text
stringlengths
1
1.49M
timestamp
stringlengths
9
10
source
stringlengths
21
684
TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Xususiy sektor operatsiyalari va davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha vitse-prezidenti Ashok Lavasa Toshkentga tashrifi davomida OTB O‘zbekistonning islohotlar dasturini va xususiy sektorni mustahkamlash buyicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini tasdiqladi. Lavasa Bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri va OTB boshqaruvchisi Sardor Umurzakov, Bosh vazir o‘rinbosari va Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni qisqartirish vaziri Jamshid Kuchkarov va davlat va xususiy sektor vakillari bo‘lmish boshqa hamkorlar bilan OTBning mamlakatdagi faoliyatini muhokama qilish uchun uchrashgani aytilmoqda. "O‘zbekgidroenergo" OTB bilan uchta GES qurishga kelishdi5 Sentabr 2020, 18:24 Lavasaning fikricha, O‘zbekiston hukumati so‘nggi bir necha yil ichida, xususan, COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishgan. "OTB siyosat bo‘yicha maslahatlar, salohiyatni oshirish, istiqbolli davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlashda bitimlar bo‘yicha maslahat yordami, hukumatga qarz berish va xususiy sektorning asosiy subyektlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish orqali O‘zbekistonni har tomonlama va kompleks qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini tasdiqlaydi. Kuchli xususiy sektor uchun qulay muhit yaratish va xususiy sektorning resurslari, tajribasi va innovatsiyalarini jalb etish barqaror rivojlanish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega”, - deya ta’kidladi u. OTB O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr uzatish liniyasini qurishni moliyalashtiradi22 Oktabr 2020, 12:12 Kuchkarov bilan birga bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Lavasa hukumatning davlat-xususiy sheriklikni tayyorlash borasidagi yutuqlarini ijobiy baholadi va OTB qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ta’kidladi. Ular makroiqtisodiy barqarorlik, islohotlarning izchilligi va xususiy sektor ishonchini mustahkamlash uchun infratuzilma va institutlarni rivojlantirishning muhimligini muhokama qilishdi. Transport va kommunal xizmatlarni ko‘rsatishda xususiy sektor potensialga ega ekanligini ta’kidladilar. Lavasa, shuningdek, Toshkent shahrida 3-4-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan ITBning yillik yig‘ilishlari doirasida o‘tkazilgan "COVID-19dan keyingi davridagi DXSh sarmoyasi" davra suhbatida ishtirok etdi. O‘zbekiston OTBga 1995-yilda a’zo bulgan. O‘shandan beri OTB O‘zbekiston uchun 10,1 milliard dollar miqdorida qarz, grant va texnik yordam ajratdi. Xususiy sektorning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash OTBning O‘zbekiston bilan 2019-2023 yillar uchun hamkorlik strategiyasining asosiy strategik ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, u mamlakatni faol va inklyuziv bozor iqtisodiyotiga olib chiqishga qaratilgan.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/otb-ozbekistonda-xususiy-sektor-rivojlanishini-qollab-quvvatlashda-davom-etadi-20399149.html
TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 47 yoshli ayol rashk sabab o‘zining 25 yoshli o‘g‘li tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi. Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i ma’lum qildi. Farg‘onada o‘smirlar taksichini vaxshiylarcha o‘ldirib, dalaga tashlab ketishdi22 Iyul 2021, 14:45 Xabarda aytilishicha, farzandi kichikligida eri bilan ajrashib ketgan ayol begona erkaklar bilan munosabatda bo‘lishi, ba’zan ularni uyiga olib kelishi ortidan ona va o‘g‘il o‘rtasida doimiy tortishuvlar yuzaga kelib turgan. Yillar davomida takrorlangan ushbu holat o‘g‘ilda onaga nisbatan kuchli nafrat tuyg‘usi shakllanishiga olib kelgan. Shu tariqa, o‘g‘il 2021-yilning 16-mart kuni kechasi o‘z onasini begona erkakdan rashk qilib, oshxona pichog‘ini uning o‘ng tomon bo‘yin orqa yuzasiga sanchib, o‘ldirgan. So‘ngra sodir etgan jinoyatni yashirish maqsadida jasadni o‘zi yashab kelgan xonadonning yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan. Qashqadaryoda ota mast holatda o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirdi26 Avgust 2021, 12:43 Shundan so‘ng qotil 17-mart kuni mahalla inspektoriga onasini qidirib topishda yordam so‘rab, murojaat qilgan. Tekshiruvlar natijasida jasad qotillik alomatlari bilan topilgan. Jinoyatchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-modasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismiga ko‘ra, u aybiga to‘liq iqror bo‘lgani, uylanmagani kabi holatlarni inobatga olib, 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/toshkentda-ogil-oz-onasini-rashk-tufayli-oldirib-qoydi-20396864.html
Oleg Obuxov, Sputnik radiosi sharhlovchisi Adolatli dunyo tuzilmasini yaratish mumkinmi? Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on dunyo qurilishi istiqbollari haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Shu kunlarda savdo rastalarida Erdo‘g‘on qalamiga mansub: "Yanada adolatli dunyoni barpo etsa bo‘ladi", deb nomlangan kitob paydo bo‘ldi. Turk yetakchisining fikricha, global siyosatda fundamental muammolar ko‘zga tashlanib qolgan bir vaqtda - xotirjam bo‘lish yaramaydi. Erdo‘g‘on fikricha, jahon migratsiyaviy inqirozlar, xalqaro terrorizm, irqchilik va ikkitalik standartlardan charchadi. BMT jahondagi muammolarni hal qila olmaydi, dedi Erdo‘g‘on18 May 2018, 20:19 Bu esa, amaldagi xalqaro institutlar mavjud chaqiriqlarni yenga olmayotgani va ko‘pdan-ko‘p hollarda eskirib qolgan talablarga tayangan holda besamar harakat qilayotganini tasdiqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, dunyo muammolari va ularning oqibatlari to‘planib qolmasligi, balki yanada tez va samarali yechim topishi uchun ushbu xalqaro institutlar isloh qilinishi zarur. Xususan, bu BMTga ham taalluqli, deb hisoblaydi Turkiya prezidenti. Erdo‘g‘onning fikricha, BMT islohoti "Dunyo beshdan (BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolaridan) ko‘p" degan tezis asosida yuz berishi kerak. Anqara, deya alohida urg‘ulaydi Erdo‘g‘on, hamisha "kuch - kuchliroq bo‘lgan tomonda emas, kuch - haq bo‘lgan tomonda bo‘ladigan tizimni o‘rnatishga harakat qiladi". Turk yetakchisi shuningdek, adolat o‘rnatishda ikkitalik standartlardan voz kechishga chaqirgan. Uning fikricha, bolalar halok bo‘layotgan bir vaqtda aybsizlar bo‘lishi mumkin emas. Erdog‘an AQShga po‘pisa qildi16 Dekabr 2019, 09:31 Zamonaviy dunyo rahmdillik, adolat va ezgulikka ishonch singari bosh qadriyatlarga tayanishi lozim, deydi ishonch bilan Erdo‘g‘on. Hozirgi zamon siyosatchilari esa dunyo tartiboti kafillariga aylanib, dunyoni asrashga hissa qo‘shishlari shart. Shubhasizki, siyosatshunoslar baholari bo‘yicha, Erdo‘g‘on qalamiga mansub kitobning paydo bo‘lishi - shov-shuvli voqea. Ularning fikricha, kitobni o‘qib chiqqach, Turkiya prezidentining aytadigan gaplari allaqachon to‘planib qolgan, degan taassurot uyg‘onadi. Shu o‘rinda, Turkiyani Yevropa ittifoqiga qabul qilish bo‘yicha berilgan va’dalar, so‘ngra bu voqeaning cho‘zilgani, orada esa suriyalik qochqinlar borasida yordam berish kabi iltimoslar paydo bo‘lganini eslashning o‘zi kifoya… Anqara, bunday iltimoslarni bajarar ekan, Brussel ana-mana unga bularni evaziga YeIga a’zolik bilan "minnatdor bo‘lishini" kutib yashadi, iltimoslarni rad etmadi. Ammo bularning barchasiga javoban Turkiya "quruq rahmat" oldi, xolos.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/islohotlar-va-global-siyosat-haqida-erdogon-kitob-yozdi-20399937.html
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘yilgan xorijiy fuqarolar sonini ma’lum qildi. "2021 yilning 7 oyida, Rossiya IIV Migratsiya bo‘linmalari materiallari asosida, 115 mingga yaqin kirishni ta’qiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi”, - deyilgan IIVning RIA Novostiga bergan ma’lumotida. Ushbu qarorlarning 40 mingtasi xorijiy fuqarolar tomonidan ko‘p marotaba sodir etilgan ma’muriy qonunbuzarliklar tufayli qabul qilingan. Yana 20 mingtasi xorijiy fuqarolar Rossiya hududida oldingi marotaba bo‘lgan vaqtida qonunda belgilangan muddatni buzgani tufayli qabul qilingan. Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiya IIV ayni damda mamlakatda 700 mingga yaqin noqonuniy mehnat migrantlari borligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, so‘nggi oylar davomida mehnat migrantlari orasida sodir bo‘layotgan ommaviy mushtlashuvlar oqibatida ham bir necha yuzlab xorijiy fuqarolar deportatsiya qilingan va Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘yilgan edi.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/iiv-necha-kishiga-rossiyaga-kirishga-taqiq-qoyganini-malum-qildi-20392246.html
TOShKENT, 7 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilda atmosferaga tashlamalar miqdori 2,2 mln tonnani tashkil qildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Azizjon Kalimbetov xabar berdi. Jumladan, tashlanmalarning 58 foizi — transport vositalari, 42 foizi — sanoat va ishlab chiqarish korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Toshkent havosi karantin tufayli tozalanadi - ekologlar4 Aprel 2020, 11:26 "Tashlanmalarning sohalar kesimidagi tahlili: 37,8 foizi — neft va gaz, 20 foizi — energetika, 19 foizi — metallurgiya sanoatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Sanoat tashlanmalarini kamaytirish maqsadida 2021-2023 yillarda respublika bo‘yicha 53 ta ishlab chiqarish korxonasining qariyib 320 ta chang-gaz tozalash uskunalari modernizatsiya qilinadi. Tashlanmalarga yana bir omil — transport va piyodalar oqimi kesishadigan joylar, yonilg‘i sifati va magistral yo‘llarning yuklama darajasi yuqoriligi natijasida avtotransportlardan atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar yildan-yilga ortmoqda: o‘tgan yilda atmosfera havosiga 1,3 mln tonna chiqindi gazlari tashlangan".
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/ozbekistonda-2020-yilda-atmosferaga-tashlamalar-miqdori--22-mln-tonnani-tashkil-qildi-20395704.html
TOShKENT, 6 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati. Joriy yil 27-avgust kuni O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston qonuni ko‘rib chiqildi va senatorlar tomonidan tasdiqlangan edi.Mazkur Qonun quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan: O‘zbekiston armiyasining qariyb 100 foizi koronavirusga qarshi emlandi12 Avgust 2021, 19:45 birinchidan, O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan ijroga kiritilgan “Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishning yangi tizimi joriy etildi. Shunga asosan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 18, 20, 21, 38 va 46-moddalariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi. ikkinchidan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolarni 27 yoshga to‘lganlaridan keyin Qurolli Kuchlar rezerviga o‘tkazish belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari oylik harbiy yig‘inlarni o‘tab, Vatanga qasamod qabul qilib, tegishli harbiy mutaxassislik hamda yetarli harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lganlaridan so‘ng ham maqsadsiz ravishda 27 yoshga qadar SChR xizmatchilari hisobida turardilar. Mudofaa vazirligi O‘zbekiston hududida afg‘on Qurolli kuchlari samolyoti qulaganini tasdiqladi16 Avgust 2021, 17:14 Shu munosabat bilan Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar miqdorini oshirish, safarbarlik bo‘yicha va urush davrida tashkil etiladigan harbiy tuzilmalarni kerakli yosh mutaxassislar bilan to‘liq va sifatli butlash maqsadida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga o‘zgartish kiritildi, ya’ni safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari oylik harbiy yig‘inlarni o‘tab bo‘lganlaridan so‘ng yoshidan qat’iy nazar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ro‘yxatidan chiqarilib, Qurolli Kuchlar rezerviga o‘tkaziladi.uchinchidan, fuqarolarni birlamchi harbiy ro‘yxatga olish, harbiy xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash, dastlabki ravishda qo‘shin turlariga tayinlash maqsadida har yili aprel-may oylarida ta’lim muassasalarining bitiruvchi sinf o‘g‘il bolalarini chaqiruv uchastkalariga qayd etish ishlari amalga oshirilib kelinadi.Bundan tashqari, yilning mazkur davrida fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olish, oliy harbiy ta’lim muassasalari va “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga saralash, shuningdek mazkur toifa fuqarolarini hamda oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan zaxiradagi ofitserlarni ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari o‘tkaziladi.Mazkur tadbirlarning bir vaqtda o‘tkazilishi tibbiy komissiya shifokorlari hamda mudofaa ishlari bo‘limlari xodimlarining ish yuklamasini oshib ketishiga, bu esa o‘z navbatida chaqiruv uchastkalarida qayd etish ishlarini sifatli o‘tkazishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ushbu davrda bitiruvchilarning bitiruv imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlari ham olib boriladi. O‘zbek armiyasi bir yilda qanchalik kuchaydi10 Dekabr 2020, 14:00 Bayon etilganlar muammolarni bartaraf etish maqsadida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga o‘zgartish kiritildi, ya’ni fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish tadbirlari yilning aprel-may oylaridan yilning oktabr-noyabr oylariga o‘tkazildi.to‘rtinchidan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasida, mehnatga qobiliyatsiz, ya’ni nafaqada yoki nogiron bo‘lgan ota-onaning yolg‘iz o‘g‘li bo‘lsa, ularni boqishi lozim bo‘lgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa, ushbu chaqiriluvchi muddatli harbiy xizmatga chaqirilmasligi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra bugungi kunda nafaqaga chiqqan fuqarolarning oilaviy-moddiy sharoitlari yaxshiligi, olayotgan nafaqasi o‘zlarining to‘liq ta’minoti uchun yetarli ekanligi, ularni boqish uchun hech qanday qiyinchiliklar yo‘qligi sabab, yolg‘iz o‘g‘lini muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga yuborish orqali ularga kelajakda turli kuch tuzilmalarida shartnoma asosida xizmat qilish uchun imkoniyat yaratib berish yuzasidan murojaatlar soni ortib bormoqda. ArMI-2021: O‘zbekiston yutuqlari va natijalari5 Sentabr 2021, 14:33 Mazkur toifadagi fuqarolarga shart-sharoit yaratish, ya’ni ota-onalarning roziliklari bilan yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan chaqiruv yoshidagi fuqarolarga muddatli harbiy yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash imkoniyatini yaratib berish maqsadida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga o‘zgartish kiritildi, ya’ni oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan chaqiruv yoshidagi fuqarolar ota-onalarning roziliklari bilan muddatli harbiy yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tashlari mumkin.
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/ozbekistonda-harbiy-xizmat-togrisidagi-qonunga-ozgartish-kiritilmoqda-20381319.html
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Xalqlar Do‘stligi universiteti (RUDN) O‘zbekistonda “Ta’lim sohasida menejment”, yo‘nalishida milliy kadrlar tayyorlash bo‘yicha uchta dasturni ishga tushirmoqda, deb xabar qilmoqda oliygoh ma’muriyati. Malaka oshirish tadbirlari orasida quyidagi dasturlar amalga oshiriladi: Ta’lim muassasalarini raqamlashtirish sharoitida loyiha boshqarish faoliyati;Ta’lim jarayonlari boshqaruvida kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirish;OTM va oliygohlar aro hamkorlik sohachida zamonaviy yondashuvlar; O‘quv dasturining asosiy maqsadi – O‘zbekistonda IT-sohasida loyihalar boshqaruvi bilan shug‘ullanayotgan malakali kadrlar darajasini oshirishdir. Undan tashqari ma’muriy-xo‘jalik faoliyati olib borayotgan kadrlarning professional ko‘nikmalarini oshirish uchun sharoit yaratish va ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorligi yo‘nalishida zamonaviy yondashuvlar ishlab chiqishdir. ”Ushbu malaka oshirish dasturlari yo‘nalishlari milliy kadrlar ehtiyojlarini monitoring qilish hamda O‘zbekistonda 2018-2020 yillarda o‘tkazilgan malaka oshirish dasturlarining samaradorligini tahlil qilish asosida tuzilgan”, - deb izoh berdi RUDN. O‘quv darslari 20-sentabrdan boshlanib 9-oktabrga qadar davom etadi. Mashg‘ulotlarni RUDN o‘qituvchilari masofaviy shaklda olib borishadi. Batafsil ma’lumot bilan quyida tanishish mumkin. Malaka oshirishda ishtirok etish uchun elektron ko‘rinishda ariza hamda saytda berilgan anketani to‘ldirish kerak. O‘quv jarayoni bepul bo‘lib, kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan eshituvchilarga sertifikat beriladi.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/rudn-ozbekistonda-3ta-malaka-oshirish-dasturini-ishga-tushiradi-20396107.html
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Tergov qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aleksandr Fedorov Rossiya chegaralari perimetri bo‘ylab amerika biolaboratoriyalari qurilayotganiga munosabat bildirdi. "Rossiya Federatsiyasi va Rossiya Federatsiyasiga tutash chegaralarda joylashgan mamlakatlar yaqinida AQSh harbiy idorasi xorijiy biologik infratuzilmasining nazoratsiz va cheklanmagan miqdorda kengaytirilishi ham Rossiya, ham jahon hamjamiyati ekspertlarida katta tashvish keltirib chiqarmoqda", - dedi u "Xabarovsk jarayoni: tarixiy saboqlar va zamonaviy chaqiriqlar" xalqaro forumi davomida. Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev aprel oyida "Kommersant" nashriga bergan intervyusida, dunyoda, ayniqsa Rossiya va Xitoy chegaralarida, Amerika nazorati ostida bo‘lgan laboratoriyalar tobora ko‘payib borayotganiga ishora qilgan edi. U yerda, biologik qurol ishlab chiqarilmoqda, deyish uchun jiddiy asoslar bor, deya ta’kidlagandi Patrushev. O‘zbekistonda AQSh biolaboratoriyalari bo‘lmagan va bo‘lmaydi - Madaminov20 May 2021, 15:45 May oyida Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari Yuriy Averyanov RIA Novostiga bergan intervyusida, ushbu laboratoriyalardagi halokatli mikroblar go‘yoki tasodifiy ravishda tabiatga tarqalib ketishi va Rossiya hududi, shuningdek, chegaradosh mamlakatlarda odamlarning ommaviy qirilib ketishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi. Averyanovning fikriga ko‘ra, Vashington ko‘plab mamlakatlar uchun, birinchi navbatda harbiy ma’nodagi individual biologik tadqiqot rejalarini ishlab chiqadi va ularni turli qo‘shma dasturlar orqali amalga oshiradi. AQSh MDHdagi biolaboratoriyalarda o‘z faolligini kuchaytirmoqda - Medvedev20 Oktabr 2020, 19:07 Garchi Xitoy tomoni ko‘plab marotaba bunday faoliyat borasida aniq tushuntirish berishga chaqirgan bo‘lsada, AQSh o‘zining biologik laboratoriyalari faoliyati bilan bog‘liq xavotirlarga hech qanday aytarli javob bermadi, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin Averanovning so‘zlariga izoh berar ekan. 1949 yil 25-30 dekabrda bo‘lib o‘tgan Xabarovsk protsessida militarist Yaponiyaning SSSRga qarshilik ko‘rsatish rejalari oshkor bo‘lgan. Unda butun dunyo birinchi marta tayyorlanayotgan bakteriologik urush haqida xabar topgan. Sovet armiyasi 1945-yilning avgust oyida bu urushning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan. Tribunal Ikkinchi jahon urushiga yuridik nuqta qo‘ygan. "Xabarovsk jarayoni: tarixiy saboqlar va zamonaviy muammolar" forumi ham Uzoq Sharq uchun xalqaro harbiy tribunalning 75-yilligiga bag‘ishlangan. U Prezident grantlari jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazilmoqda. RIA Novosti - tadbir tashkilotchilaridan biridir.
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/tq-rossiya-chegaralari-yaqinida-aqsh-biolaboratoriyalari-tarmogi-kengayishi-xavotir-uygotmoqda-20388020.html
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Surxondaryo viloyati hududidagi harbiy qismlar havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari bilan aviatsiyaning intensiv uchish hududlarida dala o‘quv yig‘ini o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Yig‘in Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosarining tegishli buyrug‘iga asosan o‘tkazilmoqda. Hozirda “Termiz” dala o‘quv maydonida ana shunday o‘quv-uslubiy yig‘in boshlandi. “Dala o‘quv yig‘inini o‘tkazishdan asosiy maqsad to‘plangan tajribalarni yanada mukammallashtirish, jangovar harakatlarni tashkillashtirish va ularni zamonaviy sharoitlarda har tomonlama ta’minlash bo‘yicha egallangan bilimlarni mustahkamlashdan iboratdir”, - deyilgan xabarda. Yig‘in ishtirokchilari bilan saf tayyorgarligi, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini yangicha usullarda olib borish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Saf tayyorgarligi davomida harbiy xizmatchilarning ust-boshi, hujjatlari, qurollari ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘zbekistonda urib tushirilgan afg‘on HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi20 Avgust 2021, 14:12
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/afgoniston-bilan-chegarada--ozbekiston-harbiylari-oquv-yiginini-otkazmoqda-20393954.html
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. AQSh qayg‘uli yubileyga hozirlanmoqda – 11 sentbr kuni terakt uyushtirilganiga 20-yil bo‘ladi. Gollivudning falokat to‘g‘risidagi filmlarining barcha qonunlariga binoan noma’lum ssenaristlar tomonidan sahnalashtirilgan bu oxirgi zamon voqeasi Amerika hukumatining xalqaro terrorizmga urush boshlashini e’lon qilishga va boshqa mamlakatlarga qurolli bostirib kirishni boshlashiga sababchi bo‘ldi. Oradan 20-yil o‘tdi. Endi sarhisob qilsa ham bo‘ladi. AQShning mashhur Braun universiteti bu davr ichida amerikaliklan tomonidan ishg‘ol qilingan mamlakatlarda mininum million kishi o‘ldirilgan. Nita Kroford, universitetning “Urush bahosi” loyihasi asoschilaridan biri, bu “juda katta kichraytirib ko‘rsatish” ekanini ta’kidlamoqda. Qurbonlar ro‘yxatiga faqat to‘qnashuvlar paytida bevosita halok bo‘lganlar kiritilgan. Unga urushning turli balolaridan – infratuzilmalarning ommaviy vayron etilishi sabab yuzaga kelgan ochlik, tashnalik, kasalliklar, tibbiy yordam yo‘qligi - halok bo‘lganlar kiritilmagan. AQSh boshqa urush qila olmaydi. Ular dunyoda qanday hukmronlik qilmoqchi bo‘lgan2 Sentabr 2021, 16:12 Boshqa huquq himoyachilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘lim bundanda ko‘p bo‘lgan. Masalan, “Shifokorlar ijtimoiy ma’suliyat tarafdori” faqat Afg‘oniston, Iroq va Pokistonda 2001-yildan 2015-yilgacha bir millionga yaqin kishi o‘ldirilganini hisoblab chiqdi. Braun universiteti ma’ruzasida aks etgan o‘limlar tuzilishi qiziq: halok bo‘lganlarning 387 ming nafari tinch aholi bo‘lgan, 200 mingga yaqini amerikaliklar tomonida turib jang qilgan mahalliy harbiylar, yana 300 mingdan ko‘prog‘i ularni amerikaliklar “terrorchilar” deb atagan mahalliy partizanlar. Nita Kroford o‘limidan keyin terrorchilar safiga qo‘shilgan odamlarning katta qismi oddiy tinch aholi bo‘lganini tan oladi. AQSh harbiy xizmatchilaridan “terrorchilikka qarshi kurashish” chog‘ida yetti mingga yaqini halok bo‘lgan, shartnoma asosida xizmat qilayotganlardan sakkiz ming nafarchasining yostig‘i qurigan. Ya’ni ishg‘ol qilingan mamlakatlar aholisidan deyarli 100 baravargacha kam. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: AQSh halqaro hamjamiyatga shuni va’da qilgandimi? Yo‘q, prezident Jorj Bush hech ham yening armiyasi tinch aholi genotsid qilish bilan shug‘ullanishini gapirmagandi. U amerikaliklar Iroq, Afg‘onistonda va boshqa har yerda “milliy demokratik davlatlar” bunyod etishlarini va’da qilgandi. Barchaga dunyoning eng badavlat mamlakatining buning uchun hamma imoniyatlari bor bo‘lib tuyulgandi. AQSh dunyo politsiyasi bo‘lishni xohlar ekan – bo‘laversin. Amerikaliklar muammoli mamlakatlar hududiga kirishlari, real terrorchilik guruhlardan tozalashlari va hamkorlikka kuchli mahalliy siyosatchilarni jalb qilib, keyin ularga suyanib asta-sekin davlatni isloh qilishi nazarda tutilgan edi. Masalan, ko‘zga ko‘ringan qadam Afg‘onistonga sobiq qirol Zohirshohni taklif qilish bo‘lgan bo‘lardi. U shuhratga ega edi va mamlakatni birlashtira olgan bo‘lardi. Qobul "amerikancha orzu" bilan vidolashmoqda: jihod davom etapti17 Avgust 2021, 00:53 Lekin yo‘q, amerikaliklar buni qilishmadi. Ular mahalliy siyosatchilar orasida salbiy saralashni boshlashdi. Hukumat tepasiga – juda shartli ravishda, albatta, - faqat eng sotqin, eng uquvsiz, xalq ichida eng ko‘zga ko‘rinmaganlar kelishiga yo‘l qo‘yib berishdi. Milliy sotqinlarni, sodda qilib aytganda. Afg‘onistonning oxirgi prezidenti Ashraf G‘anining avgust oyidagi eng asosiy tashvishi mamlakatdan tezroq uchib ketish bo‘ldi. Boz ustiga uning qo‘riqchilari apil-tapil to‘rt mashina va vertolotga dollar to‘la qoplarni tiqib soldi. Vertolotdan dollarlar sochilgan. Milliy yetakchining tarixiy onlari, boshqa nima ham deya olasan. Aslida amerikalik hamkorlarning yagona tashvishi egallab olingan hududlarni xaosga cho‘mdirish bo‘lgan. U yerda esa keyin har qanday noqonuniy ishlar ortidan boyish – narkotik savdo-sotig‘i, u yerda o‘z qurol-yarog‘larini sotish. O‘sha Braun universiteti AQSh “terrorizmga qarshi urushga” sakkiz trillion dollardan ko‘proq sarflagan. Bu juda aldamchi raqam. Pullar rasmiyatchilik jihatdan ishg‘ol qilingan hududlarni rivojlashtirishga ketgan. Biroq, ko‘rib turganimizdek, ular yoqqa yetib borishmadi. Iroq va Liviya qashshoqlikka yuz tutdi. Afg‘onistonda aholining uchdan bir qismi ochlikdan azob chekadi. Budjetdan katta o‘g‘irliklar qiziqarli jinoiy ishlar uchun sabab bo‘lgan bo‘lardi. Bu kam. Afg‘oniston u yerga amerikaliklar kirgandan keyin ulkan narkolaboratoriyaga aylandi. U dunyodagi geroiniing 90 foizi ishlab chiqariladi. Afg‘onlar narkotik savdo-sotig‘idagi foydaning asosiy qismi aynan amerikalik harbiylar qo‘liga kelib tushadi deb o‘ylashadi. Ya’ni trillionlarcha investitsiyalar shunchalik shaxsiy cho‘ntaklarga solingan va foyda bilan AQSh qaytishgan. Shok va dahshat: dunyo Afg‘onistonda o‘z taqdirini ko‘rdi16 Avgust 2021, 16:24 U yerda terrorizm bilan bog‘liq vaziyat qanday? Axir hammasi aynan unga qarshi kurashish uchun qilingan ediku. Lekin Afg‘oniston, Iroq, Liviyadagi teraktlar soni bu vaqt ichida bir necha barovarga o‘sdi va hamma hammaga qarshi fuqarolar urushiga aylandi. Ilgari aytilgan milliy davlatlar o‘rniga o‘zaro jang qilayotgan alohida qabilalar, klanlar va bandalar paydo bo‘ldi. G‘arb demokratiyasi o‘rniga o‘rtadagi kabi sudsiz qatllar, ommaviy qirg‘inlar, ayollar, bolalar va kam sonli xalqlar ustidan masxara qilish kuzatildi. Ular terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilgan tashkilot yetakchilari bilan amerikalik harbiylar o‘ta tushunib bo‘lmaydigan munosabatlarga ega. Avvaliga ular “Tolibon”* dohiylarini qamoqqa tiqishdi. Keyin qo‘qqisdan ularni ozod qilsh – mana hozir aynan o‘sha odamlar Kobulga kirib, afg‘on hukumatiga rahbarlik qilmoqdalar. IShID* jangarilarini amerikalik harbiylar Suriyadagi to‘qnashuvlar paytida pana qilishdi. Bu haqda rossiyalik harbiylar va diplomatlar bir necha bor aytishgandi. Umuman olganda, “oliy, oliy munosabatlar”. Amerika iqtisodiyoti talangan hududlar hisobiga tom ma’noda qonni dollarga qayta ishladi. Amerikalik siyosatchilar barini yaxshigina anglashardi. 1996-yili CBS telekanali boshlovchisi Madlen Obraytdan so‘radi: “Iroqda – (amerika sanksiyalari natijasida – tahr.) YuNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, yarim millionga yaqin bola halok bo‘lgan. Bu Xirosomidagidan ham ko‘proq. Nahotki bu unga arzirdi?” – “Qiyin tanlov”, - deya javob qaytardi Olbrayt. – Lekin ha, u bunga arzirdi”. Narkotiklar, soliqlar va sirli homiylar. Toliblar milliardlarni qayerdan oladi1 Sentabr 2021, 18:17 Bir necha yil ilgari iroqlik bolalar hayotini amerika sanksiyalari emas, balki amerika o‘qlari olib ketdi. Kuni kecha amerika bombasi Kobuldagi avtomobilni portlatdi. Taxminlarga ko‘ra, u minalashtirilgan bo‘lgan. Portlash yaqin atrofda bo‘lgan yigirmatagacha kobulliklarning umriga zomin bo‘ldi. Ular orasida olti bola bor edi. Eng kichik qizaloq 2 yoshda edi. Amerikalik harbiylar tomonidan terrorizmga qarshi kurashish deb ataluvchi urush vaqtida sodir etgan jinoyatlari, albatta, puxta xalqaro tekshiruvga sazovor. AQSh o‘z vaqtida Xalqaro jinoyat sudi ishida qatnashishdan ehtiyotkorlik bilan bo‘yin tovladi. Ammo butun dunyo bo‘ylab huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar va notijorat tashkilotlar Amerika ishg‘olining dahshatli yilnomasini yozmoqda. Bu bizning halok bo‘lganlarning oldidagi umumin qarzimiz. Dunyo politsiyachisini esa zudlik bilan iste’foga jo‘natish kerak. Bugungi kunda Rosssiya xalqlarni demokratiyalashtirayotgan amerikaliklarning qurolidan qutqaruvchi yagona xaloskor bo‘lib qolmoqda. Rossiya harbiylari Suriyada “nazorat qilinayotgan xaos”ni to‘xtatishdi. Rossiyalik diplomatlar Ukrainada fuqarolar urushi boshlanib ketishiga yo‘l qo‘yishmadi. Rossiya Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qon to‘kishni to‘xtatdi. Biz tinchlik va xavfsizlik eksport qilamiz, amerikaliklar esa qonli xaos. Ularni qo‘llardagi bolalar qoni qo‘rqitmaydigan amerika gegemoniyasining ashaddiy muxlislariga eslatib o‘tmoq joizki, Vashington xatti-harakati so‘ngi paytlarda hatto amerikaliklarning o‘zini dahshatga solmoqda. Harbiy ekspert: AQSh Afg‘onistonda o‘zidan keyin qurol, urush va xaosni qoldirdi1 Sentabr 2021, 11:41 “Avval Vyetnam va Kubadagidek Afg‘onistonda, Iroqda, Suriyada tahqirlangan Amerika imperiyasi o‘zining qulashiga, kuchsizliga va yovvoyilashib borayotganiga ko‘rligicha qolmoqda, - deya yozadi taniqli amerikalik jurnalist Kris Xejes. – Soyada qolib, imperiyani manipulyatsiya qilayotganlar, <…> afg‘onlar o‘limidan shodlanishlari va ular qurayotgan dorlar ularning o‘zlari uchun mo‘ljallanganini tushunmasdan “u bunga arzirdi” deb o‘zlarini ishontirishlari mumkin”. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/amerika-buyuk-urushni-sarhisob-qilyapti-oldirilganlar-million-trillionlar-omarilgan-20384222.html
TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Bugun 18:00 dan so‘ng shahardagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. "Bugun, 6-sentabr kuni soat 18.00dan 23.00gacha Paralimpiya qatnashchilarini kutib olish marosimi tufayli bir necha ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi", - deyiladi xabarda. Paralimpiada-2020: O‘zbekiston umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egalladi5 Sentabr 2021, 19:09 Quyidagi ko‘chalar yopilishi ko‘zda tutilgan: Qumariq ko‘chasi Qumariq 7-tordan TXAYgacha bo‘lgan oraliq 3-aeroport maydonigacha bo‘lgan qismi. Shuningdek, Beshog‘och ko‘chasi Furqat ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq, vaqtincha Bobur, Nukus, Afrosiyob, I.Karimov, Sh.Rashidov, A.Navoiy va A.Temur hiyoboni oldi ko‘chalarida harakat cheklanadi.
