text
stringlengths
83
999
class
stringclasses
10 values
Zelenskiy avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinni muzokara o‘tkazishga chaqirgandi. Foto: AP Ukraina hududiga Rossiya qo‘shinlarining aksariyat qismi kiritildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aytdi. «Ukraina fuqarolari, dushman davlatimiz hududiga qo‘shinlarining mutlaqo katta qismini kiritdi. Xalqimizga qarshi Rossiyaning deyarli butun armiyasi tashlandi, ukrainaliklarning qahramonlarcha qarshiligi to‘qqiz kundan buyon mamlakatimizni bu hujumdan qutqarmoqda. Ukraina shaharlari natsistlar bosqinchiligidan buyon bunday shafqatsizlikni ko‘rmagandi», — dedi u. Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, dushman Chernigov, Axtirka, Mariupol, Xarkovdagi insonlarni qasddan yo‘q qilmoqda. Avvalroq u Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, muzokara o‘tkazishga chaqirgandi.
Siyosat
Foto: Prokuratura departamenti Fuqarolar Asaka tumanida 2 000 dona qalbaki 50 000 so‘mlik kupyuralarni 57 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Andijon viloyatida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida, fuqarolar A.A., X.R. va boshqalar qalbaki banknotalarni muomalaga kiritish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqarolar A.K. va X.N.ga 2 000 dona qalbaki 50 000 so‘mlik kupyuralarni 57 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oila va Jamiyat
Shu bilan birga, alyans bosh kotibi NATO Rossiya bilan chegaradagi joylashuvini kuchaytirishini ta’kidladi. Foto: Getty Images NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans Ukraina hududidagi nizo ishtirokchisi emasligini bildirdi. «NATO ittifoqchilari mislsiz sanksiyalar qabul qildi, Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda, ammo shu bilan birga, NATO nizo ishtirokchisi emas. NATO – mudofaa ittifoqi, biz Rossiya bilan harbiy nizoga intilmaymiz», — dedi u. Stoltenberg NATO Rossiya bilan chegaradagi joylashuvini kuchaytirishini ta’kidladi. «NATO ittifoqchilarini himoya qilishiga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak. Shu sababli alyansning sharqiy qismini kuchaytirdik», — dedi u.
Siyosat
O‘zbekistonga «vagonlarda rubl kirib, vagonlab dollar chiqib ketishi»ga sabab bo‘lishi aytilgan amaliyot bekor qilingan. Foto: Ntv.ru Rubl bo‘yicha maqbul koridor bekor qilindi. «Banklardan kelayotgan ma’lumotlarga qaraganda, maqbul kurs deyilgan rubl uchun imtiyozli koridor bekor qilingan», deb yozmoqda iqtisodchi Otabek Bakirov. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda rubl kursi bo‘yicha tavsiyaviy koridor belgilangan 3 mart kuni banklar 5,5 mln rubl sotib olishgan bo‘lsa, 60,2 mln rubl sotishgan. 3 mart kuni Markaziy bank tijorat banklariga rubl ayirboshlashni to‘xtatib qo‘ymaslik, sotib olish va sotish kursi o‘rtasidagi farqni «maqbul darajada» saqlab turishni «tavsiya etgandi». Iqtisodchilar bu qarorni «rubldagi barcha risklarni so‘mga yuklash» deb ta’riflab, O‘zbekistonga «vagonlarda rubl kirib, vagonlab dollar chiqib ketishi»dan ogohlantirgandi.
Iqtisodiyot
Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, bu shaxs muqaddam firibgarlik uchun sudlangan. Ammo tegishli xulosa chiqarmay o‘g‘rilik yo‘liga o‘tgan. Poytaxtning “Firdavs” jome masjidiga ibodat qilish uchun kelgan Behzod ismli fuqaro yechib qo‘yilgan kiyimining cho‘ntagida bo‘lgan “Ayfon” rusumli telefoni yo‘qolgani uchun ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Shayxontohur tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish organlari tomonidan masjid kuzatuv kameralari tekshirilganda, telefon Namangan viloyatida 1984 yilda tug‘ilgan Abdurashid ismli shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgani ma’lum bo‘ldi. Bu shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik uchun sudlangan. Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, bundan oldin Abdurashid “Umar ibn Xattob”, “Minor” masjidlarida ham fuqarolarning telefonlarini o‘g‘irlab sotib yuborgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati lavhasida.
Oila va Jamiyat
Juma namozi vaqtida ikki nafar qurollangan terrorchi masjidga hujum qilgan. Foto: DawnNewsTV Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda hudkushlar sodir etgan portlash oqibatida 56 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Dawn nashri xabar berdi. Nashrning ma’lumot berishicha, juma namozi vaqtida ikki nafar qurollangan terrorchi masjidga kirishga uringan. Ular darvoza oldida turgan politsiyachilarga o‘t ochgan. Otishma vaqtida terrorchilardan biri masjidga kirgan va portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Xabar qilinishicha, portlash natijasida 194 kishi turli darajada jarohatlangan.
Xorijiy Yangiliklar
Stoltenberg NATO nizo Ukraina tashqarisiga chiqmasligi uchun javobgarligini, shu bilan birga Rossiya bilan urush qilmasligini ta’kidladi. Foto: AFP/Getty Images Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainadagi vaziyat yomonlashishini kutmoqda va Rossiyani zudlik bilan qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqiradi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi. «Yaqin ikki kun ichida vaziyat yanada yomonlashadi – halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar, vayronalar ko‘payadi», — dedi u. U alyans nizo Ukraina tashqarisiga chiqmasligi uchun javobgarligini, shu bilan birga Rossiya bilan urush qilmasligini ta’kidladi. Stoltenberg shuningdek, Moskvani Ukraina bilan muzokara o‘tkazishga chaqirdi.
Siyosat
Foto: IIB axborot xizmati Buxoroda boshqaruvni yo‘qotgan «Lasetti» 5 ta mashinaga shikast yetkazdi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda. 2022 yil 4 mart kuni soat 19:10 larda Buxoro shahar Islom Karimov ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘lning «Buxoro Hududgaz» binosi ro‘parasida harakatlanib kelayotgan «Lasetti» avtomashinasi haydovchisi to‘satdan yo‘nalishni o‘zgartirgan. Qayd etilishicha, u orqadan kelayotgan «Spark» avtomashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va harakat oqimiga qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 4 ta avtomashinalarga shikast yetkazgan. YTH natijasida biror bir fuqaro tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Bundan avval Toshkentda YTHlar ko‘proq qaysi tumanlarda yuz berishi ma’lum bo‘lgandi.
Oila va Jamiyat
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida Nexia haydovchisi MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida vafot etdi. Foto: IIB axborot xizmati Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 4 mart kuni Dang‘ara tumanida haydovchi K.I. Nexia 3 avtomashinasini “Teleming” MFY hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi V.A. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketadi. Buning oqibatida Nexia haydovchisi K.I. hodisa joyida joyida vafot etgan, yo‘lovchisi P.J. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Avvalroq, Surxondaryoda Lacetti bilan Damas o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Oila va Jamiyat
Ushbu samolyotda Rossiya prezidenti, hukumat raisi va boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlar parvoz qiladi. Foto: TASS Rossiya hukumatiga qarashli Il-96-300 samolyoti Sankt-Peterburgdan AQShga parvoz qildi. Bu haqda Flightradar24 portali ma’lumotlariga tayanib “Lenta.ru” xabar berdi. Xabarda aytilishicha, samolyot Vashington sari uchmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 4 mart kuni Moskvada bo‘lgan, so‘ngra Sankt-Peterburgga kelib qo‘ngan va bu yerdan Vashingtonga parvoz qilgan. “Rossiya” maxsus parvoz otryadining Il-96-300 samolyoti Rossiya prezidenti, hukumat raisi va boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlarga xizmat ko‘rsatadi.
Siyosat
7 martdan boshlab Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar haftasiga 4 marotabadan amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi. Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi Ma’lum bo‘lishicha, parvozlar haftaning dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Qatnovlar “Humo air” MChJning An-2 havo kemasida bajariladi. «Farg‘ona – So‘x yo‘nalishida parvoz mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da va So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida esa soat 12:00 da amalga oshiriladi. Aviachipta narxi esa bir tomonga 150 000 so‘m etib belgilangan», - deyiladi xabarda. Ma’lumot uchun, 2021 yilning 12 dekabridan boshlab Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba yo‘lovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilgan edi.
Iqtisodiyot
Foto: Anastasia Vlasova / Getty Images Ukrainadagi urush vaqtida tinch aholi vakillaridan kamida 351 nafar kishi halok bo‘lgan, 707 kishi yaralangan. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi 4 mart yakunlari bo‘yicha berilgan ma’lumotlarga tayanib xabar qilgan. O‘limlarning katta qismi og‘ir artilleriya bergan zarbalar, baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari, raketa va aviazarbalar oqibatida kuzatilgan. Ayirmachilar nazorati ostidagi hududning o‘zida 23 ta o‘lim holati qayd etilib, 93 kishi yaralangan. Halok bo‘lganlarning 22 nafari voyaga yetmaganlar. Kamida 36 bola turli darajada tan jarohatlari olgan.
Oila va Jamiyat
Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 5-6 mart kunlari 440 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan, 88 nafar ayollar, 59 nafar voyaga yetmagan shaxs va 20 ta chaqaloq olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar qildi. Qayd etilishicha, 28 fevraldan 5 martga qadar 16 ta aviareys tashkillashtirilgan. Urush bo‘layotgan joylardan 3 ming 685 nafar o‘zbekistonlik qaytarilgan. 6 martga qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Polsha hududida mamlakatning 850 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 50 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, qariyb 800 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan. «O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo‘lib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar», — deyiladi xabarda.
