id
stringlengths
1
7
url
stringlengths
31
410
title
stringlengths
1
147
text
stringlengths
1
177k
text_len
int64
1
177k
3207
https://uz.wikipedia.org/wiki/Slovakiya
Slovakiya
Slovakiya (Slovensko), Slovak Respublikasi (Slovenská republika) — Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 49 ming km². Aholisi 5,41 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan 8 oʻlkaga boʻlinadi. Poytaxti – Bratislava shahri. Davlat tuzumi Slovakiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 1-sentabrda qabul qilingan (1999-yil tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi – prezident (2019-yildan Zuzana Čaputová), u umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament – Milliy kengash, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati Slovakiya – togʻli mamlakat. Hududining aksariyat qismi Gʻarbiy Karpat togʻlari doirasida (Slovakiya Rudali togʻlari va boshqalar) joylashgan. Lisets shahridagi Zlati Vrx bazaltli tepaligi tabiat yodgorligidir. GerlaxovskiShtit togʻi (2655 m) – Gʻarbiy Karpat togʻlarining eng baland nuqtasi. Janubini Oʻrta Dunay tekisligining bir kismi egallagan. Slovakiyada qoʻngʻir kumir, temir, marganets, polimetall rudalari, surma, magnezit konlari bor. Iklimi moʻʼtadil, kontinental. Tekisliklarda oʻrtacha tempatura yanvarda –G dan –4°, Karpat togʻida –10° gacha, iyulda 19– 2G, togʻlarda 4° gacha. Yillik yogʻin tekisliklarda 450–700 mm, togʻlarda 2100 mm gacha. Slovakiya daryolari (Dunay va uning irmoklari, Morava, Vag, Gron va boshqalar) gidroenergiyaning muxim manbalaridir. Slovakiya togʻlari oʻrmonlar bilan krplangan (mamlakat hududining 1/3 kismi). Janubiy qiyaliklarda keng bargli va aralash, shimoliy qiyaliklarda igna bargli daraxtlar oʻsadi. Tekisliklarda dehqonchilik qilinadi. Hayvonlardan qoʻngʻir ayiq, boʻri, silovsin, toʻngʻiz, quyon, olmaxon, tipratikan, turli qushlar bor, dare va koʻllarda baliq koʻp. Aholisi Aholisining koʻpchiligi – slovaklar (87%), shuningdek venger, chex, ukrain va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 56,8%. Rasmiy til – slovak tili. Dindorlarning aksariyati – xristian (katolik)lar. Yirik shaharlari: Bratislava, Koshitse, Preshov. Tarixi Slovakiya hududida paleolit davrida manzilgoxlar boʻlganligi maʼlum. Mil. 3–4-asrlarda slavyanlar koʻchib kelgan va 1ming yillik oʻrtalarida yetakchi etnik guruh boʻlib qolgan. 7-asrda S ilk slavyan Samo davlati tarkibiga, 9–10-asrlarda Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirgan. 11-asr oʻrtalarida Slovakiyani vengerlar bosib olib, chexmorava va slovak qabilalari asosida yagona elat hosil boʻlish jarayoniga xalaqit berdilar. 13–14-asrlarda Slovakiya nemislar kuliga oʻtdi. 16-asr oʻrtalarida Sningjan.ni turklar bosib oldi, qolgan xududi 17-asr oxirida Gabsburglar monarxiyasi tarkibiga kiritildi. 1718-asr boshlarida Slovakiyada bir necha bor dehqonlar qoʻzgʻoloni (1618, 1631-32, 1648, 1660, 1711), hunarmand va shahar yoʻqsillarining norozilik chiqishlari (1606, 1609, 1626, 1632, 1640) boʻldi. Slovakiya dehqonlari Rakotsi Ferens harakatida (1703–11) qatnashdilar. 1848–49 yil Avstriya inqilobi vaqtida Slovakiya milliy harakati arboblari demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishni, slovak xalqining milliy teng huquqliligini talab qilib chiqdilar, ammo Vengriya hukumati bu talabni rad qildi. Avstriya-Vengriya davlati tashkil topishi (1867) bilan Vengriya tarkibida qoldi. Birinchi jahon urushi yillarida Slovakiyada chet el hukmronligiga qarshi milliy ozodlik kurashi kuchaydi. 1919-yil 16-iyunda Preshovda Slovak Sovet respublikasi eʼlon qilindi, biroq 7-iyulda intervensiyachi qoʻshinlar tomonidan tormor etildi. Avstriya-Vengriya barbod boʻlgach, Slovakiya 1919-yil 30-oktabrda Chexiya va Slovakiyaning yagona davlatga birlashuvi natijasida 1918-yil tashkil topgan Chexoslovakiya davlati tarkibiga kirdi. 1938-yil Myunxen bitimita koʻra, Slovakiyaning janubiy tumanlari Chexoslovakiyadan Vengriyaga olib berildi, qolgan hududda 1939-yil slovak fashistlari Germaniya panohidagi "mustaqil" S davlati tashkil etilganini eʼlon qildilar. Shu yildan Slovakiyada Qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1944-yilgi Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni Slovakiyaning 2/3 qismigayoyildi. 1945-yil mayda Slovakiya butunlay ozod qilindi. Slovak va chex yerlari Chexoslovak respublikasi doirasida qayta birlashtirildi. Slovakiya 1948-yil 9-maydan Chexoslovak Xalq Demokratik Respublikasi, 1960-yil 11-iyuldan Chexoslovak Sotsialistik Respublikasi, 1990-yil 29 martdan Chexoslovak Federativ Respublikasi, 1990-yil 20-apreldan 1992-yil 31-dekabrgacha Chex va Slovak Federativ Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992-yil 17-iyundagi Deklaratsiyada respublika suvereniteti eʼlon qilindi. Slovakiya – 1993-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1993-yil 1-yanvar dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari – 29-avgust – Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni kuni (1944), 1-sentabr – Konstitutsiya kuni (1992). Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushma tashkilotlari Demokratik Slovakiya uchun harakat – Xalq partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Slovakiya demokratik ittifoqi, 1995-yil tuzilgan; Slovakiya dehqonlar partiyasi, 1990-yil tashkil etilgan; Slovakiya ishchilari birlashmasi, siyosiy partiya sifatida 1994-yil roʻyxatga olingan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1991-yil tuzilgan; Slovakiya milliy partiyasi, 1989-yil asos solingan; Venger xristian demokratik harakati, 1990-yil tashkil etilgan; Slovakiya xristiandemokratik ittifoqi partiyasi, 2000-yil roʻyxatga olingan. Slovakiya Respublikasi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yil asos solingan. Xoʻjaligi va sanoati Slovakiya – industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 33,4%, qishloq xoʻjaligining ulushi 4,8%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 61,8%. Sanoatida, asosan, mahalliy mineral xom ashyo (qungʻir kumir, lignit, temir ruda) negizida konchilik va metallurgiya sanoati rivojlangan. Choʻyan, poʻlat va prokatning koʻp qismi Koshitsedagi metallurgiya kombinatida, alyuminiy (chetdan keltirilgan boksitdan) JyarnadGronomda, mis Krompaxida ishlab chiqariladi. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: radiopriyemnik, televizor, sovitkich, mototsikl, kema, podshipnik, yuk vagonlari, stanok, elektrotexnika uskunalari va boshqa ishlab chikariladi. Kime va neft kimyosi sanoati (neft mahsulotlari, mineral oʻgʻit, plastmassa, sintetik tola va boshqalar) chetdan olingan neft va gaz asosida ishlaydi. Yirik oʻrmon, yogʻochsozlik, qurilish materiallari sanoati barpo etilgan. Toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari – Bratislava va Koshitse. Yiliga oʻrtacha 24,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Uning koʻpchilik qismini GESlar beradi, YaslovskaBogunitseda AES bor. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – deqqonchilik. Bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, qand lavlagi, moyli ekinlar va boshqa ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Goʻshtsut, goʻshtjun chorvachiligiga asosiy eʼtibor beriladi (choʻchqa, quy, qoramol, parranda boqiladi). Transporti Temir yoʻli uzunligi 3,7 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 17,9 ming km. Dunayda kema qatnaydi. Daryo portlari: Bratislava, Komarno. Chetga mashina va uskuna, neftni qayta ishlash, kimyo va yogʻochsozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa sotadi. Chetdan neft va tabiiy gaz, oziq-ovqat, mashina va uskunalar oladi. Chexiya, Germaniya, Rossiya va boshqa bilan savdo qiladi. Pul birligi – Slovakiya kronasi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Maorifi boshlangʻich va oʻrta maktab taʼlimidan iborat. 614 yoshdagi bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Kasb taʼlimi oʻrta hunartexnika maktablarida beriladi. 14 oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Bratislava universiteti, Slovakiya oliy texnika maktabi, Oliy iqtisodiy maktab, konservatoriya – hammasi Bratislavada; P. Shafarik nomidagi universitet, Oliy veterinariya maktabi, Oliy texnika maktabi – Koshitseda; Oliy transport maktabi – Jilinda va boshqa Asosiy ilmiy muassasasi – Slovakiya Fanlar akademiyasi. Bratislavada Virusologiya instituti, payvandlash va ped. ilmiytadqiqot institutlari va boshqa, Jilinda gidrologiya ilmiy tadqiqot markazi va geol. mahkamasi, Martinda Slovakiya matitsasi (madaniy-maʼrifiy markazi) bor. Yirik kutubxonalari: Slovakiya matitsasi kutubxonasi (1863), Bratislavadagi universitet kutubxonasi (1919), Koshitsedagi Davlat ilmiy kutubxonasi (1657) va boshqa Asosiy muzeylari: Bratislava va Martindagi Slovakiya milliy muzeylari, Koshitsedagi Sharqiy Slovakiya muzeyi, Banska Bistritsadagi Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni muzeyi va boshqa Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Asosiy gazeta va jurnallari: "Pravda" ("Haqiqat", slovak tilida chiqadigan mustaqil kundalik gazeta, 1920-yildan), "Glas lyudu" ("Xatq ovozi", slovak tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1954-yildan), "Narodna obroda" ("Milliy tiklanish", slovak tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1990-yildan), "Rolnitske novini" ("Dehqonlar gazetasi", slovak tilida chikadigan kundalik gazeta, 1946-yildan), "Smena" ("Oʻrinbosar", slovak tilida chiqadigan kundalik yoshlar gazeta, 1948-yildan), "Uy so" ("Yangi soʻz", venger tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1948-yildan), "Beseda" ("Gurung", slovak tilida chiqadigan haftanoma, 1990-yildan), "Vecher" ("Oqshom", slovak tilida chiqadigan kechki gazeta, 1990-yildan). Slovakiya Respublikasi telegraf agentligi, axborot mahkamasi, 1992-yil tuzilgan. Slovakiya radiosi 1926-yildan, televideniyesi 1956-yildan ishlaydi. Adabiyoti Slovakiya yozuvining paydo boʻlishi akauka Kirill va Mefodiylarning Buyuk Moraviya davlati hududidagi faoliyati bilan bogliq (9-asrning 2-yarmi). Qad. adabiyot insonparvarlik va ozodlik ruxi bilan sugʻorilgan. 17– 18-asrlarda Ya. Vavrinets, M. Rakovskiy, Sh. Pilarik va G. Gavlovich kabi yozuvchilar ijod qildi. Milliy uygʻonish boshlanishi bilan Maʼrifatparvarlik adabiyoti rivojlandi (18-asr oxiri – 19-asr boshlari). Yozuvchi Y. Bayza, Yu. Fandli, filolog A. Bernolak bu davrning tanikli vakillaridir. B. Tablits va Ya. Golliy sheʼriyatida, Ya. Xalulka dramaturgiyasida, P. Y. Shafarik va Ya. Kollar adabiyilmiy faoliyatida slavyanlar birligi ifodalangan. 19-asr 40–70yillarida milliy ozodlik harakatining gʻoyaviy rahbari L. Shtur boshliq inqilobiy romantiklarning ijodida vatanparvarlik gʻoyalari folklor anʼanalari usulida targʻib qilindi. Y. Zaborskiy nasri va dramaturgiyasida, P. Gvezdoslav, S. Vayanskiy, M. Kukuchin nazmi va nasrida realizm uslubi qiyomiga yetkazildi. 20-asr boshlarida slovak moderni deb atalgan adabiy guruh (I. Krasko, V. Roy, I. Gall) shakllanib, realizm, modernizm, simvolizm ijodiy prinsiplarini umumlashtirdi. F. Kral, L. Ondreyov, Ya. Yesenskiy nasri, Ya. Ponichan nazmi tanqidiy realizmning yuksak namunalaridir. Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqning fashizmga qarshi kurashi tarixi va yangi hayot qurilishi muammolari adabiyotning yetakchi mavzui boʻldi. F. Gechko, R. Yashik, A. Bednar, K. Lazareva, V. Minach romanlari, A. Plavka, P. Gorov, V. Migalik, Ya. Kostra sheʼrlari 20-asrning 2-yarmidagi eng mashhur asarlardir. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Slovakiya hududida Qad. Rim imoratlarining krldiklari saqlanib qolgan. Diniy inshootlar va roman uslubidagi qasrlar (Nitradagi 1200-yilga oid avliyo Emeram bazilikasi, 12-asrga oid Skalitsadagi 2 yarusli kapellarotonda, 1228-yilga oid Dyakovsa, 12-asrga oid Drajovsa cherkovlari, 12-asrga oid Oravskiy qasri va boshqalar) slovak meʼmorligining dastlabki obidalaridir. 14– 15-asrlarda gotika uslubi urf boʻldi (Koshitsedagi kafedral sobor, 1382– 1499; Bratislavadagi soborlar, 14–15-asrlar va boshqalar). 16-asrda Uygʻonish davri meʼmorligi tarkala boshladi (BanskaBistritsadagi ratusha, 1510; Preshov, Levoch, Bardeyov va boshqa joylardagi uyjoy binolari). 17–18-asrlarda barokko uslubi, ayniqsa, sezilarli iz krldirdi. Bratislavadagi Troitsa cherkovi (1717–35), ilk klassitsizm nishonalari boʻlgan Bosh saroy (1778–81, meʼmor M. Gefele), Koshitsedagi ratusha (1756) shu jumlaga kiradi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida zamindorlarning hovlijoylari, shahar va qishloqlar qurilishida klassitsizm, 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida modern uslubi ustun boʻldi. Turar joylar va cherkovlar yogʻoch, tosh va pishik, gʻishtdan qurildi. 20-asrning 2-yarmi qurilishida zamonaviy materiallardan foydalanildi (Bratislavadagi Oliy texnika maktabi binosi, Dunay ustidagi koʻprik, "Kiyev" mehmonxonasi va boshqalar). Slovakiya hududida ibtidoiy sanʼat yodgorliklari (paleolit davriga xos ayollar haykalchalari, neolit sopoli, frakiy, skif, kelt, qad. slavyan va boshqa qabilalardan qolgan buyumlar) saqlangan. 4-asrga oid qabrlardan jez anjomlar, oltin va kumush buyumlar topilgan. 14–15-asrlar rang-tasvir asarlari (SpishskaKapituldagi avliyo Martin cherkovi, 1317) diqqatga sazovor. 16-asr boshlarida Uygʻonish davri, 17-asrda barokko sanʼati rivojlandi. 19–20-asrlarda Y. Chausig, K. Libay, V. Klimkovich, Y. Ganula, L. Chordak, F. Uprka, M. Benka, O. Dubay kabi rassom va haykaltaroshlar ijod qildilar. Zamonaviy tasviriy sanʼat ustalari orasida V. Glubuchek, Ya. Kulix, Y. Kuzma, Ya. Yanoshka va boshqalarlarni koʻrsatish mumkin. Musiqasi Slovakiya xalq musiqa ijodiyoti janrlarga boy. Ular orasida epik, sevgi, diniy va marosim qoʻshiqlari, balladalari uchraydi. Koʻshiqlar bir ovozli, 4 va 5 tovushkatorli diatonikaga asoslangan. Frishka va odzemok raqslari mashhur. Cholgʻu asboblari – fuyara, choʻpon naylari, gayda va boshqa 9–10-asrlarda professional musikaning ilk shakllari (cherkov aytimlari),15-asrdan koʻp ovozli musiqa paydo boʻldi. Milliy kompozitorlik maktabining asoschisi Ya.L. Bella "Takdir va ideal" simfonik poemasi (1878), "Temirchi Viland" operasi (1890)ni yaratdi. 20-asr boshlarida turli opera va xor jamoalari tuzildi. 1919-yil tashkil etilgan musika maktabi 1928-yil Musiqa va drama akademiyasiga, 1941-yil konservatoriyaga aylantirildi. Bratislavada slovak kamer orkestri (1960), Oliy nafis sanʼat maktabi (1949) tashkil topdi. Kompozitorlar E. Suxon, A. Moyzes, dirijyorlar L.Slovak, L. Rayter, pianinochilar M. Karin, K Gavlikova, P. Toperser, skripkachilar A. Moji, T. Gashparek, xonandalar Yu. Martvon, E. Kitnarova, G. Benyachkova mashhur. Teatri 12-asrda yokulyator deb ataladigan xalq akterlari tomoshalar koʻrsatishgan. 15–16-asrlarda Brezno, BanskaShtyavnitsa va boshqa joylarda maktab dramasi paydo boʻldi. 17–18-asrlarda xalq teatri tashkil topib, unda diniy mavzudagi pyesalar qoʻyildi. Slovakiyada professional teatr sanʼatining vujudga kelishida havaskorlik toʻgaraklari muhim rol oʻynadi. 19-asrning 1-yarmida havaskorlarning drama toʻgaralari tuzila boshladi, ular U. Shekspir, F. Shiller, N. Gogol asarlarini sahnalashtirdi. 1890-yil Martinda qurilgan Milliy uy sahnasida mahalliy mualliflardan Ya. Xalupka, Ya. Palarik, P. Gvezdoslav, Y. Tayovskiy pyesalari qoʻyildi. 1920-yil Bratislavada birinchi slovak professional teatri barpo etildi. 20-asrning 2-yarmida Bratislava, Jilin, Koshitse, BanskaBistritsa, Preshovda yangi teatrlar ishlay boshladi. Y. Budskiy, I. Lihard, T. Rakovskiy kabi rejissorlar, M. Kralovichova, K. Maxata, Yu. Pantik, M. Gregor kabi aktyorlar mashhur. Teatr kadrlari Bratislavadagi Oliy teatr maktabida tayyorlanadi. Oʻzbekiston – Slovakiya munosabatlari Havolalar The Slovak Republic Government Office Yevropa Slovakiya BMT aʼzolari
15,141
3208
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sloveniya
Sloveniya
Sloveniya (Slovenija), Sloveniya Respublikasi (Republika Slovenija) — Bolqon yarim orolning shim.garbida joylashgan davlat. Maydoni 20,3 ming km². Aholisi 1,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lyublyana shahri. Maʼmuriy jihatdan 62 tumanga boʻlingan. Davlat tuzumi S. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 23-dekabrda qabul qilingan; unga 1997 va 2000-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002-yildan Yanez Drnovshek). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — Davlat majlisi va Davlat Kengashi, ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati S. — asosan, togʻli mamlakat. Shimoli-gʻarb va shimolida Sharqiy Alp tizmasi, janubida Dinara yassitogʻligining shimoliy chekkasi, janubi-gʻarbda gʻaroyib gʻorlari bilan mashxur boʻlgan Karst platosi bor. Sharqda va Adriatika dengizining Triyest qoʻltigʻi sohilida chogʻroq pasttekisliklar joylashgan. Qoʻrgʻoshinrux rudalari, simob, bir oz miqdorda qoʻngʻir koʻmir, lignit, neft, barit, binokorlik materiallari konlari mavjud. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental. Asosiy daryolari — Sava, Drava (Dunay irmoqlari). Togʻlarda muz va karst koʻllari bor. S. hududining 46% ga yaqini oʻrmon, baland togʻlarda buk va eman oʻrmonlari togʻ yonbagʻirlarida aralash va ignabargli oʻrmonlar bilan almashinadi. Kattagina maydonlar — yaylov. Hayvonot dunyosi qoʻngʻir ayiq, bugʻu, togʻ echkisi, kemiruvchilar va turli parrandalardan iborat. Triglav milliy bogʻi tashkil etilgan. Aholisi Asosiy aholisi slovenlar (90%); xorvat, serblar ham yashaydi. Shahar aholisi 51,5%. Dindorlarining aksariyati xristian (katolik)lar. Rasmiy til —sloven tili. Yirik shaharlari: Lyublyana, Maribor. Tarixi S. hududida qadimdan keltilliriy qabilalari yashagan. Mil. av. 1-asrda Rim davlati bosib olgan. 6—7-asrlarda bu yerga slavyan (sloven)lar kelib oʻrnashgan. 7-asrda Karantaniya deb ataluvchi ilk davlat paydo boʻlgan. 11 — 13-asrlarda S hududida Karintiya, Shtiriya, Krayna va boshqa knyazliklar paydo boʻldi. 1282-yil S.ning katta qismi Gabsburglar yermulki tarkibiga kirdi va 16-asr boshlariga kelib, barcha sloven yerlari qoʻshib olindi. 1478, 1515, 1573-yillarda dehqonlarning qoʻzgʻolonlari boʻldi. 18-asrning 2-yarmida oʻtkazilgan islohotlar tufayli iqtisodiy jonlanish roʻy berdi. 1848—49 yillardagi inqiloblar natijasida yersuv munosabatlari yemirilib, pultovar munosabatlari rivojlana boshladi. 1914—18 yillarda milliy harakat avj oldi. 1918-yildan S. yerlari Serb, xorvat, slovenlar qirolligi (1929-yildan Yugoslaviya qirolligi)ga birlashdi. 1941-yil Yugoslaviya fashistlar bosqiniga duchor boʻlib, S. yerlarini Italiya bilan Germaniya boʻlib oldi. 1945-yil 15-mayda ozod qilindi. 1946-yilgi Parij sulh shartnomasiga binoan, Yugoslaviya bilan qayta qoʻshilib, 1991-yilgacha uning tarkibidagi respublikalardan biriga aylandi. 1991-yil 25-iyunda respublika Skupshchinasi S.ning davlat mustaqilligini eʼlon qildi va Yugoslaviya tarkibidan chiqqanligini bildirdi. S. — 1992-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan va 1995-yil 16-yanvardan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25-iyun — S. davlatchiligi kuni (1991). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Liberal demokratiya partiyasi, 1913-yil asos solingan S. liberal partiyasining davomchisi sifatida 1989-yilda qayta tiklangan; S. demokratik partiyasi, 1992-yil tuzilgan; Sotsialdemokratlar Yagona roʻyxati partiyasi, 1992-yil asos solingan; Koʻkatparvarlar partiyasi, 1992-yil tashkil etilgan; S. xalq partiyasi, 2000-yil tuzilgan; S. milliy partiyasi; S. sotsialdemokratik partiyasi, 1989-yil asos solingan; S. pensionerlar demokratik partiyasi. S. mustaqil kasaba uyushmalari birlashmasi; S. mustaqilligi yangi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi. Xoʻjaligi S. — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35%, qishloq xoʻjaligining ulushi 5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 60%. Sanoati Qoʻrgʻoshinrux, polimetall rudalar, qoʻngʻir kumir, boksit, surma, simob qazib olinadi. Yesenitse, Shtore, Ravneda qora metallurgiya, Mejitse, Kidrichevoda rangli va kora metallurgiya korxonalari bor. Mashinasozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati va metall ishlash — sanoatning yetakchi tarmogʻi. Maribor, Lyublyana, Sele, Krandagi zavodlarda gidroturbinalar, yuk avtomobillari, avtobus, mototsikl, roʻzgʻor asboblari, elektrotexnika buyumlari va boshqa ishlab chiqariladi. Kimyo va elektrkimyo sanoati (jumladan, karbid kalsiy ishlab chiqarish) rivojlangan. Yogʻochsozlik, kemasozlik, toʻqimachilik, poligrafiya, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, koʻnpoyabzal, oziq-ovqat, jumladan, vinochilik sanoati korxonalari bor. Elektr energiyasi GES larda hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 12,6 mlrd. kVtsoat). Asosiy sanoat markazlari: Lyublyana, Maribor. Qishloq xoʻjaligi sermahsul. Goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan, qoramol, choʻchqa, ot. qoʻy boqiladi. Dehqonchilikda kartoshka, bugʻdoy, makkajoʻxori, suli, arpa, tariq, xmel, qand lavlagi, zigʻir ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Transporti Transportida temir yoʻl uzunligi 1,2 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 14,7 ming km. Dengiz porti — Koper. Xorijiy sayyohlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Chetga yuk avtomobillari, avtobuslar, toʻqimachilik, kimyo sanoati va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi. Chetdan avtomatika va aloka vositalari, mashina va uskunalar, isteʼmol tovarlari oladi. Pul birligi tolar. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari S.da 8 yillik maktab taʼlimning asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Toʻliq oʻrta maʼlumotni gimnaziya beradi. Malakali ishchilar tayyorlaydigan maktablar, qishloq xoʻjaligi, texnika va boshqa sohalarga ixtisoslashgan maktablar bor. 26 oliy oʻquv yurti mavjud. Yiriklari: Lyublyana universiteti (1595—96), Oliy ped. maktabi va boshqa Koʻp ilmiy muassasalar — S. Fan va sanʼat akademiyasi (1921), Geol., Tabiat va tarix yodgorliklarini saqlash, Ishchilar harakati tarixi ilmiy tadqiqot institutlari, Lyublyana universiteti huzuridagi Yadro tadqiqotlari instituti, mintaqaviy ilmiy va madaniy-maʼrifiy jamiyatlar Lyublyanada joylashgan. 168 ta yirik kutubxona (jumladan, Milliy va universitet kutubxonasi), 94 ta muzey (jumladan, milliy va zamonaviy galereyalar, milliy, etn. va shahar muzeylari) bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Asosiy gaz.lari: "Delo" ("Ish", mustaqil kundalik gazeta, 1959-yildan), "Drujina" ("Oila", haftanoma, 1952-yildan), "In" ("Sloveniyadan xabarlar", ingliz va sloven tillarida chiqadigan haftanoma), "Mladina" ("Yoshlar", haftanoma, 1942-yildan), "Slovenets" ("Sloveniyalik", kundalik gazeta, 1991-yildan), "Slovenske novitse" ("Sloveniya yangiliklari", kundalik gazeta, 1991-yildan), "Vecher" ("Oqshom", kundalik gazeta, 1945-yildan). S. telegraf agentligi (STA) S. Respublikasi axborot agentligi boʻlib, 1991-yil asos solingan. S. Radio va televideniyesi faoliyat koʻrsatadi; radioeshittirish 1928-yildan, telekoʻrsatuv 1958-yildan boshlangan. 3 davlat radio dasturi va 2 davlat telekanali mavjud. Eshittirish va koʻrsatuvlar sloven, venger, italyan tillarida olib boriladi. Adabiyoti S. yozma adabiyoti 10-asrdan boshlangan. Uning rivojlanishida boy xalqogʻzaki ijodiyoti muhim rol oʻynagan. Ruhoniy P. Trubar (1508—86) sloven alifbosini ishlab chiqib, sloven tilida liniy adabiyotlar nashr ettirdi. S. Krel. Yu. Dalmatin, A. Boxorich uning ishini davom ettirdi. 18-asrda Yevropa Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida dunyoviy adabiyot vujudga kelib, rivojlandi. Dramaturg A. T. Linhart va shoir V. Vodnik ijodiyoti shu davrga toʻgʻri keldi. F. Preshern (1800—49) ijodi ("Poeziya", 1847) sloven va yevropa adabiyotida muhim voqea boʻldi, uning asarlari S.da romantizmning karor topishida katta rol oʻynadi. F. Levstik sloven nazmi, nasri va adabiy tanqidchiligida realistik oqimni boshlab berdi. Uning izdoshlari — avvalo tarixiy qissa va romanlari bilan tanilgan Y. Yurchich, yozuvchi va shoirlardan Y. Strirar, I. Tavchar, Ya. Kersnik, S. Yenko, S. Gregorchich, A. Ashkers realizmni yuqori pogʻonaga koʻtardilar. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida "Sloven moderni" ijodiy guruqi (nasrda Y. Sankar, D. Kette, nazmda O. Jupanchich va boshqalar) adabiy jarayonni rivojlantirdi. Guruh aʼzolari oʻsha paytda Yevropada urf boʻlgan naturalizm, impressionizm, simvolizm sheʼriy usullaridan foydalanib, ijtimoiy va milliy tengsizlikka qarshi norozilik kayfiyatini ifodaladilar. 