text
stringlengths 83
999
| class
stringclasses 10
values |
---|---|
Foto: Fotolia Turkmanistonda qator yuqori mansabli amaldorlar, jumladan, mamlakat milliy xavfsizlik xizmati xodimlari korrupsiyada ayblanib hibsga olindi. Bu haqda qator mustaqil nashrlar xabar bergan. Xabarlarga ko‘ra, Toshhovuz viloyatida iqtisodiy jinoyatlar bilan kurash bo‘yicha xizmat MXXning bir necha zobitlarini poraxo‘rlik hamda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga ko‘mak ko‘rsatish ayblovi bilan ushlagan. Turkmaniston davlat OAV hozircha huquqni muhofaza qilish organlarida ommaviy hibsga olishlar ro‘y bergani haqida xabar bermadi. Shuningdek, Ashxobodning Kopetdog‘ tumani soliq inspeksiyasi rahbari va bir necha xodimi korrupsiyada ayblanib hibsga olingan. Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning oktabr oyi oxirida Turkmaniston prezidenti Davlat xavfsizligi kengashi yig‘ilishida davlat apparatida korrupsiya bilan kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish talabini qo‘ygandi. | Siyosat |
Foto: Oqo‘rda Oqo‘rda Qozog‘iston prezidentining Vashington aeroportida kutib olinishi tasvirlangan videoni e’lon qildi. Nursulton Nazarboyevga aeroportda Qozog‘istonning Qo‘shma Shtatlardagi elchisi Yerjan Kazixanov hamrohlik qilgan. Shuningdek, videoga ko‘ra, prezidentning yetib kelgan vaqtida AQShning Qozog‘istondagi elchisi Jon Krol ham bo‘lgan. Ikki mamlakat yetakchisi o‘rtasidagi muzokaralar bugun, 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Nazarboyev va Tramp mintaqaviy xavfsizlik hamda iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha strategik sheriklikni mustahkamlash va kengaytirish yo‘llarini muhokama qiladi. | Siyosat |
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bayonotiga ko‘ra, RF O‘zbekistonning sobiq SSSR makoni ko‘p tomonlama tuzilmalardagi harakatlari faollashganini ma’qullaydi. Lavrovning 2017 yildagi Rossiya diplomatiyasi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani davomida aytishicha, "Rossiya rasmiy Toshkent so‘nggi bir yil ichida ko‘p tomonlama tadbirlar, jumladan MDH, ShHT yo‘nalishi bo‘yicha faolroq ishtirok eta boshlaganini mamnuniyat bilan ta’kidlaydi". Lavrovning qayd etishicha, Rossiya va O‘zbekistonni ittifoqchilik munosabatlari bog‘lab turadi. "O‘tgan yilning bahorida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bizga tashrif bilan keldi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarda strategik hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi. O‘ylashimcha, bizning mamlakatlarda juda yaxshi salohiyatlar bor", - deya xulosa qilgan Rossiya TIV rahbari. | Siyosat |
Foto: Carlos Barria/Reuters AQSh prezidenti Donald Tramp senator Richard Derbinning bayonotini rad etib chiqdi. Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Haiti, Salvador va Afrika mamlakatlarini «qo‘lansa davlatlar» deb atagan. Bu haqda Tramp tvitterdagi sahifasida yozdi. «Senator Diki Derbin DACA (migrantlarning farzandlari uchun muddati kechiktirilgan deportatsiya dasturi) bo‘yicha yig‘ilishda aytilgan narsani butunlay noto‘g‘ri talqin qildi. Bitimni ishonch bo‘lmasa, imzolab bo‘lmaydi!» - deya ta’kidlab o‘tdi Tramp. Avvalroq, Derbin Tramp qator davlatlarga nisbatan haqoratomuz so‘zlar ishlatib, «nafratga to‘la» va «irqchilik» tilini qo‘llaganini tasdiqlagan edi. Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp qonun chiqaruvchilar bilan uchrashuv davomida ba’zi mamlakatlardan Qo‘shma Shtatlarga kelayotgan migrantlarni «qo‘lansa joydan» chiqib kelganlar, deb atagani xabar qilingandi. | Siyosat |
Foto: Reuters Yevroittifoqda ofshorlarning «qora ro‘yxati»dan sakkiz davlatni chiqarib tashlash taklifi ilgari surildi, deb xabar bermoqda Reuters. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatdan Panama, BAA, Janubiy Koreya, Barbados, Grenada, Makao, Mo‘g‘uliston va Tunis chiqarib tashlanishi mumkin. Shuningdek, Bahraynni chiqarish masalasi ham ko‘rib chiqilgan, biroq yakunda bu mamlakatni «soliqqa tortmaydigan» davlatlar ro‘yxatida qoldirish haqida tavsiya berilgan. Ta’kidlanishicha, ro‘yxatni qayta ko‘rib chiqish YeI elchilarining chorshanba, 16 yanvar kungi uchrashuvida muhokama qilinadi hamda Yevroittifoq moliya vazirlari tomonidan keyinroq tasdiqlanishi mumkin. | Siyosat |
Foto: DC News Ruminiya bosh vaziri Mixay Tudose o‘z iste’fosi haqida ma’lum qildi, bu haqda mamlakat hukumati rasmiy saytida xabar berilgan. «Bosh vazir Mixay Tudose bugun kechqurun o‘z iste’fosi haqida e’lon qildi. Hukumatni tashkillashtirish va uning faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, rasmiy murojaat prezident ma’muriyatiga ertangi kun davomida yuboriladi», - deyiladi xabarda. Qonunga ko‘ra, mamlakat prezidenti Klaus Yoxannis hukumat rahbarining iste’fosi to‘g‘risidagi hujjatni imzolashi hamda vaqtinchalik bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlashi kerak. | Siyosat |
Yaponiyaning Kanadzava shahri qirg‘oqlari yaqinida baliqchilar qayig‘i topildi, uning ichida yetti nafar noma’lum shaxsning jasadi bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, ular Shimoliy Koreya fuqarolaridir. Bu haqda «Kiodo» agentligi politsiyaga tayangan holda xabar bermoqda. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxslarning tanasida hech qanday jarohat izlari topilmagan. Ekspertlar ekipaj halokatiga nima sabab bo‘lganini jasadlarni yorib ko‘rish orqali aniqlash niyatida. Avvalroq, Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida uch kishining, taxminlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya fuqarolarining jasadi topilgani ma’lum bo‘lgandi. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: AP Photo / Seivan Selim AQSh suriyalik qurollangan kurdlar tuzilmalariga (YPG) maxfiy bitim doirasida olib yuriluvchi zenit-raketa majmualari partiyasini topshirgan. Bu haqda RIA «Novosti» «Al-Masdar» portaliga tayangan holda xabar tarqatdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, olib yuriluvchi zenit-raketa majmualari Suriya shimoli-g‘arbidagi Afrin tumanida bo‘lgan kurdlar tuzilmalariga berilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an Suriyada «istalgan daqiqada» harbiy amaliyot boshlash bilan tahdid qilgani xabar berilgandi. Uning ma’lum qilishicha, Suriya shimolida AQSh tomonidan tashkil etilayotgan «chegara xavfsizlik kuchlari» Turkiya milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda, Suriyadagi harbiy amaliyot «istalgan daqiqada» boshlanishi mumkin. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: Jonathan Ernst/Reuters AQSh kongressining vakillar palatasidagi respublikachilar yetakchisi Kevin Makkarti mamlakat prezidenti Donald Tramp qulupnay va olcha mazasiga ega obakidandon (konfet)ni yaxshi ko‘rishi haqida aytib berdi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda. Makkartining aytishicha, Tramp bilan Vashingtonga prezidentlik samolyotida parvoz qilishayotganda, u faqat qizil va pushti rangdagi Starbursts obakidandonini iste’mol qilgan. «Biz kichik desert ustida o‘tirgandik, shu paytda u menga obakidandon taklif qilib qoldi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan kongressmen. Keyinchalik Trampning yordamchilari Makkartiga prezident faqat qizil va pushti rangdagi obakidandonni yaxshi ko‘rishi haqida aytib berishgan. | Siyosat |
Foto: Tashqi ishlar vazirligi 2018 yilning 15 yanvar kuni BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bergan. Suhbat davomida BMT Bosh kotibining O‘zbekistonga tashrifi va 2017 yil 10 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi. Shuningdek, tomonlar kun tartibidan o‘rin olgan BMT Xavfsizlik Kengashining «Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari» nomli tadbiri, vazirlar darajasidagi «Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish» mavzusi bo‘yicha fikr almashdi. | Siyosat |
Foto: Reuters XXR raisi Si Tszinpin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda Koreya yarim oroli bo‘yicha barcha manfaatdor tomonlar bilan muzokaralar tiklash uchun kerakli sharoitlar yaratish lozimligi haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Sinxua». Agentlikning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati yarim oroldagi yadro muammosini kerakli tarzda hal qilish uchun AQSh pozitsiyasiga qo‘shilishga tayyor bo‘lib turibdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In bilan munosabatlari bo‘yicha kutilmagan bayonot bergandi. | Siyosat |
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi uch nafar mehnat faxriysi muqaddas haj ibodatiga pora berib bormoqchi bo‘ldi, deb yozmoqda O‘zA. Qisqa muddat tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida rais lavozimida ishlagan 34 yoshli K.M ismli shaxs mehnat faxriylariga “Sizlarni navbatsiz hajga yuboraman, poytaxtdagi yuqori idoralarda ishonchli odamim bor”, deb va’da berib, ulardan 76 million so‘m miqdoridagi pulni oladi. Bu, albatta o‘zining “xolis xizmati”dan tashqari, ya’ni bankka to‘lanadigan mablag‘ edi. "Uddaburon" rais har biri 22 million 690 ming so‘m pulni Milliy bankning tuman filialiga topshirgani to‘g‘risida qalbaki hujjatlar tayyorlab, ularning qo‘liga tutqazadi. Ko‘p o‘tmay K.N.ning katta miqdordagi mablag‘ni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani fosh bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. | Iqtisodiyot |
