text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Islom Karimovning sinfdosh do‘sti: maktab paytlaridayoq u betakror qobiliyati, qiyinchiliklardan cho‘chimasligi, mustahkam xotirasi bilan ajralib turardi O‘zA Islom Karimovning sinfdosh do‘sti Shamsiddin Sharopovning u haqdagi xotiralarini keltirib o‘tdi. Islom Karimov bilan Samarqand shahridagi 21-umumta’lim maktabida besh yil birga o‘qib, bir partada o‘tirganmiz. Ko‘pincha birga dars qilardik. O‘shandayoq u betakror qobiliyati, qiyinchiliklardan cho‘chimasligi, mustahkam xotirasi bilan ajralib turardi. Eng muhimi, uning o‘ziga nisbatan ishonchi kuchli edi. Esimda, 1953-yilning kuzi. 9-sinfda o‘qiymiz. Bir kuni rus tili darsida insho yozdik. Keyingi darsda o‘qituvchimiz Nina Semyonovna Xilkevich (biz u kishini suyib Naima opa ham derdik) Islom yozgan insho uchun “2” baho qo‘yganini aytdi. Islom bundan norozi bo‘lib, “nega ikki qo‘ydingiz?”, deb so‘radi. O‘qituvchimiz kitobdan ko‘chiribsan, dedi. U esa “ko‘chirganim yo‘q, kitobda qanday o‘qigan bo‘lsam, shunday yozganman”, deb javob berdi. Nina Semyonovna bu gapga ishonmay, boshqa insho matnini bir marta o‘qitdi va dars oxirida so‘rashini aytdi. Dars yakunida Islom berilgan matnni to‘liq yozdi va yoddan aytib berdi. O‘qituvchimiz uning javobini eshitib, lol qoldi. U matnni shu darajada mohirona yodlagan ediki, biror so‘z u yoqda tursin, hatto nuqta-verguligacha aniq aytdi. Shunda Nina Semyonovna Islomni hammamizga ibrat qilib ko‘rsatdi va unga “5” baho qo‘ydi. U biror ishni bugun qilishi kerak bo‘lsa, zinhor ertaga qoldirmasdi. Tuni bilan bo‘lsa-da, dars tayyorlab chiqardi. 9-sinfda o‘qib yurgan paytlarimizda bir kuni maktabimiz direktori Halim Abdurahmonov “Ertaga komissiya keladi, ishimiz ko‘p, ularni tezda bajarishimiz kerak”, deya hammamizga topshiriq berdi. Islom bilan birga yuqori sinfda o‘qiydigan ikki o‘quvchiga maktabning devoriy gazetasini tayyorlash topshirildi. U odatini kanda qilmay gazetani ertagacha tayyor qilishga va’da berdi. U paytlar katta qog‘oz, bo‘yoq, siyoh qayoqda deysiz. Tag‘in maktabning, har bir sinfning a’lochi va qoloq o‘quvchilari, davomati haqida ma’lumot to‘plash lozim edi. O‘ta zehnli va mas’uliyatli Islom 10-sinfda o‘qiydigan ikki o‘quvchining sust harakatiga qarab o‘tirmay, darhol kechgacha ma’lumotlarni yig‘di. Bunda maktab ma’muriyati va hatto sinf rahbarlarini ham ishlashga undadi, yumshoq qilib aytganda, “majbur” qildi. Ertalab maktabga kelsak, devoriy gazeta belgilangan joyida osig‘liq turardi. O‘qituvchilar ham, o‘quvchilar ham qiziqib o‘qiyapti. Islomning ko‘zlariga e’tibor bilan razm soldim, qizarib ketgan, shundan bildimki, kechasi bilan uxlamay devoriy gazeta tayyorlagan. Buni direktorimiz Halim aka ham sezdi. Islom Karimovning bir so‘zliligiga tan berdi, unga nisbatan mehri oshdi. Ha, Islom shunday mehnatkash va katta qobiliyat egasi edi. Shamsiddin Sharopov,  tarix fanlari doktori, professor Muallif haqida. Shamsiddin Sharopov Islom Karimovning sinfdosh do‘sti. O‘zbekiston milliy universitetida xorijiy tillar fakultetida dekan, kafedra mudiri, xalqaro munosabatlar bo‘yicha prorektor vazifalarida ishlagan. Malaka oshirish institutiga rahbarlik qilgan. Toshkent shahrida yashaydi.
8O‘zbekiston
AQSh rasmiylari Ilon Maskning Nyu-York — Vashington yo‘nalishida o‘ta tezkor tunnel qurish loyihasiga ruxsat berdi The Boring Company AQSh rasmiylaridan Nyu-York va Vashington o‘rtasida Hyperloop deb nomlangan o‘ta tezkor tunnel qurilishiga ruxsat oldi. Bu haqda Ilon Mask o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. “Hukumatning The Boring Company tomonidan Nyu-York — Filadelfiya — Baltimor — Vashington yerosti yo‘nalishini qurish to‘g‘risidagi og‘zaki ijozatini oldim. Yo‘nalish bir shahar markazidan ikkinchi shahar markaziga ulanadi. Ulardan har birida kirish va chiqish uchun 10 ga yaqin lift bo‘ladi”, — deya yozuv qoldirdi SpaceX va Tesla Motors kompaniyalari rahbari. Ilon Maks yerosti tunnelida harakatlandigan o‘ta tezkor poyezd loyihasini 2013-yilda e’lon qilgandi. Bunday poyezdlar soatiga 1000 va hatto undan ortiq tezlikka erishishi mumkin.
14Texnologiya
La-liga. «Barselona» g‘alaba bilan boshladi Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Kataloniyaning «Barselona» klubi «Betis»ni qabul qildi. Uchrashuvning 36-daqiqasida Jyerar Deulofeuning o‘ng qanotdan yetkazib bergan to‘pini Toshka o‘z darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ygan bo‘lsa, 39-daqiqada yana Deulofeuning uzatmasidan keyin bu safar Serxi Roberto deyarli bo‘sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi.  Ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklarda bir qator imkoniyatlar bo‘lsada, ular bu vaziyatlardan foydalana olishmadi va natijada 2:0 hisobi saqlanib qolindi. Shu tariqa «Barselona» birinchi turni g‘alaba bilan boshladi. Ispaniya La-ligasi, 1-tur Barselona – Betis 2:0 (2:0) Gollar: Toshka (36, avtogol), Serxi Roberto (39). Barselona: ter Stegen, Maskerano, Alba (Din, 87), Nelson Semedu, Umtiti, Serxi Roberto, Buskets, Rakitich, Deulofeu (Aleish Vidal, 72), Messi, Pako Alkaser (Denis Suares, 82). Betis: Adan, Mandi, Toshka, Barragan, Feddal, Sanches, Kamarasa (Fabian Ruis, 78), Guardado, Matias Nauel (Gerrero, 72), Narvaes (Garsiya, 68), Leon. Ogohlantirishlar: Alba (52), Matias Nauel (63).
13Sport
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish samaradorligini oshirish, shuningdek davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirish uchun kadrlar salohiyatini yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi) asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida ishlash uchun boshqaruv kadrlarining kasbiy tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob beradigan oliy kasb ta’limi dasturlari bo‘yicha davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi sohasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; tinglovchilarda davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi, psixologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “elektron hukumat” tizimlari sohasida mustahkam bilimlarni, boshqaruvning huquqiy asoslari va zamonaviy usullarini, tashabbuskorlik va yetakchilik xislatlarini shakllantirish, shuningdek, tizimli tahlil qilish va strategik rejalashtirish, noodatiy sharoitlarda qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish; davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlariga bo‘lgan joriy hamda istiqboldagi ehtiyojlarini muntazam o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek, ushbu asosda Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun buyurtmalarning yillik aniq maqsadli portfelini shakllantirish; boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun potensial nomzodlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, bitiruvchilarning kasbiy o‘sishini muntazam monitoring qilib borish; yoshlar muammolarining muntazam o‘rganilishini, o‘quv, o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqilishini ta’minlash va yoshlarning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining, siyosiy partiyalar a’zolarining o‘qitilishini tashkil etishga ko‘maklashish va uslubiy rahbarlik qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarini o‘qitish kurslarini tashkil etish; davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida hamda jamoat tashkilotlarida kadrlar bilan ta’minlanganlik holati va sifati bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlash, ularning kadrlar zaxirasini shakllantirish, rahbar kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tayinlash, davlat va jamiyat boshqaruvining kadrlar salohiyati monitoringini tashkil etish uslubiyatlarini ishlab chiqish; qonun hujjatlariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash; davlat va jamiyat boshqaruvining dolzarb masalalari yuzasidan har tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borish, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, davlat xizmatini isloh qilish sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish va shu asosda respublikada boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; o‘quv va ilmiy-metodik ishlarga chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish, kontrakt asosida maslahatlashuvlar o‘tkazish, shuningdek boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xorijiy ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish va hamkorlik qilish. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Akademiya rektoratiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida uning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Akademiyada boshqaruv kadrlarini tayyorlash grant va to‘lov-kontrakt asosida magistraturaning ikki yillik ta’lim dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi va davlat namunasidagi diplom beriladi; davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi sohasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash grant va to‘lov-kontrakt asosida bir yilgacha davom etadigan dasturlar bo‘yicha, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajratmagan holda amalga oshiriladi va belgilangan namunadagi diplom beriladi; davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi sohasida boshqaruv kadrlari malakasini oshirish Akademiyada grant va to‘lov-kontrakt asosida bir oygacha davom etadigan qisqa muddatli dasturlar bo‘yicha uch yilda bir marta, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajratmagan holda amalga oshiriladi va belgilangan namunada sertifikat beriladi; magistraturaning, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv dasturlari joylarda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq muammolarni muntazam o‘rganish asosida muayyan hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda shakllantiriladi; tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun Akademiya tomonidan o‘quv rejasining muayyan faniga qarab mehnatiga soatbay haq to‘lash asosida o‘qituvchilar jalb qilinishi mumkin; Akademiyaning magistraturasiga qabul qilish davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan tavsiya etilgan, 40 yoshga to‘lmagan, umumiy oliy ma’lumotga va boshqaruv ishlarida kamida 2 yillik tajribaga eta bo‘lgan shaxslar orasidangina tanlov asosida joylarda nomzodlarni dastlabki tarzda saralashni tashkil etish va keyinchalik ular uchun Akademiyada test sinovi va suhbatlashish o‘tkazish orqali amalga oshiriladi; Akademiyada ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan tinglovchilarning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi butun o‘qish davri mobaynida saqlanib qoladi; Akademiya magistraturasining tinglovchilari o‘qish davrida bir yilgacha bo‘lgan muddatda ularning doimiy yashash hududida joylashmagan mahalliy davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalarida, shuningdek davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarida malaka amaliyotini va stajirovkani o‘taydilar. 4. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari: nomzodlarni saralash va Akademiyaga ta’lim olish uchun yuborish sifati, shuningdek, Akademiya bitiruvchilarining mansablarga xolisona tayinlanishi uchun shaxsan javob beradilar; Akademiyaga yuborilgan tinglovchilarning o‘zlashtirish darajasi ustidan har oyda monitoring olib boradi. 5. Belgilansinki, Akademiyada o‘quv jarayoni xalqaro ta’lim standartlarini va boshqaruv kadrlarini o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda tashkil etiladi va bu, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutadi: boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida zamonaviy ta’lim texnologiyalari va shakllaridan foydalanish, shu jumladan Akademiya o‘qituvchilarining mintaqalarga safar qilishini tashkil etish; davlat va jamiyat boshqaruvining ko‘zga ko‘ringan arboblarini, vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar rahbarlarini jalb qilgan holda muntazam ravishda interaktiv mashg‘ulotlar, davra suhbatlari o‘tkazish; mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda tinglovchilar O‘zbekiston tarixi va milliy qadriyatlarini, mamlakatimiz shoirlari va yozuvchilari ijodini, chet tili hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur o‘rganishini tashkil etish; Akademiya magistraturasi tinglovchilarini boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari va markazlariga, shuningdek chet mamlakatlarning davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlariga bir oygacha bo‘lgan muddatga albatta yuborish. 6. Akademiyaga: mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv rejalarini va Akademiya fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash; professor-o‘qituvchilar tarkibining faoliyat turlari bo‘yicha vaqt normalarini, shuningdek ularning zimmasiga tushadigan cheklangan o‘quv yukini belgilash; yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, tadqiqot markazlarining, shu jumladan chet mamlakatlar oliy ta’lim va ilmiy muassasalari hamda tadqiqot markazlarining yuqori malakali mutaxassislari va ekspertlarini kontrakt asosida Akademiya va dars berishga jalb qilish huquqi berilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Oliy ta’lim davlat ta’lim standartini (Asosiy qoidalar), shuningdek davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlari uchun boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yilgan Davlat talablarini tasdiqlasin. Akademiya magistraturasi tinglovchilari tomonidan malaka amaliyoti va stajirovkani o‘tash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. Malaka amaliyotini va stajirovkani o‘tash vaqtida Akademiya tinglovchilarining safari va yashashi bilan bog‘liq xarajatlar tegishli ravishda Akademiyaning budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 8. Belgilab qo‘yilsinki: tinglovchilarni magistraturaga qabul qilish kvotalari davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlarining boshqaruv kadrlariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda Akademiya tomonidan shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi; Akademiyaning magistraturasida davlat granti asosida o‘qishga shaxslar faqat davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, davlat muassasalari va tashkilotlari xodimlari orasidan qabul qilinadi; Akademiyaning magistraturasida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan, davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv lavozimlarida o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga 5 yil mobaynida lavozim maoshining 20 foizigachabo‘lgan miqdorda (boshqa nazarda tutilgan qo‘shimcha haq va ustamalardan qat’i nazar) har oylik ustama belgilanadi; Akademiyaning magistraturasida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarni tegishli lavozimlarga va ish joylariga taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi; Akademiyaning magistrlik dasturini bajarmagan tinglovchilar o‘qish davrida olgan barcha to‘lovlar miqdorining 50 foizini asosiy ish joyi bo‘yicha qoplashi shart. 9. Akademiyada budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi bilan bir qatorda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga, shu jumladan to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobiga ularning mehnatiga haq to‘lash fondining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun maxsus fond (bundan buyon matnda Maxsus fond deb yuritiladi) tashkil etilsin. Belgilab qo‘yilsinki: Maxsus fondning mablag‘lari Akademiya rektorining qaroriga binoan shtatdagi boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga tarif stavkasining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar belgilash uchun yo‘naltiriladi; Maxsus fond mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek Akademiya xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari Akademiya Kengashi tomonidan belgilanadi; boshqaruv kadrlarini va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha pulli kurslarni o‘tkazishdan kelib tushadigan mablag‘lar kurslarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar qoplangandan so‘ng Akademiya xodimlarini moddiy jihatdan rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi mumkin. 10. Akademiyaga: chet ellik olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar mehnatiga mehnat shartnomasida belgilangan miqdorlarda xorijiy valyutada haq to‘lash; chet ellik olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun borish-kelish aviachiptalarini (uzoq muddatli mehnat shartnomalari tuzilganda bir yilda ko‘pi bilan ikki marta) milliy valyutada xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni to‘lash; chet ellik olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislarning respublika mehmonxonalarida yashashi bo‘yicha xarajatlarni milliy valyutada to‘lash; sutkalik pullarni milliy valyutada har kunlik norma bo‘yicha 80 ming so‘m miqdorda to‘lashga ruxsat etilsin. 11. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida Akademiyaga uni ushbu Farmon talablariga muvofiq ta’minlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Akademiya buyurtmanomalari bo‘yicha Akademiyaning o‘quv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi xorijlik mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar uchun kirish vizalarini konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyaning buyurtmanomalari bo‘yicha Akademiyaning o‘quv va ilmiy jarayonida ishtirok etuvchi xorijlik mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar uchun ko‘p martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek vaqtinchalik propiskani va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmagan holda belgilangan tartibda ta’minlasin. 15. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-aprelda qabul qilingan PF-4435-sonli “Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 2-bandining birinchi — to‘rtinchi xatboshilari, 4-bandi, 5-bandining birinchi — uchinchi xatboshilari, to‘rtinchi xatboshining ikkinchi jumlasi, 8-bandining ikkinchi xatboshi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan PF-4745-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 16. Akademiya Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismoilov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi) boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha davlatning oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 2. Akademiya o‘z faoliyatida Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga hamda boshqa normativ- huquqiy hujjatlarga amal qiladi. 3. Akademiya yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z mustaqil balansiga, Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida xorijiy valyutada talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘iga, Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhrga, blankka, shtampga, o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa belgi va rekvizitlarga ega bo‘ladi. Akademiyaning to‘liq rasmiy nomi: davlat tilida — “Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi”; ingliz tilida — “Academy of Public Administration under the President of the Republic of Uzbekistan”; rus tilida — “Akademiya gosudarstvennogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan”. Akademiyaning yuridik manzili: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 45-uy. Akademiya huzurida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) faoliyat ko‘rsatadi. 4. Akademiya: grant va to‘lov-kontrakt asosida ikki yillik ta’lim dasturlari bo‘yicha boshqaruv kadrlarini tayyorlaydi, Akademiyaga yillik qabul kvotalarini tasdiqlashda Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan belgilab beriladigan mutaxassisliklar bo‘yicha magistr darajasi va davlat namunasidagi diplom beradi; grant va to‘lov-kontrakt asosida bir yilgacha davom etadigan dasturlar bo‘yicha davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi sohasida, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajratmagan holda, boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlaydi, belgilangan namunadagi diplom beradi; grant va to‘lov-kontrakt asosida bir oygacha davom etadigan qisqa muddatli dasturlar bo‘yicha davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi sohasida, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajratmagan holda, boshqaruv kadrlarining malakasini oshiradi, belgilangan namunadagi sertifikat beradi; qonun hujjatlariga muvofiq yuqori malakali ilmiy va ilmiy- pedagogik kadrlar tayyorlaydi; o‘quv, metodik, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil faoliyatining barcha turlarini amalga oshiradi; o‘quv va ilmiy-metodik ishlar uchun chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiladi, kontrakt asosida maslahatlashuvlar o‘tkazadi, shuningdek boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xorijning ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzadi va hamkorlik qiladi; professor-o‘qituvchilar tarkibini, xodimlar hamda tinglovchilarni stajirovka o‘tash uchun davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, jamoat tashkilotlariga, shuningdek oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga, shu jumladan chet mamlakatlarning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga yuboradi; noshirlik faoliyatini olib boradi. 5. Akademiyada boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish belgilangan tartibda grant va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 6. Akademiyaning asosiy maqsadi boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etishdan, shuningdek davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat. 7. Akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida ishlash uchun boshqaruv kadrlarini kasbga tayyorlashga nisbatan qo‘yilgan talablarga javob beradigan oliy kasb ta’limi dasturlari bo‘yicha davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; tinglovchilarda davlat va jamiyat boshqaruvi, psixologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “elektron hukumat” tizimlari sohasida mustahkam bilimlarni, boshqaruvning huquqiy asoslari va zamonaviy usullarini, tashabbuskorlik va yetakchilik xislatlarini shakllantirish, shuningdek tizimli tahlil qilish va strategik rejalashtirish, noodatiy sharoitlarda qarorlar qabul qilish bo‘yicha ko‘nikmalar ishlab chiqish; davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlariga bo‘lgan ehtiyojlarini muntazam o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek, ushbu asosda Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun buyurtmalarning yillik aniq maqsadli portfelini shakllantirish; boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun potensial nomzodlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek bitiruvchilarning kasbiy o‘sishi ustidan muntazam monitoring qilib borish; yoshlar muammolarining muntazam o‘rganilishini, o‘quv, o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqilishini ta’minlash va yoshlarning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining, siyosiy partiyalar a’zolarining o‘qitilishini tashkil etishga ko‘maklashish va uslubiy rahbarlik qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarini o‘qitish kurslarini tashkil etish; davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida hamda jamoat tashkilotlarida kadrlar bilan ta’minlanganlik holati va sifati bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlash, ularning kadrlar zaxirasini shakllantirish, rahbar kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tayinlash, davlat va jamiyat boshqaruvining kadrlar salohiyati monitoringini tashkil etish uslubiyatlarini ishlab chiqish; qonun hujjatlariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagogik kadrlarni tayyorlash; davlat va jamiyat boshqaruvining dolzarb masalalari yuzasidan har tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borish, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, davlat xizmatini isloh qilish sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish va shu asosda respublikada boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; o‘quv va ilmiy-metodik ishlar uchun chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish, kontrakt asosida maslahatlashuvlar o‘tkazish, shuningdek boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xorijning ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish va hamkorlik qilish. 8. Akademiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun: nazariy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish va boshqaruv faoliyati amaliyoti o‘rtasidagi uzviy aloqani, Akademiya tinglovchilarida davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida zarur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida ular davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek jamoat tashkilotlarida malaka amaliyoti va stajirovkadan o‘tishini tashkil etishni; umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablarini hisobga olgan holda tayyorlangan ta’lim dasturlari, shuningdek o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullaridan, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida o‘quv jarayonini tashkil etishni; o‘zlashtirish qobiliyati yuqori darajada bo‘lgan tinglovchilarni rahbar kadrlar tayyorlovchi chet elning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari va markazlariga, shuningdek chet mamlakatlarning davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, jamoat tashkilotlariga yuborishni; davlat va jamiyat boshqaruvining ko‘zga ko‘ringan arboblarini, vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini jalb qilgan holda interaktiv mashg‘ulotlar, davra suhbatlarini muntazam ravishda o‘tkazishni ta’minlaydi. 9. Akademiya faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun Akademiya rektori tomonidan boshqariladigan Kengash tuziladi. Kengash tarkibiga prorektorlar, ilmiy kotib, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari, markazlar, boshqa bo‘linmalar rahbarlari, Akademiya xodimlari, shuningdek boshqa ta’lim va ilmiy muassasalarning yetuk olimlari hamda mutaxassislari kiradi. Kengash vakolatlari quyidagilardan iborat: boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, o‘quv, metodik, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil va nashriy faoliyat, Akademiya tasarrufidagi bo‘linmalar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish; boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash; boshqaruv kadrlarini tayyorlash ixtisosliklari bo‘yicha malaka talablarini tasdiqlash; professor-o‘qituvchilar tarkibining faoliyat turlari bo‘yicha vaqt normalarini, shuningdek ularning zimmasiga tushadigan cheklangan o‘quv yukini belgilash; tinglovchilarning malaka amaliyotini va stajirovkasini o‘tkazish tartibini tasdiqlash; magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilishga nisbatan qo‘yilgan talablarni tasdiqlash; Akademiya va uning bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish; “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining faxriy doktori” va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining faxriy professori” unvonlarini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish; boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun Maxsus fond mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, shuningdek Akademiya xodimlariga oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlash. 10. Kengashning qarori Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi. 11. Akademiyaning rahbarlar tarkibiga rektor, prorektorlar va dekanlar lavozimlari kiradi. 12. Akademiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi. 13. Akademiya rektori: Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, muassasalar va boshqa tashkilotlarda Akademiya nomidan ish yuritadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda Akademiya Kengashi tarkibini, Akademiya tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni va professor-o‘qituvchilar tarkibini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi; Akademiya kafedralarini, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil va boshqa bo‘linmalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; Akademiyaning tashkiliy va moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi; Akademiya mulki va mablag‘larini belgilangan tartibda boshqarish hamda tasarruf etish yuzasidan qarorlar qabul qiladi, moliyaviy, to‘lov-hisob va boshqa hujjatlarni imzolaydi; Akademiyaning barcha xodimlari va tinglovchilari tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan buyruqlar hamda farmoyishlar chiqaradi; Akademiya xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi, ishga yollash bo‘yicha kontraktlar tuzadi; Akademiyani ta’minlash uchun shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi; Akademiyaning professor-o‘qituvchilar tarkibiga tushadigan o‘quv yukini tasdiqlaydi; Akademiya xodimlarini qonun hujjatlariga muvofiq moddiy rag‘batlantiradi, shu jumladan mukofotlaydi; Akademiyaning prorektorlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘rtasida o‘zining ayrim vakolatlarini taqsimlaydi. Akademiya rektori zimmasida qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Ustavga muvofiq boshqa vakolatlar ham bo‘lishi mumkin. 14. Akademiya rektori Akademiyaning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega. 15. Akademiya prorektorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Prorektorlar o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh konsultantiga tenglashtiriladi. 16. Akademiya magistraturasining mutaxassisliklari bo‘yicha boshqaruv kadrlarini tayyorlash Oliy ta’lim davlat ta’lim standartiga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi, ularga davlat namunasidagi diplom beriladi. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlashga nisbatan davlat tomonidan qo‘yilgan talablar asosida bir yilgacha davom etadigan qayta tayyorlov kurslarining o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi va belgilangan namunadagi diplom beriladi. Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish boshqaruv kadrlarining malakasini oshirishga nisbatan davlat tomonidan qo‘yilgan talablar asosida bir oygacha davom etadigan malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha uch yilda bir marta amalga oshiriladi va belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. 17. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlab chiqarishdan ajratmagan holda amalga oshirilishi mumkin. 18. Akademiya davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari asosida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi. Davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari qayta tayyorlanishi yoki malaka oshirishi zarur bo‘lgan tinglovchilar kontingentini belgilab beradi. 19. Respublikaning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, vazirliklari hamda idoralarining yetuk mutaxassislari kontrakt asosida va mehnatiga soatbay haq to‘lanadigan shartlarda o‘qituvchilik ishiga jalb qilinishi mumkin. Chet mamlakatlarning olimlari, mutaxassislari va ekspertlari o‘quv, metodik va ilmiy faoliyat uchun kontrakt asosida Akademiyaning budjetdan tashqari va budjet mablag‘lari hisobidan haq to‘langan holda Akademiyaga jalb qilinishi mumkin. 20. Ilmiy-tadqiqot ishlari, qoida tariqasida, grantlar yoki shartnomalar asosida o‘tkaziladi. Shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishdan tushgan mablag‘lar tegishli xarajatlar qoplangach, Akademiyaning moddiy bazasini rivojlantirishga, uning xodimlarini rag‘batlantirishga va Akademiya oldida turgan boshqa vazifalarni hal qilishga yo‘naltiriladi. Akademiya magistraturasining mutaxassisliklari bo‘yicha boshqaruv kadrlarini tayyorlash ta’lim dasturining o‘zlashtirilishi xar yili turli tashkilotlar vakillaridan iborat mustaqil attestatsiya komissiyasi tomonidan ham tekshirib boriladi. 21. Bazaviy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda Akademiyada o‘qishga qabul qilinadi. Tinglovchini qabul qilish Akademiya, tinglovchi va yuboruvchi tashkilot o‘rtasida uch tomonlama shartnoma (bundan buyon matnda uch tomonlama shartnoma deb yuritiladi) qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgandan so‘ng Akademiya rektorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Uch tomonlama shartnomada tinglovchini o‘qitish shartlari, tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek Akademiyada o‘qitish bilan bog‘liq boshqa qoidalar nazarda tutiladi. 22. Ishlab chiqarishdan ajratilgan holda ta’lim oluvchi Akademiya tinglovchilarining asosiy ish bo‘yicha egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi butun o‘qish davri mobaynida saqlanib qoladi. 23. Akademiya tinglovchilari belgilangan muddatlarda o‘quv rejasida nazarda tutilgan vazifalarni bajarishlari, Akademiyaning Ustaviga va ichki tartib qoidalariga rioya etishlari shart. 24. Akademiyaning magistraturasida o‘qish davrida tinglovchi Akademiya Kengashi tomonidan belgilab beriladigan darajada bitta chet tilini (tinglovchi tanlovi bo‘yicha) o‘zlashtirib olishi shart. Akademiyada chet tili bo‘yicha belgilangan talablar darajasida imtihon topshirmagan yoki tilni tegishli darajada bilishini tasdiqlovchi malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan tinglovchilar magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishga qo‘yilmaydi. 25. Akademiya magistraturasining tinglovchilari o‘qish davrida mamlakatimiz shoirlari va yozuvchilari (kamida 5 nafar shoir va yozuvchi) ijodini, O‘zbekiston tarixini va milliy qadriyatlarini mustaqil o‘rganishi shart. 26. Akademiyaning magistrlik dasturini bajarmagan tinglovchilar uch tomonlama shartnomaga muvofiq asosiy ish joyi bo‘yicha o‘qish davrida olingan barcha to‘lovlar miqdorining 50 foizini qoplab berishi shart. 27. Uqish davrida boshqa shaharlik tinglovchilar Akademiya imkoniyatlari doirasida yashash joyi bilan ta’minlanadi, ularga o‘qish joyiga borish va u erdan qaytish uchun bir martalik yo‘l haqi to‘lanadi, ushbu xarajatlar yuboruvchi tomonidan qoplanadi. 28. Akademiya magistraturasining tinglovchilari o‘qish davrida ularning doimiy yashash hududida joylashmagan mahalliy davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalarida, shuningdek davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarida bir yilgacha bo‘lgan muddatda malaka amaliyotini va stajirovkani o‘taydilar; Joylarga uyushtirilgan amaliy mashg‘ulotlar vaqtida, malaka amaliyotini va stajirovkani o‘tash vaqtida Akademiya tinglovchilarining safari va yashashi bilan bog‘liq xarajatlar tegishli ravishda Akademiyaning budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 29. Akademiya tinglovchilari quyidagi hollarda Akademiyadan chiqarib yuborilishi mumkin: a) o‘z xohishiga ko‘ra; b) sog‘lig‘i holatiga ko‘ra (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida); v) Akademiyaning o‘quv intizomini va ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun; g) bir semestr mobaynida 74 soatdan ortiq miqdorda mashg‘ulotlarni uzrli sabablarsiz qoldirishi tufayli; d) akademik o‘zlashtirmaganligi (qarzdorligi) uchun; e) ta’lim olish uchun mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lay olmasligi tufayli (kontrakt asosida ta’lim oluvchilar uchun); j) sudning qarori asosida ozodlikdan mahrum etilishi tufayli; z) vafoti munosabati bilan. 30. Akademiyada professor-o‘qituvchilar tarkibi, boshqaruv, o‘quv-yordamchi va boshqa xodimlar lavozimlari nazarda tutiladi. 31. Professor-o‘qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar lavozimlari kiradi. 32. Professor-o‘qituvchilar tarkibi sonining Akademiya magistraturasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining u mumiy yillik soniga nisbati normativi 1:7 miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 33. Professor-o‘qituvchilar tarkibi: Kengashda Akademiyaning o‘quv, ilmiy, ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatining eng muhim masalalari muhokamasida ishtirok etish; Akademiyaning xonalaridan, auditoriyalaridan, o‘quv zallaridan, kutubxonalaridan, shuningdek hisoblash markazlari, laboratoriyalar, sport-sog‘lomlashtirish inshootlari xizmatlaridan foydalanish; tinglovchilarning o‘ziga xos xususiyatlariga eng to‘liq javob beradigan hamda o‘quv jarayonining yuksak sifatini ta’minlaydigan o‘qitish usullari va vositalarini tanlash huquqiga ega. 34. Akademiyaning professor-o‘qituvchilar tarkibi: ta’lim jarayonining yuksak samaradorligini ta’minlashi, tinglovchilarda tashabbuskorlikni, ijodiy qobiliyatlarni, ilmiy izlanishga intilishni rivojlantirishi; tinglovchilarda yuksak ma’naviyat va madaniyatni, Vatanga bo‘lgan muhabbatni, vatanparvarlikni hamda fuqarolik nuqtai nazarini shakllantirishi; ilmiy tadqiqotlar olib borishi, shu jumladan o‘qitish mazmun-mohiyatining yuksak saviyasini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar olib borishi; Akademiyaning Ustaviga va ichki tartib qoidalariga rioya qilishi shart. 35. Akademiyaning rahbar va professor-o‘qituvchilar tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari uchun nazarda tutilgan tibbiy ta’minot shartlari tatbiq etiladi. 36. Boshqaruv, o‘quv-yordamchi, texnik xodimlarning huquqlari va majburiyatlari Akademiyaning ichki tartib qoidalari va lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi. 37. Akademiya professor-o‘qituvchilar tarkibi, xodimlar va tinglovchilarning chet mamlakatlar davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, jamoat tashkilotlarida, shuningdek oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida stajirovkasini tashkil etadi. 38. Akademiya magistraturasining har bir tinglovchisi xorijning boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va markazlariga, shuningdek chet mamlakatlarning davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlariga bir oygacha bo‘lgan muddatga albatta yuboriladi. 39. Akademiya professor-o‘qituvchilar tarkibi, xodimlari va magistratura tinglovchilarining xorijda stajirovka o‘tashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Akademiyaning xorijlik hamkorlar bilan tuzilgan bitimlari va yakka tartibdagi shartnomalari (kontraktlari) asosida amalga oshiriladi. 40. Akademiya o‘quv va ilmiy-metodik ishlar, kontrakt asosida maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiladi, shuningdek boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xorijning ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzadi va hamkorlik qiladi. 41. Akademiyaning faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan Akademiyani joriy ta’minlash, Akademiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga doir tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek Akademiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan mablag‘lar; davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar; magistratura, boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarini to‘lov-kontrakt asosida tayyorlashdan tushgan mablag‘lar; o‘quv, metodik va ilmiy-tadqiqot loyihalari, axborot-tahliliy va tahririyat-noshirlik ishlarini, ta’limga doir ishlarni bajarishdan, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ko‘rsatilgan boshqa xizmat turlaridan tushgan mablag‘lar; jismoniy va yuridik shaxslarning, loyihalar hamda dasturlarning xayriya mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 42. Akademiya: Akademiyaga o‘qitish uchun jalb qilinadigan chet ellik olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar mehnatiga mehnat shartnomalariga muvofiq belgilanadigan miqdorlarda xorijiy valyutada haq to‘lash; chet ellik olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun borish-kelish aviachiptalarini (uzoq muddatli mehnat shartnomalari tuzilganda bir yilda ko‘pi bilan ikki marta) milliy valyutada xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni to‘lash; chet ellik olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislarning respublika mehmonxonalarida yashashi bo‘yicha xarajatlarni milliy valyutada to‘lash; sutkalik pullarni har kunlik norma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha 20 AQTTT dollariga teng miqdorda milliy valyutada to‘lash; budjet mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, davlat boshqaruvining dolzarb masalalari bo‘yicha “Jamiyat va boshkaruv” ijtimoiy-siyosiy jurnalini bir yilda 4-marta chop etish; Akademiyaga ajratilgan mablag‘lar yoki o‘z mablag‘lari hisobidan zarur uskuna va boshqa moddiy resurslarni xarid qilish, ijaraga olish; o‘ziga tegishli mol-mulkka, intellektual va boshqa mulkka, xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat natijasida olingan mahsulotga, daromadlarga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda xarid qilingan mol-mulkka egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish; Akademiya tomonidan bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga mustaqil ravishda qonun hujjatlariga muvofiq tariflar, narxlar, qiymatlar belgilash; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. 43. Akademiyaning budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish va sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 44. Akademiyaning rahbarlari va professor-o‘qituvchilar tarkibiga lavozim maoshlari birinchi guruh oliy ta’lim muassasalari tegishli xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorida belgilanadi. Akademiyaning qolgan xodimlariga lavozim maoshlari qonun hujjatlarida davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan to‘lov razryadlariga va mehnatni moddiy rag‘batlantirish shartlariga muvofiq belgilanadi. 45. Akademiyada budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi bilan bir qatorda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga, shu jumladan to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobiga ularning mehnatiga haq to‘lash fondining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda Boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun maxsus fond (bundan buyon matnda Maxsus fond deb yuritiladi) tashkil etiladi. Maxsus fondning mablag‘lari Akademiya rektorining qaroriga binoan shtatdagi boshqaruv, professor-o‘qituvchilar, ilmiy, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga tarif stavkasining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar belgilash uchun yo‘naltiriladi. Maxsus fond mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek Akademiya xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari Akademiya Kengashi tomonidan belgilanadi. Maxsus fond mablag‘lari budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondini hisoblab chiqarishda Akademiyaning mehnatga haq to‘lash fondiga kiritiladi. Akademiya boshqaruv kadrlarini va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish pulli kurslarini o‘tkazishdan tushgan mablag‘larni, kurslarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qoplangach, Akademiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga qo‘shimcha ravishda yo‘naltirishga haqli. 46. Akademiyaga beshta yengil avtomashina va ikkita mikroavtobusni saqlash uchun limit belgilanadi. 47. Akademiya belgilangan tartibda o‘z faoliyati natijalarining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi. 48. Akademiya Ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, Akademiyani qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
10Qonunchilik
“Toshkent rahbariyatining o‘rnida bo‘lsam, tramvayni qaytarish tashabbusi bilan chiqqan bo‘lardim” — telejurnalist Xayrulla Nuriddinov Telejurnalist Xayrulla Nuriddinov “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida Toshkentga tramvay qatnovini qaytarish tarafdori ekanini aytib o‘tdi. “Shahar transporti mavzusi ochilganligidan foydalanib, yana bir taklifni aytmoqchiman. Aholiga qulay va sifatli transport xizmatini ko‘rsatish sohasini takomillashtirish maqsadida Toshkentga tramvaylarni qaytarish kerak, menimcha. Katta va gavjum shaharga tramvay juda asqatadi. Hammamizning esimizda-ku o‘sha qulay, bejirim, bir tekisda yuradigan, muhimi, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan qadrdon tramvaylarimiz. Bilmadim, balki xato qilayotgandirman, lekin bu mening shaxsiy fikrim. Agar poytaxt mutasaddilarining o‘rnida bo‘lganimda, ana shu tashabbus bilan chiqqan bo‘lardim”, — deydi Xayrulla Nuriddinov. Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishgandi. “Menimcha” ko‘rsatuvida transport vazirining taqdimoti prezidentga ma’qul bo‘lmagani haqida so‘z boradi. “Bilasanmi, menga bergan ma’lumoting bo‘yicha birorta aniq raqam yo‘q. Faqat maslahat va tavsiya. Bu nima degan gap? Men sendan buni kutmagandim. Nega menga Toshkent bo‘yicha alohida, tuman bo‘yicha alohida (ma’lumot) bermaysan. Eng og‘ir tuman qaysi? Eng og‘ir bekat qaysi? Eng og‘ir tirbandlik qayerda? Odamlar bizdan qayerda najot kutmoqda? Bu narsa yo‘q menga bergan ma’lumotingda. Umumiy gap”, — deydi prezident Ilhom Mahkamovga. Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — “Beshqayrag‘och” dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopilgan va shu tariqa Toshkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qo‘yilgandi.