20—30-yillarda shoirlardan O. Jupanchich, A. Gradnik, yozuvchi va dramaturglardan F. Bevk, Yu. Kozak, B. Kreft, P. Vorans xalq xayotini haqqoniy aks ettirdilar. Ikkinchi jahon urushi yillaridagi ozodlik kurashi davrida sheʼriyat yetakchi janr buldi. Partizan shoirlar M. Bor, K. DestovnikKayux, T. Selishkar, E. Kotsbek va boshqa oʻz sheʼrlari bilan xalqni kurashga daʼvat etdilar. Urushdan keyingi yillarda Ya. Menart, L. Krakar, T. Pavchek, K. Kovich sheʼriyatida, M. Mixelich, P.Zidar, V. Kavchich qissa va romanlarida, P. Kozak, D. Smole, P. Bojich pyesalarida inson ahvolruhiyati chuqur tahlil qilinib, voqealar silsilasi jushqin ifodalab berildi, turli gʻoyalar kurashi xolisona aks ettirildi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati S. hududida mil. av. 1-asr va mil. 4-asrlarda Qad. Rim shaharlari (Emona, xrz Lyublyana; Petovio, hozirgi Ptuy) mavjud boʻlgan. Ulardagi istehkomlar, ibodatxonalar, osma quvurlarning qoldiqlari hozirgacha saqlangan. Oʻrta asrlardan roman uslubidagi (Stichnadagi cherkov, 1136 — 56), gotika uslubidagi (Ptuydagi cherkov, 1260—70. PtuyskGora qishlogʻidagi cherkov, 15-asr boshi) ibodatxonalar qolgan. 15— 16-asrlar meʼmorligida Uygʻonish davri belgilari seziladi. 17—18-asrlarda barokko uslubi yoyildi, bu uslub cherkovlar (Lyublyanadagi avliyo Yakov cherkovi, 1613— 15; Ursulin cherkovi, 1718—26), ratushalar, favvoralar (Lyublyanadagi F. Robba favvorasi, 1751) va sh.k.lar qurilishida namoyon boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Y. Plechnik, I. Vurnik, V. Shubits kabi meʼmorlar ijodida milliy anʼanalar va qad. meʼmoriy uslublar bilan bir katorda "modern" uslubidan ham foydalanildi. 1945-yildan keyin erkin rejali yangi shaharlar, sanoat rayonlari, koʻp qavatli turar joy majmualari, jamoat markazlari, Koper, Piran va boshqa kurortshaharlar, sayyohlik maskanlari kurila boshladi. Dengiz boʻylarida devorlari toshdan tiklanib, tomi cherepitsa bilan yopilgan, sharqiy va togʻ oldi joylarida yogʻoch va guvaladan tiklanib, tomi poxol va taxtachalar bilan yopilgan uylar koʻproq uchraydi. S. hududida paleolit davriga mansub suyakdan yasalgan buyumlar, neolit davriga oid chorpoya ustiga kurilgan binolarning krldiklari, jimjimador naqshlangan sopol idishlar topilgan. Jez davridan jez haykalchalar, naqshin shamshir va boshqa saqlangan. 9—12-asrlar slavyan kabrlaridagi kumush zargarlik buyumlari oʻyma naqsh bilan ziynatlangan. 12— 13-asrlarda cherkovlar tosh oʻymakorligi va burtma gullar bilan bezatilgan. 14-asrda yogʻoch haykaltaroshligi paydo boʻldi (Solchavdagi "Bibi Maryam" cherkovi). 16-asrda portret va dunyoviy rang-tasvir sanʼati rivojlandi, cherkov devorlariga rayem solish urf boʻldi. Metall, yogʻoch va sopol buyumlar yasashga kirishildi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida F. Kovchich rasmlari, L. Yansha manzaralari, I. Tomins portretlari mashhur boʻldi. 20-asr rassomlaridan F. Tratnik, G. Kos, F. Mixelich, haykaltaroshlaridan F. Berneker, L. Dolinar ijodi diqqatga sazovor. Amaliy bezak sanʼati turlari rivojlangan. Musiqasi Koʻpgina xalq kuylariga nemisavstriya hamda venger xalq musiqa anʼanalarining yaqinligi xos. S.da mavsum, marosim (koledalar), tarixiy, qahramonlik, sevgi, hazil qoʻshiqlari mavjud. Koʻp ovozli kuylash keng tarqalgan. Xalq cholgʻu asboblardan lab garmonikasi, skripka, klarnet va boshqa mavjud. Professional musika sanʼati monastirlarda (12-asrdan) hamda cherkovlar huzuridagi ashula maktablari (13-asrdan)da rivoj topdi. Ilk kompozitorlar orasida Ya. Gallus (diniy va dunyoviy koʻp ovozli asarlar yaratgan) alohida ajralib turadi. 17-asr kompozitorlaridan vokal va cholgʻu asarlar mualliflari G. Plavets (Plauts), Ya. B. Dolar, I. Posh (Poxius) barakali ijod qildilar. 18-asrda Lyublyanada Filarmoniya akademiyasi tashkil etildi. Ya. Zupan, Ya. Novak dastlabki operalarni yozdilar. 1892-yil Lyublyanada S. teatri ochildi, 1919-yil konservatoriya (1939-yildan Musika akademiyasi), 1934-yil Musika tarixi instituti, 1939-yilda filarmoniya ish boshladi. 20-asrning 2-yarmida S. radio va televideniyesi huzurida xor va estrada orkestri, Lyublyana universiteti huzurida musiqashunoslik instituti tashkil etildi. Zamonaviy kompozitorlardan D. Shvara, P. Ramovsh, I, Petrich; dirijyorlardan S. Xubad, D. Jebre, sozandalardan D. Tomishich, M. Lipovshesh, I. Ozim, xonandalardan L. Koroshech, V. Bukovetslar mashhur. Teatri 17-asrda nemis va lotin tillarida dastlabki tomoshalar — "maktab dramasi" va diniy mavzudagi dramalar koʻrsatila boshlagan, sung dunyoviy teatrlar ham paydo bulgan. 1765-yil Lyublyanada doimiy ishlaydigan Tabaka teatri ochilib, unda nemis tilida A. Iffland, A. Kotsebu, 19-asrdan F. Shiller va boshqa mualliflarning pyesalari kursatilgan. 1789-yil birinchi sloven pyesasi — A. Linhartning "Mitska — jupan qizi" pyesasi sahnalashtirildi. 1867-yil tashkil etilgan Teatr jamiyati, asosan, sloven dramaturglarining asarlarini kursata boshladi. 1va 2-jahon urushlari urtasidagi davrda Sloven milliy teatr truppasi kaytadan tashkil etildi, 20-asrning 2-yarmida yangi teatrlar barpo etildi. Lyublyanada Eksperimental (1956-yildan), bolalar teatrlari, qugʻirchoq teatr, Teatr sanʼati akademiyasi, Sloven teatr muzeyi ishlaydi. Oʻzbekiston — Sloveniya munosabatlari Havolalar Slovenia.si. Your gateway to information on Slovenia. Government of the Republic of Slovenia Yevropa BMT aʼzolari
13,672
3209
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ispaniya
Ispaniya
Ispaniya (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de España) — Yevropaning janubi-gʻarbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas orollari ham Ispaniyaga qaraydi. Maydoni 504,75 ming km. Aholisi 47,27 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan oʻz hukumati va parlamentiga ega boʻlgan 17 muxtor regionga, ular, oʻz navbatida, 50 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Poytaxti — Madrid shahri Davlat tuzumi Ispaniya — parlamentli monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1978-yil 6-dekabrdagi milliy referendumda maʼqullangan, oʻsha yili 29-dekabrdan kuchga kirgan; Tabiati Ispaniya subtropik mintaqada. Qirgʻoq chizigʻining uzunligi orollar bilan birga 5 ming km dan koʻproq. Ispaniya hududining aksar qismi plato, oʻrtacha balandlikdagi tizmalar, yassitogʻliklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi shimoli-gʻarbda 800- 1000 m, janubi-sharqda 500-600 m. Ular oʻrtasida janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan Markaziy Kordilyera togʻ tizmalari bor. Ispaniyaning shimoli-gʻarbida Galisiya massivi va Leon togʻlari, Biskay qoʻltigʻi sohilida Kantabriya togʻlari bor. Ular sharqda Pireney togʻlariga ulanib ketadi. Janubiy va janubi-sharqida Andalusiya togʻlari, janubi-gʻarbida Andalusiya pasttekisligi bor. Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen togʻi (3478 m) Ispaniyadagi eng baland togʻdir. Ispaniyada uran, mis, simob, qoʻrgʻoshin, temir, volfram, qalay, oltin, kumush, margimush, marganets konlari bor. Toshkoʻmir, kaliy tuzi, kaolin, apatit ham qazib olinadi. Iqlimi shimoliy va shimoli-gʻarbida moʻtadil okean iqlimi, qish yumshoq, yoz iliq. Yillik oʻrtacha yogʻin 1000-2000 mm. Sohilda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7— 9°, iyulniki 18—20°. Mamlakatning qolgan qismida Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim, yoz quruq, issiq, qish yumshoq, seryogʻin. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Meseta platosida 4—5°, janubida 12—13°, iyulniki 23—29°. Ispaniyaning markazi, sharqi va janubi-sharqida yogʻin kam (300-500 mm). Daryolari, asosan, yomgʻirdan toʻyinadi, yozda juda sayozlanib qoladi. Faqat shimoliy va shimoli-gʻarbidagi daryolar yil boʻyi sersuv. Yirik daryolari: Taxo, Ebro, Gvadalkvivir, Duero, Gvadiana va boshqa. Ulardan energiya olishda va sugʻorishda foydalaniladi. Ispaniyaning shimoliy va shimoli-gʻarbidagi togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlarda qora qayin, dub, kashtan oʻrmonlari, tog yon bagʻirlaridagi togʻ podzol tuproqlarida qaragʻay oʻrmonlari bor. Pireney togʻlarida 2000 m dan balandda oʻtloq mintaqalari joylashgan. Ispaniyaning qolgan qismida doim yashil dublar, qaragʻay, sarv, kashtan, zarang, lipa va boshqa usadi. Ispaniyaning eng chekka janubida palmazorlar uchraydi. Hayvonlardan tulki, suvsar, qoʻngʻir ayiq, boʻrsiq, tog echkisi, serna, viverra, quyon, tipratikan bor. Gibraltar atrofida makaka maymun (Yevropada faqat shu yerda) uchraydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchilar koʻp. Tunets, sardina, treska baliklari va dengiz jonivorlari ovlanadi. Noyabr hayvonlar va tabiiy landshaftni saqlash maqsadida bir necha milliy bogʻ va qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Ayguestortes-i-Lago-SanMaurisio, Kovadonza, Ordesa va boshqa. Aholisining 3/4 qismi ispanlar, qolganlari — katalonlar, galisiylar, basklar va boshqa. Rasmiy til — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar — katoliklar. Aholining 78,4% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Madrid, Barselona, Valensiya, Sevilya, Saragosa, Bilbao, Malaga. Tarixi Ispaniya hududida odam quyi paleolit davridan yashaydi. Leridadan Kadisgacha boʻlgan hududlarda mezolitga oid qoyatosh suratlari koʻp topilgan. Mil. av. 7-asrdan I.ning janubiy va sharqiy sohil boʻylari finikiyaliklar va yunonlar tomonidan oʻzlashtira boshlangan. Mil. av. 700—500 yillarda Oʻrta dengiz sohilida iberlar madaniyati paydo boʻldi. Mil. av. 5—3-asrlarda Pireney yarim orol orkali kelgan kelpiarnmt iberlar bilan qoʻshilib ketishi natijasida kelipiberlar shakllangan. Mil. av. 3-asr oxirlarida Ispaniya hududining koʻp qismi Karfagen qoʻl ostiga oʻtdi. Mil. av. 2-asr boshiga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardi. Mil. av. 197 yilda Rim Ispaniya hududini 2 viloyat (Yaqin Ispaniya va Olis Ispaniya)ga boʻlib yubordi. Mil. 409 yil Ispaniyaga alanlar, svev va vandallar, 418 yildan vestgotlar kirib kela boshladi. 711—718 yillarda Pireney yarim orolning deyarli hammasini arablar bosib olib, 756 yil mustaqil davlat — Kordova amirligini, 929 yilda esa Kordova xalifaligini tuzdi. Kordovada sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻldi, hunarmandchilik, savdosotiq, fan va madaniyat yuksaldi. 1031-yil xalifalik bir necha amirlikka boʻlindi. 8-asrdan boshlab mavrlar koʻl ostida boʻlgan yerlarni ispanlar kay-tarib ola boshladilar (Rekonkista dav-ri). Rekonkista davrida Kastiliya va Aragon qirolliklari vujudga keldi (11-asr). 12-asrda dvoryanlar, ruhoniylar, shaharliklar va yuqori tabaqa dehqonlardan iborat korteslar paydo boʻldi. Ular qirol hokimiyatini cheklab turdilar. 1479-yil Aragon bilan Kastiliya oʻrtasida tuzilgan sulola ittifoqi (aragonlik Ferdinand bilan kastiliyalik Iza-bellaning 1469-yilgi nikohi) natijasida I. yagona davlatga aylandi. 1480-yil absolyutizm quroli hisoblangan inkvizitsiya joriy qilinib, mavr va yahudiylar (asosan, dehqonlar-, hunarmandlar, savdogarlar) mamlakatdan quvildi. 1504-yil Ispaniyaga Neapol qirolligi (Janubiy Italiya) va Sitsiliya qoʻshib olindi. Ispaniya 1494—1559-yillarda Italiyaga qarshi urushlarda Shimoliy va Oʻrta Italiyaning qator yerlarini bosib oldi. Karl Ining taxtga oʻtirishi (1516) bilan Ispaniyada Gabsburglar sulolasi hukm sura boshladi. Shu yili Ispaniyaga Niderlandiya qoʻshib olindi. 16-asrning 1-yarmida Ispaniya Markaziy va Janubiy Amerikaning kup qismini, Filipp II davrida Filippin orollari (1563—73)ni bosib oldi va Portugaliya (1581)ni oʻziga qoʻshdi. Ispaniya qiroli Karl I Gabsburg „Muqaddas Rim im-periyasi“ning qiroli boʻlgach, Karl V nomini oldi. Bu paytda I. Yevropaning siyosiy reaksiya markaziga aylandi. Ispaniyaga qaram boʻlgan Niderlandiyada 1566-yil inqilobi boshlandi. 1581-yil Birlashgan viloyatlar respublikasining tashkil qilinishi bilan Shimoliy Niderlandiya Ispaniyadan ajralib chikdi. Ispaniya 16— 17-asrlarda Angliya bilan urushib, dengizdagi ma-vqeidan mahrum boʻldi („Yengilmas armada“ — ispan flotining 1588-yildagi halokati bunga yoʻl ochdi). Oʻttiz yillik urush (1618—48), Fransiya hamda Angliya bilan boʻlgan urushlar natijasida tuzilgan Vestfaliya (1648), Pireney (1659), Axen (1668) va Nimvegen (1678) sulxlariga binoan, Ispaniya Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mah-rum boʻldi. Gabsburglarning soʻnggi vakili Karl II vafoti (1700) va ispan taxtining Burbonlarga oʻtishi munosabati bilan ispan merosi uchun Yevropada urush (1701 — 14) boshlandi. Natijada Ispaniya Italiya, Janubiy Niderlandiya va Gibraltardagi yerlaridan ajraldi. Karl III davri (1759—88)da maʼrifatli absolyutizm ruhidagi islohot oʻtkazildi. 1808-yil Fransiya Ispaniyani bosib olishga kirishdi. Ispan xalqining bosqinchilarga qarshi milliy harakati birinchi ispan inqilobi bilan qoʻshilib ket-di (1808—14). Ispaniyada boshlangan milliy ozodlik urushlari Amerikadagi ispan mustamlakalarida ozodlik harakatining (1810—26) avj olishiga turtki boʻldi. Natijada bir qancha mustamla-kalar mustaqillikka erishdi. Napoleon I yengilgach, Burbonlar taxtni qay-ta egallab, absolyutizmni tikladi. 1820-yil qoʻzgʻolon koʻtarilib, u inqilobga aylandi. Inqilob 1823-yil Muqaddas ittifoq tomonidan bostirildi. 1834—43 yillarda ishchilar qarakati avj oldi va utopik sotsializm goyalari tarqala boshladi. 1868-yil boshlangan inqilob natijasida respublika oʻrnatildi (1873). Respublika tarafdorlari oʻrtasida hamjihatlik yoʻqligi oqibatida demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, Burbonlar sulolasi qayta tiklandi (1874). Ispaniya-Amerika urushi (1898)da Ispaniya magʻlubiyatga uchrab, Kuba, Puertoriko, Guam va Filippindan mahrum boʻldi, ispan monarxiyasi za-iflashdi. Respublika tarafdorlari faollashdi va ishchilar harakati avj oldi.l-jahon urushi yillarida I. beta-raf turdi. 1921-yil ispan qoʻshinlari Marokashda magʻlu-biyatga uchragach, monarxiya inqirozi yanada kuchaydi. Choʻchib qolgan reaksiya 1923-yil sentabrda harbiy toʻntarish qilib, general M. Primo de Rivera harbiy hokimiyatini oʻrnatdi. 1931-yil 14-sentabrda boshlangan inqilob natijasida respublika eʼlon kilindi. 1936—39 yillardagi milliy-inqilobiy urushda demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, respublika agdarilgach, general F. Frankoning fashist diktaturasi (1939—75) oʻrnatildi. Respublika davri qonunlari bekor qilindi, fashistlarning I. falangasi deb atalgan partiyasidan tashkari barcha siyosiy partiyalar tarkatib yuborildi, inqilobchilar qatagʻonga uchradi, sinfiy kasaba uyushmalari tugatildi. Yarim millionga yakin ispanlar chet elga qochdi. Ikkinchi jahon urushida Ispaniya betaraflik eʼlon qilgan boʻlsa ham, Germaniya va Italiyaga yordam berdi, frontga „zan-gori diviziyasi“ni yubordi. 1959-yilda Franko diktaturasiga qarshi tinch yoʻl bilan kurashish uchun Milliy antifashist fronti tuzila boshladi. Fashiz-mga qarshi kuchlar birlashdi. 1962-yilda Myunxen (GFR)da ispanlar umumdemok-ratik konferensiyasi oʻtkazildi, 26 viloyatda umumiy ish tashlashlar boʻldi, „vertikal sindikatlar“ga qaramaqarshi ishchi komissiyalari (kasaba uyushmalari) tuzildi. 1962—63 yillardagi ijtimoiy tanglik diktaturami juzʼiy „erkinliklar berish“ siyoʻsatiga oʻtishga majbur qildi, ammo u muxolifat kuchlarini bartaraf etolmadi. 1971-yil muxolifat kuchlari birgalikda harakat qilish haqida bitim imzoladilar. 1975-yilda F. Franko vafotidan soʻng qirol Xuan Karlos I davlat boshligʻi boʻldi. 1976-yildan koʻpchilik siyosiy partiya va kasaba uyushmalri oshkora faoliyat koʻrsata boshladi. 1977-yil Ispaniyada 1936-yildan keyingi birinchi parlament saylovi boʻldi. Unda 100 ta partiya va 18 ta koalitsiya qatnashdi. Ispaniya 1956-yilda Shimoliy Marokash, 1968-yilda Ekvatorial Gvineya, 1976-yilda Gʻarbiy Sahroi Kabir kabi mustamlakalaridan mahrum boʻldi. 1982, 1986, 1989 va 1993-yillardagi parlament saylovlarida so-sialistik ishchi partiyasi gʻalaba qozondi. 1996 va 2000-yilgi saylovda esa Xalq partiyasi nisbiy koʻpchilik ovoz olib, hukumatni tuzish huquqini qoʻlga kiritdi. Ispaniya — 1955-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12-oktabr — Ispan Millati Kuni (1492). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 17 martda oʻrnatgan. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Ispaniyada 500 dan koʻproq siyosiy partiya va jamoat tashkiloti roʻyxatga olingan. Asosiy partiyalari: Xalq partiyasi (1989-yil yanvargacha Xalq uyushmasi), 1976-yilda tuzilgan; I. sotsialistik ishchi partiyasi, 1879-yilda tuzilgan; I. kommunistik partiyasi, 1920-yilda tuzilgan; Basklarning millatparvar partiyasi, 1993-yilda tuzilgan; Kataloniya demokratik konvergensiyasi, 1974-yilda asos solingan; Valensiya ittifoqi. Kasaba uyushma birlashmalari: Mexnat-kashlar umumiy ittifoqi, 1888-yilda tuzilgan; Ishchilar kasaba uyushma birlashmasi, 1960-yilda asos solingan; Ishchi komissiyalari, 1956-yilda tuzilgan. Xoʻjaligi Ispaniya industrial-agrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish qajmi jihatidan Gʻarbiy Yevropada 5-oʻrinda, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida 8-oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 23%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3,5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi esa 60% dan ortadi. Baʼzi subtropik va bogdorchilik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Sanoatida ogʻir sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati gʻoyat rivojlangan. Sanoatning eng qad. tarmogʻi — toʻqimachilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez surʼatlar bilan taraniy etmoqda. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qisq-arib bormoqda. 100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi. Pirit, simob, temir, qoʻrgʻoshin-rux, uran rudalari va toshkoʻmir qazib olinadi. Qazib olinadigan neft I. ehtiyojining 10% ni krndiradi. Asosiy kemasozlik korxonalari Bilbao, Kartaxena, Barselonada, avtozavodlar Madrid, Barselona, Valyadolid, Vigo sh.da, qora metallurgiya korxonalari Biskayya, Santander, Asturiya, Valensiya viloyatlarida, rangli metallurgiya Kordova, Xaen, Mursiya, Ovyedo, Santander, Gipuskoa, Biskayya viloyatlarida, chetdan keltirilgan neftni qayta ishlovchi korxonalar Lakorunya, SantaKrus-de-Tenerife, Eskombre-ras va boshqa port shaharlarida, vinochilik sanoati Kataloniya, Aragon, Andalusiya va Yangi Kastiliya viloyatlarida joylashgan. Yiliga 155,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. Yoqilgʻi taqchilligi muqobil energiya manbalarini izlashni taqozo qiladi. Quyosh va geotermal styalardan keng miqyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari — Barselona, Madrid, Bilbao, Ovyedo. Qishloq xoʻjaligi Asosiy tarmoq dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi mahsuloti qiymatining yarmiga yaqini uning ulushiga toʻgʻri keladi. Mamlakat maydonining 71%da dehqonchilik qilinadi. Ispaniyada vino (dunyoda 3-oʻrin) tayyorlanadi, sitrus mevalar (apelsin hosili boʻyicha Yevropada 1-oʻrin, yiliga 3 mln. tonna), bugʻdoy (ekin maydonining 20%), sholi (dunyoda eng yuqori hosildorlik: ga dan 60—70 sentner), bodom, tamaki, paxta, qand lavlagi, sabzavot (ekin maydonining 69%), kungabokar yetishtiriladi. Oliy nav zaytun yogʻi ishlab chiqarishda dunyoda l-oʻrinda turadi (yiliga 400 ming t dan ziyod). Chorvachilik yaxshi rivojlangan: qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi. Baliq va dengiz joni-vorlari ovlash qamda qayta ishlashda dunyodagi oʻnlikka kiradi. Ispaniyada temir yoʻlillarning umumiy uzunligi — 14378 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 324 ming km. Asosiy dengiz portlari: Kartaxena, Barselona, Bilbalo, Santa-Krusde-Tenerife. Madrid va Barselona shaharlaridagi aeroportlar mamlakatdagi eng yirik aeroportlardir. Chetga mashinasozlik (kema va avtomobillar), qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari (sitrus mevalar, meva-sabzavot konservalari, vino, zaytun yogʻi) chiqaradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (import — 56%, eksport — 66%), AQSH (import — 8% va eksport 9,2%), Yaqin Sharq mamlakatlari (8,6% va 8,1%), Lotin Amerikasi mamlakatlari (6,1% va 4,2%). Chet el sayyohdigi — muqim daromad manbai. Har yili Ispaniyaga 52 mln. sayyoh kelib ketadi, bu soha 20 mlrd. dollargacha daromad beradi (AQSH dan keyin 2-oʻrin). Sayyohlarga 6 mln. kishi xizmat qiladi. Pul birligi — yevro Tibbiy xizmati Davlat davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Koʻpgina shifokorlar xususiy qabulxonalar ochishgan. Oliy oʻquv yurtlarining 19 fakulteti shi-fokorlar tayyorlaydi. Mamlakatda, ayniqsa, uning dengiz sohillarida kurortlar kup. Ularning eng muhimlari San-Sebastyan, Valensiya, Barselonada. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. 4 yillik boshlangich, 7 yillik oʻrta maktablar bor. Kuchaytirilgan toifadagi hunar-texnika va tijorat maktablari ishlaydi. Boshlanrich maktab oʻqituvchilari 3 yillik ped. bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari universitetlarda tayyorlanadi. Mamlakatda 35 davlat universiteti, 4 katolik universitet, 3 ta politexnika instituti bor. Eng yiriklari: Salamanka (1218), Barselona (1430), Sevilya (1502), Madrid (1508) universitetlari, Sirtqi taʼlim universiteti (1972), Bilbao universiteti (1968), Va-lensiyadagi Politexnika universiteti, Santyago-dekompostela sh.dagi universitet. Mamlakatdagi ilmiy tadqiqot ishlarini 1939-yilda tuzilgan Ilmiy tadqiqotlar Oliy kengashi uyushtiradi va muvofiqlashtiradi. Akademiyalari: Madriddagi Ispan qirollik akademiyasi (1713), Huquqshunoslik va qonunchilik rollik akademiyasi (1730), Kirollik milliy tibbiyot akademiyasi (1732), Bar-selonadagi Fan va sanʼat qirollik akademiyasi (1764), Madriddagi Axlo-qiy va siyosiy fanlar kirollik akademiyasi (1857). Bir qator ilmiy tadqiqot institutlari mavjud. Ispaniyada 57 yirik kutubxona, jumladan, Madriddagi Milliy kutubxona (1712) va universitet ku-tubxonasi, Barselonadagi Kataloniya kutubxonasi bor. Ispaniyada 90 muzey boʻlib, yiriklari Madriddagi Prado muzeyi (1819), Milliy arxeologiya muzeyi (1867), Barselona, Kordova, Valensiya va Sevilyadagi badiiy muzeylardir. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Ispaniyada 120 ga yaqin gaz. va 900 jurnal nashr etiladi. Eng yiriklari: „Pays“ („Mamlakat“, kundalik gazeta, 1976-yildan), „Vanguardia“ („Ilgor“, kundalik gazeta, 1981-yildan), „Diario-16“ („Gazeta-16“, kundalik gazeta, 1976-yildan), „Levante“ („Sharq“, kundalik gazeta, 1939-yildan), „Kambio-16“ (haftalik jurnal, 1972-yildan), „Destino“ („Tak, dir“, haftalikjur., 1942-yildan). Ispaniya ax-borot agentligi — EFE 1939-yil 3-noyabrda tashkil etilgan. Ispaniyada radioeshittirish 1919-yildan, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan olib boriladi. Ispaniya radiosi va te-lekoʻrsatuvi hukumat hamda siyosiy partiyalar vakillaridan iborat kengash tomonidan boshqariladi, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. Ispaniya milliy radiosi va Ispaniya telekoʻrsatuvi davlat mahkamasi mavjud. Adabiyoti Adabiyoti ispan, bask, katalon tillarida va portugal tilining galisiy shevasida. Ispan adabiyoti oʻrta asrlarda xalq ijodi, yunon, Rim va arab mada-niyatlarining taʼsirida shakllangan. Xalq baxshilari (xuchlar)ning ogʻzaki ijodiyoti ispan adabiyotining debochasi boʻlgan. Uning dastlabki yirik na-munasi — „Sid haqida doston“ (12-asr). Unda bosqinchilarga qarshi kurash qahramoni Rodrigo de Bikar (9-asr) jasorati madh etilgan. Bu davrda lo-tin, ispan tillaridagi diniy adabiyot alohida oʻrin oladi. 14-asr ispan adabiyotida „Apoloniya haqida kitob“ (12— 13-asrlar), „Aleksandr haqida kitob“ (13-asr oxiri), „Ritsar Sifar“ (13-asr) romanlari koʻzga tashlanadi. X. Manu-elning „Graf Lukanor“ (1328 — 35) kitobidagi insonparvarlik ohanglari ispan adabiyotida sezilarli vokea boʻldi. X. Ruis oʻrta asrlar adabiyotining soʻnggi isteʼdodli shoiri va Uygʻonish davrining darakchisidir. Uning „Saodatli muhabbat madhi“ kitobidagi realizm ruhi ispan adabiyoti keyingi taraqqiyotiga zoʻr taʼsir qildi. Bu davr adabiyoti italyan va fransuz Uygonish davri taʼsirida shakllandi, adabiyotning deyarli barcha asosiy janrlari rivojlandi. Lope de Vega xalqchil dra-malari bilan shuxrat qozondi. S. M. de Servantesning „Don Kixot“ asari va umuman uning ijodi I. Uygʻonish davrining gultoji boʻldi. 16-asrda boshlangan iqtisodiy, siyosiy inqiroz adabiyotga ham taʼsir etdi. Fransuz klassitsizmiga taklidiy asarlar yaratildi. 18-asrda Yevropaning boshqa mamlakatlari kabi Ispaniyada ham maʼrifatparvarlik harakati avj oldi (B. Fleyxoo, G. M.de Xovelyanos va boshqa). Napoleon istilosiga qarshi kurash inqilobiy romantizm oqimining rivoj topishiga, shoir X. de Espronseda ijodining shakllanishiga olib keldi. U sheʼr va dostonlarida burjua tuzumini har taraflama tanqid qildi. Re-aksion romantiklar (X. Sorrilya-i-Moral) monarxiya va feodal tuzumini koʻklarga koʻtarishga urindilar. Ispan tanqidiy realizmi 19-asr oʻrtalarida shakllandi. Uning yirik vakili — B. Peres Galdos (1843—1920)ning tarixiy romanlar turkumi („Milliy epi-zodlar“) vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan. Naturalizmning nazariyotchisi va yirik vakili E. Pardo Basan (1852—1921) birinchi boʻlib „Xalq qizi“ romanida ishchilar hayotini tasvirladi. 20-asr I. tarixi va ispan madaniyati tarixidagi eng dramatik va sermahsul davrdir. Bu davrdagi soʻz sanʼatining ravnaqi prozaik va dramaturglar Xose Echegaray-i-Eysagirre, Migel de Unamuno, Ramon Mariya del Vals-Inklan, Pio Baroxii-Nesa, Xasinto Benaventei-Martines, shoirlar Anto-nio Machado, Xuan Ramon Ximenes, Federiko Garsia Lorka nomlari bilan bogʻliq. 