text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
“Hamma ulug‘ insonlar oktabr oyida tug‘ilgan”: Qiziqchi Obid Asomov 54 yoshga to‘ldi Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov 21-oktabr kuni Instagram’dagi sahifasi orqali shu kuni 30 yoshga to‘lgan xonanda Munisa Rizayevaga tabrik yo‘llagan edi. “Bugun san’atimizning yana bir yorqin yulduzi, yoshlar o‘ynab o‘lib qoladigan, qarilar tushunolmay hayron qoladigan, hech kimga o‘xshamagan, faqat o‘zigagina o‘xshagan ajoyib ovoz sohibasi Munisa Rizayevaning tavallud kunlari!”, — deb boshlangan edi Obid Asomovning tabrigi. “Munisa singlim, bilib qo‘y: hamma ulug‘ insonlar oktabr oyida tug‘ilgan! Eng buyuklari esa shu 21—22-oktabr kunlarida tug‘ilgan. Seni oilamiz bilan yaxshi ko‘ramiz! Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin!”, — deya yakunlagan edi Obid Asomov o‘z tabrigini. 22-oktabr kuni esa 54 yoshga to‘lgan Obid Asomov Instagram’dagi sahifasi orqali o‘zini o‘zi tabrikladi. Tabrik matniga so‘z ustasining boshlang‘ich sinflarda o‘qiyotgan vaqtida olingan surati ilova qilingan. “Rostini aytsam, shu rasmdagi bolaga havasim kelyapti. Shu beg‘am hayot, beg‘uborlik, o‘yinqaroqlik, samimiylik, betashvish bolalikni endi milliongayam qaytara olmaymiz”, — deb yozadi Obid Asomov. “Mayli, noshukrlik bo‘lmasin. Yetkazganiga shukr! Tug‘ilgan kunim muborak bo‘lsin!”, — deb, Obid Asomov o‘ziga yozgan tabriknomasini yakunlagan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
7Madaniyat
Luis Suares: “Diskvalifikatsiyam ‘Real’ga qarshi o‘yin kuni tugashi bejizga emas” “Barselona” hujumchisi Luis Suares diskvalifikatsiya muddati “Real”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin kuni yakuniga yetishida alohida ma’no borligini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz. “Men ‘Barselona’ga g‘alabalarga erishish maqsadida kelganman. ‘Real’ga qarshi o‘yin bo‘ladigan kuni maydonga qaytishim, menimcha, bejizga emas. Sen xatoga yo‘l qo‘ysang, buning uchun jazo olishing adolatdandir. Ammo seni professional futbolchi bo‘lish hissiyotidan mahrum etishsa, bunisi juda og‘ir. Men oxirgi vaqtlarda juda qiyin vaziyatda qolgan edim”, — dedi Suares.
13Sport
Urganchda serjantlar forumi bo‘lib o‘tdi Xorazm viloyati Urganch shahrida Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi serjantlar forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lum qildi. Yoshlar markazida o‘tkazilgan ushbu forumda Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug hududida joylashgan Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari, Bojxona qo‘mitasida xizmat o‘tayotgan serjantlar va Yoshlar ittifoqining “Fidokor yoshlar” a’zolari, shuningdek davlat mukofoti bilan taqdirlangan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik a’lochilari ishtirok etdi. Forumda serjantlar tomonidan bir qator xorijiy davlatlar serjantlari faoliyatining ilg‘or namunalarini bayon etuvchi ma’lumotlar keltirilib, kelgusi faoliyatda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlar, yangiliklar, takliflar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.Fidokor yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar va duch kelgan muammoli vaziyatlarga to‘g‘ri yo‘nalishda maslahatlar oldi. Forum yakunida Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqining bir maqsad o‘zaro hamkorlik, birdamlik bilan qo‘yilgan qadamni o‘zida aks ettiruvchi “Birdamlik zanjiri” bog‘landi.
8O‘zbekiston
Sun Litsze Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasining yangi tayinlangan O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litszeni qabul qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi. TIV matbuot xizmati ma’lum qilishicha, elchi vazirga ishonch yorliqlarini topshirdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va XXR o‘rtasidagi transport, telekommunikatsiya, sanoat, energetika va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, Sun Litsze ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar, ayniqsa, oliy ta’lim, fan va texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, san’at, turizm va boshqa ko‘plab sohalarda samarali hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashishga tayyor ekanligini qayd etdi. Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
8O‘zbekiston
Hafta ijtimoiy muammolari: Boyga – doktor, kambag‘alga – duo “Daryo” kolumnisti an’anaviy ruknda o‘tgan haftada muhokama qilingan asosiy ijtimoiy masalalarga to‘xtalib o‘tadi. Adolatning bog‘langan ko‘zlari Qadimgi yunonlarning adliya ma’budasi Femidaning ko‘zi bog‘liq tasvirlanganiga e’tibor qilganmisiz? Bu xolislik, betaraflik ramzidir. Kimgadir achinmasligi uchun emas, faqat bir tarafga yon bosib qo‘ymasligi uchun ko‘zi bog‘langan. Chunki u qonun va adolat ramzi, qonun oldida esa hamma teng bo‘lishi kerak. Bizga ko‘pxudolik xos emas. Ammo bordi-yu Femidani tasvirlashga ehtiyoj tug‘ilsa, uning ko‘zidagi bog‘ichni yechib tasvirlash kerak bo‘ladi. Bog‘ich yo‘q, ko‘zlar esa to‘g‘ridan to‘g‘ri mahkumning cho‘ntagiga lo‘q qarab turgan holda tasvirlasak bo‘ladimi? Juda qo‘pol chiqdi, demang. Shu kunlarda katta miqyosda bu holning guvohi bo‘lmoqdamiz. 15 yil sobiq bosh prokuror lavozimida ishlagan inson pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilsa, ammo yoshi tufayli o‘n yilga hukm qilinsa, yumshoq qilib aytganda g‘alati. Yoshi sababli kamroq muddat berilibdi. Yoshi 60 dan oshgan boshqalarga ham shunday yengillik mavjudmi? Shubha qilaman. Gulnora Karimovaning qizi iyun oyida DXX raisi va Bosh prokuraturaga onasiga ruhiy bosim o‘tkazilayotgani haqida ariza yozgandi. Ko‘rgani bormagan mas’ul qolmadi. Shveysariyalik ajnabiy advokati kelib, Zangiotada soatlab kutib o‘tirdi. Bir hafta o‘tgach, Ombudsman borib kardiologiya, nevrologiya, gastroenterologiya, endokrinologiya va ginekologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar yordamida oliy maqomli mahbusaning holatini o‘rganilganligi haqida axborot berdi. Buning ustiga, Adliya vazirligi ayollar koloniyasida maxsus o‘rganish o‘tkazdi. Hammasi yaxshi... faqat boshqa mahkumlarning arizalari shunchalik sinchiklab o‘rganiladigan davrga qachon kelamiz? Har o‘n mahkumdan yetti-sakkiztasi hech bo‘lmasa bir marta ariza yozadi. Ammo ularga “to‘g‘ri tushuntirib yuboriladi” yoki maktubi tashqariga chiqarmay qo‘yaqolinadi. Mahkumlarning xatlari ikki oylab kechikadi. Ammo mudrab yotgan qonun-qoidalar boyga kelganda motordek ishlab ketadi. Qoziq aylanayotgan fillar Yozishlaricha, Hindistonda zanjirlab qo‘yilgan bir fil qoziqning atrofida ellik yil aylanibdi, zanjirni yechib yuborishsa ham qoziq atrofida yana ellik yil aylangan ekan. O‘rganib qolgan-da. Kosonsoyda o‘qituvchilarga beton quydirishganini ko‘rib, shu voqea esimga tushdi. Yo‘q, o‘qituvchilarni kamsitmayapman (aslida ularni boshqalar kamsityapti), ammo butun boshli davlatning qonunlari-yu qarorlari, huquqshunosdan tortib vazirgacha o‘qituvchini majburan ishlatilishini taqiqlab turgan bir vaqtda indamay qo‘lga kurak olish ham maqtagulik holat emas-da. Qo‘pol bo‘lsa ham aytish kerak: huquq tepadan berilmaydi, pastdan olinadi. Ortiqcha ish buyursa, bosh tortish, vazirlik saytiga, Telegram kanaliga, portalga shikoyat qilish, boringki, sabotaj qilish imkoniyati hamisha bor. Bilasizmi, o‘qituvchilar yoppasiga paxtaga haydalgan yillarda ham “zakonchi”ligidan, “yozuvchi”ligidan paxtaga chiqarilmagan maktablar bor. Ularning tajribasini mamlakat bo‘ylab yoyish kerak. Shunaqa gaplar. Bu gal davlat tomon bo‘lib aytamanki, hukumat o‘qituvchining nufuzini ko‘tarish uchun astoydil urinyapti, o‘zimiz tomondan ham harakat bo‘lishi lozim. Aks holda zanjirining atrofida yana 50 yil aylangan filga o‘xshab qolamiz. Sarvar usta Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin. Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari: Servantdagi “ognetushitel” va chakkaga taqilgan tish cho‘tkasi Yolg‘onchi blogerlar va eng arzon narsa Yordam bermang, o‘zim turaman Ichki ishlar xodimlari tushirgan qovunlar Silikon vodiysiga intilyapmizmi? Men o‘sha bozor buzuvchi hokimman Uydan chiqqan dinozavr haqida Men dardimni kimga aytaman… Oshxo‘rga osh, ishxo‘rga ish
8O‘zbekiston
Putinning salomatligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Frantsiyaning TF1 telekanalida Evropada prezident Vladimir Putinning kasalligi haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi. Buyuk Britaniyaning “Daily Mirror” nashri Putin saraton kasalligiga chalingani, uning uch yil umri qolgani va ko'rish qobiliyatini ham yo'qotayotganini xabar qilgandi. “Prezident Putin har kuni omma oldiga chiqadi. Uni ekranlarda tomosha qilish, nutqlarini o'qish va tinglashingiz mumkin. Menimcha, aqli raso odamlar prezidentda qandaydir kasallik belgilarini ko'ra olmaydi. Buni mish-mishlar tarqatayotganlarning vijdoniga qoldiraman”, — degan Lavrov. Avvalroq Litvada Putinni hokimiyatdan qanday olib tashlash muhokama qilingandi. Shuningdek, Pentagon Putinning urushdan ko'zlagan asosiy maqsadini ma'lum qilgan.
2Dunyo
Shavkat Mirziyoyev Yakkasaroy texnoparkiga tashrif buyurdi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni Toshkentda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish asnosida Yakkasaroy tumanidagi “Yakkasaroy kichik sanoat zonasi” davlat unitar korxonasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda O‘zA. Bugungi kunda Toshkent shahrining Yunusobod, Sergeli va Yakkasaroy tumanlarida uzoq yillardan beri faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar negizida 3 ta texnopark tashkil etilgan.  “Bunday uylarni Toshkentning 10 tumanida 10 tadan qurishni rejalashtirmoqdamiz”. Shavkat Mirziyoyev Sergelida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar bilan tanishdi Yakkasaroy tumanidagi sobiq to‘qimachilik kombinati hududida tashkil etilgan “Yakkasaroy kichik sanoat zonasi” davlat unitar korxonasining umumiy yer maydoni 61,2 gektarga, bino va inshootlar maydoni 338 ming kvadrat metrga teng. Hozir bu yerda 284 tadbirkorlik subyekti to‘qimachilik, kimyo sanoati, oziq-ovqat, mebelsozlik, metallni qayta ishlash, qog‘oz, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashinasozlik kabi tarmoqlarda faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 2016-yilda 630 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 48,5 million dollarlik tovarlar eksport qilingan.  Shavkat Mirziyoyev: Sergelida qurilayotgan metro loyihasi — O‘zbekiston tarixida yagona Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida texnopark hududida bank shoxobchasi, notarial idora, temir yo‘l liniyasi xizmat ko‘rsatmoqda. Bu yerda 6 ming 600 dan ziyod ishchi mehnat qilmoqda. “Davlatimiz rahbari texnopark hududidagi loyihalar bilan tanishar ekan, bunday kichik sanoat zonalarini Toshkentning barcha tumanlarida tashkil etish, ularda kichik biznes vakillariga keng imtiyozlar yaratish zarurligini ta’kidladi. Mazkur korxonalarning xorijiy hamkorlar topishiga ko‘maklashish lozimligi, bu ularning chet el bozorlariga chiqishi va mahsulotlari eksportini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi”, — deyiladi O‘zA xabarida.  Shavkat Mirziyoyev “Novza” metro bekati oldida qad rostlayotgan ko‘prik qurilishi bilan tanishdi Shavkat Mirziyoyev texnopark hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqotda O‘zbekistonda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanib, mahsulotlar sifatini oshirish, eksport faoliyatini yanada rivojlantirish, xorijiy ko‘rgazmalarda faol ishtirok etishni taklif etdi. Prezident mutasaddi rahbarlarga bunday faoliyatni qo‘llab-quvvatlash uchun mahsulotlarni mahalliylashtirishga keng yo‘l ochish, tadbirkorlarga xorijdan xomashyoni keltirish va mamlakatda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun investitsiyalar ajratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
8O‘zbekiston
Malinali sufle — yozning so‘nggi retsepti sifatida Fransuzcha desert — suflega qalaysiz? Sufle murakkab retseptdek eshitilsa-da, aslida oson tayyorlanadi. Malina mavsumi tugamasidan undan sufle pishiriq tayyorlashga ulgurib qoling! Masalliqlarning taxminiy narxi 8000 so‘m. *Agar siz muzlatilgan malinadan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, uni oldindan eriting va suvini to‘kib tashlang. 1. Pirogimiz xamirini tayyorlash uchun margarin muzdek va qattiq bo‘lishi kerak. Suvni ham sovitgichda biroz vaqt qoldirish lozim. Un va tuzni aralashtiramiz. Unga mayda kub shaklida to‘g‘ralgan qattiq marqarinni qo‘shib, pichoq bilan maydalaymiz. Margarin bo‘laklari urvoqdek bo‘lib, un bilan to‘liq aralashib ketmaguncha qorishtiraveramiz. 2. Tayyor aralashmaga suvni solib, margarin bo‘laklari erib ketmasidan tezgina zuvala yasab olamiz. 3. Xamirni un sepilgan yuzada yoyamiz va chetlari ko‘tarilgan formaga joylashtiramiz. Vilka bilan har-har joyidan teshib, sufle tayyor bo‘lguniga qadar sovitgichda qoldiramiz. 4. Tuxum sarig‘ini oqidan ajratib olamiz. Sarig‘ini shakarning yarmi, un, vanilin va tvorog bilan qo‘shib, mikserda tvorog silliq holga kelmagunicha yaxshilab ko‘pirtiramiz. 5. Tuxum oqini ham mikserda yuqori tezlikda ko‘pirtiramiz. Asta-sekinlik bilan shakarni qo‘shamiz. 6. Ko‘pirtirilgan tuxum oqini tvorogli massaga ehtiyotkorlik bilan solib aralashtiramiz. 7. Xamirli formani sovitgichdan olib, unga avval malinalarni, so‘ng sufleni solamiz. 8. 170—180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 50-60 daqiqa davomida pishiramiz. Sufle o‘ta nozik va yengil bo‘lgani tufayli osongina kuyib qolishi mumkin. Shuning uchun duxovkangiz kuydirishga moyil bo‘lsa, darajani biroz pasaytirish mumkin. Pirogni duxovkadan chiqarganda sufle “cho‘kib” qoladi. Bundan xavotirga tushmang – shunday bo‘lishi tabiiy. Malina va tvorogli suflemiz tayyor. Yoqimli ishtaha!
9Pazandachilik
Titandan ishlangan smartfon 2500 dollardan sotuvga chiqdi Gresso lyuks brendi Android bazasida ishlaydigan Radical Black Edition smartfonlarining cheklangan to‘plamini chiqardi. Jami 100 ta nusxa sotuvga chiqariladi, deya xabar berdi Anons.uz. Qurilma korpusi yaxlit titan plitasidan tayyorlangan. To‘q qora rangni hosil qilish uchun uning yuzasiga ko‘p qatlamli PVD-qoplama surtiladi. Old paneldagi logotip titan, oq yoki sariq oltindan ishlanishi mumkin. Gresso Radical Black Edition Android 4.1.2 operatsion tizimida ishlaydi. U 4,5 dyuymli displey, 1 Gb tezkor, 36 Gb ichki xotira, 8 megapikselli asosiy kameraga ega. Smartfon 2500 dollar narxida sotuvga chiqdi.
14Texnologiya
O`zbekiston fuqoralariga 59 ta davlatga viza olmasdan borish imkoniyati yaratildi O`zbekiston fuqarolari 59 ta davlatga viza olmasdan borishi mumkin, deb xabar berdi "Xalq so`zi" nashri. “Henley & Partners” nufuzli tashkiloti ma`lumotiga ko`ra, bu dunyo bo`yicha 76-ko`rsatkichdir. Mazkur tashkilot bu borada jahondagi 200 dan ortiq mamlakatlardagi holatni tahlil etib, ularni vizasiz boriladigan davlatlar soniga qarab tasniflab chiqadi. Yangilangan reytingda O`zbekiston olti pog`ona ko`tarildi. Gap shundaki, so`nggi islohotlar sharofati bilan, hamyurtlarimizga viza olmasdan turib Boliviya, Ekvador, Nikaragua, Uganda, Madagaskar kabi 59 mamlakatga borish imkoniyati yaratildi. MDH davlatlari ichida bu borada Ukraina 38-o`rin (128 davlat), Moldova 45-o`rin (121 davlat) va Rossiya 47-o`rin (118 davlat)dan joy olgan.
5Jamiyat
O‘zBloggerlar chempionati g‘oliblari aniqlandi 2014-yilning yanvarida boshlangan O‘zbloggerlar chempionatining birinchi mavsumi yakuniga yetdi. Besh bosqichdan iborat musobaqa g‘oliblari nomi 21-mart, juma kuni e’lon qilindi. Bu haqida “Kun” nashri xabar berdi. “Chempionat birinchi marta o‘tayotganligi sababli, kamchiliklardan holi bo‘lmadi albatta. Ammo mazkur loyiha davomida bir-biridan ajoyib, qiziqarli blogpostlar yozildi, yangi nomlar kashf etildi, o‘zaro fikrlar almashildi. O’zbek bloggerlari olami sezilarli ravishda jonlandi. Mana shularni kuzata turib, loyiha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga imkon qadar erisha oldi deb ishonch bilan aytish mumkin”, – deyiladi musobaqa saytidagi xabarda. Qayd etishlaricha, chempionatda jami 116 nafar blogger ishtirok etdi hamda butun chempionat davomida 221 ta blogpost yozildi. Final bosqichida hakamlar hay’ati hamda muxlislar ovoz berishi orqali g‘oliblar aniqlandi. Final bosqichi yakuniga ko‘ra sovrinli uch o‘rinni egallagan blogger ilk marta tashkillashtirilgan O‘zBloggerlar chempionatining g‘oliblari sifatida e’tirof etililishadi va mukofotlanishadi. Tanlovda blogger va jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev g‘olib bo‘ldi. G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati bloggerlar.uz saytida keltirilgan. Xabar berishlaricha, chempionatning umumiy sovrin jamg‘armasidan  1,5 million so‘m pul mukofoti; bir yilga bepul domen hamda 500 megabayt xosting; elektron kitob va 16 gigabaytli fleshka o‘rin olgan. Bundan tashqari, barcha g‘oliblar maxsus diplomlar bilan ham taqdirlanadi. Shuningdek, O‘zBloggerlar chempionati yakunlariga hamda uning kelajakdagi istiqbolli rejalariga bag‘ishlangan maxsus tadbir o‘tkazilishi ham rejalashtirilmoqda. G‘oliblarga mukofotlar aynan o‘sha tadbirda topshirilishi ko‘zda tutilgan. “Shu o‘rinda chempionat tashkilotchilari ushbu chempionatda ishtirok etgan bloggerlarga, doimiy ravishda kuzatib borib, o‘z fikr-mulohazalarini, tanqid va takliflarini bildirib borgan muxlislarga, ishtirokchilarni baholi qudrat adolatli baholab borgan hakamlar hay’atiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat! Kelgusida biz bilan birga qolishingiz uchun rahmat! Hammasi uchun, hammaga rahmat!”, – deyiladi musobaqa tashkilotchilari xabarida.
14Texnologiya
Yevropa Ittifoqi Brexit shartlarini qayta ko‘rib chiqishdan bosh tortdi Yevropa Ittifoqi Brexit bo‘yicha erishilgan kelishuvni Buyuk Britaniyaga tushuntirishga tayyor, biroq uni qayta ko‘rib chiqmaydi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqi sammiti natijalariga ko‘ra ma'lum qildi. “Biz kelishilganlarga ba'zi tushuntirishlarni qo‘shishimiz mumkin. Biroq kelishuv qayta ko‘rib chiqilmaydi”, deb aytgan Yunker. 13 dekabrda Bryusselda Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakchilarining dastlab Britaniya bilan 28 ta davlat formatidagi, keyin esa Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ishtirokisiz sammiti bo‘lib o‘tdi. London va Bryussel oktabrda ko‘p sonli muzokaralardan keyin Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi shartlarini belgilovchi kelishuv matni bo‘yicha kelishib olishgandi. Kelishuvda aytilishicha, yaxshiroq kelishuvga erishilmasa, Shimoliy Irlandiya ham Birlashgan Qirollik, ham Yevropa Ittifoqi bojxona hududlari tarkibiga kiruvchi alohida hududga aylanadi. Ya'ni Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Shimoliy Irlandiya uchun maxsus bojxona qonunchiligi bo‘yicha kelishishi hamda tovarlar harakati ustidan nazoratni birgalikda amalga oshirishi zarur bo‘ladi. Shuningdek, Buyuk Britaniya Shimoliy Irlandiyadan qirollikning boshqa hududlariga yetkaziluvchi tovarlarni tekshirishiga to‘g‘ri keladi.
2Dunyo
Toshkent shahar IIBB himoya orderini erkaklarga ham berishni taklif qildi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Mahkam Vafoyev fuqarolarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun himoya orderini berish bilan bog‘liq ba'zi holatlar xususida bildirib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. «Toshkent shahrida hozirgacha 560 nafar fuqaroga himoya orderi berilgan. Shundan to‘rttasi erkaklarga berilgan. Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlarida erkaklar o‘z xotini tomonidan tazyiqqa uchragani holatlari kuzatilgan. Ammo himoya orderini berish tartibining erkaklarga ham berish haqidagi joyi yo‘q. Shu sababli orderni erkaklarga ham berish tartibini ishlab chiqish bo‘yicha taklif berdik. Shuningdek, himoya orderining tartibini buzgan fuqaroga nisbatan qanday javobgarlik ko‘rilishi ham Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ko‘rsatilmagan. Aynan order tartibini buzganlik uchun chora kiritilishi masalasini ham ko‘taryapmiz», – dedi Mahkam Vafoyev Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qo‘shma majlisida. Ma'lumot uchun, 2019 yil kuzidan joriy etilgan himoya orderi – tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi hujjat bo‘lib, u xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan ta'sir choralari qo‘llanishiga asos bo‘ladi. Himoya orderi nima va u qay tartibda beriladi? IIV vakili bilan suhbat
8O‘zbekiston
Prezident farmoni: Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilindi. Quyidagilar: 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi; Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar ikki oy muddatda Davlat dasturining har bir bandi bo‘yicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqadi va Idoralararo komissiya bilan kelishib oladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalar tashkil etilganligi qayd qilindi. Idoralararo komissiya ikki oy muddatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha namunaviy tadbirlarning idoraviy dasturini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalariga muhokama qilish va kelishish uchun kiritadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilindi, ularning zimmasiga: joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish; joylarda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib borish funksiyalari yuklandi. Belgilab qo‘yilishicha: a) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat: sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta'sir o‘tkazish shart-sharoitlarini istisno etish; davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag‘batlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ro‘yxatini belgilash; davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada bo‘lishini ta'minlash, shuningdek, davlat xizmatini o‘tashda manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish; davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish; fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta'minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish; b) idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta'minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi. Belgilanishicha: a) 2019 yil 1 iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi, uning yakunlari bo‘yicha: korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‘yxatini shakllantiradi; idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘radi; Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda har yilgi idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarini tasdiqlaydi; har yili Idoralararo komissiyaga tegishli organlar va tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham berish bo‘yicha takliflarni kiritadi; b) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda: yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta'lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab tatbiq etadi; umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytirilishini ta'minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan, texnik infratuzilmani va zarur dasturiy ta'minotni yaratishga oid zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda muayyan toifadagi davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Idoralararo komissiya (N.T.Yo‘ldoshev): 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta'lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etadi, 2020 yil 1 apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etadi; har yili 1 aprelga qadar tegishli sohalarda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi.
