text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
“Afg‘on Mona Lizasi” soxta hujjat olib yurish aybi bilan hibsga olindi O‘tgan asr oxirida National Geographic muqovasida portreti chiqib mashhurlashgan, afg‘onistonlik qochqin Sharbat Gula Pokistonda hujjatlarni soxtalashtirganda ayblanib, qo‘lga olindi. The Guardian nashri huquqni muhofaza qilish organlari bergan ma'lumotga asoslanib, xabar berishicha, Gula (qizlik familiyasi — Bibi) soxta pasport bilan qo‘lga olingan shahri Peshovarda yashab kelgan. Ma'lum qilinishicha, Pokiston xizmati uning ortidan bir necha yildan beri kuzatib yurgan. Ma'lumot uchun, Sharbat Gula 1972 yil atrofida tug‘ilgan. 1985 yilda, afg‘on urushi vaqtida amerikalik jurnalist Stiv Makkari qochqinlar lagerida uning suratini oladi. Keyinchalik surat National Geographic jurnali muqovasida paydo bo‘ladi. Uning suratini Leonardo da Vinchining mashhur “Mona Liza”siga qiyos qilishgan.
5Jamiyat
Yemelyanenkoning qiziga chechenlar hujum qilmagan Grozniydagi «Axmat» jangovar klubi matbuot xizmati rahbari Adam Axmadov rossiyalik qoidasiz jang ustasi Fedor Yemelyanenkoning qiziga hujum qilingani to‘g‘risidagi OAVda paydo bo‘lgan xabarlarga munosabat bildirdi. Uning so‘zlarini «Govorit Moskva» radiosi keltirgan. «Chechenlardan birontasi bu ishni qilgan deb o‘ylamayman. Tortishuv allaqachon barham topdi va hozirda, tarmoqda vaziyatni keskinlashtirishga urinish ko‘zga tashlanayapti. O‘ylaymanki, bu fitnadir. Biron erkak, biron chechen, ishoning, umrida hech qachon bolaga qo‘l ko‘tarmaydi», — degan Axmadov. Uning fikricha, bugungi kunda ko‘pchilikka «hozir Chechenistonda hammasi yaxshi ekani» yoqmaydi.  Avvalroq, Yemelyanenkoning murabbiyi Vladimir Voronovning ma'lum qilganidek, sportchi qizini noma'lum kimsalar urgani to‘g‘risidagi xabarlarga qaramay, Eski Oskolda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, Yemelyanenkoning 16 yoshli qiziga hujum uyushtirilgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlab, «Moskovskiy komsomolets» gazetasi sportchining 9 yoshli qizini noma'lum kimsa ko‘chada urgani va qochib ketgani haqida yozgan edi.  6 oktabr kuni Yemelyanenko Grozniyda o‘tkazilgan aralash yakkakurashlar (MMA) qoidalari bo‘yicha Ramzon Qodirov farzandlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan janglarni tanqid qilgan edi. Fyodorning fikricha, 12 yoshga yetmagan bolalar himoya moslamalarisiz ringga ko‘tarilgan. Bunga javoban, chechen mulozimlari va sportchilari Yemelyanenko bilan dahanaki jang qilishdi. Qodirov o‘z tarafdorlarini tortishuvni bas qilishga chaqirgach, voqea barham topgan edi.
13Sport
Nyu-Yorkda boshpanasiz qolganlarni zamonaviy kapsulalarga joylashtirishmoqchi Framlab ijodiy agentligi Nyu-Yorkdagi binolar devorlarida tong otirish uchun asalari uyasiga o‘xshash olti burchakli kapsulalar qurishni taklif qildi. Shaharda boshpanasiz qolganlar soni tobora ortib bormoqda va loyiha mualliflari odamlar ochiq osmon ostida qolmasligi uchun ularni shunday modullarga joylashtirish g‘oyasini ilgari surishdi.  Nyu-Yorkda yer uchastkalari cheklangan va juda qimmatligi sabab Framlab vertikal kenglik - derazasiz va reklamasiz fasadlardan foydalanishni taklif qilmoqda. Ularning Homed loyihasi olti burchakli modullarga ajratilgan o‘rmonlardan iborat. Modulga o‘rmonlar ichidagi zinalar orqali kirish mumkin bo‘ladi. Bunday tuzilmani o‘rnatish va ajratish oson.  Tuzilma qayta ishlangan polikarbonatli 3D-printerdan chiqarilan, tashqarisidan esa ob-havo noqulay kelgan holatlar uchun maxsus alyuminiy qoplam bilan qoplangan. "Aqlli" shishadan ishlangan derazalar tufayli bu yerda yashovchilar bloklarning old qismidan shaharni tomosha qilishlari mumkin.   O‘rmon tashqarisida san'at asari yoki reklama joylashtirish mumkin bo‘ladi.  Peterburg illyustratori Viktor Miller-Gaus graffitisi. Boshpanasiz qolganlar uchun xavfsizlik va shaxsiy hudud taqdim etish maqsadida har bir blok bir kishiga mo‘ljallangan. Ular ichkaridan fanera bilan qoplangan, bu "iliq va do‘stona" muhitni yaratadi. Ichki tuzilmalar, shu jumladan karavotlar karkaslari va qutilar ham bioplastikdan yasalgan 3D-printerdan chiqarilgan. Blokdagi sharoitni ehtiyojlarga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Maketlarda bu kenglikdan foydalanishning qator variantlari ko‘rsatilgan. Loyihada yechinish-kiyinish xonasi va umumiy dush, shuningdek boshpanasiz qolgan kishilar birga yig‘ilishi mumkin bo‘lgan zinapoyali o‘rindiqlari bo‘lgan joy bor.  2012 yildan Nyu-Yorkdagi boshpanasizlar soni 40 foizga oshdi, bunga bir necha omil sabab bo‘ldi: ijara narxlari qimmatlashdi, turar-joy yordami hajmi qisqardi, ijara to‘lovi nazorati esa kamaydi. Framlab agentligi asoschisi norvegiyalik Andreas Teldflaatning so‘zlariga ko‘ra, uning loyihasi boshpanasiz qolgan kishilar muammosini to‘liq hal qilmaydi, biroq uning muhokamasida dizaynerlar ishtirok etishi muhim.  2015 yilda britaniyalik arxitektura dizayneri Jyeyms Farzer boshpanasizlarni joylashtirish uchun shunga o‘xshash loyihani taklif qilgandi - binolar devorlariga joylashtirilgan, inson bo‘yidan biroz baland, yengil konteynerlar.
2Dunyo
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarildi Markaziy bank 9-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 5,71 so‘mga ko‘tarilib, 10 630,75 so‘mni tashkil qildi. Yevro 12,07 so‘mga ko‘tarilib, 12 580,43 so‘m bo‘ldi. Bundan avval dollarning rasmiy kursi 22,48 so‘mga ko‘tarilib, 10 625,04 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarildi. O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 8-iyul kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi. Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 620 so‘mga sotib olishni, 10 675 so‘mga sotishni taklif qilmoqda.
8O‘zbekiston
Buxoro «aqlli» hisoblagichlar bilan qamrab olinmoqda: bu texnologiyalar innovatsion yechimmi? Tilimizga «aqlli» hisoblagichlar iborasi kirib kelganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, hududlarda iste'molchilarni zamonaviy hisoblagichlar bilan ta'minlash ishlari yakunlanmoqda. Ayni vaqtda Buxoro viloyatida 230 ming xonadonda yangi hisoblagichlar ishlab turibdi. Hozirda G‘ijduvon, Peshku va Vobkent tumanlarida zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatish ishlari yakunlandi. Noqonuniy foydalanmoqchi bo‘lsangiz, hisoblagich operatorga xabar yuboradi. Biz bu boradagi yangiliklarni bilish va yangi hisoblagichning xususiyatlarini o‘rganish uchun Buxoro viloyatida bo‘ldik. Yangi tizim debitor qarzdorlikka butunlay barham berish, elektr energiyasi ta'minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, energiya yo‘qolishini keskin qisqartirish va undan noqonuniy foydalanishning oldini olish imkonini berar ekan. Bu borada viloyatda Janubiy Koreya bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shu asosda elektr energiyasi ta'minoti sifati imkoniyatlarini keskin ko‘tarishi kutilayotgan loyiha – elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) joriy etilmoqda. – Avvaliga Qorovulbozor tumanida bu loyihani sinovdan o‘tkazdik, – deydi EEHO va NQAT loyihasini joriy qilish bo‘yicha «Koreya Telekom» kompaniyasining Buxoro hududiy vakili Xan Su Kim. – Loyiha ko‘magida qarzdorlik 90 foizga kamayib, tushumlar 60 foizga ortganiga guvoh bo‘ldik. Yil oxiriga qadar Buxoro viloyati to‘liq qamrab olinadi. Har bir hudud bilan avtomatik aloqa yo‘lga qo‘yiladi. Asosiysi iste'molchi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanmoqchi bo‘lsa, avtomatik o‘chib, operatorga xabar yuboradi. Ushbu hisoblagichni ochishga urinib ko‘rsangiz bas, kompyuter markazidagi signal ishga tushib, qaysi hudud, qaysi xonadonda ushbu voqea bo‘layotganigacha xabar beradi. Bu esa yangi tizimda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish butunlay barham topishiga olib keladi. Elektron hisob tizimi har kuni ertalab iste'molchi qancha elektr energiya ishlatgani haqida ma'lumot oladi. Agar uning hisobvarag‘ida mablag‘ kam qolgan bo‘lsa, «sms» xabarnoma boradi. So‘ngra tizimga avtomatik tokdan ajratish haqida topshiriq beriladi. Qarzdorlik bartarf etilishi bilan tizimni yoqish haqida xabar yuboriladi. Muhimi bu tizim inson omilisiz to‘laligicha avtomatlashtirilgan. Zamonaviy hisoblagichlarning ishlashidan shikoyatlar mavjud emas. Bunday holat isbotlangan vaziyat mavjud ham emas. Bunda bitta narsani inobatga olish kerak. Ya'ni hisoblagichlarda ikkita o‘lchov nuqtasi bor. Biri faol faza bo‘lsa, ikkinchisi «nol» o‘lchov nuqtasi. Mazkur nuqtalarning qaysi birida kilovatt ko‘p bo‘lsa, shu hisobga olinadi. «Aqlli» hisoblagich yong‘inni oldini oladi, iste'molchini ogohlantiradi. Negaki, yangi hisoblagichlarda elektr energiyasi uchun to‘langan mablag‘ tugasa, avtomatik tarzda elektr uzatish to‘xtatiladi. Qolaversa, bitta xonadon sohibi me'yordan ortiq, elektr uskunalari ko‘tarolmaydigan darajada katta miqdorda elektr energiyasidan foydalansa ham «aqlli» hisoblagich bir necha daqiqaga o‘chib qolib, iste'molchini ogohlantiradi. «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati vakili Qahramon Quvvatov bilan Buxoro shahridagi ayrim ko‘p qavatli xonadonlarga o‘rnatilgan hisoblagichlarni ko‘rdik. Ulardagi rang-barang chiroqlarning o‘ziga xos xususiyati haqida bilib oldik. – Bu shkafda bir nechta xonadonga tegishli bo‘lgan zamonaviy hisoblagichlar mavjud, – deydi Q.Quvvatov. – Agarda yashil chiroq yonib turgan bo‘lsa, (ASKUE) tizimi bilan aloqasi bor. Sariq rangda bo‘lsa, aloqa o‘rnatilmagan bo‘ladi. Ikkita qizil rangli chiroqlar esa xonadonda elektr energiyasi iste'mol qilinmayotganidan darak beradi. Mana bu abonent hisoblagichi fevralda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘tgan davrda 888 kilovatt energiya ishlatilgan. Bu o‘rtacha me'yorlarga mos keladi. Yangi hisoblagichlarning sezuvchangligi juda yuqori. U oqib o‘tayotgan barcha elektr energiyani to‘liq hisoblab beradi. Shuningdek, agar umumiy kuchlanish 264 kilovattdan oshsa, besh daqiqa kutadi, o‘zgarish bo‘lmasa, tarmoqdan avtomatik ajratadi. Shu orqali har xil yong‘in holatlarini oldini oladi. Shu hududda yashovchi insonlardan birini yangi hisoblagichlar haqidagi fikrini so‘radik. – Qariyb 20 yil mahalla oqsaqoli bo‘lib ishlaganman, – deydi o‘zini mehnat faxriysi deb tanishtirgan otaxon Bozor Ramazonov. – Shu davrda elektrdan qarzdorlikni undirish va u bilan bog‘liq boshqa muammolarni bartaraf etishda ko‘p ishtirok etganman. Yangi hisoblagichni xonadonimizga o‘rnatib ketishganda juda quvondim. Qulayligi uning avtomatik boshqarilishi va oldindan haq to‘lanishi ekan. Endi mahallada kimdir to‘lamagan bo‘lsa, boshqalar aziyat chekmaydi. Hamma oldindan harakatini qilib qo‘yadi. Bilganimiz xalqni haqi kuymaydi, davlatni ham naqdi kuymaydi. To‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash borasida har bir fuqaroning mas'uliyati oshadi. Hisob-kitobda chalkashlik bo‘lmaydi. Sohadagi muammolardan biri elektr energiyasining texnologik yo‘qotilishi bo‘lib, bu ko‘rsatkich joylarda umumiy iste'molning 15 foizidan 25 foizigacha tashkil etadi. Yangi hisoblagichlarda bu o‘rtacha to‘rt foiz ekani aytilmoqda. Bu esa elektr energiyasi iste'molida rekord darajadagi past yo‘qotishdir. Agar shu tarzda yurtimizda 15-18 foiz elektr energiyasining texnologik yo‘qotilishi oldi olinganda ham bu kamida yana bir viloyatga yetarli elektr energiyasi deganidir. – Yangi hisoblagichning biz uchun eng muhim tomonlaridan biri – hisob-kitobda chalkashlikning yo‘qligi, – deydi «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining moliya va elektr sotish masalalari bo‘yicha direktori Ilhom Aslonov. – To‘lov oldindan bo‘ladi. Iste'molchilar qancha elektr energiyasi sarflayotgani haqida har yarim soatda ma'lumot olib turishi mumkin. Buning uchun telefoni yordamida bizning dasturimizga ulanishi kerak. Aslida, elektr energiyasi ham xalqning mulki, kimningdir noqonuniy foydalanishi vaqti kelib, barchaga ziyon yetkazadi. Yangi tizimda esa inson aralashuvi bo‘lmaydi. Barcha jarayonlar avtomatik tarzda bo‘ladi. Mana Vobkent tumanidagi Paxtakor mahallasi hududidagi mazkur maskanda qariyb 900 nafar iste'molchining ma'lumotlari yig‘ib boriladi. Aslida bu qurilma mingta abonentga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Biz istiqbolda hududda iste'molchilar ko‘payishini hisobga oldik. – Mahallamizga to‘rtta transformator qurilib, 560 xonadondagi hisoblagichlar to‘liq almashtirildi, – deydi Vobkent tumani «Paxtakor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Maston Bozorov. – Oldin uchta transformator bor edi, ularning yoniga to‘rtta qo‘shilgani hisobiga qo‘shimcha zaxira yaratildi. Kelajakda biror-bir tadbirkor ish boshlasa, unga ham elektr bemalol yetadi. Mazkur mahallada zamonaviy hisoblagichlar xonadonlarning fasadiga ya'ni ko‘chaga o‘rnatilgan ekan. Bu xavf tug‘dirmaydimi, bolalar tegishi mumkin-ku? degan savolga mutaxassislar javob berdi. – Hisoblagichlarning sirti germetik qoplama bilan qoplanib, qulf kalit o‘rnatilgan, –deydi «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining moliya va elektr sotish masalalari bo‘yicha direktori Ilhom Aslonov. – Har qanday xavfning oldi olingan. Ularning ko‘cha tarafga o‘rnatilganiga kelsa, bu aholiga ham, bizning xodimlarga ham qulay. Uy egalari uyda bo‘lmasa ham xodimlar kerak bo‘lganda hisoblagich ko‘rsatkichini yozib ketishi, tekshiruvdan o‘tkazishi mumkin. Yana bir gap. Buxoro viloyatidagi «aqlli» hisoblagichlar dam olish kunlari mablag‘i tugagan abonentni tarmoqdan ajratmaydi. Bayramlar, kechki 17.00 dan ertalabki 7.00 gacha ham elektrni o‘chirib qo‘ymay, qarzga ishlayverar ekan. Aholining imkoniyati va moliya muassasalarida bu vaqtda to‘lov qabul qilish bilan bog‘liq qobiliyati hisobga olinib, dasturga ana shunday topshiriq berilgan. Ko‘p tarmoqli mazkur hisoblagichlar bilan kelajakda elektrni qabul qilish va uzatish imkoniyati bo‘lishi aytilmoqda. Shuningdek, kunning qaysi qismida qancha energiya ishlatilgani haqida ham ma'lumotlar olish mumkin. Yil oxiriga qadar Buxoro viloyatidagi barcha hisoblagichlar «aqlli»lariga almashtirilishi kutilmoqda.
14Texnologiya
Liviyalik marshal Haftar muzokaralardan bosh tortdi Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni, marshal Xalifa Haftar BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning poytaxtdagi hukumat rahbari Fayoz as Saraj bilan Jyenevada uchrashish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Al Jazeera BMT Xavfsizlik kengashidagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Saraj Haftar bilan uchrashuvga rozi bo‘lgan, ammo bunda «harbiy harakatlar va fitna holatlarini to‘xtatish» sharti qo‘yilgan. Biroq, marshal Tripolidagi vazirlar mahkamasi rahbari bilan uchrashish hamda muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi. Avvalroq, Liviya hukumati armiyasi Tripolidagi aeroport ustidan nazoratni qaytargani haqida xabarlar tarqaldi. Bundan oldin, liviyalik marshal Tripoli yo‘lidagi birinchi shaharni egallagandi. Poytaxtni o‘rab olish maqsadida Haftar qo‘shinlari janub va g‘arbdan yaqinlashib, Tripolidan 80 km janubdagi Garyan shahrini egallab olgan. Shundan so‘ng, marshal Xalifa Xaftar boshchiligidagi Liviya xalq armiyasi poytaxt Tripoli janubi-g‘arbiy qismidagi bir nechta tumanlarni qo‘lga kiritdi.
2Dunyo
Yangi bosqichga chiqqan O‘zbekiston-Belarus munosabatlari, Tramp o‘ylab topgan yangi sanksiyalar, FIFAdan yangi qoida va boshqalar Yakunlanib borayotgan 13 sentabr, payshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz. O‘zbekiston xabarlari Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko Ko‘ksaroy qarorgohida rasman kutib olindi O‘zbekiston – Belarus hamkorlik aloqalari Mehnat migratsiyasi Jamiyat Jahon xabarlari Sport xabarlari
8O‘zbekiston
Ikki mansabdor o‘zgalar nomidan bank kartalari ochib, 1,6 mlrd so‘mni naqdlashtirgani aniqlandi Xabar qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «B.M.F» MChJ rahbari N.X. «Asaka bank» Buxoro viloyat filiali bo‘lim rahbari F.F. bilan oldindan til biriktirib, 6 nafar fuqaroning xabardorligisiz, ularning nomiga bank plastik kartalarni rasmiylashtirib, 1,6 mlrd so‘m pul mablag‘larini naqdlashtirib, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgani aniqlangan. Holat yuzasidan MChJ rahbari va bank mansabdoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 189-moddasi 1-qismi (Tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 1 va 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Yunusobod tumanida fuqaroga qalbaki hujjatlar tayyorlab berishni va'da qilgan firibgar ushlandi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.I. M.S.ning ishonchiga kirib, tumanda savdo do‘koni qurishi uchun yer maydoni ajratib berish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va'da qilib, evaziga uning 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, kompyuter texnikasidan foydalangan holda qalbaki hujjatlarni tayyorlab bergani aniqlangan. O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro Sh.I. tomonidan tayyorlangan hujjatlar qalbaki ekani ma'lum bo‘lgan. Holat yuzasidan fuqaro Sh.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «v» bandi (kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
8O‘zbekiston
Shifokor bemordan 300 ming dollar qarz oldi va uni aqli zaif deb e'lon qildi AQShning Tennessi shtatida shifokor keksa bemordan qarz olgani, so‘ng qarzni qaytarmaslik uchun uni aqldan ozgan, deb e'lon qilganlikda ayblandi. Bu haqda The Tennessean gazetasi xabar bermoqda. Tennessida tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qiluvchi intizomiy organ 79 yoshli Suellen Liga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni ko‘rib chiqdi. Ularga ko‘ra, u 25 yil davomida uning qo‘lida davolangan eski tanishi va hamkasbidan 300 ming dollar qarz olgan. Ayol pulni qaytarishni so‘raganida, Li unda dementsiyani aniqladi. Keyinchalik ruhshunos bemorda dementsiya belgilarini topmadi. Shundan so‘ng, shifokorni qarzni to‘lashdan qochish uchun bunday tashxis qo‘yganlikda gumon qilishdi. Li litsenziyasini tibbiy faoliyatga berishga va ikki ming dollar miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. Shunga qaramay, u aybini inkor etishda davom etmoqda va qasos olmoqchi bo‘lgan bemor atayin unga zarar yetkazmoqchi ekanini da'vo qilyapti. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayblovlarning ko‘plab tafsilotlari noto‘g‘ri: xususan, u bu pullarni yaqinda emas, balki taxminan 20 yil oldin qarz ko‘rinishida olgan va ko‘p yillar davomida uni qismlab to‘lab borgan. Tashxisga kelinadigan bo‘lsa, u ikki yil oldin qo‘yilgan hamda o‘shanda bunga, Lining fikriga ko‘ra, haqiqatdan ham asos bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u litsenziyani topshirish va advokatlarning tavsiyasiga ko‘ra jarimani to‘lashga qaror qildi. «Bularning bari yolg‘on edi, ammo menga qarshilik ko‘rsatish juda qimmatga tushishi mumkin ekanini aytishdi, - deya tushuntirgan Li. - Yakunda bu hech qanday foyda keltirmaydi. Qarorda o‘zgarish bo‘lishiga hech qanday imkoniyat yo‘q».
2Dunyo
Pop tumanida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun 100 mlrd so‘mdan ziyod pul ajratiladi Namangan viloyatining Pop tumanida Xalq banki boshqaruvi raisi Abdurasul Abdullayev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”. Uchrashuvda tuman sektorlari rahbarlari, tuman faollari, tuman mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, tegishli tashkilot rahbarlariga “Har bir oila – tadbirkor”davlat dasturining mazmun-mohiyati, bu borada tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Pop tumanida istiqomat qilayotgan aholining bandligini ta’minlash, turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida 2019-yildan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 100,0 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi belgilangan. Mazkur mablag‘lar hududdagi aholiga parrandachilik, chorvachilik, asalarichilik, issiqxona, shuningdek, boshqa turdagi tadbirkorlik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirishi uchun imtiyozli foizlarda kredit sifatida beriladi. Tadbir so‘nggida hududdagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va biriktirilgan ma’sul xodimlarga tuman aholisi bilan birma-bir suhbatlashib, ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli, tanlangan tadbirkorlik yo‘nalishlarida ishlatishlari bo‘yicha doimiy ish tashkil etib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Avvalroq rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Namangan viloyatida amalga oshiriladigan “Obod qishloq” dasturi uchun 50 million dollar ajratishi haqida xabar berilgan edi.