Xorijiy Yangiliklar
Urushning to‘qqizinchi kuni, 4 martda ham Rossiya armiyasi o‘t ochishda davom etdi, aholi yashash manzillariga ham snaryadlar kelib tushdi — turar joylar, madaniy markazlar va maktablar vayron bo‘lmoqda. BMTning Inson huquqlari kengashi Ukrainada tinch aholi vakillaridan 350 nafardan ziyod kishi halok bo‘lib, kamida 675 kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Haqiqiy raqamlar bundan ko‘proq bo‘lishi mumkinligi istisno etilmagan. Ukrainani tinch aholi tark etishi davom etdi. Kiyevda rossiyalik harbiy asirlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, poytaxtdan Lvovga evakuatsiya jarayoni davom etmoqda. Shahardagi obektlarni hujumlarga tayyorlashmoqda — tarixiy binolarning derazalari mustahkamlanmoqda, haykallar olovdan himoya qiluvchi materiallar bilan o‘rab qo‘yilmoqda. Quyida urushning so‘nggi ikki kunida bo‘lib o‘tgan voqealarni ifodalovchi suratlar.
Siyosat
Meksika chempionati doirasidagi «Keretaro» – «Atlas» o‘yini 62-daqiqada muxlislar o‘rtasidagi mushtlashuv tufayli to‘xtatildi. Foto: Getty Images Mushtlashuv bir necha daqiqadan so‘ng futbol maydonida davom etdi. Xavfsizlik xodimlari muxlislar, jumladan, ayollar va bolalar tribunani tark etishlari uchun maydondagi darvozalarni ochishdi. Ba’zilar bir-birlarini armatura va stullar bilan urishgan. Tartibsizliklar natijasida 22 kishi jarohatlangan, ulardan 9 nafari shifoxonaga yotqizilgan, 2 nafarining ahvoli og‘ir, deb yozadi Sky Spors. Ayrim manbalar esa 17 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bermoqda.
Sport
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 7 mart, dushanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi. Foto: Kun.uz Bir qator banklarda dollar olish 10 850 - 10 880 so‘mdan, sotish 10 960 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu navbatdagi maksimal ko‘rsatkich. So‘nggi marta banklarda dollar kursi 4 mart, juma kuni jiddiy ko‘tarilgandi. O‘shanda 1 AQSh dollarining sotish kursi 10 955 so‘mni tashkil qildi. 4 mart kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari bugundan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, bir dollar 10 910 so‘m 43 tiyinni tashkil qildi.
Iqtisodiyot
Ismailov Sherzod Bekberganovich Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlagan. Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2018 yildan buyon Shavkat Obidjonovich To‘laganov ishlab kelayotgan edi.
Iqtisodiyot
2022 yilning 6-7 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 674 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 109 nafar ayol, 57 nafar voyaga yetmagan shaxs va 12 nafar chaqaloq olib kelindi. Foto: Kun.uz Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 28 fevraldan 7 martga qadar 19 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 359 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi. Qayd etilishicha, 7 mart kuni yana bitta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. Polsha hududida mamlakatimizning 350 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 80 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, qariyb 270 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan. “O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo‘lib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar”, deyiladi xabarda.
Xorijiy Yangiliklar
Ta’kidlanishicha, mazkur chora Rossiya OAVning ijtimoiy tarmoqdan foydalanishi cheklangani sababli qo‘llanilgan. Foto: Global Look Press Roskomnadzor Rossiyada Facebook ijtimoiy tarmog‘ini blokladi. Bu haqda idora saytida xabar qilindi. “2020 yil oktyabrdan buyon ana shunday 26ta holat qayd etildi. Oxirgi kunlarda “Zvezda” telekanali, RIA Novosti agentligi, Sputnik, Russia Today hamda “Lenta.ru” va “Gazeta.ru” nashrlariga cheklov kiritilgan”, deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, bunday cheklovlar o‘rnatish taqiqlangan. Roskomnadzor avvalroq Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirish qisman cheklanishini bildirgandi. Bunga qadar Meta kompaniyasi Rossiya hukumatining akkauntlardan cheklovlarni olib tashlash talabini bajarishni rad etgandi.
Siyosat
Respublika hududida 2022 yil fevral oyida 19 ta onlayn rejimda ishlovchi fotoradar o‘rnatilgan. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. O‘rnatilgan fotoradarlarning 15 tasi statsionar radar bo‘lib tezlik, qolgan 4 tasi esa xavfsizlik kamarini taqmaslik va telefondan foydalanish qoidabuzarligini qayd etadi. Quyida fotoradarlar ishga tushirilgan joylar jadvali taqdim etilmoqda:
Oila va Jamiyat
Dollarning rasmiy kursi ham pastladi. Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan 9 martdan amal qiluvchi kurslarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,16 so‘mga pastlab, 10 897,27 so‘mni tashkil qildi. Yevro 186,67 so‘mga pastlab, 11 831,17 so‘m bo‘ldi. Rubl kursi qulashda davom etadi, Rossiya valutasi 19,21 so‘mga qadrsizlanib, 1 rubl 79,89 so‘mga teng bo‘lgan. 3 martdan amal qiluvchi kurslarga ko‘ra, rublning rasmiy kursi 2017 yildan beri ilk marta 100 so‘mdan pasaygandi. Shu bilan birga, 7 mart kuni O‘zbekistonda rubl uchun yana imtiyozli koridor belgilandi, o‘zbek banklari bugun 1 rublni 95 so‘mdan sotib olishgan, ayni vaqtga kelib rubl kurslari yana maqbullashtirildi (1 rubl 75 - 95 so‘m oralig‘ida ayirboshlanmoqda).
Iqtisodiyot
Chovusho‘g‘lu Anqara Rossiya bilan ham, Ukraina bilan muloqotni davom ettirayotganini bildirdi. Foto: Chris McGrath/Getty Images Turkiya Rossiya uchun havo kengliklarini yopmaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ma’lum qildi. "Anqara Rossiya uchun havo kengliklarini yopmaydi. Turkiya uchun havo kengliklarining ochiqligi strategik va gumanitar nuqtai nazardan muhim hisoblanadi", - dedi u. Chovusho‘g‘lu shuningdek, Anqara Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham muloqotni davom ettirayotganini bildirdi. “Agar sharoit imkon bersa, biz Antalyadagi diplomatik forum doirasida (11-13 mart kunlari) Lavrov va Kuleba o‘rtasida uchrashuv tashkil etishga tayyormiz”, - dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Siyosat
Shu bilan birga, Viktor Orban mamlakat hududidan Ukrainaga qurol yetkazib berishni taqiqlovchi hujjatni ham imzoladi. Foto: Getty Images Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mamlakat g‘arbida NATO qo‘shinlarini joylashtirishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Hujjatga muvofiq, Vengriya shuningdek, o‘z hududi orqali NATOning boshqa a’zolariga qurol yetkazilishiga ruxsat beradi. Shu bilan birga, Orban mamlakat hududidan Ukrainaga qurol yetkazib berishni taqiqlovchi hujjatni ham imzoladi. «Biz vaziyatni baholadik, Vengriya hududidan Ukraina hududiga qurol yetkazib berish mumkin emasligi ko‘zda tutilgan farmon chiqarildi», - dedi Orban.
Siyosat
10 mart kuni Ukraina va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Dmitriy Kuleba va Sergey Lavrov Antalyadagi diplomatik forum doirasida muzokara o‘tkazadi. Bu uchrashuv o‘tkazilishi haqida Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘liga asoslangan holda Daily Sabah xabar bermoqda. RF Turkiyada Chovusho‘g‘li ishtirokida vazirlar uchrashuvi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlagan. Bu borada Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Vladimir Putin o‘rtasida 6 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida kelishib olingan. Ukraina tomoni hozircha bu uchrashuvda qatnashigini tasdiqlamadi. Turkiya 4 mart kuniyoq muzokaralar o‘tkazish tashabbusini bildirgandi. Keyingi kuni Kuleba Lavrov bilan uchrashuv «muzokaralar jarayonining umumiy doirasiga to‘g‘ri kelsa», bunday uchrashuvdan bosh tortmasligini bildirgandi.
Siyosat
Ukraina prezidenti G‘arbni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishga chaqirdi. RIA Novosti / Maksim Bogodvid Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya nefti va neft mahsulotlarini boykot qilish, Rossiyaga importni to‘xtatish kerak. «Hamkorlarimiz bilan muloqotda fikrimiz mantiqiy. Agar hujum davom etsa va Rossiya Ukrainaga qarshi rejalaridan voz kechmagan bo‘lsa, demak, yangi sanksiyalar paketi kerak», - dedi u. Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya eksportini, jumladan, Rossiya nefti va neft mahsulotlarini boykot qilish, Rossiyaga importni to‘xtatish kerak. Avvalroq AQSh vakillar palatasi Rossiyadan Qo‘shma Shtatlarga neft import qilishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqishi xabar qilingandi. Ushbu xabar ortidan neft narxi keskin ko‘tarildi.
Siyosat
Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETA Ukrainada urush boshlanganidan 6 martgacha tinch aholi vakillaridan kamida 406 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda 7 mart kuni BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari ma’lum qildi. 801 kishi yaralangan. Qurbonlardan 27 nafari bolalar. 23 kishi ayirmachilar nazoratidagi hududdagi harbiy harakatlar oqibatida halok bo‘lgan.