Foto: Geneve Suriya poytaxti Damashq yaqinida joylashgan, Bashar Asad kuchlari tomondan egallangan Sharqiy Gutada 2018 yilning ilk ikki haftasida 30dan ko‘proq bola halok bo‘ldi. Bu haqda YUNISEF xabar bermoqda. “2018 yilning ilk ikki haftasidayoq 30dan ko‘proq bola Sharqiy Gutadagi hujumlar qurbonlariga aylangani karaxtga soladi”, deb aytgan YUNISEFning Suriyadagi vakili Fren Ekviza. Uning ta’kidlashicha, bu yerda 2013 yildan beri 200 mingdan ko‘proq bola qamalda qolgan. Ekvizaning aytishicha, dunyo hamjamiyatiga Suriyada 7 yildan beri bolalar halok bo‘layotgani uchun uyat bo‘lishi kerak. “Ko‘plab bombardimonlar tufayli Sharqiy Gutadagi ko‘plab tibbiyot muassasalari yopilgan, oxirgi kunlarda hududdagi yana ikkita tibbiyot muassasasi bombardimonga uchradi”, deb ma’lum qildi YUNISEF vakili. Uning aytishicha, Shimoliy Gutadagi aholi yashaydigan tumanlarning oxirgi bombardimon qilinishlari vaqtida 80 kishi jarohat olgan. | Oila va Jamiyat |
Foto: Kia Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi 2016 yilda taqdim qilgan, 5 metrlik Telluride krossoverini ommaviy ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda kompaniya vakili Piter Shrayyerga iqtibos keltirgan holda Avstraliyaning Go Auto nashri xabar bermoqda. Kompaniya krossoverning seriyali versiyasi haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Krossoverning prototipi uzunligi 5001 mm.ni, eni 2029 mm.ni, balandligi esa 1800 mm.ni tashkil qiladi. Uchta o‘rindiqlar qatoriga ega kontsept-kar Sorento platformasida qurilgan. Prototip gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlangan. Uning tarkibiga 270 ot kuchiga ega 6 silindrli benzin dvigateli va 130 ot kuchiga ega elektr motor kirgan. Ikki dvigatelning umumiy quvvati 400 ot kuchini tashkil qiladi. Mashina raqamli asboblar paneli, eshiklarga o‘rnatilgan ekranlar, yo‘lovchilar holatini kuzatish tizimi bilan jihozlangan. | Texnologiya |
Qozog‘istonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishi konsepsiyasi doirasida mamlakat energiya balansida tiklanuvchi energiyan manbalari (TEM) ulushini 2020 yilgacha hozirgi 1 foizdan 3 foizgacha, 2030 yilgacha 10 foizgacha va 2050 yilgacha 50 foizgacha oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda Tiklanuvchi energiya manbalari Xalqaro agentligining 8-sessiyasida Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bo‘zumbayev ma’lum qildi. Vazirning aytishicha, 2009 yilda qabul qilingan, Qozog‘istonda TEMni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi TEM bozorini ishga tushirishga va umumiy quvvati 335,7 megavattni tashkil qiluvchi 55 ta loyihani amalga oshirishga imkon bergan. Sessiya vaqtida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Fransiyaning “URBASOLAR” kompaniyasi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi Arisi shahrida “Zadariya” quyosh elektr stansiyasini (14 megavatt) qurish loyihasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuv imzolangan. | Iqtisodiyot |
Foto: KUN.UZ Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan joriy yilda «Uzbekistan Tourism Awards» taqdimoti o‘tkaziladi. Bu haqida qo‘mita rahbari Aziz Abduhakimov matbuot anjumani vaqtida xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, «Uzbekistan Tourism Awards» taqdimot marosimida respublika bo‘ylab eng yaxshi mehmonxona, eng yaxshi mehmonxona lageri, eng yaxshi gid, eng yaxshi restoran, eng yaxshi motel, eng yaxshi bloger, eng yaxshi fotosuratchi, eng yaxshi jurnalist kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Anjumanda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar berishicha, hozirda Turizm qo‘mitasi tomonidan mazkur mukofot konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, qo‘mita qoshida maxsus fond tashkil etilgan bo‘lib, turistik imkoniyatlarni yanada kengaytirishga hissa qo‘shuvchi loyihalar qabul qilinishi ma’lum qilindi. Taklif va loyihalar mazkur fond tomonidan moliyalashtirilib, sovg‘a va grantlar ajratiladi. | Madaniyat |
Amerikadagi KTVU kanalida ob-havo ma’lumotlari dasturi kadrda paydo bo‘lgan «ulkan qush» tufayli uzilib qoldi. U kamera qarshisida bir necha sekund ko‘rinish bergan va keyin g‘oyib bo‘lgan. Telekanal boshlovchisi Mark Tamayo bu hodisaga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘lgan. U kadrdan chiqqan va «qushga istaganini qilishi uchun ko‘proq vaqt ajratishga tayyorligi»ni aytgan. | Oila va Jamiyat |
O‘zbekiston Markaziy banki 16 yanvardan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi esa 7,38 so‘mga ko‘payib, 8146,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi o‘tgan haftadagiga nisbatan 177,51 so‘mga oshdi va 1 yevro 9965,47 so‘mni tashkil qildi. Rossiya rubli 92 tiyinga qimmatlashib, 143,97 so‘mni tashkil qildi. Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. | Iqtisodiyot |
UFC jangchisi bo‘lgan qiz - Peyj Vanzant Jyessika Rouz-Klark bilan 57 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahs vaqtida raqibiga aylanib turib zarba berdi hamda qo‘lini sindirib oldi. Jarohat olganiga qaramay, Vanzant jangni to‘xtatishdan bosh tortdi hamda oxirigacha sabr qilib, faqatgina chap qo‘li va oyoqlari bilan zarbalar berdi. Qiz hakamlar qaroriga ko‘ra Klarkka mag‘lub bo‘lgan, deb topildi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC Konor Makgregordan yengil vaznda chempion unvonini olib qo‘ymoqchi ekani xabar qilingandi. | Sport |
Foto: Gem Diamonds Afrikadagi Lesoto qirolligida kattaligi bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turishi aytilayotgan olmos topildi. Bu haqda Britaniyaning Gem Diamonds kompaniyasi saytida xabar berilgan. Olmos Gem Diamonds’ga tegishli bo‘lgan Letseng olmos konidagi ishlar davomida topildi, uning qiymati taxminan 40 mln dollarga baholanmoqda. 910 qirotli rangsiz (D shkalasi) tosh II-turga kiradi – aralashmalarga ega bo‘lmagan olmoslarga. Bunday toshlar tabiiy olmoslar orasida faqat 1-2 foiz holatlardagina topiladi. «Gem Diamonds Letsengni 2006 yilda xarid qilganidan so‘ng, konda dunyodagi eng mashhur olmoslar topildi, jumladan 603 qirotli «Lesoto va’dasi», - deya ta’kidlab o‘tdi kompaniya ijrochi direktori Klifford Elfik. – Biroq, yuqori sifatdagi bu olmos – bugungi kunda topilganlar ichidagi eng yirigidir. Bu ajoyib topilma». Shunday olmos topilgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgach, kompaniya aksiyalari 14 foizga o‘sgan. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: AP «Boko Harom» radikal guruhi jangarilari yangi videoni e’lon qilishdi. Unda 2014 yilning aprel oyida Nigeriyaning Chiboka shahridagi o‘rta maktabdan o‘g‘irlab ketilgan qizlar tasvirlangan, deb xabar bermoqda Reuters. Rolik 21 daqiqa davom etadi, unda 12 qizdan iborat guruhni ko‘rish mumkin. Ulardan biri esa hech qachon uyga qaytmasliklarini aytgan. «Boko Harom» a’zolari 2016 yilning avgustida ham videorolik e’lon qilgandi, unda maktab o‘quvchilaridan biri bo‘lgan qiz Nigeriya hukumatidan guruhning qamoqdagi jangarilarini qizlar evaziga ozod qilishni talab qilgan. «Boko Harom» - radikal guruh bo‘lib, Nigeriya, Niger, Chad va Kamerunda harakat qiladi. 2015 yilning bahorida «Boko Harom» a’zolari IShID terrorchilik tashkilotiga sodiqlik keltirishdi. | Oila va Jamiyat |
Foto: RIA "Novosti" Rossiyaning Sverdlovsk oblasti politsiyasi Yekaterinburgda 1992-2014 yillarda sodir bo‘lgan qotilliklar va nomusga tegishli holatlari seriyasida gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya IIV saytida xabar berilgan. «Bu shaxs 1970 yilda tug‘ilgan bo‘lib, avval shunga o‘xshash jinoyatlari uchun sudlangan. Tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari davomida u qo‘lga olindi hamda qamoqqa joylashtirildi. Keyinchalik aniqlanishicha, erkak yaqin vaqt ichida Rossiyadan chiqib ketmoqchi bo‘lgan», - deya xabar berdi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatlar Yekaterinburgning turli tumanlarida 22 yil davomida sodir etilgan. Ta’kidlanishicha, so‘nggi sakkiz yil ichida qariyb 17 ming kishi so‘roq qilingan. Qurbonlarning aniq soni ochiqlanmayapti, qo‘lga olingan shaxsning shunga o‘xshash boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. | Oila va Jamiyat |
Turkmaniston politsiyasi yangi yil boshidan folbinlarni ushlab, ularga jarima sola boshladi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri xabar bermoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ushlangan folbinlar politsiya bo‘limlariga olib kelinib, ularga ma’muriy qoidabuzarlik ayblovi qo‘yilib, bayonnoma tuzilmoqda va 100 manat (25 dollarga yaqin) miqdorida jarima yozib berilmoqda. Nashrning amaldorlar orasidagi manbasining aytishicha, folbinlar ta’qib qilinayotganiga huquq-tartibot idoralariga “mamlakat byudjyetini istalgan yo‘l bilan to‘ldirish” buyurilgani sabab bo‘lgan. Amaldor haydovchilarga turli bahonalar bilan jarima solinayotgani, oxirgi 5 yil ichida haydovchilik guvohnomasi olgan ayollarga guvohnomani olish uchun qayta imtihon topshirish talabi qo‘yilayotganini shu sabab bilan tushuntirgan. Shuningdek, Turkmanistonda yil boshidan beri oq rangli mashinalardan boshqa ranglardagi mashinalarda yurish taqiqlab qo‘yildi. | Siyosat |
Foto: Marca «Real» klubi rahbariyati fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidanga to‘liq ishonch bildirmoqda va u bilan yangi shartnoma imzolaydi. AS xabariga ko‘ra, 45 yoshli murabbiy bilan moliyaviy bandlari yaxshilangan mehnat bitimi rasmiylashtiriladi. Uning maoshi yiliga 10 million yevro qilib belgilanadi. Ayni paytda, Zidan klub bilan 2020 yilgacha imzolangan shartnoma bo‘yicha 4,5 million yevro maosh olyapti. | Sport |
