id
stringlengths
1
7
url
stringlengths
31
410
title
stringlengths
1
147
text
stringlengths
1
177k
text_len
int64
1
177k
2866
https://uz.wikipedia.org/wiki/Matyoqub%20Qo%CA%BBshjonov
Matyoqub Qoʻshjonov
Matyoqub Qoʻshjonov Oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918-yil 5-mayda hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati Hallang qishlogʻida tugʻilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining aʼzosi (1979), Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977). 30-yillarning ikkinchi yarmida Toshhovuzdagi oʻqituvchilar institutida oʻqigan. 1941–1945-yillarda urushda qatnashgan, mergan boʻlgan. 1945–1950-yilllarda Oʻrta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan, imtiyozli diplom olgan. 1950–1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi apparatida ishlagan. 1954–1957-yillarda Markaziy Komitet qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida oʻqidi. 1957–1960-yillarda SAGU filologiya fakultetida oʻqituvchi boʻldi. 1960-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor, boʻlim boshligʻI boʻlib ishlagan. Matyoqub Qoʻshjonov 40 dan ortiq ilmiy, adabiy-tanqidiy, badia, tarixiy biografik xotira kitoblar muallifi. XX asrda yashagan taniqli yozuvchilar, eng muhim badiiy asarlar haqida olim risolalar, adabiy portretlar, tanqidiy ocherklar yozdi. Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor ijodi talqini va tahlili olim faoliyatining asosidir. Matyoqub Qoʻshjonov oʻnlab oʻta jiddiy, tahliliy taqrizlar muallifi. Olim oʻzbek adabiyotshunoshligi va tanqidchiligiga ilmiy izchillik olib kirdi. U xarakter muammosiga bogʻliq holda syujet, kompozitsiya, konflikt, badiiy til haqida ilmiy-nazariy tadqiqotlar yaratdi. Mustaqillik davrida Matyoqub Qoʻshjonov Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov ijodi haqida tadqiqot yaratdi. Yangi sharoitda bir qancha asarlarni yangicha talqin va tahlil qildi. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar
1,792
2867
https://uz.wikipedia.org/wiki/Asqad%20Muxtor
Asqad Muxtor
Asqad Muxtor (taxallusi; familiyasi Muxtorov, 1920-yil 23-dekabr, Fargʻona – 1997-yil 17-aprel, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor „Opa-singillar (roman)“, „Tugʻilish“, „Davr mening taqdirimda“, „Chinor“ va „Amu“ romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir. Dastlabki dostoni – „Bizning avlodlar“ Buxoro mehnatkashlarining oʻtmish hayoti haqida hikoya qiladi. Adib ijodida oʻzbek xalqining maʼnaviy kamolotini koʻrsatish masalasi muhim oʻrin egallagan. Bu niyatini u oʻzbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshirishga intiladi. Keyinchalik „Chinor“, „Opa-singillar“ va „Boʻronlarda bordek halovat“ asarlarida ham bu oʻz aksini koʻrsatadi. Tarjimai holi Asqad Muxtor 1920-yil 23-dekabrda Fargʻona shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Asqad Muxtor 11 yoshida ota-onasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalanadi. Maktabni tugatgach Oʻrta Osiyo universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Universitetni 1942-yilda tugatgan. 1957—1969-yillarda Oʻzbekiston SSR Yozuvchilar uyushmasi kotibi boʻlib faoliyat yuritgan. Asqad Muxtor „Sharq yulduzi“, „Guliston“ jurnallarida ishlagan. Andijon pedagogika instituti oʻzbek adabiyoti kafedrasini mudiri boʻlib xizmat qilgan. Andijon pedagogika institutida kafedra mudiri (1942—1945). „Yosh Leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalarida mas’ul kotib, boʻlim mudiri (1945—1948). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957—1969, 1985—1988), uyushma boshqaruvi raisining oʻrinbosari (1965), „Sharq yulduzi“ (1960—1965), „Guliston“ (1969—1980) jurnallari, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri (1981—1982) boʻlib faoliyat olib borgan. Asqad Muxtor 1997-yilning 17-aprelida Toshkenda vafot etgan. Ijodi Asqad Muxtorning „Poʻlat quyuvchi“ poemasi va „Daryolar tutashgan joyda“, „Opa-singillar“, „Tugʻilish“ asarlari oʻrtasida mushtaraklik bor. „Chinor“ romanida esa mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvirlangan. „Chinor“ romani mazmun va shakliga koʻra oʻziga xos asar boʻlib, unda oʻzbek xalqi bosib oʻtgan tarixiy yoʻl, kishilar ruhiyati ifoda etiladi. Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik faoliyati „Boʻronlarda bordek halovat“ (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. „Amu“ (1986) romani Afgʻonistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi kishilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir. Soʻngra u „Yosh leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalari, „Sharq yulduzi“, „Guliston“ jurnallarida ishladi. Oʻzbekistondagi birinchi haftalik gazeta – „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ning tashkilotchilaridan biri boʻldi. Yozuvchilar uyushmasida kotiblik qildi. Sheʼriyat „99 miniatyura“, „Sheʼrlar“ va „Sirli nido“ va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan oʻzbek poeziyasining boy imkoniyatlarini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga toʻla, koʻproq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda inson hayotining oʻtkinchiligi va haqiqati haqidagi oʻylar, inson va tabiat munosabatlariga oid murakkab savdolar aks etgan. Sheʼriy toʻplamlari „Poʻlat quyuvchi“ (1947) „Hamshaharlarim“ (1949) „Rahmat, mehribonlarim“ (1954) „Chin yurakdan“ (1956) „99 miniatyura“ (1962) „Karvon qoʻngʻirogʻi“ (1964) „Sheʼrlar“ (1966) „Quyosh belanchagi“ (1971) „Sizga aytar soʻzim“ (1978) „Sirli nido“ (1984) singari sheʼriy kitoblar yozdi. Oʻzbek sheʼriyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuygʻular tasvirini olib kirdi. Qissalar „Daryolar tutashgan joyda“ (1950), „Qoraqalpoq qissasi“ (1958), „Buxoroning jin koʻchalari“ (1980), „Jar yoqasidagi chaqmoq“ (1982), „Kumush tola“ (1987); Romanlar „Opa-singillar“ (1955), „Tugʻilish“ (1960), „Davr mening taqdirimda“ (1964), „Chinor“ (1969), „Amu“ (1984); Pyesalar „Mardlik choʻqqisi“ (1948), „Yaxshilikka yaxshilik“ (1949), „Zar qadri“ (1978), „Samandar“ (1978); Hikoyalar toʻplami „Hayotga chaqiriq“ (1956), „Dunyo bolalari“ (1962); Boshqa asarlari „Analhaq“, „Chodirxayol“, „Insonga qulluq qiladurmen“ (1994, toʻplam), „Toʻqqizinchi palata“ (hikoya), „Uyqu qochganda“ (1997, soʻnggi kitobi. U adibning insoniyatga qoldirilgan vasiyatdek yangraydi), „Adolat“ (Ertak qahramonlari: Tul kampir, uning arzanda qizi, choʻri qiz Adolat, oʻn ikki birodar (oylar)), „Hafta“, „Poʻlatjon yuz tup koʻchat ekmoqchi“ kabi sheʼrlarini yozdi. Bu asarlarida inson maʼnaviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi. Tarjimalar Asqad Muxtor jahonning Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy singari buyuk adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi va oʻzbek kitobxonlarining mehriga sazavor boʻldi. Adabiyotlar Togʻaev O. Asqad Muxtor. Toshkent. „Toshkent“, 1966. Sayimov B. Asqad Muxtor prozasi. Toshkent. „Fan“, 1969. Sharafiddinov O. Ijodning katta yoʻlida. „Isteʼdod jilolari“ kitobida. Toshkent. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1976. Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. Toshkent: „Oʻqituvchi“, 1999. Manbalar 1920-yilda tugʻilganlar 1997-yilda vafot etganlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar
5,255
2868
https://uz.wikipedia.org/wiki/Said%20Ahmad
Said Ahmad
Said Ahmad, asl ismi Saidahmad Husanxoʻjaev — Mashhur oʻzbek adibi. Adib Toshkent shahrining Samarqand darvoza mahallasida dunyoga kelgan. Bolaligi 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining Samarqand darvoza mahallasida tugʻilgan. Uning bolaligi Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: agitplakatlar yozdi, artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Pensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi. U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat oʻqigach, 1941-yilda „Mushtum“ jurnalida ishladi. 1942-1943-yillarda respublika radiosida, 1943-1947-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida, 1948-1950-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yoʻlidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Adib „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoniga, Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan, „Buyuk xizmatlari uchun“, „Doʻstlik“ ordenlari bilan mukofotlangan. Asarlari Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning „Choʻl burguti“, „Lochin“, „Boʻston“, „Toʻyboshi“, „Jimjitlik“, „Turnalar“, „Hayqiriq“, „Alla“, „Muhabbatning tugʻilishi“, „Qorakoʻz Majnun“ singari oʻnlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, eʼtiqod singari maʼnaviy qadriyatlar taʼsirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga katta eʼtibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan oʻqiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish boʻyicha Qahhor anʼanalarini davom ettirgan ijodkordir. Uning „Sobiq“, „Qoplon“, „Oʻrik domla“, „Mening doʻstim Babbaev“, „Muzey“, „Boʻri ovi“, „Xandon pista“ kabi koʻplab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tatqiq etiladi. Said Ahmad hajviy soʻz jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi. Uning qishloq mavzusidagi „Qadrdon dalalar“ (1949), „Hukm“ (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan „Qirq besh kun“, „Hijron kunlari“ (1964), „Ufq boʻsagʻasida“ (1969) romanlaridan iborat „Ufq“ trilogiyasi, inson qismati turgʻunlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan „Jimjitlik“ (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan „Sherzod va Gulshod“ (1945), dunyoning yetti burchiga yoyilgan „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1976), yolgʻiz moʻysafidning ruhiy iztiroblari aks ettirilgan „Kuyov“ (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy mahoratlaridan dalolatdir. Vafoti Said Ahmad 2007-yilning 5-dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi. Hikoyalar toʻplami Said Ahmadning birinchi hikoyalar toʻplami — "Tortiq" (1940). "Er yurak" (1942), "Fargʻona hikoyalari" (1948), "Choʻl burguti" (1960), "Choʻl oqshomlari", "Odam va boʻron" toʻplamlariga kirgan hikoyalarida zamondoshlarining murakkab taqdiri, ruhiy kechinmalari ehtiros bilan aks ettirilgan. Said Ahmad oʻz hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, Gʻafur Gʻulomning yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi lakonizmdan oʻrganishga intilgan va ular ijodi Said Ahmadning yozuvchi boʻlib yetishishida „darslik“ vazifasini oʻtagan. Ayni paytda u hajvchi, yumorist sifatida tanilgan. Ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. Romanlarida ham yumoristik yoʻnalish muhim oʻrin tutadi. Uning yumoristik mahorati "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (1976), "Kuyov" (1986) komediyalarida yorqin namoyon boʻlgan. „Kelinlar qoʻzgʻoloni“dagi xalqona yumor bilan yoʻgʻrilgan Farmonbibi millat mentalitetini, oʻzligini, kuchli va ojiz jihatlarini oʻzida mujassamlashtirgan betakror obraz darajasiga koʻtarilgan. "Ufq" trilogiyasi "Ufq" trilogiyasi (1964-1974) adib ijodida alohida oʻrin tutadi. „Ufq“ romani XX-asr millat hayotining oʻn yillik davri — Ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini oʻz ichiga oladi. Trilogiyada oʻsha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar koʻksidagi armonlar, shu musibatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi isteʼdodiga xos ehtiros, oʻziga hos ilhom bilan aks ettirilgan. Asarda Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan. "Jimjitlik" romani Jimjitlik (1988) romanida sirtdan tinch, sokin koʻringan shoʻro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan koʻrsatilgan. Asardagi deyarli barcha yetakchi personajlar fojiyaviy qismat egalaridir. Roman oʻzining asov, „bebosh“ ifoda tarzi bilan jozibalidir. Istiqlol yillarida yaratilgan asarlari Said Ahmad istiqlol yillarida ham hayotdagi oʻzgarishlar haqida koʻplab maqola, badialar yozdi, avvalgidek quvnoq yumoristik, joʻshqin lirik hikoyalar yaratdi. "Xandon pista" (1994), "Bir oʻpichning bahosi" (1995) hajviy toʻplamlari, "Yoʻqotganlarim va topganlarim" (1998), "Qorakoʻz majnun" (2001), "Kiprikda qolgan tong" (2003) kitoblari, 3 jildli „Tanlangan asarlari“ (2000) chop etildi. „Yoʻqotganlarim va topganlarim“da Gʻafur Gʻulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Saida Zunnunova va boshqa bir qator zabardast oʻzbek yozuvchi va shoirlarining jonli qiyofasini badiiy boʻyoqlarda ifodalab berdi. Istiqlol tufayli odamlar qismati va ruhiyatidagi yemirilishlar haqida bahs qiluvchi "Qorakoʻz majnun", "Ot bilan suhbat", "Azroil oʻtgan yoʻllarda" hikoyalari, qatagʻon davri xotiralari bilan bogʻliq. "Borsa kelmas darvozasi", "Taqdir, taqdir...", "Oftoboyim" hikoyalari, adibning oʻzi yaqindan muloqotda boʻlgan ustoz adiblar, tengdoshlari, shogirdlari va nihoyat, oʻz hayot va ijod yoʻli haqidagi xotira esselari mustaqillik davri oʻzbek adabiyotida muhim hodisa boʻldi. Said Ahmadgagina xos nozik kuzatishlar, erkin, asov bir ruh, ham hazin, ham nurli, pokiza tuygʻular, begʻubor hazil mutoibalar bilan yoʻgʻrilgan xotira esselar bu janrning zamonaviy oʻzbek adabiyotidagi eng yaxshi namunalari qatorida turadi. Felyeton janrida ham samarali ijod qilgan. 1947-yil „xalq dushmani“ sifatida hibsga olingan. Stalin vafotidan soʻng oqlangan. „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Kuyov“ komediyalari hozirgi Oʻzbek milliy akademik teatrida, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ dunyoning koʻplab mamlakatlarida sahnalashtirilgan. „Ufq“ asari asosida dramalar, „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida "Muhabbat mojarosi" filmi (1970) va boshqalar yaratilgan. "Doʻstlik" (1996), "Buyuk xizmatlari uchun" (1997) ordenlari bilan mukofotlangan. Adabiyot Normatov U., Sayd Ahmad [Adabiy portret], T., 1971; Gʻafurov I., Prozaning shoiri, T., 1984. Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000. Karimov N.va boshqalar 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi.-T.: „Oʻqituvchi“, 1999. Q. Yoʻldoshev va boshqalar Adabiyot (6-sinf). -T.: „Oʻqituvchi“, 2000. Ufq, T., 1976; Saylanma [3 j.li], 1982; Tanlangan asarlar [3 j.li], T., 2000; Qorakoʻz majnun, T., 2001; Kiprikda qolgan tong, T., 2003. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
7,031
2869
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shukrullo
Shukrullo
Shukrullo (ismi va taxallusi; familiyasi Yusupov) (1921.2.9, Toshkent — 2020-yil 19-iyul) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1981). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1977). Shukrullo Yusupov 1921-yil 2-sentyabrda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada tugʻildi. Otasi – Yusufhoʻja Mahmudhoʻja oʻgʻli shifokor boʻlgan. Onasi – Zaynabxon ham ilmli ayol boʻlgan. Shoir pedagogika bilim yurti (1935–1938) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944), 1938-yil Qoraqalpogʻistonda, 1939–1945-yillarda Toshkentda oʻqituvchilik qilgan. Keyin Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi (1945–1949), Oʻzbekiston davlat nashriyotida muharrir (1945–51; 1955–65). 1951-yilda millatchilik va sovetlarga qarshi targʻibotda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, Stalin vafotidan keyin ozod etilgan (1955). Sheʼriy toʻplamlari Ilk sheʼrlar toʻplami – „Birinchi daftar“ (1949). Shundan keyin uning „Qalb qoʻshiqlari“ (1949), „Hayot ilhomlari“ (1959), „Umrim boricha]]“ (1960), „Inson va yaxshilik“ (1961), „Inson – inson uchun“ (1964), „Zarralar“ (1973), „Suyanchiq“ (1977), „Yashagim keladi“ (1978), „Sening baxting“ (1988), „Toʻkilgan dardlarim“ (2001) kabi sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. Shukrullo lirik sheʼrlarida sevgi va vafo, mehr va oqibat singari insoniy qadriyatlarni ulugʻlab, kitobxonda yalqovlik, loqaydlik, kalondimogʻlik, hasadgoʻylik, gʻarazgoʻylik kabi illatlarga nisbatan nafrat tuygʻusini uygʻotishga intilgan. Lirik qahramonning ruhiy olamida kechgan va kechayotgan evrilishlarni inson va jamiyat, inson va tabiat oʻrtasidagi uzviy aloqani tasvirlash orqali koʻrsatib bergan. Ijodi Shukrullo „Chollar“ (1948), „Rossiya“ (1956), „Ikki qoya]]“ (1964), „Tong otari“ (1966), „Gul va otash“ (1972), „Koʻngil chirogʻi“ (1975), „Asr bahsi“ (1985) va boshqa dostonlarni yozgan. Shoirning bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklari „Bahor sovgʻasi“ (1962), „Yulduzlar“ (1964) sheʼriy toʻplamlaridan oʻrin olgan. „Xatarli yoʻl“ (1962), „Tabassum oʻgʻrilari“ (1964), „Toʻydan keyin tomosha“ (1980), „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ (1982), ustoz yozuvchilarning ijodi tajribalari toʻgʻrisida bahs yurituvchi „Javohirlar sandigʻi“ (1983) essesi, qatagʻon davri dahshatlari haqidagi „Kafansiz koʻmilganlar“ (1989) avtobiografik qissasi, „Qasosli dunyo“ (1994) publitsistik maqolalar toʻplami, Ubaydulla Xoʻjayev toʻgʻrisidagi „Tirik ruhlar“ (1999) roman-xronikasi muallifi. Shukrulloning „Xatarli yoʻl“, „Tabassu oʻgʻrilari“, „Unsiz faryod“, „Toʻydan keyin tomosha“, „Janjal“, „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ singari sheʼriy, nasriy dramalari bor. Shukrullo Karlo Gotssining „Baxtiyor gadolar“ pyesasi, Shukrullo Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliyev va boshqa shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz tillarida nashr etilgan. Nashr qilingan asarlari 1958-yilda bir jildlik, 1973-yilda 2 jildlik, 1977-yilda „Javohirlar sandigʻI“ badia-kitobi, 1981-yilda 3 jildlik asarlari bosildi. 1997-yilda „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“ dramalar toʻplami chop etildi. 1991-yilda „Kafansiz koʻmilganlar“ va rus tilida (Moskvada) „Krik dushi“ pyesalar toʻplami bosildi. 1999-yilda „Tirik ruhlar“, 2002-yilda „Ogʻir kunlar sevinchi“ qissa va romanlari nashr etildi. Mukofotlari Shukrullo „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoni, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1994). „Doʻstlik“ (1994) va „Elyurt hurmati“ (1999) ordenlari bilan mukofotlangan. Asarlari Shukrullo. Kafansiz koʻmilganlar. Roman. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1991. Shukrullo. Tirik ruhlar. Roman. T.: Adabiyot va sanʼatnashriyoti, 1999. Shukrullo. Izbranniye stixotvoreniya. Moskva. „Xudojestvennaya literatura“, 1987. Adabiyot Rahimjonov Nuʼmon. Shoir va davr. Monografiya. T.: „Fan“, 1983. Umrboqiylik (Shukrullo hayoti va ijodi haqidagi maqolalar toʻplami). T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2002. Tanlangan asarlar, 2 j.li, T., 1973–1974; Oʻgʻrini qaroqchi urdi (pyesalar), T., 1995; Tirik ruhlar, T., 1999; Toʻkilgan dardlarim, T., 2001; Ogʻir yillar quvonchi, T., 2003. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston xalq shoirlari Navoiy nomidagi davlat mukofoti laureatlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari 2020-yilda vafot etganlar Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
4,318
2870
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mirmuhsin
Mirmuhsin
Mirmuhsin (toʻliq ismi Mirmuhsin Mirsaidov, 1921.03.05, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1981). Mirmuhsin Toshkentning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, Toshkent pedagogika institutining Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasida, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat „Sharq Yulduzi“, „Mushtum“ va „Guliston“ jurnallarining bosh muharriri boʻlgan. Sheʼrlari Shoir Mirmuhsinning ilk toʻplamlari „Er yurak“, „Vatan“ (1942). U koʻplab sheʼrlar, „Usta G’iyos“, „Doʻlan“ (1947), „Yashil qishloq“ (1948), „Qadrdonlar“ (1954), „Shiroq“ (1967), „Nevara“ singari dostonlar, „Adib va Ziyoda“ (1957) kabi sheʼriy roman muallifi. Asarlari Oʻzbek adabiyotida Mirmuhsin adib sifatida ham oʻziga xos oʻringa ega. Uning „Dorbozlar“ (1956), „Jamila“ (1957), „Hikoyalar“ (1959), „Qizil durralar“ (1961), „Sozanda“ (1963) singari hikoya va qissalar toʻplamlari bor. „Arab hikoyalari“, „Iskandariya koʻrfazi“, „Moʻtilal“, „G’urbatdagi odam“, „Chodrali ayol“ hikoya va qissalarida Sharq xalqlari hayotini tasvirlaydi. Mirmuhsinning uch jildlik (1971-1973), toʻrt jildlik (1981-1984) asarlari toʻplami chop etilgan. Romanlari Mirmuhsin roman janrida barakali ijod qilgan. Uning „Chiniqish“ (1964), „Dagrez oʻg’li“ (1973), „Umid“ (1974), „Meʼmor“ (1974), „Chotqol yoʻlbarsi“ (1977), „Ildizlar va yaproqlar“ (1981), „Temur Malik“ (1986), „Ilon oʻchi“ (1995), „Turon malikasi“ (1998) romanlari bir necha bor koʻp tirajlarda chop etilgan. Uning romanlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Yozuvchiga „Umid“ va „Meʼmor“ romani katta obroʻ keltirdi. „Me’mor“ romanida hayot oʻta tiniq, xarakterlar mukammal tasvirlangan. Mirmuhsin — romannavisning isteʼdod va izlanishlari shu romanlarda koʻzga aniq tashlanadi. Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati (1974), Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1981). Nashr qilingan asarlari Mirmuhsin. Meʼmor. T.: „Sharq“ — 2001. Mirmuhsin. Temur Malik. T.: Adabiyot va sanʼat — 1986. Adabiyot Normatov U., Abdullayev O. Ijodning qoʻsh qanoti. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti — 1981. Nasriddinov F. Mirmuhsin. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti — 1962. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston xalq yozuvchilari Oʻzbekiston davlat mukofoti laureatlari Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari Sovet yozuvchilari
2,418
2871
https://uz.wikipedia.org/wiki/Odil%20Yoqubov
Odil Yoqubov
Odil Yoqubov — oʻzbek sovet adabiyoting yirik vakili, 1926-yili Qozogʻistonning Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlogʻida ziyoli oilada tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta koʻrsatib, Yaponiya frontiga joʻnagan. 1945-yildan 1950-yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda boʻldi. 1951–1956-yillar mobaynida Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Milliy universitet)da taʼlim olgan. „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan. Yoqubov 1985-yil Oʻzbekiston xalq yozuvchisi ordeni bilan taqdirlangan. Faoliyati Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955–1959), „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekistondagi maxsus muxbiri (1959–1963; 1967–1970), „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi va Oʻzbekiston davlat kinematografiya qoʻmitasida bosh muharrir (1963–1967), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari (1970–1982), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri (1982–1987), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1987–1991), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisi (1991-yildan) va ayni vaqtda Markaziy Osiyo xalklari madaniyati Assambleyasining birinchi vitseprezidenti (1995-yildan). Ijodi Dastlabki asari — „Tengdoshlar“ qissasi 1951-yilda eʼlon qilingan. „Dastlabki qadam“ (1953), „Ikki muhabbat“ (1955) hikoyalar toʻplami, „Tilla uzuk“ (1961) qissa va hikoyalar toʻplamida muhabbatni insonga xos ulugʻ, muqaddas xislat sifatida tasvirlaydi. „Muqaddas“ qissasida (1960) yozuvchining chinakam yozuvchiga xos uslubi va yoʻli namoyon boʻldi. Mazkur asarda xudbinlik yoʻliga tusha boshlagan yigitning toʻgʻri yoʻlga qaytishi masalasi qalamga olingan. „Er boshiga ish tushsa…“ romani (1966) Ikkinchi jahon urushi davridagi front orqasidagi hayot, mehnat qahramonliklari, xalqimizning vatanparvarligi va mardligi haqida. „Bir felyeton qissasi“ (1961), „Qanot juft boʻladi“, „Matluba“ (1970) qissalari va koʻpgina hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan ziddiyatlarga qarshi mardonavor kurashi, muhabbati tasvirlangan. „Ulugbek xazinasi“ romani (1973) olim va hukmdor Ulug'bek davridagi ijtimoiy munosabatlar, olis oʻtmishimizdagi nur va zulmat oʻrtasidagi kurash haqidagi asardir. Romanda ayanchli taqdirlar, fojialar koʻp, ammo optimistik ruh — inson tafakkuri va ezgulikning tantanasiga ishonch bor. „Koʻhna dunyo“ (1982) romanida oʻrta asrda yashab, jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan olimlar Ibn Sino va Beruniyning fojiali taqdiri qalamga olingan. „Diyonat“ (1977), „Oq qushlar, oppoq qushlar“ (1988), „Adolat manzili“ (1998) romanlarida oʻzbek xalqining 20-asrning 60-70 yillaridagi hayoti va kurashi manzaralari haqqoniy tasvirlangan. Garchi bu asarlarning asosiy qahramonlari turli sohalarning vakillari, xarakterlari ham turlicha boʻlsa-da, taqdirlari, maqsad va intilishlari bilan bir-birlariga oʻxshaydilar. Ular nobop tuzumda yashab koʻp nohaqliklarni, fojialarni boshdan kechirgan, ammo tinmay mehnat qilgan va kurashgan, milliy mustaqillik poydevorini qurgan, mustahkam irodali, mard va olijanob insonlardir. Yoqubov mazkur romanlari bilan oʻzbek nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, xarakterlar, psixologizmni sezilarli darajada kuchaytirdi, uni yangi xarakterlar, yangi badiiy xulosalar bilan boyitdi. Yoqubov „Chin muhabbat“ (1955), „Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi“, „Yurak yonmogʻi kerak“ (1958), „Olma gullaganda“ (1961), „Muzaffar Temur“ (1996), „Bir koshona sirlari“ (2000) kabi pyesalar, „Dilbarim“, „Bahor yomgʻirlari“ kinossenariylari (1971) muallifi. O. Yoqubovning „Tengdoshlar“ nomli birinchi qissasi 1951-yilda bosilib chiqqan. Keyinchalik yozuvchi „Muqaddas“, „Tilla uzuk“, „Bir feleton qissasi“, „Larza“, „Qanot juft boʻladi“, „Matluba“, „Izlayman“, „Billur qandillar“ kabi pishiq qissalar eʼlon qildi. O. Yoqubovning „Er boshiga ish tushsa...“, „Ulugʻbek xazinasi“, „Diyonat“, „Koʻhna dunyo“, „Oq qushlar, oppoq qushlar“, „Adolat manzili“ asarlari oʻzbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin boʻldi. O. Yoqubov qalamiga mansub „Chin muhabbat“, „Olma gullaganda“, „Yurak yonmogʻi kerak“, „Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim“, „Fotihi Muzaffar yohud bir parivash asiri“, „Bir koshona sirlari“ kabi dramalar oʻzbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga bagʻishlangan adabiy portret va maqolalari bor. Asarlari chet tillarga, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Odil Yoqubov mohir tarjimon, munaqqid, publitsist sifadida ham nom qozongan. Yoqubov ijodi haqida adabiyotshunoslar Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan, Umarali Normashov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari qilishgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977), "Doʻstlik" (1994), "El-yurt hurmati" (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Asarlari O. Yoqubov. Saylanma (3 tomlik). Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985-1987. O. Yoqubov. Diyonat. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978. Adabiyotlar Xudoyberganov N. Parvoz davom etadi. Toshkent, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980. Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000. Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999. Oʻzbekistonlik yozuvchilar Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari Sovet yozuvchilari
5,773
2872
https://uz.wikipedia.org/wiki/Pirimqul%20Qodirov
Pirimqul Qodirov
Pirimqul Qodirov — oʻzbek yozuvchisi. 1928-yil 25-oktyabrda Tojikistonning Xoʻjand viloyatidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi. 1951-yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954-yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi. Birinchi kitobi — „Studentlar“ 1950-yilda chop etilgan. Yangi avlod oʻzbek ziyolilarining shakllanishi „Uch ildiz“ romanida (1958) tasvirlangan. Roman 1959-yilda Moskvada rus tilida chop etildi. Ijodi Yozuvchi tugʻilgan togʻli qishloq hayoti „Qora koʻzlar“ (1966) romanida aks ettirilgan. Pirimqul Qodirov „Qadrim“ (1963), „Erk“ (1969), „Meros“ (1975) qissalari, „Olmos kamar“ (1977) romani muallifi. Soʻng oʻttiz yil davomida xalqning tarixiy xotirasini uygʻotadigan „Yulduzli tunlar“ (1978), „Avlodlar dovoni“ (1988), „Ona lochin vidosi“ (2001) nomli tarixiy romanlarni chop ettirdi. Bobur haqidagi roman oʻzbek tilida 6 marta, rus tilida 5 marta katta tirajda chop etildi. U hind, urdu, bengal, turk, qozoq, uygʻur, turkman tillariga oʻgirilgan. Olim Pirimqul Qodirov „Til va dil“ (1973), „Xalq tili va realistik proza“ (1974) singari ilmiy, „Oʻylar“ (1971), „Qalb gavhari“ (2001) badiiy kitoblar muallifi. Tarjimalari Pirimqul Qodirov Lev Tolstoyning „Kazaklar“ qissasi, Konstantin Fedinning „Ilk sevinchlar“, X. Deryaevning „Qismat“ romanini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Unvonlari Pirimqul Qodirov 1990–2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasining raisi, rais oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatdi. 1988-yilda Pirimqul Qodirovga „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoni, 1998-yilda „El-yurt hurmati“ ordeni berildi. Hamza nomidagi O'zbekiston SSR davlat mukofoti (1981) — "Yulduzli tunlar" romani uchun SSSR yozuvchilar uyushmasi mukofoti (1983) — "olmos kamari" romani uchun "Shuhrat" Medali (1994) „El-yurt hurmati“ ordeni (1998) Orden „Buyuk xizmatlari uchun“ (2006) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2017, vafotidan keyin) Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi (1988) Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Asarlari P. Qodirov „Yulduzli tunlar“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1977-1979. P. Qodirov „Avlodlar dovoni“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1989. P. Qodirov „Ona lochin vidosi“. T.: „[Sharq]“, 2001. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston xalq yozuvchilari Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
2,431
2873
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibrohim%20G%CA%BBafurov
Ibrohim Gʻafurov
Ibrohim Gʻofurov — yozuvchi, tarjimon, tarjimashunos, tanqidchi. 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatgach, 1956—1961-yillarda SAGU (hozirgi OʻzMU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. 1961—1982-yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishladi. Jeyms Joysning „Uliss“ romanini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Faoliyati Mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid, badiiy tarjima, koʻp tomlik asarlarning nashr etilishida munosib hissasini qoʻshdi. 1982-1995-yillarda „Oʻzbekiston adabiyot va sanʼati“ gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari boʻlib ishladi. 1995-yilda „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasini tashkil etdi. U mazkur partiyaning raisi (1996-yildan), „Milliy tiklanish“ gazetasining bosh muharriri. Asarlari Ibrohim Gʻafurov „Goʻzallikning olmos qirralari“ (1964) „Unutilmagan bogʻ“ (1965), „Joziba“ (1970), „Yonar soʻz“ (1973), „Yam-yashil daraxt“ (1976), „Yurak-alanga“ (1980). „Lirikaning yuragi“ (1982), „Sheʻriyat - izlanish demak“ (1984), „Oʻttiz yil izhori“ (1987), „Dil erkinligi“ (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U „Darvoza“, „Humo qushim“, „Qaldirgʻochim“ singari sheʼriy nasrlar yoxud mansuralari bilan eʼtibor qozondi. ,,Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan muallifning 20 jildlik asarlari nashr etish rejalashtirilgan, hozirgacha 8 jildi chop etildi. Tarjimalari Ibrohim Gʻafurov jahon adabiyotining "Jinoyat va jazo", „Telba“, „Qimorboz“, ,,Aka-uka Karamazovlar", "Iblislar", ,,Ayrilmas er" (F. Dostoyevskiy), „Azizim“ (Mopassan), „Alvido, qurol“, „Chol va dengiz“ (E.Xeminguey), „Qiyomat“, „Chingizxonning oq buluti“ (Ch. Aytmatov), „Yongʻin“ (V. Rasputin), ,,Buzrukning kuzi" (G. G. Markes) singari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Mukofotlari Ibrohim Gʻafurov filologiya fanlari nomzodi (1973), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti (1989) laureati, „Doʻstlik“ ordeni sohibi (1995). 1996-yildan u I va II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati. Parlamentda „Milliy tiklanish“ eraksiyasi rahbari, 2000-yildan Oliy Majlis matbuot va axborot qoʻmitasi raisi oʻrinbosari. 2021-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan. Manbalar Oʻzbek tarjimonlari Adabiyotshunoslar
2,271
2879
https://uz.wikipedia.org/wiki/Allohning%2099%20nomi
Allohning 99 nomi
Bu maqolada Allohning 99 ismi (arabcha: أسماء الله الحسنى, ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) va ularning mazmuni roʻyxat shaklida berilgan. Qurʼonning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi: Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’oni Karimning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’oni Karimning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad paygʻambar 99 raqamini keltirgan. Boshqa hadis toʻplamlarida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi: Ismlar roʻyxati va maʼnosi Islom tasavvufi Tasavvuf ilmida Allohning 99 ta ismlari tasavvufiy „Eng oliy va ulugʻ ism“ (ismu l-ʾAʿẓam - ) ga ishora qiluvchi anʼana bor. Bu „Xudoning eng ulugʻ ismi“ boʻlib „U bilan chaqirilsa (duo qilinsa) ijobat boʻladigan zot“ deyiladi. Abdulloh ibn Masud rivoyat qilgan hadisga koʻra, Xudoning baʼzi ismlari insoniyatdan ham yashiringan. Javshan Kabirda (bu yerda - soʻzma-soʻz tarjimasi „Buyuk Sovut“) Xudoning 1000 dan ortiq ismlari keltirilgan. Nufuzli sunniy tasavvufshunos Ibn Arabiy (1165-yil 26-iyul – 1240-yil 16-noyabr) Xudoning ismlarini oddiy epitetlar sifatida emas, balki olamni yaratilgan va mumkin boʻlgan shakllarda ajratib turadigan haqiqiy sifatlar sifatida talqin qilgan. Bu nomlar orqali ilohiy salohiyati yashirin boʻlgan insonlar uchun ochib beriladigan ilohiy xususiyatlar ana shunday ismlarning aksi boʻlishini oʻrganish mumkin. Biroq, bunday aks ettirishlar cheklangan, ilohiy xususiyatlar ismlarning ilohiy mohiyatiga teng kelmaydi. Ibn Arabiyning metafizik taʼlimoti taʼsirida Haydar Amuliy farishtalarni Xudoning turli ismlariga asosan nomlagan. Shunga koʻra, yaxlit farishtalar Alloh taoloning goʻzal ismlarining bir koʻrinishidir. Yovuz farishtalar (shayotin) esa Alloh taoloning ulugʻ ismlarining dimogʻdor koʻrinishidir. Teoforik ismlar Xudoning Arabcha ismlari butun dunyo boʻylab musulmon madaniyatlarida, asosan Arab tilida soʻzlashadigan jamiyatlarda keng qoʻllaniladigan teoforik ismlarni shakllantirish uchun qoʻllaniladi. Xudoning ismlari unga bagʻishlanganligi va ularning shaxsning ismi sifatida ishlatilishi diniy jihatdan nooʻrin deb hisoblanganligi sababli, teoforik ismlar oldidan abd (عَبْدُ: „qul/xizmatkor“) qoʻshimchasini qoʻshish orqali erkaklar ismi hosil qilinadi. Manbalar Epitetlar Islom
2,686
2894
https://uz.wikipedia.org/wiki/Husniddin%20Sharipov
Husniddin Sharipov
Husniddin Sharipov – 1933-yil 10-fevralda Namanganning Pop shahrida tugʻilgan. Namangan qishloq xoʻjalik texnikumini (1949) va Toshkent qishloq xoʻjalik institutini (1954) tugatgan. Oʻrmon-melioratsiya injeneri. Namangan oʻrmon xoʻjalik idorasida injenerlik qildi (1954–1956), viloyat gazetasida adabiy xodim va mas’ul kotib boʻlib ishladi. 1960-yildan „Oʻzbekiston madaniyati“ gazetasida adabiy kotib, keyin „Sharq yulduzi“ jurnali sheʼriyat boʻlimiga mudir boʻldi (1962–1969, 1976–1977, 1982–1983). 1984–1993-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi. Ijodi „Navoiy“ deb atalgan dastlabki sheʼri 1948-yilda, birinchi sheʼriy kitobi – „Nihol“ 1956-yilda bosilib chiqqan. XX asrning oltmishinchi yillarida „Koʻngil buyurgani“ (1961), „Quyoshga oshiqman“ (1963), „Tuproqqa qasida“, „Yerning qalbi“ (1965), „Men sizga aytsam“ (1968) sheʼriy toʻplamlari, yetmishinchi yillarda „Lirika“ (1970), „Dostonlar“ (1978) kitobi va „Bir savol“ sheʼriy romani (1973), saksoninchi yillarda esa „Hayajonli daqiqalar“ (1980), „Oh, goʻzal“ (1981), „Xirmon“ (1985), „Yana visol“ (1987) hamda ikki jildli „Saylanma“ asarlari (1983) nashr etildi. U bolalar uchun „Ukajonlarimga“ (1963), „Bu yogʻi nima boʻladi“ (1973), „Chavandoz“ (1974) kitoblarini yaratgan. Shoirning „Seni sevaman“ (1958), „Ota oʻgʻil“ (1964), „Afsona“ (1975), „Chollar va kampirlar“ (1979), „Yor istab“ (1993) kabi peʼsalari markaziy va viloyat teatrlarida sahnalashtirildi. Toshkent nashriyotlarida „Vsyo tot je ya“ (1970), „Privet ot Satvaldi“ (1977), „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida „Samoye dorogoye“ (1980) kitobi rus tilida bosilib chiqqan. Uning oʻzi J. Lafonten, I. Turgenev, U. Uitmen, V. Mayakovskiy, B. Brext, P. Neruda, R. Hamzatov asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Soʻnggi yillarda Husniddin Sharipovning „Yor istab“ (1992) sheʼriy toʻplami, „Ming ikkinchi kecha“ (1992) va „Qaltis yurish“ (1999) dostonlari, „Doʻstim Tojiddin“ (2001) nomli hujjatli qissasi, „Asiringman“ (2003) nomli saylanma asarlari nashr etildi. Eng sara asarlari, ruschadan tashqari, ukrain, ozarbayjon, tojik, oʻrdu, polyak, turk, belorus tillariga tarjima etilgan. Shoir ijodining qamrovi keng: u fazokor parvozidan ham, dehqon kuymanishlaridan ham, ayol qalbi goʻzalligidan ham birday zavq oladi. Holat va ruhiy harakat ifodasida aniqlikni, tilda lutfni sevadi. Mukofotlari Husniddin Sharipov – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1983), „Mustaqillik“ medali (1992) va „Mehnat shuhrati“ ordeni (2000) bilan taqdirlangan. Asarlari Husniddin Sharipov. Saylanma. 2 jildlik. Toshkent, Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983. Husniddin Sharipov. Yor istab. Toshkent, „Yozuvchi“, 1992. Adabiyotlar Ozod Sharafiddinov. Nihol chinor boʻlibdi. Kitobda: Husniddin Sharipov, Saylanma, I jild. Toshkent, Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
2,944
2895
https://uz.wikipedia.org/wiki/Omon%20Muxtor
Omon Muxtor
Omon Muxtor (asli ismi: Muxtor Sulaymonovich Omonov; 16-iyul, 1941 — 10-may, 2013) Buxoro shahrida tavallud topgan. Mashhur aktyor Baxtiyor Ixtiyorov bilan sinfdosh boʻlgan. Yozuvchi, shoir, dramaturg boʻlgan. 1958-yil Buxoro shahrida maktabni, 1964-yil Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika boʻlimini tugatgan. Bolalar gazetasi, Oʻzbekiston radiosi, Kino qoʻmitasida ishlagan. Adabiyot nashriyotida muharrirlik qilgan. 1983-yildan „Sharq yulduzi“ jurnalida ishlab keladi. Vafotidan avval jurnalning bosh muharriri edi. Omon Muxtorning „Yogʻdu“ (1979), „Marvarid“ (1985), „Shiddat“ (1990) va boshqa sheʼr toʻplamlari, tarjima kitoblari bosilgan. Bundan tashqari kattalar va bolalarga moʻljallangan yangi ertaklar, xayoliy manzaralardan iborat bir necha kitoblari ham nashr etilgan. Adib qator hikoyalar va qissalar kitoblari muallifi, „Nigoh“ (1968), „Qushlar va tushlar“ (1971), „Shaharlik kelinchak“ (1973), „Vazifa“ (1988), „Oʻlmagan jon“ (1995) singarilar shular jumlasidan. Uning qahramonlari oddiy kasb-hunar kishilari. Sheʼrlarida ham, hikoya va qissalarida ham yozuvchi birovga ergashmaydi, oʻzi topgan aniq fikr bilan jonli manzara chizishga urinadi. Ayniy, Fitrat, Gʻafur Gʻulom kabi ustozlardan saboq olgani sezilib turadi. Omon Muxtor dastlab „Yillar shamoli“ (1976) va „Egilgan bosh“ (1989) degan ikki roman eʼlon qildi. Bu romanlar keyinchalik „Buxorolik bir yigit“ (1998) va „Oʻlmagan jon“ (1995) kitoblarida qayta nashr etildi. Yozuvchining shundan soʻng „Toʻrt tomon qibla“ trilogiyasi („Ming bir qiyofa“, „Koʻzgu oldidagi odam“, „Tepalikdagi xaroba“ romanlari) (2000) bosildi. U yana „Ffu“, „Ayollar mamlakati va saltanati“ (1997), „Aflotun“ (1998), „Maydon“ („Sharq yulduzi“ jurnali 2001-yil 1-son) romanlarini yozdi. Dastlabki ikki romani maʼlum darajada anʼanaviy uslubda boʻlsa, keyingi romanlar oʻz shakli va yoʻnalishi bilan butunlay yangichadir. Ular asosan, oʻzbek xalq ertaklari, qissalari, dostonlari va afsonalariga suyangan holda, bu kungi inson hayotini aks ettirish bilan birga, uning xayol olamiga, ruhiyatiga sayohatni eslatadi. Adib ijodiga xos boʻlib kelgan falsafaga moyillik bu romanlarda boʻrtib koʻrinadi. Inson qismati ham, uning ruh olami ham naqadar murakkab ekanligini aks ettiradi. Omon Muxtor 2013-yil 10-may kuni vafot etdi. Asarlari Omon Muxtor. Ming bir qiyofa. Roman. Toshkent, „Sharq“, 1994. Omon Muxtor. Koʻzgu oldidagi odam. Qissa va roman. Toshkent, Adabiyot va sanʼat, 1996. Omon Muxtor. Ayollar mamlakati va saltanati. Romanlar. Toshkent, „Sharq“, 1997. Adabiyotlar Qoʻshjonov M. „Ishq ahli“ romani haqida. „Sharq yulduzi“ jurnali, 2001, 1-son. Otaboev Ahmad. Romanga soʻz. „Yoshlik“ jurnali, 1996, 6-son. Otaboev Ahmad. Roman haqida soʻz. „Sharq yulduzi“ jurnali, 1999-yil, 1-son. Manbalar Shoirlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar
2,802
2896
https://uz.wikipedia.org/wiki/Usmon%20Azim
Usmon Azim
Usmon Azim (asl ism-sharifi: Azimov Usmonqul; 1950-yil 13-avgust; Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir oʻrinbosari (1976 — 1989), Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib (1989 — 1990). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant, Prezidentning Davlat maslahatchisi (1991 — 1994). 2003-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida adabiy emakdoshdir. Hayot va ijod yoʻli Usmon Azim 1950-yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanining Gaza qishlog‘ida tug‘ilgan. Tumandagi birinchi maktabni tamomlagan. 1972-yilda Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetida taʼlim olgan. Usmon Azim respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir oʻrinbosari (1976 — 1989), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib (1989 — 1990) hamda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant, Birinchi prezidentning Davlat maslahatchisi (1991 — 1994) kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2003-yildan esa Oʻzbek milliy akademik drama teatrida adabiy emakdosh sifatida faoliyat boshlagan. Ilk kitobi — „Insonni tushunish“ (1978). Shundan soʻng shoirning „Holat“ (1979), „Oqibat“ (1980), „Koʻzgu“ (1983), „Surat parchalari“ (1985), „Dars“ (1985), „Ikkinchi aprel“ (1987), „Baxshiyona“ (1989), „Gʻaroyib ajdarho“ (1990), „Uygʻonish azobi“ (1991), „Gʻussa“ (1994), „Uzun tun“ (1994), „Bor ekanda, yoʻq ekan“ (1995), „Saylanma“ (1995), „Kuz“ (2001) kabi sheʼriy va „Jodu“ (2003) „Adibning umri“ (2010), „So‘ngso‘zlar“ (2020) nasriy to‘plamlari; nasr va nazmdan iborat „Kollaj“ (2018) nasriy toʻplamlari nashr etilgan. Dastlabki sheʼrlarida insonning davr va jamiyat hayotidagi oʻrnini tushunishga, davrning ogʻriqli masalalariga eʼtibor qaratdi va shu jarayonda minbar sheʼriyati unsurlaridan foydalangan. Shuningdek, o‘n ikki jildli saylanma asarlarining sakkiz kitobi ham nashrdan chiqgan. Usmon Azim „Baxtli boʻlaylik“, „Hujjatli film uchun syujet“, „Bahodir va Malika“ singari radiopyesalar yozgan. U ana shu tajribadan foydalanib, 90-yillarda dramaturgiya bilan jiddiy shugʻullandi va „Bir qadam yoʻl“, „Kunduzsiz kechalar“, „Bozor“ (1997), „Alpomishning qaytishi“ (1998), „Jazava“ (2000), „Baxt qushi“ (2002), „Oʻtgan zamon hangomalari“ (2003) pyesalarini yozdi. Bu pyesalarning aksari Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. Usmon Azim bu pyesalarda sahna qonuniyatlarini yaxshi his etuvchi, dramaturg sifatida namoyon boʻldi. Ayni paytda u ham tarixiy, ham psixologik dramalar, ham ogʻzaki va yozma adabiyot namunalari asosida zamonaviy sahna asarlarini yarata olish isteʼdodini namoyish etdi. Usmon Azim, shuningdek, kinodramaturgiyada ham qalam tebratib, „Alisher Navoiy“ kinoqissasi (1990), „Alpomish“ kinodostoni (1997), „Sevgi“ (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali „Alpomish“ (2000) filmlarining ssenariysiga mualliflik qilgan. Pol Elyuar, V. Vatsiyetis, H. Dogʻlarja, A. Voznesenskiy, Yu. Marsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Sheʼrlari ingliz, fransuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin, eston, litva, tojik, qozoq va qirgʻiz tillarida nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlariga musiqa bastalangan. Usmon Azim uch mingga yaqin sheʼriy asarlar muallifi. U sheʼriy maktab yaratgan kamdan-kam shoirlardan biridir. Uning asarlari zamonaviy o‘zbek poeziyasi va dramutgiyasining saviyasini belgilovchi mavqega ega. Usmon Azim Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1982). „Doʻstlik“ ordeni (1998) bilan mukofotlangan. Oilasi Turmush oʻrtogʻi – Raʼno Azimova Qudasi – Muhammadali Abduqunduzov, aktyor. Oʻgʻli – Ulugʻbek Azimov, iqtisodchi (2023 yili vafot etgan) Qizi – Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi. Qizi – Saidaliyeva Shodiya Usmonqulovna, tarixchi. Manbalar 1950-yilda tugʻilganlar Yashayotgan insonlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston yetakchilari Boysun tumanida tugʻilganlar Surxondaryo viloyatida tugʻilganlar
4,238
2897
https://uz.wikipedia.org/wiki/Halima%20Xudoyberdiyeva
Halima Xudoyberdiyeva
Halima Xudoyberdiyeva (1947-yil 17-may, Boyovut, Sirdaryo viloyati — 2018-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq shoiri, Hurmat belgisi va El-yurt hurmati ordeni sohibasi. Biografiya Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini „Saodat“ jurnalida boʻlim boshligʻiligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida „Ilk muhabbat“ (1968) sheʼriy toʻplami chop etildi. Shoiraning „Oq olmalar“ (1973), „Chaman“ (1974) toʻplamlari izma-iz bosildi. Halima birdan oʻziga xos shoira sifatida tanildi. 1975—1977-yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida oʻqidi. Shu yillarda shoiraning „Beliye yabloki“ (Sovetskiy pisatel, 1977), „Suyanch togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977) toʻplamlari bosildi. „Yosh gvardiya“ nashriyotida boʻlim boshligʻi (1978—1982), „Saodat“ jurnalida muharrir oʻrinbosari, 1984—1994-yillarda „Saodat“ning bosh muharriri, 1991—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xotin-qizlar qoʻmitasi raisi boʻldi. Shoira sheʼrlarida oddiy dehqonlar, ona-yurt harorat bilan kuylandi. Mustaqillik yillarida Halima Xudoyberdiyeva xalq tarixi, mashhur ajdodlar haqida yozdi. „Muqaddas ayol“ (1987), „Bu kunlarga yetganlar bor“ (1993), „Toʻmarisning aytgani“ (1996), „Saylanma“ (2000) shoiraning muhim asarlaridir. Mukofotlari H. Xudoyberdiyeva „Oʻzbekiston xalq shoiri“ (1992), Hamza nomidagi „Hurmat belgisi“ ordeni sohibasi. Ijodi Xudoyberdiyevaning ilk sheʼrlari oʻquvchilik yillarida Yangiyer tuman gazetada bosilgan (1964). Shundan keyin uning „Ilk muhabbat“ (1968), „Oq olmalar“ (1973), „Chaman“ (1974), „Suyanch togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977), „Issiqqor“ (1979), „Sadoqat“ (1983), „Muqaddas ayol“ (1987), „Bu kunlarga yetganlar bor“, „Hurlik oʻti“ (1993), „Toʻmarisning aytgani“ (1996) „Yoʻldadirman“ (2005) va boshqa sheʼriy kitoblari nashr etilgan. X. oʻzbek sheʼriyatiga samimiy insoniy tuygʻu va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mexr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, oʻzbek xotinqizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib keldi. U dastlabki sheʼriy toʻplamlaridan boshlab oʻz ijodida ayol va ona obrazlarining sexrli qirralarini ochishga, ularning nafaqat jamiyatning toʻlaqonli va faol aʼzolari, balki shu jamiyatning kurki va bezagi ekanligini uqtirishga intildi. Uning tasviridagi ayol har qanday xalq va mamlakatning kelajagi — sogʻlom va barkamol yoshlarni yetkazib beruvchi moʻʼjizaviy kuchdir. X. ayni shu nuqtai nazardan oʻzbek ayollarining oʻyxayollarini, ichki kechinmalarini yorqin tasvirlaydi, zamondoshlarida ayollarga nisbatan xurmat va muhabbat tuygʻularini oʻstirishga intiladi. Xudoyberdiyevaning sheʼrlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan. Toʻfon Minnullinning „Alla“ pyesasi Xudoyberdiyevaning avtorlashtirilgan tarjimasida hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri sahnasida qoʻyilgan. Taniqli shoira Halima Xudoyberdiyeva 17-avgust 2018-yilda vafot etgan. 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1990). Asarlari Bu kunlarga yetganlar bor. Toshkent, Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1993. Toʻmarisning aytgani. Toshkent, „Sharq“, 1996. Saylanma. Toshkent, „Sharq“, 2000. Oilasi Turmush oʻrtogʻi — Mavlon Umrzoqov, jurnalist. 1991-1994-yillarda Oʻzbekiston Prezidentining kadrlar boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan. 1994-yilda poraxoʻrlikda ayblanib, qamalib ketgan. 2017-yilda oqlangan. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar 1992 Oʻzbekistonlik shoiralar Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
3,587
2898
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ozod%20Sharafiddinov
Ozod Sharafiddinov
Ozod Sharafiddinov (1929-yil 1-mart – 2005-yil 4-oktyabr) – adabiyotshunos, adabiy tanqidchi. U 1929-yil 1-martda Qoʻqon yaqinidagi Oxunqaynar qishlogʻida tugʻildi. Toshkentdagi 14-oʻrta maktabni, Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shugʻullandi, oʻzbek sheʼriyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. Oʻsha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari „Zamon. Qalb. Poeziya“ (1962) asarida oʻz aksini topgan. XX asrning 60-80-yillarida u Choʻlpon hayoti va ijodini targʻib qilishga intildi. Ozod Sharafiddinov oʻzbek adabiyotining Oybek, Gʻafur Gʻulom], Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: „Isteʼdod jilolari“ (1976), „Adabiy etyudlar“ (1968), „Abdulla Qahhor“ (1988), „Birinchi moʻjiza“ (1979). Olim ijodida oʻzga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan „Yalovbardorlar“ (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim oʻrin egallaydi. Ozod Sharafiddinov XX asrning 60-yillaridan XXI asrgacha boʻlgan oʻzbek adabiy jarayonidagi holatlarni „Talant – xalq mulki“ (1979), „Adabiyot – hayot darsligi“ (1981), „Goʻzallik izlab“ (1985), „Haqiqatga sadoqat“ (1988), „Sardaftar sahifalari“ (1999), „Prezident“ (2003) singari asarlarida aks ettirdi. Ijodi Mustaqillik yillarida Ozod Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. „Choʻlpon“ (1991), „Choʻlponni anglash“ (1994) kitoblari, „E'tiqodimni nega oʻzgartirdim“ (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. Keyingi yillarda Ozod Sharafiddinov oʻzbek adiblari, madaniyat-sanʼat arboblari, olimlar haqida oʻnlab maqolalar yozdi. U jahon adabiyotining koʻplab namoyandalari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. „Koʻlmak suvda quyosh parchasi“ (fransuaza Sagan), „Qadimgi xitoy nasri namunalari“, „Monumental targʻibot“ (Vl. Boynovich), „Al-ximik“ (Paulo Koel’o) singarilar. Mukofotlari Ozod Sharafiddinov XX asrning 90-yillari oʻrtalarigacha Oʻzbekiston Milliy universitetida professor boʻldi. 1995—1997-yillarda „Tafakkur“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari vazifasini bajardi. U 1997-yildan beri „Jahon adabiyoti“ jurnalining bosh muharriri. Ozod Sharafiddinov Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati (1970), „Buyuk xizmatlari uchun“ (1999), „Mehnat shuhrati“ (1997) ordenlari sohibi. 2002-yil 23-avgustda Ozod Sharafiddinovga „Oʻzbekiston qahramoni“ unvoni berildi. Asarlari Sharafiddinov 20-asrning 60-yillaridan adabiyotshunos sifatida tanilgan. „Zamon. Qalb. Poeziya“ (1962) kitobida adabiy asarlarni badiiylik qonuniyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etgan. Uning tadqiqotlari adabiyotni milliy gʻoyalar va adabiy qonuniyatlar asosida tahlil qilishga bagʻishlangan. „Adabiy etyudlar“ (1968) kitobida ijodkor shaxsi va uning badiiy asardagi oʻrni masalalari talqin qilingan. „Yalovbardorlar“ (1974), „Isteʼdod jilolari“ (1976) toʻplamlariga kiritilgan ilmiy maqolalari adabiy ijoddagi anʼanalar, mumtoz adabiyotni oʻrganish vositalari va jahon adabiyotini oʻrganish muammolari haqida. Sharafiddinov oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida milliy va jahon adabiyoti anʼanalarini uygʻun qabul qilish tamoyillarini boshlab berdi. Sharafiddinov „Birinchi moʻʼjiza“ (1979), „Talant — xalq mulki“ (1979), „Adabiyot — hayot darsligi“ (1980), „Hayot bilan hamnafas“ (1983), „Goʻzallik izlab“ (1985) asarlarida oʻzbek sheʼriyati, nasri va tanqidchiligining muhim muammolarini yoritgan. Sharafiddinovning munaqqidlik faoliyatida 2 davr koʻzga tashlanadi. Birinchi davr shoʻro totalitar tuzumida kechgan boʻlib, unda adabiyotni totalitar mafkura gʻoyalaridan himoya qilish, adabiy qonuniyatlar asosida tadqiqotlar olib borish muammolari tadqiq etilgan („Zaharxanda qahqaha“, 1962; „Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi“, 1979; „Yurtin madhi boʻldi soʻnggi satri ham“, 1979; „Sheʼr koʻp, ammo shoirchi?“, 1983). Ikkinchi davr munaqqid faoliyatida asosiy davr boʻlib, u istiqlol yillaridagi ijodini qamrab oladi. Bu davrda Sharafiddinov milliy adabiyotni shakllantirish muammolari, oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligini qayta qurish, jahon adabiyoti anʼanalarini oʻzlashtirish hamda tarjima sanʼatini yuksaltirish masalalarini tadqiq etgan („Bir tilda gaplashaylik“, 1987; „Magʻzi puch soʻzlardan bir tosh nari qoch“, 2000; „Qaydasan, Moriko“, 2002). Oʻzbek adabiyoti jahon adabiyoti bilan uygʻun tarzda Sharafiddinov oʻzbek adabiyotini jahon adabiyoti bilan uygʻun tarzda oʻrganish anʼanasini boshlab bergan. Uning „Istiqlol fidoyilari“ (1993), „Sardaftar sarlavhalari“ (1999), „Maʼnaviy kamolot yoʻllarida“ (2001) kitoblarida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Usmon Nosir, Abdulla Qahhor, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Maqsud Shayxzoda, Otajon Hoshimov ijodi yangicha nuqtai nazardan tahlil etilgan. „Choʻlponni anglash“ (1993) asarida esa yangi oʻzbek tanqidchiligi 20-asrda bosib oʻtgan murakkab yoʻlni talqin, tahlil qilgan, koʻplab munaqqidlar ijodi, estetik prinsipini Choʻlpon ijodiga munosabat nuktai nazaridan yoritgan. Sharafiddinov „20-asr oʻzbek adabiyoti tarixi“ oʻquv dasturi (1997), „20-asr oʻzbek adabiyoti“ (1999) darsligi mualliflaridan. Sharafiddinov ijodining choʻqqisi „Ijodni anglash baxti“ (2004) kitobidir. Unda oʻzbek adabiyotiiing jahon adabiy jarayonida tutgan oʻrni va ilmiy-maʼnaviy oʻzanlari tadqiq etib berilgan. Tarjima asarlari Sharafiddinov tarjima sanʼatiga tanqidchilik konsepsiyasini olib kirdi. Lev Tolstoyning „Iqrornoma“, P.Koeloning „Kimyogar“, A.Sevelaning „Toʻxtating samolyotni, tushib qolaman!“ asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. Ac: Mohiyat va muhabbat, T., 1994; Sardaftar sahifalari, T., 1999; Maʼnaviy kamolot yoʻllarida, T., 2001; Dovondagi oʻylar, T., 2004; Ijodni anglash baxti, T., 2004. Asarlari O. Sharafiddinov. Zamon. Qalb. Poeziya. Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1962. O. Sharafiddinov. Isteʼdod jilolari. Toshkent, Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1976. O. Sharafiddinov. Choʻlponni anglash. Toshkent, „Yozuvchi“, 1994. O. Sharafiddinov. Sardaftar sahifalari. Toshkent, „Yozuvchi“, 1999. O. Sharafiddinov. Prezident. Toshkent, „Adolat“, 2003. Adabiyot Rasulov A. Isteʼdod va eʼtiqod. Toshkent, „Sharq“ NMK, 2000. Toʻplam. Matonat va muhabbat. Toshkent, „Universitet“, 1999. Shoirlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston qahramonlari Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari Adabiyotshunoslar 1929-yilda tugʻilganlar 1-martda tugʻilganlar 2005-yilda vafot etganlar 4-oktyabrda vafot etganlar
6,692
2899
https://uz.wikipedia.org/wiki/Umarali%20Normatov
Umarali Normatov
Umarali Normatov — adabiyotshunos, tanqidchi. Umarali Normatov 1931-yil 3-yanvarda Fargʻona viloyatining Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu OʻzMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952–1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959–1962). 1962-yildan hozirgi kungacha oʻzbek adabiyoti kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent, professor, mudir boʻlib ishlamoqda. Adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan: hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqrizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi oʻzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yoʻnaltirilgan. U 1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. „Nasrimiz ufqlari“ (1974), „Yetuklik“ (1982), „Qalb inqilobi“ (1986), „Qodiriy bogʻi“ (1996), „Umidbaxsh tamoyillar“ (2000) singari asarlarida yangi oʻzbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining muhim tomonlari yoritib berilgan. Umarali Normatov „Oʻzbekiston fan arbobi“ (1981), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1989). Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Adabiyotshunoslar
1,179
2922
https://uz.wikipedia.org/wiki/Naim%20Karimov
Naim Karimov
Naim Karimov (1932-yil 12-dekabr — 2023-yil 17-sentyabr) — oʻzbek adabiyotshunosi, jamoat arbobi. Naim Fatihovich Karimov 1932-yil 12-dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tugʻildi. Oʻzbekistan Respublikasi fan arbobi (1996). Filologiya fanlari doktori (1993), professor (1994). U 1955-yilda SAGU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan. Faoliyati Mehnat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti bilan uzviy bogʻliq. Sal kam ellik yildan beri shu institutda ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, boʻlim boshligʻi boʻlib ishlaydi. Naim Karimov XX asr oʻzbek adabiyoti xususiyatlarini ochish borasida ilmiy tadqiqotlar olib bordi. U shu davrdagi oʻzbek adabiyoti va uning yirik vakillari ijodini milliy gʻoya mezonlari asosida oʻrganish ishini birinchilardan boʻlib boshlab berdi. Uning ilmiy faoliyatida adabiyot hodisalarini tarixiy voqealar, badiiy asarni esa yozuvchi hayoti va maʼnaviy-estetik olami bilan uzviy aloqada oʻrganish ustuvorlik qildi. Chunonchi, jadid adabiyoti, uning hur fikrli, adolatparvar vakillari Hamza, Fitrat, Choʻlpon va boshqalar ijodi haqidagi kitob, maqolalar muallifi. Matnshunos sifatida Oybekning 20, Gʻafur Gʻulomning 12, Hamid Olimjonning 10, Hamzaning 5 jildli toʻla asarlarini tayyorlash va nashr etishda ishtirok etgan. Naim Karimov mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha jamoatchilik komissiyasi raisi (1999-yildan beri) sifatida Toshkentda Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasini bunyod etish (2001), shuningdek, Qatagʻon qurbonlari muzeyini tashkil qilishda (2002) jamoatchilik ishlarini amalga oshirdi. Mukofotlari Naim Karimov „Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi“ bosh tahrir hay’ati aʼzosi (1997), Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). U Oʻzbekiston Davlat fan arbobi (1996), „El-yurt hurmati“ ordeni sohibi, „Birinchi darajali davlat mukofoti" (2022), filologiya fanlari doktori (1993), professor (1994), akademik (~2017) Asarlari N. Karimov. Hamid Olimjon. T.: „Yosh gvardiya“, 1979. N. Karimov. Oybek. T.: „Yosh gvardiya“, 1985. N. Karimov. Choʻlpon. T.: „Fan“, 1991. N. Karimov. Usmon Nosir. T.: „Sharq“, 1993. N. Karimov. Usmon Nosirning soʻnggi kunlari. T.: „Sharq“, 1994. Manbalar Adabiyot Nazarov B. Noziktaʼb adabiyotshunos. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnali, 2002-yil, 6-son. Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar
2,502
2923
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yo%CA%BBldosh%20Sulaymon
Yoʻldosh Sulaymon
Yoʻldosh Sulaymon (Yoʻldoshali Sulaymonov)1935-yil 12 avgustda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi Mingtosh Qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. Uning hayotga, adabiyotga qiziqishi odamlarga muhabbati oʻquvchilik chogʻlarida (1944—1954) shakllangan edi. Fargʻona institutida oʻqigan yillarida (1955—1960) ilk sheʼrlari, hikoyalari, maqolalari matbuotda chop etila boshladi. Institutni tugatgach, u 27 yil «Fargʻona haqiqati»(sobiq «Kommuna») gazetasi tahririyatida mehnat qildi. 1986—1995-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi masʼul kotibi, «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazi viloyat boʻlimi rahbari boʻldi. 1996—2001-yillarda Yoʻldosh Sulaymon Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻldi. Yoʻldosh Sulaymon bolalar yozuvchisi sifatida 15 ta sheʼriy, beshta ocherk va hikoyalar toʻplamini chop ettirdi. U «Avlodlar», «muhabbat» qissalari, «Subhidam»(1973), «Vafo»(1979) romanlari muallifi. Mustaqillik yillarida adib barakali ijod etdi. Uning «Fargʻonanoma», «Gulnoma», «Margʻlonnoma», «Qoʻqonnoma», «Fargʻnaning quliman», «Hirotga sayohat», «Jonimsiz-ey kurtaklarim»sheʼriy kitoblari,]]"Jalada qolgan gul]]"qissasi]]"(1997), «Armon»romani(1999), «Osmonga sigʻmagan muhabbat»dramatik dostoni(1999) bosildi. U Fargʻna farzandi, Fargʻona kuychisi? Fargʻonaliklar oshigʻi. Fargʻonaliklarni kuylash orqali mamlakatga, oʻzbeklarga boʻlgan mehr-muhabbatini ifodalaydi. Uning asarlarida hayotbaxsh ruh, sururiylik kuchliki u ham fargʻona ahli tabifatiga hosdir. Yoʻldosh Sulaymon «Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi», «Doʻstlik ordeni» sohibi. U Oʻzbekiston Oliy majlisi deputati. Asarlari Muhabbat. Qissa. T.: «Yosh gvardiy», !983 Armon. Roman. T.: Adabiyot va sanʼat nashri,1999 Adabiyot Oxunjon Hakimov «Yoʻldosh Sulaymon muhabbati». Adabiy portret. T.: 1995 Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Doʻstlik ordeni sohiblari 1935-yilda tugʻilganlar 12-avgustda tugʻilganlar
2,011
2924
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tursunboy%20Adashboyev
Tursunboy Adashboyev
Shoir Tursunboy Adashboev 1939-yil 1-yanvarda Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Ola-Buqa tumani Safed Bulon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU) ning jurnalistika fakultetida (1962–1968) oʻqigan. Moskvadagi Adabiyot institutida ham tahsil olgan. Tursunboy Adashboev dastlab „Qirgʻiziston haqiqati“ gazetasi tahririyatida, Oʻsh viloyati Yozuvchilar uyushmasida xizmat qilgan. U hamisha Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etgan, sheʼriy, nasriy asarlari oʻzbek tilida chop etilgan. T. Adashboev „Choʻlpon“ nashriyotida 1987–1999 yillargacha muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari sifatida faoiliat koʻrsatdi. Nafaqaga chiqish arafasida 2 yil Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi boʻldi. Tursunboy Adashboev „Kamolning olmasi“ (1965), „Biz sayohatchilar“ (1967), „Olatogʻ-lolatogʻ“ (1978), „Joʻnataman quyoshni“ (1982), „Arslonbob afsonasi“ (1988), „Uch boʻtaloq va sirli qovoq“ (1990), „Topishmoqli alifbe“ (1997) singari 20 ta sheʼriy toʻplam muallifi. U qirgʻiz adabiyotidan 30 ga yaqin asar tarjima qilgan. Ular orasida „Manas“ning nasriy bayoni, „Singan qilich“ romani singari asarlari bor. Tursunboy Adashboev „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“(1993), „Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi“(1999), „Doʻstlik“ ordeni (1999), „Manas“ordeni (1995) sohibi. Tursunboy Adashboev bola ruhiyatini yumorga moyil tarzda nozik ifodalaydi. Uning kattalar uchun yozilgan asarida ham oʻziga hoslik sezilib turadi. Tursunboy Adashboev adabiy parodiyalar ustasi. Asarlari Uch boʻtaloq va sirli qovoq. T.: „Choʻlpon“ 1990. Topishmoqli alifbe.T.: „Choʻlpon“ 1997. Adabiyot R. Barakaev. Jonajonim sheʼriyat. Monografiya.T.;Choʻlpon 1997 Z. Isomiddinov. Dil koʻprigi. Maqola. „Jahon adabiyoti“ 1998, 12-son Shoirlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochilari Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Doʻstlik ordeni sohiblari Manas ordeni sohiblari Qirgʻizistonlik oʻzbeklar
2,009
2925
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shukur%20Xolmirzayev
Shukur Xolmirzayev
Shukur Xolmirzayev (1940-yil 24-martda, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991). Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). „Yosh gvardiya“ nashriyotida muharrir (1963-1967), Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida adabiy emakdosh (1967-1969), „Guliston“ (1969-1975) va „Sharq yulduzi“ (1978-1980) jurnallarida adabiy xodim, boʻlim mudiri. Shukur Xolmirzayevning dastlabki hikoya va ocherklari 1958 yildan nashr etila boshlagan. Shukur Xolmirzayev ijodining ilk davridayoq hikoya bilan bir qatorda qissa janrida ham qalam tebratib, „Oq otli“ (1962), „Toʻlqinlar“ (1963), „Un sakkizga kirmagan kim bor?“ (1965) qissalarini yaratdi. Bu asarlar 60-yillardagi oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan boʻlib qoldi. Yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari keyinchalik „Olis yulduzlar ostida“ (1971), „Hayot abadiy“ (1974), „Ogʻir tosh koʻchsa…“ (1980), „Yoʻllar, yoʻldoshlar“ (1984), „Bodom qishda gulladi“ (1986), „Togʻlarga qor tushdi“ (1987) singari toʻplamlaridan oʻrin oldi. Sh. Xolmirzayevning hikoya va qissalarida, bir tomondan, yoshlik va talabalik yillarining oʻziga xos romantikasi ifodalangan boʻlsa, ikkinchi tomondan, yozuvchi tugʻilib oʻsgan Boysun tumanida yashovchi turfa tabiatli kishilar hayoti, jamiyatda va ular ruhiy olamida kechgan kurash va oʻzgarishlar oʻzining badiiy talqinini topdi. Keyinchalik Boysun va boysunliklar hayoti Shukur Xolmirzayev ijodining asosiy mavzusi darajasiga koʻtarilib, yozuvchi ijodida realistik tasvirning ustuvor yoʻnalishga aylanishida muhim omil boʻldi. Shukur Xolmirzayev voqelikdagi murakkab hayotiy jarayonlar va kishilarning ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini kashf eta borgani sayin uning dastlabki hikoya va qissalaridagi romantik pafos endi oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi va yozuvchining oʻzbek adabiyotiga „shafqatsiz realizm“ unsurlarini olib kirishiga imkoniyat yaratdi. XX asrning 80—90-yillarda yaratgan asarlarida mazkur davrdagi jamiyat va xalq hayotining chuqur badiiy tahlilini berdi. Shukur Xolmirzayev „Soʻnggi bekat“ (1976), „Qil koʻprik“ (1984), „Yoʻlovchi“ (1987), „Olaboʻji“ (1992), „Dinozavr“ (1996) singari romanlarini yozdi. Shukur Xolmirzayevning „Soʻnggi bekat“, „Yoʻlovchi“ va „Olaboʻji“ romanlarida shoʻro jamiyatining 70—80-yillarga kelib ichdan yemirila boshlagani yorqin badiiy obrazlar orqali aks ettirildi. Bu romanlarda koʻtarilgan ijtimoiy masala yozuvchining „Dinozavr“ romanida oʻzining yangicha badiiy talqinini topdi. Shoʻro davlatining xalqparvar davlat ekaniga, u olib borgan ichki va tashqi siyosat xalq va mamlakat manfaatiga xizmat qiluvchi siyosat ekaniga astoydil ishongan kishining hayoti va ruhiy olamidagi ziddiyatlar kurashi tasviri mazkur romanning markazida turadi. Shukur Xolmirzayev yozuvchilar orasida birinchilardan boʻlib oʻzbek xalqi tarixining „bosmachilik harakati“ deb atab kelingan davrini oʻrgana boshladi. Yozuvchining „Qil koʻprik“ romani va „Qora kamar“ (1987) pyesasida shu mavzu oʻz ifodasini topdi. Ularda adashgan kishilar fojiasi obrazlarda yorqin gavdalantirilgan. X. pyesasi asosida Abror Hidoyatov nomidagi Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan „Qora kamar“ spektakli yosh avlodda tarixiy oʻtmishga yangicha yondashish maylining paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. Sh. Xolmirzayevning oʻzbek xotin-qizlarining shoʻro davridagi fojiali taqdiriga bagʻishlangan „Ziyofat“ pyesasi ham Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan (1990). Sh. Xolmirzayev soʻnggi yillarda Sh. Burxonov, B.Zokirov, R.Choriyev, Shuhrat, O.Yoqubov, Oʻ.Umarbekov, A.Oripov, M.Qoʻshjonov singari taniqli adabiyot va sanʼat namoyandalari haqida esselar va adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. Sh. Xolmirzayev — roman janrida bir qator asarlar yozgani va bu asarlar shu davr oʻzbek romannavisligi tarixida muayyan oʻringa ega boʻlishiga qaramay, avvalo hikoyanavis. U oʻz hikoyalarida A.Qodiriy, A.Qahhor kabi oʻzbek yozuvchilarining eng yaxshi anʼanalarini davom ettirish bilan birga oʻzbek hikoyanavisligini rus va Yevropa yozuvchilarining badiiy tajribalari bilan ham boyitdi. Sh. Xolmirzayevning eng yaxshi hikoyalari qahramon obrazining yangi va yorqinligi, kompozitsiyasining oʻziga xosligi, qahramonlar tilining rangbarangligi bilan ajralib turadi. Sh. Xolmirzayev asarlari „Oq otli“ nomli birinchi qissasi 1962 yilda bosilgan. Ikkinchi asari — „Toʻlqinlar“ (1963) Abdulla Qahhor tahsiniga sazovor boʻldi. Shuningdek, „Oʻn sakkizga kirmagan kim bor“ (1964), „Taqdir bashorati“ (1968), „Yoʻllar, yoʻldoshlar“ (1973), „Yur, togʻlarga ketamiz“ (1976), „Choʻloq turna“ (1978), „Tuproq koʻchalar“ (1978), „Qush tili“ (1982), „Qahramonning soʻnggi kunlari“ (1984), „Togʻlarga qor tushdi“ (1986), „Abdulla Nabi oʻgʻlining soʻnggi kunlari“ (1983), „Esiz, Eshniyoz!“ (1988), „Bulut toʻsgan oy“ (1997) qissalari, „Soʻnggi bekat“ (1976), „Qil koʻprik“ (1984), „Olaboʻji“(1991), „Dinozavr“ (1996) kabi romanlari, „Qora kamar“ (1989) nomli dramasi, „Yovvoyi gul“, „Bahor oʻtdi“, „Bitiktosh“, „Ozodlik“, „Oʻzbeklar“, „Hayot abadiy“, „Ogʻir tosh koʻchsa“, „Ustoz“, „Koʻk dengiz“, „Tabassum“, „Shudring tushgan bedazor“, „Boychechak ochildi“, „Otning egasi“, „Navroʻz, navroʻz“ singari oʻnlab hikoyalari va boshqa koʻplab asarlari nashr qilingan. Sh. Xolmirzayev asarlarida oʻzbeklarga xos milliy xarakter, inson va tabiat munosabatlari teran badiiy talqin qilingan. Nashr qilingan asarlari Sh. Xolmirzayev Bodom qishda gulladi. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1986. Sh. Xolmirzayev Togʻlarga qor tushdi. -T. 1987. Sh. Xolmirzayev Oʻn sakkizga kirmagan kim bor. T. Yozuvchi. 1999. Sh. Xalmirzayev Nad propastyu. Roman. (per. s uzb.) -T. Izd. Lit. I iskusstvo. 1989. Adabiyot Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000. Karimov N. va b. q. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999. Q. Yoʻldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: „Oʻqituvchi“, 2000. Shukur Xolmirzaev internetdagi elektron kutubxonalarda OʻzLib kutubxonasi Oʻzbekistonlik yozuvchilar 1940-yilda tugʻilganlar 24-martda tugʻilganlar
6,008
2926
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulla%20Oripov
Abdulla Oripov
Abdulla Oripov (21-mart 1941-yil- 5-oktyabr 2016-yil) — Oʻzbekiston qahramoni unvoni sohibi, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbobi. XX asr oʻzbek adabiyoti va sheʼriyatining taniqli vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi matni muallifi. Hayoti Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagida joylashgan. Otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli jamoa xoʻjaligi raisi boʻlgan. Onasi Turdixol uy bekasi boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi. 1958-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, Toshkent Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetining jurnalistika yoʻnalishiga oʻqishga kirib, oliygohni ham 1963-yilda imtiyozli diplom bilan yakunladi. Universitetdan soʻng 1963-1967-yillarda "Yosh gvardiya" nashriyotida muharrir, 1974-1976-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnali boʻlim mudiri; 1976-1982-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi; 1982-1983-yillarda uyushmaning Toshkent viloyati boʻlimi mas’ul kotibi; 1983-1985-yillarda "Gulxan" jurnali bosh muharriri; 1985-1996-yillarda Yozuvchilar uyushmasi mas’ul kotibi; 1996-2009-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi va bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2009-yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faxriy raisi lavozimini egallagan.Abdulla Oripov 1990-yilda Oʻzbekiston Oliy Kengashi, 1995-yilda Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. 2005-yilda Senat aʼzosi etib tayinlangan. Abdulla Oripov 2016-yilning 5-oktyabrida uzoq vaqt davomidagi kasallikdan soʻng, AQShning Texas shtatida vafot etdi. Shoir Toshkent shahridagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan. Ijodi va faoliyati Abdulla Oripov talaba vaqtida respublika matbuotida „Qushcha“ deb atalgan ilk sheʼri chiqqan. Shundan keyin Abdulla Oripovning ketma-ket „Munojotni tinglab“, „Birinchi muhabbatim“, „Bahor“, „Kuz“, „Saraton“, „Oʻzbekiston“, „Otello“, „Sarob“, „Dengizga“, „Malomat toshlari“, „Oltin baliqcha“, „Yuzma-yuz“, „Genetika“ kabi sheʼrlari oʻsha davrda oʻzbek adabiyotining yorqin namunalaridan biriga aylangan. 1965-yilda Oripovning „Mitti Yulduz“ nomli ilk sheʼriy toʻplami oʻquvchilar qoʻliga yetib borgan. Bu Oripov ijodining boshlanishi edi. „Mitti yulduz“dan soʻng „Koʻzlarim yoʻlingda“, „Onajon“, „Ruhim“, „Oʻzbekiston“, „Qasida“, „Xotirot“, „Yurtim shamoli“, „Hayrat“, „Najot qal’asi“, „Yillar armoni“, „Ishonch koʻprigi“, „Munojot“, „Haj daftari“, „Saylanma“, „Ishonch koʻpriklari(1989)“ kabi bir qator sheʼriy toʻplamlari bosmadan chiqa boshlagan. Abdulla Oripov juda sermahsul ijodkor boʻlib dostonchilikda ham oʻzini koʻrsatgan. Xususan uning: „Jannatga yoʻl“, „Tabib va oʻlim“, „Ranjkom“, „Sohibqiron“ kabi dostonlari oʻzbek xalqi adabiyot muhlislariga juda manzur kelgan. Abdulla Oripovning Oʻzbekiston oldidagi xizmatlari cheksiz, u mustaqil Oʻzbekistonning madhiyasi muallifi hisoblanadi. Abdulla Oripov Kaliforniyada joylashgan (AQSh) Fan, taʼlim, sanoat va sanʼat xalkaro akademiyasining chet ellik aʼzosi hisoblanadi. Yaponiyaning Soka universiteti professori. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ bosh tahrir hay’ati aʼzosi, Hamza nomidagi hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari laureati hisoblanadi. Tarjimalari Abdulla Oripov Dantening „Ilohiy komediya“ asarini, Nekrasov, Ukrainka, T. Shevchenko, K. Kuliyev kabi dunyoga mashhur yozuvchilarning asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan 2015-yilda Oripov Italiya yulduzi ordeni bilan taqdirlangan. Ordenni Oripovga Italiya prezidenti Serj Sotarelloning maxsus taklifiga binoan topshirilgan. Asarlari "Mitti yulduz" (1965) "Koʻzlarim yoʻlingda" (1967) "Onajon" (1969) "Ruhim" (1971) "Oʻzbekiston" (1972) "Xotirot" (1974) "Yurtim shamoli" (1974) "Jannatga yoʻl" (1978) "Hayrat" (1979) "Hakim va ajal" (1980) "Najot qalʼasi" (1981) "Yillar armoni" (1983) "Ranjkom" (1988) Haj daftari" (1992) "Saylanma" (1996) "Sohibqiron (sheʼriy drama)" (1996) "Tanlangan asarlar I-IV" (2000-2001) Tarjimalari Dante „Ilohiy komediya“ Aleksandr Pushkin Lesya Ukrainka, sheʼrlar Taras Shevchenko, sheʼrlar Nikolay Nekrasov, sheʼrlar Qaysin Quliyev, sheʼrlar Rasul Hamzatov, sheʼrlar Mar Bayjiyev, sheʼrlar Mukofotlari 1983-yil — Oʻzbekiston xalq shoiri Doʻstlik ordeni Xalqlar doʻstligi ordeni 1998-yil — „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni 2015-yil — Italiya yulduzi ordeni 2015-yil — Xalqaro „Oltin yulduz“ ordeni Adabiyotlar Sharafiddinov O. Sheʼriyat — qalb yolqini. „Hayot bilan hamnafas“ kitobida. Toshkent. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1984. Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999. Qoʻshjonov M., Suvon M.. Abdulla Oripov. Toshkent: „Maʼnaviyat“, 2000. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Shoirlar She’riyat Adabiyot Dramaturgiya Oʻzbekistonlik shoirlar Qashqadaryo Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo viloyatida tugʻilganlar 1941-yilda tugʻilganlar 21-martda tugʻilganlar Oʻzbekiston xalq shoirlari 2016-yilda vafot etganlar 5-noyabrda vafot etganlar Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar
5,226
2927
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBtkir%20Hoshimov
Oʻtkir Hoshimov
Oʻtkir Hoshimov – taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941-yili 5-avgustda Toshkentning Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Shuningdek, u Oliy Majlisda qoʻmita raisi vazifasini bajargan. Hayoti Oʻtkir Hoshimov 1941-yil, 5-avgustda Toshkent shahrida oddiy bir oilada dunyoga keldi. Yozuvchining bolaligi urush va urushdan keyingi mashaqqatli davrga toʻgʻri keldi. „Oʻsha davrda non tanqis boʻlgani bilan kutubxonalarda kitob koʻp edi“¸-deya eslagan edi yozuvchi oʻz xotiralarida. Kitob oʻqish barobarida Oʻtkir Hoshimov pochtada xat tarqatuvchi boʻlib ishladi. Aynan mana shu ish Oʻtkir Hoshimovni oddiy odamlarning kitobdagi hayotdan butunlay boshqa turmushiga oshno qildi. Boʻlajak yozuvchi 1964-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining (sobiq ToshDU) filologiya fakulteti jurnalistika boʻlimini sirtdan tugatdi. 1959–1962-yillari „Qizil Oʻzbekiston“, 1963–1966-yil „Toshkent haqiqati“ 1966–1982-yillari „Toshkent oqshomi“ gazetalarida adabiy xodim boʻlib ishladi.Uning kitoblari juda qiziqarli va hayotiy kitoblar hisoblanadi. Ijodi Yozuvchining ilk asari 1962-yilda „Poʻlat chavandoz“ nomida ocherklar toʻplami tarzida nashrdan chiqdi. Ammo yozuvchiga muvaffaqiyat keltirgan asar 1970-yilda nashr qilingan „Bahor qaytmaydi“ qissasi boʻldi. Oʻsha paytda nashr qilinayotgan mafkura targʻibotidan iborat asarlar fonida yozuvchi Oʻtkir Hoshimovning oddiy insoniy munosabatlar haqidagi bu asari qorongʻu osmonda chaqnagan mushak kabi eslanadi.. Bu asar asosida suratga olingan videofilm oʻz vaqtida eng koʻp tomosha qilingan asar sifatida tarixga kirdi. Oʻtkir Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. „Xazon boʻlgan bahor“, „Inson sadoqati“ (1975), „Vijdon dorisi“, „Toʻylar muborak“ (1979), „Qatagʻon“ kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“(2001) kitobi ijtimoiy-maʼnaviy hayotda muayyan iz qoldirgan. „Choʻl havosi“ nomli birinchi qissasi 1963 yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning eʼtiboriga sazovor boʻlgan. „Urushning soʻnggi qurboni“, „Yanga“, „Muhabbat“, „Dehqonning bir kuni“, „Umr savdosi“, „Quyosh tarozusi“, „Oq bulut, oppoq bulut“ singari oʻnlab hikoyalari, „Shamol esaveradi“ (1968), „Bahor qaytmaydi“ (1970), „Qalbingga quloq sol“ (1973), „Dunyoning ishlari“ (1982), „Ikki karra ikki-besh“ (1987) qissalari, „Nur borki, soya bor“ (1976), „Ikki eshik orasi“ (1985), „Tushda kechgan umrlar“ (1993) kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy oʻzbek xalqining maʼnaviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan. „Toʻylar muborak“, „Sizdan ugina, bizdan bugina“, „Vijdon dorisi“, „Inson sadoqati“, „Qatagʻon“ singari pyesalar muallif. U E. Xemenguey, K. Simonov, A. Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻtgan asrning sovet mafkurasi hukmron boʻlgan 70-yillarida Oʻtkir Hoshimov Oʻzbekiston televideniesida „Bahs“ deb nomlangan eshittirishlarni olib bordi. Bu eshittirishlar yozuvchining „Qalbingga quloq sol“ ¸"Dunyoning ishlari" „Nur borki, soya bor“ kabi asarlarida koʻtarilgan oʻtkir ijtimoiy muammolar haqidagi bahslarning davomi boʻldi. Keyinchalik yozuvchi „Ikki eshik orasi“(1986), „Tushda kechgan umrlar“ (1994) romanlarida zamondosh-asrdosh odamlar taqdirini¸ 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari Ikkinchi jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin etishga urindi. Hali Oʻzbekistonda Sovet mafkurasi hukmron boʻlgan 1990-yilda Oʻtkir Hoshimov oʻzi bosh muharrir boʻlgan „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼoni karimning ilk oʻzbekcha tarjimasini chop qilishga jurʼat qildi. Tarixga Gorbachev hurriyati deya kirgan "Qayta qurish va oshkoralik " davri Oʻtkir Hoshimovga jasorat berdi¸-deya aytish mumkin. Oʻsha paytdagi Oʻzbekiston rahbariyati zehniyatida ashaddiy ateizm mavjudligi hisobga olinsa¸ bu haqiqatda jasorat namunasi deya eslanadigan qadam. Toshkentdagi „Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qurʼon suralarida milliy kamsitish elementlari bor¸ deya „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼoni karim tarjimasini chop qilinishini toʻxtatishga urinishdi. Bu toʻsiqlarga qaramasdan¸ Oʻtkir Hoshimov bu tarjimani toʻligʻicha jurnalning bir necha sonlarida bosib chiqara oldi. Marhum yozuvchi 2001-yili „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan edi. Noyob iste'dod sohibi O'tkir Hoshimov adabiyotga Abdulla Oripov, Omon Muxtor, Shukur Holmirzayev singari bir qator tengdoshlari bilan birga kirib keldi. O'sha paytda adabiyotimizning Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda singari ulkan yozuvchilari hayot bo'lib, ularning nazariga tushish hammaga ham nasib etavermasdi.O'tkir Hoshimov esa Abdulla Qahhordek mashhur san'atkor etiborini jalb qilgan yoshlardan edi. Roman qissa,hikoyalarida so'z san'atining azaliy muammosi-inson taqdiri va qalbining badiiy tahlili ham mavjud edi.Yozuvchining romanlari, hikoyalari ko'pdir. Umrining soʻnggi yillarini Oʻtkir Hoshimov oʻzbek hukumatining targʻibot-tashviqot kompaniyalaridan holiroqda oʻtkazdi. Oʻzbek prozasida zamonaviy mavzularni imkon qadar mafkuradan holi tarzda yorita olgan taniqli yozuvchi Oʻtkir Hoshimov 2013-yil, 24-may kuni, 71 yoshida olamdan oʻtdi. Toshkentning Doʻmbirobod masjididagi juma namozidan keyin yozuvchi jasadi tuproqqa berildi. Nashr etilgan asarlari Hoshimov Oʻ. Bahor sogʻinchi -T. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 2001. Hoshimov Oʻ. Hadikli tushlar. -T. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 2002. Hoshimov Oʻ. Saylanma (2 jildlik). T.: „Sharq“, 1993. Hoshimov Oʻ. Bahor qaytmaydi. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1993. Xashimov U. Voyti i viyti… Roman. -Moskvasy. (per s uzb.). 1988. Xashimov u. Den motilka. Povest i razzkazi. (Per. s uzb.) -T. Izd „Molodaya gvardiya“. 1970. Adabiyot Rasulov A. Ardoqli adib. Toshkent. „Sharq“, 2001. Karimov H. Oʻtkir Hoshimov. Toshkent. „Yozuvchi“, 2002. Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999. Manbalar Havolalar OʻzLib kutubxonasi Oʻzbekistonlik yozuvchilar Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
6,242
2929
https://uz.wikipedia.org/wiki/Begali%20Qosimov
Begali Qosimov
Begali Qosimov (1942-2004) — adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori. Hayoti Begali Qosimov 1942-yil 19-dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Denov qishlogʻida tugʻilgan. Taʼlimi Begali Qosimov oʻrta maktabini oʻz qishlogʻida tamomlaydi. 1958-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi. U yerni 1963-yilda tamomlaydi. Keyinchalik, 1963-yilda aspiranturaga kiradi. Faoliyati Olim 1964-yildan matbuotda ham faoliyat yuritadi. Uning ilk maqolasi 1964-yilda „Sirdaryo haqiqati“ gazetasida chop etilgan. Birinchi risolasi „Mirmuhsin Shermuhamedov“ nomi ostida, 1967-yilda keng ommaga namoyish etilgan. Aspiranturani nihoyalaganidan soʻng, 1966-yildan oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi. 1968-yili „Mirmuhsin Shermuhamedov (Fikriy) va uning adabiy muhiti“ mavzusidagi nomzodlik, 1984-yili „XX asr boshi oʻzbek poeziyasi (inqilobiy sheʼriyatning shakllanishi va taraqqiyoti) masalalari. 1905-1917“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiladi. 1980-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻladi. Begali Qosimov oʻzbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari boʻyicha tadqiqotlar yaratgan. Lekin ijodining mohiyatini milliy uygʻonish, maʼrifatchilik adabiyoti muammolari, siymolari ijodi, taqdiri masalalari qiziqtiradi. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol koʻrinadi. U turkiy olamdagi uygʻonish, adabiy aloqalararo bogʻliqlik masalalarini mufassal oʻrgangan. Begali Qosimov 1997-yilda Turkiya Otaturk kultur markazi faxriy aʼzosi, 1998-yilda Turkiya Otaturk Arashtirma markazi muxbir aʼzosi boʻladi. Anqarada nashr etilayotgan 33 jildlik „Turk dunyosi adabiyoti“ nashrining oʻzbek adabiyoti boʻyicha mutasaddisi ham hisoblanadi. Shuningdek, 1998-2002-yillar oraligʻida Oʻzbekiston OAK filologiya boʻyicha, 1995-1999-yillarda Respublika fan va texnika Davlat komiteti ijtimoiy-gumanitar fanlari ekspert kengashi raisi, 1995-1996-yillar va 2002-2004-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi filologiya fanlari boʻyicha ixtisoslashgan kengash raisi sifatida ham faoliyat yuritadi. U koʻplab respublika „Maʼrifat“ gazetasi, „OʻzMU xabarlari“ jurnali hamda Turkiya va Qozogʻistonda chop etilgan yana bir qator jurnallarning tahririyat aʼzosi ham edi. Ilmiy ishlari Begali Qosimov Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999-yil), oʻndan ortiq darslik va qoʻllanmalar, 10 nomda alohida asarlar, 300 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Oʻzbekiston Milliy universiteti Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti kafedrasi asoschisi (1993-yil), mudiri sifatida faoliyat olib borgan. Kafedraning keng xalqaro ilmiy-pedagogik aloqalari mavjud. Olimning asarlari rus, turk, fransuz va tatar tillariga tarjima qilingan. U 1986-yilda professorlik unvoniga ega boʻldi. Mukofotlari Begali Qosimov koʻplab nufuzli mukofotlarni qoʻlga kiritgan. Jumladan, 1993-yilda „Yassaviy nomidagi xalqaro mukofot“ sovrindori boʻladi. Asarlari Mirmuhsin Shermuhamedov. 1967-yil. Abdulla Avloniy. 1979-yil. Izlay-izlay topganim. 1983-yil. Salom, kelajak. 1986-yil. Maʼrifat dargʻalari. 1990-yil. Revolyusiya i literature. 1991-yil. Ismoilbek Gaspirali. 1992-yil. Maslakdoshlar (Behbudiy, Ajziy, Fitrat). 1994-yil. Milliy uygʻonish: jasorat, maʼrifat, fidoyilik. 2002-yil. Matnshunoslik ishlari Navoiyning nigohi tushgan… (Navoiy antologiyasi). 1987-yil. Tavallo. Ravnaqul islom. 1993-yil. Behbudiy. Tanlangan asarlar. 1997-yil (1-nashr), 1999-yil (2-nashr). Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. I-II jildlar. 1998-yil. Sidqiy-Xondayliqiy. Tanlangan asarlar. 1998-yil. Ibrat, Ajziy, Soʻfizoda. Tanlangan asarlar. 1999-yil. Yusuf Saryomiy. Tanlangan asarlar. 2002-yil. Vafoti Begali Qosimov 2004-yilning 25-sentyabr sanasida vafot etgan. Adabiyotlar Begali Qosimov. Bibliografik koʻrsatkich. T.: Universitet, 2002. Oripov A., Sharafiddinov O. Izlagan olim boʻladi. //Vatan, 1992-yil 13-son. Sevgi Ahmat. Toshkent davlet universiteti ozbek tili ve adabiyati ogretim uyesi prof. Dr. Begali Kasimov ile bir chay sohbeti. //Cagri kultur sanat bilim dergisi 1998 ocak, 42-y, 458-son. 9-11 B. Turkiya. Minnegulov X. Stranitsa bratstva. //Vechernyaya Kazan, 1986-yil 7-yanvar. Zaynullin Jamil. Boringi duslik ezlarennan. //Kazan oʻtlari, 1989, 11-son. Nagaev S. Nesillerning devamiyligi uzyulmeyjek. //Yangi dunyo (Qrim), 1993-yil 12-mart. Yoʻldoshev Q. Olimning olami. //Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 2002-yil 23-avgust. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Adabiyotshunoslar Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Qashqadaryoda tugʻilganlar
4,606
2930
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Ali%20Ahmedov
Muhammad Ali Ahmedov
Muhammad Ali, Muhammad Ali Ahmedov (1942-yil 1-martda Andijonning Boʻz tumani (hozirgi Boʻston)da tugʻilgan) — shoir, yozuvchi, olim, tarjimon, pedagog va jamoat arbobi. Filologiya fanlari nomzodi (1992). Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1966) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1962–1963). Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir (1967–1985), Oʻzbekiston televideniyesida bosh muharrir (1985–1988), Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida Tarjima markazi raisi (1989–1993), Toshkent universitetida Etika va estetika kafedrasi mudiri, professor (1993–1996), Gʻafur Gʻulom nashriyotida oʻzbek adabiyoti boʻlimi boshligʻi (1997–1999), Xalqaro Oltin Meros xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1999–2003) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003-yildan u xalqaro Amir Temur xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi boʻlib ishlagan (2003–2013). 2013-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi. Muhammad Ali oʻn uch yil davomida AQSHning Washington Universitetida oʻzbek tili va adabiyotidan saboqlar bergan (1992–2005). Ijodi Muhammad Ali nazmda, nasrda, publisistikada koʻplab asarlar ijod etgan. Soʻnggi 35 yil davomida 20 ta sheʼriy toʻplami oʻzbek, rus, qozoq, qoraqalpoq tillarida chop etildi. Uning "Boqiy dunyo" (1979) sheʼriy romani adib ijodida muhim oʻrinni eqallaydi. Asar oʻzbek xalqining chor mustamlakasiga qarshi koʻtarilgan Andijon (Dukchi Eshon) va Jizzax qoʻzgʻolonlari tarixiga bagʻishlangan. Unda mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida Dukchi Eshon obrazi birinchi marta jasorat bilan yoritib berilgan. Sheʼriy roman rus tiliga tarjima etilib 1984-yilda Toshkentda bosib chiqarildi (tarjimon Marina Kudimova). Ruscha tarjima mashhur shoir Yevgeniy Yevtushenkoning ijobiy taqrizi bilan nashr qilingan edi. Temuriylarga bagʻishlangan asarlari Muhammad Ali ijodida Amir Temur davri va shaxsini yoritish asosiy oʻrinlardan birini egallaydi. Adib ijodining dastlabki yillaridanoq bu mavzu tazyiq etilganiga qaramay, u Amir Temur haqida sheʼrlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan "Gumbazdagi nur" (1968) dostonini yaratdi, romanlar, maqola va esselarni eʼlon qildi. Umuman olganda, oʻzbek adabiyotida sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi uni oʻquvchi suygan obraz sifatida ifoda etilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. "Sarbadorlar" roman diologiyasida (1989) mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida birinchi boʻlib nasrda Amir Temur siymosini tasvirlab berdi. Adib dadillik bilan "Ulugʻ saltanat" epopeyasini yaratishga kirishdi. 2003-yilda epopeyaning birinchi kitobi "Jahongir Mirzo" eʼlon qilindi va 2008-yilda turk tiliga tarjima qilinib Istanbul, Turkiyada bosildi (tarjimon A. Yenis Turan). Keyin ikkinchi kitob "Umarshayx Mirzo" (2006) nashr etildi. Uchinchi kitob "Mironshoh Mirzo" romani esa 2010-yilda bosilib chiqdi. Nihoyat, 2013-yilda epopeyaning soʻnggi romani "Shohrux Mirzo" yozib tugatildi va chop etildi. Oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman-epopeya deb hisoblanadigan „Ulugʻ saltanat“ epopeyasi ustida yigirma bir yil mehnat qilganini alohida taʼkidlash kerak. „Abadiy sogʻinchlar“ roman-xronikasi Muhammad Ali 2005-yilda „Abadiy sogʻinchlar“ roman-xronikasini eʼlon qildi. Asar ingliz tiliga tarjima etilib, 2006-yilda Toshkentda nashr qilindi (tarjimon Dilbarxon Muhammad Ali qizi). Kitoblari „Oʻz-oʻzingni anglab yet“ (1988), „Haqiqatdan chekinma, tarix!“ (1990), „Qafasdagi bulbullar“ (1996), „Men koʻrgan Amerika“ (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publisistikasi haqida tasavvur hosil qiladi. Tarjima asarlari Muhammad Ali tarjimonligi oʻziga xos. U qadimgi hind eposi „Ramayana“ni (1978), qoraqalpoq eposlari „Shahriyor“, „Masposhsho“ni (1985), Robert Byorns, Bayron, Shiller, Adam Mitskevich, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, Abay, Mahtumquli kabi shoirlarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Mukofotlari Oʻzbekiston SSR yoshlar ittifoqi mukofoti (1976) Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti (1984) Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992) Xalqaro Yassaviy mukofoti (1994) Mehnat shuhrati ordeni (1999). Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (2021) Asarlari Otalar yurti. Sheʼrlar va doston. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1970. Oq nur. Sheʼrlar va doston. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1977. Sen bir gulsan. Sheʼrlar. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1979. Boqiy dunyo. Sheʼriy roman. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1981. Sevsam sevilsam. Sheʼrlar. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1982. Oshiq boʻlmay Haq diydorin koʻrsa boʻlmas. Esselar va maqolalar. T: Oʻzbekiston nashriyoti, 1992. Sarbadorlar. Roman. T: Adabiyot va sanat nashriyoti, 1997. Saylanma. T: Sharq nashriyoti, 1997. Men koʻrgan Amerika. Esse va maqolalar. T: Sharq nashriyoti, 2000. Ulug saltanat. Epopeya. 1-kitob. Jahongir Mirzo. T: Sharq, 2003. Ulug saltanat. Epopeya. 2-kitob. Umarshayx Mirzo. T: Sharq, 2006. Ulug saltanat. Epopeya. 3-kitob. Mironshox Mirzo. T: Sharq, 2010. Tanlangan asarlar. 1-jild. Sarbadorlar. Romandilogiya. T: Sharq, 2011. Tanlangan asarlar. 2-jild. Esselar, maqolalar, publisistika. T: Sharq, 2012. Ulugʻ ajdodlardan meros shijoat. Esse. T: Oʻzbekiston, 2012. Zamondoshim portretiga chizgilar. Ocherklar. T: Adib nashriyoti, 2012. Ulugʻ saltanat. Epopeya. 4-kitob. Shohrux Mirzo. T: Sharq, 2013. Manbalar 1-martda tugʻilganlar 1942-yilda tugʻilganlar Yashayotgan insonlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureatlari Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Oʻzbekiston xalq yozuvchilari Xalqaro Yassaviy mukofoti sohiblari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti laureatlari Yozuvchilar Shoirlar Andijon viloyatida tugʻilganlar
5,792
2931
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tohir%20Malik
Tohir Malik
Tohir Malik (asl ismi Hobilov Tohir Abdumalikovich) — taniqli oʻzbek yozuvchisi. Oʻzbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri, maʼrifat arbobi. "Doʻstlik" ordeni va "Oʻzbekiston xalq yozuvchisi" faxriy unvoni sohibi. Tarjimayi holi 1946-yilning 27-dekabrida Toshkent shahrida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqib, kunduzi qurilish ishlarida qatnashgan. 1966-yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda „Sharq“ NMAK Bosh tahririyatida muharrir. Barcha tengdoshlari singari u ham urushdan keyingi turmush qiyinchiliklarini boshidan kechirgan. Oilada besh farzand boʻlib Tohir Malik eng kenja farzand boʻlgan. Tohir maktabga bormay turiboq, dars tayyorlab oʻtirgan akalari va opalari yonida savodni oʻzlashtirgan. Ukasining kitobga boʻlgan ixlosini sezgan akalari unga — Mard yigit ertaklar toʻplamini sovgʻa qilishadi va ushbu kitobni hozirga qadar eʼzozlab saqlashini aytgan. Taniqli oʻzbek adibi va tarjimoni Mirzakalon Ismoiliy Tohir Malikning togʻasi boʻlib, uni 1949-yilda "xalq dushmani" degan tuhmat bilan qamoqqa olishadi. Bu haqida adibning oʻzi ushbu soʻzlarni aytgan: Dastlabki hikoyasi 1960-yilda Gulxan jurnalida chop etiladi. 1963-yilda Tohir Malik Toshkent davlat univeritetining kechki jurnalistika boʻlimiga oʻqishga kirib, kunduzi qurilishda duradgor, gʻisht teruvchi boʻlib ishlay boshlaydi. U ijodga doir mashqlarni davom ettirrib, togʻasining: degan ikki oʻgitiga hamisha amal qilgan. Bolalarga atab yozilgan hikoyalari bilan badiiy adabiyot sirlarini oʻrgangan Tohir Malik keyinchalik Oʻzbek adabiyoti kam eʼtibor berilgan fantastika janriga qoʻl uradi va bir qator asarlari bilan kitobxonlar eʼtiborini qozongan. Uning talabalik yillari yozilgan Hikmat afandining oʻlimi asari oʻzbek adabiyotining fantastika yoʻnalishida yaratilgan birinchi qissa hisoblanadi. Yozuvchining bir qator asarlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Soʻnggi oʻq asari asosida yetti qismli, Shaytanat asari asosida yigirma qismli badiiy fil’m suratga olinib, namoyish etilgan. Faoliyati Tohir Malik oʻnga yaqin radiopʼesalar, hujjatli film ssenariylari, badialar muallifi. Badiiy tarjima sohasida ham xizmat qilgan. Tohir Malik 1966-yildan eʼtiboran matbuot sohasida ishlagan. Lenin uchquni (Hozir Tong yulduzi deb nomlanadi), Oʻzbekiston radiosida, Gʻafur gʻulom nomidagi va „Choʻlpon“ nashriyotlarida, „Sharq yulduzi“, „Yoshlik“ jurnallarida faoliyat yuritgan. U ijodiiy faoliyati davomida hayotni, insonlar tabiatini atroflicha oʻrgana boshlaydi. Yozuvchi insonlarni, ularning ichki kechinmalarini, ruhiyatlarini sinchiklab oʻrganadi va kitobxonni ham mana shu ruhiyat olamiga olib kiradi. Uni shu holga solgan sabablarni tahlil qilishga va xulosa chiqarishga yoʻnaltiradi. Yozuvchi yaratgan asarlari asosida koʻplab tele va baʼdiy filmlar yaratilgan. Asarlarida turli qiyofadagi zamondoshlarimizning obrazlari yorqin lavhalarda katta mahorat bilan aks etgan, muhim maʼnaviyaxloqiy muammolar koʻtarilgan. Rus yozuvchisi F.M. Dostoyevskiyning Maʼsuma qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1961–1964-yillarda quruvchi, 1965–1966-yillarda maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Lenin uchquni gazetasi, 1975–1978-yillarda Guliston nashriyotida, 1981–1982-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1982–1985-yillarda Sharq yulduzi jurnalida, 1985–1987-yillarda Choʻlpon nashriyotida bosh muharrir, 1989–91-yillarda „Yoshlik“ jurnalida adabiy xodim, masʼul kotib, bosh muharrir, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasida 1988–90-yillar davomida kotib boʻlib faoliyat olib borgan. Asarlari Birinchi yirik asari — „Hikmat afandining oʻlimi“ (1972). „Zaharli gʻubor“ (1974), „Falak“ (1975), „Somon yoʻli elchilari“ (1978), „Chorrahada qolgan odamlar“ (1982), „Bir koʻcha, bir kecha“ (1983), „Alvido, bolalik“ (1989), „Soʻnggi oʻq“ (1990), „Ov“ (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. „Soʻnggi oʻq“ qissasi asosida 7 qismli telefilm (1994) yaratilgan. „Qaldirgʻoch“ (1987) epik asari Abdulla Avloniy taqdiri misolida 20-yillar oʻzbek ziyolilarining shakllanishi haqida bahs yuritadi. „Mehmon tuygʻular“ (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar toʻplamida adabiy jarayondagi muammolar aks etgan. Tohir Malikning yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy ijodiy faoliyatini yorituvchi „Yozuvchining baxti va baxtsizligi“ (1988), Asqad Muxtor ijodini taxlil etuvchi „Sobir“ (2003), Oʻlmas Umarbekov ijodiga bagʻishlangan „Qiyomat qarz“ (2002) hamda Abdulla Qodiriy romanlari taxlil etilgan „Ibrat maktabi“ (1993) badialari xam bor. Tohir Malik xujjatli kino sohasida xam faoliyat koʻrsatgan. Uning „Amir Temur davri adabiyoti“ (1998), „Varaxsha“ (1999), „Unvoni inson“ (1999), „Sohilsiz dengiz“ (2000), „Zulmat saltanati“, (2001), „Moshtabib“ (2002) siyenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan. „Shaytanat“ asarida jinoyat olamidagi voqealar fonida asosiy eʼtibor asar qahramonlarining ruhiy dunyosini tahlil etishga qaratilgan. Kishilarni jinoyatning razil olamidan ehtiyot boʻlishga chaqiruvchi ushbu ogohlantiruvchi asar mazmuni Tohir Malikning „Jinoyatning uzun yoʻli“ (2004) ilmiy-tahliliy risolasida davom ettirilgan. Hozirgacha yozuvchining 20 dan ortiq qissasi chop etildi. 1971-yilda chop etilgan „Hikmat afandining oʻlimi“ dan keyin „Falak“ (1976), „Somon yoʻli elchilari“ (1976) tahayyul, ilmiy-tahayyul qissalari bosildi. „Chorrahada qolgan odamlar“ qissasida tahayyul va detektiv xususiyatlari seziladi. „Alvido bolalik“ (1989), „Qaldirgʻoch“ (1987) qissalarida muhim mavzu ishlanadi. Mutaqillik yillarida Tohir Malik „Soʻnggi oʻq“ (1990), 4 qismdan iborat „Shaytanat“ (1994–2001), „Odam ovi“ (2001), „Charxralak“, „Murdalar gapirmaydilar“ (1999) qissalarini chop ettirdi. Yozuvchi 20–asrdagi hayotni, kishilar taqdirini goh tahayyul, goh izchil xolis, goh detektiv yoʻsinda tasvirlaydi. U qissa janri imkoniyatlarini uzluksiz boyitib bormoqda. 2002-yilda yozuvchining „Mehmon tuygʻular“ oʻylari, „Jinoyatning uzun yoʻli“ risolasi chop etildi. Mustaqillik yillarida eng koʻp adabiyotda kitob chop ettirgan Tohir Malikdir. Mukofotlari Yozuvchining bir qator asarlari kitobxonlar orasida oʻtkazilgan soʻrov asosida turli yillarda yillik mukofotlar bilan, xususan Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofotlar bilan taqdirlangan. Yoshlar tarbiyasiga oid asarlari inobatga olinib Maorif fidoyisi unvoni berilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Doʻstlik ordeni va Oʻzbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Asarlari Tohir Malik „Falak“ Ilmiy-fantastik qissa. T.: „Yosh gvardiya“, 1976-yil 4,75 b.t. Tohir Malik „Soʻnggi oʻq“ qissa, hikoya. T.: „Yosh gvardiya“, 1990-yil 13,04 b.t. „Shaytanat“ 4 qism, T.: „Sharq“, 1994–2001. Serial „Shaytanat“ 20 qism, T.: 1998–2001. Bosh rollarda: Yodgor Saʼdiyev, Erkin Komilov, Karim Mirhodiyev, Raʼno Shodiyeva va boshqalar... Bundan tashqari 2021-yildan uning Alvido bolalik qissasi asosida serial suratga olinib, Zo‘r tv telekanalida efirga berilmoqda. Asosiy qahramon rolida Fathulla Ma‘sudovning o‘g‘li Qamariddin rolini ijro etmoqda. Serial boshlanishidanoq o‘z tomoshabinlarini mehrini qozondi. Va aytish joizki 2018-yilda Qaldirg‘och romani ham suratga olingan. Bu serial o‘zbek jadidchisi Abdulla Avloniy haqida. Ushbu serial ham haqiqiy tarixiy serialdir.serialda Javohir Zokirov ham ishtrok etgan. Tohir Malik o‘lmas asarlar muallifi. O‘lmas yozuvchi. Uning hozirgi kunda ancha asarlari sotuvda gavjum. Mustaqillik davrida eng ko‘p asarlari chop etilgan inson bu Tohir Malik . Tohir Malik juda mulohazali o‘tkir fikrli va diyonatli inson bo‘lib hayot yo‘lida esa eng halol va haqgo‘yligi bilan o‘zgalar e‘tiborini qozongan.Alloh ustozni joylarini jannatda qilsin. Inson jismonan o‘lishi mumkin ammo uning siymosi qalblarda insonlar ongida yillar yashaydi. Tohir Malik ham kitobxonlar va o‘zbek ijodkorlari qalbida barhayot yashaydi. Yozuvchining boshqa asarlarini ham kino yoxud serial ko'rinishida xalqqa namoyish etish o'rinli bo'lardi. Tohir Malik o'zining bestseller asari bo'lgan Shaytanatning ham boshqa qismlarini yozib ulgurganligi ammo haligacha chop etmaganini o'zining intervyularidan birida bildirib o'tgan. Tahrirlovchi-A.Z.Isoqov Adabiyot A. Rasulov „Koʻrgulik“ Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1991-yil 2-avgust. Tohir Malik internetda Rasmiy sayti OʻzLib kutubxonasi Manbalar Tanlangan asarlar, 1—2j.lar, T., 2004. Malik, Tohir Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston xalq yozuvchilari 2019-yilda vafot etganlar
8,703
2932
https://uz.wikipedia.org/wiki/Anvar%20Obidjon
Anvar Obidjon
Anvar Obidjon (1947-yil 8-yanvar — 2020-yil 11-aprel) oʻzbek jurnalisti va shoiridir. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Obidjon 1946—1966-yillarda Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan oʻqigan. Harbiy xizmatni oʻtagach (1966—1969), qishlogʻida „Nurobod“ jamoa xoʻjaligida dala xisobchisi boʻlgan (1970—1971), tumandagi „Paxta uchun“gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1971—1976), Toshkentdagi yogʻ-moy kombinatida bogʻbon (1977—1978); Anvar Obidjon (Obidjonov qoʻmitasida muharrir (1979—1981) boʻlgan. 1981—1986-yillarda „Kamolot“ nashriyotida muxarrir, bosh muxarrir oʻrinbosari, 1986—1987-yillarda „Yulduzcha“ nashriyotida bosh muharrir, 1988-yilllarda „Yosh kuch“ jurnalida adabiy xodim, 1988—1989-yilllarda „Mushtum“ jurnalida boʻlim mudiri, 1989—1998-yillarda „Choʻlpon“ nashriyotida bosh muharrir, direktor boʻlib ishladi. !((* yildan buyon Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Yoshlar telekanalida katta muharrir boʻlib faoliyat koʻrsatayapti. Anvar Obidjon „Ona–er“(1975), „Olovjon va uning doʻstlari“ (1983), „Bezgakshamol“ (1985), „Akang qarag’ay Gulmat“ (1987), „Oltin yurakli Avtobola“ (1986), „Alamazon va Gulmat xangomasi“ (1992), „Meshpolvonning janglari“ (1994), „Oltiariq xangomalari“ (1999), „Odobli boʻlish osonmi?“ (2001), „Meshpolvon“ (2003) singari 25 ta toʻplamini chop ettirdi. U aksariyat asarlarini bolalarga bagʻishlaydi. Anvar Obidjon 1997-yil „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan, 1998-yilda „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoniga sazovor boʻlgan. Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprel kuni Toshkent shahrida 74 yoshida vafot etdi. Asarlari Alamazon va Gulmat. T.: „Choʻlpon“, 1998-yil Juda qiziq voqea. T.: „Choʻlpon“, 1997-yil Ketmagil. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti,1985-yil Adabiyotlar Said Ahmad. Fargʻonada bittagina „Xalq soʻzi“. 2000-yil 19-aprel Rahmon Qoʻchqor. Ajabtovur idrok usuli. „Fidokor“, 2000-yil 20-iyul. Lola Zvonareva. Vsegda v jizni. „Detskaya literatura“ Moskva, 1988-yil Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar 1998 1947-yilda tugʻilganlar 2020-yilda vafot etganlar
2,169
2933
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tog%CA%BBay%20Murod
Togʻay Murod
Togʻay murod (taxallusi; asl ism-sharifi - Mengnorov Togʻaymurod) (1948.3.2. — Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Xoʻjasoat qishlogʻi — 2003.27.5, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1999). Qishlogʻidagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqigan (1966–1972). U respublika radiosida muharrir (1972–1976), „Oʻzbekiston fizkulturachsi“ gazetasida tarjimon (1976–1978), „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1982–1984) boʻlgan. 1985–1987-yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida oʻqigan. Ijodi Dastlab kichik hikoyalari, ocherklari eʼlon qilingan. 1976-yilda bosilgan „Yulduzlar mangu yonadi“ nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979-yilda „Ot kishnagan oqshom“, 1980-yilda „Oydinda yurgan odamlar“, 1985-yilda yozuvchining „Momo yer qoʻshigʻi“ qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi. Ularda halol, oqkoʻngil, toʻgʻrisoʻz, mard oʻzbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. Oʻzbek adabiyotining yutugʻi sifatida eʼtirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi. Togʻay Murod oʻzbek va jahon adabiyotining eng yaxshi anʼanalarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan. Romanlari „Otamdan qolgan dalalar“ (1993) romanida Oʻzbekistonning mustamlakaga aylanishi va tunu kun mehnat qilib, yashayotgan oʻzbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi ogʻir hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy chizib berilgan. Asardagi Dehqonqul oʻzbek mehnatkashlarining umumlashgan obrazi darajasiga koʻtarilgan. U boshiga yogʻilgan minglab musibatlarga chidab yashashga majbur boʻlsada, oʻz insoniy shaʼni, qadr-qimmatini baland tutadi, mustamlakachilarning yugurdaklarini ayovsiz fosh etadi. Asar asosida badiiy film yaratilgan (2001). „Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi“ romanida ham oʻz ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolgʻon eʼtiqodlar, soxta shiorlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan sobiqfirqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy boʻyoqlarda tasvirlagan. 1993-yilda „Yoshlik“ jurnalida „Otamdan qolgan dalalar“ romani chop etildi. Togʻay Murod oʻzbek adabiyotiga betakror xarakterlarni, avval uchramagan uslubni olib kirdi. 1999-yilda „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoni berildi. 2001-yilda yozuvchining „Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi“ romani bosildi. Tarjimalari Togʻay Murod tarjimonlik sohasida ham ijod qilgan. U Jek Londonning „Boyning qizi“ dramasi va hikoyalarini, E. Seton Tompsonning „Yovvoyi yoʻrgʻa“ qissasini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Asarlari „Ot kishnagan oqshom“. Qissalar. T.: „Sharq“, 1996 „Otamdan qolgan dalalar“. Roman. T.: „Sharq“, 1994. „Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi“. Roman, hikoyalar, maqolalar. T.: „Sharq“, 2001. Adabiyot Normatov U. Kechmishdan qolgan armonlar. „Xalq soʻzi“ gazetasi, 16-iyul, 1993-yil. Solijonov Y. Erkinlikning ilk qaldirgʻochi. „Oʻzbekiston adabiyot va san'at“ gazetasi, 5-avgust 1994-yil. Said Ahmad. Togʻay Murod qoʻshiqlari. Kitob: Said Ahmad. Tanlangan asarlar. 3-jild, T.: „Sharq“, 2000, 238–242 betlar. Rahmon Qoʻchqor. „Oʻtgan kunlar“ning davomi… „Milliy tiklanish“ gazetasi, 5 dekabr 1995 yil. Oʻzbekiston xalq yozuvchilari Oʻzbekistonlik yozuvchilar
3,259
2934
https://uz.wikipedia.org/wiki/Azim%20Suyun
Azim Suyun
Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov, 1948-2020) — shoir. Biografiyasi 1948-yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlogʻida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1977-yilda Toshkent universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Azim Suyun harbiy xizmat burchini oʻtab qaytgach, poytaxt qurilishlarida mehnat qildi. Keyinchalik „Toshkent universiteti“ gazetasida adabiy xodim, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir boʻlib ishladi. Oʻzbekiston Matbuot Davlat qoʻmitasida adabiy maslahatchi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib, „Xalq soʻzi“ gazetasida boʻlim muharriri, 1993–2002-yillarda „Oʻzbekiston ovozi“ va „Golos Uzbekistana“ gazetalarining Bosh muharriri, „Guliston“ jurnalining Bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi. Azim Suyun butunjahon shoirlar kongressi aʼzosi. Ijodi Azim Suyun sheʼrlari, sheʼriy turkumlari va kitoblari turk, ingliz, arab, rus, qozoq, tojik, qirgʻiz, turkman, qoraqalpoq, tuva va boshqa tillarda chop etilgan. Azim Suyunning „Sarbadorlar“ tragediyasi, „Zamin taqdiri“, „Oʻzbekiston“, „Bir tomchi suv dengizga aylangan kecha va yoki imorat“ kabi dostonlari mashhur. Azim Suyun keng qamrovli dramaturg, haqsoʻz publitsist sifatida ham tanilgan. Toʻplamlari Azim Suyunning oʻzbek tilida nashr etilgan toʻplamlari: „Mening osmonim“ — 1978-yil. „Zarb“ — 1979-yil. „Zamin taqdiri“ — 1981-yil. „Xayolot“ — 1984-yil. „Ziyo yoʻli“ — 1986-yil. „Javzo“ — 1987-yil. „Olis tonglar“ — 1989-yil. „Kuyganim-suyganim“ — 1992-yil. „Sarbadorlar“ — 1994-yil. „Qora koʻzing sening“ — 1994-yil. „Saylanma“ — 1997-yil. „Oʻzlik“ — 1999-yil. Shoir ijodi tadqiq etilgan maqolalar Ibrohim Gʻofurov. „Jimjit bulut ichidan chaqin“, „Oʻzlik“ (toʻplam), T.: 1999, „Sharq“ NMAK, (3–7-betlar) Umarali Normatov. „Soʻz tuzalsa – el tuzalar“, „Xalq soʻzi“ — 1992-yil. Abdulla Oripov. „Bitik – mustaqil janr“, „Tafakkur“ jurnali, 2002-yil, 3-son. Oʻzbekistonlik yozuvchilar
1,997
2935
https://uz.wikipedia.org/wiki/Erkin%20A%CA%BCzam
Erkin Aʼzam
Erkin Aʼzam (10-avgust 1950-yil, Surxandaryo, OʻzSSR) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri. Biografiysi Erkin Aʼzam 1950-yil 10-avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1967-yilda oʻrta maktabni aʼlo baholarga tamomlaganidan soʻng, Erkin Aʼzam Toshkent Davlat Universitetiga oʻqishga kirgan. 1972-yildaToshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ish faoliyati Oʻqishni tugatganidan soʻng uning jurnalistika sohasida faoliyati boshlangan. Dastlab respublika radiosida muharrir, „Guliston“ va „Yoshlik“ jurnallarida boʻlim muharriri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va Sanʼat nashriyotida tahririyat mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1992—1994-yillarda Oʻzbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori oʻrinbosari boʻlgan. 1995-yildan „Tafakkur“ jurnali bosh muharriri, I, II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi qonunchilik palatasi deputati boʻlib saylangan. Asarlari Erkin Aʼzamning yozuvchilikdagi ilk uchqunlari maktab davridayoq porlay boshlagn. Uning „Inson“ hikoyasi 1966-yilda viloyat gazetasida chop etilgan. Keyinchalik uning „Chiroqlar oʻchmagan kecha“ nomli hikoyalar toʻplami 1977-yilda chop etilgan. Biroz tanaffusdan keyin, anqirogʻi 1981-yilda yozuvchining "Otoyining tug'ilgan yili nomli qissa va hikoyalar toʻplami chop etilgan. Erkin Aʼzam "Otoyining tug'ilgan yili toʻplami uchun oʻzbekiston yoshlar ittifoqining maxsus mukofoti bilan taqdirlangan.. Shundan soʻng isteʼdodli yozuvchining „Olam yam-yashil“ (1984), „Javob“ (1986), „Bayramdan boshqa kunlar“ (1988), „Mir v tsvetax“ (1999), „Pakananing oshiq koʻngli“ (2001), „Kechikayotgan odam“ (2002) singari bir qator roman, qissa va hikoyalari ketma ket chop etilgan. Yozuvchining „Jannat oʻzi qaydadur“, „Shajara“, „Farrosh kampirning tushi“, „Xonadon egasi“, „Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi“ kabi yozilgan asarlari asosida respublikamiz teatrlarida pyesalar sahnalashtirilgan va muvaffaqiyatga erishgan. Kinodramaturgiya Erkin Aʼzam oʻzbek kino drammaturgiyasi rivojiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Yozuvchi qalamiga mansub asarlar orasida „Chantrimore“, „Parizod“ asarlari asosida suratga olingan filmlar oʻzbek kinomatografiyasida yangilik boʻlgan. Bundan tashaqri „Piyoda“, „Dilxiroj“ asari asosida suratga olinga film xalqaro eʼtiborga sazovor boʻlgan boʻlib Germaniya va Fransiy telkanallari orqali efirga uzatilgan. Bu film nusxasi Yaponiyadagi Fukuoko muzeyida saqlanadi. Yozuvchining „Erkak“ asari asosida suratga olinga film „Kinoshok“ festibalida ishtirok etib „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyasida gʻolib deb topilgan. Butun miqiyosida oʻtkaziladiga Vezul kinfestivalida bosh sovrin Gran-Priga ega chiqqan. „Zabarjad“ asari asosida suratga olingan film „Moskovskaya premyera“ va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining bir necha diplomlariga ega boʻlgan. „Suv Yoqalab“ filmi „Zolotoy Vityaz“ kinofestivalida „Serebryanniy Vityaz“ mukofotiga loyiq deb topilgan, New-York shahrida oʻtkazilgan kino forumida namoyish etilgan. "Parizod" filmi kinoshok festivalida bosh sovringa ega boʻlgan. Asarlarini ruhan birlashtirib turadigan jihat — insoniy erk, har qanday zoʻravonlikka munosabat masalasidir. Xalqaro maydonda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam qalamiga mansub asarlar rus, ukrain, belarus, qozoq, tojik, turkman, bolgar, gruzin tillariga tarjima qilingan. 2015-yilda yozuvchining qissalar toʻplami Angliya va Fransiyada chop etilgan. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbek adabiyoti Boysun tumanida tugʻilganlar Surxondaryo viloyatida tugʻilganlar
3,639
2936
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sharof%20Boshbekov
Sharof Boshbekov
Sharof Boshbekov (1951-yil 4-yanvar; Bulungʻur, Oʻzbekiston SSR; 2022-yilning 26-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) – yozuvchi, dramaturg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, „Mehnat shuhrati“ordeni sohibi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Biografiyasi Sharof Boshbekov 1951-yil 4-yanvar Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida tugʻilgan. 1974-yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi „Muqimiy“ musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983—1985) Oʻzbekiston Milliy teatrida (1986—1987) adabiy xodim boʻldi. Ijodiy faoliyati Sharof Boshbekovning „Taqdir eshigi“, „Eski shahar Gavroshlari“, „Temir xotin“ kabi asarlari teatrlar repertuarlaridan munosib oʻrin egallagan. Inchunin, „Temir xotin“ komediyasi sobiq ittifoq respublikalarining barchasida sahnalashtirilgan. U kino sohasida ham ijod qildi. Uning stsenariylari asosida „Yuzsiz“, „Tilla bola“, „Temir xotin“, „Ma'ruf va Sharif“, „Masxaraboz“ kabi filmlar suratga olingan. Ayniqsa, „Charxpalak“ teleseriali mashhur boʻldi. Sharof Boshbekov dramaturgiyasining kuchi (sehri) asar syujetida emas, gʻaroyib xarakterlar va tilidadir. „Temir xotin“ asari uchun dramaturg Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotiga sazovor boʻldi. Oʻzbek kino sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoniga loyiq koʻrildi (1999-yil). 2001-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlandi. Vafoti 2022-yilning 26-yanvarida vafot etgan. Asari Boshbekov Sh. „Eshik qoqqan kim boʻldi“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1989. Adabiyot Smelyakov Yu. Sovremenniy geroy. Kto on? Jurnal „Sovremennaya dramaturgiya“, 1984, #1 Mahmudova S. „Oʻtmish va kelajak ramzlari“, „Sharq yulduzi“ jurnali, 1989, 5-son. Norboʻtayev I. „Masxaraboz“, „Kino“ jurnali, 1995, 1-son. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Oʻzbekiston davlat mukofoti laureatlari Oʻzbekiston dramaturglari
2,053
2938
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdusaid%20Ko%CA%BBchimov
Abdusaid Koʻchimov
Abdusaid Koʻchimov — shoir, adib. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist. Biografiyasi Abdusaid Koʻchimov 1951-yil 15-mayda Samarqandning Urgut tumanida tugilgan. Tumandagi 37-maktabni (1967), Toshkent pedagogika institutini oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1968-1972). Mehnat faoliyatini „Lenin uchquni“ gazetasida ishlashdan boshlahgan. 1984-1991-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida maʼsul kotib, „Lenin uchquni “da bosh muharrir boʻldi. 1991-1997-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida boʻlim mudiri, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rais oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida Ahborot markazi rahbari vazifalarida faoliyat koʻrsatdi. 1997-2005-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi Raisi. 2017-yildan Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajarmoqda. Ijodi Ilk kitobi- „Kashfiyotchi bolalar“ 1975-yilda chop etildi. Shundan soʻng uning „Halqa“, „Qiyofa“, „Mening yulduzim“, „Umid daraxtlari“, „Chanoq“, „Ikki bahor“ kabi sheʼriy va nasriy kitoblari nashr qilindi. „Baland tog’lar“ (2002)saylanma kitobiga yozuvchining qissalari, dostonlari, sheʼrlari kiritilgan. Abdusaid Koʻchimov Halqaro YUNESKO mukofoti, Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan. Abdusaid Koʻchimov tomonidan bolalar hayoti muammolari badiiy tahlil qilinadi. 4 tomli yangi kitobi nashrdan chiqqan Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalistlar Shoirlar Oʻzbekiston yetakchilari Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari
1,645
2939
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Yusuf
Muhammad Yusuf
Muhammad Yusuf (asl ism-sharifi Muhammadjon Yusupov; 1954-yil 26-aprel, Marhamat tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR, SSSR — 2001-yil 29-iyul, Ellikqalʼa tumani, Qoraqalpogʻiston) — Oʻzbekiston xalq shoiri, Doʻstlik ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Toshkent rus tili va adabiyoti institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti) 1978-yilgi bitiruvchisi. Zamondoshlarining fikricha, Muhammad Yusuf XX asr oxiri — XXI asr boshlaridagi eng iste’dodli o‘zbek shoirlaridan biri bo‘lgan. Biografiyasi Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1971-yil oʻrta maktabni tugatgan. Toshkent rus tili va adabiyoti institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti) rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Faoliyati Muhammad Yusuf oʻqishni tamomlaganidan soʻng, O‘zbekiston kitobxonlar jamiyatida muharrir sifatida ishlaydi (1978—1980). Soʻngra „Toshkent oqshomi“ gazetada muxbiri (1980—1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida musahhih (1986—1995), „Oʻzbekiston ovozi“ gazetasida muxbir, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh muharrir o‘rinbosari, „Tafakkur“ jurnalida boʻlim mudiri (1995—1997), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan (1997—2001). Ijodiy faoliyati Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Muhammad Yusuf Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni va Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan. Nashr etilgan sheʼriy toʻplamlari: „Tanish teraklar“ (1985) „Bulbulga bir gapim bor“ (1987) „Iltijo“ (1988), „Uyqudagi qiz“ (1989) „Halima enam allalari“ (1989) „Ishq kemasi“ (1990) „Koʻnglimda bir yor“ (1991), „Bevafo koʻp ekan“ (1993) „Yolgʻonchi yor“ (1993) „Erka kiyik“ (1995) „Osmonimga olib ketaman“ (1998) Mazkur kitoblarga kirgan sheʼrlarda Muhammad Yusufga mansub boʻlgan avlodning eng oliyjanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakdil ifodalay bilish Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat sheʼrlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. Vafoti Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida 2001-yil 29-iyulda yurak xuruji tufayli vafot etgan. Andijonda dafn etilgan. Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi koʻchalardan biri, shuningdek, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi ijod maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi. Mukofotlari „Doʻstlik ordeni“ Oʻzbekiston xalq shoiri (1998) Manbalar 1954-yilda tugʻilganlar 2001-yilda vafot etganlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar 26-aprelda tugʻilganlar 29-iyulda vafot etganlar Shoirlar Oʻzbekiston xalq shoirlari Sheʼriyat Andijon viloyatida tugʻilganlar Andijon viloyati Marhamat tumani
3,422
2967
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ajziy
Ajziy
Ajziy (taxallusi; asl ismi Saidahmad Hasanxoʻja oʻgʻli Siddiqiy) (1864 — Samarqand — 1927) — maʼrifatparvar shoir, tarjimon. Milliy uygʻonish davrining yirik vakillaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1926). Ajziy 1864-yil Samarqand viloyatining Jomboy tumani Halvoyi qishlogʻida hunarmand oilasida tavallud topdi. Yoshligida otasi vafot etib, bobosi qoʻlida voyaga yetdi. Yangasi qoʻlida savod chiqardi. Samarqand, Buxoro madrasalarida oʻqigan. arab, fors, ozarbayjon tillarini mukammal bilgan. Keyinroq rus tilini ham oʻrgangan. 1901-1903-yillarda Kavkaz, bir qator Arab mamlakatlari va Rossiyaga sayohat qilgan. Jiddada maʼlum muddat rus elchixonasida tarjimon boʻlgan. Samarqandga qaytgach, shahar yaqinidagi Halvoyi qishlogʻida yangi usuldagi maktab ochib, oʻqituvchilik qilgan. Lev Tolstoy hikoyalarini, Krilov masallarini, Gogolning „Shinel“ povestini oʻzbek va tojik] tillariga tarjima qilgan (1908-1910). Darslik yozib, tarjimalaridan namunalar kiritgan.xozirgi kunga kelib jadidning avlodlari Toshkent viloyati Piskent tumanida istiqomat qiladi Ijodi Ajziy 80-yillardan sheʼr yoza boshlagan. „Ayn ul-adab“ („Odob chashmasi“, 1916), „Ganjinai hikmat“ („Hikmat xazinasi“, 1914) kabi sheʼriy toʻplamlari, „Mir’oti ibrat“ („Ibrat oynasi“, 1914), „Anjumani arvoh“ („Arvohlar yigʻini“, 1912) dostonlari nashr qilindi. „Mir’oti ibrat“da Turkistonning oʻsha davrdagi fojiali ahvoli va undan qutulish choralari haqida bahs yuritgan. Ilm-fan, davlat, til, qonun — bularsiz hech bir millatning istiqboli yoʻq, bu toʻrt narsani qoʻlga kiritmagan millat halokatga mahkumdir, deydi. „Anjumani arvoh“da esa xonlikdagi turgʻunlik tanqid qilingan. Sheʼrlari chuqur falsafiy mazmuni, ijtimoiy-siyosiy mushohadalari, Fuzuliy va Bedilona uslubi bilan ajralib turadi. U milliy uygʻonish davrining barcha shoirlari singari keng ommani maʼrifatga boshlash, haq-huquqini anglatishni adabiyotning bosh mavzui deb bildi. Ajziy 1917-yil fevral inqilobidan keyin ijtimoiy harakatda bevosita ishtirok etdi. 1918-1921-yilda Viloyat Adliya komissari lavozimida ishladi. 1922-yildan yana oʻqituvchilikka qaytgan. Samarqandda oʻzbek va tojik tillaridagi „Mashrab“, „Mulla Mushfiqiy“ kabi hajviy jurnallarni, „Zarafshon“ gazetani chiqarishda faol ishtirok etgan. „Mayna“, „Ginagina“, „Shashpar“, „Tir“, „Gumnom“, „Olmos“ imzolari bilan hajviy asarlar yozgan. Ularda shoʻro tuzumida yuz berayotgan oʻzgarishlarni xushlamaslik, kelajakdan xavotirlanish kayfiyatlari seziladi. 1903-yilda Halvoyi qishlogʻida shoirning oʻzi qurdirgan maktab hali ham bor, hozir uning nomida. U 1890-yillarning oxirida Makkaga boradi. 1900-yilda Rusiyaning Jiddadagi elchixonasida tarjimonlik qilgan. Shoir 1901-yilda ona yurtiga qaytadi va yangi tipdagi maktab ochadi. U keng ommani maʼrifatga boshlash, haq-huquqini anglatishni adabiyotning bosh mavzui deb bildi. Millatni oʻz ahvolini anglashga, dunyo bilan barobar yashamoqqa chaqirdi. Siddiqiy 1919-yilda Samarqand viloyati adliya boʻlimi mudirining oʻrinbosari, keyinroq esa boʻlim mudiri boʻlib ishladi. 1922-yilda yana asl kasbi muallimlikka qaytdi. 1927-yilda esa vafot etdi. Shoir adabiy merosi professor Begali Qosimov tomonidan toʻplab, nashr qilingan. „Ayn ul-adab“ („Odob koʻzi“, Samarqand, 1916, oʻzbekcha), „Ganjinai hikmat“ („Hikmat xazinasi“, Samarqand-Toshkent, 1914, tojikcha) sheʼriy toʻplamlari, „Mir’oti ibrat“, „Anjumani arvoh“ kabi poemalari, publitsistik maqolalari, Gogol „Shinel“i tarjimasi, hikoyalari ijodining serqirraligidan dalolat beradi. Sheʼrlari Kavkazda „Mulla Nasriddin“, „Dirilik“ jurnallarida bosilgan. Nashr qilingan asarlari Siddiqiy-Ajziy. Tanlangan asarlar. T., 1973. Ajziy. Mir’oti ibrat. Toʻplamda: Milliy uygʻonish. T., 1993, 96-107 betlar. Ibrat, Ajziy, Soʻfizoda. Tanlangan asarlar. T.: Maʼnaviyat, 1999. Adabiyot Vadud Mahmud. Turk shoiri Ajziy. Milliy uygʻonish. Toʻplam. 1993. Tursunqul (Rahim Hoshim). Siddiqiy toʻgʻrisida mulohazalar. Yuqoridagi toʻplam, 86-95 betlar. Qosimov B. Maslakdoshlar (Behbudiy, Siddiqiy-Ajziy, Fitrat). T., 1994. Manbalar Siddiqiy — Ajziy, Tanlangan asarlar, T., 1973 Shoirlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Buxoro madrasalarida tahsil olganlar Samarqand madrasalarida tahsil olganlar