8O‘zbekiston
Qora dengizda yonib ketgan tankerlarda yo‘qolgan dengizchilar halok bo‘lgan deb tan olindi Qora dengizda yonib ketgan ikkita tanker dengizchilari halok bo‘lgan deb tan olindi, deya xabar beradi “MK.ru”. YouTube Shunday qilib, qutqaruv-qidiruv operatsiyasi holati  o‘zgartirilgan. Qurbonlar soni 20 kishi bo‘lishi mumkin. Kemalardagi yong‘in hali ham davom etib, uni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ayni damda 12 kishi qutqarilgan, 10 kishi halok bo‘lgan, yana o‘n nafar dengizchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Tanzaniya bayrog‘i ostida harakatlangan “Kandi” va “Maestro” tankerlari Qrimning Takilidan 15 dengiz mili uzoqligida neytral suvlarda yonib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, tankerlarga Temryukda suyultirilgan gaz yoqilg‘isi quyilgan bo‘lib, keyinroq bir kemadan boshqasiga yoqilg‘i quyila boshlaganda yong‘in sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, tankerlar yoqilg‘i bilan kulrang sxema bo‘yicha ishlagan. Ekipaj a’zolari Hindiston va Turkiya fuqarolaridan tarkib topgan bo‘lib, hozirda Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan odamlarning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
2Dunyo
Sergeli tumanidagi ayrim mahalla va mavzelarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi Sergeli tumanining 8 va 9-qurilish uchastkalariga yo‘naltirilgan yuqori bosimli gaz quvurlarida 22-iyul kuni ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt”ga tayanib, Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
8O‘zbekiston
​Eski kamindan XIX asrga tegishli xazina topildi Buyuk Britaniyaning janubi-g`arbida joylashgan Yovil shahridagi qasr kaminini qayta ta`mirlayotgan ishchi tosh blogi ichidan XIX asrga tegishli kapsulani topdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. Mazkur kapsula shisha banka ichiga hujjatlar bilan birga solinib, unga 1880 yilning 4 iyun sanasi qo`yilgan. Tosh blog bundan uch-to`rt yil ilgari ishchilar tomonidan sotib olingan bo`lib, bu narsalarni uning ichiga kim yashirgani hozircha aniqlanmadi.
2Dunyo
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekistonlik qizlar Sloveniya termasini mag‘lub etib, 16-o‘ringa ko‘tarildi Ozarbayjon poytaxti Bokuda davom etayotgan 42-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasida 6-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb yozdi “Olamsport”. Unda Sloveniya termasi qizlariga qarshi dona surgan o‘zbekistonlik sportchilar 2,5 ga 1,5 hisobida zafar quchgan. Irina Gevorkyan sloveniyalik raqibasidan yengilgan bo‘lsa, Gulruhbegim Tohirjonova va Sarvinoz Qurbonboyeva zafar quchib, terma jamoaga 1 tadan ochko taqdim etdi. Qolgan yarim ochko Nafisa Mo‘minovaning durangi evaziga qo‘lga kiritildi. Sloveniya ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekiston qizlar terma jamoasini 23-o‘rindan 16-pog‘onaga olib chiqdi. O‘ntalikda borayotgan Gruziya O‘zbekiston bilan bir xilda ochko jamg‘argan bo‘lib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra oldinroq o‘rindan joy olgan. Bugun — 9-sentabr kuni o‘zbekistonlik qizlar o‘zlari bilan bir xilda ochkosi bor bo‘lgan Germaniyaga qarshi dona suradi. Ortda qolgan 6 ta turning 4 tasida zafar quchgan O‘zbekiston termasi, 1 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.
13Sport
O‘zbek bokschisi Bolgariyadagi jahon chempionatida turkmanistonlikni yengdi Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Sulaymon Latipov (-49 kg) dastlabki jangini turkmanistonlik Bayramxon Permanovga qarshi o‘tkazib, katta ustunlik bilan g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Endi iqtidorli bokschi Latipov 1/16 finalda argentinalik Nikolas Alfonso bilan kuch sinashadi. Ushbu jang 19-aprel kuni o‘tkaziladi. 15-aprel kuni o‘tkaziladigan bahslarda ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi. Shukurjon Rahimov (-56 kg) gruziyalik Ucha Maysuradze bilan bahs olib borsa, Iqboljon Xoldorov (-60 kg) misrlik Muhammad Sayidalloh bilan kuch sinashadi.
13Sport
O‘zA surishtiruvi: 18 ming so‘m “non puli”ni olish uchun ma’lumotnomaga 46 ming so‘m to‘lanadimi? O‘zbekistonda non narxining o‘zgarishi tufayli kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, 2 yoshgacha bola parvarishidagi nafaqa oluvchi, moddiy yordam oluvchi ehtiyojmand fuqarolarga eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida kompensatsiya pulini (hozirgi kunda 18 ming 430 so‘m) davlat budjetidan to‘lab berish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Ana shunday puldan umidvor bo‘lgan Olmazor tumani “Gulzor” mahallasida yashovchi eshitish va gapirishida nuqsoni bo‘lgan bir guruh fuqarolar ma’lumotnoma to‘g‘rilamoqchi bo‘lib, mahalla oqsoqolidan yo‘l-yo‘riq so‘ragan. Ular ma’lumotnoma berish vakolatiga kirmasligini aytib, ularni davlat xizmatlari agentligiga yuboradi. U yerda esa bunday ma’lumotni olish uchun 46 ming so‘m to‘lash kerakligi bu fuqarolarni ajablantiradi. 18 ming so‘m olish uchun 46 ming to‘lash qaysi mantiqqa sig‘adi? Mazkur murojaatni xolis o‘rganish maqsadida Olmazor tumani davlat xizmatlari agentligiga borib, xizmatlar narxini o‘rganildi, mutaxassislar bilan suhbatlashildi. — Ishonmasligingiz mumkin, lekin har kuni bir necha fuqaro kelib janjal qiladi, — deydi bosh mutaxassis Mirodil Obidov. — Bizda xizmatlar pulli. Tashkilotlar esa bilib-bilmay bizga yuboradi. Misol uchun, maktabdan shu yerda yashaydigan degan ma’lumotnoma so‘rab kelishadi. Aslida biz ham ma’lumotnoma beramiz, lekin u boshqaroq. Masalan, qachonki pasport yo‘qolsa, uni tiklash uchun pasport stoliga shu fuqaro haqiqatdan ham ko‘rsatilgan joyda turganmi-yo‘qmi, shuni tasdiqlash kerak bo‘ladi. Bu kabi davlat xizmati ko‘rsatganimiz uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig‘im undiramiz. Misol uchun, ariza beruvchilar elektron raqamli imzo olishi va unga 12.901 so‘m to‘lashi kerak. Manzil ma’lumot uchun esa 18.400 so‘m to‘lanadi. Lekin 46 ming so‘m degan gap noto‘g‘ri. Mahalla ma’lumotnoma bermaydi. Ular noto‘g‘ri talqin qilib, xalqni ovora qilmoqda. Axir joriy yilning 3-oktabrida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarorida 15-oktyabrdan davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bir qator tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim qilish bo‘yicha tartibi bekor qilingan edi. Shaxsning yashash joyi bo‘yicha yashayotgani, ishsizligi, bolani, yolg‘iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganlik haqidagi shular sirasidan. Agentlik xodimlarining javoblaridan ko‘ngli u qadar to‘lmagan shikoyatchilar bilan Olmazor tumani byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga kirib borildi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, bu vaqtga kelib, voqealar biroz oydinlashganday bo‘ldi. Biroq, kompensatsiya puli olish uchun ma’lumotnoma nega kerak? Pensiya berayotgan tashkilot uni avtomatik tarzda qo‘shib yuboradi-ku, degan fikrga shikoyatchilar “inspektorimiz agar yashash joyingdan ma’lumotnoma to‘g‘rilab kelsangiz, sizga ana shu pulni olib beraman”, degandi deb turib olishdi. Olmazor tumani byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi direktor o‘rinbosari Marat Esirboyev tumandagi 9 ming 500 nafardan ko‘proq odamga 1 oktyabrdan “non puli” avtomatik tarzda o‘tkazib berilgani, buning uchun hech qanday ma’lumotnoma kerak bo‘lmaganini qayd etdi. Unda inspektor nima uchun shuncha insonni ovora qilib, bekor bo‘lib ketgan ma’lumotnoma so‘rab, umidlantiradi. Bu insonlar qancha hujjat tayyorlab, sarson bo‘lib yuribdi-ku, degan so‘zlarimizga javoban shikoyatchilarning pasportlarini so‘radi. Bazadan ularning pensiyasi qanchaligi va “non puli” berilgan yoki berilmaganini tekshirib ko‘rish uchun. — Mana Nabiyeva Xolida bolalikdan nogiron bo‘lgani uchun 18 ming so‘mdan ko‘proq summa avtomatik tarzda pensiyasiga qo‘shib berilgan,— deydi M. Esirboyev. — “Non puli” hammaga ham berilmaydi. U 360 ming so‘mdan kam nafaqa oluvchilarga beriladi. Ya’ni ish staji bo‘lmagan, bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslar bunday imtiyozga ega. To‘g‘ri, oralaringizda 360-365 ming so‘m pensiya oladiganlar bor ekan. Biroq sizlar ikkinchi guruh nogironi bo‘lsalaringiz-da, ish staji bilan pensiyaga chiqqaningiz uchun bu puldan foydalana olmaysiz. Xullas, bir-birini tushunmagan yoki o‘z ishiga loqayd insonlarni deb, eshitish va so‘zlashda nuqsoni bo‘lgan o‘nlab nogironlar ovora-yu sarson bo‘ldi. Behuda yumushlar uchun vaqtini yo‘qotdi. Pensiya jamg‘armasiga kelgan davlat xizmatlari agentligi vakillari keraksiz ma’lumotnomalarni deb fuqarolarni sarson qilishga chek qo‘yish vaqti kelganini qayd etdi. — Yaqinda bir ayol onasi 29-sentabr kuni olamdan o‘tgani haqidagi guvohnomani olib kelibdi, — deydi ulardan biri. — “O‘lguniga qadar mazkur tumandagi tegishli manzilda yashagani haqida ma’lumotnoma kerak, sizlar berasizlarmi?” deb so‘radi. Bu ayol onasining o‘limidan keyin berilishi kerak bo‘lgan ikki oylik nafaqani olish uchun bunday qog‘oz kerak ekanini aytdi. Bu qanaqasi? qo‘lidagi o‘lim guvohnomasini o‘zi yetarli-ku. Biz bunday ma’lumotnoma bermasligimiz, xizmatlarimiz pulli ekani haqida aytsak, eshitmaydi, asabiylashadi. Shunga o‘xshagan voqealar ko‘p.
8O‘zbekiston
Sherzod Shermatov hududlarda ta’limni yaxshilash uchun eng yaxshi tandemni ma’lum qildi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hududlarda ta’limni yaxshilash bo‘yicha natijaga erishish uchun eng yaxshi tandem — jamoani birlashtira oladigan fidoyi xalq ta’limi boshqarmasi rahbari hamda uni doim qo‘llab-quvvatlaydigan viloyat hokimi ekanini ma’lum qildi. «Namangan va Xorazm viloyatlarida shu kabi tandem bo‘lgani sababli boshqa hududlarga nisbatan maktablar masalasiga e’tibor kuchliroq bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham, „O‘qituvchi va murabbiylar kuni“ bayrami arafasida qator pedagoglar bilan birga ushbu ikki viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbarlari „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan edilar», — dedi vazir o‘zining telegram kanalida. Ta’kidlanishicha, quyidagi jadvalda ham bitiruvchilarning OTMlarga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi 5 talik hududlar orasida eng katta o‘sish aynan Namangan va Xorazmda kuzatilgan. Maktab bitiruvchilarining OTMlarga kirish ko‘rsatkichlari. Foto: Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov telegram kanali. Barcha maktablarda OTMga yo‘naltirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgani sababli bu yil umumiy bitiruvchilarning soni 1,59 barobar ortgan bo‘lsada, oliygohlarga kirgan bitiruvchilar soni 2,02 barobar ortgan. Vazir tashqi omillar deyarli barcha hududga bir xil ta’sir qilganini aytmoqda [kvotalarning oshishi, kitoblar, DTM testlari va h.k.], lekin aynan shu ikki hududda ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’ati boshqa hududlarnikidan ancha yuqori bo‘lgan. Namangan viloyatining o‘rni o‘tgan yildagiga nisbatan 4 pog‘onaga, Xorazmniki esa 2 pog‘onaga ko‘tarilgan. «Ushbu oddiy misolni o‘zi prezidentimiz tomonidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbarlarini viloyat hokimining maslahatchisi sifatida mavqeini ko‘tarilishi hamda hokimlarga kamida 30−40 foiz vaqtlarini maktablarga yordamga sarflashlari bo‘yicha ko‘rsatma berilishi bejizga emasligini ko‘rsatmoqda», — deya ta’kidladi Shermatov. «Viloyat (tuman) hokimi xalq ta’limi boshqarmasi (bo‘limi) rahbarini haftasiga kamida bir marta qabul qilib, muammolarini yechishda yordam bersa, albatta, o‘sha hududda ta’lim yo‘nalishida rivojlanish bo‘ladi. Hokim tomonidan e’tibor berilmasa yoki viloyat (tuman) xalq ta’limi rahbari muammolarni to‘g‘ri tahlil qilib hokimga tushuntira olmasa, joylarda ijobiy o‘zgarish juda qiyin bo‘lishi mumkin», — deya qo‘shimcha qilgan. Vazir ,shuningdek, bu tezkor yig‘ilgan ma’lumotlar ekanini aytmoqda. Superkontrakt hamda yangi ochilayotgan xususiy va xorijiy universitetlar qabullari natijalari bo‘yicha Toshkent shahri (hamda ba’zi hududlar) ko‘rsatkichida yil yakunigacha qo‘shimcha o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvalroq, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini nafaqat prezident siyosatiga xiyonat, balki ataylab davlat rahbarining imijini diskreditatsiya qilishga harakat deb baholash kerakligini aytgandi. U shuningdek, — «Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, iltimos, juda bo‘lmasa xalaqit qilmang», — deya hokimlarga murojaat qilgandi.
5Jamiyat
“O‘zbekneftgaz” logotip g‘olibiga Spark kalitini topshirdi. Ammo logotipning o‘zi hali e’lon qilinganicha yo‘q “O‘zbekneftgaz” AJ neft va gaz sanoati uchun yangi logotipni yaratish bo‘yicha e’lon qilgan ochiq ijodiy tanlovining natijalarini ma’lum qildi. Tanlovda Bahrom Kalonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi “Kommersant.uz”. G‘olibga “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Chevrolet Spark avtomobilining kaliti topshirildi. Taqdirlash marosimi Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialining 10 yilligini nishonlash bayramida topshirildi. Tanlov komissiyasi ichidan “O‘zbekneftgaz” AJ hamda geologiya va neft-gaz xodimlari kasaba uyushmalarining Respublika kengashi vakillari va mutaxassislari o‘rin olgan. Komissiya ishtirokchilardan kelib tushgan takliflarni o‘rganib chiqib, Bahrom Kalonovni bir ovozdan g‘olib deb topdi. Ishchi organ tomonidan komissiyaga loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida ko‘rib chiqish uchun 219 ta ishlanma topshirilgan. Ko‘rib chiqish jarayonida texnik talablar, jumladan, yorug‘lik gammasi, matn, shrift, grafika, maqsadli auditoriya, asosiy elementlar e’tiborga olingan. Shuningdek, O‘zbekistonning milliy va madaniy xususiyatlarini aks ettirgan ishlanmalarga, neft-gaz sanoati g‘oyalariga e’tibor qaratilagan. “O‘zbekneftgaz”ning rasmiy sahifasida ham Bahrom Kalonov tanlov g‘olibi deya topilgani haqida xabar berilgan, biroq g‘oliblikka erishgan logotipning surati keltirilmagan.
8O‘zbekiston
Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish bo‘yicha yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq chiqarilishi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi yoxud uning hududiy tuzilmalarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan hujjatli qimmatli qog‘ozlarni muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibini belgilaydi. 1. Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni (keyingi o‘rinlarda — qimmatli qog‘ozlar) muomaladan chiqarish va yo‘q qilish emitent tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati oshirilganda yoki kamaytirilganda; aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyalari umumiy sonini qisqartirish yo‘li bilan kamaytirilganda (qisqartirilayotgan aksiyalar sonining qismi doirasida); qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan chiqarilganda; emitent qayta tashkil etilganda, bir yoki undan ortiq qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi bekor qilinganda; qimmatli qog‘ozlar emitenti tugatilganda; emitentning nomi o‘zgarganda; obligatsiyalar va ularning kuponlari so‘ndirilganda, agar ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan bo‘lsa; buzib qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarni yoxud qimmatli qog‘ozlar egalari nomlari (nomi) ko‘rsatilishi uchun to‘liq grafalar bilan to‘ldirilgan qimmatli qog‘ozlarga almashtirilganda; qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi hujjatli shakldan hujjatsiz shaklga o‘tkazilganda; qimmatli qog‘ozlarning taqdim etuvchidan egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlarga o‘zgarganida; qimmatli qog‘ozlar konsolidatsiyalanganda, maydalanganda va ayirboshlanganda; boshqa holatlarda. 2. Agar qimmatli qog‘ozlarning muomaladan chiqarilishi qimmatli qog‘ozlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshirilsa, emitentlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga bekor qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni taqdim etishlari shart. 3. Qimmatli qog‘ozlarni bekor qilish ko‘zda tutilgan sanadan bir oy oldin emitentlar bu to‘g‘risida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi yoki uning hududiy tuzilmasini (qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha) xabardor qilishi shart. Ko‘rsatib o‘tilgan muddat davomida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi emitentning qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish huquqini beruvchi hujjatlarni, qimmatli qog‘ozlar almashinuvi amalga oshirilganligini tekshiradi, zarur hollarda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga (keyingi o‘rinlarda — Markaziy depozitariy) emitent tomonidan yo‘q qilinmoqchi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni muomaladan chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etish va qimmatli qog‘ozlar egalari xabardor etilganligini tekshirish to‘g‘risida topshiriq beradi. 4. Qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish emitent tomonidan tashkil etiladigan kommissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga emitentning, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining va Markaziy depozitariyning vakillari kiradi. Markaziy depozitariyda saqlanayotgan emitentlarning bekor qilingan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining Yagona davlat reyestridan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini yo‘q qilish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi va Markaziy depozitariy vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 5. Komissiya a’zolarinig vakolatlari ishonchnomalar bilan tasdiqlanishi lozim. 6. Qimmatli qog‘ozlar yoqib yuborish yoki ularni jismoniy maydalash yo‘li bilan yo‘q qilinadi. 7. Qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish natijalari 3 nusxada tuzilgan va komissiya a’zolari tomonidan imzolangan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma emitentning ijroiya organi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu Yo‘riqnomaning 4-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda dalolatnoma 2 nusxada tuziladi va komissiya a’zolari tomonidan imzolanishi kerak. Dalolatnoma Markaziy depozitariyning bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi va uning muhri qo‘yiladi. 8. Ushbu Yo‘riqnomaning 7-bandida nazarda tutilgan dalolatnoma quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim: egallagan lavozimlarini ko‘rsatgan holda qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish bo‘yicha komissiyasi a’zolarining tarkibi; qimmatli qog‘ozlari yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan emitentning to‘liq nomi; qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish uchun hujjatli asos; qimmatli qog‘ozlar bekor qilingan taqdirda ularning chiqarilganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bekor qilingan sanasi; qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish sanasi; qimmatli qog‘ozlarning turi, toifasi (xili), qimmatli qog‘ozlarning shakli, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishining davlat ro‘yxat raqami; yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi yoxud uning hududiy tuzilmasining nomi; yo‘q qilingan qimmatli qog‘ozlarning umumiy soni; yo‘q qilingan har bir qimmatli qog‘oz egasining F.I.O. (nomi) ko‘rsatilgan holda blankning seriyasi va raqami; chiqarilishi hujjatli shakldan hujjatsiz shaklga o‘zgartirilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha depo hisobvaraqlarining raqamlari. 9. Qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining vakilida saqlanadi. Qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi dalolatnomaning bittadan nusxasi emitent va Markaziy depozitariyda saqlash uchun qoldiriladi. 10. Mazmunida tafovutlar mavjud bo‘lgan yoxud emitentga tegishli dalolatnoma nusxasi yo‘qolgan holatda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga yoki uning hududiy tuzilmasiga taqdim etilgan dalolatnomaning nusxasi ustuvor hisoblanadi. 11. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi va uning hududiy tuzilmalari qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasini qimmatli qog‘ozlari yo‘q qilingan emitentning umumiy hujjatlari (ish) jildiga qo‘shib qo‘yishga majbur. 12. Emitentlar qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi dalolatnomani, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish bilan bog‘liq hujjatlarni (emitentning qimmatli qog‘ozlari egalarining reyestri, qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi shartnomalari, emitent vakolatli organlarining qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori va shu kabilar) uch yildan kam bo‘lmagan muddatga saqlashga majbur.
10Qonunchilik
Qora rangda tanilgan ESSI mahsulotlarining sutdek toza zavodiga sayohat 2017 yil boshlanishi, Yangi yil bayrami arafasida o‘ziga xos sovg‘a sifatida taqdim etilgan ESSI — sut mahsulotlari brendimiz haqida «Kun» nashrida xabar berib, bayram bilan barchani tabriklagandik. O‘shanda iliq qabul qilingan brendimiz tashkil etilganiga bir yil to‘lmasdan, yurtimizda millionlab kishilarning, ayniqsa bolakaylarning qalbidan alohida o‘rin egallab ulgurdi. Bunga sabab esa hech qachon sir bo‘lmagan — biz har doim mijozlarimizning sog‘liklari haqida qayg‘urganmiz va buning uchun ishlab chiqarishda yetakchi texnologiyalar hamda mutaxassislar yordamidan foydalanamiz. Mahsulotlarimiz tabiiy va noto‘g‘ri sharoitda uzoq saqlab bo‘lmaydi. Shu bois, ularning sifati buzilib qolmasligi uchun tezkor yetkazib berish — logistika markazlarini tashkil qilganmiz va bu ESSI’ning sevimli bo‘lishda katta xizmat qilgan. Hozirda kefir, biokefir, qatiq, ayron, tvorog, sirok, smetana, qaymoq, tabiiy mevali yogurtlar kabi 30 xil mahsulotlarimizni yurtimizdagi supermarketlardan xarid qilish mumkin. Ular nafaqat ta'mi va yoqimli ekanligi bilan, balki o‘ziga xos qora idishlardaligi sabab ham ajralib turadi. O‘tgan 10 oy davomida saytimiz hamda Facebook va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda mijozlarimiz bilan doimiy muloqotda bo‘lib turdik, bundan tashqari har doim supermarket xodimlaridan mahsulotlarimiz haqida mijozlar qanday fikr bildirishlari bilan qiziqamiz. Deyarli har bir kishini ESSI — sut mahsulotlari qora rangli idishlardagi ekanligi ajablantirgan. Shuning uchun, qora rangda tanilgan ESSI mahsulotlari ishlab chiqariladigan sutdek toza zavodimizga sayohat videosini tasvirga oldik. Unda siz har kun iste'mol qiladigan mahsulotlarimiz qanday ishlab chiqarilishi boshidan oxirigacha ko‘rsatilgan. Marhamat, tomosha qiling (YouTube’da tomosha qilish): Mahsulotlarimiz dasturxoningizga ko‘rk berib, yosh-u qarining ko‘nglidan o‘rin egallayotgani va muhimi, sog‘lom turmush tarzi kechirishingizda yordam berayotganidan xursandmiz.