Foto: FIFA FIFA JCh-2018 o‘yinlarini tomosha qilish uchun chiptalarga berilgan arizalar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni taqdim etdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi. Unga ko‘ra, ayni vaqtda chiptalar savdosining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. U 5 dekabrdan 31 yanvargacha davom etadi. Chiptalar uchun muxlislar tomonidan 3 milliondan ortiqroq zayavkalar qabul qilingan Eng ko‘p arizalar rossiyalik muxlislardan tushgan bo‘lib, bu jami arizalarning 62 foizini tashkil qilmoqda. 38% arizalar xorijlik muxlislardan tushgan. Chipta so‘rab murojaat qilganlar orasida yetakchi Germaniya, Argentina, Meksika, Braziliya, Peru, Kolumbiya, AQSh, Ispaniya, Polsha va Xitoy mamlakatlari bor. 13 martdan boshlab chiptalar jonli navbatlar yordamida sotuvga chiqariladi. | Sport |
Foto: O‘zA O‘zbekistonda 2017 yil yanvar-dekabr oylarida meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash eksport hajmi 708,8 mln AQSh dollarini tashkil qildi, yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,6 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash eksport hajmida 35,9 foizni meva va rezavorlar (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,0 foizga o‘sdi), 30,7 foizni sabzavotlar (18,6 foizga), 22,5 foizni uzum (12,2 foizga) va 4,1 foizni qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari (49,9 foizga) tashkil qiladi. Tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston (umumiy hajmdan 46,4 foiz), Rossiya (18,0 foiz), Afg‘oniston (6,6 foiz), Xitoy (5,7 foiz), Turkiya (4,5 foiz), Qirg‘iziston (4,3 foiz) va Iroq (1,7 foiz) hisoblanadi. | Iqtisodiyot |
Foto: Sport Ekspress «Real» prezidenti Florentino Peres jamoaning Ispaniya chempionati 19-turida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yindan keyin qattiq norozi bo‘lgan. Diario Gol ma’lumotiga ko‘ra, u jamoaning 9 futbolchisini sotib yubormoqchi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl, Karim Benzema, Nacho, Marselo, Keylor Navas, Hakimi, Luka Modrich va Rafael Varan nomlari o‘rin olgan. Bundan oldinroq Peres Ronalduni Neymarning transferiga qo‘shmoqchiligi ma’lum bo‘lgandi. | Sport |
Foto: Goal.com Italiyalik sobiq futbolchi Antonio Kassano Madridning «Real» klubi safida 2006-2008 yillardagi ishtiroki haqida so‘zlab berdi. «Men «Real»da «galaktikos» vaqtida to‘p surgandim. Shartnomani olti yarim yilga imzoladim, biroq u yerda 18 oy davomida bo‘ldim. Har juma kuni samolyotga o‘tirib, Rimga qaytib kelardim. Men xuddi it kabi ovqatlanib, kechalari uxlamasdim. Mening hayotim juda yomon darajaga tushib qolgandi», - deya Kassanoning so‘zlarini keltiradi Corriere dello Sport nashri. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyaning «Barselona» futbol klubi himoyachisi Xordi Alba «Real» haqida fikr bildirib, Kataloniyada bunday natijalar uchun nima qilishlarini aytib o‘tgandi. | Sport |
Foto: Reuters Google qidiruv tizimi Rossiyadagi 2018 yilgi prezidentlik saylovlari bo‘yicha so‘rovga javoban shunday vidjyetni chiqardiki, unda amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin martda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan saylovlarning g‘olibi sifatida hozirdan ko‘rsatib qo‘yilgan. Bunday «taxmin» turli murojaat variantlarida, jumladan ingliz va nemis tilida ham chiqarilgan. Tizim Putinni eng uzoq vaqt davomida «2018 yilgi prezidentlik saylovlari, g‘olib» so‘rovida chiqarib bergan. Putinning saylovlardagi g‘alabasi haqida ma’lumot bergan vidjyet axborotni Vikipediyadan olgan. OAVda Google’ning bunday «taxmini» haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘lgach, vidjyet ko‘rsatilgan so‘rov bo‘yicha taqdim etiluvchi sahifada aks etmay qoldi. RBK’ga Vikimedia Rossiya bo‘linmasi ijrochi direktori Stanislav Kozlovskiyning aytishicha, Google’dagi xato foydalanuvchilardan kimdir onlayn-ensiklopediyada RFdagi saylovlarga oid maqolani qayta tahrir qilgani tufayli yuz bergan. | Siyosat |
Foto: Reuters Iroq poytaxti Bag‘dodda xudkush terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan ikkita portlash natijasida kamida 35 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Hodisa shahar markazidagi al-Tayaron maydonida yuz bergan. Bu joy shahardagi eng gavjum yerlardan biri hisoblanadi, sababi bunda ish topishni maqsad qilgan quruvchilar yig‘iladi. 90 dan ortiq kishi jarohat olgani aytilmoqda. Iroq IIVning xabar berishicha, hujum ikki nafar xudkush erkak tomonidan amalga oshirilgan. Bu Iroqda so‘nggi uch kun ichidagi ikkinchi teraktdir. Bag‘dodda portlashlar sodir bo‘ldi 13 yanvar kuni xudkush terrorchi poytaxtning shimoliy qismidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qildi, natijada besh inson halok bo‘ldi. Hukumatning taxminicha, zo‘ravonlik holatlari ko‘payganiga may oyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan parlamentlik saylovlari muddati yaqinlashayotgani sababdir. | Xorijiy Yangiliklar |
xinhuanet.com Eronda Xitoy yaqinida falokatga uchragan neft tankerida halok bo‘lganlar xotirasiga 15 yanvar motam kuni deb e’lon qilindi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar bermoqda. Sanchi nomli tanker 6 yanvarda Xitoy yaqinida yuk tashuvchi kema bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuvdan keyin tankerga o‘t ketgan va buning oqibatida u portlagan. Tankerning 32 kishidan iborat butun ekipaji halok bo‘lgan. Ekipajning 30 a’zosi eronliklar bo‘lgan. Voqea tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan maxsus ishchi guruh vakili Muhammad Ro‘stadning ma’lum qilishicha, tanker jamoasi portlash va zaharli gazlardan halok bo‘lgan. Eron hukumati halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirgan. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: Garber Automall O‘zbekistonda «Malibu-2» avtomobili 244 570 525 so‘m turadi, bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi. Spot.uz’ning xabar berishicha, kompaniya matbuot xizmati narx GM Uzbekistan direktorining 2017 yilning 29 dekabrdagi buyrug‘iga muvofiq belgilanganini ma’lum qilgan. 2017 yilning aprel oyida avtomobil 210 mln so‘m turishi haqida xabarlar tarqalgandi. O‘shanda yangi model eksterer va intererning umuman boshqacha bezagiga, zamonaviy texnik ishlanmalarga ega ekani bilan ajralib turishi ma’lum bo‘lgan. Avtomobil hajmi 2,5 l. bo‘lgan 186 ot kuchilik dvigatel, 6 pog‘onali avtomatlashtirilgan, yangi avloddagi transmissiya bilan jihozlangan. | Texnologiya |
Dayverlar homilador yo‘lbars akulani o‘z qo‘llari bilan oziqlantirishdi va bu jarayonni videoga tushirishdi. Rolik CGTN telekanali tomonidan e’lon qilingan. Suvga sho‘ng‘uvchilar xavfli dengiz yirtqichi bilan “uchrashuv”ni rejalashtirishmagan edi – ular Bagam orollari yaqinidagi suvlarda uncha katta bo‘lmagan sariq akulalarni oziqlantirish bilan shug‘ullanishgan. Shu paytda ularning yoniga katta, ehtimol, homilador, yo‘lbars akula suzib kelgan. Bu turdagi akulalar juda shafqatsiz ekani bilan mashhur, biroq akvalangchilarga omad kulib boqdi – akula o‘zini xotirjam tutgan va hattoki dayverlardan biriga o‘ziga qo‘l tekkizishga yo‘l qo‘yib berdi. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: RIA Novosti / Aleksey Filippov Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson dunyo hamjamiyatini Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturiga “yondashuvda yakdil bo‘lishga” chaqirdi. Bu haqda Evening Standard nashri ma’lum qildi. “Shimoliy Koreyaning yadroviy qurol yaratish bo‘yicha noqonuniy dasturi mintaqaviy va xalqaro barqarorlikka tahdiddir. Xalqaro hamjamiyat bu masalada yakdil bo‘lishi kerak”, deb aytgan Jonson. Uning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar “ta’sir qilmoqda, biroq diplomatik bosimni saqlab qolish lozim”. Nashrning ma’lum qilishicha, Jonsonning bayonoti Kanadadagi sammit arafasida bildirildi. Sammitda Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyat muhokama qilinadi. | Siyosat |
Foto: Ca-news Qozog‘istonning Atirau oblasti Isatoy tumanidagi Atirau – Astraxan trassasida yirik avariya yuz berdi, besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston OAV oblast Ichki ishlar departamenti matbuot kotibi Nozimgul Kaysagaliyevaga tayangan holda. YTH 14 yanvar kuni soat taxminan 15:15da X.Yergaliyev qishlog‘idan besh kilometrlik masofada yuz bergan. Hyundai Accent va VAZ-21015 avtomashinasi to‘qnashib ketdi. Avariya natijasida VAZ-21015’ning 60 yoshli haydovchisi va to‘rt nafar yo‘lovchi – 1977 hamda 1961 yilda tug‘ilgan ikki ayol, 1989 va 1958 yilda tavallud topgan erkaklar hayotdan ko‘z yumdi. Hyundai Accent’da bo‘lgan barcha odamlar, haydovchi va to‘rt yo‘lovchi, ularning orasida yosh bolalar ham bo‘lgan, Akkistau tumani markazidagi shifoxonaga olib ketildi. Kaysagaliyevaning so‘zlariga ko‘ra, qator ekspertizalar belgilandi, tergov boshlangan. | Oila va Jamiyat |
Foto: La Liga «Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya primerasining 19-turi doirasida «Real Sosedad»ga qarshi kechgan o‘yinda (4:2) gol muallifiga aylandi. Messi uchun bu Ispaniya chempionatidagi 366-to‘pga aylandi. 30 yoshli argentinalik «Bavariya»ning afsonaviy hujumchisi Gerd Myullerning «Katta beshlik»dagi alohida milliy birinchilikda urilgan gollar soni bo‘yicha rekordini yangiladi, deb xabar bermoqda MESSISTATS «tvitter»i. Myuller Myunxen jamoasi uchun nemis chempionatida 365 gol urgan (427 uchrashuv). Messi esa 401-bahsida maydonga tushdi. «Barselona» forvardi ushbu uchrashuvning 85-daqiqasida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. | Sport |
