text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Turkiyada karantin cheklovlari mart oyidan yumshatiladi — Erdo`g`an Turkiyada koronavirusga nisbatan cheklov choralari mart oyidan boshlab, epidemiologik vaziyatga qarab, bosqichma-bosqich yumshatiladi, dedi Turkiya prezidenti Toyyib Erdo`g`an. Bu haqda Ria Novosti yozmoqda.  Turkiyada ish kunlari soat 21:00 dan 5.00 gacha, juma kuni soat 21:00 dan dushanba soat 5.00 gacha komendantlik soati mavjud. Bundan tashqari, Turkiyada hamma joyda niqob rejimini va ijtimoiy masofani saqlash zarur. Restoranlar, kafelar, tungi klublar va boshqa ko`ngilochar muassasalar yopiq. "Koronavirusga qarshi kurashning dinamikasi va yutuqlarimizga asoslanib, mart oyining boshida biz cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni boshlaymiz. Biz mintaqalarni to`rtta toifaga ajratamiz - yuqori xavfli, o`rtacha, o`rta va past. Ushbu guruhlar alohida ajratilishi kerak. Shunga ko`ra, bir viloyatlardagi holatdan kelib chiqib, dam olish kunlari komendantlik soatini bekor qilib boramiz", - dedi Erdo`g`an Anqarada jurnalistlarga. Uning qo`shimcha qilishicha, yaqin kunlarda restoran, kafe va boshqa ovqatlanish maskanlarini ochish bo`yicha yo`l xaritasi jamoatchilikka ma`lum qilinadi. Uning so`zlariga ko`ra, Turkiyada allaqachon 5,5 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlangan. "Shunchalik ham bo`lishi mumkinmi?" Dunyo andoza olishi mumkin bo`lgan Turkiyada nimalar hayratlanarli?
2Dunyo
Belgiyada 3D-printer yordamida ikki qavatli uy yaratildi (video) Belgiyalik mutaxassislar 3D-printer yordamida ikki qavatli uyni qurishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi TCh kanali. Kadr: YouTube Mazkur inshoot 3D texnologiyasi yordamida yaratilgan dunyodagi eng yirik ikki qavatli uy hisoblanadi. Uni yaratish uchun 8 soatli smenada 15 kun davomida ish olib borilgan bo‘lib, bino 90 kvadrat metr joyni egallagan. Uyning barcha devorlari betondan ishlangan va ular texnika yordamida avtomatik ravishda ko‘tarilgan. Standart texnologiyalar yordamida qurilgan shu turdagi uylar narxi 100 ming yevro turadi. 3D yordamida yaratilgan uy esa ikki barobar arzonga tushadi, biroq avtomatning narxining o‘zi 300 ming yevroni tashkil etadi. E’tiborli jihati, printerni yosh bola ham ishlata olishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Xitoyda 3D-printer yordamida 500 metrli devor chop etilgan edi.
14Texnologiya
Uy olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi – IIV Buxoro shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar tarqatdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi. Qayd etilishicha, 19 aprel kuni I.K. shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2012 yil aprel-may oylarida Chorbakov ko‘chasida yashovchi Sh.N. va Hamza ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, A.N. unga O.Eshonov ko‘chasida joylashgan 2 xonali uyni nomiga rasmiylashtirib berishni va'da qilgan. Ular ushbu shaxsdan 18 ming 200 AQSh dollari pullarini firibgarlik yo‘li bilan olib, bergan va'dalarini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklari ma'lum bo‘lgan.  Sh.N. va A.N. ushlangan.
5Jamiyat
Haftaning qiziqarli fotosuratlari “Interfaks” agentligi haftaning qiziqarli suratlari jamlanmasini tayyorladi. Shablidagi tokzorlarni bahorgi keskin sovuqlardan himoya qilish tadbirlari, Fransiya. Quddusning Eski shaharidagi bodi-artchi model. Yaponiyaning Shelter kompaniyasi rahbari Seyitiro Nishimoto o‘zining Osakadagi uyida qurilgan yadroviy bunkerda. Tokiodagi robotlashtirilgan dinozavrlar ko‘rgazmasi. Mamlakatning tub-joy aholisiga tegishli yerlar himoyasi uchun namoyishga chiqqan braziliyalik hindu. Krasnoyarsk hayvonot bog‘idagi urg‘ochi oq ayiq, Rossiya. Tokioda tashkil etilgan jamoaviy bahslar bo‘yicha jahon chempionatida qatnashayotgan figuristlar — Vanessa Jeyms va Morgan Sipre. And tog‘laridagi muzliklar, San-Xuan viloyati, Argentina. Gang daryosidagi cho‘milish, Kalkutta, Hindiston. G‘azo sektoridagi asalarichilik fermasi xodimlari. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
2Dunyo
Discover Invest qurilish kompaniyasi ishga taklif etadi Discover Invest O‘zbekiston qurilish bozoridagi peshqadam kompaniya bo‘lib, 10 yillik faoliyati davomida 70 dan ortiq yirik arxitektura loyihalarini amalga oshirdi. Barqaror rivojlanayotgan Discover Invest o‘z safiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha iqtidorli mutaxassislarni izlamoqda: Discover Investʼda o‘z salohiyatingizni ro‘yobga chiqaring va yurtimizning arxitekturasi rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shing! Batafsil ma'lumot: (+99895) 475−40−00, (+99895) 475−20−00 Rezyume uchun E-mail: cv@di.uz
5Jamiyat
Qoraqalpog`iston DSB boshlig`i birinchi o`rinbosarining jinoyati bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi Ijtimoiy tarmoqlarda  “Qoraqalpog`iston DSB boshlig`ining birinchi o`rinbosari hududiy DSI boshliqlaridan pul olganligi, davlat va jamiyat manfaatlariga 31,5 mlrd so`m zarar etkazilishiga sababchi bo`lganligi, prokuratura taqdimnomasiga ko`ra unga nisbatan intizomiy chora ko`rilishi belgilanganligi” haqidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi ma`lumot taqdim etdi.  Keltirilishicha, sudlanuvchi Yu.S.ga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Nukus shahar sudi tomonidan mazmunan ko`rib chiqilib, sudning 18.04.2022 yilgi xukmiga ko`ra Yu.S. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan.  Unga JKning 45-moddasi qo`llanilib, 1 yil 6 oy muddatga Soliq organlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, har oylik ish haqisining 20 % davlat daromadiga ushlash yo`li bilan 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
5Jamiyat
Akmal Saidov: «​Ibodat libosi» masalasida keng jamoatchilik fikri inobatga olinishi kerak​ Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi rahbari «jamoat joyida ibodat libosida yurishni taqiqlash» masalasida​​ keng jamoatchilikning fikri inobatga olinishi zarur, deb biladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, yuridik fanlar doktori Akmal Saidov Xalqaro-press klubning navbatdagi press-brifingida ma'lum qildi.  21 noyabr kuni Xalqaro-press klubda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligiga bag‘ishlagan Markaziy Osiyo xalqaro forumi oldidan tashkil etilgan press-brifing​ davomida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi rahbari​ Akmal Saidov Kun.uz muxbirining savoliga javob berib, «​Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»​gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqilayotganini ma'lum qilgan. «​Qonun loyihasi yangi tahrirda tayyorlanmoqda. Unda ko‘p arxaik qoidalar chiqarib tashlangan. Masalan, diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish erkinlashtiriladi, hisobot berish yengillashtirilgan, davlat boji miqdori ham kamaytirilgan. Eng muhimi, endi diniy tashkilotlar faoliyatini tugatish yoxud to‘xtatish masalasi faqat sud qarori bilan amalga oshirilishi belgilanmoqda»​, - deydi u. Akmal Saidovning aytishicha, «jamoat joyida ibodat libosida yurishni taqiqlash» masalasida ham ish olib borilmoqda. «Aslida, har millatning o‘z libosi bo‘lgan. Masalan, paranji bizda bo‘lgan, ammo musulmon davlatlarda paranji degan tushuncha yo‘q. Bu nuqtada milliy va diniy libos tushunchalari aralashib ketgan. Mening o‘ylashimcha, shu masala erkin bo‘lishi kerak», - deya fikr bildirgan markaz rahbari.  Saidov ibodat libosiga oid masalani jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama etishni taklif etmoqda. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi rahbari ushbu masalada faqat mutaxassislarning emas, balki keng jamoatchilikning fikri inobatga olinishi kerak, deb hisoblaydi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2019-yilda birinchi marta deflyatsiya qayd etildi 2019-yil iyun oyida O‘zbekistonda birinchi iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari umumiy darajasida pasayish kuzatilgani qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanib, Spot xabar berdi. Mazkur holat iyun oyida sodir bo‘lgan — narxlarning o‘rtacha darajasi pasaygan va deflyatsiya (inflatsiyaga qarama-qarshi jarayon) 0,5 foizni tashkil etgan. Tovarlar narxi oy davomida 0,8 foizga, xususan, oziq-ovqat tovarlari — 1,8 foizga tushgan. Nooziq-ovqat tovarlari — 0,6 foizga, xizmatlar esa 0,7 foizga o‘sgan. 2019-yilning yanvar—iyun oylari oralig‘ida tovar va xizmatlar narxida esa 5,6 foizga o‘sish kuzatilgan. 2018-yilning shu davriga nisbatan narxlarning o‘rtacha darajasi 13,6 foizga o‘sgan. Iyun oyi davomida asosan pomidor (57,2 foiz) va bodring (52,1 foiz) narxi tushgan. Undan keyingi o‘rinlarni karam (36,3 foiz), tarvuz (22,1 foiz) va qovun (10,7 foiz) egallamoqda. Piyoz, sitrus mevalar va qizilchaning narxida o‘sish sodir bo‘lgan.
8O‘zbekiston
Ayrim turdagi mevalar bojхona bojidan ozod qilindi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2021 yildagi “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narхlar barqarorligini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 627-son qarori qabul qilindi. Qarorga asosan quyidagi tovarlar 2022 yil 1 mayga qadar bojхona bojidan ozod qilinadi: Tovar TIF TN kodi bananlar, plantaynlar (yangi yoki quritilgan) 0803 yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya 0804 yangi yoki quritilgan sitrus mevalar 0805 yangi papayya 0807 20 000 0 yangi olma, nok va behi 0808 kivi 0810 50 000 0 Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi $32,8 mln ekvivalentida milliy valyutada hamda Moliya vazirligi 200 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlarni tijorat banklariga (ularning soʻrovlariga asosan) 2022 yil 1 iyulga qadar qaytarish sharti bilan foizsiz depozitga joylashtiradi. Kreditlar tijorat banklari tomonidan korхonalarga likvidli garov ta’minoti asosida oʻsimlik yogʻi, kartoshka, goʻsht (mol, qoʻy, parranda goʻshti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik 4%lik stavkada ajratiladi. Shuningdek, qaror bilan goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlarini, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni Oʻzbekistonga olib kirish, shuningdek, ularni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarini QQSdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.10.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
10Qonunchilik
Ronaldu: Yevro–2016 finali oldidan raqibning o‘ziga bo‘lgan ishonchidan foydalandik Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Fransiyaga qarshi Yevro–2016 finali oldidan nimalarni his qilganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda. “Uchrashuv oldidan chigalyozdi mashqlarini bajarishga chiqqanimizda Fransiya termasi a’zolari bo‘shashganini payqadim. To‘g‘ri, har bir futbolchining o‘yin oldidan jilmayishga haqqi bor, ammo raqib juda xursand ko‘ringandi. Ular xuddi finalda g‘alaba qozonib bo‘lgandek edi. Menimcha bu bizga ustunlik bag‘ishladi. Men jamoadoshlarimga: ‘Yigitlar, fransiyaliklar osonlikcha bizni yutadi deb o‘ylayapti, ammo bu bizning final bo‘ladi. Ular Portugaliyani yutish qiyin ekanini aytadi’ degandim. Raqibning xatti-harakatidan ular o‘ziga juda ishonib yuborganini ko‘rsatdi va men sardor sifatida bundan foydalandim”, – dedi Ronaldu. Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi final uchrashuvi davomida jarohat olib, maydonni tark etgandi. Shunga qaramay, Portugaliya qo‘shimcha bo‘limlarda Ederning goli evaziga Yevropa chempioniga aylandi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
13Sport
Taxt uchun kurash: Acer dizaynerlar va ishlab chiqaruvchilar qalbidan o‘rin olish maqsadida kurash boshladi 2019-yilning 11-aprelida Nyu-York shahrida Acer kompaniyasi masulotlariga oid yangiliklarni taqdim etdi va bozorga dizaynerlar, animatorlar, arxitektorlar, dastur ishlab chiquvchilari va boshqa kontent yaratuvchilari uchun mo‘ljallangan yangi ConceptD brendini chiqarishi haqida e’lon qildi. Mazkur kompaniya taqdim etgan ayrim modellarini O‘zbekistonga 2019 yilning sentabr oyida olib kirish rejalashtirilmoqda. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, o‘yinlar uchun mo‘ljallangan Acer kompyuterlarining 30 foizida o‘yinlar hech qachon o‘ynalmagan bo‘lib, ushbu kompyuterlarning quvvatidan professional masalalarni hal etish uchun foydalanilgan. Endi esa ijodiy kasb vakillari ular ehtiyojiga muvofiq keltirilgan o‘zining shaxsiy mahsulotlar qatoriga ega bo‘ldilar. Acer ConceptD quvvatli kompyuterlari Yuqori unumdorlikka ega Acer ConceptD shaxsiy kompyuterlari bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifalar bilan ishlash rejimida katta hajmda resurslar talab etadigan ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. ConceptD 900 top modeli murakkab vizual effektlar renderingi, 3D-modellash va simulyatsiyalar, sun’iy intellekt va chuqur o‘rganish texnologiyalari bilan muntazam ravishda ishlab boruvchilarga ma’qul keladi. Shuningdek, Acer ishini professional darajagacha ko‘tarishni xohlovchilar uchun narxi uncha qimmat bo‘lmagan, 4ta displey bilan ishlash imkoniyatiga ega ConceptD 500 kompyuterini ishlab chiqdi. Acer ConceptD shovqinsiz noutbuklari ConceptD quvvatli noutbuklar bilan ofisdan tashqarida, sevimli joyda ishlash mumkin. Shovqinni bosuvchi tizim hatto shovqin darajasi 40 dB gacha qat’iy cheklangan kutubxonada ishlash imkonini beradi. Shuningdek, dizaynerlar rang o‘tkazishning yuqori aniqligi va sur’atning a’lo sifatini ham qayd etmoqda. ConceptD 9 seriyasidagi oliy noutbuk 3D-modellash uchun ishlab chiqilgan. 4K UHD aniqlikka ega 17,3 dyuymli displey aylanadi, egiladi va suriladi. Wacom® EMR stilusi noutbukka magnit orqali mahkamlanadi va 4096ta bosim sezuvchanligi darajasini namoyish etadi. ConceptD 7 2D va 3D grafikasini yaratish va uni tahrir qilish uchun a’lo darajada to‘g‘ri keladi. Noutbukni o‘zi bilan olib yurish qulay: qalinligi 17,9 mm., 4K UHD aniqlikka ega 15,6 dyuymli displeyga ega noutbukning vazni atigi 2,1 kg. tashkil etadi. ConceptD 5 - 2D grafikada tez va oson ishlash uchun mo‘ljallangan noutbuk. Qalinligi 16,9 mm. bo‘lgan 13 dyuymli displeyli noutbukning vazni atigi 1,5 kg. tashkil etadi.Barmoq izlari datchigi ma’lumotlarning qo‘shimcha himoyalanishini ta’minlaydi. ConceptD monitorlari ConceptD professional monitorini tanlash hal etiladigan vazifalarga bog‘liq. Fotosuratlar va 2D grafika bilan ishlash uchun 32 dyuymli ConceptD CM7321K monitori, 3D dizaynerlar uchun esa 27-dyuymli ConceptD CP7271K monitori to‘g‘ri keladi. ConceptD OJO qo‘shma voqelik garniturasi Mavjud voqelikni virtual obyektlar bilan to‘ldirishni xush ko‘ruvchilar uchun Acer tomonidan ConceptD OJO garniturasi yaratildi. Virtual va haqiqiy dunyolarni yuqori darajada to‘liq birlashtirishga ko‘z qorachig‘i va displey o‘rtasidagi masofani sozlash funksiyasi hisobiga erishiladi, ushbu funksiya aniq tasvir olish imkonini beradi. Predator Orion 5000 o‘yin kompyuteri Ashaddiy geymerlar uchun Predator seriyasi Orion 5000 modeli bilan to‘ldirildi. Bunda kompyuter ko‘p joy egallamasligi uchun quvvatlar hajmi 30 litrlik korpusga joylashtirildi. Yuqori aniqlik talab qiluvchi o‘yin havaskorlari Predator keng formatli 43-dyuymli monitorni baholash imkoniga ega bo‘ladilar. 144 Gs yangilanish tezligi ekrandagi personajlar ravon va uzilishlarsiz harakatlanishini kafolatlaydi. Maxsus klaviaturaga ega Predator Helios 700 o‘yin noutbuki Predator Helios 700 Acer kompaniyasining 2019 yilgi eng innovatsion modeli bo‘ldi. Kuchaytirilgan ventilyatsiya va o‘yin jarayonida klaviaturadan foydalanish noqulayligi muammosi ishlab chiquvchilar tomonidan HyperDrift surilma klaviaturasi yaratilishi orqali kreativ tarzda hal etildi. Endi 17 dyuymli ekrandan uzoqlashib, klavishalarga yetish uchun qo‘llarni cho‘zish shart emas. Klaviatura surib chiqarilganda ikkita qo‘shimcha havo o‘tkazgich ochiladi. Nitro budjetli o‘yin noutbuklari Nitro — bu maqbul narxli o‘yin noutbuklaridir. 144 Gs yangilanish tezligi va 3 ms. ta’sirlanish vaqti o‘yin jarayonining ravonligi va uzilmasligini ta’minlaydi. Samarali sovitish uchun 2ta ventilyator va AcerCoolBoost™ texnologiyasi javob berib, u parraklar aylanishi tezligini 10 foizga tezlashtiradi, markaziy va grafika protsessorlarini sovutish darajasini esa avtomatik rejimdan farqli ravishda 9 foizga oshiradi. Acer Chromebook Ofisda va masofadan turib ishlovchi xodimlar o‘z e’tiborini Chromebook premium seriyasiga qaratishlari mumkin. Chromebook 714/715 “bulutli saqlagichlar” bilan samarali va xavfsiz ishlash uchun yaratilgan . Mazkur noutbuk orqali 12 soatgacha avtonom ish ta’minlanadi va ular barmoq izlari datchiklari bilan jihozlangan. Go‘yo foydalanuvchining to‘satdan g‘azablanish ehtimolini e’tirof etgan holda, ishlab chiqaruvchi noutbuk tarkibini zarbabardosh korpusga joylashtirib, ushbu korpus 122 sm. balandlikdan tushib ketishga va 60 kg. gacha bosimga chidamli. Travel Mate P6 mobil noutbuki Boshqa mamlakatlarga sayohat qilish va kutish zallarida uzoq vaqt bo‘lish holatlari uchun Acer tomonidan Travel Mate P6 ishlab chiqarildi. Mazkur model dizayni yengil va ultrayupqa bo‘lib (qalinligi 16,6 mm., vazni 1,1 kg.), 20 soat davomida avtonom tarzda ishlay oladi. Bunda agar siz hamrohingiz yoki o‘rindiqdagi qo‘shningizga ekrandagi tasvirlarni ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, 14 dyuymli displey 180 gradusga burilishini inobatga oling. Acer Aspire Agar siz oddiy hayot kechirib, noutbukdan oz-ozdan foydalansangiz, keng doiradagi masalalar uchun mo‘ljallangan noutbuklarning Aspire qatoriga e’tibor bering. Aspire 7 jadal foydalanuvchilar, dizaynerlar va kontent ishlab chiquvchilari uchun yaratilgan. Aspire 5 oilaviy foydalanish, shuningdek foto va multimedia bilan ishlovchi mutaxassislar uchun to‘g‘ri keladi. Aspire 3 noutbukdan uyda, ishda yoki o‘qishda foydalanuvchi faol insonlar uchun mo‘ljallangan. Noutbuk-transformer Acer Spin 3 Acer ham noutbuk, ham planshetga ehtiyoji mavjud foydalanuvchilar hayotini yengillashtirishda davom etmoqda. Displeyi 360 gradusga buriladigan yangi Acer Spin 3 vazni atigi 1,7 kg ni tashkil etib, 12 soat avtonom tarzda ishlay oladi. Bunda bir necha usulda ishlash mumkin - Spin 3’ga ma’lumotlarni qo‘lda yoki Acer Active Pen stilusi yordamida kiritish mumkin.
8O‘zbekiston
Tojikistonda Shavkat Mirziyoevga "Tojikiston qahramoni" unvonini berish taklif qilindi Tojikistonlik 70 yoshli Hoji Muhammadiso ota Shavkat Mirziyoevga "Tojikiston qahramoni" unvonini berish taklifini bildirib chiqdi. Bu haqda regnum.ru saytida yozildi.  Uning ma`lum qilishicha, Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Prezidenti bo`lganidan so`ng Tojikiston bilan o`zaro qo`shnichilik aloqalari tubdan o`zgargan, kutilganidan ham yaxshii darajaga chiqqan.   U kishining ta`kidlashicha O`zbek va Tojik xalqi ham yaxshi qo`shnichilik siyosatini qo`llagan. Shavkat Mirziyoev bilan Emomali Rahmon birgalikda uzoq yillar davomida yig`ilib qolgan muammolarni hal qilgan. O`zbekiston koronavirusga qarshi kurashida Tojikistonga eng ko`p yordam berayotgan davlat ham bo`lib turibdi. O`zbekiston rahbari bu mukofotga loyiq, degan u kishi "Aziya-Plyus" internet nashriga. Eslatib o`tamiz, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon O`zbekistonga 2018 yilgi tashrifi chog`ida "El-yurt hurmati ordeni" bilan taqdirlangan.
12Siyosat
O‘zbekistonda xususiy tug‘ruqxonalar tashkil etiladi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot”. Qaror bilan xususiy tibbiyot muassasalari uchun tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi. Bunda, tug‘ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug‘ullanishga faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini ta’minlay oladigan va belgilangan talablarga javob beradigan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi. Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-martga qadar sog‘liqni saqlash va FHDYo organlari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturi takomillashtiriladi. 2020-yil 1-iyuldan boshlab Elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturi barcha tug‘ruqni qabul qilish muassasalarida yuritilishi majburiy hisoblanadi.
8O‘zbekiston
Qashqadaryoda o‘zini zo‘rlamoqchi bo‘lgan qo‘shnisini o‘ldirib qo‘ygan ayolga jinoiy ish ochildi Ijtimoiy tarmoqlarda «Qotil xomilador kelinmi? Qashqadaryo Chiroqchi. Prokuratura nimani yashiryapti?» nomli videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi izoh berdi. Ma’lum qilinishicha, 25 iyun kuni Chiroqchi tumani, «Langar» MFY, «To‘laqul» qishlog‘ida yashagan marhum J. A. qo‘shnisi homilador N. J. ga nisbatan kuch ishlatib, uni jinsiy aloqa qilishga undagan. Yuzaga kelgan holatda o‘z nomusini himoya qilgan ayol yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan J. A.ga bir marotaba zarba bergan. J. A. yetkazilgan tan jarohati natijasida vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan. Tergov davomida marhum J. A.ning o‘limi yuzasidan Chiroqchi tumani prokurori tomonidan «Langar» qishlog‘ida aholi va jabrlanuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan. Marhumning yaqinlari tuman prokuraturasida bir necha marotaba qabul qilingan. Ularning jinoyatga N. J.ning akasi va otasining ham aloqasi borligi haqidagi taxminlari dastlabki tergovda tekshirilganda o‘z tasdig‘ini topmagan. Tergov yakuniga ko‘ra, N. J. ga JKning 97-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, 7 sentabr kuni jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan. Jinoyat ishi hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudida ko‘rilmoqda. Avvalroq marhum J.A.ning yaqinlari prokuror bilan uchrashish maqsadida g‘alayon ko‘targani haqida yozgan edik.
5Jamiyat
«Asaka» Bank rahbariyati xorazmlik tadbirkorlar bilan uchrashdi – yutuqlar, kamchiliklar, muammolar muhokama qilindi O‘zbekistonning eng yirik banklaridan biri «Asaka» Bank ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari Sa'dulla Talibdjanov 24 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida bank mijozlari, tadbirkorlar bilan uchrashdi. Tadbirda «Asaka» Bank tomonidan mijozlarga yaratilayotgan qulay xizmat turlari haqida axborot berildi, sohadagi yangiliklar muhokama qilindi. Bu uchrashuvdan asosiy maqsad – mijozlarga ko‘maklashishdan iborat ekanligi ta'kidlandi. Sayyor qabulda turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, bank mijozlari ishtirok etib, o‘z muammolari va qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Murojaatlar va takliflarning aksariyati shu yerning o‘zida hal qilindi. Tadbirda korxonalar vakillari, tadbirkorlar so‘zga chiqib, ko‘p yillar davomida «Asaka» Bank xizmatidan mamnuniyat bilan foydalanayotgani, kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishda «Asaka» bank bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdilar. Sayyor qabul davomida yuridik va jismoniy shaxslardan turli mazmundagi 24ta murojaat tushdi. Shundan 17 tasi joyida hal etildi. 2 nafar tadbirkorga tegishli maslahatlar berildi. 5 nafar tadbirkor tomonidan ko‘tarilgan masalani o‘rganib chiqish uchun vaqt talab qilingani sababli mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. «Asaka» bank – Sizning biznes faoliyatingizdagi ishonchli hamkoringiz! Murojaat uchun telefon: (+99871) 200-55-22 Veb-sayt: www.asakabank.uz Telegram: t.me/bank_asaka Facebook: fb.com/bankasaka Instagram: @asaka_bank
5Jamiyat
Putin, Merkel, Olland va Poroshenko oktabr oyida Parijda uchrashishga kelishib oldi Rossiya, Fransiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin, Fransua Olland, Pyotr Poroshenko hamda Germaniya kansleri Angela Merkel 9-sentabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida "Normand shakli" doirasidagi  faoliyatni jadal davom ettirishga kelishib oldi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib, "TASS" xabar bermoqda. Muloqotda 12-sentabr kuni Berlinda to‘rtta davlat tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari o‘tkazilishi, 2-oktabr kuni esa Parijda Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina yetakchilarining shaxsiy uchrashuvini o‘tkazish masalasida bir to‘xtamga kelindi. Shuningdek, keyingi paytda Ukraina janubi-sharqida o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga rioya etilayotgani ma’qullandi.
2Dunyo
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida qirg‘oqdan ajralgan muz bo‘lagi dengizga 55 kishini olib ketdi Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi, Vanino porti yaqinidagi Muchka qo‘ltig‘ida baliqchilar bo‘lgan katta muz bo‘lagi qirg‘oqdan ajraldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. “Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muz bo‘lagida 55 kishi va 28 ta avtomobil bor. Hodisa joyiga qutqaruvchilar bo‘lgan ikkita aerobot yuborilgan. Vanino posyolkasidan muz bo‘lagini qirg‘oqqa tortish uchun ikki buksir yo‘lga chiqdi”, — deya ta’kidlanadi Favqulodda vaziyatlar vazirligining mahalliy boshqarmasi tomonidan tarqatilgan xabarda. Xabarovskda bortida qutqaruvchilar bo‘lgan Mi-8 vertolyoti parvozga shay turgani bildirilmoqda.
2Dunyo
SANOAT MULKI OBYEKTI PATENTINING AMAL QILIShINI TIKLASh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi O‘RQ–164-son Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-yil, 19-son, 143-modda) (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash tartibini belgilaydi. 1. Qonunning 281-moddasiga muvofiq patentni o‘z kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda to‘lanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki obyekti patentining (bundan buyon matnda Patent deb yuritiladi) amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra tiklanishi mumkin. 2. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e’tiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugagunga qadar topshirilishi mumkin. 3. Patentning amal qilishini tiklash uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi. 4. Patentning amal qilishini tiklashga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi yoki patent vakili tomonidan amalga oshiriladi. 5. Patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma mazkur Qoidalarga ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha taqdim etiladi. Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi ko‘rsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi. 6. Patent egasining patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Qonunning 34-moddasiga muvofiq patent egasi tomonidan, shuningdek tegishli yilda patentni o‘z kuchida saqlab turish uchun patent boji to‘lanishi hamda bu haqda ham iltimosnomaga tegishli hujjat ilova qilinishi lozim. Patentning amal qilishini tiklash va patentni o‘z kuchida saqlab turish uchun boj to‘langanlik holati bitta to‘lov hujjati bilan tasdiqlanishi mumkin. Belgilangan miqdorda patent bojlari to‘langanligini tasdiqlovchi yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, iltimosnomani ko‘rib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi. 7. Zaruriyat bo‘lganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. 8. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlikka bevosita beriladi yoki pochta orqali yuboriladi. 9. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddat ichida barcha kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularni ushbu Qoidalarning 1 — 8-bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi. 10. Ushbu Qoidalarning 5 — 7-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan kerakli hujjatlar mavjud bo‘lmagan va/yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga yoki uning vakiliga mavjud bo‘lmagan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi to‘g‘risida so‘rovnoma yuboriladi. Bunda iltimosnomani ko‘rib chiqishning belgilangan muddatining o‘tishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar to‘xtatib turiladi. 11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi tiklanadi. Patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli Davlat reyestriga kiritiladi va Vazirlikning rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi. Patent egasiga yoki uning vakiliga patentning amal qilishi tiklanganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi. 12. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Vazirlik patent egasiga yoki uning vakiliga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi to‘g‘risida rad etish asoslari ko‘rsatilgan bildirishnoma yuboradi.
10Qonunchilik
Italiyadagi mashxur sirkda itlar panda qilib ko`rsatilgani ma`lum bo`ldi Chau-chau zotiga mansub bo`lgan itlarning tashqi ko`rinishi xuddi pandalarni eslatadi. Rangi va dum qismi, to`rt oyoqlab tez yura olishi ularni pandalardan ajratib turadi, deyish mumkin. Italiya sirklarining birida bundan "unumli" foydalanishdi. Italiyaning Breshia shahri polisiyasi sirk tarkibida mavjud bo`lgan itlarni panda sifatida odamlarga namoyish qilinganini aniqlashdi. “Orfey” nomli sirk vakillari itlarni bo`yoqlar yordamida panda ko`rinishiga keltirishgan va sirkka kelgan tomoshabinlarning ular bilan suratga tushishga taklif qilishgani ma`lum bo`ldi. Ayni damda chau-chau zotiga mansub har ikki it ham o`z egalaridan olib qo`yilgan. Ularning umumiy ahvoli yaxshi, biroq ko`zlari qizargan. Mutaxassislarning fikrlariga qaraganda, bu ularni bo`yashda ishlatilgan bo`yoqlar va suratga olish apparatlaridagi nur chiroqlarning ta`siri bo`lishi mumkin. Polisiya itlarning Vengriyadan noqonuniy yo`l bilan keltirilgani, sirk rahbarlariga nisbatan hayvonlarga beshafqatlik bilan munosabatda bo`lgani, shu bilan birga, it-pandalarning xujjatlaridagi yolg`on kiritmalar kiritilgani borasidagi ayblovini qo`yib, ularning ishini sudga oshirmoqchi.