4,205
2968
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abduqodir%20Shakuriy
Abduqodir Shakuriy
Abduqodir Abdushukur oʻgʻli (Abdushukurov) Shakuriy (Shukuriy) (1875-yil, Samarqand viloyati, Zarafshon okrugi, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1943-yil Samarqand, OʻzSSR, SSSR) – samarqandlik oʻqituvchi, yangi usul maktablari uchun qator darsliklar muallifi, jurnalist, samarqandlik jadidchilikning mashhur namoyandalaridan biri. Hayoti 1875-yilda Samarqand chekkasidagi Rajabamin qishlogʻida bogʻbon va dindor oilasida tugʻilgan. Uning otasi imom boʻlganligi haqida maʼlumotlar bor. Uning onasi otin boʻlib, oʻz uyida qizlar uchun islom maktabida dars bergan. Boshlangʻich maʼlumotni mahalliy eski usul maktabida olgan, soʻngra Samarqandga koʻchib oʻtadi va Orifjonboy madrasasiga oʻqishga kiradi. Keyinchalik rus millatiga mansub gimnaziya faoliyati va oʻqitish uslublari bilan yaqindan tanishadi. U yoshligidanoq oʻqituvchilik qila boshladi va oʻzining yangi metodik maktabini ochishni orzu qilardi. Shakuriy adabiyot, sheʼriyat va tarixga qiziqardi. U oʻzining ona tili tojik (fors) tillaridan tashqari oʻzbek va arab tillarini ham bilgan. Keyinchalik rus va turk tillarini ham oʻzlashtirgan. Men rus jadidchilarining gazetalarini, xususan, Ismoil Gasprinskiyning materiallarini oʻqigan. U yoshligida jadidchilik gʻoyalari bilan bir qatorda Samarqand va boshqa Oʻrta Osiyoning koʻzga koʻringan jadidlari bilan ham tanishdi. Abduqodir Shakuriy Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Saidahmad Vasliy, Said Rizo Alizoda, Xoja Muin, Sadriddin Ayniy, Siddiqiy Adji, Abdulqayum Kurbiy, Toʻraqul Zehniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqalar bilan shaxsan tanish boʻlgan. Jadidchilar muntazam ravishda birovning uyiga yigʻilib, birga vaqt oʻtkazar, reja va yangiliklarni muhokama qilar, fikr almashgan, asar va sheʼrlarni oʻqib, muhokama qilar edilar. Bir qator jadidchilik gazeta va jurnallarida maqolalar yozgan. Abduqodir Shakuriy 1943-yilda, 68 yoshida vafot etdi. Taʼlimdagi faoliyati 1890-yillarning oxirida jadidlar taklifiga binoan Qoʻqonga borib, jadidlar tomonidan ochilgan mahalliy yangi usul maktablari bilan tanishadi. U Samarqandga qaytib, 1901-yilda oʻzi tugʻilib oʻsgan Rajabamin qishlogʻida asosan dunyoviy fanlar va oddiy fanlar oʻqitiladigan zamonaviy maktab ochadi. Abduqodir Shakuriy oʻz maktabida dars berishdan tashqari darsliklar ham yozgan va ularni oʻz mablagʻi hisobidan chop etgan. Uning mashhur darsliklaridan biri fors tilidagi „Savod oʻrgatish yoʻriqnomalari“ (tojikcha – Rahnamoi savod)dir. „Jomi-ul-hikoyat“ (1907), „Zubdat-ul-ashar“ (1907) kabi darsliklar ham yozgan. Darsliklarning bir qismi Saidahmad Vasliy va Mahmud Behbudiy bilan hamkorlikda yozilgan. 1909-yilda Shakuriy Qozonga borib, u yerda tatar jadidchilari bilan uchrashadi. 1912-yilda Istanbulga borib, u yerda yangi usuldagi maktablarning oʻqitish usullari bilan tanishdi. Koʻp tanishlar va doʻstlar orttiradi. Shakuriy keyinchalik qizlar uchun zamonaviy maktab ochdi. Bu maktabning boshligʻi Shakuriyning oʻzi, oʻqituvchisi esa otin boʻlgan rafiqasi Roziya edi. Keyinchalik, er-xotin ikkita maktabni birlashtirishga va alohida taʼlimni bekor qilishga qaror qilishdi va shu bilan mahalliy ruhoniylar va oʻsha paytdagi aholining konservativ qismini hayratda qoldirdi. 1921-yilda Abduqodir Shakuriy Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir etib tayinlanadi. Ayni paytda ushbu maktabda til va adabiyot fani oʻqituvchisi edi. 1925-yilda Shakuriy koʻmagi va Samarqand chekkasidagi qishloqlardan birida aholining mablagʻlari bilan boshlangʻich maktab ochiladi. Shakuriy Xalq taʼlimida xizmat koʻrsatgan xodim unvoni bilan taqdirlangan. Xotirasi Abduqodir Shakuriy nomi Samarqand shahridagi oʻrta maktabga va Samarqand koʻchalaridan biriga berilgan. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar 1875-yilda tugʻilganlar 1943-yilda vafot etganlar
3,762
2971
https://uz.wikipedia.org/wiki/Toshkent%20teleminorasi
Toshkent teleminorasi
Toshkent teleminorasi — Oʻrta Osiyodagi eng baland bino. Uning balandligi 375 metrdir. Rasmiy tilda Toshkent teleminorasi H-375m obyekti deb ataladi. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bitilgan. 1985-yilning 15-yanvarida ishga tushirilgan. Minora haqida maʼlumot Ishga tushirilayotgan paytida Toshkent teleminorasi jahonda balandligi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda turgan. Oʻshanda u Toronto, Moskva, Nyu-York va Tokiodagi inshootlar qatorida dunyoning buyuk minoralari xalqaro federatsiyasining a’zosiga aylangan. Bugungi kunda u Markaziy Osiyoning shu xildagi yagona va eng baland binosi hisoblanadi. MDH davlatlari teleminoralari ichida esa, Ostankinodan keyingi ikkinchi oʻrinni egallaydi. Tarixi XX asrning 60-yillariga kelib televideniye va radio O‘zbekiston madaniy hayotida mustahkam joy egallay boshladi. 1957-yilda bunyod etilgan 180 metrlik birinchi Oʻzbekiston telemarkazi 4 millionlik poytaxt va Toshkent viloyati aholisi ehtiyojini yetarlicha qondirish, televizion koʻrsatuvlarni koʻpaytirish va togʻli tumanlarga dasturlarni yetkazishga ojizlik qilib qoldi. 1971-yilning 1-sentyabrida Oʻzbekiston Aloqa vazirligi (hozirgi Respublika Aloqa va axborotlashtirish agentligi) tasarrufida Toshkent radiotelevizion uzatish markazi qurilishi direksiyasi tashkil etildi. Qisqa fursat ichida yangi teleminora loyihasini tayyorlashga kirishildi. Loyiha juda sinchkovlik bilan oʻrganildi, qayta-qayta sinovlardan oʻtkazildi. Chunki bunday balandlikdagi inshoot qurilishi hali tajribada boʻlmagandi. 1978-yilda teleminora qurilishi boshlandi. Har qanday inshootning mustahkamligi albatta poydevoriga bogʻliq. Teleminoraning toʻrt tayanchi va unga tutashgan uchta oyoqlari 11 metrlik chuqurlikdan koʻtarilib chiqilgan, bir-biri bilan bogʻlanmagan temir-beton asoslarga tayangan boʻlib, muvozanatini oʻta yuqori darajada ushlab turishga qodir klassik tizim yaratildi. Teleminora qurilishi “11-Balandqurilish” boshqarmasi quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. 1984—1985-yillardagi qahraton qish sharoiti, balandlik va muntazam shamol, tobora yuqorilab borayotgan qurilmalar nishab oʻlchovini toʻgʻri olish oson kechmadi. Qurilishda Rossiyalik mutaxassislar ham faol ishtirok etishgan. Minora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka koʻtarish qobiliyatiga ega boʻlgan maxsus kran yordamida amalga oshirilgan. 1985-yil 15-yanvarda Poytaxtning Yunusobod tumani Boʻzsuv yoqasida Toshkent teleminorasi qad rostladi, inshootning eng baland nuqtasida bayroq hilpiray boshladi. Teleminora raqamlarda Balandligi — 375 m. (14 ta toʻqqiz qavatli uy va yana bitta bir qavatli uyning umumiy balandligi bilan teng) Poydevor chuqurligi — 11 m Qurilmaga tirgak boʻlib turgan poʻlat oyoqlar uzunligi — 93 m Poʻlat oyoqlar poydevori diametri — 15 m Teleminora qurilish materiali — yaxlit payvandlangan po‘lat Minoraning ogʻirligi (jihozlarsiz) — 6000 tonna. (Bu 6192 dona „Gentra“ avtomobilining jamlangan ogʻirligiga teng.) Teleminoraga chiqish uchun Shveysariyaning uchta „Shindler“ lifti oʻrnatilgan boʻlib, ularning tezligi 1 soniyada 4,8 metrni tashkil qiladi. Teleminorada sayyohlar uchun tomosha maydonchasiga ekskursiya va „Koinot“ restorani xizmatlari yoʻlga koʻyilgan. 2019-yil noyabrdan boshlab teleminoraga tashrif buyuruvchilardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat soʻrash tartibi bekor qilindi. Yaʼni endi teleminoraga pasportsiz kirish mumkin. Shu bilan birga, mehmonlarga yanada kulaylik yaratish maksadida QR-kodli tizim qurilmalari oʻrnatildi. Minoraning 100 metr balandligida tomosha maydonchasi va 105 metr balandlikda „Koinot“ restoranining „Moviy“ zali faoliyat koʻrsatyapti. Ish vaqti — har kuni 10:00 dan 20:00 gacha. Chipta narxi kattalar uchun 40 ming soʻm, 7-16 yoshgacha boʻlganlarga esa 20 ming soʻmni tashkil etadi. Qishki mavsumda kuniga 200-300 nafar tashrifchi keladi. Boshqa vaqtlari esa tashrif buyuruvchilar soni 1500 nafardan ham oshadi. 100 metr balandlikdagi tomosha maydonchasida shahar manzarasini tomosha qilish uchun bir nechta binokulyarlar oʻrnatilgan. Undan foydalanish uchun jeton tashlanadi. Bitta jeton narxi 2 ming soʻm. 105 metr balandlikdagi „Koinot“ restorani har 45 daqiqada bir marta aylanadi. Mehmonlar taom tanovul qilish asnosida shaharni yuqoridan toʻliq tomosha qilib olishlari mumkin. Minora qoʻllanishi Toshkent teleminorasining asosiy vazifalari tele- va radiouzatuvdir. Signal Toshkent shahri, Toshkent viloyati, qisman Sirdaryo viloyati hamda Qozog'iston janubiga uzatiladi. Bundan tashqari gidrometeorologiya xizmati ham oʻtaladi. Galereya Havolalar Toshkent teleminorasining rasmiy sahifasi Minora haqida qoʻshimcha Manbalar Teleminoralar Toshkent Oʻzbekistondagi imoratlar
4,669
2977
https://uz.wikipedia.org/wiki/Chorboq%20suv%20ombori
Chorboq suv ombori
Chorboq suv ombori Toshkent viloyatining shimolida, Boʻstonliq tumanida joylashgan suv ombori, viloyatni suv va gidroenergiya bilan taʼminlovchi irrigatsion inshootdir. U Chirchiq daryosi boʻyida, Gʻarbiy Tyan-Shanning Ugom va Chatqol togʻ tizmalari oraligʻida Piskom va Chatqol daryolarining qoʻshilish joyidan bir oz pastroqda joylashgan. Suv havzasi maydoni 3200 km². Suv ombori Chorvoq GESdagi 168 metr balandlikdagi tosh toʻgʻondan hosil boʻlgan. Suv omborining hajmi taxminan 2 km³. Suv omborining suv yuzasi maydoni 37 km² dan ortiq, qirgʻoq chizigʻining uzunligi yuz kilometrga yaqin. Yozda suv ombori sathi sezilarli darajada pasayadi, chunki uning suvi Chirchiq vodiysida irrigatsiya va sugʻoriladigan dehqonchilik uchun ishlatiladi. Suv omborida zogʻora, qora baliq, gulmoyi, sig, pelyad kabi baliq turlari mavjud. 2020-yil 10-iyuldan boshlab suv omborida motorli suv transporti harakati taqiqlanadi. „Maxsus vazifalarni bajarishga vakolatli vazirlik va idoralar“ ushbu taqiqdan mustasno. Motorsiz suv transportidan yoki muqobil energiya manbalari orqali harakatlanadigan transport vositalaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Umumiy maʼlumotlar Suv ombori qirgʻoqlarida koʻp sonli pansionatlar, dam olish zonalari va yozgi bolalar sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari joylashgan. Chorboq suv omborining atrofida uning qirgʻogʻida joylashgan aholi punktlarini bogʻlaydigan halqa yoʻli mavjud. Koʻksuv daryosining suv omboriga quyilish joyidan uncha uzoq boʻlmagan joyda Burchmulla qishlogʻi joylashgan. Qishloq Sergey Nikitinning „Brichmulla“ qoʻshigʻi (sheʼr muallifi Dmitriy Suxarev) orqali mashhurlikka erishgan. Suv ombori qirgʻogʻida Bogʻiston, Yangiqoʻrgʻon, Yusufxona, Sijjak va boshqa aholi punktlari ham joylashgan. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorboq suv ombori hududida Oʻzbekistondagi eng qadimiy tarixiy va arxeologik yodgorliklarni uchratish mumkin. Jumladan, suv omboridan uncha uzoq boʻlmagan joyda, Paltau daryosi boʻyida Mustye davrining ibtidoiy odamlari yashagan joy – Obirahmat gʻori joylashgan. Chorboq suv ombori yaqinida (Xoʻjakent qishlogʻida) Chinor nomli gʻor boʻlib, u yerda qadimgi odamlarning qoyatosh rasmlari koʻp. Shuningdek, suv ombori qirgʻogʻida joylashgan qiziqarli tarixiy joy – Bogʻiston qishlogʻi boʻlib, u oʻz davrining ikki buyuk insoni tugʻilgan maskan hisoblanadi. Ulardan biri shayx Xovand Tohur (Shayxontohur), XIII asrda shu yerda tugʻilgan. Toshkentdagi maqbarasi shaharning asosiy tarixiy va meʼmoriy diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Ikkinchisi shayx Ubaydulloh Ahror – ona tomondan shayx Xovand Tohurning uzoq avlodi. Ubaydulloh Ahror soʻfiylikning buyuk ustozi va XV asrda mintaqa musulmon ruhoniylariga rahbarlik qilgan, naqshbandiya tariqa namoyondalaridan. Galereya Yana qarang Chorvoq GES Suv omborlari Oʻzbekiston geografiyasi Oʻzbekiston suv omborlari Chirchiq suv havzasi Toshkent viloyati suv omborlari Chorvoq suv ombori Oʻzbekiston koʻllar
2,954
3014
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kosovo
Kosovo
Kosovo info Kosovo (rasman: Kosovo Respublikasi) (albancha: Kosova Kosovë, serbcha: Косово turkcha: Kosova) — Bolqon yarim orolida joylashgan. 2008-yilda Serbiyadan mustaqillikka erishgan davlat. Poytaxti - Prishtina shahri (500 ming kishilik aholisi bor). Hududi 10 ming 887 kilometr kvadrat. Aholisi - 2 million 140 ming kishi (2023). Milliy bayrami - Mustaqillik eʼlon qilingan kun, 17-fevral 2008-yil (Serbiyadan). Davlat tili - alban va serb tillari. Kosova aholisini 90%i musulmon hisoblanadi. Davlat boshqaruvi Parlament Respublikasi. Davlat rahbari - prezident. Amaldagi prezident - Vjosa Osmani (2021-yil 4-apreldan). Hukumatni bosh vazir idora etadi. Prezident va hukumatni parlament saylaydi. Parlament - Milliy Majlis 120 nafar deputatdan iborat. 20 ta o'rin milliy ozchilik (serblar, turklar, ashkallar, lo'lilar) vakillariga ajratiladi. 26 ta siyosiy partiya faoliyat ko'rsatadi. Asosiy siyosiy kuchlari - "Kosovo Demokratik Partiyasi", "Kosovo kelajagi uchun alyans" koalisiyasi, "O'z taqdirini o'zi belgilash" partiyasi, "Kosovo Demokratik Ligasi", "Kosovo uchun tashabbus" partiyasi boshchiligidagi koalisiya esa 25,8 % foiz ovoz olgan. Ma'muriy bo'linishi va aholisi Maʼmuriy jihatdan 7 ta okrug va 30 ta munisipalitetga bo'linadi. Davlat tili - alban va serb tillari. Aholi ulushida albanlar 92 %, serblar 5% ga teng, qolganlarni lo'lilar, bosniyaliklar tashkil etadi. Kosovoning shimoliy qismidagi serb aholisi amalda mustaqil bo'lib qolgan. Musulmonlar aholining 90 % ini tashkil etadi. Geografik joylashuvi Janubi-Sharqiy Yevropadagi, Bolqon yarim orolidagi davlat. Kosovo geografik mintaqasida joylashgan, qisman tan olingan mamlakat. Atrofini baland tog' tizmalari o'rab turadi. Shimoliy qismini 2 kilometrdan yuqori Kopaonik tog'lari, janubiy va janubi-g'arbiy qismini, yaʼni Makedoniya bilan o'tgan chegarasini 2500 metr baland Shar-Planina tog'i egallaydi. Tarixi Kosovo tarixi juda katta joyni egallaydi. Shuning uchun uni yillarga bo'lib chiqdik. 1900-yilgacha bo'lgan tarix Zamonaviy Kosovo hududida qadimda illiriy qabilalari yashagan. VI asrda slavyan va vlax qabilalari kelib shu yerda o'rnashgan. IX asrda slavyan aholisi nasroniylikni qabul qildi. IX-XII asrlarda Kosovo hududiga egalik qilish uchun qo'shni davlatlar - Vizantiya, Bolgariya va ikki serb knyazligi: Rashki va Dukley qizg'in kurash olib bordi. XII asr oxirida u Serblar davlati tarkibiga qo'shib olindi. 1389-yili turk sultonlariga qaram bo'ldi. XIX asr boshida Serbiya shimoliy mintaqalarida Serbiya knyazligi tashkil qilindi va Kosovo uning tarkibiga kirdi. 1900-1950-yillarda 1912-1913-yillardagi Bolqon urushlari natijasida Kosovo Serbiya tarkibiga kirdi. 1915-yili Kosovoni Avstriya-Vengriya va Bolgariya qo'shinlari egallab oldi. Ammo, 1918-yilda Birinchi jahon urushi yakuniga yetgach, u serblar, xorvatlar, slovenlar qirolligiga, 1929-yilda Yugoslaviya tarkibiga kirdi. Yugoslaviya doirasida ham albanlar masalasi o'z dolzarbligini saqlab qoldi. Alban millatchilari Kosovoni Albaniyaga qo'shib olish maqsadida partizanlik urushini olib bordi. Hukumat esa bunga qarshi kurashdi. Oqibatda, Kosovoni o'n minglab albanlar tark etishdi. Italiya mustamlakasi ostida 1941-yili avgustda tashkil etilgan Buyuk Albaniya tarkibiga Metoxiya va Markaziy Kosovo kiritildi. Alban qurolli kuchlari 40 ming nafargacha serblarni qirg'in qildi. 1944-yili u yana Yugoslaviya tarkibiga kirdi. 1946-yili Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi tarkibida Serbiya Sotsialistik Respublikasi ichida Kosovo va Metoxiya avtonom o'lkasi tuzildi. 1950-2000-yillarda Albanlarning uzoq yillar davomida serblar bilan ziddiyati kuchayib bordi. 1981-yilda Kosovoning Yugoslaviya tarkibida alohida respublikaga aylantirish bo'yicha ommaviy namoyishlar bostirildi. 1988-yilda Yugoslaviyada Slobodan Miloshevich hokimiyatga kelgach, millatchilik ruhi kuchaydi. 1989-yilda Serbiyadagi referendumdan keyin Kosovoning avtonom maqomi sezilarli darajada qisqardi. Oqibatda, ommaviy namoyishlar etnik to'qnashuvga aylanib ketdi. 1991-yil 22-sentabrda mustaqil Kosovo Respublikasi tuzilgani eʼlon qilindi. Uning mustaqilligini birinchi bo'lib, Albaniya tan oldi. 1996-yili Kosovoni ozod qilish armiyasi kuchlari birlashib, o'lkada partizanlik-qo'poruvchilik urushini boshlab yubordi. Yugoslaviyaning yuzlab amaldorlari, harbiylari va tinch aholini o'ldirdi. 1998-yilda ularni bostirish uchun Yugoslaviya armiya kuchlarini jalb etdi. Urush ommaviy qirg'inlarga, tinch aholi o'limiga, har ikki tomonning etnik tozalashlariga olib keldi. 1999-yili NATO harbiylari voqealarga aralashdi hamda Yugoslaviya shaharlari va harbiy obyektlarini ommaviy bombardimon qildi. Yarim million alban boshpanasiz qoldi. Natijada, serb hukumati Kosovodan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketdi va uning nazorati Birlashgan Millatlar Tashkiloti boshqaruvi ostiga o'tdi. Serb harbiylari Kosovo va Metoxiyadan chiqarilgach, Shimoliy Atlantika alyansi kuchlari bu yerga joylashtirildi. Missiya tarkibida 31 davlatning 4,3 ming nafar harbiylari ishtirok etdi. 2000-yillardan keyingi hayot 2004-yildagi parlament saylovlarida barcha partiyalar o'lkaning mustaqilligini yoqlab chiqdi. 2008-yil 17-fevralda u o'zini bir tomonlama mustaqil deb eʼlon qildi, hukumatni Kosovo ozodlik armiyasi dala qo'mondoni bo'lgan Xoshim Tachi boshqardi. 2010-yil 22-iyulda Gaagadagi BMT Xalqaro sudi Kosovoning Serbiyadan mustaqilligi qonuniy ekanligini eʼlon qildi. 2018-yilga kelib esa Kosovoni xalqaro maydonda tan olgan davlatlar soni 120 tadan oshdi (🇺🇳). 🇺🇸 AQShning harbiy va moliyaviy ko'magiga tayanadi. 2020-yilga qadar NATOga to'laqonli aʼzo bo'lish niyatida edi.Lekin Serbiya oʻzini hududi deb biladi va Oʻzbekiston ham tan olmagan davlat hisoblanadi Iqtisodiyoti Yalpi ichki mahsuloti - $6,7 milliard (2018). Iqtisodiyoti barqaror surʼatlarda o'sib boryapti. Shu bilan birga tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotining 35 foizini tashkil etadi. Rux , nikel , kobalt , boksit , magnezit , indiy , kadmiy , germaniy , talliy , seolit konlari bor. Lignit zaxirasi nihoyatda katta (15 milliard tonna). Yalpi ichki mahsulotining 70 foizi xizmatlar sohasida shakllanadi. Poyabzal sanoati eksportga mahsulot chiqaradi. Ko'plab fuqarolari Yevropaning rivojlangan davlatlariga borib mehnat qilmoqda. Jahon banki, Kanada taraqqiyot agentligi katta moliyaviy yordam ko'rsatmoqda. Asosiy savdo sheriklari - Makedoniya , Serbiya , Germaniya va Turkiya. Temir yo'llari uzunligi - 334 kilometr. Manbalar www.xabar.uz Kosovo
6,456
3016
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Liberal%20demokratik%20partiyasi
Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Partiya tarixi 2003 yil 4-5 oktabr — bir guruh tashabbuskorlar - kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot, yaʼni partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishdi. 2003 yil 7 oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu tashabbuskor guruh aʼzolari bilan uchrashdi. 2003 yil 15 noyabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Taʼsis Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya Dasturi va Ustavi tasdiqlandi, Siyosiy Kengash hamda Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi. Shu kuni Toshmatov Qobiljon Fattoxovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi. 2003 yil 3 dekabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtdi. 2004 yil 1 yanvar — „XXI asr“ ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etildi. 2004 yil 24 may — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi II Majlisida Axmedjanov Maxamadjon Axmedovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi. 2004 yil 26 dekabr — partiya ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 41 nafar deputatlik oʻrnini egallagan OʻzLiDeP parlamentda eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 1908 nafar deputat saylandi. 2005 yil 19 mart — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi V Majlisida Teshaboev Muxammadyusuf Mutalibjonovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi. 2005 yil 25 iyul — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdan tashqari III Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya Dasturi va Ustaviga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. 2006 yil — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi taʼsischiligida Tadbirkorlik va fermerlikni qoʻllab-quvvatlash markazi tashkil etildi. Shu kunga qadar 4000 mingga yaqin tadbirkor va fermerlarning qonuniy huquq va manfaatlari Markaz tomonidan himoya qilindi. Bundan tashqari, mamlakat parlamentida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilindi, shuningdek, hukumat tomonidan tegishli qonunosti hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. 2006 yil 7 dekabr — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining VIII Majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga boʻshab qolgan oʻrinlar uchun nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi. 2007 yil 6 noyabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining IV Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga navbatdagi saylovda OʻzLiDePdan nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi. Partiya Sʼezdi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdugʻanievich Karimov nomzodini koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Mazkur yigʻilishda I.Karimov „Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish — oliy saodatdir“ nomli maʼruza bilan ishtirok etdi. 2007 yil 27 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Islom Abdugʻanievich Karimov gʻalaba qozondi. 2008 yil 20 sentyabr — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtdi. Unda partiyaning dasturiy vazifalarini hayotga tatbiq qilish hamda „Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun talablarini bajarish doirasida partiya tuzilmalari va deputatlik guruhlari tomonidan olib borilayotgan ishlar holati va navbatdagi vazifalar haqida"gi masala koʻrib chiqildi. 2009 yil 27 dekabr — OʻzLiDeP Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 53 nafar deputatlik oʻrnini egallagan OʻzLiDeP ikkinchi bor parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 2159 nafar deputat saylandi. 2010 yil 2 fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida OʻzLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalari oʻrtasida „Demokratik kuchlar bloki“ga birlashish toʻgʻrisida Bitim imzolandi. 2010 yil 18 dekabr — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining II Majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Islom Karimovning „Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi“ nomli maʼruzasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan OʻzLiDePning aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. 2011 yil 15 iyul — parlamentdagi OʻzLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan mamlakat tarixida ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining "Demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, „Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili“ Davlat dasturi ijrosining borishi toʻgʻrisida"gi hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma yigʻilishida eshitildi. 2012 yil 31 mart — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining IV Majlisi boʻlib oʻtdi. Unda „Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasi“ hamda „Mustahkam oila yili“ Davlat dasturining ijrosi boʻyicha OʻzLiDeP tomonidan 2012 yilda amalga oshiriladigan partiyaviy loyihalar toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi. 2013 yil 2 dekabr — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi VI Majlisida Sodiqjon Turdiev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi. 2012 yil — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Bosh bitim imzolandi. Hozirgi kunda mazkur bitim doirasida tabdirkorlar muammolarini yaqindan oʻrganish va ularni oʻz vaqtida bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 2013 yil — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Fermerlari kengashi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Bosh bitim imzolandi. OʻzLiDeP Oʻzbekiston Fermerlari kengashi va uning hududiy tuzilmalari bilan hamkorlikda fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, fermerlar oldida turgan muammolarni oʻrganish, ularni hal qilishni asosiy vazifa deb biladi va bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirib boradi. 2014 yil 13 sentyabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda OʻzLiDeP ning 2014 yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlardagi faol ishtirokini taʼminlash va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi. 2014 yil 30 sentyabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashining VIII majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarda OʻzLiDePning faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan olib borayotgan faoliyati hamda navbatdagi ustuvor vazifalar, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi loyihasi, OʻzLiDePning navbatdagi VI Sʼezdini chaqirish va shu munosabat bilan hududiy partiya tashkilotlarining konferensiyalarini oʻtkazish masalalari muhokama qilindi. 2014 yil 31 oktabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining VI Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Sʼezd kun tartibida partiyaning oʻtgan 5 yillik ish faoliyati sarhisobi va kelajakdagi rejalari, shuningdek, mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea hisoblangan boʻlajak saylovlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi, muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Partiyaning Sʼezdida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovida faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi, delegatlar tomonidan partiyaning Saylovoldi dasturi tasdiqlab olindi va OʻzLiDePdan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatildi. 2014 yil 21 dekabr — OʻzLiDeP Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Saylovlar natijasiga koʻra, OʻzLiDeP parlament quyi palatasida eng koʻp — 52 oʻringa, xalq deputatlari viloyat Kengashlarida — 307 (38 %), tuman (shahar) Kengashlarida esa — 1806 (35 %) deputatlik oʻriniga ega boʻlib, parlamentda oʻzining fraksiyasini, joylardagi vakillik organlarida esa — oʻz deputatlik guruhlarini shakllantirdi. 2015 yil 5 yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi. OʻzLiDePdan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlardan iborat partiya fraksiyasini taʼsis etish masalasini muhokama etish kun tartibidagi asosiy masala boʻldi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi S.Turdiev fraksiya rahbari etib saylandi. 2015 yil 15 yanvar — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda joriy yilning 29 mart kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida OʻzLiDePning ishtiroki bilan bogʻliq masalalar ham muhokama qilindi. Siyosiy Kengash Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdugʻanievich Karimov nomzodini koʻrsatish masalasini partiyaning VII Sʼezdi muhokamasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 2015 yil 6 fevral — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining VII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda jami 344 nafar delegat ishtirok etdi. Sʼezd kun tartibida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi toʻgʻrisidagi masala atroflicha koʻrib chiqildi. Sʼezd „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi Qonuniga muvofiq, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdugʻanievich Karimovni nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mazkur yigʻilishda Islom Karimov „Bizning maqsadimiz — erkin va farovon, demokratik hayot qurish“ nomli maʼruza bilan ishtirok etdi. 2015 yil 14 mart — Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyalarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Unda parlamentning quyi palatasida „Demokratik kuchlar bloki“ni tuzish masalasi muhokama etildi. Muhokama yakunlariga koʻra Tabirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyalari qoʻshma faoliyatining asosiy shartlari va ustuvor yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi ikki tomonlama Bitim imzolandi. 2015 yil 12 dekabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda asosiy eʼtibor Prezidentimiz Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi „Asosiy vazifamiz — jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga koʻtarishdan iborat“ mavzuidagi maʼruzasini har tomonlama oʻrganishga, OʻzLiDeP tuzilmalari va deputatlik birlashmalarining maʼruzadan kelib chiquvchi vazifalari hamda partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish yoʻllariga qaratildi. 2015 yil 25-26 dekabr - OʻzLiDeP ning „Eng namunali boshlangʻich partiya tashkiloti“, „Yilning eng yaxshi deputati“ va „Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti“ koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda „Eng namunali boshlangʻich partiya tashkiloti“ tanlovi boʻyicha Toshkent viloyatidagi „Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan boshlangʻiya partiya tashkiloti, „Yil deputati“ tanlovi boʻyicha xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi aʼzosi Tohir Baxronov hamda „Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti“ tanlovi boʻyicha esa OʻzLiDeP Samarqand shahar kengashi mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2016 yil 22 yanvar — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruzasidan kelib chiquvchi partiyaning ustuvor vazifalari muhokama qilindi. 2016 yil 16 aprel — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda „Sogʻlom ona va bola yili“ Davlat dasturidan kelib chiqadagan partiyaning ustuvor vazifalari, partiyaning oʻtgan yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2016 yilga moʻljallangan Amaliy chora-tadbirlar kompleks harakat dasturiga oʻzgartish kiritish masalalari muhokama qilindi. Partiyaning markaziy nashri — „XXI asr“ ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Yana qarang Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Havolalar Partiyaning rasmiy veb-sayti Oʻzbekiston siyosiy partiyalari 2003-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar
15,306
3071
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Aminxon
Muhammad Aminxon
Muhammad Aminxon (1817, Xiva – 1855, Saraxs) – Xiva xonligida oʻzbeklarning Qoʻngʻirot sulolasiga mansub 7-hukmdor (1845 – 1855). Tarjimayi holi 1845 yilda Rahimqulixon vafotidan soʻng (1842-1845) Xiva xonligida uning ukasi M. A. (1817-1855) hokimiyatga keldi. Rahimqulixon davrida unga Hazorasp hokimligi topshirilgan. M. A. (1845-1855) davrida markaziy hukumatning koʻchmanchi qabilalarni tinchlantirishga qaratilgan harakatlari bir muncha muvaffaqiyatga erishdi. M. A. Marv uchun Buxoro amirligiga qarshi va Xurosonga 10 dan ortiq yurishlarni amalga oshirdi. 1846-yil dekabrda Orenburgga Xiva elchilari – Qilich Niyozmuhammedov va Shukrulloboy Miskinov yetib keldi. 1847 yil 9 martda ular Sankt-Peterburgga kelishdi. Elchilar Rossiya tomonidan Sirdaryoning Orol dengiziga quyilish joyi yaqinida qurilgan Raim istehkomini buzish masalasini koʻtardilar, Nikolay I bunga rad javobini berdi. 1847-1848 yillar Xiva otryadlari bilan chor harbiy qismlari oʻrtasidagi kichik harbiy toʻqnashuvlarda oʻtdi. Muvaffaqiyatga erisha olmagan M. A. yana muammoni tinch yoʻl bilan hal qilish yoʻliga oʻtdi. 1850 yilda Xiva elchisi Xoja Mahram Allaberdiyev Peterburgga tashrif buyurdi. Biroq, mustahkamlash boʻyicha barcha muzokaralar hech qanday natija bermadi. M. A. davrida Rossiya, Usmonli imperiyasi, Eron va Afg'oniston bilan diplomatik aloqalar saqlanib turdi. M. A. davrida Xivada uning nomidagi eng katta madrasa qurilgan. 260 talaba madrasada tahsil olgan. Madrasa, talabalar va oʻqituvchilarni saqlash xarajatlarini qoplash uchun xonlikning turli hududlarida juda koʻp yerlar ajratilgan. Mashhur Kaltaminor minorasi qurilishi ham boshlandi. Tarixchi Ogahiy Xorazm tarixini yozgan. Madaniy siyosati Muhammad Aminxon hukmronligi davrida ajoyib binolar, hozirda YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Ichan qalʼaning bir qismi qurilgan. U Muhammad Aminxon madrasasi eski shaharning gʻarbiy qismida, Koʻhna Ark qal’asining darhol janubida qurilgan. Bu shahardagi eng katta madrasa boʻlib, juda koʻp bezatilgan. Madrasada 260 nafar talaba tahsil olgan. Madrasalar, shogirdlar va oʻqituvchilarni saqlash xarajatlarini qoplash uchun xonlikning turli joylaridan koʻplab vaqf mulklari ajratilgan. Muhammad Aminxon hukmronligi davrida Xiva shahrida mashhur Kalta minorning qurilishi ham boshlangan edi. Tarixchi Ogahiy saroyda Muhammad Aminxon qoʻl ostida Xorazm tarixi asarini yozgan. 1845-yilda Muhammad Amin inoqga Rahimqulixon tomonidan Koʻhna Urganch yaqinida dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun yangi yerlarni oʻzlashtirish maqsadida yirik ariq qazish vazifasi topshiriladi. Shundan keyin bir emas, ikki ariq qazilgan. Muhammad Aminxon saroyidagi yashagan saroy tarixchisi Muhammadrizo Ogahiyning maʼlumot berishicha, 1850-yilda xon xalqning ijtimoiy hayoti bilan tanishish uchun mamlakat boʻylab sayohatga chiqadi. U Koʻhna Urganchga borgan vaqtda shaharning janubiy qismidan oqib oʻtuvchi Koʻhnadaryoda Sharqrovuq deb ataladigan toʻgʻon qurishni buyuradi. Toʻgʻon daryo etagida yashovchi va isyon qiluvchi va qaroqchilik bilan shugʻullanuvchi yovmutlarni suvdan mahrum qilish maqsadida qurilgan. Bu voqeani Rizoqulixonning 1851-yili Xonobodga kelgan elchisi ham tasvirlaydi. Muhammad Aminxon 1847—1848-yillarda Xiva yaqinidagi Soyot, Rofanik, Gullanbogʻ, Oqmachit, Shohobod, Angariq, Zey, Oqyop qishloqlarida yangi hovlijoy bogʻlarni barpo etadi. Xon ushbu bogʻlarni tashkil etish bilan bilan birga oʻzining ixtiyoridagi mulki xolisini ham koʻpaytirib borgan. Bu hovlilarda 286 qul mehnat qilgan. Xonning hamma qullari soni esa 1500 kishidan koʻp boʻlgan. Bogʻlar hamda dalalardan olingan hosil xon omborxonasiga tushirilgan. Ularni sotish maqsadida turli imtiyozlar qoʻllangan. Vafoti Xiva xoni M. A. kuchli qoʻshin bilan Sarik turkmanlari ustiga yurish qildi; Jamshidiylar yordamida turkmanlarni ogʻir magʻlubiyatga uchratdi. Ammo ularga qarshi olib borgan qattiq siyosat keyinchalik Quyi Murgʻob mintaqasidagi Teke turkmanlari va ularning janubidagi Saraxs hududida yashovchi Salur turkmanlariga yomon taʼsir qildi. Oʻtgan yillarda Xiva qoʻshinlari Xiva frontida oʻtgan yillardagi janglarga qaramay hujum qilib, mol-mulkini talaganini unutmagan teke turkmanlari Xiva xoniga qarshi isyon koʻtardilar. Bu qoʻzgʻolonga qarshi tayyorlangan M. A. teke turkmanlariga toʻsatdan hujum qilib, ularni ogʻir magʻlubiyatga uchratdi. Biroq M. A.ning bu tashriflari turkmanlarni oʻzaro birlashishga majbur qildi. Teke turkman boshchiligidagi birlashgan turkman qoʻshinlari 1855-yil bahorida M. A. qoʻshini bilan toʻqnashishadi. Ular Mashhadning fors mirzosi (gubernatori) Faridun Mirzodan yordam soʻrashadi, u 75 km uzoqlikdagi Darband qal’asidan yetti ming kishini, soʻngra Xurosondan yana uch ming kishini joʻnatadi. Jang Xiva xonining magʻlubiyatiga aylanadi. Uning qoʻshinlari tor-mor qilinadi. Ikki yuzta xorazmlik oʻldirilib, xon asirga olinadi, keyin boshi olinadi. Uning oʻrniga oʻgʻli Abdullohxon oʻtirdi, biroq u ham olti oydan keyin isyonchi qabilalarga qarshi jangda halok boʻldi. Keyin Qutlugʻmurodxon taxtga oʻtiradi, lekin u ham xuddi shunday taqdirni boshidan kechiradi. Nihoyat, Said Muhammadxon (1856-1864) taxtga oʻtiradi. Manbalar Adabiyotlar Gulomov X. G., Diplomaticheskiye otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiyey v XVIII – pervoy polovine XIX veka. Tashkent, 2005 Gulyamov Y. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957 Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993. Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Sostavitel' B. V. Lunin. Tashkent, 1990 Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976 Xorazm hukmdorlari Madrasa asoschilari
5,627
3072
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulla
Abdulla
Abdulla, Abdulloh ( — Ollohning quli, bandasi) – musulmon davlatlarida keng tarqalgan oʻgʻil bolalar va erkaklar ismi. Abdulla Abdullaxon — chigʻatoy xonlaridan biri, Xoʻtan hukmdori; Abdullaxon — oʻzbek xonlaridan biri. Xorazm hukmdori; Abdullaxon I — oʻzbek xonlaridan biri. Buxoro xonligi hukmdori; Abdullaxon II — oʻzbek xonlaridan biri. Buxoro xonligi hukmdori; Abdulla Aripov — Oʻzbekiston davlat arbobi; Abdulla Avloniy — taniqli oʻzbek sovet yozuvchisi; Abdulla Ayupov — Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi; Abdulla Boboxonov — SSRI xalq meʼmori; Abdulla Boltayev — Oʻzbek SSR xalq rassomi; Abdulla Fonus — oʻzbek xalq qiziqchisi, taqlid ustasi; Abdulla hofiz Fayzullayev — Oʻzbek SSR xalq hofizi, Qirgʻiz SSR xalq artisti. Abdulla Hotifiy — Temuriylar davrida ijod qilgan tarixchi, shoir. Temurnoma (yoki Zafarnoma) tarixiy dostonining muallifi; Abdulla Hoshimov — Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi; Abdulla Karimov — SSRI davlat arbobi; Abdulla Musavvir Xurosoniy — Shayboniylar davrida ijod qilgan miniatyurachi rassom. Buxoro miniatyura maktabi vakili; Abdulla Nurali oʻgʻli — Oʻzbek SSR xalq dostonchisi; Abdulla Oripov — Oʻzbekiston xalq shoiri; Abdulla Qahhor — Oʻzbek SSR xalq yozuvchisi; Abdulla Qodiriy — oʻzbek sovet yozuvchisi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; Abdulla Qurbonov — Sovet Ittifoqi Qahramoni; Abdulla Rahimboyev — oʻzbek va tojik sovet davlat va jamoat arbobi; Abdulla Sagitov — Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgʻan fan arbobi Abdulla Sultonov — Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi; Abdulla Toʻqay — taniqli tatar shoiri; Abdulla Ubaydullayev — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi; Abdulla Zohidov — Oʻzbek SSRda va Qoraqalpoq ASSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Abdulloh Abdulloh II — Iordaniya podshohi; Abdulloh Abdulloh — Afgʻoniston siyosat arbobi; Abdulloh ibn Abbos — islom taʼlimoti sharhlovchilaridan biri (faqih); Abdulloh ibn Abdulaziz as-Saud — Saudiya Arabistoni podshohi; Abdulloh ibn Masʻud — birinchilardan bo'lib iymon keltirgan musulmon. Muhammad paygʻambarning yaqin safdoshlaridan biri; Abdulloh ibn Muborak — hadis, fiqhda zamonasining yetakchi olimi; Manbalar Ismlar
2,213
3079
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abulxayrxon%20%28O%CA%BBzbek%20ulusi%29
Abulxayrxon (Oʻzbek ulusi)
Abulxayrxon (1412—1468) — tarixda Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati deb nom olgan davlat asoschisi. Tura (Gʻarbiy Sibir) xoni boʻlgan. 1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryo boʻyidagi bir qancha shahar va qal’alar (Oqqoʻrgʻon, Arquq, Oʻzgan, Sigʻnoq, Suzoq)ni bosib oldi. 1447-yilda mamlakat poytaxti Sibirdan Sigʻnoqqa koʻchirildi. 1431-yilda Abulxayrxon Xorazmni bosib oldi. 1448-yilda koʻchmanchi oʻzbeklar Movarounnahrga bostirib kirdilar va Samarqandni qamal qildilar. 1451-yilda Abulxayrxon Abu Said bilan qoʻshilib yana Samarqandga yurish qildi va uni taxtga oʻtqazdi. Koʻchmanchi oʻzbeklar keyinchalik temuriylardan Muhammad Joʻqiyga ham koʻmaklashdilar (1460-62). Abulxayrxon davlati tarixini tarixchi Masud bin Osmani Kuhistoniy tasvirlab bergan. Tasavvufning taniqli vakili Najmiddin Kubro asos solgan tariqatning vakili Husayn Xorazmiyning Abulxayrxonga bagʻishlab turkiy tilda asar yozgan. Abulxayrxon oilasi aʼzolari adabiyotga ixlosmand edilar. Abulxayrxon taniqli shoir, tasavvufchi, tasavvuf tarafdori Jaloliddin Rumiy asarlarini tarjima qilishni buyurdi. Abulxayrxon vafotidan keyin uning dushmanlari (Iboqxon, Jonibek, Burka sulton, Yomgʻurchi, Muso mirzo, Ahmadxon) taxt vorisi Shayx Haydarni magʻlub qildilar va Koʻchmanchi oʻzbeklar davlatini qulatdilar. Lekin XV asrning 80-yillarida Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon oʻz raqiblari ustidan gʻalaba qozondi va hokimiyatni qoʻlga oldi. Manbalar Adabiyotlar Oʻzbek sovet ensiklopediyasi, 1-jild. Toshkent, 1971-yil OʻzME, 1-jild. Toshkent, 2000-yil Shayboniylar 1412-yilda tugʻilganlar 1468-yilda vafot etganlar Sibir xonligi hukmdorlari Qozogʻiston tarixi Markaziy Osiyo tarixi Oʻzbekiston tarixi Xonlar Oʻzbek xonligi kishilari
1,712
3083
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdullaxon%20I
Abdullaxon I
Abdulla I (XVI asr oxiri — 1540.14.9, Samarqand) — Movarounnahr (Buxoro) xoni (1540-yil mart-sentyabr). Abdulxayrxonning nevarasi, Koʻchkunchixonning oʻgʻli. Abdulla I koʻp yillar davomida Yassi (Turkiston)da hokimlik qilgan (taxminan 1514—1540-yil mart). Ubaydullaxon vafot etgach (1540-yil mart), Buxoro xonligi qisqa muddat 3 qismga boʻlingan davrda Samarqandda hukmronlik qilgan. Abdullaxon 1540-yil 14-sentyabrda Samarqandda vafot etadi. Abdulla I I Samarqandda Registon yaqinidagi Chihil (Chil) Duxtaron qabristonida dafn etilgan. Maqbara bugungi kungacha saqlanib qolmagan, xarobalari 1930-yillarda butunlay vayron qilingan. Uning vafotidan soʻng Samarqanddagi shayboniylar taxtiga ukasi Abdullatifxon oʻtirgan. Adabiyot Istoriya Oʻzbekistana, t. Z (XVI — per-vaya polovina XIX veka). T, 1993. 1490-yilda tugʻilganlar 1540-yilda vafot etganlar 14-sentyabrda vafot etganlar Samarqandda vafot etganlar Samarqandda toj kiyganlar Buxoro xonlari
956
3088
https://uz.wikipedia.org/wiki/Rustam%20Hoji%20Sulton
Rustam Hoji Sulton
Rustam Hoji Sulton - Qoʻqon xoni (1694 — ????) Qoʻqon xonligi hukmdorlari
74
3089
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ashurkul
Ashurkul
Ashurkul - Qoʻqon xoni. Qoʻqon xonligi hukmdorlari
51
3094
https://uz.wikipedia.org/wiki/Suleymon
Suleymon
Suleymon - Qoʻqon xoni (1770) Qoʻqon xonligi hukmdorlari
57
3095
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shohruh%20III
Shohruh III
Shohruh III - Qo`qon xoni (1770) Qoʻqon xonligi hukmdorlari
60
3105
https://uz.wikipedia.org/wiki/Murod%20II
Murod II
Murod II - Qoʻqon xoni (1862),oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub. Qoʻqon xonligi hukmdorlari
95
3107
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mohammad%20Sulton
Mohammad Sulton
Mohammad Sulton - Qo`qon xoni (1863 — 1866), oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub. Qoʻqon xonligi hukmdorlari
110
3112
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdullaxon%20II
Abdullaxon II
Abdullaxon II (toʻliq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534; Miyonkol, Ofarinkent — 1598.8.2, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583—1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat homiysi. Abdullaxon II — davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat homiysi Bobosi Jonibek sulton (vafoti 1528/29) Karmana va Miyonkol hokimi (1512/13-yildan boʻlgan. Otasi Iskandar sulton oʻgʻli tugʻilgan paytda Ofarinkentni, keyichalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chogʻidan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon) bilan Koson yonida (1548), Moʻgʻuliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan Doʻstum sultonlar qoʻshiniga qarshi Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh Abdulla sulton oʻzining hukmdor sifatidagi butun gʻayrat-shijoatini 1551-yil Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan Navroʻz Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini oʻz zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda (1552-56) oʻz mulkini gʻarbga — Buxoro tomonga va janubiy-sharq — Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu saʼy-harakat dastlab muvaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556-yil u ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur boʻlgan. U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom koʻmagida Navroʻz Ahmadxon, keyinchalik uning oʻgʻillari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Navroʻz Ahmadxon vafot etgach (1556), darhol Karmana va Shahrisabzda oʻz hukmronligini tiklaydi, 1557-yil mayda Buxoroni qoʻlga kiritadi va uni oʻz poytaxtiga aylantiradi. 1561-yil otasini davlat boshligʻi — xon deb eʼlon qilib, uning nomidan mamlakatni oʻzi boshqara boshlaydi. Markaziy xokimiyatga boʻysunishdan bosh tortgan shayboniy sultonlar bilan kurashib Balx (1574), Samarqand (1578), Toshkent, Sayram, Turkiston (1583) va Fargʻona (1583)ni egallaydi. 1582-yil Dashtga yurish qilib Ulugʻtogʻta qadar borgan. 1583-yil otasi Iskandarxon vafot etgach, mamlakatni oʻz nomidan boshqara boshlaydi. Markaziy hokimiyatga qarshi koʻtarilgan Maymana va Garchiston (1583), shuningdek Badaxshon (1585)dagi gʻalayon, tartibsizliklarni bostirgan. Xorazmga ikki marta yurish (1594, 1596) qilib, u yerda markaziy hokimiyat hukmronligini qayta tiklagan. Abdullaxon II mamlakat hududi yaxlitligini tiklash yoʻlida qoʻshni xorijiy davlatlar bilan ham kurash olib borgan. Masalan, Turkiya Movarounnahrda oʻz taʼsirini kuchaytirish niyatida Abdullaxon II ga qarshi kurashda Bobo sultonga yordam bergan. Bobo sulton turk askarlari yordamida Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi jang qilgan. Abdullaxon II safaviylar bilan Xuroson, Gʻilon uchun kurashib ularni oʻz tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkent viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shom, Afgʻoniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind (1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini mustahkamlagan. Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha boʻlgan yerlardan iborat edi. Abdullaxon II hayotining soʻnggi yillarida oʻgʻli Abdulmoʻmin (qarang Abdulmoʻminxon) bilan chiqishmay qolgan. Abdulmoʻmin 1582-yil kuzidan Balxni otasi nomidan boshqarayotgan edi. Iskandarxon davrida Abdullaxon II haqiqiy, amaldagi hukmdor boʻlgani kabi, Abdulmoʻmin ham keksaygan otasiga nisbatan shunday mavqeni egallamoqchi boʻlgan. Faqat ulamolarning aralashuvi tufayligina ota-bola oʻrtasida ochiq urush harakatlari boshlanmagan va Abdulmoʻmin otasiga boʻyin egishga majbur boʻlgan. Ular oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashganidan xabar topgan qozoq xonlaridan Tavakkalxon Toshkent viloyati va Toshkent-Samarqand oraligʻidagi yerlarga bostirib kirib, unga qarshi yuborilgan qoʻshinni yenggan. Unga qarshi safarga otlangan Abdullaxon II Samarqandga yetganda vafot etgan. By Shokhrukhmirzo Tashqi siyosati Abdullaxon II faol tashqi siyosat olib borgan. Bu davrda shayboniylar Eron, Hindiston, Turkiya,Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo aloqalari olib borganlar. Masalan, Abdullaxon II elchilari 1583-yil Moskvadan oʻq-dori, ov qushlari, mato olib kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595-yillarda ham qaytarilgan. Abdullaxon IIning mamlakat ichki siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini mustahkamlash, ayniqsa pul islohoti oʻtkazish yoʻlidagi faoliyati natijalari keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. U koʻplab turli inshootlar qurdirgan. Hozirgacha xalq orasida u yoki bu inshoot qurilishi Amir Temur yoki Abdullaxon II ga nisbat beriladi. Hindiston bilan diplomatik aloqalar Abdulaxon II 1572-yilda Hindistonga Xoʻja Oltamish boshchiligidagi elchilarni yuboradi. Xoʻja Oltamish sovgʻa-salomlar va maktub bilan Boburiy Akbarshoh hozuriga yetib keladi. Abdullaxon II yuborgan maktubida Hindiston bilan oʻtmishda aloqalar boʻlganligini esga soladi, doʻstlik munosabatlari haqida yozadi. Hind olimi R.Ch Varmaning tadqiqotlariga koʻra, Abdullaxon II oʻz elchisi orqali Eron hududini ikki mamlakat oʻrtasida taqsimlash rejasini ilgari surgan va bu reja ikki mamlakat oʻrtasida sir saqlangan. Abdullaxon II keyinchalik ikki marotaba yana elchilarini yuboradi. U 1577-yilda Buxoro elchisi Abdurahimni Hindistonga joʻnatgan. Abdullaxon II ning elchisi bu safar Akbarshohga Eronni boʻlish taklifi bilan keladi. Boburiy hukmdor 1579-yil Abdullaxon II huzuriga Mirza Poʻlat boshchiligidagi hind elchilarni yuborgan. Uzoq yillardan soʻng Hind hukmdori Buxoroga Abdullaxon II huzuriga Xoʻja Ashraf Naqshbandiy boshchiligidagi elchilarni yana yuboradi. 1579-yili Abdullaxon saroyiga sunniy mahzabdagi Mirza Poʻlat boshchiligida hind elchilari yuborilgan. Uzoq yillardan soʻng Akbar Buxoroga 1597-yili 17-mayda elchi yuborishga qaror qiladi. Usmonli davlati bilan diplomatik aloqalar Abdullaxon II 1571-yilda Usmonli hukmdor Salim II ga maktub yoʻllaydi. U maktubida Safaviylarga qarshi birgalikda kurashish kerakligini aytib oʻtadi. Abdullaxon II maktubida Salim II ning otasi Sulaymon I davrida ikki mamlakat oʻrtasida Safaviylarga qarshi kurashilganligini esga soladi. Salim II javob maktubida Qibris masalasi bilan mashgʻulligini bildiradi va Abdullaxon II ning taklifiga hech qanday fikr bildirmaydi. Abdullaxon II 1588 yilda Istambulga elchilari Hoji Bahodirqul va Boqi Hojilarni yuboradi. Abdullaxon II davrida madaniy hayot Abdullaxon II davrida Buxoro yaqinidagi Sumiton (Joʻybor) mavzesida Joʻybor xojalaridan Abu Bakr Saʼd (970/971 yil vafot etgan) mozori atrofiga Madrasa, masjid, xonaqoh va chorbogʻ (1558-66), Buxoroda madrasa (qarang Abdullaxon madrasasi), hammom, Govkashon, Fatxulla qushbegi, Mirakan, Xoja Muhammad Porso, yangi Chorsu (1569-70), tim (qarang Abdullaxon timi), Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga koʻprik (1582) va boshqa qurildi. Bunday inshootlar va karvonsaroylar Samarqand, Toshkent, Balx va boshqa shaharlarda ham qurilgan (masalan, Abdullaxon IIning nufuzli amiri Qulbobo Koʻkaldosh sharafiga Toshkentda qurilgan Koʻkaldosh madrasasi va boshqalar). Karvon yoʻllarida sardobalar, rabotlar, kanallar, suv omborlari (qarang Abdullaxon bandi), koʻpriklar (masalan. Surxondaryoda xalq orasida Iskandar koʻprigi nomi bilan mashhur boʻlgan Gʻishtkoʻprik va boshqalar), chorbogʻlar bunyod etilgan. Abdullaxon II davrida shaharsozlik, ilm-fan va adabiyot Abdullaxon II davrida mamlakatda shaharsozlik, adabiyot, ilm-fan taraqqiy etgan. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylangan Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullanoma („Sharafnomayi shohiy“) (1584-89), Amin Ahmad Roziyning „Haft iqlim“ (1583), Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilingan „Tazkiroti shuaro“ (taxminan. 1593-95) va boshqa ilmiy asarlar yaratildi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil qilingan. Unda mashhur xattotlar Mir Ali Hiraviy, Ahmad Husayniylar va boshqa kitob koʻchirish bilan mashgʻul boʻlishgan. Hasanxoja Nisoriyning „Muzakkiri ahbob“ asari Abdullaxon II ga bagʻishlangan. Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy, Muhammad Darvish oxund, qozi Poyonda Zominiy, mulla Amir, Muhammad Alti Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va boshqa yashab ijod etgan. Abdullaxon IIning oʻzi ham isteʼdodli shoir boʻlib, „Xon“ taxallusi bilan oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozgan. Mamlakatda (Buxoro, Samarqand, Toshkent, Balx va boshqa shaharlarda) hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Hunarmandlar turli ipak matolar, uy-roʻzgʻor, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻlar va boshqa tayyorlardilar. Movarounnahr ustalari tayyorlagan buyumlar ichki va tashqi bozorda juda xaridorgir boʻlgan. XVI asr tarixchisi, oʻzbeklarning Qatagʻon qabilasidan boʻlgan Muhammad Yar ibn Arab Qatagon „Musaxir al-bilad“ („Mamlakatlarni zabt etish“) asarini yozgan. Asarda Shayboniylar, jumladan, Abdullohxon II davri haqida hikoya qilinadi. Harbiy sanʼat rivojlanishi Harbiy sanʼat taraqqiy etgan. Qoʻshin tarkibini nayza, qilich, manjaniq, naftandoz va shotular bilan qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilgan. 16-asr ikkinchi yarmidan qoʻshin Turkiya va Rossiyadan keltirilgan pilta miltiq va zambaraklar bilan qurollana boshlagan (yana qarang Buxoro xonligi) Oʻlimi Abdullaxon II 1598-yil 8-fevralda Samarqandda vafot etgan. Uning vafoti toʻgʻrisida manbalarda maʼlumotlar turlicha. Baʼzi manbalarda Abdullaxon II oʻz ajali bilan vafot etgan deyilsa, baʼzi mualliflar xonning vafotiga oʻgʻli Abdulmoʻminxon sababchi boʻlgan deb hisoblaydi. Joʻybor shayxlari xonadoniga mansub Muhammad Tolib oʻzining „Matlab ut-tolibin“ asarida Abdullaxon II oʻz oʻgʻli Abdulmoʻminxon buyrugʻi bilan Boqimuhammadbiy tomonidan zaharlanib oʻldirilgan, deya qayd etadi. Lekin bu maʼlumot taxminiy ekanligini ham eslatib oʻtadi. 1588/89-yili Abdullaxon II Abdulmoʻminxonni qoʻshin bilan Xurosonga yuboradi. Shahzoda zimmasiga yuklatilgan vazifani yaxshi uddalaydi. Biroq uning boshiga oliy hukmdorlikni qoʻlga kiritishdek ahmoqona xayol paydo boʻladi. U Amir Muhammad Boqi Doʻrmonni otasining ovqatiga zahar solib qoʻyishga koʻndiradi. Bu ish amalga oshiriladi. Abdullaxon 10 kun jisman va ruhan qattiq azob-uqubatni boshidan kechiradi, Samarqanddagi Chaqar mahallasida, Goʻri Amir yaqinida vafot etadi. Uning jasadi oʻgʻli yetib kelguncha 20 kun atrofida shu yerda saqlanadi. Shundan soʻng xonning janozasi oʻqilib, Buxoroda Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohonga dafn qilinadi. A. Jumanazarga koʻra, Abdullaxonning oʻlimi voqeasiga yana aniqlik kiritilishi talab etiladi. Sababi, Mutiribiy bu borada Abdulmoʻminxon taxtga koʻz tikkan boʻlsa-da, otasini oʻldirishga ulgurmagani haqida maʼlumot bergan. Manbalar Adabiyotlar Madrasa asoschilari Shayboniylar
11,236
3114
https://uz.wikipedia.org/wiki/Pirmuhammadxon%20II
Pirmuhammadxon II
Pirmuhammadxon II ()—1598 — 1599-yillarda Buxoro xonligida hukmronlik qilgan oʻzbek Shayboniylar sulolasining oʻn uchinchi hukmdori. Kelib chiqishi Pirmuhammadxon II Sulaymon Sultonning oʻgʻli, Oʻzbek xonligi asoschisi Abulxayrxonning avlodi. U Abdullaxon II ning ham amakivachchasi hisoblanadi. Siyosiy faoliyati Abulg‘ozi Bog‘adirxonning „Shajarat al-atrak“, Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Mukimxoniy“ va boshqalar kabi bir qator O‘rta Osiyo manbalari Abdullaxon IIning o‘g‘li va vorisi Abdulmo‘minxonni so‘nggi shiboniylar deb biladi. Movarounnahr hukmdori. Shuning uchun ham ayrim tadqiqotchilar 1598-yilni Movarounnahr Shiboniylar hukmronligining so‘nggi yili deb ko‘rsatadilar. Biroq, 1864-yilda V. IN. Velyaminov-Zernov Iskandar Munshiyning „Tarix alamar Abbosiy“ materiallariga asoslanib, Abdalmoʻminxon isyonkor amirlar qoʻlidan vafot etganidan soʻng uning amakisi, Abdullaxon II ning amakivachchasi Pirmuhammad II . Buxoro xonligi taxtiga oʻtirgan, u Miyonqolada Abdulmoʻminxon tomonidan sodir etilgan qirgʻindan yashirinishga muvaffaq boʻldi. Natijada koʻplab mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar, masalan, G. Xovors, S. Lene Pool, K. A. Bosvord, Movarounnahrdagi Shiboniylar sulolasining tarixi Abdulmo‘minxon bilan emas, Pirmuhammadxon II bilan tugaydi. Buxoro xonligidagi Shiboniylar sulolasining Buxoro xonligidagi so‘nggi vakili Pirmuhammadxon II hokimiyat tepasiga 1598-yilda kelib, Movarounnahrdagi barcha Shiboniylarning oliy xoni sifatida Buxoro xonligini boshqargani. Pirmuhammadxon II Movarounnahr hududiga bostirib kirgan qozoq sultonlariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. Bu janglarda unga Ashtarxoniy sultonlari yordam bergan. Qozoq sultonlarini daf qilgandan so‘ng , Samarqandni Pirmuhammadxon II Boqiy Muhammad va ashtarxoniylar urug‘ining boshqa aʼzolariga jangdagi roli uchun mukofot sifatida berdi. Sharqshunoslarning so‘nggi tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, B. A. Ahmedov va A. K. Alekseevlar hokimiyatning Shiboniylar qo‘lidan Ashtarxoniylar qo‘liga o‘tish sanasini belgilashda xato qilganlar. Shunday qilib, jahon tarixi fani 1599-yil sanasini tan oldi, bu ham tangalar bilan tasdiqlangan. Faqat bitta manba — " Bahr al-isror "da Shiboniylarning Ashtarxoniylar bilan almashtirilgan yili 1601-yil bo‘lganligi taʼkidlanadi. Oilasi Pirmuhammadxon IIning oʻgʻillari Muhammad Salim Sulton va Ibodulla Sulton Hisori Shodmon va Chagʻoniyonda hukmronlik qilganlar. Oʻlimi 1599-yilda Bog‘i shamol hududida Pirmuhammadxon II qo‘shinlari bilan ashtarxoniylar urug‘i o‘rtasidagi jangda Boqi Muhammad qo‘shin markazini ag‘darib, dushman qo‘shinlarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Pirmuhammedxon II yaralanib, asirga olinadi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, u Boqi Muhammadning buyrug‘i bilan qatl etildi. Oʻshanda oʻz nomidan kumush va mis tangalar chiqargan Shayboniy Keldi Muhammad (1598 — 1604) Toshkent hokimi boʻlib qolgan Manbalar Adabiyotlar Buxoro Amirligi hukmdorlari Oʻzbekiston tarixi Shayboniylar Buxoro Buxoro xonlari Buxoro xonligi kishilari
3,008
3115
https://uz.wikipedia.org/wiki/Boqi%20Muhammadxon
Boqi Muhammadxon
Boqi Muhammadxon ibn Jonibek Sulton (1554-yil, Buxoro xonligi –1605-yil, Buxoro xonligi) – ashtarxoniylar sulolasining birinchi vakillaridan biri, Buxoro xonligi hukmdori (1601–1605). Davlat arbobi va sarkarda. Oʻzbek hukmdori Abdullaxon ibn Iskandarxonning (1583–1598) jiyani va uning hukmronligi davrida koʻpgina harbiy yurishlari qoʻmondoni. 1599–1601-yillarda Samarqandda hokimi. Boqi Muhammadxon hukmronligi davrida bir nechta mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar olib borgan. Safaviylarga qarshi kurashda Usmonli imperiyasi bilan ittifoqdosh boʻlgan. Xurosonni qaytib olish maqsadida safaviylarga qarshi harbiy kurashlar olib borgan. Buxoro xonligiga xavf solgan Qozoq xonligi qoʻshinlarini mamlakat hududidan chiqarib yuborishga boshchilik qilgan. Boqi Muhammadxon mamlakat shimoliy chegaralarini koʻchmanchi qabilalardan himoya qilib, davlatni tashqi dushmanlardan himoya qilishga ham eʼtiborini qaratgan. Boqi Muhammadxon mamlakatni idora qilish tizimi va soliqlarni tartibga solish, qoʻshinni qayta tashkil qilish kabi qator islohotlar oʻtkazgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik, obodonchilik ishlariga katta eʼtibor bergan. Kelib chiqishi Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining vakillaridan biri boʻlmish Boqi Muhammadxon 1554-yilda tavvalud topgan. Uning shaxsi, tarjimayi holi va ijtimoiy faoliyati, tarixdagi oʻrni fanda yetarlicha oʻrganilmagan. Boqi Muhammadxon Joni Muhammad va Zuhrabegimning ikkinchi farzandi boʻlgan. Bir qator tarixiy manbalarda Boqi Muhammadxonning shajarasi quyidagi tarzda keltiriladi: Boqi Muhammadxon – Joni Sulton – Yormuhammad – Mangʻishloq Chavaq Sulton – Muhammadxon – Temur Sulton – Qutlugʻxon – Abay – Oʻz Temur – Toʻqay Temur – Joʻjixon – Chingizxon. Ashtarxoniylarning kelib chiqishi Chingiziylardan Joʻjixonning oʻn uchinchi oʻgʻli Toʻqay Temurga borib taqaladi. Taxtga kelishigacha boʻlgan davr Abdullaxon II (1583–1598) va Abdulmoʻminxon (1598) vafotidan keyin, Buxoro xonligiga qoʻshni davlatlar hujum qilgan. Saroy amaldorlari va din ulamolari Boqi Muhammadxonning akasi Din Muhammadxonni taxtda koʻtarish uchun Xurosonga chopar yoʻllashadi. Bu davrda Xuroson Safaviy qizilboshlari hujumi ostida qolgan, aka-uka Din Muhammadxon va Boqi Muhammadxonlar esa ularga qarshi harbiy kurash olib borishar edi. Ushbu mavzu haqida Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“ asarida keng maʼlumotlar keltirilgan. Din Muhammadxon ukalari Boqi Muhammadxon va Vali Muhammadxonni Buxoroga yuboradi. 1599-yili Boqi Muhammadxon Hirotga kelib, shaharni qoʻshini boshchiligida qizilboshlilardan himoya qilib, magʻlubiyatga uchraydi. Soʻngra Torgi dovonidan oʻtib, Buxoroga qaytadi. Boqi Muhammadxon Tavakkalxonga qarshi qilgan harbiy jangidan soʻng Buxoro xonligi hukmdori Pirmuhammadxon (1598–1601) tomonidan shu yilning oktyabr oyida Samarqandga hokimi etib tayinlaydi. U Samarqad hokimi sifatida Toshkentdagi qozoq qabilalari boshliqlari bilan tinchlik sulhini tuzishga erishadi. Boqi Muhammadxon oʻzining siyosiy maqomini mustahkamlash maqsadida Samarqandning koʻplab amirlarini katta mablagʻ va sovgʻalar evaziga oʻz tomoniga ogʻdirishga muyassar boʻladi. Miyonqolga hujum qilganidan soʻng hukmdor Pirmuhammadxon bilan orasi buziladi. 1601-yilning iyunida Samarqanddagi Bogʻi Shamolda boʻlib oʻtgan jangda 50 ming qoʻshini bilan, Pirmuhammadxonni yengib, qatl ettiradi. Shu tariqa Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasiga qarindosh boʻlgan Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davri boshlanadi. Buxoro xonligi hukmdori Boqi Muhammadxon 1601-yilda Buxoro xoni sifatida taxtga koʻtariladi. Uning taxtga kelishi bilan bogʻliq maʼlumotlar Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“ asarida keltirilgan. Boqi Muhammadxon nomiga xutba oʻqiladi. Uning taxtga oʻtirish marosimida qatnashgan ukasi Vali Muhammadxon Balx hokimi etib tayinlanadi. Baʼzi bir manbalarga koʻra dastlab Boqi Muhammadxonning otasi Joni Muhammad Buxoro xoni sifatida taxtga koʻtarilgan, uning nomiga xutba oʻqilib, tangalar zarb etilgan (1601–1603). Shuning uchun baʼzan sulolaning nomi joniylar deb ham tilga olinadi. Jonibek Muhammad xon deb eʼtirof etilgan boʻlsada, amalda taxtni Boqi Muhammadxon boshqargan. Arminiy Vamberiga koʻra Boqi Muhammadxon 7 yil hukmronlik qilgan. U 1599-yildan boshlab Samarqandga hokim boʻlgan. Arminiy Vamberi shunga tayanib uni yetti yil hukmronlik qilgan deb yozgan. Oʻzaro urushlar Boqi Muhammadxon oʻz hukmronligi davrida xonlik hududi yaxlitligini saqlab qolish va oʻziga qadar oʻtgan xonlar qoʻldan chiqargan yerlarni dushmandan qaytarib olish maqsadida koʻplab harbiy urushlar olib borgan. Boqi Muhammadxon hukmronligi davrida, shimolda qozoq juzlari, janubda Balx hududlari va Xurosonda Safaviylar tomonidan tahdidlar boʻlib turgan. U hukmdor sifatida harbiy faoliyatini dastlab Amudaryo janubidagi hududlarni egallashdan boshlagan. Balxdagi isyonni bostirib, viloyatga ukasi Vali Muhammadxonni hokim etib tayinlagan. Eron bilan oʻzaro harbiy urushlari Safaviylar shohi Abbos I (1587–1629) Balxni egallash maqsadida va 140 ming kishilik qoʻshini bilan viloyatga yurish qilgan. Dastlab qizilboshlar Andxoʻy qal’asiga hujum qilgan. Qal’a qoʻmondoni Moʻminboyga Jonibek sulton va Boqi Muhammadxonlar yordamga kelishgan. 1602-yil iyul oyida Amudaryo boʻyichagi Puli Xatabadagi jangda qizilboshlilar magʻlubiyatga uchrab, Abbos I va Muhammad Salim oʻz qoʻshinlari bilan birga Eronga qaytishgan. Boqi Muhammadxon Maymana, Shibirgʻon, Andxoʻy, Badaxshon, Bagʻlon, Hisor kabi hududlarni davlat tasarrufiga qaytargan. 1603-yilda Qunduzga harbiy yurish qilgan. Sababi, ushbu hudud Qobul hokimi Muhammad Hakim Badiuzzamon tomonidan bosib olingan edi. Boqi Muhammadxon Qunduzni uch oy qamal qilib, 1603-yil 25-martda qoʻlga kiritgan. 1604-yilda qozoq xoni Keldimuhammad qoʻshinlari Buxoro xonligining shimoliga hujum qilganda Boqi Muhammadxon ularga qarshi chiqib, dushman qoʻshinini mamlakat hududidan quvib yuborgan. Tashqi siyosati Boqi Muhammadxon bir nechta mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar yoʻlga qoʻygan. U asosan Eronga qizilboshlariga kurashish maqsadida Usmonlilar imperiyasi bilan ittifoq tuzib, elchilar almashgan. Usmonlilar imperiyasi bilan diplomatik aloqalari Boqi Muhammadxon 1599–1600-yillarda Usmonlilar sultoni saroyiga elchi yuborib, oʻz maktubida sulton Sulaymon va Baroqxon, Murod III va Abdullaxon II oʻrtasidagi elchilik almashinuvini eslab oʻtgan. Maktubda Boqi Muhammadxon Eron hukmdoriga qarshi harbiy kurashish va Xurosonni qaytarib olish haqida oʻz fikrlarini bildirgan. Maktubda u Usmonlilar sultonidan harbiy koʻmak, shuningdek harbiy toʻplarni soʻragan. Usmonlilar devoni mazkur xatni muhokama qilib, va uning tarjimasini sultonga eshittirgan. Devonning vazirlaridan biri Ismishchi Hasan Poshoga Usmonli sultoni Mehmed III (1595–1603) uchun maxsus telxis qogʻoz tuzish va maktub mohiyatini ochib berish topshirilgan. Oʻtgan asrlarda oʻzbek hukmdorlari shialarga qarshi kurashda Usmonlilarga ittifoqdosh boʻlishganligi sababli elchi orqali yuborilgan talab, rad etmasligi kerak boʻlgan. Shuningdek, Usmonlilar Safaviylar bilan munosabatni buzishni istashmas edi. Ammo Usmonli devoni Shirvondagi beklarbegi Dovudbek orqali 200 arkebuz va uchta toʻpni ashtarxoniy hukmdoriga yuborishni taklif qilgan. Usmonli davlati Ashtarxoniylar bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatish tarafdori edi. Ammo bu davrda Usmonli hukmdori Safaviy Abbos I bilan ham munosabatlar buzilishini istamagan. Mehmed III Boqi Muhammadxonning murojatini qabul qilishga majbur boʻlib, Buxoroga javob maktubi yoʻllagan. Bu davrda Usmonli imperiyasi saroyida boʻlib turgan Venesiya elchisining yozishicha, Usmonli hukmdori Buxoroga qurol yetkazib berganligi sababli, 1603-yilda Usmoniylar va Safaviylar urushi boshlangan. Ammo shoh Abbos I Buxoro xonligiga hujum qilmaganligi sababli, ashtarxoniy hukmdor Boqi Muhammadxon esa Usmonli imperiyasi qurolidan foydalanmagan. Vafoti Arminiy Vamberiga koʻra Boqi Muhamadxon ogʻir kasallikka chalingan. Atrofidagilari uni faqat Shayx Xoʻja Olim Azizon tuzatishiga ishonishgan. Shayx uni Amudaryo boʻyiga olib borishni aytgan. Boqi Muhammadxonning bir necha kun davomida Amudaryo suvi bilan davolash jarayoni hech qanday natija bermagan. Tarixchi Dilorom Sangirova tadqiqotlariga koʻra, Boqi Muhammadxon 1605-yili 51 yoshida kasallik sababli vafot etgan. Ashtarxoniylar sulolasi Manbalar Adabiyotlar Kitoblar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Maqolalar Oʻzbekiston tarixi Buxoro xonligi Chingiziylar Toʻqay Temuriylar Ashtarxoniylar
8,490
3116
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vali%20Muhammadxon
Vali Muhammadxon
Valimuhammad ibn Jonibek sulton (XVI asr, Buxoro xonligi – 1611-yil 27-avgust, Buxoro xonligi) – Buxoro xonligi hukmdori va Ashtarxoniylar sulolasining vakili (1605–1611). Davlat arbobi va sarkarda. Oʻzbek hukmdori Abdullaxon II ning jiyani. 1601-yilda Samarqand yaqinidagi Suyohjird va 1601–1605-yillarda Balx noibi. Vali Muhammadxon Balx noibi boʻlgan davrda koʻplab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan. Jumladan, Xoja Ukkashoh maqbarasi, Shayx Xoja Porso maqbarasi va Xoja Hayron qadamjosi uchun vaqf yerlarini ajratib, Xoja Hayron qadamjosiga boradigan yoʻlda Xiyobon nomli koʻcha va chorbogʻlar qurdirgan. Vali Muhammadxon Safaviylar davlati hukmdori Abbos I bilan diplomatik aloqalarni yoʻlga qoʻygan. Vali Muhammadxon 1608-yilda Toshkentni Buxoro xonligi hududiga qoʻshib olishi va u yerda hukmronligini mustahkamlash maqsadida soliq tizimini tartibga solishi hukmronlik davrida erishgan muvaffaqiyatlaridan biri sanaladi. Mirzo Salimbek oʻz asarida Vali Muhammadxonni „may va ayollarga hirs qoʻygan“ deb taʼriflagan. Tarixchi Akbar Zamonov fikricha, Vali Muhammadxonning xotirjamligi, shikor va bazmlarga koʻp vaqt sarflashi xonlik hokimiyati zaiflashuviga olib kelgan. Kelib chiqishi Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniylar vakili Vali Muhammadning tugʻilgan sanasi olimlar tomonidan aniqlanmagan. Otasi Joni Muhammad, onasi shayboniy Abdullaxon II ning singlisi Zuhrabegim. Vali Muhammadning Din Muhammad, Boqi Muhammad ismli akalari va Alim Muhammad ismli ukasi boʻlgan. Tarixiy manbalarda Vali Muhammadxonning shajarasi quyidagi tarzda keltiriladi: Vali Muhammadxon – Joni Sulton – Yormuhammad – Mangʻishloq Chavaq Sulton – Muhammadxon – Temur Sulton – Qutlugʻxon – Abay – Oʻz Temur – Toʻqay Temur – Joʻjixon – Chingizxon. Ashtarxoniylarning kelib chiqishi Chingiziylardan Joʻjixonning oʻn uchinchi oʻgʻli Toʻqay Temurga borib taqaladi. Taxtga kelishigacha boʻlgan davr Vali Muhammad haqida manbalarda kam maʼlumotlar saqlanib qolgan. Vali Muhammad akasi Din Muhammadga Nishopurni idora qilishda yordamlashgan. 1598-yilda Abdulmoʻminxon oʻldirilgandan keyin kuchaygan siyosiy kurashlarda akasi Din Muhammad Marv viloyatini boshqarishni Vali Muhammadga topshirgan ammo Marvga safaviylar qoʻshini hujum qilgach, Vali Muhammad Movarounnahrga chekinishga majbur boʻlgan. Akbar Zamonov tadqiqotlariga koʻra, Vali Muhammad Balxga, otasi oldiga borgan. 1599-yilda akasi Boqi Muhammad bilan qozoqlarga qarshi kurashib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqargan. Boqi Muhammadxon 1601-yilda Vali Muhammadxonni Samarqand yaqinidagi Suyohjirdga noib qilib tayinlagan. Keyinchalik Vali Muhammad Balx viloyatini akasining valiahdi sifatida boshqargan. 1605-yili Boqi Muhammadxon vafot etgach, Vali Muhammad Buxoro xonligi hukmdori etib koʻtarilgan. Buxoro xonligi hukmdori Vali Muhammadxon hukmronligi yillarining boshlanishi jang-u jadallarda kechib, u 1605-yilda Termiz yaqinida marhum akasi Boqi Muhammadxonning ikki oʻgʻliga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib borgan. Uning hukmronligini tan olmagan jiyanlari Imomquli va Nadr Muhammad bilan kelishuvga erishib, Imomqulini Samarqandga, Nadr Muhammadni Shahrisabzga noib etib tayinlagan. 1606-yilda esa ularning ikkalasini ham Balxga yuborgan. Vali Muhammadxon hukmronligi yillarida uning zodagonlar bilan munosabatlari yomonlashgan. Amaldorlar oʻzlaricha siyosat yuritib, jinoyatchilar uchun shariatdan tashqari turli xil jazolar qoʻllashgan. Vali Muhammadxon shu vaziyatda Boqi Muhammadxon davrida vazirlik qilgan Doʻstum Argʻun, Shoh Kichik va Hoji Naymanlarni qatl ettirgan. Asta-sekin mamlakatda Imomqulining nufuzi oshib borgan. Vali Muhammadxon jiyani Imomquliga qarshi fitna uyushtira boshlaydi. Bu fitnaga Doʻstimbiy argʻun otaliq va qatagʻon qabilasining boshliqlari boshchilik qilgan. Ammo Imomquli bundan xabar topib, ishonchsiz amirlarga qarshi choralar koʻrgan. Aynan shu hodisalardan soʻng, Vali Muhammadxon va jiyani Imomquli oʻrtasida munosabatlar yomonlashgan. Bu davrda qozoq xonlari ham Buxoro xonligiga hududiga bostirib kirgan va Vali Muhammad ularga qarshi kurashlar olib boradi. 1607-yilda Eron bilan sulh tuzgan. Shartnomaga koʻra Xuroson Safaviylar hududiga aylangan. Vali Muhammadxon 1608-yilda Toshkentni xonlik hududga qoʻshib oldi. U Toshkentni qoʻldan boy bermaslik maqsadida ulamolarni oʻz tomoniga ogʻdirib, sovgʻa-salomlar bergan. Ammo Toshkent goh Buxoro xonligi tomonidan goh qozoqlar tomonidan egallab olingan. Vali Muhammadxon Toshkent masalasi toʻliq hal boʻlmagach, beklar bilan yaxshi munosabatlar oʻrnatishga intildi. Vali Muhammadxon xonlikning muhim shaharlariga bir qancha beklarni noib qilib tayinladi. 1608-yilda Imomquli Baxlni tark etib, Buxoroga yoʻl olgan. Buxorodagi amirlar Imomqulini qoʻllab quvvatlaydi. Vali Muhammadxonga fitna uyushtirilib, u shikorga ketgan paytda Imomqulixon taxtga koʻtarilgan. Vali Muhammadxon chorasiz qolgach, 1608-yilda 2 ta oʻgʻli bilan Eronga Abbos I huzuriga panoh istab boradi. Abbos I uni kutib olish uchun, Isfahondan Davlatobodgacha 3 soatlik yoʻlga mehmonni katta ehtirom bilan kutib olgan va ikki hukmdor yoʻlida 20 ming askar safda turgan. Muhammad Yusuf Munshiy oʻzining „Tarixi Muqimxoniy“ asarida 1611-yil Vali Muhammadxon Erondan 80 ming qoʻshin bilan Movarounnahrga yurish qilgan deb koʻrsatgan. 1611-yil avgustda boʻlib oʻtgan jangda Vali Muhammadxonni Imomquli yengadi va u asirga olinib, qatl etiladi. Bunyodkorlik sohasidagi siyosati Vali Muhammadxon Balxda noib boʻlgan davrda bunyodkorlik ishlarini olib borgan. Koʻplab maqbara va obidalar uchun vaqf mulklarini ajratgan. Xoja Ukkashoh maqbarasi, Shayx Xoja Porso maqbarasi va Xoja Hayron qadamjosi uchun vaqf yerlarini ajratgan. Xoja Hayron qadamjosiga boradigan yoʻlda Xiyobon nomli koʻcha va chorbogʻlar qurdirgan. Akbar Zamonov oʻzining „Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari“ nomli monografiyasida Vali Muhammadxonni Xoja Hayron maqbarasining bosh ustasi va meʼmori sifatida tilga olgan. Vali Muhammadxon davrida Buxoroda Kalobod madrasasining qurilishi yakunlangan. Oilasi Vali Muhammadning xotini yoki kanizagi boʻlgan Oyxonim qozoq sultoni Eshim sultonning qizi boʻlgan. Imomqulixon Buxoro xonligi taxtini egallaganidan soʻng, Oyxonimni xotiniga aylantirgan va buning uchun maxsus fatvo chiqargan. Vali Muhammadxonning Rustam sulton va Muhammad Rahim sulton nomli ikkita oʻgli boʻlgan. Shoh Abbos I ularga Oba va Shoh Fulan viloyatlarini boshqarish uchun inʼom qilgan. Vafoti Vali Muhammadxon Imomqulixon bilan boʻlib oʻtgan jangda yengilib asirga olingan va Imomqulixon farmoniga koʻra 1611-yil 27-avgustda qatl etilgan. Manbalar Adabiyotlar Kitoblar Maqolalar Oʻzbekiston tarixi Buxoro xonligi Chingiziylar Toʻqay Temuriylar Ashtarxoniylar Buxoro viloyati loyihasining XM darajali maqolalari
6,756
3117
https://uz.wikipedia.org/wiki/Imomqulixon
Imomqulixon
Imomqulixon ibn Dinmuhammadxon (; 1589, Buxoro xonligi — 1644, Makka yaqinidagi Arafot togʻi, Usmoniylar imperiyasi) — Ashtarxoniylar sulolasining vakili va Buxoro xonligi hukmdori (1611—1642), sarkarda. Imomqulixon xonlikni markazlashtirib, mamlakat mudofaasini mustahkamlashga harakat qilgan. U Buxoro xonligi hududiga shimol tomondan xavf solgan qalmoqlar, jungʻorlarga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib borgan. Xonlik hududidagi bir qancha oʻzboshimcha amaldorlar va hokimlar harakatini bostirgan. Imomqulixon hukmronligi davrida Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar bilan faol tashqi siyosat olib borgan. Jumladan, Turkiyada hukmronlik qilgan Usmoniylar imperiyasi hukmdori Ahmad I va Murod IV, Hindistonda Boburiylar sulolasi vakillari Jahongir va Shoh Jahon, Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmdori Mixail Fyodorovich bilan faol diplomatik munosabatlarni oʻrnatgan. Uning davrida mamlakatda koʻplab bunyodkorlik ishlari olib borilgan. Jumladan, Buxoroda Poyandabiy masjidi, Mavlona Miskin madrasasi, Nodir devonbegi xonaqohi, Nodir devonbegi madrasasi, Magʻoki Koʻrpa masjidi, Mehtar Orif madrasasi, Samarqandda esa Qozi Soqi madrasasi, Sherdor madrasasi, Sayyid Ahmadxoja madrasasi, Tillakori madrasasi qurilgan. Imomqulixonning 31 yillik hukmronlik faoliyati davomida xonlikning mavqei koʻtarilgan va mamlakatda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik yaxshilangan. Manbalarda Imomqulixonning hukmronlik davri Husayn Boyqaro davri bilan qiyoslangan. Kelib chiqishi Ashtarxoniylar sulolasining vakillaridan biri boʻlmish Imomquli 1589-yilda tavallud topgan. Otasi Din Muhammad shayboniylardan boʻlgan hukmdor Abdullaxon II (1556–1598) davrida harbiy sarkarda boʻlib, bir nechta shahar va viloyatlarda hokimlik qilgan. Anton Alekseyev Iskandarbek Munshiyning „Tarixi olamoroyi Abbosiy“ asarining Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan nusxasiga asoslanib, Imomqulixon va Nadr Muhammadxonning onasi sayyidlar avlodidan boʻlganligini yozgan. Aksar manbalarda Din Muhammadxonning oʻgʻillaridan faqatgina Nadr Muhammadxon sayyidlar avlodidan ekanligi koʻrsatilgan. Imomqulixon nasabining tarmogʻi Chingizxonga yetadi va Joʻjixonning 13-oʻgʻli Toʻqay Temurga borib taqaladi. Tarixdan maʼlumki, Toʻqay Temurga 14 ulus mulk qilib berilgan. Uning ulusi tarkibiga Mangʻishloq, Hoji Tarxon va Shimoliy Kavkazdagi aslar yeri kirgan. „Imomqulinoma“ asarida muallif Imomqulixonning nasabini Amir Temur nasabiga borib bogʻlagan. Quyida Imomqulixon nasabining kelib chiqishi Muhammad Tolibning „Matlab ut-tolibin“, Hofiz Tanish Buxoriyning „Imomqulinoma“ asarida keltirilgan. Bundan tashqari, Akbar Zamonov tadqiqotlarida manbalar bilan qiyoslangan nasabnoma halqasi ham keltirilgan. Taxtga kelishigacha boʻlgan davr Imomquli otasi Din Muhammad 1598-yilda vafot etgach, sodiq xizmatkorlaridan biri Haq Yasovul tomonidan uning xotini va ikki oʻgʻli Imomquli va Nadr Muhammadlar jang maydonidan olib ketilgan. Imomquli va Nadr Muhammad ot ustidagi ikki xurjunda olib qochilayotgan paytda dushman tomonidan otilgan oʻqning biri Nadr Muhammadning oyogʻiga borib teggan. Nadr Muhammad shundan keyin oqsoqlanib yuradigan boʻlgan. Vali Muhammadxon 1605-yil taxtga oʻtirganidan soʻng, Imomqulini Samarqand hokimi qilib tayinlagan. Chunki Vali Muhammadxon Balxni oʻz nazoratida saqlab qolib, uning valiahd boʻlishini istamagan. 1606-yilda Imomquli va Nadr Muhammad Chagʻoniyon, Balx va Hisorda boʻlib oʻtgan amirlarning harakatini bostirgan. Asta-sekin mamlakatda Imomqulining nufuzi oshib borgan. Vali Muhammadxon jiyani Imomquliga qarshi fitna uyushtira boshlagan. Bu fitnaga Doʻstimbiy argʻun otaliq va qatagʻon qabilasining boshliqlari boshchilik qilgan. Ammo Imomquli bundan xabar topib, ishonchsiz amirlarga qarshi choralar koʻrgan. Aynan shu hodisalardan soʻng, Vali Muhammadxon va jiyani Imomquli oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashgan. Saroy amaldorlari Vali Muhammadxon Qarshiga shikorga ketgan paytda unga qarshi fitna uyushtirishgan va Imomquli taxtga koʻtarilgan. 1611-yil avgustda boʻlib oʻtgan jangda Imomquli Vali Muhammadxonni yenggan va u asirga olinib, qatl etilgan. Buxoro xonligi hukmdori 1611-yil Vali Muhammadxon vafot etgach, Imomqulixon Buxoro xoni sifatida taxtni egallagan. Dastlab ukasi Nadr Muhammadni Balx hokimi sifatida tayinlagan. Imomqulixon davrida mamlakatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar taraqqiy etgan. Arminiy Vamberi uning hukmronlik davri haqida shunday yozadi: „Imomqulixon nochorlar ishini yengillashtirdi, arz bilan kelganlarni qaytarmadi, uning davrida na kambagʻal, na bechora qolgandi. Chiqargan buyruqlari ijrosi borasida amaldorlarga qattiq turardi, qorongʻi tushishi bilan oddiy kiyim kiyib, vaziri va qoʻriqchi bilan bozor aylanib, oddiy xalqning haqiqiy turmush ahvolidan boxabar boʻlib turardi. U ulamo va abado hamda shoirlar bilan suhbatdan lazzat topib, koʻp vaqtini hukmdor libosini yechib, darveshlik xirqasini kiyib yurib oʻtkazar, har narsani oʻzi darhol bilishi uchun vaziri Nodir devonbegi va yaqin mahrami Abdulvoseʼ bilan shahar aylanar edi“. Imomqulixon hukmronligi davrida Buxoro xonligida biror marotaba ham isyon koʻtarilmagan. U muhtojlarga yordam bergan va shikoyat qilganlarning mushkulini oson qilgan. Imomqulixon davrida mamlakatda tilanchi va kambagʻal boʻlmagan. Muhammad Yusuf Munshiy oʻz asarida u haqida shunday yozgan: „Imomqulixon oyoqlari davlat uzangisida boʻlgan paytda, na Balxda, na Buxoroda qoʻzgʻolon va tartibsizliklar boʻlmadi“. U asarida Imomqulixonni Husayn Boyqaro hukmronlik davri bilan qiyoslagan. Mamlakat mudofaasi uchun olib borgan yurishlari Imomqulixon xon sifatida koʻtarilgach, dastlab mamlakat mudofaasini mustahkamlashga kirishgan. Bu davrda Buxoro xonligining shimoliy tomoniga qozoqlar va qalmoqlar tahdid solayotgan edi. U Buxoro xonligining shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, qalmoqlar va jungʻorlarga qarshi kurashlar olib borgan. Imomqulixon Xuroson va Xorazmni qayta egallab olmagan boʻlsa-da, Andijon, Turkiston va Toshkent hududlariga xavf solgan qalmoqlar va qozoqlarga qarshi kurash olib borgan. 1613-yilda Imomqulixon Turkiston chegaralaridan to Ashpara va Qoratovning chekka hududlarigacha qoraqalpoqlar, qozoqlar va qalmoqlarga qarshi jang qilib, ularni yenggan. Toshkent hududining qaytarilishi 1612–1613-yillardagi yurishlar natijasida Toshkent mamlakat hududiga qoʻshib olingach, Imomqulixon oʻgʻli Iskandar Sultonni hokim qilib tayinlagan. Iskandar Sulton Toshkentda Buxoro xonligi boshqaruvini joriy qilgan va qattiqqoʻl siyosat yuritgan. U shahardagi ijtimoiy hayotni yaxshilash maqsadida xiroj va boshqa turdagi soliqlarni joriy qilgan. Bundan gʻazablangan Toshkent aholisi qoʻzgʻolon koʻtargan va Iskandar Sulton oʻldirilgan. Ushbu xabarni eshitgan Imomqulixon ukasi Nadr Muhammadga xat yozib, qoʻshin bilan Toshkentga borishini bildirgan va oʻzi ham katta qoʻshin bilan Toshkent tomon yoʻl olgan. Nadr Muhammad Balx va Badaxshondagi qoʻshinlari bilan Toshkentga yordamga borishga shoshilgan. Imomqulixon va Nadr Muhammad qoʻshinlari bir joyga toʻplanib, bir oy davomida Toshkentni qamal qilgan. Imomqulixon jang davomida: „Qasam ichamanki, shaharni olgach, uning aholisini qilichdan oʻtkazaman, toki dushmanning qoni otimning uzangisigacha yetmaguncha, qirishni toʻxtatmayman“, – deb qasam ichgan. Toshkent shahri aholisi ogʻir ahvolga tushgan, shahar darvozalari portlatilib, aholi qilichdan oʻtkazilgan. Buxoro qoʻshinlarining boshliqlari xonga begunoh aholini qirib tashlashni toʻxtashini aytgan. Ammo Imomqulixon shunday degan: „Men qasam ichdim va odamlarning qoni mening uzangimga yetmaguncha, qatlni toʻxtatmayman“. Ushbu qirgʻinni toʻxtatish uchun imomlar shunday fatvo bergan: „Janobi oliylari oʻz otini suvi uning uzangisiga yetadigan hovuzga tushirsin, undan keyin suv bilan oʻldirilganlarning qonini aralashtirsinlar, shul zafarli oʻzangigacha yetib boradi“. Amirlar Imomqulixonga fatvoni yetkazgan va u xuddi shunday qilib, qasamini ado etgan. Qozoq xonlari bilan munosabatlari Imomqulixon 1612–1613-yillarda Talas vodiysida qozoqlarni magʻlubiyatga uchratib, ularning mazkur hududlarda taʼsirini kamaytishga harakat qilgan. U Toshkentni oʻz tasarrufiga oʻtkazgan boʻlsa-da, koʻp vaqt oʻtmay 1613-yilda qozoq xoni Tursunxon shaharni egallagan. 1621-yilda Shoxruxiya qaʼlasidagi daryo boʻylarida Tursunxon va Ashtarxoniylar oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Jang natijasida Ashtarxoniylar magʻlubiyatga uchrab, 20 ming jangchisidan ayrilgan. 1623-yilda Shoxruxiya qalʼasi yaqinida navbatdagi jang boʻlib, Tursunxon qoʻshini gʻolib boʻlgan. Imomqulixon vaziyatdan kelib chiqib, sulh tuzishni maʼqul koʻrgan. Imomqulixon joʻyboriylardan Hoshim Xoja Joʻyboriyni Tursunxon huzuriga yuborgan. Shartnomaga koʻra, Buxoro xonligi chegarasi Shoxruxiyadan oʻtishi belgilangan. Ushbu shartnomadan keyin Buxoro xonligi shimoldagi hududlarga daʼvo qila olmas edi. 1626–1627-yillarda Eshimxon va Tursunxon oʻrtasidagi jang natijasida Tursunxon oʻldirilgan, Buxoro xonligi hududi oldingi chegarasigacha kengaygan. 1628-yilda Imomqulixon buyrugʻi bilan Yalangtoʻsh Bahodir qozoq xoni Abulay Sulton bilan jang qilib, Toshkentda uni magʻlub etgan. 1628-yilda Fargʻona vodiysida Ashtarxoniylar hokimiyati toʻliq oʻrnatilgan. Imomqulixon Toshkentda Boqi Muhammadxonning oʻgʻli Abdulloh sultonni hokim qilib tayinlagan. Imomqulixonning ushbu gʻalabasidan soʻng, Buxoro xonligining shimoliy-sharqiy chegaralari qayta tiklangan. 1636-yilda Yalangtoʻsh Bahodir boshchiligidagi qoʻshin Sayramga yurish qilgan. Harbiy yurishlar Dashti Qipchoq hududlarigacha davom etgan. Nadr Muhammad bilan munosabatlari 1611-yil Imomqulixon taxtga koʻtarilganidan keyin, Nadr Muhammadni Balx hokimi qilib tayinlagan. Nadr Muhammadxon Balx viloyatini 1642-yilgacha hokim sifatida boshqargan. Aka-ukalarning ikkalasi ham xon hisoblanib, Imomqulixon „katta xon“, Nadr Muhammad „kichik xon“ deb eʼtirof etilgan. Nadr Muhammad 30 yildan ortiq Balxni boshqarib, akasi Imomqulixon bilan birgalikda bir nechta yurishlarda ishtirok etgan. Imomqulixon va Nadr Muhammad oʻrtasida oqibat va samimiyat boʻlib, bir-biriga qurol koʻtarmagan. Imomqulixon boburiy hukmdor Shoh Jahonning Balxga yurishini oldini olish maqsadida askarlari bilan birga Balx viloyatiga tashrif buyurganida, Nadr Muhammadxon 12 oʻgʻli bilan shahardan yarim chaqirim piyoda yurib, uni kutib olgan. Imomqulixon bundan taʼsirlanib „Siz sayyidsiz ulovingizga miningiz“ deb otiga mindirgan. Imomqulixon Balxga kelgach, qabul marosimi tashkil etilgan. Nadr Muhammadxon akasiga turkiy odatlar boʻyicha toʻqqizta sovgʻa bergan. Toʻqqizinchi hadya sifatida sakkiz nafar quldan keyin Nadr Muhammad oʻzi turgan. Tashqi siyosati Usmoniylar imperiyasi bilan diplomatik aloqalari Usmoniylar sultoni Ahmad I va Imomqulixon oʻrtasida Safaviylar davlatiga qarshi kurashish maqsadida 1616–1617-yillarda elchilik aloqalari olib borilgan. Lekin ushbu harakat Usmoniylar sultoni Ahmad I ning vafot etishi bilan toʻxtab qolgan. Usmoniylar sultonligi Eron bilan munosabatlari buzilishini istamagan boʻlsa-da, Murod IV (1623–1640) Bagʻdod va Revonga yurish qilgan. Usmoniylar sultoni Murod IV Imomqulixonga Safaviylar davlatiga qarshi birgalikda kurashish maqsadida maktub yuborgan. Imomqulixonning bu maktubga javob yoʻllagani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchramaydi. Tarixiy manbalarda koʻra, mazkur davrda Imomqulixon va Eron shohi Abbos I oʻrtasida doʻstona munosabatlar oʻrnatilgan. Usmoniylar imperiyasi elchilari 1624–1625-yillarda Buxoroga kelgan. Ushbu elchilikdan asosiy maqsad Safaviylardan Bagʻdod shahrini qaytarib olish boʻlgan. Usmoniylar imperiyasi hukmdori Imomqulixonni moʻgʻul va Safaviylarga qarshi kurashishga daʼvat qilgan. Boburiylar sulolasi bilan tashqi aloqalari Imomqulixon 1614-yilda oʻz elchilarini boburiy hukmdor Jahongir saroyiga yuborgan. Imomqulixon maktubida shayboniy hukmdor Abdullaxon II va boburiy Akbarshoh davrida Buxoro xonligi va Hindiston mamlakati oʻrtasida ittifoq tuzilganini, bu ittifoq natijasida Eronning bir qismi va Iroq, Xurosonning bosib olingani haqida yozgan. „Tarixi Muqimxoniy“ asarida yozilishicha, oradan bir qancha vaqt oʻtgach, Imomqulixon huzuriga Jahongir podshoh Hakim Hoziqni elchi sifatida yuborgan. 1624–1625-yillarda Hakim Hoziq Buxoroga borgan. Ashtarxoniylar va Boburiylar oʻrtasida siyosiy aloqalar toʻxtab qolmagan. Manbalarga koʻra, Buxoroga Hakim Hoziq elchi sifatida kelishidan oldin, Birka boshchiligidagi elchilar tashrif buyurgan. Ular bir necha yil Buxoroda turgan, soʻng Buxoro xoni Hindistonga Abdurahimxoʻja boshchiligidagi elchilarni yuborgan. 1626-yilda Imomqulixon Jahongir huzuriga Abdurahimxoʻja Joʻyboriyni yuborib, Xurosonni qaytarib olish maqsadida yordam berishini soʻragan. Imomqulixon elchisi Abdurahimxoʻja sovgʻa-salomlar bilan birga hukmdorga bir „laʼl“ toshini hadya qilgan. Boburiy hukmdor Jahongir esa Abdurahimxoʻjaga 40 ming rupiya pul va har biri 1000, 1500 va 500 misqol ogʻirlikdagi uchta oltin „kavkabi tole“ sovgʻa qilgan. Hind tarixchisi Banarsi Prasad Saksena yozishicha, Hindistonga elchi sifatida kelgan Abdurahimxoʻjaga Buxoro xonligining Xurosonni Hindiston va Buxoro oʻrtasida boʻlib olish haqidagi taklifni bergan va Jahongirshohning vafoti sababli taklif amalga oshmagan. Tarixiy manbalarga koʻra, Jahongirshohning xotini Nurjahonbegim va Imomqulixonning onasi bir-biri bilan maktublar almashib, turli qimmatbaho sovgʻa-salomlar yuborib turishgan. Romanovlar sulolasi bilan diplomatik aloqalari 1613-yilda Imomqulixon Moskvaga Navroʻzxoʻja boshchiligidagi elchilarni yuborgan. Elchilik karvoni 300 kishidan iborat boʻlib, Samara, Qozon va boshqa mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan. Imomqulixon oʻz yorligʻida Romanovlar sulolasi hukmdoriga elchilik va savdo munosabatlarini davom ettirishni taklif qilgan. Navroʻzxoʻja rus hukmdoridan shunqor, sovut, moʻyna va boshqa mollarni sotib olinishini va rus yerlarida bojsiz savdo qilishga ruxsat soʻragan. Rus hukumati Buxoro xonligidan kelgan savdogarlar uchun erkin savdo qilishga ijozat bergan. 1615-yilda Navroʻzxoʻja boshchiligidagi elchilik Buxoroga qaytgan. 1618-yil 11-avgustda Imomqulixonning Odambiy boshchilidagi elchilari Romanovlar sulolasi hukmdori Mixail Fyodorovich huzuriga Moskvaga borishgan. 1620-yilda ushbu elchilikka javoban Mixail Fyodorovich Ivan Xoxlov boshchiligidagi elchilarni Buxoroga yuborgan. Ivan Xoxlov Buxoro xonligiga kelganda Imomqulixon Samarqandda boʻlgan. Xoxlov Samarqandga borib, xon qabulida boʻlgan. Mazkur elchilik yorligʻida Mixail Fyodorovich Buxoro hukmdorining savdo-sotiq toʻgʻrisidagi taklifini qabul qilingani, Imomqulixonga toʻrtta ovchi qushi sovgʻa qilingani va Buxoroda asirga olingan ruslarni ozod qilib, Rossiyaga yuborishini yozgan. Ivan Xoxlov esdaliklariga koʻra, u Buxoroga borishda juda koʻp qiyinchiliklarni yengib oʻtishiga toʻgʻri kelgan. Yoʻl davomida unga turkmanlar hujum qilgan. Xivada esa Xiva xoni Imomqulixonga olib borayotgan shunqorni tortib olmoqchi boʻlgan. Buxoro xonligida Xoxlov yaxshi kutib olingan, ammo baʼzi amaldorlar xon tomonidan berilgan pullarni maʼlum bir qismini olgan. Aynan shu hodisadan soʻng Rossiya va Buxoro oʻrtasida munosabatlar yomonlashgan. Ushbu vaziyatdan soʻng Mixail Fyodorovich 20 yil, Imomqulixon esa 11 yil bir-biriga elchilar yubormagan. Faqatgina Xovlov bilan boʻlgan munosabatlargina emas, balki ikki davlat oʻrtasidagi ichki va tashqi sharoit ham elchilik aloqalarining uzulishiga olib kelgan. Joʻybor shayxlari bilan munosabatlari Imomqulixon hukmronligi davrida joʻybor shayxlari bilan yaxshi munosabatda boʻlgan va ulardan davlat ishlarini boshqarishda maslahat olib turgan. U joʻyboriy Xoʻja Tojiddindan davlat lavozimlarida kishilarni tayinlashda maslahat olgan. Imomqulixon Xoʻja Tojiddinga oʻz singlisi Poyanda sulton xonimni nikohlab bergan. Xoʻja Tojiddin xonlik maraka va marosimlarida doimo ishtirok etib, davraning toʻridan joy olgan va u koʻproq ushbu davralarda beʼmani gaplarni gapirmaslikni, davlat ishlari haqida gapirishni maʼqul koʻrgan. 1644-yil Imomqulixon vafot etgach, Xoʻja Tojiddin uning fotiha marosimini oʻtkazishni oʻz vazifasi deb bilgan va oʻz zimmasiga olgan. Xoʻja Tojiddin 100 ta qoʻy va 10 ta ot soʻyib, Buxorodagi Volidaxon madrasasida xonlik va shahar nufuzli shaxslari ishtirokida xatmi Qur’on oʻtkazgan. Joʻybor xoʻjalari vakillaridan yana biri Muhammad Yusuf Xoʻja (1593–1651) bilan Imomqulixon oʻrtasida munosabat boʻlgan. Imomqulixon unga koʻplab inʼomlar qilgan. Joʻybor xoʻjalarning biri Abdurahim Xoʻja (1575–1628) bilan Imomqulixon oʻrtasida ixtilof boʻlgan. Natijada Abdurahim Xoʻja hajga ketishga majbur boʻlgan va mol-mulki xon buyrugʻiga koʻra musodara qilingan. Ilm-fanga munosabati Imomqulixon shoirlar, darveshlar, olimlar, oʻz zamonasining ulugʻ kishilari bilan suhbat qilishni xush koʻrgan. Muhammad Yusuf Munshiy maʼlumotlariga koʻra, u soʻfiyona sheʼrlar mashq qilgan. Imomqulixon shayx Mavlono Yusuf Qorabogʻiy bilan suhbat qilishni yaxshi koʻrgan. Mavloniy Yusuf Qorabogʻiy Buxoroga Xurosondan kelib, Mulloi Nav taxallusi bilan mashhur boʻlgan. U Buxoroda Mirzojon Sheroziga shogird tushgan va Imomqulixon davrida tariqatning yirik vakillaridan biri hisoblangan. Imomqulixon davrida Nahliy va Turobiy kabi shoirlar ijod qilgan. Shoir Nahliy (Suhayl) taxallusi bilan tanilgan Hofiz Tanish Buxoriy Imomqulixon topshirigʻi bilan masnaviy doston yozgan. 1642-yilda musavvir Xoja Muhammad Imomqulixon miniatyurasini chizgan. Bunyodkorlik sohasidagi siyosati Imomqulixon davrida mamlakatda koʻplab bunyodkorlik ishlari olib borilgan. „Imomqulinoma“ asarida muallif Imomqulixon Amir Temur davridagi kabi obodonchilik ishlari olib borganligini yozgan. Imomqulixon 1614–1615-yillarda Qashqadaryodan Qarshi choʻliga kanal qazdiradi. Kanal qurilishi natijasida koʻplab qarovsiz yerlar obod qilingan. 1633-yilda Qoʻshqoʻrgʻonda ham uning buyrugʻiga koʻra kanal qazilgan. Imomqulixon davrida Buxoroda 1617-yilda Registon maydonida Poyandabiy masjidi, 1611–1612-yillarda Mavlona Miskin madrasasi, 1620-yilda Nodir devonbegi xonaqohi, 1622–1623-yillarda Nodir devonbegi madrasasi, 1637-yilda Magʻoki Koʻrpa masjidi, Mehtar Orif madrasasi bunyod etilgan. Samarqandda esa 1612–1613-yillarda Qozi Soqi madrasasi, 1619-yilda Sherdor madrasasi, 1637–1638-yillarda Sayyid Ahmadxoja madrasasi, 1641–1642-yillarda Tillakori madrasasi qurilgan. Oilasi Imomqulixon Vali Muhammadning xotini yoki kanizagi boʻlgan Oyxonimni Buxoro xonligi taxtini egallaganidan soʻng, xotiniga aylantirgan va buning uchun maxsus fatvo chiqargan. Oyxonim qozoq sultoni Eshim sultonning qizi boʻlgan. Imomqulixonning Iskandar sulton, Pir Muhammad sulton (Muhammad Ali), Bahrom mirzo ismli oʻgʻillari boʻlgan. Imomqulixon 1612–1613-yillarda Toshkentni egallagach, birinchi oʻgʻli Iskandar sultonni hokim qilib tayinlagan. Ikkinchi oʻgʻli Pir Muhammad sulton esa 1630 yoki 1631-yilda Abulay sulton tomonidan oʻldirilgan. Dilorom Sangirova Imomqulixonning bir qizi boʻlganligi va Abdulazizxonga turmushga chiqqanligi toʻgʻrisida maʼlumot bergan. Taxtdan voz kechishi va haj ziyorati Imomqulixon hukmronligining oxirgi yillarida koʻzi ojiz boʻlib qolgan. Bu davrda Imomqulixonning ojizligidan foydalangan xonlik amaldor va zodagonlari oʻzlaricha mustaqil siyosat yuritgan. Buning natijasida mamlakat zaiflashib borgan. 1642-yil Imomqulixon bunday vaziyatda taxtni ukasi Nadr Muhammadxonga topshirib, haj amallarini bajarish maqsadida Makka va Madina shaharlariga yoʻl olgan. 1642–1643-yillarda haj safari karvoniga Nodir devonbegi boshchilik qilgan va Muhammad Doʻst otaliq hamrohlik qilgan. Safar davomida Imomqulixon Eronning Isfahon va Mashhad shaharlarida boʻlib, Eron shohi qabulida boʻlgan. Imomqulixon Hijozga Isfahon va Mashhad shaharlari orqali borib, haj amallarini ado etgan. Imomqulixon Madinada bir necha yil yashab, Movarounnahrdan hajga borganlar dam olishi uchun chorbogʻ va Makkadagi Kaʼbaga kirish darvozalaridan biriga kumush va oltin tutqichli yogʻoch zina qurdirgan. Vafoti Imomqulixon 1644-yili Arafot togʻida vafot etgan va Madinadagi Baqiya qabristoniga dafn etilgan. Dilorom Sangirova yozishicha, uning janoza marosimiga 600 ming atrofidagi odamlar qatnashgan. Manbalar Adabiyotlar Ilmiy adabiyotlar Maqolalar Oʻzbekiston tarixi Buxoro xonligi Chingiziylar Toʻqay Temuriylar Ashtarxoniylar
20,241
3122
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ubaydullaxon%20II
Ubaydullaxon II
Ubaydulla II (Ubaydullo Muhammad Bahodirxon) — (1681—1711) — ashtarxoniylar sulolasining vakili. Buxoro xoni (1702—1711). Buxoro xoni ashtarxoniy Subhonqulixonning oʻgʻli. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Biroq, Buxoro ulamolari va qoʻshinning madadiga tayangan Ubaydullaxon II 1702-yil sentabrda Buxoro taxtini egallaydi. Balx hokimi Muhammad Muqimxonning otaligʻi hisoblangan Mahmud qatagʻon (Mahmudbiy) Buxoroga boʻysunmaslikdan tashqari Qubodiyon (1703), Termiz (1704)ni ham Balxga qoʻshib olib, Balxni mustaqil deb eʼlon qilgan. Beklarning saroy fitnasi natijasida Muhammad Muqimxon oʻldirilgach (1707-yil mart), Ubaydullaxon II Balx ustiga katta qoʻshin bilan yurish qiladi va shaharni egallaydi (1707-yil 27-may). Ubaydullaxon II murakkab sharoitda Buxoro xonligini boshqargan. Iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan tashqari jungʻorlar (qalmoqlar)ning harbiy bosqinlari Samarqandga hujumi, qalmoqlar xurujidan qochgan qozoqlar va qoraqalpoqlarning Movarounnahr hududi Toshkent va boshqa joylarga koʻchib kelishi vaziyatni yana ham murakkablashtirgan. Ana shunday sharoitda Ubaydullaxon II davlatning iqtisodiy negizini mustahkamlashga qaratilgan choralar koʻrgan. Avvalo, u maʼmuriy sohada islohotlar oʻtkazib, davlatni boshqarishga oʻrta tabaqa: hunarmandlar va savdogarlarni jalb qilgan. Ubaydullaxon II hatto markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun yirik yer egalarining imtiyozlarini qisqartirgan boʻlib, Joʻybor xojalarini soliq toʻlashga majbur qilingan. Biroq Joʻybor shayxlari katta siyosiy kuch boʻlib, Ubaydullaxon II oʻtkazayotgan siyosat uchun xatarli muxolifga aylanishgan. Ubaydullaxon II ning siyosiy faoliyatida pul islohoti ham alohida oʻrin tutadi. U pul islohoti oʻtqazish orqali davlat xazinasini toʻldirishni, bebosh amirlar, beklar va urugʻ boshliqlari bilan kurashda oʻz mavqeini kuchaytirish va ayrim mahalliy hokimlarning ayirmachilik intilishlarini bartaraf qilib, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga intildi. Biroq Ubaydullaxon II ning islohotlari badavlat tabaqalar va ayrim oʻrtahol shaharliklar tomonidan noxush kutib olindi. Ubaydullaxon II ga qarshi gʻalayonlar koʻtarildi. Ubaydullaxon II mamlakatda obodonchilik ishlariga eʼtibor qaratgan. U Madrasa va Buxoroning gʻarbida Xonobod chorbogʻi (1709)ni barpo qilgan. Tarixchi Mir Muhammad Amin Buxoriy uning saroyida bosh munshiy boʻlib, uning siyosiy faoliyati haqida „Ubaydullanoma“ (1716) asarini yozgan. Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“ va Abdurahmon Tolennng „Tarixi Abulfayzxon“ asarlarida ham Ubaydullaxon II faoliyati aks etgan. Ubaydullaxon II saroy fitnasi natijasida Buxoroning Piri Mirza chorbogʻida oʻldirilgan. U Buxoro yaqinida — Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohonda otasi Subhonqulixon qabri yonida dafn etilgan. Tashqi siyosati Ubaydullaxon II qoʻshni mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar olib boradi. U asosan Turkiya, Hindiston, Rossiya mamlakatlarga elchilar yuborgan. Ashtarxoniy hukmdorlar tashqi siyosatda harbiy koʻmak olish, savdo-sotiq qilish maqsadida qoʻshni va xorijiy mamlakatlar bilan elchilik aloqalari olib borishgan. Usmonlilar imperiyasi bilan diplomatik aloqalari Ubaydullaxon II taxtga chiqishi bilan Usmonli sultoniga elchi yuboradi. Ubaydullaxon II Istambulga Xoja Mahmud Aminni yuboradi va sulton Ahmad III (1703—1730) taxtga kelganligi munosabati bilan tabriklaydi. U elchi bilan yuborgan maktubida oʻzi erishgan muvaffaqiyatlar jumladan, Xorazmga yurishlari va qozoq qabilalari ustidan gʻalabasi haqida aytib oʻtadi. Rossiya bilan diplomatik munosabatlar Buxoro xoni Ubaydullo Bahodirxon 1705-yilda Rossiyaning poytaxti Moskvaga Olimbek Qochoqbekni elchi sifatida yuboradi. Elchilik karvonida Ubaydullaxonning 35 ta, elchining 15 ta odami hamda savdogar Mirqurbon Mirgadoyevning o‘zi va unga tegishli 7 ta kishi bo‘lgan. 1705-yil 17-fevral kuni tantanali qabul marosimida elchi tomonidan topshirilgan xon yorlig‘ida yozilishicha, yaqindagina Xivani egallagan Ubaydullaxon II o‘zining rus hukmdori bilan oldindan olib borilgan do‘stlik aloqalarni davom ettirish kabi masalalar bildirilgan. Bu elchilikda birgalikda kelgan savdogar Mirzayev rus podshosiga yaqin hisoblangan knyaz Boris Galitsinga bir noma topshirib, Moskvada buxorodan keltirilgan mollarni sotishga ruxsat soʻraydi va sotib olinadigan mollardan soliq olinmasligini iltimos qiladi. Elchi va savdogarlar talabi bajariladi. Ubaydullaxon II elchilariga minnatdorchilik bildiriladi va buxoroliklarning Rus davlatida erkin savdo qilishlariga ruxsat beriladi. Ubaydullaxon II yuborgan sovgʻalar uchun rus hukmdori Pyotr I minnatdorchilik bildiradi va xonga chervonlar yaʼni oltin pullar hadya etadi. Manbalar Adabiyotlar Ilmiy adabiyotlar F.Sultonov. F. Bozorboyev. O'zbekiston hukmdorlari Madrasa asoschilari
4,853
3130
https://uz.wikipedia.org/wiki/Amir%20Umar
Amir Umar
Amir Umarxon (Umar, Sayyid Mir Umar, Mir Umar, Amir Umar) (1810-yil 19-dekabr, Buxoro — 1829-yil, Qoʻqon, Qoʻqon xonligi) — Buxoro amirligi hukmdori (1826—1827). Mangʻitlar oʻzbek sulolasining 6-hukmdori va ushbu sulolaning 4-amiri. Buxoro amirligi Karmana viloyatida hokim vazifalasini bajargan. Uning hukmronlik davri hozirgi tadqiqotchilar tomonidan yetarlicha oʻrganilmagan. Kelib chiqishi Sayyid Mir Umar Amir Haydar xonadonida 1810-yil 19-dekabr Buxoro shahrida tugʻilgan. U oilada 3-oʻgʻil farzand edi. Bu davrda uning otasi Buxoro amirligi hukmdori boʻlgan. Sayyid Mir Umarning ota tomonidan shajarasi quyidagicha edi: Amir Umar — Amir Haydar — Amir Muhammad Shohmurod — Muhammad Doniyolbiy otaliq — Xudoyorbiy otaliq — Xudoyqulibiy — Keldiyorbiy — Chovushboy. Uning bobokaloni Chovushboy oʻz davrida oʻzbek qavmlari orasida mangʻit urugʻining juda boy-badavlat kishisi boʻlgan. Uning ota buvisi Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining vakili va Buxoro xonligi hukmdori Abulfayzxonning (1711—1747) qizi Yulduz begim (Shamsiyabonu yoki Bonu Shams deb ham nomlangan) edi. Uning ona tomonidan nasabi 2 tarmoq boʻylab Chingizxonga va boshqa 2 tarmoq boʻylab Muhammad paygʻambarning avlodlari sayyidlarga yetadi. Yoshlik yillari va Buxoro amirligida hukmronligi Sayyid Mir Umar otasi Amir Haydar (1800—1826) va akasi Amir Husayn (1826) ning hukmronlik davrida Karmana viloyati hokimi boʻlgan. Sayyid Mir Umar oʻz akalari Amir Husayn va Nasrullohdan farqli ravishda yoshligida oʻzining na jismoniy, na aqliy salohiyati bilan ajralib turgan. Buxoro amirligi hukmdori boʻlgan Amir Husayn xastalanib qolgach, 1826-yilning kech kuzida Sayyid Mir Umarndan zudlik bilan Karmanadan poytaxt Buxoroga yetib kelishini buyurgan va uni oʻz oʻrniga amir qilib koʻtarilishini vasiyat qilib, jon bergan. Amir Husayn vafot etgach, baʼzi saroy aʼyonlari va qoʻshin sarkardalarining yordami bilan Sayyid Mir Umar 1826-yil 23-dekabrda Buxoro amirligi taxtiga oʻtirgan. Amir Umar Mangʻitlar oʻzbek sulolasining 6-hukmdori va ushbu sulolaning 4-amiri sifatida atigi 4 oyga yaqin hukmronlik qilgan. Bu paytda Amir Umar endigina 17 yoshga kirgan oʻspirin yigitcha edi. Amir Umarxon xalq orasida unchalik obroʻga ega boʻlmay, amirlik qilgan davrida ham asosan aysh-ishrat va maishatga berilgan edi. Bu paytda Buxoro amirligida davlat boshqaruvi oʻz manfaatini oʻylaydigan Togʻay qozoq va Ismatullohbiy qalmoq kabi saroy akobirlari izmida, yaʼni ularning inon-ixtiyorida boʻlgan. Bu holdan tashvishga tushgan saroy aʼyonlari va amaldorlarining koʻpchiligi Amir Umarxonning akasi va Qarshi viloyati hokimi Nasrullohga yuborganlar. Bu paytda Nasrulloh dastlab Samarqandni bitta ham oʻq otmasdan ishgʻol qilgach, mashhur Koʻktosh taxtiga oʻtirib, oʻzining tarafdorlari tomonidan amir deb eʼlon qilingan. Samarqand ahli Nasrullohni chuqur ehtirom bilan kutib olgan. Temuriylar davridan qolgan anʼanaga binoan, Movarounnahr hukmdorlari toj-taxtni egallagach, Samarqandga kelib, Koʻktosh taxtiga oʻtirishgan va oʻz hukmronliklariga siyosiy tus berishgan. Nasrulloh Samarqanddan keyin Buxoroga yuzlanib, ikki markaziy orasidagi bun hududni: Miyonqol vohasi, Kattaqoʻrgʻon va Karmana viloyatlarini egallagan. Zarafshon vohasi aholisining madadiga tayangan va oʻz gʻalabalaridan masrur Nasrulloh Buxoro ustiga yurish qilgan. Nasrulloh Samarqanddan Buxoroga qoʻshin tortib kelganida Amir Umarxon ham oʻz lashkari bilan chiqqan. Har ikki qoʻshin Karmana viloyatida oʻzaro yuza-yuz boʻlgan. Biroq, jang arafasida Amir Umarxonning qoʻshini parokandalikka uchrab, tarqalib ketgan. Amir Umar va Nasrullohning ukalari Zobirxon, Hamzaxon va Safarxonlar Amir Umarxondan yuz oʻgirib, akalari Nasrullohga qoʻshilganlar. Nasrulloh ularning qadamlarini muborak bilib, har birini shafqat va marhamat bilan kutib olgan. Soʻngra u 50 kunlik (yoki 70 kunlik) qamaldan soʻng Hakimbiy qoʻshbegi, Rajabbek parvonachi va Ayozbiy toʻpchiboshilarning shahar ichidan turib qilgan tadbirlari natijasida poytaxt Buxoroni jangsiz egallagan va 1827-yil aprel oyining boshlarida (boshqa manbalarga koʻra 18-martda yoki 22-martda) Mangʻitlar oʻzbek sulolasining 7-hukmdori va ushbu sulolaning 5-amiri sifatida Buxoro amirligi taxtiga koʻtarilgan. Buxorodan badargʻa qilinishi Nasrulloh Buxoroga kirib kelgach Umarxon poytaxtda yashovchi kuyovining (singlisining eri) Said Ahmad Xoʻja ismli kishining hovlisiga yashiringan. Buxorolik mashhur ulamo Mavlaviy Sharifxoja (Qozi Muhammad Sharif ibn Abdulloh Xoja) Umarxonning xunini yangi hukmdor Amir Nasrullohdan soʻrab oladi. Amir Nasrulloh ukasi Umarxonni Buxorodan badargʻa qildirgan. Umarxon dastlab Hirotdan Komronshoh ibn Mahmudshoh huzurida birmuncha muddat yashagan. U Mashhad va Balx tomonlarga ham oʻtgan. Soʻngra Qoʻqonga kelib, bu shaharda istiqomat qilgan. Qoʻqon xonligi hukmdori Muhammad Alixon (1822—1841) unga oʻz singlisini nikohlab bergan. Umarxonning keyingi hayoti qanday kechganligi va bevaqt oʻlimi toʻgʻrisida turli manbalarda bir-biriga zid maʼlumotlar mavjud. Oʻlimi Umarxon 1829-yilda Qoʻqonda vabo kasalligi natijasida 19 yoshida vafot etgan. Uning xoki Qoʻqondan Buxoroga keltirilib, Bahouddin Naqshband ziyoratgohida, bobosi Muhammad Doniyolbiy qabri oldida dafn etilgan. Ushbu versiyaning tarixiy haqiqatga yaqinligi hozirgi mahalliy tarixchilar tomonidan eʼtirof etiladi. Biroq baʼzi tarixchilar Umarxon oʻz akasi Amir Nasrulloh tomonidan oʻldirilgan degan fikrni ham aytishgan. Umarxon yashab oʻtgan davrdan chamasi 100 yilcha keyin yozilgan ushbu versiya hozirgi mahalliy tarixchilar tomonidan notoʻgʻri va tarixiy haqiqatga mos emas deya baholangan. Shaxsga nisbatan munosabat Amir Umarxon hukmronligi davriga oid tarixiy manbalarning birida uning shaxsiyati quyidagicha baholangan: Adabiyotlar Abdulazim Sami. «Tarikh-i salatin-i mangitiya» dar as-saltana-i Bukharai sharif. / Perevod L. M. Yepifanovoy. — M., 1962. * Akhmad Donish. Istoriya mangitskoy dinastii. / Perevod I. A. Nadzhafovoy. — Dush., 1967. Voronovskiy D. G. «Gulʻshen-alʻ-mulʻk» Mukhammad Yakuba Bukhari. / Dissertatsiya na soiskaniye uchenoy stepeni kandidata istoricheskikh nauk. — Tash., 1947. O nekotorykh sobytiyakh v Bukhare, Khokande i Kashgare. Zapiski Mirzy Shemsa Bukhari, izdannyy v tekste, s perevodom i primechaniyami V. V. Grigor'yevym. — Kaz., 1861. Manbalar Oʻzbekiston tarixi Buxoro amirligi hukmdorlari Osiyodagi 19-asr hukmdorlari
6,359
3131
https://uz.wikipedia.org/wiki/Amir%20Nasrulloh
Amir Nasrulloh