Xorijiy Yangiliklar
2022 yilning 9, 16 va 23 mart kunlari Uzbekistan Airways AJ Toshkent – Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Foto: Kun.uz Aviakompaniya xabariga ko‘ra, Toshkentdan uchish soat 14:00 ga (Toshkent vaqti bilan), Novosibirskka yetib borish soat 17:00 ga (Novosibirsk vaqti bilan), Novosibirskdan uchish soat 18:30 ga (Novosibirsk vaqti bilan), Toshkentga yetib borish soat 21:30 ga (Toshkent vaqti bilan) rejalashtirilgan. Avvalroq Toshkentdan Yekaterinburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilayotgani xabar berilgandi. 2022 yil 13 va 20 martda Uzbekistan Airways AJ Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
Xorijiy Yangiliklar
Foto: turizm.kasaba.uz Vazirlar Mahkamasining «O‘rmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bog‘liq qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, Qoraqalpog‘iston, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari o‘rmon fondi yerlarida «Orolqum», «Pop», «Omonqo‘ton», «Yuqori To‘palang» va «Bobotog‘» milliy bog‘lari tashkil etiladi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi milliy tabiat bog‘larining muassisi hisoblanadi. Milliy tabiat bog‘larining faoliyati davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Hujjat bilan «Orolqum», «Pop», «Omonqo‘ton», «Yuqori To‘palang» va «Bobotog‘» milliy bog‘larining yer maydonlari, qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalaniladigan zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari tasdiqlandi.
Ekologiya
2021 yilda 63 ta davlatdan farmatsevtika mahsulotlari import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. Foto: Getty Images Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonga 63 ta davlatdan qiymati qariyb 1,6 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlari import qilingan. Qayd etilishicha, farmatsevtika mahsulotlari importi hajmi 2020 yil bilan solishtirilganda 437 mln AQSh dollariga oshgan. 2021 yilda O‘zbekiston eng ko‘p farmatsevtika mahsulotlarini import qilgan davlatlar orasida Hindiston yetakchilik qilmoqda – 300,8 mln dollar. Keyingi o‘rinlardan mos ravishda Xitoy (290,6 mln dollar), Rossiya (145 mln dollar), Ukraina (86 mln dollar), Germaniya (78 mln dollar), Vengriya (74 mln dollar), Latviya (68,5 mln dollar) va Turkiya joy olgan (66 mln AQSh dollari). Bundan oldin O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eng yuqori o‘rinni egallagan 10 ta davlat ma’lum qilingandi.
Iqtisodiyot
Foto: Mudo Concep Kutilmagan syurprizlarga ega chiqishga-chi? Mudo Concept’da bahor haqiqiy bayram bilan boshlandi! Oldinda siz-u bizni kutayotgan bahoriy bayramlar hamda Toshkentda Mudo Concept tashkil etilganining 3 yilligi munosabati bilan MeGA AKsIYani qarshi oling! Barcha mahsulotlarimizga 20% dan 50% gacha chegirmalar! Bunday ajoyib imkonni qo‘ldan boy bermang, foydali xaridga marhamat! Manzil: Toshkent sh, Nurafshon ko‘chasi, 15-uy. Mo‘ljal: Riviera savdo majmuasi ro‘parasida. Telefon: +998990006060 Sayt: www.mudo.uz Instagram: mudoconcept.uz Facebook: mudoconceptuz Telegram: @mudoconceptuzz Reklama huquqi asosida
Iqtisodiyot
Moldova hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi. Foto: Kun.uz Qayd etilishicha, 2022 yil 7-8 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga yetmagan shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi. 28 fevraldan 8 martga qadar 21 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 787 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi. Ma’lum qilinishicha, 8 mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan. “Shu bilan birga, Moldova Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi”, deyiladi TIV xabarida. Bundan oldin, O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada qolib ketgan yuk tashuvchilarning Rossiya chegarasidan o‘tishi masalasi ustida ishlayotgani ma’lum qilingandi.
Xorijiy Yangiliklar
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda “Nigoh” kanali xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Nazirjon Nazirov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Ozoda Jo‘rayeva tayinlandi. U shu kungacha Navoiy shahridagi “Humo Zilola barhayot” professional boshqaruv kompaniyasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Ozoda Jo‘rayeva 5 mart kuni prezident farmoniga muvofiq “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Ma’lumot uchun, Nazirjon Nazirov 2017 yildan buyon uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. Sherzod Hidoyatov hozirgi vaqtda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri sifatida ishlab kelmoqda. Uning uch nafar o‘rinbosari bor - Sohib Saifnazarov (vazir birinchi o‘rinbosari), Qurbon Tursunov (vazir o‘rinbosari), Nazirjon Nazirov (endilikda vazir sobiq o‘rinbosari).
Siyosat
Ma’lumotlarga ko‘ra, taqiq Rossiya nefti, suyultirilgan gaz va ko‘mirini o‘z ichiga oladi. Foto: Reuters AQSh Rossiya neftini import qilishni taqiqlashga qaror qildi, deya o‘z manbalariga tayanib xabar tarqatdi Bloomberg. Agentlikning yozishicha, 8 mart kuni Oq uy bu borada bayonot bilan chiqadi. Taqiq Rossiya nefti, suyultirilgan gaz va ko‘miriga taalluqli bo‘lishi aytilmoqda. Rossiyaning Ukrainaga hujumi davom etayotgan ayni vaziyatda Rossiya nefti va gazi AQSh va Yevropa mamlakatlari sanksiyalaridan chetda qolmoqda. Bunga Yevropaning Rossiya gazi va neftiga bog‘liqligi sabab bo‘lmoqda. Kanada hukumati o‘tgan oyda Rossiyaning barcha neft mahsulotlari importiga taqiq qo‘ygan, ammo bu ramziy tusga ega, chunki mamlakat 2019 yildan buyon Rossiyadan neft olmaydi.
Iqtisodiyot
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘g‘risidagi qarorga Rossiyaning tahdidi sabab bo‘lgan. Foto: Getty Images Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson Stokholmning NATOga kirishi Yevropadagi vaziyatni yanada beqarorlashtirishi mumkinligini aytdi. "Agar Shvetsiya NATOga kirish uchun ariza beradigan bo‘lsa, bu Yevropaning mazkur qismini yanada beqarorlashtiradi va keskinlikni kuchaytiradi", - dedi Andersson. Shu bilan birga, bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘g‘risidagi qarorga Rossiyaning tahdidi sabab bo‘lgan. "Shvetsiyaga tahdid ham Ukrainaga qurol yetkazib berish borasidagi qarorimizga ta’sir qildi", - dedi u.
Siyosat
Foto: Getty Images Polsha milliy jamoasi JCh-2022 saralashi pley-offining finaliga yo‘llanma oldi. Polsha yarimfinalda Rossiya bilan bahs yuritishi kerak edi. Ammo FIFA siyosiy vaziyat sabab ruslarni xalqaro musobaqalardan chetlatdi. Natijada polyaklar saralash finaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oldi. Jamoa yo‘llanma uchun Shvetsiya va Chexiya o‘rtasidagi bahs (24 mart) g‘olibi bilan to‘qnash kelishadi. Bellashuv 29 martda bo‘lib o‘tadi. Rossiya bilan urush olib borayotan Ukrainaning Shotlandiya bilan o‘yini iyunga qoldiririldi. Ushbu jamoalar bilan bir «setka»dan o‘rin olgan Uels va Avstriya o‘rtasidagi bahs esa rejalashtirilganidek 24 martda bo‘lib o‘tadi, ammo g‘olib jamoa Ukraina—Shotlandiya g‘olibini iyungacha kutadi. Eslatib o‘tamiz, FIFA avvalroq Rossiya milliy jamoasi va klubilarini xalqaro turnirlardan chetlatgandi.
Sport
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldova Yevropa ittifoqiga kirish standartlariga mos bo‘lish uchun barcha zarur talablarni bajarishga tayyor. Foto: Reuters Moldova NATOga a’zo bo‘lishni rejalashtirmagan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Natalya Gavrilitsa Euronews telekanaliga bergan intervyusida aytdi. “Konstitutsiyamizda mamlakatimiz neytrallik tamoyilida bo‘lishi yozilgan. Biz YeI tarkibiga kirmoqchimiz, ammo NATOga a’zo bo‘lishga intilmaymiz”, dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldova Yevropa ittifoqiga kirish standartlariga mos bo‘lish uchun barcha zarur talablarni bajarishga tayyor. 3 mart kuni Moldova prezidenti Mayya Sandu mamlakatning Yevroittifoqqa kirish uchun arizasini imzolagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldova YeIga kirish yo‘lida yetarlicha natijaga erishganidan so‘ng mamlakatning MDHdan chiqib ketishi masalasi ko‘rib chiqiladi.
Siyosat
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida fuqarolarni yashin urishi holati kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda. Foto: AP Photo / Rodrigo Abd Bugun, soat 11:45 da Dehqonobod tumani “Otkamar” MFYda noqulay ob-havo sharoiti natijasida 3 nafar fuqaroni yashin urgan. Voqea oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, ikki nafar fuqaroning biriga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator davolanishga ruxsat berilgan. Ikkinchi fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. “Fuqarolarimizdan noqulay ob-havo sharoitida xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘rab qolamiz”, deyiladi FVV xabarida. Bundan avval “O‘zgidromet” Toshkent shahrida kuchli yomg‘ir va shamol kutilayotganidan ogohlantirgandi.
Salomatlik
Piyodalardan biri vafot etgan. 5 yoshli piyoda shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 8 mart kuni soat 11:30 da Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi “MIRANDA” do‘koni qarshisida, haydovchi – 1996 y.t. S.M. “MAN” rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyida piyodalarni urib yuborgan. Oqibatda: piyoda – 1952 yilda tug‘ilgan R.Z. olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, piyoda – 2017 yilda tug‘ilgan R.Ye. “bosh sohasi lat yeyishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Oila va Jamiyat
Foto: Toshkent shahar hokimiyati axborot xizmati Nodira Umarova Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, Nodira Umarova 1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika instituti va prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi (hozirgi Davlat boshqaruvi akademiyasi)ni tamomlagan. Qayd etilishicha, u 2018 yildan hozirgi vaqtgacha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi monomarkaz direktori bo‘lib ishlagan. Bundan avval barcha davlat organlarida rahbarlarning kamida 1 nafar o‘rinbosari xotin-qizlar orasidan tayinlanishi xabar berilgandi.