2Dunyo
Murodjon Ahmadaliyev ikki yo‘nalishda jahon chempioni bo‘ldi O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bugun ikki yo‘nalish chempionligi uchun jang qilib, g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Olamsport xabar berdi. WBA va IBF yo‘nalishlari chempionligi uchun o‘tkazilgan jangda Murodjon amerikalik Daniel Romanga qarshi ringga ko‘tarildi. 12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Yakunda g‘olib ochkolar bo‘yicha hisoblandi. Unga ko‘ra hakamlar 113:115, 115:113: 115:113 hisoblarida Murodjon Ahmadaliyevning g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa, Ahmadaliyev o‘zbek boksi tarixida ikki yo‘nalishda chempion bo‘lgan ilk bokschiga aylandi. Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘zbekistonlik bokschilardan Artur Grigoryan va Ruslan Chagayev jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritgandi. Ammo, o‘zbekistonliklar ichida hali hech kim ikki yo‘nalishda chempionlik kamariga ega chiqmagandi.
13Sport
Samarqandda «Madaniyat markazi» binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi 4 martdan 5 martga o‘tar kechasi Samarqanddagi Madaniyat va istirohat bog‘idagi «Madaniyat markazi» binosining tomi uchib ketdi. Bu haqda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. Bu o‘sha vaqtda tumanda kuzatilgan kuchli shamol oqibatida yuzaga kelgan va «Go‘zalkent» mahallasidagi turar-joy binosi tom qismiga ham zarar yetgan. Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahridagi «Vatanparvar» mahallasi va ayrim ko‘chalardagi ko‘pqavatli binolarning tomi va yaqin atrofdagi avtomobillarga ham zarar yetgan. Shahar hokimligi mas’ul rahbarlaridan iborat guruh ta’mirlash ishlarini boshlab yuborgani ma’lum qilindi. Jabrlangan va jarohat olganlar yo‘q. Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Gazeta.uz» dam olish kunlari respublikada yog‘ingarchilik bo‘lishi, chang to‘zoni kuzatilish ehtimoli borligi haqida ham xabar bergandi. Shuningdek, O‘zbekistonda 5−9 mart kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi tufayli 9 ta viloyatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilingandi.
5Jamiyat
Belarus prezidentining O‘zbekistonga tashrifi paytida mintaqa forumi tashkil etiladi Joriy yilning sentabr oyida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Senat qo‘mita raisi Alisher Kurmanov ma'lum qildi. «Belarus Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi tegishli ishlarni olib bormoqda», deb ma'lum qildi Alisher Kurmanov.   Qo‘mita raisining xabar berishicha, Lukashenkoning tashrifi davomida O‘zbekistonda «O‘zbekiston-Belorus mintaqalari forumi» tashkil etiladi.  «Ushbu forum ikki davlat parlamentining kelishuvi asosida amalga oshirilmoqda. Forum mintaqa hayotiga oid iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni ko‘rib chiqishini inobatga olib, uni tashkil etish masalalari bevosita parlament nazoratiga olingan. Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshevning Minskka rasmiy tashrifi mobaynida muhokama etilgan hamda forumning birinchi ishi Belarus Respublikasi davlat rahbarining O‘zbekistonga tashrifi davomida bo‘lishi ma'lum qilindi. Forumning keyingi ishlarini odatiy tarzda tashkil etish rejalashtirilgan», deydi u. Eslatib o‘tamiz, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 20 iyul kuni Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qilgandi. Uchrashuvda e'tibor bo‘lajak O‘zbekiston-Belarus oliy darajali uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish, jumladan tashrifning kun tartibi va dasturi masalalariga qaratilgan. Avvalroq ushbu uchrashuv 12-14 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi ta'kidlangandi.  Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham shu yilning kuz faslida Toshkentga tashrif buyurishi ma'lum qilingan.​
8O‘zbekiston
Hindistonlik erkin kurashchi vafot etgan rossiyalik Besik Kuduxovning London–2012 dagi kumush medalini olishni istamadi Hindistonlik erkin kurashchi Yogeshvar Datt rossiyalik Besik Kuduxovning London–2012 Olimpiadasida qo‘lga kiritilgan kushum medalini olishni istamadi va sovrin Kuduxovning yaqinlarida qolishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda “Ren-TV”ga tayanib, TJournal xabar bermoqda. Yogeshvar bu haqda Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi hamda Kuduxov ajoyib kurashchi bo‘lganini aytib, unga bo‘lgan hurmatini izhor etdi. Medal bilan nima bo‘lishi noaniq. Olimpiya qoidalariga ko‘ra, medaldan mahrum qilingan sportchi uni qaytarishni istamasa, qabul qilib oluvchiga uning dublikati beriladi. Besik Kuduxov 2013-yilning 29-dekabrida, 27 yoshida avtohalokatda vafot etgan. Shu yilning 30-avgust kuni marhumning London–2012 da olingan doping namunasi ijobiy chiqqani va u kumush medalidan mahrum qilinishi ma’lum bo‘lgandi.
13Sport
Isroil YuNeSKO bilan aloqalarni uzdi Isroilning YuNeSKO ishlari bo‘yicha komissiyasi Isroil rahbariyati tomonidan yahudiy xalqining Quddus va uning muqaddas joylari bilan aloqasi borligining inkor etilishi sifatida qabul qilingan rezolyutsiyaga norozilik sifatida YuNeSKO bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda komissiya boshlig‘i, Isroil ta'lim vaziri Naftali Bennett ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  13 oktabrda YuNeSKOning ijrochi kengashi tasdiqlagan rezolyutsiyada Isroilning musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Al-Aqso (Al-Xaram ash-Sharif) masjidiga erkin kirishiga to‘sqinlik qiluvchi tajovuzkor harakatlari va noqonuniy choralari" tanqid qilingan. Shu bilan birga rezolyutsiya matnida ushbu masjidning yahudiycha nomi – Ibodatxona tog‘i va uning yahudiy udumlaridagi ahamiyati aytib o‘tilmagan. "YuNeSKO a'zolarining tarix va yahudiy xalqining Quddus va Ibodatxona tog‘i bilan ming yillik aloqasini inkor qiluvchi sharmandali qaroridan keyin men Isroilning YuNeSKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasiga bu xalqaro tashkilot bilan barcha professional faoliyatni to‘xtatishga ko‘rsatma berdim", deb aytildi Bennetning YuNeSKO bosh direktori Irina Bokova nomiga yo‘llagan maktubida.   Ta'kidlanishicha, YuNeSKO tomonidan sanab o‘tilgan Quddusdagi masjidlar qadimda vayron qilingan yahudiy ibodatxonalari vayronalarida qurilgan. Quddus – nasroniylar, musulmonlar va yahudiylar uchun muqaddas shahar hisoblanadi. Ibodatxona tog‘i Quddusning eski shaharida joylashgan.  Rezolyutsiyani YuNeSKOning 24 a'zosi qo‘llab-quvvatlagan, unga 6 a'zosi qarshi chiqqan va 26 a'zosi betaraflik bildirgan.  YuNeSKO ijroiya qo‘mitasi rezolyutsiya matnini keyingi haftada yalpi majlisda ko‘rib chiqadi.
2Dunyo
Britaniyada koronavirusning delta shtammdan ham yuqumliroq yangi turi tarqalmoqda. U Isroilda ham aniqlandi Buyuk Britaniyada mashhur delta shtammining yangi varianti — AY.4.2 tarqalmoqda, deb yozadi “RBK” Financial Times gazetasiga tayanib. Ushbu mutatsiya “hindcha” shtammga nisbatan 10—15 foizga yuqumliroq bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirdi Kembrijdagi Senger instituti hamda London universitet kollejining Genetika instituti mutaxassislari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada aniqlangan barcha kasallanish holatlarining qariyb 10 foizini yangi variant tashkil qilmoqda. U faol ravishda tarqalmoqda, ammo bu jarayon yil boshida Hindistondan olib kelingan delta variantga nisbatan sekinroq kechmoqda. Isroilda ham koronavirusning ushbu yangi variantiga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. “Bugun Isroilda AY.4.2 varianti aniqlandi, u Yevropaning bir nechta mamlakatlarida qayd etilgandi”, — deyiladi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. Kasallangan odam chet eldan qaytib kelgan voyaga yetmagan shaxs bo‘lib, Ben-Gurion aeroportida testdan o‘tkazilganda ma’lum bo‘lgan. Koronavirusning delta varianti 2020-yilning oktabrida Hindistonda topilgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shtamm iyun oyi o‘rtalariga kelib 90 dan ortiq mamlakatda qayd etilgan. Yuqumlilik darajasining yuqori ekani va cheklovlarning bir qismidan voz kechish uning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Tashkilot mutaxassisi Mariya van Kerkxovening ta’kidlashicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra delta varianti kasallikning og‘ir kechishi xavfini oshiradi. Biroq yangi shtammning boshqalariga qaraganda ko‘proq o‘limga sabab bo‘lishi haqida dalillar yo‘q. Iyun oyida Hindistonda koronavirus “hindcha” shtammining yangi varianti tarqaldi. Maxarashtra shtatida aniqlangan ushbu tur delta-plyus deb nomlandi. Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi zich joylashgan Maxarashtra, Kerala va Madxya-Pradesh shtatlari hokimiyatlarini delta-plyus xavfidan ogohlantirdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, delta-plyus o‘ta yuqumli bo‘lib, hatto uning tashuvchisi yonidan niqobsiz o‘tib ketish ham xavfli.
2Dunyo
Andijon va Xorazmda fuqarolarni 4000 dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi Andijon va Xorazm viloyatida 4 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar qildi. Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi A.X. oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanganidan foydalanib, firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirib qolish maqsadida fuqaro O.A.ning ishonchiga kirib, uni ushbu universitetning Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Yana bir holat departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.K. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida fuqarolar D.S. va Z.A.ning ishonchiga kirib, ularni Urganch davlat universitetining Jismoniy tarbiya va tasviriy san’at yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga mazkur universitetning 3-bosqich talabasi M.A. orqali 4000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
8O‘zbekiston
“Yulduzli janglar” sagasi kostyumlarining yaratuvchisi vafot etdi Britaniyalik kostyumyor, “Oskar” mukofotining ikki karra sohibi Jon Mollo 86 yoshida vafot eti. Bu haqda, The Sunday Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda. Oxirgi ma’lumotga qaraganda, rassom 25-oktabr kuni tomir demensiyasi oqibatida vafot etgan. Mollo birinchi navbatda “Yulduzli janglar” kinosagasi qahramonlarining kostyumlarini yaratgani bilan shuhrat qozongan. Kinosaganing Dart Veyder, malika Leya, Xan Solo, Obi-Van Kenobi va boshqa qahramonlari u tufayli o‘z mashhur ko‘rinishiga ega bo‘lgan. Kinoepopeyaning birinchi qismi — “Epizod IV: Yangi umid”dagi ishi uchun Mollo eng yaxshi dizayner sifatida “Oskar” olgan.
7Madaniyat
«Asaka» bank: Raqamli texnologiyalar mijozlar manfaati uchun xizmat qiladi 29 oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Raqamli bank: «Asaka» bankda ushbu tizimning dastlabki bosqichlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda ma'lum qilinishicha, mijozlarga sifatli xizmatni qulay tarzda taqdim etish maqsadida «Asaka» bank tizimida raqamli texnologiyalarning bir qator ko‘rinishlari joriy qilinmoqda. «Bank va uning mijozlari orasidagi munosabatlarning qulaylik va tezkorlikka asoslangan yangi yo‘nalishi bu raqamli bank hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Ularning barchasi smartfondan foydalanadi, internetdan foydalanadi. Ya'ni xizmat iste'molchilari eskicha fikrlashdan yiroq. Ular har qanday tashkilotning xizmatidan foydalanishda operativ va qulaylikni istaydi. Bank ham bundan mustasno emas. Shu bois bank xizmatlarini ko‘rsatishda ham raqamli texnologiyalardan foydalanish davr talabiga aylangan», – deydi «Asaka» banki boshqaruv raisi o‘rinbosari Boboxon Abdullayev.  «Asaka» banki mijozlar uchun dunyoning istalgan nuqtasida hamda istalgan vaqtda bank xizmatlaridan foydalana olish imkoniyatini yaratish maqsadida korporativ internet bank moduli – 24/7 rejimida masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bank axborot texnologiyalari departamenti boshlig‘i Umid Nabiyevning ta'kidlashicha, Asaka mobile dasturiy kompleksining mobil ilovasi ichki imkoniyatlari kengaytirildi. Mazkur tizim orqali kommunal, budjet, internet, mobil aloqa kabi amaliyotlarni bajarish yo‘lga qo‘yildi. «Shuningdek, mobil telefoni mavjud bo‘lmagan shaxslar ham bu qulayliklardan cheklovlarsiz foydalanishlari uchun internet tarmog‘ida My Asaka web dasturi ishga tushirildi», – deya ta'kidlaydi departament boshlig‘i. «Asaka» bank ijro apparati boshlig‘i Bekzod Tangmatovning ma'lumot berishicha, mijozlarga mablag‘ ajratishning yangicha usuli tatbiq etilmoqda. «Mijozlarga ma'lum muddatli mablag‘ ajratishning tahlillash moduli – Scoring yordamida bank o‘z mijozining to‘lov madaniyati haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lishi mumkin. Ya'ni mijoz tomonidan taqdim etilgan INN kod orqali u haqidagi ma'lumotlar – kommunal xizmatlardan qarzdorligi, ularga yondashuvi, jarima va turli ma'muriy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash-to‘lamasligi haqida axborot oladi. Shu ko‘rsatkichlar asosida mijozga beriladigan mablag‘ miqdori va foizi belgilanadi. Mijozning to‘lov madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa, uning bank tomonidan beriladigan qulay imkoniyatlarga ega bo‘lishi ehtimoli ham ortadi», – deydi Bekzod Tangmatov. Bank mas'ullarining ta'kidlashicha, bank tizimida xizmat sifatini oshirish uchun xodimlar ishiga baho berish – KPI tizimi ishga tushirilgan. Bunda bank xizmatchilari ishga kelib-ketgan soatlari uchun emas, balki mijozlarga qancha hajmda va qay darajada sifatli xizmat ko‘rsatganiga qarab rag‘batlantiriladi. Shuningdek, bankning korporativ tarmog‘ini yaxshilash uchun bank filiallarida shisha tolali kabel (VOLS) asosida ma'lumotlar almashish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Anjumanda qayd etilganidek, mazkur raqamli texnologiyalarning barchasi bank xizmatlarini yaxshilash va mijozlar manfaati uchun xizmat qiladi. «Asaka» bank – Sizning biznes faoliyatingizdagi ishonchli hamkoringiz! Call-markaz: 1152 Veb-sayt: www.asakabank.uz Telegram: t.me/bank_asaka Facebook: fb.com/bankasaka Instagram: @asaka_bank
5Jamiyat
Dorilarning xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish tartibi aniqlashtirilmoqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi. Davolash-profilaktika muassasalarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori preparatlari va tibbiy buyumlar, shuningdek O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash taqiqlanadi. Mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat'i nazar davolash-profilaktika dori vositalarini xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha rasmiylashtirishi, dori vositalar va tibbiy buyumlarni qabul qilish, saqlash va bemorlarning dori preparatlarini qabul qilish va qo‘llash bo‘yicha nazorat Sog‘liqni saqlash vazirligi dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalasini tartibga solish boshqarmasi va uning viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat'i nazar davolash-profilaktika muassasalarida belgilangan tartibda bemorga retsept bilan beriladigan dori vositalarini retsepsiz rasmiylashtirish taqiqlanadi. Bemorga tayinlangan dori preparatlari (dori preparatlarining xalqaro patentlanmagan nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi va boshqalar) uning tibbiy hisob hujjatlari (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasida) qayd qilinadi va bevosita davolovchi shifokor tomonidan imzolanadi. Dori preparatlari, shu jumladan, dorixonalarda ekstemporal usulda tayyorlanadigan dori preparatlari va tibbiy buyumlarini davolovchi shifokor tomonidan o‘z imzosi bilan tasdiqlangan qog‘oz ko‘rinishidagi retsept blankida va/yoki davolovchi shifokorning o‘z elektron imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklidagi retsept ko‘rinishida bemor nomiga rasmiylashtiriladi. Davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarga dori preparatlarini tayinlash tashxis va davolash standartlari asosida bir martalik, kunlik va kurs dozalarini aniqlash orqali kasallikning turi, og‘irligi va xususiyatiga hamda bemorning yoshini hisobga olgan holda davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda bemorga tayinlangan dori vositalarining asosliligi davolash-profilaktika muassasasining bo‘lim mudiri yoki navbatchi shifokori yoxud klinik farmakologi bilan kelishilishi lozim: bemorga bir vaqtning o‘zida besh va undan ortiq dori vositalari (dori vositasining turidan qat'i nazar) tayinlanganda; asosiy kasallikning asoratlari yoki hamroh kasalliklari mavjud bo‘lganda; dori vositalarining xavfli kombinatsiyalari mavjud bo‘lganda. Ushbu hollarda tayinlangan dori vositalarining asosliligi bemorning tibbiy hujjatlarida qayd etilishi va ushbu tibbiy hujjatlar bevosita davolovchi shifokor hamda mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan ham imzolanishi lozim. Davolovchi shifokor davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorga ushbu muassasada mavjud bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayinlashi mumkin. Tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lgan holatda (hayotiy ko‘rsatmalari bo‘yicha, individual ko‘tara olmaslik) Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tashxis va davolash standartlariga kirmagan, ushbu muassasada mavjud bo‘lmagan dori vositalarini konsilium asosida tayinlanadi va tibbiy hujjatlarda qayd etiladi. Davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori tomonidan dori preparatlari retsept asosida tayinlanganda, retseptda shifokorning farmatsevt xodimga dori preparatining tarkibi, shakli, uni tayyorlash va berish haqidagi yozma ko‘rsatmasi lotin yozuvida, dori preparatlarini qo‘llash usuli esa o‘zbek yoki rus tilida ko‘rsatilishi shart. Zarur hollarda malakali tarjimani ta'minlagan holda bemor tushunadigan boshqa tilda yozilishi lozim. Retsept bemorga uning yoshi, dori preparatini xalqaro patentlanmagan yoki kimyoviy nomi, murakkab tarkibli dori preparatlari uchun savdo nomi, dori preparati ekstemporal usulida tayyorlanganida uning tarkibiga kiruvchi dori preparatlarining nomlari, shuningdek ularning dozasi, davriyligi, qabul qilish vaqti va davomiyligi, oziq-ovqat bilan o‘zaro ta'sirlashuvchi dori preparatlari (ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatdan keyin) ko‘rsatilgan holda retsept blankiga muvofiq beriladi. Bunda retseptda tayinlangan dori preparatlari (dori preparatlarining xalqaro patentlanmagan nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi va boshqalar) retseptning yirtma koreshogida ham bir-biridan farqlanmaydigan holatda ko‘rsatilishi shart. Davolovchi shifokor tomonidan davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorga retseptda oziq-ovqatlar bilan o‘zaro ta'sirlashuvchi dori preparatlari (ovqatlanishdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatlanishdan keyin) qo‘llanilishi bo‘yicha ma'lumotlar ko‘rsatilmasligi mumkin Davolanayotgan bemor (bemorning qarindoshlari yoki uning sog‘lig‘idan xabar oluvchi boshqa shaxslar)ga dori vositalari va/yoki tibbiy buyumlariga retsept berilganligi haqidagi ma'lumotlar uning tibbiy hujjatlarida qayd etiladi. Davolovchi shifokor tomonidan quyidagi holatlarda dori vositalariga retsept rasmiylashtirilishi taqiqlanadi: mijozning tibbiy ko‘rsatmasi bo‘lmagan holatlarda; O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori preparatlariga O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori preparatlariga (bundan orfan dori vositalari va tibbiy buyumlari mustasno); faqat davolash-profilaktika muassasalarida qo‘llashga mo‘ljallangan dori preparatlari, shu jumladan narkoz vositasi sifatida ishlatiladigan dori preparatlariga; davolash-profilaktika muassasalarida dori preparatlari va tibbiy buyumlarni tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizomning 5-ilovasiga muvofiq “Bir-biriga nomutanosib dori vositalari ro‘yxati”da ko‘rsatilgan dori vositalariga. Retsept yozishda davolovchi shifokor “Asosiy retseptura qisqartmalari”dan foydalanishi mumkin. Retseptda aynan qanday dori preparati yozilganligini aniqlashda adashtiruvchi ingrediyentlarning nomiga yaqin qisqartmalarni yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir davolash-profilaktika muassasasidagi davolovchi shifokorlarga retsept blanklari ushbu muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadigan javobgar shaxs tomonidan, dam olish va bayram kunlari hamda tungi vaqtlarda esa davolash-profilaktika muassasasining mas'ul navbatchi shifokori tomonidan beriladi. Shifokorlarga beriladigan retsept blanklarining hisobi “Davolash-profilaktika muassasalarida retsept blanklarini berishni qayd qilish jurnali”ga muvofiq yuritiladi. Retsept Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilganda ularning yuqori qismi chap burchagida davolash-profilaktika muassasasining nomi va manzili tegishli shtamp qo‘yilgan holda ko‘rsatilishi, xususiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilganda esa qo‘shimcha ravishda retseptning yuqori qismi o‘ng burchagida ushbu muassasaning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha berilgan litsenziyaning tartib raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati ham ko‘rsatilishi lozim. Retseptda "Ichish uchun", "Ma'lum", "Qoida tariqasida" va boshqa shu kabi belgilardan foydalanish man etiladi. Ekstemporal dori preparatlari uchun retsept rasmiylashtirilishida qattiq va sochiluvchan dori moddalari grammlarda (0,001; 0,5; 1,0), suyuq dori moddalarining miqdori millilitr, tomchilarda ko‘rsatiladi. Retsept blankida ko‘rsatilgan kataklar aniq va tushunarli tarzda to‘ldirilishi, unda o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Bemorga dori preparatlari va tibbiy buyumlarini shoshilinch yoki zudlik bilan berish zarur bo‘lgan taqdirda, retsept blankining yuqori qismiga «cito» (shoshilinch) yoki «statim» (zudlik bilan) belgisi qo‘yiladi. Shu kabi belgilar elektron retseptda ham joylashtiriladi. Tayyor dori preparati uchun qog‘oz ko‘rinishidagi retsept yoki elektron retseptlar rasmiylashtirilganda ularning miqdori dori preparatini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Retsept davolovchi shifokorning imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bunda davolovchi shifokor shaxsiy muhrining tashqi aylana diametri 20 mm, kichik aylana diametri 10 mm, aylanalar orasidagi masofa 3 mm va kichik aylana ichidagi chiziq uzunligi 8 mm bo‘lishi hamda katta aylana ichida davolovchi shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi, kichik aylana ichidagi chiziqda "shifokor" so‘zi yoziladi. Qog‘oz ko‘rinishidagi retsept va/yoki elektron retseptlar ular rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amal qiladi. Kasalligi surunkali bo‘lgan bemorlar uchun ambulatoriya sharoitida kasalliklarning xalqaro tasnifi ro‘yxatiga kiritilgan dori preparatlari hamda asosiy farmakologik ta'sirga ko‘ra anabolik faolligi bilan ajralib turadigan dori preparatlariga retsept berilganda, davolovchi shifokor tomonidan istisno tariqasida retseptda ularning 60 kunlik davolash kursiga yetarli miqdori, qolgan tayyor dori preparatlariga esa 90 kunlik davolash kursiga yetarli miqdori ko‘rsatilishi mumkin. Bunda retseptda dorixonadan dori preparatlarini berish davriyligi (har hafta, har oy va boshqalar) ko‘rsatilishi shart. Qog‘oz ko‘rinishidagi retsept qo‘shimcha «Maxsus maqsadlar uchun» yozuvi bilan davolovchi shifokor tomonidan imzolanadi, elektron retseptlarga esa «Maxsus maqsadlar uchun» belgisi va elektron raqamli imzo qo‘yiladi. Statsionar davolash-profilaktika muassasasida davolangan bemorga ambulatoriya sharoitida davolanishni davom ettirish zarur bo‘lgan hollarda retsept ambulatoriya-poliklinika muassasasining shifokori tomonidan bemorning tibbiy hujjatlaridan olingan ko‘chirmasidagi davolovchi shifokorning ambulatoriya sharoitida dori preparatining qo‘llanilishi haqidagi tavsiyasiga asosan beriladi. Belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan qog‘oz ko‘rinishidagi va/yoki elektron retsept haqiqiy emas deb hisoblanadi.
8O‘zbekiston
Havo filtri ichiga yashirilgan dorilar fosh etildi Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro T.I. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, avtomashina kabinasining tepasidagi havo filtri ichida, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, umumiy qiymati 19,4 million so`mlik 92 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi. Yana bir holatda mazkur postga kirib kelgan, fuqaro A.J. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.  Natijada, avtomashina salonida umumiy qiymati 24,8 million so`mlik 124 quti dori vositalari yashirilganligi fosh bo`ldi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
6Jinoyat
“Dunyo global oziq-ovqat inqirozi yoqasida turibdi”. Telegram asoschisi Pavel Durov 12 million yegulik xayriya qildi Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z Telegram kanalida dunyo oziq-ovqat inqirozi yoqasida turganini aytdi.  Durovning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda yuz millionlab odamlar ochlikdan aziyat chekmoqda.  Ehtiyojga muhtojlarga yordam berish uchun o‘tgan oy BAA muvaffaqiyatli 1 Billion Meals tashabbusini o‘tkazdi.  1 Billion Meals — bu 50 ta mamlakatdagi eng kambag‘al odamlarni milliardlab ovqat bilan ta’minlashga qaratilgan mablag‘ yig‘ish kampaniyasi.  Tashabbus asoschisi Shayx Muhammad 400 million yegulik xayriya qildi, men esa kamtarona 12 million hissa qo‘shdim, — deydi Durov Umid qilamizki, keyingi yillarda yana ko‘plab odamlar tashabbusga qo‘shiladi va biz birgalikda BMT tomonidan qo‘yilgan “Nol ochlik” maqsadiga erisha olamiz, deydi Telegram asoschisi.  Avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov BAA fuqaroligini olgani haqida xabr berilgan edi.
2Dunyo
O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyadagi Frankfurt Buchmesse xalqaro kitob ko‘rgazmasi qatnashmoqda 2018-yil 10-oktabr kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida an’anaviy Frankfurt Buchmesse xalqaro kitob ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, diplomatik korpus vakillari, elchilar, shuningdek, ko‘plab xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan noshir va matbaachilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda. Mazkur yirik ma’rifiy festivalda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yetakchi nashriyot-matbaa korxonalaridan tarkib topgan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi noshirlar hamda matbaachilar erishgan yutuqlari aks etgan taqdimotlar bilan qatnashmoqda. — Ko‘rgazmada O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi “O‘zbekiston”, “O‘qituvchi”, G‘afur G‘ulom, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi, “Ma’naviyat” nashriyot-matbaa uyining 500 ga yaqin O‘zbekistonning turli sohalarda erishayotgan yutuqlari aks ettirilgan kitob-albomlar, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti va badiiy asarlari namoyish etilayotir, — deydi O‘zMAA Bosh direktori, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Laziz Tangriyev. — Mazkur tadbirda ishtirok etishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning noshirlik va matbaachilik sohasidagi yutuqlari, nashriyotlarning matbaa mahsulotlarini Yevropa mamlakatlarida targ‘ibotini tashkil etish, mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishda jahonning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va hayotga tatbiq etishdir. O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari ko‘rgazmada samarali ishtirok etmoqda. Xususan, o‘zbek noshirlari Rossiyaning “Flamingo”, Polshaning Book institute, Eronning “Shahrestan”, Belgiyaning Caramel, Buyuk Britaniyaning Account executive, Sweet Cherry Publishing, Avstriyaning TBC global, Qatarning Lusail” singari o‘nlab nashriyotlar bilan kitob mahsulotlarini chop etish yuzasidan mualliflik huquqini sotish, sotib olish va tarjima qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi. Frankfurt Buchmesse xalqaro kitob ko‘rgazmasi 14-oktabrga qadar davom etadi.
8O‘zbekiston
Amerikalik ayol o‘zining nikoh libosini tayyorlash uchun ming soat vaqt sarfladi Amerikalik Tanya Jennings o‘z nikoh ko‘ylagini to‘qishga ming soat sarfladi. U 2014-yil noyabrida ishga kirishib, shu yil iyunida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdan sal avvalroq tugatdi. Bu haqda The Huffington Post nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Xonim libosning tepa qismini oilaviy qadrdonlari tomonidan taqdim etilgan dizaynga asosan binafsha va oq rangli qilib to‘qidi. Bezak uchun to‘rlarni 150 ta alohida bo‘laklardan ishlab chiqdi va ular oxirgi o‘lchovdan so‘ng birlashtirildi. Nikoh libosida binafshaga urg‘u berilganini Tanya bu turmush o‘rtog‘ining sevimli rangi ekanligi bilan izohladi.
2Dunyo
Hongkongda maktab o‘quvchilari ma'muriyat rahbarining iste'fosini talab qilishdi Hongkong markazida bir necha yuz maktab o‘quvchilari norozilik namoyishi o‘tkazishdi. AR agentligining xabar berishicha, ular "Hongkongga ozodlik" deya qichqirishgan va ma'muriyat rahbari Kerri Lemning iste'fosini talab qilishgan. Hongkongdagi namoyishlar 11 haftadan buyon davom etmoqda. Namoyishlar hukumatning jinoyatda gumonlanayotganlarni Xitoyga ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish rejasiga qarshi boshlangandi.   Namoyishchilar 23 avgust kuni shahar ko‘chalarida Estoniya, Latviya va Litvada 1989 yil 23 avgustda o‘tkazilgan namoyishlarni xotirlab jonli zanjir hosil qilishmoqchi. 1989 yilda bu respublikalar aholisi uzunligi 670 kilometrli jonli zanjir hosil qilishib tinch namoyish o‘tkazgandi.
2Dunyo
O‘zbekistonda 2020 yilning dastlabki choragida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi “Taraqqiyot strategiyasi” markazida davlat dasturining ijtimoiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlarida belgilangan asosiy bandlar ijrosi muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan onlayn davra suhbatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakili Adiba Nuriddinova 2020 yilning ilk choragi bo‘yicha mehnat ko‘rsatkichlarini ma'lum qildi. Bu haqida Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, 2020 yilning birinchi choragida O‘zbekiston aholisi 33 mln 971 ming kishiga yetgan bo‘lib, shulardan 19 065 400 nafari mamlakat mehnat resurslarini tashkil etadi. “2020 yil birinchi choragi holatiga ko‘ra, aholining iqtisodiy faol qatlami 14 838 300 nafarni, iqtisodiy nofaol qatlam 4 mln 277 ming nafar kishini tashkil etadi. Ish bilan band aholi qatlami 13 438 600 kishi bo‘lib, shulardan 5 714 500 nafari rasmiy sektorda, 7 724 100 nafari norasmiy sektorda mehnat qilmoqda. Shuningdek, xorijga chiqib mehnat qilayotganlar soni 2 mln 273 ming nafarni tashkil etgan. Ishsizlik darajasi 9,4 foizni (1 399 700 kishi) ko‘rsatgan”, deyiladi vazirlik vakilining axborotida.
