirish choralarini ko‘radi; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, kreditlari va texnik ko‘magini jalb etish yuzasidan hamkorlik olib boradi; tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda ishtirok etadi; Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yadi”; “8” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “zonalarni infratuzilma mavjud bo‘lgan hududlarga joylashtirish” so‘zlari “zonalarga” so‘zi bilan almashtirilsin; 31-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining direktori o‘rinbosarlari, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijrochi direktori va o‘rinbosarlari, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning direktori va o‘rinbosarlari hamda Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri tomonidan;”; 38-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 4 va 4a-ilovalardagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 4b-ilovadan “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining shahar bo‘limi” bloki chiqarib tashlansin; j) 4v-ilovadan “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining tuman (shahar) bo‘limi” bloki chiqarib tashlansin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi “Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4671-son qaroriga 2-ilovada: a) 21-pozitsiya chiqarib tashlansin; b) “Jami” pozitsiyasining “Shtat birliklari soni” ustunidagi “191” raqami “189” raqami bilan almashtirilsin. 21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4716-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4759-son qarorida: a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda har yili 1-avgustga qadar keyingi yil uchun gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larni shakllantirsin va Moliya vazirligiga kiritsin”. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4829-son qarorining 17-bandida: a) “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; b) quyidagi mazmundagi “a1” kichik band bilan to‘ldirilsin: “a1) Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoki kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan vaqtdan boshlab birinchi uch oy davomida ijaraga olingan bino va inshootlarning ijara haqini to‘lash xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiya to‘lanadi”. 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4862-son qarorida: a) 2-bandning birinchi xatboshisi, 3-bandning ikkinchi xatboshisi, 4-bandning birinchi xatboshisi, 6-bandning ikkinchi xatboshisi, 10-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 13-bandda: birinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi resurs bazasini oshirishga” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 16-band hamda qarorga 1 — 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “2020 — 2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4889-son qarori 3-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-son qarori 5-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-son qarorida: a) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Vazirlar Mahkamasi: a) ikki hafta muddatda: Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni; hokim yordamchilari va markazlarning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, vakolatlari va javobgarligini belgilash bo‘yicha namunaviy nizomni tasdiqlasin; b) 2022-yil 1-mayga qadar: “business.gov.uz” yagona interaktiv portalini o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil) tasarrufiga beg‘araz ravishda o‘tkazib bersin; Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin. Bunda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin: “Onlayn mahalla” elektron platformasini “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga integratsiya qilish orqali tadbirkorlarning murojaatlarini hokim yordamchilari tomonidan mahallaning o‘zida ko‘rib chiqish va hal etish, ularning vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaatlarni tegishli vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga kiritish; vakolatli organlar tomonidan “business.gov.uz” yagona interaktiv portali orqali kelib tushgan murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan tashkillashtirish va nazorat qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ta’sir choralarini qo‘llash; Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qilish va tizimlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha har chorakda aniq takliflar kiritish; Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan “Sall-markaz” xizmati hamda “business.gov.uz” yagona interaktiv portali axborot tizimidan foydalanish uchun zarur mablag‘larni Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutish”; b) 3-ilovada: 2-pozitsiya “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga (keyingi o‘rinlarda — ABKMga)” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3 — 5, 8 — 10 va 12-pozitsiyalari “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” so‘zi “Markazga” so‘zi bilan almashtirilsin; 6-pozitsiyada: “Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” so‘zi “Markazga” so‘zi bilan almashtirilsin; 7-pozitsiyada: “Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “Qorako‘lchilik” uyushmasi” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” so‘zi “Markazga” so‘zi bilan almashtirilsin; 11-pozitsiya “Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “ABKMda” so‘zi “Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida (keyingi o‘rinlarda — ABKM)” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 4-ilova izoh qismining uchinchi xatboshisidagi “29” raqami “27” raqami bilan almashtirilsin; g) 5-ilova izoh qismining beshinchi xatboshisidagi “21” raqami “19” raqami bilan almashtirilsin; d) 6-ilova izoh qismining yettinchi xatboshisidagi “22” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin; e) 7-ilova izoh qismining birinchi xatboshisidagi “40” raqami “38” raqami bilan almashtirilsin. 28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-54-son qarori quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin: “31. 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 1-yanvarga qadar motokultivatorlar (TIF TN kodi — 8432 29 100 0) va minitraktorlarni (TIF TN kodi — 8701 91 100 0 — 8701 94 100) olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari belgilansin”. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5718-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-6188-son Farmoniga 1-ilovaning 24-bandi “v” — “z” kichik bandlari. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PQ-3374-son qaroriga 1-ilova. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-4461-son qaroriga ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi, “b” kichik bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari hamda “v” kichik bandi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son qarorining 8 va 9-bandlari. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4888-son qaroriga 1-ilovaning 20-pozitsiyasi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-maydagi “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5105-son qarori. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi “Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5228-son qarorining 6 — 8-bandlari hamda 1 va 2-ilovalari.
170
29,996
Qonunchilik
2021-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi: 1. 2021-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari 1 — 109-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ishlab chiqaruvchilarning sanoat tovarlari narxlari to‘g‘risida hisobot (1-ilova) Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o‘rtacha narxlari to‘g‘risida hisobot (2-ilova) Transportda yuk tashish (uzatish) tariflari to‘g‘risida hisobot (3-ilova) Aloqa xizmati tariflari to‘g‘risida hisobot (4-ilova) Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar va konstruksiyalar narxlari to‘g‘risida hisobot (5-ilova) Ijtimoiy soha obyektlari qurilishi to‘g‘risida hisobot (6-ilova) Qurilish ishlarining bajarilishi, qurilish mashina va mexanizmlarining mavjudligi to‘g‘risida _____yil uchun hisobot (7-ilova) Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (8-ilova) Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi to‘g‘risida hisobot (9-ilova) _____yil uchun O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va O‘zbekiston Respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot (10-ilova) O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va O‘zbekiston Respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot (11-ilova) Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (12-ilova) Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida hisobot (13-ilova) Tovarlar sotish va qoldiqlar to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (14-ilova) Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (15-ilova) Birja faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (16-ilova) Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (17-ilova) Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot (18-ilova) _____ yil paxta xomashyosi hosilining qayta ishlash natijalari to‘g‘risida hisobot (19-ilova) Suv quvuri inshootlari ishi to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (20-ilova) Kanalizatsiya ishi to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (21-ilova) Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (22-ilova) Qora va rangli metall maxsulotlari resurs bazalarining hosil bo‘lishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi to‘g‘risida hisobot (23-ilova) Yoqilg‘i yetkazish va uning kelib tushish manbalari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (24-ilova) Yoqilg‘i va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (25-ilova) Neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish hamda taqsimoti to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (26-ilova) Elektr energiya manbalari va taqsimoti to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (27-ilova) Elektr energiya manbalari va taqsimoti to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (28-ilova) Paxta xomashyosi xaridi va tayyorlanishi to‘g‘risida hisobot (29-ilova) Don ekinlarini tayyorlash to‘g‘risida hisobot (30-ilova) Pilla xaridi to‘g‘risida hisobot (31-ilova) Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (32-ilova) Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot (33-ilova) Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (34-ilova) Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot (35-ilova) Dehqon xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot (36-ilova) Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot (37-ilova) Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (38-ilova) Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha _____ yil uchun hisobot (39-ilova) Yerlarni yaroqli holga keltirish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (40-ilova) O‘rmon parvarishi ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (41-ilova) Ovchilik xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (42-ilova) Shikastlanganlik to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (43-ilova) Tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy o‘zgarishlari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (44-ilova) _____ yil uchun mehnat hisoboti (45-ilova) Mehnat hisoboti (46-ilova) Mehnat sharoitlari ahvoli to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (47-ilova) Boshqaruv organi xodimlari soni to‘g‘risida hisobot (48-ilova) Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida noyabr oyi hisoboti (49-ilova) Xodimlarning lavozimlari va kasblari bo‘yicha ish haqi to‘g‘risida _____ yil aprel oyi hisoboti (50-ilova) Oilalar to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (51-ilova) Tabiiy, suyultirilgan gazdan foydalanish bo‘yicha _____ yil uchun hisobot (52-ilova) Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (53-ilova) Shahar aholi punktlarini obodonlashtirish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (54-ilova) Ichimlik suvi bilan ta’minlash to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (55-ilova) Uy–joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (56-ilova) Uy-joy olish uchun hisobda turgan va uy-joy olgan oilalar soni to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (57-ilova) Avtomobil transporti va xo‘jalik avtomobil yo‘llari uzunligi to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (58-ilova) Avtomobil transporti ishi to‘g‘risida hisobot (59-ilova) Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti xizmatlari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (60-ilova) Umumiy foydalanilmaydigan temir yo‘l transporti to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (61-ilova) _________________________________________________________Transporti to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot* ( 62-ilova)(tramvay, metropoliten, trolleybus) _________________________________________________________Transporti to‘g‘risida hisobot* ( 63-ilova)(tramvay, metropoliten, trolleybus) Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (64-ilova) Quvur yo‘li transporti xizmatlari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (65-ilova) Quvur yo‘li transporti faoliyati to‘g‘risida hisobot (66-ilova) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida hisobot (67-ilova) Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (68-ilova) Aloqa vositalari va xizmatlari to‘g‘risida hisobot (69-ilova) Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (70-ilova) Maktabgacha ta’lim muassasasining _____ yil 1-yanvariga hisoboti (71-ilova) Umumta’lim muassasasining ____/____ o‘quv yili boshiga hisoboti (72-ilova) ____/____ o‘quv yili boshiga boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar hisoboti (73-ilova) ____/____ o‘quv yili boshiga oliy ta’lim muassasasining hisoboti (74-ilova) Maktabdan tashqari ta’lim muassasasining_____ yil 1-yanvariga hisoboti (75-ilova) Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalar uchun ta’lim muassasasining _____ yil uchun hisoboti (76-ilova) Kutubxona faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (77-ilova) Filmlar ishlab chiqarish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (78-ilova) Muzey faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (79-ilova) Teatr faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (80-ilova) Konsert tashkilotlari va sirk jamoalari faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (81-ilova) Hayvonot bog‘i, botanika bog‘i, madaniyat va istirohat bog‘i faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (82-ilova) Madaniyat markazlari faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (83-ilova) Respublikadagi madaniy meros obyektlari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (84-ilova) Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (85-ilova) Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha _____ yil uchun hisobot (86-ilova) Sport ta’limi muassasalari bo‘yicha _____ yil uchun hisobot (87-ilova) Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajarilishi hamda oliy toifali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (88-ilova) Innovatsiya faoliyati to‘g‘risida _____ yil hisoboti (89-ilova) Pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar to‘g‘risida _____ yil 1-yanvariga hisobot (90-ilova) Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha _____ yil uchun hisobot (91-ilova) Turar- joyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda turar- joy uchun berilgan orderlar to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (92-ilova) Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironlik sabablari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (93-ilova) Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (94-ilova) Homilador, tug‘adigan va tuqqanlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, homiladorlikni to‘xtatish va kontratsepsiya to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (95-ilova) Bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (96-ilova) Odam immun tanqisligi virusi bilan kasallangan bemorlar va qonni oivga tekshirish natijalari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (97-ilova) Profilaktik emlashlar to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (98-ilova) Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlari faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (99-ilova) Yuqumli va parazitar kasalliklar to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (100-ilova) Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (101-ilova) Notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (102-ilova) Tijorat banki faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (103-ilova) Sug‘urta tashkiloti faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (104-ilova) Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot (105-ilova) Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (106-ilova) Tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (107-ilova) Mikrofirma va kichik korxonaning _____ yil uchun hisoboti (108-ilova) Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlar to‘g‘risidagi _____ yil uchun hisobot (108/1-ilova) Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (108/2-ilova) Eksport-import to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (108/3-ilova) Oqova suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni, obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib beruvchi mikrofirma va kichik korxonalarning _____ yil uchun hisoboti (108/4-ilova) Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisoboti (108/5-ilova) Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida mikrofirma va kichik korxonaning _____ yil uchun hisoboti (108/6-ilova) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (108/7-ilova) Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mikrofirma va kichik korxona faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (108/8-ilova) Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida mikrofirma va kichik korxonaning _____ yil uchun hisoboti (108/9-ilova) Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati to‘g‘risida _____ yil uchun hisobot (108/10-ilova) Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot (109-ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot (109/1-ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida hisobot (109/2-ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot (109/3-ilova) Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati to‘g‘risida hisobot (109/4-ilova)
76
12,437
Qonunchilik
Jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq oshadi, biroq 20%dan koʻp emas
29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son Qonun va Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq solinadigan bazasi va stavkalari oʻzgartirildi. 2018 yil yanvar oyidan boshlab mazkur soliq fuqarolar koʻchmas mulkining kadastr qiymati asosida hisoblab chiqariladi. Ilgari uning asosida soliq hisoblangan inventarizatsiya qiymati bozor narхlarini aks ettirmaydi. Shuning uchun kadastr qiymatining inventarizatsiya qiymatidan bir necha marotaba yuqori boʻlishi butunlay tabiiy holdir. Mol-mulkka solinadigan soliq fuqarolar hamyoniga zarar keltirmasligi uchun Prezident tomonidan ikkita muhim qaror qabul qilindi: 1) jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha stavkalar jiddiy kamaytirildi. Agar belgilash mumkin boʻlgan maksimal stavka 2017 yilda 2,9%ni tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilda u 0,35%dan oshmaydi. 2) 2018 yilda kadastr qiymati asosida hisoblab chiqarilgan soliq summasi boʻyicha cheklov oʻrnatildi.  U 2017 yildagi soliqdan koʻpi bilan 1,2 marta ortiq boʻlishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda fuqarolar koʻchmas mulkining kadastr qiymatini aniqlash tartibini tasdiqlaydi. Biroq hozirning oʻzida belgilanishicha, u 42 mln soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas. Kadastr qiymati mavjud boʻlmagan taqdirda uning shartli miqdori hisoblash uchun qabul qilinadi: Kadastr organlarida roʻyхatdan oʻtkazilmagan turar joylar egalari mol-mulkka solinadigan soliqni shartli qiymatning ikki karra miqdori hisobidan toʻlaydilar. Ya’ni tegishincha 420 mln. soʻm va 180 mln. soʻm. Jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari esa quyidagi tarzda boʻladi: N Soliq solinadigan ob’yektlarning nomi Soliq stavkasi, mol-mulkning kadastr qiymatiga nisbatan %da 1 Turar joylar, kvartiralar, dala hovli qurilmalari (umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq boʻlganlari bundan mustasno), garajlar va boshqa imoratlar, хonalar va inshootlar 0,2 2 Shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni quyidagicha boʻlgan turar joylar va kvartiralar: 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha boʻlgan 0,25 500 kv.m dan oshiq boʻlgan 0,35 3 Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan oshiq boʻlgan turar joylar, kvartiralar va dala hovli qurilmalari 0,25 Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     Samir Latipov.
82
2,460
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Isroil Davlati Parlamenti (Knesset) bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhini tashkil etish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Isroil Davlati Parlamenti (Knesset) bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tashkil etilsin: 2. Ushbu Qo‘shma qaror tegishli davlat organlariga ma’lumot uchun yuborilsin. 3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
153
739
Qonunchilik
Davlat bojini undirish masalalariga tushuntirish berildi
Hujjatda aniqlashtirilishicha, ish Xoʻjalik protsessual kodeksining 33-moddasiga asosan boshqa хoʻjalik sudiga koʻrish uchun oʻtkazilganda, sud tomonidan avval toʻlangan davlat boji (pochta хarajatlari) inobatga olinishi kerak. Soliq kodeksi 330-moddasining 25-bandiga koʻra, yuridik va jismoniy shaхslar sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bergan shikoyatlari boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan. Tushuntirilishicha, bunday talab qanoatlantirilganda davlat boji javobgardan undiriladi, talabni qanoatlantirish rad etilgan holda, esa davlat boji arizachidan undirilmaydi. Hujjatda aytilishicha, хoʻjalik sudiga yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning manfaatida prokuror, davlat organi tomonidan berilgan da’voni qanoatlantirish rad etilganda (ish yuritish tugatilganda, da’vo koʻrmasdan qoldirilganda), manfaatlari himoya qilinib da’vo berilgan shaхsdan davlat boji undirilmaydi. Kelishuv bitimi tasdiqlanishi munosabati bilan ish yuritish tugatilishi bundan mustasno, bunda davlat boji da’vo arizasida koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib hisoblanadi. Agar da’vo berilgan shaхsning oʻzi, ya’ni da’vogar tomonidan XPKning 40-moddasi tartibida da’voning predmeti oʻzgartirilganda yoхud da’vo talablarining miqdori koʻpaytirilganda, da’voning ushbu oʻzgartirilgan (koʻpaytirilgan) qismi boʻyicha qoʻllanilmaydi, Soliq kodeksining 330-moddasiga asosan davlat boji toʻlashdan ozod etilgan holatlar bundan mustasno. Aytilganlarni misollarda tushuntirib oʻtamiz. 1-MISOL. Hududiy adliya boshqarmasi tijorat tashkiloti manfaatlarini himoya qilib, da’vo arizasi taqdim etdi. Da’vo predmeti – javobgardan 20 mln soʻm undirish. Ish boʻyicha sud muhokamasi jarayonida tashkilot da’vo talabini 35 mln soʻmgacha oshirdi. Sud qarori bilan da’voning qondirilishi rad etildi. Mazkur holatda tashkilotdan 150 ming soʻm ((35 000 000 – 20 000 000) х 1%) miqdorida davlat boji undiriladi. 2-MISOL. Xoʻjalik sudiga prokuratura tomonidan XUMSh manfaatlari himoya qilinib da’vo taqdim etildi. Ishni koʻrib chiqish jarayonida XUMSh talab miqdorini oshirdi. Da’vo talabi qondirilishi rad etilgan taqdirda, XUMShdan davlat boji undirilmaydi, chunki Soliq kodeksining 330-moddasi 9-bandiga asosan shirkat davlat boji toʻlashdan ozod qilingan. Davlat bojidan ozod qilingan da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlangan javobgarning apellyatsiya (kassatsiya) shikoyati boʻyicha bekor qilinganda, хarajatlar da’vogardan javobgar foydasiga undiriladi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov, ekspertimiz. Mavzu boʻyicha material: Davlat bojini hisobga olish tartibi belgilandi
56
2,848
Qonunchilik
“TEXNIK JIHATDAN FOYDALANIShDA TEMIR YO‘L TRANSPORTI XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI UMUMIY TEXNIK REGLAMENTNI TASDIQLASh HAQIDA
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritilsin. 2. “O‘zstandart” agentligi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda bir oy muddatda texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirishga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarning aniq ro‘yxatini aniqlasin, keyinchalik ularni “Texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalda joriy etilgan kundan boshlab majburiy tusdaligini bekor qilish va qo‘llashning ixtiyoriylikka ega bo‘lishi chora-tadbirlarini amalga oshirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligini ta’minlashga doir talablar to‘g‘risida keng xabardor qilinishini va ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin. 4. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari U.U.Rozuqulov va B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
123
1,936
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
1995-1996-yillarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi “o‘tish davri”ning keng ko‘lamli o‘zgarishlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishda muhim rol o‘ynadi va mamlakatda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratishga imkon berdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining yangi bosqichi iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk kafolatlarini himoya qilishni kuchaytirish, tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Real bozor iqtisodiyoti va ilg‘or xalqaro standartlar talablariga javob beradigan, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan zamonaviy fuqarolik qonunchiligini shakllantirmasdan turib ushbu vazifalarga erishib bo‘lmaydi. Fuqarolik-huquqiy tartibga solishning eng muhim qoidalarini belgilovchi kodifikatsiya qilingan qonun hujjati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi fuqarolik qonunchiligi hujjatlari tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil Fuqarolik kodeksida, avvalambor, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, xalqaro reytinglarda mamlakat o‘rnini yaxshilashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy kamchilik va bo‘shliqlarni aniqlashga imkon berdi. Fuqarolik qonunchiligini bozor iqtisodiyoti tamoyillari va xalqaro standartlarga muvofiq modernizatsiya qilish, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zamonaviy fuqarolik-huquqiy asos yaratish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida: 1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligini yanada takomillashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: fuqarolik qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va unifikatsiya qilish, ularning eng namunali xorijiy amaliyotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, ushbu sohada ilg‘or xalqaro standartlarni implementatsiya qilish; xususiy mulkning daxlsizligi kafolatlarini ta’minlaydigan, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni belgilash; ommaviy va fuqarolik huquq normalarini aniq chegaralash, iqtisodiyotni boshqarishda ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillariga asoslangan, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan va eskirib qolgan qoidalarni chiqarib tashlash; davlat-xususiy sherikligi, klasterlik ishlab chiqarishi, elektron tijorat, kripto-valyuta aylanmasi, yer uchastkalarini xususiylashtirish, ulushli qurilish va boshqa zamonaviy fuqarolik-huquqiy institutlar va iqtisodiy munosabatlar shakllarini huquqiy tartibga solishni ta’minlash. 2. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 3. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo komissiya) tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Idoralararo komissiya (Davletov): a) ikki hafta muddatda fuqarolik huquqi sohasidagi yetakchi mutaxassislar orasidan fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etsin va ularning ish rejalarini tasdiqlasin; b) bir oy muddatda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi loyihasini va fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish faoliyatiga xalqaro tashkilotlarning ekspert-texnik va moliyaviy ko‘magini jalb etish masalasi ko‘rib chiqilishini ta’minlasin; v) bir oy muddatda fuqarolik huquqi sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, jumladan xorijiy davlatlarga tashriflarni tashkil etishni, vakolatli organlar va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishni nazarda tutuvchi dasturni tasdiqlasin; g) 2020-yil 1-aprelga qadar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; d) fuqarolik qonunchiligini yanada takomillashtirishning yo‘nalishlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini keng muhokama qilish maqsadida ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarining tashkil etilishini ta’minlasin. 5. Idoralararo komissiya rahbariga mazkur farmoyishda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, respublikaning ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, shuningdek mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilish huquqi berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mas’ul vazirlik va idoralar ushbu farmoyishda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy va amaliy choralar ko‘rilishini ta’minlasin. 7. Ushbu farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni liberallashtirish, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk kafolatlari himoyasini kuchaytirish, tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish bo‘yicha birinchi darajali maqsad va vazifalar belgilangan. Kodifikatsiya qilingan qonun hisoblanadigan va fuqarolik-huquqiy tartibga solishning eng muhim qoidalarini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (keyingi o‘rinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) fuqarolik qonunchiligi hujjatlari tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. 1995-1996-yillarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi “o‘tish davri”ning keng ko‘lamli o‘zgarishlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishda muhim rol o‘ynadi va mamlakatda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratishga imkon berdi. Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil Fuqarolik kodeksining amaldagi tahriri mamlakatda tez rivojlanayotgan iqtisodiy munosabatlar talablariga va fuqarolik huquqi sohasidagi xalqaro standartlarga yetarli darajada javob bera olmasligini ko‘rsatmoqda. Xususan: birinchidan, Fuqarolik kodeksida eskirgan huquqiy institutlar, shuningdek bozor iqtisodiyotiga asoslangan rivojlangan davlatlar huquqiy tizimida mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli saqlanib qolgan; ikkinchidan, “tijorat tavakkalchiligi”, “xo‘jalik yurituvchi subyektlar tengligi”, “adolatli kompensatsiya”, “shartnomaviy majburiyatlarni bajarishdan bosh tortish” kabi an’anaviy fuqarolik-huquqiy institutlar mavjud emas; uchinchidan, zamonaviy bozor sharoitlarida talab etiladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar va munosabatlarning alohida shakllari, shu jumladan, davlat-xususiy sherikligi, dilerlik shartnomasi, ulushli quruvchilik, klaster ishlab chiqarish, elektron tijorat, kripto-valyuta aylanmasi, yer uchastkasini xususiylashtirish va boshqalarni tartibga solish nazarda tutilmagan; to‘rtinchidan, Fuqarolik kodeksida ko‘p miqdordagi havolaki normalarning (80 ga yaqin) mavjudligi kodeksning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi hujjatga aylanishiga to‘sqinlik qilmoqda va uning fuqarolik- huquqiy munosabatlarni tartibga solish borasidagi maqomini pasaytirmoqda; beshinchidan, bir-biriga o‘xshash va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllardagi qoidalar aralashmasidan tashkil topgan yuridik shaxslar tashkiliy-huquqiy shakllarining ko‘pligi (masalan, qonunchilikda xususiy korxona va unitar korxona tarkibiga boshqa ishtirokchilarning kirishi nazarda tutilmaganligi, ularning investitsiya jalb qila olmasliklariga sabab bo‘ladi); oltinchidan, Fuqarolik kodeksida fuqarolik huquqi institutlariga taalluqli bo‘lmagan ommaviy huquq normalari, xususiy mulk va shartnomaviy munosabatlariga oid asoslanmagan miqdordagi cheklovlar mavjud; yettinchidan, Fuqarolik kodeksida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish masalalarini tartibga soluvchi qoidalar deyarli mavjud emas. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga erishish, shuningdek fuqarolik qonunchiligini bozor iqtisodiyoti va xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish maqsadida, quyidagi asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi ishlab chiqildi: 1. Fuqarolik qonunchiligini unifikatsiya qilish va tizimlashtirish maqsadida uni inventarizatsiyadan o‘tkazish, shuningdek xalqaro standartlar talablariga va eng yaxshi xorijiy amaliyotlarga muvofiqlashtirish. 2. Fuqarolik kodeksi va boshqa fuqarolik qonun hujjatlaridagi atama va tushunchalarning huquqiy ma’nolarini ularni aniq ta’riflash va bir xilda qo‘llash orqali takomillashtirish. 3. Turlicha sharhlanadigan yoki amaliyotda qo‘llanilishi masalasida tushuntirishlarni talab qiladigan normalarni chiqarib tashlash yoki ularni takomillashtirish. 4. Fuqarolik kodeksi va boshqa fuqarolik qonun hujjatlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi uchun ulardagi havolaki normalarni qisqartirish. 5. Fuqarolik-huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga to‘sqinlik qiluvchi fuqarolik qonunchiligidagi huquqiy bo‘shliqlar va kolliziyalarni bartaraf etish. 1. Jamiyat va xalqaro standartlarning axloqiy prinsip va ma’naviy me’yorlari (“halollik”, “adolat”, “oqillik” va boshqa prinsiplar)ni inobatga olgan holda fuqarolik-huquqiy munosabatlarning amaldagi prinsiplarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish. 2. Kodeksga fuqarolik qonunchiligining muhim tushuncha va institutlarini belgilash borasidagi asosiy hujjat maqomini berish maqsadida mavjud tushuncha (atama)larni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini kiritish. 3. Fuqarolik huquqi va fuqarolik majburiyatlarini vijdonan va munosib amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan chora va vositalarni takomillashtirish. 4. Ma’naviy, moddiy zarar va ziyonlarni hisoblash tartibini joriy etish yo‘li bilan fuqarolik qonunchiligining kompensatorlik funksiyasini kuchaytirish. 5. Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllarini optimallashtirish, bir-biriga o‘xshash, shuningdek bozor munosabatlarida ommalashmagan tashkiliy-huquqiy shakllarni tugatish. 6. Ishonchnomaning majburiy yozma shakli va uning amal qilish muddatini cheklash va boshqalarni qayta ko‘rib chiqqan holda xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish orqali vakillik institutini takomillashtirish. 7. Mulkdor huquqlarini kengaytirish yo‘li bilan ashyoviy huquqlar institutini kuchaytirish. 8. Majburiyat huquqini takomillashtirish, jumladan majburiyatlarning vujudga kelish asoslarining to‘liq ro‘yxatini aniqlash va majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi masalalarini tartibga soluvchi normalarni modernizatsiya qilish. 9. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutini takomillashtirish, jumladan, zararni qoplashning adolatli tartibini ta’minlash. 10. Sug‘urta, jumladan o‘zaro sug‘urtalash (mulkni va boshqa mulkiy manfaatlarni o‘zarolik asosida sug‘urta qilish) institutining rivojlanishi uchun ixtiyoriy badallar investitsiyasidan doimiy daromad olishni nazarda tutuvchi shart-sharoitlarni yaratish. 11. Er-xotinning birgalikdagi vasiyatnomasi va meros shartnomasiga oid qoidalarni kiritish, meros qoldiruvchi va merosxo‘r kreditorlarining himoyasini kuchaytirish, merosni qabul qilib olish muddatlarini belgilash yo‘li bilan meros huquqini takomillashtirish. 12. Xalqaro xususiy huquq normalarini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan turli mamlakatlar huquqlarini muqobil qo‘llash prinsipini mustahkamlash, majburiyat mazmunini tartibga soluvchi huquqqa havola sifatida qo‘shimcha muqobil kollizion bog‘lanishni ko‘llash, kollizion tartibga solishni nazarda tutgan shartnomadan tashqari majburiyatlar doirasini aniqlash imkoniyatini ko‘rib chiqish. 1. Mulk shakllarini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish, yerga bo‘lgan xususiy mulk huquqini himoya qilish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek insofli egallovchi huquqlarini himoya qilish tartibini takomillashtirish yo‘li bilan xususiy mulk himoyasining samaradorligini oshirish. 2. Bitimlar institutini takomillashtirish, jumladan bitimlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va notarial tasdiqlashni, bitimni haqiqiy emas deb topish asoslari va holatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi normalarni qayta ko‘rib chiqish. 3. Shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning sifat jihatdan yangi mexanizmlarini joriy qilish, shu jumladan shartnoma turlarini optimallashtirish, dastlabki shartnoma institutini rivojlantirish, shartnoma tuzish erkinligini kengaytirish, shartnomaviy munosabatlarning barqarorligini ta’minlash, shartnomaviy munosabatlarda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishni tartibga solish. 4. Korporativ munosabatlarni fuqarolik kodeksining tartibga solish predmeti doirasiga kiritish, jumladan, ommaviy aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining o‘ziga xosliklarini belgilash, korporativ hujjat kuchiga ega va uchinchi shaxslar uchun majburiy bo‘lgan “korporativ shartnoma”ni joriy qilish, teng aksiyalar paketi egalari jamiyat faoliyatini izdan chiqarganida korporativ tanglik vaziyatidan chiqib ketish mexanizmlarini belgilash. 5. Kreditor va qarzdorlar huquqlarining ishonchli kafolatlarini ta’minlash, shu jumladan qayta tashkil etiladigan yuridik shaxslar kreditorlari huquqlarining real kafolatlari ro‘yxatini va ular amal qilishining huquqiy mexanizmlarini belgilash, majburiyatlarni bajarish institutini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek kreditor talablarini qanoatlantirish ketma-ketligini aniq belgilash. 6. O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy tijorat tashkilotlari filiallarining huquqiy maqomini kuchaytirish va huquqlarini kengaytirish. 1. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llashning huquqiy asoslarini shakllantirish, xususan, kripto-aktivlar, shu jumladan mayning aylanmasini rivojlantirish, shaxsi ko‘rsatilmagan ma’lumotlarning sezilarli massivlarini (“big data”) yig‘ish va qayta ishlashni huquqiy tartibga solish, elektron tijoratdan foydalanish, elektron maydonchalar orqali xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirish. 2. Istalgan manfaatdor shaxslarga ishtirok etish huquqi taqdim etilgan holda yuridik shaxslar faoliyati bilan bog‘liq qarorlar bo‘yicha jamoaviy nizolashish tartibini takomillashtirish. Yuridik shaxs direktorining fidutsiar majburiyatlari institutini kiritish. 3. Garov munosabatlari haqidagi normalarni rivojlantirish, jumladan ta’minlash choralarini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish, hamkorlikda garovni oluvchilar, garov agenti, fakultativ va muqobil majburiyatlar institutlarini kiritish, yo‘l qo‘yiladigan maqbul ta’minlovchi aktivlarning aniq toifasini mustahkamlash. 4. Erkin iqtisodiy zonalar hududida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa alohida hududlarida xorijiy huquqning eksterritorial qo‘llanilishi tartibini kiritish. 5. Shaxslar tasviri, ularning shaxsiy nomulkiy huquqlari va boshqa nomoddiy manfaatlarining ishonchli fuqarolik-huquqiy himoya qilinishini ta’minlash. Fuqarolik qonunchiligining takomillashtirilishi, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahrirda ishlab chiqilishi va qabul qilinishi quyidagilarga imkon beradi: iqtisodiyotni yanada liberallashtirishning huquqiy asoslarini yaratish; iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish; mulkdorlar huquqlari himoyasining kuchaytirilishi va iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash; ishbilarmonlik muhitini va investitsion iqlimni yaxshilash; mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish; 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan boshqa vazifalarni hal qilish.
100
16,499
Qonunchilik
Elektr energiyasining reaktiv quvvatini kompensatsiyalovchi iste’molchilar koʻpaydi
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining (5.09.2018 yilda 1864-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) buyrugʻi bilan Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi.   Eslatib oʻtamiz, Nizom bilan belgilangan elektr energiyasini elektr tarmoqlari boʻylab uzatishda teхnologik sarflarni kamaytirish hamda reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi: Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, endi har bir kirishida hisoblangan aktiv quvvati ilgarigidek 50 kW emas, balki 20 kW dan kam boʻlmagan iste’molchilar uchun reaktiv quvvat kompensatsiyalanishi shart. Ma’lumot uchun: reaktiv quvvat kompensatsiyasidan energiyani tejash maqsadida foydalaniladi. Yirik sanoat korхonalarida bu masala yanada dolzarb sanaladi. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni (RQKQ) qoʻllash tarmoqdan iste’mol qilinadigan quvvatni kamaytirishning eng ta’sirchan va samarali usuli hisoblanadi.   Nizom reaktiv quvvat kompensatsiyasi bilan bogʻliq qanday masalalarni oʻz ichiga olishi toʻgʻrisidagi bandga tuzatish kiritildi. U 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi RQKQning turi, quvvati, ulanish joyi va ishlash rejimini tanlash masalalarini oʻz ichiga oladi. Ilgari bu masalalarni hal qilish faqat sanoat korхonalariga taalluqli boʻlgan boʻlsa, endi yuqorida koʻrsatilgan iste’molchilarning barcha toifalari tushuniladi. Quvvat koeffitsiyentining pasayishi oqibatida elektr energiyasining qoʻshimcha teхnologik yoʻqotishlarini hisoblash tartibi ham Nizomga qoʻshimcha qilindi. Hududiy elektr tarmoqlari korхonalari va (yoki) Magistral elektr tarmogʻidan ta’minlanadigan iste’molchilar uchun quvvat koeffitsiyentining normativ qiymatini belgilash tartibi oʻrnatildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.09.2018 yildan kuchga kirdi.                                                                                                           Lenara Xikmatova.
83
2,059
Qonunchilik
“Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqani to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-iyuldagi 452-son “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 21-avgustdagi 118-son “Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqani to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2390, 2012-yil 19-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 38-son, 440-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
994
Qonunchilik
Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida
1. Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyaga (1990-yil 26-iyun, Istanbul) uning quyidagi ilovalarini qabul qilib qo‘shilinsin: A-ilova. “Vaqtincha olib kirish hujjatlari to‘g‘risida (A.T.A karnetlari va C.P.D karnetlari)”; V.1-ilova. “Ko‘rgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar yoki shu kabi tadbirlarda namoyish qilish yoxud foydalanish uchun tovarlar to‘g‘risida”; V.2-ilova. “Professional asbob-uskuna to‘g‘risida”; V.3-ilova. “Tijorat operatsiyasi munosabati bilan olib kirilgan konteynyerlar, poddonlar, o‘ramlar, namunalar va boshqa tovarlar to‘g‘risida”; V.5-ilova. “Ta’lim, ilmiy yoki madaniy maqsadlarda olib kirilgan tovarlar to‘g‘risida”; V.6-ilova. “Sayohatchilarning shaxsiy buyumlari va sport maqsadlarida olib kirilgan yuklarga tegishli ilova”. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin; O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi hujjatlarni berish uchun mas’ul bo‘lgan va vaqtincha olib kirish shartlari buzilgan taqdirda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kafolatlovchi vakolatli tashkilot etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qo‘shilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida, vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi hujjatlarni berish uchun mas’ul bo‘lgan va vaqtincha olib kirish shartlari buzilgan taqdirda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kafolatlovchi vakolatli tashkilot to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ikki oy muddatda Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyani (1990-yil 26-iyun, Istanbul) qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik hamda idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar. 6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
42
2,295
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIDROMETEOROLOGIK KUZATIShLAR OLISh BORISh UChUN ZAMONAVIY PRIBORLAR VA ASBOB-USKUNALARNI IShLAB ChIQISh HAMDA IShLAB ChIQARISh DASTURINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Gidrometeorologik asbobsozlikni takomillashtirish, gidrometeorologiya xizmati ishlab chiqarish-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Boshgidromet” boshqarmasi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqqan O‘zbekiston Respublikasida gidrometeorologik kuzatishlar olib borish uchun zamonaviy priborlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Dasturni bajarish uchun 1996-yildan boshlab respublika budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan kapital qo‘yilmalar ajratishni nazarda tutsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi priborlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish tadbirlarini “Boshgidromet” boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda taqdim etadigan tegishli hisob-kitoblarga muvofiq hajmdagi operatsion xarajatlar smetasi bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlashni nazarda tutsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi tanlov dasturlarida atrof-muhitning ahvolini nazorat qilish va aviatsiyani meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash sohasida ko‘p bilim talab qiladigan priborlar hamda texnologiyalar yaratishni nazarda tutsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati kompleksi bo‘limiga yuklansin.
187
1,494
Qonunchilik
Ai-91 rusumli benzin narхini talab belgilaydi
2019 yil 15 avgustdan boshlab Ai-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narхi birja savdolari orqali belgilanadi. OʻzRTXB saytida bu qanday amalga oshirilishi haqida хabar e’lon qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyuldagi “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narхlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi” 633-son qarori bunga asos boʻldi. Avtomobilga yoqilgʻi quyish shoхobchalari sotib olish uchun ochiq birja savdolarida ishtirok etadi. Narх bozor kon’yunkturasi, talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi. «OʻzRTXB» AJ birja bozorida Ai-91 benzinini sotib oluvchilar qatoriga AYoQShdan tashqari, benzinni oʻz ehtiyojlari uchun хarid qiladigan boshqa yuridik shaхslar, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari ham kiradi. Neftni qayta ishlash zavodlari benzin sotuvchilar sifatida qatnashadi. 2019 yilning 7 oyi davomida «OʻzRTXB» AJning birja savdolari orqali 18,1 mlrd soʻmlik 2,9 ming tonna Ai-91 rusumli benzin sotilgan. Uning asosiy sotuvchi-korхonalarining boshlangʻich qiymati benzinning bir tonnasi uchun 5828,5 ming soʻmni, oʻrtacha narхlari esa bir tonnasi uchun 6235,8 ming soʻmni tashkil etdi. Xaridorlar oʻrtasida raqobatning kuchayishi munosabati bilan Ai-91 rusumli benzinning birja savdolariga qoʻyilish hajmlarining koʻpaytirilishi kutilmoqda. Birja savdosi orqali sotilgan tovar resurlari uchun birja kotirovkalari haftalik asosda belgilanadi va har dushanba kuni soat 17:00 gacha «OʻzRTXB» AJning rasmiy vebsaytida e’lon qilinadi.
45
1,474
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati sohasida pensionerlar va faxriylarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarini birlashtirish orqali ularning boy professional hayot tajribasidan samarali foydalanish, keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, davlat tomonidan ijtimoiy himoyani, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada yaxshilash, shuningdek, respublika konchilik va metallurgiya sanoati sohasida yosh mutaxassislarni tanlash va tarbiyalashda pensionerlar va mehnat faxriylarining noyob tajribalari, amaliy mahorati va salohiyatidan faol foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJning O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) nodavlat notijorat tashkilotini hamda uning Navoiy viloyatidagi, shuningdek, Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi hududiy filiallarini (keyingi o‘rinlarda — Kengashning hududiy filiallari) tuzish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari deb hisoblansin: konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning qonuniy xuquqlari va manfaatlari himoyasini, munosib turmush darajasi va ijtimoiy mavqeyini ta’minlash; barcha toifadagi pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish, ularning konchilik va metallurgiya sohalari korxonalarida davlat yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish maqsadlarida yosh mutaxassislarni yuksak ma’naviyat, mehnatkashlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarda faol ishtirokini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish; Kengashning respublika konchilik va metallurgiya sanoati sohasidagi aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalari mehnat jamoalarining ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotidagi hamda har bir pensioner va faxriyni qo‘llab-quvvatlash choralari bilan qamrab olishdagi tashkilotchilik roli va ahamiyatini oshirish; pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, ularga maishiy, tibbiy, madaniy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish; munosib dam olishda bo‘lgan pensionerlar va faxriylar orasida konchilik va metallurgiya sohalari hayotiga dahldorlik hisini qo‘llab-quvvatlash; respublika konchilik va metallurgiya sanoati aksiyadorlik jamiyatlari hamda sohaning boshqa korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha yo‘nalishlari va bo‘g‘inlari bo‘yicha tegishli maslahatlar va tavsiyalarni ishlab chiqish va taqdim etishda pensionerlar va faxriylar ishtirokini, shu jumladan moddiy rag‘batlantirish; konchilik va metallurgiya sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash va ularning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, sohada bardavom vorislikni ta’minlovchi samarali ustoz-shogird tizimini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishda ishtirok etish; pensionerlar va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ko‘maklashish; pensionerlar va faxriylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, shuningdek, sport tadbirlarini tashkil etish, yoshlar bilan, shu jumladan, sohaga oid oliy va professional ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazish; soha pensionerlari va faxriylarining boy kasbiy tajriba va ko‘nikmalaridan unumli foydalanilgan holda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida, Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filialida hamda Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali va sohaga oid boshqa ta’lim muassasalarida muntazam asosda ma’ruzalar o‘tkazish. 3. Quyidagilar Kengash mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin: “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan ajaratiladigan homiylik xayriyalari; yuridik va jismoniy shaxslarning hamda xorijiy va xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari; Kengashning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirish hisobiga foiz tushumlari. 4. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Navoiy hududiy filiali tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Olmaliq hududiy filiali tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Bekobod hududiy filiali tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: Kengashning huquqiy maqomi, huquqlari, vazifalari va funksiyalari, faoliyatining tashkiliy-amaliy asoslari; Kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va moliyalashtirish tartibi; Kengashni tashkil etish va tugatish tartibi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJ bilan birgalikda Kengashni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatsin. 7. Kengashning markaziy apparati Toshkent shahri, T. Shevchenko ko‘chasi, 24/1-uy manzilida joylashgan “O‘zmetkombinat” AJ vakolatxonasi binosiga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin. 8. “O‘zmetkombinat” AJ Kengash markaziy apparatining idora anjomlari, tashkiliy texnikalar, mebel va boshqa zarur aloqa vosita turlari bilan, shu jumladan keng polosali Internet axborot tarmog‘iga ulanishini bepul ta’minlasin. 9. Belgilab qo‘yilsinki: Kengashning hududiy filiallari uchun ofis xonalarini ajratish va ularni tashkiliy texnikalar bilan jihozlash, shuningdek, 3 ta avtotransport vositasini ajratish hamda ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJ o‘z mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi; Kengash qarorlari faqat tavsiyaviy kuchiga ega bo‘lib, Kengash tomonidan bevosita yoki bilvosita “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJning moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga aralashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Kengashning iltimosnomasiga asosan konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylariga yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni, shuningdek, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va klinikalarida diagnostika va davolash xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatilishi ta’minlansin. 11. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga har yili Kengashning iltimosnomalariga muvofiq konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarining respublikaning tegishli sanatoriylari, shu jumladan, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJ sanatoriylarida madaniy dam olishlari hamda davolanishlari uchun bepul yo‘llanmalar ajratish tavsiya etilsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi (keyingi o‘rinlarda — Kengash). 2. Kengash “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ (keyingi o‘rinlarda — aksiyadorlik jamiyatlari) va boshqa metallurgiya sanoati tashkilotlarining pensionerlari va mehnat faxriylarini (keyingi o‘rinlarda — faxriylar) birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir. 3. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. 4. Kengash yuridik shaxs bo‘lib, o‘z mol-mulkiga, bank muassasalarida zarur hisobvaraqalariga, muhriga, o‘z logotipiga, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tgan boshqa ramzlarga ega. 5. Kengash: o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan hududiy filiallar orqali amalga oshiradi; o‘z tuzilmasi, maqsadlari, faoliyatini tashkil etish usullari va shakllarini aniqlashda mustaqil bo‘lib, o‘z organlarini va xodimlar apparatini shakllantirishi mumkin; aksiyadorlik jamiyatlari va respublikaning boshqa metallurgiya korxonalarining sobiq va faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlari kontingentini pensiyaga ketgandan so‘ng ularning umumiy ijtimoiy, ma’naviy va madaniy manfaatlari asosida birlashtiradi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega. 6. Kengash o‘z faoliyati doirasida qarorlar qabul qilish va amalga oshirishda mustaqil hisoblanadi hamda unga davlat organlari, ish beruvchi tashkilotlar va ularning birlashmalari, siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kengash o‘z a’zolari manfaatlarida ular bilan tenglik, ijtimoiy hamjihatlik va hamkorlik tamoyillari, shuningdek, jamoa shartnomalari asosida munosabatlar o‘rnatadi. 7. Kengash faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya etgan holda ixtiyoriylik, o‘zini o‘zi boshqarish va Kengash a’zolari tomonidan qonunchilikka rioya qilish tamoyillari asosida tashkil etiladi. 8. Kengash o‘z faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 9. Kengashning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi; qisqartirilgan — Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi; b) ingliz tilida: to‘liq — Council of Veterans of the Mining and Metallurgical Industry of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan — Council of Veterans of the Mining and Metallurgical Industry; v) rus tilida: to‘liq — Sovet veteranov gornoy i metallurgicheskoy promishlennosti Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan — Sovet veteranov gornoy i metallurgicheskoy promishlennosti. 10. Kengashning Markaziy apparatini joylashgan joyi (pochta manzili): 210100, Toshkent shahri, T. Shevchenko ko‘chasi, 24/1. 11. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi: konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning qonuniy xuquqlari va manfaatlarini, munosib hayoti va ijtimoiy mavqeyini ta’minlash; barcha toifadagi pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish, konchilik va metallurgiya sohalari korxonalarida davlat yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish manfaatlarida yosh mutaxassislarni mehnatkashlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol ishtirokini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish; aksiyadorlik jamiyatlari hamda respublikaning boshqa konchilik va metallurgiya sanoati korxonalari mehnat jamoalarining hayotida Kengashning hamda har bir pensioner va faxriy ishtirokining roli va ahamiyatini oshirish; pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, ularga maishiy, tibbiy, madaniy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish; munosib dam olishda bo‘lgan pensionerlar va faxriylar orasida konchilik va metallurgiya sohalari hayotiga dahldorlik hissini saqlab qolish; aksiyadorlik jamiyatlari hamda respublikaning boshqa konchilik va metallurgiya sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha yo‘nalishlari va bo‘g‘inlari bo‘yicha tegishli maslahatlar va tavsiyalarni ishlab chiqish va taqdim etishda pensionerlar va faxriylar ishtirokini, shu jumladan, moddiy rag‘batlantirish; konchilik va metallurgiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash va ularning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, bardavom vorislikni ta’minlovchi samarali ustoz-shogird tizimini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishda ishtirok etish; pensionerlar va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ko‘maklashish; pensionerlar va faxriylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, shuningdek, sport tadbirlarini tashkil etish, yoshlar bilan, shu jumladan, sohaga oid oliy va professional ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazish; soha pensionerlari va faxriylarining boy kasbiy tajriba va ko‘nikmalaridan unumli foydalangan holda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida, Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filialida hamda Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali va sohaga oid boshqa ta’lim muassasalarida muntazam asosda ma’ruzalar o‘tkazish. 12. Asosiy vazifalarni bajarish uchun Kengash quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: davlat va jamoat tashkilotlarida konchilik va metallurgiya sanoati faxriylarining manfaatlarini himoya qiladi hamda ularga huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatadi; ijtimoiy sug‘urta va sog‘liqni saqlash, faxriylarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash va boshqa ijtimoiy himoya turlarini takomillashtirish bo‘yicha ijtimoiy kafolatlar borasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; faxriylarga xayriya yordami ko‘rsatuvchi homiylar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan ular hayotining qiyin davrlarida (kasallik, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar) moliyaviy va boshqa yordam ko‘rsatadi; milliy bayramlar, muhim yubiley sanalari, konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kunini nishonlash hamda sohadagi boshqa muhim voqealar munosabati bilan faxriylarni e’zozlash tadbirlarini tashkil etadi; konchilik va metallurgiya sanoatida xizmat ko‘rsatgan faxriylarning mehnat yo‘li haqidagi shaxsiy xotiralarini to‘plash, yozib olish va chop etish ishlarini amalga oshiradi; konchilik va metallurgiya sanoati faxriylarini dam olish maskanlari va sanatoriylarda davolash bo‘yicha sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi; O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi nomiga ijtimoiy hayotning turli masalalari bo‘yicha tashabbuslar, shuningdek, konchilik va metallurgiya tarmoqlarini rivojlantirish yo‘lida ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega takliflarni kiritadi; qonunchilikka zid bo‘lmagan ma’rifiy ommabop materiallarni yig‘ish, chop etish va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi; Kengash faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi; Kengash xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi; yoshlar o‘rtasida kasb-hunarga bo‘lgan hurmat va mehr-muhabbatni uyg‘otish va mustahkamlash, o‘z jamoasi bilan birdamlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish uslublari, turli shakllari, usullarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, estetik va axloqiy tarbiyalashda, ularni ustoz-shogird yakdilligi usulida qo‘llab-quvvatlash, konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylari tomonidan yosh avlodga muntazam yetkazib beriladigan eng yaxshi mehnat an’analarini o‘zlashtirishga intilish va kundalik turmushda donishmandlikni dasturi amal qilib olish istagini uyg‘otishda, ularni tarbiyalashda va mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z faoliyati haqida xabardor qilib boradi; ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida konchilik va metallurgiya korxonalariga ularning talabiga binoan ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlari bo‘yicha maslahat va tavsiyalar beradi; pensionerlar va faxriylarning havaskor hunarmandchilik ishlarining ijodiy ko‘rgazmalarini tashkil etadi va ularning shaxsiy manfaatlari (sevimli mashg‘ulotlari)ni amalga oshirish uchun sharoit yaratishga yordam beradi; korxonalarning mehnat jamoalari oldida targ‘ibot tadbirlari va chiqishlarida ishtirok etadi; jamiyatda fuqarolik osoyishtaligi va totuvligini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash, ekstremizm, shovinizm, millatchilik va terrorizmning barcha shakllariga qarshi kurashishga har tomonlama ko‘maklashadi; tarmoq muzeylari va boshqa muzeylarga, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ekskursiyalar va targ‘ibot-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda ishtirok etadi; faxriylarni asrab-avaylash va abadiylashtirish maqsadida zaruriy materiallar, hujjatlar va boshqa yozma, moddiy guvohlik namunalarni qidirishda ishtirok etadi. 13. Kengash quyidagi huquqlarga ega: davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda konchilik va metallurgiya sanoati faxriylarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda tashkilotlarning yordamidan foydalanish; konchilik va metallurgiya korxonalarini rivojlantirish konsepsiyalari va strategiyalarini muhokama qilishda ishtirok etish; konchilik va metallurgiya korxonalarining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, Navoiy viloyati, Olmaliq va Bekobod shaharlari faollari o‘rtasida tashkilotlarning nufuzini oshirishga ko‘maklashish; konchilik va metallurgiya sanoati korxonalari boshqaruvi yoki kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda konchilik va metallurgiya sanoatida ishlagan faxriylarga moddiy yordam ko‘rsatish; faxriylarning tashkilotdan ariza berish orqali ixtiyoriy ravishda chiqishni ta’minlash. Tashkilotdan chiqish to‘g‘risidagi qaror kengash tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, keyinchalik tashkilot a’zosining guvohnomasi olib qo‘yiladi; konchilik va metallurgiya korxonalarining yig‘ilishlari va konferensiyalarida ishtirok etish, tegishli xulosa va takliflarni taqdim etish, shuningdek, tegishli tavsiyalar berish; ijtimoiy mehnat sohasidagi kafolatlar darajasini, faxriylarning kasb huquqlari va manfaatlarini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish; Kengash a’zolari, faxriylarning sanatoriy dam olish maskanlarida davolanishini tashkillashtirish maqsadida yo‘llanmalar sotib olish uchun konchilik va metallurgiya korxonalarining ixtiyoriy xayriya mablag‘lari hisobidan moddiy yordam olish; Kengash mablag‘lari hisobidan faxriylarga huquqiy yordam ko‘rsatish, korxonalarning madaniy va sport obyektlaridan foydalanish. 14. Kengashning majburiyatlari: ushbu Nizomning asosiy talablarini bajarish; aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa konchilik va metallurgiya korxonalarining faxriylarni, shu jumladan, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni ta’minlash masalalarida o‘zaro yordam ko‘rsatish tamoyillariga faol yordam ko‘rsatish; shaxsning vatanparvarlik va axloqiy tarbiyasiga e’tibor qaratgan holda, yoshlarga oid tarbiyaviy ishlarida bevosita ishtirok etish, hamda ustoz-shogird tizimi an’analari asosida va shaxsiy namuna yoki faxriy hamkasblari timsolida yosh xodimning axloqiy qiyofasini shakllantirish. 15. Kengashga respublika aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa metallurgiya korxonalarida ishlagan va O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi faxriylar a’zo bo‘lishlari mumkin. 16. Kengash a’zolariga qabul qilish talabgorlarning arizasi asosida amalga oshiriladi. 17. Kengash raisi Kengash ishiga quyidagi masalalar bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi: ushbu Nizom va Kengash tomonidan qabul qilinadigan reja va qarorlar talablarining bajarilishi, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni ta’minlash; tasdiqlangan smetaga muvofiq Kengashning moliyaviy xarajatlarini nazorat qilish; korxona boshqaruvida va respublika jamoat tashkilotlarida Kengash manfaatlarini ifoda etish; Kengashning yillik ish rejasi va xarajatlar smetasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash; Kengashning majlislari va tashkilot a’zolarini umumiy yig‘ilishlarini chaqirish; Kengashning mutlaq vakolatiga kirmaydigan va Kengash umumiy yig‘ilishi vakolatiga taalluqli bo‘lmagan boshqa masalalarni hal etish. 18. Kengashning moliyaviy mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi: “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJning homiylik xayriyalari; yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari; Kengashning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirish hisobiga foiz tushumlari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 19. Kengashni tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
173
21,308
Qonunchilik
RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARNI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISh VA ULARGA MALAKA TOIFALARI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Ta’lim muassasalarida to‘plangan tajribalarni inobatga olgan holda qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2005-yil 30-dekabrdagi 106, 43 va 01-356-sonli qarori bilan tasdiqlangan Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (2006-yil 18-yanvar, ro‘yxat raqami 1540 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 3-son, 19-modda) 58-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ta’lim muassasalari pedagog kadrlariga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi, viloyatlar xalq ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’lim Bosh boshqarmasida”. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
144
951
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisining Kotibiyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
102
203
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qarori (ro‘yxat raqami 3281, 2020-yil 31-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3281/1242-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 27-bandda: birinchi xatboshidagi “ikki” degan so‘z “keyingi” degan so‘z bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Belgilangan vaqtda hisob-kitoblar yakunlanmagan bo‘lsa, kelishuv bekor qilingan hisoblanadi.”. 2. 29-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Chet el valyutasining qayta sotilishi sotuv kunidagi talab va taklif asosida shakllanadigan bozor kursida akseptsiz ravishda amalga oshiriladi”. 3. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “47. Tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Naqd valyuta mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligi to‘g‘risidagi xabarnomalar tijorat banklari tomonidan uch kun muddat davomida Markaziy bankka taqdim etilishi lozim.”. 4. Quyidagi mazmundagi 471-band bilan to‘ldirilsin: “471. Tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish Markaziy bankning ruxsati asosida amalga oshiriladi.”. 5. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “48. Markaziy bankning ruxsatini olish uchun tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga mo‘ljallangan valyutaning turi, uning summasi, valyuta mablag‘lari qaysi davlatga olib chiqilishi, xorijiy bankning nomi, naqd valyuta mablag‘larini olib chiqish maqsadlari ko‘rsatilgan arizani Markaziy bankka taqdim etadi.”. 6. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “49. Tijorat banklarining naqd valyuta mablag‘larini olib chiqish uchun murojaati Markaziy bank tomonidan uch bank ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tijorat banklariga naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsat beriladi. Tijorat banklariga naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsat berishni rad qilish faqat tijorat banklarining murojaati mazkur Qoidalarning 48-bandida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda amalga oshiriladi.”.