30-yillarda inqilobiy adabiyot yaratildi. S. M. Arkonada, X. Arderius va boshqa adiblar ishchilar manfaatini himoya qilib, reaksiyani fosh etuvchi asarlar yaratdilar. Bu davrda shoirlar koʻproq romans janrida ijod etdilar. Mamlakatda fashist rejimi oʻrnatilgach, ispan adabiyoti tushkunlikka uchradi, koʻp adiblar chet elga ketib krldilar. Kamillo Xose Selaning romanlari oʻsha davrning nisbatan yaxshi asarlaridir. Uning birinchi „Pasku-al Duartening oilasi“ (1942) romani 40—50-yillardagi ispan adabiyoti uchun harakterli boʻlgan tremendizm (isp. tremendo — dahshatli) oqimini boshlab berdi. Tremendist-yozuvchilar insonning du-nyoda chinakam yolgizligini, oʻlim, zoʻravonlik inson hayotining muqarrar bir qismi ekanini nazarda tutdilar. Yirik zamonaviy ispan prozaigiMigel Delibes ham ijodining boshlangʻich davrida shu oqim taʼsirida boʻlgan. Keyingi yillardaD. Medio, A. Matute hayotni haqqoniy tasvirlash bilan birga inson ruhiyatining nozik jihatlarini ochib berdilar. V. Aleyksandre oʻzining falsafiy lirikasida insonparvarlik gʻoyalarini qaror toptirishga intiladi. Bask adabiyotining dastlabki namunasi B. Dechepare yozgan „Bask tilining ibtidosi“ (1545) nomli diniy va ishqiy sheʼrlar toʻplamidir. 17-asrda diniy (P. De Ashular va boshqa), 18-asrda maʼrifatchilik gʻoyalari (M. de Larramendi va boshqa) ilgari surildi. 19-asrning oʻrtalaridan romantizm yetakchi oqimga aylandi. Ayni vaqtda realistik asarlar ham paydo boʻldi (D. Agirrening „Dengiz suvlari“, „Qirqquloq“ romanlari). Hokimiyatga fashistlarning kelishi (1939) bask milliy madaniyati rivojiga jiddiy toʻsiq boʻldi. N. de Ormaecheaning vatanparvarlik ruxidagi „Bask“ dostoni, X. Echayde va X. A. Irasustaning realistik romanlari diqqatga sazovor. Katalon adabiyoti Kataloniya va Valensiyada, Balear orollarida katalon tilida va uning shevalarida 9— 13-asrlarda ogʻzaki xalq sheʼriyati shaklida, 12-asr oxiridan esa yozma diniy adabiyot tarzida rivojlandi. Jaume I, B. Desklot va R. Muntaner proza janrida ijod qildilar. Raymund Lulliyning „Blankern haqida kitob“ asari katalon tilidagi birinchi roman edi. A. de Vilanov, F. Eshimenis kabi yozuvchilar didaktik asarlar yaratdilar. 15-asr boshidan katalon adabiyotida Uygonish davri goyalari aks etdi. A. Febrer, Sh. Fogassot, J. de Sant-Jorji Italiya poeziyasi taʼsirida asarlar yaratdilar. Shoir A. Mark (1397—1459) katalon adabiy tilining otasi hisoblanadi. 16—19-asrlardagi yozuvchilar orasida J. Roys, J. Gazul, A. Turmeda, A. Pineda, F. Garsia, A. Blaklar bor. 20-asrda shoirlardan S. Espriu, J. Sarsadenes, J. Serda, yozuvchilardan J. Es-pinas, B. Porsel, E. Torreslar mashhur. Galisiy adabiyoti Pireney yarim orolning shimoli-gʻarbida yashovchi milliy ozchilikning portugal tili galisiy lahjasidagi adabiyotidir. 8—11-asrlarda bu lahjada rang-barang xalq laparlari toʻqilgan. 15-asr oxiridan 19-asr boshlarigacha galisiy adabiyotida ogʻzaki anʼanalar ustunlik qildi. F. Anon-i-Pas, X. M. Pintos, aka-uka Antonio kabi shoirlar yozma adabiyotni rivojlantirdilar. 20-asrda V. Matines Risko, A. Rodriges Kastelao, X. Vidal kabi yozuvchi va shoirlar ijtimoiy muammolarni koʻtarib chiqdilar. 1939-yilda Franko diktaturasi oʻrnatilgach, galisiy adabiyoti taqiqlandi. 1950-yildagina yana bu tilda kitoblar nashr etila boshladi. S. E. Ferreyro, U. Novoneyra, M. Mariya, K. Kasaresning vatanparvarlik ruhidagi sheʼr va romanlari bosilib chikdi. S. M. de Servantes, G. Lorka va boshqa yozuvchilarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Meʼmorligi Meʼmorligi — qad. I. hududida paleolit va neolit davrlariga oid madaniyat yodgorliklari, rimliklar hukmronligi davriga mansub teatr binolari, ehrom, koʻpriklar saqlangan. Arablar madaniyat yodgorliklaridan hashamatli masjidlar, saroylar qolgan (Kordovadagi masjid, 8-asr, Granadadagi Alhumro saroyi, 13—14-asrlar). Ispan qirolligi vujudga kelgach, Asturiyada San-Migel de Lino, Santa-Kristina de Lena va boshqa cherkovlar kurildi (9-asr). Jan.da qalʼa shaklidagi devorlar bunyod etildi. Avila sh.ning devorlari (11-asr), Toledodagi „Quyosh darvozasi“ (12-asr) shu davr meʼmorligining namunalaridan. Bu binolarda arab meʼmoriy uslubining taʼsiri koʻzga tashlanadi. 11-asrning 2-yarmidan meʼmorlik, asosan, roman uslubiyan (Santyagode-K.ompostela sh.dagi sobor), keyinroq Uygʻonish ruhida (Sa-ragosadagi La Seo sobori) rivojlandi. 13-asrdan shaharlar taraqqiy etishi munosabati bilan gotika uslubi ravnaq topdi (16-asr boshlarigacha). Burgos, Toledo, Leon shaharlarida eng yaxshi gotika soborlari qurildi. I. oʻrta asr meʼmorligida mavritan meʼmorligi va „mu-dehar uslubi“ oʻziga xosdir. „Mudehar“ uslubida gotika va arab uslublarining eng yaxshi tomonlari mujassamlantirilgan. Bu yerda sirlangan pishiq gʻishtdan qurilish va badiiy bezak ashyosi sifatida foydalanib, gilamsimon naqshlar yaratildi. Ganchkori oʻyma naq-shlar keng qoʻllanildi. 16-asr 1-yarmi I. meʼmorligi italyan Uygʻonish davri meʼmorligi taʼsiri ostida boʻldi (Granadada Karl V saroyi, 1526-yil boshlangan, meʼmor P. Machuka). Bu davrda Amerikani bosib olgan ispanlar yuborib turgan asil metallar bilan asilzodalarning saroyini bezatish urf boʻldi. Hashamdor „plateresko uslubi“ ispan Uygʻonish davrining milliy meʼmoriy uslubiga aylandi. Cherkovlar ichini badiiy hunarmandchilik buyumlari bilan bezashga zoʻr berildi. Bino atroflari tilla suvi yugurtirilgan jimjimador panjaralar bilan oʻraldi. Oddiy turar joylarni esa odmigina qilib qurish davom etdi. 17—18-asrlarda barokko uslubi rivojlandi (meʼmor X. B. de Churrigera va boshqa). 18-asrning 2-yarmida fransuz va italyan sanʼati taʼsirida klassitsizm tarqaldi (meʼ-morlardan V. Rodriges, X. de Vilyanue-va). 19-asr meʼmorligida eklektika va modern uslubi ustun boʻldi. 20-asrda esa funksionalizm keng tarqaddi (Madriddagi universitet shaharchasi, ippodrom va boshqa). Tasviriy sanʼat Tasviriy sanʼatga oid qad. yodgorliklar Ispaniyada anchagina saqlangan. Bular Altamira va boshqa gʻorlarning devorlariga chizilgan hayvonlar tasvirlari (paleolit davriga oid), mamlakat sharqidagi gʻorlardan topilgan kulollik buyumlari va ov, urush manzaralari tasvirlari (neolit davriga oid), shuningdek, keltiberlarning haykallari, vestgotlarning zargarlik buyumlari va boshqa 8— 9-asrlardan ispan tasviriy sanʼati shakllandi. Qoʻlyozmalar uchun miniatyuralar, naqshlangan yogʻoch haykalchalar va sh.k. yaratildi. Roman va gotika uslublariga xos rasmlarda xalq ijodining taʼsiri namoyon boʻldi. 15-asr oʻrtalarida rassomlik (P. Berrugete, A. Fernandes) va haykaltaroshlik (X. de Siloe, D. Forment) oʻrta asr qoliplaridan chi-qib, haqqoniy timsollar bilan boyidi. 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida realistik tamoyillar kuchaydi. F. Ribalta, F. Errera, D. el-Greko kabi rassomlar, A. Kano, P. de Mena, X. Martines Montanyes kabi haykaltaroshlar qirol saroyidan olisda yashab ijod qildilar va anʼanani yanada rivojlantirdilar. 17-asrda Ribera, F. Surbaran, D. Velaskes kabi buyuk rassomlarning ijodi tufayli ispan milliy rassomligi oʻzining yuqori choʻqqisiga koʻtarildi. F. Goyya asarlarida milliy realistik sanʼat, X. Madraso, X. Alvares ijodida ispan xalqining ozodlik uchun kurashi yorqin aks etdi. 19-asrda va 20-asr boshlarida realistik tamoyillar avj ola boshladi. 20-asr 1-yarmida for-malistik oqimlar (kubizm, syurrealizm va boshqa) tarqaldi (haykaltarosh P. Gorgalo, rassom S. Dali va boshqa). Ispan xalqining 1936—39 yillardagi ozodlik kurashi koʻpgina rassom va haykaltaroshlarni fashizmga karshi birlashtirdi. Bu kurashda P. Pikasso ham ishtirok etdi. Urush yillarida grafika va plakat tasviriy sanʼatda yetakchi oʻrinni egalladi. Zamonaviy ispan sanʼatida manzara janri keng tarqalgan. B. Palensiya, X. Vakero, A. Delgado kabi rassomlar va ularning izdoshlari ona yurt tabiatining nafis va real manzaralarini, uning mehnatkash kishilarining goʻzal qiyofalarini yaratdilar. Tasviriy sanʼatda demokratik tamoyillar kuchayib borayotir. Musiqa Musiqa uslublari koʻp va rang-barang Xalq musiqasida asosiy 5 ta mahalliy uslub ajratiladi: bask, galisiy, katalon, kastil va andalusiya Ispan raqslari ohangdorligi, taʼsirchanligi, shaklining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bolero, xota, fandango, segidilya, kachucha kabi xalq raqslari mashhur. Cholgʻu asboblari: gitara, skripka kabi torli, tamburin, tun-tun va pandereta, kastenyeta kabi urma sozlar, flyuviol fleytasi va boshqa 6—7-asrlarda diniy madhiya (gimn) janri rivoj topdi. 8-asrdan boshlab Ispaniyada arab musiqasi anʼanalariga asoslangan yangi uslub taraqqiy etdi (Ziryob mak-tabi, 9-asr). 12-asrda romans janri yuzaga keldi. 14-asrda trubadur (sayyor shoir, qoʻshiqchi)lar musiqasi ravnaq topdi — kantiga, albada, pastural, retroen-sa janrlari maromiga yetkazildi. Musiqali teatrning dunyoviy shakllari vujudga keldi. 15—16-asrlarda milliy sanʼat ravnaq topdi. B. Ramos de Pare-xa, F. Salinas va boshqa musiqa nazariyasi va estetikasiga oid asarlar yaratdilar. 17-asrda Ispaniyaga xos opera janri — sarsuela, 18-asrda lirik musiqali komediya — tonadilya janri shakllanib, milliy ilgʻor gʻoyalar targʻib qilindi. 19-asr 1-yarmida Madrid va Barselonada konservatoriya, opera teatrlari ochildi. 19-asr oxiridan F. Pedrel va uning izdoshlari I. Albenis, E. Granados, M. de Falya yangi milliy musiqa maktabiga asos soldi. Ularning ijodi ispan mu-siqasining choʻqqisi, 20-asr Gʻarbiy Yevropa klassik musiqasining namunasiga aylandi. 20-asrda ijrochilik sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarildi. Milliy ozodlik urushi yillarida S. Bakari-se, E. K. Chapi, K. Palasioning ommaviy inqilobiy vatanparvarlik qoʻshiqlari keng tarqaldi. Franko rejimi oʻrnatilgach, koʻp musiqachilar chet ellarga ketishga majbur boʻldi. Zamonaviy kompozitorlar — O. Espla Triay, E. va K. Alfterlar, G. Pitaluga, P. Sorosabal va boshqa. Teatri Teatri qadim zamonlardan I. xalqi turmushining, urf-odati va karnavallarining tarkibiy qismi boʻlgan. Oʻrta asrlarda u boshqa mamlakatlardagi singari diniy va xalq teatri yoʻnalishida rivojlandi. 14—15-asrlarda birinchi saroy teatrlari yuzaga keldi. 16-asrda professional va yarim professional truppalar tashkil topdi. Dramaturg va aktyor Lope de Rueda bu ishga boshchilik qildi. 16-asr 2-yarmidan Madrid, Sevilya, Valensiya, Barselona, Granada va boshqa yirik shaharlarda doimiy xalq teatrlari — korralilar ochildi. Ularda S. M. Servantes, Lope de Vega, Tirso de Molina va boshqa dramaturglarningasarlari sahnalashtirildi. 17-asrda A. de Sisneros, N. de los Rios, A. de Vilyegas va boshqa rahbarligidagi truppalar shuxrat qozondi. 18-asrda fransuz klassitsizmi, estetikasini meros qilib olgan saroy teatrlarida musiqali spektakllar mashhur boʻldi. 1708-yil „Kinos del Peral“ nomli opera teatri tashkil boʻldi. Sarsuela, say-net, tonadilya kabi kichik janrlarda klassik davr anʼanalari saqlanib qoldi. 19-asrda romantik dramaturgiya va realistik komediya rivojlandi. 1849-yil Madridda „Espanol“ teatri ochildi, 1847-yil Barselonada „Liseo“ opera teatri ish boshladi. 20-asr boshlarida tan-K.IDIY realizm karor topdi. 1931-yildan soʻng teatrda ilgʻor islohotlar oʻtkazildi. G. Lorka va A. Kasoni I. teatrini demokratlashtirishga harakat qildi. Hokimiyat Franko qoʻliga oʻtgach, ilgʻor islohrtlar bekor qilindi, sahnada koʻngilochar spektakllar qoʻyildi. 50-yillardan yirik shaharlarda yana klassik asarlar sahnalashtirila boshladi. I. teatrlarining keyingi yillardagi repertuaridan B. Brext, J. B. Pristli, A. Miller, G. Lorka va boshqa dramaturglarning oʻtkir ijtimoiytanqidiy pye-salari oʻrin oldi. Madridda 20 dan ortiq teatr bor. Aktyorlar Madrid va Barselona konservatoriyalarining sahna maqorati boʻlimlarida hamda Mad-riddagi drama sanʼati maktabida tayyorlanadi. Kinosi Birinchi kinofilm 1896-yil namoyish etilgan. Keyinchalik „Qahvaxonadagi janjal“ (1898), „Doroteya“ (1898), „Tekin pivo“ (1906) kabi fil-mlar ishlandi. 1905-yil Ispaniyada A. Kuesto suratga olgan birinchi badiiy film yuzaga keldi. 1906-yilda Barselonada birinchi kinofirma — „Ispano films“ ga asos solindi. Birinchi ovozli film („Tuproqdagi suv“) 1934-yil yaratildi. Ispaniyadagi milliy inqilobiy urushni aks ettiruvchi badiiy va hujjatli fil-mlar orasida „Gʻallasiz yer“ kinosi ijtimoiy masalaga bagʻishlangan. Ispaniyada Franko rejimi davrida koʻngil ochar filmlar ishlab chiqarila boshladi. 50-yillarda „Xush kelibsiz, janob Marshal!“ (1953), „Velosipedchining oʻli-mi“ (1955), „Shoh koʻcha“ (1956), „Jallod“ (1963), „Ov“ (1965), „Qargʻalarni bok“ (1975), „Yanvarda yetti kun“ (1979), „Milliy boylik“ (1981) kabi ijti-moiytanqidiy ruxdagi filmlar yaratildi. L. Byunyuelning „Viridiana“ (1961) kinofilmi butun dunyoga tanildi. X. L. Lopes Vaskes, F. Rey, A. Ferrandis, A. Molina, A. Landa, X. Mistral, F. Rabal va boshqa I. kinosining mashhur aktyorlari, M. Pikaso, L. Byunyuel, X. Kamino, M. Aragon kabilar yetakchi rejissorlaridir. Ispaniyada Milliy kinematografiya instituti va Milliy filmoteka bor. San-Sebastyan, Val-yadolid va Barselonada Xalqaro kinofestival oʻtkazib turiladi. Yiliga 100 dan ortiq film ishlab chikariladi. Oʻzbekiston — Ispaniya munosabatlari Ispaniya (toʻliq rasmiy nomi: Ispaniya Qirolligi (Reino de España). Janubi-gʻarbiy Yevropada joylashgan davlat. Poytaxti — Madrid shahri. BMT aʼzosi. Tarkibi Ispaniya 17 avtonom jamoat va 2 avtonom shaharga maʼmuriy boʻlingan. Jamoatlar oʻz navbatida provinsiyalarga boʻlingan, provinsiyalar 50 ta. Provinsiyalar qator munisipalitetlardan iborat. Sport Ispaniya futbol boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinlarda turadi. Ispaniya milliy terma jamoasi 2010-yilgi Afrika jahon chempionati, 2012-yilgi EVRo kuboklari sohibi. Dunyo ahli tan olgan yirik futbol jamoalari mavjud. Real Madrid, Barselona, Valensiya kabi dunyoga mashxur jamoalari bor. Manbalar Geografiya Yevropa BMT aʼzolari Ispaniya
33,455
3210
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shvetsiya
Shvetsiya
Shvetsiya (Sverige), Shvetsiya Qirolligi (Konungariket Sverige) — Shimoliy Yevropada, Skandinaviya yarim orolning sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 450 ming km². Aholisi 9, 517 mln. kishi (2012). Poytaxti – Stokgolm shahri. Maʼmuriy jihatdan 24 len (gubernya)ga boʻlinadi. Stokgolm lenga tenglashtirilgan mustaqil maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Davlat tuzumi Shvetsiya – konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1975-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi qirol (1973-yildan Karl XVI Gustav). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni riksdag (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati Shvetsiya Yevropaning Atlantika boʻyi qismida, moʻtadil mintaqa shimolida joylashgan. Shimoliy va gʻarbiy qismi togʻli (Skandinaviya togʻlari, eng baland joyi 2123 m, Kebnekayse togʻi). Shvetsiya shimolida Norland yassitogʻligi (bal. 200–800 m), janubida Smoland qiri bor. Qolgan qismi pasttekislik va koʻllardan iborat. Foydali qazilmalardan temir, mis, qoʻrgʻoshin, rux, uran rudalari, oltin, kumush, marganets, volfram konlari hamda mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻtadil, Golfstrim iliq oqimining taʼsiri katta. Shimolida iqlim sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida 0–5°, shimolida –6° dan –14° gacha, iyulniki xuddi shu joylarda 15–17° va 10–11°. Yillik yogʻin togʻlarda 1500–2000 mm, tekisliklarda 700–800 mm. Daryolari qisqa va serostona. Shvetsiya hududining 9% koʻllar bilan band. Yirik koʻllari: Venern, Vettern, Yelmaren, Melaren. Hududining 57% oʻrmon, asosan, igna bargli daraxtlar, aralash oʻrmonlar, shimolida tundra oʻsimligi oʻsadi. Tuproqlari podzol, chimli podzol, qoʻngʻir oʻrmon, togʻ podzol, togʻ tundra va botqoq tuproqlar. shahrida oʻrmon hayvonlari va suv parrandalari koʻproq uchraydi. Abisku, Muddus, Sarsk Shyoffallet milliy bogʻlari va koʻrixonalar bor. Aholisi Aholisining 91% shvedlar. Shuningdek, saamlar, finlar, norveglar, danlar ham yashaydi. Rasmiy til – shved tili. Dindorlari – xristianlar (asosan, lyuterchilar). Shahar aholisi 83,1%. Yirik shaharlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo. Tarixi Mil. av. 8–9ming yillikdan boshlab Shvetsiya hududida odam yashab keladi. Mil.ning 1-asr oʻrtalarida german qabilalari (sve, gyot va boshqalar) kelib joylashgan: ular hozirgi shvedlarning etnik asosini tashkil qilgan. 6–7-asrlarda shved qabilalarining birlashish jarayoni boshlandi. 8 –11-asrlarda shvedlar vikinglar yurishlarida qatnashdilar. 11asr boshlarida xristianlik tarqaldi. 11-asrda birlashgan shved qirolligi tashkil topdi. 12– 14-asrlarda Shvetsiya Finlandiyani bosib oldi (1809-yilgacha Shvetsiya tarkibida boʻlgan). 1397-yilda shahrining Daniya va Norvegiya bilan birlashishi natijasida Shvetsiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi. 15-asr – 16-asr boshlarida Daniya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakati avj oldi. 1521–23 yillarda dvoryan Gustav Erikson rahbarligida koʻtarilgan gʻalayon Daniya hukmronligiga barham berdi. G. Erikson 1523-yil Gustav I nomi bilan Shvetsiya qiroli etib saylandi va Vaza sulolasiga asos soldi. 16-asrning 30-yillarida reformatsiya harakati avj oldi va lyuterchilik joriy etildi. 16–19-asrlarda Shvetsiya, ayniqsa, Gustav II Adolf davrida Boltiq dengizida oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun urush olib bordi (1558–83 yillardagi Livon urushi, 1618–48 yillardagi Oʻttiz yillik urush, 17-asr boshida Rus davlatiga qarshi urush, 17-asr 2-yarmida Polsha, Daniya, Rossiya bilan boʻlgan urushlar). 1700–21 yillardagi Rossiya bilan boʻlgan Shimoliy urusht Karl XII boshchiligidagi shved armiyasi tormor keltirildi; Shvetsiya oʻz hududining bir qismidan mahrum boʻldi. 19-asr boshlarida Shvetsiya antifransuz koalitsiyasi tarkibida Napoleon I ga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1809-yil shahrida demokratik islohotlar oʻtkazildi, konstitutsiya qabul qilindi (ayrim oʻzgarishlar bilan 1975-yilgacha amalda boʻldi). 1814-yil Daniya bilan tuzilgan Kil shartnomasiga muvofiq, Norvegiya Shvetsiya tarkibiga oʻtdi (1905-yil shahridan ajralib chiqdi). Birinchi jahon urushi (1914–18) davrida betaraf Shvetsiya amalda Germaniyaga yon bosdi. Ikkinchi jahon urushi (1939–45) davrida qatʼiy betaraflik eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tashqi siyosatda harbiysiyosiy bloklarda ishtirok etmaslik yoʻlini tutdi. 193276, 198291-yillarda va 1994-yildan hokimiyatni Sotsial-demokratik ishchi partiyasi egallab kelmoqda. Shvetsiya 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 16-yanvarda tan olgan va 1992-yil 8-aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 30-aprel – Qirol tugʻilgan kun (1946), 6-iyun – Shvetsiya bayrogʻi kuni (1523, 1809). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari Soʻl partiya, 1917-yil tuzilgan; Xalq partiyasiliberallar, 1895-yil tashkil etilgan; Atrofmuhitni muhofaza qilish partiyasi ("Koʻkatparvarlar") yoki "Milyepartiyet", 1981-yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1910-yil tuzilgan; Shvetsiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi, 1889-yil tashkil etilgan; Moʻʼtadil koalitsion partiya, 1904-yil asos solingan; Xristiandemokratik partiya, 1964-yil tuzilgan. Shvetsiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898-yil tuzilgan, 20 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi. Xoʻjaligi va sanoati Shvetsiya intensiv qishloq xoʻjaligiga ega yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 30,5%, qishloq va oʻrmon xoʻjaliginiki 2,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 67,3% ni tashkil etadi. Sanoatida qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyuloza qozoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat (sut va goʻsht ishlab chiqarish) rivojlangan. Temir rudasi va rangli metallar qazib olinadi. Energetikasi gidroenergiya resurslari va chetdan keltiriladigan yonilgʻiga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 142,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi, uning 1/2 qismi GES larga, 1/2 qismi AESlarga toʻgʻri keladi. Asosiy sanoat markazlari: Stokgolm, Gyoteborg, Malmyo, Vesteros, Linchyoping. Qishloq xoʻjaligi sermahsul boʻlib, oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning 80% ni taʼminlaydi. Chorvachilik yetakchi tarmoq hisoblanadi va u goʻshtsut yetishtirishga ixtisoslashgan; qoramol, choʻchqa, shimoliy bugʻusi boqiladi. Dehqonchilikda yemxashak ekinlari, gʻalla (arpa, suli, bugʻdoy), qand lavlagi, kartoshka ekiladi. Boltiq va Shimoliy dengizlardan baliq ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi. Transporti Transportida temir yoʻl uzunligi 10,9 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 136,2 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 2,74 mln. reg. brutto t. Yirik portlari: Gyoteborg. Stokgolm, Luleo, Malmyo. Daniya, Finlandiya, Germaniya bilan temir yoʻl, paromlar orqali bogʻlangan. Shvetsiya chetga qogʻoz, karton, sellyuloza, yogʻoch, mashina va jihozlar, temir rudasi, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi; chetdan sanoat mahsulotlari, xom ashyo, oziqovqat mollari oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Norvegiya bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan (yiliga 6 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi – shved kronasi. Tibbiy xizmati Vrachlar 6 untning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. shahrida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish bepul. Stryomstad balchiqli, Rannebyu balneolbgikbalchiqli, Marstrand dengiz boʻyi iqlimiy va boshqalar kurortlar bor. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari Mamlakatda 7 yoshdan 9 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan boʻlib, u 3 bosqich (3+3+3) dan iborat. 9 yillik maktabni tugatganlar oʻqishni gimnaziyada davom ettiradi. shahrida ZOdan ortiq oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Upsala universiteti, Stokgolm universiteti, Gyoteborg universiteti (1891), Stokgolmdagi Qirollik oliy texnika maktabi (1827), Gyoteborgdagi Politexnika universiteti (1829). shahridagi mashhur ilmiy muassasalar: Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi, Muhandislik akademiyasi (1919), Upsaladagi qirollik gumanitar fanlar jamiyati (1889), Upsaladagi qirollik tabiiy fanlar jamiyati (1710), Gyoteborgdagi qirollik sanʼat va fan jamiyati (1778), Stokgolmdagi tibbiyotjarrohlik instituti, Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasi (1786). Yirik kutubxonalari: Stokgolmdagi qirollik kutubxonasi, Upsala, Gyoteborg untlarining kutubxonalari, Stokgolm va Gyoteborg shahri kutubxonalari. Muzeylari: Milliy muzey, hozirgi zamon sanʼat muzeyi, ent. muzeyi, Stokgolm shahri muzeyi, Tarix muzeyi, Shimoliy muzey, Milliy dengiz muzeyi, Kronan qalʼasidagi harbiy muzey, arxeologiya muzeyi va boshqalar. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Shvetsiya bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Arbetet" ("Mehnat", kundalik gazeta, 1887-yildan), "Aftonbladet" ("Kechki gazeta", kundalik kechki gazeta, 1830-yildan), "Vi" ("Biz", haftalik ijtimoiysiyosiy bezakli jurnal, 1913-yildan), "Gyotebergsposten" ("Gyoteborg pochtasi", kundalik gazeta, 1858-yildan), "Dagens nyuxeter" ("Kun yangiliklari", kundalik gazeta, 1864-yildan), "Kvellsposten" ("Kechki pochta", kundalik kechki gazeta, 1948-yildan), "Metallarbetaren" ("Metallurg", haftalik jurnal, 1888-yildan), "Svenska dagbladet" ("Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gazeta, 1884-yildan), "Syudsvenska dagbladet snellposten" ("Janubiy Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gazeta, 1848-yildan), "Ekspressen" ("Ekspress", kundalik kechki gazeta, 1944-yildan). Shvetsiya telegraf byurosi 1921-yil tuzilgan; shahridagi gazetalarning aksiyadorlik jamiyati. Shvetsiya radiosi hamda Shvetsiya televideniyesi aksiyadorlik jamiyatlari sifatida 1993-yil tashkil etilgan. shahrida radioeshittirishlar 1924-yildan, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan olib boriladi. Adabiyoti Shved badiiy adabiyotining dastlabki yodgorliklari 9-asrga oid boʻlib, u sheʼr yoki ritmik nasr shaklidagi runik yozuvlardir. Oʻrta asrlarda adabiy anʼanalar xalq ogʻzaki ijodida oʻz aksini topdi. Xristianlikning tarqalishi davrida lotin tilida diniy adabiyot yaratildi. 14–15-asrlarda ballada, qoʻshiq, tarixiy xronikalar, 17-asrdan dramaturgiya rivoj topa boshladi. Bu janrlarda tarixchi va dramaturg Yu.Messenius asarlar yaratdi. Birinchi yirik lirik shoir L.Vivalius boʻldi. Uygʻonish davri gʻoyalari ensiklopedist olim va shoir G.Shernʼyelm ijodida, Yu.Runius sheʼriyatida oʻz aksini topdi. G. Dalperna sheʼriyatda barokko uslubining asoschisidir. 18asr adabiyoti maʼrifatchilik gʻoyalari taʼsirida rivojlandi; uning yorqin vakili shoir, publitsist va tarixchi U.Dalindir. 19-asr boshlarida romantizm adabiyotdagi yetakchi oqimga aylandi. Bu oqimning taniqli vakili shoir, tarixchi va faylasuf E.G.Geyer boʻldi. E.Tegner oʻz ijodida maʼrifatchi va romantiklar tajribasidan foydalanib, "Fritof haqida doston"ni yaratdi; bu asar keyinchalik milliyeposga aylandi. 19-asrning 30-yillarida K.Yu.L.Almkvistning realistik qissalari yuzaga keldi. 