5Jamiyat
O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonni mag‘lub etdi (video) O‘zbekiston terma jamoasi 9-noyabr, shanba kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Vadim Abramov shogirdlari 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Igor Sergeyev o‘ng qanotdan tashkil qilingan hujumni golga aylantirdi. 30-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirdi, Farxod Musabekov burchak zarbasidan so‘ng to‘pni Eldor Suyunov darvozasiga joylab qo‘ydi. 53-daqiqada zaxiradan maydonga qo‘shilgan Doston Hamdamov Odil Ahmedovning uzatmasidan keyin maydon egalarining ikkinchi golini urdi. 80-daqiqada Jamshid Iskanderov jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, yakuniy hisobni o‘rnatdi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralash bahslaridan oldin g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘rtoqlik uchrashuvi 9-noyabr, 17:00 “Paxtakor” stadioni Gollar: 1:0 — 11 Igor Sergeyev, 1:1 — 30 Farxod Musabekov, 2:1 — 53 Doston Hamdamov, 3:1 — 80 Jamshid Iskanderov O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Sharof Muhitdinov, Islom To‘xtaxo‘jayev (Rustam Ashurmatov, 46), Odil Ahmedov, Murod Xolmuhammedov (Hojiakbar Alijonov, 64), Odil Hamrobekov (Lutfulla To‘rayev, 58), Abror Ismoilov (Ikrom Aliboyev, 46), Sanjar Qodirqulov, Xurshid G‘iyosov (Jamshid Iskanderov, 70), Aziz Turg‘unboyev (Doston Hamdamov, 46), Igor Sergeyev. Qirg‘iziston: Pavel Matyash, Tamirlan Kozubayev, Mustafa Yusupov, Guljigit Alikulov, Edgar Bernhardt (Baxtiyor Duyshobekov, 63), Mirlan Murzayev (Qayrat Jirgalbek Uulu, 63), Bekjan Saginbayev (Aleksandr Mishchenko, 63), Odiljon Abdraxmanov, Akramjon Umarov (Azamat Baymatov, 74), Vitaliy Lyuks (Murolim Ahmedov, 7), Farxat Musabekov (Ahliddin Isroilov, 64). Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
13Sport
“KABUL-O‘ZBEK KO.” O‘ZBEKISTON—KOREYA QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni ta’minlash, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish va recpublikaning eksport imkoniyatlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasining: “Kabul-To‘ytepa tekstil” qo‘shma korxonasini qayta tashkil etish haqidagi, uning ishlab chiqarishlarini ishlab turgan To‘ytepa yigiruv-to‘qimachilik fabrikasi, Toshkent shahrining Ko‘kcha mavzesida qurilayotgan fabrika va “Malika” aksiyadorlik jamiyatining alohida korpuslari bazasida tashkil etilayotgan, ustav jamg‘armasi 37,2 mln. AQSh dollari, ilovaga* muvofiq ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan paxta tolasidan kalava, gazlama, trikotaj buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Kabul-O‘zbek ko.” O‘zbekiston — Koreya qo‘shma korxonasiga kiritgan holda; ustav jamg‘armaga O‘zbekiston tomonidan 11,5 mln. AQSh dollari (31%) qo‘shilishi, shu jumladan “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi tomonidan To‘ytepa fabrikasining binolari va inshootlari (6,0 mln. AQSh dollari), Toshkentdagi Ko‘kcha mavzesida qurilayotgan fabrikaning qurilishi tugallanmagan inshootlari (5,0 mln. AQSh dollari) va “Malika” aksiyadorlik jamiyatining eski bo‘yoq va koton korpuslari binolari (0,5 AQSh dollari) qo‘shilishi to‘g‘risidagi; “Kabul Tekstaylz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qo‘shma korxona ustav jamg‘armasiga 25,7 mln. AQSh dollari (69%) qo‘shilishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin, uning 14 mln. AQSh dollari “Kabul-To‘ytepa tekstil” qo‘shma korxonasini tashkil etishda qo‘shilgan va 11.7 mln. AQSh dollari Toshkent shahrining Ko‘kcha mavzesidagi fabrika qurilishida qo‘shiladi. 2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: “Kabul Tekstaylz” akspyadorlik kompaniyasi asbob-uskunalar xarid qilish, ularni montaj qilish va sozlash uchun zarur bo‘lgan xorijiy valyutadagi kreditni o‘z kafolati ostida “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasiga berish masalalarini hal etadi hamda qo‘shma korxonaning butun faoliyati davrida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 80 foizidan 100 foizigacha jahon narxlari bo‘yicha eksport qilinishini kafolatlaydi; texnik darajani yomonlashtirmasdan loyihani arzonlashtirish va tezlikda iqtisodiy samara olish maqsadida o‘z ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi asbob-uskunalardan qolishmaydigan, ishlatilib kelingan asbob-uskunalarning bir qismi (55% doirasida) qo‘llaniladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent shahrining Ko‘kcha mavzesidagi fabrikaning qurilayotgan binolari va inshootlarini, “Malika” aksiyadorlik jamiyatining eski bo‘yoq va koton korpusini “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasi ustav jamg‘armasiga bersin hamda qo‘shma korxonadagi davlat ulushini trast boshqarish huquqini “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasiga bersin. 4. “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasi obyektlar qurilishining buyurtmachisi, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “O‘zsuvqurilish” davlat konserni, “O‘zagroqurilish” bosh pudrat tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni va “O‘zjamoaxo‘jalikqurilish” uyushmasi subpudrat tashkilotlar etib belgilansin. “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi “Kabul-Tekstaylz” kompaniyasi bilan birgalikda “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlari ilovaga muvofiq muddatlarda ishga tushirilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika qo‘mitasi: ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shma korxona qurilishini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritsin; paxta tolasidan foydalanish balanslarini ishlab chiqishda, 1998-yildan boshlab, “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi buyurtmalariga muvofiq, ushbu xomashyoga konvertatsiya qilinadigan qattiq valyutada haq to‘langan holda, “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasi ehtiyojlarini hisobga olsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki loyihaning samaraliligi va o‘zini qoplashini tasdiqlovchi ekspertiza asosida Toshkent shahrining Ko‘kcha mavzesida fabrika qurilishi uchun milliy valyutada kreditlarni belgilangan tartibda ajratsin. Kreditni qaytarish “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasining o‘z mablag‘lari hisobiga ta’minlansin. 7. Toshkent shahrining Ko‘kcha mavzesida korxona qurilishida to‘qimachilik fabrikalarini loyihalash sohasidagi zamonaviy yutuqlardan foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zengsanloyiha” (DPI-4), “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi “Kabul Tesktaylz” kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi davlat standartlari hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq keluvchi Koreya Respublikasida amal qiluvchi standartlarga binoan loyihalashtirish normalari qo‘llanilishi imkoniyatini ko‘rib chiqsinlar. 9. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari qurilish davrida qo‘shma korxonaga kelayotgan asbob-uskunalar ortilgan konteynerlarni vaqtincha saqlash uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratsin, ushbu uchastkalardan keyinchalik xomashyo va tayyor mahsulot omborlari qurish uchun foydalanish imkoniyatini nazarda tutsin. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi bilan birgalikda quvvatlarni ishga tushirib va ulardan samarali foydalanishni ta’minlab “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasi obyektlari qurilishi uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarning yashashi uchun binolarni aniqlasin va ularni belgilangan tartibda “Kabul Tekstaylz” aksiyadorlik kompaniyasiga sotsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi buyurtmasi bo‘yicha “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga, vizalar rasmiylashtirilganligi uchun ularni konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalar belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin. 11. “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga mehmonxonada yashaganlik va respublika hududida transportning barcha turlarida yurganlak uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin. 12. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Kabul-O‘zbek ko.” qo‘shma korxonasi uchun asbob-uskunalar ortilgan konteynerlar o‘z vaqtida va uzluksiz qabul qilinishini, saqlanishini va jo‘natilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qobul-To‘ytepa Tekstil” O‘zbekiston-Koreya korxonasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1995-yil 17-iyuldagi 275-son qarori, 2-bandning 3 va 4-xatboshilardan tashqari, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H.Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Samarqand xalqaro aeroportida psixotrop moddalar ushlab qolindi Samarqand xalqaro aeroportiga Moskvadan uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi U.N. “yashil” yo‘lakni tanlab, bojxona nazoratidan o‘tayotganda, unga tegishli qo‘l yuki ichida jami 47 dona Alprozalam tabletkalari borligi aniqlandi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda. Ekspert-kriminalistika ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, Alprozalam tabletkalari O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiradi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
8O‘zbekiston
Tijorat banklari tomonidan shirkat va fermer xo‘jaliklariga ularga tegishli paxta yog‘i, shrot va sheluxani yog‘-moy korxonalari va ularning shoxobchalaridan o‘z vaqtida xarid Qilishlari uchun kredit berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqi O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-oktabrdagi 03-4-124-sonli Majlis bayoniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Tijorat banklari tomonidan shirkat va fermer xo‘jaliklariga ularga tegishli paxta yog‘i, shrot va sheluxani yog‘-moy korxonalari va ularning shoxobchalaridan o‘z vaqtida xarid qilishlari uchun kredit berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-oktabrdagi 03-4-124-sonli Majlis bayoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, shirkat va fermer xo‘jaliklariga ularga tegishli paxta yog‘i, shrot va sheluxani yog‘-moy korxonalarining shoxobchalaridan o‘z vaqtida xarid qilishlari uchun kredit berish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu kreditlar tijorat banklari tomonidan shirkat va fermer xo‘jaliklariga ularga tegishli paxta yog‘i, shrot va sheluxani yog‘-moy korxonalarining shoxobchalaridan o‘z vaqtida xarid qilishlari uchun qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi. 2. Tijorat banklari ushbu kreditlarni qarz oluvchilarga shartnoma asosida 90 kungacha bo‘lgan muddatga beradilar. Kreditlar mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i joylashgan manzil bo‘yicha beriladi. Ushbu kreditlarni ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i ochilgan bank tomonidan berilishiga ruxsat berilmaydi. 3. Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari miqdori qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra kredit shartnomasi asosida belgilanadi. 4. Kredit summasi shirkat va fermer xo‘jaliklariga ular kontraktatsiya shartnomasi asosida tayyorlov korxonasiga sotgan paxta xomashyosidan olingan va ushbu xo‘jaliklarga ajratilgan paxta yog‘i, shrot va sheluxa summasidan oshmagan miqdorni tashkil etadi. 5. Kreditlar tijorat banklarining o‘z kredit resurslari hisobidan beriladi. 6. Shirkat va fermer xo‘jaliklari kredit olish uchun ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etadilar. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari nusxalari; debitor-kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl); kredit qaytarilishi ta’minoti to‘g‘risidagi hujjat. 7. Olingan kreditni qaytarmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak. qarz oluvchilar bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etishlari mumkin: mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi; bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati; uchinchi shaxsning kafilligi; sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi; 8. Banklar, o‘zlari bilan doimiy aloqaga ega bo‘lgan, bank hisob raqamida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga, mazkur Tartibning 7-bandida ko‘rsatilgan ta’minotni talab qilmay, ishonchli kredit berish huquqiga egadirlar. 9. Kreditlarni qaytarilish ta’minoti shakllaridan biri sifatida mol-mulk garovi xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk garov predmeti bo‘lishi mumkin. 10. Kredit so‘rab, mazkur Tartibning 6-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda, berilgan ariza bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu ariza bo‘yicha bank tomonidan kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risidagi qarorini berish muddati 5 ish kunidan oshmasligi lozim. Bank kredit qo‘mitasi tomonidan kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda, u raddiyani yozma shaklda izohlab berishi shart. 11. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng, kredit bo‘limi xodimi, muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, ssuda hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga ko‘rsatma beradi va keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga ssuda hisobvarag‘i ochiladi. 12. Qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan to‘lovlar naqd pulsiz shaklda paxta yog‘i, shrot va sheluxani sotib olish uchun faqat qarz oluvchilarning to‘lov topshiriqnomalariga asosan amalga oshiriladi. 13. Berilgan kreditlar bo‘yicha kredit bo‘limi xodimining farmoyishiga ko‘ra muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular kreditlash muddatlariga qarab, to‘la qaytarilganiga qadar tegishli ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi. 14. Tijorat banklari tomonidan kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lishi lozim. 15. Berilgan kreditdan boshqa maqsadda foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirib olishi mumkin. 16. Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar hisob raqami orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda undiriladi. Bunda foizlar kredit qarzlaridan oldin undiriladi. 17. Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq mustaqil ravishda, sudga murojaat qilmasdan, garov predmetini tasarruf qilib, uni qonunchilikda belgilangan tartibda sotgan holda o‘zining kredit bo‘yicha qarzdorligini qaytaradi. 18. Qarz oluvchining ta’minoti kredit bo‘yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, bank, mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulki, shu jumladan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter hamda korxona va tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tartibi”ga muvofiq amalga oshirishi mumkin.
10Qonunchilik
Afg`onistonda Navro`z tantanasi paytida portlash yuz berdi Qobuldagi terakt natijasida 26 kishi halok bo`ldi, 18 kishi yarador bo`ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. Terroristik hujum Qobulda Navro`z tanatanalari paytida ro`y bergan. Qobul universiteti yonida afg`onistonliklar yagilanish va yasharish bayrami – Navro`z ayyomini nishonlayotgan payt bir terrorchi portlovchi qurilmani ishga tushirgan.
2Dunyo
Shavkat Mirziyoyev - Instagram'da eng mashhur siyosatchilardan biri O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Instagram sahifasiga a'zo bo‘lganlar soni bo‘yicha sobiq ittifoq hududidagi siyosatchilar ichida peshqadamlardan biri ekani ma'lum bo‘ldi. BCW (Burson Cohn & Wolfe) xalqaro piar-agentligi «Dunyo yetakchilari Instagram'da» nomli tadqiqotini e'lon qildi va unda 426ta rasmiy davlat akkauntlarini taqqoslab ko‘rdi. O‘zbekistondan bu izlanishda Prezident va bosh vazir Abdulla Aripov akkauntlari qatnashdi. Shavkat Mirziyoyev akkaunti sobiq ittifoq hududida 2-o‘rinda ekani oydinlashdi - uning obunachilari soni izlanish o‘tkazilgan vaqtda 831,7 mingni tashkil qilgan, hozir esa 1 milliondan oshib ketgan, deb yozadi «Xalq so‘zi». Bu segmentda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev akkaunti peshqadamlik qilmoqda. Uning obunachilari soni 2,91 milliondan ortiq. Birinchi beshlikka Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev (236,7 ming obunachi), Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko (123,6 ming obunachi) va Qozog‘iston bosh vaziri Baqitjon Sagintayev (77,9 ming obunachi) akkauntlari ham kirgan.
8O‘zbekiston
Xitoyda dunyodagi eng baland oynavand ko‘prik ochildi Xitoyning Vanyuan shahridagi Batayshan tog‘li landshaft bog‘ida dengiz sathidan 1980 metr balandlikda joylashgan oynavand piyoda ko‘prigi ochildi. 12 mart kuni Xitoy markaziy televideniyesining ma'lum qilishicha, bu ko‘prik dunyodagi eng baland joylashgan ko‘prik bo‘ldi. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, barcha istovchilar yerdan 186 metr balandlikda ikki tog‘ cho‘qqisi orasida joylashgan ko‘prikdan sayr qilishlari mumkin. Ko‘prik o‘tgan balandlik 66 qavatli binoning tomiga teng. Ko‘prikning uzunligi 198 metrni tashkil qiladi, u eni 2,5 metr keladigan shaffof oynavand panellardan tashkil topgan. Ko‘prik qurilishi fevral boshida yakunlangan, biroq bir oy davomida konstruksiya sinovdan o‘tkazilgan. Ko‘prik keng omma uchun 10-11 mart kunlari ochilgan. Loyihaning umumiy qiymati 10 mln yuanni (1,58 mln dollar) tashkil qilgan. Dunyodagi eng uzun oynavand piyodalar ko‘prigi 2017 yil 24 dekabrda Xitoyning Xebey viloyatida ochilgan. Uning uzunligi 488 metrni, eni esa 2 metrni tashkil qiladi. Ko‘prik Pinshan uyezdidagi ikkita tog‘ cho‘qqisini bog‘laydi va pastda joylashgan vodiydan 218 metr balandlikdan o‘tgan. U qalinligi 4 sm keluvchi 1077 ta oynavand paneldan tashkil topgan.  Ko‘prik konstruksiyasi 2 ming kishining og‘irligini ko‘tara oladi, biroq unda bir vaqtda 500 kishi bo‘lishiga ruxsat berilgan.
2Dunyo
O‘zbekistonda Xalq byudjyeti shakllantiriladi va byudjyet ijrosi shaffofligi ta'minlanadi Toshkentning “Poytaxt” biznes markazida Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Moliya vazirligi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida Fuqarolar uchun byudjyet (Xalq byudjyeti)ni tayyorlash va chop etish konsepsiyasi muhokama qilindi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.  O‘zbekiston Byudjyet kodeksiga muvofiq, ochiqlik va oshkoralik mazkur hujjat tamoyillaridan hisoblanadi. Bu esa, davlat byudjyetini tayyorlash, ko‘rib chiqish va qabul qilish tartiblari, tasdiqlangan byudjyet, davlat maqsadli jamg‘armalari faoliyatiga doir axborotlarning e'lon qilinishi va ularning jamiyat hamda OAV uchun ochiq va shaffofligini nazarda tutadi.  Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sattarovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda davlat boshqaruvi organlari va fuqarolarning o‘zaro hamkorligi mexanizmlari tubdan o‘zgargan. Yangi munosabatlar davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi muloqot hukumatga bo‘lgan ishonch oshishida muhim vositadir. Ya'ni, fuqarolar bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi byudjyet jarayoni samaradorligini oshiradi, byudjyeti tizimi, barcha darajalardagi byudjyetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari shakllantirilishi va ijro etilishi to‘g‘risida keng xabardor qilishni ta'minlaydi.  BMTTD loyihasi tadqiqotlari koordinatori Viktoriya Anoshkina o‘z taqdimotida xalqaro amaliyotda byudjyet ma'lumotlarining ochiqligi, shaffofligi, xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan fiskal shaffoflikni baholash xususida axborot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMTTD 2007 va 2013 yillarda O‘zbekiston davlat byudjyetini shakllantirish va qabul qilishda mamlakat hukumati bilan hamkorlik qilgan.  Shu bilan birga, Xalqaro Valyuta jamg‘armasining “Byudjyet-soliq sohasida yetarli shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha kodeks”, Anoshkinaning bildirishicha, davlat moliya axborotlarini e'lon qilishning xalqaro me'yori hisoblanadi. Bundan tashqari, “Byudjyet-soliq sohasida shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha qo‘llanma”, “XVJning davlat moliyaviy statistikasi bo‘yicha qo‘llanmasi” kabilar fiskal shaffoflik bo‘yicha xalqaro me'yoriy hujjatlardir. Shuningdek, BMT tomonidan ham fiskal shaffoflik konsepsiyasi keng qo‘llaniladi. Tashkilot 2012 yili shu masala bo‘yicha “Shaffoflikka nisbatan yuqori daraja prinsiplari” konsepsiyasini qabul qilingan.  Umuman, Anoshkinaning ma'lum qilishicha, fiskal shaffoflikni baholash amaliyoti XVJ kodeksi asosida hukumat so‘rovi bo‘yicha o‘tkaziladi hamda shu asosda tavsiyalar beradi. Uning aytishicha, 2014 yili O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda davlat xarajatlari va moliyaviy hisoboti tayyorlangan, biroq hukumat Byudjyet kodeksini qabul qilayotganini bildirgani sababli, e'lon qilinmay qolgan edi.  Tadbirda ta'kidlanishicha, ushbu davlatlar XVJ tavsiya qiladigan 6 uslubdan foydalangan holda o‘zlariningmustaqil baholashlarini ham o‘tkazib keladi.  Bugungi kunda byudjyet ochiqligini ta'minlash, asosan 4 ta jihatni o‘z ichiga oladi. Bular:   Byudjyet ochiqligi indeksi – bu hukumat byudjyet hujjatlarini jamoatchilik e'tiboriga qanchalik o‘z vaqtida havola qilgani, har bir hujjat qaydarajada to‘liq yoritilganini baholashdir.    Qonun chiqaruvchi hokimiyat organlarining byudjyet jarayonida samaradorligini baholash;   Byudjyet jarayonida oliy nazorat organining samaradorligini baholash;   Byudjyet jarayonida jamoatchilikning ishtiroki samaradorligini baholash. Biroq hukumat byudjyet shaffofligini ta'minlashda 7 ta hujjatni e'lon qilishi shart.  Umuman olganda byudjyet shaffofligini ta'minlash uchun byudjyet tayyorlanish jarayonida, tasdiqlanish vaqtida, ijro etilishi davrida va audit (ijrosini tekshirish) o‘tkazilishda e'lon qilinishi maqsadga muvofiqdir. Fuqaro byudjyeti esa, rasmiy byudjyet hujjatining soddalashtirilgan namunasi bo‘lib, oddiy mutaxassis bo‘lmagan kishilar uchun tushunarli tilda yozilgani bo‘lishi kerak. Ammo mazkur konsepsiyani qabul qilgan davlatlarning hammasi ham yuqoridagi qoidalarga birdek amal qilmaydi. Shuningdek, Anoshkinaga ko‘ra, bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qirg‘iziston byudjyet shaffofligini ta'minlash borasida yetakchi davlatdir. Tojikiston va Qozog‘iston ham bu borada xalqaro baholashni o‘tkazadi. Ammo O‘zbekiston mazkur sohaning rasmiy baholash jarayonida ishtirok etmay keladi. Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston, shuningdek byudjyet hujjatlarini tayyorlash va e'lon qilish dasturida ham ishtirok etmaydi. Shu bilan birga, mazkur dasturda qatnashuvchi davlatlarning 40 foizi fuqaro byudjyetini qabul qilmaydi va e'lon qilmaydi.
8O‘zbekiston
O`zbekiston terma jamoasining xorijlik bo`lajak bosh murabbiyi bilan kelishuvga erishildi O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti va mamlakat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun futbol bo`yicha terma jamoa yangi bosh murabbiyi bilan boshlangan muzokaralarni nihoyasiga etkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga jo`nab ketdi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati xabar berdi. Xabarda aytilishicha, O`zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi xorijlik kuchli mutaxassis, jahon futbolidagi top murabbiy bo`ladi. Ayni paytda u o`z terma jamoasini Rossiyada o`tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorlamoqda. "Bilasiz, xar bir murabbiy shartnomasi tugashiga 6 oy qolganida yangi takliflarni ko`rib chiqishga va muzokaralar o`tkazishga haqli. Shu sababdan ham, yangi bosh murabbiy bilan terma jamoamiz masalasida yakuniy kelishuvga erishildi. Biroq, u ayni paytda o`z shogirdlarini iyun oyida boshlanadigan mundialga tayyorlayotgani sababli, jahon chempionati yakuniga qadar nomi hozircha e`lon qilinmasligini so`radi. O`zining bu iltimosini mutaxassis jahon chempionati oldidan uning shogirdlari kayfiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkinligi bilan izohladi. Umid Ahmadjonov yangi bosh murabbiyning bu iltimosini qabul qildi va iyul oyiga qadar uning nomi futbol jamoatchiligiga e`lon qilinmasligiga va`da berdi", deyiladi xabarda. Mutaxassis Rossiyadagi mundialdan so`ng O`zbekistonga tashrif buyuradi hamda mamlakat milliy terma jamoasi boshqaruvini rasman qo`lga oladi. Unga qadar esa terma jamoa O`zbekiston futbol assosiasiyasi qoshida yangi tashkil etilgan murabbiylar kengashi qo`l ostida o`quv-mashg`ulot yig`inlari va belgilangan o`rtoqlik uchrashuvlarini o`tkazadi. Yangi bosh murabbiy oldiga Osiyo kubogi-2019 da muvaffaqiyatli ishtirok etish va terma jamoani 2022 yilda Qatarda bo`lib o`tadigan jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo`yiladi.
13Sport
Polshadagi o‘lim lagerida 100 dan ziyod o‘zbekistonlik saqlangani ma’lum bo‘ldi Polshadagi Aushvits-Birkenau (Osvensim) nemis konslager va o‘lim lagerlari majmuasida saqlangan o‘zbekistonliklarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotning birinchi va eng muhim bosqichi yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasiga tayanib, “Dunyo” agentligi xabar berdi. 1940−1945-yillarda lager hududiy jihatdan nemislarning Yuqori Sileziya (hozirda Polsha hududida, Krakov shahri g‘arbida — tahr.) joylashgan. Tadqiqotning oraliq natijalariga ko‘ra, lagerda o‘zbekistonliklar 100 nafardan ko‘proqni tashkil etgan. Ular lagerga asosan 1941−1942-yillarda tushgan. Bugungi kunda Aushvits-Birkenauda turli sabablardan: ochlik, o‘pka, yurak va oshqozon kasalliklari, sovuqdan vafot etgan 22 nafar o‘zbek mahbusi haqida ma’lumot bor. Ushbu 22 asir to‘g‘risida batafsil ma‘lumotlar shakllantirilgan — ism-familyalari, tug‘ilgan yili, qaysi harbiy qismda xizmat qilgan, asirlikka tushgan joyi, ularning shaxsiy raqami, o‘limi sababi va hokazo. Tadqiqot 5 yil davomida ikki davlat diplomatik vakolatxonalari, shuningdek, Aushwitz-Birkenau Fondation fondi rahbariyati, Navoiy viloyati hokimligi bilan hamkorlikda olib borilgan. Loyiha mazkur hududdan bo‘lgan entuziastlar tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, polyak istoriograflari va guvohlar ko‘magida amalga oshirilgan. Qayd etilishicha, Aushvits-Birkenau mahbuslarining qarindoshlarini aniqlash bo‘yicha ham ishlar olib borilgan bo‘lib, Navoiy viloyatida o‘lim lagerining 22 nafar mahbusidan ikki nafarining qarindoshlari va avlodlari topilgan. “Otalari va bobolari taqdiri haqida xabardor bo‘lish ham quvonchli, ham qayg‘uli hodisa bo‘ldi. Oilalar uzoq yillar o‘z bobolarini izlashgani, biroq natijasi bo‘lmaganini ma’lum qildi. Mahalliy qabristonlarda ularning ramziy qabrlarini o‘rnatishga qaror qilindi”, — deyiladi xabarda. Ma’lum qilinishicha, ikki davlat elchixonalari ayni vaqtda 2021-yilning oktabrida O‘zbekistonga 60 nafarga yaqin polyak ekspertlari, Polsha Xalq xotirasi instituti tarixchi va tadqiqotchilarining tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Toshkentdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida ular ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tishi kutilyapti. Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z rasmiy saytiga Ikkinchi jahon urushiga bog‘liq 15 ta noyob, maxfiy va tarixiy hujjatlarni joylashtirgandi. Ularning orasida Polsha hududida joylashgan Osvensim o‘lim lagerlari majmuasini ozod qilish bilan bog‘liq hujjatlar ham mavjud bo‘lib, unda Osvensimni ozod qilishda 838 nafar o‘zbek qatnashgani qayd etilgan edi. Ma’lumot uchun, 1940−1945-yillarda faoliyat ko‘rsatgan Osvensim lagerida rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 1,4 million kishi halok bo‘lgan, ulardan 1,1 millionga yaqini yahudiylar bo‘lgan. Lagerni ozod qilishda 1 va 4-Ukraina frontlarining kuchlari qatnashgan. Urush paytida frontlarga millat bo‘yicha emas, balki ularning harakatlanish hududiga qarab nom berilgani qayd etilgan.  Ozod etilganiga 75 yil to‘lgan Osvensim konslageri (fotogalereya)
8O‘zbekiston
Suv ichida qolgan Sardoba, niqoblardan qilingan freska, bosh vazirga atalgan sovg‘a. 1-may suratlari 1-may, juma kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz. Sirdaryo viloyati, Sardoba suv ombori dambasida 1-may kuni tongda buzilish yuz berib, suv toshib chiqdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan Sardoba tumaniga yetib keldi. Suratda davlat rahbari bosh vazir Abdulla Aripov (o‘ngda) va bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev (o‘rtada) bilan. Londonda politsiya xodimi mamlakat bosh vaziri Boris Jonson va uning rafiqasiga yaqinda dunyoga kelgan o‘g‘li uchun sovg‘a olib bormoqda. Xitoyning Xebey provinsiyasidagi kasalxonada yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarishlayotgan hamshiralar. AQShning Nyuport-Bich hududida syorferlar koronavirus tufayli yopilishi kutilayotgan plyajda. Madridda koronavirusdan tuzalib chiqqan bemorlar vaqtinchalik kasalxona tarzida tashkil etilgan IFEMA ko‘rgazma majmuasini tark etmoqda. London shahrida Qirollik baletining birinchi raqamli yakkaxoni Yuxuey Chxve Uimbldondagi uyida turmush o‘rtog‘i, Qirollik baletining sobiq direktori Nexemiya Kish bilan birga ish bilan mashg‘ul. Hindistonning Mumbay shahrida karantin tartibi tufayli uyidan ko‘chaga qarab turgan qizaloq. Hindistonda karantin 3-maygacha uzaytirilgan. Xitoyning Badin-Jaran cho‘lida tuyalarni boshlab ketayotgan cho‘ponlar. Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida tibbiyot sohasi xodimlari COVID-19 infeksiyasiga testdan o‘tishi lozim bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini tekshirmoqda. Istanbulda namoyishchilar hukumat tomonidan kiritilgan yopiq tartibga qarshi chiqib, Taqsim maydonida marsh qilayotgan vaqtida mahalliy politsiya bilan to‘qnash keldi. Tokio shahridagi Sinagava bog‘ida bepul onlayn shoularni tasvirga olish jarayoniga tayyorlanayotgan pingvinlar. Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo yuzlab himoya niqoblaridan qilingan freskani ochib berdi. Ushbu niqoblar AQShning turli burchaklaridagi fuqarolardan yuborilgan. Buyuk Britaniyaning London shahridagi Temza daryosi to‘siqlaridan ko‘rinib turgan kamalak. Meksikadagi Xuares shifoxonasida ishlayotgan hamshira yuzidagi ko‘zoynakdan qolgan chandiqlarning izlari. Sirdaryodagi Sardoba suv omborida 1-may kuni suv toshib chiqishi natijasida yuz bergan falokat ko‘lami. AQShning Nyu-York shahri metrosida yo‘lovchilarning poyezdga chiqishini nazorat qilayotgan konduktor. Tehron shahrida Ramazon oyi munosabati bilan muhtoj oilalarga tarqatilishi belgilangan xayriya mahsulotlari oldida turgan bolakay.  Dunyo mamlakatlari yeguliklari va ovqatlanish madaniyati — suratlarda AQShning Kaliforniya shtatida yangi chiqarilgan avtomobillar o‘z egalarini kutmoqda. Mamlakatda esa hamon koronavirus epidemiyasi davom etmoqda. Yaman poytaxti Sana shahridagi bozor dezinfeksiya qilinayotgan chog‘da o‘tib borayotgan yigitlar. Livanning Sayda shahrida iqtisodiy qiyinchiliklarga qarshi namoyishga chiqqan shaxslar bank oldida yoqilgan gulxan yaqinida. Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
2Dunyo
Xitoyning sanksiyalari ish bermadi: KXDR eksport orqali 270 mln dollar ishlab oldi KXDR ko‘mir va temir rudasi eksporti orqali taxminan 270 mln dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu Xitoy tijorat vazirligi Pxenyanga qarshi kiritgan sanksiyalar qaramay yuz berdi, deb xabar qilinadi BMT ekspertlari hisoboti. Bu haqda Kyodo agentligi ma'lum qildi. Aniqlik kiritilishicha, Shimoliy Koreya XXRga yuqoridagi mahsulotlarni yetkazib berish yo‘nalishini Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlariga qarab o‘zgartirgan. Shuningdek, hisobotda «ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘q qilishga yo‘naltirilgan choralarning kuchsizlanishi» ham ta'kidlab o‘tilgan. Ekspertlarning qayd etishicha, KXDR yadro dasturini moliyalashtirish manbalarini to‘sib qo‘yish murakkab bo‘lgan vaziyat yuzaga kelgan.  Avvalroq KXDR Xitoydan oziq-ovqat mahsulotlari importini bir necha barobarga oshirgani xabar qilingandi.