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/bugun-toshkentdagi-ayrim-kochalar-vaqtincha-yopiladi-20383719.html
TOShKENT, 7 sen - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistonda "Tolibon"* hukumatini tan olishgacha hali ancha vaqt bor, deya bayonot qildi. Oq uy matbuot-xizmati tomonidan tarqatilgan jurnalistlar puli axborotida aytilishicha, AQSh prezidenti allaqanday bayonot qilish maqsadida o‘zini kutib turgan jurnalistlar yoniga yaqinlashgan. "Ertaga katta kun kutmoqda", - deya so‘z boshlagan Bayden, ammo jurnalistlar uning gapini Afg‘oniston haqidagi savollar bilan bo‘lib tashlashgan. Amerika buyuk urushni sarhisob qilyapti: o‘ldirilganlar million, trillionlar o‘marilgan6 Sentabr 2021, 16:23 Jumladan, unga toliblar rejimini tan olish haqida savol berishgan. "Bungacha hali uzoq. Bungacha hali juda uzoq", - degan Bayden bu savolga javoban. Bir oy avval toliblar hukumat kuchlariga hujumlarni faollashtirib, 15-avgust kuni Qobulga kirib borishgan edi. Ertasi kuni ular Afg‘onistonda urush tugaganligini, mamlakat boshqaruv shakli esa tez orada ma’lum bo‘lishini aytishdi. 31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Qobul aeroportini tark etib, bu bilan Qo‘shma Shtatlarning Afg‘onistondagi 20-yillik mavjudligiga nuqta qo‘ydilar. * Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/bayden-toliblarni-tan-olish-haqidagi-savolga-javob-berdi-20391669.html
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Panjshirdagi qarshilik ko‘rsatish kuchlari ushbu provinsiyada “Tolibon”ga qarshi kurashni to‘xtatgani yo‘q, deb xabar qildi Afg‘oniston qarshilik fronti matbuot kotibi Ali Nazariy Twitterda. "Andarab va Panjsher viloyati Hindukushdagi vatandonlar sher va burgutlar bugun uyimizni shu hafta kelgan ifloslikdan qahramonlik bilan tozalamoqda", - dedi Nazariy. Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi6 Sentabr 2021, 10:55 Avgust oyi boshida Tolibon* jangarilari AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketishi fonida hukumat kuchlari pozitsiyalariga hujum boshlashdi va 15-avgustda Kobulga kirishdi. 6 sentabr kuni Tolibon* nazoratga olmagan viloyat - Panjsherni qo‘lga kiritganini e’lon qildi. Qarshilik kuchlari bu ma’lumotni rad etishdi. * Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/panjsherda-janglar-qayta-boshlandi-20395437.html
O‘zbekistonlik sportchilarning muvaffaqiyati kutilganidan ham ortiq bo‘ldi, asosiysi - sportchilar barcha qiyinchiliklarini yengib o‘tib o‘zlariga va butun dunyoga nimalarga qodir ekanliklarini namoyish qilishdi, deb o‘z mulohazalari bilan bo‘lishdi turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov. "Aksariyat uchun sport bilan shug‘ullanishning o‘zi bir yutuq. Bunday nufuzli musobaqada ishtirok etish esa - buyuk sharafdir. Shuning uchun ularning barchasi biz uchun qahramonlardir", - dedi vazir. Tokio O‘yinlarida eng yorqin g‘alabalardan biriga erishgan sportchi Safiya Burxanova, ikki hafta davom etgan musobaqalar va bir necha soatlik parvozlardan so‘ng o‘yga qaytishdan juda mamnun ekanini qayd etdi. Sportchilar Toshkent Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi, ularga zarbop choponlar kiydirildi va tantalari kortej bilan Toshkent bo‘ylab aylantirildi. Ushbu yorqin marosimni Sputnik muxbiri lavhalarida tomosha qilishingiz mumkin.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/toshkent-paralimpiada-qahramonlarini-minnatdorlik-bilan-kutib-oldi-20391505.html
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatda qayd etilishicha, Toshkent shahrida qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlarning keskin oshishi natijasida ekologik yuklamani pasaytirish zarurati kelib chiqmoqda. Bundan tashqari, shahar aholisining madaniy hordiq olishi uchun yashil zonalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish taqozo etilayapti. Hujjatdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri, bu – Toshkentni “yashil shahar”ga aylantirishdir. 2023 yilga qadar shahar umumiy maydonining ko‘kalamzorlashtirish darajasi 30 foizga yetkaziladi. Bu shahar va tuman hokimliklarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. Demak, ana shu muddatgacha bo‘lgan 1-yilu 4 oy vaqt davomida juda katta hajmda ish bajarilishi lozim. Lekin vaqt tig‘iz degan vaj bilan daraxtlarning duch kelgan navini duch kelgan joyga ekishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir daraxt ko‘chati o‘sha hududning iqlimi va yer maydonining xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar asosida tanlab olinadi. Prezident Ekoqo‘mita raisini ishdan bo‘shatdi24 Avgust 2021, 16:31 Qarorga binoan, 2021-2023 yillarda Toshkent shahridan o‘tadigan kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sayilgoh tashkil etish bo‘yicha manzilli dastur; 2021-2022 yillarda Toshkent shahrida umumiy soni 1 500 ta suv quduqlarini tashkil etish bo‘yicha dastur;2021-2022 yillarda Toshkent shahrida piyoda va velosiped yo‘laklarini qurish bo‘yicha dastur;2021-2022 yillarda Toshkent shahri mahallalarida “yashil zona”lar va xiyobonlar tashkil etish bo‘yicha dasturlar tasdiqlandi. Poytaxt aholisi va mehmonlarni quvontiradigan yangiliklardan yana biri – Toshkent shahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraksionlardan xoli bo‘lgan jamoat istirohat bog‘i tashkil etiladi. Bundan tashqari, har bir tumanda kichik yashil istirohat bog‘lari barpo etiladi. Jamoat istirohat bog‘lari 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritadi. Uch oy muddatda xalqaro mutaxassislar, dizaynerlar va arxitektorlarni jalb etgan holda bog‘larni barpo etish konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Qarorda ko‘zda tutilgan keng ko‘lamli jarayonlarga tadbirkorlar ham o‘z hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Chunonchi, Bektemir va Uchtepa tumanlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish vazifalarini autsorsing asosida tadbirkorlarga berish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mazkur tumanlar aholisiga esa eksperiment natijalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirish imkoni yaratiladi. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligining “1million daraxt” deb nomlangan yana bir ajoyib tashabbusiga ham rozilik berildi. Unga ko‘ra, 2021-yilning kuz va 2022-yilning bahor mavsumlarida poytaxt hududida 1 million tup daraxt ekiladi. Shu o‘rinda bir mulohaza: uzoq yillar davomida falon tup ko‘chat ekildi, falon tup mevali va manzarali daraxtlar o‘tqazildi, degan hisobotlarga hamma ko‘nikib qolgan, aniqrog‘i birov ularga e’tibor ham bermaydigan bo‘lib qolgan edi. Ayniqsa, bunday hisobotlar umumxalq hasharlari chog‘ida “baralla” yangrar edi... Vaholanki, o‘sha hisobotlarda ko‘rsatilgan ko‘chatlarning o‘ndan biri saqlanib qolganda ham, mamlakat shaharlari yashillik ko‘rsatkichi bo‘yicha tropik o‘rmonlarni-da ortda qoldirib ketgan bo‘lardi. Joylarda daraxtlarni saqlash bo‘yicha guruhlar tashkil etiladi24 Avgust 2021, 16:55 Qarorga binoan, Toshkent shahar hokimligi huzurida xo‘jalik hisobidagi “Toshkent sayilgohi direksiyasi”ning tashkil etilgani bu kabi muammolarga chek qo‘yilishiga umid uyg‘otadi. Bu mavzuning ayniqsa dolzarbligini inobatga olgan holda, direksiya zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni keltirib o‘tishni lozim topdik: Toshkent shahrida mavjud va yangi barpo etiladigan istirohat bog‘lari, mavzuli xiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va xiyobonlarning namunali saqlanishini ta’minlash, xizmat ko‘rsatiladigan hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish va obod qilish;Ko‘kalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va ko‘kalamzorlashtirilgan maydonchalarni ta’mirlash;Sun’iy sug‘orish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, yo‘llar va yo‘laklar, ko‘chalarni yoritish vositalari va favvoralarning sanitariya va texnik jihatdan zarur holatda bo‘lishini ta’minlash. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, “1million daraxt” tashabbusini amalga oshirish 2021-yil kuz mavsumidan boshlanadi. Sentabrning dastlabki haftasi ortda qolgani inobatga olinsa, aksiya boshlandi, deb hisoblash mumkin. Demak, maqola avvalida aytilganidek, fuqarolar uchun poytaxtni “yaxshilash va yashillash” jarayonida qatnashish imkoniga ham start berildi. Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024-yilga qadar uzaytiriladi24 Avgust 2021, 18:01
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/toshkent-yashil-shaharga-aylantiriladi--qanday-vazifalar-belgilandi-20381057.html
TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Afg‘oniston aholisi norozilik namoyishlari va mitinglar o‘tkazishlari kerak emas, sababi, mamlakat endigina inqirozdan chiqdi. Bu haqda toliblarning Twitterdagi akkauntida e’lon qilingan video-murojaatda "Tolibon"* harakati vakili Zabiulla Mujohid bayonot berdi. "Biz hozirgina inqirozdan chiqdik, shu bois, erkaklar va ayollardan, shuningdek, aholining barcha qatlamidan bunday sharoitda namoyishlar o‘tkazmaslikni so‘raymiz", - deb aytgan Mujohid. Sobiq Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh Tojikistonga qochdi - OAV6 Sentabr 2021, 12:01 Eslatib o‘tamiz, bir oz avval o‘tkazilgan matbuot-anjumanida toliblar yangi hukumatni shakllantirish borasida qaror qabul qilish jarayoni nihoyalangani, faqat texnik masalani hal qilish qolgani haqida xabar berishgan edi. Zabiulla Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning yangi hukumati bir necha kundan so‘ng e’lon qilinadi, hozircha aniq sana aytilmayapti. Matbuot-anjumanida toliblar boshchiligidagi hokimiyat konstitutsiyasi haqida ham savol berilgan. "Konstitutsiyaga keladigan bo‘lsak, shuni aytishim kerak-ki, tizim (hukumat) tasdiqlanishi bilan konstitutsiya ustida ish boshlanadi, u yoki qayta ko‘chiriladi, yoki bo‘lmasa unga o‘zgartishlar kiritiladi", - deb aytgan Mujohid bu savolga javoban. Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida "Tolibon"* jangarilari AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi fonida hukumat kuchlari pozitsiyalariga hujumga o‘tib, oy o‘rtalariga kelib, Qobulga kirib borishgan edi. Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi6 Sentabr 2021, 10:55 Mamlakat prezidenti iste’fo berdi va mamlakatni tark etdi, toliblar esa mamlakatda urush tugaganini e’lon qilib, boshqaruvning yangi shakli tez orada aniqlashtirilishi haqida ma’lum qildilar. Shu vaqtgacha jangarilar taslim qilolmagan hudud - Panjsher provinsiyasi dushanba kuni toliblar tomonidan to‘liq egallab olingani haqida xabarlar tarqaldi. Ahmad Mas’ud boshchiligidagi mahalliy qarshilik harakati vakillari bu xabarni rad etmoqda.
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/toliblar-afgon-xalqidan-namoyishlardan-voz-kechishni-soradi-20383229.html
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Sirdaryo viloyati Guliston shahrida bir qizni Rossiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jo‘natayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. DXXning Sirdaryo viloyat boshqarmasi bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda S.O‘. fuqaro N.ni Rossiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Toshkent xalqaro aeroportiga olib ketayotgan vaqtida ushlangan. U qizga “Toshkent-Domodedovo” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilgan. S.O‘.ning Rossiyada sherigi ham bo‘lgan. Ular bu ishni oldindan til biriktirib sodir etishmoqchi bo‘lishgan. Toshkentda uch qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi9 Avgust 2021, 12:44 Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/sirdaryoda-bir-qizni-rossiyaga-fohishalikka-jonatmoqchi-bolgan-fuqaro-qolga-olindi-20394388.html
TOShKENT, 7 sent – Sputnik. Toshkent shahrida "Bunyodkor" stadioni hududida Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan Yangi O‘zbekiston universiteti uchun ilk marotaba qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri. Qayd etilishicha, Yangi O‘zbekiston universitetiga kirish imtihonlarining 1-bosqichida — jami 6000 dan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan ikkinchi bosqichga 1213 nafar nomzod muvaffaqqiyatli o‘tib, test sinovlariga kirishi belgilangan. Jarayonga jami 3 soat vaqt ajratildi. Imtihonlar "Cambridge Assessment" tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan bo‘lib, unda yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal ball 60 ballni tashkil etadi. Yangi O‘zbekiston universiteti barcha bilimdon yoshlar uchun ochiq – Asadov28 Iyun 2021, 12:26 Test javoblarini tekshirishga ham ‘Cambridge Assessment’ tashkilotining o‘zi mas’ul bo‘ladi va bu jarayonlarga Davlat test markazi aralashmaydi. Savollar 10–11 sinf maktab darsliklari asosida tuzilgan. Imtihon natijalari sentabr oyining oxiriga qadar e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan. Qabul kvotasi esa 300 nafarni tashkil qiladi. Ma’lumot o‘rnida, Yangi O‘zbekiston universiteti o‘z yo‘nalishida "Dunyoning eng yaxshi 100 universitetlari" reytingida 1-o‘rinda turadigan Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlik qiladi.
2021-07-09
https://oz.sputniknews.uz/20210907/yangi-ozbekiston-universitetiga-kirish-imtihonlarida-dtm-ishtirok-etmadi-20391097.html
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Ushbu Paralimpiya o‘yinlarida 48 nafar o‘zbekistonlik sportchi turli sport yo‘nalishlarida o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi. O‘yinlar yakunlariga ko‘ra mamlakat jamoasi 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu mamlakatning musobaqalarni umumjamoa hisobida 162 delegatsiya orasida 16-o‘rinda yakunlashiga imkon berdi. Bu ko‘rsatkich Osiyo jamoalari (Xitoy, Yaponiya va Erondan so‘ng) va MDH (Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan keyin) mamlakatlari orasida to‘rtinchi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar orasida esa birinchi bo‘ldi Hozir Tokio shahridagi Olimpiya stadionida musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonlik paralimiadachilar Toshkentga ertaga qaytib keladi.
2021-05-09
https://oz.sputniknews.uz/20210905/paralimpiada-2020-ozbekiston-umumjamoa-hisobida-16-orinni-egalladi-20376495.html
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-sentabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri. Prezident bugun farmatsevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishadi. Hafta davomida “1 million dasturchi” loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, hafta davomida davlat rahbarining Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Paralimpiada-2020: O‘zbekiston umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egalladi5 Sentabr 2021, 19:09
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/shavkat-mirziyoev-ozlidep-qurultoyida-qatnashadi-20379016.html
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. 2021–2022 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda. 1. magistr.dtm.uz sayti orqali - saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda; 2. mandat.dtm.uz sayti orqali - saytining "Magistratura-2021" bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda; 3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda): @mandat2021bot, @mandat_2021_1_bot, @mandat2021_2_bot, @mandat2021_3_bot, @mandat2021_4_bot; 4.test natijalari qaydnomasi orqali. Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/magistraturaga-kirish-imtihonlarining-yakuniy-natijalari-elon-qilindi-20377291.html
TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Kecha, 5-sentabr kuni Pokiston tomonining tashabbusi bilan O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va Xitoyning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari virtual shaklda muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni birlashtirish, tez fursatlarda mamlakatda keng vakillik asosida inklyuziv hukumat tuzish, inson huquqlari, jumladan, ayollar va milliy ozchilik huquqlarini ta’minlash muhimligini ta’kidladilar. Toliblar tomonidan Afg‘onistonda xalqaro terroristik tashkilotlar faoliyatiga hamda ushbu mamlakat hududidan qo‘shni davlatlarga har qanday tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish muhimligiga e’tibor qaratildi. Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi6 Sentabr 2021, 10:55 Afg‘onistonga har tomonlama ko‘maklashish, xususan, pandemiya davrida insonparvarlik yordami ko‘rsatish va oziq-ovqat inqiroziga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/ozbekiston-afgoniston-boyicha-onlayn-uchrashuvda-ishtirok-etdi--20380834.html
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Stokgolmda FIFA kunlari doirasidan o‘rin olgan Shvetsiya - O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Srechko Katanes boshchiligidagi ilk o‘yini edi. “Friends Arena” stadionida kechgan bahsdagi hisob o‘zbekistonlik futbolchi Abdulla Abdullayevning avtogoli bilan ochildi. 35-daqiqada Shvetsiya jamoasi ikkinchi golni kiritdi. 71-daqiqada Eldor Shomurodov oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinda boshqa gollar urilmadi. Shu tariqa, O‘zbekiston Shvetsiyaga 1:2 hisobda mag‘lub bo‘ldi.
2021-05-09
https://oz.sputniknews.uz/20210905/srechko-katanets-boshchiligidagi-ilk-oyinda-oq-borilar-kichik-hisobda-maglub-boldi-20376685.html
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Gulnoza Ismoilova European International Womenʻs Leadership Awards mukofotining 2021-yilgi sovrindori bo‘ldi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda. Forum davomida mukofotlar Germaniya (yashil texnologiyalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi), Mo‘g‘uliston (ayollarni ishga joylashtirishga qo‘shgan hissasi), Marokash (davlat sektorida ayollarning ishtirokini kengaytirishga qo‘shgan hissasi), Belgiya (zaif ayollarni himoya qilish hissasi), Falastin (ziddiyatlar sharoitida ayollarni himoya qilishga qo‘shgan hissasi), Kashmir (ayollar qadr -qimmatini himoya qilishga hissasi) va O‘zbekiston (gender tenglik va demokratik jarayonlar uchun) ayollariga topshirildi. Yevropa Ittifoqi poytaxti Brusselda bo‘lib o‘tgan mazkur taqdirlash marosimida Germaniya, AQSh, Isroil, Belgiya, Buyuk Britaniya, Belgiya kabi mamlakatlarning vakillari ham ishtirok etishdi. "European International Womenʻs Leadership Awards taqdimoti jamiyatda va hayotda faolligi bilan minglab ayollarning ovoziga aylangan, ayollar haqidagi mavjud stereotiplarni o‘z faoliyati bilan o‘zgartirishga hissa qo‘shayotgan ayollar uchun e’tirofdir”, - deyilgan xabarda Mazkur taqdimot ilk bor 2019-yilda turli qit’alardan yig‘ilgan ayollar ishtirokida o‘tkazilgan. Shundan buyon Yevropa Ittifoqining mazkur mukofoti jahonning barcha davlatlaridan ishbilarmon, bilimli va faol ayollarni taqdirlash va ularni mehnatini dunyo hamjamiyatiga tanishtirish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.
2021-05-09
https://oz.sputniknews.uz/20210905/ozbekiston-vakili-ilk-marta-evropa-xalqaro-ayollar-etakchiligi-mukofoti-bilan-taqdirlandi-20372353.html
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanes boshchiligidagi ilk o‘yinini Shvetsiyaga qarshi o‘tkazdi. Stokgolmda kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida “oq bo‘rilar” 1:2 hisobda shvedlarga mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin bosh murabbiy Srechko Katanes uchrashuv haqida fikr bildirib, ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. “Eng avvalo, Shvetsiya terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi taassurotimga keladigan bo‘lsak, O‘zbekistonga kelganimga hali ko‘p bo‘lmadi. Umuman olganda, bugungi o‘yindan qoniqdim. Biz yaxshi o‘ynadik, lekin xatolarimiz ham bo‘ldi. Bu albatta normal holat. Sababi, tarkibimizda yosh o‘yinchilar ko‘p edi”, - dedi u. Katanes Shvetsiyaning katta turnirlar tajribasi borligiga to‘xtaldi va bu uchrashuv O‘zbekiston jamoasi uchun katta tajriba bo‘lgan. Shvetsiyadek jismoniy jihatdan kuchli raqibga qarshi o‘ynash oson emas. “Men natijadan vahimaga tushmayapman. Sababi, asosiy vazifamiz yoshlarga imkoniyat berib, ularni sinab olish edi, busiz iloji yo‘q, chunki biz o‘sishimiz kerak. O‘zingizga ma’lum, kuchli jamoa qurish uchun yillar kerak. Umid qilaman, hamma o‘z ustida ishlaydi va to‘xtab qolmaydi”, - deya xulosa qildi Katanes. Eslatib o‘tamiz, sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanes bilan 27-avgust kuni shartnoma imzolangan edi. Unga ko‘ra Katanes 2025-yilga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. Srechko Katanes boshchiligidagi ilk o‘yinda “oq bo‘rilar” kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi5 Sentabr 2021, 20:07
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/kuchli-jamoa-qurish-uchun-yillar-kerak--katanets-20377866.html
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Bugun, 6-sentabr kuni, O‘zbekistondagi 10 083 ta umumta’lim maktabida an’anaviy shaklda darslar boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qadam qo‘ygan. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirilgan. Ministerstvo narodnogo obrazovaniya UzbekistanaPerviy zvonok: shkoli Uzbekistana otkrili dveri dlya uchenikov Perviy zvonok: shkoli Uzbekistana otkrili dveri dlya uchenikov Ministerstvo narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Joriy yilda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, unda maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari, tadbirkorlar hamda davlat idoralari rahbarlari ham ishtirok etgan. “Bilimlar kuni” maktablarda “Mustaqillik dars”lari bilan boshlanib, unda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishgan yutuqlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab beriladi. Ma’lum sabablarga ko‘ra maktabga bora olmagan bolalar uchun parallel ravishda “Onlayn maktab” loyihasi doirasida MTRK telekanallari orqali ham uydan ta’lim olishga imkoniyat yaratilgan. O‘zbekistonda qizlar maktabga ro‘mol va do‘ppida borishlari mumkin4 Sentabr 2021, 15:31
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/ozbekiston-maktablarida-birinchi-qongiroq-jarang-sochdi-20378867.html
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Daily Express nashri britaniyalik harbiylar Qobuldan qay tarzda evakuatsiya qilinayotgani haqida o‘ta ajoyib yangilik bilan bo‘lishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Afg‘onistonda maxfiy missiya bilan bo‘lib turgan Britaniya Alohida havo xizmati qo‘shinlari (SAS) Qobulning toliblarga topshirilishi vaqtida g‘aflatda qolishgani aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, yigirma nafar harbiy xizmatchilar Afg‘oniston janubida topshiriq bajarishayotgan bo‘lishgan. Ular o‘zlarining mamlakatdan evakuatsiya qilinishi uchun vertoletlar yo‘qligi haqida ogohlantirish olgach, poytaxtgacha mustaqil yetib borishga majbur bo‘lishadi. Sobiq Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh Tojikistonga qochdi - OAV6 Sentabr 2021, 12:01 "Ular operatsiyani to‘xtatish va zudlik bilan Qobul orqali evakuatsiyaga tayyorlanish haqida ogohlantiriladi", - deb xabar qildi o‘z ismini ma’lum qilishni istamagan manba. Harbiylar shu tarzda qurol-aslaha va maxsus vositalarini qoldirib ketishga majbur bo‘lishgan. O‘z hayotlarini saqlab qolish uchun esa, paranji kiyib, taksida Afg‘oniston poytaxtiga qarab yo‘l olishgan. "Bir nechta xatarli holatlar bo‘lgan, ammo jangarilar hatto ayollardan paranjilarini yechishni xohlashmagan", - deb xabar qiladi Britaniya OAVlari. Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi6 Sentabr 2021, 10:55 Bosqinchilar tomonidan tashkillashtirilgan blokpostlarda Buyuk Britaniya harbiylari ular o‘ta xudojo‘y ayollar ekanliklari va toliblarning Afg‘oniston hukumati tepasiga kelishini shaxsan olqishlashni istashlari haqida gapirishgan. Va bu nayrang ish bergan. Britaniyaliklar ayollar kiyimini faqat o‘z yurtdoshlari davrasiga kelib qo‘shilgandagina yechishga muvaffaq bo‘lishgan.
