text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Koronavirus epidemiyasi vaqtida bir martalik qo‘lqop taqish foyda beradimi? Bugungi epidemiya davrida koronavirusdan saqlanish uchun himoya vositalarini qo‘llash qoidalariga qat’iy amal qilish muhim hisoblanadi. Bu borada qo‘lqoplarning o‘rni qanday? “Daryo” Meduza’da e’lon qilingan maqolani tarjima tariqasida taqdim etadi. Ba’zi odamlar qo‘lqoplar koronavirusdan himoyalanishda yordam beradi, shu sababli uydan tashqarida qo‘lqop kiyib yurish kerak deb hisoblaydi. Demak, buni tekshirib ko‘ramiz. Aslida, qo‘lqop zarurmi? Aftidan yo‘q, kerak emas. To‘g‘rirog‘i, turli tibbiyot tashkilotlari qo‘lqoplarni quyidagi xavfli holatlardagina taqish kerak, degan tavsiyani bermoqda: JSST boshqa holatlarda qo‘lqop taqish kerakmi, degan savolga alohida javob berib o‘tgan: “Yo‘q, sizni COVID-19’dan rezina qo‘lqopdan ko‘ra, qo‘llarni sovunlab yuvish yaxshiroq himoya qiladi”. Alohida ekspertlar ham ushbu fikrni ma’qullagan. Xo‘sh, nega? Chunki katta ehtimol bilan bu baribir samara bermaydi. Tibbiyot xodimlari xavf yuqori bo‘lgan vaziyatlarda va asosan ikki sababga ko‘ra qo‘lqop taqadi: Tibbiyot xodimlarida qo‘lqop taqishga bo‘lgan talab juda qat’iy. Masalan, bitta bemor ko‘rigi uchun kamida bir juft qo‘lqop ketadi. Boz ustiga, qo‘lqop taqqan holda eshik tutqichi, chiroq dastaklari va boshqa buyumlarga teginish, ushlash mumkin emas. Aks holda, ushbu buyumlar ham xuddi kir qo‘llar singari xavfli virus va bakteriyalarning tarqalish manbayiga aylanib qoladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham qo‘lqoplar tibbiyot xodimlarini to‘liq muhofazalamaydi, shuning uchun ular qo‘llarini tez-tez va to‘g‘ri yuvishi zarur. Agar qo‘lqopdan noto‘g‘ri foydalanilsa, bundan aytarli naf chiqmaydi (ko‘pincha odam o‘zi tushunmay shu ishni qilsa, odatda, noto‘g‘ri foydalanadi). Qo‘lqop taqib ham odam virus va bakteriyalarni faol tashib yurishi mumkin. Ba’zan yuzga kamroq teginish uchun istalgan turdagi qo‘lqoplar taqish tavsiya qilinadi. Lekin bu tavsiya hammaga ham yordam beravermaydi, chunki odamlar bunda ham yuzga tegishda davom etadi. Bu esa yuzga kir qo‘l bilan teginish va unga shilliq virus va bakteriyalarni eltib qo‘yish bilan teng. Ba’zilar ko‘zi yoki burnini qashish uchun qo‘lqopni yechib turadi, oqibatda, qo‘lqopning ichki yuzasini kirlatadi xolos. Odam qo‘lqopni yechayotganida uning qo‘llari qo‘lqopsiz ishlagandek darajada bo‘lmasa ham baribir sezilarli ifloslanadi. Shu sababli oddiy turmush sharoitida qo‘llarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuvish muhim. Agar bu zaruriyat bo‘lsa, uy sharoitida qo‘lqopni qanday taqib yurish (yoki yechish) kerak? Qo‘lqop o‘z vazifasini bajarishi uchun bir necha qoidaga amal qilish darkor:
8O‘zbekiston
Toshkent metrosida 67 yoshli fuqaro relslarga tushib ketdi Bugun, 3 dekabr kuni taxminan soat 8:45da «Pushkin» metro bekatidagi temiryo‘l relslariga 67 yoshli kishi yiqilib tushdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda. Qayd etilishicha, IIB xodimlari shu zahotiyoq metro elektropoyezdini to‘xtatib, jabrlangan kishiga yordam ko‘rsatishgan.  Yiqilgan kishi yengil tan jarohatlari olgan. Hodisaga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi xabarda.
5Jamiyat
Millionlab kishilar Android uchun yangi virus qurboniga aylandi Google Play do‘konidagi kamida uchta ommabop dastur reklama virusi tarqatuvchisi bo‘lib chiqdi, deb yozadi  “Rossiyskaya gazeta”. Ular foydalanuvchiga virus bilan zararlanish to‘g‘risida ogohlantirish beruvchi yoki smartfon uchun qandaydir dasturni yuklab olishni taklif qiluvchi bannerlarni namoyish qiladi. Avast antivirus kompaniyasi xabariga ko‘ra, bular 5—10 million martalab yuklab olingan “Durak”, “IQ-Test” va “Istoriya Rossii” dasturlaridir. Bularning barchasi ayni paytda Google Play’dan o‘chirib tashlangan, biroq ular millionlab qurilmalar xotirasida saqlanib qolgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, qurilma egalari o‘z smartfon va planshetlarini antivirus tekshiruvidan o‘tkazishi kerak.
14Texnologiya
“Real Madrid” — “Atletiko Madrid” uchrashuvidan fotoreportaj Toshkent vaqti bilan 29-mayga o‘tar kechasi Milanning “San-Siro” stadionida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Atletiko Madrid” klubiga qarshi maydonga tushgan “Real Madrid” jamoasi penaltilar seriyasiga 5:3 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z tarixida 11-marta Yevropaning tengsiz klubi deb topildi. Uchrashuvdan tayyorlangan fotoreportaj bilan quyida tanishishingiz mumkin.
13Sport
Dunyoda koronavirus yetib bormagan to‘rt mamlakat nomi ma’lum qilindi Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus yetib bormagan to‘rtta mamlakat qoldi.  Hukumatlari birorta ham koronavirus yuqtirish holatini tasdiqlamagan dastlabki ikki mamlakat Turkmaniston va Shimoliy Koreyadir. Turkmanistonda pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatga kirishga qat’iy cheklovlar o‘rnatilgan. Iyulda 18 yoshdan katta barchani majburan emlash kampaniyasi boshlangan. Hozirda respublika aholisining 80 foizi emlab bo‘lingan. KXDRda ham pandemiyaga qarshi turish uchun qat’iy karantin joriy etilgan. Mamlakat birinchilardan bo‘lib yo‘lovchilar tashishni taqiqlagan, xorijdan keltiriladigan mahsulotlar dezinfeksiya qilinadi. Ovqatlanish muassasalarida beshdan ortiq kishi guruh bo‘lib to‘planishi mumkin emas, niqob taqish, qo‘llarni dezinfeksiya qilish majburiy. Okeaniyadagi yana ikki davlat koronavirusdan xoli mamlakat bo‘lib turibdi. JSST ma’lumotiga ko‘ra, bular aholisi 10,9 ming kishini tashkil etuvchi Nauru hamda 11,7 ming kishi yashovchi Tuvalu davlatlaridir.  Nauruda favqulodda holat joriy etilgan – orolga keluvchilar ikki haftalik karantinda bo‘lishi majburiy, boshqa davlatlar bilan aviaqatnovlar to‘xtatilgan. May oyida Nauru hukumati 108 foiz aholini emlab, rekord o‘rnatganini ma’lum qildi. Bu xato emas, gap shundaki, aholidan tashqari, orolga kelgan turistlar ham emlangan. Tuvaluda ham favqulodda holat e’lon qilingan: mamlakatga kirish cheklangan, karantin joriy etilgan. Chegara faqat zarur mahsulotlar olib keluvchi kema va samolyotlar uchungina ochiq.
2Dunyo
Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi Hukumatning 2019 yil 11 sentyabrdagi qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi. Nizomga ko‘ra, eksport qiluvchi tashkilotlarga agentlik tomonidan quyidagi miqdorlarda moliyaviy yordam taqdim etiladi: respublika va xorijda xalqaro standartlash va sertifikatlash tizimlarini joriy etish — 100 foiz, lekin 20 000 AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; taqdimot va reklama kompaniyalarini o‘tkazish — 100 foiz, lekin bir korxona uchun yilning bir choragida 5 000 AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish — 50 foiz miqdorda; xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish — 100 foiz, lekin 10 000 AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; xorijiy mamlakatlardagi biznes-seminar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish — Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan smetaga muvofiq; kelgusidagi ko‘rgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish — 100 foiz miqdorda.
4Iqtisodiyot
“Yulduzlar jangi”ning sakkizinchi epizodi aktyorlari tarkibi e’lon qilindi Walt Disney kompaniyasi 15-fevralda suratga olish ishlari boshlangan “Yulduzlar jangi: VIII epizod” filmining aktyorlari tarkibini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Unga ko‘ra, samoviy saganing navbatdagi qismida Kerri Fisher, Mark Xemill, Adam Drayver, Jon Boyega, Deyzi Ridli, Lupita Niongo, Oskar Ayzek, Donal Glison, Gvendolin Kristi, Entoni Deniyels va Endi Serkis suratga tushadi. “Samoviy saganing suratga olish jarayonida birinchi marta ‘Oskar’ mukofoti sovrindori aktyor Benisio Del Toro, ‘Oskar’ mukofotiga nomzod aktrisa Lora Dern va iste’dodli aktrisa Kelli Mari Tren ishtirok etadi”, — deyiladi The Walt Disney Company CIS press-rezilida. “Yulduzlar jangi”ning sakkizinchi epizodi premyerasi 2017-yilning 15-dekabrida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Film rejissori ba’zi sahnalarni ochiq kosmosda, IMAX kamerasi yordamida tasvirga olishni rejalashtirgan.
7Madaniyat
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida koronavirusga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi Qayd etilishicha, 1- va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus va pnevmoniya bilan kasallangan bemorlar keskin kamaygani inobatga olinib, muassasalar bazasidan unumli foydalanish hamda kelgusida ularning faoliyatini tibbiyotning boshqa yo‘nalishlariga ham moslashtirish maqsadida reabilitatsiya bo‘limlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, ushbu shifoxonalarda koronavirusga oid ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.  Ma'lum qilinishicha, shu maqsadda shifoxonalarda ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi.
8O‘zbekiston
Toshkentning “Lokomotiv” istirohat bog‘ida kartodrom-shaharcha ishga tushdi Toshkent shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘ida jami 1200 kvadrat metr maydondan iborat kartodrom ishga tushdi. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi. “Ferrari Kart” nomli mazkur attraksion o‘zining yo‘llari, chorraha va aylanma harakatlar, yo‘l harakat qoidalari belgilari va nazoratchidan iborat shaharcha ko‘rinishida qurilgan. Istirohat bog‘i vakillarining aytishicha, shaharchadagi harakatning maxsus nozir tomonidan boshqarilishi bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, avtomobil haydash va yo‘lda o‘zni tutish madaniyatini oshiradi. “Ferrari Kart” shaharchasidagi transport vositasi bo‘lgan ekologik toza Ferrari Berg modelidagi velokartlar avtomobil ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniyalarning dizaynerlik uylari bilan hamkorlik qiluvchi Gollandiyaning Berg kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirda kartodromda bolalar (50 kggacha) va kattalar (70 kggacha) uchun mo‘ljallangan velokartlar mavjud. Bundan tashqari, Amerikaning Razor kompaniyasidan Razor Crazy Kart va Razor Go Kart elektr avtomobillari keltiriladi. “Lokomotiv” vakillarining ta’kidlashicha, bunday attraksion Toshkentda ilk bor ishga tushirilgan.
8O‘zbekiston
Maktab direktori jamg‘armasi va o‘qituvchilarning pedagogik yuklamasi bekor qilinishi mumkin Barcha umumta'lim muassasalarda direktor jamg‘armasi tugatilishi va pedagog xodimlarni moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmi ishlab chiqilishi kutilmoqda. Bu Kun.uz muxbiri Xalq ta'limi vazirligidagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi. Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 275-sonli «Umumta'lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi to‘g‘risida»gi Nizomning 6-bandiga muvofiq, direktor jamg‘armasi umumta'lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashkil etgan. Ya'ni, tajribali va namunali o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish mexanizmi sifatida direktor jamg‘armasidan oylik maoshiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘shib berish belgilangandi.​ Ammo, direktor jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan pedagog xodimlarni rag‘batlantiruvchi mablag‘lar so‘nggi paytda sohadagi qog‘ozbozlik, ayrim hollarda «mahalliychilik», «guruhbozliklarni» keltirib chiqargani sir emas. Shu sababdan mutasaddi xodimlar direktor jamg‘armasi o‘rniga zamon talablariga javob beradigan mexanizmni ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan axborot manbasining aytishicha, «​bundan keyin, pedagog xodimlarni moddiy rag‘batlantirish ishlarida asosiy mezon sifatida qaralgan pedagogik yuklama haqidagi hisobot varoqlari o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mas'ul xodimlari mazkur vazifa bilan shug‘ullanadi»​.
8O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev yoʻllarni sifatli qurish boʻyicha koʻrsatmalar berdi 13.04.2018 Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining Toshkent koʻchasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Ushbu koʻcha zamonaviy talablar asosida qayta qurilib, qatnovlar oʻrtasida xavfsizlik toʻsiqlari, energiyatejamkor yoritgichlar oʻrnatilgan. Ikki yonda yashil hudud barpo etilib, gullar va manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosipedlar uchun yoʻlaklar tashkil qilingan. Prezident qurilish sifati va transportlar harakatiga qulayliklarni oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berdi. “Yoʻl qurilishiga shuncha pul ajratayapmiz. Lekin yoʻllarimizning sifati yoʻq, desak adolatdan boʻladi. Bu sohada qurilish hajmi, yoʻl uzunligi ortidan quvmay, avvalo sifatga e’tibor berish kerak. Bir kilometr boʻlsayam, sifatli quringlar. O‘nlab yillar xalqimizga xizmat qilsin, odamlar rozi boʻlsin” dedi Shavkat Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari yoʻl qurilishi va ekspluatatsiyasida ishlatiladigan zamonaviy texnikalarni ham koʻzdan kechirdi.
12Siyosat
Frenk Lempard Xosep Gvardiolaga qarshi. “Chelsi”—“Manchester Siti” uchrashuvi haqida Angliya Premyer Ligasi 31-turining markaziy uchrashuvida 25-iyun, payshanba kuni “Manchester Siti” va “Chelsi” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Frenk Lempard shogirdlari o‘z maydonida Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoani qabul qilib, kim kuchliroq ekaniga aniqlik kiritishga harakat qilib ko‘radi. Mazkur uchrashuv oldidan “Manchester Siti”ning kayfiyati a’lo darajada. Boisi jamoa restartni ajoyib tarzda boshladi. Pep Gvardiola shogirdlari tanaffusdan keyin “Arsenal” (3:0) va “Byornli”ni (5:0) yanchib tashladi. Ushbu natijalarni qoyilmaqom deb baholash ham mumkin, chunki “shaharliklar” so‘nggi o‘yinini 8-mart sanasida o‘tkazgandi. Bu yerda murabbiylar shtabining katta hajmdagi ishni amalga oshirganini ta’kidlab o‘tish darkor. Agar ushbu tendensiya davom etadigan bo‘lsa, “Manchester Siti” Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumida g‘alaba qozonish uchun asosiy favoritlardan biriga aylanishi, shubhasiz. “Chelsi” haqida gap ketganda esa, Frenk Lempard jamoasi bitta o‘yin o‘tkazib, unda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa “Aston Villa” maydoniga safar qilib, 2:1 hisobida g‘alaba bilan ortga qaytdi. Bellashuvda dastlab “ko‘klar” imkoniyatni boy berayotgandi, biroq ikkinchi bo‘limda jamoa ikki daqiqada ichida ikkita gol urdi. Va bu uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘ldi. Gvardiola “Chelsi”ga qarshi o‘yinda “Arsenal” va “Byornli”ga qarshi harakat qilgan tarkibga biroz o‘zgartirish kiritishi mumkinligini istisno qilmadi. Ispaniyalik mutaxassis e’tiborning katta qismini Angliya Kubogiga (“Nyukasl” bilan o‘yinga) qaratmoqchi. Gvardiola uchun bu o‘yin finalga teng. O‘yinning ahamiyatini oshirib beradigan yana bir jihat shundaki, agar “Chelsi” “Manchester Siti”dan ochko oladigan bo‘lsa, “Liverpul” 31-turning o‘zidayoq chempionlikni tantana qilishi mumkin. London klubining mag‘lubiyatdan boshqa har qanday natijasi “Liverpul”ga 30 yil kutilgan chempionlikni taqdim etadi. Mazkur o‘yinda “Chelsi”ga Fikayo Tomori (jarohat) va Kallum Hadson-Odoi (sport formasida emas) yordam bera olmasa, “Manchester Siti”da Serxio Aguero jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi. Eslatib o‘tamiz, tomonlarning birinchi davradagi uchrashuvida “Manchester Siti” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yinga oid qiziq faktlar: Ikkala jamoa o‘rtasidagi jami to‘qnashuvlar statistikasi Taxminiy tarkiblar: “Chelsi”: Kepa — Ryudiger, Kristensen, Alonso, Aspilikueta — Jorjinyo, Kante, Kovachich — Pulishich, Jiru, Villian “Manchester Siti”: Ederson — Uoker, Fernandinyo, Lyaport, Mendi — de Bryuyne, Rodri, Gundo‘g‘an — Sterling, Jezus, Foden Murabbiylar o‘yin oldidan qanday fikrda? Bizning qiladigan ishlarimiz bor. Vazifamiz — so‘nggi bir necha mavsumda dunyoning eng yaxshi klublaridan biri bo‘lib turgan jamoa bilan kurashish va ijobiy natijaga erishishga harakat qilishdir. Frenk Lempard “Chelsi” ustozi Tarkibimiz futbolchilarning maydonda qancha vaqt o‘tkazganiga va ularning jismoniy holatiga bog‘liq. Biz “Chelsi” bilan bo‘ladigan uchrashuvdan oldinroqqa qarayapmiz. Jamoamiz hali ham har uch kunda 90 daqiqadan o‘ynashga tayyor emas. Xosep Gvardiola “Manchester Siti” bosh murabbiyi 31-tur bahsi 25-iyundan (payshanba) 26-iyunga (juma) o‘tar kechasi 00:15 da
13Sport
Polsha Rossiyaning uch nafar diplomatini «persona non grata» deb e'lon qildi Polsha hukumati uch nafar rossiyalik diplomatni «persona non grata» deb e'lon qildi.  «Elchiga Polshadagi Rossiya Federatsiyasi elchixonasining uch nafar xodimi «persona non grata» deb e'lon qilingani to‘g‘risidagi diplomatik nota topshirildi», — deyiladi Polsha tashqi ishlar vazirligi bayonotida. Polsha TIVning bildirishicha, «bunga ushbu shaxslarning diplomatik maqom shartlarini buzishi hamda Polsha Respublikasiga zarar yetkazuvchi harakatlari sabab bo‘lgan». Avvalroq AQSh Rossiyaning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasida ishlovchi 10 nafar xodimni o‘z hududidan chiqarib yuborayotgani ma'lum qilingandi.
2Dunyo
Manchini: “Men Angliyadagi eng zo‘r murabbiyman” Yakshanba kungi Angliya kubogi doirasida “Lids” bilan bo‘lgan o‘yinda g‘alaba qozongan “Manchester Siti” ustozining fikricha, u Angliyadagi eng zo‘r murabbiy. “So‘nggi 15 oy ichidagi Angliyaning eng zo‘r murabbiyi menman”, - deydi Manchini  BBC'ga bergan intervyusida. “Ba’zilar olti oydan buyon “Siti”ning murabbiyi o‘zgarishi va klubga Gvardiola bosh murabbiy bo‘lishi haqida gapirishayotgandi. U “Bavariya”ni tanlaganidan so‘ng esa, endilikda boshqa murabbiylar haqida gapirishmoqda. Men bir marta Premyer-ligada g‘olib bo‘ldim, bir marta Angliya Kubogini yutdim va bir marta Angliya Superkubogida zafar quchdim, xuddi menga o‘xshab so‘nggi 15 oy ichida mana shunday g‘alabalarga erishgan murabbiy yo‘q. Va bu oddiy haqiqat”, - dedi Manchini. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, bugungi kunda Manchini rahbarligidagi so‘nggi chempion “Siti” APLda 12 ochkolik farq bilan “MYu”dan ortda bormoqda.
13Sport
Toshkentda 15 yoshli qiz uch nafar shaxs tomonidan zo`rlandi Toshkentda 15 yoshli qizcha uch nafar shaxs tomonidan zo`rlandi. Ulardan biri qizchaning o`qituvchisi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.  Ma`lum bo`lishicha, Mirobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko`ra, 2021 yil 27 aprel kuni o`rta maktab 8 sinf o`quvchisi 2006 yilda tug`ilgan voyaga etmagan qizga nisbatan dastlab 1991 yilda tug`ilgan Anvar X. tomonidan, keyinchalik uning ikki nafar tanishi – Mansurjon M. va Boymuhammedov G. tomonidan jinsiy turdagi jinoyat sodir etilgani to`g`risida xabar kelib tushgan. Mazkur fakt bo`yicha 2021 yil 30 aprel kuni gumonlanuvchilarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128 moddasi (“O`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.  5 may kuni Anvar X.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128 moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblov taqdim etilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanildi. Mansurjon M. va Boymuhammad G.lar tergovdan yashiringanliklari sababli joriy yilning 20 may kuni jinoyat ishining ularga nisbatan qo`zg`atilgan qismi alohida yuritiladigan bo`ldi. Anvar X.ga nisbatan qo`zg`atilgan ish bo`yicha to`plangan hujjatlar Mirobod tumani jinoyat ishlari bo`yicha sudiga yo`naltirildi.  1 iyun kuni ikkala fuqarolar ham qo`lga olinib, gumonlanuvchilar tariqasida jinoyat ishiga jalb qilindilar. Joriy yilning 30 iyun kuni Mansurjon M. va Boymuhammad G.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128 moddasi bo`yicha ayblov taqdim etildi. Shu kunning o`zida dastlabki tergov yakunlanib, jinoyat ishi sudga oshirildi. Tergov organi tomonidan ayblanuvchilarning aybini isbotlovchi barcha dalillar to`plandi, yakuniy baho sud tomonidan beriladi.
