id
stringlengths
1
7
url
stringlengths
31
410
title
stringlengths
1
147
text
stringlengths
1
177k
text_len
int64
1
177k
3400
https://uz.wikipedia.org/wiki/Suriya
Suriya
Suriya (, Sūriyā), Suriya Arab Respublikasi (, al-Jumhūriyya l-‘Arabiyya s-Sūriyya) — Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan. Maydoni 185,2 ming km². Aholisi 17,2 million kishi (2002). Poytaxti – Damashq shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi. 2011-yilda boshlangan Arab bahori natijasida mamlakatda siyosiy beqarorlik yuzaga keldi. Hozirgi kunda mamlakatda notinchlik hukum surmoqda. Davlat tuzumi Suriya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1973-yil 12 martda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000-yildan Bashshor Asad), u milliy referendumda 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Tabiati Dengiz sohilining aksari qismi tepalik va toshloqli yassitogʻlikdan, ozrogʻi pasttekislik (eni 20–30 km)dan iborat. Gʻarb va janubda Antilivan togʻ tizmasi va balandligi 2814 m gacha boʻlgan Ash-Shayx togʻi joylashgan. Suriya hududining katta qismini gʻarbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi plato egallagan. Gʻarbda Ansoriya va Az-Zaviya togʻ tizmalari, janubi-gʻarbda Ad-Duruz (eng baland joyi 1803 m) vulkan massivi joylashgan. Suriya hududining janubi-sharqini Suriya choʻlining bir qismi, shimol-sharqini Jazira platosi tashkil qiladi. Neft, temir, mis, marganets, xromit, oltingugurt va boshqa konlar bor. Iklimi Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim. Qish va bahorda yogʻingarchilik koʻp, yozi quruq. Oʻrtacha tempatura yanvarda 12°, avgustda 27°; yillik yogʻin 700 mm dan kam. Mamlakat sharqida quruq kontinental iqlim. Furot daryosining Suriya hududidagi uz. 675 km, uning asosiy irmoklari – Xobur va Balix. Shimoli-sharqiy chegara boʻylab Dajla daryosi oʻtadi, shimoli-gʻarbda Oʻrta dengiz havzasiga mansub boʻlgan Osi daryosi va shimolda Hims koʻli bor. Platoda boʻz tuproqli qumloqqumoq choʻllar, janubda toshloqshagʻalli hamada anchagina maydonni egallagan. Pasttekisliklarda shoʻrxok yerlar uchraydi. Sharqiy Tavr togʻ oldi boʻz jigar rang va jigar rang tuproqdan iborat, dengiz boʻyida sariq tuproq, balandlashgan sari tog jigar rang va togʻoʻrmon tuproqli yerlar boshlanadi. Ansoriya togʻining sharqiy yon bagʻrida togʻ dashtlari uchraydi. Sohil va togʻ yon bagʻirlaridagi oʻrmonlarda eman, qaragʻay, sarv daraxtlari oʻsadi, lavr butazorlari bor. Hayvonot dunyosi sirtlon, boʻri, chiyaboʻri, qoraquloq, jayran, yovvoyi eshak (onagr), kemiruvchi va sudraluvchilar, togʻlarda suriya ayigʻi, toʻngʻiz, oʻrmon mushugi va boshqalardan iborat. Aholisi Aholisining 90% arablar (suriyaliklar); ulardan tashqari kurd, arman, turkman, turk, cherkas, falastinliklar ham yashaydi. Rasmiy til – arab tili. Aholining aksariyati sunniy musulmonlar, shuningdek shialar, alaviylar, xristianlar, maroniylar ham bor. Shahar aholisi 52,4%. Yirik shaharlari: Damashq, Halab, Hims, Loziqiya. Qadimgi Suriya Tarixi Suriya hududida odam paleolit davridan yashab keladi. Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida mayda shahardavlatlar vujudga kelgan. Mil. av. 15-asrda Suriyaning koʻp qismini Misr, 14-asrda Xett podshoxligi egallab olgan, 12-asr boshlarida Suriya ozodlikka erishsada, 8-asr oxirida Ossuriyata, 7-asr oxirida esa Yangi Bobil podshoxligi, 6-asr oʻrtalarida Axomaniylarga qaram boʻldi. Mil. av. 333 yil Iskandar Maqsuniy (Aleksandr) davlati tarkibiga kirdi, bu davlat barbod boʻlgach, salavkiylar davlatining viloyatiga aylandi. Mil. av. 1-asrda Armaniston podshosi Tigran II S.ni bosib oldi, 64 yil Rim, mil. 4-asr oxiridan Vizantiya viloyatiga aylandi. Mil. 633–40 yillarda Arab xalifaligi, 1516-yilda Usmonli turk imperiyasi zabt etdi va Suriya 1818-yilgacha Turkiya tarkibida boʻldi. 1832–40 yillarda Misr qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1840-yil Suriyada Yana turklar hukmronligi tiklandi. 1918-yil okabrda Suriyani ingliz qoʻshinlari bosib oldi. 1919-yil Angliya Fransiya kelishuviga binoan inglizlarning oʻrnini fransuzlar egalladi. 20 yillarda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1928-yil Taʼsis majlisiga saylov oʻtkazildi, 1930-yil mayda Suriya respublika deb eʼlon qilindi, ammo Fransiya mandati saqlanib krldi, bu mandat 1943-yil dekabrda bekor qilindi. 1946-yil 17 apreldagina toʻla mustaqillikka erishdi. 1958-yil Suriya Misr bilan yagona davlat – Birlashgan Arab Respublikasi (BAR)ga birlashdi, ammo 1961-yil 28 sentabrda uning tarkibidan ajralib chiqdi va oʻzini Suriya Arab Respublikasi (SAR) deb eʼlon qildi. 1963-yil 8 martda davlat toʻntarishi boʻlib, Suriya Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Baʼs) hokimiyatni qoʻlga oldi, 1971-yil 12 martdan Hofiz Asad prezident boʻldi. 1967-yil iyunda Suriyaga Isroil hujum qilib, mamlakat hududining bir kismini (Gʻulon tepaliklarini) bosib oldi. 1973-yil oktabrda Suriya boshqa arab davlatlari qatori harbiy harakatlarda qatnashib, Isroil tomonidan bosib oligan yerlarning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq boʻldi. S– 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 28 dekabrda tan olgan va 1992-yil 24 aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 17 apr, – Chet el koʻshinlari chikarib yuborilgan kun (1946). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Baʼs), 1947-yil aprelda Arab uygonish partiyasi sifatida tashkil etilgan, 1954-yildan xoz. nomda; Suriya kommunistik partiyasi, 1924-yil tuzilgan; SAR Taraqqiyparvar milliy fronta, 1972-yil asos solingan, 8 tashkilotni birlashtiradi. Suriya ishchi kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1938-yil tuzilgan. Iqtisodiyoti Suriya – agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda qishloq xoʻjaligi.ning ulushi 26%, sanoatning ulushi 21%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 53%. Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 50%ga yaqini shugʻullanadi. 3,7 mln. gektar yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 500 ming ga sugʻoriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi. ekinlari: bugʻdoy, arpa, paxta, tamaki, qand lavlagi; sholi, yer yongʻoq, sabzavot, poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Vohalarda bogʻdorchilik rivojlangan, tok, sitrus, xurmo va boshqa subtropik mevali oʻsimliklar oʻstiriladi, zaytun yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot, xachir boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi. Sanoatida konchilik ustun: neft, fosforit, toshtuz, tabiiy asfalt, oltingugurt qazib olinadi. Elektr styalarning aksariyati neft asosida ishlaydi (yiliga oʻrtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Neft Baniyos va Himsdagi zavodlarda qayta ishlanadi. Kime (mineral oʻgʻit ishlab chiqarish.), toʻqimachilik (jumladan, ip gazlama) va oziqovkat (un, yogʻ, vino, qandshakar, tamaki va boshqalar), elektr texnika sanoati rivojlangan. Traktor yigʻuv, elektr motor, poʻlat prokati, beton shpal zavodi, koʻnchilik, poyabzal, binokorlik materiallari va boshqa korxonalar bor. Hunarmandchilik (oltin, kumush, misdan turli buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari – Damashq, Halab, Hims, Loziqiya, Tartus. Transport yoʻli uzunligi – 1,8 ming km, avtomobil yoʻllari –39,2 ming km, neft quvurlari – 805 km. Asosiy dengiz portlari – Loziqiya, Tartus, Baniyos Damashqda xalqaro aeroport bor. Iroq va Saudiya Arabistonidan Oʻrta dengiz sohiliga tortib kelingan koʻpgina neft quvurlari Suriya hududidan oʻtadi. Suriya chetga neft va neft mahsulotlari, fosforit, paxta, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari, teri, jun va boshqa chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, oziqovqat, kimyo mahsulotlari va boshqa keltiradi. Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Livan, Gretsiya bilan savdo qiladi. Suriyaning Oʻzbekiston Respublikasi bilan 2002-yildagi tovar aylanmasi 1,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Pul birligi – suriya funti. Tibbiy xizmati Suriyada tibbiy xizmat pulli. Vrachlar tayyorlaydigan 3 ta maktab, stomatolog va farmatsevtlar maktabi, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari tayyorlaydigan 5 ta maktab bor. Halabdagi universitetda veterinariya fakulteti ochilgan. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Maktab dindan ajratilgan, ammo diniy maktablar ham bor. Bir necha xususiy oʻquv yurti mavjud. Darslar arab tilida olib boriladi. Suriyada 4 universitet va bir qancha davlat oliy oʻquv yurtlari Damashq universiteti (1923), Halabdagi universitet (1960), Himsdagi universitet (1979), Loziqiyadagi universitet (1971), Damashq oliy texnologiya instituti va boshqa] ishlaydi, ularda pul toʻlab oʻqiladi. Arab akademiyasi (1919), Damashq akademiyasi (1919), qishloq xoʻjaligi. ilmiy markazlari bor. Damashqda universitet kutubxonasi va Milliy kutubxona (1880), Halabda Milliy kutubxona (1924), Loziqiyada Milliy kutubxona (1944), Damashqda Milliy muzey (1919) va Arab tamadduni muzeyi (1976–77), Halabda Arxeologiya muzeyi (1960), Palmira muzeyi (1961), Hims, Tartus, Busroda muzeylar mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi Asosiy gaz. va jurnalilari: "As-Savra" ("Inkilob", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1963-yildan), "Al-Baʼs" ("Uygonish", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1962-yildan), "Al-Jamohir al-Arabiya" ("Arablar ommasi", arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "Nizol ash-Shaʼb" ("Xalq kurashi", arab tilida chiqadigan gazeta, 1934-yildan), "Siriya tayme" ("Suriya vaqti", ingliz tilida chikadigan kundalik gazeta, 1981-yildan), "Al-Fido" (arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "Al-Muhandis al-Arabiy" ("Arab muhandisi" arab tilida 2 oyda 1 marta chiqadigan jurnali, 1961-yildan), "Nizol al-Fallohin" ("Dehqonlar kurashi", arab tilida chiqadigan haftanoma, 1965-yildan). Suriya arab axborot agentligi (SANA), hukumat axborot mahkamasi, 1965-yil asos solingan. Radioeshittirish va telekoʻrsatuv bosh direksiyasi, hukumat xizmati, 1946-yil tuzilgan. Adabiyoti Suriya xalqining ogʻzaki ijodida mil. av. 8–7-asrlar voqealarini eslatuvchi rivoyatlar uchraydi. Mil. 2–14-asrlar ga oid suriya (suryoniy) yozuvlari topilgan. 8-asrdan arab tili rayem boʻla boshladi va 14-asrga kelib dunyoviy adabiyetdan suriya tilini surib chiqardi. Oʻrta asrlarda Abu Tammom, Al-Buhturiy, Al-Mutanabbiy, Abu Firos sheʼrlari va Abulʼalo al-Maarriyning falsafiy asarlari dunyoga keldi. 19-asrga kadar Suriya adabiyoti arab mumtoz adabiyoti anʼanalarini davom ettirdi. 19-asr oʻrtalaridan Livan bilan Falastinni oʻz ichiga olgan Suriya arab madaniy uygʻonish makonlaridan biri boʻldi Fransis Marrosh, Rizqolloh Hassun, Abdurahmon al-Kavokibiy va Adib Ishoq bu harakatga bosh boʻldilar. Birinchi jahon urushidan keyin vatanparvarlik kayfiyatidagi adabiy kuchlar (Muhammad Kurd Ali, Xalil Mardambek, Salim al-Jundiy va boshqalar) Damashqdagi Arab akademiyasiga birlashib, arab adabiy merosini batafeil oʻrganish va ommalashtirishga kirihdilar. 20 yillarda realistik nasr (Subhi Ali Gʻanim, Sami alKiyoli, Fuad ashShaib, Shakib alJabri) yuzaga keldi. Xayriddin az-Zirikli, Muhammad alBizm, Muhammad Sulaymon al-Ahmad kabi shoirlar mustamlakachilikka qarshi, mustakillik uchun kurash ruhida sheʼrlar yozihdi. 1951-yil Suriya yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr adabiyotida milliy ruhni qaror toptirish harakati kuchaydi. 60 yillardagi ayrim adiblar aksariyat ezilgan va umidsizlikka tushgan kimsalar hayoti va qismatini tasvirlashga berildilar. Soʻnggi yillarda Isroilning arab mamlakatlariga bosqinini laʼnatlovchi sheʼrlar (Ahmad Sulaymon Ahmad, Ali Jundiy) va nasriy asarlar (Mutoʼ Safadiy, Zakariyyo Tomir) yaratildi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Suriyaning qad. sanʼat yodgorliklari neolit davriga mansub (DamirKapu qoyatosh rasmlari, SakcheGyozyu sopoli, tosh va loydan yasalgan haykalchalar). Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida shahardavlatlar (Mari, Ugarit, Yamxada – hozirgi Halab) ravnaq topishi bilan birga meʼmorlik yuksak darajaga koʻtarildi: murakkab tarxli saroylar, hovlili ibodatxonalar qurildi. Mil. av. 16–14-asrlardagi sanʼat asarlarida Qad. Misr va Egey madaniyatining taʼsiri seziladi. Mil. av. 9-asrda Ossuriya, mil. av. 4-asrdan mil. 4-asrgacha yunon meʼmorligi anʼanalari ruhida inshootlar yaratildi (Palmiradagi mahobatli kolonnalar va ibodatxonalar). 5–6-asrlarda Suriyada mahalliy ilk Vizantiya badiiy maktabi shakllandi (Antioxiya, Apameya, Shahbo qadama naqqoshligi). Tosh va suyak oʻymakorligi, pol mozaikasi, kitob miniatyurasi rivojlandi. 7–8-asrlarda Suriya arab madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi, naqqoshlik, haykaltaroshlikning yangi uslublari yaratildi. Oʻsha davrda oʻrta asr shaharlarining qiyofasi shakllandi, mayejid, madrasa, tim, kasalxona, karvonsaroy, hammom va boshqa barpo etildi (Palmira yaqinidagi Qasr alXayr alGʻarbi, 8-asr, Damashqdagi toqiravoqli jome masjid, 705–715 yillar). Salibchilar tomonidan roman uslubida qurilgan qasrlarning harobalari saqlangan (Hims shahri yaqinidagi Crac des Chevaliers qoʻrgʻoni, 12-asr). 13–15-asrlarda meʼmorlikda bezakka koʻp eʼtibor berildi, rang-barang koshinlardan, toshlardan, naqshdan keng foydalanildi, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. Kitob miniatyurasi sanʼati yuqori bosqichga koʻtarildi. Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻlgan yillar (1516–1918) da turk meʼmorligiga xos hasham ortdi. Tasviriy sanʼatda nakshni asliga yaqinlashtirish avj oldi. 20-asrning 60–90yillarida Vahbi alHaririy, Burhon Tayyor, Mahmud Nofal, TamimalKisraviy, Jozef Abduxdsid kabi meʼmorlarning loyihalari asosida zamonaviy binokorlik konstruksiyalaridan foydalanib, milliy shakldagi imoratlar qurila boshladi (Damashqdagi Kasaba uyushmalari binosi, Damashq va Halabdagi universitet korpuslari, Loziqiyadagi munitsipalitet binosi va boshqalar). Tasviriy sanʼatda modernizm unsurlari sezila boshlasada, koʻpgina rassomlar mahalliy badiiy anʼanalarni davom ettirdilar (Afif Baxnassi, Nozim Jaʼfariy, Maxmud Jalol, Jak Varde, Muhammad Fathiy va boshqalar). Xalq amaliy sanʼatida kashtachilik, kandakorlik, badiiy toʻquvchilik rivojlangan. Musiqasi Suriya xalq va anʼanaviy musiqasida rivojlangan lad tizimi – maqomlar koʻp. Cholgʻu asboblari joʻrligida qoʻshiq aytish yetakchi musiqiy janrdir. Ud, rubob, gʻijjak, qonun va boshqa cholgʻu asboblari koʻp tarqalgan. Zamonaviy xalq orkestri tarkibiga yevropacha skripka, violonchel, kontrabas kabi cholgʻu asboblari ham kiritila boshladi. 1870-yil bastakor Mustafo alBashnak tashabbusi bilan Halabda musiqa maktabi ochildi. Milliy bastakorlik maktabini Solhi Uadsi, Dik Sukkari kabilar rivojlantirdilar. Xalq qoʻshiklari ijrochilaridan Shokir Brexan, Mutia Mafi, Saboh Faxriyni koʻrsatish mumkin. Musiqaning ommalashuvida radio va televideniyening xizmati katta. Milliy musiqa kadrlari Damashq (1962 i. tashkil etilgan) va Halab (1963) konservatoriyalarida tayyorlanadi. Teatri Suriya teatr sanʼatining kurtaklari milliy marosim va bayramlardan boshlangan. Professional teatr 19-asr oʻrtalarida Damashqda Abu Xalil al-Qabboniy teatr truppasini tashkil etish bilan vujudga keldi. 1930-yillar oxirigacha mamlakatga kelib turgan Misr truppalari Suriya professional teatrining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 40 yillarda Damashqda Abdullatif Fathiy rahbarligida teatr xodimlari jamoasi tashkil etilib, birinchi marta suriya lahjasida spektakllar qoʻyildi (1945–46). 1952-yil Sayodiddin Baxdunis tashkil qilgan truppa Damashq va Halabda 1957-yilgacha tomosha koʻrsatdi. 1956-yil Damashqda yarim professional Erkin teatr, Halabda Xalq teatri ishlay boshladi. 1957-yil pantomima xalq truppasi tuziddi. Damashqda arab milliy drama teatrining ochilishi Suriya madaniy hayotida katta voqea boʻldi. Mamlakatning eng isteʼdodli aktyorlari Ali Aklya Arsan, Asad Fiddo, A. Kinni shu teatrda ishlay boshladi. Teatr repertuaridan xorijiy mumtoz va mahalliy dramaturgiya asarlari oʻrin oddi. Bundan tashqari Damashqda "Ashshavq" ("Tikanak") satira teatri, Harbiy teatr, Dured Lyaham nomidagi satira va komediya teatri, Qoʻgʻirchoq teatri ham ishlaydi. Kinosi Suriyada birinchi kino seansi 1906-yilda boʻlgan. Birinchi toʻla metrajli "Aybsiz sudlanuvchi" (rejissyor Ayyub Badri) badiiy filmi 1928-yil yaratildi. 30-yillarda "Damashq osmoni ostida" (rejissyor I. Anzur, 1932), "Burch amri bilan" va "Qahvaxona ashulachisi" (ikkala film rejissyor A. Badri, 1938, 1939) kabi filmlar yaratildi. Shundan keyingi salkam 30 yil mobaynida mustamlakachilar hukmronligi davrida kinofilmlar yaratish bilan havaskorlargina shugʻullandilar. 60 yillarning 2-yarmi va 70 yillarda ijtimoiy-siyosiy mavzudagi "Yuk mashina haydovchisi" (rejissyor B. Vuchinich, 1967, Toshkent 1 kinofestivalida faxriy diplom olgan), "Aldanganlar" (rejissyor T. Saloh), "Qoplon" (rejissyor N. Malex, 1972, KarloviVari, Lokarno va Damashq kinofestivallarida mukofot olgan) va boshqa filmlar yaratildi. Shundan soʻng Yaqin Sharq mojarosiga bagʻishlangan "Teskari yoʻl" (rejissyor Haddad, 1975), "Qahramonlar ikki marta tugʻiladi" (rejissyor S. Duxni) va "Qizil, oq, qora" (rejissyor B. Safiy, 1977) filmlari dunyoga keldi. Mervan Haddadning "Shirin muhabbatim" va Vadi Yusufning "Qopqon" (1980), N. Malexning "Eski suratlar" (1981) filmlari Suriya kinematografiyasining soʻnggi yillardagi muvaffiqiyatidir. Yaqin Sharq BMT aʼzolari Arab davlatlari Levant
16,995
3401
https://uz.wikipedia.org/wiki/Birlashgan%20Arab%20Amirliklari
Birlashgan Arab Amirliklari
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA; ) – Gʻarbiy Osiyodagi (Yaqin Sharqdagi) davlat. U Arabiston yarim orolining sharqiy uchida joylashgan va Ummon va Saudiya Arabistoni bilan chegaradosh, Fors ko'rfazida Qatar va Eron bilan dengiz chegarasiga ega. Abu-Dabi mamlakatning poytaxti, eng ko'p aholisi bo'lgan Dubay esa xalqaro markaz hisoblanadi. BMT aʼzosi. Davlatni boshqarish shakli mutloq monarxiya. Maydon 82,880 km². Milliy pul birligi — dirham (AED). Rasmiy din — islom. Musulmonlar — 96 %, boshqalar — 4%. Aholisi BAA aholisi — 5,1 mln kishi (2010). Etnik tarkibi: arablar — 20 %, arab olamidan tashqaridagi hududlar, yaʼni Yevropa, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan — 80 %. Aholining 33 %i ayollar, 67 %i erkaklar. Til Rasmiy tili arab tili, bundan tashqari ingliz, hind, urdu va fors tillaridan ham foydalaniladi. Soʻngi yillarda Dubayga rus turistlar tashrifi koʻpligi sababli mehmonxonalarda ishchilar rus tillarida ham suhbatlashmoqdalar. Geografiya BAA Fors va Omon koʻrfazida Arab yarim orolining sharqiy qismida joylashgan. Saudiya Arabistoni Qirolligi, Qatar va Omon Sultonligi bilan chegaradosh. BAA 7 ta amirlik (xonlik) dan iborat: Abu-Dhabi, Ajman, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvayn, Sharja. Asosiy joylar Dubay (bu yer juda qiziqarli sanoatlashgan dam olish joyi: akvapark, hayvonot bogʻi, Dubay tarixiy muzeyi, mamlakatdagi eng katta savdo markazi mavjud), Sharja, Ras Al-Hayma, Abu-Dhabi, Fujeyra, Um Al-Quvayn. Asosiy turistlik markazlari: Abu-Dhabi, Ajman, Jumeyra, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvain, Sharja. Ish vaqti Odatiy ish kuni ikki mavsumda 8 soat: ertalabdan 13:00 gacha va 16:00 dan kechgacha. Payshanba — qisqa kun, juma — dam olish kuni. Bayram va dam olish kunlar 2-dekabr (Mustaqillik kuni); 1-yanvar (Yangi yil); 6-avgust — Zaid shayxlikka qabul qilingan kun. Diniy bayramlar Iyd Al-Fitr — Ramazon tugagandan soʻng; Iyd Al-Adxa — musulmonlarning qurbonlik bayrami; Musulmon kalendari boʻyicha yangi yil; Iqtisodiyoti BAA YaIMning oʻsishi 2010-yilga nisbatan 3,2 %, Inflyatsiyaning tushishi esa 1 %. BAA iqtisodiy oʻsishi 2010-yilda 3,2 %, uning katta qismi neft boʻlmagan sektorlardan, inflyatsiyaning tushishi 1 % kutilmoqda — deydi Davlat Iqtisodiyot Vaziri. YaIMning oʻsishida 71 % neftsiz maxsulotlarga toʻgʻri keladi, 2008-yilda bu koʻrsatkich 66,5 % edi, — deydi Sultan bin Said Al Mansuriy. Savdo tashkilotlari OPEC va WTO. Asosiy import hamkorlari: Xitoy 12,9 %, Hindiston 12 %, AQSH 8,6 %, Yaponiya 6 %, Turkiya 4,4 %, Italiya 4,2 %. Qarzi: $128,6 million (2009-yil dekabr maʼlumoti), Davlat qarzi 47,2 %, Zarari $54,68 mlrd. (2009). YaIMda qishloq xoʻjaligi (1,6 %), sanoat (61,8 %), xizmat koʻrsatish (36,6 %) ning ulushi. Ishsizlik 12,7 %. Asosiy sanoatlari: Neft, baliqchilik, aluminiy, sement, kemasozlik, qayiqsozlik, tikuvchilik, toʻqimachilik. Eksport tovarlari: Neft vaneft maxsulotlari, tabiiy gaz, quritilgan baliq. Asosiy eksport hamkorlari: Yaponiya 26,5 %, Janubiy Koreya 10,9 %, Hindiston 10,7 %, Eron 7,5 %, Tayland 6,1 %. Import maxsulotlari: mashina texnologiyalari, kimyoviy maxsulotlar, oziq-ovqat. Bojxona Birlashgan Arab Amirliklari bojxonasi yuz yillardan buyon qoʻllanib kelinadi. Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, BAAning bojxona chegarasi Shayh Zaid bin Sulton va Shayh Rashid bin Al Maktoumlar (u Dubayning hokimi edi) davrigacha bir necha etaplardan iborat boʻlgan hamda shu vaqtda birinchi bor bojxona binolari qurilib Dubayni, yaʼni amirlikning muhim savdo-sotiq shahrini tartibga solishga imkon berdi. Dubayning bojxonasi hukumatning eng qadimgi bojxonalaridandir va u „yigʻish“ nomi bilan mashxurdir, yaʼni undiriladigan soliqlar va bojlar yigʻilganligi uchun. Tarixiy bojxonaga koʻra odamlar uni „Markazlar onasi“ deb atashgan, chunki bir necha asosiy hukumat binolari, eng qadimiy bojxona binosi va bojxona yoʻllari u yerdan oʻtgan. 2003-yilning martida doktor (professor) Muhammad Khalfan Bin Kharbash konferensiyada qatnashdi va unda butun bojxona menejerlari bilan uchrashdi. Bunda maqsad keng miqyosda qadam tashlash, yaʼni FCA ning tashkil tpishiga koʻra va bojxonalararo umumiy markaz tashkil qilish toʻgʻrisida boʻldi. Shundan soʻng hokimiyat organlarining bu maqsadda jadallashishiga olib keldi. Shunday qilib 2008-yil 28-mayda vazirlik komiteti kengashi (rahbari Shayh Hamdam bin Rashid Al Maktoum), vitse president, bosh vazir va Dubay hokimi, Iqtisodiy vazirlik va Sanoat komiteti tayyorlagan „Bojxona shtat qonunlarini umumlashtirish“ga erishildi. Bojxona qoidalari Import va eksportda valyuta nazorat qilinadi, jami summasi deklaratsiyada koʻrsatiladi. Maʼnaviyatga salbiy taʼsir etuvchi audio va video maxsulotlarni hamda diniy munosabatlarga taʼsir etuvchi maxsulotlar olib kirish taʼqiqlanadi. Bojxona organi topshirilgan videokasseta va chop etilgan maxsulotlarni koʻrib chiqishi mumkin. Jismoniy shaxs quyidagilarni bojsiz olib kirishi mumkin: 2000 dona sigaret yoki 400 sigar yoki 2 kg tamaki; 2 litr vino va 2 litr oʻtkir alkagol ichimlik. Quyidagilar importda qatʼiy taqiqlangan: Fizik narsalar, psixologik materiallar, dorilarning hamma turlari, qushlarni ovlash qurollari, musulmon shariatiga xos boʻlmagan behayo video va chop etilgan tovarlar, qurol va narkotik moddalar olib oʻtish taqiqlangan. Shunisi diqqatga sazovorki, agar BAAga olib kirilayotgan import tibbiyot muolaja vositalariga narkotik aralashgan boʻlsa bu katta muammoni keltirib chiqaradi. Bojxona postlari Abu Dabi: Postlar soni: 12 ta Dubai: Postlar soni: 16 Sharjah: Postlar soni: 10. Ras al kheman: Postlar soni: 8. Fujerah: Postlar soni: 3. Ajman: Postlar soni: 1. Um Al Quwain: Postlar soni: 1. Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlari Manbalar Yaqin Sharq Birlashgan Arab Amirliklari BMT aʼzolari Arab davlatlari Islom monarxiyalari