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/gulchatoy-och-yuzingni-britaniya-spetsnazi-qobuldan-paranjida-qochdi-20379592.html
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. “UzAuto Motors” kompaniyasi Tojikistonda “Chevrolet”ning to‘rtta modelini sotishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. Qo‘shni mamlakatdagi mijozlarga “Spark”, “Cobalt”, “Nexia” va “Lacetti” modellari taklif qilinmoqda. Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 1/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 2/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 3/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 4/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 5/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 6/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 1/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 2/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 3/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 4/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 5/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane 6/6 Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane Ta’kidlanishicha, “Lesinvest” kompaniyaning rasmiy distributori sifatida Tojikistonda “Chevrolet” segmentatsiyasidagi avtomobillarni sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni boshqarib boradi. “UzAuto Motors” Tojikistonda o‘z avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi12 Iyun 2021, 10:08 Kompaniya avtomobillarni raqobatbardosh narxlarda sotishni ta’minlash maqsadida dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish va Tojikiston banklari bilan hamkorlikda kredit dasturlarini ishga tushirishni rejalashtirgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq “UzAuto Motors” Tojikistonda o‘z avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan edi. Buning uchun “Auto Motors Tadjikistan” qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolangan edi.
2021-05-09
https://oz.sputniknews.uz/20210905/uzauto-motors-tojikistonda-oz-avtomobillarini-sotish-boshladi-20371509.html
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Buxoro viloyati Jondor tumanida tanishi bilan bo‘lgan ishqiy munosabatini oshkor qilishini aytib, tovlamachilik qilayotgan qiz qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma’lum qilinishicha, Romitan tumanida yashovchi 30 yoshli fuqaro R.Sh. tanishi I.K. bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Qiz xushtoriga o‘z munosabatlarini uning oila a’zolariga oshkor qilishini aytib qo‘rqitgan va undan pul talab qilgan. Xushtoridan suratlarni tarqatmaslik uchun 200 mln so‘m olgan ayol yana pul olayotganda ushlandi29 Iyun 2021, 16:44 Fuqaro I.K. bu haqda ichki ishlar bo‘limiga xabar qilgan. Natijada ayol Jondor tumanining "Qozikent" mahallasidagi "Ziyo" kafesida jazmanidan 330 ming so‘m pulni olayotgan vaqtda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan R.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
2021-05-09
https://oz.sputniknews.uz/20210905/buxoroda-jazmanini-qorqitib-undan-pul-undirmoqchi-bolgan-qiz-ushlandi-20376249.html
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP)Maqsuda Vorisovani prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqladi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi. Partiyaning 6-sentabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan XII qurultoyida O‘zbekiston prezidentligiga partiya markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova nomzodi syezd delegatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlangan. Maqsuda Vorisovaning saylovoldi dasturida "Barchaga g‘amxo‘rlik davlatning burchidir!" shiori asosida 9 ta yo‘nalish bo‘yicha maqsad va vazifalar ilgari surilgan. O‘zbekiston prezidentligiga Alisher Qodirov nomzodi tasdiqlandi26 Avgust 2021, 13:34 Ijtimoiy tenglik va xalq demokratiyasi mezonlariga mos keladigan davlat va jamiyat barpo etish, aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimini joriy etish, “Odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolarning sudlarda Xalq maslahatchilari sifatida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlashning huquqiy asoslarini kuchaytirish, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga bepul, sifatli va to‘laqonli, shu jumladan profilaktika tibbiy xizmatlarni o‘z ichiga olgan tibbiy yordam ko‘rsatish shular jumlasidan.
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/maqsuda-vorisova-prezidentlikka-nomzod-sifatida-tasdiqlandi-20380454.html
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. OAVda yana sobiq Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh Tojikistonga qochgani haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya va Afghanistan International nashlari xabar qilmoqda. Bu ma’lumotni Sputnik Tojikiston muxbiriga ham tasdiqlashgan. Hozirda siyosatchining Tojikistonning aniq qayerida ekani ekani ma’lum emas. Solehning Afg‘onistondan Tojikistonga qochib ketgani haqidagi xabarlar 4-sentabr kuni paydo bo‘lgandi. Times Now telekanali respublikaning sobiq vitse-prezidenti Tojikistonga Qarshilik ko‘rsatish yetakchilari hamrohida ketganini ta’kidlagandi. Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi6 Sentabr 2021, 10:55 Ammo keyinchalik Soleh videomurojaat yo‘llab, bu xabarni rad etdi. U Panjsherda ekanini aytib, uning qochgani haqidagi xabarlarni “dushmanning propagandasi” deb atagandi. Eslatib o‘tamiz, Amrullo Soleh “Tolibon”* Afg‘onistondagi hukumatni egallab olgani sabab mamlakatni tark etgan sobiq prezident Ashraf G‘anidan keyin o‘zini yangi davlat rahbari deb e’lon qilgandi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-06-09
https://oz.sputniknews.uz/20210906/sobiq-afgoniston-vitse-prezidenti-amrullo-soleh-tojikistonga-qochdi---oav-20379378.html
AP Photo / Stephen Brashear“Los-Anjeles” va “Sietl Sixoks” o‘rtasidagi NFL mavsum oldidan o‘yinda tanaffus paytida ayol-chirliderlar.1/18 AP Photo / Stephen Brashear“Los-Anjeles” va “Sietl Sixoks” o‘rtasidagi NFL mavsum oldidan o‘yinda tanaffus paytida ayol-chirliderlar. AP Photo / Gerald HerbertNyu-Orlean, 2021-yil 29 -avgust kuni Ida bo‘roni yaqinlashdi, Pontchartrayin ko‘li bo‘yidagi baland to‘lqinlar.2/18 AP Photo / Gerald HerbertNyu-Orlean, 2021-yil 29 -avgust kuni Ida bo‘roni yaqinlashdi, Pontchartrayin ko‘li bo‘yidagi baland to‘lqinlar. Sputnik / Ekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishHindistonlik model, "Woman of the World" blogining asoschisi Farhana Bodi va italiyalik model Byanka Balti -Xalqaro Venetsiya kinofestivali ochilish marosimida.3/18 Sputnik / Ekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishHindistonlik model, "Woman of the World" blogining asoschisi Farhana Bodi va italiyalik model Byanka Balti -Xalqaro Venetsiya kinofestivali ochilish marosimida. Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLiliya Manasipova. O‘zbekiston harbiylari ArMI-2021da "Harbiy-tibbiy estafeta" tanlovida g‘olib bo‘ldi. 4/18 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLiliya Manasipova. O‘zbekiston harbiylari ArMI-2021da "Harbiy-tibbiy estafeta" tanlovida g‘olib bo‘ldi. AFP 2023 / Wakil Kohsar"Tolibon" spesnaz jangchilari va jurnalist. Kobul aeroporti.5/18 AFP 2023 / Wakil Kohsar"Tolibon" spesnaz jangchilari va jurnalist. Kobul aeroporti. REUTERS / Henry NichollsFestival ishtirokchilari Deklan MakKennaning chiqishini tomosha qilmoqda. Britaniya.6/18 REUTERS / Henry NichollsFestival ishtirokchilari Deklan MakKennaning chiqishini tomosha qilmoqda. Britaniya. REUTERS / Vigili del FuocoItaliya, Milan shahrida ko‘p qavatli uyda kuchli yong‘in yuz berdi.7/18 REUTERS / Vigili del FuocoItaliya, Milan shahrida ko‘p qavatli uyda kuchli yong‘in yuz berdi. AFP 2023 / William WestPolitsiya xodimlari Melburndagi plyajda dam olayotgan ayol bilan suhbatlashishmoqda.8/18 AFP 2023 / William WestPolitsiya xodimlari Melburndagi plyajda dam olayotgan ayol bilan suhbatlashishmoqda. AFP 2023 / Dibyangshu SarkarKalkuta shahrida Lord Krishnaning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan festivalida hind artistlari milliy liboslarda.9/18 AFP 2023 / Dibyangshu SarkarKalkuta shahrida Lord Krishnaning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan festivalida hind artistlari milliy liboslarda. REUTERS / Arnd Wiegmann Sigir vertolotda olib o‘tilmoqda. Shveysariyaning Klausenpass yaqinidagi baland tog‘li hudud.10/18 REUTERS / Arnd Wiegmann Sigir vertolotda olib o‘tilmoqda. Shveysariyaning Klausenpass yaqinidagi baland tog‘li hudud. AFP 2023 / Ernesto BenavidesPeru. Limadan sharqda joylashgan Matukana shahrida avtobus jarlikdan qulab tushdi11/18 AFP 2023 / Ernesto BenavidesPeru. Limadan sharqda joylashgan Matukana shahrida avtobus jarlikdan qulab tushdi REUTERS / Yara NardiAktrisa Serena Rossi Venetsiya sohilida suratga tushmoqda. 12/18 REUTERS / Yara NardiAktrisa Serena Rossi Venetsiya sohilida suratga tushmoqda. AP Photo / Rick BowmerAQShning Yuta shtatida cho‘ponlar festivali. Bu ko‘plab mamlakatlarda cho‘pon itlarining mashhur musobaqasi bo‘lib, u yerda podalarni boshqarish ko‘nikmalari baholanadi.13/18 AP Photo / Rick BowmerAQShning Yuta shtatida cho‘ponlar festivali. Bu ko‘plab mamlakatlarda cho‘pon itlarining mashhur musobaqasi bo‘lib, u yerda podalarni boshqarish ko‘nikmalari baholanadi. AP Photo / Scott GarfittAyollar Readingdagi musiqa festivalida. Angliya.14/18 AP Photo / Scott GarfittAyollar Readingdagi musiqa festivalida. Angliya. AFP 2023 / Money SharmaVelosipedchi yomg‘ir ostida, Hindiston, Faridobod shahri.15/18 AFP 2023 / Money SharmaVelosipedchi yomg‘ir ostida, Hindiston, Faridobod shahri. REUTERS / Tom Nicholson Londonda politsiya Extinction Rebellion namoyishchilarini ushlamoqda.16/18 REUTERS / Tom Nicholson Londonda politsiya Extinction Rebellion namoyishchilarini ushlamoqda. AP Photo / Vadim GhirdaRuminiya, Buxarest. Ayol lo‘lilar teatrlari festivalini oynadan tomosha qilmoqda 17/18 AP Photo / Vadim GhirdaRuminiya, Buxarest. Ayol lo‘lilar teatrlari festivalini oynadan tomosha qilmoqda Press-sentr Armeyskix mejdunarodnix igrO‘zbekiston jamoasi "Desantchi vzvod" tanlovida. ArMI-2021.18/18 Press-sentr Armeyskix mejdunarodnix igrO‘zbekiston jamoasi "Desantchi vzvod" tanlovida. ArMI-2021.
2021-04-09
https://oz.sputniknews.uz/20210904/20351097.html
Terminal hozircha sinov jarayonida, 1-oktabrdan to‘liq ish rejimiga o‘tadi.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/toshkent-aeroportida-yangi-terminal-ochildi-20356131.html
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Malayziya poytaxtidagi bir qator binolari O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi, deb xabar qildi O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi matbuot xizmati. Kuala-Lumpur shu tarzda respublikani mustaqillikning 30-yilligi bilan tabrikladi! Bir vaqtning o‘zida shaharning uchta diqqatga sazovor joylar bayrog‘i ranglari yoritildi: yangi piyodalar ko‘prigi " Saloma Link "; poytaxt meriyasi yuqori qavatli binosi; mashhur “Petronas Twin Towers” egizak-osmono‘par binolari.
2021-04-09
https://oz.sputniknews.uz/20210904/malayziya-poytaxti-ozbekiston-bayrogi-ranglariga-burkandi---video-20360696.html
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbeksiton fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2022-yil g‘alla uchun kutilayotgan minimal narxni e’lon qildi. Bu haqda AOKAning rasmiy telegram’ kanalida ma’lumot berildi. Qozog‘iston O‘zbekistonga g‘alla va un eksportini davom ettiradi8 Sentabr 2020, 18:30 Ta’kidlanishicha kelgusi yil 1 tonna g‘alla hosili 2,5 mln so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu raqamlar Jahon bozori hamda mintaqaviy tovar birjalaridagi g‘alla xarid narxlari tahlil qilinib va mahalliy xarajatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Mazkur minimal narx tavsiyaviy xarakteriga ega bo‘lib, g‘alla yetishtiruvchi va uni xarid qiluvchi subyektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida g‘alla xarid narxlarini o‘zaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydilar.
2021-04-09
https://oz.sputniknews.uz/20210904/galla-hosili-uchun-minimal-narx-malum-qilindi-20361537.html
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +58 kg vazn toifasida Guljanoy Naimova braziliyalik raqibi Menezes Bezerrani 8:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 19 taga yetdi: 8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza.
2021-04-09
https://oz.sputniknews.uz/20210904/yana-bir-oltin-para-taekvondochi-guljanoy-naimova--chempion-20365756.html
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Amerika poytaxti Vashingtondagi otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi. Bu haqda NBC Washington mahalliy telekanal politsiyaga tayangan holda xabar qilmoqda. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 4-sentabr kuni kechqurun Vashingtonning shimoli-g‘arbida ro‘y bergan. Bir guruh noma’lum shaxslar avtomobildan chiqib, yaqin atrofda bo‘lgan odamlarga qarata o‘t ochgan. Jinoyatchilarni tutishda yordam beradigan ma’lumot uchun 75 ming dollar miqdorda mukofot berilishi e’lon qilingan.
2021-05-09
https://oz.sputniknews.uz/20210905/vashingtondagi-otishmada-uch-kishi-halok-boldi-20371068.html
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Para yengil atletikaning F54 klassida ayollar o‘rtasida nayza uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi. Medallar uchun kurashda qatnashgan Nurxon Qurbonova 18.38 metr natija bilan shaxsiy rekordini yangiladi. Bu natija o‘zbekistonlik sportchiga kumush medalni taqdim etdi. Yana bir oltin: Safiya Burxanova chempionlikni qo‘lga kiritdi3 Sentabr 2021, 10:43 O‘zbekiston delegatsiya hisobidagi medallar soni 18 taga yetdi: 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza. Nurxon Qurbonova bundan avvalroq Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgandi.
2021-04-09
https://oz.sputniknews.uz/20210904/nurxon-qurbonova-yana-bir-medalni-qolga-kiritdi-20358616.html
Shu kunlarda Islomobodda ikki tomonlama uchrashuv yakunlandi, unda har ikki davlat texnik mutaxassislari guruhlari loyihani amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladilar, buning uchun texnik masalalar va hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash ishlari davom ettiriladi. Oldingi uchrashuvlarda imzolangan memorandumlardan asosiy farqi shundaki, potensial gaz quvuri yo‘nalishi bo‘ylab geologik-qidiruv ishlari boshlanadi, ya’ni bo‘lajak quvur qog‘ozdan yer qariga ilk qadamini qo‘ymoqda. Notinchlik tufayli Afg‘onistonda suyultirilgan gaz narxi keskin oshdi13 Avgust 2021, 14:49 Loyiha g‘oyasi dastavval murakkab vaqtda paydo bo‘lgan edi. 2015-yilda davomiyligi deyarli 1100 kilometrni va umumiy qiymati qariyb 2 milliard dollarni tashkil qiluvchi "Shimol-Janub" gaz quvurini ishlab chiqish va qurish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolangandi. Bunda, rossiyalik pudratchilar tranzit magistral liniyasini Karachi portidan Lahor shahriga tortishlari ko‘zda tutilgandi. Texnik g‘oyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, portda qo‘shimcha ravishda tabiiy gazni suyultiradigan terminal qurilishi kerak edi, unga dengiz gazovozlari yordamida STG yetkazib berilib, shundan so‘ng u yana uchadigan holatga qaytarilgach, qat’iyan shimolga Panjob provinsiyasiga yuboriladi. Ukraina endi jim bo‘ladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi22 Iyul 2021, 17:43 Keyingi ikki yilda loyiha amalga oshirilishi o‘rtacha tezlikda davom etdi. Tomonlar gaz prokachkasi uchun tariflar miqdori borasida kelisha olmadilar, e’tiborli tomoni, Rossiya narx oshirilishini talab qilardi, aks holda, Moskva fikriga ko‘ra, loyiha iqtisodiy jihatdan zararli bo‘lardi. Keyin Rossiyaning bosh ijrochisi - "Rostex" korporatsiyasiga nisbatan navbatdagi amerika sanksiyalari qo‘llanildi, bu esa loyiha amalga oshirilishini yanada sekinlashtirdi. O‘tgan yilning kuzida tomonlar shartnoma shartlarini yana qayta ko‘rib chiqdilar, biroq faqat Islomobod talabiga binoan. Loyihada Pokiston ishtirokining ulushi 51 foizdan 74 foizgacha o‘sdi, shu bilan birga Rossiya materiallari, butlovchi qismlari va uskunalarini jalb qilish va ulardan foydalanish shartlari qat’iy kelishib olingan edi. Rossiya sarmoyasi 25 foizdan oshmasligi, boshqa barcha xarajatlarni esa Pokiston o‘z zimmasiga olishiga kelishilgandi. Joriy yilning bahorida loyiha nomi "Pokiston oqimi" deya o‘zgartirildi, ikki mamlakat energetika vazirlari esa yaqin vaqtda qurilishni boshlashga tayyor ekanliklarini e’lon qilishdi. "Gazprom" Yevropa omborlariga jo‘natilayotgan gaz hajmini qisqartirdi2 Avgust 2021, 13:13 Har qanday bunday loyihaning g‘oyasi va maqsadini tushunish uchun siyosatchilar va har xil ekspertlar gaplarini tinglash o‘rniga, xarita bilan qurollangan ma’qul. Iqtisodiy geografiya - ajoyib mavzu, u hatto rasmiy matbuot anjumanlarida juda mohirona chetlab o‘tiladigan savollarga ham javob bera oladi. Pokiston - 220 milliondan ortiq aholiga ega davlat. Bu qo‘shni Hindiston va Xitoy fonida unchalik ko‘p emasdir, biroq mana shu ikki yuz milliondan ortiq aholini XXI asrda nafaqat boqish, balki elektr energiyasi va sivilizatsiyaning boshqa afzalliklari bilan ta’minlash kerak. Agar siz shaffof qog‘oz(kalka)ga Pokistonning barcha elektr stansiyalari joylashuvini belgilasangiz va bu qog‘ozni mamlakat fizik xaritasi ustiga joylashtirsangiz, tanqidiy nomutanosiblikni aniq ko‘rasiz. Generatsiya obyektlari, bu neft mahsulotlarida ishlaydigan 20 ta stansiyalar, tabiiy gazda ishlaydigan 22 ta issiqlik elektr stansiyalari, to‘qqizta ko‘mir va uchta atom elektr stansiyasi janubdan sharqqa va undan so‘ng shimolga qarab yo‘nalish olgan va poytaxt hududiga borganda birdaniga uziladigan shartli aylana yoyda joylashgan. Elektr bilan eng kuchli qurollanganlar bu Karachi hududidagi Balujistonning janubiy qismi va uning markaziy qismi Kvetta-Loralay-Multan chizig‘i bo‘ylab, elektr stansiyalarining kattagina ulushi esa Panjob provinsiyasida, yuqorida aytib o‘tilgan Lahor yaqinida joylashgan. Sal shimolroqda, Islomobod yaqinida, uchta ko‘mir elektr stansiyalari joylashgan, lekin ularning yagona vazifasi - poytaxt va uning atrofidagi hududlarning ehtiyojlarini qondirishdir. Rossiya TIV “Shimoliy oqim-2” yakunlanish arafasidaligini ma’lum qildi24 Avgust 2021, 10:38 Xuddi shu xarita shuni ko‘rsatadiki, Eron va Afg‘oniston bilan chegaradosh mamlakatlarning butun janubi-g‘arbiy qismida shaxsiy elektr generatsiyasi deyarli yo‘q, Islomoboddan shimolda, Kashmir va Xitoy bilan cheklangan hududda esa, bir nechta kichik quvvatdagi gidro elektr stansiyalari yagona energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Tabiiyki, Pokistonga fuqarolar uylarini yoritadigan svet va nafaqat o‘z ehtiyojlarini, balki katta qo‘shnilari bilan foydali savdo-sotiqni ta’minlay oladigan ishonchli energiya manbalari kerak. Yiliga 12,4 milliard kubometr gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega "Pokiston oqimi" ning amalga oshirilishi yangi elektr stansiyalarini yoqilg‘i bilan ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida Hindiston bilan chegaradosh Panjobda to‘plangan sanoat korxonalarini oziqlantiradi. Agar loyiha muvaffaqiyatli chiqsa, gaz quvurini poytaxtgacha uzaytirishga hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi, Multon shahridan Islomobodgacha bo‘lgan transport tayanch nuqtasi to‘rt yuz kilometrdan salgina oshadi. Bunda Rossiya manfaati nimadaligini tushunish uchun bir nechta lahzalarni yodga olish kerak bo‘ladi. O‘zbekiston TAPI va Nabukko loyihalariga qo‘shilishni rejalashtirmagan21 Aprel 2016, 11:07 Bunda gapni TAPI (Turkmaniston - Afg‘oniston - Pokiston - Hindiston) magistral gaz quvuridan boshlash kerak, bunda Rossiya texnik kafolatchi, shuningdek uskunalar va quvurlar yetkazib beruvchi rolini bajaradi. Gaz yetib boruvchi so‘nggi davlat Hindistondir, lekin barcha tranziter-mamlakatlar ko‘k yoqilg‘iga katta ehtiyojni sezishmoqda, shu bois uglevodorodlarga nisbatan o‘z ulushiga da’vogarlik qilishlari aniq. Pokistonga keladigan bo‘lsak, "oqim" texnik shartiga ko‘ra, ushbu gaz magistrali Multon shahri hududidan o‘tib TAPI gaz quvuriga qo‘shilishi buning yorqin dalilidir. Ikki gaz quvurining umumiy quvvati ushbu nuqtada 55 milliard kubometrni tashkil etadi, bu esa istalgan "Shimoliy oqim"larga mutlaq aniqlik bilan muvofiq keladi. Qo‘lda bunday resurslar mavjud bo‘la turib, Pokiston yoppasiga ichki gazlashtirish jarayonini boshlashga kirishishi va qo‘shni bahsli Kashmirni egallab turgan Hindiston bilan siyosiy qarama-qarshilikda salmoqli kuzirni qo‘lga kiritadi. Rossiya va AQSh Yevropa bozorini talashmoqda: gaz omborini kim to‘ldiradi12 Aprel 2021, 16:56 Bundan tashqari, Germaniya yoki Turkiyaga qaraganda qariyb uch barobar aholi istiqomat qiladigan Pokiston singari mamlakatda gaz bozorining shakllanishi, uglevodorodlar jahon bozorini qayta shakllantirishga kafolat beradi. Albatta, bu birinchi navbatda, Qatar uchun juda qiziq, axir u o‘zining suyultirilgan gazini Fors ko‘rfazidan Ummon ko‘rfazigacha va undan keyin Karachiga boradigan eng qisqa marshrut bo‘ylab yetkazib bera olishi mumkin. Shu bilan birga, Qatar STG ishlab chiqarilishini sezilarli darajada oshirishga qodir emas, demak, istiqbolda Yevropaga qatar gazini yetkazib berish hajmi kamayadi, bu esa Rossiya gaz quvurlari va ular orqali yetkazib berish ahamiyatini yanada oshiradi. Raqobatga dosh berolmadi: Yevropa va Osiyo amerika STGdan voz kechmoqda9 Iyul 2020, 22:12 Bundan tashqari, quvurlar va boshqa uskunalarni yetkazib bera turib, Rossiya asosiy xom ashyoni sotish bilan shug‘ullanmaydi, balki, maksimal qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan yakuniy mahsulotni ishlab chiqaradi - bunda geofiziklardan tortib po‘lat ishlab chiqaruvchilar va quvur chigirlaydiganlargacha bo‘lgan uzun kooperatsiya xalqasi ish bilan ta’minlanadi. Mintaqadagi jonlanish Afg‘onistondagi siyosiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda "Shimoliy oqim 2" qurilishining yakunlanishi bilan ham bog‘liqligiga hech qanday shubha yo‘q. Rossiya har qanday loyihani, hatto katta sanksiyalar bosimi ostida bo‘la turib ham, tugatishga qodir ekanligini aniq ko‘rsatdi. Hindiston dunyodagi asosiy metallurgiya derjavasiga aylanishga intilmoqda, unga bir vaqtning o‘zida Afg‘onistonning temir rudasi, kokslanadigan ko‘mir va Rossiyadan moviy rang yoqilg‘i kerak. Pokiston sanoat taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqishni xohlaydi, lekin bu uchun ham yana tabiiy gaz talab etiladi, qo‘shni davlatlarning hammasida bu borada tanqislik sezilmoqda va ularda Islomobod bilan tabiiy yoqilg‘ini bo‘lishish niyati yo‘qligi aniq. Amerikaning Afg‘onistondan chiqib ketishi butun boshli global o‘zgarishlar ko‘chkisini qo‘zg‘atgan kichik toshga aylandi. Agar toliblar mamlakatni navbatdagi hammaga qarshi total urushdan saqlay olsa, u holda yaqin kelajakda biz yangi energiya, savdo va sanoat bozorlari uchun avj oladigan kurashlar guvohiga aylanamiz. Quvontiradigani, Rossiya taraqqiyotning eng asosiy va istiqbolli yo‘nalishlaridan birini allaqachon egallab olgan.
2021-04-09
https://oz.sputniknews.uz/20210904/pokiston-oqimi-rossiya-janubga-yol-olmoqda-va-bu-hali-boshlanishi-20365929.html
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 2021-2022 o‘quv yili tashkil etilishiga bag‘ishlangan ochiq muloqotda o‘quvchi qizlar uchun istisno tariqasida maktabda oq va ochiq ranglarda milliy ro‘mol va do‘ppida bo‘lishlari mumkinligini aytdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra bundan ko‘zlangan maqsad qizlarni sifatli o‘qitishni ta’minlash. Bunday qarorga ko‘pchilik ota-onalarning takliflari va murojaatlarini inobatga olib kelinganligi aytilmoqda. Lekin qonunchilikda belgilangan tartiblar o‘z kuchida. Qarordan tashqari istisno tariqasida oq va ochiq ranglardagi do‘ppida va ro‘molda (boshning orqa qismidan o‘ragan holatda) bo‘lishga ruxsat beriladi. “Bu istisno holat, bu hamma shunday kelishi kerak degani emas. Va shu bilan birga har xil targ‘ibotlarga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Ta’lim va din alohida masala. Har xil musiqa fanlarini dars jadvalidan chiqarish kerak, boshqa bir ta’limni yo‘lga qo‘yish kerak degan fikrlar ham o‘rinsiz”,- deydi vazir o‘z so‘zida. Shu bilan bir qatorda muloqotda Sherzod Shermatov qizlarni ta’limiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini alohida ta’kidladi. “Birgina Toshkent shaxrini oladigan bo‘lsak, eski shahar hududidagi Shayxotohur, Olmazor, Uchtepa tumanlarida qizlarning oliy ta’limga kirishi eng past ko‘rsatkichda. Vodiyni olib qaraydigan bo‘lsak ham Farg‘ona viloyatida eng yuqori ko‘rsatkichda bo‘lgani holda uning yonida Marg‘ilon, Qo‘qonda eng past ko‘rsatkichni guvohi bo‘lamiz. Aziz ota-onalar qizlarimizni o‘qitishga befarq qaramaylik”,- deydi xalq ta’limi vaziri. Avvalgi o‘quv yillarida maktab hududida ro‘molda bo‘lish yuzasidan ko‘plab ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganligi kuzatilgan bo‘lsa, bu yil istisno tariqasida ushbu masalaga oydinlik kiritildi.