70-yillarda Yu.A.Strindberg tanqidiy realizm asoslarini yaratdi. 20-asr boshlarida tanqidiy realizm Ya. Syoderberg, Ya.Bergman, P.S.Siverts ijodida yorqin namoyon boʻldi. D.Anderson, M.Kox. Yu. Chelgren, I.LuYuxanson, M. Martinson proletar adabiyoti vakili sifatida maydonga chiqdilar. P.F. Lagerkvist oʻz asarlarida murakkab axloqiy va falsafiy muammolarga toʻxtalib oʻtdi. Sheʼriyatla A.Esterling, N.Ferlin realistik yoʻnalishda ijod qildilar. 30-yillar va Ikkinchi jahon urushi yillari shahrida antifashistik adabiyot shakllandi (E. Yunson, V. Muberg, M.Martinson asarlari). 50–70-yillarda realistik nasr anʼanalarini P.A.Fogelstryom, S.Lidman, P.Rodstryom, L.Gustafson va boshqalar davom ettirdi. Hujjatli nasr rivojlandi (A.Lundkvist, S.Lidman, Ye.Palma va boshqalarning ayrim asarlari). A.Lindgrenning bolalar uchun kitoblari jahonda shuhrat qozongan. Adiblardan B. Setterland, L. Forshel, B. Xokanson, Yo.Sunnevi, S. Okesson, Yo. Palma mashhur. Meʼmorligi 11 –12-asrlarda roman uslubida cherkovlar, 13–15-asrlarda gotika uslubida ibodatxonalar qurildi. 16-asrda Uygʻonish davri meʼmorligi uslubida qasrlar bunyod etildi. 17-asrda barokko va klassitsizm uslubida shahar saroylari, shahardan tashqarida bogʻli qarorgohlar qurildi (Ritsarlar uyi, 1641–71, meʼmorlar S. de la Valle, J. de la Valle va boshqalar; birja, 1767–76, meʼmorlar K.Yu.Krunstedt va boshqalar; ikkalasi ham Stokgolmda). 19-asr meʼmorligidagi klassitsizm eklektikaga oʻrin boʻshatdi. 20-asr boshlarida milliy romantizm belgilari paydo boʻldi (meʼmorlar F. Buberg, K. Bergsten). Neoklassitsizm (Stokgolmdagi shahar kutubxonasi, 1924–27, meʼmor Ye.G.Asplund), neoromantizm (Stokgolmdagi ratusha, 1911–23, meʼmor R. Estberg) yoʻnalishlari, funksionalizm va organik meʼmorlik gʻoyalari uygʻunlashgan zamonaviy meʼmorlik maktabi (Stokgolmdagi Vellingbyu turar joylari, 1951–55, meʼmorlar S.Markelius va boshqalar; Eksilstundagi Freslund turar joy majmui va savdo markazi, 20-asr oʻrtalari, meʼmorlar Ya. Geyer, S. Yungkvist) shakllandi. Keyingi yillarda yaratilgan yirik inshootlar: "VennerGren" ilmiy markazi binosi (1959–61, meʼmorlar S.Lindstryom, A. Byuden), teleminora (1964–67, meʼmorlar X. Borgstryom, B. Lindros; ikkalasi ham Stokgolmda), Gyoteborg shahridagi savdo markazi (1967, meʼmorlar X. Klemming, E. Telaus), Stokgolmdagi madaniyat uyi (1974, meʼmor P. Gelsing). Tasviriy sanʼati Boxuslendda jez davrida ishlangan qoyatosh rasmlari saqlangan (ov, jang lavhalari). Temir davrida (mil. av. 6-asr – mil. boshlari) tosh stelalar tayyorlangan, metall va yogʻochga oʻyib naqsh, tasvirlar ishlangan. Oʻrta asrlarda bezak rassomligi, haykaltaroshlik, miniatyura rivoj topdi. 18-asrda haykaltaroshlik (Yu.T. Sergel), rassomlik (N.Lafrensen, P.Xillestryom), portret sanʼati (A.Roslin, K.G.Pilo, G.Lundberg) yuksak darajaga koʻtarildi. 19-asrning 1-yarmida tasviriy sanʼatda romantizm tarqaldi. 19-asrning 2-yarmi – 20asr boshlarida A.Sorn, E.Yusefson portret va maishiy kartinalarda realizmni rivojlantirdilar. 20-asr haykaltaroshligida K.Milles, B.Yurt, B.Marklundning monumentalbezak asarlari, rassomlikda S.Derkert, E.Yulli, A.Amelin asarlari ajralib turadi. Rassomlar I.Gryunevald, V.Nilson, S.Xalstryom kartinalari maishiy mavzuga bagʻishlangan. F. fan Shans, K.Du, L. Lindebergning grafik asarlarida sanʼatkorlarning yuksak mahorati yaqqol koʻzga tashlanadi. 20-asr Sh tasviriy sanʼatida syurrealizmdan popart va giperrealizmgacha boʻlgan turli modernistik oqimlar keng tarqaldi. Xalq sanʼati anʼanalarga boy. Kulollik, metall va charmga badiiy ishlov berish, suyak va yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Musiqasi Skandinaviya musiqa madaniyati oqimida rivojlandi. Xalq cholgʻulari – lur (choʻpon burgʻusi), qoʻngʻiroqcha, keyinchalik skripka, klarnet, fleyta, arfa, akkordeon. 11-asrdan professional cherkov musiqasi rivojlandi. Dunyoviy musiqa madaniyatini tarqatuvchilar – skaldlar (13-asrgacha) va sayoq musiqachilar (16-asrgacha) boʻlgan. 14–15-asrlarda ballada qoʻshiqlar paydo boʻldi. 16-asrda protestant xorali tarqaldi. 1526-yil Stokgolmda saroy kapellasi tuzildi [dastlab Dyuben oilasi boshchiligidagi nemis musiqachilari, 18-asrdan Yu.X.Rumen (birinchi professional kompozitorlardan biri) va F.Uttini (birinchi shved operasi muallifi, 1773, opera truppasi asoschisi, 1773, uning negizida qirollik operasi tuzilgan)]. 1771-yil Stokgolmda qirollik musiqa akademiyasi tashkil etilgan (19-asr oxiridan konservatoriya, 1940-yildan Oliy musiqa maktabi, 1971-yildan Davlat oliy musiqa maktabi). 18asr oxiri – 19-asr kompozitorlari oʻrtasida Yu. G.Nauman, F.A.Bervald, K.Stenborg mashhur boʻlgan. 19-asr boshlari romantizm taʼsirida milliy musiqa folkloriga qiziqish ortdi. 19-asr 2-yarmida kompozitorlar xalq kuylaridan foydalandilar. Shved vokal maktabi jahonda shuhrat qozondi (Ye.Lind, K.Nilson, E.Gulbranson va boshqalar). 20-asr 1-yarmida milliy kompozitorlik maktabi asoschisi V.PetersonBerger ijod qildi (musiqali dramalar, 5 simfoniya, cholgʻu asboblari asarlari muallifi). 20-asrning oʻrtalarida kompozitorlardan K.M.Atterberg, yil Nyustryom (cholgʻu asarlari), X.Rusenberg va boshqalar samarali ijod qildilar. 1950–70-yillar kompozitorlari ijodiga avangardizm oqimi taʼsir qoʻrsatdi. Ijrochilar oʻrtasida dirijyorlar S.Erling, S.Vesterberg, X.Blumstedt; xonandalar N.Gedda, R.Syoderlyof, B.Nilson, L.Anderson; balet artistlari I.Brosse, M.Lang mashhur. shahrida 10 simfonik orkestr, xorlar, Stokgolm, Gyoteborg, Malmyoda opera teatrlari ishlaydi. Teatri Shved professional teatri tarixi universitet va maktablarda drama teatr truppalari paydo boʻlganvaqt (1ba.)dan boshlanadi. 1682-yil dramaturg Urban Yernening Upsala universiteti qoshida tuzgan teatr truppasi shahrining birinchi professional teatri hisoblanadi. 1779-yildan Gyoteborgda doimiy teatr, 1788-yildan Stokgolmda Kirollik drama teatri ishlay boshladi. 19-asrning yetakchi aktyorlari: L.Yurtsberg, E.Xyogkvist, N.Almlyof, G. Dalkvist. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Yu.A.Strindber ijodi tufayli Shvetsiya teatri Yevropada shuhrat qozondi. Uning pyesalarini rejissor va aktyor Yu.Lindberg va rejissor G.Mulander sahnalashtirdilar. 1907-yil Strindberg tashabbusi bilan Stokgolmda Intim teatri ochildi. 20-asrning 20–30-yillarida rejissor P.Lindbergning faoliyati muhim oʻrin egalladi; u turli davrlarda Gyoteborgdagi "Lorensberg teatr", Stokgolmdagi "Teatr Ekman" va "Vasateatr"ga rahbarlik qildi. P. Lindberg ijodi shahrida hozirgi zamon rejissorlarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatdi (A.Shyoberg, I.Bergman, S.Malkvist va boshqalar). shahrining yirik teatrlari: Qirollik drama teatri, Gyoteborg, Xelsingborg, Malmyodagi teatrlar. 20-asrning 60–80-yillaridagi yetakchi aktyorlar: T.Xammaren, I.Xedkvist, L. Xanson, E.Dalbek, G.Volgren, Ya. Kulle, S. Miliander, M. Ekstryom K. Xanning, U. Palme. Kinosi 1897-yilda shved N.Paterson bir necha hujjatli va badiiy filmni suratga oldi. shahrida muntazam ravishda kino ishlab chiqarish 1907-yildan boshlandi. 1910–20-yillarda bir qancha filmlar yaratildi ("Tirye Vigen", 1916; "Togʻlik Eyven va uning rafiqasi", 1917; "Ingmar oʻgʻillari", 1918; hammasining rejissor V.Shyostrem). 20–30 yillarda kinoning badiiy va gʻoyaviy saviyasi pasaydi, ekranlarga oʻrtamiyona komediya va melodramalar chiqarildi. 40-yillarda fashizmni qoralovchi filmlar qoʻyildi ("Oʻt alanga oladi", 1943, rejissor G.Mulander; "Janobi oliylari", 1944, rejissor X.Ekman). Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda rejissorlar ijodida yolgʻizlik, maʼnaviy tushqunlik yetakchi mavzuga aylandi. Bu I.Bergman ijodida oʻz ifodasini topdi ("Masxarabozlar oqshomi", 1953; "Koʻzgudagidek", "Daxldor" va "Sukut" trilogiyasi, 1961–63; "Kuzgi sonata", 1980; "Fanni va Aleksandr", 1982). A.Shyobergning filmlari esa inson ichki dunyosi taxliliga bagʻishlangan ("Oddiygina ona", 1949; "Fryoken Yuliya", 1951; "Soʻnggisi oʻyindan chiqadi", 1956). 60–70-yillarda rejissorlar ijtimoiysiyosiy muammolar koʻtarilgan filmlarni yaratdilar ("Odalen31", 1969; "Jo Xill", 1971; ikkalasining rejissor B.Viderberg; "Mana sening hayoting", 1967; "Muhojirlar", 1970; "Yangi yer", 1972; hammasining rejissor Ya.Troell). Shu bilan birga 60–80-yillarda ayrim rejissorlar oʻz ijodlarida ochiq naturalizm, qoʻpol erotikadan ham foydalandilar (V. Shyoman, T.Vikman, B.Torn). Shvetsiya kinosida hujjatli filmlar ishlab chiqarish alohida oʻrin tutadi (E.Leyslerning "Qonli davr" filmi, 1960; 70-yillarning boshlaridagi ish tashlashlar toʻgʻrisida kinoreportajlar turkumi). Shvetsiya kinosining yetakchi aktyorlari: B.Anderson, X.Anderson, I.Tulin, L. Ulman, G.Byornstrand, M.Syudov va boshqalar 1963-yildan Stokgolmda Shved kino instituti, 1965-yildan uning huzurida kino maktabi ishlaydi. Oʻzbekiston – Shvetsiya munosabatlari Yevropa Shvetsiya BMT aʼzolari
19,481
3211
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ukraina
Ukraina
Ukraina () — Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 603,628 km2 (233,062 mi2) boʻlib, maydoniga koʻra, Yevropada ikkinchi oʻrinda (Rossiyadan keyin) turadi. Aholisi 42,4 million kishi (2023) boʻlib, aholi soniga koʻra, Yevropada sakkizinchi mamlakatdir. Poytaxti va eng yirik shahri — Kiyev. Maʼmuriy jihatdan 23 viloyat — Vinnisa, Volin, Dnepropetrovsk, Donesk, Jitomir, Zakarpatiye, Zaporojye, Ivano-Frankovsk, Kiyev, Kirovograd, Lugansk, Lvov, Nikolayev, Odessa, Poltava, Rovno, Sevastopol, Simferopol, Sumi, Ternopol, Xarkov, Xerson, Xmelniskiy, Cherkassi, Chernovsi, Chernigov viloyatlari, Kiyev shaharlariga boʻlinadi. Tarixi Ukraina janubida ilk paleolit davrida odamlar yashaganligi maʼlum. Oʻrta paleolit davrida Mustye madaniyatiga mansub elatlar vakillari hozirgi Ukraina xududining anchagina qismini egallab oldilar. Soʻnggi paleolit davrida (35-40 ming yil avval) butun Ukraina hududida odam yashay boshlagan. Mezolit davri (mil. av. 10-7-ming yillik)da baliq ovlash, neolit davri (mil.av. 6-4-ming yillik)da dehqonchilik va chorvachilik paydo boʻldi. Eneolit va jez davrlari (mil. av. 4-ming yillik — 1-ming yillikning boshi)da dehqonchilik, chorvachilik va kulolchilik ancha kjsaldi (qarang Tripolye madaniyati). Mil. av. 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida But va Dnepr boʻyi dashtlarida kimmeriy qabilalari yashagan. Mil. av. VII asrda Qora dengiz boʻyidagi dashtlarga Osiyodan koʻchmanchi skif qabilalari kirib keldi. Mil. av. VII-V asrlarda Qora dengizning shimoliy soxillariga feklar koʻchib kelib, shahardavlatlar (Olviya, Tira, Xersones, Pantikapey va boshqalar)ni barpo etdilar. Mil. av. V asrda esa Kerch yarim orolda Bospor podsholigi tashkil topdi. Mil. av. II asrda Ukrainaning dasht yerlarini sarmatlar egalladi. Mil. III-VI asrlarda Qora dengizning shimoliy sohillariga got, gunn, avar va boshqa kabilalar kelib oʻrnashdi. IV-VII asrlarda vujudga kelgan Oʻrta Dnepr boʻylaridagi tarqoq sharqiy slavyan qabilalari (vizantiyalik mualliflar ularni venedlar, antlar va sklavinlar deb ataganlar) 9-asr oʻrtalarida qabila ittifoklari va knyazliklarga birlashib, Kiyev Rusini vujudga keltirdilar (qarang Qadimgi Rus davlati). 1239-40-yillarda bu davlat moʻgʻullar tomonidan bosib olinib, Oltin Oʻrda mulkiga aylantirildi. Rusning boshqa qismidan ajralib qolgan Ukraina yerlari XIII-XIV asrlarda polyak, litva, venger va boshqa chet el hukmdorlari qoʻl ostida boʻldi („Ukraina“ nomi dastlab janubiy gʻarbdagi ayrim rus yerlariga taalluqli boʻlib, „kray“ — chekka yoki chegara maʼnosini anglatgan; 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida u barcha Ukraina yerlariga tarqalib, ukrain xalqining etnik nomiga aylangan). XV asrda Ukrainaning janubiy qismi va Qrim yarim orolda Krim xonligi tashkil topdi. 1569-yil Ukraina hududining aksari qismi birlashgan litvapolyak davlati — Rech Pospolita tarkibiga kiritildi. Milliy va liniy zulmning kuchayishi, sinfiy kurashning avj olishi XV asr oxiri — XVI asr 1-yarmida Zaporojye kazaklarining paydo boʻlishiga olib keldi. Dehqonlarning kazaklar tomoniga qochib oʻtishi kuchaydi. XVI asrda kazaklar markazi — Zaporojye Sechi tashkil topdi va u Qrim xonligi, Usmonli turklar saltanati, polyakukrain hukmron doiralariga qarshi kurashdi. 1591-93-yillarda getman K. Kosinskiy, 1594-96-yillarda S. Nalivayko rahbarligida dehqonkazaklar qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 1648-yil Bogdan Xmelnitskiy boshchiligida ukrain xalqining ijtimoiy va diniymilliy istibdodga qarshi ozodlik kurashi boshlandi va u milliy inqilobga aylanib ketdi. Ukraina getmanligi mustaqil davlatga aylandi. 1654-yil murakkab tashqi siyosiy va harbiy vaziyatda B. Xmelnitskiy Moskva bilan harbiy ittifoq tuzdi, unda mustaqil getmanlik hokimiyatini saqlab qolish koʻzda tutildi. Shu tariqa u Ukraina getmanligini tashqi siyosiy jihatdan tan olinishiga erishdi. Biroq uning vafotidan soʻng getmanlik hokimiyati uchun boshlangan kurash uzoq davom etdi (1657-76). Bundan foydalangan Moskva ukrain yerlari ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatib oldi. I. Mazepa getman boʻlgan davrda (1687-1708) u russhved urushi vaqtida (1708) Moskva vasiyligidan qutulishga intilib, Shvetsiya qiroli Karl XII tomoniga oʻtdi. Mazepadan keyingi getmanlar Rossiya imperiyasi tarkibida Ukraina getmanligining muxtoriyat maqomini saqlab qolishga intildilar. Ammo podsho hukumati 1764-yil getmanlikni batamom tugatdi. XVIII asrning 2-yarmida oʻng sohil Ukraina Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi. Polsha hududi 3 marta (1772, 1793 va 1795) taqsimlanganidan soʻng ukrain yerlari 2 imperiya — Rossiya va Avstriya Vengriya tarkibiga oʻtib qoldi. XIX asrning 20-30-yillarida Ukrainada milliy uygʻonish jarayoni boshlandi. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida siyosiy partiyalar tuzila boshladi. Rossiyada 1917-yil oktabr toʻntarishi roʻy berib, Rossiya va AvstriyaVengriya imperiyalari barbod boʻlgach, ukrain siyosiy harakati qatiy talablar bilan maydonga chiqdi va milliy ozodlik kurashi davri yoki 1917-21-yillardagi ukrain inqilobi boshlandi. Oʻsha davrda Ukrainada Ukraina Markaziy Radasi, getman Pavel Skoropadskiy boshliq Ukraina Davlati, Ukraina Xalq Respublikasi Direktoriyasi ukrainlarning oʻz davlatini tuzishga intildilar. Ammo murakkab tashqi va ichki siyosiy sharoit, avvalo Sovet Rossiyasi qoʻshinlarining bostirib kirganligi ukrain inqilobining magʻlub boʻlishiga olib keldi. 1921-yili Ukraina SSR eʼlon qilindi va u 1922-yil 30-dekabrda SSSR tarkibiga kirdi, Gʻarbiy Ukraina yerlari Polsha tarkibida krldi. Avvaliga, XX asrning 20-yillarida sovet Ukrainasida ukrainlashtirish siyosati oʻtkazildi. Biroq 20-yillarning oxiri — 30-yillarning boshlarida bu siyosat toʻxtatildi. Ukrain milliy ziyolilari ommaviy qatagʻon va qirgʻin qilina boshladi. XX asrning 30-40-yillari Ukraina tarixidagi eng fojiali yillar boʻldi. 1921-23, 1932-33, 1946-47-yillarda Ukrainada ham ocharchilik hukm surdi, ukrainlar ommaviy ravishda Sibir, Oltoy, Uzoq Sharqqa, Qrim aholisining bir qismi — Qrim tatarlari 1944-yil Oʻrta Osiyoga surgun qilindi. 1954-yil Qrim viloyati RSFSR tarkibidan Ukraina tarkibiga oʻtkazildi. XX asrning 50-70-yillarida Ukrainada keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar roʻy berdi, jumladan, sanoat rivojlanib, shaharlar kengaydi. 80-yillar oxirida qayta qurish siyosati boshlanishi bilan muxolifat harakati kuchaydi, yangi tuzilgan siyosiy tashkilotlar suverenitetga erishish, demokratiyani rivojlantirish, milliy va fuqarolik huquqlari uchun kurasha boshladi. Nihoyat, 1991-yil 24-avgust kuni Ukraina mustaqilligi eʼlon qilindi. Ukraina — 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 24-yanvarda tan olgan va oʻsha yil 25-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 24-avgust — Mustaqillik kuni (1991). 2014-yil mart oyida Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol shahri Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qoʻshib olindi. 2022-yil 24-fevralda Rossiya Ukrainaga bosqinchilik hujumini boshladi. Bu urush haligacha toʻxtamadi. Bu jangda Rossiya tarafini Shimoliy Koreya, Xitoy, Belarus, Eron olmoqda. Qolgan dunyo davlatlari esa Ukraina tarafda. Bu urush bois dunyo bu 4 davlatlarga qarshi (Sh. Koreya, Eron, Belarus va Xitoy) juda koʻp sanksiyalar qoʻllamoqda. Geografiyasi Ukraina hududining aksar qismi Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-gʻarbiy qismiga mansub boʻlib, tekislik va oʻrqirlardan iborat. Janubda Qrim togʻlari (bal. 1545 m gacha) va Gʻarbda Ukraina Karpat togʻlari (balandligi 206 m gacha) bor. Ukraina hududi gʻarbdan sharqqa 1300 km, shimoidan jan.ga 900 km ga choʻzilgan. Qora dengiz sohillari, asosan, pasttekislik; qoʻltiq va limanlar bor. Azov dengizi sohillari esa yassi, kum tillari mavjud. Relyefi — shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon Volin qirlari va Podoliya qirlari (eng bal. joyi 471 m — Kamula togʻi), sharqroqda Janubiy Bug bilan Dnepr oraligʻida Dnepr buyi qirlari joylashgan. Dneprning soʻl sorili, mamlakatning janubi-sharqiy qismida Azov boʻyi qirlari bor. Ukraina Karpat togʻlarining janubi-gʻarbida Zakarpatye pasttekisligi yotadi. Geologik tuzilishi jihatidan Ukraina hududi Sharqiy Yevropa platformasining janubi-gʻarbiy qismidan hamda uni oʻrab turgan Karpat va Qrim burmali togʻlaridan iborat. Platformada Ukraina kristalli massivi (qalqoni), VolinPodoliya platosi, Lvov botigi, Donetsk avlakogeni, DneprDonetsk, Qora dengiz boʻyi botiqlari ajralib turadi. Sharkiy Karpat togʻlarining bir qismi Alp geosinklinal (burmali) oblastiga kiradi. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, neft, tabiiy gaz, temir, marganets, titan rudalari, simob, boksit, toshtuz va kaliy tuzlari, grafit, oltingugurt, qurilish materiallari va boshqa bor. Mineral suvli bulok, koʻp. Iklimi, asosan moʻʼtadil kontinental. Gʻarbdan sharqqa tomon iklimning kontinentalligi kuchayadi. Shimolidan janubiga tomon yoz bilan qishning temperaturadagi farqi ortib, qor qoplamining qalinligi va saqlanish muddati, yogʻin miqdori, nisbiy namlik kamayib boradining urtacha temperaturasi shimoli-sharqda −7°, −8°, iyulda shimoli-gʻarbda 18-19°, janubi-sharqda 23-24°. Yillik yogʻin shimoli-gʻarbda 600-700 mm, janubi-sharqda 300 mm gacha, Ukraina Karpat togʻlarida 1200-1600 mm. Ukraina dare shoxobchalarining jami uzunligi 170 ming km ga yaqin. Koʻp daryolari Kora va Azov dengizlariga quyiladi. Eng katta daryosi — Dnepr. Yirik daryolari — Dnestr, Janubiy Bug, Severskiy Donets, Prut, qisman Dunay. Ularning kupi qishda muzlaydi. Yirik daryolarida GESlar kurilgan. 7 mingdan ortiq koʻl bor. Yiriklari: Yalpug, Katlabux, Sassiq, Shagani, Alibey, Sinevir va boshqa Suv omborlari: Kremenchug (2250 km²), Kaxovka (2155 km²), Kiyev (922 km²), Dneprodzerjinsk (567 km²) va boshqalar. Tuproqlari Mamlakat shimoliy qismida chimlipodzol tuproklarning turli tiplari uchraydi, oʻtloqibotqoq va torfli botqoq tuproqlar ham tarqalgan. Oʻrmonli dasht zonasida sur tusli oʻrmon tuproklari, podzollashgan va haqiqiy qora tuproklar, dasht zonasida oddiy va janubiy qora tuproq, dengiz sohilida toʻq kashtan tuproklar koʻproq. Ukraina Karpat togʻlarida ajriqli podzol tuproqlardan tortib qora qayin oʻrmon mintaqasi, togʻ oʻtloqlari va togʻ torfzorlarida podzollashgan qoʻngʻir tuproqlargacha uchraydi. Shimolidagi aralash oʻrmon zonasida qaragʻay, emanqaragay, oʻrmonli dasht zonasida grabeman, eman, zarangjoʻka oʻrmonlar oʻrmonsiz yaydoq maydonlar bilan almashinib turadi. Umuman Ukraina oʻrmon fondining umumiy maydoni 9990 ming ga. Kora dengiz boʻyi subtropik oʻsimliklar bilan qoplangan. Oʻrmonlarda ayiq, los, bugʻu, toʻngʻiz, oʻrmonli dasht zonasida bugʻu, boʻri, suvsar, olmaxon va boshqa, qushlardan chil, xakka, zargʻaldoq, dasht zonasida yumronqoziq, qoʻshoyoq, sichqon, toʻrgʻay, bedana va hokazo. yashaydi. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Tabiiy oʻsimliklar va hayvonot dunyosi 20 ta qoʻriqxonada saqlab qolingan. Yiriklari: Ukraina dasht, Kora dengiz biosfera, Polesye, Yalta togʻoʻrmon, Karpat biosfera, Askaniya Nova, Lugansk qoʻriqxonalari. Siyosati Davlat tuzumi Ukraina — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1996-yil 28-iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2019-yildan Volodimir Zelenskiy), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va 2 muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Oliy Rada (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligida Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari 2000-yil boshlarida Ukrainada 100 dan ortiq siyosiy partiya, 1,5 ming jamoat tashkiloti boʻlgan. Eng ommaviy va nufuzli siyosiy birlashma va partiyalari: Ukraina Xalq Pyx (Ukraina Xalq Harakati) harakati (1989), Kommunistik partiya, Sotsialistik partiya (1991), Umumukrain birlashmasi — „Batkivshchina“ („Vatan“, 1999), Sotsialdemokratik partiya (birlashgan, 1995), Regionlar partiyasi (2001), Koʻkatparvarlar partiyasi (1990). Ukraina kasaba uyushmalari federatsiyasi (1990) va bir qancha mustaqil tarmoq kasaba uyushmalari ham mavjud. Iqtisodiyoti Ukraina — industrial-agrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoat 30%, qishloq xoʻjaligi 14%, xizmat koʻrsatish sohasi 56% ni tashkil etadi. Ogʻir industriyada ishlab chiqarish sanoatining ulushi juda katta. Jumladan, konchilik sanoati, qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, ogʻir mashinasozlik, neft kimyosi va koks kimyosi sanoati, shuningdek, harbiy sanoat majmuasi rivojlangan. Oʻrmon, yogʻochsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik salmoqli oʻrni tutadi. Ilmfan yutuqlariga asoslangan sanoat tarmoqlari, ayniqsa, raketasozlikning ulushi ortib bormoqda. Jumladan, Ukrainaning „Zenit“ eltuvchi raketasi yordamida xalqaro „Dengiz starti“ loyihasining amalga oshirilishi taʼminlanmoqda. Yirik issiqlik va atom elektr stansiyalari, shuningdek, Dnepr daryosidagi GES kaskadi (yiriklari Dnepr, Kremenchug, Kaxovka GESlari) energetikaning asosini tashkil etadi. 1986-yil Chernobil AESda falokat yuz berishi oqibatida 3000 MVt quvvatli 3 ta energetika bloki 2000-yildagi xalqaro kelishuvga binoan yopib qoʻyilishi natijasida Ukrainada elektr energiya hosil qilish birmuncha kamayib, 2003-yilda 179,5 mlrd. kVtsoatga tushib qoldi. Ukraina iqtisodiyotida konchilik sanoati muhim oʻringa ega: toshkoʻmir (Donetsk va LvovVolin havzalari), qoʻngʻir koʻmir (Dnepr havzasi), gaz va neft (Karpatoldi, Qora dengiz shelfi), temir rudasi (Krivoy Rog va Kerch havzalari), marganets rudasi (Nikopol yaqini), kaliy (Karpatoldi), toshtuz (Donetsk havzasi) va boshqa foydali qazilmalar qazib olinadi. Mahalliy temir va marganets ruda konlari asosida ishlovchi qora metallurgiya korxonalari choʻyan, poʻlat, prokat, polimetall konlariga asoslangan rangli metallurgiya korxonalari simob, alyuminiy, titan, sirkoniy, nikel, mashinasozlik va metallsozlikning yirik korxonasi boʻlmish Novokramatorsk mashinasozlik zavodi domna va marten pechlari uchun uskunalar, shaxtalar uchun mashinalar, yuk koʻtarish mexanizmlari, temirchilik press uskunalari, ekskavatorlar ishlab chiqaradi. Radioelektronika sanoati, shu jumladan, televizor va EHMlar ishlab chiqarish rivojlangan. Ukrainada teplovoz (Lugansk), vagon (Dneprodzerjinsk, Kremenchug, Kadiyevka), avtobus va avtoyuklagich (Lvov), yengil avtomobil (Zaporojye), yuk avtomobillari (Kremenchug) zavodlari, kemasozlik (Nikolayev), Xerson, Kiyev samolyotsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik, energetika va elektr texnika sanoati korxonalari bor. Kime va neft kimyosi sanoati korxonalari lok, boʻyoq, sintetik smola, plastmassa, sunʼiy va sintetik tola, kimyoviy reaktorlar, fotoreaktivlar, qishloq xoʻjaligi va roʻzgʻorda ishlatiladigan turli mahsulotlar ishlab chiqaradi. Oziq-ovqat sanoatida qandshakar, spirt, yogʻ, goʻsht, un, mevasabzavot konservalari ishlab chikaruvchi koʻpgina korxonalar mavjud. Qrim, Odessa, Xerson kabi janubiy viloyatlarda va Zakarpatyeda vinochilik, dengiz boʻyi shaharlarida baliq sanoati rivoj topgan. Yengil sanoat toʻqimachilik (ip gazlama, movut, shoyi va zigʻir tolali gazlama ishlab chiqarish), tikuvchilik, koʻnpoyabzal, chinni zavod va fabrikalarini oʻz ichiga oladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, don, texnika ekinlari va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Ukrainaning qishloq xoʻjaligiga yaroqli yer fondi 40,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Dehqonchilikda donli ekinlardan kuzgi bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi, arpa, tariq, grechixa va boshqa yetishtiriladi. Bogʻdorchilik, polizchilik va tokchilik rivojlangan. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungabokar, uzun tolali zigʻir, qoʻnoq, tamaki ekiladi. Kartoshka yetishtiriladi. Oʻrmondasht va dasht zonalarida dorivor va efirmoyli oʻsimliklar ekiladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Bu tarmoq, asosan dasht zonasida, Karpat togʻlari va Polesyeda rivojlangan. Asalarichilik, pillachilik, darrandachilik bilan ham shugʻullaniladi. Qora va Azov dengizida balik, ovlanadi. Transporti Transportning hamma turlari rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi 22,6 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 172,3 ming km. Asosiy dengiz portlari: Odessa, Ilichyovsk, Xerson, Izmail, Mariupol, Kerch. Dnepr, Desna, Pripyat, Dnestr, Dunay daryolarida kema qatnaydi. Ilichyovsk — Varna (Bolgariya) yoʻnalishida dengiz paromi mavjud. Neft va gaz kuvurlari qurilgan. Kiyev yaqinidagi Borispol shahrida xalqaro aeroport bor. Turizm rivojlangan. Ukraina chetga mashinauskuna, kora va rangli metallar, temir va marganets rudalari, oziq-ovqat (shu jumladan, qandshakar), yengil sanoat mahsulotlari chiqaradi. Chetdan energiya manbalari, asbobuskuna, isteʼmol mollari oladi. Rossiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSh, Turkmaniston, Avstriya, Polsha, Belarus, Vengriya, Turkiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston bilan savdo qiladi. Pul birligi — grivna. Demografiyasi Asosiy aholisi — ukrainlar (78% ga yaqin); rus, belarus, moldavan, qrim tatarlari, bolgar, venger, rumin, polyak, yahudiy, gagauz, oʻzbek (12,5 ming) va boshqalar (hammasi 130 millat va elat vakillari) ham yashaydi. Shahar aholisi 68,9%. 1 km kv ga — 77 odam toʻgʻri keladi. Aholining aksariyati xristian (pravoslav va katolik), shuningdek, yahudiylik, islom va boshqa dinlarga eʼtiqod qiladi. Yirik shaharlari: Kiyev, Xarkov, Odessa, Zaporojye, Dnepropetrovsk, Donetsk, Lvov. Tibbiy xizmati Davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiy muassasalar bilan birga xususiy tibbiy muassasalar ham rivojlangan. 2000-yil boshlarida 3 mingdan koʻproq davolash muassasida 500 mingga yaqin oʻrin boʻlib, ularda salkam 250 ming tibbiy xodim xizmat qildi. Asosiy kurortlari: Krimning janubiy sohili, Azov dengizi va Odessa atrofidagi kurortlar, Truskavets, Mirgorod, Morshin, Karpat sixatgoxlari. Madaniyati Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari 2000-yil boshlarida 22 mingga yaqin umumiy taʼlim oʻquv yurtida 6600 mingdan koʻproq oʻquvchi taʼlim oldi, salkam 570 ming oʻqituvchi dare berdi; 665 oliy oʻquv yurtida 560 ming talaba, hunartexnika maktablarida 510 mingdan ziyod oʻquvchi tahsil oldi. Xususiy taʼlim tizimida 170 oliy oʻquv yurti va 250 umumiy taʼlim muassasasi bor. 20,4 ming ommaviy va universal kutubxonaning umumiy kitob fondi 339 mln. nusxadan iborat, 6 ming kino qurilma mavjud. Klub tipidagi 20,2 ming madaniyat muassasasi, 386 muzey, jumladan, 123 oʻlkashunoslik, 134 tarix va arxeologiya, 63 sanʼatshunoslik, 44 adabiyot muzeyi mavjud. Ukrainada 1490 tashkilot ilmiy va ilmiytexnikaviy faoliyat bilan shugʻullanadi, ularda 10 mingdan ortik, fan doktori va 60 mingdan ziyod fan nomzodi ishlaydi. Milliy Fanlar akademiyasi, Taʼlim va fan vazirligi, Ukraina agrar fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiyot fanlar akademiyasi, Agrar siyosat vazirligi tizimlaridagi ilmiy muassasalar oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanadi. Ukraina Milliy fanlar akademiyasi, oliy maktab tizimi va tarmoq vazirliklarida yirik ilmiy muassasalar faoliyat yuritadi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Ukrainada 2,5 mingdan koʻproq gazeta, 2,2 mingga yaqin jurnal va boshqa nashr etiladi. Yiriklari: „Golos Ukrashi“ (ukrain tilidagi gazeta, 1991-yildan), „Uryadoviy kurʻer“ („Hukumat xabarchisi“, ukrain tilidagi gazeta, 1990), „Dzerkalo tijnya“ („Hafta oynasi“, ukrain tilidagi gazeta, 1994), „Den“ („Kun“, rus tilidagi gazeta, 1996), „Lggiraturna Ukrasha“ („Ukraina adabiyoti“, ukrain tilidagi gazeta, 1927), „Fakti i kommentarii“ („Fakt va sharxlar“, rus tilidagi gazeta, 1997), „Vecherniye vesti“ („Kechki xabarlar“, rus tilidagi gazeta, 1998), „Biznes“ (rus tilidagi gazeta, 1992), „Ukrasha moloda“ (ukrain tilidagi gazeta, 1991), „Ukrasha“ (jurnal, 1941), „Suchasshst“ („Zamonaviylik“, ukrain tilidagi jurnal, 1961), „Pol1tichna dumka“ („Siyosiy fikr“, ukrain tilidagi jurnal, 1993), „Dnshro“ (ukrain tilidagi jurnal, 1927), „Galitsyu kontrakti“ („Galitsiya shartnomalari“, ukrain tilidagi jurnal, 1990), „Delovaya Ukraina“ („Ishbilarmon Ukraina“, rus tilidagi jurnal, 1992), „Pol1tika i kultura“ („Siyosat va madaniyat“, ukrain tilidagi jurnal, 1999), „Perets“ („Qalampir“, ukrain tilidagi satirik jurnal, 1927), „Barvshok“ (ukrain tilidagi yoshlar jurnal, 1928). Ukrainadagi yetakchi axborot agentliklari: „Ukraina milliy axborot agentligi“ (UKRINFORM, 1981-yil tuzilgan, 1990-yildan mustaqil), „Ukraina mustaqil axborot agentligi“ (UNIAN, 1993), „Ukrashsyu novini“ („Ukraina yangiliklari“, 1993). Ukrainada telekoʻrsatuv va radioeshittirish tarmogʻi rivojlangan. 2000-yil boshida 560 dan ortiq tele va radiokompaniya xamda tashkilot faoliyat yuritdi. Yetakchi telekompaniyalar: „Ukraina milliy telekompaniyasi“ (1995), „Inter“ (1995), „Yangi kanal“ (1998), „1 + 1“ (1995), „1CTV“ (1992), „STB“ (1997). Ukrainada radioeshittirishlar 1924-yildan, telekoʻrsatuvlar 1951-yildan boshlangan. Adabiyoti Ukraina adabiyotining ilk manbalari qad. rus pandnasihatlari, avliyoanbiyolar haqidagi rivoyat va qissalar, 11 −13-asrlarga oid yilnomalardan boshlanadi. Kiyevda yaratilgan Ostromir injili (1056-57), „Oʻtgan yillar qissasi“ (taxminan 1113) Kiyev Rusidagi ilk adabiy yodgorliklardir. 14-15-asrlarda yilnoma va voqea-hodisalar tarzidagi adabiy asarlar dunyoga keldi. Keyinroq xalq sheʼriy ijodiyoti, shu jumladan, tarixiy qoʻshiqlar, qahramonlik dostonlari, sevgi va mehnat qoʻshiklari, xalq ertaklari paydo boʻldi. 16-17-asrlarda munozarali adabiyot va ilohiyotga doyr adabiyot muhim rol oʻynadi. (Gerasim Smotritskiy, Vasil Surazskiy, Meletiy Smotritskiy (mashhur „Grammatika“ darsligi muallifi, 1619), Yoanikiy Galyatovskiy, Petro Mogila (Sharqiy Yevropadagi dastlabki akademik oʻquv yurti asoschisi; keyinchalik uning nomi bilan KiyevMogila akademiyasi deb nomlangan, 20-asrning 90-yillarida qayta tiklangan), Ivan Vishenskiy, Feofan Prokopovich, Ipatiy Potiy, Zaxar Kopistenskiy va boshqa]. Bu davrda Lvovda Ivan Fyodorov tomonidan Ukraina hududida birinchi kitob — „Apostol“ nashr etildi. Yevropa Uygʻonish davrida adabiyot tez rivojlandi, 17-18-asrlarda adabiy mavzular kengayib, gʻoyaviyuslubiy jixatdan boyidi, xilmaxil janrlardagi asarlar yaratila boshladi. Yozuvchi, shoir va maʼrifatparvar G. S. Skovoroda (1722-94)ning ijodi kad. ukrain adabiyotining xotimasi, yangi ukrain adabiyotining muqaddimasi boʻldi („Xarkov masallari“ toʻplami, „Ilohiy qoʻshiqlar boʻstoni“ sheʼrlar toʻplami). 19-20-asr boshlarida mumtoz ukrain adabiyoti shakllandi. I. Kotlyarevskiy (6 qismdan iborat „Enenda“ dostoni), P. Gulak Artemovskiy, G. Kvitka Osnovyanenko, I. Franko, L. Ukrainka, P. Mirniy, O. Pchilka, N. Gogol, M. Kotsyubinskiy va boshqalarlarning asarlari mashhur boʻldi. Buyuk qoʻbizchi Taras Shevchenko esa yangi ukrain adabiyotiga asos soldi. 20-asrda V. Sosyura, P. Tichina, M. Rilskiy, M. Kulish, O. Gonchar, I. Le, M. Stelmax, P. Zagrebalniy, B. Oleynik, V. Simonenko, M. Bajan, I. Drach, M. Movchan va boshqa koʻpgina adiblar yaratgan nasriy va nazmiy asarlar, A. Korneychuk pyesalari Ukraina adabiyotiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Hozirgi zamon ukrain adabiyoti milliy anʼanalarni zamonaviy Yevropa va jahon madaniyati tajribasi bilan qoʻshish ruhida rivojlanib bormoqda. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Ukraina hududida ilk paleolit davriga mansub turar joy qoldiqlari, odam va hayvon haykalchalari saqlanib qolgan. Dastlabki inshoot va binolar Vizantiya meʼmorligi taʼsirida tiklangan. Kiyevdagi Ayo Sofiya sobori va Oltin darvoza (11-asrning 1yarmi) shu davrga oid yodgorliklardir. Umuman, Ukraina meʼmorligi Yevropa meʼmoriy anʼanalari ruhida rivojlanib kelgan, jumladan, toshdan qalʼa va saroylar qurilgan, tasviriy va amaliy bezak sanʼat asarlari yaratilgan. 14-16-asrlarda Volin, Podolye va Galitsiyada koʻpgina istehkom va monastirlar barpo etildi. 16-asr 2yarmi va 17-asr boshlari Ukraina meʼmorligida Uygʻonish davrining taʼsiri seziladi, xalqchillik unsurlari koʻrina boshladi. 18-asr boshlarida Soʻl sohil Ukrainada barokko uslubi ustunlik qilgan boʻlsa, tez orada rokoko uslubi xam kirib keldi, dunyoviy meʼmorlik sanʼati rivojlandi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida esa klassitsizm yetakchi mavqeni egalladi, jumladan, shaharlarni shu uslubda qayta qurishga kirishildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida boshqa meʼmorlik uslublari qoʻshilgan eklektik uslub ustun boʻldi. Sovet davrida mahobatli binolar keng yoyildi, ammo baribir oddiy universal meʼmoriy loyihalar yetakchi oʻrin egalladi. 20-asrning 30-40-yillarida Ukraina shahar va qishloklarini reja asosida qayta qurishda xalq meʼmorligi shakllaridan foydalanildi. 50-60-yillarda shahar va qishloklarni qayta tiklash va yangilarini barpo etishda ulugʻvorlik va bezakdorlikka zoʻr berildi, 70-yillardan boshlab tipovoy blokseksiyalar va yigʻma uy konstruksiyalaridan foydalanishga kirishildi. Hozirgi zamon Ukraina meʼmorligi milliy uslublardan ham, jahon tamoyillaridan ham foydalanib, Ukrainaning yevropacha qiyofasini shakllantirishga intilayotir. V. Gorodetskiy, I. Kavaleridze, Ye. Vuchetich nomlari ukrain meʼmorligi va haykaltaroshligining faxri boʻlib qolgan. Keyingi yillarda xarob ahvolga tushib qolgan tarixiy yodgorliklarni qayta tiklashga katta eʼtibor berildi, jumladan, Kiyev shahridagi Mixaylov Zlatoverx sobori, KiyevPechera lavrasining Uspeniye sobori taʼmirlanib, asl holiga keltirildi. Kiyev, Xarkov, Lvov va boshqa shaharlarda kurkam jamoat va turar joy binolari barpo etildi. Ukraina rassomligi, avvalo, ibodatxonalarni bezatish ehtiyoji tufayli yuzaga keldi. 16-asr bezak rassomligi va haykaltaroshlik rivojlandi. Oʻrta asrlar rassomligida kitob miniatyurasi ham katta oʻrin egalladi, yogoch gravyurasi rivojlana boshladi, keramika, yogʻoch oʻymakorligi, chilangarlik, zargarlik, kashtachilik yuksaldi. Taras Shevchenko romantizm usullarini ijodiy oʻzgartirib, portret, manzara va boshqa janrlarda goʻzal asarlar yaratdi. 18-asr oxiri — 19-asr boshida Ukraina tasviriy sanʼatida klassitsizm taʼsiri seziladi. 19-asrning 2yarmi — 20-asr boshlarida ukrain sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topdi. Zamonaviy ukrain rassomligida kitob grafikasi, dastgoh grafikasi, siyosiy plakat, teatr va kino bezak sanʼati, portret, manzara kabi janrlar rivojlangan. T. N. Yablonskaya, V. I. Kasiyan, M. G. Lisenko, M. G. Derevus va boshqa mashhur. Sanʼatning barcha turlari boʻyicha kadrlar Kiyev tasviriy sanʼat instituti, Lvov amaliy va bezak sanʼati instituti, Xarkov sanoat rassomligi instituti, Lvovdagi poligrafiya instituti, bir qancha maxsus oʻrta oʻkuv yurtlarida tayyorlanadi. Ukraina mustaqillikka erishgach (1991), 1992-yilda Ukraina rassomlar uyushmasi Ukraina Milliy rassomlar uyushmasi sifatida qayta tuzildi (raisi — V. A. Chepelik). Uyushma tarkibida viloyat boʻlimlari, 4308 aʼzo bor. 1998-yil Ukraina Prezidenti farmoni bilan „Rassomlar kuni“ kasb bayrami taʼsis etilgan. Musiqasi sharqiy slavyanlar xalq musiqasi asosida vujudga kelgan. Kiyevdagi Sofiya soborining devoriy suratlarida turli sozlarni chalib turgan musiqachilar tasvirlangan. Xalq musiqasi dastlab bir ovozli, keyinchalik koʻp ovozli (geterofoniya va garmoniya tuzilishida) vokal, vokalcholgʻu va cholgʻu shakllarida rivojlangan. Skripka, basolya, kobza, bandura, torban, simbala, lira kabi musiqa asboblari bor. Ukraina professional musiqasi Kiyev Rusi davridan boshlangan. Knyaz saroylarida, cherkovlarda maxsus qoʻshiqchilar boʻlgan. 16-17-asrlarda shaharlarda musiqachilar uyushmalari, musiqa maktablari tashkil topdi. 18-asrda krepostnoy musiqa kapellalari, orkestrlari, opera va balet truppalari ishlay boshladi. 1810-yil Odessada opera teatri ochildi. 19-asr 2yarmida ukrain professional musiqa maktabi shakllandi. Ukrain mumtoz musiqasi milliy opera asarlari bilan boyidi (S. GulakArtemovskiyning „Dunay ortidagi zaporojyelik“, P. Sokalskiyning „Dubna qamali“, „Mazepa“, M. Arkasning „Katerina“ asarlari va boshqalar). N. Lisenko, K. Stetsenko, M. Leontovich, B. Lyatoshinskiy, L. Revutskiy, V. Kosenko, akauka G. va P. Mayboroda kabi kompozitorlarning faoliyati ukrain mumtoz musiqasi rivojida muhim oʻrin oladi. 20-asrning 2 yarmida musiqa arboblaridan I. Kozlovskiy, B. Gmirya, A. Solovyanenko, Yu. Gulyayev, xalq va estrada qoʻshiklari ijrochilaridan N. Yaremchuk, V. Ivasyuk, N. Matviyenko, S. Rotaru, O. Kovalska, Yu. Bagatikov xalqaro miqyosda mashhur boʻldilar. „Yevrovideniye 2004“ festivalida xonanda Ruslana Lijichko 1oʻrinni oldi. Kiyev, Odessa, Lvovda konservatoriya, Xarkov sanʼat instituti, Donetsk musiqapedagogika instituti, bir qancha madaniyat institutlari, musiqa bilim yurtlari bor. Oʻzbekistonda N. Lisenkoning „Poltavalik Natalka“ (Muqimiy teatrida), G. Mayborodaning „Arsenal“ (Navoiy teatrida) asarlari sahnalashtirilgan, L. Revutskiy Toshkent konservatoriyasida kompozitsiya kafedrasi mudiri (1941 — 1944) boʻlgan, shogirdlari orasida I. I. Akbarov ham bor. Teatri Ukraina teatr sanʼati sarchashmalari majusiylik davri xalq, rasmrusumlaridan boshlanadi. Xristianlik kabul qilingach, xalq aktyorlari — skomoroxlar ijodi rivojlandi. 16-asr oxirlarida Ukraina hududiga Gʻarbiy Yevropadan kirib kelgan diniy drama astasekin realistik tuye olib, intermediya va interlyudiya janrlari tugʻila boshladi, shu tariqa zamonaviy komediyaga asos solindi. 17-19-asrda „vertep“ deb atalgan xalq qoʻgʻirchoq teatri rivojlandi. Ukrain teatrining vujudga kelib, kamol topishini KiyevMogila akademiyasi bilan bogʻlaydilar (17-asr 2yarmi — 18-asr boshi). 18-asr oxirlarida Soʻl qirgʻoq Ukrainaning dvoryan qoʻrgʻonlarida krepostnoy teatrlar, dvoryan va boshqa tabaka vakillaridan iborat havaskorlik teatrlari ham paydo boʻldi. Professional teatr 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida tashkil etildi. I. Kotlyarevskiyning „Poltavalik Natalka“ va „Moskalcharivnik“ pyesalari Ukraina teatri tarixida yangi davrni boshlab berdi. Birinchi doimiy opera teatri Odessa shahrida ochildi (1809). Keyinchalik bunday teatrlar Kiyev va Xarkovda xam paydo boʻldi. 20-asr boshlarida Ukraina teatr sanʼati yuksak darajaga koʻtrildi. M. Kropivnitskiy, M. Staritskiy, I. Karpenko-Karogo, N. Lisenko, M. Sadovskiy, Yu. Lavrivskiy va boshqa mumtoz teatrni kamol toptirdilar. 20-asrning 90-yillaridan davlatga karashli boʻlmagan yangi uyushmalar hisobiga professional teatrlar soni koʻpayib, 2000-yilda 130 taga yetdi. Kiyev drama va komediya teatri, Yoshlar teat Riʼ Poeziya teatri, Donetsk, Dnepropetrovsk, Zaporojye, Sumi yosh tomoshabinlar teatrlari jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlari bilan birga maxalliy mualliflarning pyesalarini koʻrsatmoqda. Professional va havaskor jamoalar uchun kadrlar Kiyevdagi I. K. Karpenko-Karogo nomidagi teatr sanʼati institutida, Xarkovdagi I. P. Kotlyarevskiy nomidagi sanʼat institutida, Kiyev, Xarkov, Rovnodagi madaniyat institutlarida tayyorlanadi. Kinosi Ukrainada dastlabki xronika filmlari 19-asrning 90-yillarida yaratilgan. 1896-1906-yillarda xarkovlik fotograf A. K. Fedetskiy xronikal kinolentalarni namoyish etgan. 1911 — 14-yillarda kinooperator D. Saxnenko rejissor N. K. Sadovskiy bilan birga „Poltavalik Natalka“ va boshqa spektakllarni suratga oldi. 1917-19 yillarda Yalta va Odessada xususiy kinoatelyelar ishladi. 1922-yildan muntazam ravishda badiiy filmlar ishlab chiqarila boshladi. 1928-yil Kiyevda katta kinofabrika (hozirgi A. Dovjenko nomidagi Kiyev kinostudiyasi) ochildi. Birinketin A. Dovjenkoning „Muxabbat mevasi“ (1926). „Zvenigora“ (1928), „Yer“ (1930), „Aerograd“ (1935) va boshqa filmlari yaratildi. 50-60-yillarda rejissorlardan I. Savchenko („Taras Shevchenko“, 1951), S. Parajanov („Unutilgan ajdodlarning soyalari“, 1965), V. Ivchenko („Kora ilon“, 1965), shuningdek, Yu. Ilyenko, L. Osika, L. Bikov, K. Muratova, R. Balayan va boshqalarlarning filmlari ekranga chiqarildi. Kino aktyorlaridan I. Mikolaychuk, B. Stupka, M. Yakovchenko, N. Ujviy, L. Chayka, A. Rogovseva, K. Stepankov, Y. Majuga, L. Gurchenko, O. Borisov, B. Benyuk, Zadnipovskiylar sulolasi, Y. Paperniy va boshqalarlarning nomi mashhur boʻldi. Mustaqillik yillarida (20-asrning 90-yillarida) Ukraina kinosi yangi bosqichda rivojlana boshladi. Oshxona Ukrainaning anʼanaviy dietasi tovuq, choʻchqa goʻshti, mol goʻshti, baliq va qoʻziqorinlarni oʻz ichiga oladi. Ukrainaliklar ham koʻp kartoshka isteʼmol qiladilar; donalar; va yangi, qaynatilgan yoki tuzlangan sabzavotlar. Mashhur anʼanaviy taomlar varenyky (qoʻziqorin, kartoshka, tuzlangan karam, tvorog, olcha yoki rezavorlar bilan qaynatilgan köfte), nalysnyky (tvorog, haşhaş urugʻi, qoʻziqorin, ikra yoki goʻsht bilan krep), kapusnyak (goʻsht, sabzi, kartoshka bilan tayyorlangan karam shoʻrvasi) piyoz, tariq, tomat pastasi, ziravorlar va yangi oʻtlar), borscht (lavlagi, karam va qoʻziqorin yoki goʻshtdan tayyorlangan shoʻrva) va holubtsy (guruch, sabzi, piyoz va qiyma bilan toʻldirilgan karam rulolari).[395] Anʼanaviy non mahsulotlari orasida bezatilgan korovais va pasxa nonlari bor.Ukraina ixtisosligi, shuningdek, Kiev tovuq goʻshti va Kiev tortini oʻz ichiga oladi. Ukrainaliklar dimlangan mevali kompot, sharbatlar, sut, sariyog ', mineral suv, choy va qahva, pivo, vino va horilka ichishadi. Manbalar Oʻqish uchun UKRAINIAN UPPER PALAEOLITHIC BETWEEN 40/10.000 BP Bilinsky, Yaroslav The Second Soviet Republic: The Ukraine after World War II (Rutgers University Press, 1964) online Hrushevsky, Michael. A History of Ukraine (1986) Katchanovski Ivan; Kohut, Zenon E.; Nebesio, Bohdan Y.; and Yurkevich, Myroslav. Historical Dictionary of Ukraine. Second Edition. Scarecrow Press, 2013. 968 pp. Kononenko, Konstantyn. Ukraine and Russia: A History of the Economic Relations between Ukraine and Russia, 1654-1917 (Marquette University Press 1958) online Luckyj, George S. Towards an Intellectual History of Ukraine: An Anthology of Ukrainian Thought from 1710 to 1995. (1996) Magocsi, Paul Robert, A History of Ukraine. University of Toronto Press, 1996 Reid, Anna. Borderland: A Journey Through the History of Ukraine (2003) online edition Subtelny, Orest. Ukraine: A History, 1st edition. Toronto: University of Toronto Press, 1988. . Yekelchyk, Serhy. Ukraine: Birth of a Modern Nation (Oxford University Press 2007) online Havolalar Ukraina. The World Factbook. Central Intelligence Agency. Ukraina UCB Libraries GovPubsda Ukraina — BBC News Ukraina ensiklopediyasi Hukumat Ukraina prezidenti Ukraina hukumati portali Ukraina parlamenti
33,918
3212
https://uz.wikipedia.org/wiki/Birlashgan%20Qirollik
Birlashgan Qirollik
Buyuk Britaniya, Britaniya, () yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi () — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, sharqdan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km2. Aholisi 68.081 million kishi (2020-yil). Poytaxti — London shahri.Buyuk Britaniya yuqori rivojlangan davlat hisoblanadi.Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi.Bu davlat Diyorbekning uyi hisoblanadi Davlat tuzumi Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshligʻi qirol (qirolicha). Mamlakatning konstitutsiyasi yoʻq. 1215-yilgi Ulugʻ Erkinliklar partiyasi, 1679-yilgi Xabeas korpus akti, 1931-yilgi Vestminster statuta, 1969-yilgi Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi akt va boshqa eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qirolicha) va parlament (u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat aʼzolari parlament aʼzolaridan boʻlishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya oʻzining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya maʼmuriy muxtoriyat huquqiga ega boʻlib, uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya oʻtmishda Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdoʻstlikka boshchilik qiladi. Tabiati Birlashgan Qirollikning yer yuzasi asosan pastgekislik. Angliyaning shimoli-gʻarbi togʻlikdan, markazi va janubi-sharqi tekislik va sertepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirgʻogʻi egribugri, shim; qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi 2 qismga boʻlib turgan Shimoliy Shotlandiya togʻligidan iborat. Bu ikkala qismning janubida (Grampian togʻlari) mamlakatning eng baland choʻqqisi — Ben-Nevis (1343 m) koʻtarilib turadi. Grampian togʻlaridan janubida Shotlandiya pasttekisligi, undan jan.rokda Janubiy Shotlandiya qiri (balandligi 842 m gacha) joylashgan. Ulardan gʻarbda Kamberlend togʻlari (Skofell togʻi, 978 m) qad koʻtargan. Jan.ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda — Uels yarim orolning gʻarbida Kembriy toglari (Snoudon togʻi, 1085 m) bor. Angliyaning gʻarbiy qirgʻogʻida keng qoʻltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va janubiy qismlarida pasttekisliklar (Shim. Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (balandligi 200- 300 m) bor. Shimoliy Irlandiya ayrim kichikkichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va boshqalar) iborat. Birlashgan Qirollikda foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshkoʻmir, tosh tuz, kaolin, ozroq miqdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shimoliy dengizning Birlashgan Qirollik qirtogʻi yaqinida tabiiy gaz konlari bor. Birlashgan Qirollikda moʻtadil dengiz iqlimi xukmron; u seryogʻin, oʻzgaruvchan, tez-tez shamol boʻlib turadi. Janubi-gʻarbida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7°, sharqda 3,5° gacha. Shimoli-gʻarbida yoz salqin, sernam, janubi-sharqda ancha iliq va quruq. Shimoliyda iyulning oʻrtacha temperaturasi 13°, janubi-sharqda 16,5°. London va uning atrofida temperatura yuz kun davomida 0°dan past, mamlakat sharqida baʼzan —18° gachatushadi. Yogʻin yil davomida deyarli bir meʼyorda (kuz va kishda bir oz koʻproq) tushadi, janubi-sharqida yoz va kuzda koʻproq yogʻadi. Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Angliya bilan Uelsning togʻli joylarida yogʻin eng koʻp (1000-1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yogʻadi. Janubi-sharqda 600-750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar koʻp, Kishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7—10 kun) tushadi. Daryolari koʻp, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari — Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi; kuz va qishda toʻlib oqadi, yaxlamaydi, koʻpchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Togʻlarida koʻllar koʻp. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo boʻlgan. Eng yirik koʻllari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya shim.da togʻpodzol tuproq, togʻ tepalarida togʻtundra tuproq, pasttekisliklarda, shimoli-gʻarbda va shimolida chimli podzol tuproq, sharqiy sohilda va janubida qoʻngʻir oʻrmon, ayrim yerlarda chimlikarbonatli va unumdor allyuvial tuproqdar tarqalgan. Shimolida tayga va aralash oʻrmonlar (qaragʻay, dub, oq qayin), janubida keng bargli oʻrmonlar (dub, grab, shumtol) Usadi. Oʻrmonlar Birlashgan Qirollik maydonining 9 % ida qolgan. Oʻtloqlar hamma joyda uchraydi. Togʻlarning yuqori mintaqalarida togʻ oʻtloqlari va torfzorlar bor. Oʻrmonlarda hayvonlar juda kam. Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har xil sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi kaptar, shotland kakligi, oʻrdak, qizilishton, karqur va boshqa bor. Milliy bogʻlar, oʻrmon qoʻriqxonalari mavjud. Aholisining 81,5 %i inglizlar. Uelslar yoki valliylar (1,9 %), shotlandlar (9,6 %), irlandlar (2,4 %) va boshqa xalqlar bor. Davlat tili va aholining kupchiligi gaplashadigan til — ingliz tili. Irlandlar, uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar; aholisining bir qismi (shu jumladan irlandlar) katoliklardir. Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi (1996). Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, Sheffild, Lids. Tarixi Hozirgi Birlashgan Qirollik hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.av. Britaniya orollarining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay qismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan. 1066-yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. 12—13-asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265-yil paydo boʻlgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 yillardagi vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. 15-asrda Angliyada dehqonlarning tutqunligi batamom yoʻqotildi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. 16-asrning 30-yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. 16-asr 2-yarmi — 17-asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo boʻldi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chiqdi. 16-asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xoʻjaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. 17-asr oxirida Birlashgan Qirollikda yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. 18-asr oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. 