2Dunyo
"Sharq taronalari" musiqa festivali jonli uzatilmoqda Bugun Samarqandda an`anaviy "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimi bo`lib o`tmoqda. Marosim "O`zbekiston-24" telekanali hamda Prezidentining Feysbuk ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida jonli efirda uzatilmoqda. Festivalni tomosha qilish uchun havola.
7Madaniyat
Turkiyada Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishining maqsadga muvofiqligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkinligini aytdi. Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar Germaniya va Niderlandiya hukumatlari turkiyalik vazirlarga bu mamlakatlardagi turklar oldida Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum yuzasidan chiqishlarini taqiqlaganlaridan keyin keskinlashgandi.   "16 apreldagi referendumdan keyin Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun referendum o‘tkazish yo‘lidan borishimiz mumkin", deb aytgan Erdo‘g‘an Antaliyadagi chiqishida.
2Dunyo
Veterinariya preparatlarining katta хavfsizligi ta’minlanadi Eslatib oʻtamiz, “Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunga binoan umumiy teхnik reglament -  bu teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar va хizmatlar guruhi хavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat. Hujjatda, хususan, veterinariya preparatlari teхnik jihatdan tartibga solish sohasida hayvonlar uchun veterinariya preparatlari  tarkibi, alohida komponentlari va (yoki) boshqa ingrediyentlar boʻyicha normativ hujatlarga muvofiq kelishi, shuningdek  veterinariya preparatlari: Hayvonlar organizmida farmokologik va biologik preparatlar qoldigʻi normativ talablardan oshmasligi kerak. Bundan tashqari, loyiha хavfsizlikka talablarni saqlaydi: Shuningdek, markirovkalash, oʻrash, namunalarni tanlash va ularni sinovdan oʻtkazishga talablar koʻzda tutilmoqda. Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.   Samir Latipov, ekspertimiz.  Mavzuga oid material:  Hayvonlar qanday kasallikka chalinganda egasidan olib qoʻyilishi mumkin?
10Qonunchilik
Rim papasi martda Iroqqa tashrif buyuradi Papaning Iroqqa tashrifi pandemiya boshlanganidan buyon ilk xorij safari bo‘ladi. Pontifik Ibrohim payg‘ambar xotirasi bilan bog‘liq Bag‘dod va Arbil shaharlari, shuningdek, nasroniylar uchun qadrli, ammo urush tufayli xarob holga kelgan Ninva tekisliklaridagi Mo‘sul va Qoraqosh shaharlariga ham borishi ko‘zda tutilyapti. Iroqqa tashrif kelasi yilning 5-8 mart kunlari bo‘ladi. «Tashrif dasturi jahondagi pandemik holat rivojini hisobga olgan holda bo‘ladi», degan Vatikan matbuot xizmati. Iroq tashqi ishlar vaziri Rim papasining tashrifi «tarixiy voqea bo‘lib, Iroqning barcha sohalari uchun o‘ziga xos qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi», deya bayonot bergan. «Shuningdek, papaning kelishi, nafaqat Iroq, balki butun hudud uchun tinchlik ramzi bo‘lib, insoniyatning ekstremizm va ziddiyatlarga qarshi birdamligini aks ettiradi hamda bag‘rikenglik va turfa xillikni targ‘ib qiladi», deyilgan vazirlik bayonotida. Ma'lumot uchun, Iroq aholisining 1 foizga yaqini nasroniylikning turli mazhablariga e'tiqod qiladi.
2Dunyo
Antimonopoliya qo'mitasi “buxanka” non narxi bo'yicha tezkor o'rganish o'tkazdi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tomonidan qolipli non narxi bo'yicha tezkor o'tkazilgan o'rganishlarga ko'ra, Toshkent shahrida eng yuqori — 2800 so'm, Qashqadaryoda viloyatida eng past — 1650 so'm, respublika bo'yicha o'rtacha narx esa 2250 so'm ekani aniqlandi. Bu bo'yicha qo'mita axborot xizmati “Bugun.uz”ga ma'lumot berdi. Ta'kidlanishicha, un mahsuloti 2022 yil iyun oyidan boshlab birja savdolariga yetarli miqdorda qo'yilmoqda va bu jarayon ustidan doimiy nazorat o'rnatilgan. Respublikada un mahsuloti zaxirasi shakllantirilgan bo'lib, narx navolarning keskin oshib ketmasligi uchun zarur miqdorda un savdolarga qo'yib boriladi. xususan, iyun oyida 170 ming tonna un birjaga qo'yilishi, bunda har bir non ishlab chiqaruvchi uchun teng sharoit yaratish maqsadida kichik lotlarda (3 tonnadan) qo'yilmoqda. 1 iyun holatida 50,5 ming tonnadan ortiq un mahsuloti qoldig'i mavjud bo'lib, avgust oyi uchun ham un ishlab chiqarish uchun korxonalarda zarur don zaxiralari mavjud. Toshkentda kuniga 2 tonnaga yaqin non chiqindiga tashlanmoqda “Shu o'rinda aytib o'tish lozimki, un mahsuloti realizatsiya qilinishining bozor tamoyillariga asoslangan mexanizmi joriy qilinishi, birinchi navbatda bug'doy yetishtiruvchi fermer va dehqonlardan tortib, ishlab chiqaruvchi va iste'molchilar manfaatini ko'zlab qilingan qadam bo'lib, ushbu jarayonda shaffof tizim yaratilishi bilan birga, respublikaning eng chekka hududlariga ham mahsulotning yetib borilishi nazoratga olingan. Shuni e'tiborga olib, non ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar hamda aholidan bu borada havotirga tushmasliklarini, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan asoslanmangan ma'lumotlarga ishonib, sun'iy ajiotaj vujudga keltirmasliklarini so'rab qolamiz”, deyilgan xabarda. Avvalroq Toshkent shahridagi do'konlarda 1 iyundan boshlab “buxanka” non 2800 so'mdan sotilayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, Prezident bozorlarda narx-navo ko'tarilgani haqida gapirgan.
5Jamiyat
Qozog‘istonda 37 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus -20 daraja sovuqda qolib ketdi (video) Qizilo‘rda—Pavlodar yo‘lining 203-kilometrida 37 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus to‘xtab qoldi, deya xabar bermoqda “Pavlodarnews.kz” viloyat politsiya departamentiga tayanib. Hodisa 2-fevral, yakshanba kuni, kechqurun sodir bo‘lgan. Novosibirsk—Chimkent yo‘nalishida ketayotgan avtobusdagi nosozlik sababli haydovchi katta yo‘lda to‘xtashga majbur bo‘lgan. Qayd etilishicha, shu kuni kechasi harorat -20 daraja sovuqqacha tushib ketgan. Voqea joyiga politsiya xodimlari, qutqaruvchilar va “Qozavtoyo‘l” xodimlari yetib kelgan. Barcha yo‘lovchilar Shiderti qishlog‘idagi isinish joyiga olib borilgan. Keyin esa yo‘l-yo‘lakay transportda Qarag‘andaga olib borilgan. Shu yilning 14-yanvarida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 53 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus nosozlik tufayli to‘xtab qolgandi. 27-yanvarda esa 42 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus qorda qolib ketgani xabar berilgan edi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda Flash Up Energy ichimliklari ishlab chiqariladigan zavodning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi 21-may kuni Toshkent viloyatining Qibray tumani aholisi tarixiy hodisaning guvohi bo‘ldi. Ushbu hududda Flash Up Energy ichimliklarini ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirildi. Tantanali ochilish marosimida investorlar, Qibray tumani hokimi, OAV hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, Flash Up Energy brendi Rossiyaning Baltika kompaniyasiga tegishli. Ichimlik iste’molchilarining 70 foizini 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Brendning O‘zbekistondagi tarixi haqida gapiradigan bo‘lsak, Flash Up Energy ichimligini Rossiyadan O‘rta Osiyo mamlakatlariga eksport qilish 2014-yildan boshlangan. Energetik ichimlikka talab ortishi tufayli 2018-yildan e’tiboran bu ichimlikni O‘zbekistonda litsenziya asosida ishlab chiqarish boshlangan. Tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Qibray tumani hokimi Mira’zam Mirqosimovning aytishicha, Flash Up Energy zavodining ochilishi tuman iqtisodiyoti rivojiga sezilarli darajada hissa qo‘shadi. “Qibray tumanida nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo miqyosida tanilib, o‘zining keng auditoriyasiga ega brend korxonalari faoliyat olib boradi. Bugun sizlar bilan yana bir yirik loyihaning Qibray tumanida faoliyati boshlanishiga guvoh bo‘lib turibmiz. Flash Up Energy brendi ostida oyiga 10 million dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi “Eurasia Bottlers” MChJ xorijiy korxonasi faoliyatining Qibray tumanida davom etishi shaxsan biz uchun quvonarli holat. Ushbu korxonaning texnologik uskunalari Germaniya, Latviya, Turkiya kabi rivojlangan davlatlardan keltirilgan bo‘lib, yiliga 120 million dona mahsulot ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Ushbu mahsulotlar MDH davlatlari bilan bir qatorda bir necha Yevropa davlatlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan. Loyihaning amalga oshirilishi uchun 4 million yevro miqdoridagi xorijiy investitsiyalar jalb qilingan. Men uchun yanada quvonarli holat shundan iboratki, ushbu korxonada 100 dan ziyod yoshlar ish bilan ta’minlandi”, — deydi ochilish marosimida so‘zga chiqqan Qibray tuman hokimi Mira’zam Mirqosimov. Baltika kompaniyasining eksport savdolari bo‘yicha katta direktori Alla Manyakina Aleksandrovna o‘z navbatida zavod ochilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bergan mahalliy hukumat vakillariga minnatdorchilik bildirdi. “O‘zbekistonda brend mahsulotlari litsenziya asosida ishlab chiqariladi. Litsenziya bitimi ikki kompaniya o‘rtasida imzolangan. Mahsulot Baltika guruhi menejerlari tomonidan o‘rnatilgan qat’iy sifat nazorati ostida ishlab chiqariladi. Mahsulot nafaqat sifatli, balki O‘zbekiston iste’molchilari uchun hamyonbop narxlarda bo‘ladi. Axir aynan mahsulotni hamyonbop qilish istagi sherigimizning uni O‘zbekistonda ishlab chiqarish rejasini amalga oshirishiga turtki bo‘ldi. Mahalliy ishlab chiqarish tufayli biz logistika xarajatlaridan xalos bo‘lamiz, mahsulotni maksimal darajada, sarhil holda iste’molchiga yetkazib beramiz, chunki ichimlik do‘kon rastalaridan joy olgunicha atigi bir-ikki kun vaqt talab qilinadi. Sizlarga bizning hamkorligimiz tarixini qisqacha so‘zlab bermoqchiman. Bu hamkorlikning boshlanishi 1998-yillarga borib taqaladi. O‘shanda bizning O‘zbekistondagi hamkorimiz bizdan ulgurji narxda pivo sotib olar edi. Bu tarixda qoldi. Hozirgi kunda esa bizning oldimizda qudratli tuzilma, ishlab chiqaruvchi, distribyutor hamda energetik ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi turibdi. Sizlarga Baltika’ning eksport bo‘yicha direktori sifatida shuni aytmoqchimanki, O‘zbekiston biz ya’ni Baltika uchun eksport savdolarida birinchi raqamli mamlakat hisoblanadi. Biz esa dunyoning 75 ta mamlakati bilan hamkorlik qilamiz. Bu 256 ta kompaniya degani. Shunday katta ro‘yxat orasida O‘zbekiston birinchi o‘rinda turadi. O‘z o‘rnida ushbu loyihani amalga oshirishda barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan mahalliy boshqaruv organlari vakillariga minnatdorchilik bildiraman”, — deydi kompaniyaning eksport savdolari bo‘yicha katta direktori Alla Manyakina Aleksandrovna. “Daryo.uz” muxbiri Alla Manyakinadan qisqacha intervyu olishga muvaffaq bo‘ldi. — Investitsiya miqdori qancha? U Baltika kompaniyasiga tegishlimi yoki hamkorga? — Investitsiya miqdori 4 million yevrodan ko‘proqni tashkil etadi. Bu bizning sherigimizning investitsiyasi. Biz esa bilim va maslahatlarimiz bilan yordamlashamiz. — Bu O‘zbekistonda energetik ichimlik ishlab chiqarish bilan bog‘liq birinchi tajribami? — Bilasizmi, bu birinchi tajriba emas. Biz allaqachon hamkorimiz bilan ushbu ichimlikni O‘zbekistonda ishlab chiqarib kelmoqdamiz. Biroq u ishlab chiqarishdan, hozirgi ishlab chiqarishning farqi shundaki, bu zavod bevosita, 100 foiz bizning sherigimizga tegishli. — Flash Up Energy’ning qanday turlari ishlab chiqariladi? Energetikmi yoki limonad? — Hozircha faqat energetik ichimlik ishlab chiqariladi. Limonad hali rejada yo‘q. — Mahsulotni qo‘shni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilyaptimi? — Bilasizmi, hozirgi kunda biz faqat O‘zbekistondagi talabni qondirish haqida o‘ylayapmiz. Lekin kelgusida eskportni boshlash rejada bor. — Rossiyada ichimlikning mavqei qanday? — Flash Up Energy Rossiyada yetakchi mavqega ega. U umumiy iste’mol bozorining 20 foizdan ko‘prog‘ini egallagan. — Flash Up Energy yana qaysi mamlakatlarga yetkazib beriladi hamda qayerda litsenzion ishlab chiqarish mavjud? — Baltika kompaniyasi dunyoning 75 ta mamlakati bilan hamkorlik qiladi. Biroq mahalliy, litsenzion ishlab chiqarish faqat O‘zbekistonda mavjud. Bundan biz juda xursandmiz. Ochilish marosimidan so‘ng yig‘ilganlar uchun zavodga kichik sayohat ham tashkillashtirildi. Tadbir ishtirokchilari Flash Up Energy ichimliklari qanday ishlab chiqarilishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Shuningdek, ular Flash Up Energy ichimliklari barcha sifat talablariga mos ravishda iste’molchiga yetkazilishiga ishonch hosil qilishdi. 18 yoshga to‘lmagan, katta yoshli kishilar va qariyalarga, gipertonik kasalliklarga chalingan, yurak faoliyati buzilgan, tez-tez asabiylashadigan, aterosklerozga chalingan bemorlarga, uyqusizlikka uchragan shaxslarga, homilador va emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi. Tarkibida bo‘yoq moddasi mavjud bo‘lib, u bolalarning faolligi va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sutkasiga bir bankadan kamroq miqdorda iste’mol qilish tavsiya qilinadi. “Inter Food Plus” MChJ xizmat ko‘rsatadi. Mahsulot sertifikatlangan.
8O‘zbekiston
“ArMI—2018”: O‘zbekiston qo‘shin razvedkachilari kuchli armiya uchligidan joy oldi Joriy yilning 28-iyulidan 9-avgustiga qadar Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Rossiyaning Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti dala o‘quv maydoni bazasida “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Musobaqada Rossiya, Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Armaniston, O‘zbekiston, Xitoy, Zimbabve va Sudanning qo‘shin razvedkachilari jamoalari o‘zaro bellashdi. Filippin va Hindiston vakillari esa kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi. Tanlov beshta bosqichda — “Desant bo‘lib tushish va marsh-brosokni amalga oshirish”, “Mexanik-haydovchilar musobaqasi”, “Razvedkachi so‘qmog‘i”ning kompleks to‘siqlarini yengib o‘tish”, “O‘q otish” va “Razvedka bo‘linmasining vazifani bajargandan so‘ng yig‘in punktiga chiqishi” bosqichlari bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan barcha beshta bosqich natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik qo‘shin razvedkachilari uchinchi o‘rinni egallashdi. “Musobaqaning barcha bosqichlarida yaxshi natijalarga erishgan holda jamoamiz musobaqa sovrindorlari safidan o‘rin olish uchun astoydil kurash olib bordi va ko‘zlagan maqsadlariga erishdi. Ushbu ko‘rsatkichlarga harbiy xizmatchilarning professionalligi, bilim va ko‘nikmalarining yuksak darajada ekanligi, shuningdek, jamoadagi o‘zaro hamjihatlik va jipslik, g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishtiyoq tufayli erishildi”, — deydi o‘zbekistonlik razvedkachilar jamoasi rahbari polkovnik Shuhrat Ikramov. Ta’kidlash joizki, birinchi o‘rin rossiyalik razvedkachilarga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni xitoy vakillari egalladi. 9-avgust kuni Novosibirsk shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan musobaqaning tantanali yopilishi va g‘oliblarni taqdirlash marosimida musobaqa tashkilotchilari tomonidan g‘olib jamoalarga tegishli diplom, medal, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. 11-avgust kuni esa Mudofaa vazirligining bir guruh vakillari ishtirokida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida musobaqa ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi. Eslatib o‘tamiz, 2017-yilgi Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” musobaqalarida ham O‘zbekistonlik razvedkachilar faxrli 3-o‘rinni (Rossiya Federatsiyasi va Xitoydan keyin) egallashgan edi.
8O‘zbekiston
Denis Istomin o‘z faoliyati davomida ikkinchi bor ATP reytingi kuchli o‘nligiga kiruvchi tennischini mag‘lubiyatga uchratdi O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida musobaqaning amaldagi g‘olibi, serbiyalik Novak Jokovich ustidan g‘alaba qozongani haqida xabar bergandik. 30 yoshli Denis o‘z faoliyati davomida ikkinchi bor jahon reytingining Top-10ligiga kiruvchi raqibni mag‘lubiyatga uchratdi. Istomin Indian-Uellsda 2012 yilgi “Masters” turkumidagi turnirda ispaniyalik David Ferrer ustidan ham zafar quchgandi. Ma'lumot uchun, 29 yoshli Jokovich Australian Open musobaqasining olti karra g‘olibi sanaladi.
13Sport
Yevropa Ligasi pley-offida o‘ynaydigan barcha 32ta jamoa ma'lum bo‘ldi Yevropa Ligasida guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi. 6-turning so‘nggi o‘yinlaridan keyin «Reyndjers», «Portu», «Ludogorets», «Roma» va «Istanbul» klublari ham pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishdi. 1-o‘rin bilan guruhdan chiqqan jamoalar: «Sevilya», «Malmyo», «Bazel», LASK, «Seltik», «Arsenal», «Portu», «Espanol», «Gent», «Istanbul», «Braga», «MYu». 2-o‘rin bilan guruhdan chiqqan jamoalar: APOEL, «Kopengagen», «Xetafe», «Sporting», «Kluj», «Ayntraxt», «Reyndjers», «Ludogorets», «Volfsburg», «Roma», «Vulverhempton», AZ. Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni olib, Yevropa Ligasiga yo‘l olgan jamoalar: «Bryugge», «Olimpiakos», «Shaxtyor», «Bayyer», «Zalsburg», «Inter», «Benfika», «Ayaks». Ma'lumot uchun, Yevropa Ligasiga qur'a tashlash marosimi 16 dekabr kuni o‘tkaziladi. Yevropa Ligasi, 6-tur, 12 dekabr G guruhi Portu – Feyyenoord 3:2 Gollar: Dias (14), Malasia (15, avtogol), Tikino (33) – Bottejin (19), Larsson (22) Reyndjers – Yang Boyz 1:1 Gollar: Morelos (30) – Barishich (89, avtogol). N guruhi Espanol – TsSKA 0:1 Gol: Vlashich (84). Ludogorets – Ferensvarosh 1:1 Gollar: Lukoki (24) – Signevich (90+5). I guruhi Gent – Aleksandriya 2:1 Gollar: Depuatr (7, 16) – Miroshnichenko (54). Volfsburg – Sent-Eten 1:0 Gol: Otavio (52). J guruhi Borussiya M – Istanbul 1:2 Gollar: Tyuram (33) – Kahvechi (44), Krivelli (90). Roma – Volfsberger 2:2 Gollar: Perotti (7, penalti), Jyeko (19) – Florensi (10, avtogol), Vaysmann (63). K guruhi Vulverhempton – Beshiktosh 4:0 Gollar: Jota (57, 63, 68), Dendonker (67). Slovan – Braga 2:4 Gollar: Shporar (42), Rasalla (70) – Fonte (44), Trinkan (72), Bojikov (75, avtogol), Paulinyu (90+3). L guruhi Manchester Yunayted – AZ Alkmar 4:0 Gollar: Yang (53), Grinvud (58, 64), Mata (62, penalti). MYu: Romero, Maguayr (Jons, 68), Yang (Leyrd, 68), Tuanzebe, Garner, Pereyra, Mata, Marsyal (Chong, 59), Matich, Uilyams, Grinvud. AZ Alkmar: Bizot, Vyuytens, Svensson, Veyndal, Sugavara (Vlar,68), de Vit (Dryoyf, 63), Kopmeyners, Idrissi (Aueyan, 77), Midshe, Stengs, Klasi. Ogohlantirishlar: Klasi (28), Midshe (58), Leyrd (82), Kopmeyners (84). Partizan – Astana 4:1 Gollar: Suma (4), Umar (22, 76), Asano (26) – Pavlovich (79, avtogol).
13Sport
Hillari Klinton Obamadan kechirim so‘ragan AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton AQShda o‘tgan 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyati uchun AQShning sobiq prezidenti Barak Obamadan kechirim so‘ragan. Bu haqda "Ro‘yobga chiqmagan: Hillari Klintonning kampaniyasi ichida" deb nomlangan kitobdan parcha chop etgan The Washington Post nashri ma'lum qildi.  Nashrning yozishicha, saylov natijasi aniq bo‘lgan kecha Obama Klintonga mag‘lubiyatni tan olish taklifi bilan qo‘ng‘iroq qilgan. Klinton bunga rozi bo‘lgan va saylovlarda g‘olib bo‘lgan Donald Trampni telefon orqali tabriklagan. Bir necha daqiqa o‘tib Klinton Obamaga qo‘ng‘iroq qilib, saylovdagi mag‘lubiyati uchun kechirim so‘ragan. "Janob prezident, kechiring", deb aytgan Klinton.
2Dunyo
Kreml “Normand to‘rtligi” uchrashuvi qachon bo‘lishini oshkor etmadi “Normand to‘rtligi” sammiti bo‘lib o‘tadigan sanani hozircha oshkor qilib bo‘lmaydi, negaki uchrashuvga tayyorgarlik darajasi bunga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “RBK”. Peskovning ta’kidlashicha, Kreml bu kabi rejalar haqida har doim ehtiyotkorlik bilan gapiradi. “Hozirlik ko‘rilmoqda, tayyor bo‘lganimizdan keyin yakuniy bayonotni beramiz. Tayyorgarlikning bu darajasiga hali yetib kelmadik”, — dedi Kreml vakili.
2Dunyo
Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasining shtab-kvartirasi Toshkentga ko‘chirildi 13 fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasi (CABA)ning navbatdagi Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi. Yig‘ilishda Xalqaro basketbol federatsiyalar assotsiatsiyasi (FIBA)ning Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Agop Xadjiryan hamda Konfederatsiyaga a’zo mamlakat vakillari ishtirok etishdi. Mazkur yig‘ilishda, tashkilotning shtab-kvartirasi Toshkent shahriga ko‘chirildi. Shuningdek, Konferensiya davomida bir yo‘la ikki nafar o‘zbekistonlik mutaxassis CABAning Markaziy Kengash tarkibiga kirdi. O‘zbekiston basketbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Xurshid G‘iyosov CABAda g‘aznachilik bo‘limini boshqaradigan bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston basketbol federatsiyasi Bosh kotibi Ravshan G‘aniyev mintaqaviy Konfederatsiyada ham Bosh kotib sifatida ish yuritadi. Ma’lumot uchun, mazkur Konfederatsiya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston baksetbol federatsiyalaridan tashkil topgan. Bungacha tashkilot qarorgohi Qozog‘istonning Almati shahrida joylashgan edi.
13Sport
Maxsus komissiya xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berdi O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan, joriy yilning 20 fevralidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, sanitariya-epidemiologiya me'yorlari va qoidalari talablariga qat'iy muvofiq ravishda O‘zbekiston hududida xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazishga ruxsat etildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil etish doirasida quyidagi talablar belgilangan: Ma'lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning 23 martdagi "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq respublikada barcha turdagi ommaviy tadbirlar to‘xtatilgan edi.
8O‘zbekiston
Astronomlar o‘zga sayyoraliklarga xabar jo‘natdi Shu yilning martida aniqlangan, Yerdan 12 yorug‘lik yili masofasida Kichik it yulduzlar turkumida joylashgan GJ273b sayyorasiga xat yuborildi, deb yozadi “Naukatv.ru”. Olimlar fikricha, sayyora GJ273 mitti qizil yulduzining yashash mumkin bo‘lgan zonasida joylashgan bo‘lib, unda suyuq suv va ehtimol hayot bo‘lishi mumkin. Sayyora joylashgan masofa ehtimoliy javobni kamida 25 yil ichida olish imkonini beradi, deydi olimlar. Xat Puerto-Rikodagi Aresibo radioteleskopidan 1974-yilda xabar uzatilganida 43 yil to‘lishi munosabati bilan yuborildi. O‘shanda olimlar potensial o‘zga sayyoraliklarga Quyosh tizimidagi sayyoralar, DNK tuzilmasi hamda Yer va unda yashovchilar haqidagi boshqa ma’lumotlarni jo‘natgan edi. Bu safar astronomlar arifmetika, geometriya va trigonometriya, o‘z ichida xabar saqlaydigan radioto‘lqinlar, shuningdek, xronometraj haqidagi ma’lumotlarni yubordi.
14Texnologiya
Toshkentda “Qozog‘iston” kinoteatrini buzish ishlari boshlandi (foto) Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan va uzoq yillik tarixga ega kinoteatr tag-tugi bilan buzilmoqda. Bu haqda UzNews xabar berdi. Kinoteatrda 7-iyul kunidan boshlab buzish ishlari olib borilmoqda. Ularda 30 nafarga yaqin ishchi qatnashmoqda. Ishlayotganlarning fikriga ko‘ra, kinoteatr xavfsizlik talabiga javob bermasligi hamda ancha eskirib qolgani uchun buzilmoqda. “Qozog‘iston” kinoteatri buzilishiga Toshkent shahar hokimligi tomonidan ruxsat berilgan bo‘lib, uning o‘rnida nima qurilishi esa hozircha oshkor qilinmadi.
8O‘zbekiston
Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi o‘zgartirildi Norma’ning yozishicha, tasdiqlangan nizomda quyidagilar belgilangan: avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish tartibi; avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi; avtomototransport vositasini qayta jihozlashga va (yoki) avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirishga ruxsat etuvchi talablar va shartlar.   Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining «Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida»gi qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.   Mazkur qaror kuchga kirgach, Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.   Hujjat 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.
8O‘zbekiston
Samvel Babayan: Ikkita xato bizga qimmatga tushdi Osiyo qit`asidan JCh-2018 turniriga saralash bosqichi 5-turidan o`rin olgan Janubiy Koreya — O`zbekiston (2:1) uchrashuvidan so`ng Samvel Babayan matbuot anjumanida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. "Mag`lubiyatni tan olish judayam og`ir. Biz o`yinni yaxshi boshlagandik ammo, etakchilikni qo`ldan boy berdik.  Ikkita xato bizga qimmatga tushdi. Birinchi bo`limda yaxshi o`ynagandik. Janubiy Koreya judayam kuchli jamoa hisoblanadi. Bu mag`lubiyat bizga qo`shimcha kuch beradi va biz o`z ustimizda ishlashda davom etamiz. Kelasi yilgi davrani intiqlik bilan kutamiz endi", - deydi Babayan.
13Sport
Kecha-yu kunduz mijozlar xizmatidamiz! Aktsiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank”ining 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tarmog‘i tobora kengayib bormoqda. Kuni kecha poytaxtning Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarida hamda Andijon viloyatining Andijon shahrida navbatdagi shoxobchalar foydalanishga topshirildi. Aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy  xizmatlar  ko‘lamini  kengaytirish  maqsadida tashkil qilinayotgan mazkur shoxobchalar zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangan. Bankomatlar orqali fuqarolar kunning istalgan vaqtida plastik kartalaridagi so‘m mablag‘larni naqdlashtirishi mumkin. Infokiosklar orqali to‘lovlarni plastik kartochkalardan va naqd pulda qabul qilish, plastik kartochka hisob-varag‘i harakati to‘g‘risida ma'lumot olish, “SMS-xabarnoma” xizmatiga ulanish imkoniyati  mavjud. Shuningdek, infokiosklar yordamida “Qishloq qurilish bank”dan olingan kreditlarning asosiy va foiz qismini qaytarish, turli kommunal to‘lovlar, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni  amalga oshirish mumkin. E'tiborga molik jihati, Toshkent shahrining Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan 24/7 o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga  klaviaturali infokiosk qurilmalari o‘rnatilgan. Bu qurilma yordamida “Qishloq qurilish bank” mijozi bo‘lgan  yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar bank filialiga bormasdan turib, shoxobchaning o‘zida – klaviaturali infokiosk orqali “Internet banking” xizmatidan foydalanib, naqd pulsiz to‘lov amaliyotlarini bajarishmoqda.  Shoxobchalarga o‘rnatilgan infomonitorlar   foydalanuvchilarga bank xizmatlari haqidagi eng so‘nggi yangiliklar, xizmat ko‘rsatish tariflari va videomateriallar bilan tanishish imkonini beradi.   O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar aholi gavjum xududlarda tashkil qilinmoqda. Xususan, poytaxtdagi bunday shoxobchalar hozirda “Mirobod dehqon bozori”, “Askiya dehqon bozori”, “O‘rikzor savdo kompleksi”ga yaqin xududlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Shoxobchalarda nogiron fuqarolar foydalanishi uchun ham sharoitlar yaratilgan. “Qishloq qurilish bank” kelgusida 24/7 rejimida, kecha-yu kunduz, xodimsiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini respublikaning boshqa xududlarida ham tashkil etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, bank tomonidan shoxobchalarda avtomatlashtirilgan, valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi bankomatlar ishga tushirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Zamonaviy va qulay bank xizmatlaridan foydalaning! “Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida! Ma'lumot uchun: Telefon: 71 150-93-39 Veb-sayt: www.qqb.uz Telegram: https://t.me/QQBANK Facebook: FB.com/official.qqb.uz
5Jamiyat
UEFA ramziy terma jamoasi: La Ligadan 8 futbolchi, APLdan esa hech kim yo‘q Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 2016-yilning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Muxlislarning ovoz berish yo‘li orqali Yevropa chempionatlarida to‘p surayotgan eng yaxshi futbolchilar aniqlandi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”. Ramziy terma jamoaning uchdan bir qismini“Real” futbolchilari tashkil qildi: Serxio Ramos, Toni Kroos, Luka Modrich va Krishtianu Ronaldu. “Barselona”ning esa 3 futbolchisi – Jerar Pike, Luis Suares va Lionel Messi ramziy termaga kiritildi. La Ligada ishtirok etayotgan “Atletiko” jamoasi a’zosi Antuan Grizmann ham shular qatorida. Shunday qilib, Ispaniya chempionatidan bir yo‘la 8 futbolchi ramziy termaga kiritildi. Qayd etish joiz, “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu yilning ramziy terma jamoasi tarkibiga 11-marta kiritildi. Lionel Messi esa 8-marta UEFAning yil ramziy termasidan joy olmoqda. Ispaniya chempionati vakillaridan tashqari UEFA ramziy terma jamoasidan Italiya A Seriyasi vakili — “Yuventus” klubi posboni Janluiji Buffon va himoyachi Leonardo Bonuchchi joy oldi. “Bavariya” himoyachisi Jerom Boateng ramziy termada yagona Bundesliga vakili bo‘ldi. Dunyoning eng kuchli chempionatlaridan sanalga Angliya Premyer-ligasidan hech qaysi futbolchi UEFA ramziy terma jamoasiga kiritilmadi. UEFAning 2016-yilgi ramziy terma jamoasi quyidagi ko‘rinishda: Darvozabon: Janluiji Buffon (“Yuventus”, Italiya). Himoyachilar: Serxio Ramos (“Real”, Ispaniya), Jerar Pike (“Barselona”, Ispaniya), Jerom Boateng (“Bavariya”, Germaniya), Leonardo Bonuchchi (“Yuventus”, Italiya). Yarim himoyachilar: Andres Inyesta (“Barselona”, Ispaniya), Toni Kroos (“Real”, Germaniya), Luka Modrich (“Real”, Xorvatiya). Hujumchilar: Lionel Messi (“Barselona”, Argentina), Krishtianu Ronaldu (“Real”, Portugaliya), Antuan Grizmann (“Atletiko”, Fransiya). Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
13Sport
OAV: KXDR qimmatbaho soatlar va zargarlik buyumlarini sotishdan tushgan pulni yadro dasturiga sarflamoqda Shimoliy Koreya qimmatbaho soatlar, zargarlik buyumlarini sotishdan tushgan mablag‘larni o‘z yadro dasturini moliyalashtirishga sarflamoqda, deb yozadi Daily Mail. OAVda Pxenyandagi ikkita nufuzli do‘kondan olingan fotosuratlar tarqaldi. Iddao etilishicha, ular Puksae Shop va Pottongang Ryugyong Shop savdo nuqtalaridir. Suratlarda turli mahsulotlarni ko‘rish mumkin, ular orasida – parfyum, kiyim-kechak, zargarlik buyumlari bor. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, taqdim etilgan mahsulotlar orasida Montblanc markali soat ham bor, biroq brendning egasi – Richemont kompaniyasining xabar berishicha, KXDR yoki sanksiyalar ostida bo‘lgan boshqa davlatlarda savdo qilmaydi. Kompaniyada ushbu holatda gap mahsulotlarni noqonuniy yetkazib berish yo‘li, soxta tovarlar yoki eski mahsulotlar haqida borayotganini istisno etishmagan. Avvalroq Yaponiya Shimoldan tahdid bahonasida o‘z konstitutsiyasini o‘zgartirish niyatida ekani xabar qilingandi.