2021-04-09
https://oz.sputniknews.uz/20210904/ozbekistonda-qizlar-maktabga-romol-va-doppida-borishlari-mumkin-20363659.html
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. “Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni maqsadli o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash va ularni keyinchalik ishga joylashtirish mexanizmi joriy etiladi. Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi: AT “Aloqabank” huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida Venchur jamg‘armasi;mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “IT-bilimlarni rivojlantirish markazi”. Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida keyingi 5-yil ichida 100 minggacha yosh mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ularni keyinchalik ishga joylashtirishda ko‘maklashish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, har yili 5-yil ichida mutaxassislarning sohada maqsadli tayyorlanishini va ularning startap-loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish uchun Markazga 50 mlrd so‘m miqdorida amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining yarmidan oshmagan holda qarz ajratiladi va u keyingi 5-yil ichida bosqichma-bosqich qaytariladi. Vazirlik va tashkilotlar ehtiyojidan kelib chiqib, Markaz tomonidan tanlangan ta’lim tashkilotlari o‘rtasida har yili belgilangan maqsadli parametrlar doirasida buyurtma shakllantiriladi. IT-texnologiyalar ta’limni qanday o‘zgartirmoqda – foto2 Dekabr 2020, 12:17 Ta’lim tashkilotlarida maqsadli o‘qish uchun 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi nomzod bo‘ladi. Nomzodlar Markaz tomonidan ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda tanlov asosida tanlanadi. Tanlab olingan nomzodlar (stipendiatlar) Markaz bilan ularning istiqboldagi daromadlarini ulush tarzida taqsimlash to‘g‘risidagi shartnomani (Income Share Agreement) tuzadi, unga ko‘ra axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida ularning o‘qishini to‘lashga maqsadli qarz taqdim etiladi. Stipendiatlar o‘qishni tugatgandan so‘ng maqsadli qarz va ushbu qarz bo‘yicha foizlarni qaytarishga majbur.
2021-05-09
https://oz.sputniknews.uz/20210905/ozbekistonda-it-sohasi-boyicha-100-mingga-yaqin-mutaxassis-tayyorlanadi-20368265.html
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi. Bir sutka davomida 648 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 159 209 nafarni tashkil qilmoqda. SSV O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi onaxonning murojaatini nazoratga oldi 3 Sentabr 2021, 17:45 Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (65), Andijon viloyatida (21), Buxoro viloyatida (12), Jizzax viloyatida (18), Qashqadaryo viloyatida (11), Navoiy viloyatida (10), Namangan viloyatida (18), Samarqand viloyatida (49), Sirdaryo viloyatida (15), Surxondaryo viloyatida (14), Farg‘ona viloyatida (52), Xorazm viloyatida (14), Toshkent viloyatida (106), Toshkent shahrida (243) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 151 067 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga yetdi. O‘lim holatlari Koronavirusga chalingan 7 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1106 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi. Qashqadaryoda 3 egizakka prezident oila a’zolarining ismi qo‘yildi3 Sentabr 2021, 11:33 Pnevmoniya holatlari 71 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Jami bemorlar soni 24 339 nafarga yetdi. Kecha ularning 223 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 17 269 nafarni tashkil qilmoqda. 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 184 nafarga yetdi. Dunyo salomatligi Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 219,0 milliondan oshdi, 4,5 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (39,8 mln), Hindistonda (32,9 mln), Braziliyada (20,8 mln).
2021-04-09
https://oz.sputniknews.uz/20210904/ozbekistonda-700dan-ziyod-kovid-va-pnevmoniya-holatlari-aniqlandi-11-kishi-vafot-etdi-20360286.html
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. 29 dekabrdan boshlab Rossiya Ichki ishlar vazirligi mehnat migrantlari va mamlakatga uzoq vaqtga kelgan chet el fuqarolariga plastik kartalarni berishni boshlaydi. Bu masalada IIV buyruq loyihasi tayyorlandi. Hamma mehnat migrantlari ham Rossiyaga boradigan charterlarga qo‘yilmaydi: sabablar3 Sentabr 2021, 13:20 Bu karta majburiy dastiloskopiya (barmoq izlari) va suratga olish ma’lumotlari bilan elektron tashuvchini o‘z ichiga oladi. "Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan majburiy davlat daktiloskopiya ro‘yxatdan o‘tish va fotosuratga olishni elektron ma’lumot tashuvchisi bo‘lgan karta shaklida hujjat tasdiqlansin", - deyilgan hujjat loyihasida. Yangi hujjatda, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari rus tili, Rossiya Federatsiyasi tarixi va qonunchiligidan imtihon topshirishning majburiy talablarini tekshirish qoidalar ham aks etgan. Sud qaroriga asosan 37 migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi31 Avgust 2021, 15:33 Elektron chipli plastik karta o‘lchami 5,6 x 53,98 mm, old va orqa tomondan iborat bo‘ladi. Old tomonda 30x40 mm gacha bo‘lgan chet el fuqarosining rangli yoki oq- qora surati joylashtiriladi. Unda hujjatning identifikatsiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va jinsi ko‘rsatiladi. Orqa tomonda chet el fuqarosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shaxsini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumot yoziladi. Shuningdek, kontaktsiz interfeysli mikrosxemalar shaklidagi chip joylashtiriladi, unda ushbu hujjat berilgan chet el fuqarosi haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi. Bundan tashqari, chipda identifikatsiyalash uchun ikkita barmoqning izlarining elektron tasviri bo‘ladi.
2021-04-09
https://oz.sputniknews.uz/20210904/migrantlar-chip-ornatilgan-plastik-kartalarni-olishga-togri-keladi-20364169.html
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Yilning eng nufuzli xalqaro harbiy musobaqalaridan biri bo‘lmish VII Xalqaro armiya o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ham munosib ishtirok etib, tarixiy natijalarni qayd etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha, 4-sentabr kuni, Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan “Patriot” bog‘ida musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchi davlatlar jamoa a’zolari, harbiy delegatsiya vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Joriy yilning 22 avgust kunidan 4-sentabriga qadar dunyoning 11 ta davlati hududida o‘tkazilgan musobaqalarda 42 ta davlatning jami 277 ta jamoasi qatnashdi. 5000 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar o‘zaro kuch sinashdi. O‘zbekiston jamoalari ham ushbu nufuzli musobaqalarning 24 yo‘nalishi bo‘yicha munosib ishtirok etdi. Ta’kidlash joizki, mazkur bellashuvlar davomida o‘zbekistonliklar 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida Rossiyadan keyin faxrli 2-o‘rinni egalladi. Xususan: “Sodiq do‘st” erkaklar jamoasi – 1 ta oltin;“Sodiq do‘st” ayollar jamoasi – 1 ta oltin;“Harbiy-tibbiy estafeta” jamoasi – 1 ta oltin;“Dala oshxonasi” jamoasi – 1 ta oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Kumush medali: “Elbrus halqasi”;“Merganlik marrasi”;“Otliq marafon”;“Qurolsoz usta”;“Xavfsiz muhit”;“Muhandislik formulasi”;“Xavfsiz marshrut”;“Qutb yulduzi”;“Qo‘shinlar razvedka a’lochisi”. Bronza medali: “Avtozirhli tank-texnika ustasi”;“Ishonchli qabul”;“Yo‘l patruli”;“Sayan yurishi”. Rekordlar Aytish kerakki, mazkur musoboqalar davomida jamoalar tomonidan jami 37 ta rekord natija qayd etilgan bo‘lib, shundan 10 tasi O‘zbekiston hisobiga yozildi. Xususan, “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasida o‘zbek harbiylari 3 ta rekord natijalarini yangiladi. Jumladan, kichik serjantlar Sanjar To‘qliyev, Abdumuxtor Abdug‘aniyev va Azimjon Ibragimovlar “Tog‘ to‘siqlar yo‘lagi” shartini 12 daqiqa 58 soniyada bajarib, rekord natija ko‘rsatgan bo‘lsa, “Muzli hududdan o‘tish” shartini ado etishda ham jamoa peshqadamlik qildi. O‘zbekistonliklar mazkur vazifani 11 daqiqayu 37 soniyada uddalab, rekordlar seriyasini davom ettirdi. “Sodiq do‘st” jamoasida serjant Ulug‘bek Nurillayev “300 metrlik to‘siqlarni xizmat itlari bilan o‘tish” shartida 1 daqiqa 13 soniya bilan bosib o‘tib, tengsiz ekanini amalda namoyon etdi hamda rekord o‘rnatdi. “Merganlar marrasi” musoboqasining “Yakka sinov” bellashuvida kichik serjant Fazliddin Kirgizov “Mo‘ljalga olish nuqtasini o‘zgartirib otish” mashqini 15 daqiqayu 6 soniyaga bajarib, yangi rekord natija ko‘rsatdi.
2021-05-09
https://oz.sputniknews.uz/20210905/armi-2021-ozbekiston-oyinlarni-tarixiy-natija-bilan-yakunladi-20369111.html
Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonida VII Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida ikkita tanlov o‘z nihoyasiga yetdi. Yopilish marosimida g‘oliblar taqdirlandi. "Harbiy-tibbiy estafeta" va "Dala oshxonasi" tanlovida o‘zbekistonlik harbiylar g‘alaba qozondi, ikkita rekord o‘rnatildi. Yopilish marosimida O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari Hamdam Karshiyev va RF resurs ta’minoti departamenti rahbari Valeriy Muminjanov ishtirok etdi. G‘olib va ​​sovrindorlarga medallar, kubklar va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Bundan tashqari, ikki jamoa g‘oliblariga Laccetti avtomobili sovg‘a qilindi.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/armi-goliblari-ozbekiston-harbiylari-taqdirlandi-video-20350983.html
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Kaliforniyada Firefly Aerospace kompaniyasining Alpha raketasi startdan bir necha daqiqa o‘tgach portlab ketdi. "Vendenberg" havo kuchlari bazasidan raketa uchirildi. Bu Alpha uchun birinchi sinov parvozi edi. Kompaniya "kichik sun’iy yo‘ldoshlar bozori"ga ixtisoslashtirilgan. Raketa start olgandan 2,5 minut o‘tgach portlash yuz berdi.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/aqshda-alpha-raketasi-startdan-bir-necha-daqiqa-otgach-portlab-ketdi-video-20349782.html
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Tojikiston laboratoriyalari tomonidan berilgan PSR-test natijalari qayd etilgan tibbiy ma’lumotnomalari O‘zbekiston chegara o‘tish joylarida tan olinmayapti, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston. Bu muammo bir oy davomida kuzatilmoqda. Tojik-o‘zbek chegarasidan o‘tmoqchi bo‘lgan va avval COVID-19ga test topshirgan fuqarolar takroran testdan o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Test narxi 120 ming so‘m. Tojikistonliklar Toshkent orqali Rossiyaga uchmoqda: sabablar2 Sentabr 2021, 19:01 Tojikistonlik G‘afur Jamolov Sputnik Tojikistonga aytishicha, Toshkentdan Moskvaga uchish uchun So‘g‘d viloyati sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tibbiy laboratoriyasida 120 somoniy to‘lab, kasallik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma olgan. Biroq O‘zbekistondagi Oybek nazorat-o‘tish punktida bu ma’lumotnoma tan olinmadi va u takroran tahlil topshirishga majbur bo‘ldi. "Takroran testdan o‘tish uchun 120 ming so‘mni to‘lashga to‘g‘ri keldi, busiz chegaradan o‘tib bo‘lmadi", - deydi Jamolov. Tojikiston IIV: mamlakat afg‘on qochoqlarini qabul qilishga tayyor emas2 Sentabr 2021, 12:53 Toshkent aeroporti orqali Rossiyaga borishni rejalashtirgan tojikistonliklar O‘zbekiston nazorat-o‘tish punktida koronavirusga testdan o‘tishi kerak. So‘g‘d viloyati sanitariya-epidemiologiya departamenti direktori Taxmina Usmonovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni avval tibbiy hujjatlarni tan olgandi, biroq bir oydan beri takroran tibbiy ko‘rikdan o‘tishni talab qilinmoqda. "Nima uchun ular fuqarolarga berilgan testlarni tan olmayapti va yo‘lovchilarni takroran test topshirishga majbur qilayotgani bizga hozircha noma’lum. Chegaradagi bu muammodan xabardormiz va bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga xabar berganmiz", - deydi Usmonova.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/ozbekiston-tojikiston-laboratoriyalari-bergan-ptsr-test-malumotnomalarini-tan-olmayaptimi-20351926.html
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillayeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida bobosi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Maryam Tillayeva Karimovning kenja qizi - Lola Karimova-Tillayevaning farzandi. Taniqli bloger Amiran Sardarovning rafiqasi. "Bugun men uchun juda muhim sana. Buvam o‘tganlariga besh yil to‘ldi. O‘sha fojiali kun, u xuddi kecha ro‘y berganidek, hamon yodimda va xuddi avvalgidek bularning barchasi haqiqatda ro‘y berganiga ishonishni istamayman. Islom Karimov men uchun kaminani suzishga, mashina haydashga, tennis o‘ynashga, chana va rolikda uchishga o‘rgatgan oddiy Bobo edi. Bobo men uchun juda katta qadrga ega edi, men, bolakay uchun u hamma narsada yordam beradigan super qahramon edi misli. Biz hatto birgalikda uyning unchalik katta bo‘lmagan tomiga chiqar edik, qurigan ariq bo‘yicha toshlar ustida sayr qilardik. Bolalarga xos bo‘lgan barcha qitmirliklarimga qaramay, u meni katta odamdek qabul qilar, va men o‘zimni ayrocha sezardim. Ba’zan samoga qarab ich-ichimda: "Bobo, menga juda keraksiz. Sizni yaxshi ko‘raman, biz birgalikda o‘tkazgan damlarni qattiq sog‘inib yashayman", - deyman, deb yozadi Maryam Tillayeva. View this post on Instagram A post shared by Mariam Tillyaeva (Maryam) (@mashatilly) Marya Tillayeva shuningdek, bobosi bilan birgalikda tushgan arxiv suratlar bilan o‘rtoqlashgan.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/u-men-uchun-shunchaki-bobo-edi-maryam-tillaeva-islom-karimovni-xotirladi-20348696.html
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Avvalgi vazirliklarning yarmi bilan Afg‘onistonning yangi hukumati imkon qadar tezroq tuziladi, ammo unda ayol-vazirlar bo‘lmaydi, dedi Tolibon* harakati vakili Zabiulloh Mujohid. RIA Novosti. "Biz imkon qadar tezroq milliy birdamlik hukumatini tuzamiz. Avvalgi vazirliklarning yarmi bilan ixcham hukumat tuzmoqchimiz", - deydi u Italiyaning la Repubblica gazetasiga bergan intervyusida. “Al-Qoida”* toliblarga qo‘shildi - Afg‘oniston qarshilik fronti2 Sentabr 2021, 18:09 Uning so‘zlariga ko‘ra, Panjsher viloyati aholisi “katta savol” bo‘lib qolmoqda, ular bilan olib borilayotgan muloqot natija bermayapti. "Biz juda umid qilgan tinchlik jarayoni murakkablashmoqda. Biz Panjsher qo‘shinlarini hukumatga kirishi uchun taslim bo‘lishni talab qildik, aks holda ular yakson qilinadi", - dedi Tolibon* vakili. Yangi hukumatga ayollar kirishi mumkinmi, degan savolga Mujohid quyidagicha javob berdi: “Vazir sifatida emas, Qur’on va shariat qonunlariga asosan, ayollar masalan, vazirliklarda, politsiya yoki sud organlarida yordamchilar sifatida ishlashlari mumkin”. Tojikiston IIV: mamlakat afg‘on qochoqlarini qabul qilishga tayyor emas2 Sentabr 2021, 12:53 Shuningdek, afg‘on ayollariga oliygohlarda tahsil olishga ruxsat beriladi. Afg‘onistonning yangi hokimiyatining xalqaro munosabatlari haqida gapirganda, Tolibon*ning vakili, Xitoy uning asosiy sherik ekanligini aytdi. "Xitoy - bu butun dunyo bozorlariga chiqish darvozamiz", - deb qo‘shimcha qildi Mujohid. Shuningdek, u Rossiya bilan munosabatlarni sovushi haqidagi fikrni rad etdi. "Biz mintaqada muhim rol o‘ynaydigan bunday muhim sherik bilan hamkorlikni davom ettirmoqdamiz. Moskva bilan munosabatlar asosan siyosiy va iqtisodiy. Rossiya biz uchun vositachi bo‘lib, biz bilan birgalikda xalqaro dunyo uchun shart-sharoitlarni yaratishda ishtirok etmoqda”, - dedi harakat vakili. * Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/afgonistonning-yangi-hukumatida-ayol-vazirlar-bolmaydi-tolibon-20352802.html
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. I MDH mamlakatlari o‘yinlari oldidan Qozon shahridagi Universiada qishlog‘ida o‘zbekistonlik sportchilar joylashgan binoda O‘zbekiston bayrog‘i osildi. Ministerstvo sporta respubliki UzbekistanaSportivnaya delegatsiya Respubliki Uzbekistan pribila v Kazan Sportivnaya delegatsiya Respubliki Uzbekistan pribila v Kazan Ministerstvo sporta respubliki Uzbekistana Shu bilan birga, bu yerda MDH mamlakatlari o‘yinlarining maxsus shtabi o‘z ishini boshladi. Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekiston sport delegatsiyasi Rossiyaning Qozon shahriga yetib bordi. 4-11 sentabr kunlari Qozon shahrida ilk marotaba birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa sportning 16 turi bo‘yicha tashkil etiladi. Tokio-2020 g‘oliblari esdalik nishonlar bilan taqdirlanishdi2 Sentabr 2021, 17:07 Unda mintaqaning 10 davlatidan 1 500 nafarga yaqin sportchi, 400 nafarga yaqin hakam va 100 nafarga yaqin boshqa sport sohasi mutaxassislari qatnashadi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish kerakki, “kichik olimpiada” bahslarida MDH mamlakatlari sportchilari 182 ta medallar jamlanmasi uchun bahslashadi. Kecha O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari Rossiyaga jo‘nab ketishdi. Delegatsiya tarkibidan Turizm va sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, sportning boks, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoa a’zolari, umumiy hisobda 70 nafardan ortiq kishi o‘rin olgandi. O‘zbekiston sport delegatsiyasini kuzatish marosimida Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov ham ishtirok etdi va u sportchilarga omad tiladi. Kuni kecha esa Qozonga yetib borgan O‘zbekiston vakillari mazkur sport o‘yinlari uchun barpo etilgan Olimpiya shaharchasiga joylashishdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasining ikkinchi qismi 3-sentabr kuni, yakuniy qismi esa 6-7 sentabr kunlari Rossiyaga jo‘nab ketadi.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/qozondagi-universiada-qishlogida-ozbekiston-bayrogi-osildi-20344611.html
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Sochida yengil avtomobilga skotch bilan "kleylangan" holda xavfli truk bajargan bloger sud tomonidan besh sutkaga hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. Ilgariroq, ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitlar o‘z do‘stini Chevrolet Camaro rusumidagi avtomobilga skotch bilan yopishtirib, shahar bo‘ylab soatiga 100 kilometrdan ortiq tezlikda aylantirishgani aks etgan videoyozuv tarqalgan edi. Rossiyalik bloger Subo va o‘nlab fuqarolar javobgarlikka tortildi15 Iyul 2021, 10:44 Kun qahramoni huquq-tartibot organlari tomonidan tezda qo‘lga olingan. Rossiya IIV mintaqaviy boshqarmasi xabariga ko‘ra, sud blogerni besh sutkagacha muddatga hibsga olgan. Bundan tashqari, qoidabuzarga ma’muriy jarima ham belgilangan.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/mashinaga-skotch-bilan-yopishtirilgan-holda-katta-tezlikda-shahar-aylangan-bloger-hibsga-olindi-20348968.html
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Yakkabog‘lik oilaning 3 nafar egizak chaqaloqlariga prezident oila a’zolarining ismi qo‘yildi. Yakkabog‘ tumani G‘ozliq mahallasi Qo‘tontepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Muslimbek Xazratov va Navbahor Dushayeva oilasida 3 nafar egizak qizaloqlar dunyoga keldi. Bu haqda “Nasafnews”ga qizaloqlarning bobosi Shodiyor Safarov ma’lum qildi. O‘zbekistonda 1-yanvar kuni qancha chaqaloq tug‘ildi1 Yanvar 2021, 18:28 Shodiyor Safarovning aytishicha, egizaklar 31-avgust kuni Toshkent shahridagi perinatal markazda tug‘ilgan. Ularga prezident Shavkat Mirziyoyevning oila a’zolari – rafiqasi Ziroatxon, qizlari Shahnozaxon va Saidaxonning ismi qo‘yildi. Muxbir bilan suhbatlashgan Shodiyor Safarovning aytishicha, bu borada prezidentga xat yozib, ulardan rozilik ham olingan.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/qashqadaryoda-3-egizakka-prezident-oila-azolarining-ismi-qoyildi-20350015.html
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Rossiya-Ukraina munosabatlari ertami-kechmi qayta tiklanadi, deb bayonot qildi juma kuni RF prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum(VEF)ning yalpi majlisida. Rossiya yetakchisi ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi uchun sayi-harakat qilsa, kelajakda VEFda qatnashishi mumkin, degan fikrni bildirdi. "Biz bugun guvohi bo‘lib turgan vaziyat mutlaqo notabiiy, normal deb bo‘lmaydi uni. Ertami-kechmi, albatta, bu qancha erta ro‘y bersa, shuncha yaxshi, biz Ukraina bilan munosabatlarni to‘liqformatli ko‘lamda qayta tiklaymiz", – deb ta’kidladi Putin, uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda. Putin Afg‘onistondagi vaziyatni gumanitar falokat deb baholadi3 Sentabr 2021, 16:04 Rossiya yetakchisining ta’kidlashicha, Ukraina hukumatining qanchadan qancha avlodi RF bilan munosabatlarni qayta tiklash shiorlari bilan tepaga keladi, biroq amalda esa ular "saylovchilarni aldashdan nariga o‘tmaydi". "Bu o‘ta so‘l millatchilar ta’siri ostida ro‘y bermoqda. Shunday taassurot uyg‘onmoqdaki, saylangan yetakchilar, oliy kabinetlarga kirib olgach, ukrain jamiyatining aynan shu qismidan xavfsirashni boshlaydilar va ular ambitsiyalarini qanoatlantirish uchun hamma ishni qiladilar", - dedi Rossiya prezidenti. Sal avval Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov "Izvestiya"ga bergan intervyusida Putin va Zelenskiy uchrashuvi ro‘y berishi ehtimoli borligini, ammo unga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida gapirgan edi. Shu bilan birga, Peskov, bu uchrashuv 2021-yil yakunigacha ro‘y berishi mumkinligiga shubha bildirdi.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/putin-rossiya-i-ukraina-rano-ili-pozdno-vosstanovyat-otnosheniya-20354416.html
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Tojik-o‘zbek chegarasidagi Kanibadam tumani Mastchoh va Patar tumani Fotexobod (Oybek) chegara punktlari yaqinida So‘g‘d viloyatida istiqomat qiluvchi aholi to‘planmoqda. Ko‘pchilikning qo‘lida - xorijga chiqish pasporti va Rossiyaga aviachiptalar. Lekin ular Toshkent aeroporti orqali Rossiya shaharlariga uchmoqchi. SputnikGrajdane RT pitayutsya viexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobi potom viletet v Moskvu Grajdane RT pitayutsya viexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobi potom viletet v Moskvu Sputnik Jabbor-Rasulov tumanida yashovchi Kamoliddin Sputnik Tojikiston muxbiriga aytishicha, u o‘g‘li bilan Moskvaga ketmoqchi. Tojikistonlik migrant nima uchun Toshkent orqali Rossiyaga uchishi sababini tushuntirdi. "Toshkentdan Rossiyaga reyslar arzonroq. Xo‘janddan Moskvaga samolyot chiptasi narxi 5,5 ming somoniy, Toshkentdan atigi 4 ming somoniy. Ikki chiptada ikki mingdan ortiq somoniyni tejadik", - deydi Kamoliddin. Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, So‘g‘d viloyatining boshqa shahar va tumanlari aholisi ham Rossiyaga ketish uchun O‘zbekiston aviakompaniyalaridan chiptalar sotib olmoqda. Tojikiston IIV: mamlakat afg‘on qochoqlarini qabul qilishga tayyor emas2 Sentabr 2021, 12:53 Xo‘jand aviakassalari vakilining so‘zlariga ko‘ra, aynan Xo‘jandga nisbatan Toshkentdan Rossiyaga chipta narxining pastligi ko‘pchilikni qo‘shni respublika reyslariga chiptalar sotib olishga undayapti. “Sibirskie avialinii” aviakompaniyasining Sug‘d viloyatidagi vakili Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida Tojikiston shaharlarida aviachiptalar narxi oshishi sabablarini aytdi. Bu omillardan biri - Dushanbe va Xo‘jand aeroportlarida ko‘rsatiladigan xizmatlarning narxi yuqori. "Aeroport xizmatlari narxi qo‘shni davlatlarga qaraganda qimmatroq. Agar Xo‘jand va Dushanbe aeroportlarida bitta samolyotga xizmat ko‘rsatish narxi 12 dan 14 ming dollargacha bo‘lsa, Qirg‘izistonda - 8 ming dollar, O‘zbekiston - 9-10 ming dollarni tashkil qiladi”, - dedi aviakompaniya xodimi. Shuningdek, Tojikiston aeroportlarida samolyot yoqilg‘isi narxi ham yuqori, bularning barchasi Rossiyaga aviachiptalar narxiga ta’sir qiladi.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/tojikistonliklar-toshkent-orqali-rossiyaga-uchmoqda-sabablar-20345750.html
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Qobul aeroporti Turkiya va Qatar moliyaviy ko‘makni taqdim etganidan keyin, yaqin ikki kun ichida o‘z faoliyatini qayta tiklashi mumkin, deb xabar qilmoqda Tolo News telekanali "Tolibon" harakati (Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan) vakiliga tayangan holda. “Tolibon” yangi hukumat yetakchisini ma’lum qildi2 Sentabr 2021, 10:00 "Qobul aeroporti Qatar va Turkiya tomonidan ko‘rsatiladigan 30 million dollarlik moliyaviy ko‘makdan keyin yaqin ikki kundan so‘ng o‘z ishini boshlaydi", - deya "Tolibon"* vakili Sher Muhammad Abbos Stanekzoy so‘zlaridan iqtibos keltirgan telekanal. Sal avval Qatar tashqi ishlar vaziri Qobul aeroporti ochilishi uchun Turkiya bilan olib borilayotgan hamkorlik haqida gapirgan edi. Sal keyin toliblar Anqara va Doxa ushbu masala bilan shug‘ullanishayotganini tasdiqlagandi.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/qobul-aeroporti-qatar-va-turkiya-komagida-oz-ishini-qayta-tiklaydi-20348520.html
TOShKENT, 3 sent — Sputnik. Rossiyaga pul ishlash uchun charterlarda o‘z manzillariga yo‘l olishni xohlaydigan quruvchi-migrantlar qat’iy kasbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bu haqda RIA Nedvijimost bilan suhbatda Sharqiy iqtisodiy forumda RF Qurilish vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin ma’lum qildi. "Biz sal avval kerakligi e’lon qilingan o‘n ming nafar mehnat migrantlariga juda qat’iy kasbiy tanlov o‘tkazamiz. "Hamma ish qo‘limdan keladi, hammasini bilaman" tamoyili bu yerda o‘tmaydi", - deya ta’kidladi u. O‘zbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga charter poyezdlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda2 Sentabr 2021, 11:15 Stasishinning so‘zlariga ko‘ra, chet el fuqarolarini charter reyslar orqali Rossiyaga olib kirish kelasi haftada boshlanadi. Rossiya temir yo‘llari poyezdlarining yo‘lovchilari o‘zbekistonlik migrantlar bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘rikdan o‘tgan nomzodlar shifokor ko‘rigidan o‘tishi va "Sputnik Layt" vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlanishi sharti qo‘yiladi. Shuningdek, O‘zbekiston hududida PSR-test olish va patent berish ishlari ham tashkillashtiriladi. Zarur muolajalar uchun kerak bo‘lgan barcha harajatlar buyurtmachilar tomonidan qoplanadi. Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha bir kishiga ketadigan harajatlarning aniq summasi aniqlashtirilmagan, ular bozor narxlaridan oshib ketmasligi aniq, xolos. Rossiyada qurilishda ishlaydigan mehnat migrantlarini Qozog‘iston hududi orqali poyezdlar va samolyotlarda olib kirish mo‘ljallanmoqda.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/hamma-mehnat-migrantlari-ham-rossiyaga-boradigan-charterlarga-qoyilmaydi-sabablar-20351784.html
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi. Tadbir MOQda bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita rahbariyati, sportchilar va ularning murabbiylari, sport faxriylari ham ishtirok etishdi. Sportchilardan tashqari ularning murabbiylari ham esdalik nishonlari bilan taqdirlanishgan. Prezident Olimpiada chempionlarini va ularning ota-onalarini tabrikladi13 Avgust 2021, 15:35 Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari 23-iyuldan 8-avgustga qadar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 32-o‘rinni egalladi. Osiyo davlatlari orasida keyin beshinchi, MDH mamlakatlari orasida ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘ldi. Olimpiadada bokschi Bahodir Jalolov, og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev va txaekvondochi Ulug‘bek Rashitov chempion bo‘lib, olin medalga sazovor bo‘lishdi. Erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov va dzudochi Davlat Bobonov “bronza”ga ega chiqdi.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/tokio-2020-goliblari-esdalik-nishonlar-bilan-taqdirlanishdi-20344252.html
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. O‘zbekistonga koronavirusning yangi shtammlariga chidamli preparat keltirildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bir muddat oldin Germaniya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinatsiyalangan preparatini yuborishi haqida xabar berilgan edi. Kecha tunda Toshkent Xalqaro aeroportida ushbu dori vositasi qadoqlarini qabul qilib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yukning umumiy qiymati 20,6 mln yevroni tashkil qiladi. O‘zbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratildi27 Avgust 2021, 08:40 Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi. Casirivimab/Imdevimab (Shveysariyaning "Roche" farmatsevtika kompaniyasidan) COVID-19 ga qarshi sun’iy "antitanachalar kokteyl"i bo‘lib, hozirda preparat virusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat hisoblanadi, deyiladi vazirlik xabarida. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan o‘lim darajasini 70 foizga kamaytirgani va kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirgan. Sentabr oyi boshi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiya qayd etilganlar soni 157 872 nafarga yetdi, 1093 kishi ushbu kasallik qurboniga aylandi.