8O‘zbekiston
Donbassdagi yong‘inlar va vayron qilingan ko‘prik. Urushning 103-kunidan fotoreportaj Urushning 103-kuni o‘tdi. Rossiya Severodonetsk va Lisichanskni to‘liq egallashga urinishda davom etmoqda, biroq Ukraina armiyasi front chizig‘ini ushlab turibdi, dedi Lugansk viloyati rahbari Sergey Gayday. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Kiyev janglar tugaganidan keyin rossiyalik harbiy asirlarni ozod qilishga tayyorligini, biroq ularni javobgarlikka tortish huquqini o‘zida qoldirishini aytdi. Rossiya halok bo‘lgan “Azovstal” himoyachilarining jasadlarini Ukrainaga topshirishni boshladi: Associated Press xabariga ko‘ra, o‘nlab jasadlar Kiyevga yetkazilgan. Meduza urushning 103-kuniga oid asosiy suratlarni to‘pladi. Donetsk O‘t o‘chiruvchilar Rossiyaning hujumidan keyin yonib ketgan omborda olovni o‘chirmoqda. Surat Aleksandr Yermochenko tomonidan olingan (Reuters) — bu uning jangovar harakatlarda jarohat olganidan keyingi ilk kadrlaridan biri: fotograf 3-iyun kungi o‘qqa tutishlarda hamkasbi operator Pavel Klimov bilan birga yaralangan. Ularning haydovchisi vafot etgan. O‘t o‘chiruvchi Donetskda yonayotgan ombor yonida. DXR rasmiylariga ko‘ra, kun davomida Ukraina qurolli kuchlari Donetsk va qo‘shni Makeyevkani o‘qqa tutgan. Donbass shimoli Rossiya kuchlari nazorati ostidagi Liman shahriga olib boruvchi ko‘prik vayron qilingan. Donetsk viloyatidagi Ukraina tanki. Asosiy janglar hozir Donbassda kechmoqda: rus qo‘shinlari Severodonetsk va Lisichanskga hujum qilmoqda, Ukraina armiyasi front chizig‘ini ushlab turibdi. Ukrainalik harbiy bombardimon vaqtida panaga qochmoqda. Lisichanskdagi maktab o‘qqa tutilib vayron bo‘ldi. Vladimir Zelenskiy o‘zining kechki nutqida shaharni hozirgi urushning eng qaynoq nuqtalaridan biri deb atadi. Ukraina harbiylari shox-shabbalar bilan tankning ustini bekitmoqda. Front chizig‘i yaqinida Ukraina harbiylari gaubitsa uchun snaryadlarni tayyorlamoqda. Gaubitsadan o‘t ochish jarayoni. Soledar yaqinidagi dala maydonida ishlayotgan fermerlar — bu shahar Severodonetskda Rossiya armiyasiga qarshi turgan ukrainalik harbiylar ta’minoti o‘tadigan yagona yo‘l bo‘yida joylashgan. Soledarning o‘zi ham doimiy ravishda zarbalarga uchramoqda. 46 yoshli Natalya Tishchenko 7 yoshli o‘g‘li Yaroslav bilan. Oila ikki oydan buyon Donetsk viloyatidagi Velikaya Novoselka posyolkasida bombapanagohda yashamoqda. Ularning uyi aviazarbalar oqibatida vayron bo‘lgan. Kiyev viloyati Bombardimon qilingan Mostishche qishlog‘ida mashinasining qoldiqlarini ko‘zdan kechirayotgan kishi. Gorenka qishlog‘ida vayron qilingan ibodatxona hududini tozalash bilan shug‘ullanayotgan ayol dam olmoqda. Rossiya armiyasi qishloqqa kirmagan, ammo uni o‘qqa tutgan: bu yerda 600 ga yaqin uy ta’mirga muhtoj. Xarkov Qabrga o‘rnatiladigan xochni olib ketayotgan kishi.  Kiyev yana bombardimon qilindi. Zelenskiy front chizig‘iga bordi. Urushning 102-kunidan fotoreportaj
2Dunyo
Samarqandda fuqarolar yig‘inlari raislari hamda ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 5-martdagi qaroriga ko‘ra, joriy yilning may-iyun oylarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi o‘tkaziladi, deb xabar beradi O‘zA. Samarqand viloyatida 1245 fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 9 mingdan ortiq maslahatchisini saylash ko‘zda tutilgan. Jumladan, Bulung‘ur tumanidagi 62 fuqarolar yig‘inida ham saylovlar o‘tkaziladi. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2016-yil 19-martdagi qaroriga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi va tadbirlar rejasi tasdiqlanib, ayni paytda tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. “Komissiyaning dastlabki yig‘ilishida a’zolarning vazifalar taqsimoti ishlab chiqilib, ular hududlarga biriktirildi, – deydi tuman ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Zamira Aliqulova. — Komissiyaning 11 kishidan iborat ishchi guruhi tashkil etildi. Komissiya va ishchi guruh a’zolari avvalo o‘zlari biriktirilgan mahallada aholi o‘rtasida saylov qonunchiligi yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib bordi. Saylovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilib, bu yumush tadbirlar rejasida belgilanganidek, 1-aprelga qadar yakuniga yetkazildi. Qonun talabi asosida ishchi guruh a’zoligiga fuqarolar yig‘inining, tegishli hududda joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning vakillari, xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari kiritildi. Bugungi kunda ishchi guruhlar fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish, fuqarolar yig‘ini vakilligi normasini belgilash va ularning ro‘yxatini shakllantirish ishlarini olib bormoqda”. “Qo‘ng‘irot” mahalla fuqarolar yig‘inida yetti kishidan iborat ishchi guruh tuzilgan. Bulung‘ur suv xo‘jaligi korxonasi xodimi, shu mahallada yashovchi Norqo‘zi Ochilov ishchi guruh raisi etib saylangan. Tumanning boshqa mahallalarida ham ushbu jarayon aholining faol ishtirokida amalga oshirilmoqda.
8O‘zbekiston
Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasini qachongacha boshqaradi? Angliya terma jamoasi bosh murabbiy Garet Saytgeyt bilan rasman shartnomani uzaytirdi. Bu haqda FA xabar berdi.  Qayd etilishicha, Sautgeyt 2024 yilning yozigacha bo`lgan shartnoma muddatini uzaytirgan. U terma jamoani 2024 yildagi Evropa chempionatiga qadar boshqaradi.  O`z navbatida Sautgeytning maoshi ham sezirarli darajada oshirilgan – yiliga 5 million evro.  Eslatib o`tamiz, Garet Saytgeyt 2016 yildan buyon Angliya terma jamoasini boshqarib keladi.
13Sport
Foto: Hamburgda politsiya namoyishchilarni suv bilan haydamoqda Hamburgda politsiya G20 sammitiga qarshi namoyishga chiqqanlarga vodomyotlardan suv purkab, ularni haydashga urinmoqda. Associated Press xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bermoqda, ko‘chalarda avtomobillarga o‘t qo‘yilmoqda, namoyishchilar qo‘lga olinmoqda. Shu vaqtgacha bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar davomida 100dan ortiq politsiyachi jarohatlangan.
2Dunyo
Tojikiston va Xitoy hamkorlikdagi antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazishni boshladi Tojikistonda mamlakat ichki ishlar vazirligi va Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi maxsus bo‘linmalari hamkorligidagi antiterror mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar berdi. Mashg‘ulotlar Romit darasidagi «Marg‘ob» poligonida o‘tkazilmoqda. Mashqlarda tog‘li hududda terrorizmga qarshi kurashish ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlarda uzoq masofaga o‘q uzadigan tanklar va zambaraklar, artilleriya, aviatsiya, dronlar va boshqa qurollardan foydalaniladi. Avvalroq Tojikistonda Rossiya harbiylari o‘quv mashg‘ulotlari boshlangandi. Mashg‘ulotlarda Rossiya 201-harbiy bazasining mingga yaqin harbiylari ishtirok etmoqda. Avgust boshlarida esa Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari Harb-Maydon poligonida mashg‘ulotlar o‘tkazgandi.
2Dunyo
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimi qamoqda ochlik e’lon qilgan Ma’rufjon Shakarov bilan uchrashdi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimi qamoqda ochlik e’lon qilgan Ma’rufjon Shakarov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV konsullik-huquqiy departamenti rasmiy bayonot berdi. “18-iyul kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xodimi O‘zbekiston fuqarosi Ma’rufjon Shakarovga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Moskva shahridagi Jazoni ijro etish federal xizmatining 1-tergov izolyatoriga (SIZO-1) tashrif buyurdi”, — deyiladi xabarda. Uchrashuv chog‘ida M. Shakarov sog‘ligidan shikoyat qilmadi. Har kuni SIZO rahbariyati u bilan suhbat o‘tkazmoqda, vrach tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Tez tibbiy yordam ko‘rsatishni talab qiluvchi holatlar mavjud emas. SIZO-1 rahbariyati bergan izohga ko‘ra, agar M. Shakarov ochlik holatini to‘xtatsa, sog‘ligini tiklashi uchun tibbiy bo‘limga joylashtiriladi. Oldinroq elchixona Shakarovga konsullik-huquqiy yordamini ko‘rsatayotganini ma’lum qilgan edi.
8O‘zbekiston
Rossiyaning ikki shahridan Toshkentga aviareys yo'lga qo'yiladi Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi 28 apreldan Toshkent shahriga Tyumendan, 5 maydan esa Surgutdan parvozlarni yo'lga qo'yadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi. Chipta narxi esa 8,5 ming rubldan (1 million 3oo ming so'm atrofida) boshlanadi. “Biz xorij shaharlaridan to'g'ridan-to'g'ri parvozlar dasturini tizimli ravishda kengaytirmoqdamiz. 2022 yilning bahor-yoz mavsumida Surgut va Tyumendan Bokuga muntazam reyslarni amalga oshiramiz. Surgutdan xo'jandga parvozni davom ettiramiz,  Tyumendan Yerevanga reyslarni qayta yo'lga qo'yish va Surgut–Yerevan reysini amalga oshirish rejalashtirilmoqda”, — degan “Utair” aviakompaniyasi rasmiysi. Avvalroq Saudiya Arabistoni va O'zbekiston o'rtasida yangi aviareys yo'lga qo'yilgandi. Shuningdek, Toshkentdan Rostov va Krasnodarga parvozlar bekor qilingandi.
2Dunyo
Olimlar Messi va Ronalduni taqqoslab kim kuchliroq ekanligini aniqlashdi Niderlandiyaning SciSpors informatsion kompaniyasi Belgiyaning Leven Universiteti olimlari hamkorligida «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduning o‘yin sifatlari ustida tadqiqot o‘tkazishdi, deya xabar bermoqda Sport.es nashri. Olib borilgan tahlil natijasiga ko‘ra, argentinalik 32 yoshli goleador portugaliyalik 35 yoshli to‘purardan maydonda ikki barobar kuchliroq ekanligi oydinlashgan. Izlanishlar futbolchilarning harakatlari samaradorligi va har tomonlama o‘yin jihatlari ustidan olib borilgan.  Xususan, futbolchilarning o‘yin davomidagi barcha harakatlari va uchrashuv natijasiga ta'siri alohida baholangan. Messining natijasi 1,21 ballni tashkil etgan bo‘lsa, Ronalduniki 0,61 ballni tashkil qilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Messi Ronaldudan ko‘ra to‘p bilan ko‘proq harakat qilib, ko‘proq vaziyatlar yaratadi hamda o‘yin natijasiga ham ko‘proq ta'sir o‘tkazadi. Ma'lumot uchun, Messi joriy mavsumda 28 o‘yinda 21ta gol urgan bo‘lsa, Ronaldu 29 o‘yinda 23ta golga mualliflik qilgan.
13Sport
Pandemiya sharoitlarida ish beruvchining хodimlar oldidagi majburiyatlari Hozirgi kunda aksariyat korхonalar qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Va muammolarning sezilarli qismi oʻz хodimlari oldidagi majburiyatlar bilan bogʻliq. Qanday qilib ish beruvchi zarar koʻrmasligi va bunda mehnat qonunchiligini buzmasligi mumkinligini soʻrab buxgalter.uz yuridik fanlari nomzodi, Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Miхail Yusupovich GASANOVga murojaat qildi. - Koronavirus bilan boʻlgan vaziyat biznes uchun – fors-major. Shu asosda хodimlarni haq toʻlanadigan yoki haq toʻlanmaydigan ta’tilga chiqarish, ularning ish vaqtini qisqartirish yoki ishdan boʻshatishgacha boʻlgan boshqa shunga oʻхshash choralar koʻrish mumkinmi? Fors-major — yuridik konsepsiya, unga muvofiq shartnoma tarafi favqulodda va yengib boʻlmas kuch holatlari roʻy berganda uni bajarmaganlik uchun javobgarlikdan хalos boʻlishi mumkin. Fuqarolik kodeksida shunday holatlarga bagʻishlangan norma mavjud. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda fors-major tufayli majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaхs javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. Ushbu normani aytaylik, ish beruvchi korхona va ishlarni bajaruvchi jismoniy shaхs oʻrtasida tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga qoʻllash mumkin. Mehnat qonunchiligi esa ish beruvchining хodim oldidagi majburiyatlarini bajarishni toʻхtatib turish imkoniyatini beradigan qandaydir normalarni nazarda tutmaydi. Ish beruvchi Mehnat kodeksi va mehnat toʻgʻrisidagi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan хodimlarning huquq va manfaatlariga rioya qilishi lozim. Shu bois masalan, хodimlarning roziligini olmasdan ish beruvchining tashabbusi bilan ularni masofadan ishlashga oʻtkazish, haq toʻlanadigan ta’tilga (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno) – yoki ish haqi saqlanmaydigan ta’tilga chiqarish, toʻliq boʻlmagan ish vaqtini oʻrnatish mumkin emas. Saqlanib qolayotgan mehnat sharoitlarida ish haqini kamaytirish yoki uning toʻlanilishini kechiktirishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Mehnat shartnomasining bekor qilinishida хodimga foydalanilmagan asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun kompensatsiya, shuningdek ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashdan, qachonki MK bunday majburiyatni ish beruvchiga yuklaganda bosh tortish noqonuniydir. Ish beruvchi хodimlarga nisbatan faqat mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan yoki unga zid boʻlmagan choralarni koʻrishga haqli. U qonunda nazarda tutilgan barcha taomillarga rioya qilishi darkor. - Agar хodimlar masalan, jamoat transportining harakati toʻхtatilganligi sababli ishga kela olishmasa nima qilish mumkin? -  Mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan shartlar va tartibga rioya qilingan taqdirda, ish beruvchi quyidagilarga haqli: Aksariyat hollarda buning uchun хodimning roziligi talab etiladi. Ushbu jihatga batafsil toʻхtalib oʻtaman. Nima uchun хodimning roziligi muhim Xodim va ish beruvchi oʻrtasida mehnat shartnomasi tuzilgan, unga koʻra ish beruvchining eng asosiy majburiyati – хodimni barqaror haq toʻlanadigan ish bilan ta’minlash, хodimning majburiyati esa – uni bajarish . Tushumning kamayishi yoki hatto uning butunlay mavjud emasligi, jamoat transporti harakatining toʻхtatilishi, karantin va boshqa barchasi - bu, haqiqatan muammolar hisoblanadi. Biroq ular ish beruvchini хodim oldidagi majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi. Agar ish beruvchi хodimni ish bilan ta’minlay olmasa, bu – bekor turib qolish. Xodimga ushbu vaqt uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash lozim. Agarda ish beruvchida bekor turib qolish davrida хodimlarga ish haqini saqlab qolishning jismoniy imkoniyati boʻlmasa, demak, ikkala taraf ham kelishishi, murosaga kelishi zarur. Buni bir tomonlama qilib boʻlmaydi.  Misol uchun, ish beruvchi  хodim bilan unga ish haqi saqlanmagan holda muddati uzoq boʻlmagan ta’til taqdim etilishi yoki unga toʻliq boʻlmagan ish vaqti oʻrnatilishi haqida kelishib olishlari mumkin. Biroq, ta’kidlab oʻtamanki, bu albatta aynan kelishuv, ikkala tarafning roziligi boʻlishi darkor. Qonun hujjatlarini buzmaslik uchun: 1. Aksariyat qarorlarni (grafikdan tashqari mehnat ta’tili, ish haqi saqlanmagan holda ta’til taqdim etish toʻgʻrisida, masofadan ishlashga oʻtish toʻgʻrisida va h.k.) хodim bilan kelishish zarur. Ushbu hollarda, agar lokal hujjatlar bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa,  хodimlarning vakillik organi bilan kelishish talab etilmaydi. Misol uchun, хodimga qisman haq toʻlanadigan ta’til taqdim etish imkoniyati toʻgʻrisidagi lokal hujjatni tasdiqlash esa kasaba uyushma qoʻmitasi yoki хodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilishi lozim. 2. Xodimdan ariza oling (ta’tilga, masofadan ishlashga, toʻliq boʻlmagan ish rejimida ishlashga va h.k.). 3. Mehnat ta’tili, ish haqi saqlanmagan holda ta’til taqdim etish, masofadan ishlashga oʻtkazish va h.k. toʻgʻrisida buyruq chiqaring. 4. Xodim buyruq bilan tanishganligi dalilini oling. Eng yaхshisi – hujjatda uning imzosi boʻlgani ma’qul. Agar buning imkoni boʻlmasa, hujjatni elektron pochta orqali joʻnating va uning oʻqilganligi yuzasidan tasdiqnoma oling. Yoki pochta orqali хatni хabarnoma bilan birga joʻnating. 5. Zarurat boʻlganda lokal hujjatlar va mehnat shartnomalariga oʻzgartirishlar kiriting.
10Qonunchilik
Video: xitoylik harbiy tankni drift bilan turargohga joylashtirdi Internet tarmog‘ida Xitoy armiyasi harbiy xizmatchilarining tankda drift qilgan holda jangovar texnikani chegaralangan turargohga joylash musobaqasiga doir videolavha paydo bo‘ldi. Lavhani Xitoyning CGTN telekanali YouTube sahifasiga joylashtirdi. Mexanik-haydovchi 11 metrlik tankni 3 marta 38 metrlik maydonga joylashtirishi, bunda u harbiy texnikani drift qildirishi talab etilar edi. Har safar manyovr qilish uchun joy kam qolishiga qaramay, tank haydovchisi belgilangan vazifani a'lo darajada uddaladi.
2Dunyo
XDP vakili «eng korrupsiyalashgan» agentlik nomini aytdi Siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida suratga olinayotgan «Demokratik debat» tok-shousining 10 dekabr kungi sonida ichki va tashqi migratsiya, xususan, mehnat muhofazasi, huquqiy himoya va migrantlarning pensiya ta'minoti masalalari muhokama qilindi. Debat davomida O‘zLiDeP partiyasi vakili Xalq demokratik partiyasi vakillariga qarata «O‘zbekistonda mardikor sifatida ishlayotgan fuqarolarga mehnat staji yuritilishi va ularning sog‘lig‘i sug‘urtalanishi uchun nima ish qildingiz?» mazmunida savol berdi. Savolga  Xalq demokratik partiyasi vakili Boymurod Yusupov javob berdi. «Avvalo, tashqi migratsiya borasida bir narsani ochiq aytay. Bu gapim uchun har qanday joyda javobimni bera olaman. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi eng korrupsiyalashgan organdir. Agentlikning rahbarlari ham korrupsionerlar. Men chet elga shu agentlik orqali chiqib ketayotgan migrantlar haqida gapirmoqchiman. Bu agentlik o‘sha ketayotganlardan noqonuniy ravishda millionlab pul o‘maradi. Endi siz bergan savol bo‘yicha, partiyamiz hozirda xalqaro tajribada sinalgan yo‘ldan boryapti. Biz yangi taklif bilan chiqyapmiz. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlovchi shirkatlar tashkil qilmoqchimiz.  Tizim shunday bo‘ladiki, ishsiz fuqaro uyida o‘tirib biz ochgan shirkatga buyurtma beradi. Shirkat vakillari fuqaroga kunlik ish o‘rinlari haqida ma'lumot beradi. Masalan, bugun falonchi fermer xo‘jaligiga 50 nafar ishchi kerak, to‘lovi falon so‘m.  Bu usul Isroilda muvaffaqiyat bilan ishlamoqda. Hozirgi tartib bo‘yicha mardikorlarning huquqlari biror norma bilan tartibga solinmagan. Biz taklif qilayotgan tartib o‘rnatilsa, fuqaroning huquqlari ham himoya qilinadi, pensiya ta'minoti ham yuritiladi», deya Xalq demokratik partiyasi vakili Boymurod Yusupovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda dollar kursi qariyb 14 so‘mga pasaydi O‘zbekiston Markaziy banki 3-apreldan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 13 so‘m 94 tiyinga tushib, 8100 so‘m 92 tiyin etib belgilandi. 1 yevro qiymati 10 039 so‘m 70 tiyin, 1 Rossiya rubli 142 so‘m 21 tiyinga teng bo‘ldi.
8O‘zbekiston
Chakamug‘ moyi yordamida soch va kipriklarni o‘stirish mumkinmi? Chakamug‘ moyi (repeynoye maslo) qariqiz ildizlaridan olinadi. Ildizlar maydalanadi va zaytun, kungaboqar va boshqa yog‘lar ichiga solib qo‘yiladi. Chakamug‘ moyi ko‘pincha kosmetikada terini, tirnoqlar va sochlarni parvarish qilish uchun ishlatiladi. Kosmetik maqsadlarda chakamug‘ moyining o‘zini ham, turli xil qo‘shimchalar: propolis, choy daraxti, sarimsoq, moychechaklar bilan birga ham ishlatishadi. Chakamug‘ moyini quruq sochlarga ham, ho‘l sochlarga ham surish mumkin. Yog‘ni suv bug‘i yordamida 30–40 darajagacha qizdiring va boshingizga suring. Bosh terisini uqalang va uni butun soch uzunligi bo‘ylab taqsimlang (qizil qarampir qo‘shilgan chakamug‘ moyidan tashqari qolgan hammasi faqat ildizlariga suriladi). Yelkadan pastga tushib turadigan sochlar uchun besh osh qoshiq moy kerak bo‘ladi. Sochlaringizni yig‘ib to‘dalang, dushda kiyiladigan shapkani kiying va boshingizni sochiq bilan o‘rang. 1,5-2 soat shunday qoldiring. Keyin issiq suv, moychechak damlamasi yoki olma sirkasining suyuq eritmasi (1 litr suvga 1 osh qoshiq) yordamida yuving. Agar bosh terisi va sochlar yog‘lilikka moyil bo‘lsa, shampun bilan yuving. Kipriklar va qoshlar quyuq, chiroyli bo‘lishi uchun ularni parvarishlash zarur. Bunda sizga qo‘l keladigan vositalardan biri chakamug‘ moyidir. Ko‘pincha u kipriklarni o‘stirgandan keyin ishlatiladi. Shuningdek u qoshlari siyrakligi uchun ularni har doim bo‘yab yuradigan qizlarga ham yordam beradi. Cho‘tkacha sotib oling yoki eski tush tyubigidan foydalaning. Dozatorni chiqarib oling, flakonni va cho‘tkani yaxshilab yuving. Shprits yordamida tyubikni chakamug‘ moyiga to‘ldiring va dozatorni avvalgi joyiga joylashtiring. Agar sizda laynerning cho‘tkachasi bo‘lsa, moyni qoshingizga va kipriklar uzunligi bo‘ylab  yuqori qovog‘ingizning qo‘zg‘aladigan qismiga suring. Tushning cho‘tkachasi yordamida kipriklaringizni va qoshlaringizni o‘rtasidan boshlab uchlarigacha tarang. Yog‘ning ortiqchasini paxta bo‘lagi bilan artib oling. Chakamug‘ moyi kipriklar va qoshlar uchun bir-ikki oy davomida har kuni ishlatiladi. Manba: “Woman.ru”
1Ayollar
Afg‘oniston TIV rahbari iste’fo so‘radi Afg‘onistonda 1TV telekanali orqali tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniyning mamlakat prezidenti Muhammad Ashraf G‘anidan o‘zini iste’foga chiqarishini so‘rab murojaat yo‘llangani xabar qilindi, deb yozmoqda “TASS”. Rabboniyning so‘zlariga ko‘ra uning boshqaruvidagi vazirlik o‘z yo‘nalishidan ortga chekingan va davlat hukumatiga bo‘ysunuvchi nodavlat tashkilotiga aylanib qolgan. Shuningdek, Afg‘oniston TIV rahbari mamlakatda islohotlar bahonasida amalga oshirilayotgan munosabatlar yakunda umumiy birdamlikka zarar keltirishi mumkinligini qayd etdi.  Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tashkil etish taklif qilindi Avval Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Sibgatullo Ahmadiyni “Tolibon” harakati delegatsiyasining Pokistonga tashrifi haqida fikr bildirgani uchun prezident Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan ishdan haydalgan, keyinchalik hukumat rahbari Abdulla Abdulla uni o‘z ish joyiga qaytargandi.