Foto : Andrey Votinov Rossiyaning Perm shahridagi maktabda yuz bergan hodisa oqibatida kamida besh kishi jabrlandi. Bu haqda «Interfaks» manbaga tayangan holda xabar bermoqda. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, voqea ertalab yuz bergan, shahardagi maktab o‘quvchilari pichoq bilan jarohatlangan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, jabrlanganlar soni besh-sakkiz kishi atrofida. Mintaqa hududiy xavfsizlik vazirligi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Permdagi 127-sonli maktabning bir o‘qituvchisi va besh o‘quvchisi ikki yosh yigitning hujumi oqibatida jabrlangan, ikki shaxs qo‘lga olingan. «Sakkiz kishi jabrlandi, barchasi tez tibbiy yordam tomonidan olib ketildi. Bu yerda sakkizta tez tibbiy yordam brigadasi ishlamoqda», - degan agentlik suhbatdoshi. | Oila va Jamiyat |
Foto: Kun.uz Eron hukumati mamlakatda Telegram messenjeridan foydalanishga taqiqlovni bekor qildi. Reuters shu haqida xabar berdi. Gap shundaki, dekabr oyi oxirida hukumatga qarshi norozilik namoyishlari avjiga chiqqan pallada hukumat ushbu messenjer faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan edi. Tehronda muxolifat o‘z tarafdorlarini to‘plashda aynan Telegram va Instagram’dan foydalangani gumon qilindi. Telegram rahbariyati dastlab kanalni bloklashga rozilik berdi, biroq undan keyingi hamkorlikdan bosh tortdi va bu blokirovkaga olib keldi. Instagram’ga kirish imkoni esa oy boshida - norozilik namoyishlari kamaya boshlagandan so‘ng qaytarilgan. Manbada ma’lum qilinishicha, Eronda taxminan 40 million kishi Telegram’dan foydalanadi. Ularning aksariyati messenjerdan foydalanishda turli anonimayzerlarni qo‘llaydi. Norozilik aksiyalari natijasida Eronning turli mintaqalarida 22 kishi halok bo‘lgan. Mamlakat hukumatining ta’kidlashicha, namoyishlar ortida xorijiy tashkilotlar turgan. | Siyosat |
Foto: EPA Internetda Turkiyaning Trabzonida dengiz bo‘yida joylashgan aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, jarlik yoqasidagi loyga botib qolgan yo‘lovchi samolyotidan yo‘lovchilarning evakuatsiya qilinishi videosi paydo bo‘ldi Videodan ko‘rinishicha, vahimaga tushgan odamlar samolyotni uning dum qismidagi favqulodda chiqish eshigidan tark etayotganlarini ko‘rish mumkin. Shuningdek, videoda o‘t o‘chiruvchilar samolyotga suv sepayotganlarini ko‘rish mumkin. Video muallifining ta’kidlashicha, avariyadan keyin yo‘lovchilar orasida sarosima boshlangan. Voqea 13 yanvarda Pegasus Airlines aviakompaniyasining Anqaradan kelgan Boeing 737-800 samolyoti bilan yuz bergan. Samolyot bortida 162 kishi bo‘lgan. Hech kim jabrlanmagan. Voqeaga qaramasdan aeroport odatdagi ravishda ishlashda davom etgan. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: AFP 2018 / Mohammad Ali Marizad Eron sud idoralari Eronda yaqinda yuz bergan norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar va hibsga olinganlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni berdi. Ma’lum qilinishicha, namoyishlar davomida 25 kishi halok bo‘lgan, 400 kishi hibsga olingan. Bu haqda Press TV xabar bermoqda. Avvalroq 20 kishi halok bo‘lgani va 450ga yaqin kishi hibsga olingani ma’lum qilingandi. Eronning yirik shaharlari, jumladan Tehron, Mashhad, Isfaxon va Reshtda 28 dekabrdan boshlab bir necha kun davomida norozilik namoyishlari o‘tgandi. Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ta’kidlashicha, noroziliklar ichki muammolar hamda boshqa davlatlar gijgijlashi sababli yuz bergan. | Siyosat |
Foto: arabnews.com Turkiyaning Trabzon shahrida 162 nafar yo‘lovchini o‘z ichiga olgan samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi va dengizga qulashiga bir baxya qoldi. Anadolu agentligining xabar berishicha, hozirga kelib havo kemasi o‘z faoliyatini tiklagan. OAVda taqdim etilgan suratlarda samolyotning Qora dengizga qulashiga oz qolganini ko‘rish mumkin. Voqea Pegasus aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 samolyotining qo‘nish vaqtida ro‘y bergan. Samolyot bortidagi 162 yo‘lovchi, 2 uchuvchi va 4 ekipaj a’zosi evakuatsiya qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Qutqaruv xizmatlari ehtimoliy yong‘in o‘choqlarini o‘chirishga doir xatti-harakatlarni amalga oshirishdi. Favqulodda holat sabablari o‘rganilmoqda. Foto: arabnews.com Foto: arabnews.com Foto: arabnews.com | Xorijiy Yangiliklar |
Chilida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, 20ga yaqin kishi jarohat olgan. Zilzila yuz bergani haqida AQShning geologik xizmati ma’lum qilgan. Zilzila markazi Peruning janubiy sohilidagi Akari shahridan 36 km janubroqda bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, Yauka aholi punktida bir kishini qoyadan ajralgan bo‘lak bosib qolgan. Bir nechta avtomobil yo‘llariga ziyon yetgan. Tsunami xavfi yo‘qligi ma’lum qilingan. Oxirgi marta Chilida bunday kuchli zilzila 2017 yil oktabrida sodir bo‘lgan. O‘shanda zilzila magnitudasi 6,3 ballni tashkil qilgan. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: AFP Anqara Suriya bilan chegaradosh Xatay viloyatiga harbiy texnika, jumladan tanklar jo‘natdi. Bu haqda Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda. Turkiya qurolli kuchlaridagi manbaning ma’lum qilishicha, tanklar chegara qismlarini kuchaytirish uchun yuborilgan. Axborot agentligi xodimlari yuk mashinalariga ortilgan tanklarni suratga olishgan. 13 yanvarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turk armiyasi bir hafta ichida suriyalik kurdlar mudofaa kuchlari (YPG) tomondan nazorat qilinuvchi, Suriyaning shimolidagi Manjib va Afrin shaharlarida operatsiya boshlashi mumkinligini aytgandi. Erdo‘g‘anning aytishicha, AQSh Suriyaga YPG uchun qurol ortilgan 4,9 mingta yuk mashinasi va 2 mingta samolyot jo‘natgan. | Siyosat |
Foto: Skrinshot Xitoyning shimolida joylashgan Ichki Mo‘g‘uliston muxtor viloyatida eshkak eshish bo‘yicha antiqa musobaqa bo‘lib o‘tdi. Gap shundaki, ishtirokchilar suvda emas, balki muz ustida eshkak eshish bo‘yicha bellashdilar. Shu sababli qayiqlar “muz ajdarholari” deb nom ham olgan. chinaplus.cri.cn saytida ma’lum qilinishicha, bunday jahon chempionati tarixda ilk bor o‘tkazildi. Chempionatda 23 ta davlatdan 300 dan ko‘proq ishtirokchi qatnashgan. Musobaqalar uch kun davom etgan. Sportchilar 100 va 200 metr masofalarga qayiqlarda 12 kishi, 5 kishi va 4 kishidan bo‘lib musobaqalashganlar. | Sport |
Meksikaning Tamaulipas shtatida Diario de Nuevo Laredo nashri jurnalisti Karlos Dominges o‘ldirib ketildi. Bu haqda The Washington Post xabar tarqatdi. Qotillik sodir etilganida Dominges o‘z mashinasida qizi bilan birga bo‘lgan. Keyingi vaqtlarda ushbu jurnalist nashrdagi kolonkasida siyosiy maqolalar e’lon qilgandi. Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda ushbu qotillik Domingesning kasbi bilan aloqadorligi tekshirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unga o‘limi oldidan tahdid qilinmagan. Bundan avvalroq Mexikoda El Universal nashri jurnalisti Xose Xerardo Martines o‘ldirib ketilgani xabar qilingandi. 2017 yilda Meksikada 12 jurnalist halok bo‘lgan. Meksikadagi jurnalistlar jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yildan buyon 120 nafardan ortiq jurnalist o‘ldirilgan, 20 nafardan ortiq jurnalist bedarak yo‘qolgan, OAV binolariga hujum qilinishi bo‘yicha 50dan ortiq holat qayd etilgan. | Oila va Jamiyat |
Foto: AP Photo / Evan Vucci 14 yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp kam rivojlangan davlatlar nomiga xaqoratli so‘zlar aytmaganini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi va o‘zini irqchi deb hisoblamasligini aytdi. Tramp immigratsiya bo‘yicha senatorlar bilan uchrashuvda kam rivojlangan davlatlarni “qalang‘i-qasang‘i” deb atagandan keyin mojaro kelib chiqqandi. Jumladan, u bunday davlatlar qatorida Haiti, Salvador va Afrikaning bir qator davlatlarini eslab o‘tgan. Trampning o‘zi keyinroq bunday so‘zlarni qo‘llamaganini aytgan. “Men irqchi emasman. Men siz intervyu olgan odamlardan eng irqchimas odamman”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga va Oq uydagi yig‘ilishda kamsituvchi so‘zlar aytmaganini yana bir bor ta’kidlab o‘tgan. | Siyosat |
Portugaliyaning Vila-Nova-de-Rainya shahridagi dam olish markazida chiqqan yong‘in oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Voqea 13 yanvar kuni kechki payt markaz binosida o‘tayotgan qarta musobaqasi vaqtida yuz bergan. Shahar meri Xose Antonio de Xesusning aytishicha, musobaqada 60 dan ko‘proq odam bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilarning ma’lum qilishicha, yong‘inga qozonxonaning portlashi sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar, politsiya voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqda. | Xorijiy Yangiliklar |
«Kun.uz» jamoasi barcha o‘zbekistonliklarni «Vatan himoyachilari kuni» va O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bilan qutlaydi. Tahririyatimiz Vatan himoyasi uchun hamisha shay turgan milliy armiyaga, mard va jasur o‘g‘lonlarga mamlakatdagi tinchlikni ta’minlab turishdagi matonati uchun cheksiz hurmat va iftixor bildiradi. Bundan keyin ham har bir vatan himoyachisiga mustahkam sog‘lik, olijanob faoliyatingizda kuch va g‘ayrat tilaymiz. Yana bir bor bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin! | Oila va Jamiyat |
