text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
O‘zbekistonda “Ibratli sudya” mukofoti joriy etiladi Sudyalar oliy kengashi ayni vaqtda sudyalar faoliyatini baholash elektron reyting tizimini joriy etish ­ustida ish olib bormoqda. Bu haqda kengash kotibi Xurshid Sodiqov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. Elektron tizim prezidentning 2020 yildagi qarori va farmoni asosida, AKT vazirligi va “Unicon” korxonasi bilan birgalikda ishlab chiqilyapti. Ta'kidlanishicha, reyting bir nechta mezonlar asosida shakllantiriladi. Mezonlarni shakllantirishda Germaniya tajribasidan foydalanildi. Professionalizm, odob-axloq qoidalariga rioya etish, murojaatlar bilan ishlash, bilim darajasi, qabul qilingan sud qarorlarining sifati kabi jami 7-8ta mezonlar asosida 100 ballik tizimda reyting shakllantiriladi. Reyting orqali yil yakunida eng kuchli sudyalar aniqlanib, ular “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlanadi. Kengash vakili faqat eng kuchli sudyalarning reytingi e'lon qilinishini bildirdi. “Reyting natijasi veb-saytda e'lon qilinadi. Bunda ro‘yxat asosida hamma sudyaning reytingi e'lon qilinmaydi. Biz eng yuqori reytingga ega bo‘lgan, rag‘batlantirish uchun tavsiya etiladigan nomzodlar ro‘yxatini e'lon qilamiz. Hamma sudyaning reytingi e'lon qilinmasligining sababi – kimningdir reytingi past bo‘lib qolsa, u o‘z ustida ishlashi kerak bo‘ladi, lekin buni (sudya ko‘radigan ishdagi) taraflar biladigan bo‘lsa, har xil tushunmovchiliklar va sudyaga ishonchsizlik kelib chiqadi. Shuning uchun hammasini e'lon qilish noo‘rin”, – deydi Xurshid Sodiqov 17 avgust kungi matbuot anjumanida.
8O‘zbekiston
IShID Misrdagi teraktlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi IShID 9-aprel kuni Misrda sodir bo‘lgan ikki terrorchilik harakatiga javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, Misrdagi ikki terakt IShIDga tegishli guruh tomonidan amalga oshirilgan. Eslatib o‘tamiz, Misrning G‘arbiya viloyati, Tanta shahridagi “Mar Girgis” koptlar cherkovida portlash sodir etilgach, ko‘p o‘tmay Iskandariya shahridagi cherkov darvozasi yaqinida ham xudkush o‘zini portlatib yubordi. Biroz vaqtdan so‘ng, Tanta shahrida yana bir terakt sodir etildi. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
2Dunyo
Indoneziyadagi zilzila, ikkinchi marta impichment olgan Tramp, Turkiyadagi qurg‘oqchilik, Britaniyadagi “brazilcha” koronavirus shtammi. Jahon hafta ichida “Daryo” an’anaviy haftalik dayjestida jahonda yuz bergan muhim voqealar haqida hikoya qiladi. AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampga nisbatan ikkinchi marta impichment e’lon qilindi. Masala Demokratik partiyaning ko‘pchilik ovozi (222 ta) bilan qabul qilingan, bundan tashqari, Respublikachilar partiyasining 10 ta vakili ham Trampga nisbatan impichment e’lon qilinishini ma’qullab ovoz bergan. Umumiy hisobda Trampga nisbatan impichmentni palataning 232 a’zosi ma’qulladi. 197 nafar kongressmen esa qarshi ovoz berdi — ularning bari Respublikachilar partiyasidan saylangan vakillardir. Trampning hokimiyatdan chetlatilishi masalasini endi 19-yanvarga qadar ta’tilda bo‘lgan AQSh Senati ko‘rib chiqishi kerak, Trampning AQSh prezidenti sifatidagi vakolati esa 20-yanvar kuni yakuniga yetadi. Shunday qilib, Tramp prezidentlik muddati davomida ikki marta impichment e’lon qilingan AQSh tarixidagi birinchi davlat rahbariga aylandi. Vakillar palatasi unga nisbatan birinchi impichmentni 2019-yilning dekabrida e’lon qilgan edi (o‘shanda respublikachilarning bari qarshi ovoz bergan, biroq palatada demokratlar ko‘pchilik o‘rin egasi edi), lekin Senat prezidentni hokimiyatdan chetlatishga qarshi chiqqan edi. Bloomberg’ning 12-yanvardagi axborotiga ko‘ra, Tramp 6-yanvar kungi voqealar (Kapitoliyning shturm qilinishi) uchun “har qanday javobgarlik”ni rad etgan, impichmentni esa “jodugarlarni ovlash”ga o‘xshatgan. 13-yanvar kuni Vakillar palatasining majlisi davom etayotgan vaqtda Fox News telekanali Trampning bayonotini tarqatdi, unda prezident “barcha amerikaliklarni xotirjamlikka” chaqirgan. “Yangi namoyishlar tashkil etilishi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgani munosabati bilan, men hech qanday zo‘ravonlik, hech qanday qonunbuzarlik va hech qanday vandalizm harakatlarini sodir etmaslikka chaqiraman. Bu men qo‘llab-quvvatlaydigan holatlar emas, bu Amerika qo‘llab-quvvatlaydigan holatlar emas”, — deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda telekanal sayti. 15-yanvar kuni Indoneziyada 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Yerosti silkinishlari G‘arbiy Sulavesi provinsiyasida qayd etilgan. Zilzila natijasida halok bo‘lganlarning umumiy soni 56 kishiga yetgan. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy agentligining aniqlik kiritishicha, eng ko‘p qurbonlar Mamuju shahrida — 47 kishi. Majen shahrida 9 kishi halok bo‘lgan. “Bundan tashqari, Majenda 637 kishi jarohatlangan, shularning 12 nafari jiddiy darajada, 200 nafari o‘rta og‘irlik darajasida va 425 nafari yengil daraja shikastlangan. Mamujuda 189 kishi jiddiy jarohatlar olgan yoki kasalxonaga yotqizilgan”, — dedi agentlik vakili Raditya Jati. Zilzila kuchli bo‘lgan, ammo 7 soniyadan uzoq davom etmagan. Epimarkaz 10 km chuqurlikda joylashgan. Yer osti silkinishlari sunamini keltirib chiqarmagan. Mintaqa Tinch okeani havzasidagi yoriq chiziqlarda, “olovli halqa”da va vulqonlar yoyida joylashgani uchun, Indoneziyada zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi. Hozir Majenda elektr ta’minoti qisman qayta tiklangan. BNPB mahalliy hukumat va ko‘ngillilar bilan birgalikda jabrlanganlarni evakuatsiya qilishda va yerosti silkinishlari oqibatlarini bartaraf etishda davom etmoqda. Turkiyada qurg‘oqchilik sabab yirik shaharlar suvsiz qolishi mumkin. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, Istanbulni suv bilan ta’minlovchi suv omborida 138 million kub metr suv qolgan. Bu suv zaxirasi taxminan 45 kunga yetishi mumkin. Izmir va Bursani suv bilan ta’minlovchi suv omborlari mos ravishda 36 va 24 foizga to‘lgan. Anqarada suv zahirasi 110 kunga yetishi mumkin, degan poytaxt meri Mansur Yavash. Qurg‘oqchilikka 2020-yilning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilikning rekord darajada kamayishi sabab bo‘lgan. Xususan, noyabr oyida bir yil avvalgiga qaraganda 50 foiz kamroq yog‘ingarchilik bo‘lgan. Bundan tashqari, mutaxassislar mavjud vaziyatning sabablari sifatida urbanizatsiya jarayonida o‘rmonlarning me’yoridan ortiq kesilishi va yashil maydonlarning qisqarishi, sanoatlashtirish, aholi sonining ko‘payishi va iqlim o‘zgarishini ko‘rsatmoqda. O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab ushbu sabablar tufayli Turkiyada bir necha yirik qurg‘oqchiliklar bo‘lgan. Muhandis-kimyogarlar palatasi mutaxassislari shahar ma’muriyatidan aholi uchun suv me’yorini imkon qadar tezroq joriy etishni o‘ylab ko‘rishni qat’iy tavsiya qilmoqda. Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasining “brazilcha” shtammi bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etildi. Yangi COVID-mutatsiyalarini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan professor Vendi Barkleyning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyaning “brazilcha” variantining ikkita turi mavjud. Ulardan biri Britaniyada qayd etilgan. Virusologning ta’kidlashicha, aftidan, mazkur shtamm mamlakatga “yaqinda” kirib kelgan. Uning Braziliyadagi hamkasblariga tayanib qo‘shimcha qilishicha, yangi shtammni yuqtirib olgan odamlarda kasallikning og‘ir belgilari kuzatilmoqda. Avvalroq AQShning Ogayo universiteti olimlari koronavirusning ikkita yangi shtammini aniqlagan edi. Qayd etilishicha, ulardan biri “britancha” shtammga o‘xshash, ikkinchisi virusning yanada yuqumli bo‘lishiga xizmat qiladi. Buyuk Britaniya hukumati koronavirusning yuqumliroq turi aniqlanganini dekabr oyi o‘rtalarida ma’lum qilgandi. Keyinchalik SARS-CoV-2’ning ushbu varianti boshqa bir qator davlatlarda aniqlandi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virusning ushbu turi dunyoning 50 dan ortiq davlatlarida aniqlangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2 million kishidan oshdi. Pandemiya boshlanganidan buyon dunyoning 191 davlatida kasallanish bo‘yicha 95,1 milliondan ortiq holat qayd etilgan, 67 milliondan ortiq bemor sog‘aygan. Eng ko‘p o‘lim holatlari AQSh (405 ming kishi), Braziliya (209 ming kishi) va Hindistonda (152 ming kishi) qayd etilgan. Kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha AQSh hamon yetakchi bo‘lib turibdi — COVID-19’ni yuqtirib olish bilan bog‘liq 24 milliondan ortiq holat qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (10,5 million bemor), uchinchi o‘rinda esa Braziliya (8,4 million bemor). So‘nggi vaqtlarda koronavirusga chalinish holati ko‘paygani bois Tokio bilan Londonda favqulodda holat, Qozog‘iston hamda Germaniyada koronavirus tufayli cheklovlar kuchaytirildi, Livan va Shotlandiyada esa yana karantin joriy etildi. Italiyada esa favqulodda holat rejimi aprel oyining oxirigacha uzaytirildi.
2Dunyo
Odil sudlovga erishish yoʻlida Qonun loyihasi davlat rahbarining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–4850-son, 2017 yil 21 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–4966-son va 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–4947-son Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu loyiha bilan Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga, “Advokatura toʻgʻrisida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi, “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan: 1.  Fuqarolik protsessual kodeksi (keyingi oʻrinlarda - FPK), “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha sudga murojaat qilishdan avval e’tirozni majburiy taqdim etish tartibini oʻrnatish, fuqarolik va хoʻjalik, shu jumladan shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish meхanizmlarini qoʻllashni kengaytirish, da’vogar tomonidan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan boʻlsa, agar qonun yoki shartnomada mazkur toifadagi nizolar uchun bunday tartib nazarda tutilgan boʻlsa, da’voni qabul qilishni rad etish tartibini kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Taklif etilayotgan qoʻshimchalar majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida yuzaga kelgan fuqaroviy-huquqiy nizolarni sudgacha, suddan tashqari hal etish, shuningdek sudlarning ish hajmini optimallashtirish orqali ishni koʻrib chiqish tartibini qisqartirish maqsadida kiritilmoqda;  2. “Advokatura toʻgʻrisida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunlarga ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхs) topshirigʻiga koʻra nizo predmetini hal qilish va taraflarning kelishuviga erishish maqsadida boshqa ishning oʻzga ishtirokchilari bilan muzokaralarga kirishish huquqini beruvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Kiritilayotgan qoʻshimchalar advokatlarning fuqaroviy-huquqiy va ma’muriy-huquqiy nizolarning suddan oldingi yechimida faol ishtirokini ta’minlashga, bundan tashqari advokatlarning ishdagi boshqa tomonlarning asossiz shikoyatlaridan himoyasini ta’minlaydi; 3. “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi  Qonunga hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, hakamlik sudlariga qoʻyiladigan talablarni aniqlashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Shuningdek, hakamlik sudyalariga “arbitr” atamasini qoʻllash taklif etilmoqda. Bu “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi  Qonunning va “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini amal qilish sohasini ajratishga qaratilgan. Jumladan, hakamlik sudlariga taalluqli ishlarni faqat fuqarolik huquqiy shartnomalaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida vujudga keluvchi хoʻjalik shartnomalaridan kelib chiquvchi nizolar bilan cheklash taklif etilmoqda. Loyihaning 81-83-moddalariga kiritilayotgan oʻzgartishlarni inobatga olgan holda hakamlik sudining arbitrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Arbitrlar palatasiga majburiy a’zoligini mustahkamlab qoʻyish taklif etilmoqda. 4. Shuningdek, loyiha bilan Prezidentning 2017 yil 21 fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 8-bandiga  koʻra хoʻjalik sudlarining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlarga aylantirilganligi sababli  qonunchilikda хoʻjalik sudiga nisbatan “iqtisodiy sud” atamasini qoʻllash taklif etilmoqda. Bundan tashqari, Xoʻjalik protsessual kodeksi (keyingi oʻrinlarda –XPK), FPK va “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi  Qonunga Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi OʻRQ-372-son Qonuni bilan XPK va FPKga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq qoʻshimcha kiritilmoqda. Xususan, mazkur qoʻshimchalarda ishda ishtirok etuvchi shaхslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilingan shaхslar хoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protest) berishga haqlidir deb belgilangan. Fikrimizcha, Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini shubhasiz oshirishga хizmat qiladi. Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston XDP fraksiyasi a’zolari Aliya YuNUSOVA Shuhrat MAMADJANOV
10Qonunchilik
AQSh Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalarni qayta tiklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda AQSh mudofaa vazirligi rahbariyati Afg‘onistonda tolibon va "Haqqoniy tarmog‘i" guruhi jangarilarini yo‘q qilish maqsadida harbiy operatsiyalarni tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. NBC telekanali shu haqida xabar berdi.  Pentagondagi manbalarning ma'lum qilishicha, AQSh va Oq uy harbiy idorasi hozirda Amerikaning Afg‘onistondagi strategiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bunda AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster faol ishtirok etmoqda. Iyul oyida Amerika yetakchisiga Afg‘onistondagi "Tolibon" va "Haqqoniy tarmog‘i" harakatlariga qarshi operatsiyalarning qayta tiklanishiga doir takliflar taqdim etilishi kutilmoqda.  Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Afg‘onistonda xalqaro koalitsiyaning taxminan 13 ming harbiy xizmatchisi bor, amerikalik 8,4 ming askar va ofitser ham shular jumlasidandir. Ular asosan Afg‘onistondagi harbiylarni o‘qitish bilan shug‘ullanishadi, shuningdek harbiy maslahatchi rolida namoyon bo‘lishadi. NBC'da ta'kidlanishicha, bugungi kunda Amerika harbiy kuchlari asosan IShID va "Al-Qoida" terrorchi guruhlariga zarba berishmoqda, toliblarga esa - kamdan-kam holatlarda. Ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda taxminan 35 ming "Tolibon" harakati jangarisi mavjud. IShID tomonda esa respublikada atigi bir necha yuz kishi jang qilmoqda. Holbuki, Afg‘oniston hukumati uchun toliblar ko‘proq tahdid tug‘diradi, deyiladi CNN'da.
2Dunyo
Endi abonent 60 kun ichida qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori shartnomani bekor qiladi Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” ma’lum qildi. Amaldagi tartibga ko‘ra, telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalanuvchilar telekommunikatsiya operatoriga shartnoma tuzish uchun ariza beradi. Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, telekommunikatsiya operatori mazkur arizalar ro‘yxatga olingan kundan boshlab 10 kunda qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini xabardor qiladi. Ilgari bu muddat 30 kun edi. Endilikda, agar abonent telefon aloqasidan foydalanish to‘xtatib qo‘yilgandan keyin 60 kun ichida telefon aloqasi xizmatlari bo‘yicha qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori shartnomani bir tomonlama bekor qiladi. Ilgari mazkur muddat bir oyni tashkil qilgan.
8O‘zbekiston
Flash Up ENERGY «FLASH Bankni yutib oling» aksiyasi g‘oliblarining har birlariga 33.333.333 so‘m mukofot pullarini taqdim etdi 2019 yilning 2 oktabr kuni Toshkent shahrida «FLASH Bankni yutib oling» aksiyasining bosh sovrinlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 3 oy davom etgan mazkur aksiya yakunlariga ko‘ra, aksiyaning 3 nafar g‘oliblari 33.333.333 so‘m miqdoridagi pul yutuqlariga ega bo‘lishdi. Ushbu yoz faslida quvvat baxsh etuvchi ichimlikni sevuvchilar nafaqat sevimli ichimliklarining ta'midan bahramand bo‘lishdi, balki Flash Up ENERGY tomonidan tashkil etilgan aksiyada o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. «FLASH Bankni yutib oling» aksiyasida 18 yoshga to‘lgan barcha istovchi shaxslar ishtirok etishi mumkin edi. Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun esa faqatgina sevimli Flash Up ichimligini sotib olib, qadoqning maxsus kaliti ostidagi yashirin kodni topib, SMS yordamida yoki flash-bank.uz sayti orqali ushbu kodni yuborishlari zarur edi. Qiyin bo‘lmagan uchta qadam va siz aksiya ishtirokchisiz. Har bir kalit FLASH BANK ni 150 so‘mga oshirib borar edi. Shu tarzda, kodlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, mukofotni yutib olish imkoniyati ham shunchalik ko‘payib borar edi. Aksiya butun respublika bo‘ylab amalga oshirildi va hatto eng chekka hududlarni ham qamrab oldi. Ro‘yxatdan o‘tgan noyob kodlardan g‘oliblarni aniqlash jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida amalga oshirildi. Barchasi nihoyatda adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi. Har qanday kishi lotereya o‘yinlarining borish jarayonini kuzatish ham aksiyaning shaffofligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Uch nafar omadli kishilar – uch nafar g‘oliblar! Ularning har biri 33.333.333 so‘mdan bosh sovringa ega bo‘lishdi. Biroq, shu bilan  Flash Up ning saxiyligi tugagani yo‘q, axir bundan tashqari 13 nafar ishtirokchilar ham o‘z sovg‘alariga ega bo‘ldilar. Ular SAMSUNG GALAXY A50 smartfonlarining sohiblariga aylanishdi! Super yutuqlarning baxtli sohiblari o‘z hissiyotlarini bazo‘r ushlab turishdi. Birinchi g‘olib – namanganlik Davlatov Shuxrat o‘z taassurotlarini quyidagicha izhor qildi: «Flash Up ning bosh sovrinini yutganimdan juda ham xursandman. Hissiyotlarim shu qadar jo‘shib ketmoqdaki, tan olaman, aynan men g‘olib bo‘lishimni aslo kutmagandim. Do‘st-u birodarlarimga ushbu ichimlikni hamda Flash Up ning aksiyalarida ishtirok etishlarini tavsiya qilaman!». «Flash Up ning ta'mi menga juda ham yoqadi va avvallari ham men uni tez-tez iste'mol qilib turganman. Aksiya haqida xabar topganimdan so‘ng, ishtirok etishga qaror qildim. Omad aynan menga kulib boqqanidan juda ham mamnunman!», deya ikkinchi g‘olib Toshkent viloyatidan Abduraimov Izzat o‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi. Samarqandlik uchinchi g‘olib Mamatkarimov Umid: «Men aksiya haqida do‘stlarimdan eshitdim va shunchaki omadimni sinab ko‘rish uchun ishtirok etgan edim. Sovringa ham u qadar ishonmagan edim, sababi avvallari ham shunday tanlovlarda yutish imkonim bo‘lmagan. G‘olib bo‘lganimdan juda ham shodman va yutuq uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman!» - deb e'tirof etdi.  Omadli g‘oliblar va ishtirokchilar Flash Up aksiyasi uchun minnatdorchilik bildirdilar hamda kelgusida bunday qiziqarli va maroqli tadbirlarni o‘tkazishlariga umid bildirib qoldilar.