Oila va Jamiyat
Avvalroq Yevroittifoq sanksiyaga tushgan rossiyalik biznesmenlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qilgandi. Foto: Reuters Buyuk Britaniya hukumati rossiyalik biznesmen Roman Abramovichni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Shuningdek, Igor Sechin, Oleg Deripaska, Aleksey Miller, Nikolay Tokarev, Andrey Kostin va Dmitriy Lebedevlarning ham Britaniyadagi aktivlari muzlatildi. 9 mart kuni Yevroittifoq sanksiyaga tushgan rossiyalik biznesmenlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qilgandi. Ro‘yxatdan «Rostelekom» prezidenti Mixail Oseyevskiy, «Uralxim» AJ rahbari Dmitriy Mazepin o‘rin olgan. Shuningdek, VK bosh direktori Vladimir Kiriyenko, «Rosnano» rahbari Sergey Kulikov, «Aeroflot» bosh direktori Mixail Poluboyarinov, «Rusagro» direktorlar kengashi raisi Vadim Moshkovichga nisbatan ham sanksiyalar joriy etildi.
Siyosat
Maduroning fikricha, vaziyatning yomonlashishi va sanksiyaviy bosimning davom etishi yadro urushiga olib kelishi mumkin. Foto: Reuters Jahondagi sanksiyaviy qarama-qarshilikning yanada kengayishi insoniyatni xatarga qo‘yishi mumkin, degan fikrni bildirdi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro. Maduroning so‘zlariga ko‘ra, jahon urushi allaqachon boshlandi. «Jahon urushi boshlanib bo‘ldi va uning birinchi bosqichi iqtisodiy tusga ega. Sanksiyalar, embargo, neft, yonilg‘i, po‘lat, bug‘doy, makkajo‘xori, guruch yetkazib berish, oziq-ovqatlar, xomashyo va energiya resurslari narxlari bilan bog‘liq noaniqliklar. Bularning bari mamlakatlar va mintaqalarning qo‘lini qayirish uchun qilinmoqda», — dedi Maduro. Uning fikricha, vaziyatning yomonlashishi va sanksiyaviy bosimning davom etishi oxir-oqibat yadro urushiga olib kelishi mumkin.
Siyosat
Sankt-Peterburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways ma’lumot berdi. Foto: Kun.uz Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan Uzbekistan Airways AJ Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent va Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Aviakompaniya xabariga ko‘ra, Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar 2022 yilning 16 va 23 mart kunlari, Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha esa 17, 20 va 23 mart kunlari amalga oshiriladi. Bundan avval Toshkentdan Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgandi.
Xorijiy Yangiliklar
O‘zbekiston Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining mahalliy paxtaga boykotni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlaydi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. Foto: Kun.uz Qayd etilishicha, 12 yildan ortiq amal qilgan boykot mamlakatda 2021 yilgi paxta terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagani munosabati bilan bekor qilindi. Bundan ilgariroq Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston paxtachiligida tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatga chek qo‘yilganini e’tirof etdi. “Bularning barchasi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan inson qadrini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bundan buyon ham qat’iy davom ettirilishi va ular ortga qaytmasligidan dalolatdir”, deyiladi xabarda. Bundan avval o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan global boykot olib tashlangani ma’lum qilingandi.
Siyosat
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Foto: IIV Vazirlik xabariga ko‘ra, polkovnik Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar D.Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari - IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lib faoliyat yuritgan. Undan avval esa Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Bundan oldin Uchtepa tumani IIB boshlig‘i Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga o‘rinbosar bo‘lgandi. O‘zbekiston ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan polkovnik Abduvosit Abdurazzoqov bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Siyosat
“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalar uchun “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Hujjatga ko‘ra, “Ibratli oila” ko‘krak nishoni 15 may – Xalqaro oilalar kunida topshiriladi. Bundan tashqari, farmon bilan aliment to‘lovchining boshqa qarzdorligi bo‘lganda, qarzdordan undirilgan mablag‘lar aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qoplangandan so‘ng boshqa qarzlariga o‘tkazilishi belgilandi. Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan va qidiruv e’lon qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar MIBning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi va davlat OAVlarida tarqatiladi. Aliment to‘lovchidan 3 oyda aliment undirish imkoni bo‘lmaganda jamg‘armadan aliment to‘lovlari to‘lab beriladi hamda keyinchalik qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.
Oila va Jamiyat
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi va apparati tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalari yangidan tasdiqlangani munosabati bilan hukumat apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbar kadrlari lavozimlarga tayinlandi. Sherzod Karimov Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari - Ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri etib tayinlandi. Doniyor Ermatov Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatining Bolalarni himoya qilish masalalari shu’basi mudiri sifatida ish boshladi. Shahobiddin Musayev Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri etib tayinlandi.
Ta'lim
Foto: RIA Novosti Rossiya Markaziy banki 10 martdan 10 sentyabrga qadar rezident yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarga o‘z hisobvaraqlaridan 5 ming dollardan ortiq miqdorda naqd valuta (dollar, iyena, funt sterling, yevro) yechib olishga taqiq joriy qildi. Agar tadbirkorga 5 ming dollardan ortiq mablag‘ zarur bo‘lgan taqdirda, tijorat banklarining regulyatorga murojaati bilan ushbu summa oshirilishi mumkin. Xorijiy kompaniyalar va norezident tadbirkorlar esa 10 sentyabrgacha hisobvaraqlar va omonatlardan naqd shaklda dollar, yevro, iana yoki funt sterling ololmaydi. Shuningdek, norezidentlar boshqa valutalarni o‘z hisoblaridan bozor kursida cheklovlarsiz yechib olishlari mumkin. Avvalroq, 2022 yil 9 martdan 9 sentyabrga qadar Rossiya banklari mijozlari o‘z hisobidagi 10 ming dollardan ortiq bo‘lmagan mablag‘larni yechib olishi mumkinligi, qolgan qismini esa rublda olishiga ruxsat berilgani ma’lum qilingandi.
Iqtisodiyot
Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Eron bilan parvozlarga qo‘yilgan cheklovlar ham bekor qilingan. Foto: KUN.UZ Rossiya koronavirus sababli O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarga kiritilgan cheklovlarni o‘zaro asosda olib tashladi. Bu haqda Rosaviatsiya ma’lum qildi. Ma’lumot berilishicha, shuningdek, Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Eron bilan parvozlarga qo‘yilgan cheklovlar ham bekor qilingan. Cheklovlar 9 martdan olib tashlandi, ushbu sanadan boshlab nomuntazam va muntazam reyslarni amalga oshirishga ruxsat berildi.
Siyosat
Foto: Kremlin.ru Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoni qabul qildi. Tomonlar Ukrainadagi vaziyatni va sanksiyalarni muhokama qilgan. Putinning aytishicha, sobiq ittifoq sanksiyalar sharoitida ham katta muvaffaqiyatlarga erishgan: «SSSR chindan sanksiyalar sharoitida yashab, katta muvaffaqiyatlarga erishgan. 1990 yildan keyin ham Rossiyaga qarshi [sanksiyalar] saqlanib qolgan. Keyin esa sanksiyalar yangidan yangi bosqichlarga chiqdi», dedi Putin. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda oldinga siljish ko‘zga tashlangan. «Rossiya tomonidan muzokaralarda qatnashganlar menga shunday hisobot berishdi», dedi Putin. Shuningdek, Rossiya prezidenti belaruslik hamkasbini Belarus konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha referendumni muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan tabrikladi.
Siyosat
Turkiya prezidenti BMTni avval ham tanqid qilgandi. Foto: TASS/Zuma Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMT tizimini isloh qilish vaqti kelganini aytdi. "BMTga a’zo 193 mamlakat taqdirini besh mamlakat belgilaydigan tizim adolatdan emas. Tizim qayta isloh qilinishi kerak. Dunyodagi mamlakatlar beshtadan ko‘pligini gapirganimizda butun insoniyatning huquq va umumiy manfaatlarini himoya qilishga urinamiz, buni o‘z mamlakatimiz manfaati uchun gapirmaymiz", - dedi u. Turkiya prezidenti BMTni birinchi marta tanqid qilishi emas. Erdo‘g‘an 2021 yil oktyabrda Angolaga tashrifi vaqtida ham insoniyat taqdiri Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan "bir siqim mamlakatlar" ixtiyoriga tashlab qo‘yilmasligi kerakligini aytgandi.
Siyosat
BMT vakilining so‘zlariga ko‘ra, jahondagi bug‘doy eksportining 30 foizi, makkajo‘xori eksportining 20 foizi va kungaboqarning 76 foizi Ukraina va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Foto: WFP Ukrainadagi vaziyat va jahonda oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi sababli global ocharchilik xavfi oshmoqda. Bu haqda BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi vakili Tomson Piri ma’lum qildi. «Qora dengiz havzasi don va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladigan muhim mintaqalardan hisoblanadi», — dedi u. Pirining so‘zlariga ko‘ra, jahondagi bug‘doy eksportining 30 foizi, makkajo‘xori eksportining 20 foizi va kungaboqarning 76 foizi Ukraina va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Uning qayd etishicha, ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar narxlar oshishiga olib keladi. Piri buning natijasida millionlab odamlar jabr ko‘rishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. BMT vakilining bildirishicha, mavjud vaziyat Jahon oziq-ovqat dasturi faoliyatining xarajatlari oshishiga ham olib keladi.