Foto: AFP Braziliyaning Minas-Jyerays shtatida 13 yanvarda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi jarohat oldi. Todo Noticias portali ma’lumotlariga ko‘ra, YTHda ikkita mikroavtobus, ikkita jip va qog‘oz tashib ketayotgan yuk mashinasi to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida yuk mashinasidagi qog‘oz yona boshlagan. Buning oqibatida avtohalokat yuz bergan, Belu-Orizonti shahriga olib boruvchi serqatnov shossening ikki yo‘nalishi bo‘yicha ham harakat to‘xtatilgan. Ta’kidlanishicha, jarohatlanganlardan aksariyatining ahvoli shifokorlarda xavotir uyg‘otmayapti. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: Eurosport «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Primeraning joriy mavsumida atigi 4ta gol urdi. AS hisob-kitobiga ko‘ra, portugaliyalik to‘purar maydonda 1156 daqiqa o‘tkazgan va har bir gol uchun 289 daqiqa sarflagan. Bu esa uning «Real» tarkibidagi eng yomon natijasidir. Avvalgi mavsumlarda Ronalduning 1 gol uchun sarflagan vaqti quyidagicha bo‘lgan - 95 daqiqa (2009/10), 73 daqiqa (2010/11), 73 daqiqa (2011/12), 80 daqiqa (2012/13), 82 daqiqa (2013/14), 65 daqiqa (2014/15), 91 daqiqa (2015/16), 102 daqiqa (2016/17). Biroq, Chempionlar Ligasida Ronalduning ishlari joyida. U 6ta o‘yinda 9ta gol urgan yoki har bir gol uchun 60 daqiqa vaqt sarflagan. | Sport |
«Barselona» klubi kolumbiyalik himoyachi Yyerri Mina tanishtiruv marosimini o‘tkazdi. 23 yoshli futbolchi klub bilan rasman shartnoma imzoladi va «Kamp Nou»ga, muxlislar oldiga chiqdi. Qizig‘i shundaki, u maydonga tushishdan oldin butsalarini yechib tashladi. Eslatib o‘tamiz, Mina kataloniyaliklar bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Uning transferi 11,8 million yevroni tashkil qildi. Foto: Twitter.com/@FCBarcelona Foto: Twitter.com/@FCBarcelona Foto: Twitter.com/@FCBarcelona | Sport |
AQShning Shimoliy Karolina shtatida anomal sovuqlar sababli muzlab qolgan timsohlar o‘ziga kela boshladi. Avvalroq internetda Shalotte River Swamp milliy bog‘idagi hovuzda muzlab qolgan timsohlar videosi paydo bo‘lgandi. Milliy bog‘da suratga olingan yangi videoda timsohlar majburiy uyqudan keyin yana o‘ziga kelib, jonlana boshlaganini ko‘rish mumkin. Bog‘ rahbari Jorj Xovardning ta’kidlashicha, timsohlar o‘z tanalari haroratini o‘zgartirib va moddalar almashinuvini sekinlashtirib, muhit sharoitlariga moslasha oladilar. Ob-havo maqbul haroratga kelgandan keyin timsohlar odatiy hayot kechirishga qaytadilar. | Ekologiya |
Hindistonning g‘arbiy sohillari yaqinida bortida 7 kishi bo‘lgan vertolyot falokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. Hindiston harbiy-dengiz kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 13 yanvar ertalab yuz bergan. Vertolyotda ikki uchuvchidan tashqari, Hindistonning neft-gaz bo‘yicha komissiyasining 5 xodimi bo‘lgan. Ular Arabiston dengizidagi neft vishkalaridan biriga yo‘nalayotgan bo‘lganlar. Qutqaruvchilar vertolyot qoldiqlarini Mumbaydan 50 km.cha uzoqlikda dengizda aniqlashgan. 4 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi bedarak yo‘qolgan. Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: Reuters Eron AQShning dushmanlik kayfiyatidagi harakatlariga qarshi choralar ko‘radi va tegishli tariqa javob qaytaradi. Bu haqda Islom respublikasi TIV ma’lum qildi. Avvalroq, AQSh oyatulloh Sodiq Larijoniyni – Eron sud tizimi rahbarini sanksiya ro‘yxatiga kiritgandi. Tehronda bu qarorni “Trampning dushmanlik kayfiyatidagi va noqonuniy harakatlari” deb atashdi, ular "xalqaro hamjamiyatda o‘zini tutish bo‘yicha barcha chegaralardan chiqib ketdi hamda AQSh tomonidan xalqaro huquq va ikki tomonlama hamda xalqaro majburiyatlarning buzilishi sanaladi". Eron bu harakatlarga “jiddiy reaksiya bilan” javob qaytaradi, deya ma’lum qildi TIV. Bundan tashqari, eronliklarning sanksiya ro‘yxatiga kiritilishi Tehronda “AQSh hukumatining buyuk Eron millatiga qarshi dushmanligi davom etayotgani” isboti sifatida baholanmoqda. | Siyosat |
Foto: AFP Kaliforniya shtatining zamonaviy tarixidagi maydoni bo‘yicha eng yirik tabiiy yong‘inning tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi. Bundan juma kuni shtat o‘rmonlarini himoya qilish va yong‘inga qarshi xizmat boshqarmasi saytida e’lon qilingan ma’lumotlar darak bermoqda. Idoradan ta’kidlashlaricha, “Tomas” nomli yong‘in 100 foizga to‘xtatildi, uning maydoni 1140 kvadrat kilometrni tashkil qilgan. Olov Ventura okrugida 4 dekabr kuni paydo bo‘ldi. Buning sababi hozircha aniqlanmadi. “Tomas” yong‘ini tufayli kamida ikki kishi halok bo‘ldi. Olov Ventura hamda Santa-Barbara okrugida umumiy hisobda 1 mingta uyni yo‘q qildi yoki ularga zarar yetkazdi. Yong‘in tez tarqalgani tufayli minglab insonlar xavfsiz joyga ko‘chirildi, ayni damga kelib ulardan ba’zilariga uylarga qaytish ruxsat berildi. | Ekologiya |
Foto: AKIpress Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan yo‘llagan maktubida aytilishicha, «rejalashtirilayotgan rasmiy tashrif ikki davlatning ko‘p qirrali hamkorligiga yangi turtki beradi va uni qardosh xalqlarning tub manfaatlariga muvofiq yangi darajaga ko‘taradi». Xabarda Tojikistonga tashrif muddati haqida hech narsa aytilmagan. Eslatib o‘tamiz, S.Jeenbekov 2017 yilning 13-14 dekabr kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. | Siyosat |
Foto: naesmi.uz Fransiya elchisi 2018 yilning 13 yanvar kuni TIVda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev Fransiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Violen Biyet de Vilmor bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish doirasida Afg‘onistondagi vaziyat va O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi. | Siyosat |
Foto: twitter.com/GoalSA Saudiya Arabistoni tarixida ilk bor sport tribunalarida ayollarni ko‘rish mumkin bo‘ldi: 12 yanvarda mamlakat ayollari ilk bor futbol uchrashuviga tashrif buyura olishdi. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda. Ayollar tashrif buyurgan uchrashuv mamlakat chempionati doirasida mahalliy “Al-Ahliy” va “Al-Baten” klublari o‘rtasida Jiddada bo‘lib o‘tgan. Ayollar Saudiya Arabistoni hukumati tomondan 2017 yil oktabrda qabul qilingan farmonga ko‘ra bunday imkoniyatga ega bo‘ldilar. Bu farmon saudiyalik ayollarga mamlakat stadionlaridagi sport tadbirlariga tashrif buyurishga ruxsat beradi. | Sport |
Foto: AFP / Emmanuel Dunand AQSh kinosan’ati akademiyasi 12 yanvarda “Oskar” mukofotiga da’vogar filmlar bo‘yicha ovoz berishni yakunladi. Bu haqda tvitterda ma’lum qilindi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha da’vogar filmlar 23 yanvarda e’lon qilinadi. G‘oliblar uchun yakuniy ovoz berish 20-27 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi, sovrindorlar nomlari “Oskar”ning yubiley – 90-taqdimotida e’lon qilinadi. Marosim 4 mart kuni Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar avval ma’lum qilgandek, yilning eng yaxshi filmi uchun kurashish huquqiga 341 ta to‘liq metrajli film ega. “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” yo‘nalishi bo‘yicha 92 ta davlat filmlari nomzodlikka qabul qilingan. AQSh kinosan’ati akademiyasi kino va unga yaqin kasblarda faoliyat yurituvchi 6 mingga yaqin ijodkorni birlashtiradi. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlarni akademiyaning tegishli bo‘limlari akademiklari tanlaydilar, “Yilning eng yaxshi filmi” uchun esa akademiyaning butun tarkibi ovoz beradi. | Xorijiy Yangiliklar |
Professional boksning super yengil ( super lightweight, 63,5 kg.gacha) vaznida ringga chiquvchi Shohjahon Ergashev (12-0, 12 KOs) o‘zining navbatdagi jangini ham nokaut bilan tugatdi. O‘zbekistonlik bokschi o‘zining profi ringdagi 12-jangini AQShning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida o‘tkazib, bu safar amerikalik yengilmas bokschi, WBA reytingida 8-o‘rinda borayotgan Soni Fredrikson (18-0, 12 KOs) uning raqibi bo‘ldi. Ergashev bu safar raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi va ketma-ket 12 jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi. Ma’lumot uchun, amerikalik bokschi faoliyati davomida 18ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alabaga erishgandi. 12 jangda esa u raqiblarini nokautga uchratgandi. Ushbu vazn toifasining WBA yo‘nalishida chempionlik kamari bo‘sh qolmoqda. Reytingda top-10likka kirgan Fredrikson Ergashevni mag‘lubiyatga uchratganida da’vogarlik uchun ringga ko‘tarilishi mumkin bo‘lardi. | Sport |
KUN.UZ tahririyati so‘nggi haftalarda bir necha bor Sirdaryo viloyatiga xizmat safarlari uyushtirib, viloyat aholisidan tushgan murojaatlar asosida kamchiliklar va muammolarni o‘rganib, ularni jamoatchilik e’tiboriga havola qilib kelmoqda. Shunday safarlarimizdan birida Guliston shahri yo‘llaridan biridagi holat e’tiborimizni tortdi. Quyidagi videoda yo‘l holatiga bevosita baho berishingiz mumkin. | Oila va Jamiyat |
Boeing 500 funt (226 kg) yukni tashiy oladigan “ulkan” uchuvchisiz parvoz qurilmasi prototipi sinovini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda kompaniya xabarida ma’lum qilingan. Mega-dronni yaratish ustidagi ishlar 3 oy vaqt oldi. Qurilma Boeing‘ning Missuri shtatidagi tadqiqot laboratoriyasida sinov parvozlaridan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Dron vertikal uchishga imkon beruvchi 8 ta parrakka ega. Uning dvigateli elektr batareyalardan ishlaydi. Qurilmaning uzunligi 4,6 metrni, eni 5,5 metrni va balandligi 1,2 metrni, og‘irligi esa 340 kg.ni tashkil qiladi. | Texnologiya |