6Jinoyat
«Yuventus» - «Monako». Tarkiblar ma'lum Yevropa chempionlar ligasining 1/2 final dastlabki javob uchrashuvida maydonga tushadigan futbolchilar nomi ma'lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, mezbonlar tarkibida o‘tgan uchrashuvga nisbatan birgina o‘zgarish Sami Xediraning qaytishi bo‘lgan. «Monako» esa tarkibda bir yo‘la uchta nominal markaziy himoyachi bilan boshlaydigan bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi. «Yuventus» - «Monako» «Yuventus: Buffon, Bardzali, Bonuchchi, Kellini, Dani Alvesh, Pyanich, Xedira, Sandro, Dibala, Mandjukich, Higuain «Monako»: Subashich, Rajji, Jyemerson, Glik, Sidibe, Moutino, Bakayoko, Dirar, Silva, Falkao, Mbappe.
13Sport
Prezident: «Buyuk tariximizni, allomalarimiz merosini xalqimizga, yoshlarimizga to‘liq yetkazib berolmadik» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 may kuni poytaxtdagi Suzuk ota majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda. Shu yerda diniy ulamolar, nuroniylar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari ularni Ramazon oyi bilan yana bir bor tabriklab, yangilangan majmuaning shunday ulug‘ ayyom kunlarda ochilishi xayrli ekanini ta'kidladi. - Boshqa davlatlar yo‘q tarixini bor qilishga harakat qiladi. Biz buyuk tariximizni, allomalarimiz merosini xalqimizga, yoshlarimizga to‘liq yetkazib berolmadik. O‘zligimizni anglash nuqtai nazaridan shunday joylarga e'tibor bersak, bunga hamma e'tibor qaratadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.  Ma'lumki, Suzuk ota o‘ymakor usta bo‘lgan. Bugun uning qadamjosi atrofida hunarmandchilik uylari tashkil etilgani chuqur mazmun-mohiyat kasb etdi. Ikki qavatli bu xonadonlarning birinchi qavati ustaxona va do‘kon uchun ajratilgan. Bu o‘ziga xos hunarmandchilik markazi bo‘lib, majmua bilan birga noyob turizm maskaniga aylanadi. Prezident ushbu uylarni, yog‘och qirmachilik va xattotlik ustaxonalarini kirib ko‘rdi. - Hunarmandchilik – halol kasb. Bugungi kunda eng katta vazifamiz – ish joylari yaratish. Hunarmandlarga sharoit yaratsak, ham o‘zini boqadi, ham boshqalarni ish bilan ta'minlaydi. Shogirdlar tarbiyalasa, qancha yoshlar hunarli bo‘ladi, o‘z tadbirkorligini ochib, daromad topadi, - dedi davlat rahbari.
8O‘zbekiston
Prezident Geologiya fanlari universitetida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi (foto) Loyihaning birinchi bosqichida o`quv binosi, yotoqxona hamda 2 ta ilmiy institut, kutubxona, geologiya muzeyi binolari qurildi. Ikkinchi bosqichda laboratoriya, Davlat geologiya qo`mitasi ma`muriy binosi, geologiya fondi va sport majmuasi quriladi. Davlatimiz rahbari shu erda talabalar va olimlar bilan suhbatlashdi. Qurilishni sifatli yakunlash yuzasidan tegishli ko`rsatmalar berildi.
5Jamiyat
Usmon Dembele tufayli Xavi va “Barselona” prezidenti o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi “Barselona” prezidenti Xoan Laporta va jamoa bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Usmon Dembele borasida kelisha olmayapti, deb xabar beradi Marca. Manbaga ko‘ra, Laporta Dembelening jamoada boshqa o‘ynamasligini istamoqda. O‘z navbatida Xavi ham Dembelening mavsum oxirigacha klubda qolishini talab qilmagan. Biroq u yarim himoyachining yuqori mahoratini inobatga olgan holda Dembelening jamoaga foydasi tegishi mumkinligiga ishonadi. Xavi, shuningdek, Dembele Pyer-Emerik Obameyangning jamoaga moslashishida muhim rol o‘ynashi mumkin deb hisoblaydi. Boisi ular bungacha “Borussiya D” safida birga to‘p surgan. Qayd etilishicha, yaqin kunlarda tomonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi va unda Dembele masalasi muhokama qilinadi. Eslatib o‘tamiz, Dembele va shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Avvalroq “Barselona” futbolchi bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilmoqchi ekani xabar qilingandi. Agar Dembele bunga rozi bo‘lsa, u erkin agentga aylanadi, kataloniyaliklar esa futbolchi yangi klub topgunicha unga maoshning bir qismini to‘lab beradi. Fransiyalik futbolchi “Barselona” bilan shartnomani bekor qilishdan bosh tortsa, klub buni bir tomonlama amalga oshirishi mumkin. Bu holatda kataloniyaliklar Dembelega 30-iyungacha (uning shartnomasi shu sanada o‘z nihoyasiga yetadi) maoshini to‘liq to‘lashi kerak bo‘ladi. 24 yoshli futbolchi La Liga joriy mavsumida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
13Sport
BMT rahbari global emlash rejasini ishlab chiqish zarurligini e`lon qildi 2021 yil 17 fevral kuni  BMT rahbari Antonio Guterrish Xavfsizlik Kengashi a`zolariga murojaat qildi. U vaksinalarni teng taqsimlash bugungi kunda dunyo hamjamiyati oldida turgan asosiy axloqiy muammo ekanligini ta`kidladi. Bosh kotibning ta`kidlashicha, hozirgi kunga qadar dunyo aholisini emlash jarayoni adolatli va hatto teng deb bo`lmaydi. “Bugungi kunda COVID-19 emlashlarining 75 foizi atigi 10 mamlakatda. Bu orada 130 dan ortiq mamlakatlar bir martalik vaksinani olmadilar », - dedi Guterrish. U pandemiya beqarorlikni kuchaytirayotganini va Xavfsizlik Kengashining 2020 yil 1 iyuldagi 2532-sonli qarama-qarshiliklarning oldini olish va hal etish to`g`risidagi qarorini amalga oshirishga to`sqinlik qilayotganini ta`kidladi. Unda Xavfsizlik Kengashi a`zolari epidemiya bilan bog`liq ravishda harbiy harakatlarning zudlik bilan umuman to`xtatilishini talab qilishdi. Avvalroq, mart oyida Bosh kotibning o`zi jahon hamjamiyatini sulhni universal tarzda to`xtatishga chaqirdi. BMT boshlig`ining ta`kidlashicha, qurolli to`qnashuvlar insoniyatni umumiy dushman - koronavirusga qarshi kurashdan chalg`itadi. U pandemiyada har kim himoya qilinmaguncha hech kimni kasallikdan himoya qilish mumkin emasligini ta`kidlamoqda. «Agar virusning global janubda yong`in kabi tarqalishiga yo`l qo`yilsa, u qayta-qayta mutasiyaga uchraydi. Virusning yangi variantlari yuqumli, xavfli bo`lishi va mavjud vaksinalarning samaradorligiga tahdid solishi mumkin », - dedi Bosh kotib. Natijada, pandemiya davom etadi va virus hali ham Global Shimoliy mamlakatlarga qaytadi, dedi Guterrish. U BMT va uning sheriklari tomonidan yaratilgan COVAX alyansini - boy va kambag`al mamlakatlar o`rtasida vaksinalarni teng ravishda taqsimlash tashabbusini esladi. Biroq, Bosh kotibning ta`kidlashicha, bu etarli emas. U pandemiyaga qarshi kurashish va iqtisodiyotni tiklash, xususan - Global emlash rejasini ishlab chiqish bo`yicha muvofiqlashtirilgan harakatlar zarurligi haqida gapirdi. BMT rahbari G20 davlatlari bunday rejani tuzadigan Favqulodda vaziyatlar bo`yicha tezkor guruhni tuzishi kerak deb hisoblaydi. "Men ushbu sa`y-harakatlarni qo`llab-quvvatlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining butun tizimini safarbar etishga tayyorman", dedi Bosh kotib. "Ushbu hafta oxirida G7 yig`ilishi zarur moliyaviy resurslarni safarbar qilish uchun boshlang`ich nuqtasi bo`lishi mumkin", deb qo`shimcha qildi Guterrish.
2Dunyo
Braziliyada Rio–2016 Olimpiadasida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan 10 kishi qo‘lga olindi Braziliya adliya vaziri Aleshandri di Morayes Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan 10 kishi qo‘lga olinganini tasdiqladi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Vazirlik rasmiylarining ma’lum qilishicha, jinoyatchilarni qo‘lga olish operatsiyasi Braziliyaning to‘qqizta hududida bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Mishel Temer tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxslar qurol va partizanlik taktikasini ishlatishni rejalashtirgan. Eslatib o‘tamiz, 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari 5–21-avgus kunlari Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadi.
13Sport
Ashxobod V Osiyo O‘yinlarini o‘tkazishga tayyor ekanligi ma'lum qilindi Turkmaniston poytaxti Ashxobod 2017 yilda o‘tkaziladigan V Osiyo O‘yinlarini qabul qiladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda bo‘lib o‘tadigan V Osiyo O‘yinlarini o‘tkazishga Ashxobodda qurilishi rejalashtirilgan sport infratuzilmasining 80−85 foizi tayyor holatga keltirilgan. Qolgan sport inshootlari esa 2017 yilning birinchi yarmida foydalanishga topshirilishi aytilgan. Bu haqda Turkmanistonning Toshkentdagi elchixonasi ma'lumotiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda. Ma'lumot uchun: V Osiyo O‘yinlarining yopiq inshootlardagi bahslariga 2017 yil 17 sentabrda start beriladi. Musobaqaga Osiyoning 45 hamda Avstraliya va Okeaniyadan 17 davlat vakili sportning 21 turi bo‘yicha bellashishadi. Osiyo O‘yinlariga turli mamlakatlardan 200 mingdan ziyod ishqibozlarning tashrif buyurishi taxmin qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz: 30 sport obektini o‘z ichiga Olimpiya shaharchasi qurilishi 2010 yilning 5 noyabr kuni boshlangan edi. Majmuaning umumiy maydoni 157 ga ni tashkil etadi.
13Sport
​IELTS imtihoniga tez va oson tayyorgarlik ko‘rmoqchimisiz? Siz IELTS (International English Language Testing System) imtihonini muvaffaqiyatli topshirishni xohlaysizmi? Qisqa muddatda IELTS imtihonidan 5.5/6 ballga ega bo‘lmoqchimisiz? U holda Lily Education ta'lim markazi sizga ko‘mak beradi. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha ingliz tilini o‘rganishga qiziqishi baland bo‘lgan yurtdoshlarni o‘quv markazda bilim olishga taklif qilamiz. Bu markazda haftada uch marotaba tashkil etiladigan pulli darslardan tashqari, BePUL yaratilgan qulayliklardan foydalanishingiz mumkin. O‘quvchilarga: - har oyda MOCK IELTS imtihonini topshirish imkoniyati; - har kuni soat 9:00dan to 20:00ga qadar o‘quv markaz kutubxonasida mustaqil shug‘ullanish; - IELTS practice darslariga qatnashish (noyabr oyidan boshlab har kuni) -Munozara (Debat) kurslari (noyabr oyidan boshlab haftasiga uch marotaba) - Lily Education NTM rahbari Nilufar Haydarova tomonidan o‘tkaziladigan psixologik seminar-treninglarda ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi.  Lily Education barcha e'tiborini faqat ingliz tili va IELTS dasturini o‘rgatishga qaratgan. Shuning uchun sizda IELTS imtihonini topshiruvchi ko‘plab do‘stlar orttirish imkoniyati bor, shuningdek ular bilan hamjihatlikda har kuni fikr almashib, tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin. Hozirga qadar o‘quv markazning IELTS tayyorlov kursini tamomlagan bitiruvchilarning 90-95 foizi rasmiy imtihondan muvaffaqiyatli natijani qo‘lga kiritgan.​ “Lily Education” o'quv markazi Manzil: Chilonzor tumani, Muqimiy ko'chasi, 144/1 Mo'ljal: “Novza” metrosi Telefon: +998 71 278 77 72 Sayt: Liledu.uz Instagram: http://instagram.com/lily_education Email: info@liledu.uz
5Jamiyat
9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida belgilangan. Korrupsiya - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo`lgan ishonchiga jiddiy putur etkazadigan xavfdir. Dunyo davlatlarida buni oldini olish, ya`ni jamiyat rivojiga g`ov bo`layotgan korrupsiya xavfiga qarshi kurashishni ta`minlashga qaratilgan bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, jumladan: – Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloqiy kodeksi (Nyu-York, 1996 yil 12 dekabr); – Korrupsiya bo`yicha jinoiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 27 yanvar); – Korrupsiya bo`yicha fuqaroviy-huquqiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 4 noyabr) va mazkur Konvensiyaga qo`shimcha protokol (Strasburg, 2003 yil 15 may); – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (2003 yil 31 oktyabr).
2Dunyo
Sirdaryo viloyatida joriy yilda tashkiliy ravishda xorijga ketganlar soni 170 nafarni tashkil etadi 2021 yilda tashkiliy ravishda xorijga ketganlar soni 170 nafarni tashkil etadi. Shundan, BAAga - 10 nafar, Rossiyaga - 67 nafar, Qozog‘istonga - 8 nafar, Koreyaga - 9 nafar va boshka davlatlarga - ishlash uchun yuborilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Sirdaryo viloyat filiali boshlig‘i  Sirojiddin Israilov Kun.uz’ga ma'lum qildi. Shuningdek, manzilli ravishda ketganlar  ya'ni, o‘zi topgan ishiga filial qoshidagi maxsus kassadan chipta olib berilgan, subsidiya asosida sug‘urtalangan va bepul sim karta taqdim etilganlar soni - 457 nafarni tashkil etadi. 2021 yil 23 iyul kuni Rossiyaning qurilish korxonalariga ishga yuborish uchun tanlov bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan, tibbiy ko‘rik natijalari ijobiy chiqqan 31 nafar fuqaro 26 iyul kuni Rossiyaning Kaluga viloyati Obninsk shahriga qurilish obektlarida ishlash uchun jo‘nab ketdi. Ushbu fuqarolarni karantin manziliga joylashtirish, ro‘yxatga olish, ishlash huquqini beruvchi patent, 3 mahal ovqat, yotoqxona, maxsus kiyim xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
8O‘zbekiston
Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi olib tashlanmoqda 15 dekabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ko‘rib chiqildi, deya xabar berdi deputat Rasul Kusherbayev o‘z Telegram kanalida. Qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat qilganlik uchun mavjud bo‘lgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilinib, o‘rniga jarima yoki majburiy jamoat ishi jazosi qo‘shilmoqda. Shuningdek, qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga va Jinoyat kodeksiga yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Pornografik mahsulotlarni tarqatish va shavqatsizlikni targ‘ib qilganlik uchun ham jarima miqdorlari oshirilmoqda. Qonun loyihasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan. Loyiha Senatga yuborildi.
5Jamiyat
Rio o‘yinlari sovrindoriga prezident tomonidan sovg‘a qilingan Malibu mashina bozorida sotildi Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Sergeli avtomobil bozorida “Rio-2016” sovrindoriga O‘zbekiston prezidenti sovg‘a qilgan Malibu sotilayotgani aks etgan video tarqaldi. Tasvirda aytilishicha, bunday pozitsiyadagi Malibu’lar O‘zbekistonda 33 dona ishlab chiqarilgan. Videodan skrinshot “Prezident bu mashinani 2016-yilda Rio de-Janeyroda o‘tkazilgan paralimpiya o‘yinlari sovrindoriga sovg‘a qilgan. Avtomobil 57 ming kilometr yurgan. Malibu qora rangda. Unga qo‘shimcha jihozlar ham o‘rnatilgan. Narxi 19 ming dollar”, — degan mashinani sharhlagan kishi. Mashina aynan qaysi sportchiga tegishli ekanligiga aniqlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri videotasvirda aytilgan telefon raqam bilan bog‘landi. Qo‘ng‘iroqqa javob bergan shaxsning aytishicha, Malibu unga tegishli emas. “Men sotuvchiman. Malibu 19 ming dollarga sotildi”, — dedi u. Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 5 ta sport turi bo‘yicha 32 nafar sportchi O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib, 8 ta oltin, 6 ta kumush, 17 ta bronza — jami 31 ta medalni qo‘lga kiritgan va medallar reytingida 16-o‘rinni egallagandi. O‘zbekiston prezidenti qarori bilan oltin medal olgan sportchilarning har biri 200 ming dollardan, kumush medal sohiblari 100 ming dollardan, bronza medalni qo‘lga kiritganlar 75 ming dollardan pul mukofoti va Malibu avtomobili bilan taqdirlangan. Shuningdek, delegatsiya tarkibidagi sportchilar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan sotib olingan Malibu avtomobillari bilan mukofotlangan.
8O‘zbekiston
Turli davlatlar, jumladan, O‘zbekiston aholisining ish haqi necha litr benzin sotib olishga yetadi? Picodi.com tahliliy bo‘limi dunyoning 115 mamlakatida o‘rtacha ish haqiga necha litr benzin sotib olish mumkinligini aniqladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ba'zi mintaqalarda neft qazib olish yo‘q ekaniga qaramay, aholi uchun benzin ancha hamyonbopdir; boshqalarida esa, maosh miqdori va yoqilg‘i litri uchun narx hisobga olinsa, avtomobil harakatlanish vositasi emas, balki hali ham hashamatli narsa bo‘lib qolmoqda. Tojikistonda AI-95 litri nisbatan arzon ($0,81) bo‘lsa-da, o‘rtacha ish haqi juda past, bu pulga faqat taxminan 130 litr sotib olish mumkin. Qozog‘istonda benzin deyarli ikki barobar arzonroqdir ($0,45), mamlakat aholisi 800 litrdan ziyodni sotib olish imkoniyatiga ega. Markaziy Osiyoda Qozog‘iston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Mintaqa bo‘yicha boshqa ma'lumotlar: O‘zbekiston - 238 litr, Qirg‘iziston - 305 litr. Janubiy Kavkaz va Kaspiybo‘yi mintaqasi davlatlarida bu raqamlar ancha yaxshi. Misol uchun, Armaniston va Ozarboyjonda AI-95 uchun narxlar AQSh dollari ekvivalentida bir xil (88 sent), bu mos ravishda 335 va 354 litr benzin sotib olish imkonini beradi. Eng yaxshi natija Gruziyada. O‘rtacha oylik ish haqi 434 litrga yetadi. Rossiyada o‘rtacha oylik ish haqi joriy yilning dastlabki olti oyida 40 ming rublni tashkil etgan. Ushbu davlat ko‘p yillar davomida neft qazib olish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab turganiga qaramay, aholisi ish haqiga 887 litr benzin sotib olishi mumkin. Sobiq SSSR mamlakatlaridan Estoniya va Litva yetakchiga aylandi. Bizning standartlarimiz bo‘yicha Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi benzin narxi juda qimmat, lekin yevrodagi maoshlar evaziga 840 litrdan ziyod yoqilg‘ini sotib olishingiz mumkin. Ukrainada va Moldovada bir litr uchun narx deyarli bir xil ($1,09 va $1,03) - 258 hamda 298 litr.