Nasrulloh (Nasrulla, Nasrullaxon, Amir Nasrulloh, Amir Sayyid Nasrulloh, Amir Sayyid Nasrulloh Bahodirxon) (1806-yil 1-iyun, Buxoro, Buxoro amirligi — 1860-yil 21-sentyabr, Buxoro, Buxoro amirligi) — Buxoro amirligi hukmdori (1827—1860). Davlat arbobi va sarkarda. Mangʻitlar oʻzbek sulolasining 7-hukmdori va ushbu sulolaning 5-amiri. Qarshi viloyatining hokimi boʻlgan (1821—1827). Buxoro amirligining eng kuchli amirlaridan biri boʻlgan. Aynan ushbu hukmdor farmoni bilan Maknuna taxallusi bilan ijod qilgan Nodirabegim (Nodira) va amir oilasiga taalluqli boshqa shaxslar (1842-yil) qatl etilgan. Kelib chiqishi Nasrulloh Amir Haydar xonadonida 1806-yil 1-iyunda Buxoro shahrida tugʻilgan. U oilada 2-oʻgʻil farzand edi. Bu davrda uning otasi Buxoro amirligi hukmdori boʻlgan. Nasrullohning ota tomonidan shajarasi quyidagicha edi: Amir Nasrulloh — Amir Haydar — Amir Muhammad Shohmurod — Muhammad Doniyolbiy otaliq — Xudoyorbiy otaliq — Xudoyqulibiy — Keldiyorbiy — Chovushboy — Bekberdibiy — Xo'jamberdibiy — Davlat Mirza — Jonibiy — Musobiy — Abduqutluqbiy — No'monbiy. Uning bobokaloni Chovushboy oʻz davrida oʻzbek qavmlari orasida mangʻit urugʻining juda boy-badavlat kishisi boʻlgan, shajara boshidagi bobosi No'monbiy esa Dashti Qipchoq O'zbeklari mang'itlar urug'ining sardori bo'lgan. Uning ota buvisi Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining vakili va Buxoro xonligi hukmdori Abulfayzxonning (1711—1747) qizi Yulduz begim (Shamsiyabonu) edi. Uning ota buvisi tomonidan nasabi 2 tarmoq boʻylab Chingizxonga va boshqa 2 tarmoq boʻylab Muhammad paygʻambarning avlodlari sayyidlarga yetadi. Yoshlik yillari. Siyosiy va harbiy faoliyatining boshlanishi Amir Haydar hukmronligi davrida Amir Haydar (1800—1826) oʻgʻli Nasrullohni 15 yoshligidan davlat boshqaruvida jalb qilgan. U 1821-yildan otasi hamda birodarlari Amir Husayn (1826) va Amir Umarlar (1826—1827) hukmronligi davrida Qarshi viloyatida hokimlik qilgan. Amir Nasrulloh nihoyatda qatʼiyatli shaxs boʻlganligi bois, otasi uni barcha urushlarga oʻzi bilan olib borgan. Baʼzi hollarda uning oʻzini yuborgan. U yoshligidanoq otasining sirlari mahrami boʻlgan. Amir Haydar boshqa oʻgʻillariga nisbatan hamisha uni oʻziga yaqin tutgan ekan. Nasrullohning maʼnaviy kamolotga erishuvida Buxoroda alohida nufuzga ega boʻlgan mashhur shayx Muhammad Husayn al-Aʼlaviy al–Buxoriy katta rol oʻynagan. Amir Nasrulloh oʻzining piri hisoblagan bu shayxni keyinchalik Romitan tumanidagi Qori Kamol qishlogʻidan Buxoro shahriga koʻchishi uchun roziligini olib, unga Shayx Habibulloh xonaqosidan maxsus hujra ajratib bergan va nafaqa tayinlagan. Buxoro amirligi hukmdori Amir Haydar 1826-yil 6-oktyabrda 48 yoshida Buxoro shahrida toʻsatdan vafot etgach, sulola vakillari oʻrtasida hokimiyat uchun keskin kurash boshlanadi. Amir Haydar Qarshi viloyati hokimi boʻlgan oʻgʻli Nasrulloh huzurida boʻlib, Buxoroga qaytayotganda bedavo bir dardga chalingan va poytaxtga yetib kelgach, olamdan oʻtgan edi. Marhum amirdan 7 oʻgʻil va 8 qizning qolganligi vaziyatni yanada murakkablashtirgandi. Buxorodagi saroy aʼyonlari va akobirlar, urugʻ boshliqlari va harbiy sarkardalarning mangʻit shahzodalarning muayyan bittasiga tarafkashlik qilishi, shahzodalarni bir-biriga qarshi gij-gijlashi va qayrab solishi bu kurashni yana ham avj oldirgan va keskinlashtirgan edi. Amir Haydar betob boʻlib toʻshakda yotganida saroy ahlini huzuriga chaqirib, bir maʼlumotga koʻra eng katta oʻgʻli Husayn toʻrani, boshqasiga koʻra — 2-oʻgʻli Nasrullohni oʻzining valiahdi deb eʼlon qilgan. Miyonqol qoʻzgʻoloni Amir Husayn hukmronligi davrida Amir Haydar vafot etgandan soʻng dastlab Buxoro amirligi taxtiga toʻngʻich farzand va valiahd sifatida, vasiyatga binoan yoki oʻzining tarafdorlari koʻmagida, Husayn toʻra koʻtarilgan va u Amir Husayn nomi bilan 78 kun amirlik qilgan. Uning amirlik davri 1826-yil 9-oktyabrdan (10-oktyabrdan) oʻsha yilning 22-dekabrigacha (20-dekabrigacha) davom etgan. Amir Husaynning qoʻli ochiq, sahovatpesha boʻlgani saroydagi ayrim nufuzli amaldorlarga yoqmagan. Avvallari uning shu fazilatini deb otasi oʻrtasida kelishmovchiliklar yuz berib turgan. Amaldorlar boshidan Amir Husaynni taxtga koʻtarilishini xohlashmagan. Xususan, Amir Haydar davridan buyon Buxoro qoʻshbegisi lavozimini egallab turgan Hakimbiy qoʻshbegi oʻsha paytda Qarshi viloyatida hokimlik qilayotgan Nasrullohga maxfiy tarzda odam yuborib, amirlik taxtiga eng loyiq odam u ekanligini shahzodaga bildirgan va taxtni egallashga daʼvat qilgan. Nasrulloh Qarshidan Buxoroga qarab katta qoʻshin bilan yoʻlga chiqqan. Biroq, keyin Nasrulloh akasi Amir Husaynga muqovamat qilmay, siyosiy vaziyat oʻzgarishini poylab turishni oʻziga maʼʼqul deb topgan. Amir Husayn toʻsatdan xastalanib qolgach, 1826-yilning kech kuzida Karmana viloyatida hokimlik qilayotgan ukasi Umarni oʻz oʻrniga amir etib koʻtarilishini vasiyat qilib jon bergan. Bu orada amirlikda hokimiyat uchun kurash yana avjiga jiqqan. Amir Umar hukmronligi davrida Amir Husayn vafotidan soʻng, vasiyatga koʻra va baʼzi saroy aʼyonlari, qoʻshin sarkardalarining yordami bilan 17 yoshli Umar 1826-yil 23-dekabrda Buxoro amirligi taxtiga koʻtarilgan. Nasrulloh akasining vafotini eshitib Qarshidan Buxoro tomobga yoʻlga chiqqan va Qorovul qishlogʻiga yetganida ukasi Umarning taxtni egallagani haqida xabar kelgan. U poytaxt Buxoroga borish-bormasligini bilolmay taraddudlanib qolgan va iziga qaytib ketgan. Nasrulloh anʼanaga muvofiq amirlik taxti oʻziga tegishli deb bilgan Amir Umar atigi 4 oyga yaqin hukmronlik qilgan. U xalq oʻrtasida unchalik obroʻga ega boʻlmay, hukmronligi davrida aysh-ishrat va maishatga berilgan edi. Bu paytda Buxoro amirligida davlat boshqaruvini oʻz manfaatlarini oʻylaydigan Togʻay qozoq va Ismatullohbiy qalmoq kabi saroy akobirlari oʻz tizginiga olishgan. Bu holdan tashvishga tushgan saroy aʼyonlari va amaldorlarining koʻpchiligi Amir Umarxonning akasi va Qarshi viloyati hokimi Nasrullohga maktub yuborib, uning Buxoro amirligi taxtini egallashiga takroran daʼvat etishgan. Nasrulloh barcha imkoniyatlarini ishga solib hokimiyat uchun kurashni boshlab yuborgan. U Qarshidan Buxoroga kelgan. Lekin ukasi Amir Umar Buxoro darvozalarini akasi uchun berkitib qoʻygan. Nasrulloh Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga qaytib, Samarqand tomonga yuzlangan. Samarqand ahli Nasrullohni yaxshi kutib olgan. Temuriylar davridan qolgan anʼanaga asosan, Nasrulloh mashhur Koʻktosh taxtiga amir etib koʻtarilgan. Soʻngra, Zarafshon vohasi (Samarqand, Miyonqol, Kattaqoʻrgʻon va Karmana viloyatlari) aholisining madadiga tayanib poytaxt Buxoro ustiga harbiy yurish qilishga kirishgan. Nasrulloh Samarqanddan Buxoroga qoʻshin tortib kelib, Amir Umarxon ham oʻz lashkari bilan unga qarshi chiqqanida, Karmana viloyatida har ikki qoʻshin oʻzaro yuzma-yuz boʻlgan. Biroq jang arafasida Amir Umarxonning qoʻshini parokandalikka uchrab, tarqalib ketgan. Ikki shahzodaning kichik ukalari Zobir, Hamza va Safarlar akalari Amir Umarxondan yuz oʻgirib, katta akalari Nasrulloh tomoniga oʻtishgan. Nasrulloh ularni shafqat va marhamat bilan qaʼbul qilgan. Nasrulloh 50 kunlik (70 kunlik; 1,5 oylik) qamaldan soʻng Hakimbiy qoʻshbegi, Rajabbek parvonachi va Ayozbiy toʻpchiboshilarning shahar ichidan turib qilgan tadbirlari natijasida poytaxt Buxoroni jangsiz qoʻlga kiritgan. Amir Umarxondan taxtni tortib olgan. Amir Haydar vafotidan ushbu davrgacha (1826—1827) boʻlib oʻtgan voqealar, baʼzi bir mahalliy tarixchi olimlarga, saroy aʼyonlari Nasrullohni taxtga yaqinlashtirmaslikka intilishgandek tuyulgan. Buxoro amirligi hukmdori Nasrulloh Amir Haydar vafotidan keyin 6 oy oʻtgandan soʻng, hokimiyat uchun kechgan keskin kurashlarda akasi amir Amir Husayn (1826) va ukasi Amir Umarlardan (1826—1827) soʻng, 1827-yil aprel oyining boshlarida (18-martda; 24-martda) 21 yoshida Buxoro amirligi taxtiga amir etib koʻtarilgan. Uning hukmronligi davri yetarlicha ilmiy tadqiq etilmagan. Amir Nasrulloh oʻz hukmronligi davrida islom shariati koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilgan. Jasur va dovyurak kishi boʻlganligi bois unga „bahodir“, „botir“ unvonlari berilgan. Vaqt oʻtishi bilan, Amir Nasrullohning siyosat yuritishda maslahatchilari tobora kamayib borgan va hukmronligining soʻnggi davrlarida yolgʻizlanib qolgan. Ichki siyosati 1839—1840-yillardan boshlab Amir Nasrulloh oʻz ichki siyosatida qattiqqoʻllik bilan davlatda tartib oʻrnatishga intilgan. Uning keskin siyosatiga qarshi chiqqan mansabdorlarni esa ayovsiz jazolagan. Hukmdor sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlariga zarba bergan. Amir Nasrulloh markazlashtirish siyosatini olib borgan: markaziy hokimiyatga boʻysunishni istamagan Shahrisabz va Kitob beklarining qarshiligini sindirib, separatistik (ajralish va taslimchilik) kayfiyatlariga barham bergan. Amir butun Movarounnahr va Xorazmni yagona davlat ostiga birlashtirishga intilgan. U bu rejasini toʻliq amalga oshira olmagan boʻlsa ham, qisqa muddat davomida butun Movarounnahrni yagona davlat sifatida boshqargan. Qoʻqon xonligi hududining Buxoro amirligi tarkibiga qoʻshib olinishi mintaqadagi ikki oʻzbek davlatchiligini oʻzaro birlashtirish edi. Amir Nasrulloh oʻzining faol siyosatida qator yutuqlarga erishib, Buxoro davlatining yaxlit qismi hisoblangan Balx, Marv (1843) va boshqa viloyatlar hududlarini amirlik ixtiyoriga yana qaytargan. Biroq bu hududlar keyinchalik turli sabablar natijasida Buxoro amirligi tarkibidan chiqib ketgan. Shu bilan birga Amir Nasrulloh oʻz faoliyatida bir qator jiddiy siyosiy xatolarga ham yoʻl qoʻygan. Buning ustiga Amir Nasrulloh amri bilan Nodirabegimning oʻldirilishi uning obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Amir Nasrulloh tomonidan Buxoro amirligida oʻtkazilgan turli islohotlar natijasida davlatning iqtisodiy va harbiy qudrati mustahkamlana borgan. Maʼmuriy va siyosiy sohalardagi islohotlari Amir Nasrullohning maʼmuriy va siyosiy sohadagi islohotlari oqibatida davlat boshqaruviga xalqning turli tabaqalari orasidan chiqqan kishilar kelib qoʻshilgan. Amir Nasrulloh oʻzining 33,5 (34, 35) yillik Buxoro amirligidagi hukmronligi davrida davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urugʻ va qavm boshliqlari boʻlgan koʻplab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va gʻayratli kishilar bilan almashtirgan. U koʻproq tojiklar va ajnabiylarni eng muhim lavozimlar va mansablarga tayinlagan. Oʻz manfaatini davlat va xalq manfaatidan ustun qoʻygan saroy amaldorlari va akobirlarni egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirgan, ularga nisbatan qatʼiy jazo choralarini koʻrgan. Nasrulloh davrida uning taxtga oʻtirishiga koʻmaklashgan Muhammad Hakimbiy qoʻshbegining taʼsir doirasi oʻsib boradi. 1831—1833-yillarda Buxoroga sayohat qilgan A.Byorns qoʻshbegining ikki birodari ikki katta viloyatga, 13 oʻgʻli turli viloyat va tumanlarga hokim boʻlgani, oʻgʻillaridan biri kelajakda oʻz oʻrniga ega chiqishi, qoʻshbegi lavozimini egallashini yozib qoldirgan. Buxoroga kelgan H.Vamberi (Buyuk Britaniya imperiyasi josusi) ham Hakimbiyning katta miqdordagi mol-mulkida minglab qullar xizmat qilganini yozib qoldrgan. Keyinchalik amir Nasrullohxon buyrugʻiga koʻra Hakimbiy qoʻshbegi shariat sudi (qozixona) ga topshiriladi. U davlat gʻaznasini oʻzlashtirganlik va xalqqa jabr-zulm qilganlikda ayblanib, lavozimidan ozod qilinadi. Avval Qarshi, soʻng Nurotaga surgun qilinadi. 1840-yilda qatl ettiriladi. Lekin Nasrullohxon uning oila aʼzolarini jazolamagan. Uning davlat miqyosidagi eng muhim lavozimlarga turkiy oʻzbek qavmlaridan tashqari ajnabiylarni tayinlashi, davlat boshqaruvida eroniy qullar boʻlgan shialarning taʼsiri oshishi, Mangʻitlar oʻzbek sulolasining forslashish jarayoni, oʻzbek tilining mavqei pasayishi va boshqalar Amir Nasrulloh yoʻl qoʻygan jiddiy xatolardan hisoblanadi. Amir Nasrulloh davlatdagi otaliq lavozimini bekor qilib, qoʻshbegi lavozimini egallagan shaxsga mamlakatning bosh vaziri ixtiyoridagi vakolatlarni topshirgan. Amir Nasrulloh davridan boshlab qoʻshbegi Buxoro amirligida amirdan keyin ikkinchi shaxs hisoblangan. Harbiy sohadagi islohotlari Amir Nasrulloh maʼmuriy va siyosiy sohalarda islohotlar oʻtkazishdan tashqari, harbiy islohotlarga ham eʼtibor qaratgan. Harbiy sohada islohotlar oʻtkazilishidan oldin, yaʼni 1830—1832-yillarda poytaxt Buxoroda 20 ming kishilik otliq qoʻshin, 400 kishilik piyoda qoʻshin boʻlib, ularning ixtiyorida 41 ta artilleriya toʻpi boʻlgan. Biroq, bundan tashqari, bu paytda davlatning turli hududlarida 50 ming kishilik otliq qoʻshin (ulardan 10 ming kishi Balxda va Amudaryodan janubdagi hududlarda) ham mavjud edi. Manbalarda keltirilishicha bu qoʻshin eljari (hozirgi militsiya) shaklidagi qoʻshin turi boʻlib, davlat ichidagi ichki xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qilgan edi. 1837-yili Amir Nasrulloh oʻtkazgan harbiy islohotlar natijasida Buxoro amirligi qoʻshinining jangovar holati yaxshilangan. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar boʻluklari va 250 kishilik toʻpchilar guruhi tashkil qilingan. Xorijdan harbiy mutaxassislar jalb qilinib, ulardan zamonaviy qurol-yarogʻlar tayyorlash va foydalanish sirlari oʻrganilgan. 1834-yilda Erondan kelgan Abdusamad Tabriziy yevropacha usuldagi nizomiy askarlarga tartib bergan va 1837-yilda maxsus toʻpchilar qoʻshinini tuzgan. Buxoroda toʻp va zambaraklar quyish uchun maxsus toʻpxona qurilgan. 200 kishidan iborat ingliz rusumidagi maxsus askariy guruh tuzilib, unga eroniy qullar kiritilgan. Ushbu guruh Amir Nasrullohning oʻziga xos maxsus gvardiya otryadi boʻlib, unga Abdusamad Tabriziy boshchilik qilgan. Shuningdek, xorijdan yana Shohruhxon va Ibrohimxon toʻpchiboshi va boshqa harbiy mutaxassislar olib kelingan. Buxoro amirligining harbiy qoʻshinida qizil kurtka, oq shalvar va qalpoqdan iborat maxsus harbiy kiyim joriy etilgan. Muntazam piyoda qoʻshinining soni 40 ming (yoki 2,5 ming) sarbozdan iborat (yoki ortiq) boʻlgan. Keyinchalik sarbozlarning har biri nayzali miltiq, qilich va toʻpponcha bilan qurollantirilgan. Amir sarbozlariga eron, turk zobitlaridan tashqari ayrim rus ofitserlari ham taʼlim berishgan. Amir Nasrulloh 1837-yil Markaziy Osiyoda oʻqotar qurol bilan qurollangan va kazarmalarda joylashgan ilk muntazam qoʻshinni — Sarbozlar batalonini tuzgan. Nasrulloh davrida qoʻshin tuzilishi quyidagi koʻrinishda boʻlgan: Harbiy asirlardan iborat 80 kishilik guruh, 700 kishilik harbiy boʻlinma, ular 7 dastaga boʻlinib boshida ellik boshi, bu guruh ham oʻnliklarga boʻlinib, dahboshi boshqargan va yuzboshiga yordamchi harbiy mansabdor hisoblangan. Nasrullohdan oldin ham amirlikda toʻplar mavjud boʻlgan. Nasrulloh esa ularni alohida guruh qilib, Buxoroning Oʻgʻlon va Talipoch darvozalari oldida toʻpchi kazarmalarini barpo etadi. Oʻsha paytda bu hududlar „Sarbozxona“ nomi bilan mashhur boʻlgan. Sarbozxonada harbiylarning 800 uydan iborat muntazam yashash manzili joylashgan edi. Amir Nasrulloh tashkil etgan toʻpchilar tarkibida 14 nogʻarachi, 14 naychilardan iborat musiqachilar guruhi mavjud boʻlib. har bir yuzlikda ikkita turk naʼmunasidagi barabanchi, 4 ta surnaychi, 6 ta trubachi faoliyat koʻrsatgan. Bundan tashqari, rus harbiy asirlaridan tatar Ismoil va rus Trofim murabbiyligida piyoda sarbozlardan tashkil etilgan harbiy musiqachilar guruhi bolobomchilar ham boʻlgan. Ayniqsa, Amir Nasrullohning harbiy sohadagi islohotlarining natijasi keyinchalik Rossiya imperiyasining tajovuzi va hujumiga qarshi kurashda Buxoro amirligining uchta oʻzbek davlati oʻrtasida nisbatan eng keskin va qattiq qarshilik koʻrsatishiga olib kelgan. Rossiya imperiyasi bosqiniga qarshi kurashda Buxoro amirligi magʻlubiyatga uchragan boʻlsa ham, mamlakat hududlarining muayyan qismi saqlab qolingan. Sharisabzni amirlik tasarrufiga qaytarilishi Amir Nasrulloh Buxorodagi markaziy hokimiyatga boʻysunishni istamagan va unga qarshi separatistik kayfiyatda boʻlgan kenagaslar tasarrufidagi Shahrisabz va Kitob bekliklariga qarshi qatʼiyat bilan koʻp yillar davomida murosasiz kurash olib borgan. Ularga qarshi koʻp bora yurishlar qilgan. Shahrisabz viloyati Buxoro xonligi hukmdori Ubaydullaxon II zamonidan eʼtiboran mustaqillik daʼvosini qilib kelgan, Amir Shohmurod va Amir Haydar davrida esa bunga deyarli erishgan edi. Amir Nasrullohning otasi Amir Haydar hukmronligining dastlabki yillarida Qoʻqon xonligi bilan boʻlgan urushda koʻrsatgan yordami uchun Shahrisabz viloyatining mahalliy hokimi Doniyor valloma Niyozali oʻgʻliga (Doniyol otaliqqa) viloyatni mulk sifatida taqdim etgan. Natijada, Shahrisabz vohasi 1856-yilga qadar yarim mustaqil boshqaruvni oʻz qoʻlida saqlab qolgan edi. Amir Nasrulloh Buxoro amirligi taxtiga chiqqan davrda Shahrisabz Doniyol otaliq boshchiligidagi anchagina kuchli, nafaqat oʻzini himoya qilishga qodir, balki amirlikdagi siyosiy hayotga sezilarli taʼsir koʻrsata oladigan oʻlkaga aylangan edi. Amir Nasrulloh taxtga chiqqanining ikkinchi yilida Shahrisabz va Kitob viloyatlari ustiga katta qoʻshin bilan harbiy yurish qilgan Amir Nasrullohga qarshi Doniyor vallamiy uzoq yillar kurash olib boradi. Janglarda yetgan jarohat uning navqiron yoshida vafot etishiga sabab boʻladi. 1836-yilda Doniyol otaliq vafotidan soʻng uning vasiyatiga koʻra Shahrisabzga katta oʻgʻli Xoʻjaqulbiy, Kitobga esa kichik oʻgʻli Bobobek dodxoh hokim qilib taʼyinlanadilar. Koʻp oʻtmasdan aka-ukalar oʻrtasida Shahrisabzda oʻz taʼsirini kuchaytirish uchun kurash boshlanadi. 1846-yilda Shahrisabzga 10 yil hokimlik qilgach, Xoʻjaqulbiy vafot etadi. Uning vafotidan keyin Shahrisabzga oʻgʻli Ashirqulibiy, Kitobga esa Doniyol otaliqning oʻgʻli Iskandarbiy hokim boʻlib qolishadi. Tez orada Iskandarbiy Shahrisabzni Ashirqulibiy qoʻlidan tortib oladi. Istandarbiy oʻz otasi singari Buxoro amirligiga boʻysunmaslik siyosatini olib boradi. Uning bu siyosatini separatistik kayfiyatga moyil ayrim hokimlar va saroy amaldorlari qoʻllab-quvvatlaydi. Sababi Buxoro amirligining kuchsizlanishi ularning ayni muddaosi edi. Buning ustiga, Shahrisabz va Kitobdagi markaziy hokimiyatga boʻysunmaslik mayllari amirlikning Hisor va Balx viloyatlariga ham tarqalib ulgurgan edi. Xullas, Shahrisabz viloyati amirlik hududidagi muxolifat markaziga aylanib, viloyat hokimi Iskandar vallamiyning separatistik kayfiyati Buxoro davlatini birlashtirish va markazlashtirish uchun izchil siyosat yuritayotgan Amir Nasrullohning niyatlariga toʻgʻanoq boʻlgan. Amir Nasrullohning kenagaslarga qarshi olib borgan siyosati natijasida shu uruqqa mansub boʻlgan aholining bir qismi boshqa joylarga koʻchishga majbur boʻlgan. Iskandar vallamiyning separatistik harakatlarini hatto qoʻshni Qoʻqon xonligi faol qoʻllab-quvvatlab turgan. Qoʻqon xonligi hukmdorlari Buxoro amirligi kuchsizlanib, u mustaqil bir nechta mulklarga boʻlinib ketishi tarafdori boʻlishgan. Iskandar vallamiy hokimlik qilgan yillar ham Amir Nasrullohning Shahrisabz ustiga koʻplab yurishlari davom etishi bilan xarakterlanadi. Amir Nasrulloh 20 yil mobaynida Shahrisabz ustiga 32 marta harbiy yurish qilib, nihoyat, 1856-yili Shahrisabzni uzil-kesil egallagan. Baʼzi bir manbalarda, Amir Nasrulloh Shahrisabzni egallashda oʻzining piri Shayx Muhammad Husayn Alaviy Buxoriyning ruhi madadiga tayangan deyiladi. Shahrisabzga qilingan harbiy yurishlar ichida 1827, 1844, 1856-yullardagi yurishlar alohida ajralib turadi. Bu yurishlar natijasida Shahrisabz 1856-yili uzil-kesil Buxoroga qayta boʻysundirilgan. Buxoro amirligini Mangʻitlar oʻzbek sulolasi rasmiy ravishda boshqarishga kirishgandan soʻng roppa-rosa 100 yil oʻtgach, Shahrisabz vohasi amirlik hududining ajralmas qismi boʻlib qolgan. Shahrisabz markaziy hokimiyatga boʻysungach, u sulh ramzi sifatida va Shahrisabz kenagaslari oʻrtasida katta nufuzga ega vallamiylar bilan qarindoshlik aloqalarini oʻrnatib, ushbu qarindoshlik rishtalarini Shahrisabzni oʻz davlatining ajralmas qismi sifatida ushlab turish maqsadida mahalliy hokim Iskandar Vallomaning (valineʼmatning) Yoqubbiyga turmushga chiqqan singlisi Kenagas oyimga uylangan. Biroq Amir Nasrullohning bu tavakkalchiligi keyinchalik oʻziga qimmatga tushgan. Pirovardida u oʻzining yangi qarindoshlari fitnasi natijasida halok boʻlgan. Amir Nasrulloh endi qaynogʻasi boʻlmish Iskandar vallamiynni butun oilasi aʼzolari va yaqinlari bilan birga Buxoroga joʻnatgan. Iskandar vallamiynga Buxoro shahrida kattakon hovli va ikki bogʻ tortiq qilgan hamda uni Qorakoʻl tumaniga hokim qilib tayinlagan. Yoqubbiyni esa Chorjoʻy viloyatiga badargʻa qildirgan. Amir Nasulloh Shahrisabz vohasini qoʻlga kiritgandan soʻng Shahrisabzga Abduholiqbek (keyinchalik Olloyorbek), Kitobga Olloyorbek (keyinchalik Hamidxoʻja va Fayzibiy), Yakkabogʻga Homidxoʻja kabi beklar hokim qilib tayinlanishadi. Tashqi siyosati Amir Nasrulloh tashqi siyosiy va diplomatik masalalarda muhim geopolitik ahamiyatga ega boʻlgan masalalarni hal qilishga muvaffaq boʻlgan. Amir Nasrulloh hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya—Buyuk Britaniya imperiyalarining manfaatlari oʻzaro toʻqnashgan davr hisoblanadi. Amir Nasrulloh tashqi siyosat masalasida oldingi davlat boshliqlaridan farqli ravishda, Markaziy Osiyoning iqtisodiyotiga talabgor boʻlgan Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari bilan ochiq siyosat olib borish dasturini amalga oshirgan. U hukm surgan yillarda Buxoroga ruslar va inglizlarning tashrifi tez-tez takrorlanadigan boʻlib qolgan. Har ikki imperiyaning turli josuslari sayohatchilar, elchilar, harbiylar, olimlar niqobi ostida Buxoroda tez-tez boʻlib, amirlik hududi, aholisi, harbiy kuchlari, davlat boshqaruvi va mansabdor shaxslar haqida maʼlumotlarni toʻplashgan. Amir Nasrulloh oʻz hukmronligi mobaynida Qoʻqon va Xorazm xonliklari bilan koʻp bora urushlar olib borgan. Qoʻqon va Balx xonliklarini qisqa muddat Buxoro amirligiga boʻysundirishga ham erishgan. Rossiya imperiyasi bilan diplomatik aloqalari 1858-yil adyutant Nikolay Ignatyev boshchiligidagi Rossiya imperiyasidan Buxoro va Xivaga elchilik guruhi tashrif buyuradi. Ushbu missiyaga bir qator koʻrsatmalar beriladi: Markaziy Osiyodagi vaziyatni toʻliq oʻrganish; Rossiyaning ushbu davlatlardagi mavqeini mustahkamlash; inglizlar aralashuviga chek qoʻyish. Shu bilan birga, elchilikka boj toʻlovlarini kamaytirish, Buxoroga savdo agenti kelishiga ruxsat olish va rus kemalarining Amudaryoda erkin suzishiga ruxsat berilishi kabi masalalarni hal etish topshiriladi. Bunda Rossiya davlati tomonidan Buxoro amirligi va Xorazm xonligini tashqi kuchlardan himoya etishga yordam koʻrsatilishi ham nazarda tutilgan. Nikolay Ignatyev ellchiligi Amir Nasrulloh tomonidan munosib kutib olinib, davlatlar oʻrtasida oʻzaro savdo-sotiq va xavfsizlik masalalarida kelishib olingan. Ushbu davrda Amir Nasrulloh tomonidan ingliz elchilarining qabul qilinmasligi Nikolay Ignatyev boshchiligidagi missiyaning muvaffaqiyatli muayyan darajada taʼsir etadi. Buyuk Britaniya imperiyasi bilan diplomatik aloqalari 1830-yillarning boshlarida Buxoro amirligiga Vest-Indiya kompaniyasining topshirigʻi bilan kelgan leytenant Alexander Burnes bilan olib borgan muzokaralar asosida Buyuk Britaniya imperiyasi bilan qisqa muddat boʻlsada, oʻzaro hamkorlik munosabatlari oʻrnatilgan. Amir Nasrulloh ingliz siyosatdonlarining asl niyatini payqagach, ularga nisbatan munosabatini va xayrixoh siyosatini oʻzgartirgan. U Rossiya imperiyasiga qarshi kurashda Buyuk Britaniya tomoninig „xolis“ yordamini qatʼiy ravishda rad qilgan. Ingliz „elchilik missiyalari“ niqobi ostida josuslardan leytenant Alexander Burnes(1838), mayor Joseph Wolf(1843), polkovnik Charles Stoddart (1838) va kapitan Arthur Conolly (1842) Buxoroda boʻlib, Rossiyaga qarshi Buyuk Britaniya homiyligidagi Buxoro-Xiva-Qoʻqon ittifoqini tuzishga behuda urinishgan. Oʻzining surbet qiliqlari va dimogʻdorligi, mutakabbir va kalondimogʻligi, sharqona diplomatiya qoidalarini nazar-pisand qilmaganligi oqibatida amirning farmoni bilan polkovnik Charles Stoddart zindonga tashlanadi va 1842-yil 17-iyunda boshqa ingliz zobiti kapitan Arthur Conolly bilan birgalikda Buxoro shahrida qatl qilinadi. Buxoro ulamolari har ikki ingliz zobitiga ular islom dinini qabul qilishsa, gustohliklari kechirilishini va oʻzlari tirik qolishlari mumkinligini aytishganda, ingliz zobitlari rad javobini berishgan. Ingliz emissarlarining oʻldirilishi Amir Nasrullohning Yevropa davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya bilan munosabatlari darz ketishiga sabab boʻlgan. Keyinchalik, Amir Nasrulloh davlatdan inglizlarning katta boyliklarni olib ketishiga toʻsqinlik qilish maqsadida Buxoro amirligi savdogarlariga naqd pulga inglizlar bilan savdo qilishni qaʼtiy taqiqlab qoʻygan. Usmonlilar imperiyasi bilan diplomatik aloqalari Xorazm bilan diplomatik aloqalari Ogahiyning „Gulshani davlat“ asarida Amir Nasrullohning aʼyonlaridan biri Mirza Ubayd miroxoʻrboshi Xorazmga elchi boʻlib borgani haqida maʼlumotlar keltirilgan Amir Nasrullohning tashqi siyosatda qattiqqoʻl va shafqatsizligini inobatga olib, Xorazm xoni 1845-yilda Buxoroga Rahmatulloh Qorakoʻzni elchi qilib yuborgan. Ushbu elchilikning asosiy maqsadi Amir Nasrullohning Xorazm bilan diplomatik munosabatdagi asl niyatini aniqlash boʻlgan. 1845-yilda Xorazmdan kelgan elchilar Amir Nasrulloh tomonidan samimiy niyatlarda kutib olinsada, lekin uning Xorazm bilan asl maqsadi, yaʼni tinchlik yoki urush olib borish niyatidaligini aniqlashning imkoni boʻlmagan. 1856-yilda Xorazm xoni tomonidan Amir Nasrulloh huzuriga 2-marta elchilik joʻnatiladi. Biroq bu safar madad va koʻmak bilan kelgan elchilik hech qanday natijasiz qolib, Amudaryo yaqinida elchilikning barcha vakillari qirib tashlanadi. Biroq, bu davrda Buxoro amirligi va Xorazm xonligi oʻrtasida muayyan darajada tashqi iqtisodiy aloqalar faol kechgan edi. Qoʻqon xonligiga qarshi urushi Fargʻona vodiysi ulamolarining talabi bilan Qoʻqonga yurish qilib, xonlik hududini egallagan (1842). Biroq u Qoʻqon xoni Muhammad Alixon qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi — mashhur shoira Nodirabegimni ham oʻldirtiradi. Nasrullaxon tomonidan Qoʻqonga Ibrohim parvonachi mangʻitning noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga olib kelgan. Noib mahalliy aholiga zulm oʻtkazib, soliklarni koʻpaytirgan. Natijada tez orada Qoʻqon qoʻldan ketagan. Nasrullaxon Marvni ham Buxoroga boʻysindirgan (1843). Eron bilan diplomatik aloqalari Buxoro amirligi tashqi siyosati tarixida Eron davlati oʻrtasidagi diplomatik aloqalar ham muhim oʻrin tutgan. Manbalarda Eron davlati bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlashda Amir Nasrullohning faoliyati alohida koʻrsatib oʻtilgan. Erondan Buxoroga 1844-yilda Muhammadshoh boshchiligida yuborilgan elchilik oldiga quyidagi masalalarni hal qilish yuklatilgan edi: Buxoroda saqlanayotgan eronlik asirlarni ozod qilish masalasini muhokama etish; Marv viloyati va turkmanlar bilan bogʻliq masalalarda muayyan kelishuvga erishish; Buxoroda tutqunlikda boʻlgan ingliz fuqarosi Joseph Wolffni ozod qilish masalasini hal etish va boshqalar. Eron elchisi Buxoroda saqlanayotgan asirlarni qadimiy anʼanaga va odatlarga koʻra ulamolarning fatvolari asosida davom etib kelayotgani, asirlar naqd pulga sotib olinganligi sababli Eronga qaytarilmasligini inobatga olib, bunday huquqiy muammolarni bartaraf etish uchun ikki davlat oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan amirning takliflarini qabul qiladi. Eron elchisi ikkinchi masala, yaʼni Marv viloyatidagi siyosiy ahvol masalasida Buxoro amirligi hukmdori unga ushbu hududdagi siyosiy ahvolning naqadar murakkabligini tushuntirib, Marv hokimi aholi talabi asosida tayinlanganligini, turkman urugʻlari Buxoro amirligiga qarshi harakatlar uyushtirganligini taʼkidlab, Marv vohasini qayta obod qilish zarurligini, aks holda Marvni hech kim boshqara olmasligini bildiradi. Uchinchi masala boʻyicha munozara ancha keskin kechadi, sababi bu masala inglizlarning Buxoro amirligida, umuman, Markaziy Osiyodagi, josuslik faoliyati bilan bogʻliq edi. Markaziy Osiyoda josuslik faoliyatini amalga oshirish uchun Eron orqali polkovnik Charles Stoddart va Arthur Conollylar yuborilganlar. Ushbu ikki elchi Amir Nasrulloh tomonidan qatl etilgan boʻlib, amir ularning yovuz niyatda kelganligidan boxabar edi. Ikki elchini ozod etish maqsadida Eron vositachiligidan foydalangan inglizlar Eron orqali Joseph Wolffni yuboradi. Joseph Wolff ham ikki josusning sherigi sifatida qamoqqa olinadi. Eron elchisi Buxoro amiriga ingliz fuqarosi Joseph Wolffni izzat-ikrom bilan topshirishni soʻraydi. Amir Nasrulloh bunday tashqi siyosiy va diplomatik munosabatlarda Buxoro amirligining xalqaro aloqalardagi obroʻsini, davlatning ichki va tashqi xavfsizligi masalalarini, Eron davlati bilan boʻladigan keyingi aloqalarni mustahkamlash, oʻz navbatida Eron—Buyuk Britaniya siyosiy munosabatlarini ijobiylashtirish maqsadida Joseph Wolffni hamda Eron asirlarini ozod qilishga qaror qiladi. Amir Nasrulloh Eron elchisi bilan Subhonqulibekni sovgʻa-salomlar bilan Eron davlatiga elchi qilib yuboradi. Eron elchisi Subhonqulibekni, Joseph Wolffni va eronlik asirlarni olib, Buxoroni tark etadi. Buxoro amirligi bilan Eron davlati oʻrtasidagi munosabatlarda eng oʻtkir masalalardan biri — asirlar masalasi boʻlganligi sababli, bunday omil ikki davlatning oʻzaro tashqi siyosiy va diplomatik aloqalarning rivojiga toʻsiq boʻlib turardi. Ikki davlatning hech biriga itoat etmaydigan koʻchmanchi qabilalar va urugʻlar karvon yoʻllarida va chegara hududlarida turli talon-tarojlarni amalga oshirib, asirlarni Buxoro yoki boshqa shaharlar bozorlarida sotardilar. Bunday koʻrinishdagi insonlar savdosidan taraflar, yaʼni sotuvchi va oluvchilar manfaatdor boʻlganligi sababli qul savdosini butunlay barham toptirish mushkul edi. Ushbu muammoning ijtimoiy-siyosiy mohiyatidan tashqari, gʻoyaviy asosi ham mavjud boʻlib, u sunniy va shia mazhablari oʻrtasidagi tafovutlar bilan belgilanar edi. Bunday fikrning bahsli munozaraga mansubligini inobatga olib, ikki davlat oʻrtasida yinch-totuvlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Amir Nasrulloh vaqti-vaqti bilan Usmonlilar imperiyasi sultoniga elchilar yuborib, masalaning sharʼiyligini aniqlashga harakat qilar va uning huquqiy yechimini topish maqsadida buyuk ulamo-yu mujtahidlarning asarlarini yuborishni iltimos qilar edi. Mazkur huquqiy muammoni bartaraf etishga imkon beruvchi huquq manbalarini olib kelish amir tomonidan ikki elchilikka topshirilgan edi. Madaniy sohadagi siyosati Amir Nasrullohning suyukli odatiy ishlaridan biri obodonlashtirishga eʼtibor qaratishi boʻlgan. Uning zamonida turli qurilishlar amalga oshirilgan. Uning davrida Buxoroda Xalifa Xudoydod meʼmoriy majmuasining qurilishi yakunlangan. Bahouddin Naqshband ziyoratgohidagi Poyi ostona masjidi taʼmirlangan. Umuman, u ushbu ziyoratgohga tunlari koʻp qatnab, u yerdagi masjid va xonaqohlarni taʼmirlash ishlariga alohida eʼtibor qaratgan. Shuningdek, Chashmai Ayyubda joylashgan Ayyub paygʻambarning ramziy qabriga yogʻochdan ajoyib daxma yasatgan. Qoʻqondan naqshin darvozani oʻlja qilib olib kelib, Qarshi qalʼasining Qoʻqon darvozasiga oʻrnattirgan. Bu paytda tarixchi Muhammad Mirolim Buxoriy „Fathnomai sultoniy“ („Sulton fathnomasi“) asarini yozgan. Keyinchalik mashhur alloma boʻlib yetishgan yosh Ahmad Donish Amir Nasrulloh nazariga tushib, saroyga xizmatga olingan. Fiqhga oid „Favoidi muhammat muntaxib ut-tabaqot ul-hanafiya“ asarining muallifi Abdulloh ibn Avaz Muhammad al-Balxiy al-Kotib Buxoroda yashab ijod etgan. Muhammad Saidxoja ibn Shoh Saidxoja an-Nasafiy va Mulla Sayid Nasafiy kabi mohir hattotlar yashab ijod qilishgan. Muhammad Saidxoja ibn Shoh Saidxoja an-Nasafiyning hattotlik mahorati Amir Nasrullohni oʻziga rom etgan. U hukmdorga yoqqan asarlarni koʻchirib bergan. Jumladan Amir Nasrulloh amri bilan u Abu Homid Muhammad Gʻazzoliyning „Kimyoyi saodat“ asarini koʻchirgan. Shoir Shukuriy Fargʻoniy Amir Nasrulloh taklifi bilan Buxoroda naqqoshlik qilgan. Oʻsha davrda Samarqandda qurilgan koʻpgina binolarda Shukuriy Fargʻoniy naqshlari mavjud. Ilm-fan sohasidagi siyosati Amir Nasrulloh ota-bobosi davrida amal qilingan anʼanaga muvofiq, ilm-fan sohasiga homiylik qilgan; atrofiga ilm va sanʼat ahlini toʻplashga harakat qilgan. Ulugʻ allomalar va aziz-avliyolardan saboq olish uning suyukli odatiy ishlaridan biri boʻlgan. Buxoroda Ahmadjon poʻstindoʻz , Badriddin, Yoshi Uzoqbek, Ibrohim oxund, Mahdixoja, Modarixon xoʻrd, Mulla Solih, Olimjonboy, Mulla Solih, Oʻtkur qoʻshbegi madrasalari hamda, boshqa manbalarga koʻra, Qozi Hasanxoʻja, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Ismoilxoʻja, Mirzo Abdulgʻaffor, Tojiddin madrasalari ham uning davrida qurilgan. Xususan, Amir Nasrulloh donatorligida poytaxt Buxoroning Poyi ostona guzarida, otasi Amir Haydarning qabri yaqinida Amir Nasrulloh madrasasi, Mirjon Ali guzarida Mirjon Ali madrasasi, Hoji Habibulloh guzarida Oliy choʻbin madrasasi bunyod etilgan. Buxoro madrasalarida haftada 4 kun (shanba, yakshanba, dushanba va seshanba kunlari) dars oʻtilgan. Amir Nasrulloh davrida esa haftada dars kunlarini koʻpaytirishga urinishlar boʻlgan. Keyinchalik bu toʻgʻrida Abu Abdurahmon shunday deb yozib qoldirgan: Diniy sohadagi siyosati Amir Nasrulloh salovatxonlikni juda yaxshi koʻrgan. Xoja Muhammad Boqibilloh Dehlaviyning „Shifo al-amroz“ („Kasalliklar shifolari“) asarini qoʻldan qoʻymagan ekan. Asar chiroyli nasx xatida koʻchirilgan boʻlib, haftaning har bir kunida oʻqiladigan 535 ta salovatdan — duolar toʻplamidan iborat boʻlgan. Amir Nasrulloh Qoʻqonni olganda (1842) oʻzi bilan birga Mavlaviy Jalla nomi bilan tanilgan Shayx Abdulatifxojani ham Buxoroga olib kelgan va uni mufti lavozimiga tayinlagan. Oilasi Amir Nasrullohning oilaviy ahvoli tarixiy manbalarda juda kam yoritilgan. Birorta asarda bu haqida batafsil maʼlumot berilmagan. Faqat ayrim manbalarda uning farzandlari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Amir Nasrullohning Muzaffar, Akram va Malikxon toʻra ismli oʻgʻillari boʻlgan. Muzaffar otasidan keyin amirlik taxtiga oʻtirgan. Akram Muzaffarning ukasi boʻlgan deya taxmin qilinadi. Malikxon toʻra jismonan baquvvat boʻlmagan. U Hindistonga ketib, oʻsha yerlarda hayot kechirgan va koʻp farzandlar koʻrgan. Oʻlimi Amir Nasrulloh 1860-yilda xastalanib qolgan. Oʻlimidan oldin Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Samarqand va Miyonqol viloyatlarida boʻlib, safar oyining 10-kuni poytaxt Buxoroga qaytgan. Kundan-kun ahvoli ogʻirlashib, 1860-yilning 21-sentyabrida (5-oktyabrda, 19-oktyabrda) 60 yosh atrofida vafot etgan. Baʼzi manbalarda Amir Nasrulloh oʻlimiga quloq ogʻrigʻi sabab boʻlgan deb koʻrsatiladi. Buxoro jadidlarining mashhur naoyondalari Sadriddin Ayniy va Fitrat tomonidan XX asrning 20-30-yillarida yozilgan maʼlumotlarga qaraganda, amirning vafotiga Kenagasxonim sababchi boʻlgan. Shahrisabzni toʻliq qoʻlga kiritgan Nasrulloh uning sobiq hokimi Iskandar Vallamiyning singlisi Kenagasxonimni (Fitrat maʼlumotlarida Kengashoyim) nikohiga oladi. U akasining gʻarazli niyatini amalga oshirish uchun uxlab yotgan eri Nasrulloh qulogʻiga simob quyib yuboradi. Quloq ogʻriga uchragan Nasrulloh oʻlimi oldidan Kenagasxonimni Ark ichida joylashgan Childuxtaron qudugʻiga tashlashni buyuradi. Bu orada Buxoroda yashayotgan Iskandar Vallamiy va uning oila aʼzolari, shuningdek, kuyovi Yoqubbiy va uning farzandlari ham qatl qilinadi. Suiqasddan bir necha kun oʻtgach, 1860-yil 21-sentyabrda Nasrulloh qiynalib jon beradi. Marhumni Registondagi Boloyi hovuz masjidiga olib kelishgan va aʼlam ul-ulamo Sultonxoja aʼlam uning janoza namoziga imomlik qilgan. Bu tadbirga xalq behad koʻp yigʻilgan, natijada katta izdihom paydo boʻlgan va uni qabrgacha kuzatib borgan. U Buxoro shahridagi Joʻybor mavzesida, bobosi va otasining yoniga, hazrati Imlo (Eshoni imlo) qabristoniga dafn etilgan. Amirdan yolgʻiz oʻgʻil Muzaffar qolgan. Nasrulloh oʻlimidan avval amirlik toj-u taxtini yolgʻiz oʻgʻli Muzaffariddinga emas, balki nevaralaridan biriga vasiyat qilib qoldiradi. Biroq Buxoro amirligi taxtiga 1860-yil 23-sentyabrda Muzaffar oʻtirgan. Shaxsga nisbatan munosabat Amir Nasrulloh hukmronligi davri yetarlicha ilmiy tadqiq etilmagan. Hozirga qadar uning shaxsi haqida ilm ahli bir-biriga qarama-qarshi va zid fikrlar bildiradi. Bunga sabablardan biri sifatida, ilgʻor va erkin fikrli kishilarnining Amir Nasrulloh tomonidan quvgʻin qilinib, hatto ularni turli yoʻllar bilan oʻldirtirgani tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlarda koʻp bor taʼkidlangani koʻrsatiladi. Masalan, Muhammad Mir Olim Buxoriy va Abdumutallib Fahmiy kabi baʼzi mualliflar asarlarida u haqida yomon soʻz aytilmaydi. Biroq, Qoʻqon xonligining istilo qilinishi va u yerda amalga oshirilgan oʻlim jazolari, Junaydulloh Hoziq, Oxund Darvesh Muhammad Keshiy kabi allomalarning oʻldirilishi uning shaʼniga hozirga qadar taʼna toshlarini otilishiga sabab boʻlmoqda. Buxoro xalq sovet respublikasi davridan boshlab yangi tuzum faollari boʻlgan Yosh buxoroliklar (jadidlar) oʻzlarining yaqinda mavh etilgan gʻanimlari — Mangʻitlar oʻzbek sulolasi amirlarini keskin tanqid qilishga kirishganlar. Bu ishning boshida taniqli mahalliy adiblar Sadriddin Ayniy va Abdurauf Fitratlar turishgan. Yirik davlat arbobi Fayzulla Xoʻjayev esa ularning gʻoyaviy mafkurachisi hisoblangan. Bu holat 1925-yildan keyin, Oʻzbekiston SSR tuzilgach, ayniqsa, avj olib ketgan. Bu davrga kelib nafaqat Amir Nasrullohni, balkim barcha Mangʻitlar oʻzbek sulolasi amirlarini qoralash jarayoni yoppasiga ommaviy kampaniyaga aylantirilgan. Bu holat Qoʻqon tarixnavislik maktabiga mansub jadidchi Isʼhoqxon Ibratning „Fargʻona tarixi“ asarida ham oʻzining yaqqol ifodasini topgan. A. Fitrat va I. Ibrat tomonidan Amir Nasrulloh „Botur qassob“, „Qassobning botiri“ degan nomlar bilan atalgan. Amirga yopishtirilgan ushbu yorliq keyingi davrlarda oʻzining tarixiy xizmatini koʻrsatgan. Quyida A. Fitrat asaridan iqtibos keltirilgan: Q. Rajabov A. Fitratning asarida "tarixiy haqiqatdan chekinilgan, mangʻit hukmdorlari faoliyatini baholashda sinfiy yondashuv ustun boʻlgan" deb baho bergan va A. Fitratning Amir Nasrullohga nisbatan aytilgan quyidagi gaplarni amir hayoti toʻgʻrisidagi tarixiy haqiqat deb qabul qilmaslik lozimligini taʼkidlagan. Amir Nasrulloh faoliyati toʻgʻrisida sovetlar davrida ham, SSSR qulab Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ham tadqiqotchilar koʻp yozishgan. Biroq bu asarlarning aksariyatida Mangʻitlar oʻzbek sulolasining ushbu hukmdorlari hayoti va faoliyati bir tomonlama koʻrsatilib, Amir Nasrulloh qiyofasi faqat qora boʻyoqlarda tasvirlangan. Qahramon Rajabovning fikricha, Amir Nasrulloh haqida XIX asr boshida „turli daʼvolar va yuzaki mulohazalar“ bildirayotgan mualliflarning aksariyati tarixchi emas, balki jurnalistlar, adiblar, adabiyotshunos olimlar va boshqa kasb egalaridir. Ingliz olimi John Wheeler Amir Nasrullohning davlatni boshqarish faoliyatiga quyidagicha ijobiy baho beradi: Manbalar Adabiyotlar Buxoro amirligi hukmdorlari Oʻzbekiston tarixi Qarshi beklari Osiyodagi 19-asr hukmdorlari
38,655
3133
https://uz.wikipedia.org/wiki/Said%20Olimxon
Said Olimxon
Said Mir Muhammad Olimxon — Buxoro amirligini 1910 — 1920-yillarda boshqargan soʻngi oʻzbek mangit hukmdor. 1880-yilning 3-yanvar kuni Buxoroda tugʻilgan. Said Muhammad Olim Turkiylarning Mangʻit ulusi Oʻzbeklari oilasida tugʻilgan. Said Olim oʻn uch yoshdaligida otasi Abdulahad tomonidan uch yilga davlatni boshqarish va harbiy maʼlumotlarni oʻzlashtirish uchun Sankt-Peterburgga yuboriladi. 1896-yilda u Rossiyadan Buxoro Shahzodasi sifatida Buxoroga qaytib keladi. Ikki yildan soʻng u Nasaf xokimi etib tayinlanadi va ushbu lavozimida oʻn ikki yil faoliyat yuritadi. Keyingi ikki yilda u Karminning shimoliy provinsiyasini boshqaradi. 1910-yilda otasi Abdulahad Xon vafot etadi. Oʻsha yili Rossiya Imperiyasi Imperatori Nikolay II tomonidan Oliy martabaga koʻtariladi. 1911-yilda Said Olimxonga Hazrati Oliylari Imperator Svitasida general-mayor unvoni beriladi. Taxtga 1910-yilda oʻtirdi. Boshqaruvining boshida u sovgʻalar olmasligini, boshqa vazir va boshliqlarga pora olishni man etishini va soliqchilar va boshliqlarni xalqdan olgan soliqni oʻz manfaatlarida qoʻllamaslikni amr etdi. Biroq vaqt oʻtib vaziyat oʻzgarib ketdi, ushbu intrigalar oqibatida yangi qonunlar chiqarmoqchi boʻlganlar Moskva va Qozonga yuborildi. Said Olimxon esa boshqaruvini anʼanaviy tarzda davom ettirdi. Buxoro amirligi Rossiya Imperiyasiga qaram hisoblansada Said Olimxon oʻz davlatida Amir maqomiga ega edi. Said Olimxinning pullariga Sankt-Peterburgda Masjid va Buxoro Amiri Uyi qurildi. 1915-yilning 30-dekabr kuni general-leytenent maqomiga ega boʻldi va Ter Kazaklari qoʻshinida general-adyutant maqomigacha koʻtarildi. 1920-yilda Qizil Armiya Buxoroni egallab olganida Said Olimxon Buxoro amirligining sharqiga, keyinroq esa Afgʻonistonga qochib ketadi. Mamlakatidan tashqariga qochib ketganidan keyin Qorakoʻl sotib tirikchilik qilgan. Bosmachilikni qoʻllab-quvvatlagan. Qariligida koʻzi deyarli koʻr boʻlib qolgan. Uning bankdagi hisob raqamlari SSSR Hukumati tomonidan yopib qoʻyilgan. Said Muhammad Olimxon 1944-yilning 5-may kuni 64 yoshida Qobulda vafot etgan. Uning koʻp sonli avlodlari (qariyb 3000 kishi) butun dunyoga tarqalib ketgan. Ular asosan AQSH, Turkiya, Olmoniya, Afgʻoniston va boshqa davlatlarda istiqomat qilishadi. Uning oʻgʻillaridan biri boʻlgan Shohmurod (Olimov familiyasini olgan) 1929-yilda otasidan voz kechgan va Qizil Armiya safida xizmat qilgan va Ikkinchi jahon urushida qatnashib oyogʻini yoʻqotgan. U oʻtgan asrning 60-yillarida Moskvadagi Frunze nomidagi Harbiy Akademiyada faoliyat yuritgan. Amir Olimxonning Qarshidagi hokimligi Amir Said Olimxon — Buxoro amirligini boshqargan mangʻit hukmdorlari orasida eng soʻnggisi Amir Said Olim Toʻra tarixda ziddiyatli shaxs sifatida gavdalanib kelgan. Amir Said Olimxon yoshligidan boshlab Toʻrajon deb eʼzozlangan. Onasining ismi Davlat Baxt oyim. Amir Abdulahadxon xonadonida Olimxon Toʻra yolgʻiz oʻgʻil farzand boʻlgan. Amir Said Olimxon oʻz davri uchun kerakli bilimlarni otasi saroyida egallagan. Said Olimxonning avlodlaridan biri Sayyid Mansur Olimiyning yozishicha diniy hamda oʻsha davrda keng tarqalgan bilimlarni zamonasining olimlaridan oʻrgangan. Taʼlim olishi Amir Said Olim Toʻra 13 yoshida otasi amir Abdulahadxon buyrugʻi bilan harbiy taʼlim olish uchun Peterburgga borib, harbiy muhandislik mutaxasisligi boʻyicha bilim oladi. Said Olim Toʻra Nikolaev kadet korpusida imperator oliy hazratlarining faxriy qorovullari vazifasini bajaradigan „pajlar“ boʻlimida oʻqishni boshlaydi. Uch yil oʻqigach, 1897-yilda diplom olib otasi yoniga Karmanaga qaytadi va oʻz otasidan iqtisodiy, siyosiy, savdo, davlat boshqaruvi, ichki taʼlim masalalarini oʻrganadi. SHu oʻrinda Yosh buxoroliklar partiyasining asoschilaridan biri Fitratning yozishicha Abdulahad oʻgʻlining tahsilni tugatishi munosabati bilan Peterburgga borib, katta ziyofat va inʼomlar berib, Amir Said Olimxonni oʻzining valiahdi deb eʼlon qilgan ekan. Hukmdorlik faoliyati Amir Said Olimxon Qarshida 12 yil hukmronlik qilgach, Amir Abdulahadxonning sogʻligi yomonlashgach, Karmanaga hokim etib tayinlanadi. 1910-yil 22-dekabr kuni Amir Abdulahadxon vafot etdi. Bu vaqtda maxsus topshiriq bilan Toshkentga yuborilgan Amir Olimxon esa zudlik bilan Buxoroga qaytdi va 30-dekabr kuni amirlik taxtiga oʻtiradi. Amir Said Olimxon Buxoro taxtini egallagach ham qator islohotlarga qoʻl urdi. Xususan, bu haqida Amir Said Olimxonning oʻzi shunday deydi: „ Taxtga oʻtirganimdan soʻng bu banda dargohi oliyda mamlakatimning bir yillik xiroj toʻlashdan ozod qilish farmoyishini berdim. Buxoro minorasining past tomonida bozorning ichki tomonida oʻz nomimdan Dorul-ulum — Bilim uyi boʻlgan bir madrasa qurdirdim; har xil ilmdan dars beruvchi muallimlar tayin ettirdim. Mazkur madrasada istiqomat qiladigan talabalar sarf-xarajatlari, maosh va kiyim-kechagi xam oʻz tarafimdan belgilanib, unga bir nafar nozir tayin etdim; ularning yemak-ichmak, maosh va kiyim-kechaklarini muayyan bir vaqtda yetkaztirardim. Bozor va yul obodligiga koʻp harakat kildim, uch yil ichida Buxoro mamlakati ancha obod boʻldi, unga zeb-ziynat va tartib-intizom oʻrnatdim“. Amir Olimxon Yevropa va Osiyoning rivojlangan davlatlaridan mamlakat hududiga kirib kelayotgan taʼlim tizimiga oid oʻzgarishlarga ijobiy munosabatda boʻlib, dunyoviy fanlarni oʻqitilishiga qarshilik qilmagan. SHu oʻrinda turkiyalik tarixchi olim Nurettin Hatinogʻlu Olimxonning dunyoqarashi va shaxsi haqida sotqin, mustabid, yangilikka qarshi, sivilizatsiya dushmani, layoqatsiz va xudbin shaxs degan fikr jamiyatda hukm suradi. Biroq Olimxon haqidagi bu fikrlar siyosiy maqsadlarni koʻzlab yuritilgan siyosat natijasidir deydi. Tarixiy faktlarga ko‘ra: Uning bakovuli Safar bakovul bo‘lgan. Amir Olimxonga tegishli bo‘lgan va sobiq amirlik hududida bo‘lgan ayrim qarorgoh va tarixiy obektlar saqlanib qolgan. Uning uchun qadrdon joylardan biri Karmana (hozirgi Navoiy viloyati, Karmana tumani) bo‘lgan. Said Olimxon ham otasi kabi qator davlatlar, jumladan, Rossiya imperiyasi, Britaniya imperiyasi, Afgʻoniston amirligi, Eron davlati, Usmonlilar imperiyasi bilan yaxshi aloqada boʻlgan. Qoʻshni Xorazm davlati (Xiva xonligi), shuningdek, Buxoro amirligining janubi-gʻarbidagi turkman qabilalalari bilan munosabatlar sovuq edi. Otasi Abdulahad hukmronligi davridan boshlab amirlikda jadidlar harakati vujudga kelib, ular erkin taʼlim, demokratik islohotlar, maorif, adabiyot, xususan, sheʼriyat va publitsistikani rivojlantirish tarafdorlari edi. Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo mulklari hududiga qrim-tatar pedagogi Ismoil Gasprinskiy tashrif buyurgan. U 1893- va 1907-yillarda Buxoro amiri Said Abdulahadxon va mahalliy ziyolilar vakillari bilan uchrashdi. Amirlikda jadidchilar tomonidan bir qancha yangi usuldagi dunyoviy maktablar ochilib, ularda aholining turli qatlamlari farzandlariga dunyoviy ilmlar va fanlardan bepul o‘qitilgan. Ijtimoiy-siyosiy gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi, jadidlar oʻzlarining alohida risola va kitoblarini nashr eta boshladilar. Bu davriy nashrlarda ular amir va uning safdoshlarini masxara qiluvchi maqolalar, satirik sheʼrlar ham chop etganlar. 1917-yildan keyin bularning barchasi Said Olimxon atrofidagilar tomonidan amirlik siyosatiga qarshi harakat sifatida qabul qilindi; jadidchilarning bir qismi hibsga olinib, Buxoro zindoniga qamalgan, baʼzilari shariat bo‘yicha turli jazolarga, jumladan, qamchilashga hukm qilingan. Sadriddin Ayniy ham shunday jazoga mahkum qilingan. Jadidlar ommaviy quvgʻinga uchragach, ularning koʻpchiligi amirlikni tark etishga qaror qilib, asosan Samarqand va Toshkentda qoʻnim topgan. Bu ikki shahar Rossiya imperiyasining Turkiston oʻlkasi tarkibiga kirgan va ularda amirlik qonunlari amal qilmasdi. U yerda jadidlar o‘zlarining gazeta-jurnallari va boshqa adabiyotlarini nashr eta boshladilar, ular yashirincha Buxoroga olib ketildi. Shunga qaramay, amirga yaqin bo‘lganlarning bir qismi hamon jadidlarni qo‘llab-quvvatlardi. Biroq Said Olimxonga uning dunyoviy ishonchli kishilari emas, balki o‘ta radikal islomga amal qilgan islomiy (maʼnaviy) ishonchli va maslahatchilar katta taʼsir ko‘rsatgan. Amirlikda shariat qonunlari amalda bo‘lgan va Buxoro musulmon dunyosini „islomning mustahkam qal’asi“ sifatida butun dunyoga tanilgan edi. 1917-yil bahorigacha amir qurshovida boʻlgan taniqli shaxslar orasida Rossiya podshosi armiyasining birinchi oʻzbek generallaridan biri Mir Haydar Mirbadalev ham bor edi. 1913-yil 22-fevralda Said Olimxon Xiva xoni Asfandiyorxon bilan birgalikda Sankt-Peterburgdagi birinchi sobor masjidining ochilishida qatnashgan. 1917-yil Rossiya imperiyasida inqilob boshlanganidan va Buxorodagi koʻrinishlardan soʻng amir demokratik islohotlar tarafdorlariga (qarang: Yosh buxoroliklar) qatagʻonlar bilan hujum qildi. Qizil askar Buxoroga bostirib kirganida u qushbegi, mamlakat bosh vaziri Nizomiddin Urganjiy kabi bir guruh amaldorlarni U.Frunze huzuriga elchi qilib jo'natadi. Amir Said Olimxon iloji boricha tarixiy obidalarni va muqaddas joylarni saqlab qolish, katta vayronagarchiliklarni kamaytirishmaqsadida Buxoroni tashlab chiqishga majbur bo'ldi. Shundan so'ng Buxoro amirligining sharqiy tomoniga, soʻngra Afgʻonistonga qochib, oʻsha yerda boshpana topdi. Surgunda qorako‘l savdosi bilan tirikchilik qilgan; baʼzi maʼlumotlarga koʻra, u bosmachilarni qoʻllab-quvvatlagan. Keksaligida deyarli koʻzlari koʻr boʻlib qolgan. Nasafning boshqarilishi Amir Said Olim hozirda Qarshi deb ataladigan Nasaf viloyatiga hokim etib tayinlanadi. Nasaf Buxoro amirligining sharqiy qismida joylashgan muhim, maʼmuriy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazlardan biri boʻlgan. Bu shaharning tarixi miloddan avvalgi asrlarga tutash boʻlib, ilk oʻrta asrlarda Janubiy Soʻgʻdning muhim hududlaridan biri hisoblangan. Soʻnggi oʻrta asrlarda bu beklik Buxoro amirligi tarkibida juda muhim mavqega ega boʻlib kelgan. Ayniqsa XVIII asr oxiridan boshlab bu shahar Buxoro davlatining sharqiy hududlarini boshqarishda harbiy-siyosiy tayanch va ikkinchi poytaxt vazifasini oʻtab kelgan. Nasaf SHarq va Janubiy SHarq davlatlaridan Buxoroga boriladigan tranzit yoʻli ustida joylashganligi tufayli barcha karvonlar bu shaharni chetlab oʻtolmas edi. Nasaf bekligi Buxoro vohasini SHahrisabz va Hisor vohasi bilan bogʻlar va shular hisobidan Qarshi muntazam rivojlanib taraqqiy etib bordi. Tarixchi olim Qahramon Rajabovning maʼlumoticha: „Qarshi va Gʻuzor bekliklari (viloyatlari) Buxoro amirligi tarkibidagi 27 ta viloyatning ikkitasi sifatida XX asr boshlariga kelganda ham oʻz mavqeini saqlab qolgan edi. Bu paytda Qarshi viloyati 10 ta, Gʻuzor viloyati 8 ta amlokdan iborat boʻlgan. Xususan, Qarshi shahri ikki viloyatning qolaversa, Qarshi vohasining muhim siyosiy va maʼmuriy markazi sifatida Buxoro amirligida poytaxtdan keyin turuvchi shahar mavqeini yuqotmaslik uchun Karmana bilan raqobatda boʻlgan“. Amir Said Olim Toʻra Qarshida 12 yil hukmronlik qiladi. Oʻsha yillar davomida muayyan oʻzgarishlarga bosh boʻldi. Amir Said Olim Toʻra oʻzining Qarshidagi hukmdorlik davrida qator islohotlarni amalga oshirgani haqida oʻzining „Buxoro xalqining hasrati tarixi“ asarida quyidagilarni keltirib oʻtadi: „Bu ojiz bandaning Nasaf viloyatidagi xukmronligi muddati oʻn ikki yil davom etdi. Bu muddat ichida mening hukmatim hamisha faqirparvar va gʻaribnavozlikka intilardi, mazlumlarni zolimlardan asrab, xaqni karor topdirardi. SHunday qilib, mazkur viloyat axolisini oʻzimdan xursand-u mamnun ettirardim. Mazkur viloyatga yaqin joyda Qashqa degan shoʻx daryo oqardi. Undan kambagʻal beva-bechoralarning kechib oʻtishida rohati buzilib, doimo gʻam-tashvishda edilar. Axolining osoyishtaligini koʻzlab mazkur daryoga tosh-u temirdan bir koʻprik qurdirdim, koʻprikni esa oʻz nomim bilan atadim. SHoyad faqir-u fuqarolar suv kechish tashvishidan qutilib, tinch-u osuda yashasalar, deb oʻyladim. SHu bilan yana boshqa bir qancha madrasa va ibodatxonalar qurib, bu borada anchagina yumushlarni yuzaga keltirdim.“ . Viloyat hududidan oqib oʻtadigan daryo ustidan uzunligi 122m, eni 8,2m daryo tubidan balandligi esa 5,35m boʻlgan koʻprik qurdirgan. Koʻprik ustida esa toʻrtta ravoq (qorovulxona) bunyod etadi. Amir Said Olim Toʻraning Qarshidagi hokimlik davri xususida uning avlodi hisoblangan Sayyid Mansur Olimiy oʻzining „Buxoro- Turkiston beshigi“ risolasida quyidagicha taʼkidlaydi: „12 yillik hukmronlik davrida katta Qarshi nahri ustiga koʻprik qurdirdi, madrasa barpo etdi“ . Ammo Amir Said Olim Toʻraning Qarshidagi faoliyati xususida Fitrat Olim Toʻra Qarshiga kelgan zahotiyoq viloyatning barcha ish, yumushlarini Usmonbek ixtiyoriga qoldirib, oʻzi aysh-ishrat bilan shugʻullandi. Mamlakatning ahvoli va ishlaridan shunchalik uzoq ediki, hech kim biror ish yuzasidan unga murojaat etmasdi deydi. Mukofotlari Avliyo Stanislav Ordeni: 1901 Brilliantli Shashka (qurol): 1902 Avliyo Anna Ordeni: 1906 Avliyo Vladimir Ordeni: 1910 Brilliantli Oq Burgut Ordeni: 1911 Brilliantli Nikolay II portreti koʻkrak nishoni: 1913 Avliyo Aleksandr Nevskiy Ordeni: 1916 Manbalar Havolalar https://www.archive.uz/post/amir-olimxonning-hech-qayerda-elon-qilinmagan-nodir-tasvirlari https://shosh.uz/said-olimxon-songgi-mangit-hukmdori/ https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/amir-sayyid-olimxon-buxoroning-hasratli-tarixi.html https://www.youtube.com/watch?v=tWHCbx9WQI8 Basmachi. Angliyskiy sled https://ok.ru/bbcuzbek/topic/67255701697953 https://buxoroisharif.uz/974/ https://www.facebook.com/DunyaOzbeklerUyusmasiF/posts/amir-olimxon-farzandining-buxoro-tarixiga-oid-asari-istiqlol-tufayli-songgi-mang/644457512269566/ Oʻzbekiston tarixi Buxoro amirligi hukmdorlari Oʻzbekiston tarixi Man'gitlar Madrasa asoschilari Qarshi beklari
13,654
3136
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nikolay%20Rozenbax
Nikolay Rozenbax
fon Rozenbax, Nikolay Ottonovich - Turkeston general-gubernatori (01.02.1884 — 28.10.1889).U bishlanğich maktablar,rus-tuzem maktablari tarmoğini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. Bu orqali 1884-yilda Turkistonda 1-rus_tuzem maktabi Toshkentdagi Saidgʻani Saidazimboy uyida ochildi. Manbalar Oʻzbekiston yetakchilari
320
3137
https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr%20Vrevskiy
Aleksandr Vrevskiy
Vrevskiy, Aleksandr Borisovich - Turkeston general-gubernatori (28.10.1889 — 17.03.1898). Manbalar Oʻzbekiston yetakchilari
126
3138
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sergey%20Duxovskoy
Sergey Duxovskoy
Sergey Mixaylovich Duxovskoy - Turkiston general-gubernatori (28.03.1898 — 01.01.1901). Manbalar Oʻzbekiston yetakchilari
124
3139
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nikolay%20Ivanov
Nikolay Ivanov
Nikolay Aleksandrovich Ivanov (1842-yil 26-yanvar — 1904-yil 18-may) rus davlat arbobi, Turkiston yurishlari ishtirokchisi, Turkiston general-gubernatori, Zarafshon okrugiga boshligʻi, Fargʻona viloyati harbiy gubernatori (1901 — 1904). Biografiyasi Nikolay Aleksandrovich Ivanov 1842-yil 26-yanvarda tavallud topgan. Ivanov Orenburg Neplyuevskiy kadet korpusi va Mixaylovskiy artilleriya maktabi kurslarini tamomlagach, 1863-yil 12-iyunda Orenburg qozoq armiyasi ot artilleriyasining kornetiga koʻtariladi va darhol Oʻrta Osiyodagi jangovar harakatlarda ishtirok eta boshlaydi. Harbiy yurishlari davomida Nikolay Ivanov qoʻqonliklarga qarshi kechgan ilk janglarda oʻzini koʻrsatib, Sankt-Peterburg ordeni va 3-darajali Sankt-Anne Ordeni bilan mukofotlanadi. Keyinchalik, Orenburg qozoqlari armiyasining 3-sonli ot artilleriya batareyasining yuzboshisi sifatida 1865-yil 25-dekabrda Toshkentga qilgan hujumi davomida koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun 4-darajali Sankt-Jorj Ordeni ordeni bilan ham taqdirlanadi. Nikolay Ivanov general Aleksandr Abramov qoʻmondonligida Qarshi ekspeditsiyasida, soʻngra 1870-yilda Shahrisabz beklari Joʻrabiy va Bobobiylarga qarshi yurishda ishtirok etib, Kitob shahriga qilgan hujumi uchun 2-darajali Sankt-Anne Ordeni hamda qilichi bilan taqdirlanadi. 1868—1873-yillarda Ivanovning Zarafshon va Qizilqumdagi harbiy boshqarmasida xizmat qilish unga mahalliy aholi hayotini yaxshi oʻrganish imkonini beradi. 1872-yilda polkovnik unvoniga ham ega boʻladi. Ivanov Xivaga qarshi harbiy harakatlar yakunida bosib olingan yerlardan tuzilgan Amudaryo boʻlimiga boshliq etib tayinlanadi va bu hududni tinchlantirish uchun katta kuch sarflaydi. Uning saʼy-harakatlari bilan hududda rus aholi punktlari tez rivojlana boshlaydi, savdo-sotiq masalalari ham mustahkamlanib boradi. Xiva yerlarida koʻrsatgan jasorati va fidokorligi uchun 1876-yil 4-aprelda general-mayor unvoni beriladi. 1877-yilda Ivanov Zarafshon okrugiga boshliq etib tayinlanadi va uni olti yil davomida boshqaradi. Keyinchalik Fargʻona viloyati harbiy gubernatori etib tayinlanib, 1889-yildagina nafaqaga chiqadi. 1899-yilga kelib esa Ivanov yana harbiy xizmatga chaqirilib, general-leytenant unvonini oladi va Turkiston general-gubernatori general-leytenant Duxovskiyning yordamchisi etib tayinlanib, viloyatning harbiy va fuqarolik qismini boshqarish ishlari uning zimmasiga yuklatiladi. Turkiston general-gubernatori va Turkiston harbiy okrugi qoʻmondoni sifatida 1904-yil 18-maygacha ushbu yerlarni boshqaradi. Harbiy unvonlari Nikolay Ivanov1858-yil 11-avgustda xizmatga kiradi va bir qancha unvonlar bilan taqdirlanadi: Sotnik (1865-yil 20-mart); Yasovul (1866-yil 5-avgust); Shtab kapitani (1867-yil 13-yanvar); Kapitan (1867-yil 29-avgust); Podpolkovnik (1871-yil 20-iyul) Jangovar jasorati uchun polkovnik (1873-yil 11-iyul); General-mayor (1884-yil 4-avgust); General-leytenant (1898-yil 8-oktyabr). Mukofotlari 3-darajali Sankt-Anne Ordeni qilich va kamon bilan (1865)Список генералам по старшинству. SPb 1899 g.>; 4-darajali Avliyo-Jorj Ordeni (1865); 4-darajali Muqaddas Vladimir ordeni qilich va kamon bilan (1866); 2-darajali Stanislav ordeni qilich bilan (1866); „Jasorati uchun“ oltin qilichi (1867) 2-darajali Muqaddas Stanislav ordeni uchun imperator toji (1867); 2-darajali Sankt-Anne Ordeni qilich bilan (1870); 3-darajali Muqaddas Vladimir ordeni qilich bilan (1874); 1-darajali Stanislav ordeni (1880); 1-darajali Sankt-Anne ordeni (1882); 2-darajali Vladimir ordeni (1885); Oq burgut ordeni (1901). Adabiyotlar Ivanovi // Voennaya ensiklopediya : [v 18 t.] / pod red. V. F. Novitskogo … [i dr.]. — SPb. ; [M.] : Tip. t-va I. D. Sitina, 1911—1915. Spisok generalam po starshinstvu na 1886 god. SPb., 1886 Terentev M. A. Istoriya Zavoevaniya Sredney Azii. T. 1—3. SPb., 1903. Basxanov M. K. „U vorot angliyskogo moguщestva“. A. Ye. Snesarev v Turkestane, 1899—1904 gg. SPb., Nestor-Istoriya, 2015. — 328 s., il., karti. — 978-5-4469-0728-1. Manbalar Havolalar N. A. Ivanov Niva, 1901 yil, No 8, p. 158. N. A. Ivanov (nekroloq) Niva, 1904, No 22, bet. 436-437. 1842-yilda tugʻilganlar 26-yanvarda tugʻilganlar 1904-yilda vafot etganlar 18-mayda vafot etganlar Toshkentda vafot etganlar Oʻzbekiston yetakchilari Turkiston harbiy okrugi (Rossiya imperiyasi) qoʻmondonlari Turkiston yurishi qatnashchilari Turkiston general-gubernatorlari Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi) gubernatorlari General-leytenantlar (Rossiya imperiyasi) Toshkentda dafn etilganlar
4,528
3140
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nikolay%20Tevyashev
Nikolay Tevyashev
Nikolay Tevshyayev Tug'ilgan sanasi: 1842-yil 12-iyul Tug'ilgan joyi: Kolybelka, Ostrogojsky uyezd Harbiy faoliyati: Axtirskiy armiyasi zobiti 30.08.1861 - leytenant 17.04.1863 - shtab qarorgoh kapitani 30.08.1868 - kapitan 16.04.1872 - polkovnik 1877-1878 - Rossiya-Turkiya urushida Pisantsi va Trestenika hududlarida rus qo'shinlari qo'mondoni 28.03.1879 - otliq-granadachi qo'shinlari qo'mondoni 30.08.1892 - leytenant general 1895-1903 - Harbiy ishlar vazirligi a'zosi (Bir muncha vaqt kengash raisi sifatida ham faoliyat olib borgan) 1903-1904 - Harbiy sovet(qonun chiqaruvchi davlat organi) a'zosi 1904-1905 - Turkiston general gubernatori ©️Trilliardaire Oʻzbekiston yetakchilari
704
3141
https://uz.wikipedia.org/wiki/Dean%20Subbotich
Dean Subbotich
Subbotich, Dean Ivanovich - Turkeston general-gubernatori (28.11.1905 — 15.08.1906). Manbalar Oʻzbekiston yetakchilari
121
3142
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yevgeniy%20Matsievskiy
Yevgeniy Matsievskiy
Matsievskiy, Evgeniy Osipovich - Turkeston general-gubernatori (??.??.1906 — ??.??.1906). Manbalar Oʻzbekiston yetakchilari
126
3143
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nikolay%20Grodekov
Nikolay Grodekov
Nikolay Ivanovich Grodekov - Turkiston general-gubernatori (??.09.1906 — ??.03.1908). Manbalar Oʻzbekiston yetakchilari
122
3144
https://uz.wikipedia.org/wiki/Pavel%20Mishenko
Pavel Mishenko
Pavel Ivanovich Mishenko (rus. Павел Иванович Мищенко, (02.05.1908 — ??.03.1909)) - Turkiston general-gubernatori. Turkiston General-Gubernatorlik hukmdorlari
160
3147
https://uz.wikipedia.org/wiki/Fyodor%20Martson
Fyodor Martson
Fyodor Vladimirovich Martson - Turkiston general-gubernatori (??.??.1914 — ??.??.1916). Manbalar Oʻzbekiston yetakchilari
124
3148
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mixail%20Yerofeev
Mixail Yerofeev
Erofeev Mixail Romanovich - Turkiston general-gubernatori (??.??.1916 — ??.??.1916). Manbalar Oʻzbekiston yetakchilari
121
3151
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vasiliy%20Pokotilo
Vasiliy Pokotilo
Vasiliy Ivanovich Pokotilo (1856-yil 8-avgust - 1919-yil 27-martdan oldin emas) — rus harbiy rahbari, otliq general. Semirechenskiy, Ural kazak qoʻshinlari, Buyuk Don armiyasining harbiy gubernatori va bosh atamani, 1877—1878-yillardagi Rossiya-Turkiya urushi, Birinchi Jahon urushi va Oq harakati tomonidagi fuqarolar urushi qatnashchisi. Hayoti 1856-yil 8-avgustda tugʻilgan. Oʻrta maʼlumotni Orel shahrida, Orel Baxtin nomidagi harbiy gimnaziyada olgan. 1875-yil 1-sentyabrda xizmatga kirgan. 1878-yilda Nikolaev muhandislik maktabini tugatdi va 16-aprelda 5-muhandis batalonida ikkinchi leytenant unvoni bilan ozod qilindi. Batalyon tarkibida 1877—1878-yillardagi rus-turk urushida qatnashgan. 1880-yil 6-avgustda leytenant unvoniga koʻtarildi. 1884-yilda Nikolaev nomidagi Bosh shtab akademiyasini 1-toifali tamomlagan. 1884-yil 25-martda unga kapitan unvoni berilgan, shundan soʻng Turkiston harbiy okrugiga okrug shtabiga topshiriqlar boʻyicha bosh ofitser etib tayinlangan. 1885-yil 29-martda kapitan lavozimiga koʻtarildi. 1887-yil 15-oktabrdan 1888-yil 21-oktabrgacha 3-Turkiston otishma batalyonida rotaning malakali qoʻmondoni boʻlib xizmat qilgan. 1889-yil 7-dekabrda u Vyborg qal'asi shtab-kvartirasining jangovar boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi. 1890-yil 1-aprelda u podpolkovnik unvoniga koʻtarildi va VIII armiya korpusining shtab-kvartirasida maxsus topshiriqlar boʻyicha ofitser etib tayinlandi, ammo 24-aprelda u temir yoʻllar boʻylab qoʻshinlar harakati boshligʻi lavozimiga oʻtkazildi. Vilna viloyati. 1892-yil 27-avgustdan 20-dekabrgacha Vilna harbiy okrugi shtab-kvartirasining katta adyutanti boʻlgan. 1894-yil 17-aprelda unga „farqlanish uchun“ degan soʻz bilan polkovnik unvoni berilgan. 1896-yil 2-mayda u temir yoʻl brigadasi boshligʻi etib tayinlandi. 1897-yil 1-maydan 1-sentyabrgacha Yaroslavl 117-piyoda polkida batalyon komandiri boʻlib xizmat qilgan. 1898-yil 4-fevraldan 5-maygacha 41-piyoda diviziyasining shtab boshligʻi boʻlgan. 1898-yil 5-mayda u Vilna kadet piyodalar maktabining boshligʻi, keyin 1900-yil 12-fevraldan boshlab 1-kadet korpusining direktori etib tayinlandi. 1901-yilda u general-mayor unvoniga koʻtarildi (1902-04-14 dan ish stajiga ega), „farqlanish uchun“ soʻzlari bilan. 1904-yil 11-dekabrda Fargʻona viloyati harbiy gubernatori, 1907-yil 28-iyuldan Semirechensk viloyati harbiy gubernatori, koʻrsatilgan viloyatdagi qoʻshinlar qoʻmondoni va Semirechensk kazak armiyasining atamani etib tayinlangan. 1908-yilda u general-leytenant unvoniga koʻtarildi (12/06/1907 staj bilan), „farqlanish uchun“ soʻzi bilan. 1908-yil 16-fevralda Yangi Margʻilon shahrida V. I. Rideda suiqasd uyushtirildi. 1908-yil 7-oktyabrda u Ural viloyatining harbiy gubernatori, koʻrsatilgan mintaqadagi qoʻshinlar qoʻmondoni va Ural kazak armiyasining bosh atamani etib tayinlandi. 1910-yil 1-yanvarda Turkiston general-gubernatorining yordamchisi va Turkiston harbiy okrugi qoʻmondoni, otliq qoʻshin generali A.V.Samsonov etib tayinlanadi. 1912-yil 22-oktyabrda u Don armiyasining harbiy atamani etib tayinlandi. 1913-yil 14-aprelda otliqlardan general unvoni (1913-12-06 staj bilan) “farqlanish uchun” soʻzi bilan koʻtarildi. Birinchi jahon urushida qatnashish Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan u armiya uchun Donda kazak boʻlinmalarini shakllantirishni tashkil etishda ishtirok etdi. 1915-yil 16-martda u Oliy Bosh Qoʻmondon huzuridagi dala atamani etib tayinlangan, shu bilan birga Don armiyasining harbiy atamani boʻlgan. 1915-yil 17-sentyabrda Don kazak armiyasidan iborat boʻlgan va Bosh shtabga kiritilgan, Oliy Bosh Qoʻmondon huzuridagi dala atamani va Don armiyasining harbiy atamani, otliq qoʻshinlardan general Pokotilo lavozimidan haydab chiqarildi. Oliy Bosh Qoʻmondon huzuridagi dala atamani, Don armiyasining harbiy atamani lavozimini tark etdi. 1916-yil 4-mayda Don armiyasining harbiy atamani, otliq general Pokotilo Shimoliy front qoʻshinlarining bosh taʼminot ofitseri etib tayinlandi va Donni tark etdi. 1916-yil 20-oktyabrdan - Harbiy kengash aʼzosi. 1917-yilda Oliy Harbiy sud aʼzosi etib tayinlandi, bir vaqtning oʻzida 1917-yil 15-yanvardan hokimiyat buyrugʻi bilan urush teatrlarida rekvizitsiya qilingan yoki vayron qilingan mulklar boʻyicha aholi punktlari ishlari boʻyicha qoʻmita raisi boʻldi. Fevral inqilobi 1917-yil fevral inqilobidan soʻng, armiya va flot qoʻmondonlarini tozalash boshlanganda, har doim monarxistik qarashlari bilan ajralib turadigan general V.I.Pokatilo oʻz lavozimini yoʻqotganlar qatorida boʻlgan va 1917-yil 4-aprelda kasallik tufayli xizmatdan boʻshatilgan. , forma va pensiya bilan. Oktyabr inqilobi Oktyabr inqilobidan keyin u Oq harakati tomoniga oʻtdi. 1919-yil 10-martdan boshlab Rossiya janubi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni shtab-kvartirasida saflar zaxirasida edi; 1919-yil 27-martdan boshlab kassatsiya majlisining aʼzosi boʻlib xizmat qildi. Mukofotlar Орден Святого Станислава 3-й ст. (1880) Орден Святой Анны 3-й ст. (1885) Орден Святого Станислава 2-й ст. (1889) Орден Святой Анны 2-й ст. (1893) Орден Святого Владимира 4-й ст. (1896) Орден Святого Владимира 3-й ст. (1900) Орден Святого Станислава 1-й ст. (1905) Орден Святой Анны 1-й ст. (1910) Орден Святого Владимира 2-й ст. (1913) Орден Белого орла (1915) Manbalar Василий Иванович Атаманы Семиреченского казачьего войска В. Садовский, О. Маслов «Орловский кадет-атаман Войска Донского»
5,399
3162
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20futbol%20assotsiatsiyasi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Oʻzbekistonning futbol klublari va musobaqalarini idora etuvchi tashkilotidir. Tarix 1912-yildayoq, Fargʻona va Qoʻqonda Oʻzbek futboli tarixidagi ilk jamoa paydo boʻlgan. Shundan soʻng, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan hamda Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida turli futbol klublari paydo boʻla boshladi. Oʻtgan asrning 20-yillari oʻrtalariga kelib, mamlakat birinchiligi baxslari ham oʻtkazila boshladi. 1928-yilda Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasiga asos solindi. Oʻsha kezlarda endi tashkil etilgan jamoa Moskvada oʻtgan spartakiada baxslarida oʻziga hos natijalarni qayd etdi. 30-yillarga kelib, oʻzbekistonlik futbolchilar xalqaro oʻyinlar doirasida birinchi gʻalabani nishonlashdi. Havaskor futbolchilardan tashkil topgan Norvegiya va Germaniya terma jamoalari magʻlubiyatga uchratildi. 1939-yildan eʼtiboran, Oʻzbekistonning yetakchi jamoalari, jumladan Toshkentning „Dinamo“, „ODO“, „Spartak“ kabi futbol klublari Sobiq Ittifoq birinchilgi hamda mamlakat Kubogi oʻyinlarida, B toifasidagi sport ustalari oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok etishni boshlashdi. 1956-yilda esa, hozirga kelib, "Paxtakor" futbol klubiga asos solindi. „Paxtakor“ jamoasi 1962 hamda 1982-yillarda Sobiq Ittifoq chempionatida 6-oʻrinni egalladi, 1968-yilda esa jamoa vakillari Sobiq Ittifoq Kubogi baxslarining finaliga yoʻl olishgan. Oʻsha kezlarda Toshkent viloyati sharafini himoya qiluvchi „Politotdel“, Jizzaxning „Boʻston“, Fargʻonaning "Neftchi", Namanganning "Navbahor", Samarqandning „Dinamo“ klublari ham Sobiq Ittifoq chempionatining birinchi ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. 1991-yildan Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) hamda FIFAning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi. Shu yoʻl bilan mamlakat jamoalari yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Jahon va Osiyo chempionati baxslari, Olimpiada va Osiyo oʻyinlari musobaqalari oʻz navbatida Federatsiya rahbarlarini futbol mutaxassislari, murabbiylar va barcha darajadagi murabbiylariga boʻlgan munosabatlarini tiklash va qayta yoʻlga qoʻyish imkoniyatini yaratib berdi. Ana shu eʼtibor va harakatlar bois, turli yillarda Fargʻonaning Neftchi hamda Qarshining Nasaf jamoalari Osiyoning klublar oʻrtasidagi nufuzli Qitʼa Kubogi oʻyinlarida muvafaqqiyatli ishtirok etdi. 1994-yilda Yaponiyaning Xirosima shahrida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida chempion boʻlganini alohida tilga olish mumkin. Shuningdek, 2000-yilda Futzal, yaʼni mini-futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati ikkinchi oʻrinni egalladi. 2002-yilga borib, 20-yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon Chempionatining final qismiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Terma jamoalarning muvaffaqiyatli ishtiroklari, klub va bolalar futbolining tezkor ravishda rivojlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov hamda mamlakat hukumatining diqqat va eʼtibori bilan bogʻlash mumkin. Oʻzbekistonning mustaqillik yillarida Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish borasidagi qarorlari futbolni rivojlantirishga xizmat qildi. Bu orada, mini-futbol, ayollar hamda bolalar va oʻsmirlar futboli, ommaviy futbolni rivojlantirish borasida barcha masalalarni hal qiladigan, turli savollarga javob beradigan normativ baza yuzaga keldi. Bu esa, xalqaro musobaqalarda terma jamoalar va klublarning muvaffaqiyatli ishtirokiga sabab boʻldi. Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya sportni rivojlantirishning keyingi istiqbollarini koʻzlagan holda, Oʻzbekiston Respublikasining „Jismoniy tarbiya va sport haqidagi“ qonun loyihasi 2000-yilning 26-mayida qabul qilindi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining ana shu boradagi qator qonunlari eʼlon qilindi: „Oʻzbekiston Respublikasida futbolning keyingi istiqbollarini belgilash toʻgʻrisida“gi Qonuni (144-sonli; 18/03/1993), „Oʻzbekistonda futbol taraqqiyotining prinsiplari va asoslarini tubdan amalga oshirish toʻgʻrisida“gi Qonuni (27-sonli, 17/01/1996), „Oʻzbekistonda Futbol taraqqiyoti jamgʻarmasining faoliyatini yaxshilash va uni qoʻllab quvvatlash toʻgʻrisida“gi Qonuni 1998-yilning 6-iyulida qabul qilib, 238-sonli qonun etib belgilab qoʻyildi. Bu qonun Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish boʻyicha 2006-yilgacha amalda boʻladigan milliy dasturga ishora edi. 1996-yilning 17-yanvarida qabul qilingan 27-sonli qonun yordamida professional klublar tizimi orqali respublikada futbolni rivojlantirish siyosati aniqlab olindi. Oʻzbekiston chempionatining Oliy Ligasida hozirga kelib, 14 ta jamoa ishtirok etadi. Birinchi Ligada esa, 20 ga yaqin professional futbol klublari kurash olib bormoqda. 200 dan ortiq klublar esa, ikkinchi ligada birinchi liga yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. Oʻlkadagi futbol klublari hamda terma jamoalarga oʻrinbosarlar tayyorlash maqsadida mamlakatning barcha tumanlarida futbol boʻyicha ixtisoslashgan maktab-internatlar ochilgan. Ana shu yosh iqtidorlarning kelajagi uchun mas’ul boʻlgan murabbiylar hamda hakamlarning malakasini oshirish boʻyicha, Toshkentda FIFA hamda OFK mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminarlar ham uyushtirildi. Bu orada respublikadagi stadionlar qayta taʼmirdan chiqib, yaʼni oʻyingohlar barpo etildi. Bundan tashqari mini-futbol baxslari uchun qator maydonlar qurildi. Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ishlarni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tarkibidagi viloyat futbol federatsiyasi yaratildi. Ana shu federatsiyalar Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasiga kerakli maʼlumotlarni oʻz vaqtida toʻgʻridan toʻgʻri yetkazib turadi. FIFA va AFC Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi FIFA va AFCga 1994-yilda qabul qilingan boʻlsa-da, Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga 1992-yildan beri FIFA shafeligida oʻtkazilayotgan xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlariga ruxsat berilgan. 1997-2013-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi OFKning quyi federatsiyalaridan biri – oʻsha paytda Markaziy va Janubiy Osiyo (hozirgi) mamlakatlari futbol federatsiyasini birlashtirgan Markaziy va Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi tarkibiga kirgan. Bu subfederatsiya Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi deb ataladi va faqat Janubiy Osiyo davlatlarini birlashtiradi). 2014-yilning iyun oyidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKning yangi subfederatsiyasi, Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi tarkibiga kirdi – Afgʻoniston, Eron, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston futbol federatsiyalarini birlashtirgan. 2013-yilning 7-yanvar kuni Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA tomonidan tashkil etilgan marosimda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasiga FIFAning „Fair play“ mukofoti (fayr oʻyin uchun mukofot) topshirildi. Oʻzbekiston futbol federatsiyasining ushbu nominatsiyada gʻalaba qozonishiga OFK vakillari oʻrtasida Fair play ochkolari boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchilarining minimal sariq va qizil kartochkalari sabab boʻldi. Prezidentlar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari prezident hisoblanadi. Boshqa sport federatsiyalaridagidek, 1992-yildan buyon futbol federatsiyasida ham Oʻzbekiston siyosiy elitasida muhim oʻrin egallagan shaxslar prezidentlikka saylanib keladi. 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston bosh vaziri lavozimida ishlagan Abdulhoshim Mutalov bir vaqtda futbol assotsiatsiyasi rahbari boʻlgan. Keyingi 10 yil davomida 1991-yildan buyon ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan Zokir Almatov rahbar boʻlgan. 2005-yilda salomatligi yomonlashgani sabab bu lavozimni tark etgan. Uning oʻrniga senator Mirabror Usmonov saylandi. 2017-yilda Usmonov ham salomatligi yomonlashgani sabab bu lavozimni tark etgan. 2017–2018-yillarda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi boʻlgan Umid Ahmadjonov bir vaqtda futbol assotsiatsiyasiga ham prezident boʻldi. 2018-yilning 25-yanvar kuni boʻlib oʻtgan federatsiyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida Oʻzbekiston futbol federasiyasini (OʻFF) Oʻzbekiston futbol assosiasiyasiga (OʻFA) aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Oʻzbekiston temir yoʻllari davlat kompaniyasi raisi, bosh vazir oʻrinbosari, boks federatsiyasi prezidenti, Oʻzbekiston qahramoni va senator Ochilboy Ramatov bir vaqtda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga ham prezident etib saylandi. 2019-yil 15-iyuldan Abdusalom Azizov prezident lavozimida ishlab kelmoqda. Assotsiatsiyaning amaldagi va ijrochi rahbari birinchi vitse-prezident boʻlib, uning lavozimida 2019-yil iyun oyidan buyon Ravshan Ermatov ishlab kelmoqda. Ijroiya qoʻmitasi tarkibi Abdusalom Azizov – DXX raisi, OʻFA prezidenti. Ravshan Ermatov – Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi birinchi vitse-prezidenti, OʻFA birinchi vitse-prezidenti. Davron Nazarmuhamedov – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, OʻFA vitse-prezidenti. Odil Ahmedov – OʻFA vitse-prezidenti. Guy Kiala – OʻFA texnik direktori Odil Abdurahmonov – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi. Adham Ikromov – Sport vaziri. Narimon Jalolov – OʻFA Futbol faxriylari kengashi raisi. Abdurashid Joʻraboyev – MTRK raisi. Baxtiyor Hakimov – „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasi bosh direktori. Shuhrat Jalilov – „Nuroniy“ jamgʻarmasi raisi. Jahongir Usmonov – OFK Futzal qoʻmitasi aʼzosi. Yutuqlari FIFA Fair Play mukofoti (Halol oʻyin uchun): 2013-yil Manbalar Havolalar Rasmiy sayti Oʻzbekiston futbol federatsiyasi AFC.com da (oʻzbek tilida) FIFA.com saytida Oʻzbekiston profili Rasmiy veb-sayt (oʻzbek va rus tillarida) Oʻzbekiston futboli Oʻzbekistonda Sport Federatsiyalari 1946-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar
9,565
3170
https://uz.wikipedia.org/wiki/Albaniya
Albaniya
Albaniya (Shqipëria), Albaniya Respublikasi (Republika e Shqipërisë) — Bolqon yarim orolining janubi-gʻarbidagi davlat. Adriatika va Ioni dengizlari sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 36 retaga boʻlingan. Poytaxti alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Maydoni 28,7 ming km2. Aholisi 2902488 kishi (2023). Poytaxti Tirana shahri.Albaniya bugungi kunda Yevropada eng katta sanoat davlati hisoblanadi.Albaniya Yevropada eng rivojlangan davlat va geografik o‘rniga ega.Albaniya 2023-yil yakuniga ko‘ra,dunyo davlatlari orasida iqtisodiy salohiyati eng katta rivojlangan davlatga aylandi.Albaniya tog‘li davlat hisoblanadi. Davlat tuzumi Albaniya — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998-yil qabul qilingan. Davlat hokimiyatining oliy organi — bir palatali Xalq majlisi (155 deputat), uni barcha fuqarolar 4 yil muddatga saylaydi. Davlat boshligʻi — prezident. Albaniya Oliy ijroiya organi — hukumat boshligʻi boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat). Davlat hokimiyatining mahalliy organlari — tegishli xalq kengashlari. Tabiati Adriatika dengizining sohili asosan pasttekislik, janubiy togʻlardan iborat. Albaniya hududining salkam 70 % ni balandliklar 2692 m gacha boʻlgan Shimoliy Alban Alplari (Prokletiye) va Janubiy Alplar egallaydi. Ular oʻrtasidagi markaziy voha daryo vodiylariga boʻlinadi. Sohili past-baland dengiz boʻyi tekisligidan iborat. Xromit, neft, bitum, temirnikel va mis ruda konlari bor. Iqlimi — Oʻrta dengizga xos subtropik; iyulning oʻrtacha harorati 24 °C, 25 °C, yanvarniki 8 °C, 9 °C. Yiliga 1000 mm yogʻin yogʻadi. Soy va daryolari togʻli, ularda kema qatnamaydi. Eng katta daryolari — Drin, Semani, Shkumbini, Skadar, Oxrid, Prespa koʻllarining bir qismi Albaniya hududida joylashgan. Tekislikda jigarrang, togʻlarda qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari. Yer maydonining 38 % dan koʻprogʻi oʻrmon bilan qoplangan (dub, buk, kashtan va boshqa xil daraxtlar). Sohilda Oʻrta dengizga xos oʻsimliklar doimo koʻkarib turadi. Albaniyada 4 milliy bogʻ bor. Aholisi Albaniyaning asosiy aholisi — albanlar (salkam 98 %). Greklar, valaxlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili — alban tili. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 87 kishi. Aholining 35 % shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari — Tirana, Durres, Shkoder, Vlyora, Elbasan. Tarixi Albaniyaning eng qadimgi aholisi pelasglar (yangi tosh davri), illiriylar (mil.av. 2-ming yillikdan boshlab) boʻlgan. Mil. av. 2-asrda hozirgi Albaniya hududini Rim bosib olgan. 395-yildan 1347-yilgacha u Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinchalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qoʻl ostida boʻlgan. 1389-yildan Albaniyani Usmonlilar imperiyasi zabt eta boshladi. 15-asr oʻrtalarida Skanderbeg boshchiligida boshlangan umumxalq qoʻzgʻoloni natijasida deyarli butun Albaniya ozod qilindi, biroq 1479-yilda uni yana turklar bosib oldi. 1912-yil bahorida Usmonlilar hukmronligini bartaraf etish uchun xalq qoʻzgʻoloni boshlandi. Oʻsha yili 28-noyabr kuni Vlyorada aholi turli tabaqa vakillarining qurultoyi Albaniyani mustaqil davlat deb eʼlon qildi. Muvaqqat hukumatga I. Kamolbey boshchilik qildi. Aslida esa Albaniya boshqa davlatlarga qaram boʻlib qoldi. 1924-yil iyunidagi xalq qoʻzgʻoloni Ahmad Zogu toʻdasini agʻdarib tashladi. Ammo 1924-yil dekabrda u ajnabiy imperialistlar yordamida yana hokimiyatni egallab, oʻzini avvaliga respublika prezidenti, 1928-yil esa qirol deb eʼlon qildi. Uning davrida Albaniya amadda Italiya mustamlakasiga 299 aylandi. 1939-yilda fashistlar Italiyasi, 1943-44 yillarda esa nemis fashistlari Albaniyani bosib oldi. Albaniya 1944-yil 28-noyabrda fashist bosqinchilaridan ozod etildi. 1946-yil 11-yanvarda xalq respublikasi deb eʼlon qilindi. 1976-yil 28-dekabrdan 1991-yil maygacha — Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi deb atalib keldi. 1991-yil maydan Albaniya Respublikasi. Albaniya 1955-yildan — BMT aʼzosi. Albaniya va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1993-yilda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 28-noyabr — Bayroq kuni (1912). Siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari Albaniya sotsialistik partiyasi, 1941-yilda tuzilgan, 1948-yilgacha Albaniya Kompartiyasi, 1991-yilgacha Albaniya mehnat partiyasi deb atalgan. Hozirgi nomi 1991-yil 12-iyunda qabul qilingan; Albaniya demokratik partiyasi, 1990-yil tuzilgan; Albaniya agrar partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Albaniya respublikachilar partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Albaniya sotsial-demokratik partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Inson huquqlari uchun ittifoq, 1992-yil tuzilgan; Albaniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Albaniya mustaqil kasaba uyushmalari birlashmasi, 1991-yilda tuzilgan. Xoʻjaligi Albaniya mustaqil boʻlgach, xoʻjalik sohasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishdi. U agrar-industrial mamlakatga aylandi. Albaniya milliy daromadining 46 % sanoatda, 33 % qishloq xoʻjaligida hosil qilinadi. Sanoati Oziq-ovqat, yengil sanoat, konchilik va yogʻochsozlik tarmoqlarining salmogʻi katga. Energetika neft va gidroenergiya negiziga qurilgan. Yiliga 4 mlrd. kVt-s dan ortiq elektr energiya ishlab chiqariladi. Neft, xrom (1 yilda 1 mln. tonna — Gʻarbiy Yevropada l-oʻrin), temirnikel va mis rudalari, bitum qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida qand-shakar, yogʻ-moy, baliq va meva-konserva, vinochilik, tamaki tarmoqlari, yengil sanoatda — asosan toʻqimachilik tarmogʻi mavjud. Kime, metallsozlik, mashinasozlik, yogʻochsozlik sanoatining ayrim korxonalari ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: Tirana, Elbasan, Fiye-ri, Korcha, Shkoder. Qishloq xoʻjaligi Asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Ekinzorlari 560 ming ga dan ortiq (mamlaqat hududining deyarli 20 %). 230 ming ga ga yaqini sugʻoriladi. Makkajoʻxori va bugʻdoy oziq-ovqat sohasida katta ahamiyatga ega. Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Paxta, tamaki, qand lavlagi asosiy texnika ekinlaridir. Tokchilik, zaytun va sitrus oʻsimliklari oʻstirish rivojlangan. Chorvachiliqda qoʻychilik va echkichilik ustun. Transporti Transportningasosiy turi — avtomobil transporti (yuk ay-lanmasi hajmining salkam 65 % ni tash-kil etadi). Durres — Tirana, Durres — Elbasan va boshqa yoʻnalishdagi temir yoʻllar mavjud. Dengiz portlari: Durres, Vlyora. Xalqaro aeroporti — Tirana (Rinas). Tashqi savdosi Chetga asosan, xromitlar, temirnikel, mis rudalari, neft, bitum, yogʻoch-taxta, charm, zaytun yogʻi, tamaki, sitrus, sabzavot va mevalar chiqariladi. Albaniya chetdan mashina, asbob-uskuna, prokat, transport vositalari, doridarmon, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari keltiradi. Asosiy tashqi savdo mijozlari: Italiya, Yunoniston, Turkiya, Olmoniya. Pul birligi — lek. Tibbiy xizmati Albaniyada 10 mingdan ortiqoʻrinli kasalxonalar mavjud. 735 bemorga 1 shifokor toʻgʻri keladi. Shifokorlarni Tirana universitetining tibbiyot fakulteti yetishtiradi. Lidjada kurortlar bor. Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Xalq taʼlimi tizimi 1969-yilda joriy etilgan boʻlib, u maktabgacha muassasalar, 8 yillik umumiy majburiy, 4 yillik oʻrta (hunar yoki umumiy) va 3-4 yillik oliy oʻquv yurtlaridan iborat. Albaniyada 3 universitet bor. Fanlar akademiyasi 1973-yil tashkil etilgan. Milliy kutubxona va universitet kutubxonasi, arxeologiya, etnografik muzeyi va bohsqalari bor. Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi Albaniyada „Zeri i popullit“ 300(„Xalq ovozi“, 1942-yildan) „Mesuyesi“ („Muallim“, 1961-yildan), „Bashkimi kom-betar“ („Milliy birlik“, 1943-yildan), „Kombi“ („Millat“, 1991-yildan), „Drita“ („Hyp“, 1960-yildan), „Koxa Ione“ („Vaqtimiz“, 1991-yildan) va boshqa gazetalar nashr etiladi. Albaniya telegraf agentligi 1944-yil tashkil etilgan. „Albaniya radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi“ davlat tashkiloti mavjud. Radioeshittirish — 1944-yildan, telekoʻrsatuv — 1961-yildan ishlaydi. Adabiyoti Albaniyada boy xalq ijodiyoti — qahramonlik dostonlari, tarixiy qoʻshiqlar mavjud. Alban tilida hozirgacha saqlanib qolgan dastlabki yozma manba — yepiskop Pal Engelaning „Choʻqintirish taomili“ (1462)dir. 16- 17-asrlarda adiblar P. Budi, F. Barde, P. Bogdani, M. Barxeti ijod qildilar. 18-asrda T. Kavaloti va Danel alban tili lugʻatini tuzdilar. 19-asrda bir necha atoqli vatanparvar yozuvchilar, milliy uygʻonish arboblari maydonga chiqdi. Adabiyotda romantizm oqimi hukmron boʻlib qoldi. Shu davrning eng taniqli namoyandalari — shoirlardan I. De Rada („Milosao qoʻshigʻi“, „Shoʻrpeshona Skan-derbeg“ dostonlari), Kenja G. Dara („Balaning soʻnggi qoʻshigʻi“ dostoni). Z. Serembe („Taqdir“ dostoni), V. Shkodrani („O, mening Albaniyam“ dostoni), adib va tarjimon K. Kristoforidi. Adabiyotda novella, tarixiy roman, drama paydo boʻla boshladi. Yangi adabiyotning asoschilaridan biri N. Frasherining „Poda va dala“ (1886), „Skanderbeg tarixi“ (1898) va boshqa dostonlari yuzaga keldi. 20-asr boshlaridagi shoirlar — A. Chayupi („Tomori ota“ toʻplami, 1902; „Oʻn toʻrt yoshli kuyov“ komediyasi, 1902), N. Meda („Quvgʻin“, „Bulbul nolasi“ dostonlari), F. Shiroka, R. Silichi xalqni birlikka chaqiradi. Vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiq va novellalar muallifi M. Grameno alban badiiy prozasining asoschilaridan biri boʻldi. Albaniya adabiyotining taniqli vakili Fan Noli oʻz sheʼrlarida fuqaroga hurmat va muhabbat tuygʻularini ulugʻladi („Salip Sulton qoʻshigʻi“, „Quvgʻin qurboni“, „Dragobiy gʻori“, „Yugur marafonchi“ va boshqalar). 20-asrning 30-yillarida ijtimoiy mavzu qalamga olina boshladi. Ikinchi jahon urushi davrida va Albaniya ozodlikka chiqqanidan soʻng adabiyotda italyan-nemis fashistlariga qarshi kurash mavzuidagi asarlar yaratildi (F. Gyataning „Partizan Banko haqida qoʻshiq“ dostoni, D. Shuterichining „Haloskorlar“ romani, 1952-55). Turmushni ijtimoiy jihatdan oʻzgartirishga bagʻishlangan romanlar (S. Spassening „Ular yolgʻiz emas edi“, 1952; F. Gyataning „Botqoq“, 1959 va boshqalar) paydo boʻldi. 50-60-yillarda avtobiografik va tarixiy qissa hamda romanlar (D. Shuterichi, V. Kokona, Ya. Dzodza asarlari) yaratildi. Meʼmorligi Antik davr (mil. av. 7-asr)dan Albaniya hududida mudofaa inshootlari, jamoat va uy-joy binolari, meʼmoriy bezaklarning qoldiqlari, oʻrta asrlardan Vizantiya inshootlari (13- 14-asrlarga mansub boʻlgan Lyavdari, Mborya qishloqlaridagi cherkovlar) va romantik uslubdagi imoratlar (Shasi qishlogʻidagi sobor, Vau-i-Deyes, Oboti qishloqlaridagi cherkovlar, 13-asr), shuningdek, istehkomva qasrlar saqlanib qolgan. Saroylar, timlar, machitlar ham mavjud. Albaniya Xalq meʼmorligiga xos xususiyatlar — togʻlardagi mustahkam minorasimon uylar, ikki-uch qavatli, oldi peshayvonli, yassi cherepitsa tomli uylar. Albaniya shaharlarida oʻrta asrlar va 20-asr boshlaridagi inshootlar bilan yonma-yon zamonaviy imoratlar koʻzga tashlanadi. Tasviriy sanʼati Oʻrta asrlarda rassomlik va haykaltaroshlik birmuncha rivoj toptan (Lyavdaridagi Troitsa cherkovi devorlariga ishlangan suratlar). 16-asrning 50-yillarida Sheltsan va Balsh cherkovlarida neokastrlik usta Onufriy suratlar chizgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida dunyoviy rang-tasvir (rassomlardan N. Martini, K. Xidromeno) paydo boʻldi. Keyingi yillarda musavvirlik, grafika, haykaltaroshlikning turli janrlari rivojlandi. Albaniyada xalq 301 amaliy sanʼati (gilamdoʻzlik, tikuvchilik, toʻquvchilik, oʻymakorlik, zargarlik) qadim zamonlardan maʼlum. Musiqasi Alban xalq musiqasida xilma-xil mahalliy uslublar, tabiiy besh pardali (pentatonik) kuylar, ozarbayjon musiqasida uchraydigan ohanglar bor. Oʻzbek musiqasidagi kabi vazni oʻzgarib turadigan qoʻshiq va raqs kuylari taraqqiy topgan. Aksari 3 ovozli qoʻshiqlar kamonli cholgʻular joʻrligida aytiladi. 20-asr 50-yillaridan professional musiqa sanʼati: opera (P. Yakovaning „Mrika“, 1954, „Skanderbeg“, 1968), balet (T. Dayyaning „Xalil va Xayriya“, 1963), operetta, simfoniya, kamer, cholgu, xor musiqasi rivojlandi. Tiranada davlat opera va balet teatri bor. Teatri 1874-yilda Testorati boshchiligidagi teatr toʻgaragi dastlabki sahna asarini qoʻydi. 19-asr 2-yarmida S. Frasheri, M. Grameno, F. Noli, A. Chayupi pesalarini havaskor teatr truppalari sahnalashtirdi. 1944-yil Tiranada professional xalq teatri, keyinroq Korcha va Durresda teatrlar barpo etildi. Albaniya Moisei nomidagi oliy aktyorlik bilim yurti ochilgan (1959). Kinosi Albaniya kinematografiyasi ikkinchi jahon urushidan soʻng rivojlana boshladi. 1952-yilda tashkil etilgan „Yangi Albaniya“ kinostudiyasi hujjatli filmlar va kinojurnallar chiqaradi. Birinchi rangli badiiy film — „Albaniyaning buyuk farzandi Skanderbeg“ (1954). Keyinchalik „Tana“, „Yer alanga ichra“ va boshqa badiiy filmlar yaratildi. Manbalar Havolalar Rasmiy sayti Albaniya harbiy kuchlari Yevropa BMT aʼzolari Albaniya
12,615
3171
https://uz.wikipedia.org/wiki/Andorra
Andorra
Andorra (, , ), Andorra knyazligi – Yevropaning janubi-gʻarbidagi davlat. Pireney yarim orolida, Fransiya bilan Ispaniya oraligʻida joylashgan. Maydoni 465 km2, aholisi 78 115 kishi (2011). Poytaxti – Andorra-la-Velya shahri. Rasmiy tili – katalon tili; maʼmuriy jihatdan 7 jamoaga boʻlingan. Dindorlar – katoliklar. Davlat tuzumi Andorra – mustaqil suveren davlat. Fransiya qiroli Karl davridayoq mustaqillikka erishgan. Oʻsha paytdan to birinchi konstitutsiya qabul qilinguncha Andorra 1278-yil shartnomasida belgilanganidek, Fransiya va Seo-de-Urxel shahri. (Ispaniya) yepiskopining ikki yoqlama protektoratida (izmida) boʻldi. 1993-yil 14-martdagi umumxalq ovoz berishi natijasida maʼqullangan mamlakat birinchi konstitutsiyasiga binoan Andorra „parlamentli knyazlik“ hisoblanadi, unda „xalq suvereniteti tamoyili“ qaror topdi, sobiq hukmdorlar – Fransiya prezidenti bilan Seo-de-Ur-xel yepiskopiga aniq vakolatli „konstitutsion davlat boshliqlari“ martabasi, jumladan, ularga ichki xavfsizlik va mudofaa, hududiy va chegara huhuqlari, yuridik sohalarda hamkorlik qilishga oid xalqaro shartnomalarni tayyorlashda qatnashish huquqi berildi. Qonun chiqaruvchi oliy organ – Bosh kengash – 28 deputatdan iborat bir palatali parlament. Ijroiya hokimiyat oliy organi – Ijroiya ken-gash (hukumat). Sharqiy pereneyda, Fransiya va Ispaniya oʻrtasida joylashgan Yevropaning bu mitti davlatining dengizga chiqish yoʻli singari qurolli kuchlari xam yoʻq. Lekin tazyiqqa uchraganida, Fransiya va Ispaniyadan tashqari NATO kuchlariga xam ishonsa boʻladi. Geografiyasi Andorra Pireneyning janubiy yon bagʻrida, Valira daryosi (Ebro havzasi) va uning irmoqlari vodiysida joylashgan. Muzliklardan hosil boʻlgan koʻllar bor. Iqlimi subtropik, yiliga 1000-2000 mm yogʻin yogʻadi. Togʻlari dub, buk va archa-pixta oʻrmonlari bilan qoplangan, baland alp va alp oʻtloqlari bor. Xoʻjaligi Andorra xoʻjaligining asosiy tarmoqlari – qoʻychilik va dehqonchilik. Arpa, jav-dar, kartoshka, sabzavot, uzum, tamaki yetishtiriladi. Oziq-ovqat sanoatining kichikroq korxonalari, GESlar, xunar-mandchilik ustaxonalari bor. Chet el turizmi katta daromad keltiradi. Andorradan chetga jun, pista koʻmir chiqariladi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari keltiriladi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot 15 ming AQSh dollariga toʻgʻri keladi. Ijtimoiy soha Maktab taʼlimi – fransuz yoki ispancha tizimda. „Diari d’Andorra“- katalon tilidagi kundalik gazetasi, 1991-yilda asos solingan. „Poble Andorra“ („Andorra xalqi“) – katalon tilidagi haftanoma, 1974-yilda asos solingan. „Andorra radiosi“ 1984-yildan buyon ishlaydi. „Antenna-7“ deb nomlangan xususiy telekompaniya ham mavjud. Muzey, kutubxona, qadimgi hujjatlar arxivi, arab (8-10-asrlar) va roman (12- 16-asrlar) meʼmorligi obidalari bor. Muomalada – fransuz franki va ispan peseti. Iqtisodiyot YIMning 80 %i turizm sohasiga toʻgʻri keladi. Andorraga yiliga 9 mln turist keladi. Iqtisodiyotning boshqaruvida davlatning roʻli juda past darajada va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qoʻllab quvvatlanadi. Iqtisodiyotda bank sektori katta rol oʻynaydi. Andorrada qishloq xoʻjaligi juda past rivojlangan, chunki, yerning atigi 2 %i qayta ishlashga yaroqlidir. Qishloq xoʻjaligi sohasida aholining 1 %i band. Andorrada kartoshka va tamaki yetishtiriladi. Temir rudalari koni, svinets, gidroenergetika resurslari hamda mineral suv va oʻrmon resurslariga ega. Kuchli tomonlari: iqtisodning asosi – turizm. Bank sistemalarining yuqori jihatdan mahfiy hisoblanadi. Eksportga qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan: don, kartoshka va tamakini chiqaradi. Zaif tomonlari: Fransiya va Ispaniya davlatning iqtisodiy siyosatini belgilab beradi. Ishlab chiqarish mahsulotlarini va xom-ashyo importiga bogʻlanib qolgan. Eksport: $148.7 million (2005). Eksport hamkorlari: Ispaniya 59.5 %, Fransiya 17.0 % (2006). Import: $1.879 mlrd (2005). Import – hamkorlari: Ispaniya 53.2 %, Fransiya 21.1 % (2006). Gerblar Manbalar Yevropa Andorra BMT aʼzolari Xristian davlatlari
3,996
3172
https://uz.wikipedia.org/wiki/Avstriya
Avstriya
Avstriya, Avstriya Respublikasi (, MFA: ) – Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 83 ming 858 km2. Aholisi 9,5 mln kishi (2021). Poytaxti – Vena shahri.Avstriya davlati Vena kongressi vahukumatiga ega.Rivojlangan davlat hisoblanadi.Avstriya 2023-yilda Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shildi va u dunyo davlatlarining rivojlangan 10 talik dan joy oldi. Davlat tuzumi Avstriya – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1920-yilda qabul qilingan (1929-yilda oʻzgarishlar kiritilgan). Davlat tuzilishi shakli jihatdan Avstriya – federatsiya (ittifoq davlat). Davlat boshligʻi – federal prezident, uni axrli 6 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament: milliy kengash (quyi palata) va federal kengash (yuqori palata) amalga oshiradi. Milliy kengashni aholi 4 yil muddatga saylaydi. Federal kengash aʼzolarini oʻlkalar parlamentlari (landtaglar) oʻz vakolatlari muddatiga (4 – 6 yilga) saylaydilar. Ijroiya hokimiyatni federal prezident va u tayinlaydigan federal kansler boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Har bir oʻlkaning oʻz konstitutsiyasi va qonun chiqaruvchi organi bor. Oʻlkalarning huquqlari cheklangan. Maʼmuriy boʻlinishi Tabiati Avstriya – asosan togʻli mamlakat. Uning janubiy qismi Sharqiy Alp togʻlari – Yuqori Tauern (balandligi 3797 m, Grosglokner choʻqqisi) va Quyi Tauern; shimoliy qismi – past-baland tekisliklardan iborat boʻlib, chekka shimoli-sharqda u Oʻrta Dunay payettekisligiga tutashib ketadi. Foydali qazilmalari: neft, gaz, magnezit, qoʻngʻir kumir, temir va qoʻrgʻoshin-rux rudalari, grafit, osh tuzi; binokorlik materiallarining anchagina zaxiralari mavjud. Iqlimi Iqlimi moʻtadil. Yanvarning oʻrtacha harorati – 1, – 4 °C, iyulda 15 °C dan 18 °C gacha. Yiliga 500–900 mm, togʻlarda 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi – Dunay va uning irmoklari (Inn, Traun, Ens, Drava va boshqalar). Ichki suvlari Daryolar anchagina gidroenergiya zaxiralariga ega. Koʻllar koʻp, ularning aksariyati muzliklardan paydo boʻlgan. Chimli-podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlar, janubi-sharqda ishqorsiz podzollashgan qora tuproqlar, togʻlarda togʻ-qoʻngʻir, togʻ-oʻtloq, togʻ-podzollashgan tuproqlar. Avstriya maydonining 40 % ga yaqini oʻrmonzor (dub, buk, archa, pixta, yaproq bargli daraxtlar). 2000 m balandlikda togʻ oʻtloqlari boshlanadi. Aholisi Avstriya aholisining 99 % – avstriyaliklar. Slovenlar, xorvatlar, vengerlar, chexlar, olmonlar, italyanlar ham yashaydi. Rasmiy tili – nemis tili. Aholisining oʻrtacha zichligi – 1 km2 ga 90 kishi. Aholining 52 % shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Vena, Grats, Zalsburg. Tarixi Hozirgi Avstriya hududidagi dastlabki inson izlari paleolit zamonlariga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab bu yerda turli qabilalar, asosan keltlarning avlodlari yashagan. Milodning 6-asr oxirlarida Avstriya gʻarbiga bavariyaliklarning german qabilasi, markaziy va sharqiy qismlariga slavyan qabilalari (asosan slovenlar) koʻchib kelib oʻrnashdi. 8-asr oxirlarida Avstriya Frank davlati tarkibiga, bu davlat boʻlingandan keyin (843-yil), Sharqiy Frank qirolligi (Germaniya) tarkibiga kirdi. 10-asrning 2-yarmida barpo etilgan Bavariya Sharqiy markasi Avstriya davlatiga asos soldi. 1156-yildan boshlab Avstriya „Muqaddas Rim imperiyasi“ tarkibidagi gersoglik. 12-asr oxiridan 14-asrgacha Avstriya gersoglari Shtiriya, Karintiya, Kraynya, Tirolni qoʻshib oldilar. Ayniqsa 1282-yilda Gabsburglar sulolasi qaror topgach, Avstriya gersoglari Janubiy Germaniyaning eng qudratli hukmdorlariga aylandilar. 16-asrda Gab-sburglar Chexiya, Sileziya, Gʻarbiy Vengriyani va janubiy slavyan yerlarining bir qismini qoʻlga kiritdilar. 18-asrda butun Vengriya, Transilvaniya, Xorvatiya, Janubiy Niderlandiya, qisman Italiya yerlari, Banat, Sloveniyaning bir qismi, Shimoliy Bosniya, polyak, rumin va ukrain yerlarining bir qismi Avstriya hokimiyati ostiga oʻtdi. Buyuk fransuz inqilobi yillarida Avstriya inqilobiy Fransiyaga qarshi yurish tashabbuskorlaridan biri, Napoleon urushlari davrida Fransiyaga qarshi koalitsiyalar qatnashchisi boʻldi. 1804-yildan Avstriya – imperiya. Avstriya – Muqaddas ittifoq tashkilotchilaridan biri. 1848-yil martda Avstriya imperiyasi oʻlkalarida burjuademokratik inqilobi sodir boʻldi. 1859-yilgi Avstriya-Italiya-Fransiya urushi va 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushidagi magʻlubiyat uning Germaniya davlatiga taʼsiri yoʻqolishiga olib keldi. 1867-yilda Avstriya imperiyasi dualistik (qoʻsh) monarxiya – Avstriya-Vengriyaga aylandi. birinchi jahon urushida u Germaniya ittifoqchisi boʻlib qatnashdi. 1918-yili noyabrda burjua-demokratik inqilobining gʻalabasi tufayli Avstriya-Vengriya bir necha mustaqil davlatga boʻlinib ketdi, jumladan Avstriya ham respublika deb eʼlon qilindi. 1919-yilgi San-Jermen sulh shartnomasida Avstriyaning chegaralari belgilab berildi. 1929–33 yillar jahon iqtisodiy inqirozi davrida Avstriyada reaksiyaning xuruji kuchaydi. 1933-yilda parlament tarqatib yuborildi, matbuot va yigʻilishlar erkinligi bekor qilindi. 1934-yilda qoʻzgʻolon koʻtargan xalq (Vena, Lins va boshqa shaharlar) uch kun mobaynida fashist toʻdalarga va hukumat qoʻshinlariga qurolli qarshilik koʻrsatdi. 1938-yilda fashistlar Germaniyasi Avstriyani qoʻshib oldi. 1945-yil bahorida Avstriya gitlerchilar zulmidan xalos etildi. 1945–55 yillarda Avstriya hududida sobiq, SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya qoʻshinlari turdi. 1955-yilda mustaqil va dsmokratik Avstriyani qayta tiklash toʻgʻrisida Davlat shartnomasi tuzildi. Oʻsha yili Avstriya parlamenta doimiy betaraflik toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. 1955-yildan Avstriya – BMT aʼzosi. 1992-yilda Avstriya bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. Milliy bayrami: 26-oktabr – betaraflik kuni (1955). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Avstriya sotsial-demokratik partiyasi, 1889-yilda tuzilgan; Avstriya xalq partiyasi, 1915-yilda tuzilgan; Avstriya ozodlik partiyasi, 1955-yilda tuzilgan; „Yashil muqobil“ partiyasi, 1987-yilda tuzilgan; „Liberal forum“ partiyasi, 1993-yilda tuzilgan. Avstriya kasaba uyushmalari birlashmasi, 1945-yilda tuzilgan; Xalqaro arkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi. Xoʻjaligi Avstriya – yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 36,3 % sanoatda va 2,8 % qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida hosil qilinadi. Avstriya iqtisodiyotida yirik chet el korporatsiyalari muhim rol oʻynaydi. 113 Oʻgir sanoatning bir qancha tarmoqlari mamlakat ixtiyoriga olingan. Chetga koʻp mahsulot chiqariladi. Sanoati Avstriya energetikasi gidroresurslar va asosan chetdan keltiriladigan koʻmir negiziga qurilgan. Konchilik sanoati tarmoqlari orasida magnezit (Shtiriya, Karintiya), temir rudasi (Ayzeners), polimetall rudalar, neft va gaz qazib olish katta ahamiyatga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlari – mashinasozlik va metallsozlik (konchilik, metallurgiya va xoʻjalikning boshqa tarmoqlari, transport vositalari va shahrik.lar uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradi). Metallurgiya, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz, yengil (toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik) va oziq-sanoat markazlari – Vena, Lins, Grats. Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligida intensiv chorvachilik yetakchi oʻrinda turadi. Fermalar koʻp, taʼminot-sotish va matlubot kooperatsiyasi shoxobchasi rivojlangan. Avstriya asosan togʻli oʻlka boʻlishiga qaramay, uning 20 % haydaladigan yerlar, 28,8 % yaylov va pichanzorlardir. Qora-mol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Asosiy ekinlari: gʻalla–bugʻdoy, arpa; texnika ekinlari – qand lavlagi. Xashaki ekinlar, meva, uzum yetishtiriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi oʻlkalari – Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Burgenland va Shtiriya. Transporti Temir yoʻllarning uzunligi – 6,4 ming km. Magistral gaz quvurlari – 1,8 ming km. Avtomobil va havo transporti ham rivojlangan. Dunayda kemalar qatnaydi. Asosiy porti va muhim xalqaro aeroporti – Vena. Tashqi savdosi Avstriya mashinalar, asbob-uskuna, yogʻoch materiallar, grafit, azotli oʻgʻitlar, metall buyumlar, elektr energiya va xalq isteʼmol mollarini chetga chiqaradi. Xom ashyo and the acquisition of Banca Comercială Română by Erste Group for 3.7 bil. EUR in 2005., yoqilgʻi, oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan oladi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari orasida tashqi savdo muomalasining koʻp qismi Germaniyaga toʻgʻri keladi. Xorijiy sayyoxlik koʻpgina daromad keltiradi. Pul birligi – Avstriya shillingi. Tibbiy xizmat Avstriyada 77600 dan ziyod oʻrinli kasalxonalar bor; barcha ixtisosliklardagi 28565 shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi. Shifokorlarni Vena, Grats va Insbruk unstitutlarining tibbiyot fakultetlari yetishtirib beradi. Xushman-zara Badenbay-Vin, Bad-Ishl, Bad-Shallerbax, Badgashtaynda turli kurortlar joylashgan . Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Avstriyada 1966-yildan umumiy 9 yillik taʼlimni joriy etish boshlangan. Avstriya maktablari va boshqa turdagi oʻrta oʻquv yurtlarida 1 mln. dan ortiq oʻquvchi, oliy oʻquv yurtlarida 205600 talaba oʻqiydi, 14 ming oʻqituvchi ishlaydi. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Vena, Grats, Zalsburg, Insbrukdagi unstitutlar, Vena, Gratsdagi texnika unstitutlari. Avstriya Fanlar akademiyasi mavjud. Kutubxonalari: Venadagi Milliy kutubxona, Fanlar Akademiyasi va Vena unstituti kutubxonalari; muzeylari: Tasviriy sanʼat akademiyasining bisoti, Avstriya galereyasi, Badiiy-tarix muzeyi, Betxoven, Gaydn, Motsart, Shubert muzeylari va boshqalar. Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi Avstriyada bir qancha kundalik gazeta va boshqa davriy axborot nashrlari chiqadi. Eng mashhur nashrlari: „Viner saytung“ („Vena gazetasi“, 1703-yildan), „Virtshaft“ („Iqtisodiyot“, 1945-yildan), „Kurir“ („Dastyor“, 1954-yildan); asosiy jurnallari: „Esterrayhishe monatsxefte“ („Avstriya oynomasi“, 1945-yildan), „Zolidaritet“ („Birdamlik“). Axborot agentligi – Austriya presse agentur – aksiyadorlik jamiyati, 1946-yil tashkil etilgan. Radio va telekoʻrsatuv „Esterrayhisher Rundfunk“ („Avstriya radiosi va televideniyesi“) davlat tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi. 399 radiostansiyasidan eshittirishlar olib boriladi. Telekoʻrsatuv 1956-yildan buyon ishlaydi. Adabiyoti Avstriya adabiyoti 9–11-asrlarda vujudga kela boshlagan. Unda lotin tilidagi liniy sheʼriyat ustun edi. Shoira Ava va hajvchi shoir Genrix fon Melk nemis tilida yoza boshlashgan. 12-asr oxirlarida qahramonlikni madh etuvchi eposlar („Nibelunglar toʻgʻrisida qoʻshiq“) yaratildi. Bu davrga kelib Vena minnezang deb atalgan saroy ritsarlik sheʼriyati markazita aylandi. V. fon der Fogalneyde eng atoqli minnezinger edi. Byurgerlik vujudga kelgan davrda Avstriya adabiyotida muxoliflik ruhidagi hajvchilik kuchaydi. 13– 14-asrlardagi taniqli hajvchilar: „Pop Amis“ shvank (janr turi)lar toʻplamining muallifi Shtrikker, shoirlardan Verner-Sadovnik va G. Teyxner. 14 – 16 asrlarda gumanistlar I. Fon Noymarkt, I.fon Zaats, K.Seltis faoliyati diqqatga sazovor. Gabsburglar monarxiyasi va katolik cherkovni madh etuvchi 17-asr adabiyoti va teatri xalqqa begona va tushunarsiz edi. Hajvchi Abraham a Santa Klara va Vena xalq dramasi namoyandalari (Y. Stra-nitskiy va boshqalar)ning asarlari xalq orasida mashhur edi. Avstriya adabiyoti 18-asr oxiri va 19-asrda gʻoyat gullab-yashnadi. Eng yaxshi asarlarda Yevropa maʼrifatparvarligi oliy gʻoyalari aks ettirildi. Vena xalqdramasi va hajvchilik yoʻli anʼa-nalarini F. Raymund, I. Nestroy, A. Blumauer davom ettirishdi. Ayni vaqtda klassitsizm va romantizm rivojlanib bordi. K. Pixler, I. N. Fogl, N. Lenau ijodida romantik ohanglar va milliy-vatanparvarlik gʻoyalari ustunlik qildi. 19-asr oxiri – 20-asrboshlari adabiyotida bir qancha naturachilik va sub’ektivchilik ruhidagi impressionizm, neoromantizm, simvolizm, ekspressionizm kabi oqimlar yuzaga keldi. Shu oqimlar ayrim namoyandalarining asarlarida ijtimoiy tanqidiy ohanglar yangradi. G.fon Gofmanstal, A. Shnitsler, A.Roda-Roda, R. M. Rilke, G. Trakl, F. Verfel, P. Altenberg, G. Bar, F. Kafka oʻz davrining nuqsonlarini qoralaganlar. B. fon Zutner va K. Kraus asarlarida militarizmga qarshi oshkora norozilik bildirilgan. Birinchi jahon urushi yillarida va undan keyin adabiyot maydoniga kelgan shoirlar: A. Vildgans, A. Petsoldtub xalqchillik gʻoyalarini koʻtarib chiqishdi. K. E. Fransoz, S. Sveyg, R. Muzil, Y. Rot, G. Surmyulen, G. Brox, F. Brukner urushga qarshi ruxda asarlar yaratishdi. A. Germaniya tomonidan qoʻshib olingach (anshlyuz), ayrim taraqqiyparvar yozuvchilar (Y. Rot, R. Muzil, S. Sveyg va boshqalar) mamlakatdan bosh olib ketishga majbur boʻldilar, baʼzilari (Yu. Zoyfer, A. Kyonig) fashizm zindonlarida halok boʻldilar. Mamlakat fashizmdan ozod boʻlgach, Avstriya adabiyotining asl namoyandalari milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga hissa qoʻshdilar. E. Prister. G. Lebert, F. T. Chokor, X. Guppert, X.fon Doderer, I. Baxman, M. Vid, F. Kain, A. Lernet-Xoleniya singari shoir va yozuvchilar shular jumlasidandir. Meʼmorligi 11-asrdan 13-asr boshlarigacha Avstriya meʼmorligida romantik uslub hukmron boʻldi (Gurke va Zekkaudagi bazilika, Venadagi avliyo Stefan soborining gʻarbiy tarzi). 13 – 15 asrlarda gotika rasm boʻldi (Xeyligenkreys va Svetldagi cherkovlarning xorlari, Venadagi Stefan sobori). Avstriyadagi Uygonish davri (15–16-asr)da erkerli (oynavand), peshayvonli uylar, qasr toifasidagi saroylar qurildi. 17–18 asrlarda Vena, Zalsburg, Linsda barokko uslubida shahar tashqarisidagi qarorgohlar, monastirlar, saroy va cherkovlar qurildi (Shenbrunn saroylari majmuasi, 1695, meʼmor I. B. Fisher fon Erlax; Belveder, 1714 – 23, meʼmor L. Xildebrandt). 19-asr 1-yarmi meʼmorligi uchun klassitsizm, 19-asr 2-yarmi meʼmorligi uchun eklektika va modern xos boʻldi. Zamonaviy inshootlar orasida Venadagi Shtadtxalle shahar zali (1955–58, meʼmor R. Rayner) va boshqalar bor. Tasviriy sanʼati Avstriya hududida „Villendorf Venerasi“ deb atalgan paleolitik haykal (qadimgi tosh davri), neolit kulolchiligi va bronza buyumlar (yangi tosh davri) topilgan; mahalliy haykaltaroshlik va rassomlik namunalari (miloddan avvalgi 1-asr milodning 5-asri) saqlanib qolgan. Gurke va Zekkaudagi sobor devorlariga solingan rasmlar, shuningdek vitrajlar, 115 releflar, miniatyuralarda romantik uslub koʻrinib turadi (11 –13-asrlar). 15-asrdan boshlab Avstriya sanʼatida uygʻonish davrining insonparvarlik belgilari paydo boʻldi (haykaltarosh Ya. Kashauer, rassom M. Paxer). 17 – 18-asrlarda barokko uslubining rivojlanishi bilan Avstriya sanʼati katta ahamiyat kasb etadi (B. Permozer, G. R. Donner, F. K. Messershmidtning manzara haykallari, F. A. Maulberch rang-tasviri, Vena chinnisi). Portret rang-tasvirida klassitsizm taʼsiri seziladi (I. B. Lampi, I. Grassi). 19-asrda romantizm (M. Shvind) va bidermayer (F. Valdmyuller, M. Daffinger) yoyildi. X. Makkart ijodiga dabdabali salon uslubi xosdir. 1898-yildan Vena Sesessioni jamiyati modernchi rassomlar (G. Klimt, A. Kubin)ni birlashtirdi. 20-asr boshlarida ekspressionizm (O. Kokoshka) yuzaga keldi. Hozirgi zamon sanʼatida abstraksionizm (F. Votruba) va syurrealizm (E.Fuks, Y. Dobrovskiy va boshqalar) bilan bir qatorda realistik anʼanalar davom etmoqda. Musiqasi Oʻrta asrlardan boshlab sayyoh musiqachilar, shpilmanlar, vagantlar (qochoq talabalar, ishqiy, hazil qoʻshiq ijrochilari) xalq musiqa mada-niyatining namoyandalari boʻlgan. 17-asrda xalq musiqa teatri (zingshpil), kamer musiqasi va simfoniya vujudga keldi. 18-asrning 2-yarmida Vena klassik maktabi shakllandi (Y. Gaydn, V. A. Motsart va L. Betxoven). K. V. Glyuk uning eng yaqin oʻtmishdoshi edi. 19-asrning 1-yarmida F. Shubert A. musiqasida romantik oqimga asos soldi, bal musiqasi gʻoyat mashhur boʻldi (Y. Lanver, Shtrauslar oilasi), Vena operettasi qaror topdi |Y. Shtra-us (oʻgʻil), F. Zuppe, K. Seller]. I. Brams va A. Brukner ijodida simfonik musiqa yuksak darajaga koʻtarildi. 20-asr boshlarida atoqli simfoniyachi G. Maler ijod etdi. F. Shreker opera janrida ishladi. 19-asr oxirida Yangi Vena maktabi yuzaga keldi (A. Shyonberg, A. Berg, A. Vebern). Hozirgi zamon Avstriya musiqasida yangi klassisizmdan tortib modernizmgacha boʻlgan turli oqimlar mavjud. Kompozitor Y. Marks romantik realizm deb atalgan oʻz maktabini yaratdi, uning shogirdlari – A. Kaufman, F. Vildxans, ijrochilar orasida – dirijyorlar G. Karayan, K. Byom, yakkaxonlar orasida E. Shvarskopf, G. Tepper, I. Metternix va boshqa Musiqa jamoalari: Venada – Vena davlat operasi, Xalq operasi („Folksoper“), Kamer teatri, uchta simfonik orkestr, Vena oʻgʻil bolalar xori, Gratsda – opera; Zalsburgda 1841-yildan Motsarteum – xalqaro motsartshunoslik markazi ishlab turibdi. Mazkur uchchala shaharda musiqa va drama sanʼati akademiyalari bor. Teatri Avstriyada teatr 16-asrda vujudga kela boshladi (havaskor aktyorlarning sayyor truppalari). 17–18-asrlarda saroy va maktab teatrlari boʻlgan. 1712-yilda Venada dastlabki doimiy teatr, 1741-yilda Burgteatr, 1788-yilda „Yozefshtadt-teatr“ga asos solindi. Soʻnggi teatr 20-asrning 20–30-yillarida sanʼatda ilgʻor rol oʻynadi (1924–38 yillarda unga M. Reynhardt rahbarlik qildi). 1945-yildan „Burgteatr“ Avstriyaning yetakchi teatri boʻlib qoldi. Kinosi Avstriyaning birinchi badiiy filmi – „Bosqichdan bosqichga“ (1908, rejissor X. Xanus). 1920–24 yillar Avstriya kinosining oʻnglanish davri boʻldi (xususan, rejissor A. Kord filmlari). Avstriya kinematografiyasining yangi ravnaqi 1946-yildan boshlandi („Olis yoʻl“ filmi, rejissor E. Xesh).Vena shahridagi Opera teatri binosi. 50–60-yillarda musiqali biografik filmlar, revyu-filmlar („Qahramonlik simfoniyasi“, „Dunay farzandlari“, „Soʻnggi harakat“) chiqarildi. Taniqli rejessorlar V. Forst, A. Kvendler; aktyorlar P. Vesseli, M. Andergast, R. Shnayder, Maksimilian va Mariya Shellar A.kino arboblaridir. Manbalar Adabiyotlar Ватлин А. Ю. Австрия в XX веке: учеб. Пособие для вузов. М., 2006 Воцелка К. История Австрии. Культура, общество, политика. М. 2007 Жиряков И. Г. Советская оккупация Австрии: некоторые политико-правовые выводы и обобщения. // «Право и жизнь», № 112 (7), 2007 Кружков В. А. Как Австрия стала нейтральной // Международная жизнь, № 8-9, 2008 «Австрия. Вокруг Света. Путеводитель» И. К. Антонова, А. Г. Хропов – М., Вокруг Света – 2011 год, Havolalar Статистика Австрии и ЕС Русскоязычный портал Австрии Транспорт Карта Австрии Австрия на сайте «Горной энциклопедии» Geografiya Yevropa BMT aʼzolari Avstriya
18,369
3173
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ozarbayjon
Ozarbayjon
Ozarbayjon (-{Azərbaycan}-), Ozarbayjon Respublikasi (-{Azərbaycan Respublikası)}-, — Kavkazortining janubisharqiy qismida joylashgan mamlakat. Maydoni 86,6 ming km². Aholisi 9,5 mln. kishi (2015). Poytaxti — Boku shahri Maʼmuriy jihatdan 61 tuman, 65 shahar va 122 shaharchaga boʻlinadi. Naxichevon Muxtor Respublikasi va Togʻli Qorabogʻ Ozarbayjon tarkibiga kiradi. Davlat tuzumi Ozarbayjon — respublika. Davlat boshligʻi — prezident (2003-yil oktabrdan Ilhom Aliyev). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament (Milliy majlis), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Tabiati Ozarbayjonning asosiy qismi Katta Kavkaz va Kichik Kavkaz togʻlari janubi-sharqiy qismlarida, shuningdek, Tolish togʻlari oraligʻida joylashgan. Janubida Oʻrta Arake soyligi va uning shimoliy tarmogʻi bor (togʻlar Ozarbayjon hududining deyarli yarmini egallaydi). Kaspiy dengizi qirgʻogʻi kam parchalangan. Qirgʻoq chizigʻining uz. 800 km. Yirik yarim orollari: Apsheron, Kura qum tili, Sara; qoʻltiklari: Apsheron, Qizil-ogʻoch, Boku qoʻltiqchasi; yirik orollari: Artyom, Jiloy. Neft va gaz, temir rudasi, alunit, molibden, tosh-tuz konlari bor. Ozarbayjon, asosan, subtropik zonada boʻlsa ham, quruq va nam subtropik iqlimdan togʻ tundrasi iqli-migacha boʻlgan iqlimni uchratish mumkin. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25-27°, yanvarniki payettekisliklarda 0 dan +3°gacha, togʻlarda — 10° gacha. Eng issiq temperatura 40-43°, eng sovuq temperatura — 30°. Yogʻingarchilik juda notekis. Yillik yogʻin — 200 mm dan 1800 mm gacha. Yirik daryosi — Kura va uning asosiy irmogʻi — Arake. 250 ta koʻl bor (yiriklari Gajikobul va Buyukshoʻr). Tuprogʻi — kulrang-oʻtloq, shoʻrxok, kulrang-qoʻngʻir, jigarrang, kashtan, togʻ-kashtan va boshqa tuproklar. Oʻsimliklari juda xilmaxil — 4100 turdan oshadi. Pasttekisliklarda choʻl va chala choʻl oʻsimliklari, koʻproq butazorlar, Kura-Arake payettekisligining shoʻrxok yerlarida shoʻra, togʻ etaklaridagi tekisliklarda shuvoq va shu-voq-chalov oʻsadi. Oʻrmonzori 1146 ming ga. 2200-2500 m balandliklarda subalp va alp oʻtloklari bor. Hayvonot dunyosi turli-tuman: sudralib yuruvchilar, ke-miruvchilar, yovvoyi toʻngʻiz, nutriya, yenotsimon it, jayran, qoplon, ayiq, tustovuq, kaklik, gʻoz va oʻrdak kabilar. Kaspiy dengizi va Kura daresida baliq (losos, osetr, sevryuga, beluga va boshqalar) moʻl. Zakatali, Turianchay, Kizilogʻoch, Shirvon va boshqa qoʻriqxonalar bor. Aholisi, asosan, ozarbayjonlar (93 %); ruslar, turklar, lezginlar, avarlar, kurd, tolish, saxur, tatar, tatlar va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 54 %. Rasmiy tili — ozarbayjon tili. Yirik shaharlari: Boku, Sumgait, Mingechaur, Ganja, Lenkoran, Naxichevan. Dindorlari — asosan musulmonlar. Tarixi Ozarbayjonda paleolit davridan aholi yashay boshlagan. Qadim zamonlarda hozirgi Ozarbayjon hududida yashagan koʻpgina qabilalar (kaspiylar, kadusiylar, albanlar) tarixiy rivojlanish davomida qabila ittifoqlariga birlashib, keyinchalik dastlabki davlat tuzilmalariga asos boʻldi. Miloddan avvalgi 9-asrda Mana pod-shoxligi vujudga keldi. Xoʻjalik va madaniyat birmuncha rivojlandi. Miloddan avvalgi 7-asr oxirlarida Ozarbayjon va qoʻshni mamlakatlarda Midiya davlati tashkil topdi. Miloddan avvalgi 6-asrda hokimiyat Axomaniylar qoʻliga oʻtdi. Bu davlatni Makedoniyalik Aleksandr qoʻshinlari tor-mor et-gach, Atropatena davlati vujudga keldi. Miloddan avvalgi 3-2-asrlarda xoz. Ozarbayjon xududining katta qismi Albaniya deb ataldi (qarang Kavkaz Albaniyasi). Ozarbayjonni bosqinchilar koʻp marta taladi. Aholining ularga qarshi kurashi, xu-susan, milodiy 5-asr oxiri — 6-asr boshlarida Mazdakiylar harakatink yuzaga keltirdi. 8-asr boshlarida Ozarbayjon Arab xalifaligi qoʻl ostiga oʻtdi, islom dini tarqaldi. Bobak qoʻzgʻoloni, Xurramiylar harakatida dehqonlar va hunarmandlar qatnashdi. 11-asr oʻrtalarida Saljuqiylar boshliq turk qabilalari (oʻgʻuzlar va boshqalar) bostirib keldi. 12-asrda Saljuqiylar mavqei pasayib, Shirvonshohlar, Kasroniylar, Eldegiziylar podshohdigi rivoj topishi bilan hunarman-dchilik, dehqonchilik, savdo-sotiq ta-raqqiy etdi. Shu davrda yetishib chiqqan Makkiy ibn Ahmad, Bahmanyor, Xatib Tabriziy, Hoqoniy, Nizomiy Ganjaviy, Mahastiy va boshqa jahon madaniyati ravnaqiga salmokli hissa qoʻshdilar. 13-asrning 30-yillarida Ozarbayjonga moʻgʻullar, 14-asr oxirida Amir Temur qoʻshinlari bostirib kirdi. 14-15-asrlarda Shirvonshoxlar podshoxligi kuchaydi. Qora qoʻyunlilar va Oq qoʻyunlilar deb atalgan yangi davlatlar vujudga keldi. Savdo-sotiq avj oldi. Safaviylar davlati (16-asr) davrida Ozarbayjon xalq xoʻjaligi va madaniyatida yuksalish roʻy berdi. Shoh Abbos I (1587—1629-yillarda hukmronlik qilgan) Ozarbayjon markazini Erondagi Isfahonga koʻchirishi oqibatida u Eronning chekka viloyatiga aylanib qoldi. Mahalliy hokimlar va ajnabiy bosqinchilarga qarshi dehqonlar qoʻzgʻo-loniga xalq qahramoni Koʻroʻgʻli boshchilik qildi. 18-asr boshlarida Zakavkazye, chususan. Ozarbayjonni qoʻlga kiritib olish uchun Eron bilan Turkiya oʻrtasidagi kurash kuchaydi. 19-asrdan Rossiya Zakavkazye yerlarini bosib ola boshladi. 1805-13 va 1826-28-yillardagi Ros-siya-Eron urushlari natijasida hozirgi Ozarbayjonning koʻp qismi Rossiya davlati tarkibiga oʻtdi. Rossiya bilan Eron oʻrtasidagi Guliston shartnomasiga binoan belgilangan Ozarbayjonning janubiy chegaralari hozirgacha amal qilib kelayotir. 1917-yil noyabrda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918-yil 28-mayda Ozarbayjon Respublikasi eʼlon qilindi. 1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon SSR tashkil boʻldi. 1922-yil 12-martda Ozarbayjon Zakavkazye Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (ZSFSR), soʻngra u tugatilgach (1936), ittifoqdosh respublika sifatida SSSR tarkibiga kiritildi. 1991-yil fevraldan Ozarbayjon Respublikasi deb nomlandi. 1991-yil 30-avgustda mamlakat Oliy Kengashi Ozarbayjon davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qildi. 1988-yil Togʻli Qorabogʻ xususida Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida nizo chiqib, qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. 1994-yil maydan mojaro toʻxtatilib, ma-salani tinch hal etish toʻgʻrisida muzo-kara boshlandi. Ozarbayjon — 1992-yildan BMT aʼzosi. Ozarbayjon Respublikasi suverenitetini 1991-il 19-oktabrdan olgan va 1995-yil 2-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Siyosiy partiyalari. Yangi Ozarbayjon, Ozarbayjon xalq fronti, Milliy mustaqillik partiyasi, Musovot, Ozarbayjon xalq partiyasi, Ozarbayjon dehqonlar partiyasi, Toʻgʻri yoʻl partiyasi, Ozarbayjon sotsialdemok-ratik partiyasi va boshqalar. Xoʻjaligi Ozarbayjon — industrial-agrar mamlakaNeft, temir ruda, alunit konlari bor; oltingugurt kolchedani, barit, kobalt, molibden, margimush kabilar sanoat asosida qazib chiqariladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 54,2 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 26,1 %. Sanoatining yetakchi tarmoklari: neft, gaz, kimyo, mashinasozlik, metallsozlik, binokorlik materiallari va elektr energetika. Yengil va oziqovqat sanoati ham rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 23,3 mlrd. kVt-soat elektr energiya xrsil qilinadi (asosan, issiklik elektr stansiyalarida). Neft Apsheron yarim orol, Kura-Arake pasttekisligi va Kaspiy dengizidan, gaz esa KratogʻDuvaniy va Zira-Goʻrgon tumanlaridagi konlardan qazib olinadi. Neft va gaz asosida kimyo va neft kimyosi sanoati mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, kaustik soda, sintetik kauchuk, shina va boshqa mahsulotlar (Sumgait, Salyani, Neftechala, Min-gechaur, Boku) ishlab chikaradi. Mashinasozlik va metallsozlik, asosan, neft sanoati uchun mashina-qurilmalar, elektr dvigatellar, transforma-torlar, kabel, radioelektron appa-ratlar, priborlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kemasozlik, oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskuna ishlab chiqarish rivojlangan (Boku, Ganja, Min-gechaur, Xonkendi, Naxichevan, Kuba). Qora va rangli metallurgiya Sumgaitdagi quvur prokati va alyuminiy, Ganjadagi alyuminiy, Bokudagi poʻlat arkrn zavodlaridan iborat. Boku, Ganja va Mingechaurda ip gazlama kombinatlari, Sheki va Xonkendida shoyi kombinatlari joylashgan. Paxta tozalash, jun gazlama va gilam toʻqish, tikuvchilik va trikotaj, un, vino-konyak, baliq sanoati korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligining asosi — dehqonchilik, uning yalpi mahsuloti 80 % sugʻoriladigan yerlarga toʻgʻri keladi. Yuqori Shirvon, Yuqori Kr-rabogʻ, Samur-Apsheron kanallari, Jayron-Batan, Arake suv omborlari barpo etilgan. Paxtachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlaridan biri. Tamaki va choy ham yetishtiriladi. Gʻalla ekinlaridan bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, sholi, shuningdek, sabzavot ekinlari ekiladi. Bogdorchilik va tokchilik rivojlangan. Subtropik mevalardan anor, anjir, yapon xurmosi, bodom koʻplab yetishtiriladi. Apsheron yarim orolda zaʼfaron va zaytun oʻsadi. Chorvachilik goʻsht-jun va goʻsht-sutga ixtisoslashgan. Krramol, qoʻy, echki, choʻchqa, parranda boqiladi, pillachilik bilan shugʻullaniladi. Transporti Transport yoʻli uzunligi — 2 ming km dan ortiq, avtomobil yoʻllari uzunligi 36,7 ming km, 32 ming km qattiq qoplamali. Dengiz transportining ahamiyati katta. Asosiy porti Boku. Boku — Turkmanboshi dengiz paromi mavjud. Kura daryosida kema katnaydi. Boku-Batumi va Ali-Bayramli — Boku neft quvuri, Qoratogʻ — Akstafa, Qoratogʻ — Sumgait gaz quvurlari bor. Bokuda metropoliten qurilgan. Pul birligi — manat. Shaharlar va viloyatlar Boku shahri Naxichevan Avtonom Respublikasi Lenkoran Ganja shahri Sumgait shahri Mingechaur shahri Shemaxa shahri Shaki Zaqatala tumani Qabala tumani Ismoilli tumani Shusha tumani Xonkandi Fuzuliy tumani Kalbajar tumani Gubadli tumani Lachin tumani Agʻdam tumani Jabrayil tumani Zangilan tumani Qorabogʻdagi qurolli toʻqnashuv (2020) Zangazur yo’lagi Tibbiy xizmati Tibbiyot xodimlari Ozarbayjon tibbiyot institutida va 17 ta oʻrta tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. Mash-hur balneologiya kurortlari — Naftalan, Istisu; iklimiy kurortlari — Shusha, Mardakyan, Bilchya, Buzovna va Apsheron yarim oroldagi Boku „Salomatlik zonasi“. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Hozirgi Ozarbayjon hududida dastlabki maktablar 5-asrda ochilgan. Arablar istilosidan soʻng bolalar maktab va madrasalarda oʻqitildi. 20-asrdan zamonaviy maorif tizimi joriy etildi. Xunar-texnika bilim yurtlari va oliy oʻquv yurtlari ochildi. Ozarbayjon universiteti, neft va kimyo instituti, politexnika, pedagog, tibbiyot universiteti va boshqa bor.institutlarni muvofiklashtiruvchi Ozarbayjon Fanlar akademiyasi ishlaydi. Kutubxonalari: Respublika kutubxonasi, Ozarbayjon universiteti kutubxonasi, Fanlar akademiyasi kutubxonasi va boshqa 38 muzey bor, yiriklari: Ozarbayjon Tarixi, Sanʼat, Adabiyot muzeylari, Qishloq xoʻjaligi muzeyi va boshqa Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Ozarbayjonda 500 dan ortik, gaz. va jurnal roʻyxatga olingan. Yirik gazetalari: „Ozarbayjon“ (ozarbayjon tilida), „Vishka“ („Minora“, rus tilida), „Bakinskiy rabochiy“ („Boku ishchisi“, rus tilida), „Ozodlik“, „Muxolifat“, „Xalq“ (uchchalasi ozarbayjon tilida). Radioeshittirish 1926-yildandelekoʻrsatuv 1956-yildan boshlangan. Azerin-form telegraf agentligi, Assa-Iroda, Turon, Xabar-servis xususiy telegraf agentliklari mavjud. Adabiyoti qadimgi va boy. Xalq ijodida doston, bayet (toʻrtlik) qoʻshiq, ertak, latifa, maqollar keng tarqalgan. „Koʻroʻgʻli“, „Oshiq Gʻarib“, „Shoh Ismoil“ kabi dostonlarda ozarbayjon xalqining yurtparvarlik, insoniylik his-tuygʻulari ifodalangan. Xalq dostonlari va termalarining eng yaxshi namunalari 16-17-asrlarda Qur-boniy, Sarioshuq, Abbososhuq, Valexoshuq kabi baxshilar ogzidan yozib olingan. Milliy sanʼatning oʻziga xos turi boʻlgan oshuklar sheʼriyati mada-niy hayotga kuchli taʼsir oʻtkazib kelgan. 19-20-asrlarda yashab ijod qilgan oshuklardan Alesker, Gusayn Bozal-ganli, Asad Rizayev, Mirza Bayramov, Shamshir Gojayev kabilarning qoʻshiqlari juda mashhur boʻlgan. Ozarbayjon yozma adabiyotining eng qad. yodgorliklari bizga yetib kelmagan, ammo Kavkaz Albaniyasi (hozirgi Ozarbayjon)da yuksak madaniyat mavjud boʻlganligi maʼlum. 11 −12-asrlarda fors tili taʼsiri ku-chayishi tufayli Xatib Tabriziy, Bax,-manyor, Qatron Tabriziy, Hoqoniy, Mahastiy Ganjaviy va boshqa yirik ozarbayjon olim va shoirlari oʻz asarlarini fors tilida yozdilar. Nizomiy Ganjaviy asarlari — Ozarbayjon sheʼriyatining choʻqqisi boʻldi. 13-14-asrlarda Avxadiy Marogʻiy, Zulfiqor Shirvoniy, 15- 16-asrlarda Nasimiy, shoh Ismoil Xa-toiy, M. Fuzuliy, 17-18-asrlarda Soib Tabriziy, Masihiy, Vidodiy, Voqif va boshqa shoirlar yashab, ijod qildilar. 19-20-asrlarda Ozarbayjon adabiyotida novella, doston, drama janrlari paydo boʻldi. Realist adib M. F. Oxundov, maʼrifatparvar shoir Said Azim Shirvoniy, dramaturg N. N. Narimonov, novator hajvchi shoir Mirza Alekper Sobir 19-asr Ozarbayjon adabiyotini yangi asarlar bilan rivojlan-tirdilar. 20-asr oʻrtalari va 2-yarmida Sulaymon Rustam, Rasul Rizo, J. Jabborli, M. Ibrohimov, Samad Vurgʻun kabi isteʼdodli adiblarning asarlari boshqa xalqlar tillariga tarjima qilinib, keng tarqaldi. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi 1932-yilda tashkil qilingan. Ozarbayjon va oʻzbek xalklari kadimdan adabiy aloqada boʻlib kelganlar. Nizomiy asarlarining baʼzilari oʻrta asrlardayoq oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Jumladan, Qutb Xorazmiy 14-asrning 1-yarmida „Hisrav va Shirin“ni oʻzbek tiliga koʻchirgan. Navoiy Nizomiy „Hamsa“si — „Panj ganj“dan ilhomlanib oʻzining besh buyuk dostonini yaratgan. Haydar Xorazmiy 15-asrda Nizomiyning „Mahzai ulasror“ dostonini, Ogahiy 19-asrda „Haft paykar“ni tarjima qilgan. Navoiy asarlari oʻzi hayot vaqtidayoq Ozarbayjon shoirlari oʻrtasida mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Kishvariy va Fuzuliy Navoiyni oʻzlarining buyuk ustozlari deb bilganlar. Fuzuliy „Layli va Majnun“ning debochasida Navoiyni Nizomiy bilan bir qatorga qoʻyadi. Navoiy „Majolis un-nafois“, „Muhokamat ul-lugʻatayn“ asarlarida Nizomiy, Xoqoniy bilan birga Shayx Shirvoniy, Abu Abbos Suxravardiy, Abu Abdul-loh Xoqoniy Soʻfiy, Shayx Tabriziy, Qosim Anvariy singari ozarbayjon shoir va olimlarining nomlarini ham hurmat bilan tilga oladi. Muhammad Fuzuliy asarlari, ayniqsa, uning „Layli va Majnun“ dostoni 17-asrdan boshlab Turkiston madrasalarida oʻquv qoʻllanmasi vazifasini oʻtagan. Bugina emas, Fuzuliy oʻzbek xalqi oʻrtasida eng sevimli shoirlardan biri boʻlgan. Shu tufayli Turkistonda „navoiyxonlik“, „bedilxonlik“ maktablari bilan birga „fuzuliyxonlik“ uyushmalarida minglab kishilar shoir asarlarini taxlil qilganlar. Fuzuliyning asarlari Oʻzbekistonda bir necha marta bosilib chiqqan. Nizomiyning „Guldasta“, Fuzuliyning ikki jildli tanlangan asarlari, M. P. Voqifning „Tanlangan sheʼrlar“, M. Oʻrdubodiyning „Qilich va qalam“ dilogiyasi, Sobirning „Xoʻpxoʻpnoma“, M. Ibrohimovning „Qorabogʻ qoʻshiqlari“, „Buyuk tayanch“, „Boʻron qushi“, M. Dilboziyning „Ozar qizi“, S. Rustamning „Tanlangan sheʼrlar“, I. Goʻzalovning „Cheksiz ufklar“ kitoblari, M. Huseyn, A. Valiyev, M. Rahim, U. Sarivelli, S. Rahimov, Q. Imomverdiyev va boshqa ozarbayjon shoir, adib va dramaturglarning asarlari, „Ozarbayjon shoirlari“ antologiyasi oʻzbek tilida nashr etilgan. Ozarbayjon yozuvchilarining asarlarida Oʻzbekiston mavzui ham aks etgan S. Rustam „Qadrdon shahar“, „Oʻzbek qardoshimga“, M. Dilboziy „Oʻzbek qiziga“, Yu. Shirvon „Qardosh Oʻzbekistonda“ ocherklar turkumi, M. Ibrohimov „Ulugʻ doʻstlik“ asarida oʻzbek xalqi hayotini qalamga oladi. Meʼmorligi Ozarbayjon hududida neolit va jez davriga mansub qad. meʼmoriy yodgorliklar: dolmenlar, kromlexlar, mengirlar, qalʼalarning harobalari saqlanib qolgan. 5-asrga oid Lekit qishlogʻidagi xristianlarning doirasimon ibodatxonasi, 6-asrga oid Chirogʻqalʼa, 7-asrga oid Mingechaur ibodatxonalar majmuasi diqqatga sazovor. 11-13-asrlarda Naxichevan va Shirvon-Apsheron meʼmorlik maktabi tarkib topdi. Qasrlar va masjidlar bilan birga maqbaralar (Yusuf maqbarasi, 1162-yil va Moʻmina xotun maq-barasi, 12-asr, meʼmori Ajamiy) ham qurildi. 14-15-asrlarda qubbasimon va gumbazli inshootlar rasm boʻldi, ular girih naqshlar va tosh oʻymakorligi bilan bezatildi (Bokudagi Shirvonshohlar saroyi, 15-asr, Tabrizdagi Zangori masjid, 1465). 16-18-asrlarda Karvonsaroy, hammom va koʻpriklar qurildi, shaharlar rivojlandi. Ardabiddagi meʼmoriy majmua (meʼmor Shayx Bahovuddin), Shekidagi xonlar saroyi va boshqa shu davrning eng mashhur yodgorliklaridir. Ozarbayjondagi masjid, maqbara, Madrasa va boshqa inshootlar qurilishi hamda bezaklari Oʻrta Osiyo va Eron meʼmorligi bilan oʻzaro uygʻunlashgan. 19-asr 1-yarmida Ozarbayjondagi qurilishda Rossiya va Yevropa meʼmorligining taʼsiri kuchaydi. 20-asr Boku va boshqa shaharlar qayta qurildi, yangi bino hamda inshootlar barpo etildi. Matbuot uyi (meʼmori S. S. Pen), „Inturist“ mehmonxonasi (meʼmori A. V. Shchusev), Nizomiy nomidagi muzey, konservatoriya (meʼmorlari S. A. Dadashev va M. A. Useynov), M. Azizbekov nomidagi teatr (meʼmori G. M. Alizoda) shular jumlasiga kiradi. Mingechaur, Sumgait, Dashkesan kabi yangi shaharlar qad. koʻtardi. Ozarbayjon Meʼmorlar uyushmasi 1936-yilda tuzilgan. Tasviriy sanʼati Ozarbayjon hududidan miloddan avvalgi 2-1-ming yilliklarga mansub loy va toshdan yasalgan jonivorlarning haykalchalari (Naxichevan Muxtor Respublikasida Kultepa qazilmalari) va sopol buyumlar (Mingechaur qazilmalari) topilgan. Qoyalardagi rasmlarda odamlar, jonivorlar, ov va rasm-ru-sum manzaralari (Qobuston, Gyamiqoya), jezdan yasalgan zeb-ziynatlar tasvirlangan. Oʻrta asrlarda haykaltaroshlik (jez burgutlar, tosh haykalchalar yasash) rivojlangan. Arablar istilosidan soʻng naqshli kulolchilik, tosh oʻymakorligi, xattotlik urf boʻldi. Jumladan, 13-16-asrlarda kitoblarni badiiy be-zash, Tabriz miniatyura maktabi, gilamdoʻzlik sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi. 18-asrda imorat devorlariga naqsh va rasm solish (Shekidagi xonlar saroyi, Ordubad, Shushadagi tu-rar joylar) rivojlandi. 19-asrda miniatyura rangtasviri devoriy rasmlar va portret musavvirligida davom et-tirildi (Usta Qambar Qorabogʻiy, Mirza Qadim Erivoniy, Mirmuhsin Navvob). 20-asrda tasviriy sanʼatning realistik shakllari rivojlandi, yangi janrlar (hajviy grafika, illyustratsiya, plakat) paydo boʻldi. A. Azimzoda va boshqa Kengerli Ozarbayjon realistik sanʼatiga asos soldilar. 1920-yil Bokuda rassomlik maktabi ochildi, muayyan mavzuga bagʻishlangan rangtasvir, portret, peyzaj (manzara), haykaltaroshlik, dastgoh grafikasi kabi janrlar vujudga keddi. Ganjadagi Nizomiy haykali (F. Abdurahmonov) diqqatga sazovor. Hozirgi zamon rassomlaridan T. Salaxov, T. Narimonbekov, N. Abdurahmonov, E. Rizoquliyev, haykaltaroshlardan E. Husaynova, E. Shomilov, K. Alekperov asarlari mashhur. Ozarbayjon Rassomlar uyushmasi 1940-yilda tuzilgan. Musiqasi Ozarbayjon hududidan topilgan qoya rasmlari (miloddan avvalgi 5-3-ming yillikda yaratilgan), arxeologik materiallar bu yerda musiqaning juda ham qadimiyligini koʻrsatadi. Mehnat qoʻshiqlari, tarixiy va lirik qoʻshikdar, hazil qoʻshiqlar keng tarkalgan. Qoʻshikdar koʻpincha yakka, baʼzan guruh boʻlib ijro etiladi. Chertib chalinadigan tor, soz, ud tori, ishqab chalinadigan kamoncha, puflama tutak, bolomon, surnay, zarb berib chalinadigan nogʻora, qoʻsh nogʻora, doira kabi musiqa asboblari ozarbayjon xalqining qad. sevimli cholgʻu asboblari sanaladi. Oʻrta asrlardayoq maqomlar tad-qiq qilingan. Ozarbayjon maqomlari nazariyasi U. Hojibekov tomonidan yozilgan („Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari“, 1945-yilda nashr etilgan). U. Hojibekov Fuzuliy dostoni asosida „Layli va Majnun“ (1908) operasini, „Arshin mol olon“ (1913) komediyasini yaratdi. 1921-yilda konservatoriya, 1931-yilda birinchi notali xalq cholgʻu asboblari orke-stri tashkil qilindi. 1938-yilda simfonik orkestr tashkil topdi. 1927-yilda R. Glierning „Shohsanam“ operasi sah-naga qoʻyildi. M. Magomayevning „Nargiz“ (1935), U. Hojibekovning „Koʻroʻgʻli“ (1937) operalari Ozarbayjon musiqa sanʼati rivojida muhim voqea boʻldi. Q. Qorayev, J. Hojiyev, F. Amirovning opera va simfoniyalari mashhur. Sh. Mamedova, Bulbul, R. Beybutov, P. Bulbul oʻgʻli, M. Magomayev kabi xonandalarning faoliyati diqqatga sazovor. Bokuda U. Hojibekov nomidagi konservatoriya, M. F. Oxundov nomidagi opera va balet teatri, Sh. Qurbonov nomidagi musikali komediya teatri, Qoʻshiq teatri, filarmoniya, simfonik orkestr, ashula va raqs ansambli ishlab turibdi. Respublika radiosi qoshida xalq musiqa asboblari orkestri bor. Ozarbayjonda Davlat musiqa akademiyasi, 6 musiqa bilim yurti, 73 musiqa maktabi mavjud. U. Hojibekov nomidagi Ozarbayjon sanʼati ilmiy tadqi-qot instituti (1945) musiqa va teatr masalalari bilan shugʻullanadi. Ozarbayjon va oʻzbek xalklari musiqa sohasida qadimdan hamkorlik qilib kelganlar. Xususan, Eron ozarlariga mansub Abdulqodir Marogʻiy (1340—1435) deyarli butun ijodiy (xonanda, sozanda va bastakorlik) va ilmiy (musiqashunoslik) faoliyatini Amir Temur, Shoxrux Mirzo va Xalil Sulton Mirzolar saroyida oʻtkazgan. 1950-yillar oxirida oʻzbek kompozitori M. Burxonov joʻrsiz xor uchun qayta ishlagan xalq qoʻshiqlari Ozarbayjonda bu turdagi xor musiqasi taraqqiyotiga turtki boʻldi. Mazkur aloqalar musta-qillik yillarida shaklan va mazmu-nan kengayib bormoqda. Navoiy nomidagi teatrda Ozarbayjon Melikovning „Ikki dil dostoni“, F. Amirovning „Ming bir kecha“ baletlari sahnalashtirilgan. Teatri Ozarbayjon xalq teatr sanʼati sarchashmalari qad. raqs va masharabozliklardan boshlanadi. Xalq orasida qoʻgʻirchoq tomoshalari qadimdan rivoj topgan. 1920-yilda Birlashgan davlat teatri tashkil qilindi (hozirgi M. Azizbekov nomidagi Ozarbayjon teatri). Bu teatr 30-40-yillarda uslubi va janri jihatdan turli-tuman boʻlgan koʻpgina spektakllarni tomoshabinlarga takdim qildi: M. Ibrohimovning „Hayot“, S. Vurgʻunning „Farhod va Shirin“, A. Ostrovskiyning „Momaqaldiroq“ va boshqa 40-yillarda R. Rizoning „Vafo“, 3. Xolidning „Qasos“ asarlari sahnallashtirildi. Respublikada rus drama teatri, yosh tomoshabinlar teatri, Qoʻgʻirchoq teatri (hammasi Bokuda) va boshqa teatrlar bor. M. Aliyev, M. Dovudova, S. Ruhullo, A. Iskandarov, A. Alekperov, O. Qurbonov kabi artistlar milliy sanʼat rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. 1944-yil Bokuda Ozarbayjon teatr jamiyati tuzilgan. Oʻzbek teatr sanʼatining taraqqiyotida Ozarbayjon teatri va dramaturgiyasining taʼsiri katta boʻldi. Ozarbayjon teatri 1911-yilda Turkiston shaharlarida tomoshalar koʻrsatdi. M. F. Oxundovning „Hoji Qora“, „Musyo Jordan va Darvish Mustalishoh“, N. Vezirovning „Yomgʻirdan qochib selga“, „Musibati Faxriddin“, A. Axverdiyevning „Talangan uya“, „Ogʻa Muhammadshoh Qojar“ asarlari namoyish etidsi. 1916-yilda Ozarbayjon musiqali teatri ham gastrolga kelib, U. Hojibekovning „Arshin mol olon“, „Asli va Karam“, „Layli va Majnun“ singari spektakllarini koʻrsatdi. Keyinroq ozarbayjon drama-turglarining „Koʻroʻgʻli“, „Nargiz“, „Sevil“, „Yulduz“, „Qaynona“ singari qator asarlari Oʻzbekiston teatrlarida muvaffaqiyat bilan sahnallashtirildi. H. Nosirova, M. Uygʻur, M. Qoriyeva, S. Olimov, Z. Qobilov kabi teatr arboblari Bokuda oʻqib kelganlar. Kinosi Birinchi ozarbayjon badiiy filmi — „Neft va millionlar olamida“ 1916-yilda namoyish qilingan (rejissor B. N. Svetlov). 1923-yilda Ozarbayjon fotokino boshkarmasi tashkil etilib, 1924-yildan badiiy filmlar suratga olina boshlagan. 1945-yil U. Hojibekovning „Arshin mol olon“ komediyasi ekranlashtirildi (1966-yil rejissor T. Tagizoda shu filmning yangi variantini yaratdi). Tarixiy va ijtimoiy mavzulardagi „Latif“, „Ismat“ (rejissor M. Yu. Mixailov) filmlari yaratildi. 1936-yil dastlabki ovozli filmlar — „Ol-mos“ (rejissor A. R. Kuliyev), „Moviy dengiz sohilida“ (rejissor B. V. Barnet, S. Mardonov), „Yangi ufq“ (rejissor E. Quliyev) dunyoga keldi. 50-70-yillarda Ozarbayjon kinematografiyasi yangi bosqichga koʻtarildi. „Hayot imtihoni“ (rejissor Sh. Mahmudbekov), „Bolalikning soʻnggi tuni“ (rejissor A. Boboyev), „Yurakyurak“ (rejissor E. Quliyev), „Vaxt kadri“, (rejissor G. Seidbeyli) filmlarida insonning ichki dunyosi, axloq-odob masalalarini yori-tishga harakat qilindi. Xalq oʻtmishini yoritishga kirishgan G. Seidbeyli, T. Tagizoda, E. Quliyev kabi rejissorlar keyingi yillarda „Nasimiy“, „Soʻngan gulxanlar shuʼlasi“, „Bobak“, „Asov Kura“, „Yetti oʻgʻlim mening“ filmlarini yaratdilar. Ozarbayjon kinochilari yiliga 4-5 badiiy, koʻplab voqeiy-hujjatli va multiplikatsiya filmlari ishlab chiqaradilar. Oʻzbekiston — Ozarbayjon munosabatlari Manbalar Qoʻshimcha Maʼlumotlar Azerbaijan Links News Azerbaijan Photo Gallery Yevropa BMT aʼzolari Ozarbayjon Kavkaz
24,337
3174
https://uz.wikipedia.org/wiki/Belarus
Belarus
