id
stringlengths
1
7
url
stringlengths
31
410
title
stringlengths
1
147
text
stringlengths
1
177k
text_len
int64
1
177k
3899
https://uz.wikipedia.org/wiki/Augsburg
Augsburg
Augsburg – Bavariya yeridagi shahar. Germaniya janubida, Alp togʻlari etaklarida joylashgan. Aholisi 245 ming kishi atrofida. Transport yoʻllari tuguni. Qadimgi toʻqimachilik markazi. Ma-shinasozlik, metallni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika va radioelektro-nika sanoati rivojlangan. Maksimilian muzeyi, koʻplab me’moriy yodgorli-klar (11 – 18-asrlar) bor. Shahar miloddan avvalgi 15-asrda rimliklar harbiy lageri oʻrnida vujudga kelgan. 10–11-asrlarda yirik savdo-hunarmandchilik markazi boʻlgan. 15–16-asrlarda esa A. Yev-ropaning yirik savdo va moliyaviy markaziga aylandi. 1806-yildan Bavariya tarkibida. Augsburg Germaniyaning Bavariya yerida joylashgan shahardir. Ushbu shahar Maydoni — 146,93 km2. Aholisi — 264708 kishi (2010). Neuss va Trier shaharlaridan keyin Augsburg Germaniyaning eng qadimgi shaharlaridan biridir. Geografiyasi Hududi Augsburgning hududi kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha m balandlikda joylashgan. Demografiyasi Fotogalereya Manbalar Germaniya shaharlari
998
3900
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gamburg
Gamburg
Germaniya Federativ Respublikasidagi yirik shaharlardan biri. (Nemis: Freie und Hansestadt Hamburg; Low Saxon: Friee un Hansestadt Hamborg).Berlindan keyin Germaniyadagi ikkinchi eng katta shahar, shuningdek, Yevropa Ittifoqidagi 1,84 milliondan ortiq bo'lgan 7-o'rinda va eng yirik poytaxt bo'lmagan shahar. Gamburgning shahar hududida taxminan 2,5 million aholi istiqomat qiladi[1] va uning atrofida besh milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi. Germaniyaning 16 federativ shtatlaridan biri boʻlgan Gamburg shimolda Shlezvig-Golshteyn va janubda Quyi Saksoniya bilan chegaradosh. Gamburg Germaniyaning shimolida, Elba daryosining ikkala qirg'og'ida, Alster va Bille daryolarining qo'shilish joyida, Elba Shimoliy dengizga quyilgan joydan 110 km janubi-sharqda joylashgan. shahar Gamburg nem. Hamburg https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A4%D0%B0%D0%B9%D0%BB:Hamburg_montage.jpg Germaniya shaharlari
911
3901
https://uz.wikipedia.org/wiki/Saarland
Saarland
Saar Olmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti - Saarbrücken. Maydoni - 2 568,7 km2. 1 030 324 nafar aholi istiqomat qiladi (2008). Saar — Olmoniya yeri. Mamlakatning gʻarbiy qismida, Saar va Mozel daryolari havzasida. Fransiya va Lyuksemburg bilan chegaradosh. Maydoni 2570 km². Aholisi 1,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Saarbryukken sh. S. — mamlakatning sanoati rivojlangan yerlaridan. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ortigʻi sanoatda band. Yetakchi sanoat tarmogʻi — ogʻir sanoat (xususan, toshkoʻmir, k,. Caap-Lotaringiya kumir havzasi) va metallurgiya. Shuningdek, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika, poʻlat va nikel konstruksiyalar i.ch., toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati korxonalari ham mavjud. Qora metallurgiya sanoatining asosiy markazlari: Felklingen, Nyoynkirxen, Saarbryukken sh.lari. Kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari ham rivojlangan. Avtomobil vagonsozlik, oynasozlik, shisha, keramika korxonalari bor. Isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida donli, sabzavot va yem-xashak ekinlari ekiladi. Tokzorlar barpo qilingan. Chorvachilikda kramol, choʻchqa boqiladi. Oʻtgan asrlarda S. hududida faflik boʻlgan. 1815-yildan S. Prussiya (1871-yildan Olmoniya imperiyasi) tarkibida. 1919-yilda Millatlar Ligasi komissiyasi boshqaruvi ostiga oʻtgan. 1935-yildan yana Olmoniyaga qoʻshilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin S. Fransiyaning Olmoniyadagi okkupatsiya zonasi edi. 1956-yildagi Fransiya va Olmoniya oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, 1957-yil 1 yanvardan yana Germaniya tarkibida. Havolalar Rasmiy sayti Manbalar Olmoniya yerlari
1,594
3903
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bremen%20%28Land%29
Bremen (Land)
Germaniya shaharlari Bremen (nem. [ˈbʁeːmən] (tinglash)), rasman Bremenning erkin Ganza shahri (nemischa: Freie Hansestadt Bremen; nemischa: Free Hansestadt Bremen), Germaniyaning 16 shtatlari ichida eng kichik va eng kam aholisi. U norasmiy ravishda Land Bremen („Bremen shtati“) deb ataladi, garchi bu atama baʼzan rasmiy kontekstlarda qoʻllaniladi. Shtat Bremen shahridan va uning dengiz porti eksklavi Bremerxavendan iborat boʻlib, Germaniya shimolidagi Quyi Saksoniya shtati bilan oʻralgan. Manbalar
505
3904
https://uz.wikipedia.org/wiki/Saksoniya
Saksoniya
Saksoniya — Olmoniya yeri (federativ birlik). Mamlakatning jan.sharqiy qismida, Chexiya bilan chegaradosh. S hududidan Elba daryosi oqib oʻtadi. Maydoni 18,4 ming km². Aholisi 4,38 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Drezden sh. S. GFR yeri sifatida yangi tashkil qilingan boʻlsada, uzoq tarixga ega. Qadimda u tarixiy viloyat boʻlgan. 10-asrda tuzilgan Meysen markazi S.ning negizi boʻlgan. 1806-yildan qirollik. 1918-yilda S.da qirollik agʻdarilib, respublika eʼlon qilindi. Ikkinchi jahon urushiga qadar S hududida joylashgan Drezden, Leypsig va Xemnits sh.lari mamlakatning industriya markazlari boʻlgan. 1952-yilda hudud GDR tarkibidagi bir necha okrugga boʻlingan. 1990-yilda ushbu okruglar yer sifatida birlashib GFR tarkibiga kirdi. S. — Olmoniyaning aholi eng zich joylashgan va sanoati rivojlangan yerlaridan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (xususan, avtomobilsozlik, radioelektronika va elektrotexnika sanoatlari), toʻqimachilik sanoati uchun mashina va stanoklar, sovitkich va fotoapparatlar ishlab chiqariladi. Kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Drezden sh. turizm markazlaridan (yiliga 5 mln. sayyoh kelibketadi). Leypsigda qadimdan noshirlik ishi rivojlangan. Bu yerda har yili xalqaro kitoblar yarmarkasi utkazil adi. Saksoniya yoki Sachsen () Olmoniyadagi yerlarning biridir. Manbalar Olmoniya yerlari
1,372
3908
https://uz.wikipedia.org/wiki/Zarafshon%20%28shahar%29
Zarafshon (shahar)
Zarafshon — Navoiy viloyatida joylashgan shahar. Shahar 1965-yillarda bunyod etilgan. Zarafshon Qizilqum choʻlida joylashgan. Aholisi 86,5 ming kishidan ortiq (2023). Tarixi 1958-yilda Samarqand geologiya-qidiruv guruhi hududni (Bukantau, Tamditov va Muruntov togʻlari, Qizilqum choʻli) oʻrganishga kirishdi. Bu hududda oltin va uran konlari topilgach, SSSR Oʻrta mashinasozlik vazirligi zudlik bilan Qizilqum viloyatini oʻzlashtirish va uni yirik kon-sanoat markaziga aylantirish toʻgʻrisida buyruq chiqardi. Shahar qurilishi 1960-yillarning boshlarida boshlangan va SSSR parchalangunga qadar davom etgan. 1965-yil shahar tashkil etilganining rasmiy yili hisoblanadi. 1967-yil 16-yanvarda Zarafshon shahar tipidagi aholi punkti maqomini oldi. SSSR parchalanishi davrida shahar tipik sovet (3, 4, 5, 7 va 9 qavatli) uylarga ega 12 mikrorayondan iborat boʻlgan. Shaharda 8 ta umumtaʼlim maktabi, 21 ta bolalar bogʻchasi boʻlgan. Dastlab, shaharda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibiga kiruvchi Muruntov koni va Bessopan sanoat maydonchasida joylashgan sanoat oltin qazib olish obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi ishchilar yashagan. Muruntov konida oltin qazib olish SSSRdagi umumiy oltin qazib olishning taxminan 30% ni tashkil etgan. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining eng yirik boʻlinmasi Zarafshon shahrida joylashgan. Bu Markaziy kon boshqarmasi boʻlib, 29 ta asosiy va qoʻshimcha boʻlinmalarni oʻz ichiga oladi. Markaziy kon boshqarmasining asosiy vazifasi qimmatbaho metallar (oltin, kumush) konlarini oʻzlashtirish va ularni qazib olishdan iborat. O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishgandan so‘ng shahar va unga tutash sanoat maydonlarida yangi korxonalar va zavodning yangi sanoat obyektlari barpo etish davom ettirildi, jumladan: „SKVZ“ koni; „Auminzo-Amantoy“ koni; 5-sonli gidrometallurgiya zavodi; 7-sonli gidrometallurgiya zavodi; Qizilqum fosforit kompleksi; „Zarafshon oyna“ korxonasi; „Agama“ trikotaj fabrikasi va boshqalar. Shahar aholisining aksariyati Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibiga kiruvchi boʻlinmalar va sanoat obyektlarida mehnat qiladi. Geografiyasi Shahar Qizilqum choʻlining markaziy qismida, mamlakatning eng yirik oltin konidan „Muruntov“ dan 30 km uzoqlikda joylashgan. Sanoati „NKMK“ DK Markaziy kon boshqarmasi (oltin, kumush, metall boʻlmagan qurilish materiallarini qazib olish). „Qizilqum fosforit kompleksi“ MChJ „Oʻzkimsanoat“ AJ (fosforit konsentrati qazib olish) „NGMK“ DK Zarafshon qurilish boshqarmasi (qurilish), „NGMK“ davlat korxonasining „Agama“ PTF (kiyim ishlab chiqarish). Infratuzilmasi Shaharda Amudaryodan suv taʼminoti tizimi (250 km. ga yaqin quvurlar), sovet davri meʼmoriy loyihalari boʻyicha yaxshilangan 12 ta turar-joy binolari mikrorayonlari, madaniyat (madaniyat uyi, ijodiy markazlar), sport (stadion, basseyn, sport zallari va sport majmualari), savdo (do‘konlar, bozorlar, savdo markazlari), tibbiyot va boshqa davlat muassasalari, sunʼiy o‘simliklar va bog‘lar mavjud. Sport Zarafshonda pauerlifting boʻyicha Osiyo chempionati (2003-yil), yelkanli sport boʻyicha MDH davlatlari oʻrtasida xalqaro turnir va shu kabi musobaqalar boʻlib oʻtgan. Birgina 2004-yilning o‘zida Zarafshon shahrida turli darajadagi 150 ta sport tadbirlari o‘tkazilgan. „Qizilqum“ futbol klubi 2000-yildan buyon O‘zbekiston Oliy ligasida o‘ynab kelmoqda (eng yuqori yutuq 2002-yilgi mavsumda 3-o‘rin). Manbalar Navoiy viloyati shaharlari Oʻzbekiston shaharlari
3,456
3912
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bavariya
Bavariya
Bavariya — GFR yeri. Dunay havzasida. Maydoni 70,6 ming km2. Aholisi 12,584 mln. kishi (2011). Maʼmuriy markazi — Myunxen shahri. Bavariya mamlakatning eng baland togʻli qismida. Myunxenda iyulning oʻrtacha harorati 17 °C, yiliga 935 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Dunay havzasiga mansub, koʻl koʻp. Hududining 1/3 qismi oʻrmon bilan band; togʻ yaylovlari bor. Tarixi Bavariya hududida olmonarning bavar qabilasi yashagan. 1070—1180-yillar Bavariyada velf qabilasi hukmronlik qilgan. 1180—1918-yillar Vittelsbaxlar sulolasi idora qilgan. 1806-yildan qirollik va Reyn ittifoqi aʼzosi. 1871-yildan Olmoniya imperiyasi tarkibida. 1945-yildan Amerika okkupatsiya zonasi, 1949-yildan esa GFR tarkibiy qismi. Iqtisodi Bavariya — industrial-agrar rayon. Elektr energiyasining yarmini GESlar beradi. Urushdan keyingi yillarda neftni qayta ishlash (Ingolshtadt, Nyoyshtadt) va neft kimyosi sanoati bunyod etilgan (neft Marsel, Genuya, Triyest portlaridan quvurlar orqali keltiriladi). Bavariya GFR alyuminiy mahsulotining 1/3 qismini beradi (Tyoging). Sanoatning yetakchi tarmogʻi mashinasozlik: elektrotexnika, (Myunxen, Nyurnberg , Erlangen), umumiy mashinasozlik (Augsburg , Ashaffenburg), transport mashinasozligi, jumladan avtomobilsozlik (Myunxen, Augsburg , Ingolshtadt) va samolyotsozlik (Augsburg), aniq mexanika (Nyurnberg). Toʻqimachilik (Xof, Augsburg) va tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati ham muhim oʻrin tutadi. Transporti Temir yoʻllari asosan elektrlashtirilgan. Avtomobil yoʻli koʻp, Dunay, Mayn daryolarida kema qatnaydi. Bavariyada Bavariya Fanlar akademiyasi (1759-yil tashkil etilgan) va 3 ta universitet bor. Manbalar Olmoniya yerlari
1,652
3914
https://uz.wikipedia.org/wiki/Karlsruhe
Karlsruhe
Karlsrue — Germaniyadagi shahar, Baden-Vyurtemberg yerida. Aholisi 276,5 ming kishi (1998). K. — transport yoʻllarining yirik tuguni, daryo porti. Kanal orkali Reyn daryosiga chiqiladi. Neftni qayta ishlash (neft quvurlar orqali Marseldan keltiriladi), transport (stanok, vagon, lokomotiv) va elektrotexnika mashinasozligi, metallsozlik, kimyo, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shahardan 10 km narida (Leopoldxafen) atom tadqiqotlari markazi joylashgan. Unt, Texnologiya instituti, Tasviriy sanʼat Davlat akademiyasi, Baden oʻlka muzeyi, Kunstxalle badiiy muzeyi, botanika va hayvonot boglari mavjud. K. 1715 yilda markgraf Karl Vilgelm tomonidan bunyod etilgan. 18—19-asrlarda qurilgan saroy va bogʻlar bor. Karlsruhe Germaniyaning Baden-Württemberg yerida joylashgan shahardir. Ushbu shahar Maydoni — 173,46 km2. 294 761 nafar aholi istiqomat qiladi (2010). Geografiyasi Hududi Karlsruhening hududi kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha m balandlikda joylashgan. Demografiyasi Fotogalereya Manbalar Germaniya shaharlari
1,042
3918
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ozarbayjon%20Respublikasining%20madhiyasi
Ozarbayjon Respublikasining madhiyasi
1920-yil 30-yanvarda Ozarbayjon Demokratik Respublikasining Nozirlar Shoʻrosi Respublikasining milliy gimnini tayyorlash haqida qaror qabul qildi va shu maqsadda Xalq Maorifi Vazirligi tomonidan musobaqa eʼlon qilindi. Lekin 1920-yil 28-aprelda Xalq Respublikasi parchalanishi Ozarbayjon milliy gimnini qabul etishga imkon bermadi. 1992-yil 27-mayda parlament "Ozarbayjon Respublikasining Davlat gimni haqida" Qonun qabul qildi. Qonunga asosan, 1919-yilda bastakor Oʻzayir Hajubayov va shoir Ahmad Javod tomonidan tartiblangan "Ozarbayjon marshi" nomli Ozarbayjonning Davlat gimni tasdiqlandi. Mualliflar Musiqasi - Oʻzeyir Hajibeyov Soʻzi - Ahmad Jovod Havolalar Ozarbayjon gimni Ozarbayjon
700
3923
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sovet%20Sotsialistik%20Respublikalari%20Ittifoqi
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi
Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi, SSSR, Sovet Ittifoqi — sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922—91-yillarda mavjud boʻlgan davlat. SSSRni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922-yil)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohish irodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belarus (BSSR), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936- yildan ittifoqdosh respublikalar — Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gurjiston (Gurjiston SSR), keyinchalik — 1925-yil Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929-yil Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936-yil Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Qirgʻiziston SSR), 1940-yil Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan. 20-yillarning boshlaridan, ayniqsa, V.I.Leninning vafotidan keyin mamlakat rahbariyati orasida hokimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Rahbarlikning avtoritar usullari qaror topishi, I.V.Stalin shu usullardan foydalanib, yakkaboshchilik hokimiyati rejimini kuchaytirib bordi. 1921-yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) 20-yillarning oʻrtalarida toʻxtatilib, soʻng mamlakatni jadal industriyalash va qishloq xoʻjaligini zoʻrlab kollektivlashtirish (jamoalashtirish) siyosati boshlab yuborildi. Kommunistik partiya davlat tuzilmasini toʻla-toʻkis oʻziga boʻysundirib oldi. SSSR Respublikalari bayrogʻi (qarang Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi). Mamlakatni tez modernizatsiyalash va boshqa mamlakatlardagi inqilobiy harakatni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilib qoʻygan qatʼiy markazlashtirilgan va harbiylashtirilgan totalitar ijtimoiy tuzum vujudga keldi. Boshlangan ommaviy qatagʻonlar 1934-yildan keyin avj oldirildi va jamiyatning barcha tabaqalarini qamrab oldi; millionlab begunoh odamlar qamoqqa tashlandi, otildi, surgun qilindi (qarang Repressiya). Davlat va jamiyat hayoti tor doiraga solib qoʻyildi, bepoyon mamlakatdagi barcha ishlar markazdan tuzib beriladigan reja asosidagina yuritiladigan boʻldi, oʻta mafkuralashgan kommunistik tizim qaror toptirildi, demokratik tamoyillar oyoq osti qilindi, sud tizimi bedodlik asosiga qurildi. 30-yillarning oxirida mustabid davlatning tashqi siyosati keskin oʻzgartirildi, xalqaro jamoa xavfsizligi yoʻlidan qaytildi. 1939-yil Sovet-Olmon bitimlari tuzildi, unga binoan bir yil ichida Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belarus, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Bessarabiya va Shim. Bukovina SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. SSSR tomonidan boshlangan sovet-fin urushi (1939.30.11 — 1940.12.3) sovet imperiyasining xalqaro obroʻsiga putur yetkazdi (SSSR Millatlar ittifoqidan chiqarib yuborildi). 1941-yil Olmoniya shartnomalarni buzib, Sovet Ittifoqiga qoʻqqisdan hujum qildi. Urushga aholisi qariyb 6,5 mln. boʻlgan Oʻzbekistondan 1 mln.dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butun-butun xalqlar — bolqorlar, chechenlar, qalmoqlar, qrim tatarlari, qorachoylar, yunonlar, mesxeti turklari, Volga boʻyi olmonlari va boshqalar oʻzga oʻlkalarga majburlab koʻchirildi. SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi ittifoqchilar yordamida urushda gʻolib chiqqach, Jan. Saxalin, Kuril o.lari, Petsamo (Pechenga), Klaypeda, Kenigsberg (Kaliningrad), Zakarpatye Ukrainasi va boshqa yerlar hisobiga mamlakat hududi kengaytirildi. Urushdan keyin qatagʻonlar (kosmopolitizmga qarshi kurash, „vrachlar ishi“, „Leningrad ishi“ va boshqalar) davom ettirildi, oʻzbekistonlik koʻpgina yozuvchi, shoir, olim va boshqa ziyolilar ham shu siyosat azobini tortdilar. Gʻarb mamlakatlari bilan ittifoqchilik munosabatlari uzilishi oqibatida ikki siyosiy tuzum oʻrtasida „sovuq urush“, qurollanish poygasi boshlandi. I. V. Stalin vafoti (1953-yil)dan keyin boʻlib oʻtgan KPSS 20-syezdi (1956-yil) N.S.Xrushchyov tashabbusi bilan Stalin shaxsiga sigʻinishni tanqid qildi. Qatagʻon qurbonlari oqlana boshlandi; xalqning turmush darajasini oshirishga, qishloq xoʻjaligini, uy-joy qurilishini, yengil sanoatni rivojlantirishga koʻproq eʼtibor berildi. Ilmiy va ishlab chiqaruvchi kuchlarni, moddiy vositalarni fan va texnika taraqqiyotiga qaratish tufayli ayrim yutuklarga erishildi: dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirildi (1954-yil), Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi (1957-yil), ichida kosmonavt uchuvchi boʻlgan birinchi kosmik kema (1961-yil) uchirildi; SSSR ning xalqaro aloqalari kengaydi, yadro urushi xavfi kamaydi. Ammo totalitar tuzum va maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot saqlanib qolayotgan bir paytda mamlakatni yangilash yoʻlidagi bu urinishlar izchillik bilan oʻtkazilmadi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Partiya va davlatga L.I.Brejnev boshchilik qilgan yillarda (1964—82-yil) davlat va jamiyat hayotida toʻrachilik avj oldi, iqtisodiyotda turgʻunlik hukm surdi. A.N.Kosiginning tashabbusi bilan oʻtkazilgan islohotlar toʻxtab qoldi, iqtisodiyot ekstensiv yoʻldan rivojlantirildi. Neft va gazni eksport qilishdan tushgan mablagʻning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Vengriya (1956-yil) va Chexoslovakiya (1968-yil) rahbariyatining islohot oʻtkazish yoʻlidagi harakatlari Sovet armiyasi tomonidan qurol kuchi bilan bostirilishi, Afgʻonistonga qoʻshin kiritilishi (1979-yil) xalqaro keskinlikni battar kuchaytirdi. 1985-yilda hokimiyat tepasiga kelgan M.S.Gorbachyov va uning tarafdorlari „qayta qurish“ siyosatini boshladilar, xalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy, milliy harakat va tashkilotlar tuzildi. Lekin yuqoridan turib sovet tuzumini isloh qilish uchun qilingan palapartish urinishlar mamlakatdagi tanglikni chuqurlashtirdi. Milliy nizolar kuchaydi, iqtisodiy ahvol ogʻirlashdi. Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar oʻz imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida 1991-yil avgust oyida Favqulodda holat davlat qoʻmitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat toʻntarishi qilishga urinib koʻrdi, ammo bu urinish barbod boʻldi. 1991-yil 8-dekabrda Belarus, Rossiya va Ukrayina rahbarlari B. N. Yelsin, L. M. Kravchuk, S. S. Shushkevich Belarusdagi Belaya Veja oʻrmonida bitim imzolab, SSSR tugatilishini qayd etdilar va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ni tashkil etilganligini eʼlon qildilar (1991-yil 8-dekabr, Minsk). Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston 1991-yil 21-dekabrda Olma-otada imzolangan Deklaratsiyada MDHni tuzish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshildilar. 1993-yil Gurjiston ham MDHga qoʻshildi. 1991-yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi. Gʻayriinsoniy prinsiplarga asoslangan soxta davlat — „Qizil imperiya“ning taqdiri ana shunday yakun topdi. Bu tarixiy qonuniyat edi. Oʻzbek xalqi Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida mustaqillikka erishish yoʻlida olib borgan qatʼiy kurash bu jarayonda katta ahamiyatga ega boʻldi. SSSR mavjud boʻlgan yillar mobaynida Oʻzbekiston xalqi mamlakatni industriyalash, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, ommaviy qatagʻonlar siyosati va kommunistik diktatura oʻtkazgan barcha bedodliklar, jumladan, 80-yillar oʻrtalaridagi „paxta ishi“ning butun azobuqubatlarini boshdan kechirdi. SSRI liderlari Davlat boshliqlari Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining raisi: Mixail Ivanovich Kalinin (1922-1938) [Rossiya SFSR] Grigoriy Ivanovich Petrovskiy (1922-1938) [Ukraina SSR] Aleksandr Grigorʼevich Chervyakov (1922-1937) [Belarus SSR] Nariman Kerbalayi Najaf ogʻlu Narimanov (1922-1925) [Zakavkazskaya SFSR] Qazanfar Mahmud ogʻlu Musabeyov (1925-1937) [Zakavkazskaya SFSR] Nedirbay Aytakov (1925-1937) [Turkmaniston SSR] Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev (1925-1937) [Oʻzbekiston SSR] Nusratullo Maksum Lutfulayev (1931-1934) [Tojikiston SSR] Abdullo Raximbayevich Raximbayev (1934-1937) [Tojikiston SSR] Oliy Sovet Prezidium raislari: Mixail Ivanovich Kalinin (1938-1946) Nikolay Mixaylovich Shvernik (1946-1953) Kliment Efremovich Voroshilov (1953-1960) Leonid Ilich Brejnev (1960-1964) Anastas Ivanovich Mikoyan (1964-1965) Nikolay Viktorovich Podgornıy (1965-1977) Leonid Ilich Brejnev (1977-1982) Yuriy Vladimirovich Andropov (1983-1984) Konstantin Ustinovich Chernenko (1984-1985) Andrey Andreyevich Gromıko (1985-1988) Mixail Sergeevich Gorbachov (1988-1989) ? Oliy Sovet raisi: Mixail Sergeevich Gorbachov (1989-1990) Prezidenti: Mixail Sergeevich Gorbachov (1990-1991) Hukumat boshliqlari Xalq Komissarlar Kengashining raislari: Vladimir Ilich Lenin (1923-1924) Aleksey Ivanovich Rikov (1924-1930) Vyacheslav Mixaylovich Molotov (1930-1941) Iosif Vissarionovich Stalin (1941-1946) Vazirlar Kengashining raislari: Iosif Vissarionovich Stalin (1946-1953) Georgiy Maksimilianovich Malenkov (1953-1955) Nikolay Aleksandrovich Bulganin (1955-1958) Nikita Sergeevich Xrushchyov (1958-1964) Aleksey Nikolayevich Kosigin (1964-1980) Nikolay Aleksandrovich Tixonov (1980-1985) Nikolay Ivanovich Rijkov (1985-1991) Bosh Vazirlari: Valentin Sergeevich Pavlov (1991) Ivan Stepanovich Silaev (1991) Yana qarang Sovet Ittifoqi Madhiyasi
8,960
3938
https://uz.wikipedia.org/wiki/Hannover
Hannover
Hannover — Germaniyadagi shahar, Leyn daryosi boʻyidagi port, Quyi Saksoniya yerining maʼmuriy markazi. 522686 nafar aholi istiqomat qiladi (2010). Maydoni — 204,01 km2. Transport yoʻl va havo yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Sanoat va moliyasavdo markazi. Mashinasozlik, xususan transport mashinasozligi, elektrotexnika, rezina, rangli metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Hannover atrofi GFR dagi yirik neft olinadigan rayon. Hannoverda har yili xalqaro sanoat yarmarkalari oʻtkaziladi. Shaharda texnika, veterinariya, ped. oliy oʻquv yurtlari, musiqa va teatr akademiyasi, metropoliten, universitet, opera teatri, muzeylar va boshqa mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Eski ratusha (1413-55) va Leybnits uyi (1648-52) bor. Hannover 12-asrdan maʼlum. 1866-yildan 1945-yilgacha Prussiyadagi Hannover provinsiyasining maʼmuriy markazi boʻlgan. Geografiyasi Hududi Hannoverning hududi kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha m balandlikda joylashgan. Demografiyasi Manbalar Germaniya shaharlari
1,032
3968
https://uz.wikipedia.org/wiki/Istanbul%20%28viloyati%29
Istanbul (viloyati)
İstanbul - Turkiyada bir viloyat. Aholi soni 11.000.000 atrofida. Dunyoning eng gavjum 8 shaharlaridan biri. Istanbul juda tarixiy shahar hisoblanadi. Osiyo va Yevropani bog'lab turadigan yagona shaharligi bilan juda diqqat tortadi. Turkiya viloyatlari
255
3971
https://uz.wikipedia.org/wiki/Anqara%20%28viloyat%29
Anqara (viloyat)
Anqara Turkiyadagi viloyatlardan biridir. U Turkiyaning paytaxti bo'lip nufus jihatidan ikkinchi katta shahardur. Turkiya viloyatlari
135
3974
https://uz.wikipedia.org/wiki/Izmir%20%28viloyati%29
Izmir (viloyati)
İzmir - Turkiyada bir viloyat. Turkiyaning kattaligi boʻyicha 3-oʻrinda turadigan shahari. Aholi soni 3680000 dan koʻproq. Turkiya viloyatlari
145
3989
https://uz.wikipedia.org/wiki/Futbol
Futbol
Futbol (; foot — „oyoq“, ball — „toʻp“) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad-toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan. Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi . Odatda futbol toʻgri toʻrtburchak shaklidagi maydonda oʻynaladi. Har bir jamoa 11 futbolchidan (10 ta oʻyinchi va bitta darvozabon) tashkil etiladi. Alohida bir futbol oʻyini match, deb atalib, har biri 45 daqiqa davom etuvchi taymlardan iborat boʻladi. Birinchi va ikkinchi taymlar orasida jamoalar oʻrin almashishadi. Bundan tashqari shunday futbol turlari borki, ulardagi oʻyinchilar soni kamroq boʻlishi mumkin — jumladan plyaj futboli (qumda oʻynaladi), mini-futbol (maxsus qoplamali zalda oʻynaladi), mahalla futboli (har qanday maydonda har qancha oʻyinchilar bilan oʻynaladi). Darvozalar hajmi maydon hajmiga mutanosib boʻladi. Futbol ikki darvoza (7,32 x 2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45—90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Futbol toʻpining ogʻirligi 410—450 g, aylana diametrining uzunligi 68—70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 daqiqa (45 daqiqadan 2 boʻlim, 12—15 daqiqa tanaffus). Futbolga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848-yilda Buyuk Britaniyadagi Cambridge universiteti oʻqituvchilari futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk futbol klubi tashkil etilgan. 1863-yilda Angliya futbol uyushmasi tuzilib, futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Janubiy Amerika davlatlarida ham futbol uyushmalari tashkil kilindi. 1896-yil futbol olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-yilda xalqaro futbol federatsiyasi — FIFA tuzildi. Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy futbol qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912-yilda Qoʻqonda birinchi futbol jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargʻona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham futbol jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937-yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956-yilda Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada futbolning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. 1959-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992-yilda (keyin 2001-yilda) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992-yildan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, futbol jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida“ (1993-yil 18-mart) hamda „Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida“ (1996-yil 17-yanvar)gi qarorlari futboldagi yutuqlarga zamin yaratdi. Fargʻonaning "Neftchi" klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), „Paxtakor“ klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. Futbol klublari qoshida 18 ta futbol internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2 000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, futbolga ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. Futbol universiada, „Barkamol avlod“ va „Umid nihollari“ musobaqalari dasturlaridan oʻrin olgan. Bolalar-oʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan „Futbol gʻunchasi“ musobaqalarida 692 jamoada 13 840, „Futbolimiz kelajagi“ musobaqalarida 15035 jamoada 300 700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning „Andijanka“, Namanganning „Gulbahor“, Qarshining „Sevinch“ jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy futbolchilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan futbolchilar oʻrtasida Toshkentning „Matonat“ jamoasi (hozirgi „Baynalmilal“) jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7 113 ta futbol maydoni mavjud, 460 658 kishi (ulardan 4 642 nafari ayollar) futbol bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). „Oʻzbekiston futboli“ (Toshkent), „FutbolEkspress“ (Andijon), „Asr futboli“ (Namangan), „Inter futbol“ (Kosonsoy), „Boks plyus futbol“ (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek futbol i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. Yana qarang Futbol toʻpi Futbol bezoriligi Manbalar Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000. Planeta futbola, Moskva, 2002. Safarov V. A., Match dlinoyu v 40 let, Toshkent, 1996. Imomxoʻjayev A., Futbol — quvonchim, dardim, faxrim, Toshkent, 1996. Pravila igri v futbol, Toshkent, 2002. Havolalar Fédération Internationale de Football Association (FIFA) (inglizcha, arabcha, fransuzcha, olmoncha va ispancha) Sport turlari
6,293
3998
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vaqt
Vaqt
Vaqt olamning fizik xarakteristikasi boʻlib, olam holatining ketma-ket oʻzgarishida aks etadi. Vaqt — 1) materiyaning asosiy yashash shakllaridan biri (qarang Fazo va vaqt); 2) tabiatdagi biror davriy hodisaga, mas., Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan oʻlchov birligi. Vaqtni oʻlchash. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bilan oʻlchanadigan V. birligi sutka (bir kecha-kunduz) deb ataladi. V.ning kattaroq birliklari oy (Oyning Yer atrofida aylanish davri), yil (Yerning Quyosh atrofida aylanish davri)dir. Yerning uz oʻqi atrofida aylanish davri yulduzlarga yoki bahorgi teng kunlik nuqta-siga nisbatan olinsa, yulduz sutka si, Quyoshga nisbatan hisoblansa, haqiqiy Quyosh sutkasi, Oʻrtacha Quyoshga nisbatan esa oʻrtacha Quyosh sutkasi deyiladi. Oyning yer atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri — siderik oy (yulduz oyi), Oyning ikkita bir xil fazalari orasida oʻtadigan davr —sinodik oy deyiladi. Nihoyat, Quyoshning Yer atrofida koʻrinma (vizual) harakati yulduzlarga nisbatan olinsa, siderik yil (yulduz yili), bahorgi teng kunlik nuqtasiga nisbatan hisoblansa,tropik yil hosil boʻladi. Vaqtning eng kichik birligi qilib sutkaning 1/86400 qismiga teng vaqt — sekund qabul qilingan. Fan va texnikada sekundning mingdan, milliondan bir ulushlari bilan ham ish koʻriladi. Olimlar Yerning oʻz oʻqi atrofida notekis aylanishini aniqlashdi. Shuning uchun vaqt birligining oʻzgarmasligini taʼminlash maqsadida nazariy efemerid sekund birligi qabul qilingan. Efemerid sekund tropik shlning 1/31556925,9747 ulushiga teng (maxrajidagi raqam asrimiz boshi — 1900 tropik yildagi sekundlar soni). Vaqtning boshqa birliklari vaqt oʻtishiga bogʻliq boʻlmagan oʻzgarmas birlik — efemerid sekund yordamida istalgan davr uchun hisoblanishi mumkin. Demak, vaqtning asosiy birligi qilib, efemerid sutkaning 1/86400 ulushiga teng efemerid sekund qabul qilingan. Bunda Yerning oʻz oʻqi atrofidagi notekis harakati hisobga olingan. Bevosita kuzatishlarga asoslanib yulduz vaqti aniqlanadi. Uning asosiy oʻlchov birligi yulduz sutkasi hisoblanadi. Yulduz sutkasining boshlanishi bahorgi teng kunlik nuqtasining yuqori kulminatsiya paytiga toʻgʻri keladi. Shu paytda yulduz vakti bilan yuradigan soatlar 0 soat 0 min. 0 sek.ni koʻrsatishi kerak. Bahorgi teng kunlik nuqtasi Yerning nutatsion (qarang Nutatsiya) harakati taʼsiridan xoli deb qabul qilingan vaqt oʻrtacha yulduz vaqti deb ataladi. Yerning yulduzlarga nisbatan oʻz oʻqi atrofida aylanish davri 24 soat 0 min. 0,0084 sek. oʻrtacha yulduz vaqtiga teng boʻladi. Kundalik hayotimizda asosan oʻrtacha Quyosh vaqtidan foydalanamiz. Oʻrtacha Quyosh — ekvator boʻylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan xayoliy nuktadir. Oʻrtacha Quyosh markazining yuqori kulminatsiya paytioʻrtacha tush payti deb ataladi. Oʻrtacha Quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. Oʻrtacha Quyosh markazining pastki kulminatsiya payti yarim tun deb ataladi. Fuqaro vaqti shu paytdan (soat 24oy dan) hisoblanadi va taqvim (kalendar) kun oʻzgaradi. Astronomiyada 1925-yilgacha kun hisobi tush paytida oʻzgarar, yaʼni yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925-yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmokda. Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasidan iborat; bunda Yer Quyosh atrofini bir marta toʻliq aylanib chiqadi, shu sababli, Quyoshga nisbatan Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish soni kam, yaʼni 365,2422 sutka boʻladi. Shuning uchun 366,2422 yulduz sutkasi 365,2422 oʻrtacha Quyosh sutkasiga teng . Bundan quyi-dagi xulosalarga kelish mumkin. Yulduz vaqtining 24 soati — oʻrtacha Quyosh vaqtining 23 soat 56 min. 4,090 sekundiga, oʻrtacha Quyosh vaqtining 24 soati — yulduz vaqtining 24 soati 3 min. 56,555 sekundiga teng . Yudduz vaqtidan oʻrtacha Quyosh vaktiga va aksincha oʻtish uchun astronomik yilnomalarda boshlangʻich meridianning har yarim kechasiga oid yulduz vaqti beriladi. Yer sharining har bir joyida shu joyning oʻz mahalliy vaqgi bor. Bu vaqg oʻsha joy meridiani — geografik uzunlamasiga bogʻliq. Bir meridiandagi soatlar bir vaqtni koʻrsatadi. Yer gʻarbdan sharqqa qarab aylangani uchun berilgan meridiandan sharqdagi joylarda soat kechrok vaktni, gʻarbdagi joylarda ertaroqni koʻrsatadi. Ikki joyning mahalliy vaqtlari orasidagi farq shu joylar geografik uzunlamalarining soat, minut va sekundlar bilan hisoblanadigan farqiga teng . Xalqaro kelishuvga binoan, Grinvich meridiani boshlangʻich (nolinchi) meridian deb qabul qilingan. Grinvich fuqaro vaqti dunyo vaqti deb qabul etilgan. Har bir joyning oʻz fuqaro vaqti boʻlishi oʻzaro aloqa va sayohatlarda koʻp noqulayliklar tugʻdiradi. Shu sababli, bir vaqtlar turli mamlakatlarda oʻz poytaxt vaqtlarini qabul qilishgan. 1884-yildan boshlab, Yer shari 24 soat mintaqaga boʻlindi. Har bir mintaqadagi joylar bir xil vaqtga, yaʼni oʻrtacha meridian vaqtiga ega boʻladi. Mintaqalar Grinvich meridianidan boshlab 0 dan 23 gacha raqamlanadi. Shuning uchun maʼlum mintaqa raqamiga teng songa farq qiluvchi butun soatga teng boʻladi. Mas., Moskva va Sankt-Peterburg 2- mintaqada yotganligi uchun ularning mahalliy vaqti Grinvich vaqtidan 2 soat, Toshkent 5-mintakada joylashganligi uchun 5 soat farq qiladi. Sobiq Ittifoqda mintaqa vaqti XKS dekreta bilan 1919-yil 1 iyuldan boshlab kiritilgan. Tabiiy yorugʻlikdan samarali foydalanish hamda xalq xoʻjaligi va turmushda elektr energiyasini mutanosib taqsimlash maqsadida koʻp mamlakatlarda yoz paytlarida soat millari 1 yoki bir necha soat oldinga suriladi (qarang Dekret vaqti). Toshkent vakti deb yuritiladigan 5- mintaqaning dekret vaqti dunyo vaktidan 6 soat oldindadir. Fizikada V.ni oʻlchash oʻrganiladigan jarayonlarga tezligi yoki takrorlanish davri maʼlum boshqa jarayonlarni taqqoslashga asoslangan. Katta V. oraliqlari, mas., mln. va mlrd. yillar bilan oʻlchanadigan osmon jismlarining yoshi ularning tarkibiga (vodorod va geliy miqdoriga) qarab aniqlanadi. Kichikroq vaqt oraligʻi — sutka, soat, minut va sekund turli soatlar yordamida oʻlchanadi. Ilgari quyosh soati, suv soati va qum soatlar qoʻllanilgan. Xozir V.ni juda aniq oʻlchashga imkon beradigan mayatnikli, kvars va elektron soatlar ishlatiladi. V.ning juda kichik ulushlari (mas., 0,2—0,01 sek.) boshqa usullar bilan oʻlchanadi. Mas., portlash reaksiyalari sekundning yuzlarcha va minglarcha ulushi davomida oʻtadi. Bunday jarayonlar ossillograf bilan qayd qilinadi. Baʼzan atom va yadro jarayonlari sekundning mln. va mlrd. ulushlari ichida oʻtadi. Aniq V. astronomiya rasadxonalarining vaqt xizmatlarida maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib aniqlanadi, juda aniq yuradigan soatlar yordamida "saqlanadi" va radiosignallar yordamida tarqatiladi. V.ning katta boʻlaklarini oʻlchash uchun yil birligiga asoslangan taqvim qoʻllaniladi. Elektronikaning rivojlanishi munosabati bilan 20-asr 60-y.larida astronomik kuzatuvlarga bogʻliq boʻlmagan butunlay yangi vaqtni oʻlchash tizimi paydo boʻldi. Bu tizim kvant generatorlar (atom soatlari) bilan nazorat qilib turiladigan aniq kvars soatlardan foydalanish ga asoslanadi. V.ni oʻlchashning bu tizimi atom vakti nomini oddi va TA /deb belgilandi. Etalon birlik sifatida atom sekunddan foydalaniladi. Uning qiymati seziy 133 atomidagi energiya oʻtishlaridan birining rezonans chastotasi yordamida aniqlanadi. Vaqt xizmati atom soatlari yordamida aniq V. radiosignallarini berib turadi. TA vakt sekundlari davomiyligi har yili astronomik kuzatuvlar yordamida nazorat qilinadi. V.ni oʻlchashning barcha tizimlari muntazam ravishda bir-biriga taqqoslab turiladi. Bunday taqqoslashlar natijalari idorasi Parijda joylashgan Xalqaro vaqt byurosi "Axborotlari"da eʼlon qilib boriladi. Oʻzbekistan FA. Astronomiya institutida ham vaqt xizmati bilan shugʻullaniladi (qarang Astronomiya instituti, Vakt xizmati). Adabiyotlar Bakulin P. I., Blinov N. S, Slujba tochnogo vremeni, M., 1968. Fizikada: vaqt kvantlanmagan tashqi parametr, u oʻzgarmasdir. Uning oqish tezligi konstantasiga hech qanday taʼsir oʻtkazib boʻlmaydi. Biroq umumiy nisbiylik nazariyasiga koʻra esa, vaqt fazo-vaqt tizimining manfiy ishorali toʻrtinchi oʻlchamidir, demak u oʻzgara oladi (masalan, kuchli gravitatsion linza effektlaridagi kabi). Manbalar Fizika SI