5Jamiyat
Qoraqalpog‘iston va Buxoroda yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi Qoraqalpog‘istonda 10 sotixni yerni 10 ming, Buxoroda esa 1 sotix yerni 2 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, departamentning To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro Sh.A. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, tuman hududidan 10 sotix yer maydonini ajratib berilishini ijobiy hal qilib berishni 10 000 AQSh dollariga kelishgan. Shundan 9 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Xuddi shunday, Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyat boshqarmasi sobiq mutaxassisi S.K. fuqaro N.ning ishonchiga kirib, o‘z xizmat faoliyati davomida Buxoro shahar hokimligi zaxirasidan 1 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan. Tadbir jarayonida 100 AQSh dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Oldinroq Jizzax va Namangan viloyatlarida fermer xo‘jalik yerini, Sirdaryo viloyatida esa “Yoshlar mehnat guzari” uchun ajratilgan yer maydonining bir qismini sotmoqchi bo‘lganlar ushlangandi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilg‘or o‘qituvchilarning darslari videotasvirga olinib, internetga joylashtirib boriladi Ilk bor e’lon qilingan umumta’lim maktablari reyting natijalari O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingandi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi rahbarlari hamda davlat inspeksiyasi va vazirlikning hududiy boshqarma boshliqlari, tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari va maktab rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan holatlar muhokama qilindi. Xususan, Davlat inspeksiyasi rahbari Ulug‘bek Toshkenboyev xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar faoliyatini zamon talablari darajasida emasligiga to‘xtalar ekan, o‘qitish metodlari va pedagoglar malakasini oshirish uchun belgilangan muddatlar hozirgi tezkor davr talablariga javob bermasligini aytib o‘tdi. Yig‘ilishni boshqarib borgan bosh vazir o‘rinbosari tomonidan ushbu yo‘nalishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish lozimligi ta’kidlanib, har bir fan bo‘yicha eng ilg‘or o‘qituvchilarning darslarini mavzular kesimida videotasvirga olish va internet tarmog‘ida joylashtirib borish uchun alohida tizim yaratish vazifasi topshirildi. Mazkur tizim orqali pedagoglar o‘zaro tajriba almashishlari, eng yaxshi darslar uchun ovoz berib borish imkoniyati yaratilishi va kelgusida ushbu tizimda eng ko‘p ovoz yig‘gan o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari reytingida ball qo‘shilishi aytib o‘tildi. Yakunda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari va maktab direktorlariga yo‘lga qo‘yiladigan yangi tizimni o‘qituvchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ular orasida eng faollarini rag‘batlantirib borish vazifasi topshirildi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda internet ishlamay qolganiga kim aybdor? 7 noyabr kuni O‘zbekistonda bir muddat internet uzilishi yuz berdi. «O‘zbektelekom»​ AK ushbu hodisa yuzasidan batafsil bayonot bermadi. Ammo foydalanuvchilarni bir hodisa cho‘chitib qo‘ydi, ya'ni telekomunikatsion monopolist -  «O‘zbektelekom»​ har qanday damda ulkan ziyonga sababchi bo‘lishi mumkin. Kompaniya mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish barcha xizmat turlarini taqdim etishdan tashqari, internetga ulanish xizmatini ham taqdim etadi. Bunday xizmat O‘zbekiston bo‘ylab faqat «O‘zbektelekom»​ AK tomonidan taqdim etiladi.  Internet tarmog‘i va «O‘zbektelekom»​ AK ma'lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanish kompaniyaning filiallari tomonidan xDSL va ​RadioEthernet​ texnologiyalari hamda kommutatsiyali ulanishdan foydalanib, ajratilgan liniyalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Mahalliy bozorda kompaniyaning xizmatlari uchta —  UZTELESOM™, UZMOBILE™ va​ UZONLINE™​ subbrendlari (savdo belgilar) ostida ko‘rsatiladi. Yuqorida zikr etilgan omillar aynan 7 noyabr kuni internet uzilishi, jumladan, internet tezligining bir necha yillardan buyon past ekanligini qisman tushuntirib bera oladi. Masalaning mohiyati shundaki, yuqori va sifatli internet tezligi optik tolali tarmoqning yaratilishiga bog‘liq. Bugungi kunda OTTda 1 km masofada liniya o‘tkazish 20 ming AQSh dollardan qimmat turadi. O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan internet aloqasi rus kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan «Kazaxtelekom» AJ stiklaridan o‘tadi. Shuningdek, ushbu nuqtadan Qirg‘iziston ham foydalanadi. Shuning uchun ushbu vazifani bajarish yirik mablag‘ni talab qilishi tabiiy, ammo xorijiy sarmoyani jalb etish yo‘li bilan hatto sun'iy yo‘ldoshga ega bo‘lgan davlatlar mavjud. Biz nari borsa, o‘zimizning tarmoq yo‘limizga ega bo‘lsak, kifoya! 1995 yil O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorida «​Aloqa vazirligi va «O‘zeltexsanoat» uyushmasining «Simens» aksionerlik jamiyati, DAYeWOO​ kompaniyasi va boshqalar ishtirokida yuqori texnologik aloqa asbob-uskunalari va tolali-optik kabel ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik»​ berilishi belgilangandi. Shuningdek, o‘sha qarorda «davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, sotib olish va ijaraga berish mumkin bo‘lmagan aloqa korxonalari turlari hamda guruhlari bo‘yicha cheklashlarni bekor qilishga oid takliflar» kiritilishi so‘ralgan. Qariyb yigirma yildan ortiq davr o‘tibdiki, mas'ul vazirlik AKT sohasida foydalanuvchilarga yaxshi sharoitni yaratib bera olmaydi, yo‘qsa, xizmat haqi jahon mamlakatlari bilan solishtirganda unchalik arzon emas. Yana bir bor 7 noyabrdagi voqeani eslab, xulosa qilinsa, telekommunikatsion monopoliya mutasaddi organlarning kutilmagan avariya holatlariga tayyor emasligini isbotlab berdi. Qolaversa, sifat va narx siyosatini ham o‘ylab, yangi islohotga qo‘l urish kerakmikan?!
8O‘zbekiston
Klinton Tramp Oq uyni qanday qilib «tozalab tashlashi» mumkinligini aytdi AQSh sobiq davlat kotibi Xillari Klinton MSNBC'ga bergan intervyusida, AQSh prezidenti Donald Tramp oraliq saylovlardan so‘ng Oq uyni «tozalab tashlashi» mumkinligidan tashvishda ekanini bildirdi. Bunday vaziyat demokratlar vakillar palatasi yoki senatda ko‘pchilik o‘rinni olishmasa sodir bo‘lishi mumkin, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Klinton. Klintonning so‘zlariga ko‘ra, Tramp noyabr oyida o‘tkaziladigan saylovlar ortidan o‘ziga Oq uyda va prezident ma'muriyatida ishlaydigan «odamlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishi» mumkin. Xususan, bunday xavotirlar The New York Times gazetasida e'lon qilingan va Tramp ma'muriyatining nomi oshkor etilmagan yuqori mansabli xodimining maqolasidan so‘ng paydo bo‘ldi. Unda xodimlar prezidentga «tinch qarshilik» ko‘rsatayotgani haqida so‘z yuritiladi. Klintonning so‘zlariga qaraganda, bu holat Tramp o‘ziga qarshi ishlashda gumon qilayotgan xodimlardan qutulishni xohlab qolishi ehtimolini oshiradi. Noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlardan so‘ng Tramp «yanada nazorat qilinmaydigan va hisobot bermaydigan» bo‘ladi, deya tashvishlanmoqda Klinton. Noyabrda AQSh hududida Qo‘shma Shtatlar kongressida oraliq saylovlar o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Suriya bo‘yicha qaror qabul qilishga va'da bergandi.
2Dunyo
2020-yil o‘zimiz va uyimizdagi nimalarni butkul o‘zgartirdi? 2020-yil hammaning hayoti, rejalari va odatlari o‘zgarib ketdi. Pandemiya hayotning turli jabhalariga ta’sir qilmay qolmadi va bu qaysidir ma’noda xulosa qilish, tahlil qilib ko‘rish va “b” variantni ham o‘ylab qo‘yish kerakligini tushunishga sababchi bo‘ldi. Mahsulotlarni yetkazib beruvchilar olib kelishiga o‘rganib qoldik Nafaqat mahsulotlar, balki tayyor taom, kiyim-kechak va poyabzallarni ham yetkazib berilishi odatiy hol bo‘lib qoldi. Avvaliga arzimagan narsaga do‘konga chiqishga erinib, buyurtma qilish noodatiy tuyulgan bo‘lsa, bugun do‘konga borishga hojat yo‘qdek. Undan ko‘ra uygacha yetkazib berish xizmatidan foydalangan ma’qul, bepul bo‘lsa yana yaxshi. Uyda tibbiyot niqoblarining zaxirasi paydo bo‘la boshladi Niqoblarsiz uydan chiqib bo‘lmay qolgani hech kimga yangilik emas. Do‘konga, uyimizni yonidagi dorixonaga ham taqish kerak hatto. Bu odat ko‘pchilikning joniga teggani bilan mavjud vaziyatga nisbatan boshqacha bo‘lishi mumkin emasligini to‘g‘ri tushunish va o‘zimiz hamda yaqinlarimiz salomatligi uchun qoida va tartiblarga amal qilishimiz kerak. Shu sababdan ayni vaqt niqobning ortiqchasi yo‘q, qancha istasangiz shuncha xarid qiling. Ammo uyingiz tokchasidan taxlanib turishi uchun emas, foydalaning va himoyalaning. Zotan hali virus tugagani yo‘q. Sumka va cho‘ntakda antiseptikning bo‘lishi odatiy hol bo‘lib qoldi Voz kechmaslik va amal qilish kerak bo‘lgan yana bir odat antiseptiksiz yurmaslik hisoblanadi. Ayniqsa, jamoat transportidan foydalangandan keyin uni ishlatmaslik mumkin emas. Do‘kon yoki bozordan xarid qilganda ham. Umuman odam gavjum joyda va umumiy foydalanadigan buyumlar ishlatilganda qo‘llarni zararsizlantirishni kanda qilmaslik kerak. Sport bilan uyda shug‘ullansa ham bo‘ladi Sport zallarining yopilgani jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, trenirovka qilmaslik uchun sabab bo‘lmasligi kerak. Ayniqsa, karantinda uyda o‘tirib vazn to‘plaganingizdan keyin buning qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunishingiz lozim. Uydan turib ishlasa ham bo‘ladi Avvaliga uydan turib ham ishlash mumkinligi quvonarli bo‘lgan bo‘lsa, bora-bora hammaning yuragi siqildi, zerikdi. Aynan o‘tgan vaqt davomida ish faqat pul topishdan iborat emasligi, hamkasblar bilan chaqchaqlashish, diydor ko‘rishish, ko‘chaga chiqish bahona o‘ziga qarash kabilar qanchalik muhim ekanligi anglab yetildi. Shunga qaramay, karantin vaqtida uyda ishlashga ko‘nikishdan boshqa iloj yo‘q va bunda uyning ma’lum bir xonasini ofis ko‘rinishiga keltirib, qulay qilib olish kerak. Hojatxona qog‘ozining ortiqchasi bo‘lmaydi Odamlar uydan chiqmay o‘tirishga majbur bo‘lgan vaqtda hojatxona qog‘ozi har qachongidan ham dolzarbroq bo‘ldi. Do‘kon peshtaxtalarida uning kamayib ketishi boisi keyinroq ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, koronavirusning vatani Xitoyda odamlar qo‘lqoplar bilan birga hojatxona qog‘ozlarini ham xarid qilgan va aynan shu qog‘ozlar bilan eshiklar ochilgan, lift tugmasi bosilgan. Qora kun uchun g‘amlab qo‘yish kerak, degan qarorga kelindi Hojatxona qog‘ozlari bilan birga do‘konda grechka ham qolmadi. Odamlar esa uyda mahsulotlarni zaxira qilib yig‘a boshladi. Konserva mahsulotlar, shakar, yog‘ va yormalar g‘amlab qo‘yildi. O‘z uyingdan yaxshiroq yer bo‘lmaydi Uyda qolib qanchalik yurak siqilganiga, odam o‘zini qo‘yarga joy topolmaganiga qaramay tashvishli vaziyatlarda, muammolarda uydan boshqa najotli makon yo‘qligi, hamma narsani oila va yaqinlar bilan birga yengish mumkinligi tushunib yetildi. Hech qayer uyimizchalik qulay bo‘la olmaydi, uning devorlari orasida kishi o‘zini butkul himoyalangandek, xavfsiz his qilishi mumkin. Bu narsa anglab yetilgandan keyin uy tunash uchun keladigan, ovqatlanib qaytib ketadigan joy bo‘lmay qoldi. Yaqinlaringni samimiy suhbatini tinglash, hazillashish va hamma muammolarga birga yechim topishga nima yetsin.
1Ayollar
O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istondagi portlashda jarohatlandi 6 oktabr kuni Mang‘istau viloyatida gaz va havo aralashmasining portlashi natijasida O‘zbekiston fuqarosi D.I. jarohat oldi. Bu haqda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi ma'lumot berdi.  Ma'lum qilinishicha, u Beyneu tumani markaziy shifoxonasiga joylashtirildi. Uning sog‘ligi holati barqaror og‘ir deya baholanmoqda. Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatdi hamda bemor hamyurtimizni O‘zbekistonga olib ketish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda uning yaqinlariga yordam bermoqda. Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
5Jamiyat
Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Belgiyaga boradi 10—13-noyabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya “O‘zbekiston—Yevroittifoq” Hamkorlik kengashining 15-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Bryussel shahriga (Belgiya) tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. O‘zbekiston va YeOII: iqtisodiy munosabatlar raqamlarda Tashrif dasturida Yevropa komissiyasi, Yevropa Ittifoqi parlamenti va boshqa organlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, Toshkent joriy yilning 28-sentabrga qadar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim (ShHKB) loyihasi bo‘yicha muzokaralarning 3-raundiga mezbonlik qilgan edi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonlik figurachilar Qirg‘izistondagi xalqaro musobaqada 8 ta medalga sazovor bo‘ldi Qirg‘izistonda figurali uchish bo‘yicha 5—16-yoshli sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston vakillari bitta oltin, uchta kumush va to‘rtta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. O‘zbekiston, Qozog‘iston hamda mezbon sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur xalqaro turnirda Anastasiya Sazanovaning chiqishi hakamlar tomonidan yuqori baholandi va iste’dodli sportchimiz eng yuqori ball jamg‘arib oltin medalga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga kumush medallarni Rustam Karimov, Timur Zvyagin va Amirxon Ismatullayev keltirgan bo‘lsa, Muhammadjon Yerkebayev, Shohsanam Tohirova, Dariya Svobodina va Mariya Odaynik bronza medali bilan taqdirlandilar. Endi O‘zbekistonning figurali uchish vakillari 2014-yilning 25—27-aprel kunlari Rossiyaning Odinsova shahrida o‘tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Mazkur xalqaro turnirda olti nafar sportchimiz g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
13Sport
Rossiyada koronavirus sababli barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi Rossiyada koronavirus pandemiyasi sababli barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘yicha ommaviy tadbirlar bekor qilingan. Tadbirlar faqat davlat bosh sanitar vrachi qaroriga muvofiq o‘tkazilishi mumkin. Ayni paytda Rossiyaning hech bir sub'yektida uch mingdan ortiq kishi ishtirokida ommaviy tadbir o‘tkazish mumkin emas. Oxirgi sutkada Rossiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 25781 holat qayd etildi. Bu 2 yanvardan buyon eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
2Dunyo
Fotogalereya: O‘z egalarini xushnud etgan avtomobillar Consumer Reports narshi 500 ming avtomobil haydovchilari orasida so‘rov o‘tkazib, har yili taqdim etadigan “o‘z egasini qoniqtiruvchi avtomobillar” ro‘yxatini tuzib chiqdi. Mashinalar 6 ta parameter bo‘yicha baholandi: qulaylik, dizayn, audio va iqlim tizimi sifati hamda uni haydashdan zavq olish. “Motor” reytingdan o‘rin olgan avtomobillarning suratlari bilan bo‘lishdi. Tesla Model S Consumer Reports nashrining ta’kidlashicha, quvvati 75 kilovatt/soatga teng bo‘lgan batareyalar bilan ham avtomobil salkam 380 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Shuningdek, jurnal uning dinamik tavsifi va ikkita yukxonasi borligini ijobiy baholadi. Porsche 911 Ushbu avtomobilning boshqaruv tizimi ajoyib, dvigateli, uzatmalar qutisi, shovqin chiqarmasligi alohida e’tiborga molik, shuningdek, u bilan uzoq masofaga ham sayohat qilish mumkin. Chevrolet Corvette Corvette o‘zining boshqaruvi, qulay o‘rindiqlari va dinamik tavsifi bilan ro‘yxatdan o‘rin olgan. Biroq uning “mexanika”si aniq ishlamasligi, pokrishkalarining shovqin solishi va salonga kirish noqulayligi alohida ta’kidlangan. Lincoln Continental Continental egalariga avtomobil ichidagi sokinlik, interyerida ishlatilgan materiallar va boshqaruv tizimi ma’qul bo‘lgan. Uzatmalar qutisi selektorining o‘rniga tugma va normal eshik ochgichlarning yo‘qligi esa haydovchilarga yoqmagan. Ford F-350 Ushbu pikap yangilanganidan so‘ng, ancha yengillashdi va texnologik bo‘lib qoldi. Modelning ko‘plab egalari uni yana bir bor sotib olish xohishini bildirgan. Mazda MX-5 Miata Miata’ning to‘rtinchi avlodi haydovchilar uchun eng yaxshi avtomobillardan biri hisoblanadi, biroq uning egalariga o‘rindiq, salondagi shovqin, tor salon ma’qul bo‘lmagan Toyota Prius Prius yoqilg‘ini kam sarflashi va mashina narxining arzonligi sabab e’tiborga tushgan. Ammo multimediya tizimi va salonining shovqini uning foydasiga ishlamaydi, albatta. Tesla Model X Model X xaridorlariga uning keng saloni, shuningdek, boshqaruv tizimi yoqqan. Honda Odyssey Modelning 10 bosqichli “avtomat” boshqariladigan uzatmalar qutishi hamda 3,5 litrli shovqin chiqarmaydigan V6 dvigateli ko‘pchilikka ma’qul kelgan. Dodge Challenger Avtomobil egalariga uning boshqaruv tizimi va V8 dvigatelining ovozi ma’qul bo‘lgan. Biroq mashina yetarlicha qulaylikka ega emasligi, omadsiz mexanik uzatmalar qutisi uning zarariga ishlaydi.
0Avto
Atlantika okeanida yo‘qolib qolgan Bourbon Rhode kemasi cho‘kib ketgani ma'lum bo‘ldi Atlantika okeanida dovulda qolgan Bourbon Rhode kemasi cho‘kib ketdi, hozircha uch kishi qutqarilgan. Bu haqda kema egasi bo‘lgan kompaniya ma'lum qildi. "Kema cho‘kib ketganligi tasdiqlandi", - deyiladi kompaniya matbuot relizida. Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vazirligi Atlantika okeanida Bourbon Rhode kemasi yo‘qolib qolganligi, ekipaj a'zolari orasida o‘nga yaqin Ukraina fuqarolari bo‘lganligini xabar qilgandi. Ma'lumot berilishicha, qutqarib olinganlarning ikki nafari ukrainlardir. Qutqaruvchilar Fransiya HDK bilan hamkorlikda ekipajning qolgan a'zolarini topish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Aksariyat savdo kemalari yordam ko‘rsatish maqsadida o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirgan.
2Dunyo
O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etmoqda? O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yilning yanvar—iyun oylarida mamlakatdagi o‘lim holatlariga qaysi kasalliklar sabab bo‘lganini ma’lum qildi, bu haqda Sputnik xabar berdi. Qayd etilishicha, 2019-yilning yanvar—iyun oylarida 75,8 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2018-yilning mos davriga nisbatan o‘zgarmagan bo‘lib, 4,6 promille bo‘lgan. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning yanvar—iyun oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 62,1 foizini  qon aylanish tizimi kasalliklari, 9,5 foizini o‘simtalar, 5,3 foizini ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari, 4,5 foizini nafas olish a’zolari kasalliklari, 5,4 foizini  baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar, 1,4 foizini yuqumli va parazitar kasalliklar va 11,8 foizini boshqa kasalliklar tashkil etgan. Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 3,4 ming nafarni tashkil etib, ularning 55,3 foizi  perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,4 foizi  nafas olish a’zolari kasalliklari, 13,3 foizi tug‘ma anomaliyalar, 2,2 foizi  baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar, 2,4 foizi yuqumli va parazitar kasalliklar, 0,8 foizi ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari va 5,6 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.
8O‘zbekiston
Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida So‘nggi yillarda respublikamizda gidrometeorologiya xizmati faoliyatini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi monitoringini samarali yuritish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini sifatli gidrometeorologik axborotlar bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasining “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib, gidrometeorologiya sohasini tartibga solishga qaratilgan huquqiy asos yaratildi; gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishi sifatida belgilandi. O‘zbekiston Respublikasining “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash. shuningdek, gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida ilmiy tadqiqotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin: Gidrometeorologiya xizmati markazining Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlarini tatbiq etish; Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasini takomillashtirish; gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentini O‘zbekiston Respublikasining “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 10-apreldagi 200-son qarorida: a) quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin: “81. Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yil 1-iyundan boshlab Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, Institut xodimlarining mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari o‘zgarishi sababli ularning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha yuzaga keladigan qo‘shimcha xarajatlarni budjet hisobidan moliyalashtirish 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zgidrometga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2023-yildan boshlab — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi”; b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 6-avgustdagi 501-son qarorida: a) 2-bandda: ikkinchi xatboshidagi “umumiy maqsaddagi tezkor va prognostik ma’lumotlarni” so‘zlari “umumiy va tezkor gidrometeorologik axborotlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “ma’lumotlardan” va “ma’lumotlar” so‘zlari tegishli ravishda “axborotlardan” va “axborotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “shoshilinch gidrometeorologik ma’lumotlarni” so‘zlari “tezkor gidrometeorologik axborotlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) ilovada: 3-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot — foydalanuvchining talablariga muvofiq tayyorlangan hamda ishlov berish, tahlil qilish, saqlash va taqdim etish uchun qo‘shimcha ishlar hamda xarajatlar talab qilinadigan gidrometeorologik axborot; tezkor gidrometeorologik axborot — aholining hayotiga va sog‘ligiga tahlil solishi, shuningdek atrof tabiiy muhitga, iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risidagi zudlik bilan taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot; umumiy gidrometeorologik axborot — jamoatchilik foydalanishi uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot”; 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Umumiy gidrometeorologik axborot ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan ro‘yxatga muvofiq O‘zgidrometning rasmiy veb-sayti va O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtiriladi. Umumiy gidrometeorologik axborot: davlat organlari va tashkilotlariga — o‘zaro ma’lumotlar almashish to‘g‘risidagi qo‘shma dasturlar (kelishuvlar) asosida bepul taqdim etiladi; jismoniy va yuridik shaxslarga — O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portaliga va O‘zgidrometning rasmiy veb-saytiga joylashtirish yo‘li bilan bepul taqdim etiladi”; 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari kuyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Gidrometeorologik axborotdan foydalanadigan barcha iste’molchilarga ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan ro‘yxatga muvofiq ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot va xizmatlar shartnoma asosida taqdim etiladi, kelishuv doirasida o‘zaro ma’lumotlar (yoki xizmatlar) almashinuvi asosida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot taqdim etiladigan davlat organlari va tashkilotlari bundan mustasno. Ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot narxi belgilangan tartibda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zgidromet bosh direktori tomonidan tasdiqlangan ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik xizmatlar narxlari asosida belgilanadi”; 6-bandda: birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Shoshilinch (operativ) ma’lumotlar” so‘zlari “Tezkor gidrometeorologik axborot” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “Shoshilinch” so‘zi “Tezkor” so‘zi bilan almashtirilsin; 7-banddagi “ixtisoslashgan ma’lumotlar” so‘zlari “ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-banddagi “ixtisoslashgan gidrometeorologik ma’lumotlar” so‘zlari “ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Umumiy gidrometeorologik axborotlar ro‘yxati”; 2-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot va xizmatlar ro‘yxati”; 3-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tezkor gidrometeorologik axborotlar ro‘yxati”.