Belarus (Belorussiya), Belarus Respublikasi () — Yevropa markazidagi davlat. Sharqiy Yevropa tekisligining gʻarbida joylashgan. Maydoni 207,6 ming km2. Aholisi 9 463 300 kishi (2013). 6 viloyat, 118 tuman, 102 shahar, 109 shaharcha bor (1996). Poytaxti — Minsk shahri.Belarussiya-dunyo davlatlari orasida eng tinch va osuda boy davlat. Davlat tuzumi Belarus Respublikasi — unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat. 1996-yilgi referendumda qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qiladi. Davlat boshligʻi — aholi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident. Qonun chiqaruvchi vakolatli organi — Millat majlisi boʻlib, u Vakillar palatasi va Respublika Kengashidan iborat. Vakillar palatasining hamma 110 deputatini aholi saylaydi. Respublika Kengashining 64 deputatidan 56 nafari mahalliy kengashlar tomonidan saylanadi, 8 nafari prezident tomonidan tayinlanadi. Millat majlisining vakolat muddati 4 yil Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat — Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Bosh vazirni Vakillar palatasining roziligi bilann prezident tayinlaydi. Hududiy boʻlinishi Tabiati Belarusning yer yuzasi tekislik boʻlib, shimoli-gʻarbida botqoq bosgan pastliklar va koʻllar juda koʻp. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharq tomon Belarus Qirlari choʻzilgan, eng baland qismi (Minsk qirlari) dengiz sathidan 345 m baland (Dzerjinskiy togʻi). Belarus qirlaridan janubi-sharqda qator tekisliklar, shimoli-gʻarbda morena tepaliklari chuzilgan. Belarusning janubiy qismini botqoqlashgan keng pasttekislik — mutlaq balandligi 100 – 150 m boʻlgan Belarus Polesyesi egallaydi; botqoqlik, oʻtloqlar orasida balandligi 5 – 8 m li qum tepalari koʻp. Qumlik joylar qaragʻayzor bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan kaliyli tuz konlari bor (Starobin va Petrikov konlari), janub va janubi-sharqda tosh tuz, Pripyat botigʻida neft, koʻmir bor. Torf, qum, gil konlari mavjud. Iqlimi Iqlimi kontinental iqlim bilan dengiz nihimi oʻrtasida, Atlantika havo massalari uni ancha yumshatib turadi. Yanvarning oʻrtacha harorati janubi-gʻarbda — 4,4 °C, shimoli-sharqda — 8 °C, iyulniki shimolda 17 °C, janubda 18,8 °C. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 550 – 700 mm. Yogʻinning kup qismi yoz oylariga toʻgʻri keladi. Botqoqliklar, daryo va koʻllar koʻpligidan yerlari zax. Vegetatsiya davri shimoli-sharqda 178 kun, janubi-gʻarbda 208 kun. Eng yirik daryolari Dnepr (irmoqlari Berezina, Pripyat, Soj va boshqalar), Daugava, Neman (irmogʻi Neris), Bugʻ. Bu daryolarning koʻp qismida ogʻoch oqiziladi, eng yiriklarida kema qatnaydi. Baʼzi daryolarda GESlar qurilgan. Belarus koʻllarining eng yiriklari: Naroch, Osvey, Drisvyati, Chervonoye, Vigonovskoye. Tuprogʻi asosan unumdorligi yuqori boʻlmagan chimli podzol va torfbotqoq tuproq, daryo qayirlarida esa allyuvial tuproqlardir. Oʻrmonlari Belarus aralash oʻrmonlar mintaqasida joylashgan boʻlib, maydonining 30 % dan koʻprogʻi oʻrmon bilan qoplangan. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar, oʻtloqlari va botqoq oʻsimliklari koʻp. Qaragʻayzorlar, qayinzorlar va qayragʻochzorlar, dub, grab, zarang kabi keng bargli daraxtzorlar katta maydonni egallaydi. Tulki, olmaxon, quyon, suvsar, oqsichqon koʻp; bugʻu, qoʻngʻir ayiq, silovsin, los, elik, toʻngʻiz, yumronqoziq, boʻri uchrab turadi. Daryo va koʻllarida leshch, tovonbaliq, choʻrtan, laqqa, ilonbaliqlar, ondatra bor. Suvda suzuvchi qushlar tarqalgan. Belarus hududida Pripyat va Berezina qoʻriqxonalari, Belaya Veja pushchasi bor. Aholisi Asosiy aholisi — belaruslar. Ruslar, polyaklar, ukrainlar, tatarlar, yahudiylar va boshqa ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 49,4 kishi toʻgʻri keladi. 68,9 % aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili belarus va rus tillari. Eng yirik shaharlari: Minsk, Gomel, Vitebsk, Mogilyov, Bobruysk, Grodno, Brest. Tarixi Belarus hududida oʻrta paleolit davridan odam yashay boshlagan (100 — 35 ming y. muqaddam); neolit davrida (miloddan avvalgi 5-ming yillik oxiridan 3-ming yillik oxirigacha) dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishga oʻtgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida hind-yevropa qabilalari koʻchib kelgach, ularning taʼsirida jez asriga oʻtiddi. Bu yerda temir davri miloddan avvalgi 8 — 6-asrlardan milodiy 8-asrgacha davom etdi. Milodiy 1-ming yillik 2-yarmida Belarus hududida 3 slavyan qabilalari: krivichi, dregovichi va radimichilar uyushmasi vujudga keldi, keyinchalik ular oʻrniga knyazliklar tashkil topdi. 10-asr oxiridan knyazliklar Kiyev Rusi tarkibiga kirdi. 13-asr 2-yarmida Rossiyaning gʻarbiy chekkalariga Buyuk Litva knyazligi hujum qila boshladi. Mamlakatdagi parokandalik va tatarmoʻgʻullarning hamlalari sharoitida bu knyazlik Gʻarbiy rus yerlarini osonlikcha zabt etdi. Shu paytdan boshlab bu yerlar „Belaya Rus“ („Oq Rus“) deb yuritiladigan boʻldi (belarus atamasi shundan kelib chiqdi). 15 — 16-asrlarda Belarusda xususiy yer egaligi rivojlandi. Belaruslarning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari jonlandi. Buyuk Litva knyazligi Belarus va Ukrainadagi hukmronligini mustahkamlash uchun 1569-yilda Polsha bilan ittifoq (Lyublin uniyasi) tuzdi. Shu tariqa Rech Pospolita federativ davlati iujudga kelib, Belarus uning tarkibiga kirdi. 16-asrda Yevropa Uygonishi Belarus madaniyatiga taʼsir oʻtkazdi. Reformatsiyaning turli oqimlari tarqaldi. Qishloq xoʻjaligi tez rivojlandi, uning mahsuloti Gʻarbiy Yevropa bozorlariga olib borib sotila boshladi. Koʻpchilnk shaharlar oʻzini oʻzi boshqarish huquqini oldi (Magdeburg huquqi). 1595-yilda S. Nalivayko boshchiligidagi ukrain kazaklari Belarusga yurishlar uyushtirdi. 1648 — 1651-yillarda ukrain xalqining ozodlik kurashi taʼsirida janubiy va sharqiy Belarusda yirik yer egalariga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Rossiya davlatining Rech Pospolita bilan 1654 — 67 yillardagi urushi va 1700 — 21 yillardagi Shimoliy urush davrida Belarus qattiq aziyat chekdi. 18-asr oʻrtalaridan Belarus xoʻjaligi yuksala boshladi, ammo qoʻshni davlatlarning aralashuvi bunga xalaqit berdi. 1772-yilda Rech Pospolitaning birinchi boʻlinishi natijasida Belarusning sharqiy qismi Rossiya imperiyasiga qoʻshib olindi, 1793-yilda Rech Pospolitaning ikkinchi bor parchalanishi oqibatida Belarusning markaziy qismi ham Rossiyaga qaram boʻlib qrldi. T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon (1794) bostirilgach, 1795-yilda Gʻarbiy Belarus Rossiyaga qoʻshib olindi. 1812-yilgi urushda polyaklarga xayrixoh boʻlgan belarus shlyaxtasi Buyuk Litva knyazligining tiklanishiga umid qilib, Napoleonni qoʻllab-quvvatladi. 19-asr boshlarida demokratik va milliyozodlik goyalari tarqala boshladi, yashirin jamiyatlar vujudga keldi, ular Polsha, Belarus va Litvadagi 1830 — 31 yillar qoʻzgʻoloniga zamin hozirladi. 1861-yilda Belarus dehqonlari krepostnoylikdan xalos boʻldi. 1863 — 64 yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon burjua islohotlari oʻtkazilishiga taʼsir qildi. XIX asrning 2-yarmi XIX asrning 2-yarmida Belarusda kapitalizm jadal rivojlandi, temir yoʻllar qurildi, banklar ishlay boshladi. 1905 — 07 yilgi inqilob belarus milliy ozodlik harakatini kuchaytirdi. 1914 — 1918-yillardagi Birinchi jahon urushi davrida Belarus yerlari harbiy harakat maydoniga aylandi. 1915-yilda uning gʻarbiy qismini Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1917-yil Oktabr toʻntarishidan soʻng Minskda ham sovet hokimiyati eʼlon qilindi (1917-yil 8-noyabr).. Belarus mustaqilligiga qarshi boʻlgan bolsheviklar 1917-yil Minskda Belarus davlati tuzilishini talab qilib chiqqan Umumbelarus sʼyezdini tarqatib yubordi. 1918-yil Fevral—martda nemis qoʻshinlari Belarusning deyarli barcha hududini egallab oldi. 1918-yil 25-martda Umumbelarus sʼyezdi delegatlari Belarusni mustaqil Belarus Xalq Respublikasi deb eʼlon qildilar. Bunga javoban Smolensk shahrida bolsheviklar Belarus Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) tuzilganligini eʼlon qildilar. 1918-yil noyabr — 1919-yil boshlarida Belarus nemis kushinlaridan ozod etilgach, 1919-yil 1-yanvarda Belarusning Muvaqqat ishchi-dehqon sovet hukumati oʻz manifesti bilan BSSR tashkil etilganligini eʼlon qildi. 1922-yil SSSR tashkil boʻlgach, BSSR ham SSSR tarkibiga kirdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida nemis bosqinchilari Belarus hududini egallab oldi. Belarus aholisining chorak qismiga yaqini halok boʻldi, milliy boylikning yarmidan koʻprogʻi yoʻq qilib tashlandi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron boʻldi. Urushdan keyingi yillarda Belarus sanoati va qishloq xoʻjaligi tiklandi. 1986-yilgi Chernobil falokati oqibatlari belarus xalqi uchun fojiali boʻldi. 1990-yil 27-iyulda BSSRning davlat mustaqilligi haqidagi Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yil 19-sentabrdan mamlakat Belarus Respublikasi deb atala boshladi. 1991-yil dekabrdan MDH tarkibida. 1995-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1993-yil yanvarda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (3-iyul). Xoʻjaligi Belarus koʻp tarmoqdi qishloq xoʻjaligi rivojlangan industrial davlat. Mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati ravnaq topgan. Qishloq xoʻjhaligida kartoshka va zigir tolasi yetishtirish, sutgoʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan. Sanoati Sanoatida elektr energetika, yoqilgʻi, metallurgiya, mashinasozlik va metallga ishlov berish, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz, binokorlik materiallari, shisha va chinnifayans, yengil, oziq-ovqat, unyorma va omixta yem, tibbiyot sanoati, mikrobiologiya va matbaachilik eng yirik tarmoqlardir. Sanoat mahsulotining 2/3 qismi yirik shaharlarda, shu jumladan 25 % Minskda ishlab chiqariladi. Foydali qazilma konlari kam boʻlgani holda sanoat majmuida ishlab chiqarish sanoati ustun. Bu tarmoq, yuk avtomobillari, avtobuslar, mototsikl, velosipedlar, traktorlar (MTZ), qishloq xoʻjaligi, qurilish, melioratsiya va yoʻl mashinxchari, motorlar, stanoklar, avtomat liniyalar, robotlar, temirchilikpress, burgʻulash, geolrazvedka, savdo uskunalari, quyuvchilik, yengil, oziq-ovqat tarmoqlari uchun texnologiya uskunalari, podshipniklar, EHMlar, televizorlar, radioprismniklar, magnitofonlar, sovitish va muzlatish uskunalari, foto va kinoapparatlar, dozimetrlar, soatlar ishlab chiqaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoati maʼdanli oʻgʻitlar, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va smolalar, shinalar, rezinatexnika buyumlark, polimer va lok boʻyoq, roʻzgʻor buyumlari va shahrik.larni ishlab chiqaradi. Yengil sanoatda toʻqimachilik (zigʻir tolasi, jun, shoyi, ip gazlamalar), trikotaj, kiyim-kechak, poyabzal, charm va moʻyna buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati goʻsht, yogʻmoy va sut mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yogmoy, baliq, qandshakar, unyorma, novvoylik, makaron, mevasabzavot konservalari, pivo ishlab chiqarish sohasida katta quvvatga ega korxonalar mavjud. Yoqilgʻi sanoati neft, yoʻlakay gaz, torf qazib chiqarish va qayta ishlashni oʻz ichiga oladi. Yoqilgʻienergetika resurslari Belarusga neft va gaz quvurlari orqali Rossiyadan, elektr energiya qisman Litva va Rossiyadan yuboriladi. Novolukoml va Bsryozada yirik elektr stansiyalar, 20 dan koʻproq kuchli issiqlik elektr stansiyalar ishlab turibdi. Oʻrmon, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz tarmogʻi yalpi sanoat mahsulotining 5 % ga yaqinini beradi. Bular taxta, mebel, qipiqtolali plita, faner, parket, gugurt, sport anjomlari, qogʻoz, karton, oʻrmon kimyosi mahsulotlaridir. Binokorlik materiallari sanoati (sanoat mahsuloti yalpi hajmining 4 %) sement, qurilishbop ohak, devorbop, qoplama va bezash materiallari, yigʻma temirbeton konstruksiyalari va detallari, tomga yopish va gidroizolyatsiya uchun rulon materiallar, gʻovakli toʻldirgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qora metallurgiya (sanoat mahsuloti umumiy hajmining 1 %) metall parchalaridan poʻlat, qora metallar prokati, choʻyandan vodoprovod quvurlari, shinalar uchun metall kord, metall kukunidan turli buyumlar va blarni tayyorlashga moslangan. 1991-yildan sanoat taraqqiyotida pasayish boshlaidi, 1994 — 97 yillarda chuqur iqtisodiy tanazzul holatnga tushib qoddi. Barcha tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Sanoat uchun zarur yoqilgʻi. Xom ashyo va materiallarning salkam 70 % MDH mamlakatlaridan olinadi, mahsulotning 40 % dan koʻprogʻi ularning bozorlarida sotiladi. Qishloq xoʻjaligi Belarusda qishloq xoʻjaligiga yaroqli salkam 9,3 mln.ga, shu jumladan 6,2 mln.ga haydaladigan yerdan foydalaniladi. Yerlarning tekisligi, tuproqning oʻrtacha unumliligi, issiq va namning yetarliligi, mshnat resurelarining mavjudligi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun qulay sharoitdir. Belarus milliy daromadining 20 % ga yaqini qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri keladi. Keyingi yillarda isloh qilingan kz va szlar oʻrnida yangi ishlab chiqarish tuzilmalari: uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari, shirkatlar, agroktlar va boshqalar paydo boʻldi. Ular donli ekiplardan javdar va arpa, shuningdek bugʻdoy, suli, grechixa, makkajoʻxori, tariq, lavlagi yetishtiradi. Mamlakat kartoshka bilan oʻzini taʼminlaydi va bir qismini chetga sotadi. Don va dukkakli don ekinlari yalpi hosilining qariyb 70 %, kartoshkaning 40 % chorva mollarga beriladi. Katta shaharlar atrofida bogdorchilik va dehqonchilik yoʻlga qoʻyilgan. Asosiy ekinlari: karam, bodring, pomidor, turp, piyoz, sarimsoq, piyoz, salat, sabzi va h.k. Meva va rezavorlardan olma, nok, olxoʻri, olcha, gilos, qoragʻat, malina, qulupnay koʻproq yetishtiriladi. Chorvachilikning asosiy tarmogʻi — qoramolchilik va choʻchqachilik. Parrandachilik yuqori darajada markazlashtirilgan. Ayrim yirik xoʻjaliklar qoʻychilikka ixtisoslashgan. Yilqi koʻpaytiradigan ot zavodlari bor. Hayvonotchilik ham birmuncha rivoj topgan. 10 ixtisoslashgan hayvonot xoʻjaligi va firmasi norka (qorakuzan), yaltiroq qora tulki, shimol tulkisi, nutriya boqadi. Asalarichilik — respublika qishloq xoʻjaligi uchun anʼanaviy tarmoqdir.. Transporti Yevropa transport tizimining tarkibiy qismi. Temir yoʻllar (uzunligi 5,58 ming km), avtomobil yoʻllar (uzunligi 51,5 ming km), havo, suv transporti (uzunligi 2 ming km), truboprovod turlari rivoj topgan. Yuk tashishning 72 %, yoʻlovchi tashishning 55 % temir yoʻlga toʻgʻri keladi. Magistral neft quvurlari — 2861 km, gaz quvurlari — 5534 km (1996). Minsk shahrida 1984-yilda metropoliten ishga tushirilgan. Pul birligi — Belarus rubli. Sogʻliqni saqlash 1996-yil Belarusda idoralarga qarashli kasalxonalardan tashqari 128500 oʻrinli 872 davolash muassasasi boʻlgan. 1996-yilda Sogliqni saqlash vazirligi tizimida 14749 oʻrinli 58 sanatoriy ishlagan. Tibbiyot xodimlari 4 tibbiyot instituti, 18 tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. 13 ilmiy tadqiqot instituta, Belarus tibbiyot texnologiyalari markazni, Mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish va nogironlar mehnatini tashkil etish instituti sogʻliqni saqlashning ilmiyamaliy va nazariy masalalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. 1996-yili Belarusda 286 stadion, 4,7 ming sportzal, 220 suzish havzasi, salkam 14 ming sport maydoni, 475 bolalaroʻsmirlar sport maktabi, jumladan 12 oliy sport mahorati maktabi, 9 Olimpiya rezervi bilim yurti faoliyat koʻrsatdi; fizkultura va sport sohasida 16 mingdan ziyod mutaxassis ishlaydi; ularni Jismoniy tarbiya va sport akademiyasi yetmshtiradi. Maorifi Ilmiy va madaniy maʼrifiy muassasalari. 1996-1997 oʻquv yillari Belarus da 4,5 ming maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida 444,3 ming bola boʻlgan. Barcha toifadagi 4,9 ming umumiy taʼlim maktablari (1,6 mln. oʻquvchi), shu jumladan 26 litsey (15,6 ming oʻquvchi), 68 gimnaziya (63,5 ming oʻquvchi), 2 kollej (1,5 ming oʻquvchi) ishladi. 248 hunartexnika bilim yurtida 123,9 ming oʻquvchi, 150 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 125 ming, shu jumladan 4 nodavlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida 2 mingdan koʻproqtalaba taʼlim oldi. 59 oliy oʻquv yurtida 208,9 ming talaba, shu jumladan 20 tijorat asosidagi oliy oʻkuv yurtida 28 ming talaba oʻqidi. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Belarus universiteti, informatika va radioelektronika universiteti, iqgisodiyot, texnologiya, afar, texnika va pedogogika universitetlari, politexnika akademiyasi, sanʼat akademiyasi, musiqa akademiyasi va boshqa Belarusdagi eng yirik ilmiy markaz Belarus milliy fanlar akademiyasidir. Belarusda 5,2 ming ommaviy kutubxona, 4,6 ming klub muassasasi, 149 muzey va boshqalar bor. Matbuoti Radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Belarus tilidagi birinchi bosma kitobni F. Skorina 1517-yil Pragada nashr ettirgan. Belarusda 11 davlat nashriyoti, 1400 ga yaqin turli mulkchilik shaklidagi subʼyekt va tadbirkor noshirlik faoliyati bilan shugʻullanadi. Nodavlat, xususiy, kasb, diniy, partiyaviy va boshqa nashrlar chiqadi. 1996-yil umumiy tiraji 59,1 mln. nusxada 3809 kitob, jumladan belarus tilida 8,8 mln. nusxada 598 kitob nashr etilgan. 1997-yil 1-avgustda 938 davriy nashr, jumladan 654 gazeta, 234 jurnal, 50 byulleten roʻyxatga olingan. Eng mashhur nashrlari: „Lggeratura i mastatsva“, „Zvyazda“, „Sentralnaya gazeta“, „Svoboda“ va boshqa Rasmiy axborot agentligi (Belinform; 1938 — 92 yillarda BelTA), shuningdek xususiy agentliklar: Belarus yangiliklar agentligi (BelaPan), „Reklama, informatsiya, daydjest“ (RID) va boshqalar bor. Belarusda radioeshittirish 1925-yili, telekoʻrsatuv 1956-yilda boshlangan. Mustaqil tijorat radio studiyalari ham ishlab turibdi. 1991-yildan nodavlat efir va kabel telekoʻrsatuv tarmogʻi rivojlanmoqda. Adabiyoti Belarusda adabiyot 10-asrda belarus yozuvi paydo boʻlgach vujudga kela boshladi. 14 — 15-asrlarda Belarus yerlari Buyuk Litva knyazligiga siyosiy jihatdan birlashtirilib, belarus tili davlat tiliga aylanishi adabiyotning rivojlanishiga yordam berdi. Dastlabki belarus yilnomalarini tarixiy proza namunalari desa boʻladi. Belarus adabiyoti va tilining rivoji atoqli madaniyat arbobi, belarus matbaachisi F. Skorina (16-asr boshlari) nomi bilan bogʻliq. Bu davrda huquqiy tafakkur yodgorliklari yaratildi, yangi janrlar — kitobiy sheʼriyat, publitsistika, tarixiy yodnoma prozasi, dramaturgiya vujudga keldi. Nikolay Gusovskiy lotin tilida „Zubr haqida qoʻshiq“ dostonini yozdi. Publitsist va tarjimon S. Budniy Nesvij shahrida diniy mavzudagi „Katexizis“ deb atalgan savoljavob kitobini nashr etdi. Ona tilining jonkuyari V. Tyapinskiy 1580-yilda birinchi marta Injilni belarus tiliga tarjima qildi. Shoirlar orasida A. Rimsha alohida ajralib turardi. Barokko davri (16-asr oxiri — 18-asr oʻrtalari)da Belarus adabiyotida yangi qahramon — dehqon, hunarmand paydo boʻldi. 17-asrda Simeon Polotskiy kitobiy sheʼriyatni rivojlantirishga hissa qoʻshdi. 17-asr 2-yarmi — 18-asr 1-yarmida taqdidiyhajviy tusdagi va drama asarlari yaratildi. Ya. Borshevskiy, Ya. Chechet, A. Ripinskiy, V. Sirokoml, A. VerigaDarevskiy, A. Plug, V. Korotinskiy va boshqa belarus hamda polyak tillarida ijod qildilar. 1863 — 64 yillardagi qoʻzgʻolon rahbari K. Kalinovskiy belarus tilida „Mujitskaya pravda“ gazetani nashr etdi. F. Bogushevich ijodi belarus uygʻonish davri milliy goyasiping choʻqqisi boʻldi. 1906-yildan chiqa boshlagan „Nasha shva“ gazeta tsvaragida akauka A. va I. Lutskevichlar (asoschi pa noshirlar), Ya. Kupala, Ya. Kolas, Tetka, M. Bogdanovich, V. Lastovskiy. A. Garun va boshqalar birlashdilar. Oʻsha dair adabiyoti xalqni uygʻotish. tarixiy ishlarga otlantirish maqsadini koʻzlar edi. 1920-yillar boshida belaruslashtirnsh siyosati boshlanib, adabiy jurnsllar chiqa boshladi, adabiy tashkilotlar tuzildi. 1920-yillar oxirida esa belaruslashtirish siyosati belarus ziyolilariga qarshi qatagonlar siyosati bilan almashdi. 1930-yillarda ham koʻlchilik belarus yozuvchilari qatagʻon qilindi. Ikinchi jahon urushi davrida esa front va partizan otryadlarida taniqli yozuvchilarning bir qismi halok boʻldi. Urushdan keyin jang qaxgkshonligi va azobuqubatlarini tasvirlovchi asarlar yaratildi. A. Kuleshov, M. Tank, Z. Ostapenko, I. Shamyaqin va boshqalar ijodida urush mavzui uzoq yillargacha asosiy mavzu boʻlib qoldi. 1950 — 70-yillarda boshqa yozuvchilar turkumi adabiyotga kirib keldi: M. Linkov, I. Shamyaqin, I. Melej, P. Pestrak, A. Adamovich, T. Bondar va boshqalarningromanlarida xalqning mashaqqatli hayoti lavhalari — inqiloblar, urushlar, kollektivlashtirish, qatagʻonlar manzaralari tasvirlangan. Milliy tiklanish gʻoyalari va Chernobil faloqati R. Borodulin, S. Zakonnikov, N. Metlitskiy sheʼrlarida, I. Shamyaqin, B. Sachenko prozasida, A. Petrashkevich pyesalarida aks etdi. Qatagʻon iskanjasidan omon qaytgan bir qator adiblarning „lager sheʼriyati“, esdaliklari 1980-yillar oxiri — 1990-yillar boshida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻldi. Belarus adabiyotida barcha janrlar rivojlanib bormoqda. Ya. Kupala, Ya. Kolas, P. Brovka, M. Tank va boshqalarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Meʼmorligi Belarus hududida paleolit, neonit va jez davri meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolgan. 11-asrdan oʻziga xos meʼmorlik rivojlandi. Polotsk, Grodno, Vitebsk kabi shaharlar jadal qad koʻtardi, mahobatli inshootlar qurildi. 13 — 17-asrlarda gotika va uygʻonish (renessans) uslubidagi koʻpgina mudofaa istehkomlari barpo etildi. Goʻzal yogʻoch meʼmorligi davom etdi. 16 — 18-asrlarda barokko uslubidagi ibodatxonalar tiklandi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida qurilishda klassitsizm ustunlik qilgan boʻlsa, 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi meʼmorlikda barcha uslublar aralashquralash boʻlib ketdi. 20-asr boshlarida Belarus meʼmorligiga modern (Minskdagi uy-joy binolari, mehmonxona majmuasi), konstruktivizm (Belarus Milliy kutubxonasi, 1930 — 32, meʼmor G. Lavrov; Hukumat uyi, 1929 — 34, meʼmor I. Langbard) uslublari kirib keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin vayrona shahar va qishloqlar tiklandi. Minskda bir qancha meʼmoriy majmualar yaratildi: sport saroyi (1966. meʼmor S. Filimonov, V. Malishev), „Yubileynaya“ mehmoixonasi (1968, meʼmor G. Benediktov) va boshqa; yodgorlik majmualari — Minsk yaqinidagi Shuhrat qoʻrgʻoni (1969, haykaltarosh A. Membel, meʼmor O. Staxovich), Xatin (1968 — 69. meʼmorlar Yu. Gradov, V. Zankovich, L. Levin, haykaltarosh S. Sslixanon) va boshqalarlar. Svetlogorsk, Novopolotsk, Soligorsk kabi yangi shaharlar vujudga keldi. Tasviriy sanʼati Belarus hududida ibtidoiy sanʼatning eng qad. namunalari tosh davriga mansub. Xalq amaliy sanʼati, ayniqsa suyak va sopolga naqsh solish, oʻymakorlik, zargarlik, kashtadoʻzlik rivoj topgan. Jez va temir davrlarida metall bezaklar paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 5-asrga oid jez va temir bilaguzuklar, hayvonlarning sopol haykalchalari saqlangan. Xristianlik tarqalishi munosabati bilan ikona (xudo va avliyolar rasmini ishlash) sanʼati rivojlana boshladi. 11 — 15-asrlardan qoʻlyozma kitoblar miniatyuralar, lavhalar, manzaralar bilan bezatildi. Kitob bosish rivojlana boshlagach, gravyura sanʼati oʻsdi, bosma kitoblarni bezashning oʻziga xos uslubi vujudga keldi. Amaliy bezak sanʼati Gʻarbiy Yevropa va qadimgi rus sanʼatining milliy ruxdagi oʻziga xos omixtasidan iborat. 15 — 16-asrlarda guldor keramika mahsulotlari, qabariq koshinlar, asl metallardan zargarlik buyumlari tayyorlash rasm boʻldi. 15-asrda Belarusda hunarmandchilik birlashmasi — Grodnoda shishasozlar ustaxonasi barpo etildi va badiiy shisha ishlab chiqarish yoʻlga koʻyildi. 14 — 19 asrlarda ogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, toʻqimachilik (belbogʻlar, gobelenlar — devor gilamlari) ravnaqtopdi. 16—18-asrlarda rangtasvir va gravyura sohasida realistik mayllar yaqqol namoyon boʻldi. 19-asrdan sanʼat romantizm va sisman klassitsizm yoʻlidan bordi. 20-asrda ranggasvir, haykaltaroshlik, fafika, teatrbezak sanʼati yuksak darajaga koʻtariddi. Hozir sanʼatkorlar orasida rassomlardan I. Rey, N. Seleshchuk, G. Vashchenko, haykaltaroshlardan A. Glebov, G. Muromsev, S. Vakar, I. Misko, grafik rassomlardan L. Aseskiy, Ye. Los, A. Kashkurevich, V. Sharngovich, amaliy bezak sanʼati ustalaridan V. Dyomkina. A. Kishchenko, I. Stasevich kabilar mashhur. Musiqasi Belarus musiqa sanʼati manbalari sharqiy slavyanlar va Kiyev Rusi xalq musiqasidan boshlanadi. Dastlabki dunyoviy professional anʼanalarni skomoroxlar (qiziqchimasharabozlar) boshlab berishgan. 15-asrga kelib pravoslav cherkov musiqasida mashhur qiroatli ashulaning mahalliy toifasi shakllandi. 16-asr 2-yarmi — 17-asrda Uygʻonish davri anʼanalari va Reformatsiya goyalari Belarus musiqa madaniyatiga taʼsir oʻtkazdi. 17-asrda partes qoʻshiqchiligi (koʻp ovozli oʻziga xos xor) vujudga keldi. 18-asrda boyvachchalardan Radzivillar, Sapeglar, Oginskiylar, A. Tizengauz va boshqalarning xususiy teatrlari, kapellalari musiqa madaniyati markaziga aylandi. 19-asr boshlaridan Vitebsk, Grodno, Minsk, Mogilyovda shahar orkestrlari ishlay boshladi, spektakllar sahnalashtirildi. 1918— 21 yillarda xalq konservatoriyalari ochildi. keyinchalik ular texnikum va maktablarga aylantirildi. 1920-yillardan professional musiqa sanʼati rivojlandi (kompozitorlar N. Churkin, N. Aladov, A. Turenkov, G. Puket, V. Zolotaryov, A. Bogatiryov), milliy opera va baletlar sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon urushi davrida va 1950-yillarda qahramonlikvatanparvarlik mavzuidagi asarlar yozildi. L. Abeliovich, N. Aladov, A. Bogatiryov, Ye. Glebov, V. Zolotaryov, P. Podkovirov, G. Puke vokalsimfoniya musiqa janrida, A. Klumov fortepiano, I. Lyuban, S. Polonoskiy, N. Sokolovskiy va boshqalar qushiq janrida ijod qildilar. 1960—90-yillarda Yu. Semenyako, E. Smolskiy, G. Vagner, S. Kortes, V. Soltan, A. Bondaryonko va boshqalarlarning operalari qoʻyildi. Operetta janrida V. Voytik, Ye. Glebov, V. Kondrusovich, A. Mdivani va blarning asarlari paydo boʻldi. Qoʻshiq janrida L. Aleksandrovskaya, V. Olovnikov, N. Kuznesov, I. Luchenok, Ye. Glebov, B. Budnik va boshqalarlar muvaffakiyatli ishladilar. 1980 — 90-yillarda A. Bogatiryov, C. Beltyukov, A Bondaryonko, V. Branlovskiy, V. Budnik, V. Voytik, Ye. Glebov, V. Doroxin, E. Zaritskiy, V. Ivanov va boshqa turli janrlarda ijod qildilar. Belarus kompozitor V. Zolotaryov oʻzbek kuylari asosida simfonik uvertyura, rapsodiya, syuita va „Navoiyning 6 gazali“ vokalsimfonik asarini yaratdi. B.da Milliy akademik opera teatri, Milliy akademik balet teatri, Davlat musiqali komediya teatri, Davlat akademik simfoniya orkestri, Davlat xor kapellasi, Davlat rake ansambli, Belarus musiqa akademiyasi va boshqalar ishlab turibdi. Teatri Belarus teatr sanʼati xalq, rasmrusumlari va oʻyinlaridan, daydi qiziqchilardan boshlangan. 16-asrda qugʻirchoq teatri — batleyka paydo boʻldi. 16 — 18-asrlarda maktab teatri, 16 — 20-asrlarda xalq dramasi keng rasm boʻldi. 18 asrning 1-yarmida shahar va rabodlarda xususiy teatrlar faoliyati avj oldi, ularning baʼzilari yuqori malaka darajasiga koʻtariddi. 1840-yillardan dramaturg, aktyor, rejissor V. DuninMarsinkevich belarus professional teatrini tashkil etishga jonkuyarlik qildi. 20-asrda belarus sahna sanʼatini rivojlantirishda yangi bosqich boshlandi. K. Kaganes, Ya. Kupala, Ya. Kolas, K. Buylo, L. Radzevich, I. Buynitskiy, F. Alexnovich, F. Jdanovichlarning saʼy harakatlari bilan dastlabki teatrlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi davrida 23 teatrdan koʻpchiligi oʻz faoliyatini toʻxtatdi, baʼzilari oʻzga yurtlarga koʻchib, konsertlar berdi. Urushdan keyin qaddini rostlagan sanʼat jamoalari uslub izlanishlarini kengaytirdi, sahna mahoratini oshirdi. Belarus teatrlarida samarali ishlagan va ishlayotgan sahna ustalaridan G. Makarova, S. Stanyuta, 3. Stomma, G. Ovsyannikov, L. Davidovich, V. Beloxvostik, A. Klimova, R. Yankovskiy, G. Garbuk, M. Zaharevi’1, V. Tarasov, A. Milovanov, V. Kuleshov, T. Kokshtis, O. Klebanovich, rejissor lardan L. Litvinov, N. Mitskevich, K. Sannikov, V. Rayevskiy, B. Lutsenko, N. Pinigin, V. Korotkovich va boshqalarni koʻrsatish mumkin. 1997-yil Belarusda 26 davlatteatri ishladi. Belarus Sanʼat akademiyasi, Madaniyat universiteti aktyor, rejissor, teatrshunoslarni tayyorlab bermoqda. Kinosi Belarusda kino ishlab chiqarish 1924-yilda boshlangan. Oʻsha yili Kinematografiya va fotografiya ishlari boshqarmasi (Beldavkino) tashkil etildi. 1928-yil Leningradda „Sovetskaya Belarus“ badiiy filmlar studiyasi tuzildi (1946-yildan „Belarusfilm“); 1939-yildan Minskda ishlaydi. 1926-yilda „Oʻrmon voqeasi“ deb atalgan birinchi badiiy film yaratildi. 1920 — 30-yillarda yaratilgan filmlarda milliy va ijtimoiy ozodlik yoʻlidagi kurash hamda zamonaviy turmush yetakchi mavzular boʻlib qoldi. 1940 — 70-yillarda badiiy va hujjatli kino ustalari urush mavzularini va ijtimoiy turmushning chigal jarayonlarini aks ettirdilar. axloq odob muammolarini koʻtarib chiqdilar. Adabiy asarlar ekranlashtirildi, bolalar uchun filmlar yaratildi. 1980-yillar oxiridan belarus kinematografchilari tarixiy oʻtmishni va hozirgi zamonning murakkab jarayonlarini chuqurroq idrok etishga intilib, „Oq shudringlar“ (rej. I. Dobrolyubov), „Bizning bronepoyezd“ va „Siyosiy byuro“ kooperativi" yoki „Olis vidolashuv“ (rej. M. Ptashuk), „Qilmishqidirmish“ (rej. B. Stepanov, M. Qosimova, B. Shadurskiy) filmlarini yaratishdi. „Belarusfilm“da „Telefilm“, „Yilnoma“ ijodiy birlashmalari, 1973-yildan multfilmlar ustaxonasi ishlaydi. Kinoaktyor teatri studiyasi mavjud. Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Manbalar Yevropa Belarus BMT aʼzolari
28,930
3175
https://uz.wikipedia.org/wiki/Belgiya
Belgiya
Belgiya, Belgiya Qirolligi (flamandcha: Koninkrijk België; fransuzcha: Royaume de Belgique) — G‘arbiy Yevropadagi davlat. Shimoliy dengiz sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 3 regionga, regionlar viloyat (provinsiya)larga, viloyatlar kommunalarga bo‘lingan. Maydoni 30,528 ming km². Aholisi 12828000 kishi (2023). Poytaxti — Bryussel shahri Davlat tuzumi Belgiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiya 1831-yilda qabul qilingan va oʻsha paytdan beri bir necha bor (oxirgi marta 1993-yil) tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol, uning hokimiyati cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va parlament amalga oshiradi. Ikki palatali parlament 4 yil muddatga saylanadi. Vakillar palatasi 150 deputatdan va senat 72 aʼzodan iborat. Ijrochi hokimiyatni qirol va u tomonidan tayinlanadigan hamda parlamentga hisobot beradigan hukumat (vazirlar kengashi) amalga oshiradi, unga bosh vazir boshchilik qiladi. Tabiati Bu. xududining koʻpchilik kismi payettekislikdan iborat boʻlib, shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon kutarila boradi. Eng baland nuqtasi — Botranj choʻqkisi (694 m). Sohil yaqinidagi qum uyumlari va dambalar serhosil ekinzorlarni dengnz suvidan himoya qiladi. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, qurilish materiallari, jumladan marmar, kam miqdorda temir va polimetall rudalar, surma. Iqlimi — moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanvarda oʻrtacha temperatura 3°, 4°, iyulda 18°, 19°. Yillik yogʻin miqdori 700 — 1500 mm. Yirik daryolari: Maas. Shelda. Izer; ular bir-biri bilan kanallar orqali tutashtirilgan. Tuprogʻi shimolida asosai qoʻngʻir oʻrmon; janubda podzol va qoʻngʻir. B. maydoniining 18,7% ga yaqini oʻrmon, koʻproq dub va buk daraxtlari bilan qoplangan. Ardenn togʻlarida milliy bogʻ bor. Yovvoyi hayvonlardan bugʻu. toʻngʻiz, oʻrmon mushugi, oʻrmon suvsari, tovushqon va boshqa yashaydi. Olmaxon, dala sichqoni kabi kemiruvchilar, qirgovul, kaklik, oʻrmon loyxoʻragi kabi ovlanadigan qushlar bor. Aholisi milliy tarkibi jihatidan 2 asosiy guruhga: flamandlar (58%) va vallonlar (32.5%)ga boʻlinadi. B.da 1 mln.ga yaqin ajnabiylar — italyanlar, ispanlar, fransuzlar, greklar, gollandlar, marokashliklar, turklar va boshqalarlar ham bor. Aholining 96,5% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — fransuz, niderland va nemis tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik shaharlari: Bryussel, Antverpen, Lyej, Rent, Sharlerua. Tarixi Qadim zamonlarda B.da belglarning kelt qabilasi yashagan (mamlakat nomi shundap kelib chiqqan). Miloddan avvalgi 57 yilda Yuliy Sezar mamlakatni bosib olib, Rim imperiyasi tarkibiga qoʻshgan. 3-asrda B.ga germanlarning frank va friz qabilalari bostirib keldilar. Franklar belglarning bir qismini qirib tashlab, boshqa bir qismi bilan birikib kstganlar. 5 — 9-asrlarda B. Frank davlati tarkibida boʻlgan. 843 i. Frank davlati parchalanib ketgach, Verden shartnomasiga kura, B. 2 qismga boʻlindi: gʻarbiy qismi Franiiyaga, sharqiy qismi Lotaringiyaga qoʻshib yuborildi. 13 — 14-asrlarda B. Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi shiddatli kurash maydoni boʻldi. 14-asr oxiri va 15-asrda B. Burgundiya gersoglarining mulkiga aylandi, 1477-yildan Gabsburglar hukmronligida, 1555-yildan Ispaniya tarkibida boʻldi. 1713-yil Utrext sulhiga binoan yana Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1789 — 90 yillar burjua inqilobi natijasida avstriyaliklar hukmronligi tugatildi, 1790-yil 11-yanvarda B. Qoʻshma Shtatlari davlati eʼlon qilindi, biroq 1791-yilda Avstriya yana mamlakatni qoʻlga oldi. 1795-yilda Fransiyaga qoʻshib olindi. Napoleon I imperiyasi tugagach, 1815 i. B. hududi Niderlandiya tarkibiga qoʻshildi. 1830-yil inqilobi tufayli B. mustaqillikka erishdi. 20-asr boshlarida 6. yuksak darajada rivojlangan sanoat mamlakatiga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida B.ning betarafligiga qaramay, Olmoniya qoʻshinlari uni bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida esa gitlerchilar bosqini azobini tortdi (1940 — 44). 1944 i. sentabrda B. bosqinchilardan xalos boʻldi. B.— 1945-yildan BMT, 1949-yildan NATO aʼzosi (1967-yildan B.da NATO qarorgohi joylashgan). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 21-iyul — Qirol Leopold Ining Konstitutsiyam sodiqligi haqida qasamyod qilgan kupi (1831) va 15-noyabr — Qirol sulolasi kupi (1866). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Xristian xalq partiyasi, 1969-yilda tuzilgan; Soiialistik partiya, 1978-yilda tashkil etilgan; „Agalev“ — flamand ekologlari partiyasi, 1982-yilda tuzilgan; Frankofonlar demokratik partiyasi, 1964-yilda tashkil etilgan. Xristian kasaba uyushmalar konfederatsiyasi, 1912-yilda tuzilgan; Belgiya umummehnat federatsiyasi, 1945-yilda tuzilgan. Xoʻjaligi B. dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar guruhiga kiradi. Sanoatida mahsulotning texnikaviy darajasi yuksakligi jahon bozorida uning raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Sanoatda yangi texnologiyalarni joriy etishga, eksportni ragʻbatlantirishga, kichik va oʻrta korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga, xorijiy sarmoyani jalb etishga alohida eʼtibor beriladi. Metallsozlik, mashinasozlik, ayniqsa avtomobilsozlik (yiliga 1 mln.dan ortiq avtomobil ishlab chiqariladi), kimyo, elektrotexnika, elektron, binokorlik materiallari, toʻqimachilik, oziq-ovqat, yogochsozlik, zargarlik (olmos qirralash) eng rivojlangan sanoat tarmoqlaridir. Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining atigi 3% shugullanadi (har bir dehqon 80 kishini boqadi). Oʻrta va mayda fermer xoʻjaliklari (90 mingta) qishloq xoʻjaligining asosini tashkil etadi, bir xoʻjalikning oʻrtacha yer maydoni — 15 ga. Yetakchi tarmoq — chorvachilik, u butun qishloq xoʻjaligi mahsulotining 70% ini beradi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — bugʻdoy, arpa, sabzavot. Koʻpchilik mahsulot turlari boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi ichki ehtiyojni 1,5 — 2 barobar ortigʻi bilan taʼminlaydi. Yetishtirilgan sabzavotning 80% i chetga chiqariladi; romen salati dunyoning 40 mamlakatiga sotiladi. Chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ichida gʻalla va meva asosiy oʻrinni oladi. Kartoshka, qand lavlagi va boshqa ham yetishtiriladi. Transporti B. muhim savdo va aloqa yullari chorrahasida joylashgan. U temir yoʻl (3479 km) va avtomobil yoʻllari (14421 km) tarmogining zichligi jihatidan dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 1,7 ming lokomotiv, 1,8 ming yoʻlovchi tashiydigan va 27,3 ming yuk vagoni. 3,87 mln. yengil va 343 ming yuk avtomobili bor. B. hududidan 1500 km uzunlikdagi ikki daryo — Maas va Lis oqib oʻtadi, ularning yarmisida kemalar qatnaydi. Dengiz savdo flotida 69 kema bor. Asosiy portlari: Antverpen (dunyoda toʻrtinchi, Yevropada ikkinchi oʻrinda turadi, yillik aylanmasi 95 mln. tonna), BryuggeZebryugge, Gent, Ostende. Ichki suv yoʻllarining uz.~ 1515 km. „Sabena“ milliy aviakompaniyasi 70 dan koʻproq xalqaro aviayoʻnalishga xizmat qiladi. Bryussel yaqinidagi „Zaventem“ aeroporti toʻrt qigadagi deyarli barcha mamlakatlar poytaxtlari bilan bogʻlangan. Chetga avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoati mahsulotlari, dori-darmon, qora va rangli metallar, qimmatbaho toshlar, asosan brilliant chiqariladi. Chetdan asosan mineral mahsulotlar, neft, ruda, paxta tolasi, jun keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari — Olmoniya, Fransiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — B. franki. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 1988-yildan maorif sohasi B. federatsiyasi subʼyektlari boʻlmish Jamoalar ixtiyoriga oʻtkazildi. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va bepul. Davlat va munitsipal maktablaridan tashqari koʻpgina katolik va xususiy dunyoviy maktablar ham ishlab turibdi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. B.da 8 universitet bor. Eng yirik untlar: Antverpen, Bryussel, Lyej, Gent untlari. Shuningdsk, bir necha universitet markazlari, institutlar, oliy texnika maktabi ishlaydi. Ilmiy muassasalari: Metallurgiya tadqiqotlari milliy markazi, Yadro tadqiqotlari markazi, Qirollik observatoriyasi, 7 akademiya, jumladan Belgiya qirolligi fan, adabiyot va sanat akadsmiyasi. Bryusselda Milliy kutubxona. Bryussel, Gent, Lyej va Lyoven untlarining kutubxonalari, Antverpen va Bryusselda qirollik nafis sanʼat muzeylari mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi B.da fransuz, niderland, nemis tillarida 2.3 mln. nusxada 50 ga yaqin kundalik gaz. va 6 ixtisoslashgan moliyaiqtisodiy nashrlar chikariladi. Yirik gaz.lari: „Belang van Limburg“ („Limburg manfaatlari“, 1897-yildan), „Gazet van Antverpen“ („Antverpen gazetasi“, 1891-yildan), „Gazett de Bryussel“ („Bryussel gazetasi“, 1984-yildan), „Liberte“ („Ozodlik“, 1991-yildan); jurnallar: „Bon suare“ („Xayrli oqshom“, 1922-yil). B. telegraf agentligi 1920-yil tashkil etilgan. Radioeshittirish va tslekoʻrsatuv fransuz va niderland tillarida ishlaydi. 2 markaziy radio va telestudiyadan tashqari 10 viloyat studiyasi bor. Qoʻshni mamlakatlarning dasturlari kabel radio va televideniyesi orqali tarqatiladi. Adabiyoti B. adabiyoti asosan 2 tilda: fransuz va flamand tillarida rivojlanib kelmoqda. Fransuz tilidagi adabiyot. Dastlabki yozma yodgorliklar 12-asrda paydo boʻlgan. 14 — 15-asrlarda tarixiy yilnomalar, salib yurishlariga bagʻishlangan rivoyat va qoʻshiqlar, qahramonlik dostonlari, roman va novellalar yaratildi. Uygonish davrida gumanist J. Lemer de Belj, pamfletlar muallifi F. de Markine de SentAldegond va boshqalarlar ijodi maʼlum (15 — 16-asrlar.). 17 — 18-asrlarda fransuz muhojiri E. Bryoshe de la Krua ijod etdi. B. A. de Valef fransuz klassitsizmi taʼsirida asarlar yaratdi. 18-asrning oʻrtalarida K. F. de Neli, O. B. Renye kabi adiblar adabiyotga maʼrifatparvarlik gʻoyalarini olib kirdilar. 19-asr boshlarida B.da F. Lebrussarning „Belgiyaliklar“ (1810) poemasi, A. van Gasseltning kator sheʼr va dramachari, A. Sirening „Drok“ (1838), „Isoning soʻnggi kuni“ (1838) kabi toʻplamlari keng tarqaldi. Realistik tendensiyalar 19-asr oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Sh. de Koster, E. Verharn, J. Rodenbax realizmning tanikli namoyandalaridir. Shu davr dekadentlik oqimi bilan bogʻliq boʻlgan M. Metsrlink ijodi tush kupli k ruhi bilan sugorilgan. F. Ellens, K. Byurino, A. Eygespars, D. Shaynert kabi adiblar ilgʻor goyalarni targʻib qildilar. Gitlerchilar bosib olgan davrda shoirlardan R. Blik (konslagerda halok boʻlgan), J. Varen, Sh. Muas, D. Shaynert, I. Gassel fashizmga qarshi, vatanparvarlik ruhida sheʼrlar yozdilar. 50 — 60-yillardagi bir kator asarlarda Ikkinchi jahon urushi voqealari tasvirlandi (D. Jilles, D. Shaynert romanlari va boshqa asarlar). Flamand tilidagi adabiyot. Folklor, afsonalar, tarixiy rivoyatlardagina saqlanib qolgan flamand adabiyoti (18-asr boshlarigacha flamand adabiyoti niderland adabiyotining bir qismi edi) 19-asrnipg 40-yillarida shoir Ya. F. Villems boshchiligidagi millim demokratik harakat matnjasida qaytadai tiklandi. Bu davrda ijtimoiy mavzuda romam yaratish gʻarakati avj oldi (F. van Kerkxoven. R. Siiders, A. Bergman kabilar). K. Beysse („Zoʻravonning qonuni“. 1893; „Pamel oilasi“, 1903). S. Stryovels („Aastodagi hayot va ulnm“. 1926; „Yaitye Verduur“, 1944) flamand dehqonlari hayotini haqqopiy aks ettirdilar. 19-asr oxnri — 20-asr boshlarida dekadentlik oqimi paydo buldi. Uning namoyandalari: X. Teyrlink, F. Timmermans, K. van de Vusteyne, V. Muns kabilar. Ikkinchi jahon urushidan soʻng bir guruh yozuvchilar tinchlik va demokratiya uchun kurashdilar. P. van Aken „Oʻliklargina qutulib qola oladilar“ (1947) asarida fashizmning kirdikorlarini fosh etdi. G. Valsxap „Kongodagi qoʻzgʻolop“ (1953) romanida mustamlakachilik siyosatini, M. Geysen „Doʻstim qotil“ (1958) novellasi va boshqa asarlarida amerikacha hayotni tasvirladilar. Shoir B. Brat, adiblardan L. P. Bon, M Deyze ijodi tinchlik va ijtimoiy haqiqat uchun kurash gʻoyalari bilan sugʻorilgan. Meʼmorchiligi B. hududida oʻrta asrlar meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11 — 12-asrlarda roman (Lyej va Turndagi cherkovlar, Flandriya graflarining Gentdagi qoʻrgʻonlari), 13 — 14-asrlarda gotika uslubi (Gent, Bryussel va Aitverpendagi soborlar) rivojlandi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dunyoviy ruxdagi meʼmorlik qaror topdi (Bryussel, Kortreyk, Gent, Lyoven ratushalari). Uygʻonish davrsha B. meʼmorlik sanʼati markazlaridan biriga aylandi. 18-asr barokko anʼanalari qisman sakdansa ham (V. O. Yansens, P. Y. Verxagen) unga Fransiya va Avstriya orqali klassitsizm prinsiplari taʼsir etdi (meʼmorlar: Ya. P. Baursxeydt, L. B. Devez; haykaltaroshlar L. Delvo, J. L. Godsharl, rassom A. Lsns va boshqalar). 19-asrda B.ning millim meʼmorligi shakllandi. 19-asr oxirida B. meʼmorlikdagi „modern“ uslubining vatani boʻlib qoldi. 20-asr boshlaridagi meʼmorlar hashamdorlikdan voz kechnb, qulay va oqilona yechimlarni izladilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat va jamoat binolari, maʼmuriy imoratlar, yangi uy-joylar zamoiaviy talablarga moslab qurildi (X. van Kyoyk, R. Bram, L. Steynsn va boshqa meʼmorlar). Tasviriy sanʼati B.da 11 — 12-asrlarda amaliy bezak sanʼati (bronza quymalar, zargarlik), 13 — 14-asrlarda devoriy rassomlik, dastgoh sanʼati, haykaltaroshlik va miniatyura rivojlandi. 16-asrda dastgoh rassomligi keng yoyildi (Ya. van Eyk, P. Breygel). 17 a.da B.da mustaqil rassomlik maktabi vujudga keldi va 18-asrgacha u flamand maktabi deb ataldi. Uning eng atokli namoyandalari: P. P. Rubens, A. van Deyk, Ya. Yordane, F. Sneyders, D. Tenirs va boshqa 19-asrdaportretchiF. J. Navez, manzarachi T. Furmua, grafik va rangtasvirchi F. Rops, J. Yenzor, haykaltarosh K. Menye va boshqa 20-asrda B.da A. Savereys, R. Magrit, K. Psrmeke, F. Mazerel, P. Polyus kabi rassomlar ijod qildilar. Amaliy bezak sanʼati: yogʻoch oʻymakorligi va miskarlik, kashtachilik va shahrik. rivojlangan. Musiqasi Fransuz, flamand, niderland xalklarining millim musiqa anʼanalari zaminida shakllangan. Niderland maktabining 15 — 16-asrlardagi belgiyalik yirik namoyandalari Ya. 06rext, A. Villart, Josken Depre, Orlando Lasso koʻp ovozli diniy va dunyoviy asarlarning eig yaxshi namunalarini yaratib, Yevropa kompozitorlari ijodiga taʼsir koʻrsatishgan. 17-asrga kslib B. musiqasi oʻz peshqadamligini yoʻqotdi. 1700-yilda Bryusselda asos solingan „De la Monne“ teatrida 18-asr boshlpridan J. B. Lyulli, A. Dstush singari fransuz kompozitorlarining opera va baletlari, 18-asr oxiridan B. kompozitorlarining operalari qoʻyildi. 1830-yilda mustaqil B. davlati barpo boʻlgach, B. musiqasining milliy xususiyati koʻrindi. Flamand shoxobchasinmng Antverpen maktabi tashkil topdi. Uni opera, kantata va simfoniya muallifi P. Benua boshqardi. 19-asrda Sh. Berio, A. Vyotan, E. Izai kabi skripkachikompozitorlar maydonga chikdilar. B.da kompozitorlardan J. Absil, R. Defosse, F. Kins, dirijyorlardan F. Andre, D. Defo, skripkachilardan A. Gryumo, K. van Nestelar mashhur. Bryussel, Antverpen, Gentda opera teatrlari, Bryussel, Lyej, Gent, Antverpen, Mopeda konservatoriyalar, Bryusselda konsert jamiyatlari, simfonik orkestrlar, Monsda musiqashunoslik instituti bor. Teatri B. hududida teatr madaniyati oʻrta asrlarda vujudga kelgan. 13 — 15-asrlarda liturgiya, moralite va misteriya (diniy mazmundagi va nasihatgoʻylik) dramalari sahnaga qoʻyilardi. 1650 i. Bryusselda yogoch teatr qurildi, u>gda xorijiy truppalar tomosha koʻrsatishardi. „De la Monne“ teatri operalardan tashqari dramalarni ham sahnalashtirdi. 1782-yilda qurilgan va keyinchalik „Dyu Park“ deb atalgan teatr sirk tomoshalarini va 1870-yildan dramatik spektakllarni namoyish qildi. 19-asrning 30-yillaridan B. dramaturgiyasi rivojlana boshladi. Gent, Antverpen va boshqa shaharlarda teatrlar ochildi. 1880 — 1900-yillarda B. teatrlariga Sh. Van Lerberg, M. Meterlink, J. Rodenbax, M. Dyuterm kabi dramaturglar katta taʼsir koʻrsatdilar. 20-asrning birinchi yarmida B. teatrlarida G. van Zip, Sh. Spaak, F. Krommellink, X. Teyrlink, G. Martene kabi dramaturglarling asarlari qoʻyildi. B.da „Dyu Park“, „De Galeri“, „Le Rido“, „De la Burs“, „Qirollik milliy teatri“, „Niderlandiya kamer teatri“ kabi teatrlar ishlaydi. Qirollik konservatoriyasi huzurida dramatik sanʼat maktabi bor. Kinosi 1908-yilda Harrevelda birinchi kinostudiya tashkil qilimdi. 1919-yil „Belgiya kinokompaniyasi“. 1922 i. „Belgiya film“ kinostudiyasi vujudga keldi. 20-yillarda chet el rejissorlari boshchiligida 20 ga yaqin film ishlab chiqarildi. B. kinosining „Baliqchi qushlar gavanda jon beradilar“ (postanovkachi rejissorlar R. Ksypers, I. Mixils, R. Verxavert, 1955), „Poyezd soat sayin joʻnaydi“ (rejissor A. Kavan, 1962). „Vidolashuv“ (rejissor R. Verxavert, 1966), „Izhori dil“ (1968, rejissor E. Dejelen), „Bredagi uchrashuv“ (1971, rejissor A. Dslvo) kabi filmlari diqqatga sazovor. B.ning hujjatli va ilmiyommabop filmlari badiiy puxtaligi bilan ajralib turadi. Oʻzbekiston — Belgiya munosabatlari 1993 i. Belgiya poytaxti Bryussel shaharda Oʻzbekiston elchixonasi ochilgach, ikkala mamlakat urtasidagi rasmiy munosabatlar amaliy asosga oʻtkazildi. 1996-yil iyunda Belgiya delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi. Viloyatlar Antwerpen Vlaams-Brabant Limburg Oost-Vlaanderen West-Vlaanderen Hainaut Brabant wallon Luksemburg Liège Namur Manbalar Geografiya Yevropa Belgiya BMT aʼzolari
17,092
3176
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bosniya%20va%20Gersegovina
Bosniya va Gersegovina
Bosniya va Gersegovina (Bosna i Hercegovina), Bosniya va Gersegovina Respublikasi – Bolqon yarim orolining markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 51,1 ming km². Aholisi 4 mln. 510 ming kishi (1996). Poytaxti – Sarayevo shahri.Bosniya va Gersegovina federal davlat bo‘lib,2 ta davlatdan- Bosniya va Gersegovinadan tashkil topgan. Davlat tuzumi Bosniya va Gersegovina respublika boʻlib, qonun ustunligi va erkin demokratik saylov asosida faoliyat koʻrsatuvchi demokratik davlat. 1995-yil 14-dekabrda kuchga kirgan konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat boshligʻi – Bosniya va Gersegovina Prezidiumi raisi. Qonun chiqaruvchi oliy organi – ikki palatali parlament assambleyasi. Ijroiya hokimiyat Vazirlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiya boʻiicha Bosniya va Gersegovina 2 tuzilma: Bosniya va Gersegovina Federatsiyasi va Serb Respublikasidan iborat. Tabiati Bosniya va Gersegovina hududining 90% ni togʻlar egallaydi. Pasttekisliklari Sava daryosi boʻylab shim.ga choʻziladi va Oʻrta Dunay tekisligining janubiy qismini tashkil etadi. Jan.dagi pastqam togʻlar va serhosil togʻlararo havzalar mintaqasi 2000–2400 m gacha balandlikdagi Dinara togʻliklariga tutashib ketadi. Sava daryosi vodiysidagi iqlim moʻʼtadil, kontinental (yiliga 600– 800mm yogʻin yogʻadi), togʻlarda nam va sovuq (yiliga 1500–2500mm gacha yogʻin yogʻadi). Bosniya va Gersegovina maydonining 40% – oʻrmon, shu jumladan 3/3 qismi keng bargli (dub, buk), qolgani igna bargli (archa, qaragʻay) oʻrmonlar. Asosiy daryolari – Drina, Bosna, Vrbas, Neretva. Aholisi Bosniya va Gersegovina aholisining 43,6% ni bosniyaliklar ("musulmonlar") tashkil etadi. Bu yerda serblar (31,4%), xorvatlar (17,3%) ham yashaydi. Rasmiy tili – bosniya, serb va xorvat tili. Dindorlar musulmon-sunniylar (40%), pravoslav xristianlar (31%), katoliklar (15%) va boshqa Yirik shaharlari: Sarayevo, BanyaLuka, Zenitsa, Tuzla. Tarixi Bosniya va Gersegovina hududida tosh davri (paleolit)da ham aholi yashagan. Qadimda aholisi illiriylar boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-asrda ardeylar, daosilar, yapodlarning quldorlik davlatlari paydo boʻlgan. Qadimgi Rim ularni zabt etib, Dalmatsiya viloyatiga qoʻshib olgan. 6-asr birinchi yarmida Vizantiya hukmronligi ostida boʻlgan. 6–7-asrlarda bu yerga slavyanlar koʻchib kelgan. 10-asr oʻrtalaridagi manbalarda Trebinye, Zaxumle, Travuniya, Poganiya (Neretva) va Bosniya kabi mayda davlatlar mavjud boʻlganligi haqida maʼlumotlar bayon qilingan. 12–14-asrlarda Bosniya feodal knyazligiga aylandi. 14-asrda, ayniqsa, Tvrtko I davri (1353–91)da Bosniya qirollik deb eʼlon kilingandan keyin uning yerlari ancha kengaydi. Tvrtko I vafotidan soʻng parokandalik va oʻzaro urushlar boshlandi. Qirollikning janubiy qismidagi hukmdorlardan biri – Stepan Vukchich 1448-yilda oʻzini gersog deb eʼlon qildi va uning yermulklari Gersegovina deb atala boshladi. 1463 yda Bosniya va 1482-yilda Gersegovinani turklar ishgol qildi. 1583-yilda Bosniya va Gersegovina podsholik deb eʼlon qilindi. Feodallarning koʻpchiligi va aholining bir qismi islom dinini qabul qildi. Bosniya va Gersegovinada turklarning harbiymustabidlik tuzumi qaror topdi. 19-asr boshlarida Bosniya va Gersegovina xalqining milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 19-asr oʻrtalarida feodallarning oʻzaro kurashi toʻxtashi savdo-sotiqni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. 1872-yilda birinchi temir yoʻl (BanyaLuka – Novi) ochildi. Biroq Bosniya va Gersegovina ijtimoiyiqtisodiy jihatdan qoloqligicha qolaverdi. Dehqonlar qoʻzgʻolonlarini (1834, 1852– 53, 185758, 186162 ylar) feodallar va turk maʼmuriyati shafqatsiz bostirdi. 1878-yilgi Berlin kongressining qaroriga binoan AvstriyaVengriya imperiyasi Bosniya va Gersegovinani bosib olish va uni idora qilish huquqini oldi. 1908-yilda Avstriya-Vengriya Bosniya va Gersegovinani oʻziga qoʻshib olganligini eʼlon kildi. 1918-yilda AvstriyaVengriya parchalangach, Bosniya va Gersegovina serblar, xorvatlar va slavyanlar qirolligi (1929-yildan – Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. Ikkinchi jahon urushi davrida 1941-yil aprelda Bosniya va Gersegovina nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va "Mustaqil Xorvat davlati" tarkibiga qoʻshib yuborildi. Bosniya va Gersegovina fashist bosqinchilarga qarshi xalq ozodlik urushining muhim markazlaridan biri boʻldi. Urushdan keyin, 1945–92 yillarda Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992-yil aprelda Bosniya va Gersegovina parlamenti 1992-yil 29-fevral va 1-martdagi referendum natijalariga tayanib, mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. Referendumdan norozi boʻlib unda qatnashmagan serblar 1992-yil aprelda respublikaning shimoliy hududida Yugoslaviya tarkibida mustaqil "Bosniya va Gersegovina Serbiya Respublikasi"ni eʼlon qildilar, iyulda Bosniya va Gersegovina gʻarbida "GersegBosna Xorvat hamdoʻstligi" muxtor rayoni tuzildi. Bosniyaliklar jamoalarining qaramaqarshiligi harbiy toʻqnashuvlarga aylanib ketdi. 1993-yilda uch tuzilma delegatsiyalarining Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralarida Bosniya va Gersegovina Respublikasining konstitutsion tuzilish tamoyillari toʻgʻrisidagi hujjat maʼqullandi. 1995-yil 21-noyabrda AQShning Dayton shahri yaqinidagi harbiyhavo kuchlari bazasida Bosniya va Gersegovinada tinchlik toʻgʻrisidagi umumiy bitim imzolandi. Bosniya va Gersegovina 1992-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1996-yil 14-mayda oʻrnatgan. Asosiy siyosiy partiyalari Demokratik harakat partiyasi, musulmonlar partiyasi, 1990-yilda asos solingan; Bosniya va Gersegovina serb demokratik partiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Bosniya va Gersegovina Xorvat demokratik hamdoʻstligi; "Bosniya va Gersegovina uchun", partiya, 1996-yil tuzilgan; Serb xalq ittifoqi, partiya, 1997-yil tashkil etilgan. Iqtisodiyoti 1992–95 yillardagi urush harakatlari boshlangunga qadar Bosniya va Gersegovina milliy daromadida qishloq xoʻjaligi ulushi 10,9%, sanoat ulushi 57,6% ni tashkil qilgan (1989). Urushgacha sanoatda qoʻngʻir koʻmir, temir va marganes rudalari, boksit kazib chiqarish, gidroenergiya hosil qilish, shuningdek metallurgiya, kimyo, oʻrmon, yogʻochsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat va yengil sanoat rivojlangan. Bosniya va Gersegovinada qoʻngʻir koʻmir va lignit zaxiralari (Tuzla, Zenitsa, Kakan, Breza, Banovichi yaqinida) mavjud. 1990-yil 14,6 mlrd. kVtsoat elsktr energiyasi hosil qilingan. Varesh va Lyubiya ruda konlarida temir rudasi qazib olingan. Zenitsadagi kombinat, Iliyash va Vareshdagi zavodlarda qora metallar ishlab chiqarilgan. Bosniya va Gersegovinada temir yoʻl uzunligi 1000 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 21,1 ming km ni tashkil etgan (1991). Bosniya va Gersegovinada mamlakat hududining ʻ/2 qismidan foydalaniladi, uning 50% – ekinzor, bogʻ va tokzorlar, qolgan qismi oʻtloq va togʻ yaylovlari boʻlgan. Makkajoʻxori, bugʻdoy, kartoshka, texnika ekinlaridan zigʻir, qand lavlagi, tamaki yetishtirilgan. Chorvachilik rivojlangan. Pul birligi – bosniya markasi. Matbuoti Bosniya va Gersegovinada nashr etiladigan asosiy gazetalar: "Oslobodjene" ("Ozodlik", kundalik gazeta, 1943-yildan), "Vecherne novine" ("Oqshom yangiliklari", kundalik gazeta, 1964-yildan). Bosniya va Gersegovina radiotelevideniyesi 4 radio va 2 telekoʻrsatuv dasturi asosida ishlaydi. 1945-yildan radioeshittirishlar, 1969-yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi. Tibbiy xizmati, maorifi Bosniya va Gersegovinada 90-yillar boshida 1000 kishiga kasalxonalarda 5,8 oʻrin va 2,6 shifokor toʻgʻri kelgan. Maorif tizimi boshlangʻich maktab, gimnaziya, hunar va texnika oʻquv yurtlaridan iborat. Mamlakatda 4 universitet mavjud. Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Yevropa Bosniya va Gersegovina BMT aʼzolari
7,650
3180
https://uz.wikipedia.org/wiki/Chexiya
Chexiya
Chexiya (), Chex Respublikasi () – Markaziy Yevropadagi davlat. Maydoni -78,9 ming km². Aholisi -10,51 mln. kishi (2012). Poytaxti – Praga shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 oblast (viloyat)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Chexiya – suveren, demokratik davlat. Amalddagi konstitutsiyasi 1992-yil 16-dekabrda qabul qilingan va 1993-yil 1-yanvardan kuchga kirgan, 1997-yil 23-oktabrda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2013-yildan Milosh Zeman), u parlamentning ikkala palatasi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – deputatlar palatasi va Senatdan iborat parlament. Ijrochi hokimiyat organi prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat. Tabiati Chexiya hududining katta qismi Chexiya togʻlarida joylashgan. Uning atrofida oʻrtacha balandlikdagi Shumova, Chexiya oʻrmoni, Rudali togʻlar (KrushneGori), Krkonoshe togʻlari (eng baland joyi 1602 m, Snejka togʻi) bor. Chexiya togʻlarining ichki qismi – Chexiya soyligi tepaliklar va ularni ajratib turuvchi past toglardan iborat. Moraviyada ham tepalik va past togʻlar koʻp. Chexiyaning janubiy va markaziy kismida ChexiyaMoraviya qirlari bor. Chexiyada kumir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud. Iklimi moʻʼtadil iklim. Gʻarbdan sharqqa va ichki soyliklarda kontinentallashib boradi. Tekisliklarda oʻrtacha temperatura yanvarda –2° dan –4° gacha, togʻlarda –8° dan – 10° gacha, iyulda 19–20°, togʻlarda 4–8°. Yillik yogʻin tekisliklarda oʻrtacha 500–700 mm, togʻlarda 1600–2100 mm. Mamlakatjanubiy va gʻarbida uncha katta boʻlmagan koʻllar bor. Asosiy daryolari – Laba (Elba), Vltava. Togʻ yon bagʻirlari aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Hayvonlardan togʻlarda qoʻngʻir ayiq, tulki, kiyik, yovvoyi echki, tekisliklarda kemiruvchilar, kaltakesak va qushlarning koʻp turlari bor. Aholisi Aholisining koʻpchiligi – chexlar (81,3%); slovak, polyak va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 70%. Rasmiy til – chex tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik shaharlari: Praga, Brno, Plzen, Ostrava. Tarixi Chexiya hududida odam paleolit davridan boshlab yashaydi. Miloddan avvalgi taxminan 400-yillarda bu yerda keltlar, miloddan avvalgi 1-asrda kelt qabilalarining boy guruhi yashagan (Chexiyaning lot. Bohemia, nem. Bohmen nomi ham shundan). 1ming yillik oʻrtalarida Chexiyada slavyan qabilalari koʻpchilikni tashkil etdi. 7-asrda Chexiya hududi Samo davlati, 9–10-asr boshlarida Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirdi. 10-asrda paydo boʻlgan Praga knyazligi ilk chex davlatining oʻzagi boʻlib qoldi. 1198-yildan qirollikka aylandi. 1310–1437-yillarda chex yerlari Lyuksemburglar sulolasi mulki tarkibida boʻldi. 15-asrning 1-yarmida Chexiyada kuchli ijtimoiyinqilobiy, milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtdi (qarang Guschilar harakati). 1526-yil Chexiya Gabsburglar imperiyasi tarkibiga muxtoriyat huquqi bilan qoʻshib olindi. 1618–20 yillarda chex qoʻzgʻolonining magʻlubiyatidan soʻng, uning provinsiyasiga aylandi. 18-asr oxiri – 19-asr 1-yarmida chex tili, milliy madaniyatini saqlash va rivojlantirish uchun milliy harakat avj oldi. 19-asrning 30–40-yillarida u siyosiy tus ola boshladi. 1848-yil Pragadagi Svyatovatslav yigʻini Gabsburglar imperiyasida 1848–49 yil inqilobi boshlanishiga olib keldi. 1867-yil Chexiya Avstriya-Vengriyaning Avstriya qismi tarkibiga kirdi. 1878-yil Chexiyada Chexoslavyan sotsialdemokratik ishchi partiyasi tuzildi. 1918-yil AvstriyaVengriya parchalangach, Chexiya Slovakiya bilan birlashib mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tashkil etdilar. 1938-yil oktabr boshlarida Germaniya Chexiyaning Sudet viloyati deb nomlangan hududini, 1939-yil martda barcha chex yerlarini bosib oldi va uni "Bogemiya va Moraviya protektorati" deb eʼlon qildi. Chex xalqining 1945-yil maydagi qoʻzgʻoloni natijasida 1945-yil 9-mayda Praga shahri ozod qilindi; chex yerlari va Slovakiya Chexoslovakiya Respublikasi doirasida qayta birlashtirildi. Chexiya 1948-yil 9-maydan Chexoslovakiya Xalq Demokratik Respublikasi, 1960-yil 11-iyuldan Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi, 1990-yil 29-martdan Chexoslovakiya Federativ Respublikasi, 1990-yil 20-apreldan 1992-yil 31-dekabrgacha Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi tarkibida boʻldi. Chexiya va Slovakiya Federatsiyasining 1992-yil 25-noyabrdagi Chexiya va Slovakiya Federatsiyasining tugatilishi toʻgʻrisidagi federal qonuniga binoan Chexiya 1993-yil 1-yanvardan suveren davlatga aylandi. Chexiya 1993-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1993-yil 1-yanvardan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 28-oktabr – Mustaqil Chexoslovakiya tashkil boʻlgan kun (1918). Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Fuqarolar demokratik partiyasi, 1991-yil 23-fevralda tashkil etilgan; Fuqarolar demokratik alyansi, 1989-yil tuzilgan; Demokratik ittifoq partiyasi, 1994-yil asos solingan; Chexiya va Moraviya kommunistik partiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi partiyasi, 1998-yil tuzilgan; Chexiya sotsialdemokratik partiyasi, avvalgi nomi Chexoslovakiya sotsialdemokratik partiyasi, 1989-yildan mustaqil partiya sifatida faoliyat yuritadi. ChexMoraviya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yil tashkil etilgan, 31 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi. Iqtisodiyoti Chexiya – industrialagrar mamlakat. Milliy daromadda qishloq xoʻjaligi 5%, sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 61,2% ni tashkil etadi. Sanoatida yoqilgʻienergetika va qora metallurgiya (Ostrava rni), kimyo, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qoʻngʻir kumir va toshkoʻmir qazib olinadi. OstravaKarvina toshkoʻmir, Shimoliy Chexiya va Sokolov qoʻngʻir koʻmir havzalari, temir ruda konlari mavjud. Yiliga oʻrtacha 58,7 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari – Praga, Plzen, Ostrava, Brno. Qishloq xoʻjaligida, asosan, qand lavlagi, bugʻdoy, javdar, arpa, yemxashak ekinlari, kartoshka va boshqa ekiladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan, koʻp miqdorda qulmoq (xmel) yetishtiriladi. Goʻshtsut chorvachiligiga asosiy eʼtibor beriladi (choʻchqa, qoʻy, qoramol, parranda boqiladi). Suv havzalarvda baliq yetishtiriladi. Transporti Temir yoʻl uzunligi 9,4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 124,8 ming km. Vltava va Laba daryolarida kema qatnaydi. Asosiy dare portlari – Praga va Dechin. Pragada xalqaro aeroport bor. Chexiya chetga mashina va jihozlar, yengil, shishakeramika sanoati mahsulotlari, kumir chiqaradi. Chetdan neft, gaz, kora metall, isteʼmol mollari oladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Germaniya, Slovakiya, Avstriya, Rossiya bilan savdo kiladi. Pul birligi – chex kronasi. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari Chexiyada 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan (asosiy maktab). 8 yillik maktab negizida toʻliq oʻrta maktab, gimnaziya, oʻrta kasbhunar bilim yurtlari va maktablari faoliyat yuritadi; ular malakali ishchilarni tayyorlaydi. Chexiyada 23 oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Praga universiteti, Politexnika instituti, Iqtisodiyot instituti, Tasviriy sanʼat akademiyasi, Musiqa sanʼati akademiyasi (hammasi Praga shahrida), Brno, Olomouts shaharlaridagi universitetlar, Ostravadagi konchilik instituti. Oliy ilmiy muassasasi – Chexiya Fanlar akademiyasi. Vazirlik va muassasalarning geol., gidrometeorologiya, suv xoʻjaligi markaziy ilmiy tadqiqot institutlari bor. Yirik kutubxonalari: Praga universiteti kutubxonasi, davlat kutubxonasi, Chexiya Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasi, Ya.A. Komenskiy nomidagi ped. davlat kutubxonasi, Brnodagi universitet kutubxonasi, davlat ilmiy kutubxonasi. Ostrava, Olomouts, Plzen va boshqa shaharlarda ham ilmiy kutubxonalar bor. Chexiyada bir qancha muzey va galereyalar mavjud. Yiriklari: Pragadagi Milliy muzey va Milliy galereya, Naprstak nomidagi etn. muzeyi, A. Dvorjak muzeyi, B. Smetana muzeyi, planetariy, chex milliy yozuvi muzeyi va boshqa Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Chexiya bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Vechernik Praga" ("Praga oqshomi", chex tilidagi kundalik gazeta, 1955-yildan), "Vlasta" (Vlasta – ayol ismi; chex tilidagi haftalik jurnal, 1947-yildan), "Zrsadlo" ("Oyna", yoshlarning oylik jurnal, 1990-yildan), "Lidova demokratsiya" ("Xalq demokratiyasi", chex tilidagi kundalik gazeta, 1945-yildan), "Pravo" ("Huquq", chet tilidagi kundalik mustaqil gazeta, 1991-yildan), "Pravo lidu" ("Xalq huquqi", chex tilidagi kundalik gazeta, 1989-yildan), "Pratse" ("Mehnat", kasaba uyushmalarining chet tilidagi kundalik gazeta, 1945-yildan). Chexiya telegraf agentligi axborot agentligi boʻlib, 1918-yil Chexoslovakiya telegraf agentligi sifatida tashkil topgan; 1992-yildan hozirgi nomda. Chexiya radiosi va televideniyesi (1992-yildan) faoliyat yuritadi. Adabiyoti 9-asrda paydo boʻlgan chex yozuvi dastlabki eski slavyan tilida rivojlandi. Bunda akauka Kirill va Mefodiylarning maʼrifatparvarlik faoliyatlari muhim rol oʻynadi. Buyuk Moraviya davlati agʻdarilgach (906), lotin tili yoyiddi. Pragalik Kozmaning "Chex xronikasi" asari (1125) lotin tilida yaratilgan yirik asar xisoblanadi. Dalimil Mezirjitsskiyning 14-asr boshlarida yaratgan "Dalimil xronikasi" asari chex tilidagi kad. adabiy yodgorlikdir. Chexiyaning birinchi mashhur yozuvchisi hajvchi S.Flyashka (14-asr – 1403) dir. 15-asrda Yan Gus, Yan Jelinskiy, P. Xelchitskiy antikatolik ruhda asarlar yozdilar. AvstriyaVengriya hukmronligi davrida chex adabiyoti taʼqibgauchradi. 17-asrdagi yirik adabiy yodgorlik – Ya.A. Komenskiy asarlari boʻldi. Y. Dobrovskiy, Y. Yungman, P.Y.Shafarik, F. Palatskiy, A.Ya. Puxmayer, V. Ganka, Ya. Kollar, F.K. Chelakovskiy kabi olim va yozuvchilar chex milliy Uygʻonish davri (18-asr oxiri – 19-asr 1yarmi)ning buyuk arboblari hisoblanadi. Bu davr adabiyotda slavyan xalqlarining birligi, chex xalqining huquqi, slavyanlar xalq ogʻzaki ijodiga murojaat, milliy madaniyatni yaratish uchun kurash gʻoyalari aks etdi. 1848–49 yil inqilobi taʼsiri natijasida adabiyotda milliy ozodlik gʻoyalari kuchaydi, ijtimoiy masalalarga eʼtibor oshdi. K. GavlichekBorovskiy va B. Nemsova Avstriya monarxiyasidagi ijtimoiy munosabatlarni tanqid qilib chiqdilar. Tanqidiy realizmning paydo boʻlishi, asosan, Ya. Neruda ijodi bilan bogʻliq. A. Stashek asarlari, A. Irasek, V.B. Trshebizskiy tarixiy nasri ijtimoiy romanning shakllanishida asos boʻldi. Sheʼriyatning ijtimoiy ahamiyati oshdi (S. Chex, Ya. Vrxlitskiy, Y.V. Sladek). 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida modernistik va dekadentlik oqimlari paydo boʻldi. 1920–30 yillarda yozuvchi Karel Chepek, 1940-yillarda shoir Yaroslav Zeyfert samarali ijod qildi. Urushdan keyingi davr adabiyotda antifashistik mavzu keng oʻrin egalladi. Bu sohada yozuvchilardan V. Rjezach, V. Nezval ijodi muhim oʻrin tutadi. 1960–80-yillarda Vatslav Gavelning Chexoslovakiya hayotini aks ettirgan dramalari, Milan Kunder, Bogumir Grabal kabi yezuvchilarning asarlari paydo boʻldi. Ammo adabiyotning asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini ijtimoiy va milliy ozodlik kurashi masalalari belgilab berdi (A. Matsek, P. Bezruch, A. Sova, Y.S. Maxar sheʼriyati, I. Olbraxt, Ya. Gashek, M. Mayerovalar ilk nasri). Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Chexiyada paleolit davri haykalchalari, neolit davriga oid keramika va boshqa saqlanib qolgan. Katolitsizm qabul qilingach (865), Vizantiya, Gʻarbiy Yevropadagi kabi toshdan cherkovlar qurildi (StareMesto yaqinidagi ibodatxona xarobalari, 9-asr, Pragadagi avliyo Vita ibodatxonarotondasi, taxminan 930). 11 –13-asrlarda roman uslubi shakllandi. 13-asr oʻrtalari – 15-asr 1yarmida meʼmorlikda gotika sanʼati ravnaq topdi (Krshivoklatdagi qasr, 13–16-asrlar, Pragadagi avliyo Vita sobori sharqiy qismi). 16-asr 1yarmida Chexiya meʼmorligida Uygʻonish davri uslubi unsurlari paydo boʻldi (Pragadagi Belveder saroyi, taxminan 1536–36), 17-asrning 2yarmidan barokko uslubidagi saroylar kurila boshladi (KlamGallasov saroyi, taxminan 1713–25, meʼmor Y.B. Fisher fon Erlax). 18-asr oxiri – 19-asr boshlari meʼmorlikda klassitsizmdan soʻng eklektika ruhidagi "milliy romantika" yoʻnalishi qaror topdi (Pragadagi Milliy muzey, 1884–90, meʼmor Y.Shchults). 19-asr oxiri – 20-asr boshlari modern uslubi oʻrnini ratsionalizm egalladi. 1920– 30-asrlar meʼmorlikda funksionalizm milliy maktabi shakllandi (GradetsKralove shahridagi Y. Gocher inshootlari). Haykaltaroshlikda ham kjsak yutuklarga erishidpi. 1950-yillar Pragada yaratilgan chex xalkining milliy qahramoni Yan Jijka, rassom Y. Manes (ikkalasining haykaltaroshi B. Kaofka), Yan Gus (haykaltarosh K. Liditskiy), yovuzchi B. Nemsova (haykaltarosh K. Pokorniy) haykallari, V. Makovskiyning "Yangi asr" kompozitsiyasi diqqatga sazovor. 1945-yildan keyin turar joylar, jamoat markazlari, yangi maʼmuriy va madaniymaishiy binolar kurish avj oldi. Jumladan, Brno shahridagi xalqaro mashinasozlik yarmarkasi majmui (meʼmorlar 3. Aleks, F. Lederer), Yeshted togʻidagi teleminora va mehmonxona (meʼmorlar K. Gubachek, 3. Patrmak) va boshqalarni koʻrsatish mumkin. 1970–80-yillarda Pragada "Internatsional" mexmonxonasi (meʼmorlar K. Filsak, I. Shvets), "Kotva" univermagi (meʼmorlar V. va V. Maxoninlar) va Madaniyat saroyi (meʼmorlar Ya. Mayer, A. Marek, Ya. Kralik, V. Ustogal), Pragadagi uz. 485 m boʻlgan osma koʻprik (meʼmorlar V. Mixalek, S. Gubechka) yaratildi. Chexiyada 7-asrda keramika, zargarlik buyumlari tayyorlangan. 11–13-asrlarda devoriy rasmlar, miniatyuralar paydo boʻldi. 13-asr oʻrtalari – 15-asr 1yarmida gotika uslubi ravnaq topdi. 14-asr 2yarmida portret yaratish sanʼati rivojlandi. 14-asr oxiri – 15-asr boshlaridan Chexiya tasviriy sanʼatida amaliybezak sanʼati (badiiy shisha, vitraj, mozaika, zargarlik buyumlari) keng yoyiddi. 17–18-asr tasviriy sanʼati barokko uslubida rivojlanishi bilan birga, unda realistik va demokratik yoʻnalishlar namoyon boʻldi. Bu davrda haykaltaroshlardan M.B.Braun va F. M. Brokof mashhur boʻlgan. 18-asr oʻrtalarida haykaltaroshlik va rassomlikda rokoko va klassitsizm unsurlari paydo boʻddi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida Chexiya sanʼatida klassitsizm va romantizm bilan birga realistik tendensiyalar yoyildi. Rassomlar milliy tarix, oʻlka tabiatini tasvirlash mavzuida asarlar yaratdilar. 19-asr oxirgi choragida rassom M. Alesh, haykaltarosh Y.V. Mislbek ijodi rivojlandi. Bu davrda grafika modern uslubida taraqkiy etdi, haykaltaroshlikda Ya. Shtursa asarlari ajralib turdi. 20-asr boshida avangardizm vakillari B. Kubishta, E. Filla, A. Proxaziya, Ya. Zrzaviy, R. Kremlichka ijod qildilar. 1918-yil mustaqil Chexoslovakiya respublikasi tashkil boʻlgach, milliy madaniyatni rivojlantirish imkoniyati paydo boʻldi. Koʻp avangardchi rassomlar oʻz asarlarida real voqelikni aks ettirdilar (V. Novak, O Kubin, Y. Chapek, V. Rabas). Ayrim rassomlar ishchilar sinfi kurashini haqqoniy tasvirladilar (K. Golan, K. Shtika rang-tasvir asarlari, K. Pokorniy, Lauda haykallari, F. Bidlo, V. Silovskiyning grafik asarlari). 20-asrning 20–30-yillarida chex sanʼatida ijtimoiytanqidiy yoʻnalish shakllandi. 1945-yil Chexoslovakiya nemisfashistlardan ozod etilgach, rassomlar E. Filla, A. Paderlik, V. Sedlichek, haykaltaroshlar V. Makovskiy, K. Liditskiy, K. Pokorniy samarali ijod qildilar. Bu davrda monumentalbezak sanʼati turlari rivojlandi. 1970–80 yillar sanʼatkorlari orasidan A. Zabravskiy, R. Kolarj, Y. Broj kabi rassom va grafiklarni, I. Maleyovskiy, M. Aksman kabi haykaltaroshlarni koʻrsatish mumkin. Bu davrda amaliybezak sanʼati turlari keng yoyildi (badiiy oyna, toʻquvchilik va hokazo). Musiqasi Chexiya musiqa madaniyati boy xalq ijodi – maishiy, mehnat, marosim qoʻshiq va raqslari asosida rivojlanib keldi. Cholgʻu asboblari – fuyar, volinka, nay, truba, sitra, arfa va boshqa 9-asrdan professional – diniy (cherkov) hamda dunyoviy musiqa ijodi taraqqiy etdi. 15-asrda bir ovozli "guschilar qoʻshigʻi", 16-asrdan polifoniya musiqasi rivojlandi (A. Mixna, Y. Rixnovskiy, Ya. Turnovskiy va boshqalar). 17–19-asrlarda koʻpgina chex kompozitor va sozandalari oʻz Vatanini tark etib boshqa mamlakatlarda samarali ijod kilishdi: Venada F. Tuma, Ya. Vanxel, V. Yirovets va boshqa, Parijda A. Reyxa, Italiyada B. Chernogorskiy, Y. Mislivichek, Germaniyada Ya. Zelenka, Mangeym maktabi vakillari va hokazo 1737-yil Pragada opera teatri, 1783-yil Nostitskiy milliy teatri, 1811-yil Pragada konservatoriya, 1831-yil organ maktabi, 1881-yil Milliy teatr ochildi. 1891-yil Chex kvarteti, 1901-yil Chex filarmoniyasi, 1920-yil Praga kvarteti, 1928-yil Praga puflama soz kvintetiga asos solindi. F. Shkroup chex tilidagi birinchi operani yaratdi (1826). B. Smetana va A. Dvorjak chex mumtoz musiqa maktabi asoschilaridir. 3. Fibix va L. Yanachek ularning izdoshlaridir. 19-asr oxiri – 20-asr 1yarmida I. B. Fyorster, V. Novak, Y. Suk, B. Martinu, V. VLeysek, O. Ostrchil kabi kompozitorlar samarali ijod qiddilar. Ijrochilar orasida dirijyor V. Talix, skripkachilar F. Laub, O. Shevchik, Ya. Kubelik, xonandalar V. Gesh, B. Benoni, K. Burian, E. Destinovalar ajralib turadi. 1930-yillarning oʻrtalaridan ilgʻor musikachilar antifashistik mavzuda asarlar yaratdilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin kompozitorlar jamiyatdagi oʻzgarishlarni aks ettirishga intildilar (V. Dobiash, E. Akeman, B. Martinu, K. Burian va boshqalar). 1960–80-yillarda kompozitorlardan Y. Pauer, V. Sommer, L. Jelezni, S. Gavelka, V. Kalabis mashhur boʻlgan. Smetana, Yanachek nomidagi torli kvartetlar, Y. Suk nomidagi torli trio shuhrat qozongan. Teatri 16–17-asrlarda maktab teatri, ayniqsa, havaskorlik teatri koʻplab paydo boʻldi. 1737-yil Pragada birinchi doimiy teatr binosi – "Teatr u Kotsu" quriddi. 1786–89 yillar "Bouda" teatrida chex tilidagi truppa ishlay boshladi. 19-asr 1yarmida chex dramaturgiyasida Ya.N.Shtepanek (rejissor ham boʻlgan), V. Klitsper, Y.K. Til (professional teatrning rivojlanishida xizmati katta boʻlgan)ning asarlari paydo boʻldi. Y. Til 1824–34 yillarda chex truppasini, 1835–37 yillarda "Teatr u Kaetana" nomidagi havaskorlar jamoasiga rahbarlik qildi. 1862–83 yillar Pragada Muvaqqat teatr faoliyat koʻrsatdi. Bu teatrda aktyorlardan Y. Moshna (chex realistik aktyorlar maktabi asoschilaridan), Y. Bitner, Ye. Peshkova, K. Shimanovskiy, F. Kolar, rejissor lardan Y. Kolar, E. Xvalovskiy ishlagan. 1881-yildan "Teatr u Libushe" teatri ishlay boshladi. 1883-yil Pragada Chex milliy teatriga asos solindi (20-asrning 70–80-yillarida mamlakat teatr hayotining markaziga aylandi). 19-asr oxiri – 20-asr boshlari Lirik teatr (1911-yil asos solingan), Sanʼat teatri (1912–13) faoliyat koʻrsatdi, havaskorlik teatrlari koʻpaydi. Plzen, Brno va boshqa shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. 1919-yildan Brno, 1920-yildan Olomouts shahar teatrlari, 1933-yildan Pragada "D34" teatri ishlay boshladi. Bu davr teatr arboblaridan aktyorlar – V. Vidra, Ya. Shkoda mashhur boʻlgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Pragada Realistik teatr, Satira teatri tashkil etildi; 60–70-yillarda kichik tajriba teatrlari faoliyat koʻrsatdi. 1970–80 yillardagi aktyorlardan O. Kreycha, F. Smolik, Ya. Pruxa, 3. Shtepanek, B. Zagorskiy, rejissorlardan M. Mixachek, K. Paloush, K. Novak, hozirgi kompozitorlardan P. Eben, S. Gavelka, opera ijrochilari G. Benyachkova, E. Gruberova, P. Dvorskiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston – Chexiya munosabatlari 1993-yil imzolangan "Savdoiqtisodiy va ilmiy texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida"gi hukumatlararo bitim ikki tomonlama savdoiqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1997-yil yanvarda Chexiyaga qilgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea boʻldi. Tashrif chogʻida bir qancha hujjatlar imzolandi. Bu hujjatlar orasida sarmoyalarni oʻzaro himoyalash va ragʻbatlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqaruvchi muassasalar va milliy banklarning hamkorligi toʻgʻrisidagi hujjatlar alohida oʻrin oladi. 1999-yilda esa, birdek manfaatdor hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya, avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni tashish toʻgʻrisida, 2000-yilda ikki tomonlama soliq solish va mulkdan keladigan daromaddan soliq toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida bitim imzolandi. 2004-yil 1-maydan Chexiya Yevropa Ittifoqiga qoʻshilganidan keyin 1993-yilda imzolangan savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim oʻz kuchini yoʻqotdi. Shu munosabat bilan tomonlar 2004-yil 28-iyunda iqtisodiyot, sanoat va ilmiytexnikaviy sohalarda hamkorlik boʻyicha yangi bitimni imzoladilar. 2003-yil ikki tomonlama tovar aylanmasi 20,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Chexiyaga gazlama, yigirilgan ip, paxta momigʻi, jun, oshlovchi va boʻyovchi ekstraktlar, sut mahsulotlari chiqaradi. Chexiyadan mexanika va elektr jihozlar, doridarmon, qora metall va undan tayyorlangan buyumlar, qogʻoz va karton, kauchuk va rezina buyumlari va boshqa oladi. Oʻzbekistonda chexiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 30 korxona mavjud. Ular orasida Chexiya sarmoyasi 100% boʻlgan 2 korxona bor. Ular qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq isteʼmol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, doridarmon ishlab chiqarish sohalarida faoliyat koʻrsatadi. Tashqi iqgisodiy aloqalar agentligida Chexiyaning "Eri ell Korporeshn", "Mars SZ", "Tomas Praga", "CHKD Nove Energo", "AyveksChR", "Yason Travel", "Yansen" kabi kompaniyalari roʻyxatdan oʻtgan. Ikki davlat oʻrtasida materialshunoslik, mikroelektronika, yadro fizikasi, priborsozlik, mashinasozlik, tibbiyot va farmakologiya, shuningdek, intellektual mulkni muhofaza qilish huquqi boʻyicha ilmiytexnikaviy aloqalar rivojlanmoqda. 1994-yildan Liditse shahrida oʻtkaziladigan Jahon bolalar ijodi koʻrgazmasida Oʻzbekistondan ham bolalar ishtirok etadi. 1994– 2001-yillarda ular 41 ta mukofotga sazovor boʻldilar. UzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Chexiyaning "Xemapol", "Kovo", "Loxema" farmatsevtika firmalari bilan hamkorlik qiladi. Eslatib o'tamiz, 2023-yil Chexiyaning O'zbekiston Respublikasidagi yangi elchisi o'z faoliyatini boshlagan. Chexiya (chex.: Česko, talaffuzi: Chesko), Chex Respublikasi (chex.: Česká republika (ČR), talaffuzi: Cheska republika) markaziy Yevropadagi davlat. Poytaxti Praga shahri. Chexiya gʻarbdan Germaniya (810 km.), shimoldan Polsha (762 km.), sharqdan Slovakiya (252 km.) va janubdan Avstriya (466 km.) davlatlari bilan chegaraga ega. Chexiya 3 ta yirik tarixiy viloyatlarga boʻlinadi – Chex, Morava va Slezska. Chexiya 10 milliondan ortiq (2008) aholiga ega. Barchamizga maʼlumki, Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan, rivojlanib kelayotgan yosh mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada ushbu davlatning bu kunga qadar bosib oʻtgan yoʻllari va bugungi kundagi istiqbollari haqida gap boradi. Bunda Chexiyaning qanday mustaqil davlatga aylangani, sobiq Chexoslovakiya tarkibida boʻlganda qanday amaliy kasb etganligi koʻzda tutilgan. Ushbu maqolada bundan tashqari, Chexiyaning xalqaro munosabatlar sub’yekti sifatida namoyon boʻlishi, boshqa davlatlar, xususan Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalari toʻgʻrisida soʻz yuritilgan. Maqolaning maqsadi shundan iboratki, u Markaziy Yevropa mintaqasiga kiruvchi kichik davlat-Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining yangi yoʻnalishlarini tahlil qiladi. Postsovet hamjamiyati davlatlari, jumladan Chexiya bilan bevosita bogʻliq XX asr oxirlaridagi oʻzgarishlardan keyin bu davlatlarning Yevropa va transatlantika strukturalariga integratsiyalashuv jarayoni boshlandi. Xullas, Chexiya Respublikasining bugungi kunga qadar bosib oʻtgan barcha rivojlanish yoʻnalishlari yoritib berilgan. Shu oʻrinda men Chexiya Respublikasining 1- Prezidentining quyidagi soʻzlarini keltirib oʻtmoqchiman: „Har bir koʻchada ikkitadan non doʻkoni, bir juft shirinliklar doʻkoni, ikkita pivo bari va koʻplab magazinlar boʻlishi lozim, asosiysi ularning hammasi xususiy boʻlishi kerak.“ Tarixi Chexiya Respublikasi tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, chex yerlari dastlab IX asr oxirida, bu yerlar birlashgan vaqtdan beri maʼlum. Oʻsha davrlarda Chexiya qirolligi sezilarli darajada kuchga ega edi, lekin diniy konfliktlar (XV asrdagi gusit urushlari va XVII asrdagi oʻttiz yillik urush kabilar) qirollikni barbod qildi. Keyinchalik u Gabsburglar taʼsiriga tushadi va Avstriya-Vengriyaning bir qismiga aylanadi. Chexiyaning davlat sifatida shakllanishi 9-asr ikkinchi yarmiga borib taqaladi. 1526–1918-yillarda Chexiya Avstriya monarxiyasi. I – Jahon Urushidan keyin bu davlatning barbod boʻlishi natijasida Chexiya, Slovakiya va Karpat rusi birlashdilar va mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tuzdilar. Bu voqea Antanta davlatlarining aktiv qoʻllab – quvvatlashi bilan 1918-yil noyabrda yuz berdi. Chexiya Respublikasining 1 – Prezidenti etib Tomash Garrig Masarik saylandi. Bu davlatda yetarli darajada nemis millatiga mansub kishilar istiqomat qilishgan va bu narsa Chexoslovakiyaning qaytadan shakllanishiga sabab boʻldi. Oʻshanda Germaniya 1938-yil Myunxen bitimiga binoan Sudet viloyatini anneksiya qilishga erishdi va bu Slovakiyaning ajralishiga olib keldi. Chexiya hududi esa Germaniya tomonidan 1939-yil okkupatsiya zonasiga aylantirildi(Bogemiya va Moraviya protektoratlari). II – Jahon Urushidan Chexoslovakiya Sovet ittifoqi taʼsiriga tushadi. 1968-yilda Aleksandr Dubchek boshchiligidagi mamlakat liderlarining partiya boshqaruvini liberallashtirishga va " Praga bahori " inqilobi paytida „insoniy shaxs sotsializmini“ qurishga urinishlari Varshava Shartnomasiga binoan armiya hujumlari bilan tugadi. 1989-yili Chexoslovakiya “ Baxmal “ revolyutsiyasi oqibatida rivojlanishning sotsializm yoʻnalishidan voz kechdi. 1993-yil 1- yanvarda mamlakat tinch yoʻl bilan 2 qismga boʻlindi va Chexiya va Slovakiya mustaqil Respublikalari tashkil topdi. 1918 – 1992-(ikkinchi jahon urushi davridan tashqari) yillarda esa Chexoslovakiya davlati tarkibida boʻlgan. 1969 yil 1-yanvarda rasman suveren davlat sifatida Chexoslovakiya sotsialistik respublikasi tarkibida federativ Chexiya sotsialistik respublikasi (1990 yildan boshlab Chexiya respublikasi) tashkil topgan. 1993-yil 1-yanvardan boshlab Chexiya mustaqil davlat deb eʼlon qilindi; shuningdek shu kundan boshlab Chexiya respublikasi konstitutsiyasi kuchga kirdi. Chexiya suveren, demokratik va parlamentli respublikadir. Davlat boshligʻi prezident. Ikki palatali qonun chiqaruvchi davlat organiga ega. Chexiya NATO va Yevropa Ittifoqi aʼzosi. Maʼmuriy boʻlinishi Chexiya 13 ta (kraj) viloyatga boʻlinadi: ''Ahol. = Aholisi; Ahol.zich. = Aholi zichligi;YaIM = Yalpi Ichki Mahsulot (million CZK); YaIM  / kishi = YaIM / kishi boshiga (CZK da) Geografiyasi Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan davlat hisoblanadi. Shimolda Polsha, shimoli-gʻarb va gʻarbda Germaniya bilan, janubda Avstriya bilan va sharqda Slovakiya bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi – 1880 kmga teng. Mamlakatning nomlanishi chex qabilalari nomidan kelib chiqqan. Poytaxti boʻlmish Praga shahri turistlar tashrif buyuradigan va mamlakatning eng katta shaharlaridan biridir. Chexiya 2 ta tarixiy hudud – Sileziya va Moraviya hududlarining qoʻshilishidan tashkil topgan. Chexiya 13 ta oʻlka (viloyatdan) iborat. Maydoni 78,9 ming km² ni tashkil qiladi. Landshaftlari turli xil koʻrinishga ega. Gʻarbiy qismida (Bogemiya) mamlakatning eng baland nuqtasi 1602 m balandlikdagi Snejka togʻi joylashgan. Sharqiy qismi – Moraviya ham anchagina adirlarda va asosan Marx daryosi qoʻynida joylashgan hamda Oder daryosi irmoqlarini oʻz ichiga oladi. Dengizga chiqa olmaydigan Chexiya hududidan daryolar 3 ta dengizga borib quyiladi: Shimoliy, Boltiq va Qora dengizlar. Chexiya aholisining asosini etnik chexlar va gʻarbiy slavyan tillari guruhiga mansub chex tilida gaplashuvchilar tashkil qiladi. Chet ellik fuqarolar mamlakat aholisining 4 % ini tashkil qiladi. Chexiyada immigrantlar orasida eng koʻp diasporani ukrainlar tashkil qiladi. Undan keyingi oʻrinlarda slovaklar, Vyetnam, Rossiya va Polsha fuqarolari turadi. Boshqa etnik guruhlarga esa nemis, sigan, vengr va yahudiylar kiradi. Chexiya va Slovakiya oʻrtasidagi chegara sobiq Chexoslovakiya fuqarolari uchun ochiq. Mamlakatdagi yagona megapolis shahar Praga hisoblanadi. U yerda 1,118 ming aholi yashaydi. 2008-2009-yilgi iqtisodiy inqiroz munosabati bilan Chexiya xorijlik ishchilari sonini kamaytirishga yoʻnaltirilgan chora- tadbirlar koʻrmoqda. Shunisi maʼlumki, Chexiya fuqarolarining 59 % Xudoga ishonmaydi, yaʼni ular ateistdir. Eng koʻp dinga sigʻinuvchilar katolik oqimini(26,8 %) va protestantlik oqimini (2,5 %) tashkil qiladi. Pravoslavlik oqimiga sigʻinuvchilar esa 3 %. Oʻziga xos ustun tomonlari Chexiya Respublikasi – industrial mamlakat hisoblanadi. Mamlakatdagi asosiy yetakchi tarmoqlar – yonilgʻi-energetika, metallurgiya, mashinasozlik, kimyoviy, yengil va oziq – ovqat sanoati hisoblanadi. Postkommunistik davlatlar orasida Chexiya eng barqaror va muvaffaqiyatli iqtisodiy tizimga ega davlatdir. Aholi fon boshiga Yalpi Ichki Mahsulot tayyorlash boʻyicha Sharqiy Yevropa mamlakatlari ichida 1 – oʻrinda turadi. 1995-yilda Chexiya sobiq kommunistik davlatlar orasida birinchi boʻlib “ Iqtisodiy hamkorlik va Rivojlanish tashkilotiga ” aʼzo boʻldi. Chexiya pul birligi krona hisoblanadi. U 1995 – yilda muomalaga kiritilgan. 2004-yil 1- mayda Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar qatoridan joy oladi va unga aʼzo boʻlgan kundan boshlab uning iqtisodiy oʻsish su’rati ancha koʻtarildi. Bugungi kunda Chexiya YIMi 211,698 mlrd.ni tashkil qiladi. Qora metallurgiya va harbiy sanoat avtomobil va elektrotexnika sanoati hisobidan oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Tashqi savdo saldosi boʻyicha mamlakat aholi jon boshiga dunyoda Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiyadan keyingi oʻrindi turadi. Chexiya Respublikasi Sharqiy Yevropa mamlakatlari orasida birinchilardan boʻlib keng koʻlamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirgan, iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlari boʻyicha oʻz mintaqasida etakchi oʻrin egallab turgan davlatdir. Chexiyaning [["Eriell Korporeshn", „Marts TsZ“, „Tomas Praga“, „ChKD Nove Energo“, „Ayveks-ChR“, „Yason Trevel“, „Yantsen“]] kabi kompaniyalari hozirgi kunda jahonning eng samarali va kuchli kompaniyalaridandir. Chexiyaning "Cheshka Sporitelna", "Investichni a postovni bank", "Komerchni bank", "Chek eksport bank" kabi banklari butun dunyoda mashhur va deyarli barcha davlatlaridagi banklar bilan oʻzaro aloqa oʻrnatgan, xususan Oʻzbekiston Respublikasi banklari bilan ham. Tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari Konstitutsiyaga muvofiq Chexiya parlamentar Respublika hisoblanadi. Davlat boshligʻi (Prezident) bilvosita parlament tomonidan 5 yilga saylanadi. U ichki va tashqi siyosat yoʻnalishlarini aniqlaydigan bosh vazirni tayinlaydi. Chexiya parlamenti 2 palatali: deputatlar palatasi va senatdan iborat. Chexiya Respublikasi xalqaro munosabatlarda Markaziy Yevropada demokratik va siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, barqaror davlat pozitsiyasidan maydonga chiqadi. U nafaqat oʻzining uzoq muddatli manfaatlarini himoya qiladi, balki Yevropa va butun jahon hamjamiyati rivoji uchun javobgarlik hissini oʻziga oladi. Chexiya Respublikasi sobiq Chexoslovakiya xalqaro ahvollarining barcha ijobiy tomonlariga tayanadi. Bunda unga federatsiyaning tinchlik yoʻli bilan boʻlinishi yordam berdi. Chexiya Respublikasi oʻzining tashqi siyosatini olib boradigan xalqaro hamjamiyat xalqaro tashkilotlarga integratsiyaning turli darajasi bilan davlatlar birlashuvini, suveren davlatlar oʻzaro hamkorligi natijasi hisoblanadi. Sovuq urush tugaganidan va ikki qutblik dunyoning barbod boʻlishidan soʻng xavfsizlik bilan bogʻliq holatlar, jahon iqtisodiyotining globalizatsiya va liberalizatsiya jarayonlari, davlatlarning bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqligining yuksalishi, fan va texnika rivojlanishi natijasida xalqaro tashkilotlar va integratsion birlashmalar doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ahamiyati sezilarli darajada oʻsdi. Asrlar davomida Markaziy Yevropa mamlakatlari global jahon siyosati sub’yekti emas, balki ob’yekti boʻlishgan. Bunga sabab bu mintaqa mamlakatlari qulay geografik mintaqada joylashgan. Ikkala Jahon urushlari ham ushbu mintaqada boshlandi, chunki unda jahonning eng yirik davlatlari oʻrtasidagi ziddiyatlarning liniyasi aks etadi. Chexoslovakiya Federativ Respublikasi qulaganidan soʻng (1993-yil 1- yanvar) Chexiya va Slovakiya jahon siyosiy xaritasidan yangi davlatlar qatoridan oʻrin oldi. Asosiy geografik xarakteristikasini hisobga oladigan boʻlsak, ikkala davlat ham Kichik Yevropa davlatlari kategoriyasiga mansub. Kichik davlatda kuch ishlatish pozitsiyasi nuqtai nazaridan katta salohiyati boʻlmaydi, shuning uchun u koʻproq asoslangan va oʻylangan tashqi siyosiy va geopolitik strategiya qoʻllashi lozim. Chexiya Respublikasining zamonaviy tashqi siyosati bir necha faktorlar taʼsiri ostida shakllandi. Ulardan eng muhimi Yevroatlantika integratsiyasi hisoblanadi. Bu oʻrinda 3 ta katta bosqichni aytib oʻtish lozim: Birinchi bosqich (1993 – 1997 – yillar). Xalqaro munosabatlarning sub’yekti sifatida yangi Chexiya mamlakatinig paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Bu davrda boshqaruvchi siyosiy elitalarning ideologik qarashlari asosan tashqi siyosat kurslariga taʼsir koʻrsatdi. Ikkinchi bosqich (1997 – 2003 – yillar). Bunga Yevroatlantika integratsiyasi boʻyicha rivojlanishning jadallashuvi xosdir. Chexiya Respublikasi tashqi siyosat kursiga taʼsir ancha susaydi. Chexiya xalqaro aloqalarining bayon etilgan koʻp tomonlama ekanligiga qaramasdan, Yevroatlantik strategiyasi bugun ham ustun kelmoqda. Uchinchi zamonaviy bosqich (2003 – yildan buyon). Chexiya tashqi siyosatini konsepsiyalashni, uzoq muddatli istiqbollar va qisqa muddatli rejalar qatori qurishni koʻzda tutadi. Tashqi siyosatni olib borishda asosiy oʻrinni bosh vazir va tashqi ishlar vaziri egallaydi. Rasman oxirgi qaror Prezidentga tegishli boʻlsada, boshqaruv shakli nuqtaʼI nazaridan toʻgʻri kelmaydigan davlat boshligʻining qarashlari koʻpincha inobatga olinmaydi. Aynan shuning uchun ikkala Chexiya Respublikasi Prezidentlari Vatslav Gavel (1993-2003) va Vatslav Klaus (2003-yildan buyon) kamdan – kam muhim tashqi siyosiy masalalar boʻyicha umumiylikka murojaat qilishgan. Bundan tashqari Chexiya tashqi siyosatida yana bir oʻziga xos tomon bor : U nihoyat darajada jonlantirib koʻrsatiladi. Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirining dasturiy bayonotiga muvofiq tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olingan: Yevropa Ittifoqi doirasida integratsiyani rivojlantirish; NATO, YI va BMT strukturalarida faol qatnashish; Mintaqaviy hamkorlikning rivojlanishi uchun chegaradosh mamlakatlar bilan yaqin qoʻshnichilik munosabatlarini qoʻllab – quvvatlash; Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama va koʻp tomonlamalik asosida boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish. Bu kabi ustuvor yoʻnalishlarga muvofiq tashqi siyosatning bir necha geostrategik yoʻnalishlari ham belgilangan: Yevropa siyosati; Xavfsizlik sohasidagi siyosat; Mintaqaviy hamkorlik; Transatlanti mamlakatlaridan tashqaridagi mamlakatlar bilan munosabatlaridagi siyosat; Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik. Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada oʻzini oʻnglab olishi uchun unga YI, AQSH va Rossiya bilan mustahkam aloqalar zarur. Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining muhim aspektlari boʻlib iqtisodiy diplomatiya va xorijda mamlakatni shunday ataladigan namoyishi ataladi. 2003 – yilgi konsepsiyaga muvofiq ikki tomonlama va koʻp tomonlama munosabatlarda iqtisodiy diplomatiyanig parametrlari biroz cheklanadi. Biroq mamlakatni namoyish etishning istiqbolli metodi sifatida nohukumat darajada xalqaro hamkorlik ajralib turadi. 2005 – yilgi konsepsiya Chexiya Respublikasini xorijda yanada toʻliqroq namoyish etish masalalarini ochib beradi. Bunda chet el investitsiyalarini jalb etishni oshirish 1-navbatda turizm sektorini koʻzda tutadi. Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining yangi bosqichida bir necha ichki ziddiyatlarni qayd etish mumkin. „Markaziy Yevropada“ tashqi siyosiy "Vertikal qurishga " urinish hozircha ancha muvaffaqiyatsiz. AQSH tomonidan Chexiya va Polsha hududida raketa hujumidan mudofaa tizimi qurilishi toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan ilk paytlardayoq ushbu tashabbus qizgʻin munozaralarga sabab boʻlmoqda. Rossiya ushbu harakat ortida mintaqa xavfsizligi uchun katta bir xatarni koʻrdi. Rasmiy Vashington esa bu bor-yoʻgʻi raketa hujumi ehtimolida qoʻllanadigan tizim ekanini bildirdi. Oxir-oqibat, ushbu tashabbus har ikki davlat – Polsha va Chexiya tomonidan ham qoʻllab-quvvatlandi. Ayni paytda mudofaa borasida koʻp tomonlama siyosat olib borishga urinayotgan Chexiya rahbariyati oldida ana shu muhim masalada qatʼiy toʻxtamga kelish, milliy mustaqillik va xavfsizlik oʻrtasidagi oltin oʻrtaliqni topish vazifasi koʻndalang turibdi. Xalqaro tashkilotga aʼzoligi Chexiya Respublikasi siyosiy, gumanitar iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan barcha muhim regional tashkilotlar aʼzosi hisoblanadi. 90 – yillar boshlarida Varshava Shartnomasi va Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi qulaganidan soʻng Markaziy Yevropa mamlakatlari oʻz mintaqasi doirasida Yevropa Ittifoqiga keyingi integratsiyalar maqsadida ichki integratsiyalarni oʻtash zarurligini yaxshi angladilar. Aniq siyosiy xarakterga ega "Vishegrad gruppasi" ga 1991 – yil 15 – fevralda Polsha, Vengriya va sobiq Chexoslovakiya Respublikasi tomonidan tashkil qilindi. Bu umumiy manfaatlar sohasidagi hamkorlik boʻyicha mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Asosiy maqsad Markaziy Yevropaning erkin savdo hududini yaratish. Bundan tashqari bu tashkilot madaniyat, sanʼat, taʼlim va texnik sohalarni ham qamrab oladi. 1992-yilda Erkin savdo toʻgʻrisidagi Markaziy Yevropa shartnomasi (CEFTA) tuzildi. Maqsad – shu mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro iqrisodiy munosabatlarni liberalizatsiyalashdan iborat. Bugungi kunda asoschi davlatlardan tashqari (Vishegrad guruhi) Sloveniya, Bolgariya va Ruminiya kiradi. Bu shartnoma ochiq hisoblanadi unga aʼzo boʻlish uchun belgilangan shartlarni bajargan har qanday xohlagan davlatga imkon beradi. Markaziy va umumyevropa integratsiya yoʻnalishidagi bu davlatlar faolligiga qaramasdan ulardan har biri oʻzining milliy manfaati yoʻlida mustahkam turadi. Baʼzida ular oʻrtasida qandaydir raqobatni sezish mumkinki, ularning Gʻarbiy Yevropa strukturasiga integratsiya jarayoning 1-davrlarida aks etdi. Yevropa Ittifoqiga aʼzolik 1993-yilda Chexiya Respublikasi Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish istagini bildirgan. Aʼzolikka rasmiy arizasi 3 yildan keyin taqdim etildi. 2004-yil 1 – mayda Chexiya Respublikasi 9 ta nomzod mamlakatlar qatori Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlishga muyassar boʻldi va bu bilan aʼzo mamlakatlar soni 15 tadan 25 taga koʻpaydi. Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish bilan bir vaqtda Chexiya Respublikasi Shengen bitimini ham imzoladi va 2007-yil 21-dekabrdan Chexiyaning quruqlikdagi hamda 2008-yil mart oyi oxirlaridan xalqaro aeroportlarda ham chegara nazorati bekor qilindi. Chexiya Respublikasi uchun Yevropacha yoʻnalish 1-darajada turadi. U oʻz oldiga YI ga toʻla huquqli aʼzolikka erishish vazifasini qoʻygan. Mirek Topolanek hukumati Shengen zonasiga kirgandan soʻng, qisqa muddat ichida Chexiya Respublikasi maʼmuriy amoliyotini muvofiqlashtirish majburiyatini olgan edi. Chexiya Respublikasining Yevropa siyosatini bugungi kunda 2006-2007-yillar Tashqi Ishlar Vaziri boʻlgan Vitsepreizdent – Aleksandr Vondra oʻtamoqda. Chexiya Respublikasi 2009-yil boshidan 6 oy muddatga YI kengashi rais davlati boʻldi. Chexiya Respublikasi, Yevropa ittifoqi davr rahbarligini Fransiyadan davr oldi. Chexiya Respublikasi davlat rahbari Vatslav Klus, 6 oy mudatlik Yevropa ittifoqi davr rahbarligini yuritadi. Chexiya Respublikasi, vazifani 7-Yanvar kuni rasmiy marosim bilan Fransiyadan davr oladi. Yevropa ittifoqi davr rahbarligini Fransiyadan davr oladigan Praga boshqaruvi, davr rahbarligi boʻyicha, „kurraviy moliyaviy inqiroz“, „energiya“ va „tashqi aloqalar“ mavzulari ustida toʻxtalishi kutilmoqda. Chexiya Respublikasi raislik vazifalari hukumat dasturida toʻliq va aniq koʻrsatilgan: Tashqi siyosatning uzoq vaqtli tamoyillaridan kelib chiqish; Chexiya Respublikasi pozitsiyasi YIning boshqa aʼzolari pozitsiyasi bilan taqqoslaganda ancha kuchli koʻrinadigan masalalarni muhokama qilish uchun olgʻa surish; YI va jahonda Chexiya Respublikasi obroʻsini oshirish; Oʻz mamlakatida umumiy fikrga tayanish; Siyosiy faoliyatning shaffofligini qoʻllab-quvvatlash. Yevropa İttifoqi Davr Raisi Chexiya Respublikasi Tashqi İshlar Vaziri, Karel Schwarzenberg, Turkiya Yevropa İttifoqi aʼzoligini qoʻllab- quvatlaganligini bildirdi. France 24 Kanalining savollariga javob bergan Schwarzenberg, Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozyning nazariyalariga qoʻshilmaganliklarini bildirib, "Chexiya Respublikasi sifatida bizning rasmiy uslubimiz, Turkiyani Yevropa İttifoqiga aʼzo boʻlishi deb " aytganligini yozmoqda. Chexiya Tashqi İshlar Vaziri, AQSH Prezidentining Turkiyani Yevropa İttifoqi aʼzoligiga bergan himoyasi mavzusida esa, „ Yevropa İttifoqi bilan tegishli qarorlar Yevropa İttifoqi ichida olinadi. Baʼzan tashqaridan qilingan ijobiy talqinlar ham aksi jihatdan natija berishi mumkin“ dedi. Chexiya Respublikasi raisligi uchun " Yevropa toʻsiqlarsiz " shiori tanlandi. Biroq Lissabon strategiyasini amalga oshirish aniq muammoga aylandi. Prezident Vatslav Klaus Lissabon shartnomasiga qarshi parlamentda uni rad etishni va konstitutsion sudga yoʻnaltirishni bildirdi. Aslida Yevropa umumiy konstitutsiyasi proekti 2005-yil fransiya va Niderlandiyadagi umumiy saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Undan soʻng 2008-yilda Irlandiyada shunday ahvol kuzatildi. 2009-yilfa esa Irlandiya bunga roziligini berdi. Keyingi yillarda chexiya ham oʻz noroziligini bildirdi va nihoyat 2009-yilning noyabr oyi boshida Chexiya Respublikasi Prezidenti V. Klaus Lissabon Shartnomasini oxirgi boʻlib ratifikatsiya qildi va u 1-dekabrdan kuchga kirdi. Chexiyaning Yevropa valyutasiga oʻtish masalasini koʻradigan boʻlsak, Chexiya prezidenti Vaslav Klaus 2007-yil 27-aprelda bu masala yuzasidan referendum oʻtkazishga chaqirdi. Klausning fikricha, referendumda Chexiya aholisining koʻpchiligi milliy valyuta – kronadan voz kechishga xohish bildirgan taqdirda mamlakat yevro hududiga kirishi kerak. Chexiyada chiqadigan qator gazeta va jurnallar sahifalarida Klausning shu mavzudagi maqolasi chop etildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: „Har qanday milliy valyuta davlatning muhim ramzidir. Mazkur ramzdan voz kechish masalasini faqat mamlakat fuqarolari hal qiladi“. Xabarlarga koʻra, Chexiya moliya vazirligi mamlakatning yevro hududiga oʻtish muddatini 2012-yilga belgilamoqda. BMT ga aʼzoligi Bizga maʼlumki, BMT I-Jahon Urushidan keyin tasdiqlangan Millatlar Ligasi faoliyatini davom ettirdi. 1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskodagi Chexoslovakiya vakolatxonasi 49 davlat bilan birgalikda BMTning Nizomini imzoladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OECD)ga aʼzoligi 1995-yil 21-dekabr, Chexiya Respublikasi rasman bu tashkilotga aʼzo boʻldi, biroq unga aʼzo boʻlish harakati bir necha yil avval boshlangan edi. NATO ga aʼzoligi 1999-yil 12-mart Chexiya Respublikasi NATO xavfsizlik tizimiga aʼzo boʻldi. Unga aʼzo boʻlishga qadar davlat birlashgan delegat maqomiga erishgan edi va tashkilotning „Tinchlik uchun sherikchilik“ dasturiga qoʻshildi. AQSH bilan bir necha harbiy-siyosiy oʻzaro faoliyat chizigʻiga ega munosabatlar asosiy oʻrinni egallaydi: NATO doirasida sherikchilik Afgʻoniston va Iroq missiyalarida ishtirok etish va terrorizmga qarshi kurash. NATOga aʼzo boʻlgach Chexiya Respublikasi Ittifoq bayrogʻi ostida xorijiy harbiy va insonparvarlik missiyalariga qatnashib kelmoqda. Chexiya askarlari bugungi kunda NATO buyrugʻi ostida Kosova va Afgʻonistonda ish yuritmoqda. Chexiya harbiy missiyasi Afgʻonistonfa 2002-yildan amalga oshirilmoqda. Ularning asosiy vazifalari radio-kimyoviy himoya bilan bogʻliq. Iroqda ham 2003 – yil mart oyidan chex askarlari harbiy ob’yektlarni himoyalash funksiyasini oʻtamoqda. Vashington bilan iki tomonlama munosabatlar oxirga paytda ikki muhim mavzuda namoyon boʻlmoqda: AQSHning raketa hujumidan mudofaa tizimini joylashtirish va Chexiya fuqarolarinign AQSH ga chqishda viza tartibining bekor qilinishi bilan bogʻliq. Viza muammosi yetarli darajada muvaffaqiyatga erishdi. Lekin Yevropaning koʻpgina siyosatshunos olimlari Chexiya Respublikasi tashabbusini umumyevropa birdamligini buzish deb qaramoqda. 2008 – yil noyabr oyidan boshlab Chexiya Respublikasi fuqarolarida AQSH ga chiqish uchun viza olishga hojat qolmadi. Vashington 2007 – yil yanvarda rasman mamlakatda raketa hujumidan mudofaa tizimini joylashtirish taklifi bilan Chexiya Respublikasi hukumatiga murojaat qilgan edi. Muzokaralar jarayonida shu narsa aʼyon boʻldiki Chexiya Respublikasi fuqarolarining katta qismi bu gʻoyani qoʻllamasligiga qaramasdan, Chexiya Respublikasi hukumati Vashingtonga yon berishga intilmoqda. Chexiya hududida AQSH harbiy bazasini bunyod etilishi mamlakatning milly suverenitetiga daxldor boʻlgan masaladir. Bu muhim savollarga esa odatda referendum yoʻli bilan javob topilishi lozim. Rossiya va boshqa MDH mamlakatlari bilan munosabatlar „muhim“ deb qaraladi, lekin ular ustuvor deb eʼtirof etilmaydi. Rossiya, Ukraina va boshqa MDH davlatlari bilan harbiy – strategik masalalarni Chexiya NATO va OSCE (Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) doirasida muhokama qiladi. Rossiya bilan munosabatlardagi eng muhim masalalar keyingi kelajakda " Radar muammosi "dagi qarama-qarshiliklar va Kavkazdagi mojarolarni hal qilish boʻlib turibdi. AQSh prezidenti Barak Obama Jorj Bush davrida ishlab chiqilgan reja – Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi oʻrnatish qarorini oʻzgartirib, Chexiya va Polshada bunday yirik qurilmalar oʻrnatilmaydi demoqda. Amerika muqobil usullar ustida oʻylanmoqda. Obamaning aytishicha, AQSh va Yevropa birinchi navbatda qisqa va oʻrta masofaga uchadigan raketadan himoyalanishi kerak. Eron aynan shu xildagi qurolni sinovdan oʻtkazgan. Bush paytidan qolgan loyihaga qarshilik bildirib kelgan Rossiya Obamaning qaroridan mamnun. AQSh Mudofaa vaziri Robert Geytsning aytishicha, Yevropa shimoli va janubida (Polsha va Chexiyada) sensor va raketani nishonga oluvchi qurilmalar joylash, shuningdek dengiz kuchlarini ishga solish muhokamada. Oʻz navbatida AQSh va Rossiya generallari Vashingtonning Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish rejasini muhokama qilishda davom etmoqda. Rossiya tizim unga qarshi qaratilgan degan fikrda. Amerika esa tizimdan maqsad Erondan Yevropaga chiqarilishi mumkin boʻlgan raketa hujumi ehtimolining oldini olishdan iborat, deydi. AQSh taklif qilayotgan raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi Polsha va Chexiyada oʻrnatiladi. Tizim sobiq Sovet Ittifoqi chegaralari yaqinida joylashadi. Rossiya strategik raketa kuchlari qoʻmondoni general Nikolay Solovsov tizimni Rossiyaga tahdid deb biladi. Agar Polsha va Chexiya hukumatlari AQSh tizimining oʻz hududida joylashtirilishiga ijozat bersa, Rossiya mazkur davlatlarni potensial nishon sifatida koʻradi, deydi general. AQSh Davlat kotibi Kondoliza Rays general Solovsovning mulohazalarini „nooʻrin“ deb atadi. „Menimcha, Eron yadro dasturi kasb etgan xavf barchaga ravshan. Shunga yarasha chora koʻrilishi tabiiy. Biz oʻz xavfsizligimizni taʼminlamoqchimiz“, dedi Kondoliza Rays. Agar Eron Amerikaga qitʼalararo raketa hujumini amalga oshiradigan boʻlsa, Polsha va Chexiya raketani urib tushirish uchun eng qulay joy hisoblanadi. AQSh raketa mudofaasi agentligi direktori general-leytenant Genri Oberingning soʻzlariga qaraganda, mudofaa tizimi oʻz ichiga Yevropada 10 ta, Alyaskada 40 ta va Kaliforniyada 4 ta raketa urib tushirish moslamalarini oladi. „Qurilish ishlari taxminan 3-4 yil oladi“, deydi AQSh generali. AQSh rasmiylarining taʼkidlashicha, Rossiya Qoʻshma Shtatlarning bu rejalaridan ancha avval xabardor qilingan va Vashington bu masalada Moskva bilan muzokara qilishda davom etadi. Qoʻshma Shtatlar Rossiyaning Polsha yaqinida qisqa masofali ballistik raketalar oʻrnatish rejasiga norozilik bildirmoqda. Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning aytishicha, Rossiyaning bu harakati AQShning Polsha va Chexiyada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini oʻrnatish rejasiga javobdir. Dmitriy Medvedev Rossiya raketalarini Kaliningradda, Polsha va Litva chegarasiga yaqin joyda oʻrnatmoqchi. Nishonni 300 kilometrgacha boʻlgan masofadan turib urib tushiradigan „Iskandar“ deb nomlanuvchi bu raketalar AQSh mudofaa tizimiga qarama-qarshi qoʻyilmoqda. Bundan tashqari, deydi Medvedev, AQShning Chexiya va Polshadagi tizimiga Rossiya elektron toʻsiq qoʻyishga harakat qiladi. Davlat departamenti soʻzlovchisi Shon Makkormakning aytishicha, AQSh tizimi Rossiyaga qarshi qaratilgan emas va Kreml buni tushunishi kerak. "Rossiya qaroridan norozimiz. Chunki Chexiya va Polshadagi mudofaa tizimi Eron kabi davlatlar hujumidan himoya qilishga qaratilgan. Rossiya tizimdan xavotirlanmasa ham boʻladi, chunki u Polshaga qoʻyiladigan oz sonli raketalarni bemalol urib tushira oladi, " deydi Makkormak. Pentagon rasmiylari Kremlni tinchlantirishga urinib, Rossiyaga oʻz mudofaa tizimini nazorat qilishni taklif qilganini taʼkidlaydi. Havolalar CZECH.CZ Prezident rasmiy sayti http://www.ct24.cz/ Chexiya televideniyesi (Online) Xarita Chet ellik studentlarga INTERSTUD grand loyihasi (inglizcha) Taʼlim dasturlar (ruscha) Yevropa Chexiya BMT aʼzolari
49,391
3182
https://uz.wikipedia.org/wiki/Daniya
Daniya
Daniya (Danmark), Daniya qirolligi (Konqeriqet Danmark) — Yevropaning shimoli-gʻarbidagi davlat, Yutlandiya ya. orolning katta qismini va unga yaqin orollar guruhi (Zelandiya, Fyun, Lollann, Falster va boshqa)ni oʻz ichiga oladi. Maydon 43043 km (Grenlandiya va Farer orollaridan tashqari); Aholisi 6,8 mln. kishi (2023). Poytaxti — Kopengagen shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 amt (viloyat)ga, amtlar esa kommunalarga boʻlinadi. Kopengagen va Frederikeberg shaharlari mustaqil maʼmuriy birlikka ajratilgan boʻlsa ham, ammo amtlarga tenglashtirilmagan. Ichki muxtoriyatdan foydalanuvchi Farer orollari va Grenlandiya orol Daniya qirolligi tarkibiga kiradi. Daniya aholisi 2023-yil 1-oktabr ma‘lumotlariga ko‘ra,5 804 228 kishini tashkil etdi. Davlat tuzumi Daniya— konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1953 yil 5 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (qirolicha, 1972 yildan qirolicha Margrete II). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha bilan folketing (bir palatali parlament) amalga oshiradi. Folketing 179 deputatdan iborat. Ular umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni qirol (qirolicha) amalga oshiradi. U bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Tabiati Daniya hududi keng bargli o‘rmonlar zonasida joylashgan, yer yuzasi tekislik. Eng baland joyi Yutlandiya yarim oroldagi Ayer-Bavnexoy tepaligi (172 m). Toʻrtlamchi davrda yer ustini qoplagan muzlikning izlari saqlanib qolgan. Yutlandiya yarim orol va boshqa orollarning sohillarida qoʻltiqlar va boʻgʻozlar koʻp. Daniyada qazilma boyliklar oz. Kaolin, boʻr, neft, torf, qoʻngʻir kumir, gaz va tuz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil dengiz iqlimi, yozi salqin, bahor va kuz fasllari uzok, davom etadi. Kishi yumshoq. Fevralda oʻrtacha temperatura 0°, iyulda 15—16°. Yillik yogin 600–900 mm. Yogʻinning koʻp qismi kuzda yogʻadi, bahorda va yozda yogʻin kam boʻladi. Tez-tez tuman tushadi. Daryolari juda qisqa (eng kattasi Gudeno, 158 km). Kichik oqar koʻl koʻp. Mamlakat gʻarbining tuprogʻi podzol, sharqiniki qoʻngʻir oʻrmon tuproqlardir. Bu yerlarda dehqonchilik qilinadi. Dengiz sohillarida oʻtloqi allyuvial tuproq, karbonat jinslarda esa karbonatli qoʻngʻir tuproqlar paydo boʻlgan. Hududining 10 % ga yaqini oʻrmon bilan band. Qaragʻay, qoraqaragʻay, qoraqayin va dub oʻrmonlari bor. Bu oʻrmonlarda yovvoyi xayvonlardan ohu, asil va chipor bugʻu, elik, tiyin, tustovuq uchraydi. Sohillarda parranda koʻp. Yirik qoʻriqxonalari: Xesselyo, Vorse. Aholisining 98 % danlar; olmonlar va frizlar ham bor. Aholining oʻrtacha zichligi bir km ga 114 kishi. Aholining 84,9 % shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — dan tili. Dindorlarning 91 % — lyuteranlar. Yirik shaharlari: Kopengagen, Orxus, Odense, Olborg . Tarixi Daniya hududida odam qadim zamonlardan beri yashab kelgan. 5—6-asrlarda bu yerga danlar qabilasi kelib joylashgan va 8-asrda ular Daniyadagi asosiy qabilaga aylangan. Mamlakat nomi shu qabila nomidan kelib chiqqan. Daniya davlati 9—10-asrlarda shakllangan. 11-asr boshlarida Buyuk Knud 1 hukmronligi davrida Angliya va Norvegiya Daniyaga qisqa vaqt qaram boʻlib turdi. Valdemar I (115782), Knud VI (1182-1202) va Valdemar II (1202—41) qirollik qilgan davrlarda Daniya davlati birmuncha mustahkamlangan. Skandinaviya davlatlari orasida Daniya iqtisodiy taraqqiy etgan va siyosiy jihatdan kuchli boʻlgan. 1380 yil D.Norvegiya uniyasi (ittifoqi) tuzilgan. 1397 yil (Margarita davrida) barcha Skandinaviya davlatlari Kalmar uniyasiga muvofiq Daniya qirolligiga qoʻshildi. 16-asrning 2-yarmidan yirik xususiy yer egaligi rivojlana boshladi. Daniya Boltiq va Shimoliy dengiz savdo yoʻlida muhim geografik oʻrin egallagani tufayli moddiy jihatdan birmuncha fonda koʻrar edi. Boltiq dengizida oʻz hukmronligini mustahkamlash va Shvetsiyani uning tarkibida ushlab turish maqsadida Daniya bilan Shvetsiya oʻrtasida koʻp marta boʻlib oʻtgan urushlar Daniyaning magʻlubiyati bilan tugab, Boltik, dengizida Shvetsiya hukmron boʻlib oldi. 17-asrga kelib Daniyada dastlabki ixtisoslashgan qirol manufakturalari paydo boʻlib, ular davlatning oʻq-dori, qurol-aslaha va harbiy anjomga boʻlgan ehtiyojini qondirib turdi. 1660 yil Daniya davlati merosiy monarxiya deb eʼlon qilindi. Frederik III (1648—70 yillarda idora qilgan) tomonidan eʼlon qilingan qonun (1665) Daniya absolyut monarxiyaga aylanganini yuridik jihatdan tasdiqladi. Rigsrod (yirik feodallar organi) bekor qilinib, rigsdag (tabaka vakillari majlisi) ham chaqirilmaydigan boʻldi. Mamlakatni markazlashtirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. 1751—70 yillarda hukumatga boshchilik qilgan graf Bernstorf utkazgan merkantilizm siyosati Daniyaning xoʻjalik ahvolini ogʻirlashtirdi. Napoleon urushlarida Fransiya tomonida urushda qatnashgan Daniya magʻlubiyatga uchrab, birmuncha hududidan ajraldi va xoʻjaligiga katta zarar yetdi. 1840 yil milliy liberal partiya tuzildi (1870 yil tarqatib yuborildi). 1849 yil iyun konstitutsiyasiga muvofiq Daniya ikki palatali cheklangan monarxiyaga aylandi. Shu yili yirik yer egalari manfaatini himoya qiluvchi konservativ partiya (Xoyre partiyasi) tuzildi. 1848—50 yillardagi D.Prussiya va 1864 yilgi Avstriya-Daniya urushlaridan soʻng Shlezvig, Golshteyn va Lauenburgdan ajrab, yagona milliy davlatga aylandi. 70-yillarda Xoyre partiyasi bilan Venstre partiyasi oʻrtasida siyosiy hokimiyat uchun boʻlgan kurashda qishloq sarmoyadorlari manfaatini himoya qilgan Venstre partiyasi gʻalaba qozondi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida roʻy bergan siyosiy va ijtimoiy uzgarishlar 1915 yilgi konstitutsiyada oʻz aksini topdi. Birinchi jahon urushida Daniya betaraf turdi. 1930-yillardagi jahon iqtisodiy buhroni Daniya iqtisodiyotiga katta salbiy taʼsir etdi. 1940 yil aprelda Olmoniya Daniyani bosib oldi va uni oʻzining oziqovqat bazasiga aylantirdi. 1942—43 yillarda mamlakatda qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1943 yil sentabrda qarshilik koʻrsatish qarakatining rahbar organi hisoblangan Ozodlik kengashi tuzildi. 1945 yil 5 mayda mamlakat toʻla ozod qilindi. D.— 1945 yildan BMT aʼzosi. 1949 yil 4 apreldan Shimoliy Atlantika pakti (NATO) aʼzosidir. Milliy bayramlari — 16 aprel — Qirolicha tugʻilgan kun (1940), 5 iyun — Konstitutsiya kuni (1849). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 25 yanvarda oʻrnatgan. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Venstre, soʻl liberal partiya, 1870 yilda tuzilgan; Konservativ xalq partiyasi, 1916 yilda tuzilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1972 yilda asos solingan; Radikal soʻl partiya, 1905 yilda tuzilgan; Daniya sotsial-demokratik partiyasi, 1871 yilda asos solingan; Sotsialistik xalq, partiyasi, 1959 yilda tuzilgan; Xristian xalq partiyasi, 1970 yilda asos solingan; Markaz demokratlari partiyasi, 1973 yil tuzilgan; Daniya xalq partiyasi, 1995 yilda tashkil etilgan. Daniya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898 yilda tuzilgan boʻlib, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Shimoliy Yevropa kasaba uyushmalari kengashiga kiradi. Xoʻjaligi Daniya yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat boʻlib, boshqa davlatlar bilan keng iqtisodiy aloqa bogʻlagan. Xususiy sarmoya ustunlik qiladi. Yalpi milliy mahsulotning 30 % davlat sektoriga toʻgʻri keladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat va qurilishning ulushi 26,4 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 3,5 %. Yalpi mahsulotning 40 % dan koʻprogʻi chetga sotiladi. Sanoatida neft, tabiiy gaz, kaolin qazib chiqarish katta oʻrin oladi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan keyin mashinasozlik sanoati rivoj topdi. Kimyo sanoati, neftdan turli mahsulotlar ishlab chiqarish ham rivojlangan. Yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyojning bir qismi chetdan keltiriladigan neft va neft mahsulotlari hisobiga qondiriladi. Sanoatda mayda va oʻrta korxonalar koʻp. Kemasozlik alohida oʻrin tutadi; eng yirik sanoat markazlari: Kopengagen, Odense, Xelsingyor, Nakskov. Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari asosan kema dizellari, sement va oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, elektr motor, transformator, radiopriyomnik, televizor, magnitofonlar ishlab chiqaradi (asosiy markazlari Kopengagen, Odense). Kimyo sanoati doridarmon, fosfatli va azotli oʻgʻitlar, sintetik smola va plastmassalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik, trikotaj va tikuvchilik sanoatining asosiy markazlari Yutlandiyaning sharqi va shimolida joylashgan (Vayle, Xerning, Viborg va boshqa). Mamlakatning turli joylarida oziq-ovqat, xususan sut va goʻsht sanoati korxonalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. 90-yillarning oʻrtalarida neft qazib olish eng yukrri darajaga yetdi (7 mln. tonna). Kishloq xoʻjaligi Daniya iqtisodiyotining eng mahsuldor tarmogʻi hisoblanadi. Mamlakatda 80 mingga yaqin fermer xoʻjaligi bor. Ular yuksak hosildorlikka erishadilar va mahsulotning asosiy qismini chet ellarga sotadilar. Daniya hududining 70 % (3 mln. ga) qishloq xoʻjaligida foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsuloti umumiy qiymatining 90 % ini chorvachilik beradi. Aholi jon boshiga sut, yogʻ va goʻsht yetishtirishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Dehqonchiligi yuqori darajada mexanizatsiyalashgan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi, parrandachilik rivojlangan. Transporti Temir yoʻl uzunligi 3 ming km dan ortiq, undan 2470 km elektrlashtirilgan. Avtomobil yoʻllari uzunligi 71 ming km. Asosiy porti — Kopengagen. Tashqi savdosi yalpi ichki mahsulotning 37 % ini tashkil etadi. Chetga asosan mashina va asbob-uskunalar, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — Daniya kronasi. Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari Daniya maorif tizimining ilk boʻgʻini — bolalar bogʻchalari. 6 yoshdan bolalar uchun 9 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati — 7 yil, kichik oʻrta (real) maktablarda 3 yil, yuqori oʻrta maktab (gimnaziya)larda 3 yil, xunar-texnika bilim yurtlarida 1 — 3 yil Bolalarning 90 % bepul davlat maktablarida taʼlim oladi. Oliy oʻquv yurtlariga gimnaziya attestatlari asosida tanlov yoʻli bilan qabul qilinadi. 5 ta universitet, 3 ta texnika universiteti, 20 ga yaqin institut va kollejlarda oliy maʼlumot beriladi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Kopengagen (1479 yilda asos solingan) va Orxus (1928 yilda asos solingan) universitetlari, Daniya muxandislik akademiyasi, Kopengagen texnika universiteti. Ilmiy muassasalari: Daniya qirolligi fanlar akademiyasi (1742 yil Kopengagen shahrida tashkil etilgan, 210 dan ortiq aʼzosi bor), Nafis sanʼat akademiyasi (1754 yilda asos solingan), Daniya qirolligi texnika fanlari akademiyasi (1937 yil Lingbi shahrida tashkil etilgan, 580 dan ortiq aʼzosi, 25 ilmiy tadqiqotlar instituti va assotsiatsiyalari bor), 20 dan koʻproq ilmiy tadqiqotlar muassasalari va boshqa Kutubxonalari: Kopengagendagi Qirollik va Munitsipal, Orxusdagi davlat va universitet kutubxonalari va boshqa Muzeylari: Kopengagendagi milliy qirollik nafis sanʼat muzeyi, Kirollik dengiz muzeyi, Odensedagi X. K. Andersen uymuzeyi va boshqa. Matbuoti, radioeshittirishi va te-lekoʻrsatuvi Daniyada nashr etiladigan yirik gazeta va jurnallar: „Informashon“ („Axborot“, kundalik gazeta, 1943 yildan), „Nyu dag“ („Yangi kun“, kundalik kechki gaz.), „Politiken“ („Siyosat“, kundalik gazeta, 1884 yildan), „Ekstra bladet“ („Favqulodda gazeta“, kundalik gazeta, 1904 yildan), „Billed bladet“ („Suratli haftanoma“, haftalik suratli jurnal, 1938 yildan), „Nyu politik“ („Yangi siyosat“, oylik jurnal, 1967 yildan). Ritsaus byuro — Daniya axborot agentligi 1866 yilda tuzilgan. Daniya radio va televideniyesi rasmiy ravishda mustaqil hisoblansa ham, amalda yarim davlat tashkilotidir. Mamlakatdagi barcha radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni Daniya radiosi davlat tashkiloti nazorat qiladi. Adabiyoti Qadim zamonlardan Daniyada boy ogʻzaki xalq ijodiyoti paydo boʻlgan. Dastlabki yozma yodgorliklar 12-asrda lotin tilida yaratilgan. Sakson Grammatikning „Danlarning ishlari“ tarixiy asari (12—13-asrlar) maʼlum. 13— 14-asrlarda dan tilida yaratilgan asarlar, chet tillardan qilingan tarjimalar tobora koʻzga tashlana boshladi. K. Pedersen (1480—1554)ning xalqchil ijodi, „Bibliya“ni tarjima qilishidan adabiy tilining rivojiga asos soldi. 18-asr adabiyotida maʼrifatparvarlik gʻoyalari keng targʻib qilindi. L. Xolber oʻtkir hajviyalari bilan shuhrat qozondi. 19-asr boshlarida A. Elenshleger, N. F. Grundtvig, S. S. Bliker, K. Vinter kabi romantiklar dehqonlar turmushi va tabiat goʻzalliklarini tasvirladilar. 19-asrning 30-yillari adabiyotiga realizm unsurlari kirib keldi. Bir yoki ikki pardali (kichik) komediya janri rivojlandi, psixologik tahlil chuqurlashdi. Bu davrda Xans Andersen ertaklari shuhrat qozondi. 40-yillarda ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuvi siyosiy lirika va satiraning rivojiga taʼsir etdi. 70-yillar adabiyotida realizm chuqurlashdi. Mashhur realist yozuvchi Ye. P. Yakobsen „Nils Lyune“ romanida kiborlarning fojiali taqdirini psixologik asosladi. X. Draxman, K. Gyellerup, E. Brandes kabi realist adib va shoirlar yirik asarlar yaratdilar. l-jahon urushi davri (1914—18) adabiyotida „noumid avlod“ kayfiyatlari paydo boʻldi. 20-asrning 20 — 30-n.larida realistik proza yuksaldi. X. R. Kirk, E. Kristensen, K. Bekker, X. Xerdal, M. Klitgor, X. Pontoppidan, Y. Yensen romanlarida mehnatkashlar hayoti haqqoniy aks etdi, 30-yillarda, keyinroq Qarshilik koʻrsatish harakati davrida (1940-45) M. Andersen-Nekse, X. Sherfig, X. R. Kirk, Martin Nilsen kabi yozuvchilar ijodi fashizmga qarshi ruh kasb etdi, ular qamoq va konslagerlarda ham kurashni davom ettirdilar. Urushdan keyingi yillarda X. Vulf, T. Ditlevsen, X. L. Yepsen realistik asarlar yozishdi, 60—80-yillarda adabiyotga kirib kelgan yozuvchilar yangi shakllar izlashdi, voqelikni falsafiy idrok etishga intilishdi. Meʼmorligi Daniya hududida qadimgi meʼmoriy davrga (mil. av.) xos sanʼat va meʼmoriy yodgorliklar (Trelleborg, Aggersborg qalʼalarining harobalari va boshqa) mavjud. Daniyada yagona qirollik tuzilib (10-asr), xristianlik qabul qilingach, dastlab yogʻochdan, 11-asr urtalarida esa toshdan ibodatxonalar qurildi. Roman davrida (12-asr—13-asr boshi) xoch shaklida sobor va qalin devorli cherkovlar solindi. Gotika davrida (13-a,—16-asr 30-yillari) Roskill va Odenseda yirik ibodatxonalar, qalin, baland devor va minorali qasrlar barpo etildi. 16—17-asrlarda renessans taʼsirida bezatilgan saroylar, jamoat va turar joy binolari qurish anʼana boʻldi. 18-asr 1-yarmida binolar barokko uslubida, 2-yarmida esa klassitsizm uslubida qurila boshladi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida milliy romantizmga xos binolar yaratildi. K.F. Harsdorf Daniya klassitsizmining atokli namoyandasidir. 20-yillarda neoklassitsizm, 30-yillarda esa funksionalizm (X. Kampman, V. Lauritsen kabi meʼmorlar) uslubi tarqaldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Kopengagen, Odense, Ryonne kabi shaharlar qayta tiklandi. 60—90-yillarga kelib koʻp (8—12) kavatli turar joylar kurildi. Uy-joy va sanoat zonalarini, qatnov yoʻllarini qulay joylashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga katta eʼtibor berildi. Tasviriy sanʼati Daniya hududidan tosh, jez, temir davri madaniyat yodgorliklari topilgan (kahrabo haykalchalar, urush va ov manzaralarining toshga oʻyilgan tasvirlari, qurol-yarogʻlar, ziynat buyumlari, kumush idishlar, oltin tangalar va boshqa). Roman davri (12— 13-asrlar) monastirlari naqshlar bilan bezatilgan. Gotika davri (13-asr—16-asr boshlari) soborlaridagi naqshlarda realistik elementlar mavjud. 15-asrning 2-yarmida Daniyaga Olmoniya, Niderlandiya, Fransiyadan koʻplab rassom va ustalar koʻchib keldi. Kopengagenda Badiiy akademiya tashkil etilishi (1754) va klassitsizm taraqqiyoti Daniya milliy rassomlik maktabining tashkil topi-shiga olib keldi. 19-asr 1-yarmida rassomlik sanʼatida K. V. Ekkersberg va uning izdoshlari K. Kyobke, V. Bends va boshqa ijodida lirizm, voqelikning bevosita tasviri kuchli boʻldi. 20-asr boshlarida Daniya sanʼatiga fovizm, kubizm, 30-yillar oʻrtalaridan impressionizm va abstraksionizm kabi turli oqimlar kirib keldi. Realizm ruhida ijod etuvchi orol Rude, X. Yensen, X. Bidstrup kabi rassomlar ijodi abstraksionizm va boshqa modernistik oqimlarga qarama-qarshi turdi. Neoklassitsizm tamoyillari asosida ijod etuvchi rassomlar ham bor. Keyingi yillarda maishiy va siyosiy mavzular rassomlarni koʻproq qiziqtira boshladi. Musiqasi Yevropada eng qad.lardan. Daniya hududida mil. av. 4-asrga oid puflama musiqa cholgʻusi topilgan. 12-asrgacha milliy musiqa ijodi janrlari qahramonlik eposi, marosim qoʻshiqlari, raqs kuylari bilan cheklangan. 12-asrdan professional diniy musiqa, 15-asrdan dunyoviy musiqa namunalari, 17-asrdan musiqashunoslik asarlari paydo boʻldi. 18-asr oxiridan Daniya musiqasi oʻziga xos milliy xususiyatga ega boʻlgan. F. Kunsenning dastlabki milliy operasi „Xolger Danske“, I. Shulsning milliy harakterdagi zingshpillari fransuz hajviy opera unsurlarini oʻziga singdirdi. Milliy simfonizm bunyodkori N. Gade hamda zamonaviy kompo-zitorlik maktabi asoschisi K. Nilsen nomlari Yevropa musiqa madaniyati tarixi sahifalaridan munosib oʻrin olgan. 20-asr 1 -yarmida musiqa markazlari — Daniya konsert jamiyati, Daniya musiqachilari uyushmasi, kompozitorlari uyushmasi, Filarmoniya jamiyati, Daniya radiosining xor va orkestri tashkil etildi. Daniyada 5 konservatoriya, 10 simfonik orkestr, Musiqa tarixi muzeyi (1898 yildan), „Daniya musiqa nashriyoti“ (1871) bor. Yirik musiqa markazlari — Kopengagen, Odense. Teatri Qadimgi Skandinaviya koʻshiqchilari — skaldlar ijodida teatr sanʼati uchqunlari boʻlgan. Oʻrta asrlarda Daniyada misteriya, masharabozlik, ibodat marosimlari, odob ruhidagi ibratomuz tomoshalar ommalashdi, maktab oʻquvchilari turli spektakllar qoʻya boshladi. Professional teatr esa, 18-asrning 20-yillarida vujudga keldi. 1722 yil Kopengagenda „Danlar sahnasi“ nomli birinchi milliy teatr tuzildi. 1770 yildan bu teatr „Daniya qirolining teatri“ deb yuritila boshladi. Teatr sahnasidan L. Xolberg komediyalari, Y. Evaldning dramalari, jahon klassikasi pyesalari keng oʻrin oldi. Y. L. Xeyberg, N. P. Nilsen, Y. K. Ryuge, A. Nilsen, I. L. Fister kabilar 19-asr yetakchi aktyorlaridir. 20-asr boshida naturalistik va dekadentlik pyesalari koʻp qoʻyilishi Daniya teatrini tanazzulga olib keldi. Lekin 20-yillarning oxiridan „Ishchilar teatri“, „Ijtimoiy teatr“, „Betti Nansen teatri“da klassik va chet el ilgʻor mualliflari pyesalarining qoʻyilishi bilan Daniya teatri yangi bosqichga koʻtarila boshladi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng qarshilik koʻrsatish harakati qahramonlarining jasoratini aks ettiruvchi va dolzarb masalalarga bagʻishlangan asarlar sahnalashtirildi. Opera va balet rivojlana boshladi. Aktyorlar Kopengagen davlat drama maktabida tayyorlanadi. Kinosi Milliy kinofilmlar 1897 yildan ishlab chiqarila boshlandi, bir necha hujjatli lentalar suratga olindi. 1910-yillarda Daniya kinematografiyasi dunyoga taniddi. 1903 yilda „Katl“ badiiy filmi (rejissyor L. Elfelt) yaratildi, 1906 yilda Kopengagenda „Nordisk“ kinostudiyam tashkil etildi. „Arslon ovi“ (1907, rejissyor va aktyor V. Larsen) dastlabki xalqaro muvaffaqiyat keltirdi. „Ajal raqsi“, „Vilgelm Tell“, „Hamlet“ kabi mashhur asarlar sahnalashtirildi, komediya va melodramalar suratga olindi. Birinchi jahon urushidan keyin kinofilmlar ishlab chiqarish kamaydi, asosan sayoz, siyqa musiqali kinokomediyalar yaratildi. 2-jahon urush yillarida oilaviy muammolar va tarixiy vokealarni tasvirlovchi filmlar ekranlashtirildi. „Kalamushlar bilan jang“, „Bugʻdoy xavf ostida“ nomli hujjatli lentalarda kurashga chorlovchi pinhona gʻoyalar aks ettirildi. Urushdan keyin ilgʻor kinorej.lar Daniya qarshilik koʻrsatish harakatiga, bolalar tarbiyasiga, ijtimoiy illatlarni hajv qilishga asosiy eʼtibor berdilar. X. Karlsen, P. Kyerulf-Shmidt, E. Balliga, L. va S. Gryonlyukk, N. va K. Rifbyerg kabi rejissyorlar yaratgan filmlarda chuqur dramatik konflikt va ijtimoiy muammolar ham aks etdi. Daniyada hujjatli va qisqa metrajli filmlar ayniqsa shuhrat qozondi. 60—90-yillarda koʻngil ochar hajviy filmlar koʻproq yaratildi. Kopengagenda kinomuzey, kinomaktab bor. Yiliga 25 toʻla metrajli, 50 qisqa metrajli film ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston — Daniya munosabatlari. Ikki mamlakat oʻrtasida „Investitsiyalarni oʻzaro qimoyalash va ragʻbatlantirish toʻgʻrisida“gi va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida „Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida“gi bitim asosida oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish yoʻlga qoʻyildi. 2000 yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 7,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistan Daniyadan yogʻoch buyumlar, doridarmon, qand-shakar, qandolat mahsulotlari, kakao, spirtli va spirtsiz ichimliklar, gʻalla va yorma, mexanik asbob-uskuna, kimyoviy mahsulotlar, poyabzal, oʻyinchoklar sotib oladi. Buning evaziga Oʻzbekistan sayyohlik va yuk tashish sohasida xizmat koʻrsatadi. Oʻzbekiston Daniyaga qayta ishlangan sabzavot va mevalar, oziq-ovqat mahsulotlari, hoʻl meva va yongʻoq yuboradi, turli xizmatlar koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Daniya sarmoyadorlari ishtirokidagi 6 korxona, shu jumladan Daniya sarmoyasi 100 % boʻlgan 2 korxona ishlab turibdi. Oʻzbekistonda Daniyaning „Novo Nordisk“ va „York refrijereyshn“ kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan. Qisqacha tarixi IV asrda Daniya hududiga brittlar va yutlar kirib kelishdi, keyinchalik ular Britaniyaga koʻchishdi, Yutlandiya yarim orolini esa danlar egallashdi. Davlat tuzilishi Daniyaning davlat tuzilishi — 1953-yil 5-iyundagi konstitutsiya asosida konstitutsiyon monarxiya. Administrativ birlik Daniya regionlari 2007 yilning 1 yanvarigacha Daniya 14 qismga — amtlarga boʻlingan edi. 2007 yilgi munisipal reformaga muvofiq amtlar 5 ta katta administrativ regionlarga boʻlindi: Poytaxt regioni Zelandiya Shimoliy Yutlandiya Markaziy Yutlandiya Janubiy Daniya Har bir viloyat oʻz navbatida munitsipolitet yoki kommunalardan (dan. Kommune) iborat. Geografiyasi Daniya Yutlandiya yarim oroli va Fyun, Zelandiya, Falster, Lollan va boshqa orollarda joylashgan. Daniya tarkibiga dunyodagi eng yurik orol — Grenlandiya kiradi. Iqtisodiyoti Daniya — yuqori rivojlanishga ega industrial-agrar mamlakat. Asosiy eksport mahsulotlari mashinasozlik tovarlari, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut mahsulotlari, baliq. Aholisi Aholisi — 5,5 mln. (2008 yil, iyul oyiga baho). Oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi — erkaklarda 76 yil, ayollarda 81. Manbalar Yevropa BMT aʼzolari