5,806
3402
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yaman
Yaman
Yaman () yoki Yaman Respublikasi ()— Arabiston yarim orolning janubiy qismidagi davlat. Maydon 528 ming km². Aholisi 19,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Sanaa shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Yaman — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 15— 16 mayda qabul qilingan; 1994 va 2001-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1990-yildan Ali Abdulloh Solih; 1978—90 yillarda Yaman Arab Respublikasi prezidenti), u umumiy yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni deputatlar palatasi (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Ya. aksariyat togʻli mamlakat; mamlakat gʻarbida Yaman togʻlari joylashgan (eng baland joyi 3600 m — AnNabi-Shoib togʻi). Qizil dengiz va Adan qoʻltigʻi sohili boʻylab Tixoma choʻli choʻzilgan. Sharqida Rub ul Xoli choʻliga tutashib ketadigan uncha baland boʻlmagan yassitogʻlik va tepaliklar joylashgan. Qizil dengiz qirgoqlari kam parchalangan, ayrim joylarda marjon riflari bor. Ya.da osh tuzi, alebastr, neft, marganets rudasi, yarim qimmatbaho toshlar bor. Iqlimi tropik, hududining katta qismida quruq iqlim. O'rtacha harorat yanvarda 20—25°, iyunda 21—32°. Yillik yogʻin 40–1000 mm. Daryolari yilning koʻp qismida quriydi. Eng muhim daryosi — Masila. Tuproqlari qizil qoʻngʻir, ayrim joylarda shoʻrxoklar uchraydi. Togʻlarning koʻp qismida oʻsimlik oʻsmaydi; togʻ yon bagʻirlari akatsiya, mimoza, oleandr, aloe, fikus oʻsimliklari bilan qoplangan. Tekisliklarda choʻl va chala choʻl oʻsimliklari, vohalarda xurmo palmasi oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan gʻizol, yovvoyi eshak (onagr), yirtqichlardan sirtlon, boʻri, tulki, qoshtop bor; gamadril va pavian maymuni uchraydi. Qirgʻoqqa yaqin suvlarida baliq turi koʻp. Aholisining koʻpchiligi arablar; shuningdek, efiop, hind, yahudiy, somalilar, pokistonliklar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Shahar aholisi 23,5%. Yirik shaharlari: Sano, Adan, Taiz. Tarixi Mil. av. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillik boshida Ya. hududida oʻziga xos janubiy arab madaniyati shakllandi. Shu davrda Xadramaut, Qatabon, Saba, keyinchalik Mani davlatlari paydo boʻldi. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida Saba davlatining mavqei oshib, qoʻshni davlatlar unga tobe boʻlib qoldi. Mil. 4-asr boshida Ya.ning barcha hududi Himyariylar podsholigiga birlashdi. 4—6-asrlarda Ya.da iudaizm va xristianlik tarqaddi. 6-asr boshida Ya.ni efioplar, 6-asr oxirida Sosoniylar bosib oldi. 629—630 yillarda Ya. Arab xalifaligi tarkibiga qoʻshib olindi. Ya. hududida arabmusulmon madaniyati qaror topdi. Islom dini sekin asta hukmron dinga aylana bordi. 9-asrda Ya.da mustaqil Ziyodiylar davlati (poytaxti Zabid shahri), Yafuriylar davlati (poytaxti Sano shahri) vujudga keldi. 10-asrda Ya. hududining bir qismi shialarning Zaydiylar mazhabi tarafdorlari qoʻliga oʻtdi. Keyingi davrlarda Ya.da turli sulolalar hukmronlik qildi. 16asr boshida Ya. Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. 17-asr boshida u yerda turklarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarilib, Zaydiy imomlari boshchiligida 1633-yil mustaqil davlat (imomatlik) tuzildi. 19-asr boshida Ya.ga vahhobiylar tez-tez hujum qilib turdi, keyinchalik Misr podshosi Muhammad Ash qoʻshinlari bostirib kirdi. 1840-yilgacha Ya. Misrga tobe boʻlib qoldi. 1839-yildan Janubiy Yaman (Adan mustamlakasi va Adan protektoratlari)da Buyuk Britaniya oʻz hukmronligini oʻrnata boshladi. 19-asrning 70-yillari boshida Shimoliy Yamanda Turkiya hukmronligi tiklandi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Shimoliy Yamanda Turkiya hukmronligiga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1904— 11 yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonlar natijasida Shimoliy Yaman muxtoriyatga erishdi. 1918-yil mustaqil qirollik deb eʼlon qilindi. 1962-yil 26 sentyabrda Sanoda boʻlgan inqilob natijasida monarxiya tuzumi agʻdarib tashlandi va Shimoliy Yamanda Yaman Arab Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. Janubiy Yaman xalqining inglizlar hukmronligiga qarshi ozodlik kurashi Shimoliy Yamandagi ozodlik harakatlarining muvaffaqiyatlaridan soʻng avj olib ketdi. Buyuk Britaniya Adan shahri va Adan protektoratida oʻz mavqeini saqlab qolish maqsadida 1959-yil janubida Arab amirliklari federatsiyasi (1962-yildan Janubiy Arabiston Federatsiyasi, JAF)ni tuzdi. Xalq ommasi JAFga qarshi kurash olib bordi. Bu kurash Shimoliy Yamanda Ya. Arab Respublikasi tuzilganidan keyin yanada kuchayib ketdi. Mustaqillik uchun kurash natijasida Janubiy Yamanning katta hududi ozodlik kuchlari qoʻliga oʻtdi. Buyuk Britaniya Janubiy Yamanni mustaqil deb tan olishga majbur boʻldi va 1967-yil 30 noyabrda Adandan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketdi. Oʻsha kuni mustaqil Janubiy Yaman Xalq Respublikasi (1970-yildan Yaman Xalq Demokratik Respublikasi) tuzilganligi eʼlon qilindi. 1990-yil Yaman Arab Respublikasi bilan Yaman Xalq Demokratik Respublikasi birlashishi natijasida Ya. Respublikasi tashkil topdi. Ammo mamlakatda janublik va shimolliklarni ajratib tashlashga boʻlgan harakatlar saqlanib qoldi; bu 1994-yil shimolliklar gʻalabasi bilan tugagan yirik harbiy toʻqnashuvga ham olib keldi. Ya. — 1947-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30 dekabrda tan olgan va 1996-yil 21 mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Midliy bayrami — 22 may — Milliy birlik kuni (1990). Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari Umumiy xalq kongressi, 1982-yil tuzilgan; Ya. sotsialistik partiyasi, 1978-yil asos solingan; Islohotlar uchun Ya. birligi, 1990-yil tashkil etilgan. Ya. Respublikasi ishchilari kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1990-yil tuzilgan. Xoʻjaligi Ya. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi 23,9%, kon sanoati 16,6%, qayta ishlash sanoati 10,1% ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi dehqonchilik. Faol aholining 70% dan ortigʻi qishloq xoʻjaligida band. Mahsuloti eksport qilinadigan asosiy oʻsimligi kofe; xurmo oʻstiriladi. Bogʻdorchilik (anjir, oʻrik, mango, anor va boshqalar) va tokchilik rivojlangan. Texnika va efir moyli oʻsimliklardan zanjabil, kunjut, paxta, tamaki, donli ekinlardan durra, tariq, arpa, bugʻdoy, makkajoʻxori, dukkaklilar, sabzavot ekinlari ekiladi. Mamlakatning janubiy va janubi-sharqidagi choʻl va chala choʻllarda voha dehqonchiligi rivojlangan (tariq, joʻxori, bugʻdoy, arpa, kunjut, paxta, kofe, tamaki, sabzavot, kokos va xurmo palmasi yetishtiriladi). Chorvachilikda qoramol (asosan, zebu), ʻ qoʻy, tuya, ot, eshak, parranda boqiladi. Mamlakat janubiy va janubi-sharqida koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan. Asalarichilik bilan ham shugʻullaniladi. Baliq ovlanadi. Qizil dengizning qirgʻoqqa yaqin joylaridan marvarid olinadi. Sanoatida neft, osh tuzi, temir rudasi, yarim qimmatbaho toshlar qazib olinadi. Neftni qayta ishlash, energetika, toʻqimachilik, paxta tozalash, oziq-ovqat (tamaki, kofeni qayta ishlash korxonalari) sanoati mavjud. Yiliga oʻrtacha 1,96 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hunarmandchilikda uyroʻzgʻor anjomlari, mato, koʻnpoyabzal, kulolchilik va zargarlik butomlari, tigʻli qurollar ishlab chiqariladi. Yamabda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari uzunligi 64,6 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 13,6 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Adan, Hudayda, Moxa, Salif, Muqalla. Ya. chetga neft va neft mahsulotlari, kofe, baliq va dengiz mahsulotlari, paxta, teri, tamaki chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, jihozlar, sanoat buyumlari oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Saudiya Arabistoni, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va boshqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Yaman riali. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Davlat maktablarida oʻqish bepul. Xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktablarda ham 6 yil Oliy oʻquv yurtlari: Adandagi oliy ped. kolleji (1970-yil tashkil etilgan), universitet (1975), Musiqa instituti, Sano shahridagi universitet (1974). Ilmiy tadqiqotlar Adandagi universitetda olib boriladi. Sano shahrida kutubxona (1925), Adan shahrida "Misvat" va universitet kutubxonalari, arxeologiya muzeyi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ya.da bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Arbaatashar oktobr" ("14 oktyabr", arab tilidagi kundalik gazeta, 1968-yildan), "AlJumhuriya" ("Respublika", arab tilidagi kundalik gazeta, 1948-yildan), "AsSakafa alJadida" ("Yangi madaniyat", arab tilidagi oylik jurnal, 1970-yildan), "AsSaura" ("Inqilob", arab tilidagi kundalik hukumat gazeta, 1948-yildan), "AsSauri" ("Inqilobchi", kundalik gazeta, 1967-yildan), "Saut alUmmal" ("Ishchilar ovozi", arab tilidagi kundalik gaz.). Adan axborot agentligi, hukumat agentligi, 1970-yil tuzilgan; Saba axborot agentligi, hukumat agentligi, 1970-yil tashkil etilgan. Ya. radiotelevideniye xizmati, davlat tomonidan nazorat qilinadi, Adan shahrida joylashgan. Adabiyoti Oʻrta asr yaman adabiyoti umumarab adabiyoti oqimida rivojlandi va asosan diniy mavzudagi sheʼriyat keng tarqaldi. 12-asrda Nashvan alHimyariy tomonidan yaratilgan "Himyariy qasidasi" dostoni, alHamadoniyning "Sheʼrlar devoni" bundan mustasno. 19-asrda milliy ozodlik harakatining avj olishi realistik adabiyotning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Yahyo bin Muhammad alAryoniy, Abdul Karim Mazxar va boshqalar qasida janrida ijod qildilar. Yozuvchilardan Ahmad alFeys, Shauki Abdulla, Jafar Abdo, shoirlardan Farid Barakat, Abdurahmon Faxri, Ali Mahdi ashShinvax, Abadan Muhammad Duxays realistik yoʻnalishdagi adiblar guruhiga kiradi. Jafar Lutfi Aman romantik yoʻnalishda asarlar yaratdi. Muhammad Said Misvat, Muhammad Abdul Vali, Ahmad Mahfuz Omar, Ali Baazib, Muhammad Abdurahmon Ahmad, Muhammad Solih Haydariy kabilar oʻz novella va kichik dramatik asarlari bilan mashhur. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Ya. hududida Mariba, Karnovu va boshqalar qadimgi shahar qoldiqlari topilgan (mil. av. 2-ming yillikka oid), ularning aksariyati toʻrtburchak shaklida qurilib, atroflari baland (10–12 m) devorlar bilan oʻralgan; irrigatsiya inshootlari (Maribadagi toʻgʻon, mil. av. 7-asr) va tosh ibodatxonalarning qoldiqlari, tosh va bronzadan ishlangan haykalchalar ham topilgan. Qatabon podsholigi (mil. av. 9—1-asrlar)ning poytaxti — Timna shahri xarobalari: tosh istehkomlarning qismlari, toshdan qurilgan binolarning devoriy yozuvlari, boʻrtma tasvirli stelalar, Xadramautda mil. av. 4—3-asrlarga oid shahar vayronalari (istehkom devorlari, minora tipidagi uylar, qabrtoshlar), suv havzalari (Adanda) saqlanib qolgan. Mamlakatning turli rayonlaridan mil. av. 1-ming yillikka oid odam va hayvonlarning bronza va oltindan ishlangan tasvirlari, geometrik naqshli sopol buyumlar, Timnada devoriy bronza boʻrtmalar va ellini tusidagi haykalchalar (mil. av. 1-asr) topilgan. Ya.da islom dini tarqalishi bilan masjidlar qurila boshladi. 7—16-asrlarda minorali masjidlar (Sano shahridagi al-Jomiy al-Kabir masjidi, 670-yillar, 8, 10 va 12-asrlarda kengaytirildi; Taiz shahridagi alAshrafiya masjidi, 13asr), "qubba" — avliyolar maqbaralari qurildi. 20-asrda shaharlarda milliy meʼmoriy anʼanalar saqlangan holda zamonaviy tipda sanoat va irrigatsiya korxonalari, turar joy va maʼmuriy binolar barpo etildi. Ya.da qadimdan amaliy bezak sanʼati turlari (kumush, toshdan buyumlar yasash, gilamchilik, zargarlik, kiyimga gul tikish) keng tarqalgan. Musiqasi Ya. musiqasida Vizantiya, Bobil, Misr madaniyati taʼsiri seziladi, boshqa arab mamlakatlari (Saudiya Arabistoni, Iroq va boshqalar) musiqa anʼanalariga yaqinlik mavjud. Arxiak musiqa namunalari saqlanib qolgan (folklar sheʼriyatini badiiy oʻqish); qoʻshiq va cholgʻu uslubini belgilovchi lad (maqam), ritmik formulalar tizimi shakllangan. Musiqa asboblari:: ud (lyutna), qonut (sitra), mizmar (surnay turi), zarbli — tabl, def, mirvas, xager va boshqalar Qadimda shoirdostonchilar, roviylar (rivoyat, nasihat aytimlarini ijro etuvchilar) sanʼati rivojlangan. Islom davridan boshlab diniy shakllar bilan birga dunyoviy mazmundagi maual, muvashshax, takasim va boshqalar janrlar keng oʻrin olgan. Shuningdek, Ya.da erkaklarning jangovar davra qoʻshiqlari (albara), toʻy raqslari (zeffa, murakkax va boshqalar), ayollarning yakka va jamoa qoʻshiqlari tarqalgan. Musiqaning zamonaviy shakllari ham rivojlangan. Musiqa boʻyicha kadrlar Adan shahridagi Musiqa institutida tayyorlanadi. Milliy qoʻshiq va raqs ansambli bor. Yaqin Sharq Yaman BMT aʼzolari Arab davlatlari
12,389
3445
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Respublikasi%20Davlat%20madhiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Yuqori Kengashining 11-chaqirigʻida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi. Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov musiqasi. Matni Majburiy ijro etish holatlari Oʻzbekiston Respublikasining „Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi toʻgʻrisida“gi qonuniga muvofiq madhiya quyidagi holatlarda ijro etilishi shart: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishganidan — qasamyod qabul qilganidan keyin; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarining ochilish va yopilishida. Manbalar Havolalar Oʻzbekiston
842
3477
https://uz.wikipedia.org/wiki/Umar%20%28ma%CA%BCnolari%29
Umar (maʼnolari)
Umar Umar ibn Xattob — Islomdagi xalifa; Umar ibn Abdulaziz — Umaviylar hukmdori; Umarshayx — temuriy shahzoda; Umar Xayyom — tasavvuf olimlaridan biri, shoir; Umarxon — Qoʻqon xonligi hukmdorlaridan biri; Umar (Buxoro amiri) — Buxoro amirligi hukmdorlaridan biri; Umar (serial) — Umar ibn Xattob haqidagi teleserial; Umar Matin — AQShlik terrorchi;
358
3489
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mirzo%20Ulug%CA%BBbek
Mirzo Ulugʻbek
Mirzo Ulugʻbek (toʻliq ismi: Sulton Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulugʻbek Koʻragon; 1394-yil 22-mart, Sultoniya — 1449-yil 27-oktyabr, Samarqand) — Temuriylar davlatining hukmdori, buyuk astronomi (yulduzshunos) va matematigi. U otasi Shohrux Mirzo davrida Mavarounnahr hokimi va otasi vafot etgach butun Temuriylar imperiyasi sultoni (1447—1449) boʻldi. Ulugʻbek  trigonometriya va sferik geometriya kabi astronomiya bilan bogʻliq matematika sohasidagi ishlari, shuningdek, sanʼat va intellektual faoliyatga umumiy qiziqishlari bilan ajralib turardi.   U besh tilda: turkiy, arab,  fors,  moʻgʻul va oz miqdorda xitoy tillarini bilgan deb taxmin qilinadi.  Uning hukmronligi davrida (avval hokim, keyin toʻgʻridan-toʻgʻri) uning eʼtibori va homiyligi tufayli temuriylar uygʻonish davrining  madaniy choʻqqisiga erishdi. Samarqand hokimligi, otasi Shohrux Mirzo tomonidan Ulugʻbekga berilgan. U 1424—1429-yillarda Samarqandda  buyuk  Ulugʻbek rasadxonasini qurdirdi. Olimlar nazarida bu rasadxona oʻsha davrda islom olamidagi eng yaxshi, Markaziy Osiyodagi eng yirik rasadxona boʻlgan.  Ulugʻbek keyinchalik koʻplab olimlar tomonidan 15-asrning eng muhim astronomi sifatida tan olingan.   U   Samarqand va  Buxoroda Ulugʻbek madrasasini ham (1417—1420) qurdirib, ushbu shaharlarni Oʻrta Osiyoning madaniy ilm markazlariga aylantirdi . Biroq Ulug‘bekning davlat boshqaruvidagi mahorati uning ilmiy tajribasi bilan teng kelmasdi. Oʻzining qisqa hukmronligi davrida u oʻz kuch va hokimiyatini oʻrnata olmadi. Natijada, uning nazoratsizligidan boshqa hukmdorlar, jumladan, uning oilasi foydalanishdi va keyinchalik u agʻdarilib, oʻldirildi. Yoshligi U Turon hukmdori Amir Temurning nabirasi va Shohrux Mirzoning oʻgʻli edi. Onasi turkiy qabila zodagonlaridan Gavharshod begim edi. U bobosining Eronga yurishi paytida Sultoniya shahrida tugʻilgan. Unga Mirzo Muhammad Taragʻay ismi berildi. Ulugʻbek asli ism emas, balki „Buyuk hukmdor (bek)“ maʼnosini beruvchi taxallus edi. Bolaligida u Yaqin Sharq va Hindistonning katta qismini kezib chiqdi, chunki bobosi bu hududlarda fathlarni kengaytirdi. Temur vafotidan keyin Shohrux imperiya poytaxtini Hirotga (zamonaviy Afgʻonistonda) koʻchirdi. 16 yoshli Ulugʻbek keyinchalik, 1409-yilda Samarqandning hokimi boʻldi. 1411-yilda u butun Movarounnahrning hokimi deb eʼlon qilindi. Ammo, amalda Hirotdagi otasi Shohrux Mirzo hokimiyatiga boʻysungan. Hukmdorlik yillari 1447-yilda otasi Shohruxning vafotidan xabar topgan Ulugʻbek Balxga joʻnadi . Bu yerda u oʻzining marhum akasi Boysungʻurning oʻgʻli Alovuddavlaning Hirotda Temuriylar saltanati hukmronligini daʼvo qilganini eshitdi . Binobarin, Ulug‘bek Alouddavlaga qarshi yurish qildi va Murg‘obda jangda u bilan uchrashdi . U oʻz jiyani ustidan gʻalaba qozonib, 1448-yilda Hirotga qarab yurdi. Biroq Alouddavlaning ukasi Abulqosim Bobur Mirzo unga yordamga keldi va Ulugʻbekni magʻlub etdi. Ulugʻbek Balxga chekindi va u yerda uning hokimi, toʻngʻich oʻgʻli Abdullatif Mirzo isyon koʻtarganini bildi. Yana ichki urush boshlandi.  Abdullatif Amudaryo boʻyida otasining qoʻshinini kutib olish uchun qoʻshin toʻpladi . Biroq Ulug‘bek shahardagi notinchlik xabarini eshitib, hech qanday jang bo‘lmasdan turib Samarqandga chekinishga majbur bo‘ladi. Abdullatif tez orada Samarqandga yetib boradi va Ulug‘bek beixtiyor o‘g‘liga taslim bo‘ladi. Abdullatif otasini hibsdan ozod qilib, Makkaga haj qilishiga ruxsat berdi. Biroq, manziliga yetib bormasdan turib otasi va ukasi Abdulazizni ham 1449-yilda qatl qildirdi. Meʼmorchilik ishlari Mirzo Ulugʻbek davrida Samarqand gullab-yashnadi. Uning farmoyishi bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda va 1433-yilda Gʻijduvonda madrasalar barpo etildi. Marv shahrida xayriya muassasalari qurildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli qurilishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, Ulugʻbek karvonsaroy, tim, chorsu, hammom kabi talay jamoat binolari ham barpo ettirgan. Samarqanddagi XV asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri Ulugʻbek rasadxonasidir. Bu inshoot Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428—1429-yillarda Koʻhak tepaligida bunyod etilgan. Ilmiy-madaniy merosi O‘smir hukmdor shaharni imperiyaning intellektual markaziga aylantirishni maqsad qilgan. 1417—1420-yillarda Samarqanddagi Registon maydonida madrasa („universitet“) qurdirdi va koʻplab islom astronomlari va matematiklarini oʻqishga taklif qildi. Ulug‘bekning astronomiya bo‘yicha eng mashhur shogirdi Ali Qushchi (1474-yilda vafot etgan) edi. Qozizoda Rumiy Ulugʻbek madrasasining eng koʻzga koʻringan muallimi boʻlgan va keyinchalik bu oʻringa astronom Jamshid al-Koshiy kelgan Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish „Ziji jadidi Koʻragoniy“ deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulugʻbek tibbiyot va musiqaga ham qiziqqan, sheʼrlar ham yozgan. Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan: 1) „Ziji jadidi Koʻragoniy“ — astronomiyaga oid; 2) „Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola“ — matematikaga oid; 3) „Risolayi Ulugʻbek“ — yulduzlarga bagʻishlangan; 4) „Tarixi arbaʼ ulus“ (Toʻrt ulus tarixi) — tarixga oid. Astronomiya (Yulduzlar bilimi) U 1437-yilda 1018 yulduz toʻplamini „Ziji sultoniy“ asarida tartib berganki, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi. Ushbu asar 1665-yilda Oxfordda Thomas Hyde tamonidan, 1843-yilda Fransiya Bailly tamonidan va 1917-yilda Edward Ball Knobel tamonidan yangidan tahrirlanib bosilgan. Ulugʻbek undan keyin bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 sonya deb belgilagan. Ulugʻbek ushbu hisobida faqatgina 25 soniya xato qilgan ekan. Undan boshqa Ulugʻbek yer yuzini oʻrtalik kajligini 23.52 daraja deb belgilagan va bu yuz yillar davomida eng toʻgʻri va aniq oʻlcham deb topilgan. Matematika Uchburchaklar bilimida esa Ulugʻbek soya va tanjont qiymatlarini sakkiz oʻnlik kasr va sakkiz xona aʼshoryagacha aniq belgilagan. Ulugʻbek davrida koʻpgina asarlar arab va fors tilidan eski oʻzbek tiliga tarjima qilingan. U tashkil etgan boy kutubxonada 15000 dan ortiq kitob boʻlgan. Oʻlimi Otasi Shohrux Mirzo oʻlimidan keyin Ulugʻbek Balxga yurish qildi, chunki Mirzo Alavuddavla ibn Boysunqur Mirzo Hirotdagi Temuriylar hukmdorligiga daʼvogarlik qilgan edi. Murgʻobda boʻlib oʻtgan ushbu toʻqnashuvda Ulugʻbek gʻolib boʻlib Hirot tomon harakat qildi, ammo Alauddavlaning akasi Mirzo Abul Qosim Bobur bilan boʻlgan toʻqnashuvda magʻlubiyatga uchrashib, Balxga qaytib kelgach oʻz oʻgʻli Abdullatifni fitnasi tufayli 1449-yilda oktyabrning 27-sanasida, yaʼni 55 yoshida Samarqand yaqinida oʻldirildi. Ulugʻbekning yaqinlaridan biri Abdulloh, uni Samarqandning Amir Temur maqbarasi ziyoratgohida keltirgan. 1830-yilda osmon Yulduzshunoslari Johann Heinrich von Mädler oyda bor boʻlgan kraterlarning birini Ulugʻbek nomiga musammo qildi. Xotira 1930-yilda tashkil etilgan Kitob Xalqaro Kenglik stansiyasiga Ulugʻbek nomi berilgan. OʻzSSR Fanlar akademiyasi akademigi T.Qori-Niyoziy 1950-yilda „Ulugʻbek astronomik maktabi“ monografiyasini yozdi va buning uchun 1952-yilda Stalin mukofotiga sazovor boʻldi. Akademik I. M. Moʻminov tashabbusi bilan 1969-yil aprel oyida Toshkentda Mirzo Ulugʻbek tavalludining 575-yilligiga bagʻishlangan yubiley ilmiy anjumani boʻlib oʻtdi. 1970-yilda Samarqandda ilk bor Ulugʻbek haykali oʻrnatildi. 1966-yilda Oʻzbekistonda „Ulugʻbek yulduzi“ filmi suratga olindi. Yozuvchi Maqsud Shayxzoda 1964-yilda „Mirzo Ulugʻbek“ pyesasini yozdi. Yozuvchi Odil Yoqubov „Ulugʻbek xazinalari“ (1970—1973) romanini yozdi. 1970-yillarda Oʻzbekistonda Odil Yoqubovning romani asosida „Ulugʻbek xazinasi“ nomli koʻp qismli videofilm suratga olindi. Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning farmoni bilan Oʻzbekistonda 1994-yil Mirzo Ulugʻbek yili deb eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Milliy universitetiga Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan. Fargʻona davlat pedagogika institutiga Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Oʻzbekistonning boshqa shaharlaridagi xiyobon va koʻchalar Mirzo Ulugʻbek nomi bilan ataladi. Olmaota koʻchalaridan biriga Ulugʻbek nomi berilgan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biriga Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan. Toshkent viloyatidagi shahar tipidagi aholi punkti Ulugʻbek nomini olgan. Toshkent shahridagi tumanlardan biri Mirzo Ulugʻbek nomi bilan atalgan. Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan. Bastakor Aleksey Kozlovskiy „Ulugʻbek“ operasini yozgan (Toshkent, 1942, 2-nashr 1958); Yozuvchi va shoir Xurshid Davron „Sohibqironning nabirasi“ (1994) qissasi va „Algʻul yulduzi yoki Ulugʻbekning soʻnggi kuni“ pyesasi yozgan. Samarqandda Mirzo Ulugʻbek muzeyi tashkil etilgan. Toshkent va Samarqand shahrida Mirzo Ulugʻbek sharafiga haykallar oʻrnatilgan. Riga shahridagi Kronvalda bogʻida, Oʻzbekiston elchixonasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda Mirzo Ulugʻbek haykali oʻrnatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ulugʻbek nomidagi Astronomiya institutiga buyuk olim nomi berilgan. Oydagi kraterlardan biriga Ulugʻbek nomi berilgan. 1977-yil 21-avgustda N. Chernix tomonidan Nauchniyda kashf etilgan 2439 asteroidi Ulugʻbek nomi bilan atalgan. 2020-yil iyul oyida Samarqand davlat universiteti rahbariyati Qozon federal universitetining rossiyalik olimlari bilan birgalikda Ulugʻbek madrasasi ochilganining 600 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazdi. Bayramning keng miqyosda oʻtkazilishiga qaramay Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahridagi birorta oliy taʼlim muassasasi, jumladan, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti vakillari ham qatnashmadi. 2023-yilda Tuluza shahrida joylashgan Fransiya Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti hududida buyuk astronom olim, matematik va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek haykali ochildi. Manbalar Matematiklar Movarounnahr Oʻzbekiston tarixi Oʻzbekistonlik yozuvchilar Temuriylar Madrasa asoschilari Samarqand madrasalarida mudarrislik qilganlar Ulugʻbek madrasasida mudarrislik qilganlar (Samarqand) Hirot kishilari