2Dunyo
Vetnamda 5 kishi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar uchun ko‘p yillik qamoq jazosiga tortildi Vetnamda 5 fuqaro ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va “o‘z fikrini bildirishning boshqa tinch yo‘llari” uchun 8 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga tortildi. Ularning bu harakatlari hukumatga qarshi faoliyat deb baholangan, deb xabar berdi Amnesty International huquqni himoyalash tashkiloti. Tashkilotning ma'lum qilishicha, sudlanuvchilar “xalq hokimiyatini ag‘darishga qaratilgan harakatlarni sodir etishda” aybdor deb topilgan.  Amnesty International’ning ma'lum qilishicha, sentabrda ham Vetnamda 8 kishi hukumatga qarshi faoliyat uchun qamalgan. Avgustda Vetnam sudi AQShning 2 fuqarosini teraktlar tashkillashtirish va hukumatga qarshi faoliyat uchun 14 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgandi. Yana 10 kishi kamroq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan. Barcha sudlanuvchilar “davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga urinishda” aybdor deb topilgan.
2Dunyo
Xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi. Qaror bilan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya talablari va shartlari nizomda belgilangan. Unga ko‘ra, shtatda oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassis, shuningdek, mehnat migrantlarini yuborish nazarda tutilayotgan mamlakatlar tillarini yaxshi biladigan xodimning bo‘lishi litsenziya talablaridan hisoblanadi. Litsenziya olish uchun ariza beruvchi tegishli hujjatlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bevosita yoki elektron shaklda taqdim etadi. Hujjatlar ishchi organ — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan o‘n ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi. Litsenziya beringanligi uchun eng kam ish haqining uch baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi. Shuningdek, qarorga muvofiq Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi. Quyida fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash bosqichlari keltirilgan:
5Jamiyat
52 o‘zbekistonlik o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilarga hukm o‘qildi Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqto‘be tumanlararo sudi 9 noyabr kuni yanvarda Samara-Chimkent trassasida avtobus yonishi natijasida hayotdan ko‘z yumgan 52 o‘zbekistonlik o‘limi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hukm chiqardi, deya xabar qildi Nur.kz. Avtobusning uch nafar haydovchisi besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda yetti yil muddatga avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi. Avtobusga xizmat ko‘rsatgan kompaniya ta’sischisi va mexanigi uch yil va olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ularga besh yil muddatga yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarda lavozimlarda faoliyat ko‘rsatish taqiqlandi. Bundan tashqari, sudlanuvchilar halok bo‘lganlarning qarindoshlariga 2 mln tengedan ma’naviy zarar to‘lashlari lozim. Sudlanuvchilar jazoni koloniya-manzilgohlarda o‘taydilar. 18 yanvar kuni Samara-Chimkent trassasida Rossiyaga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yonib ketgan edi. Uch haydovchi va ikki yo‘lovchi tirik qoldi. Tergov vaqtida yong‘inga avtotransport vositasidan foydalanish qoidalari va yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi, aniqroq aytganda — avtobus salonida cho‘lg‘ama lampalardan foydalanilgani sabab bo‘lgan.
5Jamiyat
Kinotavsiya: bolalar bilan tomosha qilish kerak bo‘lgan, boshqalarga o‘xshamaydigan odamlar haqidagi filmlar (foto) Biz inklyuziv bo‘lishni o‘rganayotgan dunyoda yashayapmiz. Bolalarni bunday holatga tayyorlash juda muhim, ular boshqalarga o‘xshamaydigan odamlar bilan uchrashganda, kimga duch kelayotganini va qanday javob berishni tushunishlari kerak. Qiyin, ammo muhim mavzu haqida gaplashish uchun quyidagi filmlardan birini birgalikda tomosha qilish yordam beradi. “Mo‘jiza”, 2017 Kamdan kam uchraydigan genetik xatolik tufayli Avgustning yuzi deyarli yo‘q. O‘zini Oggi deb ataydigan bu bolakay tug‘ilganidan beri 27 ta operatsiyani boshdan o‘tkazgan, ammo baribir uning tashqi ko‘rinishi tengdoshlarinikidan juda farq qiladi. U mehribon va g‘amxo‘r oilada, ajoyib dono ota-onasi va jasur opasi bilan o‘sgan. Ammo endi Oggi ochiq “kosmos” — maktabga chiqishi kerak. “Xudoyim, uni xafa qilmasalar edi”, deb pichirlaydi duo qilayotgan ona (Juliya Roberts). Lekin uni ranjitishadi. U maktab koridorlari bo‘ylab yurganida bolalar o‘zlarini chetga olishadi va undan uzoqroqda turishadi. Ba’zilar uning aqliy qobiliyati ham tashqi ko‘rinishidek bo‘lsa kerak deb o‘ylaydi. Bir kuni mo‘jiza sodir bo‘ladi va Oggi o‘ziga do‘st topadi. Ammo tengdoshlarining bosimi ostida yangi o‘rtoq Avgustga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Endi bola, uning oilasi, sinfdoshlari oldida uzun va mashaqqatli yo‘l bor — tushunish, hamdard bo‘lish va qabul qilish yo‘li. “Iqtidorli”, 2017 yil Har qanday jamiyatda bo‘lgani kabi bolalarda ham qoidalardan tashqariga chiqish holatlari kuzatiladi. Va ko‘pincha boshqalarga o‘xshamaydiganlar masxara qilinadi. Buni noyob matematik iste’dod bilan tug‘ilgan kichkina Merining onasi yaxshi tushunardi. Ammo u vafot etgach, Meri tog‘asi (Kris Evans) qaramog‘ida qoladi. U qizga o‘zi bilgan hamma narsani o‘rgatadi, odamlarga qo‘shilishi uchun Merini maktabga yuborishga qaror qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi tezda uning ajoyib iste’dodini kashf etadi. Maktab Merini iqtidorli bolalar akademiyasiga yuborishni taklif qiladi, ammo bu Frenk va Meri katta muammoga duch kelishi bilan baravar edi. Axir Frenk singlisiga Merining boshqa bolalar kabi oddiy hayot kechiradi, deb va’da bergandi. “Hech kim aqllilarni yoqtirmaydi”, deydi bir kuni Meri. Bu orada shuhratparast buvi nabirasining iqtidorini bilib qoladi. U va Frenk o‘rtasida haqiqiy qarama-qarshilik boshlanadi: tog‘asiga buvisi uni bolaligidan mahrum qilmoqchidek tuyuladi. Buvisi esa tog‘asi Merining kelajagini barbod qilyapti, deb hisoblaydi. “Forrest Gamp”, 1994 Bu aqli zaif, ammo mehribon va ochiqko‘ngil bolaning hayoti va ulg‘ayishi haqidagi ajoyib hikoya. yuqori IQ’ga ega bo‘lishdan ko‘ra yaxshi inson bo‘lish muhimligi haqidagi film. Hayot Forrestga (Tom Xenks) mehribon edi, chunki u ham atrofdagilardan mehrini ayamasdi. Forrest ajoyib sportchi, front qahramoni, millionerga aylanadi. Ammo uning asosiy boyligi doimo odamlar bo‘lib qolaveradi. Aslida boshqalar unga g‘amxo‘rlik qilishlari kerak, lekin Forrest har doim ularni himoya qiladi, qutqaradi va ilhomlantiradi. Axir hayot shokolad qutisiga o‘xshaydi: qanday nachinkali shokolad chiqishini hech qachon bilmaysiz. “Kakku uyasi uzra parvoz”, 1975 Rendl Patrik Makmerfi (Jek Nikolson) qamoqqa tushmaslik uchun o‘zini aqldan ozgandek ko‘rsatib, bundan ham yomonroq joy — hamshira Mildred Ratched tomonidan shafqatsizlarcha boshqariladigan ruhiy kasallar muassasasiga tushib qoladi. Makmerfi klinikaning qolgan bemorlari bunday davolanishga qarshi emasligidan hayrat qoladi va isyon ko‘taradi. Film so‘zsiz qudrat ruhiy kasallikdan ko‘ra ko‘proq ta’sir qilishi va aqldan ozdirishi haqida — “oddiy” odamlar ruhiy kasallarga qaraganda ancha qo‘rqinchli va xavfliroq bo‘lishi mumkin. “Stiven Xoking olami”, 2014 Kuchli aql va temir iroda kasallikni yenga oladimi? Stiven Xokingning butun hayoti bu savolga javob beradi. Yosh fizik talaba oldida buyuk kashfiyotlarga to‘la hayot turardi. Ammo dahshatli tashxis hamma narsaga chek qo‘yishi mumkin. Film odamlarning aqli va qalbini bilmasdan turib, ularning tashqi ko‘rinishi va jismoniy imkoniyatlariga qarab baho bermaslik kerakligi, haqiqiy sevgi va buyuk maqsadlar mo‘jizalar yaratishi haqida. “Insonning jasoratida chegara bo‘lmasligi kerak. Hayot qanchalik dahshatli ko‘rinmasin, u bor ekan, umid bor. Buyuk olimning bu iborasi muammolarga duch kelgan har bir kishiga dalda beradi. “1+1”, 2011 Baxtsiz hodisa natijasida nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan badavlat aristokrat Filip endi hech narsadan xursand bo‘lolmaydi. Ammo qashshoqlikda yashovchi, yaqinda qamoqdan chiqqan yosh fransuz Dris uning yordamchisi bo‘lganda hammasi o‘zgaradi. Bu ikkisi butunlay boshqa-boshqa dunyo va har biri o‘z stereotiplardan voz kechishi kerak. Bu ular bir-biriga yordam berishning yagona yo‘li. Dris Filippga yana hayotning ta’mini his qilishga yordam beradi, chunki u Filippda nogiron emas, balki yaxshi insonni ko‘radi. Bu barcha yoshdagi bolalar bilan suhbatlashish uchun foydali bo‘lgan muhim tajribadir.
7Madaniyat
Emomali Rahmon tojik-qirg'iz chegarasi haqida gapirdi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Qirg'iziston bilan chegara masalalari tezroq hal etilishi tarafdori ekanini aytdi. Bu haqda “Knews” xabar berdi. Prezident So'g'd viloyatiga safari doirasida Isfara shahri aholisi bilan suhbatda bu haqida gapirgan. U qirg'iz-tojik chegarasini demarkatsiya va delimitatsiya qilish “asosiy masalalardan biri” ekani va uni muzokaralar yo'li bilan hal etish tarafdori ekanini aytgan. Tojikiston prezidentining so'zlariga ko'ra, ikki davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo'yicha 2002 yildan buyon 170 dan ortiq uchrashuv va muzokaralar o'tkazilgan. Ikki davlat o'rtasidagi 987 kilometrlik chegaraning 663,7 kilometri, ya'ni chegara chizig'ining 68,4 foizi aniqlanib, kelishib olingan. Emomali Rahmon mavjud muammolarni manfaatli yechim orqali hal qilish tarafdoriligi, biroq bu juda murakkab jarayon bo'lib, mutaxassislardan ko'p vaqt va kuch talab etilishini aytgan. Tojikiston rahbari aholini hissiyotlarga berilmaslikka chaqirgan. Isfaraliklarga qo'shnilar bilan o'zaro hamjihatlik va yaxshi qo'shnichilik muhitida yashash va ishlash, ular bilan do'stona hamkorlikni yo'lga qo'yish, bag'rikeng bo'lish, his-tuyg'ularga berilmaslikka chaqirgan. Ma'lumot o'rnida, avvalroq Sadir Japarov qirg'iz-tojik mojarosiga munosabat bildirib, qo'shni davlat rahbarlarini haqorat qilmaslikka chaqirgandi.
2Dunyo
OKMK: Eksport salohiyati kengaymoqda Toshkentda “Olmaliq KMK” AJ eksport salohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Jurnalist va blogerlarga zavodning asosiy mahsulotlari, uning xorijiy iste’molchilari va asosiy eksport bozorlari to‘g‘risida so‘zlab berildi. Shuningdek, ochiq ma’lumotlar raqamlarda taqdim qilindi. “Olmaliq KMK” AJ nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda rangli metallurgiyaning bayroqdori hisoblanadi. Kombinat yiliga 148 ming tonna mis ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallaydi. Undan oldinda faqat Rossiya – 973 ming tonna va Qozog‘iston – 500 ming tonna. Hozirgi vaqtda OKMK 18 dan ortiq turdagi yuqori likvidli mahsulotlarni ishlab chiqarib, dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilmoqda. Asosiy mahsulot – mis. Mis narxiga qarab, siz jahon iqtisodiyoti yo‘nalishini oldindan aytib berishingiz, bashorat qilishingiz, texnologiya rivojidagi o‘zgarishlar qay tomonga ketayotganini ko‘rishingiz mumkin. “Fikrimcha, kelajak iqtisodiyotida misning ham alohida o‘rni bor. Masalan, ko‘plab qo‘shni mamlakatlar neft kotirovkalari tufayli boyib ketdi. Bizda ham xuddi shunday, ammo bu mis orqali bo‘ladi. Buning uchun biz ishlab chiqarish hajmini o‘stirishimiz, quvvatni kuchaytirishimiz, eksport salohiyatini oshirishimiz kerak”, – dedi “Olmaliq KMK” AJ metallurgiya xomashyosi bilan ta’minlash va sotish bo‘limi boshlig‘i Aziz Zokirov. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2005-yilgacha mis narxi 1500 dollardan 3000 dollargacha o‘zgarib turgan. O‘sha yilning uchinchi choragidan boshlab jahon va Xitoy iqtisodiyotining o‘sishi bilan bog‘liq holda kotirovkalarning tez o‘sib borganini kuzatish mumkin. OKMK mahsulotlariga kelsak, ularga talab katta. Uning xorijiy iste’molchilari orasida Gollandiya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Turkmaniston, Afg‘oniston, Xitoy bor. “Bizning asosiy mahsulotimiz – mis mahsulotlari. Mis katotlari, shular jumlasidan. Shuningdek, biz qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni qayta ishlash va ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanamiz. Bular – mis katanka, mis sim va mis quvurlar. Masalan, 2014-yilda ishga tushirilgan Angren quvur zavodi turli kesimdagi mis quvurlar ishlab chiqaradi. Ular konditsioner tizimlarida, sovutish qurilmalarida, isitishda va boshqalarda ishlatiladi. Hozirda biz ushbu mahsulotlarni Turkiya bozorida muvaffaqiyatli sotmoqdamiz, shuningdek, Qatar va BAA bozorlariga kirib kelmoqdamiz, rejada esa Kanada va AQSh ham bor”, – deydi Aziz Zokirov. Shunday qilib, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksporti (mis quvurlar, mis katanka) 4,4 baravar oshdi va 35,5 million AQSh dollarini tashkil qildi. Spikerlarning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida 177,5 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan edi. Ulardan mis mahsulotlari — 21,2 ming tonna (132,9 million AQSh dollari), rux mahsulotlari — 13,75 ming tonna (34,4 million AQSh dollari), qo‘rg‘oshin mahsulotlari — 15 ming tonna (3,8 million AQSh dollari) va boshqa mahsulotlar 6,4 million dollarni tashkil qilgan. Hisobot davrida 230,9 million dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Jumladan, mis mahsulotlari – 179,8 million dollarga (167,4 foiz) 22 497 tonna (147,1 foiz), rux mahsulotlari – 37,1 million dollarga (131, 9 foiz) 13 981 tonna (124,3 foiz), qo‘rg‘oshin mahsulotlari – 5,4 million dollarga (143,1 foiz), boshqa mahsulotlar – 8,6 million dollar, ya’ni prognoz 162,5 foizga bajarildi. “Eksportimizning asosiy ko‘rsatkichi – rangli metallar kotirovkalari. Xususan, katod mis kotirovkalari. Bugungi kunda, xalqaro bozordagi muayyan o‘zgarishlar fonida kotirovkalarning ajoyib o‘sishi kuzatilmoqda. Masalan, ko‘plab mamlakatlar allaqachon neft va ko‘mir kabi klassik resurslardan foydalanishdan voz kechib, qayta tiklanadigan manbalarga o‘tmoqda. Shunday qilib, ko‘plab investorlar elektr tokining eng ishonchli va yaxshi o‘tkazgichlaridan biri hisoblangan misga sarmoya kiritishni boshladi. Mos ravishda, avval kotirovkalar, uning ketidan esa bizning ko‘rsatkichlarimiz ko‘tarildi”, – deb tushuntiradi Aziz Zokirov. Anjumanda ta’kidlanganidek, Turkiya, Xitoy, MDH davlatlari, Sharqiy Yevropa asosiy eksport bozorlari hisoblanadi. Shu bilan birga, yangi savdo bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Shunday qilib, Qatar, Avstraliya, Indoneziya, Polshaga OKMK mahsulotlarini yetkazib berish allaqachon yo‘lga qo‘yildi. Mahsulotlarni BAA va Janubiy Yevropaga yetkazib berishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shuningdek, kombinat noyob va qimmatbaho metallarni eksport qiladi. Xususan, xorijiy iste’molchilarga molibden, reniy, rux kuporosi, kadmiy, volfram, palladiy yetkazib berilmoqda. Deyarli 30 yil davomida ishlab chiqarilgan oltin va kumushga “Yaxshi yetkazma” maqomi berildi va London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlandi. Bugungi kunda OKMK London metallar birjasida misni ro‘yxatdan o‘tkazish ustida ishlamoqda. Aziz Zokirovning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro miqyosda o‘z mahsulotlarining tan olinishi har qanday korxonaning munosib bahosi hisoblanadi. “Oltin va kumushimiz allaqachon sertifikatlangan hamda ‘Yaxshi yetkazma’ maqomiga ega. Hozirda misni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Sifat jihatidan u xalqaro standartlarga javob beradi, ammo uni ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish bizga nima beradi? Avvalo, bu bizning mis xalqaro miqyosda obro‘ va e’tirofga ega bo‘ladi, degani. Qolaversa, bu yangi bozorlarning ochilishi, fond birjalarida savdo qilish, fyuchers shartnomalari, xedjirovka va hakozolar degani”, – deya ta’kidlaydi Aziz Zokirov. Tadbir davomida, spikerlar ta’kidlaganidek, kombinat rangli metallarni eksport qilishdan tashqari, sement mahsulotlari ishlab chiqaradi va eksport qiladi. Bu, ayniqsa, mamlakatda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari hajmi tufayli dolzarb va talabgir. “Ichki bozorda sementga talab katta. Ayniqsa, keng miqyosli qurilish tufayli. Shunday qilib, 90 foiz sement respublikada qoladi. Biroq, OKMK Markaziy Osiyoda dastlabki oq sement ishlab chiqaradigan sement zavodini qurdi. U o‘z texnologiyasiga ko‘ra noyobdir. Ishlab chiqarish Jizzax viloyatida joylashgan. Ayni paytda ushbu sement Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonga eksport qilinmoqda. Surxondaryo viloyatida yana bir korxona – Sherobod sement zavodini qurdik. Biz uning mahsulotlarini, kulrang sementni Afg‘onistonga eksport qilamiz. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, u yerga 28 ming tonnadan ortiq sement eksport qilindi”, — deydi Aziz Zokirov. 2021-yilda zavod 734,5 million AQSh dollarlik mahsulotlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Shu jumladan, mis – 481,3 million dollarga 85 ming tonna, rux – 137,5 million dollarga 55 ming tonna, qo‘rg‘oshin – 27,9 million dollarga 107,9 ming tonna va boshqa mahsulotlarni 88,7 million dollarga. Jurnalistlar bilan uchrashuvda 2021-yilning birinchi yarmida kutilgan natijalar e’lon qilindi. Shunday qilib, yanvar-iyun oylarida 522,6 million AQSh dollari miqdorida eksport mahsulotlarini sotish rejalashtirilgan (prognoz bajarilishi – 143,9 foiz). Jumladan, 47 647 tonna 394,4 million AQSh dollarlik mis mahsulotlari, 31 581 tonna rux mahsulotlari – 84,6 million AQSh dollari miqdorida, 30 390 tonna qo‘rg‘oshin mahsulotlari – 19,8 million AQSh dollari, boshqa mahsulotlar – 23,8 million dollar. Spikerlarning xulosasiga ko‘ra, ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 60 million tonna yillik ishlab chiqarish hajmiga ega yangi “Yoshlik” konini o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda. 2025–2026-yillarda mis ishlab chiqarishning o‘sishi 148 dan 250 ming tonnagacha bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi.
8O‘zbekiston
Xitoy uchinchi milliy aviatashuvchi kemasi “Futszyan”ni suvga tushirdi Xitoy davlat kemasozlik korporatsiyasi uchinchi milliy aviatashuvchi “Futszyan”ni suvga tushirdi, deya xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi. Kema mamlakatning sharqiy qismida joylashgan Futszyan provinsiyasi nomi bilan atalgan. Uni suvga tushirish marosimi Shanxaydagi Szyannan kemasozlik zavodida bo‘lib o‘tdi. Bu Xitoyning samolyot va uchar apparatlarni uchirish uchun elektromagnit katapult bilan jihozlab yasagan birinchi aviatashuvchidir. Xitoyning Hket portali ta’kidlashicha, bunday texnologiya hozirda faqat AQSH dengiz floti va Xitoy dengiz floti tomonidan qo‘llanilmoqda, “Futszyan”ning o‘zini esa “konfiguratsiya bo‘yicha AQSHning eng yaxshi aviatashuvchisi bilan solishtirish mumkin”. Gap Amerikaning qaysi kemasi haqida ketayotganiga portal aniqlik kiritmagan. Sina portali “Futszyan” AQSH harbiy-dengiz kuchlarining “Jerald Ford” toifasidagi aviatashuvchi kemalariga o‘xshashligini ta’kidlamoqda. Kema 2024-yilgacha dengiz flotiga kirishi kerak. U J-35 qiruvchi samolyotlari va Xitoy hozirda ishlab chiqarayotgan KJ-600 oldindan radiolokatsion ogohlantiruvchi palubali samolyotlarni olib yurishi kutilmoqda. J-15T qiruvchi samolyotlari va J-15D radioelektron kurash samolyotlari ham undan ucha oladi. Xitoyning birinchi ikkita milliy aviatashuvchisi “Lyaonin” va “Shandun” deb nomlanadi — ular ham provinsiyalar sharafiga nom olgan. Ulardan uchayotgan samolyotlar maxsus tramplindan foydalanadi. Ikkala kema ham sovet modeliga muvofiq qurilgan.
2Dunyo
Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimdan ozod etildi. U viloyat prokurorligiga tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi», deyiladi Bosh prokuratura xabarida. Akmalxo‘ja Mavlonov 2018 yilning avgustidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U endi 2019 yil martidan buyon Namangan viloyatiga prokurorlik qilib kelgan va shu kunlarda ishdan olingan Rashid Rahmatov o‘rnida ish boshlaydi. Namangan viloyatining avvalgi prokurori Rashid Rahmatov iyul boshida, Otabek Murodov bosh prokurorlikdan olinib, uning o‘rniga Nig‘matulla Yuldashev tayinlanishidan ko‘p o‘tmay lavozimini tark etgan edi. Mavlonov prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori (2017 yil martigacha), Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari (2017 yil), Xorazm viloyati prokurori (2017 yil 8 oktyabridan 2018 yil 25 fevraligacha) lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yilning fevral oyidan 2018 yilning avgustigacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.
8O‘zbekiston
«Shabab Al-Ahli» Azizjon G‘aniyev transferini e'lon qildi 22 yoshli yarimhimoyachi Birlashgan Arab Amirliklarining «Shabab Al-Ahli» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Shartnoma shartlari va muddati ma'lum qilinmagan. Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi sanalmish ushbu klub «V» guruhida «Paxtakor» jamoasining raqibi sanaladi. Argentinalik mutaxassis Rodolfo Arruabarrena qo‘l ostidagi jamoa 10 fevral kuni 1-tur doirasida Toshkentda mehmon bo‘ladi. BAA chempionati 15-turidan keyin 36 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan «Shabab Al-Ahli» jamoasi yakshanba kuni so‘nggi tur doirasida «Al-Fujayra» bilan 0:0 hisobini qayd etdi. Ma'lumot uchun, yana bir hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p surayotgan «Sharja» klubi chempionatda «Shabab Al-Ahli»dan keyingi 2-o‘rinni band etib turibdi. Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda Azizjon G‘aniyev borasida muzokaralar davom etayotganligi haqida aytgandi.
13Sport
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy hayoti bo‘yicha elektron muzey yaratish taklifini berdi 24 avgust kuni amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatida bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati. Xabarda aytilishicha, Imom Buxoriy ziyoratgohi buyuk muhaddisning musulmon olamidagi yuksak hurmatiga munosib tarzda qayta qurilmoqda. Maqbara, ulkan masjid, minoralar, ayvonlar barpo etilmoqda. Prezident u yerdagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. «Bu loyihani ko‘p muhokama qildik, qayta-qayta kelib ko‘rdik. Endi qurilishda ham shoshmaslik kerak. Ham ziyorat, ham ibodat nuqtai nazaridan bu yerda hamma sharoit bo‘lishi zarur», — dedi u. Shavkat Mirziyoyev majmua yonida Imom Buxoriy hayotini ko‘rsatuvchi elektron muzey tashkil etish taklifini bildirdi. «Yaqinda Madina shahrida bo‘lganimizda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyini ko‘rdik. Bu yerda ham shunga o‘xshash muzey tashkil etsak, yaxshi bo‘lar edi. Unda Imom Buxoriy bobomizning hayoti, ilm yo‘li, o‘sha davr tarixi axborot texnologiyalari orqali ko‘rsatiladi», — dedi prezident. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Qurilish vazirligiga bu borada loyiha tayyorlash topshirildi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Hazrati Hizr majmuasiga borib, birinchi prezident Islom Karimov maqbarasini ham ziyorat qildi, deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, 2021 yil aprelda Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi. U yerda katta masjid, to‘rtta simmetrik minora, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon bo‘lishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ziyoratchilar uchun 7 ta mehmonxona, 3 ta avtoturargoh, avtobekat, supermarket, bozorcha barpo etilishi rejalashtirilgan.
12Siyosat
Fotofakt: Namanganlik shifokorlar Chelyabinsk klinikalarida Joriy yil bahorida Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Chelyabinsk sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangandi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Sanjarbek Hamidov ma’lum qildi. Mazkur hujjat bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Hozirda 22 nafar namanganlik shifokor Chelyabinskda malakasini oshirmoqda. Ular orasida jarroh, pediatr, terapevt, reanimatolog, travmatolog va boshqa yo‘nalish vakillari bor. Namanganlik shifokorlar Chelyabinskda operatsiya jarayonlarida ham ishtirok etmoqda.
8O‘zbekiston
“Panorama”dan Sergeli Jo‘n kanaligacha: Toshkentdagi 10 dan ziyod yangi loyihalar muhokamaga qo‘yildi (foto) Toshkent shahrida 2021-yil 500 dan ziyod mahalla obodonlashtirilib, 10 ga yaqin hududda bog‘ va xiyobon barpo etiladi hamda investitsiya dasturi bo‘yicha 30 ta obyektda qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida 8-fevral, dushanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. Tadbirda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov 2021-yilda poytaxtda qurilishi rejalashtirilgan bino va inshootlar, obodonlashtirilishi mo‘ljallangan bog‘, xiyobon va maydonlar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar borasida ma’lumot berdi. Shuningdek, poytaxt qiyofasini yanada yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun qo‘shimcha hordiq chiqarish maskanlarini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan 10 dan ortiq loyihalar taqdim etildi. Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov. Uchtepa tumanida barpo etilishi ko‘zda tutilgan “Istirohat” va Lutfiy bog‘lari, Abdulla Qodiriy va Sebzor ko‘chalari kesishmasidagi hududlar, Gagarin monumenti (Chilonzor 3-daha) va uning atrofidagi ta’mirtalab xiyobon, Botanika bog‘i, Aviatsiya bog‘i, Yangi Sergeli bog‘i, Ohangaron shohko‘chasi, “Novza” soy bo‘yi sayilgohi, Qoraqamish kanali sayilgohi, Sharof Rashidov haykali va O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hududi, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi (sobiq “Panorama”), Qorasuv va Sergeli Jo‘n kanallari atrofida tashkil etiladigan sayilgoh loyihalari shular jumlasidan. Ta’kidlanishicha, mazkur loyihalarning barchasi poytaxt aholisi muhokamasiga qo‘yiladi, fuqarolarning bu boradagi fikr va takliflari inobatga olingan holda yanada takomillashtiriladi. Shundan so‘ng barcha loyihalar Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining sessiyalarida atroflicha ko‘rib chiqilib, tasdiqlanganidan keyin amaliyotga tatbiq etiladi. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Furqat Mahmudxo‘jayev. “Har bir mahalla sharoiti o‘rganilgach, ulardagi imkoniyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha avtoturargohlar, bolalar maydonchalari tashkil qilinadi. Shuningdek, 50 dan ko‘proq mahalla uchun zamonaviy MFY idorasi qurish ham rejalashtirilgan”, — dedi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Furqat Mahmudxo‘jayev. Uchtepa tumanidagi Lutfiy bog‘i loyihasi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyini qayta ta’mirlash taklifi Gagarin monumenti (Chilonzor 3-daha) va xiyobon hududini rekonstruksiya qilish Shayxontohur tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasining Sebzor ko‘chasidan Shayxontohur ko‘chasigacha bo‘lgan (1,9 km) qismida piyodalar uchun sayilgoh tashkil etish loyihasi Botanika bog‘i Aviatsiya bog‘i Ohangaron shohko‘chasida xiyobon tashkil etish (yerusti metrosi ostidagi hudud) «Novza» sohilbo‘yi sayilgohi loyihasi Uchtepa va Shayxontohur tumanlari kesishmasida, Toshkent halqa avtomobil yo‘li va kichik xalqa yo‘lini bog‘lovchi Istirohat ko‘chasida quriladigan bog‘-xiyobon loyihasi Qoraqamish kanali sayilgohi loyihasi Qorasuv kanali sayilgohi loyihasi Sharof Rashidov haykali va O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hududini obodonlashtirish taklifi Yangi Sergeli bog‘i (Yangi Sergeli ko‘chasida) Sergeli Jo‘n kanali sayilgohi loyihasi Toshkent shahrida piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil etilishi
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Milliy jamoasi Vadim Abramov boshchiligida oktabr yig‘ini doirasida navbatdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazdi 12 oktabr kuni esa BAAga safar qiladi va mahalliy jamoaga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik matchini o‘tkazadi. Kechagi mashg‘ulotlarda olingan jarohatlar tufayli Yegor Krimets va Oston O‘runov yig‘inni erta yakunlashdi. Bugun esa K-liga vakili Jamshid Iskandarov yig‘inga qo‘shila olmasligi ma'lum bo‘ldi. Jamshidning klubi pandemiya yuzaga keltirgan sabablar tufayli futbolchini MJ ixtiyoriga qo‘yib yubormagan. Boshqa futbolchilar a'lo kayfiyatda mashg‘ulotlarni o‘tkazdilar.