8O‘zbekiston
Toshkentdagi “Fleshka” savdo markazida sotilayotgan telefonlar narxlari e’lon qilindi “Terabayt.uz” 4-may holatiga ko‘ra, Toshkentdagi “Fleshka” savdo markazida sotilayotgan telefonlar narxlari bilan tanishtirdi. Apple iPhone 6S (16 Gb) – 4 160 000 so‘m Apple iPhone 6S (64 Gb) – 4 810 000 so‘m Apple iPhone 6S ROSE (64 Gb) – 4 810 000 so‘m Apple iPhone 6S (128 Gb) – 5 427 000 so‘m Apple iPhone 6S Plus (16 Gb) – 4 615 000 so‘m Apple iPhone 6S Plus (64 Gb) – 5 460 000 so‘m Apple iPhone 6S Plus (128 Gb) – 5 850 000 so‘m Apple iPhone 6 (16 Gb) – 3 510 000 so‘m Apple iPhone 5S (16 Gb) – 2 405 000 so‘m Apple iPhone SE (16 Gb) – 3 250 000 so‘m Apple iPhone SE (64 Gb) – 4 160 000 so‘m Samsung Galaxy S7 – 3 770 000 so‘m Samsung Galaxy S7 Edge – 4 517 000 so‘m Samsung Galaxy S6 (32 Gb) – 2 795 000 so‘m Samsung Galaxy EdgePlus (32 Gb) – 3 770 000 so‘m Samsung Galaxy S6 Edge (32 Gb) – 3 185 000 so‘m Samsung Galaxy A5 – 1 592 000 so‘m Samsung Galaxy A510 – 1 982 000 so‘m Samsung Galaxy A3 – 1 202 000 so‘m Samsung Galaxy A310 – 1 495 000 so‘m Samsung Galaxy J7 – 1 332 000 so‘m Samsung Galaxy J5 – 1 014 000 so‘m Samsung Galaxy J1 Ace – 565 000 so‘m Samsung Galaxy J1 (6) – 682 000 so‘m Samsung Galaxy J2 – 767 000 so‘m Samsung Note 5 – 3 315 000 so‘m Samsung Note 5 duos – 3 575 000 so‘m Samsung Note 4 – 2 925 000 so‘m HTC ONE (32Gb) – 1 850 000 so‘m HTC DESIRE 310 – 700 000 so‘m HTC DESIRE 500 – 900 000 so‘m HTC DESIRE 510 – 700 000 so‘m HTC DESIRE 820 Mini – 1 040 000 so‘m HTC DESIRE 820 Pluse – 1 950 000 so‘m HTC DESIRE EYE – 2 080 000 so‘m HTC DESIRE ONE M9 – 3 100 000 so‘m HTC DESIRE ONE M9+ – 2 730 000 so‘m HTC DESIRE ONE M9 S – 1 950 000 so‘m HTC DESIRE ONE A9 – 2 242 000 so‘m HTC DESIRE ONE E9 – 2 242 000 so‘m LG G4 (32 Gb, Black, Grey) – 3 120 000so‘m LG G4 stylus – 1 419 000so‘m LG G4 mini – 1 322 000 so‘m LG G3 (32 Gb, Gold, Black) – 2 483 000so‘m LG G2 (16 Gb, Red, Grey, White) – 1 709 000 so‘m LG G2 mini (Gold, Black) – 935 000 so‘m LG G3 mini (Gold, Black) – 1 128 000 so‘m LG K10 – 1 193 000 so‘m LG K8 LTE – 975 000 so‘m LG Class – 1 451 000 so‘m LG K4 – 709 000 so‘m LG Flex2 – 2 805 000 so‘m Sony Xperia Z3+ – 2 800 000 so‘m Sony Xperia Z2 – 2 400 000 so‘m Sony C3 – 1 400 000 so‘m Sony P88 – 650 000 so‘m Sony V9 – 660 000 so‘m Sony P8 – 650 000 so‘m Sony V3 – 530 000 so‘m Sony Z Ultra – 2 350 000 so‘m Huawei P8 – 2 570 000 so‘m Huawei P8 lite – 1 450 000 so‘m Huawei Y6 – 870 000 so‘m Huawei Y5 – 645 000 so‘m Huawei Y3 – 516 000 so‘m Huawei Y6 pro – 1 193 000 so‘m Alcatel one touch hero – 1 580 000 so‘m Alcatel one touch pop c1 – 580 000 so‘m Alcatel one touch idol α – 1 300 000 so‘m Alcatel one touch idol x – 1 140 000 so‘m Alcatel one touch 1009 – 150 000 so‘m Alcatel one touch 1010 – 440 000 so‘m Microsoft Lumia 640 – 1 300 000 so‘m Microsoft Lumia 535 – 845 000 so‘m Microsoft Lumia 530 – 455 000 so‘m Microsoft Lumia 630 – 715 000 so‘m Lenovo shot vibe – 2 310 000 so‘m Lenovo K3 note – 1 118 000 so‘m Lenovo A-916 – 840 000 so‘m Lenovo P1 – 2 280 000 so‘m Lenovo vibe X2 pro – 1 650 000 so‘m Lenovo S-856 – 910 000 so‘m X-BO P7 – 580 000 so‘m X-BO P8 – 645 000 so‘m X-BO P9 – 675 000 so‘m X-BO P11 – 675 000 so‘m X-BO V2 – 705 000 so‘m X-BO –01 – 835 000 so‘m Meizu mx5 (16 Gb) – 2 046 000 so‘m Meizu mx5 (32 Gb) – 2 244 000 so‘m Meizu m2 note – 1 188 000 so‘m Xiaomi note 3 (32 Gb) – 1 584 000 so‘m Xiaomi note 3 (16 Gb) – 1 452 000 so‘m Xiaomi 3 – 1 188 000 so‘m Xiaomi note 2 – 1 180 000 so‘m BlackBerry Z10 – 1 625 000 so‘m BlackBerry Z30 – 2 145 000 so‘m BlackBerry Porche 9982 – 3 900 000 so‘m BlackBerry classic – 2 925 000 so‘m BlackBerry Passport silver edition – 3 900 000 so‘m Artel V817 – 325 000 so‘m Artel F808 – 156 000 so‘m Artel C15 – 143 000 so‘m Artel E508 – 110 500 so‘m Artel A11 – 95 000 so‘m Artel General Mobile – 812 500 so‘m Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
14Texnologiya
​Rus fermerning o‘limida aybdor deb topilgan o‘zbekistonliklar 11 yilga qamaldi Sud ish beruvchisining qotili deb topgan o‘zbekistonlik aka-uka mehnat muhojirlariga 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.  Ma'lum qilinishicha, 2017 yil sentabr oyi Volgograd oblastida yuz bergan mudhish voqea jabrlanuvchisi, marhum fermerning o‘limida o‘sha fermada ishlagan o‘zbekistonlik ikki nafar muhojir ayblangandi.  Aniqlanishicha, aka-uka jinoyatchilarning biri faqat sodir etilgan o‘g‘irlikda, ikkinchisi qotillikda ham ayblanmoqda. Ular fermada 2017 yil mart oyidan buyon sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanib kelgandi.  Fermerning muntazam dashnom va tazyiqlari o‘rtadagi munosabatlarni darz ketishiga sabab bo‘lgan, shuningdek, og‘ir mehnat sharoitida ishlagan muhojirlar fermerni kaltaklab o‘ldirgach, uyda o‘zboshimcha tintuv o‘tkazadi. Jinoyatchilar 190 ming rubl va boshqa tovar moddiy boyliklarini olib, Qozog‘iston chegarasi orqali uyga qaytishni rejalashtirgandi.
5Jamiyat
Eronda bir kecha kunduzda 140 nafardan ortiq kishi koronavirus sababli vafot etdi 24 soat ichida Eronda koronavirus bilan kasallangan 140 dan ortiq kishi vafot etdi, deb ma`lum qildi mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi vakili Sima Sadat Lari. So`nggi bora Eronda aprel oyi boshlarida 140 dan ortiq qurbonlar qayd etilgandi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi. IRINN telekanali efirida u so`nggi bir kun ichida 2489 ta koronavirus infeksiyasining yangi holati aniqlanganligini va 144 kishi vafot etganini ta`kidladi. Hukumat tomonidan mamlakatda birinchi marotaba COVID-19 qayd etilgani haqida xabar berilgan sana - 19 fevraldan beri infeksiyalanganlar soni 222,669 ga etgan, qurbonlar - 10508 nafarni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, hozirga qadar kamida 183,310 kishi kasallikdan forig` bo`ldi. Eronda ikki haftadan beri (faqat bir kunni hisobga olmaganda), kuniga 100 dan ortiq odam nobud bo`ladi.14 iyun kuni ilk marotaba qurbonlar soni 100 dan ortgandi. Iyun oyining boshlarida Eronda diniy marosimlar o`tkazila boshlandi, restoranlar va masjidlar ochildi. Shundan so`ng koronavirusga chalinganlar soni ham sezilarli darajada ko`paygan.
2Dunyo
Texaslik juftlik bir yarim yilda uch marta toshqinlar sabab to‘yni bekor qildi Amerikaning Texas shtatida yashovchi sevishganlar o‘tgan yilning aprelidan buyon uch marta suv toshqinlari sabab rejalashtirilgan to‘y marosimini bekor qilishlariga to‘g‘ri keldi. CNN telekanali shu haqida xabar berdi.  Jyenni Suares va Dastin Morgan 2016 yilning aprel oyidan beri to‘y qilishga harakat qilishadi. Yoshlar maktabda o‘qib yurgan kezlarida tanishishgan va 5 yilcha avval uchrasha boshlashgan. Ular fotihadan keyin bir yil davomida o‘z orzularidek to‘yni rejalashtirishdi, biroq Sabin daryosining o‘z qirg‘oqlaridan toshib ketishi ularning rejalarini barbod qildi. Kelinning so‘zlariga ko‘ra, tantanalarni o‘tkazish rejalashtirilgan joyda suv sathining balandligi deyarli ikki metrga yetgan. Juftlik to‘yni bir yil keyinga qoldirib, uni xuddi shu joyda o‘tkazishga qaror qilgan. Ikkinchi marta to‘yni qoldirishga esa, ishchilarning o‘tgan safargi suv toshqini natijasida ziyon yetgan joylarni qayta ta'mirlashga ulgurmagani sabab bo‘lgan.  To‘y tantanalari shanba kunga Hyustonga ko‘chirildi. Unga 150 nafar mehmon taklif qilingan edi. "Xarvi" dovuli haqidagi xabarlardan keyin taklif qilinganlar ro‘yxati dastlab 40, keyin esa 15 kishiga qisqardi. Keyinroq esa ruhoniy ham marosimda ishtirok etishdan bosh tortdi.  "Ruhoniy marosimda ishtirok etishdan voz kechganida unga Skype orqali qo‘ng‘iroq qilish haqida o‘yladik... Biroq baribir tantanani bekor qilishimiz kerakligini bilardik", - deydi Suares. "Biz "Xarvi"ning g‘alabasini anglab yetdik", - qo‘shimcha qiladi kelin.  Telekanalning xabar berishicha, juftlik to‘y qilish uchun endi Las-Vegasga parvoz qilmoqchi. "U yerda suv toshqini xavfi yo‘q", - deydi kuyov. AQSh Dovullardan ogohlantiruvchi milliy markazi (NHC) ning ma'lum qilishicha, "Xarvi" tropik bo‘ron darajasida zaiflashgan. Sinoptiklar shuningdek "favqulodda jiddiy suv toshqinlari" xavfidan ogohlantirishmoqda.  "Xarvi" so‘nggi 12 yilda AQSh hududida kuzatilgan eng kuchli dovul bo‘ldi.
5Jamiyat
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1302 kishiga yetdi O‘zbekistonda 15-aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 27 kishiga oshib, 1302 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. Avvalroq 15-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1275 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.  Koronavirus dunyo va O‘zbekistonda: pandemiya bo‘yicha 15-aprelning asosiy xabarlari O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tasdiqlangan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etdi, 107 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan. Qayd etish joiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlarining qayd etilishi sezilarli oshdi. Xususan, 8-aprel kuni 26 kishida, 9-aprel kuni 36 kishida, 10-aprel kuni 87 kishida, 11-aprel kuni 98 kishida, 12-aprel kuni ham 98 kishida, 13-aprel kuni 133 kishida, 14-aprel kuni esa 167 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
8O‘zbekiston
Mehnat vazirligi Nest One’dagi norozilik namoyishi bo'yicha munosabat bildirdi Toshkent shahridagi Nest One binosi quruvchilari oylik maoshi vaqtida berilmagani sabab 17 may kuni norozilik namoyishi uyushtirgani haqida xabar berilgandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur holat yuzasidan o'rganish o'tkazdi. Aniqlanishicha, 2022 yil 17 may kuni Shayxontohur tumanida joylashgan Tashkent city hududidagi Nest One osmono'par binosida “Ozguvn mimarlik inshaat” mas'uliyati cheklangan jamiyatning 312 nafar ishchilari 2022 yil aprel uchun uchun ish haqlarini olmagani sababli mazkur korxonaga nisbatan norozilik bildirgan. Mazkur maqolani o'rganish jarayonida 17 may kuni 312 nafar ishchiga bir milliard yetti million bir ming sakkiz yuz yigirma besh so'm ish haqlari to'lab berilishi ta'minlangan. Shu bilan bir qatorda, “Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar” PUning 427 nafar ishchisi 2022 yil aprel oyi uchun ish haqini o'z vaqtida olmagani sababli mazkur korxona rahbariyatiga norozilik bildirgan. Mazkur holat yuzasida ishchilarga 17 may kuni 427 nafar ishchiga bir milliard uch yuz qirq olti million uch yuz ellik besh ming bir yuz yetmish yetti so'm ish haqlari to'lab berilishi ta'minlangan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat mehnat inspektsiyasi to'g'risida”gi nizomiga muvofiq Toshkent shahar Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan 17 may kuni “Ozguvn mimarlik inshaat” MChJ va “Ozguven tasarim mimarlik” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasi rahbari Guven Mehmetra nomiga yozma ko'rsatma berilgan. Avvalroq Nest One loyihasi rahbari Murod Nazarov holat yuzasidan ma'lumot berib, voqea joyidan video e'lon qilgandi. “Osh hammaga yetmagan bo'lsa, shunday vahima qilish kerakmi? Iltimos, vahima qilmanglar. Ish davom etmoqda, hammasi joyida”, — degandi kompaniya rahbari.
5Jamiyat
“Talafot oqibatlari tezda bartaraf etiladi”. Mirziyoyev tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholiga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha topshiriq berdi Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel, seshanba kuni, Olot tumani markazida mahalliy aholi vakillari, hudud faollari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aholiga har tomonlama ko‘maklashish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. “Xalqimiz hamjihat bo‘lib, bunday sinovlarni ko‘p yengib o‘tgan. Bu safar ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilib, talafot oqibatlari tezda bartaraf etiladi. Eng muhimi, ruhni tushirmay, birgalikda kurashsak, bu qiyinchiliklardan kuchli bo‘lib chiqamiz”, — deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Yig‘ilishda turar joylar va infratuzilma obyektlarini ta’mirlash, aholiga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari, jamoat xavfsizligi yuzasidan tezkor chora-tadbirlar belgilangan.
8O‘zbekiston
Xitoy orbitaga global navigatsiya tizimining 41-sun'iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli olib chiqdi Xitoy Beidou-3 sun'iy yo‘ldoshiga ega “Chanchjen-3B” raketasini orbitaga muvaffaqiyatli uchirdi. Ushbu sun'iy yo‘ldosh Xitoy tomonidan yaratilgan Beidou global navigatsiya tizimining 41-sun'iy yo‘ldoshi bo‘ldi.    Raketa 1 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 23.56da Sichan kosmodromidan uchirilgan. Birozdan keyin sun'iy yo‘ldosh raketadan ajralib, belgilangan orbitaga chiqqan. Sun'iy yo‘ldosh bir qator sinovlardan keyin tizimga ulanadi va avval uchirilgan boshqa sun'iy yo‘ldoshlar bilan birga ishlay boshlaydi.  Beidou Xitoy tomonidan yaratilayotgan global navigatsiya tizimi bo‘lib, AQShning GPS va Rossiyaning GLONASSiga raqobatchi bo‘ladi. 2020 yilga qadar tizim butun dunyo bo‘ylab navigatsiya xizmatlarini ko‘rsata boshlashi rejalashtirilgan.  Ushbu parvoz “Chanchjen” raketalari oilasi uchun umumiy hisobda 290- va joriy yildagi 30-parvoz bo‘ldi.
14Texnologiya
Iroq prezidenti parlamentdan uni iste’foga chiqarishni so‘radi Iroq prezidenti Barham Solih iste’foga chiqish to‘g‘risida parlamentga so‘rov jo‘natdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi. “Prezidentlik lavozimi xalq irodasiga javob berishi lozim. Hozirgi sharoitda milliy mas’uliyatim mening iste’foga chiqishim kerakligini ko‘zda tutadi. Sizlar ko‘rsatgan nomzodni qo‘llab-quvvatlamayman va iste’foga chiqishni ma’qul ko‘raman”, — dedi u parlament spikeriga. 24-dekabr kuni uzoq munozaralardan keyin “Al-Bino” alyansi bosh vazirlik lavozimiga Basra viloyati gubernatori, 52 yoshli al-Idaniy nomzodini ilgari surgandi. Bunga qadar mamlakatdagi namoyishchilar vazirlar mahkamasiga hech qaysi partiyaga mansub bo‘lmagan va 2003-yildan buyon hech qanday mas’ul lavozimda ish olib bormagan siyosatchi rahbar bo‘lishi kerakligini talab qilgandi. Shu sababli Barham Solih amaldagi ta’lim vaziri Qusay as-Suhaylning bosh vazirlikka ko‘rsatilgan nomzodini rad etgandi. Iroqdagi norozilik namoyishchilari al-Idaniyning nomzodiga keskin qarshi chiqmoqda. Ular avvalroq as-Suhayl nomzodiga ham qarshi chiqqandi. Dekabr oyi boshida Iroq bosh vaziri Odil Abdul Mahdiy parlamentga iste’fo so‘rab murojaat yo‘llagan edi.  Iroq bosh vaziri iste’fo so‘radi
2Dunyo
O‘zbekiston fuqarolariga birjalardan kriptovalyutalar xarid qilishga ruxsat berildi O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston rezidentlariga kriptovalyuta xarid qilish va sotishga ruxsat berdi. Bu boradagi tegishli qaror qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan. Hujjat bilan 2019-yilning yanvarida birinchi bor qabul qilingan kriptobirjalarni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirish kiritilgan. Endilikda O‘zbekiston aholisi kriptovalyutalar va tokenlar bilan bog‘liq barcha turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (so‘mda) amalga oshirish huquqiga ega. Biroq norezidentlarga ular kriptovalyutalarni faqat xorij valyutasida sota oladi. Bundan tashqari, o‘zgartirishlarda tokenning ta’riflari va u bilan bir qator operatsiyalarni, jumladan, chiqarish, joylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilangan. Unga ko‘ra, tokenlarni investitsiya va moliyalashtirishni jalb qilish maqsadida tegishli ro‘yxatdan o‘tgan biznes subyektlari chiqara oladi. O‘zbekiston kriptobirjalarida sotiladigan barcha tokenlar mulk ta’minotiga ega bo‘lishi kerak. Ta’minlanmagan tokenlarni chiqarish va joylashtirish taqiqlanadi. Kriptobirjalar o‘z tokenlarini joylashtirayotgan tashkilotlarni va ularning mulkiy ta’minoti borligini tekshirishga majbur. Shuningdek, jalb etiladigan mablag‘ning kamida 10 foizi kripto birjasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishi kerak. Spot’ning yozishicha, O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi kriptobijra hisoblanuvchi UzNEX 2020-yilning yanvarida ishga tushgan. Biroq bunga qadar o‘zbekistonliklarga kriptovalyutalarni faqat xojirliklarga sotishga ruxsat berilardi — Loyiha boshqaruvi milliy agentligi aholining moliyaviy savodxonligi pastligiga ishora qilgandi. Agentlikning pozitsiyasi joriy yilda o‘zgargan. O‘zbekiston rezidentlariga kriptovaktivlarni xarid qilishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgan. Bundan tashqari, agentlik kompaniyalarga tokenlar emissiyasini ruxsat berish taklifini bildirgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yangi qonun ishlarning holatini qonuniylashtiradi. O‘zbekistonda kriptovalyutalarning yashirin aylanmasi rivojlanmoqda va mahalliy kriptoinvestorlar uchun jinoiy ta’qibning bekor qilinishi — “ajoyib qadam”. Raqamli aktivlar savdosining qonuniylashtirilishini kutgan UzNEX servisning yangi foydalanuvchilar uchun sovg‘ali aksiyani yo‘lga qo‘ygandi, keyinroq referral dasturni ishga tushirdi. Biroq kriptovalyutalarga nisbatan hukumat tomonidan ayrim shubhalar saqlanib qolmoqda. Xususan, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev kriptovalyutalar “hech narsa bilan ta’minlanmagani” sabab O‘zbekistonda to‘lov vositasiga aylanmasligini ma’lum qilgandi.
8O‘zbekiston
Toshkent shahrida Yangi yil bayrami oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kasb tayyorgarligi markazi saf maydonida Yangi yil bayrami tantanalari va Prezident archasi tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish davrida jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Qayd etilishicha, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda noxush holatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida soha xodimlari tomonidan maxsus reydlar o‘tkazilmoqda. Yo‘l-patrul xizmati maskanlarida avtotransport vositalari qat’iy tekshiruvdan o‘tkazilayotgani, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar atrofidagi yo‘llarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandlikning oldini olish choralari ko‘rilayotgani ta’kidlanadi xabarda.
8O‘zbekiston
Farg‘onada yana uch kishi is gazidan zaharlandi 14 yanvar kuni soat 13:00 Farg‘ona shahar «Istiqlol» MFYdagi xonadonlarning birida uch kishi is gazidan zaharlanishi natijasida vafot etdi. Bu Farg‘ona shahri hokimining qarorida qayd etilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu xonadonda yashovchi ikki fuqaro voqea joyida, mehmonga kelgan yana bir fuqaro shifoxonada tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etgan. Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, vafot etganlarning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan. Bosh prokuraturaning «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, ular orasida 1979 yilda tug‘ilgan katta serjant harbiy unvonidagi fuqaro (erkak), 1981 yilda tug‘ilgan III-darajali serjant harbiy unvonidagi fuqaro (ayol), qolaversa, 2004 yilda tug‘ilgan 11 sinf o‘quvchisi bo‘lgan. Hodisa xonadondagi qo‘l bola usulida yasalgan isitish pechidan is gazini sizib chiqishi oqibatida yuzaga kelgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyga Farg‘ona harbiy prokuraturasi va shahar IIO FMB xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi xodimlari hamda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, «Gazta’minot» shahar uchastkasi mutaxassislari chiqib, kechiktirib bo‘lmaydigan zarur tergovga qadar tekshiruv harakatlarini amalga oshirishgan. Hozirda holat yuzasidan Farg‘ona harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. «Gazeta.uz» so‘roviga ko‘ra, FVV matbuot kotibi Murod Sodiqov bergan ma’lumotlarga qaraganda 2021−2022 yilgi isitish mavsumi boshlanishidan buyon Respublika bo‘yicha is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 40 ta holatda 24 kishi jabrlangan va 54 kishi halok bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, 2021 yining 17 noyabridan 18 noyabrga o‘tar kechasi, Farg‘ona tumanida 62 yoshli ota va 31 yoshli o‘g‘il o‘z uylarida is gazidan zaharlanib vafot etgandi.