11 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektorda prezident elchixonada ishlab kelgan «ayrim idoralar» vakillarini qaytarishini ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda «barcha diplomatlar o‘zining idoraviy mas’ulligidan qat’i nazar, elchining xizmat topshiriqlarini so‘zsiz bajarishi» lozimligini ta’kidladi. «Elchixonada bir-ikkita idoralar vakillari ishlaydi, men hammasini qaytarib olaman. Bo‘ldi, u zamon tugadi. Elchi prezidentning vakili, siz ortidan kuzatib boradigan kimsa emas», deya davlat rahbari elchixonada diplomatik vazifada ishlamagan xodimlarga ishora qildi. | Siyosat |
AQSh prezidenti Donald Trampning bir guruh tarafdorlari 13 yanvarda London meri Sodiq Xonning chiqishiga to‘sqinlik qilishdi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda. Mer nutq so‘zlayotgan zalga Tramp tarafdorlari yopirilib kirib, Tramp himoyasiga va Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar hayriya boshlashgan. Shuningdek, Xonni hibsga olishga chaqiriqlar yangragan. Aktsiya ishtirokchilari hibsga olinganlar. Tramp tarafdorlarining norozilik bildirishiga Xonning AQSh prezidentining Londondagi elchixona ochilishiga kelmaslik qaroriga munosabati sabab bo‘lgan. Xon Trampning Londonga kelmaslik qarorini ma’qullashini aytgan. “Uning keyingi oyga rejalashtirilgan tashrifi shubhasiz ommaviy noroziliklarga olib keladi”, deb aytgan London meri. | Siyosat |
O‘zbekiston 2017 yilda 13,9 milliard dollarlik tovar va xizmatlarni eksport qildi. Bu esa 2016 yildagiga nisbatan 15,4 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi (11,1 milliard dollar). Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 945,5 million dollardan oshdi. Shu bilan birga, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari jami 3,8 milliard dollar miqdoridagi mahsulotlarni eksport qilgan va bu 2016 yildagiga nisbatan 19,9 foizni tashkil qiladi. 2017 yilda MDH mamlakatlari bilan savdo hamkorligi kengaygan. Xususan, MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 17 foizga o‘sgan (Rossiya bilan 16,1 foiz, Qozog‘iston bilan 15 foiz, Qirg‘iziston bilan 1,5 baravar). | Iqtisodiyot |
Janubiy Koreya Jahon savdo tashkilotidan (JST) AQShga 711 mln dollardan kam bo‘lmagan miqdorda har yillik sanksiyalar joriy qilishga ruxsat berishni so‘radi. Bu haqda tashkilotning saytida ma’lum qilingan. Janubiy Koreya AQShni unga nisbatan JSTda o‘rnatilgan aksildemping va aksilsubsidiyaviy majburiyatlarni bajarmaslikda ayblamoqda. Bu me’yorlar Janubiy Koreyada ishlab chiqariluvchi kir yuvish mashinalariga taalluqlidir. Shu sababli Janubiy Koreya hukumati kompensatsiya olish maqsadida AQShga nisbatan savdo sanksiyalari joriy qilmoqchi. | Iqtisodiyot |
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliyada dekabr oyining eng yaxshisi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi. Bu orqali Gvardiola ketma-ket to‘rtinchi marta Angliyada oyning tengsiz murabbiyi deb topildi va shu paytgacha Angliyada hech bir murabbiy qayd eta olmagan natijaga erishdi. Premer-liga tarixida hech bir murabbiy ketma-ket to‘r oy davomida tengsiz deb topilmagandi. «Manchester Siti» dekabr oyida Gvardiola boshchiligida 7 o‘yinda maydonga tushib, 6 g‘alaba va bir durang natija qayd etdi. Foto: Premierleague | Sport |
«Tottenhem» klubi hujumchisi Harri Keyn Angliya premer-ligasining dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy tvitteri xabar tarqatdi. Keyn dekabrda o‘tkazilgan olti uchrashuvda 8 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. U «Sauthempton», «Byornli» (3tadan) va «Stok Siti» (2ta) darvozalarni ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Foto: Premierleague | Sport |
Qirg‘izistonda 2017 yil oltinchi chaqiriqdagi parlamentning besh deputati va ikki sudyaga nisbatan mamlakat JKning “Korrupsiya” moddasi bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Shuningdek, korrupsiya bo‘yicha ishlarga prokuraturaning bir xodimi, vazirlik va idoralarning to‘rt rahbari jalb etilishi mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi xizmati rahbari o‘rinbosari Tilak Cho‘kmorov xabar berdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda korrupsiya bo‘yicha hammasi bo‘lib 210 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, 1 mlrd 448 mln somlik zarar yetkazilgan. «210 ishdan 72 tasi xizmat mavqeini suiiste’mol qilish, 14 – pul talab qilish, 10 – bojxona va soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash holatlariga tegishli», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Tilak Cho‘kmorov. Uning ta’kidlashicha, korrupsiya bilan kurash kuchaytirilganiga qaramay, qirg‘izistonliklar hamon davlat xizmatchilarining qonunga zid harakatlariga duch kelishmoqda. | Siyosat |
Turkiya qurolli kuchlari 2017 yilda 7016 terrorchi, jumladan Kurdiston ishchi partiyasining 3239 va IShIDning 3777 jangarisini bartaraf etgan. Bu haqda Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qildi. Turkiyada mavjud bo‘lgan “Parallel davlat” (FETÖ) terrorchilik oqimiga qarshi kurash doirasida Turkiya qurolli kuchlaridan 9236 harbiy bo‘shatilgan, ulardan 5399 nafari hibsga olingan. Shuningdek, Turkiya qurolli kuchlari o‘tgan yili terrorchilarning 1958 ta obekti, jumladan qurol omborlari va panagohlarini yo‘q qilgan va 439191 nafar chegara buzuvchini ushlagan. | Siyosat |
Tojikistonda bugun 5 ballik zilzila yuz berdi. Mamlakat Geofizika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yer osti silkinishlari soat 8:40da qayd etilgan. Zilzila markazi Dushanbe shahridan 110 kilometr sharqda va Rasht mintaqasidan 57 kilometrlik masofada joylashgan. Zilzila markazida yer osti silkinishlari kuchi 5 ballni tashkil qildi, Dushanbe shahrida – 3 ball. Qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘qligi aytilmoqda. | Oila va Jamiyat |
O‘zbekiston sirlarini oshkor etganlik uchun qidiruvda bo‘lgan fuqaro Peterburgda qo‘lga olindi. «Fontanka» xabariga ko‘ra, 11 yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari O‘zbekistonning 36 yoshli fuqarosi qayerda ekanini aniqlashgan, u davlatlararo qidiruvda bo‘lgan. O‘zbekistonda erkak davlat sirini oshkor etishda ayblanmoqda. Toshkent viloyati IIB ushbu shaxs qo‘lga olingani haqida xabardor etilgan. Peterburg huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarida ham ushbu shaxsga bir qator savollar bor. 2017 yilning dekabrida erkak RFga kirish va mamlakat hududida bo‘lish qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgan, sud uni majburiy chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan. Migrant vaqtinchalik saqlash joyida deportatsiya qilishlarini kutayotganida, u haqda qo‘shimcha tafsilotlar paydo bo‘lgan. Qo‘lga olingan shaxsning ismi ochiqlanmagan. | Siyosat |
Foto: Dreamstime O‘zbekiston 2017 yilda 60,09 mlrd kVt/soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqardi, bu 2016 yil bilan taqqoslaganda 3 foizga ko‘proqdir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aytilgan. Xabar qilinishicha, mamlakat korxonalari 27,36 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqargan, bu 2016 yil bilan taqqoslaganda 4,5 foizga kamroq. | Iqtisodiyot |
Foto: Getty Images «Real» rekord transferni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘ryapti, deb ta’kidlamoqda Marca. Madrid klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni qo‘lga kiritish uchun qattiq bel bog‘lagan va uning transferi uchun 400 million yevro bermoqchi. Agar madridliklar Neymar transferini amalga oshirolmasa, uning o‘rniga Harri Keyn, Eden Azar yoki Timo Verner variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Neymar yozda «Barselona»dan «PSJ» klubiga 222 million yevro evaziga o‘tgan edi. | Sport |
Foto: Time.com AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Londonga tashrifni avvalgi davlat rahbari Barak Obama ma’muriyati harakatlaridan norozi bo‘lgani uchun bekor qilgan. Bu haqda u tvitterda yozdi. «Mening Londonga tashrifim bekor qilinishiga sabab shundan iboratki, men Obama ma’muriyatining ishqibozi emasman, u Londondagi eng yaxshi elchixona binosini arzimagan pulga sotib yubordi, shahar chetida esa 1,2 mlrd dollarga yangisi qurildi. Men tasmani kesib berishimni xohlaganmisiz? Yo‘q!» - deya yozdi Tramp. Avvalroq Daily Mail nashri Tramp Britaniyaga belgilangan safarini bekor qilgani haqida xabar bergandi. | Siyosat |
Foto: AFP «Real» rekord transferni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘ryapti, deb ta’kidlamoqda Marca. Madrid klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni qo‘lga kiritish uchun qattiq bel bog‘lagan va uning transferi uchun 400 million yevro bermoqchi. Agar madridliklar Neymar transferini amalga oshirolmasa, uning o‘rniga Harri Keyn, Eden Azar yoki Timo Verner variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Neymar yozda «Barselona»dan «PSJ» klubiga 222 million yevro evaziga o‘tgan edi. | Sport |
Foto: The Independent AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh immigratsiya siyosatini tanqid qilishi vaqtida ba’zi davlatlardan keluvchi muhojirlar haqida qo‘pol so‘zlar aytmaganini ta’kidlamoqda. Tramp bu haqda tvitterda ma’lum qildi. “Men immigratsiya islohotiga bag‘ishlangan uchrashuvda qo‘llagan til keskin bo‘lgan. Biroq bu (Tramp aytgani ta’kidlanayotgan va Vashingtonda siyosiy mojaro keltirib chiqargan kamsitish – tahr.) men qo‘llagan til emas”, deb aytgan Tramp. Avvalroq AQSh OAVda ma’lum qilinganidek, Tramp AQSh kongressi a’zolari bilan uchrashuvda kam rivojlangan davlatlarni “qalang‘i-qasang‘i davlatlar” deb atagan. Oq uy matbuot xizmati Trampning bu so‘zlari bo‘yicha tushuntirish berishiga to‘g‘ri kelgan, biroq prezidentning aytgan so‘zlarini rad ham etmagan. | Siyosat |