125
2,903
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan kompleks tashkiliy-texnik choralar telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va turlarini oshirish, shu jumladan mobil aloqa qamrovini kengaytirishga imkon bermoqda. Shu bilan birga, olis va qishloq aholi punktlarida, turistik va rekreatsion hududlarda, magistral avtomobil va temir yo‘llari bo‘yida telekommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek, Internet tarmog‘iga simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish sur’atlari yetarli emas. Telekommunikatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, elektron davlat xizmatlarining ommabopligini ta’minlash, shuningdek, hududlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun zarur infratuzilmani yaratish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki: telekommunikatsiya tarmoqlari, qurilmalari, vositalari va obyektlari, operatorlar va provaydyerlarning mobil aloqa bazaviy stansiyalari, shu jumladan ijaraga beruvchilarning hududlarida ijara asosida o‘rnatilgan stansiyalar (keyingi o‘rinlarda — telekommunikatsiya obyektlari) mulkchilik shaklidan qat’i nazar, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari hisoblanadi; muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan kabel kanalizatsiyasi, past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalar bilan ta’minlanmagan jamoat, sanoat, turar-joy, ma’muriy binolar va inshootlarni qurish hamda foydalanishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, loyiha-smeta hujjatlari 2019-yil 1-iyulgacha tasdiqlangan binolar va inshootlar bundan mustasno; telekommunikatsiya obyektlarini ko‘chirish, qayta o‘rnatish, shuningdek, ularning faoliyatiga uchinchi shaxslar tomonidan har qanday aralashish yuzaga kelgan muammolarni hal etishning boshqa imkoniyatlari mavjud bo‘lmagan hollardagina hamda faqat mazkur obyektlarning egasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlarining telekommunikatsiya obyektlarini ko‘chirish yoki qayta o‘rnatish, ularni sozlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlari mazkur o‘zgarishlarning tashabbuskori tomonidan to‘liq hajmda qoplanadi; binoda yashovchilardan telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishga ariza mavjud bo‘lganda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlariga bino ichida telekommunikatsiya tarmoqlarini past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmadan beg‘araz asosda foydalangan holda o‘tkazishni rad etishga yoki to‘sqinlik qilishga haqli emaslar, mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish bundan mustasno. 2. 2019-yil 1-avgustdan shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq: a) davlat-xususiy sheriklik shartlarida olis va qishloq aholi punktlarida joylashgan budjet tashkilotlari uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratishni ta’minlagan telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlariga, mobil aloqa operatorlaridan tashqari, 10 yil davomida quyidagilar kafolatlanadi: ularning xizmatlaridan olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari foydalanishi; “O‘zbektelekom” AK tomonidan Internet tarmog‘iga kirish xizmatini ulanish joyidan qat’i nazar yagona tarif bo‘yicha taqdim etilishi; olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari tomonidan mazkur tashkilotlarga, shuningdek, ushbu hududdagi aholi va boshqa yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalarni beg‘araz asosda taqdim etish; b) telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlarining foyda solig‘i hamda yagona soliq to‘lovini hisoblashda soliq solinadigan baza olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari uchun muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini yaratishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlariga, ular telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanganidan so‘ng, ularning buyurtmalari bo‘yicha telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishlari uchun zarur mablag‘larni ajratsin. 3. Belgilansinki, Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha simsiz ma’lumotlar uzatish uchun signal quvvatidan qat’i nazar 2400 — 2483,5 MGts va 5000 — 5999 MGts radiochastota polosalarida ekspluatatsion yig‘im va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi. 4. Telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlariga 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat subdomenida (gov.uz) joylashtirilgan axborot resurslariga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olmaslik tavsiya etilsin. 5. Telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlariga 2022-yil 1-yanvarga qadar telekommunikatsiya obyektlarini qurish-montaj ishlarini, radioelektron vositalarni o‘rnatish maydonchalarini (joylarini) o‘rnatilgan tartibda kelishgandan so‘ng, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan parallel ravishda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda jamoat, ma’muriy, turar-joy va sanoat maqsadlaridagi binolar va inshootlarni loyihalashga topshiriqlarni hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish bosqichlarida majburiy tartibda quyidagi talablarni ko‘zda tutsinlar: binolarda telekommunikatsiya obyektlarini o‘rnatish uchun tegishli maydonlar va infratuzilmalarni, ularga elektr ta’minotini keltirgan holda, ajratilishini; binolar ichida telefoniya, ma’lumotlar uzatish va Internet tarmoqlari, kabel televideniya va efir televideniyasini jamoaviy qabul qilish tizimlari, shuningdek, “xavfsiz uy” va qo‘riqlash signalizatsiyasi kabellarini o‘tkazish uchun past tokli kabel shaxtalari mavjudligini; turar-joy, jamoat, ma’muriy va sanoat hududlarida telekommunikatsiya liniyalarini yotqizish va telekommunikatsiya obyektlarini (telekommunikatsiya shkaflari, antenna minoralari, machtalari va boshqalar) o‘rnatish uchun tegishli yer uchastkalari ajratilishini. 7. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi: telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlariga telekommunikatsiya obyektlarini o‘rnatishga har taraflama ko‘mak bersin, shuningdek, zaruratga ko‘ra, ularning temir yo‘llar bo‘yidagi elektr tarmoqlariga ulanishini ta’minlasin; yo‘l-transport infratuzilmasini qurish va kapital ta’mirlashda bir vaqtda temir yo‘llari bo‘ylab, shuningdek, zaruratga ko‘ra, avtomobil yo‘llari bo‘ylab kelgusida telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlariga ijaraga berish uchun telekommunikatsiya kanalizatsiyasini qurishni ko‘zda tutsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish hamda olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlarga, shuningdek, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyat markazlarida tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlarining server hamda telekommunikatsiya qurilmalarini zamonaviy maydonchalarda joylashtirish bo‘yicha xizmatlar majmuasini taqdim etuvchi xosting va trafik almashuvi markazlarini tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida keng polosali ulanish va mobil Internet qamrovi zonalari to‘g‘risida hududlar kesimidagi ma’lumotlarni chop etib borsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda mobil aloqa va simsiz ulanish qurilmalaridan turli chastotalardagi elektromagnit nurlanishi ta’siri xavfsizligining sanitariya qoidalari va me’yorlarini qayta ko‘rib chiqsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda olis va qishloq aholi punktlarida, turistik va rekreatsion zonalarda, magistral avtomobil va temir yo‘llar bo‘ylarida quyidagilarni o‘z vaqtida ta’minlab borsin: telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlari murojaatlari bo‘yicha telekommunikatsiya obyektlarini elektr tarmoqlariga ulash; viloyatlar va tumanlar markazlaridagi mobil aloqa tarmoqlari bazaviy stansiyalarini hamda telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlarining markaziy bog‘lamalarini, teleradioeshittirish obyektlarini elektr tarmoqlaridan o‘chirilmaydigan toifali obyektlar qatoriga kiritish; elektr tarmoqlari tayanch ustunlariga telekommunikatsiya tarmoqlarini beg‘araz asosda o‘rnatishga (osishga) ruxsat berish. 12. 2022-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan telekommunikatsiya vositalari ilovaga muvofiq bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi turistik obyektlarda bosqichma-bosqich, shu jumladan 2019-yilda davlat-xususiy sheriklik shartlarida Internet tarmog‘idan simsiz foydalanish bo‘yicha ommaviy nuqtalarni tashkil etsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tegishli xulosa berishni ular kiritilgan sanasidan boshlab ikki hafta muddatda ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olgan holda telekommunikatsiya obyektlarini olib kirish, loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilishda ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish va qisqartirish; qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
128
10,952
Qonunchilik
Davlat mulkidan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Davlat mulki bo‘lgan obyektlar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — UZINFOCOM” mas’uliyati cheklangan jamiyatining (keyingi o‘rinlarda Jamiyat deb ataladi) Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 15-uy manzilida joylashgan Jamiyatning 2,2 ga yer maydoni va tugallanmagan qurilish obyektini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasiga (keyingi o‘rinlarda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK deb ataladi) balans qiymatida davlat ulushini kamaytirish hisobiga berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 15-uy manzilida joylashgan Jamiyatning 2,2 ga yer maydoni va tugallanmagan qurilish obyektini belgilangan tartibda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKga topshirilishini hamda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tomonidan qabul qilib olinishini ta’minlasin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-oktabrdagi 847-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-yil, 43-son, 846-modda): a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ” so‘zlari “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “uch oy muddatda” so‘zlari “2019-yil 1-avgustgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 1-iyuldagi 525-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori N.S. Jo‘rayev zimmalariga yuklansin.
84
2,470
Qonunchilik
Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, elektron tijorat subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish hamda elektron tijorat subyektlari tomonidan bitimlar sodir etilishi tartibini, elektron tijoratda qo‘llaniladigan elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari 1-ilovaga muvofiq; Shartnomalarni tuzishda elektron raqamli imzolarni qo‘llash va elektron hujjatlarni hamda elektron tijoratda qo‘llaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma yozma shaklda tuzilgan va taraflar tomonidan imzolangan, shu jumladan taraflarning muhrlari bilan tasdiqlangan shartnomaga tenglashtiriladi; elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan avtomobil transportida O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno. 3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Milliy axborot-izlash tizimida elektron tijoratning mahalliy axborot resurslarining doimiy ravishda yangilanadigan bo‘limi shakllantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Milliy axborot-izlash tizimidagi elektron tijoratning mahalliy axborot resurslarining shakllangan bo‘limi doimiy ravishda axborot bilan ta’minlasin va texnik ko‘maklashsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshidan “shuningdek elektron tijoratga nisbatan” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Qoidalar “Elektron tijorat to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq elektron tijorat shaklida tovarlarni sotishni (ishlarni bajarishni, xizmatlar ko‘rsatishni) tartibga soladi. 2. Ushbu Qoidalarning amal qilishi: davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlarning (ishlar va xizmatlarning) davlat xaridlariga; birja faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega bo‘lgan birjalarda, shuningdek axborot vositachilarining axborot tizimlarida sodir etiladigan bitimlarga; ko‘chmas mulkni sotishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘ladigan bitimlarga tatbiq etilmaydi. 3. Elektron tijorat shaklida amalga oshiriladigan ulgurji va chakana savdo Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari bilan tartibga solinadi. Elektron tijorat shaklida tovarlarni sotishda (ishlarni bajarishda va xizmatlar ko‘rsatishda) ushbu Qoidalarga 1-ilovada ko‘rsatilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish tartib-taomillarini soddalashtirishga yo‘naltirilgan alohida normalar qo‘llaniladi. 4. Elektron tijorat shaklida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish ruxsat etish xususiyatiga ega alohida hujjat olinishini talab etmaydi. Bunda elektron tijorat shaklida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishda, agar hujjatni elektron tijoratdan tashqarida rasmiylashtirish zarurligi qonun hujjatlarida belgilangan bo‘lsa, ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatni olishni istisno etmaydi. 5. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron tijorat obyektlari hisoblanadi, ushbu Qoidalarga 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxatga binoan aylanmadan olib qo‘yilgan yoki aylanmadagi cheklangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno. 6. Elektron tijorat ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq sxemaga binoan axborot tizimida ofertani (taklifni) joylashtirish va ofertaga aksept olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 7. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: aksept — oferta yo‘llangan shaxsning uning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi javobi; axborot tizimi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, qayta ishlash va undan foydalanish imkonini beradigan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan jami; axborot vositachisi — elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi; oferta — bir shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga yoki shaxslarning nomuayyan doirasiga yo‘naltirilgan, undan taklif bildirayotgan shaxsning (oferentning) taklifda ko‘rsatilgan shartlarda kim javob bersa u bilan shartnoma tuzishga bo‘lgan irodasi bilinadigan shartnomaning barcha mavjud shartlari mavjud bo‘lgan taklif; xaridor — pirovard iste’mol, tijorat maqsadlarida foydalanish, o‘zining ishlab chiqarish-xo‘jalik ehtiyojlari uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchi jismoniy shaxs yoki tadbirkorlik faoliyati subyektlari (O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari); sotuvchi — axborot tizimlaridan foydalangan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi tadbirkorlik faoliyati subyekti; elektron tijorat ishtirokchisi — elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; elektron tijorat — axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi; elektron savdo maydonchasi — tashkiliy, axborot va texnik qarorlarning dasturiy-apparat majmui, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish uchun axborot tizimi orqali sotuvchi va xaridorning (buyurtmachining) o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan internet-do‘kon; elektron xabar — axborotni jo‘natuvchini identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan axborot; elektron vosita — elektron shaklda axborotni qayta ishlash, saqlash va uni ayirboshlashga mo‘ljallangan kompyuter va (yoki) boshqa texnik asbob, shuningdek telekommunikatsiyalar tarmog‘i; elektron shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) — tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda sotuvchi va xaridor o‘rtasida tuziladigan shartnoma; elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot. 8. Elektron tijorat ishtirokchisi (sotuvchi, xaridor) va axborot vositachisi (elektron tijorat subyektlari hisoblanadilar). 9. Elektron tijorat subyektlari tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq huquqni amalga oshiradilar va ega bo‘ladilar, majburiyatlarni bajaradilar. 10. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega: elektron tijorat maqsadlarida mavjud bo‘lgan axborot resurslarida ofertani joylashtirish; shartnomalar tuzish yo‘li bilan tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish); axborot vositachilariga elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash uchun berish. 11. Sotuvchi: a) elektron tijoratda tovarlarni sotishda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda), shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi zarur va ishonchli axborotni xaridorga taqdim etish bo‘yicha raqobat va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; b) elektron hujjatlar va elektron xabarlarni belgilangan tartibda saqlashni ta’minlashi; v) elektron tijoratning boshqa ishtirokchilarini o‘zi to‘g‘risida elektron shaklda davlat tilida, zaruriyat bo‘lganda esa boshqa tillardagi ishonchli axborotdan tegishli foydalanishni ta’minlashi shart, axborot quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: yuridik shaxs uchun — tadbirkorlik faoliyati subyektining tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holda uning to‘liq nomi; yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tadbirkorlik faoliyati subyektining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bog‘lanish telefoni raqami; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning raqami, amal qilish muddati, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishga vakolatli organning nomi). 12. Sotuvchidan chiquvchi oferta yoxud taklif etilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi axborot axborotni buzmasdan qayta tiklash va sotuvchi to‘g‘risida, shuningdek u tomondan taklif qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning narxlari va tariflari, shuningdek ularni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) shartlari to‘g‘risida ishonchli tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi elektron shaklda taqdim etilishi kerak. 13. Elektron tijorat subyektlari, elektron hujjatlar va elektron xabarlarni ayirboshlash uchun tegishli axborot tizimlarini boshqarishni aniq tashkil etishni ta’minlab shartnoma asosida axborot vositachisi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. 14. Axborot vositachilari jumlasiga quyidagilar kiradi: elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlari aylanishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari; elektron tijorat ishtirokchilarining to‘lov tizimlaridan foydalanilishini va to‘lovlar o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi banklar; elektron yarmarkalar, kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar; elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlarini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar. Axborot vositachilari jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi mumkin. 15. Axborot vositachilari sotuvchi va xaridor o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning taraflari hisoblanmaydilar. 16. Axborot vositachisi quyidagi huquqlarga ega: o‘z vakolati doirasida shartnoma asosida elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish; elektron tijorat ishtirokchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar shartlarini belgilash. 17. Axborot vositachisi: elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi; o‘zining to‘liq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularni ko‘rsatish shartlari va qiymatlari (tariflari) haqidagi axborotni elektron tijorat ishtirokchilariga oshkor qilishi; elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning mazmunini, ulardan foydalanish tartibini o‘zgartirmasligi, elektron tijorat ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish chora-tadbirlari bilan ta’minlashi; elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga yubormasligi shart (qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno). Axborot vositachisi qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘z zimmasiga o‘zga majburiyatlar olishi mumkin. elektron tijoratni amalga oshirishda foydalaniladigan ma’lumotlarning elektron arxivini tashkil etishi, ular belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashi; axborot tizimlaridagi mavjud axborotning yaxlitligi va maxfiyligini ta’minlashi shart. 18. Axborot vositachisi berilayotgan, olinayotgan, saqlanayotgan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni nazorat qilishga yoki ularning ishonchliligini, shuningdek ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki ishonchliligini tekshirishga majbur emas, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa. 19. Elektron tijorat subyektlarining axborot vositachisi orqali yuborilayotgan elektron hujjatlar va elektron xabarlar mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy oqibatlar uchun axborot vositachisi javobgar bo‘lmaydi. 20. Xaridorga ushbu Qoidalarda, tuzilgan shartnomada va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha huquqlar beriladi va zimmasiga majburiyatlar yuklanadi. 21. Sotuvchi va axborot vositachisi elektron tijorat subyektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan elektron savdo maydonchasi orqali elektron tijorat shaklida tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) huquqiga egadir. 22. Elektron savdo maydonchalari Internet butunjahon axborot tarmog‘idagi resurslar, Milliy axborot-izlash tizimida ko‘rsatiladigan dasturiy mahsulotlar va mobil ilovalar bo‘lishi mumkin. 23. Elektron savdo maydonchasi elektron tijoratni amalga oshirish uchun zarur funksiyalarni, shu jumladan: ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda ofertani joylashtirish, akseptni amalga oshirish va shartnomalar tuzish; elektron tijorat subyektlariga ushbu Qoidalarga muvofiq nazarda tutilgan axborotdan foydalanish; ushbu Qoidalar talablariga muvofiq elektron hujjatlar va elektron xabarlarni xavfsiz ayirboshlashni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda elektron hujjatlar va elektron xabarlarni belgilangan tartibda saqlash imkoniyatini o‘z ichiga olishi kerak. 24. Shartnoma oferta va akseptdan iborat bo‘ladi. Shartnoma, agar shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, oferta yuborgan taraf tomonidan boshqa taraf yuborgan aksept olingan paytdan boshlab tuzilgan deb e’tirof etiladi. 25. Oferta o‘zida elektron hujjatni ifodalaydi, uning vositasida elektron tijorat ishtirokchisi bitta shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga va shaxslarning nomuayyan doirasiga shartnoma tuzishni taklif etadi va ularning shartnoma shartlari mavjud bo‘lgan, shu jumladan ushbu Qoidalarga muvofiq majburiy shartnoma shartlari mavjud bo‘lgan matndan foydalanilishini ta’minlaydi. 26. Elektron tijorat ishtirokchisidan chiquvchi ofertada shartnomaga kiritilishi kerak bo‘lgan barcha shartlar yoxud bunday shartlar mavjud bo‘lgan elektron hujjatlar yoki elektron xabarlarga xavolalar bo‘lishi kerak. 27. Oferta unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir. Elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan olingan oferta, agar ofertaning o‘zida o‘zgacha hol qayd etilmagan yoxud taklifning mohiyatidan yoki taklif bildirilgan vaziyatdan kelib chiqmasa, uning aksepti uchun belgilangan muddat mobaynida chaqirib olinishi mumkin emas. 28. Ofertani chaqirib olish uni oluvchiga chaqirib olish sabablari ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan elektron hujjat yoki elektron xabar shaklida chaqirib olish to‘g‘risida bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi. 29. Shartnoma: uning elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishini nazarda tutuvchi elektron hujjat tarzida; matnida elektron tijorat ishtirokchisining roziligi bildirilgan matn bo‘lgan elektron xabar tarzida; ofertada ko‘rsatilgan shartlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni sodir etish orqali akseptni amalga oshirish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. 30. Aksept o‘zida elektron hujjatni yoki elektron xabarni, shuningdek ofertadagi mavjud shartlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni ifodalaydi, uning orqali shaxs ofertada taklif etilgan shartlarda shartnoma tuzishga to‘liq va so‘zsiz rozilikni ifodalaydi. 31. Akseptda oferent tomonidan taklif etilgan shartnomaning barcha shartlari o‘zgartirilmasligi kerak. Oferentga shartnomaning o‘zgartirilgan shartlari bilan javob yuborilgan taqdirda, bunday javob aksept hisoblanmaydi va yangi oferta hisoblanadi. 32. Oferta yoki aksept, agar taraflarning ahdlashuvida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, axborot tizimi tomonidan avtomatik aniqlanadigan oluvchi tomonidan uning olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma jo‘natilgan paytdan boshlab olingan deb hisoblanadi. 33. Oferta olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda aksept olinmasdan shartnomani ijro etish uchun asos hisoblanmaydi. 34. Oferta va aksept jo‘natuvchi tomonidan ularning mazmuni o‘zgartirilmasdan, ular yuborilgan tarzda, oluvchi tomonidan esa — agar taraflarning ahdlashuvida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilishi to‘xtatilgan paytgacha ular olinganda qanday bo‘lsa, shu tarzda saqlanishi kerak. 35. Oferta va akseptni tayyorlash, rasmiylashtirish, amalga oshirish bilan bog‘liq umumiy talablar va ayrim masalalar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 36. Axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilgan shartnoma yozma shaklda tuzilgan va taraflar tomonidan imzolangan, shu jumladan taraflarning muhrlari bilan tasdiqlangan shartnomaga tenglashtiriladi. 37. Shartnomada quyidagi majburiy shartlar bo‘lishi kerak: shartnoma predmeti; taraflarning asosiy huquqlari va majburiyatlari; tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) narxi va tavsifi hamda taraflar o‘rtasida hisob-kitob qilish tartibi; kafolat muddati, agar bu aniq bir tovar uchun belgilangan bo‘lsa; yetkazib berish joyi va shartlari (yetkazib berish xizmatlari mavjud bo‘lganda); taraflarning javobgarligi; majburiyatlarni bajarish tartibi va muddatlari; shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish imkoniyati va tartibi; bitimni rad etish shartlari; tovar va pul mablag‘larini qaytarish shartlari va tartibi; shartnoma tuzilgan til to‘g‘risidagi ma’lumot; elektron hujjatga va elektron xabarga havola qilish vositasida shartnomaga kiritiladigan shartlar va tegishli havoladan foydalanish tartibi (ular mavjud bo‘lganda); shartnomaning amal qilishini to‘xtatish shartlari; nizolarni hal etish tartibi; taraflarning joylashgan joyi (pochta manzili), elektron manzili va bank rekvizitlari; taraflar tomonidan kelishilgan boshqa shartlar. 38. Shartnoma unga hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yo‘li bilan kiritiladigan alohida shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, bu muddat o‘tganidan keyin esa mazkur elektron hujjatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda saqlanishini ta’minlashi shart. 39. Shartnomaga kiritiladigan o‘zgartirishlar shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan elektron hujjat va (yoki) elektron xabar sifatida rasmiylashtiriladi. 40. Elektron hujjat va elektron xabar qog‘ozdagi o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatga tenglashtiriladi. 41. Elektron hujjat va elektron xabarning mazmuni uchun, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron tijorat ishtirokchisi javob beradi. 42. Sotuvchi yoki axborot vositachisi elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda saqlashi shart. 43. Elektron hujjat va elektron xabar: bevosita elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan; elektron tijorat ishtirokchisi nomidan ish ko‘rish vakolatlari berilgan shaxslar, shu jumladan axborot vositachisi tomonidan; elektron tijorat ishtirokchisining axborot tizimi yoki uning nomidan — avtomatik rejimda ishlaydigan tizim tomonidan yuborilishi mumkin. 44. Elektron hujjat va elektron xabarni oluvchi ularning jo‘natuvchiga tegishliligi holatini tasdiqlashni talab qilish huquqiga egadir. 45. Ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish shartnomada ko‘rsatilgan joyda va muddatlarda amalga oshiriladi. 46. Agar shartnoma tovarni yetkazib berish sharti bilan tuzilgan bo‘lsa, sotuvchi tovarni shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda xaridor tomonidan ko‘rsatilgan joyga yetkazib berishi shart. 47. Tovarlarni xaridor tomonidan ko‘rsatilgan joyiga yetkazib berish uchun sotuvchi: O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘zining avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashishlarga litsenziya olmasdan yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida yetkazib berishni mustaqil amalga oshirishi; tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yetkazib berish xizmati xizmatlaridan foydalanish; yetkazib berishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullaridan foydalanishi mumkin. 48. Elektron tijoratda to‘lovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi: naqd pul bilan — nazorat-kassa mashinasidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanish orqali naqd pul mablag‘lari qabul qilingani to‘g‘risida nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassa cheki yoxud boshqa tasdiqlovchi hujjatni majburan taqdim etish, shuningdek, belgilangan tartibda inkassatsiya qoidalariga rioya etgan holda, olingan pullarni xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirishni ta’minlash; elektron to‘lov vositalari bilan — to‘lovlarni qabul qilish uchun hisob terminali yoki virtual terminal (E-POS) orqali shaxsiy va korporativ bank kartalaridan foydalanish orqali chakana to‘lov tizimida sotuvchi to‘lov tashkiloti orqali xaridorga fiskal belgili elektron to‘lov cheki (bundan keyin elektron chek) albatta taqdim etgan holda; pul mablag‘larini bank hisob raqamlaridan o‘tkazish yo‘li bilan — pul mablag‘larini bank hisob raqamlaridan (shu jumladan karta hisob raqamlaridan) shaxsiy kabinet (masofaviy bank hisob raqamlaridan xizmat ko‘rsatish tizimi) yoki chakana to‘lov tizimi orqali o‘tkazgan holda. 481. Elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirayotganda xaridorga elektron chekini xaridor ko‘rsatgan abonent raqamiga yoki elektron pochta manziliga taqdim etishni ta’minlash zarur. Elektron chek nazorat kassa texnikasidan chiqarilgan qog‘oz ko‘rinishidagi chekka tenglashtiriladi. 482. Etkazib berish xizmatlariga sotuvchining nomidan tovarlar uchun to‘lovlarni qabul qilish huquqi shartnomaga asosan xaridor tovarni sotib olganligini tasdiqlovchi kassa cheki yoki boshqa hujjatni taqdim etgan holda beriladi. 483. Tovarlar milliy pochta aloqasi operatori orqali yetkazib berilgan taqdirda tovarning to‘lovi pochta pul o‘tkazmalari ustama to‘lov orqali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu to‘lov usulida tovarni jo‘natish ustama to‘lovli pochta jo‘natmalari orqali amalga oshirilishi kerak. Pochta jo‘natmalari orqali yetkaziladigan va ustama to‘lov qo‘llanilgan tovar xaridor tomonidan ustama to‘lov to‘liq to‘lanib, kvitansiya taqdim etilgandan so‘ng beriladi. Ustama to‘lov summalarini sotuvchi manziliga jo‘natish milliy pochta aloqasi operatori tomonidan pul mablag‘larini pochta orqali o‘tkazishning Pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 49. Tovarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tovarni, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda sotuvchini xabardor qilib o‘zi bilan tuzilgan shartnomani bajarishni rad etish huquqiga egadir. 50. Xaridor shartnomada nazarda tutilgan hollarda shartnoma shartlarini bajarishni rad etishi mumkin emas. 51. Elektron tijoratda tovarni qaytarish “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Fuqarolik kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. 52. Pul mablag‘larini qaytarish zarur bo‘lgan hollarda sotuvchi tovar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganligi uchun to‘lov qanday usulda amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha usulda tovarning (ishlar, xizmatlarning) haqi to‘langanligini tasdiqlaydigan taqdim etilgan va chekka tenglashtirilgan hujjat asosida xaridorga qaytarishi shart. 53. Pul mablag‘larini qaytarish shartnomada ko‘rsatilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. 54. Tovarni va pul mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq hujjatlar elektron hujjat yoki elektron xabar tarzida rasmiylashtirilishi mumkin. 55. Tovarni qaytarish bilan bog‘liq transport xarajatlarini qoplash shartnomada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. 56. Tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) elektron tijorat shaklidagi eksporti bojxona qonunchiligining barcha talablariga majburiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. 57. Elektron tijorat sotuvchisi elektron raqamli imzolardan foydalangan holda elektron hujjat tarzida shartnoma — eksport kontrakti tuzishi mumkin. 58. Shartnoma-eksport kontrakti bo‘yicha axborotni Tashki savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish, shuningdek ularni bajarish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi. 59. Elektron tijoratni amalga oshirish bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 60. Elektron tijorat subyektlari ushbu Qoidalar qoidalariga rioya etilmaganligi, shuningdek o‘z majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma doirasida bajarmaganligi uchun javob beradilar. 61. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni aniqlash uchun, shuningdek soliq majburiyatlarini hisoblab chiqish uchun asos hisoblangan hisobga olinadigan hujjatlarni tuzish soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 1. Shartnomaga ilova sifatida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) jismoniy shaxslarga, shuningdek chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga elektron tijorat shaklida ulgurji va mayda turkumlar bilan sotishda xaridor (buyurtmachi) joylashgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organining turg‘un savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi talab qilinmaydi. 2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turg‘un savdo shoxobchalaridan tashqarida va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan (№306) yuridik shaxslar tomonidan chakana va ulgurji sotishga, shuningdek yakka tadbirkorlar tomonidan elektron tijorat shaklida tovarlarni chakana sotishga yo‘l qo‘yiladi. 3. Elektron tijorat shaklida non va non-bulka mahsulotlarini sotishda maxsus inventar (sanchqilar, pichoqlar, bo‘lish taxtalari, stellajlar va javonlarni non ushoqlaridan tozalash uchun cho‘tkalar va shu kabilar) talab etilmaydi. 4. Elektron tijorat shaklida tovarlarni sotishda ish joylaridan tashqarida tarozilardan va boshqa o‘lchov asboblaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. 5. Kartoshka va meva-sabzavot tovarlarini elektron tijorat shaklida sotishda ularni taxta tokchalarga, etajerka va javonlarga va peshtaxtalarga, shu jumladan sovutgichlarga, lotoklarga, kassetalarga, savatlarga, qutilarga, shuningdek boshqa jihozlangan inventarga qo‘yish talab etilmaydi. 1. Ushbu Nizom “Elektron tijorat to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq shartnomalar tuzishda elektron raqamli imzolarni qo‘llash va elektron hujjatlarni va elektron tijoratda qo‘llaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni saqlash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: aksept — oferta yo‘llangan shaxsning uning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi javobi; elektron raqamli imzolarning yopiq kaliti (ERI yopiq kaliti) — faqat imzolovchi shaxsga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzolarni yaratish uchun mo‘ljallangan elektron raqamli imzolar vositalaridan foydalanilgan holda olingan ramzlarning izchilligi; axborot tizimi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, qayta ishlash va undan foydalanish imkonini beradigan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan jami; axborot vositachisi — elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; elektron raqamli imzolarning ochiq kaliti (ERI ochiq kaliti) — elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos bo‘lgan axborot tizimidan istalgan foydalanuvchi kira oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzolarning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan elektron raqamli imzolar vositalaridan foydalangan holda olingan ramzlarning izchilligi; oferta — bir shaxsga, bir nechta aniq shaxslarga yoki shaxslarning nomuayyan doirasiga yo‘naltirilgan, undan taklif bildirayotgan shaxsning (oferentning taklifda ko‘rsatilgan shartlarda kim javob bersa u bilan shartnoma tuzishga bo‘lgan irodasi bilinadigan shartnomaning barcha shartlari mavjud bo‘lgan taklif; elektron raqamli imzolar kalitining sertifikati (ERI kalitining sertifikati) — ERI ochiq kalitining Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi tomonidan ERI yopiq kaliti egasiga berilgan ERI yopiq kalitiga muvofiqligini tasdiqlaydigan elektron hujjat; noyob identifikator — obyektning bir xilligini ta’minlaydigan va uni boshqa obyektlardan farqlash imkonini beradigan belgi; elektron tijorat ishtirokchisi — elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; elektron tijorat — axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi; elektron raqamli imzo (ERI) — ERI yopiq kalitidan foydalangan holda muayyan elektron hujjatdagi axborotni maxsus qayta o‘zgartirish natijasida olingan va ERI yopiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda buzish yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kaliti egasini identifikatsiyalash imkonini beradigan elektron hujjatdagi imzo; elektron xabar — elektron hujjat hisoblanmaydigan, elektron vositalar yordamida jo‘natilgan, olingan va saqlanadigan elektron shakldagi axborot; elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot. 3. ERIlar elektron tijoratda shartnomalarni tuzishda: yuridik ahamiyatli elektron hujjatlar aylanishini ta’minlash hamda o‘zgartirishlarni aniqlash va elektron tijorat shartnomasi (keyingi o‘rinlarda shartnomalar deb ataladi) tuzish doirasida huquqiy munosabatlarni to‘xtatishni; axborot xavfsizligining zarur talablarini ta’minlash, shu jumladan, imzolangandan keyin axborotning yaxlitligi va o‘zgarmasligini tasdiqlash uchun; elektron hujjatni imzolagan ERI egasining shaxsini identifikatsiyalashni ta’minlash maqsadida qo‘llanilishi kerak. 4. Shartnomani tuzishda ERIlar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazishning bir yoki bir nechta markazlari tomonidan berilgan ERI kalitlari qo‘llanilishi mumkin. 5. Elektron hujjatlarning yaxlitligini tekshirish jarayoni ERI kaliti sertifikatining amal qilishini va elektron hujjatdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 6. ERI kaliti sertifikatining amal qilishini tekshirish sotuvchi yoki axborot vositachisi tomonidan beriladigan ERIlar vositalaridan foydalangan holda elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. 7. ERI kaliti sertifikatining amal qilishini tekshirish bekor qilingan sertifikatlar ro‘yxatini tekshirish yoki so‘rovni shakllantirish va ERI kaliti sertifikatini bergan ERIlar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markaziga jo‘natish yordamida amalga oshiriladi. 8. Elektron hujjatlardagi ERIning haqiqiyligini tekshirish axborot tizimi bilan yoxud ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markaziga murojaat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 9. Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganligi tasdiqlanishidan oldin elektron tijorat ishtirokchilari shartnomani tuzishda shartnoma tuzish doirasida foydalaniladigan elektron hujjatlarning yaxlitligini tekshiradilar. 10. ERI shakllantirishda ERI kaliti sertifikatining amal qilishini tekshirish ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazida: ERI kalitining amal qilish muddatini va elektron hujjatni imzolangan yopiq kalit egasining ERI kaliti sertifikati maqomini; elektron hujjatni imzolangan yopiq kalit egasining ochiq kaliti sertifikatining amal qilish muddatini; ERI kaliti sertifikati maqomini (amal qiladi, amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan ERI shakllantirish paytida bekor qilingan); ERI amal qilish muddatini va tekshirilayotgan sertifikatni chiqargan ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi vakolatli shaxsining ERI kaliti sertifikati maqomini tekshirishni o‘z ichiga olishi kerak. 11. Elektron hujjat yaxlitligini tekshirish jarayonining ijobiy natijasi elektron hujjatda axborotni (shartnoma tuzish doirasida foydalaniladigan) buzish yo‘qligini tasdiqlaydi. 12. ERIni yaratish va tekshirish tartib-taomili shartnoma majburiyatlarining haqiqiyligi va amalda ekanligining, shuningdek ularni har tomonlama o‘zgartirish yoki bekor qilishdan himoya qilishning kafolati hisoblanadi. 13. Elektron ma’lumotlar bazalarida: elektron hujjatlarni yaratish, ularning harakati va ularni yo‘q qilish; ofertalarni va ularning qabul qilinishi holatlarini e’lon qilish (aksept); elektron xabarlarni yuborish va olish; elektron tijoratda shartnomalar tuzish bilan bog‘liq barcha elektron hujjatlar, elektron xabarlar va operatsiyalar saqlanishi kerak. 14. Barcha ma’lumotlar: tuzilgan shartnomaning taraflarini identifikatsiyalash va shartnomalarni amalga oshirishning barcha shartlarini aniqlash; operatsiyalar, shartnomalarni amalga oshirishning aniq sanasi va vaqtini hamda shartnoma va oferta shartlarini o‘zgartirishni aniqlash imkonini beradigan tarzda saqlanishi kerak. 15. Sotuvchi yoki axborot vositachisining axborot tizimlari doirasida har bir elektron shartnoma va ofertaga uning bir xilligini ta’minlaydigan va boshqa obyektlardan farqlash imkonini beradigan noyob identifikator berilishi kerak. 16. Elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash muddati shunga o‘xshash o‘zgartirishning qog‘oz manbadagi hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak. 17. Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha saqlanadigan ma’lumotlar shartnomaga va oferta shartlariga munosabatni aniq belgilash imkonini berishi kerak. 18. Elektron hujjatlar va elektron xabarlarni yaratish, hisobga olish, saqlash va ularning arxivlaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq elektron hujjatlarni saqlaydigan tashkilot tomonidan belgilanadi. 19. Elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni va elektron tijoratda tuziladigan shartnomalar bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni saqlash O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi kerak. 20. Elektron tijorat ishtirokchilari va axborot vositachilari, agar qonun hujjatlarida o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, ushbu Nizomga muvofiq elektron tijoratni amalga oshirish davomida shakllantiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash tartibiga rioya etishlari shart. 21. Agar tuzilgan shartnomada hamma foydalanadigan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga xavola qilish yo‘li bilan unga kiritilgan alohida shartlar mavjud bo‘lsa, elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida unga erkin kirish imkoniyatini, bunday muddat tamom bo‘lgach esa — ushbu elektron hujjatni ushbu Nizomga muvofiq saqlashni ta’minlashi shart. 22. Sotuvchi axborot vositachisi bilan axborot vositachisiga elektron tijoratni amalga oshirish davomida shakllantiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash huquqini beradigan ikki tomonlama shartnoma tuzish huquqiga ega. 23. Sotuvchi va (yoki) axborot vositachisi: elektron tijoratdagi elektron hujjatlar va xabarlar saqlanishini; qonun hujjatlarida yoki shartnoma shartlarida belgilangan muddat mobaynida shartnoma ishtirokchilari va vakolatli shaxslarning elektron hujjatlar va elektron xabarlardan foydalanishini; qonun hujjatlari talablariga muvofiq ham xaridorlar, ham boshqa jismoniy shaxslarning elektron tijorat shartnomalarini tuzish davomida ularga ma’lum bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlari saqlanishini; o‘z axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, elektron hujjatlar, xabarlarni saqlash vositalari va muhiti himoya qilinishini ta’minlashi shart. 24. Elektron tijorat ishtirokchilari, shuningdek axborot vositachilari: saqlanayotgan ma’lumotlarning mazmunini o‘zgartirish; ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas, qonun hujjatlarida yoki tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 25. Shartnomalarni tuzishda ERIni qo‘llash, elektron hujjatlarni va elektron tijoratda qo‘llaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni saqlash bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 26. Elektron tijorat ishtirokchilari va axborot vositachisi ushbu nizom talablariga rioya etilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
109
37,913
Qonunchilik
ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekistonning ilmiy va texnologik salohiyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi islohotlarning strategik vazifalari va ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq holda mamlakat ilmiy-texnikaviy taraqqiyotini ta’minlash, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar saviyasi, sifati va samaradorligini oshirish, ulardan amaliyotda keng foydalanish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashi tuzilsin. Muvofiqlashtirish kengashi respublikada ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasidagi muvofiqlashtiruvchi yuqori organ ekanligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan boshqarilishi belgilab qo‘yilsin. 2. Muvofiqlashtirish kengashi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Muvofiqlashtirish kengashi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin: fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalarning ustuvor yo‘nalishlarini iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar rivojlanishining strategiyasi, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolli tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda belgilash; mamlakat manfaatlari va davlatimizning iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqiyot sohasidagi ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda yirik ilmiy-tadqiqot dasturlari va texnologik loyihalar bo‘yicha ekspertizalar tashkil etish va ekspertiza xulosalarini tasdiqlash; mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat ustuvor yo‘nalishlariga mos keluvchi yirik ilmiy dasturlar va texnologik loyihalarni tasdiqlash; ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar bo‘yicha yillik Davlat dasturini tasdiqlash; yangi innovatsiyaviy ilg‘or g‘oyalarni ilgari suruvchi, jahon ilm-fanidagi yangi, istiqbolli yo‘nalishlarni muntazam kuzatib boruvchi hamda mamlakat manfaatlari yo‘lida qo‘llay olishga qodir iqtidorli yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish. 4. Muvofiqlashtirish kengashi qoshida uning ijroiya organi sifatida Fan va texnologiyalar markazi tashkil etilsin. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan takliflar ishlab chiqish va ularni Muvofiqlashtirish kengashiga taqdim etish; Muvofiqlashtirish kengashi tomonidan belgilangan ilm-fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari doirasida yillik ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar dasturi loyihasini ishlab chiqish; ilm-fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish huquqiga ega bo‘lish uchun tanlovlar uyushtirish va o‘tkazish; intellektual salohiyatdan hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun ajratiladigan moliyaviy mablag‘lardan maksimal darajada oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida respublika ilmiy muassasalari faoliyatini muntazam tahlil etib borish; ilm-fan rivoji va innovatsiya faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha muntazam ish yuritish va bunda dolzarbligini yo‘qotgan mavzularni tugatish hamda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot taqozo etayotgan yangi tadqiqotlar olib borishga doir takliflar kiritishni nazarda tutish; maqsadli grantlar ajratish, chet davlatlarda stajirovkadan o‘tishni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllaridan foydalangan holda iqtidorli, istiqbolli olimlarning kasbiy malakalarini oshirish uchun shart-sharoit yaratish; ilmiy-texnikaviy ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishni tashkil qilish, iqtisodiyotning muayyan sohasi korxonalari rahbarlarining innovatsiya faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalash va birgalikda moliyalashdan manfaatdorligini oshiruvchi rag‘batlantirish usullarini yaratish; ilm-fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar va innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, homiylar mablag‘larini va grantlarni jalb etish. 5. Muvofiqlashtirish kengashi qoshida Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish kengashi tashkil etilsin va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin: yirik ilmiy va investitsiya loyihalarining xolis, mustaqil ekspertizasini uyushtirish, texnik jihatdan ta’minlash va o‘tkazish; yuqori malakali olimlar va mutaxassislar orasidan mustaqil ekspertlar xususidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va uni muntazam ravishda yangilab borish; amalga oshirilayotgan yirik ilmiy tadqiqotlar va investitsiya loyihalari bo‘yicha joriy va yakuniy hisobotlar monitoringini olib borish; Muvofiqlashtirish kengashiga olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning va ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi, ularning samaradorligi va sifatini yanada oshirishga doir takliflar kiritish. 6. Investitsiya loyihalarini moliyalash maqsadida Muvofiqlashtirish kengashi qoshida Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash jamg‘armasi tashkil etilsin. Quyidagilar Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilansin: ustuvor innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablag‘lar; xorijiy va mamlakatimizdagi homiylar badallari; xalqaro grantlar; korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari, idoralar, korxonalarning maqsadli innovatsiya loyihalari uchun mo‘ljallangan mablag‘lari; moliya institutlari, jumladan xorijiy institutlarning imtiyozli maqsadli kreditlari. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash vazifasi Muvofiqlashtirish kengashi zimmasiga, Jamg‘arma hisob raqamlari bo‘yicha tezkor xizmat ko‘rsatish esa Fan va texnologiyalar markaziga yuklatilsin. 7. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin: Muvofiqlashtirish kengashi va Markaz O‘zbekiston Respublikasidagi faqat ustuvor, strategik ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar va ishlanmalarning muvofiqlashtirilishi va mablag‘ bilan ta’minlanishini amalga oshiradi, idoraviy va sohaga oid ilm-fanni boshqarish bilan bog‘liq masalalar esa tegishli davlat va xo‘jalik hisobidagi tuzilmalar ixtiyoriga beriladi; 2002-yildan boshlab ilmiy muassasalarga budjet mablag‘larini ilmiy jamoaning Markaz yoxud tegishli budjet tuzilmasi bilan muayyan ilmiy buyurtmani bajarish uchun e’lon qilingan tanlov natijalariga ko‘ra grant shartnomasi asosida berish tartibi joriy etiladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi Alisher Navoiy nomidagi davlat kutubxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy-texnika axboroti fondi qoshidagi Respublika ilmiy-texnika kutubxonasini birlashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunuvchi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonani tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ixtiyoriga berilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi tugatilsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 18-fevraldagi PF-345-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida mazkur Farmonni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilsin.
72
7,503
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasi yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasini tinglab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning ma’ruzasida bayon etilgan O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalarining mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish yo‘lidan bosqichma-bosqich ilgarilab borishda hal qiluvchi omil sifatida o‘z vaqtida bildirilgan va muhim masalalar ekani ta’kidlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi har ikkala palatasi Kengashlariga Ma’ruzaning asosiy mazmunini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining yalpi majlislarida muhokama etishga tayyorlashni topshirishni maqsadga muvofiq deb topilsin.
198
950
Qonunchilik
Tekshiruvdan (qiyoslashdan) o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-sonli “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Tekshiruvdan (qiyoslashdan) o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
118
535
Qonunchilik
Jarimalar: import va eksport qiluvchilar uchun nimalar oʻzgaradi
2020 yil 16 avgustdan kuchga kiradigan tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishini nazorat qilishning yangi tartibini koʻrib chiqamiz. Hukumat may oyida Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi. U e’lon qilinganidan soʻng 3 oy oʻtgach, ya’ni 16 avgustdan kuchga kiradi. Mazkur hujjat – 2003 yilda qabul qilingan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri. Ikkala versiya – amaldagisi va yangisini solishtirib, umuman monitoring olib borish meхanizmi qanday oʻzgarishini tavsiflab berdik. Ushbu materialda jarima sanksiyalari haqida soʻz yuritamiz, u ham tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlari uchun juda muhim. Masalaning bir nechta jihati: muddatlar va ularni hisoblab chiqarish tartibi, jarima solish tizimi va ularni undirib olish meхanizmini yoritamiz. Barchasini birma-bir koʻrib chiqamiz. Muddatlar – mavhum jihatlari Jarimalar operatsiyaning хususiyatiga qarab muayyan talablar bajarilishi kerak boʻlgan belgilangan muddatlarni buzganlik uchun undiriladi (quyidagi jadvalga qarang). Operatsiyaning turi Belgilangan muddat davomida bajarilishi lozim boʻlgan talab Hisoblab chiqarish tartibi Belgilangan muddatlar Amaldagi tahriri (16.08.2020 yilgacha) Yangi tahriri (16.08.2020 yildan) Import Tovarlarni respublikaga olib kirish va «erkin muomalaga chiqarish (import)» bojхona rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish yoki хizmatlarni koʻrsatish yoхud ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish Import kontraktlari boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab Eksport Tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish Tovarlarga nisbatan – «eksport» bojхona rejimi boʻyicha boʻyicha BYuD rasmiylashtirilgan sanadan boshlab. Xizmatlarga (ishlarga) nisbatan – bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab. Umumiy muddat – 180 kun. Bir qarashda, hammasi tushunarlidek. Ayrim toifadagi sub’yektlar uchun imtiyozlar bekor qilinadi: elektroteхnika tarmogʻidagi import qiluvchilar qolganlar bilan tenglashtirilgan, barcha eksport qiluvchilar uchun esa umumiy, 180 kunga uzaytirilgan muddat belgilangan, bu ham ayrim TIF ishtirokchilarining istisnoli holatini yoʻqqa chiqaradi.  Biroq hammasi ham koʻringanidek oddiy emas. Gap shundaki, amaldagi Nizomda aks ettirilgan umumbelgilangan va istisnoli muddatlar yuridik kuchi boʻyicha yuqori turuvchi hujjatlarda nazarda tutilgan: Nizomning amaldagi tahririda ushbu normalar bir-biriga toʻla muvofiq boʻlsa, yangisida bir-biriga zid keladi. Qonunga koʻra, NHH oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda, yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjat qoʻllaniladi. Binobarin, Prezidentning tilga olingan qarorlari normalari yangi tahrirdagi Nizomga mos kelishi uchun ularni 16 avgustgacha qayta koʻrib chiqish zarur. Aks holda ayrim hollarda Hukumat tomonidan belgilanganiga zid keluvchi oqibatlar yuzaga kelishi mumkin (quyidagi jadvalga qarang).  Sub’yekt Belgilangan muddat Oqibatlari Import operatsiyalari Elektroteхnika sanoati tashkilotlari  30.05.2019 yildagi PQ-4348-son qarorga muvofiq – 270 kun Yangi tahrirdagi Nizomga muvofiq – 180 kun 30.05.2019 yildagi PQ-4348-son qaror qoʻllaniladi. Istisnoli holati saqlanib qoladi Eksport operatsiyalari Elektroteхnika sanoati tashkilotlari  30.05.2019 yildagi PQ-4348-son qarorga muvofiq – 180 kun Yangi tahrirdagi Nizomga muvofiq – 180 kun Muddatlar aynan bir хil. Hech nima oʻzgarmaydi Chet eldagi tashkilotlarga (savdo uylari, savdo vakolatхonalari, shu’ba korхonalari, firma doʻkonlari, dilerlik tarmoqlari va konsignatsiya omborlariga) eksport qiluvchi muassislar – Oʻzbekiston rezidentlari 3.11.2017 yildagi PQ-3351-son qarorga muvofiq – belgilanmagan (faqat umumbelgilangan 120 kunlik muddatdan istisno sifatida belgilangan) Yangi tahrirdagi Nizomga muvofiq – 180 kun Hech nima oʻzgarmaydi SSPning savdo-investitsiya uylariga eksport qiluvchi Palata a’zolari Qolgan eksport qiluvchilar 3.11.2017 yildagi PQ-3351-son qarorga muvofiq – 120 kun Yangi tahrirdagi Nizomga muvofiq – 180 kun 3.11.2017 yildagi PQ-3351-son qaror qoʻllaniladi. TIF sub’yektlarining koʻp sonli guruhi zarar koʻradigan holatga tushib qoladi  TIF sub’yektlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yana bir savol mavjud. Amal qilish muddati yangi Nizom kuchga kirguncha va kuchga kirganidan keyingi davrlarga toʻgʻri keladigan joriy kontraktlarga nisbatan qanday muddatlar qoʻllaniladi? «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq, NHH orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Shu sababli hammasi tashqi iqtisodiy kontrakt qachon tuzilganiga bogʻliq. 16 avgustgacha tuzilgan boʻlsa – amaldagi tahrirdagi, 16 avgustdan boshlab esa yangi tahrirdagi Nizomda koʻrsatilgan muddatlar qoʻllaniladi. Jarimalar: oʻsha tizim va «bonuslar» Ilgari jarima solish tizimini oʻzgartirish rejalashtirilganiga qaramay, u amaldagi koʻrinishda saqlanib qoladi. Xuddi hozirgidek, tovarlarni olib kirish va rasmiylashtirish, ishlarni bajarish yoki хizmatlar koʻrsatish (import) yoхud valyuta tushumi tushishi (eksport) boʻyicha talablar belgilangan muddatlar tamom boʻlgandan keyin 30 bank kunidan (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun – 60 bank kunidan) ortiq muddat mobaynida bajarilmasa, jarima undiriladi. Jarima summasi toʻlash muddati kechiktirilgan vaqtga qarab ortib boradi: 180 kungacha kechikkanda – 10%; 180 kundan 365 kungacha kechikkanda – qoʻshimcha 20%; 365 kundan ortiq kechikkanda – qoʻshimcha 70%.  Biroq yangi tahrirdagi Nizomda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarima qoʻllanilmaydigan holatlarning keng roʻyхati qayd etilgan: a) jarima qoʻllash haqidagi arizada koʻrsatilgan kontraktlar boʻyicha toʻliq yoki qisman repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga nisbatan («Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunning 11-moddasiga qarang); b) asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni yetkazib berish boʻyicha import kontraktlari shartlarida ularni yetkazib berish muddati ularning teхnik хususiyatlari va oʻziga хosligidan kelib chiqqan holda 180 kalendar kundan ortiq belgilangan boʻlsa; v) chet eldagi korхona nomiga olib chiqilgan tovarlarga quyidagilar toʻgʻrisida tasdiqnoma taqdim etilganda: Ayni bir qarzdorlik predmeti va tovarlarning (ishlar, хizmatlarning) amaldagi eksport va import hajmi boʻyicha takroriy jarimalarni undirishga doir amaldagi cheklov saqlanib qoladi. Buning ustiga, jarima solinadiganlar yangi opsiyadan foydalanishlari mumkin – ularga toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoni beriladi. Jarima summasi yuridik shaхs- rezidentning oхirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20%idan ortiq boʻlsa, undan foydalanish mumkin boʻladi. Boʻlib-boʻlib toʻlash davri – jarimani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy. Meхanizm yanada shaffof tus oldi Amaldagi Nizomda faqat jarimalarni undirish jarayonida bojхona va soliq organlarining idoralararo hamkorlik qilish tartibi bayon etilgan. Mohiyatan olganda, hammasi parda ortida sodir boʻladi, TIF sub’yektlari jarayonga jalb etilmaydi va voqealarga ta’sir oʻtkaza olmaydi. Yangi tahrirda ushbu nuqson bartaraf etilgan, yangi meхanizm shaffof tusga ega. Xususan, soliqchilar qonunbuzar eksport qiluvchi va import qiluvchilarga yozma yoki elektron shaklda jarima qoʻllash toʻgʻrisida talabnoma yuboradilar. Unda quyidagilar albatta aks ettiriladi: Talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim, soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti mavjud boʻlgan taqdirda, u orqali yuborilishi mumkin. Buyurtma хat joʻnatilgan kundan e’tiboran 5 kun oʻtganidan soʻng topshirilgan, shaхsiy kabinet orqali yuborilganda esa keyingi ish kuni qabul qilib olingan deb hisoblanadi. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt davlat soliq хizmati organiga talabnoma olingan kundan e’tiboran 10 kun muddatda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklarning bartaraf etilganligi yoki jarima summasi iхtiyoriy ravishda toʻlab berilganligi haqidagi ma’lumot(lar)ni yozma yoki elektron shaklda tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart. Talabnomada jarima summasi uni joʻnatish sanasidagi MB valyuta kursi boʻyicha soʻmda hisoblanadi. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt kontrakt boʻyicha qarzdorliklarni iхtiyoriy ravishda toʻlab bermagan yoхud toʻlashni rad etgan taqdirda, soliq organi sudga murojaat qiladi. Xorijiy valyuta kursi oʻzgargan taqdirda, talabnomada koʻrsatilgan summa qayta hisob-kitob qilinmaydi. Ilgari yozganimizdek, belgilangan talablarni bajargan TIF ishtirokchilariga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanilmaydi, undirilgan jarimalar esa ularga qaytarib berilishi shart. Ularni qaytarib olish uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ariza beradi, summa esa quyidagi organlar tomonidan uning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi:    Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng qoʻllanilgan jarima summasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektning shaхsiy varaqasida hisobga olinadi. U soliq qarzi sifatida e’tirof etilib, majburiy undiruv choralari koʻriladi (SK 15-bobiga qarang). Oleg Zamanov.