10Qonunchilik
Farg‘onada 17-oktabrdan jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar kameralar orqali aniqlanib, jarimaga tortiladi (video) Farg‘ona viloyatida fuqarolarning jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilishini va niqob taqib yurishini ta’minlash maqsadida niqob taqmagan fuqarolarni video va fotofiksatsiya orqali aniqlash tizimi joriy etilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, jamoat joyida niqob taqmagani uchun fotosuratga olingan fuqaroning shaxsi maxsus baza orqali aniqlanadi. Shundan so‘ng ichki ishlar organlari va Davlat sanitariya va epidemiologiya markazi xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma tuziladi. Rasmiylashtirilgan bayonnoma fuqaroning uyiga pochta orqali yuboriladi. Ushbu tartib Farg‘ona viloyatida 2020-yilning 17-oktabridan amaliyotga joriy qilinadi. Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.  O‘zbekistonda mart oyidan beri 640 mingga yaqin karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlangan
8O‘zbekiston
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yangi lavozim kiritildi Prezidentning "Ta'lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi, deya xabar berdi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Kun.uz'ga. Bu vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ·      O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalari reytingini tuzish va rasman e'lon qilish; ·      o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini ta'minlash; ·      yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy ta'lim muassasalarining dunyoning yetakchi reytingiga kirishiga har tomonlama ko‘maklashish. Shuningdek Bosh vazirning xabar berishicha, Milliy oliy ta'lim muassasalari faoliyatini o‘rganish hamda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ushbu muassasalarda kadrlar tayyorlash sifatini, jumladan xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish orqali oshirish yuzasidan takliflar kiritib borish uchun javobgar bo‘lgan Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritildi. "Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi hamda maqomi, tibbiy va transport ta'minoti sharoitlari bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi", - deydi Aziz Abduhakimov. Bundan tashqari, hujjat bilan Davlat inspeksiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 108 nafardan iborat yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanadi. Davlat inspeksiyasining boshlig‘iga, zarur holatlarda, xodimlarning o‘rnatilgan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Davlat inspeksiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
8O‘zbekiston
Podpolkovnik G‘ayratjon Rahmatullayev Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i etib tayinlandi Podpolkovnik G‘ayratjon Rahmatullayev Namangan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda. Namangan viloyat IIB boshlig‘i Shavkat Rahmonov tomonidan Namangan shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Yig‘ilishda ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan podpolkovnik G‘ayratjon Rahmatullayev shaxsiy tarkibga tanishtirildi. Rahmatullayev endi shahardagi uchinchi sektor rahbarligiga ham mas’ul bo‘ladi. G‘ayratjon Rahmatullayev 1974-yilda Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Namangan sanoat-texnologiya instituti va Namangan davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — huquqshunos. Mehnat faoliyatini 1998-yilda Namangan viloyat IIB JTSBda boshlagan. G‘ayratjon Rahmatullayev mazkur tayinlovga qadar, ya’ni 2020-yildan beri Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
8O‘zbekiston
Ofshor kompaniyalar “Ohangaronsement”dagi aksiyalari sotilishini e’lon qildi “Ohangaronsement” sement zavodining asosiy aksionerlari o‘z ulushi sotilishini e’lon qildi. Bu haqda fond birjasi ma’lumotlariga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi. 13-yanvar kuni Kiprdagi Lamaka Enterprises Limited umumiy qiymati 1,61 trillion so‘m bo‘lgan — har bir aksiyasi 390 ming so‘mdan 4,14 million dona aksiya (zavod umumiy aksiyasining 84,3 foizi) sotilishini ma’lum qildi. Ofshor kompaniyasi aksiyalar paketini 2021-yil may oxirida 557,68 milliard so‘mga sotib olgandi. Britaniya Virgin orollaridan bo‘lgan Giacinttar Limited 271 milliard so‘mga 694,9 ming dona (14,1 foiz) aksiyalarini sotishni rejalashtirmoqda. Ikkala kompaniya tomonidan sotuvga qo‘yilgan aksiyalar paketi (98,36 foiz) 1,88 trillion so‘mga baholanmoqda. 10-yanvar kuni Telegram’dagi “KorpInfo” kanali Akkermann Cement CA kompaniyasi “Ohangaronsement” AJ afillangan shaxslari ro‘yxatiga kiritilgani to‘g‘risida yozgandi. Usolsev Yuriy Aleksandrovich “Ohangaronsement” AJ bosh direktori etib tayinlangan. U ayni bir paytda Akkermann Cement CA MChJ rahbari hamdir. Mazkur jamiyat to‘lig‘icha Rossiyaning “Akkermann Sement” kompaniyasiga tegishli. Mazkur kompaniyaga “Yuesem Sement”, unga esa XK “Yuesem” (USM Holding) egalik qiladi. Bu xoldingning asoschisi va asosiy aksiyadori Alisher Usmonovdir. “Ohangaronsement” haqida “Ohangaronsement”ga XX asrning o‘rtalarida asos solingan. 1970-yillarda kombinatga, 1980-yillarda esa ishlab chiqarish birlashmasiga aylangan. 1994-yilda zavod xususiylashtirilgan va aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. Korxonaga uzoq vaqt davomida Zeromax egalik qilgan va Rossiyaning “Yevrosement”i 2006-yilda 75,5 foiz aksiyasini sotib olgan. Keyinchalik ushbu ulush 83,9 foizga qadar oshirilgan. Spot’ning yozishicha, 2014-yilda korxona muammolarga duch kelgan — hozirda faoliyati tugatilgan Davlat raqobat qo‘mitasi 1994-yildagi xususiylashtirishni noqonuniy deb topishni talab qilgan, Toshkent viloyati iqtisodiy sudi zavodning mulki va bank hisobraqamlariga hibs qo‘ygan. Bundan tashqari, korxonadan soliqlarni to‘lash talab etilgan. Bir nechta sud eshituvlari va apellyatsiyalardan so‘ng tomonlar masalani kelishib olishga muvaffaq bo‘lgan. “Ohangaronsement” mamlakatdagi eng yirik soliq to‘lovchilar qatoriga kiradi, shuningdek, bozordagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. 2019-yil yakunlariga ko‘ra, zavodning sof foydasi 179,8 milliard so‘mni tashkil etgan, 2020-yilning 9 oyida esa 187,1 milliard so‘m, 2021-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha — 24,8 milliard so‘m.
8O‘zbekiston
Ajrimdan keyin ham o`z farzandiga befarq bo`lmadi Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan Fuqarolik ishlari bo`yicha Uchtepa tumanlararo sudining 11.09.2015 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor ota Sh.Odilovdan voyaga etmagan ikki nafar farzandlari ta`minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud edi. Davlat ijrochisi tomonidan o`tkazilgan huquqiy tushuntirish ishlari natijasida alimentchi ota Sh.Odilov oldindan to`lovni amalga oshirishga qaror qildi va ikki nafar voyaga etmagan farzandlarining moddiy ta`minotini o`ylab, 44 oy uchun 2019 yil 19 sentyabr kuni jami 41.102.130 so`m aliment pullarini to`ladi.
6Jinoyat
“Mudofaa tizimini yanada rivojlantirishga kelishib oldik”. Erdo‘g‘on O‘zbekiston—Turkiya hamkorligi istiqbollari haqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-mart kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Ayni vaqtda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida OAV vakillari uchun brifing bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri. “Qardoshim Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borayotgan ishlari tahsinga sazovor. Bilasiz, Turkiya birinchi bo‘lib O‘zbekistonning mustaqilligini tan olgan, shuningdek, birinchi bo‘lib o‘z elchixonasini ochgan mamlakat hisoblanadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yili 3,6 milliard dollardan oshdi. Kelgusi yillarda mazkur raqamni 5 milliard dollarga olib chiqishni maqsad qilganmiz. Albatta, biz bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Kelajakda savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazamiz”, — deydi Turkiya yetakchisi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi faoliyati, xususan, qurilish sohasidagi ishlari haqida gapirgan. “Turizm sohasida hamkorligimiz kuchayib bormoqda. O‘tgan yili Turkiyaga O‘zbekistondan 270 mingdan ortiq sayyoh keldi. Mazkur ko‘rsatkichni kelgusida 500 mingga olib chiqish rejamiz bor. Yana bir salohiyatli soha — mudofaa sanoati. Bugun imzolangan bitimlarda ham mudofaa tizimini yanada rivojlantirishga kelishib oldik. Shuningdek, ta’lim sohasida turk—o‘zbek universitetlari bo‘yicha ham mutasaddilarga topshiriqlar berdik”, — deydi Turkiya prezidenti. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30-mart kuni Xiva shahriga tashrif buyurishidan hayajonda ekanini aytib o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29—30-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi xabar qilingandi. 29-mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Erdo‘g‘onni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. So‘ng ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida O‘zbekiston—Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev muloqot avvalida Turkiya yetakchisi va xalqini Navro‘z bayrami bilan tabriklab, “yetakchi turk kompaniyalar bilan aniq loyihalar sonini ko‘paytirish niyatida” ekanini aytib o‘tdi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida hamkorlik davom ettirilib, mamlakatda yangi universitetlar ish boshlashini aytib o‘tgan. “O‘tgan yili Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston madaniyat kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Joriy yilda Toshkent va Samarqand shaharlarida Turkiya madaniyat kunlarini o‘tkazishni taklif qilaman”, — deydi O‘zbekiston prezidenti. Yig‘ilishda Turkiya prezidenti Shavkat Mirziyoyev amalga oshirayotgan islohotlarni yuksak baholab, “olti yildan buyon qardoshim qat’iylik bilan amalga oshirayotgan islohotlarni yuksak baholaymiz. Bundan keyin ham Turkiya O‘zbekistonning strategik hamrohi sifatida qoladi”, — dedi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilga mo‘ljallangan Davlat budjetining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilib, muhokama qilish mobaynida Qonunchilik palatasi deputatlari bildirgan taklif va mulohazalar hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan loyihasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,5 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati: mamlakatning iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirilishiga, qat’iy pul-kredit siyosati o‘tkazilishiga, milliy valyutaning mustahkamlanishiga, budjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishiga qaratilgan chora-tadbirlar majmui amalga oshirilishini ta’minlasin; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishchanlik faolligini oshirishga, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama rag‘batlantirishga, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan raqobatbardosh iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishga, eksport salohiyatini mustahkamlash hamda tovarlar va xizmatlar eksportini ko‘paytirishga ko‘maklashadigan chora-tadbirlar qabul qilsin; iqtisodiyot zimmasidagi soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tartibini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtirish ishlarini davom ettirsin; iqtisodiyotning barcha sektorlarida davlat xarajatlarining samaradorligi oshirilishiga va oqilona maqbullashtirilishiga, budjet mablag‘larini har tomonlama tejashga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirsin; budjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini yanada kuchaytirishni ta’minlasin, bunda qabul qilingan davlat dasturlarini amalga oshirishga alohida e’tibor bersin; Davlat budjetining taqchilligini davlat obligatsiyalarini joylashtirishdan keladigan tushumlar hamda pulning qadrsizlanishiga taalluqli bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat hokimiyati organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari budjet daromadlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasinlar, mintaqalarning soliq bazasi va moliyaviy salohiyati kengaytirilishi yuzasidan samarali chora-tadbirlar qabul qilsinlar, budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar. 4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
10Qonunchilik
Foto: Xalqaro turistik yarmarkadagi segvey mingan militsioner qizlar Jurnalist Maqsat Jangirov Facebook‘dagi sahifasida Toshkent xalqaro turistik yarmkasidan fotosuratlar joylashtirdi. “Chiroyli politsiyachi qizlar desanti Toshkentga tushdi. Ular Samarqanddan maxsus tashrif buyurdi. Hamma narsani bilishadi: mashina, segvey, motoroller haydashni, o‘tishni, kurashishni va maftun etishni”, — deb yozadi jurnalist. Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi 3­-5-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
8O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istondagi YTH oqibatida haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida 1-iyun kuni 2 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. Shu kuni Amudaryo tumani, Xitoy mahallasida yashagan, R.O‘. Nexia-3 rusumli avtomashinasini A-380 “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” yo‘lining 681-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan. Hodisa oqibatida haydovchi R.O‘. va uning bir yo‘lovchisi halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
8O‘zbekiston
AQShlik o‘smirning politsiya tomonidan o‘ldirilishi natijasida bo‘lgan tartibsizliklarda 400 kishi hibsga olindi AQShning Fergyuson (Missuri shtati) va boshqa shaharlarida davom etayotgan ommaviy namoyishlar natijasida politsiya 400 dan ortiq kishini hibsga oldi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, Interfax xabar berdi. Tartibsizliklarga AQShning Missuri shtati Sent-Luis sudi avgust oyida 18 yoshli afro-amerikalik o‘smirni otib qo‘ygani uchun hibsga olingan politsiyachi Darren Uilsonni oqlagani sabab bo‘ldi. Namoyishlar jami 38 ta shtatda bo‘lib o‘tdi. Ayni damda namoyishchilarni AQShning Vashington, Nyu-York, Chikago va Sietl singari yirik shaharlaridagi aholi qo‘llab-quvvatlamoqda. AQSh prezidenti Barak Obama Fergyusondagi tartibsizliklarni oqlab bo‘lmasligini, aybdorlar jazolanishi kerakligini ta’kidladi. Missuri hukumati tartib o‘rnatish uchun choralar qo‘llamoqda. Shtat gubernatori Jey Nikson sud hukmi e’lon qilinishi arafasida favqulodda vaziyat rejimini joriy qildi, bu unga tartibsizliklarga qarshi kurashga Milliy gvardiyani jalb etish imkonini berdi. Eslatib o‘tamiz, avgust oyida 18 yoshli qoratanli o‘smirni otib qo‘ygani uchun qamoqqa olingan politsiyachi Darren Uilsonning oqlangani 25-noyabr kuni ertalab AQShning Missuri shtati Sent-Luis sudi prokurori Bob Makkalok tomonidan ma’lum qilindi.
2Dunyo
O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilindi Sayyoraning eng yirik va eng muhim mukofoti hisoblangan Oskarga endilikda O‘zbekiston filmlarini taqdim qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.  Shu maqsadda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilinib, AQSh kinoakademiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.   Shu yilning 1 oktabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan 2020 yilning 9 fevral kuni Los-Anjyeles shahrining mashhur “Dolby” teatrida bo‘lib o‘tadigan 92-Oskar taqdirlash marosimining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan film ilgari suriladi.  O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining a'zolari tarkibi va filmlarni saralab olish nizomi bilan tanishtirish maqsadida milliy qo‘mitaning koordinatsion  muassisi  O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi yaqin kunlarda O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi taqdimoti hamda matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtirgan. Dunyoning 90ga yaqin mamlakatida ochilgani singari O‘zbekistonda ham Oskar qo‘mitasini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga yosh kinoijodkorlarning Kann kinofestivali doirasidagi O‘zbekiston milliy pavilonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida erishildi.
5Jamiyat
Toshkentda YPX xodimini mashinasi kapotida sudrab ketgan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi Ijtimoiy tarmoqda 2020-yilning 4-yanvar kuni “Haydovchi YPX xodimini mashina kapotida sudrab ketdi” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi. Voqea yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 4-yanvar kuni soat 10:15 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Shahrisabz va O‘zbekiston ovozi ko‘chalari kesishgan chorrahada, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi Y.Qosimxo‘jayev Nexia rusumli, 01 O 412 JB davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi yo‘l belgisiga amal qilmasdan ortga qayrilib olgan vaqtida to‘xtash ishorasini bergan. Haydovchi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmasdan harakatini davom ettirgan. Mirobod tumani, A.Temur va S.Azimov ko‘chalari kesishgan chorrahada qoidabuzar haydovchi uni to‘xtatishga uringan YPX xodimining ustiga avtomobilini boshqargan va xodim avtomobil kapoti ustida osilib qolgan holatda 10–20 metr masofaga harakatlangan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida transport vositasi to‘xtatilgan. Haydovchi, 1993-yilda tug‘ilgan B.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135- (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) va 194-moddalari (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan bayonnoma tuzilib, avtomobil ushbu kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Hozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari davom etmoqda. Avvalroq Qatortolda kaltak yegan PPX xodimi fuqaroga qarshi o‘qotar qurol ishlatmoqchi bo‘lgani, Toshkentda metro relsiga o‘zini tashlagan mast ayol voqeasi yuzasidan IIV ma’lumot bergani hamda Toshkentda mast holda jamoat tartibini buzgan ichki ishlar organi xodimi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.
0Avto
Rossiyada Kalinin AESining uchta energoblogi o‘chib qoldi Rossiyaning Tver viloyatida Kalinin elektrostansiyasining uchta energoblogi o‘chib qoldi, deb xabar bermoqda Meduza. “Radiatsion hudud (fon) joyida. Qurilmalarga hech qanday zarar yetmagan”, — degan AES vakillari. Qayd etilishicha, birinchi va ikkinchi energobloklarning avtomat to‘xtab qolishiga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Shuningdek, ularning o‘chib qolishi energiya iste’molchilari uchun hech qanday oqibatlarga olib kelmasligi ta’kidlangan. Kalinin elektrostansiyasi Tver viloyati shimolida joylashgan. AES 1984-yilning may oyida foydalanishga topshirilgan. Uning tarkibida 4 ta energoblok bo‘lib, AESning umumiy quvvati 4000 megavattga teng.
2Dunyo
Putinning dastxati Moskvadagi auksionda 340 ming rublga sotildi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amerikashunos Valentin Zoringa yo`llagan shaxsiy dastxati Moskvadagi kim oshdi savdosida 340 ming rublga sotildi, deya Sof.uz xabar beradi "12-stul auksion uyi" matbuot xizmati manbasiga tayanib. Bundan tashqari auksionda, “Taxtlar o`yini” ("Igra prestolov") romanining muallifi yozuvchi Jorj Martinning rus nashrida qoldirgan kitobi 15 ming rublga, Sergey Shnurov imzolagan "Gruppirovka Leningrad" beysbolkasi 4200 rublga sotilgan.  Shuningdek, Astrid Lindgren, kosmonavtlar Yuriy Gagarin, Valentina Tereshkova va boshqalarning imzolari o`z xaridorlarini topdi. Taniqli rejissyor va ssenariy muallifi Andrey Tarkovskiy nomi bilan bog`liq lotlar eng ommabop bo`lgan. Jumladan, uning "Zerkalo" filmi ustida ishlayotganda yozgan yozuvlari 160 dan 650 ming rublgacha bo`lgan narxlarda auksion bolg`asining ostida sotildi. Tarkovskiy bilan aktyorlar Aleksandr Kaydanovskiy va Anatoliy Solonisinlar birgalikda "Stalker" filmidagi s`yomka jarayonidan tasvirlangan to`plamlari, ya`ni plyonkaning negativi va asl fotosuratlari boshlang`ich narxdan ikki baravar qimmat 120 ming rublga sotildi.  Gruziyalik rassom A. Rijinashvilining Andrey Tarkovskiy va Sergey Parajanov tomonidan 1981 yilda imzolangan katalogi 195 ming rublga sotildi, - deb qo`shib qo`ydi auksion uyi.
2Dunyo
Belgiyada 21 oylik antirekorddan keyin hukumat shakllantirildi Belgiyaning yangi hukumati 1 oktyabrda qasamyod keltiradi va o‘z ishini boshlaydi.    Yangi bosh vazir Aleksandr de Kroo bo‘ladi, hukmron koalitsiyaga 7 ta siyosiy partiya kirdi. Shu bilan birga koalitsiyaga 2019 yil mayidagi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan ikkita flamand radikal partiyasi - Nieuw-Vlaamse Alliantie va Vlaams belang kiritilmagan. Shu tariqa, Belgiyaning yangi hukumati 21 oylik siyosiy inqirozdan keyin shakllantirildi. Avvalgi antirekord 2010-2011 yillarda qayd qilingan bo‘lib, u 589 kunni tashkil qilgan.
2Dunyo
Fox News: Eron yangi ballistik raketa uchirmadi Eron 23-sentabrda ballistik raketa uchirmadi, mamlakat televideniyesi namoyish etgan sinov videosi esa 7 oy avval olingan. Bu haqda amerikalik mansabdorlarga tayanib, Fox News ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”. Telekanalning ikki suhbatdoshiga ko‘ra, videoda raketaning yanvardagi muvaffaqiyatsiz uchirilishi ko‘rsatilgan. O‘shanda parvozdan ko‘p o‘tmay, 965 kilometr uchib o‘tib, raketa portladi. Eslatatib o‘tamiz, oldinroq Eron 2 ming kilometr masofaga bir necha jangovar kallakni eltishga qodir yangi Khorramshahr ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini  ma’lum qilgandi.
2Dunyo
Moskvada o`zini koronovirusga chalingandek ko`rsatgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi (Video) Tojikiston fuqarosi bo`lmish, Karamatullo Jabborov Moskva shahrining metrolaridan birida, o`zini koronavirusga chalingandek qilib ko`rsatib, prank qilgani uchun unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
2Dunyo
Fransiya AQShga bojlar uchun yagona va qat'iy javob va'da qildi Fransiya iqtisodiyot va moliya vaziri Bryuno Le Merning ma'lum qilishicha, Yevropa AQSh po‘lat hamda alyuminiyga bojlar joriy etadigan bo‘lsa, yagona va qat'iy javob qaytaradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda. «Po‘lat va alyuminiyga bojlar joriy etish borasidagi bu qaror, yana bir marta qaytaraman, o‘zini oqlamaydi hamda xavfli bo‘ladi. Bunday holatda Yevropa shu qarordan tegishli xulosalar chiqaradi va javoban yagona hamda qat'iy choralarni qabul qiladi», - deya aytib o‘tdi Le Mer. Qo‘shma Shtatlar joriy yilning mart oyi oxirida po‘lat va alyuminiyga mos ravishda 25 hamda 10 foizlik boj joriy etdi. Ba'zi davlatlarga, jumladan YeIga, ularning amal qilish muddati iyunga qadar to‘xtatib qo‘yilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo‘ygani xabar berilgandi.
2Dunyo
Taekvondo bo`yicha O`zbekiston kubogi bo`lib o`tdi 27-28 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida taekvondo ITF bo`yicha o`smirlar, yoshlar va kattalar o`rtasida O`zbekiston Kubogi musobaqasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi. O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Taekvondo ITF milliy assosiasiyasi va hamkor tashkilotlar ko`magida o`tkazilgan musobaqada 2500 nafardan ortiq sportchilar g`oliblik uchun kurash olib borishdi. Sportchilar musobaqada taekvondo ITFning shaxsiy massogi va jamoaviy massogi yo`nalishi bo`yicha o`zaro bahslashdilar va unda xalqaro arenada termamiz sharafini munosib himoya qiluvchi sportchilar saralab olindi. Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida Toshkent viloyati jamoasi 1-o`rinni, Buxoro viloyati jamoasi 2-o`rinni, Toshkent shahri jamoasi sportchilari esa 3 o`rinni band etishdi. Ma`lumot uchun, terma jamoani oldinda 11-19-dekabr kunlari Belorussiyaning Minsk shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan Jahon chempionati kutib turibdi.