5Jamiyat
Xitoyda megapolislarning yaralishi va kengayishini aks ettiruvchi fotosuratlar 2026-yilga kelib Xitoyning megapolislarida istiqomat qiluvchi aholi soni 250 million kishiga yetadi. 2014-yilda e’lon qilingan “Yangi turdagi urbanizatsiya milliy rejasi (2014–2020)”ga muvofiq, qishloqlardan va kichik shaharlardan megapolislarga shu davr ichida 100 million kishi ko‘chiriladi. Ammo bu keng miqyosli loyihani amalga oshirish shaharlarni kengaytirish, infrastrukturani rivojlantirishni talab etadi. Xitoy boshlagan ushbu loyihaning ilk odimlarini, shuningdek, mamlakatning shaharchilik tarixini aks ettiruvchi suratlar TechInsider tomonidan taqdim etildi. Xenan viloyati, 1867-yil. Mamlakat aholisi 363 million kishini tashkil qilardi. Oradan bir asr o‘tib, Xitoy elektron tovarlar va ishlab chiqarish asbob-uskunalarini eksport qila boshladi. Xitoy hukumati 1991-yildan toza shahar muhiti konsepsiyasini shakllantira boshladi. Gongkongdagi Devorli shaharni buzish bilan hukumat 30 ming kishini ko‘chirdi va uning o‘rniga bog‘ qurdi. 1995-yili avj olgan toshqinlar Xitoyda infrastrukturani yanada rivojlantirish kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi. Jumladan, eskirgan quvurlarni almashtirish masalasi o‘rtaga tashlandi. Dunyodagi eng yirik McDonald’s (Pekin) atrofidagi binolarning buzilishi. Ulkan kranlar yirik shaharlar uchun odatiy manzara bo‘lib qoldi. XX asr oxirida G‘arb kompaniyalari Xitoyga kirib kela boshladi. Mamlakat yetakchisi Den Syaopin kapitalistik davlatlar tajribasidan foydalangan holda ishlab chiqarishni rivojlantira olgani tufayli shaharlar soni va hajmi keskin o‘sdi. XXI asr arafasida butun Xitoy bo‘ylab yangi binolar shiddat bilan o‘sib chiqa boshladi. Muammolar ham bo‘ldi. Jumladan, davlat uylarining qurilishi bilan bog‘liq janjal tufayli ikkita yirik bino buzib tashlandi. Bu Xitoyga 199 million yuan yoki 32 million dollar ziyon keltirdi. Taxminan o‘sha paytlarda mamlakatda Uch dara to‘g‘oni qurilishi boshlandi. Yanszi daryosini kesib o‘tadigan to‘g‘on bugungi kunda dunyoning eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi. Xitoyda odat bo‘lgan tezkorlikka qaramay, uning qurilishi 18 yil vaqt oldi. O‘n yildan kamroq vaqt ichida Xitoy to‘g‘on atrofida infrastruktura yaratib, bir vaqtlar mamlakatni azoblagan tabiiy ofatlar va suv toshqinlarining oldini oldi. 2006-yilda to‘g‘on yuqorisidagi ulkan suv ombori nihoyat to‘ldirildi. 1973-yili sun’iy yo‘ldoshdan tushirilgan surat. Qizil bilan o‘rmonzor va flora bilan qoplangan hudud, kulrang bilan aholi istiqomat qiluvchi yerlar ko‘rsatilgan. 2003-yilda Xitoy sanoatlashgan mamlakatga aylandi. Shu bilan birga, o‘simliklar dunyosi yildan yilga qisqarmoqda, daryolar sarhadlari ichkariroqqa surilib, bo‘shagan yerlarda qishloqlar va aholi yashovchi punktlar barpo etilmoqda. Xitoyning Pekin va Gongkong singari shaharlarni atrofdagi hududlar bilan birlashtirib, aholisi 10 million kishidan oshadigan megapolislar yaratish rejasi sekin-asta amalga oshirilmoqda. Suratda — Chjutszyan daryosi deltasidan o‘tish yo‘lini qisqartirib, uch shaharni birlashtiruvchi Gongkong–Chjuxay–Makao ko‘prigining qurilishi. Transport megapolislarni birlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llarining ko‘payishi ishchilarning yo‘lga ketadigan vaqtini qisqartirishi ko‘zda tutilgan. Xitoyda eski binolarni buzib tashlash odatiy holga aylandi. Yuz millionlab odamlarga joy bo‘shatish uchun Xitoy hukumati keskin choralar ko‘rmoqda. Uylari buzilgan odamlar megapolislarga ko‘chiriladi, buzilgan uylarning o‘rnida esa yo‘llar quriladi. Uyi buzib tashlangan ayol ishchiga g‘isht bilan tashlandi. Uyi buzilgani tufayli aqlini yo‘qotayozgan Xuan Sufan ismli ayol tomdan sakradi. Bunday holatlar kamdan-kam kuzatiladi, lekin hukumatning rejalari oddiy aholiga har xil ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ma’lum bo‘lmoqda. Shaharlardan tashqarida yashovchi millionlab dehqonlar va fermerlar uchun hali-hanuz holat noma’lumligicha qolmoqda. Xitoyda fermerlarning mulkiy huquqlari cheklangan, Kommunistik partiya esa shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida shahar va qishloq bozorini qo‘shish taklifini ko‘pdan beri ilgari surib keladi. Ulkan kranlar yordamida qurilayotgan osmono‘par binolar fonida erkak dala orqali suv tashimoqda. Xefey, Anxoy provinsiyasi. Ko‘plab osmono‘par binolar qad ko‘tarib ulgurganiga qaramay, ularning aksariyati hali sotilgani yo‘q. Shaharlarga ko‘chib kelishni orzu qilgan millionlab odamlarning moddiy ahvoli bunga yo‘l qo‘ymaydi. Yirik shaharlarga ko‘chib kelgan mehnat muhojirlari eski binolarda istiqomat qiladi. Ulkan biznes markazlari va ofis binolari yaqinida turgan bunday inshootlar aholining daromadidagi farqlarni yanada yaqqolroq ko‘rsatadi. Ba’zida mehnat muhojirlari uchun mana bu kabi vaqtinchalik uylar quriladi. Guanchjou, Guandun provinsiyasi. Bu to‘siqlar va kamchiliklarga qaramay, loyiha jiddiy yutuqlarga erishmoqda. Xitoy butun boshli shosse tizimlari yaratishga, ular bo‘ylab ulkan binolar qurishga muvaffaq bo‘ldi. Yaratilgan infrastruktura bir kuni albatta kerak bo‘ladi. 1867-yildagi toshloq tepaliklar va qo‘lbola chaylalardan iborat Xitoy butunlay qaytadan qurib chiqildi, deb aytish mumkin. Shaharlar shiddat bilan o‘sib bormoqda. Binolar yelkama-yelka o‘sib chiqmoqda. Ammo Xitoy endi boshladi.
3Foto
Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishga qaror qildi AQSh prezidenti Donald Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olganini chorshanba kuni rasman ma'lum qiladi, deya xabar bergan Oq uyning yuqori lavozimli vakili. "Prezident 6 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi haqida ma'lum qiladi", - deya xabar bergan ma'muriyat vakili maxsus brifingda. Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu ham tarixiy haqiqatni, ham hozirgi reallikni tan olish sanaladi", shuningdek, tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokara jarayonining qandaydir jihatlari va chegara masalasiga aloqador emas. Oq uydan ta'kidlashlaricha, Tramp o‘z qarorini Yaqin Sharq davlatlari rahbarlari bilan muhokama qildi, shuningdek, Falastin-Isroil mojarosiga yechim topish jarayoni bilan shug‘ullanuvchi xorijiy yetakchilarning qo‘llab-quvvatlovini olgan. Oq uydan qayd etishlaricha, al-Quds bo‘yicha qaror AQShning Isroil chegaralari bo‘yicha siyosatini o‘zgartirmaydi. "Prezident Al-Aqso masalasida mavjud vaziyat saqlanib qolishi haqida yana bir bor ma'lum qiladi", - deya aytib o‘tgan Amerika ma'muriyati vakili. Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp Falastin-Isroil mojarosiga yechim topish mumkin, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, uning xabar berishicha, Tramp chorshanba kuni AQShning Isroildagi elchixonasi Tel-Avivdan al-Qudsga ko‘chishi haqida e'lon qiladi. Kutilishicha, Tramp tegishli bayonotni chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.00da beradi. Qo‘shma Shtatlar yetakchisining al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish va u yerga elchixonani ko‘chirish rejalari haqida seshanba kuni ma'lum bo‘ldi. Isroilda Trampning al-Quds bo‘yicha qarorini adolatli va tarixiy to‘g‘ri qadam, deb atashdi. Shu bilan birga, bu vaziyat ko‘plab arab davlatlarining yetakchilari tomonidan keskin tanqid qilindi, Yevroittifoq esa Yaqin Sharq muammosini hal qilishdagi sa'y-harakatlarga ehtimoliy zarar yetkazilishi haqida ham ogohlantirdi. Isroil al-Qudsni, jumladan, Iordaniyadan yarim asr avval egallab olingan uning sharqiy tumanlari va tarixiy markazini o‘zining “yagona va ajralmas” poytaxti sifatida e'lon qildi. Jahon hamjamiyati bosib olish holatini tan olmaydi va shahar maqomini Yaqin Sharqdagi mojaroning eng asosiy muammolaridan biri sifatida ko‘radi. Shu sababdan barcha xorijiy elchixonalar Tel-Avivda joylashgan. AQSh Kongressi esa uzoq 1995 yilda Isroildagi elchixonani Tel-Avivdan al-Qudsga ko‘chirish haqidagi qonunni qabul qilgan. Biroq shaharning bahsli maqomi va bu holatning arab-musulmon dunyosi bilan munosabatlardagi o‘ta nozikligi inobat olinib barcha amerikalik prezidentlar, jumladan Tramp ham, har yarim yilda bu qarorning bajarilishini ortga surib kelgan.
2Dunyo
Eronda hijobni noto‘g‘ri o‘ragan ayollarga hujum qilish holatlari kuzatilmoqda Eronning Isfahon shahrida ayollar hijobni noto‘g‘ri o‘rayapti, deb hisoblaydiganlar tomonidan ularga kislotasifat moddalar bilan hujum qilishi holatlari kuzatilmoqda, deb xabar berdi The Daily Beast. Jinoyatchilarning qurbonlari odatda avtomobil boshqarayotgan ayollar bo‘lmoqda. Ularning yoniga mototsiklda kelib, yuzlariga kislotasifat moddalar sepib ketilgan. Butun Eron bo‘ylab o‘ndan ortiq shunday holatlar kuzatilgan, Isfahonda esa ko‘z jarohati bilan olti ayol shifoxonaga murojaat qilgan. Aksiya ko‘proq qo‘rqituvchi xarakterga ega. Ayollarga aynan kuydiruvchi kislota emas, balki suv va yuvish vositalari aralashmasi sepilgan. Buning xavflilik darajasi pastroq, lekin baribir ta’sirga ega, deyiladi xabarda. Odatda shariat qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiradigan Islom inqilobi soqchilari korpusi komandiri Akbar Pokzod ayollarga qilinayotgan hujumlarni keskin qoralab, na din, na shariat qoidalari bunday qilmishlarni yoqlamasligini va jinoyatchilar qattiq jazoga tortilishi lozimligini ta’kidlagan.
2Dunyo
13 o‘g‘ilning onasi qiz farzand ko‘rmaguncha tug‘averishga va'da berdi Braziliyalik juftlik yaqinda yana bir farzand ko‘rganini nishonladi. Yangi mehmon juftlikning 13-farzandi bo‘ldi. E'tiborlisi, bu farzandlarning barchasi o‘g‘il bolalardir. Juftlikning ta'kidlashicha, ular qiz ko‘rmaguncha farzand ko‘rishda davom etaveradilar. 40 yoshli fermer Ireneu Kruz va uning rafiqasi Jsikleyda Silva 20 yildan beri birgalar. Juftlik birinchi farzandini ko‘rishga tayyorlanayotganda, agarda o‘g‘il farzand ko‘rsa, unga ismni Ireneu, qiz tug‘ilsa, Jsikleyda berishiga kelishib olishgandi. Biroq Jsikleyda hali birorta farzandiga ism berishga muvaffaq bo‘lolmadi.  "Men har doim Rivaldo, Roberto Karlos, Ronaldino va Robino kabi futbolchilar bilan faxrlanganman. Eng yaxshi futbolchilarning ismi "R" harfiga boshlanadi. Men Janubiy Amerika futboliga hurmat bildirib, o‘g‘illarimni sevimli futbolchilarim sharafiga qo‘yishga qaror qilganman", deb aytmoqda oila boshlig‘i. Yaqinda oilada yana bir farzand – Ronaldu dunyoga keldi. Ular 13 raqami omadli kelib, qiz tug‘ilishiga umid qilishgandi. Biroq doya ularga o‘g‘il tug‘ilganini aytganda, ular qiz farzand ko‘rishga urinishlarini davom ettirishga qasam ichdilar. Ireneu futbol fanati hisoblanishidan tashqari, o‘z o‘g‘illaridan tuzilgan futbol jamoasi va qo‘shni qishloqlar bolalari jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda hakamlik ham qiladi. Bunday uchrashuvlar esa har yakshanba kuni o‘tkaziladi. Kruz bir kun kelib uning o‘g‘illari Braziliya terma jamoasida o‘ynashlarini orzu qiladi.  Farzandlarning to‘ng‘ichi 18 yoshda, kenjasi esa hali bir yoshga ham to‘lmagan. Ireneu barcha o‘g‘illarini futbolchilar nomi bilan atagan: Robson, Reynan, Rauan, Rubens, Rivaldo, Ruan, Ramon, Rinkon, Rikelme, Ramires, Raylson, Rafael va Ronaldu. Mutaxassislarning fikricha, qatorasiga 13 nafar o‘g‘il farzand ko‘rish imkoni 8 mingta holatdan bittani tashkil qiladi. Bu esa Kruzlar oilasini bu borada dunyoda noyob oilalardan biriga aylantiradi.   Bolalarning onasi o‘z farzandlarining birortasiga ism bermagan bo‘lsa-da, baxtiyor ekanligini aytadi: "Men tushlikka bir kilogramm guruch, bir kilogramm loviya va katta paket makaron pishiraman. Albatta, og‘ir damlar ham bo‘ladi, biroq oilamizda hech kim och qolmaydi. Agar bizda bir bo‘lak non bo‘lsa ham, u barchaga teng bo‘linadi". Ayol hali qiz farzand ko‘rishdan umidi borligini aytmoqda.
5Jamiyat
1 avgust: qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar 2018 yil avgustda Oʻzbekistonda yangi qoidalar va normativ hujjatlar kuchga kiradi. Ular turli sohalarga oid: ijtimoiy jihatga yoʻnaltirilgan tadbirkorlik va ishsizlarga subsidiyalardan tortib davlat organlari tizimidagi islohotlargacha. Norma.uz qonunchilikdagi eng muhim oʻzgartirishlar haqida qisqacha qayd etib oʻtadi. Ijtimoiy sohadagi korхonalarga imtiyozlar toʻgʻrisida 1 avgustdan boshlab quyidagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar amal qila boshlaydi: Ularga quyidagi huquqlar beriladi:  Buning ustiga, avgustdan boshlab shtatdagi хodimlarining yarmi nogironligi boʻlgan shaхslardan tashkil topgan nogironligi boʻlgan shaхslarning jamoat birlashmalari korхonalari (masalan, Oʻzbekiston karlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati va h.k.) jami хodimlarining mehnatiga haq toʻlash fondidan 4,7% YaIT undiriladi (bazaviy stavka 25%, mikrofirmalar, kichik korхonalar va fermer хoʻjaliklari uchun esa 15% boʻlgani holda). Yer qa’ridan foydalanishni litsenziyalash toʻgʻrisida Oy boshidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni berishning ikkita algoritmi amal qiladi: Yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan konchilik ishlarini rivojlantirish rejalarini kelishish, ularni qazib olish hajmlari toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni qabul qilish: Chiqindilarni olib chiqish хizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat-хususiy sheriklik asosida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlarini koʻrsatishga ruхsat berildi. Har bir хususiy tashkilotga tanlov asosida, nol stavkadan boshlanuvchi elektron auksion yoʻli bilan «E-IJRO AUKSION» orqali tuman va shahar hududi biriktirib beriladi. Tanlov oʻtkazilmagan deb topilgan hollarda, tegishli hudud «Toza hudud» DUK yoki «Maхsustrans» DUKga tanlov oʻtkazilmagan holda biriktirib beriladi. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish хizmatlari fuqarolarga namunaviy ommaviy shartnoma asosida koʻrsatiladi. Ya’ni, ilgari nazarda tutilganidek, har bir iste’molchi-jismoniy shaхs bilan alohida shartnoma tuzish shart emas. Huquqiy konsalting toʻgʻrisida   Tijorat tashkilotlari endi litsenziya olmasdan yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatish imkoniyatiga ega. Ilgari huquqiy maslahat berish advokatlik faoliyatining tarkibiy qismi sifatida litsenziyalanar edi. Biroq ular ilgarigidek fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy ishlar boʻyicha sudlarda mijozlarning manfaatlarini yoqlab chiqa olmaydilar (bu advokatlarning хos huquqi – tahr.). Advokatlik tuzilmalari «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatish huquqini saqlab qoldilar.   Adliya vazirligi litsenziya olmasdan huquqiy maslahat berish tartibini ishlab chiqdi. Yaqin orada u tasdiqlanadi, norma.uz materiallarini kuzatib boring. Haydovchilarning malakasini oshirish va avtomobil oynalarini qoraytirish toʻgʻrisida 26 fevraldan yuridik shaхslarga qarashli avtomobillar haydovchilarining malakasini majburiy oshirish tartibi joriy etildi (batafsil qarang). 1 avgustgacha faqat «Avtotest Report» MChJda yoki 51% va undan ortiq ulushi unga tegishli boʻlgan tashkilotda undan oʻtish mumkin edi.   Avgust oyidan boshlab mazkur yoʻnalish boʻyicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyat yuritish huquqiga litsenziya olgan tashkilotlar korporativ avtomobillar haydovchilarining malakasini oshirish хizmatlarini koʻrsata oladilar. Bunday litsenziyani olish haqida bu yerda oʻqishingiz mumkin. Avvalboshdan malaka oshirganlik toʻgʻrisida sertifikat olmay korporativ transportni boshqarganlik uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish rejalashtirilganini ham qayd etib oʻtamiz. Biroq ayni paytda MJTKga bunday tuzatishlar kiritilmadi. Shu oʻrinda 1 avgustdan boshlab transport vositasining orqa va orqa yon oynalari tusini tegishincha 5% va 30%gacha yorugʻlik oʻtkazish darajasigacha oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsat berilganligini eslatib oʻtamiz. Buning uchun haq evaziga ruхsatnoma olish zarur (qiymatiga qarang).   Agrosanoat majmuini boshqarish tizimini qayta tashkil etish toʻgʻrisida Aprel oyida yangi muassasa – Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat хavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etildi. 1 avgustdan tugatilayotgan quyidagi organlarning funksiya va vazifalari unga oʻtkazildi: Tugatilayotgan tashkilotlarning barcha хodimlari ishga joylashtirilishiga koʻmaklashadilar. Darvoqe, Inspeksiyadagi ish haqi haqida yaqinda yozgan edik, sharh bilan tanishib chiqishni taklif etamiz. Xorijda ishga joylashish va ishsizlarga subsidiyalar toʻgʻrisida  Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun endi ruхsatnoma olish kerak emas (Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan toʻlov – 4 EKIH undirgan holda fuqaroning хorijdagi mehnat shartnomasi muddatiga berilar edi). Buning oʻrniga хususiy mehnat shartnomalari boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun хorijga ketayotgan fuqarolarni iхtiyoriy roʻyхatdan oʻtkazish taomili joriy etiladi. Xorijdagi mehnat staji mamlakatimizda hisobga olinishi uchun mehnat migrantlari Pensiya jamgʻarmasiga 4,5 EKIH miqdorida yillik sugʻurta toʻlovlarini iхtiyoriy ravishda toʻlashlari lozim. Ilgari oyiga 1 EKIH, ya’ni yiliga 12 EKIH toʻlanganda «хorijiy» staj inobatga olinar edi. Boshqacha aytganda, ularning yillik iхtiyoriy badallari miqdori 2,5 baravardan ortiq miqdorga qisqartirildi. Shu bilan birga, mamlakatimiz ichida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ishsizlik boʻyicha sugʻurtalash tizimi joriy etiladi. U quyidagilarga bir martalik subsidiyalar berishni nazarda tutadi: Soliqchilar, sudyalar va akademiklarning ish haqi toʻgʻrisida Soliq organlari хodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasi boʻyicha muayyan razryadga muvofiq keladigan tarif koeffitsiyentini koʻpaytirish yoʻli bilan 1,7 baravar oshiriladi. Bu ustuvor maqsad – soliq хizmati хodimlari safidagi poraхoʻrlikning oldini olish talabiga mos keladi.    Oʻz navbatida, sudyalar hamda sudlar apparati va sud organlari хodimlarining maoshlari 1,5 baravar oshiriladi. Unga alohida mehnat sharoitlari uchun (malaka darajasi va mansab darajasiga ega boʻlgan хodimlarga) oylik ustama miqdori – 50% qoʻshiladi. Sudlarda qancha ish haqi toʻlanishi haqida batafsil – bu yerda. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati хodimlarining ish haqini 2 baravar oshirishga qaror qilindi. Dori vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish va kasalliklarga tashхis qoʻyish toʻgʻrisida Oʻzbekiston yuqori tartibga soluvchi talablar qoʻyilgan mamlakatlarda (masalan, Yevroittifoq mamlakatlari, AQSh va h.k.) amalga oshirilgan dori vositalari, dori moddalari (substansiyalar) va dori preparatlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish natijalarini tan ola boshlaydi. Grippning ogʻir shakllariga va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarga chalingan bemorlarga koʻproq e’tibor beriladi. Endi parranda va hayvonlarda uchraydigan grippning yuqori patogen viruslarini (H1N1 virusi – «choʻchqa gripi», H5N1 virusi – «parranda gripi» va h.k.) hamda boshqa хavfli infeksiyalarni yuqtirganlikda gumon qilinayotgan shaхslarga ushbu virus turlari boʻyicha majburiy tashхis qoʻyiladi. Suyultirilgan gaz va oʻgʻit narхlari toʻgʻrisida Avgust oyida aholi uchun suyultirilgan gazning yagona chakana narхi – QQSni hisobga olgan holda 800 soʻm/kg amal qila boshlaydi. Ilgari suyultirilgan gaz qiymati viloyatlar boʻyicha farq qilib, 1 apreldan oshganini hisobga olgan holda 1 kg uchun 500 soʻmdan 720 soʻmgacha tashkil etgan. 1 martdan boshlab mineral oʻgʻitlar faqat birja savdolarida sotiladi. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning хarajatlari keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida 1 martdan 1 avgustgacha boʻlgan davrda ular sotib oladigan azotli va fosforli oʻgʻitlarning cheklangan narхlari belgilangan edi (undan ortiq narхdagi birja kontrakti tuzilmas edi). Tegishincha, 1 avgustdan ular qoʻllanilmaydi, narхlar birja savdolarining umumiy qoidalariga koʻra belgilanadi. Oleg Zamanov.
10Qonunchilik
Xalq ta'limi vazirligi huzurida ikkita jamg‘arma tashkil etiladi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq ta'lim vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi va Xalq ta'limini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori joylashtirildi. Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Xalq ta'limini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Xalq ta'limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkiliy tuzilmasi; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Xalq ta'limini rivojlantirish jamg‘armasi Boshqaruv kengashi tarkibi; Umumta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin. Belgilab qo‘yilishicha: a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining barcha mol-mulki, shu jumladan, mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzurida qayta tashkil etilayotgan byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasiga o‘tkaziladi; qayta tashkil etilayotgan Jamg‘arma huquq va majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining huquqiy vorisi hisoblanadi; b) 2019 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining xalq ta'limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash) ishlari bo‘yicha majburiyatlari va ularni moliyalashtirishga yetarli mablag‘lari (shu jumladan, 2019 yil 1 yanvar holatiga foydalanilmay qolgan qoldiq mablag‘lari) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Xalq ta'limini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi: umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta'minlashga qaratilgan byudjyet va homiylik mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablag‘lari, darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarning ijara to‘lovlarini jamlash, ushbu mablag‘lardan samarali foydalanishni tashkil etish; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarining ayrim toifadagi, ya'ni birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab internatlarining tarbiyalanuvchilari, kam ta'minlangan oilalarning bolalari bo‘lgan o‘quvchilarni hamda o‘qituvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan bepul ta'minlash maqsadida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta'lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari o‘quvchilarini ijara tizimi asosida ta'minlash uchun umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga umumta'lim fanlaridan darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarini xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish; ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalari hamda o‘rta maxsus ta'lim muassasalari uchun bepul va ijara asosida umumta'lim fanlaridan darsliklarni umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda advokat so‘rovining bajarilish tartibini buzgan shaxslar jazolanadi Advokat so‘rovining bajarilish tartibini buzgan shaxslar jazolanadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida. Prezident Farmoniga muvofiq: advokatlarning o‘zlarining himoya ostidagi shaxslar bilan uchrashuvi begona shaxslarning qatnashuvisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz amalga oshirilishi ta’minlanadi; advokatlar moneliksiz sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini olib kirish huquqiga ega; advokatlarning so‘rovlari ko‘pi bilan o‘n besh kun muddatda bajarilishi shartligi belgilandi; advokat so‘rovining bajarilish tartibini buzgan mansabdor shaxslar advokatlarning sudlarga murojaatiga asosan javobgarlikka tortiladi; advokatlik byurolari turar joylarda faoliyat yuritishi mumkin.
8O‘zbekiston
Sankt-Peterburgda qiyin ahvolda qolgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, butun dunyoda tarqalgan pandemiya sharoitida Rossiya va Qozog‘istonda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish bo‘yicha Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy muvofiqlashtirish ofisi bilan kelishuvga erishilgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 15 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan. Kelishuvga muvofiq, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali vatanga olib kelindi. Ta’kidlanishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy muvofiqlashtirish ofisi va O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ko‘magida olib kelingan fuqarolar, asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotganlar toifasiga kiradi. Agentlik tomonidan ma’lum qilinishicha, yana 15 nafar ana shunday fuqarolarni charter reys orqali Rossiya poytaxti Moskva shahridan olib kelish rejalashtirilmoqda. Avvalroq Rossiyaning Rostov viloyatida vatanga qaytayotgan O‘zbekiston fuqarosi poyezdga chiqishdan oldin vafot etgani haqida xabar berilgandi.  Rossiya mamlakatda nolegal bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga 15-dekabrgacha imtiyoz berdi
8O‘zbekiston
O‘zbekiston “Jahon musulmon sayyohlik indeksi”da o‘tgan yilga nisbatan 10 pog‘onaga yuqoriladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2019-yil 29-iyul kuni Singapur CrescentRating agentligining musulmon mehmondo‘stligi xizmatlari reytingi mamlakatda joriy etilishi munosabati bilan taqdimot o‘tkazilishi rejalashtirilgan, bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati  xabar qiladi. Ma’lumot o‘rnida: CrescentRating agentligi Jahon halol turizm bozorida yirik ekspertlardan sanaladi. Tashkilot 2015-yildan boshlab “Jahon musulmon sayyohlari indeksi” (Global Muslim Travel Index) reytingini e’lon qilib keladi. Mazkur reytingga 130 ta mamlakat a’zo bo‘lib, unda 40 dan ortiq mezonlar asosida musulmon sayyohlar uchun taklif etiladigan xizmatlar baholanadi. Reytingga ko‘ra yurtimiz 2019-yilda “Jahon musulmon sayyohlik indeksi”da 22-o‘rinda bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 10 pog‘ona yuqori natija degani. Ma’lumki, joriy yilning 21—23-fevral kunlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabusi bilan Buxoroda o‘tkazilgan “Xalqaro ziyorat turizmi forumi” doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi CrescentRating agentligi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolanib, ushbu xalqaro tashkilot bilan kelgusidagi istiqbolli loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Joriy yilning may oyida mazkur kelishuvlar doirasida CrescentRating agentligi musulmon mehmondo‘stligi xizmatlari reytingini mamlakatimizdagi turistik tashkilotlarga joriy etish yuzasidan agentlik “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK bilan shartnoma imzoladi. Mazkur baholash reyting tizimi ixtiyoriy bo‘lib, undan foydalanishda istagan turistik tashkilotlar musulmon mehmondo‘stligi sohasida bir qancha imtiyozlarga ega bo‘ladi. Jumladan: — CrescentRating agentligi tomonidan turistik tashkilot xodimlariga bepul malaka oshirish kurslari; — “halol turizm” yo‘nalishidagi sertifikatlangan kurslarga chegirma; — turistik xizmatlarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish; — mahalliy bozorda musulmon mehmondo‘stligi talablariga javob beradigan tashkilot sifatida sayyohlarni jalb qilish orqali daromadini oshirish kabi imkoniyatlar taqdim etiladi. Ushbu reyting xizmatlaridan sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar, ovqatlanish maskanlari, aeroportlar, vokzallar, savdo-ko‘ngilochar maskanlari foydalanishi mumkin. Ushbu baholash reytingida xalqaro ekspertlar musulmon sayyohlar uchun yuqorida keltirilgan turistik manzillardagi yaratilgan qulayliklar va ularning ehtiyojlarini inobatga olganligiga alohida e’tibor qaratadi. 2019-yilning 29-iyul kuni soat 10:00 da Citizen mehmonxonasida o‘tkaziladigan taqdimotda CrescentRating agentligining Bosh ijrochi direktori Fazal Baxardin janoblari mazkur reyting tizimi hamda tashkilot tomonidan musulmon mehmondo‘stligi xizmatlari sohasiga oid konsalting va o‘quv kurslari haqida batafsil ma’lumot beradi. Taqdimotda musulmon mehmondo‘stligi xizmatlarini ko‘rsatuvchi turistik tashkilotlar hamda mamlakatdagi OAV vakillari qatnashishi kutilmoqda.
8O‘zbekiston
Tez tibbiy yordam xodimlarini bodi kameralar bilan ta'minlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlari boshlandi Shu kunlarda tez tibbiy yordam imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida shu soha tibbiyot xodimlarini bodi kameralar bilan ta'minlashning tibbiy-huquqiy jihatlarini o‘rganish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari boshlandi.  Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevning xabar qilishicha, bundan maqsad tibbiy xizmat ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, bemor huquqi va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishdir. Ushbu bodi kameralar tibbiyot xodimlarining tahdid va tajovuzga uchrashi ehtimolining oldini olishda ham muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari, Sanitar aviatsiya xizmati uchun zamonaviy vertolyotlar xarid qilinishi rejalashtirilgan. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etish maqsadida sanitar aviatsiya xizmatidan foydalanish tartibi tasdiqlanib, sanitar vertolyotni tibbiy anjomlar bilan jihozlash spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi. Islohotlar natijasida aholining tez tibbiy yordam xizmatiga bo‘lgan ishonchi ortmoqda, murojaatlar yil sayin oshib boryapti. Masalan, 2016 yilda chaqiriqlar soni 7,2 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, 2017 yilda – 8,7 million. 2018 yilda esa 9,8 millionga yetgan. O‘tgan yilda esa murojaatlar soni o‘n milliondan oshgan. Shu bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam xizmatining statsionar muassasalariga ham murojaatlar ko‘paymoqda. Jumladan, 2017 – 2019 yillarda ushbu shifo maskanlariga 7,5 milliondan ziyod bemor murojaat qilgan. Ulardan 2,5 million nafari statsionar, 5 milliondan ortig‘i esa ambulator tibbiy yordamdan bahramand bo‘lgan. Statsionarda davolangan bemorlarning 500 mingdan ortig‘iga yuqori texnologiyali murakkab xirurgik amaliyotlar bajarilgan.
8O‘zbekiston
Tramp: Pxenyan Pekinga nisbatan hurmatsizlikka yo‘l qo‘ymoqda Pxenyan Pekinga nisbatan hurmatsizlikka yo‘l qo‘ymoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR tomonidan navbatdagi ballistik raketa uchirilishiga shunday munosabat bildirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. “Shimoliy Koreya yana bir ballistik raketa uchirib, o‘zining qo‘shnisi — Xitoyga katta hurmatsizlikni namoyish etdi”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Pekinning Pxenyan bilan muloqot imkoniyatini ta’minlash haqidagi va’dasini nazarda tutib, “Xitoy astoydil tirishayayotgani”ni ham qo‘shimcha qildi. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi Pekin Pxenyanga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish uchun Vashingtondan 100 kunlik muddat so‘raganligi haqidagi xabarni rad etgandi.
2Dunyo
Raj Kapur, Dev Anand va boshqa Bollivud yulduzlari ijrosidagi so‘nggi rollar Hind kinosanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktyorlar karyerasidagi qaysi filmlar so‘nggisi bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Rajesh Kxanna Rajesh Kxanna tanqidchilardan “super yulduz” maqomini qabul qilib olgan. Xonanda aktrisa Mumtoz bilan suratga tushgan barcha filmlari xit darajasiga ko‘tarilgan. Minglab muxlislarga ega bo‘lgan aktyorga tomoshabinlardan maktub kelishi to‘xtamagan. 45 yillik karyerasi davomida aktyor 180 ta filmda suratga tushgan. Ijrosidagi so‘nggi “Knyazlik” loyihasi vafotidan ikki yil o‘tib, 2014-yil 18-iyunda ekran yuzini ko‘rgan. Raj Kapur Karyerasining ilk kunlari kompozitor bo‘lish va musiqa yozishni istagan aktyor 24 yoshida “RK Films” studiyasiga asos solib, ilk “Aag” filmini suratga olgan. “Daydi” filmi sabab Kann festivalida ikki karra “Oltin palma novdasi” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan. Qolaversa, “Daydi” filmi Time jurnalining versiyasiga ko‘ra hamma vaqtning eng yaxshi filmlari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Rejissor sifatidagi so‘nggi filmi “Henna” bo‘lgan, ammo Kapur uni oxiriga yetkazishga ulgurmagan. U 1988-yil 2-iyunda vafot etgan, filmni o‘g‘li Randxir Kapur yakuniga yetkazgan. Dev Anand Aktyor, rejissor va prodyuser Dev Anand avvaliga Qirollik flotida xizmat qilishni istagan. Keyinchalik Ashok Kumarning “Taqdir” filmidagi ijrosidan ilhomlanib aktyor bo‘lishga qaror qilgan. Hind kinosanoatining eng muvaffaqiyatli aktyorlaridan bo‘lgan Devning so‘nggi loyihasi “Hisobot” bo‘lgan. Unda Anand aktyor, rejissor va ssenariy muallifi sifatida ishtirok etgan. Film vafotidan 3 oy avval 2011-yil 30-sentabrda ekran yuzini ko‘rgan. Film kutilganidek omadli chiqmagan. Dilip Kumar “Fojialar qiroli” karyerasi davomida 65 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. “Devdas”, “Yangi asr”, “Ganga va Jamna” filmlari shular jumlasidan. 99 yashar aktyor 20 yildan ortiq vaqtda suratga tushgan. 1999-yilda tasvirga olingan “Fort” filmi ishtirokidagi so‘nggi loyihasi bo‘lgan. Rishi Kapur Hayotining 50 yilini kinoga bag‘ishlagan Rishi “Mening ismim masxaraboz” filmidagi debyut roli uchun Milliy mukofot bilan taqdirlangan. 70 va 80-yillarning romantik rollar ijrosi 11 dan ortiq filmda bosh qahramonni gavdalantirgan. So‘nggi filmi “Tana”(2019) bo‘lgan aktyor 2020-yil 30-aprelda vafot etgan.