8O‘zbekiston
Oliy Majlis Senatida Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi delegatsiyasi qabul qilindi Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi raisi o‘rinbosari Hidoyat Nur Vohid boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda. Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Indoneziya parlamentlararo hamkorligini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Qayd etilganidek, joriy yilning o‘zida Indoneziya parlamenti Xalq vakillari kengashi, Hududlar vakillari kengashi, Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi delegatsiyalari O‘zbekistonda bo‘ldi. Bu esa qonun ijodkorligi faoliyatini o‘rganish va tajriba almashish bo‘yicha ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligi rivojlanib borayotganligidan darak beradi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar parlamentlararo hamkorlikni hamda xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytirish yuzasidan birgalikda olib borilayotgan ishlarni davom ettirish haqida kelishib oldi.
8O‘zbekiston
“Xato” to‘foni Hongkongga yetkazgan ziyon milliard dollardan ko‘proqqa baholanmoqda 23 avgust kuni Hongkongga yopirilgan va moliyaviy markaz hayotini falajlagan “Xato” to‘foni yetkazgan ziyon 4 mlrd dan 8 mlrd Hongkong dollarigacha (0,5 mlrd dan 1 mlrd dollardan ko‘proqqa) baholanmoqda. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.  23 avgustda Hongkong observatoriyasi to‘fon sababli 5 yil ichida birinchi marta xavflilikning eng yuqori – o‘ninchi darajasini e'lon qilgan. Umuman olganda bu ogohlantirish 1946 yildan beri o‘n ballik darajaning 15-marotaba e'lon qilinishidir. To‘fon Hongkong hukumatini fond birjasidagi savdolarni yopishga majbur qilgan. Bu orada Hongkong xalqaro aeroportiga ertalabki soat 5dan kechki soat 18.00gacha faqatgina bitta samolyot kelib qo‘ngan. 300 dan ortiq reyslar bekor qilingan. Hududdagi davlat idoralari, maktablar, restoranlar yopib qo‘yilgan. Sayyohlik sohasi ham katta ziyon ko‘rgan. Hongkongning yirik turoperatorlari o‘nlab turlarni qoldirishlariga yoki bekor qilishlariga to‘g‘ri kelgan.
2Dunyo
“Agrobank”ning yangi tirajli lotereyasida jami 22,5 milliard so`mlik yutuqlar o`ynaladi “Agrobank” OATBning “Farovonlik” pul-buyum yutuqli, tirajli lotereya biletlarini taklif etdi. Lotereya biletining har bir donasi 5000 so`m bo`lib, uning yutuqlar tiraji 2014 yil 20-21 dekabr kunlari Toshkent shahrida o`tkaziladi. Tirajda O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan 10 tadan 30 ta “Malibu”, “Captiva” va “Cobalt” rusumli avtomobillar, 10 ta TTZ transport traktorlari, 1725 ta televizor, 625 ta muzlatkich, 625 ta kondisioner, 625 ta kir yuvish mashinasi, 625 ta gaz plita hamda 1 113 735 ta pul yutuqlaridan iborat bo`lgan jami 22 502 344 150 so`mlik 1 118 000 ta pul va buyum yutuqlari o`ynaladi. Yutuqlar tiraji o`tkazilgandan keyin yutuqlar tirajining rasmiy jadvali “Qishloq hayoti” va “Xalq so`zi” ro`znomalarida chop etiladi hamda “Agrobank” OATBning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
5Jamiyat
Bayden va Si o‘rtasidagi muzokaralar: Xitoy AQShga Tayvanda o‘t bilan o‘ynashmaslikni maslahat bermoqda Si va Bayden uchrashuvi Amerika prezidenti lavozimiga kirishgan vaqtdan beri eng mazmunli uchrashuv bo‘ldi. Sammit ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishga qaratilgandi. Biroq Tayvanning o‘zini o‘zi boshqarish masalasini chetlab o‘tish imkonsiz edi. Xitoy Tayvanga isyonkor provinsiya sifatida qaraydi. Uning materik bilan qayta birlashishi vaqt masalasidir. AQSh Xitoyning pozitsiyasini tan oladi va u bilan rasmiy munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq shu bilan birga, Tayvanni ham qo‘llab-quvvatlab, Pekin tomonidan hujum sodir bo‘lganida unga yordam qilishga va'da beradi. Xitoy davlat nashri Global Times yozishicha, Si tomonlar o‘rtasidagi so‘nggi kelishmovchilikni «Tayvan rasmiylarining o‘z mustaqillik dasturida AQSh ko‘magidan foydalanish, shuningdek, ayrim amerikaliklarning Xitoyni ushlab turish uchun Tayvandan foydalanish» deb hisoblaydi. «Bu olov bilan o‘ynashish kabi xavfli. Kim olov o‘ynasa, kuyadi», - deyiladi maqolada. Oq uy esa o‘z navbatida Jo Bayden «status-kvoni o‘zgartirish va Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik hamda barqarorlikka putur yetkazish bo‘yicha bir tomonlama sa'y-harakatlarga keskin qarshi» ekanini ma'lum qildi. Keskin bayonotlarga qaramay, uchrashuv iliq salomlashuv bilan boshlandi. Si o‘zining «eski do‘sti» Baydenni ko‘rganidan xursand ekanini aytdi. AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ular Si Jinping bilan doim rost va ochiqchasiga muloqot qilishgan hamda muzokaralarni suhbatdosh nima o‘ylayotganini aniq bilgan holda yakunlashgan. Si Jinping esa so‘nggi vaqtlarda tez-tez bo‘lgani kabi mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash va muammolarni birgalikda hal etishni taklif qildi. «Insoniyat global qishloqda yashayapti va biz ko‘plab muammolarga duch kelmoqdamiz. Xitoy va AQSh muloqot hamda hamkorlikni kengaytirishi kerak», - dedi u. Yana nimalar muhokama qilindi? Dunyodagi ikkita eng qudratli mamlakatning bir qator masalalar yuzasidan fikrlari turlicha. Bayden AQSh Hongkong hamda shimoli-g‘arbiy hudud - Shinjonda inson huquqlari buzilishi borasidagi xavotirini bildirdi. Mazkur tanqidga javob tariqasida Xitoy AQShni ichki ishlarga aralashishda ayblamoqda. Bayden «amerikalik ishchi va sanoatni XXRning adolatsiz savdo hamda iqtisodiy amaliyotidan himoya qilish» zaruratini ham alohida qayd etdi. Si Jinping ham jim turmadi: Reuters agentligining ma'lum qilishicha, u Baydenga javob qaytardi va AQSh «Xitoy kompaniyalarini bostirish uchun milliy xavfsizlik konsepsiyasini suiiste'mol qilish»ga chek qo‘yishi zarurligini aytdi. Bu Baydenning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan keyin ikki rahbar o‘rtasidagi uchinchi muloqot bo‘ldi. Muzokaralar kutilganidan uzoqroq – uch yarim soat davom etdi. Si Jinping Covid-19 pandemiyasi boshlanganidan beri deyarli ikki yil Xitoyni tark etmadi. AQShning oldingi prezidenti Donald Tramp davrida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yomonlashgandi. Tomonlar ularni normallashtirish choralarini ko‘rmoqda: ikki qudratli davlat o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar nafaqat ularning o‘zi, balki butun dunyo uchun ham muhim. Shu bilan birga, har ikki rahbarning ham o‘z vatanida qiladigan ishlari bor: Baydenning reytinglari inflatsiya, koronavirus xavfi, Afg‘onistondan shoshilinch chiqib ketish va uning xaosga aylanishi tufayli keskin tushib ketdi. Si Jinpingda esa energetika resurslari tanqisligi va ko‘chmas mulk sohasida yuzaga kelayotgan inqiroz kabi masalalar bor. Tahlil Stiven MakDonell, BBC’ning Xitoydagi muxbiri Dunyoning ikkita eng qudratli yetakchilari ishtirok etgan ushbu uchrashuvning o‘tkazilishi har ikkala tomon fikriga ko‘ra, Pekin va Vashington o‘rtasidagi avvalgi ochiqchasiga dushmanlik ish bermagan va xavfli bo‘lganini ko‘rsatyapti. AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar shu darajada zaharli va nofunksional bo‘lganki, ushbu muhokamalarga Xitoy va AQSh o‘rtasidagi raqobat o‘zaro tushunmovchilik sababli dunyodagi eng qaynoq qurollangan mojaroga aylanib ketmasligining oldini olish uchun harakat deya qarash mumkin edi. Bir tomondan, AQSh va Xitoy yetakchilari o‘z mamlakatlarini ehtimoliy urushdan uzoqlashtirayotganidan xursand bo‘lish kerak. Boshqa tomondan bunga zarurat tug‘ildi va ular buni his qilishdi. Yaxshilab nazar solinsa, mamlakatlar munosabatlari anchadan beri iliq bo‘lib ko‘rinmayotgandi. Joriy yil mart oyida Alyaskada yuqori darajadagi uchrashuvlar vaqtida ro‘y bergan diplomatik keskinlikni yodga olish kifoya. O‘shanda uchrashuv ommaviy ayblov va kamsitishlar tufayli boshlanmay turib yakunlangandi. Bu qayta tiklashga urinishga o‘xshaydi va u global geosiyosiy munosabatlarni aniq o‘zgartiradi deya umid qilish uchun asoslar bor.
2Dunyo
Xitoylik ishqiboz MBA jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda katta pul yutib oldi Xitoy poytaxti Pekinda Nyu-Orlean Pelikans – Xyuston Rokets jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan bahsning tanaffus vaqti ishqibozlardan birida yaxshigina pul ishlab olish imkoniyati vujudga keldi. 1 000 000 Xitoy yuani (150 000 AQSh dollari) miqdoridagi pulni yutib olish uchun maydon markazidan turib savatchaga to‘pni tushirish lozim edi. Ushbu vazifani bajarish uchun ishqibozda bir nechta to‘p va belgilangan vaqt bor edi, ammo yigit ikkinchi urinishdanoq savatni nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi.
13Sport
«O`zavtosanoat» tarmoqlararo Cooperation Lab hamkorlik forumini tashkil qildi 23 yanvar kuni «O`zavtosanoat» AJ UzAuto Market innovasion maydonchasida 500 ga yaqin uskuna, butlovchi qismlar va xom-ashyo materiallari ishlab chiqaruvchi korxona vakillari, tadbirkor hamda o`zaro hamkorlikdan manfaatdor shaxslar ishtirokida tarmoqlararo Cooperation Lab hamkorlik forumi o`tkazildi. Bu haqda UzAuto Motors Axborot xizmati xabar berdi.  Forumda so`z olganlar Cooperation Lab hamkorlik platformasining maqsad-vazifalari, uning kelgusidagi faoliyati, avtomobilsozlik sanoatining rivojlanish strategiyasi hamda butlovchi qismlar importi, sohaning ayni kundagi salohiyati va imkoniyatlari, shuningdek, hozirgi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mavjud imkoniyatlari, qolaversa, kelgusida samarali hamkorlikni yo`lga qo`ymoqchi bo`lganlar uchun o`zaro manfaatli taklif va imtiyozlar haqida batafsil ma`lumot berishdi.  Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, «O`zavtosanoat» tizimida zarur uskuna va xom ashyolarni mahalliylashtirish darajasi 50 foizga etadi. Qolgani esa xorijdan import qilinadi. Bu ko`rsatgichni 2022 yilga qadar 80 foizga etkazish maqsad qilingan. Bugungi kunda O`zbekiston Markaziy Osiyoda barcha turdagi avtomobillar va tijorat transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yagona korxonadir. Hozirgi kunda sohada 80 dan ziyod korxonalar faoliyat ko`rsatmoqda, shuningdek, 200 dan ortiq xorijiy sheriklar bilan hamkorlik o`rnatilgan. Forum ochiq muzokaralar va qiziqarli savol-javoblarga boy bo`ldi. Yig`ilganlar uchun avtomobil bozoriga olib kiriladigan butlovchi qismlar, xom ashyo va materiallar ko`rgazmali tarzda namoyish etildi. Tadbir so`ngida ishtirokchilar uchun kofe-breyk tashkil etildi.
4Iqtisodiyot
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritildi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni mamlakat Konstitutsiyasiga sud tizimidagi yangilanishlarni ko‘zda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilishini tasdiqladi. O‘zgartishlar Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111 va 112-moddalariga taalluqli. Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoyat, ma’muriy va iqtisodiy sud tizimida yagona oliy sud hokimiyati organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi. Yangi institut — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud kengashi tashkil etilmoqda. U sud hamjamiyati organi hisoblanib, O‘zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsion tamoyillariga rioya etilishini ta’minlashda ko‘mak ko‘rsatadi. Qonun ayrim istisnolar, jumladan 1 iyundan amalga tadbiq etiluvchi ma’muriy va iqtisodiy sudlarning tashkil etilishini hisobga olingan holda 7 apreldan kuchga kirdi.
12Siyosat
La Liga. “Barselona” o‘z uyida raqibga javobsiz to‘rtta gol urdi, Ferran Torresdan dubl (video) Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 28-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 13-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. “Barselona” o‘z uyida “Osasuna”ni qabul qildi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Ferran Torres penaltini aniq amalga oshirgan holda katalonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay ispaniyalik futbolchi dublini nishonladi. 27-daqiqada Pyer-Emerik Obameyang hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 75-daqiqada Rikard Puch yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0. Ushbu g‘alaba evaziga “Barselona” ochkolarini 51 taga yetkazib oldi va uchinchi pog‘onada ketmoqda. “Osasuna” (35) 11-o‘rindan joy olgan. La Liga musobaqa jadvali, o‘yinlar taqvimi va to‘purarlar ro‘yxati shu yerda — ko‘rish. La Liga 28-tur bahslari 13-mart, yakshanba Gollar: 1:0 – 14, penalti Ferran Torres, 2:0 – 21 Ferran Torres, 3:0 – 27 Obameyang, 4:0 – 75 Puch. “Barselona”: ter Shtegen, Dani Alves, Pike (Langle, 62), Erik Garsiya, Alba (Mingesa, 79), Buskets, Pedri (Puch, 73), Gavi, Obameyang (Depay, 73), Dembele, Ferran Torres (Breytueyt, 80). “Osasuna”: Errera, Vidal, Xuan Krus, David Garsiya (Aridane, 46), Xose Anxel, Ruben Garsiya (Roberto Torres, 46), Torro (Unai Garsiya, 46), Martines (Brashanats, 73), Monkayola, Benito (Budimir, 67), Kike Garsiya. Ogohlantirishlar: Vidal (13), David Garsiya (15), Unai Garsiya (89), Brashanats (90). Gollar: 1:0 – 46 Bebe, 1:1 – 63 Dileyni. Gol: 1:0 – 20 Iglesias. Gol: 1:0 – 70 Subimendi.
13Sport
Qozog‘iston milliy banki bazaviy stavkasini 12 foizga oshirdi Qozog‘iston milliy banki jahon neft bozoridagi inqirozlar tufayli moliyaviy tizim barqarorligi uchun xavf-xatarlarning o‘sib borayotgani ortidan bazaviy stavkasini foiz punktida +/- 1,5 foiz yo‘lagi bilan 9,25 foizdan 12 foizgacha oshirishga qaror qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. 9-mart kuni hukumat va milliy bank hamkorlikdagi murojaatida global bozorlardagi vaziyatning salbiy oqibatlarini kamaytirish va respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqarorligini ta’minlash uchun zarur resurslarga ega ekanligini aytgan edi. Milliy bank, zarur bo‘lsa, inflyatsiya tezlashishini cheklash va tenge kursining haddan tashqari o‘zgaruvchanligining oldini olish uchun bazaviy stavkasini oshirishga va valyuta intervensiyasini o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Milliy bank rahbari Yorbolat Dosayev “Bazaviy stavkaning oshishi makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni saqlash, tashqi bozorlarning ichki narxlarga va dollarizatsiya darajasiga salbiy ta’sirining oldini olish uchun sharoit yaratadi”, —deya ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy bank tenge almashinuv kursining erkin suzuvchi rejimiga sodiqligini tasdiqlaydi. “Shunga qaramay, o‘zgaruvchan sharoitlarda moliyaviy tizimning barqarorligini ta’minlash uchun valyuta intervensiyasi amalga oshirilishi ehtimoldan xoli emas”, deya qo‘shimcha qildi u. Qozog‘iston milliy banki jahon iqtisodiyotida va xalqaro bozorlarda vaziyatning rivojlanishini yaqindan kuzatib boradi va agar kerak bo‘lsa, mamlakatning moliyaviy bozorida barqarorlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga tayyor, deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, 9-mart kuni jahonda neft narxining pasayishi tezlashib ketgani qayd etildi, xususan, ochiq savdolarda Brent markasidagi neft narxi 20 foizgacha tushdi. Dunyodagi neft narxining tushishi oqibatlariga qarshi kurashish uchun Qozog‘istonda maxsus shtab tuzildi.
2Dunyo
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifini boshladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7 iyul kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. «Namangan mamlakatimizning har tomonlama rivojlangan, eng go‘zal viloyatlaridan biri. Keyingi yillarda uning iqtisodiy salohiyati yanada oshib, shahar va qishloqlar obod bo‘lib bormoqda. Joriy yilning birinchi choragida yalpi hududiy mahsulot 8,7 foiz o‘sgan. Bu ulkan bunyodkorlik ishlariga asos bo‘lmoqda.  Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Qamchiq dovoni orqali 19 kilometrlik noyob tunnelni o‘z ichiga olgan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li ochilgani mamlakatimiz hayotidagi ulkan voqea bo‘ldi. Bu yo‘l ko‘plab iqtisodiy imkoniyatlar qatori Namangan viloyatining muhim tranzit hududiga aylanishini ham ta'minladi», deyilgan O‘zA xabarida.  Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2015 yil 24 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2016-2019 yillarda Namangan viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturiga muvofiq yuzlab investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ularning orasida umumiy qiymati 2 milliard 1 million dollarga teng bo‘lgan, 1800 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi alohida o‘rin tutadi. Ushbu elektr stansiyasi nafaqat Namangan viloyati, balki butun Farg‘ona vodiysida elektr energiyasiga bo‘lgan talab va ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi.  Pop tumanida 100 megavatt quvvatga ega bo‘lgan, umumiy qiymati 210 million dollarni tashkil etadigan quyosh elektr stansiyasini qurish, Mingbuloq tumanida 211 million dollarlik “Mingbuloq neft-gaz” konini o‘zlashtirish va boshqa investitsiya loyihalari viloyat iqtisodiyotini yangi bosqichga ko‘taradi.  Namanganda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi izchil rivojlanmoqda. Viloyat ishbilarmonlari xorijiy texnologiyalar asosida xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarib, eksportdan katta daromad topmoqda. Joriy yilning birinchi choragida 79 korxona tomonidan 17,4 million dollarlik eksport amalga oshirilgan. Eksportchi korxonalar safiga 19 yangi sub'yekt qo‘shilgan.  Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning barcha hududlari qatori Namangan viloyatini ham izchil rivojlantirish bo‘yicha ulkan reja va maqsadlarni bayon etgan edi.  Prezident Namanganga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishadi.
8O‘zbekiston
OAV: Shimoliy Koreya keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi KXDR Koreya xalq armiyasiga asos solinganining 85 yilligi sharafiga keng ko‘lamdagi otishmali harbiy mashqlar o‘tkazdi. Bu haqda Yonhap agentligiga Janubiy Koreya hukumatidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. “Shimoliy Koreya mamlakatning sharqiy qirg‘og‘idagi Vonsan shahrida keng ko‘lamli mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Ularda KXDR yetakchisi Kim Chen In ishtirok etgani taxmin qilinmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
2Dunyo
“Barselona” yana “Real”ga qarshi. “El-Klasiko” borasidagi bilimlaringizni sinab ko‘ring Kataloniyadagi tartibsizliklar tufayli qoldirilgan Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan “Barselona” hamda “Real” o‘rtasidagi uchrashuv 18-dekabr, chorshanba bo‘lib o‘tadi. “El-Klasiko” — millionlab muxlislar kutadigan uchrashuv. Ushbu bahsdan oldin “Daryo” muxlislarni ushbu to‘qnashuv borasidagi bilimlarini tekshirishga taklif etadi.  “El-Klasiko” oldidan murabbiylar va futbolchilar qanday fikrda? Testning yuklanishini biroz kuting!
13Sport
Davlat organlari tomonidan unitar korxonalarni tashkil etish taqiqlab qo‘yiladi Prezidentning “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda davlat va nodavlat korxonalarga teng sharoit yaratish uchun 2022 yil 1 apreldan boshlab: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga davlat unitar korxonalarini xatlovdan o‘tkazib, ularni 2022-2024 yillar davomida bosqichma-bosqich xo‘jalik jamiyatlariga aylantirish yoki davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
8O‘zbekiston
Microsoft dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Uning qiymati qariyb 2,5 trln dollarga yetgan Microsoft kompaniyasi Apple’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi, deb xabar beradi Meduza. 29-oktabrdagi savdolarda Microsoft aksiyalari 1 foizdan ortiqqa qimmatlagani sabab kompaniyaning umumiy kapitalizatsiyasi 2,46 trillion dollardan oshib ketgan. O‘z navbatida, Apple aksiyalari taxminan 4 foizga tushib ketdi: kompaniyaning qiymati 2,41 trillion dollarni tashkil etmoqda. Microsoft aksiyalari so‘nggi chorak bo‘yicha yaqinda chiqqan hisobot fonida ko‘tarilmoqda — kompaniya daromadi tarixiy rekordini o‘rnatgan. Tahlilchilarning hisoblashicha, yil oxiriga qadar natijalar tez rivojlanayotgan bulutli biznes hisobiga yaxshilanadi. Apple’ning chorak hisobotlari esa tahlilchilar kutganidan ham yomon bo‘lib chiqqan. Ma’lumot uchun, 2021-yil boshidan buyon Microsoft qiymati qariyb 50 foizga o‘sgan bo‘lsa, Apple’da ushbu ko‘rsatkich 16 foizni tashkil etdi. So‘nggi o‘n yillik ichida Microsoft eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida Apple’ni bir necha bor ortda qoldirdi, ammo bu har safar uzoq muddat davom etmagan. Shu kabi holat so‘nggi bor 2020-yilning yozida qayd etilgandi. Avvalroq Microsoft asoschisi Bill Geyts Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari reytingida to‘rtinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa tushib ketgani, Ilon Mask Forbes reytingi tarixidagi eng boy odamga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Bill Geyts bilan ajrashishi haqida ma’lum bo‘lgach, uning rafiqasi Melinda 3 mlrd dollarlik aksiyalarga ega bo‘ldi
2Dunyo
So‘rovnoma: O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy sizningcha qanday bo‘lishi kerak? Kecha — 7-sentabr kuni Samvel Babayan O‘FF bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Sizningcha, milliy terma jamoaning kelgusi bosh murabbiyi qanday bo‘lishi kerak? Error while processing playbuzz: 0
13Sport
Avstraliyada 71 ming marta chaqmoq chaqdi (video) Avstraliyaning Janubiy Kvinslend shtatida kuchli momaqaldiroq bo‘lib, 4 soat davomida Brisben shahri atrofida 71 ming marta chaqmoq chaqdi, deb yozmoqda The Watchers. “May oyida Kvinslendning janubi-sharqida kuchli momaqaldiroq bo‘lishi g‘alati. Shuningdek, osmonning yashil tusga kirishi ham odatiy hol emas. Lekin 12-may kuni bularning har ikkisi sodir bo‘ldi”, — deb xabar berdi meteorolog Ben Domezino. #WATCH: The fast and furious series of storms sweeping the south-east early this morning, bringing strong winds, heavy rain and quite the light show.@PeterFegan9 reports. #9News pic.twitter.com/x0Gjz7wacZ — 9News Queensland (@9NewsQueensland) May 11, 2021 Chaqmoqlarning 5400 tasi yerga urilib, qolganlari osmon va bulutlar orasida paydo bo‘ldi. It's time for a #ThrowbackThursday post: 24 hours ago, southern Queensland's skies were blackened by severe thunderstorms as this time-lapse video indicates. Presently, the skies over Brisbane are clear. Stay up to date with the latest #QLDweather https://t.co/rGe4v6Uf2B #TBT pic.twitter.com/oK0PqRgcXS — Bureau of Meteorology, Queensland (@BOM_Qld) May 13, 2021 Avvalroq Hindistondagi bo‘ron vaqtida yashin urishi oqibatida 18 ta fil halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Fillarning jasadlarini mamlakatning shimoli-sharqidagi Assam shtatining Nagaon shahri yaqinidagi qishloq aholisi topdi. Shtat rasmiylarining aytishicha, fillar Kandoli yovvoyi tabiat qo‘riqxonasiga yashin urishi oqibatida halok bo‘lgan.