8,172
4008
https://uz.wikipedia.org/wiki/Chin%20Iso%20Cherkovi
Chin Iso Cherkovi
Chin Iso Cherkovi (xitoycha: 真耶穌教會)) — 1917-yilda Xitoy poytaxti Pekinda yaratilgan mustaqil diniy tashkilot. U xristianlikning Pentecostlik tarmogʻiga tegishli hisoblanadi. Hozirgi kunda jahon boʻylab taxminan 1,5 million aʼzoga ega. Ularning halqaro assambleyasi Los-Anjelesda joyashgan. Oʻnta asosi Muqaddas Ruh "til bilan soʻzlash orqali isbotlangan ilohiy ruhni qabul qilish jannatda boʻlishimizning kafolitidir." Baptizm "choʻqintirish boʻlsa gunohni yuvish va qayta tugʻilish uchun qilingan ibadatdir.choʻqintirishda chuchuk halol tabiiy suv ishlatish yaʼni daryo, dengiz yoki ariq suvlari degandek. choʻqintiruvchi choʻqinishni Iso alayhissalomning nomi bilan qlishi kerak. choʻqintiriluvchi chaqaloq boshini suvga toʻliq choʻktirishi ham yuzini tovonga qaratishi lozim." Oyoq poklash "putini yuvish ibodati shu kishini Iso alayhissalomga yaqin qiladi.bu ibodat birovga muhabbat, avliyolik, insonparvarlikdek fazilatlarfa ega boʻlishini davomiy eslatib turadi.har qanday bir choʻqinishni qabul qilgan odam Iso alayhissalom nomi bilan putini yuvishi kerak.oʻzaro put yuvish qoidaga togʻri kelgan har qanday vaqtda boʻlsa boʻladi." Muqaddas Uyushma "Ilohiy birlashma paygʻambar Isoning vafotini xotirlaydigan savobli ibodat. u bizni paygʻambarimizning goʻsht va qoniga aylanib uning bilan birlashtirib shu orqali bizni mangu hayotga erishtiradi va jannat ato qiladi. bu ibodat qancha koʻp qilinsa shuncha yaxshi. Faqat xamirturush ishlatilmigan non bilan uzum sharbati ila ishlatiladi." Shanba kuni "haftaning yettinchi kuni yaʼni shanba kuni xudo buyurgan osoyish ulugʻ kundir.bu paygʻambarning yaratuvchi xudoga boʻlgan minnatdorligi mangu hayotga boʻlgan umidvorligida koʻriladi." Iso Masih "Iso, hayotlikka erishgan bir soʻz, gunohkorlarning gunohini yuvish uchun xochga mixlandi, uchinchi kuni hayotga qayta tugʻilib jannatga chiqib ketdi. u insoniyatning birdan-bir qutqazguchisi, jannat va zaminning yaratguchisi, birdan-bir haqiqiy xudo." Ha, Masih shunday zot boʻlgan hayotligida. Insonniyatni gunohdan qutqarish uchun Ollox tomondan yuborilgan zottdir. Hali tugʻilmay turib unga zulim oʻtkazmoqchi boʻlgan insonlar, tugʻulgandan keyin ham unga tobe boʻlgan insonlardan ham ommon qolganu, toʻshakka mixlanib qolganlarga qoʻlin choʻzib oyoqqa turgʻizgan va yoʻlidan adashgan insonlarni qaytara olganu lekin 13shogirdini sotqinligidan jabir koʻrgan zotdir. Masix aytgan ekan, odamlar, oxir zamon keladi, gunoh qilganlar tavba qilinglar. Va men oʻshanda qatarman. Tovba qilganlar va menga ishonganlar jannatga kiradurlar. Degan ekan. Muqaddas Kitob "Koʻhna va yangi kitobni oʻz ichiga olgan Injil xudoning vahiysi, u birdan-bir ruhiy haqiqat boʻlip xristian hayot yoʻlining asosini belgilovchidir." Kechirim "kechirim shafqatlik xudoga qilingan eʼtiqod orqali erishiladi.ishonuvchi odam ilohiy ruhga ergashib avliyolikka intilishi, xudoni hurmatlab insonni suyishi kerak." Cherkov "haqiqiy Iso mazhabi(cherkovi) paygʻambar Iso tarafidan qurilgan, soʻnggi yomgʻir vaqtida ilohiy ruhga choʻmilib, haqiqiy Apostollik cherkovi vaqtida qaytadan asliga keldi." Oxirat "Oxirgi kunda paygʻambarning ikkinchi qati jannatning yer yuziga tushadi va haq-nohaqni soʻraydi: odillik mangulikka aylanib razillik jazosini yeydi." Neoprotestantlik
3,263
4009
https://uz.wikipedia.org/wiki/Pekin
Pekin
Pekin yoki Beijing (xitoycha: 北京) — Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti, dunyonming eng aholsi koʻp shaharlaridan biri. 2010-yilgi maʼlumotga koʻra shaharning aholisi 19 612 368 kishi boʻlgan. Pekin Shanxaydan keyingi ikkinchi eng yirik xitoy shahridir. Pekin Xitoyning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Buyuk Xitoy tekisligining shimoliy qismida, uch tomondan togʻlar bilan oʻralgan. Iqlimi moʻtadil, mussonli iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorat —4,6°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 636 mm. Pekin — Xitoyning eng qadimiy shaharlaridan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikdayoq hozirgi Pekin oʻrnida aholi yashaganligi maʼlum. Miloddan avvalgi 1-mingyillik — milodiy X asr manbalarida shahar Szi deb atalgan. X asrda Shimoliy Xitoyni kidanlar bosib olgach, nomi Sitszin deb oʻzgartirilgan (936). Keyinchalik shahar kidanlar davlatining janubiy poytaxti — Nanszin boʻlib qolgan (937), 1153-yildan Szin davlati poytaxti. Bu davrda u Dasin (Chjundu) deb nomlangan. 1215-yilda shaharni moʻgʻullar istilo qilgan. 1263-yilda Xubilayxon Dasinni moʻgʻullar saltanati poytaxtiga aylantirgan va unga Xonbaliq (buyuk poytaxt, xitoycha Dadu) deb nom qoʻygan. Moʻgʻullar sulolasi Yuan davrida (1280—1368) shahar oʻrtasidan Buyuk kanal qazilgan. 1368-yilda Xitoydan moʻgʻullar quvib chiqarilgach, Beypin deb atalgan. 1421-yilda Min imperiyasi (1368—1644) poytaxti. Bu davrdan boshlab shahar hozirgi nomda Beyszin (Pekin) deb atala boshlagan. Sin (manjurlar sulolasi) davrida (1644—1911) Pekin imperiya poytaxti boʻlgan. 1912-yilda Sin monarxiyasi tugatilgach, Pekin Xitoy Respublikasi poytaxti. 1927-yil hokimiyat gomindanchilar qoʻliga oʻtgach, poytaxt Nankinga koʻchirildi. Pekin yana Beypin deb atala boshladi. 1937—45 yillarda Beypin yaponlar qoʻl ostida boʻldi. 1945—49 yillarda unda gomindanchilar hukmronlik qildi. 1949-yilda ulardan ozod qilinib Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti deb eʼlon qilindi. Pekin uzoq vaqt mamlakatning faqat maʼmuriy, harbiy va siyosiy markazi boʻlib keldi. Hunarmandchilik qadimdan rivojlangan boʻlib, chetga chiqarish uchun turli buyumlar tayyorlanar edi. Sanoati 1949-yildan rivojlana boshladi. Pekin — transport yoʻllarining yirik tuguni, mamlakatning yetakchi sanoat markazlaridan. Shaharda ikkita xalqaro aeroport faoliyat koʻrsatadi. Pekin va uning chekkalarida metallurgiya, stanoksozlik rivojlangan. Pekin shahridagi zamonaviy binolar, konstruksiyalar, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi, transport va energetika mashinasozligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, telefon va radiotexnika, tibbiyot priborlari, sintetik va sunʼiy tola, toʻqimachilik, kimyo, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari, poligrafiya, energetika korxonalari bor. Shahar yaqinida koʻmir qazib chiqariladi. Pekin metropoliteni dunyodagi eng koʻp yoʻlovchi tashiladigan metro tizimi hisoblanadi. Metroda kuniga 13 million, yiliga 3.9 milliard kishi tashiladi. Meʼmorchiligida qadimgi xitoy shahar qurilishiga xos xususiyatlar — qalʼalarning devorlar bilan oʻralganligi, koʻchalar boʻylab shimolidan janubga va gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan toʻrtburchak shakldagi turar joy kvartallari qurish asosiy oʻrinni egallaydi. XII asrga oid paxsa devorlarning qoldiklariga qaraganda shahar hozirgi Pekinning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. XIII asrda shahar shimolga tomon kengaya borgan. 1553-yilda atrofi gʻisht devor bilan oʻralgan "Tashqi shahar", oʻz navbatida, "Imperator shahri" majmuasini oʻz ichiga olgan. Bu majmua tarkibida koʻplab saroylar, ibodatxonalar, pagodalar, bogʻlar, tepaliklar va koʻllar boʻlgan. "Imperator shahri"ning markazi — "Taqiqlangan shahar"ning janubiy qismida "Osmon ibodatxonasi" ansambli (1420— 1530, XVIII-XIX asrlarda qayta qurilgan) joylashgan. Pekinning bosh maydoni Tyananminda Xitoy kengashi binosi, Xitoy tarixi mu-zeyi, Millatlar madaniyati saroyi, koʻrgazma paviloni va boshqa imoratlar qurilgan. Pekin va uning atrofida juda koʻp bogʻ, saroy, ibodatxona va memorial ansambllar bor. Pekin — Xitoyning muhim fan va madaniyat markazi. Pekin universiteti va boshqa universitetlar, pedagog, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi institutlari, konservatoriya, Xitoy Fanlar akademiyasi va botanika bogʻi, rasadxona bor. Pekin universiteti THE reytingida dunyoda Osiyoda birinchi, dunyoda 16-oʻrinda qayd etilgan. Pekinda mamlakatdagi eng yirik kutubxonalar, muzeylar, teatrlar, ilmiy tadqiqot institutlari joylashgan. Pekin bir qator xalqaro sport musobaqalariga mezbonlik qilgan. Birinchi yirik koʻpkurashli musobaqa 1990-yilgi Osiyo oʻyinlari hisoblanadi. Pekin 2008-yilda 29-yozgi Olimpiya oʻyinlari, 2022-yilda esa 24-qishki Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan. Pekin ham qishki, ham yozgi olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan dunyodagi ilk shahar hisoblanadi. Havolalar http://www.ebeijing.gov.cn/ Sayyohlar uchun Pekin sharining xaritasi Manbalar Xitoy shaharlari Pekin
4,808
4012
https://uz.wikipedia.org/wiki/Trabzon%20%28viloyat%29
Trabzon (viloyat)
Trabzo'n - Qora dengiz yonidagi viloyat. Turkiya viloyatlari
61
4013
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qora%20dengiz
Qora dengiz
Qora dengiz (; ; ; ; ) — Atlantika okeanining materiklararo dengizi, Yevropa bilan Kichik Osiyo yarim oral oraligʻida joylashgan. Kerch boʻgʻozi orqali Azov, Bosfor boʻgʻozi orqali Marmar, Dardanell boʻgʻozi orqali Egey va Oʻrta dengizlari bilan tutashgan. Rossiya, Ukraina, Moldova, Gruziya, Turkiya, Bolgariya va Ruminiya qirgʻoqlarini yuvib turadi. Maydoni 422 ming km². Dengiz gʻarbdan sharqqa 1130 km, shimolidan janubga 260 km gacha choʻzilgan. Eng chuqur joyi 2210 m. Qirgʻoqlarining umumiy uz. 4090 km, kam parchalangan. Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qirgʻoqlari past, sharqi va janubiy da Katta va Kichik Kavkaz hamda Pontiya togʻlari dengizga tik tushgan. Qrim yarim oralning janubiy sohili togʻli. Orol kam. Yirik qoʻltiqlari: Karkinit, Kalamit va Feodosiya. Qora dengizga Dunay, Dnestr, Inguri, Rioni, Chorux, sakar va boshqa daryolar quyiladi. Qora dengiz tubi geologik jihatdan bir xil emas. Shim.-gʻarbiy qismi materik sayozligidan iborat. Chuqur choʻkmalari Alp burmalanishi natijasida hosil boʻlgan. Sharqiy qirgʻoqlardagi materik yon bagʻirlarida yoriq va kanʼonlar uchraydi. Ayrim suv osti togʻlari 400 m balandlikkacha koʻtarilib turadi. Dengizning chuqur botiqlari hozirgi ham choʻkmoqda. Qora dengizning shimoliy qismi moʻtadil zonada joylashganligi uchun qishi iliq, yozi esa issiq, janubiy qismi subtropik va oʻrta dengizboʻyi subtropik iqlim zonasida boʻlib, eng issiq va sovuq oylarning trasida farq kam. Qishda dengizning shimoli-gʻarbiy qismi quruqlikdan esadigan shamollar taʼsirida sovuqroq. Bu yerda yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2.6°, —3". Yoz faslida dengiz Azor antitsikloni taʼsiri ostida boʻlgani sababli yilning boshqa fasllariga nisbatan quyoshli kunlar koʻp boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi dengizning deyarli barcha qismida bir xil, 25° gacha. Yillik yogʻin notekis taqsimlangan, dengizning janubi-gʻarbida eng koʻp — 2450 mm. Dengiz suv balansida bugʻlanishga nisbatan yoqqan yomgʻir va daryo suvlarining kirimi koʻproq, shu sababli suv sathi Oʻrta va Marmar dengizlari suvi sathiga nisbatan 9—12 sm balandroq. Bu esa Qora dengizdan Marmar dengizi tomon suvning doimiy oqib turishini taʼminlaydi. Dengizda suv koʻtarilishi kam kuzatiladi. Shoʻrligi yuza qismida 18°/^^, qirgʻoqlari yaqinida 16°/0 (|, 150-200 m chuqurlikda 22°/00gacha. Oʻrta dengizning shoʻr suv osti oqimlari Bosfor boʻgʻozi orqali Qora dengizga oʻtib turadi. Yozda dengizning yuza qatlamidagi suvining temperaturasi 25", qirgʻoq yaqinidagi sayozliklarda 28° gacha. 150-200 m chuqurliklarda suvning temperaturasi kam oʻzgaruvchan, 8—9°. Qishda suvning temperaturasi 8-—9°, dengizning Shimoli-sharqiy va shimoli-gʻarbiy qirgʻoqqa yaqin sayoz qismlari hatto muzlaydi. Qora dengizning 150-200 m chuqurlikkacha boʻlgan qismi hayot mavjud boʻlishi uchun yetarli kislorodga ega. Undan chuqurdagi suvda oltingugurt boʻlib, uning miqdori dengiz tubida 11 — 14 ml/l ga yetadi. Bu zonada faqat bakteriyalar yashaydi. Dengiz suvi ancha tiniq, ichkari qismida tiniqlik 18- 21 m dan 30 m gacha, qirgʻoqlar yaqinida esa tiniqlik kamayadi. Oʻsimlik va hayvonot dunyosi oʻziga xos. Ular dengizning yuza qismida (50 m chuqurlikkacha), qirgʻoq boʻyida va qoʻltiqlarda ochiq dengiz hamda dengizning chuqur qismiga qaraganda qoʻproq uchraydi. Qora dengiz fitobentosi, asosan, yashil, qoʻngʻir va qizil suvoʻtlardan, zoobentos esa turli qisqichbaqasimoi, mollyuskalardan iborat. Dengizda baliqning 180 turi, delfinning 3 turi yashaydi. Stavrida, skumbriya, skat, seld, sazan, sudak, kefal, taran, leshch, beluga, laqqa baliq, choʻrtan baliqva b. ovlanadi. Qora dengiz transport nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega: jahonning muhim transport yoʻllaridan biri. Dengiz orqali sanoat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yoʻlovchilar tashiladi. Iirik portlari: Odessa, Yalta, Kerch, Novorossiysk, Tuapse, Sochi, Suxumi, batumi, Konstansa, Varna, Bugras, Samsun, Trabzon va boshqa Qora dengiz boʻyi yirik rekreatsion resurslarga ham ega. Kurort koʻp. Nomi Dengizning eng qadimgi mahalliy ismlaridan biri qadimgi gruzin sperma dengizidir (yuk. Kol [zgva sperisa]), Kolxida, saspirov (sasperlar) ning qadimgi qirgʻoq xalqlaridan biri va ularning yashash joylari — ispira (speri) nomidan keladi. Dengizning qadimgi yunon nomi Pont Aksinsky (boshqa yunon. Póντος Ἄξενος, „noqulay dengiz“), shuningdek, „skif“ nomi ham bor. Strabonning „geografiyasi“ (7.3.6) navigatsiya qiyinchiliklari, shuningdek, qirgʻoqlarida yashaydigan yirtqich dushman qabilalari tufayli dengiz nomini olgan deb taxmin qilinadi. Biroq, yunonlar, ehtimol, boshqa Eronning refleksini ifodalovchi dengizning mahalliy skif nomini oldi. * axšaina-" quyuq koʻk", „ qorongʻi“, uning hozirgi nomi bilan bogʻliq va uni yunoncha"noqulay" soʻziga mos ravishda qayta koʻrib chiqdi. Keyinchalik, yunon kolonistlari tomonidan qirgʻoqlarning muvaffaqiyatli rivojlanishidan soʻng, dengiz Pont Evxinskiy (Πόντος Εεενος, „mehmondoʻst dengiz“) deb nomlana boshladi. Biroq, Strabon (1.2.10) antik davrda qora dengizni „dengiz“ (πόντος) deb atashgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida arablar bosib olgan. Agar muallif mualliflik maʼlumotlarni tekshirish mumkin muallifi sekin nomi bilan yuqorida berilgan foto uchun original sahifaga sizni olib boradi. Keyinchalik, X—XIV asrlarda, qadimgi rus, Arab va Gʻarb manbalarida „Rossiya dengizi“ deb ataladi, bu Rossiyadan dengizchilar tomonidan faol foydalanish bilan bogʻliq. „Oʻtgan yillar voqeasi „da“Ponte dengiziga uch marta kirib, dengizni rus tiliga tarjima qilish uchun…“ deb aytiladi. Venetsiyalik va Ceneviz respublikalaridan kelgan italiyalik dengizchilar XIII-XIV vVni Qoradengiz deb atashdi " Buyuk dengiz "(lot. Oʻtish: saytda harakatlanish, qidiruv Oʻtish: saytda harakatlanish, qidiruv Mare Nigrum. Qadim zamonlarda adyglarda dengiz adyg deb ataldi. Ahyn, xy — „dengiz“ va n — „manba“, „bahor“dan kelib chiqqan. Toponimning eng qadimgi Eronga koʻtarilishi ham mumkin. oʻtish: saytda harakatlanish, qidiruv oʻtish: saytda harakatlanish, qidiruv Adygning zamonaviy nomi. Xy Shsutsӏ (Xi shutz — „Qoradengiz“), ehtimol turklardan olingan. „Qoradengiz“ zamonaviy nomi Markaziy Osiyodan kelgan koʻchmanchi turklar tomonidan „qora dengiz“deb nomlangan. Koʻpgina tillarda tegishli xaritalashni topdi: ABX. Amshyn Yeiqaa, adyg. Oʻtish: saytda harakatlanish, qidiruv- cherk. Oʻtish: saytda harakatlanish, qidiruv Mα θρη θάλασσα, bolg. Qora dengiz, Ukr. Chorne dengiz, yuk. შავი ზღვა, xona. Oʻtish: saytda harakatlanish, qidiruv Qora deñiz, tur. Karadeniz (Akdeniz „oq dengiz“ dan farqli oʻlaroq, Turkiyada Oʻrta er dengizi deb tushuniladi), ingliz. Qora dengiz va boshqalar bunday nomning sabablari haqida bir qator farazlar mavjud: Farazlardan biri bir qator Osiyo mamlakatlarida qabul qilingan „rang“ belgisi bilan bogʻliq boʻlib, u yerda „qora“ shimolni, qora dengizni — Shimoliy dengizni koʻrsatdi. Ismning kelib chiqishining yana bir gipotezasi, vodorod sulfidining taʼsiri tufayli uzoq vaqt davomida 150 m dan chuqurroq dengiz suviga tushirilgan metall buyumlar (masalan, langar) qora qoplama bilan qoplanganligiga asoslanadi. Gidrografiya Qoradengiz va uning atrofidagi hududlarni yengillik Qoradengizning Shimoliy qismidagi koylar Qoradengiz qirgʻoqlari juda oz va asosan Shimoliy qismida kesiladi. Faqat yirik yarimorol — Qrim. Eng yirik koylar: Yagorlytskiy, Tendrovskiy, Jarilgachskiy, Karkinit, Kalamit, Feodosiya, Varnenskiy, Burgas, Sinop va Samsun. Shimol va shimoli-gʻarbda daryolarning birlashuvida limanlar quyiladi, botqoq va shoʻr joylar mavjud. Sohil boʻyining umumiy uzunligi 3400 km. Dengiz sohilidagi bir qator joylar oʻz nomlariga ega: Qrimdagi Qrimning Janubiy qirgʻogʻi, Rossiyada Kavkazning qora dengiz qirgʻogʻi, Rumeli qirgʻogʻi va Turkiyadagi kichik Osiyo qirgʻogʻi. Gʻarbda va shimoli-gʻarbda qirgʻoqlar past, baʼzan tik; Qrimda-asosan pasttekislik, Janubiy togʻli qirgʻoqlari va Gʻarbdagi Tarkankut yarim orolidan tashqari. Sharqiy va Janubiy qirgʻoqlarida Kavkaz va Pontiy togʻlarining shoxlari dengizga yaqin keladi. Qoradengizdagi orollar kam. Eng katta jarilgach orollari (Ukrainaning Xerson viloyatiga maʼmuriy ravishda kiradi), uning maydoni 62 km2. Orollarning qolgan qismi juda kichik — eng kattasi-qayin va ilon (har ikkisi ham 1 km2 dan kam boʻlgan, shuningdek, Ukrainaga tegishli). Tuna, Dinyeper, Dnestr, shuningdek, kichik Mzymta, Psou, Bzyb, Rioni, Kodor, Inguri (dengizning sharqida), Chorox, Qizilyrmak, Yeshilyrmak, Sakarya (janubda), janubiy bug (shimolda), Kamchia, Veleka (gʻarbda). Qoradengizdagi yillik Daryo oqimi 310 km3 atrofida boʻlib, bu suvlarning 80 % Shimoliy-gʻarbiy shelf qismiga, asosan, Tuna va Dnepromga olib boriladi. Geologiya Qoradengiz Janubi-Sharqiy Yevropa va kichik Osiyo yarim orolining oʻrtasida joylashgan izolyatsiya qilingan depressiyani toʻldiradi. Bu boʻshliq Myosen davrida faol tog ' hosil boʻlish jarayonida shakllangan boʻlib, Tetisning qadimgi okeanini bir nechta alohida suv havzalariga (keyinchalik Qoradengizdan tashqari Azov, Orol va Kaspiy dengizlari hosil boʻlgan) ajratdi. Dastlab, 14-10 million yil oldin, Qoradengiz sarmat dengizining bir qismi edi (Balatondan Orolga). Keyin u oʻrta er dengizi bilan birlashib, bir necha million yil davomida Meotik dengizni tashkil etdi. Keyinchalik, chuchuk suv Pontik dengizi (Kaspiy dengizini oʻz ichiga olgan) hosil boʻladi, bu esa Oʻrta chuchuk suv Kimmerian havzasining oʻrnini egallaydi, keyin esa — Kuyalnitskiy dengizi, keyin — quyi tepleistotsen Chaudin koʻli-800-500 ming yil oldin mavjud boʻlgan dengiz. 100-20 ming yil oldin mavjud boʻlgan shoʻr Karangat dengizi oʻrniga chuchuk suv Novoevkin koʻli-dengiz (20-7 ming yil oldin) almashtirildi. Qora dengizning kelib chiqishi haqidagi taxminlardan biri (qora dengiz toʻfoni nazariyasiga qarang), 7500 yil oldin er yuzidagi eng chuqur shirin suv koʻlini ifodalaydi, bu daraja yuzdan ortiq metrgacha boʻlgan zamonaviydan past edi. Muzlik davrining oxirida jahon okeanining darajasi koʻtarildi va Boğaziçi istmus buzildi. 150 ming km2 dan ortiq er, shu jumladan, oʻzlashtirilgan odamlar bilan suv bosdi. Pliniy Elder dengizning kelib chiqishining oʻxshash versiyasini ifoda etdi. Qoradengizning paydo boʻlishi, bu gipotezaga koʻra, koʻlning butun shirin suv hayoti dunyosining massa oʻlimi bilan birga, qoldiqlarning parchalanishi natijasida dengizning chuqur qalinligi vodorod sulfidi infeksiyasi sodir boʻlgan Qoradengiz depressiyasi ikki qismdan iborat: Gʻarbiy va Sharqiy, koʻtarilish bilan ajralib turadi, bu Qrim yarim orolining tabiiy davomi. Dengizning shimoli — gʻarbiy qismida nisbatan keng rafli chiziq (190 kmgacha) bilan ajralib turadi. Janubiy qirgʻoq (Turkiyaga tegishli) va Sharqiy (Gruziya) yanada keskin, rafning chizigʻi 20 km dan oshmaydi va bir qator kanyonlar va depressiyalar bilan kesiladi. Qoradengizning qitʼa yamogʻi suv osti vodiylari tomonidan sezilarli darajada ajralib turadi. Dengiz janubida, Sinop va Samsun oʻrtasida, qirgʻoqqa parallel ravishda suv osti tizmalari tizimi yotadi. Qora dengiz havzasining Markaziy qismi nisbatan tekis tekislikdir. Qrim qirgʻoqlari va Kavkazning qora dengiz sohilidagi chuqurliklar juda tez oʻsib, qirgʻoq boʻylab bir necha kilometr narida 500 m balandlikda. Dengizning maksimal chuqurligi (2210 m) Yalta janubida joylashgan Markaziy qismga etib boradi. Dengiz tubini katlayabilen jinslarning bir qismi sifatida qirgʻoq zonasida qoʻpol blokli konlar ustunlik qiladi: toshlar, shagʻal, qum. Qirgʻoqdan masofa bilan ular nozik taneli qum va alevritlar bilan almashtiriladi. Qoradengizning shimoli-gʻarbiy qismida qobiq keng tarqalgan; pelit loylari yam-yashil va dengiz sohilidagi yotoq uchun keng tarqalgan. Shimoliy-gʻarbiy shelfdagi neft va tabiiy gaz, titanomagnetit qumlari (Taman yarim orolining, Kavkaz sohilidagi) qirgʻoqlarida joylashgan asosiy foydali qazilmalar orasida. Qoradengizning chuqur dengiz choʻkindilarida gaz hidratlari shaklida boʻlgan metan zahiralari birinchi navbatda VNIIGAZ Ag Efremova va bp Jijchenko xodimlari tomonidan 1972-yilda (Moskva universiteti nis reysi) zamonaviy hisob-kitoblarga koʻra, 25-49 trillion kub metr gazga yetishi mumkin. Manbalar Havolalar Dengizlar
12,081
4014
https://uz.wikipedia.org/wiki/Haj
Haj
Haj (arabcha: ziyorat) — islomning 5 asosiy ruknidan biri. Haj qilish es-hushi butun, sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan va oilasi nafaqasidan tashqari safar xarajatlariga kifoya qilgudek mablagʻi boʻlgan har bir musulmonga (umrida bir marta) farz qilingan. Haj qiluvchi kishilar miyqot (ehromni bogʻlash uchun oldindan belgilab qoʻyilgan maxsus joy)dan boshlab tozalanib, sochlarini olib yoki qisqartirib Makkaga borish uchun hozirlik koʻradilar. Soʻngra ehromga kirib 2 rakat namoz oʻqiladi. Hajda Kaʼba 7-marta tavof qilinadi. Ziyoratchilar hajar al-asvad (qora tosh)ni oʻpib, keyin Safo va Marva tepaliklari orasida 7-marta yuguradilar, soʻngra zamzam suvidan ichadilar. Arafa kuni (zulhijja oyining 9-kuni) Hajning asosiy marosimi — Arafot vodiysi va togʻida turish (vuquf) boshlanadi. Ziyoratchilar u yerda xutba eshitadilar, ibodat qiladilar va namoz oʻqiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. Soʻngra hojilar Muzdalifa vodiysiga yoʻl oladilar. U yerda tongga qadar ibodat bilan mashgʻul boʻlinadi. Zulhijja oyining 10-kuni (qurbon hayiti) dan boshlab 3—4 kun Mino vodiysida shaytonlarga tosh otiladi va jonliq soʻyib qurbonlik qilinadi. Madinaga borib Muhammad qabrini ziyorat qilish ham Haj vaqtida bajariladigan amalga aylangan. Bir kishi boshqa odam uchun Haj arkonlarini ado etishi ham mumkin. Bu hajji badal deb ataladi. Vafot etgan odam hamda moddiy taʼminlangan, ammo salomatligi yoki qariligi tufayli Haj ziyoratiga bora olmaydiganlar uchun hajji badal qilish mumkin boʻladi. Hadisga koʻra, Haj qilishning asosiy qoidalari Muhammad tomonidan 632-yili „Vidolashuv Haji“ (Hajjat alvadoʻ)da belgilab berilgan. Keyinchalik asosiy huquqiy mazhab namoyandalari Haj ziyorati qoidalarini islom manbalari asosida batafsil ishlab chiqqanlar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yurtimiz musulmonlariga Haj amalini ado etish uchun imkoniyatlar yaratib berildi. 1991-yilda H.ga boruvchilar 1500 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2004-yilda bu raqam 4000 dan ortiqni tashkil etdi. Mustaqillik davrida 53056 kishi Haj ibodatini ado etdi (2005). Manbalar Islom
2,067
4020
https://uz.wikipedia.org/wiki/Just-in-time
Just-in-time
Boshqaruvning bu usuli ilk marta Yaponiyaning Toyota firmasida amalda qo`llanilgan va butun dunyoga tarqalgan ishlash metodi. Bunda ishlab chiqarishni mahsulot bilan taminlash, omborlarda saqlash o`rniga, ishlab chiqarish uchun zarur mahsulot shu vaqtning o'zida ishlab chiqariladi yoki yetkazib beriladi. Iqtisodiyot Boshqaruv Management
339
4021
https://uz.wikipedia.org/wiki/Umra
Umra
Umra — islom anʼanasida kichik haj amali. Umra Qurʼon oyati va Paygʻambar (sav) sunnati bilan sobit bo’lgan amal. Umrani o’n ikki oy bajarish mumkin. Umraning ikkita farzi bor: ehrom, Kaʼbani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor oʻziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga Umra amalini bajarishi mumkin. Faqat har bir Umra uchun qayta miyqotga borib, g’usl qilib, ehromni kimga Umra qilayotgan boʻlsa, o’sha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun „Tanʼim“(hazrat Oysha) Masjidi miyqot hisoblanadi. Ushbu risola umra ibodati haqida bir shingil koʻrsatmalardan iborat boʻlib, uni oʻquvchilarga taqdim etiladi Birinchi: Umra qilmoqchi boʻlgan odam miykotga yetib kelganidan soʻng, gʻusl qilib, tozalanishi mustaxabdir. Xotin qizlar ham, garchi hayz va nifos qoni koʻrayotgan boʻlsalar-da, gʻusl qilib, tozalanadilar. Biroq, qon toʻxtab, gʻusl qilib poklanmagunlaricha, Kaʼbani tavof qilmaydilar. Erkak kishi ehrom kiyimlariga tekkizmagan holda, badaniga xushboʻy narsalar surishi mumkin. Agar miykotda gʻusl qilish imkoni boʻlmasa, zarari yoʻqdir. Chunki uning Makkaga yetib kelgach, qulaylik boʻlsa, tavof qilishdan avval gʻusl qilishi, mustaxabdir. Ikkinchi: Erkak kishi tiqilgan barcha kiyimlarini yechib, izor (bel osti lungisi) va rido (bel usti lungisi) bog'laydi. Erkaklarning oq rangdagi izor va ridoni boshlarini oʻramasdan bogʻlashlari mustaxabdir. Xotin-qizlar esa, ziynat va shuxrati boʻlmagan oddiy kiyimlarni kiyishi — ehrom bog'lashidir. Uchunchi: Soʻngra qalbi bilan ibodatga kirishishni niyat qiladi va tili bilan: „labbayka Alloxumma umratan“ (Allohim sening barcha hukmlaringga tayyorman va umraga niyat qildim) yoki „Alloxumma labbayka umratan“ (Ilohim, sening barcha hukmlaringga tayyorman va umraga niyat qildim) deydi. Agar ehromdagi odam kasalligi, dushmanning xatari va bundan boshqa shariat izn bergan sabablardan biri sababli ibodatini ado eta olmay qolishdan qoʻrqsa, ehromga kirish paytida „Agar meni biron toʻsiq toʻssa, oʻsha yer mening ehromdan chiqish yerimdir“, deb shart qiladi. Buning dalili Zuboʻa Zubayr qizining aytgan soʻzlaridir. U: „Yo rasulullox, men haj qilmoqchiman, biroq, kasalman“- dedi. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam: „Haj qil. Biroq, (kasallik) meni qayerda toʻssa, oʻsha yer mening ehromdan chiqish yerimdir“, deb ayt"- dedilar" (Muttafakun alayx). Ehromni kiyganidan soʻng, rasulullox sollalloxu alayxi va sallam aytgan talbiyani aytadi: „Labbaykal-loxumma labbayk! Labbayka la sharika laka labbayk! Innal-xamda van-neʼmata laka val-mulk, la sharika lak“. U bu talbiya va Allohning zikrini koʻp aytadi va Allohga koʻp duo qiladi. Masjidul-Xaromga yetib kelgach, xuddi boshqa masjidlarda qilganidek, eshikdan oʻng oyogʻi bilan kirib: "Bismillax, vassolatu vassalamu ala rasulillax, aʼuzu billaxil-aziym va bi vajxixil-kariym va sultonixil-kadiym minash-shaytonir rajiym. Alloxummaf-tax liy abvaba roxmatik (Allohning nomi bilan.. Allohning rasuliga salavot va salomlar boʻlsin. Men Buyuk Allohdan, Uning buyuk yuzi va qadimiy sultonligi bilan (Allohning rahmat dargohidan) quvilgan Shaytondan panoh soʻrayman. Ilohim, men uchun rahmating darvozalarini och!) — deyishi sunnatdir. Keyin, Kaʼbaga yetib kelguniga qadar talbiya aytish bilan mashg'ul boʻladi. Toʻrtinchi: Kaʼbaga yetib kelgach talbiya aytishni toʻxtatadi va Qora tosh-Xajarul-asvadni qasd qiladi-da, uning qarshisiga yurib, uni oʻng qoʻli bilan silaydi yoki imkoni boʻlsa, oʻpadi. Odamlarga ozor bermaydi. Silash paytida: „Bismillaxi valloxu akbar“ (Allohning ismi bilan va Alloh buyukdir) yoki „Allohu akbar“ (Alloh buyukdir), deydi. Agar oʻpish imkoni boʻlmasa, qoʻli yoki xassasi va shunga oʻxshash biron narsa bilan silaydi va silagan narsasini oʻpadi. Agar silash imkoni ham boʻlmasa, qoʻli bilan ishora qiladi va: „Allohu akbar“ (Alloh buyukdir) — deydi. Ishora qilgan narsasini oʻpmaydi. Tavof toʻg'ri-saxix boʻlishi uchun tavof qilayotgan odamning g'usli va tahorati boʻlishi kerak. Chunki tavof ham namoz singari boʻlib, faqat unda gapirishga ruxsat berilgan. Beshinchi: Tavof qilar ekan, Kaʼba uning chap tarafida boʻlishiga diqqat qilinadi va uni yetti marta tavof qilinadi. Agar oʻng taraf — „ruknul-yamoniy“ga yetib kelinsa, uni oʻng qoʻl bilan silanadi va: „Allohu akbar“ deyiladi. „Ruknul-yamoniy“ni oʻpilmaydi. Agar silash imkoni boʻlmasa, silamay tavofda davom etiladi: unga ishora ham qilinmaydi va takbir ham aytilmaydi. Xajarul-asvadga yetib kelingach, yuqorida eslatib oʻtilganidek, uni silanadi, oʻpiladi va takbir aytiladi. Boʻlmasa, unga ishora qilinib, takbir aytiladi. Erkaklargagina „kudum“ — kelish tavofi asnosida birinchi uch tavofda „raml“ — kichik qadamlar bilan tez yurish, mustaxabdir.. Bundan tashqari, erkaklarning „kudum“ tavofining barcha shavt-martalarida ridolarining oʻrtasini oʻng yelkalarining ostiga va ikki tarafini chap yelkalarining ustiga qoʻyishlari mustaxabdir. Barcha shavtlarda imkoni boricha Allohning zikri va duolarning koʻp aytilishi mustaxabdir. Tavofda oʻqiladigan maxsus duo va maxsus zikr yoʻqdir. Balki, bilgan zikr va duolar oʻqilaveradi. Ikki rukn oʻrtasida: „Robbana aatina fid-dunya xasanatan va fil-oxirati xasanatan va kinaa azaban-naar“ (Robbimiz, bizlarga dunyoda ham, oxiratda ham yaxshiliklar ato et va jaxannam azobidan saqla!) duosini har bir shavtda aytiladi. Chunki bu, rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan sobitdir. Yettinchi shavtni, yuqorida zikr kilinganidek, imkoni boʻlsa Xajarul-asvadni oʻpish yoki silash yoki ishora kilish va takbir aytish bilan tugallanadi. Bundan soʻng ridoni yopiniladi: elkaga tashlanib, uchlari koʻksida boʻladi. Oltinchi: Makom (i Ibroxim) orkasida, imkoni boʻlsa, nikki rakaat namoz oʻkiydi. Agar imkoni boʻlmasa, masjidning xar kaysi erida oʻkilsa xam boʻlaveradi. Uning birinchi rakatiga fotixadan soʻngra „Kofiruvn“, ikkinchi rakaatida esa „Ixlos“ suralarini oʻkiladi. Bunday kilish afzaldir. Agar boshqa suralarni oʻkilsa, zarari yoʻk. Ikki rakatni tugatilganidan soʻng, Xajarul-asvad tomon yuriladi va imkoni boʻlsa oʻng koʻl bilan silanadi. Ettinchi: Keyin Safo (togi) tarafiga borib, uning ustiga chikiladi yoki turiladi. Chikish afzaldir. Birinchi shavtni boshlashdan avval: (إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ) «Innas-Sofa val-Marvata min shaʼoirillax» (Safo va Marva (toglari) Alloxning ibodat kilinadigan erlaridir) oyatini oxirigacha oʻkiydi. Exromdagi odamning kiblaga yuzlanib turishi, Alloxga xamdu takbir aytib: (لا إله إلا الله، والله أكبر، لا إله إلا الله وحده لا شريك له، له الملك وله الحمد وهو على كل شيء قدير. لا إله إلا الله وحده، أنجز وعده، ونصر عبده، وهزم الأحزاب وحده) „La ilaxa illallox. Valloxu akbar, la ilaxa illalloxu vaxdaxu la sharika lax, laxul-mulku va laxul-xamd va xuva ala kulli shayʼin kodiyr. La ilaxa illalloxu vaxdax, anjaza vaʼdax va nasara abdax va xazamal-axzaba vaxdax“ (Alloxdan oʻzga ilox yoʻkdir va Allox buyukdir! Sheriksiz yolgiz Alloxdan oʻzga ilox yoʻkdir xamda egadorlik va xamdlar Ungagina xosdir. Xolbuki, U barcha narsaga kodirdir. Yolgiz Alloxdan oʻzga ilox yoʻkdir. U vaʼdasiga vafo kildi, bandasiga yordam berdi va oʻzi guruxlarni maglub kildi), deb koʻllarini koʻtarib duo kiladi va bu zikr va duolarni uch marta takrorlaydi. Keyin, Marva togi tomon yuriladi va birinchi belgiga etib kelganda, erkaklar ikkinchi belgiga etgunga kadar yugurib chopadilar. Xotin-kizlarning yugurishlari shariatda koʻrsatilmagan. Chunki xotin-kizlar avratdir. Soʻngra davom etib, Marva togiga chikiladi yoki Marvada turiladi: togning ustiga chikish afzaldir. Marva togida xam Safo togida kilingan ishlarni kilinadi. Birok, yukorida zikri oʻtgan oyatni oʻkilmaydi. U oyatni rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan namuna olib, fakatgina birinchi shavtda Safo togidagina oʻkiladi, xolos. Keyin togdan tushib, Safo togiga etib borilguniga kadar sekin yuriladigan erda sekin, yuguriladigan erda yuguriladi. Etti shavt shu kabi ado etiladi: Borish bir, kaytish esa aloxida bir shavt xisoblanadi. Xususan, extiyoj boʻlsa, biron narsani minib yursa, zarari yoʻk. Yurish asnosida koʻp zikr va duolar kilish mustaxabdir. Bu yurishda xam guslli va taxoratli boʻlish kerak. Taxoratsiz yursa zarari yoʻk. Sakkizinchi: Agar yurish-saʼy nixoyasiga etsa, erkaklar sochlarini kirishlari yoki kiskartishlari zarur. Kirib tashlash afzaldir. Agar Makkaga kelish payti xaj mavsumiga yakin boʻlsa, sochlarni kiskartish afzaldir. Chunki sochning qolgan kismini xaj mavsumida kirib tashlanishi mumkin. Xotin-kizlar esa, sochlarini toʻplab uning uchidan bir barmok boʻgimicha yoki undan ozrok kirkishlari etarlidir. Exrom boglagan odam yukorida zikri oʻtgan amallarni kilsa, umra ibodati tugaydi valxamdu lillax va unga ehrom boglashi bilan harom boʻlgan barcha narsa xalol boʻladi. Allox taʼolo bizlarni va barcha musulmon birodarlarimizni dinida fakix va sobitkadam boʻlishga muvaffak kilsin xamda barchadan ibodatlarini kabul etsin. Darxakikat, U saxovatli karim zotdir.