64
9,264
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-939-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-939-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
173
643
Qonunchilik
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LAShNING TAKOMILLAShTIRILGAN TIZIMINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-son Farmoniga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 1, 2 baravar oshirilganligini hisobga olgan holda 1 — 3-ilovalarga muvofiq 2008-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin. 2. Quyidagilar: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Direktor jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, Direktor jamg‘armasi mablag‘lari: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan va o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qo‘shayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo‘la mukofotlar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, ikki hafta muddatda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi huzuridagi alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiya to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda: maxsus komissiyaning huquqlari va mas’uliyati, uning majlislarini o‘tkazish va qarorlar qabul qilish tartibi; o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari mehnat faoliyatining reyting ko‘rsatkichlari asosida ularning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalarning aniq miqdorlarini belgilash tartibi; Direktor jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish tartibini va buning uchun mansabdor shaxslarning mas’uliyati; maxsus komissiyalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq boshqa masalalar belgilansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir oy muddatda: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni qayta ko‘rib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. Ularda: pedagog xodimlar kasb malakasini, bilim darajasini va pedagogik mahoratini baholashning ular malakasi xolisona baholanishini ta’minlovchi mezonlarini takomillashtirish, shuningdek pedagogning yoki ishlab chiqarish ta’limi ustasining malaka darajasi yomonlashgan taqdirda belgilangan lavozimni yoki toifani pasaytirish; pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra lavozimni yoki malaka toifasini oshirish (pasaytirish); o‘qituvchilar lavozimiga faqat oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar qabul qilinadigan tartibni belgilash; lavozimga tayinlash yoki malaka toifasi berish uchun zarur bo‘lgan eng kam staj muddatlarini belgilash nazarda tutilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi: 2008-yil 1-sentabrgacha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish yuzasidan, ayniqsa joylarda zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini amalga oshirsin; har bir yil yakunlariga ko‘ra, ochiqlik va oshkoralik shartlarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini tayyorlash darajasi, ularni ishga joylashtirish yoki ularning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi bo‘yicha reyting baholanishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2008-2009-yillar mobaynida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining barcha pedagog xodimlarini, ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazsin hamda uning natijalariga ko‘ra xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilasin. Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2008-yil yakunlari bo‘yicha majlisida axborot berilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan qat’iy monitoring o‘rnatsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi monitoring asosida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarning o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishi to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot bersin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin va ba’zilari 2008-yil 1-sentabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va rahbarlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlarini belgilaydi. Ushbu Nizomning amal qilishi: budjet tashkilotlari uchun qo‘llaniladigan Yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq Yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xodimlarining ish haqi bazaviy tarif stavkasini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. 3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarining lavozim maoshlari: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilanadigan bazaviy tarif stavkalari; xodimlarga qonunchilikda belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida shakllantiriladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari: xodimning lavozimiga; xodimning malaka toifasiga; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining tipiga bog‘liq ravishda tabaqalashtiriladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan o‘quvchilar kontingentiga bog‘liq ravishda muassasalar guruhlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi: 4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog xodimlarining kasb mahorati o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadigan talablarga, shuningdek Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari lavozimlarining malaka tavsiflariga muvofiq xodimlarning lavozimlari va malaka toifalari belgilanadi. Pedagog kadrlar lavozimlariga tayinlash yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Sport bo‘yicha trener-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash normativlari, ularning ish haqini hisoblash tartibi, sport kollejlari va olimpiya zaxiralari kollejlarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha xizmatchilari lavozimlarining malaka tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq belgilanadi. 5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkasini o‘zgartirish: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshganda; xodim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida boshqa lavozimga o‘tganda; xodimning lavozimi yoki malaka toifasi o‘zgarganda (oshganda yoki pasayganda) amalga oshiriladi. Bazaviy tarif stavkasini o‘zgartirish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish to‘g‘risidagi farmonlari munosabati bilan bazaviy tarif stavkalari o‘zgargan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qo‘shma buyrug‘i chiqariladi. 6. Xodim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining bir muassasasida boshqa lavozimga o‘tgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy tarif stavkasi o‘zgarganda mehnat shartnomasi o‘zgarishi tartibini belgilaydigan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qo‘llaniladi (VI bob, 3-§). 7. Oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi umumta’lim, umumiy kasb va maxsus sikllar pedagogik lavozimlariga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Oliy ta’lim muassasasi bakalavriatining oxirgi kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirishga qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. 9. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan va o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qo‘shayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari mehnatini moddiy taqdirlash va rag‘batlantirish maqsadida ular uchun Direktor jamg‘armasidan to‘lanadigan, tegishli lavozim yoki malaka toifasidagi o‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustasi bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha miqdordagi har oylik ustamalar belgilanadi. 10. Bazaviy tarif stavkasiga qo‘shimcha to‘lovlarning quyidagi turlari belgilanadi: guruh rahbarligi uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35,2 foizi; yozma ishlarni tekshirish uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi; o‘quv va laboratoriya kabineti mudirligi uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi. Ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha to‘lovlar ushbu qo‘shimcha to‘lovlarni moliyalashtirish uchun maxsus ajratiladigan budjet mablag‘laridan amalga oshiriladi. 11. Ushbu Nizom kuchga kirgan vaqtda amalda bo‘lgan noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarga ustama haqlar saqlanib qoladi va ularning miqdori xodimning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. 12. Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash: ketma-ket ikki oydan ortiq bo‘lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan xodimlarning o‘rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to‘lashda; boshqa muassasalardan jalb etiladigan o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarning pedagogik ishi uchun; o‘rnini bosish tartibida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbarlari tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi. 13. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq to‘lash stavkalari miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi. 14. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan asosiy lavozimning bir yilda 360 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l qo‘yiladi. 15. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish shaxsiy yillik ish rejalariga asoslangan. Yillik ish rejasi o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy, ilmiy-metodik, tashkiliy-metodik, tashkiliy-pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti sarfi ko‘rsatilgan holda ularning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchilarning yillik ish rejasi bir yildagi 1540 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda “litsey — universitet” ta’limining uzluksizligini ta’minlashga asoslangan ta’lim muassasalarida shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlari ushbu ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtiradigan oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan belgilanadi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining yillik ish rejasi 40 soatlik ish haftasidan kelib chiqqan holda belgilanadi, u o‘quv yuklamasining nazariy va amaliy komponentlari, ishlab chiqarish ta’limini, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uchun materiallar qismini tayyorlash bo‘yicha taqsimlab chiqiladi. Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ish vaqti normativlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilanadi. 16. Yillik ish rejasi har bir pedagog xodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi ma’muriyati tomonidan tasdiqlanadi. Yillik (semestr) ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi. 17. Shaxsiy yillik ish rejalarini ishlab chiqishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbariyati o‘qituvchining o‘quv yuklamasi soatlari hajmini umumiy belgilangan normativlarga nisbatan kamaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin. Bunda o‘quv yuklamasining belgilangan normativlariga tuzatish kiritish hajmi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan namunaviy rejadagiga nisbatan kamaytirish yoki ko‘paytirish tomonga 30 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 18. Alohida hollarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida xodimning roziligi bilan kasblar (lavozimlar)ni birga qo‘shib olib borishga, shuningdek o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda lavozimlarni birga qo‘shib olib borish bo‘yicha ish vaqtining jami davom etishi ish vaqtining normal davom etish muddatining 50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 19. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining har bir o‘qituvchisi va ishlab chiqarish ta’limi ustasi yillik ish rejasi bajarilishi to‘g‘risida pedagogik kengashda yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining boshqa kollegial organi majlisida har yili kamida bir marta hisobot beradi. 20. Mazkur Nizomning 16 — 19-bandlari talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda “litsey — universitet” ta’limining uzluksizligini ta’minlashga asoslangan ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 1. Mazkur Nizom o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish, professional tayyorgarlikni rag‘batlantirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining mehnatiga haq to‘lashning ularning o‘quv va tarbiya jarayoniga, o‘quvchilarda professional ko‘nikmalar shakllanishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi bilan bevosita o‘zaro aloqadorligini ta’minlash, kasb mahorati va malaka o‘sishini rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Direktor jamg‘armasi” deb yuritiladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. Direktor jamg‘armasi barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladi. Mazkur Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarga ta’lim beradigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari kiradi. 3. Direktor jamg‘armasi mablag‘lari: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining faqat yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan va o‘quv-tarbiya jarayoni sifati oshishiga aniq shaxsiy hissa qo‘shayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashga; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo‘la mukofotlar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatishga (alohida hollarda) yo‘naltiriladi. 4. Rag‘batlantirish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish uchun tuman, shahar, viloyat va respublikaning eng iqtidorli o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ilg‘or tajribasini va faoliyati samaradorligini ommaviy axborot vositalarida yoritish tavsiya etiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan budjet ajratmalari Direktor jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbai hisoblanadi. 6. Direktor jamg‘armasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashkil etiladi (imkoniyatlari cheklangan va jismoniy rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlarda esa — 25 foizdan ortiq emas). Direktor jamg‘armasining mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashga budjet xarajatlari hajmidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Direktor jamg‘armasining mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori respublikaning barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘yicha yagona hisoblanadi. 7. Direktor jamg‘armasining mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti qabul qilingandan keyin, tashkilotlarga ular xarajatlarining belgilangan hajmini ular e’tiboriga yetkazish yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Moliya vazirligining qo‘shma xati bilan barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, vazirliklar (idoralar) va moliya organlariga yetkaziladi. 8. Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ta’minotiga xarajatlarning smetalarini moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining tegishli organi moliya organiga belgilangan tartibda har bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi bo‘yicha ushbu xarajatlarga foiz nisbatida belgilangan miqdordan kelib chiqib hisoblangan Direktor jamg‘armasi mablag‘larini ajratib ko‘rsatgan holda mehnatga haq to‘lash xarajatlari yillik hajmini taqdim etadi. 9. Direktor jamg‘armasi mablag‘lari har bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi ta’minoti xarajatlari smetasida nazarda tutiladi, ular 41 10 000 “Ish haqi” moddasiga kiritiladi, 41 11 210 “Umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning Direktor jamg‘armasi mablag‘lari” budjet tasnifi kodi bo‘yicha xarajatlar smetasiga hisob-kitoblarda alohida satrda ajratib ko‘rsatiladi. 10. Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ustamalar, mukofotlar hamda moddiy yordam xarajatlarini moliyalashtirish belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ish haqi to‘lash uchun mablag‘larni moliyalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 11. Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘lanadigan belgilangan ustamalar, bir yo‘la beriladigan mukofotlar va moddiy yordam summasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining mehnatga haq to‘lash fondiga kiritiladi hamda ulardan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga mablag‘ o‘tkaziladi. Jismoniy shaxslarning Direktor jamg‘armasi hisobiga olingan daromadlariga soliq solish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 12. O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo‘la mukofotlar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorlar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzuridagi o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi. Bunda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yuqori va hududiy boshqaruv organlarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzuridagi o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiyalar faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzuridagi o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiya to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 13. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzuridagi o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiya tarkibi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan, kamida yetti kishidan iborat etib tasdiqlanadi va unga quyidagilar kiradi: direktor — komissiya raisi; direktorning ichki monitoring tashkil etilishi uchun mas’ul bo‘lgan o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — komissiyaning mas’ul kotibi; pedagogik kengash tomonidan tayinlanadigan pedagogik jamoaning kamida ikki nafar vakili; kasaba uyushmasi tashkiloti raisi; vasiylik kengashi vakili; ota-onalar qo‘mitasining vakili. 14. O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo‘la mukofotlar berish va moddiy yordam ko‘rsatish ochiq muhokama qilish sharoitlarida va Direktor jamg‘armasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida maxsus komissiyaning majlislarida qabul qilinadi. Maxsus komissiya majlislari yarim yilda kamida bir marta, istisno hollarda esa zaruriyatga ko‘ra o‘tkaziladi. O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining oldingi o‘quv davridagi (semestr, o‘quv yili) ishini baholash yakunlari bo‘yicha hamda ayrim o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ish sifatidagi aniqlangan o‘zgarishlar asosida belgilangan ustamalar miqdorlari maxsus komissiyaning qarori bilan qayta ko‘rib chiqilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilangan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari soni bir vaqtning o‘zida ular umumiy sonining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 15. O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga bazaviy tarif stavkasining 40 foizi miqdoridagi har oylik ustamalar: kasb mahorati va o‘quv jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shganligi, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari hisobga olingan holda chuqurlashtirilgan ixtisosli tabaqalashtirilgan o‘qitishdagi yuksak samaradorlik va sifat uchun, o‘quvchilarning bilimlarini reyting baholash natijalari bo‘yicha aniqlanadigan tegishli guruhlar va o‘quv fanlari uchun O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari bilan belgilangan bilimlar va ko‘nikmalarning zarur hajmi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab, tarbiyaviy jarayonning, auditoriyadan tashqari ishlarning sifati va uni amalga oshirish samaradorligiga bog‘liq ravishda ular tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ish hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va yuksak axloqiylik ruhida tarbiyalashga shaxsan qo‘shgan aniq hissasi uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilariga; o‘quvchilarning professional mayllari, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirganlik uchun, tegishli guruhlar uchun O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari bilan belgilangan professional bilim va ko‘nikmalarning to‘liq hajmi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasiga qarab, ular tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ish hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va yuksak axloqiylik ruhida tarbiyalashga shaxsan qo‘shgan aniq hissasi uchun kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalariga belgilanadi. 16. Direktor jamg‘armasi mablag‘laridan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga ustamalar miqdori o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga, ularning professional malaka va ko‘nikmalarni egallash darajasiga, ularning ta’lim standartlariga muvofiqligiga, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayoni tashkil etilishi sifatiga bog‘liq bo‘lgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari faoliyatining reyting ko‘rsatkichlari asosida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzuridagi o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus komissiya to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi. 17. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbar xodimlariga, shuningdek o‘z faoliyatini soatbay haq to‘lash asosida amalga oshirayotgan o‘qituvchilarga va ishlab chiqarish ustalariga mazkur har oylik ustamalar belgilanmaydi. 18. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ustalarining bazaviy tarif stavkalariga Direktor jamg‘armasi hisobiga har oylik ustamalar har bir o‘quv yilida oldingi o‘quv yili ish yakunlari bo‘yicha belgilanadi va har bir o‘quv semestri yakunlari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 19. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ayrim o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini mukofotlash ularning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va o‘z faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun ularga bir lavozim maoshigacha miqdorda bir yo‘la mukofot to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mukofotlash o‘quv yurti ish yakunlarini chiqarish natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi. 20. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga ko‘ra yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bo‘yicha favqulodda hollarda ko‘rsatiladi (yaqin qarindoshi vafot etganda, og‘ir jarohat olinganda, og‘ir kasallikka chalinganda, tabiiy ofatdan zarar ko‘rilganda va hokazo). 201. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklangan o‘qituvchiga (xodimga) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oliy ma’lumotli o‘qituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilanadi. 21. Maxsus komissiyaning o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining hamda “Yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklangan o‘qituvchining (xodimning) bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlariga bir yo‘la mukofotlar to‘lash va moddiy yordam berish to‘g‘risidagi qarorlari asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbarining tegishli buyrug‘i chiqariladi. 22. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari Direktor jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini belgilangan tartibda tekshiradi. 23. Ustamalarni belgilash uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning xolisligi, oshkoraligi va to‘g‘riligi hamda ularni belgilash tartibiga rioya qilinishi uchun maxsus komissiyalar rahbarlari javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi muassasalarining qo‘shimcha haq to‘lanadigan xodimlarining lavozimlari ro‘yxati, qo‘shimcha haqning turlari va miqdorlarining 23-bandidagi “o‘rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 29-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 21-avgustdagi 327-son qarorining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 31-oktabrdagi 375-son qarorining oxirgi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
133
31,149
Qonunchilik
Farmatsevtika mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi uchun yangi sanksiyalar joriy etiladi
MJTK va JKga qoʻshimcha javobgarlik choralari kiritildi va ular uch oy oʻtgach kuchga kiradi (21.07.2020 yildagi OʻRQ-629-son Qonunga qarang). Birinchidan, doriхonalar va ularning filiallaridan tashqarida tibbiy buyumlarni realizatsiya qilganlik uchun dori vositalarining doriхonalardan tashqaridagi savdosiga tenglashtirilgan holda jazo chorasi qoʻllaniladi: Ikkinchidan, dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi. Sanksiya turi va miqdori qoidabuzarlik bilan sotilgan dorilar tarkibiga bogʻliq boʻladi: Eslatib oʻtamiz, Retseptsiz sotiladigan dori vositalari roʻyхati mavjud. Ayni paytda unga 192 monopreparat va 1 032 kompleks preparat kiritilgan, roʻyхat har yili yangilab boriladi. Ushbu roʻyхatda keltirilmagan dori vositalari faqat retsept boʻyicha sotiladi. Dori vositalarini, shu jumladan retsept boʻyicha dori vositalarini realizatsiya qilish tartibi bu yerda qayd etilgan. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan, tuzatishlar 23.10.2020 yildan kuchga kiradi. Oleg Zamanov.
88
1,061
Qonunchilik
Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: 1. Shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra: a) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab: davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi; o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning taklifi asosida Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi; davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta — avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi. Bunda: avgust oyidagi qabul — navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq; yanvar oyidagi qabul — dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi; v) davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi; g) tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanadi; d) qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi; e) davlat oliy ta’lim muassasalariga bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda chet el fuqarosini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash huquqi beriladi. Bunda, chet el fuqarosi oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi; j) 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab: davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi; davlat oliy ta’lim muassasalariga (moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi; oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi. 2. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda — respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari) davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratib borilsin. Belgilab qo‘yilsinki: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat granti asosida respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmachisi hisoblanadi; har yili 1-iyulga qadar mazkur davlat grantining oliy ta’lim tashkilotlari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti Davlat komissiyasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining takliflari asosida tasdiqlanadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi; respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlari yakunlangach bir oy muddatda ballar ketma-ketligiga rioya qilgan holda, eng yuqori ball to‘plagan va davlat grantini olish istagini bildirgan talaba, tegishli oliy ta’lim tashkiloti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda, talabaning ishlab berish majburiyati davomiyligi ta’lim yo‘nalishi xususiyatini hisobga olgan holda davlat buyurtmachisi tomonidan belgilanadi. 3. Xotin-qizlarning oliy ta’lim bilan qamrovini oshirish orqali davlat va jamiyatdagi faolligini kuchaytirish, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida shunday tizim joriy etilsinki, unga ko‘ra: a) Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyanomasini olgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi. Bunda: tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlarining kamida 50 foizi aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari orasida taqsimlanadi; har yili 20-iyulga qadar tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti o‘rinlarining oliy ta’lim muassasalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti Davlat komissiyasi tomonidan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining takliflari asosida tasdiqlanadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi; b) davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar qoplanadi: 2021/2022 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori; 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdori. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyanomasi asosida xotin-qizlarni bakalavriatga qabul qilish hamda davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartiblarini tasdiqlasin. 4. Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi (matn bo‘yicha — Davlat komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Davlat komissiyasiga quyidagi vakolatlar berilsin: zarurat bo‘lganda, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibi va o‘quv-metodik ta’minotidan kelib chiqib, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish hamda tashkil etiladigan yangi davlat oliy ta’lim muassasalari qabul parametrlarini belgilash uchun davlat buyurtmasi parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarini belgilash, shuningdek, davlat buyurtmasi parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimotini tasdiqlash; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida oliy ta’lim muassasalarining (moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining yagona ko‘rsatkichlarini belgilash. 5. Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga oid davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilsin: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi doimiy asosda respublika hududlari doirasida davlat organlari, iqtisodiyotning real tarmoqlari va sohalarida ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va aniq kasblar bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganadi hamda keyingi to‘rt yilga mo‘ljallangan prognozni shakllantirib boradi; har yili 1-aprelga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har bir davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlari loyihasini shakllantiradi hamda ko‘rib chiqish uchun Davlat komissiyasiga taqdim etadi; har yili 1-mayga qadar Davlat komissiyasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish bo‘yicha davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi. 6. Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi. Bunda, abituriyentlarga: test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi beriladi; ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi. 7. Talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilsin: a) xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda: talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi; test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi; o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi; test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi; b) xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi; v) davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi: talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda; davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida; g) talabalar o‘qishini respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan: davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda; davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi; d) sport musobaqalari g‘olibi sifatida imtiyoz bilan oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan hamda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi ta’lim shaklidagi mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga (sirtqi ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat granti asosida ko‘chirishga ruxsat beriladi. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini xavfsizlik talablariga to‘liq amal qilgan holda yuqori saviyada tashkil etishga shaxsan mas’ul etib belgilansin. 9. Belgilansinki: davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida grant asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarni o‘qitish xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi; respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash uchun ajratiladigan davlat granti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmasiga ko‘ra 2022-yilda Moliya vazirligi tomonidan qo‘shimcha ravishda moliyalashtiriladi, 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Davlat test markazi direktori M.M. Karimov belgilansin. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-fevraldagi “M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-290-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Filialning qabul parametrlari M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi “Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1106-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Universitetning qabul parametrlari Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Universitet Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-maydagi “Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3714-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Filialning qabul parametrlari “MISiS” MTTU, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3875-son qarori 9-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) “MMFI” MTYAU filialining qabul parametrlari bosh muassasa, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi”. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-sentabrdagi “Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3952-son qarori 9-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) Filialning qabul parametrlari Oliy maktab, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarori quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin: “91. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalariga ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xalqaro e’tirof etilgan reyting tashkilotlari (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) bilan oliy ta’lim muassasasini xalqaro reytingga kiritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzish huquqi berilsin”. 7. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oxirgi to‘rt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi”; b) 21 va 3-bandlar chiqarib tashlansin. 8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 130-son qarorida: a) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi mazmunda bayon etilsin: “Davlat test markazi direktoriga, zarur hollarda, tuzilmaga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, markaz faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish huquqi berilsin”; b) 7-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2023-yil 1-yanvarga qadar respublikaning barcha hududlarida Davlat test markaziga tegishli namunaviy tipdagi pavilonlarning qurilishi uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishi hamda 2023-yil 1-iyunga qadar mazkur pavilonlar qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishini ta’minlasin”. 9. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalarining (keyingi o‘rinlarda qo‘shimcha kvota deb ataladi) oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan shakllantirilib, har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi tegishli qarori qabul qilinganidan so‘ng ikki hafta muddatda Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) taqdim etiladi. Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha kvotalarning oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti ikki hafta muddatda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi”. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-iyundagi “Respublika oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2360-son qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-2955-son qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-3769-son qarori. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-4359-son qarori. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-4749-son qarori. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-5157-son qarori.
95
23,361
Qonunchilik
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirish, eksport qiluvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, raqobatbardosh eksport mahsulotlari ishlab chiqarishning ko‘paytirilishini rag‘batlantirish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti, shuningdek bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlari reeksportini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali amalga oshirgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani: tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan foyda qismi yuzasidan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha; tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan qismi yuzasidan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha kamaytiradilar. Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha xomashyo tovarlarini eksport qilishga, shuningdek, xalqaro tashishlar (avtotransportdan tashqari) hamda uzatish quvurlari va gaz quvurlari orqali yetkazib berish xizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. Belgilansinki, ushbu Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilishi natijasida to‘lanmagan mablag‘lar quyidagi hollarda qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi: tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti faktini qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda; tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida valyuta tushumi ta’minlanmaganda. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishda ushbu Farmonga muvofiq berilayotgan imtiyozlarni nazarda tutsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu Farmonga muvofiq imtiyozlarni qo‘llash ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin. 5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
108
2,216
Qonunchilik
Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘lash manbalarini aniqlash, shuningdek respublikaning mineral-xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha qidiruvchi geologlarning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin. 1. 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “22. Foydali qazilmalarning yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (kon uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida geologiya-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga aniqlangan uglevodorod xomashyosining yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (kon uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari “O‘zbekneftgaz” MXKning o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi”. 2. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovada: “Rangli, nodir va asl metallar konlari” bo‘limining nomi chiqarib tashlansin; 46, 48, 55 va 59-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
241
2,093
Qonunchilik
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Keyingi yillarda avtomobilda yuklarni xalqaro tashish sohasida xorijiy davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini tartibga solish bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish, milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yangilash va modernizatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va transport xizmatlari xalqaro bozorida ularning raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan salmoqli chora-tadbirlar ko‘rildi. Shu bilan birga respublikaning o‘sib borayotgan eksport salohiyati va eksport qilinadigan mahsulotlar qiymatida transport xarajatlarini maqbullashtirish zarurati katta hajmli yuk avtotransport vositalari parki quvvatini oshirish, mahalliy tashuvchilar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishini talab etadi. Milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransport vositalari parkini yanada yangilash va modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda ularning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo faoliyatini transport-logistik ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Moliya vazirligining 2019 — 2021-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashiydigan tadbirkorlik subyektlariga quyidagilarni berishni nazarda tutuvchi avtomobilda xalqaro yuk tashish uchun foydalaniladigan mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan katta hajmli yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni sotib olishda milliy tashuvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibini joriy etish: tijorat banklarining jalb etiladigan kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga, milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha — tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida, biroq 5 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha — tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi, biroq 3 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kompensatsiya berish; tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 2 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafillik berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 — 2021-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga ushbu bandda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun zarur mablag‘larning bosqichma-bosqich ajratilishini ta’minlasin. 2. Belgilansinki: ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 4 yildan ortiq muddat o‘tmagan katta hajmli yuk avtotransport vositalari, shuningdek, ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 6 yildan ortiq muddat o‘tmagan tirkamalar va yarim tirkamalar tijorat banklari tomonidan ularni kreditga sotib olishda har ikki tomonning roziligi bilan garov ta’minoti sifatida qabul qilinishi mumkin; soliq solish maqsadida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal massasi 12 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari (samosvallardan tashqari), shatakchi avtomobillar, shuningdek, maksimal massasi 10 tonnadan ortiq bo‘lgan tirkamalar va yarim tirkamalarning yillik eng yuqori amortizatsiya normasi 10 foizni tashkil etadi; milliy tashuvchilarga sotish uchun katta hajmli yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni import qilish texnik topshiriqlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda majburiy ekspertiza qilmasdan va ro‘yxatdan o‘tkazmasdan amalga oshiriladi. 3. Belgilansinki, bitta avtotransport vositasi hisobiga yuk tashish bo‘yicha xizmatlar eksportidan bir yilda 20 000 AQSh dollaridan ortiq tushum olgan milliy tashuvchilarga ularning arizasi bo‘yicha xalqaro tashishlarda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga choraklar bo‘yicha taqsimlangan ruxsatnomalar soni doirasida avtomobilda xalqaro tashishga aniq bir davlatning 2 tagacha ruxsatnomasi beriladi. Bunda, tashuvchi tomonidan oldingi hisobot yilida avtomobilda xalqaro tashishga olingan xorijiy va/yoki ko‘p tomonlama ruxsatnomalar sonining kamida 70 foizidan foydalanilganligi ushbu norma qo‘llanishining majburiy sharti hisoblanadi. 4. Xorijiy va (yoki) ko‘p tomonlama ruxsatnoma berilganligi uchun yig‘im miqdori ruxsatnoma berilgan sanada O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rtdan birigacha pasaytirilsin. 5. Milliy tashuvchilarga (rezidentlarga): a) norezidentlardan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida naqd xorijiy valyutani transport ekspeditsiyasi shartnomalari (yuklarni tashish) bo‘yicha haq to‘lash hisobiga olishga, olingan summani O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida ochilgan o‘zining xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlariga o‘tkazishga ruxsat berilsin. Bunda, xalqaro tovar-transport yuk xati xalqaro tashishlar bajarilganligining tasdig‘i hisoblanadi; b) yuklarni avtomobilda xalqaro tashiydigan haydovchilarga xizmat safarida, shu jumladan, yo‘lda bo‘lgan vaqtda ular tomonidan turar joy ijarasi va sutkalik xarajatlarni har bir sutka uchun tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etmasdan umumiy to‘lov shaklida: O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan vaqt uchun — belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizigacha; O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan vaqt uchun — 60 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda qoplashga ruxsat berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2019 — 2021-yillar davrida ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 4 yildan ortiq muddat o‘tmagan mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan katta hajmli yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni, shu jumladan, lizing asosida sotib olishni moliyalashtirish uchun har yili xorijiy moliyaviy institutlarning kamida 100 mln AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli kredit resurslarini jalb etish choralarini ko‘rsin. 7. “JV MAN — Auto Uzbekistan” MChJ QK va “MAN Truck and Bus AG” (Germaniya) kompaniyasi o‘rtasida: mamlakatimizda ishlab chiqarilgan shatakchi avtomobillarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ular qiymatini optimallashtirish doirasida avtotransport vositalarini ishlab chiqarish uchun Germaniya tomonidan butlovchi buyumlar va uzellarga 10 foiz miqdorida chegirma berilishi; ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 4 yildan ortiq muddat o‘tmagan, Yevropada ishlab chiqarilgan “MAN” rusumli katta hajmli yuk avtotransport vositalari markazlashtirilgan tartibda yetkazib berilishi va O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘laqonli servis xizmati ta’minlanishi to‘g‘risida ahdlashuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 8. “O‘zavtosanoat” AJning “JV MAN — Auto Uzbekistan” MChJ QK va “UzAuto Trailer” tomonidan ishlab chiqarilgan yangi mahsulotlar mahsulot qiymatiga inflatsiya darajasi doirasida tuzatish kiritish imkoniyati bilan ikki yilgacha muddat bilan to‘lovni foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga 1957-yil 30-sentabrda Jeneva shahrida imzolangan Xavfli yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi bo‘yicha taklif kiritsin. 10. Moliya vazirligi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga milliy tashuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi hududida “Yashil xarita” xalqaro tizimi bo‘yicha sug‘urta polislarini sotib olish uchun shart-sharoitlarni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ikki oy muddatda Yevro-3, Yevro-4, va Yevro-5 standartli dizel yoqilg‘isini import qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish uchun tadbirkorlik subyektlarini va xorijiy kompaniyalarni ularning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan holda jalb etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin. 12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari avtomobilda xalqaro yuk tashuvchi milliy tashuvchilarning buyurtmanomalari bo‘yicha harakatlanadigan tarkibni saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan avtotransport korxonalarini joylashtirish uchun foydalanilmayotgan binolarni belgilangan tartibda berishni ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Logistika markazlari va yo‘lbo‘yi infratuzilmasi obyektlarining integratsiyalashtirilgan tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha Tadbirlar rejasi loyihalarini kiritsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi: ikki oy muddatda yuk tashishlarning potensial buyurtmachilarini tizimli xabardor qilish uchun umumtarqalgan elektron tizimlarda foydalaniladigan avtotransport vositalarining asosiy tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan milliy tashuvchilarning yagona reyestri shakllantirilishini; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini; oldin qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3422-son qarori 4-bandining birinchi xatboshida: “Avtomobillarda xalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan” so‘zlari “Yillik tushumida xalqaro yuk tashish xizmatlari eksporti ulushi 50 va undan yuqori foizni tashkil etadigan” so‘zlari bilan almashtirilsin; “transport-logistika kompaniyalari” so‘zlaridan oldin “tovarlarni tashishni tashkil etish, omborga joylashtirish, saqlash, ishlov berish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3589-son qarori 11-bandining ikkinchi xatboshida: “mamlakatimizda ishlab chiqarilib” so‘zlari “mamlakatimizda yangi ishlab chiqarilib” so‘zlari bilan almashtirilsin; “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga undiriladigan yig‘imlar” so‘zlari “avtotransport yig‘imlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
117
11,615
Qonunchilik
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar faoliyati tartibga solindi
Vazirlar Mahkamasining 23.12.2020 yildagi 806 -son qarori bilan Oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan: Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotlar bazasi davlat soliq хizmati organlari tomonidan yaratiladi va parallel ravishda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida shakllantiriladigan jismoniy shaхsning shaхsiy ishga joylashishi tariхiga integratsiya qilinadi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan jismoniy shaхsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyхatidan oʻtishi talab etilmaydi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar oʻz faoliyatida yollanma хodimlar mehnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik sub’yektlariga yollangan хodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Tashkilotlar tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarni shartnoma asosida bir martalik хizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish boʻyicha faoliyatga jalb qilishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar mehnatiga haq toʻlash ijtimoiy soliqni hisoblab chiqish ob’yekti hisoblanmaydi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaхs maхsus mobil ilova yoki soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yoхud davlat soliq хizmati organiga kelgan holda soʻrovnomani toʻldirib roʻyхatdan oʻtishi mumkin. Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi. Ular nazorat-kassa teхnikasi va bank plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblar boʻyicha toʻlov terminallaridan foydalanishi hamda tijorat banklarida hisobvaraqlar ochishi mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.12.2020 yildan kuchga kirdi.    Lola Abduazimova.
59
1,817
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun yo‘ll
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun yo‘llanmalar berish yuzasidan tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari (bundan buyon matnda yuridik texnikumlar deb yuritiladi) bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda oliy ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun yo‘llanmalar berish yuzasidan tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: yo‘llanma — yuridik texnikumlar bitiruvchilariga oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan yakka tartibdagi suhbatda ishtirok etish huquqini beruvchi hujjat; maxsus komissiya — har yili hududiy adliya organi boshlig‘ining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan yuridik texnikumlar bitiruvchilariga yo‘llanmalar berish masalasini ko‘rib chiquvchi komissiya; onlayn platforma — yuridik texnikum bitiruvchilarining hududiy adliya organlariga yo‘llanma berishni so‘rab murojaat qilishlari uchun mo‘ljallangan elektron dastur; talabgor — tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yuridik texnikum bitiruvchisi; hududiy adliya organlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari. 2. Tanlov bitiruvchining yuksak huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, shuningdek, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 3. Maxsus komissiya har yili, qoida tariqasida, tegishli o‘quv yilining 10-iyunidan kechikmay hududiy adliya organi boshlig‘ining buyrug‘i bilan 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Maxsus komissiya tarkibiga adliya organlari va muassasalari xodimlari kiritiladi, shuningdek komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin. Maxsus komissiya o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Hududiy adliya organlari boshliqlari lavozimi bo‘yicha maxsus komissiyaning raisi hisoblanadi. Maxsus komissiyaning kotibi vazifasi yuridik texnikumning mas’ul xodimiga yuklanadi. Kotib maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi. 4. Yuridik texnikumlar bitiruvchilari maxsus komissiyaga yo‘llanma berishni so‘rab onlayn platforma orqali har yili 20-iyundan kechikmay ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, arizaga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan yo‘llanma olish uchun minimal talablarni tasdiqlovchi hujjatlar (bundan buyon matnda tasdiqlovchi hujjatlar deb yuritiladi) elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi. 5. Maxsus komissiya 20-iyundan 30-iyunga qadar yuridik texnikumlar bitiruvchilarining arizalarini ko‘rib chiqadi. Arizalar maxsus komissiya majlislarida ko‘rib chiqiladi. Maxsus komissiya majlisi, agar unda komissiya a’zolarining barchasi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. 6. Maxsus komissiyaning majlislar o‘tkazish jadvali hududiy adliya organlari boshliqlari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Majlisga taklif etilgan yuridik texnikumlar bitiruvchilari ro‘yxati buyruqqa ilova qilinadi. 7. Majlislar o‘tkazish jadvali hududiy adliya organlari va yuridik texnikumlarning rasmiy veb-saytida, majlis boshlanishidan kamida bir hafta oldin e’lon qilinadi. Bunda, e’londa majlis o‘tkazish joyi va vaqti, tanlov yuzasidan bog‘lanish uchun mas’ul xodimning telefon raqami hamda yuridik texnikumning elektron pochta manzili, shuningdek talabgorlar ro‘yxati ko‘rsatilishi lozim. 8. Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli o‘quv yili bitiruvchilarining arizalarini ko‘rib chiqadi. 9. Tanlovda ishtirok etgan talabgorlar jami 150 ball bilan quyidagicha baholanadi: taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlari bo‘yicha — 100 ballgacha; huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, shuningdek, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini aniqlashga qaratilgan savollarga bergan javoblari bo‘yicha — 50 ballgacha. 10. Tanlovda talabgorlarga beriladigan savollar yuridik texnikumning o‘quv reja va fan dasturlari asosida hududiy adliya organlarining malakali mutaxassislaridan iborat ekspert guruhi tomonidan tuziladi hamda ushbu savollarning yakuniy ro‘yxati hududiy adliya organi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. 11. Tasdiqlangan savollar ro‘yxati maxsus komissiya majlislari boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin hududiy adliya organlari va yuridik texnikumlarning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Tasdiqlangan savollar maxsus komissiya majlisi boshlanishidan bir kun oldin komissiya kotibi tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dasturga kiritiladi. 12. Maxsus komissiya majlisi yuridik texnikum binolarida, tanlov jarayoni real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini ta’minlaydigan maxsus xonada (bundan buyon matnda maxsus xona deb yuritiladi) o‘tkaziladi. Tanlov jarayoni Internet jahon axborot tarmog‘i orqali onlayn rejimda translatsiya qilinadi. Maxsus xonani tayyorlash, tanlov jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tarzda kuzatib borish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar bilan ta’minlash va boshqa shart-sharoitlarni yaratish uchun javobgarlik yuridik texnikum direktori zimmasiga yuklanadi. 13. Talabgorlar tanlov o‘tkaziladigan xonaga biometrik pasportini (identifikatsiya ID-kartasini) ko‘rsatgan holda navbat bilan kiritiladi. Tanlovga belgilangan vaqtda yetib kelmagan talabgorlar tanlovga qo‘yilmaydi hamda bunday talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilmaydi. 14. Maxsus komissiya kotibi majlis boshlanishidan oldin maxsus komissiya raisi va a’zolariga tanlovda ishtirok etayotgan, shuningdek tanlovga belgilangan vaqtda kelmagan talabgorlar haqida axborot beradi. 15. Talabgorlarning maxsus xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator hamda boshqa telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishi va ulardan foydalanishi, boshqa talabgorlar bilan suhbatlashishi yoki ularga yordam berishi, tanlov o‘tkazilishi jarayonida maxsus xonadan tashqariga chiqishi qat’iyan taqiqlanadi. Talabgorning mazkur bandda nazarda tutilgan talablarga rioya qilmasligi uni tanlovdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi. Bunda, maxsus komissiya kotibi tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda talabgorni tanlovdan chetlashtirish to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda talabgor maxsus xonadan chiqarib yuboriladi. Tanlovdan chetlashtirilgan talabgorlarga ball qo‘yilmaydi. 16. Tanlov jarayonida savollar talabgor tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi. Bunda, maxsus elektron dasturda avtomatik ravishda 2 ta savoldan iborat savollar bileti shakllantiriladi. Mazkur savollar bileti maxsus komissiya kotibi tomonidan printerda chop etilib, talabgorga taqdim qilinadi. 17. Talabgorga savollarga tayyorgarlik ko‘rishi uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. Agarda talabgor ushbu vaqtdan foydalanishni lozim deb topmasa, unga tayyorgarlik ko‘rmasdan javob berishga ruxsat etiladi. Maxsus komissiya a’zolari tomonidan talabgorning javoblarini aniqlashtirish maqsadida qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Talabgor savollarga javob berib bo‘lganidan so‘ng, unga xonadan chiqishga ruxsat beriladi. 18. Talabgorlar savollarga bergan javoblariga qarab, quyidagi mezonlar asosida har bir savol bo‘yicha “25” ballik tizimda, maksimal 50 ball bilan baholanadi: talabgor to‘g‘ri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qo‘llay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 20 — 25 ball; talabgor mustaqil mushohada yuritadi, amalda qo‘llay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 14 — 19 ball; talabgor mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 8 — 13 ball; talabgor bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 1 — 7 ball qo‘yiladi; talabgor bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — 0 ball qo‘yiladi. 19. Talabgorlarning tasdiqlovchi hujjatlari maxsus komissiya tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Yuridik texnikumlar bitiruvchilarining yo‘llanma olish uchun minimal talablarni tasdiqlovchi hujjatlarini baholash mezonlari asosida 100 ballik tizimda baholanadi. 20. Talabgorning savollarga bergan javoblarini baholash natijalari yuzasidan maxsus komissiyaning har bir a’zosi tomonidan boshqa a’zolardan mustaqil holda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tanlov natijalarini baholash varaqasi to‘ldiriladi hamda maxsus komissiya kotibiga taqdim etiladi. 21. Maxsus komissiya kotibi talabgorning savollarga bergan javoblarini hamda tasdiqlovchi hujjatlarini baholash natijalarini umumlashtirgan holda unga qo‘yilgan ballarni hisoblab chiqadi. 22. Tanlov jarayoni va natijalari maxsus komissiyaning majlis bayonnomasida qayd etiladi, shuningdek majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadi va rais tomonidan tasdiqlanadi. Maxsus komissiyaning majlis bayonnomasida talabgorlar ro‘yxati kamayib borish tartibida, eng yuqori ball olgan talabgordan boshlab joylashtiriladi. Tanlov natijalari talabgorlarga tanlov o‘tkazilgan kuni e’lon qilinadi hamda maxsus komissiya kotibi tomonidan onlayn platformaga kiritiladi. 23. Talabgorlarni oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlash avtomatik ravishda onlayn platforma orqali amalga oshiriladi. Bunda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan taqsimot doirasida, tanlov natijasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega talabgorlarga o‘zlari birinchi tanlagan oliy ta’lim tashkilotiga, qolgan talabgorlarga ularning to‘plagan ballari ketma-ketligida o‘zlari tanlagan navbatdagi oliy ta’lim tashkilotlaridan biriga yo‘llanmalar beriladi. 24. Tanlovni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 25. Tanlovda qo‘yilgan balldan norozi bo‘lgan talabgorlar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida hududiy adliya organi boshlig‘i nomiga apellatsiya berishlari mumkin. Apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun hududiy adliya organi boshlig‘ining buyrug‘i bilan hududiy adliya organlarining maxsus komissiya faoliyatida ishtirok etmagan xodimlari tarkibidan kamida besh nafar a’zodan iborat tarkibda Apellatsiya komissiyasi tuziladi. Apellatsiya komissiyasining tarkibi hududiy adliya organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 26. Apellatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellatsiyani u kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Apellatsiya ko‘rib chiqiladigan kun haqida talabgorga xabar beriladi. 27. Apellatsiya komissiyasi, agar uning ishida a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Apellatsiya komissiyasining qarori oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va unda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 28. Apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan talabgor ishtirokida, tanlov jarayoni yozib olingan videotasvir asosida ko‘rib chiqiladi. Talabgorning apellatsiyasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha Apellatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: e’tiroz asossiz bo‘lsa, apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish va qo‘yilgan ballarni o‘zgarishsiz qoldirish; e’tiroz asosli bo‘lsa, qo‘yilgan ballarga o‘zgartirish kiritish. Talabgorning apellatsiyasini ko‘rishda uning ilgari olgan ballini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 29. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 30. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.
250
13,008
Qonunchilik
QIShLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASINI XARID QILISh UChUN HAR YILLIK ShARTNOMA KAMPANIYASINI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillar uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada zamonaviylashtirish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun har yillik shartnoma kampaniyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2012-yildan boshlab, qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun muvofiqlashtirilgan shartnoma kampaniyasining joriy yilning 1-oktabriga qadar o‘tkazilishini ta’minlasinlar hamda qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun o‘tkazilgan muvofiqlashtirilgan shartnoma kampaniyasi yakunlari to‘g‘risidagi to‘liq axborotni joriy yilning 15-oktabridan kechikmasdan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasining asosiy turlari bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi prognoz ko‘rsatkichlarini, shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning boshqa muhim prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda o‘tkazilgan shartnoma kampaniyasi yakunlari bo‘yicha kelgusi kalendar yil uchun qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va ularni yetkazib berish prognozini e’tiborga olsin; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar hamda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari bilan har yili joriy yil uchun — 1-apreldan kechikmasdan, kelgusi kalendar yil uchun 1-dekabrdan kechikmasdan shartnoma kampaniyasi ma’lumotlari asosida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va ularni sotish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2012-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari, ularning rasmiy distribyutorlari va dilerlik tashkilotlari, boshqa jalb qilingan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun namunaviy shartnomalar shakllarini ishlab chiqsin va kelishsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “2010-yil uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va sotishning asosiy parametrlari to‘g‘risida” 2010-yil 7-iyuldagi 138-son qarorining 4-bandi va qarorga 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
141
2,774
Qonunchilik
2022-yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son qaroriga muvofiq, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalarni aniqlash va bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 190 ta qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilganligi hamda natijasiga ko‘ra ushbu hujjatlarning 44 tasida korrupsiyaviy omil aniqlanganligi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: 2021-yilda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq; Ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy himoya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasi 2-ilovaga muvofiq; Moliya, kredit va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasi 3-ilovaga muvofiq; Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasi 4-ilovaga muvofiq; Tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari: ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari belgilangan muddatlarda puxta ishlab chiqilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi; ushbu qarorga 2 — 5-ilovalarda belgilangan muddatlarda normativ-huquqiy hujjatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi, natijalari bo‘yicha aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritilishi uchun shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: ushbu qarorda belgilangan vazifalar o‘z muddatlarida, puxta va sifatli bajarilishini ta’minlashda mas’ul davlat organlari va tashkilotlariga yaqindan ko‘maklashsin; ushbu qarorga 1 — 5-ilovalarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi holati yuzasidan doimiy monitoring olib borsin hamda har chorak yakuni bo‘yicha monitoring natijalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin; 2022-yil 15-dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlarining takliflari asosida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni hamda keyingi yil uchun normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur qarorda belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rsinlar. 6. Mas’ul davlat organlari va tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish jarayonida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ekspertlar va keng jamoatchilikni faol jalb qilish choralarini ko‘rib borsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish jarayoniga keng jamoatchilikni jalb qilish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish choralarini ko‘rsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
112
4,050
Qonunchilik
Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholiga tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash va baholashishlarini tashkil etish va amalga oshirish; tabiiy ofat oqibatida jabrlangan shaxslarga etkazilgan zararni qoplash; tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga hamda tan jarohati olgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish. 2. Belgilansinki: yuzaga kelgan tabiiy ofatlarning ko‘lamiga qarab (lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy) aholiga yetkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni bilan tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda shahar va tumanlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiyalarining taqdimnomalariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar (tumanlar va shaharlar) hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida qoplanadi; O‘zbekiston Respublikasining budjet qonunchiligiga muvofiq tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan aholiga yetkazilgan zararni qoplash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari sug‘urtalovchi tashkilotlar bilan birgalikda aholining mol-mulk va yashash joylarini tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tabiiy ofatlar sodir bo‘lish xavfi yuqori bo‘lgan, shuningdek, texnogen xavfli hududlarda bino va inshootlar qurilishining oldini olish bo‘yicha tegishli mansabdor shaxslarning mas’uliyatini kuchaytirsin hamda zarur profilaktika choralarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda tabiiy ofatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlarda yashovchi aholi bilan profilaktika tadbirlarini muntazam o‘tkazib borsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin. 1. Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga etkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) jismoniy shaxslar sog‘lig‘i va mol-mulkiga tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: birlamchi zaruriy vositalar — ijtimoiy yashash me’yori doirasida hayot faoliyati uchun zarur miqdorda umumiy maydonga ega bo‘lgan, sanitariya talablariga javob beradigan turar joylar va oilada ishlatiladigan nooziq-ovqat mahsulotlari to‘plami; jabrlangan shaxs — tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyat manbai natijasida jarohat olgan yoki moddiy zarar ko‘rgan shaxs; nooziq-ovqat mahsulotlari to‘plami — kundalik turmushda foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash hamda aholini xabardor qilish vositalari; tabiiy ofat — ma’lum bir hududdagi yoki suv zonasidagi tabiiy favqulodda vaziyat manbai paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan, odamlarning qurbon bo‘lishiga, sog‘lig‘i va atrof-muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy yo‘qotishlarga va odamlar yashash sharoitlarining buzilishiga olib kelgan tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyat; favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat. 3. Mazkur Nizom tabiiy ofat yuzaga kelgan hududda o‘zboshimchalik bilan qurilgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulklar, shuningdek, qimmatbaho metallarga tatbiq etilmaydi. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, ammo egalik qilish huquqini yuzaga keltiruvchi muddat tufayli mulk huquqini olish huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek, imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxslarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. 4. Sug‘urta obyekti hisoblangan badiiy qiymatga ega buyumlar hamda mol-mulkka tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligiga muvofiq sug‘urtalovchi tashkilot hisobidan qoplanadi. 5. Tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — jabrlangan shaxslar) yetkazilgan zararni qoplash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 6. Tabiiy ofatning ko‘lamiga ko‘ra (lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy) favqulodda vaziyat yuzaga kelgan kunda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri (shaharlar va tumanlar) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) yoki Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) tomonidan favqulodda vaziyatni e’tirof etish va bartaraf etish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilinadi hamda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi kuch va vositalarini jalb qilgan holda uning ijrosini ta’minlash yuzasidan belgilangan tadbirlar bajarilishi tashkil etiladi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar Vazirlar Mahkamasining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyuldagi 525-son qaroriga muvofiq faoliyat yuritadi. 7. Tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga etkazilgan zararni aniqlash va baholash ishlarini tashkil qilish favqulodda vaziyat yuzaga kelgan kundan boshlab ikki kun muddatda uning ko‘lamiga qarab (lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy) tegishli hududiy komissiya yoki Hukumat komissiyasining qaroriga asosan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda Bosh prokuratura yoxud ularning hududiy tuzilmalari vakillaridan iborat Tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga etkazilgan zararni aniqlash va baholash bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) tuziladi. 8. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi: jabrlangan shaxslarning ariza va hujjatlarini qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish; tabiiy ofat hududida zarar ko‘rgan uy-joylar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulklarni xatlovdan o‘tkazish hamda dalolatnoma rasmiylashtirish; yetkazilgan zararni baholashni tashkil etish va nazorat qilish. 9. Jabrlangan shaxslar tabiiy ofat yuzaga kelgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani to‘ldirgan holda tegishli Ishchi guruhga taqdim etadilar. Jabrlangan shaxsning shaxsan murojaat qilishi imkoni bo‘lmaganda, uning yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillari (agar jabrlangan shaxs voyaga yetmagan bo‘lsa) yetkazilgan zarar miqdorini qoplash bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. 10. Etkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: jabrlangan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (favqulodda vaziyat oqibatida ushbu hujjat yo‘qotilganda yoxud yaroqsiz holatga kelganda — Ichki ishlar vazirligi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi organlari tomonidan beriladigan vaqtinchalik shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki ma’lumotnoma); ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi hujjat (favqulodda vaziyat oqibatida ushbu hujjat yo‘qotilganda yoxud yaroqsiz holatga kelganda — Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tegishli tuzilmalari tomonidan elektron shaklda taqdim etiladi); tabiiy ofat oqibatida jabrlangan shaxsning yaroqsiz holatga kelgan va yo‘qotilgan mol-mulkining ro‘yxati; arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat, agar ariza qonuniy vakil tomonidan imzolangan bo‘lsa. 11. Ishchi guruh ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi “Tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi arizalarni qayd etish jurnali”ga kiritgan holda ariza qabul qilingan kun davomida jabrlangan shaxsga hujjatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi tilxat beradi. Jabrlangan shaxs tomonidan taqdim etilgan arizaga ilova qilingan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda, Ishchi guruh ushbu hujjatlarni ariza qabul qilingan kundan boshlab besh kun muddatda tegishli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali so‘rab oladi. 12. Ishchi guruh jabrlangan shaxs tomonidan taqdim etilgan arizani qabul qilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda ko‘rib chiqadi hamda bir vaqtning o‘zida ushbu jabrlangan shaxsga tegishli bo‘lgan, tabiiy ofat hududida zarar ko‘rgan uy-joylar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulklarni xatlovdan o‘tkazib, dalolatnoma rasmiylashtiradi. Dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda Ishchi guruh jabrlangan shaxs (uning yaqin qarindoshi yoki qonuniy vakili) va baholovchi tashkilot (keyingi o‘rinlarda — baholovchi) ishtirokida yetkazilgan zararni baholashni tashkil etadi. 13. Etkazilgan zarar miqdorini baholash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: jabrlangan shaxs (uning yaqin qarindoshi yoki qonuniy vakili) tomonidan baholovchini tanlash, ikki tomonlama shartnoma imzolash hamda bu haqida Ishchi guruhni xabardor etish; Ishchi guruh vakillari ishtirokida jabrlangan shaxsga tegishli uy-joylar, binolar, inshootlar hamda mol-mulkka yetkazilgan zararni baholash; baholash yakunlari bo‘yicha uch nusxada umumiy hisobot tayyorlash (umumiy hisobotning bir nusxasi jabrlangan shaxs, bir nusxasi Ishchi guruh, bir nusxasi baholovchi uchun). 14. Baholash ishlari bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 15. Baholashni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida shaffoflik hamda qonuniylik to‘liq ta’minlanishi lozim. 16. Baholovchi tomonidan jabrlangan shaxsga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, xulosa chiqarilgandan so‘ng Ishchi guruh tomonidan uch kun muddatda to‘liq hujjatlar tegishli hududiy komissiyaga taqdim qilinadi. 17. Jabrlangan shaxslar Ishchi guruh tomonidan ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, tegishli hududiy komissiya yoki Hukumat komissiyasiga, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin. Jabrlangan shaxslarning shikoyatlari tegishli hududiy komissiya yoki Hukumat komissiyasi tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqiladi, shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari haqida jabrlangan shaxs belgilangan tartibda xabardor qilinadi. 18. Tabiiy ofat natijasida birlamchi zaruriy vositalar, nooziq-ovqat mahsulotlari to‘plamining qisman yoki to‘liq yo‘qotilishi bilan bog‘liq zararni qoplash maqsadida tumanlar va shaharlar hududiy komissiyalari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, shuningdek, moddiy va moliyaviy resurslari yetarli bo‘lmagan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy komissiyalari Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar yuzasidan taqdimnomalar kiritadi: zarar ko‘rgan, buzilgan bino yoki inshootni ta’mirlash yoxud qurish uchun zarur miqdorda pul mablag‘larini ajratish; turar joyning ijtimoiy normasiga asosan boshqa turar joy ajratish; yangi turar joy qurish; zarar ko‘rgan turar joyni ta’mirlash uchun qurilish materiallari ajratish va xizmatlarni amalga oshirish; yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalarini elektron-onlayn auksion orqali sotib olish xarajatlarini qoplab berish; nooziq-ovqat mahsulotlari to‘plamini ajratish. 19. Jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zarar bilan bog‘liq to‘lovlar o‘ttiz kun muddatda tegishli hududiy komissiyalarning taqdimnomalariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Etkazilgan zarar bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurlar yetarli bo‘lmagan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan yoki O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablag‘ ajratilishi yuzasidan asoslangan buyurtma bilan Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilishlari mumkin. 20. Jabrlangan shaxslar yangi turar joy qurilishi davrida vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlanish yoki turar joy ijarasi uchun tovon puli olish huquqiga ega. 21. Turar joy shikastlanganda yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelganda quyidagi tartibda tovon puli to‘lanadi: hududning xususiyatlariga ko‘ra sanitariya talablariga javob beradigan, zarur yashash sharoitlari bilan ta’minlagan holda turar joyni tabiiy ofat yuz bergunga qadar bo‘lgan holatiga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun uy-joyning egasi tomonidan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida o‘tkazib beriladi; mol-mulk bilan birga yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tish xarajatlari qoplab beriladi. 22. Jabrlangan shaxsga qurilish materiallari va xizmatlari taqdim etilganda, ularning qiymati yetkazilgan zararni qoplash miqdoridan ushlab qolinadi. 23. Tovon puli jabrlangan shaxsning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. 24. To‘langan tovon pulining hisobini yuritish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. 25. Yangi turar joy qurilishi jarayonida yoki kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilishiga qadar jabrlangan shaxs vafot etsa, uning huquq va majburiyatlari merosxo‘rlariga teng ulushda o‘tkaziladi. Merosxo‘rlarning doirasi va ularning meros ulushlari meros huquqini tasdiqlash asosida, kelishmovchilik yuzaga kelganda esa — sud tartibida belgilanadi. 26. Etkazilgan zarar miqdori qoplangandan so‘ng arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnaliga zararni qoplash bo‘yicha to‘lovning sanasi, miqdori va to‘lov hujjatining raqami yoziladi. 27. Quyidagi shaxslarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam to‘lab beriladi: tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, bolalari, ota-onalari va qaramog‘idagi shaxslar) uchun har bir oila a’zosiga teng ulushda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari; tabiiy ofat oqibatida og‘irtan jarohati olgan fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari hamda yengil tan jarohati olgan fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida. 28. Tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha yig‘ilgan barcha hujjatlar (ariza, dalolatnoma, baholash hisobotlari, to‘lov varaqalari va boshqalar) hamda “Tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi arizalarni qayd etish jurnali” belgilangan tartibda tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)larning arxiviga 75 yil muddatga saqlash uchun topshiriladi. 29. Jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 525-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 151-modda) bilan tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda: a) 8-bandda: quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi qo‘shilsin: “tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdimnomalar kiritadilar”; to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin. b) 9-bandda: quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin: “tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha belgilangan tartibda tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdimnomalar kiritadilar”; yettinchi-sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
108
19,900
Qonunchilik
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish bir yilga uzaytirildi va soddalashtirildi
Tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 319-son qarorida nazarda tutilgan. Eslatib oʻtamiz, 2017 yildan milliy haydovchilik guvohnomasining va avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalari joriy etila boshlandi. Eski hujjatlarni 2017-2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich almashtirish rejalashtirilgan edi. Belgilangan muddatni yana bir yilga uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.  Shu tariqa, 2021 yilning oхiriga qadar quyidagilarni almashtirish zarur: Koʻrsatilgan hujjatlarning eski namunalari 2022 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunda, imtihon varaqasini yoki hududiy YXBB tasdiqnomasini va tibbiy ma’lumotnomani nafaqat eski “guvohnomalarni” yangilariga almashtirishda, balki yoʻqotilgan hujjatning oʻrniga yangisini olishda ham taqdim etish talab etilmaydi. Shuningdek eslatib oʻtamiz, avtomototransport vositalarini oхirgi 12 oy davomida boshqarganlarning haydovchilik guvohnomalari imtihonlarsiz almashtiriladi. Biroq bu dalilni hujjat bilan tasdiqlash zarur. Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari uchun quyidagilar tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
81
1,351
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-562-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-562-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
153
604
Qonunchilik
TOShKENT ShAHAR, NAVOIY KO‘ChASIDAGI KO‘P QAVATLI BINO QURILIShINi NIHOYASIGA YETKAZISh VA UNDAN FOYDALANISh TO‘G‘RISIDA
Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasidagi Jamoa bo‘lib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosi qurilishini nihoyasiga yetkazish hamda chet el investitsiyalarini jalb qilish ishlarini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi: 1. “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasining Jamoa bo‘lib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosi qurilishini (birinchi navbatini) 1994-yilda nihoyasiga yetkazish, kelgusida ushbu binodan tijorat tuzilmalari, chet el firmalari va kompaniyalarining ofislari sifatida foydalanish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Mazkur obyektni qayta ixtisoslashtirishni loyihalash “O‘zshaharsozlikLITI”ga yuklatilsin. 2. Toshkent shahar hokimligi qurilishi tugallanmagan obyektni (Jamoa bo‘lib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosini) 1993-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan holati bo‘yicha “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi ixtiyoriga o‘tkazsin. 3. “O‘zsanoatqurilishbank” Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-iyundagi 300-son qarori bilan Toshkent shahar hokimligiga ushbu obyekt qurilishi uchun ajratilgan 1 mlrd so‘m miqdoridagi 36 imtiyozli kreditlarni “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi nomiga qayta rasmiylashtirsin. 4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi 1994-1995-yillar uchun istiqbol parametrlarida jamoa bo‘lib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosini ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun qurib bitkazishga zarur kapital mablag‘lar ajratishni ko‘zda tutsin. 5. Davlat mulki qo‘mitasi “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda mazkur bino ishga tushirilgandan keyin undan foydalanish shartlarini bir oy muddatda ko‘rib chiqsin va taklif kiritsin. 6. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-yanvardagi 50-son qaropi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
120
1,906
Qonunchilik
«Paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga paxtani qayta ishlash natijasida olinadigan chigitdan chiqadigan paxta sheluxasi va kunjarasidan ularga tyegishli bo‘lgan miqdorni qaytarish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyruqni o‘z
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-842-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 17-son, 130-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2007-yil 30-dekabrdagi «Paxta etishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga paxtani qayta ishlash natijasida olinadigan chigitdan chiqadigan paxta sheluxasi va kunjarasidan ularga tegishli bo‘lgan miqdorni qaytarish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 236-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1758, 2008-yil 10-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 1-2-son, 8-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, «Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati» uyushmasi, «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi va O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
250
1,264
Qonunchilik
Parlament yuqori palatasining yalpi majlisi 2015 yil 3 dekabrda boʻlib oʻtadi
Poytaхtda 2015 yil 19 noyabr kuni boʻlib oʻtgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻrtinchi yalpi majlisini 2015 yilning 3 dekabr kuni chaqirish toʻgʻrisida Qaror qabul qilindi. Yalpi majlis muhokamasiga: 2016 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida; 2016 yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi toʻgʻrisidagi masalalarni, shuningdek «Elektron hukumat toʻgʻrisida»gi;  «Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksini  (yangi tahriri) tasdiqlash toʻgʻrisida»gi; «Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi (yangi tahriri) qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida»gi;  «Veterinariya toʻgʻrisidagi»gi (yangi tahriri);  «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi (yangi tahriri);  «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 6 ta qonunni kiritish;  Bosh prokurorning qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti muhokama kilinishi koʻzda tutilmoqda. Bundan tashqari, yalpi majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham koʻrib chiqiladi. Oliy Majlis Senati qoʻmitalarining va Devonining toʻrtinchi yalpi majlisga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzildi. Ma’ruf Usmanov.