11 yanvar kuni Nukus shahrining temir yo‘l vokzalidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Tadbir 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkillashtirildi. Karinform sayti ushbu paraddan fotoreportaj tayyorlagan. Foto: Karinform.uz Foto: Karinform.uz Foto: Karinform.uz Foto: Karinform.uz Foto: Karinform.uz Foto: Karinform.uz Foto: Karinform.uz Foto: Karinform.uz | Siyosat |
GM Uzbekistan 2017 yilda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 58,1 foizga oshirgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda kompaniya tomonidan 85,67 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgandi, o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 135 471 donaga yetgan. GM Uzbekistan aksionerlik jamiyati 2017 yilda Nexia ishlab chiqarishni 7,4 foizga oshirgan (34,54 ming), Damas ishlab chiqarish – 33,8 foizga (22,49 ming dona), Spark ishlab chiqarish – 26,1 foizga (22,36 ming dona) oshgan. O‘tgan yilda 19,16 ming dona Gentra ishlab chiqarilgan (2 baravar o‘sish). Bu ko‘rsatkich quyidagicha davom etadi: Cobalt – 18,01 ming dona (4,6 marta), Matiz – 13 ming dona (4,4 marta), Captiva – 4,54 ming dona (2,1 marta), Malibu – 963 dona, Orlando – 388 dona (15,5 foiz). | Iqtisodiyot |
Foto: Reuters AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, unda KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan «juda yaxshi» munosabatlar bor. Bu haqda u The Wall Street Journal’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. «Menda Kim Chen In bilan juda yaxshi munosabatlar bor... Men odamlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yaman. O‘ylashimcha, siz hayratda qoldingiz», - deya ma’lum qildi Tramp. Biroq, u Shimoliy Koreya yetakchisi bilan suhbat qurganiga oydinlik kirituvchi savolga javob berishdan bosh tortdi. «Men bunga izoh bermayman. Men bo‘lgan yoki bo‘lmagan, demayapman. Shunchaki izoh berishni xohlamayman», - deya aytib o‘tdi Tramp. Gazetaning ta’kidlashicha, Amerika prezidentining bayonoti Vashington va Pxenyan o‘rtasida ochiqroq diplomatiyaga signal bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSh iqlim bo‘yicha kelishuvga qaytishi mumkinligini bildirgandi. | Siyosat |
Foto: Martin Otero/Naval Base Mar del Plata Argentinaning «San-Xuan» suv osti kemasi portlash natijasida 40 millisoniya davomida butunlay mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgan. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz razvedkasi boshqarmasining (ONI) hisobotida ma’lum qilingan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti». Portlash kuchi trotil ekvivalentida olti tonnaga teng bo‘lgan bo‘lib, 400 metrlik chuqurlikda yuz bergan. «Suv osti kemasi korpusi 40 millisoniya (0,04 soniya)da butunlay mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgan», - deyiladi hujjatda. Ta’kidlanishicha, bu raqamlar hodisani ongli ravishda qabul qilish uchun kerakli bo‘lgan minimal vaqtdan ikki barobarga kam hamda submarinadagi dengizchilar juda tez va azob-uqubatlarsiz halok bo‘lgan. «San-Xuan» suv osti kemasi 15 noyabr kuni izsiz g‘oyib bo‘lgandi, uning bortida 44 kishi bo‘lgan. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: roundbyroundboxing Amerikalik bokschi Deontey Uaylder marixuana saqlagani uchun qamoq jazosiga mahkum qilindi. Unga 30 kunlik qamoq va 60 soatlik jamoat ishlarini bajarish jazosi tayinlandi. Qamoq jazosi ikki yillik sinov muddati ham hisoblanadi. Boxingscene ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yil yozda AQShning Taskalusa shahrida bokschi haydayotgan mashina politsiyachi tomondan to‘xtatilgan. Politsiyachi marixuana hidini sezib, mashinada tintuv o‘tkazgan va giyohvand modda topgan. Bokschi hibsga olingan va keyinroq garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan. Bokschi vakilining ta’kidlashicha, Uaylder shaharda bo‘lmaganda uning mashinasinidan boshqa shaxs foydalangan. Biroq bu vaj sudni qanoatlantirmagan va sportchi aybdor deb topilgan. Uaylder o‘z faoliyati davomida 39 ta jang o‘tkazib, 39 ta g‘alabaga erishgan. E’tiborlisi, ulardan 38 tasini nokaut bilan yakunlagan. | Sport |
Foto: SparkRecipes Germaniya chempionatining yetakchi jamoalaridan biri, Dortmundning “Borussiya” klubining 9 o‘yinchisi Ispaniyada mashg‘ulot yig‘ini vaqtida kabobdan zaharlandi. Ular tovuq go‘shtidan tayyorlangan kabob tanovul qilishgan. Shifokorlar ularga oshqozon grippi tashxisini qo‘yishgan. Oqibatda darvozabanlar Roman Byurki va Roman Vaydenfeller hamda maydonda to‘p suruvchi o‘yinchilar Mark Bartra, Andre Shyurrle, Kristian Pulishich, Omer Toprak, Yakob Bruun Larsen, Nuri Shaxin va Dominik Rayman yotib davolanishlariga to‘g‘ri kelmoqda, deb xabar bermoqda Bild nashri. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, betob futbolchilarning barchasi 14 yanvarda Bundesliganing 18-turida “Volfsburg”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olishadi. Birinchi davra yakunlariga ko‘ra dortmundliklar “Bavariya”dan 13 ochko va “Shalke-04”dan 2 ochko ortda qolgan holda 3-o‘rinni egallashmoqda. Klub qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yichagina “Bayyer”, “Leyptsig” va Myonxengladbaxning “Borussiya”sidan oldinda bormoqda. | Sport |
Foto: Reuters Ukrainada diplomatik xizmatga qabul qilinuvchi fuqarolarni ruhshunos ko‘rigidan o‘tkazilishi majburiy qilib qo‘yildi. Mamlakat vazirlar mahkamasi bu haqdagi tegishli qarorni qabul qilgan, deb xabar bermoqda «Ukrainskiye novosti». Ta’kidlanishicha, hujjat Ukraina TIV tomonidan «diplomatik xizmat organlariga ishga qabul qilishda ruhiy holatni aniqlashtirishni tartibga solish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, bu dipxizmat xodimlari kuchli ruhiy-emotsional yuklamaga duch kelishlari tufayli ro‘y berdi». Shuningdek maxsus izohda aytilishicha, «Diplomatik xizmat to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, diplomatlarni uzoq muddatli ish safariga ularning sog‘lig‘i bunga mos kelsagina yuborish mumkin. | Siyosat |
Foto: Getty images AQSh va Fransiya prezidenti Donald Tramp hamda Emmanuel Makron telefon orqali muloqotda Eron bilan yadroviy bitimni muhokama qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Fransiya prezidenti muloqot chog‘ida amerikalik hamkasbini bu bitim juda muhim ekaniga ishontirishga harakat qilgan. Makronning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy bitim holatiga uning barcha ishtirokchilari rioya etishi darkor. Avvalroq, Eron YeI bilan yadroviy bitim bo‘yicha maslahatlashib olmoqchi ekani ma’lum qilingandi. | Siyosat |
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z shaxsiga nisbatan haddan ziyod katta e’tibor tufayli ozor chekmoqda. The Mirror xabariga ko‘ra, futbolchi Madrid restoranlaridan birida ovqatlanib olganidan so‘ng, boshiga sharf o‘ragan holda, bildirmasdan uni tark etishga urinib ko‘rgan. Biroq, poylab turgan fanatlar va jurnalistlarga bu narsa uni tanib olishlari uchun halal bermagan. Shundan so‘ng, Krishtianu Ronaldu ba’zi muxlislar bilan suratga tushishga majbur bo‘lgan. Biroq, boshidagi sharfni yechmasdan voqea joyini tark etgan. | Sport |
Foto: Valensiya «Arsenal» yarimhimoyachisi Fransis Koklen «Valensiya»ga o‘tdi. 26 yoshli fransiyalik Ispaniya klubi bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 80 million yevro qilib belgilandi. «Arsenal» Koklen transferi uchun 12 million funt oldi. | Sport |
2016 yil martida bergan intervyusi vaqtida «barcha odamlarni o‘ldirish istagini bildirgan», ammo buning o‘rniga Saudiya Arabistoni fuqarosiga aylangan robot-qiz Sofiya endi yanada jozibador bo‘ldi. Unga endi ikkita oyoq tuhfa qilingan va endi u mustaqil yura olmoqda. CES 2018 ko‘rgazmasi doirasida Hanson Robotics kompaniyasi mutaxassislari oyoqli Sofiyani namoyish etdi. Shu paytgacha robot harakatlana olmas edi va tanasining pastki qismi yo‘q edi. Ushbu robot endi soatiga bir kilometr yo‘l bosa oladi va bir qancha raqs harakatlarini bajara oladi. Bundan tashqari, u endi 62 xil emotsiyani ifodalay oladi, ingliz tilida so‘zlaydi, boshini aylantira oladi, suhbatdoshining ko‘ziga tik boqadi. Keyinchalik, joriy yil aprelida AQSh televideniyesidagi chiqishida dunyoni egallash istagi haqida hikoya qildi, biroq bu hazil ekanligini qo‘shimcha qildi. | Texnologiya |
Janubiy Koreyaning KIA kompaniyasi yangi avlod Forte sedanining (MDH davlatlarida Cerato brendi bilan sotiladi) dizayniga doir fotosuratlarini namoyish qildi. Mashina Koreya avtoishlab chiqaruvchisining eng kuchli va eng tez modeli – Stinger intereri va ekstererini deyarli o‘zlashtiradi. Albatta, hozircha, yangi sedan haqida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan, deb yozmoqda Motor.ru sayti. Nikakix texnicheskix podrobnostey o chetyrexdverke v Kia Uning rasmiy taqdimoti Detroytda 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Foto: Kia Cerato Stinger Yangi avlod Kia Cerato sedani MDH bozorida 1.6 va 2.0 l hajmdagi motorlar bilan sotuvga chiqariladi. Uning birinchisi 130 ot kuchiga, ikkinchisi 150 ot kuchiga teng. Mashinaga 6 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yoxud 6 diapazonli avtomatik uzatmalar qutisi o‘rnatiladi. Detroyt avtosalonida, shuningdek Kia Cerato sedanining raqobatchisi yangi avlod Volkswagen Jetta namoyish etiladi. Foto: Kia Cerato Stinger Foto: Kia Cerato Stinger | Texnologiya |