2021-03-09
https://oz.sputniknews.uz/20210903/ozbekistonga-koronavirusning-yangi-shtammlariga-chidamli-preparat-keltirildi-20348160.html
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati ko‘magida Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan bank boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, jamg‘arma O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. “Kapitali 500 million dollarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan mazkur jamg‘arma yoshlarimiz, ayollarimiz va qishloq aholisini tadbirkorlikka jalb qilish uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qiladi”, - dedi davlat rahbari. Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi - tafsilotlar2 Sentabr 2021, 14:55
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/iqtisodiy-imkoniyatlarni-kengaytirish-jamgarmasi-tashkil-etiladi-20343006.html
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Internet tarmog‘ida ayrim haydovchilar Toshkent shahri ko‘chalaridagi ustunlarga o‘rnatilgan davlat bayrog‘ini o‘zboshimchalik bilan yechib olayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Poytaxt IIBB bunga munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 1-sentabr kuni poytaxtning bir nechta tumanlarida transport vositalarining haydovchilari va yo‘lovchilari bayram munosabati bilan hokimiyat tomonidan o‘rnatilgan davlat bayroqlarini o‘zboshimchalik bilan yechib olishgan. Ular bu bayroqlarni o‘zlarining avtomashinasiga o‘rnatib, bayramni nishonlamoqchi bo‘lishgan. Biroq bayroqlar transport vositasiga mustahkamlab o‘rnatilmagani sabab harakatlanish chog‘ida noqulayliklar tug‘dirib, harakat xavfsizligiga tahdid solgan. Shuningdek ushbu holatlar fuqarolar tomonidan davlat ramzlari va davlat mulki to‘g‘risidagi qonun talablarini buzilishiga olib kelgan. Bunday haydovchilarga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari chora ko‘rgan. Idora bu kabi huquqbuzarliklar uchun O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 203-1-moddasida (“Davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish”) ma’muriy javobgarlik borligini eslatgan. “Vatanparvarlik o‘z vataningiz qonunlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lishda namoyon etilmasligi kerak. Vatanparvarlikni qonunlarga rioya etgan holda namoyon qiling”, - deyilgan xabarda.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/vatanparvarlik-yoki-bezorilik-toshkentda-haydovchilar-ustunlardan-bayroqlarni-echib-olishdi-20338006.html
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid nomidan tabriknoma keldi. Tolibon* Panjsherda harbiy operatsiyani boshlaydi2 Sentabr 2021, 12:48 "Biz qo‘shni do‘st O‘zbekiston Hukumati va xalqini Mustaqillikning 30-yilligi bilan tabriklaymiz va bizning eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz. Biz Qodir Ollohdan O‘zbekiston xalqi va hukumatining yuksak qadr-qimmati va g‘ururini asrashini tilab qolamiz. O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarini nafaqat yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, balki umumiy diniy, madaniy va ma’naviy qadriyatlar birlashtiradi va bu mushtaraklik mamlakatlarimiz xalqlarini yanada bir-biriga yaqinlashtiradi. Biz O‘zbekiston bilan tinchlik va barqarorlikda, do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bog‘lab qolamiz", - deyiladi tabrik matnida.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/afgoniston-islom-amirligi-matbuot-kotibi-ozbekistonni-mustaqillik-kuni-bilan-tabrikladi-20342329.html
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyati davomida futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi tarkibida o‘zining 110 va 111-golini urdi va jahon rekordini o‘rnatdi. Futbolchi Faruda JCh-2022 saralashi doirasida Irlandiya jamoasiga qarshi kechgan o‘yinning 89-daqiqasida o‘zining 110-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliya jamoasi o‘z maydonida Irlandiya ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. Krishtianu Ronaldu g‘alaba keltirgan har ikki golga mualliflik qildi. Shu tariqa u eronlik futbolchi Ali Daiyning terma jamoalarda gol urish bo‘yicha rekordini (109 ta gol) yangiladi. Endi Ronaldu hisobidagi gollar 111 tani tashkil etmoqda. Ronaldu Instagram sahifasida bu faoliyatidagi rekordlar orasida o‘zgachaligi va bu bilan faxrlanishini ma’lum qildi.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/ronaldu-milliy-jamoalar-tarkibida-urilgan-gollar-soni-boyicha-jahon-rekordini-ornatdi-20339700.html
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Toshkent shahrida o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishi doirasida mamlakatda bo‘lib turgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon Al-Jassirni qabul qildi. Uchrashuv avvalida ITB prezidenti Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 30-yilligi bilan samimiy qutlab, bardavom taraqqiyot, farovonlik va ravnaq tiladi. Islom rivojlanish banki prezidenti Toshkentga yetib keldi31 Avgust 2021, 09:39 Pandemiya boshlanganidan buyon ilk bor Bankning eng muhim tadbiri shu kunlarda poytaxtimizda jonli ravishda o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yuqori darajadagi ushbu forumda ITBga a’zo mamlakatlar hukumatlari vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ishbilarmon doiralar va nufuzli ekspertlar, ommaviy axborot vositalari ishtirok etmoqda. Onlayn va offlayn shakldagi tadbirlarda 4,5 ming nafarga yaqin delegat qatnashmoqda. O‘zbekiston yetakchisi Muhammad Al-Jassirni ITB prezidenti lavozimiga saylangani bilan yana bir bor tabrikladi. Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Davlat rahbari ITB bilan sheriklikning izchil kengayib borayotganini yuksak baholab, Bank O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlarning yangi dasturini qo‘llab-quvvatlayotgani va uni ilgari surishga muhim hissa qo‘shayotganini alohida qayd etdi. Bugungi kunda amaliy hamkorlik portfeli transport, uy-joy kommunal infratuzilma, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, tadbirkorlik va boshqa ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan qiymati 2,5 milliard dollarga yaqin bo‘lgan 29 ta loyihadan iborat. Uchrashuvda ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturini tez fursatda qabul qilish va amalga oshirish hamda Toshkent shahrida Bankning to‘laqonli vakolatxonasini ishga tushirish, moliyalashtirish instrumentlari samaradorligini oshirish muhim ekani ta’kidlandi. Yangi tashkil etilayotgan O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi faoliyati xususiy tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar farovonligini oshirish uchun samarali mexanizm bo‘lib xizmat qilishiga umid bildirildi. O‘zbekiston va ITB o‘rtasidagi strategik sheriklik va keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o‘zaro yaqindan ishlash va faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/shavkat-mirziyoev-islom-taraqqiyot-banki-prezidentini-qabul-qildi---tafsilotlar-20342129.html
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Tolibon (Rossiyada terrorchilik harakati sifatida taqiqlangan) qarshilik ko‘rsatish kuchlari bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin Panjsherda harbiy operatsiyani boshlashga qaror qildi, deb xabar berdi Al Jazeera harakatdagi manbaga asosan. Bundan avval Afg‘oniston qarshilik ko‘rsatish kuchlari toliblarning Panjsher darasiga hujumlarini qaytarishdi. "Tolibon haqiqatan ham Panjsherga bostirib kirmoqchi, lekin uddasidan chiqa olmayapti. Ular bitta ham avanpostni qo‘lga olishmadi", - deb xabar berdi Sputnik Afg‘oniston provinsiyadagi manbalariga tayanib. Qarshilik ko‘rsatish kuchlariga ko‘ra, taxminan ikki kun ichida 500 nafarga yaqin jangari o‘ldirilgan. O‘nlab toliblar taslim bo‘lgani haqida ham xabarlar bor. Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Ag‘bar “Tolibon”* harakati Panjsherdagi Afg‘oniston qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’udni yo‘q qilish niyatida ekaniligini ma’lum qildi. Qo‘rqoq va xoinmi? Afg‘on elchisi Ashraf G‘ani haqida1 Sentabr 2021, 12:53 Toliblar avgust oyida Afg‘onistonning deyarli butun hududini egallab oldi. Panjsher ular nazorati ostida bo‘lmagan yagona hudud bo‘lib qolmoqda. Afg‘oniston qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud agar inklyuziv hukumat tuzilib, fuqarolik huquqlari hurmat qilinishini ta’minlasa, toliblarga qarshi kurash yakunlanishini ma’lum qilgandi. Ahmad Mas’ud – asli kelib chiqishi tojik, Panjsher sheri laqabi bilan mashhur bo‘lgan afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li. Katta Mas’ud 1990-yillarda toliblarga qarshi kurashgan “Shimoliy alyans”ga rahbarlik qilgan, 2001-yilda o‘ldirildi. * Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/tolibon-panjsherda-harbiy-operatsiyani-boshlashga-qaror-qildi-20338758.html
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Shimoliy Amerikadagi mashhur Niagara sharsharasi O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi sharafiga mamlakat bayrog‘i ranglarida yoritildi. Sharsharaning O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritilishi 15 daqiqa davom etdi. Uni ko‘rish uchun AQSh va Kanadada 200 nafardan ortiq o‘zbekistonlik keldi. O‘zbekistonliklar oila a’zolari bilan birgalikda O‘zbekiston bayrog‘ini hilpiratib, milliy liboslarda bayramni nishonladilar. Vatandoshlar ijrosidagi o‘zbek raqs va qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha iliqlik baxsh etdi.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/niagara-sharsharasi-ozbekiston-bayrogi-ranglarida-yoritildi-video-20340195.html
TOShKENT, 2 sen – Sputnik.Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida bir guruh shaxslar sportchi ekani aytilgan yigitga hujum qilgani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotib Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, videoda ko‘rsatilgan holat yuzasidan joriy yil 29-may kuni Denov tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilgan. Tergov davomida 7 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, barchasiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Bildirilishicha, tergov harakatlari 23-avgust kuni tamomlangan. Hozirda jinoyat ishi sudga yuborilish arafasida turibdi.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/surxondaryoda-bir-guruh-shaxslar-sportchiga-hujum-qildi-20335903.html
TOShKENT, 2 sen – Sputnik.“Tolibon”* tomonidan tuzilgan Afg‘onistonning yangi hukumatiga harakatning yetakchisi Haybatullo Oxunzoda rahbarlik qiladi. Bu haqda “Tolibon”ning madaniyat bo‘yicha qo‘mita a’zosi Anamulla Samanganiy ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Tolo News telekanali. “U (Oxunzoda – tahr.) hukumat rahbari bo‘ladi, bunga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak”, - degan Samanganiy. Kuni kecha RIA Novosti o‘z manbasiga tayangan holda “Tolibon”* yangi hukumat tuzilganini 3-sentabr kuni e’lon qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgandi. Prezident kerakmas: Afg‘onistonni bir necha kishi boshqaradi24 Avgust 2021, 11:08 Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri etib “Tolibon”* siyosiy ofisining rahbari Abdul G‘ani Barodar tayinlangan. Harakat rahbarining asoschisi Yoqub Oxund Mudofaa vaziri rahbari bo‘lgan, radikal yetakchilaridan biri Jaloliddin Haqqoniyning o‘g‘li Xalif Haqqoniy ichki ishlar vaziri lavozimini egallagan. Jangarilar avgust oyida Afg‘onistonning deyarli butun hududini egallab oldi. Panjsher ular nazorati ostida bo‘lmagan yagona viloyat bo‘lib qolmoqda. Afg‘oniston qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud agar inklyuziv hukumat tuzilib, fuqarolik huquqlari hurmat qilinishini ta’minlasa, toliblarga qarshi kurash yakunlanishini ma’lum qilgan. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/tolibon-yangi-hukumat-etakchisini-malum-qildi-20335489.html
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Bugungi kun voqeligida Tojikiston afg‘on qochoqlarining ommaviy oqimini qabul qila olmaydi. Bu haqda respublika IIV rahbari Ramazon Rahimzoda BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari vakolatxonasi (UNHCR) rahbari Mulugeta Zevdi bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Uchrashuvda ehtimoliy afg‘on qochoqlarini Tojikiston hududiga joylashtirish masalalari muhokama qilingan. YeI qochoqlarni qabul qiladi Afg‘oniston qo‘shnilariga moliyaviy yordam bermoqchi - OAV1 Sentabr 2021, 16:53 Rahimzoda so‘nggi 15-yil mobaynida Tojikiston 15 mingdan ziyod afg‘onistonlik qochoqlarni qabul qilgani va toliblar Kobuldagi hokimiyatni egallab olgandan so‘ng 5 ming nafarga yaqin afg‘on harbiylari tojik-afg‘on davlat chegarasini kesib o‘tganini ma’lum qildi. U afg‘on armiyasining askar va zobitlari Tojikiston hududida biroz vaqt bo‘lgandan keyin vataniga qaytishganiga aniqlik kiritdi. Shuningdek, u Tojikiston hukumati mamlakatning turli hududlarida ehtimoliy afg‘on qochoqlarini qabul qilish va joylashtirish uchun 70 gektar yer ajratganini ma’lum qildi. Ammo, Tojikiston IIV rahbarining ta’ikdlashicha, 20-yil ichida birorta ham xalqaro tashkilot mamlakatga qochoqlar va boshpana izlayotgan shaxslar uchun infratuzilma tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatmagan. “Shu bois Tojikiston bugungi kun voqeiligida afg‘on qochoqlarining ommaviy oqimini qabul qila olmaydi”, - dedi Ramazon Rahimzoda. U Tojikistonga Xatlon viloyati Jayhun tumani hududida joylashgan qochoqlarni qabul qilish va joylashtirish markazini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun ko‘mak zarurligini aytdi. Shuningdek, tojikistonlik vazir Afg‘onistondagi siyosiy noaniqlik va o‘ta salbiy gumanitar vaziyat terrorchilik tahdidi o‘sishi, qurol va narkotik kontrabandasi oqimi ko‘payishiga olib kelishi mumkinliga e’tibor qaratdi. Bu nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki butun jahon hamjamiyati uchun ham xafv tug‘diradi. Tojikiston afg‘on qochoqlari uchun lager qurmoqda29 Iyul 2021, 17:57
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/tojikiston-iiv-mamlakat-afgon-qochoqlarini-qabul-qilishga-tayyor-emas-20339140.html
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiyaga O‘zbekistondan migrantlarni Rossiyadagi qurilish ishlarida ishlashlari uchun charter poyezdlarda olib kelish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya Qurilish vazirligi rahbari o‘rinbosari Nikita Stasishin Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalani O‘zbekiston hukumati bilan muhokama qilish rejalashtirilgan. “Tez orada O‘zbekistonga safar tashkillashtiramiz. Biz pilot rejimda saralab olib, emlash va O‘zbekistondagi mehnat migrantlari bilan bog‘liq hamma narsani tashkillashtirishni rejalashtirapmiz. Bu bizga mehnat migrantlarini poyezdlarda xavfsiz, Qozog‘iston hududi orqali tashkillashtirilgan holda olib kelish imkonini beradi”, - dedi Stasishin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan. Rossiyalik amaldor yil oxiriga qadar bu jarayon to‘liq yo‘lga qo‘yilishiga umid qilinayotganini qo‘shimcha qildi. O‘zbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi25 Avgust 2021, 11:36 Avvalroq Rossiya Qurilish vazirligi Rossiyadagi qurilish ishlari uchun mehnat migrantlarini charter poyezdlarda olish kelish imkoniyatini o‘rganib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/ozbekistonlik-migrantlar-uchun-rossiyaga-charter-poezdlar-yolga-qoyilishi-kutilmoqda-20337262.html
TOShKENT, 1 sen — Sputnik, Kseniya Melnikova. Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan "Tolibon"* mamlakat iqtisodiyoti ustidan ham nazoratni qo‘lga oldi. Narkotrafikning intensivligiga qaramay, so‘nggi o‘n yilliklar davomida uyushma mablag‘larni faqatgina afun va geroin savdosi orqali topayotgani yo‘q. Tolibon o‘zlari nazoratga olgan hududlarga soliq joriy qildi, transport kompaniyalari va uyali aloqa operatorlaridan o‘lpon talab qilishdi, shuningdek Pokiston va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan pul olib turardilar. Bu yiliga bir yarim milliard dollardan oshardi. Davlat xazinasini to‘ldirish uchun bu yerli bo‘ladimi-yo‘qmi, RIA Novosti materialida o‘qing. Faqat narkotiklarmas "Narkotiklar ishlab chiqarilishi ham, kontrabanda ham bo‘lmaydi. Afg‘oniston boshqa opium yetishtiriladigan mamlakat emas", — dedi "Tolibon"* harakati vakili Dabixulla Mojahed. Bunda chet el ko‘magi kerak bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi u. Bunday va’dalar birinchi bor yangrayotgani yo‘q. 2000-yilda islomchilar xalqaro maydonda tan olinishni istab, opiy yetishtirishni ta’qiqlashgan edi. Dalalar yo‘q qilinardi. O‘shanda narkotrafik chindan ham qisqargan edi. Ammo AQSh Afg‘onistonga bostirib kirib, jangarilar hokimiyatni qo‘ldan boy bergach, opium, geroin va metamfetamin savdosi yana gullab-yashnay boshladi. Tolibon* harakati O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan qutladi1 Sentabr 2021, 18:10 BMTning narkotiklar va jinoyatlar ustidan nazorat boshqarmasi Afg‘onistonni dunyodagi eng yirik opiy yetishtiruvchilardan biri deb hisoblaydi. O‘tgan yili ko‘knori hosili u yerda 37 foizga ko‘paydi. 263 ming gektar maydon ushbu o‘simlik bilan qoplab olingan — bu mutlaq rekord ko‘rsatkichdir. Narkotiklar toliblarga, BMTning narkotiklar va jinoyatlar ustidan nazorat qilish boshqarmasi hisob-kitobiga ko‘ra, yiliga 400 million dollar daromad keltiradi. Ular uchun uzoq vaqt asosiy daromad manbai bo‘lmagan. Ammo so‘nggi yillarda vaziyat o‘zgardi - islomchilar o‘z iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishdi. Turfa daromadlar ko‘pligi Harakat yetakchilaridan biri, guruh asoschisi mulla Umarning o‘g‘li mulla Muhammad Yoqub pul topishning boshqa yo‘llarini izlashga chaqirdi. Jangarilar maqsadli ravishda mineral resurslarga boy hududlarni egallay boshladilar. Afg‘onistonda juda ko‘p foydali qazilmalar bor - mis, boksit, temir rudasi, marmar, kamob litiy. Oltin ham bor. Bularning barchasi bir necha trillion dollarga baholanmoqda. Ko‘plab qazilma joylar hali ham teginilmagan. Jangarilar qo‘liga o‘tganlari esa yiliga 460 million dollardan ko‘proq daromad olib keladi. The Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, xaridorlar - bu asosan Xitoy, Pokiston va BAAdan kelgan xususiy kompaniyalardir. “Tolibon” Kobul aeroportini o‘z nazorati ostiga olish muddatini belgiladi30 Avgust 2021, 16:45 "May oyida BMT toliblarning yillik daromadi — 300 milliondan 1,6 milliard dollargacha ekanligini ma’lum qilgan edi. Faqat birgina soliqning o‘zidan ular o‘tgan yili 160 million dollar yig‘ib olishgan. Provinsiyalarni bosib olar ekan, islomchilar birinchi galda mahalliy g‘aznani o‘marar, qurol va bronetexnikani o‘ziniki qilib olar, shuningdek, korxonalar va aholidan pul yig‘ardi. O‘n foizli soliq va kommunal to‘lovlar uchun yig‘im kiritardilar (faqat elektr energiyasining o‘zi yiliga ikki million daromad keltirardi), shuningdek, yuklar tranziti uchun o‘lpon talab qilib, har qanday biznesga qo‘l suqishga urinishardi. Yoqilg‘i, sigaret, oziq-ovqat mahsulotlari, dorilar, birinchi zarurat predmetlarini yetkazib berish haqidaku alohida maqola yozish kerak. Boz ustiga toliblarga chetdan yordam berishadi. BBC News jurnalistlarining aniqlashlaricha, Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari - Saudiya Arabistoni, BAA va Qatardagi xususiy homiylardan 500 million dollarga yaqin pul tushib turadi. Ilk qiyinchiliklar "Toliblar moliyaviy imperiyani qurdilar, lekin ular hukumat tepasiga kelganida, hammasi darz ketadi", - deya bashorat qildi G‘arb matbuoti. Shunday bo‘ldi ham. Ilgari iqtisodiyotning soyadagi sektoridagina xo‘jayinlik qilgan islomchilar hozirdanoq birinchi qiyinchiliklariga duch kelishdi. Yangi hukumat va’dalariga ishonmay, aholi banklarga o‘z jamg‘armalarini olish uchun yugurishdi, deydi Qobulda ishlaydigan Bloomberg muxbirlari. Bu iqtisodiyotga jiddiy zarba berdi. Bankomatlarda naqd pul qolmayapti, narxlar shiddat bilan osmonga ko‘tarilmoqda. Jumladan, un va yog‘ uch baravar qimmatladi. Ko‘chalar kimsasiz, aksariyat dorixonalar esa yopiq. Toliblar Fransiya va Germaniya saylovlariga aralashishdi31 Avgust 2021, 16:45 "Bank tizimi falaj holatga kelgan. Afg‘oniston — importga tobe bo‘lgan mamlakat. 870 million dollar olib chiqiladi, 8,6 milliard dollar olib kiriladi. Toliblar endi xalqni boqishi, davlat apparatini ta’minlashi kerak", — deya tushuntirdi RIA Novosti bilan suhbatda RFA sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi direktori Omar Nessar. Davlat harajatlarining yetmish besh foizi odatda xalqaro yordam hisobiga qoplangan. Qobul yiliga to‘rt milliard dollardan ko‘p mablag‘ olgan. Endi esa bunga umid qilib bo‘lmaydi. Mamlakatdan qochib ketgan Afg‘oniston Markaziy banki rahbari Ajmal Ahmadiyning so‘zlariga ko‘ra, oldingi hukumat tomonidan to‘plangan mablag‘larning kattagina qismi respublika tashqarisida. To‘qqiz milliard valyuta zaxirasidan yetti milliardi AQShda saqlanmoqda. Bayden ma’muriyati bu aktivlarni muzlatishni rejalashtirgan. YeI qochoqlarni qabul qiladi Afg‘oniston qo‘shnilariga moliyaviy yordam bermoqchi - OAV1 Sentabr 2021, 16:53 Afg‘onistonga inflyatsiya "sakrashlari", milliy pul birligining qadrsizlanishi va qashshoqlikning kuchayishi xavf solmoqda. Agar yangi hukumat jahon hamjamiyatining tan olishiga erisha olmasa — mamlakat izolyatsiyada qolishi mumkin. Ammo Omar Nessarni fikricha, mintaqa mamlakatlari tez orada toliblar bilan muzokaraga kirishadi. Demak-ki, toliblar rejimida daromad olishning yangi manbalari paydo bo‘lishi mumkin. * Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/narkotiklar-soliqlar-va-sirli-homiylar-toliblar-milliardlarni-qaerdan-oladi-20327910.html
Boshida uning mudofaa vaziri Lloyd Ostin amerikalik qo‘shinlarning Afg‘onistondan butunlay chiqib ketishi haqida gapirar ekan, "an’anaviy urushlar Amerikani holday toydirdi - va ularning davri tugadi", deb aytdi, keyin AQSh prezidentining o‘zi bu g‘oyani yanada rivojlantirdi. "So‘nggi 20-yil davomida mamlakatimiz olib borgan tashqi siyosat sahifasini o‘girib, biz yo‘l qo‘yilgan xatolardan saboq olishimiz kerak. <...> Afg‘oniston bo‘yicha qaror faqat Afg‘onistonga tegishli emas. Bu boshqa mamlakatlarni o‘zgartirish uchun yirik harbiy operatsiyalar davri yakunlangani haqida gap ketmoqda. <...> Bu dunyoqarashdan va qo‘shinlarning keng miqyosda joylashtirishdan voz kechish bizni uyda kuchliroq, samaraliroq va xavfsizroq qiladi". Rossiya Qazzofiyni Liviyaga qaytarmoqchimi?3 Avgust 2021, 15:39 Bayden Afg‘onistondagi muvaffaqiyatsizlikning sababini "biz terrorchilarga qarshi kurashish va hujumlarni to‘xtatish uchun aksilterror missiyasini o‘tkazdik. Ammo bu xalqni yaratishga, demokratik, birlashgan va yagona Afg‘onistonni yaratish borasidagi urinishlarga aylandi, bu mamlakat tarixining ko‘p asrlarida hech qachon bo‘lmagan", deb izohladi. Oddiy qilib aytganda, biz hal qilib bo‘lmaydigan vazifaga kirishdik, biz yovvoyi xalqni, tog‘ bolalarini madaniyatli qilmoqchi bo‘ldik, hech narsa amalga oshmadi - shuning uchun biz bu bilan shug‘ullanmaymiz. Biz baribir boshqalarga qaraganda yaxshiroq, ilg‘or, saralangan va kuchliroqmiz, lekin endi biz xorijiy hukumatlarni ag‘darish uchun qo‘shin yubormaymiz. Nahotki, Amerika haqiqatan ham chet eldagi harbiy aralashuvlardan voz kechadimi - va dunyo hech bo‘lmaganda bu masalada biroz dam oladimi? Harbiy ekspert: AQSh Afg‘onistonda o‘zidan keyin qurol, urush va xaosni qoldirdi1 Sentabr 2021, 11:41 Bu savolga javob berish uchun, avvalo, biz qanday Amerika haqida gapirayotganimiz to‘g‘risida kelishib olishimiz kerak - Amerika Qo‘shma Shtatlari davlati yoki G‘arb dunyosining Atlantika globallashuv loyihasini ilgari surayotgan lideri haqida? Milliy davlat haqida - yoki "universal liberal tamoyillar" ga asoslangan, unga qulay bo‘lgan jahon tartibini qurayotgan, millatlararo kuch haqida? Hozirda AQSh milliy davlati bormi o‘zi? Trampning ag‘darilishi buning aksini isbotlaydi - aks holda, Amerika xalqining milliy manfaatlari va huquqlari bunchalik qo‘pol va ochiqchasiga buzilmasdi. AQSh uzoq vaqtdan buyon o‘z globalist elitasi tomonidan garovga olingan, u chekinishni ham, global maqsadlardan voz kechishni ham xohlamaydi. Xo‘sh, Bayden shunchaki ayyorlik qilmoqdami? Yo‘q, u fikrini aytdi: AQShga hozir global intervensiyalar kerak emas. Ya’ni, ular dunyoning ko‘plab davlatlarni mag‘lubiyatga uchratishi va egallab olishi mumkin – lekin bundan qanday naf? Axir, Amerika shunchaki dunyoni nazorat qilmoqchi emas edi, balki o‘sha liberal qadriyatlarga asoslangan "to‘g‘ri" dunyo tartibini yaratmoqchi edi. Ya’ni, butun dunyoda mafkuraviy nazorat qilish, albatta, harbiy nazorat (okkupatsiya emas, balki har qanday dushman va har qanday koalitsiyadan ustun bo‘lgan kuch) va moliyaviy -iqtisodiy. AQSh hujumi oqibatida o‘ldirilgan afg‘on amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan31 Avgust 2021, 19:25 U yuqori darajadagi odatiy geosiyosiy kurashda g‘alaba qozonishni xohlardi, lekin oxir -oqibat u hatto "oddiy" geosiyosat darajasida mag‘lub bo‘la boshladi. Nima uchun globalistik AQShga Iroq va Afg‘onistonni okkupatsiyasi kerak edi? Terrorchilik, neft yoki geroinni nazorat qilish uchunmi? Yo‘q, Katta Yaqin Sharqni qayta formatlash, islom olamida g‘arbga qarshi jarayonlarni tiyib turish va oxir-oqibat Yevrosiyoni nazorat qilish. Harbiy intervensiyalar natijasida nima bo‘ldi? Buning aksi, islom olamida Amerikaga nisbatan nafratning kuchayishi, AQShning mijozlari va ittifoqchilarining ishonchidan umidsizlik (Afg‘onistonni tark etgandan keyin emas, balki deyarli o‘n yil oldin boshlangan). Ammo Amerika nafaqat jahon darajasidagi mavqeyini yomonlashtirdi, balki zaiflashdi va o‘zini ichida bo‘lib yubordi. Bunday sharoitda, jahon gegemonligiga da’vo qilish uchun vaqti emas - qishki uylarga chekinish va o‘zini davolash kerak. Aslida, Tramp aynan shunday qilishni taklif qilgan - faqat uning AQShning global missiyasi, globallashuv va atlantizmga aloqadorligi bo‘lmagan. U haqiqatan ham AQShni tiklamoqchi va kuchaytirmoqchi edi, lekin bobil minorasi qurilishiga, ya’ni global liberal dunyo tartibiga yangi kuch bilan qaytish uchun emas. Yo‘q, Tramp dunyoni kuchning turli markazlari, kuchlar sivilizatsiyalari o‘rtasidagi kurash deb biladi, lekin uni yo‘q qilgan "Vashington botqog‘i" dunyoga Amerika hukmronligi uchun mo‘ljallangan hudud sifatida qaraydi. AQSh Afg‘onistondan qo‘shinini to‘liq chiqarib ketdi31 Avgust 2021, 11:38 Bunday masihiy qarash, "Xudo tanlagan" tuyg‘usi dastlab Amerika elitasiga xos bo‘lgan (ingliz protestant-kvakerlaridan tashkil topgan), lekin faqat XX asrda shtatlar tegishli imkoniyatlarga ega bo‘ldilar va uni amalga oshirish jarayonida Atlantika dunyosining hukmronligi loyihasi Yevropani ortga surdi. Shu jumladan, uning okkupatsiyasi orqali. Aytgancha, bosib olingan Yevropada, birinchi navbatda Germaniyada, AQSh rasmiy ravishda Afg‘onistondagi kabi - to‘g‘ri, demokratik davlat qurishgan. Ular Yaponiyada xuddi shunday qilishgan - va bu borada bir qancha muvaffaqiyatlarga erishishdi. Hech bo‘lmaganda, hozir ularga shunday tuyuladi, Tokio esa Vashington bilan harbiy ittifoq va Okinavadagi bazasi bilan chambarchas bog‘langan. AQSh Rossiya sportiga "chegarasiz urush" e’lon qildi28 Avgust 2021, 12:29 Ammo bu qiyos qilib bo‘lmaydigan narsalar - Germaniya va Afg‘onistonda qonun ustuvorligining qurilishimi? Birinchi holda, faqat mavjud bo‘lgan narsani qayta tiklashga yordam berish kerak edi, ikkinchisi holatda esa yot narsani majburlash kerak edi? Xo‘sh, bu qanday qarashga bog‘liq - aniqrog‘i, agar shariat va jamiyatning islomiy tuzilishini noqonuniy va noto‘g‘ri deb hisoblansa. Zero, Afg‘onistonning huquqiy tuzilishining o‘ziga xos modeli bor edi, lekin u “o‘zga sayyoraliklarni”, ya’ni amerikaliklarni umuman qiziqtirmadi. Ularni nafaqat shariat qo‘rqitdi, hatto 2002-yilda Loya Jirga - barcha afg‘on qabilalari kengashi tomonidan qabul qilingan qirol Zohirshoh taxtiga qaytish qarorini (1973 yilda taxtdan ag‘darilgan) bekor qilishdi. Chunki amerikaliklar demokratik saylovlarni xohlashgani uchunmi? Yo‘q, chunki ular afg‘on jamiyatida hech narsani tushunishmagan, ularning muammolariga ahamiyat berishmagan ham. G‘arb tashvishga tushgan: toliblar AQSh iqtisodiyotini bir yoqlik qilishlari mumkin26 Avgust 2021, 16:04 Nima endi Amerika bunday munosabatidan voz kechaptimi? Yo‘q, albatta. U "boshqa mamlakatlarni qayta to‘g‘rilash bo‘yicha yirik harbiy operatsiyalardan" voz kechmoqda. Gap shundaki, "o‘rta harbiy harakatlar"ga ruxsat beriladi. Asosiy narsa o‘zgarmaydi: barcha begonalarga yirtqichlarga kabi munosabatda bo‘lish, asosiy maqsad - butun dunyoni o‘z rejasiga muvofiq qayta qurish orqali global hukmronlik. Xo‘sh, harbiy bo‘lmagan vositalar bilan qilinadimi? Siyosiy, mafkuraviy, moliyaviy, madaniy, psixologik (harbiy bosim bilan ham qo‘llab -quvvatlangan) dushmanga katta zarar yetkazishi - yoki umuman uni masofadan boshqarish mumkin. Shunday qilib, Amerika hayrlashmoqda, lekin hech qayerga ketmayapti - hech bo‘lmaganda u yana milliy davlat, yoki ikkita davlat bo‘lgunga qadar.