Iqtisodiyot
Western Union kompaniyasi Rossiya va Belarusdagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Foto: Reuters «Biz ichki va tashqi omillarni, shuningdek, hamkasblarimiz, sheriklarimiz va mijozlarimiz uchun oqibatlarni diqqat bilan o‘rganib chiqdik. Rossiyaning Ukrainaga hujumi fojiali oqibatlari davom etishi fonida Rossiya va Belarusdagi operatsiyalarimizni to‘xtatishga qaror qildik»,— deya kompaniya bayonotidan iqtibos keltirgan Business Wire. Western Union nizo diplomatik va tinch yo‘l bilan hal qilinishiga umid bildirgan. Avvalroq MasterCard va Visa Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qilgandi.
Iqtisodiyot
11 mart kuni mamlakatda ikki yildan beri ilk bor 1100dan ortiq kasallanish holatlari qayd etilgan. Foto: AP Xitoy Uhanda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon eng yirik koronavirus tarqalishiga duch keldi, deb xabar berdi Financial Times. Xabarda aytilishicha, 11 mart kuni mamlakatda ikki yildan beri ilk bor 1100dan ortiq kasallanish holatlari qayd etilgan. Bir hafta oldin mamlakatda kuniga 300dan kamroq holat aniqlanayotgandi. Chanchun shahrida 23ta holat qayd etilgan. Aholisi 9 mln kishidan iborat shahar to‘liq karantinga olingan. Hukumat shahar aholisini uylaridan chiqmaslikka chaqirgan va 1200 o‘ringa mo‘ljallangan uchta shifoxona qurilishini boshlagan. Shanhayda bir sutkada 75ta yangi holat aniqlangan. Maktab va bog‘chalar yopib qo‘yilgan. Aviakompaniyalardan xalqaro reyslarni boshqa shaharlarga yo‘naltirish so‘ralgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon Xitoyda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 112 ming 900dan ortiq holat qayd etilgan.
Salomatlik
Foto: Kun.uz Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda. Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, bugun, 12 mart kuni soat 9:00 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bildirilishicha, ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Qamchiq dovoni qayta ochilishi bo‘yicha FVV matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etishi aytilgan.
Siyosat
Toshkent xalqaro aeroportida 27 ming 300 AQSh dollari hamda 1,8 mln Rossiya rublini yashirincha olib chiqishga uringan shaxs ushlandi. Bu safar xorijiy valuta tamaki qutilari ichiga yashirilgani aniqlandi. Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida xorijiy valutani yashirincha olib chiqishga qaratilgan navbatdagi urinish aniqlandi. Bu safar 27 ming 300 AQSh dollari hamda 1,8 mln Rossiya rubli tamaki qutilari ichiga yashirilgan bo‘lib chiqdi. Avvalroq, Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan 300 ming dollardan ziyod naqd xorijiy valutani daftar varaqlari orasiga va kiyimlariga yashirib, olib chiqishga uringan 2 nafar shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berildi. Shuningdek, 286 ming dollardan ortiq pulni yeguliklar orasiga yashirib, bojxonadan olib o‘tishga uringan shaxslar ham to‘xtatib qolingandi.
Iqtisodiyot
Kattaqo‘rg‘on shahrida fuqarolarni xorijiy davlatga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlangan. Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, fuqaro B.A. fuqaro F.ni tanishlari orqali 5 oy muddatga Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Avvalroq Surxondaryo, Namangan va Andijonda fuqarolarni ishga kiritishni va xorijga ishga yuborishni aytib firibgarlik qilgan shaxslar ushlangandi.
Iqtisodiyot
Mamlakat prezidentligi uchun to‘qqiz nafar nomzod, jumladan, Turkmanistonning amaldagi prezidentining o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov kurash olib bormoqda. Foto: RIA Novosti Turkmanistonda mahalliy vaqt bilan soat 17:00da navbatdan tashqari prezident saylovi ovoz berish uchastkalari yopildi, deb xabar berdi TASS. Ovoz berish ertalab 07:00da boshlangandi. Mamlakat bo‘yicha 2577ta, respublika tashqarisida 41ta ovoz berish uchastkasi ochildi. Ma’lumot berilishicha, jami 3,4 mln nafardan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan. Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, soat 15:00 holatiga saylovchilarning 86,34 foizi ovoz bergan. Mamlakat prezidentligi uchun to‘qqiz nafar nomzod, jumladan, Turkmanistonning amaldagi prezidentining o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov kurash olib bormoqda. Saylovchilarning yarmidan ko‘prog‘ining ovoziga ega bo‘lgan nomzod prezidentlikka saylangan deb hisoblanadi.
Siyosat
Qamchiq dovonida ko‘chki xavfi e’lon qilingani tufayli, 12 mart kuni soat 9:00 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, soat 18:00 ga kelib dovon yo‘li qayta ochilgan. Foto: KUN.UZ Qayd etilishicha, vazirlik tegishli xizmatlar bilan hamkorlikdagi amaliy harakatlarni muvofiqlashtirib borgan. Avvalroq dovonda qolib ketgan yo‘lovchilar uchun poyezd yuborilgani xabar qilingandi. “O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kunning ikkinchi yarmida Qamchiq dovonida 5 ta qor ko‘chishi hodisasi kuzatilgan.
Oila va Jamiyat
Qayd etilishicha, taqiq tijorat banklari, valuta almashtirish byurolari, mikromoliya va mikrokredit kompaniyalariga taalluqli. Foto: iStock Qirg‘izistondan naqd ko‘rinishdagi dollar olib chiqib ketishga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. Bu haqda mamlakat milliy banki ma’lum qildi. Qayd etilishicha, taqiq tijorat banklari, valuta almashtirish byurolari, mikromoliya va mikrokredit kompaniyalariga taalluqli. Ushbu talab jismoniy shaxslarga tegishli emasligi aytilmoqda. Milliy bankning bildirishicha, mazkur qaror Qirg‘iziston iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Iqtisodiyot
Xabarlarga ko‘ra, 10ta vagondan iborat tarkib tepalikka ko‘tarilayotgan vaqtda ag‘darilib, jarlikka qulagan. Kongo janubi-sharqida poyezd relsdan chiqib ketishi natijasida 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi. Xabarda aytilishicha, mavjud taqiqqa qaramasdan odam tashigan yuk poyezdi Lualaba provinsiyasida halokatga uchragan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida 60 kishi halok bo‘lgan. 7Sur7 portalining xabariga ko‘ra, 10ta vagondan iborat tarkib tepalikka ko‘tarilayotgan vaqtda ag‘darilib, jarlikka qulagan.
Xorijiy Yangiliklar
Qatl qilinganlarning ayrimlari "Al-Qoida", "IShID" tashkilotlari a’zolari va Yamandagi isyonchi husiylarning homiylari bo‘lgan. Foto: AFP/Getty Images Saudiya Arabistonida turli jinoyatlarda ayblangan 81 kishi qatl qilindi, deb xabar berdi Associated Press. Hukumatning ma’lum qilishicha, qatl qilinganlarning ayrimlari "Al-Qoida", "IShID" tashkilotlari a’zolari va Yamandagi isyonchi husiylarning homiylari bo‘lgan. "Qirollik terrorizm va butun dunyodagi barqarorlikka xavf soluvchi ekstremistik tashkilotlarga nisbatan qat’iy va o‘zgarmas siyosatini davom ettiradi", - deyiladi Saudiya Arabistoni hukumati bayonotida. Bu qirollikda so‘nggi vaqtda amalga oshirilgan eng yirik ommaviy qatl bo‘ldi. Saudiya Arabistonida oxirgi marta 2016 yilda ommaviy qatl amalga oshirilgan, o‘shanda bir kunda 47 kishiga nisbatan o‘lim jazosi ijro etilgandi.
Siyosat
Foto: Uzbek-MDK Toshkent shahridagi «Le Grand Plaza» (sobiq «Tata») mehmonxonasi yaqinida turgan mashinalar ustiga yirik daraxt qulab tushgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 12 mart kuni kech soat 21:00 lar atrofida sodir bo‘lgan voqea oqibatida kamida uchta mashinaga zarar yetgan. Jabranganlar haqida ma’lumot yo‘q. Toshkent shahridagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasida sodir bo‘lgan voqea sabablari aniq emas. Videolardan daraxt kesilmagani, tabiiy ravishda qulab tushgani ko‘rinadi. Ma’lumot uchun, Toshkentda bir necha kun ketma-ket yomg‘ir yog‘di.
Oila va Jamiyat
Telefon orqali muloqot chog‘ida Makron va Shols Putinni yana bir bor «zudlik bilan o‘t ochishni» va Mariupolni «qamal qilishni» to‘xtatishga chaqirgan. Foto: REUTERS/Brian Snyder Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar «juda ochiq va og‘ir» o‘tdi, deb xabar berdi BFMTV telekanali Yelisey saroyiga asoslanib. Xabarda aytilishicha, Rossiya tomonining Ukraina harbiylari gumanitar huquqlarni buzayotgani to‘g‘risidagi so‘zlari haqiqatga mos kelmaydi. Telekanalning ma’lumot berishicha, Makron va Shols Putinni yana bir bor «zudlik bilan o‘t ochishni» va Mariupolni «qamal qilishni» to‘xtatishga chaqirgan. Shuningdek, Rossiya harbiy operatsiyani to‘xtatish «niyati yo‘qligini bildirgani» sababli Yevroittifoq «yaqin soatlarda» qo‘shimcha sanksiyalar kiritishi ma’lum qilingan. 12 mart kuni Putin Makron va Shols bilan telefon orqali muloqot qildi.
Siyosat
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahri Uchtepa tumanida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.Q. va D.T. qalbaki kupyuralarni o‘tkazish maqsadida oldindan til biriktirib, jami 50 dona qalbaki 100 AQSh dollari kupyuralarini fuqaro N.ga 32 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Iqtisodiyot
Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga dovondan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida kuchli yomg‘ir oqibatida qisman o‘pirilish yuzaga kelgani sabab bo‘lgan. Foto: Uzb_Meteo Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan o‘tgan Taxtaqoracha dovoni 13 mart kuni soat 16:00 dan avtomobillar harakati uchun yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi. Qayd etilishicha, bunga yo‘lning 1138—1141-kilometrlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida avtomobil yo‘lida qisman o‘pirilish yuzaga kelgani sabab bo‘lgan. Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumot uchun, 13 mart kuni Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ko‘plab soy va sel o‘zanlariga sel keldi.