22,580
3183
https://uz.wikipedia.org/wiki/Estoniya
Estoniya
Estoniya (), Estoniya Respublikasi — Sharqiy Yevropada, Boltiq dengizi boʻyidagi davlat. Maydoni 45,2 ming km². Aholisi 1,408 mln. kishi (2003). Poytaxti — Tallin shahri. Maʼmuriy jihatdan 15 uyezdga boʻlinadi.Estoniya aholisi 2023-yilga 2628238 kishini tashkil etdi. Davlat tuzumi Estoniya — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 3-iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-yildan Arnold Ryuytel), u Davlat kengashi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Ketmaket ikki muddatga saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament — Davlat kengashi (Riigikogu), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Estoniya hududi Sharqiy Yevropa tekisligining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Estoniya qirgʻoq chizigʻining uz. 3780 km. Qirgʻoqlari, ayniqsa, gʻarbiy va shimoli-gʻarbi koʻp parchalangan, qoʻltiq va qoʻltiqchalar koʻp. Estoniya hududida 1500 dan ortiq orol va orolcha bor. Yer yuzasining katta qismi pasttekislik (oʻrtacha balandligi 50 m). Gʻarbiy qismi va Gʻarbiy Estoniya arxipelagi orollari hamda sharqiy chekkasi (Chud koʻli sohili)ning aksariyat qismi pasttekislik (eng yirigi torfli botqoqliklardan iborat Gʻarbiy Estoniya pasttekisligidir). Estoniyaning shimoliy va markaziy qismi balandligi 160 m gacha boʻlgan toʻlqinsimon tekislik. Virtsʼyarv qoʻlidan janubi-sharqda Estoniya hududining eng baland qismi — Xaanya (balandligi 318 m), Otepya qirlari, ulardan gʻarbda Sakala qiri bor. Shimoliy va markaziy qismida morena yotqizigʻi bor. Asosiy qazilma boyliklari: yonuvchi slanets, fosforit, qurilish materiallari, torf, sapropel, shifobaxsh balchiqlar. Iklimi dengiz ikdimidan kontinentallikka oʻtuvchi oraliq iqlim, sharqi va janubi-sharqida kontinentallik ortib boradi. Tallinda fevralning oʻrtacha temperaturasi — 5,5°, iyulniki 16,6°. Iillik yogʻin 600–700 mm; eng koʻp yogʻin janubi-sharqda yogʻadi. Estoniyada suv tarmoqlari zich; 420 daryo bor. Barcha daryolarning umumiy uz. 31,2 ming km. Eng yiriklari: Pyarnu, Emayigi, Narva, Kazari. Estoniya koʻl va suv omborlari maydoni boʻyicha Boltiq boʻyi davlatlari orasida 1 oʻrinda turadi; umumiy maydoni 2130 km²dan ortiq 1000 dan ziyod koʻl va suv omborlari bor. Eng yirik koʻllari: ChudPskov, Virtʼsyarv. Narva suv ombori bor. Tuproqdari, asosan, chimlipodzol, chimli karbonatli, botqoqlashgan va botqoq tuproqlar. Estoniya aralash oʻrmonlar zonasida joylashgan. Hududining 40% oʻrmon; uning 2/3 qismi igna bargli daraxtlar (qaragʻay, qoraqaragʻay). Shimoli-gʻarbiy qismi va orollarda keng oʻtloqlar bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: sut emizuvchilardan los, yelik, qobon, malla quyon, oq quyon, boʻri, tulki; qushlardan qur, kaklik, karqur, bulduruq, ivolga va boshqalar yashaydi. Dengiz sohilida uchib oʻtadigan qushlar (gʻoz, oʻrdak, oqqush, gagara) qoʻp. Dengizning sohilga yaqin suvlari ovlanadigan baliq turlariga boy. Estoniya hududida Viydumyae, Vilsandi, Matsalu, Nigula qoʻriqxonalari, Laxemaas milliy bogʻi bor. Aholisi Asosiy aholisi estonlar; shuningdek, rus, ukrain, belorus, fin va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — eston tili. Dindorlarning aksariyati lyuteranlar va pravoslavlar. Shahar aholisi 71,5%. Yirik shaharlari: Tallin, Tartu, Narva. Tarixi Miloddan avvalgi 3-ming yillikda Estoniya hududida finugor qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalarida jezdan, 1-ming yillik oʻrtalarida esa temirdan asboblar ishlangan. Shu davrga kelib boltiq boʻyi fin qabilalari (estlar va livlar)ning uyushuvi boshlandi. 2-ming yillik boshida savdo markazlari, gavanlar [Tallin, Tartu (Yuryev)] paydo boʻldi. qadimiy qabilalarning hududiy uyushmasi va ularning ittifoqi vujudga keldi. Eston elati shakllana boshladi. 1030—61 yillarda Estoniyaning janubi-sharqiy qismi Kiyev Rusiga qaram boʻldi. 13-asrdan boshlab nemislar, keyinchalik daniyaliklar agressiyasi natijasida Estoniyada davlat shakllanishi jarayoni toʻxtab qoldi. 13-asrning 2-yarmi — 16-asrning oʻrtalarida nemis salibchilari tomonidan bosib olingan Estoniya hududi Livoniyaning bir qismi boʻlib qoldi. 1558-yil yanvarda Rossiya Livon urushiii boshladi. Rus qoʻshinlaridan yengilgan Livon ordeni tarqalib ketdi. 1572—77 yillarda Rossiya Estoniyaning barcha qismini (Tallin va orollardan tashqari) bosib oldi, ammo Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻshinlariningʻ qarshi hujumi (1580— 81) natijasida Shimoliy Estoniya (Estlyandiya) Shvetsiyaga, Janubiy Estoniya Rech Pospolitaga oʻtdi, Saaremaa o. Daniyada qoldi. Shvetsiya bilan Rech Pospolita oʻrtasidagi urushlar (1600— 11, 1617—29) natijasida 1625-yilga kelib Shvetsiya Estoniyaning barcha materik qismini bosib oldi. 1645-yil Saaremaa o. ham Shvetsiyaga oʻtdi. 1656—58 yillarda Rossiya — Shvetsiya urushlari oqibatida Sharqiy Estoniya Rossiyaga qoʻshib olindi, ammo 1661-yil urushdan avvalgi chegara qayta tiklandi. Shvetsiyaga qarashli Boltiq boʻyi Estlyandiya (Shimoliy Estoniya) va Liflyandiya (Janubiy Estoniya va Shimoliy Latviya) guberniyalariga boʻlindi. Shimoliy urush (1700—21) natijasida Estoniyaning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. Bu 1721-yilgi Nishtadt sulh shartnomasi bilan rasman tasdiqlandi. 1917-yil aprelda eston yerlari muxtoriyat maqomidagi alohida provinsiya qilib ajratildi. 1917-yil oktabr oxirida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918-yil 24-fevralda Estoniya mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918-yil 29-noyabrdan 1919-yil 5-iyungacha Estoniya sovet respublikasi (Estlyandiya mehnat kommunasi nomida) mavjud boʻldi. 1919-yil 19-mayda Taʼsis majlisi Estoniya respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi; 1934-yil martda davlat toʻntarishi amalga oshirildi va diktatura oʻrnatildi, parlament tarqatib yuborildi. 1935-yil barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. 1940-yil iyulda Estoniya hududiga sovet qoʻshinlari kiritiddi. 1940-yil 21-iyulda Estoniya SSR tuzildi. 1940-yil 6-avgustda SSSR tarkibiga qoʻshib olindi va estonlarning bir qismi deportatsiya qilindi. 1941-yil dekabrdan nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi; 1944-yil ozod qilindi. 1988-yil 1—2-dekabrda Estoniya xalq fronti tuziddi; u oʻz oldiga Estoniya mustaqilligini tiklash vazifasini qoʻydi. 1990-yil 8-mayda Estoniya SSR Oliy Kengashi Estoniya Respublikasini eʼlon qildi. 1991-yil 20-avgustda Estoniya Oliy Kengashi Estoniya Respublikasining milliy mustaqilligi toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Estoniya 1991-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1994-yil 10-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 24-fevral — Mustaqillik kuni (1918). Asosiy siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari "Respublika" partiyasi, 2001-yil dekabrda tuzilgan; Estoniya birlashgan xalq partiyasi, 1994-yil tashkil etilgan; Islohotlar partiyasi, 1994-yil asos solingan; Moʻʼtadillar partiyasi, 1996-yil tuzilgan; Vatan ittifoqi, 1995-yil tashkil etilgan; Estoniya sentristlar partiyasi, 1992-yil asos solingan; Estoniya xalq ittifoqi, 2000-yil tuzilgan. Estoniya kasaba utoshmalari markaziy ittifoqi, 1989-yil dekabrda tashkil etilgan. Iqtisodiyoti Estoniya — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 24,3%, qishloq xoʻjaligi 6,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 69,5% ni tashkil etadi. Iqtisodiyotda slanets va fosforit qazib olish muhim oʻrin tutadi. Sanoati mahalliy tabiiy resurslar, birinchi navbatda foydali qazilmalar hamda oʻrmon va dengiz boyliklari, qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan foydalanish asosida rivojlanmoqda. Slanets qazib olish va uni qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik (elektrotexnika, radiotexnika, priborsozlik va kema taʼmirlash), kimyo (mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, yuvuvchi vositalar ishlab chiqarish), yogʻochsozlik, mebel, sellyulozaqogʻoz, yengil (toʻqimachilik va boshqalar) va oziqovqat (goʻsht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish) sanoatning yetakchi tarmoqlaridir. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 9,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Qishloq xoʻjaligi goʻsht-sut chorvachiligi (qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi) va tuzlangan hamda dudlangan choʻchqa goʻshti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Dehqonchilikda donli (42,2%; bugʻdoy, arpa, javdar) va yemxashak ekinlar, kartoshka, sabzavot ekiladi. Parrandachilik, moʻynali darrandachilik va asalarichilik rivojlangan. Transporti Transportining asosiy turlari transport yoʻli va avtomobil transporti. Transport yoʻli uzunligi 1,02 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 15 ming km (hammasi qattiq qoplamali). Asosiy dengiz portlari — Tallin, Novotallinskiy. Emayigi daryosida kema qatnaydi. Estoniya chetga elektrotexnika va radioelektronika sanoati mahsulotlari, sanoat jihozlari, ximikatlar, oziqovqat va isteʼmol mollari, oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft va gaz, mashinasozlik sanoati mahsulotlari, xom ashyo oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Sharqiy va Gʻarbiy Yevropa davlatlari va boshqalar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — eston kronasi. Tibbiy xizmati Vrachlar Tartu un^ tining tibbiyot ftida, oʻrta tibbiyot xodimlari Tallin, Tartu, KoxtlaYarvedagi tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. Pyarnu shahrida iqlim va balchiq, Xaapsulada balchiq, NarvaYiesuu va Kuressaare shahrilarida iqlim kurortlari bor. Bundan tashqari, bir qancha sanatoriy va dam olish uylari mavjud. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari Estoniya hududida dastlabki maktablar 13—14-asrlarda monastirlar qoshida paydo boʻlgan. Estoniyada majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Mamlakatdagi 600 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 30 dan ziyod oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 200 mingdan ortiq oʻquvchi, 6 oliy oʻquv yurti (Tartu universiteti, Tallin texnika universiteti, Tallin pedagogika instituti, Estoniya teologiya instituti, Estoniya qishloq xoʻjaligi akademiyasi, konservatoriya)da 20 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi. Estoniyalar Estoniya fanlar akademiyasi institut va ilmiy muassasalarida olib boriladi. Shuningdek, qurilish, oʻrmon xoʻjaligi va tabiatni muhofaza qilish, pedagogika ilmiy tekshirish institutlari ham mavjud. Estoniyada 700 ga yaqin kutubxona bor. Yiriklari: Tallindagi Davlat kutubxonasi, Tartu universiteti ilmiy kutubxonasi, Tallindagi ilmiytexnika kutubxonasi. 60 ga yaqin muzey mavjud. Yiriklari: Tallindagi Kardiorg saroyi, Pyotr 1 uymuzeyi, Tarixiy muzey, oʻlkashunoslik muzeyi, Tartudagi shahar tarixi muzeyi, universitet tarixi muzeyi, adabiyot muzeyi, O.Luts uymuzeyi, Virudagi F.R.Kreysvald uymuzeyi, KoxtlaYarvedagi slanets muzeyi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Estoniyada bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Kultuur ya elyu" ("Madaniyat va hayot", eston tilidagi oylik jur, 1858-yildan), "Maalext" ("Mamlakat", eston tilidagi haftanoma, 1987-yildan), "Molodej Estonii" ("Estoniya yoshlari", rus tilidagi kundalik gazeta, 1950-yildan), "Raxva xyayal" ("Xalq ovozi"), eston tilidagi kundalik gazeta, 1940-yildan), "Estoniya" (rus tilida haftada 5-marta chiqadigan gazeta, 1940-yildan), "Eesti nayni" ("Estoniya xotin-qizlari", eston tilidagi oylik jurnal, 1924-yildan), "Eesti ekspress" ("Estoniya ekspressi", eston tilidagi haftanoma, 1989-yildan). ETA, Estoniya telegraf agentligi, 1918-yil tashkil etilgan; Boltiq yangiliklar xizmati, xususiy axborot agentligi, 1990-yil tuzilgan. Estoniya radiosiga 1926-yil, Estoniya televideniyesiga 1955-yil asos solingan. Adabiyoti 19-asr oʻrtalarigacha eston xalqining maʼnaviy hayoti xalq ogʻzaki ijodiyoti (xalq qoʻshiqlari, ertak, maqol, matal va topishmoqlar)da oʻz ifodasini topdi. Birinchi yozma yodgorliklar 16-asrga oid. 17—18-asrlarda diniy ruhdagi asarlar yuzaga keldi. 18-asr oxiri — 19asr boshlarida didaktik dunyoviy adabiyot vujudga keldi. Eston milliy adabiyoti 19-asr oʻrtalarida paydo boʻldi. Maʼrifatparvar yozuvchi F.R.Felman, xalq ogʻzaki ijodi aossida "Kalevipoeg" dostonini yaratgan F.R.Kreysvald uning asoschilaridir. 1860—80 yillar adabiyotida xalq romantizmi va vatanparvarlik lirikasi ustunlik qildi, dramatik asarlar va romantik tarixiy qissalar yaratildi. 1890-yillarda tanqidiy realizm shakllandi. E.Vildening "Ayoz mamlakatiga" (1896) va "Temir qoʻllar" (1898) romanlari eston adabiyotida tanqidiy realizm yoʻnalishi va roman janriga asos boʻldi. 1900-yillar boshida proletar adabiyoti va siyosiy satira paydo boʻldi (X.Pegelman, Yu.Lishenbax, Eessaaru Aadu). F.Tuglas, G.Suyts kabi adiblar neoromantizm vakillaridir. 1919-yildan keyin eston adabiyotiga nemis ekspressionizmi muhim taʼsir koʻrsatdi. Nasrda realistik uslub neoromantik, impressionistik va simvolistik shakllardan tobora ustun kela boshladi (A.X.Tammsaare, M.Metsanruk, M.Under, O.Luts, X.Visnaputs, I.Barbarus, A.Gaylit, yilSemper, A.Yakobson, Yu.Syutiste asarlari). Ikkinchi jahon urushi yillari (1939— 45) adabiyotga D.Vaarandi, R.Parve, E.Myannik va boshqalar kirib keldi. Urushdan keyingi yillarda shoirlar M.Raud, yilSemper, Yu.Smull, yozuvchilar A.Xint, R.Sirge, G.Leberext, E.Krusten, dramaturglar A.Yakobson, E. Rannet va boshqalar samarali ijod qildilar. 1960— 80 yillarda shoir va yozuvchilarning yangi avlodi adabiyotga zamonaviy falsafiyaxloqiy masalalarny olib kirdi. Bu davrda adabiyotga E.Beekman, E.Vetemaa, M.Traat, A.Valton va boshqalar yozuvchilar kirib keldi. Meʼmorligi Estoniya hududidagi qadimiy meʼmorlik inshootlari miloddan avvalgi 3 va 2-ming yilliklarga taalluqli. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda mustahkamlangan shaharchalar (Asva, Iru, Ridala), milodiy 1-ming yillik boshlarida esa qishloqlar paydo boʻddi. 13-asrdan tosh meʼmorligi, xususan, qalʼalar (Tallindagi Vishgorod qalʼasi, 13—14-asrlar), mustahkamlangan cherkovlar (Valyala, 13-asr; Karya, 14-asr) qurish avj oldi. 14-asrdan gotika uslubida cherkov, ratushalar barpo etildi. 16-asrning 1-yarmida Uygʻonish davri yoʻnalishlari ham paydo boʻddi. 1640-yillarda Estoniya meʼmorligiga barokko uslubi kirib kela boshladi [Narvadagi ratusha (1670) va birja (1704); Tallindagi Kadriorg saroybogʻ majmuasi (1718—25, meʼmorlar N.Miketti, M.Zemsov)]. Klassitsizm uslubi davrida jamoat binolari (Tartu universiteti binosi, 1803—09, meʼmor I.Krauze) va qoʻrgʻonlar qurildi. 19-asr 2-yarmi meʼmorlikda eklektizm, 20-asr boshlarida modern (milliy romantik yoʻnalish bilan), funksionalizm yoyildi. 1960-yillardan boshlab yangi turar joy majmualari qurildi [Tallindagi Mustamyae (1961-yildan, meʼmorlar V.Tippel, L.Pettay va boshqalar), VyaykeIysmyae (1973-yildan, meʼmorlar M.Port, M. Meelak va boshqalar) massivlari]. Qishloq qurilishi rivojlandi (Yanedas sztexnikumining oʻquv korpusi, 1974, meʼmor V.Pormeyster; Viru tumanidagi "Linda" kzi idorasi, 1972, meʼmor T.Reyn), turar joy va jamoat binolari barpo etildi [Tallinda "Viru" (1972, meʼmorlar X.Sepmann, M.Port va boshqalar) va "Olimpiya" (1980, meʼmorlar T.Kallas, R.Kersten va boshqalar) mehmonxonalari, Parus sporti markazi (1980, meʼmorlar X. Sepmann, P.Yanes, X.Looveer va boshqalar), Madaniyat va sport saroyi (1980 — 81, meʼmorlar R.Karp, R.Altmyae va boshqalar), Tartuda "Vanemuyne" teatri (1967—70, meʼmorlar A.Volberg, P.Tarvas, U.Telpus va boshqalar)]. Tasviriy sanʼati Eston xalqining qadimiy badiiy ijodiyoti, asosan, dehqonlarning amaliy bezak sanʼatida oʻz aksini topdi (kulollik, suyak va metall buyumlar yasash, tosh va yogʻoch oʻimakorligi, qoʻlda toʻqish, teriga naqsh solish). Gotika, Uygʻonish davri va barokko sanʼati davrida devoriy (freskalar) hamda dastgoh rassomligi, shuningdek, tosh va yogʻoch oʻymakorligi keng yoyildi. 19-asr 1-yarmida portret va manzara janrlari, grafika rivojlandi. 19-asr 60-yillaridan professional sanʼat taraqqiy etdi. Milliy rassomlik maktabining asoschisi yilKyoler, haykaltaroshlik maktabining asoschisi A. Veysenbergdir. 19-asr — 20-asr oʻrtalarida rassomlar A.Laykmaa, K. va P. Raud, N.Triyk, haykaltaroshlar A. Adamson va Ya.Koort ijodi diqqatga sazovor. 1920-yillarda Estoniya sanʼatining rivojlanishida Tartudagi "Pallas" badiiy maktabi katta rol oʻynadi. Bu davrda rassomlar A.Yoxani, K.Liymand, grafik X.Mugasto, haykaltaroshlar Ya.Koort, F.Sannamees, V.Mellik va boshqalar oʻz asarlarini yaratdilar. 1940-yillardan keyin rassomlar E.Okas, E.Kits, N.Kormashov, L.Mikko, grafiklar G.Reyndorf, E.Eynmann, A. Bax, V.Tolli, P.Ulas, haykaltaroshlar A.Starkopf, E.Roos, A.Kaazik, M.Varik samarali ijod qildilar. Amaliy bezak sanʼati ustalari M.Adamson, E.AdamsonErik, M.Roosma, L.Erm, M.Ryaek va boshqalar oʻz ijodlari bilan shuhrat qozondilar. Musiqasi Eston xalq qoʻshiq (runo)lari, asosan, bir ovozli. Cholgʻu musiqasi xalq raqslari (polka, reynlender va boshqalar) bilan bogʻlangan. Musiqa cholgʻulari: vargan, turli naylar, volinka, konussimon kannel, bugʻsimon bilo va 18-asrdan skripka paydo boʻldi. 19-asrda garmon keng tarqaldi. 1857—61 yillarda milliy qoʻshiqlar toʻla nashr etildi ("Kalevipoeg", F.Kreysvald). Professional musiqa dastlab cherkov musiqasi bilan birga rivojlandi. 19-asrda birinchi xor va havaskor puflama sozlar orkestrlari tashkil etiddi. 1869-yildan anʼanaga aylanib qolgan milliy qoʻshiq bayramlari oʻtkaziladi. Xor musiqasi birinchi professional kompozitorlar (I.Kappel, K.Tyurinu, M.Xyarma) ijodida ham yetakchi musiqa boʻlgan. R.Tobias simfonik va vokalsimfonik musiqalar yaratdi. 20-asr 1-yarmida A.Kapp, X.Eller, M.Lyudig, E.Oya simfonik va kamer asarlar, M.Saar, K.Kreek va boshqalar xor musiqasini yaratdilar. E.Aav, A.Lemba, A.Vedro eston operasi, E. Tubin eston baleti asoschilaridir. Eston musiqa madaniyati gullabyashnashi E.Kapp, G.Ernesaks ijodi bilan bogʻliq. 1950-yillarning oʻrtalarida kompozitorlarning yangi avlodi (E.Tamberg, V.Tormis, Ya.Ryaets, A.Pyart) musiqaning mazmundorligini yangi vositalar bilan boyitdilar. Ijrochilar oʻrtasida xonandalar — T.Kuuzik, G.Ots, X.Krumm, T.Mayste, I.Kuusk, M.Voytes, A.Kaal, U.Tauts, dirijyorlar — N.Yarvi, E.Klas, R.Matsov, G.Ernesaks, O.Oya va boshqalar, skripkachilar — V.Alumyae, Yu.Gerrets, pianinochilar — B. Lukk, K.Randalu va boshqalar mashhur. Estoniyada "Estoniya" davlat akademik opera va balet teatri (1906-yil tashkil etilgan, Tallin), Estoniya akademik erkaklar xori (1944), filarmoniya, konservatoriya (1919-yil asos solingan, Tallin), musiqa bilim yurtlari (Tallin, Tartu), Davlat simfonik orkestri ishlaydi. Teatri Dastlabki teatr tomoshalari 16-asrda lotin tilida, 17-asrda nemis tilida koʻrsatilgan. 1665-yil birinchi xususiy teatr paydo boʻldi. 1784-yil mahalliy ziyolilar Tallinda havaskor teatr tashkil etdilar. 1870-yil Tartudagi "Vanemuyne", Tallindagi "Estoniya" jamiyatlari huzurida milliy havaskor teatrlar tashkil etildi va ular 1906-yildan professional teatrlarga aylandi. Bu teatrlarda musiqali drama spektakllari, chet el klassiklari, milliy dramaturglar asarlari sahnalashtirildi. 1920—30 yillar Tallinda Drama teatri (1916—24), "Tonggi teatr" (1920—24), "Dramstudio" (1924-yil tashkil etilgan, 1937, yildan Eston drama teatri, 1952-yildan drama teatri), Ishchi teatri (1926— 41), Pyarnuda "Endla" (1911—53, keyinchalik Drama teatri), Narvada Narva teatri (1928—40) ishladi. Keyingi yillarda teatr sanʼati yanada taraqqiy etdi. Estoniyada Davlat qoʻgʻirchoq teatri, Davlat akademik teatri, "Eski shahar studiyasi" (hammasi Tallinda), Tartudagi "Vanemuyne" davlat akademik teatrining dramatik truppasi, Pyarnudagi teatr va boshqalar teatrlar faoliyat koʻrsatadi. Teatr arboblaridan K.Ird, K.Karm, A.Lauter, Yu.Yarvet va boshqalar mashhur. Kinosi Estoniya hududida dastlabki kinosyujetlar fransuz firmalari tomonidan suratga olindi (1908—14). 1914-yil fotograf Ya.Pyazuke birinchi eston badiiy filmini yaratdi. 1920-yillarda bir qancha xususiy kinofirmalar faoliyat koʻrsatdi. "Oʻtmish koʻlankalari" (1924) va "Rummu Yuri" (1929) filmlari professional ravishda suratga olingan dastlabki filmlardir. 1930-yil K. Myarska birinchi marta "Oltin qoʻngʻiz" nomli ovozli filmni yaratdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin eston kinematografchilari "Lenfilm" kinostudiyasi bilan birgalikda "Qoʻrgʻon ichidagi hayot" (1947) va "Andrus baxti" (1955) filmlarini suratga oldilar (ikk&tasining rejissyor G.Rappaport). Keyinchalik eston kino ustalari "Xavfli burilishlar" (1961, rejissyorlar Yu.Kun, K.Kiysk), "Yarim kunlik parom" (1968), "Oʻlim qadrini murdalardan soʻra" (1977; ikkala filmning rejissyor K.Kiysk), "Oʻrmondagi buloq" (1973, rejissyorL. Layus), "Yashash va sevish davri" (1976, rejissyor V.Kyasper), "Nima eksang ..." (1980, rejissyor P.Simm) kabi filmlarni ekranga chiqardilar. Kino aktyorlari orasida E.Kivi, E.Kull, R.Allabert, T.Kark, L.Ulfsak, O.Eskola va boshqalar mashhur. Oʻzbekiston — Estoniya munosabatlari Yevropa Estoniya BMT aʼzolari
20,490
3184
https://uz.wikipedia.org/wiki/Finlandiya
Finlandiya
Finlandiya (fincha: Suomi, shvedcha: Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha: Republiken Finland) — Shimoliy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 8 mln. kishi (2023). Poytaxti — Helsinki shahri; Tampere ikkinchi yirik shahar. Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga boʻlinadi. 1981-yildan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan. Aland orollari bu hisobga kirmaydi. BMT aʼzosi. Xelsinki-Finlandiyaning eng rivojlangan shaharlaridan biri hisoblanadi. Davlat tuzumi Finlandiya — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000-yil 1-martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi. Tabiati Botniya, Fin qoʻltiqlari va Boltiq dengizi sohillari koʻpgina buxta va shxerlar (suv ostidagi va suvdan chiqib turadigan qoyalar) bilan parchalangan. Hududining aksar qismi dengiz sathidan 100-200 m pastda yotuvchi tekislik. Markaziy qismidagi koʻllar atrofi hamda shimoliy va sharqida tepalik va qirlar bor. Shimoli-gʻarbida Skandinaviya togʻlarining tarmoqlari joylashgan (eng baland joyi 1365 m — Xaltiatunturi choʻqqisi). Foydali qazilmalardan xromit, temir, mis kolchedani, misnikel, polimetall rudalar, apatit, grafit, magnezit, asbest, talk, marmar, muskovit konlari bor, torf qazib olinadi. Iqlimi moʻʼtadil, shimolida kontinental iklim. Boltiq dengizi va Golfstrim oqimining yaqinligi iqlimga yumshatuvchi taʼsir qiladi. Oʻrtacha temperatura fevralda —3° dan — 14° gacha, iyulda 14° dan 17° gacha. Yillik yogʻin 600- 700 mm. Dare koʻp, qisqa, sersuv, serostona. Yiriklari — KemiYoki, KyumiYoki, KokemyaenYoki, TornioYoki. 60 mingga yaqin koʻl bor (mamlakat hududining 8%), yirik koʻli — Sayma. Botqoq koʻp. Hududning 61% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, janubidagi podzol, gleypodzol, torfli botqoq tuproklarda aralash oʻrmonlar, shimolida togʻ tundrasi. Yirik milliy bogʻlari — Lemmenyoki, PallasOunastunturi, Oulanka va boshqa Finlandiyada 18 qoʻriqxona bor. Aholisi Aholisining 93%dan koʻprogʻi finlar. Janubiy va gʻarbiy rayonlarda shvedlar, shimolida saamlar yashaydi. Rasmiy tillar — fin va shved tillari. Dindorlarning aksariyati lyuterchilar, pravoslavlar ham bor. Shahar aholisi 65,1%. Yirik shaharlari: Helsinki, Tampere, Turku, Espo. Tarixi Miloddan avvalgi 3—2ming yilliklarda F. hududida hozirgi saam (lopar)larning ajdodlari yashagan. 1ming yillik boshlarida bu yerga Boltik, boʻyidagi fin qabilalari koʻchib kelib, mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan va natijada fin elati shakllangan. 12— 13-asrlarda F. hududini shvedlar istilo qila boshladi. 19-asr boshlariga kelib u butunlay Shvetsiya qoʻl ostiga oʻtdi. Ammo fin dehqonlari shaxsiy ozodlikni qoʻldan bermadilar. 1808— 09 yillardagi RossiyaShvetsiya urushidan soʻng F. hududi Buyuk Finlandiya knyazligi tarzida Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. F.ni Rossiya podshosi tayinlagan generalgubernator (1816-yildan senat raisi) boshqardi. Un ga ichki maʼmuriy muxtoriyat bilan birga iqtisodiy muxtoriyat ham berildi. 19-asrning 20-yillaridan F.da iqtisodiy yuksalish tezlashdi. Yogʻoch tilish sanoati, qishloq xoʻjaligida sut chorvachiligi rivojlandi. Rossiya va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq jonlandi, 1860-yildan uz puli joriy etildi. 19-asrning 2yarmida pultovar munosabatlari qaror topdi. Fin millati shakllana bordi. 80-yillarning oʻrtalarida podsho hukumatining F. muxtoriyati huquklariga tajovuzi kuchaydi. Fin xalqi oʻz milliy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish uchun kurash boshladi. Dastlabki siyosiy tashkilot va partiyalar tuzildi. 1916 i. parlament saylovida F. sotsialdemokratik partiyasi gʻalaba qozondi. 1917-yil 6 (19) dekabrda F. seymi mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qildi. 1919-yil F. respublika deb eʼlon qilindi. 1939 i. F.ga SSSR qoʻshinlari hujum qildi. 1939— 40 yil „qishki urush“da finlar qattiq qarshilik koʻrsatishiga qaramay, F. oʻz hududining bir qismidan maqrum boʻldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar Olmoniyasi tomonida boʻldi. 1944-yil urushdan chiqdi. Urushdan keyin mamlakat oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. F. — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan va 1992-yil 26-fevralda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6-dekabr — Mustaqillik kuni (1917). Asosiy siyosiy partiyalari va birlashmalari, kasaba uyushmalari F. soʻl ittifoqi, F. kompartiyasi (1918-yil tuzilgan) bilan F. xalqi demokratik ittifoqi (1944-yil tuzilgan)ning qoʻshilishi natijasida 1989-yil tashkil etilgan; Liberal xalq partiyasi, 1965-yil tuzilgan; Milliy koalitsion partiya, 1918-yil asos solingan; F. qishloq partiyasi, 1959-yil tashkil etilgan; F. sotsialdemokratik partiyasi, 1899-yil tuzilgan; Koʻkatparvarlar ittifoqi, 1987-yil asos solingan; F. Markazi, 1906-yil tashkil etilgan; F. Xristiandemokratik partiyasi (1958-yil F. Xristian ittifoqi nomi bilan tashkil etilgan, 2001-yildan hozirgi nomda); Shved xalq partiyasi, 1906-yil tuzilgan. F. kasaba uyushmalari markaziy tashkiloti, 1907-yilda tashkil etilib, turli nomlar bilan yuritilgan, 1969-yildan qoz. nomda. Xoʻjaligi F. —yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 32%, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliq xoʻjaliginiki 5%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 63%. Sanoati Sanoati, asosan, eksportga moslangan boʻlib, oʻrmon, metallurgiya, mashinasozlik (yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati va kemasozlik uchun asbobuskunalar ishlab chiqarish, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyulozaqogoz (tilingan yogʻoch, qogʻoz, karton, faner ishlab chiqarish), qora va rangli metallurgiya, elektr energetikasi, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoatning yetakchi tarmoklaridir. F.ning yoqilgʻienergetika resurslari yetarli emas, qattiq va suyuq yoqilgʻining aksar qismi chet ellardan keltiriladi. Elektr energiyaning 1/6 GESlarda, 1/3 AESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Temir, mis, qoʻrgʻoshinrux, nikel, xrom rudalari, kobalt, vanadiy, grafit, pirit va boshqa qazib olinadi. Pax va Xyamenlinna shaharlaridagi metallurgiya zavodlarida choʻyan va poʻlat, Xaryavalta va Pori shaharlarida mis va nikel, Kokkolada rux eritiladi. Torniodagi zavodda xrom rudasi qayta ishlanib, konsentrat hosil qilinadi. Tampere, Rauma, Laxti, Vasa, Karxulada mashinasozlik, Xelsinki, Turku, Porvo, Saloda yoʻl qurilishi va qurilish ishlari uchun mexanizmlar, koʻtarmatransport uskunalari, elektron va telefon apparatlari ishlab chiqariladi. Oʻrmon, ayniqsa, yogochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoatining eksportdagi ulushi katta. Oʻrmon sanoatining asosiy markazlari — Kotka, Kemi va Pori. Chetdan keltiriladigan xom ashyo negizida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan (Nantali, Porvo). Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, mineral oʻgʻit, sintetik materiallar, boʻyoq, xlor, oltingugurt kislotasi va boshqa ishlab chiqariladi. Oyna, chinni, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati, ayniqsa sut sanoati mahsulotining bir qismi eksport qilinadi. Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligida fermerlik tipidagi mayda va oʻrta yer egaligi ustun. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 8%ni tashkil qiladi. Sutgoʻsht chorvachiligi — qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi. Dehqonchilikda bugʻdoy, yem uchun javdar, arpa, suli, texnika ekinlaridan qand lavlagi, shuningdek, kartoshka, pichanbop oʻt ekiladi. Darrandachilik (norka, kulrang tulki, shimoliy tulkisi), bugʻuchilik, baliq ovlash rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligi — mamlakat iqtisodiyotining qad. tarmogʻi. F.da 18 mln. gektardan ortiq oʻrmon bor, yiliga 50—55 mln. m³ yogʻoch kesiladi. Transport Transportida temir yoʻl uzunligi 5,9 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 77,7 ming km. Asosiy dengiz portlari: Helsinki, Turku, Kotka. Shvetsiya, Estoniya, Polsha, Olmoniya bilan parom orqali qatnov yoʻlga qoʻyilgan. Chetga sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar, yoqilgi va moylash ashyolari, keng isteʼmol mollari va boshqa oladi. Rossiya, Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — fin markasi. Tibbiy xizmati Vrachlar Helsinki, Turku va Oulu universitetlarining tibbiyot ftlarida, tibbiy hamshiralar tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Helsinkida veterinariya kolleji bor. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Maktab darslari fin yoki shved tillarida oʻtiladi. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. 1968-yil qonuniga binoan, yagona umumiy taʼlim tizimiga oʻtish 1980-yilda nihoyasiga yetkazildi. Majburiy taʼlim — 9 yillik. Majburiy maktab negizida 3 yillik katta oʻrta maktab tashkil etilgan. Davlat, munitsipal va xususiy hunar bilim yurtlari va maktablarida quyi xunartexnika taʼlimi, texnika, pedagog, tijorat institutlarida oʻrta maxsus taʼlim beriladi. 22 oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 11 universitet bor. Yiriklari: Helsinki universiteti (1640), Tamperedagi universitet, Turkudagi Shved universiteti (Abo Akademiya), Tampere, Xelsinki va Lappenranta shaharlaridagi texnika universitetlari. Oliy tijorat maktablari va boshqa mavjud. Bundan tashqari, bir qancha maxsus oliy oʻkuv yurtlari: Ya. Sibelius nomidagi musika akademiyasi, 4 ta chet tillar instituti va boshqa bor. F.da jami 400 ilmiy tadqiqot muassasasi va jamiyat boʻlib, shundan 40 tasi, jumladan, texnika tadqiqotlari markazi (1942), qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot markazi (1898), sellyulozaqogʻoz sanoati markaziy laboratoriya, oʻrmon genetikasi (1968) va oʻrmon muhofazasi (1972) ilmiy tadqiqot institutlari davlatga qarashli. Oliy oʻquv yurtlari huzurida 50 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituta va laboratoriya bor. Yirik kutubxonalari: Helsinki universitetining kutubxonasi (1640), Helsinki shahar kutubxonasi (1860), Parlament kutubxonasi. Milliy muzey, shahar muzeyi, Helsinki universitetining zool. muzeyi, Botanika bogʻi, Turkuda tarix muzeyi, Tasviriy sanʼat muzeyi, Ya. Sibelius muzeyi, Marianxaminda Kema qatnovi muzeyi va boshqa mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Finlandiyada bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Aamulexti“ („Tonggi gazeta“, kundalik mustaqil gazeta, 1881-yildan); „Iltasanomat“ („Oqshom gazetasi“, kundalik kechki gazeta, 1932-yildan); „Suomenmaa“ („Suomi eli“, kundalik gazeta, 1908-yildan); „Turun pyayvyalexti“ („Turku kunduzgi gazetasi“, kundalik gazeta, 1898-yildan); „Helsingin sanomat“ („Helsinki yangiliklari“, kundalik gazeta, 1889-yildan); „Xyuvyudstadsbladet“ („Poytaxt gazetasi“, shved tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1864-yildan); „Kansan lexti“ („Xalq gazetasi“, kundalik gazeta, 1899-yildan); „Maaseudun tulevaysuus“ („Qishloq istiqboli“, haftasiga 3-marta chiqadigan gazeta, 1971-yildan); „Me nayset“ („Biz — ayollar“, xotinqizlar uchun haftalik jurnal, 1952-yildan); „Finlandiya segodnya“ („Bugungi Finlandiya“, rus tilida chiqadigan jurnal, 1982-yildan); „Yuxteysxyuvya“ („Mushtarak manfaat“, haftalik jurnal, 1905-yildan). Fin telegraf byurosi — FTB, 1887-yil tuzilgan, fin gazetalari, radio va televideniyesining aksiyadorlik jamiyati. Radioeshittirishlar 1926-yildan, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan olib boriladi. „Fleysradio“, fin radiosi va televideniyesi davlat mahkamasi 1926 i. tashkil etilgan. 1934-yildan davlat nazoratida. Adabiyoti Fin yozuvi 1521-yil F.da boshlangan Reformatsiya harakati taʼsirida vujudga keldi. Reformatsiya namoyandasi M. Agrikola 16-asr oʻrtalarida bosma kitoblar nashr eta boshladi va 3 asr davomida aksar diniy kitoblar bosildi. 19-asr adabiyoti fin xalqining shvedlar zulmidan ozod boʻlib, millat sifatida shakllanishi, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish bilan bogʻliq ravishda rivojlandi. 1830-yil Helsinkida „Shanbalik suhbati“ adabiyfalsafiy toʻgaragi vujudga keldi. Tugarak aʼzolari bir yil oʻtib „Fin adabiyoti jamiyati“ni tuzdilar (hozir xam mavjud). Folklorshunos E.Lyonrot (1802—84) xalq eposi „Kalevala“ni nashr ettirdi. Shoir Y. L. Runeberg, faylasuf, publitsist va tanqidchi Y. V. Snelman adabiyot rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Yangi fin adabiyotining asoschisi, ilk milliy drama va romanlar muallifi A. Kivi adabiyotda yangi realistik anʼanalarni boshlab berdi. S.Topelius tarixiy romanlar, Yu. Veksell sheʼr va pyesalar, K. R. Kramsu ijtimoiy mavzuda sheʼrlar yezdi. Minna Kant, Yu. Axo, A.Yarnefelt, K. A. Leyno va boshqa yozuvchilar xalq hayoti va, ayniqsa, ayollarning ayanchli taqdirini haqqoniy tasvirlab berdilar. 20-asr boshlarida turli adabiy oqimlar yuzaga keldi. A. E. Leyno, L.Onerva, V.Kilpi yangi realizm yoʻlidan bordi, M.Lassila hajviy qissa va komediyalar yaratdi, I.Kianto, M.Yotuni, Y.Lextonen umidsizlik kafiyatiga berildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin A.Eykiy, M.Larni, V.Linna, P.Rintal, V. Meri romanlarida ijtimoy muammolar asosiy oʻrinda turdi. Hella Vuoliyokining haqqoniy pyesalari fin dramaturgiyasining muhim yutugʻi boʻldi. 1897-yildan F. yozuvchilar uyushmasi mavjud. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati qad. anʼanalarga boy. Neolit davriga mansub qoyatosh rasmlari, tosh pichoq, suyakdan yasalgan asboblar, sopol idishlar saqlangan. Milodiy 13—15-asrlarda toshdan saroy va arklar qurilgan (Savonlinna yaqinidagi Olavinlinna qalʼasi, Turkudagi qasrlar va boshqalar). 14—16-asrlarda toshdan, 17—18-asrlarda xalq meʼmorligi uslubida yogʻochdan cherkovlar barpo etilgan (Tornio va Keurudagi cherkovlar). 19-asr oʻrtalarida meʼmorlikda milliy romantizm oqimi hukmron boʻldi (Xelsinkidagi vokzal binosi, meʼmor E.Saarinen), 19 a. oxiri — 20-asr boshlarida „modern“ uslubi rayem boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin binolar zamonaviy qurilish konstruksiyalaridan foydalanib tiklana boshladi, ayniqsa, jamoat binolari zoʻr mahorat bilan barpo etildi. A.Aalto, R.Piyetilya, A.Ervi kabi meʼmorlar sodda meʼmoriy shakllar asosida jozibador kompozitsiyalar yaratdilar (Seynyatsalo shahrining maʼmuriy markazi, Xelsinkidagi ishchilar madaniyat uyi, „Finlandiya“ saroyi, „Prezident“ mehmonxonasi b.). Rassomlik 14—15-asrlardagi oʻrta asrlar mahobatli rangtasvirida xalq naqqoshligi rivojlangan (Xattula, Tayvassiladagi cherkov devorlariga ishlangan rasmlar). 18-asrda M.Toppelius mahobatli rangtasvir sohasida shuhrat qozondi. Shu davrda F.da dunyoviy dastgoh rassomligi janrlari ommalashdi (I.Vaklin portretlari, N.Shilmark manzara va natyurmortlari). 19—20-asrlarda fin tasviriy sanʼat maktabi shakllandi, xalq hunarmandchiligi, yogʻoch oʻymakorligi, oʻrta asr mahobatli rangtasvir anʼanalari qayta tiklandi. 20-asr oʻrtalarida V. Aaltonen haykaltaroshlikda shuhrat qozondi. Zamonaviy rassomlardan M.Kollin, A.Kanerva, V.Vionoyya, S. Gryonvall; grafiklardan V.Askola, I.Kolliander, T.Tapiovara; haykaltaroshlardan A.Tukiaynen, R.Utriaynen, L.Pullinen, E.Xiltunen; plakat va dizayn ustalaridan I.Tapiovara, M.Kuyasalolar mashhur. Xalq sanʼatida mato va gilam toʻqish, metall idishlar yasash rivoj topgan. Musiqasi Musiqasi xalq musiqiy anʼanalari asosida rivojlanib keldi. Xalq qoʻshiqlari (run, yoyku va boshqalar) hozirgacha milliy musiqa folklorida ijro etiladi. Mehnat, marosim, hazil, sevgi qoʻshiqlari, raqs bilan birga ijro etiladigan laparlar keng yoyilgan. Cholgʻu asboblari: kantele (torlichertma), yo Uxikko (torlika monli), tuoxitorvi (puflama); 19-asrdan klarnet va skripka, 20-asrdan garmon ommalashdi. Professional musiqa sanʼati oʻrta asrlarda shakllana boshladi (grigorian, 16-asrdan protestant xoralch). Birinchi fin operasi („Qirol Karl ovga chiqdi“, 1852) va milliy madhiya muallifi — F. Pasius, birinchi simfoniya (1847) muallifi — A. G. Ingelius. Fin musiqasida F.Shans birinchi marta „Kalevala“dagi milliy ohanglardan foydalanib, „Kullervo“ simfonik uvertyurasini yaratdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida M.Vegelius (1882-yil Xelsinkida Musiqa institutini tashkil etgan; 1939-yildan Ya. Sibelius nomidagi Musiqa akademiyasi) va R.Kayanus (professional simfonik orkestr tuzgan) milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridir. Ya. Sibelius ijodida milliy musiqa anʼanalari kamol topdi. Zamonaviy kompozitorlar orasida E.Englund, E.Bergman, Y.Kokkonen, E.Rautavara, dirijyorlar orasida G.Shnefoxt, A.Yarnefelt, L.Segerstam, pianinochilar orasida K.Ekman, A.Valeta, yakkaxonlar orasida I.Ekman, A.Rautavara va boshqa mashxur. Xelsinkida opera teatri (1911; 1956-yildan F. Milliy teatri), shahar simfonik va kamer orkestrlari, F. radiosining simfonik orkestri, Xalq konservatoriyasi, F. musikachilar uyushmasi va boshqa ishlaydi. F.da bir nechta Xalqaro musiqa festivali va tanlovlari muntazam ravishda oʻtkaziladi. Teatri 1827-yil Helsinkida dastlabki teatr binosi — Teatr uyi qurildi. Unda rus, nemis, shved drama va opera truppalari tomosha koʻrsatdi. 1860-yil bu yerda shved aktyorlaridan iborat birinchi professional teatr faoliyat boshladi. 1872-yil fin tilidagi professional teatr (drama va opera truppalari) tashkil etildi. 1902-yil drama truppasi opera truppasidan ajralib chiqib, Fin Milliy teatri nomini oldi. I.Aalberg, K.Avellan, A.Lindfors, K.Halme, R.Snelman, U.Somersalmi (19-asr oxiri — 20-asr boshi), T.Palo, E.Eronen, E.Volanen, A.Ikonen, X.Salin, E.Yurkka (20-asrning 50—80-yillari) teatrning yetakchi aktyorlaridir. Turli yillarda ishlagan mashhur rejissorlar: K.Bergbum, Ya. Xal, Ya. Laxdensuo, E.Kalima, K.Kivima, D.Vitikka, V.Ilmari. Helsinkida Xalqishchi teatri (1914), Milliy shved teatri, Intim teatri, loʻlilarning „Drom“ teatri (1982) ham ishlaydi. Tampere, Turku, Laxti, Kuopio va boshqa shaharlarda ham teatrlar bor. Ularda jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlari bilan bir qatorda mahalliy mualliflarning pyesalari ham sahnalashtiriladi. Teatr xodimlari Xelsinkidagi Oliy teatr maktabi (1943)da tayyorlanadi. Kinosi 1904-yil F.da xronika filmlari suratga olina boshladi. 1906-yil „Apollo“ kinofirmasi tuzildi. 1907-yil „Pinhona haydovchilar“ (rejissor T.Sparre va T. Puro) qisqa metrajli badiiy filmi chiqarildi. 20-yillarda koʻproq milliy adabiyot asarlari: M.Kant komediyasi asosida „Anna Liysa“ (rejissor T.Puro va Yu. Snelman), S.Topelius novellasi asosida „Rautakyullik keksa baron“ (rejissor Fager), A.Kiv komediyasi asosida „Nummi etikdoʻzlari“ (rejissor E.Karu) ekranlashtirildi. „Komediyafilm“, „Fennikafilm“ va „AkilaSuomikompaniya“ firmalari tashkil etildi. 1933-yil E.Karu F.dagi eng yirik „Suomenfilmiteolisus“ firmasini tuzdi. Uning eng yaxshi filmlari: „Yuxa“ (1937), „Insonning yoʻli“ (1940; ikkalasining rejissor N.Tapiovara), „Oq kiyik“ (1953, rejissor E.Blomberg), „Sutchi Xilya“ (1953, rejissor T.Syarkkya), „Nomaʼlum askar“ (1955, rejissor E.Layne), „Qizil chiziq“ (1959, rejissor M. Kassila). 60—70-yillarda ijtimoiytanqidiy yoʻnalishdagi „Ishchining kundaligi“ (rejissor R.Yarva), „Kalamushlar jangi“ (rejissor M.Kurkvara), „Zavoddagi otishma“ (rejissor E.Kivikoski) filmlari yaratildi. 20-asrning oxirgi oʻn yilliklaridagi yaxshi filmlar: „Yovvoyi hayvon belgisi“ (rejissor Ya. Pakkasvirt) va „Dengiz boʻyidagi tun“ (rejissor E.Kivikoski). Finlandiya
19,252
3185
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gruziya
Gruziya
Gruziya yoki Gurjiston, rasman Gruziya Respublikasi ( [sɑkʰɑrtʰvɛlɔ], Sakartvelo) — Kavkazortining markaziy va garbiy qismlarida, Qora dengizning sharqiy qirgʻoqida joylashgan mamlakat. Qisman Sharqiy Yevropaning eng chekka janubi-sharqiy qismida, qisman Yaqin Sharqning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 69 700 km²2. Aholisining umumiy soni 3 729 500 kishi (2015). Poytaxti — Tbilisi shahri. Shimolda Rossiya, janubda Armaniston, janubi-gʻarbda Turkiya, sharqda va janubi-sharqda Ozarbayjon bilan chegaradosh. Gruziya maʼmuriy hududiy boʻlinish boʻyicha 2 ta muxtor respublika va 10 ta viloyatdan iborat (). Ushbu muxtor respublikalar va viloyatlar 59 ta munisipalitetga boʻlingan. 4 ta shahar: Batumi, Kutaisi, Poti va Rustavi viloyatlar huquqiga ega. Gruziya hududiga kiruvchi 2 ta muxtor respublika: Abxaziya va Janubiy Osetiya de-fakto qisman tan olingan mamlakatlar hisoblanadi va ushbu respublikalar hududlari Gruziya tomonidan de-fakto boshqarilmaydi. Ushbu hududlar Gruziya, AQSH, YXHT Parlament Assambleyasi va Yevropa komissiyasi tomonidan Rossiya okkupatsiyasidagi Gruziya hududlari deb tan olingan. Nomlanishi Ushbu mamlakatning nomi gruzin tilida — საქართველო (Sakartvelo deb oʻqiladi va talaffuz qilinadi). Ushbu nom tarixiy Katli viloyatiga borib taqaladi. Koʻp tillarda, shu jumladan rus va oʻzbek tillarida keng tarqalgan Gruziya soʻzi qadimgi Gurjan soʻzidan kelib chiqgan. Gurjan soʻzi arab, fors, suryoniy va boshqa tillardagi tarixiy qadimiy qoʻlyozmalarda uchraydi. Ushbu soʻz, arab va fors tillaridagi gurj (Gurjiston — boʻrilar mamlakati) soʻzi orqali paydo boʻlgan. Yevropa va Amerikada keng tarqalgan Georgia (Jorjiya) soʻzi olimlar tomonidan katta ehtimol bilan Avliyo Georgiy nomidan kelib chiqishi aytiladi. Ushbu mamlakatning oʻzbek tilidagi nomlanishi katta bahs va munozaralarga boy. Oʻzbek tilida ushbu mamlakatning ikki xil nomlanishi mavjud: Gruziya va Gurjiston. Oʻzbek tilidagi kitoblar, jurnallar, gazetalar, televideniye va radioda asosan Gruziya atamasi keng qoʻllanib kelinadi. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida ham ushbu mamalakatning nomi Gruziya deb belgilangan. Gurjiston atamasi asosan baʼzi oʻzbek shoirlari va yozuvchilari orasida, shuningdek Oʻzbekiston hududidan tashqaridagi oʻzbek tilidagi baʼzi OAVlarda tarqalgan. Davlat tuzumi Gruziya — demokratik respublika. 1995-yilda qabul qilingan konstitutsiyaga binoan davlat va ijroiya qokimiyat boshligʻi — prezident (1995-yil 5-noyabrdan E. Shevardnadze). U aholi tomonidan umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat — parlament. Tabiati Gruziya tabiati xilma-xil. Hududi baland va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar, tepalik, pasttekislik, yassitogʻlik va platolardan iborat. Respublikaning shimoli Katta Kavkaz (gurjincha Kavkasioni)ning oʻrta qismi bilan band. Gruziyaning eng baland nuqtasi — Shhara togʻi (5068 m). Katta Kavkazning Gruziyadagi gʻarbiy qismida karst relyef shakllari uchraydi. Sharqida yosh vulkan togʻlari bor. Katta Kavkazning janubdagi Kolxida va Iveri tekisliklarini Lix tizmasi ajratib turadi. Yana ham janubroqda Kichik Kavkazning Gruziya qismidagi oʻrtacha togʻ (2850 m) tizmalari kenglik boʻylab choʻzilib yotadi. Respublikaning eng janubiy chekkasi vulkan togʻligi (Didi-Abuli togʻi, 3301 m) bilan band. Iqlimi Iqlimi subtropik iqlim bilan moʻtadil iqlim orasida. Kolxida pasttekisligida dengiz sathidan 500 – 600 m balandlikkacha nam subtropik iqlim (yanvarda harorati 5 — 7 °C) boʻlib, yogʻin koʻp yogʻadi (1200 – 2600 mm). Iveri botigʻida yanvarning oʻrtacha harorati — 2 °C dan —3 °C gacha, qish bilan yoz harorati oʻrtasida tafovut katta, yogʻin kamroq (300 – 800 mm). Eng issiq oy — avgust harorati 23 °C — 26 °C. Gruziyaning janubdagi togʻlikda iqlim ancha kontinental boʻlib, qishi qattiq sovuq, ozroq qor yogʻadi. Foydali qazilmalari Foydali qazilmalardan marganes rudasi (Chiatura koni), toshkoʻmir (Tkibuli, Tkvarcheli) va neft (Kolxida va Tashqi Kaxeti), Katta Kavkazda nodir metall, polimetall va surma-mishyak konlari bor. Qurilish materiallari (marmar, slanes, sement xom ashyosi va boshqalar) deyarli hamma joyda uchraydi. Ichki suvlari Gruziya oʻzining xilma-xil maʼdanli suvlari bilan ajralib turadi; bu jihatdan dunyoda yetakchi oʻrinlarni egallaydi. Maʼdanli suvlar kimyoviy tarkibi boʻyicha gidrokarbonatli, xloridli, sulfatli va aralash guruhlarga, gaz miqdorining boʻlishiga qarab karbonat angidridli va nokarbonat angidridli turlarga boʻlinadi. Eng mashhur maʼdanli suvlari: Borjomi, Sairme, Nabeglavi, Zvare, Dzau, Lugela va boshqalar. Gruziya daryolari Qora va Kaspiy dengizlari havzasiga mansub. Kura Kaspiyga, Rioni, Inguri, Kodori va boshqalar. Qora dengizga quyiladi. Gruziya gidroenergiya resurslariga boy. Gruziyada koʻl kam. Eng kattasi — Paravani (maydoni 37 km2); Ritsa (chuqurligi 116 m) va Amtkel (chuqurligi 72 – 122 m). Tabatskuri, Palestomi va boshqa koʻllarda baliq ovlanadi. Tuproqlari Gruziyada qizil, sariq, qora, qoʻngʻir, jigarrang va kul tus-jigarrang tuproqlar uchraydi. Togʻ oʻrmonlarida qoʻngʻir oʻrmon tuproq, togʻ oʻsimliklari oʻsadigan joylarda — togʻ-oʻtloqi tuproq. Kolxida pasttekisligida botqoq va sargʻish kulrang podzol tuproqlar katta maydonni egallaydi. Oʻsimliklari Gruziyada 4500 turdan koʻproq gulli va 10000 ga yaqin sporali oʻsimlik bor. Relikt va endemik oʻsimliklar (dioskoreya, pontiya va Kavkaz rododendronlari, shamshod, lavr-olcha, xurmo va b.) koʻp. Maydonining 2/5 qismi oʻrmon. Togʻ oʻrmonlarida eman, grab, kashtan, qoraqayin, togʻlarning yuqori mintaqalarida qaragʻay, oqqaragʻay, qoraqaragʻay oʻsadi. Oʻrmonlarning yuqori chegarasidan 2800 – 3500 m balandlikkacha togʻ oʻtloqlari uchraydi. Hayvonlari Katta Kavkazning oʻtloq mintaqasida togʻ echkilari — serna, bezoar echkisi, togʻ takasi, qushlardan Kavkaz togʻ kurkasi (ular), oʻrmonlarda qoʻngʻir ayiq, asil bugʻu, elik, silovsin uchraydi. Umuman Gruziyada sut emizuvchilarning 100 ga yaqin turi, qushlarning 330, sudraluvchilarning 48 va baliqlarning 160 ga yaqin turi mavjud. Tbilisi tabiiy milliy bogʻi, qoʻriqxonalar bor. Aholisi 2015-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Gruziya aholisining umumiy soni 3 729 500 kishini tashkil etadi. 2014-yilda ushbu koʻrsatkich 4 483 800 kishini (Abxaziya va Janubiy Osetiya hisobga olinmagan) tashkil etgan edi. 2002-yilgi butundavlat aholi sonini sanashda, Gruziya aholisi soni 4 369 579 kishini tashkil etgan edi. 1 km2da aholining oʻrtacha zichligi — 65 kishini tashkil etadi. Aholining 60 % koʻprogʻi shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakat aholisining asosiy qismini (83,5 %) gruzinlar (gurjlar) tashkil etadi. Aholining 6,7 % ozarbayjonlar, 5,7 % armanlar, 1,9 % ruslar tashkil etadi. Qolgan milliy ozchiliklar: osetinlar, abxazlar, yezidlar, yunonlar, chechenlar, ukrainlar va boshqalar. Gruzinlarning 1,6 millioni (butun gruzinlarning 27 %zi) Gruziya hududidan tashqarida yashaydi. Gruziya davlat tili gruzin (gurj) tili. Ushbu til mamlakatdagi eng keng tarqalgan til hisoblanadi. Ozarbayjon, arman va rus tillari ham mamlakatda keng tarqalgan. Soʻngi yillarda ingliz tili ham ommabop tillardan biriga aylandi. Eʼtiqod boʻyicha aholining asosiy qismini gruzin pravoslavlari tshkil etadi. Shuningdek mamlakatda protestantlar va lyuteranlar, katoliklar va musulmonlar mavjud. Tarixi Arxeologik qazilmalar bu yerda odam paleolit davridan boshlab yashab kelayotgani haqida maʼlumot beradi. Neolit davrida Gruziya hududida matriarxalurugʻchilik tuzumi boʻlib, eneolit davri va jez davrining boshlaridan (mil. av. 5 — 3-ming yillik) patriarxal-urugʻchilik tuzumi shakllangan. Jez davrining oxirlarida (mil. av. 1-ming yillikdan) urugʻchilik munosabatlari yemirilib, quldorlik jamiyati yuzaga kelgan. Mil. av. 2-ming yillikning oxirlarida gurj kabilalarining yirik uyushmalari vujudga keladi. Mil. av. 6-asrda Kolxida (Gʻarbiy Gruziya), mil. av. 5 — 4-asrlarda Iberiya yoki Kartli (Sharqiy, qisman Janubiy Gruziya) qirolligi tashkil topdi. Shundan Gruziya nomi Sakartvelo (kartvelilar tilida gurj davlatining nomi) kelib chiqqan. 523-yil Eron Iberiyani bosib olib, bu yerga oʻz noibini tayinlagan. Sosoniylar sulolasi inqirozga uchragach, Iberiya Eronga tobelikdan qutuldi va hokimiyat mahalliy hukmdorlar qoʻliga oʻtdi. 7 — 8-asr boshlarida Gruziyaning deyarli hamma yerlarini arablar bosib olgan. Arablar hukmronligiga qarshi gurj, alban va armanlar birgalikda kurash olib bordilar. 8 — 10-asrlarda alohida-alohida qirolliklar (Kaxeti, Tao-Klarjeti, Abxaziya qirolligi) vujudga keldi. Qirolliklar oʻrtasida boshlangan oʻzaro kurash 10-asrning 2-yarmi va 11-asrning boshlarida Gruziya yerlarini qirol Bagrat III (975 — 1014) boshchiligida yagona davlatga birlashtirish bilan tugadi. Qirol Xoeyd „Quruvchi“ davri (1089 — 1125)da Gruziya saljuq turklariga qarshi kurashib, Zakavkazyening koʻpgina qismini ozod qildi. Georgiy III (1156 — 84) va Tamara (1184 — 1213) Qirolliklari davrida Gruziya Yaqin Sharqdagi eng kuchli davlatlardan biriga aylandi, siyosiy-iqtisodiy va madaniy ravnaqqa erishdi, 12-asrga kelib, siyosiy hokimiyat markazlashtirildi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi ancha rivojlandi, shaharlarda hunarmandchilik va savdo ishlari taraqqiy etdi. Madaniyat va sanʼat ham ravnaq topdi. 1226-yilda xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi Gruziyani egalladi. 13-asrning 2-choragidagi moʻgʻullar istilosi Gruziyaning siyosiy birligiga, xoʻjaligiga putur yetkazdi. 14-asrning 2-yarmida Gruziya Amir Temur qoʻliga oʻtdi. 16 — 18-asrlarda Gruziyaga Eron va Turkiya bostirib kirdi. Ichki kurash kuchaydi, natijada Gruziya bir necha mustaqil davlatga (Kartli, Kaxeti, Imereti qirolliklari va Samsxe, Guriya, Svaneti, Abxazeti knyazliklariga) ajralib ketdi. 18-asrning 2-yarmidan Kartli-Kaxeti davlati ancha kuchaydi. Iraqliy II eng yirik knyazliklarni oʻziga boʻysundirib, davlatni qaytadan tiklash, xoʻjalik va savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish yoʻlida koʻp tadbirlar koʻrdi. 17 — 18-asrlarda Gruziyada adabiyot va tarixshunoslik jonlandi, kitob nashr etila boshladi. 18-asrning 2-yarmida Rossiya-Gruziya munosabatlari vujudga kela boshladi: 1783-yil Georgiyevsk shahrida Rossiya bilan Kartli-Kaxeti qirolligi oʻrtasida doʻstlik shartnomasi tuzildi. Biroq, Rossiya imperiyasi shartnomada belgilangan majburiyatlarini buzib, 1801-yil Sharqiy Gruziyani, 1803 — 1864 yillarda Gʻarbiy Gruziyani ham bosib oldi. Bu esa ochiqdan-ochiq bosqinchilik edi, mana shu xiyonatkorlik sababli Imereti qirolligi va Gruziya knyazliklari tugatildi. Gurj xalqi milliy davlatchilikni tiklash uchun, ruslashtirish siyosatiga qarshi kurashdi, bir qancha isyonlar koʻtarildi. Shu bilan birga Gruziya yerlarini qisman birlashtirish imkoniyati tugʻildi. 19-asrning 2-yarmidan gurj xalqi milliy ozodlik harakatining yangi bosqichi boshlandi. Ammo Gruziyaning milliy davlatchiligini qayta tiklash masalasi Rossiyadagi 1917-yil Fevral inqilobidan, ayniqsa bolsheviklarning Oktabr toʻntarishidan soʻng qatʼiy qilib qoʻyildi. Bolsheviklar Rossiyadagi hokimiyatni qoʻlga olganidan keyin Zakavkazyening nufuzli siyosiy kuchlari Shoʻro hokimiyatini tan olmadilar va 1917-yil noyabrda mustaqil boshqaruv (Zakavkazye komissarligi)ni oʻrnatdilar. Natijada Zakavkazye Federatsiyasi shakllandi, biroq uning tarkibiy qismlari iqtisodiy va siyosiy manfaatlari har xilligi, shuningdek, Turkiya bilan munosabatlar keskinlashganligi sababli federatsiya yashashga noqobil boʻlib chiqdi va tez orada barbod boʻldi. Gruziya hududining bir qismi (Batumi, Ozurgeti, Axalsixe)ni Turkiya egallab oldi. Gruziyaning 1-milliy qurultoyi tomonidan 1917-yilda saylangan vakolatli xalq organi — Gruziya Milliy Kengashi 1918-yil 26-mayda mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi va Gruziya Demokratik Respublikasini tuzdi. 1919-yil martda Milliy Kengash taʼsis majlisiga aylantirildi. Respublika hukumati davlat chegaralarini belgiladi, gurj tilini davlat tili deb eʼlon qildi, maktablarni davlat ixtiyoriga oldi, davlat boshqaruv idoralari va sudlov ishlarini isloh qildi, mayda millatlar uchun maktablar ochdi va hakazo. 1921-yil 21-fevralda Taʼsis majlisi Gruziya Demokratik Respublikasining konstitutsiyasini qabul qildi. Biroq tez orada bolsheviklar Rossiyasi Gruziya mustaqilligini tan olish toʻgʻrisida 1920-yil 7-mayda oʻzi imzolagan shartnomani buzdi va 1921-yil 25-fevralda Qizil Armiya Tbilisi shahrini ishgʻol qildi. Gruziya hukumati aʼzolari chet elga ketishga majbur boʻldi. Gruziya yana zabt etildi va bolsheviklar hukmronligi davrida 1922-yildan 1936-yilgacha Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi, 1936-yil 5-dekabrdan esa bevosita sobiq SSSR tarkibiga kirdi. Sovet hokimiyati davrida tuzilgan davlat muassasalari rasmiy tusda boʻlib, hamma ish Moskva koʻrsatmasi bilan qilinardi. Mustabid tuzumning shafqatsizliklariga qaramay, gurj xalqi milliy mustaqillik uchun kurashni toʻxtatmadi, faqat kurash usullarigina oʻzgardi. 1924, 1953 va 1989-yillardagi gʻalayonlar armiya yordamida bostirildi. 1990-yil oktabrda Gruziya Oliy Kengashi mamlakat nomini Gruziya Respublikasi deb atash toʻgʻrisida qonun qabul qildi, davlat gerbi, bayrogʻi va madhiyasi matni hamda musiqasi oʻzgartirildi. 1991-yil 9-aprelda Gruziya davlat mustaqilligi tiklandi. 1991-yil aprelda Oliy Kengash tomonidan Gruziya Respublikasi prezidenta lavozimi taʼsis etildi, may oyida Z. Gamsaxurdia prezident etib saylandi. 1992-yil yanvarda ichki siyosiy kuchlarning qarama-qarshiligi va aholi koʻpchilik qismining prezident olib borayotgan siyosatdan noroziliklari tufayli shu paytda tuzilgan Harbiy Kengash Z. Gamsaxurdiani lavozimidan chetlashtirdi. 1992-yil martda Harbiy Kengash tugatilib, E. Shevardnadze boshchiligida Davlat kengashi tashkil etildi. 1992-yil 11-oktabrda boʻlib oʻtgan umumxalq saylovlarida Gruziya Respublikasi parlamentining yangi tarkibi va raisi, 1995-yil 5-noyabrda mamlakat prezidenta saylandi. Gruziya — 1992-yildan BMT aʼzosi. 1993-yilda u MDHga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekiston bilan Gruziya oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil 16-martda oʻrnatilgan. Milliy bayrami 26-may — Davlat mustaqilligi qayta tiklangan kun. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Gruziya fuqarolari parlament ittifoqi (raisi E. Shevardnadze), Demokratik tiklanish ittifoqi (raisi A. Abashidze), Milliy-demokratik partiya (raisi I. Sarishvili), Sotsialistik partiya (raisi V. Rcheulishvili), Xalq partiyasi (raisi M. Georgadze), Leyboristlar partiyasi (raisi Sh. Natelashvili) va parlamentdan tashqari ish yurituvchi yana bir necha partiya bor. Erkin kasaba uyushma birlashmalari ishlab turibdi. Xoʻjaligi Gruziya sanoati va qishloq xoʻjaligi rivojlangan mamlakat. Milliy daromadda sanoatning ulushi oʻrtacha 34 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 29 %. Marganes rudalar, ferroqotishma, poʻlat quvur, elektrovoz, yuk avtomobillari, metall qirqish stanoklari ishlab chiqarish yetakchi tarmoqlardir. Sanoati Gruziya sanoati tarkibida keyingi vaqtlarda ogʻir sanoat tarmoqlari muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Oziq-ovqat sanoati ham asosiy oʻrinda turadi. Yengil sanoat, mashinasozlik va metallsozlik tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yirik transport, elektrotexnika va vibratsiya mashinalari, payvandlash apparatlari, elektrotexnika buyumlari, hisoblash texnikasi priborlari, suv osti kanotli katerlar ishlab chiqariladi. Elektr energetikasi gidroelektr stansiyalar va yoqilgʻi bilan ishlaydigan stansiyalardan iborat (Inguri GES, Rioni GES, Xrami GES va Tbilisi, Tkvarcheli GRESlari). Yiliga oʻrtacha 13,4 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Tkibuli va Tkvarchelida koʻmir qazib chiqariladi. Chiaturidagi katta marganes koni negizida konchilik sanoati rivojlangan. Marneulidagi mis-polimetall rudalarini qazib olish va boyitish asosida yangi tarmoq vujudga keltirildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Rustavida metallurgiya zavodi qurib, ishga tushirildi. Turli quvur va prokat asosiy metallurgiya mahsulotidir. Rustavi azotli oʻgʻit, kaprolaktam va sintetik tola zavodlari va boshqa korxonalar kimyo sanoatini tashkil qiladi. Tbilisi, Kutaisi; доля населения, живущего за чертой бедности, — 31 % (2006), Batumi va boshqa shaharlarda mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, yirik elektrovozsozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik va elektrotexnika mahsulotlari zavoddlari mavjud. Kaspi, Rustavidagi qurilish materiallari korxonalari sement, shifer, blok, yigʻma temir-beton, gisht, cherepitsa va boshqa ishlab chiqaradi. Tbilisi, Kutaisi, Batumi, Gori shaharlaridagi yengil sanoat korxonalarida ipak, jun, ip gazlama, trikotaj, charm poyabzal va boshqa ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoatida choy, vino, konyak, shampan vinolari, tamaki, sabzavot va meva konservalari ishlab chiqarish salmoqli oʻrin tutadi. Mahalliy maʼdanli buloqlardan, ayniqsa Borjomi bulogʻidan chiqadigan shifobaxsh suvlarni shishalarga quyish yoʻlga qoʻyilgan. Qishloq xoʻjaligi Dehqonchilik — Gruziya qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi. Mamlakat jami hududining 16,1 % ga ekin eqiladi. Eng muhim ekini — choy (66 ming ga dan ortiq). Subtropik zonada sitrus (mandarin, apelsin, limon), subtropik mevalar (xurmo, anor, mushmula, feyxoa), tung (yuqori sifatli moy olinadigan oʻsimlik), asil lavr, bambuk va boshqa oʻstiriladi. Tokchilik — Gruziya qishloq xoʻjaligining qadimgi tarmogʻi. Gruziyada uzumning 400 dan ortiq navi bor. Uzum asosan Kaxeti, Imereti va Racha-Lechxumi tumanlarida yetishtiriladi. Rezavor mevalar ham koʻp miqdorda eqiladi. Donli ekinlardan makkajoʻxori, arpa, bugʻdoy, texnika ekinlaridan tamaki, kungaboqar, qand lavlagi, efir moyli ekinlar, sabzavot va kartoshka anchagina maydonni egallaydi. Chorvachiligi asosan goʻsht-sut va goʻshtjun yetishtirishga ixtisoslashtirilgan; qoramol, choʻchqa, qoʻy, togʻli tumanlarda echki boqiladi. Koʻpgina tumanlarda parrandachilik va pillachilik rivojlangan. Transporti Transporti mamlakat relyefi va iqlimiga, gidrografiya tarmogʻi, aholi zichligi, harakat tartibi va joylashuviga moslab uyushtirilgan. Elektrlashtirilgan temir yoʻl uzunligi — 1,6 ming km ga yaqin. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uzunligi — 21,6 ming km, jumladan qattiq qoplamali yoʻl — 20,3 ming km. Dengiz transporti rivojlangan. Asosiy dengiz portlari: Batumi, Poti. Tbilisi, Kutaisi, Suxumi, Batumida aeroportlar, koʻpgina tumanlarda mahalliy aeroportlar bor. Boku — Batumi neft quvuri, Shim. Kavkaz — Ozarbayjon gaz quvuri Gruziya hududidan oʻtgan. Tbilisida metropoliten qurilgan. Yuk va yoʻlovchi tashiladigan osma yoʻllar tizimi mavjud. Gruziyadagi iqtisodiy beqarorlik va Gruziya — Abxaziya mojarosi oqibatida tashqi savdo tanazzul holatiga tushib qoldi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon. Pul birligi — lari. Sogʻliqni saqlash Kurort xoʻjaligi va sayyohlikka katta ahamiyat beriladi. Gruziyaning togʻ va dengiz iqlimi birga qoʻshilib, koʻpgina dardlarni davolash uchun yaxshi sharoit yaratadi. Dengiz boʻyidagi past togʻ va oʻrta togʻ mintaqalari iqlimi yordamida davolash ayniqsa samaralidir. Boy va xilma-xil oʻsimlik dunyosi — qaragʻay, bukigna bargli va aralash keng bargli oʻrmonlar tabiat qoʻynida hordiq chiqariladigan va sogʻliqni tiklaydigan rohatijon maskanlar hisoblanadi. 80 ga yaqin kurortda har yili 2 mln.ga yaqin kishi dam oladi. Bir qancha sayyohlik bazalari va marshrutlari mavjud. Shifobaxsh buloqlar, balchiq va kare togʻlaridan ham tibbiy maqsadlarda foydalaniladi. Eng mashhur kurortlari: Gagra, Pitsunda, Yangi Afon, Suxumi, Maxinjauri, Kabule, Abastumani, Gudauri, Sxaltubo, Menji, Shovi, Borjomi va boshqalar. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari Qadimgi yunon tarixchilari bergan maʼlumotlariga koʻra, Gruziya hududidagi davlatlarda maorif antik davr namunasida tashkil etilgan. 3-asrning 2-yarmida asos solingan Kolxida oliy ritorika maktabi (Kolxida akademiyasi) maorifni rivojlantirish sohasida koʻp ish qildi. 4-asrda xristianlik davlat diniga aylangach, cherkov va monastirlar huzurida maktablar ochildi. Biroq, chet ellik istilochilarning bosqinlari gurj madaniyati rivojini uzoq vaqt toʻxtatib qoʻydi. 13-asrga kelib, katta fan va maorif markazlari — Gelat (Gʻarbiy Gruziya) va Ikaltey (Sharqiy Gruziya) akademiyalari barpo etildi. 17-asr 2-yarmidan chet ellarda gurj alifbo va daryoliklari bosila boshladi. Gruziya davlatchiligi tugatilgach (1801), maorif tizimi Rossiya namunasi asosiga oʻtkazildi. 2000-yil Gruziyadagi 3500 dan koʻproq umumiy taʼlim maktabi va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 850 mingga yaqin bola oʻqidi. Gurj va abxaz maktablari bilan bir qatorda rus, arman, ozarbayjon va osetin maktablari ham mavjud. Gruziyada 19 oliy oʻquv yurti, jumladan Tbilisi va Suxumi universitetlari, politexnika, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va boshqa institutlar bor. 2000-yil Gruziyadagi oliy oʻquv yurtlarida 100 mingdan koʻproq talaba taʼlim oldi. 200 ga yaqin pullik oliy maktablar ham mavjud. Asosiy ilmiy kuchlar Gruziya Fanlar akademiyasiga birlashgan. 2000-yil Gruziyada NO muzey ishladi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Gruziyada 250 gazeta, 84 jurnal hamda 200 nashriyot, 13 axborot agentligi faoliyat koʻrsatadi. Ammo 15 tacha gazeta va jurnal muntazam ravishda chiqib turadi. Eng yirik rasmiy gazetalari: „Sakart-velos Respublika“, „Svobodnaya Gruziya“, „Vecherniy Tbilisi“. Nohukumat nashrlari: „Kavkasioni“, „Droni“, „Jorjian tayme“, „Iveriya-ekspress“, „Mimomxilveli“, „Rezonansi“, „Axalgazrda Iverieli“ va boshqa gazetalar. Gruziyada telekoʻrsatuvlar 1956-yildan boshlangan. Davlat televideniye va radioeshittirish korporatsiyasi, „Sakinform“ milliy axborot agentligi, „Imrinda“, „Bi-EsPress“, „BGI“ mustaqil agentliklari, „Kavkasioni“, „Iberviziya“ xususiy telekompaniyalari mavjud. Adabiyoti Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalari yerida paydo boʻlgan. Dahriy Amirani haqidagi epos mil. av. 3-asrdayoq maʼlum boʻlib, uning koʻp nusxalari hozirgacha yetib kelgan. Oʻrta asrlarda „Eteriani“ (shahzoda Abesalomning podachi qiz Eteriga muhabbati haqida), „Areshidze knyazligining mahv etilishi“. „Arsen haqida qoʻshiq“ dostonlari yaratilgan. Mil. 5-asrda cherkov adabiyoti rivojlandi. 10-asrda Georgiy Mechulining avliyolar haqidagi „Grigoriy Dandzteli tirikchiligi“ (951) asari paydo boʻldi. Qadimgi Gruziya adabiyotida 12-asr taraqqiyot davri boʻldi. Qahramonlik-gʻaroyibot hikoyalari („Ameriani — Daryojaniani“), romanlar („Visramiani“), madhiya dostonlari („Abdul-Messiya“, „Tamariani“) paydo boʻldi. Shota Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon“ dostoni ham shu davrda yaratilgan. 17—18-asrlarda gurj xalqi siyosiy birlashishga intildi. Bu davrda „Afsonalar hikmati toʻgʻrisida“ nomli masallar toʻplamining muallifi Sulxansaba Orbeliani, „Gruziya musibatlari“ dostonining muallifi David Guramishvili, muhabbat lirikasi ustasi Besarion Gabashvili ijodi salmoqli oʻrin tutadi. 19-asrgacha boʻlgan Gruziya adabiyotida Sharq, birinchi navbatda fors adabiyoti anʼanalarining taʼsiri kuchli edi. 19-asrning 1-yarmida Gruziya Rossiya tomonidan bosib olingach, Yevropa madaniyati bilan mustahkam aloqa oʻrnatildi. Yosh gurj adiblari romantizm gʻoyasini dadil qabul qildilar. Milliy ozodlik va ijtimoiy adolat gʻoyalarini kuylagan shoir A. Chavchavadze 19-asr Gruziya adabiyotida romantizmni boshlab berdi. Bu anʼanani Gruziya Orbeliani, N. Baratashvili davom ettirdi. 19-asrning 2-yarmidan boshlab adabiyotda realizm tamoyillari paydo boʻldi. Komediyalar muallifi, Gruziya teatrining asoschisi G. Eristavi realizmning taniqli vakili edi. 19-asr 60-yillaridagi ijtimoiy vaziyat adabiyotning ravnaq topishiga imkon berdi. Tanqidiy realizm adabiyotda asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. Milliy ozodlik harakati gʻoyalarini I. Chavchavadze kuyladi („Sharpa“, „Yoʻlovchi xotiralari“ dostonlari, „Insonmi u“ qissasi va boshqalar). 19-asr 80-yillarida Gruziya adabiyotiga A. Kazbegi vaVaja Pshavela kirib keldi. A. Kazbegi qissalarida („Elguja“, „Padarkush“, „Xevisberi Gocha“) togʻlik gurjlar hayoti rang-barang boʻyoqlarda tasvirlangan. Vaja Pshavela dostonlari („Baloxoʻr“, „Mehmon va mezbon“, „Aluda Ketelauri“, „Baxtrioni“), lirikasi va nasriy asarlarida oʻsha davrning falsafiy va axloqiy muammolari oʻz ifodasini topdi. 19-asr 90-yillarida Gruziya adabiyotida ijtimoiy hayotni qayta qurish masalalari markaziy oʻrinni egalladi. E. Ninoshvili, D. Kladiashvili oʻz asarlarida kambagʻal qishloq hayotining ayanchli manzarasini, dehqonlarning ogʻir hayotini tasvirladilar. 1917-yil oktabrdagi davlat toʻntarishidan oldingi yillarda realistik adabiyot anʼanalarini Sh. Dadiani va N. Lordkipanidzelar davom ettirdi. Gruziyada sovet hokimiyati oʻrnatilgandan keyin, bu yerda ham proletar madaniyati deb atalgan madaniyatni qaror toptirishga kirishildi, u har qanday hodisani tor sinfiy nuqtai nazardan baholardi. Ammo isteʼdodli gurj yozuvchilari bunday cheklanishni bartaraf etib, haqiqiy badiiy asarlar yaratishdi. Bular — Paolo Yashvili, Titsian Tabidze, Grigol Rokabidze, Simon Chikovani, Iraqliy Abashidze, Lado Asatiani, Nodar Dumbadze, Mixail Javahishvili, Konstantine Gamsaxurdia, Polikarpe Kakabadze, Leo Kiacheli, Georgiy Leonidze, Iosif Grishashvili va boshqalar Anna Kalondadze, Grigol Abashidze, Chabua Amirejibi. Otar Chiladze asarlari oʻquvchilar orasida keng tarqalgan. Gruziya adabiyotining ajoyib namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: Shota Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon“ dostoni, I. Abashidze dostonlari, N. Baratashvili va boshqalarning sheʼriy asarlari, N. Dumbadzening „Abadiyat qonuni“, „Quyoshni koʻrayapman“ romanlari va hakazo. Meʼmorchiligi Gruziya hududida qadimgi manzilgohlar eneolit (Shulaveris tepa shahar harobasi), jez va ilk temir davri (Natsar tepa, Trialeti, Samtavro qoʻrgʻonlari)ga oid. Msxeta akropoli, Vani shahri harobalari saqlangan (mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmi va mil. dastlabki asrlar). Qadimgi „darbazi“ tipidagi toʻgʻri toʻrtburchak tarxli va tomi yogʻochdan gumbazsimon, pogʻonali gvir-gvini uylari keng tarqalgan. Xristian dinining qabul qilinishi (1—5-asrlar), yer egaligi munosabatlarining rivojlanishi natijasida shaharlar (Ujarma, Tbilisi) atrofiga istehkomlar qurilgan. Bazilika shaqlidagi cherkovlar saqlangan (Bolnis Sioni, 478 — 493 yil va boshqa). 6-asr 2-yarmidan markazi gumbazli 4 apsidali binolar (Jvari ibodatxonasi, Ateni Sioni va boshqalar) qurildi. 10-asr oʻrtalari va 13 — 14-asrlarda yangi shaharlar qurildi, koʻpgina qad. shaharlarda qalʼalar, yirik monastir ansambllari, soborlar qad koʻtardi. Binolar toʻgʻri toʻrtburchak tarhli, xochsimon gumbazli, old tomoni toqiravoqli, oʻymakori shaklda bezatilib, ichki devorlari va gumbaz ostita rasmlar tushirildi (Kutaisidagi Bagrata ibodatxonasi, 10 — 11-asrlar, Msxetadagi Alaverdi va Svetitsxoveli soborlari, 11-asr va boshqalar). 14 — 18-asrlarga oid shahar harobalari (Gremi, 16-asr va boshqalar), ibodatxona, monastir, qalʼa (Ananuri, 16 — 17-asrlar), qoʻrgʻon (Xertvisi), karvonsaroy, koʻpriklar saqlangan. 19-asrda Gruziyani Rossiya bosib olgach, klassitsizm uslubidagi inshootlar qurila boshladi. 19-asr 2-yarmida shahar meʼmorligida eklektizm hukmronlik qilgan boʻlsa, 20-asrdan milliy meʼmorlik shakllari va mavzulari vujudga keldi (Tbilisidagi Gruziya dvoryan zamin banki, hozirgi Respublika xalq kutubxonasi, 1912—16, meʼmori A. N. Kalgin). 20-asrning 20—30-y.larida binolar sovet konstruktivizmi ruhida barpo qilindi (sanatoriy, dam olish maskanlari), anʼanaviy milliy meʼmorlik shakllari qoʻllanildi (ZAGES, 1927, meʼmorlar A. N. Kalgin, M. S. Machavariani, K. A. Leontyev; Tbilisidagi „Dinamo“ stadioni, 1933 — 37, meʼmori A. G. Kurdiani). 50—60-yillarda yirik sanoat shaharlari qurildi (metallurglar shahri — Rustavi va b.), Tbilisi va boshqa shaharlarda maʼmuriy binolar (Tbilisidagi xukumat uyi bosh korpusi, 1938 — 53, meʼmori V. D. Kokorin va G. I. Lejava, V. D. Nasaridze ishtirokida), teatr, oʻquv va sport inshootlari, mehmonxonalar („Iveriya“ mehmonxonasi, 1967, meʼmori O. D. Kalandarishvili, I. S. Sxomelidze ishtirokida) qad koʻtardi. Mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirilgan koʻp qavatli uylar kurila boshladi. Yirik shahar va kurortlarning yangi bosh loyihalari ishlab chiqildi (Sxaltubo, Pitsunda va boshqalar). Meʼmorlikda haykaltaroshlik, mozaika, rangtasvir, oʻymakorlikdan foydalanildi (Tbilisidagi baxt uyi, Tbilisi metropoliteni stansiyalari va boshqalar). Kichik shakl meʼmorligi (xiyobonlar, doʻkonlar, obidalar) barpo etish sohasida durust muvaffaqiyatlarga erishildi. Tasviriy sanʼati Mil. av. 2 — 1-ming yillikda tilla, kumush, jezdan bezak buyumlari (zargarlik, rangdor toshlar, metall, tosh oʻymakorligi), sirkor, naqshli sopol idishlar ishlangan (Trialeti qoʻrgʻonlari, Samtavro mozori va Msxetadan topilgan buyumlar). Oʻrta asrlarda ehromlarga boʻrtma haykallar va oʻyma naqshlar ishlash rivojlangan, monumental rassomlik, miniatyura avj olgan (Jvari relyeflari, Sromi mozaikalari, 7-asr). 10 — 13-asrlar Gruziya sanʼati gullagan davr boʻldi: Kumurdo va Oshki ehromlari, Svetitsxoveli sobori (Msxeta), Ateni, Vardzia, Svanetiya cherkovlaridagi devor rasmlari (rassom Tevdore), Gelat monastiri asosiy ehromining mozaikalari, astronomiya risolasi (1188) va boshqa jozibadorligi bilan diqqatni tortadi. Metall kandakorligi Gruziya sanʼatining muhim tarmogʻi: Zarzmadagi „Tirilish“ (9-asr), „Mehr“ (11-asr) ikonalari, Brili (ustasi Asat), Bretidagi oltin butlar va boshqalar. 19-asrdan rus sanʼatining taʼsiri kuchaydi. 19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida baʼzi rassomlar ijodida demokratik-realistik yoʻnalish muhim oʻrin oldi, portret sanʼati rivojlandi (G. I. Maysuradze va b.) va maishiy mavzuga eʼtibor kuchaydi: R. N. Gvelesiani, A. L. Beridze, A. I. Gogiashvili, G. I. Gabashvili, A. I. Mrevlishvili, M. I. Toidze va boshqalar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida hozirgi zamon Gruziya haykaltaroshligining asoschisi Ya. Sh. Nikoladze va rassom N. Pirosmanishvili ijod qildi. Tbilisida tashkil etilgan Badiiy akademiya (1922) Gruziya tasviriy sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. 1950—60 yillarda shu akademiyani bitirib chiqqan rassomlar E. Kalandadze, G. Kutateladze, K. Maharadze, J. Nijaradze, R. TarxanMouravi, J. Xundadze, N. Ignatov, T. Tordiya hamda sanʼatkorlardan A. G. Simakuridze, V. V. Sidamon-Eristavi, D. N. Kakabadze, ayol rassomlardan Ye. D. Axvlediani, K. K. Manalashvili, haykaltaroshlardan N. P. Kandelaki, S. Ya. Kakabadze, teatr rassomlaridan I. I. Gamrekoli, S. B. Birsaladze va b. ijodi diqqatga sazovor. 1950 — 60 yillarda Gruziya rassomlarining yangi avlodi yetishdi: G. D. Gelovani, E. A. Totibadze va b; A. M. Bandzeladze, T. L. Kubaneyshvili va boshqa grafikada, E. D. Amashukeli, M. I. Vardzenishvili, D. Mikatadze va b. haykaltaroshlikda, I. A. Ochiauri, G. 3. Gabashvili, K. Ye. Guruli va boshqa metall oʻymakorligida ijod qildilar. Zurab Seretelining monumental asarlari Gruziyadagina emas, AQSh (Nyu-Yorkdagi BMT binosi yonida), Rossiya, Braziliya, Yaponiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda ham oʻrnatilgan. Musiqasiga oid dastlabki maʼlumot mil. av. 8-asrdan boshlanadi. Xalq musiqasi xilma-xil shakl, uslub va janrlarda, bir ovozli kuylar bilan birga koʻp ovozli yoʻllari ham mavjud. Kartuli, perxuli, xorumi kabi xalq raqslari, chonguri, panduri, changi (chertma-torli), chuniri (torli-kamonli), salamuri (naysimon), gudastviri (damli), doli, dayra (urma) singari xalq sozlari qadimdan maʼlum. Koʻp ovozli xalq qoʻshiqlari taʼsirida cherkov musiqasi vujudga kelgan (14-asr). 18-asrdan shahar hunarmandlari musiqasi paydo boʻlgan. 19-asrdan kompozitorlik musiqa madaniyati rivojlana boshladi. Tbilisida opera teatri (1851), kamer va simfonik konsertlar tashkil etilgan, xor kurslari va musiqa maktabi (1886-yildan musiqa bilim yurti) ochilgan. F. Ya. Koridze, 3. P. Paliashvili, gurj musiqiy folklorshunosligi asoschisi D. I. Arakishvili va boshqa xalq qoʻshiqlarini toʻplab nashr etishgan. 1905-yilda Gruziyada filarmoniya jamiyati tuzilgan. 1904-yil D. I. Arakishvili birinchi milliy opera — „Shota Rustaveli qaqida qissa“ni yaratdi. 1919-yil Z. P. Paliashvilining „Abesalom va Eteri“ operasi, V. I. Dolidzening „Keto va Kote“ hajviy operasi sahnaga qoʻyildi. 1917-yil Tbilisida konservatoriya ochildi. 1919-yil opera studiyasi ochilib, unda rus va Gʻarbiy Yevropa kompozitorlarining operalari sahnalashtirildi. 1922-yilda 2-konservatoriya ochilib, milliy opera rivoj topdi. Z. P. Paliashvilining „Daney“, I. R. Tokiyelining „Qizil qalpoqcha“ va „Billur kavushcha“, N. L. Mamisashvilining „Maqtanchoq quyoncha“ kabi bolalar operalari yaratildi (bu operalar yangi taxrirda 60-yillarda sahnaga chiqdi). A. D. Machavariani, S. F. Sinsadze, A. M. Balanchivadze kabi kompozitorlar jahon klassik adabiyoti asarlari asosida baletlar yaratishgan. 1930-yillar oxiridan simfonik janr yetakchi boʻlib qoldi. 40 — 50-yillar oxiri O. V. Taktakishvilining 1simfoniyasi bilan fortepiano konserta, A. D. Machavarianining skripka konserti (1949) va boshqa asarlar yaratildi. Sh. Mshvelidzening „Tariel haqida afsona“ epik monumental operasi Gruziya musiqiy teatrining yirik asaridir. O. Takishvili, R. Lagidze, G. Sabadze, S. Nasidze, G. Kancheli va boshqa kompozitorlarning asarlari koʻp mamlakatlarda mashhur. Gruziya har doim isteʼdodli dirijyor, xonanda va sozandalar bilan dong taratgan (Ye. Mikeladze, O. Dimitriadi, S. Inashvili, N. Kumsiashvili, D. Badridze, D. Gamrekeli, D. Andguladze, N. Haradze, M. Nakashidze, P. Amiranashvili, 3. Sotkilava, M. Kasrashvili, P. Burchuladze, E. Virsaladze, A. Toradze, L. Isakadze, Z. A. Anjaparidze, N. Bregvadze, V. Kikabidze, T. Gverdsiteli va boshqalar). Teatri Gruziyadagi qadimgi hosil bayrami oʻyinlarida teatr unsurlari boʻlgan. Mil. av. 2-ming yillik oʻrtalariga mansub kumush buyumlarda niqob taqib oʻyinga tushayotgan kishilar tasvirlangan. Shu oʻyinlarning unsurlari keyinchalik berikaoba deb atalgan niqobli xalq teatriga oʻtgan. Uning tomoshalarida xalqning erksevarlik ruhi, zulmga qarshi kurashi aks etgan. Ksenoba deb atalgan ommaviy xalq karnaval bayramlari gurjlarning ajnabiy bosqinchilarga qarshi kurashini aks ettirgan. Oʻrta asrlarda cherkovning quvgʻiniga qaramay, saxioba deb atalgan saroy teatri rivojlandi. U afsonaviy, ishqiy va hajviy tomoshalar koʻrsatardi. 18-asrning 2-yarmiga kelib, teatr maktabi tarkib topdi. Gruziya professional teatri chor hukumati tomonidan 1856-yilda yopildi. Professional teatr asoschisi dramaturg G. Eristavi edi. 1879-yil I. Chavchavadze va A. Sereteli kabi yozuvchilar Tiflis va Kutaisida professional teatrlarni tashkil gʻilishdi. V. Abashidze, V. S. Aleksii Mesxashvili, N. Gabuniya, K. Mesxi, V. Guniya va boshqalar oʻsha yillarning yirik aktyorlaridir. 90-yillarda Tiflis, Batumi, Kutaisida xalq teatrlari vujudga keldi. 1921-yil Tbilisida Sh. Rustaveli nomidagi teatr, 1928-yil Kutaisida K. A. Marjanishvili boshchiligidagi teatr tashkil etildi (1930-yil Tbilisiga koʻchiriddi, 1938-yildan K. A. Marjanishvili nomi bilan ataldi). 1939-yil Sh. Rustaveli nomidagi G. davlat teatr instituti vujudga kelgan. V. Anjaparidze, A. Vasadze, V. D. Godziashvili, U. Chxeidze, A. Xorava, N. Vachnadze, T. Chavchavadze, S. Chiaureli, K. Kavsadze, R. Chxikvadze, G. Kavtaradze, S. Zakariadzelar G. teatrining yirik arboblaridir. M. Japaridze, M. Chaxava, K. Maharadze, L. Ioseliani va boshqa aktyor va rejessorlar teatrga keyingi yillarda kirib keldi. Gruziyada opera, operetta va musiqa teatrlari, bolalar teatrlari mashhur. Gruziyada 38 ta davlat va oʻnlab xalq teatrlari mavjud. Suxumi, Rustavi, Gori, Sxinvali, Chiatura, Telavi, Poti, Maharadze, Zugdidi, Axalsixe sh.laridagi teatrlar shu jumlaga kiradi. Kinosi 1908-yil tasvirchi V. Ya. Amashukeli suratga olgan hujjatli filmdan boshlangan. Gruziyaning birinchi badiiy filmi „Rohiba“dir. 1921-yil „Arsen Jorjiashvili“, 1923-yilda „Qizil shaytonchalar“ filmlari ekranga chiqdi. „Uch hayot“ (I. Perestiani), „Kim aybdor“ (A. Sutsunava) filmlari 30 — 40-yillarda yaratilgan. A. I. Bek-Nazarov, I. Perestiani, N. Shengelaya, A. Sutsunava, M. Chiaureli, K. A. Marjanashvili kabi rejessorlar, N. Vachnadze, M. Gelovani va b. aktyorlarning Gruziya kinematografiyasining yuzaga kelishida xizmatlari katta. "Georgiy Saakadze (M. Chiaureli), „Koʻprik“ (S. Pipinashvili) filmlari ikkinchi jahon urushi yillari ekranlashtirildi. „Ninachi“, „Ikki okean siri“, „Oq karvon“, „Yolborish“ kabi filmlar keyingi yillar mahsuli. Rej. M. Chxeidze ishlagan „Soldat otasi“ filmi Gruziya kinosining yutugʻi hisoblanadi. Gruziya kinematografchilari qisqa metrajli filmlar ustasi sifatida nom chiqargan. Gurj kinosining yuksalishi hamda ajoyib filmlarning yaratilishi 50 va 60-yillarda kinoga kirib kelgan rejessorlar nomi bilan bogʻliq. 50-yillardan boshlab ularning asarlari turli xalqaro kinofestivallarda 100 dan ortiq har xil mukofotlarga ega boʻldi. „Lurja Magdani“ (1955, rejissor T. Abuladze, R. Chxeidze), „Soldat otasi“ (1964, rejissor R. Chxeidze), „Sening farzanding , Yer“ (1980, rejissor R. Chxeidze), „Yolborish“ (1968, rejissor T. Abuladze), „Toʻy“ (1964), „Soyabon“ (1967, rejissor M. Kokobadze), „Pirosmani“ (1968, rejissor E. Shengelaya), „Gʻaroyib koʻrgazma“ (1968, rejissor E. Shengelaya), „Birinchi qaldirgʻoch“ (1975, rejissor N. Mchedlidze), „Ezgulik daraxti“ (1976, rejissor T. Abuladze), „Pogʻona“ (1986, rejissor A. Rexviashvili), „Suram qalʼasi toʻgʻrisida afsona“ (1986, rejissor S. Parajanov), „Tavba-tazarru“ (1987, rejissor T. Abuladze) va boshqa filmlar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda Tbilisi teatr institutining kino fakultetini bitirib chiqqan sanʼatkorlar tomonidan yaratilgan „Avlodlar daʼvati“ (1981, rejissor G. Choxeli), „Robinzoniada yoki ingliz bobom“ (1986, rejissor N. Jorjadze), „Tilla qoʻngʻiz“ (1988, rejissor D. Janelidze), „Sergaklar kuyoshi“ (1991, rejissor T. Babluani) va boshqa filmlar xalqaro kinofestivallarda yuksak eʼtiborga sazovor boʻlgan. Hozir Gruziyada bir necha mustaqil kinostudiya va „Gruziyafilm“ kinokonserni mavjud. 1991 — 2001-yillarda A. Sabadze, D. Sinsadze, N. Janelidze kabi rejessorlar nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor boʻldilar. Oʻzbekiston — Gruziya munosabatlari Manbalar Havolalar Gruziya Respublikasi haqida toʻliq maʼlumot (ingliz, olmon, rus va gruzin tillarida) Yevropa Gruziya
37,860
3186
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gretsiya
Gretsiya
Gretsiya yoki Gretsiya Respublikasi () – Janubi-Sharqiy Yevropada, Bolqon yarim orolning janubida va uning atrofidagi orollarda (yiriklari – Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos) joylashgan davlat. Maydoni 131,9 ming km2. Aholisi 11,28 million kishi (2012). Poytaxti – Afina shahri hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan 52 nom (viloyat)ga, nomlar yeparxiyalarga boʻlinadi. 10 tarixiy-geografik viloyatga boʻlish ham mavjud. Davlat tuzumi Gretsiya – parlamentam respublika. Davlat boshligʻi – prezident. Amaldagi Konstitutsiya 1975-yilda qabul qilingan. Unga 1986-yil 7-martda kiritilgan tuzatishlarga binoan prezident parlamentda ochiq ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. U yana bir marta shu lavozimga qayta saylanishi mumkin. Prezident 10 kundan ortiq chet elda boʻlganida, vafot etganida, isteʼfoga chiqqanida yoki ishga layoqatsiz boʻlib qolganida uning vazifasini Deputatlar palatasining raisi bajarib turadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament) va respublika prezidenti amalga oshiradi. Parlament umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish asosida 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazirni va uning tavsiyasiga koʻra hukumatning boshqa aʼzolarini tayinlaydi. Bosh vazir lavozimiga parlamentda koʻpchilik oʻringa ega boʻlgan partiyaning rahbari tayinlanadi. Tabiati Gretsiya quruq subtropik mintaqada joylashgan. Mamlakat hududining 80 % togʻlik. Oʻrtacha balandligi 1000-1800 metrli togʻlar koʻp, eng baland choʻqqisi – Olimp togʻi (2911 metr). Togʻlar eroziya taʼsirida parchalanib ketgan va karst avj olgan. Peloponnes yarim orolning sharqida va Kiklada orollarida tez-tez zilzila boʻlib turadi. Qazilma boyliklar, asosan, Gretsiya sharqidan topilgan: temir, marganes, xrom, nikel, qoʻrgʻoshin, rux, boksit, marmar, qum qayroq, qoʻngʻir koʻmir va boshqalar. Neft ham qazib olinadi. Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, qishi sernam va yumshoq; yozi issiq va quruq. Afinada yanvarning oʻrtacha harorati 4— 12 °C, iyulniki 25—27 °C. Yogʻin shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa kamayib boradi. Oʻrtacha yillik yogʻin togʻlarda 1500 mm gacha, tekisliklarda 400–700 mm (80 % i qishda yogʻadi). Mamlakat shimolda iqlim sovuq, qishda harorat 0 °C dan past boʻladi. Daryolari – Vardar, Maritsa, Strimon, Nestos (Mesta) va boshqalar. Togʻ daryolari koʻp, ular yomgʻir va qordan suv oladi, yezda suvi kamayib qoladi. Karst koʻllari va mineral buloqlar koʻp. Koʻllari – Prespa, Trixonis. Dengiz sohillaridagi va past togʻlik joylardagi butazor va quruq oʻrmonlar tagida jigarrang va qoʻngʻirjigarrang tuproqlar; balandroqda qoʻngʻir oʻrmon-togʻ tuproqlari uchraydi. Koʻp joylarda tuproq qatlami suv va shamol eroziyasiga uchraydi. Gretsiyaning 44 % maydoni oʻrmon va 28 % butazorlar bilan band. Dub, qora qayin, kashtan, shumtol, oq qaragʻay, zarang, yongʻoq va b. oʻsadi. Togʻlarda boʻri, ayiq va yovvoyi oʻrmon mushugi yashaydi. Chiyaboʻri, ilon, kaltakesak va toshbaqa koʻp. Milliy bogʻlari – Vikos-Aoos, Mikra-Presna, Eta va boshqalar. Aholisi Aholisining 95 % yunonlar. Mamlakatning markaziy viloyatlarida albanlar va aromunlar, sharqida turklar yashaydi. Yahudiy, loʻli va bolgarlar Gretsiyaning hamma joyida bor. Rasmiy til – yunon tili. Aholining aksariyati pravoslavlar; 5 % boshqa dinlarda. Aholining 59 % shaharlarda, 11 % shaharchalarda, 30 % qishloq joylarda yashaydi. Uning oʻrtacha zichligi – 1 km2 ga 75 kishi toʻgʻri keladi. 5 mln.ga yaqin yunon mamlakat tashqarisida, asosan AQShda (2 mln. kishi), Kanada, Avstraliya, Olmoniyada istiqomat qiladi. Yirik shaharlari – Afina, Saloniki, Patri. Tarixi Hozirgi Gretsiya hududida qadim zamonlarda antik sivilizatsiya mavjud boʻlgan. Mil. 4-asrda Gretsiya Vizantiya tarkibiga kirgan. 14—15-asrlarda Usmonli turk imperiyasi tomonidan istilo etilgan. Yunon xalqi xorijiy bosqinchilarga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtardi (1571, 1611-yillarda). Buyuk fransuz inqilobidan taʼsirlangan inqilobchi-demokrat Rigas Velestinlis Gretsiya va boshqa Bolqon davlatlari uchun konstitutsiya yozdi. 1814-yil Odesada „Filiki Eteriya“ („Axil jamiyat“) nomli maxfiy inqilobiy tashkilot tuzildi. Bu tashkilotga 1820-yilda rus armiyasi generali, yunon aristokrat oilasidan chiqqan A. Ipsilanti rahbar boʻldi. „Filiki Eteriya“ ozodlik harakati bayrogʻini koʻtardi va 1821-yil 25-martda Gretsiya mustaqillikka erishdi. 1822-yil yanvarda Epidvarda chaqirilgan Milliy majlis Gretsiyaning birinchi konstitutsiyasini qabul qildi va Gretsiyani mustaqil deb eʼlon qiddi. 1827-yil aprelda yunon siyosiy arbobi I. Kapodistriya prezident qilib saylandi. Rossiya-Turkiya urushi (1828—1829) dan soʻng 3 davlat (Angliya, Fransa, Rossiya) London konferensiyasi qarorlariga muvofiq, 1830-yilning 3-fevraldan boshlab Gretsiya mustaqilligi tan olindi. 1910-yilda Krit o. Gretsiya bilan qayta qoʻshildi. 1910—1915-yillar mobaynida Liberallar partiyasi tashkilotchisi E. Venizelos Gretsiya Bosh vaziri lavozimida ishladi. U bir qator islohotlar oʻtkazdi. Gretsiya 1912-yilgi Bolqon ittifoqini tuzishda, Bolqon urushlari (1912—1913)da qatnashdi. Gretsiya birinchi jahon urushi davrida Birinchi jahon urushining dastlabki yillarida Gretsiya betaraflik siyosatini tutdi. 1915-yilning noyabr oyidan eʼtiboran ittifoqchi davlatlar Gretsiyai iqtisodiy jihatdan yakkalab qoʻya boshladilar. Natijada u ham Antanta davlatlari tomonida urushda qatnashdi. Urush Gretsiya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Turkiya bilan Gretsiya oʻrtasida tuzilgan Sevr sulh shartnomasi (1920)ga muvofiq, Izmir, Sharqiy Frakiya hamda Imroz, Tenedos va boshqa orollar Gretsiyaga berilishi kerak edi. Pekin Turkiyaga qarshi Angliya va Fransiya tomonidan uyushtirilgan harbiy fitna (1919—1922)da Gretsiyaning magʻlubiyatga uchrashi uni Sharqiy Frakiya, Izmir va boshqa hududlardan mahrum qildi. 1924-yil 25-martda Gretsiya respublika deb eʼlon qilindi. 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatda ishchilar va dehqonlar harakati avj oldi. Ikki yirik – Liberallar (Angliya tarafdorlari) bilan Xalq partiyasi (Fransiya tarafdorlari) oʻrtasida kurash kuchaydi. 1934-yil Gretsiya Rumuniya, Turkiya va Yugoslaviya bilan bitim tuzib, Bolkon Antantasi tarkibiga kirdi. Shu tariqa Gretsiya Fransiya rahbarligidagi harbiy-siyosiy ittifoqqa aʼzo boʻldi. 1935-yil soxta referendum asosida mamlakatda monarxiya tiklandi. 1936-yil 4-avgustda general I. Metaksas harbiy hokimiyati oʻrnatildi. Gretsiya ikkinchi jahon urushi davrida Ikkinchi jahon urushining dastlabki paytida Gretsiya betaraflik yoʻlini tutmoqchi boʻldi. Lekin 1940-yil 28-oktabrda Italiya qoʻshinlari Gretsiyaga bostirib kirib, hududining bir qismini egallab oldi. Yunon xalqi noyabr oyiga kelib, dushman askarlarini Gretsiyadan haydab chiqardi. 1941-yil 6-aprelda olmon askarlari Gretsiyaga kirdi va 2-iyungacha mamlakatni batamom egallab oldi. Hukmron partiya rahbarlari dushmanga qarshi kurashish oʻrniga, murosasozlikka oʻtdi. 1941-yil 27-sentyabrda Milliy ozodlik fronti tashkil qilinib, Gretsiya xalq, ozodlik armiyasi (ELAS) tuzildi (1941-yil dekabr). 1944-yil yozda Gretsiya hududining 2/3 qismi ozod qilindi. 1944-yil may oyida xorijda „Milliy birdamlik“ deb atalgan hukumat tuzilib, u mamlakatdagi fashizmga qarshi harakatni bostirish maqsadida ingliz askarlarini taqlif qildi. Hukumat 1944-yil 12-oktabrda Afinaga ingliz qoʻshinlari hamrohligida kelib, ELASni qurolsizlantirishga qarakat qildi. 5-dekabrda ingliz askarlari ELASga qarshi harakatgaoʻtdi. 1945-yil 12-fevralda da hukumat va Milliy ozodlik fronti Varkiz bitimini imzoladi. Bitimga muvofiq, harbiy holatni bekor qilib, afv umumiy (amnistiya) eʼlon etish, barcha qurolli otryadlarni tarqatish, davlat tuzumi haqida plebissit oʻtkazish va boshqa tadbirlarni koʻrish vaʼda qilingan edi. Gretsiya urushdan keyingi yillarda Milliy ozodlik fronti oʻz vaʼdasida turib, ELASni qurolsizlantirdi. Biroq hukumat munofiqona yoʻl tutib, terror muhitida soxta saylov (1946-yil mart) va plebissit (1946-yil sentyabr) oʻtkazdi hamda mamlakatda monarxiya tuzumini tikladi. Hukumat mamlakatdagi demokratik kuchlarni yoʻqotish maqsadida fuqarolar urushini boshlab yubordi. 1946-yil oktabrda Gretsiya demokratik armiyasi tuzilib, bu armiya milliy mustaqillik, demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot uchun uch yil mobaynida kurash olib bordi. 1949-yil oktabrda demokratik armiya qurolli qarshilik koʻrsatishni toʻxtatdi (ushbu armiya askarlaridan bir qismi Oʻzbekistonda boshpana topdi, shu yerda yashab, tinch mehnatda qatnashdi. Oʻz vatanida qulay siyosiy vaziyat vujudga kelgach, koʻchib ketdi). Taraqqiyparvar arboblar taʼqibga uchradi. 1952-yil noyabrda marshal A. Papagos boshchiligidagi Yunon yigʻini partiyasi hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu partiya, soʻngra 1956-yilda uning asosida tuzilgan Milliy radikal ittifoq (ERE) K. Karamanlis boshchiligida mamlakatdagi demokratik kuchlarni bostirishni davom ettirdi. Bu esa xalk, ommasining noroziligini kuchaytirdi. 1963-yil 22-mayda parlament soʻl deputati G. Lambrakis oʻldirilganidan keyin Milliy radikal ittifoq (ERE) partiyasi hukumati isteʼfo berishga majbur boʻldi. 1963-yil noyabr – 1964-yil fevral parlament saylovlari natijasida hokimiyat Markaz ittifoqi partiyasiga oʻtdi. Hukumat rahbari G. Papandreu davlat apparatini qayta tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlar belgiladi, maktablarda bepul oʻqitishni joriy qildi, dehqonlar toʻlaydigan soliqlarni birmuncha yengillashtirdi, ayrim toifadagi xizmatchilar maoshini oshirdi, siyosiy mahbuslarni ozod qildi va 1965-yil 15-iyulda qirolning siquvi natijasida Papandreu hukumati isteʼfo berdi. Markaz ittifoqi partiyasidan ajrab chiqqan oʻta oʻng qanot rahbari S. Stefanopulos 1965-yil 17-sentyabrda yangi hukumat tuzishga muvaffaq boʻldi. U davlat apparati, politsiya va armiyada demokratik ruhdagi kishilarni qirol va oligarxiyaga sodiq shaxslar bilan almashtirdi. 1967-yil aprelda hokimiyatni P. Kanellopulos rahbarligidagi ERE partiyasi egalladi. Udarhol parlamentni tarqatib yubordi va 28-mayda yangi parlament saylovi oʻtkazmoqchi boʻldi. Biroq reaksion harbiy unsurlar 21-apreldayoq harbiy toʻntarish uyushtirdi va mamlakatda harbiy diktatura tartibini oʻrnatishga erishdi. Konstitutsiya bekor qilinib, demokratik tashkilotlar tarqatib yuborildi, ilgʻor kishilar esa qamoqqa olindi. Harbiy hokimiyatni K. Kollias boshqardi. 1967-yil 13-dekabrda Gretsiya qiroli Konstantin Harbin hukumatni agʻdarishga harakat qilib koʻrdi. Lekin qirol magʻlubiyatga uchrab, Rimga qochdi. Shu kuni xunta rahbari G. Papadopulos bosh vazir, general-leytenant G. Zoitakis esa regent qilib tayinlandi. 1974-yil iyulida harbiy diktaturaning ichki va tashqi siyosati butunlay barbod boʻlganligi natijasida bosh vazir K. Karamanlis boshchiligidagi fuqaro xukumati hokimiyat tepasiga chiqdi. Oʻsha yili oʻtkazilgan referendum monarxiya tugatilganligini tasdiqladi va Gretsiyai respublika deb eʼlon qildi. Gretsiya prezidenti – Konstantinos Stefanopulos (1995-yil martdan). Gretsiya 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 16-martda oʻrnatgan. Milliy bayrami – 25 mart – Mustaqillik kuni (1821). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Umumgresiya sotsialistik harakati (PASOK), 1974-yilda tuzilgan; Gretsiya soʻl partiyasi, 1987-yilda tuzilgan; Soʻl va taraqqiyparvar kuchlar uyushmasi, 1989-yilda tuzilgan; Gretsiya kommunistik partiyasi, 1918-yilda asos solingan; Yangi demokratiya partiyasi, 1974-yilda tuzilgan; „Siyosiy bahor“ partiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan. Gretsiya umummehnat konfederatsiyasi, 1918-yilda asos solingan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi. Xoʻjaligi Gretsiya – sanoatlashgan-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 18 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 16 %. Sanoati Yiliga oʻrtacha 30,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Elektr stansiyalarning koʻpi yoqilgʻi bilan ishlaydi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, sement korxonalari bor. Yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Ip va jun gazlama, gilam toʻqiladi. Yogʻ (zaytun yogʻi ishlan chiqarish boʻyicha dunyoda 3-oʻrin), un-yorma, meva konservalari, tamaki, vinochilik korxonalari bor. Oltingugurt kislotasi, sintetik materiallar, azotli va fosforli oʻgʻitlar, portlovchi moddalar ishlab chiqarish kimyo sanoatining asosini tashkil etadi. Asosan chetdan keltirilgan neftni qayta ishlab, turli mahsulotlar tayyorlanadi. Qazib olingan boksit, ferronikel va sh.k.ning anchagina qismi qayta ishlanmagan va konsentrat holida chet ellarga chiqariladi. Alyuminiy, poʻlat, choʻyan, baʼzi turdagi rangli metallar eritib quyiladi. Kemasozlik, avtomobilsozlik, traktorsozlik, binokorlik materiallari korxonalari mavjud. Kichikroq koʻnchilik-poyabzal va yogʻochsozlik fabrikalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Afina, Saloniki. Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – dehqonchilik boʻlib, qishloq xoʻjaligi mahsuloti qiymatining 75 % ni beradi. Mayda dehqonchilik xonadonlari ham, yirik xoʻjaliklar ham mavjud. Yerlarni ijaraga berish keng tarqalgan. Mamlakat maydonining 30 % ga yaqini – ekinzor. Gretsiyada zaytun daraxtining 31 turi usadi. Ular yiliga 2 marta gullab, hosil beradi. Aholi jon boshiga 10 tup zaytun daraxti toʻgʻri keladi. Mamlakat ekinzorlarining 1,9 % bogʻdorchilik xoʻjaliklari koʻlida. 6 mln. tup olma, 5 mln. tupdan koʻproq shaftoli, 19 mln. tupga yaqin boshqa mevali daraxtlar bor. Salkam 20 mln. tup apelsin, limon, mandarin, greypfrut, bergamot yozda va kuzda – 2 marta hosil beradi. Bugʻdoy yetishtiriladi; qand lavlagi, arpa, makkajoʻxori, sabzavot, sholi va boshqalar ham ekiladi. Chorvachilik zaif. Qoʻy, echki, qoramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz sohillarida baliq ovlanadi. Chet el sayyohligi anchagina daromad keltiradi (1 yilda 10 mln.ga yaqin kishi kelib ketadi). Transporti Gretsiyada dengiz transporti asosiy oʻrinni oladi. Savdo flotining salmogi jihatidan dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Gretsiyaning 2579 kemasidan 1000 ga yaqini boshqa mamlakatlar bayrogʻi bilan suzadi. Asosiy dengiz portlari: Pirey, Saloniki, Elefsis. Temir yoʻllarning uzunligi – 2,6 ming, avtomobil yoʻllarining uzunligi – 130 ming km. Afina va Salonikida xalqaro aeroportlar bor. Eksport va import Gretsiya chetga asosan zaytun yogʻi va mevasi, uzum, sitrus mevalar, tamaki va maʼdan xom ashyosi chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, yoqilgʻi, metalurgiya va kimyo sanoati uchun xom ashyo xarid qiladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Almaniya, AQSh, Italiya, Fransa, Buyuk Britaniya va boshqalar. Pul birligi – draxma. Ijtimoiy soha Tibbiy xizmati Gretsiyadagi kasalxonalarning aksariyati davlat qaramogʻida. Xususiy vrachlar ham tibbiy xizmat koʻrsatadi. Vrachlarni Afina va Salonikidagi universitetlarning tibbiyot fakultetlari tayyorlaydi. Mashhur kurortlari Delfa, Saloniki, Patri shaharlari va Kerkira orolida. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Maorif tizimi 4 bosqichga boʻlinadi: 6 yillik umumiy, 3 yillik oʻrta va 3 yillik oʻrta maxsus, shuningdek, oliy taʼlim. Umumiy va oʻrta taʼlim majburiydir. Gretsiyada 17 universitet va bir qancha texnika institutlari bor. Yiriklari: Afina, Saloniki universitetlari, Afina politexnika instituti. Ilmiy muassasalari: Afina akademiyasi (1926-yil tashkil etilgan; unda bir qancha institutlari va komitetlar mavjud), 20 ga yaqin i.t. instituti va bir qancha ilmiy jamiyatlar, Afina shahridagi Milliy rasadxona (1842-yil tashkil etilgan) va boshqalar. Gretsiyadagi Milliy kutubxona (1828-yil tashkil etilgan), Afina shahridagi Deputatlar palatasi kutubxonasi, universitetlar kutubxonalari yirik kutubxonalardir. Asosiy muzeylari: Milliy arxeologiya muzeyi (1874-yil tashkil etilgan). Akropol (1878-yil ochilgan), Bizantiya muzeyi (1914), Milliy tarix muzeyi (1882), Sanʼat asarlari milliy galereyasi (1900) – hammasi Afina shahrida joylashgan. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Gretsiyada bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: „Avgi“ („Tong“, kundalik gazetasi, 1952-yildan). „Akropolis“ („Akropol“, kundalik gazetasi, 1881-yildan), „Atenz nyus“ („Afina yangiliklari“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazetasi, 1952-yildan), „Katimerini“ („Kun yangiliklari“, kundalik gazetasi, 1919-yildan), „Rizospastis“ („Qatʼiyat“, kundalik gazetasi, 1918-yildan), „Apogevmatini“ („Oqshom yangiliklari“, kundalik kechki gazetasi, 1952-yildan), „Vima“ („Minbar“, yakshanbaliq haftanoma, 1922-yildan), „Ikonomikos taxidromos“ („Iqtisodiy xabarchi“, haftalik jurnali, 1926-yildan). Afina axborot agentligi 1896-yilda tashkil etilgan. Radioeshittirishlar 1938-yildan, telekoʻrsatuvlar 1966-yildan olib boriladi. Adabiyoti Yangi yunon adabiyoti Vizantiya yemirilgandan keyin dastlabki asrlarda antik va Vizantiya madaniyati anʼanalari, Uygʻonish davri gʻoyalari, xalq ogʻzaki ijodiyoti zaminida yuzaga kelgan. 15—17-asrlar adabiyoti Kipr, Rodos, Dodekanes, Krit va boshqa orollarda taraqqiy etdi. Turli janrlarda baquvvat asarlar („Qiz va yigit lapari“, „Choʻpon“, „Erofili“, „Erotokritos“) yaratildi. Bularda asosan ijtimoiy tengsizlik asoslari fosh etildi. 18—19-asrlarda yunon tilida bayon tusidagi adabiyot rivojlandi: K. Dapontes, M. Ibannu, I. Pandzeles va Rigas Velestinlis sheʼriyati muhim ahamiyat kasb etdi. A. Kalvos, A. Valaoritis kabi adiblar xalqning inqilobiy jasoratini kuyladilar. A. Matesis „Bazilik“ dramasi bilan milliy dramaturgiyaga asos soldi. Yunon milliy ozodlik qoʻzgʻoloni (1821—1829)ning yirik arboblari Ya. Makriyannis va F. Kolokotronis memuar (yodnoma) asarlar yaratdilar. D. Solomos, P. Sutsos, A. Rangavis kabi 1-Afina maktabining vakillari ijodida adabiyot anʼanalari oʻz ifodasini topdi. 2-Afina maktabining asoschisi K. Palamas asarlari („Qalbim nigohi“, 1892; „Loʻlining oʻn ikki qoʻshigʻi“, 1907; „Hajviy etyudlar“, 1912)da milliy til va milliy mavzuga asos solindi. 20-asr boshlarida ijod qila boshlagan D. Vutiras, P. Pikros, F. Kornaros kabi adiblarning asarlarida oddiy kishilarning ayanchli hayoti tasvirlangan. A. Sikelyanosning „Lirik hayot“ sheʼrlar toʻplami, „Iso Rimda“, „Digenisning oʻlimi“ dramalari adabiyot rivojida yangi bosqich boʻldi. Qarshilik koʻrsatish davrida taraqqiyparvar shoir va adiblardan A. Sikelyanos, F. Angules, G. Kodzyulas va b. ijodida antifashizm gʻoyasi ilgari surildi. Urushdan keyingi yillar yunon adabiyoti rivojida Jahon Tinchlik Kengashi adabiy mukofotining laureati N. Kazandzakisning roli katta. U „Kapitan Mixalis. Ozodlik yoki oʻlim“ romani bilan shuhrat qozondi. 1967-yilgi davlat toʻntarishidan soʻng adabiyotda umidsizlik, tushkunlik kayfiyatlari paydo boʻldi. A. Avgerisning „Kesishgan va parallel yoʻllar“, P. Korovesisning „Sinov“ sheʼriy toʻplamlarida erk va tinchlik gʻoyalari aks etdi. Qadimgi yunon dramaturgi Sofoklning „Shoh Edip“ asari Oʻzbekistan Milliy akademik drama teatrida zoʻr muvaffaqiyat bilan koʻrsatildi. U teletasmaga yozib olinib zangori ekranda ham bir necha marta namoyish etildi. Meʼmorligi Usmonli turklar hukmronligi davri (15-asr oxiri – 19-asr boshlari)da xalq meʼmorligi asosiy oʻrinni egalladi. Har bir vodiy va orolda uylar oddiy materiallardan oʻziga xos uslubda barpo etildi. Shimolda koʻproq yogʻochdan, orollarda toshdan foydalanildi. Tir orolidagi ravoqli va gumbazli, Andros, Mikonos va boshqa orollardagi yassi tomli uylar hozirgacha saqlangan. Yirik shaharlarda barpo etilgan turk mahallalari egri-bugri tor koʻchalardagi ikki qavatli uylardan iborat edi. Ibodatxonalar xochsimon-gumbazli tuzilishda boʻlgan (Afon va Metlor monastirlari). Mamlakat ozodlikka erishgach, 1830-yilda harobaga aylana-yozgan Afina poytaxt sifatida qayta tiklandi. Afina shahrining bosh qurilish loyihasi yaratilgach (1830), Gretsiya meʼmorligida yangi davr boshlandi. Yunon meʼmorlari S. Kleantis va L. Kavtadzoglu klassik uslubga asoslangan yangi xil turar joy binolarini yaratishdi. Jamoat binolari klassitsizm anʼanalari asosida, ibodatxonalar Vizantiya meʼmorligi ruhida barpo etildi. Serhasham jamoat binolarini koʻpgina xorijiy meʼmorlar (Afinadagi Milliy kutubxona, 1832; universitet binosi, 1837; daniyalik meʼmor X. K. Xansen) qurgan. 20-asr boshlarida mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan old tomoni bolxonali va lodjiyali koʻp xonali turar joylar (meʼmor K. Kitsikis), shahar tashqarisida villalar (meʼmor D. Pikionis, D. Tripodakis) qurildi. 50— 60-yillarda temir-beton va oynadan hamda mahalliy materiallardan foydalanib, xalq meʼmorligi asosida turli bino va mehmonxonalar (meʼmorlar P. Vasiliadis, P. Milonas va boshqalar) solindi. Maʼmuriy binolar koʻproq xalqaro meʼmorlik andazalari asosida (meʼmor K. Doksiadis), turar joylar (koʻp kvartirali arzon uylar, meʼmor A. Konstantinidis va boshqa), sanoat binolari (Afinadagi „Fiks“ fabrikasi, meʼmor T. Zenetos) qad koʻtardi, muzey va qadimgi yodgorliklar taʼmirlandi. Tasviriy sanʼati 15-asr oxiri va 19-asr boshlarida Gretsiyada monastirlik (ibodatxonalarga liniy mavzudagi rasmlar ishlash) sanʼati hukmronlik qilgan. Soʻnggi Vizantiya anʼanalari saqlangan, xalq ijodiyoti rivojlangan (boʻrtma tasvir, kashtachilik va boshqalar). 19-asrda sodda va aniq portretlar N. Kandunas, N. Kunelakis asarlarida namoyon boʻlgan. 19-asr 2-yarmida rassomlar Myunxen akademizmi usulini qoʻllab, xalq milliy mavzuiga murojaat qilishgan (N. Litras, N. Gizis). Ya. Altamuras manzaralarida romantizm aks etgan. 1920-yildan rassomlar Yevropa sanʼatining yangi oqimi taʼsiri singdirilgan milliy qiyofani yaratishga intildilar (rassom K. Partenis, haykaltarosh Ya. Xalepas). 20-asr oʻrtalarida 19 va 20-asrlar realistik sanʼat anʼanalari qatorida (rassomlar A. Georgiadis, Ya. Moralis, Ya. Saruhis) milliy oʻrta asr va xalq sanʼati shakllaridan foydalanilgan (devoriy rassomlik F. Kondoglu, grafika S. Vasiliu). Ikkinchi jahon urushi yillarida xalq ozodlik kurashi demokratik realistik sanʼatning paydo boʻlishiga taʼsir etdi (V. Semersidis, D. Katsikoyanis, X. Kapralos, V. Katraki va boshqalar). 20-asr oʻrtalarida tarkib topgan modern oqimlari (N. Xajikiriakos-Gikas, A. Kondopulos va boshqalar) keyingi yillarda keng tarqaldi. Musiqasi Gretsiya musiqasi – dunyodagi eng azaliy musiqiy madaniyatlardan biri. Oʻrta asr Gretsiya professional musiqasi Vizantiya musiqa madaniyatining taraqqiyot yoʻlidan bordi. 15-asr Turkiya istilosi davridan boshlab Gretsiya musiqasining rivoji toʻxtab qoldi. Milliy musiqa anʼanalari faqat xalq ijodi hamda cherkov musiqasida saqlanib qolgan. Xalq musiqasi turli shakl va janrlarga ega. Marosim, tarixiy, maishiy, lirik qoʻshiqlar mavjud. Ayniqsa, 17—18-asrlarda ezuvchilarga qarshi kurashgan kishi (kleft)lar haqidagi qoʻshiqlar mashxur boʻldi. Qoʻshiqlar joʻrligida koʻproq davra oʻyinlar (sirtos, sirtaki va boshqalar) ham ijro etiladi. Sozlar orasida lyutnya, lira, svirel (choʻpon nay), volinka va boshqalar uchraydi. Buzuki, mandolina, skripka, 1830-yillardan boshlab klarnet, gitaralar mashhur. Kerkira Filarmoniya jamiyatining (1840) asoschisi N. Mandzaros yunon milliy madhiyasini yaratgan. Kompozitor S. Samarasning Olimpiya oʻyinlari madhiyasi dastlab Afinada ijro etilgan (1896). Gretsiya milliy musika maktabi asoschilaridan biri M. Kalomiris Afinada Gretsiya milliy konservatoriyasini tashkil etdi; milliy opera va simfonik asarlari mashhur. 1940—1950-yillarda M. Xadzidakis va M. Teodorakis kabi koʻpgina qoʻshiqchi-kompozitorlar shuhrat qozondi. Gretsiyada milliy opera teatri (1919, Afina), 5 simfonik orkestr bor. Yagona davlat konservatoriyasi Salonikida (1914-yil tashkil etilgan); xususiy jamiyatlar qaramogʻidagi Afina (1871), Pirey (1904), yunon (1919) va Milliy konservatoriyalar (Afina, 1926) ham mavjud. Yil sayin ommaviy qoʻshiqlar festivali oʻtkaziladi. Teatri Vizantiya imperiyasi davrida antik teatr sanʼati anʼanasi toʻxtab qoldi. Zamonaviy teatr sanʼatining tashkil topishi yunon xalqining milliy ozodlik harakati, jumladan, yashirin vatanparvar jamiyat „Filiki Eteriya“ faoliyati taʼsirida Odesa (1817) va Buharest (1821)da dastlabki havaskor teatr truppalari tuzildi. Davlat mustaqilligi eʼlon qilingach, milliy teatr shakllana boshladi. G. Mandzuranis va G. Kalognomos boshchiligida Siroye orolida teatr tashkil qilindi. J. B. Molyer, K. Goldoni, I. Shiller, V. Gyugo, V. Shekspirlarning asarlari teatr repertuarini boyitdi. Afinada birinchi spektakl 1836-yil koʻrsatildi, lekin professional truppalar 60-yillardan paydo boʻldi. 1901-yili Afinada Davlat „Qirol teatri“ tashkil qilindi. Bu yerda ishlagan rejissor T. Ikonomu akterlik sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. 1910—20 yillarda Gretsiya teatr sanʼati sezilarli darajada inqirozga yuz tutdi. Rejissor F. Politis teatrning inqiroz holatini yengib oʻtishga intildi va 1925-yil Sofoklning „Shoh Edip“, N. V. Gogolning „Revizor“, F. M. Dostoyevskiyning „Akauka Karamazovlar“ini sahnalashtirdi. Dramaturg va teatr arbobi V. Rotas 1930-yilda „Xalq teatri“ni tashkil qildi (u 1934-yilga kadar faoliyat koʻrsatdi). 1945-yil „Birlashgan artistlar“ teatri tashkil qilinib, bunda koʻproq yunon dramaturglarining pyesalari qoʻyildi. 1955-yil „Yunon xalq teatri“ yuzaga keldi (rahbari M. Katrakis). 1957-yil rejissor D. Rondiris va aktrisa A. Papatanasiu asos solgan Pirey teatrining sahna asarlari Gretsiya teatrida katta burilish yasadi. 80-yillarga kelib, Gretsiya teatrlari repertuari birmuncha kengaydi. Molyer, I. S. Turgenev, A. P. Chexov, G. Ibsen, F. M. Dostoyevski asarlari Gretsiya teatri sahnasidan keng oʻrin oldi. Keyingi yillarda qoʻyilayotgan spektakllarda koʻproq maishiy va ijtimoiy mavzular oʻz aksini topdi, musiqali komediyalar ham sahnalashtirildi, eng aktual siyosiy voqealar yoritildi. Kinosi Gretsiyada 1906-yil birinchi hujjatli film suratga olindi. 1911 – 1912-yillarda bir necha kinokomediyalar yaratildi. 1914-yil asos solingan „Afina-film“ firmasi toʻla metrajli kinofilmlar muntazam ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. 1914—1918-yillarda koʻproq harbiy kinoxronikalar ishlandi. 1927—1931-yillarda tarixiy va zamonaviy badiiy asarlarni ekranlashtiruvchi yirik kinofirma – „Dagfilm“ faoliyat koʻrsatdi. „Sevgi va toʻlqinlar“ (1927, rejissor D. Gaziadis), „Dafnis va Xloya“ (1931, rejissor O. Laskos) va boshqalar shu firma mahsulotidir. 1932-yil birinchi ovozli film ekranlashtirildi („Notoʻgʻri yoʻl“, rejissor D. Gaziadis). Metaksas diktaturasi va fashistlar bosib olgan davrda „Qalb sadosi“ (1943, rejissor L. Ioanopulos), „Qarsaqlar“ (1944, rejissor G. Dzavelas) kabi milliy filmlar namoyish qilindi. Gretsiya ozodlikka erishgandan soʻng, dastlabki paytlarda yiliga 8—10 film yaratilgan boʻlsa, 50—60-yillarga kelib 46 taga yetdi. „Qonli Rojdestvo“ (rejissor G. Zervos), „Sehrli shahar“ (rejissor N. Kunduros), „Elektra“ (rejissor M. Kakoyanis), „Paroxodga“ (rejissor D. Damianos) kabi filmlar oʻzining mazmundorligi va ommaviyligi bilan ajralib turadi. A. Stavros, D. Konstandis, I. Dimopulos, I. Papas, P. Zervos, G. Kalogeratos, G. Arvinitis, A. Fonsu, O. Karlatos, T. Vengos, I. Liniku, N. Kurkulos, M. Merkuri, A. Vuyuklaki, D. Papamixail va boshqa Gretsiyaing yirik kinematografchilaridir. N. Kunduros va T. Kanellopuloslar esa hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar ishlab chiqarishda shuhrat qozondilar. Gretsiyada yiliga 100—120 film ekranlashtiriladi. Oʻzbekiston – Gretsiya munosabatlari 2022-yilning 16-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Gretsiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan oʻzaro tabrik almashdilar. Abdulaziz Kamilov maktubida tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, madaniyat, taʼlim va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirish uchun yetarli salohiyatga ega ekani qayd etilgan. Oʻzaro ishonchga asoslangan Oʻzbekiston – Gretsiya sherikligi ikki mamlakat xalqlari farovonligi yoʻlida barcha sohalarda yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirildi. Oʻz navbatida Nikos Dendias soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar teng huquqlilik va oʻzaro hurmat tamoyillari asosida izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi. Gretsiya Oʻzbekiston bilan xalqaro tuzilmalar doirasida, shuningdek, Yevropa Ittifoqi yoʻnalishida hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanlifi maʼlum qilindi. Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Manbalar Yevropa BMT aʼzolari
28,263
3187
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vengriya
Vengriya