10,134
3490
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sulton%20Mahmud
Sulton Mahmud
Sulton Mahmud (kum.Soltan Magmut Chopanny Lancers / Soltan Mahmut Chopan Oğlu, eski rus. Sulton Mut, Saltamamut ; XVI asrning 2-yarmi — XVII asrning 1-yarmi) — Shimoliy-Sharqiy Kavkazdagi Shamxal xonadonining harbiy-siyosiy arbobi. Endiriya hukmronligi hukmdori. Tarkovskiy Shamxalatidagi fuqarolar nizolari davrida uning davlati 1867-yilda tarqatib yuborilgunga qadar mustaqil boʻlib qoldi. Rossiya davlati manbalarida u mulkdor, mirzo/murza va shahzoda unvonlari bilan yuritilgan. Shomxal Cho‘ponning o‘g‘li. Sulton Mahmud 118-yil davomida Shimoliy Kavkazdagi rus taʼsirini yoʻq qilgan Karaman jangida rus qoʻshinlari ustidan qozonilgan gʻalaba tufayli shuhrat qozondi. Sulton Mahmud qumiq xalqining milliy qahramoni hisoblanadi. Kelib chiqishi va oilasi Sulton-Mahmud 1580-yillarning oxirida, oʻz oʻgay birodarlari bilan nizoda gʻalaba qozonib, Endireydagi markaz bilan oʻz mulkini shakllantirishga muvaffaq boʻlgach, tarixiy maydonga chiqdi. Aka-uka bilan janjalning sababi Soltan-Mutning qumiq shamxal Chopanning tengsiz nikohidan kelib chiqishi va Kabardiyaning eng muhim jiyani Xatu Anzorov edi. Bunday nikohdan boʻlgan oʻgʻillar chanka deb atalgan va biy-adatga koʻra, meros olish huquqiga ega emas edi. Shu bilan birga, Xatuning qizi Qrim xoni bilan turmush qurganligini eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak. Bu Sulton-Mutning Qrimning kuchli hukmdorlari bilan qarindoshligini anglatardi. Manbalar Adabiyotlar Kusheva Ye. N. Narodi Severnogo Kavkaza i ix svyazi s Rossiey (vtoraya polovina XVI — 30-e godi XVII veka) : monogr. / Red. izd-va I. U. Budovnits. — AN SSSR. Institut istorii. — M. : Izd-vo AN SSSR, 1963. — 372 s. — 1500 ekz. Shimoliy Kavkaz tarixi
1,674
3494
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abu%20Said%20%28Temuriy%29
Abu Said (Temuriy)
Abu Said – Temuriylar sulolasidan hukmdor (1424 – 1469), Mironshoxning nabirasi. Hokimiyat tepasiga kelishi Abu Said temuriylarning oʻzaro urushlarida qatnashgan. Shayboniyxonning bobosi Abulxayrxon 1451-yilda Temuriylar davlatida Boburning bobosi Abu Saidning hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan. Shu bilan birga, Abulxayrxonning qizi Xon-zoda Abu Saidga turmushga chiqdi. Uning qizidan nabirasi Temuriylar oilasining Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasida dafn etilgan. Samarqandning bosib olinishi Oʻzaro keskin kurashlarda Abu Said ham boshqa temuriylar kabi Abulxayrxon boshchiligidagi koʻchmanchi oʻzbeklar yordamiga murojaat qilgan. Koʻchmanchilarning qudratli hukmdori Abulxayrxon 1451-yilning yozida Samarqandga qarshi yurishga shaxsan boshchilik qilgan. 1451-yil 10-iyunda hozirgi Bulungʻur dashtidagi Qutvon hududi yaqinida Abu Said bilan Abdulloh ibn Ibrohim Sulton oʻrtasida jang boʻladi. Abdulloh ibn Ibrohim butunlay magʻlubiyatga uchraydi va Abu Saidning buyrugʻi bilan oʻldiriladi. Qoʻshin Samarqandga yaqinlashgach, Abu Said boy shaharni vayron qilganiga afsuslanib, Abulxayrxonga qaytishga ruxsat beradi. Shundan soʻng shaharga kirib boradi. Abulxayrxon bu yurishdan boy oʻljalar bilan qaytadi. Abu Said unga Ulugʻbekning qizi Robiya Sultonbegimni nikohlab bergan. Hirotning bosib olinishi 1457-yil 21-yanvarda Abulqosim Bobur vafot etgach, oʻzaro nizolar kuchayadi. Mozandaronda hibsga olingan Alauddavlaning oʻgʻli Ibrohim Mirzo qochib, 1457-yil sentabrda Hirotni egallab oladi. Unga Abu Said qarshi chiqadi. Abu Saidni Balx hukmdori Shayx Hoji qoʻllab-quvvatlaydi. Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi Bahrizga panoh topgan Ibrohimni magʻlub etib, Abu Said gʻolib va ​​qonuniy hukmdor sifatida 1457-yil 2-oktabrda Hirotga kirib kelgan. Biroq tez orada Abdulatifning oʻgʻillari Muhammad Joʻqiy va Mirzo Ahmad Balxda isyon koʻtaradilar. Abu Said Hirotdan ularga qarshi yoʻlga chiqib, isyonchilarni magʻlub etadi va Balxni egallaydi. Abu Said ham Xurosonga, ham Movarounnahrga yurish qilish uchun shu shaharda qolgan. Bahrizda sulton Ibrohim bundan foydalanib, Hirotni egallab olgan. Bu vaqtda Dashti Qipchoqqa qochib ketgan Ibrohim Mirzo yana kurashga chiqib, 1458-yil 23-aprelda Hirotda taxtga oʻtiradi. Biroq, dekabr oyining oʻrtalarida u Jahonshoh qoʻmondonligi ostida Qoraqoʻyunlu turkmanlarining hujumi ostida yana qochib ketadi. Abu Saidning turkmanlarga qarshi kurashi muvaffaqiyatli kechib, 1458-yil 16-dekabrda nihoyat Hirotni egallaydi. Keyinchalik Abu Said birlashgan Alauddavla va uning oʻgʻli Ibrohim, shuningdek, ularning ittifoqchisi, Marv hukmdori Sulton Sanjarni magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan. Keyinchalik Abu Said Astrobod va Mozandaron ustidan ham oʻz hokimiyatini oʻrnatgan. Xotinlari 1) Xonzodabegim 2) Robiyayi Sulton 3) Oʻgabegim 4) Qutlugʻ Sulton xonim 5) Malik Sultonbegim 6) Shox Sultonbegim 7) Shaxzodabegim 8) Xonzadabegim 9) Soliha Sulton ogʻo 10) Jamolbeka ogʻo Barlos va yana 25ta zavjasi boʻlib ulardan jami 59ta farzand koʻrgan Ogʻillari: Sulton Muhammad(1452-1467) 2)Sulton Axmad(1451-1494) hukmronlik yili(1469-1494) 3) Sulton Mahmud(1453-1495) hukmronlik yili(1494-1495) 4) Muhammad Jahongir 5) Shox Muhammad 6) Muhammad Jahongir 7) Sulton Jahongir 8) Sulton Xalil 9) Sulton Ibrohim 10) Umar 11) Shoxrux(1459-1494) 12) Boysungʻur(1456-…) 13) Sulton Sanjar 14) Abdullo 15) Sulton Murod 16) Sulton Muhammad 17) Iskandar 18) Shox Mansur 19) Mironshox 20) Rustam 21) Sulton Usmon 22) Sulton Valad 23) Muzaffar 24) Umarshayx(1456-1494) bu kishi Zahiriddin Muhammad Boburning otalari 25) Ulugbek(1460-1501) Manbalar Movaraunnahr hukmdorlari Oʻzbekiston tarixi Temuriylar Hirot kishilari
3,687
3498
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abandon
Abandon
Abandon — sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta pulini toʻla olish maqsadida sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalangan mulkga boʻlgan huquqlaridan sugʻurtalovchi foydasiga voz kechish huquqi. Havolalar http://www.unic.gov.uz/uzb/glossary.php Sugʻurta
255
3501
https://uz.wikipedia.org/wiki/Avtomobil%20sug%27urtasi
Avtomobil sug'urtasi
Avtomobil sugʻurtasi - avto va mototransport vositalarini hamda haydovchi va yoʻlovchilarni sugʻurtalash. Tanlangan variantdan kelib chiqqan holda sugʻurta qoplamasining har xil turlarini nazarda tutadi. Ulardan keng tarqalgani - avtomobil salonida boʻlgan haydovchi va yoʻlovchilarni yoʻl-transport hodisasi (YTH) natijasida tan jarohatlari etkazilishidan sugʻurtalash; YTH natijasida tibbiy xarajatlarni sugʻurtalash (tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha davolanish uchun xarajatlar(; YTH natijasida vafot etishini sugʻurtalash; YTH va b. natijasida tranport vositasining zararlanishi yoki butunlay nobud boʻlishini sugʻurtalash. Avtomobil sugʻurtasi sohasi avtomobil yoki mototsikldan foydalanishda yuqori xavf manbaasi ekanligi bilan bogʻliq uchinchi shaxlarning hayoti, sogʻligʻi va mulkiga etkazilgan zarar uchun avtotransport egasining fuqarolik masʻuliyatini sugʻurtalashni Oʻz ichiga oladi (koʻpchilik davlatlarda majburiy hisoblanadi). Manba http://www.unic.gov.uz/uzb/glossary.php Sug'urta
996
3504
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xedjing
Xedjing
Xedjing yo`qotishlarni sug`urtalash, omborga joylashda yo`qotishlar qaltisligini yoki teng miqdordagi shartnomalar tuzish yo`li bilan narxning salbiy O`zgarishi sababli foydaning kamayishini minimallashtirish, ammo naqd pul hisob-kitobi va muddatli operatsiyalarda qarama-qarshi pozitsiyalarni hisobga olish bilan. Manba: http://www.unic.gov.uz/uzb/glossary.php Sug'urta
373
3505
https://uz.wikipedia.org/wiki/Fuqarolik%20mas%CA%BBuliyatini%20sug%CA%BBurtalash
Fuqarolik masʻuliyatini sugʻurtalash
Fuqarolik masʻuliyatini sugʻurtalash rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan masʻuliyatni sugʻurtalash turi. Ularning koʻpchiligida FM sugʻurtalash majburiyati qonunchilikda belgilangan. Uning mohiyati shundan iboratki, xavfli obʻektlardan foydalanayotgan yoki ularni boshqarayotgan (masalan, transport vositalari) shaxs ushbu amallar sababli uchinchi shaxslarning mulki yoki hayoti va sogʻligʻiga etkazgan zaralari uchun masʻul boʻlishi shart. Qonun boʻyicha masʻuliyat ataylab qilinmagan huquqbuzarlik yoki shartnoma majburiyatlarini buzish bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin. FM sugʻurtalash yoki uchinchi shaxslar oldidagi masʻuliyatni sugʻurtalash eng koʻp sonli sugʻurta turi boʻlib, uning barcha turlarini sanab oʻtish qiyin. Manba http://www.unic.gov.uz/uzb/glossary.php Sug'urta
790
3507
https://uz.wikipedia.org/wiki/Franshiza
Franshiza
Franshiza sugʻurta shartnomasi sharti bilan koʻzda tutilgan maʼlum miqdordan oshmaydigan zararni sugʻurtalovchi toʻlamasligi. Franshiza sugʻurtalanuvchi zararni qoplashdagi shaxsiy ishtirokining shakli boʻlib, odatda, zararlar nisbatan katta boʻlmaganda qoʻllaniladi. Franshiza sugʻurta mukofotining kamayishiga taʼsir etadi. Franshiza shartli (chegirib qolinmaydigan) va shartsiz (chegirib qolinadigan) turlarga boʻlinadi. SHartli franshiza — agar zarar summasi franshiza summasidan oshmasa, sugʻurtalanuvchi mustaqil ravishda zararni qoplaydi, agar zarar miqdori franshizadan oshsa, zarar sugʻurtalovchi tomonidan toʻla qoplab beriladi. SHartsiz franshiza — franshiza summasi har qanday holatda ham chegirib qolinadi. Franshiza sugʻurta summasidan maʼlum foiz yoki summa koʻrinishida belgilanadi. Manba: http://www.unic.gov.uz/uzb/glossary.php Sug'urta
857
3508
https://uz.wikipedia.org/wiki/Fakultativ%20qayta%20sug%27urtalash
Fakultativ qayta sug'urtalash
Fakultativ qayta sug`urtalash biron bir qaltislikni qayta sug`urtalashga topshirish bo`yicha tsedent qayta sug`urtalovchi oldida hech qanday majburiyatga ega bo`lmaydigan qayta sug`urtalash uslubi. TSedent qaltisliklarni qachon, qancha va qanday shartlarda qayta sug`urtalashga topshirishni O`zi hal etadi. Qayta sug`urtalovchi qaltislikni qabulishi shart emas. Fakulьtativ qayta sug`urtalash va birlashib sug`urtalash o`rtasidagi farq shundan iboratki, polis egasi qayta sug`urtalash shartnomasi mavjudligi to`g`risida bilmaydi. Birlashib sug`urtalashda uning ishtirokchilari, ularning qaltislikdagi ulushlari yagona polisda ko`rsatilib, ularning har biri sug`urtalanuvchidan sug`urta mukofotidan O`z ulushini olsa, qayta sug`urtalovchi esa O`z qayta sug`urtalash mukofotini sug`urtalovchidan oladi. Manba: http://www.unic.gov.uz/uzb/glossary.php Sug'urta
859
3514
https://uz.wikipedia.org/wiki/FOREX
FOREX
FOREX (oʻqil. Foreks, ) bozori - banklararo bozor boʻlib, u xalqaro savdo aniq qayd etilgan valuta kurslaridan oʻzgaruvchan kurslarga oʻtganida, 1971-yilda shakllangan. Bunda bir valyutaning boshqa valyutaga nisbatan kursi oddiygina belgilanadi, yaʼni har ikki tomon rozi boʻlgan kurslar nisbati boʻyicha valyuta almashiniladi. Oʻz hajmiga koʻra mazkur bozor boshqa barcha bozorlardan katta hisoblanadi. Masalan, qimmatli qogʻozlar bozorining jahondagi kundalik hajmi qariyb 300 milliardni tashkil etadi. Holbuki, Forex bozorining kunlik hajmi 1-3 trillion dollar deb baholanadi. Forex aksiyalar yoki valyuta fyucherslari kabi aniq savdo qilinadigan joyi yoʻq. Forex bozorida savdo bir yoʻla butun jahondagi yuzlab banklarda telefon va komputer terminallari orqali oʻtadi. Bundan tashqari, fyuchers va fond bozorlarining yana bir jiddiy farqi va ayni paytda cheklovi bor - bunda savdo kun oxirida to'xtatilib, faqat keyingi kuni ertalab davom ettiriladi. Shu bois, agar siz Rossiya bozorida savdo qilayotgan, bozor uchun muhim ayrim voqealar esa AQShda yuz bergan boʻlsa, u holda ertalab bozor ochilishidagi holat siz kutganingizga mutlaqo toʻgʻri kelmasligi mumkin. Forex bozori kecha-yu kunduz 24 soat mobaynida ishlaydi va valyuta ayirboshlash butun ish haftasi davomida toʻxtamaydi. Amalda soat mintaqalarining har birida (yaʼni, London, Nyu York, Tokyo, Gonkong, Sidney va boshqa joylarda) valyutani kotirovkalash istagida boʻlgan dilerlar bor. Manbalar nbu.uz About Forex Forex blog. Turkish. Türkçe Currency rates for forex trading Forex haqida barchasi o'zbekcha Moliya
1,588
3517
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bilga%20Kul%20Qodir%20xoqon
Bilga Kul Qodir xoqon
Bilga Kul Qodir xoqon — Qoraxoniylar turkiy sulolasining va davlatini asoschisi (840 — 880). Qarluq qabilalar ittifoqiga kirgan Chigil qabilasining Edgish qabilasidan kelib chiqqan. 791-yildan boshlab qarluq hukmdorlari Uygʻur xoqonlari hokimiyatiga boʻysunishdi va yabgʻu unvoniga ega boʻlishdi. 840-yilda Uygʻur xoqonligi tugatildi. Vaqtinchalik anarxiyadan foydalanib, bir qator nufuzli qarluq zodagonlari yoʻqolgan mustaqilligini tiklashga qaror qildilar va oʻzlarining yetakchisi, yirik savdo shahri Isfijobning hukmdorini xoqon deb eʼlon qilishdi. Manbalar Adabiyotlar Kochnev B.D., Numizmaticheskaya istoriya Karakhanidskogo kaganata (991 — 1209 gg.). Moskva „Sofiya“, 2006. Qoraxoniy davlati hukmdorlari Turkiy hukmdorlar
736
3518
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bozir%20Arslonxon
Bozir Arslonxon
Bozir Arslonxon - Qoraxoniylar sulolasining hukmdori (? - 910). Qoraxoniy davlati hukmdorlari
94
3519
https://uz.wikipedia.org/wiki/Og%CA%BBulchak%20Arslonxon
Ogʻulchak Arslonxon
Ogulchak Qodir-xon - Qoraxoniylar sulolasidan hukmdor (-). Qoraxoniy davlati hukmdorlari
89
3522
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muso%20Bug%E2%80%98roxon
Muso Bug‘roxon
Muso Bug‘roxon – Qoraxoniylar sulolasining hukmdori (955 - 958). Qoraxoniy davlati hukmdorlari
95
3523
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sulaymon%20Arslonxon%20I
Sulaymon Arslonxon I
Sulaymon Arslonxon I – Qoraxoniylar sulolasining hukmdori (968 - 970?). Qoraxoniy davlati hukmdorlari
102
3524
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ali%20Arslonxon%20I
Ali Arslonxon I
Ali Arslonxon I – Qoraxoniylar sulolasining hukmdori (970 – 998). Qoraxoniy davlati hukmdorlari
96
3525
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmad%20ibn%20Ali%20Arslonxon
Ahmad ibn Ali Arslonxon
Ahmad ibn Ali Arslonxon – Qoraxoniylar sulolasining hukmdori (998 – 1017). Qoraxoniy davlati hukmdorlari
105
3526
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gastarbayter
Gastarbayter
Gastarbayter (nem. „gast“ — mehmon, „arbeit“ — ish, mehnat) — xorijiy mamlakatdan kelgan ishchi. Gastarbayterlik bilan asosan rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlar aholisi vakillari shugʻullanadi. Masalan, sobiq SSSR hududidagi respublikalardagi ishchi kuchning Rossiyaga migraciyasi. Biroq doim ham shunday emas. Misol uchun nisbatan rivojlangan Sharqiy Yevropa ishchilarining Gʻarbiy Yevropada gastarbayterlik bilan shugʻullanishi. Jamiyat
441
3531
https://uz.wikipedia.org/wiki/Do%CA%BBppi
Doʻppi
Doʻppi (, ) – yengil bosh kiyimi. Qadimdan eroniy va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Turkiston xalqlari orasida (ayniqsa Oʻzbekiston va Tojikiston hududida) milliy kiyim turiga aylangan. Boshqa xalqlar doʻppilaridan oʻzbek doʻppilari oʻziga xos shakli, bezagi bilan farqlanadi. Doʻppi uch qismdan – tepa (aylana va toʻrtburchak shaklida bichiladi), kizak (gardish shaklida) va jiyakdan tuzilgan, Oʻzbekistonning turli joylarida turlicha bezatiladi; qismlari birlashtirilganda turlicha koʻrinishga ega boʻladi. Doʻppi tikuvchi usta doʻppidoʻz, doʻppi tikish kasbi esa doʻppidoʻzlik deb ataladi. Doʻppi asosan baxmal, sidirgʻa shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi (Chust, Margʻilon, Toshkent, Shahrisabz va boshqalar), moʻljallangan kishilarning yoshi va jinsiga (erkak, ayol, bolalar), shakli (oʻtkir uchli, konussimon, yarim doora, chuqur tubli, dumaloq, karjli va boshqalarga) koʻra doʻppilar xilma-xil va rang-barangdir. Dastlabki doʻppilar shakli oʻtkir uchli qilib salla bilan kiyishga moʻljallab kizagi keng jiyakli qilib tayyorlangan. 1920-yillardan doʻppi shakli oʻzgardi: tepasi dumaloq yoki murabba shaklga ega boʻldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi. Oʻzbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz doʻppilari mashhur. Chust doʻppisi toʻq yashil shoyi yoki satindan 4 karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida qalampirnusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4 tadan mehrob (yarim doira) shaklida kashta bilan sidirgʻa qoplab oq ipda (yoki ipakda) tikiladi. Tayyor doʻppining tepasi kizagidan murabba shaklida boʻrtib chiqadi (boshqa doʻppilarning tepasi yarim doira shaklida boʻladi). Shakli koʻp jihatdan chuyet doʻppisiga oʻxshash boʻlgan margʻilon doʻppisi gullarining (nisbatan ingichka va uzun qalampir shaklining) sidirgʻa qoplanmasligi bilan farqlanadi. Toshkentning duxoba doʻppisi sidirgʻa baxmaldan, buxoro doʻppisi sidirgʻa yoki gulli baxmaldan tayyorlanadi; buxoro doʻppisiga rang-barang ipak iplarda yoʻrma usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi. Iroqi doʻppi Shahrisabzda keng urf boʻlgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning oʻziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. Doʻppining bu turida kashta iplari sugʻirilib toʻr holiga keltirilgan matogs (surpga) rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chokda (terma va bosma usulida) tikiladi (nomi shundan). Iroqi doʻppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob doʻppidoʻzlari tomonidan tayyorlanadi. Toshkent va Fargʻona vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa doʻppining naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi yashil, koʻk tusli qushchalar (bulbullar) shaklidan iborat. Toshkentning iroqi doʻppisida oq zaminga atirgullar toʻq va och qizil ipaklarda (baʼzan „Raʼno“, „Guli“, „Fargʻona tong otguncha“ va boshqa) yozuvlar qoʻshib tikiladi. Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va ipdan) toʻqilgan gilam doʻppisi ham mashhur. Samarqand (Urgut) va Surxondaryoning (Boysunning) dumaloq, shaklli piltadoʻzi doʻppisining naqshi sodda, gullari markazga tomon yoʻnalgan, qaviq choklari esa qovurgʻali yuzani hosil qiladi. Buxoro zardoʻzlarining zardoʻzi-guldoʻzi va zardoʻzi-zamindoʻzi („Yulduz“, „Tovus“ va boshqa) doʻppilari badiiy jiqatdan yuqori baholanadi. Toshkentning sidirgʻa parchadan 4 karjli (karjlari oʻzaro qora xoshiya yoʻllar bilan boʻlingan, har bir karjga yorqin gullagan novdalar tikilgan) doʻppisi va boshqa doʻppilar jozibali qilib tayyorlanadi. Islomda doʻppi. Islomda bosh kiyimda yurish sunnatdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xaloga (hojatxonaga) bosh kiyimsiz kirishdan qaytarganlar. Sababi boshning oʻsha doʻppi berkitib turgan kaftdek qismida jinlarning inson miyasiga kirib joylashishi uchun yoʻllar (kanallar) boʻlar ekan. Agar doʻppi kiyilsa, oʻsha kanal bekitiladi va inson turli nomaqbul ishlardan, xayollardan qutiladi. Buning yana bir sababi shunday izohlanadiki, hojatxonaga kirishda inson yelkasidagi farishtalar joyidan tushib eshik oldida qolar ekan, shayton esa yoʻq. Hojatxona ichida shayton vasvasidan qutilishda oʻsha bosh kiyimi – doʻppi kishining qalqoni boʻladi. Namoz oʻqilganda ham, albatta, bosh kiyim bilan (doʻppi, salla va h.k.) joynomozga chiqiladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam, sahobalar, tobeʼinlar va oʻtgan barcha ulugʻlar bosh kiyim bilan namoz oʻqiganlar. "Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam: „Salla bilan oʻqilgan ikki rakʼat namoz sallasiz oʻqilgan yetmish rakʼat namozdan yaxshidir“, – dedilar". (Daylamiy rivoyat qilgan). Doʻppiga oid qadriyat. Qadimda doʻppini oyoq ostiga qoʻyish, uni bosish, ustidan hatlab oʻtish doʻppi egasiga behurmatlik, beodoblik sanalgan. Hatto doʻppini oyoqosti qilish, ezgʻilash, yirtib parchalash bilan uning egasiga ziyon-zahmat yetkazish mumkin, deb ishonilgan. Doʻppi insonning boshini himoyalovchi, asrovchi bosh kiyimi boʻlishi bilan birga, unga doʻppi kiygan insonning kuch-quvvati, irodasi, xislatlari oʻtadi, deb ham hisoblangan. Koʻpni koʻrgan, sogʻlom, baquvvat keksalarning taxlangan doʻppisi bilan kinnalab qoʻyish, silash, „emi-demi shu emish“ deya urib qoʻyish bemorga quvvat berishiga umid qilganlar. Doʻppidagi qalampirnusxa. Erkaklar doʻppisida tasviri tushirilgan qalampir nusxaning zamonaviy moda olamida ham oʻrni beqiyos. Bu nusxani jahonda turlicha: „turk loviyasi“, „hind palma bargi“, „fors sarvi“, „turk bodringi“, „sharq bodringi“ yoxud „hind bodringi“ ham deb yuritiladi. U qanday nom bilan yuritilmasin, uning shakli bir-biriga oʻxshash. Shu boisdan ham turli xalqlarda oʻziga xos maʼno anglatgan ushbu ramzga egalik masalasi jumboq boʻlib qolmoqda. Taxminlarga koʻra, ushbu belgi milodiy 224-651-yillarda sosoniylar davlatida (hozirgi Iroq va Eron hududlari)da paydo boʻlgan. Matolar savdo-sotigʻi tufayli bu belgi butun Osiyo mamlakatlari, Hindiston va Yevropaga ham kirib borgan. Shu tufayli boʻlsa kerak mualliflikka daʼvogar boʻlayotgan turli mamlakatlar hali-hanuz tortishuvlar girdobida. Oʻzbekistonda embrionga oʻxshab ketadigan ushbu belgi serfarzandlik maʼnosini ham anglatib, bolajon xalqimizning sevimli qalampir nusxasi sifatida qadrlanadi. Filateliyada Manbalar Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Bosh kiyimlari Oʻzbek milliy kiyimlari