Ekologiya
AQShda benzin narxi bir gallon uchun 4,35 dollargacha qimmatladi. Bu oldingi haftadagiga qaraganda 59 sentga qimmatroq degani. Foto: IZVeSTIYa AQShda benzin narxi gallonda hisoblanadi. Bir gallon 4,55 litrga teng. Shu hisobda 1 litr benzin ayni damda 0,95 dollardan sotilmoqda. Bu esa rekord darajada qimmat narx hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, endi amerikalik oilalar bir marta mashinasiga yonilg‘i quyish uchun o‘rtacha 65 dollar sarflamoqda. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 42 dollarga teng bo‘lgan. AQShdagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar kuzatilmoqda. Chunki ko‘pchilik ko‘proq benzin g‘amlab qo‘yish payiga tushgan. Bu voqealar AQShda inflatsiya oxirgi 40 yildagi rekord darajaga (8 foiz) yetgani fonida sodir bo‘lmoqda.
Iqtisodiyot
Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA Rossiya armiyasi tomonidan qamal qilingan Mariupol shahri kengashi urush boshlanganidan buyon shahar aholisi orasida 2187 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Kengash ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Mariupolga kamida 22 marta havo zarbalari berilib, shaharga 100ta bomba tashlangan. Kengashdagilar tasdiqlashicha, rossiyalik harbiylar «aholi uylari, odamlar ko‘p to‘planadigan joylarni nishonga olmoqda, bolalar shifoxonalarini vayron qilib, shahar infratuzilmasini butkul yakson etmoqda». Mahalliy rasmiylar NATOni Ukraina armiyasiga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berish hamda Ukraina osmonini parvozlardan xoli hudud deb e’lon qilishni so‘ragan. Mamlakat havo hududini yopishni so‘rab Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham bir necha bor murojaat qilgandi. G‘arb davlatlari bunga rozi bo‘lmayapti - bunday qaror Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv keltirib chiqarishi mumkin.
Siyosat
Maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 19 martga to‘g‘ri keladi va IV chorak 28 mart kunidan boshlanadi. Foto: Kun.uz Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, respublika umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun III chorakning so‘nggi kuni 19 martga to‘g‘ri keladi, shu kuni dars mashg‘ulotlari to‘liq olib boriladi. Qayd etilishicha, bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi. IV chorak darslari esa 28 mart kunidan boshlanadi, deyiladi vazirlik ma’lumotida. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlab, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan. O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til bu yil odatdagidan ikki hafta uzoqroq – 24 yanvargacha davom etgan. Xalq ta’limi vazirligi ta’tilning uzaytirilishini mavsumiy gripp keskin ko‘payishining oldini olish maqsadi bilan izohlagan.
Ta'lim
O‘zbekiston TIV rasmiy vakili mamlakatning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahrida joylashganini ma’lum qildi. Foto: torange.biz O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi. «Elchixona diplomatlari tomonidan muntazam ravishda O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Ukrainaning turli hududlarida joylashgan vatandoshlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatilgan», deyiladi xabarda. Elchixonaning elektron pochta manzili: embassy@uzbekistan.org.ua.
Xorijiy Yangiliklar
Husayn Amir Abdullohiyon yadroviy kelishuv borasida muzokara o‘tkazadi. Foto: AP Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon 15 mart kuni Moskvaga tashrif buyuradi, deb xabar berdi “Interfaks”. Eron TIV Said Xatibzodaning so‘zlariga ko‘ra, u yadroviy kelishuv borasida muzokara o‘tkazadi. “Yadroviy kelishuv bo‘yicha turli darajadagi maslahatlashuvlar davom etmoqda. Amir Abdullohiyon ertaga ushbu muzokaralarni davom ettirish uchun Moskvaga yo‘l oladi”, dedi Xatibzoda. O‘tgan haftada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan telefon orqali muloqot qilgandi.
Siyosat
Ma’lumot berilishicha, ikki mamlakat asosiy valuta sifatida Xitoy yuanini jalb etish variantini ko‘rib chiqmoqda. Foto: Chris Ratcliffe/Bloomberg/Getty Images Hindiston va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarni dollar va yevroda emas, rubl va rupiyada olib borish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda MInt nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Aniqlik kiritilishicha, ikki mamlakat asosiy valuta sifatida Xitoy yuanini jalb etish variantini ko‘rib chiqmoqda. Rejaga ko‘ra, Rossiya bankiga to‘lov qilish uchun Hindiston bankida, Hindiston bankiga to‘lov qilish uchun Rossiya bankida hisobraqam ochish lozim bo‘ladi. "Biz suzuvchi almashuv kursi tizimini ko‘rib chiqishimiz mumkin. Hisoblash nuqtasi sifatida uchinchi valuta, masalan, yuanni olish mumkin", - degan manbalardan biri. Qayd etilishicha, ilgari kichik ko‘lamda, xususan, choy yetkazib berishda rupiya va rublda to‘lovlar amalga oshirilgan. Avvalroq rossiyalik investorlarning yuan bilan savdo qilishga qiziqishi oshgani aytilgandi.
Iqtisodiyot
Cold Response mashg‘ulotlarida 27 mamlakatdan 30 mingga yaqin askar qatnashadi. Foto: AP NATO 14 mart kuni Norvegiyada joriy yildagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarini boshladi, deb xabar berdi DW. 1 aprelgacha davom etadigan Cold Response harbiy mashg‘ulotlarida 27 mamlakatdan 30 mingga yaqin askar, 200 samolyot va 50 kema qatnashadi. Mashg‘ulotlar suvda, havoda va quruqlikda o‘tkaziladi. Xabarga ko‘ra, mashg‘ulotlar Rossiya chegarasidan bir necha yuz kilometr uzoqlikda bo‘lib o‘tadi. Cold Response mashg‘ulotlarida Norvegiyaga qo‘shni Shvetsiya va Finlandiya ham ishtirok etadi.
Xorijiy Yangiliklar
Dastlabki loyiha mart oxiriga qadar muhokama uchun taqdim etiladi. Foto: AP Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Xitoy mustaqil xalqaro valuta-moliya tizimi loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot bo‘yicha vaziri Sergey Glazevga tayanib Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi. Qayd etilishicha, tizim ishtirokchi mamlakatlarning milliy valutalari va birja mahsulotlari narxi indeksi hisoblanuvchi yangi xalqaro valutaga asoslanishi ko‘zda tutilmoqda. "Jahon iqtisodiyotining sekinlashishi hamda YeOII va Xitoyga nisbatan cheklovlar bilan bog‘liq umumiy xatarlarni hisobga olgan holda mamlakatlarimiz amaliy hamkorlikni kuchaytirishi lozim", — dedi Glazev. Xabarga ko‘ra, dastlabki loyiha mart oxiriga qadar muhokama uchun taqdim etiladi. Avvalroq Hindiston va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valutalarida olib borishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Iqtisodiyot
Robert Habekning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat kuzga borib Rossiyadan ko‘mir olishni, yil oxiriga borib esa neft olishni to‘xtatadi. Foto: RIA Novosti Germaniya 2022 yil kuziga borib Rossiya ko‘miriga qaramlikdan qutulishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasiga bergan intervyusida aytdi. «Biz Rossiya nefti, ko‘miri va gaziga qaramlikdan qutulish ustida har kuni, ba’zan tuni bilan ishlayapmiz. Har kun, har soatda Rossiya importidan bir qadam uzoqlashyapmiz», dedi u. Habekning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat kuzga borib Rossiyadan ko‘mir olishni, yil oxiriga borib esa neft olishni to‘xtatadi. Shu bilan birga, u Rossiya gaziga qaramlikdan qutulish qiyin bo‘lishini aytdi. Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar Rossiya gazi, nefti va ko‘miri importiga taqiq qo‘yishini ma’lum qilgandi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish haqidagi kelishuvga erishildi. Bu haqda “Vaksinauz” kanali xabar bermoqda. Foto: Pavel Bednyakov Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati va Turkiya hukumati quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldi: tomonlar qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19 virusiga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oladi; tomonlar emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat egasiga davlatlari hududiga COVID-19 virusi tarqalishi oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishni kafolatlaydi; milliy darajada yoki JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan to‘liq emlangan ikki mamlakatdan kelgan sayohatchilar, agar emlash tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, o‘z mamlakatlariga kirishda ushbu qoidalardan foydalanadi.
Siyosat
So‘nggi kunlarda muntazam yog‘ayotgan yomg‘irlar tufayli Toshkent viloyatining qator ko‘chalarini suv bosdi. Ayrim tumanlarda esa xonadonlarga ham suv kirgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. Mazkur holatlar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan nazoratga olinib, ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, Oqqo‘rg‘on tumani buyum bozori hududiga ham suv to‘planib qolgan. Bundan tashqari, Olmaliq shahri "Oltin" MFY, Toshkent ko‘chasi, 16-uy oldiga va xonadon ichiga ham suv to‘lib qolgan. Avvalroq, M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tgan qismi sel ostida qolgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Oila va Jamiyat
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 15 mart kuni dollar valutasining so‘mga nisbatan kursini yana oshirdi. 15 mart kuni Soat 11:00dan keyin tijorat banklari sotib olish kursini 11150 so‘mgacha, sotish kursini esa 11200 so‘mgacha oshirishdi. Kunning ikkinchi yarmida esa ayrim banklarda kurs 11 205 so‘mga chiqib ketgan. Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan: «Davrbank»: sotib olish — 11 150 so‘m, sotish — 11 205 so‘m. «Ipak yo‘li bank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 200 so‘m; «Hamkorbank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 200 so‘m; «Turonbank»: sotib olish — 11 095 so‘m, sotish — 11 205 so‘m; «Mikrokredit bank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 200 so‘m; «Kapitalbank»: sotib olish — 11 100 so‘m, sotish — 11 160 so‘m. 14 mart kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 martda amalda bo‘ladigan qiymatini 11 033,03 so‘m etib belgilagandi.