Vengriya yoki Mojariston (Magyarorszag) (rasman: Vengriya Respublikasi yoki Mojariston Respublikasi)(Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy oqismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat. Maydon 93 ming km. Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, NATO, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti va BMTning aʼzosidir. Aholisi 9,772,756 million kishi (2019). Poytaxti Budapesht shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (mede) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Mamlakatning rasmiy tili Mojar tili. Davlat tuzumi Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 20-avgustda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan F. Madl). Prezident mamlakat qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni hisoblanadi, hukumat boshligʻini tayinlaydi, qamal yoki favqulodda holat eʼlon qilish huquqiga ega. Uning vakolat muddati — 5 yil Qonun chiqaruvchi organi — parlament — Davlat majlisi. Uni aholi yalpi teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylaydi. Ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi boʻlib, unga bosh vazir boshchilik qiladi. Tabiati Mamlakat hududi asosan tekislikdan iborat. Dunay daryosining soʻl sohili — Katta Oʻrta Dunayning bir qismida 100 — 200 m balandlikdagi tepaliklar uchraydi. Dunayning oʻng sohili 150-200 m balandlikdagi Dunantul oʻrqir tekisligi va Oʻrta Mojar togʻlarining massivlari (Bakon, Vertesh, Pilish, Mechek va boshqalar) dan iborat. Mamlakatning shimoli-gʻarbida Kichik Oʻrta Dunay pasttekisligining janubiy qismi (Kishalfyold), shimoli-sharqda Karpat togʻlarining etaklari (mamlakatning eng baland nuqtasi — Matra massividagi Kekesh togʻi, 1015 m), gʻarbda Alp togʻlarining yon bagʻri (bal. 500-800 m) joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: boksit, qoʻngʻir va toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, uran, marganes, temir rudalari. Balaton koʻli qirgʻoqlarida shifobaxsh termal va maʼdanli issiq suv buloqlari bor. Iqlimi — moʻtadil, kontinental. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 2, —4°, iyulda 20, 22,5°. Yillik yogʻin miqdori sharqda 450 mm dan janubi-gʻarbda 900 mm gacha. Shar-qida qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Yogʻinning koʻpi yoz boshida va kuzda yogʻadi. Dunay daryosi Vengriyani va uning poytaxti — Budapeshtni kesib oʻtadi. Uning irmoqlari — Tisa, Raba. Vengriyada koʻllar kam, eng kattasi Balaton koʻli. Yerlarining koʻp qismi — qora tuproq. Togʻ va adirlarda qoʻngʻir oʻrmon va karbonatli chim. Tisa va Dunay vodiylarida allyuvial tuproqpar. Alfyoldda shoʻrlangan kam unum tuproqlar uchraydi. Vengriya hududining 17,6 % oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlar asosan togʻ yon bagʻirlarining 300- 400 m dan baland qismlarida saqlanib qolgan. Hayvonlardan quyon, dala sichqoni, yumronqoziq, tulki, tipratikan, qushlardan toʻrgʻay. qorayaloq, qizilishton, boyqush. qamishzorlarda suv parrandalari uchraydi. Vengriyada Qishbalaton qoʻriqxonasi, Tixan, Xortobad kabi milliy bogʻlar bor. Aholining 97 % Mojarlar, shuningdek olmonlar, slovaklar, xorvatlar, ruminlar, yahudiylar, serblar, slovenlar, polyaklar, loʻlilar va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi: 1 km: ga 115 kishi toʻgʻri keladi, 62 % aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlar asosan katoliklar (64 %) va protestantlar (23 %). Rasmiy tili — mojar tili. Yirik shaharlari: Budapesht, Mishkols, Debresen, Seged, Pech. Tarixi Vengriya hududida dastlabki manzilgohlar paleolit davrida paydo boʻlgan. Bu yerda skif, illiriy, kelt qabilalari yashagan. Mil. avv. 1-asr oxiri va mil. 2-asr boshlarida ularni Rim imperiyasi zabt etgan. Keyinchalik, xalqlarning buyuk koʻchishi davrida Vengriya hududida olmon va turkiy elatlar kelib joylashgan. 6-asrda slavyanlar kelgan. Hozirgi vengmojarerlarning ajdodlari milodiy davr boshlarida Qora dengiz boʻylarida yashar edi. Koʻchmanchi chorvador mojar qabilalari 9-asr oxirlarida gʻarbga siljib, hozirgi Vengriya hududiga kelib joylashgan. Vengriya davlatining shakllanishida 997 yil xristianlikning qabul qilinishi va knyaz Ishtvan Ining taxtga oʻtirishi muhim rol oʻynadi. U 1000-yilda oʻzini qirol va davlatni qirollik deb eʼlon qildi. 10-asrning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonchilik rivoj topdi, yerga xususiy mulkchilik kuchaya bordi. Moʻgʻullarning hujumi (1240—41) Vengriyani vayron qildi. Bu davrda qirol Bela JV (1235—70) Avstriyaga qochdi. 1242-yilda bosqinchilar ketgach, qirol qaytib kelib, mamlakat xoʻjaligini qayta tiklash, mamlakatni mustahkamlash choralarini koʻrdi: mayda va oʻrta dvoryanlarga imtiyozlar berdi, qoʻshni davlatlar bilan aloqa oʻrnatdi. Uning vafotidan keyin feodal tarqoqlik kuchaydi. Karl Robert (1308—42) va uning oʻgʻli Layosh (Lyudovik) (1342—82) davrida hokimiyat markazlashtirilib, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga eʼtibor berildi. 15-asr boshidan Vengriyaga turklar tahdid soldi. Dastlab 1416-1418 yillarda turklar Vengriya jangga bostirib kirdi. Mamlakatdagi feodal tarqoqlik turklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishga xalaqit berdi. Ichki nizolar kuchaydi, dehqonlarni ekspuluatatsiya qilish zoʻraydi. Oʻzaro urushlar, dehqonlar gʻalayoni mamlakatni tobora zaiflashtirdi. Moxach yaqinida mojarlar sulton Sulaymon armiyasiga yengilib (1526), Vengriyaning markaziy va janubiy qismi Turkiyaga (150 yil davomida) qaram boʻlib qoldi, gʻarbiy va shimoliy qismi Avstriyaga oʻtdi. Mojar dvoryanlari Avstriya monarxi Ferdinand Gabsburgni oʻz qiroli deb tan oldi. Vengriyaning sharqida Transilvaniya knyazligi tashkil topdi, keyinchalik u ham Avstriyaga qaram boʻlib qoldi (1858). 18-asr dan boshlab chet el zulmiga qarshi ozodlik kurashi kuchaydi, bu kurash Ferens II rahbarligida 10 yil davom etib, pirovardida magʻlubiyatga uchradi. 1711-yilgi Satmar sulhiga muvofiq, Avstriya oʻz taʼsirini butun Vengriya hududiga oʻtkaza boshladi. Gabsburglar oʻtkazgan qator islohotlar va „maʼrifatli absolyutizm“ siyosatiga qaramay, 18-asr oxiridagi Fransuz burjua inqilobi taʼsirida Vengriyada Avstriya hukmronligiga qarshi norozilik kuchaydi. 1848-yil 15-martda Vengriyada pomeshchiklar tuzumi va Avstriya zulmiga qarshi inqilob boshlandi. 1849-yil 5-yanvarda Avstriya qoʻshinlari Vengriya poytaxtiga kirdi. Vengriyaning barcha qonunlari bekor qilindi, mamlakat Avstriyaning viloyatiga aylantirildi. 1867-yil Avstriya hukumati venrep hukmron doiralari bilan kelishib Avstriya-Vengriya monarxiyasini tuzdi. Birinchi jahon urushi natijasida bu monarxiya parchalandi. 1918-yil oktabrdagi inqilob natijasida Vengriya mustaqil davlatga aylandi (16-noyabrda respublika deb eʼlon qilindi). 1919-yil 21-martda Vengriya Sovet Respublikasi boʻldi. U 1919-yil 1-avgustda agʻdarilgach, mamlakatda Xorti diktaturasi (1920—1944) oʻrnatiddi. Vengriya Italiya va Olmoniya bilan yaqinlashdi. Mamlakat iqtisodiyoti Olmoniya fashizmiga xizmat qildirildi. Ikkinchi jahon urushida Olmoniyaning ittifoqchisi sifatida qatnashdi. 1944-yil martda gitlerchilar Vengriyani bosib oldilar. Ular hokimiyat tepasiga F. Salashini qoʻydilar. 1944-yil sentabrda Vengriya olmon qoʻshinlaridan ozod qilina boshladi. 1944-yil 22-dekabrda tuzilgan Vengriya muvaqqqat milliy hukumati oradan 6 kun oʻtgach, Olmoniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945-yil 4-aprelda Vengriya olmon koʻshinlaridan butunlay ozod etildi. 1946-yil 1-fevralda Vengriya respublika deb eʼlon qilindi. 1949-yildan Vengriya Xalq Respublikasi deb ataldi. Mamlakatda sanoat, banklar, transport davlat ixtiyoriga olindi, yer islohoti oʻtkazildi. Kompartiyaning bir partiyali rejimi keng miqyosda ijtimoiy norozilikka sabab boʻldi. 1956-yil oktabrdagi xalq isyonida demokratik erkinliklar berilishi talab qilindi. Shoʻro qurolli kuchlari bu isyonni shafqatsizlarcha bostirdi. Varshava shartnomasidan chiqmoqchi ekanini eʼlon qilgan I. Nad huqumati qamoqqa olindi. Shundan keyingi yillarda Ya. Kadar boshchiligidagi mamlakat rahbariyati mafkuraviy murosa va xoʻjalik islohoti oʻtkazish yoʻli bilan Vengriya sotsialistik ishchi partiyasining mavqeini mustahkamlashga urindi. 1989-yilda 1949-yil gi konstitutsiya oʻzgartirilib, Vengriya demokratik huquqiy davlat deb eʼlon qilindi. 1989-yil 18-oktabrda mamlakat Vengriya Respublikasi deb ataldi. Vengriya 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 3-martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 15 mart — 1848—49 yil burjua inqilobining boshlanishi; 20-avgust — Vengriya davlati asoschisi Avliyo Ishtvan kuni; 23-oktabr—1956-yil inqilob va ozodlik kurashi boshlangan kun va 1989-yil Vengriya Respublikasi eʼlon qilingan kun. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Vengriya ishchi partiyasi (1918-yilda asos solingan Vengriya Komunistik partiyasining vorisi, 1948-yildan Vengriya mehnatkashlar partiyasi deb atalgan. 1989-yil 7-oktabrdagi 14-sʼezdda partiya faoliyatini toʻxtatish va uning negizida sotsialistik ishchi partiyasini tuzishga qaror qilindi. Bu partiya 1993-yil martidan Vengriya ishchi partiyasi deb ataladigan boʻldi), Vengriya sotsialistik partiyasi (1989-yilda tashkil etilgan), Vengriya demokratik forumi (siyosiy tashkilot sifatida 1987-yilda tuzilgan), Erkin demokratlar ittifoqi (1988-yilda asos solingan va siyosiy partiya tarikasida 1989-yilda shakllangan). Kasaba uyushmalari: Mustaqil kasaba uyushmalari demokratik ligasi (1988-yilda mustaqil kasaba uyushmalarini birlashtirish maqsadida tuzilgan), Vengriya kasaba uyushmalari federatsiyasi (Umumvengriya kasaba uyushmalari negizida barpo etilgan; Taʼsis sʼezdi 1990-yilda boʻlgan). Xoʻjaligi Vengriya — industrial-agrar mamlakat. Sanoati ilgʻor texnika bilan qurollangan, qishloq xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,5 %, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 12 %. Sanoatining yetakchi tarmoklari: mashinasozlik, qora va rangli metalurgiya, elektronika, oziq-ovqat, mebel va yengil sanoat. Yoqilgʻi-energetika balansida koʻmir asosiy oʻrin egallaydi (Tatabanya, Oroslan, Borshod, Mechek va boshqalar konlar). Neft va tabiiy gaz qazib olish rivojlangan. Elektr energiya asosan issiqpik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 32,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Qora metallurgiya asosan chetdan keltiriladigan ruda va koks asosida ishlaydi. Bu tarmoqning asosiy markazlari: Mishkols, Ozd va Dunayvarosh. Boksit-alyuminiy sanoati hal qiluvchi ahamiyatga ega (Almashfyuzit, Ayka, Tatabanya, Inot, Nirad-Deaki va boshqalar). Mashinasozlikning asosiy tarmoqlari — elektr texnika, priborsozlik, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqarish, shuningdek transport vositalari, ayniqsa kemasozlik, temir yoʻl vagonlari, avtobus ishlab chiqarish („Ikarus“ zavodlari) rivojlangan. Metall qirqish stanoklari, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, yoritish priborlari ham ishlab chiqariladi. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Budapesht, Dyor, Mishkols, Sekeshfexervar va Debresen. Farmatsevtika korxonalari Budapesht va Debresenda joylashgan. Kimyo sanoati (maʼdanli oʻgʻitlar, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish) muhim ahamiyatga ega. Yengil sanoat tarmoqlari orasida toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish (Budapesht, Dyor, Seged, Pech va boshqalar shaharlarda), oziq-ovqat sanoati (vinochilik, meva-sabzavot konserva, un tortish, qand-shakar, goʻsht sanoati va boshqalar) rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida asosiy oʻrinni dehqonchilik oladi. Haydaladigan yerning 2/3 qismiga gʻalla ekiladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungaboqar, tamaki, shuningdek kartoshka yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik mahsulotining anchagina qismi chet ellarga chiqarib sotiladi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari— choʻchqachilik va parrandachilik. Qoramolchilik, qoʻychilik va sut mahsulotlari yetishtirish ham rivojlangan. Balaton koʻlida va Dunay daryosida baliq ovlanadi. Transporti Temir yoʻl va avtomobil transporti Vengriya transportining asosini tashkil kiladi. Temir yoʻllarning uz. — 7752 km (2277 km elektrlashtirilgan), avtomobil yoʻllarining uz. —30 ming km dan ortiq, ichki suv yoʻllarining uz. 1,6 ming km ni tashkil etadi. Dunay daryosida kemalar katnaydi; u kanal orqali Balaton koʻli bilan tutashtirilgan. Asosiy porti — Budapesht sh. Vengriya chetga asosan mashinalar va asbobuskunalar, ximikatlar, elektr ashyolari, boksit, dori-darmon, kiyim-kechak, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, yengil va yuk avtomobillari, traktorlar, don kombaynlari, maʼdanli oʻgʻitlar va b. sotib oladi. Chet el sayyohligi rivojlangan. Vengriya iktisodiyotiga xorijiy sarmoya jalb etish surʼatlari ancha yuqori. Vengriyaning tashqi savdodagi mijozlari — Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi — forint. Tibbiy xizmatga Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlik qiladi. Vengriyada 90 mingdan ortiq oʻrinli kasalxonalar bor; 30 mingga yaqin shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi. Shifokorlarni Budapesht, Seged, Pech, Debresendagi tibbiyot institutlari tayyorlaydi. Xalq maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari Vengriyada 8 yillik majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilgan. Davlatga, cherkovga qarashli, xususiy oʻrta oʻquv yurtlari bor. Vengriyada 887 oʻrta maxsus oʻquv yurti va 91 oliy oʻquv yurti hamda kollejlar ishlaydi. Budapesht universiteti Vengriyadagi eng yirik oliy oʻquv yurtidir. Pech sh.dagi universitet (1367-yil tashkil etilgan) ham mamlakatdagi eng qad. oʻquv yurtlaridan. Vengriyada Vengriya Fanlar akademiyasi, geol., zootexnika, farmakokimyo va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari bor. Yirik kutubxonalari: Davlat kutubxonasi, Budapesht universiteti, parlament kutubxonalari. Vengriyada Milliy muzey (1802-yil tashkil etilgan), Milliy galereya, Tasviriy sanʼ-at, tabiiyot-tarix, ilmiy-texnologiya (hammasi Budapesht sh.da), Shopron sh.da Ferens List, Sekeshfexervarda qirol Ishtvan muzeylari mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Vengriyada bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Eng yiriklari: „Deyli nyus“ („Kundalik yangiliklar“, ingliz va olmon tillaridagi kundalik gazeta, 1979-yildan), „Kurir“ (mustaqil kundalik gazeta, 1990-yildan), „Madyar nemzet“ („Mojar millati“, kundalik siyosiy gazeta, 1938-yildan), „Madyar xirlap“ („Mojar gazetasi“, kundalik siyosiy gazeta, 1968-yildan), „Nepsabadshag“ („Xalq erki“, kundalik gazeta, 1942-yildan), „Nepsava“ („Xalq soʻzi“, kundalik gazeta, 1873-yildan), „Sabadshag“ („Ozodlik“, haftalik gazeta, 1990-yildan), „Kortarsh“ („Zamondosh“, oylik adabiy jurnal, 1957-yildan), „Madyar shayto“ („Vengriya matbuoti“, oylik jurnal, 1960-yildan), „May magazin“ („Zamonaviy jurnal“, oylik jurnal, 1981-yildan). Vengriya telegraf agentligi (MTI) 1880-yilda, Vengriya radiosi 1924-yilda, Vengriya televideniyesi 1957-yilda tashkil etilgan. Adabiyoti Adabiyotining tarixi xalq ogʻzaki ijodidan boshlanadi. Uning ayrim parchalari oʻrta asrlarga oid lotin tilidagi risolalarda saqlanib qolgan. Nomaʼlum muallifnimg „Mojarlarning ishlari“ risolasi shu jumladandir. Mojar tilidagi dastlabki yozma adabiyot obidalari — „Qabr ustidagi vaʼz“, „Assizlik Fransiskning sarguzashti“ asarlari 13—14-asrlarga mansub. Yaus Pannonius va Balint Balashshi 15— 16-asrlarda lirik sheʼrlari bilan mashhur boʻldilar. Turklar zulmiga qarshi mustaqillik yoʻlidagi kurashga bagʻishlangan asarlar milliy adabiy tilning shakllanishiga barakali taʼsir qildi. Vengriya Zrinining „Siget falokati“ epik dostonida milliy birlik gʻoyasi madh etildi. Vengriya Dyondyoshining epik asarlari 17-asr mojar klassitsizmining namunasidir. 18-asrda maʼrifatchilik adabiyoti paydo boʻldi. Bu davrda „Agis“, „Faylasuf“, „Tarimenning sayohati“ asarlarining muallifi D. Beshshenei, demokratik ruhdagi „Doroteya“ hajviy eposi bilan shuhrat qozongan Vengriya Chokonai-Vitez ijodi muhim. Y. Katoni, Vengriya Vyoryoshmarti, milliy madhiya matnining muallifi F. Kyolchei romantik asarlari bilan tanildi. 19-asrning 40 yil larida adabiyotda realizm kurtaklari koʻrina boshladi. Y. Etvyosh „Qishloq notariusi“, „1514-yilda Vengriya“ romanlarida eski feodal tartiblarini tanqid qildi, Doji boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻolonini aks ettirdi. „Pahlavon Yanosh“, „Milliy qoʻshiq“ epik dostonlarining muallifi Shandor Petyofi mojar sheʼriyatini xalqchillik, demokratizm, realizm goyalari bilan boyitdi. Petyofi sheʼriyati 1848—49 yillar inqilobida zoʻr ahamiyat kasb etdi. Bu davrda Ya. Aranning Toldi haqidagi poemalar trilogiyasi („Toldi“, „Toldi kechasi“, „Toldining muhabbati“) va qator sheʼrlarida dehqonlarning feodal tuzumga qarshi noroziliklari ifodalandi. Mojar adabiyotiga shoir E. Adi katta hissa qoʻshdi. Uning „Mojar dashtida“, „Mojar yakobinchisi qoʻshigʻi“, „Dyord Doji nevarasi“, „Jangovar yoʻl“ kabi asarlari jamiyatni qayta qurish ruhi bilan sugʻorilgan. 1- va 2-jahon urushlari orasidagi davrda mojar inqilobiy lirikasining yirik vakili A. Yojef asarlari keng tarqaldi. Ispan milliy ozodlik kurashida general Lukach nomi bilan shuhrat qozongan yozuvchi Mate Zalka qator asarlarida, shuningdek „Doberdo“ romanida ozodlik yoʻlidagi kurashchilar obrazini yaratdi, mehnatkashlar ongining uygʻonishini haqqoniy tasvirladi. Vengriya adabiyotining yirik vakillari L. Meshterxazi, A. Berkeshi, I. Dobozi, L. Erdyosh asarlari yangi insonning shakllanishi masalalariga bagʻishlangan. Tanikli shoirlardan D. Iyesh, I. Shimon, G. Garai lirik asarlari, Y. Darvashning „Badmast yomgʻir“ romani va D. Fekyotning „Vrach oʻlimi“, F. Shantining „Soat yigirma“, I. Erkenning „Totovlar xonadoni“ qissalari ijtimoiy mavzuning chuqur tahlil etilishi, ruhiy holat tasvirining teran falsafiyligi bilan Vengriya adabiyotida alohida oʻrin oladi. Meʼmorligi Vengriya hududida paleolit va neolit davrlariga oid manzilgoxlarning qoldiqlari, skif-sarmat va antik madaniyatlarning yodgorliklari topilgan. Milodning dastlabki asrlariga mansub Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11—12-asrlarda Pech, Estergomda meʼmorlik maktablari vujudga keldi. 11 —13-asrlarda roman va gotika uslubidagi qoʻrgʻonlar, qasrlar va turar joylar qurildi. 15-asrning 2-yarmidan Uygʻonish davri tamoyillari vujudga kela boshladi. 17-asr oxirlarida avstriyaliklar taʼsirida barokko uslubi yoyildi. 19-asrda klassitsizm uslubi tarkib topdi. 19-asr oxirida Budapeshtni qurish avj oldi (parlament binosi, opera teatri va boshqalar). 19—20-asr boʻsagʻasida mojar „moderni“ meʼmorligida xalq meʼmorligi usullaridan foydalanildi. 20-asr oʻrtalaridagi Vengriya meʼmorlari salobatli sanoat, turar joy, maʼmuriy binolar barpo etishga kirishdilar. Komlo, Varianati, Budapesht shahri larida jahonning eng kurkam meʼmoriy majmualari barpo etildi. Budapeshtdagi markaziy stadion (meʼmor K. David vab.), binokorlik sanoati kasaba uyushmasi xodimlari uyi (meʼmor L. Gardorash va boshqalar), Dunay daryosiga qurilgan Erjebet koʻprigi (meʼmor P. Shali), Balaton koʻli boʻyidagi mehmonxonalar va boshqalae binolar Vengriya meʼmorligining muvaffaqiyati boʻlib, industrial asosda barpo etilgan. Tasviriy sanʼati Vengriya hududida sopol haykallar (neolit davri), kelt va skiflarning sanʼat yodgorliklari saqlanib qolgan. Rim davri manzilgohlarida turli rasmlar, haykalchalar, guldonlar topilgan. Oʻrta asrlardagi rassomlik, haykaltaroshlik (Avliyo Georgiyning otga minib turgan haykali, bronza, 14-asr, Marton va Derd Kolojvarlar ishlagan) hamda badiiy hunarmandlik buyumlari saqlangan. Uygʻonish davrida (15-asr oxirlari, 16-asr boshlari) Vengriya sanʼati yuksak bosqichga koʻtarildi. Oʻtmish anʼanalari turklar hukmronligi davrida ham mahalliy tusda davom etdi. Bu narsa yozma kitoblarni bezashda, amaliy-bezak sanʼatida namoyon boʻldi. 17-asr oxiri, 18-asr boshlarida barokko uslubidagi portret rassomligi rivojlandi (A. Manoki). 19-asrda portret (Vengriya Barabash), manzara (ota-bola Markolar), rassomlik, haykaltaroshlik (I. Ferensi), suratkashlik (Vengriya Zichi) rivojlandi. 1848—49 yillardagi inqilobdan keyin ozodlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan tarixiy kartinalar yaratildi (V. Madaras, B. Sekey). Mashhur rassom Vengriya Munkachi esa ijtimoiy hayotni ifodalovchi chuqur gʻoyali kartinalar yaratdi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida I. Reves, A. Fenesh, Ya. Tornyai, K. Kerishtok, D. Rudnai kabi rassomlar mojar rassomligi anʼanalarini davom ettirdilar. Vengriya Ijo, A. Shtrobl kabi haykaltaroshlar realistik asarlar yaratdilar. Shu davr Vengriya sanʼatida Sh. Xolloshi asos solgan Nadban realistik rassomlik maktabi katta rol oʻynadi. Vengriyaning 20—30-yillar sanʼatida Dyula Derkovich va Ishtvan Deshi-Xuber kabi mashhur rassomlar ijod qildilar. Fashizm tartibi oʻrnatilgandan keyin koʻpgina taraqqiyparvar rassomlar chet ellarda ishladilar, mamlakatda qolganlari ijtimoiy oʻtkir taʼsirchan asarlar yaratdilar. Rassomlardan Bertalan Por, Aurel Bernat, Ishtvan Syoni, haykaltaroshlardan Beni Ferensi, Jigmond Kishfaludi-Shtrobl, Yojef Shomodi, Tamash Viga, Dyord Shegeshdi, Ferens Kovach va b. Vengriya tasviriy sanʼatini boyitdilar. Vengriyada amaliy sanʼat ham qad. anʼanalarga ega; Noemi Ferens yaratgan gobelenlar, Margit Kovach yaratgan sopol buyumlar eʼtiborli. Musiqasi Mojar xalq qoʻshiqlari bir ovozlidir; qad. ohanglari esa mari, udmurt, chuvash kuylarini eslatadi. Igrits deb ataluvchi mojar xalq baxshidostonchilari haqidagi dastlabki maʼlumot Yu-asrga taalluqli. Xristianlik rasmiy din boʻlib qolgach (10-asr), Grigoriyem xoralining taʼsiri kuchaydi. Professional Vengriya musiqasi (13-asrdan) zodagonlar orasida ravnaq topdi. Unda Gʻarbiy Yevropa musiqasi bilan mojar xalq musiqa ohanglari qoʻshildi. 16-asrda lyutnya ijrochisi va xonanda Sh. Tinodining tarixiy mavzudagi dastlabki dunyoviy qoʻshiklari, B. Bakfarq kabi sozandakompozitorlarning cholgʻu asarlari nashr etildi. 17—18-asrlarda Vengriya zodagonlarining koʻpchiligi oʻzlarining xor hamda cholgʻu kapellalari bilan nom chiqarishdi. 18-asr oxiridan cholgʻu musiqasining yangi raqsbop janri — verbunkosh taraqqiy etdi. Uning shaklanishida Vengriya loʻli sozandalari katta rol oʻynadi. Keyinchalik milliy musiqaning asosiy uslubi darajasiga koʻtarllgan verbunkosh barcha janrlarga taʼsir qildi. Kompozitor Y. Ruzichka shu uslub zaminida birinchi Vengriya operasi („Belaning qochishi“, 1822) ni yozdi. Oʻz ijodida verbunkosh bilan Italiya operanavislik tajribasini qoʻshgan 19-asr atoqli kompozitori F. Erkel „Bank ban“, „Laslo Xunyadi“, „Dyord Doja“ singari milliy ozodlik harakati ruhidagi operalarni yaratdi. Verbunkosh ohanglari Gaydn, Motsart. Betxoven, Shubert, Brams, Berlioz, List singari kompozitorlarni ilhomlantirdi. 1834-yilda dastlabki Milliy musiqa maktabi tashkil topdi. Shuning zaminida F. List Musiqa akademiyasini barpo qildi (1918-yildan List nomidagi Oliy musiqa sanʼati maktabiga aylangan). Peshtda opera teatri (1837), Milliy konservatoriya (1840, keyinchalik oliy musiqa maktabi deb iomlangan) barpo boʻldi. 1853-yil Filarmoniya jamiyati tashkil topdi. Mashhur pianinochi, kompozitor F. List faoliyati 19-asr Vengriya musiqa taraqqiyotida katta rol oʻynadi. B. Bartok, Z. Koday singari kompozitor va musiqashunoslar xalq ijodi asarlarini oʻrganib, Vengriya musiqa madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 20-asrda F. Legar, I. Kalman, V. Yakobi operettalari olamga mashhur boʻldi. Vengriya musiqasi taraqqiyotida A. Mixay, P. Kadosha, R. Marosh, E. Servanski, F. Farqash, D. Ranki. P. Yardani, Sh. Sokolai, J. Durko singari kompozitor va musiqashunoslarning xizmatlari katta. Teatri Teatr kurtaklari 9-asrdagi koʻchmanchi mojarlarning uyinlari va marosimlariga borib taqaladi. Qiziqchimasharabozlar va baxshilar oʻziga xos xalq madaniyatining namoyandalari edi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida maktab teatrlari rayem boʻldi. 18-asr boshida saroy teatr truppalari yuzaga keldi. 1790-yilda birinchi professional teatr tashkil qilindi. 1837-yilda Peshtda „Peshti madyar sinxaz“ (Pesti Magyar Színház) nomli doimiy teatr (1840-yildan Mojar milliy teatri) ochildi. Vengriya teatrining shakllanishida aktyorlardan VengriyaʼLendvai, G. Egreshshi, R. Laborfalvi, Vengriya Yasai, rejissyor E. Paulai katta rol oʻynadilar. 19-asr oxirida yana bir qator viloyatlarda teatrlar tashkil etildi. 1-va 2- jahon urushi orasida Vengriya teatri chuqur tushkunlikka uchradi. Urushdan keyin yangi teatrlar ishga tushirildi: Budapeshtda Sh. Petyofi nomidagi teatr, Vengriya Yokai nomidagi teatr, Seged, Pech va boshqalar shaharlardagi teatrlar. Rejissyor lardan T. Mayor, E. Gellert, K. Kazimir, L. Vamosh, aktorlardan G. Bayor, K. Tolnai, A. Shomlai, Vengriya Gabor, É. Rutkai, L. Bashti mashhur. 1925-yilda Budapeshtda turgʻun operetta teatri (1949-yildan Milliy teatr) tashkil qilindi. Balet sanʼati 19-asr oxirida paydo boʻlib, 20-asr boshida rivojlandi. Budapeshtdagi Milliy teatr qoshida balet maktabi bor. Vengriyada estrada, qoʻgʻirchoq teatri, sirk va sirk maktabi ham mavjud. Kinosi 19-asr oxirida dastlabki xronika filmlari suratga olina boshladi. 1896 i. Budapeshtda birinchi kinoteatr ochildi. 1901-yilda mojar filmi „Rake“ (rejissyor B. Jitkovskiy) yaratildi. Shu filmdan ilmiy-ommabop kino tarixi boshlangan. 1912-yil 14-oktabrda milliy badiiy kinematografiya yuzaga keldi. 1912-yildan Vengriya filmlari muntazam suratda ishlab chiqarila boshladi. Keyingi yillarda Vengriyada yaratilgan filmlar haqqoniyligi, jiddiy masalalarni koʻtarib chiqqanligi bilan ajralib turadi. Vengriya kinematografiya ilmiy tadqiqot instituti (1956), Teatr va kino instituti bor. Vengriyada ishlab chiqarilgan koʻpgina badiiy va qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarda mukofotlangan. 60—80-yillardagi eng yaxshi filmlar: „20 soat“ (rejissyor Z. Fabri), „Ota“ (rejissyor I. Sabo), „Noumid“ (rejissyor Vengriya Yancho), „Fotosurat“ (rejissyor P. Zolnai) va b. I. Pechi, K. Tolnai, Vengriya Gabor, L. Bashti, Ye. Rutkai kabilar Vengriya kinosining mashhur aktyorlaridir. Manbalar Havolalar Hukumat Official site of the Hungarian Government Official site of the Hungarian Prime Minister Official site of the President of Hungary Official Hungarian Tourism website Umumiy maʼlumot Hungary Encyclopædia Britannica Hungary (OECDdan) Hungary YIda Forecasts for Hungary (International Futuresdan) Hungary (BBC Newsdan) Statistical Profile of Hungary at the Association of Religion Data Archives FAO Country Profiles: Hungary Daily News Hungary Hungary Today — The latest news about Hungary Yevropa Vengriya BMT aʼzolari
26,213
3188
https://uz.wikipedia.org/wiki/Islandiya
Islandiya
Islandiya (Island), Islandiya Respublikasi (Lydveldid Island) — Atlantika okeanining shimoliy qismidagi Islandiya orolda joylashgan davlat. Maydon 103 ming km2. Aholisi 368 ming kishi (2021-yil). Maʼmuriy jihatdan 23 okrug (sisla)ga, ular esa jamoalarga bo'linadi. Poytaxti — Reykyavik shahri.Islandiya hech qachon quyosh botmaydi. Davlat tuzumi Islandiya —parlamentar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1944-yil 17 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (Gvyuniy Yavuhenson), u aholi tomonidan toʻgʻridan to'g'ri saylov yoʻli bilan 4-yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident bilan alting (bir palatali parlament) birgalikda amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyatni ham prezident amalga oshiradi va hukumatni tayinlaydi. Tabiati Islandiya qirgʻogʻi janubida tekis, qolgan qirgʻoqlari yirik qoʻltiq va fiordlar bilan parchalangan. Yer yuzasining koʻp qismi vulqonlardan xreil boʻlgan plato. Bal. 800 m li togʻ massivlari va 200 ta vulkan (30 tasi harakatda) bor. Mashhurlari: Gekla, Laki, Askya va Xvannadalsxnukur (baland nuqtasi 2119 m).Islandiya hududining 6 %i lava dalalaridan iborat. Sohilda pasttekisliklar bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Shpat, oltingugurt, torf, lignit va b. konlar (issiq suvli, bug'li, maʼdanli buloqlar va geyzerlar) mavjud. Iqlimi subarktika, dengiz iqlimiga, Golfstrimning taʼsiri kuchli. Sohilda yanvarning oʻrtacha temperaturaasi — 1, —3°, iyulniki 9, 1G. Yillik yogʻin 500–4000 mm. Islandiyaning markaziy qismlarida qishda 5 oygacha qor erimaydi. Islandiya maydonining 11,8 ming km muzlik. Yiriklari: Vatnayyokudl (mayd. 8400 km, qalinligi 1000 m) va boshqa. Daryolari qisqa, serostona, qor va muzliklardan toʻyinadi, gidroenergiya resurslariga boy. Koʻl koʻp. Sohillarda serunum torflichim, ichkarilarda tog arktika tuproqlari uchraydi. Oʻsimligi kam, jami 400 tur kjsak oʻsimlik bor. Islandiya hududining 2/3 qismi mox va lishaynikli toshloq. Lava dalalarida hech narsa oʻsmaydi. Katta maydonlar torfli botqoqlik va oʻtloq. Kichikroq oq qayin oʻrmonlari saqlangan. Qutb tulkisi, sichqonsimonlar, shimoliy bugʻusi, norka, morj, tyulen, baliqchi qushlar, baliqlar, kitlar bor. Milliy bogʻlari (Tingvedlir, Mivati-och-Lax-sau, Skaftafedl, Yekyul-Saurgl-yurvyur) va qoʻriqxonalar bor. Aholisining 99 % islandlar. Qolgan qismi nemis, norveg va danlar. Rasmiy til — island tili. Dindor aholining 93 % protestant (lyuteran). Aholining 91 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Reykyavik, Koupa-vogur, Akureyri. Tarixi Islandiya hududiga taxminan 870 - yildan odamlar koʻchib kelib, kimsasiz orolni oʻzlashtira boshlaganlar. Ularning koʻpchiligi norveglar boʻlgan. Skandinaviyaning boshqa mamlakatlari, jumladan, Shvetsiyadan kelganlar ham bor edi. Ular mamlakatni Island — Muzlar mamlakati deb atadilar. 11-asr oxiriga kelib bu yerdagi qishloq xoʻjaligi xonadonlari 4,5 mingga yetdi. Yaylov chorvachiligi, dengiz ovi aholining asosiy mashgʻuloti edi. Dengiz sayyohligi rivojlanib, 10-asrning 80-yillarida islandlar Grenlan-diyani kashf qildilar va taxminan 1000-yilda Shimoliy Amerikaga yetib bordilar. Islandiyaga koʻchib kelgan kishilar tomonidan tuzilgan Xalq majlisi — alting 930 yilda oʻzining birinchi yigʻilishini oʻtkazdi. Orolning tashqi dunyodan ajralganligi, xoʻjalik turmushining oʻziga xos xususiyatlari tufayli bu yerdagi urugʻchilik munosabatlari uzoq vaqtgacha saqlanib qoldi. 13-asrgacha si-yosiy hokimiyat xalqdan butunlay ajralmagan edi, oddiy erkin kishilar — bondlar asosiy ijtimoiy qatlam boʻlgan. Islandiya tarixining shu davri adabiyotda "Xalq hokimiyati davri" deb yuri-tiladi. Oʻrta asrlarga kelib yakka qishloq xoʻjaligi xonadoni asosiy xoʻjalik va boshlangʻ-ich jamoat yacheykasiga aylandi. Ammo 1262—64 yillarda Islandiyaning asilzodalari oʻrtasidagi ichki nizolardan foydalangan Norvegiya davlati uni oʻziga boʻy-sundirib oldi, 1380-yildan esa u (Norvegiya ham) Daniya bilan uniya (ittifoq)da boʻlgan. 1397-yildan Kalmar ittifoqi tarkibida. 1537-yildan yana Daniya qara-mogʻida. 19-asr 2-yarmidan island millatining tashkil topishi natijasida mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1874—1903-yillari Islandiya baʼzi muxtor huquklarga ega boʻldi. Birinchi jahon urushi davrida Islandiyaning Daniyaga qaramligi zaiflashdi. Islandiyaning AQSH va Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlari kuchaydi. Ozodlik kurashi avj olgach, Daniya Islandiyani Daniya-I. uniyasi bilan cheklangan mustaqil davlat deb tan oldi (1918). Islandiyaning doimiy betarafligi eʼlon qilindi. 1944-yil maydagi referendum natijasida Islandiya xalqi Daniya bilan uniyani bekor qildi va shu yil 17 iyunda Islandiya Respublika deb eʼlon qilindi. Islandiya — 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1997-yil 25 sentabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17 iyun — Mustaqillik kuni (1944). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Xalq ittifoqi partiyasi, 1968-yil tuzilgan; Mustaqillik partiyasi, 1929-yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1916-yil tuzilgan; "Xalq uygʻonishi" siyosiy birlashmasi, 1944-yilda asos solingan; Islandiya sotsal-demokratik partiyasi, 1916-yil tashkil topgan; Birlashgan soʻllar bloki, 1999-yilda tuzilgan. Islandiya kasaba uyushmalari birlashmasi 1916-yil tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi. Xoʻjaligi Islandiya — industrial-agrar mamlakat. Baliqchilik, energetika, sement, alyuminiyishlab chiqarish, metallsozlik rivojlangan. Sanoatida baliq ovlash va uni qayta ishlash yetakchi oʻrinda. Mehnatga layoqatli aholining 12% shu tarmoqda band boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 20% va xorijiy valyuta tushumining salkam 80% ni taʼminlaydi. Yiliga 1,5 mln. tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliq ovlash flotida 1 mingdan or-tiq kema bor. Asosiy baliq mahsulotlari: muzlatilgan, quritilgan va tuzlangan baliq, baliq yogʻi, baliq uni. Islandiyada sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilma va xom ashyo zaxiralari yoʻq. Alyuminiy (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), ferrosilitsiy, diatomit, azotli oʻgʻit ishlab chiqaradigan bir necha korxona bor. Baliq ovlash kemalarini taʼmirlaydigan va yangilarini ishlab chiqaradigan kemasozlik korxonalari mavjud. Lok-boʻyoq, charmpoyabzal, toʻqimachilik sanoati, trikotaj va mebelishlab chiqarish rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 4,4 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Turar joy va issiqxonalarni isitish uchun qaynoq buloq suvlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga elektr energiyadan foydalanishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Key-ingi yillarda boy tabiiy resurslarga ega boʻlgan Arktikada hamkorlik qilishga I. katta eʼtibor bera boshladi. U mazkur mintaqada atrof muhitni muhofaza qilishga, uni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlantirishga koʻmaklashuvchi Arktika ken-gashiga aʼzo boʻlib kirgan. Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar butun mamlakat hududining 14% ni tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholining 9,5% agrosanoat majmuida band. Kichik fermerlar koʻp. Yetakchi tarmogʻi qoʻychilik va sut chorvachiligidir, qoramol, yilqi ham boqiladi. Yem-xashak, kartoshka, issikxonalarda sab-zavot yetishtiriladi. Islandiyada dengiz transporti yetakchi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 10530 km. Temir yoʻl yoʻq. Asosiy dengiz portlari: Reykyavik, Akureyri. Aviatsiya transporti katta ahamiyatga ega. Chet el sayyohligi rivojlangan: yiliga 190 mingga yaqin sayyoh kelib-ketadi. Islandiya chetga baliq va baliq mahsulotlari, rangli metallar, qoʻy goʻshti va te-risi, jun chiqaradi, chetdan transport vositalari, neft va neft mahsulotlari oladi. Islandiyadaning tashki savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Skandinaviya mamlakatlari. Pul birligi — island kronasi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Islandiyada 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yillik majburiy boshlangʻich taʼlim, 16 yoshdagi bolalar uchun 3 yillik oʻrta taʼlim joriy etilgan. Oliy taʼlim ti-zimida 5 universitet, jumladan, Reykyavik universiteti, 11 ixtisoslashgan institut bor. Reykyavikda Milliy kutubxona, xalq kutubxonasi, Islandiya milliy muzeyi, Tabiiyot tarixi muzeyi va Davlat badiiy galereyasi mavjud. Eng yirik ilmiy muassasa Reykyavik universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar instituti (1937) dir. Unda baliqchilik xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi fanlari va b. boʻlimlar bor. Universitet xuzurida bakteriologiya va patologiya institutlari ham mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Islandiyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Altidubladid" ("Xalq, gazetasi", kundalik gazeta, 1919-yildan), "Altidumadu-rini" ("Sotsial-demokrat", haftalik gazeta, 1931-yildan), "Vikan" ("Hafta", 2 haftada chiqadigan bezakli jurnal, 1938-yildan) "Vinnan" ("Mehnat", oylik jurnal, 1943-yildan), "Morgunbladid" ("Tonggi gazeta", kundalik mustaqil gazeta, 1913-yildan), "Toudvilinn" ("Xalq erki", kundalik gazeta, 1936-yildan). Islandiyada davlat radioeshittirish va televideniye xizmati mavjud; radioeshittirish 1930 i., televideniye 1966-yil tashkil etilgan. Adabiyeti tarixida saga (xalq, dostonlari) yetakchi janr boʻlgan. Norvegiya va Daniya hukmronligi davrida Islandiyada madaniyati tushkunlikka uchrasada, diniy qoʻshiqlar qatorida qahramonlik qoʻshiqlari ham yaratildi. 18-asrdava 19-asr boshlarida I. adabiyotida jonlanish yuz berdi. B. Torarensen, Y. Xadlgrimsson romantizmning yirik vakillari sifatida maydonga chiqishdi. T. Erlingsson, G. Paulsson kabi shoir va adiblar ijodi realistik ruh bilan sugʻorilgan. X. K. Laksness island mehnatkashlarining erk uchun kurashini tasvirladi. 20-asr boshlarida dramaturgiya rivojlandi. Hoz. zamon adabiyeti taraqqiyotida mashhur hajvchi shoir S. Steynar, hikoyanavis X. Stefaunsson, lirik romanlar muallifi O. Y. Sigurdsson, dramaturg A. Bogason va b.ning roli katta. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati 11 — 13-asrlardan rivojlana boshladi. Bu davrda kitob miniatyurasi, yogʻoch oʻymakorligi sanʼati rivoj topdi. Islandlarning turar joylari langxus ("uzun uy") deb atalgan. Yonma-yon joylashtirilgan bu uylar yerni chuqur oʻyib chim va torf bloklardan kurilgan. Imorat-bop yogʻoch chetdan keltirilgan. 18-asroʻr-talarida Xoular va Reykyavikda toshdan soborlar qurildi. 19-asrda keltirilgan yogʻoch, tuf, bazalt, temirdan 2—3 qavatli uylarni qurish urf boʻldi. 1920-yillar meʼmorligiga zamonaviy shakllar, konstruksiyalar (yaxlit temir-beton, poʻlat sinch) joriy etila boshladi. Keyingi yillarda Reykyavik va Akureyri shaharlarida 4—5 qavatli uylar, maʼmuriy, jamoat binolari daniyaliklar taʼsirida modern uslu-bida barpo etildi. Sigurdur Gudmund-sson, Gudyoun Samuelsson, Sigvaddi Tordarson kabi meʼmorlar yetishib chik,-di (Reykyavikdagi milliy teatr bino-si, 1928—32, Tibbiy markaz, 1946—50 va boshqalar). Tasviriy sanʼat ijodkorlari mustamlakachilik zulmi ostida ham qad. naqqoshlik, oʻymakorlik anʼanalarini davom ettirdilar. 19-asrda milliy ozodlik kurashi kuchayishi bilan Islandiyadada rassomlik sanʼati — portret (Sigurdur Gudmundsson) va manzara (Tourarini Torlauxsson, Ausgrimur Younsson) janri rivoj topdi. Rassomlar ijodida Islandiyadaning yov-voyi, bokira tabiati qiyofasi milliy uygʻonish ramzi sifatida ifodalandi. 20-asrda Kyarval izgʻirin shimol tabiatini, Gudmundur Torsteynsson xalq ertaklari va afsonalari qahramonlarini, Kristin Younsdouttir, Gunlyoygur Shkeving esa mehnatkash xalq turmushini tasvirladilar. Hay-kaltaroshlardan Eynar Younsson, Aus-mundur Sveynsson va b. island xalqining tarixi, hayoti va folklori mav-zularini haqqoniy gavdalantirdilar. Hoz. zamon rassomchiligida realistik anʼanalar bilan birga modern oqimi ham yoyilgan. Xalq amaliy sanʼati turlari (oʻymakorlik, kashtachilik va boshqalar) rivojlangan. Musiqasi Anʼanaviy musiqasi, asosan, diniy aytimlari (grigorian, keyinchalik protestant xoralp) hamda xalq (qaxramonlik mavzuidagi rimur, raqsbop vikivaki) qoʻshiqlaridan ibo-rat. Xalq cholgʻularidan torli-kamonli langshpil va fidla sozlari mavjud. I. professional musiqasi 19-asr oxiridan tez rivojlana boshladi. Unga milliy madhiya muallifi kompozitor S. Svey-nbyornsson asos soldi. U orkestr, fortepiano va skripka uchun asarlar, kantata, balladalar yozdi. 20-asrda Yevropa konservatoriyalarida taʼlim olgan kompozitorlar island folklori asosida milliy musiqa yaratishga harakat qildilar. Kompozitorlardan P. Iso-ulfsson, Y. Leyfs, E. Torodsen, Y. Torarinsson, xonandalardan G. Simonar, S. Islandi, pianinochi A. Beyte-nensson va b. mashhur. Reykyavikda Oliy musiqa maktabi, I. davlat sim-fonik orkestri, musiqa doʻstlari ja-miyati, Kamer musikasi klubi, Jaz klubi va b. bor. Akureyri, Akranes, Xabnarfordur va b. shaharlarda ham musiqa jamiyatlari mavjud bo'lgan. Teatri Skaldlar sheʼriyati va qad. xalq dostonlarida teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. 1720-yildan Skaulxoltdagi lotin maktabi dastlabki teatr tomoshalarini koʻrsata boshladi. Bu teatr 1799-yilda Reykyavikka koʻchdi va 19-asrning 2-yarmigacha teatr madaniyatining markazi boʻldi. Dramaturg S. Pyetursson 18-asr 2-yarmi va 19-asr boshlaridagi island teatrining yirik arboblaridan edi. 19-asr 2-yarmidan havaskorlik teatr toʻgaraklari tuzilib, M. Yoxumsson va I. Eynarsson pyesalari sahnalashtirildi. 1897-yilda tashkil topgan Reykyavik teatr jamiyati professional teatr ga asos soldi. I. dramaturglarining pyesalari, shuningdek, V. Shekspir, F. Shiller asarlari sahnalashtirildi. 1950-yil milliy teatr tashkil etildi. J. Verdi operalari, I. Shtraus operettalari va F. Lou baletlari teatr sahnasidan oʻrin oldi. Reykyavik va b. shaharlarda bir necha yarim professional truppalar mavjud. I. Bore, L. Paulsson, X. Byornsson, K. Keld, X. Skulasson kabilar I.ning eng yaxshi rejissyor va aktyorlaridir. Manbalar Geografiya Yevropa Islandiya BMT aʼzolari
13,664
3189
https://uz.wikipedia.org/wiki/Irlandiya
Irlandiya
Irlandiya (irlandcha: Eire, inglizcha: lreland) — Gʻarbiy Yevropada, Irlandiya orolda joylashgan davlat. Maydon 70,3 ming km. Aholisi 3,84 mln. kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 26 graflikka boʻlinadi, ular 4 tarixiy viloyat (province)ra birlashadi. Poytaxti — Dublin shahri. Davlat tuzumi Irlandiya — respublika. 1937 yil 29 dekabrda qabul qilingan hamda 1972 va 1999 yillarda tuzatishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1997 yildan Meri Makalis xonim). U aholi tomonidan toʻgʻri umumiy va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi, ikkinchi muddatga yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hoki-miyatni Milliy parlament amalga oshiradi, uning tarkibiga prezident va ikki palata: vakillar palatasi bilan senat kiradi. Ijrochi xrkimiyatni vakillar palatasining taklifiga bino-an prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi. Tabiati Sharqiy qirgʻoklari ancha tekis, janubiy qirgʻoqlarida buxta va qoyali burunlar, gʻarbiy qirgʻoqlarida ichkariga chuqur kirgan qoʻltiklar koʻp. Yer yuzasining yarmidan koʻpini Mar-kaziy tekislik (bal. 40–100 m) egallagan, bu tekislikda tepalar va past togʻlar bor. Tepalar, asosan, qumtoshlardan, past togʻlar ohaktoshlardan iborat, ularning ustini morena yotq-iziqlari qoplagan. Ohaktoshli yerlarda ungur, gʻor kabi karst relyef shak-llari, yer osti daryo va koʻllari uchraydi. Chekka qismlarida past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Janubi-gʻarbidagi Kerri togʻi (1041 m) Irlandiyadagi eng baland togʻdir. Irlandiyada torfning katta zaxiralari, toshkoʻmir, qoʻrgʻoshinrux, mis, fosforit bor. Iqlimi — moʻʼtadil okean iqlimi, obhavosi beqaror, seryomgʻir, tuman koʻp tushadi, tez-tez shamol esadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5—8°, iyulniki — 14—16°. Yillik yogʻin 700–2000 mm. Irlandiyada daryo, koʻl va botqoklik koʻp. Daryolari sersuv, muzlamaydi, kemachilikda va elektr energiyasi olishda foydalaniladi. Yirik daryosi — Shannon. Irlandiyaning koʻp qismi torfli yalangliklar, oʻtloklar. Oʻtloqlari doimo koʻmkoʻk. Yalangliklarda torfli-botqoq va qumoq tuproqlar uchraydi. Oʻtloq joylarning tuprogʻi — podzol va oʻtloqpodzol tuproqlar. Hayvonlari Gʻarbiy Yevropanikiga oʻxshash, turi kam. Yovvo-yi hayvonlarning kupi qirib tashlangan. Milliy bogʻlari: Glenya, Killari. Aholisi Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, shotlandlar. Rasmiy tillari — irland va ingliz tillari, asosiy soʻzlashuv tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik. Tarixi Irlandiya hududida inson mil. av. 6ming yillikdan buyen yashaydi. Mil. av. 4-asrda kelt qabilalari koʻchib kelib mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan. 5-asrda xristian dini tarqalgan. Irlandiyaga normannlar (795—1014), ingliznormand qoʻshinlari (1169—71) bir necha bor hujum qildi. 14—17-asrlarda irland xalqi ingliz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo boʻlishiga inglizlar qarshilik koʻrsatdi. 18-asr oxirida irland vatanparvarlarining bosqinchilarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801 yil 1 yanvarda "Uniya haqida akt" eʼlon qilindi. Shundan keyin Angliya oʻz parlamentidan Irlandiya vakillariga bir necha oʻrin berib, Irlandiya parlamentini bekor qildi. 19-asr mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni toʻxtatmadi. Birinchi jahon urushi yillarida Irlandiya mehnatkashlari urushga va mustamlakachilarga qarshi kurashdi. 1916 yilgi Irlandiya qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919—21 yillardagi partizanlar urushi natijasida 1921 yil dekabrda tuzilgan Angliya — Irlandiya biti-miga muvofiq, Irlandiyaning janubiy qismi mustaqil deb eʼlon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937 yilgi yangi konstitutsiyada Irlandiya "Eyre mustaqil davlati" deb eʼlon qilindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Irlandiya betaraf turdi. Garchi 1949 yil Irlandiya mustaqil respublika deb eʼlon qilingan boʻlsa ham mamlakatning shimoliy qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saqlanib qoldi. 1955—61 yillarda mamlakatni birlashtirish maqsadida Irlandiya maxfiy harbiy tashkilot toʻdalari Shimoliy Irlandiyadagi maʼmuriy va politsiya bi-nolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959 yil Irlandiya Resggublikasi va Shimoliy Irlandiya ka-saba uyushma markazlarining birlashishidan Irlandiya tred-yunionlar kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda Irlandiya siyosatida Shimoliy Irlandiya muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari bilan bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985 yilda imzolangan bitimga binoan, Shimoliy Irlandiyaga taalluqli ichki muammolarni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish koʻzda tutilgan. 1993 yilda imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinch siyosiy vo-sitalar bilan bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998 yildan Olster mu-ammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vositachilik qila boshladi. Irlandiya — 1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni. 1991 yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenite-tini tan olgan. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Fianna Fayl ("Taqdir askarlari"), 1926 yil tashkil etilgan; Fine gal ("Birlashgan Irlandiya"), 1933 yil asos solingan; Irlandiya leyboristlar partiyasi, 1912 yil tuzilgan. Irlandiya kommunistik partiyasi, 1921hy;~asos solingan; Demokratax soʻl partiya. 1992 yil tashkil etilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1985 yil tuzilgan; Irlandiya ishchilar partiyasi, 1970 yil asos solingan. Irlandiya tred-yunionlar kongressi (1894) Irlandiya va Shimoliy Irlandiyaning 66 kasaba uyushmalarini birlashtiradi. Xoʻjaligi Irlandiya — industrial mamlakat. Yalpi ichki maxulotda sanoat ulushi 37%, qishloq xoʻjaligi ulushi 10,1%, xizmat sohasi ulushi 50% dan koʻproqni tashkil etadi. 50-yillargacha Irlandiya iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi va chorvachilik ustun boʻlgan. Endilikda u xorijiy sarmoya yordamida mashinasozlik, elektronika, kimyo sanoati kabi ogʻir sanoat tarmoqlarini va ichki imkoniyatlar hisobiga oziq-ovqat, oʻrmon, toʻqimachilik, yengil sanoat kabi anʼanaviy tarmoqlarni rivojlantirishga erishdi. Keyingi yillardagi iqtisodiy taraqqiyot tufayli Irlandiya oʻsish surʼatlari jihatidan Yevropada oldingi oʻrinlarga chiqib oldi. Mahsulot eksport qilish koʻpaydi. Sanoati Tabiiy resurslari torf, qoʻrgʻoshin, rux, mis, kumush, tabiiy gazning katta, toshkoʻmir, temir rudasi va piritning ozroq zaxiralaridan iborat. Shular tufayli konchilik sanoati va ayni vaqtda qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash tarmoqlari yetakchi oʻrinda. Metallurgiya (asosan, poʻlat eritish), mashinasozlik (ayniqsa, kemasozlik, avtomobil yigʻish, priborsozlik), elektrotexnika, neft kimyosi, qurilish ashyolari korxonalari bor. Oziq-ovqat tarmoqlari orasida goʻsht, sut, yogʻ, pivo, qand-shakar, spirt-araq korxonalari ayniqsa faol ishlaydi. Torf qazib olish va undan foydalanish sohasida Irlandiya dunyoda oldingi oʻrinda turadi. Irlandiya energiyaga boʻlgan ehtiyojining 40% ni ichki imkoniyatlari hisobidan qoplaydi. Energiya balansida chetdan keltiriladigan neftning ulushi kamayib, koʻmir va torfning ulushi oshib bormoqda. Irlandiyada yiliga oʻrtacha 14,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Mamlakatda xorijiy investitsiyalar faol jalb etilgan. Bu sohada Buyuk Britaniyadan tashqari AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiyaning mavqei kuchli. Xorijiy sarmoya yordamida barpo etilgan 800 dan ortiq korxona sanoat mahsuloti eksportining 80% ni beradi. Qishloq xoʻjaligi Chorvachilik — mamlakat qishloq xoʻjaligining asosiy tar-mogʻi hisoblanadi: bu tarmoq yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 88% ni beradi, uning 80% eksport qilinadi. Asosan, qoramol (7,2 mln.), qoʻy (9 mln.) bo-qiladi. Fermer xoʻjaliklarining 70% ga yaqini 25 ga gacha yerga ega boʻlgan oʻrta va kichik fermer xoʻjaliklaridir. Qishloq xoʻjaligi ga yarokli yerlarning salkam 70% yaylovlarga toʻgʻri keladi. Dehqonchilikning iqtisodiyotdagi ahamiyati unchalik katta emas va u mamlakatning donga boʻlgan ehtiyojini qoplay olmaydi. Irlandiyada oz miqdorda qand lavlagi, suli, arpa, bugʻdoy, kartoshka yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan. Transporti Temir yoʻl uzunligi 2,8 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 92 ming km. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy portlari — Dublin, Kork. Irlandiya chetga mashina va asbob-uskuna, krra-mol, oziqovqat, kimyo, toʻqimachilik mahsulotlari va shahri k. chiqaradi. Chetdan transport vositalari, neft va b. keltiradi. Keyingi yillarda tashki savdoda ijobiy saldoga erishildi. Sayyohlik ham katta daromad keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSh va Rossiya. Pul birligi — irland funti. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Irlandiyada 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 9 yillik majburiy taʼlimi joriy etilgan. Boshlangʻich maktab — 6 yillik. Oʻrta maʼlumot davlatga yoki xususiy shaxslarga qarashli maktablarda olinadi. Har yili maktablarni bitirib chiqqanlarning 50% oliy oʻquv yurtlariga kiradi. 4 universitet, ularning xuzurida kollejlar, jumladan, Dublin universiteti (Triniti kolleji, 1592), Dublindagi Milliy universitet (1908), Limerik shahridagi texnikaga yoʻnaltirilgan Milliy oliy taʼlim instituti bor. Ilmiy muassasalari: Dublin qirollik jamiyati (1731), Irlandiya qirollik akademiyasi (1786), tibbiy (1882), ijodiyot (1932), rassomlik, haykaltaroshlik va meʼ-morlik (1823) tarmoq akademiyalari. Eng yirik kutubxonalari: Dublindagi Milliy va Xalq kutubxonalari. Muzeylari: Dublindagi Milliy muzey (1731), Milliy galereya (1864), Fuqarolik muzeyi (1953), Zamonaviy sanʼat galereyasi (1953). Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Asosiy gazeta va jurnal lari: "Ayrish independent" ("Irlandiya mustaqilligi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1905 yildan ), "Ayrish press" ("Irlandiya matbuoti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1931 yildan ), "Ayrish tayme" ("Irlandiya vakti", ingliz tilidagi milliy kundalik gazeta, 1859 yildan ), "Ivning gerald" ("Kech-ki xabarchi", ingliz tilidagi milliy kundalik gazeta, 1891 yildan ), "Innyu" ("Bugun", irland tilidagi haftalik milliy gazeta, 1943 yildan"), "Iris efi-gyul" ("Rasmiy gazeta", irland tilida haftasiga 2 marta chikadigan gazeta, 1922 yildan), "Ayrish pipl" ("Irland xalqi", ingliz tilidagi haftanoma), "Ayrish soushelist revyu" ("Irland sotsialistik sharhi", ingliz tilida har chorakda chiqadigan nazariy jurnal, 1969 yildan ), "Ayrish uorkers voys" ("Irland ishchilari ovozi", ingliz tilidagi haftalik byulleten). Irlandiya radio va telekoʻrsatuvi davlat mahkama-sidir. Irlandiyada 1926 yildan radioeshittirish, 1961 yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi. Adabiyoti Adabiyoti irland va ingliz tillarida. Xalq ogʻzaki ijodining dastlab-ki namunalari 1-asrda yaratilgan. Soʻngroq diniy mavzudagi yozma adabiyot (6-asr), tarixiy vokeayaar va mi-fologik syujetli sagalar (8—9-asrlarda) paydo boʻlgan. 12-asrda bardlar (xalq baxshilari) sheʼriyati yuqori bosqichga koʻtariladi. 16—18-asrlar Irlandiya dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik gʻoyalari targʻib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. O’Nayv, J. Najent, E. O’Xassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub "Irlandiya tarixi" (1640) alohida ahamiyatga ega boʻldi. Irlandiya jamiyatining urugʻchilik tuzilmasi barbod boʻlgach, bardlar sheʼriyati tanazzulga uchradi. Poeziyada xalqchillik ruhi kuchaydi (E. O’ Raxilli, J. Makdonnell, O. R. O’Sallivan). 18-asr oxiridan ingliz tilidagi adabiyotning salmogʻi osha bordi. 19-asr 1-yarmida romantizm irland adabiyotida bosh yoʻnalish boʻldi. 40-yillarda eng isteʼdodli shoirlar "Yosh Irlandiya" inqilobiy-demokratik tashkiloti tevaragida birlashdi. J. K. Mangan, S. Fergyuson, T. Devis siyosiy satira va insoniy lirika anʼanalarini da-vom ettirdilar. Vatanparvarlik balladasi eng ommaviy janr boʻlib kolli. Prozada tarixiy va oilaviy-mai-shiy mavzudagi romanlar yaratildi (J. Griffin, J. Beynim, M. Ejuort, U. Karlton). 19-asr oxirlarida "Irland uygʻonishi" deb atalgan milliymadaniy harakat boshlandi, U. B. Yits bu harakatning tashabbuskorlaridan boʻldi. Uilyam Yits oʻz ijodida kelt mifologiyasiga qaytdi. Bu irland milliy adabiyotini qayta vujudga keltirish imkonini berdi. Yits oʻzining teatr asarlari bilan sheʼriy dramaga koʻp yangiliklar kiritdi. 20-asr boshlaridagi adabiyotda poeziya va dramaturgiya yetakchi mavqeni egalladi. 1916 yilda ingliz mustamlakachilari tomonidan otib tashlangan vatanparvar shoirlarning ijodi irland xalqining inqilobiy anʼanalari ruhi bilan sugʻorilgan edi. 20—30-yillarda realistik romanchilik yetakchi jan-rga aylandi (P. O’Donnell, Sh. O’Fa-oleyn, L. O’Flaerti, J. Felan). I. O’Keysi oʻz tarjimai holi asosida yozgan epopeyasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalq milliy-ozodlik harakatini har tomonlama chuqur tasvirlab berdi. 60—80yillarda yaratilgan asarlarda ishonchsizlik, ojizlik, yolgʻizlik kayfiyatlari va zolimlarga qarshi xalq nafrati aks etdi. Olsterdagi inson huquqlari uchun kurash — hozirgi Irlandiya adabiyotining eng asosiy mavzularidan biri. J. Karrik, R. Myorfi, T. Kinsella, B. Kliv, B. Fril asarlari bunga misoldir. Meʼmorligi qad. kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davridan harsang toshlardan barpo etilgan sagʻanalar va diniy inshootlar saqlanib qolgan. 5—11-asrlarda Irlandiyada tosh kapella-ibodatxonalar, baland soqchi minoralar (Glendalox, Kels va b. joylarda), 12-asr oxiridan 14-asrgacha gotika uslubida butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12—16-asrlar)da Irlandiya meʼmorligining oʻziga xos tomonlari saqlangan (Dublindagi Krayst-chyorch ibodatxonasi va boshqalar). 17—18-asrlarda va 19-asr boshlarida Dublinda ingliz klassitsizmi uslubida maʼmuriy binolar, saroylar va uylar, 1829 yildan ingliz neogotikasi uslubida cherkovlar qurildi. 19-asr va 20-asr boshlarida port shaharlarida rejali va qorishiq us-lubdagi binolar paydo boʻldi. 20-asr 2-yarmidan Irlandiya shaharlarida zamonaviy bino va meʼmoriy majmualar qurila boshladi (M. Skott va T. Kennedi kabi meʼmorlarning Dublin va Golueydagi ishlari). Tasviriy sanʼati Tasviriy sanʼatida jez davridan geometrik naqshli tilla zeb-ziynat asboblari, temir davridan murakkab guldor metall buyumlar saqlanib krlgan. 5—12-asrlarda imoratlar, tosh xochlar, jez plastinalar hayvonlar tasviri tushirilgan naqsh bilan ziynatlangan. Nafis kitob miniatyuralari (8-asr ga mansub "Kels Injili") yara-tilgan. 18-asrda koʻpchilik rassomlar (Ch. Jervas, toʻngʻich N. Xoun, J. Barret va boshqalar) Angliyada taʼlim olib, oʻsha yerda ijod qildilar. 19-asr rassomlari realizm va oʻziga xoslikka intildi (ken-ja N. Xoun manzaralari, U. Osborn kartinalari). 20-asr boshlarida milliy realistik maktab shakllandi, manza-ra va portretlar yaratildi (J. B. Yits, Ch. Lemb, J. X. Kreyg, V. Irl va boshqalar). Hoz. Irlandiyada realizm anʼanalari bilan bir qatorda modernizm yoʻnalishlari tarqalgan. Xalq hunarmandchiligida toʻqimachilik, kashtachilik, qamishdan buyumlar toʻqish rivojlangan. Musiqa folklori qadimdan bir ovozli boʻlgan. 16-asr oxiridan koʻp ovozli diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll O’Katayn, J. va X. Skott, Keroll O’Deyli, T. va U. Konellan va b. arfa uchun kuy hamda ishqiy qoʻshiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlardir (16— 17-asrlar). Irlandiyada professional musiqaning shakllanishida 18-asrda D. Myorfi, M. Kelli, J. Fids, 19-asrda M. Balf, 20-asrda Ch. Stan-ford, A. Baks va boshqa muhim rol oʻynagan. 1856 yil Dublinda konservatoriya, 1964 yilda milliy opera truppasi tashkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. Irlandiyada simfonik orkestrlar, xor birlashmalari, musiqa jami-yatlari bor. Teatri Badiiy oʻqish va badihachilik sanʼati Irlandiyada majusiylik davridan mavjud. 16-asrda Dublinda diniy mavzudagi dramalar koʻrsatilgan. 17-asr dan ingliz aslzodalari uchun teatrlar tashkil topgan. 1899 yil U. B. Yits va A. Gregori Dublinda Irlandiya adabiy teatrini tuzdilar. 1901 yilda Irlandiya milliy drama jamiyati, 1904 yilda uning zaminida Dublindagi doimiy teatr (keyinchalik Abbatlik teatri) yuzaga kelgan. Abbatlik ("Ebbi teatr")da esa spektakl yaratishning yangi prinsiplari ishlab chiqildi. 1922 yil drama ittifoqi tashkil topdi. 1928—31 yillarda Golueyda Gel teatri ishladi. 1929 yilda E. Xelton va M. Mak-Liamoir tomonidan Dublinda zamonaviy teatrlarning novatorlik usullarini tasdikdaydigan teatr vujudga keldi. Uning sahnasida irland mualliflarining pyesalari, U. Shekspir, O. Uayld, B. Shou, A. P. Chexov, L. Tolstoy asarlari qoʻyildi. 1939 yildan Abbatlik teatri gel tilidagi spek-takllarni ham namoyish eta boshladi. Kinosi Kinosiga 1936 yil asos solingan. 30— 40-yillarda Irlandiya kino instituti tashkil boʻlgan. 1958 yildan "Ardmor" kinostudiyasi ishlay boshladi. "Obrazlar", "Och binafsha rang taksi" kabi filmlar ishlandi. "Yits mamlakati", "Irlandiya xalqi", "Ozodlik", "Bu toshlar qoladi" kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1982 yil "Quvilganlar" badiiy filmi (rejissyor Vinn-isimond) ekranga chiqdi. Mashhur rejissyor lari: M. O’Kelli, P. Keri, B. Kuini, R. Mangs, L. Markes, D. Komerford, K. Gikki. 1970 yilda kinematografiyachilar birlashmasi tu-zilgan. Manbalar Yevropa Irlandiya BMT aʼzolari
17,175
3191
https://uz.wikipedia.org/wiki/Italiya
Italiya
Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) – Yevropa janubida, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin yarimoroli, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Maydon 301,2 ming km. Aholisi 62234878 mln. kishi (2023). Maʼmuriy jihatdan 20 viloyat (regione)ga boʻlinadi. Poytaxti – Rim shahri. Italiya Yevropa davlatlari orasida YIM hajmi va rivojlanish darajasiga koʻra,1-oʻrinni egallaydi, dunyoda esa 37-oʻrinni egallaydi. Asosiy maʼlumotlar U shimoli-g'arbda Fransiya (chegara uzunligi - 488 km), shimolda Shveytsariya (740 km) va Avstriya (430 km),  shimoli-sharqda Sloveniya (232 km) bilan chegaradosh . Italiya hududida ikkita anklav davlat mavjud: San-Marino davlati va Italiya bilan bog'liq bo'lgan Vatikan davlati, Rim hududida joylashgan bo'lib , ularning har biri bilan Italiyaning ichki chegarasi mos ravishda 39 km va 3,2 km. Apennin yarim orolini , Bolqon yarim orolining chekka shimoli-gʻarbini , Padana tekisligi , Alp togʻlarining janubiy yon bagʻirlari , Sitsiliya , Sardiniya orollari va bir qator kichik orollarni egallaydi  . Italiyada 58 ta YuNESKO ning Butunjahon merosi ob'ektlari mavjud. Etimologiyasi Italia so'zining kelib chiqishi noma'lum. Eng keng tarqalgan nuqtai nazarga ko'ra, bu atama Gretsiyadan kelgan va " buzoqlar mamlakati " degan ma'noni anglatadi  . Buqa Italiyaning janubida istiqomat qilgan xalqlarning ramzi bo'lib , ko'pincha Rim bo'rini ovlagan holda tasvirlangan. Dastlab, Italia nomi faqat Janubiy Italiya (zamonaviy Kalabriya viloyati) tomonidan egallab olingan hududning bir qismiga tegishli edi. Davlat tuzilishi Davlat boshqaruvi asoslari Italiya unitar parlament respublikasi . Davlatning asosiy qonuni 1947 yilda qabul qilingan konstitutsiyadir . Davlat rahbari  - Italiya prezidenti . Ijro etuvchi hokimiyat va hukumatni Italiya Vazirlar Kengashi Raisi boshqaradi . 2013 yil fevral holatiga ko‘ra hukumat tuzilmasi quyidagi vazirliklarni o‘z ichiga olgan: tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi mudofaa vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Infratuzilma va transport vazirligi Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va o‘rmon xo‘jaligi siyosati vazirligi Ta'lim vazirligi Mehnat va ijtimoiy siyosat vazirligi Madaniy meros va madaniy faoliyat vazirligi Italiya Atrof-muhit va quruqlik va dengizni muhofaza qilish vazirligi Sog'liqni saqlash vazirligi . Qonun chiqaruvchi hokimiyat Italiyaning  ikki palatali parlamenti bo'lib , 5 yilga saylanadi. Italiya Deputatlar palatasi  - 400 a'zo. Italiya Senati  - 200 a'zo. Siyosiy partiyalar Asosiy maqola: Italiyadagi siyosiy partiyalar Italiyada zamonaviy partiya tizimi Ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlandi. Italiya Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasiga ko‘ra , siyosiy partiya fuqarolarning “milliy siyosatni belgilashga demokratik hissa qo‘shish” huquqidan foydalanadigan erkin birlashmasidir  . 2013 yilgi parlament saylovlari natijalariga ko'ra , Italiya parlamenti palatalaridan kamida bittasida 25 ta, jumladan, mintaqaviy va emigrant partiyalar vakillik qiladi . Zamonaviy Italiya rivojlangan ko'ppartiyaviylik tizimi bilan ajralib turadi (50 ga yaqin siyosiy partiyalar faol). Saylovda ishtirok etuvchi partiyalar faoliyati soliq to‘lovchilarning o‘zlari tanlashiga ko‘ra soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi  . Parlamentda mutlaq ko‘pchilikka ega bo‘lmagan mamlakatning yirik partiyalari kichikroq partiyalar bilan koalitsiya hukumatlarini tuzishga majbur . Fashizm targʻiboti va fashistik tashkilotlarning faoliyati qonun bilan taqiqlangan  . Eng yirik partiyalar: " Demokratik partiya " - chap markaz " Besh yulduz harakati " - chap qanot populist " Italiya oldinga " - konservativ " Italiya birodarlar " - o'ng markaz " Shimoliy liga " - to'g'ri " Italiya uchun qutblar " - mashhur Partiyalar koalitsiyalarda birlashgan - o'ng (Ozodlik xalqi, Xristian-demokratik partiya, Shimoliy liga) va chap (DPLS, SP, Xalq partiyasi, ekologlar). Huquqiy tizim Oliy sud - Oliy kassatsiya sudi ( Corte suprema di cassazione ), apellyatsiya sudlari - apellyatsiya sudlari ( Corte d'appello ) va hakamlar hay'ati ( Corte d'assise d'appello ), 26 ta sud. Apellyatsiya har bir tumanda ( distretto ), birinchi instantsiya sudlari - sudlar ( Tribunale ) va hakamlar hay'ati ( Corte d'assise ), har bir tumanda ( circondario ), sud tizimining eng quyi darajasida ( Giudice di pace ) ishlaydi. , prokuratura nazorati organlari - Oliy kassatsiya instantsiyasi Bosh prokuraturasi ( Procura Generale presso la Suprema Corte di Cassazione ), apellyatsiya sudlari huzuridagi bosh prokuraturalar ( Procure Generali presso le Corti d'Appello ), respublika prokuraturalari. oddiy sudlarda ( Procure della Repubblica presso il Tribunale ordinario ), ma'muriy sudlovning eng yuqori sudi - Davlat kengashi ( Consiglio di Stato ), ma'muriy adliya apellyatsiya sudlarida - mintaqaviy ma'muriy sudlar ( Tribunale Amministrativo Regionale ), eng yuqori nazorat organi - Hisob sudi ( Corte dei conti ), mafiyaga qarshi kurash organlari - Oliy kassatsiya sudi Bosh prokuraturasi huzuridagi Milliy antimafiya boshqarmasi ( Direzione nazionale antimafia ), tuman mafiyaga qarshi kurash bo‘limlari ( Direzione distrettuale antimafia ) huzurida. apellyatsiya sudlarining bosh prokurorlari, Ichki ishlar vazirligining jamoat xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi Mafiyaga qarshi tergov bo'limi ( Direzione Investigativa Antimafia ) (Jinoyat mafiyasiga qarshi kurashni muvofiqlashtirish bo'yicha Oliy komissar ( Alto commissario) o'rniga yaratilgan). per il coordinamento della lotta contro la delinquenza mafiosa )) va Milliy anti-mafiya prokurori ( Procuratore nazionale antimafia ), sudyalarni o‘qitish yuridik kasblar ixtisoslashuvi maktabi ( Scuola di specializzazione per le profession and ) tomonidan amalga oshiriladi. Oliy magistratura maktabi ( Scuola superiore della magistratura ). Konstitutsiyaviy nazoratning sud organi Konstitutsiyaviy suddir. Konstitutsiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan organlar Konstitutsiyaviy organlardan [u] , ya'ni Prezident , Parlament , Hukumat , sud [u] va Konstitutsiyaviy suddan tashqari , Italiya Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan organlar tizimini ham nazarda tutadi : Milliy iqtisodiy va mehnat munosabatlari kengashi [it] Italiya Respublikasi Davlat Kengashi [it] Hisob palatasi [it] Sudyalar oliy kengashi [bu] Italiya Oliy Mudofaa Kengashi Sitsiliya viloyati davlat komissarligi [bu] Davlat ramzlari Davlat ramzlari Asosiy maqolalar: Italiya bayrog'i , Italiya gerbi va Italiya madhiyasi Italiyaning davlat ramzlari konstitutsiya va amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Italiya bayrog'i 3:2 nisbatda bo'lgan to'rtburchaklar paneli bo'lib, teng o'lchamdagi uchta vertikal chiziqqa bo'lingan - qutb chetida yashil, o'rtada oq va panelning erkin chetida qizil rangda  . Italiya uch rangli birinchi marta 1797 yil 7 yanvarda Emiliyada Juzeppe Compagnoni tomonidan e'lon qilingan respublika bayrog'i sifatida paydo bo'ldi . Napoleon hukmronligi davrida bayroq frantsuz inqilobining ramzi sifatida ham ishlatilgan . Vena kongressi va qayta tiklanishdan so'ng, uch rangli rang ozodlik ramzi bo'lib qoldi va 1831 va 1848 yillardagi inqilobiy harakatlarda qo'llanildi  . Italiyaning milliy gerbi - chap tomonda zaytun novdasi va o'ngda eman novdasi o'rtasida joylashgan besh qirrali tishli g'ildirak ustiga o'rnatilgan qizil qirralari bo'lgan oq besh qirrali yulduz. Yashil novdalar bosh oq harflarda “Italiya Respublikasi” (Italiya: REPUBBLICA ITALIANA) yozuvi bilan qizil lenta bilan bog‘langan. Italiya Respublikasining rasmiy gerbi Italiya Prezidenti Enriko de Nikola tomonidan 1948 yil 5 mayda e'lon qilingan . Gerbning eskizini rassom Paolo Paschetto yaratgan bo'lib, u 1946 va 1947 yillardagi tanlovlarda 500 ta boshqa nomzod va 800 ga yaqin eskizlar orasida ushbu huquqni qo'lga kiritgan  . Italiyaning milliy madhiyasi , shuningdek, " Italiya birodarlar " va "Italiyaliklar qo'shig'i" sifatida ham tanilgan , 1946 yil 12 oktyabrdan 2017 yil 15 noyabrgacha Italiya Respublikasining norasmiy madhiyasi edi  ]. 2005-yil 17-noyabrda Senat rasmiy madhiya toʻgʻrisidagi qonunni birinchi oʻqishda qabul qildi, ammo qonun nihoyat 12 yildan soʻng qabul qilindi  . Madhiya matni 1847 yilning kuzida Goffredo Mameli tomonidan , musiqasi esa birozdan keyin bastakor Mishel Novaro tomonidan yozilgan . 20-asrning 80-yillarida Juzeppe Verdining “Nabukko” operasidan parcha ham keng tarqalib, madhiya sifatida ijro etilgan. Davlat bayramlari 1 yanvar  - Yangi yil ( Il Capodanno ); 6 yanvar  - Epiphany ( l'Epifania ) yoki Befana ( La Befana ), Epiphany , Epiphany ; 8 mart  - Xalqaro xotin-qizlar kuni ( La Festa della Donna ); 21 aprel - Rimning  tashkil topgan kuni ( Natale di Roma ); 25 aprel  - Fashizm va nemis istilosidan ozod qilingan kun ( La Liberazione ); 1 may  - Mehnat kuni (Mehnat kuni) ( La Festa del Lavoro ); 2 iyun  - Italiya Respublikasi e'lon qilingan kun ( La Festa della Repubblica ); 15 avgust  - Ferragosto ( Il Ferragosto ) Bibi Maryamning taxmini yoki Bibi Maryamning taxmini ( L'Assunzione ); 1 noyabr  - barcha azizlar kuni ( Il giorno di tutti i Santi yoki Ognissanti ); 2-noyabr  - O'lgan barcha ruhlar kuni ( Il giorno della Commemorazione dei Defunti ); 8 dekabr  - Bibi Maryamning beg'ubor kontseptsiyasi ( L'Immacolata Concezione ); 25 dekabr  - Masihning tug'ilgan kuni ( Il Natale ); 26 dekabr  - Muqaddas Stiven kuni ( Santo siyosat Tashqi siyosat Tarixiy ko'rinish 1861 yilgacha Italiya parchalanib ketgan edi, shuning uchun ko'plab Italiya davlatlari qo'shni kuchli davlatlarga e'tibor qaratib, o'zlarining tashqi siyosatini olib bordilar. Jahon urushidan oldingi Yevropa harbiy blokl1861 yildan boshlab birlashgan Italiyaning siyosati u erda yashovchi italiyaliklar bilan hududlarni, ya'ni Papa davlatlari, Trentino, Istriya, Dalmatiyani qo'shib olishga qaratilgan edi. Italiya ham o'zining mustamlaka imperiyasini yaratishga intildi. 1870 yilgi FrankPrussiya urushi paytidaItaliyaPapadavlatlarini anneksiya qildi . Keyinchalik tashqi siyosatini Germaniyaga qaratdi, chunki u Frantsiya ham da'vo qilgan Tunisda o'z o'rnini egallashni xohladi . Biroq Istriya va Trentinoni qoʻshib olish istagi tufayli Italiya 19-asr oxiri 20-asr boshlarida Avstriya-Vengriya bilan toʻqnash keldi  . 1914 yildan beri Italiya Germaniya bilan ittifoqchi Antanta bilan muzokaralar olib bormoqda . Natijada, 1915 yilda Antanta mamlakatlari Italiyaga Antanta tarafini olishga rozi bo'lsa, kerakli hududlarni va'da qildi. Va 1915 yilda Italiya Avstriya-Vengriyaga hujum qildi . 1918 yildagi Parij tinchlik konferentsiyasi natijasida Italiya Istria , Trentino va Adriatik dengizidagi bir qator orollarni qabul qildi . Birinchi jahon urushidan keyin Italiyaning yangi raqibi - Serblar, Xorvatlar va Slovenlar Qirolligi paydo bo'ldi, u 1929 yilda Yugoslaviyaga aylandi.Fashistlar hokimiyat tepasiga kelgach, Italiyaning tashqi siyosati nihoyatda radikal tus oldi. Yugoslaviya bilan to'qnashuvlar Ikkinchi jahon urushi oxirigacha dolzarb bo'lib qoldi , buning natijasida Italiya Dalmatiya , Istriyani Yugoslaviyaga qaytardi va Albaniyaga mustaqillik berdi  . Tashqi siyosatdagi eng muhim voqealardan biri 1947-yil fevralida Parijda Italiya bilan Ittifoqchi tinchlik shartnomasining imzolanishi boʻldi. Shartnomaga koʻra, Italiyada fashistik tashkilotlar tarqatib yuborildi, bosqinchi qoʻshinlar olib chiqildi, chegaralar belgilandi, Italiya hududida harbiy bazalarni joylashtirish taqiqlandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Italiyaning siyosati passiv edi, mamlakat NATO va AQSh yo'lidan bordi . Mamlakatda Italiyaning "o'rta kuch" roli g'oyasi hukmron edi. 1949 yil 4 aprelda Vashingtonda Shimoliy Atlantika shartnomasi rasman imzolandi. AQSh, Fransiya , Buyuk Britaniya, Belgiya, Kanada, Gollandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Daniya, Portugaliya va Islandiya vakillari bilan birgalikda Shimoliy Atlantika pakti Italiya hukumati vakili, tashqi ishlar vaziri Karlo Sforza tomonidan imzolandi . Tashqi ishlar vaziri Sforza, shuningdek, Italiyaning Yevropa Kengashi (1949) va Yevropa Ko'mir va Po'lat Hamjamiyatiga (1951) qo'shilishini faol ravishda ilgari surdi  . 1955 yil oxirida Italiya BMTga a'zo bo'ldi  . 1960-yillarning boshidan beri Italiya inqirozlarni boshqarish va dunyoning turli mamlakatlarida BMTning tinchlikparvar operatsiyalarida ishtirok etishda ajoyib tajribaga ega bo'ldi. Bunday xalqaro faoliyat Italiya tashqi siyosatining ajralmas qismiga aylanadi va Italiyaning xalqaro nufuzini mustahkamlaydi. Italiya 1963 yilda Kongoda tinchlik o'rnatish amaliyotiga katta hissa qo'shdi . Italiyaning mojarolarni hal qilishdagi ishtiroki 1980 yildagi Liviya missiyasi munosabati bilan yanada muhimroq bo'ldi .  tufayli kengaydi . 1964 yildan beri Italiya Tashqi ishlar vazirligi ( ichki italyancha atamasi Farnesina) birinchi marta ayollarni ishga qabul qila boshladi  . 1970-yillarning oxiriga kelib, birin-ketin ichki siyosiy inqirozni boshdan kechirayotgan Italiyaning passivligi G‘arbiy Yevropada yevropaizmga sodiqlik haqidagi ritorik deklaratsiyalar bilan qoplandi. 1980-yillar oxirida G'arbiy Evropa va Qo'shma Shtatlar o'rtasida tebranib turgan Italiya tashqi siyosatining mayatnik Amerika bosqichida qotib qoldi  . 1980-yillarning oxirida bu mafkura Yugoslaviya parchalanishining boshlanishi tufayli o'zgara boshladi . Italiya post-Yugoslaviya makonida va umuman O'rta er dengizidagi jarayonlarga ko'proq e'tibor bera boshladi . 1980-yillar boshida Italiyaning Oʻrta yer dengizi siyosatiga yangi turtki berildi. Mamlakat NATO bo'yicha hamkorlaridan sezilarli darajada mustaqillikka erisha oldi va mintaqada o'z yo'nalishini davom ettira boshladi. 1980-yilda Malta bilan harbiy va iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzilishi, 1982-1984-yillarda italiyaliklarning Livandagi xalqaro qoʻshinlar tarkibida ishtirok etishi va Suvaysh kanalini minalardan tozalash boʻyicha operatsiyalar shu davrda Italiya siyosatining oʻziga xos koʻrinishlaridandir . 1984 yil. 90-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Italiya tashqi siyosatida Evropa Ittifoqidagi davlatni aniqlash bilan bog'liq muammo birinchi o'ringa chiqdi . Eng avvalo, yagona Yevropa valyutasi – yevroni joriy etish masalasiga e’tibor qaratildi. 21-asrning boshlarida mamlakat Gretsiya, Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gertsegovina va Albaniya bilan birgalikda yangi submintaqaviy loyiha - Adriatik va Ioniya tashabbusi ( AII) ni ilgari surishda ishtirok etdi. Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi konferensiya 2000-yil 20-mayda Italiyaning Ankona shahrida boʻlib oʻtdi va Italiya uchun Bolqonda yangi taʼsir kanallarini ochdi. Shuningdek, AII tashkil etilgandan so'ng, Italiya amalda Bolqondagi inqirozdan keyingi rivojlanishni tartibga solishga qodir bo'lgan G'arbiy Evropaning asosiy davlatlaridan biriga aylandi, bu Italiyaga o'zini janubiy mamlakatlarning tortishish markazlaridan biri sifatida ko'rsatish imkoniyatini berdi. -Sharqiy Yevropa.2001-yil 11-sentabrda AQShda sodir boʻlgan voqealardan soʻng Italiya oʻz saʼy-harakatlarini Gʻarb va Islom dunyosi oʻrtasidagi aloqalarni tiklashga yoʻnaltirdi  . 2001-2006 yillarda Bosh vazir va Italiya tashqi ishlar vazirlari mintaqaviy inqirozni hal qilishda Rim vositachiligida Falastin va Isroil ma'muriyatlari o'rtasida muloqot o'rnatish maqsadida bir qancha tashriflar qildi. Italiya Prezidentining Turkiyaga birinchi davlat tashrifi 2005-yil 22-noyabrda bo‘lib o‘tdi. Karlo Chapmi Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish intilishlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi, shuningdek, mamlakat va uning rahbariyati YeI tomonidan qabul qilingan standartlarga erishish uchun saʼy-harakatlarni amalga oshirishi kerakligini taʼkidladi  . Italiya tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlariga quyidagilar kiradi: O'rta er dengizi , Bolqon mintaqasi , Amerika Qo'shma Shtatlari , Evropa Ittifoqi , Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlari , Rossiya . Italiya tashqi siyosatining eng muhim maqsadlaridan biri BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi sifatida o'rin olishdir  . 2011 yilga kelib, Italiya tashqi xizmatining global tarmog'i 300 dan ortiq elchixonalar, konsulliklar, madaniyat institutlari va mahalliy hamkorlik agentliklaridan iborat edi.  bo'lganligi sababli faqat 22 nafar diplomat Italiya elchisi darajasiga ega edi . 2016-yilda transmilliy darajada ishlagan italiyalik diplomatlarning eng ko‘zga ko‘ringanlari Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini va BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Misturadir . 2011 yil ma'lumotlariga ko'ra, xorijdagi italyan diasporasi dunyodagi eng yirik diasporalardan biri bo'lib, taxminan 5 million kishini tashkil qiladi. Rossiya bilan munosabatlar Asosiy maqola: Rossiya-Italiya munosabatlari 21-asrning boshlarida Rossiya va Apennin yarim oroli davlatlari o'rtasidagi munosabatlar o'rnatilganining 500 yilligi nishonlandi , ular bir xil tsivilizatsiyaga mansublikni anglash va umumiy axloqiy tamoyillarga asoslangan edi  . Italiya Rossiya Federatsiyasi bilan diplomatik munosabatlarga ega: SSSR bilan 1924 yil 7 fevralda o'rnatilgan, 1941 yil 22 iyunda Italiya tomonidan uzilgan , 1944 yil 25 oktyabrda tiklangan . Shu vaqt ichida Italiya va SSSR/Rossiya o'rtasida ikki tomonlama viza rejimi amalda bo'lgan . 1966 yil aprel oyida SSSR Tashqi ishlar vaziri Andrey Gromikoning Italiya Respublikasiga birinchi rasmiy tashrifi bo'ldi . Italiyaning Gitler koalitsiyasida ishtirok etishi natijasida yuzaga kelgan o'n yillik sovuq munosabatlardan so'ng , tashrif nafaqat ikki tomonlama munosabatlar sohasida aniq natijalar berdi, balki xalqaro siyosat va bloklararo masalalar bo'yicha SSSR va Italiya pozitsiyalarining yaqinlashishiga olib keldi. NATO va Varshava shartnomasi o'rtasidagi qarama-qarshilik . 1970-yillardan beri Sovet-Italiya munosabatlari odatda ko'tarilish yo'nalishi bo'yicha rivojlanib bormoqda va intensivligi va samaradorligi bilan ajralib turadi. 1975 yilda Italiya va SSSR o'rtasidagi do'stona munosabatlarni rivojlantirish istagi aks ettirilgan Sovet-Italiya deklaratsiyasi imzolandi  . 1969 yilda Apennin orollariga tabiiy gaz yetkazib berish bo'yicha birinchi Sovet-Italiya shartnomasi imzolandi, 2006 yilda ENI va Gazprom o'rtasidagi Italiyaga gaz yetkazib berish bo'yicha strategik kelishuv 2035 yilgacha uzaytirildi  . Birinchi oliy darajadagi muzokaralar Mixail Gorbachyovning 1989-yil 29-30-noyabr kunlari Rimga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tdi. Italiya birinchilardan bo'lib yangi Rossiyani SSSRning huquqiy vorisi sifatida tan oldi. Rossiya Prezidenti Boris Yeltsinning 1991-yil 19-20-dekabr kunlari Rimga tashrifi muhim voqea bo‘ldi.Natijada ikki tomonlama munosabatlar asoslari to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilindi, madaniy almashinuv to‘g‘risidagi protokol imzolandi. 1994 yil 14 oktyabrda Doʻstlik va hamkorlik shartnomasi imzolandi. 1994 yilda Bosh vazir Silvio Berluskoni tashabbusi bilan Yeltsin Neapolda boʻlib oʻtgan dunyoning yetti yetakchi davlati sammitiga taklif qilindi , bu Rossiyaning G7ga integratsiyalashuvi va G8ga aylanishining boshlanishi boʻldi. 2014  . 1998 yilda "Rossiya va Italiya o'rtasidagi munosabatlar bo'yicha harakatlar rejasi" joriy etildi. 2014 yilga qadar Italiya Ukrainadagi voqealar munosabati bilan Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo'shilgach , Moskva va Rimda muntazam ravishda yuqori darajadagi rasmiy uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Chigi saroyi va Kreml o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa liniyasi mavjud . Sanktsiyalar 2020-yil 31-iyulgacha uzaytirildi  . Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari Italiya Evropa Ittifoqining uchta davlatidan biri ( Vengriya va Gretsiya bilan birga ) Rossiyaga qarshi cheklov choralarini kamida qo'llab-quvvatlaydigan va ularni zaiflashtirishni talab qilayotganini ta'kidladi. Italiya tashqi siyosatining zamonaviy bosqichi, ayniqsa Bosh vazir Berluskoni davrida, Rossiya bilan konstruktiv munosabatlar bilan ajralib turardi - Italiyaning NATO va Evropa Ittifoqidagi majburiyatlarini saqlab qolgan holda , Rossiya uchun qabul qilinishi mumkin emas. 2004 yil iyun oyida Rossiya Federatsiyasi va Italiya Respublikasi fuqarolariga vizalar berishni soddalashtirish bo'yicha hukumatlararo bitim imzolangani muhim voqea bo'lib, u yoshlar, olimlar, madaniyat arboblari, tadbirkorlar va davlat xizmatchilari uchun o'zaro aloqalarni yo'lga qo'ydi . Rossiyadan sayyohlarni qabul qiluvchi eng yirik italyan kompaniyasi Italcamel hisoblanadi. 2014 yil holatiga ko'ra Rossiyada 24 ta Italiya viza markazlari faoliyat ko'rsatgan; 2013 yilda rossiyaliklarga maksimal vizalar berilgan - 770 ming; 2013 yilda Italiyaga 1,2 million Rossiya fuqarolari tashrif buyurgan, bu butun Rossiya-Italiya tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichdir. munosabatlar. Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritilgandan so'ng, Rossiyadan kelgan turistlarning yillik soni 50% ga kamaydi  . 2013-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi – 53,9 milliard dollar, o‘zaro sanksiyalardan so‘ng keskin pasayish kuzatildi, 2016-yilda tovar ayirboshlash atigi 19,8 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu ko'rsatkichga ko'ra, Italiya 2013 yilda Rossiyaning Evropa Ittifoqidagi uchinchi yirik savdo sherigi, dunyoda to'rtinchi o'rinni egalladi  . 2015- yilda Italiya Rossiyadan Germaniyaga “Shimoliy oqim II” gaz quvuri qurilishiga qarshi chiqdi va bu loyiha Rossiyaga qarshi sanksiyalar ruhini buzishi va Germaniyaning iqtisodiy manfaatlarini Yevropa birligidan ustun qo‘yishini ta’kidladi. Shu bilan birga, Italiya hukumati Evropa Ittifoqining "Janubiy oqim" qurilishini bekor qilishga olib kelgan harakatlarini tanqid qildi , ya'ni bu yo'nalish orqali Rossiya gazi Italiyaga oqib chiqishi kerak edi  . 2020-yilning mart oyida Italiyada COVID-19 koronavirus infeksiyasi avj olgan paytda, mamlakatda pandemiyadan vafot etganlar soni 10 ming kishiga yaqinlashganda, Rossiya Apennin orollariga rossiyalik shifokorlar brigadalarini yubordi va ular bilan himoya vositalari, mobil tizimlar bazasida. Transport va hududni aerozol bilan zararsizlantirish uchun " KAMAZ ", tibbiy asbob-uskunalar, sterilizatsiya uchun dala laboratoriyalari. Yordam Rossiya Federatsiyasi Aerokosmik kuchlari samolyotlarini jalb qilgan holda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi orqali taqdim etildi  . Italiyaga etakchi harbiy virusologlar va boshqa mutaxassislar bilan 14 VKS samolyoti yuborildi; jami 100 ga yaqin rus internatsionalist askari VKS bortiga kelishdi; ularning faoliyatining asosiy joyi Bergamo shahridagi infektsiyaning eng katta tarqalishi edi  . Shu bilan birga, La Stampa gazetasi manbalarga tayanib, bu yordamni “foydasiz”  deb atadi va asosiy bo‘lmagan vazirlik (Sog‘liqni saqlash vazirligi emas, Mudofaa vazirligi) tibbiy yordam ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Xalqaro a'zolik Birlashgan Millatlar Tashkiloti ( 1955 ) NATO ( 1949 ) Yevropa Kengashi ( 1949 ) Yevropa Ittifoqi ( 1957 ) O'nlik guruhi ( 1964 )  . NATOning bir qismi sifatida Italiya 1949 yil aprel oyida ittifoq tuzilganidan beri NATO a'zosi . NATOda bo'lishining boshidanoq Italiya blokning O'rta er dengizidagi foydali strategik forposti, Janubiy Evropada Amerika harbiy ishtirokini kengaytirish uchun tramplin rolini o'ynashga mo'ljallangan edi . Italiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga kirishi bosh vazir De Gasperi boshchiligidagi Italiya xristian demokratlarining (CDA) amerikaparast kursi tufayli edi, u Qo'shma Shtatlar va uning mudofaa salohiyatini asosiy tayanch va mudofaa deb hisoblagan va kuchli harakatlarga qarshi kurashgan. Vashington tomonidan Italiyani amerikaparast blokga qoʻshishni maqsad qilgan  . O'zining harbiy bazalarini Italiya hududida joylashtirishga intilayotgan Qo'shma Shtatlar 1947 yilda Italiya bilan bu masala bo'yicha muzokaralarni boshladi va allaqachon 1948 yilda mamlakatlar o'rtasida maxfiy harbiy protokol imzolandi. Hujjatga ko'ra, Amerika qo'shinlari tomonidan Italiya hududidan foydalanish uchinchi kuchga, ehtimol, NATO doktrinasiga ko'ra, G'arbning asosiy potentsial dushmani hisoblangan Sovet Ittifoqiga qarshi harbiy amaliyotlar o'tkazilgan taqdirda ko'zda tutilgan . Vashington shartnomasi imzolanganidan ko'p o'tmay, Italiya hukumati harbiy yordam so'rab AQShga murojaat qildi. Buning uchun Italiya Amerika harbiy bazalarini joylashtirish uchun hudud berishga rozi bo'ldi. 1949 yilning yozida Qo'shma Shtatlar yangi zamonaviy harbiy ob'ektlarni qurish, eski eskirgan aerodromlar va portlarni tiklash va rekonstruksiya qilish bo'yicha ishlarni boshladi. Ushbu rejaga ko'ra, Italiyaning Pantelleriya va Lampeduza orollarida AQSh harbiy-dengiz bazalari tashkil etilgan . 1954-yilda hukumat AQSH bilan Italiyada Amerika harbiy bazalarini joylashtirish toʻgʻrisida shartnoma tuzdi, uni nashr ham, parlament ham tasdiqlamadi  . 1956 yilda NATO, Amerika Qo'shma Shtatlari va Buyuk Britaniya Gladio dasturini ishlab chiqdi, uning maqsadi Sovet Ittifoqi bosqinidan himoya qilish uchun Italiyada er osti jangovar hujayralarni yaratish edi. 1972 yilda Italiya hukumati Sovet Ittifoqi bilan siyosiy maslahatlashuvlar to'g'risidagi protokolni imzolash bilan deyarli bir vaqtda Maddalena orolida Amerika yadro suv osti kemalarini baza bilan ta'minlash to'g'risida AQSh bilan shartnoma tuzdi. Italiya Sovuq urush davrida ham, u tugaganidan keyin ham AQSh va NATOning O'rta er dengizidagi asosiy forposti edi . Bu o'n yilliklar davomida Italiya NATO siyosatini faol qo'llab-quvvatlab, o'z hududini nafaqat bazani, balki harbiy harakatlar uchun, masalan, 1999 yilda Yugoslaviyani bombardimon qilish paytida, Liviyadagi operatsiya paytida (2012) va boshqa joylarda "sakrash" aerodromlari sifatida taqdim etdi. holatlar  . Shu bilan birga, Italiyaning o'zi (na atom elektr stantsiyalari, na neft, gaz, ko'mirning sanoat zaxiralari mavjud bo'lmagan energiya tanqis mamlakat) tez o'zgarib turadigan hukumatlari va beqaror ichki siyosiy ahvoli bilan, muhim iqtisodiy va harbiy resurslarga ega emas. uzoq vaqtdan beri NATOda strategik qarorlar qabul qilish chetida. Italiyaning NATOdagi roli 1990-yillardagi Yugoslaviya inqirozi davrida ortib bordi . Yugoslaviya parchalanib ketganidan keyin, Kosovo inqirozi va Italiyada Kosovo mustaqilligi e'lon qilinganidan keyin "o'rta kuch" g'oyasi "qahramonlar dunyosi" g'oyasiga aylandi  , ya'ni. , Italiya muhim o'rin egallagan dunyo. Italiya birinchilardan bo'lib Serbiyaning sobiq Kosovo viloyati suverenitetini tan oldi va keyin Bolqon mintaqasini NATO doirasidagi mas'uliyat hududi deb e'lon qildi  . 2003 yilda Italiya urushga qarshi kayfiyat hukmron bo'lishiga qaramay, ittifoqchilik majburiyatlarini bajardi va Saddam Husaynni ag'darish uchun koalitsiya kuchlarining Iroqqa bostirib kirishini qo'llab-quvvatladi  . 2005 yil mart oyida Iroqda terrorchilar tomonidan asirga olingan garovga olinganlarni ozod qilishda jonini fido qilgan italyan razvedkasi Nikolo Kaliparining jasorati dunyoda katta rezonansga ega bo'ldi. Bu fojia Italiyaning Iroq urushidagi ishtirokining ma'nosi haqidagi ommaviy munozaralarda burilish nuqtasi bo'ldi va 2006 yilda Bosh vazir Romano Prodi davrida Italiya qo'shinlari Iroqdan chiqib ketdi  . 2015 yilda Italiya NATOning eng nufuzli a'zolaridan biri hisoblanadi. Italiya harbiy xizmatchilari Shimoliy Atlantika alyansining turli mashqlar va operatsiyalarida faol ishtirok etadilar. Kosovo , Iroq va Afg'onistondagi NATO missiyalarida 6500 ga yaqin italiyalik harbiy xizmatchilar va maxsus xizmatlar xodimlari ishtirok etdi . Italiya harbiy-dengiz kuchlarining kemalari NATOning O'rta er dengizidagi Active Endeavour dengiz operatsiyasida ishtirok etdi. Liviyadagi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichida Italiya NATO ixtiyorida uchinchi yirik havo kuchlarini berdi. Italiya NATO byudjetiga kiritilgan sarmoya miqdori bo'yicha beshinchi o'rinda turadi  . 2015 yilga kelib Italiyada AQSh va NATOning bir necha oʻnlab harbiy bazalari va poligonlari hamda Shimoliy Atlantika alyansining bir qator qoʻmondonlik organlari joylashgan. Ular orasida Qo'shma harbiy qo'mondonlik (JMC) shtab-kvartirasi va Neapoldagi JMC nazorati ostidagi dengiz kuchlari qo'mondonligi , xuddi shu shaharda AQSh konsulligi joylashgan. Italiyada NATO tadqiqot markazi va bir qancha alyans taʼlim muassasalari joylashgan. Ular orasida Rimdagi Harbiy kollej, Latinadagi Aloqa va axborot tizimlari maktabi, La Spesidagi Suv osti tadqiqot markazi  . Sovuq urush davridan beri Italiyadagi Amerika bazalarida AQSh va NATOning strategik bo'lmagan yadro arsenalining bir qismi bo'lgan taktik yadro qurollari (90 ta kallak) joylashtirildi . Shu bilan birga, Italiyada bir necha o'nlab yadroviy bombalarning joylashtirilishi italiyaliklarning o'zlari tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydi, Italiya aholisining yarmiga yaqini mamlakatda bunday qurollar mavjudligidan umuman xabardor emas. Qo'shma Shtatlarda yadroviy bombalarni modernizatsiya qilish davom etar ekan, Italiyada va boshqa Evropa NATO a'zolarida bu qurollarni olib yuruvchi samolyotlar takomillashtirilmoqda. 2015 yilda NATO Yevropada, jumladan, Italiyada 200 ga yaqin yadro bombasi va 310 ta tashuvchi samolyotga ega edi. 2020 yilga kelib, AQShda ishlab chiqilgan va sinovdan o'tkazilgan so'nggi boshqariladigan B61-12 yadroviy bombalari Italiyadagi NATO bazalarida  joylashtirilishi kutilmoqda. Italiyaning NATO istiqbollariga oid siyosati kontseptsiyasi alyansning boshqa davlatlarining strategik ko'rsatmalariga yaqin. Italiya NATOning " Tinchlik yo'lida hamkorlik " maxsus dasturi doirasida Rossiya bilan yaqinlashishga sodiqdir . Rossiya bilan aloqalar Silvio Berluskoni to'rt karra bosh vazirlik davrida eng katta rivojlanish va intensivlikni oldi , u davlat manfaatlaridan tashqari Vladimir Putin bilan shaxsiy do'stlikka ega edi  . 2002 yil 28 mayda Berluskoni tashabbusi bilan Rossiya va G'arb o'rtasida harbiy-siyosiy yaqinlashuv bo'lib o'tdi; Pratika di Mare harbiy bazasida bo'lib o'tgan Rim sammitida Rossiya -NATO kengashi tuzildi . O'shanda " sovuq urush " ga chek qo'yganiga ishonishgan  . Matteo Renzi va Paolo Gentiloni kabinetining navbatdagi kabineti ancha keskin xalqaro vaziyatda bir xil ko'rsatmalarga amal qilishga harakat qildi . Italiyaning pozitsiyasiga tuzatishlar Ukrainada 2014 yilda boshlangan inqiroz va natijada G'arb va Rossiya o'rtasidagi munosabatlarning murakkablashishi bilan amalga oshirildi , unga qarshi Italiya ham sanksiyalarga qo'shildi  . Shunga qaramay, Italiya hamjihatlikda bo'lgan NATOning rasmiy hujjatlari hali ham ittifoqni o'zgartirish va Rossiya bilan muloqotni davom ettirish zarurligini tasdiqlaydi. Qurolli Kuchlari Italiya qurolli kuchlari tarkibiga quyidagilar kiradi: armiya, dengiz floti, havo kuchlari, karabineri. 2005 yil 1 yanvardan boshlab harbiy xizmat bekor qilindi. Bungacha Italiyada chaqiruv yoshi 18 yoshdan boshlangan, xizmat muddati esa 10 oy edi. Jangga tayyor aholi (erkaklar): 15-49 yosh - 2001 yilda 14248674; Jangga yaroqli aholi (erkaklar): harbiy xizmatga 15-49 yosh - 2001 yilda 12 244 166 kishi; Harbiy mehnat zaxiralari (har yili harbiy xizmatga chaqirilish yoshiga etganlar): 2001 yilda 304 369 kishi; Harbiy xarajatlar: yiliga 28,9 milliard dollar, bu YaIMning 1,5% ni tashkil qiladi  . Italiyada harbiy xizmatni bekor qilish va professional armiya yaratish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. 1985-yil 31-dekabrdan keyin tug‘ilgan yoshlar endi muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi. Rasmiy ravishda, yangi qonun faqat harbiy xizmatni to'xtatib turish bilan bog'liq, chunki Italiya Konstitutsiyasining 52-moddasida "Vatanni himoya qilish fuqaroning muqaddas burchi" deb belgilangan. Shunday qilib, urush boshlangan yoki boshqa favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, harbiy xizmatga chaqiruv amaliyoti qayta tiklanishi mumkin. Biroq, Rim professional armiya yaratish yo'nalishini belgilab oldi, ularning soni 2006 yil oxiriga kelib 190 mingni tashkil etdi, ya'ni 80 ming harbiy xizmatchiga qisqardi. Qonunda harbiy xizmatchilarning besh yillik xizmat muddati , shartnomani ikki yilga ikki marta uzaytirish imkoniyati nazarda tutilgan. Bundan tashqari, faqat bir yilga shartnoma tuzish mumkin. Qurolli kuchlarni tark etgandan so'ng, sobiq harbiy xizmatchilarning aksariyati politsiya, o't o'chirish bo'limlari va fuqarolik mudofaasi xizmatlariga qabul qilinadi deb taxmin qilinadi. Bundan tashqari, islohot ayollarga armiyaning barcha bo'g'inlarida deyarli har qanday lavozimni egallash imkoniyatini ochib beradi. Italiya harbiy razvedkasi AISE (2007 yilgacha - SISMI) xodimlari Italiyadan tashqaridagi operatsiyalarda qatnashadilar. Ma'muriy bo'linish Asosiy maqola: Italiyaning ma'muriy bo'linmalari Italiya markazlashmagan unitar davlatdir. Shtatning poytaxti - Rim . Mamlakat 20 ta mintaqaga bo'lingan - Valle-d'Aosta , Lombardiya , Trentino-Alto-Adige , Friuli-Venesiya - Juliya , Piemont , Liguriya , Venetsiya , Toskana , Umbria , Emiliya - Romagna , Marche , Abortssia - Molisa , Kampsi , Laborsia , Kalabriya , Apuliya , Sardiniya va Sitsiliya (shundan 5 tasi - Sitsiliya, Sardiniya, Trentino-Alto-Adij, Valle d'Aosta va Friuli-Venesiya Juliya alohida maqomga ega), maʼmuriy-hududiy birlik sifatida 110 provinsiyani oʻz ichiga oladi. Viloyatlar, o'z navbatida, jami 8101 kommunadan iborat kommunalarga bo'lingan.Avtonom viloyatlarning o'z vakillik organlari - mintaqaviy kengashlar va ijroiya organlari - xuntalar, viloyatlar va avtonom viloyatlar qonunlarda belgilangan masalalar bo'yicha mintaqaviy va viloyat qonunlarini qabul qilishlari mumkin. Konstitutsiya. Davlat tuzumi Italiya- respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947-yil 22-dekabrda qabul qilingan va 1948-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi – prezident (1999-yil maydan K. A. Champi). U parlament ikkala palatasining qoʻshma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 10 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi. Tabiati Italiya chizigʻi (7,5 ming km) Apennin yarim orolning janubida pasti-baland boʻlsa, boshqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi togʻ va qirlardan iborat. Italiyaning shimolida Alp togʻlari joylashgan: Gʻarbiy Alp togʻlari (Monblan choʻqqisi, 4807 m – Italiyaning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Sharqiy Alp togʻlari (eng baland nuqtasi – Ortles togʻi, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst platosiga tutashib ketgan. Alp togʻlari janubida joylashgan Padan tekisligi sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin yarim orol boʻylab 1200 km masofada Apennin togʻlari joylashgan. Bir necha soʻngan va soʻnmagan vulkanlar (Amiata – 1734 m, Vezuviy – 1277 m) bor. Italiya orollarining relyefi, asosan, togʻlik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulqonlari bor. Italiyaning oʻrta va janubiy qismlarida tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi. Italiyada toshkoʻmir, bitumli slanets, neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. Italiya simob rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Maʼdanli va issiq (temperaturasi 100-200°) bulok, koʻp. Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʼtadilroq. Alp tog‘lari shimolidan keladigan sovuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20-28°, baʼzan issiq shamol esganda 40-45° ga koʻtariladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin yarim orol va orollarda 1 – 12°. Sharqiy Alp va Shimoliy Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin (yiliga 3000 mm) joylaridir. Mamlakat ichkarisida yiliga 600-800 mm, Sitsiliya va Sardiniya orollarida 500 mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining Italiya hududidagi qismida 800 dan ortiq muzliklar bor. Eng yirik daryosi – Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar Italiyaning shimoliy qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugʻorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort koʻp. Alp togʻlarining 1800 m balandlikkacha boʻlgan qoʻngʻir-oʻrmon tuproqli yon bagʻrida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqoridagi togʻ-oʻtloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va alp oʻtloqlari bor. Apennin yarim orol, Sitsiliya va Sardiniya o.larida (tuprogʻi jigarrang) 500-600 m balandlikda doim yashil tosh dub va poʻkak dublari, piniya, halab qaragʻaylari, butalar o‘sadi. 1500 m balandlikkacha jigarrang va qoʻngʻir togʻ tuproqli yerlarda dub, qora qayin va kashtan oʻrmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli oʻrmonlar, togʻ tepalarida subalp oʻtloklari bor. Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin togʻlarida serna, yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan, qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. Italiyada noyob oʻsimlik, hayvon va geologik obʼyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. – jami maydon 200 ming ga. Aholisining 98% dan koʻprogʻi italyanlar; qolgan qismi retoromanlar, tirollar, fransuzlar, sloven va xorvatlar, shuningdek, albanlar, katalonlar va b. Rasmiy tili – italyan tili. Asosiy din – katolik dini. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Rim, Milan, Neapol, Turin, Genuya, Palermo. Tarixi Italiya hududida paleolit davrida odamlar yashagan. Apuliyaning Kastro shahri yaqinidagi Romanelli goridan, Liguriyaning Grimaldi qishlogʻi yaqinidagi Barma-Grande gʻoridan, Emiliyaning Savinyano manzilgoqidan topilgan arxeologiya yodgorliklari shundan dalolat beradi. Shimoliy Italiyada jez davrita mansub arxeologiya mada-niyati, oʻrta Italiyada unga turdosh boʻlgan madaniyatlar nishonalari juda koʻp. Temir davrshxa Italiya hududida paydo boʻlgan bir qancha madaniyatlar koʻpgina arxeologiya yodgorliklarini qoldirgan. Ular orasida villanlar madaniyati yetakchi boʻlgan. Mil. av. 2-1ming yilliklarda qoz. Italiya hududida ligurlar, et-rusklar yashagan, asta-sekin italiklar (shu jumladan, lotinlar) koʻchib kelib joylasha boshlagan. Italiklar gu-ruhiga mansub boʻlgan sabinlar bilan birga lotinlar Rimga asos solganlar (mil. av. 754-53-yillar). Mil. av. 5-3asrlarda Italiya hududi qad. Ashning asosiy qismi boʻlgan. Mil. 5-asrgacha, yaʼni Italiya Rim davlati tarkibiga kirgan davrgacha boʻlgan Italiyaning shundan keyingi tarixi va uning qududida quldorlik tuzumi shakllanganligi haqida Qad. Rim maqolasiga qarang. Mil. 3-asrda, asosan, Italiya hududidan iborat boʻlgan Rim imperiyasida quldorlik tuzumi inqirozga uchragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm unsurlari vujudga kela boshladi: yirik yer egaligi bilan birga mayda xoʻjalikning mavjudligi, natural xoʻjalik xukmronligi Rim imperiyasi davrida butunlay barham topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oshib borgan edi. 4-5-asrda Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari va b. varvar qabilalar Rim imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-asr boshlarida Italiyaga kirib kelgan vestgotlar 413-yilda Rimni ishgʻol qildilar. 455 yilda Rim vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-asrda german, vestgot, vandal va b. kabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qoʻzgʻolonlari natijasida Gʻarbiy Rim imperiyasi yemirilgach, 476 yil Odoakr boshchiligida qirollik hoki-miyati oʻrnatildi. 488 yilda Teodorix boshchiligida ostgotlar qirolligi bunyod etildi. 554 yil Italiyani Vizantiya, bosib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554 yil Pragmatik sanksiya chiqardi, bu hujjat Rim imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini qayta tiklashga qaratilgan edi. 568 yilda Shimoliy Italiyaga langobardlar kelishdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib tashladilar va haydab yubordilar. Ulardan musodara qilingan yerlar istilochi zamindorlar oʻrtasida taqsimlandi. Erkin dehqon vaqtincha asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Ammo Rimdagi yirik yer egaligining bir qismi (qullar va kolonlar bilan birga) baribir saqlanib qolgan edi. Rim xususiy mulkchiligi taʼsirida langobardlar jamoasining parchalanishi kuchaydi, qaram dehqonlar sinfi va zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni tezlashdi. Ilk feodal davlati vujudga keldi. Italiyaning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi. 751-yilda langobardlar Ravenna ekzarxatini bosib oldi, soʻngra franklar uni langobardlardan tortib olishdi. 556-yilda franklar qiroli Pipin Pakana Ravenna ekzar-xati, Rim dukati va Pentapolisni papaga sovgʻa qilgach, papalarning teokratik davlati (Papa viloyati) tarkibiga qo‘shildi. 773-74-yillarda Italiyani franklar qiroli Buyuk Karl bosib oldi. Italiyaning franklarga tobe boʻlishi unda zamindorlik munosabatlarining rivojlanishini tezlashtirdi. 781 yilda Italiya qirolligi tashkil topdi. Buyuk Karlning oʻgʻli Pipin uning qiroli boʻldi. Franklar istilosidan soʻng Italiyada mulkdorlik munosabatlari tez rivojlana boshladi. 887 yil Buyuk Karl sulolasidan boʻlgan Karl III agʻdarilgach, yirik zodagonlar oʻrtasida Italiya taxti uchun kurash avj oldi. 9-asrda Italiyaga janubidan arablar, shimolidan vengerlar hujum qildi. 10-asrning 2-yarmidan 12-asr boshlarigacha Italiyaning koʻp qismi german imperatori Otton I taʼsirida boʻldi. 10-11-asrlarda Italiyaning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. shaharlari yepiskop-senorlar iskanjasidan qutulib, mustaqil shaharlarga aylandi. 11 – 12-asrlarda Italiya shaharlarida hunarmandlar va savdogarlar korporatsiyalari-sexlar vujudga keldi. Kommunalar gʻalaba qozongach, hokimiyat senordan konsullar hayʼati qoʻliga oʻtdi, shahar zoda-gonlarining, boy savdogarlarning namoyandalari shu hayʼat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar bilan mayda savdogarlar hokimiyatga yoʻlatilmas edi. Xalq yigʻinining ahamiyati unchalik katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga oʻtishi zamindorlarning qudratiga putur yetkazdi va Italiya iqtisodiyotining rivojlanishi hamda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar hududida boʻysundirish yoʻli bilan shahar-davlatlarning tashkil topishi uchun turtki boʻldi, bu shahar-davlatlarda oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor boʻlgan yangi davlat shakli – respublika tuzumi oʻrnatildi. Shahar kommunalar tovar-pul munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu yerda port shaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza, Ankona) ravnaq topishiga, ularni Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi asosiy savdo vositachilariga aylantirdi. Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi shaharlarning iqtisodiy ustunligi Italiyaning shu qismida 11 −12-asrlarda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar, savdogarlar va baʼzan shaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berishiga olib keldi. 12-13-asrlarda Italiya shaharlarining qoʻllab-quvvatlashi bilan qishloq kommunalari vujudga kela boshladi, ular oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilishini talab qildilar. Qishloq kommunalari zamindorlar hukmronligidan ozod boʻlishlari bilanoq qoʻshni shaharlarga qaram boʻla bordilar. 12-13-asrda Paviya, Milan va b. shaharlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik zodagonlarga qarshi kurashdilar. Shu davrdagi shaharlar aholisi Italiyaga bostirib kirgan german zamindorlariga qarshi qahramonlarcha kurashdi. 1158-yilda imperator chiqargan Ronkal qaroriga binoan Italiya kommunalari siyosiy mustaqillikdan mahrum boʻldi. German zamindorlariga qarshi kurash davrida Italiya shaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy partiyalari vujudga keldi. 1162-yilda german bosqinchilariga qarshilik koʻrsatishning asosiy markazi boʻlgan Milan vayron qilindi. 1167-yilda Shimoliy Italiya shaharlari birlashib, „Muqaddas Rim imperiyasi“ imperatorlariga zarba berish uchun Lombardiya ligasini tuzdilar. German zamindorlariga qarshi kurash italyan xalqining milliy oʻzligini anglash unsurlari paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. 1183-yil Konstansa sulhiga binoan Italiya shaharlari imperatordan haqiqiy mustaqillikni yana tiklab oldilar. 11-asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyani normanlar bosib olgan edi, bu yerlarda zamindorlik munosabatlari Shimoliy va Urta Italiyadagidan sustroq rivojlandi. 13-asrda ham yarim dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va „Muqaddas Rim imperiyasi“ imperatori Fridrix II Shtaufen Sitsiliyani markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, oʻz hukmronligini butun Italiyaga yoyishga behuda urindi. 13-asr 60-yillarda Janubiy Italiya oʻziga Anjuy sulolasini boʻysundirib oldi. 1282-yildagi xalq qoʻzgʻoloni tufayli Sitsiliya kirolligi parchalandi. 13-asr oxiri  14-asr boshlarida Sitsiliyani, 15-asr oʻrtalarida Janubiy Italiyani ham Aragon sulolasi qoʻlga kiritib oldi. Shu tariqa Italiya janubiy ispanlar hukmronligi ostiga oʻtdi. 13-asrda Italiya shaharlarining ilk rivojlanishi tufayli Shimoliy va Oʻrta Italiyadagi ilgʻor shahar-davlatlarda dastlabki tovar-pul munosabatlari nishonalari vujudga keldi: bank ishi rivojlandi, dengiz orti savdosi, movut toʻqish ravnaq topdi (Florensiya, Venetsiya, Genuya, Piza, Bolonya). Bank va savdo sarmoyasidan sanoatni rivojlantirish uchun foydalanildi. Hunarmandchilikning kengayishi shahar-davlatlarning oʻziga qarashli hududlarda dehqonlarning servaj (krepostnoy qaramlik) dan ozod qilishiga imkon berdi. Dehqonlarning koʻpchiligi shaharlarga koʻchib, ustaxonalardagi yollanma ishchilar safini toʻldirdi. Shimoliy va Oʻrta Italiya shaharlarida savdogarhunarmandlar bilan zamindorlar oʻrtasida shiddatli kurash natijasida zamindorlar siyosiy huquqlaridan mahrum boʻldilar. Shimoliy va Oʻrta Italiya shahar va qishloqlarida ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi tufayli 14-16-asrlarda dunyoda birinchi marta ilk tovar-pul munosabatlari paydo boʻlishi va rivojlanishiga olib keldi. 14-asr Shimoliy va Oʻrta Italiyaning ayrim yirik shaharlarida yollanma ishchilar soni necha oʻn minglab kishiga yetdi, asosan, movut toʻqimachiligida manufaktura paydo boʻldi. 14-15-asrlarda xalq qoʻzgʻolonlari kuchayib borishidan choʻchigan „semiz“ popolanlar shaharlarda respublika idora usulini tiraniya bilan almashtirdilar. 15-asrda Florensiya, Milan, Bolonya, Ferrara, Urbino va b. joylarda tiraniya mu-stahkam qaror topdi. 16-asr 2-yarmida Italiyada reaksiya kuchayishi, mulkdorlik munosabatlarining inqirozi va savdo-sanoat munosabatlarining keng ildiz otishi Italiyada maʼrifatparvarlik oqimini keltirib chiqardi. Savdo-sanoatning rivojlanishi va maʼrifatparvarlik harakati Italiya tarixida yangi davr – chet el hukmronligiga qarshi kurash boshlanishiga sabab boʻldi. 1789 – 94 yillarda Fransiyada boʻlib oʻtgan inqilob Italiyadagi inqilobchilar faoliya-tini kuchaytirdi. Fransiyadagi kabi Italiyada ham yakobinchilar harakati paydo boʻldi. 1796-97 yillardagi Napoleon yurishidan soʻng Italiya Respublikasi (1797) tuzildi. 1799-yil A. V. Suvorov armiyasi fransuz armiyasini Italiyadan surib chikardi. Lekin 1800-yil Napoleon armiyasi Italiyaga yana bostirib kirdi. Pyemont, Liguriya, Toskana, Papa viloyatlari Fransiyaga qoʻshib olindi, Sizalpin (1802-yildan Italiya) Respublikasi Italiya qirolligiga aylantirildi (Napoleonning oʻzi imperator edi). Shunday qilib, butun Italiya (Sardiniya va Sitsiliya o.laridan tashkari) Fransiya qoʻl ostida birlashtirildi. 1814-yildan Italiyada Fransiya hukmronligiga karshi kurashuvchi tashkilotlar tuzila boshladi. Napoleon imperiyasi yemirilgach, Vena kongressi (1814-15) mamlakatning Avstriyaga karamligi va koʻplab qirolliklarga boʻlinganligini rasmiylashtirdi. 19-asr 40-yillaridan Lombardiya, soʻngra Pyemontda sanoat inkilobi boshlandi. 1848-49 yillarda inqilob sodir boʻldi. Fransiya, Avstriya hamda Italiya zamindorlari til biriktirib, inqilobni bostirdi, oldingi tartiblarni tikladi. 1860-yil may oyida J. Garibaldi uyushtirgan harbiy yurish Italiyani birlashtirishda muhim rol oʻynadi. Avstriya zulmidan ozod qilingan yerlar Pyemontga birlashtirildi, 1861-yildan Pyemont birlashgan Italiya qirolligi deb yuritildi. 1870-yilga kelib Italiya birlashtirib boʻlindi va u bosqinchilik yoʻlini tuta boshladi. Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzdi (1882). Italiya qoʻshinlari 1889-90 yillarda Somali va Eritreyani bosib oldi, lekin Efiopiyada qaqshatqich zarbaga duch keldi. 1911 – 12- yillardagi Italiya - Turkiya urushi natijasida Italiya Liviyani bosib oldi. 1916-yil 27-avgustda Italiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. Urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Urushning ogʻir oqibatlari va iqtisodiy tanglik Italiyada gʻalayonlar boshlanishiga olib keldi. Ayniqsa, Turin ishchilarining qoʻzgʻoloni juda kuchli boʻldi. Inqilobiy kuchlarning tarqoqligidan foydalangan aksilinqilobchi unsurlar hokimiyat tepasiga 1922-yil 31-dekabrda B. Mussolinini keltirib qoʻydi. Mussolini hukumati demokratik kuchlarga qarshi kurash boshladi. 1929-33 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Italiya iqtisodiyotini mushkul ahvolga solib qoʻydi. Shunga qaramay, Mussolini hukumati mamlakatni harbiylashtiraverdi va yangi urushga hozirlik koʻra boshladi. 1935-yil 3-oktabrda Italiya urush eʼlon qilmasdan Efiopiyaga hujum boshlab, 1936-yilning may oyida uni va 1939-yilda Albaniyani bosib oldi. Italiya Millatlar Ittifoqidan chiqib, „Antikomintern pakti“ga qoʻshildi (1937) va gitlerchilar Germaniyasining asosiy ittifokchisiga aylandi. 1940-yil oktabrda Italiya Gretsiyaga, 1941-yil aprelda Yugoslavi-yaga hujum qildi. 1941-yil 22-iyunda Italiya sobiq SSSRga urush eʼlon qildi, sharqiy frontga italyan ekspeditsion korpusi (1942-yildan armiya)ni yubordi. Lekin 1943-yil Italiya qoʻshinlari sobiq Sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilindi. Sitsiliyaga Angliya-Amerika qoʻ-shinlari bostirib kirdi. Bu vokealar Mussolini siyosatining inqirozga uch-rashiga va hukumatning marshal P. Badolo koʻliga oʻtishiga sabab boʻldi (1943-yil 25-iyul). Badolo Angliya-Amerika qoʻmondonligi bilan yarash (soʻzsiz taslim boʻlish) shartnomasiga yashirincha imzo chekdi. Bundan xabardor boʻlgan Germaniya Italiyaning katta qismini bosib olib, Mussolini boshliq qoʻgʻir-choqhukumat tuzdi. 1943-yil kuzidan italyan xalqi ozodlik uchun kurash boshladi. Nihoyat, 1944-yil aprelda barcha antifashist partiyalarning vakillaridan iborat yangi hukumat (Badolo boshliq) tuzildi. Umumxalq qurolli qoʻzgʻoloni natijasida 1945-yil aprelda mamlakat fashistlardan ozod boʻldi. 1946-yil 2-iyunda Respublika deb, eʼlon qilindi. Italiya 1945-yildan boshlab BMT aʼzosi. 1992-yil 10-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va oʻsha yil 24- martda diplomatik munosabati oʻrnatdi. Milliy bayrami – 2-iyun – Respublika deb, eʼlon qilingan kun (1946); 1977-yildan 2000-yilgacha iyunning birinchi yakshanbasida nishonlangan. Trir shahri devorlarining shimoliy darvozasi (qurilish 180 yilda boshlangan, ammo nihoyasiga yetmagan). Fiziologik xususiyatlari link=https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D0%B0%D0%B9%D0%BB:Capri_Port.JPG|thumb|Kapri Geografik joylashuvi Asosiy maqola: Italiya geografiyasi Italiya hududi 302 073 km² ( maydoni boʻyicha dunyoda 72-oʻrinda turadi )  . Italiya Fransiya , Shveytsariya , Avstriya va Sloveniya bilan quruqlikda chegaradosh. Geologik tuzilishi link=https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D0%B0%D0%B9%D0%BB:Naples_from_the_Castello_Sant_Elmo_with_Abbazia_San_Martino_the_port_and_the_Vesuv.jpg|thumb|VezuviyItaliya litosfera plitalari orasidagi aloqa hududida joylashgan, shuning uchun zilzilalar tez-tez sodir bo'ladi. 20-21 - asrlarda qayd etilgan eng katta zilzilalar . 1908 yil : Reggio va Messina shahrida zilzila 1915 yil : Marsikadagi zilzila 1929 yil : Boloniya zilzilasi 1932 yil : Abruzzo zilzilasi 1972 yil : Ankonda zilzila 1976 yil : Friuli zilzilasi 1990 yil : Santa-Lyusiyadagi zilzila 1997 yil : Umbria va Marche shaharlarida zilzila 2002 yil : Molise zilzilasi 2009 yil : L' Aquila zilzilasi 2012 yil : Emilie-Romagna zilzilasi 2016 yil : Abruzzoda zilzila , Latsio Italiyada faol va o'chgan vulqonlar mavjud. Ular orasida beshta eng kattasi bor: Etna - Evropadagi  eng baland faol vulqon - 3340 m.U Sitsiliya  orolining shimoli-sharqida joylashgan bo'lib , boshqa kraterlar bilan birga Kalabriya mintaqasi qirg'og'idan ochilgan ajoyib go'zallik landshaftini taqdim etadi. Vezuviy  - (1277 m) Neapol va ko'rfaz ustidagi minoralar - bu landshaft dunyoga mashhur. Vezuviyning eng mashhur otilishi milodiy 79 yilda sodir bo'lgan. e., Pompey , Stabiae va Herculaneum deyarli butunlay lava va kul ostida bo'lganida. Oxirgi marta Vezuviy 1944 yilda uyg'ongan, ammo mutaxassislarning ta'kidlashicha, kelajakda vulqon doimo faol va juda xavfli bo'ladi. Stromboli - Tirren dengizidagi Eol orollarining  bir qismini tashkil etuvchi faol vulqon Vulkan xuddi shu nomdagi orolda joylashgan Eol orollarining  yana bir vulqonidir. Marsiglia - Tirren dengizida  joylashgan potentsial xavfli suv osti vulqoni Yengillklink=https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D0%B0%D0%B9%D0%BB:Altstadt_von_Malcesine-2.jpg|thumb|Garda ko'li - Italiyadagi eng katta ko'liShimolda Alp tog'larining janubiy yon bag'irlari G'arbiy Yevropaning eng baland nuqtasi Montblan tog'i (4810 m), janubda Padan tekisligi ; yarim orolda Apennin tog'lari joylashgan (eng baland joyi - Korno Grande tog'i , 2914 m). Apennin tog'lari quyidagilarga bo'linadi: Ligurian, Toskana-Emilian, Umbro-Marsiya, Abruzze, Kampaniya, Lukaniya, Kalabriya Apennin va Monti Sabini [bu] . Shuningdek, yarim orolning sharqiy qismida Gargano yarim oroli , janubi-sharqida va janubi-g'arbiy qismida Salentina va Kalabriya yarim orollari joylashgan . Faol vulqonlar  - ( Vezuviy , Etna ); zilzilalar tez-tez sodir bo'ladi. Dengizlarni yuvish - sharqdan Apennin yarim orolini Adriatik dengizi, shimoliy qismida Venetsiya ko'rfazi bilan yuvib turadi . Puglia va Albaniya o'rtasidagi Otranto bo'g'ozi Adriatik dengizini Ion dengizi bilan bog'laydi . Apuliya va Kalabriya o'rtasida Taranto ko'rfazi quruqlikka chuqur kiradi . Juda tor Messina boʻgʻozi Kalabriyani Sitsiliyadan, kengligi 135 km boʻlgan Sitsiliya (yoki Tunis) boʻgʻozi Sitsiliyani Shimoliy Afrikadan ajratib turadi. Tirren dengizi Sardiniya , Korsika , Toskana arxipelagi, Apennin yarim oroli va Sitsiliya bilan chegaralangan uchburchak shaklidagi havzadir . Korsika shimolida Genuya ko'rfazi bilan Liguriya dengizi joylashgan . Sitsiliya orolining shimoli-sharqiy qismida Nebrodi togʻlari , Sardiniya orolining janubi-gʻarbiy qismida Kampidano tekisligi [uz] joylashgan . Kichik orollarning aksariyati arxipelaglarga bo'lingan, masalan, Napoleon Bonapart surgun qilingan Elba orolini o'z ichiga olgan Toskana arxipelagi . Italiyadagi eng uzun daryo Po , uzunligi 682 km  . Eng katta ko'l Garda ko'li (370 km²)  . Iqlim Asosiy maqola: Italiya iqlimi Italiya subtropik O'rta er dengizi iqlim zonasida joylashgan bo'lib, dengizning ta'siri shimoliy va g'arbiy shamollar uchun to'siq bo'lgan Alp tog'lari tomonidan kuchaytiriladi  . Foydali qazilmalar Italiya turli xil mineral resurslarga ega. Ammo ularning ko'pchiligining konlari zaxiralari jihatidan kichik, butun mamlakat bo'ylab tarqalgan, ko'pincha ularni o'zlashtirish uchun noqulay joylarda. Shunday qilib , 1982 yilda mamlakatda, shu jumladan Elba orolida (bir qator joylarda, lekin ayniqsa Karrara hududida) temir rudasini qazib olish butunlay to'xtatildi. Boshqa turdagi xom ashyo zaxiralari bo'yicha Italiya kambag'al. Antrasit oz miqdorda Aosta vodiysi hududida , kolloid qo'ng'ir toshlar Toskanada , torf va torfga o'xshash qo'ng'ir toshlarda uchraydi. Markaziy Italiya va Liguriyada kichik marganets konlari mavjud . Apuliyaning karst chuqurliklaridan uzoq vaqtdan beri qazib olingan boksit hozir deyarli tugaydi. Sitsiliya orolida kaliy va tosh tuzi, asfalt va bitum zahiralari mavjud  . Italiyaning energiya resurslari mamlakatning energiyaga bo'lgan ehtiyojining atigi 15 foizini qondiradi. Sardiniya , Toskana , Umbria , Kalabriyada jigarrang va past sifatli ko'mir konlari mavjud. Sitsiliya oroli, Padaniya tekisligi va Markaziy Italiyaning sharqiy sohilidagi cheklangan neft zaxiralari Italiyaning neftga bo'lgan ehtiyojining 2% dan kamrog'ini ta'minlaydi. Padan tekisligining tabiiy gaz konlari va uning suv osti davomi, Adriatik dengizining kontinental shelfi mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhimdir. Tabiiy gaz Shimoliy, Markaziy va Janubiy Apennin va Sitsiliyada joylashgan  . Urushdan keyingi yillarda juda muhim (Italiya uchun) neft resurslari - Padan pasttekisligida , Alp tog'lari etaklarida, shuningdek Sitsiliya orolida topildi . Ularga qo'shimcha ravishda bitumli slanetslar, Ragusa mintaqasidagi Sitsiliya orolida , Abruzzo e Molise mintaqasidagi San Valentino yaqinida , shuningdek, Frozinone mintaqasida ( Latsio )  . link=https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D0%B0%D0%B9%D0%BB:Naples_from_the_Castello_Sant_Elmo_with_Abbazia_San_Martino_the_port_and_the_Vesuv.jpg|thumb|link=https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D0%B0%D0%B9%D0%BB:Altstadt_von_Malcesine-2.jpg|thumb Aholi Asosiy maqola: Italiya aholisi Texnik muammolar tufayli jadvallar mavjud emas. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari "Olgʻa, Italiya" partiyasi, 1993-yil siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996-yil partiyaga aylantirilgan; Italiya liberal partiyasi, 1848-yilda asos solingan, 1944-yilda kayta tiklangan,1994-yil martida oʻzini oʻzi tugatgan va oʻsha yil iyulda qayta tashkil etilgan; Italiya Xalq partiyasi, tugatilgan Xristiandemokratik partiya negizida 1994-yil 18-yanvarda rasmiy ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991-yil tashkil etilgan; Italiya respublikachilar partiyasi, 1832-yildan faoliyat koʻrsatadi; Italiya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947-yilda tuzilgan, 1966-yilda Sotsialistok partiya bilan qoʻshilgan, 1969-yildan yana mustakil partiya; Italiya sotsialistlari, Italiya sosialistik partiyasining boʻlinishi natijasida 1994-yil tuzilgan;Italiya sotsialistok partiyasi, 1892-yilda Italiya mehnatkashlar partiyasi nomi bilan tuzilgan. Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906-yilda tuzilgan; Italiya mexnatkashlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1948-yilda tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi. Italiya mehnat ittifoqi, 1950-yilda tuzilgan. Aholisi,raqam va hisob-kitob 2008 yil oxiriga kelib Italiya aholisi 60 million kishidan oshdi  . Ayni paytda mamlakat aholisi soni bo'yicha Evropa Ittifoqi mamlakatlari orasida to'rtinchi o'rinda va butun dunyo mamlakatlari orasida 23-o'rinda. Aholi zichligi – har kvadrat metrga 199,2 nafar kishi. kilometr - Evropa Ittifoqida beshinchi o'rin. Eng yuqori zichlik Shimoliy Italiyada joylashgan bo'lib, u erda mamlakat umumiy aholisining deyarli yarmi yashaydi. Italiyaning eng zich joylashgan hududlari Kampaniya , Lombardiya va Liguriya tekisliklari bo'lib , bu erda 1 km² ga 300 dan ortiq aholi to'g'ri keladi. Bu 10-asrga qadar qulay iqtisodiy sharoitlar bilan bog'liq. Mamlakat janubi rivojlangan va aholi zichroq edi. Po daryosi vodiysi ayniqsa gavjum. Tog'li hududlarda aholi ancha kam. Bu yerda aholi zichligi 1 km² ga 35 kishigacha pasayadi, Sardiniya va Bazilikataning iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan hududlarida aholi zichligi 1 km² ga 60 kishini tashkil qiladi. Ikkinchi Jahon Urushidan keyin Italiya uzoq iqtisodiy yuksalishni boshdan kechirdi , bu qishloq aholisining shaharlarga migratsiyasini keltirib chiqardi va emigratsiyani to'xtatdi va mamlakatni immigrantlar uchun jozibador qildi . 1970-yillargacha tugʻilish darajasi yuqori boʻlib turdi, lekin tez orada aholini almashtirish darajasidan pastga tushdi  . 2008 yilda har besh italiyalikdan biri 65 yoshdan oshgan  . Shunga qaramay, asosan, so'nggi yigirma yil ichida ommaviy immigratsiya tufayli, 2000-yillarda ko'p yillar davomida birinchi marta tug'ilish darajasi (ayniqsa, shimoliy hududlarda) o'sdi  . Tug'ilish darajasi ham oshdi : 2005 yildagi 1,32 ga nisbatan 2008 yilda 1,41 ni tashkil etdi [  . Aholi soni: 1931 yil - 41,2 million kishi. 1960 yil - 51,0 million kishi. 1977 yil - 56,3 million kishi. 2000 yil - 57,7 million kishi. 2007 yil - 60,1 million kishi. 2008 yil - 59,9 million kishi. 2009 yil - 60,2 million kishi. 2011 yil - 59,6 million kishi. 2017 yil - 60,5 million kishi. 2023 yil - 58,9 million kishi. 2014 yil holatiga ko'ra Italiyada o'rtacha umr ko'rish 83 yoshni tashkil etadi, bu dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichlardan biridir. Ayollar uchun pensiya yoshi 65 yosh, erkaklar uchun 70 yoshdir  . O'sish sur'atlari, aholining yoshi va jinsi tarkibi Italiyada tug'ilishning umumiy darajasi 1881-1890 yillarda maksimal darajaga yetdi. va 37,8 promillega teng edi, lekin 1932 yilda 23,6 ga kamaydi  . 2021 yil holatiga Italiya aholisining yosh tarkibi: 0-14 yosh - 12,8%; 15-64 yosh - 63,7%; 65 yosh va undan katta - 23,5%  . Italiya aholisining o'rtacha yoshi The World Factbook ma'lumotlariga ko'ra 2020 yil uchun 46,5 yoshni (dunyoda 5-o'rin), shu jumladan erkaklar uchun 45,4 yosh va ayollar uchun 47,5 yoshni tashkil etdi  . Erkak va ayol nisbati: umumiy aholi - 0,93 (2020)  . 2021 yil holatiga Italiya aholisining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi: jami – 82,67 yil; erkaklar - 80,01 yosh; ayollar - 85,49 yil  . 2021 yil holatiga ko'ra, tug'ilish darajasi har 1000 aholiga 8,37 yangi tug'ilgan chaqaloqni tashkil etadi (dunyoda 216-o'rinda)  . Umumiy tug'ilish darajasi (TFR) har bir ayolga 1,47 tug'ilishni tashkil etadi  . Aholining demografik qarishi tufayli o'lim darajasi muttasil oshib bormoqda, 2021 yil holatiga ko'ra o'lim darajasi har 1000 kishiga 10,7 o'limni tashkil etadi (dunyoda 24-o'rinda)  . 2021 yil holatiga ko'ra, Italiyaning sof migratsiya darajasi har 1000 aholiga 3,21 migrantni tashkil etadi (dunyoda 34-o'rinda)  . 2019-yil holatiga ko‘ra, Italiyada birinchi tug‘ilgan ayolning o‘rtacha yoshi 31,3 yoshni tashkil etadi (taqqoslash uchun, Koreya Respublikasida dunyodagi eng past TFRga ega bo‘lgan davlat  2020 yilda har bir ayolga 0,84 tug‘ilishni tashkil etadi, o‘rtacha yoshi 2019 yilda birinchi tug'ilgan ayol 32,2 yoshda edi)  . Italiyada mintaqalar bo'yicha tug'ilish darajasida katta farqlar mavjud edi: an'anaviy ravishda janubiy hududlarda tug'ilish darajasi yuqori bo'lgan, ammo yaqinda bu tendentsiya teskari. 2009 yil holatiga ko'ra , chet elda tug'ilgan italyanlarning kelib chiqishi geografiyasi quyidagicha edi: Evropa (53,5%), Afrika (22,3%), Osiyo (15,8%), Amerika (8,1%) va Okeaniya (0,06%). Italiyaning chet el aholisi notekis taqsimlangan: 87,3% mamlakatning eng iqtisodiy rivojlangan shimoliy va markaziy mintaqalarida, atigi 12,7% esa yarimorolning qishloq xo'jaligi janubiy qismida istiqomat qiladi. qishloq xo'jaligida yashaydi . 2019 yil holatiga ko'ra, BMT hisob-kitoblariga ko'ra, Italiyada 6,3 million immigrant yoki mamlakat aholisining 10,4 foizi yashagan  . Italiya Milliy Statistika Instituti (ISTAT) ma'lumotlariga ko'ra, Italiya davlati aholisining ko'payishiga Italiyada doimiy yashovchi chet el fuqarolari katta hissa qo'shgan. 2001 yildan 2011 yilgacha xorijliklar soni uch baravar ko'paydi: 2001 yilgi aholini ro'yxatga olishda 1 300 000 dan sal ko'proq, 2011 yilda esa 3 769 518 nafar chet el fuqarolari Italiyada yashagan. Chet el fuqarolarining hududiy taqsimoti deyarli o'zgarmadi: uchdan ikki qismi Italiya shimolida, xususan shimoli-g'arbiy qismida doimiy yashash joyiga ega, bu erda chet elliklarning 36 foizi yashaydi. Immigrantlarning yarmidan ozrog'i mahalliy aholi soni 20 000 kishidan oshmaydigan kichik jamoalarda yashaydi. Yirik kommunalardan eng yuqori o'rinni Breshiya egallaydi , uning hududida xorijiy aholining 16%  yashaydi. Iqtisodiyoti Italiya – yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 31,6%, qishloq xoʻjaligi ulushi 2,9%, xizmat koʻrsatish soqasi 65,5% (1997). Italiyada 12 mln.dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish sohasida, 6,5 mln. kishi sanoatda, 1,5 mln. kishi qishloq xoʻjaligida band. Sanoatida ogʻir sanoat ustun. Jumladan, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi. Italiyada xom ashyo va energetika zaxiralari kam, borlari ham notekis joylashgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi, Po daryosi etaklari, Adriatika dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o.da), qoʻrgʻo-shin, rux (asosan, Sardiniya o.da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya o.da), boksit, kinovar (simob ruda-si), pirit (Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz (Sitsiliya o.da), qoʻngʻir koʻmir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik elektr stansiyalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom elektr styalari va geotermal stansiyalar qurilgan. Yiliga oʻrtacha 222 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida, shuningdek, Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya, Bolsa-no, Mori, Milan shaharlari va Sardiniya o.da joylashgan. Neftni qayta ishlash korxonalari (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), asosan, dengiz sohilidagi joylar (Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya, Augusta)da va neft mahsulotlari eng koʻp ishlatiladigan shaharlar (Milan va boshqalar)da. Sanoatning yetakchi sohasi boʻlgan mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik (Turin), kemasozlik (Genuya, Livorno, Neapol, Venetsiya, Triyest), stanoksozlik (Milan, Breshna, Turin), priborsozlik (Ivrea), elektrotexnika (Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan atrofi) sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, maʼdanli oʻgʻit, sunʼiy tola, farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk ishlab chiqarish yuqori darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont – anʼanaviy toʻqimachilik markazlari. Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari – un, makaron, pishloq, qand-shakar, kon-serva, zaytun yogʻi, uzum vinosi (yiliga 70 mln. gektolitr) ishlab chiqarishdir. Yengil sanoat, xususan, poyabzal ishlab chiqarish rivoj topgan. Hunarmandchilikka ayniqsa katta eʼtibor beriladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoklari – dehqonchilik (58%) va chorvachilik (42%). Unumdor yerlarning 34,3% (19,6 mln. gektar) haydalib, ekin ekiladi, 11% bogʻ, tokzor va zay-tunzor, 19,2% maysazor va yaylov. Asosiy don ekinlari – bugʻdoy, makka-joʻxori, suli, arpa, sholi. Qand lav-lagi, uzum, zaytun, sitrus mevalar va sabzavot ham yetishtiriladi. Vino ishlab chiqarish hajmi jihatidan Italiya dunyoda yetakchi oʻrinlardan birida turadi. Italiya yiliga 6 mln. tonnaga yaqin turli xil hoʻl meva beradi, uning salkam 60% mamlakat shimolidagi ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Janubiy viloyatlarda bodom, yongʻoq, fundukzorlar koʻp. Uzum hosili yiliga 10 mln. tonna (uning 90% kayta ishlanib, vino qilinadi), sitrus mevalar xrsili yiliga 3,3 mln. tonna, pomidor hosili 5,5 mln. tonna. Chorvachiliqsa qoramol (8,8 mln. bosh), choʻchqa (9,6 mln. bosh) va qoʻy (12,2 mln. bosh) boqiladi. Mamlakat shimolida sut va goʻsht chorvachiligi ustun. Baliqchilik yaxshi rivojlangan. Aholining etnik tarkibi Tillar Asosiy maqola: italyan tili Asosiy maqola: Italiya tillari Rasmiy til italyan tili boʻlib, hind-evropa oilasining romantik tillari guruhiga kiradi. Italiyada italyan tilining turli dialektlari ham mavjud. Barcha dialektlarni shimol, markaz va janub lahjalariga bo'lish odatiy holdir. Zamonaviy italyan tilini "mansabga erishgan" dialekt deb atash mumkin, u ijtimoiy-siyosiy hayotda keng qo'llaniladi. Shu bilan birga, Florentsiya lahjasida ular ko'proq siyosat haqida emas, balki Florensiyada tug'ilgan eng buyuk rassomlar kabi madaniyat haqida gapirishadi -  Dante Aligyeri , Jovanni Bokkachcho kabi madaniyat haqida gapirishadi . Nemis tili rasmiy ravishda Bolzano va Janubiy Tirolda italyan tiliga teng deb tan olingan , sloven tili Gorizia va Triestda mintaqaviy maqomga ega , Aosta vodiysida frantsuz tili . Din Asosiy maqola: Italiyada din 2003 yil 31 mart holatiga  Rim-katolik cherkovining Italiyadagi parishionlari soni 55 752 000 dan 57 610 000 kishigacha (Italiya aholisining taxminan 96,77%), ulardan 33 dan 38 % gacha faol parishionlar; Katoliklarning 10% turli cherkov vazirliklarida qatnashadi. Mamlakatdagi pravoslav nasroniylarning umumiy soni , 2012 yil uchun hisob-kitoblarga ko'ra, 1,4 million kishini (mamlakat aholisining 2,3% dan ortig'ini) tashkil etadi va Sharqiy Yevropadan kelgan muhojirlar sonining ko'payishi hisobiga ortib bormoqda  . Yegoryevsk arxiyepiskopi Mark (Golovkov) ning soʻzlariga koʻra , pravoslavlik Italiyada dindorlar soni boʻyicha ( katoliklikdan keyin) ikkinchi dindir  . G'arbiy Evropa Patriarxal Eksarxi , Italiyadagi Moskva Patriarxiyasi cherkovlarining ma'muri  - Korsun va G'arbiy Evropaning Metropoliti Entoni  . Boshqa nasroniy konfessiyalari orasida eng kattalari Iegova guvohlari (460 512 aʼzo, ulardan 2011 yil oxirigacha 245 657 tasi noshirlar  ), Italiyadagi Xudo assambleyalari , pravoslavlik , Evangelist cherkovlari federatsiyasi , Italiya ( Vaudenlar , Baptistlar ) , Pentikostallar , Ettinchi kun adventistlari ). Italiya fuqaroligi Asosiy maqola: Italiya fuqaroligi Italiya fuqaroligini tug'ilish orqali olish jus sanguinis (qon huquqi) tamoyiliga asoslanadi . Bundan kelib chiqadiki, tug'ilish bo'yicha Italiya fuqarosi italiyalik otasi va/yoki italiyalik onasidan tug'ilgan boladir. Italiyaga ko'chib kelgan boshqa mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ( fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ), agar ular Italiya qonunchiligida belgilangan bir qator shart va talablarni bajarsalar, Italiya fuqaroligini olishlari mumkin. Old shart - italyan tilini bilish . Jus soli tomonidan fuqarolik (tuproq huquqi) (mamlakat hududida fuqaroligi bo'lmagan shaxslardan tug'ilgan bolaning fuqaroligini avtomatik ravishda olish) Italiyada, Evropaning hech bir joyida bo'lgani kabi, tan olinmaydi  . Fuqarolikka qabul qilish orqali , Italiya fuqaroligini olish uchun so'rov mamlakatda 10 yil qonuniy istiqomat qilgandan so'ng, sudlanganlik holati bo'lmasa va daromad manbai mavjud bo'lsa, berilishi mumkin. Italiyaning sobiq fuqarolari va ularning bevosita avlodlari (jus sanguinis) uchun 10 yillik dastlabki muddat qisqartirilishi mumkin; Italiyada tug'ilgan chet elliklar (jus soli); Evropa Ittifoqi fuqarolari , qochqinlar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar. Agar Italiya fuqarosi bilan turmush qurgan bo'lsa, ikkinchi turmush o'rtog'i fuqarolik uchun ariza berishi mumkin, turmush o'rtoqlarning nikohi va birgalikda yashashi davomiyligini hisobga olgan holda: Italiyada qonuniy istiqomat qilgan taqdirda 2 yil nikohdan keyin; 3 yillik nikohdan keyin, agar Italiyadan tashqarida yashasa. Fuqarolikni o'tkazish to'g'risidagi qaror qabul qilingan kunga kelib, turmush o'rtoqlarning ajralishi, nikohni bekor qilish, ajralish yoki nikohning amal qilishini tugatish bo'lmasligi kerak. Belgilangan muddatlar turmush o'rtoqlar tomonidan tug'ilgan yoki asrab olingan bolalar ishtirokida yarmiga qisqartirilishi mumkin  . Italiya fuqaroligini tan olish, shuningdek, sobiq Avstriya-Vengriya imperiyasi hududida tug'ilgan va yashayotgan shaxslar va ularning avlodlari uchun maxsus qonunlar asosida ham mumkin. Ikki fuqarolik Italiyada "repatriatsiya qonuni" ostida mumkin . Italiya va Argentina oʻrtasida ikki fuqarolik toʻgʻrisidagi kelishuv  . Italiya fuqaroligini olish avvalgi fuqaroligidan voz kechishga olib kelmaydi, agar bunday voz kechish Italiya fuqaroligini so'ragan shaxs kelib chiqqan mamlakat qonunchiligiga muvofiq majburiy bo'lmasa  . Italiya fuqaroligi Italiyada va butun Evropa Ittifoqida erkin harakatlanish va yashash, saylov jarayonida ishtirok etish, dunyoning ko'plab mamlakatlariga vizasiz sayohat qilish, shuningdek boshqa huquqlarni beradi  . Noqonuniy immigratsiya Italiya qonunchiligiga muvofiq jazolanadi: ma'muriy jarimaga qo'shimcha ravishda, huquqbuzarni deportatsiya qilish va kelajakda Italiyaga viza berishdan bosh tortish. Intim sohani huquqiy tartibga solish 2016-yilgacha Italiya G‘arbiy Yevropadagi gey fuqarolik uyushmalari yoki bir jinsli nikohlarni tan olmagan so‘nggi davlat bo‘lib qoldi , bu esa geylar paradi ishtirokchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi  . 2016-yil 11-may kuni Deputatlar palatasi fuqarolik birlashmalari to‘g‘risidagi qonunni 372 ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi, 51 nafari qarshi, 99 nafari betaraf . Fuqarolik birlashmalarini nikoh bilan tenglashtirish haqida hech qanday gap yo'q  . Italiya gomoseksualizmni tanqid qilishni jinoyat deb hisoblaydigan qonunni rad etdi. Italiya parlamenti LGBT vakillarini tanqid qilganlik uchun qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonun loyihasini qo'llab-quvvatlamadi . Senatning (parlament yuqori palatasi) 2021-yil 27-oktabrdagi yig‘ilishida deputatlarning ko‘pchiligi tashabbusga qarshi ovoz berdi  . Italiyada fohishalik qonuniy faoliyat emas. 1958 yilgi amaldagi qonun nafaqat ayollar savdosi va fohishalikdan foydalanishni, balki shaxsiy manfaat uchunmi yoki yo'qmi, unga yordam berishning har qanday shaklini ham taqiqlaydi. Italiyada fohishaxonalar yo'q , lekin o'n minglab ayollar, asosan, muhojirlar Italiya ko'chalarida ushbu qadimiy hunarmandchilik bilan shug'ullanishadi  . Italiyada nudizm 2006 yilda qonuniylashtirilgan; Italiyadagi nudist plyajlariga har yili 600 mingga yaqin kishi tashrif buyuradi. Iqtisodiyot va moliya Asosiy maqolalar: Italiya iqtisodiyoti va Italiya iqtisodiy mo'jizasi Pul birligi evro hisoblanadi . 2018 yil holatiga ko'ra, Italiyada o'rtacha ish haqi oyiga 2595 evro (yalpi) va 1878 evro, ijtimoiy va shaxsiy imtiyozlar (sof) oyiga  . Italiyaning 2019 yilda YI YaIMga qo‘shgan hissasi 11,3% ni tashkil etadi  . XVJ ma'lumotlariga ko'ra , 2022 yilda Italiyaning davlat qarzi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 144,696% ni tashkil etdi  . Muhim iqtisodiy yutuqlarga qaramay, mamlakat iqtisodiyoti bugungi kunda tarkibiy va notarkibli muammolardan aziyat chekmoqda. So'nggi o'n yilliklardagi yillik o'sish sur'atlari ko'pincha Evropa Ittifoqining o'rtacha darajasidan past bo'ldi. Italiya, ayniqsa , 2000-yillarning oxiridagi global moliyaviy inqirozdan qattiq ta'sirlandi . 