6,273
3533
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mansur%20ibn%20Ali
Mansur ibn Ali
Mansur ibn Ali - Qoraxoniylar sulolasining hukmdori (1017 - 1024). Qoraxoniy davlati hukmdorlari
97
3534
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmad%20Tog%CA%BBonxon%20II
Ahmad Togʻonxon II
Ahmad Togʻonxon II - Qoraxoniylar sulolasining hukmdori (1024 - 1026). Qoraxoniy davlati hukmdorlari
102
3535
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yusuf%20Qodirxon
Yusuf Qodirxon
Yusuf Qodirxon – Qoraxoniylar sulolasining hukmdori (1026 - 1032). Qoraxoniy davlati hukmdorlari
98
3536
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sulaymon%20Arslonxon%20II
Sulaymon Arslonxon II
Sulaymon Arslonxon II – Qoraxoniylar sulolasining hukmdori (1032 - 1040). Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdorlari Qoraxoniy davlati hukmdorlari
146
3537
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Bug%E2%80%98roxon
Muhammad Bug‘roxon
Muhammad Bug‘roxon – Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdori (1056 - 1057). Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdorlari
115
3539
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mahmud%20To%CA%BBg%CA%BBrulxon
Mahmud Toʻgʻrulxon
Mahmud Toʻgʻrulxon – Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdori (1059 - 1074). Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdorlari
115
3540
https://uz.wikipedia.org/wiki/Umar%20To%CA%BBg%CA%BBrulxon
Umar Toʻgʻrulxon
Umar Toʻgʻrulxon – Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdori (1074 - 1075). Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdorlari
113
3541
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xorun%20Bug%E2%80%98roxon%20II
Xorun Bug‘roxon II
Xorun Bug‘roxon II - Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdori (1075 - 1102). Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdorlari
115
3542
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmad%20Arslonxon%20II
Ahmad Arslonxon II
Ahmad Arslonxon II - Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdori (1103 - 1128). Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdorlari
115
3543
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibrohim%20Bug%E2%80%98roxon%20II
Ibrohim Bug‘roxon II
Ibrohim Bug‘roxon II - Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdori (1128 - 1156). Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdorlari
117
3544
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Bug%E2%80%98roxon%20III
Muhammad Bug‘roxon III
Muhammad Bug‘roxon III - Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdori (1156 - 1180). Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdorlari
119
3545
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yusuf%20Tamg%E2%80%98achxon%20II
Yusuf Tamg‘achxon II
Yusuf Tamg‘achxon II - Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdori (1180 - 1205). Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdorlari
117
3546
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Bug%E2%80%98roxon%20IV
Muhammad Bug‘roxon IV
Muhammad Bug‘roxon IV - Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdori (1205 - 1211). Sharqiy qoraxoniylar davlati hukmdorlari 1211-yilda vafot etganlar
144
3547
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ali-tegin
Ali-tegin
Ali-tegin (Ali ibn Hasan) – Qoraxoniylardan. Movarounnahrda hukmronlik qilgan (1020—1034). Qoraxoniylar
104
3548
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qoraxoniylar
Qoraxoniylar
Qoraxoniylar, xoniylar, xoqoniylar — Qoraxoniylar davlatini 840-1212-yillarda boshqargan turkiy xoqonlar sulolasi. Kelib chiqishi "Q." iborasi shartli ravishda sulola nomi sifatida qoʻllanilib, davlat hukmdorlari "qoraxon" — buyuk xon unvoni bilan yuritilgan. Shu bois sharq-shunos olim V.V.Grigoryev sulolaga "Q.", deb nom bergan va u ilmiy adabiyotlarda mustahkam oʻrnashib qolgan. Q.ning yirik vakillari: Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon (859 — 955), Muso ibn Abdulkarim (955—970), Hasan ibn Sulaymon (977—992), Ahmad ibn Ali Arslonxon (998—1017; hokimiyat amalda ukasi Nasr ibn Ali qoʻlida boʻlgan, u Movarounnahrni bosib olgan), Mansur ibn Ali (1017—26), Ibrohim ibn Nasr Tamgʻachxon (1040—70), Ars-lonxon Muhammad ibn Sulaymon (1102—30). 1130-yildan saljuqiylarga, 1140-yillar boshida qoraxitoylarga qaram boʻlgan. Q.ning soʻnggi vakili Usmon ibn Ibrohim 1212-yil Muhammad Xorazmshoh tomonidan agʻdarilib qatl qilingan. "Qoraxoniylar" atamasi Xoqon Qoraxonning Islom dinini qabul qilganidan so'ng paydo bo'lgan. Numizmat Tornberg esa ularning xonlari tutib yurgan maqomiga qarab Ileklar deb atagan. Boshqalar esa Uyg'ur xoqonligi deb atashgan. 940 yil atrofida qarluqlar Tyanshan yaqinidagi Bolasog'un shahrini bosib olishadi va yangi sulola tuzishadi. Birinchi hukmdorlardan biri Abdulkarim Sotuk Bug'roxon Islom dinini qabul qiladi va <<Doslan Qoraxon>> nomi bilan shuxrat topadi, keyinchalik butun sulola uning nomidan "Qoraxoniylar" deb atala boshlanadi. Sulolaning buyuk xonlaridan biri Bog'raxon edi, Islom olamida Xorun oti bilan shuxrat topgan edi. U Movarounnahr taxtini somoniy Nuhdan olib qo'yadi, uning merosxo'ri buyuk Ilekxon esa, Somoniylar davlatini yo'q qiladi. Qoraxoniylarning poytaxtlari Bolasogun, Taraz, Qoshgʻar shaharlari boʻlgan, Gʻarbiy Qoraxoniylar davlat poytaxti esa Samarqand shahri boʻlgan. Qoraxoniylar xoqonligiga kuchayib kelaytogan Xorazmshohlar imperiyasining sultoni Muhammad Alovuddin yakun yasaydi. Yettisuv, Sharqiy Turkiston o’lkalarida IX asrning ikkinchi yarmida turli turkiy qavmlar, elatlarning o’zaro birikuvi natijasida va qo’shiluvi davomida Qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Mazkur davlatga asos solgan siymo Abdulkarim Sotuq Bug’roxon (859-955) yag’molar qavmiga mansub bo’lgan. Bu davlat hukmdorlari «arslonxon» yoki «qoraxon» unvonlari bilan ulug'langan. Qoraxon so’zining lug’aviy ma’nosi esa turkiy qabilalarda «ulug’», «buyuk» degan tushunchalarni anglatgan. Qoraxon «Tamg’achxon» ham deb yuritilgan. Bu davlatning qudrati yuksalib, u tez orada katta hududlarni o’z qo’l ostiga kirita boradi. Uning poytaxti Sharqiy Turkistonning Bolasog’un shahri bo’lgan. Abdulkarim Bug’roxon vafotidan keyin (955) uning vorislari davrida Markaziy Tyan-Shan va Yettisuv o’lkalari egallanadi. Somoniylar davlatini qoʻshib olinishi Endilikda Qoraxoniylar Somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr yerlarini ham butunlay egallashga kirishadilar. Bu davrda Somoniylar davlati chuqur ichki ziddiyatlar, sinfiy ixtiloflar orqasida tanglik holatiga tushib qolgan edi. Bundan foydalangan Qoraxoniylar hukmdorlari - Hasan va Nasr Bug’roxonlar etakchiligidagi qo’shin Somoniylar qarshiligini qiyinchiliksiz yengib, ikki bor (992 va 999-yillarda) Buxoroni egallaydi, somoniylar sulolasining so’nggi vakili Ismoil al-Muntasir (1000-1005) hukmronligi barham topdi. Oqibatda butun Movarounnahr hududlari Qoraxoniylar tasarrufiga o’tadi. Shu tariqa, Qoraxoniylar hukmronligi katta hududlarga yoyiladi. Qoraxoniylar davlatini boʻlinishi XI asr o’rtalariga kelib Qoraxoniylar hokimiyati 2 ga bo’linib ketdi: Markazi Samarqand bo’lgan, Movarounnahrning katta hududlarini o’zida jam etgan G’arbiy xonlik; Markaziy Bolasog’un bo’lgan Talas, Isfijob, Shosh (Toshkent), Sharqiy Farg’ona, Yettisuv va Qoshg’ar yerlarini tarkibiga olgan Sharqiy xonlik. Qoraxoniylarning davlat boshqaruv tizimi bosh vazir devoni 􀂾 Devoni mustovfiy 􀂾 Devoni mushrif 􀂾 Devoni barid 􀂾 Devoni amid 􀂾 Devoni ushrot 􀂾 Devoni vaqf 􀂾 Voley-bek. Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish tartibiga asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir yirik hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora qilingan (masalan, Samarqand, Buxoro, Yettisuv va boshq.). Eloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to’lovlarni markaziy hokimiyat hukmdori - Tamg’achxonga yuborib, amalda o’z mulklarini mustaqil boshqarganlar. Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida kechgan. Ayniqsa xonlikning muhim hayotiy markazlari hisoblangan Samarqand, Buxoro, Balx va Termiz kabi joylarni qo’lga kiritish uchun saljuqiylar, qoraxitoylar bilan ko’p bor urush harakatlari olib borilgan. Qoraxoniylar davlati XII asrda Xususan, saljuqiylarning so’nggi podshohi Sulton Sanjar (1118-1157) Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmdori Arslonxon (1102-1130)ning zaiflashib qolganligidan va mahalliy ruhoniylar fitnasidan foydalanib, Samarqand va uning atroflarini bosib oladi. Shundan so’ng Qoraxoniylar sulolasiga mansub mahalliy xonlar amalda Sulton Sanjarga tobe bo’lib qoladilar. Biroq ko’p o’tmay bu hududlar yangidan sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar ta’siriga tushib qoladi.Faqat 1211-yilga kelib, ya’ni Xorazmshoh Alouddin Muhammad (1200-1220) davrida Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi rasmiy boshqaruvi butunlay barham topadi. Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim o’zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, Qoraxoniylar o’lkani zabt etgach, bu yerda ko’p asrlardan buyon hukm surib kelgan yerga egalik qilishning muhim shakli – dehqon mulkchiligini tugatib, bu mulklarni davlat tasarrufiga oladilar. Bu mulklar o’z navbatida qoraxoniylarga tobe bo’lgan sodiq amaldorlar, harbiy lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. “Dehqon” tushunchasi shundan boshlab amalda yerni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko’chdi. Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib yer-mulkka egalik qilishning “iqto’” va iqtodorlik munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar o’z tasarrufidagi hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar. Uchinchidan, O’rta Osiyo hududlarining Qoraxoniylar davlati tarkibiga o’tishi yerli aholi etnik tarkibida ham muhim o’zgarishlarni vujudga keltiradi. Qoraxoniylar hokimiyatining bu hududga yoyilishi ayni zamonda sharqiy hududlardan turkiy qavmlar, elatlarning bu yerlarga kelib, o’rnashib, o’troqlashuviga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu esa, shubhasiz, o’zbek xalqining etnik shakllanish jarayoniga ta’sir etadi. Ayni chog’da turkiy tilning iste’mol doirasi to’xtovsiz kengayib bordi. Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq, elatlarning adabiy tili sifatidagi mavqei va maqomi ham tarkib topib bordi. Go’zal va nafis qadimgi turkiy, ya’ni eski o’zbek adabiyotining yuksak badiiy namunalari hisoblangan Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti bunga yorqin dalil bo’la oladi. Turkiy sulolalar Oʻzbekiston tarixi
7,152
3549
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yusuf%20%28Qoraxoniy%29
Yusuf (Qoraxoniy)
Yusuf – Qoraxoniylar Gʻarbiy kagʻonligining hukmdori (1034 - ок.1060). G`arbiy kag`onligi hukmdorlari
102
3550
https://uz.wikipedia.org/wiki/Arslan-teg%CA%BBin%20%28Qoraxoniy%29
Arslan-tegʻin (Qoraxoniy)
Arslan-tegʻin – Qoraxoniylar Gʻarbiy kagʻonligining hukmdori (1034 - ок.1060). G`arbiy kag`onligi hukmdorlari
110
3553
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xizrxon
Xizrxon
Xizrxon – Qoraxoniylar Gʻarbiy xoqonligining hukmdori (1080 - 1087). 1080-yilda vafot etgan Shamsulmulkdan keyin uning ukasi Xizr oʻrnini egalladi, undan bir necha tanga kelib tushdi. Xizr Movarounnahrga, shu jumladan Fargʻonaga tegishli edi. Davlatning poytaxti Samarqand edi. V.V.Bartoldning fikriga koʻra, Xizrxon davrida davlat gullab-yashnagan holatda boʻlgan. Xizrxon shoirlarga homiylik qilgan. Nizomiy Aruziy Samarqandiy Xizrxon davrida Qoraxoniylar saroyi oʻzining goʻzalligi va ulugʻvorligi bilan ajralib turardi, deb taʼkidlagan edi. Xizrxon 1087-yilda vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Ahmadxon ibn Xizrxon chiqdi. Adabiyotlar Bartold V. V. Turkestan v epokhu mongol'skogo nashestviya // Sochineniya. T. I. M., 1963. Kochnev B. D. Numizmaticheskaya istoriya Karakhanidskogo kaganata (991 – 1209 gg.). Moskva «Sofiya», 2006 Kishilar Oʻzbekiston tarixi Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
913
3554
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmadxon%20ibn%20Xizrxon
Ahmadxon ibn Xizrxon
Ahmadxon — Qoraxoniylar Gʻarbiy xoqonligining hukmdori (1087 — 1089). 1087-yilda Xizrxon vafotidan keyin uning oʻgʻli Ahmadxon taxtga oʻtirdi. Ahmadxon davrida xon va ruhoniylar oʻrtasida keskin mojaro kelib chiqqan. Abu Tohir Abd ar-Rahmon b. Ahmad b. Samarqandning sobiq bosh hakami norozilar nomidan Xonning Saljuqiylar podshosi Malikshohga shikoyat qildi. Sulton fursatdan foydalanib, 1089-yilda Buxoroni egallab oldi va qarshilikdan soʻng olingan Samarqandni qamal qildi. Asirga olingan xon Isfahonga yuborilgan va Samarqandda Malikshoh hokimni tark etgan. Keyin u Oʻzgend orqali Qashqar chegaralariga oʻtdi. Qashqar xoni unga elchi yubordi, oʻzini Malikshohga qaram deb tan oldi va xutba oʻqiy boshladi va uning nomi bilan tanga zarb etdi. 1092-yilda Ahmadxon ibn Xizr Saljuqiy vassali sifatida Samarqand taxtiga qaytarilgan.Ammo Samarqand taxtiga qaytgan Ahmadni mutaassib ruhoniylar va turk sarkardalari 1095-yilda Kosonga (Farg'onada) yurish payitida yoy ipi bilan bo'g'ib o'ldiradilar va 1095-yilda uning oʻrniga amakivachchasi Muhammad ibn Ibrohimning oʻgʻli Maʼsudxon taxtga chiqdi. Adabiyotlar Bartold V. V. Turkestan v epokhu mongol’skogo nashestviya // Sochineniya. T. I. M., 1963. Kochnev B. D. Numizmaticheskaya istoriya Karakhanidskogo kaganata (991 — 1209 gg.). Moskva „Sofiya“, 2006 Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
1,351
3555
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yoqubxon
Yoqubxon
Yoqubxon — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1089 — 1095). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
105
3556
https://uz.wikipedia.org/wiki/Masudxon%20I
Masudxon I
Masudxon I — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1095—1097). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
105
3557
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sulaymon%20Tamg%E2%80%98achxon
Sulaymon Tamg‘achxon
Sulaymon Tamg‘achxon - Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1097). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
111
3558
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mahmudxon%20I
Mahmudxon I
Mahmudxon I — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1097—1099). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
106
3559
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jibrail%20%28Qoraxoniy%29
Jibrail (Qoraxoniy)
Jibrail - Qoraxoniylar G`arbiy kag`onligining hukmdori (1099 - 1102). G`arbiy kag`onligi hukmdorlari
101
3562
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nasr%20II
Nasr II
Nasr II — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1128—1129). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
102
3563
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmad%20Qodirxon%20III
Ahmad Qodirxon III
Ahmad Qodirxon III — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1129—1130). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
113
3564
https://uz.wikipedia.org/wiki/Al-Xasan
Al-Xasan
Al-Xasan — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1130—1132). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
103
3565
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mahmudxon%20II
Mahmudxon II
Mahmudxon II — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1132—1141). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
107
3566
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibrohim%20Tamg%E2%80%98achxon%20III
Ibrohim Tamg‘achxon III
Ibrohim Tamg‘achxon III — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1141—1156). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
118
3567
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ali%20II
Ali II
Ali II — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1156—1160). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
101
3568
https://uz.wikipedia.org/wiki/Masudxon%20II
Masudxon II
Masudxon I‎‎I — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1160—1170). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
108
3569
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nasr%20III
Nasr III
Nasr III — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1170—1171). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
103
3570
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Tamg%E2%80%98achxon%20III
Muhammad Tamg‘achxon III
Muhammad Tamg‘achxon III — Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdori (1171—1178). Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati hukmdorlari
119
3571
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibrohim%20ibn%20Husayn
Ibrohim ibn Husayn
Ibrohim ibn Husayn - Qoraxoniylar Gʻarbiy xoqonligining hukmdori (1178 - 1202). Ibrohim ibn Husayn tangalarida uning ismi va unvonlari yozilgan: Ibrohim Arslon-xoqon, Nusrat ad-dunya va-d-din, Nusrat ad-dunya va-d-din Ibrohim Kuch Arslon-xon. Samarqandda chiqarilgan tangalarda shunday yozuv bor edi: Nusrat ad-dunya va-d-din Ulugʻ sulton as-salatin Ibrohim b. al-Husayn. Ibrohimning zarb qilgan tangalari: dinorlar, dirhamlar va falslar (Samarqand va Buxoro). Movarounnaxrning ilmiy va adabiy markazi Samarqanddagi Qoraxoniylar saroyida tashkil topgan. Mashhur olimlardan biri tarixchi Majid ad-din al-Surxakati boʻlib, u Samarqandda Qoraxoniylar sulolasining tarixini aks ettirgan "Turkiston tarixi"ni yozgan. Ibrohim ibn Husayn vafotidan keyin taxtga ugʻli Usmon ibn Ibrohim chiqadi. Manbalar Adabiyotlar Bartol'd V.V. Turkestan v epokhu mongol'skogo nashestviya // Sochineniya. T. I. M. 1963. Kochnev B.D., Numizmaticheskaya istoriya Karakhanidskogo kaganata (991 – 1209 gg.). Moskva «Sofiya», 2006 G`arbiy kag`onligi hukmdorlari
1,043
3572
https://uz.wikipedia.org/wiki/Usmon%20ibn%20Ibrohim
Usmon ibn Ibrohim
Usmon ibn Ibrohim - Qoraxoniylar hukmdori (1202 - 1212). 1087 yilda Ibrohim ibn Husaynxon vafotidan keyin uning oʻgʻli Usmonxon Samarqandda taxtga oʻtirdi. Uning toʻliq nomi Nusrat ad-dunya va-ddin Usmon ulugʻ sulton as-salatin edi. Ibn al-Athir uni "Samarqand va Buxoroning sultoni" deb ataydi, ammo Usmondan faqat Samarqand tangalari kelgan, u ustiga u ham otasi singari "sultonlar sultoni" deb nomlangan. Usmon Samarqandning soʻnggi Qoraxoniy hukmdori va Gʻarbiy Qoraxoniylar xoqonligining soʻnggi hukmdori edi. Manbalar Adabiyotlar Kochnev B.D., Numizmaticheskaya istoriya Karakhanidskogo kaganata (991 – 1209 gg.). Moskva «Sofiya», 2006. G`arbiy kag`onligi hukmdorlari
681
3573
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nasr-teg%CA%BBin%20%28Qoraxoniy%29
Nasr-tegʻin (Qoraxoniy)
Nasr-tegʻin - Qoraxoniylar Fargʻona kagʻonligining hukmdori (1013). Farqona kag`onligi hukmdorlari
99
3574
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mansur%20Abul%20Muzaffar%20%28Qoraxoniy%29
Mansur Abul Muzaffar (Qoraxoniy)
Mansur Abul Muzaffar - Qoraxoniylar Farg`ona kag`onligining hukmdori (1013 - 1024). Farqona kag`onligi hukmdorlari
115
3575
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mohammed%20Ain%20ad-Davla%20%28Qoraxoniy%29
Mohammed Ain ad-Davla (Qoraxoniy)
Mohammed Ain ad-Davla - Qoraxoniylar Farg`ona kag`onligining hukmdori (1041 - 1052). Farqona kag`onligi hukmdorlari
116
3577
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abd%20al-Mumin%20%28Qoraxoniy%29
Abd al-Mumin (Qoraxoniy)
Abd al-Mumin - Qoraxoniylar Fargʻona kagʻonligining hukmdori (-). Farqona kagʻonligi hukmdorlari
97
3578
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ali%20%28Qoraxoniy%29
Ali (Qoraxoniy)
Ali - Qoraxoniylar Fargʻona kagʻonligining hukmdori (-). Farqona kagʻonligi hukmdorlari
88
3579
https://uz.wikipedia.org/wiki/Al-Xasan%20%28Qoraxoniy%29
Al-Xasan (Qoraxoniy)
al-Xasan - Qoraxoniylar Fargʻona kagʻonligining hukmdori (-). Farqona kagʻonligi hukmdorlari
93
3580
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xuseyn%20Jalol%20%28Qoraxoniy%29
Xuseyn Jalol (Qoraxoniy)
Xuseyn Jalol - Qoraxoniylar Farg`ona kag`onligining hukmdori (1132 - 1156). Farqona kag`onligi hukmdorlari
107
3581
https://uz.wikipedia.org/wiki/Maxmud%20Togan-xon%20%28Qoraxoniy%29
Maxmud Togan-xon (Qoraxoniy)
Maxmud Togan-xon - Qoraxoniylar Farg`ona kag`onligining hukmdori (1156 - 1164). Farqona kag`onligi hukmdorlari
111
3582
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibrohim%20Arslan-xon%20%28Qoraxoniy%29
Ibrohim Arslan-xon (Qoraxoniy)
Ibrohim Arslan-xon – Qoraxoniylar Fargʻona kagʻonligining hukmdori (1164 - 1178). Farqona kag`onligi hukmdorlari
113
3583
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nasr%20%28Qoraxoniy%29
Nasr (Qoraxoniy)
Nasr - Qoraxoniylar Farg`ona kag`onligining hukmdori (1178 - ?). Farqona kag`onligi hukmdorlari
96
3584
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qodir-xon%20%28Qoraxoniy%29
Qodir-xon (Qoraxoniy)
Qodir-xon - Qoraxoniylar Farg`ona kag`onligining hukmdori (? - 1209). Farqona kag`onligi hukmdorlari
101
3585
https://uz.wikipedia.org/wiki/Maxmud%20%28Qoraxoniy%29