2Dunyo
Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan buyuraman: 1. Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: professional mediator — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan (bundan buyon matnda maxsus o‘quv kursi deb yuritiladi) o‘tgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs hisoblanadi; Professional mediatorlar reyestri (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan yuritiladigan professional mediatorlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan, doimiy yangilab turiladigan yagona ma’lumotlar bazasi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi hududiy adliya organlari tomonidan Reyestr yuritilishini muvofiqlashtirib boradi. 3. Professional mediatorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritilishi professional mediatorning maqomini rasmiy tasdig‘i hisoblanadi hamda professional mediator to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish va bu haqda tegishli bildirishnoma berish orqali amalga oshiriladi. Reyestrni yuritishda professional mediatorning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 4. Professional mediatorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish uchun to‘lov undirilmaydi. 5. Reyestr har chorakda kamida bir marta yangilanishi kerak. 6. Shaxs maxsus o‘quv kursidan o‘tgandan so‘ng ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Reyestrga kiritish haqidagi ariza bilan doimiy yashash joyidagi hududiy adliya organiga murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnoma; maxsus o‘quv kursini tugatganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi. 7. Hujjatlar tegishli hududiy adliya organiga bevosita, pochta aloqa bo‘limi orqali yoki elektron shaklda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ular olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi. 8. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi. 9. Hududiy adliya organi 10 kun ichida taqdim etilgan hujjatlarga asosan ariza beruvchining O‘zbekiston Respublikasi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. Hududiy adliya organi ariza beruvchiga Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboradi. 10. Hududiy adliya organi hujjatlar tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilganda yoki hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda yoxud ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi talablariga muvofiq bo‘lmaganda Reyestrga kiritishni rad etadi. Hududiy adliya organi ariza beruvchiga Reyestrga kiritishni rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda bildirishnoma yuboradi. 11. Reyestr mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi. 12. Reyestrda professional mediatorlar to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: professional mediatorga berilgan tartib raqam; Reyestrga kiritilgan sana; professional mediatorning familiyasi, ismi, otasining ismi; professional mediatorning joylashgan eri va aloqa bog‘lashga doir ma’lumotlari (telefon raqami, elektron manzili); professional mediator ixtisoslashgan mediatsiya sohasi; professional mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir bo‘lgan til haqidagi ma’lumotlar; maxsus o‘quv kursini tugatganligi to‘g‘risidagi hujjat rekvizitlari; Reyestrdan chiqarilgan sana; qo‘shimcha ma’lumotlar. 13. Reyestrdagi ma’lumotlar o‘zgargan hollarda professional mediator uch ish kunida tegishli hududiy adliya organiga xabarnoma yuborishi kerak. Hududiy adliya organi mazkur xabarnoma asosida ikki ish kunida Reyestrga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi. 14. Professional mediator quyidagi hollarda Reyestrdan chiqarilishi mumkin: Reyestrdan chiqarish to‘g‘risida ariza berganda; vafot etganda; doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketganda; bir yildan ortiq muddat mobaynida u to‘g‘risida ma’lumot olish imkoni bo‘lmaganda, hududiy adliya organining tegishli tarkibiy tuzilmasi xulosasiga ko‘ra; O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan biri yuzaga kelganda. Professional mediatorni Reyestrdan chiqarish hududiy adliya organi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 15. Hududiy adliya organlari Reyestrdagi ma’lumotlarni davriy ravishda, ammo har chorakda kamida bir marta yangilaydi hamda umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi. Reyestr O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 16. Adliya boshqarmalari ma’lumotlarning Reyestrga to‘g‘ri, o‘z vaqtida kiritilishi va yangilanib borilishiga mas’ul hisoblanadi. 17. Professional mediator Reyestrga kiritish rad etilganligi, undan chiqarilganligidan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. 18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
10Qonunchilik
Air Baltic samolyoti Sheremetyevo aeroporti uchish-qo‘nish maydoni chetiga chiqib ketdi Air Baltic aviakompaniyasi samolyoti Moskvadagi Sheremetyevo aeroporti uchish-qo‘nish maydoni chetiga chiqib ketdi. Bu haqda favqulodda xizmatlardagi manba ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. “Samolyot Sheremetyevo uchish-qo‘nish maydoni chetiga chiqib ketdi. Maydon soat 18 gacha yopib qo‘yildi”, — dedi manba. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
2Dunyo
Sog‘liqni saqlash sohasida Britaniya texnologiyalaridan foydalaniladi O‘zbekiston Respublikasi innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va Crown Agens Limited kompaniyasi (Buyuk Britaniya) o‘rtasida tibbiyot sektorida hamkorlik qilishga doir Anglashuv memorandumi imzolandi.  Milliy palata matbuot xizmatining xabar berishicha, hujjat Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi Ravshan Izamov va Crown Agens Limited kompaniyasining Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy menejyeri Olga Silvestrova tomonidan imzolangan. Memorandum O‘zbekiston-Britaniya kengashining savdo va sanoat bo‘yicha 24-yig‘ilishi doirasida imzolandi.  Tadbir doirasida tomonlar O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sektorida Britaniya kompaniyasi texnologiyalari asosidagi uchuvchi loyihani amalga oshirishga doir kelishuvga erishildi.  Ta'kidlash joizki, Crown Agens Buyuk Britaniyada 1838 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. Kompaniyaning blokcheyn texnologiyasini qo‘llovchi raqamli platformasi tovarlar, xususan dori vositalari va tibbiyot uskunalarini iste'molchigacha yetkazib berish zanjirini kuzatish imkonini beradi. Kompaniya BAA va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida mazkur texnologiyalar qo‘llanuvchi innovatsion loyihani amalga oshirgan. Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasidagi tub islohotlarni inobatga olgan holda, Crown Agens ayni damda bunday yo‘nalishdagi loyihani O‘zbekistonda ham amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaydi.
8O‘zbekiston
BMT bosh kotibi iyun oyida Markaziy Osiyoga keladi BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish shu yilning iyunida Markaziy Osiyoga keladi. Bu haqda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganov ma'lumot berdi. «Iyun oyining birinchi yarmida BMTning yangi bosh kotibi Antoniu Gutterish Markaziy Osiyoda bo‘ladi», - deya qayd etgan Draganov. «Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining mintaqa millatlariga katta e'tiboridan va mavjud muammolarni hal qilishda yordam ko‘rsatishga tayyorligidan darakdir», -degan u.
2Dunyo
Samarqanddagi qabristonda yong'in sodir bo'ldi Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi qabristonda 8 iyun kuni yong'in sodir bo'ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma'lumot berdi. Keltirilishicha, soat 15:01 da tumanning Mustaqillik mahallasida joylashgan “Qang'li” qabristonida yong'in sodir bo'layotgani haqida tuman FV bo'limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko'ra, 2 ta yong'in-qutqaruv ekipaji soat 15:05 da voqea joyiga yetib borib, yong'in soat 15:28 da bartaraf etilgan. Yong'in oqibatida taxminan 4 sotix maydonda quruq o't yongan. Hozirda yong'in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo'lganlar yo'q. Avvalroq Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahrida qabristonda yong'in sodir bo'lgani xabar qilingandi. Bundan tashqari, viloyatning Qo'shrabot tumanidagi qabristonda ham yong'in sodir bo'lgan.
5Jamiyat
Bojxona organlarida majburiy xizmatni o‘tash borasidagi nizom tasdiqlandi “Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni o‘tash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi qarori qabul qilindi. Qaror bilan Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni o‘tash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur nizom Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutini Davlat budjeti va Davlat bojxona qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan tamomlagan va majburiy xizmat o‘tash uchun davlat bojxona xizmati organlariga, shuningdek DBQ tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. Nizomga muvofiq, kursant o‘qishni tamomlagandan keyin besh kalendar yil mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek DBQ tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilganda majburiy xizmat o‘tashga majbur. Kursant o‘qishga kabul qilinishi bilan DBQ o‘rtasida o‘qishni tamomlagandan keyin besh kalendar yili mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek boshqa davlat idoralarida majburiy xizmat o‘talishi haqida shartnoma tuziladi. Shartnoma tuzishni rad etgan kursant kursantlar safidan chiqariladi. O‘qish uchun sarflangan mablag‘lar bir o‘quv yili uchun, kalendar yil hisobida kursantlar safidan chiqarilgan (xizmatdan bo‘shatilgan) sanada amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida undiriladi. Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda, qoplanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, kursant (xodim): • davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tagan bo‘lsa, tegishli DBQning tarkibiy tuzilmalari; • boshqa davlat idoralarida xizmatni o‘tagan taqdirda DBQ tomonidan hisoblanadi. Kursant (xodim) tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasa, o‘qishga sarflangan mablag‘lar: • to‘rt yillik o‘qish davrining kursantlar safidan chiqarilgunga qadar bo‘lgan davriga; • besh yillik majburiy xizmatni o‘tamagan davriga nisbatan mos ravishda undiriladi. O‘qish uchun sarflangan mablag‘lar xizmatdan bo‘shatish haqida buyruq imzolangan sanadan boshlab 30 kalendar kun ichida qoplanishi lozim. Belgilangan muddatda qoplanmagan mablag‘lar sud orqali undiriladi. Qoplanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni to‘lagan xodim xizmatga tiklangan yoki qayta qabul qilingan taqdirda undan undirilgan pul mablag‘lari to‘liq qaytariladi. Quyidagi hollarda kursantga sarflangai mablag‘lar qoplanmaydi:  • kursant (xodim) vafot etishi, bedarak yo‘qolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb e'lon qilinganligi munosabati bilan davlat bojxona xizmati organlari shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan kunidan boshlab; • kursant (xodim) davlat bojxona xizmati organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat o‘zgarishlari sababli bo‘shatilganda; • kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi bo‘lib, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan taqdirda.
8O‘zbekiston
Chili sohillarida 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi Chili sohillaridan shimolda 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Yer silkinishi 27-noyabr, juma kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 18:00 da qayd etildi. Zilzila epimarkazi Antofagasta shahridan 132 kilometr janubi-g‘arbda, uning o‘chog‘i esa 28,9 kilometr chuqurlikda joylashdi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmadi.
2Dunyo
Yirik miqdordagi ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi Bosh boshqarma xabariga ko‘ra, tadbir davomida “Appartak” ko‘mir koni postidan Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi M.E. “HOWO” yuk avtomashinasida yuk xatiga asosan 35 tonna ko‘mir mahsulotini davlat idorasiga qarashli xo‘jalik oshxonasiga olib chiqib ketayotganda, shubha uyg‘otganligi sababli, ortidan kuzatib borilgan. Kuzatuv davomida mazkur yuk avtomashinasi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ko‘mirni boshqa joyga olib ketayotganligi aniqlangan. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, davlat idorasi xodimi, Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi M.X. ushbu ko‘mir mahsulotini Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Maxsus ta'minot” MChJga olib borib sotmoqchi bo‘lgani aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Mazkur ko‘mir nazorat tartibida tarozida o‘lchab ko‘rilganda, 36 tonna 800 kg.ni tashkil etishi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda. Bundan tashqari, joriy yilning 1 yanvar kuni Angren temir yo‘l bekati navbatchisi “Angren-Xovos” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan elektrovoz yuk poyezdi tarkibida 49ta usti yarim ochiq ko‘mir ortilgan yuk vagonlari bilan “Angren-Obliq” hamda “Obliq-Aqcha” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida havo magistral bosimining tushib ketishi natijasida to‘xtab qolganligi haqida xabar bergan. Xabarga asosan zudlik bilan voqea joyiga borilganda, “Angren-Aqcha” temir yo‘l bekatlari oralig‘i 95-km.da temir yo‘l izining yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tomonida taxminan 300-400 kg ko‘mir to‘kilganligi aniqlangan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida havo magistral kranini tortib, yuk poyezdini to‘xtatgan va ko‘mirni poyezddan tushirgan fuqaro Angren shahrida yashovchi U.R. ekanligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
8O‘zbekiston
​BIR QATOR SAN`ATKORLAR OQQO`RG`ONDAGI PAXTA DALALARIDA BO`LIShDI Bugungi kunda paxta dalalarida mamlakatimiz istiqboli va iqtisodiyoti rivojlanishi uchun samarali mehnat qilayotgan paxtakorlarimizning madaniy hordiq chiqarishlari uchun Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan ijodkor, ziyolilardan iborat targ`ibotchilar bilan ma`naviy, ma`rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazidan Shaxnoza Tojiddinovaning xabar berishicha, Markaz targ`ibotchilari bugun Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani paxta dalalarida bo`lishdi. Targ`ibotchilar guruhidan el suygan san`atkorlar O`zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan aktyor Mehriddin Raxmatov, xonanda Rustam Muhammadiev, Nihol mukofoti sovrindori Mashhurbek Raimjonov, shoirlar Adhamqul Karimov, Botir Ergashev, teatr aktyori Muzaffar Hamidovlar joy olishdi..
7Madaniyat
Britaniyada koronavirusga chalingan erkak saratondan tuzaldi Britaniyada onkologik kasalligi bor 61 yoshli erkak koronavirusdan tuzalgach, undagi saratonning barcha belgilari g‘oyib bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Ekspertlarning fikricha, mazkur holat juda kamyob hisoblanadi, shuningdek, taxminlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bemor organizmidagi saraton hujayralarini yo‘q qilgan bo‘lishi mumkin. Bemorga Xojkin limfomasi tashxisi qo‘yilgan va kimyo terapiya kurs belgilangan, biroq davolash ishlari boshlanishidan oldin u koronavirusga chalingani sabab kurslardan o‘ta olmagan. Koronavirus bo‘yicha salbiy test natijasini olgach, erkak onkologiya tekshiruvidan o‘tgan va uning organizmida saraton hujayralari yo‘qligi aniqlangan. “Bizningcha, koronavirus o‘simtaga qarshi immun javobini qo‘zg‘atgan”, — deydi Kornuoll qirollik kasalxonasi shifokori Sara Challoner. Taxminlarga ko‘ra, erkak organizmida ko‘plab T-hujayralar bo‘lgan — infeksiyaning virusli hujayralarini yo‘q qilishga qodir oq qon tanachalari. Bundan tashqari, tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, ayrim holatlarda infeksiya saratonni bostirishi mumkin. Bu kabi holat 1893-yilda qayd etilgan. Avvalroq Germaniyada miya saratoniga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
14Texnologiya
“O‘zekspomarkaz”da uchta xalqaro ko‘rgazma ochildi (Foto) Avval xabar berganimizdek, “O‘zekspomarkaz”da “O‘zbekiston infratuzilmasi – Uzbekistan Infrastructure 2013” Xalqaro O‘zbekiston tarmoqlararo ko‘rgazma loyihasi doirasida bir yo‘la uchta – “Transport va Logistika – TransUzbekistan 2013”, “Avtomobillar, butlovchi qismlar, servis uskunalari – Auto&Parts Uzbekistan 2013” hamda “Yo‘l qurilishi va kommunal texnika – UzComak 2013” xalqaro ko‘rgazmalari ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. “Uzbekistan Infrastructure – 2013” ko‘rgazmalari avtomobilsozlik, transport va logistika, qurilish sohalarining barcha zamonaviy yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan. Unda zamonaviy transport texnologiyalari, avtomobil, temir yo‘l, dengiz va daryo transporti, elektrik mashinalar va butlovchi qismlar, yo‘lovchi va yuk tashish, logistika, kuryerlik va axborot xizmati, yuk transporti uskunalari, nazorat tizimlari va texnik xizmat ko‘rsatishga oid ko‘plab bo‘limlar ishlab turibdi. Ko‘rgazmalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi tomonidan “ITE Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazma kompaniyaci ko‘magida tashkil etildi. Foto © O‘zA
8O‘zbekiston
Oybek Tursunov “Kapitalbank”dagi ulushini 50 foizga oshirdi Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov “Kapitalbank” ustav fondidagi ulushini 50 foizga oshirdi. Bu haqda fond birjasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, birjadan tashqari bitim 29-oktabr kuni tuzildi. Aksiyador aksiyalar umumiy sonining 34,1 foizi — 112,49 million oddiy bank aksiyalarini sotib oldi. Bunga qadar u 52,43 million aksiyaga egalik kelgan. 2019-yilda asosiy aksiyadori Oybek Tursunov bo‘lgan kompaniya ilk bor “Kapitalbank”ning 40,13 million, ya’ni 31 foiz aksiyalarini sotib olgandi. O‘sha yili ushbu bitim bank sektoridagi eng yirik bitimlardan biri bo‘lgan. Oybek Tursunov, shuningdek, 2020-yilda Uzcard ustav fondining 75 foiz aksiyalarini sotib olgandi. Biroq keyinchalik 51 foizlik boshqaruv paketi Milliy bankka, yana 6 foizdan aksiyalar boshqa to‘rtta — “Sanoatqurilishbank”, “Asakabank”, “Ipotekabank” va “Aloqabank”ka o‘tkazilgan.  O‘zbekistondagi banklar indeksi yangilandi. Birinchi o‘rinlar “Kapitalbank” va “Davrbank”ka nasib etdi
8O‘zbekiston
Afg‘oniston parlamenti yana ikki vazirni chetlashtirdi Afg‘oniston parlamenti 13-noyabr kuni transport va ta’lim vazirlarini egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda. Bu qarorni parlament yig‘ilishida quyi palata raisi Abdulla Rauf Ibrohimiy e’lon qildi. Aytilishicha, vazirlarning ish samaradorligi past bo‘lgani bois ularning iste’fosi to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Kecha, 12-noyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy, jamoat ishlari vaziri Mahmud Balig‘, mehnat, ijtimoiy ta’minot, urush qurbonlari va nogironlar ishlari bo‘yicha vazir Nasrin Oryaxil parlamentda yetarli miqdorda ishonch ovozlarini to‘play olmagan edi. Yakshanba kuni faqat moliya vaziri Eklil Hakimiy lavozimini saqlab qola oldi.
2Dunyo
4 iyul kuni O‘zbekistonda 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi, 475 ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 475 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 4 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 113 072 nafarni tashkil etmoqda. Kecha 304 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 109 068 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 751 nafarni tashkil qildi.
11Salomatlik
Yangi yil kuni qor yog‘ishi kutilmayapti 31 dekabr kuni O‘zbekiston hududida quruq va iliq havo hukmron bo‘lishi, Yangi yilning birinchi kuni esa respublika bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati e’lon qilgan O‘zgidromet hisobotida bu haqda so‘z boradi. Tungi harorat 0 daraja atrofida, kunduzi esa +6…+9 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. So‘nggi 50 yildagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda 31 dekabr kuni o‘rtacha 4−5 yilda, 1 yanvarda esa 2−3 yilda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. «Bu yog‘ingarchiliklar har doim ham qor ko‘rinishida bo‘lavermaydi, Yangi yil kechasida qor yog‘ishi esa noyob holat, — deya qayd etadi sinoptiklar. — Bizning O‘rta Osiyo iqlimiga xos holat bu. So‘nggi yillarda butun dunyoda kuzatilayotgan global isish natijasida iliq qishlar soni o‘smoqda va mos ravishda qor ko‘rinishidagi qishki yog‘ingarchiliklar ulushi kamaymoqda». Meteorologik kuzatuvlar tarixida Toshkentda eng sovuq Yangi yil kechasi 1889 yilda kuzatilgan — 28 daraja sovuq. So‘nggi 50 yil davomida Toshkentda bu kabi past harorat kuzatilmadi va bu davr ichida eng sovuq kecha 1991 yil 1 yanvarida qayd etildi. O‘sha vaqtda Toshkentda harorat 13 daraja sovuqni tashkil etgan. 2009 dan 2010 yilga va 2015 dan 2016 yilga o‘tishda kunduzgi harorat 18−19 darajaga qadar ko‘tarilgan. So‘nggi yillar davomida 2017 yilning birinchi kuni eng qorli bo‘lgan edi. Qor Yangi yil kechasi yog‘ishni boshlab, 1 yanvarda kun bo‘yi tinmadi. «Shunday yillar bo‘ladiki, qor avvalroq yog‘adi va qor qoplamasi Yangi yil bayrami kunlari ham erimay turadi. Oxirgi marta 2011−2012 yillarda shunday holat kuzatildi. O‘shanda ob-havo O‘zbekiston aholisida yangi yil kayfiyatini tortiq etish bo‘yicha o‘z majburiyatini avvaldan bajargan edi. Eski yilning so‘nggi haftasida bir necha marta qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar kuzatildi va 27 dekabrga kelib daraxtlardagi momiq qor shaharni bezadi va haqiqiy qish ertagini yodga soldi», — deya ta’kidladi sinoptiklar.
5Jamiyat
Yangi Opel Insignia haydovchi ko‘nikmalariga moslashadi Germaniyaning Opel kompaniyasi yangi avlod Insignia xetchbekini namoyish etdi. U Grand Sport deb nomlangan. Modelning platformasi yangilangan bo‘lib, moslashuvchi shassiga ham ega bo‘lgan. Bu shassi har bir haydovchining avtomobilni boshqarish uslubiga moslasha oladi.  Yangi avlod Opel Insignia kelgusi yil mart oyida Jyenevada bo‘lib o‘tadigan motorshouda rasman taqdim etiladi.  Insignia modeli Chevrolet Malibu avtomobiliga asos bo‘lgan yangi E2XX platformada ishlab chiqilgan. U avvalgisidan 55 mm uzunroq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, uning g‘ildiraklar bazasi ham 92 mmga kengayadi. G‘ildiraklar o‘lchami ham 10 mmga kattalashadi. Shu bilan birga, qanotlari chegarasi 30 mmga pasayadi. Model ayrim namunalarida avvalgisidan 175 kg yengilroq bo‘ladi.  Xetchbek barcha g‘ildiraklarni yetakchiga aylantiradigan yangi tizimga ham ega bo‘lgan.  FlexRide moslashuvchan shassisida uchta: Standard, Sport va Tour tartibi bo‘lib, haydovchi o‘zi istaganini tanlay oladi. Shundan so‘ng, amortizatorlar, rul boshqaruvi, sakkiz bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi, barqarorlashtirish tizimlari va tezlik pedali sozlanmalari o‘zgaradi. Bundan tashqari, avtomobil elektronikasi haydovchining boshqarish uslubini tahlil qilgan holda yangi sozlanmani ham ishlab chiqishi mumkin.
14Texnologiya
Farg‘onada Damas hamda MAN yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi Farg‘onada Damas va MAN yuk mashinasi to‘qnashib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat YHXB. Ma’lum qilinishicha, 12-yanvar kuni fuqaro J.P. Damas rusumli avtomashinasini O‘zbekiston tumani Daxana-Qaqir qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan M.Z. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida Damas haydovchisi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Avvalroq Farg‘onada Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgani, Navoiyda Matiz ag‘darilib ketishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgani hamda Namanganda Nexia va Cobalt to‘qnashuvi oqibatida haydovchilarning biri vafot etgani haqida xabar berilgandi.