1980-yillardan beri davlatning katta xarajatlari davlat qarzining keskin o'sishiga olib keldi. Bundan tashqari, Italiyada turmush darajasi shimol va janub o'rtasida sezilarli tafovutga ega: Shimoliy Italiyada aholi jon boshiga o'rtacha yalpi ichki mahsulot Evropa Ittifoqi o'rtacha ko'rsatkichidan sezilarli darajada yuqori, Italiya janubidagi ba'zi viloyatlar va viloyatlarda esa o'rtacha darajadan ancha past. Markaziy Italiyada aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot oʻrtacha  . So'nggi yillarda Italiyada aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning o'sishi asta-sekin evrozona o'rtacha darajasiga yaqinlashdi , shu bilan birga bandlik darajasi hamon orqada qolmoqda  . Biroq, iqtisodchilar rasmiy raqamlarni mamlakatning yashirin iqtisodiyoti (Yevropaning yuqori daromadli mamlakatlari orasida faqat Gretsiyada ko'proq) va norasmiy ish o'rinlarining ko'pligi (ishchi kuchining 10% dan 20% gacha bo'lganligi) tufayli bahslashmoqda. iqtisodiy nofaol aholining real darajasini va ishsizlik darajasini pasaytirish  . Yashirin iqtisodiyot Italiyaning janubida keng tarqalgan, ammo shimolga qarab kuchayib boradi.  darajasiga teng . Yana bir davom etayotgan iqtisodiy muammo shundaki, italiyaliklar dunyodagi ikkinchi eng keksa millatdir (yaponlardan keyin) va dunyodagi eng tez qarigan xalqlardan biri, 2022 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, Italiya aholisining 23,8 foizi 65 yoshdan oshgan  . Shuningdek, Italiyada 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 5 030 716 nafar muhojir bor, bu mamlakat umumiy aholisining atigi 10,6 foizini tashkil etadi, bu rivojlangan mamlakatlar orasida juda past ko‘rsatkichdir . Buning sababi, Italiya janubiy Evropadagi davlat sifatida, doimiy iqtisodiy turg'unlik va aholining demografik qarishi tufayli qo'shni boyroq Evropa mamlakatlari kabi potentsial muhojirlar uchun iqtisodiy jihatdan jozibador emasligi bo'lishi mumkin. Sanoat va moliya Afzalliklari : kuchli davlat byudjeti (2012 yil holatiga ko'ra 972 mlrd. dollar, dunyoda 7-o'rin). Raqobatbardosh o'rta sinf  . Dizayn , kiyim-kechak va maishiy texnika ishlab chiqarish sohasida butun dunyo modasini o'rnatadi . Etakchi firmalar qatoriga Fiat (avtomobilsozlik), Montedison (plastmassa), Olivetti (aloqa), Benetton (kiyim-kechak) kiradi. Yuqori mahsuldor qishloq xo'jaligi va turistik ishlab chiqarish, mashhur moda uylari. Buyuk madaniy meros (Italiya Yevropa madaniy boyliklarining uchdan ikki qismini o'z ichiga oladi  ) Apennin orollari shtatini Evropa va dunyodagi sayyohlar uchun eng jozibador mamlakatlardan biriga aylantiradi, bu esa turizm sektorini rivojlantirish uchun cheksiz istiqbolga ega. iqtisodiyot. Aholi jon boshiga yalpi milliy mahsulot yiliga 30 ming dollarni tashkil qiladi . Sanoatning yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, yengil va oziq-ovqat. Italiya avtomobillar (mashhur brendlar: Alfa Romeo , Ferrari , Fiat , Iveco , Lamborghini , Lancia , Maserati ), mototsikllar (mashhur brendlar: Aprilia , Ducati ), mopedlar , velosipedlar , traktorlar ishlab chiqaradigan yirik ishlab chiqaruvchilar va jahon bozoriga yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. , kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar , yozish va hisoblash mashinalari, radioelektron mahsulotlar, sanoat uskunalari, po'lat quvurlar, plastmassa va kimyoviy tolalar, avtomobil shinalari, shuningdek, tayyor kiyim va charm poyabzal, makaron , pishloq , zaytun moyi, vino , konservalangan meva va pomidor. Keng miqyosda sement, gul va mevalardan tabiiy essensiya va efir moylari, shisha va sopol buyumlar, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish. Piritlar, simob rudalari , kaliy tuzi, dolomitlar, asbest qazib olish  . Kamchiliklari : Hukumat taqchilligi va davlat qarzining o'sishi hali ham muhim. Iqtisodiy o'sishning pastligi , jadal xususiylashtirilayotgan xizmat ko'rsatish sohasi samarasiz. Ishsizlik 2 baravar yuqori bo'lgan boy Shimol va kambag'al janub o'rtasida boylikning tengsiz taqsimlanishi. Soliq intizomining etarli emasligi , asta-sekin takomillashmoqda. Xalqaro raqobatga yomon yo'naltirilgan korxonalar. Uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik sindikatlari, mafiya tuzilmalarining ta'siri, ayniqsa janubiy hududlarda - Kampaniya , Kalabriya va Sitsiliya . Mamlakat janubida davlat organlarining byurokratizatsiyasi va biznesni tartibga solishdagi korruptsiya darajasi ham shimolga qaraganda beqiyos yuqori, bu, xususan, Italiyaning janubiy mintaqalarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishidagi surunkali kechikish bilan bog'liq. Energiya va import Italiya energetika va suv resurslarida kambag'al, mamlakatda neft va gazning sanoat zahiralariga ega bo'lgan konlari yoki bitta atom elektr stantsiyasi yo'q . Rejalarga ko'ra, birinchi atom elektr stansiyasi Frantsiya ko'magida 2020 yilgacha quriladi . To'rtta atom elektr stansiyasini qurish uchun xolding kompaniyalari yaratiladi, ularning har birida Italiyaning Enel energetika kompaniyasining ulushi 60%, Frantsiya EDF  esa 40% ni tashkil qiladi. Italiya neft va gazni Rossiya, Norvegiya , Fors ko'rfazi mamlakatlari va Afrikadan import qiladi , elektr energiyasi esa Frantsiyadan ta'minlanadi  . Italiya o'zining yillik 60 milliard kub metr tabiiy gazga bo'lgan umumiy ehtiyojining 10% dan kamrog'ini ta'minlaydi ; defitsit import hisobiga qoplanadi. Talabning 40 foizi yoki 24 milliard kub metrdan ko'prog'i "Gazprom eksport" tomonidan ta'minlanadi . 2016 yil may oyida Rossiyadan etkazib berishga qaramlikni kamaytirish maqsadida 870 kilometr uzunlikdagi Trans-Adriatik gaz quvuri ( Trans-Anadolu gaz quvurining davomi ) qurilishi boshlandi, bu 2020 yilga kelib Ozarbayjon gazini etkazib berish imkonini beradi. Italiya. Rossiya ham “Janubiy oqim” loyihasi bekor qilinganidan keyin Italiyaga xuddi shunday gaz quvurini qurmoqda. Qishloq xo'jaligi va turizm Italiya yuqori darajada rivojlangan sanoat-agrar mamlakatdir. Asosan sanoat va yuqori darajada rivojlangan shimol va kam rivojlangan, qishloq xoʻjaligi janubi. Qishloq xoʻjaligida oʻsimlikchilik ustunlik qiladi . Asosiy ekinlari bugʻdoy , makkajoʻxori , sholi ( Yevropada 1-oʻrin ; yiliga 1 million tonnadan ortiq), qand lavlagi . Italiya tsitrus mevalari (yiliga 3,3 million tonnadan ortiq), pomidor (5,5 million tonnadan ortiq), uzum (yiliga taxminan 10 million tonna; 90% dan ortigʻi vinoga qayta ishlanadi ), zaytun yetishtirish boʻyicha dunyodagi eng yirik va Yevropadagi yetakchi mamlakatlardan biridir. . Gulchilik va parrandachilik rivojlangan. Italiya xalqaro turizmning eng yirik mintaqasi (yiliga 50 milliondan ortiq kishi). Mamlakatda 155 ta YuNESKOning Butunjahon merosi ob'ektlari joylashgan bo'lib, bu dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko'proq. Italiyada turizm iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, YaIMning 12% ni tashkil qiladi. Italiya jahon turizm bozorining 5,6 foizini tashkil qiladi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha mamlakat Evropa Ittifoqida Frantsiya va Ispaniyadan keyin 3-o'rinni egallaydi. 2015 yilda Italiyaga 40 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu ko'rsatkich bo'yicha mamlakat dunyoda 4-o'rinni egalladi  . Italiyaga eng ko'p sayyohlar Xitoydan keladi -  yiliga 3 millionga yaqin. O'rta Qirollikdan sayyohlarning ko'pligi, shuningdek, Italiyada doimiy istiqomat qiluvchi yirik xitoy hamjamiyatini hisobga olgan holda, 2016 yil bahorida Italiya hukumati misli ko'rilmagan qadam tashladi: ular Xitoy politsiyasi xodimlarini jalb qildilar. Pekindagi italiyalik mutaxassislarning ko'rsatmalari, Rim va Milanda ko'chalarni patrul qilish. Vatandoshlardan tashkil topgan xitoylik kiyim-kechak patrullari juda taniqli va Italiyadagi xitoylarga o'zlarini xavfsiz his qilishlariga yordam beradi va Italiya huquqni muhofaza qilish idoralari qo'shimcha razvedka ma'lumotlaridan foydalanadilar  . Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) statistik ma'lumotlariga ko'ra , 2017 yilda xalqaro turistik oqimlar bo'yicha Italiya 58,3 million tashrif buyuruvchi bilan Xitoy , AQSh , Ispaniya va Frantsiyadan keyin beshinchi o'rinni egalladi  . Aholi bandligi tarkibi Jami iqtisodiy faol aholi: 24,86 million kishi ( 2007 y  ), shundan 4% qishloq xo'jaligida, 31% sanoatda va 65% oliy tarmoqda band. Hozirgi vaqtda Italiyaning bandlik tuzilmasidagi mintaqaviy nomutanosibliklari quyidagilardan iborat: Shimoliy-G'arbiy va Shimoli-Sharqiy mintaqalar o'rtasidagi farqlar kichikligicha qolmoqda. Bu hududlarda sanoat sohasida band bo‘lgan aholining ulushi mutlaqo bir xil. Farqlar faqat oliy tarmoq va qishloq xo'jaligida band bo'lganlar sonida kuzatiladi. Shimoli-g'arbiy mintaqa an'anaviy ravishda yanada rivojlangan mintaqa bo'lib, unda ilgari kuchli sanoat shakllangan (Italiyaning asosiy sanoat uchburchagi Milan - Turin - Genuya bu erda joylashgan ). Shimoli-Sharqiy mintaqa o'zining sanoat tuzilmasini 1970-yillardan so'ng , alyuminiy sanoati, energetika, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoatining qudratli korxonalari qurilganidan keyin egalladi. Markaz an'anaviy ravishda mamlakat bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi va bu mintaqa sanoat shimoli va qishloq xo'jaligi janubi o'rtasidagi o'tish joyi hisoblangan. Hozirgi vaqtda Markaz ham ushbu o'rta pozitsiyalarni saqlab qoldi, ammo 20-asrda Shimoliy mintaqalar va Markaz o'rtasidagi tafovut XXI asrga qaraganda sezilarliroq edi. Hozirgi vaqtda Shimoliy va Markaziy mintaqalarda ish bilan band aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha taqsimlanishi deyarli bir xil. Faqatgina uchinchi tarmoqdagi bandlik bo‘yicha Markaziy tuman shimoliy qo‘shnilaridan sezilarli (8-11 foizga) oldinda. Uchinchi darajali sektorda xodimlar sonining bu o'sishi poytaxt bo'lgan va mamlakatdagi xizmat ko'rsatish sohasida bandlikning eng yuqori ulushiga ega bo'lgan Latsio viloyati bilan bog'liq. Markaziy mintaqaning ikkita hududida ( Toskana va Umbria ) stavkalar hali ham milliy o'rtacha ko'rsatkich bilan bir xil bo'lib qolmoqda. Italiyaning janubiy qismida janubi-g'arbiy va janubi-sharqiy hududlarni ajratish mumkin. Janubning g'arbiy va sharqiy hududlari o'rtasida (shimoldan farqli o'laroq) iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha xodimlar sonini taqsimlashda bunday bir xillik yo'q. Shunday qilib, Janubi-G'arbiy mintaqa Janubi-Sharqiy mintaqadan bandlik tarkibida iqtisodiyotning uchinchi sektorining yanada yaqqol ustunligi bilan ajralib turadi, Janubi-Sharqiy mintaqada esa sanoat sektori ko'proq rivojlangan. Janubi-G'arbiy va Janubi-Sharqiy hududlarni birlashtiradigan narsa qishloq xo'jaligida bandlikning yuqori ko'rsatkichidir, mos ravishda 7% va 9%, bu mamlakat o'rtacha ko'rsatkichidan taxminan 2 baravar yuqori. 1995 yilda qishloq xo'jaligida bandlik darajasi Janubi-G'arbiy mintaqada 11%, Janubi-Sharqiy mintaqada 12% edi. Shunday qilib, Markaz iqtisodiyot tarmoqlarida bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha shimoliy hududlarga, janub esa uchinchi va sanoat tarmoqlarida xodimlar sonini ko‘paytirish va shunga mos ravishda ish bilan bandlikni qisqartirish hisobiga o‘zining bandlik tuzilmasini yaxshiladi. qishloq xo'jaligi sektori. Zamonaviy Italiyada aholi bandligining "ikki tomonlama" tuzilmasi mavjud. Tuzilmaning birinchi qismi shimoliy-g'arbiy, shimoli-sharqiy va markaz mintaqalarini, ikkinchisi esa janubni o'z ichiga oladi. Xususan, shimoliy hududlarda boshlang'ich maktab o'qituvchisining o'rtacha maoshi taxminan 2000 evroni, janubiy viloyatlarda - taxminan 1000 evroni tashkil qiladi  . Kichik hududi va aholi zichligi tufayli zamonaviy Italiyada chiqindilarni qayta ishlash masalasi o‘tkir (qarang: Italiyadagi axlat inqirozi ). Italiya o'zining iqtisodiy darajasi bo'yicha iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlar va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'rtacha rivojlanish darajasiga ega mamlakatlar o'rtasida oraliq o'rinni egallaydi. Boshqa yuqori rivojlangan mamlakatlarda bo'lgani kabi, Italiyada sanoat iqtisodiyotning etakchi tarmog'idir, garchi unda intensiv va nomutanosib ravishda o'sib borayotgan xizmat ko'rsatish sohasiga qaraganda iqtisodiy faol aholining kichikroq qismi ishlaydi. Sanoat mahsulotlari tannarxi qishloq xo'jaligi mahsulotlari tannarxidan oshib ketadi, bunda sanoatga nisbatan har yili kamroq kapital qo'yiladi. Italiya eksportida sanoat mahsulotlari ham ustunlik qiladi. Italiya milliy boyligining muhim qismi monopoliyalar qo'lida bo'lib, ularning aksariyati eng yirik transmilliy konsernlardan hisoblanadi. Ular kimyo va elektrotexnika sanoatida ( Montedison ), avtomobilsozlik sanoatida ( Fiat ) va kauchuk sanoatida ( Pirelli ) ustunlik qiladi. Shu bilan birga, mamlakatimizda , asosan, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek, maishiy elektr jihozlari , sintetik materiallarni qayta ishlash uskunalari ishlab chiqarish, shuningdek, ayrim sub’ektlarda ko‘plab o‘rta, kichik va kichik firmalar mavjud. dastgohsozlik sanoatining tarmoqlari. Kichik firmalarning uchdan ikki qismi oilaviy mulkdir. 1970-yillardan boshlab yirik korxonalarning qisqarishi va kichik va o'rta firma va korxonalarning rolini oshirish tendentsiyasi kuzatildi. Italiya davlati mamlakat iqtisodiyotiga faol va turli shakllarda aralashadi: uning ixtisoslashgan organlari aksiyadorlik jamiyatlarida nazorat qiluvchi aktsiyadorlar sifatida qatnashadi, turli davlat dasturlariga muvofiq sanoat korxonalari tashkil etiladi. Shtat mamlakatdagi eng yirik tadbirkorga aylandi. Uning pozitsiyalari ayniqsa energetika, metallurgiya va kemasozlikda kuchli. Koʻplab yengil sanoat korxonalariga ham egalik qiladi. Eng yirik banklar ham milliylashtirildi . Davlat sektorining rivojlanish sur'ati butun Italiya iqtisodiyotining rivojlanishidan oshib ketadi. Global inqiroz Italiyada ko'plab iqtisodiy muammolarni yanada kuchaytirdi. Byudjet taqchilligi va davlat qarzi hajmi bo'yicha Italiya evro hududining beshta "etakchilari" qatoriga kiradi. Shunday qilib, Italiyada davlat qarzining YaIMga nisbati 100% dan ortiq  . Biroq, suveren qarz va xususiy biznes qarzining umumiy miqdori bo'yicha Italiya Germaniyaga qaraganda ancha yaxshi ko'rsatkichlarga ega  . Bosh vazir Berluskoni tomonidan taklif qilingan Italiya iqtisodiyotini qutqarish dasturiga ish haqini muzlatish va davlat xizmatchilarining nafaqaga chiqishini kechiktirish, mintaqaviy ma'muriyatlarni moliyalashtirishni qisqartirish va soliq to'lashdan bo'yin tovlash ustidan nazoratni kuchaytirish kiradi . Pensiya yoshi ayollar uchun 65 yoshga, erkaklar uchun 70 yoshga ko'tarildi. Boshqa nomaqbul choralar va Italiya iqtisodiyotining ularga nisbatan zaif munosabati 2011 yil kuzida Berluskoni iste'foga chiqishiga olib keldi  . 60 million aholiga ega Italiyada qashshoqlik chegarasidan pastda yashayotganlar soni 2016 yilda har kuni 600 kishiga oshdi  . 2016 yil may oyidan boshlab Oliy kassatsiya instantsiyasining qaroriga ko'ra, ochlikni qondirish uchun oz miqdordagi oziq-ovqat yoki tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini "ehtiyoj ostida qolgan shaxslar" tomonidan o'g'irlanishi ("oziq-ovqatga hayotiy ehtiyojni qondirish") emas. Italiyada jinoyat , garchi u tovar egasi tomonidan to'xtatilishi mumkin. Bu sud hukmi Italiya jamoatchiligi va matbuoti  tomonidan hamdardlik bilan qabul qilindi. Transport, infratuzilma, aloqa Asosiy maqola: Italiyada transport Italiyada temir yo'llar va avtomobillar tarmog'i rivojlangan. Yoʻlovchilarning 90% dan ortigʻi va yuklarning 80% dan ortigʻi avtomobillarda tashiladi. Tashqi transportda dengiz transporti ustunlik qiladi. Italiya savdo floti 667 ta kemadan iborat - umumiy tonnaj bo'yicha dunyoda 17-o'rinda  . Yuk va yo'lovchilarni ichki tashishda asosiy o'rinni avtomobil transporti , keyin esa temir yo'l transporti egallaydi . Mamlakat temir yo'llarni elektrlashtirish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi. Avtomobil transporti Zamonaviy avtomobil va temir yo'llarning zich tarmog'i Shimoliy Italiya shaharlarini bog'laydi. Mamlakatning shimoldan janubga choʻzilishi munosabati bilan uning temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tarmogʻi asosan meridional yoʻnalishda rivojlangan. Padan tekisligidan tashqari kenglikdagi aloqalar yetarli emas. Italiyada ko'plab yo'llar va temir yo'llar tik tog' yonbag'irlarida yotqizilgan va shuning uchun ko'p ko'priklar va tunnellarga ega, bu esa ularni ishlatish narxini oshiradi. Italiyada avtomobil transportining roli nihoyatda katta: u barcha quruqlikdagi yuk tashishning 3/4 qismini tashkil qiladi. Yo'llarning qariyb yarmi Italiya shimolida, mamlakat janubida esa yo'l tarmog'ining zichligi ancha past. Temir yo'l transporti Italiyaning temir yo'l tarmog'i 16,5 ming km dan oshadi, shu jumladan 1 ming km. 10 ta yirik shaharlarni - Turin, Milan, Venetsiya, Padua, Verona, Boloniya, Florensiya, Rim, Neapol, Salernoni bog'laydigan yuqori tezlikdagi avtomobil yo'llari . Italiyada Evropada birinchi marta 1970-yillarda " Pendolino " toifasidagi poezdlar ishlab chiqilgan bo'lib , ular yo'lovchilar uchun qulaylik yaratadigan va yo'lning egri qismlarida tezlikni pasaytirmaydigan maxsus egilish tizimiga ega (bu texnologiya keyinchalik tarqaldi. Tezlikni oshirish uchun muntazam trekdan yaxshiroq foydalanish uchun Evropaga). Italiyada birinchi tezyurar temir yo'l 1984 yilda qurilgan , poezd Rim va Florensiya o'rtasidagi 254 km masofani 90 daqiqada bosib o'tgan  . O'shandan beri Italiya temir yo'llari kuchli texnik rivojlanishdan o'tdi va 2015 yilga kelib Evropada eng modernizatsiya qilingan va jihozlangan temir yo'llar qatoriga kiradi. Asosiy davlat operatori Trenitalia ham muntazam, ham yuqori tezlikda xizmat ko'rsatadi. 2012-yil may oyidan boshlab, muqobil tezyurar temir yo'l operatori Nuovo Trasporto Viaggiatori (NTV) Italiyada Italo brendidan foydalangan holda ishlay boshladi. " Le Frecce " tezyurar poyezdlar tarmog'i Italiyaning barcha yirik shaharlarini qamrab oladi. Tezyurar poyezdlarning maksimal tezligi 300 km/soat, texnik imkoniyatlari 360 km/soatgacha. Rim va Milan o'rtasida tezyurar tezyurar poyezdlar uchun minimal sayohat vaqti 2 soat 45 daqiqa, Rim va Venetsiya o'rtasida 3 soat 30 minut, Rim va Turin o'rtasida 4 soat 10 minut, Rim va Neapol o'rtasida 1 soat 10 minut. Qizil o'q (Frecciarossa) toifasidagi poezdlar faqat Turindan Milan, Florensiya, Rim orqali Salernogacha bo'lgan yangi tezyurar liniyalarda qo'llaniladi. Silver Arrow (Frecciargento) toifali poyezdlar ham tezyurar, ham oddiy yo‘nalishlarda (kombinatsiyalangan tizim) qo‘llaniladi, tezligi soatiga 250 km. Ushbu poezdlar Rimni Venetsiya, Verona, Bari, Lechche va Reggio-Kalabriya bilan bog'laydi. EuroNight tungi poyezdlari Rimni Trieste, Bolzano, Lecce, Reggio Calabria, Palermo, Syracuse bilan bog'laydi; va chet elda - Parij, Myunxen, Vena. Italiyadan to'g'ridan-to'g'ri poezdlar qatnovining eng uzoq nuqtasi - Moskva : Nitstsadan Rossiya poytaxtiga boradigan poezd (40-45 soat) Italiyada San-Remo, Genuya, Milan, Verona, Bolzanoda to'xtaydi. Materikni Sitsiliya bilan bog'laydigan temir yo'l ko'prigi rejalashtirish bosqichida, hozirda Palermoga ketayotgan poezdlar Messina bo'g'ozini parom orqali kesib o'tadi . Sardiniya  orolida temir yoʻllar ham bor . Rossiya Federatsiyasi Tabiiy monopoliyalar muammolari instituti (2013) ma'lumotlariga ko'ra, Italiya har yili 1000 km temir yo'l infratuzilmasi uchun 268 million evro davlat investitsiyasini kiritadi va bu ko'rsatkich bo'yicha Evropada birinchi o'rinda turadi. Dengiz transporti Dengiz transporti mamlakatning ichki va tashqi transportida juda muhim rol o'ynaydi. Bu Italiyaning O'rta er dengizi suv yo'lidagi pozitsiyasi , uzoq qirg'oq chizig'i va mamlakat ichida orollarning mavjudligi bilan izohlanadi . Italiya sohillarida 144 ta port mavjud. Portlarning yuk aylanmasida neft va boshqa mineral xom ashyolar ustunlik qiladi. Italiyaning eng katta porti Genuya butun O'rta er  dengizidagi eng muhim portlardan biridir . Genuya butun Italiyaning shimoli-g'arbiy qismi, shuningdek, Shveytsariya uchun tashqi dunyoga kirish eshigi bo'lib xizmat qiladi . Genuyaning Adriatikadagi asosiy raqibi va raqobatchisi Triest bo'lib  , yuk aylanmasi bo'yicha Italiyada ikkinchi o'rinda turadi va Yevropadagi eng muhim neft portlaridan biri hisoblanadi. Triest orqali Shimoliy-Sharqiy Italiya O'rta er dengizi, Yaqin va O'rta Sharq , Sharqiy Afrika va Sharqiy Osiyodagi boshqa mamlakatlar bilan bog'langan . Janubiy Italiya portlarining ( Agusta va Taranto ) yuk aylanmasi sezilarli darajada oshdi , bu neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoatining rivojlanishi bilan izohlanadi. Mamlakatdagi eng yirik yo'lovchi portlaridan biri bo'lgan Neapol Apennin yarim oroli va Sitsiliya , Sardiniya va boshqa orollar o'rtasidagi aloqalar markazidir . Daryo transporti Italiyada yirik daryolar yoʻqligi sababli daryo transporti kam rivojlangan. Og'zidan Piacenza va Pavia shaharlarigacha bo'lgan yagona Po daryosi to'liq ma'noda navigatsiya qilinadi . Rim markazidagi Tiber daryosi mavsumiy sayyohlik tramvaylari uchun harakatlanadi. Aviatsiya transporti Italiyada fuqaro aviatsiyasi juda tez rivojlanmoqda . Havo yo'llari Italiyaning eng yirik shaharlarini Evropaning ko'plab shaharlari, shuningdek, boshqa qit'alar bilan bog'laydi. Mamlakatning eng yirik aeroportlari - Rim yaqinidagi Leonardo da Vinchi , Milan yaqinidagi Malpensa va Linate , Riminidagi Federiko Fellini xalqaro aviakompaniyalar tarmog'ining muhim markazlari bo'lib xizmat qiladi. Jami 40 ga yaqin mahalliy aviakompaniyalar mavjud. Quvur transporti Quvur uzunligi: xom neft - 6503 km, qayta ishlangan neft mahsulotlari - 2148 km, tabiiy gaz - 19400 km. Tashqi iqtisodiy aloqalar Tashqi iqtisodiy aloqalar Italiyaning iqtisodiy rivojlanishi uchun juda muhimdir. Barcha importning deyarli 15% neftdir. Italiya metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlari uchun xomashyo – stanoklar, sanoat asbob-uskunalari, yog‘och, qog‘oz, oziq-ovqatning har xil turlarini ham import qiladi. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlar mashinasozlik mahsulotlari, asosan, transport vositalari, turli jihozlar, yozuv va hisoblash mashinalari, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, meva-sabzavot mahsulotlari, pomidor konservalari, pishloqlar, tayyor kiyim-kechaklar, poyabzallar, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari hisoblanadi. Fransiya va Germaniya bilan savdo ayniqsa faol. Italiyaga har yili 50 million xorijiy sayyoh tashrif buyuradi, asosan Germaniya, Fransiya va AQShdan. Italiyada ko'p sonli sayyohlarni qabul qilish uchun moddiy baza uzoq vaqtdan beri yaratilgan. Mehmonxona yotoqlari soni bo'yicha Evropada birinchi o'rinlardan birini egallaydi. Ijtimoiy siyosat Uchta asosiy kasaba uyushmalari mavjud: Italiya mehnat uyushmasi [en] , Italiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi [en] va umumiy Italiya mehnat konfederatsiyasi. Ijtimoiy siyosattahrirlash Uchta asosiy kasaba uyushmalari mavjud: Italiya mehnat uyushmasi [en] , Italiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi [en] va umumiy Italiya mehnat konfederatsiyasi  . Ta'lim Asosiy maqola: Italiyada ta'lim Maktabgacha ta'lim Uch yoshdan boshlab kichik italiyaliklar bolalar bog'chalariga (scuola materna) yuboriladi, u erda ular uch yil davomida maktabga tayyorlanadi. Bolalar 15-30 kishidan iborat guruhlarda o'qishadi. Bolalar bog'chadan keyin boshlang'ich maktabga yuboriladi. boshlang'ich maktab 6 yoshdan 11 yoshgacha Boshlang‘ich maktab 2 bosqichga bo‘lingan - scuola elementare 1 va scuola elementare 2. Bu ikkala daraja ham hamma uchun bepul. Boshlang'ich maktab oxirida o'quvchilar yozma va og'zaki imtihonlarni topshiradilar. Ularning natijalariga ko'ra, boshlang'ich maktabni tugatganligi to'g'risidagi guvohnoma (diploma di licenza elementare) beriladi. Ushbu bosqichda o'qish, yozish, chizish, arifmetika, musiqa, geografiya, tarix, informatika va jismoniy tarbiya o'rganiladi - bu fanlar majburiydir; agar xohlasangiz, faqat din o'rganiladi . O‘quv dasturlariga odatda bitta chet tilini o‘rganish ham kiradi. O'rta boshlang'ich maktab (scuola media) 11 yoshdan 14 yoshgacha Ushbu bosqichda talabalar italyan tili , tarix , geografiya , matematika va tabiatshunoslik , ikkita chet tili, san'at tarixi , texnologiya va musiqa fanlarini o'rganadilar . O'rta maktab 14 yoshdan 19 yoshgacha Ushbu bosqichda talabalar odatiy dastur bo'yicha o'qish va universitetga kirishga tayyorgarlik ko'rish yoki o'qishlarini kasbiy tayyorgarlik bilan birlashtirish haqida qaror qabul qiladilar. Oliy ma'lumot Italiya oliy ta'lim tizimi universitetlar , texnik universitetlar, universitet kollejlari , konservatoriyalar va akademiyalardan iborat. . Italiyada 56 ta universitet mavjud. Ulardan 47 tasi davlat, 9 tasi xususiy  . Italiya Boloniya jarayonini shakllantirish tashabbuskorlaridan biri bo'lib , dunyodagi eng qadimgi Boloniya universiteti nomini oldi , u erda 1999 yilda yilda Yevropaning 29 davlati ta'lim vazirlari Boloniya deklaratsiyasini imzoladilar. 2020 yil holatiga ko'ra, 25 yoshdan 64 yoshgacha bo'lgan Italiya aholisining 20,1 foizi oliy ma'lumotga ega. Aholining 62,9% oʻrta maktabni tugatgan. Fan Asosiy maqola: Italiyadagi fan Italiyada ilm-fan uzoq tarix va an'anaga ega. Mashhur italyan olimlari : Pizalik Leonardo ( " Fibonachchi raqamlari " raqamlar ketma-ketligini Evropaga tarqatishga yordam berdi ) Leon Battista Alberti ( Italiya Uyg'onish davrining yetakchi san'at nazariyotchisi , istiqbol haqidagi ta'limotning matematik asoslarini belgilab bergan , kriptografiya rivojiga katta hissa qo'shgan ) Luka Pacioli (zamonaviy buxgalteriya tamoyillarining asoschilaridan biri ) Leonardo da Vinchi ( anatom , tabiatshunos , ixtirochi ) Gerolamo Kardano ( kardan mili ixtirochisi ) Andreas Vesalius (ilmiy anatomiya asoschisi ) Galileo Galiley ( eksperimental fizikaning asoschisi ) Evangelista Torricelli ( atmosfera bosimi kontseptsiyasi muallifi ) Jovanni Domeniko Kassini ( 17-asr astronomi va muhandisi ) Jozef Lui Lagranj (  18-asrning eng buyuk matematigi Leonhard Eyler bilan birga ) Alessandro Volta ( batareya ixtirochisi ) Amedeo Avogadro ( uning nomi bilan atalgan asosiy fizik-kimyoviy qonunni kashf etgan) Antonio Meucci ( telefon ixtirochisi ) Ascanio Sobrero (birinchi bo'lib nitrogliserin olgan ) Antonio Pachinotti ( dinamo yaratuvchilardan biri ) Juzeppe Peano ( matematik mantiq va toʻplamlar nazariyasi asoschilaridan biri ) Guglielmo Markoni ( radio ixtirochisi, fizika bo'yicha 1909 yilgi Nobel mukofoti sovrindori ) Enriko Fermi ( dunyodagi birinchi yadro reaktorini yaratuvchisi, fizika bo'yicha 1938 yilgi Nobel mukofoti sovrindori ) Giulio Natta ( organik kimyogar , kimyo bo'yicha 1963 yilgi Nobel mukofoti sovrindori ) Daniele Bove ( farmakolog , 1957 yil uchun fiziologiya yoki tibbiyot bo'yicha Nobel mukofoti ) Aurelio Pechcei ( inson rivojlanishining global modellarini o'rganuvchi Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti) Rita Levi-Montalchini ( neyrobilim , fiziologiya yoki tibbiyot bo'yicha 1986 yilgi Nobel mukofoti sovrindori ) Karlo Rubbiya ( fizik , fizika bo'yicha 1984 yilgi Nobel mukofoti sovrindori ) Giorgio Parisi (nazariy fizik, fizika bo'yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti sovrindori ) Hisoblash kuchi 2023-yil iyun holatiga ko‘ra, Casalecchio di Renoda CINECA [en] joylashgan bo‘lib , Italiyadagi ilmiy tadqiqotlar uchun eng kuchli superkompyuter markazi bo‘lib, Yevropa Ittifoqi superkompyuterlaridan biri, EuroHPC JU [en] loyihasi , “ Leonardo [en] ” superkompyuteri joylashgan. . 2022-yil noyabr oyida Leonardo Yevropa va Yevropa Ittifoqidagi ikkinchi eng tezkor superkompyuterga, Top500 reytingida esa dunyoda to‘rtinchi o‘ringa chiqdi [ 161  . 2023 yil iyun holatiga ko'ra, Leonardo Top500 reytingida dunyoda to'rtinchi o'rinni egalladi va 238,70 petaflops ko'rsatkichi va o'rtacha quvvat iste'moli taxminan 7,4 MVt [ bo'lgan 304,47 petaflops ko'rsatkichiga ega . Madaniyat va san'at Asosiy maqolalar: Italiya madaniyati va Italiya san'ati Tasviriy san'at Asosiy maqola: Italiya tasviriy san'ati Italiya san'ati tarixi asosan G'arb tsivilizatsiyasi san'ati tarixini oldindan belgilab berdi . Ko'p asrlar davomida Apennin orollarida hukmronlik qilgan etrusk va ayniqsa Rim erlaridan keyin Italiya Uyg'onish davri Evropa san'atida markaziy o'rinni egallaydi . Italiya 16-17-asrlarda barokko uslubining beshigi bo'lgan Evropa badiiy hayotida ham hukmronlik qildi . 18-asrda mamlakat madaniy tanazzulni boshdan kechirdi va u Frantsiyaga yutqazib, Evropaning ma'naviy hayotining lokomotivi rolini yo'qota boshladi . Biroq, 19-asrning o'rtalarida mamlakat xalqaro sahnaga Makchiaioli , Futurizm , Metafizik rasm , Novesento , Arte Povera , Transavantgarde kabi badiiy harakatlar bilan qaytdi . Italiya san'ati tarix davomida bir qancha yirik madaniy harakatlarga ta'sir ko'rsatdi va buyuk rassomlar , me'morlar va haykaltaroshlar galaktikasini yaratdi . Eng mashhur italyan rassomlari: Giotto di Bondone , Jovanni Bellini , Sandro Botticelli , Leonardo da Vinchi , Mikelanjelo , Giorgione , Rafael Santi , Titian , Tintoretto , Karavadjio . Nikolo Pisano italyan haykaltaroshligi maktabining asoschisi hisoblanadi  . Haykaltarosh Donatello yangi Uyg'onish davri san'atining, xususan Uyg'onish davri monumental haykaltaroshligi va relyefining , shuningdek, haykaltarosh portret janrining asoschilaridan biri hisoblanadi  . Bugungi kunda Italiya xalqaro san'at sahnasida muhim o'rin tutadi, bir nechta yirik san'at galereyalari, muzeylar va ko'rgazmalar. Mamlakatning asosiy badiiy markazlari uning poytaxti Rim , shuningdek Florensiya , Venetsiya , Milan , Neapol , Turin va boshqa shaharlardir. Adabiyot Asosiy maqola: Italiya adabiyoti Eng mashhur italyan yozuvchisi - Ilohiy komediya yaratuvchisi Dante Aligyeri . Shuningdek, dunyoga mashhur: Franchesko Petrarka , Jovanni Bokaccio , Nikolo Makiavelli , Karlo Kollodi , Janni Rodari , Umberto Eko . Olti italiyalik yozuvchilar Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi : Giosue Carducci (1906), Gracia Deledda (1926), Luidji Pirandello (1934), Salvatore Quasimodo (1959), Eugenio Montale (1975), Dario Fo (1997). Arxitektura Asosiy maqola: Italiya arxitekturasi Leon Battista Alberti va Filippo Brunelleschi yangi Yevropa arxitekturasini yaratuvchilardir  . Italiyada Kolizey , Piza minorasi , Santa Mariya del Fiore sobori, Milan sobori , Avliyo Mark sobori , Doge saroyi , Mole Antonelliana , Villa d'Este , Trevi favvorasi kabi eng yaxshi me'morchilik asarlari joylashgan . va hokazo Italiyaning barcha yo'nalishlarida ko'plab me'moriy yodgorliklar mavjud. Bularga muzeylar, saroylar, binolar, haykallar, cherkovlar, badiiy galereyalar, villalar, favvoralar, tarixiy binolar va arxeologik joylar kiradi. Shuningdek, Italiyaning me'moriy ta'siri uning chegaralaridan tashqarida ham tarqaldi. Masalan, italyan arxitektorlari Bartolomeo Rastrelli va Karl Rossi Rossiya imperiyasida 18-19 - asrlarning eng mashhur binolarini qurishgan . Sport Italiyada eng mashhur sport turi bu futbol . Italiya futbolining oliy divizioni A Seriya hisoblanadi. Futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasi 4 karra FIFA Jahon chempionati chempioni ( 1934 , 1938 , 1982 , 2006 ) va futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida 2 marta ( 1968 , 2020 ) g‘olib chiqqan . Italiya terma jamoasi mag'lubiyatsiz o'yinlar bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi (ketma-ket 37 o'yin)  . Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon barcha davrlarning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi. Italiya vatani: qilichbozlik tarixidagi eng ko'p olimpiya va jahon chempionatlari sovrindori Edoardo Mangiarotti ; bodibildingchi , Arnold Shvartseneggerning hamkasbi , janob Olimpiadaning ikki karra g'olibi Franko Kolombo ; futbol hakami Perluiji Kollina , uning kolleksiyasi sayyoradagi eng yaxshi hakam uchun oltita mukofotni o'z ichiga oladi; Barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli mototsikl poygachilaridan biri Valentino Rossi . Italiyada ham mashhur: velosiped , tennis , golf . Shuningdek qarang: Giro d'Italia , 1934 yilgi FIFA Jahon kubogi , 1956 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari , 1960 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlari , 1990 yilgi FIFA Jahon kubogi va 2006 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari. Oshxona Asosiy maqola: Italiya oshxonasi An'anaviy italyan oshxonasi, xususan , pizza , makaron va karpaccio kabi taomlar tufayli butun dunyoda keng tarqalgan va mashhurdir . 24 mamlakatdan 25 ming kishi ishtirok etgan YouGov tadqiqoti natijalariga ko'ra, italyan oshxonasi dunyodagi eng mashhur taom sifatida tan olingan  . Bu juda xilma-xil va o'ziga xos, har bir mintaqaning o'ziga xos an'anaviy taomlari bor.Italiya oshxonasi rimliklar , yunonlar , lombardlar , arablar va Italiyada yashagan yoki uning madaniyatining shakllanishiga ta'sir ko'rsatgan boshqa xalqlarning madaniy ta'siri bilan tarixan o'rnatilgan ko'p asrlik an'analarga asoslanadi . Songbird taomlari Italiyada uzoq vaqtdan beri mashhur delikates bo'lib kelgan, ammo tabiatni muhofaza qiluvchilarning sa'y-harakatlari tufayli yovvoyi qushlar savdosi endi mamlakatda taqiqlangan [  . Italiya ko'p turdagi pishloq ishlab chiqaradi , ulardan eng mashhurlari mozzarella , parmesan , gorgonzola va mascarpone . Italiyada dunyodagi birinchi qahva mashinasi yaratildi va kofe ichimliklar dunyoda keng tarqaldi: espresso , ristretto , Americano , latte , kapuchino . Butun dunyoda mashhur bo'lgan italyan shirinliklari - tiramisu , panna kotta va italyan muzqaymoqlari . Italiyada uzoq vaqtdan beri vinochilik an'analari mavjud . Alkogolli ichimliklar asli Italiyadan : Amaretto , Aperol , Grappa , Limoncello , Martini , Prosecco , Sambuca , Fragolino . Musiqa Asosiy maqola: Italiya musiqasi Italiya musiqasi tarix davomida yuqori baholangan va italyan musiqasining ko'plab asarlari yuksak san'at hisoblanadi. Opera musiqa, so'z va sahna harakatini birlashtirgan spektakl turi sifatida Italiyada tug'ilgan. Janr 16 -asrning oxirida Florensiyada rivojlana boshladi va keyin butun mamlakat bo'ylab va uning chegaralaridan tashqarida tarqaldi. Italiyada ijod qilgan kompozitorlar qatoriga dunyoga “ Sevilya sartaroshi ” va “ Uilyam Tell ” operalarini taqdim etgan  Joachino Rossini , uning izdoshlari Donizetti va Bellini , “ Traviata ”, “ Aida ” asarlarini yozgan opera novatori Juzeppe Verdi kiradi. va " Rigoletto ", " Manon Lescaut ", " Madama Butterfly ", " Turandot " va boshqalarni yozgan Jakomo Puccini . Italiyaning eng mashhur opera xonandalari: Enriko Karuso , Lusiano Pavarotti va Andrea Bocelli . Italiyaning eng mashhur opera teatri La Scala Milanda joylashgan . Mashhur opera qo'shiqchisi Anatoliy Solovyanenko : "Italiya qo'shiqchilik maktabi mavjud bo'lgan eng ilg'or va eng yaxshi qo'shiqchilik maktabidir" va "u inson ovozining maksimal imkoniyatlaridan foydalanadi" deb ta'kidladi  . Italiya Antonio Vivaldi , Nikolo Paganini , Tomaso Albinoni , Pietro Lokatelli , Arkanjelo Korelli , Juzeppe Torelli , Federiko Agostini kabi mashhur skripkachi va bastakorlar va Nikolo Amati , Antonio Gi Stradivarilar kabi skripkachilarning vatani hisoblanadi . Italiyadan mashhur kino kompozitorlari : Ennio Morrikone , Nino Rota , Giorgio Moroder . Dunyodagi eng mashhur italyan estrada artistlari : Adriano Çelentano , Toto Kutugno , Al Bano va Romina Pauer , Rikkardo Fogli , Viola Valentino , Raffaella Karra , Robertino Loreti , Janni Morandi , Savage , Gazebo , Robert Miles , Toni Umberzi Totsi Pupo , Eros Ramazzotti , Ricchi va Poveri , Eyfel 65 , Måneskin . Har yili Italiyada " Sanremo festivali " qo'shiq tanlovi o'tkaziladi. Kino Asosiy maqola: Italiya kinosi Italiya kino sanʼati bilan 19—20-asrlar boʻsagʻasida paydo boʻlganidan beri shugʻullangan va uning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. 1905 yilda Italiya kinosi paydo bo'ldi. Birinchi film Filoteo Alberinining " Rimning bosib olinishi" filmi hisoblanadi . Shundan so'ng Italiyada kinoning rivojlanishi boshlandi . Mashhur italiyalik rejissyorlar : Federiko Fellini (Eng yaxshi rejissyorlik uchun Oskarga nomzod boʻlgan birinchi xorijlik rejissyor ), Serxio Leone , Kastelano va Pipolo , Luchino Viskonti , Roberto Rossellini , Mikelanjelo Antonioni , Bernardo Bertoluchchi , Per Paolo Pasolini , Franko Pasolinipe , Franko Pasolini , Janni Amelio , Pupi Avati , Pietro Germi , Tonino Guerra , Dino Risi . Mashhur italyan kino aktyorlari va kinoaktrisalari: Adriano Çelentano , Ornella Muti , Jina Lollobrigida , Marcello Mastroianni , Monika Belluchchi , Roberto Benigni , Nikoletta Brashi , Sofiya Loren (ingliz tilida bo'lmagan roli uchun Oskar olgan birinchi aktrisa bo'ldi). Italiyada G'arb filmlarining " Spagetti Western " kichik janri paydo bo'ldi , ayniqsa 1960 va 1970 yillarda mashhur. Bu vaqt ichida Italiyada 600 ga yaqin vestern filmlari suratga olindi. Ulardan eng mashhuri Klint Istvud bilan " Yaxshi, yomon va xunuk " . SSSR bilan birgalikda quyidagi filmlar suratga olingan : 1964 yil  - " Ular Sharqqa ketishdi ", rejissyor Juzeppe De Santis 1969 yil  - " Qizil chodir ", rejissyor Mixail Kalatozov 1970 yil  - " Voterloo ", rejissyor Sergey Bondarchuk 1970 yil  - " Kungaboqarlar ", rejissyor Vittorio De Sika 1973 yil  - " Italiyaliklarning Rossiyadagi aql bovar qilmaydigan sarguzashtlari ", rejissyor Eldar Ryazanov 1980 yil  - " Hayot go'zal ", rejissyor Grigoriy Chuxray 1987 yil  - " Qorong'u ko'zlar ", rejissyor Nikita Mixalkov Dunyodagi eng qadimgi xalqaro kinofestival - Venetsiya kinofestivali har yili Italiyada o'tkaziladi . Bosh sovrin – “ Oltin sher ”. Festivalning barcha bo'limlari natijalariga ko'ra, Luiji De Laurentis mukofoti ham beriladi. Ommaviy axborot vositalari bosing Asosiy maqola: Italiyadagi gazetalar ro'yxati Eng mashhur bosma ommaviy axborot vositalari orasida Corriere Della Sera , Il Giornale , La Repubblica , La Stampa , L'Espresso , Italia Oggi , La Nazione , Il Sole 24 Ore gazeta va  jurnallari bor . ANSA axborot agentligi mavjud . Italiyada ommaviy axborot vositalarini cheklovchi va jinoyat ishlari bo'yicha tergovga oid har qanday ma'lumotni sudgacha olib borishni taqiqlovchi qonun loyihasi qizg'in muhokama qilinmoqda. Jurnalistlar va oddiy odamlarning noroziligiga javoban siyosatchilar qonunning nozik jihatlari yana muhokama qilinishini aytishmoqda. Xalqaro Matbuot Institutining aniqlik kiritishicha , qonun loyihasi “noshirlar uchun 464,700 yevrogacha va uni buzgan jurnalistlar uchun 20,000 yevrogacha jarima”ni nazarda tutadi. Ushbu qonun, shuningdek, tergovchilar jinoyat sodir etilganligini tasdiqlamaguncha, odamlarni ularning roziligisiz suratga olish va videoga olish (buzilish ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) va telefon suhbatlarini tinglashni ham taqiqlaydi. Qonun loyihasiga qo‘shilmaganlarning aytishicha, siyosatchilar shunchaki shaxsiy hayoti bilan bog‘liq janjallardan qochishga harakat qilmoqda. Qonun loyihasi taniqli siyosatchilar, jumladan, isteʼfoga chiqishga majbur boʻlgan Bosh vazir Silvio Berluskoni va sanoat vaziri Klaudio Skaiolaning telefonlari tinglanishiga javob sifatida koʻriladi. Eshittirish Asosiy maqola: Italiyada televideniye Italiyada televideniye va radioeshittirish ommaviy va tijoratga bo'linadi. Italiyaning ommaviy eshittirishi 1-chi ( Rai 1 ), 2-chi ( Rai 2 ) va 3-chi ( Rai 3 ) telekanallarida, 3 ta radiostansiyada ( Rai Radio 1 , Rai Radio 2 va Rai Radio 3 ) efirga uzatiladigan Rai teleradiokompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Italiya tijoriy televideniye va radioeshittirish Mediaset xoldingida birlashgan Rete 4 (4-kanal), Canale 5 (5-kanal) va Italia 1 (6-kanal) teleradiokompaniyalari tomonidan taqdim etiladi. Astronomiyada Asteroid (477) Italiya , 1901-yilda kashf etilgan, Italiya nomi bilan atalgan. Transporti Yoʻlovchilarning 90% dan koʻprogʻi, yuklarning 80% dan ortigʻi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi −304 ming km, temir yoʻl uz. – 19,6 ming km. Chetga yuboriladigan va chetdan olinadigan yuklarning aksariyati dengiz transporti orqali tashiladi (eksport yuklarining 60-65%, import yuklarining 80-90%). Asosiy dengiz portlari: Genuya, Triyest, Venetsiya, Neapol. Italiya – xalqaro sayyohlikning eng katta markazlaridan biri (yiliga 50 mln.dan koʻproq sayyoh kelib ketadi). Tashqi savdosi Italiya iqtisodiyoti koʻp jihatdan tashqi savdoga bogʻliq. Italiya chetga sanoat mashina-uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, neft mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan neft, koʻmir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta, shuningdek, mashinalar, yogʻoch, qogʻoz, oziq-ovqat keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa iqtisodiy hamja-miyati mamlakatlari, AQSH, Rossiya. Pul birligi – lira. Tibbiy xizmati Italiyada davlat davolash muassasalaridan tashqari xususiy shifokorlik ham keng tarqalgan. Shifokorlar universitetlarning 27 tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Kurortlar, ayniqsa, maʼdanli suv va loy-balchikdar vositasida davolovchi sanatoriy koʻp. Eng mashhurlari: Montekatini-Terme, Fyuji, Salsomajore, Kastellammare-di-Stabiya, AbanoTerme, Kapri. Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari Italiyadagi zamonaviy xalq taʼlimi tizimi 19-asrning 2-yarmidan tarkib topa boshlagan. 1859-yilda 6-9 yoshdagi bolalarning majburiy taʼlimi toʻgʻrisida qonun (Kazati qonu-ni) qabul qilingan edi. Italiyada 6-14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga, asosan, diniy tashkilotlar taʼminotidagi xususiy maktablar ham mavjud. Xalq taʼlimi tizimiga quyidagilar kiradi: 3-5 yoshli bolalar uchun majburiy boʻlmagan maktabgacha tarbiya muassasalari, majburiy maktablar (6- 11 yoshli bolalar uchun 5 yillik boshlangʻich va 3 yillik quyi oʻrta maktab), majburiy maktab negizida oʻrta umumiy taʼlim va hunar taʼlimi beradigan toʻliqoʻrta umumiy taʼlim maktablitseylari (5 yil taʼlim beradigan mazkur oʻquv yurtini bitirganlar universitetga kirish huquqini oladi), oʻrta ped. oʻquv yurtlari (boshlangʻich maktab muallimlarini tayyorlovchi 4 yillik oʻqituvchilar institutlari va maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilarini tayyorlovchi 3 yillik ped. maktablari), hunar oʻquv yurtlari (malakali ishchilarni tayyorlovchi 3 yillik hunar institutlari, oʻrta texnika maʼlumotli xodimlarni tayyorlovchi texnika institutlari), oʻrta badiiy va musiqa oʻquv yurtlari, oliy oʻquv yurtlari (universitet va oliy maktablar). Italiyada 27 ta universitet, 50 dan ortiq davlat va xususiy oliy maktablari hamda xususiy universitetlar bor. Yirik universitetlari: Bolonya universiteti, Rim universiteti, Neapol universiteti, Milan, Bari, Genuya va b. shaharlardagi universitetlar. Italiyada 150 yirik kutubxona, jumladan, Rimda 31, Milanda 19, Neapolda 19, Florensiyada 9, Turinda 6 kutubxona bor. 170 dan ortiq muzey va rasm galereyalari mavjud. Eng mashhurlari: Rimdagi Milliy muzey, Julia muzeyi va villasi, Borgeze muzeyi va galereyasi, antik sanʼat galereyasi, zamonaviy sanʼat milliy galereyasi, Florensiyadagi Milliy muzey, arxeologiya muzeyi, rasm galereyasi (jumladan, Uffitsi galereyasi), Messina, Neapol, Palermo, Peruja, Venetsiyadagi muzeylar. Tadqiqotlar milliy kengashi (1923) atom energiyasi masalalaridan tashqari barcha fan sohalarini boshqaradigan va unga rahbarlik qiladigan asosiy davlat tashkilotidir. Unga ilmiy tadqiqot institut va tadqiqot markazlari, laboratoriyalar boʻysunadi. Kengash Italiyaning xalqaro ilmiy aloqalarini amalga oshiradi. Atom energiyasi Milliy komiteti atom energiyasi sohasidagi tadqiqot ishlarini boshqaradi. Italiyada bir necha akademiya, jumladan, Dei Linnei milliy akademiyasi, Milandagi tabiiy fanlar va adabiyot akademiyasi (1803), Palermo, Turin, Rim va b. shaharlarda Tibbiyot Fanlar akademiyasilari bor. Universitetlar qoshida ilmiy muassasalar ishlaydi. Yadro fizikasi milliy instituti mamlakatda shu sohada olib boriladigan barcha tadqi-qot ishlarini birlashtiradi. 20 dan ziyod institutda qishloq xoʻjaligi fanlari sohasida tad-qiqot olib boriladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi biol., kimyo, farmakologiya, gigiyena va b. sohalardagi ishlarni na-zorat qilib turadi. Italiyada ayrim xalqaro tadqiqot markazlari – Neapolda Genetika va biofizika instituti, Triyestda Nazariy fizika markazi, Ud ineda Mexanika markazi, Isprada Yadro tad-qiqotlari markazi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Italiyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Eng yiriklari: „Messagero“ („Xabarchi“, kundalik gazeta, 1878-yildan), „Corriera della sera“ („Kechki xabarnoma“, kundalik gazeta, 1876-yildan), „La Stampa“ („Matbuot“, kundalik gazeta, 1868-yildan), „Discussione“ („Bahs“, haftalik jurnal, 1953-yildan), „Mondo operaio“ („Ishchi dunyosi“, haftada 2 marta chiqadigan jurnal, 1948-yildan), „Panorama“ (haftalik jurnal, 1962-yildan), „Unità“ („Birlik“, kundalik gazeta, 1924-yildan), „Repubblica“ („Respublika“, kundalik gazeta, 1976-yildan). Italiyada 1924-yildan radioeshittirish, 1954-yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi. Italiya radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar xizmati – RAI-TV 1924-yilda tashkil etilgan. Ajensiya Natsionale Stampa Assochata (ANSA) axborot agentligi 1945-yildan, Ajensiya Jornalistika Italia (AJI) axborot agentligi 1950-yildan beri ishlaydi. Adabiyotining ilk namunalari oʻrta asrlarda lotin tilida yaratilgan (asosan, liniy qasidalar, afsonalar, voqeiy qissalar toʻqilgan). Italyan adabiyotida antik yunon va rim adabiyoti anʼanalari va sharq madaniyatining taʼsiri kuchli boʻlgan. 12-13-asrlarda xalq tilida diniy va dunyoviy adabiyot namunalari („Novellino“, „Yetti do-nishmand kitobi“ va boshqalar) yaratildi. 13-asrda tashkil topgan „Yoqimli yangi us-lub“ falsafiy sheʼriyat maktabi namoyandalari (G. Gvinitselli, G. Kavalkanti, Chinoda Pistoya, D. Freskobaldi) chin muhabbatni kuyladilar. Italiya adabiyotining buyuk vakili Dante ijodi shu maktab taʼsirida shakllan-di va rivoj topdi. Uning ijodi italyan adabiyoti va adabiy tilini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Italiyada gumanistik dunyokarash va yangi adabiyot erta vujudga keldi. F. Petrarka, J. Bokkachcho, L. Ariosto va b. adiblar istibdodni, diniy jaholatni fosh etdilar. U rta asrlarda Italiyada komediya janri rivojlandi. Bu janrda B. Bibbiyena, N. Makiavelli, P. Aretino ajoy-ib asarlar yaratishdi. 16-asr boshlarida milliy adabiy til shakllandi, adabiyotda gumanistik dunyoqarash hukmronlik qildi, yangi adabiy janrlar paydo boʻldi. Ammo 16-asr 2-yarmida mamlakatda roʻy bergan umumiy tanazzul taʼsirida reaksiya kuchaydi. Mikelanjelo Buonarroti, J. Bruno, T. Tasso va b. adiblar gumanizm anʼanalarini davom ettirdilar. 17-asrda formalistik oqimlar, barokko uslu-bi qaror topdi. 18-asrda „niqoblar ko-mediyasi“ninghimoyachisi K. Gotssi yangi asarlari bilan maydonga chikdi. K. Goldoni milliy realistik komediya janri nazariyasini va oʻnlab ajoyib komediyalarni yaratdi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Italiya adabiyotida inqilobiy klassitsizm oqimi ustunlik qildi. V. Alfyeri jangovar tragediyalar („Brut I“, „Brut II“, „Saul“ va hokazo) yaratdi. Napoleon yurishlari davrida vatanparvarlik ruhidagi adabiyot yuzaga keldi (U. Foskoloning roman, tragediyalari). A. Mandzoni romanlari („Ozodlik tantanasi“, „Beshinchi may“ va boshqalar)da mehnatkash xalq vakillarining mardonavor kura-shi, shoir J. Leopardi asarlari („Italiyaga“, „Axloqiy lavhalar“ kabi toʻp-lamlar)da Italiya xalqining musibatli qayoti tasvirlandi. 19-asr 30-yillaridan adabiyot milliy ozodlik kurashi goyalarining targʻibotchisi boʻlib xizmat qildi. Budavrda, ayniqsa, tarixiy roman, romantik drama, sheʼriyat keng rivoj topdi. Italiya milliy mustaqillikka erishgandan soʻng ham adabiyotda milliy ozodlik uchun kurash anʼanalari davom etdi (R. Jovanolining „Spartak“ romani va boshqalar). Verizm (Italiya naturalizmi) oqimining namoyandalari – J. Kaduchchi, J. Verga, M. Serao, G. Deledda, L. Pi-randello va b. oʻz asarlarida mehnat-kash xalq hayotini haqqoniy aks ettirdilar. 19-asr oxirlarida Italiya adabiyotida tushkunlik ruhidagi neoromantizm, futurizm oqimlari paydo boʻldi. Birinchi jahon urushidan keyin mamlakatda fa-shistlar diktaturasi oʻrnatilgach, de-mokratik adabiyot va matbuot taqiqlanib, fakat „sof sanʼat“ ruhidagi asarlar nashr etildi. 30-yillar oxiridan Italiya demokratik adabiyoti yana rivojlana boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Qarshilik koʻrsatish harakati milliy madaniyat va adabiyot rivojiga madad berdi. Urushdan keyingi yillarda Italiya adabiyotida bir qator yosh shoir va adiblar (I. Kalvino, M. Venturi, J. Vas-sani, D. Pea va boshqalar) paydo boʻldi. Neorealizm yetakchi oqimga aylandi. 60-90 yillarda realistik adabiyot yangi bosk,-ichda rivojlandi. Uning yirik vakillari – V. Pratolini, A. Moravia, I. Kalvino, L. Shashi, M. Venturi, L. Malebra, S. Kvazimodo, E. Montale, D. Fo va b. Italiya adabiyoti rivojiga sal-mokli hissa qoʻshdilar. K. Goldoni („Ikki boyga bir malay“), K. Gotssi („Baxtli gado“), R. Jovanoli („Spartak“), Sh. Perro („Qizil qalpoqcha“), J. Rodari („Salom bolalar“), Dante, J. Bokkachcho va b.ning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Meʼmorchiligi Etrusklar va Qad. Rim meʼmorlik ansambllari va uy-joy binolari Italiyaning eng kad. meʼmoriy obidalaridir (qarang Rim). Ilk oʻrta asrlardan Rimdagi bazilika (Santa-Mariya Majore, 5-asr, Santa Anessa, 7-a.,) va markazi gumbazli cherkovlar (San-Stefano Rotondo, 5-asr), shuningdek, Ravenna yodgorliklari majmuasi va b. yodgorliklar saqlangan. 11 −13-asrlarda roman uslubida barpo qilingan binolar vujudga keldi (Milandagi Sant-Ambrojo bazilikasi, 11-asr, Aretssodagi Santa-Mariya della Pove cherkovi, 12-asr va boshqalar). Ayrim insho-otlarda Vizantiya meʼmorligining taʼsiri seziladi (Venetsiyadagi avliyo Mark sobori, 11-asr, Palermodagi sobor). 11 −12-asrlarda Pizadagi sobor maydoni majmuasi kad. meʼmorlik anʼanalari uslubida barpo etilgan. Shaharlarning tez surʼatlar bilan rivojlanishi mahobatli diniy-maʼmuriy binolar bilan bir qatorda shahar devorlari, darvoza, minora, turar joy binolari, ratushalar qurishni ham taqozo etdi. 13-14-asrlarda gotika rivoj top-di (Milan, Orvyeto, Florensiya soborlari). Katta shaharlar vujudga kela boshlagach, qurilishning yangi tamo-yillari paydo boʻldi (jamoat va mada-niyat binolariga alohida ahamiyat bilan qarala boshladi). B. Mikelanjelo, D. Bramante, J. Vinola va b. atokli meʼmorlar Rim va Venetsiyada mahrbatli binolar barpo qildilar. Barokko meʼmorlari (16-asr) koʻp shaharlarda badavlat xonadonlar uchun ulkan ansambllar, shaxsiy qoʻrgʻonlarni xiyobonli, kolonnadali va favvorali qilib qurdilar. Binolarning hashamiga, saloba-tiga alohida ahamiyat berildi (L. Ber-nini, F. Borromini). Rimdagi avliyo Pyotr sobori bilan Navon maydoni (16- 17-asrlar) goʻzal meʼmoriy ansambllardan hisoblanadi. 18-asrdan klassitsizm rivoj topib, bu uslub Milan va Neapol shaharlaridagi ansambl va teatr bi-nolarida iz krldirdi. 20-asrda modernizm (Turindagi koʻrgazma zali), neoklassitsizm (Rimdagi sport markazi), 60-yillardan esa organik meʼmorlik ta-moyillari shakllandi. Zamonaviy maʼ-muriy inshoot va binolar qurishda sathning kengligi va qulayligiga, yangicha yechimlarga alohida ahamiyat berildi (Rimdagi Termini vokzali, sport saroyi, Paduyadagi Italiya banki binosi). Tasviriy sanʼati Italiya hududidagi eng qad. yodgorliklar paleolit va neolit davrlariga mansub (Apuliyadagi qoya rasmlari, Liguriya va Emiliyadagi ayollar haykalchalari). Jez davrida (mil. av. 2ming yillikning 2-yarmi) badiiy sopol buyumlar yasaldi. Mil. av. 8- 2-asrlardan etrusklar yodgorliklari maʼlum. Mil. av. 8-6-asrlardan Italiya Kds. Yunon, mil. av. 5-asrdan mil. 5-asrgacha Qad. Rim madaniyati va sanʼatini shakllantirish markazlaridan biriga aylandi. Oʻrta asrlarda diniy afsonalar asosidagi asarlar paydo boʻldi. Venetsiya va Sitsiliyada Vizantiya sanʼatiga yaqin mozaika rasmlari yaratildi. 12-asr oxiridan boshlab diniy dastgoh rassomligi va diniy ruxdagi manzarali haykaltaroshlik tarqaldi. 13-14-asrlarda Florensiya, Piza, Siyena va b. shaharlar sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topa boshladi. 15-asrdan Uygʻonish davri realistik sanʼati taraqqiy etdi. Rassomlar tabiatga, insonga koʻproq murojaat qila boshladilar: Rassom va haykaltaroshlar anatomiya va optikani ilmiy asosda oʻrganib, ajoyib sanʼat namunalarini yaratdilar (Leonardoda Vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Jorjone, Titsian va boshqalar). 15-16asrlarda moyboʻyoq rassomligi, gravyura, amaliy bezak (mebel, keramika, zargarlik), teatr dekoratsiyasi sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarildi. 16-asr oxiri va 18-asrda serhasham va dabdabali barokko uslubi (haykal-tarosh L. Bernini, rassomlardan Pyetroda Kortona, L. Jordano) qaror topdi. 16-asr oxirlarida paydo boʻlgan akademizm (aka-uka Kar-rachchi) va manyerizm (haykaltarosh B. Chellini va rassomlar F. Parmijani-no,.A. Bronzino) sanʼati hukmronlik qildi. 18-asr Venetsiya rassomligida (J. B. Tyepolo, A. Kanaletto, F. Gvardi) hayotiy kuzatishlar kuchliligi bilan koʻzga tashlanadigan mazmundor asarlar yaratildi. 18-asr 2-yarmida klassitsizm (A. Ka-nova) va romantizm (F. Ayes, D. Mo-relli) vujudga keldi, keyinchalik maishiy janr va manzara rassomligi rivojlandi. Haykaltarosh V. Vela, rassomlardan J. Fattori, T. Sinorini, S. Lega, J. Segantini va b. mehnatkash xalq hayoti, ozodlik uchun kurash mavzularida ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin syurrealizm, abstrakt sanʼat avj olib ketdi. Lekin didsizlik va formalizmning bu ashaddiy namunalariga qarshi kurashda realistik sanʼat namoyandalarining ijodi kamol topdi. Haykaltaroshlardan F. Mes-sini, J. Mansu, rassom R. Guttuzo, G. Mukki, K. Levi, K. Meloni va ularning izdoshlari italyan xalqining real his-tuygʻularini, mehnatini, hayotini ifodalovchi asarlar yaratdilar. Musiqasi Italiya – mashhur ashulachilar, opera, zamonaviy nota yozuvi va fortepiano vatani. Uvertyura, simfoniya, kantata va b. musika janrlari Italiyada yara-tilgan. Barkarola, gondolyera, frotol-la, vilanella kabi qoʻshiq turlari, galyarda, sitsiliana, tarantella raqslari folklor asosida paydo boʻlgan. Xalq musiqasining boy manbalari cherkov va Italiya professional musiqasiga zamin boʻlgan. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa rivojlandi. 14-asrda Are Nova maktabi, 15-16-asrlarda musika akademiyalari yuzaga keldi. 16-17-asrlarda vokal-cholgʻu musiqaning oratoriya, kantata singari yangi turlari paydo boʻldi. Florensiya va Neapolda gomofoniya uslubi taraqqiyoti taʼsirida opera sanʼati shakllandi. Ya. Perining „Dafna“ (1594) operasi mazkur janrning ilk namunasidir. K. Monteverdi tarixda birinchi boʻlib ommaviy opera teatrini ochdi (1637). 18-asrda opera va milliy ashula sanʼati keng rivojlandi, belkanto uslubi paydo boʻldi. Florensiya, Bolonya, Neapol teatrlarida J. Pergolezi, A. Salyeri, J. Paiziyello va b.ning rang-barang operalari sahnalashtirildi. 18-asrda buff opera shakllandi, yangi opera teatrlari ochildi. A. Vivaldi, D. Skarlatti, J. Tartini kabi sozanda kompozitorlar konsert, sonata janrlariga asos soldi. N. Paganini oʻzining noyob ijrochilik mahorati va romantik asarlari bilan mashhur. 19-asr opera sanʼati ijtimoiysiyosiy karashlar taʼsirida rivojlandi. J. Rossini, V. Bellini, G. Donitsetti, J. Verdi operalarida xalqning ozodlikka intilishi oʻz ifodasini topdi. 19-asr oxirida R. Le-onkovallo, Sh. Puchchini va b. kompozitorlarning operalarida hayotni haq-qoniy ifodalashga yoʻnalgan verizm uslubi yuzaga kelgan. O. Respigi, A. Kazella va b.ning ijodida musiqiy impressionizm hamda neoklassitsizm uslublari rivoj topgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Italiya musiqasida tinchlik, ozodlik uchun, fashizmga karshi kurash mavzulari muhim oʻrin oldi. 50-yillardan avangardizm taʼsiri kuchaydi. L. Dalla-pikkola, L. Berio, L. Nono asarlarida ichki ziddiyat oxanglari yangraydi, yuksak gʻoyaviy ifoda vositalarining murakkabligi, toʻqimaliligi bilan qoʻshilib ketadi. Zamonaviy italyan kompozitorlari orasida R. Vlad, J. F. Gedini, I. Montemetssi, G. Petrassilar alohida ajralib turadi. Mashhur dirijyorlari: A. Toskanini, P. Arjento, V. De Sabata, G. Kantelli, V. Ferrero, K. Sekki, K. Abbado; xonandalari: J. Simonato, R. Skotto, A. Stella, R. Tebaldi, J. Bekki, T. Gobbi, E. Karuzo, M. Del Monako, L. Pavarotti va b. Teatrlaridan „La Skala“ (Milan), „San-Karlo“ (Neapol), „Feniche“ (Venetsiya), Rim operasi va b. jahonga mashhur. 1970-yillardan Italiya estrada sanʼati namoyandalari jahon miqyosida tanilgan (T. Kutuno, A. Chelentano, A. va R. Pauer, J. Morandi, R. Kara, Pupo, R. Fogli, F. Papetti va boshqalar). Yangi musika korporatsiyasi (1923-yildan), Musiqashunoslar jamiyati, 14 ta konservatoriya, koʻpgina musiqa litseylari, maktablari, ilmiy institutlari (jumladan, Verdi merosini oʻrganish instituti) bor. Venetsiya, Florensiya, Verona kabi shaharlarda har yili musiqa festivallari oʻtkaziladi. Oʻzbekiston teatrlarida Italiya kompozitorlari (J. Rossini, J. Verdi, J. Puchchini, R. Leonkavallo, V. Bellini va boshqalar)ning operalari („Sevilya sar-taroshi“, „Traviata“, „Rigoletto“, „Aida“, „Otello“, „Chiochio-San“, „Masharabozlar“, „Luchiya de Lamermur“ va boshqalar) muvaffaqiyatli sahnalashtirilgan. Teatr sanʼatining kurtaklari xalq marosimlari, karnaval bayramlari va oʻyinlariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda katolik cherkoviga manzur boʻlgan liturgik drama, misteriya, lauda janrlari ustun edi. Uygʻonish davrida dunyoviy pyesalar, komik janr rivojlandi. 16-18-asrlarda professional teatr vujudga keldi, sahnalarni dekoratsiya bilan bezash tartib-qoidalari ishlab chiqildi. Xalq ijodi taʼsirida „niqoblar komediyasi“ rivoj topdi. 18-asrda teatr sanʼatiga maʼrifatparvarlik gʻoyalari singdirildi. K. Goldonining dramaturgiyadagi isloqotchilik faoliyati katta roloʻynadi. 18-asr oxirlarida inqilobiy harakatning avj olishi natijasida jahon dramaturglarining eng yaxshi asarlari sahnalashtirildi. E. Rossi, T. Salvini, E. Duze, A. Ristori kabi atoqli artistlar yeti-shib chikdi. 19-asrda va 20-asr boshlarida Italiya adabiyotidagi, ayniqsa dramaturgiyadagi oqim va tamoyillar teatrda oʻz ifodasini topdi. Fashistlar diktaturasi yillarida Italiya teatri butunlay tush-kunlikka uchradi. Fashizm tor-mor etilgach, demokratik kuchlar taʼsirida Italiya teatri yana jonlandi. L. Viskonti, E. De Filippe, J. Streler, L. Sku-arsina gumanistik ruxdagi asarlarni sahnalashtirdi. Dastlabki doimiy teatr („stabile“)lar vujudga keldi. Rim, Milan, Genuya, Turin teatrlari jahon klassikasi va mahalliy mualliflarning asarlarini koʻrsata boshladi. Kuchma truppalar ham mavjud. V. Gasman, J. Le Lullo, F. Dzefirelli kabi rejissorlar, A. Proklamer, G. Mauri, P. Stoppa, V. Marikoni va b. aktyorlar mashhur. Kinosi 1895-yil „Milan vokzaliga kelgan poyezd“ nomli birinchi hujjatli film (rejissor I. Pakkoni) yaratildi. 1901 i. Florensiya va Rimda dastlabki kinoteatrlar ochildi. Ammo 1904 i. Turinda hujjatli-xronika filmlari studiyasi ochilganidan keyin ha-qiqiy italyan kinematografiyasi vujudga keldi. 1905-yilda F. Alberini bilan D. Santoni Rimda oʻz kinostudiya-sini tashkil etdi (1906-yildan u „Chi-nes“ deb atala boshladi). 1905-06 yillardan Turin va Milandagi kinofirmalar badiiy filmlar ishlab chiqarishga kirishdi. 1905-yilda „Chines“ ommaviy sahnalarga boy boʻlgan birinchi italyan filmi – „Rimning ishgʻol qilinishi“, soʻng-ra Italiyaning birlashtirilishiga bagʻishlangan turkumli kartinalarni yaratdi. 1909-10 yillarda „Kitilina“, „Makbet“, „Anita Garibaldi“, „Don Karlos“, „Otello“, „Beatriche Chenchi“ va b. filmlar ekranga chiqarildi. Italiya kinosi 1913-yilda yuksak pogʻonaga koʻtarildi, uning 497 filmi xorijiy kino bozorini toʻldirib yubordi. Bu davrda M. Kazerini, E. Benchivenga, D. Le Liguoro, E. Guatssioni, L. Maji, B. Negroni, D. Pastrone kabi rejissorlar ijod qildilar. Fashistlar xukmronligi davrida (1922-43) Italiya kino sanʼati natsizmning tashvikrt vositasiga aylandi. Shunga karamay, A. Blazetti va M. Kamerini suratga olgan filmlarda Italiya hayotidagi illatlar fosh qilindi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Italiya kino sanʼatida haqiqiy voqelikni aks ettiradigan progressiv yoʻnalishdagi filmlar yaratila boshladi. L. Viskonti, J. D. Santis, P. Jermi, Ch. Dzavettini, E. de Filippo va b. Italiya xalqining fashizmga qarshi kurashini, oddiy insonning hayotini kinotasmalarda real aks ettirdilar („Rim, soat II“, „Zaytunlar ostida tinchlik yoʻq“, „Chochara“ va boshqalar). Keyingi yillarda „Ita-lyancha nikoh“, „Italyancha ajralish“, „Har kimniki oʻziga…“, „Sakko va Van-setti“, „Ular Sharqqa boradilar“, „Kungaboqar“ kabi filmlar yaratildi. Italiyadagi 40 dan ortiq kinofirma yiliga 200 dan ziyod film ishlab chiqaradi. Kinoaktyorlar orasida A. Manyani, J. Mazina, S. Loren, J. Lol-labrijida, K. Kardinale, S. Sandrelli, M. Mastroyanni, J. M. Volonte, F. Nero, A. Sordi, U. Tonyassi, M. Vitti, M. Plachido va b. mashhur. 1970-90 yillardagi eng yaxshi filmlardan „Peshayvon“ (rejissor E. Skola), „Gul ki-shining fojiasi“ (rejissor B. Bertoluchchi), „Ayollar shahri“ (rejissor F. Fellini), „Uch oga-ini“ (rejissor F. Rozi)ni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston – Italiya munosabatlari Italiya (), rasman Italiya Respublikasi, Evropaning janubida Appenin yarim oroli va Oʻrta dengiz havzasida joylashgan eng yirik orollar, Sitsiliya va Sardiniya orollarini oʻz ichiga oladi. Italiya oʻzining shimoliy chegaralarini Alp togʻlari orqali Fransiya, Shveytsariya, Avstriya, Sloveniya bilan boʻlishadi. Undan tashqari Italiya hududida San Marino va Vatikan mustaqil davlatlari joylashgan. Italiya juda uzoq va buyuk tarixga ega. U er Etruriya va Rim kabi koʻplab Evropa madaniyatlarining beshigi sanaladi, keyinchalik Buyuk Evropa Renesansi ham aynan Italiyada boshlangan. Italiyaning poytaxti Rim shahri Gʻarb tsivilizatsiyasining oʻchoqlaridan biridir, shu bilan birga u Katolik Cherkovining markazi hisoblanadi. Bugungi kunda Italiya demokratik respublika boʻlib, YaIMning hajmi boʻyicha 7-oʻrinda, aholining turmush darajasi boʻyicha jahonda 8-oʻrinda turuvchi rivojlangan mamlakatdir. Italiya hozirgi Evropa Ittifoqining ilk taʼsischi 6 mamlakatidan biridir (1957-yil imzolangan Rim Bitimi), shuningdek u Buyuk Sakkizlik (G8) mamlakatlari, Evropa Kengashi, Gʻarbiy Evropa Ittifoqining aʼzosi sanaladi. 2007-yil 1-yanvardan Italiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Havfsizlik Kengashining aʼzosi hisoblanadi. Geografiyasi Italiya Evropaning janubida joylashgan etiksimon Appenin yarim oroli, Sitsiliya (9.926 km), Sadrina (9.301 km), Elba va koʻplab mayda orollardan tashkil topgan boʻlib, 301.323 km maydonni egallaydi. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga 1,145 km uzunlikka ega. Italiyaning shimoliy chegaralari Monte-Servino (4.478 m), Monte-Roza (4.634 m) kabi osmnoʻpar choʻqqili Alp togʻlari bilan oʻralgan. Uning eng baland nuqtasi Italiya, Fransiya, Shveytsariya chegarasida joylashgan Mon Blank choʻqqisi hisoblanib, 4.810 metrni tashkil qiladi. Alp togʻlari va Appenin yarim oroli orasida Po daryosi bilan keng Lombardiya tekisligi joylashgan. Italiya oʻzining vulqonlari bilan ham mashhurdir: Etna – Evropadagi eng katta harakatdagi vulqon. Undan tashqari Vulkano, Stromboli va Vezuvi vulqonlari ham Italiya vulqonlaridir. Italiyada daryolarga juda boy, ulardan Po va Adige eng mihimlaridir. Po daryosi 652 km uzunlikda boʻlib, shundan 480 km joyida kema qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Adige daryosining uzunligi 410 kmni tashkil qiladi. Ularning ikkovi ham gʻarb tomonga oqadi va Adriatika dengiziga quyiladi. Italiya daryolari koʻp bulishiga qaramasdan mayda va sayozdir. Italiyaning shimoliy qismida ham yarim orol qismida ham bir qancha koʻllar bor. Garda, Magiore, Komo, Trasimeno shular jumlasidandir. Iqlimi Italiyaning iqlimi juda oʻzgaruvchan va boshqa Oʻrta er dengizi malakatlarinikidan farq qiladi. Shimoliy hududlar, Turin, Milan, Bolonyada iqlim nam subtropikdir. Sohilboʻyi mintaqalarida ichki balandlik va vodiylardan iqlim oʻzgachadir, ayniqsa qish oylarida yumshoq va iliq havo, yozda esa quruq va ancha issiq ob-havo hukmrondir. Aholisi ISTAT (Italiya Statistika Qoʻmitasi)ning soʻngi baholashiga koʻra 2007-yilning fevral oyi holatiga Italiyada aholisi 59.206.382 kishini tashkil qiladi. Italiya aholi soni boʻyicha Evropada toʻrtinchi (Germaniya, Frvntsiya va Buyuk Britaniyadan soʻng), jahonda 22-oʻrinda turadi. Aholi sonining oʻsishi asosan immigrantlar va 79,81 yilni tashkil qiluvchi oʻrtacha hayot uzunligining oʻsishi bilan bogʻliq. Aholi zichligi boʻyicha Italiya bir kvadrat kilometrga 196 kishi bilan Evropada beshinchidir. Savodxonlik koʻrsatkichi 98% ni tashkil qiladi, majburiy maktab taʼlimi 6 yoshdan 18 yoshgachadir. Butun aholining taxminan 2/3 qismi shaharlarda yashaydi, lekin ushbu koʻrsatkich boshqa gʻarbiy Evropa mamlakatlaridan ancha kamdir. Viloyat, Provinsiya va Munitsipalitetlari Italiya 20 ta viloyatga (regione) boʻlingan. Ulardan beshtasi mahalliy qonunchilikka oʻzgartirish kiritish huquqiga ega boʻlgan maxsus avtonom viloyat maqomiga ega. Ular oʻz navbatida 109 provintsiya (province) va 8.101 munitsipalitetdan (comuni) tashkil topgan. Iqtisodiyoti Xalqaro Valyuta Fondining maʼlumotlariga koʻra 2006-yil Italiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 1.852.585 AQSh dollarni tashkil qilgan va bu koʻrsatkich jahon mamlakatlari orasida 7-oʻrinni egallaydi. Iqtisodiyotni strukturaviy jihatdan sanoat mahsulotlari 29%, xizmatlar 69% va qishloq xoʻjaligi 3% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining maʼlumotiga koʻra Italiya 2004-yilda sanoat mahsulotlari eksporti boʻyicha 6-oʻrinni egallagan. Shimolda kapitalistik iqtisodiyot sanoatga ixtisoslashgan xususiy kompaniyalardan tashkil topgan boʻlsa, janubiy qismlarda qishloq xoʻjaligi rivojlangan. Italiyada Mafiya mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega va bu 127 milliard AQSh dollarini tashkil etadi; uyushgan jinoyatchilik Italiya YaIMning 7% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning katta qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. Soʻnggi oʻn yillikda Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya koʻrsatkichiga ega boʻldi. 1999-yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi. Foydali havolalar https://www.initalia.uz  – Italiya va italyan tili hamda grammatikasi haqidagi sayt Manbalar Geografiya Yevropa Italiya BMT aʼzolari
139,519
3193
https://uz.wikipedia.org/wiki/Latviya
Latviya
Latviya () yoki Latviya Respublikasi () — Yevropaning shimoli-gʻarbida, Boltiq dengizi boʻyida joylashgan davlat. Maydoni 64,589 ming km². Aholisi 4 mln. kishi (2023). Poytaxti — Riga shahri Maʼmuriy jihatdan 26 tuman (rajons)ra boʻlinadi, 7 shahar bor. Davlat rahbari Edgars Rinkēvičs. Davlat tuzumi Latviya — mustaqil demokratik respublika. 1993-yil 6-iyuldan 1922-yilda qabul qilingan "Satversme" konstitutsiyasining amal qilishi toʻla hajmda tiklandi va unga 1996, 1997, 1998-yillarda tuzatishlar kiritildi. Davlat boshligʻi — prezident (1999-yildan Vayra Vike-Freyberga), u yashirin ovoz berish yoʻli bilan seym tomonidan 4 yil muddatga saylandi. Bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezident lavozimiga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi organi — seym (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Tabiati Latviya hududining Boltiq dengizi qirgʻoklari kam parchalangan. Dengiz sohili boʻylab eni 2–3 km, ayrim joylarda 50 km gacha boʻlgan pasttekislik va qum tepalar choʻzilgan. Latviyaning gʻarbiy qismida Kurzeme qirlari (balandligi 184 m gacha), oʻrta qismida Vidzeme qirlari (balandligi 311 m gacha), sharqida Latgal qirlari (balandligi 289 m gacha) joylashgan. Latviyaning markazida Oʻrta Latviya tekisligi, Shimoli-sharqida Shimoliy Latviya pasttekisligi bor. Foydali qazilmalari: koʻmir, neft, gips, kvars qumlari, dolomit, har xil gil, ohaktosh; torf konlari, mineral buloklar bor. Boltik, dengizi va Riga qoʻltigʻi sohilida kahrabo uchraydi. Iklimi dengiz iqpimi bilan kontinental iqlim oʻrtasida. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 16—18°, yanvarda Boltiq dengizi sohilida —2°, —7°, sharqida —7°. Yillik yogʻin 550–800 mm. Latviyada 777 daryo boʻlib, umumiy uz. 38 ming km. Hamma daryolari Boltiq dengizi havzasiga mansub. Yiriklari: Daugava, Liyelupe, Venta, Gauya. Latviyada 3 mingdan koʻproq koʻl bor. L. maydonining 1,5% ni tashkil qiladi. Yiriklari: Lubanas, Reznas va boshqa Eng chu-qur koʻli — Dridza (65,1 m). Koʻllarida baliq xoʻjaligi yoʻlga qoʻyilgan. Foydalaniladigan yerlarining 52% podzol tuproqlari (koʻpi chimli podzol), 4% chimli karbonatli va ekin ekib kelingan tuproqlar (Oʻrta L. tekisligida), 23% botqoq (chimli-geyli) tuproqlar va 19% torfzor. L. aralash oʻrmon zonasida joylashgan. Hududining 40% ga yaqini oʻrmon (asosiy daraxt turlari — qaragʻay, qoraqaragʻay, qayin), 4,7% botqoq, 4% yaylov. Latviyada sut emizuvchilardan malla tovushqon, tiyin, yelik, los, bugʻu, tulki, boʻrsiq, suvsar va boshqa yashaydi. Salaka, kilka, losos, taymen va boshqa baliqturlari ovlanadi. Riga qoʻltigʻi va daryolarning qoʻyilish joyida minoga uchraydi. Baliq, qunduz va boshqa ov jonivorlarini qoʻriqlash maqsadida qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Qad. dare vodiylarining ayrim qismlari, baʼzi oʻrmonzorlar davlat muhofazasiga olinib, qoʻriqlanadi. Gauya milliy bogʻi barpo etilgan. Aholisi Aholisining koʻpchiligi latishlar (62%); ruslar, beloruslar, polyaklar, ukrainlar, litvalar va boshqa yashaydi. Rasmiy til — latish tili. Shahar axolisi 69,5%. Dindorlari: protestant, pravoslav va katoliklar. Yirik shaharlari: Riga, Daugavpils, Liyepaya, Yelgava, Yurmala va boshqa Tarixi Latviyadan topilgan arxeologiya yodgorliklari bu yerda odam mezolit davridan (miloddan avvalgi 9—4-ming yillik) yashaganligini koʻrsatadi. Odamlar bu davrda temirchilik, baliq ovlash va ovchilik bilan shugʻullangan, tosh va suyaklardan turli qurollar va loydan idishlar yasagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda dehqonchilik va chorvachilik paydo boʻlgan. 10-asrdan aholi oʻrtasida xristian dini tarqala boshladi. 13-asrning oxirida Livon ordeni Latviyani bosib olgandan soʻng nemis zodagonlarining iqtisodiy va siyosiy hukmronligi oʻrnatildi. Latviyada Germaniyaga xos xoʻjalik va siyosiy tashkilotlar joriy qilina boshladi. 14—16-asrlarda Livoniya (Latviya va Estoniyaning nemislar tomonidan zabt etilgan hududlari shunday atalar edi) 3-mayda davlatdan iborat boʻlgan. 17-asrga kelgandagina latish xalqi tashkil topdi. 16-asrda Riga shahri savdo va xunarmandchilik markaziga aylandi. 1558—83 yillardagi Livon urushlari davrida mayda livon davlatlari tugatildi( 1560—62). Latviyaning Daugava daryosidan shimolidagi xududi (Zadvin gersogligi) Rech Pospolitaga tobe boʻlib qoldi. Daryoning janubidagi hududlar Polsha qiroliga qarashli Kurlyandiya gersogligiga aylandi. 1600—29 yillardagi Polsha-Shvetsiya urushlari natijasida L. vayron boʻldi. Urushda gʻolib chiqqan Shvetsiya Altmark sulhiga koʻra, Zadvin gersogligining gʻarbiy qismini oʻziga qoʻshib oldi. Latviyaning sharqiy qismi (Latgaliya) Rech Pospolita qoʻlida qoldi. Latviyaning keyingi taqdirini Shimoliy urush hal qildi. 1710-yil rus qoʻshinlari Rigani qamal qildi. 1721-yil Nishtadt sulhi shartiga koʻra, Shvetsiya Vidzemani Rossiyaga berdi. Rossiya imperiyasi tarkibida parchalangan L. yerlarini birlashtirish davri boshlandi. 1721 va 1795-yillarda Kurlyandiya gersogligi, Liflyandiya va Vitebsk gubernyalarining bir qismi Rossiyaga utdi. 18-asrning 1-yarmi Shimoliy urushda vayron boʻlgan xoʻjalikni tiklash davri buldi. Mazkur urushdan soʻng 200 yil mobaynida L. tinch hayot kechirdi. 1804-yil dehqonlar toʻgʻrisida maxsus qonun qabul qilinib, unga koʻra krepostnoylik cheklandi. Lekin bu bilan dehqonlar ahvoli yaxshilanmadi. 1812-yilgi urush taʼsirida dehqonlar harakati avj oldi. Dvoryanlar hokimiyatini saqlab qolish maqsadida Rossiya hukumati 1817—19 yillarda qator islohotlar oʻtkazdi, jumladan, deqqonlarga shaxsiy erkinlik berildi. Ular yerni ijaraga olib tshtaydigan boʻlishdi. 19-asr 50-yillarning oxiri va 60-yillarning boshidan korxonalarda mashinalar va bugʻ dvigatellari ishlay boshladi. Rossiyadagi ommaviy dehqonlar harakati va 1863— 64 yillarda Polsha va Litvada boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon taʼsirida Rossiya hukumati bir oz yon berishga majbur boʻldi. Jumladan, krepostnoylik huquqi bekor qilindi, dehqonlarga yer sotib olish hamda erkin koʻchib yurishga ruxsat berildi (1863), barshchina bekor qilindi (1868). Latviya sanoati va tashqi savdosi oʻsa boshladi. 20-asr boshlariga kelib, Latviya Rossiya imperiyasining taraqqiyot jihatidan eng rivojlangan oʻlkasiga aylandi. 1918-yil 18-noyabrda Latviya Respublikasi eʼlon qilindi. 1920-yil 11-avgustda Latviyani Shoʻro Rossiyasi tan oldi va L.ga boʻlgan daʼvolaridan "abadul abad" voz kechganini bildirdi. 1921-yilda Antanta davlatlari ham Latviya Respublikasini tan oldilar. 20 yil mobaynida turmush darajasi, nashr etilgan kitoblar va 1000 kishiga toʻgʻri keladigan talabalar soni jihatidan Latviya Yevropa mamlakatlari orasida oldingi oʻrinda boʻldi. 1934-yilda davlat toʻntarishi oʻtkazildi, avtoritar tuzum oʻrnatildi. 1940-yil iyulida Latviya hududiga shoʻro qoʻshinlari kiritildi. Oʻsha yili 21-iyulda Latviya shoʻro sotsialistik respublikasi tuzilib, 5-avgustda SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida L. shiddatli janglar maydoniga aylandi. 1941-yilda nemis-fashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1945-yilda ozod qilindi. 1990-yil mayda respublika Oliy Kengashi Latviya mustaqilligini tiklash haqida Deklaratsiya qabul qildi va respublika nomini hozirgi nomga oʻzgartirdi. Latviya — 1991-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 22-oktabrda tan oldi va oʻsha yili noyabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. Milliy bayrami — 18-noyabr — Latviya Respublikasi eʼlon qilingan kun (1918). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari Latviya dehqonlar ittifoqi partiyasi, 1917-yilda asos solingan va 1990-yilda qayta tiklangan; Latviya demokratik partiyasi, 1995-yil "Saym-niyeks" demokratik partiyasi sifatida tuzilgan; "Latviyas seliy" ("Latviya yoʻli") partiyasi, 1993-yil tuzilgan; Latviya sotsial-demokratlar birlashmasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Xalq partiyasi, 1998-yilda tuzilgan; Yangi xristian partiyasi, 1998-yil Yangi partiya nomi bilan tashkil etilgan, 2001-yildan hozirgi nomda; Xalq hamjihatligi partiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan; "Vatan va ozodlik" birlashmasi (Latviya milliy mustaqilligi yoʻlidagi xdrakat), 1997-yilda tashkil etilgan. Latviya erkin kasaba uyushmalari ittifoqi, 1990-yilda tuzilgan. Iqtisodiyoti Latviya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 38,5%, qishloq xoʻjaligining ulushi 24,8%. Sanoatida metallsozlik, energetika mashinasozligi, aloqa vositalari ishlab chiqarish, transport va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika, radioelektronika, priborsozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil va oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya, sellyuloza-qogʻoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Elektr energiya Plyavinyas, Kegums va Riga GESlarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 5,6 mlrd. kVtsoat). Liyepaya metallurgiya zavodi, turli shaharlarda elektr mashinasozligi, gidrometeorologiya va yarimoʻtkazgich priborlari, dizelsozlik, elektropoyezdlar, texnologiya uskunalari, elektr lampa, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, ventilyator, radio, elektr asboblari, vagonsozlik, kema taʼmirlash va boshqa zavodlar bor. Qurilish materiallari sanoatida koʻplab temir-beton konstruksiyalari, silikat gʻisht, drenaj quvurlari, shisha tola zavodlari, uysozlik kombinatlari barpo etilgan. Yengil sanoatda toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik va poyabzal tikish tarmoqlari taraqqiy etgan. Rigada ip gazlama kombinatlari, Yelgavada toʻqimachilik birlashmasi, shoyi toʻquv kombinati joylashgan. Ogreda yirik trikotaj kombinati, Liyepayada galantereya buyumlari kombinati bor. Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlari: baliq va goʻsht-sut. Riga, Yelgava, Yekabpils va Valmiyeradagi goʻsht kombinatlari, Preylida pishlok, zavodi va Kraslavada quruq sut zavodi qurilgan, meva-konserva va un-yorma kombinatlari bor, aralash yem sanoati rivojlangan. Rigada "Dzintars" parfyumeriya-kosmetika zavodi bor. Keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini bozor munosabatlari yoʻliga moslash, jahon xoʻjaligiga qoʻshish siyosati oʻtkazila boshladi. Qishloq xoʻjaligi goʻsht va sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Latviyaga yaroqli yerlar 2,5 mln. ga, shundan 56,4% haydaladigan yerlar, 32,4% yaylov, 9% pichanzor. Gʻalla ekinlaridan javdar, bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Asosiy texnika ekinlari: zigʻir (asosan, sharqida) va qand lavlagi (janubida). Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Bogʻ-rezavor mevazorlar bor. Respublikaning gʻarbiy qismida asalarichilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, norka, kumushrang tulki, oq tulki boqib koʻpaytiriladi. 1998-yil maʼlumotlariga qaraganda, xususiy sektor yalpi ichki mahsulotning 63%ni berdi, ish joylarining 68% shu sektor qoʻlida. Qurilish, qishloq xoʻjaligi va sanoat kabi asosiy tar-moklar mahsuloti mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 95% ni tashkil etadi. Transporti Temir yol uzunligi — 2484 km, avtomobil yoʻllari — 24,2 ming km, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 12 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 1437 ming t dedveyt. Asosiy portlari: Riga, Ventspils, Liyepaya. Liyelupe va Daugavaning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Rigada xalqaro aeroport bor. Tashki savdo sohasidaL. Yevropa mamlakatlari va MDH mamlakatlari bilan hamkorlik kiladi. Latviya chetga mashinasozlik, yengil, oziqovqat sanoat mahsulotlari chiqaradi, chetdan mashina va elektr jihozlari, kimeviy mahsulotlar, transport vositalari, toʻqimachilik buyumlari oladi. Pul birligi — lat. Tibbiy xizmati Davlat shifoxonalaridan tashqari xususiy kasalxonalar ham bor. Vrachlar xususiy tarzda ham bemorlarni qabul qilib, davolaydi. Shifokorlar Riga tibbiyot institutida va chet ellarda tayyorlanadi. Yurmala, Se-gulda, Liyepaya, Kemeri, Baldone ku-rortlari mashhur. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Latviyada dastlabki maktab 1211-yilda ochilgan. 16-asrning 2-yarmida latish aholisi uchun maorif tizimi yaratilgan. Hozirgi paytda Latviyada umumiy majburiy toʻliqsiz taʼlim amalga oshirilgan, umumiy oʻrta taʼlim joriy etilgan. Mustaqillik yillarida butun taʼlim sohasini isloh qilishga kirishildi. Natijada oliy oʻquv yurtlaridagi talabalar soni 1990/91 oʻquv yilidagi 46 ming kishidan 1997/ 98 oʻquv yilida 65 ming kishiga yetdi, 1998/99 oʻquv yilida yana 5% koʻpaydi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Latviya universiteti, Riga texnika universiteti, Latviya akademiya-si, Tibbiyot akademiyasi, Riga aviatsiya universiteti va boshqa Oʻrmon xoʻjaligi muommolari ilmiy tadqiqot instituti, Fuqaro aviatsiyasini boshqarish avtomat tizimlari ilmiy tadqiqot markazi, Dengiz geol.si va geofizikasi instituti, Yengil sanoat ilmiy tadqiqot instituti va boshqa ilmiy muassasalar bor. Latviya Fanlar akademiyasi faoliyat koʻrsatadi. Latviyada kutubxonalar, teatrlar, sirk, filarmoniya, madaniyat uylari mavjud. Latviya tarixi muzeyi, Latviya badiiy muzeyi, Shahar tarixi va dengiz sayyoxligi muzeyi, Adabiyot va sanʼat tarixi muzeyi, Tibbiyot tarixi muzeyi, Tabiat muzeyi, Etn. muzeyi va boshqa bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Latviyada nashr etiladigan asosiy gazetalar: "Panorama Latvii", ("Latviya manzarasi", rus tilidagi kundalik gazeta, 1991-yildan), "Diyena" ("Kun", latish tilidagi kundalik gazeta, 1990-yildan), "Latviyas zeme" ("Latviya yeri", latish tilidagi haftalik gazeta, 1989-yildan), "Latviya yaunatne" ("Latviya yoshlari", latish tilidagi kundalik gazeta, 1990-yildan), "Rigas balss" ("Riga ovo-zi" latish va rus tillaridagi kechki kundalik gazeta, 1957-yildan), "Tevzemes avize" ("Vatan gazetasi", latish tilidagi haftalik gazeta, 1990-yildan). Latviya telegraf agentligi (LETA) mustaqil axborot agentligi boʻlib, 1989-yilda Latinform axborot agentligi negizida tuzilgan. Latviya radio va televideniyesi, te-leradioeshittirish davlat qoʻmitasi, 1992-yilda tashkil etilgan; L. mustakil televideniyesi, 1996-yilda tuzilgan; Latviya Davlat radiosi, 1925-yil asos solingan; Latviya davlat televideniyesi, 1954-yil tashkil etilgan. Adabiyoti Latish millim adabiyoti 19-asr oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Latish adabiyoti oʻzining be-vosita qad. va boy folklor anʼanalari (xalq koʻshiqlari, afsona va ertaklar) taʼsirida ravnaq topdi. Folk-lorchi Kr. Baron latish xalq qoʻshiqlarining 6 jildligini (1894— 1915) tuzdi. Yu. A. Alunan "Qoʻshiqdar" (1856) kitobini yaratdi. Xalq romantizmi vakillari — Auseklis (M. Krogzemis), A. Pumpur ijodlarida koʻproq milliy ozodlik gʻoyalari tasvirlangan. 70-yillarda dramaturgiya vujudga keldi. A. Alukar pyesalari mashhur boʻddi. 19-asr oxirgi choragida realistik oqim yoyildi (aka-uka Matis va Reynis Kaudzitlar, R. Blaumanis asarlari). Ya. Raynis, E. Veydenbaum kabi shoirlarning asarlari kengtarqaldi. R. Blaumanisning "Bahorgi ayoz", "Andrikson" kabi novellalari, "Oqpadar", "Oʻtda" va boshqa dramalarida dehqonlar hayoti va ijtimoiy muammolar oʻz ifodasini topgan. 1905—07 yillardagi inqilob latish adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda Ya. Raynis asarlari oʻzining chuqur gʻoyaviyligi va dolzarbligi bilan shuhrat qozondi. Uning "Oʻt va tun" pyesasida latish xalqining ozodlik uchun olib borgan mardona kurashi oʻz aksini topgan. Adibning "Indulis va Ariya", "Iosif va uning aka-ukalari" kabi qator asarlari oʻzining yan-gi uslub, chuqur falsafiy teranligi bilan kitobxonlarni rom etdi. A. Upitning "Burjua", "Ayollar", "Oltin" kabi qissa va romanlari nashr etildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida koʻproq poeziya rivojlandi (V. Luke, A. Grigulis, Yu. Vanag va boshqalar). A. Upitning "Spartak" pyesasi va "Koʻkalamzor yerlar" romani shuhrat qozondi. Urushdan keyingi yillarda V. Latsis, A. Sakse, M. Kempe, J. Griva, Ya. Grant, I. Ziyedonis, A. Veyan, z. Skuin, E. Live va boshqa barakali ijod qildilar. Meʼmorligi Latviya hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda urugʻ jamoalarining mustahkamlangan choʻziq doirasimon va toʻgʻri burchakli turar joylari boʻlgan. 12-asrning oxirlarigacha yogʻochdan, keyin esa, koʻpincha, toshdan uylar qurilib, shahar tipidagi manzilgohlar vujudga kelgan. Qoʻrgʻonlar (13— 14-asrlardan boshlab), ibodatxonalar, Rigada ratusha qurilgan. 16-asrning 2-yarmida va 17-asrning 1-yarmida L. meʼmorligida Niderlandiya meʼmorligining taʼsiri kuchli boʻldi: gotika anʼanalari keyingi Uygʻonish davri meʼmorligi bilan uygʻunlashgani koʻzga tashlanadi. 17-asrning 2-yarmida barokko uslubi ustunlikni egalladi (Rigadagi Peter cherkovi, 1689—94). Klassitsizm hukmronligi yillarida (18-asrning soʻnggi choragi va 19-asrning 1-yarmi) bog oʻrtasiga qurilgan saroy majmualari vujudga keldi (Yelgavadagi saroy, 1738— 40, meʼmor V. V. Rastrelli). 19-asrdan boshlab Latviya meʼmorligi rus klassitsizmi ruhida rivojlandi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng vayron qilingan shaharlar tiklandi va yangilari kurila boshladi. 60—80-yillarda Rigadagi Agenskaln qaragʻayzori, Katta Yugla uy-joy majmualari, temir yoʻl vokza-li, Dzintaridagi konsert zali va boshqa binolar oʻziga xos mahalliy loyihalar asosida barpo etildi. Interyerlarni bezashda yogʻoch, koshin, metall, vitrajdan foydalanildi. Tasviriy sanʼati Latviya xududidan topilgan eng qad. sanʼat yodgorliklari miloddan avvalgi 5-ming yillikka mansub (suyakdan ishlangan dastasiga hayvonlar tasviri ishlangan xanjar). 13—19-asrlarda L. tasviriy sanʼati Gʻarbiy Yevropa sanʼati bilan yaqin hamkorlikda rivojlandi. Ayniqsa, yogʻochdan haykallar ishlash keng tarqaldi. Latish milliy tasviriy sanʼati maktabi vujudga keldi. 20-asrning dastlabki yillaridan grafika rivoj topa boshladi. T. Zalkaln, G. Shkilter kabi haykaltaroshlar hayot manzaralarini haqqoniy tasvirlashga intildilar. 1920—30 yillarda plakatlar muhim oʻrin egalladi. 1920-yilda Badiiy akademiya ochildi. 20-asr 2-yarmida sanʼatda zamondoshlarning obrazlari ishonarli taʼsirchan aks ettirildi. Rassomlardan B. Ber-zin, R. Valnere, I. Zarin, E. Iltner, R. Bem, haykaltaroshlardan Ya. Zarin, V. Alberg, L. Lange va boshqa mashhur. Xalq amaliy sanʼatida oʻymakorlik, yogʻochni kuydirib tasvir ishlash, kulollik, badiiy toʻqimachilik rivojlangan. Yogʻoch oʻymakorligi, charmga qolip yordamida bosib tasvir ishlash, kahrabodan buyumlar yasash, metallga zarb berib tasvirlar tushirish borasida latish sanʼatkorlari va hunarmandlari koʻrgazmalarda muvaffaqiyat bilan qatnashadi. Musiqasi rang-barang va oʻziga xos boʻlib, asosan, mehnat taronalari, oilaviy marosim, xor va raqs qoʻshiqlari turkumidan iborat. 16-asr oxirlarida cherkov qoʻshiqlari matnlari nashr qilindi. 17- va 18-asr boshlarida Yelgavada orkestr vujudga keldi; 18-asrdan Rigada organ chalish sanʼati ravnaq topdi. 1760-yil Riga musiqa jamiyatiga asos solindi. 1782-yil nemis opera-drama teatri ochildi. 19-asr oʻrtalarida "yosh latishlar" harakati taʼsirida professional musiqali xor rivojlandi va qoʻshiqchilar jamiyati vujudga keldi. Latish klassik musiqasining asoschilari — A. Yuryan, Ya. Vitol milliy kompozitorlar maktabini yaratdilar. 1912-yil tashkil topgan Latish opera teatri 1919-yil davlat opera teatriga aylantirilib, dastlabki milliy operalar ( "Oʻt va tun", "Banyuta") vujudga keldi. 1919-yil L. konservatoriyasiga asos solindi. 1926-yil Latviya radiosining simfonik orkestri tashkil etildi. 1940—41 i.lari musiqali teatrlar, opera va balet teatri qayta tuzildi. 1941-yil Latviya davlat filarmoniyasi ochildi. Nemis fashistlari okkupatsiyasi davrida latish musiqa sanʼatiga qattiq shikast yetkazildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin musiqa sanʼati yana rivojlana boshladi. Simfoniya (O. Barskov, E. Goldshteyn, O. Gravitis, P. Dambis va boshqalar), kamer cho-lgʻu musiqasi (Ye. Graubinya, R. Yermak, Ya. Kepitis, V. Utkin va boshqalar), estrada (R. Paul, G. Raman, R. Pauls va boshqalar) ravnaq topdi. Musiqa madaniyatini keng targʻib qilish maqsadida maxsus jurnallar, toʻplamlar muntazam nashr etiladi. 1905—07 yillarda Riga grammofon firmalari Toʻychi Hofiz, Levicha hofiz, Hamroqul qori va boshqa xonandalar ijrosida oʻzbek musiqa merosi namunalarini plastinkalarga yozib olgan. Oʻzbekistonda latish, Latviyada oʻzbek musiqa kunlari oʻtkazib kelinadi. Teatri Latish xalq ijodining qad. anʼanalari mehnat jarayoni, urf-odat marosimlari bilan chambarchas bogʻliq. Xususan, toʻy marosimlarida nikrbli oʻyinlar odat tusiga kirib qolgan. 16— 17-asrlarda Rigada lotin tilida drama maktablari, 18-asrning 60-yillarida nemis truppasi va 19-asrning 50-yillarida rus teatri tashkil etildi. 19-asr boshlarida latish tilida birinchi spektakllar qoʻyildi. 1868-yilda dastlabki havaskorlar truppasi tashkil etildi, uning negizida birinchi professional Riga latish teatri (1870—1918) vujudga keldi. Unga milliy dramaturgiyaning asoschisi A. Alunan rahbarlik qildi. 1902-yilda yangi Riga teatriga asos solindi, uning sahnasida Ya. Raynis pyesalari oʻynaldi (bu teatr 1905-yilda yopildi). 20-asrning 20—30-yillarida E. Similgis, Ya. Zarin kabi teatr arboblari ilgʻor demokratik sahna anʼanalarini davom ettirishdi. Keyingi yillarda A. Amtman-Briyedit, V. Balyu-nay, Ya. Yaunushan, A. Linin kabi rejissyorlar latish va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi asarlarini sahnaga qoʻydilar. Mashhur aktyorlari: Ya. Osis, A. Klints, L. Eriki, J. Katlapa, L. Ber-zin, E. Radzin, E. Pavuls va boshqa Latviyada 7 ta teatr bor. Kinosi Latviyada kino ishlab chiqarish 1910—11 yillardan boshlangan. Dastlab voqeiy hujjatli filmlar ishlab chiqarilgan. 1913-yil "Haqiqat qayerda?" badiiy filmi yaratildi, 20-yillarda xususiy filmlar suratga olindi, 1939-yil ishlangan "Baliqchi oʻgʻli" filmi latish kinematografiyasining birinchi yutugʻi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng latish milliy kino sanʼati ravnaq topdi. "Gʻalaba bilan qaytish", "Raynis" kabi badiiy va tarixiy biografik filmlar yaratildi. 50—60-yillarda "Baqorgi ayoz", "Yangi sohilga", "Boʻron", "Qilich va atirgul" kabi badiiy filmlar ekranlashtirildi. Soʻnggi yillarda Riga kinostudiyasida xilma-xil mavzu va janrlarda rang-barang kartinalar yaratildi ("Edgar va Kristina", "Oʻlim soyasida", "Suvdagi shoʻʼla", "Esaber, shabada!" va boshqalar). Oʻzbekiston — Latviya munosabatlari Manbalar Yevropa Latviya BMT aʼzolari
21,737
3194
https://uz.wikipedia.org/wiki/Lixtenshteyn
Lixtenshteyn
Lixtenshteyn (Liechtenstein), Lixtenshteyn Knyazligi (Fürstentum Liechtenstein)— Markaziy Yevropadagi davlat (knyazlik). Reyn daryosining oʻng sohilida, Avstriya bilan Shveysariya orasida joylashgan. Maydoni 160 km², aholisi 32,5 ming kishi (2001); koʻpchiligi lixtenshteynliklar (asli avstriyaliklar va shveysariyalik nemislar). Davlat tili — nemis tili. Hukmron dini — katolitsizm. Poytaxti — Vaduts shahri Yirik shaharlari: Shan, Balsers, Trizen. Lixtenshteyn hududi maʼmuriy jihatdan 11 jamoaga boʻlinadi. Davlat tuzumi Lixtenshteyn — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1921-yil 5-oktabrda kuchga kirgan (1938, 1939, 1965 va 1990-yilda oʻzgartirishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — knyaz (1990-yildan knyaz Xans Adam II fon Lixtenshteyn). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni knyaz va bir palatali parlament (landtag), ijroiya hokimiyatni hukumat — bosh vazir, uning oʻrinbosari va 3 aʼzo amalga oshiradi. Tabiati Lixtenshteyn hududining koʻp qismini Alp togʻlarining tarmoqlari egallagan. Gʻarbida Reyn vodiysi joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil, yillik yogʻin — 700–1200 mm. Hududining 1/4 qismi oʻrmon, asosan, qoraqaragʻay, qora qayin, eman oʻsadi. Togʻlarda subalp va alp oʻtlokdari bor. Tarixi Lixtenshteyn hududi rimliklar davrida Retsiya viloyatiga kirgan (miloddan avvalgi 15-yildan). Ilk oʻrta asrda Shvabiya gersogligining bir qismi. Keyinchalik bu yerda Vaduts grafligi (1342) va "Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibidagi Shellenburg oʻlkasi tashkil topdi. 1699—1712-yillarda bu oʻlkani Avstriya knyazi Lixtenshteyn sotib oldi. 1719-yil Vaduts bilan Shellenberg birlashib, Lixtenshteyn knyazligi vujudga keldi. 1806-yil Lixtenshteyn Reyn ittifoqi, 1815— 66 yillarda Germaniya ittifoqi tarkibida. 1921-yildan Lixtenshteyn rasmiy jihatdan mustaqil davlat, amalda esa 1923-yilda tuzilgan bojxona ittifoqiga koʻra, Shveysariya ichki iqtisodiy mintaqasi hisoblanadi. Lixtenshteynning chet ellardagi diplomatiya va konsullik manfaatlarini Shveysariya himoya qiladi. Lixtenshteyn — 1990-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 14-fevral — knyaz tugʻilgan kun (1945). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Taraqqiyparvar byurgerlar partiyasi, 1918-yil tashkil topgan; Vatandoshlar ittifoqi, 1936-yilda tuzilgan; Erkin roʻyxat, ekologiya partiyasi, 1985-yilda asos solingan. Mehnat-kashlar ittifoqi kasaba uyushmasi, 1936-yilda tuzilgan. Iqtisodiyoti Lixtenshteyn — industrial-agrar mamlakat. Mehnatga yaroqli aholining 45,2% sanoatda, 45% xizmat koʻrsatish tarmogʻida band. Metallsozlik, priborsozlik, mashinasozlik (press va shtamplash uskunalari, hisoblash va aniq mashinalar, yuksak vakuumli texnika), kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, oziqovqat, yogʻochsozlik, kulolchilik korxonalari, chinnidan yasama tosh tayyorlash fabrikasi, elektr stansiyalari bor. Yiliga oʻrtacha 153 mln. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Elektron texnika, mikroprotsessorlar ishlab chiqarish, ay-niqsa, rivojlangan. Sanoat mahsulotining koʻp qismi eksport qilinadi. Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining atigi 2% band. Chorvachilik, ayniqsa, sut-goʻsht yetishtirish (qishloq xoʻjaligi mahsulotining 75%) ustun. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, tokchilikdan yuqori hosil olinadi. Avstriyadan Shveysariyaga boradigan temir yoʻl va avtomobil yoʻllari Lixtenshteyn orqali oʻtadi. Lixtenshteyn — xalqaro moliya markazlaridan biri. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — Shveysariya franki. Madaniyati 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻqishi majburiy. Oʻqish muddati — boshlangʻich maktabda 5, toʻliq-siz oʻrta maktabda 3, toʻliq oʻrta maktab (gimnaziya)da 5 yil Gimnaziyada oʻqishni davom ettirmaydigan bolalar 8 yillik xalq maktabida oʻqishga majbur. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Oliy maʼlumot olmoqchi boʻlganlar chet ellarga, asosan, Avstriya, Germaniya va Shveysariyaga borib oʻqiydi. Vaduts shahrida kechki texnikum, musiqa maktabi, Davlat muzeyi bor. "Lixtenshteyner faterland" ("Lixtenshteyn vatani", 1913-yildan) va "Lixtenshteyner folsblat" ("Lixtenshteyn xalq varaqasi", 1878-yildan) gaz.lari nashr etiladi. Press-und informationsamt hukumat matbuot va axborot agentligi (1962) va Lixtenshteyn radiosi (1995) faoliyat koʻrsatadi. Lixtenshteyn hududida bir qancha meʼmoriy yodgorliklar: Vaduts, Balsers va Nendeln atroflarida Rim istehkomlarining qoldiqlari, oʻrta asr qasrlarining vayronalari saqlanib qolgan. Vaduts va Gutenberg qasrlari, Eshendagi cherkov, Trizen va Trizenbergdagi ibodatxonachalar qayta tiklangan. Manbalar Yevropa Lixtenshteyn BMT aʼzolari
4,532
3195
https://uz.wikipedia.org/wiki/Lyuksemburg
Lyuksemburg
Luksemburg (Luxembourg, Luxemburg), Lyuksemburg Buyuk Hersogligi (Grand-Duche de Luxembourd, Grossherzogtum Luxemburg) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Maydoni — 2586 km². Aholisi — 443 ming kishi (2001). Poytaxti — Lyuksemburg shahri Maʼmuriy jihatdan 3 okrugga, okruglar kantonlarga, kantonlar kommu-nalarga boʻlinadi. Davlat tuzumi Luksemburg — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1868-yil 17-oktabrda kuchga kirgan, unga 1919, 1948 va 1956-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Hersog (2000-yildan Anri). Qonun chiqa-ruvchi hokimiyat — Deputatlar palatasi (bir palatali parlament). Ijroiya hoki-miyatni Buyuk Hersog tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi. Lyuksemburgda Davlat ken-gashi bor, uning 21 aʼzosi Buyuk Hersog tomonidan umrbod tayinlanadi. Tabiati Mamlakat hududining koʻp qismi tepaliklar uchrab turadigan 300-400 m balandlikdagi tekisliklardan iborat. Shimolida Ardenna va Reyn Slanetsli togʻlarining tarmoqlari (balandligi 400-500 m) joylashgan. Temir ruda, slanets, ohaktosh konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil, yumshoq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0 dan 2° gacha, iyulniki 17° atro-fida. Yillik yogʻin 700-800 mm. Daryolari zich, sertarmoq, asosiy daryosi — Mozel. Tuprogi aksar qismida qoʻngʻir oʻrmon va chimli podzol tuproq. Luksemburg hududining 1/3 qismi (asosan, shim.) oʻrmon. Aholisi Aholisining 71 % lyuksemburglar 29 % chet elliklar (italyanlar, nemislar, fransuzlar va boshqalar). Rasmiy tillari — nemis, fransuz tillari va Luksemburg shevasi (fransik moze-lan), bu sheva 1982-yil avgustdagi qonunga binoan, milliy til maqomini olgan. Dindorlarning aksari katoliklar (95 % dan ortiq), protestant, yahudiylar ham bor. Adolisining 86 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Lyuksemburg, Esh. Tarixi Mil. boshlarida Luksemburg hududi Rim imperiyasi, milodiy 6—7-asrlarda Franklar davlati tarkibiga kirgan. 963 yildan graflik, 1354-yildan gersoglik, Luksemburg qalʼasi uning markazi boʻlgan. Oʻrta asrlarda Luksemburg hududi Ispaniyaga, soʻng Avstriya va Fransiyaga tobe boʻlgan. 1814—15 yil Vena kongressi qarori bilan rasman mustaqil davlat — Luksemburg Buyuk gersogligi tuzilgan, uni 1890-yilgacha Niderlandiya qiroli boshqargan. Luksemburgning hozirgi chegaralari 1839-yil Belgiya-Niderlandiya shartnomasi asosida belgilangan (bu sana Luksemburg mustaqilligi yili sifatida bayram qilinadi). 1867-yil London konferensiyasida Luksemburg „abadiy betaraf“ davlat deb eʼlon qilindi. 1890-yilda Luksemburg Niderlandiya boshkaruvidan qutulib, toʻla mustaqillikka erishdi. 1921-yildan Belgiya bilan iqtisodiy, jumladan, bojxona ittifoqi-da. 1- va 2-jahon urushlari vaqtida Germaniya Luksemburg betarafligini buzib, uning hududini bosib oldi. 1945-yil fevralda Luksemburg hududi Amerika-Angliya qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi. 1948-yilda Luksemburg konstitutsiyasidan Luksemburgning betarafligi haqidagi modda chiqarib tashlandi. Luksemburg —1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 31-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992-yil 10-iyunda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 23-iyun — Buyuk Gersog tugilgan kun (1921). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Koʻkatparvarlar alternativ partiyasi, 1983-yil tuzilgan; Xristian-sotsial partiya, 19-asrning 70-yillarida tashkil topgan; Luksemburg sotsialistik ishchi partiyasi, 1902-yilda asos solingan; Luksemburg demokratik partiyasi, 1946—47 yillarda vujudga kelgan; Koʻkatparvarlarning ekologik tashabbus roʻyxati partiyasi, 1989-yilda tuzilgan: Luksemburg Kommunistik partiyasi, 1921-yilda asos solingan; Demokratiya va pensiya tengligi uchun harakat qoʻmitasi, 1989-yilda tuzilgan. Luksemburg umummehnat konfederatsiyasi 1919-yilda tashkil topgan; Luksemburg xristian kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1921-yilda tuzilgan; Luksemburg kasaba uyushmalari mustaqil birlashmasi, 1978-yil tashkil etilgan. Iqtisodiyoti Luksemburg — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,6 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 1,4 %. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari: qora metalurgiya, kimyo, koʻnchilik, sement, fayans, yogochsozlik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati. Yiliga 1,4 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Luksemburg aholi jon boshiga choʻyan va poʻlat ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Metallurgiya sanoati uchun kerakli koʻmir va koks Germaniyadan, temir rudaning koʻp qismi Fransiyadan oli-nadi. Asosiy metallurgiya kombinatlari Lyuksemburg shahri va temir konlari at-rofida joylashgan. Domna shlakidan fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Lyuksemburg (atroflari), Differdanj, Esh, Dyu-delanj shaharlari. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 135 ming ga ga yaqin. Kichik-kichik dehqon xoʻjaliklari koʻp. Mexanizatsiya va rentabellik darajasi juda yuqori. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, javdar), kartoshka, sabzavot yetishtiriladi. Daryo vodiylarida bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning 50 % ga yaqini oʻtloqdan iborat. Chorvachilikda jami qishloq xoʻjaligi mahsulotining 80 % hosil qilinadi. Qoramol va choʻchqa boqiladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Chet el sayyohligi rivojlangan. Luksemburg hududidan xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtadi. Transport yoʻli uzunligi — 275 km va avtomobil yoʻllar uz. — 5 ming km. Aviatsiya transporta rivojlangan. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 90 % ga yaqini chetga chiqariladi. Chetdan mashina va uskuna, mineral xom ashyo, gazlama, neft hamda oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamla-katlari. Luksemburg — Gʻarbiy Yevropaning mo-liyaviy markazlaridan biri. Bu yerda koʻpgina bank va kompaniyalarning idoralari joylashgan. Pul birligi — Luksemburg franki; Belgiya franki ham teng muomalada. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Luksemburgda 6—15 yoshdagi bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangich majburiy maktabda oʻqish muddati —8—9 yil, oʻrta maktabda (pulli) —6—7 yil, zamonaviy litseyda — 6 yil, klassik litseyda — 7 yil Luksemburgda oliy oʻquv yurtlari yoʻq. 1969-yilda xorijiy universitetlarga borib oʻqishga tayyorlovchi universitet markazi ochilgan. 1973-yilda barpo etilgan Mehnat universiteti toʻla maxsus maʼlumot bermaydi. Mamlakatda bir necha kollej va konservatoriya bor. Ilmiy muassasalari: Tabiatshunoslar jamiyati (1872), bakteriologiya laboratoriya, tibbiy tadqiqot kolleji (1818), Buyuk Hersog instituti (tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar, tilshunoslik, adabiyot va sanʼat, ijtimoiy fanlar seksiyalari bor) va boshqa Luksemburg shahrida Milliy kutubxona (1798), Milliy muzey va rasmlar koʻrgazmasi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Luksemburgda bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Asosiylari: „Luksemburger vort“, „Vua dyu Luksemburg“. („Luksemburg ovozi“, nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1848-yildan), „Tageblatsaytung fir Letseburg“ („Luksemburg kundalik varaqagazetasi“, nemis va fransuz tillarida chikadigan kundalik gazeta, 1912-yildan), „Letseburger jurnal“ („Luksemburg gazetasi“, nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1880-yildan), „Republiken lorren“ („Lotaringiya respublikachisi“, fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1961-yildan), „Saytung fum letseburger follek“ („Luksemburg xalqi gazetasi“, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1946-yildan), „Sotsiale fortshret“ („Ijtimoiy taraqqiyot“, nemis tilida 2 haftada bir marta chiqadigan jurnal, 1920-yildan), „Eko de l’ endyustri“ („Sanoat aks sadosi“, fransuz tilidagi oylik jurnal, 1920-yildan), „OGB-L—aktyuel/aktyualite“ (Luksemburg kasaba uyushmalari mustaqil birlashmasining nemis, fransuz tillarida va Lyuksemburg shevasida chiqadigan haftanomasi, 1919-yildan). Radio — Tele Lyuksemburg xususiy kompaniyasi, 1931-yilda tuzilgan; u „Kompani lyuksemburjuaz de telediffyuzon“ning bosh kompaniyasidir. Meʼmorligi Luksemburg hududidan ibtidoiy madaniyat yodgorliklari (dolmenlar, toshdan yasalgan hashamatli maqbaralar, sopol idishlar), keltlarning badiiy hunarmandchilik buyumlari, Rim hukmronligi davriga oid hammom, qoʻshin qarorgoxlari, minoralar, qabariq tasvirlar, naqshlar topilgan. Ilk oʻrta asrlarda Vianden qalʼasining roman uslubidagi ibodatxonasi, Externax monastiri va bazilika turida Sankt-Villibrordus cherkovi qurilgan. Shu davrga mansub koʻpdankoʻp qasr va qalʼalarning harobalari, ayniqsa, Ardenna togʻi etaklarida koʻplab saqlanib qolgan. 16-asr 2-yarmidagi ayrim inshootlarda Uygʻonish davriga xos haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan belgilar (Luksemburg shahridagi ratusha, hozirgi gersog saroyi) paydo boʻldi, 17-asrda barokko uslubida Vitranj, Vils va boshqa qasrlar qurildi. 17-asr 2-yarmida qasrlarning strategik ahamiyati yoʻqolib, ular zodagonlarning xususiy qarorgoxlariga aylandi. Katta va kichik yangi qasrlar qurildi, eskilari taʼmirlandi, hashamdor qilib bezatildi. 19-asrda klassitsizm, 20-asr boshlarida eklektika yoyiddi. Zamonaviy meʼmorlik namunalaridan Radio uyi, Milliy teatr, Esh va Dyudelanj yaqinidagi turar joylarni, Mershdagi kimyo zavodi binosini koʻrsatish mumkin. Tasviriy sanʼati 8— 10-asrlarda miniatyura vujudga keldi. Jumladan, Externax miniatyura maktabi shuhrat qozondi. 14—16-asrlarda cherkovlar guzal rasmlar bilan bezatildi, haykaltaroshlik rivojlandi. 18-asrning 2-yarmida bezakli amaliy sanʼat (fayans, mebel, metall buyumlar yasash) ravnaq topdi. 19-asr sanʼatida (J. B. Freze, M. Kirsh kabi rassomlar asarlarida) fransuz maktabining taʼsiri seziladi. Birinchi jahon urushidan keyin fransuz fovizmi va nemis ekspressionizmi urf boʻldi. Mashhur moʻyqalam sohibi Y. Kutter ijodi bunga misol boʻla oladi. Uning asarlarida xoʻrlangan nochor kishilar taqdiriga achinish tuygʻusi aks etgan. Rassomlar V. Kesseler, J. Probst, M. Xofman va boshqa A. Matiss, P. Pikasso yoʻlidan bordilar, haykalta-rosh Luksemburg Verkolye abstrakt kompozitsi-yalar yaratdi. Oʻzbekiston — Luksemburg munosabatlari Luksemburg , rasman Luksemburg Buyuk Hersogligi (luksemb. Groussherzogtum Lëtzebuerg, , , ) gʻarbiy Yevropada joylashgan, Belgiya, Olmoniya, Fransiya davlatlari bilan chegaradosh davlat. Poytaxti va eng yirik shahri — Luksemburg shahri. 1957 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi aʼzosi, 1945 yildan — BMT aʼzosi. Aholisi 1 milliondan kam davlatlardan biri (aholi zichligi 171 kishi/km²). Aholisining asosiy qismi Rim-Katoliklaridir. Geografiya Luksemburg gʻarbda va shimolda Belgiya bilan, sharqda Germaniya bilan, janubda Fransiya bilan chegaradosh. Luksemburg maydoni boʻyicha Yevropa va dunyodagi eng kichik davlatlar qatoriga kiradi — 2686 km² (maydoni Luksemburgning maydonidan kichikroq boʻlgan davlatlar karlik-davlatlar deb ataladi, baʼzida Luksemburgni ham bu roʻyhatga qoʻshishadi). Luksemburgning maydoni Fransiyanikidan 213-marta, Belgiyanikidan 12-marta kichik, boshqa tarafdan Lixtenshteyn, San Marino, Andorra, Monako kabi mamlakatlardan sezilarli darajada katta. Shimoldan janubga 82 km, gʻarbdan sharqqa 57 kmga choʻzilgan Luksemburg xududlari Musel (Mozel) va Meuse (Maas, Myez) daryolari orasidan oʻrin olgan. Chegara chizigʻining uzunligi 359 km. Adirli tekisliklar gersoglikning asosiy qismini egallaydi, shuningdek shimoliy chegalari atrofida Ardenn past togʻligi (eng yuqori nuqtasi Kneiff balandligi — 565 m) joylashgan. Eng past nuqta Musel daryosidagi Sauer chuqurligi — 132 m. Luksemburgda Musel va uning burilishlari Sûre va Ourdan tashqari bir necha kichik (Eisch, Alzette, Pétrusse) Reyn daryosi basseyniga kiruvchi daryolar mavjud. Gersoglikning 1/5 qismi oʻrmonlar bilan qoplangan. Luksemburg moʻtadil iqlim mintaqasida joylashgan, yillik yogʻinlar janubda 800mm dan shimolda 1200mm gachani tashkil qiladi; qishi yumshoq, yozda esa havo salqin boʻlib, nisbatan koʻp yogʻingachiliklar roʻy beradi. Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi Luksemburg uchta tumanga boʻlinadi: Diekirch (Dikirsh), Grevenmacher (Grevenmaxer) va Luxembourg. Tumanlar oʻz navbatida kantonlarga (jami 12 ta), kantonlar kommunlarga (116 ta) boʻlinadi. Kommunlarning 12 tasi shahar maqomiga ega (maʼlumotlar 2005-yilga tegishli) : Luxembourg City - Luksemburg siti - (maydoni 51,46 km², aholisi 76 420 kishi) Differdange - Diferdenj - (22,18 km², 19 005 kishi) Dudelange - Dadlenj - (21,38 km², 17 618 kishi) Echternach - Ichternax - (20,49 km², 4 507 kishi) Wiltz - Vilts - (19,37 km², 4 587 kishi) Grevenmacher - Grevenmaxer - (16,48 km², 3 966 kishi) Ettelbruck - Itelbruk - (15,18 km², 7 364 kishi) Esch-sur-Alzette - Ish-sur-Alzet - (14,35 km², 28 000 kishi) Diekirch - Dikirsh - (12,42 km², 6 165 kishi) Vianden - Vianden - (9,67 km², 1 561 kishi) Rumelange - Ryoʻmeleng - (6,83 km², 4 495 kishi) Remich - Remish - (5,29 km², 2 986 kishi) Hukumat Luksemburgda davlat idorasining turi — Konstitutsional Rohiblik hisoblanadi. Davlat rahbari — Buyuk Gersog. Konstitutsiyaga binoan ijro etuvchi hokimiyat uning qoʻl ostida faoliyat olib boradi. Shuningdek Buyuk Gersog hukumat faoliyatini tartibini aniqlashdan tashqari, qonunlarni tasdiqlaydi, fuqarolik va harbiy mansablarga tayinlaydi, xalqaro kelishuvlarni imzolaydi. Bundan tashqari u Luksemburg qurolli kuchlari yetakchisi hisoblanadi. Qonunlar 60 kishidan iborat bir palatalik parlament deputatlari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular ommaviy, ochiq saylovlar natijasida 5 yilga saylanishadi. Saylash huquqiga 18 yoshga toʻlgan fuqarolar egadir. Sud tizimi Yarashish sudlari, Tuman sudlari, Konstitutsion sud, Administrativ sud va Oliy suddan iborat. Asosiy huquqni himoya qilish organi bu Luksemburg Buyuk Gersogligining Politsiyasi. Tumanlarda rahbarlikni komissarlar, kantonlarda — burgmistrlar tomonidan amalga oshiriladi. Kommunlarda esa saylanadigan Kengash mahalliy hukumat hisoblanadi. Manbalar Havolalar Luksemburg hukumatining rasmy sayti www.lu — Welcome to the Grand Duchy of Luxembourg — Luksemburgga marhabo Luksemburg xaritasi Yevropa Lyuksemburg BMT aʼzolari
14,005
3196
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shimoliy%20Makedoniya
Shimoliy Makedoniya
Shimoliy Makedoniya, Shimoliy Makedoniya Respublikasi ()— Janubiy Yevropada, Bolqon yarim orolning markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 25713 km². Aholisi 2,046 mln. kishi (2001). Poytaxti — Skopye shahri Maʼmuriy jihatdan 30 tuman (rayon)ga boʻlinadi. Pul birligi — denar. Davlat tuzumi Makedoniya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 17 noyabrda qabul qilingan, 1992-yil 6 yanvarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligi — prezident (1999-yildan Boris Traykovskiy), umumiy teng va toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan fukarolar tomonidan 5 yil mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Majlis (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat — rais va vazirlardan iborat hukumat. Tabiati Makedoniya hududining koʻp qismini oʻrtacha balandlikdagi (2764 m gacha) togʻlar egallaydi. Ular oraligʻida daralar va dare vodiylari bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi — moʻʼtadilkontinental, janubida Oʻrta dengizga xos iqlim. Oʻrtacha temperatura yanvarda 5° — 7°, iyulda 24°—26°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 mm. Asosiy daryolari — Vardar va Strumitsa, katta koʻllari — Oxrid, Prespa. Togʻ yon bagʻirlarida — aralash oʻrmon (asosan, dub va buk) hamda butazorlar, 2000 m dan balandda — togʻ yaylovlari, Foydali qazilmalardan xromit, marganets, qalayrux, mis va temir rudalar, surma, uran, magnezit konlari bor. Aholisi Aholisining 66,5 % makedonlar; albanlar (22,9 %), turklar (4 %). loʻlilar (2,3 %), serblar (2 %), musulmon-slavyanlar (2,1 %) ham yashaydi. Rasmiy til — makedon tili. Dindorlarning koʻpchiligi — pravoslav xristianlar; sunniy musulmonlar ham bor. Aholisining 54 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Skopye, Bitola, Prilep, Kumanovo, Oxrid. Tarixi Makedoniya Respublikasi 1918-yilda Serbiya tarkibidagi Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929-yildan — Vardar Makedoniyasi hududida tashkil topgan (qarang Makedoniya (tarixiy viloyat)). Yugoslaviya qirollitida yuqori mavqega ega boʻlgan serb hukmron doiralari milliy zulm siyosatini oʻtkazib, „Makedoniya“ nomini rasmiy iboradan chiqarib tashladilar, Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy asoratga, buyuk serb zulmiga, jumladan, majburan serblashtirish siyosatiga qarshilik harakati vujudga keldi. Ilgʻor ijtimoiy kuchlar faollik koʻrsata boshladi. 1941-yil aprelda Vardar Makedoniyasining koʻp qismini Bolgariya, qolgan yerlarini Italiya bosib oldi. Bosqinchilarga qarshi xalq qurolli kurashga otlandi. 1945-yilda Makedoniya ozod etiddi va Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi tarkibidagi 6 respublikaning biriga aylandi. 1991-yil 25 yanvarda Makedoniya suvereniteta haqida Deklaratsiya qabul etildi va oʻsha yili 17 noyabrda Makedoniya suveren, mustaqil, demokratik respublika deb eʼlon qilindi. Makedoniya — 1993-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatini 1994-yil 31 dekabrda oʻrnatdi. Milliy bayrami — 2 avgust — Respublika kuni. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Umummakedoniya inqilobiy tashkiloti — Makedoniya milliy birligi demokratik partiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Demokratik alternativa partiyasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Liberaldemokratik partiya, 1997-yilda tuzilgan; Makedoniya demokratik partiyasi; Albanlar demokratik partiyasi; Makedoniya sotsialdemokratikittifoqi, 1943-yilda Makedoniya kommunistlar ittifoqi nomi bilan tuzilgan va 1991-yil 20 apreldan hozirgi nomi bilan yuritiladi; Makedoniya sotsialistik partiyasi, 1990-yilda asos solingan. Makedoniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi. Xoʻjaligi va sanoati Makedoniya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 55,6 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 16,8 %. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo-farmatsevtika sanoati, konchilik rivojlangan. Polimer, ayrim turdagi stanoklar, sanoat asbobuskunalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtodetallar, sovitkichlar ishlab chiqariladi. Binokorlik ashyolari, oʻtga chidamli materiallar, shisha, chinni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Toʻqimachilik, o.ziq-ovqat, yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal, tamaki sanoati, vinochilik rivoj topgan. Yiliga 5,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hunarmandchilik rivojlanib borayotir. Makedoniya Respublikasida dehqonchilik ustun. Tamaki, paxta, sezam, uzum, sabzavot va mevalar, oziq-ovqat ekinlaridan bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi ekiladi. Qoʻychilik va qisman, qoramolchilik, parrandachilik, balikchilik bilan shugʻullaniladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Sayyohlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Transporti Temir yol uzunligi — 0,7 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 10,6 ming km. Chetga kiyim-kechak, gazmol, mashina va asbob-uskuna, doridarmon, mebel, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Makedoniyada 7—15 yoshdagi bolalar uchun 8 yillik asosiy maktab doirasida majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilgan. Shu maktab negizida oʻrta umumiy taʼlim maktabi — gimnaziya va kasb-hunar maktabi tashkil etilgan. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Skopyeda universitet (1949-yilda tashkil qilingan, uning huzurida iqtisodiy ilmiy tadqiqot instituti bor) va ped. akademiyasi. Makedoniya fan va sanʼat akademiyasi, milliy tarix instituti, folklor, geol., veterinariya institutlari, Oxrid shahrida gidrobiol. instituti, Strumitsa shahrida paxta instituti, 20 ga yaqin ilmiy jamiyat mavjud. Skopyeda xalq kutubxonasi, universitet kutubxonasi, tarixiy arxiv, arxeologiya (1924), tarix (1926) muzeylari, rasmlar galereyasi (1948), etn. muzeyi (1949), Oxridda tarix va rayem muzeylari bor. Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi Makedoniyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi.Eng yiriklari: „Nova Makedoniya“ („Yangi Makedoniya“, makedon tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1944-yildan), „Birlik“ (turk tilida chiqadigan gazeta, 1994-yildan), „Vecher“ („Oqshom“, kundalik gaz.,1963-yildan), „Pule“ (haftalik gaz.,1991-yildan), „Trudbenik“ („Mehnatkash“, haftalik gaz.), „Flyaka evellazerimit“ (alban tilidagi gaz.,1945-yildan). Makfaks — Makedoniya axborot agentligi 1993-yilda tashkil etilgan. Makedoniya radiosi 1944-yildan, telekoʻrsatuvi 1964-yildan ishlay boshlagan. Adabiyoti Makedon adabiyotining vujudga kelishi va davrlarga boʻlinishi muammolari mamlakat olimlarining ilmiy ishlarida har xil bayon etilgan. K. Misirkov (1874—1926)ning ilmiy faoliyati bu sohada muhim ahamiyatga ega. U makedon adabiy tilining hozirgi fonetik va morfologik tuzilishiga yakin namunasini yaratdi. Shoir K. Ra-sin (1908—43) zamonaviy makedon sheʼriyatining asoschisi hisoblanadi. K. Nedelkovski (1912—41), M. Bogoyevski (1919—42) va boshqa vatanparvarlik ruhida asarlar yaratishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr yozuvchilari ozodlik kurashi voqealarini asosiy mavzu qilib oldilar. 60—80-yillarda roman va qissa janrlari rivojlandi (S. Yanev-ski, D. Solev, S. Drakul, Y. Leov, G. Abajiyev, J. Chingo va boshqalar). Dramaturgiyada V. Iloski, K. Chashule, T. Arsov-skilar ijod qildi. Makedoniyada turk va boshqa xalqlar adabiyoti ham mavjud. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Makedoniya hududida miloddan avvalgi 4—6-asrlardan shaharlar (Stobi, Skupi, Gerakleya) harobalari saqlangan. Ular orasida doirasimon manzilgohlar, tosh va guvaladan qurilgan uylar, tarashlanmagan harsangdan tiklangan istehkomlar, qadimgi yunoncha qabrlarni eslatuvchi oltin niqobli sagʻanalar, odam va hayvonlarning oltin va jez haykallari bor. Oʻrta asrlarda Makedoniya meʼmorligi Vizantiya taʼsirida rivojlangan: Skopye devorlari (6-asr), shoh Samuil qasri (11-asr boshlari), Strumitsa qoʻrgʻoni (11-asr), Oxriddagi ayo Sofiya ibodatxonasi bazilika tipida qurilgan. 12— 14-asrlardagi diniy inshootlarda bir yoki besh xochsimon gumbazli ibodatxonalar toifasi qaror topdi. Turklar hukmronligi davrida masjidlar, minoralar, mezanasimon turar joylar qurildi. 18—19-asrlardan monastir majmualari va turar joy namunalari saqlanib qolgan. 19-asr oxiri va 20-asr 30-yillarigacha hozirgi Makedoniya hududidagi shaharlarda yevropacha eklektizm ruhidagi qorishiq meʼmorlik uslubida binolar rejasiz, tartibsiz qurilgan. Keyingi yillarda shaharlar bosh reja asosida qayta kurila boshlandi, yigʻma temir-betondan yirik sanoat inshootlari barpo etildi. 1963-yilgi Skopye zilzilasidan keyin shahar markazini yapon meʼmori K. Tonge loyihasi asosida tiklashga kirishildi. Keyingi yillarda barpo etilgan eng katta inshootlar — Skopyedagi Kasaba uyushmalari uyi (meʼmor S. Brezovski), Tarix muzeyi (meʼmor G. Konstantinovski), Makedoniya xalq teatri (meʼmor M. Kratonoshich), Prilepdagi shahid jangchilar yodgorlik majmuasi, Petrovsedagi aeroport bi-nosi va boshqa Makedoniyada amaliy bezak sanʼati, oʻymakorlik va boshqa rivojlangan. Oxriddagi 11-asrga oid ayo Sofiya ibodatxonasi, Nerezidagi 12-asrga mansub avliyo Panteleymon cherkovi devorlariga ishlangan rasmlar Makedoniya hududidagi eng qadimgi tasviriy sanʼat yodgorliklaridir. 13—14-asrlarda Yevtihis va Mixail kabi rassomlar erkin syujet asosida nozik tabiat manzaralarini chizdilar. 18-asr 2-yarmi va 20-asr 1-yarmida makedon rassomlari Frchkoskilar oilasi, J. Zografski va D. Andonov umumevropa rangtasviri ruhida ijod qilib, vatanpar-varlik kompozitsiyalari, portretlar, peyzajlar yaratdilar, xalq turmushini aks ettirdilar. Zamonaviy makedon tasviriy sanʼatida rassomlik, haykaltaroshlik, grafika, amaliy bezak sanʼatining har xil turlari rivojlangan. Musiqasi Xalq musiqasi xilma-xil va oʻziga xos boʻlib, asosan, 2 ovozli qoʻshiq va cholgʻu kuylaridan iborat. Musiqa asboblari orasida tapan, darbuka, doyra kabi urib chalinadigan, shu-pelka, zurla, kaval kabi puflab chalinadigan, gusle, kara kabi torli, kamonli va chertib chalinadigan turli sozlar bor. Doyra boʻlib qoʻshiq aytish va raqsga tushish keng tarqalgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Makedoniyada musiqa madaniyati rivojlandi, madaniy-maʼrifiy jamiyatlar vujudga keldi. 1895-yil Skopyeda duxovoy orkestr, 1907-yil „Vardar“ qoʻshiqchilar jamiyati tashkil topdi. 1928-yil S. Arsich birinchi musika maktabini ochdi. S. Gaydov, J. Firfov kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi davridagi xalq ozodlik kurashida qoʻlga qurol olib qatnashgan makedon kompozitorlari vatanparvarlik ruhidagi ommaviy koʻshiqlar ham yaratishdi. 60— 80-yillarda G. Prokopyev, K. Makedonski, T. Zografski, T. Proshev kabi kom-pozitorlar opera va balet janrlarida barakali ijod qiddilar. Skopyeda Filarmoniya (1944), M xalq teatrida opera truppasi (1947), Folklor instituti (1950), radio xori (1945), oʻrta musiqa maktabi, Oliy pedagogika institutida musiqa kafedrasi mavjud. Makedoniyaning Oʻzbekistondagi madaniyat kunlari doirasida Tosh-kentda 20-asr kompozitorlari asarlaridan konsertlar oʻtkazilgan. Teatri 1901-yilda „Tashvish va tasalli“ deb atalgan targʻibot-vatanparvarlik teatr truppasi tashkil etildi, 1913-yilda Skopyeda birinchi doimiy serb Xalq teatri ochildi. 20—30-yillarda ishchi va talabalarning havaskorlik teatr jamoalari vujudga keldi. 1945-yilda Skopyedagi Xalq teatri Makedoniya xalq teatri deb atala boshladi. Teatr tarkibida drama va balet truppalari bor. Makedoniya sahnalarida mahalliy dramaturglar, jahon klassikasi va xorijiy mualliflarning asarlari qoʻyiladi. Galereya Manbalar Yevropa Makedoniya Respublikasi BMT aʼzolari
11,154
3197
https://uz.wikipedia.org/wiki/Malta
Malta