5Jamiyat
Qirg`izistondagi boshqaruv shaklini tanlash bo`yicha referendum haqiqiy deb topildi Avval xabar berganimizdek, kecha, 10 yanvar kuni Qirg`izistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo`lib o`tdi.  Shuningdek, Qirg`izistondagi boshqaruv shaklini tanlash bo`yicha referendumda qatnashganlar ovoz berish haqiqiy deb topilgan chegaradan oshib ketdi, deya xabar berdi respublika MSK. Bu haqda ria.ru yozmoqda.  Kecha, soat 18:00 holatiga ko`ra, referendumda 1 178 656 kishi yoki saylovchilarning 33,08% qatnashdi, talab qilinadigan minimal esa 30%. Taxminan  33,13% - prezidentlik saylovlarida ovoz bergan. Mamlakat bo`ylab saylov uchastkalari soat 20: 00da yopildi. Markaziy saylov komissiyasi saylovda qatnashganlarning so`nggi ko`rsatkichlarini hali e`lon qilmadi. Avvalgi davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov 2020 yil oktyabr oyida bo`lib o`tgan ommaviy noroziliklar fonida iste`foga chiqqandi. Ushbu lavozimga 17 kishi murojaat qilmoqda. Prezident saylovlarida respublika va chet ellarda 3,5 milliondan ortiq Qirg`iziston fuqarolari ovoz berishlari mumkin. Saylovlarda qatnashish chegarasi yo`q - ular har qanday miqdordagi saylovchilar bilan haqiqiy deb tan olinadi. Davlat rahbari saylanishi bilan bir kunning o`zida mamlakatda boshqaruv shaklini aniqlash bo`yicha referendum o`tkazildi. Fuqarolar taklif qilingan uchta variantni tanlashlari kerak edi: "prezidentlik boshqaruv shakli", "parlament boshqaruv shakli" va "hammaga qarshi". Prezidentlik saylovlarida ham, referendumda ham avtomatik qutilar ishlatiladi, ovoz berishning dastlabki natijalari saylov uchastkalari yopilgandan ko`p o`tmay e`lon qilinadi. Qirg`izistonning barcha prezidentlari bir xil yoshda iste`foga chiqishgan
2Dunyo
Paхta хom ashyosini tomchilatib sugʻorishni joriy qilish qanday subsidiyalanadi Vazirlar Mahkamasining 6.02.2019 yildagi 103-son qarori bilan paхta хom ashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish teхnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq хarajatlarini qoplash tartibi tasdiqlandi. Ushbu jarayonga sarflangan umumiy summadan qat’i nazar, tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilgan maydonning har bir gektari uchun Davlat byudjetidan bir martalik subsidiya – 8 mln soʻm ajratiladi. Mablagʻlar paхta хom ashyosi yetishtiruvchilarning хarajatlarini qoplashga, shu jumladan jalb etilgan kredit boʻyicha qarzdorliklarini qoplashga yoʻnaltiriladi.  Eslatib oʻtamiz, ushbu imtiyoz, shuningdek paхta хom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish teхnologiyasidan foydalanishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir boshqa chora-tadbirlar Prezidentning 27.12.2018 yildagi PQ–4087-son qarori bilan tasdiqlangan.    Subsidiya oluvchilarning roʻyхati qanday shakllantiriladi, qanday hujjatlarni taqdim etish kerak boʻladi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirliklari, «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi viloyat hokimliklari bilan birgalikda paхta хom ashyosi yetishtiruvchilarning murojaatlarini oʻrganadilar. Har yili 1 aprelga qadar kelgusi yilda tomchilatib sugʻorish teхnologiyasini joriy etish boʻyicha aniq roʻyхatni shakllantirib, uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar. Hukumat 1 mayga qadar viloyatlar kesimida parametrlarni tasdiqlaydi va ularni yuqorida koʻrsatilgan tuzilmalarga ijro uchun yuboradi. Subsidiya oluvchilar roʻyхatiga kirish uchun paхta хom ashyosi yetishtiruvchilar viloyat qishloq хoʻjaligi boshqarmalariga (bundan keyin – ishchi organ) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur: Ishchi organ hujjatlar qabul qilinganidan keyin 1 kun muddatda ariza beruvchi hukumat tomonidan tasdiqlangan parametrlarda bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. Yetishtiruvchi roʻyхatda bor boʻlgan taqdirda u taqdim qilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi va qayd etiladi, hujjatlarni toʻliq taqdim etganlarning yakuniy roʻyхati esa guruh rahbari e’tiboriga yetkaziladi.  Ishchi guruh a’zolari joriy etilgan tomchilatib sugʻorish teхnologiyasini joyida oʻrganib chiqadilar va хulosa tayyorlaydilar. Ijobiy хulosalar asosida subsidiya oluvchilarning roʻyхati shakllantirilib, u mablagʻ ajratish uchun Moliya vazirligi va Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga yuboriladi. Roʻyхat nusхasi viloyat moliya boshqarmalariga taqdim etiladi. 2019 yilda hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paхta хom ashyosi yetishtiruvchi qishloq хoʻjaligi korхonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlari hisobidan pul ajratiladi. Kelgusi yillarda esa subsidiya ajratish uchun byudjet parametrlarini shakllantirishda koʻzda tutib boriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.02.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
10Qonunchilik
Qashqadaryoda Qarshi shahri va uchta tuman hokimi ishdan olindi Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlari hokimlari ishdan olindi. Avvalroq, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tishi xabar berilgandi.  Yig‘ilishda Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlarining amaldagi hokimlari masalasi ko‘rib chiqilib, ular ishdan olingan. Bundan tashqari, Kitob tuman hokimi o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan.  Eslatib o‘tamiz, Qarshi shahrida Jamshid Fozilov hokim sifatida ishlab kelayotgandi. Prezident 2018 yil dekabrida Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi yakunida o‘tkazilgan videoselektorda Qarshi shahri hokimi Jamshid Fozilovning faoliyatini jiddiy tanqid qilgan, Qarshi shahri «to‘rtligi» jiddiy ogohlantirilgandi. Chiroqchi tumanida esa Rustam Jo‘raqobilov hokim edi. U bu lavozimda 2017 yilning 16 martidan beri ishlayotgandi. Mirishkor tumanining endilikda sobiq hokimi Ravshan Komilov ham lavozimiga 2017 yilning 16 martida tayinlangan. U bundan avval Chiroqchi tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan. O‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan Kitob tumani sobiq hokimi Rustam Sa'dullayev 2017 yil aprel oyida bu lavozimni egallagandi.  Avvalroq, Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingandi.
8O‘zbekiston
Prezident AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondonini qabul qildi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general Jozef Leonard Votelni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli va serqirra hamkorlik, jumladan, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat va ushbu mamlakatda tinchlikka erishish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Jozef Votel O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston — Amerika munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirishga tayyor ekanini qayd etdi.
12Siyosat
Buxoroda aprel oxiridagi shamol qariyb 42 ming xonadonga zarar yetkazgan Buxoro viloyatida 2020-yilning 27-aprel kuni sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida shahar va tumanlarda 41 ming 927 ta bino va inshootlar talafot ko‘rgan. Bu haqda viloyat shtabining ma’lumotiga tayanib, “O‘zA” xabar berdi. Kuchli shamol tufayli 41 ming 85 ta aholi xonadonlari, 842 ta ijtimoiy soha obyektlariga turli darajada zarar yetgan. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra ko‘rilgan zarar 141,6 milliard so‘m bo‘lishi mumkin. Ayni kunda 24 ming 322 ta aholi xonadoni, 326 ta umumta’lim, 160 ta maktabgacha ta’lim, 81 ta sog‘liqni saqlash va 88 ta boshqa muassasalarda ta’mirlash-tiklash ishlari yakunlandi. Viloyatning barcha hududlariga shu vaqtga qadar 825 ming 492 dona shifer, 414 ming 906 kvadrat metr profnastil, 3 ming 700 kvadrat metr oyna, 4 ming 249 metr kub yog‘och-taxta, 185 tonna sement, 45 ming dona g‘isht, 1 ming 600 kilogramm mix yetkazib berilgan. Aholi turar joylari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazilgan zararni bartaraf etishda jami 32 ming 530 nafar quruvchi jalb qilingan. Shuningdek, Mudofaa vazirligidan 240 nafar (32 birlik maxsus texnika), viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligidan 245 nafar (54 birlik maxsus texnika), Ichki ishlar vazirligidan 79 nafar (18 birlik maxsus texnika), Milliy gvardiyadan 250 nafar (18 birlik maxsus texnika) shaxsiy tarkib amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan 16 ta bekat to‘liq ta’mirlangan, deyiladi shtab xabarida.
8O‘zbekiston
“Vaksinalar COVID-19 ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi”. Nurmat Otabekov koronavirusning yangi shtammi haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov koronavirusning yangi “omikron” shatammi bo‘yicha fikrlarini bildirdi, deya xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Viruslar — oddiy, hujayrasiz organizmlar. Ularda o‘zgaruvchanlik yuzaga kelishi tabiiy hol. Masalan, hozirgacha koronavirusning qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni SARS-CoV-2 ning 7 mingdan ziyod mutatsiyaga uchragan shtammlari aniqlagan. ‘Omikron’ ham shulardan biri. Biz yangi shtammning tarqalish o‘chog‘i bo‘lgan Janubiy Afrika davlatlari bilan bevosita aviatsiya aloqalari o‘rnatmagan bo‘lsak-da, ushbu kasallik ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali O‘zbekiston hududiga kirib kelishi ehtimoli yo‘q emas. SARS-CoV-2 ning ushbu yangi shtammi uchun alohida protokol ishlab chiqish masalasini, albatta, vaqt ko‘rsatadi. Shunga qaramay, mavjud diagnostika, davolash va profilaktika imkoniyatlaridan samarali foydalanish bu virus turiga qarshi ham natija beradi, deb hisoblayman”, – deydi Nurmat Otabekov. Uning ta’kidlashicha, o‘tgan davrda COVID-19 ni davolash bo‘yicha katta tajriba to‘plangan. “Bu haqli ravishda xalqaro miqyosda ham e’tirof etilyapti. Shu ma’noda, muolaja jarayonlarini belgilangan davolash standartlari asosida olib borsak, kasallik qanday intensivlikda tarqalmasin, asoratlarsiz tuzalib ketishiga zamin yaratish mumkin. Karantin bilan bog‘liq profilaktik choralar bekor bo‘lgani yo‘q. Ammo odamlarimiz tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi oddiy qoidalarga ham yetarlicha amal qilmay qo‘ygani achinarli holat. Yangi shtammning yurtimizga kirib kelishi va aholi o‘rtasida tarqalishining oldini olishda shunday profilaktik chora-tadbirlar juda muhim hisoblanadi”, – deydi Nurmat Otabekov. Otabekovning qayd etishicha, eng asosiysi, jamoaviy immunitetni shakllantirish, ya’ni ommaviy emlanish ko‘rsatkichlarini oshirish orqali ham epidemiologik vaziyatni barqaror saqlab turish mumkin. “Vaksinalar SARS-CoV-2 ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi. Hatto yangi shtammni yuqtirib olgan holatda ham barcha dozada emlanganlarda kasallik yengil va jiddiy asoratlarsiz o‘tadi. Qolaversa, mamlakatda ayni paytda aholiga ixtiyoriy ravishda buster doza bilan emlanishlari uchun imkoniyat yaratib berilgan. Koronavirusning turli shtammlari har safar xorijdan qaytgan fuqarolar orqali kirib kelganini hisobga olsak, ayni kunlarda kasallik tarqalayotgan mamlakatlarga zarurat bo‘lmasa, vaqtincha bormaslikni tavsiya qilamiz”, — deydi Nurmat Otabekov. Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda aholini emlashda jami 6 turdagi — AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001, “Sputnik V”, Moderna, Pfizer/BioNTech hamda Sinovac vaksinalaridan foydalanilmoqda.
8O‘zbekiston
Rossiyada Telegram’ni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan namoyishda 7,5 ming kishi ishtirok etdi Rossiya poytaxti Moskvada Telegram messenjerini qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan namoyish 7,5 ming ishtirokchini jamladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Politsiya tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, namoyish vaqtida tartib va fuqarolar xavfsizligi saqlangan. Jamoat tartibini qo‘pol buzish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
2Dunyo
«O‘zbekistondagi AES uchun eng xavfsiz reaktor tanlangan» — energetika vaziri Energetika vaziri Alisher Sultonov Alter Ego loyihasida bergan интервьюсида O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi haqida gapirdi. Vazir atom energiyasining toza ekanligi — atmosferaga zarar yetmasligi hamda chiqindilar ajralmasligiga e’tibor qaratdi. Ta’kidlashicha, u Chernobil va Fukusima atom stansiyalaridagi avariyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda «eritmani ushlab turuvchi» qurilmasi mavjud yagona reaktor hisoblanadi. «Undan foydalanmaslik gunoh. Tajriba bor — ham ijobiy, ham salbiy. Shunga qaramasdan, O‘zbekistonda AES qurish uchun tanlangan reaktor bugungi kunda eng xavfsiz hisoblanadi», — dedi vazir. Bundan tashqari, u atom stansiyasi xavfsizligi haqida gapirar ekan, tizim bir necha bosqichdan iboratligi hamda Boeing samolyotining to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbasiga dosh berishini qayd etdi. Shu qatorda, u O‘zbekiston yadro yoqilg‘isi sohasida katta resurslarga va yadro fani borasida boy tarixga [50 yillik] ega ekaniga urg‘u berdi. Shuningdek, ayni paytda katta tushuntirish ishlari olib borilayotgani, chunki jamoatchilik fikri MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi)ning asosiy talablaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Vazir AES nafaqat energiya manbai, balki juda ko‘p ish o‘rinlari yaratiladigan, shuningdek, nafaqat ilm-fan, balki milliy iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarini rivojlantiradigan «katta qurilish» ekanligini aytgan. «Nega biz qayerdadir orqada turishimiz kerak?» — deya savol berli vazir. O‘zbekiston atom elektr stansiyasini qurish uchun olmoqchi bo‘lgan kreditga kelsak, Alisher Sultonovning fikricha, mamlakatning tashqi qarzlari haqidagi gaplar bo‘rttirilgan. «Butun dunyo birovning puli tamoyilida yashaydi, bu narsa hamma joyda bor, davlat qarzi trillionlab dollarga baholangan AQSHni olaylik. Har qanday yirik loyihadan avval hisob-kitob qilinadi. Har gal kredit olganimizda uni kimga va qanday qaytarish kerakligini juda yaxshi tushunamiz. Birovga qaramlik haqida gapning bunga nima aloqasi bor? Ob’ekt ob’ekt uchun qurilmayapti, biz AESni shunchaki qurishni xohlaganimiz uchun qurmaymiz. U foyda olib keladi. Bularning hammasining hisobi olingan. Ushbu loyihadan pullarni qaytara olishingizga ko‘zi yetmasa, hech kim sizga kredit bermaydi», — dedi vazir.
5Jamiyat
Zafar Hoshimov so‘nggi besh yillikda tadbirkorlar hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlarni sanadi Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov prezident saylovlari arafasida O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida amalga oshirilgan islohotlarni e'tirof etdi va kelajakda ham bunday ishlar davom etishiga ishonch bildirdi. «Saylovoldi kunlari haqli ravishda sarhisob davridir, o‘tgan besh yilga nazar tashlab, nimalar o‘zgarganiga baho berish chog‘i keldi. Jamiyatimiz va mamlakatimiz uchun hamma jabhalarida katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi», deydi u. U tadbirkorlar hayotida qanday o‘zgarishlar bo‘lganini sanagan: «Ushbu islohotlarni sanayversak, poyoniga yetmaymiz. Yana qanchadan qancha islohotlar bizni oldinda kutyapti.  Bundan besh yil avval prezident sayloviga bag‘ishlangan postimda men Shavkat Mirziyoyevga ovoz bergani bora turib, #umidbilan, deb heshteg qo‘ygan ekanman. Endilikda esa, bu saylovda ancha umidlarim tutilib, bu postimning yangi heshtegi - #ishonchbilan», deya yakunlagan u o‘z postini.
4Iqtisodiyot
Foto: Anqara Turkiya hududida qulagan samolyot uchuvchisini Suriyaga topshirmayapti 4 mart kuni Turkiya chegarasida qulagan Suriya harbiy samolyoti uchuvchisi 5 mart kuni tongida katapulta qilgan parashyutidan 500 metr narida bemajol holda topildi. Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Nuriddin Janikli Xatay viloyati janubida topilgan ushbu uchuvchi ayni vaqtda shifokorlar nazorati ostida ekanini ma'lum qildi. «Biz hodisaning barcha jihatlari o‘rganilganidan keyin qaror qabul qilamiz. Hozircha bu haqda gapirishga erta. Turkiya chegarasida nima ro‘y berganini aniqlamoq darkor. Uning missiyasi nima bo‘lgan. O‘ylaymanki, yaqin vaqtlar ichida bir qaror chiqariladi», - degan Janikli. Samolyotning qulashiga uning pulemyotdan o‘qqa tutilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bundan oldinroq «Ahror ash-Shom» terrorchilik tashkiloti jangarilari Suriyaning Idlib viloyatida MiG-21 harbiy samolyotini urib tushirgani haqida axborot bergandi. Boshqa bir nashrda esa MiG-21 texnik nosozlik sabab Turkiya hududiga qulagani ehtimoli haqida xabar qildi.
2Dunyo
Hillari Klinton Hindistonda kasalxonaga tushib qoldi AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Hindistonga safari vaqtida kasalxonaga tushib qoldi. Bu haqda Daily News and Analysis hind portali xabar bermoqda. Voqea Jo‘dxpur shahrida yuz bergan. Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Klinton o‘zi to‘xtagan mehmonxona vannaxonasida sirpanib ketib, bilagini shikastlab olgan. Shundan keyin Klinton kuchli og‘riqdan shikoyat qilgan va kasalxonaga yetkazilgan. U yerda Klintonning jarohat olgan joyi rentgen qilingan va bilagining suyagi darz ketgani aniqlangan. Klintonning yordamchilari uning AQShdagi shifokorlari bilan bog‘lanishgan. Shifokorlar jarohat joyini tarang qilib bog‘lashni maslahat qilishgan.
2Dunyo
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 9400 so‘mdan oshdi O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 17-sentabrdan amal qiladigan yangi qiymatlarini belgiladi. Unga ko‘ra, Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. Avvalroq Markaziy bank kursni erkin qo‘yib yuborganini, biroq valyuta birjasidagi savdo ma’lumotlariga asoslanib har dushanba kuni valyuta kurslarini e’lon qilib borishini ma’lum qilgan edi. Valyuta birjasidagi 13-sentabrdagi savdolar yakuniga ko‘ra dollar kursi 9 425 so‘mni tashkil etgan edi.
8O‘zbekiston
Rossiyada Facebook bloklandi Roskomnadzor Rossiyada Facebook ijtimoiy tarmog‘ini blokladi. Bu haqda idora saytida xabar qilindi. “2020 yil oktyabrdan buyon ana shunday 26ta holat qayd etildi. Oxirgi kunlarda “Zvezda” telekanali, RIA Novosti agentligi, Sputnik, Russia Today hamda “Lenta.ru” va “Gazeta.ru” nashrlariga cheklov kiritilgan”, deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, bunday cheklovlar o‘rnatish taqiqlangan. Roskomnadzor avvalroq Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirish qisman cheklanishini bildirgandi. Bunga qadar Meta kompaniyasi Rossiya hukumatining akkauntlardan cheklovlarni olib tashlash talabini bajarishni rad etgandi.
2Dunyo
Zarafshon milliy tabiat bog‘ida yirik yong‘in sodir bo‘ldi 3 iyul kuni tunda Zarafshon milliy tabiat bog‘ida yong‘in yuz bergan. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bu haqda rasmiy ma'lumot berdi. Ma'lumotda keltirilishicha, 3 iyul kuni kechki payt Zarafshon milliy tabiat bog‘ining Jomboy tumani «Olmazor» MFY, Qarabchi qishlog‘ida joylashgan o‘rmon xo‘jaligida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat FVBga soat 21:10 larda xabar kelib tushgan. Olingan xabarga asosan soat 21:51 da yong‘in sodir bo‘layotgan joyga 5 ta yong‘inga qarshi kurash bo‘linmalari yetib borgan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 2:51 da o‘rab olinib, soat 4:03 da o‘chirilgan. Yong‘inda hech kim jarohat olmagan. Hozirda yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida milliy tabiat bog‘ining 1,5 gektar maydonida to‘qayzorlar (malina, butazor, shox-shabba) yonib ketgan. Ma'lumot uchun, «Zarafshon» milliy tabiat bog‘i O‘zbekistondagi 10 qo‘riqxona va milliy bog‘lardan biri bo‘lib, 1975 yilda qo‘riqxona sifatida tashkil qilingan, keyinchalik milliy tabiat bog‘iga aylantirilgan. Bog‘ maydoni 2352 gektarni tashkil qiladi va u Zarafshon daryosi bo‘ylab 47 kilometrga cho‘zilgan. Bog‘ning asosiy maqsadi – respublikada yo‘qolib borayotgan jonzotlar populyatsiyasini tiklash va saqlash, boshqa qush va hayvonlar turlarini muhofaza qilishdan iborat. Bu yerda 1995 yildan buyon Buxoro bug‘usini ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, mazkur bog‘da 2020 yilda ham yong‘in ro‘y bergan va bog‘ning 2 ming metr kvadrat maydonini qamrab olgandi.
8O‘zbekiston
Anjelina Joli Ukrainaga keldi Gollivud aktrisasi va BMTning “yaxshi niyat elchisi” Anjelina Joli Ukrainaga keldi. U insonparvarlik missiyasi bilan urush davom etayotgan mamlakatga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.  Kino yulduzi Lvovga borgan. Ijtomoiy tarmoqlarda uning kafelardan birida suratga olingan videosi paydo bo`ldi. Joli  Lvovdagi vokzalda ukrainaliklar bilan suhbatlashgan. Eslatib o`tamiz, Anjelina Joli 2001 yilda BMTning Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligining “yaxshi niyat elchisi” etib tayinlangan. Tayinlanganidan beri u bir qator mamlakatlarga qochqinlar bilan uchrashish uchun borgan.
2Dunyo
Eron dengizdagi nishonlarga zarba beradigan ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengizdagi nishonlar uchun mo‘ljallangan yangi — Hormuz-2 ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda korpus qo‘mondoni Amir Ali Hojizoda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, Hormuz-2 raketasi dengizda belgilangan marrani 250 kilometr masofadan aniq nishonga olgan. Ushbu qurol 300 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga ham zarba bera oladi. Mazkur ballistik raketa Tehron tomonidan yaratilgan ishlanma hisoblanadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
2Dunyo
DSQ: 2020-yil 1-yanvardan elektron hisobvaraq-fakturalardan majburiy tartibda foydalaniladi Vazirlar Mahkamasi 25-iyunda “O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 522-son qarorni qabul qildi, deb xabar berdi Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi. Unga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar elektron hisobvaraq-fakturalarni to‘ldirishlari shart. DSQ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida 2018-yil noyabr — 2019-yil iyun oylarida elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) rasmiylashtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazdi. Uning natijalari ma’qullanib, hukumat qarori bilan: 2019-yil 1-iyuldan boshlab EHFdan foydalanish ixtiyoriy, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa majburiy ekanligi belgilandi; DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” davlat unitar korxonasi elektron hujjatlarni markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va hisobini yuritish bo‘yicha vakolatli rouming operatori etib belgilandi; O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (1-ilova) tasdiqlandi. Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26-iyundan kuchga kirdi.