13Sport
Toʻylarni oʻtkazish me’yoriy hujjatlar bilan cheklanmaydi Oliy Majlis yuqori palatasining XV yalpi majlisida senatorlar toʻy-hashamlar va oilaviy tantanalarning oʻtkazilishi borasida yakuniy qarorga kelishdi. Xalqimizning milliy urf-odatlari, hududlarning oʻziga хosligidan kelib chiqib, senatorlar toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning хotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishi borasida yagona, qat’iy normalar belgilanishi maqsadga muvofiq emas, degan хulosaga kelishgan.  Tadbirlarni iхcham oʻtkazishni yoʻlga qoʻyishga odamlar oʻrtasida keng koʻlamli targʻibot-tashviqot, shaхsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish mumkin. Senatorlarning fikricha, oilaviy tadbirlar milliy qadriyatlar asosida, kamхarj, dabdabalardan хoli oʻtkazilishi darkor.
10Qonunchilik
UzAuto Motors yetti oyda o‘tgan yilgiga nisbatan 22 ming dona ko‘p avtomobil chiqardi UzAuto Motors zavodi 2020-yilning o‘tgan 7 oyi davomida necha dona yengil avtomobil ishlab chiqarganini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, zavod tomonidan yanvar—iyul oylari davomida 168 712 dona yengil mashina ishlab chiqargan. Bu 2019-yilning mos davri (146 706 dona) bilan taqqoslaganda 15 foizga ko‘p demak. Avvalroq O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yilning yanvar—iyun oylarida 35 050 dona Nexia T-250 (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,9 foiz), 37 682 dona Cobalt (154,2 foiz), 26 047 dona Lacetti-Gentra (133,0 foiz), 26 687 dona Damas (115,8 foiz), 14 511 dona Spark (160,4 foiz) hamda 3 478 dona Labo (90,7 foiz) avtomobillari ishlab chiqarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 9-mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxi model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. Kompaniya ushbu holatni “narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar konyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq”, deb izohlagan.
0Avto
Turkiya Rossiyani Asadni qo‘llashni bas qilishga chaqirdi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerakligi haqida gapirdi. «Bizda avvaldanoq Asad masalasida Rossiya bilan zid qarashlar mavjud. Bu tuzum o‘z fuqarolarini o‘ldirishda davom etmoqda. AQSh esa Suriya xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi haqida bo‘lmoqda»,— deya vazirning so‘zlarini keltirgan TASS. U Turkiya tomoni Suriyada sulh tuzish tartibiga rioya qilishda davom etishini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriya hukumati va armiyasi ushbu sulhga amal qilishini ta'minlash uchun zarur ishlarni amalga oshirmayotganini ta'kidlab o‘tgan. Janob Chovusho‘g‘li qayd etganki, bu orqali Turkiya AQSh va Rossiya o‘rtasidan birini tanlamayapti. U Turkiya ikki davlat bilan ham munosabatlarni saqlab qolishni istashini aytgan. «Suriyada siyosiy o‘tish davrini boshlash kerak. O‘tish hukumati mamlakatni saylovga va yangi konstitutsiyaga tayyorlamog‘i lozim»,— degan turkiyalik vazir. 4 aprel kuni Suriyaning Idlib viloyatida kimyoviy hujum amalga oshirildi va uning oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi. Ushbu hujum uchun javobgarlikni rasmiy Vashington Asad rejimi zimmasiga yukladi. 7 aprel kuni AQSh Qurolli kuchlari Suriyaning Shayrat aerodromiga «Tomagavk» rusumli qanotli raketalarini yo‘lladi.  Moskva tomoni ushbu hujumni «tajovuz akti» deya baholadi va AQSh bilan Suriyada ko‘zda tutilmagan holatlarning oldini olish haqidagi memorandum amalda bo‘lishini to‘xtatdi.
2Dunyo
Katta loyihalar, ish staji va propiska - Mirziyoyev ipakchilik bo‘yicha yangi qaror imzoladi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Respublikada ipakchilik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Davlat rahbari ipak xomashyosi, ipak paxtasi, ipak mato va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 5 ta investitsiya loyihasini ma'qulladi. Ularning umumiy qiymati 26 million AQSh dollarini tashkil qildi. Ushbu loyihalar doirasida 2018-2021 yillarda ipak xomashyosi ishlab chiqarishni 672 ming tonnaga, ipak paxtasini 243 ming tonnaga, ipak matolarni esa 2 533,6 ming pogon metrga oshirish rejalashtirmoqda. 5 ta loyiha tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berish yo‘li bilan ham moliyalashtiriladi. Ipak sanoatidagi investitsiya loyihalari tashabbuskorlari ishlab chiqarish faoliyati uchun  davlat mulkini «nol» sotib olish qiymati bo‘yicha olish borasida murojaat bilan chiqishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi hamda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan ustuvor jihatda ko‘rib chiqiladi. Ijobiy qaror uchun investitsiya loyihasining qiymati 5 mln AQSh dollarini tashkil etishi va «O‘zbekipaksanoat» uyushmasining iltimosnomasi talab etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimiyatlari, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi va «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi bir oy muddat ichida keyinchalik «Agropilla» MChJga topshirish uchun joylarda tutzorlar inventarizatsiyasini o‘tkazadi. «Agropilla» MChJ plantatsiyalarni ipakni qayta ishlovchi va ipak qurti urug‘ini olish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga foydalanish uchun bepul topshiradi. Bundan tashqari, ushbu kompaniya ko‘chatlar va ipak qurti urug‘ini tayyorlash bo‘yicha xo‘jalik tashkil etish uchun har bir hududda 30 gektardan sug‘oriladigan yer ajratadi. 2023 yil 1 yanvargacha «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi a'zolari quyidagilardan ozod etildi:  a) belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, texnika, xom-ashyo va materiallar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirilishi uchun yig‘imlardan tashqari); b) tutzorlar tomonidan egallagan maydonlarda yer solig‘ini to‘lashdan (imtiyoz umumbelgilangan soliq to‘lovchilariga tatbiq etiladi); v) yagona yer solig‘ini to‘lashdan (imtiyoz soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibida qo‘llaniladi). 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarida ipakchilik bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar ochiladi. Oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish uchun kvotalarni belgilashda sanoatning yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan real ehtiyoji hisobga olinadi. «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi davlat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, milliy ahamiyatga ega boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritiladi, ularning rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza topshirishlari mumkin. Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining fermerlik xo‘jaliklarida ipakchilik sohasiga tegishli bo‘lgan mavsumiy ishlar ish yili uchun pensiya belgilash maqsadida stajda hisobga olinishiga oid taklifi ma'qullandi.
8O‘zbekiston
NASA Yupiterdagi qutb yog‘dusini namoyish etdi (video) NASA vakillari YouTube’ga Yupiterdagi qutb yog‘dusi aks etgan videoni joyladi. Videorolik teleskop yordamida olingan tasvirlardan tayyorlangan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Rolikda turli chastotalarda mavjlanayotgan yog‘dular aks etgan. Ayni vaqtda Yupiterdagi rentgen nurlarining tabiati batafsil o‘rganilmagan.
14Texnologiya
AQSh Arktikadagi neft-gaz uchastkalarini ijaraga berishdan bosh tortdi AQSh Ichki ishlar vazirligi Arktikadagi hududiy suvlarda joylashgan neft-gaz konlari mavjud shelflarni ijara berish rejalaridan voz kechganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Vazirlik vakillarining qayd etishicha, mazkur qaror Shell kompaniyasi Alyaska shtati qirg‘oqlari yaqinida geologik razvedka ishlarini to‘xtatgani va yaqin orada ularni qayta boshlamasligini e’lon qilganidan so‘ng qabul qilingan. “Shell’ning bayonoti, foydalanishda bo‘lgan hududlar va joriy bozor sharoitlaridan kelib chiqib, keyingi bir yarim yil davomida Arktikadagi shelfning neft-gaz konlari mavjud qismlarini ijaraga berishga tayyorlashdan ma’no yo‘q”, — dedi AQSh ichki ishlar vaziri Selli Juell. Ma’lumot uchun, boshqa mamlakatlardan farqli ravishda AQShda Ichki ishlar vazirligi politsiya tadbirlari va xavfsizlikni ta’minlash bilan emas, balki federal nazoratdagi yerlar va tabiiy qazilma boyliklari nazorati bilan shug‘ullanadi. AQShda politsiya faoliyatini tartibga soluvchi yagona boshqarma mavjud emas.
2Dunyo
Olmaliq shahriga yangi hokim tayinlandi Xamdamov Qobil Murotkulovich Olmaliq shahriga hokim etib tayinlandi, deya xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati. Tayinlov xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashining oltinchi chaqiriq navbatdan tashqari XIV sessiyada e’lon qilindi. Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov Omaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarga to‘xtalib, rahbar odam o‘z shaxsiy hayotiga ham e’tiborli bo‘lishi, oilasiga vaqt ajratishi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishi lozimligini ta’kidlagan. «Bugungi kunda muhtaram Yurtboshimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda ochiqlik siyosati joriy etilgan. Hammamiz jamoatchilikning qat’iy nazoratidamiz. Shuningdek, ishlayman degan odamga barcha sharoit yaratib berilgan. Mashina, yaxshigina oylik maosh beriladi. Xabaringiz bor, yaqinda Olmaliq shahri hokimi bilan bog‘liq holat internetda tarqaldi. Zamon tezkor. Har qanday voqelik tez tarqalayapti. Agar u yomon, noxush bo‘lsa, eshitib ich-ichingdan ezilasan kishi…» — dedi Rustam Xolmatov. Viloyat hokimi rahbarga ko‘p narsa bog‘liqligini hayot haqiqati tasdiqlashi, hokim shu hududning otasi ekanini ta’kidladi. «Men Usmon Rahimovning hokimlik faoliyati mutlaqo qoniqarsiz, u ishlamadi, demoqchi emasman. Bu o‘rinda gap rahbarning har jihatdan el-yurtga o‘rnak bo‘la olishi haqida ketayapti. Binobarin, donishmand xalqimiz rahbarning, uning oilasining kamtarlik fazilatiga qarab baho beradi» — dedi u. Yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi Olmaliq shahar hokimi lavozimiga Hamdamov Qobil Murotqulovich nomzodini tavsiya etdi. Qobil Xamdamov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan. Ma’lumot o‘rnida, Usmon Rahimov 2019 yil avgust oyidan beri Olmaliq shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. So‘nggi vaqtlarda esa uning o‘g‘li Dilshod Rahimov yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzgani aks etgan videolarini TikTok va Instagram sahifalarini joylashtirib borgani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
12Siyosat
OAV: Putin va Tramp Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi atrofida 40 daqiqa tortishdi Vladimir Putin va Donald Tramp Gamburgdagi G20 sammiti davomida Rossiyaning AQShdagi saylovlarga ehtimoliy aralashuvi mavzusini 40 daqiqa atrofida muhokama qildi. Bu haqda Oq Uy vakiliga tayanib, The New York Times ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. Ikki davlat yetakchisi o‘rtasidagi mazkur mavzu atrofida fikr almashinuvi ba’zan keskin tus olgani bildirilmoqda. Putin Trampdan baland pardalarda Rossiya go‘yo AQShdagi prezidentlik saylovlari natijalariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilgani dalillarini talab qilgan. Oradan 40 daqiqa o‘tib, Tramp Rossiya prezidentiga boshqa masalalarga o‘tish vaqti kelganini aytgan.
2Dunyo
Adliya vazirligida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovi g‘oliblari aniqlandi Adliya vazirligida 13-sentabr, juma kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Madina Nurman xabar berdi. Tanlovda 70 nafar ishtirokchidan taqdim etilgan 400 ga yaqin material hakamlar hay’ati tomonidan  belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqilgan va baholangan. Tanlov 5 ta nominatsiya, ya’ni “Eng yaxshi jurnalistik material uchun”, “Eng yaxshi blogpost uchun”, “Eng yaxshi yumoristik asar (karikatura, hajviya va hokazo) uchun”, “Eng yaxshi videorolik ssenariysi uchun”, “Eng yaxshi flayer, buklet, banner, plakat uchun” yo‘nalishlarida o‘tkazilgan. G‘oliblar Samsung Galaxy S10 (1-o‘rin), noutbuk (2-o‘rin), televizor (3-o‘rin) kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan. “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” nominatsiyasi g‘oliblari: “Eng yaxshi blogpost uchun” nominatsiyasi g‘oliblari: “Eng yaxshi yumoristik asar (karikatura, hajviya va hokazo) uchun” nominatsiyasi g‘oliblari: “Eng yaxshi videorolik ssenariysi uchun” nominatsiyasi g‘oliblari: “Eng yaxshi flayer, buklet, banner, plakat uchun” nominatsiyasi g‘oliblari:
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Bosh prokuraturasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Boytemirov Nodirbek Nu’manovich O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.Nodirbek Boytemirov (1973 y. t.) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (1995). Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995 yilda Farg‘ona shahar prokuraturasining ish o‘rganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasi boshlig‘i, Xorazm viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. Tayinlangunga qadar O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati devoni bo‘lim mudiri lavozimida ishlagan. Nazarov Sodiqjon Raximovich O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Sodiqjon Nazarov (1961 y. t.) Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1985). Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1992 yilda Sirdaryo tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi sifatida boshlab, Sh. Rashidov, Xovos, Sardoba, Sayxunobod tumanlari prokurori, Bosh prokuratura va Sirdaryo viloyat prokuraturasining turli lavozimlarida faoliyat olib borgan. Tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati prokuraturasi fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi prokurori lavozimida ishlagan. Raximov Shavkatjon Jo‘rayevich O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shavkatjon Raximov (1968 y. t.) Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan (1994). Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1996 yilda Norin tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan To‘raqo‘rg‘on tumani prokurori, Namangan viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i, Bosh prokuraturada boshqarma katta prokurori sifatida faoliyat olib borgan. Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Berdialiyev Sodikjon Alijonovich O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Sodiqjon Berdialiyev (1976 y. t.) Toshkent davlat yuridik institutini (2000), Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan (2012). Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2000 yilda Andijon shahar prokuraturasi ish o‘rganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Andijon shahar prokurori, Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari, Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. «Gazeta.uz"ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro huquqiy boshqarmasi boshlig‘i Olim Nabiyev, o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i Shohmuhammadbek Muhammadjonov, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Surayyo Rahmonova, shuningdek Namangan viloyati prokurori Rashid Rahmatov (mart oyida tayinlangan edi) hamda bir qator xodimlar lavozimidan ozod qilingan.
12Siyosat
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi yillik hisobotida Kuril orollarining o‘ziga tegishli ekanini ta’kidlamadi Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning tashqi siyosatiga bag‘ishlangan yillik hisobotini taqdim etdi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”. Unda “to‘rt shimoliy orol (Kuril tizmasi) Yaponiyaga tegishli” degan jumlalar yo‘q. Shu bilan birga, hisobotda Moskva bilan muzokaralarni davom ettirishga chorlov bor — Tokio bahsli hududlar bo‘yicha hali ham kelishuvga erishmoqchi. Hisobot e’lon qilinganidan so‘ng Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono bahsli hududlar bo‘yicha “yapon hukumatining huquqiy pozitsiyasi o‘zgargani yo‘q”ligini ma’lum qildi. Iturup, Kunashir, Shikotan orollari va Xabomai arxipelagi Ikkinchi Jahon urushining oxirida SSSR tarkibiga qo‘shib olingan, biroq Tokio hozirga qadar ushbu hududlar yuzasidan da’vo qilib keladi. 1956-yilgi Sovet—Yaponiya qo‘shma deklaratsiyasida SSSR tinchlik shartnomasi imzolangan taqdirda Shikotan va Xabomai orollarini Yaponiyaga topshirishga tayyorligini bildirgan. Biroq tomonlar hali ham tinchlik shartnomasini imzolamagan. Rossiyaning Jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi xodimlari fevral oyida o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Kuril orollarining deyarli barcha aholisi hududning Yaponiyaga berilishiga qarshi.
2Dunyo
Facebook: “O`zingga ehtiyot bo`l, o`zgani o`g`ri tutma!” Endilikda “Facebook” kompaniyasi shaxsiy ma`lumotlari uchinchi shaxsning qo`liga tushishi mumkin bo`lgan foydalanuvchilariga bildirishnoma yuboradi va maxfiylik sozlamalarini o`zgartirishni taklif qiladi. Bu haqda kompaniya sayti ma`lum qildi. Foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlari xavfsizligi shubha ostida bo`lsa, akkauntning yangiliklar tasmasida bildirishnoma paydo bo`ladi. Shu asnoda foydalanuvchiga uning shaxsiy ma`lumotlari bilan o`rtoqlashgan qaysidir sayt yoki dastur haqida xabar beriladi. Va Feysbuk qo`lga tushgan “o`g`ri”larni “qora ro`yxat”ga qo`shib qo`yadi. Shaxsiy ma`lumotlar xavfsizligi shubha ostida bo`lmagan akkauntlarga ham ehtiyot choralari ko`riladi. Ya`ni akkauntga tegishli ma`lumotlar bo`yicha so`rov bergan barcha saytlar va ilovalar ro`yxatini yuborib, ularni tekshirib ko`rishni taklif qiladi. Aslida kompaniya tomonidan bunday taklif ishlab chiqilishida AQShdagi prezidentlik saylovida Donald Tramp shtabi bilan hamkorlik qilgan “Cambridge Analytica” firmasining “qilmishi” sabab bo`ldi. Saylov kampaniyasida mazkur firma Feysbukning 87 million foydalanuvchisi shaxsiy ma`lumotlar bazasiga noqonuniy kirgan bo`lgan. Joriy yilning 9 aprelida esa “Apple” asoschilaridan biri Stiv Voznyak foydalanuvchilarining shaxsiy ma`lumotlari xavfsizligini ta`minlay olmagan Feysbukdan o`z sahifasini o`chirib tashlaganini ma`lum qildi. “SpaceX i Tesla” rahbari Ilon Mask ham “#deletefacebook” fleshmobi doirasida Feysbukdagi sahifasini o`chirib tashlagan.
2Dunyo
Putin batiskaf yordamida Qora dengiz tubiga tushdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin batiskafda Qrim sohili yaqinida Qora dengiz tubiga tushdi. Apparatni Rossiya geografiya jamiyatining suvosti tadqiqotlari markazi ijrochi direktori, 26 yoshli Sergey Fokin boshqardi, deya xabar bermoqda “TASS”. Life News telekanalining ma’lum qilishicha, davlat rahbari X-XI asrlarda cho‘kib ketgan kemalarni ko‘zdan kechirgan. Bu Putinning suv ostiga birinchi sayohati emas: u 2009-yilda Baykal ko‘liga, 2011-yili esa Taman ko‘rfazi tubiga tushgandi.