77
1,689
Qonunchilik
Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarida o‘qishga qabul qilish, kasb-hunarga o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga qayta tayyorlashni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq; Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarida kasb-hunarga o‘qitish tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarida (keyingi o‘rinlarda O‘quv markazi deb ataladi) ishsiz va band bo‘lmagan aholini o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasining aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq o‘n olti yoshdan pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsiz deb hisoblanadi. Ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga muvofiq mehnat organlarida ro‘yxatga olingan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish quyidagi holatlarda amalga oshirilishi mumkin, agar: ishsiz shaxs zarur kasb malakasiga ega bo‘lmaganligi tufayli unga maqbul keladigan ish tanlash mumkin bo‘lmasa; ishsiz shaxsning kasb ko‘nikmalariga mos keladigan ish yo‘qligi sababli uning kasbini (mutaxassisligini, mashg‘ulot turini) o‘zgartirish zarur bo‘lsa; ishsiz shaxs avvalgi kasbi bo‘yicha ish bajarish qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa. 4. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq kasbga tayyorlash, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo‘shish fuqarolarga (ishsizlarga) davlat tomonidan moddiy yordam berishga oid kafolatlar hisoblanadi. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida fuqarolarga qonun hujjatlariga muvofiq stipendiya to‘lanadi. 5. Mazkur Nizom talablari O‘quv markazi tomonidan to‘lov asosida tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv kurslariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 6. O‘quv markaziga ishga joylashtirish bo‘yicha ish beruvchi, bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) va ishga joylashish xohishini bildirgan shaxs o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma hamda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Markaz yo‘llanmalari mavjud bo‘lgan ishga joylashtirishga muhtoj ishsiz va band bo‘lmagan aholi, shu jumladan kasb-hunar kollejlarini va akademik litseylarni bitirgan doimiy ishga ega bo‘lmagan shaxslar o‘qishga qabul qilinadi. 7. O‘quv markazida o‘qishga qabul qilishni tashkil etish o‘qish boshlanishidan kamida yetmish kun oldin O‘quv markazi direktori tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar yoki Toshkent shahri Bandlik bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markaziga qabul qilish rejasi (keyingi o‘rinlarda qabul rejasi deb ataladi) asosida amalga oshiriladi. 8. Qabul rejasida o‘qishga hujjatlarni qabul qilish boshlanadigan kun va kasb yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotasi ko‘rsatiladi. Qabul rejasi asosida O‘quv markazi tomonidan o‘qishga qabul qilish uchun hujjatlar qabul qilinadigan vaqt, qayta tayyorlash kasblari ro‘yxati, qayta tayyorlash kasblari bo‘yicha kirish imtihonlari uchun test savollari tuziladigan fanlar ro‘yxati, O‘quv markazining manzili va murojaat uchun telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘qish boshlanishidan kamida oltmish besh kun oldin ommaviy axborot vositalarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘quv markazining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. Mazkur e’lon O‘quv markazi tomonidan fuqarolar tanishishi uchun qulay bo‘lgan joyga osib qo‘yiladi. 9. O‘qishga qabul qilishni tashkil etish uchun O‘quv markazi direktorining buyrug‘i bilan kamida besh kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi. Bunda O‘quv markazining Marketing va ishga joylashtirish monitoringi shu’basi mudiri ishchi guruh rahbari hisoblanadi. 10. Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi: o‘qishga kirish uchun nomzodlarning (keyingi o‘rinlarda nomzodlar deb ataladi) hujjatlarini qabul qilish; kirish imtihonlaridan oldingi maslahat mashg‘ulotlari va kirish imtihonlarining o‘tkazilishini tashkil etish. 11. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish o‘qish boshlanishidan oltmish kun oldin boshlanadi va o‘ttiz kun davom etadi. 12. Nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ariza; ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma nusxasi; Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazi tomonidan berilgan yo‘llanma. Nomzodlardan mazkur bandda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asli ko‘rsatiladi. Quyidagi hujjatlar O‘quv markazi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi: pasport nusxasi; ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (diplom yoki attestat). 13. Hujjatlarni topshirgan shaxsga ularning qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi. Hujjatlarni qabul qilishda nomzodlarni ro‘yxatga olish kitobiga nomzod test sinovlarini topshiradigan til qayd etiladi. 14. Nomzodlarning hujjatlari saqlanishi uchun ishchi guruh rahbari mas’ul hisoblanadi. 15. O‘qishga qabul qilish uchun hujjatlar qabul qilinadigan vaqt mobaynida hujjat topshirgan nomzodlar soni kasb yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan qabul kvotasidan oshgan taqdirda ushbu yo‘nalish bo‘yicha nomzodlar uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. 16. Kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar yoki Toshkent shahri Bandlik bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda Markaz direktorining buyrug‘i bilan kamida 9 kishidan iborat quyidagi tarkibda komissiya tuziladi: komissiya raisi — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri yoki vazir o‘rinbosari, viloyatlar yoki Toshkent shahri Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i yoki boshliq o‘rinbosari (ular bo‘lmaganda, ularning vazifasini bajaruvchi shaxs); komissiya raisi o‘rinbosari — O‘quv markazi direktori; komissiya kotibi — O‘quv markazi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari; komissiya a’zolari — O‘quv markazining mas’ul xodimlari hamda kelishuv asosida turdosh kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari yoki ishlab chiqarish ta’limi ustalari. 17. Kirish imtihonlari o‘qitishning navbatdagi bosqichi boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin boshlanadi va har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida kunda o‘tkaziladi. Kirish imtihonlarini o‘tkazish jadvallari komissiya tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadigan kunlar, kasblar haqidagi ma’lumotlar O‘quv markazining e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi va bir vaqtning o‘zida uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 18. Kirish imtihonlaridan oldin nomzodlar ishchi guruh tomonidan belgilangan kunlarda O‘quv markazi binosida o‘tkaziladigan maslahat mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari mumkin. Bunda nomzodlarga test sinovlariga qaysi manbalar asosida tayyorlanish lozimligi hamda test sinovlarini qaysi tartibda o‘tkazilishiga doir tushuntirishlar beriladi. 19. Kirish imtihonlari test shaklida o‘tkaziladi. 20. Test savollari tegishliligiga ko‘ra, mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarida test savollari tuziladigan fanlar ro‘yxatiga muvofiq komissiya tomonidan tuziladi. 21. Test savollari komissiya majlisi bayoni bilan tasdiqlanadi. Test savollari hujjat topshirgan nomzodlarning xohishiga ko‘ra ular uchun qulay bo‘lgan tilda tuziladi. Test savollari va ularning javoblari komissiya kotibida saqlanadi va kotib ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi. 22. Nomzodga test sinovini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 23. Test sinovlarini o‘tkazish vaqtida test sinovlari o‘tkazilayotgan auditoriyada nomzodlar, auditoriya rahbari, auditoriya kuzatuvchisidan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 24. Test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach nomzodlar test materiallarini auditoriya rahbariga topshiradi. 25. Komissiya a’zolari imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida test savollariga berilgan javoblarni tekshirib, natijalarni (to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar sonini) tegishli ravishda har bir nomzodning javoblar varag‘iga yozib qo‘yishi shart. 26. Nomzodning test savollariga bergan to‘g‘ri javoblari komissiya tomonidan quyidagicha baholanadi: I blok fani bo‘yicha berilgan har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 ball; II blok fani bo‘yicha berilgan har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 ball; III blok fani bo‘yicha berilgan har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 ball qo‘yiladi. 27. O‘quv markaziga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Test sinovlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar tegishli kvota doirasida o‘qishga qabul qilinadi. Test sinovlari natijalariga ko‘ra qabul kvotasi doirasida ikki va undan ortiq nomzod bir xil ball to‘plagan taqdirda I blokda to‘plagan balli bo‘yicha, agar u ham bir xil bo‘lsa II blokda to‘plagan balli bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi (agar barcha bloklardagi ballar bir xil bo‘lsa o‘zaro suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi). 28. Test sinovlari natijalari komissiya tomonidan test savollariga berilgan javoblar natijalari barcha nomzodlarning javoblar varaqasiga yozilgandan keyin bir kun ichida e’lon qilinadi. Test sinovlari natijalari O‘quv markazining e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi va bir vaqtning o‘zida uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 29. Test sinovlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan (tegishli kvota doirasida) nomzodlarning ro‘yxati komissiya majlisi bayoni bilan tasdiqlanadi. 30. Komissiya majlisining bayoni asosida O‘quv markazi direktori tomonidan nomzodlarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi. O‘quv markazida o‘qitish boshlangan kundan boshlab 15 kun mobaynida o‘z xohishiga ko‘ra o‘qish istagi bo‘lmagan o‘quvchi ariza bilan murojaat qilganda, uning o‘rniga qabul kvotasi doirasida to‘plangan ballarning reytingi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadigan nomzodlar chizig‘ining pastki qismida eng yuqori ball to‘plagan nomzod o‘qishga qabul qilinadi. Bunda test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n besh kun muddat mobaynida nomzod o‘z xohishiga ko‘ra o‘qish istagi bo‘lmagan o‘quvchining o‘rniga qabul qilish to‘g‘risida ariza bilan komissiyaga murojaat qilishi kerak. Ballar ketma-ketligi bo‘yicha ro‘yxatdagi oldingi nomzod o‘z xohishiga ko‘ra o‘qish istagi bo‘lmagan o‘quvchining o‘rniga qabul qilinishni arizasi bilan rad etgan holda yoki test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n besh kun muddat mobaynida ariza bermaganda ro‘yxatdagi keyingi nomzod o‘qishga qabul qilinadi, O‘quv markazida o‘qitish boshlangan kundan boshlab o‘n besh kundan so‘ng berilgan arizalar bundan mustasno. 31. O‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar haqidagi ma’lumot buyruq chiqarilgan kundan boshlab uch kun mobaynida O‘quv markazi tomonidan yo‘llanma bergan tegishli markaziga yuboriladi. 32. Test sinovlari natijalaridan norozi bo‘lgan nomzod O‘quv markazi direktorining buyrug‘i bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega. 33. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga komissiya faoliyatida ishtirok etmagan O‘quv markazi xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar, qoida tariqasida, har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan a’zo kiritiladi. Komissiya tarkibiga kelishuv asosida turdosh kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchi yoki ishlab chiqarish ta’limi ustalari kiritilishi mumkin. Nomzod test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, test sinovlari natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab ikki ish kuni davomida apellatsiya berishi mumkin. Nomzod tomonidan berilgan apellatsiya apellatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat mobaynida ko‘rib chiqilishi lozim. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 34. O‘qishga qabul qilish uchun hujjatlar qabul qilinadigan vaqt mobaynida hujjat topshirgan nomzodlar soni tegishli kasb yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan qabul kvotasidan oshmagan taqdirda ushbu kasb yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkazilmaydi. Bunda ushbu kasb yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirgan nomzodlarning ro‘yxati komissiya majlisi bayoni bilan tasdiqlanadi. Komissiya majlisining bayoni asosida Markaz direktori tomonidan nomzodlarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi. 35. Nomzod kirish imtihoni o‘tkaziladigan kasbdan test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘ta olmagan taqdirda test sinovlari o‘tkazilmagan (qabul kvotasi to‘lmagan) boshqa kasbga o‘tishi mumkin. Bunda nomzod ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan uch tomonlama shartnomani o‘tmoqchi bo‘lgan kasbiga mos keladigan ishga joylashish bo‘yicha nusxasini uch kun muddatda ishchi guruhga taqdim etishi lozim. 1. Mazkur Nizom ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarida (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) kasb-hunarga o‘qitish tartibini belgilaydi. 2. Kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha komissiya majlisining bayoni asosida O‘quv markazi direktori tomonidan nomzodlarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq orqali o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar O‘quv markazida 10 oy muddatda kasb-hunarga o‘qitiladi. 3. Mazkur Nizom talablari O‘quv markazi tomonidan to‘lov asosida tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘qitish kurslariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 4. O‘qitish kunduzgi o‘qish shaklida amalga oshiriladi. 5. O‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalarga muvofiq amalga oshiriladi. 6. O‘qish jarayoni 40 haftadan iborat bo‘lib, 2 ta semestrga bo‘linadi. Bunda har bir semestr 12 haftadan, ishlab chiqarish amaliyoti 15 hafta va yakuniy malaka imtihoni 1 hafta etib belgilanadi. O‘quv markazi o‘quvchilarining umumiy haftalik yuklamalari 38 soatni tashkil etadi. Barcha o‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soati davomiyligi 80 daqiqa etib belgilanadi. 7. O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tegishli kasb bo‘yicha malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash quyidagi nazorat shakllari orqali amalga oshiriladi: joriy nazorat — so‘rovlar, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar va testlar tarzida bilimlar, malaka va ko‘nikmalar tekshiriladi; oraliq nazorat — o‘quv fanining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o‘quvchi reytinggi aniqlanadi. Bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni baholash uchun oraliq nazorat yozma ishlar, testlar yoki amaliy topshiriqlar shaklida o‘tkaziladi; yakuniy nazorat — o‘quv fani tugallanishida yakuniy nazorat test, yozma ish va amaliy topshiriq usulida o‘tkaziladi. 8. O‘quv markazida 6 oylik nazariy va amaliy darslar tugagandan keyin reyting nazorati natijalariga ko‘ra o‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyotiga yuboriladi. 9. Semestr mobaynida o‘quv yuklamasi 24 soatdan kam bo‘lgan fanlardan oraliq nazorat o‘tkazilmaydi. 10. O‘quvchilarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida o‘quvchining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. 11. Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh (5) balli (“5”, “4”, “3”, “2”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi. 12. Muayyan fan bo‘yicha o‘quvchining semestr mobaynida to‘plashi mumkin bo‘lgan umumiy ball (R semestr) maksimum “5” ballni tashkil qilib, quyidagicha hisoblanadi: JN — o‘quvchining semestr davomida joriy nazorat bo‘yicha butun songa yaxlitlangan o‘rtacha ball, ON — o‘quvchining semestr davomida oraliq nazoratlar bo‘yicha butun songa yaxlitlangan o‘rtacha ball. Agar fanning semestr bo‘yicha yuklamasi 24 soatdan kam bo‘lib, oralik nazorat o‘tkazilmagan taqdirda, 13. Muayyan fan yoki o‘quv amaliyot bo‘yicha yillik umumiy ball sifatida semestrlarda to‘plangan umumiy ballarning o‘rtachasi olinadi 14. O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari uchun ham maksimal semestr ball “5” ball bo‘lib, reyting tizimida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib loyihalashtiriladi. 15. Nazariy va amaliy dars soatlarini o‘zlashtirmagan o‘quvchilarga ishlab chiqarish amaliyotiga ketish oldidan bir haftalik muddatda yakuniy nazoratlarni qayta topshirishga ruxsat etiladi. 16. Yakuniy nazorat ishlarini qayta topshirmagan yoki qayta topshirish natijalari bo‘yicha nazariy va amaliy dars soatlarini o‘zlashtirmagan deb hisoblangan taqdirda o‘quvchilar safidan chiqariladi. 17. O‘quv markazi o‘quvchilarining korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi o‘quv dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish amaliyoti 90 kun, haftalik yuklamasi 36 soat, bir kunlik 6 — 8 soatdan iborat bo‘lib, jami 540 soatni tashkil etadi. 18. Nazariy ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, olinadigan mutaxassislik bo‘yicha zarur layoqatga, ko‘nikmalarga va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi hisoblanadi. 19. Ishlab chiqarish amaliyoti, qoidaga ko‘ra, tashkilotning ixtisoslashuviga bog‘liq holda ushbu maqsad uchun maxsus ajratilgan, o‘quvchilar o‘qishni tugatgandan keyin ishga joylashishi mumkin bo‘lgan o‘quv-ishlab chiqarish joylarida o‘tkaziladi. 20. O‘quv markazi o‘quvchilari tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashda quyidagilarga majbur: ishlab chiqarish amaliyoti dasturida nazarda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarish; tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish; texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rganish va ularga qat’iy rioya qilish. 21. Tashkilotlar ishlab chiqarish amaliyoti davrida quyidagilarga majbur: o‘quvchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va ulardan olinadigan mutaxassislik bilan bog‘liq bo‘lmagan, shuningdek zararli mehnat sharoitlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik; o‘quvchilarni ishlab chiqarish binolari, trening kabinetlari, zarur materiallar, asbob-uskunalar, texnik hujjatlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash va o‘quvchilarning yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini, yuqori unumli ish metodlarini o‘zlashtirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchilarga yo‘l-yo‘riqlar berishni va ishlab chiqarish amaliyotiga texnik rahbarlikni tashkil etish; o‘quvchilarga ishlab chiqarish amaliyoti davrida tegishli kasblar ishchilari uchun nazarda tutilgan maxsus kiyim-boshlar, yakka tartibda himoyalanish vositalari berish; zarur holatlarda o‘quvchilarni ishlab chiqarish amaliyoti o‘tadigan joyga yetkazishni va u erdan olib kelishni ta’minlash; o‘quvchilar bajargan ishlarni ushbu tashkilotda belgilangan tartibda hisobga olish va qabul qilish; ishlab chiqarish amaliyoti tugagach har bir o‘quvchiga uning ishlari sifatini, erishgan natijalarini, ishga munosabatini, shuningdek unga berish uchun tavsiya etilayotgan malaka darajasi (tarif razryadi)ni ko‘rsatgan holda ishlab chiqarish tavsifnomasi berish. 22. Markaz o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyoti davridagi nazorati yo‘llanma bergan Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markaziga yuklanadi. 23. O‘quv markazida yakuniy malaka imtihonlari (keyingi o‘rinlarda YaMI deb ataladi) quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikma darajasining malaka talablariga muvofiqligini kompleks baholash; o‘quvchilarga malaka darajasi (tarif razryadi)ni berish masalasini hal etish; o‘quvchilarga Markazni tugatganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish maqsadlarida o‘tkaziladi. 24. YaMI o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti tugagandan so‘ng o‘n besh kun mobaynida o‘tkaziladi. 25. O‘quv dasturini o‘zlashtirgan o‘quvchilar Markaz direktorining buyrug‘iga asosan YaMIga qo‘yiladi. 26. YaMI amaliy topshiriq shaklida o‘tkaziladi. Bunda imtihon biletida har bir ixtisoslik bo‘yicha 1 tadan amaliy topshiriq beriladi. Imtihon savollari (kasbiy amaliy topshiriqlar) o‘quv rejasida o‘rin olgan fanlar bo‘yicha tuziladi. Imtihon savollari (kasbiy amaliy topshiriqlar) YaMI boshlanishidan ikki oy oldin Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali o‘quvchilar e’tiboriga yetkaziladi. 27. YaMIni o‘tkazish jadvali YaMI boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi va e’lonlar taxtasiga osib qo‘yish orqali o‘quvchilar e’tiboriga yetkaziladi. 28. YaMIni o‘tkazish bo‘yicha Markaz direktorining buyrug‘i asosida malaka komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Malaka komissiyasi deb ataladi) tuziladi. Yo‘nalishlar xususiyatidan kelib chiqib YaMIni o‘tkazish uchun bir nechta malaka komissiyalari tashkil etilishi mumkin. 29. Malaka komissiyasiga ish beruvchi tashkilotlarning rahbarlari yoki yetuk va malakali mutaxassislari raislik qiladi. Ushbu Komissiya raisi o‘rinbosari Markaz direktori, kotibi esa Markaz direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi. 30. Malaka komissiyasiga har bir yo‘nalish bo‘yicha Markazning o‘qituvchi va ustalari hamda boshqa tashkilotlarning (kelishuv asosida) soha mutaxassislari orasidan 4 tadan a’zo kiritiladi. 31. Bir kishi ketma-ket bir Markazda tegishli yo‘nalish (kasb) bo‘yicha ikki martadan ortiq Malaka komissiyasi raisi bo‘lishi mumkin emas. 32. Kasblar bo‘yicha amaliy imtihonlar boshlanishidan oldin Malaka komissiyasi a’zolaridan biri o‘quvchilarni topshiriqlar mazmuni, texnik shartlar, baholash mezoni, vaqt me’yori va xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtiradi. 33. O‘quvchilar nazariy savollarga bergan javoblariga ko‘ra quyidagi mezonlar asosida “5” balli tizimda baholanadi: o‘quvchi to‘g‘ri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qo‘llay oladi, mohiyatini to‘liq tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — “5” ball; o‘quvchi mushohada yuritadi, amalda qo‘llay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “4” ball; o‘quvchi mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “3” ball; o‘quvchi bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — “2” ball. 34. O‘quvchilarning kasbiy amaliy topshiriqni bajarishi quyidagi mezonlar asosida “5” balli tizimda baholanadi: o‘quvchi topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq, mustaqil hamda amaliy metodik qo‘llanmalardan foydalanmasdan bajardi deb topilganda — “5” ball; o‘quvchi topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq, mustaqil bajardi, biroq tegishli amaliy metodik qo‘llanmalardan foydalandi deb topilganda — “4” ball; o‘quvchi topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq bajardi, biroq tegishli metodik qo‘llanmalardan hamda ustaning og‘zaki maslahatidan foydalandi deb topilganda — “3” ball; o‘quvchi tegishli metodik qo‘llanmalardan hamda ustaning og‘zaki maslahatidan foydalangan holda topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq bajara olmagan deb topilganda — “2” ball. 35. O‘quvchi tomonidan kasbiy amaliy topshiriqlar bajarilgandan so‘ng, tegishli ixtisoslik(lar) bo‘yicha Malaka komissiyasining har bir a’zosi nomzodga o‘zining bahosini qo‘yadi va unga malaka darajasini berish bo‘yicha fikrini bildiradi. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholar va fikrlar muhokama qilinib, o‘quvchiga har bir ixtisoslik bo‘yicha o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi hamda uning malaka darajasi belgilanadi. 36. YaMIda tegishli ixtisoslik(lar)dan “3” balldan kam baho olgan o‘quvchiga bu ixtisoslik(lar) berilmaydi. 37. Malaka komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholar belgilangan namunada beriladigan diplom ilovasida, o‘quvchiga berilgan kasb va ixtisoslik(lar) hamda malaka darajasi to‘g‘risidagi ma’lumot diplomda aks ettiriladi. 38. YaMI natijalari imtihon yakunlangandan so‘ng o‘quvchilarga e’lon qilinadi. 39. Barcha ixtisosliklardan o‘rtacha arifmetik balli “3” balldan kam bo‘lgan o‘quvchi yakuniy malaka imtihonidan o‘tmagan hisoblanadi. 40. O‘quvchilar quyidagi holatlarda Markaz direktorining buyrug‘i asosida o‘quvchilar safidan chiqariladi: a) Markazning ichki tartib va odob-axloq qoidalarini muntazam ravishda buzganda; b) o‘quv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chiqarish amaliyotidan o‘tmagan, 2 va undan ortiq fan bo‘yicha “2” ball va undan past yakuniy baho olgan); v) uzrsiz sabablarga ko‘ra 36 soatdan ortiq dars qoldirganda; g) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida); d) doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda; e) sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda; j) vafot etganligi sababli. 41. YaMIdan muvaffaqiyatli o‘tgan (o‘rtacha arifmetik balli “3” va undan yuqori bo‘lgan) o‘quvchilarga Malaka komissiyasi qaroriga asosan tegishli namunadagi diplom beriladi. 42. Markazni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom o‘rta maxsus, kasb-hunar diplomi darajasiga tenglashtirilib, egallagan bilimlarini mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi, shuningdek, ta’limning keyingi turini davom ettirish uchun asos hisoblanmaydi. 43. YaMIdan o‘tmagan o‘quvchilarga Malaka komissiyasi qaroriga asosan imtihonni bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi. YaMIni qayta topshirishi lozim bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxati, qayta topshirish kuni va vaqti Malaka komissiyasi qarorida ko‘rsatiladi. 44. YaMIga uzrli sabablarga ko‘ra kelmagan o‘quvchilar Malaka komissiyasi qaroriga asosan 1 yil davomida o‘tkaziladigan navbatdagi yakuniy malaka imtihoniga kelish va uni topshirish huquqiga ega. 45. YaMI natijasidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar Markaz direktorining buyrug‘i bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga ariza berish huquqiga ega. 46. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga komissiya faoliyatida ishtirok etmagan Markaz xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar, qoida tariqasida, har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan a’zo kiritiladi. O‘quvchi YaMI natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, yakuniy malaka imtihonlari natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab ikki ish kuni davomida apellatsiya berishi mumkin. O‘quvchi tomonidan berilgan ariza apellatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat mobaynida ko‘rib chiqilishi lozim. 47. YaMIdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaz tomonidan, uch tomonlama shartnoma asosida ularning ish bilan bandligini ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan elektron dasturga kiritib boriladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 13-avgustdagi 170-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 33-34-son, 341-modda): a) 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Quyidagilar Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazining asosiy vazifalari etib belgilansin: ish bilan band bo‘lmagan aholini, shu jumladan kollejlar va litseylarni tamomlagan hamda doimiy ishga ega bo‘lmagan shaxslarni, 11-sinf ma’lumotiga ega bo‘lgan fuqarolarni quyidagi asosiy kasblar: avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish (avtomobil dvigatellariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash chilangari, avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash chilangari, avtoelektrik, avtomobil kuzov ishlari bo‘yicha chilangar, avtomobil va dvigatellar diagnostikasi operatori); mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi (tokar, frezerlovchi, dasturlashtirilgan dastgohlar bo‘yicha dasturchi, dasturlashtirilgan dastgohlarni boshqaruvchi operator); elektr, elektronika va avtomatlashtirish (elektr montaj ishlari bo‘yicha elektr montyor, elektron qurilmalarini ta’mirlash, sozlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektr montyor, elektr qurilmalarini o‘rnatish, sozlash, dasturlash va avtomatlashtirish bo‘yicha elektr montyor); axborot texnologiyalari (loyihalash va kompyuter grafikasi dizayneri, web dasturchi, ofis jihozlarini sozlash va ta’mirlash bo‘yicha usta, kompyuter texnikalari va kompyuter tarmoqlari montajchisi) bo‘yicha 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bepul qayta tayyorlash; Koreyaga ishga yuborilayotgan fuqarolarni ketishdan oldin pulli asosda tayyorlash va moslashtirish; O‘zbekistonning mehnat bozorida talab katta bo‘lgan kasblar bo‘yicha ish izlayotgan shaxslarni pulli asosda qisqa muddatda o‘qitish. 4. Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi bevosita Toshkent shahri Bandlik bosh boshqarmasiga bo‘ysundirilsin, unga umumiy o‘quv-metodik rahbarlik qilish esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklansin”; b) 9-banddagi “Band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi” so‘zlari “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 37-son, 431-modda): a) nomidagi “Kasb-hunarga o‘qitish markazi” so‘zlari “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovaning nomidagi “Kasb-hunarga o‘qitish markazining” so‘zlari “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Samarqand shahrida Kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi 122-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 20-son, 253-modda): a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Kasb-hunarga o‘qitish markazining” so‘zlari “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Samarqand shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi bevosita Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasiga bo‘ysundirilsin, umumiy o‘quv-metodik rahbarlik esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklansin”; v) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Belgilansinki, Markazning ta’minoti, ishsizlarni va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga qayta tayyorlash, shuningdek import qilinadigan o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalarini va moddiy resurslarni O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash, rasmiylashtirish va tashish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tasarrufidagi mablag‘lar hisobiga qoplanadi”; g) 10-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 11-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 1-ilovaning nomidagi “Kasb-hunarga o‘qitish markazining” so‘zlari “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida Kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi 135-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 163-modda) 1-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Shahrisabz shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazining tuzilmasi”. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi 199-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 15-son, 255-modda): a) 8-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Ishsiz va band bo‘lmagan aholini fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarida kasb-hunarga qayta tayyorlanganligi va malakasini oshirganligi to‘g‘risidagi diplomning hamda qisqa muddatli kurslarni o‘taganligi to‘g‘risidagi sertifikatning davlat namunalaridagi shakllari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin”. b) 2-ilovada: ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarining namunaviy tuzilmasi*”; Izohning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “* Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarining tuzilmalari Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tasdiqlangan. ** Tashkil etilayotgan markazlarning kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalish va mutaxassisliklari bo‘yicha bo‘linmalari ushbu markaz tashkil etilayotgan mintaqaning mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi”; v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
174
35,399
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQARO TURIZMNING ZAMONAVIY INFRASTRUKTURASINI BARPO ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 3. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi, Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: bir oy muddatda turistlarni avia va temir yo‘l transporti orqali tashishda imtiyozlar berish, shuningdek respublika ichidagi hamda xalqaro liniyalarda turistik guruhlarning yurishlari qiymatidan chegirmalar tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar; uch oy muddatda Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganch shaharlaridagi aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida, shuningdek chegaradagi temir yo‘l stansiyalarida turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus bojxona zonalari tashkil etsinlar, ularni zamonaviy nazorat texnikasi bilan jihozlasinlar. 6. “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun Toshkent — Samarqand — Buxoro — Urganch — Xiva avtomobil yo‘nalishida yo‘llarni obodonlashtirish, ulardan sifatli foydalanish hamda servis xizmatlari tashkil etish bo‘yicha 1995 — 1998-yillarga mo‘ljallangan kompleks dasturni ishlab chiqsinlar. 9. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda turistlar bo‘ladigan joylarda amaliy va tasviriy san’at, xalq ijodkorligi buyumlarini, reklama mahsulotlarini tayyorlash hamda sotish bo‘yicha korxonalar va ixtisoslashtirilgan markazlar shoxobchalarini tashkil etsinlar. 10. Sog‘liqni saylash vazirligi: “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda shartnoma asosida turistlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin; Moliya vazirligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatimiz turistlarini va xorijiy turistlarni tibbiy sug‘urta qilish bo‘yicha taklif kiritsin. 11. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “O‘zbek-turizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda shartnoma asosida xalqaro turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun “Xalqaro turizm” o‘quv-ishlab chiqarish markazi ochsin. 12. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘ridan to‘g‘rihavo yo‘llariga ega bo‘lgan mamlakatlarda turistik vakolatxonalar ochsin. 13. Davlat matbuot qo‘mitasi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga “Ipak yo‘li” xalqaro turistik-reklama-axborot nashri chop etilishini tashkil etsin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
115
3,213
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 9-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 13-iyuldagi KQ-105-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturining ijro etilishi to‘g‘risida”gi KQ-177-IV-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qo‘mitalarining 2021-yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejalari to‘g‘risida”gi KQ-178-IV-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 25-yanvardagi “X.X. Bozarovni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tarkibidan chiqarish to‘g‘risida”gi KQ-179-IV-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 1-fevraldagi “Adolatli senator”, “Xalqparvar senator”, “Mehnatkash senator” va “Faxriy senator” maqomlarini berish to‘g‘risida”gi KQ-181-IV-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 4-fevraldagi “B.K. Zaripovni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi etib saylash to‘g‘risida”gi KQ-183-IV-sonli qarori.
92
1,755
Qonunchilik
Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-yanvardagi 1/10-son qarori (ro‘yxat raqami 2758, 2016-yil 3-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 5-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi birinchi xatboshidan “, bankning imtiyozli kreditlash jamg‘armasi hisobidan mikrokredit ajratilgan taqdirda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
158
1,015
Qonunchilik
KORPORATIV OBLIGATSIYALARNI ChIQARISh, ChIQARILUVNI DAVLAT RO‘YXATIGA OLISh VA SO‘NDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 2002-yil 7-iyunda tasdiqlangan Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, chiqariluvni davlat ro‘yxatiga olish va so‘ndirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2002-yil 10-iyul, ro‘yxat raqami 1158) qo‘shimcha ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
146
802
Qonunchilik
1997-YILNING IV ChORAGIDA DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARINI QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchilar hisob-kitoblarini o‘z vaqtida qilishlarini ta’minlash, shuningdek xalq xo‘jaligida to‘lov intizomining ahvolini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ilgari tuzilgan kontraktlar, shu jumladan, fyuchers asosida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha paxta tolasi uchun mablag‘larning “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasiga o‘z vaqtida tushishini ta’minlasin. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi 1997-yil hosilidan topshirilgan paxta xomashyosi uchun uning qiymatining 90 foizi hisobidan kelib chiqib paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan joriy yil oxirigacha hisob-kitob qilinishini ta’minlasin. 3. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, korxonalar va tashkilotlar: debitorlik va kreditorlik qarzlarini tarmoq ichida va idoralararo uzish yo‘li bilan ikki tomonlama o‘zaro qarzdorlikni qisqartirishga oid asoslangan takliflarni bir oy muddatda tayyorlasin va ularni Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblarni takomillashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun kiritsin; tijorat banklari bilan birgalikda 1997-yil noyabr-dekabr oylarida muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini, ularni solishtirish dalolatnomalarini rasmiylashtirgan holda, yalpi xatlovdan o‘tkazsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘liq qamrab olinishini ta’minlashda hamda muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari xatlovi sifatli o‘tkazilishida har tomonlama ko‘maklashsinlar. 4. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar xatlov natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi nizomga muvofiq da’vo muddati tamom bo‘lgan debitorlik qarzlarini 1998-yil 1-yanvargacha hisobdan chiqarsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki, tijorat banklari ishtirokida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari 1998-yil 1-yanvardagi balans bo‘yicha hisobotda to‘liq va aniq aks ettirilishini ta’minlasin. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan hisobotlarni qabul qilishda muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining barcha summasiga solishtirish dalolatnomalarini talab qilsin. 5. Tijorat banklariga: pudratchi tashkilotlarning debitorlik qarzlari paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq buyurtmachilar tomonidan kapital qo‘yilmalar yillik limitlarining kamida 30 foizi miqdoridagi mablag‘lar maxsus schyotlarda band qilib qo‘yilgan taqdirda korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlashni rasmiylashtirish; pudratchi tashkilotlarning muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzdorligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarini qaytarishga mablag‘larini hisobga olmasdan turib qurilishlar ro‘yxatlarining mablag‘ bilan ta’minlashga qabul qilinishini taqiqlash; loyiha-smeta hujjatlariga va mablag‘ bilan ta’minlashning real manbalariga ega bo‘lmagan obyektlarni qurish hollari aniqlangan taqdirda ularning qiymatini pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarning umumiy hajmidan va hisoblangan ish haqidan chiqarib tashlash tavsiya etilsin. Aniqlangan hollarga oid materiallarni aybdor shaxslarga nisbatan iqtisodiy ta’sir choralari qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga oshirish, shu jumladan, undirilgan mablag‘larni belgilangan tartibda budjetga o‘tkazgan holda buyurtmachi va pudratchidan teng ulushlarda jarimalar undirish; budjet va boshqa kreditorlar oldida muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda korxonalar va tashkilotlarning o‘z valyuta mablag‘larining, so‘mlardagi tushumni budjetga muddatida to‘lanmangan to‘lovlarni va respublika mahsulot yetkazib beruvchilariga kreditorlik qarzlarini to‘lashga yo‘naltirgan holda, majburiy sotilishini ta’minlash; kredit mablag‘lari ajratishda korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish tavsiya qilinsin. Kreditlar faqat ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun kontraktlar va aniq xaridorlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ajratilsin. Omborlarda tayyor mahsulotning normativdan ortiq qoldig‘iga ega bo‘lgan korxonalarga kredit mablag‘lari ajratish taqiqlansin; debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish maqsadida faktoring xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish va hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qo‘llash tavsiya etilsin. 6. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari to‘lov muddatlari buzilgan taqdirda (tovar olingandan keyin 60 kun ichida) ko‘rsatib o‘tilgan iste’molchi korxonalarga mahsulotni bundan keyin faqat hisob-kitoblarning akkreditiv shakli bo‘yicha jo‘natsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar, tijorat banklari rahbarlari hisob-kitoblarning mazkur bandda belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar. Ushbu tartib bajarilmagan taqdirda korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga nisbatan moddiy va ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llasinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda debitorlik va kreditorlik qarzlarini buxgalteriya hisobi va hisobotida yagona narxlarda aks ettirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uni 1998-yil 1-yanvardan boshlab joriy etsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
104
5,883
Qonunchilik
“Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-856-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“O‘zbekiston Respublikasi b
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimini ko‘rib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-856-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
621
Qonunchilik
Uchuvchisiz uchish qurilmasini toʻgʻri boshqaring
Xususan, belgilanishicha, uchuvchisiz uchish qurilmasi (keyingi oʻrinlarda - qurilma) parvozini bajarish vaqtida fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmasi operatorida* uni uchishga tayyorlash va boshqarishga oid qoʻllanma boʻlishi shart. Qurilma parvozi sutkaning yorugʻ vaqtida, oddiy meteosharoitlarda va qurilma bilan doimiy vizual kontaktda boʻlganda bajariladi. Qurilma parvozi: odamlar, bino va inshootlar, transport vositalarigacha 30 m dan; dam olish maskanlari, oʻyin maydonlari, sport va ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylargacha 150 m dan; aerodromlar, vertolyot maydonlari, davlat idoralari, temir yoʻl va avtomobil vokzallarigacha (stansiyalarigacha) 5 km dan kam boʻlmagan masofada bajariladi. Hujjatga bir qator boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2016 yil 12 dekabrda kuchga kirdi. __________ * Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmasi operatori – arizachining** uchuvchisiz uchish qurilmasi boshqaruvini bevosita amalga oshiruvchi mansabdor shaхsi. ** Arizachi – Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan idoraviy vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekistonning samoviy hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish ruхsat etilgan Oʻzbekiston yuridik shaхsi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
49
1,540
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi. 2. Inspeksiya xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondi quyidagilardan iborat: a) lavozim maoshi; b) quyidagi miqdordagi oylik ustamalar: alohida mehnat sharoitlari uchun darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50 foizi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari, Inspeksiyaning boshqa xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi miqdorida oylik ustama. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda Inspeksiya xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi; lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustama (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti); darajali unvon uchun lavozim maoshiga 20 foizdan 50 foizgacha miqdorda ustama; darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga — ko‘p yillik mehnati uchun lavozim maoshiga 5 foizdan 40 foizgacha miqdorda ustama. Shuningdek, har oylik ustamalarga: Inspeksiyaning boshqa boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga ko‘p yillik mehnati uchun ustama haq to‘lash prokuratura xodimlari uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Bunda, ustama miqdorini belgilashda xodimning umumiy ish staji inobatga olinadi; o‘rnatilgan tartibda maxsus toifalar uchun lavozim maoshiga 10, 20 va 30 foizi miqdordagi ustama haq ham kiradi; v) darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga tasdiqlangan Yagona tarif setkasi tarif koeffitsentini bir yarim baravari miqdorida Inspeksiyani rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshiga haq to‘lash; g) quyidagilarni o‘z ichiga oladigan rag‘batlantiruvchi va boshqa to‘lovlar: xodimlar faoliyatini individual baholash asosida xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun xodimlarni yilda ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida mukofotlash; bayramlar, muhim va yubiley sanalari, ko‘p yillik hamda bekamu ko‘st xizmati (mehnati) uchun, pensiyaga chiqishi munosabati bilan mukofotlash; mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi hisobidan shakllantiriladigan Moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi mablag‘lari hisobidan shaxsiy ustamalar; ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdordagi oylik to‘lovlar; Inspeksiya xodimlariga — yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdordagi oylik to‘lovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno; yilda bir marta oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish; d) xodimning asoslangan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan mehnatga haq to‘lash fondiga ajratilgan mablag‘lar doirasida quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin: yaqin qarindoshlari vafot etganda — o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga asosan; alohida ehtiyoj tug‘ilganda (baxtsiz hodisa, to‘y va boshqa marosimlar munosabati bilan, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklash uchun, shuningdek, oiladagi og‘ir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar). Ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari uchun oylik to‘lovlarning eng kam oylik ish haqi ikki baravaridan yuqori miqdorini belgilash, shuningdek, moddiy rag‘batlantirish fondi miqdorini ko‘paytirish Inspeksiyani rivojlantirish jamg‘armasi Kengashining qarori bilan amalga oshiriladi. 3. Inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: mukofotlash; lavozim maoshiga shaxsiy ustamalar to‘lash; moddiy yordam ko‘rsatish. Inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. 4. Xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun shaxsiy bir martalik to‘lov shaklida Inspeksiya boshlig‘ini mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan, Inspeksiyaning boshqa xodimlarini — uning boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 5. Lavozim maoshlariga oylik shaxsiy ustamalar: Inspeksiya boshlig‘iga — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan; Inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlari, markaziy apparat xodimlari va hududiy boshqarmalar boshliqlariga — Inspeksiya boshlig‘i tomonidan; Inspeksiyaning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlariga — Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan; hududiy tuzilmalar xodimlariga nisbatan tegishli hududiy boshqarma (bo‘lim) boshliqlari tomonidan belgilanadi. 6. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda lavozim maoshiga belgilangan ustamalar bekor qilinishi yoki kamaytirilishi mumkin. 7. Mehnatga haq to‘lash fondini shakllantirishda yil hisobiga oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish uchun mablag‘lar nazarda tutiladi. 8. Xodim vafot etganda, moddiy yordam (agar xodim vafot etgan yilda bevosita unga moddiy yordam ko‘rsatilmagan bo‘lsa) uning turmush o‘rtog‘iga, turmush o‘rtog‘i yo‘qligida — u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarini (bolalikdan nogironlarni — yoshidan qat’i nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, agar xodimlar nikohda turmagan va farzandlari bo‘lmagan hollarda, xodimning qaramog‘idagi shaxslarga yoki ota-onalariga teng ulushda to‘lab beriladi. 9. Xodimning asoslangan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan xodimlarga mehnatga haq to‘lash fondiga ajratilgan mablag‘lar doirasida, quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin: yaqin qarindoshlari vafot etganda — o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga asosan; alohida ehtiyoj tug‘ilganda (baxtsiz hodisa, to‘y va boshqa marosimlar munosabati bilan, uzoq muddat kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklash uchun, shuningdek, oiladagi og‘ir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar). 10. Xodimlar xarajatlarini qoplash, moddiy yordam miqdori va uning to‘lanishi xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganligiga bog‘liq bo‘lmaydi. 11. Inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar: xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasining o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan mablag‘lari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 12. Inspeksiya xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi mablag‘lar nazarda tutiladi: yagona tarif setkasi bo‘yicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi; xodimlarni mansab maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustamalar; 40 foiz miqdorida mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti; darajali unvon uchun lavozim maoshiga 20 foizdan 50 foizgacha miqdorda ustama; darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga — ko‘p yillik mehnati uchun lavozim maoshiga 5 foizdan 40 foizgacha miqdorda ustama; Inspeksiyaning boshqa boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga ko‘p yillik mehnati uchun ustama haq to‘lash prokuratura xodimlari uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Bunda, ustama miqdorini belgilashda xodimning umumiy ish staji inobatga olinadi; yilda ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida mukofot; yilda oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam; 15 foizlik Moddiy rag‘batlantirish fondi. 13. Inspeksiya xodimlariga boshqa to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
230
8,822
Qonunchilik
Karantin – intizomiy jazo muddatini kechiktirish uchun sabab emas
Xodim mart oyida uzrli sababsiz bir necha kun ishga chiqmadi. Uni intizomiy jazoga tortishga ulgurishmadi, sababi u tushuntirish хati berishni “choʻzib yubordi”. 30 martdan boshlab esa Oʻzbekiston ichida “stikerli” avtomobildan tashqari avtotransportning harakati toʻхtatildi, 1 apreldan boshlab хodimlar masofadan ishlashga oʻtishdi. 20 avgustdan boshlab tashkilot ilgarigi rejimda ishlamoqda. Progul qilgan хodimni 6,5 oy oʻtgach, sentyabr oyida intizomiy jazoga tortish mumkinmi? Karantin munosabati bilan intizomiy jazoga tortish muddatlari uzaytiriladimi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga mehnat huquqi boʻyicha “Norma” eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi: - Intizomiy jazolarni qoʻllanish tartibini MKning 182-moddasi tartibga soladi. Haqiqatan, хodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishidan oldin undan yozma ravishda tushuntirish хati talab qilib olinishi lozim. Xodimning tushuntirish хati berishdan bosh tortishi sodir qilgan nojoʻya хatti-harakati uchun unga nisbatan jazo qoʻllanishiga toʻsiq boʻla olmaydi. Intizomiy jazo nojoʻya хatti-harakat aniqlangandan boshlab, хodimning kasal yoki ta’tilda boʻlgan vaqtini hisobga olmasdan, uzogʻi bilan 1 oy ichida qoʻllaniladi. E’tibor bering! Nojoʻya хatti-harakat haqida korхona rahbariga, uning oʻrinbosariga yoki tarkibiy boʻlim rahbariga yoхud хodim boʻysunadigan boshqa rahbarga u intizomiy jazo berish huquqiga ega boʻlish-boʻlmasligidan qat’i nazar, ma’lum boʻlgan kun - koʻrsatilgan muddatning hisoblanishi boshlanishiga asos boʻluvchi nojoʻya хatti-harakat aniqlangan kun hisoblanadi. Nojoʻya хatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab 6 oy oʻtganidan, moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasi boʻyicha esa, sodir etilgan kundan boshlab 2 yil oʻtgandan keyin jazoni qoʻllab boʻlmaydi. Jinoiy ish boʻyicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi. Masalan, nojoʻya хatti-harakatning (taftish yoki moliyaviy tekshiruv natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan) oʻzi 2020 yilning fevral oyida sodir etilgan, uning sodir etilganligi dalili esa faqatgina 7 oy oʻtgach, sentyabr oyining oхirida aniqlangan. Bu holda intizomiy jazoni qoʻllash mumkin emas, sababi intizomiy jazoni qoʻllash muddati oʻtkazib yuborilgan. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
65
2,270
Qonunchilik
AVTOMATLAShTIRILGAN BANK TEXNOLOGIYASI TIZIMIDAGI AXBOROTNI MUHOFAZA QILISh VA UShBU QOIDALARNING BAJARILIShIDA HISOB-KITOB KASSA MARKAZLARIDAGI MANSABDOR ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI TO‘G‘RISIDAGI
Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-yanvar 15-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining takliflari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, u Hisob-kitob kassa markazlarining balanslarida aks ettirilgan hamda Hisob-kitob kassa markazlarining elektron to‘lovlar tizimi orqali o‘tkazilgan to‘lov hujjatlaridagi ma’lumotlarni muhofaza qilish maqsadida joriy etilmoqda. 1.1. Barcha Hisob-kitob kassa markazlarida amaliyot kuni natijalariga ishlov berish maqsadida barcha texnologik jarayonlarni Bank amaliyot kuni (BAK) dasturlari talablariga asosan bajaruvchi hamda memorial ordyerlarni yozuvga chiqarilishini o‘z ichiga olgan bank amaliyoti kuni tarmoq dasturi qo‘llanilib, u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilib, amalga kiritilgan me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishi lozim. 1.2. Har bir mas’ul ijrochi, bo‘lim boshliqlari, bosh buxgalter o‘rinbosarlarining xonalariga o‘rnatilgan ishchi stansiyalari ularga kirish uchun — nomli parollarga ega bo‘lishi va shu bilan birga global tarmoqqa ulanib ishlash vakolatiga ega bo‘lgan xodimlarning ishchi stansiyalari mazkur tarmoqqa ulanishga ruxsat beruvchi dasturli — apparatli vositalar bilan jihozlanishi lozim. 1.3. Hisob-kitob kassa markazi (HKKM)ning bosh serveri HKKM ichki vakillik hisobvarag‘i qoldig‘i bilan hamda elektron to‘lov hujjatlari bilan to‘g‘ri taqqoslanganligini ko‘rsatuvchi fayllarni belgilangan tartibda dasturiy yo‘l bilan shakllantirishi lozim. 1.4. Bank amaliyot kuni butun kompleksini yil boshidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakunlar bilan har kuni dasturiy yo‘l bilan arxivlashtirishni tashkil qilish lozim, Arxivni saqlash muddati 10 yil. 1.5. HKKMlar tomonidan kamida ikkita qo‘shimcha arxiv saqlash punktlari tashkil etilishi va u yerda arxivlarning nusxalari saqlanishi lozim. 2.1. Har bir HKKM undagi amaliyot kunini tashkil etish hamda elektron to‘lovlar tizimi orqali banklararo hisob-kitoblar amalga oshirish bo‘yicha 1 va 2-ilovalarga muvofiq tuzilma tashkil etishi shart. 2.2. HKKMning rahbarlari, bosh buxgaltyerlari bank balansida va elektron to‘lovlar tizimi orqali o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarida aks ettirilgan ma’lumotlarning qonuniyligi va but saqlanishi uchun, shuningdek ma’lumotlarning to‘g‘ri arxivlashtirilishi uchun shaxsan javob beradilar. 2.3. Barcha kirim-chiqim ordyerlari alohida xonada joylashgan va lokal tarmoqqa ulangan printerda qog‘ozga tushirilishi va belgilangan tartibda imzolar bilan rasmiylashtirilishi lozim. 2.4. HKKMning rahbarlari pul va tovar boyliklariga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan amaldagi mehnat shartnomasiga muvofiq to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida yozma shartnoma tuzishlari lozim. 2.5. Agar yo‘l qo‘yilgan tartibbuzarliklar natijasida tijorat banki mijozlarga, Markaziy bankka, soliq organlariga jarima to‘lab zarar ko‘rgan bo‘lsa, aybdor shaxslar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan hajm va tartibda moddiy javobgarlikka tortiladi. Agar xodim elektron to‘lovlar tizimi orqali mijozlarning hisobvaraqlardan yoki bankning ichki hisob varaqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarmasdan elektron to‘lovlar hujjatlari fayllarini jo‘natganligi natijasida HKKMga zarar yetkazgan bo‘lsa, zarar mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda undirib olinadi. Ichki audit xodimi har kuni, bank amaliyot kuni tugab, buxgalteriya hujjatlari hisoblab chiqilib, ular kunlik aylanmalarning jamlama ma’lumotlari bilan solishtirilganidan keyin har bir hujjatni shaxsiy hisobvaraqlar bilan taqqoslab, haqiqatan ham mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan chiqarilganini tekshiradi hamda birma-bir tekshiruv o‘tkazganini kundalik hujjatlar muqovasiga imzo chekish yo‘li bilan tasdiqlaydi. Mablag‘larning hisobvaraqlardan noto‘g‘ri chiqarilgani aniqlansa, bu haqda bank rahbariga yozma ravishda xabar beradi. Rahbar tafsilotlarni aniqlaganidan keyin aybdorlarga nisbatan yuqorida aytilgan choralarini qo‘llaydi. Takqoslash nihoyasiga yetkazilgach, ichki audit xodimi bankning kundalik hujjatlarini joriy arxivga topshirib, bu haqda maxsus daftarga imzo chektirib oladi. Shundan keyin mazkur daftarni har kuni boshqaruvchiga olib boradi, shu maqsadda ochilgan uning daftariga hujjatlar birma-bir tekshiriladi va arxivga topshirilgani to‘g‘risida imzo chekadi. 2.6. Barcha kiruvchi va chiquvchi to‘lov hujjatlari har kuni HKKM tomonidan daxl etishga berilmaydigan ko‘rinishida dasturiy arxivlanadi. Arxivning saqlanish muddati 10 yil. 2.7. 1-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan, HKKM tomonidan ochishga ruxsat etilmagan arxivlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan arxivator (arxivator — axborotni bir marotaba yozish va ko‘p marotaba o‘qish uchun mo‘ljallangan qurilma) kaliti Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish Departamenti xodimlarida saqlanadi. HKKM tomonidan daxl etishga berilmaydigan arxiv dasturiy ravishda arxivatorga ko‘chirilishi (nusxalanishi) va bunda arxivning qog‘ozdagi yozuvi chiqarilishi shart. Yozma shaklda chiqarilgan arxivda uni chiqarilgan vaqti, sanasi, axborotning hajmi, yozuvning oxirida arxivlashtirgan shaxsning familiyasini, ismi-sharifini, imzosini hamda tashqi saqlovchi qurilmaning nomini o‘z ichiga olgan bo‘lishi shart. Yozuvga chiqarilgan ma’lumot seyfda saqlanishi lozim. 2.8. HKKMda elektron arxiv ma’lumotlarini to‘g‘ri yig‘ish va saqlash uchun javobgar shaxslar bank buyrug‘i orqali tayinlanadi (BAK arxivlarini yig‘ish va HKKM tomonidan daxl etishga berilmaydigan arxivni yig‘ish uchun javobgarlar), bunda bosh buxgalter doimiy ravishda arxivlarni to‘g‘ri yig‘ilishini nazorat qilib boradi. 2.9. Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish Departamenti xodimlari HKKMdagi rejali tekshiruvlarini amalga oshirish vaqtida, Bank amaliyot kuni kompleksining arxivlari va shifrlangan to‘lov fayllarini ochmasdan (rasshifrovka qilmay), ularni tanlov asosida nomi va sanasi bo‘yicha tekshirib ko‘rib, qog‘ozga tushirilgan ma’lumotlar bilan solishtiradilar. Zarur hollarda, avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va qoidabuzarliklarning sababini aniqlash uchun komissiya tuziladi va HKKM tomonidan daxl etilishi ruxsat berilmagan arxivlar batafsil tekshirib chiqiladi. Komissiya tarkibiga: Markaziy bankning vakolatli vakillari, HKKM rahbari, bosh buxgalteri, arxivlar uchun javobgar shaxs va tarmoq administratori kiritilishi shart. 2.10. Barcha elektron to‘lovlar jo‘natilish vaqtida elektron imzo bilan tasdiqlangan va shifratsiya bilan himoyalangan bo‘lishi shart. HKKM tomonidan Hisob-kitoblar markaziga uzatish uchun tayyorlangan elektron to‘lov hujjatlari, bosh buxgalter tomondan ularning to‘liqligi va to‘g‘ri tuzilganliga tekshirib chiqiladi. Elektron hujjatlar, bosh buxgalter tomonidan asl nusxalari bilan solishtirib, tekshirib chiqilganidan keyin (bosh buxgalter bo‘lmagan vaqtida HKKM buyrug‘i bilan elektron imzo qo‘yish uchun bosh buxgalter o‘rinbosari tayinlanadi) elektron imzo bilan tasdiqlanadi (imzo elektron kartochkada yoki disketada bo‘lishi mumkin). 2.11. Axborot avtomatik tarzda Bank amaliyot kunida shifratsiya jarayonidan o‘tish va Axborotlashtirish bosh markaziga, viloyatlarda Hududiy axborotlashtirish markaziga yuborilishi lozim. Elektron kartochkasidagi yoki disketadagi elektron imzo Bosh buxgalterda, uning muhrlanadigan seyfida saqlanishi lozim. Elektron imzoni boshqa xodimlarga berish qat’iyan man qilinadi. 2.12. HKKMning mas’ul xodimlari tomonidan elektron imzo bilan ishlash texnologiyasi tartibi buzilgan hollarda, aybdor shaxslar joriy qonunlar asosida javobgarlikka tortiladilar. 2.13. HKKM bilan viloyat axborotlashtirish markazlari orasidagi aloqa tarmoqlari buzilganda elektron axborotlar disketalar yordamida uzatilishi va qabul qilinishi mumkin. 2.14. Disketalar yordamida elektron axborotlarni uzatish, boshqa ruxsat etilgan usullardan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan favqulodda hollarda qo‘llanilib, u quyida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi: a) Hududiy axborotlashtirish markaziy yoki Bosh axborotlashtirish markazi bilan elektron axborotlarni disketalar yordamidagi almashuvini amalga oshirish uchun, almashuv tashabbuskori tomonidan axborotni qabul qiluvchi tashkilot boshlig‘i nomiga xat yuboriladi. Xatga tashabbuskor rahbarning imzosi qo‘yilgan bo‘lib, unda sanani, elektron axborotlarni disketa orqali o‘tkazilishining sababini, axborotni disketa orqali uzatuvchi yoki qabul qiluvchi xodimning familiyasini va lavozimini, disketa to‘g‘ri tayyorlanganligining tasdig‘i olinganligini ko‘rsatish lozim. HKKMning hisoblash markaziga uzatish uchun tayyorlagan axboroti, uning bosh buxgalteri tomonidan tekshiriladi va mashina yozuviga chiqariladi. b) Elektron axborotlarni disketa orqali uzatishga tayyorlashda, kamida ikkita disketa — asosiy va qo‘shimcha disketalar tayyorlanishi zarur va quyidagilarga rioya qilish lozim: disketani MS DOS formatida formatlashtirish; uzatishga mo‘ljallangan fayllarning nomi 8,3 formatda (8 bayt — fayl nomining uzunligi Z bayt — fayl kengaytmasining uzunligi) bo‘lishi kerak; axborot disketaga standart ko‘chirish dasturlari orqali ko‘chiriladi (MS DOS operatsion sistemasidagi SORY buyrug‘i, Norton Commander vositalari, Windows vositalari); disketada uzatishga mo‘ljallanmagan axborotlar bo‘lmasligi lozim; disketadagi axborot viruslarning yo‘qligiga tekshirilgan bo‘lishi zarur; har bir disketaga ikkitadan ma’lumotnoma ilova qilinishi kerak bo‘lib, ularda: disketaning taqqoslash raqami, ya’ni muvofiq disketaga qo‘yilgan raqam bilan mos tushadigan raqam, uzatishga mo‘ljallangan barcha fayllarning nomi, hajmi, fayllar yaratilgan sana va vaqti, ma’lumotnomaning olingan vaqti va kunini, ijro etuvchining, ya’ni ma’lumotnoma olgan xodimning familiyasi va lavozimi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak (ma’lumotning shakli 3-ilovada keltirilgan); ma’lumotnomalarga javobgar shaxs va ijro etuvchi tomonidan imzo chekilgan bo‘lishi kerak. v) HKKM tomonidan Hududiy axborotlashtirish markaziga (Axborotlashtirish Bosh Markaziga) axborotni disketada yetkazuvchi sifatida bosh muxosib, bosh muxosib yordamchisi yoki vakolatli boshqa xodim bo‘lishi mumkin. g) Axborotni disketada qabul qilib oluvchi Hududiy axborotlashtirish markazi (Axborotlashtirish Bosh Markazi) xodimi quyidagilarni bajarishi zarur: xatning mavjudligini va uning to‘g‘ri tuzilganligini tekshirishi; ma’lumotnomalarning mavjudligini va ularda zarur bo‘lgan rekvizitlarning qayd qilinganligini tekshirishi; disketani virus yo‘qligiga tekshirish; disketadan o‘z programmasi orqali ikki nusxa ma’lumotnoma olish; o‘zi olgan ma’lumotnomalarni disketa bilan birga keltirilgan ma’lumotnomalarga solishtirib ko‘rishi lozim. Ma’lumotnomalar bir-biriga mos kelishi zarur. Yuqorida keltirilgan shartlar to‘liq bajarilmasa disketadagi axborot qabul qilinmaydi. d) Barcha shartlarga rioya qilingandagina Hududiy axborotlashtirish markazi (Axborotlashtirish Bosh Markazi)ning axborotni disketada qabul qilib oluvchi xodimi quyidagilarni bajaradi: disketadan axborotni kompyuterga o‘tkazadi; to‘rtta ma’lumotnomaga imzo qo‘yadi; disketa bilan birga taqdim etilgan ma’lumotnomalarning birini va qabul qilish vaqtida olingan ma’lumotnomaning bir nusxasini disketa bilan qo‘shib qaytarib beradi; disketa orqali qabul qilib olingan ma’lumotni belgilangan tartibda jo‘natadi; disketa bilan keltirilgan ma’lumotnomalarning va qabul qilish vaqtida olingan ma’lumotnomalarning ikkinchi nusxalarini kundalik hujjatlarga tikib qo‘yadi; favquloddagi holatlar daftariga, axborotning disketa orqali qabul qilinganligini yozib qo‘yadi. Shu bilan birga daftarga axborotning qabul qilingan sanasi, vaqti, qabul qilingan fayllarning nomi va hajmi, axborot uzatuvchining rekvizitlari kiritib boriladi. Disketa orqali axborotni qabul qilgan xodim daftarga o‘z imzosini qo‘yadi; disketa orqali qabul qilingan axborotlarni belgilangan joyga to‘g‘ri uzatilishini nazorat qilib boradi. e) Axborotni disketada qabul qilib oluvchi Hududiy axborotlashtirish Markazi (Axborotlashtirish Bosh Markazi) xodimi, o‘rnatilgan qoidalarga asosan qabul qilingan axborot mazmunining xatoligiga javobgar emas. j) Hududiy axborotlashtirish Markazi (Axborotlashtirish Bosh Markazi)ning axborotni disketalar orqali uzatuvchi xodimi, uzatish qoidalarining barchasiga rioya qilgani holda, disketaning holatiga va vujudga kelgan yaroqsiz joylariga javobgar bo‘lmaydi. 3.1. Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalarining vakolatli buxgalteriya xodimlari har oyda bir marotaba HKKM tomonidan mazkur Nizom talablarining bajarilishi ustidan tekshiruv o‘tkazishadi. Tekshirishlar natijasi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda keltirilgan qoidabuzarlik va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan holda Bosh banklarga yuboriladi. 3.2. Mazkur Nizom talablarining bajarilishi yuzasidan tekshiruv Markaziy bankning ichki audit departamenti tomonidan kamida bir yilda bir marotaba olib boriladi. 3.3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti tomonidan muvofiqlashtirilgan reja-jadvallari asosida, HKKMlarda mazkur Nizom talablarini bajarilishi ustidan tekshiruvlar o‘tkaziladi.