7Madaniyat
O‘zbekiston va Koreya prezidentlari sammiti bo‘lib o‘tdi Ushbu sammitni o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuv davlat rahbarlarining o‘tgan yil oktabr oyidagi muloqotlari davomida erishilgan edi. Bugungi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va alohida strategik sheriklik rishtalarini rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari o‘rin olgan. «Davlat rahbarlari tadbirni ochib, bir-birlarini samimiy qutlar ekanlar, ushbu sammit kirib kelgan yangi yilda ikkala tomon uchun ham birinchi uchrashuv ekanini alohida qayd etdilar. Bu ikki tomonlama hamkorlikda juda yuksak darajaga erishilganidan yana bir bor dalolat beradi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. Ta'kidlanganidek, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Koreya munosabatlari, pandemiyaga qaramasdan, izchil rivojlanishda davom etdi. O‘tgan yili davlat rahbarlari telefon orqali ikki marta muloqot qildilar hamda Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida birgalikda ishtirok etdilar. Murakkab sharoitlarda yirik investitsiya va savdo loyihalarining amalga oshirilishi ta'minlandi, yangi kooperatsiya obektlari ishga tushirildi. Janubiy koreyalik sheriklarning ko‘magi va ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan, mintaqamiz uchun noyob bo‘lgan zamonaviy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shular jumlasidan. O‘zbekiston prezidenti koreys tomoni yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasidagi xalqaro sa'y-harakatlarga salmoqli hissa qo‘shayotganini yuksak baholadi hamda ushbu xavfli kasallikning oldini olish, unga chalinganlarni samarali davolash va reabilitatsiya qilishda mamlakatimizga ko‘rsatilayotgan katta amaliy ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar borasida so‘z yuritar ekanlar, alohida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va hamkorlikni har tomonlama kengaytirish tarafdori ekanliklarini ta'kidladilar. Muntazam siyosiy maslahatlashuvlarni davom ettirish va parlamentlararo almashinuvlarni faollashtirish, mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash bo‘yicha ikki tomonlama tadbirlar dasturini tayyorlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Oliy, kasb-hunar va maktabgacha ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniy meros obektlarini raqamlashtirish va restavratsiya qilish sohalaridagi hamkorlikning joriy va istiqbolli dasturlari ko‘rib chiqildi. Prezidentlar O‘zbekiston hududlarida Janubiy Koreya yetakchi universitetlarining filiallari va kadrlarni professional tayyorlash bo‘yicha qo‘shma markazlar soni ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Yetakchi oliy ta'lim muassasalarida o‘zbek va koreys tillarini o‘qitishni kengaytirishga, shuningdek, koreys diasporasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratildi. Iqtisodiy sohada O‘zbekiston va Koreya hukumatlari va idoralari darajasida yo‘lga qo‘yilgan samarali ishlar qayd etildi. Prezidentlar investitsiya loyihalarini ilgari surish va yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal qilish maqsadida ushbu muloqotlarni davom ettirish topshirig‘ini berdilar. Ta'kidlanganidek, joriy yilda janubiy koreyalik hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida jami 400 million dollargacha investitsiyalarni o‘zlashtirish kutilmoqda. Bundan tashqari, yuqori texnologik sohalarda, shu jumladan energetika, neft-gaz, kimyo va neft-kimyo, farmatsevtika, qayta ishlash sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, transport va logistika, turizm va ko‘plab boshqa tarmoqlarda qiymati jami 3,4 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 55ta yangi loyiha tayyorlanmoqda. Ikki tomonlama ustuvor dasturlarni amalga oshirishda Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (EDCF) va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan samarali sheriklik olib borilayotgani yuksak baholandi. Davlat rahbarlari o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish muhim ekanini ta'kidladilar. Keyingi yillarda tovar ayirboshlashda rekord ko‘rsatkichlarga erishildi. Eksport-import amaliyotlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni tekislash va ularning nomenklaturasini diversifikatsiya qilish masalalariga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish uchun fitosanitariya xizmatlarining hamkorligiga alohida e'tibor qaratildi. Shu maqsadda tomonlar erkin savdo to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimni imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshlaydilar. Prezident Mun Je In O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi masalasiga har tomonlama ko‘maklashishini yana bir bor tasdiqladi. Sammit chog‘ida global va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlar BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida, shuningdek, yuqori texnologiyalar, «yashil» va raqamli iqtisodiyot sohalaridagi dasturlarni ilgari surish maqsadida «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» hamkorlik forumi doirasida yaqindan hamkorlikni davom ettiradilar. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Seulning Koreya yarim orolidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa'y-harakatlarini doimo qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi. Tomonlarning mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish bo‘yicha tashabbuslari yuksak baholandi. Davlat rahbarlari ekologiya sohasidagi hamkorlik, shu jumladan Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtaldilar. Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. Prezident Mun Je In prezident Shavkat Mirziyoyevga Koreya Respublikasiga tashrif bilan kelish to‘g‘risidagi taklifini tasdiqladi. Sammit yakunida «To‘rtinchi sanoat inqilobi»ga ko‘maklashish maqsadida raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum, EDCF bilan hamkorlik bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan 1 milliard dollarlik dasturni amalga oshirish bo‘yicha bitim, zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika va loyihaviy institut – Kimyoviy texnologiyalar markazini qurish loyihalari bo‘yicha zayom bitimlari imzolandi. Bundan tashqari, yetakchi kompaniyalar darajasida mamlakatimiz energetika infratuzilmasining muhim obektlarini modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Davlat rahbarlari har doimgidek ochiq, samimiy, konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tgan sammit yakunlaridan mamnun ekanliklarini qayd etdilar. Tomonlar onlayn-muzokaralar o‘z vaqtida o‘tkazilgani va natijadorligi jihatidan yuzma-yuz uchrashuvlar amaliyotidan qolishmaganini ta'kidladilar. Prezidentlar do‘stlik va keng ko‘lamli sheriklik aloqalarini mustahkamlash, birodar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishda qat'iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda bir kechada 297 kishida koronavirus tasdiqlandi. Yangi holatlari 9 ta hududda aniqlandi Davomi: O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 9,7 mingdan oshdi. Salkam 300 bemorning ahvoli og‘ir O‘zbekistonda 28-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 297 nafarga ko‘payib, jami kasallanish holatlari soni 21 506 taga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Ma’lum qilishlaricha, yangi kasallanish holatlarining “Ayni paytda yurtimizda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan”, — deyiladi SSV axborotida. Vazirlik hisobi bo‘yicha hozirgacha kasallikka chalingan bemorlarning 122 nafari vafot etgan.  O‘zbekistonda 27-iyul kuni 678 kishida koronavirus aniqlandi. Bu yangi antirekord
8O‘zbekiston
Surgil konini kompleks obodonlashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida Qimmatli komponentlarni ajratib olgan holda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash hisobiga polimer mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, neftkimyo tarmog‘ining xomashyo va ishlab chiqarish bazasini yanada kengaytirish hamda Ustyurt gazkimyo kompleksi qurilishi loyihasini amalga oshira boshlash maqsadida: 1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan Surgil konining zaxiralari tasdiqlandi; dastlabki qiymati 1,84 mlrd. dollarga teng, yiliga 4,0 mlrd. kub. m tabiiy gazni qayta ishlash va 362 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen hamda 3,7 mlrd. kub. m tovar holatidagi tabiiy gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan “Qimmatli komponentlarni ajratib olgan holda Surgil konini kompleks obodonlashtirish” loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlandi; Koreya gaz korporatsiyasi, “Lotte Daesan Petrochemical Corporation”, “LG International Corporation”, “SK Gas va STX Energy” kompaniyalaridan iborat Koreya kompaniyalari Konsorsiumi tuzildi; loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida “O‘zbekneftgaz” MXK bilan Koreya kompaniyalari Konsorsiumi o‘rtasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona — bosqichma-bosqich uch yil davomida shakllantiriladigan ustav jamg‘armasi ekvivalenti 600 mln. dollardan kam bo‘lmagan, ta’sischilar o‘rtasida ulushlar teng miqdorda, 50 foizdan taqsimlanadigan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti tashkil qilinadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “O‘zbekneftgaz” MXK bilan birgalikda ikki oy muddatda belgilangan tartibda Koreya kompaniyalari Konsorsiumi bilan jumladan, tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va ularni bajarish kafolatlarini, qo‘shma korxona hisob raqamlaridagi mablag‘lar harakatini, shuningdek, investitsiya davrida qo‘shma korxona mablag‘larining maqsadli va samarali sarf etilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutadigan Investitsiya shartnomasini tuzsin. 3. “O‘zbekneftgaz” MXK 2008-yilning 1-oktabrigacha bo‘lgan muddatda loyiha moliyalashtirilishini tashkil etish va xorijiy qarz mablag‘larini jalb etishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va xalqaro talablarga muvofiq holda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi xorijiy korxona ro‘yxatdan o‘tgach bir oy muddatda, qo‘shma korxona taqdim etgan zarur materiallarga muvofiq, obyektlar, jumladan gaz quduqlari qurish, quvurlar va tegishli muhandislik kommunikatsiyalarini yotqizish uchun yerlarni ajratsin. 5. Qo‘shma korxonaga loyihaning TIAsi uzil-kesil tasdiqlanguncha ish chizmalariga muvofiq barobar ravishda loyihalashtirgan va ularni amalda bajarilgan ish hajmlari bo‘yicha moliyalashtirgan holda Surgil konida jumladan, “nulinchi sikl” bo‘yicha yer ishlarini bajarishga, quduqlarni obodonlashtirish, tashqi infratuzilma obyektlari va muhandislik kommunikatsiyalarini qurishga ruxsat berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda qo‘shma korxonaga gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotish, shuningdek gaz quvuri va gaz kondensati quvuri yotqizishni loyihalashtirish, qurish va foydalanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) bersin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Surgil konidagi foydali qazilmalarni chiqarib olish uchun investitsiya shartnomalarining amal qilish muddatiga belgilangan tartibda qo‘shma korxonaga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya bersin. Belgilansinki, Shimoliy Berdaq va Sharqiy Berdaq konlarida uglevodorod xomashyosini sanoat ko‘lamida qazib olish maqsadida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar “O‘zbekneftgaz” MXKga loyiha bo‘yicha investitsiya shartnomalarining amal qilish muddatiga beriladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qo‘shma korxona, uning pudratchilari va subpudratchilarining murojaatnomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirish doirasida radioelektron aloqa vositalari va yuqori chastotali moslamalardan foydalanishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar bersin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qo‘shma korxonaning “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlangan talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qo‘shma korxonaning “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlangan talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy kompaniyalar xodimlariga ko‘p martalik vizalar berish, shuningdek vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin, ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qo‘shma korxonaga soha mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishi, shuningdek uning buyurtmanomalariga ko‘ra — xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini yuritish huquqini beruvchi tasdiqnomalar taqdim etilishi (muddati uzaytirilishi)ni ta’minlasin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Yanvardan oktyabrgacha 9300 dan ortiq yong‘in sodir bo‘ldi Joriy yilning 10 oyi davomida O‘zbekiston hududida 9384 ta yong‘in sodir bo‘lib, ularda 88 kishi halok bo‘ldi, 240 kishi jarohatlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi. Jami yong‘inlarning 69,3 foizi aholi punktlarida, 9,5 foizi tadbirkorlik sub’ektlari ob’ektlarida, 5,3 foizi transport vositalarida va 1,3 foizi davlat ob’ektlarida sodir bo‘ldi. Yong‘inlarga asosan ochiq olov bilan ehtiyotsiz munosabatda bo‘lish (38,9%), elektr uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish (30,1%), nosoz isitish pechlari (11,1%), bolalar o‘yinqaroqligi (9,9%) va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish (4%) sabab bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilarning tezkorligi natijasida 35 kishi, 1271 ta hayvon, 123 dona turli texnikalar, shuningdek, 298 mlrd so‘mdan ziyod qiymatdagi bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari hamda 95 mlrd so‘mlik mol-mulk qutqarildi.
5Jamiyat
Janubiy Koreya to‘rtinchi sanoat inqilobiga yetakchilik qilishni rejalashtirayapti Koreya respublikasi mamlakat uchun strategik ahamiyatga molik loyihalarga diqqat qaratmoqda. Bular sun'iy aql texnologiyalariga oiddir. "Meil kenjye" gazetasining yozishicha, mamlakat prezidenti v.b. va hukumat rahbari Xvan Gyo An ilmiy doiralar vakillari bilan uchrashuvida shu haqda so‘z yuritgan.  "Hozirda dunyodagi bosh iqtisodiy trend – bu to‘rtinchi sanoat inqilobidir", - deb ta'kidlagan prezident vazifasini bajaruvchi.  Uning fikricha, Koreya respublikasi kelajakda iqtisodiy o‘sish lokomotivlari bo‘ladigan 10 sohaning jahondagi yetakchilaridan biri bo‘ladi va ularning negizida yangi xizmat va yo‘nalishlarni barpo etadi. Ularning orasiga "aqlli" avtomobillar, virtual reallik texnologiyalari, ko‘p vazifali internetga ulanuvchi jihozlar va boshqalar kiradi. Shunga ko‘ra, hukumat asosiy sa'y-harakatini mazkur sohalarda professional kadrlarni tayyorlashga qaratadi.  Gazetaning qayd etishicha, davlat uch hadli nashr, virtual va to‘ldirilgan reallik, sun'iy aql, beshinchi avlod aloqasi, buyumlar interneti, muqobil transport va boshqa istiqbolli yuqori texnologiyali yo‘nalishlarda ish olib borayotgan kompaniyalarga yordam beradi.  Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat hukumati respublikaning avtomobil, aerokosmik va tibbiyot sanoatiga 3D-nashr texnologiyalarini tezroq joriy qilish masalasini ko‘rib chiqadi. Rejaga muvofiq, Janubiy Koreyada 2020 yilga kelib yuqori tezlikda 5G aloqa tarmog‘i to‘liq ishga tushiriladi.
14Texnologiya
20 kunlik chaqalog`ini 10 ming dollarga sotayotgan ona qo`lga olindi O`zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Toshkent viloyati IIB xodimlari tomonidan 20 kunlik chaqaloqni sotayotgan fuqarolar jinoyat ustida qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. 1980 yilda tug`ilgan, (oilali, 4 nafar farzandi bor) Farg`ona viloyati Rishton tumanida yashovchi S.R. o`zining 2018 yil 2 yanvarda tug`ilgan qizini Farg`ona viloyati Bog`dod tumanida yashovchi (1975 yilda tug`ilgan) U.X. va Rishton tumanida yashovchi (1983 yilda tug`ilgan) N.S.lar bilan til biriktirib, 10 000 AQSh dollari miqdoridagi pulga sotayotgan vaqtida aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlandi. Mazkur holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
6Jinoyat
Kubada An-26 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi Kubada An-26 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Uning bortida 39 kishi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Halokatda necha kishi halok bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda. Halokat yuzasidan Kuba rasmiy hukumatidan hech qanday bayonotlar berilmadi.  NTN24 telekanalining ma'lum qilishicha, "Aerogaviota" kompaniyasining layneri 29 aprelga o‘tar kechasi Kubaning g‘arbidagi Pinar-del-Rio viloyatida halokatga uchragan. Ekipaj a'zolaridan biri qarindoshining aytishicha, samolyot borish qiyin bo‘lgan hududga qulagan. Ichki reysni amalga oshirayotgan samolyot mamlakat sharqidagi Barakoa aeroportidan havoga ko‘tarilgan. Hozircha boshqa tafsilotlar berilmagan.
2Dunyo
OChL. «Paxtakor» 10 kishi qolib, 90+7-daqiqadagi gol evaziga «Al Hilol»ga mag‘lub bo‘ldi Qatarda restart olgan Osiyo Chempiionlar ligasi «B» guruhi 3-turi doirasidagi markaziy o‘yin «Al Hilol» va «Paxtakor» o‘rtasida o‘tkazildi. Uchrashuvning dastlabki bo‘limida Shota Arveladze shogirdlari o‘yin jihatdan raqibdan ustunlik qilgan bo‘lishsa-da, Igor Sergeyev bir qator golli vaziyatlardan foydalana olmadi. Saudiyaliklar esa bo‘lim oxirida italiyalik Sebastian Jovinkoning jarima zarbasidan kiritgan ajoyib goli evaziga tanaffusga g‘olib sifatida chiqishdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida esa Gomis bilan yakkama-yakka vaziyatga qolgan Eldor Suyunov jarima maydoni tashqarisida to‘pni qo‘li bilan o‘ynab, maydondan chetlatildi. Bir kishi kam bo‘lishga qaramay, zaxiradan maydonga tushgan Eren Derdiyo‘q 70-daqiqada hisobni tenglashtirdi – 1:1. Ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan 7 daqiqaning so‘nggi soniyalarida Bahebrining kuchli zarbasi Anzur Ismoilovga tegib, darvozadan joy oldi – 2:1. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin «Al Hilol» 9 ochko bilan guruhda 1-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, «Paxtakor» 6 ochko bilan 2-o‘ringa tushdi. 14 sentabr (dushanba) OChL. 3-tur «Al Hilol» (Saudiya Arabistoni) - «Paxtakor» - 2:1 Hakam: Ko Xyun Jin (Janubiy Koreya). Gollar: Sebastyan Jovinko 45+2, Bahebri 90+7– Eren Derdiyo‘q 70 «Al Hilol»: 1.Abdulloh Al Muayuf, 9.Sebastyan Jovinko, 12.Yosir Shahroni, 16.Nossir Al Davsari (27.Xotan Bahebri,82), 17.Abdulloh Al Hafiz, 18.Bafetimbi Gomis, 19.Andre Karrilo, 20.Jan Xyun Su, 22.Amir Kurdi, 28.Muhammad Kanno, 29.Salim Al Davsari, Zaxira: 31.Abdulloh Al Jadani, 40.Navaf Al Gamdi, 5.Ali Xodi Al Bulayhi, 8.Abdulloh Otayf, 23.Madallah Ali Ololayan, 32.Muteb Al Mufarrij, 35.Mansur Al Beshf, 54.Muhammad Al Kunaydiri, 70.Muhammad Jahfali. «Paxtakor»: 25. Eldorbek Suyunov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Anzur Ismoilov, 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan Cheran, 11. Igor Sergeyev (77. Eren Derdiyo‘q, 63), 15. Yegor Krimets, 17. Dostonbek Hamdamov (35. Sanjar Quvvatov, 66), 20. Odiljon Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev (21. Abrorbek Ismoilov, 66), 34. Farrux Sayfiyev (4.Akrom Komilov, 85). Chetlatish: Eldorbek Suyunov 65. Shahri Xo‘dro – Shabob Al Ahli – 0:1.
13Sport
Ilon Mask Starship raketasi prototipining halokati sababini ma’lum qildi SpaceX kompaniyasining Starship eltuvchi raketasi prototipi dvigatelga geliy sizib chiqishi sababli portlab ketdi, deb yozdi Ilon Mask o‘zining Twitter sahifasida. Bu haqda “RBK” xabar berdi. “Yoqilg‘i idishidan geliyning qisman kirib qolishi tufayli SN10 dvigateliga quvvat yetishmadi”, — deb yozdi Mask Twitter tarmog‘ida. Bu sizib chiqish tayanchlarning 10 metr sekund tezlikda sinishiga olib keldi. SpaceX parvoz sinovlari paytida birinchi marta Starship prototipini qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin u qo‘nganidan keyin darhol portlab ketdi. Bungacha dvigateldagi muammolar tufayli ishga tushirish qoldirilgan edi. Reuters yozishicha, bu Starship qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan birinchi holatdir, bungacha barcha namunalar dvigatel ishga tushirilganidan keyin yoki ularni qo‘ndirishga urinish paytida portlagan. Halokatdan keyin Mask Twitter’da raketa prototipining “eson-omon” qo‘nganini yozgan edi. Starship tashuvchi raketasi Mars va Oyga yuklarni yetkazib berish va Yerga qaytish uchun mo‘ljallangan. Raketa prototipi sinov paytida bir necha bor portlab ketdi. Avvalroq Space X butun dunyo bo‘ylab internet aloqasini yaxshilash va kengaytirishga qaratilgan dastur asosida bortida 60 ta sun’iy yo‘ldosh bo‘lgan raketani uchirgan edi.
2Dunyo
Apple eski iPhone’larni sekinlashtirgani uchun uzr so‘radi Apple kompaniyasi ba'zi eski iPhone modellari unumdorligini ataylab pasaytirishi ma'lum bo‘lgandan keyin yuzaga kelgan “tushunmovchilik” uchun uzr so‘radi. “Biz sizlardan ba'zilaringiz Apple pand berdi, degan fikrdaligingizni bilamiz. Bu masala bo‘yicha ko‘p tushunmovchilik bo‘ldi, shu sababli biz vaziyatga oydinlik kiritib, ba'zi o‘zgartirishlar haqida so‘zlab bermoqchimiz”, deyilgan bayonotda. Bayonotda aytilishicha, bir yil avval chiqqan iOS 10.2.1 yangilanmasi iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 6s, iPhone 6s Plus va iPhone SE smartfonlari unumdorligini ularning batareyalari uzoqroq ishlashi va smartfonlar o‘chib qolishi bilan bog‘liq muammolardan qochish uchun pasaytiradi.    “Bu o‘zgarishlar payqalmasdan qolishi mumkin bo‘lsa-da, ba'zi holatlarda dasturlar uzoqroq yuklanishi va unumdorlikning pasayishi bilan bog‘liq boshqa holatlar kuzatilishi mumkin”, deyilgan xabarda.  Kompaniya AQShda eski modellar batareyalarini o‘zgartirish narxini 79 dollardan 29 dollargacha kamaytirishga va'da berdi. Bundan tashqari, iOS’ning 2018 yil boshida chiqadigan yangilanmasi foydalanuvchilarga akkumulyatorlar holati haqida ko‘proq axborot taqdim qiladi.
14Texnologiya
Samarqand va Namanganda mudhish YTH: 4 kishi halok bo‘ldi 2019 yil 23 iyul kuni soat 04:00larda Samarqand shahar Toshkent ko‘chasida yashagan 27 yoshli J.A. Nexia rusumli avtomashinasini Ibn Sino ko‘chasida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Pastdarg‘om tumanida yashovchi 30 yoshli L.N. boshqaruvidagi “ZIL” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Nexia avtomashinasi haydovchisi, J.A. jarohat olib kasalxonaga olib borilayotgan vaqtida va uning yo‘lovchisi qarindoshi 24 yoshli P.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.  Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, 2019 yil 23 iyul kuni soat 09:15larda Namangan viloyatining Namangan tumanida yashagan 66 yoshli A.A.boshqaruvidagi Nexia avtomashinasini Pop tumanida “Hazratibob” MFY hududidan o‘tuvchi “Pungon-Namangan” yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 45 yoshli Sh.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada, A.A. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi haydovchisi kasalxonada hamda u bilan yo‘lovchi sifatida ketayotgan turmush o‘rtog‘i 62 yoshli M.A. jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. Shuningdek, haydovchi A.A.ning bir nafar go‘dak nabirasi hamda yana bir Nexia haydovchisi Sh.A.lar tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.  Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Farg‘onada o‘n besh kunda 1016 ta oila 30 kishilik to‘y o‘tkazdi Farg‘onada o‘n besh kunda 1016 ta oilada 30 kishilik to‘y o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zA. Qayd etilishicha, o‘tgan 5 oy davomida viloyatda 7300 dan ortiq juft yosh rasmiy nikohdan o‘tish uchun ariza bergan. Bularning 5779 tasiga nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalar tantanali topshirilgan. 1-iyunidan 12-iyuniga qadar farg‘onalik 1016 juft yosh 30 kishilik to‘y o‘tkazish uchun rozi bo‘lib FHDYo bo‘limlariga murojaat qilgan. Karantin sabab o‘tgan yilga nisbatan nikohlanuvchilar soni pasaydi. Lekin maxsus komissiyaning ixcham to‘ylar o‘tkazish yuzasidan bergan topshirig‘i ortidan Oltiariq tumanida 93 ta, Toshloq tumanida 57 ta, Qo‘qon, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida esa jami 313 ta nikoh FHDYo bo‘limlari tomonidan qayd etildi. “Aslida kamxarj va ixcham to‘ylar mamlakatimizda odatga aylanishi zarur. Chunki minglab fuqarolarimiz, oila boquvchilari cheki yo‘q orzu havaslar ortidan chet ellarga ishlash uchun ketishi ham rost. Bir kunlik to‘y uchun yillar davomida yig‘inamiz. Bizningcha, pandemiya sharoiti bahonasida ana shunday ortiqcha xarajatlar va ovoragarchiliklardan voz kechish fursati yetdi”, — deydi Ra’no Boyqo‘ziyeva, DXA Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i. Ta’kidlanishicha, to‘ylarni o‘tkazish borasida ko‘pchilikning fikrini aniqlash maqsadida agentlik saytida “To‘y nechta kishilik bo‘lishini xohlaysiz?” mazmunida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada bir kunda 3 mingga yaqin kishi qatnashgan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘pi 30 kishilik to‘yni yoqlab ovoz berdi. 592 kishi esa 100 kishilik to‘y tarafdori ekani ma’lum bo‘ldi. 142 nafari esa 200 kishilik to‘yni yoqlagan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan boshlab to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi bekor qilingan edi. Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan 1-iyundan boshlab “yashil” hududlarga oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berildi.
8O‘zbekiston
Xitoydan O‘zbekistonga tut ko‘chatlari yetkazib beriladi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasida ipak qurti ozuqasi maydonlarini kengaytirish, tut plantatsiyalarini kengaytirish borasida istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda  “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi rahbariyati va mas'ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O.Hakimov, Ipakchilik ilmiy - tadqiqot instituti, O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy- tadqiqot instituti olimlari, fermerlar ishtirok etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil  29 martdagi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tizim istiqbolini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unga ko‘ra, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi ipak qurti urug‘ini sifatli tayyorlash, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini o‘zlashtirish, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta'minlash bilan shug‘ullanmoqda. Mazkur chora-tadbirlar doirasida ozuqa bazasini shakllantirish ham uyushmaning eng muhim yumushlaridan biridir. Shu bois kuz-bahor mavsumida Xitoydan ko‘p miqdorda tut ko‘chatlari keltirilishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik olimlar yaratgan yangi navlarni ham keng ommalashtirishning istiqbolli jihatlari o‘rganilmoqda. “Biz bir  necha yildan buyon yangi tut navini yaratish borasida izlanishlar olib borayapmiz”,-deydi Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi “Ipak” fermer xo‘jaligi rahbari Abdufattoh Musurmonqulov.-Olib borilgan 13 yillik ilmiy va 6 yillik amaliy izlanishlar samarasida “O‘zbekiston duragayi” navi ko‘paytirilmoqda. Ushbu serhosil nav odatdagi navlarga nisbatan qariyb o‘n barobar ko‘p hosil beradi”. Yig‘ilishda mazkur navdan tut ko‘chatlarini ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekistondagi o‘rmon xo‘jaliklarida mavjud tut ko‘chatlarining sifati va sonini aniqlash borasida vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilish yakunida ishchi guruhi tuzildi. Ular o‘rmonlik xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan tut ko‘chatlarining holati, ularning yaroqlilik darajasi va sifatini o‘rganib, tegishli xulosani beradi. Bu esa yaqin kunlarda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik borasida memorandum imzolanishini ta'minlaydi.
8O‘zbekiston
Qashqadaryodagi metan gaz quyish shoxobchalarida ham turnaqator navbat yuzaga keldi (foto) Qashqadaryodagi metan “zapravka”larda ham turnaqator navbat yuzaga keldi. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan haydovchilarning ma’lumot berishicha, gaz quyish shoxobchalaridagi navbatlarning yuzaga kelishi aksariyat shoxobchalarning faoliyat yuritmayotgani bilan bog‘liq. “Respublikadan tekshiruv kelibdi, shu boisdan ham hujjatida kamchiligi bo‘lgan “zapravka”lar yopib qo‘yilgan, — deydi haydovchilar. — Bu esa bizga muammo tug‘diryapti. Soatlab navbatda turishga majbur bo‘lyapmiz. Bu yoqda esa ish qolib ketyapti”. “Hududgaz Qashqadaryo” MChJ mas’ullarining holatni izohlashicha, bu odatiy tekshiruv. Respublikadan tekshiruv keldi degan gap asossiz. “Har 3 oy yoki 4 oyda har bir metan “zapravka” “Hududgaz Qashqadaryo” MChJ tomonidan nazoratdan o‘tkaziladi, — deydi viloyat gaz idorasi xodimi Behruz Shavkatov. — O‘sha nazorat paytida kamchilikka yo‘l qo‘ygan yoki qarzdorligi ko‘paygan gaz quyish shoxobchalari faoliyati to‘xtatiladi”. Behruz Shavkatovning ma’lumot berishicha, viloyatda ayni kunda 59 ta metan gaz quyuvchi shoxobcha mavjud bo‘lib, tekshiruv paytida ishida kamchilik mavjud bo‘lgan ikkita gaz quyish shoxobchasi faoliyati to‘xtatilgan. Qolgan 57 ta “zapravka” faoliyatida muammo yo‘q. Mutasaddining aytishicha, viloyatdagi metan gaz quyish shoxobchalariga o‘zlarining talabidan kelib chiqqan holda oylik limit beriladi. Ma’lum qilinishicha, viloyatdagi eng katta metan gaz shoxobchasi oyiga 1,1 million kub metr gaz sotib olsa, eng kichigi 100 ming kub gaz xarid qiladi. Har bir “zapravka” xaridorlarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda gaz oladi va sotadi. Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalariga gaz yetkazib berishda muammo mavjud emas. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida metan gaz olish uchun navbat 2 kilometrga yetgani xususida xabar berilgandi. Sirdaryoda esa metan gaz quyish shoxobchasi gaz bermayotganidan norozi haydovchilar “Toshkent—Guliston“ avtomobil yo‘lini yopib qo‘ygan edi. Nukusda odamlar hududni tabiiy gaz bilan ta’minlab berishni talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazdi.
8O‘zbekiston
Noto‘g‘ri ovqatlanish kashandalikdan ko‘proq insonlar hayotiga zomin bo‘lmoqda Noto‘g‘ri ovqatlanish har yili 11 million kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Tamaki iste’moli bilan bog‘liq kasallardan esa 8 million kishi o‘lmoqda, deb yozdi The Lancet jurnali. Tadqiqot AQSHdagi Salomatlik ko‘rsatkichlari va yevolyutsiya instituti (Institute for Health Metrics and Evaluation) tomonidan o‘tkazildi. Eng katta muammo, bu — biz iste’mol qilayotgan nosog‘lom yemaklar emas, balki biz yemaydigan ozuqalarda. Shakar va transyog‘lar zararli, ammo ratsionimizda sog‘lom ovqatlarning yo‘qligi eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lmoqda", — deya iqtibos keltiradi nashr. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, noto‘g‘ri ovqatlanish sababli sodir bo‘luvchi yurak xuruji va insult o‘lim holatlarining asosiy sababi bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda saraton va qandli diabetning ikkinchi turi bormoqda. Izlanishlar to‘g‘ri ovqatlanish orqali dunyoda har beshinchi o‘limning oldini olish mumkinligini ko‘rsatdi. Meva va sabzavotlarni kam, tuzli ovqatlarni juda ko‘p iste’mol qilish ovqatlanish bilan bog‘liq o‘lim holatlarining yarmini tashkil etadi. Institut tadqiqotchilaridan biri Ashkan Afshinning qayd etishicha, O‘rta Yer dengizi parheziga amal qiluvchi, ya’ni ko‘proq meva, sabzavotlar,yong‘oq va dukkakli mahsulotlarni iste’mol qiluvchi davlatlar salomatlik borasida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan. Ular — Livan, Isroil va Eron. Jumladan, Isroilda ovqatlanish bilan bog‘liq o‘limlar bo‘yicha eng past ko‘rsatkich qayd etilgan — har 100 ming aholiga 89 kishi. Keyingi o‘rinlarda Fransiya, Ispaniya va Yaponiya bormoqda. Buyuk Britaniya 100 ming aholiga 127 holat bilan 23-, AQSH — 43-(171) o‘rinni band etdi. O‘zbekiston esa har 100 ming kishiga 892 holat bilan oxirgi o‘rinni egalladi.