2021-02-09
https://oz.sputniknews.uz/20210902/aqsh-boshqa-urush-qila-olmaydi-ular-dunyoda-qanday-hukmronlik-qilmoqchi-bolgan-20343290.html
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Bilimlar kuni, 1-sentabrda Rossotrudnichestvo federal agentligi saytida Rossiyada oliy ta’lim istagida bo‘lgan xorijliklarni galdagi saralab olish boshlandi. Yangi tanlov jarayoni o‘tgi yilgisidan nimasi bilan farqlanadi? Nima sababdan MDHda rus tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda? Kvotalardan tashqari Rossiya OTMlarida yana qanday bepul o‘qishning muqobil usullari bor? Shu va boshqa savollarga Rossotrudnichestvo rahbarining o‘rinbosari Pavel Shevsov Sputnik agentligiga bergan eksklyuziv intervyusida so‘zlab berdi. Nega Rossiya xorijliklarga kvota ajratadi? 2022-2023 o‘quv yili uchun Rossotrudnichestvo chet elliklar uchun kvotalar hajmini ko‘paytiradi – ular soni 23 mingtaga yetkaziladi. Taqqoslash uchun: joriy o‘quvi yilida agentlik 18 mingta kvota taqdim etdi, deydi Pavel Shevsov. “Bir necha yil chet ellik talabalarning Rossiya Federatsisida ta’lim olishi uchun kvotalar sonini ko‘paytirish uchun ish olib borildi, - deya tushuntiradi u. – Bu mavzuda Davlat dumasi deputatlari ham, Sovet Federatsiyasi a’zolari ham gapirishdi. Mana bu Rossotrudnichestvo, Tashqi ishlar vazirligi va Ta’lim vazirligining hamkorlikdagi ishi o‘tgan yili RF Hukumati tomonidan kvotalarni ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror imzolanishiga olib keldi”. 175 ta mamlakat abituriyentlaridan Rossotrudnichestvo tanlovida ishtirok etish uchun arizalar kelib tushadi. Ammo MDH agentlik uchun ustuvor bo‘lib qolmoqda, deya ta’kidlaydi Shevsov. “Kvotalar barcha MDH mamlakatlari uchun oshiriladi, ayrimlari uchun ko‘proq, ayrimlari uchun kamroq, deydi u. – Masalan, Tojikiston uchun kvota 630 tani tashkil etadi. Bu ko‘p, shuning uchun bu yerda kvotani kamroq ko‘paytiramiz, 750 tagacha”. Shu tariqa, agentlik O‘zbekiston uchun kvotalar soni ko‘rsatgichini baravarlashtiradi. Kelgusi yili o‘zbekistonlik abituriyentlar ham 750 ta kvotaga umid qilishlari mumkin. Joriy yilda esa respublika uchun 405 ta kvota ajratilgandi. O‘zbekistonlik talabalarning Rossiyada tahsil olishi: kvota, emlanish va yotoqxona29 Avgust 2021, 11:57 Rossotrudnichestvo kvotalar hajmini taqsimlayotib, chet eldagi Rossiya elchilari va Rossiyaning yetakchi yirik kompaniyalari bilan maslahatlashadi, deya aniqlik kiritadi Pavel Shevsov. “Biz mamlakatlar iqtisodiyotlaridan kelib chiqqan holda kadrlarni tayyorlaymiz. Kvotaning asosiy vazifasi – kishi Rossiyaga kelib, sifatli ta’lim olishi va vataniga qaytishi, o‘z mamlakatining iqtisodiy farovonligi uchun ishlashi. Istiqboldagi 4-6 yilda boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti uchun dolzarb bo‘ladigan mutaxassisliklarga odamlarni taklif qilmoq zarur”, - deydi u. MDH talabalari – eng faol Pavel Shevsov talabalarning o‘zi ham ariza topshirishdan avval bozorni tahlil qilib ko‘rayotgani quvonarli hol ekanini qayd etdi. “Biz tayyorlash yo‘nalishlaridagi jiddiy o‘zgarishlarni ko‘rapmiz va talabalar ilgaridek yurist-iqtisodchilikka Rossiyaga shunchalik o‘qish uchun kelishmayotganini tushunyapmiz. Hozir ular OTM reytinglarini kuzatishmoqda va ko‘proq klinika tibbiyoti, jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq mutaxassisliklarni tanlashmoqda. IT-texnologiyalarga talab oshib bormoqda”, - deydi u. Shevsov MDHdan bo‘lgan talabalar Rossotrudnichestvo tanlovining eng faol qatnashchilari ekanini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ta’limiga eng katta qiziqish Tojikiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Masalan, bu yilgi 630 ta joyga 6 minga yaqin ariza kelib tushgan, ya’ni har bir budjet o‘ringa 9 kishi da’vogarolik qilgan. “O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston ham faol”, - deya sanaydi Shevsov. – Biz MDHning Rossiya ta’limiga bo‘lgan qiziqishining o‘sishini taqriban baravar proporsiyalarda ko‘ramiz. Bu, avvalo, mamlakatlarimizning an’anaviy, tarixan yuzaga kelgan munosabatlari bilan tushuntiriladi. Shuningdek, biz rus tilini chel elda targ‘ib qiluvchi asosiy idora sifatida unga bo‘lgan qiziqishni ko‘rapmiz”. Shevsov Ittifoq mamlakatlari ingliz, fransuz yoki turk tiliga e’tibor qaratib, turli til modellarini yaratishgan davr bo‘lganini ta’kidlaydi. Ammo bugungi kunda sobiq Ittifoq hududida savdo-iqtisodiy munosabatlar va ilmiy aloqalar rivojlanishi bilan rus tiliga bo‘lgan talab qaytgan. Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bu haqda Rossiya oliygohlaridagi nafaqat bakalavriat, balki magistratura dasturlariga bo‘lgan qiziqishning ortishi dalolat beradi. Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?17 Avgust 2021, 11:59 “Rossiyada o‘qigan avlod o‘smoqda, ular bu ta’lim sifatli, hayotda yordam berishini tushunishadi. Va magistraturaga kelishadi, ya’ni yosh olim sifatida”, - deydi Pavel Shevsov. Rossiyaga oliygohiga onlayn qanday kirish mumkin Kvota olish uchun arizani onlayn, education-in-russia.com sayti orqali topshirish mumkin. “Hammasi oson: kishi ro‘yxatdan o‘tadi, shaxsiy kabineti yaratiladi, u yerda Rossiyada qaysi mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olmoqchi ekanini aniqlashtiruvchi bo‘lim bor. Masalan, sizni “Moliya va kredit” qiziqtiradi. Demak, siz bu yo‘nalishni tanlaysiz. Tizim “Moliya va kredit” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlaydigan barcha universitetlarni ko‘rsatadi. Ikkita Moskva, ikkita Sankt-Peterburg va ikkita mintaqaviy OTMni tanlash mumkin”, - deya tushuntiradi Shevsov. Keyin abituriyent hujjatlar to‘plamini taqdim etishi kerak. “U ham osongina, - deya hikoya qiladi Pavel Shvetsov. – Shundan so‘ng shaxsiy kabinetda test sinovlari o‘tkaziladigan sana va vaqtdan xabar beruvchni xatni kutish kerak. Ularni onlayn topshirish zarur. Barcha mamlakatlar, Tojikiston va O‘zbekistondan tashqari, biz sinovlarni shu shaklda o‘tkazganmiz”. Agar abituriyent saralash bosqichidan o‘tolmasa, bu Rossiya sari yo‘l yopilganini anglatmaydi, deb eslatadi Shevsov. “MDHdan bo‘lganlarning turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish imkoniyati bor, masalan, vatandoshlar uchun loyihalar, imtiyozli loyihalar ham bor”, - deydi u. Rossiyada oliy ma’lumot: o‘qishga kirish va moslashish haqida13 Iyul 2021, 15:11 Shuningdek, Pavel Shvetsov Rossiyada ko‘plab olimpiadalar o‘tkazilishini qo‘shimcha qiladi. Rossotrudnichestvo qo‘llab-quvvatlaydigan eng mashhur xalqaro olimpiada “Open Doors” deb ataladi, deydi agentlik rahbari o‘rinbosari. “Olimpiada – iqtidorli bolalarni aniqlashning universial va xolis usullaridan biri. Boshqa olimpiadalar ham bor, ixtisoslashgan. Bu universitetlar olimpiadalari, ularni kuzatish va qatnashish lozim”, - deya xulosa qildi Shevsov.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/shevtsov-rossotrudnichestvo-barcha-mdh-mamlakatlari-uchun-kvotalarni-kopaytiradi-20330275.html
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida mustaqillikning 30-yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda nutq so‘zladi. O‘z nutqida prezident O‘zbekiston uchun global inqirozning og‘ir damlari ortda qolganini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi besh yil keskin sinovlar davri bo‘ldi. Ayniqsa, 2020-yili boshlangan koronavirus pandemiyasi va shu sababli kelib chiqqan iqtisodiy inqiroz global dunyoning ajralmas qismi sifatida O‘zbekiston uchun ham jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi. Mirziyoyev: Pandemiya sharoitida ishlash va yashashga o‘rganishimiz kerak5 May 2020, 20:29 Shunga qaramasdan, mamlakatda olib borilayotgan jadal va keng ko‘lamli islohotlar mamlakatda yangi davrni – yangi O‘zbekiston davrini boshlab bergan. Mirziyoyev misol tariqasida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni keltirdi. Xususan, 2017-2020 yillarda mamlakatning iqtisodiy o‘sish darajasi 18,3 foizni tashkil etib, yalpi ichki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Tashqi savdo aylanmasi 2016-yildagi 24 milliard dollardan 2020-yilda 36 milliard dollarga ko‘paydi. Ishbilarmon doiralarning mamlakatimizga ishonchi ortdi. Investitsiyalarning umumiy hajmi qisqa muddatda 2,1 martaga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobarga yaqin o‘sdi. “Bugun ishonch bilan ayta olamizki, O‘zbekiston uchun global inqirozning og‘ir damlari ortda qolmoqda”, - dedi davlat rahbari. Davlat rahbari iqtisodiyot rivojini aholining real yalpi daromadi 2016-yilga nisbatan 28 foizga o‘sganida ham ko‘rish mumkinligini qayd etdi. Ta’kidlanishicha, islohotlar doirasida qabul qilingan yirik dasturlar aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/ozbekiston-uchun-global-inqirozning-ogir-damlari-ortda-qoldi--mirziyoev-20319552.html
TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani "Bulung‘ur buyum savdo kompleksi" MChJda kuni kecha, 31-avgust kuni, katta yong‘in sodir bo‘ldi. Yigirmata savdo obyektlari yonib ketdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga voqeadan xabardor manba. Hozirda yong‘in bartaraf etilgan. Telegram kanallaridan birida tarqalgan videoda olov ikki qavatli binoni qurshab olganini, hodisani telefoniga suratga olayotgan odamlar "hozir gaz ballon portlashi mumkin"ligi bois uzoqroq turish kerakligi haqida gapirishayotgani aks etgan. Binoning yonishi 31-avgust kuni soat 23:16 da boshlangan. "Bulung‘ur buyum savdo kompleks" MChJga qarashli ikki qavatli savdo do‘konlari yonayotgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Ushbu holat bo‘yicha yong‘in joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Londonda koronavirus tufayli marodorlik boshlandi - video20 Mart 2020, 09:42 Voqea joyiga shuningdek, Samarqand viloyati FVB boshlig‘i va Bulung‘ur tumani FVB boshlig‘i vazifasini bajaruvchilar yetib borishgan. Yong‘in soat 01:26 batamom o‘chirilgan. Yong‘in elektr simining qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Yong‘in oqibatida 20ta do‘kon, 6ta tikuv xonasi, 2ta oshxona, 5ta oziq-ovqat do‘koni, 7ta buyum do‘koni - taxminan 680 kvadrat metr zararlanib, 1200 kvadrat metri saqlanib qolgani aytilmoqda. Tikuv xonalarining birida tikuvchilik qilgan ayolning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, yong‘in haqida soat 12larda xabar topgan. Hodisa joyiga yetib kelganida, birinchi qavatdagi do‘konlar egalari jonholatda o‘z tovarlarini yong‘in qurshab olgan binodan olib chiqishga urinib, o‘t o‘chirish mashinalari yuradigan yo‘laklarni chiqarilayotgan tovarlar bilan to‘sib qo‘yganliklariga guvoh bo‘lgan. Do‘konlarning aksariyatidan tovarlarni qutqarishning iloji bo‘lmagan. Shuningdek, yarim tunda, do‘konlar egalari o‘z tovarlarini qutqarish bilan ovora bo‘lgan bir vaqtda, yong‘inni tomosha qilishga kelganlarning ayrimlari chiqarilayotgan tovarlarni o‘g‘irlash, yoki shu joyning o‘zida ko‘chaga chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini tortinmasdan olib paqqos tushirish bilan band bo‘lganlar. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘ining kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda. Ushbu xodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/bulungurda-katta-yongin-roy-berdi-20ta-savdo-dokonlari-yonib-kulga-aylandi-20321263.html
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomida qisqa davrda samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishga erishdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida mustaqillikning 30-yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar bilan aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichda davom ettirilmoqda. Mamlakat 2019-yilda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga to‘la huquqli a’zo bo‘lgan. Bu respublika uchun xalqaro maydonda yangi iqtisodiy, siyosiy va madaniy imkoniyatlar ochib berdi. “O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomida qisqa davrda samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishga erishdi”, - dedi prezident. Davlat rahbari O‘zbekiston bu yil ShHT raisligini qabul qilib olishi va uning kelgusi yili o‘tadigan Sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rilishini aytdi. O‘zbekiston va YeOII: kooperatsion hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar13 Aprel 2021, 11:58 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020-yil dekabrida YeOII kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan edi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan beri faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston unga a’zo.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/prezident-ozbekiston-eoii-bilan-samarali-aloqalarni-yolga-qoyishga-erishdi-20320027.html
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida ma’lum qilindi. Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan: oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi;turdosh OTM hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum biriktiriladi;Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o‘tkaziladi;texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv-meyoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;OTMlar o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarni o‘quv-metodik hujjatlar bilan ta’minlaydi. Shuningdek, qarorga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilidan texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich ko‘paytirishni amalga oshirish nazarda tutilgan. Hozirgi texnikumlar oldingisidan nimasi bilan farq qiladi?16 Noyabr 2020, 17:55 Bundan tashqari, OTMga o‘qishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitishni nazarda tutadi.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/texnikumlar-va-kollejlar-otmga-oqishga-kirmaganlarni-bepul-oqitadi-20331129.html
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. AQSh havo hujumi oqibatida o‘ldirilgan afg‘onistonlik harbiy Nosir Nejrabi amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan va AQShga ketishni rejalashtirgan, deydi uning ukasi RIA Novosti agentligiga. Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, 29 yoshli Nejrabi o‘n yilga yaqin armiyada xizmat qilgan, shuningdek AQSh maxsus kuchlari bilan ishlagan. Tolibon* Afg‘onistonda katta hujum boshlaganida, u Qandahor viloyatida xizmat qilayotgandi. Nejrabi jangarilar shaharga kirishdan uch kun oldin poytaxtga ko‘chib o‘tdi. Ukasining so‘zlariga ko‘ra, Nosir Kobulning qo‘lga olinishidan qo‘rqqan va u yerga AQShga borish uchun kelgan; u hujjatlarni rasmiylashtirishni boshladi. Kobuldagi teraktdan so‘ng amerikaliklar olomonga qarata o‘q uzishdi – OAV31 Avgust 2021, 10:07 Poytaxtda portlash yuz berganda, harbiy xizmatchi amakisi uyining hovlisida edi. Ikki yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 8 ta amakivachchasi ham ko‘chada bo‘lgan, ularning hammasi halok bo‘ldi. Nejrabi akaning aytishicha, ular oxirgi marta fojiadan oldingi kechada gaplashgan - ular Noserning bo‘lajak to‘yini muhokama qilishgan. "AQSh Afg‘onistonda - siyosatda ham, urushda ham mag‘lubiyatga uchradi. Endi ular begunoh odamlarni o‘ldirishmoqda", - dedi suhbatdosh. Amerika kontingenti Afg‘onistondan chiqib ketishi fonida Tolibon* hujum boshladi va yigirma yillik urush tugaganini e’lon qilib, barcha yirik shaharlarni egalladi; hozir davlat boshqaruv mexanizmi masalasi hal qilinmoqda. Poytaxt shimoli-sharqidagi Panjshir jangarilar nazoratidan tashqaridagi yagona viloyat bo‘lib qolmoqda. Chet elliklar haribiylar va ittifoqchilar evakuatsiya qilingandan so‘ng Kobuldagi aeroport to‘liq toliblar* nazoratiga o‘tdi. Yakshanba kuni AQSh uchuvchisiz uchar qurilmasi Kobulda mashinaga zarba berdi. AQSh harbiylariga ko‘ra, u katta miqdordagi portlovchi moddalarni tashib yurgan va aeroportga bevosita xavf solgan. CNN telekanaliga ko‘ra, to‘qqiz nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi, ulardan olti nafari bola; Al-Jazeera telekanali 12 nafar qurbon haqida xabar berdi.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/aqsh-hujumi-oqibatida-oldirilgan-afgon-amerikaliklar-bilan-hamkorlik-qilgan-20316645.html
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Yevropa ittifoqi Afg‘onistonning qo‘shnilariga, agar ular afg‘on qochoqlariga boshpana bersa, 600 million yevro miqdorida moliyaviy yordam taklifini tayyorlamoqda. Bu haqda Brusseldagi rasmiylarga asoslanib, Financial Times xabar berdi. Ko‘plab Yevropa davlatlari Afg‘onistonda tolib*larning hokimiyat tepasiga kelishi 2015-yilda yuz minglab suriyalik qochoqlar Yevropa Ittifoqi davlatlariga yopirilib kelgani singari inqirozni keltirib chiqarishidan xavotir bildirdi. TIV afg‘on qochoqlari uchun chegara ochilganini rad etdi31 Avgust 2021, 09:31 O‘sha vaqtda YeI noqonuniy migrantlarni o‘zida ushlab turish va Yevropaga kiritmasligi uchun Turkiyaga mablag‘ taklif qilgandi. Gazeta yozishicha, endi Yevropa Ittifoqi rasmiylari Pokiston, O‘zbekiston, Tojikiston va hatto xalqaro sansiyalar ostida bo‘lgan Eronga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor. Bugun YeI ichki ishlar vazirlari favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, Amerika to‘liq qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi. Uchrashuvdan so‘ng, "hozir eng muhimi - mintaqaga to‘g‘ri signal yuborish: u yerda qoling - va biz odamlarga yordam berish uchun mintaqaga yordam ko‘rsatamiz", - deb aytishdi Avstriya, Daniya va Chexiya vazirlari. * Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/ei-afgon-qochoqlarini-qabul-qilish-evaziga-ma-davlatlariga-moliyaviy-yordam-bermoqchi---oav-20330075.html
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden boshqa davlatlarning ishlariga aralashishni to‘xtatish haqida bayonoti berdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bu ijobiy holat, Moskva bu yondashuvni olqishlaydi. "Juda qiziq fursat, buni AQSh prezidenti Bayden ham, Fransiya prezidenti Makron ham qayd etishdi: ikkalasi bir yoki ikki kunlik tanaffus bilan boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, ularga G‘arb uslubidagi demokratiyani o‘rnatishni to‘xtatish vaqti kelganini e’lon qilishdi",- dedi Lavrov MGIMO talabalari bilan uchrashuvda. "Biz bunday bayonotlarni olqishlaymiz. Biz anchadan buyon g‘arblik hamkasblarimizni so‘nggi o‘n yillikda o‘zlari aralashib qolgan avantulardan saboq olishga chorlab kelganmiz", - dedi vazir. Qo‘rqoq va xoinmi? Afg‘on elchisi Ashraf G‘ani haqida1 Sentabr 2021, 12:53 “Umid qilamanki, agar bu bayonot mashaqqatli xulosani aks ettirsa, kelajakda sayyoramiz ozgina tinchroq bo‘ladi”, - deb qo‘shimcha qildi diplomat. Dushanba kuni AQSh Afg‘onistondan to‘liq qo‘shinlarni olib chiqib, 20-yillik missiyasini yakunladi. Seshanba kuni xalqqa qilgan o‘z murojaatida Jo Baydenning aytishicha, AQSh Afg‘onistondan chiqib ketishi boshqa mamlakatlarni kuch bilan qayta tiklashga urinish davri ostiga chiziq chizadi.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/lavrov-baydenning-boshqa-davlatlar-ishlariga-aralashmaslik-haqidagi-bayonotini-olqishladi-20327610.html
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. 15 avgust kuni Afg‘onistondan uchib ketishidan bir necha soat oldin, prezident Ashraf G‘ani hukumat bilan yig‘ilish o‘tkazishni belgiladi, o‘zi esa Kobul aeroportiga yo‘l oldi. Bu haqda respublikaning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Ag‘bar RIA Novostiga bergan intervusida so‘zlab berdi. “G‘ani nafaqat o‘z safdoshlarini tashlab, qochib ketdi, balki xalqni talon-taroj qilib, budjet pullarini o‘zi bilan olib ketdi. Uning qochib ketishni rejalashtirganini hech bir o‘rinbosari bilmagandi. G‘ani hukumati mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, men u bilan kecha shaxsan gaplashganman, prezident maslahatchisi (harbiy idoraga) qo‘ng‘iroq qilib, soat 16:00da yig‘ilishga kelishini aytdi. Ular tayyorgarlik ko‘rishdi, uni kutib o‘tirishdi, lekin aynan shu vaqtda G‘ani va uning qarindoshlari bilan uchta samolyotda Kobul aeroportidan uchib ketishdi”, - dedi diplomat. Elchining so‘zlariga ko‘ra, G‘anining xoinligi Tolibon*ning hokimiyatni tez egallab olishiga sabab bo‘lgan. Muhammad Zohir Ag‘bar, shuningdek, Afg‘onistonning sobiq rahbari vijdonli amaldorlarni hukumatdan chetlatib, ularning o‘rniga tajribasizlar bilan almashtirganini ta’kidladi. Garchi armiya askarlari zamonaviy qurollarga ega bo‘lgani va NATO davlatlari mutaxassislari tomonidan tayyorlangan bo‘lsa ham Tolibon* o‘n kun ichida mamlakatni egallab olishga muvaffaq bo‘ldi. Ashraf G‘ani qayerdaligi ma’lum bo‘ldi18 Avgust 2021, 20:04 Avgust oyining birinchi o‘n kunligida Tolibon* jangarilari AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketishi fonida hukumat kuchlari pozitsiyalariga qarshi hujum qildi va 15-avgustda Kobulga kirdi. Prezident Ashraf G‘ani respublikani tark etdi va ikki kundan so‘ng BAAdan videomurojaat bilan chiqdi. U iste’foga chiqishi bilan "qirg‘inning oldini olishni" xohlaganini aytdi va respublikaga qaytishga va’da berdi. G‘ani uchib ketganidan so‘ng, Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih o‘zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qildi va Kobul shimolida to‘plangan qarshilik ko‘rsatish kuchlariga qo‘shildi. Tolibon* liderlari xorijiy askarlar ketishi va hukumatning haqiqiy o‘zgarishi bilan mamlakatdagi urush tugaganini va ular yaqin kelajakda yangi davlat boshqaruvi shakli to‘g‘risida qaror qabul qilishlarini aytishdi. * Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/qorqoq-va-xoinmi-afgon-elchisi-ashraf-gani-haqida-20325629.html
AP Photo / Nomaan MerchantXitoyning Tanszin shahridagi kollej talabalari. 2016-yil 31-avgust.1/17 AP Photo / Nomaan MerchantXitoyning Tanszin shahridagi kollej talabalari. 2016-yil 31-avgust. AP Photo / Desmond BoylanKuba, 2015-yil 19-aprel2/17 AP Photo / Desmond BoylanKuba, 2015-yil 19-aprel AP Photo / Ping Ma / Pool AQShning sobiq birinchi xonimi Melaniya Tramp va Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abening rafiqasi Akie Abe Tokiodagi maktablardan biri. 2017-yil, 6-noyabr3/17 AP Photo / Ping Ma / Pool AQShning sobiq birinchi xonimi Melaniya Tramp va Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abening rafiqasi Akie Abe Tokiodagi maktablardan biri. 2017-yil, 6-noyabr AP Photo / Alvaro BarrientosIspaniya shimolidagi maktab o‘quvchilari. 2020-yil 7-sentabr.4/17 AP Photo / Alvaro BarrientosIspaniya shimolidagi maktab o‘quvchilari. 2020-yil 7-sentabr. AFP 2023 / Ed JonesSeuldagi talabalar 70-yillar modasiga mos ravishda suratga tushishmoqda. 2016-yil 23-fevral.5/17 AFP 2023 / Ed JonesSeuldagi talabalar 70-yillar modasiga mos ravishda suratga tushishmoqda. 2016-yil 23-fevral. AP Photo / Gerald HerbertYangi Orleandagi maktab o‘quvchilari. 2019-yil 27-avgust.6/17 AP Photo / Gerald HerbertYangi Orleandagi maktab o‘quvchilari. 2019-yil 27-avgust. AP Photo / Wong Maye-EShimoliy Koreya poytaxti Pxenyandagi maktab o‘quvchilari, 2017-yil 28-iyul.7/17 AP Photo / Wong Maye-EShimoliy Koreya poytaxti Pxenyandagi maktab o‘quvchilari, 2017-yil 28-iyul. Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMoskvadagi maktab o‘quvchilari8/17 Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMoskvadagi maktab o‘quvchilari AFP 2023 / Anthony WallaceGonkong ko‘chalaridagi maktab o‘quvchilari, 2016-yil 4-iyul9/17 AFP 2023 / Anthony WallaceGonkong ko‘chalaridagi maktab o‘quvchilari, 2016-yil 4-iyul AP Photo / Vadim GhirdaRuminiya poytaxti Buxarest, 2019-yil 9-sentabr10/17 AP Photo / Vadim GhirdaRuminiya poytaxti Buxarest, 2019-yil 9-sentabr AP Photo / Rajesh Kumar SinghHindistonning Uttar-Pradesh shtati, 2020-yil 14-mart11/17 AP Photo / Rajesh Kumar SinghHindistonning Uttar-Pradesh shtati, 2020-yil 14-mart AP Photo / Ariana CubillosKarakas, 2019-yil 7-oktabr Venesuela poytaxti12/17 AP Photo / Ariana CubillosKarakas, 2019-yil 7-oktabr Venesuela poytaxti AFP 2023 / Mohamed el-ShahedMisr poytaxti Qohira, 2018-yil 13 otkabr.13/17 AFP 2023 / Mohamed el-ShahedMisr poytaxti Qohira, 2018-yil 13 otkabr. AFP 2023 / Andy Buchanan Glazgodagi o‘quvchilar. Shotlandiya 2020-yil 12-avgust.14/17 AFP 2023 / Andy Buchanan Glazgodagi o‘quvchilar. Shotlandiya 2020-yil 12-avgust. AFP 2023 / Goh Chai HinIndoneziyadagi bak-betyu qabilasi o‘quvchilari. 2017-yil 20-avgust15/17 AFP 2023 / Goh Chai HinIndoneziyadagi bak-betyu qabilasi o‘quvchilari. 2017-yil 20-avgust AFP 2023 / Manan Vatsayayana Vyetnam poytaxti Xanoydagi maktab o‘quvchilari, 2020-yil 4-may.16/17 AFP 2023 / Manan Vatsayayana Vyetnam poytaxti Xanoydagi maktab o‘quvchilari, 2020-yil 4-may. AP Photo / Hadi MizbanIroq poytaxti Iroqda bolalar birinchi sinfaga borishmoqda, 2016-yil 29-sentabr17/17 AP Photo / Hadi MizbanIroq poytaxti Iroqda bolalar birinchi sinfaga borishmoqda, 2016-yil 29-sentabr