2Dunyo
Serbiya Radio va televideniye binosi ozod etildi​. Prezident esa bayonot beradi Belgrad politsiyasi muxolifat va namoyishchilar tomonidan egallab olingan Serbiya Radio va televideniye binosini ozod etdi. Namoyishchilar mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich olib borayotgan ichki siyosatdan norozi bo‘lib, o‘z mulohazasini bildirish uchun efirda chiqishni talab qilgandi.  Serbiya Bosh vaziri Ana Brnabich binoning egallab olinganiga munosabat bildirib, «davlat zo‘rlik ishlatilishiga qarab turmasligi»ni aytgan.  Davlat rahbari esa so‘nggi kunlarda yuz berayotgan hodisalar yuzasidan bayonot berib, 17 mart kuni xalqqa murojaat etishi kutilmoqda.  Ma'lumot uchun, ​16 mart kuni Belgard shahrida jiddiy tus olgan namoyishlar Radio va televideniye binosining qamal qilinishi bilan to‘xtalgandi. «Eshiklar» muxolifat guruhi yetakchisi Boshko Obradovich boshchiligidagi namoyishchilar bino ichiga kirib, efir vaqti berilishini talab qilgan.  Obradovichga Belgrad sobiq meri Dragan Jilas ham qo‘shilgan. Ularning talabi qondirilmadi. ​Bir oz fursatdan so‘ng, voqea joyiga mahalliy politsiya kuchlari yetib kelib, binoni ozod etgan. Mamlakat Ichki ishlar vaziri Neboysha Stefanovich namoyishchilardan biri politsiyachiga qo‘l ko‘targani uchun hibsga olinganini tasdiqlagan.
2Dunyo
FT: Estoniyadagi Danske Bank orqali Rossiya va MDHdan 30 mlrd dollar o‘tkazilgan Danske Bank’ning Estoniyadagi bo‘linmasida pulni yuvish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari yuz berganida, undan Rossiya va MDH davlatlaridan kelgan 30 mlrd dollar o‘tgan, avvalroq shubhali bitimlar hajmi 3 mlrd dollarga baholangandi. Bu haqda Financial Times gazetasi yozmoqda, u Promontory Financial konsalting agentligining tadqiqoti bilan tanishib chiqqan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tadqiqotga Danske Bank tomonidan buyurtma berilgan. Promontory Financial mutaxassislarning aniqlashicha, Daniyadagi eng yirik tijorat banki bo‘lgan Danske Bank’ning Estoniyadagi bo‘linmasi orqali bir yil ichida mamlakat norezidentlarining 30 mlrd dollari o‘tib ketgan. Hisobot tuzuvchilarining ma'lum qilishicha, bu pullarning bir qismi ruslar va sobiq SSSR davlatlari fuqarolariga tegishli bo‘lgan. Tadqiqot ma'lumotlariga qaraganda, norezidentlarning mablag‘lari Danske Bank’ning Estoniya filialida 2013 yilda bo‘lgan - bu yil pul yuvish bilan bog‘liq mojarodagi eng «cho‘qqisi» hisoblanadi. Umuman olganda, noqonuniy harakatlar 2007 yildan 2015 yilga qadar davom etgan, deya ta'kidlaydi gazeta. Shuningdek, nashrdan bildirishlaricha, 2013 yilda Rossiya va sobiq SSSR davlatlaridan qariyb 30 mlrd dollar o‘tkazilgan. Shu bilan birga, Promontory Financial hisobotidan iqtibosda Estoniya «norezidentlari» haqida gap ketmoqda.
2Dunyo
Hazrat Sulton cho`qqisi, muzlaydigan Suvtushar sharsharasi, tog`lar bag`ridagi G`ilon va... Qashqadaryoda 17 ta yirik turistik ob`ekt turistlarni o`zida qabul qilmoqda Qashqadaryo viloyatida ham turizmni strategik darajaga ko`tarish, ichki turizm hajmini keskin ko`paytirish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub`ektlari uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratish, shuningdek, aholini ish bilan ta`minlash va ularning daromad manbaini kengaytirish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi. Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, bugungi kunda viloyatda 48 ta mehmonxona, 194 ta mehmon uylari, 16 ta hostel turistik qatlam uchun xizmat ko`rsatmoqda. Hududda 17 ta yirik turistik ob`ekt mavjud bo`lib, yil davomida 700 mingdan ortiq turistlarni o`zida qabul qiladi. Shahrisabz -Kitob-Chiroqchi tumanlari marshrutidagi turistik ob`ektlar: Shahrisabzning tarixiy markazida qadimgi shaharga tegishli turli xil me`morchilik yodgorliklari shahar tarixining dalili sifatida saqlanib qolgan. Ular orasida Oqsaroy va Ko`k Gumbaz masjidini ajratib ko`rsatish mumkin. Xo`ja Ilm Kon xonaqosi 1345 yilda bunyod etilgan bo`lib, Kitob tumanida joylashgan. Bu qadamjoga Islom so`fiylik tariqati a`zosi Xo`ja Abduboqi – keyinchalik Xo`ja Ilm Kon nomi bilan mashhur bo`lgan ulamo dafn etilgan.   Ushbu hududda joylashgan Hazrat Sulton cho`qqisining balandligi, dengiz sathidan hisoblaganda, 4 688 metrni tashkil etadi. Ushbu cho`qqi Hisor tog` tizmasidagi suvayirg`ichning janubiy qismida, Kishtut daryosining boshlanish qismida joylashgan. Cho`qqi atrofdagi hududlardan tik qurumli qoyalar hosil qilib ko`tarilgan. Cho`qqining yonidan oqib o`tuvchi va shu hududdan boshlanuvchi daryolar havzasida abadiy qor va muzliklar yastanib yotibdi. Suvtushar sharsharasi viloyatning janubida joylashgan bo`lib, balandligi 84 metrni tashkil etadi. Qattiq sovuq tufayli sharshara muzga aylanadi. Qo`riqxona ilmiy xodimining ma`lum qilishicha, sharsharaning muzlashi har yil yanvar oyida kuzatiladi. Havo harorati 18-20 darajaga sovishi natijasida bunday hodisa sodir bo`ladi. Shuningdek. go`zal tabiati bilan mashhur – dengiz sathidan 2250 metr balandlikda, purviqor tog`lar bag`rida joylashgan G`ilonga tashrif buyurgan har qanday sayyoh olam-olam taassurotlar og`ushida qoladi. Qishloq ahli asosan bog`dorchilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanadi. Bundan tashqari, Qarshi-Koson-Kasbi marshrutida Abul Mu`iyn An-Nasafiy, Sulton Mir Haydar, Qusam shayx ota, Shayx Shibli, Er qo`rg`on arxialogik majmuasi kabi turistik obektlar mavjud bo`lsa, Qarshi-Yakkabog` marshrutida “Abu Ubayda al Jarroh”, “Tutak ota”, “Odina masdjid” ziyoratgohlari, Oq kamar sharsharasi hamda “Qoplon dara” ekoturistik ob`ektlari aholiga xizmat ko`rsatmoqda.
5Jamiyat
O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Ergash Karimov tavalludining 80 yilligi o‘tkaziladi O‘zbekiston xalq artisti Ergash Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar qiladi UZ24. Madaniyat va sport ishlari vazirligining matbuot xizmati xabar berishicha, hozirgi kunda Ergash Karimovning xotira kechalari O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda. Ma’lumot uchun, o‘zbek kino aktyori va qiziqchisi Ergash Karimov Toshkentda tug‘ilgan. Uning 1972-yilda suratga olingan “Uchrashuv“ teleminiatyuralar to‘plamida ijro etgan rollari el orasida mashhur. 1990-yilda Ergash Karimovga O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan. 1999-yil “El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan. San’atkor 2009-yil 4-avgustda vafot etgan.
7Madaniyat
“Chelsi”, “Arsenal”, “Milan”, “Latsio” va “Sevilya” bugun Yevropa Ligasidagi ishtirokini boshlaydi (anons) Bugun, 20-sentabr sanasida Yevropada klublar o‘rtasida nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan Yevropa Ligasi bahslarining 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Chempionlar Ligasidan quruq qolgan “Chelsi” Gretsiyada PAOK mehmoni bo‘lsa, Unai Emeri boshchiligidagi “Arsenal” o‘z uyida Ukrainaning “Vorskla” klubini sinovdan o‘tkazadi. Italiyaning “Milan” jamoasi esa Lyuksemburgda “Dyudelanj” klubi bilan kuch sinashadi. Rimning “Latsio”si esa “Apollon” klubiga qarshi to‘p suradi. Yevropa Ligasi 1-tur bellashuvlari 20-sentabr, payshanba Toshkent vaqti bilan soat 21:55 da boshlanadigan o‘yinlar “G” guruhi “H” guruhi “I” guruhi “J” guruhi “K” guruhi “L” guruhi Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boshlanadigan o‘yinlar “A” guruhi “B” guruhi “C” guruhi “D” guruhi “E” guruhi “F” guruhi
13Sport
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: O‘zbekistonda bolalar orasida kasallik 7-18 yoshgacha bo‘lganlarda ko‘p uchramoqda Yosh bolalarga koronavirus infeksiyasi haqida gapirib berish shart. Bu haqda 8-sentabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi. Skrinshot: UzReport Anjumanda Barno Abdusamatovaning aytib o‘tishicha, O‘zbekistonda bolalar orasida kasallik 7-18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchramoqda. Umumiy kasallanish ko‘rsatkichining 55 foizini bolalar tashkil etadi. “Koronavirus yuqishining oldini oluvchi dorilar yo‘q. Lekin bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish hamda barcha sanitariya gigiyena qoidalariga amal qilish orqali immunitetni oshirish mumkin”, – dedi mutaxassis. Barno Abudusamatovaning ta’kidlashicha, yosh bolalarga koronavirus infeksiyasi haqida gapirib berish shart. “Birinchidan, ular bu kasallikning oldini olish uchun nimalar qilish kerakligini to‘g‘ri anglab yetishlari kerak. Ikkinchidan, ular hozirgi kunda uyda o‘tirib OAV orqali kasallik statistikasi hamda o‘lim holatlari haqida eshitadi va bu ma’lumotlar ular ruhiyatiga noto‘g‘ri ta’sir qilishi mumkin. Bolalar kattalarga bildirmasalar ham kasallikning eng yomon oqibatidan juda qo‘rqadi hamda o‘z oila a’zolari uchun qattiq xavotirlanadi”, – dedi u. Uning qo‘shimcha qilishicha, bolalarga hozirgi vaziyatda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan profilaktik ishlarni to‘g‘ri bajarish zarurligi, uyda qolish hamda bunday vaziyatda biz nafaqat o‘zimizni, balki oilamizga ham g‘amxo‘rlik qilishimiz kerakligini va bunda uning ham o‘z hissasi borligini to‘g‘ri tushuntirishimiz kerak.
8O‘zbekiston
1998 YILGI BAHORGI DALA IShLARINI O‘Z VAQTIDA O‘TKAZISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 1998-yil hosili uchun bahorgi dala ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari shu yil 28-aprelgacha asosiy maydonlarda chigit ekishni tugallash, 5-maygacha esa nihollarni to‘liq undirib olish uchun barcha bahorgi dala ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish yuzasidan zarur tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan chigit ekish muddatlari bo‘yicha taklifi 1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari chigit ekishni va ularning navlar bo‘yicha joylashtirilishini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1998-yil hosili uchun paxta navlarini joylashtirishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga 1-ilovaga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1998-yilda paxtani plyonka ostida yetishtirish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 21-yanvardagi 37-son qaroriga 1a-ilovaga muvofiq ta’minlasinlar. 2. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi chigit va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda mashina-traktor parklarining samarali ishlashini ta’minlasin hamda qishloq xo‘jalik texnikasi uchun zarur ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar jamlanishini va qishloq xo‘jalik korxonalariga o‘z vaqtida yetkazib berilishini tashkil etsin, mashina va mexanizmlarning yuqori darajada texnikaviy tayyorligini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi qishloq xo‘jaligi korxonalarini navlarning tasdiqlangan joylashtirilishiga qat’iy muvofiq ravishda yuqori sifatli urug‘lik va ko‘chatlar bilan ta’minlasinlar, tuksizlantirilgan chigitlarni va ularning plyonka ostiga ekish uchun dalalarni tayyorlashni alohida nazoratga olsinlar. Kuzgi boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida oziqlantirish, sug‘orish va ularni parvarish qilish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Aqto‘bedagi fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi fojiada 52 nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘lgani munosabati bilan xorijiy musulmonlar idoralari rahbarlari, muftiylar nomidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi nomiga hamdardlik maktublari kelishi davom etmoqda, deb xabar beradi diniy idora matbuot xizmati. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga Bismillahir Rohmanir Rohim! Hurmatli birodarim, Usmonxon Alimov! Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yo‘lovchi avtobusning yonib ketishi natijasida halok bo‘lgan vatandoshlaringiz haqidagi habarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim. Shu munosabat bilan Ozarbayjon, Kavkaz musulmonlari va shaxsan o‘z nomimdan Sizga va birodar O‘zbekiston xalqiga chuqur ta’ziyamni izhor etaman. Vafot etganlarning qarindoshlari va yaqinlariga bunday musibatni yengib o‘tishlari uchun Yaratgan Parvardigordan duo qilib so‘rayman. Barcha o‘tganlarning ruhini Alloh rahmatiga olsin! Sizga doimo Qodir Allohning cheksiz marhamati yog‘ilsin! Omin! Chuqur qayg‘u bilan,  Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi
8O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda koronavirus aniqlangan maktablar 5 taga yetdi Kun.uz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, kecha 3 may kuni Nukusdagi 37-sonli maktab o‘quvchilarida koronavirus aniqlangan. Shu sababli maktab 14 kunlik onlayn ta'lim shakliga o‘tkazilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi hozircha ushbu holat yuzasidan rasmiy ma'lumot bermadi. Kun.uz muxbirining maktabdagi manbaasi maktab jamoasi va o‘quvchilari tarqatib yuborilganini tasdiqladi. Ma'lumot uchun, bundan oldin Nukus shahridagi «Progress» ta'lim va rivojlantirish maktabi va 34-, 15-sonli maktablar; Beruniy tumanidagi 1-, 54-sonli maktablarida ta'lim masofaviy shaklga o‘tkazilgandi. Shuningdek, kecha Qoraqalpoq davlat universitetining koronavirus sabab masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgan fakultetlari soni 6 taga yetgandi.
8O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasiga boradi Kecha, 2 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Koreya Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Xong Nam Ki bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o`tkazdi. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining ma`lum qilishicha, suhbatdan O`zbekiston Prezidentining Koreyaga kutilayotgan tashrifi alohida  o`rin olgan. Tomonlar ,shuningdek, investisiyaviy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sohasida ishlab chiqilayotgan kelishuvlarni muhokama qilishgan. "Koreyada bo`lishi kutilayotgan tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish va aniq kelishuvlarga erishish uchun uchta qo`shma ishchi guruh tuzilganligi ma`lum qilindi. Ularning vazifasi ustuvor sohalarda ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha mavjud masalalarni tezkorlik bilan hal qilishdan iborat bo`ladi",-deya alohida qayd etiladi vazirlik xabarida. Muzokaralar yakunida bo`lajak tashrifning bir qator tashkiliy va mazmundorligi masalalari yuzasidan kelishib olingan.
12Siyosat
TIBBIYOT TEXNIKASI IShLAB ChIQARIShNI BOShQARIShNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA Zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va tibbiyot maqsadidagi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va ular bilan davolash-profilaktika muassasalarini, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konsernining va “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasi muassislarining “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasini “O‘zfarmsanoat” davlat konserni tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari hisoblansin: tibbiyot muassasalari va aholining zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojini chuqur o‘rganib chiqish va ushbu ehtiyojlarni qondirish yuzasidan takliflar tayyorlash; zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va tibbiyot maqsadidagi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va ular bilan davolash-profilaktika muassasalarini, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni ta’minlash; montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini, tibbiyot asbob-uskunalarining texnik servisini amalga oshirish; sog‘liqni saqlash muassasalarini texnik jihozlash bo‘yicha loyihalarini va texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish; tibbiyot asbob-uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish muhandis-texnik xodimlar tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. 3. “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2004—2006-yillarda respublika tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash va unga texnik servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: ikki oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi va emissiya prospektini xatlovdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin; davlatga tegishli aktivlarni boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakili tayinlanishini ta’minlasin; “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining davlat aktivlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi shartnoma qoidalari ijrosi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 14-avgustdagi 283-son qarorining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Qibrayda fuqaro va bank mas’ul xodimi 1 mlrd so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qildi Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan jihoz va uskunalar sotib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan ATB “Mikrokreditbank” Uzun filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “A.S.” oilaviy korxonasi va “CH.S.” MCHJ norasmiy rahbarlari Y.E. va O.T. o‘zaro til biriktirib, avtoservis xizmati va mebel ishlab chiqarishni tashkil etish uchun bank filialidan jami 450 million so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, talon-toroj qilgani aniqlangan. Shuningdek, bank filiali mas’ul shaxslari aslida olib kelinmagan jihozlarni olib kelingani haqida dastlabki monitoring dalolatnomalarni tuzgan. Oqibatda kredit mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilmasdan bank manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan. Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 30 million so‘mi undirilishi ta’minlangan. Denov tuman bo‘limi tomonidan ham tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda aniqlanishicha, “A.S.” xususiy korxonasi rahbari A.T. non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish uchun hududiy bank filialidan 300 million so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishgan. Mablag‘ evaziga xarid qilingan ishlab chiqarish uskunalarini sotib yuborib, talon-toroj qilgani aniqlangan. Bundan tashqari, Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.G.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan “Sh.J.” ATB “Mikrokreditbank” Toshkent viloyati filiali kredit bo‘limi boshlig‘i O‘.M. bilan o‘zaro til biriktirgani aniqlangan. Ular MCHJ rahbari Sh.ning xabardorligisiz qalbaki hujjatlar asosida ushbu bank filialidan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 1 milliard so‘m kredit ajratilishiga erishib, kredit mablag‘ini talon-toroj qilib, bank manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan. Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
8O‘zbekiston
Makkadagi Al-Harom masjidi namoz uchun ochildi Saudiya Arabistoni hukumati yetti oy ichida birinchi marta Makkadagi Al-Harom masjidida namoz o‘qilishiga ruxsat berdi, u mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan edi. Bu haqda Al Arabia telekanaliga tayanib, “RBK” xabar bermoqda. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, masjid mahalliy fuqarolar va mamlakatda yashayotgan chet elliklar uchun ochilgan. Makkadagi Al-Harom masjidi va Madinadagi Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar masjidi masalalari bo‘yicha bosh boshqarma kichik haj — Umra ziyoratini amalga oshirishning ikkinchi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi, u ikki hafta davom etib, o‘tkazish qobiliyatini 75 foiz — taxminan 55 ming kishigacha oshirishni ko‘zda tutadi. Avvalroq Saudiya Arabistoni oktabr oyidan boshlab mamlakatda yashovchi aholisi uchun Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat bergan edi. Eslatib o‘tamiz, mart oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistoni podshohligida jamoat namozlari vaqtincha to‘xtatilgan va faqat ikkita — Makka hamda Madinadagi masjidda jamoat bo‘lib namoz o‘qishga ruxsat berilgandi. Biroq keyinchalik koronavirus tarqalishi xavfi sabab Al-Harom va Nabaviy Masjidda ham namoz o‘qish to‘xtatilgan. 23-mart kuni Saudiya Arabistonida komendantlik soati joriy etilgan, 24-mart kuni mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etilgan. Shuningdek, mamlakatda aholi hamda xorijlik ziyoratchilar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish tadbirlari ham noma’lum muddatga qoldirilgandi. 7-aprelda Saudiya Arabistoni Ramazon oyida masjidlarni ochishni rejalashtirmayotgani aytilgan, 13-aprel kuni Ramazon oyida Saudiya Arabistonida taroveh namozlari uyda o‘qilishi haqida fatvo berilgani xabar qilingan, keyinchalik shu kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilindi. 18-aprel kuni Tojikistonda masjidlar yana yopilgani, juma va taroveh namozlari masjidlarda o‘qilmasligi, ushbu choralar koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Saudiya Arabistonida komendantlik soati 21-iyundan bekor qilingan, biroq shunga qaramay, ko‘plab cheklovlar o‘z kuchida qolgan.
2Dunyo
OAV: IShID jangarilariga Malayziyada yirik teraktlar sodir etish vazifasi topshirilgan IShID terrorchilik guruhi boshliqlari dala qo‘mondonlaridan biri, asli malayziyalik Muhammad Vandidan norozi bo‘lishmoqda. Aynan Vandi Malayziya va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan kelgan jangarilarga mas'ul hisoblanadi. Star gazetasining manbalariga ko‘ra, shu munosabat bilan unga yil oxirigacha Malayziya hududida bir nechta yirik qo‘poruvchiliklarni amalga oshirish vazifasi yuklangan.  Nashrning yozishicha, 26 yoshli Vandi 2016 yil yanvarida rafiqasi bilan Suriyaga ko‘chib o‘tgan. U bu yerda indonez tilida so‘zlashuvchi yangi jangarilarni jalb qilish uchun mas'ul vazifaga tayinlangan. Bundan tashqari, unga birinchi galda Malayziyada terrorchilik xurujlarini amalga oshirish vazifasi yuklangan.  Biroq, nashrning maxsus xizmatlardagi manbasining aytishicha, Vandi bu vaqt davomida atigi bitta teraktda, ya'ni "Kuala-Lumpurda joylashgan tungi klublardan birida o‘tgan yili iyun oyida sodir etilgan qo‘poruvchilikni tayyorlashda ishtirok etgan". Milliy politsiya rahbari Xolid Abu Bakrning tasdiqlashicha, ana shu voqea "IShID tarafdorlarining mamlakatdagi ilk jinoyati bo‘ldi". Portlash oqibatida 8 kishi jarohatlandi.  Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma'lumotlariga ko‘ra, Vandi WhatsApp mobil ilovasida yuzga yaqin guruhni boshqaradi. Ayni vaqtda u 50dan ortiq malayziyalikni Suriyadan vatanlariga qaytishlariga yo‘q qo‘ymaslik vazifasini ham bajarmoqda.
2Dunyo
“O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Baxmalda me’yoridan baland presslangan somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi 8-iyul kuni soat 10:27 da Jizzax viloyati Baxmal tumani Novqa qishlog‘i bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yuk mashinasiga ortilgan presslangan somonlar yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Baxmal tuman Uzunbuloq qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi D.Asilovga tegishli “ZIL-130” rusumli yuk mashinasiga belgilangan balandlikka rioya qilinmagan holda presslangan somon bosilgan. Oqibatda yuk mashinasidagi somon Novqa qishlog‘idagi yo‘l ustidan o‘tgan elektr tok simlariga tegib, yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida avtotransport vositasi hamda unga yuklangan 250 dona presslangan somon yonib ketgan. Xabarda yong‘in tufayli halok bo‘lganlar, jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Hodisa joyiga 2 ta o‘t o‘chirish brigadasi 8-iyul kuni soat 10:39 da yetib borgan va yong‘in 10:41 da o‘rab olinib, soat 10:55 da batamom o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida keltirilgan zarar miqdori va sabablari favqulodda vaziyatlar mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda. Avvalroq Qamchiq dovonida paxta ortilgan yuk mashinasi yonib ketgani, Chotqol qo‘riqxonasidagi qariyb 1 gektar yer maydonida anomal issiq tufayli yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Germaniya prezidentining O`zbekistonga tashrif sanasi ma`lum bo`ldi Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O`zbekistonga tashrifi shu oy may oyiga rejalashtirilmoqda. "Xalq so`zi" nashrining xabar qilishicha, bu haqda "O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari" mavzusida o`tkazilgan davra suhbatida ma`lum qilindi. Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoev Germaniya Federativ Respublikasiga shu yil yanvar oyida qilgan rasmiy tashrifi chog`ida Frank-Valter Shtaynmayerni O`zbekistonga javob tashrifi bilan kelishni taklif etgan edi. Federal prezident shu yil bahorida O`zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanligini bildirgan edi.