18-asrning 2-yarmida Birlashgan Qirollik hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-asr oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi. 17—18-asrlarda Birlashgan Qirollik Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun boʻlgan urush (1775—83) natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Birlashgan Qirollik inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi boʻldi. Fransiyaning magʻlubiyatidan Birlashgan Qirollik burjuaziyasi oʻz savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va boshqa hududlar Birlashgan Qirollikga oʻtdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamgʻarilib, sanoatda toʻntarish yasashga zamin tayyorlandi. 19-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishning fabika tizimi qaror topdi. 30—40-yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. Birlashgan Qirollik hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni koʻpaytirishga qaratildi. Birlashgan Qirollik Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afgʻonistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va boshqalar), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri boʻldi. 1878-yil Kipr o.ni, 1882-yil Misr, 1898-yil Sharqiy Sudanni, 1899—1902-yillarda Janubiy Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi. 20-asr boshlariga kelib Birlashgan Qirollik iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. Birlashgan Qirollik bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyat Birinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida gʻolib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga oʻz mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-yillarda Birlashgan Qirollik Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Birlashgan Qirollik iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938-yil Birlashgan Qirollik hukumati Myunxen shartnomasiga qoʻshilib, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yoʻl ochdi. 1939-yil 3-sentabrda Birlashgan Qirollik Olmoniyaga urush eʼlon qildi. Urush Birlashgan Qirollikning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Birlashgan Qirollik mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-yillarning oʻrtalarida Birlashgan Qirollikning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Qirollik hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—1979) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979-yildan) partiyasi boshqardi. Birlashgan Qirollik 1945 ydan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 18-fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tugʻilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi). Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Leyboristlar partiyasi, 1900-yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867-yil tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925-yilda tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928-yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988-yilda B.B. Kommunistik partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan. Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868-yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897-yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899-yil tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973-yil tashkil etilgan. Xoʻjaligi Birlashgan Qirollik — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, 70,2 % ni xizmat koʻrsatish tarmogʻi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bogʻlangan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoʻldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qoʻldan boy berishga yoki sotishga majbur boʻddi. Iqtisodiyotning harbiy izga ʻtushirilishi koʻpdankoʻp behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948-yilda Birlashgan Qirollik ulushi 11,9 % edi, 1968-yilda 7,4 % ga tushib qoldi. Sanoati Birlashgan Qirollik eksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit, boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota ishlab chiqarish), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va boshqa tarmoqlari boʻyicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Janubiy va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild shaharlarida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari — Midlend, Janubiy Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shim. Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shimoliy dengiz va Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shimoliy dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. Birlashgan Qirollikda yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. Birlashgan Qirollik qishloq xoʻjaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojining 75 %ini taʼminlaydi. Birlashgan Qirollikning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. Birlashgan Qirollikda 12 mln. qoramol, 7,5 mln. choʻchqa, 41,5 mln. qoʻy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin — gʻalla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shimoliy dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi. Transporti Birlashgan Qirollik laruzunligi 32 ming km. Asosiy temir yoʻl uzeli — London; undan 11 tomonga temir yoʻl ketgan. Birlashgan Qirollik larning zichligi jihatidan Yevropada Belgiyadan keyin 2oʻrinda. Ichki kjlarni tashishda avtomobil transporti 1oʻrinda. 368,8 ming km avtomobil yoʻli bor (1990-yillar oxirlari). Yoʻlovchilar tashishda havo transportining mavqei katta. Dengiz savdo flotining tonnaji 4,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: London, Sautgempton, MilfordXeyven, Xall, Immengem, Liverpul, Manchester va boshqa Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Chetga chiqariladigan mahsulotning 90 % ni sanoat tarmogʻi beradi. Birlashgan Qirollik chetga mashina va uskunalar, transport jihozlari, ip va jun gazlamalar, kimyo mahsulotlari, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, qoramol, poʻlat, toshkoʻmir chiqaradi. Chetdan temir ruda, rangli va nodir metallar, neft, fosforit, paxta, turli xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari — Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH, Yaponiya. Chet el sayyoxligi rivojlangan (1 yilda 12 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi — funt sterling. Tibbiy xizmati Birlashgan Qirollik sogʻliqni saqlash tizimida 500 mingga yaqin oʻrinli kasalxonalar bor. 75 mingdan ziyod shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi (1990-yillar oʻrtalari). Kasalxonalarda pulli oʻrin va palatalar mavjud. Shifokorlar 30 dan ortiq tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Birlashgan Qirollikda Brayton, Istborn, BognorRijis, Bornmut, Torki, Bat kabi kurortlar bor. Maorifi va madaniy-maʼrifin muassasalari Birlashgan Qirollikda boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta taʼlim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy. Boshlangʻich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha oʻqiladi. Oʻrta maktablar asosan 3 turga: 5—7 yillik grammatik maktablar, 5 (baʼzan 7) yillik texnika maktablari va 4 yillik zamonaviy maktablarga boʻlinadi. Oʻquvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin taʼlimni kollej, universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. Birlashgan Qirollikda 79 universitet, 40 ga yaqin politexnika kolleji bor. Eng kadimgi universitetlari Oksford (1167) va Kembrij (1209) untlaridir. Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxonasi, Shotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va Oksford untlarining kutubxonalari va boshqa Eng yirik muzeylari: Britaniya muzeyi (1753). Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi (1897), Shotlandiya Kirollik muzeyi (1854) va boshqa Ilmiy muassasalarn. B.B. fani taraqqiyotida Oksford (1167) va Kembrij (1209) universitetlari katta ahamiyatga ega. 1662-yilda London Qirollik jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat Birlashgan Qirollik fanini, ayniqsa tabiat fanlarini taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. 1675-yil Grinvichda Birlashgan Qirollikning astronomiya sohasidagi asosiy ilmiy muassasasi — Qirollik rasadxonasi ochildi. 1945-yildan boshlab ilmiy tadqiqot markazlari kupaya bordi. 1990-yil oʻrtalarida 50 ga yakln universitet va kollejlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Xususiy sanoat laboratoriyalari hamma tadqiqot ishlarining yarmidan koʻpini bajaradi. Koʻp firmalarda (500 dan ortiq kishi ishlaydi) ham tadqiqotlar olib bori l ad i. Kooperativ tadqiqot assotsiatsiyalari urushdan keyingi yillarda ikki baravardan koʻproq ortdi. Davlat tadqiqot institutlari va markazlari ham mavjud. 1954-yilda yadro fizikasi va energetika muammolarini tadqiq qiluvchi bir nechta davlat institutlari tashkil topdi. Mikrobiologiya, kvant elektronikasi, radioastronomiya va boshqa sohalarga oid tadqiqot olib boradigan ilmiy markazlar tuzildi. Birlashgan Qirollikning yirik ilmiy muassasalari: Tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni rivojlantirish boʻyicha London Qirollik jamiyati, Grinvich rasadxonasi, Qirollik sanʼat akademiyasi, Britaniya akademiyasi, Birlashgan Qirollik Klrollik instituti, Angliya va ingliz tili toʻgʻrisidagi bilimlarni yoyish boʻyicha Britaniya kengashi (hammasi London shahrida), Edinburg qirollik jamiyati. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi B.B.da juda koʻp gaz. va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: „Gardian“ („Posbon“, kundalik gazeta, 1821-yildan), „Deyli meyl“ („Kundalik pochta“, kundalik gazeta, 1896-yildan), „Deyli star“ („Kundalik yulduz“, kundalik gazeta, 1978-yildan), „Tayme“ („Vaqt“, kundalik gazeta, 1785-yildan), „Vumen“ („Ayol“, xotinqizlar uchun suratli haftanoma, 1932-yildan) va boshqa Birlashgan Qirollikda Press Assoshieyshn (ichki axborot toʻplashga va ommalashtirishga ixtisoslashgan yetakchi axborot agentligi, 1868-yilda asos solingan), Reyter (xalqaro axborot tarqatishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik axborot agentliklaridan biri, 1851-yilda tashkil etilgan; asoschisi Paul Yulius Reyter nomi bilan ataladi) matbuot agentliklari bor. Birlashgan Qirollikda radioeshittirishlar 1922-yildan, telekoʻrsatuvlar 1936-yildan olib boriladi. Birlashgan Qirollikda 400 ga yaqin radiostansiya, 180 ga yaqin asosiy va 400 dan ortiq yordamchi telestudiyalar mavjud. Britaniyaning yetakchi radioeshittirish va telekursatuv korporatsiyasi — „British Brodkasting Korporeyshn“ — Bibisi 1922-yilda tashkil etilgan. Adabiyoti Ingliz adabiyoti 5—6-asrlarda vujudga kela boshlagan. 5—11-asrlarda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qushiqlari yaratildi, ular asosida „Beovulf“ qahramonnomasi vujudga keddi. Birlashgan Qirollikni normannlar zabt etgach (11-asr), yuqori tabaqa kishilari orasida fransuz tili rasm bulib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va ingliz tillarida rivojlandi. 14-asrning ikkinchi yarmiga kelib, oʻrta ayerlar Birlashgan Qirollik adabiyoti yuqori bosqichga koʻtarildi. Monarxiya davlatining mustahkamlana borishi bilan Birlashgan Qirollik adabiyoti milliy harakter kasb etdi. Ritsarlik romani anʼanalari davom etishi bilan bir qatorda U. Leglendning „Qoʻshchi Pyotr haqida tush“ poemasi, J. Choserning „Kenterberi hikoyalari“da ezilgan dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uygʻonish davri Birlashgan Qirollik adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist sotsialist T. Morning „Utopiya“ romani, F. Sidney sonetlari, E. Spenser sheʼrlari yuzaga keldi. „Yakov IV“, „Jorj Grin Vekfild dalasi qorovuli“ (Robert Grin), „Ulugʻ Temur“, „Doktor Faustning fojiali tarixi“, „Malta yahudiysi“ (Kristofer Marlo) kabi tarixiy tragediyalar yaratildi. Uygʻonish davri Birlashgan Qirollik adabiyotining yuqori bosqichi V. Shekspir ijodi bilan uzviy bogʻliqdir. Salaflaridan farqli ravishda Shekspir yangi — burjua davri kishisi harakteridagi ziddiyatlarni, maʼnaviy oʻzgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy tragediyalari („Hamlet“, „Otello“, „Qirol Lir“, „Makbet“) Yevropa adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining soʻnggi vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va „Samson kurashchi“ tragediyasida barokko uslubi namoyon boʻldi. 18-asr ingliz maʼrifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilgʻor gʻoyalarni targʻib qilish xosdir. Bu davrda sheʼriyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi („Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning kuch-qudrati, zoʻr irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini madh etdi („Robinzon Kruzo“). 19-asr Birlashgan Qirollik adabiyotidagi asosiy adabiy yoʻnalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilgʻor romantiklar (J. Bayron, P. Shelli) burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning „Puritanlar“, „RobRoy“, „Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning oʻtmishi, urfodati, siyosiy kurashlari oʻz ifodasini topdi. Ch. Dikkens („Oliver Tvist“, „Dombi va uning ugli“), V. Tekkerey („Snoblar kitobi“, „Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-asrning oxiri Birlashgan Qirollik adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo boʻldi. 19-asrning oxiri, 20-asrning boshidagi realistik yozuvchilar tahqirlangan oddiy kishining qadrqimmatini himoya qildilar (M. Garkness, U. Marris, S. Batler, E. Voynich, T. Gardi). 20-asr tanqidiy realizmning rivojida B. Shou, J. Golsuorsi ijodi muhim bosqich boʻldi. 20-asrning ikkinchi yarmida dekadentlik va boshqa reaksion oqimdagi yozuvchilar (E. Garv, D. Untli, L. Kuper) ijodi inqirozga uchradi, ularning ayrimlari mustamlakachilik siyosatidan yuz oʻgirib, voqelikni toʻgʻri koʻrsatishga intildilar (J. Osborn, K. Emis, D. Ueyn), taraqqiyparvar adiblar (A. Sillitou, S. Chaplin, S. Barstou) ijodi rivojlandi. Birlashgan Qirollik adabiyotining eng yaxshi namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: V. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning „Gulliverning sayohatlari“, D. Defoning „Robinzon Kruzo“, E. Voynichnint „Soʻna“ romanlari va boshqa Meʼmorligi Birlashgan Qirollikda misjez davriga mansub ibtidoiy meʼmoriy yodgorliklar (Stonxenj — megalit inshooti) va oʻrta asrda qurilgan Vinchester, Norij va boshqa ibodatxonalar mavjud. Meʼmorlikning rivojlanishi quyidagi davrlarga boʻlinadi: roman (11— 12-asrlar); gotika (12—15-asrlar, Dergem, Linkoln, Solsberi, York, Uels shaharlaridagi ibodatxonalar); uygonish davri (15—16-asrlar, bu davrda shahar va qishloklarda hashamatli turar joy binolari koʻproq qurildi); klassitsizm (K. Ren, J. Gibbs, U. Cheymbers, R. Adam, U. Kent kabi mashhur meʼmorlar yetishib chiqsi); eklektikamodern (19-asr), binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va oynadan foydalanish („Billur saroy“, J. Pakston, 1851 va boshqalar) avj oldi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida shaharlar qurish („bogʻshahar“, „yoʻldoshshahar“ — E. Govarx, R. Envin kabi meʼmorlar), maktab, turar joy, maishiymaʼmuriy binolar qurilishi (F. Uebb, N. Shod, Voyzi, Makintosh va boshqa meʼmorlar) kjsaldi. 20-asr boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi. Urushdan keyingi yillari butun Yevropa boʻylab bu oqim inqirozga uchradi va boshqa („formalistik“ va „yangi brutalizm“) oqimlar bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G. Uinteringxem, J. Modeli kabi meʼmorlar zamonaviy meʼmorlikning rivojlanishiga hissa qoʻshdilar. Tasviriy sanʼati 7— 12-asrlarda yaratilgan Vinchester maktabiga mansub anglonormann miniatyuralari, tosh oʻymakorligi, keltlarning naqshli miniatyuralari saqlanib qolgan. 12-asrga mansub ibodatxonalarda haykalchalar oʻrnatilgan, devorlariga naqsh va gullar solingan. 16-asr rassomligida portret salmoqli oʻrin tutdi. X. Xolbeyn, N. Xilliard, A. Oliver kabi rassomlar bu sohada barakali ijod qilishdi. P. Leli, G. Neller, A. Van Deyk kabi rassomlar noziknihol aristokratlar portreta tipini, S. Kuper, J. Rayli kabi miniatyurachi rassomlar realistik portret sanʼatini yaratdilar. 18-asr birinchi yarmida paydo boʻlgan Angliya milliy rassomlik maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U oʻsha davr Angliya jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-asr ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G. Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuygʻularini haqqoniy ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri (T. Geynsboro, J. Krom) paydo boʻldi. 19-asr birinchi yarmida realistik manzara janri rivojlandi. Peyzaj asarlarida sanoat ishxonalari bilan toʻla shaharlar, koʻmkoʻk maysazor dalalar, oʻrmonlar, qishloq manzaralarini tasvirlashga keng oʻrin beriladi. Bu davrda J. Konstebl novator sifatida shuhrat qozondi. D. Rossetti, M. Braun, X. Xant, E. ByornJons kabi rassomlar esa, oʻtgan zamonni qoʻmsab oʻrta asr qoʻl mehnati (badiiy hunarmandlik ishxonalari, kitob bezaklari)ga qaytishni targʻib qildilar. 19-asr oʻrtalaridagi realistik sanʼat X. Xerkomer, S. Xeyden asarlarida namoyon boʻldi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi oqimlar paydo boʻldi. Bu sanʼat M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va boshqa rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. 20-asrning yirik realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L. Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar oʻz asarlarini insonning mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga bagʻishlagan. Musiqasi Birlashgan Qirollik musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qoʻshikchilari ijodida ballada (doston qoʻshigʻi) asosiy oʻrin egalladi. Xristianlik tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti (cherkov aytimlari, organ ijrochiligi) rivoj topdi. Birlashgan Qirollik polifonik musiqasining ilk namunalari 11 —12-asrlarda paydo boʻldi. Bular J. Dansteybl (15-asr) ijodida rivojlandi. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa janrlari (madrigal, lyutnya va klavesin kuylari, teatr spektakli intermediyalari) tashkil topdi. 16-asrda U. Byord, T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone Birlashgan Qirollikning mashhur kompozitorlari boʻlishdi. 17-asrning oxirida G. Pyorsellnit „Didona va Eney“ birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18-asrda Birlashgan Qirollikda G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab ijod etdilar. Musiqa muassasalari („KoventGarden“) va Qirollik musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi. 19-asr oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi. Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa madaniyatida koʻzga koʻrinarli oʻringa chiqdi. Kompozitorlardan Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol oʻynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi Birlashgan Qirollikning asosiy musiqa oʻquv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll, shuningdek, 1967-yilda ochilgan Elizabeth nomidagi konsert zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada tomoshalari Londondagi Palladiumda qoʻyiladi. Mashhur „Bitlz“ ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qoʻshdi. Bibisi simfonik orkestri, London simfonik orkestri, „Yangi filarmoniya“ simfonik orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G. Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill, skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va boshqa 20-asrning atoqdi musiqachilaridir. Teatri Birlashgan Qirollik teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bogʻliq oʻyinlar va urfodatlardan boshlanadi. Oʻrta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16-asrdan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uygʻonish davrining insonparvarlik gʻoyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). 16-asr oxiri — 17-asr boshi Birlashgan Qirollik teatrining „oltin davri“ boʻldi. Bu davrda 3 xil teatr boʻlgan: havaskor hunarmandlar teatri, „maktab“ havaskorlari teatri, professional teatr. 18-asrga kelib, teatr maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr („DruriLeyn“, „KoventGarden“) asosiy oʻrinni egalladi. 19-asr dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga oʻtdi. Londonda „Old Vik“ teatri (1818), StratfordonEyvon shahrida Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961-yildan Kirollik Shekspir teatri), „Mustaqil teatr“ (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. Birlashgan Qirollik teatrida sahnaviy realizm „Kort“ teatri (20-asr boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qoʻyildi. 20-asrning 30—40-yillarida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning „Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956) „jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963-yil Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rejissorlar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud Birlashgan Qirollik teatrining atoqpi namoyandalari hisoblanadi. Birlashgan Qirollikdagi teatr oʻquv yurtlari: Qirollik drama sanʼati akademiyasi (1904-yildan), Bristol universitetining teatr fakulteti. Birlashgan Qirollikda teatr raqsi oʻrta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol oʻynadi. Birlashgan Qirollikda „Qirollik baleti“, „Balle Ramber“, „Londone festival balle“, „Uestern tiyetr balle“ kabi balet truppalari bor. Birlashgan Qirollik sirki 18-asrda laydo boʻlib, F. Astley (1742—1814) ijodida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. U ot oʻynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol oʻynadi. Birlashgan Qirollikda yezda koʻchma sirklar ishlaydi. Kino Birlashgan Qirollikda kino ishlab chiqarish 1896-yildan boshlandi. 1929-yil birinchi tovushli film „Tovlamachilik“ yaratildi. Shu yili hujjatli film l ar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932-yilda tashkil etgan „London filme“ firmasi Birlashgan Qirollik va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi („Pigmalion“, rejissor A. Askvit, „39 qadam“, rejissor A. Xichkok kabi). Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda („Magʻrur vodiy“, rejissor P. Tennisson, „Pastor Xoll“, rejissor R. Boulting, „Yongʻinlar boshlandi“, rejissor X. Jennings) ilgʻor tamoyillar kuchaydi. Urushdan soʻng ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. ["Hamlet" (1947), „Richard III“, rejissor L. Olivye, „Oliver Tvist“, rejissor D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar ishlab chiqarishda „Ozod kino“ guruhi samarali ish qildi (195659). 6070-yillarga oid „Oʻziga xos ishq“ (rejissor J. Shlezinger), „Yolgʻonchi Billi“, „Sportchilar hayoti“ (rejissor L. Anderson), „Qanday saodatli kun edi“ (1972), „Bayram asnosida“ (1975) kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli harakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem Birlashgan Qirollik kinosining mashhur artistlaridir. Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik munosabatlari Manbalar Geografiya Yevropa BMT aʼzolari
34,583
3213
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vatikan
Vatikan