8,909
4068
https://uz.wikipedia.org/wiki/Dasturlash
Dasturlash
Dasturlash— kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Dasturlash 1. Elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi Dasturlashda „mashina tili“ga oʻtkaziladi. Yangiliklar haqida Dasturlash — bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashinaga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, programma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi. Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Dasturlash; masalani taxminiymashina tilida Dasturlash; masalani mashina tilida Dasturlash Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret mashina komandalari sistemasiga bogʻliq boʻlmasligi va iboralar strukturasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nuqtali vergul bilan ajratiladi. Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl operatorlariga boʻlinadi. Tavsifda oʻzgaruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin. Juda koʻp dasturlash tillari (algol-60, q. Algol), muhandislik va ilmiy masalalarni yechish uchun fortran, iqtisodiy hisoblashlar uchun kobol, matematik modellar uchun si mula, tako-millashgan algol-68, PL/I yaratildi. Ularning har biri uchun shu tillarda ifodalangan masalalarga qarab mashina programmasini avtomatik tarzda qaytatuzuvchi translyatorlar mavjud. Taxminiy mashina tili ikkilik sistemadan koʻra yanada qulayroq simvollarda ifodalangan mashina komandalari terminlaridagi programmalar boʻlib, bunda koʻpincha, yuqori darajadagi til sifatida blok sxemalardan foydalaniladi. Dasturlashning programma tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi „tekshirish“ (otladka) boʻlib, bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. Programmalar kodlanadi va mashinaga maxsus qurilma yordamida kiritiladi. Amaliyotda Dasturlashning yangi va tezkor usullari bor (2004); 2) matematik dasturlash — amaliy matematikaning bir boʻlimi; umumiy maʼnoda — biron-bir funksiya fo (x) ning ekstremumini (qarang Ekstremum) topish masalasi tushuniladi. Dasturlash tillari Joylanmagan tillar Gentee Basic GBasic Fortran Obyetkga qaratilgan tillar Pascal Delphi C# dastrulash tili Java C++ Visual Basic ActionScript Python Ruby Pastki qavat tillari Assembler C Skript tillar Python Java Script VB Script Lua Veb uchun tillar va texnologiyalar PHP ASP Perl Django MySQL Mashhur APIlar va freymvorklar Ish stoli uchun Windows API APPLE Gtk+ Qt .NET Framework Veb uchun PHP ASDasturlashNET Ruby on Rails Perl JAVASCRIPT MySql Yana qarang Dasturlash Dasturiy taʼminot Manbalar Informatika
4,217
4069
https://uz.wikipedia.org/wiki/ASP
ASP
ASP ( — «serverning aktiv sahifalari») — World Wide Web uchun oson ilovalar yaratishga yordam beradigan, Microsoft tomonidan yaratilgan texnologiya. ASP Windows NT turkumidagi operatsion sistemasining tarkibiga kiruvchi IIS veb serveri orqali ishlaydi. Informatika Microsoft
277
4071
https://uz.wikipedia.org/wiki/Apache%20Server
Apache Server
Apache Server, ochiq source, yani bepul ochiq jamiyat tomonidan yuzaga kelgan web server Informatika
101
4080
https://uz.wikipedia.org/wiki/Coldplay
Coldplay
Coldplay britan alternativ rok guruhi boʻlib, 1996-yili xonanda Chris Martin va gitarachi Jonny Buckland tomonidan London Universitet Kollejida tuzilgan. Avvaliga nomi Pectoralz boʻlgan guruhga bas gitarachi Guy Berryman qoʻshilib, guruh nomi Starfish qilib oʻzgartirildi. Keyinchalik dovulchi va back-vokalchi Will Champion guruhga keldi. Baʼzan menejer Phil Harvey norasmiy beshinchi aʼzo sifatida koʻrsatiladi. Guruh 1998-yili Colplay deb atala boshlandi. Bundan keyin guruh uchta EP: Safety (1998), Brothers & Sisters (singl, 1999) va The Blue Room (1999) chiqardi. The Blue Room Coldplay Parlophone studiyasi bilan shartnoma imzolaganidan keyin chiqargan ilk albomdir. 2000-yili Coldplay "Yellow" nomli qoʻshiq va Parachutes albomini chiqarib, xalqaro shuhratga erishdi. Guruhning ikkinchi albomi A Rush of Blood to the Head (2002) tanqidchilar tomonidan maqtalib, bir necha mukofotlar, jumladan NME Yil Albomi sovriniga ega chiqdi. Keyingi albom, X&Y, 2005-yili jahonda eng koʻp sotilgan albom boʻldi. Toʻrtinchi, Viva la Vida or Death and All His Friends albomi (2008) Brian Eno produserligida chiqarildi va 51-chi Grammy Awards marosimida yutuqlarni qoʻlga kiritdi. 2011-yil 24-oktabrida Coldplay beshinchi, Mylo Xyloto nomli albom chiqardi, bu albom 34 mamlakat chartlarida birinchi pogʻonalarga koʻtarildi va 2011-yilning eng koʻp sotilgan rock albomlaridan boʻldi. Guruh koʻplab mukofotlarga erishgan, bular qatoriga yettita Brit Award, beshta MTV Video Music Award va yettita Grammy Award kiradi. Coldplay jahon boʻylab 55 milliondan oshiq albom sotgan. 2009-yil dekabrida Rolling Stone jurnali oʻtkazgan soʻrovda Coldplay 2000-yillarning toʻrtinchi eng yaxshi guruhi, deb olqishlandi. Coldplay musiqadan tashqari Make Trade Fair va Amnesty International kabi turli ijtimoiy va siyosiy kampaniyalarni dastaklab keladi. Guruh shuningdek Band Aid 20, Live 8, Sound Relief, Hope for Haiti Now: A Global Benefit for Earthquake Relief, The Secret Policeman's Ball va Teenage Cancer Trust kabi xayriya konsert va loyihalarida qatnashgan. Tarkib Chris Martin — bosh vokal, pianino/klavisha, gitara Jon Buckland — gitara, garmonika, koʻmakdagi vokal Guy Berryman — bass gitara, sintezator, garmonika, koʻmakdagi vokal Will Champion — baraban/perkussia, pianino, koʻmakdagi vokal. Diskografiya Parachutes (10-iyul, 2000) A Rush of Blood to the Head (26-avgust, 2002) X&Y (6-iyun, 2005) Mylo Xyloto (2011) Ghost Stories (2014) A Head Full of Dreams (2015) Everyday Life (2019) Turlar Parachutes Turi (2000—2001) A Rush of Blood to the Head Turi (2002—2003) Twisted Logic Turi (2005—2006) Adabiyot Manbalar Havolalar Guruhning rasmiy vebsayti Musiqiy guruhlar Britpop guruhlar Alternative rock guruhlar Ingliz musiqiy guruhlari MTV Europe Music Award sovrindorlari Grammy mukofoti sovrindorlari Brit mukofoti sovrindorlari Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar
2,940
4085
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yevropa%20Tiklanish%20va%20Taraqqiyot%20Banki
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (inglizcha European Bank for Reconstruction and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda 42 aʼzo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. ekyu mablagʻ bilan tashkil etilgan. 1991-yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish; tadbirkorlikni rivojlantirish; ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni jalb etish; kapital bozorini shakllantirish va boshqa)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga koʻmaklashadi. Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport, energetika, islab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60 % xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor korxonalariga, 40 % infratuzilma yoki boshqa loyihalarga yoʻnaltiriladi. 1997-yilda bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyaviy taʼminlagan loyihalar qiymati 240 mln. ekyuni tashkil etdi. Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga aʼzo boʻldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-yil 10-yanvarda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy garov shartlarini bekor qildi. Tarixi Londonda joylashgan YTTB dastlab xususiy sektorga, asosan banklar, sanoat tarmoqlari va biznes vakillariga sarmoya kiritish va ularning siyosatini muvofiqlashtirish orqali Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida markazlashtirilgan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtishiga eʼtibor qaratishni maqsad qilgan edi . Bank Sovuq urushning tugashi natijasida, mavjud xalqaro tizim, oʻsha paytdagi tarixiy va siyosiy kontekst bilan bogʻliq alohida muammolar tufayli yaratilgan . Qolaversa, u tomonidan sarmoya kiritilayotgan mamlakatlar "koʻp partiyaviy demokratiya va siyosiy plyuralizm" yoʻlida harakat qilishlarini kafolatlashlari kerak edi , bu esa YTTBni boshqa moliyaviy institutlardan ajratib turadigan xususiyat hisoblanadi . Dastlab 1989-yilda Fransiya prezidenti Mitteran kabi Yevropa siyosiy arboblari tomonidan ilgari surilgan ushbu moliya muassasini Yevropa davlatlari ishtirokida yaratish gʻoyasi Berlin devori qulashidan ancha oldin paydo boʻlgan edi. Bu taklifni qabul qilish mamlakatga qarab yumshatilgan, masalan, inglizlar tomonidan dushmanlik sifatida qabul qilingan, fransuzlar esa loyihaning asosiy tarafdorlari boʻlgan va jarayonga taʼsir qilgan . 1990-yil yanvar oyida YTTBning maqsadlari, uning davlat va xususiy sektorga nisbatan kredit siyosati boʻyicha muzokaralar boshlandi va oʻsha paytdagi barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek, boshqa Yevropa davlatlari, Yevropadan tashqari davlatlar hamda Yevropa Ittifoqi vakillari va Yevropa investitsiya banki ishtirok etdi. Sovet Ittifoqi bu jarayonda oʻz delegatsiyasi bilan ishtirok etdi va shu tariqa muzokaralarda AQSh bilan bir qatorda ishtirok etdi. Keyinchalik, institutning siyosiy va iqtisodiy maqsadlari boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli Sovet Ittifoqining aʼzo boʻlishi xavfi tugʻildi. Qisqa muzokaralar sifatida koʻrib chiqilgan shartnoma (Sharqiy Yevropadagi vaziyat va Yevropa boʻylab xususiylashtirish toʻlqini bilan bogʻliq sabablarga koʻra) uning yaratilishiga olib kelgan 1990-yil 29-mayda 40 ta davlat va ikkita Yevropa tashkiloti kabi ishtirokchilar tomonidan imzolangan va 1991-yil mart oyiga kelib, bank ochilgandan soʻng oʻzining birinchi taʼsirini koʻrsatdi. YTTBning tashkil etilishi uning birinchi faoliyatidan keyingi yillarda turli loyihalarni moliyalashtirishga olib keldi, masalan, 1992-yilda YTTB 2,1 milliard EKYu miqdorida yigirmata loyihani moliyalashtirgan Boshqaruvi Londonda joylashgan qarorgohi hamda boshqa joylarda joylashgan ofislari oʻrtasida boʻlingan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki uch bosqichli tuzilmadan iborat boʻlib, birinchi bosqich prezident va jamoasi, ikkinchi bosqich boshqaruv kengashi va uchinchi bosqich direktorlar kengashidan iborat. Vaqt oʻtishi bilan moliya muassasasi ichidagi raqobat bilan bogʻliq xavotirlar tufayli bank tuzilishi oʻzgardi. Haqiqatda, 90-yillarning boshida ikki xil bank boʻlinmasi faoliyat yuritardi (bir tomonda xususiy sektor bilan bogʻliq boʻlgan savdo banki, boshqa tomondan, asosan, davlat sektori bilan ishlaydigan taraqqiyot banki). Binobarin, ikkita boʻlinma, bittaga birlashtirildi va bu tuzilma boshqasiga almashtirildi, oʻrniga yettita siyosat va mintaqaviy boʻlinmalarga boʻlindi . Boshqaruv kengashi Ushbu kengashni har bir aʼzo davlatdan vakillar tuzadi, ular vakolatga ega. Direktorlar kengashi Direktorlar kengashi Boshqaruv kengashi tomonidan saylangan 23 nafar aʼzodan iborat. Ushbu aʼzolar Boshqaruv kengashida boʻla olmaydilar. Uning vazifasi bankning umumiy faoliyatini tashkil qilishdan iborat, xususan : Budjetni tasdiqlash; Boshqaruv kengashiga muvofiq siyosayni belgilash va boshqa qarorlar, kreditlar, investitsiyalarni ishlab chiqish; Boshqaruv kengashi ishini tayyorlash; Har yili tekshirilgan hisobotlarni Boshqaruv kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish. Prezident YTTB Yevropa va noyevropa davlatlaridan tortib Yevropa investitsiya banki kabi boshqa institutlarning aʼzoligiga qadar ovoz berish huquqiga ega boʻlgan koʻplab aʼzolardan iborat, ammo har bir aʼzoning geografik joylashuviga qarab, ovoz berish huquqlari farqlanadi. Aniqrogʻi, Yevropa va boshqa kreditor aʼzolari koʻpchilik ovoz berish huquqiga ega. Dastlab, YTTB 40 dan ortiq aʼzoga tegishli boʻlsa, 2015-yilda unga egalik qiluvchi mamlakatlar soni 61 tani tashkil etgan. 2022-yil mart holatiga koʻra esa 71 ta aksiyadorlari hisoblanadi [7-havola]. Quyidagi prezidentlar shu vaqtga qadar YTTB rahbari sifatida faoliyat yuritgan (2023-yil aprel holatiga koʻra): Jak Attali (1991-yil aprel – 1993-yil iyun) Jak de Larozer (1993-yil sentabr – 1998-yil yanvar) Horst Köhler (1998-yil sentabr – 2000-yil aprel) Jan Lemer (2000-yil iyul – 2008-yil iyul) Tomas Mirov (2008-yil iyul – 2012-yil iyul) Suma Chakrabarti(2012-yil iyul - 2020-yil iyul) Odil Reno-Basso (2020-yildan) YTTBning Oʻzbekistondagi faoliyati Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi. Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat banklariga berilgan. Yana qarang Jahon banki Manbalar Xalqaro banklar Yevropa Ittifoqining iqtisodi
8,213
4098
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xristianlik
Xristianlik
Xristianlik — dunyoda eng keng tarqalgan diniy eʼtiqod. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik harakati natijasida Afrika, Yaqin Sharqda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarda keng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2.5 milliard kishi eʼtiqod qiladi. Xristianlikning asosiy gʻoyasi xudo odam — Iisus Xristos (Iso Masih; Iso) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Xristianlik taʼlimotiga koʻra, Xudo yagona, lekin u muqaddas uchlikda namoyon boʻladi, deb oʻylashadi. Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga qaytib keladi, deb uqtiriladi. Uning oʻgitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar. Xristianlikning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va taqiqlari Bibliya va boshqa muqaddas kitoblarda oʻz ifodasini topgan. Xristianlik I asrning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijtimoiy tarkibi vaqt utishi bilan ruhoniylar va oddiy jamoa aʼzolariga boʻlingan. Ayrim-ayrim jamoalar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq cherkovining tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik toʻplab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni taʼqib etgan Rim imperatorlari keyinchalik Xristian tarafdorlari boʻlishdi. IV asrda Xristianlik Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining gʻarbiy va sharqiy qismidagi oʻziga xos tarixiy taraqqiyot Xristian cherkovini ikkiga: katolik (imperiyaning gʻarbiy qismi) va pravoslav (sharqiy qismi) boʻlinishiga olib keldi. Xristianlikning bu boʻlinishi 1054-yilda rasman eʼtirof etilgan boʻlsada, biroq bu jarayon XIII asrning boshlarida tugallangan. XVI asrda Reformatsiya natijasida Yevropadagi qator cherkovlar katolikdan ajralib chiqib, Xristianlikning uchinchi asosiy oqimi — protestav yuzaga keldi. 19-asrning oxirida xristian cherkovlarining missionerlik faoliyati kuchaydi! Mil.ning boshlaridayoq Xristianlik Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud boʻlganini cherkov, monastir, Xristianlikka oid buyum, qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaganidan soʻng xristian jamoalarining faoliyati toʻxtagan. Xristianlikning Turkiston oʻlkasida keyingi paydo boʻlishi 19-asrning 40-yillariga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847-yilda Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), Oʻratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. Soʻngra Zarafshon okrugiga qarashli Samarqand va Kattaqoʻrgʻonda ham jamoalar shakllandi. 1871-yil Rossiya imperatorining farmoniga binoan, Turkiston yeparxiyasi tashkil etilib, uning markazi Verniy (hozirgi Olmaota) shahrida joylashdi. 20-asr boshlariga kelib Turkistonda 306 pravoslav cherkovi bor edi. Bundan tashqari, oʻlkada 10,1 ming staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katolik, 26 ming yaxudochilar, 17,1 mingga yaqin boshqa dinga mansub kishilar istiqomat qilar edi. 1916-yilning oxiriga kelib yeparxiya markazi Toshkentga koʻchirildi. Bu vaqt Toshkentda 16 ta cherkov faoliyat koʻrsatar edi. 1936-yilda Rus Pravoslav cherkovi Patriarxining qaroriga asosan, yeparxiya Toshkent va Oʻrta Osiyo hamda Olmaota va Qozogʻiston yeparxiyasi nomi bilan 2 ga ajratildi. Toshkent va Oʻrta Osiyo yeparxiyasi tasarrufiga Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari ham kiradi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Xristianlikning turli oqimlariga mansub dindorlar yashaydi. Islom dini kirib kelishidan avval Oʻrta Osiyoga Iso Masih taʼlimoti baʼzi bir Yevropa mamlakatlaridan oldin yetib kelgan. Yana q. Protestantizm Katolitsizm Pravoslav cherkovi Manbalar Oʻqish uchun MacCulloch, Diarmaid. Christianity: The First Three Thousand Years (Viking; 2010) 1,161 pp.; survey by leading historian Roper, J.C., Bp. (1923), et al.. Faith in God, in series, Laymanʼs Library of Practical Religion, Church of England in Canada, vol. 2. Toronto, Ont.: Musson Book Co. N.B.: The series statement is given in the more extended form which appears on the book’s front cover. Wills, Garry, „A Wild and Indecent Book“ (review of David Bentley Hart, The New Testament: A Translation, Yale University Press, 577 pp.), The New York Review of Books, vol. LXV, no. 2 (8 February 2018), pp. 34-35. Discusses some pitfalls in interpreting and translating the New Testament. Havolalar „Xristianlik“. Encyclopædia Britannica „Xristianlik dini“. BBC Dinlar Masihiylik
5,027
4101
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bibliya
Bibliya
Bibliya (yun. Biblia – kitoblar) – yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya ikki asosiy qismga – Qadimgi ahd va Yangi ahdga boʻlinadi. „Ahd“ soʻzi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qadimgi ahd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qadimgi davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi ahd esa faqat xristianlar muqaddas deb biladigan, ular dini shakllanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, Bibliya— xudoning kalomi, barcha insonlarga yoʻllangan, dunyo va odamzodning paydo boʻlishi va oxirat sirini ochib beruvchi muqaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi – yagona Haqning fazilatlari va insoniyat bilan munosabati haqidadir. Bibliya miloddan avvalgi VIII asr va milodiy II asrlar oraligʻida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. Bibliya matnlari tadqiq etilganda shu narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil davomida xilma-xil joylarda yaratilgan. Bibliya eng qadimgi adabiy yodgorliklardan biri boʻlib, diniy pandnasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. Bibliyada, bir yokdan, odamzodning gunohkor boʻlib xudo tomonidan rad etilishi, abadiy halokatga mahkum qilinishi toʻgʻrisida ran ketsa, ikkinchi yoqdan, xudo insonni qutqarish uchun qanday rejalar tuzgani haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yoʻlini ochgan Iso Masih toʻgʻrisida toʻlaqonli xabar beriladi. Jami 70 kitob (boʻlim)ni oʻz ichiga olgan Bibliya XIII asrda Kardinal Stefan Lengton tomonidan hozirgi koʻrinishga keltirilgan, kitoblarni sherlarga boʻlish va raqamlashtirishni parijlik matbaachi Rober Stefan (XVI asr) amalga oshirgan. Bibliya jahon boʻyicha keng tarqalgan, asrlar mobaynida koʻpgina xalqlarning axloqi, maʼnaviyati, madaniyati, adabiyoti, musiqa va rangtasvir sanʼatiga barakali taʼsir koʻrsatgan. U XIX asrgacha 400 dan ziyod, XX asr mobaynida esa yana 1400 (jami 1978) tilga toʻliq yoki qisman oʻgirilgan. Oʻzbek tilida ayrim qismlari 1891, 1913-yillarda Leypsig shahrida arab imlosida, 1981, 1983, 1986, 1990-yillarda Bibliyani tarjima qilish instituti (Stokgolm) tomonidan Kirill yozuvida chop etilgan. 1992-yilda mazkur institut Injil va Zaburni toʻliq holda va Tavrotdan „Ibtido“ qismini bir kitobga jamlab, soʻzboshi, lugʻat, jadvallar, fixrist, haritalar hamda rangli fotosuratlar bilan birga chop etgan. Manbalar Muqaddas kitoblar Nasroniylik
2,488
4103
https://uz.wikipedia.org/wiki/Red%20Hot%20Chili%20Peppers
Red Hot Chili Peppers
Red Hot Chili Peppers — 1983 y. Kaliforniyaning Los Anjeles shahrida tashkil topgan rok guruhi. Ular oʻzining dastlabki erishuvi, 1991 y. chiqqan Blood Sugar Sex Magik albomidan boshlab, hali-xanuz oʻz moddiy muvaffaqiyati va kritiklar tarafidan ijobiy baxolar olishni davom ettirmoqdalar. Bir qancha qiyinchiliklar va shaxsiy muammolarga duch kelgan boʻlishlariga qaramasdan, guruh Fank, Pank, Rep va Psihedelik rok elementlarini ichiga qamrab olgan ajoyib tovush yaratishga muvaffaq boʻldi. Oʻtgan 23 yil davomida, guruh toʻqqizta studio albomlarini yaratib, ular butun jaxon boʻylab qariyib 50 million nushada sotildi. Hozirda guruh Zamonaviy Rok hitlari orasida 1-chi oʻrinni egallagan qoʻshiqlari bilan jahon rekordini oʻrnatgan (9-ta 1-chi oʻrin). Mazkur vaqtda guruh qatnashchilari quyidagilardir: Anthony Kiedis — bosh vokal, Michael Balzary (Flea nomi bilan mashxur) — bass, John Frusciante — gitara, ko'makchi vokal, va Chad Smith — baraban Guruh aʼzolari Hozirda Michael Balzary (Flea) — 1983-xozirgacha Anthony Kiedis — 1983-xozirgacha John Frusciante — 1988—1992, 1998-xozirgacha Chad Smith — 1989-xozirgacha Ilgari Dix Denney — 1983 Jack Irons — 1983—1984, 1986—1988 Arik Marshall — 1992—1993 Cliff Martinez — 1984—1986 Dwayne „Blackbird“ McKnight — 1988 Dave Navarro — 1993—1998 D.H. Peligro — 1988 Jack Sherman — 1984—1985 Hillel Slovak — 1983—1984, 1985—1988 Jesse Tobias — 1993 Diskografiya Red Hot Chili Peppers — 10 avgust, 1984 y. Freaky Styley — 16 avgust, 1985 y. The Uplift Mofo Party Plan — 23 sentabr, 1987 y. Mother's Milk — 16 avgust, 1989 y. Blood Sugar Sex Magik — 24 sentabr, 1991 y. One Hot Minute — 12 sentabr, 1995 y. Californication — 8 iyun, 1999 y. By the Way — 9 iyul, 2002 y. Stadium Arcadium — 9 may, 2006 y. I'm With You — 26 avgust, 2011 y. The Getaway — 17 iyun, 2016 y. Unlimited Love — 2022 Return of the Dream Canteen — 2022 Videografiya Red Hot Skate Rock (1989) — jonli ijro Psychedelic Sexfunk Live from Heaven (1990) — jonli ijro Positive Mental Octopus (1990) — kliplar Funky Monks (1991) — Blood Sugar Sex Magik albomining yaratilishi haqida Best Of The Cutting Edge Volume II (1991) — kliplar What Hits!? (1992) — kliplar Woodstock 1994 (1994) — jonli ijro Free Tibet (1998) — jonli ijro Woodstock 1999 (1999) — jonli ijro Off the Map (2001) — jonli ijro Rock Your Socks Off (Unauthorized) (2001) — dokumental film „By the Way“ (2002) — klip singli/By The Way klipining yaratilishi haqida Rockthology 1: Hard N Heavy (2002) — kliplar/intervyular Greatest Hits and Videos (2003) — kliplar/saxna ortidan lavxalar Live at Slane Castle (2003) — jonli ijro The Last Gang In Town (2004) — dokumental film The Red Hot Chili Peppers Phenomenon (2006) — dokumental film Dani California (2006) — kliplarning suratga olinishi/intervyular/saxna ortidan lavxalar Tell Me Baby (2006) — 2006 y.ning kuzida chiqish arafasida Havolalar Rasmiy sayti Red Hot Chili Peppers „MySpace“da RHCP haqida hamma narsa Musiqiy guruhlar Alternative rock guruhlar MTV Europe Music Award sovrindorlari Grammy mukofoti sovrindorlari Brit mukofoti sovrindorlari
3,149
4104
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kvartet
Kvartet
Bu maqola kvartet soʻzi haqida, oʻzbek musiqiy guruhi uchun bu maqolani koʻring — Kvartet (guruh) Kvartet (lot. guartus — toʻrtinchi) — I) 4 sozanda (yoki xonanda)dan iborat ansambl. K. tarkibi jihatidan bir xil (torli yoki puflama sozlar) hamda aralash (torli va puflama sozlar yoki torli sozlar va fortepiano) boʻlishi mumkin. Kamer-cholgʻu ansambllar ichida torli sozlar K.i (2 ta skripka, alt va violonchel) keng tarqalgan. Estrada sanʼatida ham K. ansambllari keng oʻrin olgan: "Bitlz" (Angliya), "ABBA" (Shvetsiya), "Orera" (Gruziya), "Sideriz" (Oʻzbekiston) va b.; 2) 4 sozanda, baʼzan 4 xonanda uchun yozilgan kamer musiqa asari. Oʻzbekiston kompozitorlaridan B. Giyenko (9 ta, 1945—95), Ik. Akbarov (6 ta, 1963—88), shuningdek, D. Soatqulov, Sayfi Jalil, E. Solihov, N. Gʻiyosov, D. Yanov-Yanovskiy va b.ning K.lari mavjud. Kvartet (lot. quartette — toʻrtlik) — toʻrtta bir xil yoki oʻxshash predmetlar toʻplami, yoki bir maqsad uchun birlashgan toʻrtta shaxsdan iborat guruh. Galereya Havolalar Квартет // Булучевский Ю., Фомин В. Краткий музыкальный словарь. — М.: Музыка, 2005. — 461 с. Kvartetlar Manbalar
1,127
4131
https://uz.wikipedia.org/wiki/Alabama
Alabama
Alabama — AQSH shtati, mamlakatning janubida. Yer yuzasining katta qismi tekislik, shimoliy va shimolisharqida Tennessi daryosi kesib oʻtgan Appalachi togʻlarining tarmoqlari bor. Maydoni 133,7 ming km². Aholisi 4,1 mln. kishi (30% negrlar, 1992). Maʼmuriy markazi — Montgomeri sh. Shahar aholisi 55%. Sanoatining asosiy tarmoqlari — qora metallurgiya va metallsozlik. Toshkoʻmir, temir rudasi, boksit qazib chiqariladi. Toʻqimachilik, kimyo (Masl-Shols, Xantsvill) va yogʻoch-qogʻoz sanoati (Chayldersberg) rivojlangan. GESlar bor. Tennessi vodiysida — kimyo va boshqa korxonalar, Xantsvillda aviatsiya-raketa hamda portlovchi moddalar zavodlari bor. Alabamaning asosiy mahsulotlari: broyler joʻjalar (mamlakatda 3-oʻrinda), paxta, tuxum. kramol boqiladi. Dehqonchilikda makkajoʻxori, yer yongʻoq, xashaki ekinlar ekiladi. Manbalar AQSh: Janubiy-Sharqiy shtatlari AQSh shtatlari
885
4132
https://uz.wikipedia.org/wiki/Alaska
Alaska
Alaska (Alaska) — Tinch okeanning Shimoliy Amerika qirgʻogʻi yaqinidagi keng qoʻltiq. Alaska yarim oroli bilan Shimoliy Amerika materigi oraligʻida. Sathi 384 ming km². Chuq. 4929 m gacha. Suv koʻtarilishi 12 m gacha. Alaskada Kadyak va Aleksandr arxipelagi, Qirolicha Sharlotta orollari joylashgan. Alaskadagi Ba-ranov orolda rus geografi F. P. Litke 1840-yilda Tinch okeanda birinchi dengiz rasad-xonasini ochgan. Baliq ovlanadi. Asosiy portlari — Syuard, Prins-Rupert. AQSH shtati. Shimoliy Amerikaning shimoli-gʻarbida, AQShning asosiy qismidan uni Kanada yerlari aj-ratib turadi. Maydoni 1519 ming km². Alaska materik qismdan va bir qancha orollar (Aleksandr arxipelagi, Aleut orollari, Pribilov, Kadyak va boshqalar)dan iborat. Shimoliy Muz okeani va Tinch okean (Bering dengizi) bilan oʻralgan. Maʼmuriy markazi — Juno shahar. Tinch okean sohilida igna bargli oʻrmon bilan qoplangan baland togʻ 384tizmalari bor. Gidroenergiyaga boy eng yirik Yukon daryosida kema qatnaydi. Aholisi 599 ming kishi (1993), ancha-gina qismi harbiy xizmatchilardir. Mahalliy aholi — indeyslar, aleutlar va eskimoslar. Aholining 3/4 qismi Alaskaning janubi-sharqiy va janubiy sohil qismida yashaydi. Alaskani 18-asr 1-yarmida ruslar egallab, qishloklar qura boshlagan. 1799-yilda yer osti va yer usti boyliklaridan tanho foydalanish huquqini olgan Rossiya-Amerika kompaniyasi tashkil etildi. 1867-yilda Rossiya hukumati Alaskani AQSH ga 7,2 mln. dollarga sotib yuborgan. Alaska 1884-yilgacha AQSH harbiy vazirligi tasarrufida boʻlgan, 1884-1912-yillarda okrug, soʻngra hudud, 1959-yildan shtat. 19-asrning 90-yillarida Alaskaning markaziy qismida va Syuard yarim orolda oltin konlari topilishi bilan Alaskaning ichki qismlarida ham aholi turar joylari paydo boʻldi. 1911-38 yillarda Alaskada mis konlari ishga solindi. 1915-23 yillarda transport yoʻli qurilib, Alaskaning markaziy qismi sohil bilan bogʻlandi. Baliq ovlash va baliq sanoati, oʻrmon sanoati, foydali qazilmalar chiqarish va qisman moʻynachilik Alaska xoʻjaligining asosini tashkil etadi. Oltin qazib chiqarish Alaska kon sanoatining asosiy.tarmogʻidir. Shuningdek, kumir, neft, qalay, platina, simob, xromit qazib olinadi. Ishlab beruvchi sanoat asosan konserva va taxta tilish korxonalaridan iborat. Ketchikan va Sitka sh.larida 2 ta ulkan sellyuloza-qogʻoz zavodi bor. Qishloq xoʻjaligi bilan deyarli shugʻullanilmaydi, faqat Matanuska vodiysida, Kenay yarim orolda kartoshka ekiladi, qoramol, parranda boqiladi. Moʻynali hayvonlar ovlanadi. Tashqi aloqalari, asosan, dengiz floti, shuningdek havo yoʻllari orqali amalga oshiriladi. Alaska avtomobil yoʻli va transport yoʻli orqali Kanada bilan bogʻlangan. Ichki yuklar transport yoʻli, shuningdek avtomobil yoʻllarida tashiladi. Xeyns — Ferbenks neft quvuri (1000 km) qurilgan. Alaskada aerodromlar, harbiydengiz bazalari, raketodromlar bor. Manbalar AQSh: Tinch okean shtatlari AQSh shtatlari
2,901
4133
https://uz.wikipedia.org/wiki/Arizona
Arizona
Arizona — AQSH janubi-gʻarbidagi shtat. Maydoni 295 ming km². Aholisi 4 mln. Ortiq kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Finiks shahri Markaziy qismi togʻlar (balandligi 3861 m gacha), shimoli-sharqi Kolorado va Xila platolaridan iborat. Bu platolarni Kolorado daryosi kesib oʻtadi. Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — obikor dehqonchilik va konchilik sa-noati. Asosan paxta ekiladi. Beda, sab-zavot, sitrus ekinlar ham anchagina may-donni egallagan. Chorvachiligi goʻsht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Kolorado daryosiga yirik GES qurilgan. Mis qazib chiqarishda Arizona AQShda 1-oʻrinda turadi va oltin qazib olish ham katta oʻrin tutadi. Rangli metallurgiya (mis, alyu-miniy), metallsozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Turizm taraqqiy etgan. Arizonada Katta Kanyon milliy parki bor. Yana q. Katta Kanyon Kolorado daryosi Manbalar AQSh: Tog`li shtatlari AQSh shtatlari
885
4134
https://uz.wikipedia.org/wiki/Arkanzas
Arkanzas
Arkanzas (, ) — AQSH janubidagi shtat, Missisipining oʻng sohilidagi sertepa tekislikda. Maydoni 137,5 ming km². Aholisi 2,4 mln. (1993). Maʼmuriy markazi — Litl-Rok shahri. Qishi iliq, yozi issiq, yogʻin koʻp (1000 mm dan ortiq), tuprogʻi, asosan, qizil, sariq va allyu-vial. Daryo vodiylari va qayirlarida subtropik oʻrmon (sarv, kamed daraxti va boshqalar), qirlarda qaragʻay-dub oʻrmonlari bor. Arkanzasda qattiqyogʻoch tayyorlanadi. Arkanzas (shtat)da aso-san tovar mahsuloti ishlab chiqariladi. Paxta, soya, sholi ekiladi; Arkanzas AQSH dagi asosiy paxtachilik rayonlaridan biri. 626Chorvachilikda goʻsht uchun joʻja boqish (broyler) asosiy urin tutadi. Bok-sit qatlamlarini qayta ishlash boʻyicha AQShda 1-oʻrinda. Oziq-ovqat, oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash, sellyuloza-qogʻoz, kimyo sanoati, radioelektron tovarlar ishlab chiqarish yaxshi yoʻlga quyilgan. Manbalar AQSh: Janubiy-G`arbiy shtatlari AQSh shtatlari
923
4135
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kaliforniya
Kaliforniya
Kaliforniya - AQSH janubigʻarbidagi shtat, Tinch okean sohilida. Mayd. 411 ming km. Aholisi 39,5 mln. kishi (2017). Maʼmuriy markazi — Sakramento sh. Shtat markazini keng Qirgʻoq boʻyi tizmalari bilan oʻralgan Kaliforniya vodiysi egallagan. Yirik daryolari — Sakramento va San-Xoakin. Sharqda Syerra-Nevada togʻlari, jan.da Moxave qumli choʻli va chuqur tektonik botiqlar (Ajal vodiysi, Solton-Si koʻli) bilan chegaradosh. Iklimi yozi issiq va kishi sernam oʻrta dengiz iqlimi. Shtatning togʻ yon bagʻirlarida issiq va quruq iqlim. Togʻ qaragʻay oʻrmonlari va qattiq bargi doim yashil butalar oʻsadi. Kaliforniyada Yosemit, Lassen-Volkanik, Sekvayya va Kings-Kanon milliy parklari tashkil etilgan. Neft, tabiiy gaz, oltin, simob, temir rudasi va boshqa foydali qazilmalar olinadi. Kaliforniya AQShning iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan shtati, muhim harbiy ishlab chiqarish markazi. Aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, kimyo sanoati, neftni qayta ishlash, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), qora metallurgiya rivojlangan. Koʻplab oziq-ovqat (ayniqsa, konserva sanoati) korxonalari bor. Muhim sanoat markazlari — Los-Anjeles, San-Fransisko, San-Diyego, Oklend. Gollivudda kino sanoati rivoj topgan. Qishloq xoʻjaligi intensiv dehqonchilik bilan birga (asosan, meva va sabzavotlar, sitrus mevalar, paxta), ekstensiv chorvachilikka ixtisoslashgan. Shim.da oʻrmonchilik, dengiz boʻylarida baliq ovlash, turizm rivojlangan. Muhim portlari: San-Fransisko, Los-Anjeles. Harbiy bazalar, Kaliforniya universiteti bor. Kaliforniyaga yevropaliklar 16-asrda kela boshlagan. 18-asrdan ispanlar uni mustamlakaga aylantirganlar. Meksika mustaqillikka erishgach (1821), Kaliforniya hududi uning tarkibiga kirgan. AQTT1 — Meksika urushi (1846—48) natijasida Kaliforniya Meksikadan tortib olinib, AQShga qoʻshib olingan; 1850-yildan AQSH shtati. Manbalar AQSh: Tinch okean shtatlari AQSh shtatlari
1,902
4136
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kolorado
Kolorado
Kolorado — AQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydoni 270 ming km². Aholisi 4,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Denver shahri Shtatning oʻrta qismidan shim.dan janubga tomon Qoyali togʻlar kesib oʻtgan. Sharqida Buyuk tekisliklar, gʻarbida Kolorado platosi joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekislik va platolarda 0—4°, iyulni-ki 20—22°. Yillik yogʻin 300–400 mm atrofida. Asosiy daryolari: Sautt-Platt, Arkanzas, Rio-Grande va Kolorado. Oʻsimlik dunyosi sharqida dasht, gʻarbida chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Togʻ yon bagʻirlari igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Kolorado — industrial-agrar shtat. Nodir va rangli metallar, uran, oltin, neft, toshkoʻmir konlari bor. Molibden olish boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinda. Oziqovqat, qora va rangli metallurgiya, metallsozlik, kimyo va rezina sanoati korxonalari mavjud. Mashinasozlikning turli sohalari (kon va yoʻl qurilish jihozlari ishlab chiqarish, radioelektronika, raqsta-kosmik sanoati) rivojlangan. Koloradoning yetakchi tarmogʻi — goʻsht chorvachiligi. Daryo vodiylaridagi sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Buyuk tekisliklarda, asosan, bugʻdoy yetishtiriladi. Kolorado - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Denver shahri. AQSh ittifogʻiga 1-avgust 1876-yilda kirgan, undan oldin - Colorado Territory. Manbalar AQSh: Tog`li shtatlari AQSh shtatlari
1,429
4137
https://uz.wikipedia.org/wiki/Konnektikut
Konnektikut
Konnektikut— AQShning shim.-sharqiy qismidagi shtat, Yangi Angliyada. Maydoni 12,9 ming km². Aholisi 3,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Hartford shahri Konnektikut hududi dastlab Angliya mustamlakasi boʻlgan. 1788-yildan AQSH tarkibida. Shtat LongAylend boʻgʻozining sohil pasttekisligi va Appalachi tovyurining janubiy etaqlarida (200–400 m) joylashgan. Konnektikut hududidan oʻtuvchi Konnektikut daryosida kema qatnaydi. Iqlimi moʻʼtadil okean iqlimi. Hartfordda oʻrtacha temperatura yanvarda —2,4°, iyulda 22,6°. Yiliga oʻrtacha 1200 mm yogʻin yogʻadi. Yetakchi sanoat tarmoqlari — mashinasozlik (elektrotexnika va radioelektronika, soat ishlab chiqarish, priborsozlik, aviasozlik, kemasozlik va boshqalar) va metallsozlik. Toʻqimachilik, kimyo, rezina, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Hartford, Brijport, Nyu Xeyven, Uoterberi. Konnektikut ning yetakchi tarmogʻi — sut chorvachiligi va parrandachilik. Konnektikut daryosi vodiysida tamaki yetishtiriladi. Transport yoʻllari zich. Muhim dengiz portlari: Nyu-Xeyven, Brijport, NyuLondon. Konnektikutda muzeylar, universitetlar bor. Manbalar AQSh: Yangi Angliya shtatlari AQSh shtatlari
1,180
4138
https://uz.wikipedia.org/wiki/Delaver
Delaver