12Siyosat
“Xitoy va AQSh koronavirus bilan kurashda birlashishlari kerak” Juma kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp xitoylik hamkasbi Si Szinpin bilan suhbatlashdi. Unda ikki davlat rahbarlari dunyo bo`ylab 24,000 dan ortiq odamning o`limiga sabab bo`lgan koronavirus pandemiyasini batafsil muhokama qilishdi. «Xitoy virus bo`yicha ko`p tajribaga ega bo`ldi. Biz bu kasallikka qarshi Xitoy bilan birgalikda ishlamoqdamiz” deb xabar qildi Tramp o`zining tvitter sahifasida. “Xitoy va Amerika Qo`shma Shtatlari dunyoni vayron qilgan halokatli koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda birlashishi kerak”, deydi Si Szinpin amerikalik hamkasbi bilan suhbat chog`ida. CCTV davlat telekanalining bergan xabariga ko`ra, so`nggi haftalarda Xitoy va AQSh o`rtasida virus bo`yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Ammo, Xitoy rahbari AQSh bilan barcha ma`lumotlar va tajribalarni almashishni davom ettirish istagida ekanligini ma`lum qilgan.
2Dunyo
Afg‘onistonda terrorchilar Save the Children tashkilotining bo‘linmasiga hujum qildi Afg‘onistonlik jangarilar Jalolobod tumanidagi xalqaro Save the Children (“Bolalarni qutqaring”) tashkiloti binosiga hujum qildi, deb xabar beradi “TASS”. Terrorchilar dastlab avtomobil ichiga o‘rnatilgan portovchi moslamani harakatga keltirgan. Portlash oqibatida 11 kishi jarohatlangan. Shuningdek, bino oldida mahalliy xavfsizlik kuchlari va jangarilar o‘rtasida otishma ham yuz bergan.
2Dunyo
Hindistonda devor qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi Qutqaruvchilar Hindiston shimolidagi Ximachal-Pradesh shtatida qulagan bino ostidan tirik qolgan 28 kishini chiqarib oldi. “TASS”ning yozishicha, voqea oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati harbiy xizmatchilardir. Ko‘p qavatli bino 14-iyul kuni Solen shahrida qulagan bo‘lib, bino qulayotgan paytda unda joylashgan oshxonada qo‘shni polkdan bo‘lgan askarlar ovqatlanayotgan bo‘lgan. Vayronalar ostida 42 kishi borligi aniqlangan. Qutqaruvchilar ularni chiqarib olish uchun qariyb 2 kun harakat qilgan. Natijada 17 nafar harbiy va 11 nafar fuqaro qutqarilgan, 13 nafar harbiy va bir nafar fuqaro esa halok bo‘lgan. Xabarda aytilishicha, bino qulashiga Hindiston shimoliga yopirilgan kuchli musson yomg‘iri sabab bo‘lgan. Politsiya tegrov harkatlarini boshlagan bo‘lib ular bino quruvchilarini qurish normalariga rioya qilmaganlikda va qurilish materiallarini tejab qolganlikda ayblamoqda. Avvalroq Hindistonda 23 metrlik devor qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Unda ham devor qulashiga kuchli musson yomg‘iri sabab bo‘lgan.
2Dunyo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 2014-yil 1-yanvardan joriy etilganligi munosabati bilan: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 16-iyundagi PF-871-sonli Farmoni 3-bandining ikkinchi va oltinchi xatboshilarida “respublika va mahalliy budjetlarning mablag‘lari” so‘zlari “tuman va shahar budjetlarining mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va san’at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida” 1996-yil 31-dekabrdagi PF-1692-sonli Farmonida: a) 3-bandining birinchi xatboshidagi “respublika budjetidan” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) 4-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlarga to‘lovlar tushishini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-sonli Farmonida: a) nomlanishidagi “respublika budjeti va mahalliy budjetlarga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari jamg‘armalarga” so‘zlari “maqsadli davlat jamg‘armalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-sonli Farmonining 2-bandidagi “respublika hamda mahalliy budjetlarning, shuningdek qo‘shma budjetda hisobga olinadigan budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan moliyalanadigan muassasalarning” so‘zlari “budjet tashkilotlari va budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan tegishli ravishda moliyalashtiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilarning” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi PF-2598-sonli Farmoni 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari jamg‘armalarga” so‘zlari “maqsadli davlat jamg‘armalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli Farmoni 5-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar” so‘zlari “Davlat budjeti hamda maqsadli davlat jamg‘armalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-sonli Farmonining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Quyidagilar Jamg‘armani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar; Hukumatning xorijiy valyutadagi aktivlarining bir qismi; davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish chog‘ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining bo‘sh qoldiq mablag‘larini joylashtirishdan keladigan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar”. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 24-iyuldagi PF-3780-sonli Farmonining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Belgilansinki, yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga to‘liq o‘tkazilib, quyidagi: 80 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga; 20 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga hamda Toshkent shahrining shahar budjetiga hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirishda maqsadli foydalanish uchun yo‘naltiriladi”. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli Farmonining 7-bandidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 10-apreldagi PF-4434-sonli Farmonida: a) 2-bandidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin”; b) 1-ilovasi II bo‘limining 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari jamg‘armalarga” so‘zlari “maqsadli davlat jamg‘armalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli qarorining 3 va 4-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Belgilansinki, 2006-yilning 1-yanvaridan boshlab har bir tibbiyot muassasasida Tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etiladi. Quyidagilar har bir tibbiyot muassasasi uchun mazkur Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilansin: tibbiyot tashkilotlari uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan qismi; faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keladigan daromadlar; hisobot choragining oxirgi ish kunida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno; tibbiyot tashkilotining balansida bo‘lib, ijaraga berilgan mol- mulklar uchun olingan mablag‘larning bir qismi; belgilangan tartibda budjet tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar; xayriya ishlaridan tushgan mablag‘lar. 4. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga: vaqtincha ishga layoqatsizlik nafaqasini to‘lash va mavjud kreditorlik qarzlarini uzishga; budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora- tadbirlariga; budjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora- tadbirlariga sarflanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning budjet tashkilotlariga ko‘rsatgan xayriya ishlaridan tushgan barcha mablag‘lar, agar xayr-ehson qiluvchilar tomonidan boshqa shartlar qo‘yilmagan bo‘lsa, budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi. Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish uchun har bir tibbiyot muassasasida tegishli muassasa rahbari boshchiligida va kasaba uyushmasi tashkiloti vakillarining ishtirokida maxsus komissiyalar tuziladi”. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-sonli qarori 9-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 16-maydagi PQ-350-sonli qarorida: a) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Belgilansinki, quyidagilar har oyda Jamg‘arma hisobiga o‘tkazib turiladi: O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar; davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag‘lar; Jamg‘armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar”; b) 4-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada shakllantiriladi”. v) 2-ilovasida: 19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar; davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish chog‘ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag‘lar; Jamg‘armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar”; 20-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jamg‘armaning mablag‘lari uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada shakllantiriladi”; 23-bandida: “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida tijorat banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda amalga oshirish”; “j” kichik bandidagi “Hukumat qarorlari bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin; “k” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “k) Jamg‘arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga”. 27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tuman va shahar markaziy kasalxonalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarini Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida tibbiy uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 19-iyuldagi PQ-421-sonli qarori 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “mablag‘lar” so‘zi “budjet mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-sonli qarorining 2-bandida: a) ikkinchi xatboshidagi “budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi ijrosi va” so‘zlari “budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan yagona g‘aznachilik hisob raqamida bo‘lgan Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish”; v) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari budjetlarining mablag‘lari hisobidan tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish”; g) sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash”. 32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-martdagi PQ-609-sonli qarorida: b) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “bosh boshqaruvchisi” so‘zlari “boshqaruvchisi” so‘zi bilan almashtirilsin. 35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori 29-ilovasining 5-bandidagi “ta’lim muassasalari” so‘zlari “umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy- joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-sonli qarorida: a) 5-bandida: uchinchi xatboshidagi “tijorat banklari” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “mahalliy budjetlar” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 8-bandidagi “Ta’lim” so‘zlari “umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona va Zarafshon vodiylarida suv resurslarini boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 10-avgustdagi PQ-1172-sonli qarorida: a) 1-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “ajratiladigan mablag‘lardan” so‘zlari “ajratiladigan budjet mablag‘laridan” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 8-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin. 38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ummon Sultonligi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-sentabrdagi PQ-1197-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “ta’lim muassasalari” so‘zlari “umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-sonli qarorining 10-bandidagi “jamg‘armalari hamda budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari “jamg‘armalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-sonli qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “jamg‘armalari va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari “jamg‘armalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Navoiy va Buxoro viloyatlari tuman markazlarini tutashtirgan holda hududlararo Damxo‘ja suv quvurini modernizatsiya qilish. Termiz shahrining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 16-apreldagi PQ-1324-sonli qarori 11-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasini ko‘p transhli moliyalashtirish Dasturini amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 3-maydagi PQ-1331-sonli qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi va Respublika yo‘l jamg‘armasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin. 44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qo‘qon va Andijon shaharlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini hamda Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va Rishton tuman markazining suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 30-iyuldagi PQ-1378-sonli qarori 10-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi va Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli qarori 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “har yili” so‘zlaridan keyin “budjetdan” so‘zi bilan to‘ldirilsin. 49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent shahar kanalizatsiya tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 16-dekabrdagi PQ-1443-sonli qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “jumladan, budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin. 51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qarorida: a) 1-ilovaning 2, 4, 5, 6, 8, 9 va 11-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovaning 11-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxiralari sport maktabini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1608-sonli qarorida: a) 5-bandining to‘rtinchi xatboshida “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; b) 12-bandining ikkinchi xatboshidagi “mablag‘lar” so‘zi “budjet mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 54. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tolimarjon IESida 500 kV quvvatli OTQga ega bo‘lgan Tolimarjon IES — “So‘g‘diyona” PS 500 kV yuqori voltli liniya qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1609-sonli qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon bankini rivojlantirish xalqaro assotsiatsiyasi bilan moliyaviy hamkorlikda “Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish (Salomatlik-3)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 7-sentabrdagi PQ-1614-sonli qarorida: a) 9-bandida “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; b) 10-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 56. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti ishtirokida yuqori texnologiyalar markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 26-oktabrdagi PQ-1631-sonli qarorida: a) 10-bandidagi “mablag‘lar” so‘zi “budjet mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 11 -bandida: ikkinchi xatboshidagi “va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin; 58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ-1645-sonli qarorida: a) nomlanishidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-bandining birinchi xatboshidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 3-bandidagi “Ta’lim” so‘zi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “mahalliy budjetlar” va “respublika budjeti” so‘zlari tegishli ravishda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari” hamda “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 1-ilovaning nomlanishidagi “Ta’lim” so‘zi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 2-ilovada: nomlanishidagi “Ta’lim” so‘zi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini boshqarish Kengashi” bloki “Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini boshqarish Kengashi” bloki bilan almashtirilsin; “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash manzilli ro‘yxatlari parametrlarining bajarilishini tahlil va monitoring qilish bo‘limi” bloki “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash manzilli ro‘yxatlari parametrlarining bajarilishini tahlil va monitoring qilish bo‘limi” bloki bilan almashtirilsin; “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash manzilli ro‘yxatlari parametrlarining bajarilishini tahlil va monitoring qilish bo‘limi” bloki “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini jihozlash manzilli ro‘yxatlari parametrlarining bajarilishini tahlil va monitoring qilish bo‘limi” bloki bilan almashtirilsin. 60. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi hamda Quvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi ishtirokida “G‘uzor-Chim-Ko‘kdala” 4R87 avtoyo‘lini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-dekabrdagi PQ-1671-sonli qarori 5-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 61. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Maroqand-Qarshi temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 5-yanvardagi PQ-1676-sonli qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Andijon shahrining kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, Jizzax va Xorazm viloyatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining aholi punktlarida suv ta’minotini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 15-fevraldagi PQ-1707-sonli qarorida: a) 10-bandidagi “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; b) 11-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining zayomidan foydalangan holda “Qarshi-Termiz temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 21-fevraldagi PQ-1712-sonli qarori 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 65. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand avtomobil zavodida avtotransport vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 4-apreldagi PQ-1736-sonli qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 66. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan “Toshkent-O‘sh” A-373 avtomobil yo‘li uchastkasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 12-iyundagi PQ-1773-sonli qarori 6-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 67. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikda “Sog‘liqni saqlash. “Surxondaryoda mintaqaviy tibbiyot markazini rekonstruksiya qilish” komponenti” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 24-iyuldagi PQ-1792-sonli qarori 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 68. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Elektr energiyasidan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. O‘zbekiston Respublikasi Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV iste’molchilarining elektr energiyadan foydalanishini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 2-avgustdagi PQ-1795-sonli qarori 5-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 69. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 17-sentabrdagi PQ-1821-sonli qarorida: a) 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 7-bandining uchinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 70. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 24-sentabrdagi PQ-1822-sonli qarori 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “mablag‘” so‘zi “budjet mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 71. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “budjet jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar” so‘zlari “Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 72. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, Xorazm viloyatini obodonlashtirish va aholisini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 6-dekabrdagi PQ-1874-sonli qarorining 2-ilovasida: a) I bo‘limining “Moliyalashtirish manbalari” ustunida: 1.1-kichik bo‘limining 5-7-bandlaridagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1.2-kichik bo‘limining 1-8,9-bandlaridagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1.4-kichik bo‘limining 1-13-bandlaridagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) yakuniy qismidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 73. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2016-yil Rio-De-Janeyro (Braziliya) shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi to‘g‘risida” 2013-yil 25-fevraldagi PQ-1923-sonli qarorining 1-ilovasi 29, 41 va 47-bandlarining “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 74. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 15-apreldagi PQ-1954-sonli qarorining 10-bandidagi “oliy ta’lim muassasalari” so‘zlari “oliy o‘quv yurtlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 75. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Elektr energiyasidan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida 0,4 kV iste’molchilarining elektr energiyadan foydalanishini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 20-maydagi PQ-1969-sonli qarori 5-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 76. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fosforit xomashyosi ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-maydagi PQ-1975-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari “Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 77. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Pungan — Namangan” yo‘nalishining 0-75 km uchastkasida “Farg‘ona aylanma yo‘li” 4R112 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 7-iyundagi PQ-1981-sonli qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 78. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi qurilishini tashkil qilish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 18-iyundagi PQ-1985-sonli qarori 12-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari “Respublika yo‘l jamg‘armasiga va budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 79. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) ishtirokida “Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2001- sonli qarorida: a) 8-bandining birinchi xatboshida “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin; b) 9-bandining birinchi xatboshida “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 80. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-sonli qarori 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “Ta’lim” so‘zi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 81. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-sentabrdagi PQ-2045-sonli qarorining 9-bandida “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 82. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 10-oktabrdagi PQ-2050-sonli qarorining 10-bandida “zarur mablag‘lar” so‘zlari “zarur budjet mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 83. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2014-yilgi Dasturi to‘g‘risida” 2013-yil 15-noyabrdagi PQ-2068-sonli qarorida: a) 6-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 2-ilovaning izohidagi 2-bandida “respublika budjeti” so‘zlaridan oldin “O‘zbekiston Respublikasining” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
10Qonunchilik
O`z kashfiyotlari qurboniga aylangan kashfiyotchilar Innovasiya – iqtisodiyotning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Yangi texnologiyalarni joriy etmay turib, bir xil rivojlanishning imkoniyati yo`q. Biroq nimanidir kashf qilish tavakkal qilish deganidir. Shu sababli ko`plab kashfiyotchilar aynan ushbu innovasiyalar uchun jonlarini qurbon qilishgan. 1. Frensis Edgar Stenli Stanley Motor Carriage Company kompaniyasi asosichilaridan biri Frensis Edgar o`z davrining revolyusiyasiga aylangan Stanley Steamerni sotib yuboradi. Afsuski, Stenlining o`zi mashinada halok bo`lgan. U yo`ldagi to`siqlardan o`tishga harakat qiladi, biroq mashina ag`darilib ketadi. 2. Jan-Fransua Pilatr de Roze Jan-Fransua Pilatr de Roze havo sharida uchishga ishtiyoqi balandlardan biri bo`lgan. Biroq uni qandaydir boshqa guruh La-mansh bo`g`ozi ustidan uchib o`tgandan keyin juda tez unutib yuborishadi. U bu ishni yolg`iz qilishga urinib ko`radi va noma`lum sabablarga ko`ra halok bo`ladi. 3. Uilyam Ballok Uilyam Ballok 1863 yili harf terish mashinasini kashf qiladi. 1867 yili aynan shu mashina uning oyog`iga uriladi va qorasondan vafot etadi. 4. Jeyms Fiks Jeyms Fiks yugurish orqali mashhur bo`ladi, lekin uning o`zi chopish vaqtida yuragi xuruj qilib vafot etgan. 5. Tomas Endryus Tomas Endryus “Titanik”ni loyihalashtirgan va asosiy e`tiborni uning xavfsizligiga qaratgan. Endryus kema bortida kamida 46 ta qutqaruv qayiqlari bo`lishi kerakligini aytgan, biroq ularning soni 20tagina bo`lgan. Buyuk konstruktor o`zining so`nggi soatlarini odamlarni qutqarish bilan o`tkazgan. Uning tanasini topa olishmagan. 6. Genri Smolinski va Xel Bleyk Smolinski va Bleyk AVE Mizarni, ya`ni  uchar qanotlarga ega avtomobilni yaratishgan. G`oyaning asosiy maqsadida Amerika shaharlari o`rtasidagi aeroportlar ustidan kichkina parvozni amalga oshirish edi. Har ikki kashfiyotchi ham tajriba uchish vaqtida halok bo`lgan. 7. Otto Liliental Otto Liliental deltaplanda uchish bo`yicha omadli parvozlarni amalga oshirgan ilk odam hisoblanadi. Liliental 2000 parvozni amalga oshirgan va natijada umurtqasini sindirib oladi va deltaplan qulab tushadi. 8. Li Si Li Si eramizdan avvaligi III asrga qadar Sin sulolasi kansleri bo`lgan. U “Besh jazo” nomli o`lim jazosini o`ylab topadi. O`limga hukm qilinganlarning ko`rsatkich barmog`i yondirilgan, burni, tovoni kesilgan, keyin bichilgan va nihoyat o`ldirilgan. Keyinchalik Li Sining o`zi davlat to`ntarishida ishtirok etadi va uni ham xuddi shu usulda o`ldirishadi.
2Dunyo
BRIKS sammitida yakuniy deklaratsiya qabul qilindi Yohannesburgda BRIKS a'zo davlatlari rahbarlarining 10-sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit yakuni bo‘yicha deklaratsiya qabul qilindi va unda dunyoning turli mintaqalarida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlar aks ettirilgan.  Shuningdek, sammit ishtirokchilari dunyoda shaffof va ko‘p tomonlama manfaatli savdo munosabatlarini rivojlantirishga hayrihox ekanligini bildirgan.  «Biz Jahon savdo tashkiloti tuzilmasi doirasidagi shaffof va ko‘p tomonlama manfaatli savdo munosabatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz», deyiladi hujjatda.  Bundan tashqari, deklaratsiyada a'zo davlatlar Energetika vazirlari BRIKS energetika tadqiqotlari platformasini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishgani yozib qo‘yilgan. Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR rahbarlaridan tashqari, 3 kunlik tadbirga maxsus mehmon sifatida taklif etilgan Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an ham bu galgi sammit ishida qatnashdi.
2Dunyo
Poygachi avtomobilni ag`darib, musobaqa g`olibi bo`ldi!(Video) Makaoda o`tkazilgan navbatdagi, avtopoygachilarning FIA GT World Cup chempionatida g`alati voqea ro`y berdi, poygachi boshqaruvni yo`qotib, avtomobilni ag`dardi... va g`olib deb e`lon qilindi, deya xabar beradi “Nonbox.ru” nashri.  Belgiyalik poygachi Lorens Vantxor o`zining Audi R8 LMS avtomobilida soatiga 250 kilometr tezlikda uchib kelayotganda, avtomobil boshqaruvini yo`qotib, mashina to`siqqa urildi. Avtomobil tomoshabinlar ko`z o`ngida havoga uchib, erga ag`darildi. Yaxshiyamki, poygacha jiddiy jarohatlanmadi, uning o`zi mustaqil ravishda mashinadan chiqdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan chempionat ma`muriyati zudlik bilan musobaqani to`xtatdi va vaqt chegaralangani bois, uni tugatishga qaror qildi. G`oliblar e`lon qilinayotganda esa ilgarigi natijalarga asoslanib, belgiyalik Lorens Vantxor g`olib deb topildi. Mash`um avtofalokat uning g`alabani qo`lga kiritishiga monelik qilolmadi, balki poygada yutib chiqish huquqini hadya etdi! Musobaqa so`ngida poygachi jurnalistlarga bergan intervyusida avtomobil ag`darilganda haqiqatan ham qo`rqib ketganligini va bo`lib o`tgan voqeadan keyin o`zining g`olib deb tan olinishi g`alati tuyulayotganini ma`lum qildi.
2Dunyo
Yaponiyada snoubord bilan shug‘ullanayotgan avstraliyalik talaba qiz ortidan ayiq quvlaganini sezmadi (video) Avstraliyalik talaba Kelli Myorfi Yaponiyada snoubordda uchayotganida uning ortidan ayiq quvladi. Qizig‘i shundaki, quloqchin taqib olib, o‘zini kameraga olayotgan va Riannaning Work qo‘shig‘ini xirgoyi qilayotgan qiz buni payqamadi ham, deb hikoya qiladi Meduza. Kadr: YouTube Keyinchalik yozuvni tomosha qilayotgan chog‘da Myorfi undan bir necha metr narida ayiq yugurib yurganini payqab qoldi. Yirtqich jonivor qiz tushib kelgan tik qiyalik chetida to‘xtagani ma’lum bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar rolikni soxta deb hisoblamoqda, biroq Myorfining o‘zi Independent nashri bilan suhbatda uning haqiqiyligini uqtirdi.
2Dunyo
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev olamdan o‘tdi Taniqli kino, teatr va dublyaj aktyori 1956 yilda Buxoroda tug‘ilgan. 1973-77 yillarda Toshkent davlat San'at institutida tahsil olgan.  1976 yilda Abror Hidoyatov teatrida ish boshlagan. 1987 yildan Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik teatrida faoliyatini boshlagan.  Aktyor shoir Azim Suyunning «Sarbadorlar» asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning «Sohibqiron» asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» spektaklida Solih maxdum, Ibrohim Sodiqovning «Afandining besh xotini» spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning «Piri koinot» spektaklida Ahmad Farg‘oniy, Shekspirning «Qirol Lir» asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning «Yetti faryod» spektaklida Sabalo kabi o‘nlab rang-barang rollar ijro etgan.  Og‘ir xastalik tufayli teatrdan ketishga majbur bo‘lgan. Ammo, ijoddan to‘xtamay, turli tele va radio loyihalarda muntazam ishtirok etgan. G‘aybulla Hojiyev «Uqubat», «Shabbona», «Umid», «Oqpadar» kabi ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgan,  Aktyor «Shaytanat» teleserialida Ahmadbey rolini o‘ynagan. G‘aybulla Hojiyev dublyaj sohasida ham samarali mehnat qilgan bo‘lib, aktyor ovoz bergan qahramonlar xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Kun.uz marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta'ziya bildiradi.
5Jamiyat
Assanj 175 yilga qamalishi mumkin (Video) AQSh adliya vazirligi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga nisbatan yangi ayblovlar qo`yganini ma`lum qildi, deya xabar qilmoqda Tvzvezda.ru nashri. U bir vaqtning o`zida 17 ta jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. Ular orasida josuslik va maxfiy axborotni oshkor qilish qonunini buzish kabi holatlar bor. Agar Assanjning aybi isbotlansa, uni umumiy hisobda 175 yillik qamoq jazosi kutmoqda. Sodir etilgan jinoyatlarning har biriga 10 yil, kompyuterni buzib kirish maqsadida til biriktirish uchun esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.