Maxmud (Qoraxoniy)
Maxmud - Qoraxoniylar Farg`ona kag`onligining hukmdori (? - 1213). Farqona kag`onligi hukmdorlari
98
3589
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kurash
Kurash
Kurash - oʻzbek milliy sport turi. Kurash — sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. Tarixi Kurash, ayniqsa, Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiyada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda mavjud. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan aʼzo). Xalqaro maydonda sport kurashining yunon-rum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan kurash bilan shug'ullanishga ruxsat etiladi. Kurash azaldan oʻzbek turmush tarzining uzviy qismi boʻlganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qoʻlyozmalar tasdiqlaydi. Qadimgi Baqtriya (Oʻzbekiston janubi) hududidan topilgan jez davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik topilmada esa polvonlarning Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5 ming yil ilgari ham kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi boʻlganidan dalolat beradi. Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (II-III asr) va boshqa tarixiy shaxslarning yozishicha, shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari oʻzlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart qoʻyish yoʻli bilan aniqlashgan va bu shartda kurash musobaqasi boʻlgan. Bunga oʻzbek xalq qahramonlik dostoni — „Alpomish“dagi Barchin shartlarini misol qilib koʻrsatish mumkin. Ulardan biri ikki kurashuvchining biri oʻz raqibining belbogʻidan ushlab oʻziga tortadi, shu bilan birga oʻz raqibidan qutulishning chorasini qidiradi…". Bu taʼrif zamonaviy Kurash qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“, Alisher Navoiyning „Hamsa“, „Holoti Pahlavon Muhammad“, Zayniddin Vosifiyning „Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ“, Husayn Voiz Koshifiyning „Futuvvatnomai sultoniy“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ asarida kurash haqida qimmatli maʼlumotlar bor. IX-XVI asrlarda kurash xalq oʻrtasida keng ommalashgan. Shu davrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon kabilar kurash dovrugʻini oshirishgan. Belbog'li kurash Oʻzbek xalq yakka kurashining belbogʻli kurash deb nomlangan turi ham bor. Unga ham taalluqli koʻplab arxeologik topilmalar va tarixiy qoʻlyozmalar mavjud. Bundan 5 ming yil ilgari davrga mansub Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbogʻli kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning qadimiy „Tan-shu“ qoʻlyozmasida Fargʻova vodiysida toʻylar, sayllar kurash musobaqalarisiz oʻtmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xoʻja polvon va shu kabilar kurashning ana shu turida shuhrat qozonishgan (19-asr oxiri — 20-asr boshi). Chorizm istilosi va shoʻrolar davrida oʻzbek milliy kurashini xalq turmush tarzidan sunʼiy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-asrning 90-yillari oxiriga kelib bu urinishlarga barham berildi. 1991-yilda kurashchilar sulolasi vakili, bir necha kurash turlari boʻyicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov oʻzbekcha kurashning xalqaro andozalarga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chiqdi: kurash tushuvchilar 14x14m dan 16x16m gacha boʻlgan, chetroq qismi qizil rangli „xavfli chiziq“ bilan belgilangan koʻk-yashil tusli kurash gilamida tik turgan holatda bellashadilar. Gʻolib ishlatilgan usullar va maydondagi xatti-harakatlariga qoʻyiladigan baholarga qarab aniqlanadi. Kurashda boʻgʻish, raqibga ogʻriq beruvchi usullar qoʻllashga ruxsat etilmaydi, kurashuvchilarning biri koʻk, ikkinchisi yashil rangli yaktak (ayollar yaktak ichidan oq rangli futbolka) kiyadi, belga eni 4-5 sm li tasma (belbogʻ) bogʻlanadi, erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100kg va 100kg dan ziyod, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 va 78kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar (bolalar, oʻsmirlar, oʻspirinlar, yoshi ulugʻlar va qizlar musobaqalarida ham yosh xususiyatlari hisobga olingan holda vazn toifalari belgilanadi). Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA)ning 2003-yil Toshkentda oʻtgan kongressi har bir uchrashuvning qizgʻin boʻlishini taʼminlash maqsadida rasmiy musobaqalarda bellashuv vaqtini 3 daqiqa qilib belgiladi. Ishlatilgan usullarga bajarilishiga mos ravishda „chala“, „yonbosh“, „halol“ baholari, qoidaga zid harakatlarga esa „tanbeh“, „dakki“, „gʻirrom“ jazolari beriladi. Kurashuvchi „halol“ bahosini olsa (yoki raqibi „gʻirrom“ bilan jazolansa) bu uning gʻalabasini bildiradi. Ikki bor „yonbosh“ bahosini olish (yoki raqibining ikki bor „dakki“ deya jazolanishi) ham gʻalabani anglatadi. „Chala“ baholari hisobga olib boriladi va h. k. Ballar tengligida oxirgi baho olgan kurash-chiga gʻalaba beriladi, kurashchilarning baho va jazolari soni teng holatda baho ustunlikka ega boʻladi, jazolar soni teng boʻlsa oxirgi jazo olgan magʻlub hisoblanadi, agar barchasi teng (yoki baho va jazo olinmagan) boʻlsa, gʻolib hakamlarning koʻpchilik ovoziga koʻra eʼlon qilinadi. 1992-yilda Oʻzbekistonda kurash federatsiyasi, 2001-yilda Oʻzbekistonda belbogʻli kurash federatsiyasi tuzildi. 1998-yil sentabrda Toshkentda 28 davlat (AQSH, Boliviya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Rossiya, Oʻzbekiston, Yaponiya va h.k.) vakillari Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) muassislari boʻlishdi va shu munosabat bilan bu yerda oʻzbekcha kurash boʻyicha yirik xalqaro musobaqa oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Xalqaro kurash assotsiatsiyasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“gi farmoni (1999-yil 1-fevral) oʻzbek milliy kurash ining yavada rivojlanishiga turtki boʻldi. Oʻsha yili Toshkentda oʻzbekcha kurash boʻyicha birinchi jahon chempionati, Rossiyaning Bryansk shahrida ayollar oʻrtasida xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. IKA qoshida Xalqaro kurash akademiyasi, Butun jahon kurashni rivojlantirish jamgʻarmasi tuzildi, assotsiatsiya muassisligida „Kurash“ jurnal taʼsis qilindi. Adabiy-badiiy, ijtimoiy-publitsistik, axborot-reklama yoʻnalishidagi bu jurnal Toshkentda 1999-yil oktabr oyidan buyon nashr etiladi. 2000-yil Oʻzbekistonda kurash oyligi oʻtkazildi. Bu oylik davomida 2 mln.ga yaqin kishi kurash gilamiga chiqdi. Buyuk Britaniyada IKA faxriy prezidenti Islom Karimov nomidagi anʼanaviy xalqaro musobaqaga asos solindi. 2001-yildan Xalqaro kurash instituti (Toshkentda) faoli-yat koʻrsata boshladi. IKA ga 66 ta milliy federatsiya aʼzo boʻlib kirdi (2003). Yevropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya kurash konfederatsiya lari tuzildi. Hozirgi paytda oʻzbekcha kurash bilan xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi shugʻullanadi. Kurashning bu turi boʻyicha jahon, qita va mamlakatlar chempionatlari hamda birinchshtiklari, Oʻzbekistonda atTermiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan va boshqa koʻplab xalqaro musobaqalar muntazam oʻtkaziladi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda 22 ta olimpiada oʻrinbosarlari maktabi, 37 ta bolalaroʻsmirlar sport maktabi va 206 ta kurash maktabida sportning bu turi boʻyicha oʻquvchilarga tahsil beriladi. Oliy oʻquv yurtlarida 100 dan ortiq kurash toʻgaraklari faoliyat koʻrsatadi. Kurashchilar bilan 851 vafar murabbiy shugʻullanadi (2003). Osiyo olimpiya kengashi 2003-yilda kurashning bu turini Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritdi. Kurash boʻyicha oʻtkazilidigan jahon chempionatlarida Bahrom Anazov, Isoq Axmedov, Maxtumquli Mahmudov, Kamol Murodov, Toshtemir Muhammadiyev, Akobir Qurbonov (Oʻzbekiston), Kubashxonim Elknur, Selim Totar oʻgʻli (Turkiya), Aleksandr Katsuragi, Karlos Xonorato (Braziliya), Pavel Melananets (Polsha), Xiroyoshi Kashimoto (Yaponiya) va boshqa gʻolib chiqdilar va sovrindor boʻldilar. Adabiyotlar Yusupov kurash, Kurash, T., 1999; Moʻminov A., Prezident. Sport. Gʻalaba!, T., 2001. Oʻzbek xalqining anʼanaviy sport turlaridan biri boʻlmish kurash uch yarim ming yillik tarixga ega. Kurash oʻzbekcha soʻz boʻlib, u qator qadimiy sharq adabiy manbalarida yakkama-yakka olishuv va ijtimoiy koʻngilochar sport turi sifatida tilga olingan. Bundan ming yil muqaddam paydo boʻlgan afsonaviy Alpomish eposida kurash olis oʻtmishda Oʻzbekiston zaminida ommaviy tus olgan eng sevimli va nufuzli sport turi boʻlganligi qayd etiladi. Qadimda va oʻrta asrlarda yashab ijod etgan qator faylasuf va tarixchilar oʻz asarlarida kurashni alohida ehtirom ila tilga olganlar. Sharqning buyuk mutafakkirlaridan biri boʻlmish Abu Ali Ibn Sino kurash bilan shugʻullanmoq jon va tan sogʻligini taʼminlashning eng yaxshi vositasidir, deya eʼtirof etgan. Shunga qaramasdan hali-hanuz kurash aynan qachon va qaerda paydo boʻlganligi xususida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Oʻz navbatida bunday mavhumlik qator olimlar tomonidan kurashni qadimiy sport turlaridan biri sifatida eʼtirof etilishi uchun toʻsiq boʻla olmadi. Eramizning IX asrida kurash rivoji yangi bosqichga koʻtarildi. Oʻsha kezlarda zamonaviy Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholi anʼanaviy bayramlar, toʻy-hashamlar va yirik jamoatchilik tadbirlari davomida kurashdan koʻngil ochish va dam olish vositasi sifatida foydalanganlar. Keyinroq kurash koʻngil ochish vositasidan mustaqil sport turi va jismoniy chiniqish usuliga aylandi. Eng kuchli kurashchilar xalq orasida maʼlumu-mashhur boʻlib, ular haqida afsonalar toʻqila boshlandi. XII asrda yashab oʻtgan Pahlavon Mahmud buning yaqqol namunasidir. Hali-hanuz uning qabri ziyoratchilarning sevimli maskani va muqaddas qadamjolardan biri hisoblanadi. XIV asrda insoniyat tarixida yorqin iz qoldirgan tengi yoʻq sarkarda va davlat arbobi Amir Temur oʻz askarlarini chiniqtirish va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida kurashdan foydalangan. Maʼlumki, Amir Temur armiyasi zamonasining eng qudratli va yengilmas qoʻshini hisoblangan. Vaqt oʻtishi bilan kurash zamonaviy Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholining eng sevimli va ardoqli anʼanalaridan biriga aylandi. Shu maʼnoda kurash oʻzbeklarning qon-qoniga singib ketgan, deb aytish mubolagʻa boʻlmaydi. Ushbu sport turiga boʻlgan muhabbat otalardan bolalarga meros sifatida oʻtib keladi. Bugungi kunga kelib birgina Oʻzbekistonda kurash bilan muntazam shugʻullanuvchilarning soni ikki millionga yetgan. Ushbu sport ishqibozlari va havaskorlarning soni esa behisobdir. 1980-yillarning boshida mashhur oʻzbek kurashi ustasi, dyuzdochi va sambochi Komil Yusupov oʻzbek kurashining boy merosini tadqiq etish ishlarini boshlab yubordi. Ushbu sport turining qayta tiklanishining faollaridan biri boʻlgan mazkur zotning asosiy maqsadi kurashning xalqaro meʼyorlarga mos boʻlgan yangicha qoidalarini ishlab chiqishdan iborat boʻldi. Toʻqsoninchi yillarning boshlariga kelib u ushbu sharafli vazifani muvaffaqiyatli ado etib oʻzbek kurashini xalqaro arenaga olib chiqishni oʻz oldiga maqsad qildi. Avvaliga u oʻzi ishlab chiqqan kurash qoidalarini jamoatchilik, mutaxassislar va ishqibozlar eʼtiboriga havola etdi. Yangi qoidalar oʻzbek kurashining eng ardoqli anʼanalari va maxsus kiyim bosh, musobaqalarni oʻtkazish joyi va bellashuvning davom etish muddati kabi xalqaro sport meʼyorlarini oʻzida mujassam etdi. Sport mutaxassislari Komil Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan kurash qoidalari toʻlaligicha xalqaro sport talablariga javob berishini eʼtirof etdilar. Kurash qoidalarining asosiy afzalliklaridan biri shundaki, ular yotgan holda bellashuvni davom ettirilishiga yoʻl qoʻymaydi. Sportchilardan birining tizzasi gilamga tegishi bilanoq hakam bellashuvni toʻxtatadi va kurashchilar turgan holda musobaqani davom ettirishadi. Bu hol kurashni tez sur’atlarda olib borilishi va muxlislar uchun qiziqarli va maroqli boʻlishini taʼminlaydi. Bundan tashqari kurash qoidalari belbogʻdan pastki qismni ushlovchi yoki ogʻriq qoʻzgʻatuvchi va boʻgʻuvchi uslublarni ishlatishni taʼqiqlaydi. Shu tariqa kurash sportchilarga tan jarohati yetkazilishining oldi olingan eng xavfsiz sport turlaridan biriga aylandi. 1991-yilda Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilishi kurashga yangicha hayot baxsh etdi. Respublika hukumati 70 yil totalitar tuzum davrida oyoq-osti qilingan oʻzbek xalqining milliy qadriyatlari va anʼanalarini qayta tiklashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Milliy sport turi hisoblanmish kurashni qayta tiklash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi. 1992-yilda Komil Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti qabulida boʻldi. Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida oʻzbek kurashini nafaqat ona diyorimizda, balki chet ellarda ham rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Kurashni haqiqiy xalqaro sport turiga aylantirish, keyinchalik esa olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritish eng asosiy maqsad boʻlib qolmoqda. Oʻsha uchrashuvdan soʻng, kurashYusupov boshchiligidagi faollar gruhi oʻzbek kurashini xalqaro miqyosda rivojlantirishga qaritilgan faoliyatni boshlab yubordilar. Ular tomonidan Oʻzbekistonning turli hududlarida uyushtirilgan qator yirik musobaqalar muvaffaqiyati haqiqatdan ham barchani hayratga soldi. Mamlakatning turli chekkalaridan kelgan minglab kurashchilar musobaqalarda ishtirok etish istagini bildirgan boʻlsa, millionlab kurash ishqibozlari ushbu jozibali musobaqalardan bahra olish ishtiyoqida respublika boʻylab stadionlarni toʻldirdilar. Kurash faollarining saʼy-harakatlari Oʻzbekiston bilan chegaralanib qolmadi. Ular 1992-yildan boshlab Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, AQSh, Monako va Rossiyada oʻtkazilgan qator nufuzli sport anjumanlarida oʻzbek kurashini tanitishga qaratilgan tadbirlarga bosh qosh boʻldilar. Ushbu saʼy-harakatlar natijasida Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha birinchi xalqaro musobaqalarda dunyoning 30 ga yaqin mamlakati vakillari ishtirok etdilar. Toshkent markazida 30 ming kishiga moʻljallangan stadion tomoshabinlarga toʻlib ketdi. Oʻzbekiston va uning tashqarisidagi millionlab teletomashabinlar televizorda batafsil olib koʻrsatilgan musobaqalarni yaqindan kuzatib bordilar. Oʻzbekiston Prezidenti sovrini tikilgan birinchi xalqaro musobaqa muvaffaqiyatli oʻtdi. Turk sportchisi Salim Tataroglu musobaqa gʻolibi boʻldi. Birinchi xalqaro musobaqa bilan bir paytda mamlakat yana bir muhim tarixiy voqeaning guvohi boʻldi. 1998-yilning 6-sentabrida Yevropa, Osiyo va Amerikaning 28 mamlakati vakillari Xalqaro Kurash Uyushmasiga asos soldilar. XKU xalqaro miqyosda oʻzbek kurashini namoyon etuvchi rasmiy tashkilotga aylandi. Dastlabki taʼsis kongressi davomida yangi xalqaro sport tashkilotining nizomi tasdiqlandi, Kurashning xalqaro qoidalari qabul qilindi hamda XKUning boshqaruvi organi- Ijroiya qoʻmitasi saylandi. Kurashni xalqaro miqyosda rivojlantirish gʻoyasining dastlabki tashabbuskori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bir ovozdan XKUning Faxriy Prezidenti lavozimiga saylandi. Kurash xalqaro qoidalari muallifi Komil Yusupov esa XKU Prezidenti etib saylandi. Tashkilot ijroiya qoʻmitasi 15 kishidan iborat boʻlib, qoʻmita aʼzolari XKU kongressi tomonidan koʻpchilik ovoz asosida toʻrt yil muddatga saylanadilar. Ular, shuningdek, qayta saylanish huquqiga ham egadirlar. 1999-yilda Toshkent yana bir olamshumul voqeaning guvohiga aylandi — shu yili boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha birinchi jahon chempionatida Yevropa, Osiyo, Afrika, shimoliy va janubiy Amerika qitʼalarining 48 mamlakati vakillari ishtirok etdi. Yangi sport turi boʻyicha birinchi marta oʻtkazilayotgan jahon chempionatida shuncha davlat vakillarining ishtirok etishi sport olamida olamshumul voqea boʻldi. Chempionatning ochilish marosimida Oʻzbekiston davlat rahbari, XKU faxriy Prezidenti Islom Karimov oʻzbek kurashi ushbu azim oʻlka xalqi tabiatiga xos boʻlgan mardlik, jasurlik, oʻz raqibiga boʻlgan mehr oqibat, adolat, haqqoniylik va insonparvarlik kabi xislatlarni oʻzida mujassam etganini qayd etdi. Ushbu xislatlarni oʻzida mujassam etgan sport turi esa jahon miqyosida xayrixohlik ila kutib olinishi va qoʻllab-quvvatlanishi muqarrardir. Oʻzbekistonning tomoshabinlar bilan toʻlib toshgan stadionlari ajoyib manzaraning guvohi boʻldilar. 50 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan yuzlab kurashchilar ushbu bellashuv turi boʻyicha jahonda tengi yoʻq ekanliklarini isbotlash uchun gilamga tushdilar. Musobaqalar uch vazn toifasida oʻtkazildi −73,90 kilogramm va mutloq vazn. Bellashuvlar juda ham zavqli shu bilan birga qizgʻin ruhda oʻtdi. Musobaqa natijalariga koʻra uchchala vazn toifasida ham Oʻzbekistonlik kurashchilarning gʻoliblik shohsupasiga koʻtarilganligida alohida maʼno bor. Oʻshandan buyon XKU yillik asosda kattalar orasida jahon chempionati bellashuvlarini muntazam oʻtkazib kelmoqda. Kurash boʻyicha ikkinchi jahon chempionati ushbu maroqli bellashuv vatanidan tashqarida oʻtkazildi. 2000-yilning iyul oyida Turkiyaning Oʻrta yer dengizi qirgʻoqlarida joylashgan Antaliya kurort shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi jahon chempionatida ayollar ham ishtirok etdilar. Uchinchi jahon birinchiligi 2001-yilning avgust oyida Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtdi. XKU kattalar oʻrtasidagi birinchiliklar bilan bir qatorda 2000-yildan buyon yoshlar oʻrtasida ham jahon chempionati oʻtkazib kelmoqda. Ushbu toifadagi birinchi ikki chempionat 2000 va 2001-yillarning may oyida Rossiyaning Tver shahrida boʻlib oʻtdi. XKU 1999-yilning iyunida ayollar oʻrtasida birinchi xalqaro bellashuvni oʻtkazdi. Bellashuv maskani etib Rossiyaning Bryansk shahri tanlandi. Unda 9 mamlakatdan kelgan 25 jamoa ishtirok etdi. Germaniyalik Gretta Myuller musobaqa gʻolibi boʻldi. Ikki nafar Rossiya va musobaqa gʻolibining yana bir vatandoshi ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni baham koʻrdilar. Kurash boʻyicha birinchi qitʼa chempionati 1999-yilning dekabrida boʻlib oʻtdi. Belorus poytahti Minsk kurash boʻyicha birinchi Yevropa chempionatiga mezbonlik qildi. Ayollar hamda erkaklar ishtirok etgan kurash boʻyicha birinchi Osiyo chempionati 2001-yilning aprel oyida bellashuvning vatani Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi. 2001-yilning iyul oyida Janubiy Afrikaning Xartenbos shahrida Afrika qitʼasining birinchi qitʼa chempionati boʻlib oʻtdi. Birinchi Pan Amerika chempionati esa 2002-yilning mart oyida Boliviya poytaxti La-Pas shahrida boʻlib oʻtdi. XKU doirasida uyushmaga aʼzo davlatlarda turli xalqaro turnirlar ham muntazam ravishda oʻtkaziladi. Shu kabi nufuzli bellashuvlar sirasiga 2000-yildan buyon Britaniya kurash uyushmasi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan Islom Karimov xalqaro bellashuvini keltirish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va XKU faxriy Prezidenti sharafiga tashkil etilgan mana shunday musobaqalar dastavval 2000-yilning oktabr oyida Buyuk Britaniyaning Bedford shahrida boʻlib oʻtdi. Ikkinchi turnir 2001-yilning noyabr oyida Buyuk Britaniyaning Dartford shahrida oʻtkazildi. 2001-yildan buyon XKU „eng yaxshi kurashchi“, „eng yaxshi hakam“, „eng yaxshi federasiya“ kabi 12 turli nominasiyada yilning eng yaxshi voqeasini va insonlarini aniqlashni yoʻlga qoʻydi. Kurash tarixida birinchi marotaba „2001-yilning eng yaxshi kurashchisi“ nominasiyasida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan bellashuvda ajoyib oʻyin koʻrsatib gʻolib chiqqan Braziliyalik kurashchi Aleksandr Katsuragi oliy mukofot sazovori boʻldi. Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqqan Polshalik Dorota Sikora „Yilning eng yaxshi kurashchi ayoli“ deb topilgan. „Eng yaxshi texnika“ nominasiyasida 2001-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan ikki xalqaro turnirning mutlaq gʻolibi, oʻzbek kurashining navqiron yulduzi, ogʻir vaznli sportchi Abdulla Tangriev oliy mukofotni qoʻlga kiritdi. Bugungi kunga kelib kurash butun jahonda eʼtirof etildi. Boliviya, Kanada, AQSh, JARdan boshlab Gollandiya, Turkiya, Rossiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda kurash maʼlumu-mashhur. Hozirda XKU Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrika qitʼalarida joylashgan 4 qitʼa va 40 dan ortiq milliy kurash federasiyalarini birlashtiradi. XKUsining xalqaro sport tashkiloti sifatidagi nufuzi kundan-kunga ortib bormoqda. Albatta XKU Prezidenti va tashkilot ijroya qoʻmitasi aʼzolarining turli xalqaro sport uyushmalari va tashkilotlari rahbarlari bilan olib borayotgan muzokara va uchrashuvlari koʻp jihatdan bunga turtki boʻldi. Kurash eng qadimiy bellashuv turlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga jahon sahnasida u eng yosh sport turi hamdir. Oʻzining uzoq oʻtmishiga qaramasdan kurash faqatgina 1998-yilda jahon sport sahnasida shahdam odim tashladi. Ushbu odimlar na yengil va na qisqadir. Avval boshidanoq kurashning porloq odimlari va undan kutilgan maqsad aniq belgilangan edi. U ham boʻlsa Oʻzbek kurashini xalqaro sport turiga aylantirishdir. Voqealar Kurash boʻyicha jahon chempionati Kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati Kurash boʻyicha Osiyo chempionati Kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati Kurash boʻyicha Arab davlatlari chempionati Kurash boʻyicha Afrika chempionati (kattalar, oʻsmirlar, kadetlar) European Kurash Championships 3rd : http://kurash-ika.org/en/chempionat-evropy-v-stambule/ (2003) 4th : http://kurash-ika.org/en/rezul-taty-iv-chempionata-evropy/ (2004) 5th : http://kurash-ika.org/en/itogi-chempionata-evropy/ (2009) http://kurash-ika.org/en/itogi-chempionata-evropy-2/ (First of 2015) http://kurash-ika.org/en/v-gretsii-sostoyalsya-chempionat-evropy-sredi-molodezhi-i-vzrosly-h/ (End of 2015) http://kurash-ika.org/en/v-gretsii-sostoyalsya-chempionat-evropy-po-kurashu/ (2016) American Kurash Championships http://kurash-ika.org/en/chempionat-pan-ameriki-po-kurashu/ The Pan American Kurash Union established in 2001, was one of the first continental unions affiliated to the IKA which started holding its own continental championships. The first Pan American continental championship among seniors was held in 2002 in La Paz, the capital city of Bolivia. International Islam Karimov Kurash Championships http://kurash-ika.org/en/itogi-turnira-v-gretsii/ http://kurash-ika.org/en/itogi-turnira-v-velikobritanii/ http://kurash-ika.org/en/itogi-mezhdunarodnogo-turnira-islama-karimova/ http://kurash-ika.org/en/turnir-islama-karimova-v-londone-2/ http://kurash-ika.org/en/rezul-taty-traditsionnogo-turnira-v-gretsii/ Greece successfully hosted the Xth International Islam Karimov Kurash tournament held on the 1st of March, 2015. This event traditionally held in Greece since 2004 was initiated by the European Kurash Confederation and the Greece Kurash federation. Havolalar Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi http://kurash-ika.org/en/chempiony-mira/ http://kurash-ika.org/en/category/news/ http://kurash-ika.org/en/rezul-taty-turnirov-v-termeze/ (World senior female and veteran world championships) http://kurash-ika.org/en/rezul-taty-v-chempionata-mira-sredi-vzrosly-h/ http://kurash-ika.org/en/rezul-taty-i-chempionata-mira-sredi-veteranov/ (Results of I World veteran champs) http://kurash-ika.org/en/aziya-dominiruet-na-pervom-komandnom-kubke-mira/ Manbalar Oʻzbekiston sporti Tatar madaniyati