Malta (Malta), Malta Respublikasi (Republika ta’Malta) — Oʻrta dengiz markaziy qismidagi Malta arxipelagi orollar guruhida joylashgan davlat. Orollarning yiriklari: Malta, Gotso va Komino. Maydoni 396 km². Aholisi 394 ming kishi (2001). Poytaxti — Valletta shahri Davlat tuzumi M. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1964-yilda qabul qilingan; unga 1974, 1987-yillarda tuzatish va oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1999-yil 4-apreldan Gvido de Marko); u parlament tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qo-nun chiqaruvchi hokimiyatni Vakillar palatasi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident tayinlaydi. Tabiati Malta orolning janubiy vajanubi-gʻarbiy qirgʻoklari tik, koʻp gor bor, shimoliy va Shimoli-sharqiy qirgʻoqlari past va qulay gavanlardir. Orollar, asosan, ohaktoshlar, gil tuproqlardan tashkil topgan. Platolar kup. Iklimi — Oʻrta dengiz iqlimi. Yozi issiq, quruq; qishi iliq, yomgʻirli. Fevralning oʻrtacha temperaturasi 12°, avgustniki 25°. Oʻrtacha yillik yogʻin 530 mm ga yaqin. Oqar suvlari kam. Aholisining 98% ga yaqini maltiylar; inglizlar va italyanlar ham yashaydi. Katolik dinihukmron. Rasmiy til — malta va ingliz tillari. Aholining 85% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Valletta, Birkirkara, Hamrun, Rabot, Viktoriya. Tarixi M. hududida odamlar miloddan avvalgi 4ming yillikdan yashay boshlagan. Orol miloddan avvalgi 13-asrdan finikiylar, karfagenlar, rimliklar, milodiy 395— 870 yillarda Vizantiya, 870—1091-yillarda arablar koʻl ostida boʻlgan. 1091-yilda M. normannlar tomonidan bosib olindi, keyinroq Sitsiliyaga birlashtirildi. 1530-yil M.da ioannitlar (diniy ritsarlik) ordeni qaror topdi va u Malta ordeni deb ham atala boshladi. 1800-yil M.ni Buyuk Britaniya bosib olib, mustamlaka deb eʼlon qildi. 1869-yil Suvaysh kanali ochilganidan keyin orolning strategik ahamiyati oshdi va u Buyuk Britaniyaning Oʻrta dengizdagi qudratli harbiy dengiz bazasiga aylandi. Birinchi jahon urushidan keyin xalq, ozodlik harakatining oʻsishi natijasida 1921-yil Buyuk Britaniya M.ga oʻzini oʻzi boshqarish maqomini berishga majbur boʻldi, biroq 1930-yil u M.ni bu huquqdan yana maxrum etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1947-yilgi konstitutsiyaga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish huquqi qayta tiklandi. 1964-yil 21-sentabrda M. Hamdoʻstlik doirasida mustaqillikka erishdi. 1974-yildan respublika. 1979-yil M.da oxirgi ingliz harbiy dengiz bazasi tugatildi. 1987-yil konstitutsiyaga mamlakatning harbiy ittifoqlarga qoʻshilishini taqiqlovchi band kiritilgan. M. 1964-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatini 1993-yil 25-fevralda oʻrnatdi. Milliy bayramlari: 31-mart — Ozodlik kuni (1979), 21-sentabr — Mustaqillik kuni (1964), 13-dekabr — Respublika kuni (1974). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Millatchi partiya, 1980-yilda tashkil etilgan. M. leyboristlar partiyasi, 1920-yilda tuzilgan; M. kommunistik partiyasi, 1969-yilda asos solingan; M. demokratik partiyasi, 1985-yilda tashkil etilgan; Demokratik alternativa partiyasi, 1989-yilda tuzilgan. Umumiy ishchilar ittifoqi kasaba uyushmasi, 1943-yilda tashkil etilgan; M. kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1958-yilda tuzilgan. Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — tranzit yuk tashish operatsiyalari va xorijiy sayyoxlarga xizmat koʻrsatish (yiliga 1 mln.dan ortiq xorijiy sayyoh kelib-ketadi). Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 26,5%, qishloq xoʻjaligi ulushi — 3,3%. Sanoatning yetakchi tarmoqlari — toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal sanoati bilan birga mashinasozlik, kimyo va elektron sanoati ham rivojlangan. Kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari bor. Yiliga 1190 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, keramika, kimyo korxonalari barpo etilgan. Osh tuzi va imoratbop tosh qazib olinadi. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Subtropik mevachilik va tokchilik, gulchilik birmuncha rivojlangan; bugʻdoy, arpa, joʻxori, kartoshka, sabzavot va paxta yetishtiriladi. Qoʻy, echki, choʻchqa, qoramol, eshak, xachir, yilqi, parranda va kuyon bokiladi. Vallettada dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Chetga toʻqimachilik mahsulotlari, vino, sabzavot, gul va boshqa chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, yoqilgʻi, kimyo mahsulotlari keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya. Pul birligi — Malta lirasi. Maorifi, madaniy-maʼrifiy muassasalari. Maorif sohasi inglizcha tizim asosida tarkib topgan. Kichkintoylar uchun 2 yillik maktab va haqiqiy 6 yillik boshlangʻich maktabdan iborat boshlangʻich taʼlim va 7 yillik oʻrta taʼlim joriy etilgan. Davlatga qarashli bepul maktablardan tashkari, xususiy maktablar ham bor. 6 yoshdan 16 yoshgacha oʻqish majburiy. Valletgada M. qirollik universiteti (1592) mavjud. Bir qancha ilmiy jamiyatlar bor. Vallettada Milliy kutubxona, M. qirollik universiteti ku-tubxonasi, Gotso o.da ommaviy kutubxona, M. Milliy muzeyi, rasmlar galereyasi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da nashr etiladigan yirik gaz.lar: "Malta gavernment gazett" ("Malta hukumat gazetasi", ingliz va malta tillarida chiqadigan gazeta, 1813-yildan), "Orizont" ("Ufq", malta tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1962-yildan), "Alternativa" ("Muqobil", malta tilida chiqadigan gazeta, 1989-yildan), "Tayme" ("Vaqt", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1935-yildan), "Mument" ("Harakat", malta tilida chiqadigan haftalik, 1972-yildan), "Sandi tayme" ("Yakshanba vak,ti", ingliz tilida har yakshanbada chiqadigan gazeta, 1922-yildan), "Torcha" ("Mashʼal", malta tilida chiqadigan gazeta, 1944-yildan). "Malta Brodkasting Osoriti" (MVA) telekoʻrsatuv va radioeshittirish xizmati 1961-yilda tashkil etilgan. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Malta va Gotso o.larida neolit davriga oid toshdan qurilgan noyob insho-otlar (Xal-Tarshin, Mnaydra va boshqalar) saqlanib qolgan. 16—18-asrlarda isteh-kom inshootlari barpo etilgan, M.ning yangi poytaxti — Valletta shahri qurila boshlagan, Mdina shahri uygʻonish va barokko meʼmorligi ruhida qayta qurilgan. Bu davrda jamoat binolari, cherkovlar, kayerlar barpo etilgan. 19-asr va 20-asr 1-yarmi imoratlari orasida Mostada barpo etilgan doyra shaklidagi gumbazli cherkov, Vallettadagi opera teatri, Gotso o.dagi Ta-Pinu bazilikasi alohida ajralib turadi. M. hududidan neolit davriga oid sopol idishlar, tosh va terrakotadan yasalgan haykalchalar va hokazolar topilgan. 17-asrda barokko va klassitsizm uslubida ishlaydigan mahalliy meʼmorlar va haykaltaroshlar yetishib chikdi (meʼmorlar J. Kassar, L. Gafa, S. Ittar, D. Gronye de Vasse, xaykaltarosh M. Gafa va boshqalar). MALTA — yuqori paleolit davri manzilgohi. Irkutsk shahridan 85 km gʻarbda, Malta qishlogʻi yaqinidagi Belaya daryosi sohilida joylashgan. 1928-yil M. M. Gerasimov topib, 1959-yilgacha oʻrgangan. Bir paytda mavjud boʻlgan turli xildagi yengil koʻchma turar joylar (chum, yertoʻla, yarim yertoʻla) ochilgan. M.liklar bugʻu, mamont, junli nosoroglarni ovlashgan. M.dan suyakdan ishlangan 20 ga yakin ayol maʼbudalari haykalchasi, uchib ketayotgan qushlar surati solingan hayvon suyagi parchalari, juda kup tosh va suyak qurollar (pichoq, igna, paykon) hamda 3—4 yoshli bola skeleti topilgan. Skelet atrofiga qizil oxra sepilgan. Qabr usti 3 ta tot taxta bilan berkitilgan. Qabrdan zebziynat buyumlari, suyakdan ishlangan qush haykalchalar, nayza, sanchqi va boshqa ashyolar topilgan. Ushbu yod-gorlik ibtidoiy jamiyatning matriarxat davriga oid boʻlib, oʻsha davr hayoti haqida tasavvur beradi. Adabiyot Gerasimov M. M., Malta-paleoliticheskaya stoyanka, Irkutsk, 1931. Malta (Malta Respublikasi) poytaxti — Valletta shahri. BMT aʼzosi Manbalar Yevropa Malta BMT aʼzolari
7,817
3198
https://uz.wikipedia.org/wiki/Moldova
Moldova
Moldova (), Moldova Respublikasi () – Yevropaning janubi-sharqiy qismidagi davlat. Ukraina va Ruminiya bilan chegaradosh. Maydoni 33 846 km2. Aholisi 3,557,600 kishi (2014). Jahonda aholisi boʻyicha 118 oʻrinni va hududi boʻyicha 135-oʻrinni egallaydi. Poytaxti – Kishinyov shahri. Maʼmuriy jihatdan 40 tuman, 21 shahar va 48 shaharchaga boʻlinadi. Davlat tili – moldavancha Moldova konstitutsiyasiga koʻra; konstitutsiyaviy sudining qaroriga binoan – rumincha. Davlat tuzumi Moldova – respublika. 1994-yil 29-iyulda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi – parlament tomonidan saylanadigan prezident (2000-yildan V. Voronin). Qonun chiqaruvchi oliy organi – bir palatali parlament (Majlis), ijrochi organi – hukumat (Vazirlar kengashi). Tabiati Moldova Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Yer yuzasi oʻrqirli tekislik, dare vodiylari va jarliklar bor. Markaziy qismida Kodru qirlari joylashgan. Eng baland joyi 429,5 m. Dnestrning oʻng sohilini Dnestr boʻyi qirlari (balandligi 250–300 m, eng baland joyi 347 m) egallagan. Shimoliy Moldova tekisligi (250–300 m), Janubiy Moldova tekisligi bor. Ohaktosh, gips, shisha qumi, shagʻal, shuningdek, neft va gaz konlari topilgan. Iqlimi – moʻʼtadil kontinental. Qishi qisqa, iliq, qor kam yogʻadi, yozi uzoq va iliq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi – shimolida 19,5° va janubida 22°; eng yuqori temperatura 41°; yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida – 5° va janubida – 3°; eng past temperatura –36°. Yiliga shimolida 560 mm, janubi-gʻarbda 370 mm, qirlarda 500–560 mm, tekisliklarda 400–450 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Qora dengizga quyiladi. Eng katta daryolari – Dnestr (irmoklari – Reut, Bik, Botna), Prut (irmoklari – Chugur, Kamenka, Larga, Lapushna, Sarata). Tuproqlari – asosan, qoratuproq (75%), qoʻngʻir va kulrang oʻrmon tuprogʻi (10%); dare qayirlarida – allyuvialoʻtloqi tuproqlar. Hududining aksariyati dasht va oʻrmon dasht mintaqasida joylashgan boʻlib, koʻp qismi haydalib, ekin ekiladi. Mamlakat maydonining 9% ni egallagan oʻrmonlarda dub, shumtol, grab, qora qayin, joʻka oʻsadi. Chalov, betaga kabi dasht oʻsimliklari kamayib ketgan. Hayvonlardan oʻrmonda yelik, toʻngʻiz, boʻri, tulki, boʻrsiq, olmaxon, oqsichqon yashaydi. Qushlarning 260 ga yaqin turi (soʻfitoʻrgʻay, mayna, qorashaqshaq, qarchigʻay, boyqush, bedana va boshqalar) uchraydi. "Kodru", "Gredina Turchaske", "Yagorlik", "Playul Faguluy", "Prudil de Jos" kabi qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Aholisi Aholisining 65% moldavanlar; ukrainlar, ruslar, ruminlar, gagauz va bolgarlar ham bor. Davlat tili – moldavan tili. Koʻpchilik aholi (95%) xristian dinining pravoslaviye oqimiga mansub. Shahar aholisi 47%. Yirik shaharlari: Kishinyov, Tiraspol, Bels, Tiginya. Tarixi Hozirgi Moldova hududidagi Brinzeni, Rashkov, Chutuleshti va boshqa joylardan topilgan koʻxna manzilgohlarning dalolat berishicha, bu yerda aholi paleolit davridayoq oʻtroklashgan. Neolit davrining manzilgohlaridan Bug-Dnestr madaniyati yodgorliklari topilgan (miloddan avvalgi 6–5 ming yilliklar). Bu davrda odamlar urugʻchilik jamiyatiga birlashib, ovchilik, dehqonchilik, baliqovlash bilan shugʻullangan. Miloddan avvalgi 4ming yillikda hukmronlik qilgan Tripoli madaniyati davrida koʻpgina manzilgoqlar (Varvarovka, Karaku-shan, Kuban) barpo etilgan, kulolchilik rivojlangan. Miloddan avvalgi 1ming yillikdan milodiy 1ming yillikkacha Moldova qududida daklarning qabilaviy birlashmalari va davlatlari mavjud boʻlgan. Milodiy 2-asr boshlarida rimliklar Dakiyani bosib oldi va uni asta-sekin Rimning viloyatiga aylantirdi. Lotin tili yoyilib, u sharqiy roman, shuningdek, moldavan tillariga asos boʻldi. 2–4-asrlarda bu yerda sarmatlar, skiflar, hunnlar, gotlar yashaganligi taxmin qilinadi. 10–12-asr boshlarida Moldovaning bir qismi Qad. Rus davlati taʼsir doirasiga, soʻng Galitsiya va Galitsiyavolin knyazligi tarkibiga kirgan. Lekin 12-asrda koʻchmanchi bijanaq va qipchoklarning hujumidan keyin slavyanlar deyarli barham topdi. 13–14-asrlarda Moldova hududi moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtdi. Bosqinchilar vengerlar tomonidan haydab yuborilgandan keyin Moldova yerlari Vengriya qaramogʻiga oʻtdi, 1359-yil ozodlik kurashi natijasida mustaqil Moldova knyazligi (poytaxti Yassi shahri) voʻjudga keldi. 14-asr 2-yarmida Karpat bilan Dnestr oraligʻidagi yerlar unga qarashli boʻldi. Shu davrda valaxlar va sharqiy slavyanlar bilan aloqa rivojlanib, natijada moldavan elati shakllandi. 16–18-asrlarda Moldova Usmoniylar imperiyasi xukmronligida boʻldi va 300 yil mobaynida oʻlpon toʻlab turdi. Avvaliga Tira, Benderi, Kiliya, 18-asrda Xotin Moldovadan ajratib olindi va ularga turk garnizonlari joylashtirildi. Chet el bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik kurashi turli shakllarda olib borildi. 18-asr 2-yarmi va 19-asr boshlaridagi Rossiya-Turkiya urushlari natijasida Moldova ozod etildi. Ammo Yevropa davlatlarining oʻzaro raqobati tufayli Moldova yana Turkiyaga qaytarib berildi. 1775-yil Moldova knyazligining shimoliy qismi Avstriyaga, 1791-yil Yassi sulh shartnomasiga binoan, Dnestrning soʻl sohili Rossiyaga, yana bir qismi keyinchalik Rech Pospolitaga qoʻshib olindi. 1812-yil Buharest sulh shartnomasiga koʻra, Moldova knyazligining Prut va Dnestr oraligʻidagi yerlari Rossiyaga oʻtdi va Bessarabiya viloyati nomini oldi. Kishinyov shahri uning maʼmuriy markazi boʻlib qoldi. Bessarabiya Rossiyaning agrar oʻlkasi sifatida rivojlana boshladi. 1917-yil Rossiyadagi Fevral inqilobidan keyin bu yerda ham qoʻsh hokimiyatchilik vujudga keldi. 1917-yil noyabrdekabrda ayrim shahar va qishloklarda hokimiyat shoʻrolar qoʻliga oʻtdi. Vakolatli hokimiyat organi – "Sfatul Seriy" ("Oʻlka kengashi") 1917-yil 2-dekabrda Moldovani Demokratik respublika deb eʼlon qildi. 1918-yil 24-yanvarda oʻzining Rossiyadan mustaqil ekanini bildirdi. 1918-yil 27-martda Moldova Demokratik Respublikam (Bessarabiya)ni Ruminiyaga qoʻshishga qaror qildi. 1918–19 yillarda Moldova soʻl sohil tumanlarida Avstriya-Germaniya, Antanta qoʻshinlari hukmronlik qildi. 1920-yil fevralda bu yerda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1924-yil 12-oktabrda Ukraina tarkibida Moldova muxtor shoʻro respublikasi tuzildi. 1939-yilgi Ribbentrop-Molotov paktining qoʻshimcha maxfiy bayonnomasi asosida Sovet Itti-foqi 1940-yil 26 va 27-iyunda Ruminiyadan Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani darhol SSSR ga topshirishni talab qildi. 1940-yil 2-avgustda Moldova Shoʻro Respublikasi tuzildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Moldova jang maydoniga aylandi va 1944-yil avgustda bosqinchilardan ozod qilindi. Shundan keyin Moldovaning salkam yarim asrlik tarixi SSSR bilan bogʻliq boʻldi. 1987–89 yillardagi qayta qurish davrida milliy tiklanish qarakati boshlandi. 1990-yil 23-iyunda Moldova Respublikasi suvereniteta eʼlon qilindi. 1991-yil 27-avgustda Moldova Respublikasining mustaqilligi toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul etildi. Biroq mustaqillikning dastlabki yillarida ayirmachilik harakati yuzaga kelib, bu narsa mamlakatda ichki qurolli mojaroga sabab boʻldi. Keyingi paytda nizoni bartaraf etish uchun muzokara olib borilayotir. Moldova – 1992-yildan BMT aʼzosi, shuningdek, MDX tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1994-yil 23-avgustda tan olgan va shu kuniyoq diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 27-avgust – Mustaqillik kuni (1991). Siyosiy partiyalari. Agrardemokratik partiya, Kommunistlar partiyasi, Sotsialistik partiya, Xristiandemokratik xalq partiyasi, Tiklanish va inoklik partiyasi. Iqtisodiyoti Moldova – industrial-agrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 38%, qishloq xoʻjaligining ulushi 42%, qurilish, transport va aloqaning ulushi 11%. Sanoati’. Oziq-ovqat sanoatida mevasabzavot konservalari tayyorlash, vinochilik, qand-shakar, yogʻmoy ishlab chiqarish asosiy tarmoqlardir. Ogʻir sanoat maj-muasida mashinasozlik, elektron, kimyo, metallurgiya sanoati yetakchi oʻrinda. Yengil sanoat (tikuvchilik, toʻqimachilik va boshqalar) tarmoqlari x.am mavjud. Konserva sanoatida 20 dan ortiq korxona bor, ular meva va sabzavotdan 100 xildan koʻproq konserva tayyorlaydi. Qand-shakar sanoati mamlakatning shimolida joylashgan. Tamaki-fermentatsiya, parfyumeriya, farmatsevtika va qandolatchilik, shuningdek, goʻsht, moy-pishloq, un-yorma sanoati tarmoqlari ham rivojlangan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari avtomatlashtirish vositalari, temirchilik-press mashinalari, oziqovqat sanoati uchun texnologiya uskunalari, elektr yuk ortkichlar, traktor, qishloq xoʻjaligi mashina-mexanizmlari, nasoslar, oʻzgaruvchan tok elektr dvigatellari, sovitkichlar, kir yuvish mashinalari, past voltli elektr apparatlari, kabel ishlab chiqaradi. Sunʼiy teri, rezinatexnika buyumlari, lok-boʻyoq, kimyo, biokimyo, binokorlik ashyolari, oʻrmon va yogochsozlik, poligrafiya korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 15,7mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Qishloq xoʻjal igida tokchilik va bogʻdorchilik yetakchi oʻrinda. Uzumning xoʻraki va vinobop turlari yetishtiriladi. Moldova janubiy va shimolida.kungaboqar ekiladi. Tamaki esa shimoliy va markaziy tumanlarda oʻstiriladi. Gʻallachilikning makkajoʻxori hamda bugʻdoy yetishtirish tarmoqlari rivojlangan. Sabzavot va rezavor meva yetishtirish ham muhim ahamiyatga ega. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, xoʻjalikda bozor iqtisodiyoti shakllarini joriy etishga kirishildi, jumladan, davlat korxonalari xususiylashtirila boshladi, xususiy, qoʻshma korxonalar barpo etildi. Qishloq xoʻjaligida dehqon (fermer) xoʻjaliklari tuzish uchun yerlarni xususiy mulk qilib berishga kirishildi. Trans porti. Transport yoʻli uzunligi –1,1 ming km, avtomobil yoʻllari – 10,2 ming km. Dnestrda kema qatnaydi. Kishinyovda xalqaro aeroport bor. Sogʻliqni saqlash. 2001-yil Moldovada 12,8 ming vrach, 545 tibbiyot muassasasi, 25 mingoʻrinli kasalxonalar ishladi. Chemal togʻ iqlimiy kurorti, bolalar sanatoriylari bor. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 2001/2002 oʻquv yilida 1577 maktab, gimnaziya, litseylarda 618,4 ming oʻquvchi taʼlim oldi, 42,5 ming oʻqituvchi ishladi. 82 oʻrta hunar taʼlim tizimida 23 ming, 67 kollejda 17 ming bola oʻqidi. 47 oliy oʻquv yurtida 86,4 ming talaba taʼlim oldi, shu jumladan, davlatga qarashli boʻlmagan 31 institutda 22,9 ming talaba oʻqidi. 2001-yil Moldovada doktoranturaga ega boʻlgan 45 ilmiy tadqiqot muassasasi ishladi. Respublikada ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi Moldova Fanlar akademiyasi faoliyat koʻrsatadi. Milliy tabiat va etn. muzeyi, Tarix, Arxeologiya, Etn., Tasviriy sanʼat, Xalq hunarmandchiligi, Gagauz tarix-etn. muzeylari bor. Hammasi boʻlib 71 ta muzey, 1,4 ming kutubxona, 1,2 ming klub muassasasi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekursaguvi Moldovada 2001-yil 1,7 ming nomdagi kitob va risola 0,8 mln. nusxada, gazetalar 1,2 mln., jurnal va boshqa davriy nashrlar 3,4 mln. nusxada nashr etildi. Moldovada nashr etiladigan asosiy gazetalar: "Moldova suverane" ("Suveren Moldova"), "Nezavisimaya Moldova" ("Mustaqil Moldova"), "Sara" ("Vatan"). "Moldpress" axborot agentligi ishlaydi. 1930-yildan radioeshittirish, 1958-yildan telekoʻrsatuv olib boriladi. Adabiyoti Dastlabki yozma yodgorliklar boy xalq ogʻzaki ijodi (ertak, qahramonlik eposlari, afsona, qoʻshiq, balladalar) asosida 9–10-asrlarda yaratilgan. Rumin tilidagi birinchi moldavan kitobi "Kazaniya" (Injilning izohi) 1643-yilda nashr etildi. 17-asrda yilnomalar, 18-asrda D. Kantemir (1673– 1723) tomonidan badiiytarixiy asarlar yaratildi. 19-asrning 2-yarmida Y. Kryange (1837–1889) va M. Eminesku (1850–1889) ijodi realistik nasr va sheʼriyat rivojida katta rol oʻynadi. 20-asr boshlarida A. Mateyevich, T. Roman oʻz sheʼrlari bilan adabiyotga kirib keldi. Ikkinchi jahon urushigacha ijod qilganlar orasida D. Milev, L. Barskiy, N. Markov, L. Kornyaku, M. Andriyesku va boshqa yozuvchilarni koʻrsatish mumkin. Urush davrida E. Bukov, B. Istru, A. Lupan, T. Menkj kabi adiblar bosqinchilarga qarshi kurashga bagʻishlangan asarlar yozishdi. 50-yillarda poeziya yetakchi janr boʻlgan boʻlsa (Ye. Bu-kovning "Andriyesh", "Mening mamlakatim", A. Lupanning "Yuzma-yuz", L. Delyanuning "Mangu yoshlik", F. Po-nomarning "Doʻstlik" dostonlari va sheʼriy toʻplamlari), keyingi yillarda salmokli nasriy asarlari yaratildi (Ye. Damian, V. Vasilake, R. Lungu, L. Damian, G. Viyeru, P. Botsu, E. Lotyanu va boshqalarning roman hamda qissalari). Andrey Lupan, Samson Shlyaxu, Yemelyan Bukov va boshqa larning ayrim asarlari, moldavan yozuvchilarining "Hajviy hikoyalar" toʻplami oʻzbek tilida nashr etilgan. Meʼmorligi Moldova hududidan miloddan avvalgi 3–2-ming yilliklarga oid madaniyat yodgorliklari topilgan. 10– 11-asrlarda yogʻoch, tosh va loydan imorat hamda inshootlar qurilgan shaharlar paydo boʻldi. 14-asr oʻrtalaridan meʼmorlik rivojlana boshladi, shahar atroflari tosh devor bilan oʻrab olindi. 16-asrdan minorali va ravokli qalʼalar qurildi. Saharna, Jabkadagi gʻormonastirlarning qoldiqlari saqlangan. 18-asrda shaharlar tez rivoj topdi, mahalliy meʼmorlar loyihasi asosida goʻzal va gʻaroyib ibodatxona binolari qurilishi avj oldi. Anʼanaviy shahar va qishloq uylari yogʻoch va toshdan, jamoat binolari zamonaviy konstruk-siyalardan barpo etila boshladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Moldovaning Rossiyaga qoʻshib olingan qismida klassitsizm uslubi, Ruminiyaga karam qismida modern uslubi ustunlik qildi. 20-asr 2-yarmida qurilgan bino va in-shootlarda milliy meʼmorlik anʼanalaridan foydalanildi (Kishinyovning Mirva Velskiy koʻchasidagi turar joylar, "Inturist" mehmonxonasi va boshqalar). Tasviriy sanʼati Moldova hududida miloddan avvalgi 2–1ming yilliklarga mansub metall taqinchoklar, milodiy 1ming yillikka doyr qurollar, sopol, jez, ku-mush, oltin idish va buyumlar topilgan. Ular zargarlik va metallni badiiy ishlash rivojlanganidan darak beradi. 13–14-asrlarda xalq amaliy sanʼatida Vizantiya va musulmon Sharqining taʼsiri kuchli boʻlgan. 14– 17-asrlarda zardoʻzlik, 18–19-asrlarda gilamchilik yuksaldi. 19-asrdan boshlab dunyoviy tasviriy sanʼat, ayniqsa, portret rassomligi rivoj topdi, rassomlik oʻquv yurtlari ochildi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida hayotiy manzaralar, turli janrlardagi rasmlar, psixologik portretlar yaratildi (V. Okushko, Ye. Maleshevskaya va boshqalar). 20-asr 2-yarmida rangtasvirchilardan M. Gamburd, V. Russu-Chobanu, portretchilardan K. Kitayka, I. Bogdesko, G. Sainchuk, haykaltaroshlardan K. Kobize-va, B. Marchenko kabilar tasviriy sanʼat rivojiga hissa qoʻshdilar. Xalq sanʼatida tosh oʻymakorligi, gilam toʻqish, kashtadoʻzlik, kulollik, yogʻochsozlik ravnaq topdi. Musiqasi oʻziga xos milliy folklor asosida shakllangan va qoʻshni xalqlar badiiy madaniyati bilan hamohang rivojlangan. Xalq qoʻshiqlari, asosan, bir ovozli, ohanglari xilma-xil. Afsonaviy voqeiy qoʻshiklarda qahramonlik va ozodlik gʻoyalari aks etgan. Mehnat, marosim, muhabbat, hazil, davra qoʻshiklari bor. Eng koʻp tarqalgan xalq musiqasi doyna deb ataladi. Jok, moldovenyaska deb atalgan joʻshqin va oʻynoqi xalq raqslari dunyoga tanilgan. Torli cholgʻulardan kobza, simbala, tilchali asboblardan doktorimba (vargan), puflab chalinadigan asboblardan flu-yer va kaval (nay), chimpa, buchum kabilar bor. 19-asrda ilk kompozitorlar (G. Muzichesku, K. Mikuli, E. Kaudelli, Ch. Porumbesku) ijod qila boshladilar. Zamonaviy kompozitorlar orasida A. Stircha, G. Nyaga, E. Lazarev, Ch. Tkach, Ye. Doga, dirijyorlardan T. Gurtovoy, D. Gʻoya, A. Samoile, xonandalardan T. Cheban, T. Alyoshina, M. Biyeshu va boshqa mashhur. 1955-yil Kishinyovda Moldova opera va balet teatri ochilgan, davlat filarmoniyasi (1940) qoshida simfonik orkestr, "Doyna" xor kapellasi, "Jok", "Leutarlar", "Fluyerash" kabi ansambllar faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistonda T. Cheban, M. Biyeshu va qator ansambllar gastrolda boʻlgan. Teatr sarchashmalari xalq oʻyinlaridan boshlanadi. Kolinde-kolada deb atalgan qad. xalq marosimlari, xeitul deb atalgan yangi yil kuglovlari va turli-tuman oʻyinlarda teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. Iroziy (irodi) deb atalgan tomo-shalar, polvon, akrobat (pehlivan, soptar)larning mahoratlarini namoyish etishlari va gayduklarning oʻziga xos teatri mashhur boʻlgan. Oʻrta asrlarda saroy va sayyor truppalari tomosha koʻrsatishgan. 1816-yilda yozuvchi va maʼrifatchi G. Asaka rahbarligida moldavan tilida birinchi spektakl koʻrsatilgan. Professional teatrni barpo etishda V. Aleksandri, K. Negrutssi, A. Russo, M. Kogelnichanu va boshqa dramaturglar katta xizmat qildilar. 20-asrning 20-yillarida tashkil topgan drama toʻgaraklari asosida Balta shahrida musiqali drama truppasi (keyinchalik drama studiyasi) tuzildi. Shu studiyani bitirib chiquvchilar 1933-yilda Tiraspolda tashkil etilgan drama teatri (hozirgi Moldova akademik musiqali teatri)ning oʻzagi boʻldi. Endilikda Moldovada 14 teatr, shu jumladan, "Luchaferul" teatri, "Likurich" qoʻgʻir-choq teatri, Bels musiqali drama teatri, filarmoniya, sirk va boshqa ishlab turibdi. Ularda A. Lupan, L. Kornyanu, E. Bukov kabi mahalliy mualliflarning pyesalari bilan bir qatorda jahon mumtoz dramaturgiyasining asarlari ham sahnalashtirilgan. Teat_r arboblari orasida D. Dariyenko, N. Massalskaya, Ye. Ureke, K. Shtirbu, I. Shkuryalarni koʻrsatish mumkin. Teatrlar uchun kadrlarni Kishinyovdagi G. Muzichesku nomidagi sanʼat instituti tayyorlaydi. s Kino tarixi 1927-yildan boshlanadi. Oʻsha yili birinchi hujjatli film yaratildi. 1940-yildan Kishinyovda ish boshlagan kinovakillik punkti 1952-yilda xronika (voqeiy) filmlar ki-nostudiyasi (1957-yildan "Moldovafilm")ga aylantirildi. 1955-yilda birinchi moldavan filmi – "Moldova taronalari" (rejissor A. Zolotnitskiy) dunyo yuzini koʻrdi. Shundan keyin "Ataman Kodr" (1958), "Kuzning soʻnggi kuni" (1965, rejissor V. Derbenyov), "Qotillikda ayblanadi" (1969, rejissor B. Volchek), "Lautari" (1971, rejissor E. Lotyanu), "Yoningda erkak boʻlsa" (1978, rejissor V. Gajiu) va boshqa yaratildi. Kino aktyorlaridan D. Dariyenko, M. Volontir, K. Tirseu, S. Toma, M. Sagaydak, G. Grigoriular mashhur. Moldovada 100 kinoteatr bor. Oʻzbekiston – Moldova munosabatlari Moldova (Moldova Respublikasi) poytaxti – Chizinau shahri. BMT aʼzosi Manbalar Yevropa Moldova BMT aʼzolari
18,157
3199
https://uz.wikipedia.org/wiki/Monako
Monako
Monako (Monaco), Monako knyazligi (Principaute de Monaco) — Janubiy Yevropada, Oʻrta dengiz so-hilidagi davlat. Maydoni 2 km². Aholisi 31,8 ming kishi (2001). Poytaxti — Monako shahri Monakoda monegasklar, fransuzlar, italyanlar yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Dini — katolitsizm. Maʼmuriy jihatdan 3 okrugga boʻlinadi. Bu okruglar bir-biri bilan qoʻshilib ketgan Monako, Kondamin va Montekarlo shaharlaridan iborat. Monako — konstitutsiyali monarxiya (knyazlik). Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 17-dekabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — knyaz (1949-yil 9-maydan Renye III). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni knyaz bilan Millim kengash (parlament) amalgaoshiradi. Ijroiya xrkimiyatini knyaz nomidan Davlat vaziri boshchiligidagi Hukumat kengashi boshqaradi. Miloddan avvalgi 10— 1-asrlarda hozirgi Monako hududida finikiy, keyinroq yunon manzil-gohlari boʻlgan. Miloddan avvalgi 1-asrda Monako darimliklar, keyinchalik arablar, milodiy 11-asrning 2-yarmida genuyaliklar hukmronlik qilgan. 1419-yildan Monako mustaqil knyazlik, 1524-yildan Ispaniya, 1641-yildan Fransiya protektorati. Fransiya inqilobi natijasida Monakoda knyazlik hrkimiyati agʻdarilib, mamlakat Fransiyaga qoʻshib olindi (1793). 1814-yilgi Parij sulhi Monako knyazligini tikladi, Vena kongressi (1814—15) qarori bilan Monako Sardiniya qirolligi protektoratiga aylandi. 1861-yildan Fransiya protektorati. 1865-yilda Fransiya bilan bojxona ittifoqini tuzdi. Fransuz Moris Blan Monakoda qimorxona ochishga konsessiya oldi. "Dengizda choʻmilish jamiyati" tuzildi va u Montekarloda qimorxona majmuasini qurdi. Fransiya bilan Monako oʻrtasidat. yil qurilgach (1868), Montekarlodagi qimorxona dunyoga mashxur boʻldi va Monakoning asosiy daromad manbalaridan biriga aylandi. 1899-yil Monakoda Okeanografiya muzeyi tashkil etildi va u xalqaro okeanografiya tadqiqotlari markazi boʻlib qoldi. 1911-yil birinchi konstitutsiya joriy qilindi, unda saylab qoʻyiladigan Milliy kengash (parlament) koʻzda tutilgan edi. 1959-yilda knyaz Renye III Milliy kengashni tarkatib, konstitutsiyaning amal qilishini toʻxtatdi. 1962-yilda yangi konstitutsiya joriy etildi. 1963-yil 18-mayda Fransiya bilan Monako oʻrtasida tuzilgan bitimdagi konvensiyaga muvofiq, Fransiya Monakodagilarga erkin soliq solish huquqiga ega boʻldi. Monako — 1993-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 19-noyabr — Millat kuni. Monakoda oziq-ovqat, elektrotexnika va radioelektronika, kimyo, farmatsevtika, poligrafiya, kema taʼmirlash korxonalari bor. 800 ga yaqin xalqaro kompaniya va 50 bank boshqaruvi ishlaydi. Monako — turizm markazlaridan biri. Bu yerda dunyoga mashhur kurortlar mavjud. Xorijiy sayyoxlarga xizmat koʻrsatish, kurortlar va qimorxonalar asosiy daromad manbaidir. Pul birligi — fransuz franki. Monakoda rasmiy siyosiy partiyalar yoʻq; turli siyosiy tashkilotlar parlament saylovi vaqtida faoliyat yuritadi. Monako kasaba uyushmalari birlashmasiga 1944-yilda asos solingan. Monakoda oylik "Gazet Monako — Kot d’ Azyur" ("Monako gazetasi — Lojuvard soxil", 1976-yilda asos solingan), hukumatning haftalik "Jurnal de Monako" ("Monako gazetasi", 1858-yildan), "Monako aktyualite" ("Monako yangiliklari", 1985-yildan) gazetalari chiqadi. Montekarlo radiosi va Montekarlo televideniyesi 1954-yildan mavjud. Monakoda boshlangʻich va oʻrta maktablar, hunartexnika bilim yurtlari, Monako shahrida Musiqa akademiyasi bor. Monako hududida topilgan £ "S qad. madaniyat izlari paleolit va neolit davrlariga mansub (Rasadxona, Bosse-Russe gʻorlari va boshqa joylardagi topilmalar). Finikiyaliklar hukmronligi davrida afsonaviy qahramon Melkart yoki Geraklga bagʻishlangan ibodatxona qurilgan. Gretsiya va Rim xukmronligi davrlariga oid sopol, oltin buyum va zebziynatlar, ayniqsa, koʻp topilgan. 1215-yilda genuyaliklar Monako qoʻltigʻi atrofidagi qoya tepasiga kurgan qalʼa 16-asrda saroyga aylantirildi va u Monako shahri tarixiy markazining oʻzagi boʻlib qoddi. Monako sanʼati Fransiya va Italiya badiiy madaniyati taʼsirida rivojlandi. Bu yerdagi barcha muhtasham inshoot va binolar fransuz meʼmorlari loyihasi asosida qurilgan. Turar joylar, asosan, 2—3 qavatli imoratlar tarzida barpo etilgan. Keyingi yillarda baland binolar, koʻngilochar muassasalar koʻplab qurildi. Monako Iqtisodiyoti Banklarning mahfiyligi va past soliqlar chet el mamlakatlaridan milliardlarning tinimsiz kelishiga olib keladi. Tashqi qarzi yo’q,Valyuta rezervi 2 mlrd $ ni tashkil etdi.Ishsizlik darajasi past 3%. Ajoyib iqlim sharoiti va kazinolar o’ziga turistlarni jalb qiladi. Monakoda yilida 300 kun quyoshlidir.Iqtisodiyotning asosiy daromadlari turizm sohasidan olinadi. Hamda, qurilish, farmatsevtika, kimyo va elektron sohasi, bank va moliya sektori tashkil etadi. YIM 1999-yili 870 mln $ni tashkil etdi. Yiliga korxonalar pul aylanmasi 9mlrd yevroni tashkil etadi. Ishsizlik darajasi past.45000 ish o’rinlari bo’lib,aholi sonidan ham ortiq.Monakoda ishlaydiganlar boshqa davlat vakillaridir. Iqtisodiy hamkor Fransiya.Umumiy bojhona va moliya tizimiga ega.Monako fransuz elektenergiyasini importiga bog’lanib qolgan. 1-yanvar 2002-yili Monako yevrodan foydalanishga o’tdi.2002-yilgacha Monegas frankidan foydalanar edi. Manbalar Yevropa Monako BMT aʼzolari
5,191
3200
https://uz.wikipedia.org/wiki/Chernogoriya
Chernogoriya
Chernogoriya (Crna Gora), Chernogoriya Respublikasi (Republika Crna Gora) — Serbiya va Qoratogʻ tarkibiga kiruvchi respublika. Maydoni 13,8 ming km². Aholisi 635 ming kishi (1996). Poytaxti — Podgoritsa shahri Maʼmuriy jihatdan jamoalarga boʻlinadi. Aholisining kupi qoratogʻlilar; serb va albanlar ham yashaydi. Aholining 69% xristian (pravoslav), 19% islom diniga eʼtiqod qiladi. Ch.ning oʻz konstitutsiyasi, parlamenti (skupshchina) va hukumati bor. Tabiati Ch. mamlakat janubi-gʻarbida, Adriatika dengizi sohilida joylashgan. Hududining katta qismini Dinara togʻligi egallagan (eng baland joyi 2511 m, Durmitor togʻi); janubi-gʻarbida Qoratogʻ karstli platosi bor. Iklimi moʻʼtadil, kontinental. Adriatika dengizi sohillarida oʻrta dengiz iqlimi. Yillik yogʻin oʻrtacha 1600–1800 mm, sohillarda 3000 mm gacha. Togʻ yon bagʻirlari igna bargli va aralash oʻrmonlar. Ch.da qoʻrgʻoshinrux rudalari, boksit, qoʻngʻir kumir konlari bor. Asosiy daryolari Moracha va uning irmogʻi Zeta. Tarixi Ch. xududiga qadimda illiriylar kelib joylashgan. Miloddan avvalgi 1asrda Rim tomonidan bosib olingan. Milodiy 1asrda Ch. hududi (11-asrgacha Duklya, keyinchalik Zeta, 15-asrdan Ch. deb atalgan) Rimning Dalmatsiya, 297 yildan Prevalitana provinsiyasiga qoʻshib olingan. 7-asrda slavyanlar kelgan. 1479-yildan mamlakat tekislik kismi turklar tasarrufida boʻldi. 1499-yilda Ch. hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi. Turklarga qarshi kurashgan mitropolit Danilo Petrovich Negosh (1697—1735-yillarda hukmronlik qilgan) Negoshlar sulolasi (1697— 1918)ga asos solgan. 1796-yil Ch. amalda mustaqillikka erishdi. Napoleon urushlari va serblarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarida (1804— 15) Ch. Rossiya va Serbiya tomonida boʻldi. 1852-yil Ch. merosiy knyazlik deb eʼlon qilindi. 1878-yil Berlin kongressi qaroriga binoan, Ch. toʻliq mustaqil davlat deb tan olindi. 1910-yildan Ch. qirolligi deb ataddi. Ch. Bolqon urushlari (1912—13)da qatnashdi. Birinchi jahon urushi (1914—18)da Antanta tomonida turib urushdi. 1918-yil 1-dekabrda Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929-yildan Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 1941-yil aprelda fashistlar Germaniyasining Yugoslaviyaga hujumidan soʻng, Ch. Italiya qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1944-yil dekabrda Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi tomonidan ozod etiddi. 1945-yil noyabr dan Ch. Yugoslaviya tarkibidagi olti respublikadan biri boʻldi. 1991-yil Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, undan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya chiqib ketgach, Serbiya bilan Ch. Yugoslaviya Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003-yil 4-fevraldan bu davlat Serbiya va Qoratogʻ deb atala boshladi. Xoʻjaligi Sanoati mineral xom ashyolarni qazib olish va unga ishlov berish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bogʻliq. Boksit, qoʻrgʻoshinrux rudalari, qoʻngʻir kumir, tuz kazib olinadi. Zeta daryosida GESlar qurilgan, yirik issiklik elektr styasi mavjud. Sanoatning asosiy tarmoqlari metallsozlik, kimyo, koʻnteri va poyabzal sanoati. Elektrotexnika (Setine), kema taʼmirlash (Kotor), yogʻochsozlik, toʻkimachilik hamda oziqovqat (jumladan, tamaki) mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, goʻsht kombinatlari, baliqni qayta ishlash, sut zavodlari bor. Qoratogʻdagi yetykchi tarmoq — togʻyaylov chorvachiligi (asosan, qoʻychilik). Togʻ yaylovlari va dare vodiylarida makkajoʻxori, bugʻdoy, tamaki, sabzavot yetishtiriladi. Bogdorchilik va tokchilik rivojlangan. Adriatika dengizi sohili Ch.ning subtropik oʻsimliklar (sitrus mevalar, zaytun va boshqalar) oʻstiriladigan muhim rayoni xisoblanadi. Sayyohlikdan katta daromad olinadi, dengiz sohilida kurort koʻp. Asosiy dengiz portlari — Bar va Kotor. Bar — Belgrad yoʻnalishida elektrlashtirilgan temir yoʻl magistrali mavjud. Asosiy aeroporti Podgoritsada. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari Taʼlimning asosiy turi — 8 yillik maktab. 2 yillik umumiy oʻrta maktablar, maqsadli oʻrta taʼlim maktablari, 8 yillik maktab negizida ishchi malakasini beruvchi qoʻshimcha maktablar mavjud. Podgoritsada universitet (1973), Nikshichda ped. akademiyasi, Kotorda oliy dengiz maktabi bor. Ch. fan va sanʼat akademiyasi (1976-yil tashkil etilgan), tarix, geol. va kimyoviy tadqiqotlar, gidrometeorologiya, dengiz biol.si institutlari, seysmologiya styasi bor. Bir qancha kutubxona, jumladan, Setine shahrida Markaziy xalk, kutubxonasi ishlaydi. Yirik muzeylari: Qad. sanʼat, etn., tarix muzeyi, Negosh Petrovich muzeyi, Dengiz muzeyi. Kundalik "Pobeda" ("Gʻalaba") gaz. serb tilida 1943-yildan chiqadi. Podgoritsada radiostya va telemarkaz ishlaydi. Adabiyoti Qoratogʻ adabiyoti qoʻshni xalklar adabiyoti, ayniqsa, serb adabiyoti bilan uzviy aloqada rivojlangan. Birinchi yirik bosma adabiy asar Ch.da hukmronlik qilgan Vasiliy Petrovich (1709— 66)ning "Qoratogʻ toʻgʻrisida tarix" asari boʻlib, u 1754-yil Moskvada nashr etilgan. Yangi qoratogʻ adabiyotining boshlanishi 18-asr oxiri — 19-asr 1yarmiga toʻgʻri keladi. Uning asoschisi shoir va davlat arbobi Pyotr II Petrovich Negoshdir (1813 — 51). Uning ijodi qoratogʻ sheʼriyatida1918-yilgacha eng yuksak choʻqqi hisoblanadi. "Qoratogʻning qisqacha tarixi" asari (1835-yil nashr etilgan) muallifi hukmron Pyotr (Petar) I Negosh sheʼriy asarlar ham yozgan. 1827— 31 yillar Ch.da yashagan serb yozuvchisi va tarixchisi S. MilutanovichSarayliya "Qoratogʻ tarixi" asari (1835)ni va 2 drama yozgan. 19-asr — 20-asr boshlaridagi nazmda S.M.Lyubishi va serb yozuvchisi S.Matovul xikoyalari ajralib turadi. S.Matovul bir necha yil Ch.da yashab qoratogʻ xalqi turmushini aks ettiruvchi bir qancha hikoya va roman yozgan. Bu davrda yozuvchilardan L. Yovovich, S.Vuletich, M.Tomich, S.Shobaich samarali ijod kildilar. 30-yillarning boshlarida boshqa xalklar adabiyotidagi kabi Ch. adabiyotida ham "ijtimoiy realizm" okimi vujudga keddi va shu oqim yoʻnalishida sheʼriy asarlar yaratildi. Bular R.Zogovichning "Musht" (1936), "Olovli kaptarlar" (1937) toʻplamlari, "Kelgindilar" dostoni (1937); M.Banevichning "Oʻrmon" (1938), "Olovli tong" (1941) toʻplamlari; Ya.Jonovichning "Ikki dare" (1938) va M.Vukovichning "Yer" (1934) toʻplamlari. Shu yillarda D.Jurovich "Togʻliklar orasida" hikoyalar toʻplami (1936), "Duklya mamlakati" romani (1939), N.Lopichich "Dehqonlar" hikoyalar toʻplami (1939)ni yaratdilar va ularda qoratogʻ xalkining real hayotini aks ettirdilar. 1950—70 yillar adabiyotida M. Lalich alohida oʻrin tutadi. Uning "Toʻy" (1950), "Yomgʻirli bahor" (1953), "Uzilish" (1955), "Leley tom" (1962) romanlarida xalq ozodlik kurashi mavzui yorkin aks etgan. A.Asanovich, Ch. Vukovich kabi yozuvchilar ham shu mavzuda hikoya va romanlar yaratdilar. Bu davr sheʼriyati yutuklari R.Zogovich, D.Jonovich, M.Banevich, D.Kostich, R.Veshovich, M.Kral, S.Petrovich, Ye.Brkovich kabi shoirlar ijodi bilan bogʻliq. Dramaturgiya sohasida Ye.Brkovich,. V.Ivanovich, J. Komanin va boshqalarning pyesalari alohida oʻrin tutadi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Ch. hududidan neolit davriga oid sopol idishlar topilgan. Illiriylarning mustahkamlangan qoʻrgʻon va nekropollari jez davri oxiri va temir davri boshlarida barpo etilgan. Oʻrta asrlarda Ch. meʼmorligi Italiya va Dalmatsiya, Serbiya va Vizantiya madaniyatlari taʼsirida rivojlandi. 11 a.da roman uslubidya cherkovlar qurildi. 12— 13-asrlarda Avliyo Tripuna sobori (1166), avliyo Pavel cherkovi (1263— 66; ikkalasi Kotor shahrida), Morach monastiri cherkovi kabi inshootlar qurildi. 14—15-asrlardadengizbuyirnlaridagi binolarda roman uslubidagi shakllar bilan uygʻunlashgan gotika uslubi belgilari paydo boʻldi (Savch, Bar, Kotordagi cherkov va uylar). 17— 18-asrlar cherkov qurilishida barokko uslubi keng qoʻllanildi (Prchandagi cherkov). 19-asr oxirida shaharlarda soʻnggi klassitsizm ruhida hashamatli binolar (Setinedagi Danilov saroyi, 1894—95) va eklektik inshootlar (Kotordagi avliyo Nikola cherkovi, 1910) paydo boʻldi. 1960—70 yillar meʼmorligi uchun milliy oʻziga xoslik, manzara bilan uygʻunlashtirib tasvirlash xarakterli ("Podgoritsa" mehmonxonasi, 60-yillar, meʼmor S.Radevich; "Beko" univermagi, 1961, meʼmor B.Minch, ikkalasi ham Podgoritsada; Xersegnovidagi mehmonxonalar majmuasi, 1963, meʼmor D. Katarina, P. Milorad; Budva, Trstenodagi kurort majmualari va boshqalar). Neolit davrida geometrik shakl va nakshlar bilan bezatilgan keramika rivojlangan. 11 —11-asrdan mahobatli rangtasvir namunalari saqlangan (Ston yaqinidagi avliyo Mixail cherkovi freskalari). 13—14-asr tasviriy sanʼatida roman va gotika uslubi unsurlari qoʻshilib ketdi (Morachdagi monastir cherkovlari freskasi, 1252). 15— 16-asr rassomlar ijodida uygonish davri belgilari mavjud (Lavro Marinov va Vitsko Dobrochevichi). 17—18-asrlarda mahalliy rassomlardan J. Mitrofanovich, A. Vuichich, T. Kokolya ajralib turadi. Vizantiya sanʼati anʼanalari miniatyurada saqlanib qoldi. 19-asr 2yarmi — 20-asr boshlaridan Ch.ning oʻz tasviriy sanʼati shakllandi. Rassomlar milliy tarix mavzuidagi portret, kompozitsiyalar yaratdilar (P. Pochek, M. Gregovich, I. Shobaich). 20-asrning 20—30-yillarida rassomlar M. Milunovich, P. Lubarda, haykaltarosh R. Stiyovich samarali ijod qildilar. Ch.da monumental sanʼat hamda tematik, portret va peyzaj rangtasvir rivojlangan. Musiqasi Ch.da 19-asr oxirigacha faqat xalq musiqa madaniyati rivojlangan. Xalq epik, qaxramonlik, lirik, marosim qoʻshiklarini ijro etishning qad. anʼanalari saqlangan. Xalq musiqasining asosiy cholgʻusi qoʻbizsimon gusle. Oro raqsi keng tarqalgan. 19-asr oxirida musiqiy jamoa tashkilotlari va ijrochi jamoalar paydo boʻldi. Kompozitor Y. Ivanishevich, xormeyster A. Ivanovich dastlabki professional musiqachilaridandir. Birinchi musika maktabi 1924-yil Setineda tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushi (193945) dan keyin Setine (1947), Podgoritsa (1950, M. Milyanov nomida), Kotor (1950) va boshqa shaharlarda musiqa maktablari ochildi. Podgoritsada Radioning simfonik orkestri va aralash xori, "Oro" xalq ashula va rake ansambli bor. Havaskorlik xor jamiyatlari, Ch. kompozitor ijrochimusiqachilar jamiyati ishlaydi. Teatri Ch. professional teatri 19-asr — 20-asr 1yarmida rayem boʻlgan teatrlashtirilgan marosimlardan boshlanadi. Teatr madaniyatini rivojlantirishda Pyotr II Petrovich Negosh ijodi katta ahamiyatga ega boʻlgan. Uning "Togʻ toji" (1847) va "Soxta podsho Stepan Mali" dramatik asarlari Ch. oʻtmishiga bagʻishlab yozilgan (havaskor teatr toʻgaraklari tomonidan qoʻyilgan). 1953-yil Podgoritsada Ch. milliy teatri (drama va opera truppalari bilan) tashkil etilgan. Rejissorlardan B. Erakovich, aktyorlardan V. Mandich, D. Tomas, B. Vukovich va boshqa mashhur. Yevropa Qoratogʻ BMT aʼzolari Chernogoriya
10,640
3201
https://uz.wikipedia.org/wiki/Niderlandiya
Niderlandiya
Niderlandlar (), Niderlandlar Qirolligi (Koninkrijk der Nederlanden) (norasmiy nomi — Gollandiya) — Gʻarbiy Yevropada, Shimoliy dengiz sohilida joylashgan davlat. Maydoni 41,5 ming km2. Aholisi 18854788 kishi (2023). Poytaxti — Amsterdam shahri. Hukumat qarorgohi Gaaga shahrida. Maʼmuriy jihatdan 12 provinsiya (provincie)ra boʻlinadi. Niderlandiya Antil orollari, Aruba oroli Niderlandiya mulki hisoblanadi.Niderlandiya rivojlangan davlat hisoblanadi.Uning umumiy yer maydoni 960000 gektarga teng. Davlat tuzumi Niderlandiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1983-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (qirolicha) (1980-yildan V.A.Beatriks xonim). Uning huzuridagi Davlat kengashi aʼzolari qirol tomonidan tayinlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali Bosh shtatlar (parlament), ijroiya hokimiyatni qirol bilan hukumat amalga oshiradi. Tabiati Niderlandiya Oʻrta Yevropa tekisligining gʻarbiy qismida joylashgan. Shimoldan sayoz qoʻltiq va buxtalar oʻrab turadi. Sohili 56 m gacha balandlikdagi doʻngliklardan iborat, toshqindan saqlanish uchun toʻgʻon va dambalar qurilgan. Yer yuzasi, asosan, payettekislik. Niderlandiya hududining 40 % dengiz sathidan pastda, faqat 2 % 50 m dan yuqori. Eng baland joyi 321 m. Niderlandiyaning payettekislik qismlari doim dengiz suvi bosish xavfi ostida. 1282-yilgi kuchli suv toshqini natijasida Zeyder-Ze qoʻltigʻi hosil boʻlgan. 33 km li damba qurilgach, Zeyder-Zening janubiy qismi chuchuk suvli berk koʻlga aylangan. Niderlandiyaning sharqi morenali tepalik; shimoliy qum va gilli dengiz va daryo yotqiziqlaridan, sharqi muzlik yotqiziqlaridan, daryo deltalari esa allyuvial yotqiziqlardan tuzilgan. Koʻmir, neft va gaz, torf, osh tuzi, kaolin konlari bor. Iqlim — dengiz iqlimi, qishi yumshoq, yozi iliq. Atlantika okeanidan yil boʻyi shamol esadi. Yanvarning oʻrtacha harorati 1—3 °C, iyulniki 16—17 °C. Yillik yogʻin 650-750 mm. Tez-tez tuman tushadi. Qattiq sovuqlar ahyon-ahyonda boʻladi. Qor kam, yomgʻir koʻproq yogʻadi. Daryolar yil boʻyi sersuv; yiriklari: Reyn, Maas, Shelda. Sohil tuprogʻi unumdor, daryo vodiylariniki allyu-vial-oʻtloqi tuproq. Niderlandiyaning shimol va sharqida, asosan, chimli podzol, ayrim joylarida botqoqlangan tuproq. Niderlandiya hududining 70 % madaniy landshaft, 8 % oʻrmon. Qumli joylari butali vereyekzor (archagul), daryolar sohili tolzor. Hayvonot dunyosi juda kambagʻal. Yovvoyi quyon, tiyin, suvsar, sassiq-koʻzan, yelik yashaydi. Niderlandiyada qushlarning 180 turi bor. Daryo deltalaridagi suzuvchi qushlar qishlaydigan joylar qoʻriqlanadi. Velyuzom, Kennemer doʻngliklari, Xoge-Velyuve milliy bogʻlari va 8 ta qoʻriqxonasi bor. Aholisi Aholisining aksariyati gollandlar. Yirik etnik guruhlardan flamandlar, frizlar bor. Olmonlar, yahudiylar, indonezlar va boshqalar ham yashaydi. Dindor aholining 50 % ga yaqini katolik, 37 % protestant. Rasmiy til — niderland (golland) tili. Niderlandiya dunyoda aholisi eng zich joylashgan mamlakatlardan. Aholisining 89 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Amsterdam, Rotterdam, Gaaga, Utrext. Tarixi Niderlandiya hududida odamlar neolit davridan yashaydi; miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmida bu yerda kelt qabilalari yashagan. 1-asr boshida bu qabilalarni olmonlar siqib chiqargan. Miloddan avvalgi 1-asrda Niderlandiya hududining bir qismini rimliklar bosib olgan. Milodiy 3—4-asrlarda Niderlandiya hududiga franklar va sakslar hamda frizlar kelib oʻrnashdilar. Franklar davlati tuzilgach (5-asr), Niderlandiya hududi uning tarkibiga, 843-yilgi Verden shartnomasiga binoan, „Mukaddas Rim imperiyasi“ tarkibiga kirdi. 10 — 11-asrlarda Niderlandiya hududida bir necha mustaqil yer-mulklar (Flandriya, Gollandiya, Geddern, Zelandiya, Utrext grafliklari va hokazo) tashkil topdi. 12-asrdan shahar rivojlana boshladi. 15-asrning 2-choragigacha Niderlandiyada feodal tarqoqlik hukm surdi. 1433-yilda Gollandiyani, soʻngra Niderlandiyaning boshqa knyazliklarini Burgundiya gersoglari bosib oldilar. Karl V imperiyasi parchalangach, Niderlandiya (1556-yildan keyin) Ispaniyaga qaram boʻlib qoldi. 16-asr Niderlandiya inqilobi natijasida mamlakat ispanlar zulmidan ozod boʻldi va Birlashgan viloyatlar respublikasi tuzildi. 17-asrda savdo va dengizchilik rivojlanishi natijasida Niderlandiya Yevropaning rivojlangan davlatlaridan biriga aylanib, Osiyo, Amerika, Afrikada yangi yer-mulklarni qoʻlga kiritdi, Indoneziya, Gviana, Kichik Antil orollarini va Kap viloyatini oʻziga qaram qilib oldi. 1795—1813-yillarda Gollandiya qirolligi Fransiya tarkibiga kirdi. 1815-yilda Belgiya bilan birlashib, Niderlandiya qirolligi tashkil etildi. 1830-yil inqilob natijasida Belgiya Niderlandiyadan ajralib chiqdi. 1848-yilda Niderlandiya konstitutsiyasi qabul qilindi. 1840—70 yillarda sanoat tez oʻsdi. 1860-yildan davlat temir yoʻl qurishni oʻz qoʻliga oldi. 1876-yilda Amsterdam — Shimoliy dengiz, 1882-yilda Rotterdam — Shimoliy dengiz kanallari qurildi. Rotterdam Olmoniya uchun tranzit portga aylandi. 1861-yilda birinchi kasaba uyushmasi tashkil topdi. Niderlandiyada 19-asrning soʻnggi choragida sanoatlashuv jarayoni, asosan, nihoyasiga yetdi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari (kemasozlik, toʻqi-machilik va oziq-ovqat sanoati) modernizatsiya qilindi. Neft monopoliyalari tuzildi. Qishloq xoʻjaligida ekstensiv dehqonchilik va chorvachilikdan zamonaviy ishlab chiqarishga oʻtildi. Yangi temir yoʻllar qurildi. Niderlandiya birinchi jahon urushi davrida Birinchi jahon urushi (1914—18)da Niderlandiya oʻzining betarafligini maʼlum qildi. 1917-yil iqtisodiy qamal natijasida Niderlandiyada ishlab chiqarish va savdo susayib ketdi. 1918-yil bahordan dengizda kema qatnovi ham toʻxtadi. 1925—29 yillarda Niderlandiyada sanoatning yangi tarmoqlari (radioapparatlar ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash) vujudga keldi. Jahon iqtisodiy boʻhroni davri (1929—33)da Niderlandiyada sanoat mahsuloti ishlab chiqarish, eksport va import 2 baravar kamaydi. Niderlandiya ikkinchi jahon urushi davrida Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Niderlandiya betaraflik eʼlon qildi. 1940-yil 10-mayda fashistlar Olmoniyasi toʻsatdan bostirib kirdi va 14-mayda Niderlandiya taslim boʻldi. Qirolicha Vilgelmina va hukumat Buyuk Britaniyaga koʻchib ketdi. Niderlandiyani natsistlar idora qila boshladi. 1944-yil sentabr — 1945-yil martda Ittifoqchi davlatlar qoʻshinlari Niderlandiyaning janubini, 1945-yil aprelda sharqini ozod qildilar. 1945-yil may oyi boshlarida Olmoniya qurolli kuchlarining Niderlandiyadagi qismlari taslim boʻldi. Urushdan keyingi yillarda 1948-yilga kelib, Niderlandiyada ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajaga yetdi. Chetga sarmoya chiqarish keskin koʻpaydi. Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi tezlashdi. 1950-yillarda milliy ozodlik harakati kuchayishi natijasida Niderlandiya mustamlakalaridan mahrum boʻldi. Niderlandiya — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 30-aprel (Qirolicha kuni). Niderlandiya 1991-yil 31-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992-yil 10-iyulda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Davlat islohot partiyasi, 1918-yilda tuzilgan; Markaz demokratlari, 1993-yilda tashkil etilgan; Demokratlar-66, 1966-yilda asos solingan; „Soʻl koʻkatparvarlar“, 1991-yilda tuzilgan; Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi, 1948-yilda tashkil etilgan; Mehnat partiyasi, 1946-yilda tuzilgan; Islohotchi siyosiy federatsiya, 1975-yilda asos solingan; Islohot siyosiy ittifoqi, 1948-yilda tuzilgan; Sotsialistik partiya, 1972-yilda tashkil etilgan; Ittifoq 55+, 1994-yilda tashkil etilgan; Xristian-demokratik daʼvat, 1976-yilda asos solingan; Keksalar umumiy uyushmasi, 1994-yilda tuzilgan. Niderlandiya kasaba uyushmalari federasiyasi, 1976-yilda tashkil etilgan; Kasaba uyushmalari xristian milliy uyushmasi, 1909-yilda tuzilgan.¿ Xoʻjaligi Niderlandiya — yuqori darajada rivojlangan industrial agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 24,4 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 4,3 %. Niderlandiya muhim dengiz va quruqlikdagi transport yoʻllari kesishgan yerda joylashgan. Sanoati Sanoatining texnika darajasi yuqori, malakali ishchi kuchi bilan taʼminlangan. Tabiiy gaz Niderlandiyaning asosiy kon boyligidir. Neft, toshkoʻmir ham qazib chiqariladi. Ishlab chiqarish sanoatining yetakchi tarmoqlari — kemasozlik, qora va rangli metallurgiya, metallsozlik va mashinasozlik, kimyo, neftni qay-ta ishlash va neft kimyosi, elektrotexnika, radioelektronika, oziq-ov-qat, toʻqimachilik. Aviasozik va avtomobilsozlik ham rivojlangan. Rangli metallurgiya sanoatida alyuminiy, rux va qalay eritiladi. Amsterdam, Rotterdam, Utrext, Harlem va boshqa shaharlarda umumiy mashinasozlik, Rotterdam, Sxidam, Dordrext, Amsterdamda yirik kemasozlik, Born va Eyndxovenda avtomobilsozlik, Rotterdam, Amsterdam va Flissingen atroflarida neftni qayta ishlash korxonalari bor. Plastmassa, oʻgʻit hamda sintetik tola uchun xom ashyo ishlab chikariladi. Gaz va osh tuzi xom ashyo bazasida kimyo sanoati rivojlangan. Farmatsevtika sanoati, lok, boʻyoq va boʻyovchi moddalar ishlab chiqarish juda taraqqiy qilgan. Xengelo shahrida katta tuz zavodi bor. Niderlandiyaning qadimgi sanoati — olmosga sayqal berish, asosan, Amsterdam shahrida joylashgan. Oziq-ovqat sanoati mahsulotining 1/3 qismini goʻsht-sut korxonalari beradi. Meva-sabzavot konservalari, pivo, kakao, shokolad ishlab chiqarish rivojlangan. Toʻqimachilik sanoatida, asosan, ip gazlama va sunʼiy ipakdan shoyi ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 74 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligi koʻp miqdorda tovar mahsulot ishlab chiqarib, mamlakat eksport qiymatining 1/4 qismiga teng. Qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli yerlar (2,2 mln. ga)ning 60 % oʻtloq, 35 % haydaladi, 3 % bogʻ, poliz va gulchilik xoʻjaliklari. Niderlandiya — chetga eng koʻp sut mahsulotlari, tuxum, parranda goʻshti, goʻsht konservalari, choʻchqa goʻshti chiqaruvchi mamlakatlardan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymatining 2/3 qismiga yaqinini chorvachilik va parrandachilik beradi. Bogʻdorchilik, sabzavotchilik va gulchilik dehqonchilikdan olinadigan mahsulot qiymatining 60 % ni beradi. Niderlandiya — issiqxonalarda yetishtirilgan sabzavot, meva va uzumni eksport qilishda dunyoda 1-oʻrinda. Niderlandiya koʻp miqdorda kartoshka eksport qiladi. Bundan tashqari, qand lavlagi, donli ekinlardan bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Yiliga 2 mlrd. donadan koʻproq lola piyozi yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. Transporti Savdo flotining tonnaji jihatidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida 3-oʻrinda turadi. Yuk aylanmasi boʻyicha dunyoda eng katta portlardan biri — Rotterdam porti yiligi 280 mln. tonna yuk oʻtkazadi. Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning 80 % avtomobil transportiga, 17,1 % suv transportiga, 2,9 % temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi. Temir yoʻl uzunligi — 2850 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 118,2 ming km. KLM aviakompaniyasi yoʻlovchilar tashish boʻyicha dunyoda 7-oʻrinni egallaydi. Amsterdamda xalqaro aeroport bor. Eksport va import Niderlandiya chetdan poʻlat, transport vositalari, kimyoviy mahsulotlar, mineral yoqilgʻi sotib oladi. Chetga tayyor buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, roʻzgʻor bop elektr asbob-uskuna va ashyolar chiqaradi. Niderlandiya, asosan, Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq qiladi. Chet el sayyoxligi rivojlangan (yiliga 3 mln. sayyoh kelib ketadi). Asosiy mijozi boʻlgan GFR ga importning salkam 33 % va eksportning 22 % toʻgʻri keladi. Pul birligi — yevro. Ijtimoiy soha Aholiga yuqori darajali tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Davlat kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar universitetlar huzuridagi 8 ta tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. 1950-yildan mamlakatda 8 yillik bepul majburiy taʼlim toʻgʻrisidagi qrnun kuchga kirgan. 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar 6 yillik maktabga qatnaydilar. Oʻrta maktablar ikki turda: universitetga kirish huquqini beradigan 6 yillik gimnaziya, atenium (real oʻrta maktab) va litseylardir. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari tarkibiga kichik, oraliq va yuqori oʻrta maktablar kiradi. Niderlandiyadagi boshlangʻich va oʻrta maktablarning faqat 30 % davlat qaramogʻida. Boshlangʻich maktab negizida hunar va oʻrta maxsus taʼlim tizimi tashkil etilgan. Ularda oʻqish muddati bir necha oydan 5-yilgacha. Niderlandiyada toʻliq oliy maʼlumot beradigan 9 ta universitet, 3 ta texnika universiteti, universitet darajasidagi 4 ta kollej, shu jumladan, Vageningendagi oliy qishloq xoʻjaligi maktabi bor. Davlat universitetlari: Leyden (1575-yilda asos solingan), Utrext (1636), Groningen (1614), Amsterdam (1877), Rotterdam universitetlari va boshqa Davlatga qarashli va xususiy ilmiy muassasalar mavjud. universitetlar huzuridagi institutlar, Amaliy tadkikrt markaziy tashkilotining institutlari, Niderlandiya qirollik fanlar akademiyasi va vazirliklarning, Niderlandiya fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish tashkilotining institutlari, Yadro energiyasi markaziy kengashi, Xalqaro munosabatlar instituti va boshqa mavjud. Yirik kutubxonalari: Amsterdam, Leyden universitetlarining kutubxonalari, Gaagadagi Qirollik kutubxonasi va boshqa Amsterdamda Davlat muzeyi (1808-yilda asos solingan), Van Gog milliy muzeyi (1972), Rembrandt uy-muzeyi (1907), Qirollik tropik institutining muzeyi, Gaagada munitsipal muzey, Qirollik rassomchilik maskani (1820), Pochta muzeyi (1929), Leydenda Milliy etnografiya muzeyi (1837), Milliy geologiya va mineralogiya muzeyi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuv Eng yirik gazeta va jurnallari: „Alxemeyn daxblad“ („Kundalik umumiy gazeta“, 1946-yildan), „Bin-nenxof“ („Ichki hovli“, oqshom gazetasi, 1945-yildan), „Gaagse kurant“ („Gaaga gazetasi“, 1883-yildan), „Telegraf“ (kundalik gazetasi, 1893-yildan), „Trau“ („Sadoqat“, kundalik gazetasi, 1943-yildan), „Folkskrant“ („Xalq gazetasi“, kundalik gazetasi, 1920-yildan), „Fray Nederland“ („Erkin Niderlandiya“, haftalik gazetasi, 1940-yildan), „Fraye folk“ („Ozod xalq“, kundalik gazetasi, 1900-yildan), „Frayxeyd en demokrati“ („Ozodlik va demokratiya“, xaftalik gazetasi, 1949-yildan), „Xrune amsterdammer“ („Koʻkatparvar amsterdamlik“, haftalik gazetasi, 1877-yildan), „Demokrat“ (oylik jurnali), „Politik en kyul-tyur“ („Siyosat va madaniyat“, oylik jurnali, 1940-yildan). Alxemeyn Nederlands Persbyuro — ANP, Niderlandiya axborot agentligi, 1943-yilda tuzilgan. Gollandiya gazetalari noshirlarining kooperativ uyushmasi. Niderlandiya radioeshittirish korporatsiyasi radioeshittirish va telekoʻrsatuv tashkiloti boʻlib, hukumat nazoratida ishlaydi, 1969-yilda tashkil etilgan. Adabiyoti Golland tilidagi eng qad. adabiy yodgorlik 9-asrda dunyoga kelgan. Niderland va olmon adabiyotida G. van Feldeks (1140—1200) saroy eposini yaratib shuhrat qozondi. „Reynard haqida qoʻshiq“ deb atalgan xalq dostoni xalqchil sheʼriyat va dramaturgiyaning rivojlanishiga zoʻr taʼsir oʻtkazdi. 13-asrda diniy adabiyot rivojlandi. Niderlandiya adabiyetining yirik namoyandasi Erazm Rotterdamskiyning „Bemaʼnilik madxi“ hajviy asari (1509) Uygʻonish davri ruhida yozilgan. 17-asr Niderlandiya madaniyatida „oltin asr“ boʻldi. Bu davrda turli oqimlarga mansub adiblar ijtimoiy va axloq-odob masalalariga oid asarlar yaratdilar, gumanistik, demokratik gʻoyalar rivojlandi. Shoir va dramaturg yil van den Vondel (1587— 1679)ning „Mariya Styuart“, „Lyusifer“ tragediyalari jahon adabiyetining nodir asarlaridan boʻlib qoldi. 18-asr adabiyotida milliy-demokratik anʼanalar susaydi. 19-asrda yashab, ijod qilgan adiblar — A. Staring, E.Y.Potgiter, NiderlandiyaBets va boshqa golland mustamlakachiligini tanqid qildilar va umuman, oʻtkir ijtimoiy muammolarni koʻtarib chikdilar. 19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida adabiyotda sotsialistik goyalar xukmronlik qildi. 30-yillarda „Forum“ jurnali atrofida uyushgan adiblar fashizmga qarshi kurashdilar. 50-yillarda L. Froman, P.Rodenko, Lyusebert, R.Kampert, XLampo Yevropa adabiyoti oqimida bordi. 80—90-yillarda V.Ryuislink, X. Xeresm, J. Gamelink, Ya. Kremer va boshqa realistik tamoyillarni kuchaytirdi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Qadimgi Niderlandiya hududida neolit davrining sopol idishlari, toshdan qurilgan megalitik inshootlari, miloddan avvalgi 1-ming yillikka mansub kelt manzilgoxlari, milodiy 1—3-asrlar qad. Rim binolarining qoldiqlari, olmonlarning metall, zargarlik buyumlari saqlangan. Oʻrta asr meʼmorligi namunalari Amsterdam, Gaaga va boshqa shaharlarda mavjud (shahar devorlari, saroy, qalʼa, uylar). Mamlakatda tuproqning botqokligi, tosh tanqisligi binolarning gʻisht va yogʻochdan qurilishiga sabab boʻlgan. 16—17-asrlar tasviriy sanʼatida turmush manzaralari, natyurmort, portret janri rivojlandi (yana qarang Niderland sanʼati). 17-asr oʻrtalarida klassitsizmning golland badiiy maktabi rivoj topdi (binolarning sodda va qulay boʻlishiga koʻproq eʼtibor berildi). 17-asr 2-yarmida fransuz klassitsizmining boy saroy va park meʼmorligi taʼsiri kuchaydi. Jamoat, savdo va ishlab chiqarish binolari (ratusha, birja, savdo rastalari va boshqa) qurildi (meʼmorlar Ya. van Kampen, P. Post, aka-uka F. va Yu.Vingbons va boshqa). 17-asrda haykaltaroshlik unchalik rivojlanmadi (binolar haykal bilan kamdankam bezatildi, portret haykallar juda kam ishlandi). Rassomlik va grafika esa keng rivoj topdi. Realistik rassomlik yuksalib, butun Yevropa tasviriy sanʼatiga samarali taʼsir oʻtkazdi. Golland rassomlari, odatda, biror janrga ixtisoslashgan. Portret (F. Xals), dehqonlar hayoti (A. van Ostade) va shahar hayoti (Ya. Sten, G. Terborx va boshqa), ifodali maishiy janr, manzara (Ya. Porsellis, Ya. van Ryoysdal) va boshqa janrlarda qim-matli asarlar yaratildi. Rembrandt, F. Xale, K. Fabritsius kabi buyuk rassomlarning ijodida demokratik kayfiyatlar mohirona ifodalandi. 19-asrda shaharlarda aholi tigʻizlashdi, ixcham, tejamkor meʼmorlik shakllariga eʼtibor kuchaydi. Tasviriy sanʼatda oddiy mehnatkash kishilar hayotiga ahamiyat berildi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Amsterdam, Gaaga, Rotterdam va boshqa shaharlarda binolarning oqilona joylashishiga erishildi, milliy romantik tamoyillar bilan sugʻorilgan funksionalizm yetakchi oqim boʻlib qoldi. 19-asr 2-yarmida Gaaga rang tasvir maktabi, 20-asrda golland haykaltaroshlik maktabi shakllandi. Hozirgi zamon Niderlandiya tasviriy sanʼatida turli modernistik okimlar yoyilgan, ammo demokratik tamoyillar ham (Charli Torop, X. Shabo, P. Alma ijodida) sezilib turadi. Musiqasi Niderlandiyaning musiqa madaniyatiga doyr dastlabki maʼlumotlar ilk oʻrta asrlarga mansub. 12-asrdan ritsarlik lirikasi rivoj topdi. 14-asrda menestrellar deb atalgan sayoq sozanda va xonandalar xalq qoʻshiqchiligini professional sanʼat darajasiga koʻtardilar. Bayram, yarmarka, turli musobaqalarda musiqa asboblari joʻrligida ashula va raqslar ijro etish odat tusiga kirdi. 15—16-asrlarda musiqa sanʼati, ayniqsa, yuksaldi. Xususan, Uygʻonish davrida vujudga kelgan Niderland maktabi Yevropaning kompozitorlik ijodiyotiga taʼsir oʻtkaza boshladi. 17-asrda musiqa asboblarini ishlab chiqarish ham rivojlandi. 17-asr oxirlaridan Niderlandiyada ingliz, fransuz, italyan musiqalari taʼsiri oshdi, komik operalar sahnaga qoʻyiddi. K. Haquartning „Ishq tantanasi“ (1678) klassitsizm uslubidagi birinchi golland operasidir. Shu yillarda musiqa jamiyatlari tashkil etildi. 19-asrning 1-yarmidan milliy-demokratik musiqa madaniyati rivoj topa boshladi. Amsterdam konservatoriyasi (1884), Niderlandiya musiqachilari qirollik jamiyati (1875), Milliy opera (1916—23), Niderlandiya kompozitorlari jamiyati (1911) va boshqa tashkilotlar mamlakatda musiqa madaniyati rivojida muhim ahamiyatga ega boʻddi. Amsterdamda 1948-yildan yozgi musiqa festivallari oʻtkazib turiladi. Mamlakatda bir necha opera va balet teatrlari, 12 simfonik orkestr, 7 konservatoriya (baʼzilarida Sharq musiqasi oʻrganiladi), 3 musiqa litseyi, Amsterdam, Leyden va Utrext universitetlarida musiqa tarixi va nazariyasi fakultetlari bor. Kompozitorlardan G.Landre, S.Bessem, K. van Baren, dirijyorlardan P. Xyupperts, B.Xaytink, musiqa ijrochilaridan K.de Grot, L.Ponse, G.Leonhardt, T.Olof, T.Bayle va boshqa mashhur. Baleti oʻrta asrlardan vujudga kela boshlagan, bayram va karnavallarda raqslar koʻp ijro etilgan. 1959-yilda Amsterdam balet truppasi tuzilgan. Uning S.Gaskell truppasi (1954) bilan qoʻshilishi (1961) tufayli Niderlandiya milliy baleti tashkil topgan. Gaagada 1961-yildan Niderlandiya rake teatri ishlaydi. 1945-yildan bolalaruchun spektakllar qoʻyadigan „Skapino“ truppasi ishlab turibdi. O.de Xaye, Ya.Fliyer, I.Sanders Niderlandiya operasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Teatri 12-asr oxiridan boshlab dramatik asarlar sahnalashtirila boshladi. 14-asrda adabiyot va teatr shinavandalari jamiyati tuzildi. 1638-yilda Amsterdam shahri teatriga asos solindi. Koʻplab sayyor truppalar mamlakat boʻylab tomoshalar koʻrsatardi. 1870-yilda tuzilgan „Niderland teatr uyushmasi“ milliy teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Niderlandiyada havaskorlik teatrlari keng tarqalgan. Teatrlarda U. Shekspir, F. Shiller, F. Dostoyevskiy, Niderlandiya Gogol, A. Chexov, M.Gorkiy asarlari koʻrsatilgan. Keyingi yillarda mahalliy mualliflardan Ya. Stal, S. Notebom, Ya. van der Merve va boshqalarning asarlari koʻplab sahnalashtirildi. Arnem, Rotterdam shaharlarida teatrlar mavjud. Zamonaviy sahna ustalari orasida A. van Dalsyum, K. van Deyk, E. van Lingen, V. Fos mashxur. Amsterdamda Teatr muzeyi bor. Kinosi 1898-yildan hujjatli, 1910-yildan badiiy filmlar ishlab chiqarilgan. 1927-yil Amsterdamda kino sanʼatini targʻib qiluvchi „Filmliga“ kino klubi tashkil qilindi. Uning tarkibiga kirgan kino xodimlari „Ulik suv“ (rejessor G.Ryutten) va boshqa filmlarni yaratdilar. Fashistlar okkupa-siyasi yillarida ekranlarda, asosan, olmon filmlari namoyish qilindi. Mamlakat fashistlardan ozod qilingandan keyin Qarshilik harakati toʻgʻrisida koʻplab hujjatli filmlar suratga olindi (rejessor R.Xorneker, J.Fernu, O. van Neyenxof va boshqa), badiiy filmlar yaratish keng yoʻlga qoʻyildi. Keyingi yillarda „Amsterdam, suv shahri“ (rejessor M.Xas) ilmiy-ommabop filmi, „Suv ovozi“ (rejissor B.Xanstra), „Kasbdoshlar, shovqin qilmang“ (rejissor F.Rademakers), „Turk mevasi“ (rejissor P.Ferxuven) kabi badiiy filmlar chiqarildi. Kinematografiya kadrlari Amsterdam kino instituti va kino akademiyasida tayyorlanadi. Oʻzbekiston — Niderlandiya munosabatlari Havolalar Zamerzshie kanali Gollandii Geograficheskie karti Niderlandov Ofitsialniy sayt na russkom o turizme v Gollandiyu, Byuro po Turizmu i Kongressam Niderlandov Ofitsialnaya stranitsa Gollandii na Facebook Sayt o Niderlandax FM radio iz Niderlandov Pryamoy efir radiostansiy. Afisha Belgii, Korolevstva Niderlandov, Lyuksemburga Byuro sovetnika po s/x posolstva Niderlandov v Rossii Gimn Niderlandov. Russkaya versiya, istoriya Manbalar Yevropa BMT aʼzolari Niderlandiya
22,827
3202
https://uz.wikipedia.org/wiki/Norvegiya
Norvegiya
Norvegiya, Norvegiya Qirolligi (bukmolcha: Kongeriket Norge, nyunorskcha: Kongeriket Noreg) — Shimoliy Yevropadagi davlat. BMT aʼzosi. Skandinaviya yarim orolining gʻarbiy va shimoliy qismida. Maydoni 385 ming km2. Aholisi 5404844 kishi (2023). Poytaxti Oslo shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo shahriga boʻlinadi. Shpitsbergen arxipelagi, Aiyq oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham Norvegiyaga qaraydi.Norvegiya katta neft va sanoat davlati hisoblanadi. Davlat tuzumi Norvegiya — konstitutsiyali monarxiya. 1814-yil 17-mayda qabul qilingan Norvegiya Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1991-yil 21-yanvardan Harald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi palatasi odelsting) parlament — storting amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qoʻlida boʻlib, u Davlat kengashi (hukumat)ni tayinlaydi. Bosh Vazir 2013: Erna Solberg Tabiati Norvegiya — togʻli oʻlka. Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland; dengiz sohilidagina pasttekislik bor. Gʻarbiy qirgʻogʻida tik yon bagʻirli tor qoʻltiq (ford) koʻp. Yirik orollari — Lofoten, Vesterolen, Senya, Mageryo va boshqalar. Hududining katta qismini Skandinaviya togʻlari ishgʻol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen togʻi — 2470 m). Foydali qazilmalari: temir, nikel, mis, titan, uran, molibden, kobalt va kumush rudalari. Shimoliy dengizning quruqlikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor. Iqlimi moʻtadil, shimoliy chekkasida subarktika, sohilida okean iqlimi yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —2—4 °C, janubda 2 °C. Yozi salqin, tez-tez yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 1000–3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km2 ga yaqinni tashkil etadi. Yirik daryolari — Glomma, Logen (Gudbransdal), Logen (Numedal). Katta gidroenergiya salohiyatiga ega boʻlgan bu daryolar qor, yomgʻir va muzliklardan toʻyinadi. Eng katta koʻli — Myosa. Asosiy tuprogʻi — yupqa tundra tuprogʻi, janubda togʻ podzol tuprogʻi uchraydi. Mamlakat hududining 27 % oʻrmon. Yovvoyi hayvonlardan tulki, silovsin, rosomaxa, suvsar, los, bugʻu, quyon, tiyin, lemming va boshqalar bor. Dengiz sohilida gala-gala qushlar, dengizlarda turli baliq va tyulen koʻp. Aholisi Aholisining 97 % norveglar. Saamlar kvenlar shvedlar danlar nemislar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — norveg tili. Rasmiy din — lyuteranlik. Shahar aholisi 50 %. Yirik shaharlari — Oslo Bergen Tronxeym va boshqalar. Tarixi Norvegiya hududida odam muzlik davridan keyingi asrlardan beri yashaydi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida saam va german qabilalari yashagan. Norveglarning hayoti azaldan dengiz bilan bogʻliq: mamlakatning nomi ham „norveg“ — „shimoliy yoʻl“, „dengiz yoʻli“ maʼnosini bildiradi. 872-yil birinchi norveg qiroli taxtga oʻtirdi. 8—11-asrlarda mohir dengizchi boʻlgan norveg vikinglari Islandiyaga, Grenlandiya sohillari va Shimoliy Atlantikadagi orollarga yetib borib, ularni mustamlakaga aylantirdilar. 11-asrda xristianlik joriy etildi, markazlashgan monarxiya qaror topdi. 14-asr oʻrtalarida tarqalgan vabo mamlakat xoʻjaligini, ijtimoiy va siyosiy xayotni izdan chiqardi, asta-sekin mustaqillik barbod boʻlishiga olib bordi. 1319-yil Shvetsiya, 1380-yil Daniya bilan ittifoq tuzdi. 1397-yil Kalmar ittifoqiga koʻra, Norvegiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi, 1537-yil Daniyaning viloyatiga aylandi. 1805—14 yillardagi Angliya-daniya urushi va hosilsizlik Norvegiyani halokat yoqasiga keltirib qoʻydi, oʻn minglab kishi ochlikdan oʻldi. 1814-yil Kil sulh shartnomasiga koʻra, Norvegiya shvedlar mulki boʻlib qoldi. Bundan norozi boʻlgan norveg xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi. Oʻsha yil 17-mayda birinchi parlament (taʼsis majlisi) chaqirilib, konstitutsiya qabul qilindi va qirol saylandi. Shvetsiya-Norvegiya ittifoqi 1905-yilgacha amal qildi, Norvegiya ichki mustakillikdan foydalandi. 1905-yil 7-iyunda storting Shvetsiya-Norvegiya ittifoqini bekor qildi. Birinchi jahon urushida Norvegiya betaraflik eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilanoq Norvegiya betaraf ekanini bildirgan boʻlsa ham, 1940-yilda gitlerchilar Germaniyasi unga bostirib kirdi, Norvegiya hukumati Londonga koʻchdi. 1942-yil fashistlar Norvegiyada V. Kvisling boshchiligida sotqin hukumat tuzdi. Mamlakatda Qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1945-yil 8-mayda Norvegiya ozodlikka erishdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash va rivojlantirishga kirishildi. 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 10-iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17-may Konstitutsiya kuni (1814).Madhiya: Civil: Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Norvegiya ishchi partiyasi, 1887-yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1973-yil tuzilgan; Venstre, liberal partiya, 1884-yil asos solingan; Sotsialistik soʻl partiya, 1975-yil tashkil etilgan; Xristian xalq, partiyasi, 1933-yil tuzilgan. Xeyre, konservativ partiya, 1884-yil asos solingan. Norvegiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1899-yil tashkil etilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi. Iqtisodiyoti Norvegiya — rivojlangan indoʻstrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 2,9 %. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli katta. Sanoati Sanoatning yetakchi tarmoqlari: elektr metallurgiya, elektr kimyo, sellyuloza-qogʻoz, baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi. Ichki bozorga xizmat qiladigan tarmoqlar orasida oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birga mashinasozlik va metallsozlik durust taraqqiy etgan. Konchilikda temir va titan rudasi, kumir, neft va gaz qazib olish katta urin tutadi. Elektr energiyaning 99 % GESlarda hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 122 mlrd. kVt-soat). Qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, elektrotexnika, radiotexnika va yogʻochsozlik sanoati koʻproq rivojlangan. Axrli jon boshiga elektr energiyasi, sellyulozaqogʻoz mahsulotlari, ferroqotishma, alyuminiy ishlab chiqarish va kemasozlikda Norvegiya dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Qishloq xoʻjaligi Mamlakatning tabiiy sharoiti qishloq xoʻjaligi uchun juda noqulay. Togʻ-tosh koʻpligidan Norvegiya hududining 3 % ga yaqini haydaladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, goʻsht sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Dehqonchiligida yem-xashak ekinlari, bir oz miqdorda gʻalla (suli va arpa), kartoshka ekiladi. Chorvachilikda yilqi, qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Moʻyna hayvonotchiligi, baliqchilik rivojlangan, oʻrmonlarda koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi. Transporti Ichki yuklar va tashqi savdo mahsulotlarining aksariyati dengiz kemalarida tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 38,3 mln. tonna dedveyt. Yirik portlari: Oslo, Bergen, Stavanger. Temir yoʻl uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari 89,7 ming km. Asosiy aeroportlari — Gardermoen (Oslo), Sulla (Stavanger) va Budyo. Eksport va import Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qogʻoz va kimyo sanoati mahsulotlari, qora va rangli metallar, baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina, mineral xom ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Germaniya, Niderlandlar. Pul birligi — krona. Tibbiy xizmati Norvegiyada sogʻliqni saqlash yuqori darajada tashkil etilgan. Tibbiy xizmat qiymatining 80 % ijtimoiy sugʻurta hisobidan qoplanadi. Vrachlar universitetlarning tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi. Sankt — Olafs — Kille, Sanneford, Larvik, Xanke balneologik kurortlari, gʻarbiy sohilida Bergen dengiz boʻyi iqlimiy shifoxonasi bor. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Dastlabki maktablar 12-asr boshlarida ochilgan. 1848-yil 7 yoshdan 13—14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etildi, 1968-yil 16 yoshgacha yetkazildi. Hozir taʼlim tizimi maktabgacha tarbiya muassasalari, 6 yillik kichik va 3 yillik yuqori majburiy maktablar, oʻrta umumiy taʼlim maktabi — gimnaziyalar, hunar-texnikalar oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini oʻz ichiga oladi. Oslo, Bergen, Tronxeym, Tromsyodagi universitetlar, 10 ta institut oliy taʼlim beradi. Mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlarni Fan va texnika davlat qoʻmitasi hamda ilmiy tadqiqotlar maslahat kengashi muvofiklashtiradi. Norvegiya fan va adabiyot akademiyasi (1857), 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituti, sanoat va savdo firmalarining 300 laboratoriya, 40 ga yaqin ilmiy jamiyat va boshqalar bor. Bundan tashqari, Oslo universitetida 90, Tronxeym universitetida 50 ilmiy tadqiqot institut va laboratoriya ish olib boradi. Universitetlar huzurida yirik kutubxonalar va Oslo shahri kutubxonasi, Norvegiya xalq muzeyi (1894), universitet milliy osori atiqalar muzeyi, Milliy galereya, Amaliy sanʼat muzeyi, Zool. muzeyi va boshqalar bor. Norveg vikinglarining kemalari, T.Xeyerdalning „Kon-Tiki“ soli muzeyda saqlanayotir. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Eng yirik gazeta va jurnallari: „Adresseavisen“ („Manzilli gazeta“, kundalik gazeta, 1767-yildan), „Arbeyderbladet“ („Ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta, 1884-yildan), „Bergene arbeyderblad“ („Bergen ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta, 1927-yildan), „Verdene gang“ („Harakatdagi dunyo“, kundalik gazeta, 1945-yildan), „Vort land“ („Bizning mamlakat“, kundalik gazeta, 1945-yildan), „Dagbladet“ („Kundalik gazeta“, 1969-yildan), „Morgenbladet“ („Tonggi gazeta“, kundalik gazeta, 1819-yildan), „Nashunen“ („Millat“, kundalik gazeta, 1896-yildan), „Norges indoʻstri“ („Norvegiya sanoati“, 2 haftada chiqadigan jurnali, 1920-yildan), „Fremover“ („Olgʻa“, kundalik gazeta, 1903-yildan), „Harstad tidende“ („Harstad gazetasi“, kundalik gazeta, 1887-yildan), „Aktuelt perspektiv“ („Dolzarb istiqbol“, jurnal, 1963-yildan), „Fri fagbevegelse“ („Erkin kasaba harakati“, 2 haftada chiqadigan jurnal, 1906-yildan) va boshqa Norvegiya telegraf byurosi (NTB) — norveg gazetalarining aksiyadorlik jamiyati, 1867-yilda tuzilgan. Norvegiya davlat radioeshittirish mahkamasi (1933-yilda asos solingan) mamlakatdagi radioeshitirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. Adabiyoti Qadimgi norveg adabiyoti yodgorliklari deyarli saqlanib qolmagan. Ogʻzaki xalq afsonalari va qahramonlik qoʻshiqlari yozma adabiyotning ilk manbalari boʻlgan. „Tushdagi sharpa“ dostoni va „Qirol koʻzgusi“ aytishuvi (dialogi) 13-asrga oid adabiy namunalardir. 14—15-asrlarda ballada paydo boʻldi. Daniya hukmronligi davrida adabiyot tushkunlikka uchradi, dan tili koʻp vaqt Norvegiyaning adabiy tili boʻlib turdi. 18-asrda milliy tuygʻu kuchayishi bilan norveg adabiyoti yuksala bordi, dramaturgiya va lirika rivoj topdi. Norveg va dan madaniyatlarining atoqli namoyandalari — Skandinaviya teatrining ijodkori — L.Xolberg va shoir K.Tullin shu davrda faoliyat koʻrsatdi. 1772-yil Kopengagenda norveg adabiyotini tiklash maqsadida „Norveg jamiyati“ tuzildi. Shu yili Yu.N.Brun birinchi milliy drama va Norvegiya madhiyasini yaratdi, K.Fasting, K. Friman milliy vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlarini yozdi. 19-asr 1-yarmida tarix va folklorga qiziqish kuchaydi, P.K.Asbyornsen va Y.E.Mu norveg xalq ertaklarini yigʻib nashr etdilar, xalq qoʻshiklari va balladalarini yozib olishga kirishildi. Dramaturgiya va lirika rivojlandi. 50-yillarning 2-yarmida realizm xususiyatlari paydo boʻldi (B.M.Byornsonning „Badjaxl Segurd“ dramatik trilogiyasi, Ya.K.Kolletning „Amtmann qizlari“ romani va boshqalar). 70—90-yillarda tanqidiy realizm ustunlikka erishib, norveg adabiyotini jahon darajasiga koʻtardi. (G.Ibsen, B.M.Byornson, Yu.Li, A.Xyellann ijodi). 20-asr boshlarida Yu.Boyer, U.Duun, S.Unset kabi yozuvchilar adabiyotga kirib keldilar. S.Xyol, A.Omre, A.Sandemuse, T.Vesos, Yu.Borgen inson ruxiyatini teran aks ettirdilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida Norvegiya yozuvchilari fashizmga qarshi kurashda qatnashdilar, 300 ga yaqin yashirin gazeta chiqarib turildi. Urushdan keyin yaratilgan koʻpgina asarlar Qarshilik koʻrsatish harakatiga bagʻishlandi. 70—90-yillarda ijod qilgan shoirlar R.Yakobsen, Ya.Bryuxeym, A.Andersen atrof dunyo chigalliklarini tasvirladilar. G.Lyunde, E.Xovardsxolm va boshqa jamiyat illatlarini tanqid qildilar. Meʼmorligi Oʻrta asrlarda Norvegiyada yogoch meʼmorligi rivoj topdi, qoʻsh sinchli cherkov („stavkirka“)larning oʻziga xos toifasi vujudga keldi (Urnes va Borgunnadagi cherkovlar). 12—16-asrlardagi gʻishtli imoratlarda roman va gotika meʼmorligining taʼsiri seziladi. Bergendagi 16-asr 2-yarmi va 17-asrga mansub Rozenkrans minorasida Uygʻonish davri, Ser-Frundagi 18-asrga oid cherkovda barokko va rokoko, Tronxeymdagi 19-asrga mansub qirol qarorgohida klassitsizm meʼmorligi unsurlaridan foydalanildi. 19-asr meʼmorligida eklektizm (Byugdyo yarim orolidagi Oskarsxoll qasri, meʼmor Yu.Nebelong), 20-asr boshlarida funksionalizm (Oslodagi „Skansen“ restorani, meʼmor L.Bakker) usullari ustunlik qildi. Keyingi oʻn yilliklarda Oslodagi ratusha (meʼmorlar A.Arneberg va M.Poulson), „Viking“ mehmonxonasi (meʼmor K. Knutsen), Hukumat uyi (meʼmor E.Vikshe), Xovikaddendagi muzey (meʼmorlar I.Eykvar, S.Engebretsen) binolari qurilishida oʻziga xos milliy meʼmoriy shakllar paydo boʻldi. Mahalliy xalq meʼmorligi anʼanalariga murojaat qilinib, mehmonxona, xususiy villalar, hovlili koshona uylar qurila boshlandi. Tasviriy sanʼati Neolit va jez davrlarida qoyalarga ishlangan rasmlar N. hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklaridir. 8-asr oxirida oʻrta asr sanʼati (yogʻoch, fil suyagi oʻymakorligi va hokazo) tarkib topgan. 13—14-asrlarda gotika uslubidagi tasviriy sanʼat rivojlandi. Haqiqiy norveg sanʼati 19-asrda yuzaga keldi. Atoqli rassom Yu.Dal goʻzal manzaralar chizdi, A.Tidemann, X.Gude, F.Kollett, X.Bakker xalq hayotini tasvirladilar. 20-asr 1-yarmida monumental-bezak sanʼatining roli kuchaydi. Haykaltaroshlardan R. Lunne, G. Yanson mashhur boʻldi. 20-asrning 2-yarmida abstraksionizm va turli modern oqimlari vujudga keldi. Amaliy sanʼat (metall buyumlar, jimjimador yogʻoch anjomlar yasash, gazlama, toʻr toʻqish, kashtachilik, kulollik) xalq orasida keng tarqalgan. Musiqasi qadimda yuzaga kelgan. Oʻziga xos norveg xalq qoʻshiqlari (qahramonlik va muhabbat qoʻshiqlari, qissa-qoʻshiklar, choʻpon va baliqchi qoʻshiklari), raqslar (xalling, springtar va boshqalar), cholgʻu kuylari (lyuarslott va boshqalar) keng yoyilgan. Azaliy cholgʻu asboblari — buk-kexorn (echki shoxi), prillar (buqa shoxi), selye (nayning bir turi), har-tingfele (gʻijjakning bir turi) va boshqa 16-asrda sayyor baxshi (zingmeyster)lar, mohir skripkachilar, organchilar boʻlgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida F.Grot, AFlintenberg, F.Fogel, L.M.Linneman kabi kompozitor, dirijyor va musiqa nazariyotchilari ijod qilgan. 1850— 60 yillarda X.Xyerulf, U.Bull, R.Nurdrok va boshqa milliy musiqa maktabini yaratdilar. E.Grig ijodi va ijtimoiy fa-oliyati musiqa madaniyati yuksalishiga katta taʼsir qildi. Kompozitor F. U. Valen zamonaviy norveg musiqasiga asos soldi. 20-asr oʻrtalarida X.Severud, K.Egge, E.Tveyt, L.Yensen, A.Yanson, L.Nilsen kabi kompozitorlar ijod qildilar. Osloda Norvegiya operasi (balet truppasi bilan), Oslo va Bergenda konservatoriya, Tronxeymda Oliy musiqa maktabi va boshqa bor. Teatri Milliy teatr faoliyati diniy va maishiy udumlarni sahnalashtirishdan boshlangan. 18-asr oʻrtalarida Kristi-aniya (hozirgi Oslo) va Bergenda havaskor teatr truppalari tuzildi. 1780-yil do-imiy teatr ochildi. 1899-yil Kristia-niyada barpo etilgan Milliy teatrda G.Ibsen, B. M. Byornson, U. Shekspir, F.Shiller, B.Shou asarlari qoʻyildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Kristianiya, Bergen, Tronxeym, Stavangerda yangi teatrlar barpo etildi. X.Krog, N.Grig va boshqa yozuvchilarning pyesalari sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida N. teatrlari inqirozga uchradi. Mamlakat ozod etilgach, teatrlarda jahon va milliy mumtoz dramaturgiyasining asarlari koʻrsatildi. Osloda aktyor va rejissorlar tayyorlaydigan Davlat teatr maktabi (1953) bor. Kinosi 1908-yildan kinofilmlar chikarila boshlandi. 20-yillarda chet el filmlariga taklidiy filmlar yaratilgan boʻlsa, 30-yillarda oʻtkir ijtimoiy va tarbiyaviy mavzularga murojaat etildi („Sayoq“, „Torres Sner-tevold“, rejissor T.Ibsen). 40—60-yillarda Qarshilik koʻrsatish x, arakatiga bagʻishlangan filmlar — „Yashashni xohlaymiz“ (rejissor U. Dalgar), „Qochoqlar“ (rejissor T. San ne), „Toʻqqiz hayot“ (rejissor A.Skouen) N. kinosining katta yutugʻi boʻldi. Keyingi yillarda rejissorlardan N.Myuller, N. Kristensen, T.Vibe-Myuller va boshqa riyokorona axloqni fosh etuvchi filmlar yaratishdi. N.da huj-jatli, ilmiy ommabop (rejissor P.Xest, A.Berg, T.Xeyerdal) va multiplikatsiya (rejissor I. Kaprino) kinosi ham rivojlangan. Manbalar Yevropa BMT aʼzolari
16,821
3203
https://uz.wikipedia.org/wiki/Portugaliya
Portugaliya
Portugaliya (Portugal), Portugaliya Respublikasi (República Portuguesa) — Yevropaning janubiy -gʻarbida, Pirenei yarim orolda joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor orollari va Madeyra arxipelagini oʻz ichiga oladi. Maydoni 92,3 ming km². Aholisi 10,53 mln. kishi (2012). Poytaxti — Lissabon shahri Maʼmuriy jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okrug (distrito)ra boʻlingan, shundan 18 tasi materikda joylashgan boʻlib, 11 tarixiy viloyatga birlashgan. Davlat tuzumi Portugaliya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1976-yil 25-aprelda kuchga kirgan, unga 1982 va 1989-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1996-yildan Jorje Sampayyu), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yilga va kupi bilan ikki muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Respublika majlisi (bir pala-tali parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati Atlantika okeani sohillari payettekislik, qumli, kam parchalangan. Shimolida Meseta yassi togʻligining chekka qismlari joylashgan. Esh-trela togʻi — mamlakatning eng baland nuqtasi (1991 m). Gʻarbida togʻlar dengiz boʻyi pasttekisligiga tik tushadi. Teju daryosi janubida Portugaliya past-tekisligi bor. Eng chekka jan.ni Ser-ra-daalgarvi past togʻlari egallagan. Volfram, qalay, mis, temir, qoʻrgʻoshin, uran rudalari, kumir, kaolin, berill, marmar, oltin, kumush konlari topilgan. Iqlimi — subtropik. Oʻrta dengizga xos. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi sohilda 10°, ichki hududlarda 8° gacha, iyulniki — sohilda 20° va ichki hududlarda 27°. Yogʻingarchilik sohilda yiliga 1000 mm, togʻlarda 2000 mm. Doru (Duero), Teju va Gvadiana daryolarida kema qatnaydi. Shimolida togʻ-oʻrmon podzol, markaziy va janubiy hududlarda qoʻngʻir va jigarrang, dare vo-diylarida allyuvial tuproklar. Sohilda botqoq yerlar, shoʻrxok tuproklar koʻp. Mamlakat janubiy oʻsimliklari Oʻrta dengiz atrofiga xos, togʻlar makvis chakalakzorlari bilan qoplangan, shimolidagi togʻlarda tosh eman va poʻkak eman, kashtan, sohilda qaragʻayzorlar uchraydi. Togʻlardagi kattagina maydonlar oʻtloq. Hayvonot dunyosi boʻri, tulki, suvsar, genetta, tipratikan, yovvoyi quyon va hokazolardan iborat. Kemiruvchilar, koʻrshapalaklar, har xil parranda koʻp. Jeresh va Ria Formoza milliy bogʻlari, bir necha qoʻriqxonalar bor. Aholisining 99% — portugallar; ispanlar va boshqalarlar ham yashaydi. Rasmiy tillar — portugal va mirandes tillari. Shahar aholisi 35% ga yaqin. Dindorlari — katoliklar. Yirik shaharlari: Lissabon, Portu, Amadora. Tarixi P. hududida paleolit davrida manzilgoxlar boʻlgan. Miloddan avvalgi 4—3-asrlardan bu yerda luzitanlar yashagan. Miloddan avvalgi 1-asr oxirida Qad. Rim ixtiyoriga utib, uning Luzitaniya viloyati boʻlib qoldi. Milodiy 5-asr 1yarmidan svevlar, 6-asr 2yar-midan vestgotlar hukmronlik qildi. 713—18 yillarda P. hududini arablar va barbar (mavr)lar bosib olib, Arab xalifaligi tarkibiga qushdi. Ozodlik kurashi (Rekonkista) natijasida mamlakat 1249—50 yillarda arablar istib-dodidan butunlay qutuldi, portugal millati tarkib topdi, Portugaliya davlati vujudga keldi. P.ning geografik oʻrni qulay boʻlganligi tufayli savdosotiq va hunarmandchilik rivojlandi, shaharlar tez usdi. Qirollik hokimiyati kuchayib, uzga mamlakatlarni bosib ola boshladi. Afrika va Osiyodagi bir qancha hududlarni mustamlakaga aylantirdi. 1500-yildan Braziliyani egallashga kirishdi. 16-asrning 1yarmi P. imperiyasi ravnaq topgan davr buldi. Ammo juda katta boylikni qoʻlga kiritib olgan maranlar (xristianlikni qabul qilgan yahudiylar)ning chet ellarga ketib qolishi sababli P. iqtisodiyoti tushkunlikka uchray boshladi. 1581—1640-yillarda P. Ispaniya hukmronligida buldi. 18-asr boshida P. iqtisodiy va siyosiy jihatdan Angliyaga butunlay karam bulib qoldi. 1750-yildan mamlakatda "maʼrifiy absolyutizm" ruhidagi islohotlar tufayli bir muncha iqtisodiy va siyosiy jonlanish boshlangan bulsa ham, 1777-yildan key-in bu isloxrtlar bekor qilindi. 1807-yilda Napoleon 1 qoʻshinlari P.ni bosib oldi. 1811-yilda fransuz bosqinchilari haydab chiqarildi, biroq mamlakat 1820-yilgacha ingliz bosqinchilari zulmi ostida qoldi. 1820-yil P. inqilo-bidan soʻng islohotlar utkazildi. 1821-yil taʼsis korteslari qabul qilgan liberal konstitutsiya zamindorlarning imtiyozlari va inkvizitsiyani bekor qildi. Sanoat korxonalari, jumladan, toʻqimachilik fabikalari barpo etildi, 1853-yildat.y. ishga tushirildi. Ammo P. 20-asr boshlarida ham qoloq mamlakatligicha qolaverdi. 1926-yil 28-mayda hokimiyatni fashistlar egalladi. 1911-yil konstitutsiyasi bekor qilindi, parlament tarqatib yuborildi. 1932-yil davlat toʻntarishi boʻlib, A. di Oliveyra Salazar butun hokimiyatni koʻlga oldi. 1933-yil "yangi davlat" konstitutsiyasi joriy qili-nib, unda fashistik diktatura krnunlashtirildi. Barcha muxolifat partiyalar faoliyati man qilindi. Mustamlakalarda ham siyosiy zulm kuchaytirildi. Ikkinchi jahon urushida P. betaraf turdi. Urushdan keyin mamlakatda demokra-tik harakat kuchaydi. Mustamlakalarda ozodlik harakati avj oldi. Mustamla-kachilik urushi P. iqtisodiyotini juda zaiflashtirib quydi. Mamlakatda, hatto armiya safida ham norozilik kay-fiyati tarkaldi. 1974-yil 25-aprelda fashizm diktaturasi barham topdi va hokimiyat general di Spinola boshliq Milliy najot kengashi qoʻliga oʻtdi. Siyosiy faoliyatga birmuncha erkinlik berildi. Gvineya-Bisau, Mozambik, Yashil Burun orollari (hozirgi Kot-d’Ivuar), San-Tome va Prinsipi orollari va An-golaga mustaqillik berildi. 1976-yil qabul qilingan konstitutsiya fuqarolarning ijtimoiy va demokratik huquklarini kafolatladi. Ammo mamlakat hukumatlari tez-tez oʻzgarishi siyosiy beqarorlikdan darak berardi. 1982-yil noyabrda konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartishlar hokimiyat vazifalarini oqilona taqsimlash orqali mamlakatdagi siyosiy holatni barkarorlashtirdi. Portugaliya — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 16-yanvarda tan oldi va 1992-yil 13-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 10-iyun — Portugaliya kuni (1580). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq monarxiyachi partiyasi, 1974-yil tuzilgan; Xalq partiyasi, 1995-yil tashkil etilgan; Portugaliya kommunistik partiyasi, 1921-yil asos solingan; Sotsial-demokratik partiya, 1974-yil tuzilgan; Sotsialistik partiya, 1973-yil asos solingan. Portugal mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi— Milliy intersindikal, 1970-yil tashkil etilgan. Portugaliya mehnatkashlari umumiy itti-foqi, 1979-yil tuzilgan, Xalkaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi tarkibiga kiradi. Xoʻjaligi va Sanoati Portugaliya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 30%, qishloq xoʻjaligi ulushi — 6% atrofida. 20-asr oxirlarida sanoatda mehnatga layoqatli aholining 33% ishladi va yalpi milliy mahsulotning 40% dan koʻprogʻini ishlab chiqardi. Temir, volfram, mis, uran, qalay rudalari, kumir, oltin, kumush qazib chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajra-tib olinadi. Mayda metallurgiya korxonalarida va Lissabon yaqinidagi Seyshal shahridagi zavodda metall eritiladi. Sanoat ishlab chiqarish qiymatining salkam 30% mashinasozlik va metall ishlash korxonalari ulushiga toʻgʻri keladi. Kemasozlik, avtomobil yigʻuv, velosiped, mototsikl, motorlar, ayrim turdagi stanoklar, roʻzgʻor mashinalari, elektrotexnika va radioelektronika asbob-uskunalari ishlab chiqarish rivojlangan. Kimyo va neft kimyosi korxonalarida oltingugurt kislotasi, mineral o'gʻit, sintetik tola va plastmassa ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik (ip va jun gazlama toʻqish), tikuvchilik, oziq,-ovqat (zaytun yogʻi, baliq konservalari, vino ishlab chiqarish) sanoati azaldan eksport uchun ishlaydi. Sement, chinni, oyna va sopol ishlab chiqarish korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi (asosan, GESlarda). Asosiy sanoat markazlari: Lissabon, Portu, Setubal, Barreyru, Braga. Qishloq xoʻjaligining asosini dex.qonchilik tashkil etadi. P. hududining 50% ishlanadi, shundan 30% haydaladigan yerlar. 10% bogʻ va tok-zor, sitruszor, zaytunzorlar. Asosiy oziqovqat ekinlari: bugʻdoy, makka-joʻxori, javdar, arpa, iyuli, kartoshka. Orollarda banan, ananas, shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi. Qishloq xoʻjaligi aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qoplamaydi. Trans p ortining asosiy turi — dengiz kema qatnovi. Dengiz savdo flo-tiningtonnaji 1,1 mln. t dedveyt. Transport yoʻli uzunligi — 3,6 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 70,1 ming km. Lissabonda 1960-yildan metropoliten ishlaydi. Lissabon va Azor orollari (Santamariya)da xalkaro aeroport bor. Asosiy dengiz portlari — Lissabon, Portu. Tashqi savdosi Portugaliya chetga mineral xom ashyo, toʻqimachilik va tikuvchilik buyumlari, vino, meva, poʻkak, qogʻoz, oziqovqat mahsulotlari, mashina-uskunalar chiqaradi. Chetdan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xom ashyo va yoqilgʻi (asosan, neft va neft mahsulotlari), mashina va uskunalar, kimyoviy mahsulotlar keltiradi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — eskudo. Tibbiy xizmati Davlatga karashli kasalxonalar bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. 3 universitetning tibbiyot fakultetlarida vrachlar tayyorlanadi. Kuror-tlari orasida balneologiya sihatgoqlari koʻp. Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari 7 yoshdan 13 yoshgacha oʻqish majburiy va bepul. Boshlangʻich maktabi 7 yillik boʻlib, u 4 yillik boshlangʻich va 3 yillik qoʻshimcha kursdan iborat. 4 yillik boshlangʻich maktab negiziga tayangan litseylar va shunga oʻxshash boshqa oʻquv yurtlari oʻrta maʼlumot beradi. Hunar-texnika taʼlimi beruvchi turli oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 1 yildan 5 yilgacha. 8 universitet, oliy pogʻona kollejlari, harbiy va dengiz maktablari oliy maʼlumot beradi. Ko-imbradagi universitet (1290-yil asos solingan, xuzurida 5 institut bor), Lissabon universiteti (1290-yil asos solingan, 1911-yil qayta tiklangan, xuzurida 8 institut bor), Lissabondagi texnika universiteti (1931-yil asos solingan), Portu shahridagi universitet (1911-yil asos solingan) ularning eng yiriklaridir. Portugaliyada Lissabon ilm-fan aka-demiyasi (1779), Milliy sanʼat akademiyasi (1932), 25 ilmiy tadqiqot instituti, koʻpgina filiallarga ega boʻlgan Tabiiy fanlar boʻyicha tadqiqot kengashi (1936-yil Lissabonda tashkil etilgan), tibbiyot, fizika fanlari, texnika masalalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi tadqiqot markazlari bor. Ped., tarix, geogr., arxeologiya, sanʼatshunoslik, til va adabiyot arboblarini byrlashtiruvchi 48 ilmiy jamiyat mavjud. Yi-rik kutubxonalari: Fanlar akademiya-sining kutubxonasi (1779), Lissabondagi Milliy kutubxona (1796), Koim-bra universiteti kutubxonasi va boshqa Yirik muzeylari: Milliy qad. sanʼat muzeyi, Milliy zamonaviy sanʼat muzeyi, Xalq sanʼati muzeyi, Dengiz orti hududlari etnografiyasi muzeyi, Arxeologiya, Bezak sanʼati, Harbiy mu-zeylar (hammasi Lissabonda), Koimb-radagi tabiat tarixi muzeyi va boshqa Matbuoti, radioeshittirishi va telekursa guvi Portugaliyada koʻpgina gazeta va jurnallar nashr etiladi, eng muhimlari: "Dia" ("Kun", kundalik gazeta, 1975-yildan); "Diariuda Republika" ("Respublika gazetasi", kundalik gazeta, 1820-yildan), "Diariu notisiash" ("Yangiliklar gazetasi", kundalik gazeta, 1864-yildan), "Diariu popular" ("Xalq gazetasi", kundalik kechki gazeta, 1942-yildan), "Alavanka" ("Pishang", oylik jurnal), "Kapital" ("Poytaxt", kundalik kechki gazeta, 1968-yildan), "Publiku" ("Jamoatchilik", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Eshpresu" ("Ekspress", haftanoma, 1974-yildan). Luza axborot agentligi 1987-yilda ilgarigi ikki agentlik: Notisiash di Portugal va Ajen-sia Notisioza Ofisial Portugeza — ANOPning qoʻshilishi yoʻli bilan tuzilgan. Portugaliya radioeshittirish davlat kompa-niyasi 1975-yil tuzilgan. Portugaliya televideniyesi, aksiyadorlik telekompaniyasi, 1956-yil tashkil etilgan. Adabiyoti Adabiyotiga boy portugal folklori asos boʻlgan, uning 11-asrga oid namunalari bizgacha yetib kelgan. 13—15-asrlarga mansub ritsarlik lirikasi namunalari ilk adabiy yodgorliklardir. 15-asr boshlaridan tarixiy xronikalar yaratildi, ularda tarixiy vokealar afsona va rivoyatlar bilan qoʻshib tasvirlandi. 15-asr oxirlaridan Uygʻonish davri adabiyoti maydonga chiqa boshladi. 16-asr oʻrtalaridagi iktisodiy va siyosiy tanglik oqiba-tida adabiyot ham inqirozga yuz tutdi. 18-asr oʻrtalaridan adabiyotga maʼrifat-parvarlik gʻoyalari kirib keldi. 19-asrning 30-yillarida romantizm rivoj topdi. 50—60 yillarda esa zamonaviy mavzularga eʼtibor kuchaydi. A. di Kental (1842—91) sheʼriyati, J. Dinishe (1839-71), J.M. Esadi Keyrush (1843-1900) romanlari, A.Enish (1848—1901) pyesalari voqea va hodisalarni haqqoniy aks ettirdi. 20-asr P. adabiyotida dekadentlik tamoyillari hukmron boʻldi. 1926-yil fashizm diktaturasi oʻrna-tilishi umidsizlik kayfiyatini kuchay-tirdi. 1974-yil bu diktatura barham top-gach, erkin adabiyotning vujudga kelishiga imkon yaratildi. Ilgʻor adiblar yangi, demokratik madaniyat barpo etishda faol katnasha boshladilar. Meʼmorligi Portugaliya xududida miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1yarmidan doirasimon re-jali uylardan iborat istehkomli man-zilgoqlar saqlangan. Rimliklardan Evordagi Diana ibodatxonasi haro-balari (miloddan avvalgi 3—2-asrlar), vestgotlardan 3 nefpn bazilika tipidagi muh-tasham qirol saroylari (7-asr), arab madaniyatidan guvalak turar joylar qolgan. 12—14-asrlarda koʻpdan-koʻp shahar soborlari va monastir majmualari roman va gotika uslubida (Lissabon, Braga, Vizeu, Evorada) qurilgan. Tugab borayotgan romantizm milliy bezak uslubi — "manuelino" uchun asos boʻldi. Ispanlar hukmronligi davri (1581—1640)da qurilish inqirozga uchradi. 17-asr oxiri — 18-asrda shaharsozlik rivojlandi, meʼmorlikda barokko va rokoko ustun boʻldi (Lissabon yaqinidagi Kelush saroyi, 1747—52, meʼmor M. V. di Oliveyra), 19-asrda klassitsizm rivojlandi. 20-asr meʼmorligida eng yangi qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanildi. Lissabon va Portu shaharlari rekonstruksiya qilinib, imoratlarda quyoshni toʻsuvchi qurilmalar qoʻllanildi. Tasviriy sanʼati Paleolit davridan qoya rasmlari (Santyagu-du-Eshkoral), neolit davridan dolmenlar, sopol idishlar saqlangan. 13— 15-asrlarda gotika uslubidagi haykaltaroshlik rivojlandi. 15—16-asrlar P. rassomligi niderland sanʼati taʼsirida taraq-qiy etdi. 17—18-asrlar sanʼatida barokko usuli mahobatli haykaltaroshliqsa namoyon boʻldi (J. Mashadu di Kashtru, A. Ferreyra ijodi), 18—19-asr boshlaridagi rassomlikda soʻnggi italyan barokko sanʼati anʼanalari klassitsizmning akademik talqini bilan almashdi. 20-asrning 50-yillarida neo-realistlar oqimi maydonga keddi (J. Pamar va boshqa ijodi), bu oqim vakillari milliy tarix va xalq hayotiga murojaat etdilar. Fashist diktaturasi agʻdarib tashlangach, koʻpgina rassomlar demokratik oʻzgarishlarga hissa qoʻshish ishtiyoqida ijod qila boshladi. Xalq ijodida yogʻoch oʻymakorligi, guldor sopol va turli ba-diiy buyumlar tayyorlash, toʻqimachilik, toʻr toʻqish rivoj topgan. Musiqasi ispan musiqa madaniyati bilan mushtarak xususiyatlarga ega. Qoʻshiq va qoʻshiq-raqs janrlari koʻproq rivojlangan. Mexnat va marosim qoʻshikdaridan eng koʻp tarqalgani — fadu (gitara joʻrligida kuylanadi), eng ommaviy raqs — vira. Gitara, gayta (volinka), zabumba (katta silindrsimon baraban), tambur (kichik baraban), pandeyru va adufi (doyra va toʻrtburchak shaklidagi doyra) kabi musika asboblari bor. Professional mu-siqa ham oʻz anʼanalariga ega. Italyan opera sanʼatining taʼsiri katta. Ilk yirik kompozitor M. Portugal (1762— 1830) 50 dan ortiq opera yozgan. "San-Karlush" opera teatri (1793) va Milliy konservatoriya (1835, ikkalasi ham Lissabonda), Musiqa akademiyasi (Ko-imbra), Munitsipal konservatoriya (Portu), 4 simfonik orkestr, xor ka-pellasi, bir necha musika jamiyati bor. Teatri 12-asrda sodda teatr tomoshalari koʻrsatilgan. 15-asr oxirlarida milliy teatr shakllandi, unga dramaturg, aktyor va kompozitor J. Visente asos soldi. 16-asr oxirida Lissabonda dunyoviy teatrlar paydo boʻldi. 17-asr katolik reaksiya kuchayishi teatrni tanaz-zulga uchratdi. 18-asrda maʼrifatparvarlik gʻoyalari teatrga samarali taʼsir qildi. 19-asr 20—30-yillarida milliy teatr rivojlana boshladi. Lissabonda dramatik sanʼat konservatoriyasi, milliy teatr tashkil topdi (1846). 20-asr boshlarida teatr turli moderni-stik okimlar taʼsirida boʻldi. Lissabonda qirolicha Mariya milliy teatri, Milliy xalq teatri, Badiiy teatr bor. Jahon mum-toz yozuvchilari asarlari va milliy zamonaviy dramaturglar (K. Ferreyra, A. Redol) pyesalari sahnalashtirilgan. Yetakchi aktyorlari: A. Abranshis, L. Simoinsh, S. Dinij, M. Lalandi va boshqa Kinosi 1896-yildan ayrim kino-filmlar suratga olina boshladi. 1909-yil "Portugaliya-film" firmasi tashkil qilindi. 20-yillarda mashhur portugal rejissyorlari — A. di Barrush ("Dengiz qizi Mariya" badiiy filmi, 1930), M. di Oliveyra ("Doru, daryodagi ogʻir mehnat", 1931, "Tentak Anika", 1942, hujjatli filmlari) fa-oliyati boshlandi. 60-yillar oxiridan demokratik yoʻnalish qaror topdi. "Ont" (rejissyor A. di Masedu), "Doʻstlarim" (rejissyorda Kunya Telish), "Benilde" (1974), "Juvonmarg boʻlgan sevgi" (1981 — ikkalasining rejissyor Oliveyra), "Nozik taomil" (1976, rejissyor S. Santos) filmlari yaratildi. Figeyrada-Fosh shahrida xalqaro kinofestivallar utka-zil adi. Oʻzbekiston — Portugaliya munosabatlari Portugaliya (), toʻliq rasmiy nomi Portugaliya Respublikasi () — kontinental Yevropadagi eng gʻarbiy davlat. Poytaxti — Lissabon shahri. BMT aʼzosi. Manbalar Travel and Tourism office website Previsão do Tempo - Weather forecast for Portugal Hududiy bo'linishi Manbalar Yevropa BMT aʼzolari
17,627
3204
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ruminiya
Ruminiya
Ruminiya (Romania) — Yevropaning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 238391 km². Aholisi 21,33 mln. kishi (2012). Poytaxti — Buxarest shahri. Maʼmuriy jihatdan 40 uyezd (iudet) ga tenglashtirilgan Buxarest munitsipiyasiga boʻlinadi. Davlat tuzumi Ruminiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 8-dekabrdagi umumxalq referendumida maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident. U aholi tomonidan umumiy toʻgʻri, teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi va 2 muddatdan ortiq lavozimda qolishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament, ijro hokimiyatini hukumat amalga oshiradi. Tabiati Ruminiya hududining aksari qismini togʻlar va tepaliklar (oʻrtacha balandligi 800 m) egallaydi. Asosiy togʻ tizmasi — Karpat mamlakat hududida katta yoy shaklini hosil qiladi (eng baland nuqtasi — Moldavyanu togʻi, 2 544 m). Karpat togʻlarida kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Transilvaniya platosi va Gʻarbiy Ruminiya togʻlari ham Karpat tizmasiga mansub. Janubda Quyi Dunay pasttekisligi va Gʻarbda Oʻrta Dunay pasttekisligi joylashgan. Dunay etaklari bilan Qora dengiz oraligʻida Dobruja platosi choʻzilgan. Ruminiya hududida Qora dengiz sohilining uzunligi 245 km. Konstansadan shimolroqda qirgʻoqlari aksari qismi past, ayrim joylari botqoq, qum tillari va liman (qoʻltiqcha)lar bilan parchalangan, qirgʻoqqa yaqin joylarda orol koʻp. Foydali qazilmalardan neft va gaz, toshkoʻmir, temir, polimetall, mis va oltin rudalari, boksit, toshtuz konlari topilgan. Iqlimi — moʻtadil kontinental iqlim. Eng katta daryosi — Dunay. Uning asosiy irmoqlari: Prut, Siret, Olt, Yalomitsa. Pasttekisliklarda, asosan, unumdor qora tuproq; balandliklarda qoʻngʻir va kulrang; oʻrmon, togʻlarda, asosan, togʻoʻtloq tuproqlar tarqalgan. Daryo yaqinlarida oʻtloq, qamishzor, oʻrmonlar bor. Transilvaniya platosi, Moldaviya qiri, Dobrujaning eng baland joylari va Karpat togʻ oldida (400–700 m balandlikkacha) qoraqayin aralash emanzorlar mavjud. Karpat togʻlarida (800–1 200 m balandlikkacha) qoraqayinlar, balandroqda (1 500–1 800 m gacha) igna bargli daraxtlar oʻsadi. Togʻlarning eng baland joylari subalp va alp oʻtloqlari bilan band. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Oʻrmonlarda boʻri, tulki, qoplon, boʻrsiq, quyon, olmaxon, qushlardan boyoʻgʻli, qizilishton, kakku va boshqalar yashaydi. Togʻ echkisi, toʻngʻiz, ayiq, bugʻu, dashtlarda sugʻur, yumronqoziq, dala sichqoni uchraydi. Ruminiya hududida Retezat milliy bogʻi va bir necha qoʻriqxona tashkil etilgan. Aholisining 90% ga yaqini ruminlar. Venger, nemis, loʻli, ukrain, serb va ruslar ham yashaydi. Rasmiy til — rumin tili. Shahar aholisi 55,4%. Dindorlarining aksariyati — pravoslav xristianlar. Yirik shaharlari: Buxarest, KlujNapoka, Timishoara, Yassi, Brashov, Galats, Krayova, Konstansa, Ployeshti. Tarixi Ruminiya hududida ilk paleolit davridan buyon odam yashaydi. Transilvaniya, Moldova va Valaxiyada dak qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi I asr oʻrtalarida getdaklar qabila ittifoqi shakllanib, keyinchalik uning asosida davlat paydo boʻla boshlagan. I asr boshlarida daklar yashaydigan hududni Rim bosib olib, Dakiya nomi bilan oʻz viloyatiga aylantirdi, daklar esa romanlashtirildi. 271-yil Rim imperiyasi inqirozga uchrashi natijasida rimliklar Dakiyadan chiqib ketishga majbur boʻldi. Keyinroq bu yerlarga xunnlar, gepidlar, avarlar kirib kela boshladi. VI-VII asrlarda slavyanlar koʻchib kelib oʻrnashdi. VIII—X asrlarda Ruminiya hududining talaygina qismi Birinchi Bulgʻor podsholigi tarkibiga kirdi. X-XI asrlarda bijanaklar, qipchoqlar, XIII asrda moʻgʻullar bostirib keldi. XIV asrda ikki mustaqil davlat — Valaxiya va Moldova knyazliklari tashkil topdi. XVI asrga kelib, ular Usmonli turk imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. 1688-yil Transilvaniya Gabsburglar davlatiga qoʻshib olindi. XVII—XIX asrdagi Rossiya—Turkiya urushlari natijasida Usmonli imperiyasi zaiflashdi, bu esa Valaxiya va Moldova xalqlarining milliy ozodlik kurashiga qulay sharoit yaratdi. Valaxiya va Moldova knyazliklari muxtoriyatga erishdi, ularning xalqlari yagona davlat (1861-yildan Ruminiya)ga birlashdilar. 1862-yil Buxarestda milliy majlis chaqirilib, yagona hukumat tuzildi. 1877-yilda Ruminiya toʻla mustaqillikka erishdi va 1881-yil qirollik deb eʼlon qilindi. Birinchi jahon urushi boshlarida Ruminiya Antanta davlatlari bilan ittifoq tuzib, Avstriya-Vengriya hududining bir qismini qoʻshib oldi va urushga kirishdi. Urush natijasida Ruminiya hududi va aholisi ikki baravar koʻpaydi: 1918-yil unga Transilvaniya qoʻshib berildi. Shu yili Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani bosib oldi. 1929—33-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Ruminiya sanoati (neftdan tashqari) va qishloq-xoʻjaligiga salbiy taʼsir qildi. 1928—33-yillarda hukumat tepasiga vaqti-vaqti bilan millatchi tsaranistlar partiyasi kelib, mamlakat iqtisodiyotini gʻarbga tobe qilib qoʻydi. Natijada Ruminiyaning gʻarbga qaram boʻlishi kuchaydi. 1926-yil chet elga badargʻa qilingan taxt vorisi Karol 1930-yil mamlakatga qaytib keldi va Karol II nomi bilan taxtga chiqdi. 1931-yil "Temir gvardiya" degan fashistik tashkilot tuzildi. 1939-yil martda Ruminiya bilan Germaniya oʻrtasida tuzilgan iqtisodiy bitim mamlakat iqtisodiyotini asoratga soldi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Ruminiya hukumati betaraflik siyosatini eʼlon qildi, lekin 1940-yil yozida bundan voz kechdi. Mamlakat fashizm yoʻliga oʻtdi. Oʻsha yil 23-noyabrda Ruminiya Berlin paktiga qoʻshildi va Ikkinchi jahon urushida qatnasha boshladi. 1944-yil 23-avgustda Ruminiya hukumati agʻdarib tashlandi. Mamlakatning yangi hukumati 24-avgust kuni Germaniyaga urush eʼlon qildi. 1944-yil 25-oktabrda Ruminiya hududi batamom ozod etildi. 1947-yil monarxiya tugatilib, Ruminiya Xalq Respublikasi eʼlon qilindi (1965-yil 21-avgustdan 1989-yil 22-dekabrgacha Sotsialistik Respublika deb atalgan). 1948—89-yillarda Ruminiya Kompartiyasi (1921-yil tashkil etilgan, 1948—65-yillarda Ruminiya Ishchi partiyasi deb nomlangan) hukmronligi davrida mamlakat Sovet Ittifoqi taʼsirida boʻldi. Ayniqsa, N.Chaushesku diktatorlik rejimi (1965—89-yillar) davlat rivojiga halokatli taʼsir qildi. 1989-yil qoʻzgʻoloni natijasida hukumat agʻdarib tashlandi, Chaushesku qatl etildi, Ruminiya KP tugatildi, mamlakat nomi oʻzgartirilib, "Ruminiya" deb atala boshladi. Hokimiyat tepasiga Milliy qutqarish fronti kengashi, 1990-yil fevraldan Muvaqqat milliy kelishuv kengashi keldi. 1990 va 1992-yillarda birinchi marta demokratik saylov oʻtkazildi. Ruminiya — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Ruminiya suverenitetini 1991-yil 20-dekabrda tan olgan va 1995-yil 6-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1-dekabr — Ruminiya milliy kuni (1918). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Demokratik partiya, 1993-yil asos solingan; Milliy liberal partiya, 1990-yil roʻyxatga olingan; Ruminlar milliy birligi partiyasi, 1990-yil tuzilgan; Ruminiya Sotsial Demokratik partiyasi (Partidul Social Democrat), 2001-yil Ruminiya Sotsial Demokratiya partiyasi (Partidul Democraţiei Sociale in România) bilan Rumin Sotsial Demokratik partiyasi (Partidul Social Democrat Român) qoʻshilishi natijasida tashkil topgan; Ruminiya vengerlari demokratik ittifoqi, 1989-yil tuzilgan; Bukj Ruminiya partiyasi, millatchi partiya. Ruminiya erkin kasaba uyushmalari milliy konfederatsiyasi, 1993-yil tuzilgan; Milliy kasaba uyushma bloki; "Alfa" milliy kasaba uyushma karteli. Xoʻjaligi Ruminiya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 41%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 19%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 40%. Sanoati Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ustun (?!). Yoqilgʻi-energetika bazasining negizini gaz, koʻmir va neft tashkil etadi. Elektr energiyaning koʻp qismi issiqlik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (1-yilda oʻrtacha 55 mlrd. kVtsoat). Neft konlari, asosan, Janubiy va Sharqiy Karpat etaklarida joylashgan. Temir, boksit, polimetall rudalari, mis, oltin, toshtuz va hokazo qazib olinadi. Neftni qayta ishlashning asosiy markazlari — Ployeshti, Brazi, Piteshti, Dermeneshti. Metallsozlik, qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Slatinada alyuminiy, Kopsha-Mikeda qoʻrgʻoshin va rux, Baya-Mareda mis eritiladi. Mashinasozlik, asosan, neft qazib olish va uni qayta ishlash, kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati, energetika uchun texnologiya mashina uskunalari va elektrtexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avtobuslar, temir yoʻl transporti vositalari, qurilish mashinalari, kemalar va traktorlar ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari: soda, xlor, oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, sintetik kauchuk, plastmassa, smola, kimyoviy tola, dori-darmon, boʻyoq, lak va boshqalar. Binokorlik materiallari ishlab chiqarish, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik (ayniqsa, mebel), toʻqimachilik tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalari, yogʻ, vino, pishloq) sanoatining ham salmogʻi katta. Asosiy sanoat markazlari: Buharest, Konstansa, Yassi va Timishoara.. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli barcha yerlar salkam 15 mln. gektar. Shundan salkam 2,5 mln. gektari sugʻoriladi. Dehqonchilik ustun. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa, suli. Texnika ekinlaridan qand lavlagi va kungaboqar yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik (asosan, vinobop navlar) rivojlangan. Goʻsht chorvachiligi yetakchi: qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik, oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini 60% qondiradi. Tashqi iqtisodiy aloqalari Ruminiya chetga traktor, avtomobil, transport vositalari, kimyoviy oʻgʻit va neft mahsulotlari, qora metallar prokati, quvur, mebel, sement, poyabzal, gazlama, tovush yozish apparatlari, mineral xom ashyo chiqaradi. Chetdan turli mashinamexanizmlar, kimyoviy mollar, yoqilgʻi va xom ashyo, oziq-ovqat, keng isteʼmol mollari keltiradi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Rossiya, Fransiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — ley. Transporti Ruminiyaning Markaziy Yevropa mamlakatlaridan Qora dengiz va Dunayga oʻtiladigan tranzit yoʻllaridagi ahamiyati katta. Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida temir yoʻlning ulushi qariyb 39,5%, dengiz transportining ulushi 48,8%, avtomobil transportining ulushi 7,1%, truboprovod transportining ulushi 3,2%, daryo transportining ulushi 1,4%. Temir yoʻllar uzunligi 11,4 ming km, avtomobil yoʻllari 153 ming km. Asosiy dengiz porti — Konstansa, daryo portlari — Breila, Jurju va Galats. Buharest (Otopen) va Konstansada xalqaro aeroportlar bor. Tibbiy xizmati Davlatga qarashli poliklinika va kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar 5 ta tibbiyotfarmatsevtika institutida, oʻrta tibbiyot xodimlari tibbiyot maktablari va litseylarda tayyorlanadi. R.da 100 dan ortiq balneologiya va 23 iqlimiy kurort bor. Eng mashhurlari: Eforiya, Mangaliya, Konstansa, Sinaya, PoyanaBrashov va boshqa Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari R.da taʼlim tizimi kuyidagicha: 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bolalar bogʻchalari mavjud. 6 yoshdan 8 yillik maktabda taʼlimtarbiya beriladi, soʻng 2 yillik litsey boskichi boshlanadi. 10 ylik maktab negizida hunartexnika tayyorgarligi amalga oshiriladi. Litseyni bitirganlar oliy oʻquv yurtida oʻqishni davom ettirishi mumkin. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Buharest universiteti (1864), KlujNapoka, Brashov, Krayova, Galats, Yassi, Timishoara shaharlarida untlar, politexnika institutlari va boshqa oʻquv yurtlari bor. R.da Fanlar akademiyasi, Tibbiyot fanlari, Qishloq xoʻjaligi fanlari va oʻrmon akademiyasi, ijtimoiy-siyosiy Fanlar akademiyasi, ularning filiallari va ilmiy tadqiqot institutlari, idoraviy ilmiy tadqiqot institutlari bor. Fanlar akademiyasining kutubxonasi, Markaziy davlat kutubxonasi, Buharest universitetining markaziy kutubxonasi, politexnika institutining kutubxonasi va boshqa kutubxonalar, shuningdek, tasviriy sanʼat, tarix, etnografiya, arxeologiya, yodgorlik muzeylari mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi R.da koʻpgina gazeta, jurnal va byulletenlar nashr etiladi. Eng muximlari: "Adeverul" ("Haqiqat", mustaqil kundalik gazeta, 1989-yildan), "Az" ("Bugun", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Viktorul rominesk" ("Ruminiya kelajagi", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Vyasa kapitaley" ("Poytaxt hayoti", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Demokratsiya" ("Demokratiya", haftanoma, 1990-yildan), "Dreptatya" ("Adolat", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Lumya az" ("Bugungi dunyo", mustaqil tashqi siyosat haftanomasi, 1963-yildan), "Rominiya libere" ("Ozod Ruminiya", kundalik mustaqil gazeta, 1943-yildan), "Tribuna ekonomika" ("Iqgisodiy minbar", haftalik jurnal, 1990-yildan). A. M. Pres — Mustaqil xususiy agentlik, 1991-yil asos solingan; Milliy axborot agentligi — Rompres, 1990 -yil"Ajerpres" agentligi qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan. Radio va Erkin rumin televideniyesi, 1989-yil Rumin radio va televideniyesi asosida barpo etilgan. Adabiyoti Asrlar davomida marosim, doyna (ishqiy) va gayduk qoʻshiqlari milliy adabiyot shakli, rumin tilining takomillashuv vositasi boʻlib kelgan. Boyar Nyakshuning xati (1521) dastlabki yozma yodgorlik hisoblanadi. 16-asrda dunyoviy mazmundagi didaktik asar yaratilishi, diniy kitoblar rumin tiliga tarjima qilinishi tarjimachilik va noshirlik rivojiga turtki boʻldi. Rumin tili va adabiyotining qaror topishida G. Ureke (1590—1647), M. Kostin (163391), Y. Nekulche (1672—1745) va boshqa ijodining ahamiyati katta. Ularning qalamiga mansub yilnoma va xronikalar adabiy mavzu va uslub namunasi boʻldi. 18-asr oxiri va 19-asr 1-yarmida D. Kantemirning allegorik nasri, Ye. A. va N. Vekereskularning lirik va epik sheʼriyati adabiyot rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. G. Asaki bilan Y. EliadeRedulesku xalq ijodiyotiga asoslanuvchi yangi rumin adabiyotini yaratdilar. 19-asr 1-yarmiadabiyotiga yorqin romantizm ruxi singa boshladi. V. Kirlovi, G. Aleksandresku, A. Pann, A. Russo kabi yozuvchilar milliy tarix va folklorga alohida eʼtibor berdilar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida, ayniqsa, Birinchi jahon urushidan soʻng hayotni haqqoniy aks ettiruvchi adiblar (Y. Agirbichanu, L. Rebryanu, K. Petresku, J. Kelinesku) ijod qila boshladi. Xususan, M. Sadovyanu asarlarida qad. va yangi davr rumin turmushining turli qirralari oʻz ifodasini topdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng, ayniqsa, mamlakat sotsialistik rivojlanish yoʻliga oʻtgach, adabiyotga sotsialistik realizm zoʻrlab tiqishtirildi, natijada adabiy asarlar bir yoqlama, sayoz tus oldi. Meʼmorchiligi Ruminiya hududida frakiylar, skiflar, keltlarning madaniyat yodgorliklari, Qora dengiz boʻylaridagi antik shaharlar (Kallatiya, hozirgi Mangaliya; Istriya; Tomi, hozirgi Konstansa) qoldiklari, Transilvaniya togʻlarida daklar qalʼalarining harobalari saqlangan. Transilvaniya oʻrta asrlar madaniyati Markaziy Yevropa mamlakatlari, Valaxiya madaniyati esa VizantiyaSerbiya meʼmorligi bilan birga, moldovan meʼmorligi oʻziga xos tarzda rivojlangan. 14—17-asrlarda tosh va gʻishtdan uylar, mahobatli minora va darvozali istehkomlar qurilgan. Xalq turar joylari ochiq galereyalar bilan, oʻymakorlik, naqshinkorlik va koshinkorlik usulida qurildi. 16—18-asrlarda barpo etilgan mahobatli inshootlar (KurtyadeArjashdagi yepiskop cherkovi, 1512—17; Buharestdagi Stavropolis cherkovi, 1724—30; Buharest yaqinidagi Mogoshoaya saroyi, 1700—02 va boshqalar) ham shunday usullarda bezatildi, hashamdorlikka intilish kuchaydi, 18-asr oxiri meʼmorligida klassitsizm urf boʻldi. 19-asr 2-yarmida sanoat va shaharlar rivojlanishi bilan qorishiq meʼmorlik ruhida jamoat binolari (Buharestdagi Ateneum, Adliya saroyi va boshqalar) va xalq meʼmorligi anʼanalari asosida binolar (Buharestdagi Bufetul) qurish avj oldi. 20-asr 30-yillarida neoklassitsizm belgilari ustunlik qilgan boʻlsa (Buharestdagi Respublika saroyi), asrning 2-yarmida industrial usullar joriy etildi, yangi shaharlar barpo qilindi. Tasviriy sanʼati Egey madaniyatiga yaqin. Neolit davriga mansub guldor sopol idishlar, haykalchalar, 4-asrga mansub zargarlik buyumlari topilgan. 12-asrdan boshlab Transilvaniya sanʼati Markaziy Yevropa sanʼati bilan hamohang rivojlangan (14—15-asr devoriy rasmlari, dastgoh rangtasviri, 17-asr qabr haykaltaroshligi). 18-asr devoriy rassomligi va haykaltaroshlikda barokko uslubi seziladi. 14— 18-asrlar amaliy bezak sanʼatida metallga badiiy ishlov berish urf boʻldi. Valaxiya va Moldovaning oʻrta asrlar sanʼati Vizantiya, Serbiya, Bolgariya taʼsirida boʻldi. 16-asr cherkovlari devoriy rasmlar bilan, 17—18-asrlarda esa oʻymakorlik bilan bezatildi. 14— 15-asrlarda miniatyura (usta Gavril Urik) va rangtasvir (Kurtyade Arjeshda avliyo Nikolay cherkovidagi rasmlar) paydo boʻddi. 16-asr rangtasvirida dunyoviy rux yuzagakeddi. 17—18-asrlardagi Valaxiya rangtasvirida folklor ruxi (FilipeshtidePedurdagi cherkov rasmlari, 1692, rassom P. Mutu) ustunlik qiladi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida dunyoviy sanʼat yuksaldi. 20-asr boshlaridagi rassomlar ijodida fovizm, kubizm va ekspressionizm anʼanalari xalqchil milliy ideallar bilan qoʻshiddi (Sh. Lukyan, T. Pakladi, K. Ressu va boshqalar). Siyosiy grafika yuqori darajaga koʻtarildi (N. Tonitsa, A. Jikidi va boshqalar). 20-asr 2-yarmida amaliy bezak sanʼatining har xil turlari — kulolchilik, badiiy oynachilik, kashtachilik rivoj topdi. Bu sohada yangi shakllarni izlashga, qad. anʼanalardan, noyob ifoda vositalaridan foydalanishga qiziqish kuchaydi. Musiqasi Marosim, mehnat (choʻpon), muhabbat qoʻshikdari, allalar, ballada va doynalar, laparlar oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xalq cholgʻu asboblari: skripka, kobza, simbala, fluyer, fleyta (nay) va boshqa Leutar deb atalgan mohir musiqachilar folklorni ommalashtirishda katta ish qiddilar. Ruminiya davlati yuzaga kelishi bilan (1862) professional rumin musiqasi rivoj topdi. A. Flextenmaxer, E. Kaudella, Ch. Porumbesku, J. Shtefenesku, K. Dimitresku, G. Dima, G. Muzichesku dastlabki milliy sahna, xor qoʻshiklarini ijod qiddilar. 20-asr 1-yarmida bu maktab gʻoyat ravnaq topdi. Kompozitorlik maktabi asoschisi J. Enesku, shuningdek, M. Jora, S. Dragoy, M. Andriku, P. Konstantinesku kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chikdi. 1920-yil rumin kompozitorlar jamiyati tuzildi, musiqashunoslik rivojlandi. 20-asr 2-yarmida oratoriya, kantata, operetta, ommaviy qoʻshiq, estrada, teatr va kino musiqasi kabi janrlar yuzaga keldi. R.da 10 ta musiqa teatri, 20 ta simfonik orkestr, xalq musiqa ansambllari, xor jamoalari, 2 ta konservatoriya bor. M. Basarab, K. Silvestri, M. Bredichanu kabi dirijyorlar, 3. Palli, N. Xerlya, A. Floresku, T. L ukachu kabi xonandalar, Sh. Georgiu, Y. Voyku, Sh. Ruxa kabi sozandalar mashhur. Teatri qad. oʻyin va marosimlardan boshlangan. Ular orasida "kelushariy" (nikoh marosimi) va "brezaya" (yangi yil marosimi) ayniqsa oʻziga xos. R.da dastavval maktab teatrlari paydo boʻldi. 1841-yil Yassida teatr binosi qurildi. 1852-yil Buharestda Katta teatr (1877-yildan Milliy teatr) ish boshladi. Soʻngra bir qancha shaharlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ochildi. 19—20-asrlarda G. Manolesku, A. Romanesku, K. Nottara, A. Prutyanu, keyinchalik ularning izdoshlari A. Demetriade, T. Bulandra va boshqa realistik anʼanalarni davom ettirdilar. Ular jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlarini va mahalliy mualliflarning pyesalarini sahnalashtirdilar. Eng mashhur aktyorlari: Ruminiya Beligan, A. Buzesku, G. VasiliuBirlik, K. Antoniu, M. Bachu, D. Kocha, rejissyorlari: M. Gelerter, L. Jurjesku, S. Aleksandresku, Y. Pola, L. Chuley va boshqa Kinosi Filmlar 1897-yildan suratga olina boshlagan. 1911-yil birinchi film — "Peshonaga yozilgan muhabbat" ishlab chiqarildi. 1950 -yil"Vodiy jarangi", 1952 -yil"Mitrya Kokor" filmlari yaratildi. 20-asrning 2-yarmida "Tashnalik", (rejissyor M. Dregan), "Dunay toʻlqinlari" (rejissyor L. Chuley), "Panjarasiz osmon" (rejissyor F. Muntyanu), "Hokimiyat va haqiqat", "Fitna" (rejissyor M. Markus), "Devor" (rejissyor K. Vayeni), "Lahza" (rejissyor Vitanidis) kabi falsafiy, axloqiy filmlar yaratildi. Y. PopeskuGoponing multfilmlari jahonga mashhur. Tanikli aktyorlari — Ruminiya Beligan, M. Pogonat, M. Barbu, I. Petresku va boshqa 1963-yil kino xodimlari jamiyati tuzilgan. Kino mutaxassislari Y.L.Karajale nomidagi teatr va kino sanʼati institutida tayyorlanadi. Oʻzbekiston — Ruminiya munosabatlari Havolalar Ruminiya: demokratiyaga oʻtish Manbalar Yevropa BMT aʼzolari
20,455
3205
https://uz.wikipedia.org/wiki/San%20Marino
San Marino
San Marino (San Marino Respublikasi) poytaxti — San Marino shahri. BMT aʼzosi. San-Marino - eng qadimiy respublikalardan biri bo‘lib, Unga 301-yil 3-sentabrda Rim imperatori Diokletianning nasroniylarga qarshi qiynoqlaridan qochgan nasroniy tosh ustasi Dalmatian Marinus tomonidan asos solingan. 1253-yildan beri davlat tuzumi o‘zgarmay kelgan. 1463-yildan buyon San-Marino hududi o‘zgarmagan. Aholisining etnik tarkibi: San-Marinolar-83%,italyanlar- 12%'' Tabiati San-Marino Titano tog‘ yonbag‘rida joylashgan. Mamlakat iqlimi — o‘rtayer dengiz iqlimi, lekin Italiya iqlimiga nisbatan mo‘tadil. Qishda ko‘p qor yog‘adi. O‘rmonlari kamayib ketgan. Ammo efirmoyga boy butazor va o‘tloqlar mavjud. Tog‘da joylashgan kichik daryolar yozda qurib qoladi. Xo‘jaligi San-Marino iqtisodiyoti asosan sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, pochta markalari, tangalar va esdalik sovg‘alar chiqarishga tayanadi. Aholining turmush darajasi va o‘rtacha umr ko‘rish yoshi dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan. Mamlakatda mahalliy hunarmandchilik rivojlangan. Asosiy eksport mahsulotlari: vino, chinni, shisha buyumlar, esdalik sovg‘alari. Diqqatga sazovor joylari Sayyohlarni San-Marinoning go‘zal tabiat manzaralari, O‘rta asr va Uyg‘onish davriga mansub arxitektura san’ati durdonalari o‘ziga jalb qiladi. Shahar XVI asrda barpo etilgan qadimiy davr qo‘rg‘on devorlari bilan o‘ralgan. Ko‘cha va yo‘laklar tosh zinalar bilan birlashgan. Asosiy yodgorliklarga XIV-XV asrlar cherkovi, XVI asr kaputsinlar monastirlari, XTV-XV asrlar San-Franchesko cherkovi, XIX asrda qurilgan ozodlik maydonidagi hukumat saroyi kiradi. San-Marino - ilmiy, madaniy ommabop kongress, konferensiya, simpoziumlar o‘tkaziladigan an’anaviy joy. Manbalar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Dunyo m am lakatlari. Ensiklopediya. - Тoshkent.: MCHJ «DAVR NASHRIYOTI», 2013-yil Yevropa San Marino BMT aʼzolari
1,876
3206
https://uz.wikipedia.org/wiki/Serbiya
Serbiya
Serbiya (serbcha: Србија, Srbija), rasman Serbiya Respublikasi (serbcha: Република Србија, Republika Srbija) Markaziy va Janubi-sharqiy Yevropada, Oʻrta-Dunay platosi va Bolqon yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Poytaxti — Belgrad shahri. BMT aʼzosi. Aholisi 7,224 mln (2012). Yevropa BMT aʼzolari
301