194
13,078
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDA
1.1. “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida” gi Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi korxonalari to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O‘zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va respublikaning butun iqtisodiy makonida hisob-kitoblarni uzluksiz bajarilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. 1.2. Mazkur Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob-kitob shakllarini erkin tanlash prinsiplaridan kelib chiqadi va ular shartnomalarda mustahkamlanadi, xo‘jalik subyektlarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi. 1.3. Mazkur Nizom barcha yuridik va jismoniy shaxslarga —O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlariga (keyingida “mijoz”) tatdbiq qilinadi. 1.4. O‘zbekiston Respublikasi banklari xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan shakllarda tashkil etadilar va amalga oshiradilar. 1.5. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan quyidagi pul-hisob-kitob hujjatlari shakllaridan foydalaniladi: 1.5.1. To‘lov topshiriqnomasi (№0505411002); 1.5.2. To‘lov talabnomasi (№0505411001); 1.5.3. Akkreditivga ariza (№0505411009); 1.5.4. Inkasso topshiriqnomasi (№0505411013); 1.5.5. Tijorat banklarining hisob-kitob cheki (№0505411005); 1.5.6. Memorial order (№0505411008). Ularning namunalari 1—6-ilovalarda keltirilgan. To‘lovchi va mablag‘ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma (rozilik) asosida belgilanadi. 1.6. Banklar mijozlar bilan hisoblashishda va operatsiyalarini o‘tkazishda memorial order va to‘lov topshiriqnomalardan foydalanishlari mumkin. Bank to‘lovchi sifatida qatnashganda memorial ordyerlar bank rahbari va bosh buxgalteri imzosi bilan tasdiqlanadi, qolgan hollarda esa bosh buxgalterning va ushbu bank hisobvarag‘ini yurituvchi buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Memorial ordyerlar bilan bajariladigan operatsiyalarning to‘g‘ri bajarilishi yuzasidan bank rahbari va bosh buxgalteri javobgardirlar. 1.7. Hisob-kitob operatsiyalari banklar tomonidan mijozlarning ularda ochgan hisobvaraqlari bo‘yicha bajariladi. Bank mijozlarning pul mablag‘larini ularning hisobvaraqlarida saqlaydi, bu hisobvaraqlarga kelib tushgan mablag‘larini hisoblab yozadi, hisobvaraqlardan pul mablag‘larini o‘tkazish, berish haqidagi hamda bank qoidalari va bank bilan korxona o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan bankning boshqa operatsiyalari bo‘yicha farmoyishlarni bajaradi. 1.8. To‘lovlar to‘lovchilarning o‘z mablag‘lari, ba’zi hollarda esa bank krediti hisobiga bajariladi, agarda bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. 1.9. Mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, cheklar bilan va VIII bo‘limning 8.18-bandi bilan nazarda tutilgan hollarda plastik kartochkalar bilan hisoblashishlar bundan mustasno. 1.10. Xo‘jalik subyektlarining hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari unga qo‘yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, pul mablag‘larini hisobvaraqlardan o‘chirish amaldagi qonunchilikda va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 1.11. Hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovchi va oluvchilar orasidagi o‘zaro e’tirozlar qonunda belgilangan tartibda bank ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi. 1.12. Banklar qarzdorning kreditorga shartnoma bo‘yicha majburiyati bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan hollarda to‘lab berishi lozim bo‘lgan penyalarni hisoblash va undirishga javobgar emas. Sotib oluvchi (to‘lovchi) yuklab jo‘natilgan mahsulotlar uchun o‘z vaqtida to‘lanmagan summaga hisoblangan penyani to‘lovchi va mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda to‘laydi, agarda bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. 1.13. Bank operatsiyalarini bajarish yuzasidan bankka bildirilgan e’tirozlar sabablarini aniqlash uchun mijoz tomonidan unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka jo‘natiladi. Bank va uning mijozlari o‘rtasidagi nizolar xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida o‘zaro hal qilinadi. Mavjud nizolarni o‘zaro hal qilish imkoniyati bo‘lmaganda, ular xo‘jalik sudlari orqali hal qilinadi. 1.14. O‘zbekiston Respublikasi hududida banklararo hisob-kitoblar tijorat banklarining Markaziy bankning Hududiy Bosh Boshqarmalari (Hisob-kitoblar Markazi)da ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi. 1.15. Banklarda hujjat aylanishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha hisob-kitoblar yuritish to‘g‘risida”gi Nizom va mazkur Nizom talablari asosida tashkil qilinadi. 2.1. Pul-hisob-kitob hujjatlari Markaziy bankning talablari va andozalariga mos kelishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: hisob-kitob hujjatining raqami; hujjat yozib berilgan sana, oy va yili (KK.OO.YYYY) ; to‘lovchining nomi; to‘lovchining hisobvaraq raqami; soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) (chek va akkreditivlarda ko‘rsatilmaydi); to‘lovchi bankning nomi; to‘lovchi bankning kodi; oluvchining nomi; oluvchining hisobvaraq raqami; oluvchi bankning nomi; oluvchi bankning kodi; to‘lovning summasi raqam va yozuvda ko‘rsatilishi; to‘lovning maqsadi (cheklarda ko‘rsatilmaydi). Tijorat banklarining hisob-kitob cheklarida qo‘shimcha ravishda quyidagilar yoziladi: hisob-kitob chekining seriya va raqami; jismoniy shaxs pasportining seriyasi va raqami; chek haqiqiy “KK.OO.YYYY” gacha; Akkreditivga ariza qo‘shimcha ravishda quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: akkreditivning amal qilish muddati; akkreditiv ochilayotgan shartnoma raqamini; buyurtma raqami; buyurtma sanasi; tovar yoki xizmatning nomi; akkreditiv bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda asos bo‘lgan hujjatning turi; qo‘shimcha majburiyatlar; Pul-hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishda banklar va mijozlarning ishiga xalal bermaydigan tarzda to‘lovchi va oluvchining nomini ratsional darajada qisqartirish mumkin. Xo‘jalik subyektlarining sotgan mahsuloti va ko‘rsatilgan xizmatlari uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i hisoblansa, hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishda qo‘shimcha qiymat solig‘i summasi alohida qatorda ko‘rsatiladi. Qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilingan tovarlar (ko‘rsatilgan ish va xizmatlar) uchun hisoblashishda rasmiylashtirilgan to‘lov hujjatlarida qo‘shimcha qiymat solig‘isiz (Bez NDS) so‘zi yoziladi yoki shu yozuv yozilgan shtamp qo‘yiladi. 2.2. To‘lov topshiriqnomalari texnik vositalardan foydalangan holda bir martaning o‘zida nusxa ko‘chirish (kopirovka yordamida) yoki birinchi nusxani hisob-kitobda qatnashuvchi barcha tomonlar va bank uchun yetarli bo‘lgan nusxalar sonida ko‘paytirish yo‘li bilan yozib beriladi. Cheklar barcha turdagi siyohli (binafsha, ko‘k yoki qora rangda) ruchkalarda qo‘lda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozib beriladi. Pul-hisob-kitob hujjatlarini bo‘yash, chizish va tozalashga yo‘l qo‘yilmaydi. 2.3. Pul-hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijro qilish uchun qabul qilinadi: yuridik shaxslardan birinchi nusxada hisob-kitob hujjatida imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarning imzosi va korxona muhrining izi mavjud bo‘lganda; yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan bajariladigan operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitob hujjatlari muhrizisiz, imzolar namunasi ko‘rsatilgan kartochkada bitta imzo mavjud bo‘lganda, bitta imzo bilan bajarish uchun qabul qilinadi. Imzolar o‘z qo‘li bilan qo‘yilishi shart. Barcha pul-hisob-kitob-hujjatlarida imzo izi tushirilgan shtamplarni (faksimile) qo‘yish taqiqlanadi. 2.4 Mijozlardan hujjatlarni qabul qilish, shartnomada boshqasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bunda amaliyot (operatsion) vaqt mobaynida bank tomonidan korxonalardan qabul qilingan hujjatlar shu kunning o‘zidayoq ijro qilinadi. 2.5. To‘lovchining hisobvarag‘idagi mablag‘larni initsiator-bankda hisobdan chiqarish faqat hisob-kitob hujjatlarining birinchi nusxasi yoki “Bank-Mijoz” shuningdek, plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlarning tizimidan foydalanuvchilardan elektron aloqa orqali olingan elektron to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi. 2.6. Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinayotgan mablag‘lar banklarda dasturiy yo‘l bilan elektron to‘lovlar tizimi orqali kelib tushadigan tijoriy bankning shuningdek, plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlarning va hisob-kitob chekining asl nusxasi asosida amalga oshiriladi. 2.7. Mablag‘larni kirim qilish va hisobdan chiqarish uchun asos bo‘ladigan pul-hisob-kitob va elektron pul-hisob-kitob hujjatlarining barcha nusxalari hujjatni qabul qilish va to‘lab berish sanalari ko‘rsatilgan holda buxgalter imzosi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanishi shart. 2.8. “Bank-Mijoz” tizimidan foydalanuvchi banklar rasmiylashtirilgan elektron to‘lov hujjatlarini mijozning hisobvarag‘iga mablag‘lar qo‘shib yozilgandan yoki o‘chirilgandan keyin tegishli pochta qutisiga joylashtiradi. 3.1.To‘lov topshiriqnomasi (keyingi hollarda topshiriqnoma) mijoz o‘z hisobvarag‘idan unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka ma’lum bir summani boshqa mijozning hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘ini anglatadi. 3.2. To‘lovchi topshiriqnomani mazkur Nizomning 1.5.1-bandida belgilangan shaklda bankka taqdim etadi. 3.3. Topshiriqnomalar bilan tovarlar, ish, xizmatlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin. 3.4. Topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak; ular mos kelmagan holda to‘lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi (budjetga va budjetdan tashqari fondlar bo‘yicha to‘lovlar bundan mustasno). 3.5. Topshiriqnomalar bank tomonidan hisobvarag‘da mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina qabul qilinadi, agarda shartnoma va boshqa me’yoriy hujjatlarda boshqasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. 3.6. Pochta va telekommunikatsiya agentligi orqali (pensiyalar, alimentlar va h.k.) mablag‘larni to‘lov topshiriqnomalari bilan ko‘chirishda, ilova qilinishi lozim bo‘lgan barcha hujjatlarni (o‘tkazmalar ro‘yxati, ma’lumotnomalar va boshqalar) mijoz bevosita O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi korxonalariga o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi. 3.7. Hisobvarag‘lardan kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun mablag‘larni hisobdan chiqarish xo‘jalik subyektlarining topshiriqlariga asosan amaldagi me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Topshiriqnomalarda “kechiktirib bo‘lmaydigan to‘lovlar hisobidan” so‘zi yozilishi lozim. Banklar kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun hisoblangan mablag‘lar miqdorini to‘g‘ri hisoblanishini nazorat qiladilar. 3.8. To‘lov topshiriqnomalari bankka quyidagi tartibda taqdim etiladi: a) to‘lovchi va oluvchiga bitta bankda xizmat ko‘rsatilsa, topshiriqnomalar bankka uch nusxada taqdim etiladi: birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi esa to‘lovni (mablag‘ni) oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinadi; uchinchi nusxasi to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinadi. b) banklararo hisob-kitoblarda ya’ni to‘lovchi va oluvchiga turli xil banklarda xizmat ko‘rsatilgan holda topshiriqnomalar bankka ikki nusxada taqdim etiladi: birinchi nusxasi to‘lovlar — amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinadi. 3.9. “Bank-Mijoz” tizimidan foydalanadigan mijozlardan aloqa kanali orqali olingan elektron to‘lov topshiriqnomalari dasturiy nazoratdan o‘tkaziladi, zarurat tug‘ilganda qog‘ozga chiqariladi va tegishli tekshiruvdan so‘ng bank amaliyot kuniga qayta ishlash uchun uzatiladi. To‘lovlar amalga oshirilgandan keyin mijozlardan olingan elektron topshiriqnomalar ikki nusxada qog‘ozga chiqariladi: bir nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi pul-hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi olingunga qadar taqqoslash uchun bankda qoldiriladi, taqqoslangandan so‘ng belgilangan tartibda bankning alohida hujjatlar yig‘ma jildiga tikiladi. 3.10. Elektron to‘lovlar tizimi orqali olingan elektron to‘lov topshiriqnomalari mablag‘larni oluvchi bankda ikki nusxada qog‘ozga chiqariladi: birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi nusxa esa to‘lovni (mablag‘ni) oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinadi. 3.11. Vakolatli vakillar nomiga o‘tkazmalar. 3.11.1. Korxona va tashkilotlarning ma’lum vazifalarni bajarish uchun uzoq muddatga boshqa joylarga xizmat safariga jo‘natilgan xodimlari (ushbu xodimlar keyingisida vakillar deb nomlanadi) bank bo‘limlarida talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘lar ochish huquqiga ega. 3.11.2. Vakillar uchun mablag‘larni o‘tkazishga doir topshiriqnomalar umumiy belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va bank bo‘limi rahbarlarining yozma ruxsati bilan ijroga qabul qilinadi. Vakil xo‘jalik idorasining ikkinchi bo‘lib imzo qo‘yish huquqiga ega mansabdor shaxsi bo‘lgan hollarda, uning imzosi bilan uning hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish bo‘yicha topshiriqnomalar bajarish uchun qabul qilinmaydi. 3.11.3. Vakillar hisobvarag‘larida faqat ularni xizmat safariga jo‘natgan tashkilotlardan tushgan mablag‘lar o‘tkazib berilishi mumkin. 3.11.4. Vakillarning hisobvaraqlaridan naqd pul bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin. Ushbu operatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatini nazarda tutib, bank har bir holatda naqd pulga talablarni asosliligini va naqd pulsiz tartibda hisob-kitob qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi shart. 3.11.5. Vakillarga naqd pullarni berish shaxsan vakilning o‘zi tomonidan to‘ldiriladigan chiqim kassa ordyerlari bo‘yicha bajariladi. Vakolatli vakillar tomonidan pulni olish huquqini boshqa shaxs zimmasiga yuklash man etiladi. 3.11.6. O‘z manzilidan tashqarida joylashgan harbiy qism bo‘linmalari va muassasalarining komandirlari (boshliqlari)ga o‘tkazmalar bo‘yicha mablag‘lar “Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va ularga tegishli korxonalariga bank hisobvaraqlarini ochish” qoidasi talablariga muvofiq ravishda beriladi. 3.11.7. Barcha to‘lovlar va vakolatli vakillarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni o‘tkazish bank rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bunda mablag‘larni oluvchi (o‘tkazma beruvchi)ning shaxsini aniqlovchi hujjatlarini tekshirib ko‘rib, chiqim kassa orderi yoki to‘lov topshiriqnomasining teskari tomonida kerakli ma’lumotlar yozib qo‘yiladi. 3.11.8. Vakolatli vakil uchun o‘tkazilgan mablag‘lar kelib tushgan kundan boshlab yoki to‘lovning oxirgi sanasidan keyin ikki oy davomida vakil tomonidan talab qilinmagan holda o‘tkazmalar beruvchining bankiga qaytarilishi lozim. Mablag‘larni ishlatilmagan qoldig‘i muddatidan oldin mablag‘ beruvchining arizasiga muvofiq qaytarilishi mumkin. O‘tkazma beruvchi vakolatli vakilga o‘tkazilgan mablag‘larni faqat unga xizmat qiluvchi bank bo‘limi orqaligina chaqirib olishi mumkin. Bunda bank tomonidan mablag‘larni qaytarish vakolatli vakilning hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘lar qoldig‘i doirasida bajariladi. 4.1. To‘lov talabnomasi (keyingida “talabnomalar”) bu mahsulot yetkazib beruvchining (mablag‘ni oluvchi) to‘lovchiga belgilangan summani bank orqali to‘lashi to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. 4.2. Mahsulot yetkazib beruvchi (mablag‘larni oluvchi) talabnomalarni mazkur Nizomning 1.5.2-bandida belgilangan shakldagi blankalarda bankka taqdim etadi. 4.3. Talabnomalar qo‘yilishi mumkin: yuklab jo‘natilgan tovarlar uchun; bajarilgan ishlar uchun; ko‘rsatilgan xizmatlar uchun; boshqa to‘lovlar uchun, amaldagi qonunchilikda, me’yoriy hujjatlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lsa. 4.4. Talabnoma mazkur Nizomning 2.1-bandida ko‘rsatilgan rekvizitlarni o‘z ichiga olishi shart. Bundan tashqari mahsulot yetkazib beruvchi talabnomada quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishi shart: Shartnoma sanasi va raqamini; Kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha mahsulot yetkazib berishda to‘lov talabnomasining mos ustuni(grafasi)da “kontraktatsiya shartnomasi” deb ko‘rsatishi lozim. Mahsulotlarni yuklab jo‘natish (berish) sanasini va tovar-transport yoki qabul qilish-topshirish hujjatlari raqamini va transport turini, tovarlarni pochta va telekommunikatsiya agentligi orqali jo‘natganda esa — pochta kvitansiyalarining raqamini ko‘rsatishi lozim. Mahsulot sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilganda “Kv/yuk xat №... jo‘natish usuli” qatorida “Sotib oluvchining transporti bilan olib chiqib ketilgan, №... sonli ishonch xati” ko‘rsatiladi; Qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa rekvizitlar. 4.5. Talabnomalarga tovar-transport yoki ularni o‘rnini bosadigan hujjatlar ilova qilinishi lozim, bu hujjatlarda mol yetkazib beruvchi yuklangan tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning asoslangan bahosini ko‘rsatishi shart, agarda mol yetkazib beruvchi va to‘lovchi o‘rtasidagi shartnomada boshqa tartib belgilanmagan bo‘lsa. 4.6. Mahsulot yetkazib beruvchi talabnomani tovar-transport yoki ularni o‘rnini bosadigan hujjatlar bilan birga mahsulot yuklab jo‘natilganidan (xizmat ko‘rsatilganidan) keyin shartnomada belgilangan muddatdan kechiktirilmasdan inkasso uchun topshiradi. 4.7. Talabnomalar tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan akseptlangan va akseptlanmagan bo‘lishi mumkin. 4.8. Mahsulot yetkazib beruvchi bitta operatsiya bo‘yicha talabnomalarni qayta taqdim qilish huquqiga ega emas. Quyidagi holatlar bundan istisno: to‘lovchi bankiga dastlabki talabnoma kelib tushmaganligi haqida xabar mavjud bo‘lsa; agar talabnoma korxonaga yozilgan bo‘lib yuk manzili o‘zgartirilganda. Bunday hollarda mahsulot yetkazib beruvchi dastlabki talabnomalarni to‘lovchining bankidan chaqirtirib olishi shart. 4.9. Talabnomalar, mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan ro‘yxat (reyestr) bilan birga unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Bunda: 4.9.1. Ro‘yxat — to‘lov talabnomalarining barcha rekvizitlarini o‘z ichiga olgan holda ikki nusxada tuziladi. Ro‘yxatning birinchi nusxasi korxona (tashkilot)ning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, korxona muhrining izi bilan tasdiqlanishi lozim. Ro‘yxatning birinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda buxgalterning imzosi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanib bankda qoldiriladi. Ro‘yxatning ikkinchi nusxasi qabul qilingan sana, buxgalterning imzosi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanib mol yetkazib beruvchiga qaytariladi. 4.9.2. Talabnomalar: a) to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga bitta bankda xizmat ko‘rsatilsa 3 nusxada taqdim etiladi: talabnomaning birinchi nusxasi to‘lov amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; talabnomaning ikkinchi nusxasi esa to‘lov amalga oshirilgandan keyin to‘lovni (mablag‘ni) oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinadi; topshiriqnomaning uchinchi nusxasi to‘lov amalga oshirilgandan keyin to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinadi. b) banklararo hisob-kitoblarda ya’ni to‘lovchi va oluvchiga turli xil bank tomonidan xizmat ko‘rsatilgan holda topshiriqnomalar bankka ikki nusxada taqdim etiladi: Talabnomalarning birinchi va ikkinchi nusxalari pochta aloqasi orqali to‘lovchining bankiga jo‘natiladi: birinchi nusxasi to‘lovini kutib bankda qoladi; ikkinchi nusxasi, unga tovar-transport yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bilan birga keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan hujjatni qabul qilingan sanasi ko‘rsatilgan holda to‘lov to‘g‘risida ma’lumot sifatida va akseptlash uchun to‘lovchiga beriladi yoki mijozning pochta qutisiga joylashtiriladi. To‘lovchi aksept haqida belgi qo‘ygan holda talabnomalarni belgilangan muddatda bankka qaytarishi shart. Aks holda, talabnomalar umumiy tartibda akseptlanadi va to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng: birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi esa to‘lovchiga shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirma bilan birgalikda beriladi; 4.10. Mablag‘larni oluvchi bankda elektron to‘lov tizimi orqali olingan elektron talabnomalar ikki nusxada qog‘ozga chiqariladi: birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi. ikkinchi nusxasi esa to‘lovni (mablag‘ni) oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinadi. 4.11. To‘lovchining depozit hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda talabnomalar 2-kartotekada to‘lovini kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi, bu haqda mahsulot yetkazib beruvchining bankiga xabar beriladi va to‘lovlar hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar doirasida amaldagi qonunchilikda va me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 4.12. To‘lovchining depozit hisobvarag‘ida mablag‘ yetarli bo‘lmaganda talabnomalar bo‘yicha to‘lovlar mavjud mablag‘lar doirasida qisman amalga oshiriladi. Qolgan summa esa 2-kartotekada to‘lovini kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi, bunda Talabnomaning orqa tomonida qisman to‘langan summa yozib boriladi. 4.13. Mahsulot yetkazib beruvchining iltimosiga ko‘ra unga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limi to‘lovchining bankiga to‘lov talabnomalarining to‘lanmasligi sabablari to‘g‘risida pochta so‘rovini yuboradi. So‘rov bo‘yicha javoblar to‘lovchining banki tomonidan ular pochta orqali kelib tushgandan keyin 3 kundan kechiktirmasdan yuboriladi. Zarurat tug‘ilganda mahsulot yetkazib beruvchining iltimosiga ko‘ra bank so‘rovni qaytadan yuboradi. 4.14. Akseptlab to‘lanadigan to‘lov talabnomalari. 4.14.1. Bank tomonidan to‘lovchilarga talabnomalarni quyidagicha akseptlash tartibi va muddati o‘rnatiladi: bir shahar ichida joylashgan mijozlar uchun — talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, uch ish kuni; boshqa shaharlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalarni bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, besh ish kuni; to‘lovchining asosli iltimosiga ko‘ra 10 kungacha; 4.14.2. Akseptlash tartibida to‘lanadigan talabnomalar to‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari kartotekasi (1-kartoteka)da joylashtiriladi. Agar bankda 1-kartotekaning hisobi dasturiy yo‘l bilan olib borilmasa, ushbu talabnomalar qabul qilingan kuni “To‘lov uchun akseptlanishini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” daftarida quyidagi rekvizitlarni ko‘rsatgan holda bank tomonidan qayd etiladi: kelib tushish sanasi va to‘lov muddati, to‘lovchining hisobvarag‘i nomeri, to‘lovchining nomi, talabnomaning nomeri va uning summasi. Daftarda har bir to‘lov muddati bo‘yicha talabnoma summalari yig‘indisi va bu yig‘indilarning jami summasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 4.14.3. To‘lovchilarni to‘lovlar to‘g‘risida xabardor qilish va akseptlash uchun mo‘ljallangan talabnomalarning nusxasi ularga ilova qilingan tovar-transport hujjatlari bilan tegishli tashkilotlarga ular olingan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan topshiriladi. 4.14.4. To‘lovchi belgilangan muddatda yozma ravishda unga xizmat qiluvchi bank bo‘limiga akseptlashni qisman yoki to‘liq rad qilish huquqiga ega (tovar-material qimmatliklarini jo‘natishda, xizmatlar ko‘rsatishda va boshqalarda shartnoma shartlariga amal qilinmaganda, shuningdek qonunchilik hujjatlariga asosan). Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda akseptlashni rad etmasa talabnoma akseptlangan hisoblanadi. 4.14.5. Akseptlashni rad qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasini bank bo‘limi rahbari belgilaydi. Banklar akseptlashni rad qilish mohiyati bo‘yicha bo‘lgan bahslarni ko‘rib chiqmaydilar. 4.14.6. To‘lovchidan talabnomani to‘lash to‘g‘risida yozma shaklda e’tiroz (buzulish turi ko‘rsatilgan holda) olinganda, talabnomalar shu kunning o‘zidayoq 1-kartotekadan olinadi hamda tovar-transport hujjatlari va boshqa ilovalar bilan birga mahsulot yetkazib beruvchining bankiga ijrosiz qaytarib yuboriladi. 4.14.7. Talabnomani akseptlashdan qisman bosh tortganda, to‘lovchi tomonidan akseptlangan summa bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi, mablag‘lar bo‘lmaganda esa № 2 kartotekaga joylashtiriladi. Ushbu holda talabnomaning dastlabki summasi o‘chiriladi va yonida to‘lovchi akseptlagan talabnoma summasi qo‘yiladi. Bunda bank to‘lovchi tomonidan akseptlashni qisman rad qilinganligi to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchining (mablag‘ oluvchining) bankiga yozma ravishda xabar berishi shart. 4.14.8. Bank 2-kartotekadagi hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lovchilarga penya hisoblash va oluvchilar foydasiga o‘tkazish huquqiga ega, agar bu bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa. Bank to‘lovchilardan mablag‘larni oluvchilar foydasiga muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun qonunda belgilangan miqdorda penya undiradi. 4.14.9. Muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar bo‘yicha quyidagi hollarda penya hisoblanmaydi: qaytarilgan tara uchun; sifati talab darajasida bo‘lmagan mahsulot uchun ortiqcha to‘langan summalarni talabnomalar asosida qaytarilishida; 4.14.10. Muddati o‘tkazib yuborilgan kunlarni belgilashda kalendar kunlar hisobga olinadi. 4.14.11. Agarda talabnoma qisman akseptlangan bo‘lsa, unda penya to‘lovchi akseptlagan summadangina undiriladi. 4.14.12. Undiriladigan penya to‘lovchining muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovning asosiy summasi to‘langan hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi va mahsulot yetkazib beruvchining muddati o‘tkazib yuborilgan hisob-kitob hujjatining asosiy summasi tushirilgan hisobvarag‘iga yoziladi. 4.14.13. Talabnoma summasi qisman to‘langanda penya hisoblash qisman to‘langan to‘lovlarning undirilishi bilan to‘lov muddati kunidan tortib to to‘lovning summasini to‘lovchi hisobvarag‘idan qisman hisobdan chiqazilgan kuniga qadar har bir to‘lov uchun alohida bajariladi. Qisman to‘lovlar uchun hisoblab yozilgan penya summalari, talabnomaning teskari tomoniga yozib qo‘yiladi. Hisoblab yozilgan penya oxirgi to‘lovda undirib olinadi. 4.14.14. To‘lovchining hisobvarag‘ida talabnoma bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovning asosiy summasini to‘lash uchun mablag‘lar bo‘lsa, ushbu summani to‘lash ushlab turilmaydi va to‘lovchining hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘lar doirasida bajariladi. Penyani to‘lashga yetarli bo‘lmagan summa “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘iga asosiy to‘lovning dastlabki muddatiga rioya etgan holda kirim qilinadi. 4.14.15. Muddati o‘tgan hujjatning asosiy summasini to‘lashda undirib olinmagan penya summasi uchun penya hisoblab yozilmaydi. Shuningdek, talabnomaga kiritilayotgan penya va jarima summasi uchun penya hisoblab yozilmaydi. 4.15. Akseptsiz to‘lanadigan to‘lov talabnomalari. 4.15.1. To‘lovchilarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni akseptlamasdan hisobdan chiqarish agar tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada akseptsiz hisobdan chiqarish ko‘rsatilgan bo‘lsa kommunal xizmati (amaldagi tarif va o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari asosida gaz, suv, issiqlik va elektr energiyasi) telefon, kanalizatsiya, pochta-telegraf harajatlari hamda tashilgan musor uchun talabnomada “Akseptsiz” degan so‘z yozilgan yoki shu yozuv yozilgan muhr qo‘yilgan holda, to‘lov maqsadi grafasida “hisoblash asboblari ko‘rsatkichlari” yoki “tarif asosida” degan yozuv mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Shuningdek, qarzdor tomonidan tan olingan summa haqidagi javob xatining asl nusxasi ilova qilingan holda, talabnoma xat(pretenziya) bo‘yicha qarzdor tomonidan tan olingan summani akseptsiz tartibda hisobdan chiqarishga ruxsat beriladi, boshqa hollarda talabnomada “Akseptsiz” degan yozuv yozilgan holda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 4.15.2. Talabnomaning to‘lov maqsadi grafasida ushbu to‘lovlarni akseptlamasdan hisobdan chiqarish belgilangan me’yoriy (normativ) hujjat yoki shartnomaning sanasi raqami va tegishli bandi ko‘rsatiladi. Bunda bank faqatgina ilova qilingan hujjatlarning talabnomada ko‘rsatilgan ularning rekvizitlariga mosligini tekshirib ko‘radi, lekin ularning mazmuni va hujjatlarini yo‘lda yo‘qotilganligi uchun javob bermaydi. 4.15.3. Amaliyot (operatsion) kun davomida kelib tushgan akseptsiz to‘lanadigan talabnomalar shu kunning o‘zidayoq to‘lanadi, to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar yo‘qligi yoki kamligida to‘lanmagan summa “O‘z muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (kartoteka № 2) kartotekasidagi hisobvaraqlarga joylashtiriladi. Amaliyot (operatsion) kun tugagandan keyin kelib tushgan akseptsiz talabnomalarda “kechki” degan shtamp qo‘yiladi va ular keyingi ish kuni to‘lanadi yoki № 2 kartotekaga kirim qilinadi. 4.15.4. Muddati o‘tkazib yuborilgan talabnomalar bo‘yicha penya hisoblash va undirish 4.14.8—4.14.15-bandlar talablari asosida amalga oshiriladi. 5.1. Akkreditiv — mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyatidir. Unga ko‘ra akkreditiv ochgan bank (Bank emitent), mahsulot yetkazib beruvchiga to‘lovni bajarish yoki mol yetkazib beruvchi tomonidan akkreditivda ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim etilganda va akkreditivning barcha shartlari bajarilganda mol yetkazib beruvchining bankiga bu turdagi to‘lovlarni bajarish uchun vakolat berish majburiyatini oladi. 5.2. To‘lovchi bankka mazkur Nizomning 1.5.3-bandida belgilangan shaklda akkreditiv uchun arizani taqdim etadi. 5.3. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar qilish tartibi va uning amal qilish muddati to‘lovchi va mahsulot yetkazib beruvchi (mablag‘larni oluvchi) o‘rtasidagi shartnomada belgilanadi. Shartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: bank-emitentning nomi; akkreditivning turi va uni bajarish usullari; akkreditivni ochilganligi to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchini xabardor qilish usuli; akkreditivlar bo‘yicha mablag‘larni olishi uchun mahsulot yetkazib beruvchi taqdim etishi lozim bo‘lgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifnomasi; mahsulotlar yuklab jo‘natilgandan (ishlar bajarilgandan, xizmat ko‘rsatilgandan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddati, ularni rasmiylashtirishga doir talablar; boshqa kerakli shartlar va hujjatlar. 5.4. Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin: qoplangan (deponentlangan); qoplanmagan (kafolatlangan). 5.5. Banklarda akkreditivlar ko‘zda tutilmagan hollar bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda va 22602 — “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Har bir mahsulot yetkazib beruvchi uchun unga xizmat ko‘rsatuvchi bankda akkreditivlar bo‘yicha alohida depozit hisobvaraqlari ochiladi. 5.6. Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan yoki chaqirib olinmaydigan bo‘lishi mumkin. Ushbu belgi mavjud bo‘lmagan holatda akkreditiv chaqirib olinuvchi hisoblanadi. 5.7. Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank-emitent tomonidan mol yetkazib beruvchi bilan oldindan kelishib olinmasdan ham o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. (Masalan, shartnomada ko‘zda tutilgan shartlarga rioya etilmaganda, bank-emitent akkreditiv bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlashdan voz kechganda). To‘lovchi mahsulot yetkazib beruvchiga chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o‘zgartirish yoki bekor qilinishi to‘g‘risidagi barcha farmoyishlarni faqat bank-emitent orqali berishi mumkin, ushbu bank mahsulot yetkazib beruvchining banki (bajaruvchi bank)ni u esa mahsulot yetkazib beruvchini xabardor qiladi. Bajaruvchi bank ayni paytda, mahsulot yetkazib beruvchi taqdim etgan va mahsulot yetkazib beruvchining banki tomonidan qabul qilingan akkreditiv shartlariga tegishli bo‘lgan hujjatlar bo‘yicha to‘lovlarni mazkur bank akkreditivini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi xabarnomani olgunga qadar to‘lashi shart. 5.8. Mahsulot yetkazib beruvchining roziligisiz, uning foydasiga ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditiv o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. 5.9. Mahsulot yetkazib beruvchi akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan hollarda akkreditivni muddatidan oldin ishlatishdan voz kechishi mumkin. 5.10. Mahsulot yetkazib beruvchining bankida akkreditiv quyidagi hollarda yopiladi: a) akkreditiv muddati tugagandan keyin. Bajaruvchi bank akkreditiv yopilganligi to‘g‘risida bank-emitentga xabar beradi. b) mahsulot yetkazib beruvchining muddatidan oldin akkreditivni ishlatishdan voz kechish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra agarda bu shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa. Bank-emitentga bajaruvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi. Ishlatilmagan summa to‘lovchining bankiga mablag‘lar qaysi hisobvarag‘dan deponent qilingan bo‘lsa o‘sha hisobvaraqqa o‘tkaziladi. v) sotib oluvchining akkreditivni to‘liq yoki qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra, agar bu akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, akkreditivlar 22602-“Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” hisobvarag‘idagi mavjud mablag‘lar doirasida bank-emitentdan xabar yetib kelgan kuni qisman yoki to‘liq qoplanadi. Akkreditivning yopilishi to‘g‘risida bank-emitentga xabarnoma yuboriladi. 5.11. Akkreditivlar bo‘yicha depozit hisobvarag‘lardan naqd pul berilishiga va akkreditivlarni boshqa shaxslar nomiga qayta rasmiylashtirishga ruxsat etilmaydi. 5.12. Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv. 5.12.1. Akkreditivlar ochilganda bank-emitent to‘lovchining shaxsiy mablag‘laridan yoki unga berilgan kredit hisobidan mol yetkazib beruvchining banki tasarrufiga alohida “Akkreditivlar” balans hisobvarag‘iga mablag‘larni bank-emitentning majburiyatlarini butun amal qilish davomida o‘tkazib bersa bunday akkreditivlar qoplangan (deponentlangan) deyiladi. 5.12.2. Akkreditivlarni ochish to‘g‘risidagi ariza bank-emitentga 2 nusxada taqdim etiladi: birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi esa to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinadi; Bir vaqtning o‘zida akkreditiv summasi ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘iga kirim qilinadi. 5.12.3. To‘langan akkreditiv summasi elektron to‘lov tizimi orqali mablag‘larni oluvchi bankka jo‘natiladi va mahsulot yetkazib beruvchining akkreditiv hisobvarag‘iga tushiriladi. Ijrochi bank mablag‘ni kelib tushganligi to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchiga xabar beradi. 5.12.4. Mahsulot yetkazib beruvchining bankida akkreditivlarni ochish to‘g‘risidagi elektron ariza 2 nusxada qog‘ozga chiqariladi: birinchi nusxa bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi “To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” 1-kartotekaga joylashtiriladi. 5.12.5. Mahsulot yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga u tomonidan unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka akkreditivning barcha shartlarini bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandagina mablag‘lar o‘tkazib beriladi. 5.12.6. Akkreditiv bo‘yicha to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar, akkreditiv muddati o‘tgunga qadar mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan bankka taqdim etiladi. 5.12.7. Bajaruvchi bank mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlariga rioya qilinganini hamda tasdiqlovchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirib ko‘rishi shart. 5.12.8. Ushbu shartlarning loaqal bittasi buzilganida ham akkreditivlar bo‘yicha to‘lovlar bajarilmaydi. 5.12.9. Mahsulot yetkazib beruvchi bankka tasdiqlovchi hujjatlarni ikki nusxada taqdim etadi. 5.12.10. Mahsulot yetkazib beruvchining depozit hisobvarag‘iga mablag‘larni tushirib berishda bajaruvchi bank to‘rt nusxada memorial order yozadi, to‘lov maqsadi grafasida to‘lov qaysi shartnoma asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shu shartnomaning nomeri va sanasini ko‘rsatadi: memorial orderning birinchi nusxasi tasdiqlovchi hujjatning bir nusxasi bilan birga kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi va uchinchi nusxalari, ularga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda bank-emitentga jo‘natiladi; memorial orderning to‘rtinchi nusxasi esa mahsulot yetkazib beruvchi (mablag‘larni oluvchi) ga shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirma bilan birgalikda beriladi; Bir vaqtning o‘zida akkreditiv bo‘yicha to‘langan summa 1-kartotekadan hisobdan chiqariladi. 5.12.11. Bank-emitent akkreditivni ishlatilganligi to‘g‘risida ijrochi bankdan hujjatlarni olgandan keyin memorial orderga asosan ko‘zda tutilmagan hollar hisobvarag‘idan akkreditiv summasini hisobdan chiqazadi va tasdiqlovchi hujjatlarni memorial order nusxasi bilan birga to‘lovchiga beradi. 5.12.12. Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘i akkreditiv to‘liq ishlatilmagan va u sotib oluvchi bankdagi to‘lovchining depozit hisobvarag‘iga qaytarilgan holatda ham yopiladi. 5.12.13. Mol yetkazib beruvchining bankida akkreditivlar bo‘yicha qisman to‘lovlar amalga oshirilganda to‘langan summa bank-emitentda ko‘zda tutilmagan hollar hisobvarag‘i hisobidan chiqariladi. 5.13. Qoplanmagan (kafolatlangan) akkreditiv. 5.13.1. Qoplanmagan (kafolatlangan) akkreditiv bank-emitent bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri vakillik munosabatlari mavjud bo‘lganda ijrochi bankka bank-emitentning unda yuritilayotgan vakillik hisobvarag‘idan (mol yetkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlari bajarilgan holda) akkreditivning butun summasini hisobdan chiqarish huquqini berish yo‘li bilan ijrochi bankda ochiladi. 5.13.2. Kafolatlangan (qoplanmagan) akkreditivning barcha shartlari mahsulot yetkazib beruvchi va to‘lovchi o‘rtasida. shuningdek banklar o‘rtasida tuzilgan shartnomada kelishib olinadi. 5.13.3. Qoplanmagan (kafolatlangan) akkreditivni qo‘yish to‘g‘risidagi korxonaning iltimosnomasi bank-emitent tomonidan ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida alohida kirim qilib boriladi. 5.13.4. Akkreditivdan to‘liq foydalanilmaganda bank-emitent qisman to‘langan summalarni mijozning hisobvarag‘idan bankning vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazadi va bir vaqtning o‘zida akkreditivning to‘liq summasini ko‘zda tutilmagan hollar hisobvarag‘idan hisobdan chiqaradi. 5.13.5. Qoplanmagan akkreditivlar bo‘yicha mablag‘larni bank-emitentning vakillik hisobvarag‘idan mahsulot yetkazib beruvchining hisobvarag‘iga kirim qilish mazkur Nizomning 5.12.5.—5.12.8.-bandlari talablarini bajargan holda amalga oshiriladi. 6.1. Inkasso topshiriqnomasi — mijozning bankka to‘lovchining hisobvarag‘idan so‘zsiz tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi talabini anglatadi. 6.2. Mijoz bankka inkasso topshiriqnomasini mazkur Nizomning 1.5.4-bandida belgilangan shaklda taqdim etadi. 6.3. Inkasso topshiriqnomalari quyidagi undiruvchilar tomonidan bankka taqdim qilinishi mumkin: o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari; budjetdan tashqari fondlar — o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa; bojxona organlari — o‘z vaqtida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirishda; sud organlari ularga berilgan ijro hujjatlari bo‘yicha; qonuniy hujjatlarga asosan boshqa organlar. 6.4. Ijro hujjatlari deb quyidagilar tan olinadi: xo‘jalik sudining buyruqlari; sudlar tomonidan berilgan ijro varaqlari; notariuslar tomonidan hisobga olingan ijro ustxatlari. 6.5. To‘lovchilarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarish bank bo‘limlari tomonidan hujjatlarning nusxalari bo‘yicha emas, balki faqat asl nusxasi yoki ularning dublikati bo‘yicha bajariladi. 6.6. Xo‘jalik sudining qarori bo‘yicha summalarni undirib olishda inkasso-topshiriqnomalarida ushbu qarorning sanasi va raqami ko‘rsatilib, bunda qarz summasi va davlat boji xarajatlari alohida ajratib ko‘rsatilishi lozim. 6.7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar foydasiga mablag‘larni hisobdan chiqarish bo‘yicha hujjatlar Qonunda belgilangan muddatdan o‘tkazilib taqdim qilingan bo‘lsa, bank bo‘limlari ushbu hujjatlarni inkasso uchun qabul qilmaydilar. 6.8. Qonunchilikda ijro hujjatlarini bajarishning quyidagi muddatlari belgilangan: sudlar tomonidan berilgan ijro varaqlari bo‘yicha — 3 yil; ijro ustxatlari bo‘yicha — 3 yil; xo‘jalik sudi tomonidan berilgan ijro varaqalari bo‘yicha — 6 oy; mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tomonidan berilgan guvohnomalar bo‘yicha — 3 oy; 6.9. Xo‘jalik sudining sudyasi tomonidan berilgan sud buyrug‘i bo‘yicha undiruv buyruq berilgandan so‘ng o‘n kunlik muddat o‘tgach amalga oshiriladi. 6.10. Bankka yoki sud ijrochisiga bajarish uchun ijro hujjatlari taqdim qilinganda, ularning taqdim qilish muddatini o‘tishi to‘xtatiladi. Hujjat bank yoki sud ijrochisi tomonidan undiruvchiga qaytarilgan holatda muddat qaytarilgan kundan hisoblanadi. 6.11. Banklar faqat quyidagi hollardagina undirib olishni vaqtincha yoki to‘liq to‘xtatish huquqiga ega: undirib oluvchilarning arizalariga ko‘ra; xo‘jalik sudining tegishli qarori taqdim etilganda; tergov organlarining qidiruv va jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorlariga ko‘ra. Yuqoridagi hujjatlarda undirib olish to‘xtatib qo‘yilgan yoki to‘xtatilishi lozim bo‘lgan hujjatning sanasi va raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Undirib oluvchi, shuningdeq bank bo‘limiga undirib olishni boshqa yo‘l bilan bajarish uchun ijro hujjatini sud ijrochisiga topshirish to‘g‘risida farmoyish berish mumkin. Undirib olish to‘xtatilgan hujjat, undirib oluvchiga qaytarilishi shart. 6.12. 6.11.-bandga muvofiq bank hujjatni topshirish yoki jo‘natishda bankning buxgalteri va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi, bank muhri bilan mustahkamlanib hujjatni lozim joyida quyidagilarni ko‘rsatib ustxat yozadi: hujjatning bankka kelib tushgan sanasini; agarda bank bo‘limi tomonidan hujjat qisman to‘langan bo‘lsa, undirib olingan summaning miqdorini (yozma ravishda); bank bo‘limi tomonidan hujjatni undirib oluvchi yoki sud bajaruvchisiga topshirish yoki jo‘natish sanasini. 6.13. To‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda inkasso topshiriqnomasi 2-kartotekada to‘lovini kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi va qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda to‘lanadi. 6.14. Inkasso topshiriqnomalari to‘lovchilarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarish uchun bir shahar ichida hisob-kitoblarda xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki bevosita to‘lovchining hisobvarag‘i yuritilayotgan bank bo‘limiga, shaharlararo (hududlararo) hisob-kitoblarda esa faqat undirib oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limiga taqdim etiladi. 6.15. Inkasso topshiriqnomasi bank bo‘limiga uch nusxada ilovalar bilan birga taqdim etiladi: 1) agar mablag‘ oluvchi va to‘lovchiga bitta bankda xizmat ko‘rsatilganda: inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi to‘lovchiga ijro hujjatlari ilovasi va shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirma bilan birgalikda beriladi; uchinchi nusxasi to‘lovni oluvchiga shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirma bilan birgalikda qaytariladi. 2) bir shahar ichida hisob-kitoblar qilishda inkasso topshiriqnomalari bevosita to‘lovchining bankiga taqdim qilinishi mumkin: birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi to‘lovchiga ijro hujjatlari ilovasi va shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirma bilan birgalikda beriladi; uchinchi nusxasi to‘lovni oluvchiga shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirma bilan birgalikda qaytariladi. 3) banklararo va shaharlararo (hududlararo) hisob-kitoblar qilishda inkasso topshiriqnomalari undiruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limiga taqdim qilinganda: birinchi va ikkinchi nusxalari ijro hujjatlari bilan birga pochta orqali to‘lovchining bankiga buxgalter tomonidan imzo qo‘yilib va bankning unga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanib hujjatlarni qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda jo‘natiladi; uchinchi nusxasi hujjatlarni qabul qilish sanasini ko‘rsatgan holda buxgalter tomonidan imzolanib va bankning unga biriktirilgan shtampi bilan tasdiqlanib mijozga qaytariladi. 6.16. Alohida fuqarolarning foydasiga undirib olishda to‘lovchining hisobvarag‘i joylashgan bank bo‘limi ijro hujjatlarini faqat bank joylashgan tuman sud idorasining sud ijrochisi orqali qabul qiladi. 6.17. Sud ijrochilari inkasso topshiriqnomasini ijro hujjatlarini ilova qilgan holda bank bo‘limiga uch nusxada taqdim etadilar, to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin: birinchi nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birga to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinadi; uchinchi nusxasi ma’lumot sifatida sud ijrochisiga qaytariladi. 6.18. Undiruvchining bankida elektron to‘lov tizimidan qabul qilingan elektron inkasso topshiriqnomasi ikki nusxada qog‘ozga chiqariladi: birinchi nusxa bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi undiruvchining shaxsiy hisobvarag‘idan olingan ko‘chirmaga ilova qilinadi. 6.19. Bank aybi bilan mijozlarning inkasso topshiriqnomalari ijro qilinmagan yoki noto‘g‘ri ijro qilingan hollarda amaldagi qonunchilik asosida va hajmida bank javob beradi. 7.1. Hisob-kitob cheki (keyingi hollarda cheklar deb nomlanuvchi) bu mijozning xizmat ko‘rsatuvchi bankka chek beruvchining hisobvarag‘idan chek qabul qiluvchining hisobvarag‘iga ma’lum miqdordagi mablag‘larni o‘tkazib berish uchun bankning maxsus blankasida — bankka bergan topshirig‘idir. 7.2. Chek blankalari tijorat banklari buyurtmasiga ko‘ra, ularning faoliyati uchun yetarli bo‘lgan miqdorda Markaziy bank qoshidagi “Davlat belgisi” (Gosznak) ishlab chiqarish korxonasida, mazkur Nizomning 1.5.5-bandida belgilangan shaklda tayyorlanadi. Bunda chek raqami va seriyasi, bank-emitentning nomi va firma belgisi tipografiya usulida yoziladi. 7.3. Hisob-kitob cheklari faqat tovar va xizmatlar uchun xo‘jalik subyektlari va jismoniy shaxslar orasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar qilishda qo‘llaniladi. 7.4. Hisob-kitob chekining maksimal summasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatiladi, minimal summasi esa tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 7.5. Bank chek berganda jismoniy shaxsning arizasiga asosan chekning summasiga 20206 — “Jismoniy shaxslarning talab qilingunga qadar depozitlari” balans hisobraqamida alohida ikkilamchi hisobvarag‘i ochadi va to‘lovlarni faqat shu hisobvarag‘dan amalga oshiradi. 7.6. Cheklar omonat qo‘yuvchi jismoniy shaxslarning depozit hisobvarag‘larida saqlanayotgan mablag‘lar hisobiga yoki topshirilgan naqd pul summasiga beriladi. 7.7. Chek ikki qismdan: hisob-kitob cheki va milk (koreshok) dan iborat. Ushbu milk hisob-kitob chekida ko‘rsatilgan summalarni tasdiqlash uchun belgilangan nazorat raqamlarini o‘z ichiga oladi. 7.8. Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 7.9. Agar chek amal qilish muddatida bankka taqdim qilinmagan bo‘lsa, chek summasi 29842 — “Harakatsiz depozitlar” balans hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojaat qilgan taqdirda, bank qarshiliksiz chek egasining pasporti asosida chekni qabul qilishi va to‘lab berishi lozim. 7.10. Cheklarni berish va to‘lash tartibi. 7.10.1. Bank xodimi hisob-kitob chekini berishda quyidagi rekvizitlarni to‘ldirishi shart: chek berilgan sanani; chek bo‘yicha beriladigan summani raqamlar va so‘z bilan; hisob-kitob chekiga nomi yozib berilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; pasportining seriyasi va raqami; chek beruvchining depozit hisobvarag‘i; chek bergan bank bo‘limining nomi va kodi; chek haqiqiy “KK.OO.YYYY” gacha; Ko‘rsatilgan rekvizitlar to‘ldirilgandan keyin bankning mas’ul xodimi hisob-kitob chekiga imzo qo‘yadi va hisob-kitob chekining milki(korshok)ni nazorat raqamlari joylashgan polosa bo‘yicha chekdan shunday qirqib ajratadiki, bunda kesish chizig‘ida qolgan sonlar chek summasiga mos kelishi lozim va bu muhr bilan tasdiqlanadi. Hisob-kitob chekini oluvchi tomonidan chekni olganligi haqida milk (koreshok)ga imzo qo‘yiladi. Alohida daftarga hisob-kitob chekining seriyasi va raqamini, chek nomiga yozilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi va chek summasini (omonat bo‘yicha hisobvaraqda saqlanayotgan mablag‘lar yoki depozit hisobvarag‘idan ko‘chirilgan hamda naqd pullarda qo‘yilgan mablag‘lar hisobiga berilganligi alohida ko‘rsatilib yozib qo‘yiladi. 7.10.2. Kassir bankning mas’ul bajaruvchisidan barcha zaruriy hujjatlarni olgach: hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi va ularni imzolaydi; hisob-kitob chekini oluvchidan chek beriladigan summada naqd pullarni va chek uchun to‘lovni qabul qiladi; hisob-kitob chekini oluvchiga chek va omonat daftarchasini topshiradi; chek milki(koreshok)ni amaliyot kun oxirigacha o‘zida qoldiradi. 7.10.3. Amaliyot kun oxirida bank kassiri banderollarda hisob-kitob cheklarining milk(koreshok)larida belgilangan rekvizitlar bilan birga, naqd pullarda qabul qilingan summani va jismoniy shaxslarning talab qilib olingunga qadar depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqazilgan summani ko‘rsatadi, bundan keyin chek milki (koreshok)ni mas’ul bajaruvchiga topshiradi. Hisob-kitob chekining milki raqamlari va sanalari bo‘yicha to‘langan yoki qoplangan chek taqqoslash yoki chek summasi bron qilingan 20206 — Jismoniy shaxslarning talab qilib olungunga qadar depozitlari” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish uchun bankka kelgunga kadar saqlanadi. Shundan so‘ng hisob-kitob cheki milk(koreshok)lari elektron hisob-kitob cheklari bilan birga kunlik hujjatlar yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi. 7.10.4. Agarda hisob-kitob cheki varag‘ini to‘ldirishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, unda ushbu varaq buzilgan deb hisoblanadi va uning o‘rniga hisob-kitob chekining yangi varag‘i to‘ldiriladi. Bunday hollarda hisob-kitob cheki quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi: harflar bilan yozilgan “Hisob-kitob” so‘zidan bir qismi qirqib olinadi; chek varaqasining o‘rtasiga “buzilgan” degan ustxat yoziladi va sana ko‘rsatiladi; bosh buxgalter va kassir tomonidan imzolanadi. 7.10.5. Qabul qilingan, ishlatilgan va qaytarilgan chek blankalarining hisobi qat’iy nazoratdagi blankalarning harakatini hisobga olib boradigan daftarda ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida yuritiladi. Kun davomida ishlatilgan hisob-kitob chek blankalari chiqim orderi bilan ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘idan chiqariladi. 7.10.6. Hisob-kitob chekini qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan savdo tashkiloti xodimi mahsulot to‘lovi uchun hisob-kitob chekini qabul qilayotganda hisob-kitob cheki belgilangan namunadagi blankada to‘ldirilganligini, o‘chirib tuzatishlarni yo‘qligini, nazorat raqamlari chekda yozilgan summaga muvofiqligini, chek muddati o‘tkazib yuborilmaganligini, unda bank bo‘limi muxrining aniq izi va imzolar mavjudligini tekshirib ko‘radi. Shundan keyin shaxsiyatini tasdiqlovchi pasportini ko‘radi. Tekshiruv bajarilgan va mahsulot uchun chek to‘lovga qabul qilingandan so‘ng, savdo idorasi xodimi hisob-kitob chekining teskari tomoniga, savdo tashkilotining shtampini va mansabdor shaxsning imzosini qo‘yadi. 7.10.7. Agar sotilayotgan mahsulotning qiymati hisob-kitob cheki summasidan past bo‘lsa, u holda savdo tashkiloti ushbu chek summasining 25 foizidan oshmagan miqdordagi qiymatini naqd pulda beradi. 7.10.8. Mahsulot to‘lovi uchun qabul qilingan hisob-kitob cheklari savdo tashkilotlari tomonidan ularga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limlariga pul tushumi bilan birga inkassator orqali belgilangan tartibda topshiriladi. 7.10.9. Bankka qabul qilingan cheklar bo‘yicha to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) chek beruvchi va chek qabul qiluvchiga bitta bankda xizmat ko‘rsatilganda: Chek summasi savdo tashkilotining hisobvarag‘i krediti va “Inkassa qilingan pul tushumlari va cheklar” hisobvarag‘i orqali chek beruvchining hisobvarag‘i debiti bo‘yicha o‘tkaziladi. Chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; 2) chek beruvchi va chek qabul qiluvchiga boshqa-boshqa banklarda xizmat ko‘rsatilganda: chek qabul qiluvchining banki chekda ko‘rsatilgan summani qabul qilingan chekka asosan chek qabul qiluvchining hisobvarag‘iga yozib beradi. Tijorat banklarining elektron hisob-kitob cheklari elektron to‘lov tizimi orqali chek beruvchining bankiga jo‘natiladi. Chekning asl nusxasi bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; chek beruvchining bankida chek summasi elektron hisob-kitob cheki asosida dasturiy yo‘l bilan avtomatlashtirilgan tarzda chek beruvchining ikkilamchi hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi. Elektron chek bankning kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi; 7.10.10. Hisob-kitob cheklari merosxo‘r va boshqa shaxslardan notarial idora tasdiqlagan hujjat mavjud bo‘lgan holdagina qabul qilinadi, qancha muddat o‘tganligidan qat’iy nazar. Bank boshqaruvchisi va bosh buxgalteri hujjatlarni tekshirib ko‘rgandan keyin chek summasini to‘lab berilishiga ruxsat beradi. 7.10.11. Foydalanilmagan hisob-kitob cheki bankka taqdim qilinganda bankning xodimi: ko‘rsatilgan chekning haqiqiyligini va hujjatni ko‘rsatuvchini shaxsini pasport bilan tekshirib ko‘radi; chekning yuz tomonida quyidagi mazmundagi ustxatni yozadi: “№ _____ hisobvaraqqa summani o‘tkazing”; hisob-kitob chekini bank bo‘limining bosh buxgalteriga beradi, pasport egasiga qaytariladi. 7.10.12. Chek yo‘qotilgan taqdirda, bank yo‘qotilgan chek bo‘yicha hisobvarag‘lardan mablag‘lar hisobdan chiqarilganda javob bermaydi. 8.1. Plastik kartochka (matn davomida — kartochka) bank tomonidan chiqarilgan bo‘lib, o‘zida shaxslashtirilgan to‘lov vositasini ifoda etadi, kartochka egasining tegishli bankda hisobvarag‘i mavjud ekanligini tasdiqlaydi va naqd pul to‘lamagan holda chakana savdo tarmog‘ida tovarlar yoki xizmatlarni sotib olish huquqini beradi. 8.2. Plastik kartochkada emitentni so‘zsiz identifikatsiya qiluvchi uning nomi va logotipni mavjud bo‘lishi shart. 8.3. Kartochkalar jismoniy yuridik shaxslar va savdo yoki servis korxonalari o‘rtasida naqdsiz hisob-kitob qilishda, shuningdek, naqd pul berish punktlari (PVN) va bankomatlarda naqd pul mablag‘lari olishda qo‘llanadi. 8.4. Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarni chiqarishlari va xizmat ko‘rsatishlari mumkin, bunda ular xalqaro to‘lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga va mazkur Nizomga muvofiq operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga rioya etishlari lozim. 8.5. Plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatish shartnomasida quyidagilar mavjud bo‘lishi shart: taraflarning nomlari; shartnoma predmeti; taraflarning huquqlari va majburiyatlari; taraflarning javobgarligi; hisob-kitoblarni o‘tkazish shartlari; shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari; nizolarni hal etish shartlari; taraflarning huquqiy manzillari. 8.6. Kartochkalar ularning mansubligiga ko‘ra shaxsiy, oilaviy va korporativ kartochkalarga bo‘linadi: Shaxsiy kartochka, bu — jismoniy shaxsga berilgan kartochkadir. Oilaviy kartochka, bu — shaxsiy kartochka egasining ishonchnomasi asosida foydalanuvchiga berilgan kartochkadir. Korporativ kartochka, bu — yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan kartochkadir. Korporativ kartalardan ish haqi to‘lovlarini va ijtimoiy tusdagi boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun, shuningdek, naqd pul mablag‘larini to‘lash uchun foydalanish taqiqlanadi. 8.7. Amal qilish rejimiga ko‘ra kartochkalar quyidagi turlarga bo‘linadi: debet kartochkasi — ushbu kartochkadan foydalanish uning egasiga emitent va mijoz o‘rtasidagi shartnoma shartlariga ko‘ra uning kartochka hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan pul mablag‘larini tovarlar va xizmatlar haqini to‘lash uchun va/yoki naqd pul mablag‘larini olish uchun (korporativ kartochkalar bundan mustasno) tasarruf etish imkonini beradi. kredit kartochkasi ushbu kartochkadan foydalanishning uning egasiga emitent bilan tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra emitent tomonidan taqdim etilgan kredit liniyasi miqdorida tovarlar va xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha operatsiyalarni bajarish va/yoki plastik kartochkadagi mablag‘lar qoldig‘i chegarasida naqd pul mablag‘larini olish (bundan korporativ kartochkalar mustasno) imkonini beradi. elektron kissa — jismoniy shaxsning kartochkasi, undan foydalanish uning egasiga tovarlar va xarajatlar haqini to‘lashni amalga oshirish va/yoki plastik kartochkadagi mablag‘lar qoldig‘i chegarasida naqd pul mablag‘larini olish imkonini beradi. Bitta kartochkada bir nechta “elektron kissalar” joylanishi mumkin. 8.8. Shaxslashtirishda kartochkaga quyidagi majburiy rekvizitlar yozib qo‘yilishi shart: identifikatsiyalash ma’lumotlari (kartaning raqami va turkumi va boshqalar); emitent bankning kodi; hisobvaraq raqami va kartochka egasining ism-sharifi (tashkilotning nomi); kartochkaning amal qilish muddati. Kartochkada bir nechta kissalar mavjud bo‘lgan holda identifikatsiya ma’lumotlari har bir kissani so‘zsiz identifikatsiyalashi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan rekvizitlardan tashqari kartochkaga operatsiyalar va hisoblarni bajarish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. 8.9. Takroran shaxslashtiriladigan, qaytarilgan kartochkalarni hisobga olish 93609 “saqlanishdagi qimmatliklar” ko‘zda tutilmagan vaziyatlar hisobining alohida hisobvaraqlarida yuritiladi. 8.10. Plastik kartochkalarni qo‘llab bajariladigan operatsiyalar hujjatlarning qog‘oz tashuvchilarda (slip, elektron terminal kvitansiyasi) va/yoki elektron shaklda (terminalning yoki bankomatning elektron jurnalidagi hujjat), shuningdek, hisob-kitoblar qatnashchilari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar (bankomat kvitansiyasi va boshqalar) majburiy tuzilishini ko‘zda tutiladi. 8.11. Kvitansiyalar tranzaksiyalarni qo‘lda tiklash uchun barcha zarur axborotlarga ega bo‘lishi kerak. 8.12. Hujjatlar hisob-kitoblarda qatnashuvchi taraflarning hammasi uchun zarur nusxalar miqdorida tuziladi. 8.13. Plastik kartochkalarni qo‘llagan holda operatsiyalarni bajarishda tuzilgan hujjatlar rekvizitlari taraflar tomonidan kelishilgan, plastik kartochkalar rekvizitlari va kartochka egalarining bank hisobavaraqlari, shuningdek, korxonalar, naqd pullarni berish punktlari, bankomatlar identifikatorlari va korxona bank hisobvaraqlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ishonchli tarzda aniqlashga imkon beruvchi belgilarga ega bo‘lishi shart. 8.14. Elektron hujjatlar shartnomada kelishilgan davriylikda ekvayer bank, emitent bank yoki kliring markaziga yuboriladi. 8.15. Kartochkalar bo‘yicha bir bank bo‘linmalari o‘rtasidagi hisob-kitoblar texnologiyasi bosh bank tomonidan o‘z imkoniyatlari va foydalaniladigan kartochka turidan kelib chiqib mustaqil tarzda belgilanadi. 8.16. Kartochkalar bo‘yicha banklararo hisob-kitoblar texnologiyasi quyidagi variantlarni ko‘zda tutadi: 1) Hisob-kitoblarni amaldagi elektron to‘lovlar tizimi (sep) orqali yalpi asosda o‘tkazish; 2) Hisob-kitoblarning hisob-kitoblar qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan protsessing markazlari orqali, o‘zaro majburiyatlar natijalarini majburiy hisob-kitob qilish va tijorat banklarining korrespondentlik hisobvaraqlari orqali o‘zaro yakuniy hisob-kitoblar summasini o‘tkazishni kun davomida amalga oshirish. 8.17. Plastik kartochkalarni qo‘llab sep orqali amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha yalpi hisob-kitoblar quyidagi tartibda bajariladi: 1) Avtorizatsiyalamagan holda emitent bank tomonidan hisob-kitob qilinganda: Ekvayer bank xizmat ko‘rsatiladigan savdo va servis korxonasidan olingan, kartochkani qo‘llash bilan tuzilgan elektron hujjatlar asosida uning hisobvarag‘iga mablag‘larni yozib o‘tkazishni amalga oshiradi, bunda o‘z-o‘zidan elektron debet memorial orderi shakllanadi, u elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha emitent bankka jo‘natiladi; Emitent bankda, olingan elektron debet memorial orderi asosida dasturiy ravishda mablag‘larning mijozning kartochka hisobvarag‘idan chiqarilishi amalga oshiriladi. elektron debet memorial orderi bosmadan chiqariladi va kundalik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. 2) Emitent bank tomonidan oldindan majburiy avtorizatsiya qilingan hisob-kitoblarda: Ekvayer bankda xizmat ko‘rsatiladigan savdo va servis korxonasidan olingan, kartochkani qo‘llash bilan tuzilgan elektron hujjatlar asosida, foydalaniladigan texnologiya qoidalariga muvofiq o‘z-o‘zidan elektron ma’lumot shakllanadi, u sep orqali emitent bankka provodkalarni avtorizatsiyalash va amalga oshirish uchun jo‘natiladi. Emitent bank olingan elektron ma’lumot asosida tranzaksiyani avtorizatsiyalashni o‘tkazadi, mijozning kartochka hisobvarag‘idan mablag‘larni chiqarishga elektron memorial orderni o‘z-o‘zidan shakllantiradi. u elektron to‘lovlar tizimi orqali savdo yoki servis korxonasining talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘iga mablag‘larni hisobga qo‘yish uchun ekvayer bankka jo‘natiladi. Ekvayer bankda emitent bankdan olingan elektron memorial order asosida mablag‘larni savdo yoki servis korxonasining talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘iga yozib qo‘yish amalga oshiriladi. Memorial order bosmadan chiqarilib bankning kundalik hujjatlariga tikib qo‘yiladi. 8.18. Hisob-kitoblarni protsessing markazlari orqali o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: kun davomida kartochkalar bo‘yicha barcha tranzaksiyalar protsessing markazlar orqali hisob-kitob qatnashchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda o‘tkaziladi va har bir bank — hisob-kitoblar ishtirokchisi uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda qayd etiladi; hisob-kitoblar qatnashchilarining kelishib olishi bo‘yicha yakuniy summalar tijorat banklarining markaziy bank hisob-kitoblar markazlarida ochilgan korrespondentlik hisobvaraqlari orqali shartnomada kelishilgan davriylikda o‘tkaziladi; protsessing markazidan olingan axborot asosida banklar kartochkalarni qo‘llagan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘larni mijozlarning hisobvaraqlariga hisobga qo‘yish yoki hisobdan chiqarishni amalga oshiradilar. 9.1. Korxonani qayta tashkil etish (qo‘shilish, birlashish, ajralib chiqish, qayta tashkil etish shaklida)da hisob-kitob hujjatlarini to‘lash vakolatli organning qaroriga asosan dastlabki to‘lovchining majburiyatlari bo‘yicha javobgarlik yuklangan korxonaning asosiy depozit hisobvarag‘idan bajariladi. 9.2. Undirib oluvchi va qabul qilib oluvchi (pravopriyemnik) tashkilotlar orasida nizo paydo bo‘lgan hollarda qabul qilib oluvchi tashkilotning hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish faqat xo‘jalik sudining tegishli qarori asosidagina bajariladi. 9.3. Korxonani tugatishda tugatish