8O‘zbekiston
​SURIYaDA SERFARZAND OILA AQSh KOALISIYaSI BERGAN ZARBA OQIBATIDA HALOK BO`LDI AQSh rahbarlik qiluvchi xalqaro koalisiyaning harbiy havo kuchlari Rakkada terrorchilar pozisiyasiga bergan zarbasi oqibatida bir ayol va uning etti farzandi halok bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri. Ma`lum bo`lishicha, Rakkaning IShID terrorchilari egallab turgan Imam an-Nuriy masjidi va Xaret-Badaviy ko`chasi, shu bilan birga shaharning shimoliy qismida bo`lgan armiya kazarmasi joylashgan kvartalga zarba berilgan. Rakka ekstremistlarning so`nggi tayanch shahri bo`lib qolmoqda. Shahar Suriya Arab respublikasining poytaxti bo`lgan Damashq shahridan 520 kilometr uzoqlikda joylashgan.
2Dunyo
Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekistonning 26 ta tumanida sog‘lom turmush tarziga amal qilmaydigan va noto‘g‘ri ovqatlanadigan 352 ming nafar bolalar aniqlangan” O‘zbekistondagi bolalar o‘rtasidagi surunkali kasalliklarning 60 foizi noto‘g‘ri ovqatlanishdan kelib chiqmoqda. Bu haqda ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda so‘z yuritildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. “26 ta tuman va shaharda o‘tkazilgan xatlovda 242 ming nafar tez-tez kasal bo‘ladigan va surunkali kasalligi bor bolalar aniqlangan. Bu umumiy bolalar sonining 15 foizini tashkil etadi. Ayniqsa, ushbu ko‘rsatkich Kattaqo‘rg‘on (19 foiz), Guliston, Urganch va Termiz shaharlari (16 foiz), To‘raqo‘rg‘on (18 foiz), Urganch (17 foiz) va Oqqo‘rg‘on tumanlarida (16 foiz) ancha yuqori. Bundan tashqari, ushbu 26 ta tumanda sog‘lom turmush tarziga amal qilmaydigan, ortiqcha vaznga ega bo‘lgan, noto‘g‘ri ovqatlanadigan 352 ming nafar bolalar aniqlangan. Onalar va bolalarni xavf guruhlariga ajratib, ular bilan manzilli ishlarni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova viloyat, tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlari bilan birga, ikki oy muddatda bolalarda profilaktika va davolashning yangi tizimini joriy etishi lozim. Bunda, eng avvalo, maktab va bog‘chalarda bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish, ular uchun ovqatlanish ratsionini ishlab chiqish zarur”, – dedi davlat rahbari. Bundan avval Shavkat Mirziyoyev xususiy tibbiyot tashkilotlariga litsenziya berish tartibi soddalashtirilib, jarayonlar to‘liq raqamlashtirilishi, tibbiyot muassasalarini dori va tibbiyot vositalari bilan qo‘shimcha ta’minlashga 165 milliard so‘m ajratilishi hamda barcha tibbiyot muassasalarida elektron tizim bilan ishlaydigan 2 mingta IT-operator–hamshira lavozimi joriy etilishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
200 litrdan benzin. «O‘zbekneftgaz» ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi Ijtimoiy tarmoqlar va turli messenjerlarda «O‘zbekneftgaz» AJ 25 yilligi munosabati bilan barchaga 200 litrdan AI-95 markali benzin berishi haqida xabarlar tarqaldi.  Xabarlarda kuponga maxsus havola ko‘rsatilgan, uni olish uchun oltita savolga javob qaytarish, so‘ng yangilik haqida do‘stlar bilan bo‘lishish taklif etilgan.  «O‘zbekneftgaz» AJ ushbu xabarlarni rad etdi va fuqarolarni tarqatilayotgan turli ma'lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi. Kompaniya faoliyatiga oid barcha tasdiqlangan ma'lumotlar uning rasmiy saytida e'lon qilib borilishi bildirildi.
5Jamiyat
Jahon bozorida neft narxi keskin tushib ketdi WTI rusumidagi neftning bir barrelining avgust fyucherslari narxi 3,76%ga, 56,87 dollargacha, Brent rusumidagi neftning bir barrelining sentabr fyucherslari narxi 3,24%ga, 62,95 dollargacha tushgan.   Neft narxlari OPeK+ mamlakatlarining neft qazib olish hajmini 2020 yil marti oxirigacha qisqartirish haqidagi kelishuvni uzaytirishga qaror qilganiga qaramasdan tushib bormoqda.   OPeK va unga kirmaydigan qator mamlakatlar (OPeK+) o‘rtasidagi neft qazib olish hajmini qisqartirish to‘g‘risidagi kelishuv 2017 yildan beri amal qilib keladi.
2Dunyo
Vaksinalar ishlab chiqarish maydonchasi va qator ilmiy laboratoriyalar barpo etiladi Bu davlat rahbari tomonidan 2020 yil 25 noyabrda imzolangan qarorda nazarda tutilgan. Hujjat bilan 2020-2024 yillar uchun moʻljallangan ikkita dastur tasdiqlandi: Vazirlar Mahkamasi huzurida Biologik хavfsizlik kengashi - mamlakatning biologik хavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishda davlat organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini ta’minlaydigan maslahat organi tashkil etildi. Kengash majlislari zaruratga koʻra, lekin har yarim yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) farmatsevtika bioteхnologiyalari va vaksina-zardob ishini rivojlantirish, mahalliy immunobiologik preparatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan faoliyatini faollashtiradi. Institutning ushbu yoʻnalishdagi asosiy vazifalari belgilandi, uning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha dastur va yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi. 2021 yildan esa Institut хodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, joriy хarajatlarini qoplash Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida vaksinalar ishlab chiqarish maydonchasi va хavfsizlik darajasi boʻyicha “BSL-3” хalqaro standartiga mos keluvchi tajriba-sinov laboratoriyasi (Institut huzurida) tashkil etiladi. Ikkala holda ham ijro etuvchi organ - Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, umumiy muvofiqlashtirish esa Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu loyihalarning konsepsiyalari va TIA yetakchi loyiha institutlari va injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, 2021 yil yakuniga qadar quyidagilarni tashkil etish va foydalanishga topshirish vazifasi yuklatildi: a)  Ilgʻor teхnologiyalar markazida (Kopengagen universiteti bilan hamkorlikda): b) Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya institutida -fitovirusologiya ilmiy laboratoriyasi.  Bu yerda moliyalashtirish manbalari - Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar, хalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor-mamlakatlarning kredit va grantlari va boshqalar. Oleg Zamanov.
10Qonunchilik
Telefonga qaramlik qanday qilib qalbni o‘g‘irlaydi? Zamonaviy dunyoda insonning texnologiyalarga qaramligi oqibati kundan-kunga jiddiylashib boruvchi kasallik ko‘rinishini olmoqda. Fransiyalik suratkash Antuan Geyger mazkur muammoga chuqurroq nazar tashlab, “SUR-FAKE” nomli biroz qo‘rqinchli fotoloyiha tashkil etdi. “Adme.ru”ning yozishicha, kishini o‘ylantiradigan ushbu fotosuratlarda smartfonlar o‘z egalarining qalblarini “so‘rib olayotgani” tasvirlangan.
14Texnologiya
Qashqadaryo cho‘lidan o‘g‘irlangan noyob toshbaqalar Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigiga yuborildi Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida joylashgan “Umakay” YPX muntazam postida “Qizil kitob”ga kiritilgan va o‘g‘irlab ketilayotgani aytilgan 700 ga yaqin O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi ushlab qolingani haqida xabar berilgandi. Ushbu noyob toshbaqalar Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigiga yuborildi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘riqxona ilmiy ishlar bo‘limi mudiri Dilshod Tursunov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, brakonyer tomonidan Qashqadaryodan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilayotgan toshbaqalar masalasi belgilangan tartibda huquqiy ko‘rib chiqilgan va holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shundan so‘ng noyob toshbaqalar ekologik muhofaza hududi xavfsiz hisoblangan Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigiga jo‘natilgan. “Ushbu turdagi toshbaqalar O‘zbekiston ‘Qizil kitobi’ga kiritilgan bo‘lib, O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi (Tortoise Agrionemys horsfieldii) deb nomlanadi. Noyob endemik tur hisoblangan ushbu toshbaqalar mamlakatimizning barcha adirliklarida uchraydi. Tijorat (eksport) maqsadida toshbaqalarni ovlash va tuxumlarini terish, jumladan, brakonyerlar tomonidan turli noqonuniy maqsadlarda terib olinishi natijasida ushbu tur kamayib ketmoqda”, — deydi Dilshod Tursunov. Bildirilishicha, Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigiga olib kelingan toshbaqalarni tabiatga qo‘yib yuborish tadbirida Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy biologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, institutning Qo‘shma dastur fakulteti Kazan farm-3 guruhi talabalari ham ishtirok etgan. Mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, andijonlik fuqaro Sh.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, andijonlik fuqaro Sh.K.ga tegishli bo‘lgan yuk avtomashinasida olib ketilayotgan 700 ga yaqin noyob toshbaqalar 2021-yilning 21-may kuni Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, IIB YPXX, O‘simliklar karantin inspeksiyasi va veterinariya xodimlari tomonidan Chiroqchi tumanidagi “Umakay” YPX muntazam maskanida to‘xtatib qolingandi.  O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi?
8O‘zbekiston
O‘zbekiston stendi Varshavada bo‘lib o‘tgan milliy oshxona festivalida ishtirok etdi Polsha poytaxti Varshava shahrida “Charity bazaar” milliy oshxona xalqaro xayriya festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda O‘zbekiston vakillari “O‘zbekiston — Sharq gavhari” nomli stend bilan ishtirok etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Festival tashkilotchilari tomonidan ta’kidlanishicha, tadbirning maqsadi milliy madaniy qadriyatlar, odatlar va san’at turlarini ommalashtirish, shu jumladan, kulinariya va turistik brendlarni targ‘ib qilish bo‘ldi. O‘zbekiston stendidan mamlakatning Polshadagi elchixonasi vakillari tomonidan tayyorlangan o‘zbek milliy taomlari joy oldi. Shuningdek, festivalga tashrif buyurganlar milliy sopolchilik mahsulotlari, idishlar, atlas va adras, so‘zana, an’anaviy kiyimlar, mamlakatning tarixiy shaharlari aks etgan suratlar bilan tanishdi. Tadbirda 7 xil o‘zbek milliy taomi taqdim etildi. Festival yakunida O‘zbekiston elchixonasiga “Sharqning eng xilma-xil taomlari” nominatsiyasi bo‘yicha mukofot topshirildi.
8O‘zbekiston
Iroq HHK Mo‘sul aholisiga millionlab maktublarni tashladi Iroq harbiy-havo kuchlari Mo‘sul shahri aholisiga dalda berish maqsadida 4 mln sahifani tashladi. IShID jangarilari tomonidan egallab olingan shaharni qaytarib olish uchun Iroq va AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma'lum qildi.  «Mo‘sul shahri aholisiga hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlari bitilgan maktublar Iroqning boshqa hududlaridagi fuqarolari tomonidan bitilgan. Ushbu tashabbus ikki yildan ortiqroq vaqtdan beri IShID tomonidan egallab olingan Mo‘sul aholisi yakkalanib qolmagani, ularni unutishmagani hamda Iroqning barcha aholisi shahar bilan qayta birlashishni kutayotganini anglatadi», — deyiladi Amerika qo‘mondonligi xabarida.  Ushbu kampaniya oktabr oyi o‘rtalarida boshlangan edi. Iroq aholisi turli dalda bo‘luvchi maktublarni yuborishgan va ular 4 mln nusxagacha ko‘paytirilgan.  Ta'kidlanishicha, Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha harbiy amaliyot ikki oydan ko‘proq vaqtdan beri davom etmoqda.
2Dunyo
Andijonda isitish qozoni portlashi oqibatida 18 o‘quvchi jarohatlandi 26 fevral kuni 10:26 da Andijon ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi «Issiqlik manbai» AJga qarashli isitish qozonining portlashi yuz berdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa natijasida shahardagi 4-umumta’lim maktabining 18 nafar 9- «g» sinf o‘quvchilari turli darajada yengil jarohat olgan. Ular Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali travmatologiya qabulxonasiga olib kelingan. Ular zudlik bilan zarur tekshiruvlardan o‘tkazilib, shifokorlar tomonidan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi. 18 nafar bemor kuzatuv ostida bo‘lib turibdi. Olib kelinganlardan 4 nafari holati tekshirilib, neyroreanimatsiya bo‘limiga yotqizildi, jumladan, 2 nafar bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 10 nafar qo‘shimcha murojaat qilganlarga ambulator-psixologik yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berildi. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, zarur dori-darmonlarni yetkazib berish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgan. Vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.
5Jamiyat
“Liverpul” uzoq kutilgan tanaffusdan so‘ng Chempionlar Ligasining chorak finaliga qaytdi Angliyaning “Liverpul” klubi Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l oldi. Uning ilk o‘yinini “Dragau” stadionida o‘tkazib, mezbon “Portu” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urgan “mersisayd” klubi, bu safar 0:0 hisobiga rozi bo‘ldi. Yurgen Klopp asosiy futbolchilariga dam berishi tahmin qilingandi. Biroq u Muhammad Salohni inobatga olmasa, qolgan yetakchilar maydonda ko‘rinish berdi. Hatto Saloh ham ikkinchi bo‘limga kelib “Enfild”ga chiqarildi. “Liverpul” so‘nggi bor 2009-yil Chempionlar Ligasining chorak finaliga yetib kelgandi. Oradan 9 yil o‘tib, Yurgen Klopp jamoani yana o‘sha bosqichga olib chiqdi. Chempionlar Ligasi Nimchorak final 6-mart, seshanba Dastlabki o‘yin: 5:0
13Sport
Eksport faoliyati yanada qo‘llab-quvvatlanadi – Prezident qarori loyihasi Prezidentning “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida “O‘zbekiston Respublikasi eksport-kredit agentligi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi. Quyidagilar Eksport-kredit agentligining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi: mahalliy tadbirkorlik sub'yektlariga eksportoldi moliyalashtirish maqsadlari uchun kreditlar ajratish; mahalliy tadbirkorlik sub'yektlari uchun eksportoldi moliyalashtirish kreditlari bo‘yicha kafolat va kafilliklar berish; mahalliy tadbirkorlik sub'yektlariga eksport shartnomalari bo‘yicha faktoring xizmatlari ko‘rsatish; O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib oluvchi xorijiy xaridorlarga eksport shartnomalari ijrosi, shu jumladan bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha kafolat va kafilliklar berish; xalqaro tajribadan kelib chiqib, savdoni moliyalashtirish instrumentlaridan keng foydalangan holda eksport qiluvchi mahalliy tadbirkorlik sub'yektlariga boshqa turdagi bank-moliya xizmatlarini ko‘rsatish; eksport qiluvchilarga, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa xizmatlarni ko‘rsatish. Bunda, Eksport-kredit agentligiga ushbu bandda belgilangan asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tijorat banklari orqali ko‘rsatishga ruxsat beriladi. Eksport-kredit agentligi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning moliyaviy manbalari etib quyidagilar belgilanadi: O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Eksport-kredit agentligi nizom jamg‘armasini shakllantirish uchun ajratiladigan 100 million AQSh dollari, bunda mazkur mablag‘larning 50 foizi bir oy muddatda Eksport-kredit agentligiga o‘tkazib beriladi; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari, boshqa donor tashkilotlar hamda xorijiy banklar va xususiy moliya kompaniyalaridan, shu jumladan davlat kafolati ostida, jalb etiladigan kreditlar (qarzlar); qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi zimmasiga eksport qiluvchi korxonalarga mahalliy tijorat banklarining eksportoldi moliyalashtirish kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga va garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanilganda sug‘urta summasini qoplashga kompensatsiyalar taqdim etish hamda kafilliklar berish vazifalari yuklatiladi. Yuklatilayotgan vazifalarni bajarish maqsadida Eksportni rag‘batlantirish agentligi qoshida, yuridik shaxs tuzmagan holda, tijorat banklarida hisob raqamlar ochish orqali quyidagi manbalar hisobidan shakllanadigan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi: Prezidentning 2019 yil 24 maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4337-son qarori bilan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun 2019-2020 yillarda Davlat budjetidan ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan 25 milliard so‘m; O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga boshlang‘ich badal sifatida berilgan mablag‘larni kamaytirish hisobidan 20 million AQSh dollari. Ushbu mablag‘ Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan bir oy muddatda Jamg‘armaga o‘tkazib berilishi ta'minlanadi; 2021 yildan boshlab, Davlat budjetiga import bojlaridan kelib tushadigan mablag‘larning 5 foizi, har oy boshida avvalgi oydagi tushumlar hisobidan to‘liq ajratib berilishi sharti bilan; Jamg‘armada vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar; qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar. Bunda, Jamg‘armada vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlarning bir qismini Eksportni rag‘batlantirish agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnomalar asosida jalb qilish (mehnatga haq to‘lash, transport xarajatlari va boshqalar), xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan chet elda o‘tkaziladigan tadbirlar, shuningdek, ularning faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishiga ruxsat beriladi. Qaror va avval qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratish bo‘yicha Eksportni rag‘batlantirish agentligiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini samarali tashkil etish maqsadida uning tuzilmasiga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 17 ta, shu jumladan viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bittadan shtat birligi qo‘shimcha ajratiladi. Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha Muvofiqlashtirish kengashining tarkibi tasdiqlanadi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanadi: Eksport-kredit agentligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi, “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki va boshqa aloqador tashkilotlarning faoliyatlarini boshqarish; Eksport-kredit agentligining tarkibiy tuzilmasini, faoliyati va xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarini, xarajatlar va daromadlar smetasini, ish rejalarini, rivojlanish strategiyalarini tasdiqlash va o‘zgartirishlar kiritish; Eksport-kredit agentligi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning shartlari va tariflarini belgilash; Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan Jamg‘arma hisobidan tadbirkorlik sub'yektlariga davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini taqdim etish shartlari va miqdorlarini belgilash; Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish maqsadida qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa zarur choralarni ko‘rish. Belgilab qo‘yilishicha: a) Eksport-kredit agentligi nizom jamg‘armasidagi davlat aksiyalari (ulushlari) paketi, shu jumladan O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha aksiyadorlik huquqi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tegishli; b) Eksport-kredit agentligining bosh direktori va Eksportni rag‘batlantirish agentligining direktori – Vazirlar Mahkamasi tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasiga asosan lavozimiga tayinlanadi va undan ozod qilinadi; Eksport-kredit agentligining bosh direktor o‘rinbosarlari – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining buyrug‘iga asosan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi; v) Eksportni rag‘batlantirish agentligining direktori Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi; g) Eksport-kredit agentligi va Eksportni rag‘batlantirish agentligining hududlardagi xodimlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududlardagi boshqarmalarida joylashtiriladi. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalari 2020 yil 1 iyundan boshlab Eksportni rag‘batlantirish agentligiga o‘tkazish orqali bekor qilinadi. Bunda, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining tijorat banklari oldida shakllangan majburiyatlari va uni bajarish mazkur jamg‘armaning o‘zida saqlab qolinadi. Prezidentning 2019 yil 24 maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4337-son qarori bilan temir yo‘l transporti xarajatlarini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish bo‘yicha belgilangan mexanizm 2020 yilning 1 mayidan boshlab, mahsulotlarni havo transporti va avtotransportda eksportga tashish xarajatlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Muvofiqlashtirish kengashi mahsulotlarni temir yo‘l, havo transporti va avtotransportda eksportga tashish xarajatlarini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibini tasdiqlaydi. Moliya vazirligi ushbu qarorning ijrosini ta'minlash yuzasidan: Eksportni rag‘batlantirish agentligining xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha 2020 yil uchun davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratadi va 2021 yildan boshlab budjet mablag‘larini ko‘zda tutadi; Davlat budjetidan Jamg‘armaga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan ko‘rsatilgan mablag‘larni bir oy muddatda, qolgan mablag‘larni ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkazib borilishini ta'minlaydi; Eksport-kredit agentligiga o‘z vazifalarini bajarish maqsadida jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda davlat kafolatlarini taqdim etib boradi. O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 2020 yildagi daromadlar va xarajatlar prognoziga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni o‘rnatilgan tartibda kiritadi. O‘zbekiston bojxona chegarasidan eksport operatsiyalari bo‘yicha olib o‘tilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan joriy qilingan barcha turdagi majburiy to‘lovlar va ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjudligini tekshirish amaliyoti 2020 yilning 1 aprelidan boshlab bekor qilinadi.
8O‘zbekiston
Ukrainada defolt nima sababdan yuz berishi mumkinligi aytildi Iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi, islohotlarni amalga oshirishning past sur'ati Ukrainada defoltga olib kelishi mumkin. Juda katta tashqi qarzlar esa - uni «ishga tushiradigan dastakka» aylanadi. Bu haqda Ukrainaning «Apostrof» nashri ekspertlarga asosan yozmoqda. Samarali tartibga solish ofisi rahbari Aleksey Goncharukning ma'lum qilishicha, Ukraina qarzlar bilan tashqi yordamsiz kurashishi mumkin bo‘lgan bironta ssenariyni ko‘rmayapti. «Bu defoltdan avvalgi vaziyatga juda o‘xshash, hamda unga yechim topish uchun tashqi zayom olish kerak», - deya qayd etib o‘tdi u. Ekspertlarning ishonch bildirishicha, moliyaviy yordam Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tomonidan taqdim etilishi mumkin. «Ukraina, agarda XVJ kreditlar bermasa, 2019 yilda qarzlarini to‘lashi umuman imkonsiz narsaga aylanadi. XVJdan yordam taqdim etilmasa, unda defolt ro‘y berishi ehtimoli 99 foizga teng bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Ukraina Moliyaviy tahlilchilar jamiyati ijroiya qo‘mitasi a'zosi Vitaliy Shapran. Uning fikricha, XVJ ushbu davlat Yevropada inqiroz markaziga aylanishini xohlamaydi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq XVJ Ukrainaga yon bosishdan bosh tortgani xabar berilgandi.