2Dunyo
Sug‘urta polisi arzonlashdi, YTH natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘lanadigan summa oshirildi Joriy yilning 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 222-sonli «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Bu holat internet saytlarida keng muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi joriy holat yuzasidan bayonot berdi. Qaror yuzasidan turli internet nashrlar va kanallarda yangiliklar va xabarlar berilmoqda. Biroq bu yangiliklar asosan qarorning asosiy matnini sharxlash bilan cheklanib qolmoqda, ba’zilari esa cheklangan yoki noto‘g‘ri va chalg‘ituvchi ma’lumot bermoqda. Qaror mohiyatini va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi bo‘yicha topshiriq berilgani va bu bo‘yicha ishlar boshlanganiga qaramasdan, «Endi majburiy sug‘urta narxi qancha bo‘ldi?» degan har bir transport vositasi egasining savoliga javobni yoritib berishni maqsadga muvofiq topdik. Yo‘l-transport hodisasi natijasida yetkazilgan zararni majburiy sug‘urta bo‘yicha qoplab berish darajasini oshirish maqsadida, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi to‘lab beradigan summa 40 million so‘m miqdorida belgilandi (amalda 12 million so‘m edi). Misol tariqasida Toshkent shaxridagi sug‘urta polisini birinchi marta olayotgan 22 yoshli haydovchi jismoniy shaxs majburiy sug‘urta polisini necha pulga sotib olishini hozirgi va yangi holatda ko‘rib chiqamiz. Ushbu o‘rinda misolni tushunarli bo‘lishi uchun sodda ko‘rinishda keltirildi, qaror bilan «polis narxini» xisoblash uchun ishlatiladigan sug‘urta koeffitsiyentlari sezilarli darajada kamaytirildi, birlashtirildi hamda yuridik va jismoniy shaxslar uchun yagona holda tasdiqlandi. Qaror bilan sug‘urta polisi blanskasi har-xil rangli bo‘lgan ikki hil turi 1-haydovchilar soni cheklangan va 2-haydovchilar soni cheklanmagan (keng omma VIP polis sifatida biluvchi) blankalari tasdiqlandi. Shuningdek, 2018 yilning 15 mart kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi va Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi hamda jamg‘arma a’zolari — sug‘urta kompaniyalari ishtirokida «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasining dolzarb muammolari: tajriba, yechim va istiqbollari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor etish» maqsadida matbuot anjumani o‘tkazilgan va uning natijalari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan internet tarmog‘ida keng yoritilgan.
5Jamiyat
AQShning Nyu-Meksiko shtatida harbiy samolyot halokatga uchradi АQSh harbiy-havo kuchlariga qarashli mashg‘ulot samolyoti 19-sentabr, shanba kuni Nyu-Meksiko shtatida quladi. Bu haqda “Gazeta.kz” xabar bermoqda. Samolyot bortida ikki kishi — harbiy instruktor va uning o‘quvchisi bo‘lgan. Halokatdan oldin ular katapulta yordamida qutulib qolgan. Qulash sabablari hozircha ma’lum emas. AQSh federal aviatsiya boshqarmasi hodisa tafsilotlarini o‘rganishni boshladi.
2Dunyo
Istanbuldan uchgan samolyot tuman sababli Toshkent aeroportiga qo‘na olmadi Turkiyadan Toshkentga uchgan samolyot quyuq tuman sabab aeroportga qo‘na olmadi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Novosti Tashkentskogo neba” kanali. Ma’lum qilinishicha, tuman sababli Istanbuldan uchib kelayotgan Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot ekipaji Toshkent aeroporti hududida ob-havo yomonlashgani — quyuq tuman tushgani bois Bishkekdagi “Manas” aeroportiga qo‘nish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Qayd etilishicha, hududga qalin tuman tushgan — ko‘rish chegarasi 100 metrgacha cheklangan. Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirlarida Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi qator aviaparvozlar kuchli qor sabab bekor qilingan, Istanbuldan Urganchga kelayotgan reys noqulay ob-havo tufayli Toshkentga yo‘naltirilgan edi.
8O‘zbekiston
Ispaniya kompaniyasi Jizzaxda agrologistika majmuasini quradi Ispaniyaning WES (Western Export Solutions) kompaniyasi delegatsiyasi qishloq xo‘jaligi sohasida loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Jizzax viloyatiga keldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda. Xorijning mazkur nufuzli kompaniyasi zamonaviy qishloq xo‘jaligi tizimlarini joriy etish va Sharof Rashidov tumanida agrologistika majmuasini ishga tushirishni mo‘ljallamoqda. — Ushbu logistika markazini bunyod etish loyihasiga Ispaniya kompaniyasi tomonidan 5 million yevro miqdorida sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan, — deydi Jizzax viloyati investitsiya boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Inomov. — Loyihaning birinchi bosqichida viloyatda yiliga 50 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyati yaratiladi hamda O‘zbekistonda Yevropa standartlari asosida xalqaro “Global GAP” standarti joriy etiladi. Investorlar Ispaniyada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, savdo, iqtisodiy masalalarni hal etish maqsadida “Ispaniya — O‘zbekiston” jamg‘armasi tuzilganligi, uning mablag‘lari tez kunlarda turli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi to‘g‘risida ham ma’lumotlar berdi. Uchrashuvlardan so‘ng mehmonlar Sharof Rashidov tumanidagi agrologistika majmuasi uchun ajratilgan yer maydoni bilan tanishdi. Ushbu maydon qulay joylashganligi, yerning unumdorligi, suv va yo‘l tarmoqlari joylashuvi investorlarga ma’qul keldi va mazkur hududda yerga dastlabki ishlov berish, texnika va texnologiyalarni Ispaniyadan olib kelish, kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, malakali mutaxassislarni jalb etish masalalari bo‘yicha ham kelishib olindi. Shuningdek, uchrashuvlarda “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasi imkoniyatlaridan foydalanib, achchiq bodom yetishtirish va uni qayta ishlash orqali dori mahsulotlari tayyorlash, viloyatdagi adir va tog‘oldi hududlarida yetishtiriladigan kovulni qayta ishlash, plantatsiyalar yaratish, tayyor mahsulotlarni Yevropa davlatlariga sotish masalalari ham muhokama qilindi.
8O‘zbekiston
JCh—2018. Serbiya—Braziliya 0:2. Matnli onlayn Biroz oldin futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati “F” guruhida 3-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. Endi esa navbat “E” guruhi jamoalariga. “E” guruhi jamoalari esa 3-tur o‘yinlarini 23:00 da boshlaydi. Serbiya guruhdan chiqish uchun Braziliya bilan kurash olib borsa, Shveysariya esa muddatidan avval pley-offdan umidini uzgan Kosta-Rikaga qarshi maydonga tushadi. “Daryo” Serbiya—Braziliya uchrashuvini matnli onlayn tarzida e’tiboringizga havola etadi. Jahon Chempionati “E” guruhi, 3-tur bellashuvi 27-iyun, chorshanba Matnli onlaynning yuklanishini biroz kuting!
13Sport
Bishkek yaqinida Boeing samolyotining qulashi bo‘yicha dastlabki hisobot chop etildi Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (DAQ) Bishkekning "Manas" aeroporti yaqinida joriy yilning 16 yanvarida qulagan Boeing 747 yuk samolyotining halokatga uchrashi bo‘yicha dastlabki hisobotni chop etdi. Hisobot qo‘mitaning rasmiy saytida chop etilgan.  "Halokatni tergov qilish bo‘yicha komissiya hozirda unga kelib tushgan ma'lumotlar, yakunlangan tadqiqotlar natijalari, parvozlar xavfsizligini oshirish bo‘yicha tezkor tavsiyalarni o‘z ichiga olgan dastlabki hisobotni chop etdi. Qo‘shimcha ma'lumot kelib tushishi bilan u to‘ldirilishi mumkin", deyilgan qo‘mita xabarida. Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, aviahalokat joyida topilgan parvozni boshqarish bort kompyuteri bloki AQShning transportda xavfsizlik milliy qo‘mitasiga maxsus tadqiqotlar o‘tkazish uchun yuborilgan. Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning ACT Airlines aviakompaniyasiga tegishli, Gonkong-Bishkek-Istanbul reysi bo‘yicha parvoz amalga oshirayotgan bo‘lgan Boeing 747-412F-SCD yuk samolyoti "Manas" aeroportiga qo‘nish vaqtida Dacha-Suu posyolkasiga qulagan. Halokat oqibatida 39 kishi: samolyot ekipajining barcha 4 nafar a'zosi va mahalliy aholi orasidan 35 kishi halok bo‘lgan.
2Dunyo
O‘zbekiston prezidenti Fransiyaga jo‘nab ketdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi. Fransiya — yuksak darajada rivojlangan, sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlardan birini egallagan industrial-agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati bo‘yicha dunyoning eng yirik yettita davlati qatoriga kiradi. BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosidan biri, Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydonda muhim rol o‘ynaydi. Fransiya O‘zbekiston bilan hamkorlikdan manfaatdor. Ushbu davlat rahbari Emmanuel Makron mamlakatlarimizning o‘zaro yaqinlashishini qutlab, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parijga rasmiy tashrifini orziqib kutayotganini ta’kidlagan edi. Tashrif davomida davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalar va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
12Siyosat
Chinoz tumanidagi 45-maktab direktori ovozi deb taxminlanayotgan audioyozuv bo‘yicha tekshiruv boshlandi Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan 45-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori deya taxmin qilinayotgan audioyozuv tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan tekshiruv boshlandi. "2021 yil 17 may sanasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Chinoz tumani xalq ta'limi tasarrufidagi 45-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori T. Z.ning ovozi deb taxminlanayotgan audioyozuv bo‘yicha Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi o‘rganish uchun ishchi guruh tashkil qildi.  Ayni damda holat yuzasidan ichki tekshiruv boshlandi", deya xabar bermoqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi.
8O‘zbekiston
HAMAS o‘t ochishni bekor qilish shartlarini ma’lum qildi Falastinning HAMAS harakati Isroil hukumati Quddusdagi arablarni o‘z manzillaridan ko‘chirish fikridan qaytsa va norozilik namoyishlari vaqtida qo‘lga olinganlarni ozod qilsa, qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda tashkilot siyosiy boshqarmasi rahbari Holid Mashal TRT Arabi telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan. “Bosqinchi kuchlar Shayx Jarroh dahasidagi odamlarni ko‘chirish, Quddusdagi noroziliklar vaqtida hibsga olinganlarni ozod qilishi lozim, shuningdek, ular G‘azodagi zo‘ravonliklarga barham berishi zarur”, — degan Mashal. HAMAS vakili Isroilning al-Aqso masjidi nazoratini topshirishi kerakligi va bu shartlardan yana biri ekanligini qayd etdi. Mashalning fikricha, davlat masjidga keluvchilarning ibodat qilishi, marosimlar o‘tkazishiga ruxsat berishi lozim. Tinchlik sulhini tuzishda Turkiya, Qatar va Misr ikki tomon o‘rtasida vositachilik qilishga tayyorligini ma’lum qilgan. Al Arabiya telekanali manbalarining axborotiga tayanib, Misr Isroilga vaziyatni o‘nglashda to‘g‘ridan to‘g‘ri vositachilikni taklif etganini xabar qilgan. Misr tomoni bir yil muddatga o‘t ochish rejimini bekor qilishni tavsiya etgan. Qohira mazkur sulh shartlariga rioya etilishining nazoratini amalga oshiradi. Biroq Isroil hukumati ushbu taklifni rad qilgan. Isroil hamda HAMAS o‘rtasidagi nizo 10-mayda Isroil hukumatining Quddusdagi arab oilalarini ko‘chirish bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin ommaviy namoyishlar boshlanganidan so‘ng keskinlashgan. 10-maydan HAMAS Isroil hududiga raketa zarbalarini berishni boshlagan. Isroil mudofaa armiyasi mazkur harakatlarga javoban G‘azo sektorini bombardimon qildi. Shuningdek, Isroil armiyasi HAMAS razvedkasining ikki nafar yuqori lavozimdagi vakili yo‘q qilinganini, jangarilar harakatlanadigan ikkita tunnel tarmoqlariga, tashkilotning ofisiga zarba berilganini xabar qildi. 14-mayda Mashal Isroil bilan tinchlik sulhi tuzishga tayyor ekanligini bildirgan.
2Dunyo
Ukraina: Kiyev qamal qilindi Kiyevga hujumlar Juma kuni tongida Ukraina poytaxtida portlashlar ovozi eshitildi. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Kiyevdagi bir necha obektga raketa zarbalari yo‘llagan. Ukraina Bosh shtabi raketalarning ikkitasi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali to‘xtatib qolinganini ma’lum qildi. Bu raketa qoldiqlaridan biri aholi turar joy binosiga tushgan va yong‘in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida uch kishi yaralangan, ulardan birining ahvoli og‘irligi aytilgan. Ukraina poytaxtida havo hujumidan ogohlantirish signallari yangradi, aholi «zudlik bilan yaqin atrofdagi pana joylarga bekinish»ga chaqirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda shahardagi portlashlar, shuningdek havoda qandaydir obekt portlagani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi. Avvaliga bu raketalardan biri ekani taxmin qilingandi, keyin Ukraina hukumati Kiyev osmonida rossiyaliklar qiruvchi samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi. CNN jurnalisti Metyu Chens esa o‘z manbalariga asoslangan holda rossiyalik harbiylar Ukraina samolyotini urib tushirganini aytgan. Qulagan samolyot aslida kimniki bo‘lgani aniq emas. Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba hozirgi vaziyatni Ikkinchi jahon urushidagi vaziyatga qiyosladi. «Rossiyaliklarning Kiyevga dahshatli raketa zarbalari. Bunaqasi bizning poytaxtda so‘nggi bor 1941 yilda, shaharga fashistlar Germaniyasi hujum qilganida kuzatilgan. Ukraina yovuzlik ustidan g‘alaba qozongan va g‘alaba qozonadi. Putinni to‘xtating. Rossiyani izolyatsiya qiling. Barcha aloqalarni uzing. Rossiyani dunyodan uloqtirib yuboring», deb yozdi u tvitterda. Rossiya tomoni Kiyevga qilingan hujum bo‘yicha rasmiy izoh bermagan. Poytaxtdagi otishmalar va rossiyaliklarning yaqinlashuvi Aviazarbalardan bir necha soat o‘tib, UNIAN agentligi Kiyevdan 10 km masofadagi Vishgorodda «zambaraklar gumburlayotgani» eshitila boshlaganini ma’lum qildi. «Ko‘chalarda odamlar bolalari va yuklarini olib qochmoqda. Kimning imkoni bo‘lsa - avtoda ketmoqda», - deya yozdi agentlik. Bundan tashqari, rossiyaliklar zirhli texnikalari shahar tomon harakatlanayotgani, ukrain harbiylari qiyofasidagi rossiyalik harbiylar Ukraina armiyasi texnikasida Kiyev markaziga qarab harakatlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ko‘p o‘tmay Kiyev shahri aholisi shahar chetidagi Obolon tumanida otishmalar ovozi eshitilayotganini xabar qildi. Keyinroq Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar feysbukdagi sahifasi orqali ruslarning razvedka-qo‘poruvchilar guruhi ukrainalik harbiylar qiyofasida shahar markaziga kirishga uringani va ular to‘xtatilib, yo‘q qilingani haqida yozdi. Rossiya tomoni bu bayonotga izoh bermadi. Ukraina mudofaa vazirligi ham Kiyevning Obolon tumanida ruslarning diversiya-razvedka guruhi harakatlanganini tasdiqladi. «Fuqarolardan texnika harakati bo‘yicha xabar berishlarini so‘raymiz. Ogoh bo‘ling! Uyingizdan chiqmang!», deyiladi xabarda. Vazirlik fuqarolardan dushmanni zararsizlantirish uchun Molotov kokteyllari tayyorlashni so‘ragan. BBC korrespondenti Svyatoslav Xomenko Obolon hududida doimiy portlashlar ovozi eshitilayotganini xabar qilgan. Ijtimoiy tarmoqda rayon hududida ruslarning bir necha tanki harakatlanayotgani aks etgan video tarqalgan. Ukraina IIV rahbari o‘rinbosari Anton Gerashchenko juma «eng og‘ir kun» bo‘lishidan ogohlantirgan. «Dushmanning rejasi - tanklar kolonnasi bilan Ivankovo va Chernigov tomondan Kiyevga yorib kirish», deya qayd etdi u. RF mudofaa vazirligi bayonotlari Rossiya mudofaa vazirligi 25 fevral tongida harbiy harakatlar bo‘yicha navbatdagi bayonotini e’lon qildi. Unda Rossiya harbiy desanti Chernobyl AES hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgani ma’lum qilingan - avvalroq bu hudud qo‘ldan ketgani haqida Ukraina hukumati ham ma’lum qilgandi. «Chernobil AESning ukrainalik qo‘riqchilari bilan energiya bloklari va stansiya sarkofagini birgalikda qo‘riqlash bo‘yicha kelishib olindi. Atom elektr stansiyasi hududida radioaktiv fon normal holatda. AES xodimlari stansiya obektlariga normal rejimda xizmat ko‘rsatishni davom ettirmoqda va radioaktiv vaziyatni kuzatib bormoqda», degan RF mudofaa vazirligi rasmiysi Igor Konashenkov. RF mudofaa vazirligi harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Ukraina armiyasining yo‘qotishlari bo‘yicha ma’lumotlarini taqdim etgan: Ukraina armiyasi Bosh shtabi bu ma’lumot yuzasidan munosabat bildirmadi. RF urush boshlangandan buyon faqat ikki yo‘qotishini tan olgan: Su-25 shturmovigi qulashi va An-24 rusumli harbiy-transport samolyoti halokati (Voronej yaqinida qulagan, ekipaj halok bo‘lgan). Bu hodisalarga «texnik xato» sabab qilib ko‘rsatilgan. Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovichning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni harbiy harakatlarning birinchi kunida jiddiy yo‘qotishlarga uchragan: «Faqat bugunning o‘zida ularning yo‘qotishlari - yetti samolyot va yetti vertolyot, 30dan ortiq tanklar, 130 dan ortiq zirhli mashinalar. Bizning razvedkamiz ma’lumotiga ko‘ra, ularning yo‘qotishlari 450 askar va zobitlar (birgina Gostomel yaqinida kamida 200 kishi)». Uning so‘zlariga ko‘ra, 20dan ortiq rossiyalik askarlar asirga tushgan, ularning qariyb yarmi endi xizmatga chaqirilganlar hisoblanadi. Kunning ikkinchi yarmida Rossiya mudofaa vazirligi yana bir bayonot berdi, unda 25 fevralga o‘tar kechasi Kiyev yaqinidagi Gostomel aerodromiga desant tushirilgani, aerodromni egallashda rossiyaliklarning 200dan ortiq vertolyoti ishtirok etgani, Ukraina maxsus bo‘linmalari tarkibidan 200dan ortiq kishi yo‘q qilingani, Rossiya tomonida yo‘qotish bo‘lmagani aytilgan. Ukraina tomoni esa harbiy harakatlar davomida Rossiya tomonining yo‘qotishlari mingdan oshganini ma’lum qilgan. Kiyev qamal qilinmoqda Kiyevda yana ogohlantiruvchi sirenalar yangray boshladi. RF mudofaa vazirligi Kiyev shahri g‘arbdan to‘sib qo‘yilganini ma’lum qilmoqda. «Ayni vaqtda havo-desant qo‘shinlarining asosiy kuchlari Gostomel aerodromida Rossiya desant bo‘linmalari bilan birlashib, Kiyevning g‘arbdan to‘sib qo‘yilishini ta’minladi», degan RF mudofaa vazirligi rasmiysi. U shuningdek, rus harbiylari Kiyev shimolidagi Chernigov yo‘nalishini ham to‘sib qo‘yishganini ma’lum qilgan. Bu vaqtda Kiyev meri Vitaliy Klichko shahar mudofaaga o‘tganini ma’lum qildi. «Hozir ayrim rayonlarda o‘q va portlash ovozlari yangramoqda. Ukrainalik harbiylar rossiyalik qo‘poruvchi guruhlarni yo‘q qilmoqda. Afsuski, ayrim qo‘poruvchi guruhlar, poytaxtga kirishga erishdi va dushman poytaxtni hamda siz bilan bizni yo‘q qilmoqchi. Ukraina armiyasi shahar atrofini qo‘riqlamoqda. Vaziyat murakkab. Ammo biz qurolli kuchlarimizga ishonamiz. Ularni qo‘llab-quvvatlaymiz va yordam beramiz», degan u. U Kiyevni himoya qilishga qodir barchani harbiylarga yordam berishga chaqirdi, aholidan suv, oziq-ovqat va issiq buyumlar zaxirasini hozirlashni hamda uyda qolib, ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi.  Ukraina qurolli kuchlari Kiyevga kirmoqda va shahar mudofaasiga tayyorlanmoqda.  Kiyevliklardan harbiy texnikalarni tasvirga olmaslik va bu bilan dushmanga yordam ko‘rsatmaslik so‘ralmoqda.
2Dunyo
Tojikistonda Navro‘z bayrami arafasida va bayram kunlari o‘quv yurtlariga milliy libosda kelish tavsiya etildi Joriy yil 1-martidan boshlab to Navro‘z bayrami tugaguncha Tojikistondagi barcha oliy o‘quv yurtlari talaba qizlari darslarga faqat milliy kiyimda kelishlari lozim. Bu haqda “Liter” xabar bermoqda.  Tojikiston ta’lim va fan vazirligi ko‘rsatmasiga ko‘ra, atlas, adras va chakan kashtali milliy libosni oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, maktab muallimalari va o‘quvchi qizlari ham kiyishi talab etiladi. Vazirlik matbuot kotibi Ehsoni Xushvaqtning aniqlik kiritishicha, 1-martdan boshlab ko‘pchilik tojik ayollari atlas, adras va chakan kashtali milliy liboslar kiyadi. Shu bois vazirlik xotin-qizlar Navro‘z arafasida va bayram kunlari o‘quv yurtlarida forma kiymaslik mumkinligini bildirmoqda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
2Dunyo
Andijon viloyatidagi fermer xo‘jaligi dekabrga qadar aholiga 105 tonnadan ziyod baliq yetkazib berdi Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustda qabul qilingan “Baliqchilik tarmog‘ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi. Baliqchilik yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan xo‘jaliklar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanyapti. Mavjud suv resurslaridan unumli foydalanilib, tabiiy va sun’iy havzalar barpo etildi. Hovuzlarning meliorativ holati yaxshilandi. Viloyatda 2014-yilning to‘qqiz oyida 188 baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan aholiga 1242 tonna parhez mahsulot yetkazib berildi. “Xo‘jaligimizda baliq yetishtirish hajmi yildan-yilga oshmoqda, — dedi Ulug‘nor tumanidagi “Olimp koshonasi” fermer xo‘jaligi rahbari Mihiddin O‘rinov. — 2013-yilda 101 tonna baliq yetishtirgan bo‘lsak, 2014-yilning dekabr oyiga qadar aholi dasturxoniga 105 tonnadan ziyod baliq yetkazib berdik. Bu boradagi ishlar davom etmoqda”. Baliqchi tumani Aralxon massivida faoliyat olib borayotgan “Said Musaxon yerlari” fermer xo‘jaligiga qarashli 19,5 gektar maydonda joylashgan uchta hovuzda ham baliq parvarishlanmoqda. “Erta bahorda hovuzlarga 32 ming dona sazan, do‘ngpeshona va oq amur baliqlari urug‘ini tashlagan edik, — dedi xo‘jalik rahbari Mo‘ydin Hasanov. – Baliqlar belgilangan ratsion asosida oziqlantirildi”. Xo‘jaobod tumanidagi “Qora amur” fermer xo‘jaligida baliq yetishtirish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba to‘plangan. Xo‘jalik tasarrufidagi ikkita hovuzda olti turdagi baliq boqilmoqda. “Xo‘jaligimizda baliqlar uchun omixta yem tayyorlanadi, — dedi “Qora amur” fermer xo‘jaligi rahbari Vladimir Reshetnikov. — Bu baliq yetishtirishda tannarxning birmuncha arzon bo‘lishini ta’minlamoqda. Bundan tashqari, hududimizda dam olish maskani tashkil etganmiz”. Viloyatda baliqchilikni yanada rivojlantirish, uning zaxirasini ko‘paytirish, intensiv usulda baliq yetishtirish, aholini sifatli va nisbatan arzon mahsulot bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
8O‘zbekiston
GM Uzbekistan yangi Cobalt avtomobilini ishlab chiqarishdan voz kechdi GM Uzbekistan kompaniyasi Cobalt modelining yangi namunasini ishlab chiqarish bo‘yicha rejalardan voz kechdi, deya xabar qildi «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisining texnik siyosat va lokalizatsiya bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Shukurov seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi. Yangi Cobalt avtomobilini 2019 yildan ishlab chiqarish rejalashtirilgan edi. Biroq Aziz Shukurovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya General Motors bilan hamkorlikning yangi konsepsiyasiga o‘tishi munosabati bilan endilikda avtomobillar safi Amerika korporatsiya bilan barobar ravishda yangilanadi. «Yangi Cobalt unchalik ham yangi emas. GM Braziliyada bu loyihani 2016 yilda amalga oshirgan, joriy yil so‘ngida Cobalt [ishlab chiqarishdan] olinadi. Eski modellar ortidan quvishdan ma’no yo‘q deb hisobladik. O‘zbekistonda yangi Cobalt ishlab chiqarish bo‘yicha rejalar bekor qilindi», — deya tushuntirdi u. «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari sentyabrda Captiva modelini ishlab chiqarish to‘xtatilganidan so‘ng uning o‘rniga ikkita yangi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi rejalar haqida ma’lum qildi. GM Uzbekistan Malibu sedanini ishlab chiqarishni ham to‘xtatishni rejalashtirmoqda. «Biz yangi platformani o‘zlashtiramiz. Joriy yildan boshlab SUV segmentida ikki avtomobilni yig‘ish bo‘yicha ishlarni boshlaymiz. Captiva`ni [ishlab chiqarishdan] oldik, uchinchi chorak oxiridan uning o‘rniga ikkita yangi avtomobil bo‘ladi», — dedi Azizbek Shukurov. Uning so‘zlariga ko‘ra, «O‘zavtosanoat"ning GM bilan avvalgi hamkorlik konsepsiyasi dolzarbligini yo‘qotdi. «Avvallari biz GMning amaldagi modellarini olib kelar va ularni mahalliylashtirar edik. Bizning modellar o‘rtacha 9−10 yil davomida ishlab chiqarilgan — bu juda uzoq muddat. Hozirda modellar har 3−5 yilda almashmoqda. Shuning uchun iz GM`dagi hamkorlarimiz bilan kelishib oldik: yangi investitsion loyihalarni amalga oshiramiz, kelgusi uch yilda Asakadagi zavodda modellar qatorini yangilaymiz», — dedi Azizbek Shukurov. General Motors o‘zining global platformalari doirasida ikkinchi yarim yillikdan yangi modellarini Xitoyda ishlab chiqarishni boshlaydi. O‘zbekiston unga 2021 yildan qo‘shiladi. «Uning asosida biz uchta yangi modelni ishlab chiqaramiz», — dedi u. Qayd etish joizki, 2019 yilda Xitoy Chevrolet Monza va Chevrolet Onix sedanlari, Chevrolet Tracker mini-krossoveri, Chevrolet Blazer yo‘ltanlamasini ishlab chiqaradi. «O‘zavtosanoat» vakili yaqin oylarda GM Uzbekistan nomining ham o‘zgarishini ma’lum qildi.