13Sport
Obama Trampga qarshi noroziliklarni qo‘llab-quvvatladi 10 kun avval iste'foga ketgan AQShning sobiq prezidenti Barak Obama o‘zining vorisi Donald Trampga qarshi noroziliklarni qo‘llab-quvvatladi va "o‘rtaga amerika qadriyatlari qo‘yilganini" aytdi. U, shuningdek, AQShni terrorchilikdan himoya qilish farmoni bo‘yicha Tramp bilan ziddiyatlar borligi haqida eslab o‘tdi.    "Prezident Obama butun mamlakat bo‘ylab jamiyatning ishtiroki darajasidan mamnun. Saylangan amaldorlar ularning ovozlarini eshitishlari uchun jamlanish, tashkillashtirish va erishish kabi o‘z konstitutsion huquqlarini amalga oshirayotgan fuqarolar – Obama o‘rtaga amerika qadriyatlari qo‘yilgan vaqtda ulardan kutayotgan narsadir", deb aytdi Obamaning vakili. "Obamaning tashqi siyosat bo‘yicha qarorlari bilan qiyoslashga kelsak, siz eshitganingizdek, prezident Obama shaxslarga nisbatan ularning e'tiqodi yoki din sababli tahqirlash o‘tkazish taklifiga tubdan qarshidir", deb qo‘shimcha qildi Obama vakili.
2Dunyo
Afg‘onistondagi kampaniya G‘arbga qanchaga tushdi? Toliblarga qarshi qanday kuchlar kurashgan? Amerika harbiylari 2001 yil oktyabrida toliblarga qarshi harbiy kampaniya boshlagandi. Bunga amerikaliklar 11 sentabr teraktlari ortida turgan «Al-Qoida» yetakchisi Usama bin Lodin va tashkilotning boshqa rahbarlari Afg‘onistondan qo‘nim topgan, deb hisoblagani sabab bo‘lgandi. Ushbu mamlakatga joylashtirilgan AQSh harbiylari soni yil sayin o‘sgan va 2011 yilga kelib 110 ming kishini tashkil etgan. Vashington doimiy ravishda «Tolibon»ga qarshi kurashish va Afg‘onistonning tiklanishini moliyalashtirish uchun milliardlab dollarlar ajratib kelgan. O‘tgan yili Afg‘onistonda qoldirilgan amerikalik harbiy xizmatchilar soni atigi 4 ming nafar atrofida edi. Rasmiy ma'lumotlarda hamisha ham maxsus amaliyotlar uchun yuborilgan kuchlar va boshqa topshiriqlar bilan ushbu hududda vaqtincha bo‘lib turgan bo‘linmalar aks etmagan. NATO alyansining boshqa a'zolari ham o‘z kontingentlarini xalqaro koalitsiya doirasida ushbu mamlakatda saqlab turgan. Ammo koalitsiya tarkibining eng katta qismini amerikaliklar tashkil etgan. NATO rasman 2014 yil dekabrida o‘z jangovar missiyasini yakunlagani haqida e'lon qilgan, ammo afg‘on xavfsizlik xizmatini o‘qitish hamda aksilterror amaliyotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun bu yerda 13 ming kishini saqlab turgan. Shuningdek, Afg‘onistonda ko‘plab xususiy qo‘riqlash kompaniyalari faoliyat yuritgan. AQSh Kongressi tadqiqotida 2020 yilning so‘nggi choragidagi bu kompaniyalarda AQShning 7800 nafarga yaqin fuqarosi ishlayotgani ko‘rsatilgan. Qancha mablag‘ sarflangan? Afg‘onistondagi xarajatlarning ham ko‘p qismi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. Amerika hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, 2010 yildan 2012 yilga qadar (bu muddatning ma'lum qismida Afg‘onistonda 100 mingdan oshiq askar saqlangan) urush uchun xarajatlar miqdori yiliga 100 milliard dollargacha yetgan. Keyin Amerika qurolli kuchlari toliblar ustiga yurish qilishni to‘xtatib, urg‘uni afg‘on harbiylarini o‘qitishga qaratgan, shundan keyin xarajatlar keskin qisqargan. Pentagonning yuqori martabali amaldori AQSh Kongressida bergan hisobotga ko‘ra, 2018 yilga kelib yillik xarajatlar miqdori 45 milliard dollar atrofida bo‘lgan. AQSh Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, Afg‘onistondagi jami harbiy xarajatlar miqdori (2001 yil oktyabridan 2019 yil sentyabriga qadar) 778 milliard dollarni tashkil etgan. Bundan tashqari, AQSh Davlat departamenti AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda boshqa hukumat agentliklari bilan tiklanish loyihalari uchun 44 milliard dollar sarflagan. Shu tariqa, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra 2001-2019 yillarda umumiy qiymat 822 mlrd dollarga yetgan. Ammo bu miqdorga Pokistondagi xarajatlar kirmaydi - AQSh bu mamlakat hududida Afg‘oniston bilan bog‘liq amaliyotlar uchun baza qurgan. Braun universitetining 2019 yilgi tadqiqotida AQSh Afg‘oniston va Pokistondagi harbiy xarajatlar uchun 978 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratgani ma'lum qilingan (bu baho 2020 moliyaviy yili uchun ajratilgan pullarni ham o‘z ichiga olgan). Afg‘onistonda AQShdan keyingi eng yirik harbiy kontingentlarga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya va Germaniya urush davrida mos ravishda 30 va 19 milliard dollardan xarajat qilgan. Barcha harbiylar olib chiqilishi rejalashtirilganiga qaramasdan, AQSh va NATO 2024 yilga qadar Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarini moliyalashtirish uchun yiliga 4 milliard dollar ajratishni rejalashtirgandi. Bu yili NATO Afg‘onistonga 72 million dollarlik mahsulotlar va jihozlar jo‘natgan. Pullar qayerga ketgan? Afg‘onistonda sarflangan pullarning asosiy qismi ayirmachilarga qarshi kurash amaliyotlari va askarlar ehtiyojlari (oziq-ovqat, ust-bosh, tibbiy xizmat, to‘lovlar va imtiyozlar) uchun yo‘naltirilgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2002 yildan buyon AQSh Afg‘onistonni tiklash uchun 143,27 milliard dollar xarajat qilgan. Bu mablag‘ning yarmidan ko‘p qismi (88,32 milliard dollar) afg‘on xavfsizlik kuchlarini, shu jumladan Afg‘oniston milliy armiyasi va politsiyani mustahkamlashga ishlatilgan. 36 milliard dollarga yaqin mablag‘ boshqaruv va taraqqiyot uchun sarflangan, shundan kamroq summa giyohvandlikka qarshi kurash va insonparvarlik yordamlariga yo‘naltirilgan. Shu bilan birgalikda, bu pullarning bir qismi yillar davomida firibgarlik hamda mansabni suiiste'mol qilish holatlari tufayli talon-toroj bo‘lgan.  AQSh Kongressining 2020 yil oktyabrdagi hisobotida Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha sa'y-harakatlarni nazorat qiluvchi kuzatuv organi 2009 yil mayidan 2019 yil 31 dekabriga qadar shu kabi holatlar tufayli 19 milliard dollarga yaqin mablag‘ yo‘qotilganini hisoblab chiqqan. Qancha odam halok bo‘lgan? «Tolibon»ga qarshi urush boshlangan 2001 yildan buyon koalitsiya a'zolarining 3500 nafardan oshiq askari halok bo‘lgan, shundan 2300 nafardan ortig‘i amerikaliklar. 450 nafardan ortiq britaniyalik harbiy xizmatchi harbiy harakatlar qurboniga aylangan. Shuningdek, AQSh qo‘shinlarining 20 ming 660 askari turli darajada tan jarohatlari olgan. Shu bilan birga, bu raqamlar afg‘on xavfsizlik kuchlari hamda tinch aholi bergan qurbonlar bilan solishtirganda yuqori ko‘rinmaydi. 2019 yilda prezident G‘ani u mamlakatni boshqargan besh yil ichida afg‘on xavfsizlik kuchlarining 45 ming xodimi halok bo‘lganini aytgandi. Braun universiteti baholariga ko‘ra, 2001 yil oktyabridan buyon Afg‘oniston milliy qurolli kuchlari va politsiya vakillaridan 64 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. BMTning Afg‘oniston bo‘yicha missiyasi ma'lumotlariga ko‘ra esa tinch aholi vakillarining yo‘qotishlari hisoblanishi boshlangan 2009 yildan keyin 111 ming kishi o‘ldirilgan yoki yaralangani qayd etilgan.
2Dunyo
Yaqin kunlarda XIII Toshkent xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi Dunyo tan olgan, jahon sahnalarida namoyish etilgan katta kinotaqdimotlar endi O`zbekistonda bo`lib o`tadi. 28-sentyabr - 3-oktyabr kunlari bo`lishi kutilayotgan XIII Toshkent Xalqaro Kinofestivali esda qolarli uchrashuvlar, qiziqarli taqdimotlar, xullas yorqin lahzalarga boy bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda Kinemotografiya agentligi xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha, festival doirasida “Jahon mamlakatlari kino kunlari” o`tkazilishi rejalashtirilgan bo`lib, unda 10 dan ortiq davlatlarning kinolari namoyish qilinadi. Rossiya, Turkiya, Koreya, Italiya, Polsha, Ozarbayjon, Hindiston, Belarus, Misr, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston shular jumlasidan.
7Madaniyat
Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini ijro etishga oid qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida Sud amaliyotida hukm, ajrim va qarorlarni ijro etishda masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonunlarning bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonuniy kuchga kirgan sud hukmi, ajrimi va qarorlarini ijro etish jarayonida qator huquqiy masalalar kelib chiqishi mumkin bo‘lib, ular Jinoyat-protsessual kodeksi (keyingi matnlarda JPK deb yuritiladi) 58 va 59-boblariga muvofiq faqat sud majlisida hal etiladi. 2. JPK 528-moddasiga muvofiq, sud hukmi apellatsiya shikoyati (protesti) berish uchun belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng, apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan hollarda esa, ish yuqori turuvchi sud tomonidan ko‘rilgan kuni qonuniy kuchga kiradi. Apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs uni JPK 49710-moddasiga asosan chaqirib olgan hollarda, basharti boshqa shaxslar tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati yoki prokuror protesti bo‘lmasa, hukm JPK 528-moddasining ikkinchi qismi qoidasiga ko‘ra, apellatsiya ish yurituvi tugatilganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kuni qonuniy kuchga kirgan hisoblanadi. Mustaqil ravishda shikoyat berilmaydigan sud ajrimlari darhol qonuniy kuchga kiradi va ijroga qaratiladi (JPK 530-moddasi ikkinchi qismi). Ularning qonuniyligi va asosliligiga yuqori instansiya sudi tomonidan ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha baho beriladi. 3. Hukm, ajrim va qarorlarni (bundan buyon matnda-hukmni) ijro etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha ish yuritish JPK 59-bobida nazarda tutilgan. Ularga quyidagi masalalar kiradi: hukm ijrosini kechiktirish (JPK 533-moddasi) to‘g‘risida; mahkumni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilish (JPK 534-moddasi) to‘g‘risida; jazoning shartliligini bekor qilish (JPK 535-moddasi) to‘g‘risida; mahkumni jazoni o‘tashdan shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish (JPK 536-moddasi) to‘g‘risida; mahkumni jazoni o‘tashdan amnistiya aktiga asosan ozod qilish (JPK 536-1-moddasi) to‘g‘risida; jazoni o‘tash vaqtida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning saqlash sharoitlarini o‘zgartirish (JPK 537-moddasi) to‘g‘risida; mahkumni tergov hibsxonasiga joylashtirish (JPK 538-moddasi) to‘g‘risida; jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash jazolarini boshqa jazo choralari bilan almashtirish (JPK 539-moddasi) to‘g‘risida; hukmlarning fuqaroviy da’voga va boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismini ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal etish (JPK 539-1-moddasi) to‘g‘risida; hukmlarni boshqa ijro etilmagan hukmlar mavjud bo‘lganda ijro etish (JPK 540-moddasi) to‘g‘risida; sinov muddatini qisqartirish (JPK 543-moddasi) to‘g‘risida; sudlanganlik holatini olib tashlash (JPK 544-moddasi) to‘g‘risida; axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tash vaqtini mahkumning umumiy ish stajiga qo‘shish (JPK 545-moddasi) to‘g‘risida; xizmat bo‘yicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish (JPK 546-moddasi) to‘g‘risida. 4. Sud ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxsga nisbatan hukm ijrosini, faqat JPK 533-moddasida nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud bo‘lganda, kechiktirishi mumkin. Kechiktirish uchun asos bo‘lgan holatlar barham topgandan yoki sud tomonidan belgilangan kechiktirish muddati tugagandan so‘ng hukm uni chiqargan sud tomonidan ijroga qaratilishi shart, amnistiya akti qo‘llanilgan yoki qilmishning jinoiyligini istisno etadigan yangi qonun qabul qilingan hollar bundan mustasno. 5. JPK 533-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, sud hukmning jarima solishga oid qismi ijrosini olti oygacha kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni belgilashga haqli. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunning mazkur normasida hukmning jarimaga yoki ziyonni qoplashga oid qismi bo‘yicha to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash (ijroni uzaytirish) uchun belgilanadigan muddat chegaralanmagan. Bunday hollarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri, shuningdek oylik to‘lovlar summasi, sud tomonidan ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini e’tiborga olib hal qilinadi. 6. Agar shaxs jazoni o‘tash davrida surunkali ruhiy yoki boshqa og‘ir kasallikka chalingan bo‘lsa va bu holat jazoni o‘tashga to‘sqinlik qilsa, qonun uni jazodan ozod qilishga yo‘l qo‘yadi (JK 75, JPK 534-moddalari). Mazkur masalani hal etishda sudlar nazarda tutishlari lozimki, ruhiy holati surunkali buzilgan shaxsni jazodan ozod qilish uchun sodir etilgan jinoyatning xususiyati va og‘irligi, shaxsning xulq-atvori, tayinlangan va o‘talgan jazo muddati hamda boshqa holatlar ahamiyat kasb etmaydi. Boshqa turdagi og‘ir kasallikka chalingan shaxsni jazodan ozod qilish uchun sud mahkumning kasali Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2008-yil 13-avgustdagi 12/9 sonli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2008-yil 9-sentabrda 1854-son bilan ro‘yxatga olingan “Mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxati”ga kiritilganligini inobatga olishi shart. 7. Shartli hukm qilinganda tayinlangan sinov muddatini qisqartirish masalasi (JPK 543-moddasi) sud tomonidan shartli hukm qilingan shaxs xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi, shuningdek mahkum yoki uning himoyachisi yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoatchilik iltimosnomasi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi (JPK 532, 40-moddalari). 8. JK 72-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, sud sinov muddati davomida shartli hukm qilingan shaxs xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi bo‘yicha shartli hukm qilingan shaxsga nisbatan: muqaddam belgilangan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin, basharti mahkum unga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan bajarayotganligi, yashash, ishlash, o‘qish yoki xizmat joyida ijobiy tavsiflanayotganligi, uning xulqi ustidan shikoyat kelib tushmaganligi, shuningdek, boshqa holatlar (homiladorlik yoki bola tug‘ilishi, pensiya yoshiga to‘lishi, nogironlik va h.k.) aniqlansa; yangi majburiyatlar yuklashi mumkin, basharti mahkum uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga unga nisbatan yuklatilgan majburiyatlarga rioya etayotganligi to‘g‘risida xabar bermaganligi, ushbu majburiyatlarni bajarmaganligi, o‘sha organ chaqiruvi bo‘yicha yetib kelmaganligi, shuningdek mahkumga boshqa majburiyatlar yuklash maqsadga muvofiqligidan dalolat beruvchi boshqa holatlar aniqlansa. 9. Agar mahkum sinov muddati davomida sud tomonidan unga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasa yoki jamoat tartibini yoxud mehnat intizomini buzsa, sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi bo‘yicha jazoning shartliligini bekor qilish va hukmda belgilangan jazoni ijro etish to‘g‘risida (JK 72, JPK 535-moddalari) ajrim chiqarishi mumkin. Bunda sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarning mahkum tomonidan bajarilmasligi deganda, shartli hukm qilingan shaxsning belgilangan muddatda yetkazilgan ziyonni qoplashdan, ishga yoki o‘qishga joylashishdan bosh tortishi, uning xulqi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organga yashash, ishlash yoki o‘qish joyi o‘zgarganligi to‘g‘risida xabar bermasligi, mazkur organga vaqti-vaqti bilan ro‘yxatdan o‘tish uchun kelmasligi, sud tomonidan taqiqlangan joylarga borishi, belgilangan vaqtda yashash joyida bo‘lmasligi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalliklariga qarshi davolanish kursini o‘tashdan bosh tortishi tushunilishi lozim. Mahkum tomonidan jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzish u tomonidan sinov muddati davomida, tegishlicha, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi yoki mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etishda ifodalanib, ular faqat shaxsga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilgandagina, jazoning shartliligi bekor qilinishiga olib keladi. JK 72-moddasi oltinchi qismi mazmuniga ko‘ra, sud sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyatini, mahkumning shaxsiga oid ma’lumotlarni va uning sinov muddati davridagi xulq-atvorini inobatga olib, jazoning shartliligini bekor qilish to‘g‘risidagi taqdimnomani rad etishi mumkin. 10. Shartli hukm qilingan shaxs tomonidan sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etilganda, sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasi bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, yangi hukm chiqarish paytida birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning shartliligini bekor qiladi va JK 60-moddasi qoidalari bo‘yicha jazo tayinlaydi. 11. Agar amnistiya akti hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar e’lon qilingan bo‘lsa, uni qo‘llash masalasi hukm chiqargan sud tomonidan hukmni ijro etishda yuzaga kelgan noaniqlik sifatida (JPK 541-moddasi birinchi qismi), mahkum tomonidan unga nisbatan amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berilganligi yoki berilmaganligidan qat’iy nazar, ko‘rib chiqilishi lozim. Agar amnistiya akti hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng, lekin u ijroga qaratilgunga qadar (JPK 528-moddasining to‘rtinchi qismi) e’lon qilingan bo‘lsa, amnistiya aktini qo‘llash masalasi amnistiya aktida belgilangan tartibda hal etiladi. Amnistiya akti hukm qonuniy kuchga kirgan va ijroga qaratilganidan keyin e’lon qilingan hollarda, uni qo‘llash to‘g‘risidagi masala JPK 536-1-moddasida belgilangan tartibda mahkum jazo o‘tayotgan joydagi sud tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. 12. Sud qarorlarining to‘liq va tushunarliligi ularni samarali ijro etishning muhim shartlaridan biri hisoblanishi tufayli, har bir hukm JPK 457-moddasiga ko‘ra hukm chiqarish chog‘ida sud hal etishi shart bo‘lgan barcha masalalarga javoblarni o‘zida aks ettirishi lozim. Ayblov yoki oqlov hukmining qaror qismida JPK 468, 470 va 471-moddalarida nazarda tutilgan masalalar shunday tarzda hal qilinishi va bayon etilishi lozimki, toki hukm ijrosi paytida hech qanday qiyinchilik yuzaga kelmasin. 13. Tushuntirilsinki, sud zarurat tug‘ilganda, hukm chiqarish paytida yo‘l qo‘yilgan har qanday shubha va noaniqliklarni JPK 542-moddasi tartibida hukm mohiyatini o‘zgartirmagan va mahkumning ahvolini og‘irlashtirmagan holda hal etishga haqli. Bunday masalalarga, jumladan quyidagilar kiradi: 1) hukm chiqarilgunga qadar e’lon qilinib, jazodan ozod qilishni yoki jazoni qisqartirishni (kamaytirishni) nazarda tutuvchi amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi, agar sud hukm chiqarish paytida mazkur masala muhokamasiga kirishmagan bo‘lsa; 2) ehtiyot chorasini bekor qilish to‘g‘risidagi, agar sudlanuvchi oqlangan yoki u jazodan ozod qilinib, sudning hukmida ehtiyot chorasini bekor qilish ko‘rsatilmagan bo‘lsa; 3) surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan hukmning fuqaroviy da’voga oid qismi ijrosini ta’minlash uchun (JPK 290-moddasi birinchi qismi) qo‘llanilgan mol-mulkni xatlash chorasini bekor qilish to‘g‘risidagi, agar oqlov hukmi chiqarilganda yoki da’vo rad etilganda bu choralar hukmda bekor qilinmagan bo‘lsa; 4) ushlab turish, dastlabki qamoq, uy qamog‘i vaqtini jazoni o‘tash muddatiga qo‘shib hisoblash to‘g‘risidagi, agar sud hukmida bunday hisoblash amalga oshirilmagan yoki uni hisoblashda noaniqlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa; 5) bir necha hukm majmui bo‘yicha jazo tayinlashda o‘talgan jazoni qo‘shib hisoblash to‘g‘risidagi, agar bunday hisob sud hukmida amalga oshirilmagan yoki noaniq hisoblangan bo‘lsa; 6) ashyoviy dalillar taqdiri, shu jumladan, jinoyat qurollarini musodara qilish to‘g‘risidagi, agar bu hukmda yoki amnistiya aktini qo‘llash haqidagi sud ajrimida hal etilmagan bo‘lsa; 7) sud xarajatlari miqdorini aniqlash va ularni taqsimlash to‘g‘risidagi, agar bu masalalar sud hukmida o‘z yechimini topmagan bo‘lsa; 8) sud tomonidan tayinlangan advokat mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi, agar bu masala hukm chiqarish bilan bir vaqtda hal etilmagan bo‘lsa; 9) ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan shaxsning qarovsiz va yordamchisiz qolgan voyaga yetmagan bolalari, keksa ota-onalari, boshqa qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar taqdiri (ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalar homiyligi yoki vasiyligiga berish) to‘g‘risidagi, agar sud bu masalalarni hukm chiqarish paytida hal etmagan bo‘lsa; 10) mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi, agar qonunga ko‘ra, undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk xatlangan bo‘lsa; 11) ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxsning qarovsiz qolgan mol-mulkini qo‘riqlash choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi; 12) ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxs uchun jazoni o‘tash koloniyasi turini belgilash to‘g‘risidagi, agar hukmda jazoni o‘tash koloniyasi turi belgilanmagan bo‘lsa; 13) lavozim yoki faoliyat turini aniqlash to‘g‘risidagi, agar hukmda muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazoni tayinlashda lavozim yoki faoliyat turi belgilanmagan bo‘lsa; 14) alkogolizmga, giyohvandlikka, zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash (JK 96-moddasi) to‘g‘risidagi, agar sud asoslar mavjud bo‘la turib, hukm chiqarish paytida ushbu masalani hal etmagan bo‘lsa; 15) mahkumning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki shaxsiga doir boshqa ma’lumotlarni yozishda hukmda yo‘l qo‘yilgan xatolarni, shuningdek, arifmetik va/yoki imlo xatolarni bartaraf etish to‘g‘risidagi, agar bu aniq ko‘rinib turgan bo‘lib, ularning tuzatilishi shubha tug‘dirmasa; 16) jinoyat quroli deb topilgan mol-mulk va buyumlarni qaytarish to‘g‘risidagi, agar bu masala oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoyat ishi reabilitatsiya asoslari bo‘yicha tugatilgan paytda hal etilmagan bo‘lsa; 17) garov predmeti taqdiri to‘g‘risidagi, agar sud hukm chiqarish paytida mazkur masalani hal qilmagan bo‘lsa; 18) depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari taqdiri to‘g‘risidagi, agar sud hukm chiqarish paytida mazkur masalani hal qilmagan bo‘lsa; 19) jinoyat quroli yoki jinoyat yo‘li bilan orttirilgan deb topilgan mol-mulk va buyumlar ro‘yxatiga aniqlik kiritish to‘g‘risidagi, agar hukmda ularning faqat bir qismi musodara etilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa; 20) jarima yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ushlab qolingan summalarni qaytarib berish to‘g‘risidagi, agar hukm yuqori turuvchi sud tomonidan keyinchalik, jarima qisman yoki to‘liq to‘langandan yoxud axloq tuzatish ishlari qisman yoki to‘liq o‘talgandan keyin, bekor qilingan va ish JPK 83-moddasi yoki 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 4 — 8-bandlariga muvofiq tugatilgan bo‘lsa; 21) shartli hukm qilingan shaxsga yuklatilgan majburiyatlarga aniqlik kiritish to‘g‘risidagi, agar ular hukmda noaniq bayon etilgan bo‘lsa; 22) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan belgilangan taqiq (cheklov)larga aniqlik kiritish to‘g‘risidagi, agar ular hukmda noaniq bayon etilgan bo‘lsa. 14. Sud tomonidan JPK 542-moddasi tartibida quyidagi masalalar ham ko‘rib chiqiladi: 1) ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodligi cheklangan va qidiruv e’lon qilingan mahkumga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash yoki bekor qilish to‘g‘risidagi; 2) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan belgilangan taqiq (cheklov)larni to‘liq yoki qisman bekor qilish to‘g‘risidagi; 3) mahkumni mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi; 4) jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan mahkumni asosiy va qo‘shimcha jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi; 5) tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari muddatini uzaytirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi (JK 95-moddasi). 15. Hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalar quyidagi sudlar tomonidan hal etiladi: JPK 541-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — hukm chiqargan sud tomonidan, ya’ni birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi (oqlov hukmi chiqarilganda) sudi tomonidan; JPK 541-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — mahkum jazoni o‘tayotgan joydagi (iltimosnoma yoki taqdimnoma sudga kelib tushganidan so‘ng mahkum boshqa jazoni ijro etish koloniyasiga o‘tkazilganda, u amalda jazoni o‘tayotgan joydagi) tuman (shahar) sudi tomonidan; JPK 541-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar — mahkumning yashash joyidagi tuman (shahar) sudi tomonidan. Hukmni ijro etish bilan bog‘liq, JPK 541-moddasida nazarda tutilgan masalalar, ish apellatsiya, kassatsiya instansiyasida ko‘rilganligidan qat’iy nazar, yuqorida ko‘rsatilgan sudlar tomonidan hal etiladi. Hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda sudlovga tegishlilik qoidasi buzilishi jinoyat-protsessual qonunini buzish hisoblanadi. 16. Hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha iltimosnoma yoki taqdimnoma sudga kelib tushganida, sud quyidagilarni tekshiradi: u mazkur sudda ko‘rilishi lozim yoki yo‘qligini; u tegishli shaxs yoki vakolatli organ tomonidan berilgan-berilmaganligini; unga masalani mazmunan hal etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va tegishli sud qarorlari nusxalari ilova etilgan-etilmaganligini. Agar kelib tushgan materiallarda iltimosnoma yoki taqdimnomani ko‘rib chiqish uchun yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa va ularni sud majlisida to‘ldirishning iloji bo‘lmasa, ularni ko‘rishga tayyorlash chog‘ida sudya o‘z ajrimi bilan bu materiallarni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun qaytaradi. Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi ma’muriyati taqdim etishi shart bo‘lgan hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda sud mahkum, uning qonuniy vakili yoki himoyachisining iltimosnomasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Sud mahkum, uning qonuniy vakili yoki himoyachisi, shuningdek, jazoni ijro etish muassasasi yoki organi ma’muriyatiga zarur ma’lumotlarni to‘plashda ko‘maklashishi lozim. Materiallarni ko‘rishga tayyorlash chog‘ida sudya sud majlisi joyi, sanasi va vaqtiga, sud majlisi ishtirokchilarini xabardor qilishga doir masalalarni hal etadi. JPK 542-moddasiga muvofiq hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalariga oid materiallarni ko‘rishda prokuror ishtiroki majburiy hisoblanadi. 17. JPK 59-bobida sud tomonidan hukmni ijro etish bilan bog‘liq materiallarni ko‘rib chiqish muddatlarini tartibga soluvchi norma mavjud emasligi tufayli, sudlar JPK 585-moddasi birinchi qismi va 590-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar analogiyasi bo‘yicha, materiallar sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n sutkadan kechiktirmay, ularni hal etishni ta’minlashlari lozim. 18. JPK 22-moddasi uchinchi qismi qoidalaridan kelib chiqib, hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan sud ajrimlari qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi kerak. JPK 59-bobida belgilangan tartibda sud, jumladan, jazoni almashtirish, yengillashtirish, jazoni o‘tashdan ozod qilish masalalarini ham hal etishini inobatga olgan holda sud ajrimi, shuningdek jinoyat-huquqiy odillik prinsipiga ham javob berishi shart. Hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan sud ajrimi apellatsiya shikoyati (protesti) berish uchun belgilangan muddat o‘tishi bilan qonuniy kuchga kiradi (JPK 49711-moddasi). 19. Hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqayotgan sud ushbu masalalarga oid materiallarni ko‘rish chog‘ida jazoni ijro etish muassasasi yoki organi ma’muriyati tomonidan qonun talablari buzilishi holatlarini aniqlasa, xususiy ajrim chiqarishga haqli. 20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi vaqti-vaqti bilan hukmni ijro etish bilan bog‘liq materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirishlari va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim.
10Qonunchilik
Bugundan Ukrainadan qaytgan talabalar o`qishini soddalashtirilgan tartibda ko`chirish boshlandi Davlatimiz rahbari raisligida 4 mart kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida berilgan topshiriqqa binoan Ukrainadan qaytib o`qishini O`zbekistonda davom ettirish istagi bo`lgan talabalarning hujjatlari hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziriligi xabar berdi. Bu jarayonda talabalar yashash hududlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va batafsil ma`lumot olishlari so`ralmoqda.   Ma`lum qilinishicha, shu kunga qadar Oliy va o`rta maxsus ta`lim hamda Tashqi ishlar vazirliklariga ushbu masalada murojaat qilgan fuqarolarning, xususan talabalarning xorijiy ta`lim muassasalari va yashash hududlari kesimida ro`yxati shakllantirilib, hududlardagi ishchi guruhlarga yuborilgan.