23,234
3591
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qadimgi%20Baqtriya
Qadimgi Baqtriya
Qadimgi Baqtriya podsholigi Qadimgi Baqtriya turli qadimgi tillar yozma manbalandagi Baxdi, Baqtrish (Avcsto), Baqtriyona, Baqtriya (yunon), Baxli (hind manbala- rida) yirik о lka va davlatning nomidir. Olimlammg fikriga ko ra. Baqtriya - Baqtriva tarixiy-madaniy viloyat, Baqtriya davlati ma’nolarida ishlatilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, qadimgi davlatlaming nomlariga odatda daryo, qabila, xalq va markaziy shaharlar nomlari qo‘shilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining tarixida daryolar muhim hayot manbayi vazifasini bajargan. Hozir ham Ozbekistonning viloyatlari, asosan, daryo va shaharlar nomlari bilan belgilangan. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, Baqtriya yerlari Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston, Surxondaryo viloyatini o‘z ichiga olgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Baqtriya hududida ibtidoiy odamlar ilk va o'rta tosh davridan boshlab yoyilgan. 0 ‘zbekistonga qarashli Baqtriya qismida Teshiktosh, Machay va Zarautsoy kabi tosh asri yodgorliklari uzoq o'tmish hayoti haqida ma’lumot beradi. Miloddan avvalgi 700-540-yillar qadimgi Baqtriya davlatining rivojlangan davri bo‘lib, bu yirik davlataing hududiv chegaralari: Murg‘ob vohasi, Hindukush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro vohasiga borib taqalgan bo'lishi mumkin.(daryo vohalari- Murg‘ob, Balxob, Qunduz, Panj, Vaxsh, Kofimixon, Surxon, Qashqadaryo va Zarafshon). Bu ilmiy xulosani isbotlash uchun bir qancha tad- qiqotlar olib borilgan. Agar yuqonda ko rsatilgan hududiy chegaralami Baqtriya davlati o‘z ichiga olganligi haqidagi ilmiy xulosalar to‘g ‘ri bo‘lsa, Markaziy Osiyoda rivojlangan dastlabki davlatlardan qadimgi Baqtriya eng yirigi bo‘lgan. Bu davrlarda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davla- ti va sak-massagetlaming harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o‘lkalar chegaradosh bo'lgan. Videvdat kitobida Baqtriya «eng yaxshi mamlakatlar va o‘lkalardan biri bo'lgan, baland bayroqli, go‘zal o‘lka» sifatida yoritilgan. So‘nggi yunon manbalarida Baqtriya «ming shaharlar davlati» deb atalgan. Baqtriya ayrim daryo vohalaridagi beshta viloyatni birlashtirgan. Surxon, Balxob, Kofimixon, Vaxsh, Panj, Ko‘kcha, Qunduz vohalari shular jumlasidandir. Surxon vohasining markazi Qiziltepa bo‘lgan. Shimoliy Afg‘onistonda yirik shaharlar qoldiqlari - Bolo Hisor va Oltindilyorlar topib tekshirilgan. Bolo Hisor o‘mida qadimgi Baqtra joylashgan. Bu shahar Gerodot va Ktesiylaming ta’kidlashicha, Baqt- riyaning maikazi bo‘lgan u Baxdi, Bastra daryosi (hozirgi Balxob) nomi bilan bog‘liq bo‘lgan fcushunchadir. Rim tarixchisi Kursiy Ruf bunday xabar qiladi. «Baqtra daryosi nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan». Ktesiyning «Persika» asarida Baqtriyaning juda ko‘p istehkomlari va qal'alari to g risida ma’lumotlar keltirilgan. Hozirgi kunda Baqtriya tuprog‘idan miloddan avvalgi I mingyillikning birinchi yarmiga oid 240 dan ortiq uv-qo'rgonlar, qal’alar va shaharlar qoldiqlari topib tekshirilgan. Surxon vohasida joylashgan Ruchuktepa, Beshqo ton, Talashqon, Jondavlat, Bandixon, Bo‘vrachi, Qizilcha, Obishir va Sho'rtepa yodgorliklarini sanab o‘tish lozim == Ochildiyev. F.B Tarixiy o'lkashunoalik. O'quv qo'llanma. Toshkent. 2020 == Oʻrta Osiyodagi qadimiy davlatchilik tuzilmalaridan biri Qadimgi Baqtriya davlatidir. Qadimiy manbalar shundan dalolat beradiki, eramizdan avvalgi 8 asr ōrtalarida yirik Baqtriya podsholigi mavjud boʻlgan. Avestoda uning nomi Baxdi, Bihistun yodgorliklarida Baktrish, antik davr adabiyotlarida Baktriana sifatida qayd etilgan. Qadimgi Baqtriya bilan oʻsha davr dunyosining boshqa davlatlari - Ossuriya, Yangi Vavilon, Midiya, Hindiston knyazligi oʻrtasida aloqalar mavjud boʻlgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Ossuriya hukmronligi (gegemonligi) qaror topgan eramizdan avvalgi 9-7 asrlarda ossuriyaliklar Baqtriyaga hujum qilishgan. Bu harakat tarixda Ossuriya yurishi nomi bilan maʼlum. o'lkashunosliBu yurishning asosiy sababi Baqtriya lazuriti ustidan nazorat oʻrnatishga qaratilgan edi. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda Qadimgi Baqtriya podsholgi hududiga Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Margʻiyona va Sugʻd yerlari kirgan. Baqtriyalik ustalar tomonidan tilla, tosh va bronzadan yasalgan turli mahsulotlar Xitoy, Fors davlati va Yevropada juda mashhur boʻlgan. Baqtriyaning yirik shaharlari Qiziltepa, Yer-Qoʻrgʻon, Uzunqir va Afrosiyob hududlarida joylashgan. Oʻsha davrda Baqtriyaga tashrif buyurgan sayyoh eʼtiborini uylar, hunarmandlarning ustaxonalari va xoʻjalik binolari uzra boʻy choʻzib turgan salobatli minoralar tortishi tabiiy edi. Kvint Kursiy Rufning yozishicha, "Baqtriyaning tabiati boy va turli-tuman. Ayrim joylarda daraxtlar va toklar o`ta sermahsul hosil beradi, hosildor yerlar ko`plab buloqlardan suv ichadi. Yumshoq yerlarga bug`doy ekiladi, qolgani esa chorva uchun yaylovlardir". Oʻzbekiston tarixi
4,837
3595
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yunon-Baqtriya%20podsholigi
Yunon-Baqtriya podsholigi
Yunon-Baqtriya podsholigi — Qadimiy quldorlik davlati (mil. av. 256—248 ylar orasi — mil. av. 140—135 ylar). Asoschisi salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Mil. av. 250 yilda u oʻzini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb eʼlon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy Oʻzbekiston va Afgʻoniston kirgan. Yu.Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoliy Gʻarbiy Hindiston ham boʻysungan. Poytaxti Baqtra (oʻrta asrlardagi Balx) shahri boʻlib, uning xarobalari Shimoliy Afgʻonistonda, Mazori Sharif shahri yaqinida joylatlgan. Davlat bir qancha satrapliklar (viloyatlar)ga boʻlinib boshqarilgan. Yozma manbalar va arxeologiq tadqiqotlar natijalari iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat, shaharsozlik yunon anʼanalari asosida yuksak rivojlanganligidan dalolat beradi. Yunon-Baqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorlik Shimoliy Afgʻonistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin yodgorliklari hisoblanadi. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Vaxsh va Panj daryolari quyilishida joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm dunyosiga xos diniy eʼtiqodlar keng tarqalganligini koʻrsatib turibdi. Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va Oʻrta Osiyo hududlarini oʻzaro bogʻlovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors koʻrfaziga olib chiquvchi savdo yoʻllarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan koʻplab tangalar tovarpul munosabatlari rivojlanganligini koʻrsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va boshqalar) hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Diodot (mil. av. 250—230), Yevtidem (mil. av. 230 —200), Demetriy (mil. av. 200-185), Yevkradit (mil. av. 185-171), Geliokl (mil. av. 171—155) va boshqalar hukmdorlari maʼlum. Bitta nom bilan davlatni boshqargan hukmdorlar (masalan, Diodot 1, Yevkradit II) ham boʻlgan. Mil. av. 3-asr oxiri —2-asrning 1-yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Mil. av. 2-asr oʻrtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat alohida viloyatlarga boʻlinib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va boshqalar)oʻz nomidan tangalar zarb qilishgan. Yunon-Baqtriya podsholigi mil. av. 140—135 yillarda sak va yuyechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan. Yunon manbalariga koʻra, Yunon-Baqtriya podsholigi asiylar, pasianlar, sakaravllar va toxarlar tazyiqi ostida barham topgan. Yunon-Baqtriya podsholigi Oʻrta Osiyo hududida eramizdan avvalgi 250-125 yillarda mavjud boʻlgan davlatdir. Tarix Eramizdan avvalgi 256-yilda Parfiya, Baqtriya va Soʻgʻdiyona Salavkiylar davlatidan ajralib chiqdi. Baqtriya strapi Diodot oʻzini shoh deb eʼlon qildi va mintaqada gegemonlik uchun kurash boshladi. Bunga javoban, Arshaxidlar Parfiyada hokimiyatni qoʻlga kiritdi. Soʻgʻdiyona esa Baqtriya hukmronligi ostiga oʻtdi. Eramizdan avvalgi 230-yilda Soʻgʻdiyona strapi Yevtidem Diodotning vorisini taxtdan agʻdardi. Yunon-Baqtriya bilan Parfiya oʻrtasida savdo yoʻllarini nazorat qilish borasida doimiy urushlar boʻlib turgan. Eramizdan avvalgi 209-208-yillarda salavkiy hukmdori Buyuk Antiox III Salavkiylar saltanatini qayta tiklash uchun sharqqa yurish boshlaydi. 207-yilda u Parfiyani magʻlubiyatga uchratib, Yunon-Baqtriyaga qarshi harbiy yurish qiladi. Antiox qoʻshinlari Yevtidem ustidan gʻalaba qozonadi va Yunon-Baqtriya poytaxti Baqtrani qamal qiladi. Qamal ikki yil davom etgan. Nihoyat Yevtidem Antiox bilan tinchlik sulhini tuzishga erishadi. Oʻz navbatida u Antioxga oʻzining barcha jangchi fillarini topshiradi. Yevtidemning oʻgʻli Demetriy esa salavkiylar malikasiga uylanadi. Magnesiya jangida rimliklar tomonidan salavkiylarga qattiq talofot yetkazilishi natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi salavkiylarning ittifoqchilari boʻlgan janubiy knyazliklarni oʻziga boʻysundirish imkoniyatiga ega boʻladi. Eramizdan avvalgi 187 yilda otasi Yevtidemning vorisi Demetriy Araxosiyani zabt etadi va Hindiston sari yoʻl oladi. Demetriy Shimoliy Hindistonda oʻz qoʻshinlari bilan ancha muddat qolib ketadi. Bundan foydalangan uning sarkardalaridan biri - Yevkradit 171 yilda Baqtra hokimiyatini qoʻlga kiritadi. Yevkraditning podshohligi tarixda "behisob shaharlar podshohligi" degan nom olgan. Xitoy manbalarida yozilishicha, eramizdan avvalgi 165 yilda Yettisoyga (Semirechya) yuechjilarning qadami tekkan. Ular Sirdaryo orqali Amudaryo sohillari tomon yoʻl olgan. Ular Baqtriyani egallashga ham muvaffaq boʻlgan. 155 yilda Yevkradit navbatdagi yurishlarning birida oʻz oʻgʻli tomonidan oʻldiriladi. Xuddi shu davrlarda Yunon-Hind podshohligi tashkil topgan edi. 141-128 yillar Yunon-Baqtriya podshohligining tanazzulga yuz tutish davri boʻldi. Taxminlarga koʻra, yuechshilar Baqtriyani qoʻlga kiritgandan soʻng shoh Geliokl Paropamisada yoki Araxosiyada hokimiyatni saqlab qolgan. Oʻrta Osiyo ikki yuz yil ellinlar dunyosining bir qismi boʻldi. Bu davr O`rta Osiyo tarixida jiddiy iz qoldirgan. Soʻgʻd va Baqtriya ellin-makedon harbiy guruhlariga tayangan strapiyalarga aylandi. Hirot, Marv kabi yangidan-yangi shaharlar vujudga keldi. Mintaqada yunon standartlari boʻyicha tangalar zarb etildi. Mintaqaga yunon xudolari panteoni, yunon adabiyoti va teatri kirib keldi. Mahalliy va yunon madaniyatining oʻzaro sintezi sodir boʻldi. Adabiyot Rtveladze E. V., Velikiy shelkoviy put, T., 1999; Oʻzbekiston tarixi, T., 2003; Sagdullayev A.S., Qadimgi Oʻrta Osiyo tarixi, T., 2004. Oʻzbekiston tarixi
5,582
3596
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kangyuy
Kangyuy
Kangyuy,qang‘xa Qangʻ davlati, Qanhxa, qadimiy xitoy manbalarida Kangju (xitoycha: 康居; (kāngjū) yoki K'ang-chü; Sharqiy xitoychada: kʰɑŋ-kɨɑ < *khâŋ-ka (miloddan avval 140-yillar), rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan davlat (miloddan avval III — milodiy V asr oʻrtalari). Qang' davlati va u haqidagi ma'lumotlarning faqat xitoychadagi manbalari bizgacha yetib kelgan xolos. Yunon, Eron va Hind manbalarida ham Qang' davlati haqida ma'lumotlar o'sha davrlarda yozilgan bo'lishi mumkin, lekin bu manbalar bizning davrgacha yetib kelmagan. Ba'zi xitoy adabiyotlarda Qang' aholisi qang'lar yoki qang'lilar deb nomlanadi. Kangju - podsholikning xitoycha nomi. Kangju nomi hozirda So'g'diyona nomining o'zgarishi yoki mutatsiyaga uchragan shakli sifatida qabul qilinadi. Oʻsha zamondagi xitoy manbalariga koʻra, Yuechjilardan keyin Sug'd hududidagi ikkinchi qudratli davlat Kangju boʻlgan. Uning xalqi, xitoy tilida Kāng (kāng) nomi bilan tanilgan, hind-yevropa xalqlariga oid bo'lib, sharqiy eroniy tilda gaplashgan va yarim ko'chmanchi turmush tarziga ega edi. Venger tarixchi olimi Denis Sinor va amerikalik tarixchi Peter Benjamin Golden tadqiqotlariga ko'ra Qang'lilar sug'diylar va Asi xalqlariga juda yaqin qardosh hisoblangan. Kanguy nomining kelib chiqishi Qadimiy Markaziy Osiyo boʻyicha ixtisoslashgan tarixchi Jon E. Xillning fikricha, “Kangju (K’ang-chü) nhànji” “Talas havzasi, Toshkent va Soʻgʻdiyona” hududida va unga yondosh hududlarda boʻlgan. Edwin George Pulleyblank fikricha, Kanguyning yozgi poytaxti Beytian shahri bo'lgan va u hozirgi Toshkent yoki uning yonida boʻlgan. Qadimiy xitoychadagi "káng ju" nomi xalqning etnik nomini yozish uchunmi yoki mahalliy xalqni ta'riflash uchunmi yoki ikkalasini ham maqsad qilganmi, aniq emas. "Juang" quyidagi ma'nolarni anglatishi mumkin: "o'rin", "markaziy faoliyat joyi yoki hokimiyat; “oʻrnashish”, “yashash joyi” yoki “(harbiy yoʻl bilan) ishgʻol qilish”... Demak, bu atama oddiygina “qang'larning turar joyi” yoki “qang'lar tomonidan bosib olingan hudud” degan maʼnoni anglatishi mumkin. ... "Kang" so'zi farovonlik, "tinch", "baxtli;" degan ma'noni anglatadi. “Oʻrnashish”, “barqarorlik”, Kangju “Tinch oʻlka” yoki “Tinch (xalqlar) maskani” deb tarjima qilinishi mumkin. ...Agar "Kangju" nomi dastlab xorijiy ismlarning tovushlarini transkripsiya qilishga urinish boʻlsa ham, u xitoy tilida soʻzlashuvchilarga tinch joy ma'nosini yetkazgan boʻlardi va “Kang” nomi tinch xalqning ohangiga ega boʻlar edi. Tang sulolasi davridagi xitoy manbalarida Kangju nomi Qang davlati (soddalashtirilgan xitoycha: chàngāng; an'anaviy xitoycha: kàngāng) deb ataladi. Kanadalik tadqiqotchi Edwin George Pulleybank "Kangju" soʻzini toxarcha “kāṅka-” soʻzi bilan bogʻladi, ehtimol “tosh” degan maʼnoni anglatadi va kanjular asli toxarlar boʻlib, ular gʻarb tarafga, Soʻgʻdga koʻchib oʻtgan va Chochda (hozirgi Toshkentda) oʻrnashib olganlar, degan fikrni ilgari surgan. Pulleyblank, shuningdek, Jie (yj) qabilasi Qiāngqú (jēngju) Xiongnu qabila konfederatsiyasiga qo'shilgan kanju xalqi bo'lishi mumkinligini taxmin qildi. Pulleyblank yana Kangjuni Kànjié zhín (*Kamkar?) va fors geografi ibn Xurdodba tomonidan quyi Yaksartga berilgan Kankar nomi bilan bog‘ladi. Josef Marquart, Omeljan Pritsak va Piter B. Golden O‘rxun yozuvlarida tilga olingan Kangju va Kengeres, Kavkaz ortidagi Kangarayê, Kengu Tarban shahri va Konstantin VII tilga olgan Kangar nomi bilan tanilgan 3 ta pecheneg qabilalari o‘rtasidagi fonetik o‘xshashlikni qayd etgan. Shunga qaramay, bu aloqalarning hammasi taxmin bo'lib qolmoqda. Tashkil topishi Karim Shohniyozovning fikricha, Qang' davlati sharqda Fargʻona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Wusun) davlatlari, shimoliy gʻarbda Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh boʻlgan. Xitoy manbalariga koʻra, Qang' davlatining janubiy hududiga hozirgi Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubda — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Qang' davlatining janubiy chegarasi oʻzgargan. Siyosiy va iqtisodiy tarixi Miloddan avval II asrda Xitoy elchisi Chjan Syanʼ fargʻonaliklar yordamida Qang' davlati orqali Dayruziye (Dayuechji) davlatiga borgan. Qang' davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushiye boʻlgan. Bityan Binkat shahri (boshqa manbalarga koʻra, Qanqa) oʻrnida, Sushiye esa hozirgi Parkent tumanidagi Soʻqoq (Sukeeke) nomli joyga toʻgʻri keladi. Qang' davlatining yozgi qarorgohlari Issiqkoʻl boʻylab, hozirgi Qoraqoʻl (Prjevalsk) yonida boʻlgan. Qang' davlatining qoʻshini 80—90 ming askarni tashkil etgan. Qang' davlati aholisining urf-odatlari Ruziye (Yuechjii) davlati aholisi urf-odatidan farq qilmagan. Oʻz navbatida, ruziyeliklar urf-odatlari hunlarnnkiga oʻxshash boʻlgan. Qang' davlati hukmdori va Hun xoqonligi tangriquti oʻrtasida qudachilik munosabatlari oʻrnatilgan. Shu tufayli xitoylar hunlar ustidan gʻolib chiqib, ularni oʻz joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni oʻz avlodi bilan Qang' davlatiga koʻchib kelgan. Qang' davlatining koʻchmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan oʻtroq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va tijorat bilan shugʻullangan. Ular Buyuk ipak yoʻlida xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim oʻrin tutganlar. Qang' davlati hududida jiddiy migratsion jarayonlar sodir boʻlib turgan. Milodiy 5-asrning 2-yarmida Qang' davlati parchalanib, uning hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurgʻ (Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqoʻrgʻon (Xe), Ustrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil topgan. Madaniyati Qang'lilar hind-yevropa xalqi sifatida qaraladi va odatda so'g'diylar va ularga yaqin qarindosh bo'lgan Asiylar bilan bir xil eroniy xalq bo'lgan deb hisoblanadi. Kanadalik xitoyshunos olim Edwin G. Pulleyblank qang'lilar toxarlar bo'lishi mumkinligini taxmin qildi. Kangjuning hukmron elitasi odatlari yuechjilarnikiga juda oʻxshash koʻchmanchi qabilalardan iborat edi. Berk-qora va Tamdida ilk davrdagi Qang' qabrlari qazilgan, ularda o'liklar qo'rg'on tepaliklari ostidagi chuqur qabrlarga, ko'pincha yog'och bilan qoplangan. Bu qabrlarda ko'pincha qo'lda yasalgan qozonlar, temir qilichlar, o'q uchlari va zargarlik buyumlari mavjud. Dafnlar shuni ko'rsatadiki, kanju an'anaviy madaniyati saklarning o'ziga xos xususiyatlariga o'xshardi. Xristianlik davrining boshidanoq "katakomba qabrlari" (shaft va kamerali qabrlarda) keng tarqaldi. Buni milodiy 1—4-asrlaridagi Kaunchi va Jun madaniyati qabristonlaridan koʻrish mumkin boʻlib, ular kanjuga tegishli deb qabul qilinadi. Qang'lar qo‘chqorni olijanob hayvon deb hisoblagan. Xitoy tarixchisi Si Ma-syan oʻz kundaliklarida „yuechjilarnikiga oʻxshash anʼana va urf odatlarga“ ega boʻlgan koʻchmanchi Kangyuy yoki Kandzyuy va Kangxa davlatlari haqida maʼlumot beradi. Antik davr tarixchilari asarlarida Kangxa davlati tilga olinmagan, ammo Avesto va Maxabxarata kitoblarida saklar va toxarlar bilan bir qatorda kankilar haqida ham atroflicha maʼlumot berilgan. Ancha keyingi Xitoy xronikalarida Amudaryo shimolida joylashgan Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon atroflari, Toshkent vohasi hamda Xorazmning shimoliy qismidan iborat barcha davlatlar Kangyuy davlatiga qaram boʻlganligi aytiladi. Xitoy manbaalarida keltirilishicha Kangyuy davlati rahbarlari „Chao-vu“ deb nomlanganlar. Umuman „djabgu“ boʻlishi ham ehtimoldan holi emas, chunki xitoy transkriptlarida bu aynan ana shunday talaffuz qilinadi. Miloddan avval II asr 2-yarmi — milodiy I asrlarda Kangyuy davlatining qudrati oʻz choʻqqisiga chiqdi. Davlatning janubiy oʻlkalarida yuechjeylar, shimolida esa xunlar taʼsiri kuchli boʻlgan Kangyuy davlatining qisqa muddatli tanglik davri Baktriyada yuechjeylar podsholigining kuchsizlanishi bilan nihoyasiga yetdi. Miloddan avval II-I asrlarda Kangyuy davlatida oʻz tangalarini zarb etish hamda pul almashinuvini yoʻlga qoʻyishga boʻlgan urinishlar kuzatildi. Mazkur jarayonda Yunon-Baqtriya hukmronligi vaqtida amal qilgan tangalardan nusxa sifatida foydalanilgan. Kangyuy moddiy madaniy tarraqqiyot darajasi Xorazm, xususan shaharning oʻng qirgʻogʻida joylashgan Janbas-qalʼa hududida amalga oshirilgan qazuv ishlari natijalarida namoyon boʻladi. 200x170 hajmdagi qalʼa balandligi 10-11 metrlik xom gʻishtdan qilingan devor bilan oʻralgan. Darvozadan qalʼa markazi sari keng koʻcha yotqazilgan. Koʻcha oxirida qurbonlik keltirish uchun aylana shaklidagi metal supaga ega boʻlgan muqaddas olov saqlash binosi qoldiqlari qazib ochilgan. Kangyuy davrida odamlar turli dinlarga mansub boʻlgan: zardoʻshtiylik, Anaxita oqimi, ot siymosida namoyon boʻlgan Mitra oqimi. Bu davrda Kangyuy madaniyati bilan bogʻliq harbiy texnika sohasida erishilgan eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bu keyinchalik keng tarqalgan taktik uslublar boʻldi: masalan, janglarda aslahalar bilan himoyalangan otlar va sovut kiygan chavandozlar safining jipslashtirilgan holda tuzilishi. Chavandozlar kamon, nayza va qilich bilan qurollanganlar. Kangyuyning Kushon imperiyasi tarkibida boʻlganligi hali ham nomaʼlum. Xitoy manbaalariga asosan Kangyuy milod boshida ham oʻz mustaqilligini saqlab qolgan hamda yansay (aorslar-alanlar) va boshqa qabilalar ustidan hukmronlik qilgan. Qo'lyozmalar Yaqinda Qang' va uning Xitoy bilan aloqalari haqida ma'lumot beruvchi muhim yozuvlar topildi. Xitoyning Dunxuan shahridagi Xuanquan majmuasida xitoy iyeroglifiida yozilgan o'nlab yog'och taxtalar topildi. Ular G'arbiy Xan sulolasining so'nggi davriga (miloddan avvalgi 206-24) oid. Qozog‘istondagi Kultobe shahridan so‘g‘d yozuvlari to‘plami ham topilgan. Ular Bitaniyalik arxeolog Nicholas Sims-Williams tomonidan tahlil qilingan. Genetik tahlillar 2018-yilning may oyida Britaniyaning Nature ilmiy jurnalida chop etilgan genetik tadqiqot yerga ko'milgan 200 va 300-yillarga oid bo'lgan 6 ta qang'li odamining skeleti qoldiqlarini oʻrganib chiqdi. DNK natijalariga ko'ra 2 ta odam R1a1a1b2a va R1a1a1b2a2b haploguruhlariga oid, bu haploguruhlar, asosan, tojiklar, Afg'oniston, Pokiston va Hindiston xalqlarida uchraydi, o'zbeklar orasida esa 25 foizdan ziyod va shundan xulosa qilish mumkinki, qang'lar hind-yevropa xalqlaridan biri bo'lgan. Olingan 6 ta mtDNK namunasi esa onaning H6a1a, C4a1, U2e2a1, U2e2a1, A21.[31h] va H21.[31h] haploguruhlariga tegishli edi. Tadqiqot mualliflari qang'li va Usunlarda Xiongnu va saklarga qaraganda Sharqiy Osiyo xalqlarining qoni kamroq ekanligini aniqladilar. Qang'li va Usunlar ham Sibir ovchi-yigʻuvchilari va Baqtriya-Margʻiyona arxeologik majmuasiga aloqador xalqlar bilan qoʻshilib ketgan soʻnggi bronza davrining Gʻarbiy choʻl chorvadorlari avlodlaridan boʻlganligi taxmin qilingan. Manbalar Adabiyotlar Shaniyazov K. SH. K voprosu o tyurkoyazychnykh komponentakh v slozhenii uzbekskoy narodnosti // Problemy etnogeneza i etnicheskoy istorii narodov Sredney Azii i Kazakhstana. Vypusk 3. Etnografiya. M.,1991. Oʻzbekiston tarixi Soʻgʻdlar