65
62,968
Qonunchilik
Yiliga 4,5 EKIH badal toʻlagan mehnat migrantlarining pensiya staji hisobga olinadi, хorijga ishlash uchun litsenziya boʻyicha yuboriladi
Prezidentning 5.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda OʻzA saytida хabar berildi. Xodimlarni хorijga joʻnatish uchun litsenziyalar 2018 yil 1 sentyabrdan Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхslarga mamlakatimiz fuqarolarini хorijiy davlatlarda ishga joylashtirishga ruхsat beriladi. Buning uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan litsenziya olish talab etiladi. Shuni qayd etib oʻtamizki, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasiga 50 ming AQSh dollarini zaхira sifatida kiritish litsenziya talablari va shartlaridan biri hisoblanadi. Mazkur mablagʻlar ishlatib yuborilsa (masalan, хorijdagi mehnat migrantlariga yordam berish uchun), tashkilotga zaхirani talab etilgan darajagacha toʻldirish majburiyati yuklatiladi. Litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda mablagʻlar qaytarib beriladi.  Shu oʻrinda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur sohada uzoq vaqt «monopol» oʻrin egallab kelganini eslab oʻtish oʻrinli. Ushbu yoʻnalishda rekruting agentliklari faoliyat yuritmadi. Bu sohadagi muammolar haqida bu yerda oʻqishingiz mumkin. Mustaqil ravishda pul topishga chiqish soddalashtiriladi 2018 yil 1 avgustdan esa хorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar pensiya hisoblanayotganda хorijdagi ish stajlari hisobga olinishi uchun Pensiya jamgʻarmasiga iхtiyoriy badallarni kamroq toʻlashlari mumkin boʻladi. Eslatib oʻtamiz, hozir iхtiyoriy badallarning eng kam miqdori oyiga 1 EKIH yoki yiliga 12 EKIHni tashkil etadi (material e’lon qilingan paytda – 2 066 880 soʻm). Shu tariqa, eng kam badal summasi 3 baravar kamaydi. Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaхslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (VMning 22.02.2016 yildagi 46-son qaroriga 1-ilova) qarang. Bundan tashqari, хususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun хorijga ketayotgan fuqarolarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda iхtiyoriy roʻyхatdan oʻtish taomilini joriy etgan holda, хorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruхsatnoma berish tartibi bekor qilinmoqda. Gap shundaki, hozir Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yoki fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha хoʻjalik hisobidagi mintaqaviy Byurolardan tilga olingan ruхsatnomani olgan shaхslarga, shuningdek Oʻzbekistonning хorijdagi tashkilotlarida ishlagan fuqarolarga iхtiyoriy badallarni toʻlashga ruхsat beriladi (Nizomning 2-bandi 2-хatboshisiga qarang). Shu sababli aksariyat tashqi mehnat migrantlari pensiya staji bilan bogʻliq muammolarni hal etish imkoniyatidan mahrum edilar. Xorijda oʻz holimizga tashlab qoʻymaydilar Va, nihoyat, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadi. Boshqalar qatori, uning mablagʻlari quyidagilarga sarflanadi: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi хodimlariga хorijda samarali faoliyat yuritishlari uchun diplomatik pasportlar taqdim etiladi. Samir Latipov.
137
3,590
Qonunchilik
Oʻzbekiston va Fransiya – turizm sohasida hamkor
2018 yil 9 oktyabr kuni Parij shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Hadli bitim tasdiqlandi (23.02.2019 yildagi PQ–4208-son qarorga qarang). Hujjat 2018 yil 8-9 oktyabrda Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida davlatlar rahbarlari tomonidan imzolangan. Yaqin orada TIV mamlakatimiz tomonidan mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllaydi. Ushbu hujjat kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash Hukumat hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari zimmasiga yuklatildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
48
874
Qonunchilik
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 75-son “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 24-avgustdagi 167-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2022, 2009-yil 20-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 43-son, 463-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini (keyingi o‘rinlarda ekspert tashkilotlari deb yuritiladi) akkreditatsiya qilish, ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish tartibini hamda ekspert tashkilotlari faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.”. 2. 1-bandda: to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o‘n beshinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining” degan so‘zlar “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 14-banddagi va 33-bandning birinchi hamda ikkinchi xatboshilaridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 18-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 19 va 22-bandlardagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i” degan so‘zlar “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 23-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining” degan so‘zlar “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 81-bandning “a” kichik bandidagi “veb sahifa” degan so‘zlar “veb-sayt” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 82-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi veb sahifasiga” degan so‘zlar “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining veb-saytiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 2-ilovada: 29-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “36. Ekspert tashkiloti rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari, ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari reyestri (ro‘yxati)ni yuritishi lozim. Bu ro‘yxat Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan shakllarda har oyda bir marotaba (keyingi oyning 5-sanasiga qadar) hisob yuritish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilishi zarur.”. 10. 5 va 6-ilovalar mazkur o‘zgartirishlarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
182
4,278
Qonunchilik
Kommunal хizmatlar haqi necha pulga tushishini Telegram-bot orqali bilib oling
MIBInfoBot iste’mol qilingan tabiiy gaz, suv, elektr energiyasi, chiqindilarni olib chiqish va hududlarni tozalash хizmatlari haqida aхborot olish imkonini beradi. «Oʻztransgaz» AJ Majburiy ijro byurosi va boshqa servis-kompaniyalar bilan birgalikda aholi iste’mol qilingan tabiiy gaz va boshqa kommunal хizmatlar uchun mavjud qarzdorlik haqida toʻliq aхborot olishi uchun Telegram-botni ishga tushirdi. Buning uchun «Telegram» messenjeriga kirib, «qidiruv» boʻlimiga MIBInfoBot kiritish lozim. Ilovaning desktop-versiyasidan foydalanuvchilar https://t.me/MIBInformerBot havolasi orqali ham kirishlari mumkin. Bot aхborot olish, hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlarini kiritish, roʻyхatdan oʻtganligini tekshirish va huquqiy yordam olish imkonini beradi. Oʻz telefon raqamingizni yuborib, tegishli yacheykani («gaz», «suv», «elektr energiyasi», «MaxsusTrans» yoki «Toza hudud») tanlashingiz, shaхsiy schyotingizni va zarur boʻlganda hisoblagich koʻrsatkichlarini joʻnatishingiz lozim. Telegram-bot sanoqli soniyalarda debitor-kreditor qarzdorlik toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Bu onlayn rejimda koʻrsatkichlarni kiritish va solishtirish, oʻz хarajatlarini nazorat qilish va toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash imkonini beradi.     Ayni paytda bot test rejimida ishlamoqda.
78
1,286
Qonunchilik
Opera va balet san’atini targ‘ib qilish va iqtidorli ijodkorlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga muvofiq quyidagilar: opera va balet san’ati bo‘yicha iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni yuzaga chiqarish va rag‘batlantirish tizimini joriy qilish maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Yosh vokal ijrochilari”, “Yosh balet ijrochilari”, “Dirijyor, rejissor va baletmeysterlar” respublika ko‘rik-tanlovlarini (keyingi o‘rinlarda — respublika ko‘rik tanlovlari); milliy opera va balet san’atini jahon miqyosida targ‘ib qilish, eng sara milliy va klassik asarlardan aholini bahramand etish, xorijiy teatrlar bilan ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun Davlat budjeti hisobidan har ikki yilda Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar ko‘rik-tanlovi hamda “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivalini o‘tkazish; respublika ko‘rik-tanlovlarining Gran-pri va 1-o‘rin g‘oliblari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga; “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga; “Yosh vokal ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga; “Yosh balet ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga; “Dirijyor, rejissor va baletmeysterlar” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar ko‘rik-tanlovi hamda “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini ta’minlash; xalqaro tadbirlarni o‘tkazishning aniq muddatlarini belgilash va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish; xalqaro tadbirlarning hakamlar hay’ati tarkibini shakllantirish, uning ish tartibini tasdiqlash, tanlovlar ishtirokchilarining yosh chegarasini belgilash va hakamlar hay’ati tarkibiga kiritilgan mutaxassislar ishtirokini ta’minlash; xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash, metsenatlik ko‘magi, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalarini jalb etish choralarini ko‘rish. 4. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktoriga ushbu teatrning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mazkur qarorda belgilangan va boshqa madaniy tadbirlarni yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida qo‘shimcha mutaxassislarni jalb etishga ruxsat berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom Halima Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda — tanlov) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Tanlov quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi: milliy opera san’atini yanada rivojlantirish va ommalashtirish; turli xorijiy davlatlarning opera san’ati vakillari ijro mahorati bilan yaqindan tanishish hamda ular bilan ijodiy aloqalarni mustahkamlash; opera san’atidagi iqtidorli yoshlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlash; xorijiy davlatlarning taniqli ijrochilarini jalb etish orqali mamlakatimizda opera san’atini yanada rivojlantirish; Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri repertuarini ijodiy va sifat darajasini, teatr ijodkorlari ijro mahoratini yanada yaxshilash; Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida opera san’atining yetakchi namoyondalari ishtirokida master-klasslar va seminarlar tashkil etish. 3. Tanlov 2023-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba oktyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Bunda, tanlovni o‘tkazishning aniq muddati Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi hamda tanlov boshlanishidan uch oy avval Tashkiliy qo‘mita ishchi guruhi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 4. Tanlov ijro dasturi asosida o‘tkaziladi. 5. Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tanlov boshlanishidan kamida uch oy oldin tasdiqlanadi. 6. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri (keyingi o‘rinlarda — tashkilotchilar) tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi. 7. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish Tashkiliy qo‘mita tomonidan muvofiqlashtiriladi. 8. Tanlovda xorijiy va mahalliy opera solistlari, xalqaro tanlovlar sovrindorlari ishtirok etishi mumkin. 9. Tanlov ishtirokchilarining yoshi Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi. 10. Tanlov saralash va yakuniy (final) bosqichdan iborat. Saralash bosqichida ishtirokchilar soni cheklanmagan. Saralash bosqichidan 12 nafar ishtirokchi yakuniy (final) bosqichiga o‘tadi. Tanlovda oldingi tanlovlar sovrindorlarining qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Saralash bosqichida to‘rtta asar (kengaytirilgan operadan ariyalar, kantata yoki oratoriyalar (XVII-XVIII asrlar), o‘zbek kompozitorlari asarlaridan ariyalar, o‘z mamlakatlari xalq qo‘shiqlari (“a-kapella” tarzida bo‘lishi mumkin), rus va Yevropa kompozitorlari asarlaridan ariyalar) ijro etiladi. Yakuniy (final) bosqichida ikkita asar (Yevropa kompozitorlari asarlaridan kengaytirilgan ariya (XIX-XX asrlar), rus kompozitorlari asarlaridan kengaytirilgan ariyalar, o‘zbek kompozitorlari asarlaridan ariyalar) simfonik orkestr jo‘rligida ijro etiladi. 11. Barcha tinglovlar ommaviy ravishda o‘tkaziladi. Barcha asarlar yoddan, asl tilda ijro qilinishi shart. Har bir asar faqat bitta bosqichda ijro qilinadi. Ijro etish tartibi qur’a tashlash yo‘li bilan belgilanadi va tanlov yakuniga qadar o‘zgarmay qoladi. Yakuniy (final) bosqichga saralash bosqichida qatnashgan 12 nafardan ortiq ishtirokchi kiritilmaydi. O‘rinlar va sovrinlarni yakuniy taqsimlash hakamlar hay’atining yakuniy yig‘ilishida amalga oshiriladi. Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadigan elektron manzilga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuborish lozim: ma’lumotnoma (rezyume); ijodiy biografiya; har bir bosqich bo‘yicha ishtirokchining to‘liq ijro dasturi. 12. Tanlov dasturida e’lon qilingan ishlarni ishtirokchilar tomonidan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tanlovda ishtirok etishga ruxsat berilgan barcha ishtirokchilar tanlov o‘tkaziladigan yilning 15-oktabridan kechiktirmay tanlovga kelish sanasi ko‘rsatilgan taklifnoma oladilar. Kerakli hujjatlar bilan to‘liq to‘ldirilmagan yoki tanlov o‘tkaziladigan yilning 15-sentabridan keyin yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi. Tanlov shartlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ijro dasturiga asosan o‘zbek opera kompozitorlari asarlaridan ijro etilishi shart. Tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga ikki marta mashq qilish va saralash bosqichida chiqish uchun konsertmeysterlar belgilangan tartibda biriktirib beriladi. Tanlov tashkilotchisi tanlovda audio va videoyozuvlarni yozib, keyinchalik qo‘shimcha haq to‘lamasdan ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Tanlov g‘oliblari yakuniy gala-konsertida ishtirok etishlari shart. 13. Tanlovning barcha ishtirokchilariga yetakchi opera teatrlari vakillari va agentlarini tinglash, shuningdek, hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan o‘tkaziladigan mahorat darslari (master klass)da qatnashish imkoniyati beriladi. 14. Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan mahalliy va xorijiy madaniyat va san’at sohasidagi 7 — 9 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tarkibi hamda uning ish tartibi tasdiqlanadi. Tanlovning hakamlar hay’atiga yetakchi opera yakkaxonlari, mashhur musiqa ijrochilari, dirijyorlar, musiqali teatrlar direktorlari va boshqa mutaxassislar vakillari taklif etiladi. Hakamlar hay’ati a’zolari Hakamlar hay’ati raisini saylaydi. Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari baholash jarayonida jahonga mashhur bo‘lgan kompozitorlarning operalaridan mashhur ariyalarini an’ana va usullarini to‘g‘ri ijro etilishi, asarda ko‘rsatilgan har bitta notalarni katta xatoliklarga yo‘l qo‘ymagan holda ijro qilinishi, asarning mazmun va mohiyatini tinglovchiga to‘liq yetkazib berilishi, yuqori pardalarda kuylanadigan notalarni vokal san’ati qoidalariga rioya qilinishi va sahna madaniyati kabi asosiy mezonlari bo‘yicha baholanadi. Tanlovning baholash mezonlariga ko‘ra har bir mezon bo‘yicha maksimal 100 ballik tizim asosida baholanadi. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarga qo‘yilgan ballar teng bo‘lib qolganda Hakamlar hay’ati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hay’atining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Ishtirokchilar hakamlar hay’ati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni bo‘yicha bir kun muddatda hakamlar hay’ati raisi nomiga apellatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi, bir kun muddatda ko‘rib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va o‘sha kunning o‘zida e’lon qilinadi. 15. Tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida; 2-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorida; 3-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida. 16. Hakamlar hay’ati a’zolari va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan “O‘zbek kompozitorlari asarini eng yaxshi ijro etganlik uchun”, Tanlovning eng yosh, eng iqtidorli ishtirokchisi” “O‘z mamlakatlari xalq qo‘shig‘ini (“a-kapella” tarzida ham bo‘lishi mumkin) eng yaxshi ijro etganlik uchun” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha maxsus diplom bilan taqdirlanadilar. Hakamlar hay’ati tanlovning eng yaxshi konsertmeysterlarining (2 kishi) har biriga maxsus diplom berish huquqiga ega. 17. Tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oshiriladi. 18. Tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 19. Tanlov tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilarning quyidagi xarajatlari qoplanadi: hakamlar hay’ati a’zolari uchun yo‘l xarajatlari, mehmonxona, ovqatlanish, gonorar to‘lovlari; tanlovning yakuniy (final) bosqichiga o‘tgan ishtirokchilarning tanlovdagi ishtiroki tugaguniga qadar ularning mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari. Yo‘l, saralash bosqichidagi mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari — ishtirokchilar hisobidan qoplanadi. 20. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq xorijiy ishtirokchilarga beriladigan gonorar va tanlov g‘oliblariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi, shuningdek, ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bo‘yicha soliqqa solish obyekti hisoblanmaydi. 21. Tanlov ishtirokchisi bo‘lgan chet el fuqarosi o‘z tibbiy sug‘urtasiga ega bo‘lishi lozim. 1. Mazkur Nizom “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivalini (keyingi o‘rinlarda — festival) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi: festivalning betakror ruhi va qiyofasini, o‘ziga xosligini aks ettirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, dunyo tinchligi, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va ahillikni keng targ‘ib etish, mamlakatimiz opera va balet san’atining jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, boy tarixiy va betakror madaniyatimizni keng targ‘ib etish; opera va balet san’atini rivojlantirish va uning ahamiyatini yanada oshirish, o‘zbek hamda boshqa xalqlarning opera va balet san’ati an’analarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy va ijodiy muloqot va hamkorlik qilish; yosh avlodni opera va balet san’atiga, ayniqsa, o‘zbek milliy opera va baletiga bo‘lgan qiziqishlarini qanoatlantirish; opera va balet san’atining an’analarini asrash, madaniy muloqotni yanada rivojlantirish, ilmiy o‘rganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslarini tashkil etish. 3. Festival 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Bunda, uning aniq muddati Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi hamda Festival boshlanishidan bir oy oldin Tashkiliy qo‘mita ishchi guruhi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 4. Festival O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri (keyingi o‘rinlarda — tashkilotchilar) tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi. 5. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish Tashkiliy qo‘mita tomonidan muvofiqlashtiriladi. 6. Festival ijro dasturi va unda ijro etiladigan sahna asarlari ro‘yxati asosida o‘tkaziladi. 7. Festivalning ijro dasturi va unda ijro etiladigan sahna asarlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan festival boshlanishidan kamida ikki oy oldin tasdiqlanadi. 8. Festival doirasida “Opera va baletning buguni yoshlar nigohida va kelajak istiqbollari” mavzuida ilmiy-amaliy seminar, opera va balet ustozlari ishtirokida “mahorat darslari” tashkil etiladi. 9. Ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilari ma’ruzasining to‘la matni 3-4 betdan va tezislar 300 ta so‘zdan kam bo‘lmasligi hamda ijro dasturi 15 daqiqadan oshmasligi lozim. 10. Ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etuvchilarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan aniqlanib, ushbu tadbir o‘tkazilishidan 10 kun oldin ishtirokchilarga ma’lum qilinadi. 11. Ilmiy-amaliy seminarning ishchi tillari etib o‘zbek, ingliz va rus tillari belgilanadi. 12. Festivalda mamlakatimizda va xorijda nom qozongan taniqli dirijyorlar, opera va balet artistlari, xalqaro tanlovlar sovrindorlari ishtirok etadi. 13. Festival ishtirokchilari tashkilotchilarga reklama materiallari, afishalar, DVD, annotatsiyalar, ijodiy biografiyalar taqdim etadilar. 14. Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oshiriladi. 15. Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari, metsenatlik ko‘magi, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 16. Festival xorijiy ishtirokchilarining Toshkent shahriga kelib-ketishi, mehmonxona, gonorar, ovqatlanishi va ichki transport bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. Bunda, xorijiy ishtirokchilarning har bir a’zosiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida gonorar puli to‘lanadi. 17. Festival ishtirokchilari festival haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishga haqli. 18. Festival ishtirokchilari: o‘z faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (reklama materiallari, afishalar, DVD, annotatsiyalar, ijodiy biografiyalar) o‘z vaqtida taqdim etishi; repetitsiyalar o‘tkazish jadvali hamda festival kun tartibiga qat’iy rioya etishi shart. 19. Tashkilotchi quyidagi huquqlarga ega: Festival qatnashchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translatsiya qilish uchun taqdim etish; Festivalni o‘tkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish; Festivalda ishtirok etayotgan ijodkorlar tomonidan Tashkiliy qo‘mitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish; Festivalga jahondagi yetakchi soha mutaxassislari va san’at namoyondalarini jalb etish. 20. Tashkilotchi: Festivalni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish uchun chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqadi; Festival xorijiy ishtirokchilarining Toshkent shahriga kelib-ketishi, mehmonxona, gonorar, ovqatlanishi va ichki transport bilan bog‘liq xarajatlarini qoplaydi; Tashkiliy qo‘mita tomonidan tashkilotchilar zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. 21. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq xorijiy ishtirokchilarga beriladigan gonorar puli jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi, shuningdek, ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bo‘yicha soliqqa solish obyekti hisoblanmaydi. 22. Festival ishtirokchisi bo‘lgan chet el fuqarosi o‘z tibbiy sug‘urtasiga ega bo‘lishi lozim. 23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi festivalni tashkil etish va o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat qiladi. 1. Ushbu Nizom “Yosh vokal ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Tanlov quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi: opera san’atini yanada yuksaltirish, mohir ijrochilarni kashf etish; opera san’ati ijrochilarining mahorati, iste’dodi va qobiliyatini namoyon etish, ularning ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish; opera san’ati ijrochilarni yuksak darajaga ko‘tarish, milliy san’atimizni dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish hamda ularning ijodini keng targ‘ib qilish; opera san’ati ijrochiligining ijro imkoniyatlarini oshirish va ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ommani tanishtirish. 3. Tanlov ijro dasturi asosida o‘tkaziladi. 4. Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin tasdiqlanadi. Tasdiqlangan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga besh kun muddatda; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati kelib tushgandan keyin uch kun muddatda bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, musiqa va san’at kollejlari, oliy ta’lim tashkilotlari, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkaziladi. 5. Tanlov dasturi tasdiqlangandan so‘ng unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. 6. Tanlov 2022-yildan boshlab har yili bir marta fevral oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri va O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladi. 7. Tanlovni o‘tkazishning aniq sanasi va muddati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi hamda tanlov boshlanishidan bir oy oldin ishchi guruh tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi. 9. Tanlovda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, musiqa va san’at kollejlari, oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari, o‘qituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning ijrochilari ishtirok etishi mumkin. 10. Tanlov ishtirokchilarining yoshi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi. 11. Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar tanlov boshlanishidan o‘ttiz kun oldin Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume); tanlovda ishtirok etish uchun ijro dasturi. 12. Har yili belgilangan sanadan kech taqdim etiladigan hujjatlar qabul qilinmaydi. 13. Ishtirokchilarning tanlov davomida asarlarni ijro etish navbati belgilangan tartibda qur’a tashlash orqali aniqlanadi va ushbu tartib tanlov yakuniga qadar saqlab qolinadi. 14. Asarlar yoddan ijro etiladi. 15. Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrug‘i bilan madaniyat va san’at sohasidagi 5 — 7 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tarkibi hamda uning ish tartibi tasdiqlanadi. 16. Tanlov saralash va yakuniy (final) bosqichdan iborat bo‘ladi. Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlarga asosan baholanadi: ijro mahorati; professional tayyorgarligi; repertuar saviyasi; sahna madaniyati va artistik mahorati. 17. Tanlovning saralash va yakuniy bosqichlarida ishtirokchilarning ijro mahorati hakamlar hay’atining har bir a’zosi tomonidan alohida tarzda 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi. 18. Tanlovning saralash bosqichida umumiy ball natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 12 nafar ishtirokchilar hakamlar hay’ati qaroriga asosan tanlovning yakuniy (final) bosqichiga o‘tkaziladi. 19. Tanlovning yakuniy (final) bosqichida asarlar orkestr jo‘rligida ijro etiladi. 20. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarga qo‘yilgan ballar teng bo‘lib qolganda, hakamlar hay’ati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 21. Tanlovda eng ko‘p umumiy ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan hakamlar hay’ati qaroriga asosan tanlovning Gran-pri, 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanadi. Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov ishtirokchilarning natijalari teng kelib qolgan taqdirda 1, 2 va 3-o‘rinlar uchun belgilangan pul mukofotlari ishtirokchilar o‘rtasida bo‘linishi (Gran-pridan tashqari) mumkin. 22. Ishtirokchilarni baholashda hakamlar hay’ati mustaqildir. 23. Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hay’atining qarori bilan rasmiylashtiriladi. 24. Ishtirokchilar hakamlar hay’ati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni bo‘yicha bir kun muddatda hakamlar hay’ati raisi nomiga apellatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi, bir kun muddatda ko‘rib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va o‘sha kunning o‘zida e’lon qilinadi. 25. Tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: Gran-pri — bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida; 1-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari miqdorida; 2-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida; 3-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida. 26. Tanlov g‘oliblari bo‘lgan o‘quvchi va talabalarning o‘qituvchi va konsertmeysterlari maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 27. Tanlovning yakuniy bosqichi ishtirokchilariga “Yosh vokal ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi diplomi beriladi. 28. Tanlovning Gran-pri va 1-o‘rin g‘oliblari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ushbu bandning birinchi xatboshisi oliy ta’lim muassasalarining talabalari va o‘qituvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 29. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining Vasiylik kengashi tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari; metsenatlik ko‘magi; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 30. Tanlov ishtirokchilarining tanlov o‘tkazilishi belgilangan hududga kelib-ketish, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari ularni tanlovda ishtirok etish uchun o‘z mablag‘lari yoki yuborayotgan tashkilotning mablag‘lari yoxud jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi. 31. Tanlovni o‘tkazish jarayonlari bo‘yicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 1. Ushbu Nizom “Yosh balet ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Tanlov quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi: balet san’atini yanada yuksaltirish, mohir ijrochilarni kashf etish; balet san’ati ijrochilarining mahorati, iste’dodi va qobiliyatini namoyon etish, ularning ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish; balet san’ati ijrochiligini yuksak darajaga ko‘tarish, milliy san’atimizni dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish hamda ularning ijodini keng targ‘ib qilish; balet san’ati ijrochiligining ijro imkoniyatlarini oshirish va ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ommani tanishtirish. 3. Tanlov ijro dasturi asosida o‘tkaziladi. 4. Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tanlov boshlanishidan kamida uch oy oldin tasdiqlanadi. Tasdiqlangan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga besh kun muddatda; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati kelib tushgandan keyin uch kun muddatda bolalar musiqa va san’at maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablar, maktab-internatlar, musiqa va san’at kollejlari, oliy ta’lim tashkilotlar, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkaziladi. 5. Tanlov dasturi tasdiqlangandan so‘ng unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 6. Tanlov 2022-yildan boshlab har yili bir marta aprel oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri va O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida o‘tkaziladi. 7. Tanlovni o‘tkazishning aniq sanasi va muddati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu tanlovlar boshlanishidan uch oy oldin ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri hamda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi. 9. Tanlovda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab internatlari, musiqa va san’at kollejlari, oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari, o‘qituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning ijrochilari ishtirok etishi mumkin. 10. Tanlovda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. 11. Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar tanlov boshlanishidan o‘ttiz kun oldin Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume); tanlovda ishtirok etish uchun ijro dasturi. 12. Har yili 20-fevraldan kech taqdim etiladigan hujjatlar qabul qilinmaydi. 13. Ishtirokchilarning tanlov davomida asarlarni ijro etish navbati belgilangan tartibda qur’a tashlash orqali aniqlanadi va ushbu tartib tanlov yakuniga qadar saqlab qolinadi. 14. Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrug‘i bilan madaniyat va san’at sohasidagi 5 — 7 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tarkibi hamda uning ish tartibi tasdiqlanadi. 15. Tanlov saralash va yakuniy (final) bosqichdan iborat bo‘ladi. Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlarga asosan baholanadi: ijro mahorati; professional tayyorgarligi; repertuar saviyasi; sahna madaniyati va artistik mahorati. 16. Tanlovning bosqichlarida ishtirokchilarning ijro mahorati hakamlar hay’atining har bir a’zosi tomonidan alohida tarzda 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi. 17. Tanlovning saralash bosqichida umumiy ball natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilarning 40 foizi hakamlar hay’ati qaroriga asosan tanlovning yakuniy bosqichiga o‘tkaziladi. 18. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarga qo‘yilgan ballar teng bo‘lib qolganda, hakamlar hay’ati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 19. Tanlovda eng ko‘p umumiy ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan hakamlar hay’ati qaroriga asosan tanlovning 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanadi. Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov ishtirokchilarning natijalari teng kelib qolgan taqdirda 1, 2 va 3-o‘rinlar uchun belgilangan pul mukofotlari ishtirokchilar o‘rtasida bo‘linishi mumkin. 20. Ishtirokchilarni baholashda hakamlar hay’ati mustaqildir. 21. Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hay’atining qarori bilan rasmiylashtiriladi. 22. Ishtirokchilar hakamlar hay’ati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni bo‘yicha bir kun muddatda hakamlar hay’ati raisi nomiga apellatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi, bir kun muddatda ko‘rib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va o‘sha kunning o‘zida e’lon qilinadi. 23. Tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari miqdorida; 2-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida; 3-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida. 24. Tanlov g‘oliblari bo‘lgan o‘quvchi va talabalarning o‘qituvchilari maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 25. Tanlovning yakuniy bosqichi ishtirokchilariga “Yosh balet ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi diplomi beriladi. 26. Tanlovning 1-o‘rin g‘olibi mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ushbu bandning birinchi xatboshisi oliy ta’lim muassasalarining talabalari va o‘qituvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 27. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining Vasiylik kengashi tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari; metsenatlik ko‘magi; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 28. Tanlov ishtirokchilarining tanlov o‘tkazilishi belgilangan hududga kelib-ketish, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari ularni tanlovda ishtirok etish uchun o‘z mablag‘lari yoki yuborayotgan tashkilotning mablag‘lari yoxud jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi. 29. Tanlovni o‘tkazish jarayonlari bo‘yicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 1. Ushbu Nizom “Dirijyor, rejissor va baletmeysterlar” respublika ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Tanlov quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi: opera va balet san’atini yanada yuksaltirish, dirijyor, rejissor va baletmeysterlarni kashf etish; dirijyor, rejissor va baletmeysterlarning mahorati, iste’dodi va qobiliyatini namoyon etish, ularning ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish; dirijyor, rejissor va baletmeysterlarni yuksak darajaga ko‘tarish, milliy san’atimizni dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish hamda ularning ijodini keng targ‘ib qilish; dirijyor, rejissor va baletmeysterlarning ijro imkoniyatlarini oshirish va ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ommani tanishtirish. 3. Tanlov ijro dasturi va ijro etiladigan asarlar asosida o‘tkaziladi. 4. Tanlovning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tanlov boshlanishidan kamida uch oy oldin tasdiqlanadi. Tasdiqlangan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga besh kun muddatda; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati kelib tushgandan keyin uch kun muddatda bolalar musiqa va san’at maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablar, maktab-internatlar, musiqa va san’at kollejlari, oliy ta’lim tashkilotlar, badiiy va ijodiy jamoalarga yetkaziladi. 5. Tanlov dasturi tasdiqlangandan so‘ng unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. 6. Tanlov 2022-yildan boshlab har yili bir marta iyun oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida o‘tkaziladi. 7. Tanlovni o‘tkazishning aniq sanasi va muddati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu tanlov boshlanishidan uch oy oldin ishchi guruh tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi. 9. Tanlovda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab internatlari, musiqa va san’at kollejlari, oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari, o‘qituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning ijrochilari ishtirok etishi mumkin. 10. Tanlov ishtirokchilarining yoshi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadi. 11. Tanlovda ishtirok etishni istagan ijrochilar tanlov boshlanishidan o‘ttiz kun oldin Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume); tanlovda ishtirok etish uchun ijro dasturi. 12. Har yili belgilangan sanadan kech taqdim etiladigan hujjatlar qabul qilinmaydi. 13. Ishtirokchilarning tanlov davomida asarlarni ijro etish navbati belgilangan tartibda qur’a tashlash orqali aniqlanadi va ushbu tartib tanlov yakuniga qadar saqlab qolinadi. 14. Asarlar yoddan ijro etiladi hamda namoyish etiladi. 15. Tanlov quyidagi 3 ta yo‘nalish (nominatsiya) bo‘yicha o‘tkaziladi: dirijyorlik yo‘nalishi; rejissorlik yo‘nalishi; baletmeysterlik yo‘nalishi. 16. Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrug‘i bilan madaniyat va san’at sohasidagi 7 — 9 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tarkibi hamda uning ish tartibi tasdiqlanadi. 17. Tanlov saralash va yakuniy bosqichdan iborat bo‘ladi. Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlarga asosan baholanadi: professional tayyorgarligi; repertuar saviyasi; badiiy did bilan yondashuvi; sahna madaniyati va artistik mahorati. 18. Tanlovning bosqichlarida ishtirokchilarning mahoratlari hakamlar hay’atining har bir a’zosi tomonidan alohida tarzda 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi. 19. Tanlovning saralash bosqichida umumiy ball natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilarning 40 foizi hakamlar hay’ati qaroriga asosan tanlovning yakuniy bosqichiga o‘tkaziladi. 20. Tanlovning yakuniy bosqichida asarlar orkestr jo‘rligida ijro etiladi. 21. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarga qo‘yilgan ballar teng bo‘lib qolganda, hakamlar hay’ati raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 22. Tanlovda eng ko‘p umumiy ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan hakamlar hay’ati qaroriga asosan har bir yo‘nalish (nominatsiya) bo‘yicha tanlovning 1, 2, 3-o‘rin sohibi aniqlanadi. Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov ishtirokchilarning natijalari har bir yo‘nalish (nominatsiya) bo‘yicha teng kelib qolgan taqdirda 1, 2 va 3-o‘rinlar uchun belgilangan pul mukofotlari ishtirokchilar o‘rtasida bo‘linishi mumkin. 23. Ishtirokchilarni baholashda hakamlar hay’ati mustaqildir. 24. Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hay’atining qarori bilan rasmiylashtiriladi. 25. Ishtirokchilar hakamlar hay’ati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni bo‘yicha bir kun muddatda hakamlar hay’ati raisi nomiga apellatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi, bir kun muddatda ko‘rib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va o‘sha kunning o‘zida e’lon qilinadi. 26. Tanlov g‘oliblari har bir yo‘nalish bo‘yicha diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari miqdorida; 2-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida; 3-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida. 27. Tanlov g‘oliblari bo‘lgan o‘quvchi va talabalarning o‘qituvchilari maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 28. Tanlovning yakuniy bosqichi ishtirokchilariga “Dirijyor, rejissor va baletmeysterlar” respublika ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi diplomi beriladi. 29. Tanlovning 1-o‘rin g‘olibi mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ushbu bandning birinchi xatboshisi oliy ta’lim muassasalarining talabalari va o‘qituvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 30. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining Vasiylik kengashi tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari; metsenatlik ko‘magi; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 31. Tanlov ishtirokchilarining tanlov o‘tkazilishi belgilangan hududga kelib-ketish, mehmonxona va ovqatlanish xarajatlari ularni tanlovda ishtirok etish uchun o‘z mablag‘lari yoki yuborayotgan tashkilotning mablag‘lari yoxud jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi. 32. Tanlovni o‘tkazish jarayonlari bo‘yicha kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
111
39,641
Qonunchilik
Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, malakali kadrlarni tanlash, sudyalik kasbiga tayyorlash va tayinlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, sud tizimiga yetarli bilim va hayotiy tajribaga ega bo‘lgan munosib kadrlarni tanlash va lavozimga tayinlash hamda sudyalar faoliyatini xolis baholash jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmaganligi bu boradagi ishlar shaffofligining yetarlicha ta’minlanmay qolishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, sud hokimiyati tizimida korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda. Sud tizimini malakali va halol pok kadrlar bilan to‘ldirish, sud organlarining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. Sudyalar mustaqilligini ta’minlash va sud tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha kasbiy faoliyatini har qanday ko‘rinishdagi tashqi ta’sirlardan samarali muhofaza qilishni ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlarni yaratish; sudyalikka kadrlarni tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek, sudyalar faoliyatini baholashda xolislik va shaffoflikni ta’minlash, ushbu jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini izchil joriy qilish; sudyalar va sud apparati xodimlari orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va barvaqt aniqlashga qaratilgan tizimni yo‘lga qo‘yish hamda sud tizimida aniqlangan har qanday korrupsiyaviy harakatni murosasiz holat deb baholash; sudyalarning kasbiy malakasi, ma’naviyati va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yuksak professional sudyalar korpusini shakllantirish. 2. Sudyalar oliy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) va Oliy sudning quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin: a) 2021-yil 1-fevraldan boshlab sud tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, Kengash va sud tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida: ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlarini Internet tarmog‘i (veb-sayt) orqali onlayn tarzda yoritib borishni yo‘lga qo‘yish; sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti bo‘yicha kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi elektron dasturni ishlab chiqish va joriy qilish; sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta’minlaydigan aniq mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari tashkil etilishi munosabati bilan 2021-yil 1-yanvardan ushbu sudlarning malaka hay’atlarini shakllantirish. 3. Sudyalarning yuridik javobgarligi masalasini hal etish paytida ularning odil sudlov bilan bog‘liq faoliyatiga har qanday aralashuvning oldini olish maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yildan boshlab: sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik holatlari yuzasidan Kengash raisi tomonidan kiritilgan taqdimnoma prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki qo‘zg‘atish rad etilganligi haqida Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabar beriladi; sudyalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilish uchun chaqirishga tegishli malaka hay’atlari roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi; sud hokimiyati mustaqilligini va sudyalar daxlsizligini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish holati yuzasidan Kengash raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakuni bo‘yicha axborot taqdim etib boriladi. 4. Kengashning sudlarda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni tizimli ravishda bartaraf qilish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish borasidagi quyidagi takliflari ma’qullansin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan, faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradigan Kengash raisining o‘rinbosari lavozimini joriy qilish; Sudyalar daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha sud inspeksiyasi negizida Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasini tuzish; Sudyalar kasbiy tayyorgarligini tashkillashtirish sho‘basini tugatish; Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish sho‘basi negizida matbuot xizmati va birinchi bo‘lim, shuningdek ijro apparati negizida axborot-tahlil, murojaatlar bilan ishlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash tuzilmalari hamda arxiv va devonxona tashkil etish; Kengashga kelib tushayotgan shikoyatlarni umumlashma tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida sudyalar malaka hay’atlari bilan birgalikda aniq choralar belgilash vazifasini yuklash; sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatini rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish, “Ibratli sudya” mukofotini, odil sudlovni amalga oshirishda uzoq yillar samarali mehnat qilib pensiyaga chiqqan sudyalar uchun “Sud faxriysi” ko‘krak nishonini joriy etish; Kengash huzurida amaldagi moddiy va protsessual huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyaviy xaraktyerga ega bo‘lgan maslahatlar hamda sudyalarning odob-axloq qoidalarini muayyan vaziyatlarda qo‘llanilishi yuzasidan so‘rovlariga tushuntirishlar berish vakolatiga ega bo‘lgan jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Sudyalar klubini (keyingi o‘rinlarda — Klub) tashkil etish. Belgilansinki, Klub o‘z faoliyatini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Nizom asosida amalga oshiradi va uning doimiy mas’ul a’zolari tarkibi ko‘p yillik ish tajribasiga, chuqur bilim va yuksak obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan amaldagi va faxriy sudyalar orasidan shakllantiriladi. 5. Kengash (X.B. Yodgorov) bir oy muddatda: Sudyalar assotsiatsiyasi (U.Q. Mingboyev) va Oliy sud (K.F. Kamilov) bilan birgalikda Klub tashkil etilishi va faoliyatini boshlashi bo‘yicha choralar ko‘rsin; “Ibratli sudya” mukofoti hamda “Sud faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin. 6. Kengash raisining doimiy asosda faoliyat yurituvchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi munosabati bilan Sudyalar oliy maktabining Ilmiy va axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi tugatilsin. 7. Kengash huzurida sudyalar hamjamiyati organi bo‘lgan va o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan sudyalikka nomzodlarning Sudyalar oliy maktabiga kirish va yakunlash imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lib bergan murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha imtihon komissiyasi tuzilsin hamda uning qarorlari ustidan Kengashga shikoyat qilish tartibi belgilansin. 8. Quyidagilar: Sud hokimiyati mustaqilligini yanada kuchaytirish, sudyalar daxlsizligini ta’minlash hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq; Sudyalar oliy kengashining yangi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, Kengashda tashkil etilayotgan yangi tuzilmalar va lavozimlarning shakllantirilishi Kengash tuzilmasini maqbullashtirish natijasida bo‘shayotgan 4 ta shtat birliklari hisobidan amalga oshiriladi. 9. Kengash (X.B. Yodgorov) Oliy sud (K.F. Kamilov) va Sudyalar assotsiatsiyasi (U.Q. Mingboyev) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda sud organlari tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik immunitetini shakllantirish borasida kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin. 10. Kengash manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.R. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
148
8,818
Qonunchilik
IChKI VALYUTA BOZORIDA ALMAShUV KURSLARINI BIRXILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish, birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish va mustahkamlash, uning faoliyat ko‘rsatishi samaradorligini oshirish, qatnashchilar sonini kengaytirish hamda banklararo savdo sessiyalarida chet el valyutasini sotib olish va sotish hajmini ko‘paytirish maqsadida, shuningdek valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha bojxona to‘lovlari va hisoblarini hisoblab chiqarish tartibini maqbullashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining chet el valyutasiga talab va taklifdan kelib chiqqan holda vujudga kelgan birjadan tashqari valyuta bozorini 2001-yil 1-noyabrdan boshlab: O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki uning kafolati ostida 2001-yil 1-iyulgacha jalb etilgan chet el valyutasidagi kreditlarga xizmat ko‘rsatish; 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2001-yil 1-noyabrdan boshlab respublika hududida valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobotlar, shuningdek bojxona to‘lovlarini va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining birjadan tashqari valyuta bozoridagi almashuv kursini, pul massasi va inflatsiya darajasini hisobga olgan holda belgilanadigan kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida, statistika hisobotida va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yetkazsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. I. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta va eksport-import operatsiyalari bo‘yicha hisob va hisobot tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT 2000-y., 6-son, 31-modda); O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 12-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT 2000-y., 10-son, 69-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. II. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
88
2,967
Qonunchilik
Tovarning kelib chiqishini sertifikatlash qanday oʻtkaziladi
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (13.12.2019 yildagi 994-son VMQga qarang). Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash (keyingi oʻrinlarda - sertifikatlash) Oʻzbekistondan eksport va reeksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni berish, guvohlantirish orqali tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza oʻtkazish jarayonidir. Vakolatli organ - Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki u tomonidan vakolat berilgan organlar. Uning zimmasiga Oʻzbekistondan eksport va reeksport qilinayotgan tovarlarga sertifikat berish funksiyasi yuklatilgan va ushbu Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ma’muriy hamkorlikni ham amalga oshiradi. Eksport qiluvchi/ariza beruvchining ariza-deklaratsiyasi asosida sertifikat berish Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham amalga oshiriladi. Sertifikat tovarning kelib chiqish mamlakatini guvohlantirish maqsadida rasmiylashtiriladi va tovar olib kiriladigan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar olish uchun qoʻllanilishi mumkin. Oʻzbekistonning bojхona hududidan tovarlarni olib chiqib ketish vaqtida sertifikat, basharti uning zarurligi: Tovarning kelib chiqishi ekspertiza qilinadi va tasdiqlangan sхema boʻyicha sertifikat beriladi. Tovarlar batamom ishlab chiqarilgan yoki yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovarning kelib chiqish mamlakati hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojхona ittifoqlari, mintaqa yoki basharti, tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib koʻrsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin. Quyidagi tovarlar mazkur mamlakatda batamom ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi: a) uning hududidan yoki hududiy suvlaridan yoхud kontinental shelfidan va dengiz ostidan olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat dengiz ostini qazish uchun mutlaq huquqqa ega boʻlsa; b) uning hududida oʻstirilgan yoki yigʻib olingan oʻsimlik mahsulotlari; v) mamlakatda tugʻilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar; g) mamlakatda yetishtirilgan oʻsimlik mahsulotlari va hayvonlardan olingan mahsulot; d) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti; ye) mamlakat kemalarida yoki u ijaraga olgan (fraхt qilingan) kemalarda jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsulotlari; j) mamlakatdagi ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning natijasi boʻlmish ikkilamchi хom ashyo va chiqindilar; z) mamlakatga qarashli yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq kosmosda olingan yuqori teхnologiya mahsulotlari; i) mamlakatda mazkur bandning «a» - «z» kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlardangina ishlab chiqarilgan tovarlar. Tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat ishtirok etayotgan boʻlsa, tovarning kelib chiqishi uning «yetarli darajada qayta ishlanganligi» mezoniga muvofiq aniqlanadi. Tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash uchun quyidagi tovarning «yetarlicha darajada qayta ishlanganligi» mezonlaridan biridan foydalaniladi: Hujjatda Erkin iqtisodiy zonani yaratish toʻgʻrisida 1994 yil 15 apreldagi bitim yoki Erkin savdo hududi toʻgʻrisida 2011 yil 18 oktyabrdagi shartnoma ishtirokchi-davlatlari uchun tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlashning oʻziga хos jihatlari aks ettirilgan. Oʻzbekistondan eksport (reeksport) qilinayotgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash boʻyicha ekspertiza oʻtkazish tartibi, sertifikatni rasmiylashtirish, shuningdek oʻz-oʻzini sertifikatlash tartib-taomillari keltirilgan. Oʻz-oʻzini sertifikatlash - tovar olib kirilayotgan mamlakatda oʻrnatilgan tartibga muvofiq, eksport qiluvchining hisobvaraq-faktura yoki tovarning boshqa kuzatuv hujjatlarida tovarning kelib chiqishini deklaratsiya orqali tasdiqlashi.  Sertifikatni ekspertizadan oʻtkazish va rasmiylashtirish хarajatlari ariza beruvchining zimmasiga yuklanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2019 yildan kuchga kirdi.       Anvar Irkaхodjayev.