0Avto
Markaziy saylov komissiyasining faoliyati asosiy tamoyillari nimalardan iborat? O‘zbekistonda 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Yuridik fanlar doktori, professor Shuhrat Ro‘zinazarov mazkur siyosiy jarayonni o‘tkazishda yetakchi tuzilma bo‘lgan Markaziy saylov komissiyasining o‘rni, uning faoliyati asosiy tamoyillari haqida “Daryo”ga quyidagilarni so‘zlab berdi.  — Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini tashkil etishning eng muhim tamoyillari — mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik Asosiy Qonunda qat’iy mustahkamlab qo‘yilgan. 2014-yil sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunga ham tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi. Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 512-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi, saylov komissiyalari, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek, ularning ishiga to‘siqlarni yuzaga keltirish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining 10 barobaridan 15 barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Markaziy saylov komissiyasi faoliyatida qonuniylik tamoyilining roli beqiyos. Komissiya va uning a’zolari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, saylov, referendum to‘g‘risidagi qonunlarga hamda boshqa qonunlarga amal qiladi. Markaziy saylov komissiyasi faoliyatida qonuniylik tamoyili nafaqat milliy saylov qonunchiligimizga, qolaversa, umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlariga amal qilish bilan uzviy bog‘liq. Shu bois Markaziy saylov komissiyasi faoliyatida qonuniylik tamoyilining ta’minlanishi demokratik saylovlarni xalqaro standartlar va milliy saylov qonun hujjatlari normalari asosida tashkil etish hamda o‘tkazish uchun sharoit yaratadi.  Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan yangilikka ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi, saylov komissiyalari, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar qarorlarini ijro etmaslik, nomzod, ishonchli vakil, kuzatuvchi yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, saylovoldi tashviqotini, referendumga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini buzish, nomzodlar, siyosiy partiyalar to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish, saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko‘rish va saylov yoki referendum o‘tkazish jarayonida axborot hamda tashviqot materiallarini qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish uchun javobgarlik nazarda tutiladi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 146-moddasida saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, 147-moddasida esa saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilishga bag‘ishlangan huquqiy normalar o‘z ifodasini topgan. Bu esa saylov qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Kollegiallik tamoyili Markaziy saylov komissiyasi vakolatlariga kiruvchi masalalarni uning barcha a’zosi ishtirokida hal qilinishini anglatib, jamiyat manfaatlariga bo‘ysunishining kafolati hisoblanadi. Bu tamoyilga rioya qilish Komissiya majlislarini o‘tkazish tartibida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, masalalarni erkin muhokama etishda Komissiya barcha a’zosining teng ishtirokini ta’minlashni anglatadi. Markaziy saylov komissiyasi ishining tashkiliy ko‘rinishi uning majlislari sanaladi hamda ular zaruratga qarab o‘tkaziladi. Agar majlisda komissiya a’zolari umumiy miqdorining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan bo‘lsa, u vakolatli hisoblanadi. Markaziy saylov komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish orqali, komissiya a’zolari umumiy miqdorining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.  “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga binoan, Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini oshkora amalga oshiradi. Komissiya majlislari ochiq o‘tkazilib, ularda siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan va harakatlardan kuzatuvchilar hozir bo‘lishi mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan, butun saylov kampaniyasi keng oshkoralik asosida o‘tkaziladi. Har bir saylovchi saylov davomida saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi, komissiyalar joylashgan manzil va ish vaqti, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlariga doir axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Tegishli saylov komissiyalarining saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi, shuningdek, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi qarorlari matbuotda e’lon qilinadi. Markaziy saylov komissiyasi nomzodlar, siyosiy partiyalarni saylov kampaniyasini o‘tkazish uchun teng shart-sharoitlar bilan ta’minlash, saylovga, referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining adolatli taqsimlanishini, ovoz berishning va saylov, referendum yakunlarini chiqarishning halol bo‘lishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
8O‘zbekiston
Tataristonda ro‘y bergan YTH qurbonlari soni 14 kishiga yetdi Tataristonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida ro‘y bergan YTH qurbonlari soni 14 kishiga yetdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Dastlab 13 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi. Mintaqaning tergov qo‘mitasi vakili Elvira Gazirovaning so‘zlariga qaraganda, o‘n to‘rtinchi qurbonning tanasi avtobus ichidan olib chiqildi.
2Dunyo
La Liga. Grizmann “Atletiko”ga, Messi esa “Barselona”ga g‘alaba keltirdi (video) 16-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida 4 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi. Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi “Rayo Valyekano” maydoniga safar qildi. Uchrashuvdagi yagona gol 74-daqiqada urildi. Unga Antuan Grizmann mualliflik qildi. Shu tariqa “Atletiko” mehmonda kichik hisobda g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi. Shu kuni musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Valyadolid” bilan jang qildi. Uchrashuvning 43-daqiqasida Messi tomonidan penaltidan kiritilgan gol “ko‘k-anor ranglilar”ga g‘alabani taqdim etdi. La Liga 24-tur bahslari 16-fevral, shanba Gollar: 0:1 — 20 Morales, 0:2 — 40 Koke, 0:3 — 62 Morales, 1:3 — 88, penalti, Mendes, 1:4 — 89 Mayoral Gol: 0:1 — 74 Grizmann Gollar: 1:0 — 50 Oyarsabal, 2:0 — 59 Oyarsabal, 3:0 — 75 Joze Gol: 1:0 — 43, penalti, Messi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Yangi risola: «2017 yil ‒ shiddatli islohotlar yili» O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Bosh prokuratura va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan hamkorlikda «2017 yil ‒ shiddatli islohotlar yili» risolasi tayyorlandi, deb yozadi Adliya vazirligi axborot xizmati Mazkur risola o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yil davomida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan islohotlar tahliliga chuqur va atroflicha to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, undagi ma'lumotlar qisqacha axborot shaklida, infografikalar ko‘rinishida hamda fotosuratlar orqali taqdim etilgan. Risolaning asosiy qismida o‘tgan bir yil davomida davlat hokimiyati va boshqaruvi, sud-huquq, qishloq xo‘jaligi, neft va gaz, kimyo, konchilik, energetika, qurilish, arxitektura, sog‘liqni saqlash, yo‘l-transport, to‘qimachilik, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilgan muhim ishlar, shuningdek, Davlat rahbarining 2017 yil davomida xorijiy davlatlarga qilgan tashriflari hamda O‘zbekistonga tashrif buyurgan bir necha davlat rahbarlari va nufuzli xalqaro tashkilotlar yetakchilari haqidagi ma'lumotlar hamda ular o‘rtasidagi kelishuvlar batafsil yoritilgan. Mazkur risolaning yana bir o‘ziga xos muhim jihati shundaki, unda chet el siyosatchilari, tahlilchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga bergan baholari va bildirgan fikr-mulohazalariga keng o‘rin berilgan. Qo‘shimcha ma'lumot uchun Adliya vazirligi huzuridagi «Adolat» nashriyotiga murojaat qilishingiz mumkin. Telefon: 0 (371) 268-28-56, 268-28-57. Faks: 0 (371) 268-28-43, 268-28-41.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistratura uchun qabul boshlandi Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Toshkent davlat agrar universitetiga 2018/2019-o‘quv yili qabuli uchun qo‘shimcha kvotalar ajratildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Mazkur oliy o‘quv yurtlarida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlariga muvofiq magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 15 nafar talaba “Suv sifatni boshqarish” (Michigan universiteti, AQSH), “Intellektual datchiklar va texnologiyalar” (Michigan universiteti, AQSH),“Atrof-muhit muhofazasi” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha, Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xo‘jaligi universiteti, Slovakiya) mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi. Toshkent davlat agrar universitetida Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti (Germaniya) bilan hamkorlikda “Agrar menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha 15 nafar talaba saralab olinadi. Ushbu qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistrlar tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha hujjatlar 2018-yilning 10-avgustiga qadar qabul qilinadi. Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish respublika oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olib boriladi. Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda TESL — “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” akademik dasturi bo‘yicha bir yillik magistraturaga 100 nafar talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Vebster universitetining O‘zDJTUdagi magistraturasiga qabul joriy yilning 1-avgustidan 20-avgustiga qadar davom etadi.
14Texnologiya
Xrushchyovning nabirasi Moskvada halok bo‘ldi KPSS Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi Nikita Xrushchyovning nabirasi va asrandi qizi Yuliyani Moskva shahrida elektrichka urib ketdi, shundan so‘ng u halok bo‘ldi. Bu haqda huquq-tartibot organlariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, hodisa “Solnechnaya” stansiyasida yuz bergan. 77 yoshli Yuliya Xrushchyova Vnukovo—Moskva poyezdining urib ketishi oqibatida olgan jarohatlari tufayli halok bo‘ldi. Yuliya Xrushchyova 1940-yilda Nikita Xrushchyovning o‘g‘li Leonid Xrushchyov oilasida dunyoga kelgan. Leonid Xrushchyov frontda bedarak yo‘qolgandan so‘ng, Nikita Xrushchyov uni asrab olgan edi.
2Dunyo
Urganchlik kollej talabasi Ukraina ordeni bilan mukofotlandi Xorazm viloyatidagi Urganch kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Boburbek Egamberdiyev “Kraina” Butunukraina fuqarolik tashkilotining “Za Rozbudovu Ukraini” (“Ukraina rivoji uchun”) ordeni bilan taqdirlandi. Endigina 18 yoshga qadam qo‘ygan Boburbekning til o‘rganish, ilm cho‘qqilarini egallashda erishayotgan yutuqlariga barcha tengdoshlari havas qilsa arzigulik. U o‘tgan yil Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan rus tili va adabiyoti bo‘yicha Xalqaro olimpiadada nominatsiya g‘olibi, joriy yilda Tatariston poytaxti Qozon shahrida tashkil qilingan tatar tili va adabiyoti Xalqaro olimpiadasida 2-o‘rin sohibi bo‘ldi, deb yozadi “Xalq so‘zi” nashri. Boburbekning xorijiy tillarni o‘rganish orqali yoshlar o‘rtasida xalqaro hamdo‘stlikni mustahkamlash, ilm-fanga qiziqishini kuchaytirish bo‘yicha qator maqolalari xorijiy nashrlarda chop etilgan. Hamyurtimizning ijodiy izlanishlari munosib e'tirof etilib o‘tgan yilda Fransiyaning “Euro Star-2017” mukofoti sohibi bo‘lgan edi. Yaqinda esa “Kraina” Butunukraina fuqarolik tashkiloti Boburbek Egamberdiyevni “Za Rozbudovu Ukraini” ordeni bilan taqdirladi. Yosh tadqiqotchi o‘zbek va ukrain tillari nazariyasini o‘rganish, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda erishgan yutuqlari uchun ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi.
5Jamiyat
Chempionlik poygasi dekabrda tugadi. APLda tur yakunlari «Tribuna» Angliya chempionatining 16-turi yakunlarini tahlil qiladi. MANCheSTeR DeRBISI O‘tgan yilning sentabrida «Manchester Yunayted» «Old Trafford»da «shaharlik»larga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. O‘sha o‘yindan keyin jamoa o‘z maydonida 40 o‘yin o‘tkazdi va biror marta ham mag‘lubiyatga uchramasdan, ajoyib seriya qayd etdi. Mana shu qirq o‘yinda hech qaysi jamoa «Manchester Yunayted» darvozasini ikki bor nishonga olishning uddasidan chiqa olmagandi. Bunga yana Mourino o‘z murabbiylik faoliyatida biror marta ham yakshanba kunga belgilangan uy uchrashuvida mag‘lubiyatga uchramaganini, «MYu» bu mavsumda o‘z maydonida yuz foizlik natija qayd etib turgan yagona jamoa bo‘lganini ham e'tiborga olsak, «Manchester Siti» bir zarba bilan mezbonlarning bir qancha seriyalariga barham bera olishganini aytishimiz mumkin. Juda katta ahamiyat kasb etgan o‘yinda har uch gol ham himoyachilarning qo‘pol xatolaridan so‘ng kiritilgani biroz g‘alati. O‘yindan oldin Gvardiola raqib futbolchilarining jismoniy ko‘rsatkichlariga e'tibor qaratgan va standart vaziyatlarda mezbonlarning ustunligini taxmin qilgandi. Aksincha, «Siti» har ikki golni ham standart vaziyatdan so‘ng kiritdi. Har ikki vaziyatda ham himoyachilarga yordamga kelgan Romelu Lukaku to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi va avvaliga, Silva, keyin esa, Otamendi yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qilishdi. Shu o‘rinda, «Manchester Siti» o‘tgan turda ham «Vest Hem» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonganliklari va o‘sha o‘yinda ham gollarni aynan Otamendi va Silva kiritganini e'tirof etish kerak. Mezbonlarning yagona goli ham himoyachilar xatosi mahsulidir. Fabian Delf jarima maydoniga yuqorilatib oshirilgan to‘pni darvozabonga beraman deb, to‘pga ko‘ngildagidek egalik qila olmadi va vaziyatni poylab turgan Markus Reshfordni Ederson qarshisida yolg‘iz qoldirdi. Gollardan tashqari, o‘yin davomida Lukaku, Reshford, Bernardu Silva va Leroy Sane juda qulay imkoniyatlarga ega bo‘lishdi, bu vaziyatlarda darvozabonlarning qo‘li baland keldi. Shuningdek, Gabriyel Jyezus va Ander Erreraning o‘xshash vaziyatda jarima maydonida yiqilib tushishlari hakam tomonidan bee'tibor qoldirildi. Endi «Manchester Siti» yaqin ta'qibchisidan 11 ochkolik farq bilan oldinga chiqib oldi – bu farq turdan-turga oshayotganini e'tiborga olsak, Pep Gvardiola shogirdlari chempionlikni faqat o‘z ayblari bilangina boy berib qo‘yishlari mumkin xolos.   LONDON KURAShDAN ChIQDIMI? Manchester jamoalarining o‘zaro o‘yinidan, ularni ta'qib qilayotgan London jamoalari foydalana olmadi. «Vest Hem» mehmoni bo‘lgan Antonio Konte shogirdlari 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va «Manchester Yunayted»ga ochkolar bo‘yicha yetib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishdi. «Arsenal» esa faqat so‘nggi daqiqalarda Jiruning goli evazigagina mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Natijada, endilikda «Chelsi» turnir peshqadamidan 14 ochko ortda bormoqda. «Arsenal» va «Tottenhem»ning esa, «Manchester Siti» bilan orasidagi farqi mos ravishda 17 va 18 ochkoni tashkil qilmoqda. Bu holatda bemalol «Arsenal», «Tottenhem» va «Chelsi»ning ko‘proq kuchli to‘rtlik haqida o‘ylay boshlashini taxmin qilish mumkin.    «LIVeRPUL»NING (ANTI) ReKORDI «Liverpul» «Everton»ga qarshi kechgan «Enfild»dagi navbatdagi derbida Premer-liganing o‘ziga xos rekordini qayd etdi. Klopp jamoasi o‘yin davomida 79 foiz vaqtda to‘pni o‘z nazoratida ushlab turdi. Bu bir jamoaning bir o‘yindagi eng katta ko‘rsatkichidir. Bu holatning antirekordligi shundaki, «Liverpul» mana shunday o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Ya'ni, birato‘la, eng katta ustunlik bilan g‘alaba qozona olmagan jamoa sifatida ham tarixga kirib qoldi. «Liverpul» o‘yin davomida 23 marta raqib darvozasi tomon zarba berdi, 12 bor burchak to‘pi tepdi, 732 marotaba to‘p oshirishni amalga oshirdi ammo, darvozaga atigi 2 zarba bergan, 1 marta burchak to‘pi tepib, uch yarim barobar kam to‘p oshirishlarni amalga oshirgan «Everton» bilan 1:1 hisobini qayd etdi. O‘yinning 77-daqiqasida mezbonlar himoyachi Deyan Lovren umuman keraksiz vaziyatda raqibga penalti ishlash imkoniyatini yaratdi va Ueyn Runi «mersisayd» derbisidagi ilk golini kiritib, hisobni tenglashtirdi.    KLOPPNING TUShUNARSIZ QARORI Liverpul derbisi oldidan, mezbonlar murabbiyi Yurgen Kloppning ushbu o‘yinga tanlagan tarkibi barchani hayron qoldirdi. Jamoa yetakchisi, «Spartak» darvozasida het-trik qayd etib, ajoyib sport formasini namoyish qilgan Filippe Koutino, hamda to‘purar hujumchilardan biri Roberto Firmino zaxirada qoldirilgan, hujumga esa, hali jamoa tarkibida birorta ham gol ura olmagan, 19 yoshli Solanke qo‘yilgandi. Zaxirada qolgan hujumchilarda jarohatlar yo‘q edi, uch kun o‘tib yana «Enfild»da bo‘lib o‘tadigan «Vest Bromvich»ga qarshi o‘yinning derbidan ko‘ra ahamiyatliroq jihati ham yo‘q edi. Klopp bu rotatsiyani o‘ziga xos tarzda izohladi: «Solanke ingliz futbolchisi, men uning derbi ahamiyatini boshqalardan yaxshiroq tushunadi, degan maqsadda tanladim». Ammo bu derbining ahamiyatini Kloppning o‘zi yaxshi his qilmagan ko‘rinadi, axir tarkibda o‘zgartirishlarni amalga oshirish, yosh futbolchilarga imkon berish uchun boshqa o‘yinlardan foydalansa ham bo‘lardi.   JIRU – «ZAXIRADAGI QIROL» «Sauthempton»ga qarshi deyarli butun o‘yin davomida hisobda orqada borgan Arsen Venger jamoasi zaxiradan maydonga chiqqan Olive Jiruning boshi bilan urgan goli hisobiga bir ochkoni qo‘lga kiritdi. Fransiyalik hujumchining bu goli uning zaxiradan maydonga tushib kiritgan 17-goli bo‘ldi va bu borada APL rekordchisi Ole Gunnar Sulsherga yetib oldi. Norvegiyalik hujumchi, esingizda bo‘lsa, «Manchester Yunayted»ning zaxira «quroli» bo‘lgan va juda ko‘p o‘yinlarda ikkinchi bo‘limda tushib, muhim gollar muallifiga aylangandi. Arsen Vengerning Jiruga nisbatan fikri o‘zgarmayotgani va katta ehtimol bilan keyingi o‘yinlarda ham Jiruning zaxirada qolishi mumkinligini e'tiborga olsak, 31 yoshli hujumchi ushbu mavsumdayoq yagona rekordchi bo‘lib olishi mumkin.   TUR IQTIBOSI: «Odamlar bunday futbol uslubi bilan faqat Ispaniyada o‘ynash mumkin, deb hisoblashardi. Ammo biz Angliyada ham bunday o‘ynash mumkinligini isbotladik» -  PeP GVARDIOLA RAQAMLAR 16-tur o‘yinlari Turnir jadvali Mavsum to‘purarlari
13Sport
Samarqand shahri markazida noqonuniy qurilgan bino-inshootlar buziladi 2018-yilda respublika Bosh prokuraturasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi, Qurilish va Madaniyat vazirliklari hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Samarqand shahrining tarixiy markazida yangi qurilgan bino-inshootlar xatlovdan o‘tkazildi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar bermoqda. O‘rganishlar natijasida 2015—2018-yillarda jami 159 obyekt — 75 ta turar joy, 84 ta noturar joy binolari shaharsozlik normalariga to‘liq rioya etilmasdan noqonuniy qurilganligi aniqlandi. Jumladan, 34 obyektga yer ajratish yoki qurilishga ruxsat berishga oid tegishli hokim qarorlari chiqarilmagan, 73 obyektning loyihalariga ekspertiza, 102 obyektga shaharsozlik kengashi xulosalari olinmagan. Shuningdek, noqonuniy qurilgan obyektlarning aksariyati Madaniyat vazirligi va “ToshboshplanLITI” davlat unitar korxonasi bilan kelishilmagan holda qurilgan. Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish natijasida qurilish normalariga rioya qilmaganliklari uchun 132 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, Samarqand shahar hokimining 56 ta qaroriga protest keltirilgan, 1 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, noqonuniy qurilgan obyektlarni buzish haqida sudlarga 12 ta da’vo arizasi kiritilgan. Shuningdek, mazkur 159 obyektning 18 tasi respublika miqyosida, 141 tasi viloyat miqyosida hal etilishi bo‘yicha xulosa tuzilgan. Bugungi kunda mazkur obyektlarni buzish, qisman buzish, ayrimlarini  Madaniyat vazirligi va “ToshboshplanLITI” davlat unitar korxonasi xulosalarini olgan holda fasadlari ko‘rinishini o‘zgartirish yuzasidan ishlar boshlandi. Ochiq osmon ostidagi muzey, deya e’tirof etilayotgan Samarqandning tarixiy qiyofasini yaratish uchun Ko‘ksaroy maydonidagi 12 qavatli viloyat kengashlar uyinining balandligini pasaytirish ham taklif etilyapti.