2Dunyo
Odinaxon Muhammad Yusuf: Mo‘min hech qachon bo‘shashmasligi lozim Bu galgi anjuman taklifnomasiga ko‘z yugurtirar ekanman, uning sarlavhasini o‘qib o‘yga toldim: “Islom – ongli tanlovmi yoki urfga ergashishmi?” Aslida har bir inson sof fitratda, ya’ni Islomda dunyoga keladi. Ammo tarbiyachilari u uchun dinini ixtiyor etadilar. Ming afsus bilan aytamizki, mulohazalarimiz hozirgi kunda o‘zini musulmon sanaganlar Islomga ko‘r-ko‘rona ergashayotganlarini ko‘rsatyapti. Aksincha, o‘zini Islom dinidan chetda hisoblaganlar ko‘p masalalarda bu dinga nisbatan ong ila yondoshmoqdalar. Islom dini haqida yaxshi fikrga ega bo‘lgan yoki ushbu dinni keyinchalik qabul qilganlar bilan hamsuhbat bo‘lsangiz, ularning bunday munosabati sababi dinimizga ong ila nazar solganlari va shu bilan haqiqatni topganlari ekanini bilib olasiz. Xo‘sh, musulmonlar-chi? Har muammoning yechimi bo‘lmish o‘z dinlarini qo‘yib, qo‘yingki, saodat mayog‘i bo‘lmish bu imkoniyatni ko‘rmay, o‘zga qavmlardan, ularning urflaridan najot izlashlarini nima desa bo‘ladi? O‘z dinlariga ko‘r-ko‘rona amal qilib yoki amal qilmaganlari yetmaganday, yot iymon va odatlariga kirib qolayotganlari yanada alamli. Har savolga javob bo‘lmish Islom ruhshunoslikda ham har narsaga yechimdir. Ruhshunoslikning asosi Qur’ondir. Alloh taoloning muqaddas kitobidagi ilohiy xitobi ruhshunoslikdagi eng oliy uslubdir. Insonlar, ayniqsa, musulmonlar birgina oyatga yaxshilab e’tibor bersalar, uni o‘zlarida yaxshi o‘zlashtirsalar va unga amal qilsalar edi, hozirgidek dunyoni tushkunlik qamrab, umidsizliklar urchimasdi. Alloh taolo Oli Imron surasining 139-oyatida marhamat qiladi: “Bo‘shashmanglar! Mahzun bo‘lmanglar! Agar mo‘min bo‘lsalaringiz, sizlar ustunsizlar”. Bundan-da yaxshiroq tasalli, umid bag‘ishlash bormi?! Bundan-da kattaroq saodat va bashorat bormi?! Men xoh katta, xoh kichik bo‘lsin, har gal musibat kelganida mana shu oyatni esga olaman darrov. Mo‘min hech qachon bo‘shashmasligi lozim. Mo‘min mahzun bo‘lmasligi kerak. Bu muhim qoidadir. Chunki Alloh bandalarini bundan qaytaradi. Negaki bo‘shashganda ishlar ortga ketadi. Mahzunlik esa mag‘lubiyatga olib boradi. Kim nima desa – desin, biz ustunmiz! Doimo ustunmiz. Mo‘min bo‘lsak – bo‘ldi. Bu o‘tkinchi dunyoda biror narsaga erishamizmi-yo‘qmi, baribir ustunmiz. Muhimi iymondan ayrilmasak bo‘lgani! Alloh taoloning shunday katta va’dasi turganida bizga yana nima kerak? Musulmonlar mana shu oyatga amal qilib kelganlarida yutuqqa erishganlar. Hatto mo‘g‘ul kabi, salbchilar kabi qudratlarni yenga olganlar. Alloh taolo bandalarini doimo yaxshilik, ezgulik umidida bo‘lishga, mashaqqatlarda esa sabr va qanoat qilishga undaydi. Buning mukofoti oldinda ekaniga ochiq va’da beradi. Olamlar Robbisi tomonidan banda qalbida yoqilgan mana shu umid uchquni musulmon kishiga barcha qiyinchilik va mashaqqatlarni yengishda katta kuch beradi. Mana shu islomiy ruhshunoslikning asosidir. Birgina shu narsa mo‘min inson ruhiyatiga ta’sir qilib, uning bu dunyo hayotidagi barcha harakatlari yo‘nalishini belgilab beradi. Alloh taolo yana: “(Mening nomimdan) ayt: «Ey o‘z jonlariga javr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar. Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir” (Zumar surasi, 53-oyat). —Ushbu oyati karima Qur’ondagi eng umidbaxsh oyat hisoblanadi. Bu oyatdan chiqariladigan qoida: “Mo‘min hech qachon noumid bo‘lmaydi”. Demak, biz musulmonlarga umidsizlik, tushkunlik degan narsalar mutloq to‘g‘ri kelmaydi. Xoliqimiz bo‘lmish Alloh taolo shunday deb turganidan keyin, rahmatini ko‘rsatib turganidan so‘ng yana qanday umidsizlikka o‘rin qolishi mumkin?! Mana shu qoida islomiy psixologiyaning asosidir. Shariatimizdagi ikkinchi masdar bo‘lmish sunnati nabaviyaga nazar solsak, quyidagi bashoratni topamiz. Imom Buxoriy va imom Muslimlar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, Alloh mo‘min banda uchun nimani qazo qilsa, o‘sha uning uchun yaxshi bo‘ladi. Agar unga xursandchilik yetsa, shukr qiladi, unga yaxshi bo‘ladi. Agar unga xafachilik yetsa, sabr qiladi, unga yaxshi bo‘ladi. Bu faqat mo‘minlardagina bo‘ladi”, deganlar. Demak, inson mo‘min ekan, unga faqat yaxshilik bo‘ladi. Unga dunyoviy o‘lchovdagi yaxshilik yetsa-yu yetmasa, xayr bor. Mudom musulmon ekan, o‘ziga yetgan har mahrumlikda, har qanday ozorda ajr bordir. Hadislardan birida hatto tikan kirganida ham mo‘minga xayr bo‘lishi, bu uning gunohlari uchun kafforot bo‘lishi aytilgan. Shunday ekan, musulmon kishi o‘zini eng ustun, eng saodatmand va eng omadli hisoblamog‘i, hech qachon umidsizlikka yo‘l qo‘ymasligi, zaiflik qilmasligi va tushkunlikka tushmasligi lozimdir. Mana shu ruhiy holat musulmonni yaxshilik sari harakatlantiruvchi, g‘ayrat qildiruvchi omil hisoblanadi. Mana shu islomiy psixologiyaning sunnatdagi asl mazmuni sanaladi. Insonlarga bashorat, yaxshilik va umid baxsh etuvchi Qur’on hamda sunnatda belgilab berilgan islomiy psixologiyaning umumiy asoslari haqida gapira turib, misol tariqasida o‘z faoliyatimga bog‘liq birgina misolni ham keltirmoqchiman. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayh ko‘p ishlar qatorida yurtimizdagi islomiy saytlarga ham asos solgan edilar. Mana shu saytlardan biri muslimalarimizga xos bo‘lib, unda diniy masalalar, ruhshunos, murabbiy, shifokor va advokat xizmatlari mavjud. Kunda yurtimizdagi ayol-qizlarimizdan kelgan turli savollarga har bir mutaxassis o‘z sohasi bo‘yicha imkon qadar javob berib keladi. Endilikda jonli muloqotlarni ko‘paytirish, eng dolzarb masalalarni kengroq yoritish harakatida turibmiz. Mulohaza shuki, bu xizmatlar ichida diniy masalalar va ruhshunos bo‘limiga murojaat nisbatan ko‘proq. Ruhshunos javoblarni diniy asosda beradi. Diniy masalalar bo‘limi ham o‘z o‘rnida javob berishda ruhiy uslublarni qo‘llaydi. Ya’ni, bu ikkisi orasida bog‘liqlik bor. Umumiy holatdan xulosa shuki, ko‘pchilik oddiy narsalar haqida, yechimi ma’lum bo‘lgan muammolar haqida ham savol beradi. Ba’zilar javobini bila turib nasihat, tasalli so‘raydi. Bularning hammasi ruhiy qo‘llovga ehtiyoj borligiga dalolatdir. Bugunda keng tarqalgan muammolardan biri oila mojarolari hisoblanadi. Bu haqda uzoq fikr yuritib, yechimini oyati karimadagi birgina so‘zda topdim. U so‘z Rum surasining quyidagi oyatidadir: “U sizlarni bir jondan yaratgan va sokinlik topishi uchun undan juftini yaratgan Zotdir”. Oilalardagi muammolarning boshi aynan mana shu “sokinlik” yo‘qligida deb bilaman. “Sokinlik” so‘zining ma’nosi ko‘p va keng bo‘lib, u asosan xotirjamlikni anglatadi. Xotirjamlik nima degani? U tinchlik, osoyishtalik, uns-ulfat, baxt-saodatdir. Demak, insonning juft qilinishidan maqsad har biri o‘z juftidan mana shu ma’noni topishi uchun ekan. Xo‘p, xotirjamlik nimalarda namoyon bo‘ladi? Erkak uchun ayolining ochiq chehra bilan turishi, tashqaridan charchab kelganida unga orom uchun imkoniyat yaratishi, ehtiyoji bor bo‘lgan narsalarda xizmat qilishi, qalbiga surur kiritishi, dunyo g‘amlarini unuttirishidir. Ayol uchun xotirjamlik o‘zini himoyalangan, ta’minlangan, e’tibor va rioyatda sezmoqligi, har qachon istaganida boshini qo‘yish uchun yelka borligini his qilmoqligidir. Endi ayting-chi, bu sokinlik qay darajada o‘rniga qo‘yilmoqda? Alloh taolo aytgan bu mo‘’jiza turib, odamlar yechim qidirib qayoqqa chopmoqdalar? Erkaklar sokinlik topish uchun sokinlik berish o‘rniga ayollarga ajrashish yoki ustiga uylanish ila tahdid qilmoqdalar. Ayollariga nisbatan turli nohaqliklarni qilishni yechim deb bilmoqdalar. Ayollarimiz esa erga sokinlik berish deganda ko‘proq ularning nafsini qondirish yo‘lini tutmoqdalar. Ularni qo‘lga olish maqsadida bozorma-bozor, go‘zallik salonidan fitnes tomon yuguradilar. Va ta’kidlash ham kerakki, bu er-xotin o‘rtasidagi sokinlik deganda bugungi kunda ko‘zga tashlanib turgan huquq talashishlar ham tushunilmaydi. Aslida hammasining javobi shu bittagina so‘zdadir. Boshqa muammolarni ham shunga qiyos qilish mumkin. Avvalo Alloh taoloning O‘zi bandalarining ruhiy ehtiyojlari chorasini ko‘rib qo‘ygan. Qolaversa, bu boradagi buyuk mutaxassis Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar. Bizga qolgan asosiy vazifa bularni tablig‘ qilish, ya’ni yetkazishdir. Bizdan talab qilingan ish Qur’oni karimni olib, undagi “sokinlik” ma’nosini yaxshi fahmlashdir. Ongli ravishda uni hayotimizga tatbiq qilishdir. Qolaversa, umumiy tarzda Qur’on va sunnatda kelgan, insoniyat uchun mo‘ljallangan islomiy psixologiya g‘oyalarini o‘rganib, o‘zlashtirib, unga ixlos bilan amal qilishdir.
8O‘zbekiston
Qarshida tadbirkorning 5 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan shirkat rahbari va uning nazoratchisi qo`lga olindi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo`limi tomonidan DXX va IIVning viloyat boshqarmalari bilan  tezkor tadbir o`tkazildi. Unda, “P.K.” MChJ shirkati rahbari J.R. shirkat hududidagi 11 ta ko`p qavatli uylarga kommunal xizmat ko`rsatish huquqini “Ya.O.” MChJga o`tkazib berishni 5 000 AQSh dollariga kelishib, shundan 4 500 AQSh dollarini nazoratchisi M.A. orqali olib, M.A. ushbu 4 500 AQSh dollarlarini noqonuniy valyuta savdosi bilan shug`ullanuvchi I.R.dan 50,1 mln so`mga ayirboshlab olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining  168-moddasi (firibgarlik) va 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
6Jinoyat
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida So‘nggi yillarda mamlakatimizda chorvachilik va parrandachilikni kompleks rivojlantirishda keng ko‘lamli islohotlar va davlat dasturlari, shuningdek, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, iste’molchilarni xavfli va sifatsiz mahsulotlarni iste’mol qilishdan himoya qilishning yetarli darajada samarali tizimi yaratilmaganligi oqibatida qator muammolar, shu jumladan, respublikada hayvonlar va iste’molchilar orasida yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining tarqalish xavfi yuzaga kelmokda. Respublika hududiga o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar kirib kelishining oldini olish hamda tarqalishi xavfini bartaraf etishning xavfsiz muhofazaning samarali tizimini yaratish, shuningdek, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish tartib- taomillarini yanada soddalashtirish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2021-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi hududiga davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) kiritilgan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslarga ruxsat beriladi; davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga veterinariya ruxsatnomasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi; ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, o‘quv muassasalari, ilmiy va davlat maqsadlari uchun olib kelinadigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi uch oy muddatda Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 166-modda) bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin. 1. Quyidagi mazmundagi 441-band qo‘shilsin: “441. O‘zbekiston Respublikasi hududiga davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestriga kiritilgan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslarga ruxsat beriladi. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishga veterinariya ruxsatnomasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Veterinariya ruxsatnomasini berish rad etilgan yoki tovar egasi berilgan arizasidan voz kechgan taqdirda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. Ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, o‘quv muassasalari, ilmiy va davlat maqsadlari uchun olib kelinadigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi”. 2. 56-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
10Qonunchilik
Sharof Rashidov tumanida harbiylarga yangi uylar topshirildi Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun yangi turar joy binosi qurib foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda O‘zA. Harbiy shaharchada har biri 2 xonadonga mo‘ljallangan ikkita bir qavatli va 20 xonadonga mo‘ljallangan bitta 2 qavatli uyga 24 oila ko‘chib kirdi. “Mahalliy iqlim sharoiti hisobga olinib barpo etilgan 2 va 3 xonali zamonaviy uyga ko‘chib o‘tganidan harbiylar, ayniqsa, ularning oila a’zolari juda xursand”, — deyiladi agentlik axborotida. Barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan uy berilganidan turmush o‘rtog‘im va ota-onamning xursandchiligini ko‘rib, harbiylik kasbini tanlaganimdan faxrlanib ketdim. Bu yerdagi sharoitlar shaharnikidan aslo qolishmaydi. Uy oldida bolalar maydonchasi ham barpo etilgan. Salohiddin Begmatov, kichik serjant
8O‘zbekiston
“Chernobil” “Eng yaxshi serial” nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi Rejissor Yoxan Renkning “Chernobil” seriali “Oltin globus” mukofotining “Eng yaxshi teleserial yoki telefilm” nominatsiyasida g‘alaba qozondi, deb xabar berdi “Kommersant”. HBO telekanali tomonidan suratga olingan mini-serial boshqa nominatsiyalarda ham e’tirof etildi. Aktyor Stellan Skarsgard “Chernobil”dagi ikkinchi darajali rol uchun “Oltin globus” oldi. U Boris Sherbina obrazini yaratgan. “Chernobil” kartinasi Emmy taqdimot marosimida ham eng yaxshi mini-serial sifatida e’tirof etilgan edi.
7Madaniyat
Tokio AQShning yadroviy salohiyati mustahkamlanishi tarafdori ekanini ma'lum qildi Yaponiya hukumati AQShning harbiy va yadroviy salohiyati mustahkamlanishi tarafdoridir. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga Rim papasi Fransiskning atom energiyasidan harbiy maqsadlarda foydalanish axloqqa zid ekanligi to‘g‘risidagi so‘zlariga izoh berish chog‘ida ma'lum qildi.  "AQShning harbiy kuchi, jumladan yadroviy qurollarini saqlab qolish va mustahkamlash mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlashning ishonchli va aniq yo‘lidir", - dedi u.  U shu bilan birga Tokio yadroviy qurollarni yo‘q qilishga urinishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Rim papasi Fransisk Xirosimadagi Tinchlik bog‘iga tashrifi vaqtida atom energiyasidan harbiy maqsadlarda foydalanish va yadro quroliga ega bo‘lishni axloqqa zid deb aytgandi.
2Dunyo
Rossiya o‘z hududidan 60 nafar amerikalik diplomatni chiqarib yuboradi Rossiya AQSh elchixonasining 58 xodimini va Yekaterinburgdagi konsulligining 2 xodimini non grata shaxslari deb e'lon qildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilingan. Ular 5 aprelgacha Rossiyani tark etishlari kerak. Bundan tashqari, Moskva Sankt-Peterburgda AQShning bosh konsulligini ochishga va uning faoliyat yuritishiga ruxsatni qaytarib olgan. AQSh tomoni ularga taqdim qilingan binoni ikki kun ichida bo‘shatib berishi kerak. Shuningdek, AQSh elchisi Jon Xantsmandan Rossiya davlat aktivlarining AQShda hibsga olinishi mumkinligi haqidagi so‘zlariga izoh berish so‘ralgan. “AQSh tomoni bunday tahdidning amalga oshirilishi munosabatlarimiz yanada tubanlashishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirilgan. Bu esa global barqarorlik uchun og‘ir oqibatlarga aylanishi mumkin”, deyilgan tashqi ishlar vazirligida. 26 mart kuni AQSh Britaniya foydasiga josuslik qilgan sobiq rossiyalik razvedkachi Sergey Skripal va uning qizining zaharlanishi bilan bog‘liq holda 60 nafar rossiyalik diplomatni non grata shaxslari deb e'lon qilgan va Rossiyaning Sietldagi bosh konsulligini yopishga qaror qilgan.
2Dunyo
Rossiya va Xitoy 10 ming harbiy ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi Rossiyadan mashg‘ulotlarda Sharqiy harbiy okrug qo‘shilmalaridan birining bo‘linmasi ishtirok etadi. Mashg‘ulotlar Xitoy armiyasining Ninsya-Xuey muxtor rayonida joylashgan “Tsintunsya” poligonida o‘tadi. Mashg‘ulotlarga jangovar samolyotlar, artilleriya va zirhli texnika ham jalb qilinadi. Ular ikki davlat harbiy kontingentining qo‘shma qo‘mondonligi ostida o‘tadi. Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad Rossiya-Xitoy munosabatlarini mustahkamlash, ikki davlat qurolli kuchlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik va do‘stlik darajasini oshirish, terrorchilikka qarshi kurashdagi qat'iyat va tayyorgarlikni namoyish etish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni birgalikda himoya qilish hisoblanadi.
2Dunyo
Qonun loyihasi: qanday yer uchastkalari xususiylashtirish obektlari hisoblanadi? 2019 yilning 23 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi va birinchi o‘qishda qabul qilindi. “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hujjat loyihasi bilan quyidagilar xususiylashtirish obektlari hisoblanadi: yuridik shaxslarga xususiylashtiriladigan yoki ularga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlar, sanoat infratuzilmasi obektlari yer uchastkalarida joylashgan, shuningdek, ularga tutash va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi yer uchastkalari; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibdagi uy-joy qurish va turar-joyiga xizmat ko‘rsatish uchun beriladigan yer uchastkalari; bo‘sh turgan yer uchastkalari; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi qoshidagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga belgilangan tartibda taqdim etilgan yer uchastkalari.
8O‘zbekiston
Tramp «Xitoydan o‘lim» kitobi muallifini savdo bo‘yicha milliy kengash rahbarligiga tanladi AQShning yangi prezidenti Donald Tramp o‘z ma'muriyati qoshida Savdo bo‘yicha milliy kengashni tashkil etishga qaror qildi. U mazkur kengash rahbarligiga iqtisodchi olim Piter Navarro nomzodini ilgari surdi, deb yozmoqda Financial Times gazetasi. Ta'kidlanishicha, Navarro avvallari AQSh hukumatining Xitoyga nisbatan munosabatlarini tanqid qilgan. U o‘zining ilmiy faoliyati davomida bir nechta kitob yozgan. Ular orasida «Xitoydan o‘lim» va «Yashirin yo‘lbars» nomli kitoblar bor. Professor mazkur ishlarida turli sohalar, shu jumladan harbiy va iqtisodiy yo‘nalishlarda Xitoyga qarshi kurash borasida fikrlarini ilgari surgan.  «Men Amerikaning savdodagi muammolari haqidagi Piter kitoblaridan birini o‘qib, unda keltirilgan fikrlar va dalillardan hayratlangan edim. U ajoyib tadqiqot o‘tkazgan», — deya bayonot bergan Tramp. Aytish joizki, Piter Navarro saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Tramp jamoasi a'zosi bo‘lgan. U savdo vaziri lavozimiga ilgari surilgan 79 yoshli milliarder Uilbur Ross bilan birgalikda Trampning iqtisodiy dasturini yozgan.
2Dunyo
Eron o‘z milliy valutasini denominatsiya qiladi Eron majlisi (parlamenti) milliy valutaning qayta nomlanishi va denominatsiyasi haqidagi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqda Eron markaziy banki rahbari Abdunasir Himmatiy ma'lum qildi. Qonunga ko‘ra, Eron riali 4 ta noldan mahrum bo‘ladi va tuman deb atala boshlanadi. Ya'ni 10 ming rial endilikda bir tumanga teng bo‘ladi.     Shu bilan birga, Himmatiy valutaning denominatsiyasi mamlakatda inflatsiyaga olib kelishi haqidagi taxminlarni rad etgan.
2Dunyo
Dronlar Buyuk Xitoy devorini tiklashda yordam beradi Intel kompaniyasi Buyuk Xitoy devorining avariyaviy qismini tiklashda yordam beradi. Inshootning yetib borish qiyin bo‘lgan joylarida dronlar ishlaydi, deb xabar berdi Digital Trends nashri. Yaqin orada dronlar Xitoyning eng diqqatga sazovor inshootini tekshiradi. Dronlar shikastlangan qismlarni suratga olib, ularni operatorlarga jo‘natadi. Bu maqsadda AQSh kompaniyasi 8 ta parrak  va yuqori sifatdagi suratga oluvchi kamerali zamonaviy oktokopterlar otryadini jo‘natgan. Kompaniya vakilining aytishicha, dronlar devorning Pekindan shimolda 50 km uzoqlikda joylashgan avariyaviy qismini tekshiradi. Devorning bu qismini an'anaviy yo‘l bilan tadqiq qilish xavflidir, chunki u yerda chuqur dara joylashgan.
14Texnologiya
Og‘ir ahvolda qolayotgan Shumaxerning Ferrari’si 7,5 mln. dollarga sotildi «Formula-1»ning ko‘p karra chempioni Mixael Shumaxerning poyga bolidi Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksionida 7,5 million dollarga sotilib, ushbu toifadagi avtomobillar uchun rekord narxni o‘rnatdi. «Kamarlarni taqing! Mixael Shumaxer Monako Gran-prisida g‘alaba qozongan Ferrari poyga bolidi narxi estimeytdan (4-5 million) o‘tdi va 7,5 million dollarga sotilmoqda», - deya xabar berdi «kim oshdi» savdo uyi. Sotheby's’dan ta'kidlashlaricha, avtomobil savdolarga ilk marotaba zamonaviy san'at asari sifatida qo‘yildi hamda bunday qaror o‘zini oqladi. Auktsiondagi boshqa lotlar orasida britaniyalik rassom Frensis Bekonning «Jorj Dayyerning uch etyudi» triptixi 38,6 million dollarga sotildi. XXR asoschisi va yetakchisi bo‘lgan Mao Tszedunning mashhur ijodkor Endi Uorhol tomonidan yaratilgan portreti esa 32,4 million dollar evaziga o‘z xaridorini topdi.
5Jamiyat
Yevropa mehnat qoidalarini buzgan davlatlarga sanksiya qo‘llamoqchi Yevropa ikki tomonlama kelishuvlarda mehnat huquqlari va iqlim o‘zgarishi shartlarini buzgan davlatlarga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash imkonini beruvchi yangi qoidalarni taklif qilmoqchi. Bu haqda Financial Times xabar berdi. Yevropa Ittifoqining savdo komissari Valdis Dombrovskis bitimlarda savdo va barqaror rivojlanish (TSD) bandlarining bajarilishini yaxshilash orqali "barqarorlikni savdo siyosatining markaziga" aylantirmoqchiligini bildirgan. Bu harakat Jahon Savdo Tashkiloti barqarorlik va savdo bo‘yicha o‘zining birinchi kelishuvini imzolaganidan bir necha kun o‘tib, tartibga solinmagan xalqaro suvlarda baliq ovlash kemalari va ortiqcha baliq zaxiralari uchun subsidiyalarni cheklaganidan keyin amalga oshirildi. Dombrovskisning aytishicha, baliq ovlash kelishuvi 21 yillik muzokaralardan so‘ng "haqiqiy burilish nuqtasi" bo‘lgan. Yevropa 2009-yildan beri barcha savdo bitimlariga TSD’larni kiritgan, biroq ular savdo hamkorlarini ichki siyosatni o‘zgartirishga majburlash uchun kamdan kam ishlatilgan. Chorshanba kuni Yevropa Komissiyasi tomonidan rasman kelishilgan yangi qoidalar a’zo davlatlar va ularni ma’qullashi kerak bo‘lgan Yevroparlamentda keng qabul qilinishi mumkin. Ular yangi savdo bitimlari TSD’larni kuchaytirish va mamlakatlar asosiy qoidalarni buzgan taqdirda sanksiya qo‘llash imkoniyatini o‘z ichiga oladi. Bu asosiy qoidalar Xalqaro mehnat tashkiloti va uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha Parij kelishuvi standartlariga javob beradi.