11,057
3601
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nasr%20I%20%28Somoniy%29
Nasr I (Somoniy)
Nasr I (Somoniy) – Somoniylardan boʻlgan Samarqand hukmdori (864—892). Nasr I ibn Ahmad (vafoti 892-yil avgust) – Somoniylar sulolasidan 864—892-yillarda Samarqand hukmdori. U Ahmad ibn Asadning oʻgʻli edi. Otasi vafotidan keyin Nasr Samarqandni va Movarounnahrning katta qismini meros qilib oladi. Xalifa al-Moʻtamid 875-yilda Safforiylar mintaqada oʻz taʼsirini kuchaytirayotganidan qoʻrqib, butun Movarounnahrni Somoniylarga berdi. Shu paytdan boshlab Nasr mustaqil davlat belgisi boʻlgan oʻz nomi yozilgan kumush tanga zarb qila boshlaydi. Nasr davlat hududini kengaytirishda davom etadi. 874-yilda Tohiriylar sulolasidan boʻlgan Husayn Buxoroni egallashga urinadi, ammo bu muvaffaqiyatsiz kechadi. Feodal tarqoqlik, oʻzaro urushlar Buxoroni holdan toydirib yuboradi. Hoji Abu Hafs Kabirning oʻgʻli Abu Abdulloh Samarqanddagi Nasr ibn Ahmadga amirni Buxoroga joʻnatishni iltimos qilib maktub yoʻlladi. 874-yilda Nasr ukasi Ismoilni yaqinda Xorazm qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan Buxoroni egallash uchun yuboradi. Buxoroliklar Ismoilga eshiklarni ochdilar va Nasr uni shaharga hokim etib tayinladi. Soliqdan tushgan pullarni taqsimlash boʻyicha kelishmovchiliklar aka-uka oʻrtasida nizoga sabab boʻldi. 888-yilda Ismoil akasini jangda magʻlub etadi, lekin akasi Nasrning hokimiyatini saqlab qoladi. Nasr I 892-yilda vafot etguniga qadar Movarounnahr hukmdori boʻlib qoladi. Biografiyasi Nasr Ahmad ibn Asadning oʻgʻli boʻlib, Abbosiylar xalifaligi hukmronligi ostida Movarounnahrning katta qismini boshqargan. Otasi vafotidan soʻng Nasr Movarounnahrga qoʻshib Samarqandni, ukasi Yoqub esa Shoshni idora qiladi. Safforiylar hukmdori Yoqub ibn Lays tomonidan Xurosondagi Tohiriy hukmdorlarining zaiflashishi Nasrga mustaqil monarx sifatida amalda hukmronlik qilish imkonini berdi. Nasrning Movaronunnahrdagi mulkining uzoqligi unga Eronda kechayotgan kuchli hokimiyat uchun kurashga tortilmaslik imkonini berib, unga foyda keltirdi. Ammo 867-yilda Yoqub Ibrohim ibn Ilyosni magʻlub etib, asirga olib, Xurosonning Hirot shahridagi Somoniylar boʻlimi oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 870/1-yilda Nasr Banijuriy hukmdori Dovud ibn Abbosga boshpana berdi, u Yaʼqub Balx shahrini qisqa vaqt bosib olgandan keyin oʻz mulkidan qochib ketdi. Dovud ibn Abbosning vorisi, Balxda hukmronlik qilgan Abu Dovud Muhammad ibn Ahmad Nasrning vassaliga aylandi. Manbalar Adabiyotlar C. E. Bosworth, The New Islamic Dynasties, (Columbia University Press, 1996) Rene Grousset, The Empire of the Steppes: A History of Central Asia, transl. Naomi Walford, (Rutgers University Press, 1991) Somoniylar Samarqand kishilari 892-yilda vafot etganlar
2,635
3602
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ismoil%20Somoniy
Ismoil Somoniy
Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad (Somoniy) () — Somoniylar davlati hukmdori (892—907). Somoniylar sulolasining asoschisi. Ismoil Somoniy 849-yilda Fargʻonada tavallud topgan. Yoshligi va Buxoroga noib boʻlishi Ismoil 849-yilda Fargʻonada tugʻilgan. Otasi Ahmad ibn Asadning. 864/5-yilda Somoniylar taxtiga oʻtirgan Nasr I ismli ukasi bor edi. Ismoil Nasr davrida Xorazm qoʻshinlarining talon-tarojlari natijasida vayron boʻlgan Buxoroni nazorat qilish uchun yuboriladi. Shahar aholisi Ismoilni barqarorlikni taʼminlay oladigan shaxs sifatida koʻrib, kutib olishadi. Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan oʻzgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo boʻladi. Oʻz holiga tashlab qoʻyilgan Buxoro ahli hatto safforiylarga tobe boʻlishni xohlamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar, undan Buxoroni oʻz qoʻl ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni soʻraydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi (874 — 892). Movarounnahrda boʻlishi Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. Oʻziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jihatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Samarqandga Nasrning xazinasiga yuboriladigan har yilgi soliqlarni turli bahonalar bilan toʻxtatib qoʻyadi. Natijada aka-uka oʻrtasida adovat paydo boʻladi. U 888-yildagi jangga olib keladi. Jangda Nasr qoʻshinlari tormor keltiriladi. Nasr yana 4 yil hukmdori qilib oʻldi. 892 yildan boshlab Ismoil butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori boʻlib oladi. Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi. 893-yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga boʻlgan uzluksiz bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi boʻylab yuzlab kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini oʻrab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, — deb aytgan ekan. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum boʻlgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan choʻchitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni toʻqnashtirishga va bu ikki davlatni har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda, maʼlum darajada, oʻz taʼsirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900-yilda ular oʻrtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning gʻalabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qoʻl ostiga oʻtadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga va unga hukmdorlik yorligʻini yuborishga majbur boʻladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos boʻldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi. Ismoil Somoniy to 907-iy yil hukmdori qilib oʻldi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan boʻlgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar. Vafoti Uzoq davom etgan hastalikdan so‘ng Ismoil 907-yil 24-noyabrda vafot etdi va uning o‘rniga uning o‘g‘li Ahmad Samoniy taxtga keldi. Ismoil boshqalarga juda koʻp boylik berdi va oʻziga hech nima olib qolmadi. Meros Ismoil tarixda kuchli sarkarda va hukmdor sifatida tanilgan; arab va fors manbalarida u haqida ko‘plab hikoyatlar yozilgan. Qolaversa, uning shimolga qilgan yurishlari tufayli uning imperiyasi dushman bosqinlaridan shunchalik kuchli ediki, Buxoro va Samarqand mudofaasi foydalanilmay qolgan edi. 943-yilda yozgan buxorlik tarixchi Ismoilning yozishicha:Haqiqatan ham podshohlikka munosib edi. U aqlli, adolatli, rahm-shafqatli, aql va farosat egasi edi… ishlarni adolat va odob-axloq bilan olib borardi. Kim odamlarga zulm qilsa, u jazolardi. . . Davlat ishlarida hamisha xolis edi. Taniqli alloma Nizomulmulk o‘zining mashhur „Siyosatnoma“ asarida Ismoil shunday degan:U juda adolatli va yaxshi fazilatlarga ega shaxs boʻlgan. U Xudoga iymon keltirgan va shuning uchun ham nochorlarga saxiy inson boʻlgan.Tojikistonda Sovet hokimiyati tugashi bilan Ismoil merosi yangi tojik davlati tomonidan qayta tiklandi. Tojikiston milliy valyutasi somon deb ataladi. U 100 somon banknotasida tasvirlangan. Shuningdek, Tojikistondagi (va sobiq Ittifoqdagi) eng baland togʻ Ismoil nomi bilan oʻzgartirildi. Ilgari bu togʻ „Stalin choʻqqisi“ va „Kommunizm choʻqqisi“ deb atalgan, ammo keyinchalik bu nom Ismoil Somoniy choʻqqisiga almashtirilgan. Tojikiston davlat mukofoti — Ismoil Somoniy ordeni taʼsis etildi. Tojikistonda 1999-yil Somoniylar davlatining 1100 yilligi nishonlangan, poytaxt Dushanbening Do‘stiy maydonida tojiklar davlati birinchi hukmdori Somoniy xotirasiga atalgan113 metrlik me’moriy ansambl barpo etishgan. Yana qarang As-Savad al-A'zam Somoniyon choʻqqisi Somoniy Manbalar Somoniylar 849-yilda tugʻilganlar 907-yilda vafot etganlar Hanafiylar Qul egalari Yaqin Sharqdagi 9-asr monarxlari Musulmon monarxlari
6,114
3603
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmad%20II%20%28Somoniy%29
Ahmad II (Somoniy)
Ahmad II (914-yil 24-yanvarda vafot etgan) — Movarounnahrda Somoniylar hukmdori (907 –914-yillar). Biografiyasi Hukmronligi Ahmad dastlab 900-yillarning boshlarida, u Gurgan hokimi etib tayinlanganida tilga olinadi. Biroq, Ahmad Daylamlik Yustoniylarga qarshi urush olib bora olmagani uchun tez orada hokimlikdan chetlashtirildi. Ahmad 907-yil oxirida otasining vafotidan soʻng amir boʻldi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, xalifa al-Muqtadir unga Safforiylar davlatining yuragi boʻlgan Siston hokimligini berdi. Safforiylarning o‘zaro kurashlari ishni ancha osonlashtirdi. Ahmad qoʻshini Farahdan Bustgacha borib, u yerda kam qarshilik koʻrsatdi. Ayni paytda Ahmadning turkiy sarkardasi Simjur ad-Davati al-Muaddaldan Zarangning taslim qildi. Safforiylar zabt etilishi tugallandi (911-yil), Ahmad oʻzining amakivachchasi Abu Solih Mansurni keyingi yili Sistonga hokim etib tayinlaydi. Somoniylar xalifalik qoʻzgʻolonchi turkiy sarkarda Sebuk-erini ham qoʻlga oldilar va uni Bag'dodga jo'natdi. Mansurning soliqqa oid zulm siyosati tufayli lavozimga tayinlanganidan bir yil o‘tmay Sistonda qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Zaranjdagi garnizon vayron qilindi, Abu Solih Mansur asirga olindi. Safforiylardan bo'lgan Amr ibn Ya'qub avval qo'zg'olon boshlig'iga qo'g'irchoq, so'ngra o'ziga xos amir etib tayinlandi. Biroq Husayn ibn Ali Marvarrudiy nazorati ostidagi Somoniylar qoʻshini mintaqada Somoniylar nazoratini tikladi. Amir Samarqandga yuborildi, boshqa qo'zg'olon rahbarlari o'ldirilgan. Vafoti Keyin Simjur ad-Davatiy Siston hokimi etib tayinlandi. Ammo Tabariston va Gurgan tez orada Somoniylar hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi va Ahmad ularga qarshi kurasholmay oʻldirildi. U Buxoro yaqinidagi chodirida uxlab yotgan chogʻida turkiy qullaridan bir nechasi tomonidan kallasi kesilgan (914-yil 24-yanvar). Oʻlimidan keyin Buxoroga olib kelinib, Naukanda dafn etilgan. Amirni o‘ldirgan qullarining bir qismi qo‘lga olinib, qatl etildi, boshqalari esa Turkistonga qochib ketdi . U “Shahid amir ” unvoniga sazovor bo‘ldi. Islohotlari Ahmad saroy tilini fors tilidan arab tiliga o'zgartirish haqidagi buyrug'i bilan o'z fuqarolari orasida mashhur bo'lmagan bo'lishi mumkin, tez orada bu buyruq bekor qilindi. Vorisi Vafotidan so'ng uning o'rniga kichik o'g'li Nasr II (hukmronligi 914–943-yillar) oʻtirdi. Somoniylasr shajarasi Manbalar Havolalar Movaraunnahr hukmdorlari 914-yilda vafot etganlar
2,411
3604
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nasr%20II%20%28Somoniy%29
Nasr II (Somoniy)
Nasr ibn Ahmad yoki Nasr II (Somoniy) ― 914–943-yillarda Movarounnahr hukmdori. Somoniylar sulolasi vakili. Biografiyasi Hukmronlikka kelishi Nasr II 906-yilda Somoniyning nabirasi Ahmad ibn Ismoil (907–914-yillarda hukmronlik qilgan) oilasida tugʻilgan. Nasr II 914-yil yanvarida otasi oʻldirilgandan keyin sakkiz yoshida amir boʻldi. Vazir Abu Muhammad Jayhoniy (914–922-yillarda) Somoniylar saltanatining hukmdori (amiri) bo‘ldi va Jayhoniy vazir etib tayinlandi. Nasrning yoshligi tufayli Jayhoniy imperiyaning amalda hukmdoriga aylandi. Deyarli darhol davlat ichida bir qator qo'zg'olonlar ko'tarildi, eng yirigi Samarqandda uning amakisi Ishoq ibn Ahmad boshchiligidagi qo'zg'olon edi.  Ishoqning oʻgʻillari qoʻzgʻolonda qatnashdilar; bir o'g'li Abu Solih Mansur Xurosonning Nishopur va boshqa bir qancha shaharlarini o'z nazoratiga oldi. Oxir-oqibat, Ishoq mag'lub bo'ldi va general Hamuya ibn Aliga taslim bo'ldi, Abu Solih Mansur Nishopurda vafot etdi. Mansurning oʻrniga isyonchi sarkarda Husayn ibn Ali al-Marvaziy oʻtirdi. Sarkarda Ahmad ibn Sahl al-Marvaziyga qarshi yuborilgan va 918-yilda uni qo'lga olishga muvaffaq bo'lgan, faqat o'zi qo'zg'olon ko'targan. Ibn Sahl ham 919-yilning oxirlarida Hamuya ibn Alidan mag'lub bo'ldi.  Ahmad jangda asirga olinib, Buxoroda qamoqqa tashlangan va 920-yilda vafotigacha shu yerda qoldi. Biroq Nasrning taxtga chiqishi Somoniylar davlatining chekka hududlarida beqarorlikni keltirib chiqardi. Abbosiylar oxirgi marta Sistonni tiklashga muvaffaq bo'lishdi, Ray va Tabaristonni esa Alid Hasan al-Utrush egallab olishdi. Viloyatlarni tiklay olmaganiga qaramay, Somoniylar koʻp sonli mahalliy Dailam va Giliy boshliqlarini ishga oldilar va u yerdagi kurashlarda faol qatnashdilar. 921-yilda Dailam lashkarboshisi Lili ibn an-Nu'mon boshchiligidagi Zaydidlar Xurosonga bostirib kirishdi, ammo Simjuriy sarkardasi Simjur ad-Davati tomonidan mag'lubiyatga uchradilar. Ismoillikni qabul qilishi hamda vafoti 930-yillarda Somoniylar saroyi Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy boshchiligidagi ismoiliy missionerlik tarmogʻining doimiy diniy oʻzgartirish harakatlari obyektiga aylandi.  Bu voqealar keyingi sunniy manbalarda tasvirlangan. Anʼanaviy rivoyatlar Ibn an-Nadimning “Kitob al-Fihrist” va Nizom al-Mulkning “Siyosatnomasi” ga asoslanadi, biroq 1990-yilda nashr etilgan at-Sa’alibiyning shahzodalar uchun koʻzgusi “Adab al-muluk” ham juda muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. 937/8-yilda ismoiliylar bir qancha yuqori martabali somoniy amaldorlarini, jumladan, Nizom al-Mulkning soʻzlariga koʻra, Nasrning saxovatli hamrohi Abu Bakr an-Naxshabiy, uning shaxsiy kotibi Abu Ashʼat, qoʻshin boshlig'i Abu Mansur ash-Shagʻoniy, palata boshligʻi Aytosh, Iloq hokimi Hasan Malik va saroy boshligʻi ( vakīl khāșş ) Ali Zarradlarni o'z tomonlariga og'dirgan. Ismoiliy missionerlari ularning koʻmagi bilan Nasrning oʻzi, shuningdek, uning vaziri Abu Ali Muhammad al-Jayhoniyning dinni qabul qilishiga muvaffaq boʻldilar. At-Taalabiyning hikoyasiga ko'ra, Nasr kasal bo'lib, yaqinlashib kelayotgan o'limidan qo'rqib, ismoiliy ta'limotini qabul qilgan.  Bu somoniylar saroyida ismoiliylar hukmronligi davrini boshlab berdi, bu yerda ularning missionerlari ochiq va’z qilishdi.  Ismoiliy kotibi Abu at-Tayyib al-Mus'abi hatto 941/42-yilda al-Jayhoniydan keyin vazir bo'lgan ko'rinadi. Uning xizmat muddati qisqa bo'lib, bir necha oy davom etgan bo'lsa-da, uning vorisi ham ismoiliy edi. Bu voqealar sunniy tuzumi, xususan, Somoniylar turkiy askarlari orasida norozilik uyg'otdi. Nizom al-Mulk rivoyat qilgan voqeaga ko'ra, ular to'ntarish uchun fitna uyushtira boshlaganlar, hatto o'zlarining qo'mondonlaridan biriga taxt taklif qilishgacha borganlar. Nizom al-Mulkning yozishicha, amirning oʻgʻli Nuh I (hukmronligi  943—954-yillar) bu fitnadan shamol olib, otasini oʻz foydasiga taxtdan voz kechishga koʻndiradi. Tarixchi Samuel Miklos Stern taʼkidlaganidek, Nizom al-Mulk hisobidagi “afsonaviy unsurlarni haqiqiy faktlardan ajratib olish qiyin”, ayniqsa Fihrist Harbiy fitna haqida gapirmaydi, lekin Nasr o'z dinini qabul qilganidan «tavba» qiladi  va at-Sa'alibiyning qayd etishicha, hatto Nasrning o'g'li foydasiga taxtdan voz kechishi ham yo'q.  Zamonaviy olimlarning fikricha, Nasr 943-yilning 6-aprelida vafotigacha oʻz taxtida qolgan va u ismoiliy sifatida vafot etgan boʻlsa kerak, lekin uzoq davom etgan kasallik uni davlat ishlarini undan ham ertaroq tark etishga majbur qilgan. At-Sa’alibiyning yozishicha, Nasr vafoti va Nuh taxtga o‘tirgandan so‘ng ismoiliylar yangi amirni ham o‘z diniga qaytarishga harakat qilishgan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan.  Ibn an-Nadimning yozishicha, Nuh ismoiliylar mag'lubiyatga uchragan ochiq diniy munozara o'tkazgan, ammo at-Sa'alibiyning ta'kidlashicha, bu shaxsiy majlisda sodir bo'lgan va an-Nasafiyning keyingi so'rovi jamoatchilik muhokamasi rad etildi.  Koʻp oʻtmay Nuh ismoiliylarga qarshi hujum boshladi — Nizom al-Mulkning soʻzlariga koʻra, qoʻshinlar Buxoro va uning atrofidagi ismoiliy tarafdorlarini yetti kun davomida oʻldirishgan — bu hujumda an-Nasafiy va uning koʻplab tarafdorlari halok boʻlgan. O'rta asrlardagi ismoiliylarga qarshi tizimli tozalash manbalarining ta'siriga qaramay, bunday bo'lmagan ko'rinadi, chunki bir qancha ismoiliy amaldorlar, jumladan Ali Zarrad va Abu Mansur ash-Shag'oniy Nuh davrida o'z o'rnida qolishgan. Madaniy ishlari Nasr II vazirlari Somoniylar saroyini madaniyat markaziga aylantirishga yordam berishdi. Jayhoniy muallif sifatida tanilgan va geografik asar yozgan.  Bu mavzuga boʻlgan qiziqishi uning Buxoroga koʻp joydan geograflarni taklif etishiga sabab boʻlgan. Olimlar, astronomlar va boshqalar ham shaharga oqib kelishdi. Amir san'atga qiziqib, ziyolilar va yozuvchilarga homiylik qilgan. Somoniylar shajarasi Manbalar Havola Movaraunnahr hukmdorlari 943-yilda vafot etganlar
5,856
3605
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nuh%20I%20%28Somoniy%29
Nuh I (Somoniy)
Nuh ibn Nasr yoki Nuh I (954-yilda vafot etgan) – 943–954-yillarda Movarounnahr hukmdori. Somoniylar sulolasi vakili, Nasr IIning oʻgʻli. Mish-mishlarga koʻra, u Xitoy malikasiga uylangan. Hokimiyatga kelishi Nuh 943-yilda otasiga qarshi qoʻzgʻolonning oldini olgandan keyin hokimiyat tepasiga keldi. Nasrning ismoiliy missionerlarini qoʻllab-quvvatlaganidan norozi boʻlgan bir qancha qoʻshin zobitlari uni oʻldirishni rejalashtirdilar. Nuh fitnadan xabardor boʻlib, suiqasd uyushtirish uchun tashkillashtirilgan ziyofatga keldi va fitnachilarning boshligʻini tutib oʻldirdi. Boshqalarni tinchlantirish uchun u ismoiliylar faoliyatini toʻxtatishga vaʼda berdi va otasini uning foydasiga taxtdan voz kechishga koʻndiradi. Hukmronlik davri Nuh hokimiyatni egallaganidan koʻp oʻtmay, u Xorazmda qoʻzgʻolonni bostirishga majbur boʻldi. Abu Ali Chagʻoniy boshlagan yana bir qo'zg'olon ancha jiddiyroq bo'lib chiqdi va uni Tus hokimi bo'lib ishlagan Abu Mansur Muhammad kabi bir qancha Somoniy zobitlari qo'llab-quvvatladilar. Abu Ali Somoniylar vassali Chag'oniyon davlatining hukmdori boʻlishdan tashqari, 939-yildan beri Xuroson hokimi boʻlgan. 945-yilda Nuh uni o'rniga Ibrohim ibn ismli turkni qo'ymoqchi bo'lgan va Nuh tomonidan lavozimdan chetlatilgan. Abu Ali Nuhning amakisi Ibrohim ibn Ahmad bilan qoʻshilib, isyon koʻtaradi. 947-yilda Ibrohim Buxoro ustidan hukmronlik qildi va oʻzini Somoniylar saltanatining hukmdori sifatida eʼlon qilib, toj kiydi va Nuhni Samarqandga qochishga majbur qildi. Biroq, Ibrohim shaharda mashhur boʻlmaganligi sababli Nuh amakisini va ikkita ukasini qoʻlga olib, koʻr qilishiga imkon berdi. Abu Alining Chagʻoniyondagi poytaxti talon-taroj qilindi, ammo 948-yilda ular oʻrtasida sulh tuzildi va Abu Ali Chagʻoniyon hukmdori etib tasdiqlandi. 952-yilda Xuroson hokimi Mansur ibn Qorategin vafot etgach, Abu Ali yana bu lavozimni egalladi. Nuh Tabaristonning ziyoriy hukmdori Vushmgirning shikoyatini olgach, Abu Alini ikkinchi marta Xuroson hokimligidan olib tashladi. Nuh avvalroq Vushmgirni qoʻllab-quvvatlagan; ikkinchisi Somoniylar koʻmagi bilan qisqa muddatda Gurganni egallab oldi va uni Buyidlarga boy berganidan keyin 947-yilda Gurgan va Tabaristonni qaytarib olish uchun Somoniylar qoʻshinini ishlatdi. Somoniylar bilan birga ziyoriylar, keyin esa Buyidlar jang qildilar. Keyingi bir necha yil davomida mintaqada har bir tomon bir necha marta vaqtinchalik nazoratni qoʻlga kiritdi. Somoniylarning ittifoqchisi bo‘lgan Vushmgir Abu Ali buyidlarga qarshi urushga ketganidan xursand bo‘lgan, ammo Abu Ali Ray buyidlari bilan sulh tuzganidan g‘azablangan edi. Uning Abu Ali Buyidlar bilan til biriktirganligi haqidagi ayblovlardan iborat boʻlgan shikoyati Nuhning uni olib tashlashga qaror qilishi bilan yakunlanadi. Keyin Abu Ali Buyidlar huzuriga qochib ketdi va Abbosiylar xalifasi Al-Mutiydan Xurosonni nazorat qilish uchun huquq oldi. 954-yilda Nuhning vafoti bu muammoni hal qilishiga toʻsqinlik qildi. Uning o‘rniga o‘g‘li Abd al-Malik I taxtga o‘tirdi. Asarlar Buxoroda yashab ijod qilgan tarixchi Narshaxiy o'zining "Buxoro tarixi" asarini Nuh ibn Nasrga atab yozgan. Somoniylar shajarasi Manbalar Havolalar Movaraunnahr hukmdorlari
3,198
3606
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulmalik%20I%20%28Somoniy%29
Abdulmalik I (Somoniy)
Xuddi shunday unvonga ega boshqa hukmdorlar uchun qarang: Abdulmalik Abdulmalik I ( yoki 944 /5 noyabr 961) — Somoniylar hukmdori Xuroson va Movarounnahr (954 — 961), otasi Nuh Ining vorisi. Oxirgi manbaga ko‘ra (Ahmed al-Kubaviy tarjimasi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asari), u taxtga o‘tirganda atigi 10 yoshda edi. Nuh davrida boshlangan Buvayhiylar bilan urush uning davrida (miloddan avvalgi 955 — 956). Somoniylar uchun unchalik foydali boʻlmagan dunyo. Tangalardan koʻrinib turibdiki, tinchlikning yakunlanishi xalifa al-Mutiyning tan olinishi bilan bogʻliq edi. Abd al-Malik davridagi mamlakatning ichki ahvoli haqida kam narsa maʼlum. Ushbu bir nechta hisobotlardan yosh suveren Makdisiyning uni maqtashiga loyiqmi yoki yoʻqmi aniq emas. Haqiqiy kuch, aftidan, Nuh davrida koʻtarilgan turkiy gʻulgʻullar qoʻlida qolgan. Xuroson hokimi Bekr ibn Melikning Buxoroda saroy darvozasi oldida o‘ldirilgani haqidagi xabar xarakterlidir. Abd al-Malikning bevaqt o‘limiga chovg‘on o‘ynab, otdan yiqilib tushishi sabab bo‘lgan. Maqdisiyning yozishicha, uning oʻgʻli Nasr bor-yoʻgʻi bir kun hukmdor sifatida tan olingan. Kelib chiqishi Abdulmalik Nuh I ning toʻngʻich oʻgʻli edi. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, Abd al-Malik 10 yoshida taxtga o‘tirgan, yaʼni u 944/5 yilda tug‘ilgan. Encyclopaedia Islamica Narshaxiyning hikoyasini ishonarsiz deb hisoblaydi va ehtimol noto‘g‘ri talqin qilingan. Unda aytilishicha, 10 yoshli Abd al-Malik xronikalarida regent tomonidan davlatni boshqarishda yordam bergani haqida hech qanday eslatma yoʻq. Biroq, u hali ham „koʻproq hujjatlar mavjud boʻlmaguncha, mavzu boʻyicha aniqroq hech narsa aytish mumkin emas“ . Boshqaruv organi Nuh I hukmronligi davridan Somoniylar saltanatida bir qancha qiyinchiliklar paydo boʻldi: moliyaviy qiyinchiliklar, qoʻshindagi norozilik va Buyidlar kabi kuchli qoʻshni sulolalarning paydo boʻlishi. Ichki nizolar, qobiliyatli vazirlarning yetishmasligi, turkiy gulli askarlarning kuchayishi ham imperiyani zaiflashtirdi . Otasidan Abd al-Malik notinch shohlikni meros qilib oldi; Nuhning vafoti haqidagi xabarni eshitgach, saltanatning turli hududlarida ko‘plab sarkardalar isyon ko‘tardilar. Abd al-Malik taxtga faqat yetakchi harbiy boshliqlar yordami bilan o‘tirdi. Uning hukmronligining boshidanoq harbiy boshliqlar va saroy aʼyonlari haqiqiy hokimiyatga ega edilar. Abdulmalik Abu Mansur Muhammad ibn Uzayrni o‘ziga vazir etib tayinlagan, Bakr ibn Molik al-Farg‘oniy esa Xuroson hokimi lavozimini saqlab qolgan . Qanday boʻlmasin, ghoullar tezda tobora kuchayib borishdi. Alp-tegin oʻzi uchun Xuroson hokimi lavozimini oldi va bu lavozimga Abu-l-Fadl Balamiyning oʻgʻli Abu Ali Balamiyni tayinladi. Biroq, yangi vazir otasi kabi qobiliyatli emas edi. U taʼsirchan edi va ghoullar shohlik ustidan oʻz kuchlarini yanada mustahkamlashda davom etdilar . 11-asr eronlik tarixchi Gardiziyning yozishicha, Alp-tegin va Balamiy yaqin hamkorlikda ishlagan; u, shuningdek, „Balamiy hech qachon Alp-teginning bilimisiz va uning tavsiyasisiz biror ish qilmagan“ , deb qoʻshimcha qildi. Shaxsiy hayoti Abd al-Malikning shaxsiyati haqida koʻp narsa maʼlum emas. Shamsuddin al-Muqaddasiy uni Somoniylar podsholari orasida alohida siymo hisoblagan bo‘lsa, Shabankaroi uni adolatli va fazilatli shaxs sifatida ko‘rsatgan . Abd al-Malik oʻz hukmronligi davrida al-Muaffaq („Ilohiy yordamchi“) nomi bilan mashhur boʻlgan, vafotidan keyin esa, koʻrinadiki, al-Muayyad. Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Bartold V. V. Abd al-Melik // Bartold V. V. Sochineniya. — M.: Nauka, 1964. — T. II, Ch. 2: Raboti po otdelnim problemam istorii Sredney Azii. — S. 485. Manbalar Movaraunnahr hukmdorlari