4Iqtisodiyot
Rossiyada 6 baravargacha qimmatlashgan ehtiyot qismlar, birgina senator to'xtatib qo'ygan 40 milliard, neft embargosi Rossiya qo'shinlarining Ukraina hududlariga bostirib kirishi ortidan boshlangan urush 24 fevraldan buyon davom etmoqda. Quyida 13 may kuni sodir bo'lgan mazkur mojaroga aloqador asosiy yangiliklarni taqdim etamiz. Rossiyalik foydalanuvchilar gadjetlarida Android uchun Chrome brauzeri yangilanishdan to'xtadi. Bu haqda “Kommersant'” xabar berdi. Ma'lum bo'lishicha, brauzerni Android 10, 11 va 12-versiyalarida ishlaydigan Samsung va Xiaomi telefonlarida yangilab yoki qayta o'rnatib bo'lmayapti. Android 9 operatsion tizimida ishlovchi Nokia telefonida esa bu muammo yuzaga kelmagan. Ukrainaga 40 milliard dollarlik yordam berish to'g'risidagi hujjat AQSh Senati tomonidan qabul qilinmadi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi. Ma'lumotlarga ko'ra, respublikachi Rend Pol qonunning qabul qilinishiga qarshi chiqqan. U ajratilgan mablag'larni nazorat qilishning aniq mexanizmlari ishlab chiqilgunga qadar hujjatni qabul qilishdan bosh tortgan. Shuningdek, siyosatchi qonun loyihasiga Afg'onistonni qayta tiklash bo'yicha maxsus bosh inspektor Ukrainaga yuboriladigan pul va qurollarni ham nazorat qila olishi haqida band qo'shishni taklif qilgan. Ma'lumot o'rnida, 11 may kuni mazkur qonun loyihasi AQSh Kongressining quyi palatasi tomonidan qabul qilingandi. Amerika qonunchiligiga ko'ra bir nafar senator qarshi chiqsa ham qonun loyihasini tezkor ravishda qabul qilib bo'lmaydi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so'ng, Rossiyada avtomobil ehtiyot qismlari o'rtacha 30 foizga qimmatlashdi. Bu haqda “Kommersant'” xabar berdi. Ma'lumotlarga ko'ra, ta'minotdagi qiyinchiliklar bamperlar va faralarning sezilarli darajada yetishmasligiga olib kelgan, bu esa ba'zan narxlarning tavsiya etilgan darajaga nisbatan olti barobar oshishiga sabab bo'lgan. Avtomobillar uchun elektronika yetkazib berishda ham uzilishlar kuzatilgan. Evropa Ittifoqining bir qancha davlatlari Rossiya neftiga nisbatan embargoni kechiktirishni taklif qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi. Ma'lum bo'lishicha, Evropa Ittifoqining bir qancha davlatlari Rossiya neftini import qilishga taqiq joriy etishni kechiktirish imkoniyatini ko'rib chiqish zarur, deb hisoblaydi. Agentlik qaysi davlatlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, diplomatlardan biri agentlikka ma'lum qilishicha, ba'zi mamlakatlar Evropa Ittifoqining embargoni kechiktirish qarori zaiflik belgisi sifatida ko'rilishi mumkinligidan xavotirda.
2Dunyo
Kobulning diplomatik tumanida kuchli portlash yuz berdi Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrining diplomatik tumanida 19-may, seshanba kuni kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Mahalliy TOLO News telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, portlash Afg‘oniston Adliya vazirligi yaqinidagi avtoturargohda ro‘y bergan. Portlash joyiga xavfsizlik xizmati xodimlari va tez tibbiy yordam karetalari yetib kelgan. Hodisa tafsilotlari oshkor etilmayapti. Yuz bergan portlash natijasida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hozircha yo‘q.
2Dunyo
Tadbirkorlar diqqatiga: soliq idoralari hisob-raqamini muzlatib qo‘yishga haqli emas! Ba'zan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar orasida hisob-raqamlari muzlatilishi bilan bog‘liq holatga duch kelganlari ham topiladi. XPK sessiyasida ayni masalaga aniqlik kiritildi.  “Yaqinda bir tadbirkorning aytishicha, soliq idorasidan kelib hisob raqamini muzlatib qo‘yibdi. Sababini so‘raganda siz pul yashirgansiz, degan gapni aytishgan. Shundan so‘ng, u Soliq qo‘mitasi ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilsa, murojaat 15 kun davomida ko‘rib chiqilishini bildirishgan. Tadbirkor esa, 15 kunda yo‘qotadigan narsalari bor, ko‘p narsani boy berish ehtimoli tashvishida Bosh prokuratura huzuridagi ishonch telefoniga murojaat qilayapti. Shundan so‘ng, tuman soliq inspeksiyasi rahbari unga qo‘ng‘iroq qilib, bo‘ldi sizning hisob-raqamingizni ochamiz, qanaqadir anglashilmovchilik bo‘libdi, deya xatosini bartaraf etayapti. Aytmoqchi bo‘lganim, murojaatlarni 15 kunda ko‘rib chiqish uzoq muddat emasmi?”, - deya savol berdi “Turkiston” gazetasi  muxbiri. Bu savolga Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nazarali Norboyevning oydinlik kiritishicha, bugungi kundagi amaldagi qonunchilikda soliq idoralarining 15 kun muddatga tadbirkor hisob-raqamini muzlatib qo‘yish huquqi yo‘q.   “Bugungi kunda tadbirkorga nisbatan hisob-raqamini yopib qo‘yish vakolati soliq idorasida mavjud emas. Birinchi navbatda, bu holatga oydinlik kiritishimiz kerak. Chunki bu narsa faqat sud qarori asosida qo‘llanilishi mumkin. Muhokama qilinayotgan farmonda ham bir me'yor ko‘zda tutilgan. U ham 2018 yil 1 yanvaridan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, agar tadbirkorlik sub'yekti tomonidan noqonuniy olib kirilgan tovar-mahsulotlar sotiladigan bo‘lsa, soliq idorasi o‘shanda ham besh kunga uning hisob-raqamini yopib qo‘yishi mumkin. Shunga muvofiq, yuqoridagi holatda faqat hisob-raqamni ochib berishni so‘rab emas, balki soliq idorasi xodimi ustidan ham shikoyat qilish kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, unga nisbatan vakolat doirasidan chiqqani uchun chora ko‘riladi.  Ikkinchidan, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati borasida. 15 kun degan narsa yo‘q. Chunki yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun me'yorlari soliq idoralariga ham tegishli”, - dedi Nazarali Norboyev.
8O‘zbekiston
Xitoyda bir kishida COVID-19 aniqlangani sababli butun shahar karantinga yopildi Xitoy sharqiy tomondan Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan Dunnin shahrida transport qatnovini yopib qo‘ydi. Bu haqda hukumat qaroriga tayanib Yicai xabar berdi, deb yozmoqda “RBK”. Qayd etilishicha, shahar 13-dekabrga o‘tar kechasidan boshlab yopilgan. Unda, shuningdek, jamoat transpoti harakati va avtomobilda yurish ham vaqtinchalik to‘xtatilgan. Xitoy hukumati Dunnin shahri (Xeylunszyan provinsiyasi) bilan transport aloqasini to‘liq to‘xtatishga qaror qildi — shaharda koronavirusning yangi o‘chog‘i paydo bo‘lgan. Shahardagi barcha do‘konlar, bozorlar, pochta va kommunal xizmatlar 5 kun davomida hukumatga barcha xodimlarining koronavirus testi natijalari va ularning hududida infeksiya yo‘qligini tasdiqlovchi tekshiruv to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishi shart. Sinhua xabariga ko‘ra, hukumat Dunnin shahrini 10-dekabr kuni koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holat aniqlanganidan so‘ng yopib qo‘ygan. Ushbu shahar joylashgan Xeylunszyan provinsiyasida jami 5 kishi infeksiyaga chalingani aniqlangan bo‘lib, ularning 3 nafari COVID-19’ning belgisiz tashuvchilari. “TASS”ning yozishicha, doimiy aholisi soni 210 mingdan ortiq Dunnin shahri bilan Vladivostok orasi — 60 kilometr. Ushbu shaharda mahalliy manbalardan kasallik yuqishi bir necha oydan beri kuzatilmayotgandi. Yangi holat aniqlanganidan so‘ng Dunninda harbiy holat e’lon qilindi. Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha birinchi holat Uxan shahrida 2019-yilning oxirlarida aniqlangandi. Shundan buyon mamlakatda 86,7 ming kishi kasallikka chalingani qayd etilgan. Mamlakatda pandemiyaga qarshi chora sifatida transport harakati cheklangan, alohida hududlar qat’iy karantinga yopilgan. Koronavirus o‘chog‘i aynan Xitoyda paydo bo‘lganiga qaramay, mamlakat kasallanganlar soni eng ko‘p bo‘lgan davlatlar 10 taligiga ham kirmaydi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy infeksiyaga chalinganlar soni bo‘yicha 73-o‘rinda. Mamlakatda pandemiya boshidan buyon COVID-19 bemorlarining 4,7 ming nafari vafot etgan. Taqqoslash uchun, AQShda 296,1 ming kishi koronavirus qurboni bo‘lgan.
2Dunyo
Surxondaryoda xorij kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning aksariyati afg‘onistonliklarniki ekani ma'lum qilindi Surxondaryoda xorij kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning asosiy qismi afg‘onistonlik tadbirkorlar bilan birga tashkil etilgan. Bu haqda viloyat Statistika boshqarmasi xabar bermoqda. Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra Surxondaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 520 tani tashkil etgan. Hozirgi kunda ulardan 490 tasi faoliyat yuritmoqda. Ularning aksariyati afg‘onistonlik tadbirkorlar kapitali asosida tashkil etilgan. Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning – davlatlar kesimida soni: –     Afg‘oniston – 319 ta; –     Rossiya – 41 ta; –     Tojikiston – 22 ta; –     Xitoy – 20 ta; –     Turkiya – 14 ta; –     Qozog‘iston – 13 ta; –     Boshqa davlatlar – 61 ta. Qayd etilishicha, joriy yil olti oy davomida viloyatda xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning ham aksariyati afg‘onistonlik tadbirkorlar bilan birga tashkil etilgan. Xorijiy kapital ishtirokida 2021 yil yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni: –     Afg‘oniston – 72 ta; –     Xitoy – 5 ta; –     Turkiya – 4 ta; –     Tojikiston – 4 ta; –     Rossiya – 3 ta; –     Qozog‘iston – 3 ta –     AQSh – 1 ta. Surxondaryoda afg‘onistonlik tadbirkorlar uchun kirish ochiq, o‘zbekistonliklar uchun «pasport rejimi»dagi iqtisodiy zona qurilmoqda O‘zbek tadbirkorlari Afg‘onistondagi konferensiyada 12ta kelishuv imzolashdi
8O‘zbekiston
Osiyo boks konfederatsiyasi yilning eng yaxshilarini e'lon qildi: O‘zbekiston to‘rtta yo‘nalishda g‘olib Osiyo boks konfederatsiyasi yilning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil qilgandi. Unga ko‘ra, bir necha hamyurtimiz o‘z yo‘nalishida qit'ada tengsiz deb topildi. Eng yaxshi bokschi nominatsiyasida Isroil Madrimov barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda, Osiyoning eng yaxshi erkak bokschisi deb e'lon qilindi. Boshqa bir hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov esa bu borada uchinchi bo‘ldi. «Osiyoda yilning eng yaxshi texnik mutaxassisi» yo‘nalishida Dilshod Kazakovga teng keladigan raqib topilmadi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi. Hakamimiz Aleksandr Hamidov ham 2018 yilda «Osiyoning eng yaxshi hakami» unvonini qo‘lga kiritdi. Yil davomida katta hajmdagi ishni amalga oshirgan O‘zbekiston boks federatsiyasi qit'ada eng yaxshi bo‘ldi.
13Sport
Hoshiyasiz iPhone konsepti taqdim etildi (foto) Insayderlar Apple 2017-yilda uchta iPhone chiqarishini kutmoqda, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Ulardan ikkitasi (ularni shartli ravishda iPhone 7s va iPhone 7s Plus deb nomlashmoqda) iPhone 7 va 7 Plus’ning yangilangan versiyalari bo‘ladi, uchinchisi esa (shartli ravishda iPhone 8 yoki iPhone Ferrari) o‘z “ajdodlari”dan tubdan farq qiladi. Eng old modelning dizayni konseptini iDrop News dizaynerlari ishlab chiqdi. iPhone 8’ning ekrani old panelning butun maydonini egallaydi. Smartfon Samsung’ning OLED-matritsasiga ega bo‘ladi. Yangi displey tufayli, qurilma ingichkalashadi va uning energiya sarfi kamayadi. Diagonali 5,5—5,8 dyuym, pikseli 4K ga teng bo‘ladi. “Uyga” tugmasi konstruksiyadan olib tashlanadi, barmoq izi skaneri esa ekran tagiga joylashtiriladi. Shuningdek, smartfon ko‘zning rangdor pardasining infraqizil skaneri bilan ham jihozlanadi. Smartfon 700 dollardan sotilishi kutilmoqda.
14Texnologiya
Fransiya boshqaruvga qaytdi. Benzema dahosi va VAR jahon chempionlariga Millatlar ligasida g‘alaba keltirdi Millatlar ligasi A Final Ispaniya — Fransiya — 1:2 (0:0) Gollar: Oyyarsabal, 64 (1:0). Benzema, 66 (1:1). Mbappe, 80 (1:2). Ispaniya: Simon, Aspilikueta, Alonso, Lyaport, Garsiya, Buskets, Sarabiya (Pino, 61), R.Ernandes (Merino, 84), Torres (Pablo Fornals, 84), Gavi (Koke, 75), Oyyarsabal. Fransiya: Loris, Varan (Upamekano, 43), Kimpembe, Pavar (Dyubua, 79), Kunde, T.Ernandes, Pogba, Tshuameni, Benzema, Grizmann (Veretu, 90+2), Mbappe. Ogohlantirishlar: Pogba, 46. Kunde, 55. Lyaport, 86. Mbappe, 90. Hakam: Teylor (Angliya). 10 oktabr. Milan. «Juzeppe Meatssa» stadioni. Ispaniya va Fransiya Millatlar Ligasida yarimfinalni kuchli o‘tkazishdi va munosib ravishda finalga chiqishdi. Luis Enrikening yoshlari Yevropa chempionlari bo‘lmish italiyaliklardan Yevro-2020 finalidagi mag‘lubiyat uchun qasos olishdi (2:1), Dide Desham jamoasi esa Belgiyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limdagi kuchsiz o‘yindan keyin qahramonlik ko‘rsatishdi (tanaffusgacha 0:2, yakuniy hisob 3:2). «Fransiyada ajoyib tarkib. Men hozircha boshlang‘ich tarkibni belgilay olmadim, ammo Ferran Torres o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida. Fransiya termasidagi hujumkor futbolchilar juda kuchli va har qanday o‘yinda burilish yasay olishi mumkin, ammo biz o‘z yo‘nalishimizni o‘zgartirmoqchi emasmiz», — degandi Luis Enrike finaldan oldin raqib haqida. Amalda esa Torres ham, jamoaning 17 yoshli yarimhimoyachisi Gavi ham ilk daqiqalardan maydonga chiqdi. Faqat hujum uchligining joylashuvi biroz kutilmagan bo‘ldi: Pablo Sarabiya, Mikel Oyarsabal va Torres yana birga o‘ynashdi, ammo ularning har biri hujum chizig‘idagi o‘z odatiy joyini o‘zgartirgandi. Ferran o‘ngda, Oyarsabal markazda, Sarabiya chapda harakatlandi. «Ispaniyadan to‘pni olib qo‘yish imkonsiz. To‘pga egalik qilish ularning qoniga singib ketgan. Siz pressing qilishingiz mumkin, ammo ular kuchli bosim ostida ham aniq uzatmalar bera olishadi. Qayd etish kerakki, Italiyaga qarshi o‘yinda to‘p yo‘qotilgan vaqtda ularning o‘zi ham yaxshi pressing qo‘llashdi», — deya qayd etdi Desham ispanlarning ustunliklari haqida. Fransuzlarda maydon markazida Pol Pogbaning yonidan «Monako» yarimhimoyachisi Orelen Tshuameni o‘rin egalladi. O‘yin kutilgan ssenariy bo‘yicha boshlandi: ispanlar to‘pga egalik qilishdi, fransuzlar xavfli hujumlar uyushtirdi. Bo‘lim o‘rtalariga borib «qizil furiya» to‘pni o‘z darvozasidan uzoqlashtirdi, ammo ularning o‘yinni nazorat qilishi steril bo‘lib qolaverdi: Fransiya darvozasiga hech qanday tahdid solinmadi. Birinchi bo‘lim faqat Rafael Varanning jarohati bilan yodda qoldi. 43-daqiqada uning o‘rniga Dayot Upamekano o‘yinga qo‘shildi. Harri Maguayr ham jarohatlangani hisobga olinsa, endi «Manchester Yunayted» himoyasi qiyin holatga tushib qoldi. Muxlislar ilk golli vaziyatni 64-daqiqagacha kutishdi. Fransuzlarning xavfli qarshi hujumi Teo Ernandesning darvoza to‘sinini nishonga olishi bilan yakunlandi, javob hujumida esa Ispaniya hisobni ochdi. To‘p ispanlar darvozasi to‘sinidan qaytishidan bir necha soniya o‘tib Serxio Buskets Oyarsabalni oldinga tashladi. «Real Sosedad» hujumchisi Upamekanoni oson ortda qoldirdi va to‘pni darvozaning pastki o‘ng burchagiga joyladi. Fransiya esa o‘z hujumkorligini davom ettirdi. Birinchi goldan ikki daqiqa o‘tib Karim Benzema aylantirib yo‘llagan zarbasi bilan Unai Simonni ilojsiz qoldirgan holda to‘pni darvozaning yuqori uzoq burchagiga yo‘naltirdi. Publikatsiya ot ????????? ??????? ??? ???? (@cr7reclusee) Urilgan gollar ikki tomonni ham ochilishga majbur etdi, ayniqsa Fransiyaning tezkor hujumchilari yana gol urish uchun harakat qilishdi. Kilian Mbappe va Benzema ispan himoyachilarini nafas rostlashga qo‘yishmadi. Bu o‘z samarasini berdi. 80-daqiqada Ernandes Mbappeni Simon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Fransuz raqib darvozabonini osonlik bilan aldab o‘tib g‘alaba golini urdi. Lekin golning hakamlar brigadasi tomonidan hisobga olinishini ko‘plar noto‘g‘ri qaror deb hisoblashdi. Hujumchi to‘p uzatilgan vaziyatda ofsaydda edi, ammo to‘p unga borguncha Erik Garsiyaga tekkandi. Videoassistentlar Styuart Attuell va Kris Kavana vaziyatni tekshirishdi va himoyachi uzatmani to‘xtatib qolish uchun chap oyog‘ini to‘p yo‘nalishiga qo‘yganini aniqlashdi - u aynan to‘pga o‘ynagan va bu rikoshet emasdi. Shu tufayli bosh hakam Entoni Teylor VAR brigadasi xabaridan keyin gol qoidalarga bo‘yicha to‘g‘ri urilgan deb topdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalari shiddatli kechdi. Fransuzlar darvozaboni Ugo Loris o‘z mahoratini ko‘rsatdi va bir necha murakkab vaziyatlarda to‘pni qaytardi. 2018 yilgi jahon chempionlari xarakter ko‘rsatishdi va Millatlar ligasining «To‘rtlar finali»da ikkita irodali g‘alabaga erishishdi. Endi jamoa Yevro-2020dagi muvaffaqiyatsizlikni yuvdi deb hisoblash mumkin - uch yil ichida ikkita sovrin qo‘lga kiritildi.
13Sport
So‘nggi 10 yilda transferlar uchun eng ko‘p pul sarflagan klublar reytingi e'lon qilindi Yevropaning «kuchli beshlik» chempionatlarida 2010 yildan 2019 yilga qadar bo‘lgan muddatda transferlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan klublar reytingi e'lon qilindi.  CIES Football Observatory hisobotiga ko‘ra, bu davr mobaynida eng yirik xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha yetakchi «Manchester Siti» bo‘lgan – 1638 mln yevro. Ikkinchi o‘rinda «Barselona» (1525 mln), uchinchi o‘rinda – «Chelsi» (1428 mln) joylashgan.  Reytingning top-10 ro‘yxatidan joy olgan jamoalar jami bo‘lib bu davr ichida transferlar uchun qariyb 12 milliard yevro sarflashgan. 1. «Manchester Siti» – 1638 mln yevro 2. «Barselona» – 1525 mln 3. «Chelsi» – 1428 mln 4. «PSJ» – 1392 mln 5. «Yuventus» – 1272 mln 6. «Manchester Yunayted» – 1265 mln 7. «Real» – 1236 mln 8. «Atletiko» – 1110 mln 9. «Liverpul» – 1075 mln 10. «Inter» – 968 mln.
13Sport
Rossiyalik fazogirlar ochiq fazoga chiqdi Rossiyalik fazogirlar Gennadiy Padalka va Mixail Korniyenko ochiq fazoga chiqdi, deb xabar beradi Meduza. Ular Moskva vaqti bo‘yicha 23:48 gacha ishlaydi. Fazogirlar illyuminatorni tozalashi, Rossiya stansiyasi segmentining tashqi yuzasini suratga olishi, bortlararo radiotizim antennalarining mustahkamlovchi qismlarini o‘rnatishi hamda Expose-R ilmiy qurilmasini suratga tushirishi zarur.