2Dunyo
«PSJ» — «Manchester Siti». Yevropa Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga prevyu 28 aprel kechasi Yevropa Chempionlar ligasining yarim final uchrashuvlaridan ikkinchi juftlikning dastlabki o‘yini o‘tkaziladi. O‘yin oldidan jamoalar tayyorgarligi, ularning yarim finalga qanday yetib kelganligi va o‘yinchilar holati haqida prevyuni taqdim etamiz. Foto: twitter.com/ChampionsLeague «PSJ» — «Manchester Siti» (Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da) Jamoalarning hozirgi holati: «PSJ» jamoasi Fransiya chempionatida 34-turdan so‘ng 72 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 3-o‘rindagi «Monako»dan 1 ochko oldinda bo‘lsa, 1-o‘rindagi «Lill»dan 1 ochko ortda bormoqda. Jamoa 34-turni mehmonda «Mets»ga qarshi o‘tkazdi hamda 1:3 hisobida g‘alaba qozondi. «Manchester Siti» APLda 33-turdan keyin 77 ochko to‘plagan holda yakka peshqadam. Klub 2-pog‘onada borayotgan Manchesterning boshqa bir klubi «Manchester Yunayted»dan 10 ochko oldinda bormoqda. «Shaharliklar» 33-turni mehmonda «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazdi va unda 1:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Yarim finalga qanday yetib kelishdi? «PSJ» jamoasi guruh bosqchida H guruhda ishtirok etib, 12 ochko bilan guruh peshqadami sifatida nimchorak finalga yo‘l oldi. Parijliklar nimchorak finalda Kataloniyaning «Barselona» jamoasiga raqib bo‘lishdi. Ispaniyada o‘tgan dastlabki bahsda parijliklar 1:4 hisobida ustun kelishdi. Javob o‘yinida esa 1:1 hisobi qayd etildi. Jamoa chorak finalda «Bavariya»ga duch keldi. Myunxenda bo‘lgan ilk o‘yinda parijliklar 2:3 hisobida g‘alaba qozonishdi. Javob o‘yinida 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, mehmonda urilgan gollar evaziga «PSJ» yarim finalga yo‘l oldi. «Manchester Siti» C guruhida 5 g‘alaba va 1 durang qayd etib, 16 ochko bilan 1-o‘rinni egallab nimchorak finalga yo‘l oldi. Bu bosqichda esa ularga «Borussiya Myonxengladbax» duch keldi. Har ikki o‘yinda ham 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan manchesterliklar chorak final bosqichiga chiqdi. Ushbu bosqichda esa «shaharliklar»ga Dortmundning «Borussiya"si duch keldi. «Manchester Siti» har ikki o‘yinda ham bir xil 2:1 hisobida g‘alabaga erishib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘zaro o‘yinlar: Umumiy o‘tkazilgan 3 o‘yinning bittasida «Manchester Siti» g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 tasida durang natija qayd etilgan. Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xuan Bernat, Abdu Diallo, Aleksandr Letele, Rafinya («PSJ»). Serxio Aguero, Kevin de Bryune («Manchester Siti»). Jamoalarning ayni vaqtdagi yaxshi formadagi futbolchilari: «PSJ»ning YeCHLda eng samarali o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilaridan biri Killian Mbappe bo‘lib, u 2020−21 yilgi mavsumda 9 o‘yinda maydonga tushib, 810 daqiqa harakat qilgan. 8 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, 3 bor golli uzatma muallifi bo‘lgan. Manchesterliklar safida Fil Foden YeCHLning ushbu mavsumida 10 o‘yinda maydonga tushib, jami 801 daqiqani maydonda o‘tkazgan. Raqiblar darvozasiga 3 marta gol urib, 2 marta asistentlik qilgan. Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 4 maydan 5 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Ma’lumot uchun, YeCHL yarim finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv 27 aprel oqshomida o‘tkazildi. Unda «Real Madrid» jamoasi «Chelsi»ni o‘z maydonida qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 11-daqiqada Pulishich o‘yinda hisobni ochib, «Chelsi»ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Karim Benzema 29-daqiqada gol urib, muvozanatni tikladi.
13Sport
Rio—2016 Olimpiadasida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchiga 200 ming AQSh dollari va’da qilindi O‘zbekistonlik sportchilar Rio—2016 Olimpiadasida qo‘lga kiritadigan medallari uchun qancha mukofot puli olishi ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Olamsport”. Rio-de-Janeyro mezbonligidagi yozgi olimpiya o‘yinlarida oltin medalga ega chiqqan o‘zbekistonlik sportchi 200 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritadi. Kumush medal uchun 100 000 dollar va’da qilindi, musobaqalarda kuchli uchtalikka kirib, bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchi 75 ming AQSh dollariga ravo ko‘riladi. 5-avgust kuni start oladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida 70 nafar sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
13Sport
Chimkentdagi qurilishda tom qulashi oqibatida 6 nafar o`zbekistonlik ishchi jarohat oldi Qozog`istonning Chimkent viloyatida qurilayotgan binoning tom to`siqlari va temir-beton devorlari qulab tushdi. Oqibatda olti nafar O`zbekiston fuqarosi jarohat oldi. Bu haqda «Informbyuro» xabariga tayanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.  Hodisa 21 noyabr, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:30 da Qoratov tumanining Sayram massivida yuz bergan. Tom va devor qulashi oqibatida olti nafar o`zbekistonlik ishchi jarohat olgan. Ular shahar kasalxonasiga joylashtirilgan. Ikki nafar ishchi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Hodisa joyiga odamlarni izlash uchun kinologiya bo`linmasi jalb qilingan. Vayronalar ostida qurbonlar va jabrlanganlar qolmagan. Foto: Qozog`iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi Qoratov tumani hokimi Abzal Aliqulov hodisa quruvchilik me`yorlari buzilgani sababli yuz berganini ma`lum qilgan. Qayd etilishicha, qurilish loyihasiz va ruxsatsiz boshlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
2Dunyo
Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyati suv ta’minotini yaxshilashga 105 mln dollar ajratadi Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyatining Yangiyo‘l, Chinoz tumanlarida suv ta’minoti tizmini tiklash va kengaytirish uchun 105 million dollar ajratadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi. Xabarda ta‘kidlanishicha, bu 220 mingdan ortiq kishini xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini beradi. Toshkent viloyatining shahar va tumanlari suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha ikkinchi loyiha VU-1 mintaqaviy suv ta‘minoti tizimini qayta tiklash va takomillashtirishni moliyalashtirishga qaratilgan. OTBning yordami smart-texnologiyalarni, shu jumladan ma’lumotlarni to‘plashda dispetcherlik nazorati, geografik axborot tizimi, billingni yaxshilash va kirimni ko‘paytirish uchun hisoblagichlarni joriy etishni o‘z ichiga oladi.
8O‘zbekiston
“O`zikkilamchiranglimetall” Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bozoriga chiqmoqchi Yaqin vaqtda “O`zikkilamchiranglimetall” o`z mahsuloti bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bozoriga chiqmoqchi. Bu esa er shari aholisining qariyb yarmini tashkil etadi.  Zavod vakillari Xitoy, Hindiston,  Malayziya, Indoneziya va Singapurdagi  hamkorlar bilan  muzokaralar olib borishmoqda. Bundan tashqari, joriy oyda Tailand delegasiyasiToshkentga  tashrif buyurgan. Bu haqida korxona matbuot xizmati xabar qilmoqda.  Xususan, Tailandning Win Global Metal Co kompaniyasi “O`zikkilamchiranglimetall”dan alyuminiy xarid qilishni rejalashtirgan. Dastlabki kelishuvlarga ko`ra, birinchi bitim yil yakuniga qadar amalga oshishi mumkin. Ta`kidlash lozimki,zavod mahsulotlari  asosan Boltiqbo`yi davlatlari,  Angliya, Turkiya, MDH davlatlari hamda Gonkongga eksport qilinmoqda.  Joriy yilda “O`zikkilamchiranglimetall” ilk bor o`z mahsulotini Afg`oniston,  Pokiston hamda  qo`shni Tojikistonga etkazib berdi. Shu bilan birga  zavodning strategik hamkorlari sifatida  Turkiya, AQSh, Germaniya, Kanada, Hindiston, Yaponiya, Buyuk Britaniya hamda Shveysarining yirik metallurgiya korxonalarini ko`rsatish mumkin.  Korxona vakillarining  ma`lum qilishicha: “Joriy yilning 9 oyi davomida “O`zikkilamchiranglimetall”ning eksporti 15 million dollardan oshdi. Bunda asosan alyuminiy, mis, jez, qo`rg`oshinning ikkilamchi qotishmalari etkazib berilmoqda. Shuningdek, zavod tomonidan respublikada qayta ishlanmaydigan nikel, titan va magniy chiqindilari va parchalari eksportga yuborilmoqda. Ular MDH va Evropa davlatlariga etkaziladi”.  Ta`kidlash lozimki, “O`zikkilamchiranglimetall” Markaziy Osiyoda yagona sanalgan rangli metall chiqindilari va parchalarini tayyorlash va kayta ishlash,  shuningdek  rangli metall qotishmalari va xalq iste`mol mahsulotlarini  ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona hisoblanadi.  Bugungi kunda “O`zikkilamchiranglimetall” –zamonaviy korxona bo`lib, respublika bo`ylab tayyorlov tashkilotlari tarmog`iga ega va mahalliy iqtisodiyot tarmoqlarini sifatli rangli metall bilan ta`minlab kelmoqda.  Joriy yilning sentyabr oyida “O`zikkilamchiranglimetall”ning  ustavi kapitalidagi  davlat ulushi xorijning SFI Management Group korxonasiga ishonchli boshqaruv asosida topshirilgan. Bundan korxona boshqaruvi  tizimining samaradorligini oshirish  maqsadi ko`zlangan edi.
4Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yetti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Respublikamizda fan-texnika, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishga, davlatlararo munosabatlarni hamda ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishga, O‘zbekistonning xalqaro mavqeyini yuksaltirishga qo‘shgan hissalari uchun quyidagilar mukofotlansin:
10Qonunchilik
Pyer-Emerik Obameyang XXI asrda top-5 ligalarning 4 tasida het-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi “Barselona” Ispaniya chempionatining 25-turida “Valensiya”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Pyer-Emerik Obameyang uchrashuvda dubl qayd etdi. O‘yindan so‘ng Pedri tomonidan urilgan gol ham gabonlik hujumchi hisobiga yozildi va natijada Obameyang het-trik muallifiga aylandi. Shu tariqa Pyer-Emerik XXI asrda Fransiya, Germaniya, Angliya va Ispaniya chempionatlarida het-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. 32 yoshli hujumchi qishki transfer oynasida “Barselona” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Undan oldin 3 yilda davomida Londonning “Arsenal” sharafini himoya qilgan. Pyer-Emerik faoliyati davomida “Borussiya D” va “Sent-Etyen” safida ham het-trik qayd etgandi.
13Sport
Bosh vazir va hokim Toshkent uzra vertolyotda parvoz qildi O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yakshanba kuni vertolyotda poytaxt osmonida parvoz qildi. Bu haqda shahar hokimiyati «Gazeta.uz"ga xabar qildi. Mudofaa vazirligidan qayd etilishicha, ular Airbus Helicopters H215 rusumli vertolyotda uchishgan. Mazkur vertolyot Toshkentning 3D formatdagi bosh rejasini ishlab chiqish uchun aerofotouskuna bilan jihozlangan, deya aniqlik kiritdi hokimiyat vakili. Avvalroq shahar ma’muriyati aprel oxirigacha Toshkentning bosh rejasi konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi. Bu ish bilan Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari ish olib bormoqda.
5Jamiyat
AQSh savdo vaziri lavozimiga 79 yoshli milliarder tayinlandi AQSh senati 79 yoshli milliarder Uilbor Rossning nomzodini AQSh savdo vaziri lavozimiga tayinlashga ovoz berdi. Bu haqda 28 fevralda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  79 yoshli sarmoyachining nomzodini 72 senator qo‘llab-quvvatlagan, 27 nafari esa qarshi chiqqan.  Ross bankrotga uchragan kompaniyalarni sotish bilan shug‘ullanadi. U W.L. Ross & Co. kompaniyasini boshqaradi. Rossning boyligi 2,9 mlrd dollarga baholanadi.  Tadbirkor AQSh prezidenti Donald Trampning iqtisodiy dasturi tarafdori sifatida tanilgan. U jumladan Xitoy va Meksika bilan savdo kelishuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi va AQShda yangi ish o‘rinlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
2Dunyo
Taekvondo bo‘yicha Jahon chempioni Dmitriy Shokin uylandi (foto) Toshkentdagi Crystal Garden maskanida o‘zbekistonlik taekvondochi Dmitriy Shokin va fotograf Evelina Usmonovaning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “MyDay.uz” xabar bermoqda. Ta‘kidlanishicha, Dmitriy va Evelinani tabriklash uchun kelganlar orasida taniqli sportchilar, jumladan, og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov va boksyor Murodjon Ahmadaliyevni ko‘rish mumkin edi. Ma‘lumot uchun, Dmitriy Shokin 2014-yili Toshkent shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida kumush medal sovrindori bo‘lgan. Dmitriy 2015-yil Rossiyaning Chelyabinsk shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, Jahon chempioni bo‘lgan. Shokin o‘zbekistonlik taekvondo ustalari orasida birinchi bo‘lib Jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgan. Dmitriy Shokin joriy yil Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kumush medaliga sazovor bo‘lgandi.
13Sport
Apple 2020 yilga borib o‘z protsessorlariga ega bo‘ladi Apple o‘zining Mac kompyuterlar liniyasida Intel tomonidan ishlab chiqilgan mikrochiplardan foydalanishdan voz kechib, 2020 yildan o‘z chiplariga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bloomberg shu haqida xabar berdi.  Manbaga ko‘ra, "Kalamata tashabbusi" nomini olgan reja hozircha ishlab chiqarish jarayonida. U Apple qurilmalari (jumladan, kompyuterlari, iPhone  smartfonlari va iPad planshetlari) o‘rtasidagi aloqani yaxshilashga yo‘naltirilgan umumiy strategiyaning bir qismi hisoblanadi. Koropratsiyaning o‘z chiplariga o‘tishi Intel'ning moliyaviy ko‘rsatkichlariga u qadar kuchli ta'sir ko‘rsatmasligi aytilmoqda, zero kompaniya o‘z daromadining taxminan 5 foizini Apple bilan hamkorlikdan oladi.  Shuningdek manbada ta'kidlanishicha, Apple Intel'ning yangi protsessorlariga moslashmay, o‘z reja va vazifalariga muvofiq yangi Mac modellarini ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘ladi.  Bundan tashqari, kompaniya o‘z texnikasini shaxsiy chiplar bilan ta'minlovchi yagona yirik PK ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. HP, Lenovo, Dell va Asus kompaniyalari chiplarni ushbu bozordagi so‘zsiz yetakchi hisoblangan Intel'dan xarid qilishadi.  Apple daromad hajmiga ko‘ra, PK ishlab chiqaruvchilari orasida uchinchi o‘rinni egallaydi.
14Texnologiya
Yangiyo‘lda oynalari ruxsatsiz qoraytirilgan va “migalka” o‘rnatilgan Lacetti jarima maydonchasiga joylashtirildi (video) Ijtimoiy tarmoqlarda old oynalarigacha qoraytirilgan va old qismiga “migalka” chiroqlar o‘rnatilgan Lacetti aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari mazkur avtomobil egasiga nisbatan chora ko‘rdi. Mazkur avtomobil Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l tumanida to‘xtatilgan. Haydovchining aytishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi videoni uning o‘zi emas, balki boshqalar tarqatgan. Haydovchining ma’lum qilishicha, u avtomobili oynalarini qoraytirish uchun tegishli ruxsatnoma olmagan. Shuningdek, haydovchi “migalka” chiroqlarini “yoshlik qilib” o‘rnatganini bildirgan. Qoidabuzarga nisbatan tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda avtomobil vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
0Avto
DSQ «O‘rikzor»dagi tadbirkorlardan xayriya mablag‘lari o‘tkazish talab qilinayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xizmati organlari xodimlari “O‘rikzor” bozorida tadbirkorlardan ishlanmagan kunlar uchun to‘lov hamda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga majburiy ravishda xayriya mablag‘lari o‘tkazish talab qilayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. DSQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mamlakatda xayriya amallari ixtiyoriy bo‘lib, muhtojlarga yordam ko‘rsatgan tadbirkorlar bir qator soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin. Bildirilishicha, xayriya yordami ko‘rsatayotgan tadbirkorlar hamda ularni olayotgan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining saxovat.argos.uz saytida shakllantirib borilmoqda. Ushbu saytga joylashtirilgan ma'lumotlar prezidentning 27 apreldagi PF-5986-son Farmonida belgilangan soliq imtiyozlarini qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. “Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq xizmati organlari xodimlari “O‘rikzor” bozoridagi tadbirkorlarni xayriya mablag‘lari o‘tkazishga majburlayotganligi holati zudlik bilan o‘rganib chiqildi. Ishontirib aytamizki, bu ma'lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hurmatli tadbirkorlar! Agarda siz davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan xayriya ishlariga majburlash holatlariga duch kelsangiz, bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining 71-244-98-98 raqamli “Ishonch telefoni”ga zudlik bilan murojaat qilishingizni so‘raymiz. Bunday faktlar tasdiqlangan taqdirda DSQ rahbariyati tomonidan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nisbatan qat'iy choralar ko‘riladi”, - deyiladi ma'lumotda.
5Jamiyat
Yolg‘on statistika va jamg‘arma mablag‘i. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tekshiruv boshlaydi 6 oktabr kuni agentlik faoliyati yuzasidan jamoatchilikka axborot berish maqsadida tashkil etilgan matbuot anjumanida tashkilot direktori Akmal Burxonov Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari sarflanishi masalasi eng ko‘p e'tirozlarga sabab bo‘layotganini bildirdi. «Biz bir oycha oldin agentlik buni ham o‘z nazoratiga olishini e'lon qildik. Bosh prokuratura, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligidan doimiy ravishda ma'lumotlarni olib turibmiz va aniqlangan huquqbuzarliklarni ularga yetkazyapmiz. Hozirgacha 50-60ga yaqin holat aniqlangan va ulardan ko‘prog‘i sog‘liqni saqlash sohasiga tegishli. Shu tufayli tekshirish obekti sifatida eng ko‘p murojaat kelib tushayotgan hudud Samarqand viloyatini tanlab oldik va ishchi guruh o‘z ishini boshladi», — deydi u.   Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Samarqandda 2020 yilning o‘tgan 9 oyi davomida 3 milliard 450 million 60 ming so‘mlik moliyaviy xatoliklar aniqlandi. Ulardan 3 milliard 303 million 986 ming so‘mi noqonuniy xarajatlar hisoblanadi. Moliya vazirligi inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tomonidan Samarqand viloyatida shakllantirilgan tez tibbiy yordam brigadalari xodimlarini bir martalik moddiy rag‘batlantirish uchun ajratilgan 486 million so‘m noto‘g‘ri to‘langan. «Misol uchun ginekologni umuman koronavirus bilan aloqasi yo‘q, lekin ularga ham 25 milliondan pul berilgan. Bu kabi holatlar hamma viloyatda bor. Koronavirusning statistikasi noto‘g‘ri ekanligini hamma aytmoqda. Bunga misol sifatida  quyidagini ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, 5 oktabr 23:30 holatiga ko‘ra Samarqandda virusga chalinganlar 2160 va 2012 nafari sog‘aygan. Bugungi kunda 143 kishi bemor degani. Ammo bizdagi ma'lumotga ko‘ra, hozirda Samarqandda davolanayotganlar soni 1155 nafarni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari qarindosh-urug‘chilik aloqalarini ham aniqlamoqchimiz. Bu qarindosh-urug‘larini ishga olganlik masalasi . Eng muhimi bu dori-darmon xaridi masalasi, chunki bizga juda ko‘p murojaatlar kelgan tenderda yutganlar qolib o‘zlarining tashkilotlariga berib yuborganlik holati bo‘yicha», — deydi u. Agentlik 7 oktyabrda tarqatgan xabarga ko‘ra, Akmal Burxonov tomonidan bildirilgan ushbu fikr COVID-19 bilan davolanayotgan bemorlarning muqobil statistikasi deb talqin qilinishiga asos bo‘lmaydi. «O‘rganishlar natijasida ma'lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatida bugungi kun holatiga 136 nafar bemor COVID-19, qolgan bemorlar esa ORVI, pnevmoniya va boshqa kasallik belgilari bilan davolanmoqda.Shu munosabat bilan, taqdim etilgan ma'lumotlar Agentlik tomonidan qo‘shimcha o‘rganishlar yakunlangandan so‘ng rasmiy bayonot sifatida jamoatchilikka yetkaziladi», — deyiladi xabarda. Matbuot anjumanida O‘zbekistonda davlat xizmatchilari 2021 yildan boshlab mol-mulk va daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishi majburiy bo‘lishi ham e'lon qilindi. Agentlik direktori anjumanda Parkentdagi davlat xaridi hamda «Sardoba foijasi»ga ham to‘xtalib o‘tdi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun “Najot” mobil ilovasi ishga tushirildi O‘zbekistonda zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan ayollarning huquqlarini himoya qilish va ularga o‘z vaqtida yordam berish uchun “Najot” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda. Qayd etilishicha, har yili 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan har beshinchi ayol va qiz zo‘ravonlik haqida xabar beradi. Yangi ma’lumotlar pandemiya boshlanganidan keyin ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik tahdidi kuchayganligini ko‘rsatmoqda. Karantin cheklovlari tufayli ko‘plab zo‘ravonlik qurbonlari o‘z vaqtida yetarli darajada yordam olmagan bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda 2020-yil yanvar–sentabr oylarida zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga 14 849 ta murojaat kelib tushgan. “Najot” ilovasi BMTning “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi munosabati bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan Shvetsiya hukumati ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan “Davlat boshqaruvida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Uning bosh sahifasida favqulodda vaziyat uchun mo‘ljallangan “Yordam tugmasi” mavjud. Agar foydalanuvchi zo‘ravonlik qurboniga aylansa, ushbu tugmani bosib, 3 soniyadan ko‘proq ushlab turishi kerak. “Najot” ilovasi qurbonning oilasiga yordam so‘rab xabar jo‘natadi va uning manziliga havola yuboradi. Buning uchun foydalanuvchi 5 nafar yaqin insoni kontaktlarini va yordam haqidagi xabarni ilovaga qo‘shishi lozim. Ularni esa ilova to‘g‘risida oldindan ogohlantirish talab etiladi. Qolaversa, foydalanuvchi “Eng yaqin yordam markaziga xabar berish” parametrini tanlashi ham mumkin. Shunda xavf tug‘ilganda xabar eng yaqin reabilitatsiya markaziga yuboriladi. Ilovada “Yordam markazlari” bo‘limi ham mavjud. Unda oilaviy muammolar, zo‘ravonlik va favqulodda vaziyatlarda yordam uchun murojaat qilish mumkin bo‘lgan joylar haqida ma’lumot olish mumkin. Ushbu markazlarda, lozim bo‘lsa, psixolog, shifokor yoki huquqshunos maslahatlarini olish va himoyalangan turar joy bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi. Ilovada har bir hududdagi zo‘ravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish markazlari ro‘yxati hamda markazlarning manzili xaritada keltirilgan. Kerakli hududni tanlab, ushbu markazlarning manzili va kontaktlari to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. “Bilish muhim” bo‘limida ayollar salomatligi, ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari, oilaviy munosabatlar, huquqiy masalalar va boshqa masalalarga oid eng ko‘p tarqalgan savollarga javoblar mavjud. Shuningdek, himoya orderini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud. Bundan tashqari, foydalanuvchi zo‘ravonlik turini aniqlash yoki zo‘ravonlik nima ekanligini tushunish uchun testlardan o‘tishi mumkin. Ushbu bo‘limda foydalanuvchi testdan o‘tishi va o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik borligini aniqlashi va qanday yordamga muhtojligini tushunishi mumkin. Masalan, agar javoblarda “ko‘pincha” va “doimiy” javoblar ustunlik qilsa, demak, foydalanuvchi oilasida zo‘ravonlik muammosi dolzarbdir. Qayerda va qanday bo‘lishidan qat’i nazar, foydalanuvchi yordam olguncha u taqdim etgan barcha ma’lumotlar sir saqlanadi. Ushbu mobil ilova o‘zbek va rus tillarida mavjud. Yaqin orada “Najot” mobil ilovasini PlayStore’da yuklab olish mumkin. Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning avgust oyida Toshkentda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi ochilgandi. Markaz Chilonzor tumani, Dilxush ko‘chasida joylashgan, shuningdek, u bilan 1146 raqami orqali bog‘lanish mumkin. Sentabr oyida esa ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash to‘g‘risida qonun imzolandi. Qonunga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi sodir etilgan zo‘ravonlik yoki tahdid haqida tegishli organlarga yoxud sudga murojaat etish, bepul huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish kabi huquqlarga ega.  O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga himoya orderi berish tartibi tasdiqlandi
8O‘zbekiston
AQSh Tayson Fyurining otasiga viza bermadi Professional boksning superog`ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining otasi Jon Fyuriga AQShga kirish uchun viza taqdim etilmadi, deb xabar bermoqda The Mirror nashri. Jon Fyuri 2011 yilda bezoriligi uchun ozodlikdan mahrum qilingan. O`shanda u bir erkakning ko`zini deyarli o`yib olgan edi. Sud Jonning bu qilmishi uchun 11 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgan. Lekin keyinchalik bu muddat 4 yilga tushirilgan. AQSh aynan shu qilmishi uchun Jon Fyuriga viza bermadi. Eslatib o`tamiz, Tayson Fyuri 1 dekabr kuni AQShning Los-Anjeles shahrida WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylderga qarshi ringga ko`tariladi.