4Iqtisodiyot
Oksford tadqiqotchilari O‘zbekistondagi “trollar fabrikasi” haqida so‘zlab berdi Oksford universiteti tadqiqotchilari 70 mamlakatlarida kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida jamoatchilik fikrini targ‘ib qilish, muxolifatni bostirish va manipulyatsiya qilish dalillarini topdi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor, deb xabar beradi Spot. Oksford internet instituti — ijtimoiy va kompyuter fanlari fakulteti bo‘lib, u axborot, aloqa va texnologiyalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Fakultet Oksford universiteti ijtimoiy fanlar bo‘linmasi tarkibiga kiradi. Axborot kampaniyalari, odatda, bosim, tahqirlash va chalg‘itishga qaratilgan. Feyk va manipulyatsiyani tarqatish uchun asosiy platforma Facebook bo‘lib qolmoqda. Hisobot mualliflari buni 56 mamlakat misolida isbotladi, ularning orasida O‘zbekiston ham bor. Faqat yetti mamlakat Facebook va Twitter yordamida o‘z chegaralaridan tashqarida jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazishga harakat qilgan: Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Venesuela. Boshqalar buni mamlakat ichida kun tartibini shakllantirish uchun qiladi. Hisobot mualliflari soxta va manipulyatsiya reklama orqali emas, balki virusga aylanib, bepul tarqatiladigan memlar, videolar yoki boshqa kontentlarni yaratish orqali tez-tez rivojlanib borayotganini ta’kidlaydi. O‘zbekiston soxta akkauntlar uchun botlardan emas, balki haqiqiy odamlardan foydalanadigan bir necha mamlakatlar qatoriga kirdi. Ular odatda boshqa odamlarning o‘g‘irlangan yoki buzilgan akkauntlaridan foydalanadi: Hisobot mualliflari O‘zbekistondagi “trollar fabrikasi”ning necha nafar a’zosi borligini baholay olmagan. Ammo Tojikistonda 500 kishi, Ukrainada esa 20 mingdan ortiq kishi borligi ma’lum. Asosiy strategiyalarga kelsak, mamlakatda faqat bitta narsa ishlatiladi — trollar tomonidan hujum. Misol uchun, Qozog‘istonda dezinformatsiya strategiyasi faol ravishda qo‘llanilmoqda. Eron kabi mamlakatlarda ommaviy xabarlarni kuchaytirish kabi barcha spektrlar mavjud. O‘zbekiston, shuningdek, axborot xurujlarini qo‘llab-quvvatlash, yaxshi ma’noda namoyon etish yoki chalg‘itishga emas, balki zo‘ravonlik xavfi ostida qo‘rqitish va bosim o‘tkazish uchun tashkil etilgan bir necha davlatlardan biriga aylandi: Tadqiqotchilar O‘zbekistonda axborotni manipulyatsiya qilishning asosiy tashkilotchilari fuqarolar ekanligini aniqladi. Mamlakatda partiyalar yoki siyosatchilar tomonidan tashviqot deyarli tarqalmaganligi ma’lum bo‘ldi. Shu sabablarga ko‘ra, O‘zbekiston dezinformatsiyani tarqatish bo‘yicha jamoalar “o‘rta salohiyat” va izchil strategiyaga ega bo‘lgan mamlakatlar toifasiga kirib, kampaniyalarda butun yil davomida faoliyat yuritayotgan haqiqiy xodimlar ishtirok etmoqda. Axborot makonini boshqarish uchun ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladigan, sezilarli darajadagi mablag‘ sarflanadigan, yuzlab va minglab xodimlar jalb qilinadigan “Yuqori salohiyat”ga ega davlatlar ro‘yxatidan faqat sakkiz mamlakat — AQSh, Rossiya, Xitoy, Misr, Eron, Isroil, Saudiya Arabistoni va Suriya o‘rin egallagan.  O‘zbekistonda “trollar fabrikasi” faoliyati fosh etildi. Uning rahbarlaridan biri prorektor ekanligi aytilmoqda  “U chindan ham vatanga xizmat qilyapman deb o‘ylaydi”. “Trollar fabrikasi”ni fosh qilgan qiz bilan suhbat  “Trolligimiz sezilmasin”. TATUdagi “trollar fabrikasi” ijtimoiy tarmoqlarda hazil-mutoyiba va muhokamalarga sabab bo‘ldi
8O‘zbekiston
Kim Chen In Pektusan GESi qurilishini muvaffaqiyat bilan yakunlagan yoshlarni tabrikladi KXDR yetakchisi Kim Chen In Pektusan GESining uchinchi gidromajmuasini Koreya Mehnat partiyasi VII syezdi arafasida muddatidan oldin qurib bo‘lgan yoshlar brigadalariga maqtov so‘zlarini yo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Kim Chen Inning so‘zlariga qaraganda, Yangando provinsiyasida, Xitoy chegarasiga yaqin hududda joylashgan GESning uchala gidromajmuasi bu qadar qisqa muddatda qurib bitkazilishi “KXDRni izolyatsiyaga kirgizib, sanksiyalar yordamida bo‘g‘ib qo‘yishni rejalashtirgan AQSh va uning tarafdorlariga zarba bo‘ldi”. Respublika rahbari energetik obyektning ekspluatatsiyaga topshirilishi munosabati bilan tantanalar o‘tkazishga topshiriq berdi. Bundan tashqari, KXDR Oliy xalq yig‘ilishi (parlamenti) prezidiumi Pektusan GESi quruvchilari sharafiga “Yosh qahramonlar nomidagi” yangi medal ta’sis etdi.
2Dunyo
Afg‘onistonda “Al-Qoida” yetakchilaridan biri o‘ldirildi Afg‘oniston hukumat kuchlari NATO missiyasi yordamida o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida kamida 80 nafar jangari, jumladan, “Al-Qoida” yetakchilaridan birini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.  Mamlakat xavfsizlik milliy direktoratiga ko‘ra, qo‘shma operatsiya G‘azna, Paktiya va Zabul viloyatlarida o‘tkazildi. Uning davomida “Al-Qoida” yetakchilaridan biri Umar Kitob (Umar Mansur nomi bilan tanilgan) o‘ldirildi. Guruhning 30 ga yaqin a’zosi qo‘lga olindi. Kuch tizimi xodimlari orasidagi yo‘qotishlar haqida ma’lumot berilmadi.
2Dunyo
Gretsiyada toshqinlar oqibatida 13 kishi qurbon bo‘ldi Gretsiyaning Attika mintaqasida ob-havo yomonligi oqibatida yuzaga kelgan toshqinlarda 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Mutaxassislarning fikricha, qurbonlar soni 20 kishiga yetishi mumkin. Yomg‘ir oqibatida Mandra, Magula, Nea-Peramos, Elefsina va Aspropirgos shaharlari suv ostida qoldi. Yog‘ingarchilik Gretsiyada hafta boshidan buyon davom etmoqda va, prognozlarga ko‘ra, yakshanbagacha davom etishi mumkin.
2Dunyo
Tramp AQShda koronavirus qurbonlari soni haqidagi prognoziga tuzatish kiritdi AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etadiganlar soni avvalroq prognoz qilingan 100 ming qurbondan “sezilarli darajada kam” bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Fox News. Avvalroq Oq uy mutaxassislari mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 100-240 ming kishi atrofida bo‘lishini taxmin qilgandi. “O‘ylashimcha, qurbonlar soni ushbu raqamlardan sezilarli farq qiladi. Shundayin og‘riqli va qayg‘uli damda biz buning alomatlarini aniq ko‘rmoqdamiz. Bu, asosan, insonlar hayotini saqlab qolish borasidagi qattiq siyosatimizga bog‘liq”, — deydi Tramp brifing vaqtida. Uning aytishicha, ayrim shtatlar, masalan, eng ko‘p kasallanish holati qayd etilgan Nyu-Yorkda kasalxonaga murojaat qilish holatlari kamaygan. Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan yangi kasallanish holatlari kamaymoqda va bu mamlakat kasallikning eng yuqori cho‘qqisiga yaqinlashayotganidan dalolat beradi. Trampning qo‘shimcha qilishicha, Detroyt va Yangi Orlean shaharlarida vaziyat hozirda barqarorlashmoqda. Avvalroq AQShda o‘tgan bir sutka ichida koronavirusdan 2 mingdan ortiq bemor vafot etgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 500 ming kishidan oshib ketgan, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.  Donald Tramp AQShda koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qildi Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp aprel oyining boshida amerikaliklarni oldinda kutilayotgan juda og‘ir ikki hafta haqida ogohlantirgandi.
2Dunyo
Toshkentda sotuvchilar va ularning oila a’zolari o‘rtasida janjal bo‘ldi Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar “Abdulla Qodiriy” metro bekati oldida fuqarolar o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan shahar IIBB axborot xizmati ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, 2022-yilning 12-mart kuni taxminan soat 17:30 larda Yunusobod tumani Markaz-4 dahasidagi “Abdulla Qodiriy” metro bekati oldida joylashgan do‘konlardan biridagi sotuvchi Z.N. (1999-yilda tug‘ilgan) sobiq sotuvchisi M.F. (1999-yilda tug‘ilgan) bilan kiyim masalasida o‘zaro gap talashib qolgan. Ularning mojarosiga M.F.ning onasi  M.F. (1980-yilda tug‘ilgan) va Z.N.ning singlisi Z.D. (2003-yilda tug‘ilgan) aralashgan, oqibatda bu mojaro janjalga aylanib ketgan. Shu yerda bo‘lgan G‘.L. (1998-yilda tug‘ilgan), V.O. (1973-yilda tug‘ilgan) ularni ajratishga harakat qilgan. Fuqaro M.F. yengil jarohat olgan. Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-410-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 2. “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi QL-471-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 3. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL–501-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
10Qonunchilik
«Ba’zi investorlarning insofsiz harakatlari» sababli «O‘zmetkombinat» aksiyalar savdosini to‘xtatdi Toshkent fond birjasida «O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati aksiyalari savdosi 14 martdan boshlab «mavjud vaziyatga oydinlik kiritilgunga qadar» to‘xtatildi, deya xabar qildi Spot nashri. Bunga birja savdolarida zavod aksiyalari narxining keskin tushib ketgani sabab bo‘lgan. So‘nggi haftada «O‘zmetkombinat» qimmatli qog‘ozlari deyarli 2,5 barobar arzonlashgan. 4 mart kungi savdolar yakuni bo‘yicha bitta aksiya narxi 125 800 so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, 11 mart kuni narx 51 528 so‘mni tashkil qilgan. 7 martdan boshlab har bir savdo kunida aksiyalar narxi 20 foizga tushib ketgan. Ayniqsa, 11 mart kuni savdolar hajmi sezilarli darajada oshdi. Shu kuni 8898 dona aksiya 463 mln so‘mdan qimmatroqqa sotilgan. Kombinat vakillarining Spot nashriga izoh berishicha, 15 mart kuni «O‘zmetkombinat» aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda 1 yanvar holatiga ko‘ra taqsimlanmagan foydani ustav fondiga kapitallashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Shu munosabat bilan aksiyadorlar o‘z ulushlariga mos ravishda zavodning qo‘shimcha ulushlarini oladi. Shuningdek, kompaniya investorlardan 4 martdan keyin aksiyalarni sotishdan bosh tortishni so‘radi. Ushbu sanadan keyin aksiyalarni sotib olgan investorlar reyestrga kiritilmasligi va bonusli aksiyalar ololmasligi mumkin. «Biroq 4 martdan keyin ba’zi investorlar tomonidan aksiyalarni sotish bo‘yicha insofsiz harakatlar sodir etildi, — deyiladi kompaniya xabarida. — Shu sababli kompaniya «savdoning vaqtincha yopilishini qabul qiladi».
4Iqtisodiyot
AQSh-Tolibon kelishuvidan so`ng Afg`oniston bosh vaziriga suiqasd qilindi Qobulda bosh vazir Abdulla Abdulla mamlakat Ichki ishlar vazirligi vakili Nusrat Rahimiy ishtirokidagi tadbirda noma`lum shaxslar tomonidan qurolli hujum uyushtirildi. Ichki ishlar vazirligi vakilining aytishicha, hujum Bosh vazirga qaratilgan bo`lgan.  Bosh vazirning vakili Mujiburahman Rahimiy RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Abdulla Abdulla hujumda jabrlanmaganini aytdi. Lekin, boshqa 2 kishi halok bo`ldi va yana o`n sakkiz kishi jarohatlandi.  Xabar qilinishicha, jabrlanganlarning barchasi kasalxonalarga yotqizilgan. Ichki ishlar vazirligi vakili Nusrat Rahimiyning so`zlariga ko`ra, xavfsizlik xizmati hujum sodir bo`lgan hududni o`z nazoratiga olgan. Tolibon hujumga aloqadorligini rad etdi.
2Dunyo
«Yunusoboddagi daraxtlar kesilmaydi, tamom» — Adliya vaziri Dushanba kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov jurnalistlar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda Yunusoboddagi uch marta suiqasd uyushtirilgan daraxtlar muammosiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar berdi. «Yer ustida daraxti bilan sotilishi mumkin. Bunga hech qanaqa qonunchilik nuqtai nazaridan cheklovlar yo‘q. Lekin, baribir moratoriy turganidan keyin, prezidentni bunga haq-huquqi bor, [moratoriy] kiritgan. Tegish mumkin emas. Siz uni qaysi maqsadda olgan bo‘lsangiz ham tegina olmaysiz. Tegsangiz siz jinoyat qilgan bo‘lasiz. Davlatimiz, ekologiya organlari buni yaxshilab, nazorat qilib, kim shu ishni qilsa, unga jazo muqarrarligini ta’minlashi kerak», — dedi u. Vazir so‘nggi yillarda daraxtlar kesilishi mavzusi dolzarb tus olayotganini, 3 yil oldin bunga hech kim e’tibor qaratmaganini ta’kidladi. «3 yil oldin bunga hech kim e’tibor qilmasdi. O‘sha paytda rossa ko‘p [daraxt] kesilardi, 3 yil oldin bunga qaraganda 10 baravar ko‘p edi. Mana bu jamiyatda rezonans bo‘lganidan keyin kamayyapti. Hozir bitta daraxt kesilsa ham, biz hammamiz dod deyapsiz, jamiyat sifatida biz ham ulg‘ayyapmiz. Ya’ni, daraxtni mohiyatini, kerakligini hamma tushunib yetayapmiz. 3 yil oldin hamma tushunib yetmasdi, bo‘pti bu ikkinchi darajali masala deyardi. Shuning uchun har bitta vaziyatga katta voqeaday e’tibor qilinayapti», — dedi Ruslanbek Davletov. U shuningdek, mazkur mojaroni nazorat va hal qilish qaysi tashkilot zimmasida ekanligini ham aytib o‘tdi. «Eng asosiy bu sohani egasi Davlat ekologiya qo‘mitasi. Yangi raisi [daraxtlarni] bittasi kesilsa ham yoniga borib, o‘zi nazorat qilishga harakat qilayapti. Ekologiya qo‘mitasida 12 minga odam ishlaydi. Qattiq boshqarsa bo‘ladi. Endi yangi rahbari ishini yaxshi boshqarsa, 12 ming odam bilan yaxshi ishlar qilsa bo‘ladi. Prokuratura nazorati bor bu yerda», — dedi vazir. Bundan tashqari, mazkur vaziyatda tadbirkor qanday harakat qilishi mumkinligi haqida ham fikr bildirildi. «Muammo shundan iboratki, daraxtlar kesilmaydi, tamom. Daraxt yo‘q joyda o‘zining shaharsozlik faoliyatini olib borsin. Agar hamma joyi daraxt bo‘lsa, chiroyli park qurib, uni pulli qilib, daromad topsin. Men sizga huquqshunos sifatida aytaman, bu yerda [tadbirkorning] hech qanaqa huquqi poymol bo‘lmaydi. Chunki, marotoriy turibdi, hamma rioya qilishi shart. Boshqa istisno yo‘q. Bu yerda huquq buzilmayapti, bu yerda manfaatlar to‘qnashayapti. Manfaatlar to‘qnashaversin, hammani manfaati bor», — dedi Ruslanbek Davletov. «Hozir hamma qonunni bekor qilib tashlaylik, hamma mazza qilib, ko‘chaga chiqib, urra-urra qilamiz, — deya misol keltirdi adliya vaziri. — Menga ham yoqmaydigan qonunlar ko‘p. Masalan, meni manfaatlarimga zid bo‘lgan qonunlar juda ko‘p. Lekin, hamma, jamiyat shu qonunlarni qabul qilganidan keyin bizga yoqsa, yoqmasa, o‘zizga qulay qonunlarga rioya qilmaysiz. Birinchi o‘rinda, noqulay qonunlarga rioya qilish kerak, shunda tartib bo‘ladi». Eslatib o‘tamiz, 3 ferval kuni Toshkentning Yunusobod tumanida Amir Temur va Chinobod ko‘chalari chorrahasi yonida (xarita) joylashgan ko‘p qavatli uylar bilan avtomobil yo‘li orasidagi daraxtlarga uchinchi marotaba suiqasd qilingani haqida yozgandik. Tadbirkor soat 18:13 da beton aralashtiruvchi mashina va 15 ga yaqin ishchilar bilan kelib, daraxtlar tagini betonlab tashladi. Uning bu harakatlari videokuzatuv kameralariga tushib qolgan. Aholi murojaatiga ko‘ra, «Gazeta.uz» voqea joyiga yetib borib, videoreportaj tayyorladi. Ekologlar aralashuvi bilan daraxt tagiga to‘kilgan qorishmalar Yunusobod tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tozalab olindi. Voqea joyiga Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomuradov ham bordi. Ekologiya qo‘mitasi, Ekopatrul va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida mazkur hududda 24 soat nazorat o‘rnatilishi belgilandi. Bunga qadar, dekabr oyi o‘rtalarida 10 tupi noma’lum shaxslar tomonidan yarmigacha arralab ketilgan edi. Ekologlar botanika bog‘i mutaxassislarini jalb qilgan holda zararlangan daraxtlarni saqlab qolish uchun ularning tanasidagi jarohatlarni davolab, yopishdi va ularni raqamlashdi. Qolaversa, jamoatchilik vakillarining qarshiligiga qaramasdan 10 yanvarga o‘tar kechasi niqobdagi noma’lum shaxslar 4 tup eldor qarag‘ayini kesib tashlashdi. Agar odamlar arra ovozini eshitib, chiqib qolmaganida ko‘proq daraxtlar nobud bo‘lishi mumkin edi. Ma’lumot o‘rnida, daraxtlarni kesishga urinishlar ularni kesishga doir moratoriy etilgan davrda sodir etilmoqda. Prezidentning 30 dekabrdagi farmoni bilan moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi. O‘zbekistonda 1 martdan esa «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanadi. Toshkent shahar hokimligi hozirga qadar ushbu bahsli yer uchastkasi yuzasidan izoh bermadi.
5Jamiyat
“Real” 2015 yil noyabridan buyon eng salbiy natijasini qayd etdi “Real” jamoasi Ispaniya Kubogi chorak final ilk o`yini doirasida “Selta”ga qarshi bahs olib borib, 1:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi. 40 o`yindan iborat mag`lubiyatsiz seriyadan so`ng “Qirollik klubi” qatorasiga ikkinchi mag`lubiyatga qabul qilib oldi. “Championat.com” nashrining xabar berishicha, madridliklar 2015 yilning noyabr oyidan buyon ilk marta ketma-ket ikki o`yinda mag`lubiyatga uchradi. O`shanda jamoani ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites boshqarib borgandi. Eslatib o`tamiz, “Real”ning avvalgi  mag`lubiyati Ispaniya chempionati doirasida “Sevilya”dan (1:2) qabul qilib olingandi.
13Sport
Chinozda o‘z otasining boshiga bolg‘a bilan urgan shaxs ushlandi Toshkent viloyatining Chinoz tumanida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi. Ma'lum bo‘lishicha, 23 aprel soat 19.00larda, Bog‘bon mahallasi Bog‘bon ko‘chasida yashovchi, 1996 y.t. M.N. uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi otasi, 1959 y.t. V.N.ning bosh qismiga bolg‘a bilan urib jarohat yetkazgan.  Natijada V.N. kasalxonaga yotqizilgan. M.N. ushlangan.
5Jamiyat
Toshkentda navbatdagi “soxta” militsioner qo‘lga olindi 2017 yil 17 aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan Qibray tumaniga o‘tadigan “Qoramurt” blok-postida xizmat vazifasini o‘tayotgan xodimlar tomonidan Toshkent viloyatiga chiqib ketayotgan fuqaroga tegishli Kobalt rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Haydovchi o‘zini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shaxsiy tarkib bilan ishlash inspeksiyasi boshlig‘i Bo‘ronov deb tanishtirgan va xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan. Surishtiruv jarayonida ushbu guvohnoma qalbakilashtirilgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi 3-qismi ya'ni rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va undan foydalanish jinoyat alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bo‘ronovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.  Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning matbuot brifingida aytishicha, mazkur fuqaro o‘zidagi soxta guvohnomadan foydalangan holda turli jinoyatlarni, firibgarliklarni amalga oshirgan bo‘lishi ehtimol. Shu sababli, quyidagi suratdagi shaxsdan aziyat chekkan, jabrlangan, aldovga uchganlar bo‘lsa, 102 qisqa raqami orqali telefon qilish yoki yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlari so‘raladi.