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/maktab-formasi-20324880.html
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Azim Ahmadxo‘jayev O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi. Prezident tegishli qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati. Tayinlovga qadar 2019-yildan buyon Azim Ahmadxo‘jayev Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Azim Ahmadxo‘jayev 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi (2002 yil). 2016-yil mayidan 2017-yil martiga qadar "Asaka" banki boshqaruvi raisi bo‘lgan. Avvalroq 2011-yil mayidan O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari, so‘ngra boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan. Sanobar Nosirova Bo‘ston tumani hokimi v.b. etib tayinlandi24 Avgust 2021, 11:01 2017-2018 yillarda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan. 2018-yil fevralida AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, avgustdan LBMAda raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish masalalari bo‘yicha blok rahbari bo‘lgan.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/azim-ahmadxojaev-energetika-vazirining-birinchi-orinbosari-etib-tayinlandi-20323063.html
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon amaldorlar va davlat arboblarga faxriy mukofotlarni topshirdi. “88 kishi “Tojikiston Respublikasining Davlat mustaqilligining 30-yilligi” yubiley medali bilan taqdirlandi, ikki kishiga “Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan ishchi” unvoni berildi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida. Chop qilingan suratlarda taqdirlanganlar orasida Emomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li, Tojikiston parlamenti yuqori palatasi spikeri, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali ham bor. Bundan tashqari, mamlakat bosh vaziri Kohir Rasulzoda, TIV rahbari Sirojiddin Muhriddin va boshqa siyosatchilar taqdirlangan.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/emomali-rahmon-oglini-davlat-mukofoti-bilan-taqdirladi-20321663.html
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi matbuot va bosma ishlari bo‘yicha davlat boshqarmasi onlayn o‘yinlarda vaqtini o‘tkazadigan voyaga yetmaganlar uchun keskin cheklovlar joriy etdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, sentabrdan Xitoyda yangi qoidalar kuchga kiradi. Endi onlayn o‘yinlar sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bolalarga haftasiga faqat uch kun – juma, shanba va yakshanba, shuningdek, bayram kunlari o‘yin o‘ynashga ruxsat beradi. Voyaga yetmaganlar shu kunlari faqat bir soat, 20:00 dan 21:00 gacha, o‘yin o‘ynashlari mumkin. Maxsus komissiya bu talablarga rioya qilinayotgani yoki qilinmayotganini tekshiradi. Xitoyda ovqat isrofgarchiligiga qarshi qonun qabul qilindi29 Aprel 2021, 12:59 Shu bilan bir qatorda o‘yin akkauntlariga nisbatan talablar kuchaytirilmoqda. Ta’kidlanishicha, bunday chora “yosh avlodning sog‘lom rivojlanishi uchun qulay muhitni” yaratishga imkon beradi. 2019 yilda Xitoyda onlayn o‘yin o‘ynaydigan bolalar uchun komendantlik soati joriy qilingandi. Voyaga yetmaganlarga soat 22:00 dan 08:00 gacha o‘ynash taqiqlanadi. 2021-yilda Xitoy hukumati onlayn o‘yindar uchun yuzni tanib oluvchi tizimini ishga tushirdi. U taqiqlangan vaqtda o‘zini katta qilib ko‘rsatgan bolalarni aniqlaydi. Yangi tizim pasport ma’lumotlariga bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yinchining yuzini skaner qiladi. Agar o‘yinchi yuzini ko‘rsatishdan bosh tortsa, u o‘z o‘zidan voyaga yetmagan sanaladi. Keyin u kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketganlarning ehtimoliy ro‘yxatiga kiritiladi va avtomatik ravishda o‘yindan chiqarib tashlanadi.
2021-01-09
https://oz.sputniknews.uz/20210901/xitoyda-voyaga-etmaganlar-uchun-onlayn-oyinlarga-keskin-choralar-joriy-etildi-20326892.html
Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaQisqa vaqt ichida poligon hududida yangi “harbiy shaharcha” barpo etilib, barcha qulayliklar yaratildi.1/8 Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaQisqa vaqt ichida poligon hududida yangi “harbiy shaharcha” barpo etilib, barcha qulayliklar yaratildi. Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO Uzbekistana“Yangiariq” poligoni 2006-yilda tashkil etilgan. Biroq yillar zayli bilan u yerdagi obyektlar, bino va inshootlar yaroqsiz holatga2/8 Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO Uzbekistana“Yangiariq” poligoni 2006-yilda tashkil etilgan. Biroq yillar zayli bilan u yerdagi obyektlar, bino va inshootlar yaroqsiz holatga Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaEndi esa zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro darajadagi poligon bo‘ldi.3/8 Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaEndi esa zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro darajadagi poligon bo‘ldi. Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaXorazm viloyati Harbiy-ma’muriy sektori hamda Mudofaa vazirligi ko‘magi bilan “Yangiariq” poligonida 27 ta harbiy va ijtimoiy obyektlarda to‘liq kapital ta’mirlash ishlari olib borilgan.4/8 Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaXorazm viloyati Harbiy-ma’muriy sektori hamda Mudofaa vazirligi ko‘magi bilan “Yangiariq” poligonida 27 ta harbiy va ijtimoiy obyektlarda to‘liq kapital ta’mirlash ishlari olib borilgan. Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaPoligonda zamonaviy ko‘rinishda 350 o‘rinli ikkita yotoqxona, 20 ta mashg‘ulot xonalaridan iborat bo‘lgan ikkita o‘quv binosi qad rostladi.5/8 Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaPoligonda zamonaviy ko‘rinishda 350 o‘rinli ikkita yotoqxona, 20 ta mashg‘ulot xonalaridan iborat bo‘lgan ikkita o‘quv binosi qad rostladi. Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaShuningdek, poligonda 4 ta boshqaruv punkti, yopiq tipdagi 6 ta yozgi mashg‘ulot xonalari harbiy xizmatchilar uchun bunyod etildi6/8 Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaShuningdek, poligonda 4 ta boshqaruv punkti, yopiq tipdagi 6 ta yozgi mashg‘ulot xonalari harbiy xizmatchilar uchun bunyod etildi Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaShahar va qishloq sharoitida yaqin jang olib borish shaharchasi, 10 ta amaliy o‘q otish yo‘nalishlaridan iborat bo‘lgan qo‘shinlar o‘q otish maydoni bor.7/8 Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaShahar va qishloq sharoitida yaqin jang olib borish shaharchasi, 10 ta amaliy o‘q otish yo‘nalishlaridan iborat bo‘lgan qo‘shinlar o‘q otish maydoni bor. Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaBo‘linmalari tomonidan ham quruqlikda, ham suvda bajariladigan amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga qo‘shimcha imkonmiyat mavjud.8/8 Press-slujba Severo-zapadnogo voyennogo okruga MO UzbekistanaBo‘linmalari tomonidan ham quruqlikda, ham suvda bajariladigan amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga qo‘shimcha imkonmiyat mavjud. Jangovar va harbiy texnikalarni saqlashga mo‘ljallangan yangi jangovar texnikalar parki, radiatsion, kimoviy, biologik muhofaza, ekstremal sharoitda yashab qolish, muhandislik, artilleriya, havo hujumidan mudofaa, aloqachilar shaharchalari, ruhiy zo‘riqish va armiya biatloni yo‘laklari, 24 ta murakkab to‘siqlardan iborat bo‘lgan 1200 metrli razvedkachilar to‘siqli yo‘lagi qurildi. Barcha kuch va vositalarni boshqarish, hamkorlikdagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamonaviy dizayn va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 2 qavatli markaziy qo‘mondonlik punkti bunyod etildi. Asosiy qismi qo‘mli tepaliklardan iborat bo‘lgan poligon hududining 4,8 foizini tabiiy ko‘llar qamrab oladi. Shu bois, poligonda Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridan tashqari Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari bo‘linmalari tomonidan ham quruqlikda, ham suvda bajariladigan amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga qo‘shimcha imkonmiyat mavjud. “Yangiariq” poligonida ham suvda, ham quruqlikda joylashgan 12 ta to‘siqli, 1200 metr uzunlikdagi jamoaviy ruhiy barqarorlikni shakllantirish yo‘lagining muqobili hali mamlakat poligonlaridan hech qaysida yo‘q. To‘siqli yo‘lakda jamoa bo‘lib harakat qilayotgan bo‘linmaning har bir a’zosi, huddiki zanjir xalqalaridek bir-birlariga dalda berib, jamoaviy jipslikni namoyish etishlari kerak. Yo‘lak to‘siqlarini yengib o‘tishda suv va balchiq qo‘shimcha murakkablik yaratib, harbiy xizmatchilardan kuchli jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/yangiariq-poligoni-20311397.html
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Kobul aeroportidagi portlashlardan so‘ng amerikalik harbiylar tinch aholiga qarata o‘t ochishdi, hatto yerga yiqilgan kishilarni ham otishdi. Bu haqda RT omon qolgan guvohlar so‘ziga tayangan holda xabar bermoqda. “Amerikaliklar olomon ichida yana xudkushlar bor deb o‘ylashdi va havoga emas, balki to‘g‘ri olomonga qarata o‘q uza boshlashdi”, - degan jabrlanganlardan biri. Boshqa guvohlarning so‘zlariga qaraganda, “portlashdan kam kishi halok bo‘lgan”, qolganini sarosimida askarlar otib tashlagan. “U yerda ur-yiqit bo‘ldi, hamma qochdi. Chamasi, amerikaliklar bizning oramizda ham portlash sodir etishi mumkin bo‘lganlar bor deb o‘ylashdi, shuning uchun ham otishdi. Portlashdan kam kishi halok bo‘ldi, voqealar markazi amerikaliklar turgan joyda edi. Odamlar esa ur-yiqitdan va har tomondan amerikaliklarning xalqqa qarab o‘q uzishi natijasida halok bo‘ldi”, - degan guvoh Shoh Jon. Kobul kasalxonalaridagi jarrohlardan biri telekanalga bu versiyani ham snarad, ham o‘q tegib yaralangan erkakni ta’riflab, bilvosita tasdiqlagan. Erkak omon qolmagan. 26 avgust kuni Kobul aeroporti yaqinida ikki porlash sodir bo‘ldi. 13 nafar amerikalik harbiy va 200 ga yaqin afg‘on terakt qurboni bo‘ldi. “Islom davlati”* guruhi teraktlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti Kobul aeroportida portlash yuz berdi26 Avgust 2021, 19:03
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/kobuldagi-teraktdan-song-amerikaliklar-olomonga-qarata-oq-uzishdi--oav-20302583.html
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi. Qarorga ko‘ra, Filial “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (BDKI) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi – oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Abduhakimov va Bekmambetov O‘zbekistonda kinoturizmni rivojlantirishga kelishishdi7 May 2021, 11:57 Filialda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi. Ta’lim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda o‘zbek tili va O‘zbekiston tarixi o‘qitiladi. Quyidagilar Filialning asosiy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi: Dramaturgiya;Produserlik (turlari bo‘yicha). Ta’lim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot sifatida tan olinadigan Rossiya davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi. Filialda davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilar 5-yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televidenie sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/toshkentda-kinematografiya-sohasida-xorijiy-otm-filiali-tashkil-etildi-20315207.html
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste’fosini qabul qildi. “Prezident Qasim-Jomart Toqayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi”, — deb yozdi prezident matbuot kotibi Berik Uali Facebook᾽dagi sahifasida. 26 avgust kuni Jambil viloyatidagi harbiy qism muhandislik o‘q-dorilari omborida portlashlar sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetgan. 100 ga yaqin kishi jarohatlangan. Qozog‘istonda 29-avgust kuni milliy motam kuni deb e’lon qilindi28 Avgust 2021, 13:45 Yermekbayev yong‘in va portlashlardan keyin iste’foga chiqish haqida ariza topshirgan edi. Toqayev o‘z farmoni bilan sobiq vazirning birinchi o‘rinbosari Murat Bektanov mudofaa vaziri etib tayinladi. Yermekbayev 2018-yilning avgust oyida Qozog‘iston Mudofaa vazirligini boshqarishga kirishgan. Bungacha u ikki yil 2014-yildan 2016-yilgacha Qozog‘iston din ishlari va fuqarolik jamiyati vaziri, 2018-yil apreldan avgustgacha prezident yordamchisi — mamlakat xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlagan.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/qozogiston-mudofaa-vaziri-harbiy-omborlardagi-portlashdan-keyin-istefoga-chiqdi-20314614.html
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Shu kunlarda “tahlilchi” Anvar Nazir ijtimoiy tarmoqlarda “Tolibon”* harakati go‘yoki Afg‘oniston hududida maktab dasturidan o‘zbek tilini olib tashlagani haqidagi yangilikni joylashtirdi. Afg‘on urushi veterani: amerikaliklar qurolni tashlab, qochib ketganini ko‘rib hayratda qoldim28 Avgust 2021, 21:15 Bundan kelib chiqqan holda, ushbu shaxs Afg‘onistonda Amir Temur, Shayboniyxon, Boborahim Mashrab, Mahmud G‘aznaviy, Abu Rayhon Beruniy merosining o‘rganilishi hamda navoiyshunoslikning ham ta’qiqlangani haqida xulosa qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakilining “Tolibon” harakati rasmiy rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida ushbu axborotning haqiqatga zidligi ta’kidlandi. “Tolibon” vakili o‘zbek tili, pushtu va dari tillari bilan bir qatorda, bundan buyon ham Afg‘onistonning rasmiy tillaridan biri bo‘lib qolishini tasdiqladi. O‘zbek tilini o‘rganish va rivojlantirishga, toliblar rasmiy vakilining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat yangi rahbariyati alohida e’tibor qaratadi. Ba’zi bilimsiz “tahlilchi” va jurnalistlarning shubhali shov-shuvlar va “qaynoq fakt”lar ilinjida ochiqdan ochiq buzib ko‘rsatilgan va yolg‘on axborotlarni tarqatayotgani esa afsuslanarli holatdir”, - deyilgan bayonotda. *Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/ozbek-tili-afgonistonda-rasmiy-tillardan-biri-bolib-qoladi-tiv-20313837.html
Ishtirokchilar muhandislik to‘siqlaridan emaklab o‘tib, shartli yaradorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, tibbiy zambil orqali va arqon yordamida suvli to‘siq ustidan olib o‘tish, sanitar harbiy texnikaga joylashtirib, barcha aslahalarni yig‘ishtirib olish, keyin esa ularni xavfsiz hududga olib chiqish kabi mashqlarni bajarishdi. O‘zbekiston jamoasi bu yil ham mazkur musobaqaning “Jamoaviy birinchilik” bosqichida o‘tgan yilgi natijalarini yangilab, rekordlar qayd etishdi. Shartni bajarish uchun erkaklar o‘rtasida 5 daqiqa 28,4 soniya, ayollar o‘rtasida esa 7 daqiqa 51,3 soniya vaqt sarf qilishdi. Finishdan so‘ng, ayollar jamoasi a’zolari to‘siqlardan o‘tish paytida charchoq haqida o‘ylamaganliklari, balki vazifani bajarishga e’tibor berishganini tan olishdi. "Bu yerda jamoa to‘g‘ri tanlangani uchun, o‘zaro tushunish, shu jumladan jismonan juda muhim, Mashqlarnimuvaffaqiyatli bajardik va rekord o‘rnatdik. Bu O‘zbekiston mustaqilligi yubileyiga bizning tuhfamiz" - dedi Liliya Manasipova. Bu yil “Harbiy tibbiy estafeta”da Rossiya, Belarus, Xitoy, Vyetnam, O‘zbekiston, Tojikiston, Myanma va Falastin jamoalari bellashdilar.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/ozbekiston-harbiy-shifokorlari-armida-yangi-rekord-qayd-etishdi-video-20308263.html
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Moskva viloyatidagi Mitishida yuz bergan mushtlashuvda qatnashgan 37 nafar chet el fuqarosi Rossiyadan chiqarib yuborildi va mahalliy tadbirkorga nisbatan noqonuniy migratsiyani tashkil qilgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Moskva viloyati IIBB matbuot xizmati rahbari Tatyana Petrova ma’lum qildi. "Sud qarori bilan 37 chet el fuqarosi Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborildi. Avvalroq bu fuqarolarga nisbatan Rossiya IIV migratsiya boshqarmasi "Mitishchinskoe” politsiya xodimlari tomonidan ma’muriy, shu jumladan, migratsiya qonunchiligini buzganligi uchun protokollar rasmiylashtirilgan”, - dedi Petrova. Uning aniqlik kiritishicha, 5-avgust kuni politsiyaga Mitishi shahrida mojaro haqida xabar kelib tushdi, shundan so‘ng 66 nafar yaqin chet el fuqarosi politsiyaga olib kelindi. Ularga nisbatan 134 ta ma’muriy protokol tuzildi, shundan 54 tasi - Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (MJTK)ning 18.8-moddasi, migratsion hisobga olish qoidalarini buzish, 65 tasi - MJTKning 20.1-moddasi "mayda bezorilik" va 15 tasi - MJTKning 20.20-moddasiga asosan "taqiqlangan yoki jamoat joylarida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish".mushtlashuv* Moskvada yana ommaviy mushtlashuv: salkam 50 kishi ushlandi28 Avgust 2021, 18:29 Keyinchalik 49 nafar qonunbuzarga 5 ming rubl miqdorida jarima solindi, so‘ngra ularni deportatsiya qilishdan avval chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi. Ulardan 37 migrant Rossiyani tark etdi. "Shuningdek, Pogranichnaya ko‘chasidagi mojaro holatiga oydinlik kiritish maqsadida IIV Ichki ishlar vazirligi tergov bo‘limi tergovchisi tomonidan Chuvash Respublikasida tug‘ilgan 54 yoshli ayolga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1 - "Noqonuniy migratsiyani tashkil etish" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayol migrantlar yashagan xostel egasi bo‘lgan va ularning noqonuniy bo‘lishini tashkil qilgan. Unga nisbatan “doimiy yashash joyini tark etmaslik va munosib xulq atvorda bo‘lish" tilxat shaklida ehtiyot chorasi qo‘llanildi. O‘tgan haftada Moskva meri Sergey Sobanin migrantlar ishtirokida mojarolar ko‘paygani yuzasidan munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya tomonidan ommaviy mushtlashuv va boshqa qonunbuzarliklar yuzasidan 800 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 200 nafarga yaqin migrant deportatsiya qilindi, 17,5 ming nafar kishiga mamlakatga kirish taqiqlandi.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/sud-qarori-asosan-37-migrant-rossiyadan-chiqarib-yuborildi-20312085.html
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Namangan viloyat perinatal markazida bir yo‘la uch chaqaloq dunyoga keldi, deb xabar qildi SSV matbuot xizmati. Norin tumanining Norinkapa kishlog‘ida yashovchi Ra’noxon Salamovaning qizaloqlarining vazni 2-2,5 kg atrofida. Egizaklar sog‘lom va baquvvat tug‘ilgani aytilmoqda. Oila a’zolari bu xushxabarni Mustaqillik ayyomi bilan qo‘shaloq shodiyona sifatida nishonlamoqdalar.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/namangandagi-oilada-bir-yola-uch-qizaloq-dunyoga-keldi-20315769.html
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida barpo etilgan "Yangi O‘zbekiston" bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Mustaqillikning 30-yilligiga bag‘ishlangan "Yangi O‘zbekiston" majmuasi va Mustaqillik monumentining ochilish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. “Agar yuqoridan nazar tashlasangiz, bog‘ning shakli ulkan daraxtning beshta shoxiga o‘xshaydi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishini ifoda etadi. Bu go‘zal bog‘da poytaxtimiz aholisi, Toshkent viloyati va barcha hududlarimizdan, xorijdan keladigan mehmonlar yayrab dam olishi, oilasi, farzandlari bilan birga mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda”, - dedi prezident. Mirziyoyev majmua yonida Olimpiya shaharchasi bunyod etilishi, unda 2025-yili Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarining asosiy musobaqalari o‘tkazilishini ma’lum qildi. Majmua hududida zamonaviy oliy ta’lim dargohi, tibbiyot klinikalari, xalqaro ko‘rgazma markazlari va boshqa obyektlardan iborat shaharcha qurilmoqda. Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.1/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti. Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.2/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti. Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.3/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti. Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.4/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti. Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.5/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti. Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.6/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.1/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.2/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.3/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.4/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.5/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.6/6 Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti. Bog‘ mazmuni milliy davlatchilik tarixi, xalqning bugungi intilishlari va Uchinchi Renessans maqsadlarini o‘zida mujassam etgan. 104 gektarlik bog‘ning umumiy ko‘rinishi Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlariga monand daraxtning beshta shoxi shaklidadir. Bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etilgan. Bog‘ hududida "Istiqlol" majmuasi qurilgan. Unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarning buyuk ishlari, O‘zbekistonning yangi qiyofasi namoyon etilgan. Qator davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan qutlashdi31 Avgust 2021, 09:20
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/yangi-ozbekiston-majmuasida-mustaqillik-monumenti-ochilmoqda-20308433.html
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi internetda tarqalgan “O‘zbekiston Afg‘onistondagi Tolibon rejimidan qochganlarga o‘z chegaralarini ochishga tayyorligi” haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Vazirlik rasmiy vakili rasmiy bayonot berdi. Bildirilishicha, hozirda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi to‘liq yopilgan va “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktidan quruqlik orqali o‘tish amalga oshirilmayapti. Yaqin orada O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktini ochish ko‘zda tutilmagan. “Chegarani kesib o‘tishga bo‘lgan har qanday urinishlar, ularning sabablaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bartaraf etiladi. O‘zbekiston tomoni qator davlatlarga oxirgi 12 kun ichida Afg‘onistondan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatib, ularning mamlakatimizga kelishi va O‘zbekistonni tark etishi faqat havo yo‘li orqali amalga oshirildi”, - deyilgan bayonotda. Vazirlik qo‘shni mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga qat’iy sodiqligi va qochoqlarni qabul qilmasligini yana bir bor ta’kidlagan. “Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida afg‘on qochoqlarini qabul qilmasligini, tranzitda yordam ko‘rsatishini, ularning mamlakatda qat’iy cheklangan vaqtda bo‘lib turishini yana bir bor ma’lum qiladi”, - deyilgan xabarda. Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi27 Avgust 2021, 13:24
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/tiv-afgon-qochoqlari-uchun-chegara-ochilganini-rad-etdi-20301822.html