13Sport
Saudiyadagi YTH oqibatida to‘yga ketayotgan yetti ayol halok bo‘ldi Saudiya Arabistonida yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi, jumladan, ikki bola tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Hodisa Jazan ma’muriy okrugida yuz bergan. Khaleej Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, to‘y marosimiga yo‘l olgan oila a’zolarini olib ketayotgan avtomobil yuk mashinasiga borib urilgan. Aniqlik kiritishlaricha, hodisa oqibatida yetti ayol halok bo‘lgan. Besh jabrlanuvchi yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.
2Dunyo
«Suvoqava» DUK va «Suvsoz» DUK 2 852 nafar nazoratchini qisqartiradi Bunday chora-tadbirlar Prezidentning Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 15.02.2018 yildagi PF-5343-son Farmoni bilan nazarda tutilgan. Hujjatga binoan «Suvoqava» DUK va «Suvsoz» DUK nazoratchilarining 2 852 ta shtat birliklari  qisqartiriladi va Majburiy ijro byurosiga oʻtkaziladi. Shtat birliklari qisqartiriladigan ushbu korхonalar nazoratchilari ular bilan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar mehnatga haq toʻlash shartlari saqlangan holda ishlashni davom ettiradilar. Eslatib oʻtamiz, yuqorida koʻrsatilgan tashkilotlar shtat birliklarining qisqartirilishi Majburiy ijro byurosiga suv ta’minoti va suv chiqarish sohasida qoʻshimcha vazifalar yuklatilganligi bilan bogʻliq. Byuro tomonidan qabul qilingan shtatlar quyidagi tarzda taqsimlangan: davlat ijrochilari – 939 birlik, boshqa хodimlar – 651 birlik. Bundan tashqari, Byuroga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida mutaхassislar va boshqa shaхslarni jalb etishga ruхsat berildi. Bu – muhim! Majburiy ijro byurosi organlariga ishga qabul qilingan pensionerlarga pensiya 100% miqdorda toʻlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.02.2018 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov.
10Qonunchilik
Sirdaryo viloyatida yangi turdagi yo‘l belgisi o‘rnatildi Sirdaryo viloyatida yangi turdagi “Avariya o‘chog‘i” ogohlantiruvchi yo‘l belgisi o‘rnatildi, deb xabar bermoqda IIB YHXB matbuot xizmati. Qayd etilishicha, 2018—2019-yillarda Sirdaryo viloyati hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari tahlil etilganda xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bir qator yo‘llarning piyodalar o‘tish joylari va qayrilib olish joylarida 2 va 3 tadan yo‘l transport hodisalari sodir etilganligi aniqlangan. Shu sababli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida yangi yo‘l belgisi o‘rnatilgan. “Haydovchilardan yo‘llarda transport vositasida harakatlangan vaqtda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini, “Avariya o‘chog‘i” yo‘l belgisi oldidan o‘tgan vaqtda tezlikni imkon qadar kamaytirish va ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.
8O‘zbekiston
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga eng ko‘p kommunal soha bo‘yicha murojaat qilingan Qayd etilishicha, agentlikka kelib tushgan 21 mingga yaqin ariza, shikoyat va taklifning 51 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlariga to‘g‘ri kelsa, 22 foizi savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 15 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 11 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 79 foizi qanoatlantirilgan, 18 foiziga tegishli tushuntirish berilgan va 3 foizi vakolatli idoralarga yuborilgan. O‘rganishlar davomida iste'molchilarga yetkazilgan zarar miqdori 136,9 milliard so‘mni tashkil etishi aniqlangan. Bugungi kunga qadar iste'molchilar foydasiga 86,5 milliard so‘m mablag‘ (aniqlangan mablag‘ning 63,1 foizi) qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rahbar saylandi O‘zbekiston Professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi raisi vazifasini v.b,  federatsiya a'zolari, sportchilar va murabbiylar ishtirok etishdi.  Tadbirda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasining faoliyati, shu kunga qadar bajarilgan ishlari va kelgusi yilda tashkillashtirilishi rejalashtirilayotgan musobaqalar to‘g‘risida hisobot berildi va Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov, O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi raisi va raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni taqdim etdi. Ushbu nomzodlar yakunda bir ovozdan saylandilar. Shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov kelajakda o‘zbek professional boksini ham jahon darajasiga chiqarish kerak ekanligi hamda birgalikda istiqbolli ishlarni amalga oshirish lozimligini ta'kidladi. O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi ish faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida, federatsiya raisligiga “Real haus” kompaniyasi rahbari Isroil Yunusov, rais birinchi o‘rinbosari etib Abdulloh Sagdiyev, Vladimir Shin esa rais o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
13Sport
NASA Yerdan eng olis masofada olingan suratni namoyish qildi New Horizons sayyoralararo avtomatik stansiyasi Yerdan 6,12 mlrd kilometr uzoqlikda bo‘la turib, koinot suratini oldi va Voyager-1 koinot qurilmasining rekordini yangiladi. Voyager-1’ning rekordi 6,02 mlrd kilometrni tashkil qilgandi. Bu haqda Phys.org saytida ma'lum qilindi. New Horizons dastlab “Istaklar qudug‘i” deb nomlanuvchi NGC 3532 yulduzlar to‘plamini suratga olgan. U Yerdan 1300 yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan.   So‘ngra stansiya yana uzoqroq borib, Quyosh tizimining Neptun orbitasi ortida joylashgan Koyper kamaridagi bir nechta obektlarni suratga olgan.   Koyper kamari muz, metan va ammiakdan tashkil topgan kichik jismlar hamda mitti sayyoralardan iborat. Bu mitti sayyoralarga Pluton ham kiradi. Stantsiyadagi Long Range Reconnaissance Imager (LORRI) kamerasi 2012 HZ84 va 2012 HE85 jismlarini suratga olgan.  New Horizons stansiyasi koinotga 2006 yil 19 yanvarda Kanaveral burnidagi kosmodromdan Atlas V raketasi yordamida uchirilgan. Qurilmaning asosiy vazifasi Pluton va uning yo‘ldoshi Xaronni o‘rganish hisoblanadi. Stantsiya 2015 yilda Plutonga deyarli “tegib” o‘tgan: u bilan Plutonni koinot o‘lchamlariga ko‘ra juda kichik masofa – 12,5 ming kmgina ajratib turgan.  Stantsiyaning missiyasi 2020 yil o‘rtalarida yakuniga yetishi kerak.
2Dunyo
O‘zLiDePdan deputatlikka nomzod saylovchilarga arzon narxda un va yog‘ sotgani uchun javobgarlikka tortildi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligi O‘zLiDeP tomonidan nomzodi qo‘yilgan shaxs o‘z saylovoldi tashviqotiga qonunga zid tarzda olib borgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma‘lum qildi. Qayd etilishicha, Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra deputatlikka nomzodlar tomonidan tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish bilan qo‘shib olib borish taqiqlangan. Shunga qaramay, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga 38-Olmazor saylov okrugidan nomzodi ko‘rsatilgan A.M.Ahmedov 15-dekabrda Chilonzor tumani “Katta Chilonzor-1” mahalla fuqarolar yig‘ini va 16-dekabrda “Katta Chilonzor-2” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan yarmarkalarda ishtirok etib, “O‘zlidep” logotipi joylashtirilgan peshtaxtalar orqali rahbarligidagi tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan un va yog‘ mahsulotini saylovchilarga imtiyozli arzonlashtirilgan narxda sotish xizmatini ko‘rsatgan hamda saylovchilar bilan uchrashib, saylovoldi tashviqotini olib borgan. U o‘z harakatlari bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan. Holat yuzasidan A.M.Ahmedovga nisbatan MJtKning 515-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun ma’muriy ishlar bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.
8O‘zbekiston
Samarqandda «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkiloti a`zolarining jinoiy faoliyati to`xtatildi 18 sentyabr kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Taxrir” diniy-ekstremistik tashkilotining Toyloq, Samarqand, Urgut tumanlari va Samarqand shahrida yashovchi 15 nafar a`zolarining faoliyatiga chek qo`yildi.Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati habar bermoqda Qo`lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar prosessual tartibda rasmiylashtirilib olingan. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ma`lumot tariqasida aytish joizki, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qaroriga asosan “Hizb ut-Taxrir” diniy-ekstremistik tashkiloti faoliyati O`zbekiston Respublikasi hududida ta`qiqlangan tashkilotlar ro`yxatiga kiritilgan.
6Jinoyat
O‘zil «Arsenal»da qolishi uchun nima talab qilishini aytdi «Arsenal» jamoasi yarimhimoyachisi Mesut O‘zil Arsen Vengerning jamoadagi kelajagi noma'lum qolayotgani uchun jamoa bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Manbaning yozishicha, O‘zil «Arsenal»dagi eng muhim shaxs hisoblaydigani bo‘lmish ushbu fransiyalik mutaxassis jamoada qolishini istaydi. «Arsenal» Vengerga yangi shartnoma qilgan, u bilan amaldagi shartnoma 2017 yilning yozida tugaydi. Germaniyalik futbolchiga Venger qo‘l ostida o‘ynash yoqadi va u Vengerning qolishi kafolatlangan taqdirdagina«Arsenal» bilan hamkorlikni davom ettiradi, aks holda shartnomani uzaytirish bo‘yicha boshqacha qaror qabul qilinishi mumkin. O‘zil va «Arsenal» shartnomaning boshqa jihatlarini kelishib bo‘lgani aytilgan. Manba: Tribuna.uz
13Sport
BMT Janubiy Sudanga nisbatan sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qildi BMT Xavfsizlik Kengashi, agar Janubiy Sudan hukumati va muxolifati yaqinda imzolangan sulh talablariga rioya etmasa, mamlakatga nisbatan sanksiyalar joriy etish bilan yana tahdid qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda. Yopiq tartibda o‘tgan maslahatlashuvlardan so‘ng Xavfsizlik Kengashi Janubiy Sudandagi zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi. Janubiy Sudan prezidenti Salva Kiir va sobiq vitse-prezident Riyek Mashar qo‘l ostidagi kuchlari o‘rtasidagi sulh bitimi o‘tgan dam olish kunlari imzolangan edi. Shundan beri har ikki tomon mazkur sulh talablarini buzishda bir-birini bir necha bor ayblab chiqdi. Jahon siyosiy xaritasida paydo bo‘lganiga atigi to‘rt yil bo‘lgan mamlakatdagi nizolar 2013-yili boshlangan edi. Mamlakat prezidenti Salva Kiir vitse-prezident Riyek Mashar va uning tarafdorlarini davlat to‘ntarishiga urinishda ayblagan edi. Jangovar harakatlar oqibatida, taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10 mingga yaqin odam halok bo‘ldi, 2,2 million kishi o‘z uyini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi.
2Dunyo
Rossiya NATOdagi doimiy vakilini chaqirib olishga tayyor turibdi Rasmiy Moskva NATOdagi vakolatxonasi darajasini doimiydan vaqtinchalikka tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu alyans siyosati tufayli ro‘y berishi mumkin, deb yozmoqda «Izvestiya» Rossiya TIVdagi manbalarga asosan. Ta'kidlanishicha, bunday tashabbus alyans «konstruktiv muloqot tarafdori emasligi, istalgan munozaralar esa Rossiya tomoniga ayblovlar bilan yakun topayotgani» tufayli kelib chiqqan. «Aleksandr Grushko Moskvaga qaytib kelganidan so‘ng, Bryusselda ishlar bo‘yicha muvaqqat vakilni qoldirish varianti ko‘rib chiqilmoqda», - degan manba. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyalar Kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarovning ta'kidlashicha, alyans Moskva bilan hamkorlikdan voz kechgani inobatga olinsa, Rossiya tomonining ehtimoliy choralari o‘zini oqlaydi.
2Dunyo
Farg‘onada 24 marta qoida buzgan haydovchi qariyb 28 mln so‘m jarima to‘ladi Farg‘onada 24 marta qoida buzgan va jarimalarini to‘lamagan haydovchining Gentra’si jarima maydoniga joylashtirilgach, haydovchi 27 million 846 ming so‘m qarzini to‘lab berdi. Bu haqda “Daryo”ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituviga 2020-yil yanvar oyidan 2021-yil aprel oyiga qadar 24 marta qoidabuzarlik sodir etib, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan fuqaro A.J.ga ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar kelib tushgan. Qarzdor bir necha marta ogohlantirilishiga qaramasdan, jarimalarni to‘lamagan. Shundan so‘ng MIB va yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bir oy davom etgan tezkor tadbir davomida A.J. boshqaruvidagi Gentra avtomashinasi ushlanib, qarzdorlik undirilgunga qadar vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan. Mashinasi olib qo‘yilgach, jarima to‘lovlaridan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan fuqaro 27 million 846 ming so‘m miqdoridagi jarima pullarini to‘liq to‘lab bergan.
8O‘zbekiston
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ELEKTR STANSIYALARI VA TARMOQLARINI TEXNIKAVIY EKSPLUATATSIYA QILISh QOIDALARI (I BO‘LIM)GA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 40-son, 431-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman: 1. Elektroenergetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2004-yil 2-sentabrdagi 295-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga (I bo‘lim) (ro‘yxat raqami 1405, 2004-yil 10-sentabr) o‘zgartirishlar va qo‘shimcha ilovaga* muvofiq kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
10Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi direktori — oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari M.M. Xolmuxamedov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi. 2. Markaz kasb-hunar ta’limi sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 3. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 4. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi. 5. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 6. Markazning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda Metrologik nazorat xizmati (keyingi o‘rinlarda Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar deb ataladi) yuridik shaxslar hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega bo‘ladilar. 8. Markazning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi, qisqartmasi — KHTM; b) rus tilida: to‘liq nomi — Sentr professionalnogo obrazovaniya Ministerstva visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — SPO; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — The Center vocational education of the Ministry of Nigher and secondary specialized education of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — CVE. 9. Markaz tizimiga quyidagilar kiradi: markaziy apparat; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi); Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti; Metrologik nazorat xizmati; idoraviy kasb-hunar kollejlari; nodavlat kasb-hunar kollejlari. 10. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi: 1) tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda kasb-hunar ta’limi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni hayotga tatbiq etish va kasb-hunar kollejlarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlik qilishni ta’minlash; 2) ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olib kasb-hunar kollejlarida o‘rta bo‘g‘inning mehnat bozorida talab etilgan mutaxassislarini tayyorlashning o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish; 3) yuqori professional rahbarlar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan kasb-hunar kollejlarini ta’minlash, ularning malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirish, shuningdek, ular mehnatini rag‘batlantirish ishlarini tizimli asosda ta’minlash; 4) tizimning rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish; 5) respublikadagi barcha kasb-hunar kollejlari o‘quv-metodik ishlarini ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, muvofiqlashtirish; 6) kasb-hunar kollejlarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ta’lim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish; 7) umumta’lim maktablari 10-11-sinf o‘quvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasb-hunar ta’limi jarayonini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash. 11. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda kasb-hunar ta’limi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni hayotga tatbiq etish va kasb-hunar kollejlarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlik qilishni ta’minlash sohasida: kasb-hunar kollejlari faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi; yagona davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shu jumladan, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlanishini nazarda tutadigan davlat dasturlari va boshqa dasturlar, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritadi; Markaz tizimiga kiradigan kasb-hunar ta’limi muassasalari va tashkilotlarni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi; iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, tasarrufida kasb-hunar kollejlari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda kasblar va mutaxassisliklar yo‘nalishlarini xatlovdan o‘tkazadi va kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; kasb-hunar kollejlarini loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarining monitoringini olib boradi; kasb-hunar ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, kasb-hunar kollejlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda ishtirok etadi, mamlakatimiz va xorijiy moliya tashkilotlarining kreditlari va grant mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi monitoringini olib boradi; kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartining sifatli bajarilishini ta’minlash uchun idoraviy mansub bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy va nodavlat kasb-hunar kollejlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi; kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standarti hamda kasb-hunar ta’limi tizimi mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablarining bajarilishi yuzasidan idoraviy nazoratni tashkil etadi; kasb-hunar kollejlari va hududiy boshqarmalar faoliyatiga metodik rahbarlikni amalga oshiradi; axborot texnologiyalari va moliyaviy nazoratning e’tirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish orqali idoraviy mansub kasb-hunar kollejlarida budjet qonunchiligi buzilishining oldini olishga yo‘naltirilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi; kasb-hunar ta’limi tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi, kasb-hunar ta’limi sohasida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni va hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi; xorijiy kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan mamlakatimiz kasb-hunar kollejlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi; 2) ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olib kasb-hunar kollejlarida mehnat bozorida talab etilgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashning o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish sohasida: ta’lim jarayoniga davlat ta’lim standartini joriy etadi, kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi; iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni va mehnat bozoridagi ehtiyojlardan kelib chiqib, kasb-hunar kollejlarining kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda davlat ta’lim standarti, mutaxassisliklar (kasblar) bo‘yicha ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari hamda darsliklarni uzluksiz ravishda takomillashtirib boradi; kasb-hunar ta’limining yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini ishlab chiqadi; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning ilmiy asoslangan prognozlarini ishlab chiqadi; ta’lim jarayonining tabaqalashtirilgan dasturlarini joriy etish orqali 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatda kadrlarni tayyorlashga metodik rahbarlikni amalga oshiradi; kasbiy fanlarni o‘qitish bilan birgalikda, kasb-hunarga yo‘naltirilgan xorijiy tillar va mehnat faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash dasturlarini ishlab chiqadi; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kasb-hunar kollejlarini jihozlashga bo‘lgan normativ talablarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; 3) yuqori professional rahbarlar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan kasb-hunar kollejlarini ta’minlash, ularning malakasi va kasbiy darajasini muntazam oshirish, shuningdek, mehnatini rag‘batlantirish ishlarini tizimli asosda ta’minlash sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda kasb-hunar kollejlarining barcha pedagog xodimlarini, ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazadi hamda uning natijalari bo‘yicha xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilaydi; kasb-hunar kollejlarining pedagog-o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi hamda oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash uchun buyurtmalar taqdim etadi; pedagog xodimlarni rag‘batlantirish va mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlarini davlat mukofotlariga taqdim etilishini tashkil qiladi; idoraviy mansubligidan qat’i nazar, kasb-hunar kollejlarining o‘quv-metodik ishlarini rivojlantirish, rahbar xodimlarning malaka oshirish o‘quv kurslari natijasida o‘z lavozimlariga loyiqligi yoki loyiq emasligi haqida taqdimnomalar tayyorlaydi; 4) tizimning rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish sohasida: malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonida ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda yangi shakllar va usullarni joriy etadi; zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini boshqarishning yangi vertikalini tashkil etadi; malaka oshirish va qayta tayyorlash davrida kasb-hunar kollejlari rahbar va pedagog xodimlarining ish beruvchi korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tashini tashkil etadi; kasb-hunar ta’limi tizimining barcha xodimlari uchun malaka talablari va lavozim vazifalarini ishlab chiqadi; malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish va yangi axborot tizimlarini ishlab chiqish orqali rahbar va pedagog xodimlar uchun rivojlanib boruvchi o‘quv-metodik muhit yaratilishini ta’minlaydi; malaka oshirishning turli shakl va uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi; kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini tizimli ravishda tashkil etadi; malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarining ishlab chiqilishini tashkil etadi va tasdiqlaydi; manfaatdor davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan kasaba uyushmalari bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilish, kasb-hunar ta’limi tizimi o‘quvchilari va xodimlarining sog‘lig‘ini himoya qilish hamda o‘qish va mehnat qilishi uchun xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi; 5) respublikadagi barcha kasb-hunar kollejlarining idoraviy mansubligidan qat’i nazar o‘quv-metodik ishini muvofiqlashtirish sohasida: kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish; yoshlarni har tomonlama barkamol, vatanparvarlik va milliy mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning qalblarida mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish, ma’naviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni yangi pedagogik shakllar va usullar asosida tashkil etadi; Markaz tizimi faoliyatiga taalluqli jurnal va gazetalar, blankalar, o‘quv-metodik majmualar, byulletenlar hamda o‘quv qo‘llanmalarni nashr etishni, shuningdek, Markazning veb-sayti ishini tashkil etadi; yetakchi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantiradi, zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun kasb-hunar ta’limi sohasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etadi; kasb-hunar kollejlarida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning milliy mustaqillik g‘oyalariga, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga, xalq urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy hamda pedagogik shakl va vositalarini joriy etadi; kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonini ishlab chiqarish jarayoni bilan integratsiyalashtirishni chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va joriy etadi; kasb-hunar ta’limini takomillashtirish borasidagi muammolar bo‘yicha kengashlar, simpoziumlar, seminarlar, ilmiy, o‘quv-metodik konferensiyalar, tanlovlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi; kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida fan, kasb va sport bo‘yicha turli tanlov va musobaqalar tashkil etadi; 6) kasb-hunar kollejlarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ta’lim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish sohasida: ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlar olib borilishini qo‘llab-quvvatlaydi, rag‘batlantiradi va ularni muammoli vazifalarning hal etilishiga yo‘naltiradi; ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislarini, yangilangan o‘quv-metodik materiallar va darsliklarni, o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlarini kasb-hunar kollejlarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga keng jalb qilishni ta’minlaydi; kasb-hunar kollejlarida yoshlarning ilmiy-texnik ijodkorligini, innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantiradi, rivojlantiradi va uning samaradorligini oshiradi; mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayonida innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo‘llab, kasb-hunar ta’limi va ishlab chiqarishning o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlaydi; kasb-hunar kollejlarida “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kattalar ta’limining turli shakllari va turlarini, jumladan qisqa muddatli kurslarni joriy etadi; kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi va uning joriy etilishini nazoratga oladi; kasb-hunar kollejlari va ish beruvchi tashkilotlarda o‘quvchilarning o‘quv va ishlab-chiqarish amaliyotini sifatli o‘tkazishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi; kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilimi va ta’lim sifatiga ta’sir qiladigan omillarni aniqlash bo‘yicha tizimli monitoringni amalga oshiradi; ta’lim sifati monitoringi olib borilishini nazorat qilish va amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar va metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi; ta’lim sifatining umumiy holati asosida kasb-hunar kollejlari reytingini aniqlaydi; 7) umumta’lim maktablari 10-11-sinf o‘quvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasb-hunar ta’limi jarayonini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash sohasida: o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasblarni o‘rgatish ishlarini tashkil etadi; kasblarning malaka talablari, mashg‘ulotlar rejalari va dasturlarini hamda kasbiy ta’lim berish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; kasb-hunar kollejlaridan olisda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarining kasbiy ta’lim sohasidagi faoliyatini o‘rganish asosida taklif va tavsiyalar tayyorlaydi; kasb-hunar kollejlarining amaliy-metodik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida belgilangan tartibda faoliyat yuritishi yuzasidan takliflar tayyorlaydi; kasbiy ta’lim jarayonida “usta-shogird” an’analari, mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqadi. 12. Quyidagilar markaziy apparatning asosiy vazifalari hisoblanadi: 1) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash; 2) kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standarti, mutaxassisliklar (kasblar) ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarning takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida ta’lim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish; 3) o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish va nashr etish faoliyatini muvofiqlashtirish; 4) o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish; 5) kasb-hunar kollejlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 6) Markaz tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish; 7) hududiy boshqarmalarda