8O‘zbekiston
Dunyodagi vaziyat: Covid-19 izlarini kanalizatsiyadan izlashmoqda, epidemiya yozgacha tugamaydi Jons Hopkins ma'lumotlariga ko‘ra, jahon reytingida AQSh, Hindiston va Braziliyadan keyin to‘rtinchi o‘rinda Rossiya joylashgan. Uzoq vaqt davomida Ispaniya egallab turgan beshinchi o‘ringa esa Fransiya chiqib oldi, oltinchi o‘ringa Argentina chiqqan, Ispaniya yettinchi o‘rinda. Sakkizinchi o‘rindagi Kolumbiyada ham kasallanish holatlari soni milliondan oshgan. Shu kunlarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shimoliy yarimsharda joylashgan mamlakatlar «kritik bosqich»da turgani haqida ogohlantirdi. «Biz Covid-19 kasalligi pandemiyasining juda muhim chorrahasida turibmiz, ayniqsa, shimoliy yarimsharda. Keyingi bir necha oy juda og‘ir bo‘ladi, ba'zi mamlakatlar xavfli trayektoriyada turibdi», deya ogohlantirgan JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus.  JSST rahbari ko‘plab davlatlarda kasallanish holatlari keskin oshishi kuzatilgani, bu esa yaqin vaqt ichida sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslarning tugab qolish xavfini yuzaga keltirishini aytib, dunyo mamlakatlari rahbarlarini shoshilinch choralar ko‘rishga va o‘lim darajasi, kasallanish tezligi oshishining oldini olishga chaqirgan. AQSh: ikkinchi to‘lqin va prezidentlik saylovlari AQShda hukumat ikkinchi to‘lqinni tiyib turish uchun ko‘rayotgan choralarga qaramasdan kunlik kasallanish holatlari rekord darajaga yetmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha federal organlar ma'lumotlariga ko‘ra, juma kuni mamlakatda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 83010 ta yangi holat qayd etildi, shanba kuni ham bu ko‘rsatkich 80 mingga yaqin bo‘ldi. AQShning bosh jarrohi Jyerom Adams shifoxonaga yotqizilayotganlar soni ham keskin o‘sib borayotgani, shu bilan birga, shifokorlarning sa'y-harakatlari evaziga o‘lim darajasi pasayishda davom etayotganini qayd etib o‘tgan. Covid Tracking Project ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda pandemiya boshidan buyon 8,5 milliondan ortiq holat qayd etilgan. Juma kuni kunlik kasallanish holatlari 6 mingga o‘sgan, bundan avvalgi rekord 17 iyul kuni kuzatilgandi - 76,8 ming holat. So‘nggi bir haftada AQShda qariyb yarim million kishi kasallikka chalindi – bu ham iyul oyi oxiridan buyon qayd etilgan yangi rekord ko‘rsatkichdir. Koronavirusdan zararlanish oqibatida vafot etganlar soni ham so‘nggi yetti kunda doimiy ravishda o‘sgan, ammo bu hali apreldagi ko‘rsatkichdan kam – aprelda kuniga 2 ming kishi o‘limi qayd etilgandi. Shifoxonalarga og‘ir ahvolda keltirilayotganlar soni ham o‘smoqda. Juma kuni holatiga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotganlar soni 40 mingdan oshiqni tashkil etgan. AQShning O‘rta G‘arbi pandemiyadan eng ko‘p jabrlangan hudud bo‘lib qolmoqda, Covid-19’dan zararlanish holatlari soni, ayniqsa, Shimoliy Dakota, Montana va Viskonsinda ko‘p. AQSh prezidentligi uchun saylovlarda muhim shtatlardan biri bo‘lmish Ohayoda qatorasiga uch kun davomida kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha rekord qayd etilgan. Boshqa shtatlarda, xususan, Illinoys va Indianada ham rekordga yaqin kunlik o‘sish holatlari kuzatilgan. Koronavirus AQShda prezidentlik kampaniyasiga qanday ta'sir qilmoqda? AQShda koronavirus avj olishi prezidentlik kampaniyasi davrida asosiy mavzulardan bo‘ldi. Prezident Donald Tramp uning raqibi Jo Bayden payshanba kungi debatlarda ham bu masalani muhokama qildi, ikki nomzod pandemiyaning keyingi davri bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiluvchi qarashlarini ifodalashdi. Juma kuni Floridadagi miting vaqtida prezident Tramp o‘z tarafdorlariga pandemiya tez orada tugashini va'da qildi va Baydenni odamlarni qo‘rqitib, ko‘proq ovozga ega bo‘lish maqsadida inqirozli holatni bo‘rttirishda aybladi.  O‘z navbatida, Delaverda chiqish qilgan Bayden prezident virusni jilovlab turishni istamayotganini qayd etib o‘tgan. Sobiq vitse-prezident agar saylovda g‘alaba qozonsa, shtatlar gubernatorlaridan tibbiy niqobni majburiy qilishni, koronavirusni aniqlash bo‘yicha milliy test rejasini joriy etishni va maxsus himoya vositalarini ko‘proq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni so‘rashini va'da qilgan. Shuningdek, Bayden har bir amerikalik uchun tekin vaksina va'da qilgan. Shunga o‘xshash reja sentabr oyida Oq uy tashabbuslari doirasida federal hukumat tomonidan ham e'lon qilingandi. Polsha prezidenti Covid-19’ga chalindi Polsha prezidenti Anjyey Duda koronavirusga chalindi. Matbuot kotibi mamlakat rahbari o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan.  48 yoshli Duda juma kuni test topshirgan, shu kuni mamlakatda yangi kasallikka chalinganlarning kunlik soni bo‘yicha navbatdagi rekord qayd etilgandi - 13600 yangi holat. Duda - Covid-19ga chalingan ilk davlat rahbari emas: bunga qadar AQSh prezidenti Donald Tramp, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru, Boliviya prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Janin Anes va Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ham ushbu kasallikni boshdan kechirgandi. Polshada umummilliy karantin joriy etilgan, unga ko‘ra, maktablar va restoranlar yopilgan. Duda koronavirusni qayerda yuqtirib olgani ma'lum emas, ammo u dushanba kuni Tallinda bo‘lib, Bolgariya prezidenti Rumen Radev bilan uchrashgandi, u hozirda o‘zini ihotalagan. Britaniyada virus kanalizatsiyadan izlanmoqda Angliya, Uels va Shotlandiyada 90 ta oqova suv tozalash inshootlarida kanalizatsiya suvlari tarkibida koronavirus borligini tekshirish ishlari olib borilmoqda. Bundan maqsad koronavirus keng avj olishini oldindan aniqlash hisoblanadi. Avvalroq olimlar virusning genetik moddasi parchalarini odam axlatidan ham topish mumkinligini aytishgandi. Plimutda o‘tkazilgan muvaffaqiyatli sinov ushbu hududdagi infeksiya klasterini aniqladi, Shotlandiyadagi olimlar ham tadqiq etilgan hududlarda oqova suvda virus izlarini topishdi. Natijalar Covid-19’dan zararlanish holatlari qayd etilgan hududlarga to‘la mos kelgan. Ma'lum bir hududda aholining aksar qismi kasallikni alomatlarsiz o‘tkazsada, virus parchalarini aniqlash mumkinligi muhimdir. «Biz so‘nggi 10 yil mobaynida oqova suvda norovirus va gepatit kabi viruslarni kuzatib kelganmiz. Biz shu yil martida Covid-19 ni ham ro‘yxatga qo‘shgandik», degan ushbu tadqiqotda ishtirok etayotgan professor Deyvi Jons. Neapoldagi tartibsizliklar Neapolda qat'iy karantin choralariga qarshi bo‘lganlar namoyishlarga chiqishdi. Aksiya politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Ayrim namoyishchilar politsiyachilarga qarata tutunli granatalar va petardalar uloqtirishgan, bunga javoban politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan. Namoyishchilar Kampaniya viloyatida kasallik avj olishi tufayli juma kuni kechqurun kuchga kirgan komendantlik soatini buzishgan. Mintaqa rahbari Vinchenso de Luka avvalroq umummilliy karantin joriy etishga chaqirgandi. Fransiya: koronavirus yozgacha qoladi, ikkinchi to‘lqin birinchisidan yomonroq bo‘lishi mumkin Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron shifoxonaga tashrifi vaqtida olimlarning so‘zlariga asoslangan holda, virus hech qayerga yo‘qolmasligi va eng ijobiy ssenariyga ko‘ra keyingi yil yozigacha saqlanib qolishini ma'lum qildi. U hozircha Fransiyada to‘liq yoki qisman lokdaun joriy etish to‘g‘risida gapirishga ertaligini ham qo‘shimcha qilib o‘tgan. Bu haftada mamlakatning 38 ta hududida komendantlik soati joriy qilingan – bu choralar mamlakat aholisining 46 millionga yaqiniga ta'sir ko‘rsatgandi. Kechqurungi soat 21:00dan ertalabki soat 6:00ga qadar amal qiluvchi komendantlik soati vaqtida odamlar uyida qolishi, faqat ishga borish yoki ishdan qaytishda yoki tibbiy yordam uchun boruvchilarga harakatlanishga ruxsat beriladi. Aks holda, 135 yevrolik jarima qo‘llanadi. Makronning aytishicha, komendantlik soati kunlik kasallanish holatlari soni 3-5 mingtagacha tushganida yumshatilishi mumkin. Mamlakatda so‘nggi marta bunday past ko‘rsatkichlar avgust oyi oxirida qayd etilgandi. Bu vaqtda Parijdagi shifoxonalar guruhi rahbari ikkinchi to‘lqin birinchisidan ko‘ra yomonroq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. «So‘nggi oylarda ikkinchi to‘lqin yo‘qligi yoki bundan keyin katta to‘lqin bo‘lmasligi haqida fikrlar shakllandi. Lekin asl vaziyat buning teskarisi», degan Martin Hirsh. Rossiyadagi vaziyat Rossiyada so‘nggi kunlarda kunlik o‘sish 16 mingdan past bo‘lmayapti.  Juma kuni 17,3 ming, shanba kuni 16,5 ming, yakshanba kuni 16,7 ming yangi kasallanish holati qayd etildi. So‘nggi bir kunda 229 kishi vafot etdi (bir kun oldin 296 kishi). Shu vaqtgacha kasallik aniqlanganlar soni 1,5 milliondan oshgan. Shu vaqtgacha 1,1 million bemor tuzalib, 26 mingdan ortiq kishi koronavirus qurboni bo‘lgan. Moskvada so‘nggi bir kunda yana 4455 kishida koronavirus aniqlangan. «1339 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Moskvadagi shifoxonalarda 300dan ortiq kishi reanimatsiya bo‘limlarida qolmoqda», deyilgan operativ shtab ma'lumotida. Shu kunlarda Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus epidemiyasi sekinlashayotgani va ko‘tarilish kutilmayotgani haqida gapirgandi. Boshqa davlatlardagi vaziyat Ispaniya shu hafta boshida Yevropada milliondan ortiq holat qayd etilgan ilk Yevropa davlati bo‘lgandi. Ammo juma kuni mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches pandemiya davrida qayd etilgan haqiqiy kasallanish holatlari soni uch milliondan oshishi haqida gapirdi. Sanches ispanlarni «qatiyatli bo‘lishga, ijtimoiy masofa saqlashga va karantin qoidalariga amal qilishda yakdillikka» chaqirdi, ammo koronavirusga qarshi kurash doirasida qandaydir yangi choralar haqida e'lon qilmadi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi Sanchesdan komendantlik soati joriy etishni talab qilgandi, ammo hududiy ma'murlar iqtisodiyotga keltirishi mumkin bo‘lgan zarari tufayli bunday cheklov choralari joriy etishga rozilik bildirishmayapti. Madridda ikki haftalik cheklov choralari muddati ham yakunlandi – mahalliy rasmiylar bunga qarshi bo‘lishgandi. Bu davrda shaharda yopiq muassasalarda kechki payt yig‘ilish taqiqlangandi. Barlarga tashrif buyuruvchilar soni 50 foizga cheklangandi. Chexiya bosh vaziri Andrey Babish respublika sog‘liqni saqlash vaziri Roman Primulidan iste'foga chiqishni so‘radi – avvalroq jurnalistlar uni karantin davrida yopiq turishi kerak bo‘lgan restorandan niqobsiz chiqayotganida payqab qolishgandi. Niderlandlar bemorlarni yana Germaniyaga yubora boshlashdi, bu davlat intensiv terapiya bo‘yicha muvaffaqiyatli natijalarga erishgan.
2Dunyo
AQShning ikki fuqarosi Kobul yaqinidagi harbiy bazada halok bo‘ldi Ikki nafar amerikalik — harbiy va fuqaro Afg‘oniston poytaxti Kobul yaqinida uyushtirilgan hujum chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. Shuningdek, AQShning yana ikki fuqarosi jarohat oldi. Shifokorlar ularning holati barqaror ekanligini bildirmoqda. AQSh mudofaa vazirligi vakiliga ko‘ra, Kobul chetidagi qurol-yarog‘ yetkaziladigan Kemp Morxed bazasiga hujum qilindi. Buni uyushtirgan shaxs bazaga kirishda o‘t ochgan. U keyinchalik o‘ldirildi.
2Dunyo
Paxta-2017: Maktab o‘quvchilaridan paxta terimi uchun pul so‘rash mumkinmi? Kun.uz tahririyatiga qo‘ng‘iroq qilib, murojaat qilgan otaning aytishicha, farzandi ta'lim olayotgan Namangan tumanidagi 1-maktab 3-sinf o‘quvchilarining ota-onasidan 2017 yil paxta terim mavsumida yollanma mehnatkashlarni jalb etish yoki o‘rniga pul so‘ralmoqda. Xalqchil qilib aytganda, «kunlik paxta terimiga mardikor qilib beringlar, bo‘lmasa, kuniga 20 ming so‘mdan to‘lov qiling», deya talab qilinmoqda. Kun.uz muxbiri mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, avvalo xalqaro va milliy qonunchiligimizga nazar tashladi. O‘zbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilgan Xalqaro Mehnat tashkilotining bola mehnatiga doir konvensiyasida, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada, Inson huquqlari deklaratsiyasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risidagi milliy qonunchilik bazasida ham «voyaga yetmagan shaxsni majburiy mehnatga bevosita yoki bilvosita jalb etish taqiqlangan». Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati mazkur masala yuzasidan o‘z munosabatini bildirgan: har qanday holatda ham bola mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, umumta'lim maktablarida noqonuniy pul yig‘ishlar taqiqlangan. Muxbir bilan suhbatda bo‘lgan otaning aytishicha, farzandining sinf o‘qituvchisi «mardikor olib berishni yoki o‘rniga 20 ming so‘m to‘lashni bot-bot takrorlamoqda, balki bu farzandining barkamol o‘qib o‘rganishi uchun kimgadir oddiy chiqimdir, yoki milliy boyligimiz uchun o‘z hissamizni qo‘shishdir», degan ota va ushbu harakat nechog‘lik qonuniy ekanligini so‘ragan. Namangan tumanidagi 1-maktab direktori Jamolxon Tursunov bilan bog‘langanimizda, u voqeaning tafsilotini quyidagicha so‘zlab berdi: «Bu yerda anglashmovchilik bo‘lgan, ya'ni pul yig‘imi haqida hech qanday so‘z ham bo‘lmagan. Bir guruh ota-onalar esa o‘z xohishiga ko‘ra, «oq oltin» xirmoniga o‘z hissamizni qo‘shamiz, deya terimga chiqishgan. Buni yashash joylaridagi MFY vakillari ham tasdiqlaydi», deydi. Shuni aytish joizki, bu ko‘rinishdagi bola mehnatiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, har qanday shaxsni majburiy mehnatga jalb etish qonun bilan taqiqlangan. Agar huquq va erkinliklaringiz poymol etilayotgan holat yuz bersa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 200-06-00 ishonch raqamiga, Vazirlik huzuridagi Mehnat inspeksiya 239-41-12 ishonch raqamiga yoki http://inspektor.mehnat.uz/ sayti orqali murojaat qilgan holda xabar bering. Bundan tashqari, ish joydagi mehnat munosabatlarida majburiy ishlarga jalb etish holati kuzatilsa, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining 200-10-92 yoki 1092 ishonch raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Har qanday holatda majburiy mehnat ko‘rinishidagi ishga «o‘z xohishingiz bilan» rozilik berish haqidagi tilxat, arizaga imzo chekmang. Bu bilan siz kelgusida o‘z huquq va erkinliklaringiz uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo‘lasiz. Agar ish joyingizda shaxsingizga nisbatan bosim yoki tahdid uyushtirilsa, tegishli huquqni muhofaza etish organlariga murojaat qiling.
8O‘zbekiston
Toshkent shahrida 60 quti “Remdesivir” dorisini 60 mln so‘mga sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi Toshkent shahrining Mirobod tumanida koronavirusni davolashda ishlatilayotgan “Remdesivir” dorisini 1 million so‘mdan sotayotgan 4 nafar erkak tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib, “Kun.uz” ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 17-oktabr kuni shaxsi ochiqlanmagan fuqaro Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, X. ismli shaxs COVID-19 virusiga qarshi qo‘llanilayotgan “Remdesivir” dorisini 1 million 350 ming so‘mdan sotayotganini bildirgan va mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 17-oktabr kuni kuni soat 19:30 larda Toshkent shahrida yashovchi 34, 33 va 24 yoshdagi 4 nafar erkak shartli sotib oluvchi bo‘lib ishtirok etayotgan fuqaroga 60 dona “Remdesivir for Injection 100 mg” (VDREM-100) nomli dorini 60 million so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan. Dorilar hamda 60 million so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Hozir mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Dorilarning noqonuniy sotilishi ularning narxini keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lyapti. ‘Remdesivir’ dorisining haqiqiy narxi 500 ming atrofida, ushbu dori faqat dorixonalarda sotilishi kerak. Biroq, afsuski, bugungi kunda ushbu doriga talab yuqori bo‘lgani bois ayrim shaxslar vaziyatdan foydalanib, uni qimmatroqqa sotishga urinmoqda, bu esa amaldagi qonunlarga zid”, – deydi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi katta inspektori leytenant Pokiza Xo‘jayeva. Eslatib o‘tamiz, “Remdesivir” Yevropa Ittifoqida ruxsat olish uchun tavsiya qilingan koronavirusga qarshi ilk dori vositasi hisoblanadi. Janubiy Koreya ham 1-iyuldan boshlab mazkur dori vositasini sotib olishni boshlagandi. O‘zbekistonda ham profilaktika, kasallikning yuqishining oldini olish maqsadida ishlatish mumkin bo‘lgan dorilar qatorida “Remdesivir” bor. JSST uni koronavirusga qarshi kurashda “umid uyg‘otuvchi” dori vositasi deb atagan. Preparat koronavirus ko‘payishini bloklash xususiyatiga ega ekanligi kanadalik olimlar tomonidan aprel oyida aniqlangandi. AQSh “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olayotganini ma’lum qilgandi. AQSh prezidenti Donald Tramp ham koronavirusdan “Remdesivir” dorisi orqali davolangan. Amerika prezidentini davolovchi shifokor Shon Konlining ma’lum qilishicha, Trampning organizmida kislorod darajasi 93 foizgacha tushib ketganidan so‘ng deksametazon qo‘llanilgan. Shifokorlar steroidni 3-oktabr kuni “Remdesivir” preparatining ikkinchi dozasi bilan birga qo‘llashni boshlagan, Trampda ikkilamchi ta’sirlar aniqlanmagan.  JSST rahbari koronavirusga qarshi samarali ekani isbotlangan yagona dori vositasini ma’lum qildi
8O‘zbekiston
“COVID-19”ga qarshi vaksinasiya o`zi nima uchun kerak? SSV Matbuot xizmati ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo`lim boshlig`i Dilorom TURSUNOVAdan javob oldi: — Mutaxassislarning fikriga ko`ra, aholining 60-70 foizida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni shakllantirmay turib, unga qarshi samarali kurashib bo`lmaydi. Shu ma`noda aytsak, “COVID-19”ga qarshi emlash pandemiyani jilovlovchi yagona samarali omil hisoblanadi. To`g`ri, niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va jamoat joylariga borishdan o`zini tiyish kabi profilaktik chora-tadbirlar virus yuqishi yoki uni boshqalarga yuqtirish ehtimolini kamaytirishda samarali amal sanaladi, biroq bu choralar pandemiyani jilovlash uchun etarli emas. Vaksinalar inson immun tizimini mustahkamlab, yuqishi mumkin bo`lgan viruslarga qarshi kurashishda faol ishtirok etadi. Emlash orqali nafaqat o`zimiz, balki atrofimizdagilarni ham kasallik yuqishidan himoya qilamiz.
11Salomatlik
Test: X mi yoki H? 21-oktabr ‘‘Til bayrami’’ munosabati bilan ‘‘Daryo” test sinovining 2-qismini e’tiboringizga havola etadi.   O‘zbek tilini qay darajada bilasiz? Imlo bo‘yicha bilimingizni sinab ko‘ring
8O‘zbekiston
So‘nggi o‘n yilda O‘zbekistonda tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishi 1,8 martaga kamaydi Davlat bojxona qo‘mitasida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati, uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning ahamiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Respublika Perinatal Markazi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Umida Muhammedova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Bu haqda qo‘mita rasmiy sayti xabar berdi. Umida Muhammedovaning ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yilda davolash-profilaktika muassasalarini modernizatsiya qilish va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun 750 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘ yo‘naltirilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda onalar o‘limi 3,1 baravar, go‘daklar o‘limi 3,2 baravar kamaydi. “Ona va bola skriningi” dasturi amalga oshirilishi natijasida tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishi 2000-yildan buyon 1,8 martaga kamaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston bolalarining 92 foizi rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga to‘la mos keladi. Save the children xalqaro tashkiloti reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi bolalar salomatligi to‘g‘risida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan o‘nta mamlakat qatoridan joy oldi. 2014-yilning Sog‘lom bola yili deb e’lon qilinishi va shu munosabat bilan Davlat dasturining qabul qilinishi bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirmoqda. Davlat dasturida sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ta’lim-tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitini, uning iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli vazifalar belgilangan. Eslatib o‘tamiz, mazkur vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi tadbirlarga 4 509,2 milliard so‘m va 302,9 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
8O‘zbekiston
Mudofaa vaziri o‘rinbosarining navbatdagi sayyor qabuli Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida o‘tkaziladi O‘zbekiston Mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, vazirning o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 9—14-iyul kunlari Markaziy harbiy okrug hududidagi viloyat markazlarida sayyor qabullar o‘tkazadi, bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi. Sayyor qabul harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda harbiy pensionerlar, fuqarolarning muammolari, talab, taklif va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilmoqda. Sayyor qabullar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar quyida keltirilgan kunlarda o‘tkaziladi: Shuningdek, sayyor qabulga viloyatlarning davlat va jamoat tashkilotlari mansabdor shaxslari ham jalb etiladi. Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Mudofaa vazirining o‘rinbosari boshchiligida Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro hamda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan sayyor qabul vaqtida mingdan ziyod murojaat ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgandi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 25-sentabr 15:00 da e’lon qilinadi O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining natijalari 25-sentabr kuni 15:00 da DTMning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi, deya xabar bermoqda markaz axborot xizmati. Abituriyentlar talaba bo‘lgani haqida quyidagi 3 usul orqali bilib olishi mumkin: Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali: Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar birinchi usulda abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirish orqali tanlov natijalarini bilish mumkin. SMS xabarnoma xizmati orqali: Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID raqamini yuborgan holda bilishlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud) Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 24-sentabr kuni Davlat test markazi barcha abituriyentlarning test sinovida to‘plagan natijalari bo‘yicha ishlar yakuniga yetganini ma’lum qilgandi.
8O‘zbekiston
Pokiston Hindistonni "Tolibon"ni qo‘llab-quvvatlashda aybladi Pokiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nafis Zakarniya Hindistonni Pokiston hududida terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Bu haqda Dawn nashri muxbiri ma'lum qildi.  Zakarniya 27 apreldagi matbuot-anjumanda bundan Hindiston foydasiga josuslik qilgan Kulbxushan Yadava va Ehsonulloh Ehsonning bergan ko‘rsatmalari darak berayotganini aytgan.   O‘tgan haftada Pokiston harbiylariga taslim bo‘lgan, "Tahrik-i-Tolibon Pokiston" terrorchilik harakati va "Jamoat-ul-Ahror" guruhining sobiq a'zosi Ehsonning ta'kidlashicha, ikkala tashkilot o‘z harakatlarini hind va afg‘on maxsus xizmatlari bilan muvofiqlashtirgan. Bu maxsus xizmatlar ularga Afg‘onistonda erkin harakatlanishni ta'minlashgan, Pokistonga kirishni esa hind razvedkasi Research and Analysis Wing rahbarligida amalga oshirishgan.  Zakarniyaning aytishicha, AQSh harbiy-havo kuchlarining aprel boshida Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi jangarilar bazalariga tashlagan bombasining portlashi oqibatida halok bo‘lganlar orasida 13 hindning borligi "Tolibon" Hindiston tomondan qo‘llab-quvvatlanishiga isbot hisoblanadi.
2Dunyo
AQShda harakat vaqtida elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘l quriladi Michigan shtatining Iqtisodiy rivojlanish departamenti avtomatik rejimda elektromobillarni simsiz quvvatlantirishni amalga oshirishga qodir tajriba yo‘lini qurish loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Mutaxassislarning fikricha, o‘ziga xos yo‘l qoplamasi haydovchilarga quvvat tugab qolishidan xavotirlanmaslikni ta’minlaydi, deb xabar beradi Motor. Loyiha tashabbuskorlarining g‘oyasiga ko‘ra, yo‘l qoplamasiga uyg‘unlashtirilgan simsiz quvvatlantirish tizimi harakat vaqtida istalgan turdagi elektromobillarni quvvatlantira oladi. Texnologiya haydovchilarga quvvatlantirish stansiyasi joylashgan hududlarini qidirishga imkon qoldirmaydi. Bu kabi infratuzilmaning rivojlanishi ham xususiy, ham tijoriy batareya transportlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Yaqin kunlarda shtatning Transport departamenti texnologiya ixtirosi, sinovi va joriy etilishi bo‘yicha arizalarni qabul qiladi. Birinchi bosqichda shtatdagi trassaning bir qismiga simsiz quvvatlantirgich o‘rnatilgan 1,5 kilometrli yo‘l quriladi. Tajriba muvaffaqiyatli yakunlansa, bu kabi texnologiyadan avtotrassalarda foydalanishga o‘tiladi. Shvetsiyaning Gotland oroli, Tel-Aviv va Germaniyaning Karlsrue shahrida bu kabi simsiz quvvatlantiruvchi yo‘llar borligiga qaramay, mazkur texnologiya hali dastlabki bosqich jarayonida.  Fransiyada quyosh panellari o‘rnatilgan yo‘l loyihasi o‘zini oqlamagani sabab yopiladigan bo‘ldi
0Avto
Tojikistonlik uchuvchilar Afrikadagi aviahalokat qurboni bo‘ldi Buyuk Britaniyaning South West Aviation aviakompaniyasiga qarashli AN-26 yuk samolyotining qulashi oqibatida ikki nafar uchuvchi halok bo‘lgan. Keyinchalik ularning ikkisi ham tojikistonlik bo‘lgani tasdiqlandi. Samolyot 22 avgust kuni Janubiy Sudan poytaxti Juba shahridagi aeroportdan parvozni boshlagach, bir necha daqiqa o‘tib qulab tushgan. Oqibatda tojikistonlik uchuvchilar Parviz Qodirov va Mirsulton Mirahmedovlar halok bo‘lgan. «Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, Parviz Qodirov bir hafta oldin Sudanga ishlash uchun jo‘nab ketgan. U uchuvchi edi. Uning akasi Xurshed Parvizning jasadini olib kelish borasida murojaat qildi», deyiladi Tojikiston tashqi ishlar vazirligi xabarida. Tojikiston TIVning qayd etishicha, yana bir uchuvchi Mirsulton Mirahmedov kelib chiqishi tojikistonlik, lekin Rossiya fuqarosi bo‘lgan. EADaily axborot agentligi Juba aeroporti vakilining so‘zlariga tayanib xabar berishicha, samolyot Jubadan Vau va Aveyl shaharlariga qarab yo‘l olgan. Keyinchalik Xitoyning «Sinxua» axborot agentligi mazkur aviahalokatda jami 17 kishi qurbon bo‘lgani, ulardan ikki nafari ekipaj a'zolari ekani haqida xabar berdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar samolyotdan bir kishini tirik olib chiqib, kasalxonaga yuborishgan. Ammo hozircha bu xabar tasdiqlanmagan. Aviahalokat aholi punktlaridan biroz uzoqdagi botqoqlikda sodir bo‘lgan. Qulab tushib yonayotgan samolyot atrofiga bir zumda mahalliy aholi to‘plangan va sochilgan pullarni terib ola boshlagan. Ma'lum bo‘lishicha, samolyotda mototsikl, ehtiyot qismlar va oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, yirik korxona ishchilariga maosh sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan katta miqdordagi pul ham bo‘lgan. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, samolyotdagi yo‘lovchi va ekipaj a'zolarini qutqarish uchun shoshilgan qutqaruvchilar hodisa joyiga borishda atrofdagi botqoqliklar tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan.