Vatikan shahri, rasmiy nomi Vatikan shahar-davlati (; ) — Italiya poytaxti Rimning gʻarbiy qismidagi Monte-Vatikan tepaligida joylashgan mustaqil shahar-davlat. Katolik cherkovining siyosiy, maʼmuriy va mafkuraviy markazi, uning boshligʻi — Rim papasi qarorgohi. Qariyb hamma tomoni tosh devor bilan oʻralgan. Maydoni — 0,44 km. Aholisi — 806 kishi (2022). Rasmiy tillari — lotin va italyan tillari. Davlat tuzumi Vatikan — cheklanmagan teokratik monarxiya. Konstitutsion hujjatlari 1929-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Rim papasi. 1996-yil fevralda papa Ioan Pavel II tomonidan chiqarilgan yangi Konstitutsiyaga muvofiq, u, odatda, kardinallar orasidan yashirin ovoz berish orqali ovozlarning uchdan ikki qismiga ega boʻlgan taqdirda kardinallar hayʼati tomonidan umrbod saylanadi. Oliy qonun chiqaruvchi, ijrochi va sud hokimiyati papa qoʻlida. Ayni vaqtda u Rim katolik cherkovining ham boshligʻi hisoblanadi. Papa huzuridagi maslahat organi — kardinallar hayʼati cherkovning eng muhim ishlarini muhokama qilish va papani saylash uchun yigʻilib turadi. Rim papasi Ioann Pavel II (264-papa) 1978-yil 16-oktabrda saylangan. Bu kun Vatikanda milliy bayram sifatida nishonlanadi. Italiyapoytaxti Rim xududida joylashgan Vatikan eng kichik davlat boʻlishi bilan birgalikda, BMT va dunyo xamjamiyati tomonidan tan olingan xolda, BMT ga aʼzo boʻlmagan yagona davlatdir. Rim katolik cherkovining markazi boʻlgan bu davlat, Rimning ichida joylashganiga qaramay xuquqiy jixatdan mutlaqo mustaqildir. Xatto, Italiyaga xam boʻysinmaydi. Lekin shunga qaramay, Italiyaning 300 mingga yaqin qoʻshini va 50 ming nafar dengiz piyoda askarlaridan iborat armiyasi zimmasiga Vatikanni xam ximoya qilish vazifasi yuklatilgan. Tarixi Ilk oʻrta asr davrida Vatikan Rim papalarining turar joyi, 1377-yildan boshlab esa doimiy qarorgohi. 8-asrdan cherkov davlati sifatida mavjud. 1870-yilda Italiya birlashishi munosabati bilan Italiya qirolligi tarkibiga qoʻshib olingan. 1929-yilda papa bilan Italiya xukumati oʻrtasidagi Lateran bitimi natijasida Vatikan davlati qayta tiklandi va 1929-yil 11-fevralda mustaqil davlat sifatida tan olindi. Katolik cherkovining xalkaro markazi sifatida Vatikan dunyoning koʻpgina mamlakatlaridagi ijtimoiy turmushga taʼsir oʻtkazadi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1992-yil 17-oktabrda oʻrnatilgan. Iqtisodiyoti. Davlat iqtisodiy negizini kapital mablagʻlardan tushadigan daromadlar, milliy katolik cherkovlarning badallari, dindorlarning ehsonlari tashkil qiladi. Vatikan— dunyoning yirik sanoat-moliya monopoliyalaridan biri (uning oltin va valyuta bisoti 12 mlrd. AQSH dollaridan ortiq deb taxmin qilinadi). Oʻzining moliyaviy, iqtisodiy operatsiyalari va ishonchli vakillari orqali qudratli xalqaro korporatsiyalar, banklar bilan uzviy bogʻlangan. Vatikan bir qancha kompaniya va banklar aksiyasiga ega. Italiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Ispaniya, shuningdek AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi sanoat tarmoqlari korxonalariga qoʻyilgan sarmoyadan katta foyda olib turadi. Italiya, Germaniya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda katta yer maydonlariga ega. Xorijiy sayyohlik va pochta markalari chiqarish, suvenirlar sotish ham koʻp daromad keltiradi. Pul birligi — italyan lirasi; numizmatlar uchun Vatikan lirasi ham zarb etiladi. Matbuoti. Vatikanning rasmiy nashrlari: „Akta apostolike sedis“ („Havoriy arsh hujjatlari“, oylik byulleten, 1909-yildan), „Annuario Pontifichio“ („Papa yilnomasi“, yillik maʼlumotnoma), „Osservatore della domenika“ („Yakshanbalik sharh“, katoliklar uchun haftanoma), „Osservatore romano“ („Rim sharhlovchisi“, kundalik gazeta, 1861-yildan). Shuningdek italyan, fransuz, ispan, portugal, nemis, ingliz tillarida haftalik nashrlari mavjud. „Adjensia Internatsionale Fides“ Vatikan agentligi 1926-yilda tashkil etilgan. Vatikan radiosiga 1931-yil 12-fevralda asos solingan, 1957-yilda qayta tashkil etilgan. „Chentro Televizivo Vatikane“ — Vatikan televizion markazi 1983-yilda barpo etilgan. Meʼmorligi Ilk oʻrta asrlarda vujudga kela boshlagan Vatikan maʼmuriy majmuasiga 15— 16-asrlarda yaratilgan koʻpdan-koʻp inshootlarni oʻz ichiga oluvchi Vatikan saroy ansambli (mayd. 55 ming m2) kiradi. Oʻz navbatida ansambl devorlari B. Mikelanjelo, P. Perujino, S. Bottichelli, D. Girlandayo ishlagan rasmlar bilan bezatilgan Sikstin kapellasi, Beato Anjeliko ishlagan rasmlar bilan bezatilgan Nikolay V kapellasi, Rafael moʻyqalami sayqal bergan peshayvonlar va zallar, Uygʻonish davri uslubidagi ichki hovlilar (meʼmor D. Bramante), barokko uslubidagi darvozaxona (meʼmor L. Bernini), shuningdek koʻzni qamashtiradigan kutubxona, badiiy muzeylar va boshqadan iborat. Vatikan bogʻlarida Piy IV kazinosi, Vatikan pinakotekasi (17-asrgacha boʻlgan italyan rassomlari asarlari toʻplami) binosi va boshqa bor. Vatikan majmuasiga Avliyo Pyotr sobori (meʼmorlar D. Bramante, Mikelanjelo, K. Maderna va boshqa), Navon maydonidagi qator kolonnalar (meʼmor L. Bernnni) qoʻshilib ketgan. Manbalar Havolalar Yevropa Muqaddas shaharlar
5,037
3217
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jahongir
Jahongir
Jahongirshoh Nuriddin (1569 — 1627) — Hindistondagi Boburiylar davlatining toʻrtinchi hukmdori (1605—27), Akbarning oʻgʻli. Asl ismi Sulton Salim. J. davlatni idora etish yuzasidan "Oʻn ikki dastur" eʼlon qilgan. Dasturga, asosan, dehqonlarga nosharʼiy soliqlar solish, mahalliy hokimlarga savdogarlarning mollarini ochib koʻrish, gunohkorlarning quloq-burunlarini kesish, sharob ishlab chiqarish, maʼlum kundan boʻlak vaqtda jonivorlarni soʻyish, tugʻilgan qizlarni oʻldirish (Rojastxonda), soliq hisobiga bolalarni tortib olish (Bengaliyada) va b. man etilgan. J. davrida imperiya tarkibiga Mevar (1614), Aqmadnagar (1620), Bijapur va Golkonda (1621) hamda Panjob (bir qismi) qoʻshib olindi. J. davlatni hind rojalari bilan kelishib idora qilishga intildi. J. davrida tasviriy sanʼat, miniatyura va adabiyot rivoj topdi, bir necha maqbara, jumladan Akbar maqbarasi qurildi. J.ning oʻzi ham sheʼrlar yozgan. Uning "Jahongirnoma" asari mashhur. Saltanatining soʻnggi yillarida davlat ishlarini xotini Nurjahon begim boshqargan. Manbalar Boburiy hukmdorlar
1,060
3220
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bahodir%20Shoh%20I
Bahodir Shoh I
Bahodir-shoh I, Bahodirshoh I Muazzam (1641 -1712) – Boburiylar sulolasidan hukmdor (1707 – 1712). Koʻngilchan, katiyatsiz shoh boʻlgan. Uning davrida Boburiilar davlatining taiazzuli dayum etgan. Yirik yer egalariiing koʻllab-quvvatlashlaridan umidvor boʻlib, ularga boʻshab qolayotgan xaziiasidan qimmatbaho toshlar va podsho mulklaridan yerlar ajratib bergan. Marathalar va sikhlarga qarshi kurashgan. Sikxlarga qarshi yurish paytida vafot etgan. Manbalar Boburiy hukmdorlar
484
3221
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jahondar%20Shoh
Jahondar Shoh
Jahondar Shoh - Boburiylar sulolasidan hukmdor (1712 - 1713). Boburiy hukmdorlar
81
3222
https://uz.wikipedia.org/wiki/Farrux%20Siyyor
Farrux Siyyor
Farrux Siyyor - Boburiylar sulolasidan hukmdor (1713 - 1719). Tarix Boburiy hukmdorlar
87
3223
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammadshoh
Muhammadshoh
Muhammad Shoh — Boburiylar sulolasidan hukmdor (1719 — 1748). Boburiy hukmdorlar Temuriylar
92
3224
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmad%20Shoh%20Bahodir
Ahmad Shoh Bahodir
Ahmad-shoh - Boburiylar sulolasidan hukmdor (1748 - 1754). Boburiy hukmdorlar
78
3225
https://uz.wikipedia.org/wiki/Olamgir%20II
Olamgir II
Alamgir II - Boburiylar sulolasidan hukmdor (1754 - 1760). Boburiy hukmdorlar
78
3226
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shoh%20Alam%20I
Shoh Alam I
Shoh Alam I - Boburiylar sulolasidan hukmdor (1760 - 1788). Manbalar Boburiylar
82
3228
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shoh%20Olam%20II
Shoh Olam II
Shoh Alam II - Boburiylar sulolasidan hukmdor (1788 - 1806). Boburiylar
72
3229
https://uz.wikipedia.org/wiki/Akbar%20Shoh%20II
Akbar Shoh II
Akbar Shoh II - Boburiylar sulolasidan hukmdor (1806 - 1837). Boburiy hukmdorlar
81
3230
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bahodir%20Shoh%20II
Bahodir Shoh II
Bahodir Shoh II (1775 – 1862) – Boburiylar sulolasidan hukmdor (1837 – 1858). U 1837 – 58 n.lari ram-ziy jihatdan toj va taxt vorisi boʻlsa ham uning na siyosiy, na ijtimoiy va na iqgisodiy mustaqilligi qolgan edi. Oʻsha paytdaga ingliz general-gubernatori Baxodirshohga ogohnoma yuborib, unda Dehlidagi Qizil qalʼada yashayotgan oxirgi podshohsan deb xabar beradi. Bu esa Boburiylar saltanatining nihoyaga yetganini bildirardi. 1857-yilda mamlakatda in-glizlar hukmronligiga qarshi sipohiylar qoʻzgʻoloni koʻtarilishi bilan xalq B.ni qoʻzgolon rahbari va Hindistonningoliy hukmroni deb eʼlon qiladi va undan om-mani ingliz mustamlakachilariga qarshi muqaddas kurashga daʼvat etmshni talab qiladi. Mustamlakachilardan qoʻrqib qolgan va ular ustidan galaba qozonishga koʻzi stmagan shoh xalq talabini rad etadi. Ammo qoʻzgʻolonchilar oʻxtari yozgan muro-jaatnomaga B.ni imzo chskishga majbur qiladilar. B.ning nomiga boʻlsa ham qoʻzgʻolonga boshchilik qilishi mamlakatda ingliz hukmronligiga katta xnvf tugʻdirdi. Inglizlar B.ni asir olib, umrbod Myanma (Birma)ga surgun qildilar. B. urdu tilida Zafar taxallusi bilan ijod etgan mashhur shonr ham edi. Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Hoshimov I., Hindistondya Boburiylar sulolasi saltanati, T., 1996. Boburiy hukmdorlar
1,295
3240
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20milliy%20banki
Oʻzbekiston milliy banki
"Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati — Oʻzbekistonning universal tijorat banki, aktivlar hajmi boʻyicha mamlakatning eng yirik, loyihaviy moliyalashtirish, universal tijorat, investitsion va jamgʻarma bank funksiyalarini birlashtiruvchi bank hisoblanadi. Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini amalga oshirish, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga, tovar va xizmatlarning eksport va import tuzilmalarini yaxshilashga koʻmaklashish, tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat koʻrsatish, valyuta mablagʻlarini toʻplash, valyuta manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Oʻzining keng miqyosli infratuzilmasi Bank Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarga koʻmaklashib, faol qoʻllab-quvvatlab bormoqda. Tarixi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning qarori bilan 1991-yil 7-sentabrda tashkil topgan. Oʻz faoliyatini bank 1991-yil yilning 7-oktabridan yuz nafar xodimlarda boshlagan. Milliybankning birinchi idorasi Oxunboboyev koʻchasi 23 uy manzilida joylashgan. 1992-yili bank mamlakat xalqaro hisob-kitoblarining qariyb 95%ini amalga oshiradi, bu dunyoning yetakchi banklari bilan korrespondentlik munosabatlar tarmogʻini rivojlantirishga yordam bergan. Yilning oxiriga kelib ushbu tarmoq 83 nafar xorijiy banklardan iborat boʻlgan. Boshqaruv raisi R. Azimov hukumat tomonidan Oʻzbekiston nomidan ETTB boshqaruvchisi etib tayinlangan. Oʻzbekiston ETTB strategiyasi maʼqullovini olgan MDXdagi toʻrtinchi mamlakat hisoblanadi. ETTB kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 60 mln. AQSh dollari miqdoridagi birinchi kredit liniyasi bilan ochildi. 1993 yili xorijiy banklar bilan hamkorlik faol rivojlana boshlandi. Dunyoning 35 mamlakatlarining 120 nafar banklari bilan, jumladan MDX mamlakatlari: Rossiya, Ukraina va Qozogʻiston banklari bilan korrespondentlik munosabatlari oʻrnatildi. OʻMB moliyaviy telekommunikatsiyalarning SWIFT, REUTERS, DOW, JONES, TELERATE, BLOOMBERG FINANCE xalqaro tizimiga qoʻshildi. OʻMBning yangi baland binosining poydevoriga kapsula qoʻyildi va uning qurilishi boshlandi. 1994-yili bank Toshkentda va Oʻzbekiston Respublikasining viloyat markazlarida EKV xarid qilish va sotish, MDX mamlakatlarining yoʻl cheklari va valyutalalrini milliy valyutaga almashtirish operatsiyalarini bajaruvchi 100 dan ortiq ixtisoslashtirilgan ayirboshlash shahobchalarini ochdi. Bank oʻziga chet el kreditlari va investitsiyalarini jalb qilish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha davlat agenti vazifalarini bajarish zimmasini oladi. 1995-yili Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasini tuzishda bank asosiy taʼsischi boʻlib xizmat qildi. 1996-yili xodimlar soni 2000 kishiga yeti. Shu yilgacha sanoatning eksportga qaratilgan sohalarini ifoda etgan mijozlar bazasi kichik va hususiy korxonalar hisobiga kengayishni boshladi. 1997-yili xodimlar soni 3,4 ming kishiga oshdi. 1998-yili bank Osiyo Banklari Assotsiatsiyasiga (OBA) aʼzo boʻldi. Milliy bank Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchilardan boʻlib xisob-kitoblarning xalqaro standartlariga muvofiq boʻlgan yangi hisob-kitoblar rejasiga oʻtdi. Bank shaxsiy kapitalining 571 mln. AQSh dollarigacha oshirilishi unga dunyoning 500 ta yirik banklari orasiga kirish imkonini berdi va bank operatsiyalarini oʻtkazish uchun qoshimcha bazani yaratdi. Korrespondentlik tarmogʻi 432 ta bankkacha oshdi, shulardan 30 ta bank Oʻzbekistonda va 402 tasi-dunyodagi 66 nafar mamlakatlarning xorijiy banklari hisoblanadi. Yilning oxirida rahbariyat oʻzgardi-R. Azimov moliya vaziri etib tayinlandi, uning davomchisi etib esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, bundan oldin oxirgi bir yarim yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri oʻrinbosari boʻlib ishlagan Zaynutdin Mirxodjayev tayinlandi. 1999-yili Osiyo Banklar Assotsiatsiyasi va ADFIAP bilan hamkorlikni rivojlantirishga asos solindi. Osiyo moliyaviy hamjamiyati uchun mamlakat iqtisodiyotining salohiyatini ochishga qaratilgan yirik forumlarni, konferensiyalarni birgalikda Oʻzbekistonda oʻtkazish, muayyan loyihalarni, oʻquv dasturlarini amalga oshirishdagi sheriklik borasidagi kelishuvlarga erishildi. Kapital yetarligi koʻrsatkichi boʻyicha bank dunyoning 50 ta yirik bankalari orasida oʻz pozitsiyasiga ega. 2000-yili Osiyo Banklar Assotsiatsiyasi (OBA) va Osiyo va Tinch okeanini rivojlantirish institutlari assotsiatsiasi (ADFIAP) aʼzosi boʻlib, OʻMB ADFIAP direktorlari kengashining majlisini oʻtkazdi. Shu yilning oʻzida bank oʻzining „OʻMB-Osiyo“ professional futbol klubiga aspos soldi. 2001-yili xorijiy moliyaviy institutlarning qariyb 120 nafar delegatsiyalari bankka tashrif buyurdi. Korrespondentlik tarmogʻi 500 ta bankkacha kengaytirildi, jumladan dunyoning 66 ta mamlakatlaaridan 472 nafar xorijiy va Oʻzbekistonning 28 nafar banki. Bankning internet sayti ishga tushirildi. 2003-yili bank korporativ obligatsiyalar anderraytingini joriy qildi. Bank debyuti oʻzbek fond birjasi ishtirokchilari tomonidan baholanib, „Eng anderrayting kompaniyasi“ unvoni bilan taqdirlandi. 2004-yili bank tomonidan ochiq xalqaro tender chogʻida tanlangan „Globus“ avtomatlashtirilgan bank tizimini joriy qilish ishlari yakunlandi. Xuddi shu yili yangi mahsulot-uyda saqlash uchun „American Express“ cheklari realizatsiya qilindi. 2005-yildan boshlab bank Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasining aʼzosi boʻladi va shu paytdan boshlab birlashma doirasida oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda ishtirok etib, SHTX BABning barcha aʼzolari bilan hamkorlik qilishni boshlaydi. 2006-yili bank 70 turdan ortiq chakana xizmatlar koʻrsatgan, Western Union tizimi orqali pul oʻtkazmalarini amalga oshirgan. Aprel oyida „Asia-Invest Bank“ shoʻba bank bilan birgalikda OʻMB tomonidan tezkor pul oʻtkazmalarining „AsiaExpress“ shaxsiy tizimi joriy etildi. 2009-yili „Ekspert PA“ reyting agentligi tomonidan Milliy bankka yuqori kredit layoqatligi darajasi berildi („A“ reytingi). 2010-yili korrespondentlik tarmogʻi 657 ta bankga koʻpayadi, shulardan 30 nafari Oʻzbekiston banklari va 627 nafari-75 ta dunyo mamalakatlaridagi xorijiy banklar. 2012-yili bank balansiga 66 ta iqtisodiy nobarqaror korxonalarning mol-mulklari topshirildi, bankrot-korxonalarga kiritilgan investitsiyalar 116,2 mlrd soʻmni tashkil etdi. 2013-yili Milliy bank kredit portfelining summasi 5,32 trillion soʻmni tashkil etdi. Xizmat koʻrsatiladigan mijozlar soni 3 mln dan oshdi. 2014-yil 1-yanvardagi maʼlumotlarga koʻra, Milliybank kredit portfelining summasi 6,8 trln soʻmni tashkil etdi. Bank balansiga 68 ta iqtisodiy nobarqaror korxonalarning mol-mulki topshirildi, bankrot-korxonalarga kiritilgan investitsiyalar 208 mlrd soʻmni tashkil etdi. Korrespondentlik tarmogʻida 670 nafardan ortiq xalqaro banklar boʻlgan. 2018-yilning dekabr oyida Oʻzbekistonda ilk marta Visa International va „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniya bilan birgalikda MAK OʻMB Visa va Visa Platinum kobrend kartalarining emissiyasi yoʻlga qoʻyildi. 2019-yilning iyul oyida Milliy bank eksklyuziv imtiyozlari va imkoniyatlari boʻlgan premium sinfidagi Oʻzbekistondagi birinchi Visa Infinite kartasini chiqardi. Bank faoliyatiga korporativ boshqarishning zamonaviy umumiy qabul qilingan tamoillarini joriy qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-sonli „Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki“ unitary korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirklari toʻgʻrisidagi" qaroriga muvofiq, OʻMB „Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki“ aksiyadorlik jamiyatiga („OʻMB“ AJ) qayta tashkil etildi. Prezidentning mazkur qaroriga muvofiq, davlat nomidan Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi „OʻMB“ AJning taʼsischisi hisoblanadi. Shuningdek, „OʻMB“ AJ qayta tashkil etiladigan Oʻzmilliybankning huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar, jumladan xalqaro shartnomalar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 2020-yili Oʻzmilliybank oʻzining rivojlanishi tarixida muhim qadamini qoʻydi-London fond birjasida 4,85% stavka boʻyicha 5 yillik 300 mln AQSh dollari miqdoridagi debyut yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish orqali xalqaro kapital bozoriga chiqishga erishdi. Oʻzmilliybank tomonidan yevroobligatsiyalarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi Bank va bank sohasi uchun ham, umuman Oʻzbekiston uchun ham muhim yutuqlardan boʻldi. Yevroobligatsiyalarni chiqarish jarayonini tashkil etish uchun bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro tan olingan anderrayter-banklar, auditorlik va yuridik maslahatchilar tanlab olingan: — anderrayter-banklar-Citibank (AQSh), Natixis (Fransiya), SMBC (Yaponiya), Gazprombank (Rossiya); — auditorlik kompaniya-Ernst&Young; — yuridik maslahatchilar-Dentons va Linklaters; — mahalliy ko-menejer- „Ipoteka-bank“ ATIB. Ushbu mablagʻlardan kelgan tushumlar yirik investitision loyihalarni amalga oshirishga hamda infratuzilmani va xizmatlar sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Bundan tashqari, jalb qilingan mablagʻlar lizing xizmatlarini taqdim etish orqali kichik va hususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga va boshqa tijorat banklari bilan birgalikdagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan. Shuni taʼkidlash muhimki, xalqaro moliya bozoriga chiqish mahalliy emitentlar uchun AQSh dollaridagi narx orientirini yaratish hamda yevroobligatsiyalardan tushgan mablagʻlarni XMI va xorijiy banklarning mavjud kredit liniyalariga qoʻshish hisobiga moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini berdi. 2021-yili Bank asos solingan kunidan boshlab oʻzining 30-yilligini nishonladi. Mulkdorlari va rahbariyati 2019-yili 30-noyabrgacha bank taʼsischisi va uning ustav fondining asosiy egasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boʻlgan. Vazirlar Mahkamasiga bank ustav fondining kamida 60%i tegishli boʻlgan; ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 2 mlrd rubl va 200 mln AQSh dollari ajratilgan. Prezidentning 4540-sonli qaroriga muvofiq, 2019-yil 30-noyabrdan davlat nomidan Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi „OʻMB“ AJning taʼsischisi hisoblanadi. Faoliyati Oʻzbekiston Milliy banki bank xizmatlarining butun koʻlamini taqdim etuvchi universal tijorat banki hisoblanadi, shular jumlasidan, investitsion biznes, loyihaviy va tashqi savdoni moliyalashtirish, aktivlarni boshqarish, hususiy va korporativ mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatlarini koʻrsatish, ipoteka va isteʼmolchilik kreditlarini berish. Bank keng tarqalgan filial tarmoqlariga ega. Bankda qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlarda qoʻyilgan maqsadlarni rejalashtirish va ularga erishishda xatarga yoʻnaltirilgan yondashuv qoʻllaniladi. Bundan tashqari, xatarlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish maqsadida bank xalqaro konsalting kompaniyalari bilan faol hamkorlik qiladi. Koʻrsatkichlari 2008-yili Oʻzbekiston banklarining umumiy aktivlaridagi OʻMBning ulushi 40% ortiq boʻlgan. Shu yilning oʻzida bank mamlakatning qariyb 20% korxonalariga, jumladan deyarli 40% qoʻshma korxonalarga xizmat koʻrsatdi. 2018-yili bank aktivlarining hajmi 56,524,57 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-5 722,02 mlrd soʻmni, sof foydasi-506,56 mlrd soʻmni tashkil etdi (Batafsil maʼlumotlar 2018-yil uchun elektron yillik hisobotda berilgan). 2019-yili bank aktivlari hajmi 66 604,99 mlrd soʻmni, hususiy kapitali- 13 141,07 mlrd soʻmni, sof foydasi- 1 043,65 mlrd soʻmni tashkil etdi. 2020-yili bank aktivlari hajmi 79 861,14 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-13 873,10 mlrd soʻmni, sof foydasi-905,42 mlrd soʻmni tashkil etdi. 2021-yili bank aktivlari hajmi 89 919,41 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-14 768,71 mlrd soʻmni, sof foydasi-983,33 mlrd soʻmni tashkil etdi. Plastik kartochkalari 1994-yili Milliy bank Visa International aʼzosi boʻldi va Oʻzbekiston bozorida mamlakatda birinchilardan boʻlib Visa Classic plastik kartochkalarini taqdim eta boshladi. 1996-yilning 10-aprelida OʻMB milliy valyutadagi kartochkalar chiqarilishini va ularga xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻydi, 1997-yili esa Oʻzbekistonda birinchi boʻlgan kartochkalar yordamida ish haqini berish loyihasi joriy etildi. 1998-yili bank DUET mikroprotsessorli plastik kartochkalar bilan naqdsiz hisob-kitoblarning koʻp emitentli tizimini joriy qildi va har bir viloyat markazida oʻzining hisob-kitob emission markazini yaratdi. Shu yilning oʻzida Visa Electron plastik kartalari muomalaga chiqarildi. 2001-yilning may oyida OʻMB tashabbusi bilan OʻMB, „Paxtabank“ va „Asaka“ banki ishtirokida soʻm palstik kartochkalari boʻyicha banklararo hisob-kitoblar tizimi ishlashni boshladi. 2002-yili plastik kartochka egalariga xizmat koʻrsatish tarmoqlarini shakllantirish bosqichi yakunlandi va shu bilan bir vaqtda plastik kartochkalar chiqarilishining bir emitentli tizimidan koʻp emitentli tizimga oʻtish yakunlandi. Natijada butun Respublika boʻylab kartochkalarni chiqarish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha hisob-kitob emission markazlar tarmogʻi yaratildi va ahamiyatli qismida bankomat va terminal uskunalarining infratuzilmasi shakllantirildi. 2003-yilning may oyidan boshlab VISA xalqaro kartochkalariga qoʻshimcha ravishda OʻMB bankomatlari tomonidan xizmat koʻrsatila boshlandi. 2004-yili OʻzR Vazirlar Mahkamasining „Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarorning amalga oshirilishi tufayli OʻMB tomonidan chiqarilgan plastik kartlalarning ulushi Oʻzbekistondagi plastik kartochkalarning umumiy sonidan 60%ini tashkil etadi. 2007-yildan boshlab OʻMB ish haqi loyihalari doirasida chiqariladigan kredit overdraft kartalarini taklif qiladi. 2008-yili bank toʻlovi uchun plastik kartochkalarni qabul qiladigan oʻzining savdo-servis korxonalari tarmogʻini 2653 tadan 3553 tagacha oshirdi, 2009-yilning 1-oktabr xolatiga-4760 tagacha oshirdi. 2009-yildan beri axborot kioskalari orqali soʻm plastik kartalari boʻyicha toʻlovlar qabul qilina boshlandi. 2010-yili sms, e-mail va web orqali soʻm plastik kartalari boʻyicha xabar berishning tajriba loyihasi amalga oshirildi. 2011-yili EMV standartidagi UzCard banklararo toʻlov tizimi plastik online kartalalrining chiqarilishi boshlandi. 2013-yili ayirboshlash shahobchalarining ish tartibida oʻzgarishlar yuz berdi. 1-fevraldan naqd xorijiy valyutaning sotilishi bekor qilindi. Xalqaro toʻlov kartalaridan foydalanib jismoniy shaxslarga naqdsiz shaklda joriy valyutani sotish mexanizmi kiritildi. 2016-yildan boshlab Milliy bank MasterCard International xalqaro toʻlov tizimining prinsipial aʼzosi xisoblanadi. 2017-yilning sentabr oyida Visa International xalqaro toʻlov tizimi kartalari orqali elektron tijorat loyihasi amalga oshirildi. Oʻzbekistonda internet-ekvayring (elektron tijorat) yangi xizmatining joriy etilishi naqdsiz hisob-kitoblarning amalga oshirilishini, korxonalar, hususan kichik va oʻrta biznes harajatlarini taʼminlab, global Internet tarmogʻida Visa kartalari ekvayringini amalga oshirish imkonini berdi. 2017-yilning noyabr oyida bankning masofadan turib kartadan kartaga pul oʻtkazish, turli mahalliy va xorijiy servislarga toʻlov qilish, omonatlarni ochish, kreditlarni soʻndirish va koʻpgina boshqa imkoniyatlarni beruvchi „Milliy“ mobil ilovasi ishga tushirildi. 2017-yilning fevral oyidan boshlab Milliy bankning Visa kartalari boʻyicha internet tarmogʻida tovar va xizmatlarga toʻlov qilishda tranzaksiyalarning xavfsizligi 3D Secure (Verified by Visa) texnologiyasi bilan qoʻllab-quvvatlana boshlandi, bu esa kartalar boʻyicha firibgarlik xatarini kamaytirdi. 2018-yilning may oyida OʻMB Union Pay International xalqaro toʻlov tizimining prinsipial aʼzosiga aylandi. 2018-yilning dekabrida Oʻzbekistonda ilk bor Visa International va „Ozbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda MAK-OʻMB Visa Gold va Visa Platinum kobrend kartalarining chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi, ularning egalariga savdo-servis korxonalariga va Internet tarmogʻida Tovar va xizmatlarga toʻlov qilishda bonus milyalarni olish imkoni taqdim etildi. UzAirPlus MAKning sodiqlik dasturiga koʻra, toʻplangan milyalarni xizmat koʻrsatish sinfini oshirishga, aviachiptaga va boshqalarga almashtirish mumkin. 2019-yilning fevralida OʻMB Visa Business korporativ mijozlar uchun Visa International xalqaro toʻlov tizimining kartalarini chiqarishni boshladi. 2019-yilning mart oyida internet-doʻkonlar taqdim etgan tovarlar va xizmatlar uchun MasterCard kartalari orqali toʻlov qabul qilish imkonini beradigan MasterCard International xalqaro toʻlov tizimining kartalari orqali elektron tijorat loyihasi ishga tushirildi. 2019-yilning aprelida bank VISA International (PayWave Visa) xalqaro toʻlov tizimi boʻyicha kontaktsiz kartalarni chiqara boshladi. 2019-yilning may oyida Visa International (PayWave Visa) xalqaro toʻlov tizimi boʻyicha kontaktsiz ekvayring yoʻlga qoʻyildi. May oyidan boshlab HUMO Milliy toʻlov tizimining kontaktsiz kartalari chiqarila boshlandi.  2019-yilning iyul oyida Visa International koʻmagi bilan Milliy bank eksklyuziv imtiyozlari va imkoniyatlari boʻlgan premium sinfidagi Oʻzbekistondagi birinchi Visa Infinite kartasini chiqardi. 2019-yilning 1-yanvar holatiga chiqarilgan kartochkalarning soni 2,03 mln donani tashkil etdi. 2019-yilning 1-yanvar holatiga terminal parkning hajmi — 24 113 ta terminaldan iborat boʻlgan. 