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir nechta chiqishlarida, jumladan, parlamentga yo‘llagan murojaatida erkak o‘qituvchilarni zudlik bilan maktablarga qaytarish zarurligi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirgan edi. Sputnik muxbiri mazkur jarayon qanday kechayotgani bilan qiziqdi. Mirziyoyev ziyolilar missiyasi va yangicha dars metodikasi haqida31 Oktabr 2020, 09:53 Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamovaning ma’lum qilishicha, amalga oshirilgan islohotlar natijasida so‘nggi 5-yilda tizimga qariyb 45 ming nafar erkak o‘qituvchi qaytgan. Nihoyatda salmoqli raqam. “BMTga rahbar bo‘lsam...” Javlonbek Toshboltayev 2014-yildan beri Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 35-umumta’lim maktabida ingliz tilidan dars berib keladi. 2016-yilda uch oygina boshqa tashkilotda ishlaganini hisobga olmasa, mehnat daftarchasida shu birgina yozuv bor: O‘qituvchi! O‘zi oliy toifali, xalqaro sertifikatga ega. Shularning hisobiga 4 mln so‘m atrofida maosh oladi. “Yoshligimdan xalqaro siyosatga qiziqqanman, - deydi Javlonbek. – Birlashgan Millatlar Tashkilotiga rahbar bo‘lishni orzu qilganman. Shu sababli Universitetga o‘qishga kirayotganda ingliz tiliga topshirdim. Yaqinda Yaponiya hukumatining “Mext Teacher Training” granti g‘olibi bo‘ldim va Xokkaydo, Miyagi, Xogo yoki Koto universitetlaridan birida malaka oshirish imkonini qo‘lga kiritdim”. Javlonbek kuni kecha Xokkaydo Dorilfununiga borishi haqida xabar oldi. U oktabr oyida jo‘nab ketadi va 1,5 yil davomida Yaponiya maktab ta’limi tizimi hamda xorijiy tillarni o‘qitishning ilg‘or metodikalarini o‘rganadi. Qahramonimizning so‘zlariga ko‘ra, u ishlaydigan maktabda 20 dan ziyod o‘qituvchi bor. Shulardan 10 tasi erkak kishi. Ta’limda erkak muallimning o‘rnini oilada ota o‘rniga qiyoslash mumkin – bu Javlonbek o‘zi kashf etgan haqiqatlardan biri. “O‘quvchilarimga 9 sinfda IELTS sertifikatini olish maqsadini qo‘yaman. Toki 10-11sinflarda boshqa fanlardan test imtihonlariga xotirjam tayyorlanish imkoniga ega bo‘lsin. Maosh masalasiga kelsak, faqat oylikka qarab o‘tirsangiz, kun o‘tishi qiyin... Qishloq maktablarida ishlaydigan hamma o‘qituvchilarning mol-holi, tomorqasi bor. Men qo‘shimcha repetitorlik ham qilaman", - deydi u. Darvoqe, Javlonbek yoshligidagi orzusidan voz kechmagan. “Yaponiya grantini yutganim – bu yo‘ldagi birinchi qadam, - deydi u. - Agar BMTga rahbar bo‘lsam, tobora ko‘payib borayotgan nizolarga barham berishga harakat qilaman, chunki ularda asosan tinch aholi jabr ko‘rayapti. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishining oldini oladigan texnologiyalarni keng targ‘ib etgan bo‘lardim. Bunday texnologiyalarni yaratish uchun ilm kerak. Modomiki, menga ilm berish baxti nasib etgan ekan, maktabdagi faoliyatimdan, kasbimdan roziman”. “Bir o‘qituvchiga qirq hunar oz” Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatdagi mavjud 948 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 50 595 nafar pedagog faoliyat olib boradi. Shundan 13 950 nafari yoki 27,5 foizi erkaklardir. 2019-yilda esa 11 515 nafar bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich ikki yilda salkam 2,5 mingga ortgani yaxshi, albatta. Farg‘onaning ayrim tuman va shaharlari misolida ko‘rib chiqsak, vaziyat yanada oydinlashadi. O‘sish sur’ati Rishton tumanida – 11,9 foiz, Toshloq tumanida – 10, 6 foiz bo‘lsa, Qo‘qon shahrida 5 foizga teng. Qishloq bilan shahar o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘zbekistonlik o‘qituvchilar fikrini xalqaro miqyosda o‘rganish istiqbollari muhokama qilindi24 Fevral 2021, 11:23 Buning sababi Javlonbekning yuqoridagi so‘zlarida ham bir oz oydinlashganday bo‘lgan edi. Ya’ni erkak o‘qituvchilarning ta’limga qaytishi ko‘proq qishloq maktablarida kuzatilayotgani – maoshdan tashqari tomorqa va chorvadan daromad olish imkonining mavjudligida. Soddaroq qilib aytganda, qishloq o‘qituvchilari “davlat qachon oylik berarkan” deb qarab o‘tirmaydi. Lekin shaharda buning imkoni yo‘q. Repetitorlik bilan shug‘ullanmaydiganlar uchun yagona daromad manbai – maktabning o‘zi. Shu ma’noda qishloq o‘qituvchilari uddaburonroq – ular bo‘sh vaqtda ham chorvador, ham dehqon... “Notekis” raqamlar Maqolani tayyorlash jarayonida ayrim suhbatdoshlarimiz tomonidan maktabga qaytayotgan erkaklar asosan qishloq hududlariga to‘g‘ri keladi, degan fikrlar bildirildi. Shahar statistikasi berilsa, umumiy manzarani bir oz “buzib” qo‘yishi mumkinligi ham aytildi. Nima bo‘lganda ham, vazirlikdan olingan raqamlar quyidagicha: 2020-yil sentabr holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida jami 23 530 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan bo‘lsa, shundan 3 210 nafari erkaklar. Bu taxminan, 13,7 % demakdir. Respublika ko‘rsatkichiga (31,3 %) nisbatan olganda, haqiqatan manzarani “buzadigan” raqam ekan. Shuni ham asosan yarim stavka-chorak stavka ishga qabul qilingan Pedagogika universitetining bitiruvchi kurs talabalari tashkil etadi. Tekis raqamlar... O‘zbekistonda so‘nggi besh o‘quv yiliga oid raqamlar: 2016/2017 o‘quv yilida 390,6 ming nafar o‘qituvchidan 114,4 ming nafari erkaklar. 2017/2018 o‘quv yilida 409,4 ming nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatgan, shundan 119,1 ming nafari erkak o‘qituvchilar. 2018/2019 o‘quv yilida 444,2 ming o‘qituvchidan 133,2 ming nafari, 2019/2020 o‘quv yilida esa 486,6 ming o‘qituvchidan 148,7 minggi erkak o‘qituvchilar. Va 2020/2021 o‘quv yilida 507,7 ming o‘qituvchidan 159,1 ming nafari erkak o‘qituvchilardir. “Taraqqiyot strategiyasi” markaziMaktab o‘qituvchilari soni Maktab o‘qituvchilari soni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Inklyuziv ta’lim izidan Navoiy davlat pedagogika institutining tarix fakultetida tahsil olgan Muhammadorning (ismi o‘zgartirilgan) hikoyasi ham ancha qiziq. U Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan, o‘qishni qizil diplom bilan tamomlagan. O‘g‘li nogiron bo‘lgani sababli oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelishiga to‘g‘ri kelgan. Muhammadorning so‘zlariga ko‘ra, hududlarda inklyuziv ta’lim sifati ko‘ngildagidek emas. Poytaxtga kelgach, Yunusoboddagi umumta’lim maktabida yarim stavka ishlagan va 700 ming so‘m atrofida maosh olgan. “Nega to‘liq stavka ishlamadingiz, maosh ko‘proq bo‘lardi-ku?” degan savolimizga, “to‘liq ishlaganimda ham 2 million atrofida olardim, bu bilan oila tebratib bo‘lmaydi. Qo‘shimcha ishga vaqt orttirish kerak edi. O‘zimiz 250 dollarga ijarada turamiz”, deya javob berdi. O‘zbekiston maktablarida inklyuziv ta’lim joriy qilinadi14 Oktabr 2020, 17:26 Xususiy maktablarda 8 mln oylik beradi degan gapni eshitgach, bir oz ishlab ko‘rgan, lekin amalda bu pullarning yarmi ham to‘lanmagach, hafsalasi pir bo‘lgan. Bunday paytlarda ilmi boru, lekin puli yo‘q mutaxassis nima qiladi? Albatta, repetitorlik-da! “Shogirdlarim orasida o‘qituvchilik kasbini tanlagan o‘g‘il bolalar borligini bilmayman - deydi Muhammador. - Bo‘lsa ham, bir-ikki yilda boshqa sohaga o‘tib ketgan”. “Propiska yo‘qmi? Unda, uzr...” Qahramonimizning “sarguzashtlari” shu bilan tugamadi. Hali maorifdan ko‘ngli sovimagan paytlarda Toshkent viloyati ta’lim muassasalarida ham dars berdi. Ko‘plab maqolalar yozdi. Viloyat miqyosida “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” degan nomga sazovor bo‘ldi. Eng avvalo, unga uy kerak edi. Yunusobod tumani hokimi “Uy berilsin” deya buyruq chiqardi, lekin ijrochi tashkilotlar “Propiskangiz qayerda bo‘lsa, uyni o‘sha yerdan olasiz” deyishdi. Propiska esa Navoiyda edi. Navoiyda esa, yuqorida aytilganidek, nogiron farzand uchun sifatli ta’lim olish imkoni yo‘q edi... “Chekka hududlarga borib ishlaydigan o‘qituvchilarga yuqori haq to‘lanadi”. Ana shu yangilikdan ruhlangan Muhammador “rezume”sini deyarli barcha viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga jo‘natdi. Munosib maosh bo‘lsa, O‘zbekistonning istalgan hududida ishlashga rozi edi. Lekin uning so‘rovlariga faqatgina bitta javob keldi – Urgut tumanidagi tojik maktabidan. Bu tilni bilmasa, u yerda nima qiladi? Yordam va ijara puli: olis hududlarda ishlash uchun boradigan xodimlar rag‘batlantiriladi24 Sentabr 2020, 16:35 “Yana bironta xususiy maktabga harakat qilib ko‘raman, o‘xshamasa, chet elga ishlagani ketaman”, deydi u. Qahramonimiz-ku, ishini topib ketar, lekin qaysidir umumta’lim maktabi bolalikdan o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilgan fidoyi bir mutaxassisdan mosuvo bo‘lgani qoladi... Orzular olamida oylik qancha yoxud o‘qituvchilikdan kirakashlik sari Yana bir qahramonimiz Bahrombek (ismi o‘zgartirilgan) asli Namangandan. Uni ham orzulari Toshkentga yetaklab kelgan. 2013-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi kollejlardan biriga ishga joylashib, 600 ming so‘m atrofida tuzukkina maosh olgan. Vaqtinchalik propiskaning muddati tugaganda esa cho‘zdirishning ilojini topolmasdan, ishdan bo‘shashga majbur bo‘lgan. “Institutda “Milliy g‘oya, huquq va ma’naviyat asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olganman. Yo‘nalishga hamohang, qalbimdagi vatanparvarlik tuyg‘ulari ham juda avj pardalarda edi. Bu qiyinchiliklarni o‘tkinchi deb bilardim. O‘z vatanimda, o‘zim tanlagan kasb bo‘yicha o‘zim istagan joyda ishlashim nega birgina muhrga bog‘liq bo‘lishi kerak, deb o‘ylab ham ko‘rmaganman” - deydi Bahrombek. Pop tumanida 2-yil mehnat qilgach, yana markazga – orzular makoniga qaytdi. Poytaxt tumanlaridan birining xalq ta’limi bo‘limida ishlab yurgan kezlari uning kuch-g‘ayrati, fidoyiligini ko‘rgan maktab direktorlaridan biri ishga taklif qiladi. Bahrombek bu yerda o‘rinbosar lavozimida ikki yil astoydil ishladi. Lekin ikki million ikki yuz ming so‘mlik maosh ro‘zg‘orga yetmagani uchun shu yil 15-iyul kuni ishdan bo‘shadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bilan ishlagan erkak mutaxassislarning bir qanchasi boshqa sohalarga o‘tib ketgan. Hammasining sababi bir xil – maosh kamligi. Vaholanki, ular o‘z kasbini sevadigan, ilmli, izlanuvchan insonlar edi. “Aytsam, ehtimol ishonmassiz, lekin har oy oxirida qarz olishga majbur bo‘lardim, keyingi oylikkacha yetib olish uchun”, - deydi Bahrombek. Hozir Bahrombek kirakashlik qiladi, kunlik daromadi – 200 ming so‘mdan oz emas. O‘ziga xon, o‘ziga bek, bo‘sh vaqtida yana qo‘shimcha ish olish mumkin. Mijoz bo‘lmagan paytlarda, kafelarda pishirilayotgan taomlarni buyurtmachilarning uyiga eltib beradi. Ro‘zg‘orga-ku yetadi, biroq ko‘ngil qurg‘ur maktabda qolib ketgan. O‘sha maktab direktori Umida opaning (ismi o‘zgartirilgan) so‘zlariga qaraganda, o‘sha yili biryo‘la besh nafar erkak o‘qituvchini ishga qabul qilingan. So‘nggi yilda ulardan ikki nafari bo‘shab ketgan. Umida opa maktabda erkak o‘qituvchilarning o‘rni juda muhim deb hisoblaydi. Sababi hozirgi ayrim bolalar erkaroq, sirkasi suv ko‘tarmaydigan bo‘lib o‘sayapti. Yana ba’zilarining esa ota-onasi xorijga ishlagani ketgan. Mana shunday sharoitda qat’iyatli, salobatli, ba’zida qattiqqo‘l erkak muallimning o‘zi ham, so‘zi ham, hayotiy tajribasi ham nihoyatda qo‘l keladi. Bundaylardan maktabda uchtagina. Qirqdan ortiq o‘qituvchining orasida uch nafar erkak. Ular ham “chemodan” kayfiyatda. Shu bois uyda repetitorlik bilan shug‘ullanishiga imkon qadar sharoit yaratib berilgan. Pul bilan o‘lchanmaydigan qadriyatlar ham bor Pedagogika fanlari doktori, professor Qahramon Olimov pul yaxshiligi, biroq u bilan o‘lchanmaydigan qadriyatlar ham borligini ta’kidladi. Hozirgi yoshlar “Mana, bizning davrimizda...” degan gaplarni ko‘pam xushlashmaydi. Buni qarilik alomati deb bilishadi. “Lekin o‘rta avlod, ayniqsa katta avlod vakillari fidoyi o‘qituvchilar qo‘lida tahsil olgan. Kasbdan pulni ustun qo‘ygan muallimni men ham, men tengilar ham ko‘rmaganmiz. To‘g‘ri, hozir ehtiyojlar ortgan, bu ehtiyojni qondiradigan vositalar ham ko‘paygan. Ularni qo‘lga kiritish uchun pul kerak. Lekin, hurmatli o‘qituvchilar, kasbga sadoqat, fidoyilik va burch degan qadriyatlar hozircha bekor bo‘lgani yo‘q. Ular hali ham amalda. Qalbingizga quloq solib ko‘ring, “men o‘qituvchiman, bolalarni yaxshi ko‘raman, ziyo tarqataman” degan so‘zlarni eshitsangiz, bilingki, sizda puldan ustunroq xazina bor ekan, bu xazinani millat farzandlariga ulashishga burchlisiz”, - deydi Olimov. Xulosa o‘rnida Albatta, har qanday mehnat rag‘batlantirilishi lozim. Ayniqsa, o‘qituvchining mehnati. Ayniqsa, hozirgi davrda... Maqolani ko‘rib chiqqan o‘quvchida faqat yomonlamasdan, yaxshi taraflarini-da yozish kerak, degan fikr tug‘ilgan bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, o‘qituvchini mamnun qiladigan yangiliklar ro‘y berayapti, ulardan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Masalan, maktab direktori Umida opaning so‘zlariga ko‘ra, “majburiy obunalar bekor qilindi, obodonlashtirish ishlariga jalb qilishmayapti, qog‘ozbozlik kamaygan...”. Bularning bari zamonaviy til bilan aytganda – “pozitiv”. Lekin, nazarimizda eng katta “pozitiv” bu – maosh miqdoriyu, bolalarning tobora “erkatoylashib” borayotganiga qaramasdan, fidoyilik bilan mehnat qilayotgan 507 700 nafar o‘qituvchining borligida. Nimasini aytasiz, tirikchilik tashvishi boshqa yo‘lga boshlaydiganlar ham bo‘ladi, biroq qalban “men o‘qituvchiman” deya sohaga kirib kelayotganlar har doim ko‘pchilikni tashkil etaveradi. Buni yuqorida keltirganimiz – yaxshi ma’nodagi tekis raqamlar ham ko‘rsatib turibdi... Mirziyoyev o‘qituvchilar maoshi va nufuzini yanada oshirmoqda23 Avgust 2019, 23:16
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/oqituvchilar-20305937.html
TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Islom rivojlanish banki (IRB) prezidenti doktor Muhammad Al Josir 1-4 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan IRB guruhining yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi va bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurkzoqov tomonidan qabul qilindi. Toshkent 2021-yilning 9-avgustida IRB rahbari lavozimiga saylanganidan so‘ng doktor Al Josir tashrif buyurgan ilk shahardir. Muhammad Al Josir tashrifining birinchi kunida Toshkentning tarixiy joylari - Oloy bozori, Hazrati Imom majmuasi va Amir Temur muzeyida bo‘lib va odamlar bilan muloqot qildi va o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, O‘zbekiston xalqining mehmondo‘stligi va mamlakat tarixiy merosini yuksak baholadi. Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga 1,3 milliard dollar taqdim etadi18 Sentabr 2018, 15:11 D-r Al Josirning ta’kidlashicha, rivojlanishning insonga yo‘naltirilgan instituti sifatida, IRB kishilarni kambag‘allikdan xalos qiladigan, hukumatning o‘z fuqarolarini farovonligi yo‘lida salohiyatini mustahkamlash va milliy rejalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarga mo‘ljallangandir. O‘zbekiston xalqi bilan o‘zaro faoliyatga sharh berar ekan, D-r Al Josir bunday dedi: "Rivojlanish xalqqa nisbatan va xalq uchun sodir bo‘ladi. Keyingi 46-yil mobaynida IRB iqtisodiy jihatdan hayotiy loyihalar orqali oddiy insonlarning hayotini yaxshilashga yo‘naltirildi. Odamlar bilan o‘zaro faoliyatim 2030-yilga borib O‘zbekistonni yuqori va o‘rta daromaddli sanoati rivojlangan mamlakatga aylantirish bo‘yicha istiqbolni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston hukumati bilan ishlash uchun qat’iyatimni mustahkamladi. IRB milliy ustuvor maqsadlarga katta e’tibor qaratadi", - dedi u.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/islom-rivojlanish-banki-prezidenti-toshkentga-etib-keldi-20301949.html
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. “Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra: - 2021-yil 1-oktabrdan sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi; - 2022-yil 1-yanvardan sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki baravar kamaytirilgan holda 22 500 so‘m miqdorda belgilanadi.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/tsement-ishlab-chiqaruvchilar-uchun-foyda-soligi-stavkasi-pasaytiriladi-20309574.html
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Bugun YeI mamlakatlari IIV rahbarlari yuzma-yuz (munozaraning faqqulodda muhimligiga ishora qiladi) taxminan 8-12 haftadan keyin ittifoq chegaralariga yaqinlashib keladigan yangi noqonuniy migrantlar oqimi (bu gal Afg‘onistondan) bilan qanday ish tutishlari kerakligini muhokama qilishadi. “Yevropacha jannat”, yaxshi hayot va boshpana izlash ilinjida bir necha ming kilometrni bosib o‘tish uchun kamida ikki, lekin uch oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, chegaralar yopiq bo‘ladi. Bu yerda hech qanaqa xom xayol bo‘lmasligi kerak: saylovlarga bir necha hafta qolgan Germaniya ham, saylovlarning birinchi bosqichi aprelga belgilangan Fransiya ham olti yillik voqealar takrorlanishidan qo‘rqadi. O‘shanda kansler Merkel nafaqat Germaniya, balki butun Yevropa Ittifoqi darvozalarini ochgandi. “Ulkan mag‘lubiyat”: NATO o‘zini dafn qilmoqda25 Avgust 2021, 17:56 O‘shanda Parij, Berlin, asosiysi, Brusseldagi hukumat tepasida bo‘lganlarning millionlab nolegallarning Yevropa singib ketishi ehtimoli borasida xom xayollari bo‘lgandi. Hozirda Yevropada jamiyatning bu boradagi noroziliklari ochiq-oydin yangramoqda. Bir yil ilgari Fransiyaning nufuzli tashkiloti IPSOS o‘tkazgan so‘rovlarda keltirilgan raqamlar bunga hech qanday shubha qoldirmaydi: Fransiyaning uchdan ikki qismidan ziyod aholisi nolegallari oqimi tufayli o‘z vatanida o‘zini “o‘z uyidagidek” his qilmay qolgan. Kecha, AQShning sharmandali onlaridan bir necha soat ilgari, Fransiya (Britaniya bilan birgalikda) “evakuatsiya rejasini” hech bo‘lmaganda ko‘rsatishni maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashi muhokamasiga rezolyutsiyasini kiritish tashabbusini ko‘rsatdi. U “afg‘onlarni evakuatsiya qilishni sa’y-harakatlarini” davom ettirishga imkon beradigan “bufer zonani” tashkil etishga taalluqli. Makron o‘z jumlasini durustroq aytgunicha, hozirda Afg‘onistondagi vaziyatni nazorat qilayotgan “Tolibon”* harakati vakili buni qilishni hech kimga imkon bermasliklarini bildirdi. “Shunga o‘xshash vaziyatga Fransiya tushib qolganida, Parij uning ishlariga chetdan aralashishlarini ma’qullamagan bo‘lishi” ta’kidlandi. Yakshanba kuni kechqurun Fransiya prezidenti yana bir intervyu berayotib, o‘zining bashangligini yo‘qotganday ko‘rindi. U tushib qolgan holat o‘zining begunohligini (inson huquqlari qadriyatlari) saqlab qolish va kapital xarid qilish (bo‘lajak saylovlarda g‘olib bo‘lish) istagini ta’riflardi. G‘arb tashvishga tushgan: toliblar AQSh iqtisodiyotini bir yoqlik qilishlari mumkin26 Avgust 2021, 16:04 Fransiya yetakchisi quyidagilarni aytdi: “hozirgi holatda har kim fursat belgilab berayotgan javobgarlikni o‘z zimmasiga olmog‘i shart”, Moskva va Pekinni muvofiqlashtirilgan (aytgancha, kim tomonidan) harakatlarga chorlagan holda (yoki tahdid qilgan holda?). Muddati tugashiga 26 kun qolgan Merkel o‘ta ehtiyotkorlik pozitsiyasini egalladi. U shov-shuvli chiqish qilmaslikni afzal bildi. Emmanuel Makronning prezidentlikka nomzodlik dasturi hozircha shunday bo‘ladi: haqiqatni qat’iyan aytishning imkon bo‘lmagani sabab yolg‘on so‘ylash, avvali bir tomonga, keyin boshqa tomonga og‘moqchi bo‘lganlarga ko‘maklashish, hech qanday prinsipning yo‘qligi, o‘z qo‘llari bilan yaratgan muammolar gunohkorlarini izlash. Shu orada esa Marin Le Pen birinchi bosqichda oldingi o‘tib olish bor imkoniyati solmoqda. Lavrov G‘arb Rossiya atrofida “notinchlik belbog‘i” yaratishga urinayotganini ta’kidladi23 Iyul 2021, 13:55 Makron undan nolegal migratsiyasi cheklovlariga oid kun mavzusini tortib olishga urinayotgan “Milliy birlashish” yetakchisi birinchi bo‘lib kelmoqda. O‘ziga xo‘jayinlik (yoki bekalik) hissini qaytarish haqida gap ketganda, sog‘lom fikrlovchi shaxslar o‘z mamlakatlarining kelajaklari haqida o‘ylashadi va o‘zlari lozim topgan holda ovoz berishadi. Ular hamisha haqiqiy asarni afzal bilishadi, uning sariq chaqali nusxasini emas. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/toliblar-frantsiya-va-germaniya-saylovlariga-aralashishdi-20313351.html
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarishni yakunladi. Bu haqda Pentagon vakili general Kennet Makkenzi bayonot berdi. "Qo‘shinlar chiqarilishi yakuniga yetishi bilan yigirma yillik missiya o‘z yakuniga yetdi", - deya ta’kidladi u. Klimov: ekstremistlar Afg‘onistondan KXShT davlatlariga qochoq sifatida kirishga urinmoqda26 Avgust 2021, 11:13 Makkenzining so‘zlariga ko‘ra, askarlar mamlakatdan chiqib ketishdan oldin o‘zlaridagi bor qurol-aslahani yo‘q qilgan. Gap, jumladan, 26ta harbiy avtomobillar, 73ta samolyot, shuningdek, raketalarga qarshi xavfsizlikni ta’minlash tizimlari haqida bormoqda. AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasida amerika harbiylari Qobul aeroportini boshqa nazorat qilmasligini ma’lum qilishdi. Endilikda havo bandargohi RFda ta’qiqlangan "Tolibon" radikal harakati hukmiga o‘tgan. Amerika qo‘shinlarining chiqarilishini ko‘chalarda o‘q uzish bilan nishonlashdi. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, o‘qlar Afg‘onistondan uchib ketayotgan amerikaliklar tomon qarab uchmoqda. TIV afg‘on qochoqlari uchun chegara ochilganini rad etdi31 Avgust 2021, 09:31 Toliblar siyosiy ofisi burosi vakili Muhammad Naimning so‘zlariga ko‘ra, kuni kecha mamlakatni eng so‘nggi harbiy xizmatchi tark etgan. "Endilikda bizning davlatimiz to‘liq ozod va mustaqil bo‘ldi", - deb bayonot bergan u. O‘z navbatida AQSh Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Afg‘onistonda mamlakatni tark etish niyatida bo‘lgan 100dan ziyod amerikaliklar borligi haqida xabar berdi. Afg‘on urushi veterani: amerikaliklar qurolni tashlab, qochib ketganini ko‘rib hayratda qoldim28 Avgust 2021, 21:15 Eslatib o‘tamiz, Amerika respublikadagi harbiy operatsiyani 2001-yilda boshlagan. AQSh prezidenti Jo Bayden aprel oyi oxirida Afg‘onistondan qo‘shinlar chiqarilishi haqida e’lon qilgan edi. Amerika askarlarining mamlakatni tark etishi toliblar faollashuviga olib keldi: uch oy ichida jangarilar mamlakat hududini qariyb to‘liq bosib oldilar. Jumladan, 15-avgust kuni ular Qobulni nazoratga olib, respublikada urush tugagani haqida e’lon qilgan edilar.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/aqsh-afgonistondan-qoshinini-toliq-chiqarib-ketdi-20304768.html
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni qator davlat yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon suhbat davomida Mirziyoyev va birodar O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 30-yilligi bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi. Mirziyoyev va Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi23 Avgust 2021, 13:02 Mirziyoyev va Rahmon Afg‘onistonda harbiy-siyosiy keskinlik kuchayishi bilan bog‘liq mintaqaviy masalalarga alohida to‘xtaldi. O‘zaro muvofiqlashuvni kuchaytirish va yaqin idoralararo aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi. Bundan tashqari, yetakchilar joriy yilning sentabr oyida Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar. Abu-Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Muhammad Ol Nahayon suhbat davomida O‘zbekiston prezidenti va xalqini mamlakat mustaqilligining 30-yilligi bilan samimiy muborakbod etib, farovonlik, katta zafarlar va bardavom taraqqiyot tilaklarini izhor etdi. Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi. Keyingi suhbat Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan bo‘ldi. Suhbat avvalida Belarus yetakchisi Mirziyoyev va ko‘p millatli xalqini mamlakat mustaqilligining 30-yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Mirziyoyev , o‘z navbatida, Belarus prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan suhbatda davlat rahbarlari ikki mamlakat mustaqilligining 30-yilligi bilan bir birini dildan qutlab, birodar O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar. O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot fondi: Japarov bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qonunni imzoladi18 Avgust 2021, 11:48 Shuningdek, ular mintaqa kun tartibidagi, shu jumladan qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. Shu kuni Mirziyoyevning Yevropa davlatlari yetakchilari bilan suhbati bo‘lib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston rahbari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi. Makron O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi bilan dildan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi. Prezidentlar Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy ahvolning keskinlashishi ta’sirida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashdilar. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va almashinuvlarni faollashtirish muhim ekani ta’kidlandi. Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ham telefon orqali muloqotda Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqillikka erishganining 30-yilligi bilan samimiy tabrikladi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlar alohida qayd etildi. Germaniya Kobuldan Toshkent orqali ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi23 Avgust 2021, 10:58 Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Frank-Valter Shtaynmayer fuqarolarning O‘zbekiston orqali tranzit yo‘li bilan evakuatsiya qilinishida ko‘rsatilgan katta yordam uchun yana bir bor tashakkur izhor etdi. Birgalikdagi insonparvarlik operatsiyalarini amalga oshirish uchun yaqin aloqalarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
2021-08-31
https://oz.sputniknews.uz/20210831/qator-davlat-rahbarlari-shavkat-mirziyoevni-mustaqillik-kuni-bilan-qutlashdi-20301382.html