Delaver — AQSH shtati. Mamlakatning Atlantika okeani sohilida, Delmarva yarim orolning sharqiy qismida joylashgan. Maydon 5,3 ming km. Aholisi 796,1 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Dover shahar. Relyefi tekisliklardan iborat, botqoqliklar uchraydi. Iqlimi dengiz iqlimi, daryolari qisqa va sersuv. Keng bargli oʻrmon bor. Delaver— industrial-agrar shtat, xoʻjaligining asosini sanoat tashkil etadi. Ayniqsa kimyo sanoati rivojlangan (AQShning yirik kimyo zavodlari shu shtatda). Kemasozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, rezina, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati, yuqori sifatli poʻlat ishlab chiqarish, metallsozlik muhim ahamiyatga ega. Yirik sanoat shahri va porti — Uilmington. Shahar atrofida intensiv qishloq xoʻjaligi (parrandachilik, sut chorvachiligi, sabzavotchilik) rivojlangan. Delaver — AQShning ilk bor (1776-yilda) tashkil topgan shtatlaridan. Shtat hududida yevropaliklar koʻchib kelgunga qadar indeyslarning delavar qabilasi yashagan. 1664-yilda inglizlar tomonidan bosib olingan. Manbalar AQSh: Janubiy-Atlantik shtatlari AQSh shtatlari
1,066
4139
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kolumbiya%20okrugi
Kolumbiya okrugi
Kolumbiya okrugi — Amerika Qoʻshma Shtatlar okrugi. Poytaxti — Washington, D.C. shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan. AQSh: Janubiy-Atlantik shtatlari Shimoliy Amerika mamlakatlari poytaxtlari
209
4140
https://uz.wikipedia.org/wiki/Florida
Florida
Florida — AQShning janubiy qismidagi shtat. Florida yarim orol, materikning unga yondosh qismi va FloridaKis orollarida. Maydoni 152 ming km². Axrlisi 16,7 mln. kishi (2002). Shahar aholisi 85%. Maʼmuriy markazi — Tallaxassi shahri, eng yirik sanoat shahri — Jeksonvill. Relyefi tekislik. Iklimi subtropik, jan.da tropik iklim, yanvar ning oʻrtacha temperaturasi shimolida 12°, janubida 21°, iyulda 26° va 29°. Yillik yogʻin 900 – 1400 mm. Florida hududining katta qismi oʻrmon va botqoqlik. Daryolari qisqa va sersuv. Koʻl koʻp. Qishloq xoʻjaligida subtropik oʻsimliklar yetakchi oʻrinda. Yil boʻyi sabzavot yetishtiriladi. Shim. qismida paxta, yer yongʻoq, tamaki, janubida shakarqamish ekiladi. Shaharlar atrofida sut chorvachiligi va parrandachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. Foydali qazilmalardan fosforit qazib olinadi. Oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, kimyo, radioelektronika, raketasozlik sanoatlari rivojlangan. Kanaveral burnida raketa sinov maydoni va kosmodrom bor. Floridada qishki kurort koʻp. Yirik dengiz portlari: Tampa, Jeksonvill, Mayami. Florida hududini 1513-yil ispanlar pasxa bayrami kuni (ispancha Pascua Florida) kashf etib, shu kunning nomi bilan atashgan. 1763-yilda Buyuk Britaniya egallagan. Versal shartnomasiga muvofiq, 1783-yilda yana Ispaniyaga qaytarilgan. 1819-yildan AQSH tarkibida. AQSh ittifogiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin - Florida Territory. 2-aprel 1513-yil 'Paskva Florida' paytida uning dengiz sohiliga etib kelgan Juan Pons De Leyon tomonidan Florida deb atalgan. AQSh: Janubiy-Atlantik shtatlari AQSh shtatlari
1,587
4141
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jorjiya
Jorjiya
Jorjiya - Amerika Qoʻshma Shtatlari biri. Poytaxti - Atlanta shahri. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan, undan oldin - Province of Georgia, then sovereign state in Confederation. AQSh: Janubiy-Atlantik shtatlari AQSh shtatlari
237
4142
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gavayi
Gavayi
Gavayi - Amerika Qoʻshma Shtatlaridan biri. Poytaxti - Honolulu shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959–yilda kirgan, undan oldin - Kingdom of Hawaii, Hawaii Territory. Tinch okeandagi Gavayi o.larida. Mayd. 16,7 ming km. Aholisi 1172 mingdan ziyod kishi (1990–yillar oʻrtalari), amerikaliklar, yevropaliklar, yaponlar, filippinliklar, xitoylar va b. Mahalliy xalq — gavayiliklar (170 ming kishi, 1992). Shahar aholisi 70%. Rasmiy til — ingliz tili. Maʼmuriy markazi — Gonolulu sh. Tabiati haqida Gavayi orolariga qarang . Qishloq xoʻjaligi— iqgisodiyotining asosini tashkil etadi. 1 mln. ga yerga ekin ekiladi. Eng yaxshi yerlar eksport ekinlari — ananas, shakarqamish, kofe, sizal, banan bilan band. Isteʼmol uchun asosan sholi ekiladi. Gulchilik rivojlangan. Chorvachilik ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Qand-shakar va meva-konserva sanoati korxonalari bor. Tinch okeandan oʻttan havo va dengiz yoʻllarining muhim tuguni. AQSH va Kanadani Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Filippin, Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan bogʻlaydi. Ichki yuk tashishda dengiz va avtomobil transporta ahamiyati katta. Yirik dengiz porti — Gonolulu. Turizm rivojlangan. G.ni 1778–yilda J. Kuk kashf qilgan. Ispaniya-Amerika urushi davri (1898)da AQSH tasarrufiga oʻtgan. 1908–yildan AQShning Tinch okeandagi harbiy dengiz bazasi, 1959–yildan AQShning 50-shtati. AQSh: Tinch okean shtatlari AQSh shtatlari
1,387
4143
https://uz.wikipedia.org/wiki/Aydaho
Aydaho
Aydaho - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Maʼmuriy markazi - Boise shahri. AQSh ittifoqiga 1890-yilning 3-iyulida kirgan, undan oldin - Idaho Territory. Shimoli-gʻarbidagi shtat. Katta qismi togʻlardan ibo-rat. Shimoliy va markazida Qoyali togʻlar, sharqida Kolumbiya platosi, janubida Sneyk daryosi tekisligi bor. Maydoni 216,4 234ming km². Aholisi 1,1 mln. kishi (1992), jum-ladan, shahar aholisi 47,5%. Ma’muriy markazi – Boyse shahri 3 mingga yaqin mahalliy xalq – indeyslar bor. Shimoliy qismida konchilik sanoati va rangli me-tallurgiya (qurgʻoshin, pyx), janubiy qismida sugʻoriladigan dehqonchilik (Sneyk daryosi va uning irmoqlari vodiylarida) iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Sugʻoriladigan ekin maydoni ishlanadigan yerlarning 1/3 qismini band qilgan. Asosiy ekinlari: kartoshka (ekin may-doni jihatidan AQSHda 1-oʻrinda, yalpi hosili jihatidan 2-oʻrinda turadi); qand lavlagi (AQShda qand lavlagining 1Gʻ10 qismi), bugʻdoy va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik, yaylov chorvachiligi rivojlangan. Aydaxo tovar mahsulotining yarmiga yaqinini chorvachilik beradi. A.da kumush, rux va qoʻrgʻoshin qazib chiqariladi. Fosforit zaxirasi katta. Ishlab beruvchi sanoatda asosiy tarmoqlari – rangli metallurgiya (Kellogg), oziq-ovqat sanoati, oʻrmonchilik. Shtatning markaziy qismida atom ener-giyasi sohasida ilmiy ish olib boradigan yirik markaz bor. Turizm (Quyosh vodiysi va boshqalar) rivojlangan, kurort koʻp. Ameri-kani gʻarbdan sharqqa kesib oʻtadigan 2 ta temir yoʻl magistrali A.dan oʻtadi. Manbalar AQSh: Tog`li shtatlari AQSh shtatlari
1,569
4144
https://uz.wikipedia.org/wiki/Illinoys
Illinoys
Illinoys - AQSH shimolidagi shtat. Markaziy tekisliklarning shimoliy qismida, Michigan koʻli bilan Ogayo va Missisipi daryolari oraligʻida. Maydon 146 ming km. Aholisi 12,5 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Springfild shahri. Eng katta shahri va iqtisodiy markazi — Chikago. Illinoysdan muhim transkontinental yoʻllar va AQShning asosiy ichki suv yoʻllari oʻtgan. Illinoysning yer yuzasi sertepa tekislik (eng baland joyi 378 m). Tuprogʻi unumdor kora tuproqsimon. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Oʻrtacha oylik temperatura —3° dan 25°gacha . Yillik yogʻin 800–1000 mm. Illinoys — rivojlangan industrial-agrar shtat, aholisining soni, sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda AQShda yuqori oʻrinlardan birini egallaydi. Illinoysda toshkoʻmir, neft qazib olinadi. Mashinasozlik, metallsozlik, metallurgiya, tikuvchilik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Sanoatining yetakchi tarmoklari: konchilik, radioelektronika, elektrotexnika, sanoat va qurilish uskunalari, qishloq xoʻjaligi asboblari ishlab chiqarish, vagonsozlik, qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, goʻsht konservalash. Illinoys hududining 85% i fermerlar qoʻlida. Asosiy ekinlari — makkajoʻxori va soya, shuningdek, bugʻdoy, suli, ut ham ekiladi. Tovar mahsulotining yarmini chorvachilik beradi. Manbalar AQSh: Shimoliy-Sharqiy shtatlari AQSh shtatlari
1,368
4145
https://uz.wikipedia.org/wiki/Indiana
Indiana
Indiana — AQShning shimolidagi shtat. Michigan koʻli bilan Ogayo daryosi oraligʻida. Mayd. 94 ming km. Aholisi 6,1 mln. kishi, shuning 65% shaharlarda yashaydi (2001). Maʼmuriy markazi va eng katta shahri — Indianapolis. Yer yuzasi oʻr-qirli tekislik. Eng baland joyi 378 m. Iqlimi moʻʼtadil kontinental, yozi issiq. Yillik oʻrtacha yogʻin 1000 mm. Oʻrmonlar deyarli qirqib tugatilgan. Indiana— industrial-agrar shtat. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: umumiy mashinasozlik (samolyot, raketa va mashina dvigatellari, yoʻl mashinalari, qishloq xoʻjaligi qurollari, radioelektronika asboblari ishlab chiqarish) va qora metallurgiya (choʻyan va poʻlat eritishda AQShda yetakchi oʻrinda). Kimyo, kimyo-farmatsevtika, rezina, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Indiana "makkajoʻxori mintaqasi"ning sharqiy chekkasida joylashgan. Tuprogʻi qoratuproq. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori va bugʻdoy. Chorvachilik qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining yarmidan koʻprogʻini beradi. Ogayo daryosi va Uobash daryosining quyi qismida kema qatnaydi. Indiana hududida yevropaliklar kelgunga qadar indeyslarning koʻp sonli qabilalari yashagan. Indianani 17-asr oxirida fransuzlar egalladi. 1763 yildan Buyuk Britaniya mulki. 1783 yildan AQSH tarkibida. Indiana 1816 yildan AQSH shtati. Manbalar AQSh: Shimoliy-Sharqiy shtatlari AQSh shtatlari
1,330
4146
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ayova
Ayova
Ayova – AQShning Oʻrta Gʻarbidagi shtat. Maydoni 146 ming km². Aholisi 2,8 mln. kishi (1992). Ma’muriy markazi – De-Moyn shahri "Makkajoʻxori mintaqasi"ning markazi. Ayova mahsuloti qiymatiga koʻra AQShda (Kaliforniyadan soʻng) 2-oʻrinda turadi. Tabiiy sha-roiti qulay. Missisipi va Missuri daryolarining pastroq (400–500 m) te-kis suvayirgʻichida joylashgan. Partov yerlar kam. Iqlimi moʻ’tadil kontinental, yogʻinning yarmidan koʻprogʻi (yiliga 700–1000 mm) koʻklam-yoz oylarida yogʻadi, tuproqlari unumdor qora-tuproq va qoramtir tuproq. Ayova rivojlangan. Shtat hududining 70% ekinzor, 11% yaylov, 7% ni oʻrmonlar tashkil etadi. Ekin maydonining koʻp qismi yem-xashak ekinlari: makkajoʻxori (48-50%), suli (25-26%), oʻtlar (15–16%) bilan band. Loviya koʻp ekiladi. Ayova tovar mahsuloti qiymatining 80% chorvachiliqsan kela-di; qoramol, choʻchqa boʻrdoqiga boqiladi. Ayova yaxshi mexanizatsiyalashgan. Foydali qazilmalardan qurilish materiallari va bir oz koʻmir qazib chiqariladi. Ish-lab beruvchi sanoat tarmoqlaridan, asosan, oziq-ovqat sanoati, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinalari va inventarlari ishlab chiqarish rivojlangan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Ayovada bir qancha harbiy sanoat korxonalari qurildi (Davenport, Dubyuk va boshqa portlarda). Missisipi va Missuri daryolarida kema qatnaydi. Transport yoʻllari yaxshi rivojlangan. Ayovada makkajoʻxori seleksiyasi tadqiqot instituti bor. Manbalar AQSh: Shimoliy-G`arbiy shtatlari AQSh shtatlari
1,468
4147
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kanzas
Kanzas
Kanzas — AQShning markaziy qismidagi shtat. Maydon 213,1 ming km. Aholisi 2,68 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Topika shahar. Sanoat markazlari — Kanzas-Siti va Uichito shaharlari. Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik, Qoyali togʻlardan Missuri daryosiga tomon qiyalanib boradi. Markaziy qismida Smoki-Xils, Blu-Xils tepaliklari (bal. 862 m gacha) bor. Iqlimi moʻtadil kontinental iklim (oʻrtacha oylik temperaturaalar —3° dan 26° gacha). Yillik yogin 550–950 mm, yozi qurgʻoqchil. Asosiy daryolari — Kanzas va Arkanzas (yilning koʻp qismida kamsuv). Kanzas — AQShning qishloq xoʻjaligi rivojlangan shtatlaridan. Qishloq xoʻjaligida 2/3 tovar mahsulotini chorvachilik, asosan, goʻsht chorvachiligi beradi. Dehqonchilikda joʻxori (sorgo) va kuzgi bugʻdoy yetishtiriladi. Mamlakatda bugʻdoy hosili boʻyicha 1-, qoramol soni boʻyicha 4-oʻrinda. Oziq-ovqat (goʻsht-konserva, un tortish, yem ishlab chiqarish.) sanoati rivojlangan. Aviatsiya, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari bor. Neft, tabiiy gaz, geliy (AQShda 1-oʻrinda) olinadi. Kanzas hududini yevropaliklar egallagunga qadar, u yerda indeys qabilalari yashagan. Yevropaliklar Kanzasga il k bor 1541 yilda kelgan. 1803 yildan AQSH bu shtatni Luiziana tarkibida Fransiyadan sotib olgan. 1854 yilda AQShga qarashli hudud maqomi berildi. Manbalar AQSh: Shimoliy-G`arbiy shtatlari AQSh shtatlari
1,413
4148
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kentukki
Kentukki
Kentukki AQShning janubiy qismidagi shtatdir. Maydon 104,6 ming km. Aholisi 4,06 million kishi (2001), yarmidan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Frankfort shahri. Yirik shaharlari: Luisvill, Leksington. Kentukkining koʻp qismi Kamberlend platosida (balandligi 200–450 m) joylashgan. Karst relyef shakli koʻp. Mashhur Mamont gʻori ham oʻsha yerda. Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qismlari tekislik. Ogayo, Kamberlend va boshqa daryolar kesib oʻtadi. Iqlimi moʻtadil nam iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura yanvarda 0,4°, iyulda 24,4°. Yillik yogʻin 1000–1250 mm. Kentikki — industrial-agrar shtat. Kimyo (sintetik kauchuk, tola, plastmassa va boshqa), elektrotexnika (uy-roʻzgʻor asboblari) va umumiy mashinasozlik sanoati rivojlangan. Padyuka shahri. AQShdagi atom sanoati markazlaridan biri. Oziqovqat (vino, jumladan, viski tayyorlash) va tamaki sanoati korxonalari bor. Toshkoʻmir, tabiiy gaz, neft qazib chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida tamaki (hosili boʻyicha AQShda Shimoliy Karolina shtatidan keyin 2-oʻrinda), makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, soya, bugʻdoy ekiladi. Goʻsht-sut va goʻsht chorvachiligi rivojlangan. Ogayo daryosida kema qatnaydi. Manbalar AQSh: Janubiy-Sharqiy shtatlari AQSh shtatlari
1,224
4149
https://uz.wikipedia.org/wiki/Luiziana
Luiziana
Luiziana - AQShning janubidagi shtat. Meksika qoʻltigʻi sohilida. Maydoni 123,6 ming km². Aholisi 4,46 mln. kishi (2001), yarmidan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — BatonRuj shahri Eng katta shahri va yirik dengiz porti — Yangi Orlean. Transport yoʻllari yaxshi rivojlangan. Luiziananing sohil qismi botqoqli pasttekislik, shimoli-gʻarbiy qismi sertepa (eng baland joyi 163 m). Iqlimi subtropik, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 12° dan 27,5°gacha. Yiliga 1100 — 1500 yogʻin yogʻadi. Qaragʻay oʻrmonlari bor. Luiziana — industrial-agrar shtat. Konchilik sanoati rivojlangan. Luiziana AQShda qazib olinadigan neft va tabiiy gazning katta qismini beradi. Neftni qayta ishlash, kimyo, alyuminiy, neft-kimyo sanoatlari rivojlangan. Yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat, ke-masozlik va kema taʼmirlash, metallsozlik, harbiy sanoat korxonalari, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish zavodi bor. Qishloq xoʻjaligida tovar mahsulotining yarmidan kupi dexdonchilikdan olinadi. Asosiy ekinlari: sholi, paxta, shakarqamish. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. L. shtati 1812-yilda tuzilgan. Luiziana - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Baton Rouge shahri. AQSh ittifogʻiga 30-aprel 1812-yilda kirgan, undan oldin - Orleans Territory. Manbalar AQSh: Janubiy-G`arbiy shtatlari AQSh shtatlari
1,323
4150
https://uz.wikipedia.org/wiki/Meyn
Meyn
Meyn — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti — Augusta shahri. AQSh ittifogʻiga 15 mart 1820 yilda kirgan, undan oldin — Massachusetts. Meynning beshdan toʻrt qismini yogʻoch qayta ishlovshi sanoati uchun juda muhim boʻlgan oʻrmonlar tashkil qiladi. Shuning uchun ham shtatning „yogʻoch shtat“ va „sosna shtati“ degan laqablari bor. Meyn Amerikada baʼzan „AQShning Shveysariyasi“ va „Vacationland“ („Hordiq yeri“) deb ham ataladi. Bu nomlarning kelib chiqishiga shtatning togʻli manzarasi va koʻp yogʻadigan qori sababchi boʻlgan. Umumiy maʼlumot Meyn — AQShning 50 shtatidan biri. Yevropaliklar 1607-yilda ilk bora bu yerda yashashni boshlagan. 1602-yili Meyn, Buyuk Britaniyaga qarashli boʻlgan Massachusetts Koʻrfaz Koloniyasining tarkibiga kirdi. 1776-yilda AQSh davlati mustaqillikka erishgach Meyn hozirgi Massachusetts shtatining ichida edi. Keyinchalik, 1820-yilda Meyn aholisining koʻpayishi hamda Massachusetts shtat markazidan uzoqdaligi tufayli alohida Meyn shtatiga aylantirildi. Shtat AQShning shimol-sharqiy tomonidagi Yangi Angliya hududida joylashgan. Poytaxti — Augusta shahri, eng katta shari esa Portlend — aholisi 65.000. 1832-yilgacha Meyn shtatining poytaxti Portlend shari edi, keyin Augusta shahri poytaxt deya eʼlon qilindi. Joʻgʻrofiyasi Meyn shtati AQShning Kanada davlati bilan chegaradosh boʻlgan shtatlaridan biridir. Mamlakatning eng shimoli sharqiy qismida joylashgan shtat, shimol, gʻarb va shimoli gʻarbiy tarafda Kanada bilan chegaradosh. Janubi gʻarbiy tarafda esa AQShning N'yu-Xempshir shtati bilan chegaralangan. Janubi sharqiy tarafda Atlantika okeani bor. Qiziqarli tomonlardan biri shuki, Meyn shtati AQShning eng sharqiy shtatidir. Shtat hududidagi eng katta koʻl — Musxed (english: Moosehead) koʻlidir, eng baland togʻ esa Kataxdin tog'i. Iqtisodiyot Shtatning eng katta shahri boʻlgan — Portlend AQShning shimoli sharqiy qismidagi eng katta port-shahridir. Portlend dengiz transportatsiyasi boʻyicha soʻnggi yillarda, xatto, Boston shahrini ham ortda qoldirmoqda. Meyn viloyatida hayvonchilik, baliqchilik va dehqonchilik rivojlangan. Oʻrmon sanoatida aholining koʻp qismi ishlaydi. Boshqa shtatlarga tovuq, tuxum, go'sht va sut mahsulotlari, olma va boshqa meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiladi. Shuningdek turizm ham Meyn iqtisodiyotining muhim parchalaridan biri. Qish fasli sovuz oʻtgani bilan, yoz mavsumida Atlantika okeani qirgʻoqlari turistlar bilan gavjum boʻladi. Meyndagi Acadia Milliy Bog'iga har yili minglarcha tursit tashrif buyuradi. AQSh: Yangi Angliya shtatlari AQSh shtatlari
2,556
4152
https://uz.wikipedia.org/wiki/Massachusetts
Massachusetts
Massachusetts - AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Maydoni 21,4 ming km². Aholisi 6,42 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Boston shahri Shtatning sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligidan iborat, markazini Konnektikut daryosi vodiylari bilan parchalangan yassitogʻlik, gʻarbiy qismini Appalachi togʻlari egallagan. Aralash oʻrmonlar (ayniqsa, togʻlarda) keng tarqalgan. Massachusetts aholi eng zich joylashgan va iqtisodiy yuksalgan shtatlardan. Asosiy sanoat tarmogʻi — mashinasozlik, jumladan, elektrotexnika, radioelektronika, stanoksozlik, vagonsozlik, toʻqimachilik va poyabzal sa-noatlari uchun mashinalar ishlab chiqarish Shunin-gdek, toʻqimachilik va koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Kimyo, rezina, qogʻoz, poligrafiya, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Asosiy sanoat markazi va dengiz porti — Boston shahri Qishloq xoʻjaligi shaharlarni oziq-ovqat bilan taʼminlashga: sut chorvachiligi va parrandachilikka, sabzavot va polizchilikka ixtisoslashgan. Baliq ovlanadi. Massachusettsda Harvard va Klark universitetlari, texnologiya instituti bor. Turizm rivojlangan. Massachusetts - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Boston shahri. AQSh ittifog`iga 6-fevral 1788-yilda kirgan, undan oldin - Province of Massachusetts Bay, then sovereign state in Confederation. Massachusetts Yangi Angliya regioniga kiradi. Bu region AQShning oltita shtatini o'z ichiga oladi. Massachusetts shtatining nomi koloniyachilar kelishidan oldin shtat qirg'oqlarida yashagan Massachusetts hindulardidan kelib chiqan. Bu atama "massa" - "buyuk" va "wachusett" - "tog'li joy" degan so'zlarning qo'shilishidan kelib chiqqan deb ishonalidi. Massachusettsning rasmiy laqabi "Qo'ltiq Shtati"dir. Sababi boshida u Massachusetts Qo'ltig'i Kolonoyisa deb yuritilgan. Manbalar AQSh: Yangi Angliya shtatlari AQSh shtatlari
1,861
4154
https://uz.wikipedia.org/wiki/Michigan
Michigan
Michigan — AQShning shimoliy qismidagi shtat. Buyuk koʻllar sohilida, Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 151,5 ming km². Aholisi 10,05 mln. kishi (2002), shundan 70% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Lansing shahri; eng katta shahri, iqtisodiy markazi va porti — Detroyt. AQSh ittifogʻiga 26-yanvar 1837-yilda kirgan, undan oldin - Northwest Territory (Michigan Territory). Michigan hududi Yuqori koʻl, Guron va Michigan koʻllari oraligʻidagi ikkita yarim orolda joylashgan. Yer yuzasi sertepa tekislik, eng baland joyi 604 m. Ikdimi moʻʼtadil iqlim, shim.da qish sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7°, iyulniki 21°. Yillik yogʻin 800 mm. Michigan — AQShning sanoati rivojlangan shtati. Ishlab beruvchi sanoat korxonalarida iqtisodiy faol aholining 35% ishlaydi. Metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Detroyt va uning atrofida hamda Flint, Lansing va boshqa shaharlarda "Jeneral motore", "Ford" va "Kraysler" kabi yirik avtomobil zavodlari joylashgan. Maxsus poʻlat va tunuka ishlab chiqarish, qora va rangli metallardan buyumlarquyish, stanok, pribor, elektr uskunalari, lok-boʻyoq, rezina ishlab chiqarish av- . tomobilsozlik sanoati bilan bogʻliq. : Harbiy, kimyo, silikat-keramika, i oziq-ovqat, yogʻochsozlik, mebel, qogʻoz sanoatlari ham rivojlangan. Temir va mis rudalari, osh tuzi qazib chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi sut va sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Meva, uzum yetishtiriladi, qand lavlagi ekiladi. K-"- tovar mahsulotining 55% ni chorvachilik beradi. Turizm rivojlangan. Manbalar AQSh: Shimoliy-Sharqiy shtatlari AQSh shtatlari
1,588
4155
https://uz.wikipedia.org/wiki/Minnesota
Minnesota
Minnesota – AQShning shimoliy qismidagi shtat. Maydoni 218,6 ming km². Aholisi 5,01 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Sent-Pol shahri Buyuk koʻllardan gʻarbda joylashgan. Yer yuzasi oʻrqirli tekislik. Iqlimi moʻʼtadil kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10—15°, iyulniki 17—22°. Yillik yogʻin 700 mm gacha. Asosiy daryosi — Missisipi. Shim.-sharqida igna bargli oʻrmonlar saqlangan; 10 mingdan ortiq koʻl bor. Temir rudasi (mamlakatda olinadigan rudaning 60%) qazib olinadi. Yetakchi sanoat tarmoqlari: qora metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, vagonsozlik va kemasozlik). Harbiy, koʻnteri, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari — Sent-Pol, Minneapolis, Dulut-Syupirior. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik (sut-goʻsht chorvachiligi) rivojlangan. Shtat sariyogʻ, quruq sut, pishloq ishlab chiqarish, kurka goʻshti yetishtirish boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinni egallaydi. Bugʻdoy, makka-joʻxori, lavlagi, dukkakliklar, zigʻir ekiladi. Koʻllar va Missisipi da-ryosida kema qatnaydi. Porti — Dulut-Syupirior. Minnesota - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Saint Paul shahri. AQSh ittifogʻiga 11-may 1858-yilda kirgan, undan oldin - Minnesota Territory. Manbalar AQSh: Shimoliy-G`arbiy shtatlari AQSh shtatlari
1,267
4156
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mississippi
Mississippi
Mississippi — AQShning janubiy qismidagi shtat. Maydoni 123,5 ming km². Axoliyey 2,8 mln. kishi (2002). Aholining 47 % shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi va eng yirik shahri — Jackson. Yer yuzasining katta qismi pasttekislik, shtatning gʻarbiy chegarasi boʻylab oʻtgan Mississippi daryosining soʻl irmoklari bilan kesilgan. Iklimi subtropik sernam iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 8°, iyulniki 27°. Shimolda keng bargli, janubda igna bargli oʻrmonlar, Meksika qoʻltigʻi sohilida botqoq sarvi oʻsadi. Mississippi — agrar shtat. Asosiy ekini — paxta. Paxta hosili yetishtirishda mamlakatda Texas shtatidan keyin 2-oʻrinda. Soya, makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, shakarqamish ekiladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Parrandachilik bilan shugʻullaniladi. Neft, tabiiy gaz qazib chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik va kemasozlik. Mississippi daryosida sohilida Galfport porti bor. Manbalar AQSh: Janubiy-Sharqiy shtatlari AQSh shtatlari
1,030
4157
https://uz.wikipedia.org/wiki/Missuri
Missuri
Missuri – AQShning markaziy qismidagi shtat. Missisipi va Missuri daryolari havzasida. Maydoni 180,5 ming km². Aholisi 5,67 mln. kishi (2002), shundan 69% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi – Jefferson-Siti shahri; yirik shaharlari – SentLuis va Kanzas-Siti. M.ning yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Janubida Ozark platosi (eng baland joyi 540 m) bor. Iqlimi moʻʼtadil iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –G, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 1000 mm; tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Daryolari kuchli toshadi. Missuri – industrial-agrar shtat. Iqtisodiy faol aholining 25% sanoatda band. Qoʻrgʻoshin, temir rudasi, toshkoʻmir, bariy, qurilish materiallari qazib chiqariladi. Mashinasozlik va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Aviaraketa, avtomobilsozlik, radioelektronika, kimyo, goʻsht-konserva, un tortish korxonalari bor. Yoʻl qurish va qishloq xoʻjaligi mashinalari, koʻn-poyabzal, sement ishlab chiqariladi. Kora va rangli metallurgiya korxonalari mavjud. Missurining yetakchi tarmogʻi – chorvachilik. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: makkajoʻxori, soya, bugdoy. Ozark platosida suli, Missisipi daryosi vodiysida paxta ekiladi. Manbalar AQSh: Shimoliy-G`arbiy shtatlari AQSh shtatlari
1,232
4158
https://uz.wikipedia.org/wiki/Montana
Montana
Montana — AQShning shim.gʻarbiy qismidagi shtat. Togʻli shtatlar guru-xida. Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 380,8 ming km². Aholisi 909,4 ming kishi (2002), shundan shahar aholisi 52%. Maʼmuriy markazi — Xelina shahri Yirik shaharlari: Billings va GreytFols. Shtatning gʻarbiy qismini Qoyali togʻlar egallagan, sharqiy qismi Preriy platosidan iborat. Iklimi moʻʼtadil, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —8°, iyulniki 20°. Yillik yogʻin 350–400 mm. Yirik daryolari: Missuri va uning irmogʻi Yellouston. M. hududida Gleysher va Yellouston milliy parklarining bir qismi joylashgan. M. iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — kon sanoati va ekstensiv qishloq xoʻjaligi Mis, qoʻrgʻoshin va rux eritish, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: bugʻdoy va qand lavlagi. Milliy parklarga koʻplab turistlar keladi. Manbalar AQSh: Tog`li shtatlari AQSh shtatlari
920
4159
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nebraska
Nebraska
Nebraska — AQShning markaziy qismidagi shtat. Missuri daryosi havzasida. Maydoni 200,3 ming km². Aholisi 1,7 mln. kishi (2002), shundan 66% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Linkoln shahri; eng yirik shahri va sanoat markazi — Omaxa. Shtat qududining katta qismi Buyuk tekisliklarda, gʻarbiy chekkasida Qoyali togʻlarning tarmoqlari (eng baland joyi 1654 m) bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 24°. Yillik yogʻin 500–700 mm. Yirik daryolari — Missuri va Platt. Togʻ yon bagʻirlarida oʻrmonlar bor. N. — agrar-industrial shtat. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining yarmidan koʻprogʻini chorvachilik beradi. Chorvachilik, aso-san, goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. N.ning sharqiy qismida dehqonchilik nisbatan rivojlangan. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori va bugʻdoy. Tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Shtatning gʻarbiy qismidagi dare vodiysida sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Rangli metallurgiya va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bor. N.da ozrok, neft qazib olinadi. Nebraska - Amerika Qo`shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Lincoln shahri. AQSh ittifog`iga 1-mart 1867-yilda kirgan, undan oldin - Nebraska Territory. Manbalar AQSh: Shimoliy-G`arbiy shtatlari AQSh shtatlari
1,286
4160
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nevada
Nevada
Nevada — AQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydoni 286,3 ming km². Aholisi-2,2 mln. kishi (2002), shuning 88% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Karsonsiti shahri Yirik shaharlari: Las-Vegas va Rino. Shtat xududining aksari qismi Katta havzada. Gʻarbida Syerra-Nevada tizmasining tarmoqlari joylashgan. Iklimi kontinental, quruq iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —G, iyulniki 23°. Yillik yogʻin 150–250 mm. Daryolari kamsuv. Chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Nevadada axrli siyrak. Iqtisodiy jihatdan ham nisbatan kam taraqqiy etgan shtat. Kon sanoati rivojlangan. Nevadada oltin, ku-mush, volfram, temir, marganets, polimetall rudalari qazib olinadi. Rangli metallurgiya, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Kolorado daryosiga katta GES qurilgan. Qishloq xoʻjaligida yaylov chorvachiligi yetakchi oʻrin-da. Koramol, qoʻy boqiladi. Bugʻdoy, sab-zavot, beda va boshqa ekinlar ekiladi. Nevada hududining bir qismi harbiy poligon. Rino shahrida Nevada universiteti bor. Turi-stlar koʻp keladi. Nevada - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Carson City shahri. AQSh ittifog`iga 31-oktabr 1864-yilda kirgan, undan oldin - Nevada Territory. Manbalar AQSh: Tog`li shtatlari AQSh shtatlari
1,226
4161
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nyu-Xempshir
Nyu-Xempshir
Nyu-Xempshire — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti — Concord shahri. AQSh tarkibiga 21-iyun 1788-yilda kirgan, undan oldin — Province of New Hampshire. Nyu-Xempshir shtatining nomi Angliyaning janubida Joylashgan Xempshir grafligi nomidan olib qoʻyilgan. Nyu-Xempshir kichkina shtat boʻlgani bilan, oʻrmonlar, togʻlar, koʻllar va tez oqar daryolarga boy. Nyu-Xempshirda 222ta shahar va shaharchalar bor. AQShning shim.-sharqiy qismidagi shtat. Yangi Angliyada, Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 24,03 ming km². Aholisi 1,27 mln. kishi (2002), 51% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Konkord sh. Eng katta shahri — Manchester. N.-X. maydo-nining katta qismida Appalachi togʻlari joylashgan, shim.-sharqida Oq togʻlar bor. Yirikdaryolari: Merrimak va Konnektikut. Koʻl koʻp. Igna bargli oʻrmonlar bor. Mashinasozlik, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Issiklik elektr st-yalari va GESlar bor. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining katta qismini sut chorvachiligi va parrandachilik beradi. Dehqonchilikda yem-xashak ekinlari, sabzavot ekiladi. Turizm rivojlangan. Shtat hududiga yevropaliklar 1623-yildan borib urnasha boshlagan. N.-X. AQShni tuzishda qatnashgan dastlab-ki 13 shtatdan biri. Manbalar AQSh: Yangi Angliya shtatlari AQSh shtatlari
1,308
4162
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nyu-Jersi
Nyu-Jersi
Nyu-Jersi () – Amerika Qoʻshma Shtatlaridan biri. Poytaxti – Trenton shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin. AQShning sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 20,16 ming km². Aholisi 8,6 mln. kishi (2002), 89% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Trenton sh. Yirik shaharlari: Nyuark, Jersisiti, N.-J.ning koʻp qismi Atlantika boʻyi pasttekisligida, shimoliy qismi Appalachi togʻlari etaklarida. Iqlimi moʻʼtadil, sernam. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Gdan —5° gacha, iyulni-ki 22-24°. Nyu-Jersi — AQShning aholisi eng zich va iqtisodiy jihatdan rivojlangan shtatlaridan. Ishlab beruvchi sanoat yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik, rangli metallurgiya, silikat-keramika, ti-kuvchilik korxonalari bor. Bogʻdorchilik rivojlangan. Nyu-Jersi hududi orqali AQShning yirik shaharlarini bogʻlovchi transport yoʻli va avtomobil yoʻllari oʻtgan. Manbalar Shimoli-sharqiy AQSh AQSh shtatlari
907
4163
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nyu-Meksiko
Nyu-Meksiko
Nyu Meksiko () - AQShning jangʻarbiy qismidagi shtat. Meksika bilan chegaradosh. Mayd. 314,9 ming km. Aholisi 1,85 mln. kishi (2002), 73% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Albukerke shahri. Shtatning markazi Kr-yali togʻlar (eng baland joyi 4000 m), gʻarbi Kolorodo platosi, janubiy-sharqi LyanoEstakado platosi bilan band. Iklimi subtropik, quruq iklim. Oʻrtacha temperatura iyulda 23°, yanvarda G. Yillik yogʻin 250–500 mm. Eng katta daryosi — Rio-Grande. Nyu Meksiko AQShning aholisi siyrak shtatlaridan. Uran rudasi qazib chiqarishda yetakchi oʻrinda. Kaliy tuzlari, neft, tabiiy gaz, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin, kumush, vanadiy konlari bor. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: rangli metallurgiya, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash. Atom energiyasini oʻrganish markazlari bor. Qishloq xoʻjaligida yaylov chorvachiligi asosiy oʻrin tutadi. Nyu Meksiko hududini 16-asrda ispanlar bosib olgan. 1821 yilda Meksika tarkibiga qoʻshilgan. 1848 yildan AQSH bosib olgan. 1912 yildan AQShning 47-shtati. Manbalar AQSh: Tog`li shtatlari AQSh shtatlari
1,053
4164
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nyu-York%20%28shtat%29
Nyu-York (shtat)
Nyu-York – AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida (Long-Aylend oroli ham Nyu-York tarkibida), Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 141,3 ming km. Aholisi – 19 571 216 kishi (2023); 84% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi – Albany shahri. Yirik shaharlari: Nyu-York, Buffalo, Rochester, Syracuse. Shtat hududining koʻp qismida Appalachi togʻ tizmalari (eng baland joyi 1 628 m) joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0–8 °C, iyulniki 20–23 °C. Yillik yogʻin 800–1 000 mm. Yirik daryolari: Gudzon, Saint-Lavrens. Oʻrmonlar bor. Nyu-York – AQShning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan va aholisi zich shtatlaridan biri. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish va savdo aylanmasi boʻyicha AQShda 1-oʻrinda. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlari: sut chorvachiligi, parrandachilik, sabzavotchilik, tokchilik. Nyu-York hududini VII asr boshida gollandlar bosib olgan. Shtatning mahalliy aholisi qirib tashlangan. 1664-yilda Nyu-Yorkni inglizlar egallagan. 1776-yilda Nyu-York AQShni tuzishda qatnashgan dastlabki 13 shtatdan biri boʻlgan. Demografiyasi Manbalar Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild, Toshkent, 2000-yil. Havolalar Rasmiy sayti (inglizcha) Shimoli-sharqiy AQSh AQSh shtatlari
1,281
4165
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shimoliy%20Karolina
Shimoliy Karolina