5Jamiyat
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 1-2 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga sel kelishi xavfi mavjud, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet» . Noxush vaziyatlar vujudga kelganda FVVning 1050 qisqa raqamiga murojaat etish so‘raladi. Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni Qirg‘iziston hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Namangan viloyatining Kosonsoy tumaniga sel kelgandi. Hodisa oqibatida 9 kishi halok bo‘lib, 6 kishi jarohatlandi.  Shuningdek, Namangan viloyati Pop tumani tog‘li «Imomota» MFY hududlaridagi soyda 20 iyul kechasi kuchli sel bir qancha mashinalarni oqizib ketdi.  22 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanining tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel keldi.
8O‘zbekiston
Chirchiqda 4 000 AQSh dollarini o`g`irlagan ayol qo`lga olindi Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida shu yil 5 noyabr kuni noma`lum shaxs D.S. (ismli ayol)ning uyi eshigini kalit tanlash yo`li bilan ochib kirib, xonasidan 4 000 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahrida yashovchi X.N. (ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.
6Jinoyat
Toshkentda 700 xonadon Beeline’ning optik tolali internet tarmog‘iga ulandi Beeline aloqa operatori Toshkentda optik tolali internet tarmog‘i qamrovini kengaytirdi. Bugungi kunda 700 ga yaqin ko‘p xonadonli uylar Beeline’ning FTTB (Fiber to the building) optik tolali tarmog‘i bilan qamrab olingan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. “Ma’lumki, Beeline o‘z abonentlarini nafaqat mobil internet bilan ta’minlamoqda, balki ADSL va FTTB texnologiyalarini keng tasmali simli internet xizmatlarini taqdim qilgan holda joriy qilmoqda, – deydi kompaniyaning Toshkentdagi hududiy filiali direktori Dmitriy Resh. – Poytaxtda istiqomat qiluvchilar daqiqasi 100 megabaytli tezkor internetning afzalliklarini baholashdi”.
14Texnologiya
O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlarini nodavlat OAVda yoritish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi Toshkentda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) va nodavlat teleradiouzatuvchilarning O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlarini nodavlat ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA. 21-sentabrda O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini yoritish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi (MSK) va O‘zEOAVMA o‘rtasida bitim imzolangan edi. Unga muvofiq O‘zEOAVMA saylov kampaniyasi jarayonini yoritish bo‘yicha axborotlarni tayyorlash va efir vaqtining ajratilishini ta’minlash, saylovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy axborot kampaniyalarini olib borish kabi qator vazifalarni amalga oshiradi. Yig‘ilishda O‘zEOAVMA va nodavlat teleradiouzatuvchilarning mazkur bitim asosida Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi muhokama qilingan. “Xususan, nodavlat teleradiouzatuvchilarning moddiy-texnik bazasi, jumladan, studiyalar jihozlanishini tartibga solish va zarur anjomlar bilan ta’minlash yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
8O‘zbekiston
Toshkentda shaybali xokkey bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi 15-dekabr kuni Toshkentdagi Next oilaviy savdo-ko‘ngilochar majmuasida joylashgan Ice Rink muz yaxmalagida bolalar o‘rtasida shaybali xokkey bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi. Unda 60 nafarga yaqin sportchi — xokkey to‘garaklari a’zolari va “Binokor” xokkey jamoasi o‘yinchilari ishtirok etadi, deya xabar qilindi tashkilotchilar matbuot xabarnomasida. Musobaqa to‘rtta yosh guruhi: kichik (4 dan 6 yoshgacha), o‘rta (7 dan 9 gacha va 10−12 yosh) o‘rtasida tashkillashtiriladi. Har bir o‘yin 5 daqiqalik tanaffus bilan 15 daqiqalik uch qismdan iborat bo‘ladi. “Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda tomoshabinbop va foydali sport turi hisoblangan xokkeyni ommaviylashtirishdan iborat, — dedi „Binokor“ bosh murabbiyi Alisher Azimov. — Bundan tashqari, bu jamoalarimizning ham respublika, ham undan tashqaridagi bo‘lg‘usi musobaqalarda ishtirok etishi uchun o‘ziga xos tayyorgarlik bosqichi bo‘ladi”. Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik xokkeychilar shu yilning bahorida xalqaro arenadagi debyutini o‘tkazgan edi. Mart oyida “Binokor” Chimkentda (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada ishtirok etdi. Unda kichik yosh guruhi sportchilari kumush medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, katta yosh guruhlari o‘rtasida bronza medaliga sozovor bo‘ldi. 6−8 yosh guruhida Maksim Em musobaqa yakunlariga ko‘ra “Eng yaxsh himoyachi” maqomini qo‘lga kiritdi. Bolalar ijodiy jamoalarining chiqishlari, yosh tomoshabinlar uchun xilma-xil tanlovlar musobaqani ochib beradi. bellashuvlar yakuni bo‘yicha g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazilib, unda g‘oliblarga tashkilotchilar va musobaqa xomiylarining sovg‘alari taqdim etiladi. Musobaqalar 10:00 da boshlanib, 13:00 ga qadar davom etadi. Kirish bepul.
13Sport
“Kimga yer qazuvchi kerak? Bu — katta va kuchli odam, u yerni yaxshi qaziydi”. Liviyada qul bozorlari faoliyat ko‘rsatmoqda Oktabr oyida Liviyadagi qul bozorida savdo aks etgan video g‘arb va Afrika mamlakatlarini hamda BMTni junbishga soldi. Mansabdorlar, siyosatchilar, barcha aloqador nohukumat tashkilotlari bir ovozdan tekshiruv o‘tkazishni va aybdorlarni jazolashni talab qildi. Shu bilan birga, huquq himoyachilari Yevropa Ittifoqi taklifiga binoan va uning pullariga qurilgan Liviyadagi lagerlarda qochoqlarni noinsoniy sharoitlarda saqlanishi haqida eslatib o‘tdi. Shuningdek, ular Shimoliy Afrika mamlakatlari rahbarlarini bu borada tartib o‘rnatishga chaqirgan. Bundan tashqari, Liviya hali ham IShID xavfi ostida yashamoqda Qullar qirg‘ogi “Kimga yer qazuvchi kerak? Bu — katta va kuchli odam, u yerni yaxshi qaziydi”, — deb qichqiradi Tripolidagi qul bozorida mushakdor qora kishini maqtayotgan sotuvchi. Xaridorlar doimiy ravishda narxni ko‘tarib boradi. Yakunda narx 600 Liviya dinoriga (qariyb 440 AQSh dollari) chiqadi. Qullikka sotilgan kishi yangi xo‘jayinlarning qo‘liga o‘tadi. XXI asr uchun butunlay yot bo‘lgan bu sahna Liviya shaharlarida odatiy hol hisoblanadi. Mamlakatda qullik savdosining gullab-yashnayotgani yangilik emas. Dastlabki hujjatli dalillar joriy yilning aprel oyida paydo bo‘lgan. Qul bozorlari Zuvara, Kastelverde, Kabave, Gadamis, Sabxa, Sabrata va boshqa bir qator shaharlarda mavjud. Jonli tovar Yevropaga ketishga uringan Markaziy Afrika mamlakatlaridan chiqqan qochoqlar hisoblanadi. Odamlarning qulga aylanish sxemasi oddiy. Muhojir Yevropaga ketish uchun tashuvchiga belgilangan summani to‘laydi. Qoidaga ko‘ra, bu to‘lov miqdori uch ming dollardan besh ming dollargacha bo‘ladi. Qochoqlar bor budini topshiradi. Muhojirlar Liviyaga kelganida to‘langan pulning kamligi va yana to‘lash kerakligi aytiladi. Noqonuniy muhojirga hech kim hech narsani kafolatlamaydi. Agar qochoq qo‘shimcha to‘lov qilishdan bosh tortib, kelishuv talablarini bajarishni talab qilsa, u kaltaklanadi yoki zo‘rlanadi, yoki ikkalasi ham birdaniga amalga oshiriladi. Baxtsiz qochoqqa bunday “ishlov berilganidan” so‘ng, u kimoshdi savdosida sotiladi. Liviyaliklar uchun Sahroning janubidagi mamlakatlar fuqarolarini sotish odatiy ish hisoblanadi. Tunislik sotsiolog Monsef Ouannning aytishicha, tahqirlash va irqchilik Liviya jamiyatida tomir otgan. U yerda qora tanlilarning savdosi 1940-yillargacha gullab-yashnagan. Hozirgi paytda Liviyada qul savdosini daromadli biznesga aylantirgan qurolli jangarilar, qurolli muxolifatchilar, turli jinoiy guruhlar xo‘jayinlik qiladi. Do‘zax lageri “Bizni gugurt cho‘plari kabi qutilarga joylashtirishadi. Biz uxlay olmaymiz. Ko‘plar turli kasalliklardan aziyat chekadi. Ovqat yetishmaydi, bir necha oylab yuvinmaymiz. Bu yerdan chiqib ketmasak, barchamiz o‘lamiz. Odamlar quruq yerda yotib, siydik va najas hididan bo‘g‘iladigan joyda yashab bo‘lmaydi”, — deb yuzaga kelgan holatni tasvirlaydi Yevropa Ittifoqi tomonidan qurilgan lagerda yashovchi qochoqlardan biri. Ayni paytda Liviyaning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash departamenti nazoratida 19,5 ming kishi bor. Ikki oy avval esa qochoqlarning soni yetti ming kishidan kamroq edi. Qo‘riqchilar doimiy ravishda va shafqatsizlarcha qochoqlarni do‘pposlaydi, bunda ekektroshokerlardan ham foydalanadi. Ular qochoqlar tomonidan ovqat, suv, tibbiy yordam so‘ralganda, shu tariqa javob beradi. Qochoq ayollardan birining hikoya qilishicha, bir safar uni lagerdan olib ketishgan va bir uyga olib borishgan. U yerda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash departamenti xodimi ham bo‘lgan. Erkaklar ayolni zo‘rlagan. Bu lagerlarning barchasi Yevropaga qochoqlar oqimini qisqartirish uchun tuzilgan. Faqat hujjatlardagina hammasi yaxshi ko‘rinadi. Liviyalik mansabdorlar yaxshi biznesni yo‘lga qo‘ygan. Pora evaziga ular qochoqlarni ozod qiladi va tashuvchiga yuboradi. Muhojirlar chiqqan kema neytral suvlarga chiqishi bilan Liviya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ishga kirishadi. Ular kemalarni tutadi va muhojirlarni lagerga qaytaradi. Noyabr oyining boshida Tripolidagi qochoqlar markazlariga borib ko‘rgan BMT kuzatuvchilari rasmiy hisobotda ham o‘zlari ko‘rgan dahshatni yashira olmagan. “Minglab holdan toygan va mayib bo‘lgan erkaklar, ayollar va bolalar eng oddiy sharoitlardan mahrum bo‘lgan joylarga qamalgan, insoniy ne’matlardan mahrum”, — deyiladi hisobotda. “Og‘ir vaziyat falokatga aylandi. Xalqaro hamjamiyat Liviyadagi muhojirlar boshdan kechirayotgan tasavvur qilib bo‘lmaydigan dahshatlarga ko‘z yuma olmaydi”, — deya bayonot qilgan BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn. Ba’zi muhojirlar qochib ketishga muvaffaq bo‘ladi. Pul va hujjatsiz holda ular Liviya hududida izg‘ib yuruvchi ko‘p sonli to‘dalarning oson o‘ljasiga aylanadi. Bular asosan u yoki bu tarzda IShIDga bog‘liq bo‘lgan guruhlar hisoblanadi. Aybdorlar yo‘q va hech kim javobgar emas Afrika Ittifoqi raisi hisoblangan Gvineya prezidenti Alfa Konde bu vaziyatda aybdorlar yo‘qligini va hech kim javobgar emasligini aytib o‘tgan. Uning fikricha, hukumati bo‘lmagan davlat qanday qilib qochoqlar yo’liga to‘siq qo‘yishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, aybdorlar Yevropada va ular o‘z xatosini tan olishi zarur. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
2Dunyo
O`zbekistonning 32 ta meros ob`ekti Jahon merosi ro`yxatiga taklif qilindi O`zbekiston delegasiyasi 16–31 iyul kunlari UNESCO Jahon merosi qo`mitasining 44-sessiyasida ishtirok etdi. Bu haqda O`zEOAVMA xabar berdi.  Ma`lum bo`lishicha, 16–31 iyul kunlari Jahon merosi qo`mitasining kengaytirilgan 44-sessiyasi bo`lib o`tgan va unda bosh vazir o`rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etgan. Tadbir Xitoyning Fuchjou shahrida «gibrid» rejimda bo`lib o`tgan. Unda aytilishicha, O`zbekistonning Jahon merosi ro`yxatiga kiritish uchun taklif qilgan ob`ektlari bo`yicha yangilangan ro`yxat tasdiqlangan. Dastlabki ro`yxat respublika bo`ylab joylashgan 32 ta madaniy, tabiiy va madaniy-tabiiy meros ob`ektini o`z ichiga olgan, bu mintaqaning boshqa davlatlariga nisbatan eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi. Qayd etilishicha, delegasiya Butunjahon madaniy merosi ob`ektlari hisoblangan «Shahrisabzning tarixiy markazi», «Samarqand — madaniyatlar chorrahasi», «Buxoroning tarixiy markazi» va Xivadagi Ichan qal`a, shuningdek, O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`iziston ishtirokidagi ko`p millatli tabiiy meros ob`ekti «G`arbiy Tyan-Shan» bo`yicha O`zbekiston uchun ijobiy qarorlar qabul qilinishini ta`minlagan.   Ta`kidlanishicha, UNESCO 2020 yilning aksar qismi qat`iy karantin cheklovlari sharoitida o`tgani sababli O`zbekiston vazifalarni amalga oshirishi uchun vaqt talab etishini hisobga olib, «Shahrisabz tarixiy markazi» ob`ektini tiklash ishlari ijrosi muddatini yana bir yilga uzaytirgan. Eslatib o`tamiz, avvalroq Buxorodagi tarixiy obidalar Islom olami merosi ro`yxatiga kiritilgani xabar qilingandi. Shuningdek, Qoraqalpog`istonning tarixiy yodgorliklarini UNESCO ro`yxatiga kiritish uchun tadqiqot boshlangani va Fransiyadagi muzeyda O`zbekistonning madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazma o`tkazilishi ma`lum qilingan.
7Madaniyat
«Qayerdanligimni aytganimda taksidan tushirib yuborishgan» – Toshkentda o‘qiyotgan afg‘onistonlik talaba Afg‘oniston – bizga qo‘shni va qardosh, shuningdek, doim dunyoning diqqat markazida bo‘lib kelgan davlat. Bugungi mehmonimiz ana shu davlat vakili Naqibullo Usmoniy bo‘ldi. Naqibullo Afg‘oniston Respublikasi Faryob viloyati Maymana shahrida istiqomat qiladi. O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti magistranti. Naqibullo bir anjumanda «Afg‘onistonda 94 ta telekanal faoliyat yuritadi», degandi. Ana shu fakt ko‘pchilikni hayron qoldirdi va uni Kun.uz saytiga mehmonga chaqirdik. – Biz Afg‘oniston deganda notinch davlatni tasavvur qilamiz. Lekin notinch davlatda 94 ta telekanal faoliyat yuritishi ajablanarli holat. – Afg‘onistonda so‘z erkinligi yuqori darajada. Buni men o‘zimning kitobimda ham yozyapman. Bizda ommaviy axborot vositalari faol, 4-kuch desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Lekin bu sohaga to‘sqinlik qiluvchi bir qancha muammolar ham bor. Masalan, yaqin bir yil ichida 21 nafar jurnalist o‘ldirildi. 94 ta telekanal bor, 196 dan oshiqroq radio va 483 ta rasmiy gazeta hamda 30 dan ortiq alohida ommabop sayt bor. Teleradiokanallarning har qaysisida o‘z sayti faoliyat yuritadi. O‘zbek tilida xizmat qiladigan 6 ta telekanalimiz ham bor. Afg‘oniston ommaviy axborot vositalarida ham insonlar fikrini ayta oladi, tanqid bo‘lsa, tanqid ham qila oladi. Erkinlik yaratilgan u yerda ham. Iqtibos: Bundan 15–20 kun oldin Toshkentda bir kilo pomidor 22 ming so‘mga chiqdi. O‘sha paytda bizning Afg‘onistonda pomidorning narxi 7 ming so‘m edi. – Yurtimizga kelganingizga 2,5 yil bo‘libdi. Kelgan vaqtingizdagi O‘zbekiston bilan hozirgi O‘zbekistonning farqi bormi? – Kelganimga 2,5 yil bo‘lgan bo‘lsa, bu davr mobaynida O‘zbekistonda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lgan. Yurtingiz bundan-da ko‘p o‘zgaradi hali. Masalan, qurilishlar bo‘lyapti, insonlarning yashash sharoitlari, yashash tarzlari o‘zgaryapti. Buning o‘ziga yarasha yaxshi tomonlari ham, yomon tomonlari ham bor, albatta. Yomon tomonlari – narx-navo qimmatlashyapti. Masalan, bundan 15–20 kun oldin bir kilo pomidor 22 ming so‘mga chiqdi. O‘sha paytda bizning Afg‘onistonda pomidor narxi 7 ming so‘m edi. Kiyim-kechak, oziq-ovqat va ijara borasida ham shunday muammolarga duch keldik. Masalan, ijarada turaman, desangiz bu yerda bir oylik narx 300–400 dollar atrofida ekan. Afg‘onistonda esa 5-6 oyga 300 dollarga hamma sharoitlari mavjud turar joy topishingiz mumkin. Shuningdek, Toshkentda qurilish juda ko‘paygan. Avval bu yerlarda daraxtlar ko‘p juda, chiroyli edi. Men o‘zim birinchi marta kelganimda shahar chiroyini ko‘rib juda hayratlanganman. Insoniyat, ayniqsa o‘zbeklar, turkiylarning hayoti daraxt, suv va ekin bilan. Lekin daraxtlar kamayib ketmoqda, har kuni qurilish va boshqa sabablar bilan o‘rtacha 20 ta daraxtni kesishadi. Aytmoqchimanki, Toshkent «yashil shahar» maqomini yo‘qotmoqda. Bu ketishda Toshkent ham Dubay singari issiq shaharga aylanib qolishi mumkin. – O‘zingiz istiqomat qiladigan ona shahringiz haqida ham gapirib o‘tsangiz, hayot qanday u yerlarda? – Men Maymana shahrida yashayman. Otam shariat bo‘yicha, islomiy ilmlar bo‘yicha o‘qituvchi. Ayolim ham Maymana shahri davlat universitetida ingliz tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. Bir o‘g‘lim bor, ismi Shohijahon. Bizda asosiy muammo notinchlik. Notinchlik bo‘lsa, hamma narsa yo‘qotiladi. Hattoki insonlarning ishonch va e'tiqodi ham. Ishsizlik darajasi yuqori. Tumanlar notinch. Tumanlarda «Tolibon» guruhi yashaydi. Men o‘zim Faryobdan Mozori Sharifga kelgunimcha 9 ta joyda «Tolibon» guruhi to‘xtatib so‘roqqa tutadi. Fuqarolik so‘rashadi – tazkira deymiz biz, kimsan, nima ish qilasan, deb so‘rashadi, davlat odami bo‘lsa, tushirib olishadi-da, keyin nima qilishlari o‘zlariga ayon. Mabodo armiya yoki davlat xizmatchisi bo‘lib qolsa, u bilan boshqacha muomala qilishadi. – Ta'lim tizimi, xususan, oliy ta'lim tizimi qanday? – Ta'lim tizimi yaxshi. Agar tinchlik bo‘lsa, bundan-da yaxshi bo‘lishi mumkin edi. 300 ga yaqin davlat va xususiy universitetlarimiz mavjud. Misol uchun, mana, Mozori Sharif Termizga qo‘shni. Mozori Sharifning o‘zida 18–20 ta xususiy universitet bor. Savol tug‘ilishi mumkin, Afg‘onistonda shuncha universitet bo‘la turib, nega aynan O‘zbekistonga kelib o‘qiyapman. Buning birinchi sababi, mening o‘zbek millatiga mansubligim, men ham ota-bobolarimiz tomonidan o‘zbekman. Shuningdek, Navoiy, Bobur kabi bobolarimiz bir bizning va yana bir sababi – o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, sadoqati. – Naqibullo, Afg‘onistonda O‘zbekiston haqida bilishadimi, yurtimiz haqida qanday fikrdalar? – O‘zbekiston haqida afg‘onistonliklar ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yaxshi tanish. Ayniqsa, o‘zbek madaniyati, san'atini ular juda hurmat qilishadi. O‘zim ham Facebook orqali O‘zbekistonning rasmlarini ko‘p joylashtiraman. O‘zbekiston haqida ijobiy fikrda afg‘on xalqi. Chunki samimiy, sodiq va ayon bir xalq o‘zbek xalqi. – O‘zbekistonda oxirgi yillarda turizm rivojlanyapti. O‘zbekistonning o‘z an'anaviy turizm shaharlari bor: Samarqand, Buxoro, Xiva kabi. Men Afg‘onistonga bormoqchi bo‘lsam, siz davlatingizning qaysi shaharlarini tavsiya qilgan bo‘lardingiz? – Afg‘oniston ham O‘zbekistonga o‘xshash chiroyli bir hudud. Diqqatga sazovor joylari juda ko‘p. Ayniqsa, men sizga tavsiya qilar edim – Hirotga, Navoiy bobomizning shahriga borishni. Kobul shahri bor, u yerda Bobur bog‘i bor. Shuningdek, Mozori Sharifda ham temuriylarga mansub katta-katta binolar bor. Va shunga o‘xshash joylar juda ko‘p Afg‘onistonda ham. Iqtibos: Afg‘oniston ko‘pchilik o‘ylaganidek ko‘k o‘t singari hammayoqni nasha maydonlari qoplab olgan davlat emas. Giyohvand moddalar Amerikada ham, Angliyada ham bor. Dunyo jinoiy iqtisodiyotini rivojlantirib turgan narsa qurol va giyohvand modda savdosi. – Afg‘oniston deganda ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida narkotik moddalar va doimiy jang bo‘lib turadigan hudud gavdalanadi. Dunyo bo‘yicha shakllanib qolgan bir fikr to‘g‘risida so‘rashga majburman. O‘zingiz ham ko‘zingiz bilan ko‘rganmisiz yoki sizning hududingizda ham o‘sha narkotik modda yetishtiriladimi? – Bu savolingizdan keyin bir voqea yodimga tushdi. Toshkentga endi kelgan paytlarim metroda ketayotsam, bir o‘zbek yigit so‘rayapti: aka, qayerdansiz, turkmisiz, eronlikmisiz, dedi. Yo‘q, afg‘onman, desam, avtomat bormi, narkotik bormi, deb savol beryapti. Bu men uchun haqoratligini bildirdim. Aytishim mumkinki, narkotik moddalar Amerikada ham, Angliyada ham bor. Dunyo jinoiy iqtisodiyotini rivojlantirib turgan narsa qurol va narkotik modda savdosi. 15 yil oldin o‘z ko‘zim bilan bir marta ko‘rgan edim. Ammo so‘nggi yillarda qoradori maydonlari kamayib ketdi, hatto jurnalist sifatida bir lavha tayyorlash jarayonida men o‘sha narkotik moddalarni topolmaganman. Albatta, uzoq hududlarda bor, lekin Afg‘oniston ko‘pchilik o‘ylaganidek, ko‘k o‘t singari hammayoqni nasha maydonlari qoplab olgan davlat emas. Ikkinchi holatda do‘stim bilan taksi tutdik. Haydovchi ayol kishi ekan. Orqada do‘stim bilan afg‘oncha gaplashib ketayotsak: «Sizlar qayerdan kelgansizlar, millatingiz nima?» deb so‘radi. Aytdik. Ayol mashinani shartta to‘xtatib, tushishimizni talab qildi. «Sizlar yomon odamsizlar!» dedi. Tushuntirishlarimiz foyda bermadi. Afsuski, vatanim haqida ana shunday tushuncha shakllanib qolgan... Abror Zohidov suhbatlashdi. Tasvirchi – Nuriddin Nursaidov.
8O‘zbekiston
“O`zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi ishlab chiqarish holatini o`rganish maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo`ldi (Foto) Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan neft va gaz sanoatining moliyaviy barqarorligini oshirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida "O`zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi “Ishchi guruh” Buxoroda bo`ldi. “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdi va korxona rahbariyati, mutaxassislari bilan uchrashib, mavjud masalalar o`rganildi. Unda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (Buxoro NQIZ)ning 2021-2022 yillardagi ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy ko`rsatkichlariga oid asosiy masalalar muhokama etildi. Zavod mutaxassislari tomonidan korxonaning 2020-2021 yillardagi ishlab chiqarish ko`rsatkichlari va mahsulotining qiyosiy tahlili o`tkazilgani, Buxoro NQIZni kelgusida rivojlantirish bo`yicha qator takliflar bildirilganligi ma`lum qilindi. Yig`ilishda Mehriddin Abdullaev tomonidan korxonaning asosiy maqsadi ham ichki ham tashqi bozorda munosib raqobatlasha oladigan yuqori sifatli mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish ekani ta`kidlandi hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar belgilab berildi. Muhokama chog`ida Boshqaruv raisi korxonaning asosiy ishlab chiqarish ko`rsatkichlariga to`xtalib, uzoq muddatli vazifalarni belgilagan holda uzluksiz rivojlanish muhimligini aytib o`tdi. So`ngra korxonaning ishlab chiqarish maydonlariga tashrif buyurildi, “Ishchi guruh” a`zolari “Suyultirilgan uglevodorod gazi(SUG)ni avtosisternalarga quyish qurilmasi” loyihasini qurishning yakuniy bosqichlari bilan tanishdi. Qayd etish joizki, loyiha orqali Buxoro NQIZda aholi va iste`molchilar uchun avtosisternalarga gaz quyish uchun sharoit yaratilmoqda (Ilgari SUG temir yo`l sisternalariga quyilib, temir yo`l orqali iste`molchilarga etkazilar edi). Mazkur texnologik inshootlarning ishga tushirilishi respublika ichki bozorida neft va gaz mahsulotlariga ortib borayotgan talabni qondirish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan suyultirilgan gazni keng iste`molchilar, aholi qatlamiga etkazib berishga qaratilgan. Bundan tashqari, zavod ishchi-xodimlari bilan ham alohida uchrashuv bo`lib o`tdi, unda yaratilgan mehnat sharoitlari o`rganildi. Davlat rahbari tomonidan ko`chat ekish uchun 10 dekabrgacha davom etadigan “dolzarb 40 kunlik”ni e`lon qilingan edi, ushbu tashabbusni qo`llab-quvvatlagan holda “O`zbekneftgaz” AJda ham keng ko`lamli ishlar boshlandi. “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi aynan Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ekoaksiyaga start berdi va Zavod hududida ko`chat ekish tashkil etildi. Tashrif yakunlari bo`yicha Boshqaruv raisi keyingi yillarda “O`zbekneftgaz” AJni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishilganini ta`kidladi. Bugungi kunda kompaniya Sanoat strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish sari ishonch bilan ildamlamoqda. Jahon bozorlaridagi o`zgarish va shakllanishlar tendensiyasini hisobga olgan holda “O`zbekneftgaz” AJ uchun yangi vazifalar yaratilayotganini ta`kidladi. “O`zbekneftgaz” AJning jadal rivojlanayotgan jahon bozoridagi o`z o`rnini sezilarli darajada mustahkamlash imkonini beradigan yangi loyihalarni amalga oshirish zarur ekanligi bildirildi. Boshqaruv raisi Buxoro NQIZning yaqin yillarga mo`ljallangan rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo`yicha tegishli topshiriqlar berdi.
4Iqtisodiyot
Ozod etilganiga 1 kun bo‘lgan Al-Bobda yirik portlash: Qurbonlar soni 40 nafardan ortiq Suriya shimolidagi Al-Bob shahri yaqinida terakt sodir etildi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilishi oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan. Dastlabki xabarlarda portlash qurbonlari soni 15 nafardan ortiqligi aytilgandi.  Xabarda aytilishicha, qurbonlarning 35 nafari tinch aholi vakillaridir. Bu terakt uchun javobgarlik IShID zimmasiga yuklangan. 23 fevral kuni Turkiya bosh shtabi va Suriya ozodlik armiyasi vakillari Al-Bob IShID jangarilaridan butunlay ozod etilgani haqida xabar bergandi.
2Dunyo
Somalida mehmonxonadagi portlash oqibatida 15 kishi qurbon bo‘ldi Somali poytaxti Mogadisho markazida Ambassador mehmonxonasida portlash yuz berganligi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. “Parlament a’zolari Mahmud Muhammad va Abdullahi Jamak mehmonxonada halok bo‘ldi. Ular mehmonxonada istiqomat qilayotgan edi. Ko‘pchilik odamlar, jumladan, deputatlar qutqarib qolindi. Hozirgi paytgacha 15 kishi qurbon bo‘lgan, 20 kishi yaralangan”, — deya ma’lum qildi mahalliy politsiya vakili. Hujum uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” guruhining jangarilari o‘z zimmasiga oldi.
2Dunyo
«Lukoyl» prezidenti Vagit Alekperov ishdan ketdi Alekperov «Lukoyl»dan o‘z ixtiyoriga ko‘ra ketgan. Milliarder bu haqda direktorlar kengashi yig‘ilishida e’lon qilgan. Forbes neft sohasida Rossiyadagi eng yirik tadbirkor ekanini e’tirof etadigan Alekperov uzoq vaqt «Lukoyl»ning asosiy aksioneri bo‘lib kelgan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra esa ortiq bunday emas. Alekperov 31 mart holatida faqat 3,12 foiz aksiyalar egasi hisoblanadi. Forbes Alekperovning boyligini 10,5 milliard dollarga baholaydi. Jurnal hisob-kitoblarga ko‘ra, «Lukoyl»ning endilikda sobiq rahbari rossiyalik eng boy milliarderlar orasida 10-o‘rinda qayd etilgan. Rossiya Ukrainada urush boshlagach, ko‘plab yirik rus korxonalarida bo‘lgani kabi «Lukoyl»ning ham aksiyalari arzonladi. Shu sabab Alekperov milliardlab dollar pul yo‘qotdi. 3 mart kuni «Lukoyl» Ukrainadagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirgan va qurolli to‘qnashuv tezroq tugashi tarafdori ekanini ma’lum qilgan. 13 aprel kuni Vagit Alekperov Britaniya sanksiyalariga tushgandi.
2Dunyo
"O`zbekneftgaz": Buxorodagi suyultirilgan gaz ishlab chiqarish zavodi 2020 yilning yakuniga qadar ishga tushiriladi O`zbekiston Prezidenti tomonidan belgilangan neft-gaz sanoatining moliyaviy barqarorligini oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to`g`risidagi vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida "O`zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev va Ishchi guruh a`zolari Buxoro viloyatining Gazli shahrida joylashgan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo`lishdi. Bu haqda "O`zbekneftgaz"AJ Matbuot xizmati ma`lum qilmoqda. Boshqaruv raisi va Ishchi guruh a`zolari ishchi-xodimlarning sog`ligi, yashashi, ishlashi uchun yaratilgan sharoit, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish zavodining qurilish ishlari, hamda neft va gaz qazib olish hajmini oshirish uchun bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Gazlidagi 500 nafarga yaqin ishchilar faoliyat olib borayotgan suyultirilgan gaz ishlab chiqarish zavodi 2020 yilning yakuniga qadar ishga tushiriladi. Boshqarmaga qarashli "Uchqir" kompleksida qurilayotgan xalqaro davlat standartlari talab darajasidagi Markaziy kimyo laboratoriya binosi va "Uchqir" gazni oltingugurtdan tozalash kompleksidagi qurilish ishlari o`rganildi, yillik 1,5 mlrd kub metr tabiiy gazni oltingugurt birikmalaridan tozalash quvvatiga ega bo`lgan 6-texnologik tarmoq ishchilari bilan suhbat o`tkazilib, qurilish-montaj jarayonida qilinishi kerak bo`lgan zarur choralar bo`yicha tavsiyalar berildi. Majmuada olib borilayotgan ishlar doirasida "Uchqir" siquv kompressor stansiyasi ham ishga tushiriladi. Ushbu stansiyaning ishga tushirilishi natijasida joriy yilining o`zida konlardan qazib olinayotgan tabiiy gaz hajmlarini bir maromda ushlab turish va kunlik 2,0 mln kub metrga ko`paytirishga erishiladi.  Shuningdek, yillik 4,5 mlrd kub metr tabiiy gazni qayta ishlash orqali 80 ming tonna suyultirilgan gaz va 37 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan Gazni quritish va Gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmasi ham barpo etilmoqda. Boshqaruv raisi va ishchi guruh a`zolari shu kunning o`zida "Uchqir" konidagi 50-sonli quduqda olib borilayotgan ta`mirlash ishlari va ishchi-xodimlarning sharoiti, muamoli masalalar hamda epidemiyaga qarshi kurashish ishlari bilan ham yaqindan tanishishdi.  Tashrif davomida karantin qoidalariga rioya etgan holda ishlab chiqarish hajmini kamaytirmaslik, aksincha uni oshirish choralarini ko`rish borasida tavsiya va topshiriqlar berildi.