5Jamiyat
Futbol bo‘yicha Germaniya chempionati may oyining ikkinchi yarmidan qayta tiklanadi Germaniya may oyining ikkinchi yarmida futbol bo‘yicha asosiy chempionat hisoblangan Bundesliga o‘yinlarini yakuniga yetkazib qo‘yishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi TASS agentligi. “Mayning ikkinchi yarmida gigiyena qoidalariga rioya qilingan holda o‘yinlarni o‘tkazish mumkin”, — deya e’lon qildi Germaniya kansleri Angela Merkel chorshanba kuni FRG federal yerlari hukumatlari bilan maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha. U bu haqda Germaniya kaoronavirus pandemiyasining birinchi bosqichidan o‘tib bo‘lganini e’lon qilganidan so‘ng ma’lum qildi. Qayd etish kerakki, Germaniya hozirda kasallik holatlari soni bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda. Mamlakatda 168,1 ming kishi COVID-19 infeksiyasiga chalingan bo‘lib, ularning qariyb 140 ming nafari sog‘aygan. Avvalroq Germaniya Mehnat vazirligi bir qator shartlar bilan futbol chempionatini qayta tiklashni taklif qilgan edi. Jumladan, professional futbol jamoalari futbolchilari niqoblarda o‘ynashlari kerak. Bunda gap oddiy kundalik niqoblar emas, balki tibbiy standartlarga asoslangan maxsus niqoblar haqida ketmoqda. Ular burun va og‘izni himoya qilishi shart. Niqoblar o‘yin vaqtida tushib ketmasligi, o‘yinchilar esa ularga teginmasligi kerak. Mart oyida pandemiya tufayli Germaniya chempionati to‘xtatilguniga qadar Myunxenning “Bavariya”, Dortmundning “Borussiya” va “RB Leyptsig” peshqadamlik qilayotgan edi. Chempionatning to‘qqiz tur uchrashuvlari qayd etilmagan. Angliya va Italiya klublari ham mamlakat turnirlarini yakunlamoqchi. Angliya futbol chempionati hukumat ruxsati bilan o‘tkaziladi. 13 mart kuni to‘xtatilgan turnir o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilgan edi. Hozirda chempionat jadvalida “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Lester” peshqadamlik qilishmoqda. Italiya chempionatining barcha 20 jamoasi ham bir ovozdan koronavirus pandemiyasiga qaramay mavsumni yakunlash istagida. Eurosport xabariga ko‘ra, buning uchun faqat rasmiy hukumat ruxsatnomasi talab qilinadi. Karantin paytida Italiyani tark etgan klub o‘yinchilari mamlakatga qaytmoqdalar, ularning ushbu mamlakatda o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish davrini o‘tkazgan hamkasblari esa allaqachon mashg‘ulotlarga kirishmoqdalar. Hozirda “Yuventus”, “Latsio” va “Inter” peshqadamlik qilmoqda. Fransiyada chempionat muddatidan oldin yakunlandi, aprel oyining oxirida yetakchi bo‘lgan Parijning “Pari Sen-Jermen” jamoasi chempion deb tan olindi, deya qayd etdi TASS.
13Sport
Angela Merkel to‘rtinchi marta Germaniya kansleri bo‘ldi Germaniyada Angela Merkelni to‘rtinchi marta kansler etib saylashdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. Qayd etilishicha, uning nomzodini 364 nafar bundestag deputati qo‘llab-quvvatlagan. Bu esa o‘tgan saylovdan 35 ta ovoz kam degani. Angela Merkel nomzodiga 315 ta qarshi ovoz to‘plangan. 9 kishi esa betaraf ekanligini bildirgan.
2Dunyo
O‘zbekistonga Rossiyadan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda 3−5 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural rayonlari (Yekaterinburg) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» matbuot xizmati xabar berdi. 3 noyabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. 4 noyabrda respublika bo‘yicha yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 18−23 metrgacha, shiddat bilan esganda sekundiga 25−28 metrgacha yetishi kutilmoqda. 4−5 noyabrda respublika bo‘yicha havo harorati kechasi 0−5 daraja iliqqacha tushib ketadi, ayrim joylarda 1−2 daraja sovuq bilan ayoz kuzatilishi mumkin, kunduzi harorati 8−13 darajagacha iliq, mamlakatimiz shimolida harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3−8 darajagacha iliydi.
5Jamiyat
“Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 7-avgustdagi 5-mh-son “Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2923, 2017-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 939-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qaror muqaddimasidagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: a) muqaddimadan “O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; b) 2-banddagi “Turizm va sport vazirligi” degan so‘zlar “Sportni rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 10-bandning “d” kichik bandi oltinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligiga” degan so‘zlar “Sportni rivojlantirish vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2003 YIL 28 IYuNDAGI 290-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQID Vazirlar Mahkamasining “O‘simliklarni himoya qilish xizmati tuzilmasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 29-martdagi 148-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda): a) 1-bandning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasiga oid ikkinchi xatboshi hamda 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 2-ilova quyidagi mazmundagi 30-band bilan to‘ldirilsin: “30. Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi”; v) 5-ilovada: 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish, o‘simliklar kasalliklarining oldini olish va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga, begona o‘tlarga va chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnika va texnologiya siyosatini o‘tkazish”; 7-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “kompleks tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi, zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlar tarqalishi imkoniyatlarini o‘rganadi va prognozlashtiradi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kimyoviy va biologik himoya vositalari, stimulyatorlar bilan ta’minlaydi; o‘simliklarni himoya qilish sohasida qishloq xo‘jaligi korxonalari va aholini metodik ta’minlashni, shartnoma asosida qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmatlari ko‘rsatish ishlari bajarilishini tashkil etadi; qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘ta xavfli zararkunandalarini qirib tashlashning ilmiy asoslangan tadbirlari o‘tkazilishini tashkil etadi; o‘simliklarni himoya qilish sohasida rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi”. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 190 milliondan oshdi 17 iyul holatiga dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 190 million 446 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometer saytida ma'lum qilindi. Pandemiya boshlanganidan buyon kasallikdan vafot etganlar soni 4 million 94 mingdan oshgan, 173 million 600 mingdan ziyod bemor sog‘aygan. Sutkalik kasallik yuqtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Indoneziya birinchi o‘ringa chiqdi – mamlakatda o‘tgan sutkada 51,9 mingta yangi holat qayd etildi. O‘tgan sutkada Rossiyada 25,1 ming va Eronda 15,1 ming kishida koronavirus aniqlangan. Koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda yetakchi bo‘lib turibdi – 34,9 million kishi. Keyingi o‘rinlarda Hindiston (31 mln) va Braziliya (19 mln) joylashgan. Kasallikdan vafot etganlar soni bo‘yicha ham AQSh birinchi o‘rinda – 624,6 ming bemor vafot etgan. Braziliyada 540,5 ming, Hindistonda 413,1 ming bemor ko‘z yumgan.
2Dunyo
Ronaldu uylanadi «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z mahbubasi Jorjina Rodrigesga 2018 yilning avgustida uylanadi. Bu haqda AS nashri Correio de Manha manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi. Manbaning yozishicha, ushbu juftlik jahon chempionatidan keyin o‘z munosabatlarini qonuniylashtirib olishni rejalashtirgan. Rossiya mundiali 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi. Ronaldu ispaniyalik mahbubasi Portugaliya fuqaroligi olishini istaydi. Bir yil muqaddam Ronaldu bilan uchrashayotgani ma'lum bo‘lgan Rodriges 12 noyabr kuni futbolchiga qiz tug‘ib berdi, unga Alana Martina deya ism qo‘yishdi. Ayni vaqtda 32 yoshda bo‘lgan futbolchining bungacha 3 farzandi — 7 yoshli kichik Krishtianu va 2017 yil yozida dunyoga kelgan Yeva va Mateo ismli egizaklari bor. Ular ikki surrogat onadan tug‘ilgan. 2015 yilgacha Ronaldu rossiyalik model Irina Sheyk bilan uchrashardi.
13Sport
Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha ijtimoiy iste'mol normalari kiritiladi - Shavkat Mirziyoyev “Endi samarasiz korxonalar davlatdan qo‘shimcha yordam olmasdan, xususiy sektor kabi  “o‘z aravasini o‘zi tortishi” shart. Bunda, mashinasozlik, kimyo, neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya, transport kabi tarmoqlardagi 23 ta yirik korxona xalqaro kredit reytinglarini olish orqali ichki va tashqi moliyaviy bozorlarga mustaqil chiqib, investitsiya loyihalari uchun o‘zi mablag‘ jalb qilishi talab etiladi. Shuningdek, energiya resurslari bozori erkinlashtirilib, sohaga xususiy investitsiyalar keng jalb qilinadi. Natijada, 2026 yilga borib, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi yiliga qo‘shimcha 30 milliard kilovatt - soatga oshiriladi va jami 100 milliard kilovatt - soatga yetkaziladi. Kelgusi yilda tabiiy gaz bo‘yicha ham erkin bozor tamoyillarini joriy etish ishlari boshlanadi. Elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini erkinlashtirish bilan birga, ehtiyojmand aholimizni himoya qilish uchun ijtimoiy iste'mol normalari kiritiladi. Shu bilan birga, bank tizimini transformatsiya qilish orqali xususiy banklarning ulushi, jami bank aktivlarining 60 foiziga yetkaziladi. Umuman, 2026 yilga borib, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi  67 foizdan 80 foizga, eksport hajmida esa 32 foizdan 60 foizga o‘sishi ta'minlanadi”, dedi prezident.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Muradov WKN talqini bo‘yicha xalqaro chempionga aylandi 12-mart, shanba kuni Chexiyaning Liberets shahrida joylashgan Home Credit Arena sport majmuasida Night of Warriors IX aralash janglar kechasi o‘tkazildi, deb xabar beradi “Sports.uz”. Kechaning asosiy bahsida aralash janglar san’ati (MMA)ning Jahon kikboks tarmoqlari (WKN) talqini bo‘yicha -84 kilogramm vazn toifasida xalqaro chempion nomi uchun o‘zbekistonlik Mahmud Muradov (7 g‘alaba, 5 tasi nokaut) chexiyalik Tomash “Tor” Kujelga (25 g‘alaba, 21 tasi nokaut) qarshi ringga ko‘tarildi. 5 daqiqadan iborat 3 raundlik jangda Mahmud Muradov hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi va -84 kilogramm vazn toifasida WKN’ning xalqaro chempioniga aylandi.
13Sport
Raqam: Rossiyadan O‘zbekistonga 2017-yilda necha milliard dollar pul o‘tkazildi? Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2017-yil 4,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda UzCard kompaniyasi bosh direktori Ahror Mahmudov Spot nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Rasm: “Daryo” Ma’lumot uchun, avvalroq 2006-yildan 2017-yilning uchinchi choragiga qadar — 12 yil ichida Rossiyadan O‘zbekistonga salkam 37 milliard dollar pul o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Rossiyadagi muhojirlar 12 yilda O‘zbekistonga qancha pul o‘tkazdi? Qayd etish joiz, turli statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yili birgina Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari hajmi mamlakatning asosiy uch eksport mahsulotidan tushgan daromad bilan qariyb teng bo‘lgan. Qay biri ko‘proq: muhojirlar yuborgan pul yoki asosiy eksport mahsulotidan tushgan daromad? Bundan avval 2017-yil davomida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 273 million dollar, Ukrainadan O‘zbekistonga esa 9,4 million dollar pul o‘tkazilgani haqida xabarlar berilgan edi.
8O‘zbekiston
Suv yetkazib berish bo‘yicha davlat xarajatlari iste'molchilar tomonidan qoplanadi Suvni yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste'molchilari tomonidan qoplash tartibi belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi. Suvni yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste'molchilari tomonidan qoplash tartibini belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanadi. Belgilab qo‘yilishicha, Nizom 2020 yil 1 iyulidan kuchga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi: Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 – 2022 yillar tajribasidan kelib chiqib suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan suv yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste'molchilari tomonidan qoplash tartibini takomillashtirish yuzasidan 2023 yilning 1 yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi. Suvni yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste'molchilari tomonidan qoplash tartibini belgilash to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan iste'molchilarga suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ular o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq to‘lovlar asosida amalga oshiriladi. Suvni yetkazib berish xarajatlarini qoplash miqdori qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan sug‘oriladigan maydonning ball boniteti va ekilgan ekin turiga qarab turlicha belgilanadi. Vazirlik tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlarining bir birlik (1 kub m) hajmdagi suv yetkazib berish xarajatlari mazkur tashkilotlarni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar va yetkazib beriladigan suv miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Suvni yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlar quyidagicha foizlarda qoplanadi: 2020 yilda – 10 foizi; 2021 yilda – 20 foizi; 2022 yilda – 30 foizi; 2023 yilda – 40 foizi; 2024 yilda – 50 foizi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari sug‘oriladigan ekin maydoni o‘lchamiga qarab bir yilda ikki marta: 1 iyul sanasigacha 50 foizini, 20 dekabr sanasigacha qolgan 50 foizini; sanoat va energetika tashkilotlari har oy davomida yetkazib berilgan texnik suv uchun to‘lovlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar suv xo‘jaligi tashkilotlarining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazib beradi. Suv yetkazib berish xarajatlarini qoplash maqsadida iste'molchilardan kelib tushgan mablag‘lar suv xo‘jaligi tashkiloti tomonidan quyidagicha taqsimlanadi: 90 foizi – besh ish kuni mobaynida Vazirlik huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi; 10 foizi – suv xo‘jaligi tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladi. Vazirlik huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan kelib tushgan mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomda ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga sarflanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan suv xo‘jaligi tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar quyidagi maqsadlarga sarflanadi: suv xo‘jaligi obektlarida favqulodda holatlar yuz berishining oldini olish va tabiiy ofatlar yuz bergan hollarda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga; xodimlarni belgilangan tartibda ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirishga; suv xo‘jaligi tashkilotlarini saqlashga, ularning tasarrufidagi irrigatsiya tizimini ta'mirlash va tiklash hamda suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashga, tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, lizing to‘lovlarini amalga oshirish hamda kadrlar malakasini oshirishga yo‘naltiriladi.
8O‘zbekiston
“Men bu davlat rivojiga ortiq hissa qo‘shishni istamayman” — Qirg‘izistonga ko‘chib o‘tgan rus mutaxassislari Ukrainada davom etayotgan “maxsus operatsiya” fonida Rossiyaning ko‘plab norozi fuqarolari, shu jumladan, olimlar, tadbirkorlar, malakali mutaxassislar xorijiy o‘lkalarga chiqib ketishni afzal ko‘rmoqda. “Novaya gazeta”ning maxsus muxbiri Ilya Azar ayni damda Qirg‘izistonda bo‘lib turgan IT mutaxassislari va olimlar bilan suhbatlashdi. “Daryo” esa uni o‘zbek tiliga o‘girdi. Stanislav (ilmiy institut xodimi): Men shunchaki ommaviy vahimaga berildim. Umuman olganda, so‘nggi bir necha yillar ichida Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealarga unchalik ijobiy munosabatda emasman. Lekin endi (hokimiyat) chegaradan chiqdi va men hamma narsani tashlab, muhojirlik haqida bosh qotirishga ma’naviy huquqim bor. Boshda mamlakatni zudlik bilan tark etish rejasi yo‘q bo‘lsa ham, sanoatimiz va shaxsan o‘zimni nima kutayotgani haqida jiddiy o‘ylab ko‘rdim. Nima qilish kerakligi va qanday pozitsiyani egallash mumkinligi to‘g‘risida turli variantlarni ko‘rib chiqa boshladik. Qolaversa, kichik bir jamoam ham bor, uning rahbari sifatida xodimlarga ham, agar istashsa, ko‘chib o‘tish imkoniyatini yaratishni xohlardim. Bundan tashqari, ko‘chishni istamaydiganlar uchun laboratoriyaning yopilishi og‘ir zarba bo‘lmasligi kerak. Lekin (xodimlar masalasi bo‘yicha), rostini aytsam, haligacha aniq reja tuzmadim. O‘tgan hafta yoppasiga vahima ko‘tarilib, shu darajaga yetdiki, chegara yopilib, harbiy holat e’lon qilinishi kutilayotgandek edi go‘yo. Buning ehtimoli kamday ko‘rinadi, ammo boshqa tomondan, urush ehtimoli ham kam ko‘ringandi. Biror narsa sodir bo‘lmasligiga ishonchim komil edi. Ular bir-birini qo‘rqitadi, bir-biriga qarshi sanksiyalar qo‘llaydi va ba’zi maqsadlariga erishib, tarqaladi, deb o‘ylagandim. Biroq keyin voqealar rivoji qor ko‘chishi kabi shiddatli tus olib, men vahimaga tushib qoldim. Mart oyidagi ta’til rejasini o‘zgartirib, Qirg‘izistonda dam olish kerak degan qarorga keldim. Qiz do‘stimning xorijga chiqish pasporti muddati o‘tib ketgandi, pandemiya tufayli buni payqamagandik, shu sababli oldimizda ikkita tanlov turardi: Armaniston va Qirg‘iziston. Lekin Armanistonda odam to‘lib ketdi. Moskvadagi butun IT hamjamiyati o‘sha yerga ko‘chib o‘tdi, chamamda. Boz ustiga, chipta narxi ham juda qimmat. Qiyomat qo‘pmasligi va vaziyat yomon bo‘lsa ham, qandaydir muvozanatga kelishidan umid qilaveraman. Shunda Moskvaga qaytib, zimmamdagi mas’uliyatni qo‘limdan kelganicha bajarardim, chunki talaba va aspirantlarni shunchaki tashlab ketolmayman. Hozircha esa voqealarni tashqaridan kuzatib, biroz tinchlanib olmoqchiman. Men ko‘p vaqtimni xorijda o‘tkazdim. Rossiyaga o‘z ixtiyorim bilan qaytishdan oldin chet elda postdok (postdok — bir qator G‘arb davlatlarida mavjud bo‘lgan akademik tadqiqotchi faoliyatidagi bosqich — tahr.) sifatida faoliyat yuritganman. Adashmasam, Bolotka (voqealari) vaqtida edi. Vaziyat taranglashayotgani o‘shandayoq sezila boshlagandi, albatta. Lekin ruhimiz ham ko‘tarinki bo‘lgan. Norozilik namoyishi besamar ketgan taqdirda ham, rasmiylar xalq munosabatini inobatga oladiganday ko‘rinardi. Liberalizatsiya bo‘lmasa ham, kamida, vaziyatni asta-sekin barqarorlashtirishni boshlaydiganday edi. E’tiborga molik yana bir jihat — o‘shanda iqtisodiy o‘sish kuzatilib, ilm-fan ham sezilarli darajada rivojlangan! 1990-yillarda va 2000-yillar boshlarida sodir bo‘lgan hodisalardan so‘ng ilm-fanda mablag‘ va yorqin istiqbol paydo bo‘lgan. Masalan, “Skolkovo”ga ham, taxminan, o‘sha vaqtlari asos solingan. Men uchun Rossiyada ochilmagan imkoniyatlar ko‘pligi qiziq ko‘rinardi, chunki G‘arbda sohalar ancha tizimli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, nimani qanday qilish kerakligi aniq edi. Keyin hamkasblarim bilan ajoyib ishga qo‘l urdik — jahon standartlariga mos laboratoriya yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Lekin so‘nggi paytlarda ish juda orqaga ketdi. Rossiyada ilm-fan va texnologiyalar bilan shug‘ullanish, xorijiy uskunalarni sotib olish qiyinlashdi. Ayni vaqtda chet ellik hamkorlar Rossiya bilan yaqin orada hech qanday oldi-berdilar bo‘lmasligini ochiq bildirdi. O‘ylashimcha, bunday cheklovlar juda tez kuchga kiradi, bekor qilinishi esa haddan tashqari sekin kechadi. Bu endi ruhiyat bilan bog‘liq. Bizdan rostakamiga qo‘rqishadi, G‘arbiy Yevropa ilmiy hamjamiyati esa vahimaga tushib qolgan ko‘rinadi. Germaniyada rossiyalik olimalar bilan barcha qo‘shma loyihalar bekor qilinishi haqida sal kam vazirliklar miqyosida farmonlar qabul qilinmoqda. Olimlarga qarshi davlatga xiyonat qilish bo‘yicha ochilgan jinoiy ishlar soni bir necha baravar oshdi. Bu ham ogohlantiruvchi signal, lekin vaziyat yanada og‘irlashishi kutilayotgan bo‘lsa ham, hozircha bu har bir oilada sodir bo‘lgani yo‘q. Shunga qaramay, masalan, chet elliklar bilan uchrashuvlarim haqida hisob berishga majburligim jig‘imga tegadi. Ochiq muassasada ishlashimga qaramay, Ta’lim va fan vazirligi xorijliklar bilan kechayotgan har bir aloqani hujjatlashtirish kerak, deb biladi. “Skolkovo”da chet ellik hamkasbim bor. Ularga ko‘ra, har bir uchrashuvdan keyin men u bilan nimani muhokama qilganim haqida hisobot topshirishim kerak. Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik biz uchun muhim, ishdagi muvaffaqiyat darajamiz xalqaro jurnallardagi chiqishlarimiz soniga qarab belgilanadi. Telba-teskari vaziyatda qoldim. Bolotnaya maydoniga bordim. Facebook’da o‘z fikringni bildira olmaslik mening ham g‘azabimni qo‘zg‘aydi. U yerda ko‘p yozmasligim shunday imkoniyatga ega bo‘lishni istamasligimni anglatmaydi. Imkoniyatdan foydalanmaslik va bu imkoniyatga ega bo‘lmaslik — boshqa-boshqa narsa. Olimlarining urushga qarshi xatiga imzo chekdim. O‘ylashimcha, buning ham ma’muriy javobgarligi bor. Lekin bu meni unchalik qo‘rqitmaydi, barcha universitet va institutlardagi imzo qo‘ygan olti ming kishini qatag‘on qilishmasa kerak. Bu oshib tushgan jinnilik bo‘lardi! Agar (olimlarni) qo‘rqitib, tumtaraqay qochirib yuborishsa, unda Rossiyada kim ilm-fan bilan shug‘ullanadi? Shusiz ham texnologik jarayon rivojlanishdan butunlay to‘xtab qolgani ochiq ko‘rinib turibdi. Bilmadim, buni qanday tushunmaslik mumkin? Rahbariyat, albatta, aksincha bo‘lishiga umid qiladi — import o‘rnini bosish uchun qandaydir turtki bo‘lishini istaydi, lekin ular ham odamlarni bunga ilhomlantirishi kerak. Ilgari chetdan sotib olingan barcha narsalarni endilikda o‘zimiz ishlab chiqarishimiz kerakligi mo‘ljal qilinyapti. Bu yaxshi, lekin endi buni amalga oshirish qoldi. Chet el uskunalari kirib kelmaydi, biz esa eksperimental fandagi zamonaviy laboratoriya 98 foiz import uskunalar hisobiga ishlashini unutmasligimiz kerak. Ilm-fan bilan shug‘ullanish o‘rniga, o‘n yil davomida bu uskunalarni ishlab chiqaramiz va poygada hech qachon yutolmaymiz. Shu tariqa, qoniqarli darajadagi texnologik tenglikka erisha olmaymiz. Bizning yarimo‘tkazgich zavodlarimiz hech qanday zamonaviy chiplarni ishlab chiqarishga qodir emasligi endi hammaga ayon bo‘ladi. G‘arb o‘rniga Xitoy bilan hamkorlik qilishning nimasi yaxshi ekanini uncha tushunmayman. Unda biz Xitoyning o‘rtakashiga aylanamiz. Ukraina mojarosida Rossiya uchun DXR va LXR qanday rol o‘ynagan bo‘lsa, biz ham Xitoy uchun shunday rol o‘ynaymiz. Ular pushkali telbalar edi, biz Xitoy uchun jangovar kallaklar bilan qurollangan telbalar bo‘lamiz. O‘ylashimcha, chet elda hozir ruslarga hech kimning ko‘zi uchib turgani yo‘q. “Rus” so‘ziga nisbatan bir muddat allergiya saqlanib turadi, chunki u tomonda ham qandaydir jazava kuzatilyapti. Bundan qutulishni, ochig‘i, juda istardim, lekin odamlar hamma joyda bir xil. Masalan, odamlar ilmiy maqolalarimizga taqriz yozishda o‘zi umuman sezmagan holda pastroq baho beradi yoki ishimizni hatto rasman buzishga qaror qiladi. Visa va Mastercard ketishi haqida chuqurroq o‘ylab ko‘rilmagan, deb o‘ylayman. Chet elda istiqomat qilayotgan ruslar manfaati haqida hech kim o‘ylamagan bo‘lsa kerak. O‘ylagan bo‘lsa ham, ular buni arzimas (zarar) deb hisoblagan. Sanksiyalar iskanjasida qoldik, ko‘plab kompaniyalar bu ishni hukumat talabiga ko‘ra emas, balki o‘z ixtiyori bilan qildi. BLM’da (Black Lives Matter — qora tanlilar tahqirlanishiga qarshi ommaviy harakat — tahr.) bo‘lgani kabi, me’yoridan biroz oshirib yuborishdi. Hatto astrofizikada ham xilma-xillik va tenglik to‘g‘risidagi bandni kiritish talab qilingan absurd vaziyatlar bo‘ldi. Men doimiy aloqada bo‘lgan kishilar ichida deyarli hamma ketishni istaydi. Odamlar hozircha ko‘chmas mulk va ish masalalari haqida bosh qotirmoqda. Umuman olganda, hozir universitet bitiruvchilarining ko‘pi G‘arbga ketish haqida o‘ylaydi, kam sonli talabalargina o‘qishni aspiranturada davom ettiradi. Rossiyani shunday ahvolga solib qo‘ygan davlatchilik rivojiga ortiq hissa qo‘shishini istamayman. Axir hukumat uchun ishlayman. Siyosat bilan emas, ilm bilan mashg‘ulligimizni aytib, o‘zimni oqlashim mumkin, lekin bu unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Biz davlat muassasasida ishlaymiz, turli moliyalashtirish manbalaridan, jumladan, harbiy sohadagiga yaqin davlat grantlarini olamiz. Bu esa ruhiyatimizga salbiy ta’sir qiladi. Aleksey (IT-mutaxassis) va Sofiya (uy bekasi) Sofiya: Ketmoqchi emasdik. Har holda bunchalik tez ketish niyatimiz yo‘q edi. Lekin uydan chiqib, eshikka chizib ketilgan “Z” belgisini ko‘rdim-u ketish kerakligini tushundim. Sodir bo‘layotgan voqealarni haqiqatan qo‘llab-quvvatlayotganlar borligini ko‘rdim. Ko‘chada odamlarning gapini eshitib, og‘zim lang ochilib qoldi. O‘zimni yo‘qotib qo‘ydim va bu odamlar bilan ortiq bir havodan nafas ololmasligimni tushundim. Bir kunda qaror qabul qilib, o‘sha kunning o‘zidayoq uchib ketdik. Aleksey: Kompaniya ko‘chib o‘tishni taklif qildi va biz imkoniyatdan foydalandik. Ko‘p hamkasblarimiz qoldi — oilasi, farzandlari, maktablari, ota-onalari, bobo va buvilariga g‘amxo‘rlik qilish uchun. Ko‘plab dasturchilar ketdi, chunki kompaniyalar ofisi, asosan, Yevropa va Amerikada, xodimlarni ko‘chirib o‘tish imkoniyati ko‘proq. O‘ylashimcha, ular umrbodga ketmadi, lekin vaziyat barqarorlashguncha o‘sha yoqda qolishadi. Qarindoshlar, do‘stlar, boylik, shaxsiy mulk, uy hayvonlari vatanda qoldi. Vaqtincha shu yerda bo‘lib turamiz, ammo kompaniya muammolarni hal qilib, turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Facebook’da ayrim narsalarni yoza olmasliging, albatta, yoqimsiz, lekin undan ham jiddiyroq sabab shundaki, Rossiyada IT-biznesni avval boshqarishga, keyin asta-sekin bo‘ysundirib, oxiri yopib tashlashga harakat qilishadi. Yevropa va Amerika bozorlari Rossiya uchun tashqaridan ham, ichkaridan ham asta-sekin yopiladi. Tashqi sanksiyalarga bir amallab chidash mumkindir, vaziyat barqarorlashsa, ular olib tashlanishiga umid bordir, lekin ichkaridagi ahvol bundan ancha murakkabroq. Davlat IT’ni bo‘ysundirishga qaror qilgan bo‘lsa, bu tamom degani. Shu sababli ko‘pchilik uchun ketish qarori og‘ir va yoqimsiz bo‘lsa-da, boshqa chora yo‘q. Sofiya: Erkin OAVlar yopilgach, biz ketishga qaror qildik. Aleksey: “Serebryaniy dojd” barcha eshittirishlarini to‘xtatib, faqat musiqalar berib borishini aytgani ham ketishga turtki bo‘ldi. Hozir siyosatga aralashmaslikning imkoni yo‘q, chunki sodir bo‘layotgan voqealarga ko‘z yumib, qandaydir bahonalar o‘ylab topish qiyin. Lekin bu yigirma yildan beri davom etib kelayotgan jarayonning muqarrar natijasidir. Ilgari prezident va hukumat siyosati o‘zgarishiga qandaydir umid bor edi, endi shu umid ham yo‘qoldi. Hozir ruslarga hech kimning ko‘zi uchib turgani yo‘q, shuning uchun eng to‘g‘ri yo‘l — millating haqida unutib, mutaxassis sifatida borish. Ruslarga hozir