Iqtisodiyot
Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini 15 martdan e’tiboran soddalashgan tartibda ko‘chirish boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilmoqda. Foto: Kun.uz Qayd etilishicha, davlat rahbari raisligida 4 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa binoan Ukrainadan qaytib, o‘qishini O‘zbekistonda davom ettirish istagida bo‘lgan talabalarning hujjatlari hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda. Bu jarayonda talabalar yashash hududlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga (ilovada) murojaat qilishi va batafsil ma’lumot olishi so‘ralgan. Ma’lum qilinishicha, shu kunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Tashqi ishlar vazirliklariga ushbu masalada murojaat qilgan fuqarolarning, xususan talabalarning xorijiy ta’lim muassasalari va yashash hududlari kesimida ro‘yxati shakllantirilib, hududlardagi ishchi guruhlarga yuborildi.
Ta'lim
Buxoro shahridagi «Talipoch qal’a darvozasi» chap tomonidagi qal’a devorining yog‘ingarchilik oqibatida qulab tushgan qismini ta’mirlashga respublika budjetidan mablag‘ ajratildi. Foto: Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasining ma’lum qilishicha, «Talipoch qal’a darvozasi»ni ta’mirlash uchun Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Obektni ta’mirlash-tiklash ishlari Madaniy meros obektlari restavratsiyasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Hozirda mas’ul soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan ushbu obektning loyiha oldi ishlari olib borilmoqda. «Talipoch qal’a darvozasi» chap tomonidagi qal’a devorining bir qismi 11 mart kuni kechqurun hafta davomida muttasil yog‘ingarchilik kuzatilgani oqibatida qulab tushgandi.
Madaniyat
Foto: Foto: Toshkent viloyati FVB Me’yoridan ko‘p yog‘ingarchilik yog‘ishi oqibatida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lida tuproq ko‘chishi sodir bo‘lib, yo‘l qatnov qismida harakat vaqtinchalik to‘xtatildi. Toshkent viloyati FVB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 15 mart kuni soat taxminan 04:00 - 05:00 lar oralig‘ida Bo‘stonliq tumanida joylashgan Tyan-Shan tog‘-tizmasi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi yo‘lining 34-piketida kuchli yomg‘ir yog‘ib, yerning loy holatiga kelishi oqibatida ko‘chish hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan hududda aholi yashash punkti, dam olish va boshqa obektlar joylashmagan va ko‘chki oqibatida hech kimga moddiy zarar yetmagan. Hozirda xodisa oqibatlari tuman hokimligi, FVB, YHXB hamda tuman “Yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalaridan foydalangan holda bartaraf etilmoqda.
Oila va Jamiyat
Foto: FVV axborot xizmati Yog‘ingarchilik mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida dovon yo‘lida qo‘shimcha yana 3 ta mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etilgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda. Qayd etilishicha, bugun, soat 10:30 larda Qamchiq Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga Angren – Pop elektrlashtirilgan temiryo‘lining 71-kilometri va A-373-avtomobil yo‘li Toshkent – Vodiy yo‘nalishining 232,2-kilometrida yo‘l chetiga tosh-tuproq massasi tushgan. Zudlik bilan voqea joyiga FVVning Qamchiq MQYoQB qutqaruvchilari va tegishli tashkilot xodimlari yetib borib, vaziyatni o‘rgangan. Hozirda hududlarda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib borilmoqda. Shuningdek, yog‘ingarchilik mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida dovon yo‘lida qo‘shimcha yana 3 ta mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etilgan.
Oila va Jamiyat
Pyotr Poroshenkoning boyligi 700 mln dollar deb baholanmoqda. Foto: AP Forbes jurnali milliarderlarning yangi reytingini e’lon qildi. Urush oqibatida ukrainalik milliarderlarning boyligi miqdori sezilarli darajada kamaygan. Eng boy ukrainaliklar ro‘yxatida Rinat Axmetov 4,2 mlrd dollar boyligi bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ammo fevral oyi bilan taqqoslaganda Axmetov 9,5 mlrd dollar yo‘qotgan. Grammarly hammuassislari Aleksey Shevchenko va Maksim Litvin ro‘yxatda Kanada fuqarolari sifatida ko‘rsatilgan. Forbes ularning har birining boyligini 4 mlrd dollardan deb baholagan. Viktor Pinchukning boyligi 2,6 mlrd dollardan 1,9 mlrd dollarga kamaygan. Konstantin Jyevago 0,8 mlrd dollar yo‘qotib, 1,3 mlrd dollar bilan 5-o‘rinda joylashdi. Vadim Novinskiy (1,3 mlrd), Vlad Yatsenko (1,1 mlrd), Gennadiy Bogolyubov (1,1 mlrd) va Igor Kolomoyskiy (1 mlrd) hozircha milliarderlar deb hisoblanmoqda. Aleksandr va Galina Geregi hamda Pyotr Poroshenko milliarder maqomini yo‘qotdi.
Iqtisodiyot
Foto: FVB axborot xizmati Bir necha kundan buyon davom etayotgan yog‘ingarchilik tufayli Namangan shahrining ayrim ko‘chalari suvga to‘lgan. Viloyat FVB axborot xizmatining xabar berishicha, Namangan shahar Boburshoh ko‘chasida joylashgan Jahon ixtisoslashtirilgan aralash mollari bozori oldidagi yo‘lda yomg‘ir natijasida suv to‘planib qolgan. Bundan tashqari mazkur bozor ortidagi ko‘chalarda yig‘ilgan yomg‘ir suvlaridan tozalash ishlari olib borilmoqda. Avvalroq, kuchli yomg‘ir tufayli Samarqand ko‘chalari suvga to‘lganligi xabar qilingan edi.
Ekologiya
Kompaniya narxlar ko‘tarilishini chiplar yetishmovchiligi va logistika zanjiridagi uzilishlar bilan izohlagan. Foto: Getty Images Tesla kompaniyasi elektromobillari narxi oshirilganini e’lon qildi. Bu haqda The Verge xabar berdi. Qayd etilishicha, bu so‘nggi haftada ikkinchi marta narx oshirilishi – kompaniya o‘tgan chorshanba kuni narxlar ko‘tarilganini ma’lum qilgandi. Endilik bazaviy Model 3 elektromobili narxi 46990 dollardan boshlanadi va Model X Tri narxi 138990 dollarga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, Rossiya-Ukraina nizosi tufayli elektromobil ishlab chiqarishda foydalaniladigan metallar (po‘lat, nikel va palladiy) narxi ko‘tarildi.
Texnologiya
Qayd etilishicha, bu masala bir necha yildan buyon muhokama qilib kelingan, bu yil esa muhokama faol tus olgan. Foto: Getty Images Saudiya Arabistoni Xitoyga neftni yuanda sotmoqchi, deb xabar berdi Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib. "Saudiya Arabistoni Pekin bilan o‘z neftini Xitoyga qisman yuanda sotish bo‘yicha faol muzokara olib bormoqda", — deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, bu masala bir necha yildan buyon muhokama qilib kelingan, ammo bu yil Ar-Riyod Vashingtonning xavfsizlik sohasidagi majburiyatlaridan norozi bo‘lgani sababli muhokama faol tus olgan. Avvalroq Hindiston va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarni dollar va yevroda emas, rubl va rupiyada olib borish imkoniyatini o‘rganayotgani xabar qilingandi.
Iqtisodiyot
Dastlabki surishtiruvda Damas haydovchisi mast bo‘lgani va mashinani belgilangan me’yordan oshirib boshqarib kelayotgani aniqlangan. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 11 mart kuni Oqdaryo tumani Pichoqchi mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Tez harakatlanib kelayotgan Damas mashinasi Pichoqchi mahallasida yashovchi 12 yoshli qizni urib yuborgan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan qiz kasalxonada vafot etgan. Dastlabki surishtiruvlarda Damas haydovchisining spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘lgani va mashinani belgilangan me’yordan oshirgan holda katta tezlikda boshqarib kelayotgani aniqlangan. Avvalroq, Payariq tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan Nexia haydovchisi vafot etgandi.
Oila va Jamiyat
Foto: YHXX YHXXning xabar berishicha, 2022 yil 15 mart kuni soat 13:30 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, „Aqcha“ MFY hududidan o‘tuvchi "A-373-M-39-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh" avtomobil yo‘lida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan B.I. "Trailor CYY 2SX" rusumli tirkama ulangan "Man" rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda ulangan tirkama qarama-qarshi yo‘nalishni ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan va "Man" avtomobildan ajralgan holda qatnov qismiga ag‘darilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Avvalroq, Sirdaryoda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchragani xabar qilingan edi.
Oila va Jamiyat
Qayd etilishicha, Rossiya kompaniyalari lizing asosida foydalanadigan xorij samolyotlariga bo‘lgan huquqlarni o‘zlariga rasmiylashtirishlari mumkin. Foto: AP Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqaro aviatsiyasini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar berdi “Kommersant’”. Nashrning yozishicha, qonunga muvofiq, Rossiya kompaniyalari lizing asosida foydalanadigan xorij samolyotlariga bo‘lgan huquqlarni o‘zlariga rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, bu samolyotlarga Rossiyaning parvozga yaroqlilik sertifikatlari beriladi. Qayd etilishicha, Rossiya Havo kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga kiritilgan tuzatishlar Rossiya aviakompaniyalariga xorij havo kemalari parkini saqlab qolish va samolyotlardan ichki yo‘nalishlarda foydalanish imkonini beradi. Avvalroq Bermud orollari fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi Rossiya samolyotlarining parvozga yaroqlilik sertifikatlarini to‘xtatib qo‘ygani xabar qilingandi.