2Dunyo
OChL. “Lokomotiv” “Ar-Rayyan”ga yutqazib qo‘ydi (video) 11-mart, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Andrey Fyodorov qo‘l ostidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi Qatar poytaxti Doha shahriga safar qiladi. U yerda “temiryo‘lchilar” “Ar-Rayyan” klubiga qarshi maydonga tushdi. Bellashuvning 4-daqiqasida Diyor Turopov hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqaga kelib Lukka de Brito hisobni tenglashtirdi (1:1). 58-daqiqada esa mezbon klub a’zosi Helmin Rivas jamoasiga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa “temiryo‘lchilar” mehmonda kechgan o‘yinda “Ar-Rayyan”ga mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi (1:2). OChL 11-mart, dushanba “B” guruhi “Ar-Rayyan”—“Lokomotiv” 2:1 Gollar: 0:1 — 4 Diyor Turopov, 1:1 — 38 Lukka de Brito, 2:1 — 58 Helmin Rivas “Ar-Rayyan”: Fahad Yunis, Muhammad Al Aeldin, Rivas (Ibrohim Halfan, 71), Traore, Abdulrahmon Al Harazi (Korbi, 68), Lukka, Rodrigo Tabata, Viyera, Muhammad Juma,  Kox Myong-Jin, Sebastyan Soriya (Ahmad Abdulmaqsud, 82) “Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Oleg Zoteyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Davronbek Hoshimov (Shuhrat Muhammadiyev, 68), Diyorjon Turopov (Alisher Shog‘ulomov, 77), Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov (Arslonmurot Amanov, 84), Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov, Timurxo‘ja Abduholiqov Ogohlantirish: Diyor Turopov (27) Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoniga muvofiq: 1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin: huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish; normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatni muvofiqlashtirish; huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash; huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish; davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish; qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish; davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish; davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ko‘maklashish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash; notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish; ma’muriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish; davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash; intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish; yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash; sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish; siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tizimli va izchil choralar ko‘rish; xalqaro-huquqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish; xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash, xalqaro hamjamiyat, xorijiy investorlarni milliy huquq tizimi va amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish. 2. Quyidagilar: b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi va “Adolat” nashriyoti negizida: davlat unitar korxonasi shaklidagi Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda AKTRM deb yuritiladi); davlat unitar korxonasi shaklidagi “Adolat” huquqiy axborot markazi (keyingi o‘rinlarda “Adolat” markazi deb yuritiladi) tashkil qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, AKTRM va “Adolat” markazi faoliyatini moliyalashtirish tovarlar (xizmatlar, ishlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Adliya organlari va muassasalariga AKTRM va “Adolat” HAM bilan tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) bo‘yicha shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4 va 5-ilovalarga muvofiq; tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq; normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda ulardagi norma va qoidalarning aholiga tushuntirilishi sxemasi 7-ilovaga muvofiq; Adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. 2018-yil 1-maydan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra: muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, qoida tariqasida, loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilishi lozim; normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga faqat huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xulosasi mavjud bo‘lgandagina kiritiladi; huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha hududiy adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan ular manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganidan so‘ng, shuningdek takroran — Vazirlar Mahkamasi apparati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy tuzilmalarida ularning konseptual qoidalari o‘zgartirilganida o‘tkaziladi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar agar qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan ularga tegishli hujjatni qabul qilish yoki aniq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha vakolat berilgan bo‘lsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari mumkin. 5. Belgilansinki, 2019-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi hududida 1993-yil 17-iyungacha qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan umummajburiy idoraviy hujjatlar, shu jumladan sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotayotgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rniga yangilarini ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida maslahat organi sifatida jamoatchilik asosida ishlaydigan, faoliyati fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ochiq muloqotni rivojlantirishga qaratilgan Jamoatchilik kengashi tuzilsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Jamoatchilik kengashi tarkibini hamda unga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Bosh prokuraturasining quyidagi takliflari ma’qullansin: a) 9-ilovada keltirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga (keyingi o‘rinlarda yuridik texnikumlar deb yuritiladi) quyidagi tartibni o‘rnatgan holda aylantirish: yuridik texnikumlarning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurslari jihatdan ko‘maklashish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda TDYU deb yuritiladi) tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash esa — hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari — yuridik texnikumlar direktorlari hisoblanadi hamda ular mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish yuridik texnikumlarning mablag‘lari (davlat budjeti mablag‘lari bundan mustasno) hisobidan amalga oshiriladi; yuridik texnikumlarni zarur o‘quv va sport uskunalari, kompyuter texnikasi va axborot-resurs fondlari bilan jihozlash xarajatlari ta’limga ajratiladigan budjet mablag‘lari, shuningdek Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; yuridik texnikumlarga qabul qilish har bir hududning “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha professional ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar, mutaxassislik va kasblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari asosida amalga oshiriladi; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlari bitiruvchilari TDYUga hududiy adliya organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha va o‘qishning tugashidan so‘ng taqsimotga muvofiq uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyatini olgan holda kirishga haqli; qayta tashkil qilinayotgan yuridik kollejlar va akademik litseyning 3 kurs o‘quvchilarining o‘qishi ularni ta’limning o‘xshash yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin joylashgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseyning o‘quvchilar kontingentiga qo‘shish yo‘li bilan ushbu ta’lim muassasalarida tamomlanadi; b) TDYU magistraturasiga talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini, magistratura mutaxassisliklarini universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda Adliya vazirligi bilan kelishgan xolda TDYU tomonidan belgilash; g) TDYUning boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan o‘rnatiladigan har oylik ustamalar miqdorini ikki baravarga oshirish; d) pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi negizida TDYU huzurida Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) tuzish, unda quyidagilarni: oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslari; xalqaro standartlar bo‘yicha yuridik kadrlarni kasb-hunarga o‘qitish yuzasidan xalqaro tijorat faoliyati, xalqaro arbitrajlar va sud nizolarini huquqiy ta’minlashni o‘z ichiga olgan qisqa muddatli o‘quv kurslari; professional va oliy ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. 8. Belgilansinki: Markazda yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida olti oy muddatda, imtihon natijalari bo‘yicha belgilangan namunada diplom bergan holda amalga oshiriladi; yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga Markazning faoliyatini tashkillashtirish, shuningdek yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlashga ruxsat etiladigan oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha takliflarni kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil 1-iyulgacha 9-ilovaga muvofiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni bino va inshootlari, moddiy-texnik vositalari, o‘quv uskunalari va boshqa mulklari bilan birga operativ boshqarish huquqi bilan bepul topshirsin, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi esa ularni qabul qilib olsin; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda yuridik kollejlarga aylanayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseyning bo‘shatilayotgan pedagog kadrlarining mutaxassisligiga muvofiq ishga joylashtirilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” teleradiokanali” DUK tarkibida uning umumiy shtat soni doirasida efir vaqtini maqbullashtirish hisobidan “Huquqiy axborot” telestudiyasini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” telestudiyasini, eng avvalo, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning, shuningdek qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmuni va ahamiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan sifatli efir materiallari bilan ta’minlab borsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining quyidagilar haqidagi takliflari ma’qullansin: davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatishdan hamda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishdan kelib tushadigan mablag‘larning 80 foizi miqdorigacha qismini davlat notarial idoralari xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama haqlari o‘rnatishga yo‘naltirish; notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar miqdorini 10 foiz miqdorida belgilash; Adliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan ajratmalar va davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun tushumlar hisobidan davlat notarial idoralarida qo‘shimcha tarjimon, operator, kuryer va aholiga notarial va u bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatish uchun boshqa ishchilar shtat birligini kiritish huquqi berilsin. 12. Belgilansinki, 2018-yil 15-apreldan: adliya organlari va muassasalari xodimlarining ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar va martaba darajalari uchun qo‘shimchalar miqdorlari prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan miqdorlarga tenglashtiriladi; Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra adliya organlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi; adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshiga qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan 50 foiz miqdorida ustama to‘lansin. Mazkur bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarining amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan lavozimga tayinlangan va adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan barcha to‘lovlar saqlangan holda, tatbiq qilinadi. Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar: adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun — adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oylik muddatda tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining joylashtirilishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: ikki haftalik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin; bir oylik muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. ikki oylik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari o‘quvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarorini kiritsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 11-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini belgilaydi. 2. Vazirlik adliya organlari va muassasalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiluvchi va uni muvofiqlashtiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi), faoliyatining ayrim masalalari bo‘yicha esa bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi. Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, hududiy adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadi. 3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. 4. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 5. Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga egadirlar. Tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi o‘rinlarda — FHDY organlari) yuridik shaxs hisoblanmaydi, mol-mulkka, xo‘jalik yurituvida yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi. FHDY organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega bo‘ladilar. 6. Vazirlikning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, qisqartirilgan nomi — Adliya vazirligi; b) rus tilida: to‘liq nomi — Ministerstvo yustitsii Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministerstvo yustitsii yoki Minyust; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Ministry of Justice yoki Minjust. 7. Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5-uy. 8. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi: Vazirlik markaziy apparati; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FXDYo organlari; Huquqiy siyosat tadqiqot instituti; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi; “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi; “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi; “Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi; “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi; davlat notarial idoralari va arxivlari; Yuristlar malakasini oshirish markazi; Toshkent davlat yuridik universiteti; yuridik texnikumlar; Akademik litsey. Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka bo‘ysunadilar. 9. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish; normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatni muvofiqlashtirish; huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash; huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish; davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish; qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish; davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish; davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ko‘maklashish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash; notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish; ma’muriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish; davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash; intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish; yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash; sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish; siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tizimli va izchil choralar ko‘rish; xalqaro-huquqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish; xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini ta’minlash, xalqaro hamjamiyat, xorijiy investorlarni milliy huquq tizimi va amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish. 10. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish sohasida: konstitutsiyaviy normalarni amalga oshirish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonunga rioya etish va hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida huquqiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqadi; davlat organlari va tashkilotlarining huquq ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi; davlat organlari va tashkilotlari huquq ijodkorligi faoliyatining monitoringi va tahlilini amalga oshiradi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qonunchilikka, xalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, ularda korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalar mavjudligini aniqlash hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini, ularda huquqiy normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi; normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qo‘llashdagi korrupsiyaviy xavflarni tahlil qiladi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalaridagi korrupsiyaga sabab bo‘ladigan normalarni aniqlaydi, ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘radi va tavsiyalar ishlab chiqadi; qonunchilik hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; qonunosti hujjatlariga rasmiy sharhlarning loyihalarini tayyorlaydi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy sharhlarining loyihalari bo‘yicha xulosalar beradi; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrini yuritadi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lmagan hujjatlar toifasiga kiritish haqida qarorlar qabul qiladi; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Hukumat bayonnoma qarorlari hisobini yuritadi; mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, qabul qilish, e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritish tartibini tasdiqlaydi, unga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini va qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi, ularning bankini (fondini) shakllantiradi; davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni tasdiqlaydi; normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlaydi; Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlaydi, normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi; mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonunchilik hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi; 2) normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida: davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi, tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi, shuningdek ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi; normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholaydi hamda ularni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazadi; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlardagi tartibga solish ta’sirini baholashga mas’ul bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini shakllantiradi; qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestrini yuritadi; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini baholaydi; normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish sohasidagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ta’sir choralarini ko‘radi; tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tizimining holati bo‘yicha axborotni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; 3) huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasida: davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi; normativ-huquqiy hujjatlar va tegishli axborot-tahliliy materiallarning barcha davlat organlari va tashkilotlariga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi; huquqiy axborotni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tashkil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yaratish va saqlashni tashkil qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning undan foydalanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi; normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbai hisoblangan “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami”ning rasmiy nashr etilishini tashkil etadi; 4) huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sohasida: huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda aholiga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazishni tashkil qiladi; davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini baholaydi; davlat organlari va tashkilotlari tomonidan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha olib borilgan ishlarni o‘rganadi; davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanishini ta’minlaydi, ularning fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi; qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi; qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini o‘rganadi va tahlil qiladi; qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar mazmun-mohiyatini oddiy va xalqchil tilda tushuntirish bo‘yicha “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostida videoroliklar, infografikalar va boshqa ko‘rgazmali materiallar tayyorlaydi hamda ularni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga huquqiy targ‘ibot holati haqida har yili axborot taqdim etadi; 5) davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish sohasida: davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlil qiladi va o‘rganadi; qonunchilik hujjatlari va huquqni qo‘llash faoliyati samaradorligi masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil qiladi; qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi va tegishli soha faoliyatida davlat siyosatining amalga oshirilishi holatini tahlil qiladi, uning asosida huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqadi; davlat boshqaruvi organlarining huquqiy monitoringni o‘tkazish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; davlat boshqaruvi organlari tomonidan huquqiy monitoring o‘tkazilishini tahlil qiladi va ular tomonidan huquqiy monitoring o‘tkazish sifatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun tavsiyalar tayyorlaydi; hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlashda ishtirok etuvchi mas’ul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash “Nuquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi operatori vazifasini bajaradi, indikatorlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi va ularning sabablarini o‘rganadi; ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini ko‘rib chiqadi va xulosa beradi; davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida nizom talablariga so‘zsiz rioya etilishi bo‘yicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi; 6) fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish sohasida: davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; inson huquqlari va erkinliklari buzilishi mumkin bo‘lgan holatlar to‘g‘risida axborot yig‘ish va xalqaro shartnomalarda aks ettirilgan inson huquqlari va erkinliklari universal standart prinsiplarini hisobga olgan holda uni baholashni amalga oshiradi; fuqarolarning davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi; 7) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish sohasida: “ljro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi va “ljro.gov.uz” tizimini yuritadi; “ljro.gov.uz” tizimiga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va topshiriqni bajarish muddatlarini belgilaydi, ijrochilar tomonidan kiritilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini o‘rganadi; qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati to‘g‘risidagi ma’lumotni har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi; qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha yillik manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar dasturi loyihasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga kiritadi; axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, “ljro.gov.uz” tizimining mobil ilovasi va boshqa qayta aloqa vositalari orqali joylardagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holatini tizimli monitoring qiladi; fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarni jalb qilgan holda jamoatchilik monitoringi va eshituvlarini tashkil qiladi; qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan manzilli va tematik o‘rganishlar o‘tkazadi va ularning natijalari bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik holatini manzilli va tematik o‘rganishlar, jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlari, shuningdek, vakolati doirasida boshqa vositalardan foydalangan holda tahlil qiladi; davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy ko‘maklashishga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar ishlab chiqadi hamda ularga ushbu sohada huquqiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashadi; 8) davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish sohasida: davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi va natijadorligini aniqlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini kompleks va tizimli monitoring va tahlil qiladi; davlat organlari va tashkilotlari vakolati va funksiyalarining to‘liq va sifatli amalga oshirilayotganligi hamda belgilangan maqsadlarga erishilayotganligini funksional tahlil qiladi; tahlil va monitoring natijalariga ko‘ra davlat boshqaruvi tizimini, davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini va ishlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning bir birini takrorlovchi funksiyalarini, ortiqcha va xos bo‘lmagan vazifalar, funksiyalar hamda vakolatlarni chiqarib tashlash hisobiga optimallashtirish va nomarkazlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili idoralararo kollegial organlar faoliyati samaradorligini tahlil qiladi va baholaydi hamda natijasi bo‘yicha ularni kelgusida qisqartirish va optimallashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; idoralararo kollegial organlar reyestrini shakllantiradi va doimiy yangilab boradi; 9) Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ko‘maklashish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash sohasida: davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirishni va nazoratini amalga oshiradi; davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini, ular tomonidan amalga oshirilayotgan huquqiy ishlar holatini o‘rganadi; davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va ozod qilishda ishtirok etadi; davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining malakasini oshirishni tashkil qiladi; davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi, attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma beradi; davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining hisobini yuritadi; davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning stajirovka o‘tashini tashkil etadi; davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi; davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibini, ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun ma’lumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilaydi; davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va ozod qilish masalasini adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi; davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining adliya organlarida stajirovka o‘tash tartibini belgilaydi; davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining ish joyini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga qo‘yilgan minimal talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida markazlashgan holda sifatli yuridik xizmat ko‘rsatilishini tashkil qiladi; qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkilotlarga pullik asosda yuridik xizmat ko‘rsatilishini tashkil qiladi; 10) notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash sohasida: notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi va yagona notarial amaliyotni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi; notariuslar tomonidan notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi; davlat notarial idorasi notariusini lavozimga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibini belgilaydi; “Notarius” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining shakllantirilishini va yuritilishini hamda uni vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiyalashni ta’minlaydi; chet elda foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosining va ularning muhri ko‘chirmasining haqiqiyligini tasdiqlaydi, notarial faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarni bajaradi; notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni, notarial harakatlar, tasdiqlovchi yozuvlar va guvohnomalarni ro‘yxatga olish reyestrlari shaklini, notarius stajori faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi (keyingi o‘rinlarda — Notarial palata) bilan kelishilgan holda notariuslar tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi; davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta’sis etadi va tugatadi, notariuslarning reyestrini yuritadi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalaydi; Notarial palata bilan birgalikda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; notariuslar lavozimlarining eng kam sonini tasdiqlaydi va muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilaydi; notariuslar malakasini oshirish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va boshqa joyga o‘tkazish (rotatsiya) tartibini belgilaydi; Vazirlik huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; Vazirlik huzuridagi Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi; notarial harakatlar bo‘yicha statistikani yuritadi; Notarial palata faoliyatiga ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yadi; notarial idoralar, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi konsullik muassasalarini qat’iy hisobdagi gerbli (maxsus) blanklar bilan ta’minlaydi; notarial idoralarga beriladigan gerbli blanklarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular bo‘yicha hisobot berish tartibini belgilaydi; pullik xizmatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xususiyatga ega qo‘shimcha harakatlar ro‘yxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan ko‘chirmalar, ma’lumotnomalarning va arxiv hujjatlarining ko‘chirma nusxalari berilganligi uchun to‘lovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi; advokatlik tuzilmalari va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyati kafolatlarini ta’minlashda ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda malaka komissiyalari vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi; advokatlarga litsenziyalar berishni amalga oshiradi; advokatlik tuzilmalarida ishlayotgan advokatlarning Yig‘ma davlat reyestrini yuritadi; advokatlar malakasini oshirishda ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda advokatlik tuzilmalarining statistik ma’lumotlarini taqdim qilish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi; advokatlik guvohnomasi shaklini va uni berish tartibini tasdiqlaydi; advokat tomonidan ishni olib borishda order shaklini tasdiqlaydi; advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; advokatura faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni o‘rganadi; Professional mediatorlar reyestrini yuritadi; Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestrini yuritadi; 11) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida: advokatlik tuzilmalari va notarial idoralar uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi; advokatlik va notarial xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va o‘rganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi; tadbirkorlik subyektlari bo‘lgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) jarayonida ular tomonidan taqdim etilgan o‘zlarining benefitsiarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida yuridik shaxslarning benefitsiar mulkdorlari reyestrini shakllantiradi va yuritadi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi; 12) nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish sohasida: nodavlat notijorat tashkilotlarni va ularning ramziy belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi; ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat reyestrini yuritadi; nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga, ustav faoliyatiga, ta’sis hujjatlariga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari, ustav faoliyati va ta’sis hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan choralar ko‘radi; nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazadi; nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar to‘g‘risida kelib tushayotgan axborotlarni tahlil qiladi; nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishini kelishadi; nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati haqidagi hisobotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi; nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlari buzilganda, ularning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki ularni tugatish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi va sudga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablag‘larini ular o‘rtasida taqsimlaydi; nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring olib boradi; chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet el fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olish tartibini belgilaydi, shuningdek nodavlat notijorat, shu jumladan diniy tashkilotlarning faoliyati haqidagi hisobotlarning, akkreditatsiya kartochkasining shakllarini tasdiqlaydi; doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradi; 13) ma’muriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida: ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshiruvchi barcha ma’muriy organlar tomonidan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga hamda ma’muriy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilikka rioya qilinishini o‘rganadi, nazorat va tahlil qiladi; ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshiruvchi organlarning ma’muriy-huquqiy faoliyatni tartibga soluvchi funksiyalarini xatlovdan o‘tkazib, vazifalari qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishini monitoring qilib boradi; biznes jarayonlarini qayta boshqarish usullaridan foydalangan holda barcha ma’muriy tartib-taomillarni, shu jumladan davlat xizmatlarini optimallashtirish, unifikatsiyalashtirish, tartiblari, muddatlar va zarur hujjatlarini maksimal qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshiradi; ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish, shuningdek, sohada innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish hamda idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish choralarni amalga oshiradi; ma’muriy tartib-taomillar sohasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rib boradi; 14) jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida: davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar shu jumladan, FXDYo organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi; davlat xizmatlari markazlari, ularning filiallari va FHDY organlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; yuridik shaxslarni, shuningdek, jismoniy shaxslarni tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatiga olishni tashkil etadi; moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tashkilotlarni tugatishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlaydi, tashkilotlarni tugatishda vakolatli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan nazorat olib boradi; 15) ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish sohasida: davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini, ularning mas’uliyati va ijro intizomi kuchaytirilishini, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan qayta aloqani ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha mexanizmlar yaratilishini ta’minlaydi; idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi tartibini joriy qiladi va takomillashtiradi; davlat organlari, boshqa tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali o‘rtasida axborot almashish faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi va muvofiqlashtiradi; ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tizimli ravishda so‘rovnomalar o‘tkazadi; Davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantiradi, shuningdek, uning lozim darajadagi (dolzarb) holatini ta’minlaydi; 16) davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash sohasida: davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini monitoring, nazorat va tahlil qiladi; davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida qonunchilik hujjatlari va ma’muriy reglamentlar talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan tekshirishlarni amalga oshiradi; davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xo‘jalik birlashmalari, uy-joy kommunal va foydalanish xo‘jaligi tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llaydi; davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlari ko‘rsatishga oid faoliyati, ushbu sohadagi qonun buzilishlari va ularga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun bir yilda ikki marta batafsil axborot tayyorlaydi; davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordami beradi; 17) intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini olib borish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida: intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni ishlab chiqadi; intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha, shu jumladan kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, realizatsiya qilishga qarshi kurashishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashish orqali ta’sirchan choralar ko‘radi; intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi va qo‘llanilishi amaliyotini o‘rganadi va tahlil qiladi; mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun buzilishi holatlari to‘g‘risida belgilangan tartibda xulosa beradi; intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri va ziddiyatli qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, ushbu sohada huquqbuzarliklarni bartaraf etishga doir amaliy choralar ko‘radi, shuningdek, mazkur masalalardagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi; xorijiy patent idoralari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlari va patent-huquqiy adabiyotlarning xalqaro almashinuvini amalga oshiradi; qonunchilikka muvofiq intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi; intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida manfaatdor shaxslarga uslubiy yordam ko‘rsatadi; intellektual mulk sohasining rivojlanish holatini, jumladan, ushbu sohadagi xalqaro reytinglar va indekslar metodologiyasi va mezonlarini hisobga olgan holda har tomonlama tahlil qiladi va baholaydi; intellektual mulk obyektlarining ishonchli huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi qabul qilgan xalqaro majburiyatlar bajarilishining monitoringini o‘tkazadi; 18) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida: ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari va integral mikrosxemalar topologiyalarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish, talabnoma topshirilgan obyektlarning ustuvorligini belgilash, seleksiya yutuqlarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazish hamda EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalarini tekshirish ishlarini tashkillashtiradi; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza hujjatlarini beradi, O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatini va tegishli reyestrlarni yuritadi; muhofaza va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi; depozitariyda saqlanayotgan intellektual mulk obyektlarining ochiqligi va ulardan erkin foydalanishni ta’minlovchi depozitariy funksiyasini bajarilishini, shu jumladan depozitariyga zarur bo‘lgan nusxani depozitariy bilan shartnoma asosida olish uchun murojaat qilgan har qanday shaxsga imkoniyat yaratilishini ta’minlaydi; intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga huquqlar berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek, ularni to‘liq yoki qisman berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi va tegishli reyestrlarni yuritadi; intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi; Davlat patent fondini jamlash ishlarini tashkil etishni va amalga oshirishni, undan iqtisodiyotning real sektoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanilishi uchun uning saqlanishi va qulayligini ta’minlaydi; intellektual mulk sohasidagi axborotnomalarni va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish masalalari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar va materiallarni chop etishni tashkil qiladi hamda amalga oshiradi; patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazadi, patent vakillarining davlat reyestrini yuritadi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro mavqeyini, jumladan, jahon hamjamiyatiga mamlakatda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xolisona axborot yetkazish orqali mustahkamlash, obzorli, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlash choralarini ko‘radi; 19) yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash sohasida: huquqiy ta’limning holatini tahlil qiladi, uni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; professional va oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari uchun yuridik darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek, boshqa yuridik adabiyotlar nashr etish rejalarini ishlab chiqadi va nashr etilishini tashkil etadi; davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida tayyorlash ishlarini tashkil etadi va rahbarlik qiladi; yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi; kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash, qayt
10Qonunchilik
Turkiyaning Mersiniga yangi Boku-Tbilisi-Qars temir yo‘li orqali ilk poyezd keldi Turkiyaning Mersin shahriga Boku-Tbilisi-Qars (BTQ) temir yo‘li magistrali orqali ilk poyezd yetib keldi. Poyezd Qozog‘istondan jo‘natilgan. Poyezd Mersinga 600 tonna bug‘doy ortilgan 30 ta konteynerni keltirgan. Qarsdan Mersingacha masofa 1258 km ni tashkil qiladi va poyezd uni 30 soatda bosib o‘tdi. BTQning rasmiy ochilishi 30 oktabrda Bokudan 90 km uzoqlikda joylashgan Alyati posyolkasidagi portda bo‘lib o‘tgan. Marosimda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziya bosh vazirlari Abdulla Aripov, Bakitjan Sag‘intayev va Georgiy Kvirikashvili ishtirok etgan. Temir yo‘l magistrali loyihasi 2008 yilda boshlangan. Loyiha doirasida Gruziyadagi Axalkalaki stansiyasidan Turkiyaning Qars shahri temir stansiyasigacha temir yo‘l liniyasi qurilgan. BTQ Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya temir yo‘l tarmoqlarini birlashtiradi va uning uzunligi 826 km ni tashkil qiladi.