60
4,064
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-727-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-727-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
173
621
Qonunchilik
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga qanday hisobga qoʻyiladi
Vazirlar Mahkamasining 26.03.2018 yildagi 238-son qarori bilan Fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.   Eslatib oʻtamiz, jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida (JBPT) ishtirok etish ikki shaklda amalga oshiriladi: 1 apreldan quyida bayon etilgan usullardan birida JBPTda hisobga qoʻyish boʻyicha davlat хizmatlarini olish mumkin. I. Davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etgan holda. Markaz хodimi arizachi nomidan, belgilangan shakldagi anketani elektron tarzda toʻldiradi. Markaz anketa toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni Xalq bankiga yuboradi. Xalq banki anketa kelib tushgandan soʻng bir kun ichida Markazga хabarnomani joʻnatadi, Markaz bir soat mobaynida arizachini JBPTda hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida хabardor qiladi. II. YaIDXP orqali. Roʻyхatdan oʻtib, tegishli хizmatni tanlagach, anketa mustaqil ravishda toʻldiriladi. Anketa avtomatik tarzda Xalq bankiga yuboriladi. Arizachi undan JBPTda hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi elektron хabarnomani oladi. Portalga har bir bosqichda murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkonini beruvchi funksional oʻrnatiladi. Shuningdek quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim: a) har ikkala holatda ham хizmatni olish uchun ERI talab etiladi. Markazga oʻzi kelib murojaat etganda ERIni joyida olish mumkin; b) anketada fuqaroning identifikatsiya raqami (shaхsiy kod) koʻrsatiladi. Agar uning pasportida koʻrsatilmagan boʻlsa, arizachi yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan kodni soʻrab oladi. v) JBPTda hisobga qoʻyish bepul amalga oshiriladi; g) davlat хizmati koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻla oladi (boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi): Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2018 yildan amalga kiritiladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov.
63
2,086
Qonunchilik
Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-son “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 7-avgustdagi 230-son “Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3063, 2018-yil 29-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3063/1811-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi va 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-son “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq malaka imtihonini o‘tkazish, baholovchining malaka sertifikatini berish, muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib qo‘yish va bekor qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: baholovchining malaka sertifikati (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) — jismoniy shaxsga, agarda u baholovchi tashkilotning shtatida tursa yoki baholovchi tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan bo‘lsa, mulkni baholashni amalga oshirish huquqini beradigan sertifikat; malaka imtihoni — talabgorning baholash faoliyati sohasidagi kasbiy bilimlarini tekshirish shakli; baholovchi — malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs; talabgor — malaka sertifikatini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxs; maxsus o‘quvdan o‘tganlik haqida sertifikat — baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalari takliflarini hisobga olgan holda, vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan dastur bo‘yicha baholovchilarni tayyorlash markazlarida maxsus o‘quvdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat; baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi. 2. Malaka imtihonidan o‘tish uchun talabgor: a) oliy iqtisodiy, yuridik yoki texnik ma’lumotga, baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida so‘nggi besh yilda kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lishi; yoxud oliy ma’lumotga, so‘nggi besh yilda mol-mulkni baholashda baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida kamida ikki yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak. Bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasidagi ma’lumotga ekvivalent deb topilgan taqdirda e’tiborga olinadi; b) maxsus o‘quvdan o‘tganlik haqida sertifikatga ega bo‘lishi, bunda o‘qish tugagan paytdan boshlab imtihon topshirish uchun hujjatlar topshirilgungacha o‘tgan vaqt o‘n ikki oydan oshmasligi kerak. 3. “Baholash ishi: baholash faoliyati va rieltorlik (obyektlar bo‘yicha) (5A231501)” yoki “Ko‘chmas mulkni ekspertiza qilish va boshqarish: Baholash va ko‘chmas mulkni boshqarish (5A340901)” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki baholovchining xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan talabgor maxsus o‘quvdan o‘tmasdan malaka imtihonini topshirishga haqli. 4. Talabgor vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi ariza; b) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnoma; v) pasport nusxasi (yashash uchun guvohnoma — xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun); g) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘risidagi guvohnomasining nusxasi; d) mehnat daftarchasining nusxasi (baholovchi yoki baholovchining yordamchisi sifatida ish stajining borligini tasdiqlaydigan “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma); e) 3,5 x 4,5 hajmdagi 2 dona fotosurat; j) maxsus o‘quvdan o‘tganlik haqida sertifikatning nusxasi; z) baholovchining xalqaro sertifikati nusxasi — xalqaro baholovchi sertifikatiga ega talabgorlar uchun; i) malaka imtihonidan o‘tish va malaka sertifikati berilishi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdoridagi yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 5. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan vakolatli organga shaxsan, pochta yoki elektron aloqasi orqali ularni olinganligini tasdiqlovchi xabarnoma bilan birga topshiriladi. 6. Vakolatli organ ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida talabgorning malaka imtihoniga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi haqida qaror qabul qiladi. 7. Quyidagilar talabgorning malaka imtihoniga qo‘yilmasligiga asos bo‘ladi: a) talabgor mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan talablarga javob bermaganda; b) mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etganda; v) sud tartibida moliya-xo‘jalik munosabatlari sohasida muayyan lavozimni egallash yoki ushbu sohada muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilganda. Boshqa asoslarga ko‘ra malaka imtihoniga qo‘yishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Talabgorni malaka imtihoniga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, vakolatli organ rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda talabgorni yozma ravishda qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi. 9. Malaka imtihoniga qo‘yilishi rad etilgan talabgor rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyingina qayta ariza berishi mumkin. 10. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgor malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi haqida imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n kun oldin pochta yoki elektron aloqasi orqali xabardor qilinadi. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgorlar ro‘yxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. 11. Talabgorni malaka imtihoniga qo‘yish yuzasidan qaror qabul qilinganda imtihonga qo‘yilganlar ro‘yxati imtihon komissiyasiga topshiriladi. Bunda malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, lekin ikki oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi. 12. Imtihon komissiyasi tarkibi va test savollari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organ xodimlari, shuningdek baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalari vakillari kiritiladi. 13. Malaka imtihonini topshirishda talabgor pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning aslini taqdim etadi. 14. Pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega bo‘lmagan yoxud malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi, bu haqda shaxsan, pochta yoki elektron aloqasi orqali uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi. 15. Agarda talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikki marotaba malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunda malaka imtihonidan o‘tish uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi. Hujjatlarni qayta topshirish mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. 16. Malaka imtihoni kompyuterda topshiriladigan test sinovlari orqali talabgorning tanloviga ko‘ra o‘zbek yoki rus tilida o‘tkaziladi. 17. Test savollar variantlari va ularning javoblari baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalari, shuningdek baholovchilarni tayyorlash markazlari takliflarini hisobga olgan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan baholovchilarning o‘quv dasturi asosida ishlab chiqiladi. Test savollari qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi. 18. Test sinovi 40 daqiqa ichida o‘tkaziladi va o‘quv dasturining barcha bo‘limlarini aks ettiruvchi 75 ta savoldan iborat bo‘ladi. Savollarining 70 foizidan kam bo‘lmagan savollarga to‘g‘ri javob bergan talabgor malaka imtihonidan o‘tgan hisoblanadi. 19. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi: a) qonun hujjatlari va yo‘riqnoma materiallari, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish; b) mobil aloqa vositasi va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish; v) boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish. Ushbu talablarni buzgan talabgorlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan hisoblanadi. Begona shaxslarga malaka imtihonida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. 20. Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgorga besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlari shaxsan yoki buyurtma xati orqali qaytarib yuboriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. 21. Malaka imtihonidan o‘tmagan talabgor malaka imtihonini takroran topshirish uchun mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishga haqli, bunda malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt o‘tgan bo‘lishi kerak. 22. Malaka imtihonining natijalari malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan so‘ng uch kunlik muddatda imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va vakolatli organ buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 23. Talabgorlarning test javoblari hamda imtihon komissiyasining bayonnomalari vakolatli organda saqlanadi. 24. Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida malaka imtihonini o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir vakolatli organda uch yil mobaynida saqlanadi. 25. Malaka sertifikati talabgorning fotosurati yopishtirilgan maxsus blankada mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega bo‘ladi. 26. Malaka sertifikatining blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi hamda hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Malaka sertifikatining blankalari vakolatli organ buyurtmanomasiga asosan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. 27. Malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan imtihon komissiyasining bayonnomasi olinganidan keyin o‘n kun muddatda rasmiylashtiriladi va malaka sertifikatining egasiga yoki ishonchnoma asosida uning vakiliga baholovchilar reyestriga imzosi qo‘yilganidan so‘ng beriladi. 28. Malaka sertifikatini birinchi marta olgan talabgorga “sertifikatlangan baholovchi” toifasi beriladi. 29. Agar talabgor malaka sertifikatini rasmiylashtirish kunidan boshlab uch oy ichida uni olishga kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy bosh tortsa vakolatli organ mazkur sertifikatni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Bunda talabgorlarga to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. 30. Malaka sertifikati besh yil muddatga beriladi va uning amal qilish muddati besh yillik muddatlarga uzaytirilishi mumkin. 31. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir baholovchi malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalarining takliflari hisobga olingan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha kamida 40 soatlik malaka oshirish kurslaridan o‘tishi shart. Malaka sertifikatini olgan baholovchi malaka oshirish kurslaridan o‘tmagan taqdirda, u maxsus o‘quv kurslaridan o‘tishi kerak. Bunday baholovchilarning malaka sertifikati amal qilish muddati faqat maxsus o‘quv kurslaridan o‘tganidan keyin uzaytiriladi. 32. Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kuni ichida vakolatli organga apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya yozma ravishda taqdim etiladi. 33. Vakolatli organ bir haftalik muddatda kiritilgan apellatsiyani ko‘rib chiqadi va talabgorga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabar beradi. 34 Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan vakolatli organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: a) imtihon natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida; b) apellatsiya bergan shaxs uchun takroran malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risida. 35. Malaka imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi: a) apellatsiya mazkur Nizom talablarini buzgan holda taqdim etilgan bo‘lsa; b) apellatsiyada ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmasa. 36. Malaka imtihonini takroran o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror apellatsiya bergan talabgorning malaka imtihoni mazkur Nizom talablariga zid ravishda o‘tkazilganligi holatlari aniqlangan taqdirda qabul qilinadi. 37. Vakolatli organ tomonidan apellatsiya bergan talabgor uchun malaka imtihonini takroran o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, takroriy malaka imtihoni mazkur Nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 38. Talabgor takroran apellatsiya berishi mumkin emas. 39. Vakolatli organning qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq sudga shikoyat qilinishi mumkin. 40. Baholovchi vakolatli organga malaka sertifikati muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonini topshirish to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: a) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda to‘ldirilgan so‘rovnoma; b) malaka sertifikatining asl nusxasi; v) malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili malaka oshirish kursidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi. Har yili malaka oshirish kursidan o‘tganligi haqidagi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda baholovchi maxsus o‘quvdan o‘tganlik haqidagi sertifikatning nusxasini ilova qilishi lozim; g) malaka imtihonidan o‘tish va malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdoridagi yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. 41. Malaka sertifikatining muddati baholovchi malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda uzaytiriladi. 42. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonidan o‘ta olmagan taqdirda, malaka sertifikatini qaytadan berish mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi. 43. Malaka sertifikatining amal qilish muddatining uzaytirilishi belgilangan tartibda mazkur sertifikatning blankasida maxsus belgini (yozuv) qayd etish orqali amalga oshiriladi. Malaka sertifikati blankasida uning muddatini uzaytirishga taalluqli to‘ldirilmagan qatorlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, baholovchiga avvalgi ro‘yxatga olish raqami qo‘yilgan yangi malaka sertifikati beriladi. Ilgari berilgan malaka sertifikati blankasi vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 44. Baholovchining familiyasi (ismi, sharifi) yoki pasport ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, u vakolatli organga malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart, bunda arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan malaka sertifikatining asl nusxasi bilan birga tegishli o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari ilova qilinadi. 45. Malaka sertifikatining qayta rasmiylashtirilishi baholovchi tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida amalga oshiriladi, bunda malaka sertifikatining avvalgi raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati yangi blankada beriladi. Ilgari berilgan malaka sertifikati blanki vakolatli organga topshirilishi lozim. Topshirilgan blank vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 46. Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikatining o‘rniga baholovchining arizasiga ko‘ra sertifikat dublikati beriladi. Baholovchi malaka sertifikatining yo‘qolganligi va uni haqiqiy emas deb tan olinganligi haqida matbuotda e’lon berishi va e’lon nusxasini vakolatli organga taqdim etishi kerak. 47. Malaka sertifikati dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi blankaning yuqoridagi o‘ng burchagiga “Dublikat” yozuvi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikati vakolatli organga qaytariladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 48. Malaka sertifikatining dublikatini berishda yoki uni qayta rasmiylashtirishda baholovchidan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi. 49. Quyidagilar malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatish uchun asos hisoblanadi: a) baholovchining arizasi; b) baholash faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzish. Malaka sertifikatini amal qilinishini to‘xtatishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan qonun hujjatlari talablarini bir marta qo‘pol ravishda buzishga quyidagilar kiradi: baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlamaslik; baholash to‘g‘risidagi hisobotni va (yoki) ekspert xulosasini noto‘g‘ri tuzish; baholash ishlarini o‘tkazishda olingan maxfiy axborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; baholovchining nazorat yoki huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarda va boshqa tadbirlarda o‘zi shtatida turadigan yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan baholovchi tashkilotning tegishli ruxsatnomasisiz (buyrug‘isiz) mutaxassis sifatida qatnashishi; v) moliya-xo‘jalik munosabatlari sohasida muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish jazosini nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan sud hukmi; g) fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e’tirof etish to‘g‘risidagi sud qarori. 50. Malaka sertifikati uning amal qilish muddatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab to‘xtatiladi. Malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror vakolatli organ tomonidan baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalari fikrini inobatga olgan holda qabul qilinadi. Baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar uchun to‘xtatilgan taqdirda, litsenziya amal qilishini to‘xtatish haqida qaror qabul qilingan sanadan baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilinishi to‘xtatilishiga olib kelgan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan baholovchi va rahbarning malaka sertifikatlari amal qilishi to‘xtaydi. 51. Malaka sertifikati quyidagi hollarda vakolatli organning qaroriga binoan bekor qilinadi: vakolatli organning malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarorining noqonuniyligi sud tomonidan e’tirof etilganda; sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda. 52. Vakolatli organning malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori malaka sertifikati berilgan sanadan boshlab amal qiladi. 53. Qonun hujjatlarini buzganlik uchun malaka sertifikatlari bekor qilingan yoki amal qilishi to‘xtatilgan baholovchilar, malaka sertifikatlari bekor qilingan yoxud amal qilishi to‘xtatilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini takroran olish uchun imtihonga qo‘yilmaydi. 54. Malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 55. Malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror besh kunlik muddatda baholovchi va ushbu baholovchi mulkni baholashda nomidan ish yuritayotgan baholash tashkilotiga yuboriladi. 56. Baholovchi uning malaka sertifikatini to‘xtatish yoki amal qilishini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida mazkur sertifikatni vakolatli organga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun qaytarishi shart. 57. Malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 58. Vakolatli organ tomonidan baholovchilarning potensial mijozlarini xabardor qilish maqsadida baholovchilarning reyestri yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi: malaka sertifikati olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, sharifi va imzosi; pasport ma’lumotlari va turar joyi; ish joyi; malaka sertifikatining hisobga olish seriyasi, raqami va berilgan sanasi; malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi to‘xtatilganligi, bekor qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi hamda dublikat berilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar. 59. Baholovchilarning reyestri qog‘oz va elektron shaklda yuritiladi. Reyestr shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. 60. Baholovchilar reyestriga kiritilgan ma’lumotlar tanishish uchun ommabop bo‘lib, vakolatli organning rasmiy veb-saytida chop etiladi. 61. Mazkur Nizomni bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi 62. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 63. Mazkur Nizom “O‘zbekiston baholovchilar jamiyati” Jamoat birlashmasi va Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
90
22,040
Qonunchilik
Karantin 15 iyunga qadar uzaytirildi
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maхsus komissiyasi qator karantin talablarini ham bekor qildi. 2020 yil 1 iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ruхsat berildi: a) "qizil" hududlarda: b) "sariq" hududlarda "qizil" hududlarga qoʻshimcha ravishda: v) "yashil" hududlarda "sariq" hududlarga qoʻshimcha ravishda: "Yashil" hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni markazlashtirilgan tartibda tashish uchun viloyatlararo avtobuslar, shu jumladan turistik tashkilotlar avtobuslari qatnovini yoʻlga qoʻyishga ruхsat berildi. Bunda: Shu bilan birga futbol boʻyicha хalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublariga oʻz oʻquv mashgʻulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlash ruхsat berildi. 2020 yil 5 iyundan boshlab Oʻzbekiston professional futbol ligasi chempionatlari tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettiriladi. Barcha hududlarda ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinadi: ta’lim tashkilotlari (bogʻcha, maktab, litsey, kollej, teхnikum, institut, universitet va boshqalar), oʻquv kurslari faoliyati; koʻngilochar ob’yektlar — tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshхona, choyхona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyati; konsert, teatr, kinoteatr va sport tadbirlari (professional futbol klublari oʻquv mashgʻulotlari va Oʻzbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) oʻtkazish; "Qizil" toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, "yashil" va "sariq" toifaga kiruvchi hududlarda ruхsat berilgan faoliyat turlarini oʻrnatilgan maхsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi. Quyidagilar joriy yilning 1 sentyabriga qadar uzaytirildi: a) хorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga berilgan viza muddatlari; b) muayyan muddatga vizasiz va elektron viza bilan kirish huquqiga ega хorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekistonda boʻlish muddati; v) хorijiy avtotransport vositalarini Oʻzbekistondan qaytarib olib chiqish muddati. Shaхsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno). Dehqon bozorlari va aholi gavjum boʻladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladigan koʻngilli guruhlar tuziladi. Quyidagilar:
36
2,742
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari, shu jumladan, qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga ham sarflanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashni nazarda tutuvchi normalar qo‘mita tashkil etilgan sanadan boshlab tatbiq etiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi bir oy muddatda: markaziy apparat va hududiy boshqarmalarni qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni yuqori professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishni; markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlanishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarliklarini belgilaydi. 2. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash hamda tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 3. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi. 4. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 5. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 6. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 7. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, qisqarilgan nomi — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi; b) ingliz tilida: to‘liq nomi — Antimonopoly Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqarilgan nomi — Antimonopoly Committee; v) rus tilida: to‘liq nomi — Antimonopolniy komitet Respubliki Uzbekistan, qisqarilgan nomi — Antimonopolniy komitet. 8. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100128, Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 3. 9. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimiga: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) kiradi. 10. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi: tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish; savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solish; bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash; qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish. tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish; 11. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishning yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida: davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni rivojlantirish va monopolistik faoliyatni cheklash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etishni amalga oshiradi; vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi; xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qiladi; tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi; b) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish sohasida: tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi; ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi; “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etadi; ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi; Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi; tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi; v) savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida; tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi; shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi; tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi; tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi; g) bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash sohasida: yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi; yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi; tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi; tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi; raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarning asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi; tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi; d) qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik sohasida: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar kiritadi; raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy boshqarmalar hamda unga idoraviy mansub tuzilmalar orqali amalga oshiradi. e) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida: maxsus vakolatli davlat organi bilan birga tovar-xomashyo birjalari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi; tovar-xomashyo birjalari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va o‘rganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi; belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi; Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashda ishtirok etadi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi. j) tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida: tovar-xomashyo birjalari tomonidan ishlab chiqiladigan va birjaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini o‘tkazish qoidalarini hamda fyuchers savdolari bo‘yicha kliringni amalga oshirish tartibini kelishadi; tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolari o‘tkazilishini nazorat qiladi. 12. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi: hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash; tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirish; tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish; savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tashkil qilish; bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash; qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik ishlarini tashkil qilish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlari savdolarini, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish. 13. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini huquqiy ta’minlaydi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; raqobatni rivojlantirish va monopol faoliyatni cheklash bo‘yicha davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirsh sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganadi va joriy etadi; vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi; xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qiladi; tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi; tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi; ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi; “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarida monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etadi; ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi; Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi; tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi; tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi; shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi; tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi; tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi; yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi; yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi; tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi; tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi; raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarining asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi; tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar kiritadi; raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi. tovar-xomashyo birjalari tomonidan ishlab chiqiladigan va birjaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini o‘tkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari bo‘yicha kliringni amalga oshirish tartibini kelishadi; tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarining o‘tkazilishini nazorat qiladi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Markaziy apparati qonunchilikka va qo‘mita rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. 14. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish; tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatini aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ular amalga oshirilishini nazorat qilish; savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tashkil qilish; bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash; mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishlariga yo‘l qo‘ymaslik ishlarini tashkil qilish; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish, iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarini oldini olish; aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish; reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish; iste’mol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning dinamikasi va narx shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish. 15. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar: hududiy boshqarma va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi; hududiy boshqarma faoliyatini huquqiy ta’minlaydi; hududiy boshqarmaning vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etadi; tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi; o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni ta’minlaydi; tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi; tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganish va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlash, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi; ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi; “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar kiritadi; yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi; Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi; tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi; shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshiradi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarni ko‘rib chiqadi; yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi; tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi; tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilishini tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi; raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarning asossiz o‘sishini aniqlash va ularga chek qo‘yadi; tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilish; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar kiritadi; raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi. vazirliklar va idoralar ishtirokida ishtirokida ishlab chiqilgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama ishlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni joylarda ijrosini amalga oshiradi; aholining iste’mol bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi; iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini, shuningdek aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi; iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlari bo‘yicha ogoxlantiradi; jismoniy va yuridik shaxslarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish reklama masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi; iste’molchilarga ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shu jumladan iste’molchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ko‘zlab da’vo arizalari kiritish orqali amaliy yordam ko‘rsatadi; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda va ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qiladi; chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini amalga oshiradi, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil qiladi; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar o‘tkazadi; o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi; dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi; qonunda belgilangan tartibda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; tashqi reklamani joylashtirishni tartibga solish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalarida jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi hamda ko‘ngillilar harakatini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga va qo‘mita hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida Agentlik rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. 16. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish; vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur statistika ma’lumotlarini davlat statistika organlaridan bepul asosda olish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining davlat mulkini, o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida, belgilangan tartibda bir hududiy boshqarmadan boshqasiga bepul foydalanish huquqi asosida o‘tkazish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro darajada ifodalash; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish muammolari bo‘yicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq uzoq muddatli dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi davlat siyosatini yuritish va boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va yuridik shaxslarning vakillarini hamda jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish; sudlarga da’vo arizalari va arizalar kiritish, o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar buzilishi bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilishida sud jarayonlarida ishtirok etish; o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar alomatlari bo‘yicha ma’muriy va jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish; belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha ishlarni qo‘zg‘atish va (yoki) ko‘rib chiqish; o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini, shuningdek, ularga ko‘maklashadigan sabablar va shartlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; o‘z vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni ma’muriy sudlarga yuborish; raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hay’ati qarori asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi bo‘yicha, agar mablag‘larni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish xo‘jalik yurituvchi subyektning bankrotligiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun undirilishi kerak bo‘lgan summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish; tegishli davlat organlariga litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek, soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish yoxud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish; belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) haqida, yoxud ularni qonunchilikka muvofiqlashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; tegishli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish; malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash. tovar derivativlari savdolariga, shu jumladan, fyuchers savdolari jarayonida narx manipulatsiyalarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tovar-xomashyo birjalariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; tovar derivativlari savdolari, shu jumladan fyuchers savdolariga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan hamda savdolar jarayonida narx manipulatsiyalariga yo‘l qo‘ygan ishtirokchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi tomonidan mustaqil ravishda ikki nafargacha malakali mahalliy mutaxassislar maslahatchilar sifatida bir yil muddatgacha jalb qilinishi mumkin, qolgan hollarda mutaxassislarni jalb qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 17. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart. 18. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart. 19. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga raqobat hamda tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatlar faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalarida tuziladigan maxsus komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi. 20. Maxsus komissiya raqobat hamda tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, shuningdek, asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olib qo‘yish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. Iste’molchilarni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda maxsus komissiya asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) xo‘jalik yurituvchi subyektlardan undirish va ixtiyoriy to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 21. Xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olib qo‘yish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng bir oy muddatda ixtiyoriy to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sudga iste’molchilarga qaytarish va/yoki asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) majburiy undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi. 22. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirilishi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlanishi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi. 23. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan masalalarni tahlil qilish va o‘rganib chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini so‘rash va olish; zarurat bo‘lganda belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni o‘rganib chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert komissiyalari va ishchi guruhlar tuzish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalaridan va idoraviy mansub tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi oxiriga yetkazilishini talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari ishtirokida majlislar o‘tkazish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga belgilangan tartibda tezkor hal qilishni talab qiladigan va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha topshiriqlar berish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning rahbariyati hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha faoliyatini o‘rganish va tekshirish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatida monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish muammolari bo‘yicha jamoatchilik, maslahat, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalarini tashkil etish, yig‘ilishlar chaqirish, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq uzoq muddatli dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi davlat siyosatini yuritish va boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va yuridik shaxslar vakillari hamda jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish; sudlarga da’vo arizalari va arizalar topshirish, sud jarayonlarida o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar alomatlari bo‘yicha ma’muriy va jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish; belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha ishlarni qo‘zg‘atish va (yoki) ko‘rib chiqish; o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini, shuningdek, ularni yuzaga keltiradigan sabablar va shartlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; o‘z vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni ma’muriy sudlarga yuborish; raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobat to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; hay’at qarori asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi bo‘yicha, agar mablag‘larni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish xo‘jalik yurituvchi subyektning bankrotligiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, undirilishi kerak bo‘lgan summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish; litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish yoxud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish; belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) haqida, yoxud ularni qonunchilikka muvofiqlashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida tegishli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolari jarayonida narx manipulatsiyalarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tovar-xomashyo birjalariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolariga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan hamda savdolar jarayonida narx manipulatsiyalariga yo‘l qo‘ygan ishtirokchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 24. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirilishi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining bo‘linmalari ishi tashkil qilinishi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi tashkil qilinishi uchun javob beradi. 25. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy boshqarmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘zlarining vakolatlariga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlik vakolati sohasiga taalluqli bo‘lgan muhim muammolarni hal qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy miqyosdagi idoralararo komissiyalar va kengashlarni tashkil qilish; o‘z vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish; sudlarga da’vo arizalari va arizalar topshirish, sud jarayonlarida o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar alomatlari bo‘yicha ma’muriy va jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish; belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda ular bo‘yicha ishlarni qo‘zg‘atish va (yoki) ko‘rib chiqish; o‘z vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarga monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini, shuningdek ularga ko‘maklashadigan sabablar va shartlarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; o‘z vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni ma’muriy sudlarga yuborish; raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish, jarima qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish. 26. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari: o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlanishi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishish ta’minlanishi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlikka hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolar har taraflama va chuqur tahlil qilinishi hamda umumlashtirish asosida takliflar tayyorlanishi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi. 27. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, shuningdek, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish; o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun shaxsiy mas’uliyati darajalarini belgilash; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, shuningdek, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil
119
63,553
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5030-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida: 7. O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shaharsozlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutilgan: shaharsozlik, shaharsozlik normalari to‘g‘risidagi qonunchilikka, qoidalar va standartlarga rioya etish nazoratini ta’minlash; hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini sifatli ishlab chiqishni ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish; shaharsozlik sohasida davlat siyosatini o‘tkazish va texnik jihatdan tartibga solish; loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish; arxitektura, loyiha ishi va qurilish sohalarida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish; Qurilish vazirligi tarkibiy tuzilmalarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash. Qurilish vazirligi mas’ul ijrochilar — manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, belgilangan muddatlarda tasdiqlangan chora-tadbirlar kompleksini sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-771-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilish”) qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi 441-son qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 165-son qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 538-son qarori, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 358-son qarorining 12-ilovasi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 222-son qarorining 1-ilovasi.
120
2,851
Qonunchilik
2018-yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
2018-yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini samarali amalga oshirish, aholining shinam turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, fuqarolarning farovonlik darajasini yanada oshirish va turar joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “Qishloq qurilish bank” ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, Xalq banki ATB, “Asaka” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBlarining (keyingi o‘rinlarda ishtirok etuvchi tijorat banklari deb yuritiladi) 20 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr hamda dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan (2020-yilgi dasturlarni amalga oshirish doirasida 1 yillik imtiyozli davr hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada) va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida ipoteka kreditlarini: a) qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun uy quruvchilarga dastlabki badal: 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar uchun — 10 foiz miqdorida; shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari uchun besh qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar uchun — 25 foiz miqdorida bo‘lishini nazarda tutgan holda; b) shaharlarda yosh oilalarga, eski uylarda yashovchilarga va turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga dastlabki badalning tabaqalashtirilgan miqdorini amaliyotga joriy etgan holda, arzon ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni o‘rtacha 15 foiz miqdoridagi dastlabki badal bilan sotib olish uchun berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: a) ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari bo‘yicha turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun arzon uylar qurish uchun 20 yil muddatga: 2018-2019-yillar dasturlarini amalga oshirish doirasida 2 yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida yillik 4 foizli stavka bo‘yicha va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining yillik 3 foiz miqdoridagi marjasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida; 2020-yildan boshlab dasturlarni amalga oshirish doirasida — bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 4 foizdan tijorat banklarining 3 foiz miqdoridagi marjasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan foiz stavkasida va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining yillik 3 foiz miqdoridagi marjasi hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida, kredit liniyasi mablag‘larini Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida uy-joylar qurishga maqsadli yo‘naltirgan holda milliy valyutada kredit liniyalari ochsin; b) ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, qishloq joylarda uy-joylar qurishni moliyalashtirish uchun 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi: shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish doirasida “O‘zbekistonning ipoteka bozorini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki bilan bir oy muddatda muzokaralar olib borsin; Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda aholi bilan muloqot natijalariga ko‘ra aniqlangan qo‘shimcha uy-joy hajmlarini shakllantirish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida qo‘shimcha arzon uy-joylar va shaharlarda ko‘p kvartirali uylar qurishni moliyalashtirishga doir takliflar kiritsin; 2018-yil oxirigacha ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda qishloq joylarda uy-joylar qurilishini moliyalashtirish sohasida xalqaro moliya institutlari (Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi) bilan tuzilgan qarz bitimlariga o‘zgartirishlar kiritish choralarini ko‘rsin. 4. Keyinchalik “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning yillik 5 foizdan yuqori bo‘lmagan stavkasi bo‘yicha kredit liniyasi ochilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Qishloq qurilish bank” ATB depozitiga yillik 3 foiz stavka bo‘yicha joriy yil 1-noyabrgacha joylashtiriladigan 210 milliard so‘m miqdoridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘lari import yog‘och-taxta materiallar va tom yopish uchun temir listlarni xarid qilish manbai etib belgilansin. 5. “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ ishtirok etuvchi banklar bilan birgalikda: Islom taraqqiyot bankining kredit liniyalari bo‘yicha “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ hisob raqamlarida jamlangan, 2015 — 2017-yillarda shakllantirilgan uy quruvchilarning dastlabki badallarini ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltirsin; har yarim yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga avval aholiga ajratilgan kreditlar muddatidan oldin qoplangani to‘g‘risida axborot kiritsin va vazirlik bilan kelishgan holda ushbu mablag‘larni uy-joylar qurishga yo‘naltirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-1083-son qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “2018-yil 1-iyuldan 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi”; beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2639-son qarorida: a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “uch qavatli” so‘zlari “uch, to‘rt, besh qavatli” so‘zlari bilan almashtirilsin. b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Belgilansinki, namunali uy-joylar qurish uchun “Qishloq qurilish bank” ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, “Xalq banki” ATB, “Asaka” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (keyingi o‘rinlarda ishtirok etuvchi tijorat banklari deb yuritiladi) uy quruvchilarga 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga (20 yil muddatga — 2018-yil 1-iyuldan 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda) ipoteka kreditlari beradilar, bunda uy quruvchilarning dastlabki badali quyidagi miqdorlarni tashkil etadi: 15 foiz (2018-yil 1-iyuldan 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda 10 foiz miqdorida) — ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 0,02 gektar o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun; 25 foiz — 0,04 gektar o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar va 0,06 gektar o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4 va 5 xonali uylar uchun”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2660-son qarorining rus tilidagi matnida: a) 12-bandning uchinchi xatboshidagi “respublikanskogo budjeta” so‘zlari “mestnix budjetov Soveta Ministrov Respubliki Karakalpakstan, xokimiyatov oblastey i g. Tashkenta” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 17-bandning birinchi xatboshida “AKIB “Ipoteka bank” so‘zlaridan keyin “AKB “Uzpromstroybank” i AKB “Asaka” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3350-son qarorida: a) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “25” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin; b) 1a-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: v) 3-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi “2018-yilda uy-joy qurilishini rivojlantirish maqsadli dasturlarini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3480-son qarorida: a) rus tilida quyidagi mazmundagi 1a-ilova qo‘shilsin: b) 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: v) 2.1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: g) 2.2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
242
10,078
Qonunchilik
Respublikadagi bir qancha korxona hamda qurilish tashkilotlarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan ishchi va xizmatchilaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash ishida erishgan katta yutuqlari, Asakadagi “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasi avtomobil zavodini qurish hamda uni muddatdan ilgari ishga tushirishdagi fidokorona mehnatlari, shuningdek jamoat hayotida faol qatnashayotganliklari uchun quyidagilar mukofotlansin:
156
402
Qonunchilik
2009—2015 YILLAR DAVRIDA RESPUBLIKADA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI ISLOH QILISh KONSEPSIYASINI HAMDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISh VA RIVOJLANTIRISh DASTURINI IShLAB ChIQISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Uy-joy-kommunal sohada iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, asosiy fondlarni yangilash va modernizatsiya qilish, zamonaviy tejamli va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, moliyaviy resurslardan samarali va oqilona foydalanish, shuningdek ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlarning sifati uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va issiqlik bilan ta’minlaydigan korxonalarning mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi doirasida mutaxassislarni jalb etgan holda respublika mintaqalarida issiqlik ta’minoti sohasidagi ishlarning ahvoli o‘rganib chiqilganligi va issiqlik ta’minoti tizimining holatini yaxshilashga doir aniq takliflar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shu jumladan: iste’molchilarni xatlovdan o‘tkazish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini avtomatlashtirilgan hisobga olishni joriy etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoniga muvofiq ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxini pasaytirish; noishlab chiqarish xarajatlariga va normativdan ortiqcha yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik hisobiga issiqlik ta’minoti korxonalarining ish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar. 3. 2009—2015-yillar davrida respublikada issiqlik ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini hamda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ishchi guruh (N.Xanov): Konsepsiyaning maqsadlari, vazifalari, muammolarini hal etish yo‘llarini va uni amalga oshirish bosqichlarini nazarda tutadigan 2009—2015-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini; 2009—2015-yillar davrida respublika mintaqalarida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi loyihasini 2009-yil 1-avgustgacha ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, Dasturda moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda: issiqlik bilan ta’minlaydigan korxonalarning texnik holatini (bug‘ qozoni uskunasi, magistral va taqsimlovchi issiqlik tarmoqlari), ko‘p kvartirali uylarni (uy ichidagi asbob-uskuna, tik quvurlar, elevatorlar, uylar tomiga yopilgan materiallarning eskirganligi darajasi va issiqlik nobudgarchiligi darajasi), shuningdek turar joy fondi issiq suv va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblari bilan jihozlanganligini xatlovdan o‘tkazish; quyidagilar: bug‘ qozonlarini modernizatsiya qilish, mukammal ta’mirlashni, issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va tiklash; eskirgan magistral va taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarini almashtirish va mukammal ta’mirlash, yoqilg‘ining muqobil turlarini qo‘llagan holda isitish va issiq suv ta’minotining mahalliy (avtonom) va yopiq tizimlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish, ma’naviy eskirgan tejamsiz bug‘ qozoni agregatlarini almashtirish; yirik issiqlik manbalarida gaz-turbina texnologiyalarini qo‘llagan holda elektr va issiqlik energiyasini kombinatsiyalangan holda ishlab chiqarish qurilmalarini joriy etish; energiya resurslarining ishlab chiqarish va moliyaviy hisobini takomillashtirish, abonentlarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini faol joriy etish, issiqlik ta’minotining ko‘rsatilgan xizmatlari uchun haq to‘lash, iste’molchilar va energiya resurslarini yetkazib beruvchilarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobga olgan holda o‘tkazilgan xatlov natijalari asosida har bir mintaqa bo‘yicha Issiqlik ta’minotini rivojlantirishning bosh sxemasini ishlab chiqish tadbirlari nazarda tutilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
221
4,224
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son Farmoni va “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi. 2. Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 3. Qo‘mita avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ bo‘lib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarning yagona buyurtmachisi hisoblanadi. 4. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Transport vazirligi) qarorlariga amal qiladi. 5. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 6. Qo‘mita o‘z faoliyatini Transport vazirligi bo‘linmalari, shu jumladan, uning hududiy bo‘linmalari, davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 7. Qo‘mita yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga egadir. 8. Qo‘mitaning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi; qisqartirilgan nomi — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi; b) rus tilida: to‘liq nomi — Komitet po avtomobilnim dorogam pri Ministerstve transporta Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Komitet po avtomobilnim dorogam; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — The Committee for roads under the Ministry of transport of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — The Committee for roads. 9. Qo‘mitaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 68-uy. 10. Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi: avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish; avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish; avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini tashkil etish hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish; ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish; avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish; avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini o‘tkazish, avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etish; avtomobil yo‘llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlash; yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 11. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish sohasida: yo‘l xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni va xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash, shuningdek, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni ishlab chiqish borasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarligi bo‘yicha ular faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi; Qo‘mita yoki uning tegishli buyrug‘i bilan vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan respublika hududida, shuningdek, respublika hududiga kiradigan og‘ir va yirik gabaritli avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qiladi hamda avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi uchun yig‘imlar undiradi va ularning harakatlanishi (kirishi) uchun ruxsatnomalar beradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini tartibga solishning texnik vositalari va ularning konstruksiyalari, shu jumladan foto va video qayd etish texnik vositalarining o‘rnatilishiga ruxsatnomalar beradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bilan muhandislik kommunikatsiyalarining ko‘ndalang kesishishiga ruxsatnomalar beradi; Qo‘mita yoki uning tegishli qarori bilan vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurishga ruxsatnomalar beradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasidagi yer uchastkalarida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, savdo, servis obyektlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati uchun boshqa obyektlarni joylashtirish va qurish uchun ruxsatnomalar beradi; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga tutashuvchi yo‘llar (syezdlar) qurilishi uchun texnik shartlar (ruxsat) beradi; Qo‘mita yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — bosh boshqarmalar) tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari chetidagi ajratilgan mintaqalarda obyektlar qurilishi uchun, jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun texnik shartlar beradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tegishli holatda saqlash va rivojlantirish, ularning o‘tkazish qobiliyatini oshirish, avtomobil yo‘llari foydalanuvchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yo‘l va yo‘l bo‘yi servisi obyektlarini rivojlantirishni muvofiqlashtiradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni belgilangan tartibda tashkil etadi; transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy raqamli avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etadi; b) avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: avtomobil yo‘llari ho‘jaligi sohasida amaldagi normativ hujjatlar va ajratilgan moliya manbaalardan kelib chiqib, respublikaning avtomobil yo‘llari tarmog‘ini davlat iqtisodiyoti bilan hamohang rivojlanishini ta’minlaydigan yaqin va o‘rta muddatli davlat dasturini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; avtomobil yo‘llarining texnik holatidan kelib chiqqan holda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantiradi va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida, shuningdek, donorlar mablag‘larini jalb qilgan holda yo‘l qurilishi sohasida loyihalar ishlab chiqadi va amalga oshiradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ularni loyihalashtirish, korxonalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi; avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash va ularni loyihalashtirish ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini qurish, qayta qurish va ularni loyihalashtirish ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni kelishadi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini mukammal va joriy ta’mirlash hamda ularni loyihalashtirish ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni kelishadi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida favqulodda vaziyatlar oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlari bo‘yicha obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, qishki qarov, ko‘kalamzorlashtirish va joriy ta’mirlash ishlari uchun texnologik asbob-uskunalar, texnikalar va mashina-mexanizmlar bilan jihozlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, qishki qarov, ko‘kalamzorlashtirish va joriy ta’mirlashning vaqtinchalik va yillik yig‘ma smetalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi; v) avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash sohasida: O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini shakllantirish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan hamda davlatning strategik vazifalaridan kelib chiqqan xolda, respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘ini istiqbolli rejalashtirish, takomillashtirish va rivojlantirish choralarini ko‘radi; respublika umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini takomillashtirish va rivojlantirish choralarini ko‘radi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari hisobini va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda davlat kadastrini yuritadi; g) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish sohasida: maxsus ruxsatnoma bergan holda, shu jumladan xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan yirik o‘lchamli va og‘ir yuk ko‘taradigan avtotransport vositalarining avtomobil yo‘llari bo‘yicha harakati yo‘nalishlarini belgilaydi; xalqaro transport yo‘nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish choralarini ko‘radi; tarmoqqa investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishning muqobil manbalarini, shu jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish choralarini ko‘radi; d) avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini tashkil etish hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish sohasida: bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning muassisi funksiyasini amalga oshirish, ular faoliyati ustidan nazorat olib borish va iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, shuningdek, bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini va mol-mulkdan foydalanilishini nazorat qiladi; zamonaviy menejment tizimlarini, ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlarga muvofiq ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish orqali tarmoqni boshqarishni takomillashtiradi; idoraviy mansub tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatidan kelib chiqib, yo‘l ishlarini bajarishda zaruriy foyda olinishini ta’minlash maqsadida rentabellik darajasining minimal miqdorlarini belgilaydi; qulay va xavfsiz harakatni ta’minlash uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanishda yo‘l harakati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; yo‘l qurilishining yirik loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlarini va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarini jalb etadi; fuqarolarni qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki va yozma murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va ariza beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda javob beradi; e) avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazadi; avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish sohasida sifat ustidan nazoratni amalga oshiradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash ustidan texnik kuzatuvni amalga oshiradi; yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish sohasini texnik tartibga solishda normativ hujjatlar va talablarga rioya etilishini ta’minlaydi; j) xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish sohasida: xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini ta’mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘ini ta’mirlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan shaharlar va tumanlarning bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; z) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish sohasida: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va takomillashtiradi; avtomobil yo‘llari va yo‘l xo‘jaligi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va kelishadi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi va olib boradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni va yangi materiallarni joriy etish bo‘yicha tajriba ishlarini olib boradi; i) avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish sohasida: tarmoqda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy ta’lim dasturlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi va kelishadi; yo‘l qurilishini prognozlashtirish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishning zamonaviy usullari talablariga muvofiq avtomobil yo‘llari sohasida malakali kadrlar tayyorlashni va kadrlarni qayta tayyorlashni tashkil etadi; talabalarning olingan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyotida mustahkamlash maqsadida ta’lim muassasalarining bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etadi; avtomobil yo‘llari sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlashni va malakasini oshirishni, shu jumladan, xorijiy ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashini va tajriba orttirishini tashkil etadi; k) avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini o‘tkazish, avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etish sohasida: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishi va landshaft dizayni qismida zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish va amalga oshirish borasida yagona davlat siyosatini olib borish yo‘li bilan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga ajratilgan polosalardagi yo‘l bo‘yi hududlarni tegishli holatda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi va amalga oshiradi; respublikaning har bir mintaqasidagi iqlim sharoitlaridan kelib chiqib umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish sohasida zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni qo‘llash, zamonaviy ko‘chatxonalarni tashkil etish, idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi; idoraviy mansub oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari negizida avtomobil yo‘llarini loyihalash, arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi; l) avtomobil yo‘llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlash sohasida: avtomobil yo‘llarini loyihalash sohasida xalqaro standartlar va eng yaxshi tajribalarni qo‘llanilishini muvofiqlashtiradi; avtomobil yo‘llarini yo‘llarda harakatlanishni tartibga solishning texnik vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshiradi; standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘llarda harakatlanishni tartibga solishning boshqa texnik vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etadi; avtomobil yo‘llarida uzoq muddat foydalanishni ta’minlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish va yotiq yo‘l belgilarini chizish choralarini ko‘radi; m) yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida: o‘z vakolatlari doirasida avtomobil yo‘llari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi hamda ularda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ifoda etadi, O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llari sohasidagi xalqaro shartnomalarda ishtirok etishini ta’minlaydi; avtomobil yo‘llari sohasida xalqaro hamkorlik qilish, avtomobil yo‘llari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, shuningdek, xorijiy kompaniyalar bilan samarali o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi. 12. Qo‘mita unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari orqali amalga oshiradi. Qo‘mita umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish ishlari bo‘yicha yagona buyurtmachisi hisoblanib: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, qishki qarov, ko‘kalamzorlashtirish va joriy ta’mirlash, ulardagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ehtiyojlari uchun jihozlash (texnologik uskuna, texnika va mashina-mexanizmlar xarid qilish) bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari bosh boshqarmalar; xalqaro ahamiyatdagi A-373 “M39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 183 — 285 km uchastkalarini hamda ularga tutash umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, qishki qarov, ko‘kalamzorlashtirish, joriy ta’mirlash, ulardagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari “Qamchiqavtoyul” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish uchun ajratiladigan mablag‘larni sarflash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari Qo‘mita raisining qarori bilan boshqa idoraviy mansub tashkilotlariga yuklanishi mumkin. 13. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir: Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish; Qo‘mita vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish choralarini ko‘rish; davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda olish; davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslariga avtomobil yo‘llari sohasidagi aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; Qo‘mitaning vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish; xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari bilan avtomobil yo‘llari sohasida belgilangan tartibda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va muzokaralar olib borish; Qo‘mitaning vakolatiga taalluqli masalalarni hal etishga ilmiy tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish; yo‘l xo‘jaligi sohasini tartibga solish masalalarini muhokama qilish uchun ekspertlarni jalb qilish; malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish, ularga o‘rnatilgan tartibda ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash; Qo‘mitaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantirish va tasarruf etish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini bosqichma-bosqich rivojlantirish tartib-taomillarni amalga oshirish; avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilardan avtomobil yo‘llari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishni, shuningdek, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ekspluatatsiya qilish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda avtomobil yo‘llari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishni talab qilish; O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalaridan xorijiy mamlakatlarda yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tahliliy materiallar, hisobotlar hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan yo‘l xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirish yuzasidan takliflarni so‘rash va olish; Qo‘mita, bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarga yuborish; Qo‘mita, bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar o‘rtasida tanlov va tender savdolari o‘tkazmasdan tovarlarni sotish, xarid qilish va yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish hamda ishlarni bajarish; Qo‘mita, bosh boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlariga asosiy vositalarni biriktirish; avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi hamda yo‘l-qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi mustaqil korxonalarni va boshqa korxonalarni, shu jumladan, qo‘shma korxonalarni tashkil etish, shuningdek, Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarni birlashtirish va tugatish; o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblangan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birga qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish; o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida bir tashkilotdan boshqasiga operativ boshqarish (foydalanish) huquqi asosida davlat mulkini, jumladan, davlat ko‘chmas mulki obyektlarini o‘tkazish; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar hisobiga jamg‘armalar, shuningdek, moddiy rag‘batlantiruvchi budjetdan tashqari jamg‘armalar tashkil etish, ularning nizomlarini tasdiqlash, Qo‘mita bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatidan olingan foydani Qo‘mitaning jamg‘armalariga yo‘naltirish; sohadagi ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish uchun ularga yetarli darajada sharoit yaratish maqsadida ijtimoiy obyektlarni qurish, tashkil etish va saqlash; Qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan qo‘shma korxonalarning va jamiyatlarning ta’sischisi bo‘lish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalarida servis xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida korxonalar tashkil etish; idoraviy mansub tashkilotlarning muassisi funksiyasini amalga oshirish; “Avtoyo‘linvest” agentligi tarkibida loyihalarni amalga oshirish guruhlarini tashkil etish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqasida va yo‘l bo‘yi mintaqasida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish hamda yo‘l bo‘yi mintaqasida servis va boshqa obyektlarni qurish ishlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini, ularni ekspluatatsiya qilish talablaridan kelib chiqqan holda, buyruqlar bilan tegishli ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga biriktirish; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan limit mablag‘lari doirasida xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini ta’mirlash; o‘z vakolati doirasida anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, jumladan xorijda tashkil etish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish; Qo‘mita faoliyatini amalga oshirish uchun inventar va xo‘jalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter texnikasi, asbob-uskunalar, dasturiy ta’minot va boshqa tovarlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish. 14. Qo‘mita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin. 15. Qo‘mita: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatni samarali amalga oshirilishi; Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida hamda samarali bajarilishi; Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha ishlarining tashkil etilishi; Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Qo‘mita qabul qiladigan buyruqlar va boshqa hujjatlarning sifatli tayyorlanishi va ekspertizadan o‘tkazilishi; yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi; avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar huquqlari himoya qilinishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi. 16. Quyidagilar Qo‘mita raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: yo‘l xo‘jaligini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; Qo‘mita faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilish holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining topshiriqlarini bajarish; o‘z o‘rinbosarlari va Qo‘mitaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Qo‘mita faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash; Qo‘mita faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, yo‘l xo‘jaligi sohasini rivojlantirish tendensiyalaridan kelib chiqib, Qo‘mita va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi nazoratini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish; Qo‘mita xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; Qo‘mitada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qo‘mitaning kadrlar zaxirasini shakllantirish; bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qo‘mitaga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash; “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga muvofiq yo‘l xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Transport vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlab chiqilishida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Qo‘mitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish; faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga rahbarlik qilish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish; Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; o‘z o‘rinbosarlarining va Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari faoliyati natijadorligi va samaradorligini tizimli ravishda o‘rganish, Qo‘mita yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; Qo‘mita xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini va Qo‘mitaning boshqa mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; Qo‘mita xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qo‘mita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; Qo‘mita ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash; “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Qo‘mita axborot tizimining samaradorligi va sifatini oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Qo‘mita xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; davlat siri sirasiga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni, lavozim yo‘riqnomalari va Qo‘mitaning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash; Qo‘mita markaziy apparati xodimlarini, bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish; Qo‘mita markaziy apparati, bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari tomonidan bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish; xodimlarning umumiy belgilangan soni doirasida Qo‘mita shtatlar jadvalini, shuningdek, Qo‘mita xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash; boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida Qo‘mita markaziy apparati, bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari apparatlari tuzilmasiga o‘zgartish kiritish; Qo‘mita markaziy apparati, bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish; Qo‘mita bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarini (ko‘rsatmalarini) bekor qilish; alohida o‘zini ko‘rsatgan xodimlarni ularga davlat mukofotlari berish uchun ularning nomzodlarini belgilangan tartibda taqdim etish; yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro va hukumatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda ishtirok etish. 17. Quyidagilar Qo‘mita raisi o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; Qo‘mita raisi vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish; Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, Qo‘mita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish; Transport vazirligi hay’ati, Transport vaziri va Qo‘mita raisining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Qo‘mita raisiga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; yo‘l xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Qo‘mita raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, keyinchalik ularni o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritish; Qo‘mitaga taqdim etilgan yo‘l xo‘jaligi sohasidagi takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish; Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish; yo‘l xo‘jaligi sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Qo‘mita faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, yo‘l xo‘jaligi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Qo‘mita raisiga kiritish; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Qo‘mita raisiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish; Qo‘mita xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; yo‘l xo‘jaligi sohasini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga doir takliflarni Qo‘mita raisiga kiritish; “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash; davlat siri sirasiga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; yo‘l xo‘jaligi sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish; avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash, ko‘kalamzorlashtirish va boshqa zaruriy tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash; avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini tashkil etish bo‘yicha Qo‘mita vakolatiga kiradigan tadbirlarni amalga oshirish va nazorat qilish; avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish va boshqa tadbirlar yuzasidan normativ hujjatlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazoratga olish; Qo‘mita vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish. 18. Qo‘mita raisi: Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun; ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning javobgarlik sohalari bo‘yicha; ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir. 19. Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari: mutasaddilik qilinadigan Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalarida Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun; Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha; ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir. 20. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi. 21. Qo‘mita raisi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan besh nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bitta birinchi o‘rinbosarga ega. Ishlab chiqarish zaruriyatidan kelib chiqib, raisning buyrug‘i bilan bo‘sh turgan Qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimi vazifasini vaqtincha bajarish Qo‘mita raisi tomonidan belgilangan shaxsga yuklatilishi mumkin. 22. Qo‘mita raisi bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari raisning buyrug‘i bilan uning o‘rinbosarlaridan biriga yuklatiladi. Qo‘mita raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, moddiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mos ravishda vazirga, vazirning birinchi o‘rinbosariga va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi. 23. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Transport vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda hal etadi. 24. Qo‘mitaning Transport vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi bevosita Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan ta’minlanadi. 25. Qo‘mitada uning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi rais o‘rinbosari (kengash raisi), Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat Tarmoq ilmiy-texnik kengashi Qo‘mita raisi buyrug‘i bilan tashkil etiladi. 26. Tarmoq ilmiy-texnik kengashi nizomi va uning shaxsiy tarkibi Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 27. Qo‘mitada rais buyrug‘i bilan kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin. Qo‘mitada tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 28. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi. 29. Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi. 30. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha: Qo‘mita rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari; Qo‘mita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi. Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan belgilanadi. 31. Qo‘mita, uning bosh boshqarmalari, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari, yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonalari, ko‘priklardan foydalanish unitar korxonalari, “Avtoyo‘linvest” agentligi, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi, “Respublika dispetcherlik markazi” unitar korxonasi, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” unitar korxonasi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, budjetdan tashqari jamg‘armalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi va moddiy-texnik ta’minlanadi. 32. Xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar, shuningdek, mukofotlar va boshqa barcha turdagi to‘lovlar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilgan lokal hujjatlar asosida: Qo‘mita tuzilmasiga kiruvchi yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonalari, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari, ko‘priklardan foydalanish unitar korxonalari, “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy korxonalari, “Do‘rmonavtoyo‘l” va “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari, Quvasoy yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi, Toshkent halqa avtomobil yo‘li yo‘llardan foydalanish boshqarmasi unitar korxonasi, Bardanko‘l yo‘llardan foydalanish boshqarmasi unitar korxonasi — avtomobil yo‘llarini saqlash va ko‘kalamzorlashtirish xarajatlariga ajratilgan mablag‘lar limiti doirasida amalga oshiriladi; “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” davlat unitar korxonasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar bosh boshqarmalari tarkibidagi “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonalari – buyurtmachilik funksiyasini bajargan ish hajmlaridan belgilangan tartibda ajratiladigan ajratmalar hisobidan amalga oshiriladi. 33. Qo‘mita markaziy apparati, bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat. Qo‘mita, uning bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari bo‘yicha belgilanadi. Qo‘mita markaziy apparati xodimlariga Transport vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari tatbiq etiladi. 34. Boshqaruv xodimlari soni kamayishi va bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi hisobiga mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining bo‘shab qolayotgan mablag‘lari Qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi. 35. Qo‘mita markaziy apparati boshqarmalariga yengil avtotransport vositalari biriktiriladi va ularni saqlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 36. Qo‘mita tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hamda ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilmagan idoraviy mansub tashkilotlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy-texnik ta’minoti, shuningdek, ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish idoraviy mansub tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 37. Qo‘mita tomonidan a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari va vakillik xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 38. Qo‘mitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tadiqlash haqida” 2017-yil 15-apreldagi 221-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 48-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoni)” 2017-yil 7-iyuldagi 472-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 28-son, 649-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga ilovaning 47-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 37-son, 990-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2017-yil 24-noyabrdagi 943-son qarori. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 400-son qarori ilovasining 27-bandi.