3,688
3607
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nosir%20III%20%28Somoniy%29
Nosir III (Somoniy)
Nosir III (Somoniy) - Movarounnahr hukmdori (961/2). Somoniylar sulolasidan. Movaraunnahr hukmdorlari
102
3608
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mansur%20I%20%28Somoniy%29
Mansur I (Somoniy)
Mansur I (Somoniy) — Movarounnahr hukmdori (961 — 976). Somoniylar sulolasi vakili. Mansurning hukmronligi zaif boshqaruv va doimiy moliyaviy muammolar bilan ajralib turardi. Mansur Shahanshoh unvonini qoʻllagan birinchi Somoniy hukmdori boʻlgan, ehtimol bu uning raqibi, Buvayhiy hukmdori Adud ad-Davlaga javob sifatida qoʻllangan boʻlishi mumkin. Shuningdek, "Amir-i Sadid" („Odil/adolatli amir“) nomi bilan ham tanilgan. Nuh I (943—954-yillarda hukmronlik qilgan) davridan boshlab Somoniylar saltanatida bir qancha qiyinchiliklar paydo boʻla boshladi. Jumladan, moliyaviy kamchiliklar, qoʻshindagi norozilik va Buvayhiylar kabi qudratli qoʻshni saltanatlarning paydo boʻlishi vaziyatlar yuzaga keldi. Ichki nizolar, qobiliyatli vazirlarning yoʻqligi va turkiy askarlarining (gʻulomlar) obroʻsining kuchayishi Somoniylar saltanatini zaiflashtirgan edi. 961-yil oxirida Mansurning ukasi Abdulmalik I ning vafoti vorislik inqiroziga sabab boʻldi. Hukumatni amalda nazorat qilgan gʻulom Abdulmalikdan keyin kim boʻlishi kerakligi borasida ikkiga boʻlingan. Alptegin Xuroson hokimi Abdulmalikning oʻgʻlini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, Mansurni bolaligidan tanigan Foiq Xassa unga toj kiydirilishini talab qildi. Mansur va Foiq oxir-oqibat gʻalaba qozonishdi. Alptegin Gʻaznaga qochib ketdi va u yerda Gʻaznaviylar sulolasiga asos solgan shaxsga aylandi.  Somoniylar saltanati, Narshaxiyning yozishicha, Abdulmalik vafotidan keyin ogʻir ahvolda qolgan. Tarixchi Klifford Edmund Bosvort Mansur hukmronligini imperiya to‘qimasi mustahkam bo‘lgan so‘nggi davr deb hisoblaydi. Mansur qoʻzgʻolonchi Alpteginning iziga tushib, oʻldirish uchun Abu Mansur Muhammadni Xurosonga hokim etib tayinlaydi va uni gʻulgʻulalar bilan jangga joʻnatadi. Ammo Abu Mansur Alpteginni oʻldira olmaydi. Alptegin Balxga qochib ketdi. Abu Mansur xo‘jayinining g‘azabidan qo‘rqib, Buvayhiy hukmdori Rukna ad-Davla tomoniga oʻtadi. Mansur tezda Abu-l-Hasan Muhammad Simjuriyni Xurosonga yangi hokim etib tayinladi va uni isyonkor Abu Mansur bilan kurashish uchun yubordi, Simjuriy Abu Mansurni tutib jazolaydi. Xurosonda barqarorlik oʻrnatgan Simjuriy tez orada Buvayhiylar bilan urush boshlaydi. Buvayhiylar oʻsha yili Kaspiy dengizining janubiy qirgʻogʻidagi Tabariston va Goʻrgʻondan Somoniylar vassallari ziyoriylarni quvib chiqargan edilar. Oradan bir necha yil oʻtib Ziyoriyhukmdori Vushmagirning oʻlimi harbiy harakatlar toʻxtatilishiga sabab boʻldi va Buvayhiy Adud ad-Davla Somoniylarga soliq toʻlashga majbur boʻldi. Biroq bu o‘lpon toʻlash kelishuvi uzoqqa cho‘zilmadi. Buvayhiylar Somoniylarga qarshilik qilishda davom etdilar. Azud al-Davla somoniylar vassali Banu Ilyosdan Kermonni tortib oladi. 975-yilda Mansur Abu Abdulloh Jayhoniyning nabirasi Abu Abdulloh Ahmad Jayhoniyni vazir etib tayinlanadi, ammo u Somoniylar davlati tanazzulini toʻxtata olmaydi. Keyingi yili Mansur vafot etadi va uning oʻrniga oʻgʻli Nuh II oʻtirdi. Manbalar Movaraunnahr hukmdorlari
2,953
3609
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nuh%20II%20%28Somoniy%29
Nuh II (Somoniy)
Nuh II (Somoniy) — Movarounnahr hukmdori (976/7 - 997). Somoniylar sulolasidan. U Mansurning o'g'li edi. Hukmronlik davri Taxtga juda yosh o'tirgan Nuhga onasi va vaziri Abul Husayn Abdulloh ibn Ahmad Utbiy yordam beradi. Uning ilk hukmronligi davrida Qoraxoniylar bostirib kirib, Somoniylar kumush konlari joylashgan Zarafshon vodiysi cho‘qqilarini egallaydilar. 980-yilda ular yana hujum qilib, Isfijobni egallab olishdi. Ammo Utbiy somoniylar hukmdori Xuroson hokimi Abul-Hasan Simjuriyni almashtirishga e'tibor qaratdi. Vazir Abul Husaynni haddan tashqari kuchga ega deb hisoblaydi; u 982-yilda uning o'rniga o'z tarafdorlaridan biri, Tosh ismli turk generali bilan almashtirishga muvaffaq bo'ldi. Abul Hasan Hirotdan janubda joylashgan Kuhiston shahriga qochib ketdi . 982-yilda Xurosonda Buyidlarga qarshi ekspeditsiya safarbar qilindi. Dastlab u muvaffaqiyat qozondi, ammo keyinchalik Somoniylar qoʻshinlari tor-mor etildi. Buyidlarning Somoniylar davlatiga bostirib kirishi Adhud ad-Davlaning o‘limi bilangina oldi olinadi. Utbiy qo'shinni qayta to'plamoqchi bo'ladi, lekin u Abul Hasan va Foiq tarafdorlari tomonidan o'ldirildi . Utbiyning o'limi poytaxt Buxoroda qo'zg'olonni keltirib chiqardi. Nuh qoʻzgʻolonni bostirishda Toshdan yordam soʻrashga majbur boʻladi. Hokim bu vazifani uddasidan chiqadi va Abulhasan va uning o‘g‘li Abu Ali hamda Foiq qo‘shinlariga qarshi jang qilishga hozirlik ko‘radi. Biroq u fikridan qaytdi va Simjuriy va Foiq bilan yarashdi. Tosh Nuhni Foiqga Balxni, Abu Ali esa Hirotni boshqarishga ko'ndiradi. Abul Hasan Xurosonga qaytariladi, Tosh esa Xuroson hokimligini saqlab qoladi. Tinchlikni Utbiyning vorisi, yangi vazir Muhammad ibn Uzayr, Utbiyga raqib bo‘lgan va Toshni yomon ko‘rganligi buzdi. Nuh Muhammadning maslahatiga amal qilib, Toshni oʻz lavozimidan olib tashladi va Abul Hasanni hokim qilib qayta tikladi. Tosh unga yordam ko'rsatgan Buyidlar oldiga qochib ketdi. Simjuriy va Foiq tarafdorlari 987-yilning oxirlarida uni mag'lub etishdi, lekin u Gorgan shahriga qochib, 988-yilda vafot etdi. Abul Hasan ham xuddi shu davrda vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Abu Ali Xuroson hokimi etib tayinlandi. Bu uning kuchini ancha oshiradi, bu esa Foiqni xavotirga soladi. Ikki kishi o'rtasidagi janjal dushmanlikka aylanadi. Abu Ali 990-yil atrofidagi jangda Foiqni mag'lub etdi. Chekinish chog‘ida Foiq Buxoroni egallashga urindi, biroq Nuh turk qo‘mondoni Bektuzun yana bir mag‘lubiyatga uchradi. Keyin Foiq Balxga qaytadi. Nuh o'zining bir qancha vassallarini Foiqga qarshi kuchlarini safarbar qilishga ko'ndira oldi, ammo ikkinchisi o'z pozitsiyalarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Qoraxoniylar va ularning hukmronligining oxiri Qoraxoniylar Somoniylar ustidan zabt etishlari bilan bir qatorda, bir qancha hududlarni (Buxorodan deyarli mustaqil boʻlgan kichik turk bekliklari) meros qilib oldilar. Ular 991-yil oxirida keng ko'lamli bosqinni boshlashdi. Ularning rahbari Bug‘roxon uni to‘xtatish uchun Nuh yuborgan qo‘shinni yo‘q qiladi. Amir Foiqni kechiradi va unga Samarqand hokimligini beradi, buning evaziga uning Qoraxoniylarga qarshi kurash olib bormaslik va'dasini oladi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, Foiq Bug‘roxonga taslim bo‘ldi, u esa Buxoro tomon yo‘l oldi. Nuh qochib ketdi va qoraxoniylar 992-yil bahorining oxirida poytaxtga kirib keldilar. Keyin amir haligacha Xuroson viloyati markazi bo'lgan Nishopurda istiqomat qiluvchi Abu Aliga murojaat qiladi. U undan yordam so'raydi, lekin Abu Ali rad etadi. Bugʻroxon Buxoroda kasal boʻlib qolgach, vaziyat oʻzgaradi. Ikkinchisi marotaba Samarqandga boradi va shimolga ketayotgan yo'lda vafot etadi. Buxoroda qolgan garnizon oʻsha yilning yozida Nuh tomonidan magʻlub etiladi. Foiq Buxoroni o‘ziga olmoqchi bo‘ladi, ammo mag‘lub bo‘ladi. Keyin Abu Ali huzuriga qochdi; ikki boshliq somoniylar sardori hukmronligini tugatish uchun o‘tmishdagi kelishmovchiliklarini ko‘mib, yarashdilar. Nuh g'aznalik Subuktigindan yordam so'raydi. G'aznaviylar yordam berishga rozi bo'lishdi va Nuhning qo'shinlari Xorazm va uning boshqa bir qancha vassallari yordami bilan yanada mustahkamlandi. 994-yil avgust oyida Xurosonda boʻlib oʻtgan jang amir va uning ittifoqchilarining yirik gʻalabasi bilan yakunlandi. Isyonchilar Gorgan hududiga qochib ketishadi. Nuh Subuktigin va uning oʻgʻli Mahmudni unvonlar bilan taqdirlaydi, Xuroson hokimligini ham Mahmudga beradi. 995-yilda Abu Ali va Foiq yangi kuchlar bilan qaytib kelib, Mahmudni Nishopurdan quvib chiqaradilar. Subuktigin o'g'li bilan birlashadi va Tus yaqinida qo'zg'olonchilarni mag'lub qiladi. Abu Ali va Foiq shimolga qochib ketishdi, ikkinchisi esa Qoraxoniylardan boshpana topdi. Nuh esa Abu Alini kechirib, uni Xorazmga yuboradi. Xorazmshoh janubiy Xorazmni Somoniylarning vassali sifatida tutib, Abu Alini qamoqqa tashladi. Shimoliy Xorazmning Somoniylar hokimi Goʻrgan viloyatidan bu hududga bostirib kirganda ikkalasi ham qoʻlga olinadi. U janubiy Xorazmni qoʻshib oldi va Abu Alini Nuh huzuriga qaytarib yubordi. 996-yilda amir uni Subuktiginga yubordi va keyin G'aznaviylar tomonidan qatl etildi. Bu orada Foiq Bug‘roxonning vorisi Nasrxonni Somoniylarga qarshi yurish boshlashga ishontirmoqchi bo‘ladi. Aksincha, Qoraxoniylar Nuh bilan sulh tuzadilar. Foiq afv etilib, Samarqand hokimi lavozimiga qaytadi. Nihoyat tinchlik o‘rnatilgan bo‘lsa-da, undan oldingi yillardagi to‘qnashuvlar Somoniylarni qattiq iztirobga soldi. Qoraxoniylar shimoli-sharqning katta qismini egallab oldilar, G'aznaviylar esa Xuroson va Oks janubidagi yerlarni o'zlariga mahkam tutdilar. Xorazm hokimi Nuhning hokimiyatini qabul qiladi. Somoniylar davlati qudrati juda zaif bir sharoitda 997-yilda Nuh vafot etdi. Uning o‘rniga o‘g‘li Mansur II o‘tiradi. Manbalar Havolalar Movaraunnahr hukmdorlari 997-yilda vafot etganlar Somoniy hukmdorlari Movaraunnahr hukmdorlari
5,827
3610
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mansur%20II%20%28Somoniy%29
Mansur II (Somoniy)
Mansur II (Somoniy) — Movarounnahr hukmdori (997 — 999). Somoniylar sulolasi vakili. Nuh II ning oʻgʻli va vorisi. Mansur II otasining o‘rniga amir bo‘lganida hali yosh edi. Mansur II Somoniylar hokimiyati butunlay parchalanib ketgan bir paytda saltanat tepasiga keldi. Somoniylarning bu bosqichdagi muammolaridan biri, ularning vazirlari turk harbiylari bilan doimo kelishmovchilikda bo‘lgan. Jumladan, Sobuqteginning oʻgʻli Mahmud otasining koʻrsatmasi bilan 995-yilda amir qarorlariga katta taʼsir koʻrsatgan Nuh II ning vaziri Abdulla bin Azizni ishdan boʻshatadi. Bu davrda turk rahbarlari mamlakatning mutlaq xoʻjayinlari boʻlganlar. Somoniylar hududi Foiq, Bektuzun va Mahmud oʻrtasida boʻlingan va 998—999-yillarda ular bir necha marta oʻzaro urushib, oxir-oqibat sulh tuzgan. Turk rahnamolari somoniy amirni qoʻllarida o‘yinchoq qilib qo‘yganlar, zaif Somoniy amir esa ularning barcha xohishlariga rozi bo‘lib, mol-mulk va yer ajratib berganlar. Bu orada Foiq va Bektuzun Mansur II ning Mahmud Gʻaznaviy bilan ularga qarshi kelishuv tuzishidan cho‘chidilar. 999-yil uyg‘ur askari Bektuzun boshchiligida amirga qarshi fitna uyushtiriladi. Mansur II fitnani bostirish maqsadida Saraxsga qoʻshin tortadi. Ittifoqchilar Bektuzun va Foiq shu yilning yanvarida Saraxsda amir Mansur II ni hibsga olib, ko‘zlarini oʻyib oladilar. Ukasi Abdumalik II ni amir etib tayinlaydilar. Mansurning agʻdarilishidan Gʻazna hukmdori Mahmud Gʻaznaviy somoniylar qoʻl ostida boʻlgan Xurosonning qolgan qismini zabt etish uchun bahona sifatida foydalangan. U Bektuzunni magʻlub etib, Xurosonning muhim shaharlarini egallab oladi va Xuroson amiriga aylanadi. Ilexon Qoraxoniy ham 999-yil oktabr oyida somoniylar oilasini himoya qilish bahonasida Buxoroga kirib, amir va barcha somoniy vakillarini hibsga olib, Oʻzgan shahriga surgun qiladi. Manbalar Movaraunnahr hukmdorlari
1,865
3611
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulmalik%20II%20%28Somoniy%29
Abdulmalik II (Somoniy)
Abdulmalik II Abu-l-Favaris ibn Nuh (Somoniy) — Movarounnahr hukmdori (999). Somoniylar sulolasi vakili. 999-yil fevral oyida Abdulmalikning akasi Mansur II taxtdan agʻdarilgan va koʻzlari koʻr qilingan. Mansurning agʻdarilishidan Gʻazna hukmdori Mahmud Gʻaznaviy somoniylar qoʻl ostida boʻlgan Xurosonning qolgan qismini zabt etish uchun bahona sifatida foydalangan. Lekin Mahmud Begtuzun, Foiq va Koʻhiston hukmdori Abulqosim Simjuriyni oʻziga kuchli raqib deb hisoblaydi va shuning uchun 999-yilning bahorida Balx va Hirotni saqlab qolgan holda ular bilan sulh tuzadi. Ittifoqchilar Mahmud lashkarining orqa tomoniga hujum qilib, tinchlik shartnomasini buzadilar. Mahmud Gʻaznaviy qoʻshinlari esa jangni qayta boshlandi. 999-yil 16-mayda Abdulmalik va uning qoʻmondonlari Marv yaqinidagi jangda Mahmud G‘aznaviydan qattiq mag‘lubiyatga uchraydi va Abdulmalik Xurosonni unga qoldirib, Buxoroga qaytib keldi. Mahmud Gʻaznaviy Marv yaqinida ittifoqchilarni yengishi natijasida Amudaryoning janubidagi barcha yerlarni egallab oladi. U shuningdek, shu paytgacha Somoniylarning sodiq vassallari boʻlgan Chagʻoniylar va Amudaryo shimolidagi boshqa kichik davlatlarning sadoqatini qozondi. O‘z fuqarolarining dushmanligi bilan yuzma-yuz kelgan Abdulmalik turklar hujumi oldida ojiz edi. Yaqinlashib kelayotgan dushmanga qarshi xalq urushini uyushtirishga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hukumatning masjidlar minbarlaridan o‘qilgan murojaati aholi tomonidan mutlaqo loqaydlik bilan kutib olindi. Turkiy qo‘riqchilarning boshliqlari dushman tomoniga o‘tdilar. 999-yilning kuzida Nasr ibn Ali Qoraxoniy Buxoroga hujum qildi. Abdulmalik ommani dushmanga qarshi ko‘tara olmadi. Askarlar, jumladan turk sarkardalar ham dushman tomoniga o‘tdilar. 999-yil 23-oktabrda Nasr ibn Ali Buxoroga jangsiz kirib, Abdulmalikni somoniylar oilasining boshqa vakillari bilan birga O‘zganga surgun qiladi. Keyingi yillarda Abdulmalikning ukasi Ismoil Muntasir somoniylar yerlarining bir qismini vaqtincha qaytarib olsa ham, amalda Somoniylar davlati tugatiladi. Manbalar Movaraunnahr hukmdorlari
2,084
3613
https://uz.wikipedia.org/wiki/Alptegin
Alptegin
Alptegin — Gʻaznaviylar davlati hukmdori (962 — 963). Gʻaznaviylar sulolasidan. Alptegin (taxminan 885-963) — Somoniylar lashkarboshisi Nasr ibn Ahmad Somoniy davrida visoq boshi, xayl boshi, hojib darajasiga koʻtarildi. Nuh ibn Nasr Somoniyning oʻgʻli Abdulmalik davrida Xurosonga sipohsolor etib tayinlandi. Mansur ibn Nuh Somoniy (961-976) taxtga oʻtqazilgandan koʻp oʻtmay, Buxorodagi baʼzi amirlarning igʻvosi bilan Mansur ibn Nuh Somoniy va A. oʻrtasida nizo kelib chiqdi. Amir Mansur unga qarshi katta qoʻshin yubordi. Oqibatda A. Xurosonni tark etib, Balx tarafga yoʻl oldi; taʼqib qilib kelgan Buxoro qoʻshinini Xulm darasida tor-mor keltirdi. Shundan keyin Bomiyon, Kobul, Gʻaznani egalladi (962) va oʻsha yerdan Hindistonga tez-tez hujum qilib turdi. Lekin ana shunday yurishlardan birida yoʻlda vafot etdi. Manbalar 885-yilda tugʻilganlar Buxoroda tugʻilganlar 963-yilda vafot etganlar Somoniylar harbiy qoʻmondonlari Gʻaznaviylar Gʻazneviylar davlati hukmdorlari
979
3614
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sabuktegin
Sabuktegin
Sabuktegin, Sabuqtakin, Abu Mansur Nosiruddin vaddavla Sabuktakin (940, Issiqkoʻl atrofidagi Barsxon sh. — 997, Balx) — davlat arbobi va sarkarda, turkiy gʻaznaviylar sulolasi va Gʻaznaviylar davlati asoschisi. Sabuktegin asli qarluq turklaridan boʻlib, uning otasini Qora Bajkam (turkcha Qora Hoʻkiz; asl ismi Juk) deyishgan. Oʻzaro urushlarning birida oʻsmir S. asir tushgan. Tarixchi Bayhaqiy yozishicha, Nasr hoji nomli quljallob tomonidan u Buxoro bozoridan sotib olinib, Juzjon (Gʻuzgʻonon)ga olib kelingan hamda Nishopurda somoniylarni Gʻaznadagi noibi Alpteginga sotib yuborilgan. Sabuktegin. dovyurakligi va jasurligi bois Alptegin huzurida mavqei tez oshib, uning qiziga uylangan (bu nikoxdan uning valiahdi Ismoil tugʻilgan. Zobuliston hokimining qizi boʻlgan xotinidan esa Mahmud dunyoga kelgan). Hindistonga qilingan bir qancha yurishlarda faol qatnashgan. Oddiy gʻulomlikdan sipohsolor darajasiga koʻtarilgan. Alptegin vafot etgach (963), Somoniylarning Gʻaznadagi noiblari huzurida xizmat qilgan. Qoʻshinning talabiga koʻra, Gʻazna viloyati amiri boʻlgan (977 y. 1 mart). Bu davrda Gʻazna viloyatiga Bust, Gardiz, Parvon, Kobul, Zamindovar, Kusdar, Bomiyon, Tohariston, Hirot va Gʻur viloyatlari qoʻshib olingan. Shimoliy Hindistonga gʻaznaviylarning ilk yurishlarini boshlab, hind rojasi Jaylalni magʻlubiyatga uchratgan. Peshovar va Lamgʻon oʻrtasidagi xudud fath etilgan. Oradan koʻp oʻtmay Gʻazna viloyati somoniylardan ajralib chiqib, mustaqil davlat (poytaxti — Gʻazna sh.)ga aylangan. S. bilan somoniylar amiri Nuh ibn Mansur oʻrtasida Kesh va Naxshabda oʻzaro uchrashuv boʻlib, unda S. somoniylarni qoʻllab-quvvatlashga vaʼda bergan. Gardiziynchnt yozishicha, S.ning 20 ming kishilik qoʻshini somoniylarning Xurosondagi noibi isyonkor Abu Ali Simjuriy (Abulhasan Simjuriyning oʻgʻli) va Foyiq askarlariga Hirot atrofida kuchli zarba bergan (994). 994 y. S. qoʻshini Hindistonda ham gʻalabalarga erishgan va mahalliy aholining bir qismi islom dinini qabul qilgan. Oʻsha yili Abivardda xorazmshoh Abu Ali Maʼmun I (992—997) qoʻshini ustidan ham zafarga erishgan. Bu gʻalabalar uchun abbosiylar xalifasi al Qodir S.ga "Nosiruddin vaddavla" ("Din va davlat himoyachisi"), uning oʻgʻli Mahmud Gʻaznaviyga "Sayf uddavla" ("Davlat qilichi") faxriy unvonlarini bergan (994 y. noyabr). Hirot yaqinida Abu Ali Simjuriy va Foyiqqa S. oʻgʻli Mahmud bilan birgalikda soʻnggi zarbani bergan (995 y. 21 iyul). Bu jangda dushmanning xazinasi va fillar oʻlja olingan, nomdor lashkarboshilar asir tushishgan. Xorazmga qochib ketgan Abu Ali Simjuriy oʻzining 3 safdoshi bilan keyinchalik S. tomonidan oʻldirilgan. Movarounnahrga qoraxoniylar hujumi boshlangach (996), S. oʻgʻli Mahmud va birodari Boʻgʻrochiq boshchiligida Buxoroga 20 ming kishilik qoʻshin joʻnatgan. Ular bilan qoraxoniy Bugʻroxonning vorisi Nasr Iloqxon oʻrtasida somoniylar amirining ishtirokisiz shartnoma tuzilib, somoniylarga Movarounnaxr markazi qoldirilgan va Amudaryoning jan. qismi — butun Xuroson hududida gʻaznaviylarning hukmronligi tan olingan. S. hukmronlik davrida poytaxt Gʻazna sh. yirik siyosiy va madaniy markazga aylangan. Gʻaznaga borayotganda (Balx yaqinida) vafot etgan va Gʻazna atrofidagi Afgʻon Sholida dafn etilgan. Qabri ustiga maqbara qurilgan (11-asr). Bayhaqiy oʻzining "Tarixi Masʼudiy" nomli asarida Sabuqtekinni aqlli va adolatli, andishali hukmdor sifatida koʻrsatib, unga yuqori baho bergan. Manba AbulFazl Beyhaqi, Istoriya Mas’uda (10301041), T., 1962, M., 1969; Abu Sa’id Gardizi, Zayn alaxbor, T., 1991. Adabiyot Hamidjon Homidiy, Koʻhna Sharq dargʻalari, T., 1999; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001. Manbalar Gʻazneviylar davlati hukmdorlari 940-yilda tugʻilganlar 997-yilda vafot etganlar
3,744
3616
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20G%CA%BBaznaviy
Muhammad Gʻaznaviy
Mohammad - Gʻazneviylar davlati hukmdori (1030). Gʻazneviylar sulolasidan. Gʻazneviylar davlati hukmdorlari
108
3618
https://uz.wikipedia.org/wiki/Maudid%20%28G%CA%BBaznaviy%29
Maudid (Gʻaznaviy)
Maudid - Gʻaznaviylar davlati hukmdori (1041 - 1049). Gʻaznaviylar sulolasidan. Gʻaznaviylar davlati hukmdorlari
113
3619
https://uz.wikipedia.org/wiki/Masud%20II%20%28G%CA%BBazneviy%29
Masud II (Gʻazneviy)
Masud II - Gʻazneviylar davlati hukmdori (1049). Gʻazneviylar sulolasidan. Gʻazneviylar davlati hukmdorlari
108
3620
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ali%20%28G%CA%BBazneviy%29
Ali (Gʻazneviy)
Ali (Gʻazneviy) - Gʻaznaviylar davlati hukmdori (1049 - 1050). Gʻaznaviylar sulolasidan. Gʻaznaviylar davlati hukmdorlari
122
3621
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abd%20al-Rashid%20%28G%CA%BBaznaviy%29
Abd al-Rashid (Gʻaznaviy)
Abd al-Rashid - Gʻazneviylar davlati hukmdori (1050 - 1052). Gʻazneviylar sulolasidan. Gʻaznaviylar
100
3622
https://uz.wikipedia.org/wiki/Torgul%20Zolim%20%28G%CA%BBazneviy%29
Torgul Zolim (Gʻazneviy)
Torgul Zolim - Gʻazneviylar davlati hukmdori (1052). Gʻazneviylar sulolasidan. Gʻazneviylar davlati hukmdorlari
112
3623
https://uz.wikipedia.org/wiki/Farruxzad%20%28G%CA%BBazneviy%29
Farruxzad (Gʻazneviy)
Farruxzad - Gʻazneviylar davlati hukmdori (1052 - 1060). Gʻazneviylar sulolasidan. Gʻazneviylar davlati hukmdorlari
116
3625
https://uz.wikipedia.org/wiki/Masud%20III%20%28G%CA%BBazneviy%29
Masud III (Gʻazneviy)
Masud III - Gʻazneviylar davlati hukmdori (1099 - 1115). Gʻazneviylar sulolasidan. Gʻazneviylar davlati hukmdorlari
116
3626
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shirzad%20%28G%CA%BBazneviy%29
Shirzad (Gʻazneviy)
Shirzad - Gʻazneviylar davlati hukmdori (1115). Gʻazneviylar sulolasidan. Gʻazneviylar davlati hukmdorlari
107
3628
https://uz.wikipedia.org/wiki/Arslan%20%28G%CA%BBazneviy%29
Arslan (Gʻazneviy)
Arslan - Gʻazneviylar davlati hukmdori (1115 - 1118). Gʻazneviylar sulolasidan. Gʻazneviylar davlati hukmdorlari
113
3629
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bahrom%20G%CA%BBaznaviy
Bahrom Gʻaznaviy
Baxram - Gʻaznaviylar davlati hukmdori (1118—1152). Gʻaznaviylar sulolasi vakili. Sulton Sanjarga vassal sifatida davlatni boshqargan. Gʻazneviylar davlati hukmdorlari Manbalar
178
3630
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xosrov-shoh%20%28G%CA%BBazneviy%29
Xosrov-shoh (Gʻazneviy)
Xosrov-shoh - Gʻazneviylar davlati hukmdori (1152 - 1160). Gʻazneviylar sulolasidan. Gʻazneviylar davlati hukmdorlari
118