Shimoliy Karolina – Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Raleigh shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin - Dakota Territory. AQShning sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 136,4 ming km². Aholisi 8,3 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Roli shahri Shtatning sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligida, gʻarbi Appalachi togʻlari (eng baland joyi 2037 m) va Pidmont platosida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-gʻarbida 0° dan, janubisharqida 8° gacha, iyul oyida shimolida 24°, janubida 26°. Yillik yogʻin 1000–1300 mm. Daryolarining quyi qismida kema qatnaydi. Appalachi togʻlarida keng bargli oʻrmonlar qisman sakdangan. Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — toʻqimachilik sanoati. Shtat ip gazlama ishlab chiqarish boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Tamaki, yogʻochsozlik (mebel), tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Alyuminiy eritiladi, kimyoviy tolalar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik rivojlangan. Asosiy ekini — tamaki, shuningdek, yer yongʻoq, makkajoʻxori, sabzavotlar ekiladi. Chorvachilikda, asosan, qoramol, choʻchqa boqiladi. AQSh: Janubiy-Atlantik shtatlari AQSh shtatlari
1,145
4166
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shimoliy%20Dakota
Shimoliy Dakota
Shimoliy Dakota - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Bismarck shahri. AQSh ittifogʻiga 21-noyabr 1789-yilda kirgan, undan oldin. AQShning shimolidagi shtat, Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 183 ming km². Aholisi 634,1 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Bismark shahri Yer yuzasi tekislik, daryolari chuqur vodiylardan oqadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —19° dan —22° gacha, iyulniki 20—23°. Yillik yogʻin 400– 500 mm. Asosiy daryosi — Missuri (yuqori oqimi). Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Asosiy ekini — bugʻdoy, yalpi hosili boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Shuningdek, suli, arpa, javdar, makkajoʻxori, zigʻir, oʻt ekiladi. Goʻsht chorvachiligi rivojlangan. Qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Sanoatida yetakchi tarmoq — oziqovqat sanoati. Foydali qazilmalardan neft, gazeta va qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi. Manbalar AQSh: Shimoliy-G`arbiy shtatlari AQSh shtatlari
941
4167
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ogayo
Ogayo
Ogayo — AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Eri koʻli bilan Ogayo daryosi oraligʻida. Maydoni 107,0 ming km². Aholisi 11,4 mln kishi (2002), 75% dan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Kolumbus shahri, yirik sanoat shaharlari: Klivlend va Sinsinnati. Shtatning sharqida Appalachi platosi (eng baland joyi 460 m), gʻarbida Markaziy tekisliklar bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0" dan —3° gacha, iyulniki 23— 25°. Yillik yogʻin 800–1000 mm. Ogayo — AQShning aholisi zich va iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Toshkoʻmir (yiliga 40 mln. t), tuz (5 mln. t), neft va tabiiy gaz qazib olinadi. Ogayo choʻyan va pulat eritishda AQShda Pensilvaniya shtatidan keyin 2-oʻrinda, elektr energiya hosil qilishda esa 1-oʻrinda. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining 60%ni chorvachilik beradi. Ekin maydoni 5 mln. ga. Asosan, makkajoʻxori, soya, bugʻdoy, suli va yem-xashak ekinlari ekiladi. Meva, uzum va sabzavot yetishtiriladi. Eri koʻli sohilidagi portlar orq-ali koʻmir junatiladi, temir rudasi keltiriladi. Ogayo hududini yevropaliklardan birinchi boʻlib 17-asrda fransuzlar egallagan. Parij shartnomasiga bino-an, 1763-yilda Ogayo Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. 1783-yildan AQSH tarkibida. 1802-yildan AQSH shtati. Manbalar AQSh: Shimoliy-Sharqiy shtatlari AQSh shtatlari
1,308
4168
https://uz.wikipedia.org/wiki/Oklaxoma
Oklaxoma
Oklaxoma - AQShning janubiy qismidagi shtat. Maydoni 181,1 ming km². Aholisi 3,5 mln. kishi (2002), 68% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markaziy — Oxlaxoma-Siti shahri, iqtisodiy markazi — Yer yuzasining koʻp qismi tekislik, gʻarbi esa plato (eng baland joy 1516 m). Jan.-sharqida Uoshito togʻining tarmoqlari bor (eng baland joyi 884 m). Iklimi subtropik iklim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—6°, iyulniki 24—27°. Yillik yogʻin 450–1000mm. Yirik daryolari: Arkanzas va Red-River. Hududining koʻp qismi ekinzor. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmon. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — konchilik sanoati. Oklahomada neft, tabiiy gaz, rux va koʻmir qazib olinadi. Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan, kon va kurilish uskunalari, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida goʻsht-sut chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Dehqonchilikda, asosan, bugʻdoy, paxta va makkajoʻxori ekiladi. Oklahomadan boshqa shtatlarga neft va gaz quvurlari oʻtkazilgan. Geografiya Oklahoma 69,899 kvadrat milya (181,040 km2) maydonni egallagan, 68,595 kvadrat milya (177,660 km2) quruqlik va 1,304 kvadrat milya (3,380 km2) suvga ega bo'lgan Oklaxoma Qo'shma Shtatlardagi eng katta 20-shtatdir. U qisman 48 ta qoʻshni davlatning geografik markazi yaqinidagi Buyuk tekisliklarda joylashgan. U sharqda Arkanzas va Missuri, shimolda Kanzas, shimoli-g'arbda Kolorado, uzoq g'arbda Nyu-Meksiko, janub va g'arbda Texas bilan chegaradosh. Manbalar AQSh: Janubiy-G`arbiy shtatlari AQSh shtatlari
1,482
4169
https://uz.wikipedia.org/wiki/Oregon
Oregon
Oregon — AQShning shimoli-gʻarbiy qismidagi shtat. Tinch okean sohilida. Maydoni 251,4 ming km². Aholisi 3,5 mln. kishi (2002), 70% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Seylem shahri, iqtisodiy markazi va porti — Portlend shahri. Oregon hududiga yevropaliklar 19-asr boshidan borib oʻrnashganlar. 1859-yilda Oregon shtat maqomini olgan. Oregonning gʻarbiy qismi togʻlik (eng baland joyi 3427 m), ichki qismi plato. Iklimi sohil qismida moʻʼtadil nam (yogʻin 2000mm), plato qismida quruq kontinental. Togʻ yon bagʻirlari igna bargli oʻrmon bilan qoplangan. Oregon — oʻrmon zaxirasi va yogʻoch tayyorlash boʻyicha AQShda yetakchi oʻrinda. Kolumbiya daryosi va uning irmoklari gidroenergiya zaxirasiga boy. Sanoatining yetakchi tar-moklari: oʻrmon xoʻjaligi va yogʻochsozlik. Oziq-ovqat sanoati baliq, meva va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yirik GESlar, alyuminiy va nikel eritish zavodlari, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari bor. Sohil qismi va daryo vodiylarida dehqonchilik va sut chorvachiligi rivojlangan. Ichki hududlarda yaylov chorvachiligi va sugʻorma deqqonchilik bilan shugʻullaniladi. Asosiy tovar ekinlari: bugʻdoy, arpa, kartoshka, yem-xashak oʻtlari. AQSh ittifogʻiga 14-fevral 1859-yilda kirgan, undan oldin - Oregon Territory. Manbalar AQSh: Tinch okean shtatlari AQSh shtatlari
1,315
4170
https://uz.wikipedia.org/wiki/Pennsilvaniya
Pennsilvaniya
Pensilvaniya (rasmiy nomi Pensilvaniya Hamdoʻstligi,  — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Shtat shiori — „Xushkorlik, erkinlik va mustaqillik“. Poytaxti — Harrisburg shahri. AQShning shimolisharqiy qismidagi shtat. Sharqda Delaver daryosi bilan, shim.-gʻarbda Eri koʻli bilan chegaralangan. Maydoni 117,4 ming km². Aholisi 12,3 mln. kishi (2002), 69% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Harrisberg shahri; yi-rik sanoat shaharlari: Filadelfiya va Pitsburg . Pennsilvaniya — AQShning dastlabki 13 shtatidan biri; bu yerga yevropaliklar 17-asrdan koʻchib kela boshlagan. Yer yuzasining katta qismini Appalachi togʻlari egallagan, uning shtat hududidagi eng baland joyi 979 m. Jan.sharqida Atlantika boʻyi pasttekisligi bor. Iqlimi sernam, moʻʼta-dil iqlim. Yillik yogʻin 1000 mm. Daryolarida kema qatnaydi. Pennsilvaniya — AQShning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan shtatlaridan. Qora metallurgiya, konchilik sanoatlari rivojlangan. Pennsilvaniya choʻyan va poʻlat eritishda, koks ishlab chiqarishda mamlakatda yetakchi oʻrinda. Toshkoʻmir, antratsit, ozroq miqdorda neft, tabiiy gaz, temir rudasi qazib chiqariladi. Metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik (ayniqsa, kon va yoʻl qurish mashinalari, kemasozlik, re-aktorsozlik, elektrotexnika, radioelektronika), sement, kimyo, neftni qayta ishlash, oyna, toʻqimachilik, tikuvchilik korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Chorvachilik va parrandachilik qishloq xoʻjaligi tovar maqsulotining 3/4 qismini beradi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan. AQSh shtatlari
1,604
4171
https://uz.wikipedia.org/wiki/Rod-Aylend
Rod-Aylend
Rod-Aylend — AQShning Atlantika okeani soxilidagi shtat, Yangi Angliyada. Maydoni 3,1 mingkm². Aholisi 1,1 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi, yirik shahri va asosiy porti — Providens. Rod-Aylend hududi boʻyicha eng kichik, birok, aholisi nisbatan zich, sanoati rivojlangan shtatlardan. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: toʻqimachilik, turli xil mashinasozlik va metallsozlik, rezina, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, galantereya, poligrafiya sanoatlari. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik yetakchi oʻrinda. Shaqar aholisi isteʼmoli uchun sutli mahsulotlar tayyorlanadi, parrandachilik, mevachilik bilan shugʻullaniladi. Baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan. Manbalar AQSh: Yangi Angliya shtatlari AQSh shtatlari
719
4172
https://uz.wikipedia.org/wiki/Janubiy%20Karolina
Janubiy Karolina
Janubiy karolina - AQShning janubisharqidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Mayd. 80,5 ming km. Aholisi 4,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Kolumbiya sh. Shtatning janubisharqi Atlantika boʻyi past-tekisligida, shim.gʻarbida Pidmont platosi va Appalachi togʻining tarmoqlari bor. Eng baland joyi 1087 m. Daryo koʻp. Iqlimi subtropik, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 4—10°, iyulniki 24—26°. Oʻrtacha yillik yogʻin 1000–1200 mm. Yirik daryolarida kema qatnaydi. Gʻarbida aralash oʻrmonlar bor. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan. Janubiy Karolina xoʻjaligida sanoat yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Shtatdagi ishchilarning yarmiga yaqini shu sanoatda band. Yirik markazlari: Ogasta, Kolumbiya, Grinvill va boshqalar Metallsozlik, kemasozlik, trikotaj, tikuvchilik, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Atom sanoati markazlaridan biri. Dehqonchilik qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining qariyb 70%ini beradi. Asosiy ekinlari — paxta, tamaki, makkajoʻxori. Bugʻdoy, sholi, yer yongʻoq ham ekiladi. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol va choʻchqa boqiladi. Eng katta porti — Charlston. Manbalar AQSh: Janubiy-Atlantik shtatlari AQSh shtatlari
1,252
4173
https://uz.wikipedia.org/wiki/Janubiy%20Dakota
Janubiy Dakota
Janubiy Dakota - AQShning shimoli qismidagi shtat. Maydon 199,7 ming km. Aholisi 756,6 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Pirr shahri. Janubiy Dakota hududining janubisharki Markaziy tekisliklarda, gʻarbi Buyuk tekisliklarda. Gʻarbiy qismida chuqur vodiy va jarlik koʻp. Yer yuzasining balandligi sharqida, asosan, 330 m dan garbida 1000 m gacha (Blek-Xils tog massivi). Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —12°; iyulniki 20—22°. Yillik oʻrtacha yogʻin 400– 500 mm. Eng katta daryosi — Missuri. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan, undan oldin. Xoʻjaligining asosi — qishloq xoʻjaligi Goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan. Qoramol va choʻchqa boqiladi. Bugʻdoy, suli, arpa, zigʻir, yem-xashak ekinlari, makkajoʻxori ekiladi. Konchilik sanoati rivojlangan. Oltin, kumush, uran rudalari qazib chiqariladi. Oziq-ovqat (goʻsht konservalash, un tortish, yogʻ, pishloq) korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi ish qurollari ishlab chiqariladi. Manbalar AQSh: Shimoliy-G`arbiy shtatlari AQSh shtatlari
1,008
4174
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tennessi
Tennessi
Tennessi — AQShning sharqiy qismidagi dare, Ogayo daryosining chap irmogi. Appalachi togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadigan Xolston va French Brod daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 1050 km (Xolston daryosi boshlanish yeridan 1470 km), havzasining maydoni 104 ming km². Oʻrtacha suv sarfi 1800 m³/sek. Poytaxti - Nashville shahri. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959-yilda kirgan. Toʻlin suv davri qish va bahor oylariga toʻgʻri keladi. Tennessi oqimi suv omborlari tizimi bilan toʻliq boshqarilib turadi. GES, issiklik elektr styalari, AES qurilgan. Kema qatnaydi. Tennessi boʻyida Noksvill, Chattanuga, Florens shaharlari joylashgan. AQShdagi daryolar
678
4175
https://uz.wikipedia.org/wiki/Texas
Texas
Texas (; ) — AQSh shtatlaridan biri boʻlib, aholi va maydon jihatdan ikkinchi oʻrinda, qitʼa shtatlari orasida esa birinchi oʻrinda turadi. Nomi kaddo tilidagi „Tejas“ soʻzidan olingan boʻlib, „doʻstlar“ yoki „ittifoqdoshlar“ degan maʼnoni anglatadi. Geografik jihatdan mamlakat janubi markazida joylashgan boʻlib, janubdan Meksikaning Chihuahua, Coahuila, Nuevo León va Tamaulipas shtatlari, gʻarbdan AQShning New Mexico, shimoldan Oklahoma, shimoli-sharqdan Arkansas va sharqdan Louisiana shtatlari bilan chegaradosh. Texas maydoni 696 200 km2 (268 820 kvadrat milya) boʻlib, unda 26,1 million aholi istiqomat qiladi. Texas Amerikaning qishloq xoʻjalik, chorvachilik, taʼlim, neft va kimyo sanoati, iqtisodiy markazlaridan biri sanaladi. Shtat poytaxti — Ostin, maʼmuriy boʻlinuvi — okruglar (254). Shtatning pochta qisqartmasi — TX. Shtat haqida Ispaniyaning mustamlaka siyosati vaqtida shtat () nomi bilan taniqli boʻldi. Bu nomdan birinchi foydalangan kishi Antonio Margil de Jesús boʻlib, u 1716-yili 20-iyulda Meksika vitse-qiroliga xat yozganida shu nomni ishlatadi. Bu nom kundalikda koʻp foydalanishda boʻlmasada, 1800-yillarning oxirlarida rasmiy hujjatlarda koʻp uchrab turadi. Texasning eng katta shahri — Houston (AQShda toʻrtinchi eng katta); ikkinchi oʻrinda esa San Antonio (mamlakatda yettinchi eng katta). Boshqa katta shaharlari sirasiga Dallas, Fort Worth, El Paso va shtat poytaxti Austin kiradi. Texas laqabi Yolgʻiz Yulduz shtati boʻlib, bu uning sobiq mustaqil davlat boʻlganini va Meksikadan mustaqil boʻlish uchun kurashganini eslatib turadi. „Yolgʻiz Yulduz“ni Texas bayrogʻi va gerbida koʻrish mumkin. Geografiyasi Hududiy va geologik oʻzgachaliklariga qarab Texasda mamlakatning janubidagi va gʻarbiy-janubidagi yerlarga oʻxshash har turli landshaftlar uchraydi. Texas koʻpincha janubi-gʻarbiy qumli choʻllar bilan bogʻlangan boʻlib, shtat umumiy hududining 10 % dan kamroq qismini qumliklar egallaydi. Shtat boʻylab sharqdan gʻarbga tomon sayohat qilinsa, sohildagi botqoqlar va qayragʻochli oʻrmonlardan, tekisliklardan, choʻqqilardan va oxirida Big Bend choʻllari va togʻlaridan tashkil topgan landshaftlarni uchratish mumkin. Texas 268 820 mil2 (696 200 km2) hududi bilan AQShdagi Alaskadan soʻng ikkinchi oʻrinni egallaydi. U hududi boʻyicha Fransiyadan 10 % kattaroq boʻlsa, Germaniya yoki Yaponiya kabi mamlakatlardan esa, ikki barobar katta. Agar Texas mamlakat boʻlganida, Chili va Zambiyadan keyin 40-oʻrinda turar edi. Texas AQShning janubiy markazida joylashgan. Shtatning uchta chegarasi daryolar bilan tutashgan. Rio-Grand janubda Meksikaning Chiuaua, Koauila, Nuevo-Leon va Tmaulipas shtatlari bilan chegaradosh. Qizil daryosi esa shimolda Oklaxoma va Arkanzas bilan chegaradosh. Sabin daryosi esa sharqda Luiziana shtati bilan chegaradosh. Texasda 3700 nomlangan soy va 15 ta katta daryo bor. Shu daryolarning eng kattasi Rio-Grand. Boshqa Pekos, Brezos, Kolorado va Rev-Riverga oʻxshash daryolar esa Oklaxoma bilan chegarada joylashgan. Texasda tabiiy koʻllar boʻlganligi bilan texasliklar 100 dan ziyod sunʼiy suv saqlagichlar tashkil etgan. Geologiya Texasdagi eng qadimiy togʻ jinslari mezoproterozoydan boshlanib, yoshi 1,6 milliard yil atrofidadir. Koʻplab eski togʻlar choʻkindi togʻ jinslaridan iborat. Iqlimi Texas katta hudud boʻlganligi va koʻp zonalarning chorrahasida joylashganligi uchun iqlimi subtropik. Mamlakatning Panxendl qismida Shimoliy Texasga qaraganda qish oylari sovuqroq boʻladi, boʻgʻoz yoqalarida esa qish oylari iliq boʻladi. Shtat gʻarbiy qismi El Pasoda yillik yogʻingarchilikning miqdori 8 dyuymni (200 mm) tashkil qilsa, shimoli-sharqiy qismi sanalmish Xyustonda esa yillik yogʻingarchilikning miqdori 54 dyuymni (1400 mm) tashkil qiladi. Shimoli-markaziy hududi Dallasda yillik yogʻingarchilikning miqdori — 37 dyuym (940 mm). Qor yiliga Texasning gʻarbiy tomonidagi Panxendl va togʻli hududlarda koʻp yogʻsa, Shimoliy Texasda yiliga bir necha marta, Markaziy va Sharqiy Texasda esa bir necha yilda bir marotaba yogʻadi. Ayrim sharoitlardan tashqari San-Antonioning janubida va qirgʻoqlarda qor siyrak yogʻadi. 2004-yili Yangi yil arafasida boʻron boʻlganda Kingsvillning janubiga qor yoqqanda, dekabrning oʻrtacha harorati — 65 °C ni tashkil qildi. Maksimal harorat yoz oylarida oʻrtacha hisob bilan Gʻarbiy Texas togʻlarida 80 °F(26 °C) boʻlsa, Rio Grand dala-dashtidagi Galveston orolida 100 °F (38 °C) gacha koʻtariladi. Biroq Texasning koʻpchilik hududlarida doimiy yozgi yuqori harorat 90 °F (32 °C) diapazonida boʻladi. Tunda yozgi harorat 50 °F (14 °C)-dan (Gʻarbiy Texas togʻlarida) 80 °F(26 °C)-gacha (Galvestonda) boʻladi. Yashin Texasda onda-sonda boʻlib turadi, ayniqsa, sharqiy va shimoliy qismida. Shtatning shimoliy tumanlarini Tornado yuvib ketadi. AQShdagi Tornadolarning asosiy qismi shu Texas hududida boʻlib, u yiliga oʻrta hisob bilan 139 marta sodir boʻladi. Ular koʻpincha Texasning shimoliy qismida va Panxendlda koʻproq vujudga keladi. Tornado asosan shtatda aprel, may va iyun oylarida sodir boʻladi. Amerika tarixidagi eng kuchli qiyratuvchi toʻfonlarning bir nechasi shu Texasda roʻy bergan. 1875-yill Indianoledagi toʻfon 400 kishining hayotiga zomin boʻlgan boʻlsa, 1886-yildagi toʻfon esa butun bir shaharni xonavayron qildi. Bu voqealar Galvestonga asosiy port shahar boʻlishiga imkoniyat yaratdi. 1900-yildagi Galveston toʻfoni bir shaharni tozalab taxminan 8000 kishi hayotdan bevaqt koʻz yumdilar. AQSh tarixidagi eng yirik oʻlim ofati boʻlib yodda qoldi. Texasdagi boshqa toʻfonlar ham 1915-yili Galveston toʻfoni, 1957-yili 600-dan ziyod kishi vafot etgan Oʻdri toʻfoni, 1961-yili Karla toʻfoni, 1967-yili Beula toʻfoni, 1983-yili Alasiya toʻfoni, 2005-yili Rita toʻfoni va 2008-yili Ikonoskop toʻfonlari sodir boʻlgan. Texas AQShda koʻplagan parnikda yetishtiriladigan gazlarni ishlab chiqaradi. Shtat yiliga 1.5 trillion funt (680 milliard kg) Uglerod oksid gazini chiqaradi. Mustaqil davlat sifatida Texas jahon boʻyicha parnikda yetishtiriladigan gaz koʻlami boʻyicha yettinchi oʻrinni egallagan boʻlardi. Mamlakat shunday gaz chiqarishining sababi koʻmir elektrostansiyalarining koʻpligidan va tozalovchi, ishlab chiqarish sanoat korxonalarining koʻp boʻlishidan boʻlib hisoblanadi. Tarixi „Texasdagi olti bayroq“ nomi shtat hududida hukmronlik qilgan xalqlarni bildiradi. Ispaniya Texas hududida hukmronlik qilgan ilk Yevropa davlatidir. Fransiya Texasda qisqa muddat mustamlaka siyosatini olib boradi. Meksika esa bu oʻlkani 1836-yilgacha, yani Texas Respublika sifatida mustaqillik olgunicha oʻz nazoratida ushlaydi. 1845-yili shtat AQShga 28-shtat sifatida qoʻshiladi. Mamlakat anneksiyasi 1846-yili Meksika-Amerika urushining boshlanishiga sababchi boʻldi. 1861-yili Texas AQSh tarkibidan chiqib, Amerikadagi Ozodlik urush vaqtida Amerika shtatlari Konfederatsiyasiga kirishini maʼlum qildi. Urushdan soʻng Ittifoq tashkil topguniga qadar, shtat uzoq vaqt iqtisodiy inqirozni boshidan kechirdi. Fuqarolar urushidan soʻng Texasda rivojlangan yagona sanoat — mol chorvachiligi edi. Shtat koʻp yillar davomida chorvachilikning markazi boʻlganligi uchun, Texasni koʻpincha kovboy bilan bogʻlashadi. Yevropagacha boʻlgan vaqt Texas Shimoliy Amerikada Kolumbgacha ikkita yirik madaniyat oʻrtasida boʻldi: ular janubi-gʻarbiy va tekis hududlar. Arxeologlar shu hududlarda uchta yirik mahalliy madaniyatning boʻlganligidan va ular Yevropa bilan aloqalargacha yuqori darajada rivojlanganligini aniqlagan. Ular: Pueblo Rio Grandning yuqori qismidagi hudud boʻlib, Texasning gʻarbida joylashgan; Missisipi madaniyati, Oba qurulishchilari deb ham ataladi. U Texasning sharqiy qismidagi Missisipi daryosining yoqasida joylashgan. Texas janubida Mezoamerika sivilizatsiyasi joylashgan. Teotiuakaning taʼsiri Shimoliy Meksikaga 500 yilda oʻz choʻqqisiga yetib, faqat 8-10 asrlardagina bosildi. Hozirgi vaqtda Texas hududida hech bir madaniyat bosimi boʻlmaganligi uchun, koʻplagan kishilar shu shtatga koʻchib kelib yashayapdilar. Texasda hayot kechirgan amerikalik qabilalarga Alabama, Apache, Atakapan, Biday, Kaddo, Koaviltekter, Komanchi, Chokto, Koasati, Xasinay, Xumano, Karankava, kikapu, Kiova, Tonkava va Uichitolar kiradi. Texas soʻzi Xasinay qabilasining Kaddo tilidagi "táyshaʔ" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „doʻstlar“ va „ittifoqdoshlar“ degan maʼnoni anglatadi. Amerikalik qabilalar yangidan koʻchib keluvchilarga doʻst sifatida aloqada boʻlib, harbiylarga esa, shtatga kelgan Yevropalik tadqiqotchilar bilan koʻchib keluvchilar qismatiga qarshi boʻldi. Tinch qabilalar yangidan kelganlarga mahalliy madaniyatni, ovqat tayyorlashni va ovchilikni oʻrgatdi. Harbiy qabilalar esa, oʻzlarining hujumlari va qarama-qarshiliklari bilan Yevropaliklarning hayotini oʻta mushkul va oʻta xavfli holga tushirdi. Mustamlaka siyosati Texasga bogʻliq eng birinchi tarixiy hujjat Meksika boʻgʻozi yoqasining xaritasi boʻlib, u xarita 1519-yili Ispaniya tadqiqotchisi Alonso Alvares de Pinada tomonidan ishlangan. Toʻqqiz yildan soʻng kemada falokatga uchragan ispan tadqiqotchisi Alvar Nunes Kabesa de Vaka va uning sherigi shtatga ilk bor qadam ranjida qilgan yevropaliklardan boʻldi. Yevropa kuchlari 1685-yili shunchaki shtatga kelib qolmaganida Texasni egallamagan boʻlardi. Rene Robero Kavele de la Salening xato hisoblashining sababidan u mustamlakani Missisipi hududida emas, Matagorda boʻgʻozidagi Sent-Lyuis fortida oʻrnatdi. Mustamlaka siyosati qiyin sharoitdan va mahalliy aholining qoʻlidan oʻlgunicha toʻrt yil davom etdi. 1690-yili Fransiyaning Sharqiy Texasda bir nechta missiyalar bajarishi orqali raqobatga tushishi Ispaniyaga xatar soldi. After Native American resistance, the Spanish missionaries returned to Mexico. Amerikalik indeyslarning qarshiligidan soʻng, ispanliyaliklar Meksikaga qaytishga majbur boʻldi. Fransiya Luiziana shtatining koʻpchilik janubiy qismiga koʻchib kelganda, 1716-yili Ispaniya hukumati Sharqiy Texasda yangi missiyalar bajarishi bilan Fransiyaga javob qaytardi. Ikki yildan soʻng birinchi ispan fuqarosi koʻchishi natijasida San-Antonioga asos soldi. 1749-yili Lipan apachilari bilan muomalaga kelgan Ispaniya koʻpchilik qabilalar: Komanchi, Tonkava, Xasinaylarning gʻazabiga tegdi. 1785-yili Komanchi Ispaniya bilan kelishuv shartnomasiga qoʻl qoʻyib, Lipan apachilari va Karankava qabilalarining gʻalaba qozonishiga yordamlashdi. Koʻplab missiyalar va din xizmatkorlari yaxshi oʻzgarishlarga olib keldi. 18-asrning oxirlarida ayrim qabilalargina xristian dinini qabul qilmadi. 1803-yili AQSh Luizianani Fransiyadan sotib olganda, shartnomaga koʻra Texas ham shularning ichida boʻlishini aytdi. 1819-yili Yangi Ispaniya bilan AQSh oʻrtasidagi chegara sifatida Sabina daryosi boʻlib hisoblandi. Yangi yerga talpingan AQShdan koʻchib keluvchilar shartnomani tan olishdan bosh tortdi. Bir nechta dengiz qaroqchilari armiyani Texasga qarshi qoʻydi. 1821-yili ozodlik uchun Meksika urushi Meksikaning bir qismi sanalmish Texas hududida boʻldi. Aholisininng kamligi uchun Meksika bu hududni Koaxila va Texas mamlakatining bir qismiga aylantirdi. Komanchilarning hujumini yoʻq qilish maqsadida Texas, Meksika va Ispaniyadan koʻchib keluvchi xalqlarning kirishiga ruxsat berib, immigrant siyosatini yumshatdi. 1822-yili Austinning koʻchib keluvchilari, Eski uch yuz ming, Brazos daryosining yoqasida yashashdi. Qolgan yigirma uch empresiorlar koʻchib keluvchilarni shtatga olib kirdi. Ularning koʻpchiligi AQShdan boʻldi. Texas aholisi tez jadallik bilan koʻpaydi. 1825-yili Texas aholisi taxminan aksar meksikan kishilar bilan qoʻshib hisoblaganda 3.500 kishini tashkil qildi. 1834-yil arafasida Texas aholisi taxminan 37,800 kishiga yetdi, shulardan 7,800 kishini meksikanlar tashkil qildi. Aksar immigrantlar Meksika qonunlarini xush koʻrmadi, ayniqsa qulchilikka qarshi boʻlgan qonunni xush koʻrmadi. Boj soligʻi toʻrisida yangi qonunlar mahalliy Meksika fuqarolarining va yaqinda koʻchib kelgan immigrantlarning ham noroziligiga uchradi. 1832-yili tashkillashtirilgan Anauak Buzilishlar nomli Meksika qonunlariga qarshi ochiqsagiga qoʻzgʻolon boʻlib, u Meksikadagi millat prezidentiga qarshi qoʻzgʻolonga oʻxshadi. Texasliklar federalistlar tarafida boʻlib, hukumatga qarshi turdi, Sharqiy Texasdan barcha Meksikalik harbiylarni quvib chiqardi. Ular nazoratning yoʻqligidan foydalanib, koʻproq siyosiy mustaqillikni nasihatladi. 1832-yili Konvensiyada Texasliklar uchrashib, boshqa muammolarning ichida mustaqillik olishni talab qilishni kelishishdi. Texasliklar keyingi yili 1833-yilgi Konvensiyada ham oʻz harakatlarini qaytaladi. Respublika 1835-yilning boshlarida hushyor Texasliklar Korrespondensiya va Havfsizlik Qoʻmitalarini tashkil qildi. 1835-yilning soʻngidagi tartibsizliklar Gonsales atrofidagi urushda qurolli toʻqnashuvlarga olib keldi. Bu Texas qoʻzgʻoloning boshlanishiga sabab boʻldi va keyingi ikki oyda Texasliklar hududida Meksika harbiylarining ustidan sharafli gʻalaba qozondi. Texasliklar vaqtincha hukumatni tashkil qiladigan Kengashga delegatlarni sayladi. Vaqtincha hukumat tez vaqtda ichida turli tortishuv va kurashuvlarning natijasida tarqalib ketdi. 1836-yilning boshlarida Texas boshqaruvsiz qoldi. Meksika prezidenti Antonio Lopes de Santa-Anna qoʻzgʻolonni toʻxtatish uchun butun armiyani oyoqqa turgʻazdi. Meksikalik ekspeditsiya boshida muvaffaqiyatli oʻtdi. General Xose de Yurrea Golida jangida Texasliklarning barcha qarshiliklarini yengdi. Santa Anna kuchi oʻn uch kunlik qamaldan soʻng Alamo atrofidagi urushda Texas askarlarini qirib tashladi. Magʻlubiyat haqida yangilik Texas shtatiga koʻchib keluvchilar orasida sarosimaga sabab boʻldi. 1836-yilda boʻlgan Kengashda saylangan delegatlar jadal 2-martda Texas Respublikasi boʻlish haqida Mustaqillik Deklaratsiyasiga imzo chekildi. Vaqtincha chenovniklar saylangandan soʻng, Kengashni tarqatib yubordi. Yangi Hukumat Meksika armiyasidan qochib kelgen Texaslik koʻchib keluvchilarga Raneuey Skreyp (Tizginsiz Sizat) degan joyda qoʻshiladi. Birnecha haftalik chekinishdan soʻng Sem Xyuston boshchiligidagi Texas Armiyasi hujum qilib, San-Xasingo atrofidagi urushda Santa Anna kuchlarini magʻlub etdi. Santa Anna asirga olinib, urush nihoyasiga yetgani haqida Velasko shartnomasiga qoʻl qoʻyishga majbur boʻldi. Texas mustaqilligini olgan paytda, yangi Respublikadagi ikki fraksiya orasidagi sisosiy kurashlar kuchayib ketdi. B. Mirabo Lamar boshchiligidagi Milliy fraksiya Texas mustaqilligining davom etishini, mahalliy amerikaliklarni quvib chiqishni va Respublikani Tinch okeanigacha kengaytishni qoʻllab quvvatladi. Sem Xyuston boshqargan ularning raqiblari Texasni AQSh-ga anneksiya qilishga va mahalliy amerikaliklar bilan barqarorlikni amalga chiqarishni istadi. Fraksiyalar orasidagi qarshiliklar Texas Arxiv urushi degan nom bilan tushintiriladi. Meksika 1842-yili Texasga ikkita kichik ekspeditsiya yubordi. San-Antonio shahri ikki marotaba qamalga olinib, Texasliklar Douson qirgʻin urushida gʻalaba qozondi. Shunday muvaffaqiyatlarga qaramay Meksika Texasdagi oʻz kuchini koʻrsata olmadi, Respublika esa oʻz faoliyatini davom ettiraverdi. Respublikaning oʻzini himoya qila olmasligi, AQSh-ga Texasni bosib olish imkoniyatini yaratdi. Davlat tuzumi 1837-yilning boshida Respublika AQSh bilan anneksiya oʻrnatishga muloqatga kelish uchun birnecha marotaba harakat qildi. Respublikadagi Milliy fraksiya oppozitsionerlari bilan AQSh-dagi abolitsionis oppozitsionerlar Texasni ittifoqqa kirishga majbur qildi. 1844-yil saylovda Jeyms K. Polk gʻalabaga erishgan paytda, Texas Ittifoqqa qoʻshildi.1845-yil 29-dekabr Kongress Texasni AQSh-ga tarkibiy qismi shtat sifatida qabul qildi. Texas AQSh tarkibiga kirgandan soʻng, Meksika AQSh bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi. AQSh Texasning chegarasi Rio Grandga choʻzilishini talab qilsa, Meksika oʻz navbatida Nueses daryosigacha choʻzilishini aytdi. Oldingi Texas Respublikasi oʻz chegarasini kengaytirishni jonlantirmasa ham, AQSh-ning bunday qilishga harbiy kuchi ham, siyosiy koʻz-qarashlari ham yetarli edi. 1846-yili 13-yanvarda, prezident Polk Rio Grandning janubiy qismiga general Zachari Teylorni tayinladi. Birnecha oylardan soʻng, Meksika askarlari Tornton qamali deb nomlanuvchi bahsli yerdagi AQShning otli askarlariga qarshi bet olib, Meksikan-Amerikan urushining boshlanishiga sabab boʻldi. Ilk janglar Texas hududida boʻlib oʻtdi: ular Texas forti qamali, Palo Alto urushi va Resaka de la Palma urushi. Birnecha seriyali gʻalabalardan soʻng, Gvadalupe Xidalgo shartnomasi ikki yillik urushni nihoyasiga yetkazdi. Shartnoma boʻyicha AQSh Meksikaga 18,250,000 AQSh dollarini berib, shuning hisobiga Texasga muammosiz boshqarish huquqini qoʻlga kiritdi. Shu bilan birga 1848-yili hozirgi vaqtda koʻpchilik Amerikaning janubi-gʻarbiy qismi hisoblanuvchi Meksikan mulkini ham olib, Texas chegaralari Rio Grandda oʻrnatildi. 1850-yilgi shartnoma Texasni hozirgi holatiga keltirdi. Eski Respublikaning 1,000,000 $ qarzining oʻrniga Texas yerlarini federal davlatga berdі, bu yerlar keyinroq hozirgi vaqtdagi Yangi Meksikaning yarmini, Koloradoning uchdan bir qismini va Oklaxomaning, Kanzasning, Vayomingning ayrim qismlarini tashkil qildi. Urushdan soʻng Texasning pahtali yerlariga migrantlar suvday oqib kelishdi. Fuqarolar urushi va qayta qurish 1860-yilgi saylovdan soʻng, Texasda qaytadan urush boshlandi. Abraham Lincol saylanishi beshta Quyi Janubiy shtatlar maʼqullagan Ittifoqdan chiqish haqida Janubiy Karolina Deklaratsiyasining vujudga kelishiga sababchi boʻldi. 1861-yil 28-yanvarda Ostinda Ittifoqda chiqish haqida Shtat Konvensiyasi ochildi. 1-fevralda 166-8 ovoz hisobiga Konvensiya AQShdan chiqish haqidagi qarorni qabul qildi. 1861-yil 23-fevralda Texas ovoz beruvchilari bu qonunni rasmiylashtirdi. 1861-yil 23-martda Konfederatsik Shtatlar Konstitutsiyasini ratifikatsiyalab, Texas Konfederatsik Shtatlar tarkibiga kirdi. Boshlanishida Ittifoqdan chiqishni barcha Texasliklar qoʻllamadi, biroq shunga qaramasdan Janubdagi sharoitni ular qoʻlladi. Texasning eng kuchli yunionisli Gubernator Sem Xyuston boʻldi. U sharoitda chigallashtirib olmasligi uchun prezident Linkolnning Ittifoq askarlarini xizmatda qoldirish haqidagi ikkita taflifini bekor qildi. Xyuston Konfederatsiyaga odillikni hush koʻrishini aytib qasam ichmagani uchun Gubernator lavozimidan olib tashlandi. Amerika Fuqarolar urushining yirik urush maydonlaridan olisda Texas Konfederatsiya uchun koʻplab fuqarolarini va qurol-yarogʻlarini qurbon qildi. Ittifoq askarlari shtatning asosiy porti hisoblanuvchi Galvestonni bosib oldi. Texasning Meksika bilan chegarasii „Konfederatsiyaning sirli eshigi“ deb nomlandi, sababi savdo-sottiq Ittifoq blokadasini aylanib oʻtib chegarani boʻlib turar edi. Konfederatsiya Ittifoqning bu yoʻlni yopishni koʻzlagan barcha harakatlarini yoʻqqa chiqardi. 1863-yilning oʻrtalarida Ittifoq Missisipi daryosining qoʻlga kiritgandan soʻng, Texasning resurs koni sifatida shtat darajasi pastlab Brounsvill yonida Texasda Palmito Ranch jangida Konfederatsiya gʻalabasi bilan nihoyasiga yetdi. Texas ikki oy boʻyi Shimoliy Virginiya armiyasining taslim boʻlishi bilan va boshqarishga qoʻlga olgan Ittifoq generali Gordon Granger oʻrtasida anarxiyada qoldi. Qayta qurishning dastlabki oylarida kelishmovchiliklar boʻldi.. 1866-yili prezident Jonson Texasda shtatli davlat qayta saqlanib qolishini eʼlon qildi. Qayta qurish talablariga qaramay 1870-yili Kongress Texasni Ittifoqqa qaytadan qabul qildi. Qishloq xoʻjaligi va mehnat qiyinchilklari bilan shtat kurashadigan jamoat oʻzgarishlar davom etaverdi. 20 asrdan hozirgi kungacha boʻlgan vaqt 1901-yil 10-yanvar, Texasda dastlabki yirik neft boyligi Spindltop Bomontning janubida topildi. Qolganlari Sharqiy Texas, Gʻarbiy Texas va Meksika boʻgʻozi atrofidan topildi. Oxirida Texasda "Oyl Bum" ishlab chiqarildi. 1972-yil neft sanoati oʻz choʻqqisiga yetib, uning kunlik oʻrtacha hisobi 3,000,000 barrelni tashkil qildi. Buyuk Depressiya va Dalt Boul Fuqarolar urushigacha jadal rivojlangan shtat iqtisodiga katta zarar yetdi. Dast Boul yillarida Texasning daxshatli zarar yetgan yerlaridan migrantlar qochib ketdi. Ayniqsa shu paytda Texasdagi Buyuk koʻchish vaqtida qora tanlilar shtatni tashlab, ish topish maqsadida Shimoliy Amerika va Kaliforniyaga ketishdi. Ikkincha jahon urushi Texasga katta zarar yetkazib, mablagʻ harbiy bazalar qurishga, snaryad ishlay chiqaruvchi zavodlarga, harbiy asirlar saqlovchi turmalarga va armiya kasalxonalarini bunyod etishga yumshaldi. Shuningdek, 750,000 yosh yigitlar xizmatga ketdi, kollejlar boshqa xizmatlarni bajardi va yuzlagan, minglagan kambagʻal fermerlar qishloq xoʻjaligiga qaytmas uchun urushning koʻp mablagʻ toʻlaydigan ishlariga ketib qoldi. 1960-yillari Texas oliy bilim tizimini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirdi. Shtat oliy bilim uchun turli loyihalar ishlab, uning asosiy daromadi neftdan tushdi va shtatdagi institutlarni aʼlo darajada boshqarish uchun shtatning markaziy boshqarish boʻlimi barpo etildi. Shunday oʻzgarishlar Texas universitetlarining davlat tadqiqot resurslarini qoʻlga kiritishiga yaxshi samara berdi. 1963-yil 22-noyabr, Dallasda Prezident John. F. Kennedy'ga suiqasd uyushtirildi. Davlat va siyosat Hozirgi Texas konstiutsiyasi 1876-yili qabul qilingan. Boshqa koʻp shtatlar kabi, bu oʻz navbatida hokimiyatni toʻgʻri tashkillashtirishga yordamlashadi. Shtatning Bill huquqlari nomli qonuni davlat qonuniga qaraganda kattaroq va Texas uchun shaxsiy qoʻshimchalari bor edi. Shtat hukumati Texas Gubernatorining ayrim xizmatlarini cheklovchi koʻplagan ijro etuvchi organdar tizimi shakllangan. Shtat raisidan (ministridan) boshqa, saylovchilar, nomzodlari Gubernatordan mustaqil boʻlgan, xalqqa javobgar ijro etuvchi chenovniklarni saylaydi. Bunday saylov tizimi partiyalar orasida ijro etuvchi organlarni boʻlib tashladi. Resublikan partiyasidan J. Bush Texas Gubernatori lavozimida ishlaganida, Texasda Demokrat Leytenant Gubernator Bob Ballok boʻldi. Ijro etuvchi organdagi lavozimlar: Gubernator, Leytenat Gubernator, Aholi byudjeti raisi, Yer komissari, Bosh prokuror, Qishloq xoʻjalik komissari, Texas Temir yoʻl Komissiyasining uchta aʼzosi, Bilim boʻyicha shtat Kengashi va Shtat raisi (ministrі). Ikki palatali Texas qonunchilik hukumati 150 aʼzosi bor Vakillar Palatasidan va 31 aʼzosi bor Senatdan tashkil topgan. Palata spikeri Vakillar palatasidan boshqarsa, Leytenant Gubernator Senatni boshqaradi. Qonunchilik hukumatida ikki yilda bir marotaba sessiya chiqiriladi, biroq shtat Gubernatori maxsus sessiyalarni hohlagan vaqtida chaqirish hududiga ega. Shtatning bir moliya yili kalendarda oʻtgan yilning 1-sentabridan shu yilning 31-avgustigacha choʻziladi. Shuningdek, 2012-yilning moliya yili 2011-yilning 1-sentabridan 2012-yilning 31-avgustigacha choʻziladi. Texasning sud tizimi AQSh-dagi eng qiyin kompleks boʻlib, u koʻpgina boʻlimlardan va aralash huquq himoyachilar tizimidan tashkil topgan. Texasda ikkita sudga mahkamasiga murojaat qilishga boʻladi: ular fuqaro aktilar uchun Oliy sud va Jinoiy ishlar boʻyicha Texas sudi. Shahar sud mahkamalarini boshqa saylovchilar ham boshqa sohalardagi sud protseslariga sudyalar saylab, ularni Gubernator boʻsh lavozimlarga tayinlaydi. 