Siyosat
Heidi Levine / The Washington Post / Sipa Press / Scanpix / LETA Ukrainada urush boshlanganidan buyon mamlakatni uch milliondan ortiq kishi tark etgan. Bu haqda 15 mart kuni Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma’lum qildi. Ularning 1,4 milliondan ortig‘i — bolalar. Ularning ko‘p qismini — 1,6 milliondan ortig‘ini qo‘shni davlat Polsha qabul qilgan. Shuningdek, ukrainlar Ruminiya, Slovakiya, Vengriya, Moldova va Germaniyaga ham bormoqda. BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari ma’lumotiga ko‘ra esa, Ukrainani tark etganlar soni 2,97 million atrofida, shundan 157 mingdan ortig‘i boshqa mamlakatlar fuqarolaridir. RF mudofaa vazirligi harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Rossiyaga Donbass hududidan 248,9 ming kishi o‘tganini ma’lum qilgandi.
Xorijiy Yangiliklar
Asosiy model hisoblanuvchi Xiaomi 12 Pro smartfoni Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va 6,73 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan bo‘lib, har biri 50 Mp bo‘lgan uchta kameraga ega. Foto: Xiaomi Xiaomi kompaniyasi xalqaro bozor uchun mo‘ljallangan Xiaomi 12, Xiaomi 12 Pro va Xiaomi 12X smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi. Asosiy model hisoblanuvchi Xiaomi 12 Pro smartfoni Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va 6,73 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan. Unga har biri 50 Mp bo‘lgan uchta kamera o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi 4600 mAs. Xiaomi 12 sal oddiyroq – uning ekrani 6,3 dyuymga teng. U 50, 13 va 5 Mp bo‘lgan uchta kamera bilan jihozlangan. Sig‘imi 4500 mAs bo‘lgan akkumulyatori simli va simsiz quvvatlanadi. Xiaomi 12X esa 12-model bilan bir xil, faqat unga Snapdragon 870 protsessori o‘rnatilgan va simsiz quvvatlanish xususiyati yo‘q. Xiaomi 12X 650 dollar, Xiaomi 12 Pro esa 1000 dollar deb baholanmoqda.
Texnologiya
Ma’lumotlarga ko‘ra, jahondagi bug‘doy eksportining 30 foizi, makkajo‘xori eksportining 20 foizi va kungaboqarning 76 foizi Ukraina va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Foto: RIA "Novosti" Rossiya qishloq xo‘jaligi va savdo-sanoat vazirliklari 15 martdan 30 iyungacha Rossiyadan bug‘doy, javdar, arpa va makkajo‘xori eksport qilishni taqiqlashni taklif qilmoqda. “Interfaks”ning yozishicha, hukumat bu borada tegishli qaror loyihasini tayyorlamoqda. Agentlikning yozishicha, Rossiya 2021 yil 1 iyuldan 2022 yil 10 martgacha 28,1 mln tonna don mahsulotlarini eksport qilgan. Avvalroq BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi vakili Tomson Piri Ukrainadagi vaziyat va jahonda oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi sababli global ocharchilik xavfi oshayotganini aytgandi. Pirining so‘zlariga ko‘ra, jahondagi bug‘doy eksportining 30 foizi, makkajo‘xori eksportining 20 foizi va kungaboqarning 76 foizi Ukraina va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiyot
Bir necha kundan buyon davom etayotgan yog‘ingarchilik tufayli Andijon shahrining ayrim ko‘chalari suvga to‘lgan. Buning oqibatida mashinalar harakati cheklangan. Foto: Andijon viloyati hokimligi Jumladan, Pushkin bolalar bog‘i qarshisidagi ko‘cha suv toshqini tufayli yopilgan. Andijon davlat universitetiga olib boruvchi yo‘l ham yog‘ingarchilik oqibatida suvga to‘lgan. Mazkur ko‘chalarda suv toshishini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Avvalroq, kuchli yomg‘ir tufayli Namangan ko‘chalari suvga to‘lganligi xabar qilingan edi.
Ekologiya
O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklari 16 mart kuni dollar valutasining so‘mga nisbatan kursini yana oshirdi. Coat 11:00gacha banklarda 1 dollar 11205 so‘mgacha sotilayotgan edi. Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 11 280 so‘mdan sotib olishni, 11 380 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan: «Davrbank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m; «Ipak yo‘li bank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m; «Hamkorbank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m; «Turonbank»: sotib olish — 11 275 so‘m, sotish — 11 380 so‘m; «Tengebank»: sotib olish — 11 280 so‘m, sotish — 11 380 so‘m; Asia Alliance Bank: sotib olish — 11 320 so‘m, sotish — 11 385 so‘m. 15 mart kuni O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 117,09 so‘mga ko‘tarilib, 11 150,12 so‘mni tashkil qilgandi.
Iqtisodiyot
Jamiyat 5 kunlik dam olish kunlarida bevosita bo‘limlarga to‘lov qilish yoki shaxsiy hisob raqamini elektr tarmoqlari korxonalarida tekshirish imkoni bo‘lmasligini bildirdi. «Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Navro‘z ayyomi bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlari (19-23 mart) qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishining oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi», deyiladi jamiyat xabarida.
Oila va Jamiyat
Foto: CNN AQSh prezidenti Jo Bayden federal ma’muriyatni 1,5 trillion dollarga moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda The Hill xabar bermoqda. Baydenning o‘zi tvitterida yozishicha, budjetda Ukraina hukumatiga 13,6 milliard dollar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. «Men administratsiyani moliyalashtirish haqida ikki partiya ma’qullagan qonun loyihasini imzoladim, hukumat ochiqligini saqlagan holda Ukrainaga 13,6 milliard dollar beg‘araz moliya mablag‘lari taqdim qilinadi», deya yozgan u. Budjet 2022 yil sentyabriga qadar muddat uchun ishlab chiqilgan. Qonun loyihasi bir necha oy davomida kelishilgan. O‘tgan haftada u AQSh Kongressida taqdim etilgan, Vakillar palatasi va Senatda ikki partiya vakillari tomonidan ham ma’qullangan.
Siyosat
Uzaytirilgan to‘lov-kontrakt muddati OTMning bakalavr, magistratura talabalari, kollej va texnikum o‘quvchilari uchun amal qiladi. Foto: Kun.uz 2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi, deb xabar qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Ushbu muddat: to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar; to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar; tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar; o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi. Bungacha kontrakt to‘lash muddati 1 martga qadar uzaytirilgan edi.
Ta'lim
Foto: AP Polsha bosh vaziri Mateush Morevetskiy, Chexiya bosh vaziri Petr Fiala va Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha Ukraina poytaxti Kiyevga bo‘lib, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu Ukraina hududida harbiy harakatlar boshlanganidan buyon ilk xorijiy tashrif bo‘ldi. Uch davlat bosh vazirlari Kiyevga poyezdda borgan. Zelenskiy ularga mamlakatdagi holat haqida batafsil ma’lumot bergan. Shuningdek, Ukraina bosh vaziri Denis Shmigel bilan uchrashuv o‘tkazilgan. G‘arblik siyosatchilarning Kiyevga tashrifi Yevropa kengashi va Yevrokomissiya rahbariyati bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilgan. Rasmiy Varshavaning ma’lum qilishicha, Polsha mamlakat bosh vazirining tashrifi orqali Ukraina bilan birga ekanini ko‘rsatgan. Kiyev deyarli o‘rab olingan. Shu sabab Polsha hukumati mamlakat bosh vaziri Varshavaga qaytgani haqida ham alohida xabar berdi. «Polsha, Chexiya va Sloveniya bosh vazirlari eson-omon Polshaga qaytishdi», deb xabar bergan Polsha hukumati.
Siyosat
Foto: Kun.uz Kecha Kun.uz saytida Nukusda hamshiralar uylarni oqlash ishlariga jalb qilingani haqida xabar berilgandi. Mehnat vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, vaziyat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan maxsus tekshirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ham o‘z munosabatini bildirgan. Vazirlik holat to‘liq o‘rganilib, natijasi haqida batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qildi.
Oila va Jamiyat
U 18 sotix yerni 18 ming dollarga kelishib, shundan 2 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan. Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan (https://t.me/Department_uz/1923?single). Tadbirda, fuqaro N.J. fuqaro X.G.ga Sayxunobod tumani, “Ittifoq” MFY hududida sport maydonchasi qurish uchun ajratilgan 18 sotix yerni 18 000 dollar evaziga boshqa bir fuqaro B.ning nomiga X.G.ning xabardorligisiz rasmiylashtirib berishni va’da qilib, shundan 2 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Iqtisodiyot
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 17 mart kuni dollar valutasining so‘mga nisbatan kursini yana oshirdi. Tijorat banklari valuta ayirboshlash shoxobchalari orqali AQSh dollarining sotuv kursi 11 630 so‘mgacha ko‘tarildi. Bungacha banklarda 1 dollar 11390 so‘mgacha sotilayotgan edi. Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 11 520 so‘mdan sotib olishni, 11 630 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan: NBU: sotib olish — 11 550 so‘m, sotish — 11 625 so‘m; «Hamkorbank»: sotib olish — 11 570 so‘m, sotish — 11 630 so‘m; «Davrbank»: sotib olish — 11 515 so‘m, sotish — 11 630so‘m; «Turonbank»: sotib olish — 11 515 so‘m, sotish — 11 625 so‘m; «Tengebank»: sotib olish — 11 520 so‘m, sotish — 11 630 so‘m; «Kapitalbank»: sotib olish — 11 560 so‘m, sotish — 11 620 so‘m.
Iqtisodiyot