qiyin, chunki jahon hamjamiyati qanday kayfiyatda ekanligi aniq va bunga qarshi nimadir deyish ham mushkul. Lekin baribir kimdir muhojirlar, mutaxassislar, ziyoli shaxslar qarshisida ruslar sharafini himoya qilishi kerak. Ivan (IT xodimi): Men vaziyatga pragmatik tarzda, hushyorlik bilan qarayman: mamlakatda yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli xavflar mavjud. Bu xavf-xatarlarning keskinlik darajasini har kim o‘zicha belgilaydi. Kimdir urush boshlangani va ko‘chada qurol ko‘targan odamlarni ko‘rib, yana kimdir Bolotnaya maydonidagi ilk mitinglar tarqatib yuborilgach, ketdi. Aytgancha, do‘stlarim bilan Bolotnayaga ham borganmiz. Maqsad aniq, biz, norozilik namoyishiga chiqqandik. O‘sha vaqtlari oilasiz edim, birinchi mitingda xavf darajasi ham noaniq bo‘lgan. Keyin ishtiyoq negadir so‘nib qoldi — davlatning qo‘rqitishga asoslangan siyosati samara bergandi. O‘zimni passiv muxolifatchi deb atashim mumkin, lekin Navalniyga pul o‘tkazgan vaqtlarim ham bo‘lgan. Ma’lumot manbasi ko‘p bo‘lgan va eshitganini tahlil qila oladigan do‘stlarimdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar mamlakatdan chiqishi taqiqlanishi mumkinligi va harbiy holat haqida eshitgach, ketish harakatiga tushib qoldim. Bu ham yetmagandek, soxta xabar tarqatganlarni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun loyihasi taklif qilinganda sabr kosam to‘ldi. Soat tungi besh edi. Ish bo‘yicha men tinglovchilik qilayotgan oxirgi Zoom konferensiyasi vaqtidayoq chiptalarni ko‘rib chiqa boshladim. Soat 11 da — uchinchi urinishda kelasi kun tongga O‘shga chipta bron qilishga muvaffaq bo‘ldim. Soxta xabarlar haqidagi qonunga toqat qilish mumkin, lekin bu mening axloqiy qadriyatlarimga to‘g‘ri kelmaydi. Men yosh bola emasman, ongli ravishda qaror qabul qilaman. Bu hukumatni men tanlaganim yo‘q, lekin har bir xalq o‘zi munosib bo‘lgan hukmdorga ega. Mening o‘g‘lim bor, u ham bu tuzumni va qaysi mamlakatda tug‘ilishni o‘zi tanlamagan. Shu sababli u ulg‘ayganda menga bitta savol berishi mumkin. Uning o‘rnida men ham bu savolni otamga bergan bo‘lardim: “Biz bu chiqindixonaga qanday tushib qoldik?” Bolotnayadan keyingi bir voqea esimga tushdi: namoyishlarga umuman aloqasi yo‘q bir odam bardan chiqayotib qo‘lga olingandi. Agar o‘g‘lim qo‘lga olinganida, yumshoq qilib aytganda, kayfiyatim qattiq buzilgan bo‘lardi, shunday bo‘lgani uchun o‘zimni aybdor his qilardim. Shu sababli o‘g‘lim birorta normal xavfsiz mamlakatda yashashi uchun harakat qilaman. Agar xohlasa, istagan vaqtida qaytishi mumkin — hech kim undan Rossiya vatandoshligini olib qo‘ymaydi. Uchinchi martga belgilangan ochiq dars haqidagi xabar ham bu borada katalizator vazifasini o‘tadi va meni o‘rnimdan qo‘zg‘atdi. Kattalar ustidan tashviqot o‘tkazishni tushunsa bo‘ladi. Lekin maktabdagi bolalarga “maxsus operatsiya” haqida gapirish — oshib tushgan tubanlik. Rossiyani birinchi marta tark etmayotganim bois, menda allaqachon ma’lum bir fikr shakllangan. Men, umuman olganda, kosmopolitman va “fuqarolik”, “mamlakat”, “davlat” tushunchalarini ajrata olaman. Bu mening professional deformatsiyam bo‘lishi mumkin, lekin men uchun mamlakat — ma’lum bir mahsulot, soliqlar evaziga taqdim etiladigan xizmatlar to‘plami. Senga yoqmaydigan yoki to‘g‘ri kelmaydigan xizmatlar uchun pul to‘lashdan nima naf? Har bir inson o‘zi yashayotgan mamlakatni o‘zi va oilasi uchun ko‘rsatilayotgan xizmat turi sifatida o‘zgartirishga haqli. Rossiyada yashab ham rus bo‘lish mumkin, Avstraliyada yashab ham rus bo‘lish mumkin. Menimcha, xorijliklar rus xalqi va rus hukumati boshqa-boshqa narsalar ekanligini tushunadi. Hech qanday rusofobiya yo‘q. Bir yil davomida Yevropa Ittifoqidagi ikkita mamlakatda yashab, undan avvalroq “Qrim hikoyasi” bo‘lib o‘tganiga qaramay, Rossiyaga nisbatan hech qanday salbiy munosabatga duch kelmaganman. Aniq misol bilan tushuntiraman: Yevropa Ittifoqi davlatlaridan biridagi qishloqda yashardim. Qo‘shnilar bilan ilk bor uchrashganimda har qanday masala bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qilishim mumkinligini aytishgandi. Bir kuni meni ko‘rishga kelayotgan tanishlarimni aeroportda kutib olishga ketayotganim, lekin bo‘ron ko‘tarilib, temiryo‘l xazonlar bilan qoplanib qoldi, poyezdlar bekor qilindi. 150 kilometr naridagi aeroportga yetib olish uchun qo‘shnilardan mashina so‘radim, ular esa qo‘limga mashina kalitini tutqazdi. Bir tojik yonimga kelib: “Vokzaldagi do‘stlarim yoniga borishim kerak, mashinangni berib tur”, desa, qanday javob qilishimni tasavvur qilyapman. Unga kalitni bermasligim aniq. Qayerda yaxshiroq munosabatda bo‘lishlarini taqqoslash mumkin: chet eldami yoki seni arzimas bahona bilan qamoqqa olishlari mumkin bo‘lgan o‘z vataningda? G‘arb kompaniyalari bozorimizdan chiqib ketishi, umuman, sanksiyalar bilan bog‘liq (ehtimol, Putin va uning atrofidagilarga qarshi sanksiyalardan tashqari) deyarli barcha qarorlar odamlarga ta’sir qiladi. Ayniqsa, to‘lov kartalari (Visa va Mastercard) bilan bog‘liqlari va bu, menimcha, atayin qilingan. Putin atrofidagilarga qarshi chora-tadbirlar samara bermagach, ular oddiy odamlarga qarshi choralarga o‘ta boshlaydi. Xorijiy to‘lov tizimlari Rossiya bozorini qancha muddatga tark etishi noma’lum, hozircha boshqa mamlakatdan karta ochtirish mumkin. Rossiyadan maosh olishda davom etarkansiz, bu muammo siz uchun dolzarbligicha qoladi. Agar qayoqqadir uzoq muddatga ketishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, muammo tez orada siz uchun ahamiyatini yo‘qotishi ham mumkin. Xudoga shukr, qarindoshlarim bor. Agar mamlakatdan chiqishni butunlay taqiqlab qo‘yishmasa, ulardan o‘zimga kerakli biror nimani olib kelib berishni iltimos qilishim mumkin. Lekin men, chamamda, Rossiyadagi moddiy dunyodan ajralishni ixtiyor qildim. Baribir bu hayotdagi eng muhim narsa emas. Rejam bor — turmush darajasi ozmi-ko‘pmi yaxshi bo‘lgan qaysidir mamlakatni topish. Yo masofadan ishlashni davom ettirish, yo xorijdan ish topish. Bu narsa muammo tug‘dirmasa kerak, chunki sohamga talab katta, ingliz tilini ham yaxshi bilaman. Rezyumega allaqachon javob qaytarishdi va hech kim: “O, Xudo, yo‘q! Siz, axir, rossiyaliksiz-ku!” — degani yo‘q. Igor (IT sohasida frilanser) va Angelina (dasturchi): Igor: Boshda quruqlik orqali Gruziyaga jo‘nab ketishni rejalashtirgandik. Men uchishdan o‘lguday qo‘rqaman. Hayotimda faqat saraton kasalligidan davolanish uchun samolyotga chiqishga rozi bo‘lardim. Lekin sodir bo‘lgan voqea ham saraton kabi bunga zarurat tug‘dirdi. Shu bois, Yuqori Lars dovoni (Vladikavkaz va Tbilisini bog‘lovchi yo‘l) yopilgani va har kunimiz hisobli ekani ma’lum bo‘lgach, O‘shga eng arzon chiptani sotib oldik. Chegarachilarimiz aeroportda so‘roq qilishi haqida eshitib, bunga tayyorgarlik ko‘rdim, telefondan ortiqcha narsalarni o‘chirib tashladim. Lekin safarga nima maqsad bilan chiqqanimiz haqida so‘rashdi, xolos. Ikkita narsadan tashvishlanayotgandim. Birinchidan, Ukrainadagi “maxsus operatsiya” qanday ketayotganiga guvoh bo‘lib turibman. Shunga ko‘ra, safarbarlik e’lon qilinishidan qo‘rqaman. Ikkinchidan, men frilanser sifatida chet ellik ish beruvchilar uchun ishlayman va endi ish haqimni, xorijiy bankdagi hisobdan tashqari, qanday olishim mumkinligini bilmayman. Qirg‘izistonda ham boshlanishiga kartani olish muammo, chunki PayPal yopiq, Payoneer yopiq, Visa va Mastercard ham allaqachon yopildi. Angelina: Umuman olganda, yaqin haftalar yoki oylar ichida iqtisodiy vaziyat keskinlashsa, shaharlarda talonchilar ko‘payib ketishidan xavotir bor edi. Men esa chegaralar yopilib, xavf-xatar ichida qolishdan ko‘ra, voqealar rivojini tashqaridan kuzatishni istardim. Igor: Agar Rossiyada qolsangiz, unda suvdan tinchroq va maysadan pastroq bo‘lishingiz kerak. Chunki Rossiya hukumati uchun endi o‘zini sipo tutib, demokratiyaga amal qilishdan, hatto o‘zini shunday ko‘rsatishdan ma’ni yo‘q. Shu sababli, menimcha, endi jilov qattiq tortiladi, barcha ijtimoiy tarmoqlar kuchli nazorat ostiga olinadi. Hatto ayrim post yoki tvitni o‘chirishni unutgan bo‘lsangiz ham, xavfsizlik kuchlari sizning hisobingizga yelkasidagi yulduzlar sonini ko‘paytirib oladi. Angelina: Namoyishda bir martagina qatnashdim, jarayonni kuzatdim. Odamlar kayfiyatiga qaraganda, u ancha quvnoq ruhda va Navalniy uchun o‘tkazilgan mitinglardan ko‘ra ancha jiddiy edi. Shu bilan birga, qatnashuvchilar soni hali ham ozchilikni tashkil qilardi. Odamlar o‘ta tinch namoyishlarga arang botinmoqda, bloger va siyosatchi Maksim Kas o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovlarda fuqarolarning aksariyati “maxsus operatsiya”ni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Bu juda achinarli. Bunday shok holatini oxirgi marta 2018-yilgi saylovda saylov komissiyasi a’zosi sifatida ishlaganimda boshdan kechirgandim. Odamlar chehrasiga, kayfiyatiga qarab, saylovchilarning 70 foizi amaldagi hukumatni qo‘llab-quvvatlashini anglatuvchi raqamlar bir muncha haqiqat  ekanini sezgandim. Qandaydir ichki o‘zgarishlar bo‘lishiga umid yo‘qoldi. Igor: Vladikavkazga kelsam, u yerda hatto taksi haydovchilarida ham Putin to‘g‘ri ish qilganiga, biz hozir hujum qilmasak, ularning o‘zi bizga hujum qilishiga ishonch bor edi. Katta shaharlarda sen kabi fikrlovchi kishilar ko‘pligini his qilsang, aholi turmush tarzi nisbatan og‘ir mintaqalarda hozirgi voqealarni qo‘llab-quvvatlovchilar chindan ham juda ko‘pchilikni tashkil qilishiga guvoh bo‘lasan. Siyosatga ko‘p aralashavermayman, lekin hamma narsani o‘z nomi bilan atashni ma’qul ko‘raman. Men ma’lum bir neytral pozitsiyani saqlashga tirishaman va Ukraina propagandasiga ham o‘zimiznikidan ko‘ra yaxshiroq munosabatda emasman. Ammo mendagi eng xolis pozitsiya ham rus hukumati nazdida aniq dushmanona bo‘lib chiqadi. Qarabsizki, jinoiy javobgarlikka tortish uchun osongina dalil keltirish mumkin bo‘ladi. Angelina: Ko‘pchilik do‘stlarim 22-fevraldan keyin ikki hafta ichida mamlakatni tark etdi. Hatto millatchi va imperialistik qarashdagi tanishlar ham ko‘chib ketish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqda guruhlar ochib, ommaviy ravishda qocha boshladi. “Imperiya”ni faqat internet orqali qo‘llab-quvvatlashni ma’qul ko‘rishdi. Men biroz shokka tushib qoldim. Igor: Moskvada yaqin do‘stlarimdan atigi uch kishi qoldi, ular ham ketmoqchi, biri esa Nvidia’ning katta muhandisi sifatida olib ketilishini kutmoqda. Qolganlarining barchasi, hatto yuzaki tanish bo‘lgan kishilar ham ketdi. Ko‘pchilik IT mutaxassislari ketyapti, chunki ularda pul ko‘proq. Agar Rossiya o‘z vatandoshlariga, aytaylik, Yevropadan besh baravar kamroq haq to‘laganida, ular shunchaki o‘sha yoqqa jo‘nab ketardi. Bundan tashqari, xorijiy kompaniyalar uchun ishlaydigan ko‘plab IT mutaxassislarida jiddiy muammo tug‘ildi: ular ish haqini endi qanday oladi? Gap Twitter, Facebook kabi tarmoqlardagi shaxsiy foydalanish haqida bo‘lganida edi, unda VPN’ga suyanish mumkin bo‘lardi. Lekin agar siz Oracle, SAP rasmiy xizmatlariga ehtiyoji bor rasmiy kompaniya bo‘lsangiz, “to‘g‘ri” yo‘ldan yurishga majbursiz, bu esa imkonsiz. Qiziq holat yuzaga keladi: “egri” yo‘l taqiqlangan, to‘g‘ri yo‘l esa yopilgan bo‘lsa, unda qanday ishlash kerak? Angelina: Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi bo‘yicha, ehtimol, IT segmentida katta milliylashtirish sodir bo‘lar. Shu bilan birga, bozorda mahalliy qidiruv tizimi ko‘rinishida kuzatilayotgan urinishlar unchalik ilhomlantirmaydi. Buning ustiga, odamlar avvalgidan ancha past maosh evaziga ishlashga ko‘nishi juda qiyin. Igor: Endi butun dunyo bo‘ylab rusofobiya avj olishini chuqur his qilyapman: Yevropa, Amerika va boshqa mamlakatlarda shunday bo‘lmoqda. Bu, nazarimda, Ukraina voqealaridan biroz oldin G‘arbda cancel-culture (vakolatli shaxs yoki guruhni huquqiy, ijtimoiy, axloqiy qilmishlar uchun javobgarlikka tortish usuli — tahr.) yetarlicha kuchli rivojlangani va ular ma’lum bir guruhga kiruvchi kishilarni nomaqbul deb topishni juda yoqtirishi bilan bog‘liq. Endi, albatta, jamoaviy mas’uliyatni asosiy ishi sifatida o‘z zimmasiga olgan kishilar bu ro‘yxatga ruslarni ham kiritadi. Boshqa tomondan, bir narsani tushunishimiz kerak, G‘arbda cancel- culture’ga qarshi kurashayotganlar, ya’ni ratsionalistlar ham bor. Men Pol Grem, Eliyezer Yudkovskiyni o‘qiyapman — ular jamoaviy javobgarlik g‘oyasiga qat’iyan qarshi va ko‘pincha, masalan, oddiy ruslarning chet elga sayohat qilishini qiyinlashtirishga qaratilgan xatti-harakatlarga qarshi chiqadi. Mualliflar fikriga ko‘ra, ular Putinga ko‘proq soliq to‘lab, Ukraina mojarolari hal qilinishiga yordami tegmaydi, aksincha xalaqit beradi. Angelina: Ukrainaliklar: “Yaxshi yashamoqchi bo‘lsangiz, mitinglarga chiqing”, — deyishi xafa qiladi. Qandaydir o‘zgarish bo‘lishi uchun aholining katta qismi norozilik bildirishi kerak. Ozchilikning qo‘lidan hech nima kelmaydi. Mamlakatni tark etsang, odamlar senga nafrat bilan qaraydi. Igor: “Nima uchun bunday tuzumga chidab yurgandingiz?” deb so‘raydigan so‘zamollar munosabati ham dilni og‘ritadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: o‘zingiz (boshqa davlat rahbarlariga qarata aytilmoqda) Putin bilan muloqot qilib ko‘rdingizmi? Yaqingacha undan neft va gaz sotib olish mutlaqo normal hisoblanardi. “Maxsus operatsiya”ni boshlash qarori biz ruslar uchun ham G‘arb uchun bo‘lgani kabi kutilmagan voqea bo‘ldi. Umuman olganda, men liberal qarashdagi inson sifatida doim Putinni emas, balki Navalniyni qo‘llab-quvvatlaganman. Lekin men ham muxolifatga ashaddiy muxlis emasman, chunki u asli foydasiz ish bilan shug‘ullanayotganini bilmaydi. Hozir ichkaridan kurashish befoyda, chunki, baxtga qarshi, aholining katta qismi biz tomonda emas. To‘g‘ri, men Putin qachondir rus elitasining joniga tegadi, deb o‘ylagandim. Ammo ular allaqachon bor-budini yo‘qotganiga qaramay, hech qanday chora ko‘ra olmayotganiga guvoh bo‘lyapman. Angelina: Endi Gruziyaga borishni rejalashtiryapmiz, do‘stlarimiz o‘sha yerda. Hozircha bir yilga bo‘lsa ham, yashash uchun ruxsatnoma olish imkoniyati mavjud. Yozni Tbilisida o‘tkazgandim, shahar menga juda yoqqandi. Bundan tashqari, talaba sifatida biror joyga o‘qish vizasi bilan borish haqida o‘ylay boshladim. Igor: Bir vaqtlar Tailandda bir yarim yil yashagandim, lekin viza bilan bog‘liq yugur-yugurlardan bezganim uchun qaytib kelgandim. Muammoni ozgina pul evaziga hal qilish mumkin bo‘lgan yoki hal qilishga umuman ehtiyoj bo‘lmagan joyni topishni istayman. Sankt-Peterburgda yaqinda sotib olingan shaxsiy kvartiram borligiga qaramay, Rossiyani uzoq muddatga tark etganimni yaxshi bilaman. Endigina o‘rnashib olgan shinam uyimni tark etishga majburligim alam qiladi. Lekin bu yil qaytishim dargumon ekanligini tushunaman va hozirgi hukumat davrida qaytish xavf tug‘dirishi mumkinligidan qo‘rqaman. Qachondir yana shunday narsa sodir bo‘lmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Menimcha, yaqin orada Rossiyada avvalgiday yashash imkoniyati paydo bo‘lmaydi. Nikolay (sanoat uskunalarini xarid qilish bo‘yicha mutaxassis), Mariya (dizayner) va Artyom (moliya tashkiloti xodimi) Nikolay: Men Ukrainada tug‘ilib, u yerda 12 yil yashaganman, keyin Rossiya fuqaroligini olib, Moskvaga ko‘chib o‘tganman. Rus tilida so‘zlashaman, lekin ikkita vatanim bor, deb bilaman — Rossiya va Ukraina. Moskvaga kelib, ta’lim oldim, rus armiyasida xizmat qildim, Rossiyada ishladim. Lekin harbiy holat e’lon qilinishi haqidagi mish-mishlardan so‘ng ketishga qaror qildim. Ukrainaga urushga yuborishlaridan qo‘rqaman, chunki o‘zim ham ukrainman. Chegaralar yopilishi, mahsulotlarning jiddiy tanqisligi, narxlar oshishi va senzuradan qo‘rqaman. Sababsiz qama-qamalar, qandaydir qidiruvlar, kuzatuvlar. Bu tom ma’noda senzura va qonunsizlik degani. Ba’zan mitinglarga chiqib turardim, lekin hozir qo‘rqaman, chunki shuni deb qamab qo‘yishlari mumkin. Uyalaman, chunki odamlar yordamga muhtoj, mening esa yordam berishga qodir emasman. Rejam — yashashimiz mumkin bo‘lgan biror mamlakatda bir-ikki oy turish. Keyin ko‘ramiz. Mariya: Qaytishdan qo‘rqaman. Tinimsiz qaltirayapman, chunki asabiy zo‘riqish bor. Instagram’da kuzatib boradigan kishilarim mamlakatdan chiqib ketayotganini ko‘ryapman, dugonalarim yozgan posti uchun politsiya tomonidan qidirilmoqda. Hamkasbimning dugonasi mamlakatni tark etdi, u ham qidiruvda. Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi narsalarni yozib turardim, lekin onam va Nikolay hammasini o‘chirishga majbur qildi. Qonun qabul qilinishidan avval o‘chirib tashladim. Chet elga chiqish pasporti yo‘qligi hamma narsani murakkablashtirib yubordi. Uni bir amallab qo‘lga kiritish umididaman. Buning uchun mamlakatga qaytib borishdan qo‘rqaman, ko‘ramiz, nima bo‘larkan. Variantlar orasida Isroil ham bor, chunki ota-onam allaqachon u yerning fuqaroligini olgan. Men mebellar bilan shug‘ullanardim va interyer dizayniga qiziqardim, endi esa Rossiyada buning hech kimga keragi bo‘lmay qoldi. Aktivist emasman, o‘z hayotim uchun qayg‘uraman, bundan uyalaman, lekin o‘z hayotim bilan yashashga harakat qilyapman. Nikolay: “Exo” yopilgani men uchun zarba bo‘ldi, shundan keyin hamma narsani to‘g‘ri qilganimni tushundim. 2021-yilgi referendumdan oldin mendan Rossiyani qanday sharoitda tark etishim mumkinligi haqida so‘rashgan. Men esa “Exo” yopilsa, ketishimni aytgandim. Bir yil o‘tgach, shu savolni bergan qiz menga “Exo” yopilgani haqida yozdi. Men esa allaqachon ketganimni aytdim. Artyom: Men moliya tashkilotida ishlayman, sanksiyalar bizga juda qattiq ta’sir qildi. Ish bilan bog‘liq faoliyatim shusiz ham o‘zgarardi. Lekin urush xabarining o‘zi meni ma’naviy jihatdan sindirdi. Ochig‘i, bunday bema’nilikni umuman kutmagandim. Safarbarlik bilan bog‘liq narsa, erta tongdan harbiy holat e’lon qilinishi mumkinligi, valyuta sotib olishda 30 foiz taqiq qo‘yilishi haqida o‘qidim... Qamalga olingan qal’a ichida qolishni istamaganim uchun ham ketishga qaror qildim. Bularning barchasi e’lon qilinguniga qadar ham ketish qarori bor edi. Katta ehtimol bilan Isroilga joylashaman, lekin hujjatlar bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qilish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi — hozir Isroilda bu xizmatga talab juda katta. Ahvol biroz mo‘tadillashsa, Moskvaga qaytib, narsalarimni, hujjatlarimni yig‘ishtiraman va Isroilga jo‘nayman. Agar hech narsa o‘zgarmasa, unda O‘shdan to‘g‘ri Isroilga ketishga majbur bo‘laman. Ammo qarorim qat’iy. — Vaziyatni ichkaridan o‘zgartirishga harakat qilish kerak, degan undovga qanday qaraysiz? Artyom: Nima ham derdim, mening o‘z hayotim bor! Nikolay: Nimanidir o‘zgartirishga bo‘lgan harakating global miqyosda bo‘lmasa ham samarali bo‘lsa, urinib ko‘rishga arziydi. Lekin mitingga chiqsang, qamalasan, hech narsani o‘zgartirolmaysan. Undan ko‘ra, bo‘layotgan hodisalar haqida imkon qadar ko‘proq ruslarni xabardor qilishni afzal ko‘raman. Yegor (pishloq ishlab chiqaruvchi) Men Arkadiy Novikov uchun butun Rossiya bo‘ylab pishloq sexlarini ochganman, bir yil oldin esa ketganman. Hozir Qirg‘iziston, Bolgariya, Qozog‘iston kabi mamlakatlarda faoliyat yuritaman — hamma yerda meni reklamaga taklif qilishadi. Biznesim metallga asoslangan, lekin ular mendan pishloq ishlab chiqarish va unga qo‘shib sex ham yasab berish haqida so‘raydi. Sexga investitsiya — bu asosan kostryul va hokazolar. Bir yarim hafta oldin Rossiyada 1,5 million turgan narsa hozir 3,5 millionga baholanmoqda. Hozir mendagi shartnomasi tuzilgan to‘rtta buyurtmani vaqtincha to‘xtatib qo‘yishdi, chunki ular bundan foyda ko‘rolmaydi. Rossiyada bu ish bilan kamida kelasi ikki yil davomida shug‘ullanishdan foyda yo‘q, deb o‘ylayman. Pishloq hozir u yerda ortiqchaligi aniq. Ozmi-ko‘pmi neytral mamlakatlarda pishloq baribir sotiladi va bu yerda endi aqlimni emas, balki mahsulotimni sotaman. Moskvada ishlab chiqarishim bor edi — boshlanganidan sotilgunicha. Endi uni ko‘paytirib, Qozog‘istonda ham shu ishimni davom ettiraman. Peskov (Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi) hech qanday safarbarlik bo‘lmasligi haqida gapirgani to‘g‘risidagi xabarni o‘qiboq, bir kunning ichida yo‘lga tushdim. Peskov aytgan narsaning ehtimoli darhol oshadi. Xullas, hammaga xayr. 24-fevraldan beri menda kuchli paranoyya bor. Ular meni tinglayotganday va kuzatayotganday tuyilaveradi, chunki barcha gazetalar va pabliklar bloklangan. Men 18 yildan beri restoran biznesi bilan shug‘ullanaman va Moskvadagi barcha restoranlar tanishlarimga qarashli. Restoran egalariga qiyin, chunki bunday biznesdan shunchaki voz kechib keta olmaysan. Direktorlar, menejerlar, oshpazlar ish beruvchining pullari hisobiga yashaydi va hech nimadan xavotirlanmaydi. Ularga nimanidir tushuntirmoqchi bo‘lsang, shunday deydi: “Qara, hammasi yaxshi, deyishyapti-ku. Amerika hujum qilganda nima bo‘lardi”. Ular nimadir qilishdan ko‘ra, o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotga ishonib qo‘ya qolishni ma’qul ko‘radi. Chakana savdo to‘xtab qolgani ham ularni bezovta qilmaydi. Hamma shokda, ular esa oxirgi daqiqagacha ishonmaydi. Safarbarlik e’lon qilinmaydigan taqdirda ham qaytishdan ma’ni yo‘q. Restoranlar yopilyapti, chunki narxlarni ko‘tarishga to‘g‘ri keladi. 600 rubllik salat 1000 rublga ko‘tariladi. Keyin uni kim sotib oladi? Ayniqsa, sushi restoranlari zarar ko‘radi, chunki losos va barcha asosiy mahsulotlar Yaponiyadan dollar hisobida yetkazib beriladi. Ular sushiga yo tovonbaliq va sazan ishlata boshlaydi yo restoranni yopadi. Men esa o‘z hunarim bilan dunyoning istalgan yerida pul topishim mumkin. Kelib, kostryullar sotib oldim. Ularni oshxonaga qo‘yib, pishloq tayyorladim. Odamlarga buratta va motsarellani tatib ko‘rishni taklif qildim. Bu, ayniqsa, odamlar bunday narsa haqida endi-endi bilayotgan uchinchi dunyo mamlakatlarida yaxshi ish beradi. Qirg‘izistonda faqat ikkita restoran pishloq tayyorlaydi va odamlar bu haqida endi bilyapti. Shunday qilib, men bozorga raqobatsiz kirib boraman.
2Dunyo
Kecha Ukrainadan 254 nafar O`zbekiston fuqarosi qaytarildi Kecha, 11 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 254 nafar O`zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 37 nafar voyaga etgaman shaxs va 14 nafar chaqaloq olib kelindi.  Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Kabuljanov axborot berdi. Xabarga ko`ra, 28 fevraldan 11 martga qadar 25 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 5 634 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
5Jamiyat
Nega hokim majlisiga telefonsiz kirish majburiy? Bilmasvoy bilan suhbat Hech tushunib bo‘lmayapti. Islohot deymiz, oshkoralik dedik, kamchiliklarni gapirish foydamizga deyapmiz-u, biroq bu gaplarni o‘zida tatbiq etib, boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozim va lobud bo‘lgan ba'zi rahbarlar buning g‘irt teskarisini qilishadi. Nima, bu chaqiriqlar teppa-teskarisini qilish uchun yangradimi? Masalan... Telefon Stol ustida turadigan, teshikchalariga barmoq tiqib aylantiradigan, faqat telefonligini qilgan telefon 20-asrda qoldi. Hozir telefon bu faqat telefon emas – bir dunyo foydali imkoniyatlarni egasiga tuhfa etuvchi, xususan bir lahzada kerakli ma'lumotni dunyoning narigi chekkasidan bo‘lsa-da topib, oldingizga keltiradigan, yo‘lingizda uchraydigan har qanday ma'lumotni asrab qo‘yadigan, hamma joyda – bo‘lsin u xoh majlis yoki safar – kerak bo‘ladigan nodir qurilma. U insonning imkoniyatlarini kengaytirdi. Masalan deng, siz maktab direktorisiz va sizni viloyat hokimi majlisga chaqirib qoldi. Belgilangan vaqtda yetib borish uchun yo‘lga otlandingiz va albatta telefoningizni olvoldingiz. Majlisga kirishda esa... telefoningizni topshirish talab qilindi... Nega? Mazkur «nega»ga javob topishga urinib ko‘ramiz. Balki, majlis paytida telefon o‘ynab o‘tirishingizning oldini olish uchundir. «Yo‘g‘-e, yosh bolamasman-ku, shu maqsadda telefonimni tortib olishsa!» Unda ne sabab? «Tirik o‘rnaklar» Ha, sabab o‘sha – ko‘nglingizdan o‘tgani – telefon qurg‘urning zamonaviy turi ovoz va hatto tasvirni jonli qilib yozib olish qudratiga ega. Ana shunisi «chatoq» bu qurilmaning. «Nega endi buni «chatoq» dedingiz» deysizmi? Gap shundaki... Birinchi manzara. Deylik, majlisda hokimning og‘zidan... axloqsiz so‘z chiqdi... Majlis ishtirokchilaridan biri buni telefoniga yozib oldi, yozganini do‘stiga ulashdi, do‘sti esa yana biron do‘stiga... «Voy, to‘xtang, qanaqa qilib viloyat hokimi axloqsiz so‘z aytishi mumkin? Viloyatning ulug‘i, donosi, yaxshi o‘rnak berib boshqalarni o‘ziga ergashtirishi kerak bo‘lgan odam-a? Yana deng, majlisda, viloyatning yuzi – ahli donish oldida-ya? Bo‘lmagan gap!» deysiz va mutlaqo haq bo‘lasiz – hokim bunaqa qilishi mumkin emas! Mumkin emas, tamom-vassalom! Bu gapingizga javoban sizga nima ham derdim, xabarlarni kuzatmaydigan «baxtli» bilmasvoy ekansiz. Hoynahoy, chet elda yashasangiz kerak. Sabablarni izlashda davom etamiz. Kamchiliklar Ikkinchi manzara. Deylik, mazkur viloyatda tumonat kamchiliklar bor va ularni majlislarda muhokama qilish kerak bo‘lyapti. Shuning uchun majlis davomida telefoningiz qo‘lingizda bo‘lmasligi kerak... «E, shoshmang-shoshmang, viloyat muammolari bilan maktab direktorining telefoni orasida nima aloqa bor? Nega endi majlisda muammolar gapirilsa, majlis ishtirokchilarining telefonlari olib qo‘yilishi kerak?!» deysiz siz va yana haqli e'tiroz bildirgan bo‘lasiz. Biroq, bilmasvoyligingiz yana bir marta bilindi. Tushuntiraman: gap yana o‘sha zamonaviy telefon qurg‘urning haligi imkoniyatlari – ovoz va tasvir yozishi. Kamchiliklar gapirilgan majlisdan, deylik, ovoz yozib olindi. Zamonaning yana bir «noming o‘chkur» imkoniyati – internet sabab hammayoqqa tarqaladi. Nima bo‘ladi? «E-e-e, umuman tushunmayapman, kamchiliklarni yashiradigan zamonmi hozir, rivojlangan mamlakatlar muammolarni keng oshkor qilish, keyin esa ularga ko‘pchilik bo‘lib yechim izlash asnosida rivojlandi-ku, buni yosh bola ham biladi hozir, qaysi aqli raso rahbar hozir muammolarni yashirishga urinadi, nimalar deb yotibsiz?» deysiz bu gapimga javoban, axiri asabingiz buzilib. Men esa sizni tushundim – siz dunyo ishlarida mantiq hukmron, aql ustuvor bo‘lgan joylardagi vaziyatni menga aytyapsiz. Men esa sizga... o‘zimizdagi, ba'zi majlislarda yuz berayotgan manzarani chizib beryapman. Oyog‘i osmonda bo‘lgan mantiq   Ha, ba'zi hokimlar muvaffaqiyat muammoni yashirishda deb o‘ylashyapti. Yashirsa, muammo o‘z-o‘zidan «so‘rilib» ketadigandek. Kuf-suf – muammo yo‘q. Avvalida og‘ir vaziyatda bo‘lgan, hozirda esa «rivojlangan» nomini olgan mamlakatlar bunga og‘ir mehnat orqali, oshkoralik, har bir katta-yu mayda muammoni ochiq e'tirof etib, o‘rtaga tashlab, omma o‘laroq bosh qotirish asnosida yetishishganini ba'zi hokimlarimiz bilishmaydi. Yoki bilishadimi? Balki gap bilmaslikda emas, bilib turib teskari qilishdadir? Balki bu hokimlarning tashvishi muammolarni kamaytirish emas, shunchaki ularni yashirib, «yuqoriga» yoqish, maqtovini eshitish, ko‘proq lavozim kursisida o‘tirib qolishdir? «Yo‘q, unday emas», deysizmi? Unda ne sabab? Shokir Sharipov
8O‘zbekiston