2009-yil oktabrda Texas davlatning 442 ijro etishida lider boʻldi. Davlat havfsizligi Texas boʻlimining Texas Reyndjers Diviziyasi shtat hududida huquq himoyachisi qonunli kuch agentligi boʻlib hisoblanadi. Yillar oʻta Texas Reyndjers kishi oʻltirishdan boshlab siyosiy korrupsiyagacha boʻlgan jinoyatlarni fosh qildi. Ular bosib keluvchi politsiyalar va detektivlarga oʻxshab xizmat qilib, Gubernator havfsizligini taʼminladi va qochqinlarni ushlab Respublika uchun ham, shtat uchun ham qurolli kuch sifatida xizmat qildi. Texas Reyndjersni 1823-yil norasmiy turda Stefen F. Ostin tashkillashtirgan boʻlib, 1835-yilga kelib rasmiy turda oʻz xizmatini boshladi. Texas Reyndjers Texas tarixidagi koʻplagan asosiy voqealarning va Eski Gʻarbiy (Old West) tarixidagi koʻp jinoiy sharoitlarning ishtirokchisi boʻldi. Siyosat Boshqa janubdagi shtatlardagi kabi oq tanlilar Fuqarolar urushidan keyin Respublikan partiyasini yoqtirmadi va Demokratlar partiyasi Texas siyosatini qayta tashkil qilish davrining oxirlarida 20-asrning oxirlarigacha boshqarib keldi. Shtat Respublikachilar partiyasining qoʻrgʻoniga aylandi. Texasdagi siyosiy atmosfera moliya va ommaviy konservatizm taʼsiridan zaiflashib qoldi. 1980-yildan beri Texaslik saylovchilar Respublikachilar partiyasidan chiqqan Prezidentlikka nomzodlarni qoʻllab-quvvatladi. 2000 va 2004-yillari Djordj U. Bush Texasni 60,1 % ozov bilan yengdi, bu yerda oʻzining „sevimli oʻgʻli“ning vaqtida Texas Gubernatori boʻlgani ham yordamlashdi. 2008-yili Makkeyn shtatni Bushga qaraganda ozroq ovoz bilan, yani 55 % ozov bilan yengdi. Ostin ham shunday Demokratlarni mahalliy va shtatdagi saylovlarda zaiflashtirib yubordi. Texasning qishloq va shahar chetidagi hududlar Respublikachilarga ovoz berayapgan bir paytda, Rio Grand atrofidagi grafliklar Demokratlarni qoʻllab ovoz berdi. 2003-yili Respublikachi Tom Deley Kongress viloyatlarining Texasdagi saylov okruglarining chegarachilarini qayta tekshirishni boshqarib, bu yerlarni New York Time gazetasi haqiqiy saylov maxinatsiyalarining avj olgan yeri deb atadi. „Texaslik oʻn bir“ nomli bir guruh Demokratlarning qonun chiqaruvchilari shtatni shunday qiyin sharoitdan olib chiqdi. Shunday qiyinchiliklarga qaramay qonun chiqaruvchi hukumat kartani Respublikachilar olib bordi. 2010-yilgi umumiy saylovlarda Palatadagi va Senatdagi Delegatsiyasidagi Respublikachilarning koʻpchiligi Texas aʼzolaridan boʻldi. 111-AQSh Kongressidagi 32 Texas Kongress shtatlarining 23 Respublikachilardan boʻlsa, qolgan 9 Demokratlardan iborat edi. Texasning senatorlari Key Beyli Xetchison va Jon Kornin. 1994-yildan beri hech bir Demokrat shtatdagi yuqori lavozimga oʻtirgani yoʻq. Texaslik Demokratlarning qatnashishi Sharqiy va Shimoliy tarafdagi Bomont, El Paso, Ostin, San-Antonio, Dallas va Xyuston kabi shaharlardagi ozchilikni tashkil qiluvchi guruhlardan iborat. Maʼmuriy boʻlinishi Texasda koʻpchiligi umummilliy 254 grafliklar bor. Har bir graflik toʻrtta saylangan komissarlardan iborat, komissarlar sud sistemasi bilan ishlaydi va graflik sudyasi graflik hududidan saylanadi. Graflik hukumati ojiz shahar kengashi kabi ish yuritadi, sababi graflik sudyasida veto mansab yoʻq, biroq boshqa komissarlar bilan birga ovoz bera oladi. Shunda ham Texas xizmatlarni boʻlishish uchun mahalliy shartnomalarga kelishishga shaharlarga va grafliklarga ruxsat beradi. Grafliklar ichki qonunlar bilan shikoyat qila olmaydi, ularning barcha qonunlari qatiyan shtatda tayyorlanadi. Shtatda grafliklarga birlashgan yoki boʻlingan hududlar, rayonlar yoʻq. Graflik boʻlingan yerlarga cheklangan xizmatlar koʻrsatiladi. Munitsipalitetlar umumiy qonunga yoki ichki qonunga amal qilishiga qarab klassifikatsiyalanadi. Munitsipalitet ichki qonunini shaharning 5000 dan ziyod aholisi qonunga kelishgan sharoitdagina qabul qilinadi. Munitsipalitetlar partiyalardan tashqari boʻlib, saylovlar maktab boshchiligi uchun va kollej hududlari jamoatchiliklari uchun bagʻishlanadi. Iqtisodi Shtatdagi iqtisodiy ahvol XX asr boshida neft koni ochilgan vaqtida butunlay oʻzgardi. Universitetlardagi sarmoya yordami bilan XX asr oʻrtalarida Texasdagi har taraflangan iqtisodiyot va yuqori texnologiya rivojlanadi. 2010-yildan u 500 kompaniyalarning yuqori boʻlimida oʻzining rivojlanayapgan sanoati bilan, qishloq xoʻjaligi, neft-kimyo, energetika, kompyuter, elektronika, aerokosmos, biotibbiy ilmlar kabi saholar bilan Kaliforniya ikkovi 57-oʻrinni egallab turibdi. Bu koʻrsatgich 2002-yildan beri milliy mahsulot eksporti boʻyicha liderga aylantirib, mamlakat yalpi mahsuloti boʻyicha ikkinchi oʻrinni band etadi. 2010-yil Texas yalpi ichki mahsuloti 1,207 trillion AQSh dollarini tashkil qilib, AQSh-da ikkinchi yuqori koʻrsatgichga esa boʻldi. Bu koʻrsatgich jahon iqtisodida 11 va 12-oʻrinlarda Hindiston va Kanada kabi davlatlarning YaIM bilan teng. Texas iqtisodi jahon boʻyicha boʻlinishlar orasida Angliyadan (Birlashgan Qirollikning boʻlinishi), Kaliforniyadan va Tokiodan keyin 4-oʻrinda turadi. Texas koʻp xalqi, moʻl tabiiy boyligi, gullangan shaharlari va yuqori bilimi bilan lider markazlarining yordami bilan yuqori va kuchli iqtisodga erishdi. Shtat hududidan neft topilgandan keyin, Texasda neft qazib olish koʻpaydi. Soʻnggi paytlarda shahar markazlari koʻpayib, 2005-yilda aholining 2/3 qismi shu yerlarda turdi. The stateʼs economic growth has led to urban sprawl and its associated symptoms. 2011 jili shіldede shtat jұmissizdiq kөrsetkіshі 8,4 % shiqti. Texasda „kam soliqlar, past xizmatlar“ reputatsiyasi bor. Soliq zaxirasining maʼlumoti boʻyicha Texasning soligʻi umumiy milliy soliqlar orasida quyi oʻrinda turadi, davlat va mahalliy soliq bahosi jon boshiga hisoblaganda 3,580 AQSh dollarini tashkil qilsa, u rezidentlar daromadining 8,4 % hisoblanib, soliq past millatlar uchun yettinchi oʻrinda turadi. Texas olgan daromadiga soliq toʻlamaydigan yetti shtat safiga kiradi. Uning oʻrniga 6,25 % miqdorda shtat mulki bilan daromad soligʻidan foyda olib turadi, biroq mahalliy soliq yurisdiksiyalari (shahar, okrug, maxsus tayyorlangan rayonlar va hokimyat tranzitlari) savdoga qoʻyib, soliqni maksimal miqdorgacha 2 % koʻtarib, 8,25 % qilishi mumkin. Texas davlatning soliq donori hisoblanib, har bir dollar uchun Texasliklar federal hukumatga federal foyda soligʻini toʻlab, davlatning umumiy foydasining 0,94 % AQSh dollarini olib turdi. 2010-yili Oʻrin 2010-yili Tanlash jurnali Texas Sanoat Zaxirasidagi 3 milliard AQSh dollari uchun bu shtatni mamlakatdagi biznes uchun eng yaxshi joy sifatida atadi. Texas bilan Kaliforniyada Fortuna 500 dagi eng koʻp kompaniyalarning shtab kvartiralari joylashgan. 2010-yil Texasda 346,000 millioner boʻlib, mamlakatdagi millionerlar soni boʻyicha shtatlar ichida ikkinchi oʻrinda turadi. Qishloq xoʻjaligi va sanoati Texasda AQSh dagi eng koʻp xoʻjalik oʻrinlari va eng katta yer tumanlari bor. Texas uy hayvonlarini oʻsirish korxonasi boʻyicha mamlakatda oldingi qatorda. Yirik qora mol shtatning eng noyob qishloq xoʻjaligi boʻlib, shtat mamlakatda qoʻy va echkilarni oʻsirish boʻyicha yuqori pagʻonalardan joy egallagan. Shtat gʻalla mahsulotlarini chiqarish ham yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Texasning katta kommersiyalik baliq sanoati bor. Tsement, marmar toshlar, ohak, tuz, qum va bulduruq tosh kabi foydali qazilmalar sanoati boʻyicha Texas oldingi safda keladi. Energiya Spindltopda neft ochilgandan soʻng, energiya siyosiy va iqtisodiy sohada boshqaruvchi kuchga ega boʻldi. Energiya Axborot Hokimchiligining eʼlon qilishicha Texas mamlakatdagi jon boshiga yalpi energiyani eng koʻp iʼstemol qiluvchi shtat boʻldi. Mamlakatning boshqa qismlariga qaraganda Texasning koʻpchilik hududlari oʻzlarining parrakli toklarining energiyasini foydalanadi. Texas elektroenergiya taʼminotlarini tartibga keltiradi. Texas Temir yoʻl komissiyasi oʻz nomiga qaramasdan shtatdagi neft-gaz sanoatini, gaz taʼminotlarini, quvur xavfsizligini, suyultilgan gaz sanoatidagi xavfsizlikni, kon-metallurgiya sanoatidagi koʻmir va uranni tartibga keltirib turadi. Komissiya Texas neft zaxirasini tartibga solish qobilyatiga ega boʻlganligi uchun 1970-yilgacha neft bahosini tekshirib turdi. OPEK asosini soluvchilar neft baholarini tartibga keltiruvchi modullarning biri sifatida Texas agentligini foydalandi. Texas 5 milliard (790 000 000 metr kub) barrel neft zaxirasiga ega boʻlib, bu neft AQSh yalpi neft zaxirasining toʻrtdan bir qismini tashkil qiladi. Shtatning tozalash zavodlari kunligiga 4.6 million barrel (730 000 metr kub) neft qazib chiqaradi. Xyuston hududidagi Beytoun tozalsh zavodi AQSh-dagi eng katta tozalash zavod boʻlib hisoblanadi. Texas sunʼiy gaz ishlab chiqarishdan oldingi qatorlarida boʻlib, mamlakat sunʼiy gazining toʻrtdan bir qismini tashkil qiladi. Birnecha neft kompaniyalari Texas hududida joylashgan: ular Konoko-Filips, Ekson-Mobil, Xalliburton, Valero va Marafon Oyl kompaniyalari. Shtat yangilangan energiya koʻzi boʻyicha lider boʻlib, u mamlakatdagi eng koʻp parrak energiyasini ishlab chiqaradi. Roskoudagi, Texas shtatida, Roskou shamol elektrostansiyasi 781.5 megavatt kuchi bilan 2009-yili oktabrda jahondagi eng katta elektrostansiya boʻlib topildi. Energiya Axborot Hokimchiligi eʼlon qilishicha, shtatning yitik qishloq xoʻjaligi bilan oʻrmon sanoati Texasga oʻtinlarni foydalanish uchun yirik hajmdagi biomassa berishi mumkin. Shtatda yanada mamlakat rivojlanishi uchun quyosh nuri energiyasidan foydalanish imkoniyati bor. Texnologiya Texasda katta universitet sistemalari bilan birga boshlagich Texas korxona zaxirasi, Texas Emedjing zaxirasi va koʻplab turli korxonaning yuqori texnologiyali sohalari rivojlanish ustida. Ostin hududi „Kremniy tepaliklari“ degan laqab nom bilan atalsa, shimoliy Dallas „Kremniy yoyilmasi“ deb ataladi. Texasda Dell, Inc., Texas Instruments, Perot Systems va AT&T kabi yuqori texnologiya kompaniyalarining shtab binolari bor. Milliy aeronavtika va Kosmos hokimchiligining Lindon B. Jonson Kosmos markazi janubi-sharqiy Xyustonda joylashib, Texasdagi aeronavtika korxonasining asl toji boʻlib turibdi. Fort-Uert Lokxid Martin aeronavtikasining diviziyasi va Bell Xelikopter Tekstron ikkovini qabul qiladi. Fort-Uertta Lokxid eng katta gʻarbiy dastur hisoblanuvchi F-16 Kurashuvchi Lochinini ishlab chiqaradi Savdo Texas boyligi ulgurji va mayda savdodan iborat katta kommersik sektorni, bank faoliyatini, sugʻurta va qurulish sanoatini jonlantirdi. Fortune 500 kompaniyalarining misollari Texas korxona sohalariga AT&T, Menʼs Warehouse, Landryʼs Restaurants, Kimberly-Clark, Blockbuster, Whole Foods Market va Tenet HealthCare ga atalmagan. Dallas-Fort-Uert AQSh-dagi boshqa shtatlarga qaraganda jon boshiga eng koʻp savdo markazlari toʻgʻri keladigan hudud hisoblanadi. Meksika shtatning eng yirik savdo hamkori boʻlib, NAFTA orqali shtat eksportining uchdan bir qismini qubullaydi. NAFTA Texas-Meksika chegarasidagi kelishmovchilikni makiladoralarning qurulishini koʻtardi. Demografiya 2009-yili shtat aholisi 24 782 406 kishini tashkil qilib, oʻtgan yil bilan taqqoslaganda 1,97 % oʻsgan boʻlsa, 2000-yildan buyon 16,1 % oʻsdi. Soʻnggi sanoqdan buyon shtat aholisinig tabiiy oʻsish koʻrsatkich 1,389,275 kishiga yetgan boʻlsa, ularning 801,576 nafari immigratsiya bilan AQSh-ning sirtidan kelsa, 451,910 nafari esa migratsiya bilan mamlakatning boshqa hududlaridan kelgan. 2004-yilda shtatda 3,5 million chet elda tavallud topgan rezidentlar boʻlib, ularning 1,2 millioni taxmin qilganday qonunsiz chet elliklar boʻldi. 2000-2006-yillar oraligʻida Texasda mamlakatdagi eng koʻp chet eldan koʻchib kelish, yani immigratsiya yuz berdi. 2010-yili qonunsiz chet elliklarning soni jami aholining 6,0 % qismini tashkil qildi. Bu koʻrsatgich mamlakatdagi shtatlar orasidagi beshinchi koʻrsatgich boʻlib hisoblanadi. Texas aholisining zichligi 1 km2ga 34,8 kishidan toʻgʻri kelib, AQSh zichligidan (31 kishi/km2) oz miqdorda koʻproq. Aksincha, Texas yer maydoni boʻyicha Fransiya bilan teng boʻlsa ham, Yevropa mamlakati aholisi zichligi 116 kishi/km2. Texasliklarning uchdan ikki qismi Houston kabi katta shaharlarda istiqomat qilishadi. Dallas-Fort Worth Texastning katta shaharlaridan hisoblanadi. Xyuston esa Texasdagi eng katta shaharlarning biri boʻlib, AQShda toʻrtinchi oʻrinni egallasa ham, Dallas-Fort Uert undan ancha kattaroq. Irqiy va etnik guruhlar 2010-yilgi AQSh sanogʻi boʻyicha Texasdagi irqiy va etnik guruhlarning tarkibi quyidagicha: Oq tanlilar: 70,4 % (ispanmas oq tanlilar: 45,3 %) Qora tanlilar yoki Afro-amerikaliklar: 11,8 % Mahalliy amerikaliklar: 0,7 % Osiyoliklar: 3,8 % (1,0 % hindlar, 0,8 % vyetnamliklar, 0,6 % xitoylar, 0.4 % filippinliklar, 0,3 % koreyslar, 0,2 % pokistonliklar, 0,07 % Yaponlar, 0,05 % lotin amerikaliklar, 0,05 % kambodjaliklar) Tinch okeandagi orolliklar: 0,1 % (0,02 % guamliklar, 0,01 % samoaliklar, 0,01 % tongaliklar, 0,01 % gavayiliklar) Boshqa irqlar: 10,5 % Aralash irqlar: 2,7 % Ispanlar yoki Lotin Amerikaliklar: 37,6 % (31.6 % meksikaliklar, 0,5 % puerto-rikoliklar, 0,2 % kubaliklar Texasda oq Amerikaliklar irqiy ozchilikni tashkil qiladi. Biroq ispanlik emas oq tanlilar aholining taxminan 48 % qismini tashkil qiladi, shuning uchun Texas ozchilik va koʻpchilik shtat boʻlib hisoblanadi. 17 020 000 Texasliklar oq tanlilar boʻlib, taxminan 11,4 million aholi Ispanlik emas oq tanlilar. Germaniyalik, Irlandiyalik va Angliyalik Amerikanlar Texasdagii eng koʻp tarqagan Yevropalik qadimgi guruhlar. Germaniyalik Amerikanlar aholining 11,3 % tashkil qilib, ularning soni 2,7 milliondan ziyod. Irlandiyalik Amerikanlar aholining 8,2 % tashkil qilib, ularning soni 1,9 million. Texasda taxminan 600,000 Fransiyalik Amerikanlar va 472,000 Italiyalik Amerikanlar bor. Bu etnik guruhlar oʻz navbatida aholining 2,5 % va 2,0 % tashkil qiladi. 1980-yildagi AQSh-dagi sanoq boʻyicha Texas hududidagi eng koʻp tarqagan qadimgi xalqlar 3,083,323 kishidan iborat inglizlar ekan, ular shu vaqtda shtat aholisining 27 % qismini tashkil qilgan. Dastlar ularning ota-bobolari oʻn uch mustamlakaga kirgan va keyinroq ularni Amerikanliklar deb nomlab ketadi, aslida ular inglizlarning naslidan boʻlgan. Qora tanli Amerikanliklar Texasda ozchilikni tashkil qiladi. Ispaniyalik va Ispaniyalik emas qora tanlilar aholining 11,5 % tashkil qilib, Mahalliy Ispaniyalik emas qora talilar oddiy xalqning 11,3 % tashkil qiladi. Ispaniyalik va Ispaniyalik emas qora tanlilar soni taxminan 2,7 million. Mahalliy Amerikanliklar ham Texasda ozchilikni tashkil qilib, ular shtat aholisining bor-yoʻgʻi 0,5 % va ularning soni 118,000 kishi. Ispaniyalik emas mahalliy Amerikaliklar 0,3 % tashkil qilib, ularning soni 75,000 kishi. Cheroki hindulari 0,1 % tashkil qilib, ularning soni 19,400 kishi. Aksincha, 583 kishi Chippeva sifatida aniqlangan. Osiyolik Amerikanlar ham Texasda ozchilik guruhni tashkil etadi. Osiyodan chiqqan Amerikanlar aholining 3,4 % tashkil qilsa, Ispaniyalik emaslar 3,3 % tashkil qiladi. Ularning jami soni 808,000 kishidan ziyod. Ispanlik emas Osiyoliklar soni 795,000 kishidan ziyod. 200,000 ziyod Hindistonliklar Texasni vatani deb hisoblaydilar. Texasni shuningdek 187,000 Vyetnamliklar,136,000 Xitoyliklar, 92,000 Filippinliklar, 62,000 Koreyaliklar va 18,000 Yaponiyalik Amerikaliklar istiqomat qilishmoqda. Shuningdek 111,000 ziyod kishi Osiyoliklar: Kambodja, Tailand va Xmong. Tinch okeanidan chiqqan Amerikanlar ham Texasda ozchilikni tashkil qiladi. Savolnoma boʻyicha, faqat 18,000 kishi Tinch okeani orollaridan va 16,400 Ispanlik emas ekan. Shuningdek, 5,400 nafari Gavayiliklar, 5,300 Gvamaniyaliklar va 6,400 xalq boshqalardan iborat. Samao Amerikanlari juda kam boʻlib, ularning soni 941 kishi. Ispanlar va lotinlar Texasda Ispaniyalik emas Yevropalik Amerikanlardan soʻng soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda. 8,5 milliondan ziyod aholi ispan va lotin etnik birlashmasiga kiradi. Bu guruh Texas aholisining 36 % tashkil qiladi. Meksikanlarning soni 7.3 milliondan ziyod boʻlib, shtat aholisining 30.7 % tashkil qiladi. 104,000 ziyod Puerto-Rikoliqlar shtat hududida istiqomat qilishadi. Taxminan 38,000 Kubaliklar shu shtatda istiqomat qilishadi. 1.1 milliondan ziyod kishi (aholi sonining 4.7 % tashkil qiladi) Kosta-Rikaliklar, Venesuelaliklar va Argentinaliklar. Texasning markaziy va janubi-sharqiy markaziy qismida Germaniyadan kelganlar istiqomat qilishadi. Texasning uchdan bir qismining koʻpchiligi Ispanlardan iborat, ularning koʻpchiligi soʻnggi paytlarda kelgan, ayrim Texanolar Texasga 18-asrda aloqasi boʻlgan. Soʻnggi paytda Texasda, ayniqsa Xyuston va Dallasda Osiyoliklarning soni koʻpaydi. Osiyolik Amerikanlar oʻsib borayapgan Texasdagi boshqa hududlar Ostin, Korpus Kristi, Sherilend va Mak-Allen. Hozirgi vaqtda uchta xalq tan olgan qabilalar istiqomat qilishmoqda ular: Alabama-Koushatta qabilasi, Kikapu dasturli qabilasi va Isleta Del Sur Pueblo qabilalari. 2011-yil faevralning oʻrtasida boʻlgan sanoq byurosining maʼlum qilishicha, Texasning oq tanli aholisi 50 % kam ekan, yani 45 % ekan, Ispanliklar esa 38 % gacha koʻpayibdi. 2000-2010-yillari oraligʻida jami aholi soni 20,6 % gacha koʻpaydi, biroq ispanliklar 65 % gacha koʻpayibdi, ispanlik emas oq tanlilar esa faqat 4,2 % gacha koʻpaygan. Dіn 2000-yilda eng katta denominatsiya tarafdorlari soni Roman Katolik cherkovi 4,368,969 kishi; Janubiy Baptist Konvensiya 3,519,459 kishi va Birlashgan Metodist cherkovi 1,022,342 kishidan iborat. Dallas-Fort-Uert esa uchta katta evangelie seminarlari uyi va monastirlar xoʻjayini. Xyustondagi Leykud cherkoviga haftasiga oʻrta hisob bilan 43,000 kishi keladi. Labbokda bilimiga bogʻliq mamlakatda jon boshiga cherkov eng koʻp hudud boʻlib hisoblamadi. Xristiandan boshqa dinning tarafdorlari asosan shahar hududlarga koʻchib borishadi. 1990-yilda musulmonlar 140,000 kishi boʻlsa, ayni damda, musulmon aholisining soni 350,000 — 400,000 orasida. Yevrey dinida 128,000 kishi. Taxminan 146,000 Yahudiylik va Sikxizm dinlarining tarafdorlari Texasda istiqomat qilishadi. Shaharlar va shaharchalar Shtatda aholisi milliondan ziyod uchta shahar bor ular: Xyuston, San-Antonio va Dallas. Shu uchta shahar AQSh-ning eng koʻp aholisi bor oʻn shaharlar safidan joy olgan. 2000-yili Texasning olti shahrining aholi soni 500,000 kishidan ziyod boʻldi. Ostin, Fort-Uert va El Paso AQSh-ning eng aholisi koʻp 25 shahrining safidan oldi. Texasda aholi soni milliondan ziyod toʻrtta metropolitan hudud bor ular: Dallas-Fort Uert-Arlington, Xyuston-Shuger Lend-Beytoun, San Antonio-Nyu Bronfels va Ostin-Raund Rok-San Makros. Dallas Fort-Uert va Xyuston metropolitan hududlarining aholisining soni 6,3 million va 5,7 million turgʻunni tashkil qiladi. Uchta shtataro katta yoʻllar bor: I-35 gʻarbga (Dallas — Fort-Uertdan San-Antoniogacha, oʻrtasida Ostinga), I-45 sharqqa (Dallasdan Xyustongacha) va I-10 janubga (San-Antoniodan Xyustongacha) bular Texas Urban Uchburchagi hududi deb ataladi. Bu hudud 160,000 km2 boʻlib, koʻplab katta shaharlar va metropolitan hududlar tarkibiga kirib, bu yerda 17,000 million kishi istiqomat qilib, u Texas jami aholi sonining 75 % tashkil qiladi. Dallas va Xyustonlar jahon shaharlarining ichida ikkincha shahar boʻlib tanilgan. Bu shaharlar shtat ichida tarqalgan. Texasda shtatlarning ichida eng koʻp graflik 254 graflik mavjud. Shaharlardan tashqari qishloq joylardagi hududlar koloniyalarda ayrim hollarda infratuzilmalar yetishmaydi, shuning uchun gadolik mavjud. 2007-yili Texasda kam deganda 2,294 koloniya boʻlib, shtatning Meksika bilan chegarasidagi 1,248 mil (2,008 km) yerida joylashgan. Texasta shamamen 400,000 adam koloniyalarda jasaydi. Madaniyat Tarixda Texasning barcha madaniyati janubiy, gʻarbiy va janubi-gʻarbiy tomonlarning taʼsiridan shtatlar orasida bir-biriga koʻchib yurish oʻzgarishga uchragan. Eng mashhur taomi ertalabki nonushtadagi purrito uchta narsa bilan oʻralgan undan tayyorlangan chalpakdan, bekon va qovurilgan tuxumdan iborat. Texas dasturli madaniyati 18-19 asrlarda har turli immigrantlarning koʻchib kelishi sababidan aralash madaniyatlarning oʻchogʻiga aylandi Hunar Xyuston — AQSh-dagi harqachon kasbiy rezidentli kompaniyalar bilan hunarning barcha turlarida boʻluvchi beshta shaharning bittasi. Hunar joylari: Xyuston Grand Opera, Xyuston simfonik orkestrі,Xyuston Baleti va Alley teatr. Xyuston teatri Xyuston markazining yuragida joylashgan 17 blokli hudud boʻlib, 12 948 oʻrin jonli ijro etishga va 1 480 kino oʻrinlarga bagʻishlanib, bu yer mamlakatda teatr oʻrinlari boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallaydi. 1892-yilda poydevori qurilgan Fort-Uertdagi Texas Hozirgi Koʻrkamhunar muzeyi shtatdagi eng qadimgi koʻrkamhunar muzeyi boʻlib hisoblanadi. Fort-Uertda yana bir Kimbell koʻrkamhunar muzeyi, Amon Karter muzeyi, Milliy molchi ayol muzeyi va Shan Zali, Uill Rodjers Memoriel markazi va markazda Asosiy Boshqaruvchi Zali bor. Dallas shahri markazidagi hunar markazida quyidagiday hunar oʻrinlari bor: Dallas Koʻrkamhunar muzeyi, Morton X. Meyerson Simfonik muzeyi, Margo va Bill Vinspir Opera teatri, Osiyo hunarining Trammell & Margaret Krou kolleksiyasi va Neysher musin markazi. Dallasdagi Dip Ellum rayoni janubiy AQSh-da 1920-1930-yillari asosiy djaz va qaynagan blyuzi bilan shuhrat qozondi. Dip Ellum soʻzi mahalliy aholining „Dip Elm“ soʻzini „Dip Ellum“ deb ataganda paydo boʻlgan. Koʻr Limon Djefferson, Robert Djonson, Xuddi „Ledbelli“ Ledbetlar va Bessi Smit kabi qoʻshiqchilar Dip Ellum klublarida oʻz hunarlarini koʻrsatgan. Ostin jahonning jonli musiqasi markazi boʻlib, kishining jon boshiga choqqanda koʻp qoʻshiq kuylanadigan quyidagiday oʻrdalari bor: Nashvill, Memfis, Los Anjeles, Las Vegas va Nyu-York. Shahar musiqalari Oltinchi koʻchdagi tungi klublara boʻlib oʻtadi, film, musiqa va multimedia kabi voqealar janubdan janubi-gʻarbgacha boʻlsa, koʻp davom etadigan musiqiy dasturlar Amerikan TV, Ostin Siti Limitsta namoyish etiladi va Ostin Siti Limits Musiqa festivali Tsilker xiyobonida boʻlib oʻtadi. 1980-yildan boshlab San-Antonio „Jahon Texano musiqa markazi“da rivojlandi. Texano Musiqa mukofoti Texano musiqasini va madaniyatini baholaydigan, tushunadigan forum tashkil qilgan. == Taʼlim == Texas Respublikasi ikkinchi prezidenti Mirabo B. Lamar Texas bilimining otasi hisoblanadi. Uning boshqaruv yillarida shtat har bir graflikka maktablar barpo etilishi uchun uch ligadan yer berildi. Yana qoʻshimcha 50 liga yer ikkita universitetni qoʻllash uchun qoʻyildi, keyinchalik bu yerlar Mahalliy universitetda zaxirasining asosiga aylandi. Lamarning xizmati jami Texas boʻyicha davlat maktablari tizimining asosini solish edi. AQSh bilim sohasida Amerika qonun almashish Kengashining hisobot berish blankasida Texas shtati 29-oʻrinda turgan. Texas studentlari oʻrtacha hisob bilan matematika fanidan yuqori oʻrinlarni egallagan, biroq adabiyotdan (oʻqishdan) past natija koʻrsatgan. 2006-2007-yillar orasida, Texas har bir oʻquvchi uchun $7,275 sarfladi, ammo mamlakatdagi $9,389 koʻrsatgichga qaraganda past. Oʻquvchi va ustoz aloqasi 14.9 % tashkil qilib, davlat koʻrsatkichidan (15.3 %) pastroq. Texas ustozlarga 41 744$ toʻlagan boʻlsa, bu koʻrsatkich davlatnikidan 46 593 $ past. Shtat bilim zaxirasining 88 % pulini toʻlasa, federalli shtat esa qolgan 12 % toʻlaydi. Texas bilim agentligi shtatdagi davlat bilim tarmogʻini tekshiradi. Texasda Stafford munitsipal maktab rayonidan boʻlak mingdan ziyod maktab rayonlari munitsipal rayonlardan mustaqil boʻlib, shahar chegaralaridan kesib oʻtadi. Maktab rayonlari oʻzlarining fuqarolariga soliq solish huquqiga ega va oʻz mulkiga oʻzi egalik etadigan suverene hudud sifatida bekitadi. Boshlangʻich va oʻrta maktabdagi oʻquvchilar TAKS (Texas Assessment of Knowledge and Skills) testini topshiradi. TAKS oʻquvchilarning Texas bilim standartlari va No Child Left Behind Act talablari boʻyicha oʻqish, yozish, matematika, taʼlim va ijtimoiy malakalarini baholaydi. 2007-yil Texas qonun chiqaruvchilari 2011-2012-yildagi birinchi kurs studentlariga va maktabning soʻnggi sinf oʻquvchilariga TAKS-ni almashtirdi. Kollejlar va universitetlar Texasning 1997-yilda qabul qilingan „Texas Xaus Bill 588“ deb nomlanuvchi alternativli yoqimli harakat loyihasi boʻyicha Texasning oʻrta maktab yuqori sinfni yaxshi bitirgan oʻquvchilarining 10 % qismini davlat byujeti hisobidan universitetlarga avtomatik ravishda qabul qilishiga kafolat beradi. Texasda 6 ta davlat maktablari va 4 ta xususiy maktablar faoliyat yuritadi. Mahalliy universitet zaxirasining yerida topilgan konlar shtatning Texas universitteti va Texas A&M kabi eng katta universitetlar tarmogʻini moliyalashtirishga katta hissasini qoʻshdi. PUF 2005-yil kuzda 15$ milliard sarflab, Garvard moliyalashtirishidan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi. Boshqa toʻrtta universitet tarmoqlari ular: Xyuston universiteti, Shimoliy Texas universitetі, Texas shtati va Texas texnik universiteti boʻlib hisoblanadi. Texasda xalq tan olgan davlat lider 3 tadqiqot universiteti bor: ular Ostindagi Texas universiteti, Texas A&M universiteti va Xyuston universiteti. Ostindagi Texas universiteti va Texas A&M universitetlari shtatdagi eng oldi universitetlar boʻlib hisoblanadi. Ikkovi ham Texas Konstitutsiyasida bekitilib, Mahalliy universitet zaxirasida oʻz ulushini saqlaydi. Texas shtatdagi oldingi safdagi universitetlarning sonini koʻpaytirish uchun yettita oʻquv yurtini „koʻrinib kelayapgan tadqiqot universitetlari“ deb belgiladi. Texasning 82-Qonun chiqaruvchi jamoatining xulosasi boʻyicha ularning birinchi koʻzga koʻrinadigan ikkovi ular: Xyuston universiteti va Texas Texnologiya universiteti. Texas gumanitar universitetlardan boshlab xalq tan olgan lider universitetlargacha xususiy oʻquv yurtlarining vatani hisoblanadi. U.S. News & World Report xulosasi boʻyicha Rays universiteti mamlakatdagi bilim saviyasi va tadqiqot ishlari boʻyicha oliy oʻrindagi oʻquv yurti boʻlib, u yetakchi universitetlar orasida 17-oʻrinni egallab turibdi. Avvalgi Respublika eʼlon qilgan xususiy universitetlar ular: Beylor universiteti, Mariya Xardin-Beylor universiteti va Janubi-gʻarbiy universiteti. Texas hozirgi kunda ikkita prezident kutubxonasiga egalik qilmoqda, ular: Texas A&M universitetidagi Djordj Bush Prezident kutubxonasi va Ostindagi Texas universitetidagi Lindon Beyns Djonson kutubxonasi va muzeyi. Texas Metodist universitetida uchinchi Djordj Bush prezident kutubxonasini barpo etish bitimi oʻrnatildi. Texas shtati bilim dargohlari Tibbiyot Doʻstlashdik fondi Texas tibbiyot sohasini davlatdagi uchinchi eng yomoni deb baholaydi. Texas tibbiyot xizmatiga qoʻl yetkazish, tibbiy xizmatning sifati va kasalxonalarga sarflagan mablagʻ boʻyicha quyi oʻrinlarning birini egallagan. Shtatning quyi reytingni koʻrsatishining sababi siyosat, aʼlo darajada gadolik va eng asosiysi qonunsiz immigrantlar sonining oʻsishi boʻlib hisoblanadi. „Shtatning 25,1 % aholisi tibbiy kafolatsiz qolib, mamlakatdagi eng yuqori koʻrsatkich boʻlib hisoblanadi“ degan xulosasiga javob sifatida Texas shtati 2006-yil may oyida Code Red dasturini ishlab chiqdi. Texasda shuningdek shifokorlar xatolari uchun sud protsesslari uchun iqtisodiy emas eng asosiy harajatlar bor boʻlib, ular 250,000 AQSh dollari sifatida baholanib, bu mablagʻ oʻz xizmatini suistemol qilishni toʻxtatish va tibbiyot sohasidagi oʻsib borayapgan mablagʻlarni nazorat qilish maqsadida sarflanadi. Trust for Americaʼs Health tibbiyot tashkilotining xulosasi boʻyicha Texas oʻspirinlar semizligi boʻyicha 15-oʻrinda turadi va shtatning 27.2 % aholisi shu kasallikka duchor boʻlgan. 2008-yili Menʼs Health jurnali xulosasi boʻyicha Texasning toʻrtta shahrini AQSh-ning semizlik boʻyicha yuqori 25 shahrining safida koʻrsatdi, yani Xyuston 6-oʻrinda, Dallas 7-oʻrinda, El-Paso 8-oʻrinda va Arlington 14-oʻrindagi reytingda koʻrsatildi. Texasda faqat bitta shahar Ostin AQSh-dagi „yuqori 25 sharoitli shaharlar“ning 21-pagʻonasini band qildi. Shu kabi yana bir tadqiqot shtatning semizlik koʻrsatkichini „B+“ yoqimli bahosi bilan belgiladi. Shtat mahalliy sport bilan shugʻullanuvchi aholi ulushi boʻyicha reytingda 42-oʻrinda turadi. Tibbiy tadqiqot Koʻplab elita tibbiy tadqiqot markazlari Texasda joylashgan. Shtatda 9 tibbiy oʻquv yurtlari, 3 stomatologik maktab jәne bіr оптометрия mektebі bor. Texasda ikkita Biosafety Level 4 (BSL-4) laboratoriyalari bor: ularning bittasi Galvestondagi Texas Tibbiyot boʻlim universiteti va San-Antoniodagi Biomeditsina tadqiqotlarining janubi-gʻarbiy fondi. Bu Biomeditsina tadqiqotlarining janubi-gʻarbiy fondi AQSh-dagi birinchi BSL-4 darajadagi laboratoriya boʻlib hisoblanadi. Xyustondagi Texas tibbiyot markazi oʻzining 47 institut-aʼzosi bilan tadqiqot va institutlarni jamlash boʻyicha jahondagi yuqori natijaga ega. Texas tibbiyot markazi jahonda eng koʻp yurak transplatatsiyalarini bajaradi. Xyustondagi Texas Andersen rak markazi universiteti rak kasaliga duchor boʻlgan patsientlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, tadqiqot, bilim berish va profilaktika ishlari boʻyicha yuqori darajadagi akademik instituti boʻlib hisoblanadi. AQSh-dagi klinika tibbiyot tadqiqoti boʻyicha San-Antoniodagi Janubiy Texas tibbiy markazi 6-oʻrinni egalladi. San-Antoniodagi Texas tibbiyot va taʼlim markazi universiteti ham yuqori darajadagi tadqiqot va taʼlim instituti hisoblanadi. Amerika yurak assotsiatsiyasi va Texas janubi-gʻarbiy tibbiyot markazi universiteti ikkovi ham Dallasni vatani deb biladi. Janubi-gʻarbiy tibbiyot markazi jahondagi yuqori darajali akademik tibbiyot markazlari orasida yuqori pagʻonani egallaydi. Institutning tibbiy maktabi jahonda tibbiyot sohasida koʻplab Nobel mukofotini olgan. Atrof muhit Texas boshqa shtatlarga qaraganda eng koʻp parnik gazini chiqarib, Port-Arturda AQSh-dagi eng iflos havoning bir qismi bor. 2010-yili Texasda 2 553 zararli buyumlarni chiqarish voqealari amalga oshirilib, Texas osmoniga 44.6 million funt zarar gazlar yuborildi. Transport Texasdagi katta koʻlamdagi va baland-past landshaft yerlari sababidan Texasliklar koʻplab qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Texas AQSh-dagi eng uzun tosh yoʻli va temir yoʻli, shu bilan birga koʻplab Aeroportlar qurilishini moliyalashtirdi. Texas Avtomabil Boshqarmasi nazoratchi organ sifatida koʻp tarmoqli tosh yoʻllarini qoʻllaydi, aviatsiyani va ijtimoiy avtomabil tarmogʻini tartibga soladi. Shimoliy Amerika quruqligi markazida joylashganligi uchun, shtat avtomabil qloqalari sohasida eng asosiy markaz boʻlib hisoblanadi. Texasda mamlakatdagi eng yuqori 33 ta oʻzgacha iqtisodiy hudud bor. 2004-yili Texas YeEA orqali umumiy soni $298 milliardga teng mahsulot olib oʻtdi. Tosh yoʻllar 1948-yili Xyustonda Galf avtoyoʻli ochilishi bilan Texasliklar koʻp avtoyoʻllarini sayohat qildi. 2005-yildan Texasda 79,535 mil (127,999 km) uzunlikdagi tosh yoʻllar kesishdi. Tosh yoʻllarini kengaytirishni moliyalashtirish uchun Texas shtatida 17 pullik yoʻllar va qoʻshimcha pullik yoʻllar mavjud. Gʻarbiy Texasdagi I-10and I-20 yirik tosh yoʻllarida yurish 80 mil soatiga (130 km/soat) tezlik bilan cheklanib, bu AQSh-dagi eng yuqori tezlik koʻrsatkichi. 2011-yil mart oyida Milliy Hokimchilik ijtimoiy konferensiyasi Amerikalik jamoatining Amerika shtatlari axlatlari protolining natijasi boʻyicha Texas shtati eng quyi oʻn shtatning safidan joy oldi. Havo yoʻllari Texasda mamlakatdagi shtatlarning ichida eng koʻp aeroportlar bor. Texasda hududi va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha eng katta Dallas-Fort-Uert aeroporti, u hududi boʻyicha AQSh-da ikkinchi oʻrinda boʻlib, 18 076 akr (73.15 km2) hududi bilan jahonda toʻrtinchi oʻrinni band etib turibdi. Yoʻl yurish boʻyicha Dallas-Fort-Uert aeroporti shtatdagi eng birinchi boʻsh emasi, AQSh-da toʻrtinchi va jahonda esa oltinchi oʻrinni egallaydi. Amerika AMR Korporatsiyasining American Eagle jahonda yoʻlovchilarni tashish boʻyicha 2-oʻrindagi avialayner (Delta Airs avialayneridan keyin) boʻlib, Dallas-Fort-Uertni eng katta va asosiy markaz sifatida foydalanadi. Southwest Airlines avialayneri ham Dallasda joylashib, Dallas Love Field aeroporti orqali qoʻzgʻaladi. U AQSh ichida bir yilda eng koʻp yoʻlovchi tashiydigan vialayner boʻlib, jahonda eng koʻp yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadigan avialaynerlar safidan joy egallagan. Texasdagi ikkinchi avilayner Xyustondagi Djorj Bush Kontinentaro aeroporti (IAH) boʻlib, Xyustondagi Continental Airlines aeroportini markazi sifatida foydalanadi. IAH AQSh-ning hohlagan aeroportidan Meksikaning barcha hududiga uchadi. Yiliga 4 milliondan ziyod yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan eng katta toʻrtta aeroportlar: Ostin-Bergstrom Xalqaro aeroporti, Uilyam P. Xobbi aeroporti, San-Antonio Xalqaro aeroporti va Dallas Love Field aeroporti. Shtatdagi xalqaro aeroport boʻlib hisoblanuvchi eng kichik aeroport bu — Del Rio Xalqaro aeroporti. Portlar Taxminan 1 150 nafar dengiz portlari 1 000 mildan (1 600 km) koʻproq kanallar bilan Texasni qoplab turadi. Portlar taxminan bir million kishini qabul qiladi. Texas portlari Atlantika boshqa qirgʻoqlari bilan Galf ichki yoqalik suv yoʻllari orqali bogʻlanadi. Xyuston porti AQSh-dagi chet elllik tonnaj boʻyicha eng qizgʻin port boʻlib, jami tonnaj boʻyicha ikkinchi va jahonda tonnaj boʻyicha oʻninchi oʻrinda turadi. Texas Ship kanali hozirgi kunda 530 fut (160 m) kenglikni 45 fut (14 m) chuqurlikni va 50 mil (80 km) uzunlikni egallagan. Temir yoʻllar Kanzas shtatida sutyaglarning uy-joylarini temir yoʻlga qurish va uning kuchini foydalanishi dasturning bir qismi boʻlib hisoblanadi. Texasdagi eng birinchi temir yoʻl 1853-yil avgust oyida ochilgan Baffalo Beyou, Brezos va Kolorado temir yoʻli. Texasga shimoliy tomondan 1872-yili birinchi kelgan temir yoʻl Missuri-Kanzas-Texas boʻldi. 1911-yilgacha Texas mamlakatda temir yoʻl uzunligi boʻyicha oldingi qatorga chiqdi. 1932-yilgacha Texas temir yoʻl uzunligi choʻqqisiga yetib, u 17 078 milni (27 484 km) tashkil qildi, biroq 2000-yilgacha 14 006 milgacha (22 540 km) qisqardi. Texas temir yoʻl komissiyasi boshidan shtat temir yoʻlini tartibga solgan paytda, 2005-yilda shtat shu xizmatga Texas Avtomabil boshqarmasini qaytadan tayinladi. Dallas va Xyuston ikkovi tezyurar tramvay tarmogʻini shakllantirdi. Dallas Area Rapid Transit (DART) Janubi-Gʻarbiy AQSh-da eng birinchi boʻlib, shu tezyurar tramvay tarmogʻi ishga tushirildi. Trinity Railway Express (TRE) Fort-Uert va Dallasni bogʻlaydigan shahar cheti temir yoʻl xizmati boʻlib, uni Fort-Uert transport maʼmuriy boshqarmasi va DART amalga oshiradi. Metropolitan Transit Authority of Harris County, Texas (METRO) Xyuston hududida tezyurar tramvay yoʻllarini nazorat qiladi. Sport Amerika futboli shtatda koʻp vaqt boʻyi „qirol“ hisoblanib keldi. „Katta toʻrtlik“ kasbiy ligada Texasning ikkita NFL (Dallas Cowboys va Houston Texans), ikkita komanda beysbol asosiy ligasida (Texas Rangers va Houston Astros), uchta komanda NBA (Houston Rockets, San Antonio Spurs va Dallas Mavericks) va bir Liganing Milliy Xokkey komandasi (Dallas Stars) bor. Dallas — Fort-Uert „Katta Toʻrtlik“ kasbiy ligada barcha toʻrtta sport komandalari bor 13 hududning biri hisoblanadi. „Katta Toʻrtlik“ ligasidan tashqari Texasning bir WNBA komandasi (San Antonio Silver Stars) va ikkita MLS ligasida qatnashuvchi futbol jamoalari (Houston Dinamo va Dallas FC) bor. Texas madaniyadi yengil atletikaning ahamiyati zoʻr, ayniqsa amerika futbolining. Shtatda mamlakatdagi eng koʻp oʻquv yurtlari orasida 10 I-FBS diviziya bor. Shtatning toʻrtta universitetlari Baylor Bears, Texas Longhorns, Texas A&M Aggies va Texas Tech Red Raiders, Big 12 Conference ham qatnashadi. Shuningdek toʻrtta maktab komandalari Texas Longhorns, Texas A&M Aggies, TCU Horned Frogs va SMU Mustangs bir sport chempionatida boʻlsa ham oʻz huquqlarini himoya qilib kelmoqdalar. I-A diviziyasidagi savolnoma boʻyicha Oklaxoma universitetі va Texas universiteti oʻrtasida raqobat boʻladi, mamlakatda uchinchi oʻrin esa Red River Shutoutga nasib etadi. Lone Star Showdown'da raqobatlashish Texasning ikkita universitetlari orasida oʻtadi: ular Texas A&M universiteti va Texas universitetlari. Battle for the Iron Skillet kurashi yiliga ikki komanda TCU Horned Frogs va SMU Mustangs orasida boʻlib oʻtadi. University Interscholastic League (UIL) koʻpincha boshlangʻich va oʻrta maktab orasida musobaqalar tashkillashtiridi. UIL tashkillashtirgan sport musobaqalari u yengil atletika (eng mashhuri maktablar orasidagi amerika futboli musobaqalari), shuningdek fanlardan badiiy va akademik musobaqalar. Texasliklar juda rodeoni yaxshi koʻrishadi. Jahondagi eng birinchi rodeo Texasda Pecosda qabul qilingan. Yiliga oʻtadigan Livestock Show va Rodeo jahondagi eng katta rodeo shoui boʻlib hisoblanadi. Dallas yiliga Fair xiyobonida Texasning shtat yarmarkasini oʻtkazadi. 2012-yildan beri Ostin Formula 1 Jahon chempionatining raundiga mezbonlik qiladi. Rasmiy belgi va ramzlari Manbalar Adabiyotlar originally published 2004 by New York: Free Press Havolalar Shtat hukumati The State of Texas Texas State Databases  — Annotated list of searchable databases produced by Texas state agencies and compiled by the Government Documents Roundtable of the American Library Association. Texas Politics. An online textbook from the College of Liberal Arts, The University of Texas. AQSh hukumati Energy ProFayl for Texas- Economic, environmental, and energy data USGS real-time, geographic, and other scientific resources of Texas Texas State Facts South and West Texas, a National Park Service Discover Our Shared Heritage Travel Itinerary Boshqalar The Texas State History Museum The Handbook of Texas Online Published by the Texas State Historical Association Texas Register, hosted by the University of North Texas Libraries'' South and West Texas: A National Register of Historic Places Travel Itinerary Texas Heritage Society View historical photographs at the University of Houston Digital Library. AQSh shtatlari