va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarda kadrlar bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish; 8) Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash. 13. Markaziy apparat unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) Markaz va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi; 2) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlaydi; 3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi direktori — oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda Markaz direktori deb ataladi) va buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o‘z vakolatlari doirasida tashkil etadi; 4) Markaz tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi; 5) hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyati monitoringini olib borilishini tashkil etadi; 6) kasb-hunar ta’limini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga ko‘maklashadi; 7) Markazning faoliyati, shu jumladan qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi; 8) boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida kasb-hunar ta’limi tendensiyalari to‘g‘risida Markaz rahbariyati uchun axborotni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi; 9) kasb-hunar ta’limi masalalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi; 10) Markaz vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi; 11) Markazning hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi; 12) Markazning hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi; 13) kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 14) kasb-hunar ta’limi sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; 15) kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etadi; 16) kasb-hunar ta’limi sifatining monitoringini olib boradi; 17) kasb-hunar kollejlarida o‘qitishning turli shakllarini joriy etadi va ta’lim berishning muqobil shakllarini rivojlantiradi; 18) umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berish jarayonini muvofiqlashtiradi va metodik ta’minlaydi; 19) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi; 20) Markaz tizimidagi tashkilotlarda ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi; 21) kasb-hunar kollejlarining binolari va inshootlaridan joriy foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi; 22) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi; 23) xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi. 14. Quyidagilar hududiy boshqarmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi: 1) Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish; 2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlik qilish; 3) kasb-hunar ta’limi sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borish va nazorat qilish; 4) kasb-hunar kollejlarida o‘quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish; 5) nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda kasb-hunar kollejlarida ta’lim berishning muqobil shakllarini rivojlantirish; 6) kasb-hunar kollejlarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish. 15. Hududiy boshqarmalar o‘zlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) hududiy boshqarmalar va ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi; 2) kasb-hunar kollejlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Markazning buyruqlari bajarilishi muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi; 3) kasb-hunar kollejlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi; 4) kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; 5) kasb-hunar kollejlarining metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi; 6) idoraviy kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi; 7) kasb-hunar ta’limi sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; 8) nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda kasb-hunar kollejlarida ta’lim berishning muqobil shakllarini rivojlantiradi; 9) kasb-hunar kollejlarida davlat ta’lim standartini va mutaxassisliklar (kasblar) ta’lim standartlarini bajarish monitoringini tashkil etadi; 10) kasb-hunar kollejlarining binolari va inshootlarini joriy ta’mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi; 11) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi; 12) vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. 16. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga kiritish; Markaz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish; Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish; Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar, hududiy boshqarmalardan, kasb-hunar kollejlaridan tizimga tegishli ma’lumotlarini va kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirish prognoz ko‘rsatkichlarini olish; Markazning va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqishda ishtirok etish, Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish; Markaz vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash; Markaz vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish; o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda, davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish; Markaz va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan ularning tegishli sohadagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarining parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda, ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash; kasb-hunar ta’limining taalluqli masalalarini hal etish, kasb-hunar kollejlari faoliyatini takomillashtirish, ularning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, malakali kadrlar tayyorlash, xodimlari va o‘quvchilarining belgilangan ijtimoiy muhofazasini ta’minlash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish; xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-tadqiqot dasturlarida ishtirok etish, ilmiy investitsiyalarni jalb etish, ta’lim tizimiga xalqaro grantlar kiritilishini ta’minlash; idoraviy mansubligidan qat’i nazar, kasb-hunar kollejlari tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va kasb-hunar ta’limi masalalari bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bajarilishini belgilangan tartibda o‘rganish; mutaxassisliklar (kasblar) ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari mazmunini takomillashtirish bo‘yicha pedagogika fani yutuqlari va ilg‘or tajriba asosida tavsiyalar ishlab chiqish uchun Ilmiy-metodik kengash tashkil etish, Ilmiy-metodik kengash tarkibini va Kengash nizomini tasdiqlash; kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish yuzasidan xulosalar berish; idoraviy mansubligidan qat’i nazar, kasb-hunar kollejlari o‘quv-metodik ishlarini rivojlantirish, rahbar xodimlarning o‘z lavozimlariga loyiqligi masalalarini tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda ko‘rib chiqish hamda xulosalar tayyorlash; xorijiy investitsiyalar hisobiga sotib olinadigan o‘quv-laboratoriya va ustaxona jihozlarining qabul qilingan ta’lim standartlariga mos kelishi, ishlatilishi va saqlanishi yuzasidan takliflar va xulosalar berish; kasb-hunar ta’limini rivojlantirish hamda axborot-metodik ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan gazeta va jurnallarga muassislik qilish; o‘quvchilarni sportga jalb etishni kengaytirish va ularning turli musobaqalarda faol ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashadigan jamg‘armalarni tashkil etish; oliy ta’lim muassasalarida kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagoglar va ishlab-chiqarish ta’limi ustalari tayyorlashni muvofiqlashtirish va unga metodik rahbarlik qilishda ishtirok etish; o‘z vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; Markaz faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, shuningdek, sahifalar yaratish; o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish; o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish; Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hay’at majlislarida hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish; davlat muassasalari va kasb-hunar ta’limi sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar tomonidan kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini nazorat qilish; kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb va istiqbolli muammolarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish; o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va metodik materiallar to‘g‘risida xulosalar tayyorlash; noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish. Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 17. Markaz: o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, kasb-hunar ta’limi sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi; Markaz faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash; Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Markaz tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari; kasb-hunar ta’limi sohasini rivojlantirish, shuningdek, kasb-hunar ta’limi sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi. 18. Markaziy apparat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun: kasb-hunar ta’limi masalalari bo‘yicha tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni hududiy boshqarmalaridan va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan so‘rash va olish; Markazda ko‘rib chiqiladigan kasb-hunar ta’limi masalalarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini zarur bo‘lganda belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish; hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan o‘zlari tomonidan kiritilgan kasb-hunar ta’limi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish; hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, shuningdek kasb-hunar kollejlari direktorlari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlariga hal qilishni talab etadigan va Markazga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish; qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Markazning buyruqlari hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish huquqiga ega. Markaziy apparat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 19. Markaziy apparat: hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; Markaz faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari ishini tashkil etish; Markaz tomonidan ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Markaz tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanish sifati va ekspertizadan o‘tkazilishi; kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, shuningdek, kasb-hunar ta’limi sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi. 20. Hududiy boshqarmalar o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boshqarmalardan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish; kasb-hunar ta’limi sohasining eng muhim muammolarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish; kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega. Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 21. Hududiy boshqarmalar: Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; o‘zlarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash; Markazga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, hududiy boshqarmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifatli amalga oshirilishi, pirovard natijalari va oqibatlari; tuman (shahar)larda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida kasb-hunar ta’limi sohasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash; kasb-hunar ta’limi sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi. 22. Quyidagilar Markaz direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish; 2) Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish; 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; 4) Markaz, uning hududiy boshqarmalari va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; 5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish; 6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish; 7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Markazning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Markaz faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyat darajasini belgilash; 8) Markaz faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etish, Markaz va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash; 9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Markaz faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 10) Markaz xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; 11) Markaz tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Markazning kadrlar zaxirasini shakllantirish; 12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Markazga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional darajasini, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini ta’minlash; 13) faoliyat sohasiga oid masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi Apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; 14) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Markazning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish; 15) Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertiza va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish, shuningdek, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish); 16) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq Markaz rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; 17) o‘z o‘rinbosarlari va hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Markaz hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; 18) Markaz xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; 19) Markaz xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini ta’minlash; 20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Markaz tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; 21) Markaz va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash; 22) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; 23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish; 24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Markaz xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; 25) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; 26) Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar to‘g‘risidagi nizomlarni, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash; 27) Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish; 28) Markaziy apparat xodimlarini, hududiy boshqarmalar, shuningdek, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish; 29) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish; 30) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni doirasida tasdiqlash; 31) Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmasiga zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish. 23. Quyidagilar Markaz direktori o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; 2) Markaz direktori vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish; 3) Markazning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; 4) Markaz faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; 5) tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish; 6) tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash; 7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Markazning tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 8) Markaz hay’ati, Markaz direktorining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 9) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Markaz direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professional darajasini, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; 10) tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Markazning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Markaz direktori tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Markaz direktorining topshirig‘iga binoan ishtirok etish; 11) Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy ekspertiza va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish; 12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; 13) tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Markaz hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; 14) kasb-hunar ta’limi sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Markaz faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, kasb-hunar ta’limi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish va ularni Markaz direktoriga kiritish; 15) tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi bilan bog‘liq masalani ko‘rib chiqish bo‘yicha Markaz direktoriga takliflar kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish; 16) Markaz xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash; 17) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; 18) Markaz direktoriga davlat xizmatlarining samaradorligi, sifatini va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni kiritish; 19) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish; 20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash; 21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish. 24. Quyidagilar markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish; 2) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish; 3) tegishli tarkibiy bo‘linmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish; 4) prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Markaz direktorining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga takliflar kiritish; 5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Markaz tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 6) Markaz hay’ati qarorlari, Markaz direktori va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 7) tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy boshqarmalar va Markaz tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish; 9) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Markaz rahbariyatiga kiritish; 10) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Markaz direktori o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, ularning professional darajasini, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligining kafolatini ta’minlash, kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; 11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Markazning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Markaz rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamenti va Vazirlar Mahkamasi reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Markaz rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish; 12) Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy ekspertiza va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish; 13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; 14) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; 15) Markaz xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash; 16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Markaz tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; 17) Markaz rahbariyatiga davlat xizmatlarining samaradorligi, sifatini va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflar kiritish; 18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish; 19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish; 20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish. 25. Quyidagilar hududiy boshqarmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; 2) hududiy boshqarmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonun hujjatlari va Markaz buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; 3) hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boshqarmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 5) Markaz hay’ati qarorlari, Markaz direktori va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; 6) kasb-hunar ta’limi sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish; 7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boshqarmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Markazning hududiy boshqarmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash; 8) Markazning hududiy boshqarmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boshqarmalar va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash; 9) Markazning hududiy boshqarmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar y
10Qonunchilik
Toshkent viloyatidagi YPX postida qalbaki dollar olib ketayotgan shaxslar ushlandi “Qamchiq” dovonining boshlanish qismida joylashgan Toshkent viloyati IIBB YHXBga qarashli “Chinor” muntazam yo‘l patrul xizmati postida qalbaki dollarlar olib ketayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqla “Daryo”ga Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 13-yanvar kuni YPX inspektorlari tekshirish uchun Nexia avtomobilini to‘xtatgan. Avtomobil yukxonasi ko‘zdan kechirilganda boshqa transport vositasiga tegishli bo‘lgan davlat raqami belgisi borligi aniqlangan. Haydovchi davlat raqami korxonaga qarashli yuk avtomobiliga tegishli ekanligini aytgan. Shundan so‘ng inspektorlar avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchilar bilan suhbatlashib, hujjatlarini tekshirgan. Tekshiruv davomida yo‘lovchilardan biri o‘zini g‘alati tutib, xodimlardan ko‘zini yashirishga harakat qilgan. Ushbu yo‘lovchi guvohlar ishtirokida to‘liq tekshirilganida o‘zi bilan 1 200 dollar olib ketayotgani aniqlangan. Dollarlar xodimlarda shubha uyg‘otganligi sababli tezkor xizmat vakillari bilan birgalikda tekshirilganda ular qalbaki ekanligi aniqlangan. Avtomobil, yo‘lovchilar va ulardan olingan ashyoviy dalillar bilan birgalikda Ohangaron tuman IIBga topshirilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
8O‘zbekiston
Transportda, navbatda, zerikarli yig‘ilishda vaqtni unumli o‘tkazish yo‘llari Ko‘pchiligimiz shunchaki tik turish va kutish bilan bog‘liq vaziyatlarga tez-tez duch kelamiz. Shifokor qabulidagi navbatda, ish yoki o‘quv muassasasiga yo‘l olgan jamoat transportida yoki zerikarli ma’ruzada smartfoningiz va tavsiyalarimiz yordamida vaqtni unumli o‘tkazish mumkin. Agar so‘z transport vositasi haqida borayotgan bo‘lsa, musiqa olamiga g‘arq bo‘lish eng yaxshi yechim bo‘la oladi. Telefoningizda yangi qo‘shiq tinglash yoki uni yaxshi radioto‘lqinga sozlash siz uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi. Sifatli naushniklarda sevimli musiqa tinglash charchoqdan xalos bo‘lish va hayotiy energiya bilan ta’minlashga yordam berishi isbotlangan. Agar yo‘lingizda o‘nqir-cho‘nqirlar bo‘lmasa, qiziqarli kitob yoki jurnal mutolaa qilishingiz mumkin. Hozirgi paytda telefon yordamida o‘qish uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar — FB Reader, Google Kitoblar va boshqalar mavjud. Ko‘zlaringiz charchagan bo‘lsa, audiokitoblar mutolaaning o‘rnini bosa oladi. Professional diktor va aktyorlar tomonidan ovoz berilgan bunday audiokitoblar ularni o‘qish kabi ortiqcha mehnat talab qilmaydi. Buning uchun naushnik va pleyer/mobil telefonga ega bo‘lishning o‘zi kifoya. Bugungi kunda internet orqali istalgan kitobning ovozli versiyasini yuklab olish mumkin. Audio-kitoblar yordamida chet tillardagi bilimingizni oshirishingiz yoki imtihon va ishdagi hisobotga tayyorlanish mumkin. Agar atrofingizda odamlar ko‘p bo‘lsa, vaqtni zakovatingizni charxlash uchun sarflashingiz mumkin. Krossvord, skanvordlar yoki yaponcha boshqotirma sudokular xotirani charxlash uchun ajoyib va qiziqarli vosita bo‘la oladi. Ularning barchasini Google Play yoki App Store’dan yuklab olishingiz mumkin.
1Ayollar
Sinalgan 7 usul: Labni ukolsiz kattalashtirish bo‘yicha tavsiyalar Lab kattaroq ko‘rinishi va rangidan ko‘ngil to‘lishi uchun go‘zallik ukollaridan foydalanish shart emas. Qon aylanishini yaxshilab, odatdagidan sezilarliroq natijaga erishish mumkin bo‘lgan tavsiyalar bilan bo‘lishamiz. Tish cho‘tkasi yordamida Cho‘tkasi yumshoq bo‘lgan quruq tish yuvish cho‘tkasini olib, qiziganini sezmaguningizcha labingiz bo‘ylab harakatlantiring. Buning uchun alohida yangi cho‘tkadan foydalanish tavsiya qilinadi. Tish cho‘tkasi bilan massaj amalga oshirilganidan keyin kompress qilish kerak: mentolli yog‘ga botirib olingan salfetkani labingiz ustiga 10 daqiqaga qo‘yib qo‘ying. Massaj va kompresslar Massajni har kuni amalga oshirish kerak, shundagina ijobiy natija kuzatiladi. Muz bo‘lagi solingan matoni labga qo‘yib, harakatlantiring, muz qon sirkulyatsiyasini yaxshilaydi. Keyin kontrast massaj qilish kerak: issiq suv bilan ho‘llangan mato, undan keyin bo‘lsa muz bo‘lagini ketma-ketlikda labga qo‘yish kerak. Har kuni yotishdan avval mazkur tavsiyaga amal qilinsa, bir necha haftadan keyin o‘zgarish bo‘lganini payqash mumkin bo‘ladi. Skrab Skrabdan muntazam foydalanish eski qurigan terini tushirib yangilanishiga sababchi bo‘ladi. Pomada yaxshi surtiladi va lab kattaroq ko‘rinadi. Tayyor skrabdan foydalanish yoki uy sharoitida tayyorlash ham mumkin. Buning uchun qahva, shakar, suli yormasini kokos, zaytun yoki avokado yog‘i bilan aralashtirish kifoya. Skrabni labga surtib, 5 daqiqadan keyin yuvib tashlash kerak. Keyin gigiyenik pomada yoki krem surtishni unutmang. Muolajani 10-12 kunda takrorlab turish tavsiya qilinadi. Qizdiradigan mahsulot yoki vositalardan foydalanish Yalpiz yog‘i, dolchin (koritsa) yoki qalampirga zaytun yoki kokos yog‘ini qo‘shing. Aralashmani labingizga surting va diskomfort his qilishingiz bilan yuvib tashlang. Mashqlar bajarish orqali Yosh o‘tishi bilan lab va lab atrofi burchagida o‘zgarishlar kuzatiladi. Ajin tushishining oldini olish va lab shakli o‘zgarib qolmasligi uchun bir qator mashqlarni bajarish kerak. “O‘rdakcha” mashqi Ikkala qo‘lingizning birinchi va ikkinchi barmog‘i bilan labning tepa va pastki qismini ushlab, birlashtiring. Labingizni oldinga va orqaga harakatlantiring. “U” harfini talaffuz qilgandek harakatga kelishi kerak. Mashqni 20 marta takrorlang. Mashq qilish uchun mo‘ljallangan steril buyumni lablaringiz orasiga qo‘ying va o‘ngga va chapga harakatlantiring. 20 soniya davomida 15 marta takrorlang. Makiyaj Lablar kattaroq tuyulishi uchun och, yorqin va tabiiy ranglardan foydalaning. Yanada ko‘proq natijaga erishish uchun quyidagilarga amal qiling: Labni shishirish xususiyatiga ega bo‘lgan bleskdan foydalaning Blesk labni shishirishi uchun uning tarkibida qalampir ekstrakti yoki mentol bo‘lishi kerak. Uni surtgandan keyin qon sirkulyatsiyasi o‘zgarib, labda qizish yoki muzlagandek his paydo bo‘ladi va shishadi. Ammo bleskning o‘zi bilan cheklanish tavsiya qilinmaydi, yuqoridagi tavsiyalar ketma-ketligiga amal qilish kerak.
1Ayollar
Koronavirus: O`zbekistonda pandemiya boshidan buyon yangi antirekord o`rnatildi 2022 yil 18 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 208271 (+1214) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.  Yangi kasallanish holatlarining: 31 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida, 28 nafari Andijon viloyatida, 40 nafari Buxoro viloyatida, 39 nafari Jizzax viloyatida, 22 nafari Qashqadaryo viloyatida, 10 nafari Navoiy viloyatida, 30 nafari Namangan viloyatida, 45 nafari Samarqand viloyatida, 26 nafari Sirdaryo viloyatida, 25 nafari Surxondaryo viloyatida, 161 nafari Farg`ona viloyatida, 34 nafari Xorazm viloyatida, 181 nafari Toshkent viloyatida, 542 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. ️Kecha kun davomida: Qoraqalpog`iston Respublikasida 22 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar,  Buxoro viloyatida 30 nafar,  Jizzax viloyatida 55 nafar, Qashqadaryo viloyatida 13 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar,  Namangan viloyatida 27 nafar,  Samarqand viloyatida 34 nafar, Sirdaryo viloyatida 10 nafar, Surxondaryo viloyatida 9 nafar,  Farg`ona viloyatida 24 nafar, Xorazm viloyatida 19 nafar, Toshkent viloyatida 122 nafar, Toshkent shahrida 254 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 200512 (+640) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda. ️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1525 nafarni tashkil qildi.
5Jamiyat