4Iqtisodiyot
“Boltiqbo‘yi davlatlari keyingi nishon bo‘ladi” — sobiq Rossiya bosh vaziri “Rossiyaning Ukraina bilan urushi ikki yilgacha davom etishi mumkin, Rossiyaning demokratiyaga o‘tishi va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni tiklashi esa o‘n yillab vaqt talab qiladi” — deya fikr bildirdi Rossiyaning sobiq bosh vaziri Mixail Kasyanov. Mixail Kasyanov va Vladimir Putin Kasyanovning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘pchilik kabi, urush haqiqatan ham boshlanishiga ishonmagan. Ammo hozir, uning fikricha, Vladimir Putin real siyosiy voqelik bilan aloqani yo‘qotib qo‘ygan. “Menimcha, Ukraina qulasa, keyingi nishon Boltiqbo‘yi davlatlari bo‘ladi”— degan sobiq bosh vazir. Mixail Kasyanov 2000-yildan 2004-yilgacha Putinning birinchi bosh vaziri vazifasida ishlagan. Muddati tugagach, uning prezident bilan munosabatlari sezilarli darajada yomonlashdi va iste’foga chiqqanidan so‘ng, sobiq bosh vazir amaldagi hukumatga muxolifatga o‘tdi. Iyun oyi boshida Kasyanov Rossiyani tark etdi — uning so‘zlariga ko‘ra, hayoti va ozodligi xavf ostida qolgani uchun u shunday yo‘l tutgan.  Urushni tanqid qilgani, 9 milliard dollar yo‘qotgani va saratonga chalingani haqida Tinkoff Bank asoschisi Oleg Tinkov bilan suhbat
2Dunyo
Eng yaxshi faralarga ega mashinalar ma'lum qilindi AQShning yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) ma'lumotlariga ko‘ra, tashkilot tomonidan 2018 yilda sinovdan o‘tkazilgan avtomobillarning yarmidan ko‘pining faralari yo‘lni yetarlicha yoritmaydi va qarshi yo‘nalishdan kelayotgan haydovchilar ko‘zini qamashtiradi. Sinovlar natijalariga ko‘ra, 165 ta modeldan 32 tasigina eng yuqori baho olgan. IIHS faralarni sinovdan o‘tkazishni 2016 yilda boshlagan. Sinovlarda 31 ta model va 82 ta variantdagi yorug‘lik texnikasi ishtirok etgan. O‘shanda Toyota Prius modelining uzoqni yoritish nurini avtomatik boshqarish funksiyasiga ega yorug‘lik-diodli faralari eng yaxshi, BMW 3-Series’ning faralari esa eng yomon deb topilgandi. O‘sha yilning iyunida o‘tkazilgan keyingi sinovlarda Honda HR-V eng yaxshi optikaga ega deb topilgan. Eng yomon faralar esa Mazda CX-3’da ekanligi qayd qilingan. 2018 yilda institut 165 ta avtomobilni va 424 ta variantdagi yorug‘lik texnikasini tekshiruvdan o‘tkazgan. 32 ta model “yaxshi” baho, 58 tasi “qoniqarli”, 32 tasi “past” baho va 43 tasi eng past baho olgan. Shu tariqa, sinalgan avtomobillarning 67 foizi faralari amaldagi xavfsizlik talablariga mos kelmagan. Eng yuqori baholarni Genesis G90 va Lexus NX modellari olgan. Chevrolet Volt, Genesis G80, Mercedes-Benz E-Class va Toyota Camry modellarining faralari “yaxshi”, Honda HR-V, Toyota C-HR va Infiniti QX60 faralari eng yomon deb topilgan. Quyida 2018 yilda faralari uchun “yaxshi” va “qoniqarli” baho olgan avtomobillar keltirilgan. IIHS sinovlari kunning qorong‘i qismida o‘tkaziladi. Maxsus sensorlar yordamida har bir turdagi faralar uchun to‘g‘ri ketayotganda va burilishning 4 ta turidagi (chap va o‘ng burilishlar, ohista va keskin burilishlar) nur miqdori o‘lchanadi. Bu sinovlarda olingan yuqori baholar IIHS’ning krash-testlarida eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan mashinalarga eng oliy mukofot Top Safety Pick+’ni olishga imkon beradi.
14Texnologiya
Farg‘ona IIB boshlig‘i tumanlarda sayyor qabul o‘tkazdi Farg‘ona IIB boshlig‘i Rahmatjon Mamatov tumanlarda sayyor qabul o‘tkazib, aholi bi­lan mu­loqot olib bo­rmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda. Xususan, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolardan kelib tushgan 22 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Murojaatlar asosan ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam ajratish, uy-joy, kredit olish, ichimlik suvi bilan ta’minlash, yo‘llarni qayta ta’mirlash kabi masalalarda bo‘ldi. Murojaatlarning 7 tasi shu zahoti hal qilindi. 15 ta murojaat alohida nazoratga olinib, mutasaddi tashkilotlarga ijro uchun yuborildi. “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini 12/5-uyda istiqomat qiluvchi Marg‘uba Razzoqova ishga joylashish masalasida yordam so‘rab murojaat qilgan. Natijada sektor rahbarining ko‘magida Marg‘uba Razzoqova ish joyiga ega bo‘ldi. Mahallaning Navro‘z ko‘chasida yashovchi Sayyora Azizova hamda Sayyora Xojiyevalarning xuddi shu mazmundagi murojaati ham hal qilinib, ular maktabgacha ta’lim muassasalariga ishga joylashtirildi. “Sektor rahbari sayyor qabul o‘tkazayotganidan xabar topib, mahallamiz ko‘chalarini asfalt qilishni so‘rab aholi nomidan murojaat qildim. Murojaatim e’tiborsiz qolmadi. Mahallamiz ko‘chasini asfalt qilish kelgusi yilgi davlat dasturiga kiritiladigan bo‘ldi”, – deydi Navro‘z ko‘chasi 37-uyda yashovchi Rahimaxon Cho‘lponova. Sayyor qabul boshqa tumanlarda ham o‘tkazilmoqda.
8O‘zbekiston
Germaniya TIV rahbari Tillerson bilan KXDR, Afg‘oniston va Rossiya masalasini muhokama qiladi Germaniya TIV rahbari Zigmar Gabriel AQShga yo‘l olib, davlat kotibi Reks Tillerson bilan qator masalalarni muhokama qiladi. Bu haqda GFR tashqi siyosat idorasi vakili xabar bergan. «GFR tashqi ishlar vaziri Vashingtonga bugun kechqurun yo‘l oladi. Davlat kotibi Tillerson janob Gabrielga shaxsiy muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi», - deya vakilning so‘zlarini keltiradi TASS. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar KXDR, Afg‘oniston, Qatar bilan bog‘liq vaziyat, Eron atom dasturi bo‘yicha kelishuv, shuningdek, AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini muhokama qiladilar. Avvalroq Tillerson AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonda qolishi haqida ma'lum qilgandi.
2Dunyo
London markazida minglab kishilar karantin joriy etilishiga qarshi namoyishga chiqdi London markazida Buyuk Britaniyada qaytadan karantin joriy etilishiga qarshi bo‘lgan minglab kishilar norozilik aksiyasi o‘tkazdi. Qatnashchilar tomonidan ijtimoiy masofaga rioya etilmaganligi sababli politsiya aksiyani to‘xtatishga majbur bo‘ldi, bu esa to‘qnashuvlarga olib keldi, deb xabar bermoqda  Bi-bi-si. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar politsiyachi jarohatlangan, 10 kishi hibsga olingan. Shuningdek, to‘qnashuvlarda jabrlangan yana bir necha kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.  Britaniya OAVning yozishicha, aksiyada 10-15 ming kishi qatnashgan. Aksiya tashkilotlarining ta'kidlashicha, pandemiya xalqning ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishini talab qilayotgan hukumatlarning fitnasidir.  . O‘tgan haftadan Buyuk Britaniyada oltidan ortiq kishining guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlangan, ammo ijtimoiy masofa saqlash qoidasiga rioya qilgan holda norozilik namoyishi o‘tkazishga ruxsat berilgan. London markazida to‘planganlar niqob taqmagan va kerakli masofani saqlamagani uchun politsiya aksiyani to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Mamlakatda kuniga 10 mingga yaqin yangi holatlar aniqlanayotgani sababli Britaniya hukumati yangi cheklovlarni joriy etmoqda.
2Dunyo
AQShda koronavirus sababli favqulodda holat joriy qilindi Favqulodda holat kiritilishi haqidagi farmonni AQSh prezidenti Donald Tramp imzolagan. Bu haqda AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Aleks Azar ma'lum qildi.  Vazirning ta'kidlashicha, favqulodda holat AQShning sharqiy sohili bo‘yicha 2 fevral soat 17.00dan amal qilishni boshlaydi.   Ushbu tartib koronavirus yuqtirishi xavfiga ega xorijiy fuqarolarga AQShga kirishni vaqtinchalik taqiqlaydi.  Azarning aytishicha, gap Xitoyda 14 kun yoki undan kamroq vaqt avval bo‘lgan xorijliklar haqida bormoqda. AQSh fuqarolari va doimiy rezidentlari oila a'zolari bundan mustasno.  “AQShning Xitoydan qaytayotgan fuqarolari 14 kun davomida alohida kuzatuv ostida bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilgan vazir. Bundan tashqari, favqulodda holat AQShdan Xitoyga parvozlar faqatgina 7 ta aeroportdan amalga oshirilishini ko‘zda tutadi. “Hozirda amerikaliklar uchun virus yuqtirish xavfi past, bu choralar evaziga u past bo‘lib qolishini ta'minlaymiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Azar.   Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoydagi koronavirus epidemiyasini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb tan olgandi.
2Dunyo
“Korrupsiya bu qullik psixologiyasining namoyon bo‘lishidir” — Tanzila Norboyeva Oliy Majlis Senati raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi rahbari Tanzila Norboyeva korrupsiya, birinchi navbatda, alohida insonning, mansabdor shaxsning o‘z lavozimidan boyish maqsadida foydalanishga moyil bo‘lgan yoki moyil bo‘lmagan axloqining ichki holatini aks ettiradi, degan fikrda. “Gazeta.uz”ning yozishicha, Senat rahbari “Sputnik O‘zbekiston”ga bergan intervyusida poraxo‘rlikning gullab yashnashiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonliklarga xos bo‘lgan iltifotlilik haqida o‘z fikrini bildirdi. “Men bu gapga qo‘shila olmayman! Iltifotlilik, ochiqlik, vijdonlilik, qalbi kenglik, adolatga sodiqlik va xalqimizning boshqa yuksak insoniy fazilatlari korrupsiyaning gullab-yashnashiga zamin yarata olmaydi. Korrupsiya — bu qullik psixologiyasining namoyon bo‘lishidir, biz esa o‘z qadr-qimmatimizni chuqur anglaydigan erkinlikni sevuvchi xalqmiz va aynan shu biz ildizi yaqin o‘tmishimizga borib taqaladigan bu kasallikni va haligacha hal qilinmagan hayotiy muammolarni yengib o‘tishimizga to‘liq ishonch bag‘ishlaydi”, — degan Tanzila Norboyeva va harakatlar ketma-ketligi, murosasizlik, fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongi darajasini oshirishni ushbu hodisaga qarshi turishning asosiy omillari deb bilishini ta’kidlagan. Tanzila Norboyevaning aytishicha, bugun milliy investitsiya loyihalari doirasidagi mablag‘larning, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan grantlarning maqsadli sarflanishi jarayoni ustidan nazoratni, shu jumladan, deputatlar va jamoatchilik nazoratini ta’minlash nihoyatda zarur. Davlat tuzilmalari faoliyatida ushbu jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi hokimiyatga bo‘lgan doimiy va asosli ishonchni mustahkamlaydi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi qarori bilan kapital qurilish, oliy ta’lim, davlat xaridlari va sog‘liqni saqlash sohalarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etilganini qo‘shimcha qilgan. “Shuni yana bir bor qayd etishni xohlardimki, biz siz bilan qonunlar qabul qilish, jiddiy jazolar qo‘llash, odob-axloq qoidalariga rioya qilish zarurligi va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa vositalarini qayd etdik, biroq har birimiz o‘zimizda ushbu halokatli hodisaga nisbatan murosasizlikni shakllantirmasak, o‘zimizni o‘zgartirmasak, barcha harakatlarimiz kutilgan natija bermaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim rol o‘ynaydi. Afsuski, ular ushbu murakkab jarayonda hozircha yetarli darajada ishtirok etmayapti. Bizning vazifamiz — ushbu muammoni hal etish uchun odamlarni jalb etish”, — deydi Tanzila Norboyeva.  O‘zbekistonda fuqarolarning korrupsion holatlar haqida xabar berishi uchun maxsus sayt va mobil dastur ishga tushiriladi Senat raisi nima uchun qurilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sud tizimi kabi sohalar eng ko‘p korrupsiya botqog‘iga botgan sohalar bo‘lib qolayotganiga ham o‘z fikrini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu sohalarda inson omili, boshqaruv tizimidagi, davlat xizmatini tashkil etishdagi kamchiliklar — haddan ortiq byurokratiya va ma’muriy to‘siqlar va boshqa chiqimlar ko‘proqdir. “Shu munosabat bilan bunday omillarning ta’sirini nafaqat ushbu faoliyat sohasidagi ishlarda, balki boshqa faoliyat sohalarida ham kamaytirish zarur”, — deb ta’kidlagan u. Tanzila Norboyevaning fikricha, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi tizimli sabablardan biri ayrim davlat organlari xodimlari huquqiy madaniyatining darajasi pastligidir. “Afsus bilan ta’kidlash joizki, ayrim davlat organlari xodimlarining huquqiy ongi korrupsiya jamiyatimiz hayotini buzadigan hodisa ekanini anglaydigan darajaga yetmagan”, — deydi u.  Senat qo‘mitasi raisi: “Oliy ta’lim dedik, lekin shu oliy ta’lim emasmi korrupsiya maydoniga aylangan?” Senat raisining fikricha, korrupsiya paydo bo‘lishining sabablari ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar bilan izohlanadi. “Shu sababli ushbu yovuzlikka qarshi kurashishda bunday sabablarni o‘z vaqtida aniqlash va davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korrupsiya namoyon bo‘lishiga turtki beradigan sharoitlarni yo‘q qilish bo‘yicha kompleks ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy, shu jumladan, g‘oyaviy-tarbiyaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimdir”, — deb ta’kidlagan Norboyeva. Uning bildirishicha, mamlakatda olib borilayotgan ma’muriy islohot, iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish chora-tadbirlari aynan shu vazifani hal qilishga qaratilgan. “Mansabdorlar tomonidan aktivlar, daromadlar, yirik xarajatlar to‘g‘risida deklaratsiya berish, ma’muriy tartib-taomillar samaradorligini oshirish, davlat boshqaruvi organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda byurokratizm va soxtakorlikka barham berish institutlarini amaliyotga joriy etish borasida yana ham ko‘proq ishlarni amalga oshirish lozim”, — deb ta’kidlagan Tanzila Norboyeva.  Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi 2021-yil yanvardan joriy etiladi — Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi rahbarining bildirishicha, hozirda mansabdor shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarligini kuchaytirish nuqtayi nazaridan jinoyat, jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish, shuningdek boshqaruv amaliyotiga muvofiqlik dasturlarini (compliance) joriy etish, huquqbuzarliklar haqida xabar beruvchilarni himoya qilish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston va dunyoning boshqa davlatlari aholisi o‘rtacha ish haqiga qancha benzin sotib olishi mumkin? Picodi.com tahlil bo‘limi dunyoning turli mamlakatlarida o‘rtacha ish haqiga qancha litr benzin sotib olish mumkinligini aniqladi, deb yozmoqda Spot. Benzin qimmatlamoqda 2021-yilning birinchi yarmida iqtisodiyotning bosqichma-bosqich tiklanishi va benzin narxlarining 2020-yilning shu davriga nisbatan o‘sishi qayd etildi. Narxlarning keskin ko‘tarilishi Armaniston (+22,8 foiz), Gruziya (+17,4 foiz), va Ukrainada (+13,7 foiz) kuzatildi Ko‘rib chiqilayotgan 104 ta davlatdan benzinning eng arzoni Aljirda (1 litri 0,34 dollar), eng qimmati esa Gonkongda (1 litri 2,44 dollar). O‘rtacha ish haqiga qancha benzin sotib olish mumkin? Bu borada 2021-yilda Germaniya 1786 litr benzin bilan yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Shvetsiya (1771 litr), uchinchi o‘rinni esa Finlyandiya (1589 litr) egalladi. Rossiyada o‘rtacha qatlamdagi aholi ish haqiga 938 litr benzin sotib olishi mumkin (8-o‘rin). Ozarbayjonda o‘rtacha oylikka 561 litr benzin sotib olish mumkin. Gruziyada bundan 200 litr kam benzin sotib olsa bo‘ladi — 359 litr (21-o‘rin). O‘zbekistonda esa o‘rtacha maoshga 317 litr benzin sotib olish mumkin, 2020-yilda 330 litr olish mumkin edi. Benzinning o‘rtacha ish haqiga nisbati bo‘yicha reytingning eng yuqori o‘rinlarini Fors ko‘rfazi mamlakatlari egalladi: AQSh aholisi o‘rtacha ish haqiga 4 723 litr, Avstraliya — 4 128 litr, Kanada — 2 616 litr, Xitoy aholisi esa 955 litr benzin sotib olishi mumkin. Reytingda oxirgi o‘rinni Kuba egalladi. U yerda o‘rtacha ish haqiga atigi 26 litr (2020-yilga nisbatan 2 litrga kam) benzin sotib olish mumkin. Tojikiston (188 litr) va Zambiyada (214 litr) bu ko‘rsatkich birmuncha yaxshiroq.  O‘zbekistonda benzin narxi yil boshidan buyon 17 foizga qimmatlashdi — Statistika qo‘mitasi
8O‘zbekiston
Katta yettilikning sammiti tanqidlarga qaramay Trampning mehmonxonasida o‘tadigan bo‘ldi Bu haqda jurnalistlarga Oq uy ma'muriyati rahbari Mik Malveyni ma'lum qildi.  “46-sammit 10-12 iyunda bo‘lib o‘tadi”, deb ma'lum qilgan Malveyni.  Uning aytishicha, sammit Mayamidagi AQSh prezidenti Donald Trampga qarashli Trump National Doral Resort mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Oq uy vakilining ta'kidlashicha, Tramp sammitning o‘ziga tegishli mehmonxonada o‘tishidan foyda ko‘rmaydi. “Men tanqidni tushunaman, lekin gap daromad haqida ketmayapti”, deb qo‘shimcha qilgan Malveyni. Uning ta'kidlashicha, sammitni o‘tkazish joyi 12 ta nomzod joy orasidan tanlab olingan. “Bu sammit o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yagona joymas, biroq eng yaxshisidir”, deb aytgan Malveyni va sammit boshqa joylarda o‘tkazilgandan ko‘ra millionlab dollar arzonroqqa tushishini qo‘shimcha qilgan.  “Uchrashuvda e'tibor jahon iqtisodiyoti o‘sishi va uning oldida turgan chaqiriqlarga qaratiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Oq uy ma'muriyati rahbari. Tramp amaldorlarni o‘ziga tegishli mehmonxonalarda to‘xtashga rag‘batlantirgani uchun tanqid qilingan. OAV bunda manfaatlar ixtilofi borligini ta'kidlagan.
2Dunyo
Xalqaro havo yo‘llarida tranzit to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Xalqaro havo yo‘llarida tranzit to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shilinsin.
10Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining O‘simliklar karantini tizim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini, faoliyati va hisobdorligini tashkil etish tartibini, shuningdek, Inspeksiya rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi. 2. Inspeksiya davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining fitosanitariya xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi hamda tadbirlar bajarilishini davlat tomonidan nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi. 3. Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi. 4. Inspeksiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi. 5. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 6. Inspeksiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 7. Inspeksiya, o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhri va blankalariga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamlari, bank hisob raqamlari, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi. 8. Inspeksiyaning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, qisqartmasi — “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi; b) ingliz tilida: to‘liq — The State plants quarantine Inspection under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — “Uzstatequaratine” Inspection; v) rus tilida: to‘liq — Gosudarstvennaya inspeksiya po karantinu rasteniy pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Inspeksiya “Uzgoskarantin”. 9. Inspeksiya tarkibiga quyidagilar kiradi: markaziy apparat; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy inspeksiyalar); O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi. O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat inspeksiyalari va boshqa bo‘linmalar o‘simliklar karantini davlat xizmatining yagona markaziy tizimini tashkil qiladi. 10. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 1) o‘simliklar karantini sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, bu boradagi qonunchilik amalga oshirilishini ta’minlash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish; 2) tashqi va ichki o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirish; 3) iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish; 4) karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va yo‘q qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud bo‘lmagan hududlariga kirib borishining oldini olish; 5) qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish; 6) o‘simliklar karantini sohasida ilmiy, metodik va ta’lim imkoniyatlarini keng rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar natijalarining fitosanitariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish; 7) xalqaro hamkorlikni kengaytirish, karantin xizmati faoliyatiga zamonaviy xorijiy texnologiyalar va ish uslublarini joriy etish; 8) kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbarlar va mutaxassislar, shu jumladan idoraviy mansub tuzilmalarning ishlash shakllari va usullarini takomillashtirish, yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha ularning mas’uliyatini oshirish. 11. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) o‘simliklar karantini sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, bu boradagi qonunchilik amalga oshirilishini ta’minlash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida: Vazirlar Mahkamasiga o‘simliklar karantini sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritishga qaratilgan takliflarni, o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar va o‘simliklar karantini sohasiga oid davlat dasturlarining loyihalarini ko‘rib chiqish uchun kiritadi; o‘z vakolati doirasida buyruqlar qabul qiladi, yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan yo‘riqnomalar, karantin qoidalari va fitosanitariya talablarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi hamda ularni tashkilotlar va fuqarolarga yetkazadi; jismoniy va yuridik shaxslarning o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, shu jumladan karantini qoidalari, shuningdek, fitosanitariya talablarining bajarilishini davlat tomonidan nazorat qilinishini ta’minlaydi; respublika hududida o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiradi; o‘simliklar karantini sohasidagi xalqaro konvensiyalar va boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan tadbirlar o‘tkazilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi; 2) o‘simliklar tashqi va ichki karantini bo‘yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirish, karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish, karantin va boshqa xavfli zararkunandalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va yo‘q qilish sohasida: jismoniy va yuridik shaxslarning karantin hamda boshqa o‘ta xavfli zararli organizmlar kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktika chora-tadbirlarini belgilangan muddatlarda bajarishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiradi; xorijiy davlatlardan urug‘lar, o‘simliklar, o‘simlik xomashyosi va boshqa o‘simlik mahsulotlari hamda xalq iste’mol tovarlari olib kiriladigan chegara maskanlarini belgilaydi; respublikaga xorijiy davlatlardan urug‘lar, o‘simliklar va boshqa o‘simlik mahsulotlari yetkazib berish yoki respublika hududi orqali tashish uchun savdo shartnomalariga (kontraktlariga) o‘simliklar karantini davlat xizmati talablarining kiritilishini nazorat qiladi; O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat tekshiruvlarini belgilangan tartibda tashkil etadi va o‘tkazadi, shuningdek, karantin tusidagi favqulodda vaziyatlarda boshqa davlatlar hududida o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlarida ishtirok etadi; zarur bo‘lganda, xorijiy davlatlardan katta miqdorda urug‘lar, o‘simliklar va boshqa o‘simlik mahsulotlari sotib olingan hollarda ushbu davlatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari va ko‘chatlarning fitosanitariya holatini o‘rganish uchun fitosanitariya nazorati mutaxassislarini yuboradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi uchun o‘simliklar karantinida bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxatini tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan kiritilishi mumkin bo‘lmagan o‘simliklarning ekish materiallari, o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar va ularning hududlari ro‘yxatini tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlaydi; fitosanitar sertifikati va karantin ruxsatnomasini beradi; olib kiriladigan va jo‘natiladigan, karantin zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlar tashuvchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar turlari, urug‘liklar, o‘simliklar, o‘simlik mahsulotlari va boshqa materiallarni karantin tekshiruvini hamda laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazadi; o‘simliklar o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni belgilangan tartibda laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazadi; urug‘liklar, o‘simliklar, o‘simlik xomashyosi, boshqa o‘simlik mahsulotlari va xalq iste’mol tovarlarini mamlakat ichida tashish, eksport qilish uchun olib chiqishning karantin qoidalari hamda ulardan foydalanish shartlarini tasdiqlaydi; zarur bo‘lganda, yuridik va jismoniy shaxslarga karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishda yordam berish uchun ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlarini tuzadi; respublika hududlarini karantin bo‘yicha hududlarga va mikrohududlarga ajratadi; mahalliy davlat hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli hududda karantin o‘rnatish (uni bekor qilish) to‘g‘risida tavsiyanomalar kiritadi; 3) qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida: boshqa davlatlardan o‘simlik mahsulotlari va o‘simliklar o‘simliklar karantini nazoratidagi boshqa materiallarni olib kirish shartlari, bunday mahsulotlarni mamlakat ichida, shu jumladan karantin nazoratida deb e’lon qilingan hududlardan tashish shartlari, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanish jarayonlariga qo‘yiladigan shartlarni ishlab chiqadi; o‘simlik mahsulotlari va boshqa materiallarni sog‘lomlashtirish, shuningdek, boshqa davlatlar hamda karantin nazoratida deb e’lon qilingan hududlardan keladigan transport vositalarini zararsizlantirishni tashkil etadi; karantin zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xo‘jaligi va boshqa ekinlar, o‘simlik mahsulotlari saqlanadigan va qayta ishlanadigan joylarda nazorat tekshiruvlarini o‘tkazadi; 4) o‘simliklar karantini sohasida ilmiy, metodik va ta’lim imkoniyatlarini keng rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar natijalarining fitosanitariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish sohasida: karantindagi zararli organizmlarning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va ularga qarshi kurashish samaradorligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi; iste’dodli yosh olimlar, magistrlar, doktarantlarning o‘simliklar karantini bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi; ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda karantin zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribalarni joriy qiladi, shuningdek, aholini karantin zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlari bilan tizimli tanishtirish ishlarini amalga oshiradi; o‘simlik mahsulotlari va boshqa materiallarning yashirin zararlanganini karantin ko‘rigidan, laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazadi va aniqlaydi hamda zararsizlantirish uslublarini ishlab chiqadi; respublika hududida mavjud bo‘lmagan va cheklangan darajada tarqalgan zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari hamda begona o‘tlarning turlari va bioekologiyasini o‘rganadi; 5) xalqaro hamkorlikni kengaytirish, karantin xizmati faoliyatiga zamonaviy xorijiy texnologiyalar va ish usullarini joriy etish, xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish sohasida; fitosanitariya xavfsizligi, o‘simliklar karantini sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, konferensiyalar va seminarlar ishida ishtirok etadi; xorijiy davlatlarning tegishli milliy idoralari bilan o‘simliklar karantini va fitosanitariya xavfsizligi to‘g‘risida zarur axborot almashadi; xorijiy davlatlar karantin xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasiga yuborilgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasining fitosanitariya karantin talablariga mos kelmasligi haqida xabardor qiladi; milliy tashkilotlarni o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar va o‘simliklar karantini bo‘yicha xorijiy davlatlar organlari tomonidan ularga nisbatan belgilangan cheklovlar to‘g‘risida xabardor qiladi; o‘simliklar karantini sohasida xorijiy davlatlarning tegishli idoralari bilan xalqaro shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarning xorijiy davlatlar karantin fitosanitariya talablariga mos kelmagan holatlarda tekshiruvlar o‘tkazadi; xalqaro tashkilotlar doirasida o‘simliklar karantini bo‘yicha respublika manfaatlarini ifoda etadi; 6) kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbarlar va mutaxassislar, shu jumladan idoraviy mansub tuzilmalarning ishlash shakllari va uslublarini takomillashtirish, yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha ularning mas’uliyatini oshirish sohasida: kadrlarni tizimli asosda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qiladi, o‘simliklar karantini davlat xizmati tizimi rahbarlari va mutaxassislarining ishlash shakllari hamda uslublarini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; xodimlarning karantin zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha kasb darajasini muntazam oshirishga qaratilgan tizimli ishlar bajarilishini ta’minlaydi; ilm-fan yutuqlari va ilg‘or tajribani, innovatsion uslublar, karantin zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashish vositalari hamda usullarini targ‘ib qilish hamda ishlab chiqarishga joriy etish, aholi o‘rtasida karantin obyektlar to‘g‘risidagi bilimni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi. 12. Quyidagilar Inspeksiya markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi: o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi bilan birgalikda Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish; o‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish, ushbu yo‘nalishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish; o‘simliklar karantini sohasida ilmiy, metodologik va ta’lim imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash, fitosanitariya amaliyotiga fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari, innovatsion ishlanmalar joriy etilishini muvofiqlashtirish; xalqaro hamkorlikni kengaytirish, o‘simliklar karantini sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish, karantin xizmati faoliyatiga ilg‘or texnologiyalar hamda ish uslublarini joriy etish; O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasiga mablag‘lar kelib tushishi va sarflanishini tahlil qilish hamda hisobga olish; idoraviy mansub bo‘linmalarning rivojlanishiga ko‘maklashish va ularni rivojlantirish istiqbollarini belgilash. 13. Inspeksiya markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Inspeksiya faoliyati va uning rahbariyatini tashkiliy hamda tahliliy axborot bilan ta’minlaydi; o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlarining kirib kelishi, tarqalishining oldini olish, shuningdek, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, ularga qarshi kurashish tadbirlarini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish bo‘yicha kompleks tizimni yaratishga qaratilgan choralarni ko‘radi; karantin laboratoriya ishini tashkil qiladi, respublikada bunday laboratoriyalar tarmog‘ini shakllantirish choralarini ko‘radi; ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, sanitariya nazorati organlari bilan birgalikda o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishning innovatsion, samarali va ilg‘or usullari, o‘simliklar karantini sohasidagi dolzarb yutuqlar targ‘ib qilinishini o‘rganadi, ularning qo‘llanilishini nazorat qiladi; o‘simliklar karantini davlat xizmati faoliyatiga ilg‘or texnologiyalar va ish usullarini joriy qiladi; xalqaro hamkorlik, xalqaro munosabatlar o‘rnatish va ularni rivojlantirish sohasida Inspeksiya faoliyatini ta’minlaydi; markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari, o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlarini bajarishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi; o‘simliklar karantini davlat xizmati tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi, ularning muntazam takomillashtirilishi va yangilanishini ta’minlaydi; Inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarining buyruqlari hamda farmoyishlarini o‘z vakolati doirasida amalga oshiradi; karantin ruxsatnomasini beradi; tadbirkorlik subyektlariga Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish bo‘yicha axborot, uslubiy, tashkiliy hamda maslahat yordamini ko‘rsatadi; Inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarni sifatli hamda o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil qiladi; o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; Inspeksiya faoliyatini, jumladan normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish sohasida huquqiy ta’minlashni tashkil etadi; boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida fitosanitariya xavfsizligi sohasida rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida Inspeksiya rahbariyati uchun axborot to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi; jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etadi; tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik va Inspeksiya vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. 14. Quyidagilar o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: tegishli hududda Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) va Toshkent shahri hokimlari, hududiy prokuratura organlari, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmatining rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari deb ataladi) o‘zaro hamkorlik qilish; karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va yo‘q qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud bo‘lmagan hududlariga kirib borishining oldini olish; qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish; har oylik, choraklik va yillik hisobotlar, ma’lumotlar hamda statistika ma’lumotlarining o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash; karantindagi zararli organizmlar, o‘simliklar kasalliklari hamda begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, qo‘riqxonalar, tabiiy bog‘larning qo‘riqlanadigan hududlari va davlat biosfera rezervatlari, o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish joylari, o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar kelib tushadigan maskanlar va ularga tutash hududlarni nazorat tekshiruvlaridan tizimli o‘tkazilishini tashkil etish; aniqlangan zararlanish o‘choqlari kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek, karantindagi zararli organizmlar kirib keladigan yo‘llarni aniqlash va to‘sishga doir shoshilinch choralar ko‘rish; respublikaga xorijiy davlatlardan keladigan mahsulotlarni sog‘lomlashtirish, shuningdek, transport vositalarini zararsizlantirishni nazorat qilish; xorijiy tajriba hisobga olingan holda, o‘simliklar karantini va fitosanitariya xavfsizligi tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga oid takliflar kiritish; o‘simliklar karantini sohasida pulli xizmatlar ko‘rsatishda tarif siyosatini shakllantirishga doir takliflar tayyorlash; markaziy apparat nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga kadrlarni tanlash va tavsiya etish; o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalarining o‘simliklar karantini sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish, shuningdek, ushbu masala yuzasidan aniq takliflar kiritish; o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari, shuningdek, O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, axborot tizimlari va resurslarini himoya etishni ta’minlash. 15. O‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari o‘zlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: karantindagi zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari hamda begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar, davlat o‘rmon fondi, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotish joylari, o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar kelib tushadigan maskanlar va ularga tutash hududlarni nazorat tekshiruvlaridan o‘tkazadi; aniqlangan zararlanish o‘choqlari tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish, shuningdek, karantindagi zararli organizmlar kirib keladigan yo‘llarni aniqlash va to‘sish ishlarini amalga oshiradi; tegishli organlar va tashkilotlarni chegaraoldi hududlar, chegaradosh davlatlarda yuzaga kelgan karantin vaziyat to‘g‘risida xabardor qiladi, karantin tadbirlarini amalga oshiradi va zarur tasviyalar beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga zarur fitosanitariya talablarini bajarish haqida taqdimnomalar yuboradi; o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni zararsizlantirish hujjatlari, fitosanitar sertifikatlar, reeksport fitosanitar sertifikatlar va boshqa hujjatlar berilishini tashkil qiladi; o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni, zarurat bo‘lganda esa respublikaga xorijiy davlatlardan keladigan transport vositalarini zararsizlantirish ishlarini amalga oshiradi, o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitar sertifikatlar, reeksport fitosanitar sertifikatlar va boshqa hujjatlar reyestrini yuritadi; respublika hududidagi o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar, omborxonalar, taralar va transport vositalarini zararsizlantirish bo‘yicha fumigatsiya ishlarini amalga oshiradi (bu ishlar faqat Inspeksiya mutaxassislari tomonidan bajariladi); mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli hududda karantin e’lon qilish (bekor qilish) haqida taqdimnomalar yuboradi; mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan karantin xususiyatidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda o‘zaro hamkorlik qiladi; mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda fitosanitariya xavfsizligini ta’minlash, o‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish choralarini ko‘radi; aholini o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyati haqida xabardor qilish ishlarini tashkil qiladi va tizimli asosda amalga oshiradi, jismoniy va yuridik shaxslarning hududiy inspeksiya vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda zarur choralar ko‘radi; jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash holatini tahlil qiladi, interfaol “qayta aloqa” va “virtual qabulxona” mexanizmini joriy etadi; yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida yillik, choraklik va oylik ish rejalari, shuningdek, aniq yo‘nalishdagi ishlar bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi hamda Inspeksiya bilan belgilangan tartibda kelishadi; Inspeksiya hay’ati va ilmiy-texnik kengashlari ish rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi; aholini karantin faoliyatining maqsadlari, vazifalari va aniq natijalari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi. O‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. 16. Quyidagilar tumanlardagi (shaharlar) o‘simliklar karantini hududiy inspektorlarining asosiy vazifalari hisoblanadi: tegishli tuman (shahar) hududida Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali amalga oshirish; o‘simliklar karantini masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, rahbariyat topshiriqlarini bajarish; kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qilish; har oylik, choraklik va yillik hisobotlar, ma’lumotlar va statistika ma’lumotlari o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatga ega zararli organizmlar ro‘yxati obyektlarining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik; zarur bo‘lganda, jismoniy va yuridik shaxslarga karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishda yordam berish uchun ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlarini shakllantirish va ularning ishini tashkil qilish; o‘z faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot tizimlari va resurslari himoyasini ta’minlash. 17. Tumanlardagi (shaharlar) O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini davlat inspektori zimmasiga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: eksportga jo‘natiladigan va import qilinadigan urug‘lar, o‘simliklar, o‘simlik mahsulotlari va o‘simliklar karantini nazoratidagi boshqa turdagi mahsulotlarni laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun karantin tekshiruvlarni amalga oshiradi va ulardan namunalar oladi; tuman (shahar) hududlarida qonunchilikda belgilangan tartibda karantindagi hudud va mikrohududlarni belgilaydi; o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni eksport va import qilish uchun fitosanitar sertifikatlar hamda boshqa ruxsatnoma hujjatlarini beradi; davlat inspektorlari vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur hujjatlarni tayyorlaydi; respublika uchun karantin ahamiyatiga ega zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlar tarqalishini nazorat qiladi; urug‘liklar, o‘simliklar, o‘simlik xomashyosi, boshqa o‘simlik mahsulotlari va xalq iste’mol tovarlarini mamlakat ichida tashish, eksport qilish uchun olib chiqishning karantin qoidalari hamda ulardan foydalanish shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi; zarur bo‘lganda, yuridik va jismoniy shaxslarga karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishda yordam berish uchun ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlarini shakllantiradi va ularning ishini tashkil qiladi; aholini karantin faoliyati to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi; karantin zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlardan xoli urug‘lik va ekish materiallari yetishtirilishini ta’minlash maqsadida ko‘chatxonalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va manzarali-gulchilik xo‘jaliklarida ekinlar hamda ko‘chatlarni nazorat qilish; o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlarining fitosanitariya tozaligini ta’minlash, o‘tkaziladigan laboratoriya tekshiruvlari xulosalarini olish asosida o‘rmonlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarida karantin zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlar borligi yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida dala nazoratini amalga oshiradi. 18. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish; Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rab olish; davlat statistika organlaridan Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistika axborotini bepul olish; Inspeksiya va uning idoraviy mansub tuzilmalariga biriktirilgan davlat mulkini o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir bo‘linmadan ikkinchisiga belgilangan tartibda o‘tkazish; fitosanitariya xavfsizligi va o‘simliklar karantini sohasida Inspeksiya xodimlari o‘z faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari parametrlarini bajarishini hisobga olgan holda, ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori hamda shartlarini belgilash; Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish; Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo xususiyatga ega xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘simliklar karantini sohasidagi islohotlarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq hay’at majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarga o‘simliklar karantini sohasidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi shart bo‘lgan taqdimnomalar yuborish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini fitosanitariya xavfsizligi hamda o‘simliklar karantini sohasidagi qonunchilik talablarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish; o‘z vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar, zarur hollarda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda qo‘shma qarorlar hamda boshqa hujjatlar qabul qilish; o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish hamda ularni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda qatnashish; ijtimoiy sheriklik doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini sohani rivojlantirish dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilish; nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bitim va shartnomalar tuzish, qo‘shma loyihalar va rejalar ishlab chiqish, qo‘shma tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazish; o‘simliklar karantini sohasida axborot-tahlil hamda ekspert ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, olimlar va malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik olimlar hamda mutaxassislarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb etish; xorijiy davlatlarning ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi vazirliklari (idoralari), xalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, firma va kompaniyalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlar elchixonalari va missiyalari, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan majlislar va videokonferensiyalar o‘tkazish; o‘simliklar karantini sohasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitalar va komissiyalar ishida ishtirok etish; xorijiy davlatlarning o‘simliklar karantini tashkilotlari, idoralari, agentliklari va boshqa turdosh tuzilmalari bilan Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida xalqaro huquq normalariga muvofiq idoralararo shartnomalar (bitimlar, protokollar, memorandumlar) tayyorlash hamda tuzishda ishtirok etish; Inspeksiya va uning bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini ko‘rish. Inspeksiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 19. Inspeksiya quyidagilar uchun mas’ul: Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, o‘simliklar karantini sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi; respublika hududida o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi; iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish; karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va yo‘q qilishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud bo‘lmagan hududlariga kirib borishining oldini olish; o‘simliklar karantini bo‘yicha barcha tadbirlarning o‘tkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish; Inspeksiya faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifati, ularni amalga oshirishning yakuniy natijalari va oqibatlari, shuningdek, Inspeksiya qabul qiladigan qarorlar sifati; o‘simliklar karantini sohasini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va sohadagi muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning sifatli amalga oshirilishi; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda ularni himoya qilishni ta’minlash. 20. Inspeksiya markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazidan Inspeksiya markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan masalalarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tahlil qilish hamda ishlab chiqish uchun zarur materiallar va ma’lumotlarni so‘rab olish; zarur bo‘lganda, Inspeksiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi boshliqlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb qilish, ushbu maqsadlarda ekspert hamda ishchi guruhlar tashkil etish; o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazidan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqishni talab qilish, zarur bo‘lganda ularni mukammal tayyorlash uchun qaytarish; o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlari hamda vakillari bilan majlislar o‘tkazish; o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markaziga Inspeksiyaga yuklangan hamda tezkor hal etishni talab etadigan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish; o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari, shuningdek, Inspeksiya hamda uning rahbariyati hujjatlari va topshiriqlarini bajarish bo‘yicha faoliyatini o‘rganish hamda tekshirish; fitosanitariya xavfsizligi va o‘simliklar karantini sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish; o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish; Inspeksiya tizimida budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni tizimli nazorat qilish, o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilish. Inspeksiya markaziy apparati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 21. Inspeksiya markaziy apparati quyidagilar uchun mas’ul: Inspeksiya tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar bilan birgalikda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; o‘simliklar karantini obyektlari zararli organizmlarining kirib kelishi, tarqalishi, shuningdek, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etishga doir kompleks tizimni yaratish, ularga qarshi kurashish tadbirlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi; Inspeksiya markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining Inspeksiya faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash ishlarini tashkil etish; Inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Inspeksiya qabul qiladigan qarorlarni tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish sifati; Inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari va markaziy apparati, o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘simliklar karantini sohasini tartibga solish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ularning o‘simliklar karantini sohasidagi muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni ta’minlash; iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarning xorijiy davlatlardan respublika hududiga kirib kelishidan himoya qilish; o‘simliklar karantini bo‘yicha barcha tadbirlarning o‘tkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish; o‘simliklar karantini sohasidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilishni ta’minlash; o‘simliklar karantini sohasida tarif siyosatini va ko‘rsatiladigan xizmatlarni hisobga olish tizimining takomillashtirilishi; tarkibiy bo‘linmalar, markaziy apparat, o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining kadrlar salohiyatini shakllantirish. 22. O‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan inspeksiyalar vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rab olish; sohadagi o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari vakolatiga kiradigan muhim muammolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalar va kengashlarni hududiy darajada tashkil etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘simliklar karantini sohasida islohotlarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simliklar karantini sohasidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni belgilangan tartibda yuborish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlarini o‘simliklar karantini sohasidagi qonunchilik talablarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflarni Inspeksiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritish; Inspeksiyaning hay’ati va ilmiy-texnik kengashi ishlarida ishtirok etish; Inspeksiya topshirig‘iga binoan o‘simliklar karantini sohasidagi masalalar bo‘yicha majlislar va seminarlar tashkil etish hamda o‘tkazish; Inspeksiya hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga doir takliflar kiritish; o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va ularning idoraviy mansub tashkilotlari manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan da’vogar va javobgar bo‘lish; o‘simliklar karantini sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq materiallarni vakolatli organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda yuborish; Inspeksiyaga axborot taqdim etish, o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etishga ko‘maklashish; o‘simliklar karantini sohasida iste’dodli va malakali yosh kadrlarni jalb etish. Inspeksiyaning o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari qonunchilikka binoan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 23. O‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari quyidagilar uchun mas’ul: Inspeksiya hududiy bo‘linmalariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarning xorijiy davlatlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hududlariga kirib kelishidan himoya qilish; karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud bo‘lmagan hududlariga kirib borishining oldini olish; o‘simliklar karantini bo‘yicha barcha tadbirlarning o‘tkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish; o‘simliklar karantini davlat xizmati inspektorlarining O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan olib kelinadigan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni respublika hududiga kelib tushadigan maskanlarda albatta tekshirishi; karantin ruxsatnomasi berilgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar turlarining fitosanitariya tozaligi; o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash; Inspeksiyaga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni ishlab chiqish sifati, shuningdek, o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari qabul qiladigan qarorlar sifati, ularning yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari; tumanlarda (shaharlar) aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘simliklar karantini sohasini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘simliklar karantini sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni ta’minlash; o‘simliklar karantini sohasidagi qonunchilik ijrosi nazoratini ta’minlash, uni buzish holatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va o‘z vakolati doirasida tegishli choralar ko‘rish; o‘simliklar karantini sohasida tarif siyosatini va ko‘rsatiladigan xizmatlarni hisobga olish tizimining takomillashtirilishi. 24. Tumanlardagi (shaharlardagi) O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini davlat inspektorlari o‘zlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rab olish; davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Inspeksiyaning tumanlar (shaharlar) bo‘linmalari vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish; respublikaga xorijiy davlatlardan keladigan mahsulotlarni sog‘lomlashtirish, shuningdek, transport vositalarini zararsizlantirishni nazorat qilish; davlat va xo‘jalik boshqaruvining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘simliklar karantini sohasidagi masalalarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va fuqarolarga o‘simliklar karantini sohasida huquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni belgilangan tartibda yuborish; mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘simliklar karantini bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; temir yo‘l vagonlari, suv transporti, samolyotlar va boshqa transport vositalarining o‘simliklar karantini qoidalariga mos kelmasligi va talablarini buzish holatlari aniqlanganda, ulardan foydalanishni taqiqlash; O‘zbekistonga import qilish uchun mo‘ljallangan va tarkibida o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar bo‘lgan yuklarni tekshirish, ular o‘simliklar karantini obyektlari bilan zararlangani yoki zararlanmaganini aniqlash va zarur bo‘lganda, vizual tekshirish, namunalar olish hamda tekshirish va boshqa usullar orqali yuklar holatini tasdiqlash; fitosanitariya harakatlarini amalga oshirish, o‘simliklar karantini obyektlari yoki o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarga ishlov berish, ularni utilizatsiya qilish, qaytarib yuborish yoxud ajratib qo‘yish usullarini belgilash; temir yo‘l stansiyalari va avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo bandargohlari (pristanlari), pochtamtlar, omborlar, tegirmonlar hududi va binosi, yo‘lovchi va yuk vagonlari, samolyotlar, daryo floti kemalari, ko‘rgazmalar, botanika bog‘lari, ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba stansiyalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar va idoralar hududlariga, fuqarolarning tomorqa uchastkalariga, shuningdek, urug‘lar, o‘simliklar va boshqa o‘simlik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar hududiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moneliksiz kirish; o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar namunalarini belgilangan tartibda tekshirish, shuningdek, keyinchalik laboratoriya tekshiruvlarini va tegishli ekspertizalar o‘tkazish uchun namunalar olish; o‘simliklar karantini obyektlari aniqlanganda, karantin qoidalariga muvofiq o‘simliklar karantini bo‘yicha cheklovlar belgilash; o‘simliklar karantini obyektlari aniqlanganda, xorijiy davlatlardan olib kelingan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotni ushlab turish, olib qo‘yish va zarur bo‘lganda qaytarib yuborish; davlat chegarasidan o‘tkazish maskanlari, temir yo‘l stansiyalari, avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo bandargohlari (pristanlari), pochtamtlar orqali olib kelinayotgan va jo‘natilayotgan yuklar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etishni, zarur bo‘lganda — o‘z hududida o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni tekshirish va zararsizlantirish uchun transport vositalari, yordamchi ishchilar, xizmat binolari va yordamchi materiallar berilishini talab qilish. Tumanlardagi (shaharlardagi) O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini davlat inspektorlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 25. Tumanlardagi (shaharlardagi) O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini davlat inspektorlari quyidagilar uchun mas’ul: tumanlardagi (shaharlardagi) O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini davlat inspektorlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; iqtisodiyot tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarning xorijiy davlatlardan tumanlar (shaharlar) hududlariga kirib kelishidan himoya qilish; karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ular mavjud bo‘lmagan hududlariga kirib borishining oldini olish; o‘simliklar karantini o‘chog‘ining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish; o‘simliklar karantini bo‘yicha barcha tadbirlarning o‘tkazilishi, bu boradagi zarur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish; o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari rahbariyatiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni ishlab chiqish sifati, shuningdek, ular qabul qiladigan qarorlar sifati, ularning yakuniy natijalari va amalga oshirish oqibatlari; O‘zbekistonda paydo bo‘ladigan o‘simliklar karantini ahamiyatiga ega zararli organizmlar to‘g‘risidagi dolzarb axborotni nazorat qilish va qo‘llab-quvvatlash; aholini, ayniqsa, yoshlar, fermer xo‘jaliklari egalari va boshqa tadbirkorlik subyektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanlarni (shaharlarni) rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash hamda kiritish; tumanlarda (shaharlarda) fitosanitariya xavfsizligi sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni ta’minlash. 26. Quyidagilar Inspeksiya boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish; Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Inspeksiyaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishini tashkil qilish; Inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda tadbirlar amalga oshirilishini chuqur hamda tanqidiy tahlil qilish; Inspeksiya, uning tarkibiy bo‘linmalari va o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlash borasida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Inspeksiya faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish; o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Inspeksiyaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, Inspeksiya faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik uchun o‘z o‘rinbosarlari hamda boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash; Inspeksiya faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Inspeksiya va o‘z o‘rinbosarlari ishlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini tashkil qilish hamda monitoringini olib borish bo‘yicha amaliy tizim yaratish, Inspeksiya faoliyatida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish; Inspeksiya xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish; Inspeksiya tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, Inspeksiya kadrlar zaxirasini shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, Inspeksiyaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professional darajasi, chuqur bilimga egaligi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlari yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda faoliyat masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini tashkil qilish, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ularni mukammal ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqishda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Inspeksiyaning qonun loyihalariga doir faoliyatini tashkil etish; Inspeksiyaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga muvofiq belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘ydirish); O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qat’iy muvofiq ravishda Inspeksiya rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarida bo‘lishini tashkil etish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash; o‘z o‘rinbosarlari, o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning Inspeksiya hay’ati majlislarida shaxsiy hisobotlarini eshitish, eshituv va muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; Inspeksiya xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; Inspeksiya xodimlari tomonidan Inspeksiya xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni talablariga muvofiq davlat boshqaruvi organlar tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, ularning sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; Inspeksiya, o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari va O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot
10Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoni, 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-son va 2021-yil 24-dekabrdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-62-son qarorlariga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni 11-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmoni 4-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-5780-son Farmonida: a) 11-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Belgilab qo‘yilsinki, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) respublika davlat boshqaruvi organi bo‘lib, o‘z faoliyatida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga bo‘ysunadi”; v) 18-bandda: uchinchi xatboshi “shakllantirilishini” so‘zidan keyin “ta’minlasin” so‘zi bilan to‘ldirilsin; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; g) 21-bandda: ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin; d) 23-banddan “va Agentlik tarkibiga o‘tkazilsin” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasining 2-bobi “III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish” qismining o‘ninchi xatboshisidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-son Farmoni 1-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidan “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi PF-6059-son Farmoni 1-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlariga almashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6218-son Farmoniga 3-ilova “Vazirliklar” bo‘limining 27-pozitsiyasi “Idoraviy mansub tashkilotlar” bobi “Tizimlashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlar*” ustunining birinchi xatboshisidagi hamda “Mas’ul davlat organlari” ustunidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmoni 3-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori rahbarlik qiladi”. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-iyundagi PQ-655-son qarori bilan tasdiqlangan Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 32-bandidan “, shuningdek soliq organlari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-son qarorida: a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;”; b) 1a, 2, 2a — 2g-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; v) 3a — 3g-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2724-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidan “sanitariya qoidalarining buzilishlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarori 15-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3782-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4105-son qarorining 7-bandidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4417-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4525-son qarorida: a) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) ilovaning 38-pozitsiyasi “Mas’ul organ” ustunidagi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Mamatkulov)” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4653-son qarorida: a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada: “Elektron kooperatsiya portali markazi” bloki chiqarib tashlansin; “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” bloki “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” bloki bilan almashtirilsin; v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: g) 3-ilovada: 8-bandda: beshinchi xatboshidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘n ikkinchi xatboshi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin; 10-banddagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi,” so‘zlari bilan almashtirilsin; 11-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “g) mamlakatda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida: respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish; mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga yo‘naltirish; vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) faoliyatini muvofiqlashtirish; iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; mahalliy hokimliklar bilan birga hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish; aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish”; 12-bandda: “4” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “4) mamlakatda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida: respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritadi, tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, respublika vakillari va hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning ishini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida mahalladagi iqtisodiy holatni “xonadonbay” o‘rganishlarni, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatlarini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishlarini va ehtiyojlarini tahlil qilish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi; aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilishning boshqa shakllarini rag‘batlantirish va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; tadbirkorlikni boshlash uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalarini takomillashtirish, kambag‘al aholini ishga olgan korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish asosida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini muvofiqlashtiradi; aholida tadbirkorlik sohasida zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘qitish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini keng jalb qiladi; aholini tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish uchun subsidiyalar berish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; respublika hududlarining xususiyatlari va salohiyatidan kelib chiqib, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlaydi va ularni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ularning bajarilishi ustidan samarali monitoring olib boradi; aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va tizimli tahlil qilish asosida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; hududlarda mahallabay ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni, “yetakchi” tadbirkorlik subyektlari va aholi o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiyani rivojlantirish choralarini ko‘radi; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, kreditlari va texnik ko‘magini jalb etish yuzasidan hamkorlik olib boradi; tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda ishtirok etadi; Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yadi”; “8” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “zonalarni infratuzilma mavjud bo‘lgan hududlarga joylashtirish” so‘zlari “zonalarga” so‘zi bilan almashtirilsin; 31-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Vazirlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining direktori o‘rinbosarlari, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijrochi direktori va o‘rinbosarlari, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning direktori va o‘rinbosarlari hamda Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri tomonidan;”; 38-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 4 va 4a-ilovalardagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 4b-ilovadan “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining shahar bo‘limi” bloki chiqarib tashlansin; j) 4v-ilovadan “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining tuman (shahar) bo‘limi” bloki chiqarib tashlansin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi “Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4671-son qaroriga 2-ilovada: a) 21-pozitsiya chiqarib tashlansin; b) “Jami” pozitsiyasining “Shtat birliklari soni” ustunidagi “191” raqami “189” raqami bilan almashtirilsin. 21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4716-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4759-son qarorida: a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda har yili 1-avgustga qadar keyingi yil uchun gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larni shakllantirsin va Moliya vazirligiga kiritsin”. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4829-son qarorining 17-bandida: a) “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; b) quyidagi mazmundagi “a1” kichik band bilan to‘ldirilsin: “a1) Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoki kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan vaqtdan boshlab birinchi uch oy davomida ijaraga olingan bino va inshootlarning ijara haqini to‘lash xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiya to‘lanadi”. 24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4862-son qarorida: a) 2-bandning birinchi xatboshisi, 3-bandning ikkinchi xatboshisi, 4-bandning birinchi xatboshisi, 6-bandning ikkinchi xatboshisi, 10-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 13-bandda: birinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi resurs bazasini oshirishga” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 16-band hamda qarorga 1 — 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “2020 — 2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4889-son qarori 3-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-son qarori 5-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-son qarorida: a) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Vazirlar Mahkamasi: a) ikki hafta muddatda: Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni; hokim yordamchilari va markazlarning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, vakolatlari va javobgarligini belgilash bo‘yicha namunaviy nizomni tasdiqlasin; b) 2022-yil 1-mayga qadar: “business.gov.uz” yagona interaktiv portalini o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil) tasarrufiga beg‘araz ravishda o‘tkazib bersin; Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin. Bunda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin: “Onlayn mahalla” elektron platformasini “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga integratsiya qilish orqali tadbirkorlarning murojaatlarini hokim yordamchilari tomonidan mahallaning o‘zida ko‘rib chiqish va hal etish, ularning vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaatlarni tegishli vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun “business.gov.uz” yagona interaktiv portaliga kiritish; vakolatli organlar tomonidan “business.gov.uz” yagona interaktiv portali orqali kelib tushgan murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan tashkillashtirish va nazorat qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ta’sir choralarini qo‘llash; Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qilish va tizimlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha har chorakda aniq takliflar kiritish; Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan “Sall-markaz” xizmati hamda “business.gov.uz” yagona interaktiv portali axborot tizimidan foydalanish uchun zarur mablag‘larni Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutish”; b) 3-ilovada: 2-pozitsiya “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga (keyingi o‘rinlarda — ABKMga)” so‘zlari “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3 — 5, 8 — 10 va 12-pozitsiyalari “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” so‘zi “Markazga” so‘zi bilan almashtirilsin; 6-pozitsiyada: “Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” so‘zi “Markazga” so‘zi bilan almashtirilsin; 7-pozitsiyada: “Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “Qorako‘lchilik” uyushmasi” so‘zlari “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Xulosa kimga taqdim etilishi” ustunidagi “ABKMga” so‘zi “Markazga” so‘zi bilan almashtirilsin; 11-pozitsiya “Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi” ustunidagi “ABKMda” so‘zi “Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida (keyingi o‘rinlarda — ABKM)” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 4-ilova izoh qismining uchinchi xatboshisidagi “29” raqami “27” raqami bilan almashtirilsin; g) 5-ilova izoh qismining beshinchi xatboshisidagi “21” raqami “19” raqami bilan almashtirilsin; d) 6-ilova izoh qismining yettinchi xatboshisidagi “22” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin; e) 7-ilova izoh qismining birinchi xatboshisidagi “40” raqami “38” raqami bilan almashtirilsin. 28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-54-son qarori quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin: “31. 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 1-yanvarga qadar motokultivatorlar (TIF TN kodi — 8432 29 100 0) va minitraktorlarni (TIF TN kodi — 8701 91 100 0 — 8701 94 100) olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari belgilansin”. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5718-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-6188-son Farmoniga 1-ilovaning 24-bandi “v” — “z” kichik bandlari. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PQ-3374-son qaroriga 1-ilova. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-4461-son qaroriga ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi, “b” kichik bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari hamda “v” kichik bandi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son qarorining 8 va 9-bandlari. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4888-son qaroriga 1-ilovaning 20-pozitsiyasi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-maydagi “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5105-son qarori. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi “Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5228-son qarorining 6 — 8-bandlari hamda 1 va 2-ilovalari.
10Qonunchilik
Putin Tojikistonni mintaqa xavfsizligi va barqarorligidagi muhim davlat sifatida atadi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Markaziy Osiyo bo‘ylab turnesi doirasida bugun, 27 fevral kuni Tojikistonda bo‘ldi.  U Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvi vaqtida Tojikistonni mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim davlat sifatida qayd etdi. Putin Tojikistonning mintaqaviy masalalar bo‘yicha pozitsiyasi Rossiya uchun juda muhim ekanini ta'kidlagan. «Biz uchun mintaqaviy masalalarda Tojikiston muhim o‘ringa ega. Tojikistonni mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashdagi muhim mamlakat deb atash mumkin. Ma'lumki, bu yerda bizning harbiy bazamiz joylashgan, bu baza Tojikiston hamda Rossiyaning janubiy hududlari xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan», — degan rossiyaliklar prezidenti. Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev 26 fevral kuni norasmiy muhitda muloqot qildi. Ular yakshanba kunini birgalikda o‘tkazib, Olmaota yaqinidagi tog‘-chang‘i kurortida sayr qilishgan. 27 fevral kunining birinchi yarmida, Olmaotada Putinning Qozog‘iston prezidenti bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.  28 fevral kuni Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev taklifiga ko‘ra rasmiy tashrif bilan Bishkekka boradi. Putinning ushbu uch mamlakatga tashrifi Rossiyaning ular bilan diplomatik aloqalar qurganiga 25 yil to‘lishiga bag‘ishlanadi.
2Dunyo
Buxoroda institutga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2 kishidan 8000 dollar olgan sport murabbiylari ushlandi Buxoro shahrida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan Akbar Norqulov hamda Qorako‘l tumanida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan Og‘abek Choriyevlar Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi boshqarma matbuot xizmati. Fuqarolar o‘z murojaatlarida Buxoro shahridagi Olimpiya zaxiralari kollejining murabbiylari Sobir hamda G‘olib ismli shaxslar jismoniy tarbiya institutiga o‘zlarining tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, ularning har biridan 4000 AQSh dollaridan jami 8000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilganligini, shu sababli ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tadbirlar davomida 1988-yilda Navoiy viloyati Uchquduq shahrida tug‘ilgan Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi Buxoro olimpiya zaxiralari kolleji murabbiysi Sobir Toshev   hamda 1977-yilda tug‘ilgan shu shaharda yashovchi olimpiya zaxiralari kolleji murabbiysi G‘olib Kazakovlar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar O.Choriyev va A.Norqulovlarning har biridan 4000 AQSh dollaridan jami 8000 AQSh dollarini olayotgan vaqtlarida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
8O‘zbekiston
Koronavirusga chalingan Krishtianu Ronaldu “Barselona”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi uchun qanday shartlar bajarilishi kerakligi ma’lum bo‘ldi “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduda koronavirus aniqlandi va o‘yinchi izolyatsiyaga olingan. Portugaliyalik forvard Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida “Barselona”ga qarshi kechadigan o‘yinda ishtirok eta olmasligi mumkin. UEFA reglamentiga ko‘ra, o‘yinchi uchrashuvdan yetti kun avval COVID-19 testidan o‘tishi kerak. “Barselona”ga qarshi o‘yin 28-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ronaldu 21-oktabrda koronavirus testidan o‘tishi kerak bo‘ladi. Krishtianu tahlillar virus yo‘qolganini ko‘rsatgan taqdirdagina o‘yinda ishtirok etish uchun ruxsat oladi. Jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 8-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Portugaliyalik futbolchi A Seriya doirasidagi “Krotone” va “Verona”ga qarshi o‘yinlarni, shuningdek, Chempionlar Ligasida “Dinamo Kiyev” bilan o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng baland arqonda sakrash attraksioni quriladi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. 2020—2025-yillarda O‘zbekistonda Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2020-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasida Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning eng baland Banji-jamping (arqonda sakrash) attraksionini barpo etish mo‘ljallangan. Loyihani amalga oshirish 2020-yilning oktabr oyiga rejalashtirilgan. Shuningdek, Toshkentda jahonga mashhur bo‘lgan Intervilles (Fransiya) kabi ekstremal shouning analogini tashkil etish, turizm mavsumi past davrda Guliston shahrida Cybersport (elektron o‘yinlar sporti) yo‘nalishida turli xalqaro musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar jadvalini ishlab chiqish hamda amalga oshirish kabi vazifalar ham yuklatilgan.
8O‘zbekiston
SOS: O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati bosmaxonasi binosiz qolishi mumkin Markaziy Osiyoda yirikligi bo‘yicha Brayl yozuvida kitoblar va darsliklar chop etuvchi yagona bosmaxona duch kelgan muammo Toshkent shahar hokimiyatining noto‘g‘ri chiqargan qarori bilan bog‘liq. Shahar hokimining 2017 yil 3 mayda chiqargan 543-sonli qarori bilan ijtimoiy ahamiyatga molik tashkilotga tegishli binolari va hududi to‘lig‘icha Toshkent shahar IIBB 62-bo‘limiga berib yuborilgan.  1949 yilda tashkil etilgan bosmaxonaning bosh muharriri Rixsivoy Abbosxonovning aytishicha, bosmaxona 1981 yildan beri shu binoda faoliyat yuritib keladi. Ammo Toshkent shahar hokimiyati Binolardan foydalanish departamenti yo‘l qo‘ygan xatolikni tuzatishni istamayapti. Dastavval kuch bilan bosmaxonaning birinchi korpusida qonuniy asosda ijarada turgan tadbirkorlar chiqarib yuborilgan bo‘lsa, endilikda, ichki ishlar bo‘limi tomonidan binoning o‘zlariga tegishli bo‘lmagan qismida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan ham chiqib ketishni talab qilishmoqda. Vaholanki, ular o‘zlariga ajratilgan binoning bir qismida ta'mirlash ishlarini olib borishganida, boshqa tadbirkorlar faoliyatini davom ettirishlari mumkinligi, bosmaxonaning boshqa binolariga, ularning faoliyatiga aralashmasliklarini va'da qilishgan.  Lekin, amalda ish umuman boshqacha bo‘lmoqda. Ayni vaqtda Abbosxonov shahar hokimi qaroridagi tushunmovchilik tufayli bino batamom ShIIBB bo‘limiga o‘tib ketishidan, bosmaxona ko‘chaga quvilishidan xavotirda.  U holda O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli 12 ta ko‘zi ojiz bolalar maktab internatida tahsil oluvchi 2 mingdan ortiq o‘quvchiga darsliklar yetkazib berish masalasi nima bo‘ladi. Chunki, shundog‘am ularni darsliklar bilan ta'minlash 50 foizni tashkil etmoqda, xolos.  Afsuski, Rixsivoy Abbosxonov dodini hech kim eshitayotgani yo‘q. Eshitganlar esa, arzning mag‘zini chaqib ko‘rishni shunchaki istashmayapti yoxud ko‘z yumishmoqda. Aks holda apellyatsiya sudida ishtirok etgan prokuror qarorning noto‘g‘ri chiqarilganini qayd etgani holda yakunda sudyadan avvalgi sud qarorini o‘z kuchida qoldirishni so‘rarmidi? Shu va qaror bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar xususida Rixsivoy Abbosxonov KUN.UZ saytiga intervyu berdi.