60,920
4176
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yuta
Yuta
Yuta — AQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydon 219,9 ming km². Aholisi 2,31 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Solt Leyk Siti (Salt Lake City) shahri. AQSh ittifogʻiga 4 yanvar 1896-yilda kirgan. Hududining katta qismini togʻ tizmalari (eng baland joyi 4123 m) va chuqur daralar bilan kesilgan choʻl landshaftli yassitogʻlik egallaydi. Sharqda Qoyali togʻlarga tutashib ketgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2° dan —4° gacha, iyulniki 17—20°. Yillik yogʻin 250–400 mm. Asosiy daryosi — Kolorado. Koʻl koʻp; eng yirigi — Katta Shoʻr koʻl. Aholi, asosan, vohalarda yashaydi. Xoʻjaligida konchilik va qishloq xoʻjaligi yetakchi. Yuta mahsulotlarining 75%ni chorvachilik beradi. Sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, sabzavotlar yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, toshkoʻmir, mis, polimetallar, oltin, temir va uran rudalari qazib olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: rangli va qora metallurgiya. Neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat, radioelektronika sanoati korxonalari mavjud. Raketa, qishloq xoʻjaligi jihozlari ishlab chiqariladi. Manbalar AQSh: Tog`li shtatlari AQSh shtatlari
1,112
4177
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vermont
Vermont
Vermont — AQShning shimolisharqidagi shtat. Maydon 24,9 ming km. Aholisi 575 mingdan koʻproq kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Montpiler sh. Hududining koʻp qismi togʻli (eng baland joyi 1338 m). Yirik daryosi — Konnektikut. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —9°, iyulniki 19°. Yiliga 750 – 1000 mm yogʻin yogʻadi. Vermont — Yangi Angliyaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan va shaharlari kam shtatlaridan. Vermont hududining 1/5 qismi ekinzor, katta qismi oʻr.mon, qisman yaylov va yaroqsiz yerlar. Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar faqat torgina daryo vodiylaridagi pasttekisliklarda boʻlsada, iqtisodining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining 75% i sut chorvachiligidan keladi. Ekin maydonning 90% iga yem-xashak ekinlari ekiladi. Yogʻochsozlik, toʻqimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat, qogoz sanoati korxonalari bor. Asbest, marmar, granit, mis rudasi qazib olinadi. Vermontni shimolidan janubga Monreal—Boston va Monreal — NyuYork temir yoʻl kesib oʻtgan. Konnektikut daryosi va Shampleyn koʻlida kema qatnaydi. Turistlar koʻp keladi. Yirik shahri — Berlington. Manbalar AQSh: Yangi Angliya shtatlari AQSh shtatlari
1,186
4178
https://uz.wikipedia.org/wiki/Virginiya
Virginiya
Virginiya - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Richmond shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin. AQSHning sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Maydoni 105,7 ming km. Aholisi 6,5 mln.dan koʻproq kishi (1990-yillar oʻrtalari). Aholining qariyb 47% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Richmond shahri. Virginiyaning gʻarbida balandligi 1743 m gacha boʻlgan Appalachi togʻ tizmalari, oʻrta qismida Pidmont platosi, sharqida botqoqli Atlantika boʻyi pasttekisligi bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — G dan 5° gacha, iyulniki 23—26°. Yillikyogʻin 1000 mm. Igna bargli va aralash oʻrmonlar bor. Virginiya industrial-agrar shtat. Toshkoʻmir, tabiiy gaz va qurilish materiallari qazib chiqariladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kimyo (sunʼiy tola, oʻgʻit, portlovchi moddalar ishlab chiqarish), elektrotexnika, radioelektronika, tamaki, oziq-ovqat, ip gazlama, yogʻochsozlik, kemasozlik. Eng yirik sanoat markazi— Roanok shahri. Port shaharlari — Norfolk, Portsmut, Nyuport-Nyus, Danvill. Yer-suv asosan yirik fermer xoʻjaliklari qoʻlida. Virginiyaning yer yuzasida eroziya jarayoni kuchli boʻlganidan ekinzorlarning bir qismi yaroqsiz boʻlib qolgan. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Muhim ekinlari: tamaki, bugʻdoy, makkajoʻxori, yer yongʻoq, paxta. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining qariyb yarmi chorvachilikdan olinadi. Koʻproq qoramol, parranda va choʻchqa boqiladi. Baliq ovlash ham rivojlangan. Virginiyaning Atlantika okeani sohilidagi Xempton-Rode gavanida kemalar quriladi. Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil AQSh: Janubiy-Atlantik shtatlari AQSh shtatlari
1,655
4179
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vashington%20%28shtat%29
Vashington (shtat)
Vashington — AQShning shimoligʻarbidagi shtat. Shimolida Kanada bilan chegaradosh. Maydon 176,6 ming km. Aholisi 5,2 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Olimpiya shahar. Eng yirik shahri — Sietl. Vashington hududining koʻp qismi togʻlar va yassi togʻlardan iborat. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi gʻarbida 4°, sharqida —2°, —3°, iyulniki gʻarbida 16—17°, sharqida 20—23°. Yillik yogʻin 400–2000 mm. Togʻlarida igna bargli oʻrmonlar bor. Daryolari (Kolumbiya va uning irmoqlari) sersuv. Bir qancha GES qurilgan. Gidroenergiyaga boyligi jihatidan AQSH shtatlari orasida 1-oʻrinda. Rangli va qora metallurgiya tarmoklaridan alyuminiy, ferroqotishma, elektrkimyo va atom sanoatlari taraqqiy etgan. Pyujet-Saundda kemasozlik korxonalari va harbiydengiz bazasi bor. Aviaraketa sanoati Sietlda ("Boing" zavodi) joylashgan. Vashington AQShda yogʻoch tayyorlash va yogoch sanoati boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Fanera va qogʻoz ishlab chiqariladi. Baliq-konserva sanoati rivojlangan. Vashingtonda Kanadadan keltirilgan neftni qayta ishlovchi zavod qurilgan. Qishloq xoʻjaligi kam taraqqiy qilgan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning yarmi ekinzor, qolgani yaylov. Dengiz boʻyi rayonlari sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Kolumbiya platosida bugʻdoy ekiladi, meva yetishtiriladi. Dengiz boʻylarida baliq ovlanadi. Vashingtondan muhim avtomobil va transport yoʻl oʻtgan. Asosiy portlari — Sietl va Takoma. Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil AQSh: Tinch okean shtatlari AQSh shtatlari
1,528
4180
https://uz.wikipedia.org/wiki/G%CA%BBarbiy%20Virjiniya
Gʻarbiy Virjiniya
Gʻarbiy Virjiniya — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Charleston shahri. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan, undan oldin - Virginia. AQShning sharqiy qismidagi shtat. Maydon 62,7 ming km. Aholisi 1,8 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Charlston sh. Yer yuzasi sharkdan (eng baland joyi 1481 m) gʻarbga, Ogayo daryosi vodiysiga pasayib boruvchi (250–300 m) platodan iborat. Iklimi moʻʼtadil, iliq va sernam. Yanvarning temperaturasi — 1° dan 5° gacha, iyul-niki 23—25°. Yillik yogʻin 900–1250 mm. Yirik toshkoʻmir konlari bor. Shuningdek, neft, tabiiy gaz, tuz, qurilish materiallari qazib olinadi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — qora metallurgiya, koks kimyosi. Alyu-miniy sanoati rivojlangan. Kimyoviy tolalar, plastmassa, sintetik kauchuk ishlab chiqariladi. Gʻarbiy Virjiniyaa ishlab chiqariladigan elektr energiyasi boshqa shtatlarga ham uzatiladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, shahar aholisini oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Appalachi vodiysida bogʻlar barpo qilingan. AQSh: Janubiy-Atlantik shtatlari AQSh shtatlari
1,140
4181
https://uz.wikipedia.org/wiki/Viskonsin
Viskonsin
Viskonsin — AQShning shimolidagi shtat. Michigan va Yuqori koʻllar oraligʻidagi tekislikda joylashgan. Mayd. 145,4 ming km. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Madison shahri. Eng yirik shahri — Miluoki. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi— 6° dan — 13°gacha, iyulniki 18—22°. Yiliga 750 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari (Viskonsin, Chippeva, Blek-River) Missisipi havzasiga kiradi. Hududida 2 mln. ga dan ortiq aralash oʻrmonlar bor. Iqtisodining muhim tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi yerining asosiy qismi oʻtloq va yaylovlardan iborat. Makkajoʻxori va yemxashak oʻtlari, bugʻdoy, tamaki, kartoshka va qand lavlagi ekiladi. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachiligi sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Sutli mahsulotlar ishlab chiqarishda yetakchi oʻrinda. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, mebel ishlab chiqarish, mashinasozlik va metallsozlik, oziqovqat sanoati korxonalari bor. Pyx rudasi qazib olinadi. Buyuk koʻllarda kema qatnaydi. Yuqori koʻl sohillarida kurort koʻp. Manbalar AQSh: Shimoliy-Sharqiy shtatlari AQSh shtatlari
1,126
4183
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vayoming
Vayoming
Vayoming — AKSH gʻarbidagi shtat. Mayd. 253,6 ming km. Aholisi 470 ming kishi. Maʼmuriy markazi — Shayenn shahar. Hududining katta qismi Qoyali togʻlarda joylashgan, shim.-sharqi esa Buyuk tekisliklarga tutashgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3° dan —9°gacha, iyulniki 18—22°, yiliga 300–500 mm yogʻin yogʻadi. Tekisliklarda dasht va chala choʻl oʻsimliklari, togʻlarda igna bargli daraxtlar oʻsadi. Vayoming AQShning aholisi siyrak va iqtisodida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda turadigan shtatlaridan biri. Qishloq xoʻjaligida yaylov chorvachiligi asosiy oʻrin tutadi. Yaylov koʻp. Dehqonchilik chorvachilik bilan bogʻliq. Sharqiy rayonlarda bugʻdoy, sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, suli va arpa ekiladi. Togʻli rayonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Sanoatida neft, gazeta, koʻmir qazib chiqarish, elektr energiya hosil qilish yetakchi oʻrinda turadi. Uran, temir rudalari va qurilish materiallari qazib olinadi. Boshqa tarmoqlari mahalliy ahamiyatga ega. Vayoming ni transkontinental temir yoʻl kesib oʻtgan. Vayoming - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Cheyenne shahri. AQSh ittifogʻiga 10 iyul 1890-yilda kirgan, undan oldin - Wyoming Territory. Manbalar AQSh: Tog`li shtatlari AQSh shtatlari
1,221
4204
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bossa%20nova
Bossa nova
Bossa nova — Braziliya musiqasidagi uslublardan biri boʻlib, João Gilberto tomonidan ilk marotaba Braziliyada Gilbertoning «Chega de Saudade» qoʻshigʻi bilan 1958-yil havola etildi. Bastakor — Antonio Carlos Jobim, u dastlab singl holida chiqib, qisqa vaqt ichida qoʻshiqning nomini olgan Gilbertoning yangi albomida chiqdi (1959-yil). João Gilberto uning «guru»si deb tan olinib, bossa-nova tez orada juda katta miqdorda oʻz muxlislarini orttirdi. Dastlabki muxlislarning koʻpchiligi yosh musiqachilar, studentlar va yosh fanatlardan iborat edi. Keyinchalik har-xil yoshdagi, turli-tuman hayotlarga ega boʻlgan odamlar ham ushbu stilning ixlosmandlariga aylanishdi. Kelib chiqishi va tarixi Musiqaning kelib chiqishi sambadan, lekin u garmonik nisbatidan murakkabroq va kamroq perkussiv. Cool jazz kabi Shimoliy Amerrikaning jazz stillarining bossa-novaga boʻlgan taʼsiri haqida tarixshunos va fanatlar tomonidan tez-tez tortishuvlar boʻlib turadi, lekin bir biriga oʻxshash «ajoyib hissiyotlar» («cool sensibility») sezilib turadi. Gilbertoning dastlabki chiqishlari va 1959-yil suratga olingan Qora Orfey filmi bossa-novani nafaqat Braziliya yoki Lotin Amerikasinig boshqa mamlakatlariga, balki Shimoliy Amerikaning jazz musiqachilari bilan koʻrishgandan soʻng u yerda xam juda koʻp muxlislarni oʻziga shay etdi. Natijada Charlie Byrd va Stan Getz tomonidan yozilgan navolar uni u yerga muhrlab qoʻydi va 1963-yildagi Getz/Gilberto, Ella Fitzgerald (Ella Abraça Jobim) va Frank Sinatra (Francis Albert Sinatra & Antonio Carlos Jobim) albomlari bilan bossa-nova butun dunyoga yoyilib oʻz mashxurligining choʻqqisiga yetdi. Shu bilan birga, ushbu stil koʻplab yillar davomida va jumladan xozirgi vaqtda ham jaxon musiqa sanʼatiga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Bossa-novaning mashxurligi 1960-chi yillarning oxirlarida bir oz susaygan boʻlishiga qaramasdan, u kelgusi davr Braziliya ommabop musiqa stillari, jumladan tropicália va MPB kabilarga juda kuchli taʼsir oʻtkazdi. Cholgʻu asboblari Bossa-nova aksariyat hollarda neylon torli klassik gitara vositasida, barmoqlar bilan torlarni chertgan xolda chalinadi. Uning eng toza shakli João Gilberto koʻrsatib bergani kabi ovoz bilan kuylanmagan holdagisi hisoblanadi. Hatto katta jazzga oʻxshash aranjirovkalarda ham hamisha gitara — ritmni belgilaydigan asosiy vosita boʻlib qoladi. Garchi, gitara kabi boʻrtib chiqmasada, pianino — bossa-novaning yana bir asosiy cholgʻu asbobidir. Jobim pianino uchun bastalab, oʻzinig koʻpgina qoʻshiqlarida pianino chalgan. Bundan rashqari, pianino bossa-nova va jazz kabi ikki stil orasida oʻziga hos koʻprik rolini oʻtagan. Bu hol ikkala stilning ham bir-biriga aralashib ketishiga sharoit yaratgan. Barabanlar va perkussiya bossa-novaning muhim asboblari deb xisoblanmaydilar. Bunga qaramasdan, bossa-novadagi barabanlarlar ritmlari oʻziga hos va boshqa stillarga oʻxshamaydi. Drums and percussion are not considered essential bossa nova instruments. Nonetheless, there is a distinctive bossa nova drumming style, characterized by continuous eighths on the high-hat (mimicking the samba tambourine) and tapping of the rim. Serhasham orkestr akkompanimenti koʻp hollarda bossa-novaning Shimoliy Amerika koʻrinishidagi «elevator» yoki «holl» musiqasi timsolida koʻrinadi. Bunday musiqa Jobimning koʻpgina albomlarida uchrasa ham, boshqa joylarda kamdan kam uchraydi. Tuzulishi Bu yerda bossa-nova ritmining gitarada chalinadigan asosiy shakli koʻrsatilgan: Garmonik tuzulishi jixatidan bossa-nova oʻzining nozik yettinchi va uzaytirilgan torlarining ishlarilishi bilan jazz orasida juda koʻp umumiyliklarga xos. Dastlabki bossa nova qoʻshigʻi «Chega de Saudade» oʻz tusulishi bilan choroga oʻxshaydi. Lekin undan keyingi qoʻshiqlarda bu oʻxshashlik kamdan-kam kuzatiladi. Avvalgi bossa nova qoʻshiqlari, lirikasi va uzunligi (asosan ikkidan toʻrt daqiqagacha) jixatidan, bossa nova «ommabop musiqa» stiliga oʻxshaydi. Lekigin, uning tipik tuzilishi Yevropa va Shimoliy Amerikadagi rokka asoslangan musiqa standartlaridan biroz farqlanadi. Odatda ularda qoʻshiq ikki kupletdan iborat boʻlib, ulardan soʻng naqorat va tugallovchi kuplet keladi; bossa novada esa, qoʻshiqlar ikki kupletdan koʻp boʻlmaydi va kamdan-kam holatlarda naqorat ishlariladi. João Gilbertoning baʼzi dastlabki qoʻshiqlari ikki daqiqadan kam boʻlgan, baʼzi hollarda esa qoʻshiq yagona qofiyali juftlikni takrorlash bilan kuylangan. "Bossa nova" atamasining kelib chiqishi Bossa nova — «yangi bossa» degani. Holbuki, «bossa» soʻzi, «Chega De Saudade» qoʻshigʻi chiqishidan oldin ham koʻpgina musiqachilar tomonidan qoʻllanilgan. Braziliyada, kimdir nimanidir «bossa» bilan bajarsa (com bossa), usha «nimanidir» juda jozibador ravishda bajargan maʼnosini beradi. 1932-yilda Noel Rosa ushbu soʻzni sambada ishlatadi… O samba, a prontidão e outras bossas/São nossas coisas, são coisas nossas… Bossa nova musiqachilari roʻyxati João Gilberto Antonio Carlos Jobim Vinicius de Moraes Bogdan Plech Astrud Gilberto Luís Bonfá Nara Leão Oscar Castro Neves Carlos Lyra Roberto Menescal Baden Powell de Aquino Marcos Valle Stan Getz Sergio Mendes Walter Wanderley Bossa nova bilan bogʻliq boshqa musiqachilar Silvia Telles Alaide Costa Toquinho Charlie Byrd Elis Regina Miucha Caetano Veloso Lisa Ono João Donato Jonny Alf Luis Eça Basia John Pizzarelli Vinicius Cantuaria João Bosco Bebel Gilberto Quincy Jones Havolalar McGowan, Chris and Pessanha, Ricardo. «Braziliya Navosi: Samba, Bossa Nova va Braziliya Ommabop Musiqasi.» 1998. 2-chi bosim. Temple Universitteti Bosmaxonasi. Quyidagilarni ham qarab chiqing Samba Bossa Nova (raqs) Tashqi linklar bossanova.fm : Braziliyaning Musiqa Jannati Astrud Gilberto Braziliya Navolari: Braziliya Musiqasi va Madaniyati Vebsayti Bossa Nova Uchun Gitara Akkordlari
5,825
4207
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ajabsanda
Ajabsanda
Ajabsanda — bugʻda pishiriladigan quyuq taom. Pishirish usuli: katta va kichik 2 ta idish olinadi. Kichik idishga masalliq toʻrtburchak qilib toʻgʻralgan kartoshka, toʻgʻralgan sabzi, pomidor, piyoz, sarimsoq solinib, loʻnda-loʻnda toʻgʻralgan goʻsht-yogʻ qavat-qavat qilib taxlanadi qavatlarning har biriga loyiq tuz, murch, zira va kertilgan oshkoʻklar solinadi. Keyin masalliq idishi bilan katta idishdagi suvga qoʻyiladi. Kichik idish ochiq qolib, katta idish qopqogʻi jips yopiladi, 1,5-2 soat qaynatiladi. A. xushxoʻr, bugʻda pishgani uchun yaxshi hazm boʻladi, masalliqlar tarkibidagi vitaminlar, mineral moddalar, har xil kislota va boshqa foydali moddalar saqlanib qoladi. Manbalar Baqlajonli taomlar Ozarbayjon oshxonasi
733
4220
https://uz.wikipedia.org/wiki/Toshkent%20%28ma%CA%BCnolari%29
Toshkent (maʼnolari)
Toshkent Toshkent shahri Toshkent viloyati Toshkent (metro bekati) Toshkent (telekanal) Toshkent (sayilgoh, Ashxobod)
123
4226
https://uz.wikipedia.org/wiki/Dunyo%20axborot%20agentligi
Dunyo axborot agentligi
„Dunyo“ axborot agentligi — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tarkibidagi axborot agentligi. Tarixi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasidagi „Jahon“ axborot agentligi negizida tashkil topgan va mazkur agentlik tarkibiy boʻlinmasida Media-markaz tashkil etilgan. Asosiy vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari, uning xalqaro tashabbuslari, eksport, investitsiya va turistik salohiyati, turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi haqida xalqaro hamjamiyatni, shu jumladan xorijiy siyosatchi-ekspertlarni xabardor qilish boʻyicha tizimli ishlarda ishtirok etish; zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sifatli axborot, tahliliy va keng qamrovli bosma materiallar, videoroliklar, telekoʻrsatuvlar, shuningdek, Oʻzbekistonda va xorijiy davlatlarda roʻy berayotgan voqealar joyidan reportajlar tayyorlash hamda ularni tarqatish orqali Oʻzbekiston Respublikasining ishonchli va masʼuliyatli sherik sifatida xalqaro nufuzini mustahkamlashga koʻmaklashish; mamlakatda amalga oshirilayotgan jadal oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqaro hamjamiyatga oʻz vaqtida etkazish, shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan rasmiy axborot almashish mexanizmini yoʻlga qoʻyish maqsadida mahalliy va xorijiy axborot markazlari, media tuzilmalari hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijga va xorijiy delegatsiyalarning respublikamizga tashriflarini, ularningn yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni, shuningdek, kundalik va dolzarb xalqaro masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy pozitsiyasini keng va tezkor yoritish; respublikaning xorijdagi muassasalari tomonidan chet ellik sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirish, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, xorijdan investitsiyalar va sayyohlarni jalb qilish, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy hamda yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xorijiy davlatlardagi vatandoshlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida xorijiy va mahalliy jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilish. Faoliyati Agentlik xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar huzurida oʻzining muxbirlik punktlariga ega boʻlgan yagona ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. „Dunyo“ muxbirlari ayni paytda Buyuk Britaniya, Belgiya, Misr, Hindiston, Isroil, Rossiya, AQSh, Fransiya, Turkiya hamda Yaponiyada faoliyat koʻrsatmoqda. Agentlik eng yirik mahalliy va xalqaro axborot agentliklari, shuningdek, respublikamizning etakchi gazetalari, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Ko’rsatib o’tilgan vazifalarni ado etish maqsadida „Dunyo“ axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq: Axborotlarni yigʻadi, qayta ishlaydi va tahlil qiladi, barcha turdagi axborot mahsulotlarini mamlakat ichida va xorijda tayyorlaydi hamda tarqatadi; Mahalliy va xorijiy OAV hamda axborot agentliklari bilan axborot ayirboshlash haqida yoki tijorat asosida axborot berish (olish) toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolaydi; Shartnoma asosida xorijiy va mahalliy matbaa nashrilariga, radio, televidenie, axborot agentliklari va boshqa OAV, hukumat va nohukumat muassasalari, jamoat tashkilotlariga axborot taqdim etadi; Rahbariyat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi direktori Sadriddin Suyarov hisoblanib, ungacha O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktor o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan. Media-markaz „Dunyo“ axborot agentligining Media-markazi bazasida mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda Oʻzbekistonda doimiy va vaqtincha akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy muxbirlar (jurnalistlar) uchun respublika haqida xolis maʼlumotlarni toʻplash va tarqatish imkonini beradigan ish maydonchasini taqdim etish sohasida: mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan xorijiy muxbirlar (jurnalistlar) uchun Oʻzbekiston Respublikasining tashqi va ichki siyosatining dolzarb masalalariga bagʻishlangan brifinglar, davra suhbatlari, matbuot anjumanlari, taqdimotlar tashkil qiladi; Oʻzbekiston Respublikasining turli sohalarda bugungi taraqqiyoti va salohiyatini namoyish etadigan foto va media mahsulotlar ishlab chiqarish, axborot byulletenlari, maʼlumotnomalar, kataloglar, risolalar, gazetalar, jurnallar, boshqa bosma hamda kompyuter mahsulotlarini chop etish va xorijda tarqatish sohasida: noshirlik faoliyatini amalga oshiradi, axborot byulletenlari, maʼlumotnomalar, kataloglar, risolalar, gazetalar, jurnallar, boshqa bosma mahsulotlarni chop etadi hamda respublikada va xorijda tarqatadi; Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo va hukumatlararo bitimlarining rasmiy yillik toʻplamlarini chop etadi; axborot tarqatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tasvir, ovoz va maʼlumotlarni uzatish chastotalari hamda boshqa kanallardan foydalanadi; keng koʻlamli xalqaro hamkorlik uchun respublikaning imkoniyatlarini namoyish etadigan kompyuter, foto va audiovizual mahsulotlar tayyorlaydi. mamlakatda va xorijda matbuot anjumanlari, brifinglar hamda axborot uchrashuvlarini tashkil etish; xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolaxonalari, konsullik muassasalari, savdo vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillarining intervyusini tashkil etish va oʻtkazish, keyinchalik tegishli materiallarni milliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish; Oʻzbekiston Respublikasining tarixi va madaniyati, eksport, investitsiya va turistik salohiyati, mamlakatning tashqi siyosat yoʻnalishi, TIV va respublikaning xorijdagi muassasalari faoliyati haqida videoroliklar va tahliliy koʻrsatuvlar tayyorlash hamda tarqatish, shu jumladan xorijiy siyosatchi-ekspertlar va jurnalistlarga; respublikaning xorijdagi muassasalari bilan, jumladan, vazirlik va idoralar, viloyat hokimliklari rahbarlari ishtirokida telekoʻprik va videokonferensiyalar tashkil etish. Manbalar Havolalar Rasmiy sayti Telegram kanali Facebook sahifasi Twitter sahifasi YouTube kanali Matbuot
6,359
4268
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20davlat%20tuzumi
Oʻzbekiston davlat tuzumi
Davlat Tuzumi 1991-yilning 31-avgustida Oʻzbekiston tarixining yangi davri boshlandi. Mamlakat tarixida juda muhim ahamiyat kasb etgan bu kunda OʻzR Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi chaqirildi. Oliy Kengash «Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida» qaror qabul qildi. Sessiyada «Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Oliy Kengash bayonoti» qabul qilindi. Unda Oʻzbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat — Oʻzbekiston Respublikasi etilganligi tantanali ravishda eʼlon qilindi. 1 sentyabr Mustaqillik kuni deb eʼlon qilindi. Sessiya «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida»gi qonunni tasdiqladi. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishish jarayonining asosiy oʻziga xos xususiyati shundan iborat boʻldiki, respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qatʼiyatligi, uzoqni koʻra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi tinch, demokratik, parlament yoʻli bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliklarsiz amalga oshdi. 1992-yili dekabr oyida 26 bobdan va 128 moddadan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mustaqil davlat qurish yoʻlidagi muhim bosqich boʻlib qoldi. Konstitutsiyada — fuqarolarning asosiy huquq va erklari, davlat tuzimiga asos soluvchi tamoyillar mustahkamlangan. Davlat hokimiyati tuzimi Umum qabul qilingan demokratik tamoyillarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida hokimiyat uchga boʻlinadi: Qonun chiqaruvchi Ijro etuvchi Sud hokimiyati Bulardan har qaysisi oʻzaro chambarchas aloqada harakat qilish bilan birga, oʻz vakolatlari doirasida mustaqil va erkin faoliyat koʻrsatadilar. Bu esa hokimiyatning bir organda haddan tashqari mujassam boʻlmasligini taʼminlaydi, ularning xalq va qonun oldidagi huquqlarini aniq taqsimlab berishga xizmat qiladi. Manbalar Havolalar http://ino.uzpak.uz/ Oʻzbekiston siyosati
1,949
4279
https://uz.wikipedia.org/wiki/Imom%20al-Buxoriy
Imom al-Buxoriy
Buxoriy, Imom al-Buxoriy. (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlogʻi) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi. Otasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib, tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammadning hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin oʻz yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan boʻlishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, oʻz yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yoʻl oladi. 825-yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, oʻzi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan olimlarning ilmiy yigʻinida qatnashadi. 827-yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda boʻlib, ulardan hadislar boʻyicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammadning hadislarini toʻplash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, Imom Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan safarlari 6 yil davom etgan. Soʻng Basra, Kufa va Bagʻdodga safar qiladi. Shom va Misrga oʻtadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda boʻlib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar toʻpladi. Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur boʻlgani "Al-jomeʼ as-Sahih"dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan boʻlgan ilmlarga oid bir qator oʻta ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak boʻlgan bir nechta asarlar tasnif qildi: „Al-jomeʼ as-sahih“, „Al-adab al-mufrad“, „At-tarix al-kabir“, „At-tarix as-sagʻir“, „At-tarix al-avsat“, „At-tafsir al-kabir“ „Birrul volidayn“, „Asmo as-sahoba“, „Kunyalar“ va boshqalar. Ular orasidagi „Al-jomeʼ as-sahih“ asari islom olamida Qur’ondan keyingi eng muhim manba sifatida eʼzozlanuvchi manba hisoblanadi. Imom Buxoriyning hadislar toʻplash borasidagi qoʻygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan koʻra aniqroq boʻlgani sababli „Al-jomeʼ as-sahih“ asari „Eng ishonchli hadislar toʻplagan“ nomiga sazovor boʻlgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini oʻzaro uchrashganlari ehtimoli mavjud boʻlsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari oʻzaro uchrashganini alohida koʻrgan guvohning eʼtirofini ham shart qilib qoʻygan. Bunday shart boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Asqaloniyning hisobiga koʻra „Al-jomeʼ as-sahih“dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qoʻshilsa, kitobda keltirilgan hadislar soni 9082 taga yetadi. Aynan Imom Buxoriy tufayli Movarounnahr hududida IX—XII asrlarda koʻplab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning oʻnlab tillariga tarjima qilingan va islom dunyosida uning ijodidan koʻplab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targʻib etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu koʻchishlari bu vaqtda Buxoroda hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan „Kitob al-favoid“ („Foydali ashyolar haqida kitob“), „Al-Jomeʼ al-kabiyr“ („Katta tayanch“), „Xalq af’ol alibod“, („Alloh bandalari ishlarining tabiati“), „Al-Musnad al-kabiyr“ („Katta tayanch“), „At-tafsir al-kabiyr“ („Katta tafsir“), „Kitob al-xiba“ („Xayr-ehson haqida kitob“) va boshqa asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida paygʻambar (as) sunnatlari boʻyicha asosiy darslik, qoʻllanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning oʻlmas merosi el-yurti bagʻriga qaytdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda yubiley toʻy-tantanalari boʻlib oʻtdi. Alloma abadiy qoʻnim topgan Chelak tumanidagi Hartang qishlogʻida ulkan yodgorlik majmui ochildi (qarang Buxoriy yodgorlik majmui). Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi tuzildi (1998-yil 4-noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamgʻarmaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning „al-Jome as-sahih“i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar oʻtkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000-yildan boshlab mazkur jamgʻarma oʻzining maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy „Imom alBuxoriy saboqlari“ jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-maʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sogʻlom idrok etilishiga yordam berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Oʻzbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bagʻishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film (1995), „Hadis ilmining sultoni“ 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.VA u vafot etagldi Asarlar Al-Adab al-Mufrad (Adab durdonalari), T., 1990; Hadis [AlJomi’ assahih], 1—4 j.lar (2nashri), T., 1997. Adabiyotlar Moziydan taralgan ziyo. Imom al Buxoriy, T., 1998; Uvatov U., Imom alBuxoriy, T., 1998; Madaminov S, Imom Buxoriy taʼrifi, T., 1996; Imom alBuxoriy — muhaddislar sultoni [nashrga tayyorlovchilar Usmonhoji Temurxon oʻgʻli, Baxtiyor Nabixon ugli], T., 1998; Dushan Fayziy Zarafshoniy, Imom alBuxoriy, T., 1998; Babaxanov Sh.Z., Velikiye muxaddisi o mire i drujbe mejdu narodami, T., 1998; Maʼnaviyat yulduzlari [2nashri], T., 2001.Ubaydulla Uvatov. Havolalar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning „Al-Jomi’- as-Sahih“ kitobidan hadis namunalari Imom al-Buxoriy. Al-jomeʼ as-sahih (1-jild) Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad Islom ensiklopediyasida Hadisshunoslar Kalabod madrasasida tahsil olganlar Buxoro madrasalarida tahsil olganlar
7,440
4309
https://uz.wikipedia.org/wiki/SETI
SETI
SETI — maqsadi oʻzga sayyoralik tamaddunlarni izlash boʻlgan, koʻngilli olimlardan tuzilgan tashkilot. Abbreviatura „Search for ExtraTerrestrial Intelligence“ („Yerdan Tashqari Ongni Izlash“) deb yoyiladi. Shuningdek SETI@home — yerdan tashqari ongni qidirish uchun koʻngillilar kompyuterlaridagi erkin resurslardan foydalanuvchi ilmiy notijoriy loyiha. Oʻzga sayyoralik tamaddunlar
386
4310
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzga%20sayyoraliklar
Oʻzga sayyoraliklar