8O‘zbekiston
MBPM va “TBC Bank” ATB Humo kartalari bilan Gruziyada to'lov qilish imkoniyatini ishga tushirish to'g'risida kelishuv imzoladi “Banklar va riteyl. Raqamli transformatsiya va o'zaro aloqa” O'zbekiston 2022 xalqaro PLAS-forumi doirasida 25 may kuni Milliy banklararo protsessing markazi hamda “TBC Bank” ATB o'rtasida Gruziya hududida O'zbekiston banklarida ochilgan Humo kartalariga xizmat ko'rsatish bo'yicha loyihaning ishga tushirilishi to'g'risida kelishuv imzolandi. Iyun oyining oxiri va iyul oyining boshida O'zbekiston fuqarolari Gruziya bo'ylab qilgan sayohati chog'ida Humo kartalaridan to'siqsiz foydalanishlari: savdo nuqtalarida to'lov qilishlari va TBC Bank bankomatlari orqali naqd pul yechib olishlari mumkin bo'ladi. Milliy banklararo protsessing markazi direktori Qurbonov Shuhratbek Ravshanbekovich bunga shunday izoh berdi: “xalqaro o'yinchilar bilan strategik hamkorlik qilish biz uchun juda muhim, chunki kartalarimizni ham O'zbekistonda, ham mamlakat tashqarisida foydalanuvchilar uchun qulayroq qilish maqsadida kartalar amal qiladigan hududni kengaytirishdan manfaatdormiz”. Spartak Tetrashvili, “TBC Bank” ATB boshqaruv raisi: “Biz TBC Bank sifatida O'zbekistonda nafaqat loyihalarning realizatsiyasi bilan shug'ullanamiz, balki O'zbekistondan Gruziyaga amalga oshiriladigan bank operatsiyalari hajmini kengaytirishga ham ko'maklashamiz. Humo kartalarining innovatsion platformasi uni xalqaro bank tizimlariga qiyinchiliksiz integratsiya qilishga hamda mijoz tajribasini yaxshilashga imkon beradi”. 26 may kuni PLAS-Forum doirasida Shuhratbek Qurbonov “To'lov biznesi. Barcha azimutlar bo'yicha rivojlanish” nomli sessiyaning moderatori bo'ladi, va shuningdek “Banklararo hamkorlik va xalqaro loyihalar. O'zaro aloqaning muhim yo'nalishlari. Milliy to'lov tizimlarining integratsiya istiqbollari” mavzusi bilan chiqish qiladi. 26 may kuni Spartak Tetrashvili “Fintex 2022 va neobanklar. Asosiy trendlar” mavzusiga bag'ishlangan davra suhbatining moderatori bo'lishi kutilmoqda. “TBC Bank” ATB haqida TBC Bank 30 yillik tarixga ega bo'lib, Gruziya va Kavkaz orti mamlakatlarining eng yirik banki hisoblanadi. 2016 yildan boshlab TBC Bank aktsiyalari London Stock Exchange birjasida taqdim etilgan. O'tgan yil mobaynida London fond birjasida TBC Bank aktsiyalarining kotirovkalari 44,95 foizga ko'tarildi, kompaniya aktsiyalarining umumiy narxi esa 1 milliard AQSh dollarini (784, 14 mln funt sterling) tashkil qiladi. TBC Bank 2020 yilning oktabr oyida ilk raqamli bank sifatida O'zbekiston bozoriga kirib keldi. Hozirga kelib TBC UZ ilovasini 2 milliondan ko'proq kishi yuklab olgan. 2021 yil sentyabrining oxirida ikki institutsional investor – ETTB va IFC har biri TBC UZ loyihasining 20% ulushini sotib olish to'g'risida kelishuvga erishdi. Ilk badal miqdori ikki investorning har biri uchun 9,4 million AQSh dollarini tashkil qildi. Bank raqamli formatdagi quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: pul o'tkazmalari, kreditlar, depozitlar, bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati, bank kartalari hamda xizmatlarga to'lov qilish. Barcha to'lovlarni TBC UZ ilovasi orqali amalga oshirish mumkin. Bank o'z mahsulotlari ro'yxatini kengaytirish ustida faol ish olib boradi hamda insonlar hayotini hozir va shu yerda yaxshilashga intiladi. OAV uchun qo'shimcha ma'lumot: Milliy banklararo protsessing markazi haqida (MBPM): 2019 yilning 1 mayidan yangi Humo to'lov tizimi kartalarining emissiyasi boshlandi. 2019 yilning iyul oyida MBPM tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tib, PCI DSS xalqaro xavfsizlik standarti talablariga mos keladigan sertifikatni qo'lga kiritdi. Standart talablari Visa va Mastercard xalqaro to'lov tizimlari bilan ishlaydigan barcha kompaniyalarga nisbatan joriy etiladi. 2019 yilning dekabridayoq tizimga Mastercard hamda Visa to'lov tizimlari integratsiya qilindi, o'sha oyning o'zida O'zbekistonda ilk bor metropolitenning barcha stantsiyalarida Humo kartalari orqali yo'l haqini aloqasiz to'lash tartibi joriy etildi. 2022 yilning may oyiga kelib butun respublika bo'ylab 4 300 dan ortiq bankomat va 230 000 ta terminal o'rnatildi, 10 000 000 ta karta muomalaga chiqarildi. Karta egalari yashab turgan shaharlaridagi kartaga xizmat ko'rsatish nuqtalari haqida ma'lumotlarni humocard.uz saytida, “Karta egalariga” deb nomlangan bo'limda olishlari mumkin. Quyidagi havola orqali o'tib, shaharni tanlash kerak. Shunda Humo terminali qaerda mavjudligi haqida ma'lumot paydo bo'ladi. Shuningdek, Humo to'lov tizimiga xizmat ko'rsatuvchi bankomatlarning joylashuvi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin. Milliy banklararo protsessing markazining tashkil etilishidan ko'zlangan asosiy maqsad – to'lovlarning uzluksiz amalga oshirilishini ta'minlash, innovatsion mahsulotlarni ilgari surish, bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va to'lov xizmatlari bozorida raqobatdosh muhitni rivojlantirish. Humo to'lov tizimi: OAV uchun qo'shimcha ma'lumot:
4Iqtisodiyot
Zelenskiy Qrimni Rossiyadan qaytarib olish o‘zining ustuvor vazifasi ekanligini aytdi «Biz Qora dengiz hududida 2ta Ukraina harbiy-dengiz bazasini qurishni boshlaymiz», – degan prezident. Zelenskiyning tushuntirishicha, rasmiy Kiyev Ukraina hududini boshqalarga berib qo‘ymaydigan armiya tashkil qilmoqda. Qrimni «jangsiz» berib qo‘yganlar esa javobgarlikka tortilishi kerak. «Biz Ukrainani quruqlikda, dengizda, havoda va kiber maydonda himoya qila oladigan armiya quramiz. Bizning hududiy yaxlitligimiz va suverenitetimizga daxl qilish boshqa hech kimning xayoliga ham kelmasin. Boshqalar Ukraina hududining bir qismini bitta ham o‘q otmasdan tortib olish mumkin deya o‘ylamasin», – dedi Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatda gap hudud haqida emas, adolat haqida ketmoqda. Shu bilan birga, Zelenskiy Donbassda tinchlik o‘rnatish va Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan Qrimni qaytarib olish ustuvor vazifa ekanligini ta'kidladi.
2Dunyo
Ronaldu suriyalik bolalarga: Men mashhur futbolchiman, biroq haqiqiy qahramonlar – bu sizsiz "Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronaldu suriyalik bolalar video-murojaat yo‘lladi.  "Bu murojaat suriyalik bolalarga atalgan. Sizlar hozir juda qiynalayotganingizni bilamiz. Men mashhur futbolchiman, biroq haqiqiy qahramonlar – bu sizsiz. Umidingizni uzmang. Dunyo siz bilan. Biz siz haqingizda qayg‘uramiz. Men siz bilanman", – dedi futbolchi.  Save the Children xayriya tashkiloti Ronaldu Halab va Suriyaning boshqa hududlaridagi oilalar uchun kiyim, yegulik va dori-darmon olish uchun saxiy ehson qilganini ma'lum qildi.
13Sport
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida YTFXning boshqaruvchi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 2015-yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa tashqi faoliyat xizmatining Toshkent shahriga kelgan adminstrativ va moliyaviy masalalar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Patrik Entoni Chayld bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalar ko‘rib chiqildi, hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ikki tomonlama munosabatlarni institutsionallashtirish masalalariga hamda turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular ham muhokama qilindi. Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi boshlig‘i, elchi Yuriy Shterk ishtirok etdi.
8O‘zbekiston
Tanzila Norboyeva Kattaqo‘rg‘onda ochilishi kutilayotgan 2 ta OTM loyihasi bilan tanishdi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 21-may kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahriga tashrif buyurdi. Turli vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat 33 nafar ishchi guruh a’zolari tomonidan obyektlar o‘rganildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi. Senat raisi ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan obyektlarda bo‘ldi. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova O‘zbekiston Prezidenti bilan bo‘lgan muloqotda shaharda ikkita institut tashkil etish taklifini ilgari surgan edi. Xususan, Samarqand davlat universitetining pedagogika instituti filiali uchun zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv korpusi, kutubxona, talabalar turar joyi va sport maydonchasidan iborat sobiq akademik litsey binosi tavsiya etilgan. Bundan tashqari, transport kolleji o‘rnida Toshkent avtomobil yo‘llari institutining Samarqand filialini tashkil etilishi mo‘ljallangan. Tanzila Norboyeva tashrif chog‘ida ushbu loyihalar bilan tanishdi. Bo‘lajak institutlarning kadrlar salohiyati va talabalarni qamrab olish imkoniyati bilan qiziqdi. Shundan so‘ng Senat raisi shahardagi “Yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi. Shu yerning o‘zida korxonaning ishlab chiqarish quvvati va foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ishlab chiqilgan dasturga binoan ushbu aksionerlik jamiyatiga tutash bo‘sh yer maydonida kichik sanoat zonasi bunyod etish rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, tumandagi Davlatobod ko‘chasidagi ayni damda mavjud uylar o‘tgan asrning o‘rtalarida qurilgan bo‘lib, bugungi kun talablariga javob bermaydi. Shu bois ushbu hududda zamonaviy ko‘p qavatli uylar qad rostlashi mo‘ljallangan bo‘lib, Davlatobod ko‘chasi atrofida quriladigan ko‘p qavatli uylar reja-loyihasi taqdim qilindi. Tashrif mobaynida Tanzila Norboyeva aholi, xususan, tadbirkorlar murojaatlariga e’tibor qaratib, ishbilarmonlar tomonidan taqdim qilingan 100 dan ortiq loyiha bilan tanishdi. Tadbirkorlarning muammolarini bartaraf etish maqsadida ularni banklar rahbariyati bilan uchrashuvini ham tashkil qildi. Eslatib o‘tamiz, 13-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Kattaqo‘rg‘on shahrini ham rivojlantirilishga alohida to‘xtalib, vazifalar belgilangan edi. Bunda asosiy e’tibor Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlaridagi 1200 gektar lalmi va yaylov yerlarni Kattaqo‘rg‘on shahri aholisiga foydalanishga berish orqali 5 ming kishini ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yilgandi. Avvalroq Samarqand shahrini Pastdarg‘om, Nurobod, Samarqand tumanlari hisobiga kengaytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Toshkent, Qo`qon va Farg`ona shaharlarida "Muqimiy" badiiy filmining taqdimoti o`tkazildi Avval xabar qilganimizdek, 26 mart kuni “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O`zbekfilm” Davlat unitar korxonasi tomonidan suratga olingan “Muqimiy” tarixiy badiiy filmining taqdimoti o`tkazildi.   Tadbirga film ijodkorlari, oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari va talabalari, ommaviy axborot vositalari vakillari, madaniyat va san`at arboblari, shoir va yozuvchilar ishtirok etishdi.   Taqdimot marosimida ta`kidlanganidek, Muhammad Aminxo`ja Muqimiy  (1850-1903) o`zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri sanaladi. U tarximizning eng murakkab, dolg`ali yillarida yashab ijod qildi. Turmush qiyinchiliklari, davr mashaqqqatlariga qaramay, o`z she`rlarida adolat va haqiqatni, vafo va sadoqatni, ezgulik va muhabbatni tarannum etdi.   Filmda Muqimiyning hayoti va ijodi, u yashagan davr fojialari, xalqimizning boshiga tushgan musibatlar ilmiy va adabiy manbalar asosida yoritilgan. Ushbu kinoasar Qo`qon va Buxoro shaharlarida hamda Toshkent viloyatida tasvirga olingan.   Tomoshabinlar filmda Muqimiy bilan birga Furqat, Muhayyir, Kamiy singari shoirlar, N.Ostroumov singari tarixiy shaxslar  siymosini taniqli aktyorlar talqinida ko`rishlari mumkin. Muqimiy rolini yosh aktyor Ulug`bek Rustamov ijro etgan. Ssenariy muallifi Rustam Jabborov, Postanovkachi rejissyor – Fotih Jalolov.   Filmda O`zbekiston Xalq shoiri Sobir Abdullaning “Muqimiy” romani motivlaridan foydalanilgan. Musiqalarni Tohir Qo`ziev bastalagan. Bundan ancha yillar ilgari O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raev tomonidan ijro etilgan, muqimiy she`ri bilan aytiladigan “Yodimga tushdi” qo`shig`i filmning saundtreki sifatida Shohjahon Jo`raev ijrosida kuylangani ham alohida tahsinga loyiq.   “Muqimiy” tarixiy badiiy filmining taqdimoti 28 mart kuni Qo`qon, 29 martda esa Farg`ona shaharlarida o`tkazildi.
7Madaniyat
O`zbekistonda dollar, evro, rubl kursi yana pastladi Markaziy bank 20 apreldan boshlab xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko`ra, dollarning rasmiy kursi 18.65 so`mga tushib,  bir dollar 11 259,37 so`mni tashkil qilmoqda. Evro kursi 13,38 so`mga arzonlab, 12 158,99 so`mga teng bo`ldi. Rubl kursi esa 0.12 so`mga pastladi. Endi 1 rubl 141,97 so`mni tashkil etmoqda.
4Iqtisodiyot
Fotogalereya: Hayratlanarli sochlarga ega bo‘lgan kishilar Soch inson go‘zalligini ta’minlovchi qismlardan biri. Ba’zilarning sochlari esa ko‘pchilikni hayratda qoldiradi. AdMe ana shunday sochlarga e’tibor qaratdi.
3Foto
Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari “Tolibon”ning 2 yetakchisini yo‘q qildi Afg‘oniston hukumati qo‘shinlari bilan to‘qnashuvda “Tolibon”ning Qunduz viloyati Dasht Archi tumanidagi yetakchisi Mulavi Shaha Mahumda va harakatning 11 jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot markazi rahbarining o‘rinbosari Favad Omonga tayanib, “Interfaks” xabar berdi. Bir kun oldin “Tolibon” mamlakatning shimoli-sharqidagi Taxor viloyati markazi Talukan va Badaxshon viloyati markazi Fayzobod shaharlariga katta hujumlar uyushtirib, mamlakat janubi-g‘arbidagi Nimro‘z viloyati markazi Zaranj shahriga deyarli jangsiz kirib borgan. “‘Tolibon’ning Badaxshon viloyati markazi Fayzobod shahri va Taxor viloyati poytaxti Talukan shahriga uyushtirgan hujumlari Afg‘oniston milliy armiyasi va xalq ko‘ngilli kuchlari tomonidan qaytarildi. Shaharlar chekkasidagi javob operatsiyasi chog‘ida o‘nlab jangarilar o‘ldirildi va yaralandi”, — deya qo‘shimcha qildi Omon. Uning xabariga ko‘ra, o‘tgan tunda Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari Nimro‘z viloyati markazi Zaranj shahridagi “Tolibon” pozitsiyalariga aviazarbalar yo‘llagan, natijada harakatning yana bir yetakchisi Abdul Xoliq va boshqa 14 jangari yo‘q qilingan. O‘tgan bir sutkada milliy mudofaa kuchlari hammasi bo‘lib “Tolibon”ning 385 jangarisini yo‘q qilgan, 210 jangarini yaralagan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Zaranjning ayrim tumanlarini jangarilar bosib olgani haqidagi videolar paydo bo‘lgan edi. Mahalliy manbalarning ta’kidlashicha, shaharning katta qismi hech qanday qarshiliksiz “Tolibon” nazorati ostiga o‘tgan. Aholi joylagan videolarda viloyat qamoqxonasi ma’muriyati va soqchilari qochib ketganidan so‘ng, o‘nlab mahbuslar hibsdan chiqib ketayotgani tasvirlangan. Afg‘onistondan AQSh kontingentini olib chiqish boshlangach mamlakatdagi vaziyat keskinlashdi. 22-iyul kuni Tolibon Afg‘oniston chegaralarining 90 foizini nazorat qilayotganini aytdi, rasmiylar buni inkor etmoqda. Yevroittifoqning Afg‘onistondagi maxsus elchisi vazifasini bajaruvchi Tomas Niklassonning aytishicha, agar “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni harbiy yo‘l bilan egallab oladigan bo‘lsa, ularning hukumati Yevroittifoq va mintaqadagi ko‘pchilik davlatlar tomonidan tan olinmaydi. Avvalroq Rossiya Afg‘onistondagi hokimiyat “Tolibon” jangarilari tomonidan to‘liq egallab olinishi ssenariysiga tayyorligi, ammo voqealarning bunday rivojlanishini haqiqatdan yiroq deb hisoblashini ma’lum qilgandi.
2Dunyo
ICC–2018. PSJ penaltilar seriyasida “Roma”dan ustun keldi (Video) Evropaning top klublari yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida dunyoning turli hil shaharlarida o`tkazilayotgan International Champions Cup an`anaviy tijorat turnirida ishtirok etishmoqda. AQShning Detroyt shahrida Rimning “Roma” hamda Fransiyaning “PSJ” klublari o`rtasida bellashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida durang bilan tugagach, jamoalar penaltilar seriyasida o`z omadlarini sinab ko`rishdi. Yakunda 3:5 hisobida parijliklar g`alabani tantana qilishdi. Quyida o`yin tafsilotlari va videosini tomosha qiling. “Roma” (Italiya) – “PSJ” (Fransiya) – 1:1 (0:1) Penaltilar seriyasi – 3:5 Gollar: 0:1 – Markinos (36), 1:1 – Umar (60). “Roma”: Alisson, Bruno Peres, Moreno (Kastan, 46), Manolas (Fasio, 46), Jezus (Sek, 84), Gonalon (de Rossi, 61), Iturbe (Jerson, 46), Strotman (Nainggolan, 46), Lorenso Pellegrini (Tumminello, 46), Perotti (Antonuchchi, 61), Jeko (Umar, 46). “PSJ”: Areolya, Dani Alves (Nkunku, 69), Kurzava (Yuri, 72), Markinos, Tiago Silva (Kimpembe, 46), Rabo (Matyuidi, 46), Lukas Moura, Tiago Motta (Kallegari, 69), Lo Chelso (Bernede, 82), Pastore (Gedesh, 69), Xese (Eduar, 82).
13Sport
Shavkat Mirziyoyev bundan avval 2018-yil mart oyida Samarqandga borgan edi. Shundan so‘ng viloyatda nimalar o‘zgardi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi islohotlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish va istiqboldagi rejalarni belgilab olish maqsadida 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga keldi. “Zarnews” prezidentning viloyatga avvalgi tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar qay tarzda amalga oshirilganini sarhisob qildi. O‘zbekiston Prezidenti 2018-yil 17—18-mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishib, tuman va shaharlarda qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘lamini kengaytirish, sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi. O‘tgan davr mobaynida mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish va servis yo‘nalishlarida umumiy qiymati 2 417,0 milliard so‘mlik 1142 ta loyiha ishga tushirilib, 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2018-yilda Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish Dasturi doirasida sanoat yo‘nalishi bo‘yicha jami 88 ta loyiha amalga oshirilib, 1322,3 miliard so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 58,267 million AQSh dollarini tashkil etdi. Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi Farmoniga asosan tashkil etilgan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 16 loyihani amalga oshirish uchun 67,0 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritildi va 690 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Ushbu korxonalar tomonidan 112,3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 5,2 million AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Viloyatimizning turizm salohiyatini oshirish borasida ham aniq dasturlar asosida ish olib borilmoqda. Bugungi kunda viloyatda mehmonxonalar soni 119 taga yetkazilib, yotoq o‘rinlari 2017 yilga nisbatan 1060 taga ko‘paydi. Jumladan, 22 ta uy mehmonxonalari tashkil etildi. Mehnat bozorida turizm sohasida malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, davlat rahbari tashabbusi bilan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti ish boshladi. Turistik xizmatlar eksporti hajmi 649,6 million AQSh dollarini tashkil etdi va o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 2,6 baravarga o‘sdi. Tashrif davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimotlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
8O‘zbekiston
Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi AQShning Qualcomm kompaniyasi Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi. Kompaniya da’vo arizasiga ko‘ra, Apple ishlab chiqarish jarayonida bir qator patentlarni buzmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Unga ko‘ra, iPhone smartfonlarini ishlab chiqarish jarayonida Qualcomm tomonidan yaratilgan texnologiyalar qo‘llanilmoqda, biroq Apple buning uchun haq to‘lamayapti. Gap sensorli ekranlarda va qurilmaning energiya iste’molini boshqarish tizimlarida qo‘llanilgan texnologiyalar haqida bormoqda. Qualcomm kompaniyasi vakili Kristin Trimblning so‘zlariga ko‘ra, bu Apple foydalanayotgan va huquqiy jihatdan Qualcomm’ga tegishli texnologiyalarning bir qismi, xolos. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Qualcomm’ning Apple’ga qarshi da’vosi 29-sentabr kuni sudga topshirilgan va sud hujjatlari hali e’lon qilinganicha yo‘q. Qualcomm kompaniyasi iyul oyida Apple ustidan AQShning Xalqaro savdo bo‘yicha federal komissiyasiga shikoyat qilgan edi. O‘shanda kompaniya Apple’ni oltita patentdan noqonuniy foydalanishda ayblab, iPhone’ning AQShga import qilinishini taqiqlashni tala etgan edi.
14Texnologiya
EgyptAir samolyotini olib qochgan shaxs 8 kunga qamaldi EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli samolyotni olib qochgan misrlik fuqaro sakkiz sutkaga qamaldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. Sayfiddin Mustafoga nisbatan bunday qarorni Larnaki sudi qabul qildi. Sayfiddin Mustafo qaroqchilik, portlovchi moslamalarni noqonuniy saqlash, insonlarni o`g`irlash va ularning harakatlanishini noqonuniy cheklash va terrorchilikda ayblanmoqda.  EgyptAir aviakompaniyasining Iskandariya-Qohira yo`nalishida parvoz qilayotgan Airbus A320 samolyoti 29 mart kuni qo`lga olingan edi. Keyinroq, samolyot aslida oilaviy kelishmovchiliklar sabab olib qochilgani ma`lum bo`ldi.