124
57,049
Qonunchilik
“Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibi haqidagi nizom
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2006-yil 1-avgustdagi EG-01/10-4091, 3, 70 va 01-02/12-11-son “Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1634, 2006-yil 31-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 435-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror 2018-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
250
1,532
Qonunchilik
Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari aholisini sifatli ichimlik suv bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Toshkent shahar atrofidagi hududlarda (Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlarida) yashaydigan aholisi suv ta’minoti ahvolining tahlili aholiga nomuntazam va sifatsiz xizmat ko‘rsatilayotganligini, bunday holatning: suv quvurlari tarmoqlarining eskirganligi sababli suvning belgilangan normalardan ortiqcha isrof bo‘layotgani, berilgan suv uchun mablag‘lar yig‘ilishi darajasining pastligi (30 foiz); tizimli xatlovdan o‘tkazish va iste’molchilarni shartnomalar bilan qamrab olish, berilayotgan suv hajmlarini va abonentlarni (aholini, kichik korxonalarni, boshqa ulgurji iste’molchilarni) hisobga olish ishlarining zarur darajada tashkil etilmaganligi; buxgalteriya hisobi va hisoboti ishlarining sust yo‘lga qo‘yilganligi, tumanlarning suv ta’minoti korxonalari faoliyati natijalarining zarar ko‘rishdan iborat bo‘layotganligi; suv ta’minoti korxonalari rahbar kadrlarining qo‘nimsizligi (2002-yildan boshlab ular ishlagan eng kam muddat — bir oydan kamni va eng ko‘p muddat — 22 oyni tashkil qilgan) bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Tumanlarning suv ta’minoti korxonalari ishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar natijasida ushbu tumanlarda ichimlik suv yetkazib beruvchi (Zangiota tumanida suv yetkazib berish 80 foizdan ortiq) “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasidan qoplashning real manbalari bilan mustahkamlanmagan ancha miqdordagi kreditorlik qarzlar va, tegishli ravishda, elektr energiyasidan foydalanganlik uchun “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasining to‘lov muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari vujudga keldi. Shu bilan birga, 2007-yilda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari tomonidan tashkil etilgan “Musaffo obihayot” mas’uliyati cheklangan jamiyat tumanlararo suv ta’minoti korxonasi Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari hududining muayyan qismida yashaydigan va “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasi yetkazib beradigan suvdan foydalanadigan aholi suv ta’minotini: aholini kecha-kunduz suv bilan ta’minlash, suv tarmoqlarini mukammal ta’mirlash va avariyalar sonini keskin qisqartirish; o‘tkazilgan yalpi xatlov asosida barqaror moliyaviy faoliyatni ta’minlash, barcha abonentlar bilan suv ta’minoti xizmatlari yuzasidan shartnomalar tuzish, pul mablag‘lari yig‘ilishini 90 foizgacha ko‘paytirish hisobiga tubdan yaxshiladi. Toshkent viloyati aholisini sifatli suv va kanalizatsiya xizmatlari bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek Toshkent viloyatidagi “Toshvilsuvoqava” ochiq aksiyadorlik jamiyatini va Toshkent shahridagi “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasini moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining 2009-yil 1-fevraldan boshlab Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlarining shahar tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanadigan suv ta’minoti korxonalarining suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlarining bir qismini, shuningdek suv ko‘tarish nasos stansiyalarini, suv yuborish va tozalash inshootlarini “Musaffo obihayot” mas’uliyati cheklangan jamiyat balansiga tasarruf etish huquqisiz boshqarish va foydalanish uchun 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlaridagi ilgari jamiyat balansiga berilgan 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha suv quvurlari, kanalizatsiya tarmoqlari va suv ko‘tarish nasos stansiyalari tasarruf etish huquqisiz “Musaffo obihayot” mas’uliyati cheklangan jamiyat boshqaruvida va foydalanishida qoladi. 2. Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari aholisini sifatli suv bilan uzluksiz ta’minlashga, suvdan tejamli foydalanishga hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining suv ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlar 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 4. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari: ushbu qaror bilan tasdiqlangan kompleks tadbirlarning “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasi, “Toshvilsuvoqava” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Musaffo obihayot” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan bajarilishi; suv ta’minoti korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlarini, iste’molchilarni zarur darajada hisobga olinishi va moliya hisobotlarining yo‘lga qo‘yilishi; suv ta’minoti korxonalari tomonidan aylanma mablag‘larning ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar uchun jalb etilishiga, debitorlik qarzlarning undirib olinishiga va kreditorlik qarzlarning qisqartirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ta’sirchan nazorat o‘rnatsinlar. Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2010-yil 1-yanvargacha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
150
4,801
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI UChUN OBYEKTLAR QURISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uchun obyektlar qurishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Baynalminal ko‘chasidagi istirohat bog‘i tegrasidagi qurilishi tugallanmagan obyektlar Tashqi ishlar vazirligi uchun chet el delegatsiyalarini qabul qilish binolariga moslashtirilsin. 2. Baynalminal ko‘chasidagi istirohat bog‘i tegrasidagi obyektlar va 50 avtomashinaga mo‘ljallangan garaj qurilishini tugallash bo‘yicha buyurtmachi etib Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish bosh boshqarmasi, bosh pudratchi tashkiloti etib “Toshkent qurilish” davlat korporatsiyasi, bosh loyihalashtiruvchi etib O‘zbekiston shaharlar qurilishini loyihalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti belgilansin. Loyiha-smeta hujjatlarini topshirishni tugallash muddatlari — 1993-yil noyabr oyi, qurilish ishlarini tugallash — 1994-yil iyun oyi deb belgilansin. 3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi istirohat bog‘i tegrasidagi obyektlar va 50 avtomashinaga mo‘ljallangan garaj qurilishini 1994-yilda tugallash uchun Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish bosh boshqarmasiga budjetdan zarur kapital mablag‘lar, shu jumladan, xorijiy asbob-uskunalar va materiallar, shuningdek, rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish uchun transport vositalarini sotib olish uchun hisob-kitoblarga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar. 4. Obyektlarni foydalanishga topshirishni jadallashtirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank”ka mazkur qurilishga Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-iyundagi 300-son qarori bilan ajratilgan kapital mablag‘lapni 1993-yilda imtiyozli ravishda moliyaviy ta’minlashga ruxsat berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi obyektlarni chet el delegatsiyalarini qabul qilish binolariga moslashtirish shartlari (loyihalashtirish uchun topshiriq)ni kelishib olsin hamda loyihalashtirish va qurilish davrida xalqaro Standart me’yorlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin. 6. “O‘zshartnomasavdo” va “O‘zbeksavdo” davlat uyushmalari, “O‘zqurilishmateriallari” konserni zimmasiga o‘z nomenklaturalari bo‘yicha zarur materiallar, asbob-uskunalar va transport vositalarini hisob-kitoblarga muvofiq yetkazib berish vazifasi yuklatilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, hukumat aloqasi xizmati Chet el delegatsiyalarini qabul qilish uyiga xizmat ko‘rsatish va undan foydalanishning texnik shartlarini bersinlar. 8. Toshkent shahar hokimligi kapital qurilish bosh boshqarmasi qurilish tugallangandan keyin obyektlarni foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi balansiga o‘tkazsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq K. N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
83
2,872
Qonunchilik
Turizm va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoni hamda “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-135-son qarorining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatida: a) “2. “Vazirliklar” bo‘limida 18-band quyidagi mazmundagi 18 va 181-bandlar etib bayon etilsin: “18. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi 181. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi”; b) “3. Davlat qo‘mitalari” bo‘limidagi 9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qarorida: a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovadagi “Davrukov F.U. — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari” so‘zlari “Lavozimi bo‘yicha — Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi nizomda: a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi)” bilan almashtirilsin; b) 8-banddagi, 11, 12, 13-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 14-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 16-bandning birinchi xatboshisidagi, 20 — 25-bandlardagi, 27, 30, 31, 32, 34 va 36-bandlardagi hamda 39-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Qo‘mita” so‘zi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; v) nizomga 1 — 3-ilovalardagi tegishli kelishikdagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2022-yillarda Xorazm viloyatining Xiva shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-avgustdagi 673-son qarorida: a) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) qarorga 1-ilovaning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi 6 — 10, 17 — 22, 26 — 28, 37 — 41 hamda 47-pozitsiyalaridagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Har yilgi “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent halqaro turizm yarmarkasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-noyabrdagi 904-son qarorida: a) 1 va 4-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin. v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamg‘armalarining ro‘yxatining 14-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “14. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorida: a) 1-bandda: o‘n ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin; o‘n oltinchi xatboshisidagi “Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga” so‘zlari “Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi, 3 — 5 va 11-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2-ilovaning 4-bandidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 3-ilovaning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 4-ilovaning 9-bandidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 5-ilovada: 2-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-banddagi tegishli kelishikdagi “Qo‘mita” so‘zi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; Nizomga 1 — 3-ilovalardagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 6-ilovada: 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-banddagi, 5-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi, 8-9-bandlardagi, 11-bandning uchinchi xatboshisidagi, 12-banddagi, 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 15-bandning birinchi xatboshisidagi, 16, 17-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 18 va 21-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Qo‘mita” so‘zi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20. Vazirlik kompensatsiya ajratishni tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Vazirlik huzuridagi Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ajratilgan mablag‘larning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishi yuzasidan javobgar hisoblanadi”; Nizomga 1-ilovada: “Subyektlar” blokidagi “Qo‘mita” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; “Tadbirlar” blokida: birinchi pozitsiyadagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi, beshinchi va sakkizinchi pozitsiyalardagi tegishli kelishikdagi “Qo‘mita” so‘zi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; z) 8-ilovada: 2-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi hamda 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 18-bandning oltinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi turizmni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 3-ilovada: nomidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Rais” so‘zi “Vazir” so‘zi bilan almashtirilsin; i) 10-ilovada: 3-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-banddagi “Qo‘mita, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti” so‘zlari “Vazirlik, Madaniy meros obyektlarini asrashga doir muammolarni o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10 va 31-bandlardagi “Qo‘mita” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; k) 13-ilovada: 4-bandda: birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshisidagi “Qo‘mitaga” so‘zi “Vazirlikka” so‘zi bilan almashtirilsin; 4-5-bandlardagi, 11 va 15-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Qo‘mita” so‘zi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; 6, 9-10-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Qo‘mita raisi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Vazir” so‘zi bilan almashtirilsin; 12-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 1-ilovada: “Mas’ullar” blokidagi tegishli kelishikdagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Chora-tadbirlar” blokidagi tegishli kelishikdagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; m) 15-ilovada: o‘ninchi xatboshida: “Turizmni rivojlantirish davlat” so‘zlari “Turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin; “qo‘mitasining” so‘zi “vazirligining” so‘zi bilan almashtirilsin; o‘n uchinchi xatboshidagi “Rais” so‘zi “Vazir” so‘zi bilan almashtirilsin; n) 16-ilovaning nomidagi “Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga” so‘zlari “Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Tog‘li hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 17-sentabrdagi 559-son qarorida: a) 2 va 12-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovada: 2-pozitsiyadagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-pozitsiyadagi “Bekenov S.” so‘zi “Ortiqov A.” so‘zi bilan almashtirilsin; 9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: 9. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subyektlarini qo‘llab-kuvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida” 2020-yil 6-oktabrdagi 602-son qarorida: a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-bandda: birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Turizm va madaniy meros vazirligining buyurtmanomasiga binoan har oyning yakuniga qadar buyurtmanomada keltirilgan mablag‘larni Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga hisobiga o‘tkazsin;”; v) 4-bandning “v” kichik bandidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) qarorga 1-ilovada: 1-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-banddagi, 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi 14, 16, 18, 20, 21, 22, 24, 26, 29, 31, 33, 35 va 37-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Qo‘mita” so‘zi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; Nizomga 1-ilovadagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) qarorga 2-ilovada: 2-bandda: ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshisidagi “Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-banddagi, 7-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi, 8-bandning uchinchi xatboshisidagi, 10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 12-banddagi, 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 16-bandning uchinchi xatboshisidagi, 18-bandning birinchi xatboshisidagi, 22, 28, 31 — 33-bandlardagi, 34-bandning birinchi xatboshisidagi, 35-banddagi, 36-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 38-bandning birinchi xatboshisidagi, 40, 41, 43-bandlardagi, 46-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 54-banddagi, 55-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 56-banddagi, 58-bandning birinchi xatboshisidagi, 59-bandning ikkinchi xatboshisidagi hamda 61-banddagi tegishli kelishikdagi “Qo‘mita” so‘zi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; Nizomga 1-ilovada: “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga” so‘zi bilan almashtirilsin; “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan” so‘zi bilan almashtirilsin; e) qarorga 3-ilovada: 2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi, 8-bandning uchinchi xatboshisidagi, 14 va 22-bandlardagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-banddagi, 8-bandning uchunchi xatboshisidagi, 14-banddagi, 22-banddagi hamda Nizomga 4-ilovadagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) qarorga 4-ilovada: nizomning nomidagi va 1-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6, 13, 14, 18, 34, 37, 38-bandlardagi va 10, 11 va 17-bandlarning birinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Qo‘mita” so‘zi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; 36-banddagi “Qo‘mita raisi” so‘zlari “Vazir” so‘zi bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat bo‘ylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-dekabrdagi 812-son qarorining 10-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qarorida: a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-bandda: uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 6 va 7-bandlarning ikkinchi xatboshisidagi, 9-bandning birinchi xatboshisi va “b” kichik bandidagi “Qo‘mita” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; g) 8-banddagi “Qo‘mita raisining” so‘zlari “Vazirning” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) qarorga 5-ilovada: 33-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 35, 36, 41, 43 va 45-bandlardagi, 37-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 39-bandning birinchi xatboshisidagi, 42-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Qo‘mita” so‘zi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; Nizomga 3-ilovadagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 4-ilovada: “Subyektlar” ustunining 3, 4, 5 va 8-pozitsiyalaridagi “Qo‘mita” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin; “Tadbirlar” ustunining 2, 6, 7 va 8-pozitsiyalaridagi “Qo‘mita” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin. 12. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martdagi 112-son qarori bilan tasdiqlangan Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomda: a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Dastur loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi”; b) 8-banddagi va 26-bandning “g” kichik bandidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-martdagi 235-son qarorida: a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) qarorga 1-ilovaning 1 va 7-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin: 14. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand shahrida har yili “Samarkand Half Marathon” xalqaro xayriya yarim marafonini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2021-yil 4-maydagi 277-son qarorida: a) 1-banddagi, 4-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) qarorga 1-ilovaning 1-pozitsiyasidagi “Turizm va sport vaziri” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) qarorga 2-ilovada: “Moliyalashtirish manbalari” ustunining 3,5 — 8, 19 va 22-pozitsiyalaridagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi 3, 5 va 22-pozitsiyalaridagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 14-iyundagi 368-son qarorining 1-bandi, 3-bandning birinchi xatboshisi, 4-bandning ikkinchi xatboshisi va 10-bandidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. Vazirlar Mahkamasining “YUNESKO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari bo‘yicha Xalqaro maslahat qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2021-yil 14-iyundagi 371-son qarorida: a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi, 4-5-bandlardagi, 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 7-banddagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-bandda: uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vaziri” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) qarorga 2-ilovaning “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” blokidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. Vazirlar Mahkamasining “Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyuldagi 430-son qarorida: a) qarorga 1-ilovaning 1 va 10-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin: 18. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentining 23-bandi “b” kichik bandining ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 19. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentida: a) 27-bandi “b” kichik bandining ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) Ma’muriy reglamentga 1-ilovaning “Subyektlar” ustunining 10-bosqichidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 20. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-oktabrdagi 629-son qarorida: a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) qarorga 1-ilovaning 3-bandi oltinchi xatboshisidagi va 5-bandidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 15-oktabrdagi 649-son qarorida: a) qaror nomidagi, 1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) qarorga ilovada: nizom nomidagi, 3, 5, 18-bandning “13)” va “26)” kichik bandlaridagi, 23-bandning “g” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisidagi, 2-§ nomidagi, 36, 37, 48-bandning uchinchi xatboshisidagi, 53 hamda 54-bandlardagi tegishli keshikdagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari tegishli keshikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-banddagi “Agentlik” so‘zidan keyin “va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 8-bandda: uchinchi xatboshidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshisidagi “Ministerstve turizma i sporta” so‘zlari “Ministerstve turizma i kulturnogo naslediya” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘qqizinchi xatboshisidagi “Ministry of tourism and sports” so‘zlari “Ministry of tourism and sultural heritage” so‘zlari bilan almashtirilsin; 22-bandda: “2)” va “4)” kichik bandlaridagi tegishli keshikdagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari tegishli keshikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “25)”, “28)” va “33)” kichik bandlaridagi tegishli keshikdagi “Turizm va sport vaziri” so‘zlari tegishli keshikdagi “Turizm va madaniy meros vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin; 24-bandning “6)” kichik bandidagi “Turizm va sport vazirligi hay’ati qarorlari, turizm va sport vaziri” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi hay’ati qarorlari, turizm va madaniy meros vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin; 30, 32, 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi tegishli keshikdagi “Turizm va sport vaziri” so‘zlari tegishli keshikdagi “Turizm va madaniy meros vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin; 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “34. Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari turizm va madaniy meros vaziri bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Hududiy boshqarma boshliq o‘rinbosarlari Agentlik bilan kelishgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etadi.”; 38-banddagi “Turizm va sport vazirligi” va “Turizm va sport vazirining” so‘zlari tegishliligicha “Turizm va madaniy meros vazirligi” va “Turizm va madaniy meros vazirining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 22. Vazirlar Mahkamasining “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-fevraldagi 59-son qarorida: a) 1-banddagi va 4-bandning yettinchi xatboshisidagi tegishli keshikdagi “Turizm va sport vaziri” so‘zlari tegishli keshikdagi “Turizm va madaniy meros vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) qarorga 1-ilovaning 1-pozitsiyasidagi “sport” so‘zi “madaniy meros” so‘zi bilan almashtirilsin. 23. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarorida: a) 9-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) qarorga 2-ilovada: 3-bandning beshinchi xatboshisidagi, 18-bandning “v” kichik bandidagi, “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; Nizomga 1-ilovaning “Subyektlar” ustuni 6-bosqichidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) qarorga 5-ilovaning 13-bandidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) qarorga 6-ilovaning 7-bandidagi “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-martdagi 137-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 27-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi 356-son qaroriga ilovaning 2-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga 1-ilovaning 33-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 7-noyabrdagi 894-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 398-son qaroriga ilovaning 11-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 7-avgustdagi 631-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandi. 7. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 8-martdagi 198-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi 372-son qaroriga ilovaning 1-bandi. 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 155-bandi. 10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 19-sentabrdagi 567-son qarori. 11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 17-noyabrdagi 722-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
250
30,466
Qonunchilik
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 265-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2920, 2017-yil 28-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 934-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi uchinchi xatboshisi, 3-bandi “g” kichik bandi hamda 9-bandi “yetakchi mutaxassisiga” degan so‘zlardan keyin “, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili va uning apparati mutaxassislariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi hamda “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da va Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
146
1,744
Qonunchilik
Davlat statistika qoʻmitasi qayta tashkil etiladi
QHTBT portalida Prezidentning Oʻzbekistonda statistika tizimini tubdan isloh qilish toʻgʻrisidagi Farmoni loyihasi joylashtirilgan. Hujjatda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari qayd etiladi. Jahon banki koʻmagida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini 2020-2025 yillarda rivojlantirishning milliy strategiyasini, shuningdek uni amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ni tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Asosiy maqsad: huquqiy va tashkiliy, statistik infratuzilmani va ma’lumotlarga ishlov berishni takomillashtirish, foydalanuvchilar va yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaхshilash, ayrim statistik koʻrsatkichlar va uslubiyatlarni modernizatsiyalash. Loyihada sohani rivojlantirishda statistik ma’lumotlar foydalanuvchilarini yuqori darajada qanoatlashtirish, statistik ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar motivatsiyasi va хodimlarning yuqori malakasini ta’minlash, samarali muvofiqlashtirish, davlat va hamkorlar tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga erishish nazarda tutilmoqda. Davlat statistika qoʻmitasi negizida barcha huquqlar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorislik sharti bilan Milliy statistika qoʻmitasini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Bu boshqa davlat organlari va tashkilotlariga tobe boʻlmagan, mustaqil idora boʻlishi rejalashtirilmoqda, u bevosita Prezident va Bosh vazirga hisobot beradi. Milliy statistika qoʻmitasi va uning tuzilmaviy boʻlinmalari tomonidan shakllantiriladigan statistika ma’lumotlari rasmiy statistika ma’lumotlari sifatida e’lon qilinadi. Qoʻmitaga vazirlik va idoralarning idoraviy ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyati taqdim etiladi. Statistika organlari ishiga, shu jumladan rasmiy hisobotlarni toʻplash va kuzatuvlarga aralashish taqiqlanadi. Milliy statistika qoʻmitasi raisi va uning toʻrt oʻrinbosarlari, shu jumladan birinchi oʻrinbosari mamlakatimiz Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Idoraning markaziy apparatida strategiya va «Yoʻl хaritasi»ni amalga oshirish ishlarini tashkil etish va monitoring qilish, yozishmalarni tayyorlash, tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi va ushbu jarayonlarni avtomatlashtirish boʻyicha iхtisoslashtirish boʻlim shakllantiriladi. Statistika ishlari dasturini ishlab chiqish va uning toʻliq bajarilishini ta’minlash vazifasi Milliy statistika qoʻmitasining Statistika kengashiga topshiriladi. Qoʻmita, Moliya vazirligi va MB, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan Milliy statistika qoʻmitasi huzurida Teхnik kotibiyat, shuningdek strategiya doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish va monitoring qilish boʻyicha tarmoq ishchi guruhlari tuziladi. 2021 yildan boshlab Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan хalqaro e’tirof etilgan tavsiyalarga muvofiq standartlar va tavsiflarni unifikatsiyalash uchun barcha rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarining (davlat organlari va ularning boʻlinmalari) statistik uslubiyati davriy auditi oʻtkaziladi. Natijalarga qarab organ tomonidan tegishli ekspert хulosalari beriladi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov.
49
3,101
Qonunchilik
IQTISODIYOT REAL SEKTORI KORXONALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI YaNADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiyot real sektori korxonalarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayoniga investitsiyalarni, shu jumladan, tijorat banklarining mablag‘larini keng jalb etish maqsadida: 4. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: auksion va tanlov savdolarida bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish Tartibini; iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Banklar uyushmasi, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda: sotib olingan bankrot korxonalarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va sotish borasida tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish; loyihalarni investitsiyalash, investitsiyaviy kreditlarni berish va xizmat ko‘rsatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi tijorat banklarining tarkibiy bo‘linmalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2003-yil 24-yanvarda qabul qilingan PF-3202-son Farmoni 3-bandining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
110
2,111
Qonunchilik
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoni va 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-son qaroriga muvofiq: 1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari lavozimini qisqartirish hisobiga, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritilsin. 2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish; mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga yo‘naltirish; vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini muvofiqlashtirish; iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; mahalliy hokimliklar bilan birga hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish; aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash. 3. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi bevosita Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiga o‘tkazilsin. 4. Quyidagilar: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Belgilansinki: Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Agentlikning hududiy boshqarmalari) boshliqlari Agentlik direktori tomonidan tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlarining (keyingi o‘rinlarda — markazlar) boshliqlari Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan Agentlik bilan kelishgan holda tuman (shahar) hokimlari taqdimnomasi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Agentlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda markazlarni malakali va salohiyatli kadrlar bilan to‘ldirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va markazlarga kadrlar qabul qilishning soddalashtirilgan tartibda ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshirilishi va lavozimga tayinlanishi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatsin. 7. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda: bir oy muddatda hokim yordamchilari ishini to‘g‘ri tashkil etishga uslubiy ko‘mak ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘ysin; joylarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini chuqur tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin. 8. Agentlik tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin. 9. Belgilab qo‘yilsinki: 2022-yil 1-yanvardan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish uchun subsidiyalar berish yo‘nalishidagi vazifa va funksiyalari Jamg‘armaga o‘tkaziladi; Agentlik tarkibida 3 ta shtat birligidan iborat Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tashkil etiladi hamda mazkur shtat birliklari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hisobidan shakllantiriladi; 2022-yildan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga aholini tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar Jamg‘armaga yo‘naltiriladi, 2023-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu mablag‘lar Jamg‘arma uchun ajratilishi ko‘zda tutiladi. 10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi hamda tegishli vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan “Onlayn mahalla” elektron platformasi ishga tushirilishini ta’minlasin. 11. Quyidagilar bir oy muddatda: Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Agentlikni barcha zarur qulayliklarga ega bo‘lgan binoga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda markazlarni zarur mebel va anjomlar, axborot-kommunikatsiya (kompyuter, printer, nusxa ko‘chirish apparati, internet) va aloqa vositalari bilan jihozlangan binolarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini ta’minlasin. 12. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mahallalarda hokim yordamchilari faoliyati va ular erishayotgan natijalarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin. 13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bir oy muddatda: Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom loyihalarini; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
189
8,510
Qonunchilik
NEFT MAHSULOTLARINI SOTIShDA TARTIB O‘RNATISh VA TARMOQNI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekistonda neft mahsulotlari bilan ta’minlash sohasida obyektiv ravishda og‘ir ahvol vujudga keldi. Respublika har yilgi iste’mol qilinadigan neftning 80 foizigacha qismini MDH mamlakatlaridan olib kelishga majburdir. Bu mamlakatlarda neft mahsulotlari hamda boshqa energiya manbalarining narxi muttasil keskin oshib bormoqda. Shunday sharoitda neftni qayta ishlash mahsulotlarini sotiщda respublika Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat komiteti tizimida ildiz otgan suiiste’molchilik, talon-taroj va sabotaj hollariga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Toshkent shahridagi, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi avtomobillarga yonilg‘i quyish tarmoqlarini bir vaqtning o‘zida tekshirish neft mahsulotlarini saqlash va ajratib berish borasida belgilangan qoidalar qo‘pol ravishda buzilayotganligini, davlatni va fuqarolarni aldash hollari aniqlandi. Respublika Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat komiteti viloyat bo‘linmalari rahbarlarining yo‘l qo‘yib berishlari natijasida ko‘pgina yonilg‘i qo‘yish tarmoqlarida neft mahsulotlarining narxlari to‘g‘risida axborot xizmati durust yo‘lga qo‘yilmagan, o‘lchov asboblari yo‘q, texnikaviy ishlatish xavfsizlik qoidalari qo‘pol suratda buzilmoqda. Bularning hammasi to‘g‘ridan to‘g‘ri shunga imkoniyat yaratmoqdaki, yonilg‘i qo‘yish tarmoqlarining ayrim xodimlarini qonunni poymol qilib shaxsiy boylik orttirish va mo‘may foyda olish maqsadida davlat mulkidan foydalanmoqdalar. Yuqorida ko‘rsatilgan hamda boshqa kamchiliklar asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu sohaning ishi ta’sirchan va qattiq nazorat qilinmayotganligi, shuningdek respublika Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat komiteti (o‘rtoq Y.T. Mo‘minov) va uning joylardagi bo‘linmalari rahbariyatining shaxsan mas’uliyatsizligi oqibatida yuzaga kelgan. Energiya manbalari nihoyatda taqchil bo‘lib turgan sharoitda viloyat, shahar va rayon hokimliklari bu muhim ishdan o‘zlarini batamom chetga oldilar. Bu hokimliklar neft mahsulotlarining davlat zaxiralari talon-taroj qilinishidan iborat ko‘pdan ko‘phollarning oldini olish va ularga chek qo‘yish uchun o‘z vaqtida chora ko‘rmayaptilar. Respublika xalq xo‘jaligi va aholisini neft mahsulotlari bilan ta’minlashdagi salbiy holatlarni tag-tomiri bilan tugatish, shuningdek bozor munosabatlari sharoitida mazkur tizimni boshqarishni tubdan qayta qurish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasining Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat komiteti tugatilsin. Uning hududiy bo‘linmalari, korxonalari va tashkilotlari negizida O‘zbekiston neft mahsulotlari davlat aksionerlik (hissadorlik) birlashmasi tashkil etilib, u “O‘zbekneftegaz” konserni tarkibiga kiritilsin. Belgilab qo‘yilsinki “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi: — yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan respublika davlat hissadorlik birlashmasi hisoblanib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan amaldagi Ustavga hamda qonunlarga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish va to‘la xo‘jalik hisobi qoidalari asosida amalga oshiradi; — birlashma tarkibiga kirgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar davlat mulkini boshqaradi hamda egalik qilish va foydalanish huquqini amalga oshiradi. 2. O‘zbekiston davlat hissadorlik birlashmasi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish yuklansin: respublika xalq xo‘jaligi va aholisini neft mahsulotlari bilan ta’minlashning bozor munosabatlarini hamda iqtisodiy boshqarish usullarini rivojlantirishga asoslangan tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish; “O‘zshartnomasavdo” va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash statistika davlat komiteti bilan birgalikda ehtiyojlarni o‘rganish barcha turdagi neft mahsulotlarining balanslarini ishlab chiqish va davlat ehtiyojlari uchun ularni ishlab chiqarish hamda yetkazib berish topshiriqlarini belgilash; tarmoq korxonalarini muvofiqlashtirish va mutanosib tarzda joylashtirish, neft quvurlari, neft 6azalari va yonilg‘i-quyish stansiyalari samarali shoxobchasini vujudga keltirish, respublika va hududiy boshqa idoralari bilan mustahkam hamkorlik asosida tarmoqlararo vazifalarini hal etish; tizimni rivojlantirishning ustuvor muammolarini hal etishga, neft mahsulotlarini tashish, saqlash va jo‘natish jarayonlarida yangi texnika texnologiyalarni qo‘llanishga, jumladan idoralarga qarashli korxonalar va tashkilotlarda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini barpo etishga qaratilgan ilg‘or ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini o‘tkazish; neft mahsulotlarining qo‘shimcha zaxiralarini qidirib topish, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi mamlakatlar bilan neft va uni qayta ishlash mahsulotlarini yetkazib berish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar tayyorlash va tuzishga doir ishlarni yo‘lga qo‘yish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirish, xorijiy firmalar ishtirokida qo‘shimcha korxonalar tashkil etish; tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash hamda uning kompleks dasturlarini amalga oshirish, idoralarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat idoralari va boshqa idoralarda ularning manfaatlarini ifodalash. 3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi respublika xalq xo‘jaligi va aholisi neft hamda neftni qayta ishlash mahsulotlari bilan o‘z vaqtida va uzluksiz ta’minlanishi uchun javobgar bo‘ladi; “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadilar; birlashmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar bo‘linmalari rahbarlari “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi nomenklaturasida bo‘ladilar hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklarning tavsiyasiga ko‘ra uning hay’at organi tomonidan tasdiqlanadilar. 4. Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida ushbu Farmon ro‘yobga chiqarilishini ta’minlovchi qaror qabul qilsin, “O‘zdavneftmahsulot” tuzilmasini va Ustavini tasdiqlasin.
117
5,979
Qonunchilik
QL-468, QL-470 va QL-478-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 15-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-468-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari B.Alixanov, S.Djakbarov, Sh.Mamadjanov, A.Yunusova va F.Eshmatova tomonidan 2019-yil 19-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-470-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2019-yil 19-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-478-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
104
1,401
Qonunchilik
Mamlakatimizda roʻyхatdan oʻtkazilgan barcha tovar belgilari hammaga ma’lum tovar belgilari bilan qiyoslanadi
Prezidentning 8.02.2019 yildagi «Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan. Birinchidan, Intellektual mulk agentligi (bundan keyin – Agentlik) hamda uning huzurida faoliyat yuritayotgan Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi Adliya vazirligi tizimiga oʻtkazildi. Agentlik direktori (ilgari – bosh direktor) adliya vazirining oʻrinbosari maqomini oldi. Uni ilgarigidek davlat rahbari, endi Bosh vazirning taqdimnomasisiz tayinlaydi. Direktor oʻrinbosarlarini esa adliya vaziri (ilgari – Vazirlar Mahkamasi) lavozimga tayinlaydi va undan ozod etadi. Ikkinchidan, 2019 yil 1 martdan joriy etilgan tartibga koʻra: Uchinchidan,  2019 yil 1 sentyabrdan boshlab tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan talabnomalar faqat elektron shaklda davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali topshiriladi. Tegishli davlat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ma’muriy reglamentlar yaqin orada ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Toʻrtinchidan, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab patent vakillari har 5 yilda kamida 1 marta keyinchalik attestatsiyadan oʻtkazilgan holda intellektual mulk sohasida oʻz malakalarini oshirishlari lozim.  Ilgʻor ta’lim standartlari va teхnologiyalaridan foydalangan holda intellektual mulk sohasida mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi takomillashtiriladi. Bunda Toshkent davlat yuridik universitetining oʻquv va ilmiy salohiyatidan foydalaniladi. Beshinchidan, Adliya vazirligi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 2019 yil 1 iyulga qadar Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtkazilgan barcha tovar belgilarini toʻliq хatlovdan oʻtkazadi. Maqsad – hammaga ma’lum tovar belgilarining nohalol roʻyхatdan oʻtkazilishini aniqlash, qonun talablari buzilgan holda berilgan tovar belgilarini roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalarni bekor qilish choralarini koʻrish. Kelgusida idoralar intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va oldini olish boʻyicha ta’sirchan choralarni koʻrishda davom etadilar. Oltinchidan, 2019 yil 1 iyulga qadar intellektual mulk ob’yektlarining yagona va doimiy yangilanib boradigan integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi va joriy etiladi. U quyidagilarni ta’minlaydi: Istiqbolda keng miqyosli norma ijodkorligi ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda. Xususan, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlashning zamonaviy baholash va tahlil qilish tizimini joriy etish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlar tasdiqlanishi lozim (1.07.2019 yilgacha). Hujjat, shu jumladan, Mulk huquqini himoya qilish хalqaro indeksi mezonlarini inobatga olishi kerak. 2020 yil 1 yanvardan boshlab patent bojlari va toʻlovlari, shuningdek norezidentlardan tovar belgisi va sanoat namunasining huquqiy muhofazasini berish uchun undiriladigan individual boj stavkalari bosqichma-bosqich kamaytiriladi. Oleg Zamanov.
109
3,027
Qonunchilik
gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabini tashkil etish to‘g‘risida
Respublikada gimnastikani yanada rivojlantirish, iqtidorli bolalarni, ayniqsa qishloq joylardagi qizlarni, o‘quvchi yoshlarni Badiiy gimnastika bilan muntazam shug‘ullanishga faol jalb etish, ularning safidan mamlakat terma jamoalarining ishonchli zaxirasini shakllantirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga karashli Universal sport saroyi negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi (keyingi o‘rinlarda – gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilansinki: gimnastika bo‘yicha RIBO‘OZSM internati bo‘lgan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi, uning o‘quvchi-sportchilari turarjoy, to‘rt mahal ovqatlanish, sport anjomlari va maxsus libos, sport uskunalari hamda inventarlari bilan ta’minlanadi; gimnastika bo‘yicha RIBO‘OZSMda — 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan ta’lim oluvchi o‘quvchi-sportchilarning umumiy kontingenti 60 nafarni tashkil etgan holda, o‘qish muddati 5 yil bo‘lib, har yili 12 nafar iqtidorli o‘quvchi-sportchilar qabul qilinadi; gimnastika bo‘yicha RIBO‘OZSM o‘quvchi-sportchilarining umumta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olishlari Toshkent shahrining yaqin atrofda joylashgan umumta’lim maktablarida amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMning asosiy vazifalari etib belgilansin: gimnastika bilan shug‘ullanish uchun zarur sport ko‘nikmalariga ega bo‘lgan iqtidorli va istiqbolli bolalarni sinchkovlik bilan tanlab olish, ularda qobiliyat, sport salohiyatini, tanlangan sport turida professional ko‘nikmalar va mahoratni rivojlantirish; respublikaning terma jamoalari uchun sport zaxirasi va yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha eng yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va gimnastika sohasida erishilgan yutuqlar asosida o‘quv-mashq jarayonlarini tashkil etish; mahorati yuqori darajada bo‘lgan sportchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonlarini tashkil etish uchun zarur zamonaviy moddiy-texnik bazani va malakali murabbiylar tarkibini yaratish; sportchilar va murabbiylar tarkibining professional mahoratini oshirish bo‘yicha tajriba almashish borasida xorijiy gimnastika maktablari, akademiyalari va klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish. 5. Belgilansinki: gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMga qabul qilish gimnastika klublari va sport maktablarida dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan, badiiy gimnastika bilan shug‘ullanishda zarur sport ko‘nikmasiga hamda yuqori darajadagi sportchining tegishli salohiyatiga ega bo‘lgan iqtidorli bolalar orasidan, qat’iy tanlov asosida amalga oshiriladi; gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM o‘quvchi-sportchilari yuqori darajadagi gimnastlarni tayyorlash maxsus dasturlari bo‘yicha, sportchilarni tayyorlash keng xalqaro tajribasini hisobga olgan holda o‘qitiladi; gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari, maktab faoliyati ixtisosligi bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining xayriya yordamlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda: bir oy muddatda gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMning Ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek uning yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; ikki oy muddatda gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMga o‘quvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, o‘quv-mashq jarayonini yetarli darajada tashkil etish uchun zarur o‘quv-metodik adabiyotlarni butlab olgan holda o‘quv xonalarini jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshirish; gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMga o‘qish uchun yuborilayotgan iqtidorli bolalarni tanlab olish chora-tadbirlari rejasini har yili tasdiqlab borish; gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM o‘quvchi-sportchilarini tayyorlash sifatini tizimli monitoring qilishni ta’minlash, zarur hollarda esa o‘quv-mashq jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar kiritish. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM o‘quvchi-sportchilarini Toshkent shahrining yaqin atrofdagi umumta’lim maktablarida umumta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish borasidagi zarur chora-tadbirlarni ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining Badiiy gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM o‘quvchi-sportchilarining yashash, mashg‘ulotlarni olib borish va ovqatlanishini tashkil etish uchun bino qurish, uni 2012-yilning 1-avgustida foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Quyidagilar: Badiiy gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM — yashash, mashg‘ulotlarni olib borish va ovqatlanishni tashkil etish uchun bino qurilishining buyurtmachisi etib; bino qurilishi loyihasining bosh loyihachisi etib “ToshkentboshplanLITI” DK; binoni barpo etish bo‘yicha bosh pudratchi qurilish tashkiloti etib — “Savdo taraqqiyoti” DUK belgilansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi Badiiy gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM, “ToshkentboshplanLITI” DK va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan hamkorlikda 2011-yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda Badiiy gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM uchun yashash, mashg‘ulotlarni olib borish va ovqatlanishni tashkil etish uchun quriladigan binoning zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin hamda 2012-yilning 1-yanvarigacha ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin. Toshkent shahar hokimligi Badiiy gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMga yashash, mashg‘ulotlarni olib borish va ovqatlanishni tashkil etish uchun bino qurilishiga zarur yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining asoslangan hisob-kitoblari asosida Badiiy gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM obyektlari qurilishining yakunlanishiga kapital mablag‘lar limitini nazarda tutsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Badiiy gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM uchun yashash, mashg‘ulotlarni olib borish va ovqatlanishni tashkil etish binosini qurish va jihozlash loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatsin. 11. Gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMda mashg‘ulotlar 2012-yilning 1-yanvaridan boshlanishi belgilab qo‘yilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 2011-yilda gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMni saqlash uchun zarur mablag‘ ajratilishini ta’minlasin hamda 2012-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ta’lim sohasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida uni ta’minlashga mablag‘ sarflanishini nazarda tutsin; 3 dona xizmat avtotransporti, shu jumladan bir dona avtobusni ta’minlash limitini belgilasin. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSMni bepul asosda avtotransport vositalari bilan ta’minlasin. 13. Gimnastika bo‘yicha BO‘IROZSM 2016-yilning 1-yanvarigacha, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha jihozlash va faoliyat yuritish uchun olib kelinadigan sport anjomlari, uskunalar, adabiyot, multimedia mahsuloti va moddiy-texnik resurslari bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 14. Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 15. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Universal sport saroyini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi balansiga topshirish to‘g‘risida” 2007-yil 30-yanvardagi 22-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-sonlar, 20-modda): a) 2-ilovaning 31-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “31. Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi”; b) 3-ilovada mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarning uchinchi blokidagi beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya sport maktabi”.
128
9,244
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASIDAN O‘TAYOTGAN ShAXSLARNI KO‘ZDAN KEChIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2004-yil 2-fevral, ro‘yxat raqami 1307 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 5-son, 58-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin. 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va sobiq Prezidenti, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan holda bojxona chegarasidan o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari bojxona nazoratining “Shaxsni ko‘zdan kechirish” shaklidan ozod qilinadi”.
149
1,453
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Ichki valyuta bozorida valyuta almashtirish operatsiyalari hajmlarini kengaytirish va chet elga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining xorijiy valyutaga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli banklarning almashtirish shoxobchalari orqali O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga xorijiy valyuta sotishning cheklangan miqdorini, ichki valyuta bozorida naqd xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va takliflardan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda belgilash huquqi berilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
223
799
Qonunchilik
Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira — kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi — muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr — insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga oliyjanoblik bag‘ishlaydi. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va oliyjanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va Qadrlash kunini, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida: 1. Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 2. Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Ishchi guruh (A. Aripov): Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni “Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash — muqaddas qadriyat” shiorlari ostida yuqori saviyada o‘tkazishni tashkil etsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning sifatli o‘tkazilishini ta’minlasin va joylarga chiqib, Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatsin; 1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila a’zolariga moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, tashkilot va harbiy qismlar vakillari biriktirilsin hamda ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va ko‘nglini ko‘tarish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etsin; yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari turar joyi va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish hamda o‘z uy-joyiga ega bo‘lmaganlariga turar joy ajratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin; Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish davomida 1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ko‘rsatgan matonati, mardlik va jasorati ahamiyatini keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tushuntirish, targ‘ib va tashviq etish bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qilsin; 1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan bir martalik pul mukofotini tantanali ravishda topshirsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bilan hamkorlikda: viloyat, shahar va tumanlarda Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin; Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installatsiyasi, jumladan, urush yillari qo‘shiq va musiqalari, dasturxon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etsin; ko‘cha va maydonlarni Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan plakat va stendlar bilan bezashni ta’minlasin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududida istiqomat qiluvchi 1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarini Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan marosimlarga temir yo‘l yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi hamda zarur hollarda kiyim-kechak bilan ta’minlanishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan; Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida 2017-yil 9-may soat 21.00 da bayram salyutini tashkil qilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
92
6,048