Oʻzga sayyoraliklar deb Yerdan tashqari sayyoralarda paydo boʻlgan organizmlarga aytiladi. Oʻzga sayyoraliklarning mavjudligi hozirgi kunda (2022) isbotlanmagan boʻlsada koʻplab dalillar topish mumkin, bu tushuncha asosan fantastika va ufologiyada qoʻllaniladi. Ommaviy madaniyatda oʻzga sayyoraliklar ongli, tamaddun qurish darajasiga yetgan, hatto fan-texnikasi Yer aholisinikidan ancha ilgʻorlagan, baʼzan esa Yerni ishgʻol qilish niyatida qilib tasvirlanadi. fi:Kuvitteelliset avaruusolennot
497
4311
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tamaddun
Tamaddun
Sivilizatsiya (lot. cuvilis) - fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun 1) keng maʼnoda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli; 2) madaniyat soʻzining sinonimi. Bu termin koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida ham qoʻllaniladi; 3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr S.si, Mesopotamiya S.si va boshqalar); 4) yovvoyilik va vahshiylikda keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. "S." tushunchasi 18-asrda "madaniyat" tushunchasi bilan uzviy bogʻliq ravishda paydo boʻlgan. Fransuz fay-lasuf maʼrifatparvarlari akd va adolatga asoslangan jamiyatni S.lashgan jamiyat deb bilganlar. Koʻpchilik faylasuflar "S." deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, "madaniyat" deganda esa fakat uning maʼnaviy qad-riyatlarini tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu tushunchalarni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyganlar. Chunonchi, O. Shpengler fikricha, "S." har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal boskichini bildiradi. S.ni bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir. Tamaddun yoki sivilizatsiya — jamiyatning rivojlanganlik darajasini koʻrsatuvchi tushuncha, madaniyat, fan, texnika, din va hokazoni oʻz ichiga oladi. Tamaddun inson jamiyatining ongli ekanligiga urgʻu berib, uni boshqa har qanday ongsiz jamiyatdan farqlaydi. „Sivilizatsiya“ soʻzi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan maʼnolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt — ikki asr oldin kiritilgan boʻlib, tafakkur va erkinlik hukmron boʻlgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qoʻllanilgan. Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi. Jamiyat taraqqiyotini sivilizatsiya nuqtai-nazaridan oʻrganishda sivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi muhim oʻrin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan iborat sivilizatsiyani ajratib koʻrsatadilar: davomiylik muddati 30-35 asrni oʻz ichiga olgan neolit davri; davomiylik muddati 20-23 asrni oʻz ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza asri); davomiylik muddati 12-13 asrni oʻz ichiga olgan antik davr (temir asri); davomiylik muddati 7 asrni oʻz ichiga olgan erta feodal davri; davomiylik muddati 4,5 asrni oʻz ichiga olgan industrlashishdan oldingi davr; davomiylik muddati 2,5 asrni oʻz ichiga olgan industrial davri; davomiylik muddati 1,3 asrni oʻz ichiga olgan yuqori industrlashish davri. Bu qayd qilingan bosqichlardan koʻrinib turibdiki, ushbu nazariyada turli qarashlar va yondashuvlarni aralashtirish holatiga yoʻl qoʻyilib, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini ajratishning aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas. Tarix
2,709
4312
https://uz.wikipedia.org/wiki/Parij
Parij
Parij (; fransuzcha talaffuzi: pagʻi) Fransiyaning poytaxti va aholisi boʻyicha eng yirik shaharidir. 2019-yil holatiga koʻra, shahar aholisi 2 165 423 nafar kishini tashkil etadi. Maydoni 105 km2 (41 mi2) ga teng boʻlib, jahondagi 34-aholi eng zich joylashgan shahardir (2020). XVII asrdan beri Parij dunyoning eng yirik moliya, diplomatiya, savdo-sotiq va moda markazlaridan biri boʻlib kelmoqda. Bundan tashqari, Parij shahri Fransiya aholising qariyb 19 foizi (12 262 544 nafar kishi) istiqomat qiluvchi Île-de-France mintaqasining bosh shahri hisoblanadi. Tarixi Miloddan avvalgi 1-asrda hozirgi Parij oʻrnida gallar qabilasi boʻlgan pariziylarning Lutetsiya qishlogʻi bor edi; rimliklar davrida yirik savdo markazi, milodiy 3—4-asrlarda Pariziya (; galcha: Parisioi) deb atalgan („Parij“ nomi shundan olingan). 497-yildan frank qirollari qarorgohi. Karolinglar davrida – faflik markazi. 885—886-yillarda Parij normannlar qamaliga bardosh bergan. 987-yildan Parij fransuz qirolligi poytaxti. 14—15-asrlarda Parij bir qancha xalq harakatlari maydoniga aylangan. Yuz yillik urush davrida (1337—1453) Parij inglizlar tomonidan bosib olinib, 1436-yilgacha ular qoʻlida boʻlgan. 16-asrdagi diniy urushlarda Parijning siyosiy mavqei kuchaydi. 17-asrning oʻrtalarida, ayniqsa, 18-asrda Parij Yevropaning madaniy markaziga aylangan. Fransiya— Prussiya urushi (1870—71) davrida Parijni olmon qoʻshinlari bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida Parij hitlerchilarga qarshilik koʻrsatishning yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar 1944-yil 19—25-avgustda ulardan ozod qilindi. Geografiyasi Iqlimi Shahar iqlimi – yumshoq, moʻtadil, dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3,4 °C, iyulniki 18,8 °C. Yillik yogʻin – 645 mm. Demografiyasi Iqtisodi Parij Fransiyada ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/4 qismini beradi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik (xususan, avtomobilsozlik, elektrotexnika va elektropika) va metallsozlik. Samolyotsozlik, stanoksozlik, aniq mexanika va optika buyumlari ishlab chiqarish, harbiy sanoat ham salmoqli oʻrin egallagan. Kimyo sanoatida rezina, dori-darmon, fotomateriallar ishlab chiqariladi. Parijda tayyorlangan galantereya va parfyumeriya hamda zargarlik buyumlari, tayyor kiyimlar, safar anjomlari, turistlar uchun esdalik buyumlari dunyoga mashhur. Tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Turistlar koʻp keladi. Transporti Parij – transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Shahardan bir tomonga radial ketgan temir yoʻllar 2 qator halqa yoʻl bilan birlashtirilgan. 3 ta yirik aeroport bor. Parijda 1900-yildan metropoliten ishlamoqda. Shahar radial-halqasimon qilib planlashtirilgan. Bir-biriga bogʻlanib ketgan, shaklan oʻziga xos ansambllar sistemasi shahar qiyofasiga alohida xusn bagʻishlaydi. Shaharning qadimgi markazi Île de la Cité („Shahar oroli“) boʻlgan. Bu yerda gotika uslubida qurilgan Bibi Maryam ibodatxonasi (Notre-Dame, 1163—1257), Sent-Shapel butxonasi (1243—48) kabi yodgorliklar saqlangan. 16—17-asrlarda Parij salobatli poytaxt qiyofasiga kirgan. Koʻchalar, maydonlar plan asosida qurilgan. Louvre (1546—19-asr oʻrtalari), Lyuksemburg saroyi (1615—21), Sorbonna universiteti va uningcherkovi (1629—53), Nogironlar uyi (1671—76), Nogironlar sobori (1680—1706), Vogezlar maydoni (1606—12), Val-degras monastiri (1645—71) bunyod etilgan. 18-asr va 19-asr boshlarida Parij markazida ulkan maydon barpo etildi. U Louvre maydonini, Karusel (1806) maydonidagi arkni yangi Rivoli koʻchasi, Tyuilri bogʻi, Yelisey maydoni, de Goll maydonidagi Zafar darvozasi (1806—37) bilan birlashtiradi. Shu rayonning gʻarbida turar joy kvartallari joylashgan. U Bulon oʻrmoniga borib taqaladi. Daryoning chap sohilida Panteon (1758— 90), Burbonlar saroyi (18—19-asrlar), Grand-Opera teatri binosi (1860—75), Eiffel minorasi (1889) qad koʻtargan. 20-asrda Parijda zamonaviy meʼmorlik uslubida Mars maydoni (1908—28), Shayo saroyi (1936), 60-yillarda va 70-yillarning boshlarida UNESCO binosi va boshqa yangi majmualar bunyod etildi. Sena daryosiga 60 dan ziyod koʻprik qurilgan. Taʼlimi Parijda mamlakatning yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy oʻquv yurtlari joylashgan. Parij universiteti (13-asr), Fransiya kolleji, konservatoriya, konchilik, sanʼat maktablari, qishloq xoʻjaligi instituti, Fransiya instituti (tarkibida 5 akademiya mavjud) va h.k. bor. Madaniyati Parij shahrida muzeylar, 60 dan ziyod teatr, konsert zallari, yirik kutubxonalar, fazoni tadqiq qilish markazi, telemarkaz va boshqalar mavjuddir. Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilda Louvre muzeyiga 2,8 million kishi tashrif buyurgan. Ushbu muzeyda jahonga mashhur Mona Lisa (La Joconde) portreti, Venus de Milo haykali, Liberty Leading the People surati va h.k.lar saqlanadi. Parijning eng yirik opera teatrlari: Opéra Garnier (tarixiy Paris Opéra) va Opéra Bastille. Bundan tashqari, shaharda sanoat va savdo birlashmalari, yirik mahalliy va xorijiy banklar, davlat maʼmuriy-boshqaruv idoralari, siyosiy partiyalarning rahbarlik organlari va h.k. joylashgan. Har yili Parijda savdo yarmarkalari oʻtkaziladi. Shahar atrofida oʻrmonlar saqlangan. Parij 1900- va 1924-yillarda 2- va 8-Yozgi olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2024-yilgi Yozgi olimpiada oʻyinlariga ham mezbonlik qilishi kutilmoqda. Manbalar Adabiyotlar Oʻqish uchun Havolalar Parij shahrining rasmiy vebsayti Fransiya shaharlari
5,435
4316
https://uz.wikipedia.org/wiki/Masjid
Masjid
Masjid (Machit) (arab. — sajda qilinadigan joy) — musulmonlar jamoa boʻlib, namoz oʻqiydigan joy, ibodatxona. Masjidlar, asosan, kundalik besh vaqt namoz oʻqish uchun moʻljallangan. Juma va hayit namozlari esa jome masjidlarida oʻqiladi. Birinchi masjidni Madinada Muhammad paygʻambar qurdirgan. Masjidlar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. Masjidlarning toʻrida, Makkaga qaragan (qibla) tomonida mehrob, hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora boʻladi. Ayrim yirik masjidlar mehrobining oʻng tomonida vaʼzxonlik uchun moʻljallangan minbar, baʼzilarida esa Qurʼon oʻqiladigan maxsus joylar ham boʻladi. Baʼzi masjidlar huzurida maktablar ham boʻlib, ularda oʻgʻil bolalarga Qurʼon oʻqish oʻrgatiladi. Masjidlarda juma va hayit namozi kunlari imom-xatiblar xutba oʻqib, turli diniy masalalar boʻyicha vaʼzxonlik qiladi. Oʻzbekistonda 2000 ga yaqin masjid bor (2003). Masjidlarda „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“gi qonunga amal qilingan holda faoliyat yuritiladi. Masjidlar VII—VIII asrlardan turli musulmon mamlakatlarning mahalliy meʼmorlik anʼanalarida yetakchi oʻrinni egallab, oʻziga xos uslubda qurila boshlagan. Asosan murabba yoki toʻgʻri toʻrtburchak tarhli, markaziy qismida xonaqohi boʻlgan, hovli atrofi ravoqli ayvonlardan iborat. 8 qirrali, gumbaz tomli va koʻp ustunli, galereyali masjidlar tosh, yogʻoch, gʻisht, rangli koshin bilan hashamdor bezatilgan (Al-masjid al-Aqso, Al-masjid al-Harom, Katta masjid, Ibn Tulun masjidi va boshqalar). Markaziy Osiyo’da dastlabki masjidlar Buxoro arki ichida 713-yilda Qutayba ibn Muslim tomonidan mahalliy otashgoh butxona oʻrnida qurilgan. Rivoyatlarga koʻra, Samarqanddagi birinchi masjid Hazrati Xizr masjidi oʻrnida boʻlgan. X—XI asrlar masjid meʼmorligida ganch oʻymakorligi, gʻishtni bezakli qilib terish sanʼati rivoj topgan (Termizdagi Chor ustun masjidi, Deggaron masjidi, Turkmanistondagi Sherkabir masjidi va boshqalar). XIV—XV asrlarda masjid turlari va tuzilishi oʻzgarib, u shaharning eng koʻzga koʻringan yirik meʼmoriy jamoat binolari qatoridan oʻrin olgan. Shahar markazlarida jome masjid, juma masjid va guzar, mahalla masjidlari keng tarqalgan. Movarounnahr meʼmorlik maktabida yaratilgan xalq ustalarining oʻziga xos merosi Eron, Xuroson, Ozarbayjon, Hindiston, Hirot meʼmorligi bilan oʻzaro uygʻunlashib ketgan. Bu maktab meʼmorligida erishilgan barcha imkoniyat va yutuqlar Gavharshod begim meʼmoriy majmuasi, Bibixonim jome masjidi, Koʻk gumbaz masjidi, Darbanddagi (Ozarbayjondagi) juma masjid (1368), Tabrizdagi (Erondagi) Koʻk masjid (1405) qurilishida oʻz aksini topgan. XVI—XVII asrlarda masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkablashdi. Peshtoq, ravoq va minoralarning turli shakllari yaratildi. Bezagida muqarnas naqshlar, koshinkori bezaklar qoʻllanildi: Ozarbayjonning Ardabil shahridagi shayx Sefi majmuasi (XV—XVII asrlar), Ganjadagi juma masjid (1606), Eronning Isfahon shahridagi Lutfullo masjidi (1603—1618), Shoh masjid (1612—1630), Mashhaddagi Musallo masjidi (XVII asr oxiri), Dehli jome masjidi, Turkiyaning Istanbul shahridagi Boyazid masjidi (1505), Shahzoda masjidi (1548), Sulaymon masjidi (1550—1557), Salim masjidi (1569—1575), Ahmad masjidi (1609—1617) va boshqalar. Oʻzbekistonning Buxoro, Samarqand, Shahrisabz shaharlaridagi Baland masjid, Xoʻja Zayniddin majmuasi, Bahouddin majmuasi. Shahar tashqarisida namozgohlar (Buxoro namozgohi, Qarshi namozgohi), ziyoratchilar uchun xonaqohlar (Qosim shayx xonaqohi, Fayziobod xonaqohi, Nodir Devonbegi xonaqohi va boshqalar) qurildi. XVIII—XIX asrlarda Turkiyadagi masjid binolarining tashqi va ichki bezaklarida Yevropa meʼmorligi taʼsiri sezila boshladi. Istanbuldagi Nurusmon masjidi (1755) va boshqalar. Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklarida mahalliy meʼmorlik maktablari shakllandi. Xalq ustalarining avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan naqqoshlik, oʻymakorlik va ganchkorlik sanʼati masjid ayvonlari, ustunlari va devorlari bezagida yaqqol namoyon boʻldi (Doʻsti Xudo masjidi, Qoʻqon jome masjidi, Sirli Masjid, Xoʻja ilgʻor masjidi, Lutfullo Mavlono masjidi va boshqalar). Oʻzbekistonda mustaqillikdan keyin anʼanaviy va zamonaviy meʼmorlik usullarini uygʻunlashtirgan holda masjidlar qurilmoqda (masalan, Buxoriy yodgorlik majmui, Toshkentdagi Nosirxon jome masjidi, Gʻazalkentdagi Olimjon jome masjidi va boshqalar). Manbalar Islom Masjidlar
4,374
4331
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qora%20tuynuk
Qora tuynuk
Qora oʻra yoki qora tuynuk — gravitatsiya (tortishish) kuchi taʼsirida jismning oʻz markazi tomon juda katta tezlikda siqilib borishi (gravitatsion kollaps jarayoni) natijasida vujudga keladigan koinotdagi obyekt. Kuchli tashqi gra-vitatsion maydonga ega. A. Eynshteyn nazariyasi boʻyicha "Qora tuynuk"ning yaqin atrofidagi jismlar doimo yopiq boʻlmagan egri chiziqli orbita boʻylab, I.Nyuton mexanikasiga muvofiq, uzoqdagi jismlar esa konus kesimlarining biri boʻylab harakat qiladi. "Q.oʻ.", asosan, katta massali yulduzlar evolyutsiyasining eng oxirgi boqichida vujudga keladi va uning mavjudligi bevosita kuzatilmaydi. Biroq "Q.oʻ." lar zich qoʻshaloq yulduzlarning koʻrinmas komponentlari ham boʻlishi mumkin. U holda ikkinchi yulduzdan "Q.oʻ."ga relyativistik (yorugʻlik teeti-giga yaqin) tezlikda tinimsiz oʻtayotgan gaz oqimi oʻzidan rentgen nurlarini tarqatadi. Qoʻshaloq yulduz hisoblangan Oq Qush X—I obyekti shunday "Q.oʻ."lardan biridir. Qora tuynukning xayoliy sirti hodisalar gorizonti deyiladi. Hodisalar gorizonti radiusini qora tuynuk radiusi sifatida qabul qilishadi. Eng oddiy xususiy holda u Schwarzschild radiusiga teng: Qora tuynuklar 1916-yilda Karl Schwarzschild tomonidan Einstein tenglamalarining yechimi sifatida bashorat qilingandi. Manbalar Havolalar Qora tuynuklar, NASA Astrofizika
1,321
4332
https://uz.wikipedia.org/wiki/Fazo-vaqt
Fazo-vaqt
Fizikada fazo-vaqt — uch oʻlchamli fazoni bir oʻlchamli vaqt bilan toʻldiruvchi fizik model. Bunday nazariy-fizik konstruksiya fazo-vaqt kontinuumi deyiladi. 20-asrga qadar koinotning uch oʻlchamli geometriyasi (koordinatalar, masofalar va yoʻnalishlar nuqtai nazaridan fazoviy ifodasi) bir oʻlchamli vaqtga bogʻliq boʻlmagan deb taxmin qilingan. Biroq, bu 1905-yilda Albert Einsteinning maxsus nisbiylik nazariyasi boʻyicha ikkita postulatga asoslanadi: fizika qonunlari barcha inersial sanoq sistemasida — oʻzgarmas (yaʼni, oʻxshash); va vakuumdagi yorugʻlik tezligi yorugʻlik manbai yoki kuzatuvchining harakatidan qatʼiy nazar barcha kuzatuvchilar uchun bir xil. Bu model 1907-yilda Hermann Minkowski tomonidan Einsteinning maxsus nisbiylik nazariyasiga asoslanib yaratilgan. Ta'riflar Norelativistik klassik mexanika vaqtni butun fazoda bir xil va fazodan alohida boʻlgan universal oʻlchov miqdori sifatida qaraydi. Klassik mexanika vaqtni kuzatuvchining holati harakat holatidan yoki har qanday tashqi har qanday narsadan qat'iy nazar, doimiy o'tish tezligiga ega deb taxmin qiladi. Bundan tashqari, u fazoni Yevklid deb hisoblaydi: u fazo geometriyaga amal qiladi, deb faraz qiladi. sog'lom fikr. maxsus nisbiylik kontekstida vaqtni fazoning uch oʻlchamidan ajratib boʻlmaydi, chunki obʼyekt uchun vaqt oʻtishining kuzatilgan tezligi obʼyektning kuzatuvchiga nisbatan tezligiga bogʻliq.Umumiy nisbiylik shuningdek, gravitatsiyaviy maydonlar ob'ekt uchun vaqt o'tishini maydondan tashqarida kuzatuvchi ko'rgan holda qanday sekinlashtirishi haqida tushuntirish beradi. . Oddiy fazoda pozitsiya uchta raqam bilan belgilanadi, ular oʻlchamlar deb nomlanadi. Kartezian koordinatalar sistemasida bular x, y va z deyiladi. Fazo-vaqtdagi joylashuv “hodisa” deb ataladi va to'rtta raqamni ko'rsatishni talab qiladi: fazodagi uch o'lchovli joylashuv va vaqt bo'yicha pozitsiya (1-rasm). Hodisa x, y, z va t koordinatalari to'plami bilan ifodalanadi. Fazoviy vaqt shunday to'rt o'lchovli. Ommaviy yozuvlarda hodisalarni tushuntirish uchun ishlatiladigan oʻxshatishlardan farqli oʻlaroq, matematik hodisalar nol davomiylikka ega va fazoda bir nuqtani ifodalaydi. Petarda yoki uchqun otilishiga nisbatan harakatda bo'lish mumkin bo'lsa-da, kuzatuvchining ichida bo'lishi mumkin emas. hodisaga nisbatan harakat. Zarraning fazo-vaqt bo‘ylab yo‘lini hodisalar ketma-ketligi deb hisoblash mumkin. Hodisalar silsilasi bir-biriga bog'lanib, zarrachaning fazoda harakatlanishini ifodalovchi chiziq hosil qilishi mumkin. Bu chiziq zarrachaning dunyo chizig'i deb ataladi. Matematik nuqtai nazardan fazo-vaqt manifold bo'lib, ya'ni u har bir nuqta yaqinida mahalliy darajada "tekis" ko'rinadi, xuddi shunday kichik masshtablarda globus tekis ko'rinadi. Masshtab omili (an'anaviy ravishda "yorug'lik tezligi"" deb ataladi) kosmosda o'lchangan masofalarni vaqt bilan o'lchanadigan masofalar bilan bog'laydi. Bu masshtab omilining kattaligi (taxminan kosmosda bir soniya vaqtga ekvivalent), fazoviy vaqt manifold ekanligi bilan birga, oddiy, bo'lmagan - nisbiy tezlikda va oddiy, inson miqyosidagi masofalarda, agar dunyo Evklid bo'lsa, odamlar kuzatishi mumkin bo'lgan narsadan sezilarli darajada farq qiladigan juda oz narsa bor. Bu faqat 1800-yillarning o'rtalarida [[Fiz] kabi nozik ilmiy o'lchovlarning paydo bo'lishi bilan sodir bo'ldi. Maxsus nisbiylik nazariyasidagi fazoviy vaqt Fazoviy vaqt oralig'i Uch o'lchovda ikki nuqta orasidagi masofa Pifagor teoremasi yordamida aniqlanishi mumkin: Garchi ikkita tomoshabin turli koordinata tizimlari yordamida ikkita nuqtaning x, y va z o'rnini o'lchashi mumkin bo'lsa-da, nuqtalar orasidagi masofa ikkalasi uchun bir xil bo'ladi (agar ular bir xil birliklar yordamida o'lchash). Masofa "invariant". Maxsus nisbiylik nazariyasida esa Lorents qisqarishi tufayli kuzatuvchilardan biri harakatlanayotganda ikki xil kuzatuvchi tomonidan oʻlchansa, ikki nuqta orasidagi masofa endi bir xil boʻlmaydi. Agar ikki nuqta vaqt va fazoda ajratilsa, vaziyat yanada murakkablashadi. Masalan, bitta kuzatuvchi bir joyda, lekin turli vaqtlarda sodir bo'layotgan ikkita hodisani ko'rsa, birinchi kuzatuvchiga nisbatan harakatlanayotgan odam ikki hodisaning turli joylarda sodir bo'lishini ko'radi, chunki (ularning nuqtai nazari bo'yicha) ular statsionardir. , va hodisaning pozitsiyasi chekinmoqda yoki yaqinlashmoqda. Shunday qilib, ikkita hodisa o'rtasidagi samarali "masofa" ni o'lchash uchun boshqa o'lchovdan foydalanish kerak. To'rt o'lchovli fazoda masofaning analogi intervaldir. Vaqt to'rtinchi o'lchov sifatida kelgan bo'lsa-da, u fazoviy o'lchovlardan farq qiladi. Demak, Minkovskiy fazosi toʻrt oʻlchovli Evklid fazosidan muhim jihatlari bilan farq qiladi. Fazo va vaqtni fazoga birlashtirishning asosiy sababi shundaki, fazo va vaqt alohida o'zgarmas emas, ya'ni tegishli sharoitlarda turli kuzatuvchilar ikki hodisalar orasidagi vaqt uzunligi bo'yicha kelisha olmaydilar. (vaqt kengayishi tufayli) yoki ikki hodisa orasidagi masofa (uzunlik qisqarishi tufayli). Lekin maxsus nisbiylik fazo va vaqtdagi masofalarni birlashtirgan fazoviy vaqt oralig'i deb nomlangan yangi invariantni ta'minlaydi. Har qanday ikkita hodisa orasidagi vaqt va masofani o'lchaydigan barcha kuzatuvchilar bir xil fazoviy vaqt oralig'ini hisoblashadi. Faraz qilaylik, kuzatuvchi ikki hodisani vaqt bo'yicha va fazoviy masofani bilan ajratgan holda o'lchaydi. Keyin fazo-vaqt oralig'i boʻshliqda masofa va bilan ajratilgan ikkita hodisa oʻrtasida -koordinatasida: yoki uchta kosmik o'lchov uchun, Doimiy yorug'lik tezligi vaqt birliklarini (soniya kabi) fazo birliklariga (masalan, metr) aylantiradi. kvadrat oralig'i A va B hodisalari orasidagi vaqt ajratilgan va qo'shimcha ravishda bo'sh joy ajratilgan yoki hodisalar sodir bo'layotgan ikkita alohida ob'ekt mavjudligi sababli yoki bitta ob'ekt bo'lganligi sababli ajratilgan o'lchovdir. fazo o'z hodisalari orasida inersiya bilan harakat qiladi. Ajratish oralig'i B hodisasini A hodisasidan ajratib turuvchi fazoviy masofani kvadratiga ayirish va uni shu vaqt oralig'ida yorug'lik signali bosib o'tgan fazoviy masofa kvadratidan ayirish yo'li bilan chiqariladi . Agar hodisaning ajratilishi yorug'lik signaliga bog'liq bo'lsa, u holda bu farq yo'qoladi va bo'ladi. Agar ko'rib chiqilayotgan hodisa bir-biriga cheksiz yaqin bo'lsa, biz yozishimiz mumkin Boshqa inertial tizimda, aytaylik, koordinatalar bilan , fazo-vaqt oralig'i xuddi shunday ko'rinishda yozilishi mumkin. yuqorida. Yorug'lik tezligining doimiyligi tufayli barcha inertial tizimlardagi yorug'lik hodisalari nol oralig'iga tegishli . bo'lgan boshqa cheksiz kichik hodisa uchun ekanligini isbotlash mumkin. bu o'z navbatida integratsiya ga olib keladi. Barcha intertial sanoq sistemalari orasidagi har qanday hodisa intervalining o'zgarmasligi maxsus nisbiylik nazariyasining asosiy natijalaridan biridir. Qisqartirish uchun tez-tez deltalarsiz ifodalangan intervalli iboralarni ko'rish mumkin bo'lsa-da, shu jumladan keyingi muhokamalarning aksariyatida, umuman olganda, degan ma'noni anglatishini tushunish kerak. , va hokazo. Biz har doim ikkita hodisaga tegishli bo'lgan fazoviy yoki vaqtinchalik koordinata qiymatlarining "farqlari" bilan shug'ullanamiz va afzal ko'rilgan kelib chiqishi yo'qligi sababli, bitta koordinata qiymatlari muhim ma'noga ega emas. Yuqoridagi tenglama Pifagor teoremasiga o'xshaydi, faqat va hadlari orasidagi minus belgisidan tashqari. Fazo-vaqt oralig'i miqdorining o'zi emas. Sababi, Evklid geometriyasidagi masofalardan farqli o'laroq, Minkovskiy fazosidagi intervallar manfiy bo'lishi mumkin. Fiziklar manfiy sonlarning kvadrat ildizlari bilan shug'ullanish o'rniga, odatda ni biror narsaning kvadrati emas, balki o'ziga xos belgi sifatida qabul qiladilar. Umuman har qanday haqiqiy son qiymatini qabul qilishi mumkin. Agar musbat bo'lsa, fazoviy vaqt oralig'i vaqtga o'xshash deb ataladi. Har qanday massiv jism bosib o'tgan fazoviy masofa har doim yorug'lik bir xil vaqt oralig'ida bosib o'tgan masofadan kichik bo'lganligi sababli, haqiqiy intervallar doimo vaqtga o'xshashdir. Agar manfiy bo'lsa, fazo-vaqt oralig'i fazoga o'xshash deyiladi, bu erda fazo-vaqt oralig'i xayoliy bo'ladi. boʻlganda fazo-vaqt oraliqlari nolga teng boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, yorugʻlik tezligida harakatlanuvchi narsaning dunyo chizigʻidagi ikkita hodisa orasidagi fazo-vaqt oraligʻi nolga teng. Bunday interval lightlike yoki null deb ataladi. Olis yulduzdan ko'zimizga tushgan foton, (bizning nuqtai nazarimiz bo'yicha) o'tishida yillar o'tganiga qaramay, qarimaydi. Kosmik-vaqt diagrammasi odatda faqat bitta fazo va bitta vaqt koordinatasi bilan chiziladi.  2-1-rasmda bir hodisadan kelib chiqqan va qarama-qarshi yo'nalishda ketayotgan ikkita foton, A va B ning dunyo chiziqlari (ya'ni fazo-vaqtdagi yo'llari) tasvirlangan fazo-vaqt diagrammasi keltirilgan. Bundan tashqari, C yorug'likdan sekinroq tezlikdagi ob'ektning dunyo chizig'ini tasvirlaydi. Vertikal vaqt koordinatasi tomonidan masshtablangan bo‘lib, u gorizontal fazo koordinatasi bilan bir xil birliklarga (metrga) ega bo‘ladi. Fotonlar yorug'lik tezligida harakat qilganligi sababli, ularning dunyo chiziqlari ±1 nishabga ega. Boshqacha qilib aytganda, foton chap tomonga harakat qilgan har bir metr yoki o'ngga taxminan 3,3 nanosekund vaqt kerak bo'ladi. Nisbiylik adabiyotida ikkita belgi konventsiyasi qo'llaniladi: va Bu belgi konventsiyalari metrik imzo va bilan bog‘langan. Kichkina o‘zgarish vaqt koordinatasini oxirgi joylashtirishdir. birinchi emas, balki. Ikkala konventsiya ham o'rganish sohasida keng qo'llaniladi. Manbalar Havolalar Fizika
9,640
4334
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ikkinchi%20kosmik%20tezlik
Ikkinchi kosmik tezlik
Ikkinchi kosmik tezlik (parabolik tezlik, qochish tezligi) — osmon jismining gravitatsion tortishishini yengish uchun yetarli eng kichik tezlik. Ikkinchi kosmik tezlik osmon jismining radiusi va massasi bilan aniqlanib, har xil jismlar uchun turli bo`ladi. Yer uchun, masalan, ikkinchi kosmi tezlik taxminan 11,2 km/s ga teng. Fizik kattaliklar
346
4345
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shavkat%20Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSRda tugʻilgan) — Oʻzbekiston davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni (2016-yildan hozirgacha). Turli yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (2003—2016) va Jizzax, Samarqand viloyatlari hokimi (1996—2003) lavozimlarida faoliyat yuritgan. Biografiyasi Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1988-yilda „Paxta terish mashinalari sugʻorish agregatlarida ishlayotganda terim uskunalarining texnik barqarorligini taʼminlash“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan. 1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi. 1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi. 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi. 1995-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi. 2003-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi va 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi. 2016-yil 2-sentabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladi. 2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini oʻzidan soqit qilib, oʻrniga Mirziyoyevni tavsiya qildi. 2016-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Sh. Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi. 2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi. 2021-yil 24-oktabrda 2-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 6-noyabrda inauguratsiya marosimi boʻldi. 2023-yil 9-iyulda 3-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 14-iyulda inauguratsiya marosimi boʻldi. Xorijiy davlatlarga tashriflari Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan: Tashriflar soni Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni (1998) Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2007) Danaker ordeni (Qirgʻiziston, 2017) 1-darajali Doʻstiq ordeni (Qozogʻiston, 2018) Zarrintoj ordeni (Tojikiston, 2021) Aleksandr Nevskiy ordeni (Rossiya, 2022) AQSH-Oʻzbekiston savdo palatasining mukofoti (2017) Yevrosiyo oldidagi xizmatlari uchun mukofoti (2018). Osiyo jurnalistlar uyushmasining „Yil kishisi“ mukofoti (2018) Nagoya universiteti faxriy doktori (2019) Turk dunyosini tiklashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun mukofoti Turkiy dunyoning oliy ordeni Oilasi Otasi – Miromon Mirziyoyev, Zomin tumanidagi sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori boʻlgan. 2000-yillar boshlarida vafot etgan. Turmush oʻrtogʻi – Hoshimova Ziroatxon Mahmudovna, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini bitirgan, muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi. Qizi – Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi. Turmush oʻrtogʻi Umarov Otabek Muhammadaliyevich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti va Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti. Qizi – Saida Shavkatovna Mirziyoyeva. Prezident yordamchisi. Asarlari Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : Oʻzbekiston, 2016. — 56 b. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017-yil 14-yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : Oʻzbekiston, 2017. — 104 b. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016-yil 7-dekabr /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: „Oʻzbekiston“, 2017. — 48 b. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016-yil 1-noyabrdan 24-noyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan oʻtkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida soʻzlagan nutqlari oʻrin olgan. /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: : „Oʻzbekiston“, 2017. — 488 b. Manbalar Havolalar Prezident virtual qabulxonasi President.uz / Rasmiy sayti Rasmiy sahifasi Telegramda Rasmiy sahifasi Facebookda Rasmiy sahifasi Twitterda Rasmiy sahifasi Instagramda Rasmiy videolari YouTubeda 1957-yilda tugʻilganlar 24-iyulda tugʻilganlar Jizzax viloyati kishilari Yashayotgan insonlar Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari Oʻzbekiston Prezidentlari Oʻzbekiston Bosh vazirlari Oʻzbekiston yetakchilari Turkiy davlatlar tashkiloti raislari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Danaker ordeni kavalerlari Zarrintoj ordeni sohiblari Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni sohiblari Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʻzolari Toshkent tumani hokimlari Jizzax viloyati hokimlari Samarqand viloyatining hokimlari Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Oʻzbekiston musulmonlari
6,388
4348
https://uz.wikipedia.org/wiki/CMMI
CMMI
CMM ning yangi kengaytirilgan versiyasi. Capability Maturity Model Integration CMMI bu faqat software dasturlashda emas balki boshqa industriya sohalaridayam qo`llaniladi Informatika Texnologiya
196
4352
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibrohim
Ibrohim
Ibrohim (arabcha: ) — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Allohning chin doʻsti (halilulloh), imom, siddiq va hanif deb taʼriflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan maʼlum. Bobilda tavallud topgan. Yolgʻiz Allohga ibodat qilgan. Otasi Ozor va qavmlarni ham ana shunga daʼvat qilgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontira olmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan. Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻladilar. Ammo u Alloh irodasi bilan olovdan sogʻ-salomat chiqqanligi Qurʼonda bayon qilingan. Qurʼonda yozilishicha, Alloh Ibrohimga qariganda ikki farzand bergan. Bular Ismoil va Isʼhoq lardir. Ismoil Muhammadning katta bobosi, Isʼhoq esa Iso va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosidir. Makkai mukarramada Baytulloh (Allohning uyi) ning bunyod boʻlishi, islom arkonlarining besh farzi — haj qilish Ibrohimga borib taqaladi. Kaʼbadagi „Ibrohim joyi“ („Ibrohim maqomi“) musulmonlar ziyoratgohidir. Diniy adabiyot yagona xudoga eʼtiqod qilish, qurbonlik uchun odam oʻrniga jonivor soʻyish, xatna qilishni Ibrohim. nomi bilan bogʻlaydi. Manbalarda Ibrohimning 175 yil umr koʻrganligi, oʻgʻillari uni Madinatul Xalil (Xevron, Falastin) ga dafn etganligi yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi. Ibrohim (alayhissalom) to‘g‘risidagi qissa Qur'oni karimning ko‘pgina suralarida, jumladan, Baqara, Oli Imron, An'om, Tavba, Hud, Ibrohim, Hijr, Nahl, Maryam, Anbiѐ, Haj, Shuaro, Ankabut, Soffot, Zuxruf, Zoriѐt va boshqa suralarda hikoya qilinadi. Ibrohim (alayhissalom)ning ismlari Qur'oni karimning yetmishga yaqin joyida zikr qilinadi. Ibrohim (alayhissalom)ning nasablari Nuh (alayhissalom)ga borib taqaladi. Ibn Kasir «Al-Bidoya van-nihoya» nomli kitob­larining birinchi jildi, 15- sahifasida uni quyidagicha keltiradilar: Ibrohim ibn Tasaruh ibn Nohud ibn Sorug‘ ibn Ro'av ibn Folig‘ ibn Obir … ibn Som ibn Nuh (alayhissalom). Nuh (alayhissalom) bilan Ibrohim (alayhissalom) o‘rtala­ri­dagi muddat 3000 yildan ziyodroqni tashkil etadi. Ibrohim (alayhissalom) Iroqning Bobil yerida dunyoga kelganlar. Ibn Kasir aytadilar: Ibn Asokir Ikrimadan rivoyat qi­ladilar: Ibrohim (alayhissalom)ning kunyalari «Abu Zoyfan» («Mehmonlar otasi») edi. Aytishadiki: otalari Tasoruhning yoshi ellik yettiga kirganda Ibrohim, Nohur va Horon ismli o‘g‘il ko‘radi. Bularning orasida Ibrohim (alayhissalom) o‘rtanchasi edilar. Tasoruhning Horon ismli o‘g‘lidan Lut (alayhissalom) dunyoga keldilar. Horon otasi hayotlik chog‘ida Kaldon yerida vafot etadi. Bu siyrat ah­li va ta­rixchilar nazdida eng mashhur, sahih xabar hisoblanadi. Ba'zi manbalarda Ibrohim (alayhissalom) Damashqning G‘uta vodiysida tug‘ilganliklari aytilgan. So‘ngra Ibrohim o‘z ota­lari bilan Kaldondan Kan'onga hijrat qiladilar. Shundan keyin Horonda qo‘nim topadilar, u yerda Horon podshohining qizi Soraga uyla­nadilar. Bu qavm yulduzlarga sig‘inar edi. Manbalar Payg'ambarlar tarixi. Paygʻambarlar
3,051
4353
https://uz.wikipedia.org/wiki/Hadis
Hadis
Hadis (arabcha: xabar, gap, yangilik) — Muhammad alayhissalom aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼti-borga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif. Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (alayhissalom) oʻz hadislarini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilgan. Payg'ambar Muhammad (alayhissalom) vafotidan soʻng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozgan. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi. Hijriy lll asrda hadis taʼlif etish sohasida „musnad“, „sahih“, „sunan“ deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. „Musnad“ yoʻnalishida tas-nif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalgʻging hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. „Sahih“ yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. „Sunan“ yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda „zaif“ hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir. Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadis toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixti-loflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon hadislar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima hadislar yuzaga kelgan. Davr oʻtishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. IX— X asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: „Sahihi Buxoriy“, „Sahihi Muslim“ (q. Muslim ibn Hajjoj), „Sahihi Termiziy“, „Sunani Abi Dovud“, „Su-nani Ibn Moja“, „Sunani Nasoiy“. „Sahihi Buxoriy“ koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta hadis toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan. Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga hadis shaklida oʻtgan. Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadis har qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning „Sahihi Buxoriy“ asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat f-tlarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning „Sahihi Buxoriy“ hadislar toʻplami 4 jildda (1-jild — 1991, 2-jild — 1996, 3-jild — 1994, 4-jild −1992), 2-nashri esa 1997-yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muham-mad Termiziyning „Sahihi Termiziy“ hadislar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentdachop etildi. Bulardan tashqari „Ming bir hadis“ tarjimasi, „Qudsiy hadislar“ tarjimasi ham nashr etildi. Manbalar Islom
3,979