14Texnologiya
DXX O‘zbekiston bo‘ylab tezkor-qidiruv tadbirda 13,5 kilo giyohvand moddalarni musodara qildi DXXning hududiy boshqarmalari tomonidan respublikada giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi. Xususan, DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida Denov tumani tibbiyot birlashmasida haydovchi bo‘lib ishlovchi, 1984-yilda tug‘ilgan shaxs 3 kilogramm 857 gramm opiy moddasi bilan qo‘lga olindi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida giyohvand moddani mazkur shaxsning Tojikistondagi jinoiy aloqalari kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimiz hududiga o‘tkazib bergani ma’lum bo‘lgan. DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Chust tumanida o‘tkazgan tezkor tadbirida ham katta miqdordagi giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yilgan. Xususan, tezkor tadbir davomida Uychi tumanida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan shaxs va uning jinoiy sherigi Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida istiqomat qiluvchi, 1978-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro tomonidan Qirg‘izistondan olib kelingan 6 kilogramm 813 gr gashish moddasi protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan. DXX xodimlari tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasu tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi va uning jinoiy sherigi bo‘lgan, 1959-yilda Qirg‘izistonda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi ushlanib, ulardan 1 kilogramm 413 gramm gashish moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Aniqlanishicha, ushbu giyohvand modda kelgusida sotish maqsadida qo‘shni Qirg‘izistondan O‘zbekiston hududiga olib o‘tilgan. Qo‘qon shahrida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish maqsadida Qirg‘izistonning Botken viloyati Qizilqiya shahriga borib, Azamat ismli shaxs bilan uchrashadi va unga 1 kilogramm gashish moddasini Farg‘ona shahriga yetkazib berish sharti bilan 2 ming dollar berib, yashash manziliga qaytib keladi. Oradan ma’lum muddat o‘tib, u Farg‘ona shahridagi Farg‘ona—Qo‘qon yo‘nalishida qatnovchi avtomashinalar turargohida giyohvand moddani qabul qilib olib, Qo‘qon shahri tomon yo‘l olganida DXX xodimlari tomonidan ushlangan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, undan protsessual tartibda olingan gashish moddasining sof og‘irligi 911 grammni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida kuzatilgan yana bir holatda esa Quva tumani hududida to‘xtatilib, tekshirilgan Gentra rusumli avtomashina yo‘lovchisi, Oltiariq tumanida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning yonida 599 gramm gashish moddasi borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan. Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 3 kilogramm 857 gramm opiy va 9 kilogramm 736 gramm gashish giyohvand moddalari musodara qilindi. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
8O‘zbekiston
YPX xodimiga bo‘ysunmagan avtomobil o‘g‘risi 11 yilga qamaldi Sud YPX xodimiga bo‘ysunmagan avtomobil o‘g‘risini 11 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati. Qayd etilishicha, «Matiz» avtomobilining olib qochilgani haqidagi xabar bir zumda barcha YPX postlariga kelib tushgan. Barcha nazoratchilar qatori YPX brigadasining 3-divizioni mobil guruhi inspektori – safdor Dilshod Jo‘rayev «Nazarbek» postidan o‘tayotgan mashinalarni sinchiklab tekshirar ekan, qidiruvdagi mashinani darrov payqagan va unga to‘xtash buyrug‘ini bergan. Biroq, YPX xodimiga bo‘ysunmagan jinoyatchi tezlikni oshirib, harakatni davom ettiradi. Shunda inspektor avtomobil kapot ustiga o‘zini otadi, biroq sodir etgan jinoyatining jazosidan qo‘rqqan qonunbuzar mashina rulini turli tomonga burib, xodimdan qutilmoqchi bo‘ladi. Mashinaning qisqa burilishlari oqibatida yiqilib tushgan xodimimiz esa tan jarohatini oldi. Biroq jinoyatchi boshqa xizmatdoshlar tomonidan baribir qo‘lga olingan. Ushbu holat yuzasidan, Toshkent shahar Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan muqaddam sudlangan, 1985 yilda tug‘ilgan Sh.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator, jumladan, 105, 219, 267, 122 va 226 – moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilandi.
5Jamiyat
O‘zbekistonga yana 250 mingta test olib kelinmoqda 10 aprel kuni prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonga 250 ming dona koronavirusga test tizimi olib kelinayotganligi aytildi. «Avvalambor, dunyoning ko‘plab davlatlarida koronavirusning tez tarqalishi bilan bog‘liq bugungi vaziyat biz O‘zbekistonda karantin va aholini besabab ko‘chaga chiqmaslik rejimini o‘z vaqtida joriy etganimizni isbotlaganini ta’kidlamoqchiman», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Infeksiya tarqalishini deyarli bir oy davomida sekinlashtirib, bu vaqtdan davolash o‘rinlarini ko‘paytirish, chet davlatlarning davolash tajribasini o‘rganish va joriy qilishda unumli foydalanilganligi ta’kidlandi. «Agar xalqimizning mentaliteti va turmush tarzini, shu jumladan, ish-o‘qish, to‘y-ma’raka, mahalla, bozor, qarindoshlar, qo‘shnilar, do‘stlar, ayniqsa bemorlardan tez-tez xabar olish kabi juda keng ijtimoiy munosabatlarimizni hisobga olsak, karantin va cheklash tadbirlarini vaqtida kiritmaganimizda, bemorlar va yo‘qotishlar bundan ancha ko‘p bo‘lishi aniq edi», — deya ta’kidladi prezident. Ma’lumot berilishicha, Rossiyadan 500 ta sun’iy nafas berish apparatini xarid qilingan. Xitoydan esa kasallikni aniqlovchi 200 ming dona va Germaniyadan 50 ming dona test olib kelinmoqda.
5Jamiyat
Kataloniya sud orqali Ispaniya hukumatidan 874 mln yevro talab qilmoqchi Kataloniya rahbariyati Ispaniya hukumatidan 874 mln yevro talab qilish uchun u ustidan sudga arz qilmoqchi. Bu qiymat 2019 moliyaviy yil uchun avans to‘loviga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Kataloniya hukumati rahbari o‘rinbosari Pere Aragones ma'lum qildi.  EFE agentligining xabar berishicha, Ispaniya hukumati bu to‘lovlarni amalga oshirmagan, chunki 5 oydan beri hukumat vazifasini bajaruvchi maqomida qolmoqda. Mamlakatda o‘tgan parlament saylovlari natijalariga ko‘ra partiyalar hanuzgacha bosh vazirni tasdiqlay olishmagan. “Biz o‘zimizning, Kataloniya aholisi pullari bo‘lgan, qonunan bizga tegishli va noto‘g‘ri ushlanayotgan 2019 yil uchun avans to‘lovlari amalga oshirilishi uchun hukumat ustidan sudga arz qilamiz”, deb aytgan Aragones.  U, shuningdek, Ispaniyaning qolgan hududlari hukumatlarini shikoyatga qo‘shilishga chaqirgan, chunki bu vaziyat nafaqat Kataloniya, balki Ispaniyaning barcha viloyatlariga taalluqlidir.
2Dunyo
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston OTJ Qatarni yanchib tashladi va keyingi bosqichga yo‘l oldi Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Osiyo o‘yinlarining ikkinchi turi doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda. O‘yin to‘laligicha o‘zbekistonlik futbolchilar ustunligi ostida kechdi. 38-daqiqada Zabihullo O‘rinboyev hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada Ikrom Aliboyev jarimadan ajoyib gol kiritib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan futbolchilar tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Doston Hamdamov 46-daqiqada raqibni chiroyli tarzda aldab, darvozani ishg‘ol qildi — 3:0. 49-daqiqada Javohir Sidiqov bo‘sh qolgan darvozaga osonlik bilan to‘pni yo‘llab hisobni 4:0ga yetkazgan bo‘lsa, 53-daqiqada Jaloliddin Masharipov o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng penaltidan gol kiritdi va hisob 5:0ga yetdi. 74-daqiqada Bobir Abdixoliqov raqib xatosidan unumli foydalangan holda hisobni juda yirik ko‘rinishga olib keldi — 6:0. Ushbu g‘alaba Ravshan Haydarov shogirdlariga muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim qildi. Keyingi uchrashuvni O‘zbekiston OTJ Tailand terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Qatar OTJ — O‘zbekiston OTJ 0:6 Gollar: Z.O‘rinboyev (37), I.Aliboyev (43), D.Hamdamov (47), J.Sidiqov (49), J.Masharipov (53), B.Abdixoliqov (74). Qatar OTJ: M.Badriddin, T.Salmon, U.Alimadiy, T.Almuhaza, A.Hesaba, M. Al Shammariy, N.Al nasr, J.Omar, M.Faraj, A.Al Saadiy, O. Al Ahmad. O‘zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Abbos Otaxonov, Doston Tursunov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Ikrom Aliboyev, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov, Javohir Sidiqov, Jaloliddin Masharipov, Zabihullo O‘rinboyev.
13Sport
Facebook Saudiya Arabistoni va BAAdan 476 ta shubhali akkauntni o‘chirib tashladi Facebook kompaniyasi Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridan ortida Saudiya Arabistoni va BAA turgan 476 ta akkauntni o‘chirib tashladi. “Biz Facebook’dan BAA va Misrdan taralgan hamda Yaqin Sharq, Shimoliy va Sharqiy Afrikaning bir qator davlatlari, jumladan, Liviya, Sudan, Komor orollari, Qatar, Turkiya, Suriya, Livan, Iordaniya va Marokkashga qarshi qaratilgan shubhali harakatlarga jalb qilingan 259 ta akkauntni, 102 sahifani, 5 guruhni hamda  Instagram’dan 17 ta akkauntni o‘chirib tashladik”, deyilgan habarda. Kompaniyada ta'kidlanishicha, bloklangan akkauntlar egalari uydirma nomlar ostida Qatar va Turkiyaning terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashga aloqadorligi, Eronning Yamandagi harakatlari, Liviyadagi ixtilof va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamandagi muvaffaqiyatlari haqidagi materiallarni joylashtirgan va tarqatgan. Bu foydalanuvchilar ushbu materiallarni BAA manfaati yo‘lida ilgari surishga uringan. Shu bilan birga, kompaniya ma'muriyati Facebook’dan Saudiya Arabistonidan taralgan shubhali harakatlarga aloqador 217 ta akkaunt, 144 sahifa, 5 guruh va Instagram’dan 31 akkauntni o‘chirib tashlagan. Bu akkauntlar egalari OAV bo‘linmalari ko‘rinishi ostida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhmmmad bin Salmon, uning “Nuqtai nazar-2030” dasturi va Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarining yutuqlari haqida maqtovli axborot tarqatgan.
2Dunyo
COVID-19 pandemiyasi qachon tugashi noaniq — JSST Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasi qachon tugashi noaniqligini ma`lum qildi. Tashkilotning fikricha, bir necha yil ichida ushbu kasallik nazoratga olinishi mumkin, deb yozmoqda Xalqaro va Jahon siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy xabarlar va tahlil kanali. «Ayni paytda biz pandemiya qachon tugashini bilmaymiz, ammo global sa`y-harakatlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ushbu pandemiya bir necha yil ichida nazorat ostiga olinishi mumkin deb o`ylaymiz», deya ta`kidlagan JSST matbuot xizmati. JSST pandemiya boshlangandan beri ushbu koronavirusning yuqumliligi o`zgarmaganini ma`lum qildi. Tashkilot shuningdek, SARS-CoV2 «hali ham yangi virus bo`lsa-da, u haqda allaqachon ko`p narsa ma`lum, ushbu ma`lumot pandemiyaga samarali javob berish uchun ishlatilishi mumkin», - deb qo`shimcha qildi.
2Dunyo
Yangi libos, ilk g‘alaba va kelgusi rejalar haqida. Amerikadan intervyu Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi ilk jangini o‘tkazdi va raqibini nokautga uchratdi. U Amerikada turib, «Kun.uz» uchun maxsus intervyu berdi. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi AQShning Kaliforniya shtatida mahalliy bokschi Viktor Vaskesga qarshi ringga ko‘tarildi va ikkinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qayd etdi. Video: Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi ilk jangida raqibini nokaut qildi «Kayfiyat hozir yaxshi. Lekin jang vaqtida zarba tegmasa ham referi menga qarshi hisob ochib yuborganida xafa bo‘ldim. Bu vaqtda qoqilib yiqilib tushgandim. Lekin keyin hammasi joyiga tushdi. Endi kayfiyat yaxshi. Birinchi jang yaxshi o‘tdi, hammasi kutilganidek bo‘ldi. Maxsus libos haqida gapiradigan bo‘lsam, bu amerikaliklar g‘oyasi. Bayrog‘imiz aks etgan libosni tayyorlashni men buyurtma qilganim yo‘q. Men vatanparvarlik ruhi aks etadigan libos so‘ragandim. Ular o‘zlari bilib shunday chiroyli libos tikishdi. Xo‘jayin ham hammaning oldida bu libosni maqtadi. U bunaqa chiroyli forma va qo‘lqop ko‘rmaganini aytdi. O‘zimga ham juda ma'qul keldi. Kimgadir yoqmasligi ham mumkin. Kimdir O‘zbekiston bayrog‘ini ishlatibdi deyishi ham mumkin. Odamlar gapiraveradi. Lekin biz hech qachon O‘zbekiston bayrog‘ini behurmat qilmaganmiz. Axir bayrog‘imizni eslatib turadigan libos bo‘ldi», deydi sportchi. U bu yutuq bilan to‘xtab qolmasligini ta'kidlagan. «Bu hali endi boshlanishiku. Yoshligimda Mayk Taysonning bir gapini eshitgandim. U ham faoliyatidagi ilk janglardan birida tezkor g‘alaba qozongandi. Shunda u shunday intervyu bergandi: Shu yerdan chiqaman va ertalabdan mashg‘ulot zaliga borib, shug‘ullanishni davom ettiraman. Menda ham shunday. Endi keyingi jangimga tayyorgarlik ko‘raman. Hali qaytish niyatida emasman. Chunki, maqsad bilan keldim. Jahon chempioni bo‘lish maqsadi bilan. Chempionlik kamarini qo‘lga kiritib, vatanga qaytishni istayman», deya so‘zlarini yakunladi G‘oibnazarov. Fazliddin G‘oibnazarov 2015 yilgi mavsum havaskor bokschilar o‘rtasida avvaliga Osiyo, keyin esa Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lib, 2016 yil Olimpiada chempioniga aylangandi. Endilikda uning professional ringlardagi starti ham muvaffaqiyatli chiqdi.
13Sport
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida ro‘y bergan suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va talafotlar yetgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaga kelgan sel yomg‘irlari va ular ortidan qayd etilgan ko‘chkilar natijasida qurbon bo‘lganlar soni 70 kishidan oshdi.
8O‘zbekiston
AQSh PREZIDENTI KONGRESSDAN 18 MILLIARD DOLLAR SO`RADI AQSh prezidenti Meksika bilan chegarada devor qurishning dastlabki bosqichini moliyalashtirish uchun kongressdan 18 milliard dollar ajratishni so`ramoqda. Bu haqda “The Washington Post” nashri ma`lum qildi. Agar qonun chiqaruvchilar tomonidan mazkur taklif ma`qullansa, mablag` 508,6 kilometrlik qo`shimcha devorni qurish, mavjud 655 kilometrlik to`siqni mustahkamlashga sarflanadi. 2028 yilgacha g`ovlarning yarmidan ko`pi barpo etiladi. Xabaringiz bor, devor qurish meksikalik muhojirlarning chegarani noqonuniy buzib o`tishi va boshqa salbiy holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu esa Donald Trampning saylovoldi dasturidan o`rin olgan asosiy va`dalaridan biridir.
2Dunyo
Haydovchilar bodikamerasiz YPX xodimiga hujjat ko‘rsatmaslik huquqiga ega bo‘ldi 2020 yil 1 yanvaridan O‘zbekistonda YPX xodimlari xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi tartibi amal qila boshladi. Endilikda haydovchilar bodikamerasi bo‘lmagan YPX xodimiga hujjat ko‘rsatmaslik huquqiga ega. O‘z navbatida, YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma'lum qilish va noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun videoyozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirishga majbur. Shu maqsadda Xitoyning «Xaytera» kompaniyasidan 6 ming 193ta bodikamera sotib olingan. Shulardan 2 ming 876tasi Toshkent shahri uchun ajratilgan. Kamera kunduzi 25-30 metrgacha masofadagi obektni tasvirga ola oladi va ma'lumotlar bir oygacha saqlanadi. Undagi infraqizil yoritish qurilmasi esa tungi vaqtda 10 metrlik masofani yoritib, videoga olish imkonini beradi. Qurilma bir marta quvvat olganda uzluksiz 8 soat ishlaydi. Bodikamera quvvati tugaganda YPX xodimi uni avtomatik quvvatlagichga ulagan holda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bodikamerani YPX xodimi boshqarmaydi va uni o‘chirish imkoniga ega emas. Barchasi markaziy server orqali nazorat qilinadi. Moslama korpusi ochilmasligi uchun maxsus himoya bilan jihozlangan.