2Dunyo
Deputatlar prezident xavfsizlik xizmatiga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqdi 26-dekabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Hozirga qadar xizmat o‘z faoliyatini qonunosti hujjatlari asosida yuritib kelmoqda. Qonun esa xizmat faoliyatida huquqiy asos vazifasini o‘taydi. Unda qo‘riqlanishi belgilangan shaxslarning toifasi, xizmatning maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, davlat organlari bilan hamkorlik masalalari aks etgan. Shuningdek, loyihada xizmat faoliyatini nazorat qilish tartibi ham nazarda tutilgan. Ta’kidlanishicha, loyiha jamoatchilik muhokamasiga ham qo‘yilgan, qolaversa, AQSh, Rossiya, Koreya davlatlarining sohadagi qonunchilik asoslari o‘rganilgan. Qonun loyihasi 2008-yil 10-oktabrda imzolangan MDH ishtirokchi davlatlarining davlat qo‘riqloviga olingan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik kelishuvi asosida ishlab chiqilgan. Qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston qonun hujjatlarini MDH davlatlari bilan imzolangan xalqaro shartnomalarga muvofiqlashtirish imkonini ham beradi.
12Siyosat
Ispaniyada Ronalduning ketmoqchiligi sababini ma'lum qilishdi «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu madridliklar rahbariyati tomonidan o‘ziga berilgan yangi shartnoma shartlaridan qoniqish hosil qilmagan. Bu haqda AS xabar tarqatmoqda. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres portugaliyalik futbolchiga o‘tgan mavsumda YeChL finalida «Yuventus» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan keyin shartnomani yangilashni va'da qilgandi. 2017 yil dekabrida, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati vaqtida muzokaralar boshlandi. «Real» futbolchiga yangi shartnomaga ko‘ra yiliga 9 million yevro qo‘shib bergan, ammo buning evaziga ma'lum bir shartlar qo‘yilgan, futbolchi jamoa bilan sovrinlar yutishi, «Oltin to‘p» mukofotini va boshqa shaxsiy sovrinlarni qo‘lga kiritishi, shular jumlasidan. Krishtianu esa bu shartnomani rad qilgan va klub rahbariyatini o‘ziga hurmatsizlik qildi, deb hisoblagan. Shundan so‘ng, o‘zaro munosabatlar sovuqlashib borgan. Buning ustiga, «Real» prezidenti portugaliyalik futbolchi o‘zining beshinchi «Oltin to‘p»ini olgan kechada braziliyalik futbolchi Neymar sha'niga maqtovli so‘zlar aytganidan jahli chiqqan. Ronalduga taklif etilgan shartnomaga ko‘ra, futbolchining yillik maoshi 30-33 million yevroga yetishi mumkin edi (haftasiga 350 ming yevro). Ammo bu vaqtda «Barselona» futbolchisi Lionel Messi haftasiga 750 ming (yiliga 50 million yevroga yaqin), «PSJ» hujumchisi Neymar esa haftasiga 600 ming yevro ishlashi (yiliga 37 million yevro), Ronalduning hasadini keltirgan. Oxirgi oylardagi bu voqealar Krishtianu Chempionlar ligasi finalida «Liverpul»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin klubdan ketish haqida aytishiga olib kelgan. Final hushtagi yangrashi bilan bergan ilk intervyusida Ronaldu tez orada «Real»dan ketishi mumkinligiga ishora qildi: «Kelajagim haqida keyinroq aytaman. Men «Real»da yaxshi vaqtlar o‘tkazdim, aniq qarorimni yaqin kunlarda ma'lum qilaman».   U shuningdek, klub prezidentiga ham murojaat qilgan: «Gap pulda emas. Men 5 marta YeChL g‘olibi bo‘ldim, 5 marta «Oltin to‘p» qo‘lga kiritdim, nomimni tarixga muhrlab qo‘yganman. Yashirmayman, keyingi mavsumda ham «Real»da bo‘lishim aniq emas. Anig‘ini shu haftada e'lon qilaman, barchasini aytaman. Florentino, hayot bu quruq maqtovga burkanib yashash emasku, to‘g‘rimi?». Ronaldu «Real» safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U bu klubga «Manchester Yunayted»dan 93,4 million yevro evaziga transfer qilingan va o‘sha vaqtda dunyodagi eng qimmatbaho futbolchiga aylangan. «Real» safida u 4 marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi, ikki martadan Ispaniya chempionatida va Ispaniya Kubogida g‘olib chiqdi, 3 marta klublar o‘rtasida jahon chempionati sovrinini boshi uzra ko‘tardi. U «MYu» safida ham 3 marta Angliya chempioni bo‘lgan va bir marta YeChLda, bir marta Angliya Kubogida va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
13Sport
Rossiya va Ukrainaning 80 kompaniyasi Petya.A virusi hujumiga uchradi Group-IB kriminalistik laboratoriyasi rahbari Valeriy Baulin Petya.A virusining hujumi oqibatida Rossiya va Ukrainadagi 80 kompaniya kompyuterlari zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. “Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, Petya.A shifrlovchi virusi hujumi natijasida Rossiya va Ukrainada joylashgan 80 kompaniya zarar ko‘rgan”, — deyiladi bayonotda. Aytilishicha, ushbu xakerlik hujumi WannaCry virusiga aloqador emas. O‘z navbatida, Ukraina tomoni mazkur hujumlarda Rossiyani aybladi. Baulinning so‘zlariga qaraganda, virusning tarqalishini to‘xtatish uchun 1024-1035, 135 va 445 TCP-portlarini yopish talab etiladi.
2Dunyo
O‘zbekistondagi muzey direktori Yaponiya imperatori ordeni bilan taqdirlandi Yaponiya hukumati joriy yil kuz faslida imperator ordeni bilan taqdirlangan xorijliklar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida yaponiyalik intern qilingan shaxslar muzeyi direktori Jalil Sultonov ham bor, deya xabar beradi “Gazeta.uz”. “Janob Sultonov O‘zbekistonda 1940-yillarda yashagan yaponlar tarixini saqlash orqali Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishga munosib hissa qo‘shdi. U ‘Otayotgan quyosh, oltin va kumush nurlar’ ordeniga loyiq ko‘rildi”, — deya ma’lum qildi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati. Yaponiyalik intern qilingan shaxslar muzeyi 1998-yilda Jalil Sultonovning shaxsiy mablag‘i hisobiga ochilgan bo‘lib, bu yerda O‘zbekistonga Ikkinchi jahon urushidan so‘ng kelib qolgan yaponlarga oid manbalar, buyumlar yig‘iladi va namoyish etiladi.
8O‘zbekiston
Yana bir nafar yurtdoshimizda koronavirus aniqlandi SSV ma`lum qilishicha 2020 yil 8 may soat 22:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2325 nafarni tashkil qilmoqda.
11Salomatlik
Bayden 2024 yilgi saylovda ham ishtirok etmoqchi - OAV AQSh prezidentning reytingi tobora pasayib bormoqda. Bu haqda avval ham yozgan edik. Shunga qaramay, Bayden 2024 yilda bo`lib o`tadigan saylovda qatnashmoqchi. Zamon.uz nashri buni ma`lum qildi.  Ta`kidlanishicha, oq uy matbuot kotibi Jen Psaki AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanish niyatida ekanini tasdiqlagan.  "Uning ikkinchi muddatga o`z nomzodini qo`yish niyati bor", dedi Psaki Baydenning navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagi haqida so`ragan jurnalistlarga.    Shuningdek, matbuot kotibi bir qator Amerika ommaviy axborot vositalarining so`nggi kunlardagi mavzusiga aylangan masalaga oydinlik kiritgani aytiladi.  Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etish istagini o`tgan yilgi inaugurasiya marosimi paytida e`lon qilgandi:   "Men ikkinchi muddatga nomzodimni qo`yishni rejalashtirmoqdaman. Men buni kutaman", — degan edi Bayden.
2Dunyo
AQSH Kongressining «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» delegatsiyasi Toshkentga keldi 19 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatda bo‘lib turgan «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» hamraislari Trent Kelli va Visente Gonsaliz boshchiligidagi AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zolari guruhi bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi. Delegatsiya tarkibidan Vakillar palatasi muhim qo‘mitalarining respublikachi va demokrat a’zolari o‘rin olgan. Vazir, avvalo, kongressmenlarni yaqinda bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlarda qayta saylanganlari bilan tabrikladi va AQSH Kongressining quyi palatasida ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor «O‘zbekiston bo‘yicha kokus"ning tuzilganligini e’tirof etdi. Bo‘lib o‘tgan suhbatda prezident Shavkat Mirziyoyevning may oyidagi AQSHga rasmiy tashrifi va uning Prezident Donald Tramp bilan olib borgan sermahsul muzokaralari natijasida keng qamrovlik va jadallik kasb etayotgan O‘zbekiston-Amerika kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik va amerikalik parlamentariylar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi izchil rivojlanayotgan hamkorlikning ijobiy jarayonlarni qonuniy mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi. Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning may oyida Amerika Qo‘shma Shtatlariga qilgan tashrifidan so‘ng «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» tuzish va uning tarkibiga yetakchi kongressmenlarni birlashtirishda erishildi. Vashingtonda O‘zbekiston rahbari yangi tuzilmaga boshchilik qilish va uning faoliyatiga Vakillar palatasining boshqa yetakchi a’zolarini jalb qilishga tayyorligini bildirgan Missisipi shtatidan kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi Kongress a’zolari guruhi bilan uchrashgan edi. Kokusga yana bir yetakchi qonun chiqaruvchi — texaslik Visente Gonsaliz hamrais bo‘ldi. Avgust oyi oxirida AQSH Kongressi ma’muriyati Vakillar palatasida «O‘zbekiston bo‘yicha kokus"ni rasman ro‘yxatga oldi. Kokus amaliyotiga muvofiq, bir yilda ikki marta Amerika-O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘llari muhokama qilinadi. Birinchi uchrashuv yanvar oyi boshida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonga tashrif AQSH Kongressi a’zolarining mamlakat haqida xabardorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
12Siyosat
Dzyudochimiz Shahram Ahadov Gran-Pri sovrindori bo`ldi Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo`yicha nufuzli Gran-pri musobaqasi start oldi. Ushbu nufuzli musobaqada o`zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda, deb xabar bermoqda MOQ. Bugungi bahslarda ikki nafar sportchimiz ishtirok etdi.- 66kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz Shahram Ahadov ilk jangida mezbonlar vakili Zviad Xubulurini, keyin ozarbayjonlik Elchin Huseynovni mag`lubiyatga uchratdi. Chorak finalda esa afsuski u braziliyalik Daniel Kargninga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Shunday bo`lsada, hamyurtimizda bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlanib qoldi. O`tish bahsida u gruziyalik Niko Chikaidzeni taslim etdi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa u boshqa bir mezbon sportchi Lasha Giunashvilidan ustun kelib, Gran-Prining bronza medali sohibiga aylandi.Shahram Ahadov yanvar oyida bo`lib o`tgan Tunis Gran-Prisida oltin medalni qo`lga kiritganini ham eslatib o`tish lozim.- 60kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Doniyor Sultonboev armanistonlik Vagan Xovsepyan va Qirg`iziston vakili Otar Bestaevni mag`lubiyatga uchratgandi. Ammo, yarim final yo`llanmasi uchun kechgan bahsda u mezbon sportchi Lukumi Chkvimianiga yutqazib qo`ydi.Ma`lumot uchun, musobaqaning ertangi kun bahslarida o`zbekistonlik sportchilardan G`iyosjon Boboev, Sharofiddin Boltaboev va Shermuhammad Jandrievlar ishtirok etadilar.
13Sport
Iordan daryosining g‘arbiy sohilida Falastin fuqarosi 3 nafar isroillikni o‘ldirdi Falastinlik jangari Iordan daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan yahudiylar qishlog‘iga kirish qismida uch nafar isroillik fuqaroni otib o‘ldirdi. Bu haqda chegara politsiyasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, isroillik fuqarolarga qarata o‘q uzgan fuqaro o‘zini ishchi qilib ko‘rsatgan va Quddus shahrining shimoliy-g‘arbida joylashgan Xar-Adar qishlog‘iga o‘tishga uringanida politsiyada shubha uyg‘otgan. “U qurolini olib, xizmat vazifasini o‘tayotgan huquq-tartibot organlari xodimlariga qarata o‘q uzdi. Hujum oqibatida uch nafar isroillik fuqaro halok bo‘ldi, yana bir nafari yaralandi”, — deyiladi xabarda. Hujumni uyushtirgan shaxsning o‘zi ham otib o‘ldirilgan.
2Dunyo
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik kurashchilar birinchi bosqichdan o‘tishdi Osiyo o‘yinlarida o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha bahslarning ikkinchi kuni boshlandi. Bugun musobaqalarda O‘zbekiston kurashchilar jamoasining 4 nafar vakili ishtirok etmoqda. Dastlab -63kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Muxlisa Abdumalikova saralashda afg‘onistonlik Ramziya Saididan ustun keldi (10:0) va nimchorak finalga chiqdi. Uning navbatdagi raqibi vetnamlik Nguen Ti Tan Tram bo‘ladi. Shu vazn toifasidagi Dildor Shermetova Filippin vakili Tener Noyemini 10:0 hisobida mag‘lub etib, saralashdan o‘tdi. U nimchorak finalda afg‘onistonlik Nafisa Ahmadiga qarshi gilamga chiqadi. -81 kg vazn toifasidagi Sarvar Shomurodov esa saralash bosqichida yamanlik Mater Ziyod ustidan qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi - 1:0. Shomurodov qozog‘istonlik Sulton Jonibek bilan keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bellashadi. O‘zbekistonning to‘rtinchi vakili, -81 kg vazn toifasidagi Muso Sobirov hindistonlik Tokas Manish ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, nimchorak finalga chiqdi. U endi tojikistonlik Xojazoda Behruzi bilan kuch sinashadi.
13Sport
Xoms va Damashqdagi teraktlar qurbonlari soni 177 kishiga yetdi Suriyaning Xoms va Damashq shaharlarida sodir etilgan teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 177 kishiga yetdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. Oldinroq teraktlarda 146 kishi nobud bo‘lgani bildirilgandi. Teraktlar 21-fevral kuni amalga oshirildi. Yakshanba kuni tongda Xoms g‘arbidagi Az-Zahro dahasida, Sittin ko‘chasida minalashtirilgan avtomobillar mahalliy universitet talabalarini mashg‘ulotlarga tashiydigan mikroavtobuslar turargohida portlatilgan. O‘sha kunning adog‘ida Damashqning shialar istiqomat qiladigan tumanlarida bir nechta portlash sodir etilgan. IShID tomonidan uyushtirilgan mazkur teraktlar 2011-yil bahoridan, Suriya hududida hukumat va terrorchi guruhlar o‘rtasida qarama-qarshilik boshlanganidan beri eng qonlisi ekanligi aytilmoqda.
2Dunyo
Tuzalmas kasallikka chalingan AQShlik qizchaga butun dunyodan maktublar yuborilmoqda AQShning Texas shtatida og‘ir kasallikka chalingan qizaloqqa butun dunyodan tug‘ilgan kun tabriknomalari kelib tushmoqda, deya xabar berdi ABC News. Qizning ota-onasi uning o‘n bir yoshgacha yashamasligini taxmin qilmoqda. Shu tufayli o‘zining o‘n yoshiga qizaloq iloji boricha ko‘proq tabriknomalar olishni istadi. Farzandining tilagini bajarish uchun ona Facebook’ka xabar joyladi. Biroq u bunchalik ko‘p kishilarning aksiyaga qo‘shilishini kutmagan edi. Hozirga qadar qizga Amerikaning boshqa shtatlari, shuningdek, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Isroil kabi mamlakatlardan 230 ga yaqin tabriknoma kelib tushgan. Qizaloq tuzalmas kasallik — neyroaksial distrofiyaga chalingan. Bunday xastalik bilan og‘rigan kishilarda mushaklar asta-sekinlik bilan ishlamay qoladi. Unga bunday tashxis ikki yil avval qo‘yilgan, hozirda kasallik kuchayib bormoqda. Qiz mustaqil ravishda harakatlana olmay qolgan va nogironlar aravachasiga o‘tkazilgan. Bemor qiz vaqtining ko‘p qismini o‘z xonasida o‘tkazadi, biroq maktub kelishi bilan uni o‘qish uchun tashqariga chiqadi. “Qizimga shuncha muhabbat ko‘rsatilayotgani zavqli va ta’sirlidir”, — dedi qizning onasi.
2Dunyo
BMT hujumdan keyin Suriyaga birinchi gumanitar karvon jo‘natdi Suriyaga gumanitar yordam yetkazish yana yo‘lga qo‘yilgandan keyin birinchi gumanitar karvon Muadamiya shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Farxon Haq ma'lum qildi.  "Bugun gumanitar agentliklar karvoni Damashq atrofida qamal qilingan Muadamiya shahriga kirib keldi va 35 ming kishiga yordam yetkazdi. Biz o‘ta murakkab vaziyatda ham yordam amalga oshirilishi zarurligidan kelib chiqib, yordam yetkazib berilishini qayta boshladik, biroq albatta, birinchi navbatda bizga xavfsizlik kafolatlari kerak", deb aytdi Haq. 20 sentabrga o‘tar kechasi Suriyaga BMTning gumanitar yordamini olib ketayotgan karvon hujumga uchragan.
2Dunyo
Iste'molchilar huquqlariga oid qonun loyihasi: qanday o‘zgarishlar taklif etilmoqda? Agentlik direktorining maslahatchisi Dilshod Azimov qonun loyihasining maqsad va mohiyati yuzasidan Kun.uz'ga ma'lumot berdi. Quyida rasmiy axborot matni juz'iy qisqartirishlar bilan keltirib o‘tiladi. Davlat tili — Amaldagi «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, iste'molchilarga majburiy tarzda berilishi lozim bo‘lgan axborotlar, ya'ni tovar yoki uning ishlab chiqaruvchisi haqida ma'lumotlar ular hohlagan tillarda berilishi belgilab berilgan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, qaysi tilda bo‘lishi umuman ko‘rsatilmagan. Shu munosabat bilan, ishlab chiqilgan Qonun loyihasida iste'molchiga tovar (ish, xizmat) va ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma'lumotni, shu jumladan elektron tijorat orqali tovarlar sotishga taqdim etiladigan ma'lumot va narxnoma davlat tilida bo‘lishi lozimligi talabi kiritilmoqda. Bunda, ma'lumotlar davlat tili bilan birga boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, iste'molchi va ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) o‘rtasida tuziladigan yozma shartnomalarning matni davlat tilida rasmiylashtirilishi va tomonlarning kelishuviga muvofiq boshqa tillarda ham tuzilishi mumkinligi normasi kiritilmoqda. O‘z navbatida, sotuvchi (ijrochi) matni davlat tilidan boshqa tillarda rasmiylashtirilgan shartnomani imzolashga iste'molchini qistashga va undashga haqli emasligi to‘g‘risidagi majburiyat qo‘yilmoqda. Ta'kidlash joizki, mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni normalarining ta'sir va qamrov doirasini yanada kengaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida kiritilmoqda. Shuningdek, xorijiy davlatlar amaliyoti, jumladan Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Isroil davlatlari qonunlarida, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar davlat tilida taqdim etilishini ko‘rsatmoqda. Aniqroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak, Isroil davlatida tovar markirovkasi ivrit yozuvida bo‘lishi shartligi, Turkiya qonunlariga ko‘ra, barcha yozishmalar, yozuv va hisob-kitoblar xech qanday istisnolarsiz turk tilida olib borilishi talab qilinadi. Eng qizig‘i, turk yuridik shaxslari o‘rtasida tuzilgan turk tilida bo‘lmagan shartnomalar bekor qilinadi. Aksariyat chet davlatlarlarda korxona o‘zi haqidagi ma'lumotni yoki ishlab chiqarayotgan mahsulotidagi yozuvlar davlat tilida aks ettirilmasa, 4 ming yevrogacha jarimalar qo‘llanishi qonun xujjatlari bilan beliglab qo‘yilgan. Masalan, Fransiya qonunlariga muvofiq, boshqa tilda peshlavxasi yoki yorlig‘i yozilgan mulk (mahsulot) musodara qilinishi va 700-3750 yevro miqdorida jarimaga tortilishi belgilangan (manba: til.gov.uz). Mazkur o‘zgartirishlar orqali, iste'molchining tovar (ish, xizmat) va ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risida davlat tilida ma'lumot olish imkoniyati kengaytiriladi. Shuningdek, iste'molchi bilan sotuvchi o‘rtasida turli sohalarda, xususan uy-joy qurilish, avtomobil xarid qilish, avtokredit/lizing, aloqa va boshqa xizmatlar bo‘yicha tuziladigan yozma shartnomalarning davlat tilida rasmiylashtirilishi iste'molchining shartnoma shartlari bilan to‘liq tanishib chiqish, davlat tilida shartnoma taqdim etishni talab qilish, shartnomaviy munosabat bilan yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarda o‘z huquqlarini mustaqil himoya qilishiga xizmat qiladi.   Qonunda iste'molchilarning majburiyatlarini belgilab qo‘yish taklif etilmoqda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019 yil 4 oktyabrdagi PQ–4477-son qarorida uzoq muddatli istiqbolda «yashil» iqtisodiyotga o‘tish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanishi kerakligi belgilangan: Qonunda iste'molchilarimizning huquqlari belgilangan bo‘lsa-da, ularning majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilmagan. Shularga ko‘ra, aholining (iste'molchilarning) energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishlariga erishish, bu orqali o‘z salomatligi, daromadi va jamiyat manfaatlariga ijobiy hissa qo‘shishiga erishish maqsadida, iste'molchilarning majburiyati ham kiritilmoqda. Jumladan: Shuningdek, iste'molchilarimizning majburiyatini oshirish hamda tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish maqsadida tovar almashtirilgan yoki qaytarilgan taqdirda, tovar qanday holatdagi qadoqda sotilgan bo‘lsa, iste'molchi tovarni shunday birlamchi iste'mol qadog‘ida qaytarishi shartligi majburiyati yuklanmoqda. Aholining iste'molchi sifatida asosiy majburiyatlari qonun bilan belgilanishi va bu to‘g‘risida ularni keng xabardor qilinishi natijasida, tovardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish, o‘z huquqlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan qonun hujjatlari normalari bilan tanishish, energiya va tabiiy resurslarni tejash, o‘z salomatligi va daromadi uchun ekologik toza iste'molni amalga oshirish mas'uliyati ortadi. Shuningdek, maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini qaytarib berishda iste'molchining javobgarligi va mas'uliyati belgilanadi.   Bank kartasi bilan savdo qilinganda narxni oshirish mumkin emasligi bo‘yicha taqiq mustahkamlanadi — Hozirgi paytda tovar uchun naqd pul yoki plastik kartochka orqali haq to‘lash shakliga qarab ularni sun'iy ravishda oshirgan yoki pasaytirganlik uchun amaldagi qonun xujjatlarida javobgarlik belgilab qo‘yilgan. Biroq, qonun hujjatlarida to‘lov shakliga ko‘ra tovar narxini turli miqdorda belgilash mumkin emasligi normasi aniq qayd etilmagan. Shu munosabat bilan, Qonunga ushbu holatni tartibga soluvchi norma kiritilmoqda. Jumladan, sotuvchiga (ijrochiga) tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘lash shakliga qarab bir turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun har xil narx (tarif) belgilash mumkin emasligi belgilab qo‘yilmoqda. Bozor mexanizmlari asoslariga muvofiq, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni naqd pulsiz sotishda chegirmalar va rag‘batlantirishning boshqa shakllari belgilanishi mumkinligi ham aks ettirilmoqda. Bu o‘zgartirishlar tovar uchun to‘lovni amalga oshirishda iste'molchining huquqini mustaxkamlashga xizmat qiladi.   Nazorat xaridi bo‘yicha xarajatlar sotuvchiga yuklanishi mumkin — Ko‘pgina xorijiy davlatlarda bozorda sotilayotgan mahsulotlarni sifat va boshqa talablariga mos kelishi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari amalga oshirib kelinadi. Shu kabi amaliyot Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligida ham joriy etilgan bo‘lib, nazorat xaridini amalga oshirish davomida olingan tovarni ekspertizadan o‘tkazish natijasida tovarning nuqsonlari mavjudligi va normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda, ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Agentlik mablag‘lari xisobidan qoplanmoqda. Vaholanki harajatlar mazkur nuqsonli tovar aniqlangan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim. Shu sababli, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning nuqsonlari mavjudligi va normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi tasdiqlangan taqdirda, iste'molchi va iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga vakolatli davlat organlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tekshirish (laboratoriyadan o‘tkazish, ekspertiza qilish) bilan bog‘liq harajatlari sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi belgilanmoqda. Mazkur o‘zgartirish iste'molchilar huquqlarini samarali himoya qilinishida, xususan ichki bozorlarda iste'molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga va atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin tovarlar (ishlar, xizmatlar) paydo bo‘lishining oldi olinadi va bartaraf etiladi hamda ishlab chiqaruvchining (ijrochi, sotuvchining) ma'suliyati va shaxsiy javobgarligi ortishiga olib keladi.   Iste'molchiga sotuvchi bilan shartnomaviy munosabatlarda ustuvor huquq beriladi — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga ko‘ra, davlat tomonidan iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan baravar muhofaza etilishini kafolatlash prinsipiga og‘ishmay rioya etishishi shartligi belgilangan. Iste'molchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma'lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste'molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib ish yuritilishi «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida aks ettirilgan. Shu sababli, qonun loyihasida iste'molchiga sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnomaviy munosabatlarda o‘zining qonun hujjatlarida belgilangan talablarini qanoatlantirishda ustuvor huquq berilishi nazarda tutilmoqda.   Yangi turdagi jarimalar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 sentyabrdagi PF–5817-son Farmonida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, axborot bermaganlik yoki bila turib noto‘g‘ri axborot berganlik, Agentlik ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarliklarni kuchaytirish, yuridik shaxslarga jarimalar qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish belgilangan. Shu sababli, ma'muriy javobgarlikdan tashqari, quyidagi hollarda ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ga Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan moliyaviy sanksiya qo‘llash huquqi taklif qilinmoqda: Iqtisodiy sanksiyalarning joriy qilinishi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlarini kengaytirishga, shartnomaviy munosabatlarda iste'molchining huquqi mustahkamlanishiga olib keladi. Shu bilan birga, iste'molchilar hayoti va salomatligiga jiddiy zarar keltiradigan yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni realizatsiya qilish holatini keskin kamayishiga, tadbirkorlik sub'yektlarining iste'molchi oldidagi mas'uliyati ortishiga yordam beradi.   Yuqorida keltirib o‘tilgan agentlik rasmiysining mulohazalari Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
8O‘zbekiston
Rossiyalik oligarx AQSh hukumatini sudga berdi Tadbirkor Oleg Deripaska Kolumbiya okrugidagi sudga AQSh Moliya vazirligi va uning rahbari Stiven Mnuchinga qarshi da'vo bilan murojaat qildi. Oligarx o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar bekor qilinishini talab etmoqda. Deripaska da'vo arizasida o‘zini siyosiy kurash va Rossiyaning AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga aralashuvi uchun qaytarilgan javob qurboni, deb atagan. Deripaskaning bildirishicha, AQSh Moliya vazirligi harakatlari tufayli 7,5 milliard dollar miqdorida zarar ko‘rgan. 2019 yil yanvar oyida AQSh Moliya vazirligi Deripaskaga tegishli bo‘lgan En+ guruhi va uning nazorati ostidagi «Rusal» hamda «Yevrosibenergo» kompaniyalariga 2018 yil aprelida joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi. Sanksiyalar rossiyalik biznesmenning shirkatlardagi ulushi qisqartirilganidan keyin bekor qilindi. Bundan oldin, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy g‘arbni oligarxlarga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirgandi.