2Dunyo
Otabek Fozilkarimov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi Qayd etilishicha, Otabek Fozilkarimov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Otabek Fozilkarimov 1986 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U o‘z vaqtida Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash, sport va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha budjet siyosati departamenti direktori lavozimida ishlagan.  2020 yilda Moliya vazirligining Ijtimoiy himoya sohasida budjet siyosati departamenti direktorining o‘rinbosari – aholini ijtimoiy muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash sohasida budjet siyosati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. O.Fozilkarimov shu kungacha Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash va sport sohalarida budjet siyosati departamenti direktori sifatida ishlab kelayotgandi. Bundan avval Abdulla Azizov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi. 2019 yil sentabr oyidan 2020 yil iyul oyiga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Abdulla Azizov 2020 yil yozida Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatidagi o‘zgarishlar vaqtida vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
8O‘zbekiston
Tez va oson: taom tayyorlashni yoqimli mashg‘ulotga aylantirishga yordam beradigan layfxaklar AdMe nashri vaqtingizni tejaydigan va sevimli taomlaringizni yanada mazali tayyorlash bo‘yicha maslahatlar to‘plamini tayyorladi. Tuxumni kartoshka ezgich bilan oson maydalash mumkin Agar qaynatilgan tuxumni maydalashingiz kerak bo‘lsa, masalan, pirog yoki salat uchun, pichoqni olishga shoshilmang. Ishingiz kartoshka maydalagich bilan ancha tez va oson bitadi. Asosiysi, juda maydalanib ketmasligi uchun uni haddan tashqari ko‘p ezmang. Quymoq xamirini sushi tayoqchasi yordamida bir tekis taqsimlash mumkin Quymoq xamirini tovaga bir tekis va yupqa qilib yoyish qiyin bo‘lishi mumkin. Mukammal yumaloq shakldagi quymoq chiqishi uchun sushi tayoqchasini egib, xamir ustidan yurgizing. Limonni qirg‘ichdan osongina chiqarish uchun avval muzlatish kerak Limon po‘sti sous va kokteyllardan tortib ovqat va pishiriqlargacha bo‘lgan ko‘plab taomlarning mashhur tarkibiy qismidir. Achchiqroq oq qatlamga tegmasdan ustidagi po‘stini osongina maydalash uchun limonni muzlating. Bundan tashqari, limonad tayyorlashni yaxshi ko‘rsangiz, muzlatib, eritilgan sitrus mevalardan sharbat chiqarish ehtimoli ko‘proq ekanini unutmang. Sariyog‘ni yumshatish uchun mikroto‘lqinli pechdan ko‘ra suv hammomidan foydalangan ma’qul Ba’zan muzlatkichdagi sariyog‘ni zudlik bilan yumshatish kerak bo‘ladi. Bunday paytlarda sariyog‘ni mikroto‘lqinli pechda eritgandan ko‘ra idishga solib, suv hammomiga qo‘yish yaxshiroq yechim bo‘ladi. Qo‘ldagi piyoz hidini xom kartoshka yordamida osongina ketkazish mumkin Piyoz to‘g‘ralgandan keyin duch kelinadigan muammo — bu terida qoladigan va qo‘llarni sovun bilan qayta-qayta yuvgandan keyin ham yo‘qolmaydigan o‘tkir hid. Biroq buning yo‘li bor: piyoz hidini ketkazish uchun bir bo‘lak xom kartoshkani barmoqlaringizga surting. Tuxum yaxshiroq archilishi uchun ularni qaynatish emas, balki pechda pishirgan ma’qul Ko‘pchilik tuxumni silliq archolmay, jig‘ibiyron bo‘ladi. Yaxshiyamki, bu muammoning yechimi bor. Pechni 160 darajaga qizdirib, tuxumni keks idishiga soling va 30 daqiqa davomida pishiring. Keyin 10 daqiqaga sovuq suvga solib qo‘ying. Tuxumni po‘stlog‘idan oson tozalash uchun qaynayotganda idishga bir bo‘lak limon soling Agar ko‘proq tuxum pishirishingiz kerak bo‘lsa-yu, pech bo‘lmasa, buning boshqa usuli ham bor: pishirish paytida idishga bir bo‘lak limon soling. Natijada tuxum po‘stidan osongina ajraladi. Piyoz ko‘zingizni yoshlamasligi uchun uni muzlatkichda soviting Buning uchun piyozni sovitkichga 30 daqiqaga qo‘yish yoki muzxonasida 15 daqiqa muzlatish mumkin. Natijada piyoz suvi bilan birga ajraladigan moddalar zararsizlanadi va ko‘z yoshi to‘kilishiga sabab bo‘lmaydi.
1Ayollar
Tojikiston bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga kelmoqda Toshkentda 14-15 may kunlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya 14 may kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat obektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan, deyiladi O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabarida. Bundan oldin, Tojikistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangani ma'lum qilingandi.
2Dunyo
Iqtisodchilar bahsi: kim haq? Internetda iqtisodchi Yuliy Yusupovning “Hukumatni qanday qilib samarador qilish kerak” degan yangi maqolasiga Iqtisod fanlari doktori, ISMI bosh ilmiy xodimi Dmitriy Trostyanskiy quyidagicha munosabat bildirdi: "Maqolada muallif davlatning burchlari deb o`zi bilgan omillarni ochib berishga harakat qilgan. Davlat qonun doirasida harakat qiladi, aholi manfaatlarini ko`zlab ishlaydi, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratadi, bozorlarda o`yin qoidalarining samarali bo`lishini ta`minlaydi, ta`lim va sog`liqni saqlash tizimining samarali faoliyatini tashkil qiladi, shuningdek ba`zi bozor kamchiliklarini tuzatadi. Shu bilan birga, O`zbekiston rivojlanayotgan mamlakat ekanligini unutmaslik kerak. Rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar o`rtasidagi farq shundan iboratki, iqtisodiyot va biznes rivojlanayotgan davlatlarda rivojlangan davlatlardagi kabi raqobatbardosh emas va shuning uchun ularni yo`naltiruvchi davlat siyosatisiz rivojlantirish deyarli imkonsiz. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, odatda, iqtisodiy maqsadlar rivojlanganlarga qaraganda kengroqdir. Bularga iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash, mamlakatning rivojlanish maqsadlariga erishish va vazifalarini ado etish; iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish, iqtisodiy faoliyatni rag`batlantirish, asosiy tarmoqlarni rivojlantirish va infratuzilmani taraqqiy topdirish; ijtimoiy adolatni ta`minlash, jamiyatning zaif qatlamlari manfaatlarini himoya qilish, sog`liqni saqlash, ta`lim, uy-joy, jamoat transportini qo`llab-quvvatlash kabilardan iborat. Davlat kuchli va har bir ishga qodir bo`lishi kerak, bunda muallif haqdir. Ammo buning uchun mamlakatning rivojlanishiga to`sqinlik qiladigan muammolarni hal qilish uchun funksional tayyor bo`lishi lozim. Buning uchun zarur vakolatlarga ega bo`lishi talab etiladi. Respublikada iqtisodiyotni, biznesni va aholini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash yo`nalishlari tizimi hozirgi rivojlanish bosqichidagi vazifalarga mos keladi. Davlat dasturlari doirasida tashkil etilgan korxonalar to`g`risida gapirganda, muallif “ular cheklangan raqobat, ulkan imtiyozlar va/yoki davlatning in`eksiyalari bilan mavjud bo`lishi va faoliyatini davom ettirishi mumkin” deb ta`kidlaydi. Aslida, shunday ham bo`lishi mumkin, ammo biznes-rejalardagi xatolar, shuningdek, ilgari qilingan hisob-kitoblarni buzish, jahon bozorida yuzaga kelgan o`zgarishlar ham istisno qilinmaydi.  Investisiyalar foydalanishga topshirilgan birinchi kundan boshlab, kutilgan natijalarga javob bermaydigan holatlar mavjud deyilgan fikrga qo`shilish mumkin. Ammo bunday holatlar juda kamdan-kam uchraydi va ular tabiiyki loyihaviy quvvatiga etguncha va oxir-oqibat qiymat zanjiriga qo`shilgunga qadar davlat tomonidan ko`pincha qo`llab-quvvatlanadi.  Muallifning “bizning davlat boshqaruv tizimimiz sovet davridan beri deyarli isloh qilinmagan” degan postulasi, ayniqsa, o`tish davrining boshidanoq iqtisodiy tahlillarda ishtirok etgan kishi tomonidan aytilgan gaplarni chalkashtirib yuboradi.  Aynan mana shu davr talablaridan kelib chiqqan holda davlat boshqaruvi tizimida islohotlarning yangi bosqichini boshlashga turtki beradigan zarurat paydo bo`ldi. 2017 yildan boshlab iqtisodiyotni va ijtimoiy hayotni erkinlashtirish tomon davlat siyosatining deyarli barcha yo`nalishlarini isloh qilish bo`yicha tub chora-tadbirlar ko`rildi. O`zbekiston Respublikasida ma`muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilindi. Shu nuqtai nazardan, davlat xizmatlarini ko`rsatish markazlarini yaratish amaliyotlarini ko`rib chiqish mumkin. Fuqarolarning o`zlari, bunday markazlarning faoliyati ularga qanchalik yordam berganini, vaqt, asab va kuchni sarf qilmasdan kerakli hujjatlar va materiallarni olish osonlashdimi-yo`qmi, halollik bilan baholaydilar. Ammo bu erda ikki tomon, xalq va davlat o`zaro munosabatda bo`lgan fuqarolarga nisbatan davlatning aksincha emas, balki davlat xalqqa xizmat qilishi kerakligi tamoyiliga asoslangan haqiqiy o`zgarish seziladi. Boshqa tomondan, so`nggi yillarda davlat dasturlari va konseptual hujjatlarni ishlab chiqishdagi real o`zgarishlarni payqash qiyin emas. Ushbu hujjatlarning loyihalari regulation.gov.uz portalida ochiq kirish uchun taqdim etiladi va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinadi, bu esa ularning ishlab chiqarish sifatini oshirishga yordam beradi. Biroq, muallifning o`zi bu ishda faol ishtirok etgan bo`lib, u valyuta siyosatining liberallashtirilishini olqishlamoqda, yangi Soliq kodeksida kiritilgan yangi soliq siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish va ilgari surishda ishtirok etganini aytadi. So`nggi paytlarda mamlakatda juda ko`p ishlar qilindi, ammo ularni global o`zgarishlar deb bo`lmaydi, ammo aholi uchun ularning ahamiyati katta. Shunday qilib, ro`yxatdan o`tish bilan bog`liq muammolar bartaraf etilishi munosabati bilan, bugungi kunda toshkentlik tadbirkor Andijon va Buxorodagi hamkasblari bilan osonlikcha Toshkentda o`z biznesini ochishi mumkin. Shuningdek, bolalar mehnati yo`q qilinishi munosabati bilan bolalar o`zlarining o`qishlariga e`tibor qaratishlari mumkin. Bu, albatta, ularning kelajagiga ijobiy ta`sir qiladi. Muallif amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor bo`lganligi sababli, undan o`zining mahalliy tajribasi, amalga oshirilayotgan islohotlarda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar va bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish bo`yicha konstruktiv takliflarni kutish mumkin. Ammo davlat boshqaruv tizimida barcha amaldorlarni almashtirishni taklif qilish to`g`ri emas. Bu fikrni utopiya deyish mumkin. Pandemiya munosabati bilan hukumatning ustuvor vazifalari hayotni saqlab qolish, oziq-ovqat va zarur dori-darmonlar bilan ta`minlash, karantin cheklovlari sharoitida barcha tarmoqlarning ishini yo`lga qo`yish, aholining eng zaif qatlamlariga ijtimoiy yordam ko`rsatishdan iborat edi. Umuman olganda, maqolada iqtisodiy boshqaruv shakllari va usullariga oid hech qanday oqilona takliflar berilmagan. Maqolaning oxirida muallifning asosiy argumenti keltirilgan. U hukumat tuzilmasida rejalarning barchasi aniq emasligi va shu jihatdan tub o`zgarishlarni amalga oshirish zarurligini ta`kidlaydi. Tahlillar shuni ko`rsatdiki, loyiha hududida qishloq xo`jaligi ekinlari, xususan, dehqon xo`jaliklarida mevalar 312 foizga, fermer xo`jaliklarida 283 foizga, uzum hosili 125 foizga oshdi. Loyiha hududidagi aholi punktini suv bosishi ham 80% ga, 64,7 dan 13,1% ga kamaydi. 583 ming kishi loyihadan to`g`ridan-to`g`ri foyda oluvchilar bo`lib, ularning 49 foizini ayollar tashkil etadi Iqtisodiy siyosatning samaradorligi yoki samarasizligi haqida gapirganda, ko`proq ob`ektiv mezonlar va signallarga tayanish yaxshiroqdir. Muallif oddiy faktlarni inobatga olmaydi: Jahon bankining “Doing Business” hisobotida, O`zbekiston 4 yil ichida 18 pog`onaga ko`tarilib, 2020 yilda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng yuqori ko`rsatkichni ko`rsatgan 20 mamlakat qatoriga kirdi. The Economist jurnali e`tirofiga e`tibor bermaydi. Jurnal O`zbekistonni 2019 yilda Yil mamlakati deb e`lon qildi. Xuddi shu yili Transparency International.ningkorrupsiyani idrok etish reytingida O`zbekiston darhol 5 pog`onaga ko`tarildi va 2017 yilda EBRR O`zbekistondagi faoliyatini qayta boshladi. So`z erkinligi yangi O`zbekistonning ajralmas qismidir. Ko`p muammolar mavjudligini inkor etish yordam bermaydi va bir tomonlama maqtash yoki tanqid qilish ham vaziyatni og`irlashtiradi hamda islohotlarni sekinlashtiradi. Bizning vazifamiz - tashxis qo`yish va aniq echimlarni topish, bu degani demografik yoki utopik emas".
4Iqtisodiyot
Qurol saqlash qoidasiga rioya qilmagan opa o‘z singlisini otib qo‘ydi Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi. Qayd etilishicha, 27 mart kuni soat 21.30larda, “Yoshlik” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan N.E. uyida shkaf ichidan, birga yashovchi buvasi D.E.ga tegishli tir pnevmatik miltig‘ini olib o‘ynayotgan vaqtida bexosdan miltiqdan o‘q otilib ketib birga yashovchi singlisi, 2012 yilda tug‘ilgan E.E.ning peshona qismiga tegib, jarohat olib, Toshkent shahrida joylashgan RShTYoIMga yotqizilgan.  Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
G20 ga yo‘l olgan Putinning samolyoti NATOga a’zo mamlakatlarni aylanib o‘tdi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning samolyoti 6-iyul kuni Moskvadan G20 sammiti bo‘lib o‘tadigan Gamburg shahriga parvoz qilarkan, NATOga a’zo hisoblangan Boltiqbo‘yi mamlakatlari hamda Polshani aylanib o‘tgan. Bu haqda FlightRadar24 ma’lumotlariga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda. Meduza’ning yozishicha, Rossiya prezidentining samolyoti odatdagi yo‘nalish o‘rniga Finlyandiya va Shvetsiya havo kengliklariga kirgan holda, Germaniyaga Boltiq dengizi orqali parvoz qilgan. Qayd etishlaricha, so‘nggi bir yil davomida Vladimir Putinning samolyotlari biror marta Yevroittifoq mamlakatlari ustidan o‘tadigan parvozlardan chekinmagan edi. Xususan, Putin bir necha bor Polsha havo kengliklaridan uchib o‘tgan. Rossiya prezidentining aviaqatnovi yo‘nalishi o‘zgarishlari sabablari hozircha noma’lum. Ayni vaqtda, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov mazkur axborotga izoh berishdan bosh tortdi. Ma’lumot uchun, 2017-yilning iyun oyida NATO qiruvchi samolyotlari bortida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bo‘lgan laynerga ikki marta yaqinlashgan edi. Bu voqealar Boltiq dengizi osmonida, Shoygu Mudofaa vazirligining Kaliningraddagi yig‘ilishiga borib, qaytayotganida yuz bergan edi.
2Dunyo
Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti rektori Samarqand davlat tibbiyot institutiga keldi Samarqand davlat tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan tizimdagi xalqaro aloqalarni kengaytirish, muhim kelishuvlar hamda istiqbolli shartnomalarning imzolanishiga erishilib, ahamiyatga molik xalqaro konferensiyalar va vebinarlar o‘tkazib kelinyapti. Mazkur yo‘nalishlardagi ishlarning bajarilishidan maqsad, tibbiyot sohasidagi yangiliklar, ilmiy va tibbiy innovatsiyalar, shuningdek, ta'lim berishda xalqaro tajribalar bazasini SamDTIda shakllantirib, zamon talabiga mos mutaxassislar tayyorlashda faol ishtirok etishdan iborat. Aynan shu maqsadlarni ko‘zlagan yana bir xalqaro hamkorlik 10 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot institutiga Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti (Olmaota, Qozog‘iston Respublikasi) delegatsiyasining rasmiy tashrifi asnosida amalga oshirildi. Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti qo‘shni davlatning yirik xususiy tibbiyot muassasalaridan biri bo‘lib, tibbiyotning ko‘plab ixtisosliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlaydi. Universitet mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘ziga xos dasturlari mavjud oliygoh sifatida nom qozongan. Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti rektori, professor Nurlan Jaynakbayev va xalqaro hamkorlik va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori Aleksandr Li SamDTI rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashib, ilmiy va ta'lim sohasida kadrlar tayyorlash va hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi. SamDTIda o‘tkazilgan muzokaralarda Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, uchrashuvda rektorlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan tomonlarning qarashlari hamda yondashuvlarini, ilmiy izlanishlar va tibbiyot sohasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash istiqbollarini tahlil etishdi. Kelgusida ikki oliygoh professor-o‘qituvchilari, talabalar akademik almashuvi, ilmiy-tadqiqot va o‘quv ta'lim sohasida, shu jumladan, qo‘shma dastur asosida kadrlarni tayyorlash, hamkorlikda o‘quv va ilmiy adabiyotlarni nashr ettirish bo‘yicha kelishib olindi. Yana bir muhim jihat, joriy yilning 16-17 aprel kunlari SamDTIda o‘tkaziladigan “Stomatologiyada estetik restavratsiyalash mahorati” Xalqaro olimpiadasida mazkur oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtiroki bo‘yicha ham kelishib olindi. Samarqand tavlat tibbiyot instituti matbuot xizmati.
8O‘zbekiston
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Toshkent—Urganch—Toshkent yo‘nalishlarida qo‘shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 2018-yilning 18 va 25-may kunlari  Toshkent—Urganch—Toshkent  yo‘nalishlarida qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. Parvozlar zamonaviy avialaynerlarda quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt): 18-may: HY-011 Toshkent 07:00 — Urganch 08:40 HY-011 Urganch 09:20 — Nukus 10:00 HY-012 Nukus 10:40 — Toshkent 12:15 25-may: HY-051 Toshkent 08:00 — Urganch 09:40 HY-052 Urganch 10:20 — Toshkent 11:50
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zg O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-son “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 7-yanvardagi 3-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3128, 2019-yil 23-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 10/19/3128/2527-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandda: “to‘lov kontrakt asosida,” degan so‘zlardan keyin “o‘zbek, rus va ingliz ta’lim tillarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim sirtqi, kechki shakllarda, shu jumladan masofaviy o‘qitishni qo‘llash bilan amalga oshirilishi mumkin.”. 2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2. Oliy maktab magistraturasi dasturlari bo‘yicha o‘qitish yetakchi ixtisoslashgan xorijiy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan xalqaro kelishuvlarda nazarda tutilgan o‘quv rejalar, dasturlar va jadvallar asosida “ikki diplom” (double degreye) modeli bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Nomzodlarni “ikki diplom” (double degreye) modeli bo‘yicha Oliy maktab magistraturasiga o‘qishga qabul qilish xalqaro kelishuvlarning talablariga muvofiq amalga oshiriladi. “Ikki diplom” (double degreye) modeli bo‘yicha o‘qishni bitirgandan so‘ng xorijiy ta’lim muassasasining diplomi va tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi magistr darajasi diplomi beriladi.”. 3. 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Oliy maktab magistraturasida mutaxassislarni tayyorlashni ishlab chiqarish (amaliy) (kamida bir yil) va ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan dasturlar asosida amalga oshiradi.”. 4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4. Oliy maktab magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari yozma imtihon va test sinovlari shaklida (bundan buyon matnda kirish imtihonlari deb yuritiladi) amalga oshiriladi. Oliy maktab magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari magistraturada o‘qiydigan tilda o‘tkaziladi va bu haqda magistraturaga kirish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilishi lozim. Kirish imtihonlari magistratura mutaxassisliklari va o‘qitish tillariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi. Kirish imtihonlari uchun maksimal ball 100 ballni tashkil etadi, ushbu ballar quyidagilardan tashkil topadi: mutaxassislik fanlari bo‘yicha — 0 balldan 75 ballgacha; ingliz tili fani bo‘yicha — 0 balldan 25 ballgacha. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, shuningdek, kirish imtihonlari o‘qish yilida ikki marta (yozgi va qishki qabul davrlarida) amalga oshiriladi.”. 5. 7-bandda “o‘qishga qabul qilishning yillik kvotasi” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek kirish imtihonlari fanlari, dasturlari, natijalarni baholash mezonlari ro‘yxati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 6. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Oliy maktab magistraturasiga oliy ma’lumotga, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda olingan oliy ma’lumotga (diplomli mutaxassis, bakalavr) ega bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi. Bunda xorijiy mamlakatlarda olingan diplomlar tegishli tartibda nostrifikatsiyalangan bo‘lishi lozim. Ingliz tilini V2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy malaka sertifikati yoki CEFR (Common European Framework of Reference) bo‘yicha B2, IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 5,5 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini ingliz ta’lim tilida bitirgan nomzodlar ingliz tili bo‘yicha imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Ularga mazkur fandan belgilangan maksimal ball beriladi.”. 7. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Oliy maktab magistraturasiga kirish istagini bildirgan nomzodlar Oliy maktabning rasmiy veb-sayti (bundan buyon matnda veb-sayt deb yuritiladi) orqali Oliy maktabning direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishadi: oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi; 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat; pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi); ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo‘lsa). Oliy maktab magistraturasiga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.”. 8. 13 va 14-bandlardagi “test sinovlarida” degan so‘zlar “kirish imtihonlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi Komissiya tomonidan belgilanadi. Kirish imtihonlarining savollari Komissiya tomonidan tuziladi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha Komissiya tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi. Nomzodlarning kirish imtihonlaridan qayta o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.”. 10. 16 va 33-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 11. 25-banddagi “imtihon natijalari” va “uch kun” degan so‘zlar tegishlicha “kirish imtihonlari natijalari” va “uch ish kuni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “26. Apellatsiya komissiyasining tarkibi va uning ish reglamenti Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellatsiya komissiyasining tarkibi qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar orasidan shakllantiriladi. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini uch ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida nomzodga shu kunning o‘zida yozma ravishda xabar beradi.”. 13. 30-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, belgilangan namunadagi sertifikat (guvohnoma) beriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlarini, shuningdek boshqa shaxslarni loyiha boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha, shuningdek sud boshqaruvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;”. 14. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tinglovchilarni o‘quv kurslarida o‘qitish tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.”. 15. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “32. O‘quv kurslarining qiymati Agentlik bilan kelishilgan holda Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. O‘quv kurslarini o‘tkazish sanasi, davomiyligi, ta’lim shakli, shartnoma shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari, to‘lovlarni amalga oshirish tartibi va o‘quv kurslari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.”.
10Qonunchilik
Qozog‘istonda politsiyachining yangi standarti joriy qilinadi Qozog‘iston ichki ishlar vazirligida Qozog‘iston politsiyasi qanday o‘zgarishi ma'lum qilindi.     Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, prezident ma'muriyati boshchiligida Qozog‘iston politsiyasini modernizatsiyalash bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish boshlangan. Ichki ishlar vazirligi xodimlar sonini optimallashtirish, boshqaruv bo‘g‘inlarini qisqartirish, politsiyani unga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod etish, jamiyatning ishonch darajasi va aholida xavfsizlik hissini mo‘ljal olgan holda politsiyani baholash mezonlarini tubdan o‘zgartirish rejalashtirilmoqda.  Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Qasimov aholi bilan ishlashning zamonaviy shakllari, xodimlarni tanlash, joylashtirish va xizmat bo‘yicha ko‘tarilish tizimidan tortib ust-boshning o‘zgarishigacha masalalarni qamrab olgan politsiyachining yangi standarti tasdiqlanishini ma'lum qilgan.   Bundan tashqari, Qasimov jinoyatchilikka qarshi kurash va viloyatlarda huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘yicha ishni faollashtirishni topshirgan. Bunda asosiy e'tiborni jinoyatlarning katta qismini tashkil qiluvchi o‘g‘riliklarga qaratish kerakligiga urg‘u berilgan. Vazirlikda ma'lum qilinishicha, joriy yilning 9 oyi davomida jinoyatlar soni 9 foizga (20,7 mingtagacha) kamaygan. Bezorilik, o‘g‘rilik, bosqinchilik, yo‘lto‘sarlik, jamoat joylari va ko‘chalarda, mast holatda, avval sudlanganlar va balog‘atga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni kamaygani qayd qilingan.
2Dunyo