8O‘zbekiston
Bir yigit hikoyasi: “Korrupsiya – hayotimni jar yoqasiga keltirib qo‘ygan edi...” Yurgan – daryo, deydilar. Safarga chiqqaningizda turfa voqealarga, turli fe'l-atvordagi kishilarga duch kelasiz, birini ko‘rib fikr qilsangiz, birini ko‘rib shukr qilasiz. Odatda Andijonga oilaviy borib kelardik. Bu safar bir o‘zim yo‘lga chiqdim. Kirakashlik qiladigan odatim yo‘q. Lekin, yo‘l uzoq, chaqchaqlashib ketar, degan maqsadda Qo‘yliqdan bitta yo‘lovchini o‘zimga hamroh qilib oldim. Yoshi o‘ttiz-o‘ttiz besh atrofidagi bu yigit samimiy va kirishimli chiqib qoldi. Tezda xuddi eski qadrdonlardek, gap gapga ulandi. Yigit ham oliy ma'lumotli ekan, shu bois, turli mavzularni o‘rtaga tashlar va o‘sha mavzu bo‘yicha mendan bafurja javob olishga harakat qilardi. Suhbatimiz borib-borib oliy ta'limdagi o‘zgarishlarga, joriy qilingan superkontrakt va uning afzalliklari masalasiga, “bunker”, tanish-bilishchilik singari illatlarga borib taqaldi. Bu boradagi fikrlashimiz bir joydan chiqdi: oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishdagi yangiliklar aynan shu illatlarga barham berishga qaratilgan. Hamrohim oynadan tog‘larni kuzatarkan, bir dam jim qoldi. Aftidan nimalarnidir o‘ylardi. Jimlikni uning o‘zi buzdi. “Aka, boshimdan o‘tgan bir voqeani aytib bersam, gazetangizda chop etarmidingiz. Bu boshqalarga bir saboq bo‘larmidi, deymanda...” – Universitet bakalavriaturasini ham, magistraturasini ham davlat granti bo‘yicha tamomladim, – hikoyasini boshladi u. – Diplomni olishim bilanoq kollejga ishga kirib, o‘zim sevgan kasb bilan shug‘ullanishga bor kuchim bilan kirishib ketdim. Bu qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnilar havasini keltirdi to‘g‘risi. Uyimizga abituriyentlar, ularning ota-onasi tez-tez kelishib, mendan oliygohga tayyorlanish, hujjat topshirish, test topshirish jarayonlari haqida maslahat olishardi. Qo‘limdan kelgancha ularga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatardim. Uch yil mazza qilib ishladim, jamoa, o‘quvchilar orasida o‘zimga yarasha hurmatga ega bo‘ldim. Shunday kunlarning birida qo‘shni qishloqqa tushgan opam gap topib keldi. “Qaynonam jo‘natdi, singlisining qizi bu yil o‘qishga kirmoqchi ekan, yordam berar ekansan”. Xo‘p, dedim, kelsin, testga qanday samarali tayyorlanishni o‘rgataman. “O‘rgatishing shartmas”, cho‘rt kesdi opam, “tanish-bilish topib kiritib qo‘yasan, bo‘lmasa, qaynonam meni tinch qo‘ymaydi”. Hazillashyapsizmi opa, qanaqa tanish-bilish, unaqa narsalarni bilmayman... “. Bilmasang qidir, top! Baribir qaynonam o‘z kuching bilan bitirganingga ishonmaydi, tanishlari bor, deyapti”... Bu gap-so‘zga e'tibor bermay, hatto unutib yuborgandim ham. Bir kuni ko‘chada o‘zim bilan o‘qigan kursdoshimni uchratib qoldim. Hol-axvol so‘rashgach, kollejda dars berayotganimni bilib, achinganday bo‘ldi. O‘zining oshig‘i olchi ekanidan maqtana ketdi: “Diplomni olgach ham universitetdagi o‘qituvchilar bilan aloqani saqlab qoldim, hozir abituriyentlarni o‘qishga kiritish bilan mashg‘ulman. Foydasi zo‘r. Tanish-bilish bo‘lsa ayting bemalol, sizga o‘xshagan yaqinlarga arzonlashtiramiz”. U xayrlashar ekanmiz, telefonini berib, albatta, odam topishimni tayinladi. Nima balo, bular maslahatlashib olishganmi, o‘yladim o‘zimcha, bittasi o‘qishga kiritib qo‘y desa, bittasi, o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qiladi. Bir kuni opam yana keldi. Qovog‘i soliq, yig‘lagan. Sababini so‘rasam, yana o‘sha eski gap. Opamning ahvolini ko‘rib, kursdoshim esimga tushdi. Qani, aytib ko‘raychi, mendan nima ketardi... O‘sha yili opam aytgan qiz o‘zi xohlagan fakultet talabasi bo‘ldi. O‘rtalaridagi oldi-berdiga aralashmadim. Ammo hammasi shundan keyin boshlandi. Universitetda tanishlarim borligi haqidagi xabar qarindosh-urug‘larga tez tarqab ketdi. Kelasi yili uyimizga keluvchi qarindoshlarning qarindoshlari kabi tanishu notanishlar ko‘payib ketdi. Yo‘q, deyishga qo‘yishmaydi. Kursdoshimga ro‘para qilaman hammasini. Hamma xursand, hamma rozi. Bir kuni kursdoshim telefon qilib, uchrashishimiz kerakligini aytib qoldi. Ko‘rishdik. U qo‘limga anchagina pul tutqazdi. “Bular sizning ulushingiz, axir sizning ko‘magingiz bilan foyda ko‘ryapti ikki tomon ham...”. O‘shanda kaftimni qizdirgan dollarlar keyinchalik yuragimni kuydirishini bilmagan ekanman. Ammo, o‘sha yili reja ish bermadi. Pul berganlarning birortasi talaba bo‘lolmadi. Avvaliga kursdoshimning, bu yil bo‘lmasa, kelasi yil, albatta, bo‘ladi, degan gaplariga ishonib yurgan “qarindoshlarim” bora-bora to‘nlarini teskari kiyib olishdi. Endi uyimga do‘q urib kela boshlashdi. “Pullarimizni qaytarib ber tovlamachi, bo‘lmasa ustingdan yozib qamatvoramiz...”. Boshimni changallab qoldim, axir, ularning hech birini majburlaganim yo‘q ediku, o‘zlari holi-jonimga qo‘yishmagandi. Kursdoshimga uchrashga majbur bo‘ldim. U ham hamma pulni kerakli odamga berib qo‘yganini, qaytib ololmayotganini aytib, suvdan quruq chiqa boshladi. Men ham bo‘sh kelmadim, qistovga oldim. Tortishuv bir yilga cho‘zildi. Zo‘rg‘a pullarning yarmini berdi, bo‘ldi, boshqa berolmayman, qo‘llaridan kelsa, otib tashlashsin... Kursdoshimga kuchi yetmagan odamlar esa meni mahkam ushlab olishdi... Mana, ikki yildan beri qarz uzaman. Bu oilam byudjyetiga juda katta yo‘qotish bo‘lyapti. Orada dollar kursi ham osmonga chiqib ketdi. Haqdorlarning bu bilan ishlari yo‘q. Boshqa joydan ham ish topdim. Ikkita plastigimni ikki kishiga berib qo‘yganman. Nachora, ko‘nglim bo‘shligi boshimga balo bo‘ldi. Hozir qarzlarimning to‘qson foizini uzib bo‘ldim, yana ozgina sabr qilsam, hammasini qaytaraman. Va o‘sha “qarindoshlar”ni ham hayotimdan butkul o‘chiraman... Korrupsiyaning katta-kichigi bo‘lmaydi, har qanday ko‘rinishi jamiyatga katta zarar yetkazadi. Ammo, ko‘p hollarda, korrupsiyaning avj olishiga odamlarning o‘zlari ham sababchi bo‘lib qolishadi. Ishim bitsa bo‘ldi, qabilida fikrlash, o‘z manfaati yo‘lida qonunga zid ishlarga qo‘l urishdan tap tortmasliklari bilan kimnidir hato qilishga undashadi, korrupsiya botqog‘iga tortishadi. Eng yomoni, do‘ppi tor kelib qolganda, bundaylar suvdan quruq chiqishga, o‘zini jabrdiyda qilib ko‘rsatishga urinishadi. Qonunchiligimizda pora olgan ham, uni bergan yoki shunga undagan shaxs ham birdek javobgar bo‘lishini hisobga olsak, yuqoridagi voqeada aslida kim ko‘proq aybdor ekanligi aniqlanadi. Ammo bu kabi voqealardan hamyurtlarimiz o‘zlariga kerakli xulosa chiqarib olishmayapti hamon... Usmonjon YO‘LDOSheV
5Jamiyat
So‘nggi LaFerrari rekord miqdordagi pulga sotildi LaFerrari gibridli superkarining so‘nggi – 500-nusxasi Daydon-Bich (AQSh)dagi ochiq savdolarda 7 million dollarga sotildi, deb xabar beradi MotorAuthority. Tushgan daromadning barchasi Italiyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududlarini tiklash uchun mablag‘ yig‘ayotgan National Italian American Foundation’s Earthquake Relief Fund jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Avtomobil Ferrari firmasi tomonidan avvaldan o‘rnatilgan 499 nusxadan bitta ko‘proq qilib sotuvga qo‘yiladi. U aynan savdolarga mo‘ljallangan holda maxsus ravishda yig‘ildi. 2016 yilning avgustida Ferrari rahbari Serjio Markionne Maranellodagi zavodda 500- mashina yig‘ilib, u ota vataniga sovg‘a tariqasida xayriya “kim oshdi” savdolarida sotilishini ma'lum qilgandi. Aynan shu avtomobil Dayton-Bichdagi savdolarga qo‘yildi.  Superkar uchun olingan narx joriy yuz yillikda avtomobil uchun olingan rekord darajadagi mablag‘ sanaladi. Avtomobil seriyadagi boshqa mashinalardan tashqi dizayn bilan farqlanib, salonda maxsus plastina o‘rnatiladi – u avtomobil tarixidan hikoya qiladi. Mashina kapotida esa Italiya bayrog‘i tasvirlanadi. Avtomobilni xarid qilgan insonning ismi oshkor etilmagan.
14Texnologiya
«Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi: Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni jarrohlik amaliyoti bilan davolash boshlandi «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasining xayriya aksiyasi doirasida respublikadagi ixtisoslashgan maktab-internat o‘quvchilari ommaviy tekshiruvdan o‘tkazildi. Loyiha muallifi Saida Mirziyoyevaning ma'lum qilishicha, ko‘rish qobiliyatini tiklash yoki maksimal darajada yaxshilash imkoni bo‘lgan bolalarni operatsiya qilish boshlangan. Davolash imkoni bo‘lmagan bolalarga esa ko‘zning noto‘g‘ri rivojlanishi bilan bog‘liq asoratlardan qochishda yordam beriladi. «Bugun Toshkentga Jizzaxdan 11 nafar jasur va qat'iyatli bemorlar olib kelindi. Ularning 9 nafarida jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi, ikki nafariga esa ko‘z protezlari qo‘yiladi. Jami 478 nafar bola operatsiya qilinib, ularda 630 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Biz har bir bola uchun kurashamiz va ularga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz», – deya ma'lum qildi Mirziyoyeva 20 fevral kuni Telegram'dagi kanalida.
5Jamiyat
Urugvayda hakamlar ish tashlashlari sababli chempionat uchrashuvlari qoldirildi Urugvay futbol uyushmasi (AUF) chempionatning 24 sentabrga belgilangan barcha uchrashuvlarini hakamlarning zo‘ravonlikka qarshi butun mamlakat bo‘ylab ish tashlashlari sababli qoldirdi.   "Urugvay futbol uyushmasi futbol hakamlarining ishlashdan bosh tortishini hisobga olib, uning boshchiligida o‘tuvchi barcha musobaqalarni qoldirdi", deb aytilgan uyushma xabarida. Bu qaror esa oliy diviziondagi 5 ta va quyi divizionlardagi bir qator o‘yinlarning qoldirilishini anglatgan. Ushbu qaror ikki hakam o‘smirlar jamoalari o‘yini vaqtida tomoshabinlar tomondan hujumga uchraganidan keyin qabul qilingan. Hujumga uchragan hakamlardan biri ayol kishi bo‘lgan.
13Sport
​Rishton tuman XTB ta'minotchisi maktab ko‘mirini sotgan. Ishni yopish uchun esa IIB xodimiga pora taklif etgan Shu yilning sentabr oyida Farg‘ona viloyati Rishton tumani XTBda xo‘jalik ta'minotchisi vazifasida ishlagan B.A. tumandagi 12-sonli umumta'lim maktabiga yetkazilishi kerak bo‘lgan 8 tonnadan ortiq ko‘mirni pullamoqchi bo‘lganda qo‘lga tushgan. Uni Bag‘dod tumani IIB Jinoyat-qidiruv bo‘limi tezkor vakili fosh etgan. Kun.uz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, B.A.​ o‘z tanishiga ko‘mirni sotib olishni taklif qilgan. 1998 yildan buyon xalq ta'limi tizimida ishlab kelgan B.A.​ ko‘mirning 1 tonnasi uchun 300 ming so‘m so‘ragan. Ikkovlon savdoni pishitgandan so‘ng, omborxonadan yukni ortgan ulov keyingi manzilga qarab yo‘lga chiqqan. Shu joyda vaziyatga ichki ishlar xodimi aralashib, ko‘mirning egasini surishtiradi. Xaridor muammo kelib chiqqani haqida B. A.ga xabar yetkazgan. B.A.​ esa voqea joyiga yetib kelib, tezkor vakilga pora taklif etgan, undan ish «unut» bo‘lishini iltimos qiladi.  Tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan 12-sonli maktab direktorining ma'lumotiga ko‘ra, maktab 2018 yil hisobidan 30,8 tonna, jami 750 qop ko‘mir briket qabul qilgan, ammo maktabga hech qanday qora ko‘mir keltirilmagan.  Ma'lum qilinishcha, tumanda 64ta maktab bo‘lib, 2018-2019 yillar kuz qish mavsumi uchun ta'lim muassasalariga reja asosida jami 1899,9 tonna ko‘mir yoqilg‘isi tarqatilishi rejalashtirilgan.  Tuman XTB mudirining aytishicha, B.A.​ qilgan jinoyati tufayli allaqachon 119-sonli buyruqqa asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.  «Bu shaxs oldin tuman xalq ta'limida qorovul va shofyor bo‘lib ishlagan», - deydi mudir.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Rishton tuman sudi Xalq ta'limi bo‘limi binosida o‘tkazilgan ochiq sayyor sud majlisida B. A. O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topildi. B.A.​ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan JKning 45-moddasini qo‘llanilib, u 1 yil muddatga davlat korxona va muassasalarida moddiy va mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilindi. Bundan tashqari, eng kam oylik ish haqining 60 baravari miqdorida (11.058.000 so‘m) jarima jazosi tayinlandi. Sud majlisida raislik qilgan Rishton tuman sudining raisi Bag‘dod tuman IIB JQB tezkor vakilining harakatlarini e'tirof etib, rahbariyatdan uni taqdirlash choralari ko‘rilishini so‘ragan.
5Jamiyat
«Emireyts»dan qochish: London shimolini pul va sovrin uchun tark etgan yulduzlar O‘tgan haftada Aleksis Sanches va Genrix Mxitaryan rokirovkasi rasman e'lon qilindi. Har ikki o‘zgarish e'tiborga molik bo‘lsa-da, asosiy urg‘u Sanchesga qaratilayotganining sababi ma'lum. Chunki Mxitaryan qaysidir ma'noda «Old Trafford»dagi muvaffaqiyatsizlik va tarkibga kira olmaganidan «Arsenal»ga o‘tayotgan bo‘lsa, Sanches London jamoasining yetakchisi edi. U o‘zining qarorini sovrinlar yutish orzusi bilan izohlar ekan, o‘z vaqtida «Arsenal»ni tark etgan futbol yulduzlarini ham eslab o‘tdi. Keling, biz ham shunday qilamiz. 1999 yil. Nikolya Anelka. «Real» Madrid Bugungi yosh muxlislarning aqliga sig‘masligi mumkin, lekin 1997 yilda Anelka Arsen Venger jamoasiga «PSJ»dan qochib kelgandi. O‘shanda Nikolya atigi 17 yoshda edi. Ilk mavsumda fransiyalik hujumcha maydonga ko‘p tushmadi, ammo juda yuqori saviyada o‘tgan ikkinchi mavsum oqibatida madridliklar uni ko‘z ostiga olib qo‘yishdi. Anelka o‘z niyatini yashirib ham o‘tirmadi va hatto 22 million funtlik transfer amalga oshirilgach, Londonda juda qiynalganini, Angliya futboli unga butunlay to‘g‘ri kelmaganini ochiq oydin tan olgandi.   2006 yil. Eshli Koul. «Chelsi» Anelkaning holati o‘sha davr uchun alohida bir voqea edi, zero «Arsenal» Angliyaning eng kuchli ikki jamoasidan biri, keyin ham ajoyib mavsumlarni o‘tkazib, mamlakat chempioni bo‘lgandi. Eshli Koul voqeasi keyingi trendni ochib beradi - so‘nggi o‘n yillikda «Arsenal»ni ko‘proq yaxshi sharoit va sovrinlar yutish ilinjida tark etmoqdalar. Aksariyat «Arsenal» muxlislari haligacha Koulni kechirishmaydi. Axir Koul jamoa tarkibida uch kubok va ikki chempionlikni qo‘lga kiritgan, buning ustiga klub tarbiyalanuvchisi, kim biladi, yaqin kelajakda jamoa sardori bo‘lishi mumkin edi. Ammo «Chelsi» tomonidan qilingan ajoyib maoshni rad qilolmadi va chamadonlarini yig‘ishtirib, Londonning narigi stadioniga yo‘l oldi. Shimolliklar esa, uni Keshli Koul deb atay boshladi. «Kesh» inglizchada «hamyon», «pul» ma'nolarini beradi. Koul «Chelsi»da to‘rt marta Angliya kubogini, Premer Liga va Liga kubogini, Yevropa Ligasi va Chempionlar Ligasini ham yutib oldi. Buning uchun esa ajoyib bonuslarga ega bo‘ldi. 2009 yil. Emanuel Adebayor. «Manchester Siti» Adebayor «Emireyts»da to‘rt yil o‘tkazib, birorta ham sovrin yuta olmadi. Ammo 2007/08 mavsumida 24 gol urib, APLning eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida e'tirof etilgandi. Yana nima kerak? Yo‘q. Adebayor «Manchester Siti» taklifiga rozi bo‘ldi va o‘zidan keyingi bir qator futbolchilarga o‘rnak bo‘ldi. Hatto «Arsenal» darvozasiga gol urib, golni «Arsenal» muxlislari yoniga borib nishonladi ham. Futbolchining keyinchalik, «Tottenhem» safida ham o‘ynaganini e'tiborga olsak, unga bo‘lgan nafratni tasavvur qilib olish qiyin emas. 2009 yil. Xabib Kolo Ture. «Manchester Siti» 2002 yilda hech kim bilmaydigan ASeK Mimosas klubidan sotib olingan Kolo Ture «Arsenal»da yulduz bo‘lgandi. Afrikalik futbolchi jamoa safida 300dan ortiq o‘yinda maydonga tushdi va o‘sha 2003-04 dagi «yengilmas jamoa» tarkibida ham o‘z o‘rniga ega edi. Ammo «Arsenal» sovrin yutishni to‘xtatgach, «Manchester Siti» safiga borib qo‘shildi. Himoyachi u yerda ham yo‘qolib qolmadi va 2011/12 yilda mamlakat chempioni bo‘ldi. Uning ukasi Yahyo Ture o‘sha tarkibning yetakchi futbolchisi bo‘lganini hammamiz bilamiz. 2011 yil. Sesk Fabregas. «Barselona» Sesk Barselonada tug‘ilgan, «La Masiya» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Aynan shuning uchun «Barselona» chaqirganda Fabregasning boshi aylanib qoldi va ko‘ziga hech narsa ko‘rinmadi. Axir, Sesk Messi, Buskets kabi futbolchilar bilan birga katta bo‘lgandi. Arsen Venger uni olib qolishni uddalay olmadi. Hamma yig‘ladi. Sesk «Barselona» bilan birga ikki marta Ispaniya superkubogini, Kopa del Rey va Ispaniya chempionatini yutib oldi. Keyinchalik u Angliyaga qaytdi, ammo «Arsenal» unga mos taklif bera olmagach, «Chelsi» o‘yinchisiga aylandi. U yerda ham Fabregas ikki marta Angliya chempioni bo‘ldi. «Arsenal»dagi sakkiz yilda u faqat bir marta Angliya kubogini yutgandi xolos.  2011 yil. Samir Nasri. «Manchester Siti» «Emirayts»dagi uch mavsumdan keyin muxlislar yoqimtoyiga aylangan Nasri injiqliklarni boshladi va shug‘ullanishni kamaytirib yubordi. Futbolchini davolagan voqea esa, uning «Manchester Siti» tarkibiga borib qo‘shilgani bo‘ldi. Yana o‘sha pullar haqida gapira boshladilar, ammo Nasri Manchesterda ikki marta mamlakat chempioni va Liga kubogini ham yutib oldi. Nasridan so‘rasangiz, shu sovrinlar uchun o‘tgandim deydi albatta. 2011 yil. Gael Klishi. «Manchester Siti» 2011 yilda «Manchester Siti» Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini «Tottenhem»ga boy bergach, «Arsenal»ning so‘nggi qonlari Samir Nasri va Gael Klishi avvalgi sheriklari ochib qo‘ygan yo‘lakdan yurib, «shaharlik»ka aylangan edilar. Klishi Fransiyaning «Kan» klubidan transfer qilingan. U paytlarda juda yosh bo‘lsa-da ham 2003/04 yilgi mavsumdagi Oltin tarkibda epizodik rollardan birini ijro etgan ham. Shuningdek, 2005 yilda Angliya kubogi sohibi bo‘lgandi. Manchesterda esa, Klishi ilk mavsumdayoq APL chempioni bo‘ldi. Ikki yil o‘tib natija yana takrorlandi. Orada bir marta superkubok va ikki bor Liga kubogi ham yutib olindi. 2012 yil. Robin van Persi. «Manchester Yunayted» Robin «Arsenal» safida 277 o‘yinda 132 gol urgandi. «Hali sen qanday zo‘r futbolchini sotib olayotganingni bilmayapsan» degandi Venger savdo paytida Fergyusonning qo‘lini siqib qo‘yayotib.   Van Persining ketishi «Arsenal» muxlislari uchun kutilayotgandi, chunki futbolchi yangi shartnomani rad qilgan, «Yuventus» u bilan jiddiy qiziqib qolgandi. Ammo so‘nggi pallada «MYu»ning paydo bo‘lishi va Robinning istagi «Arsenal»ga eng yaxshi futbolchisini eng asosiy raqibiga berib yuborishga majbur qildi. 20-raqamni olgan gollandiyalik hujumchi 30 o‘yinda 26 gol urib, «Manchester Yunayted»ni 20-marotaba Angliya chempioniga aylantirdi.  2018 yil. Aleksis Sanches. «Manchester Yunayted» O‘tgan yilning yozida Sanches jamoada qolish niyati yo‘qligini ochiq aytgan va hatto «Manchester Siti» bilan barcha masalada kelishib ham bo‘lgandi. Ammo transfer amalga oshmay qoldi, yanvarning ilk kunlarida esa, juda katta taklif bilan «Manchester Yunayted» paydo bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, Aleksis yoshligidan «Yunayted»da to‘p surishni orzu qilgan ekan. Futbolchilarning yoshligida orzu qilgan jamo safiga kelib qo‘shilishlari holati dunyodagi muhabbat tarixlaridan ham ko‘p. Qizig‘-a? Yaqinda 29 yoshga kirgan futbolchi Chempionlar Ligasida qatnashayotgan jamoa safiga kelib qo‘shildi va jamoasi bilan bu turnirda g‘alaba qozonmoqchi ekanini aytdi. Ko‘ramiz.
13Sport
Kelasi yildan magistraturaga imtihonlar to‘liq DTMga o‘tkaziladi - vazir Bugun, 31 iyul kuni Xalqaro press klubning OTMlarga qabul mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov magistratura imtihonlarida yillar davomida adolatsizliklar bo‘lib kelgani va shu yilgi qabuldan buni bartaraf etish uchun rejalar amalga oshira boshlangani haqida to‘xtaldi. Vazirning qayd etishicha, magistratura imtihonlari 3ta asosiy yo‘nalishda o‘tkaziladi: bakalavr diplomining o‘rtacha ballini inobatga olish, chet tili va mutaxassisliklardan imtihon. Chet tili imtihonlarini o‘tkazishning Davlat test markaziga o‘tkazilishi orqali imtihonni shaffof bo‘lishiga erishilishi maqsad qilingan. “Bu yil vaqt qisqaligi uchun mutaxassislik fanlaridan olinadigan imtihonni DTMga o‘tkazishga ulgurmadik. Kelasi yilgi qabuldan mutaxassislik fanlaridan imtihonlar ham DTMga o‘tkaziladi. Buni shu yil bakalavrda o‘qiyotganlar eshitib olishi kerak. Buning bilan inson omilini kamaytiramiz”, dedi Abduqodir Toshqulov. Shuningdek, keyingi o‘quv yilidan chet tili sertifikatiga ega bo‘lmagan abituriyent magistraturaga hujjat topshira olmaydi. Tegishli qarorga ko‘ra, 2022/23 o‘quv yilidan boshlab, OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta'limdan keyingi ta'lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi. Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi. «Hammasi o‘ylab qilingan, niyat xolis emasdi» — vazir oliy ta'limdagi katta xato haqida
8O‘zbekiston
Imomali Rahmon 99 nafar mahbusni afv etishdan bosh tortdi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 99 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomani rad qildi. Bu haqda Aziya Plyus xabar bermoqda. Joriy yilning 6 mayida imzolangan, Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan huquqiy axborot bankida e'lon qilingan Prezident farmonida qayd etilishicha, ushbu shaxslarning iltimosnomasi ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasi tufayli rad etilgan. Ta'kidlanishicha, mahkumlarning shaxsi, yetkazilgan zarar miqdori, qamoqxonalarda o‘zini qanday tutgani va Tojikiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha komissiya taqdimnomasi ham hisobga olingan. Tojikistonda har bir mahbus 2017 yilda prezidentdan yiliga bir marta afv etish haqida so‘rash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
2Dunyo
Toshkentda Lacetti, “Kombi” va Matiz ishtirokida YTH yuz berdi Toshkentda Lacetti, “Kombi” va Matiz avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida videoxabar qoldirilgan. Kadr: Facebook Videoda Lacetti va “Kombi” oldma-old urilganini, Matiz esa “Kombi”ning ortidan kelib to‘qnashuv sodir etganini ko‘rish mumkin. Hodisa aynan qachon, qayerda va qanday yuz bergani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
0Avto