2Dunyo
AQSh Senati Ukrainaga 13,6 milliard dollar ajratishni ma’qulladi AQSh Senati joriy moliya yili uchun hukumat tomonidan 1,5 trillion dollarlik moliyalashtirish paketini ma’qulladi, bu paket Ukrainaga 13,6 milliard dollarga yaqin gumanitar, harbiy va iqtisodiy yordamni ham o‘z ichiga oladi, deb yozmoqda The Washington Post. Gazetaga ko‘ra, 730 milliard dollar davlatning ijtimoiy xarajatlariga, yana 742 milliard dollar harbiy ehtiyojlarga, jumladan, milliy xavfsizlikni mustahkamlash va Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, AQSh infratuzilmasini “Rossiya va boshqa bosqinchilarning” kiberhujumlaridan himoya qilish uchun mablag‘ ajratiladi. 8-mart kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressni Ukrainaga 12 milliard dollarlik yordam paketini tasdiqlashga chaqirdi. U AQSh hukumatining vatanida qolgan ukrainaliklarga ham, Ukrainani tark etganlarga ham insonparvarlik yordamini ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Bayden Qo‘shma Shtatlar unga 1 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatganini aytdi. Xalqaro Valyuta fondi ham 10-mart kuni Ukrainaga 1,4 milliard dollarlik favqulodda yordamni ma’qulladi. XVJ tushuntirishicha, tezkor moliyalashtirish dasturi (RFI) doirasidagi ushbu to‘lov Ukrainaning fonddagi kvotasining 50 foiziga teng bo‘lib, u mamlakatga to‘lov balansining shoshilinch ehtiyojlarini qondirishga yordam berishi kerak. 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Kreml o‘z maqsadlarini mamlakatni “denatsifikatsiya” va “demilitarizatsiya” qilish, shuningdek, Donbass aholisini Ukraina rasmiylarining “genotsidi”dan himoyalash deb atagan. Maxsus operatsiya boshlanganidan keyin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda harbiy holat joriy qildi va safarbarlik e’lon qildi. G‘arbning ko‘plab davlatlari, jumladan, AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi va Ukrainaga qo‘shimcha qurol-yarog‘ yetkazishga va’da berdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus operatsiya boshlanganidan keyin Ukrainani tark etganlar soni 2 million kishiga yetgan. Tashkilot, shuningdek, mamlakatdagi vaziyat insonparvarlik falokatiga aylanganini qayd etgan.
2Dunyo
O‘zbekistonda OTMda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni qayta ko‘rib chiqiladi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorining 4-bandining taklif etilayotgan tahririga ko‘ra, OTMda o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbati qayta ko‘rib chiqiladi. Xususan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi o‘qish bo‘yicha oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari: Shuningdek, oliy ta’lim muassasasi kengashlariga zarur hollarda mazkur nisbatlarni 50 foizgacha o‘zgartirish vakolatini berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi. Hujjatda belgilanishicha, ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.  O‘zbekistonda pedagoglar maoshi oshiriladi
8O‘zbekiston
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hay'at a'zolari tasdiqlandi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 apreldagi 313-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hay'at a'zolari tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi to‘g‘risida nizomga hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay'atlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 19 oktabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati a'zolarining soni 9 (to‘qqiz) nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hay'ati quyidagi tarkibda tasdiqlandi: 1. Madjidov Inom Urishevich – Vazir 2. Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich – Vazirning birinchi o‘rinbosari 3. Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovich – Kasb-hunar ta'limi markazi direktori –vazirning birinchi o‘rinbosari  4. Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich – Vazirning fan bo‘yicha o‘rinbosari 5. Inoyatov Mirabbos Mirkomilovich – Vazir o‘rinbosari 6. Xoliqov Abduvali Jonizoqovich – Kadrlar tayyorlash va oliy ta'lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta'minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i 7. Niyazbekov Saidmurad Saidrasulovich – Yangi dasturlar va o‘quv adabiyotlarining joriy etilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i 8. Bazarov Otabek Xasanboyevich – Ma'naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i 9. Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich – Toshkent davlat texnika universiteti rektori 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklandi.
8O‘zbekiston
Qashqadaryoda maktab o`quvchilari darsdan qochib mushtlashdi (foto va video) Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-IDUMda 16 fevral kuni o`quvchilar dars vaqtida devordan oshib tushib, mushtlashgani aks etgan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma`lumot berdi. Xabarga ko`ra, kucha, 16 fevral kuni Qarshi shahridagi 1-IDUM 2 ta sinfda o`qiydigan o`quvchilar dars vaqtida qochib soat 10:00larda maktab orqa tarafidan maktab tartib qoidalarini buzib devordan oshib o`tishgan holati mas`ullar tomonidan atroflicha o`rganib chiqilgan. Ushbu holat yuzasidan Qarshi shahar 1-IDUMda ota-onalar va maktab ma`muriyati hamda Qarshi shahar IIO FMB VYBIG inspektor psixologlar ishtirokida muhokama yig`ilishi bo`lib o`tdi. Natijada o`quvchilarning ota-onasiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda chora ko`rildi.
5Jamiyat
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Aqto‘be viloyatidagi fojiada halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi fojiada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar oilalariga hamdardlik bildirdi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati. Muhtaram jamoat!  2018-yil 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan fojiadan O‘zbekiston musulmonlari idorasi katta qayg‘uda. Ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘limiga olib kelgan ushbu voqea munosabati bilan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz. Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumani hududidan o‘tuvchi “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lining Kaliboy aholi yashash punktidan 10 kilometr uzoqlikda Ikarus rusumli avtobus harakatlanayotgan vaqtda alanga olgan va yo‘lovchi avtobus yonib ketgan. Ushbu avtobus Qozog‘iston janubidan Rossiyaning Qozon shahriga yo‘l olgan. Avtobusda jami 57 kishi bo‘lgan, faqat 5 kishi undan chiqa olgan, qolgan 52 kishi halok bo‘lgan. Ushbu sodir bo‘lgan fojia sabablarini o‘rganish uchun muhtaram Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, Bosh vazir boshchiligida tashkil etilgan Maxsus hukumat komissiyasi ayni vaqtda Qozog‘istonda bo‘lib turibdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, ulamolar va imom-domlalar tomonidan halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirish, masjid-madrasalarimizda xatmi Qur’onlar o‘qib, ruhi poklariga baxshida qilish va yaqinlariga tasalli berish kabi savobli ishlar boshlandi. Azizlar, mash’um fojiada halok bo‘lganlarning haqlariga duolar qilish, mag‘firat so‘rash va yaqinlariga tasalli berish barchamizning insoniy burchimizdir. Inson qachon, qayerda va qanday holatda vafot etishini bilmaydi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan mo‘minning darajasi yuqori bo‘lishi aytilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida kishi suvga g‘arq bo‘lib, o‘tda kuyib, tom ostida qolib, ayol kishi to‘lg‘oq paytida vafot etsa, shahidlik maqomini topishini aytganlar. Shunday ekan ushbu fojiada vafot etgan yurtdoshlarmizning haqlariga duo qilib, Yaratgan Parvardigordan ularning solih amallarini o‘zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag‘firat etishini, yotgan joylarini jannat bog‘laridan bir bog‘ qilishini iltijo qilib so‘raymiz. Ularning oila a’zolari va yaqinlarining musibatlariga sherik ekanimizni bildirgan holda sabr-u jamil tilaymiz. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi
8O‘zbekiston
2016 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomni amalga oshirish maqsadida keyingi 15 yilda respublikada monitoringning yagona tizimi yaratildi, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi asosiy tabiiy va texnogen manbalarning ro‘yxati shakllantirildi, o‘lchashlarni bajarishning zamonaviy metodikalari ishlab chiqildi, ekoanalitik laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasi modernizatsiya qilindi, monitoring natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida davlat axborot-tahlil markazi tashkil etildi. Hozirgi vaqtda atrof tabiiy muhit monitoringi 390 ta sanoat korxonalarida, 68 ta yer usti suv oqimlari punktlarida, 87 ta suv tashlama kollektorlarida, 1694 ta yer osti suvi quduqlarida, 74 ta buloqlarda va 61 ta atmosfera havosini kuzatish postlarida olib borilmoqda. Atrof muhitni muhofaza qilishga maqsadli yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy massasi ko‘rsatib o‘tilgan davrda 1,5 baravarga qisqardi, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon va Sirdaryo viloyatlarining o‘rganilgan tumanlarida sug‘oriladigan yerlar boniteti 0,9 dan 4,7 ballgacha oshdi. Shu bilan birga, suv resurslari va atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi shuni ko‘rsatdiki, ba’zi tozalash inshootlarida oqova va tashlamalarni tozalash ishlarini amalga oshirish samarasi yetarli darajada emas, yirik sanoat korxonalari atrofidagi ba’zi tuproqlar ifloslangan. Ekoanalitik laboratoriyalarning metodik va moddiy-texnika bazasi yanada takomillashtirishni talab qiladi. Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining ish sifatini yanada oshirish va ifloslanish darajasi holatini prognoz qilish va muntazam ravishda baholashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2016 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda tasdiqlangan Dasturda belgilangan tadbirlarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni vazirliklar va idoralarning xarajatlar smetasida nazarda tutsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda tasdiqlangan Dasturda belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash ishlarini moliyalashtirish uchun budjet mablag‘larining asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha ajratilishini nazarda tutsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi: vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish bo‘yicha faoliyati muvofiqlashtirilishini; 2016-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida yarim yillik va yil yakunlari bo‘yicha hisobotlarni keyinchalik Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati majlislarida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida Ai-80 benzini narxi oshdi O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida o‘tgan hafta davomida savdoga chiqarilgan Ai-80 markali benzinning narxi 4,4 foizgacha oshdi, deya xabar bermoqda birja matbuot xizmati. O‘tgan haftada Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonna uchun 5 million 325 ming 100 so‘mdan 5 million 557 ming 100 so‘mgacha yoki 4,4 foizga ko‘tarilgan. Qayd etilishicha, ko‘rib chiqilayotgan davrda bir tonna Ai-80 rusumli avtomobil benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5 million 476 ming 800 so‘mni, Ai-91 — 6 million 203 ming 900 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, o‘tgan hafta davomida birja savdolariga 24 338 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 20 273,3 tonnasi, ya’ni 83,3 foizi sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 52 nafar xaridor ishtirok etgan. Ma’lumot uchun, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 rusumli benzin bir oy avval 4100 so‘mdan 4500 so‘mgacha narxda sotilayotgan edi. Keyinchalik uning narxi 4500 so‘mdan 4800 so‘mgacha ko‘tarildi. Hozirda Toshkentdagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 benzinining bir litri o‘rtacha 4600 so‘mdan 5000 so‘mgacha sotilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Shundan so‘ng, 1-maydan dizel yoqilg‘isi narxi 500 so‘mga pasayib, 6500 so‘m qilib belgilangan. 3-maydan boshlab esa Ai-80 benzinining narxi 500 so‘mga pasayib, bir litri 4000 so‘mdan sotila boshlagan. Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasining UNG brendi ostidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida 13-apreldan boshlab Ai-91 markasidagi benzinning bir litri narxi 5800 so‘mdan 5600 so‘mgacha pasaytirilgan. Shuningdek, dizel narxi 1-martdan boshlab 7500 so‘mdan 7300 so‘mga pasaytirilgan, 3-apreldan boshlab esa dizel narxi yana 300 so‘mga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqarilgandi.
8O‘zbekiston
Rossiyada maktab o‘quvchisi karate mashg‘ulotlarida olamdan o‘tdi Rossiyaning Kabardin-Bolqor Respublikasidagi Baksana shahrida 8-sinf o‘quvchisi mashg‘ulotlar chog‘ida quyosh o‘rilmasidan zarba yeb, olamdan o‘tdi. Bu haqda, respublika prokuraturasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda. 22-noyabr kuni sport majmuasidagi mashg‘ulotlar chog‘ida o‘quvchi zarba yegan, buning oqibatida uning yuragi urishdan to‘xtagan. 2002-yilda tug‘ilgan bolaning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. Tuman markaziy shifoxonasida bolaning joni uzildi. Prokuratura voqea yuzasidan taftishlarni boshlab yubordi. Nomi keltirilmayotgan maktab o‘quvchisi karate seksiyasiga 2012-yildan buyon qatnagani ma’lum.
13Sport
Karlo Anchelotti: Zidan futbolga bo‘lgan dunyoqarashimni o‘zgartirishga yordam bergan Madridning “Real” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Qirollik klubi”ning amaldagi ustozi Zinedin Zidan uning futbolga bo‘lgan dunyoqarashini o‘zgartirganini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Chempionat”. Zinedin Zidan 1999-yildan 2001-yilgacha “Yuventus”da Karlo Anchelotti qo‘li ostida to‘p surgan. “Zidan bilan birinchi marta ‘Yuventus’dagi faoliyatimning ilk yillarida to‘qnash kelib, u fantastik futbolchi ekanini tushunib yetganman. Zidan men uchun asosiy futbolchi edi va u futbolga bo‘lgan dunyoqarashimni, g‘oyamni o‘zgartirishga yordam bergan. Avvallari barcha o‘yinlarda 4-4-2 sxemasini qo‘llar edim. ‘Yuventus’da o‘yin uslubimni o‘zgartirdim. Zizu ikki hujumchi ostida harakat qilib, ajoyib o‘yin namoyish qilar edi”, – deydi italiyalik mutaxassis. Qayd etish joiz, Zidan 2013/14-yilgi mavsumda “Real” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Karlo Anchelottiga assistentlik qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, fransiyalik 43 yoshli mutaxassis Zinedin Zidan 2016-yilning 4-yanvarida “Qirollik klubi”ga bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
13Sport
Aktyor Tom Kruz yangi filmidagi xavfli tryukni kaskadyorlar ko‘magisiz bajardi “Bajarib bo‘lmaydigan missiya” (Mission Impossible) filmining yangi qismini suratga olish jarayonida Gollivud aktyori Tom Kruz kaskadyorlar ko‘magidan bosh tortdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. 52 yoshli aktyor yerdan bir necha ming metr balandlikdagi harbiy samolyotdan mustaqil ravishda sakradi. Xabarga ilova qilingan rasmda Tom Kruzning yalangliklar ustidan soatiga 400 kilometr tezlikda harakatlanayotgan samolyot eshigida ikkita xavfsizlik tasmasiga mahkamlangan holda osilib turganini ko‘rish mumkin. Aktyor 20 daqiqa davomida shu holatda turdi. Xavfsizlik kamarlari bo‘lishiga qaramay, bu aktyor tomonidan bajarilgan tryuklar ichida eng xavflisi bo‘ldi, deb yozadi nashr.
7Madaniyat
Kanada keyingi uch yil davomida 1,2 milliondan ko‘proq muhojir qabul qiladi Kanada keyingi uch yil davomida 1,2 milliondan ko‘proq muhojirni qabul qiladi. Bu haqda mamlakat immigratsiya vaziri Marko Mendichinoga tayanib, “Knopka.ca” xabar berdi. 2021-yilda Kanada — 401 ming, 2022-yilda — 411 ming, 2023-yilda esa 421 ming muhojirni qabul qiladi. Mendichinoning ma’lum qilishicha, immigratsiya koronavirus sabab yuzaga kelgan inqiroz oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur. Kanada birdaniga 400 mingdan ortiq muhojirni 1913-yilda qabul qilgan. Keyingi uch yil davomida Kanada fuqarolari yoki doimiy istiqomat qiluvchilarning qarindoshlari bo‘lgan iqtisodiy muhojirlar va qochoqlarni qabul qiladi. 2020-yilda hukumat 341 ming muhojirni qabul qilish niyatida edi. Avgust holatiga ko‘ra, Kanadaga 128 ming kishi ko‘chib o‘tgan. Mandichinoning so‘zlariga ko‘ra, hukumat muhojirlarning Kanadada yashashini ta’minlovchi ruxsatni berish jarayonini tezlashtirishni ko‘rib chiqadi. Ma’lumot uchun, Kanadadagi bizneslarning 33 foiziga muhojirlar egalik qiladi, shuningdek, jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasi xodimlarining 25 foizi ham muhojirlar. Kvebek hukumati 27-oktabr kuni uchta yangi immigratsion dastur ishga tushirilganini ma’lum qilgan. Dasturlar sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat sanoati hamda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassis va ishchilarni jalb etish va ularni olib qolishga qaratilgan. Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida prezident Donald Tramp AQShga keluvchi migrantlar oqimini to‘xtatish haqidagi qarorni imzolagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat iqtisodiyoti o‘sishni boshlaganida jamiyatning barcha qatlamlaridagi ishsiz amerikaliklar birinchi bo‘lib bo‘sh ish o‘rniga da’vogarlik qilishini kafolatlaydi.
2Dunyo
Yoqilmagan chiroq uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan haydovchilarga puli qaytariladimi? Toshkentda Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qarori qabul qilindi. Endilikda 2021-yil 1-yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Kunning yorug‘ vaqtida transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda, yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida, bolalar guruhini tashkiliy tashishda, xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda, mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida), motosikl va mopedlarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak. Endilikda chet eldan import qilinadigan avtomototransport vositalarida kunduzgi signal chiroqlarining mavjudligi sertifikatsiyadan o‘tkazish uchun majburiy texnik talab sifatida belgilanadi. Import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari bo‘lmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi. Ayni vaqtgacha mazkur qaror yuzasidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan haydovchilarga puli qaytarilmaydi. Lekin bayonnoma rasmiylashtirilgan, ammo to‘lashga ulgurmagan haydovchilar uchun bu bayonnoma bekor qilindi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda sotilgan Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari almashtirib berilmaydi O‘zbekistonda sotiluvchi Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari zaryadlash jarayonida yonib ketgan taqdirda almashtirib berilmaydi. Bu haqida MobInfo.uz nashri Samsung kompaniyasining O‘zbekistondagi call-markazi ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.  Manbaga ko‘ra, O‘zbekistonda Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarining rasmiy sotuvlari hali rasman yo‘lga qo‘yilmagan. Sotuvdagi qurilmalar esa mamlakatimizga savdogarlar tomonidan (mahalliy bozorga) olib kelingan. Shu bois ular bir yillik kafolatga ega bo‘la olmaydi.  Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note 7 smartfoni mahalliy bozorda ilk marta 2016 yilning avgust oyi oxirida (qurilmaning portlash holatlariga qadar) paydo bo‘lgan. O‘shanda qurilma juda katta narxda sotila boshlagandi. Yangilikning portlash holatlari haqidagi xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng Galaxy Note 7’ning chakana narxi biroz pasaydi. O‘tgan yakshanba kuni mahalliy bozordagi ba'zi sotuvchilar do‘konning bir oylik kafolati bilan taklif qilishayotgandi.  Bundan avval kompaniya Galaxy Note 7 qurilmalarini ishlab chiqarish hamda ularning sotishni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.
8O‘zbekiston
Sergelidagi maktab yaqinida o‘quv granatasi topildi Dushanba kuni 8:44 da «102» telefoni raqamiga Toshkentning Sergeli tumanidagi 6-maktab yaqinidagi chiqindixona yaqinida qo‘l granatasiga o‘xshash buyum topilgani haqidagi xabar kelib tushdi. Toshkent IIBB saytida xabar qilinishicha, voqea joyiga yetib borgan mutaxassislar ko‘rsatilgan joyda «uchebnaya» («mashq») yozuvi tushirilgan qora rangdagi mashq qo‘l granatasini aniqladi. Hozirda ushbu qurilmaning qanday qilib tegishli o‘quv binosidan tashqariga chiqib qolgani sabablari o‘rganilmoqda. Ertalab ijtimoiy tarmoqlarda 6-maktab yaqinida «bomba» topilgani haqidagi axborotlar tarqaldi. Foydalanuvchilar ota-onalardan o‘quvchilarni maktabda olib ketish so‘ralganini ma’lum qilishdi.
5Jamiyat