Foto: KUN.UZ 2017 yil davomida jami 123 tadbirkorga turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilgan. Lisenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 189-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyundagi «Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 355-sonli qarorga muvofiq Qo‘mita tuzilmasidagi «Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi» tomonidan jami 91 ta yangi tashkil etilgan joylashtirish vositasi (mehmonxona)ga tegishli muvofiqlik sertifikatlari berildi. | Iqtisodiyot |
Foto: Reuters Amerika Qo‘shma Shtatlari Yevropaga 2018 yilning yozida Yevropadagi o‘z kuchlarining rotatsiyasi doirasida 1-kavaleriya diviziyasi tarkibiga kiruvchi 1-tank brigadasini yuboradi. Bu haqda AQShning NATOdagi missiyasi payshanba kuni ma’lum qildi. "Amerika armiyasi Yevropaga 2018 yilning yozida 1-tank brigadasini yuboradi. U Texasning Ford-Xudida joylashtirilgan 1-kavaleriya divizitsiyasi tarkibiga kiradi hamda bu Atlantic Resolve amaliyoti kuchlarining navbatdagi rotatsiyasi doirasida yuz beradi", - deyiladi NATO missiyasi bayonotida. Atlantic Resolve amaliyoti 2014 yilning aprelida ishga tushirilgan. AQSh va NATO rasmiy izohiga ko‘ra, uning maqsadi – Qrimning Rossiyaga qo‘shilganidan so‘ng, Sharqiy Yevropa mamlakatlarining “o‘ziga ishonchini tiklash”. AQSh quruqlikdagi kuchlari amaliyot doirasida Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari, Ruminiya, Bolgariya va Vengriyadagi mashqlarda qatnashmoqda. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: KUN.UZ Joriy yilning 12 yanvar kuni soat 10:00da O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan poytaxtning “Navro‘z” istirohat bog‘ida (Anhor-Lokomotiv istirohat bog‘i oldidagi Shayxontohur va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasida) “Armiya va yoshlar” deb nomlangan harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkaziladi. Bu haqda KUN.UZ’ga mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Festival dasturidan harbiy texnika va qurol-aslaha namoyishi, harbiy xizmatchilar va jangovar texnikalarning tantanali marsh bilan o‘tishi, barcha kuch tuzilmalari harbiy orkestrlari va Qurolli Kuchlar Markaziy hamda Ichki ishlar va MXX Chegara qo‘shinlari ashula va raqs ansambllari xonandalarining konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, dala oshxonasi faoliyati o‘rin olgan. Shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida uzoq masofaga yugurish aksiyasi o‘tkaziladi. Kontsert dasturida estrada xonandalari ishtirok etadi. | Oila va Jamiyat |
Foto: Tribuna.com «Real» klubi futbolchilari o‘rtasida muammolar paydo bo‘la boshladi, deb yozmoqda Diario Gol. Manba bergan xabarga ko‘ra, madridliklarning bir qator futbolchilari Krishtianu Ronalduning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib chiqqan. Portugaliya terma jamoasi hujumchisiga birinchi bo‘lib Isko qarshi chiqqan. Ispaniyalik futbolchini keyinchalik Serxio Ramos, Marko Asensio, Dani Sebalos va Lukas Vaskes qo‘llab-quvvatlagan. Qayd qilinishicha, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan futbolchilar Ronalduning egoistligidan noligan va jamoaning muvaffaqiyatsizliklarida aybdor sifatida ko‘rsatgan. Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining ortda qolgan 18-turidan so‘ng, 17 uchrashuv o‘tkazgan «Real» peshqadam «Barselona»dan 16 ochko ortda qolgan holda, turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 4-o‘rinda bormoqda. | Sport |
UYeFA 2017 yilning eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Tarkib 4-4-2 taktik chizmasi orqali tuzib chiqildi. Tashkilot rasmiy sayti bergan ma’lumotga ko‘ra, ramziy terma jamoadan «Real»ning besh nafar a’zosi o‘rin olgan bo‘lsa, «Yuventus»ning 2 futbolchisi ro‘yxatga kiritilgan. Shuningdek «Barselona», «Manchester Siti» (ilk marta) «PSJ» va «Chelsi»ning bir nafardan futbolchilari ushbu ramziy terma jamoani to‘ldirishgan. UYeFA tomonidan tanlab olingan 2017 yil terma jamoasi quyidagicha Darvozabon: Janluiji Buffon («Yuventus»); Himoyachilar: Dani Alvesh («PSJ»), Jorjio Kellini («Yuventus»), Serxio Ramos, Marselo (ikkalasi — «Real»); Yarimhimoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich (ikkalasi — «Real»), Eden Azar («Chelsi»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»); Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu («Real»), Lionel Messi («Barselona»). | Sport |
Foto: AFP «Palmeyras» klubining kolumbiyalik himoyachisi Yyerri Mina «Barselona» bilan 4 yillik shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda AS. Mina transferi uchun «Barselona» 12,3 million yevro to‘ladi. Uning tovon puli 100 million yevro qilib belgilandi. 12 yanvar kuni futbolchining rasmiy tanishtirish marosimi o‘tkaziladi. Ijtimoiy tarmoqlarda kolumbiyalik futbolchining Barselona tomon parvoz qilayotgani suratlari keng tarqaldi. Unda futbolchi o‘z vakili bilan samolyotda olingan rasmi tasvirlangan. O‘tgan mavsumda Mina «Palmeyras» tarkibida 22ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan. | Sport |
Foto: KUN.UZ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bankning Xalq banki va «Mikrokreditbank» ustav kapitallaridagi ulushini tezkor boshqarish huquqi asosida beg‘araz tarzda oladi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 9 yanvarida «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi. O‘zbekiston rahbari Markaziy bankning Xalq banki va «Mikrokreditbank» ustav kapitallardagi ulushini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga operativ boshqarish huquqi asosida beg‘araz tarzda berish to‘g‘risidagi taklifni ma’qulladi. Shuningdek, prezident shunday tartibni belgilab qo‘ydiki, unga muvofiq tijorat banklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari kuzatuv kengashlari tarkibiga Markaziy bank xodimlarining kiritilishi taqiqlandi. | Iqtisodiyot |
Foto: Getty Images «Golden Steyt Uorriorz» basketbol klubi hujumchisi Kevin Dyurant MBA muntazam chempionatining «Los-Anjyeles Klippers»ga qarshi kechgan uchrashuvida faoliyati davomidagi 20 minginchi ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Bellashuv «Golden Steyt»ning 106:125 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi, Dyurant 40 ballni jamg‘ardi. Uchrashuv o‘tkazilayotgan paytda 29 yoshu 103 kunlik bo‘lgan Dyurant tarixda 30 yoshga qadar 20 ming ochkoni o‘z nomiga rasmiylashtirgan beshinchi o‘yinchiga aylandi. Faqatgina Lebron Jyeyms undan yoshroq bo‘lgan paytda buni uddalay olgan (28 yoshu 17 kunlik). Shuningdek, 30 yoshga kirishidan avval 20 ming ochkoni jamg‘argan basketbolchilar ro‘yxatida Uilt Chemberlen, Maykl Jordan va Kobi Brayant bor. | Sport |
Foto: AP Photo/ Mike Eliaso AQShning Kaliforniya shtatida ro‘y bergan ko‘chki qurbonlari soni 17 nafarga yetdi. Santa Barbara okrugining sherifi Bill Braun shunday bayonot berdi. Avvalroq, 15 kishi haqida gap ketgan edi, deb yozadi RIA Novosti. "Biz qayg‘u bilan ma’lum qilamizki, ayni vaqtga kelib, tabiiy ofat qurbonlari soni 17 kishiga yetdi. Yana ikki kishining jasadi bugun kovlab olindi", — degan sherif matbuot anjumanida. Qayd etilishicha, yana 13 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Noqulay ob-havo sharoiti oqibatida 100 ta turarjoy binosi vayron bo‘lgan. Amerika ob-havo mutaxassislari Kaliforniyaga kuchli yomg‘irlar oqimi kirib kelayotganidan ogohlantirgan edi. Yaqinda o‘rmon yong‘inlaridan zarar ko‘rgan hududlarda shiddatli yomg‘irlar sababli ko‘chkilar ro‘y berishi aytilgandi. Shu sababli Janubiy Kaliforniyadan 21 mingga yaqin kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan. | Xorijiy Yangiliklar |
Foto: Life.ru Butun dunyo bo‘ylab iPhone X smartfoni egalari qurilma ularning yuzlaridagi mo‘ylarni yulib olayotganidan shikoyat qilishmoqda. Muammo haqida Reddit, MacRumors forumlari va “Tvitter”ga iqtibos keltirgan holda PhoneArena xabar qildi. Smartfon egalarining ta’kidlashlaricha, yuzdagi mo‘ylar (asosan mo‘ylab va soqol) telefonda gaplashganda uning korpusidagi tirqishlar orasida siqilib qolib, gaplashib bo‘lgandan keyin qurilmani yuzdan olganda yulinib chiqmoqda. Shunga o‘xshash muammo ayfonlarda 2014 yilda ham qayd qilingandi. O‘shanda Apple kompaniyasi yangi korpusdagi iPhone 6’ni taqdim qilgan. Bu qurilma yuzdagi mo‘ylarni yulib olgan. Ushbu muammo Hairgate (AQShning sobiq prezidenti Richard Nikson bilan bog‘liq Uortergeyt mojarosiga kinoya qilib atalgan) degan nom ham olgan. Biroq Apple bu shikoyatlarga hech qanday munosabat bildirmagan. | Texnologiya |
Foto: AP AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, mamlakat yana iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda. «Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi AQShga nisbatan juda adolatsiz edi. Bizga biznes bilan shug‘ullanishda ko‘plab muammolar tug‘dirdi. Bu bizning ko‘plab qimmatli aktivlarimizning chiqib ketishiga sabab bo‘ldi», - deya aytib o‘tgan Tramp Norvegiya bosh vaziri Erna Solberg bilan qo‘shma matbuot anjumanida. Uning ta’kidlashicha, biroq, AQSh, ehtimol, kelishuvga yana qaytishi ham mumkin. Eslatib o‘tamiz, 29 dekabr kuni Tramp global iqlim o‘zgarishi mavzusi ustidan kulgani xabar berilgandi. | Siyosat |
Subsets and Splits