5Jamiyat
Shu mavsum “Selta” bilan ikki bor durang o‘ynagan “Barselona”, uchinchi o‘yinda 5 ta gol farqi bilan zafar quchdi Ispaniya Kubogining chorak finaliga yo‘llanma olgan barcha — 8 ta klub nomi aniq bo‘ldi. Italiyalik mutaxassis Vinchenso Montella boshqaruvida o‘zining uchinchi o‘yinida maydonga tushgan “Sevilya” quyi liga klubini taslim qildi. Tomonlarning birinchi o‘yinida Montella Ispaniyadagi debyutini amalga oshirgandi. Kataloniyaning “Barselona” klubi esa Viga jamoasidan qolib kelayotgan alamini 1 ta uchrashuvda ola bildi. Shu mavsumning o‘zida “Barselona” va “Selta” ikki bor to‘qnash kelgan bo‘lib, har ikki o‘yinda ham g‘olibni aniqlab bo‘lmagandi. Bu safar kataloniyalik futbolchilar raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi. Ispaniya Kubogi 1/8 final 11-yanvar, payshanba Gollar: Vissam Ben-Yedder, 31 (1:0). Xoakin Korrea, 54 (2:0). Alvaro Garsiya, 86 (2:1). Dastlabki o‘yin: 2:0 Gollar: Lionel Messi, 13 (1:0). Lionel Messi, 15 (2:0). Xordi Alba, 28 (3:0). Luis Suares, 31 (4:0). Ivan Rakitich, 87 (5:0). Dastlabki o‘yin: 1:1 Gollar: Leo Baptistao, 14 (0:1). Xerar Moreno, 34 (0:2). Dastlabki o‘yin: 2:1 Shu tariqa “Alaves”, “Atletiko”, “Valensiya”, “Sevilya”, “Leganes”, “Espanyol”, “Barselona” va “Real Madrid” klublari chorak finalga yo‘l oldi.
13Sport
Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 8 mingga yaqinlashdi, Qirg‘izistonda esa 1365 kishiga yetdi Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 322 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews. Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 4,2 foizni tashkil etmoqda. Koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yangi holatlar quyida viloyatlarda aniqlangan: Shunday qilib, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlarning jami soni 7919 kishiga yetdi. Hozirga qadar 4096 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 35 kishi esa COVID-19 qurboniga aylangan.  Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 15 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Kasallarning 12 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda, ularning to‘qqiz nafari avvalroq Sankt-Peterburgdan uchib kelgan. Shuningdek, Chuy, O‘sh va Jalolobod viloyatlarida ham bir nafardan bemor qayd etilgan. Kasallikka chalinganlarning 10 nafari chetdan kirib kelgan, qolganlari esa bemorlar bilan aloqada bo‘lganlar. Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1365 kishiga yetdi — ularning 14 nafari vafot etgan, 957 nafari sog‘aygan, 394 kishi hozirda davolanmoqda. Ta’kidlanishicha, 11 bemorning ahvoli og‘ir, ularning to‘rt nafari jonlantirish bo‘limida.  Tojikistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2551 nafarga yetdi O‘zbekistonda 23-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3078 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda 573 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.
2Dunyo
Niagara sharsharasi qisman muzlab qoldi (video) AQShning o‘rta g‘arbini qamrab olgan qishki bo‘ronlar endi mamlakatning shimoli-sharqi tomon yo‘nalib, ushbu hududda sovuq harorat o‘rnatilishiga sabab bo‘ldi. Sovuq havo Niagara sharsharasining sharqiroq suvlarining muzlashiga olib keldi. “Shunchalik sovuqki, Niagara sharsharasining bir qismi muzlab qoldi. Sayyohlar ulug‘vor manzaralardan hayratdalar”, deb ma'lum qilgan CNN telekanali.  Sharsharaga Kanada tomonidan tashrif buyurgan Instagram’dagi foydalanuvchilardan biri Inge Grut quyosh sharshara ustida bor-yo‘g‘i 15 daqiqaga chiqqanini yozgan. Ayolning aytishicha, harorat 25 daraja sovuq bo‘lgan.  2018 yil qishida ham sharshara muzlab qolgan. O‘shanda sharshara hududidagi harorat me'yordagidan 20 daraja sovuq bo‘lgan.
2Dunyo
"Real" Messiga yillik 25 million evro maosh taklif qildi "Real" prezidenti Florentino Peres "Barselona" hujumchisi Lionel Messining hizmatlariga qiziqmoqda va uning uchun moliyaviy tomondan juda yaxshi taklif bildiri, deya xabar beradi El Mundo Deportivo. Manbaga ko`ra, "Qirollik klubi" argentinalik futbolchi uchun yiliga 25 million evro maosh taklif qildi. Bunda bu jiddiy mablag`ni to`lashni Adidas firmasi o`z bo`yniga olganligi aytilmoqda. Messi taklifga rad javobini bergan. Eslatib o`tamiz, Messi so`nggi kunlarda kataloniyaliklar safini tark etishi mumkinligiga sha`ma qilib intervyu bergan edi. Bu xabar Ispaniyada shov-shuv keltiri chiqargan bo`lsa, Barselonada xavotir uyg`otgan edi. Bu orada Lionelning otasi Xorxe Messi Xosep Bartomeuni tinchlantirib, uning o`g`li "Barselona"da baxtiyor ekanligini ma`lum qilgan edi.
13Sport
Fotojamlanma: Kashmirda kuchli qor yog‘di Hindistonning Kashmir viloyatida 8-dan 9 yanvarga o‘tar kechasi kuchli qor yog‘di. Butun mintaqada havo harorati rekord darajaga qadar tushib ketdi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda. Kashmir viloyatining shimoliy qismida rekord darajadagi sovuq harorat qayd etildi - 12,4 daraja sovuq. So‘nggi bor bunday holat 2012 yilda kuzatilgandi. O‘shanda Gulmarg tog‘-chang‘i kurortida havo harorati 16,5 darajaga qadar tushib ketgan. Mintaqaning janubiy hududlarida ham besh yildan beri kuzatilmagan sovuq ob-havo hukm surmoqda. Ma'lumot uchun, Kashmir – Hindiston yarim orolidagi munozarali viloyat bo‘lib, u Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaroga sabab bo‘lib keladi. Mintaqa ayni damda Jammu va Kashmir shtatiga bo‘lingan. Shu bilan bir qatorda, hududda belgilab qo‘yilgan chegara yo‘q.
5Jamiyat
Angolada AQShning Chevron kompaniyasi vertolyoti halokatga uchradi, qurbonlar bor Angolada AQShning Chevron kompaniyasi vertolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi. Vertolyot Kabinda provinsiyasidagi Tombua-Landana neft platformasiga yo‘l olgan edi. U manzilga yetib bormaganidan so‘ng vahima ko‘tarildi. Vertolyotda, uchuvchidan tashqari, besh yo‘lovchi bor edi. Ulardan bir nafari kompaniya xodimi, to‘rt nafari esa pudratchi kompaniyalar ishchilari edi. Voqea joyida qutqaruv-qidiruv operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Operatsiyaga 19 kema va uch vertolyot jalb qilindi.
2Dunyo
«Amirsoy» dam olish maskani yaqinida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan, «Amirsoy» sihatgohiga olib boruvchi yo‘lning 3-kilometrida, 19−20 piketida yo‘l cho‘kish holati kuzatildi. Bu xaqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda. Hozirda transport vositalari harakati ushbu avtomobil yo‘lida vaqtincha to‘xtatildi. Foto: YHXBB Shu sababli, dam olishga boruvchilar tuman hududidan o‘tgan 4R-6 «Toshkent-Chimyon» avtomobil yo‘lining 72-kilometrida ortga qaytarilmoqda. Dam olishga borishni reja qilgan fuqarolardan vaqtincha «Amirsoy» tomon harakatlanmaslik so‘raladi, deyiladi xabarda.
5Jamiyat
Yunker: Yevroittifoq Turkiyaga "aql o‘rgatishi" shart emas Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker Yevroittifoq  Turkiyaga "aql o‘rgatishi" shart emasligini ma'lum qildi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.  Yunker shanba kuni Euronews'ga bergan intervyusida "Yevropaning Turkiyaga "aql o‘rgatish"dan tiyilishini istardim", deb aytdi.  U Anqara qochqinlar inqirozi tufayli muhim hamkor hisoblanishi va Turkiyaning 3 milliondan ortiq qochqinni qabul qilganligini ta'kidlab, Yevropaning bunday yo‘l tutmaganligiga ishora qildi.  "Turkiya Yevropadan ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda. Shunday ekan, biz bu borada so‘z ochganimizda biroz kamtarroq bo‘lishimiz kerak", - qo‘shimcha qildi u. Turkiyaning YeIga to‘liq qo‘shilish jarayoni haqida Yunker shunday dedi: "Turkiya YeI a'zosi bo‘lish uchun barcha shartlarni bajarishga tayyormi? O‘ylashimcha, Turkiya bu savolni o‘ziga berib ko‘rmagan". U buni savol sifatida berilmaganini qo‘shimcha qildi.  Shuningdek Yunker Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni ko‘pdan buyon bilishini aytdi.  "Men uni so‘nggi 17-18 yildan beri taniyman. Men uni yaxshi bilaman, u ham meni xuddi shunday", - dedi Yunker.
2Dunyo
Boltiq davlatlari va Polsha NATO’dan qo'shinlar sonini ko'paytirishni so'radi Estoniya, Litva, Latviya va Polsha NATO’dan har bir davlatdagi harbiylar sonini 2 mingdan 6 ming kishigacha oshirishni so'radi. Bu haqda “Washington Post” xabar berdi. Ushbu mamlakatlar alyansdan hududida havo hujumidan mudofaa tizimlarini joylashtirishni ham so'ragan. “Rossiyaning NATO a'zolariga nisbatan harbiy tajovuzini inkor eta olmaymiz. Rossiya o'z qurolli kuchlarini tezda NATO’ning sharqiy chegarasi yaqinida to'plashi mumkin”, deyiladi xabarda. Boltiqbo'yi rejasiga ko'ra, NATO qo'shinlarining to'liq bo'linmasini doimiy ravishda joylashtirilmaslik kerak. Ammo 20 mingga yaqin askar kontingenti har bir davlat tahdid ostida bo'lsa, tezda jam bo'lishi taxmin qilinmoqda. Hozirda Polsha hududida 10 mingdan ortiq amerikalik harbiylar bor, ularning soni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan oldin 4500 ga yaqin bo'lgan. Shu bilan birga, Varshava kelajakda bundan ham ko'proq askarlar bo'lishiga umid qilmoqda. Biroq Shimoliy Atlantika alyansining ushbu hududlarda harbiy mavjudligini kengaytirishni NATO’ning barcha a'zolari ma'qullanmagan. Jumladan, Frantsiya va Italiya rus qo'shinlarining tez orada Boltiqbo'yi mamlakatlari yoki Polshaga hujum qilishi ehtimoliga shubha bilan qaragan. Ular bunday rejani amalga oshirish qimmat jarayon bo'lib, bu boshqa davlatlardan qo'shinlarni jalb qilishini aytgan. Avvalroq NATO Ukrainadagi urushda qaysi tomon g'alaba qozonishini prognoz qilgandi. Shuningdek, Rossiyaning NATO bo'yicha strategik vazifasi ma'lum qilingan.
2Dunyo
12 bosh qoramolni sotib olib, ustama foizlari bilan qaytarishni va'da qilgan firibgar ushlandi Yangiyo‘l tumanida 2016 yilning may oyidan shu kunga qadar bir necha fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste'mol qilib, moddiy manfaatdorlik evaziga olgan pullarini ustama foizlari bilan qaytarib berishini aytib, firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi. Yangiyo‘l tumanida 1981 yilda tug‘ilgan M.M. firibgarlik yo‘li bilan, 1981 yilda tug‘ilgan A.I. va 1978 yilda tug‘ilgan O‘.E.larni ishonchini suiste'mol qilib, «12 bosh qora mollarini sotib olib, pullarni 12 oy muddatda ustama foizlari bilan qaytarib beraman» – deb aldab, A.I. va O‘.E.larga 62.000.000 so‘m pullarni shu kunga qadar bermagan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Hozirda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Pokistondagi masjid portlashida qurbon bo`lganlar soni 15 kishiga etdi Juma kuni Pokistonning Kvetta shahridagi masjidda yuz bergan portlashda  halok bo`lganlarning soni 15 kishiga etgani haqida xabar bermoqda tarjimon.uz.  IShID ushbu hujum uchunjavobgarlikni o`z zimmasiga olib, Pokistondagi Tolibonlarni nishionga olganini ma`lum qildi. «AQSh, ibodat qilinadigan joyda sodir etilgan ushbu jirkanch teraktni qoralaydi. Qurbon bo`lganlarning oilalariga hamdardlik bildiraman», dedi AQShning Pokistondagi elchisi Pol Jons. Ma`lumot uchun, Pokistonning Kvetta shahrida 7 yanvarda ham portlashlar sodir bo`lib o`tgandi.
2Dunyo
Toshkentda ikkita Captiva to‘qnashuvi oqibatida mashinalardan biri ag‘darilib ketdi (foto) Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 27-may, chorshanba kuni ikki Captiva ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda. Hodisa soat 12:45 larda Nukus va Kichik Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. 1987-yilda tug‘ilgan S.S. ismli erkak boshqaruvidagi Captiva Nukus ko‘chasidan Kichik Beshyog‘och ko‘chasiga burilayotgan haydovchi 1982-yilda tug‘ilgan A.M. ismli erkak boshqaruvida bo‘lgan Captiva bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv natijasida A.M. boshqaruvidagi Captiva ag‘darilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmda svetofor ham ag‘darilganini ko‘rish mumkin. YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Toshkentda Nexia va Tico to‘qnashuvi oqibatida 39 yoshli erkak vafot etdi Eslatib o‘tamiz, 13-may kuni Toshkentda ikkita Spark, 11-may kuni Andijonda ikkita Damas to‘qnashgan. Har ikkala YTHda ham mashinalardan biri ag‘darilib ketgandi.
0Avto
Kanadadagi otishmalarda ishtirok etishda gumonlanib bir kishi yo‘q qilindi Ottavada 22-oktabr, chorshanba kuni shahar markazida otishmalar uyushtirgan yovuz niyatli kishilarni qidirish bo‘yicha maxsus operatsiya davom etmoqda, deb yozadi Euronews. Hodisalar Birinchi jahon urushida halok bo‘lgan kanadaliklarga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlik yonida hamda parlament tepaligida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs yodgorlik yaqinida faxriy qorovul askarlarga qarata o‘t ochganidan so‘ng maxsus operatsiya boshlanib ketdi. Hujum natijasida askarlardan birini o‘ldirgach, jinoyatchi parlament binosi majmuasi hududiga kirib olishga muvaffaq bo‘lgan. Maxsus operatsiyalar davomida bir nafar gumonlanuvchi otib tashlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Kanadaning islom dinini qabul qilgan fuqarosi Maykl Zehaf-Bibo bo‘lgan. Ayni paytda maxsus operatsiya davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu hodisadan bir kun avval  Kanada ichki terrorchilik tahdidi past darajadan o‘rta darajaga chiqqanini e’lon qilgan edi. Bu yaqinda kanadalik harbiylarga hujum qilingani bilan bog‘liqdir. 20-oktabr kuni Kanadaning Kvebek provinsiyasidagi Sen-Jan-syur-Rishelye shahrida 25 yoshli Martin Rulyo o‘z mashinasi bilan mamlakat qurolli kuchlarining ikki harbiy xodimini urib ketgan va qochish jarayonida avtomobili ag‘darilib ketgan. U politsiya bilan otishma chog‘ida halok bo‘lgan. Keyinroq jabrlangan harbiylardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
2Dunyo
O‘zbekistonda mahalliy budjet hisobotlari tashqi auditdan o‘tkaziladi Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, endilikda viloyatlarning mahalliy budjetlari loyihalari Hisob palatasiga xulosa berish uchun taqdim qilinadi. Hisob palatasi mahalliy budjetlarning ijrosi bo‘yicha hisobotni tashqi auditdan o‘tkazadi. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi Hisob palatasi xulosasi asosida Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Tuman va shahar budjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi, ilgari 10 foiz edi. Rezident-yuridik shaxslarga budjet ssudalari va kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizidan kam bo‘lmagan foizda beriladi. Markaziy bank asosiy stavkasi bugungi kunda 14 foiz, budjet ssudalari va kreditlar 7 foizdan kam bo‘lmagan foizda beriladi.
8O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Ichki ishlar tizimini joy-joyiga qo‘ymasak, xalq bizga hech qachon ishonmaydi, islohotlar ham befoyda (video) O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni ichki ishlar tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar tizimini tartibga solmay turib, xalqning ishonchini qozonib bo‘lmasligini, islohotlarni amalga oshirish befoyda ekanligini ta’kidladi. Ichki ishlar organlari tizimidagi yillar davomida juda ko‘p muammolar to‘planib qolgani, ularga nisbatan aholimizda jiddiy e’tirozlar borligi hech kimga sir emas. Shuning uchun, bir necha marta, qayta-qayta shu sohaga e’tibor qaratyapmiz. Agar bu masalani tubidan, xalqimizni ishontirib hal qilmasak, birorta islohotni amalga oshirish befoyda. Bugun studiyalarda o‘tirgan hokimlar, IIB boshliqlari bitta masalaga javob berishi kerak: nima uchun shuncha qarorlar qabul qilinyapti-yu, nima uchun jinoyatchilik kamaymayapti? Ma’naviyat, ma’rifat, munosabat, javobgarlik o‘zgarmayapti. Bu ishlar vaqtincha deb o‘ylayapti. Vaqtincha emas! Bu tizimli, doimiy, juda katta nazoratda bo‘layotgan ish. Agar biz, takror aytaman, mana shu sohani joy-joyiga qo‘ymas ekanmiz, odamlar, xalqimiz bizga hech qachon ishonmaydi. Odamlarga birinchi galda tinchlik kerak. Tinchlikni bevosita ta’minlab beradigan esa ichki ishlar idoralaridir. Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti O‘zAning xabar berishicha, yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari muhokamadan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olib, yig‘ilishda ko‘tarilgan va sohadagi mavjud boshqa kamchiliklarni bartaraf etish yo‘lida astoydil harakat qilishini ta’kidlagan.
8O‘zbekiston
“Soliq va budjet siyosatining 2019-yilgi asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-448-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni l O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-dekabrda kiritilgan “Soliq va budjet siyosatining 2019-yilgi asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-448-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
Ahmadobod shahrida 4 qavatli turar joy binosi qulab tushdi Hindistoning g`arbiy Ahmadobod shahrida 4 qavatli turar joy binosi qulab tushdi, deb xabar bermoqda RT.com nashri. Xabarlarga ko`ra, taxminan 10 kishi halok bo`lgan. Hozirda vayronalar ostida qolganlarni qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Voqeaning ro`y berish sabablari noma`lum.
2Dunyo
Toshkentda mushukni derazadan uloqtirgan bolaning shaxsi aniqlanib, otasiga jarima solindi Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigit maktabning 3-qavati derazasidan mushukni uloqtirgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holatni o‘rganib, bu bo‘yicha munosabat bildirdi. Aniqlanishicha, mushukni maktab derazasidan uloqtirgan yigit R. Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 17 yoshli o‘quvchisi X.O. bo‘lgan. Huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilganligi sababli uning otasi, 46 yoshli U.E. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan jarimaga tortilgani aytilmoqda. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati. Ota va o‘g‘il bilan hayvonlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, o‘smir tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik haqidagi ma’lumotlar hokimlik huzuridagi voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limiga o‘tkazilgan. Qayd etilishicha, holatni telefon orqali tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan musiqa maktabining 16 yoshli o‘quvchi Sh. A. va uning ota-onasi bilan ham suhbat o‘tkazilgan. Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar davom etmoqda.
5Jamiyat
Bojхona хizmati toʻgʻrisidagi qonun yangilandi «Davlat bojхona хizmati toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi (18.10.2018 yildagi OʻRQ-502-son). Hujjat oldingi versiyasiga qaraganda ancha: 14 moddadan 37 moddagacha kengaytirildi. Xususan, yangi tahririga quyidagilar kiritildi: Qabul qilingan qonun bojхona organlari faoliyatini isloh qilish jarayonining mantiqiy davomi boʻldi. Eslatib oʻtamiz, joriy yilda quyidagi hujjatlar qabul qilindi: a) Prezidentning 12.04.2018 yildagi PF–5414-son Farmoni, u bilan Davlat bojхona хizmati organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan; b) Prezidentning 12.04.2018 yildagi PQ–3665-son «Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori; v) Prezidentning 29.06.2018 yildagi PQ–3818-son «Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojхona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori. Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 19.10.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
10Qonunchilik
Qozog‘istonda qor ko‘chkisi ostida qolgan harbiylarning oilalariga 22 ming dollargacha kompensatsiya puli to‘lanadi Qozog‘istonda qor ko‘chkisi ostida qolgan harbiy xizmatchilarning oilalariga 22 ming dollardan kompensatsiya puli to‘lanadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. “Har bir oilaga besh yillik pul ta’minoti miqdorida bir martalik kompensatsiya puli to‘lanadi”, — dedi Qozog‘iston mudofaa vaziri Saken Jasuzakov. “RIA Novosti” axborotiga ko‘ra, kompensatsiya pulining miqdori 4 million tangadan 7 million tangagacha (12,6 ming dollardan 22 ming dollargacha) yetadi. Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Jambil viloyatida yuz bergan qor ko‘chkisi oqibatida yetti nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
2Dunyo
Kanadada sayyohlar avtobusi to‘ntarilishi oqibatida 26 kishi jarohat oldi Kanadada sayyohlar avtobusi to‘ntarilishi oqibatida 26 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda CBC telekanali xabar bermoqda. Avtobus Ottava yaqinidagi Dinbig shahridan ketayotganda to‘ntarilib ketgan. Oqibatda avtobusdagi 50 yo‘lovchidan 26 nafari jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Ma'lum qilinishicha, ikki kishining ahvoli og‘ir. Hozircha avtobusning to‘ntarilishiga nima sabab bo‘lgani noma'lum. Politsiya voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.
2Dunyo
Qayerda ingliz tili va IELTS kurslarida o‘qib, xalqaro va milliy oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rish mumkin? Zamon — til bilganniki. Qancha ko‘p xorijiy tilda muloqot qila olsangiz, shuncha yaxshi. Hech bo‘lmasa, ingliz tilini mukammal bilish davr talabi — bu til bilimdoni uchun chet eldagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarining eshiklari ham ochiq, ayni vaqtda, bu ko‘pchilik ishlashni orzu qilgan katta tashkilot va korxonalarning xodimiga aylanish uchun yetarli asos bo‘la oladi. Xorijiy tillarni o‘rganishning erta-kechi yo‘q. Muhimi, bu borada dadil qaror qabul qilib, til o‘rganish yo‘lida katta yordam bera oladigan malakali o‘qituvchi-murabbiylarni topishdir. Bu borada asosan ingliz tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan Opal Education nodavlat ta’lim markazi tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar Sizga qo‘l kelishi mumkin. Opal Education’ning boshqa turdosh ta’lim maskanlaridan asosiy farqi, u o‘z mijozlariga ikki xil ko‘rinishdagi ta’lim tizimini taklif qila oladi — xohlovchilar haftada besh kunlik (dushanbadan jumaga qadar) yoki haftasiga uch kunlik dars jadvalini tanlashi mumkin. Markazda yetakchi universitetlarda tajriba orttirgan malakali o‘qituvchilar bo‘lib, bari maxsus treningdan o‘tgan. Ham guruh, ham individual mashg‘ulotlar olib borish ko‘nikmasiga bu o‘qituvchilarning ishini Angliyada besh yil tahsil olgan va ayni vaqtda Opal Education’ga rahbarlik qilayotan Jamil Jumanov nazorat qilib boradi. Opal Education’da nafaqat ingliz tilini o‘rganish, balki milliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalari, xususan, hozirgi kunda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Vestminster universiteti, Turin politexnika unirvesiteti, Inha universitetining kirish imtihonlariga ham zarur darajada tayyorgarlik ko‘rish imkoni bor. Bu yerda olti oy o‘qib, IELTS’dan 8 ball olgan o‘quvchilar bo‘lganini hisobga olsak, o‘quv markazi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, uch oylik ta’lim davomida markaz o‘quvchilari IELTS’dan odatda 7—7,5 ball, kamida 6 ball to‘play oladi. Quruq so‘z yodlash va diktant yozish bilan tilni mukammal o‘rganib bo‘lmaydi, albatta. O‘quvchilarda muloqot uchun qo‘shimcha sharoitlar bo‘lishi uchun har haftaning shanba kuni Speaking Club faoliyat yuritadi, ingliz tilida bir necha seans davomida filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi. O‘quv qo‘llanmasi va lug‘atlar bilan cheklanib qolishni istamaydigan tirishqoq talabalar esa markazning faqat ingliz tilidagi kitoblardan tashkil topgan boy kutubxonasidan foydalanishi mumkin — kitoblarni uyga olib ketsa ham bo‘ladi. A’lochi o‘quvchilarda Opal Education o‘quv markazida bepul bilim olish imkoni ham bor — har oy olinadigan imtihonlarda 95 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi va keyingi o‘quv oyi to‘lovi uchun 100 foizlik chegirmani qo‘lga kiritadi. Shunday chegirmani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxati bilan Opal Education’dagi “A’lochilar burchagi”da tanishish mumkin — balki yaqin vaqt ichida aynan Sizning suratingiz shu burchakda paydo bo‘lar? Ingliz tilida erkin so‘zlashishni o‘rganishga qaror qilgan bo‘lsangizu, maqbul o‘quv markazini topolmay ikkilanayotgan bo‘lsangiz — Opal Education’ga marhamat! Xizmatlar litsenziyalangan. Opal Education nodavlat ta’lim muassasasi xizmat ko‘rsatadi.
8O‘zbekiston
Toshkentda kuchli yomg‘ir quymoqda (foto va video) 3-iyun kuni Toshkent shahrida kuchli jala va do‘l kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning yomg‘ir chog‘idagi manzarasi aks etgan foto va videolar paydo bo‘lmoqda.
8O‘zbekiston
Radada rossiyalik ayollarning Ukrainaga kirishini taqiqlash taklif etildi Ukraina oliy radasining milliy mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi, “Xalq fronti” fraksiyasi deputati Andrey Teteruk Ukrainaga Rossiya pasportiga ega ayollarni kiritishni taqiqlashni taklif qildi. Uning fikricha, hukumat bolalar va pensiya yoshidagilardan tashqari, Rossiyaning deyarli barcha erkak aholisini non grata personalari deb e'lon qilib, chala qaror qabul qilgan. Shu sababli deputat Ukraina chegarasini rossiyalik ayollarga ham yopish kerak, deb hisoblamoqda. 30 noyabrda Kiyev Moskva Ukrainada “xususiy armiyalar” otryadlarini shakllantirmasligi uchun 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan rossiyalik erkaklarning Ukrainaga kirishini chekladi. Shu sababli Ukraina chegarasidagi nazorat o‘tkazish punktlarida chegaraning kesib o‘tilishi ortidan nazorat kuchaytirilgan.
2Dunyo
Olmaotada amaldorlari sovg‘alardan voz kechib fleshmob tashkil qildi Olmaota viloyati davlat xizmatchilari sovg‘alardan voz kechib, internetda #mensiyliqalmaymin fleshmobini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi. Qozog‘iston Respublikasining davlat xizmatlari va korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi hududiy departamenti Olmaota viloyati Iqtisodiyot va budjetni rejalashtirish boshqarmasi xodimlari bilan davlat xizmatchilarining sovg‘alarini topshirish tartibini muhokama qildi. “Har bir halol va o‘zini hurmat qilgan davlat xizmatchisining burchi sovg‘ani olgan yoki aniqlagan kunidan boshlab yetti kun ichida uni Olmaota davlat mulki va xususiylashtirish Departamentiga topshirishdir”, — deydi davlat xizmatlari va korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi xodimi Simat Israypulova. Davlat mulki departamenti yetti kun ichida sovg‘ani baholashni amalga oshiradi, shundan so‘ng oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha mahsulotni xarid qilish mumkin bo‘ladi. Rad qilingan taqdirda sovg‘a uchinchi shaxsga sotiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, sovg‘a ko‘rinishidagi mol-mulkni vakolatli organga to‘liq va (yoki) o‘z vaqtida topshirmasa, ushbu harakatlarda jinoyat belgisi mavjud bo‘lmasa, ma’muriy-huquqiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
2Dunyo
Golden Boy sovriniga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi Italiyaning Tuttosport nashri Yevropada yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisiga topshiriladigan Golden Boy sovriniga da’vogarlar yigirmatalik ro‘yxatini e’lon qildi. G‘olib 14-dekabr kuni e’lon qilinadi. Golden Boy — 2020 sovriniga da’vogarlar ro‘yxati bilan tanishing: Mitchel Bakker (PSJ), Eduardo Kamavinga (“Renn”), Jonatan Devid (“Lill”), Alfonso Devis (“Bavariya”), Serjinyo Dest, Ansu Fati (ikkisi — “Barselona”), Fabiu Silva (“Vulverhempton”), Fil Foden, Ferran Torres (ikkisi — “Manchester Siti”), Meyson Grinvud (“Manchester Yunayted”), Rayan Gravenberh (“Ayaks”), Erling Holand, Jeydon Sancho (ikkisi — “Borussiya D”), Kallum Hadson-Odoi (“Chelsi”), Deyan Kulusevski (“Yuventus”), Rodrigo Goes, Vinisius Junior (ikkisi — “Real”), Bukayo Saka (“Arsenal”), Dominik Soboslai (“Zalsburg”) va Sandro Tonali (“Milan”). Ma’lumot uchun, Tuttosport tomonidan tashkil etilgan sovrin har yili 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchiga taqdim etiladi. 2019-yilda sovrin “Atletiko” hujumchisi Joau Feliksga topshirilgandi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Fazliddin G‘oibnazarov Shohjahon Ergashevga mag‘lub bo‘lgan bokschi bilan jang qiladi Rio Olimpiadasi chempioni, ayni paytda professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi. Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 11 may kuni o‘tadigan boks oqshomida G‘oibnazarov amerikalik Maykl Foksga qarshi jang olib boradi. Ushbu qarama-qarshilik Arizonada o‘tishi belgilangan. Maykl Foks shu yilning 15 fevral kuni boshqa bir bokschimiz Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Ta'kidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida g‘alaba qozongan. “Biz bo‘lajak bahsga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi g‘alabam bilan barcha boks muxlislarini xushnud etaman”, – dedi Fazliddin G‘oibnazarov. Eslatib o‘tamiz, G‘oibnazarov shu paytgacha professional boksda 7 bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
13Sport
Bill Geytsning otasi vafot etdi Amerikalik advokat, filantrop va Microsoft korporatsiyasi asoschisining otasi katta Bill Geyts 95 yoshida Sietl yaqinidagi uyida vafot etdi. Bu haqda kichik Bill Geyts o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi. The New York Times’ning yozishicha, katta Geyts Alsgeymer kasalligidan aziyat chekib kelgan. “Otamning o‘limi — oilamiz va uning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab insonlar uchun og‘ir judolik. Otam uzoq va favqulodda sermazmun hayot kechirdi. Hech qachon undan donolik, mehribonlik va kamtarlikni o‘rganishni to‘xtatmaganman. Melinda ikkimiz uning oldida qarzdormiz, chunki uning jamiyatga xizmat qilishga bo‘lgan intilishlari shaxsiy xayriyamizni ochishimizga ilhomlantirgan. Ko‘p bora aytganimdek, otam haqiqiy Bill Geyts edi. Otam men unga o‘xshashga harakat qilayotgan inson edi”, — deb yozadi milliarder.  Bill Geyts Uorren Baffettning 90 yoshga to‘lishi munosabati bilan uning portreti tushirilgan tort pishirdi (video)
2Dunyo