2019-yilning dekabrida OʻMB Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib Visa Direct servisi orqali kartadan kartaga pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoʻlga qoʻydi. Va keyinroq Visa xalqaro toʻlov tizimi Oʻzmilliybankni Oʻzbekistonda Visa Direct innovatsion xizmatini ishga tushirgan birinchi bank unvoni bilan taqdirladi. 2021-yilning yanvar oyida OʻMB MasterCard xalqaro toʻlov tizimining kartalarini chiqarishni boshladi: • Mastercard Standard (USD)/(UZS); • Mastercard Gold (USD)/(UZS); • Mastercard Platinum (USD)/(EUR); • Mastercard World Elite (USD)/(EUR). 2021-yilning fevralida OʻMB „HUMO“ milliy toʻlov tizimining virtual — HUMO Virtual kartalarini chiqarishni boshladi. OʻMBning „Milliy“ mobil ilovasida plastik kartalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha katta imkoniyatlar yaratildi va xizmatlar koʻrsatish koʻlami kengaytirildi.   2022-yilning 1-yanvar holatiga chiqarilgan kartochkalarning soni 2,78 mln donani tashkil etdi. 2022-yil 1-yanvar holatiga terminal parkning hajmi — 39 180 ta terminal, 392 ta bankomat, 245 ta infokioskdan iborat boʻlgan. Pul oʻtkazmalari 2002-yildan boshlab „NKO Vestern Yunion DP Vostok“ bilan imzolangan  „Western Union“ tizimi boʻyicha pul oʻtkazmalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan jismoniy shaxslarning pul oʻtkazmalari amalga oshiriladi. 2006-yili OʻzR TIF Milliy bankining Rossiya Federatsiyasidagi shoʻba korxonasi — „Aziya-Invest Bank“ tijorat banki tomonidan jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini oʻtkazishni nazarda tutuvchi „AziyaEkspress“ shaxsiy pul oʻtkazmalar tizimi ishlab chiqildi.  Uning asosiy yoʻnalishi — Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi oʻtkazmalar hisoblanadi . 2007-yilning mart oyida bank „Yevropeyskiy trastoviy bank“ Tijorat banki bilan „MIGOM“ tizimi boʻyicha nosavdo tabiatidagi tezkor oʻtkazmalarni amalga oshirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi. 2009-yilning aprel oyida Milliy bank muassasalarining xizmat koʻrsatish shahobchalari tomonidan „Bistraya pochta“ tizimi operatsiyalarini amalga oshirish boshlandi. 2012-yilning mart oyidan bank muassasalari tomonidan MoneyGram pul oʻtkazmalari tizimi operatsiyalarini amalga oshirish boshlandi. 2012-yilning aprel oyida bank „Russlavbank“ YoAJ bilan „Contact“ pul oʻtkazmalari tizimiga ulanish va koʻrsatilgan tizimda pul mablagʻlarini AQSh dollarida va yevroda joʻnatish va toʻlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish kelishuvini imzoladi. 2013-yili bank Zolotaya Korona servisining ishtirokchisiga aylandi . 2013-yili ayirboshlash shahobchalarining ish tartibida oʻzgarishlar yuz berdi. 1-fevraldan boshlab naqd xorijiy valyutaning sotilishi bekor qilindi. Xalqaro toʻlov kartalaridan foydalanib jismoniy shaxslarga naqdsiz shaklda xorijiy valyutani sotish mexanizmi kiritildi . 2017-yilning sentabr oyida Visa International xalqaro toʻlov tizimi kartalari orqali elektron tijorat loyihasi amalga oshirildi. Oʻzbekistonda internet-ekvayring (elektron tijorat) yangi xizmatining joriy etilishi naqdsiz hisob-kitoblar oshirilishini, korxonalar, xususan, kichik va oʻrta biznes xarajatlarini qisqarishini taʼminlab, global Internet tarmogʻida Visa kartalari ekvayringini amalga oshirish imkonini berdi. 2020-yilning fevral oyida OʻMB „Sberbank“ ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi. 2020-yilning avgustidan boshlab OʻMB kartalarining egalari Zolotaya korona orqali yuborilgan pul oʻtkazmalarini UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga va VISA xalqaro kartalariga olishlari mumkin. 2021-yilning sentabr oyida OʻMB „Solidarnost“ va „Tinkoffbank“ banklarining ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi. Tashqi savdo faoliyati Bank Oʻzbekistonning 70%dan ziyod butun tashqi savdo aylanmasiga xizmat koʻrsatadi. Eksport-import kreditlashning quyidagi mexanizmlari qoʻllaniladi: avans toʻlovlari qaytarilishiga, shartnomalar bajarilishiga kafolatlar berish; veksellarni diskontlash; faktoring; bank tomonidan oʻzbek eksportchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash; loyihaviy moliyalashtirish; eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalashtirish; muddatli toʻlov bilan akkreditivlar qoʻllaniladi, mijoz tomonidan tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishida va realizatsiya qilinishida konvertatsiya amalga oshiriladi. Investitsion faoliyati OʻMB mamlakatdagi eng yirik investitsion bank hisoblanadi. Bankning keng koʻlamli infratuzilmasi Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab-quvvatlovchi moliyaviy va sanoat sektorining rivojlanishiga yordam beradi. Bank respublikaning strategik muhim boʻlgan korxonalarining aksiyadorlari tarkibiga oʻz kapitali bilan kirishi orqali iqtisodiyotning turli sektorlaridagi korxonalarga investitsiya kiritish, ularni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta qurollash jarayonlarida ishtirok etadi. Yoʻnalishlari Xalq xoʻjaligining yuqori texnologik va ijtimoiy ahamiyatli sohalarini qoʻllab-quvvatlash, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash, mahalliy xom ashyo resurslariga asoslangan isteʼmolchilik tovarlari ishlab chiqarilishini yaratish va rivojlantirish. Bankning asosiy qarzdorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va xususiy biznes korxonalari hisoblanadi. Investitsiyalarning aksariyat qismi neft qazib olish va neftni qayta ishlash, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, rangli va qora mettalurgiya, toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi, aloqa infratuzilmasi, transport va turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Umummilliy ahamiyatli obʻektlarni moliyalashtirish Milliy bankning kreditlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlariga jalb qilingan. Iqtisodiyotning tuzilmaviy oʻzgarishlarida kommunikatsiyalar — temir yoʻl, avtotransport va aviatsiya tizimlarining rivojlanishi ulkan oʻrinni egallaydi. Shuningdek, kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangi yuqori samaralilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga, isteʼmolchilik tovarlarining mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlashga asoslangan import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishni yaratish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Bank koʻpgina strategik muhim xoʻjalik obʼektlarining rivojlanishi uchun moliyalashtirishni taʼminladi: Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish. „Toshgʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon“ temir yoʻl liniyasini qurish. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini qayta taʼmirlash. Navoiy IESni modernizatsiya qilish. Navoiy shahri aeroportini qayta taʼmirlash va modernizatsiya qilish. „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ MAK havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiya qilish. Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchun togʻ-qazilma uskunalarini yetkazib berish. „Ohangaron — Pungon“ magistral gaz quvurini qurish. „Oʻzagromashservis“ Assotsiatsiyasi va „Oʻzsanoatmashimpeks“ DATSK uchun „CASE“ kompaniyasining qishloq xoʻjalik texnikasini xarid qilish. „Muborak GQZ“ UShKda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun propan-butan aralashmasi uskunasini qurish. „Toshshaharyoʻlovchitrans“ Assotsiatsiyasi uchun „Daymler-Kraysler“ markasidagi avtobuslarni xarid qilish. „Temir yoʻllar“ DATK uchun yoʻlovchi elektrovozlarini xarid qilish. „Oʻzbekneftgaz“ MXKning amaldagi burgʻilash uskunalari parkini yangilash va jihozlash. „Qoʻngʻirot“ KSda gazni quritish uskunasini qurish. Va boshqa bir qator amalga oshirilgan investitsion loyihalar. Moliyaviy barqarorlik OʻMB „Moodyʻs Investors Service“, „Standard and Poorʻs“, „Fitch Ratings“ va „AKRA“ kabi xalqaro agentliklarning reytingiga ega boʻlgan mamlakatning kredit-moliya instituti hisoblanadi. Yetakchi xalqaro reyting agentliklarining yuqori bahosini olish va tasdiqlash masalasi OʻMB uchun dolzarb va muhim boʻlib qoladi. 2018-yilning 24-dekabrida Standard and Poorʼs xalqaro reyting agentligi tomonidan uzoq muddatli kredit reytingi „V+“ darajasidan „VV-“ darajasigacha oshirildi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingiga teng. „The Banker“ jurnalining reytingiga koʻra,1993-yildan Milliy bank dunyodagi eng yirik bank institutlarining birinchi mingtaligiga kirib, 862 oʻrinda turadi . 1998-yil — „Euromoney“ jurnali OʻzR TIF MBni Oʻzbekistondagi eng yaxshi bank deb eʼtirof etdi, 2002-yili esa shu jurnalning versiyasi boʻyicha OʻMB respublikada „Yil banki“ deb eʼtirof etildi . 2000-yil — „Thomson Bank wath(TBW)“ xalqaro agentligi kredit reytingini  „LC-1“ darajada va mamlakat reytingini „IC-B/C“ darajada tasdiqladi . 2001-yil -  „The Banker“ dan „Oʻzbekistonning eng yaxshi banki“ eʼtirofi . 2002-yil — „Euromoney“ va „Global Finance“dan „Oʻzbekistonning eng yaxshi banki“  . 2004-yil — „Global Finance“ dan „Oʻzbekistonning eng yaxshi banki“ . 2012-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan jamgʻarmalarni jalb qilish boʻyicha tanlovda eng yaxshi bank deb eʼtirof etilgan . „RIA Reyting“ reyting agentligining MDH mamlakatlari bank sektorini oʻrganishi boʻyicha „MDH mamlakatlarining eng yirik banklari roʻyxati“da bank 50-chi pozitsiyani egallagan .  2013-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan tanlovda „jamgʻarmalarni jalb qilish boʻyicha eng yaxshi bank“ va „eng innovatsion bank“ deb eʼtirof etilgan . „RIA reyting“ maʼlumotlariga koʻra „MDHdagi eng yirik banklar roʻyxati“da bank 55-chi pozitsiyani egalladi . 2021-yil — OʻMB olib borayotgan faoliyatining va Oʻzbekiston aholisiga taqdim etayotgan xizmatlarining sifati uchun Yevropa sifatni oʻrganish jamiyatining (European Society for Quality Research) xalqaro konvensiyasida „Quality Achievements Award 2021“ mukofotini oldi. Filiallari va boʻlimlari Oʻzbekistonning barcha hududlarida 67 ta filiallari mavjud. Shoʻba korxonalari va tashkilotlari Asia-Invest Bank 1996-yili Rossiya hududida (Moskva shahrida) Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida „1996-1997-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikning asosiy tamoyillari va yoʻnalishlari toʻgʻrisida“gi huqumatlararo Kelishuvga binoan, moliya-bank sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida birinchi Oʻzbekiston-Rossiya banki — „Aziya-Invest Bank“ Aksiyadorlik tijorat banki (yopiq aksiyadorlik jamiyati) taʼsis etildi. NBU Invest Group 2008-yil 31-mart kuni 25 mln AQSh dollari miqdoridagi  ustav fondi bilan „NBU Invest Group ochiq aksiyadorlik jamiyati“ shoʻba kompaniyasi tuzildi. NBU Invest Group kompaniyasini tuzishdan asosiy maqsad Oʻzbekiston korxonalarining qayta tuzilishini va aktivlarini boshqarishni taʼminlashga hamda mamlakat iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qodir boʻlgan kompaniyani taʼsis etishdan iborat edi. Faoliyatning asosiy yoʻnalishi boʻlib aktivlarni boshqarish hisoblanadi. Sanoat korxonalarini amaliy boshqarish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan va biznes-rejalashtirish, marketing, korxona faoliyatini monitoring qilish, realizatsiya kanallarini va yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni boshqarish, kadrlarni boshqarish, xarajatlar va unumdorlikni tahlil qilish kabi sohalarni oʻz ichiga kiritadi.  OʻMB investitsion loyihalarida ishtirok etish hisoblanadi. Manbalar Havolalar Oʻzbekiston banklari
29,203
3254
https://uz.wikipedia.org/wiki/Temuriylar
Temuriylar
Temuriylar sulolasi, oʻzini Koʻragoniy deb ham atagan, diniy jihatdan sunniy musulmon sulola millat jihatidan esa turk urugʻi, fotix Temur avlodidan boʻlgan. „Koʻragoniy“ soʻzi moʻgʻulcha „Kuragan“ soʻzining mahalliy turkiy xalq tilida oʻzgartirilgan shakli boʻlib, „kuyov“ maʼnosini bildiradi. Bu sulola tomonidan qoʻllanilgan sharafli unvon edi, chunki Temur Chingizxonning bevosita avlodi Saroy Mulkxonimga uylangan edi. Temuriylar sulolasi tarixda ikkita muhim imperiya – Eron, Iroq, Suriya va Oʻrta Osiyoda joylashgan Temuriylar imperiyasi(1370-1507) va Hindiston yarimorolida joylashgan Temuriy-Boburiylar imperiyasini tuzdilar(1526-1857). Kelib chiqishi Temuriylar sulolasining kelib chiqishi Moʻgʻullar imperiyasining asoschisi Chingizxonning qoʻshinining qoldiqlari boʻlgan Barlas nomi bilan mashhur turk-moʻgʻul qabilasiga borib taqaladi. Oʻrta Osiyoni moʻgʻullar bosib olgandan soʻng, barlaslar hozirgi Qozogʻistonning janubiy qismidagi Chimkentdan Taraz va Olmaotagacha boʻlgan hududlarga joylashdilar, keyinchalik bu yerlar bir muddat Moʻgʻuliston – fors tilida „Moʻgʻullar oʻlkasi“ nomi bilan mashhur boʻldi va ular bilan aralashib ketdi. Darajasi mahalliy turk va turkiy tilli aholi bilan boʻlgan, shuning uchun Temur hukmronligidan ancha oldingi davridayoq barloslar til va odatlar jihatidan butunlay turk edilar. Hukmdorlar roʻyxati Temuriylar imperiyasi Abu Saidning oʻgʻillari u vafot etgandan soʻng Mavarounnahrdagi Fargʻona, Samarqand, Buxoroni va Hisor, Balx, Kobulda hokimlik qila boshlashdi. Boburiylar – Hindistondagi Temuriylar Markaziy Osiyo tarixi Turkiy sulolalar Temuriylar sulolasi Temuriylar, Temuriylar davri – oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. Temuriylar davlati hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan janubida Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan Temuriylar davlati musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan. Markazlashgan davlat tepasida: Temur ibn Taragʻoy Bahodir (1370—1405); Shohrux ibn Temur (1409—47); Ulugʻbek ibn Shoxrux (1447—49); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1458—69);Movarounnahrda (poytaxti Samarqand): Xalil Sulton (1405—09); Mirzo Ulugʻbek (1409-49); Mirzo Abdullatif (1449-50); Abdullo Mirzo (1450—51); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1451—69); Sulton Ahmad Mirzo (1469—94); Sulton Mahmud Mirzo (1494—98); Sulton Ali Mirzo (1498-1500). Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (1396-1447); Ulugʻbek (144749); Abulqosim Bobur (1449—57); Shoh Mahmud Mirzo (1457); Abu Savd ibn Sulton Muhammad (1458—69); Yodgor Mirzo (1470), Husayn Boyqaro (1470— 1506); Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506—07); Muzaffar Mirzo (150607). Siyosiy hayot. Nigʻoyatda kengayib ketgan davlat Amir Temur vafotidan soʻng vorislar oʻrtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405-yilning 16-mart kuni Mironshohning oʻgli Xalil Sulton Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning hukmdori deb eʼlon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va galayonlar koʻtariladi. Dastavval Fargʻonada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi qoʻzgʻalib, Oʻratepa va Fargʻonani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, Gʻazni va Qandahorda Pirmuhammad; Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohnnng oʻgʻillari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo qokimi mutlaq boʻlib oladilar. Turkiston, Sabron, Oʻtror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga oʻtadi, Oltin Oʻrda amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405 – 08 yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birinketin koʻtarilgan gʻalayonlari kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday gʻalayon va fitnaning qurboni boʻladi (1407-yil 22-fevral). 1408-yil 22-aprel kuni qoraqoʻyunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda Mironshoh halok boʻlib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qoʻlidan ketadi. 15-asrning 20y.larida bu ulkan mamlakat 2 davlatga boʻlingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubida joylashgan boʻlib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot sh.) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shimolida – Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarqand sh.) uni Oʻlugʻbek idora etgan edi. Ulugʻbek otasi Shohruxning koʻmagi bilan avval (1413) Xorazmni, soʻngra (1415) Fargʻona va Qashgʻarni oʻz tasarrufiga olib, davlatining gʻarbiy va sharqiy chegaralarining xavfsizligini taʼminlagan bulsada, ammo uning shim. va shim.sharqiy tomonlari xavotirli edi. Shu boisdan 15-asrning 30—40y.lari otasi Shoxrux bilan birga Dashti Qipchoqda Abulxayrxon bilan kurash olib borishiga toʻgʻri keladi. Chunki koʻchmanchi chorvadorlar Movarounnahrning viloyatlariga muttasil bostirib kirar va oʻtroq aholini gʻorat qilar edi. Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa, tashki siyosatda Ulugʻbek T. ning bosh hukmdori Shogʻruxning irodasini izchil amalga oshiradi. Tashqi va ichki siyosatga aloqador har qanday masalani u otasi bilan maslahatlashib va kelishib, uning rozirizoligi bilan hal etgan. Shohrux 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan oʻtadi. Shohrux vafotidan soʻng, Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar oʻrtasidagi nizolar yana avj oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulugʻbek 1449-yil 27-oktabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda halok boʻladi. Ulugʻbek Movarounnahrni 40 yil (1409—49) idora etdi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, u shiddatli harbiy yurishlar uyushtirishga intilmadi. Aksincha, u oʻz davlatini mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni koʻtarishga harakat qildi. Ulugʻbek fojiasidan soʻng, hokimiyatga bir vaqtning oʻzida Samarqandda Ulugʻbekning kuyovi Abdullo Mirzo, Buxoroda esa Mironshohning nabirasi Sulton Abu Saidlar podshoh qilib koʻtariladi. Abdullo Mirzo mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun barcha choralarni koʻradi, ammo T. taxtida uzoq vaqt oʻtira olmaydi. Avval u. amakivachchasi Abu Sayd bilan, soʻngra qarindoshi Alouddavla bilan kurashadi. Muhorabada ittifoqchilar gʻalaba qozonadi. Abdullo Mirzo jangda halok boʻladi. Abu Sayd Abulxayrxon yordamida Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim boʻlib qoladi. Temuriylar saltanatining Xuroson qismi bu davrda Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur tasarrufida edi. 1457-yilgacha u Xurosonni oʻz qoʻlida tutib turadi. Har ikkala davlat oʻrtasida nizo kuchayib bordi. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Xurosonda boshboshdoqlik avj olib, u boʻlaklarga boʻlinib keta boshladi. 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Abu Sayd Hirot shahrini egallab, saltanatning har 2 qismini birlashtiradi. Bu davrda Sulton Husayn (Umarshayxning nabirasi) Xorazmni egallab oladi. 1469-yil bahorida Abu Sayd (Ozarbayjon, Gʻarbiy Eron va Iroqqacha boʻlgan viloyatlarni egallab turgan) oqqoʻyunli turkmanlarga qarshi yurish qiladi. Mugʻon (Ozarbayjon) choʻlida Uzun Hasan bilan boʻlgan jangda Abu Said halok boʻladi. Otasining oʻlimidan soʻng, Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan toʻqnashmay Movarounnahrga qaytadilar. 1469-yilning 24 martida Sulton Husayn Xuroson hokimi sifatida Hirotning taxtini egallaydi. Natijada Temuriylar saltanati yana 2 mustaqil qismga boʻlinib ketadi. Movarounnahrda Abu Saidning oʻgʻillari Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo va Sulton Ali Mirzo hokimlik qiladi. Bu davrda Movarounnahr ham oʻzaro ixtilofdagi shahzodalar va mulkdor zodagonlarning viloyat hokimliklariga boʻlinib ketadi. Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sufiylik taʼlimotining yirik namoyandalari, xususan Xoja Ahrornmng taʼsiri kuchayadi, hatto u siyosiy hayotda ham muhim rol oʻynay boshlaydi. Mas., mamlakat urush xavfi ostida qolib, elyurt boshiga ogʻir tashvishlar tushgan paytda Xoja Ubaydulpogʻ Ahror bir necha bor uni bartaraf qilishga jonbozlik koʻrsatadi. Sulton Husayn Boyqaro idora qilgan davlat Sharqiy va Shimoliy Eron viloyatlari va Xorazmni birlashtirgan edi. U Temuriylar sulolasining qariyb 40 yil hukm surgan soʻnggi yirik saltanati boʻlib, unda siyosiy vaziyat osoyishta emas edi. Xurosonda betoʻxtov davom etgan oʻzaro urushlarga, shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga qaramay mamlakat aholisining turmush tarzi va madaniy hayoti Movarounnahrdagiga nisbatan yuksakroq edi. Ammo mamlakatning siyosiy hayotida kuchayib borayotgan keskinlik ichki munosabatlarda tobora taʼsiri ortib borayotgan Dashtiqipchoklik oʻzbeklarning Movarounnahrda hokimiyatni qoʻlga olishini hamda Temuriylar sulolasining zaiflashuvini yanada tezlashtirdi. Davlat boshqaruvi Temuriylar saltanatida avval hokimi mutlaq – Amir Temur, soʻngra esa uning vorislari bevosita hukmronlik qilishgan. Saltanatni devonbegi – bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkony(?) davlat – Vazirlik mahkamasi boshqargan. Ulardan 1-si – mamlakat varaiyat vaziri. U viloyat va tumanlardan toʻplanadigan hosil, soliqoʻlponlar va mamlakat obodonligi bilan shugʻullangan. 2si – vaziri sipoh, yaʼni harbiy ishlar vaziri. U navkarlarning taʼminoti (maoshi, oziq-ovqat va qurolyarogʻlari) bilan shugʻullangan. 3si – tijorat (savdo) vaziri edi. U tashqi savdo boji tam/a, chorvachilikdan toʻplanadigan za kot, egasiz qolgan molmulklarning tasarrufi, meros va merosxoʻrlar kabi masalalar bilan shugʻullangan. 4si – saltanatning moliya ishlari vaziri boʻlib, davlat xazinasining kirimchiqimlarini boshqargan. Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Ular mazkur viloyat va mamlakatlardan davlat xazinasiga tushadigan daromadlarni nazorat qilgan. Oʻz navbatida bu 3 vazir saltanatning „xolisa“ deb yuritilgan bosh nazorat hayʼatini tashkil etgan. Bu 7 vazir devonbegiga boʻysungan va u bilan bamaslahat davlatning moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar. Yozma manbalardan maʼlum boʻlishicha, Amir Temur va T. hukmronligi davrida saltanat devonxonasida Amir Dovud, Jaloluddin Firuzshoh, Gʻiyosuddin Shohmalik, Alouddin Alika Koʻkaldosh va Alisher Navoiydek dono devonbegilar bu oliy mansabda faoliyat koʻrsatganlar, mamlakatni obodonligi yoʻlida beqiyos xayrli ishlarni amalga oshirganlar. Devonxona qoshida arzbegi, sadri aʼzam, shayxulislom va ahdos qozisi kabi lavozimlar mavjud boʻlgan. Arzbegi fuqaro va sipohiylardan tushadigan arzu shikoyatlar hamda mamlakatdagi ahvol toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash va bu borada oliy dargohga axborot berib turish kabi vazifalarni bajargan. Sadri aʼzam – bosh sadr mamlakatdagi barcha vaqf xoʻjaliklarini nazorat qilgan; davlat hamda yer egalari tomonidan vaqf qilingan yerlar va mulklarni kayd etgan va vaqfnomalar tuzib ularni qonunlashtirgan. Shayxulislom aholining turli ijtimoiy tabaqalari oʻrtasida shariat ahkomlari va islom aqidalarining bajarilishini nazorat qilgan. Davlatning bosh qozisi – qozi ulquzzot „ahdos qozisi“ nomi bilan yuritilib u fuqaro ishlari bilan shugʻullangan. Saltanat mahkamasida kirimchiqimlarni qayd etuvchi maxsus munshi – kotib faoliyat koʻrsatgan. Mamlakat maʼmuriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga boʻlinib, ular hokim, noib va tuman boshilar tomonidan boshqarilgan. Ularning aksariyati harbiy – amirlardan iborat edi. Har bir shahar va viloyatning moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi va muxtasibi boʻlgan. Lashkarlar uchun hatto maxsus qoziyi lashkar tayin etilgan. Har bir shahar va qalʼalarda qutvol (komendant) tayinlanib, unga shahar va qalʼa istehkomlarini taʼmirlash va ularning mudofaasi yuklangan. Fath etilgan viloyat va hududlar temurzodalar va xizmat koʻrsatgan amirlarga suyurgʻol tarzida inʼom qilinib, ular orqali boshqarilgan. Masalan, Amir Temurning toʻngʻich oʻgʻli Jaxrngirga Balx viloyati; Umarshayxga Fors viloyati; Mironshohga Ozarbayjon, Iroq va Armaniston; Shohruxga Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston berilgan. Garchi uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular maʼlum darajada mustaqil edilar. Ularda alohida devonxona, qoʻshin boʻlib markaziy hukumatga tobelik xirojining bir qismini Samarqandga yuborish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida oʻz qoʻshini bilan qatnashish yoki talab etilgan sonda askar yuborishdan iborat edi. Suyurgʻolga ega boʻlgan viloyat hokimlari – shahzodalar oʻz uluslarida iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilgan. Markaziy hokimiyat esa, vaziyat jiddiylashgandagina ularning ichki ishlariga aralashgan. Shubhasiz suyurgʻol asosida shakllangan mulkchilik boshqaruv tartibining kuchayishi viloyatlar mavqeining oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chikargan. T.davrida oʻrta asr yirik mulkdorlari davlat tayanchi boʻlib, maʼmuriy jihatdan uning takomillashuviga suyurgʻolning keng tarqalishi jiddiy toʻsqinlik qilgan. Elyurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyati katta boʻlgani tufayli uning takomiliga aloxida eʼtibor berilgan. Amir Temur amir va amir ulumaro – bosh amir kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy etgan, qoʻshin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ularning intizomi masalalariga nihoyatda ahamiyat bergan (qarang Temuriylar harbiy sanʼati). Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar oʻtkazish alohida oʻrin tutgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur tomonidan Qarshi, Samarqand, Qorabogʻ va boshqa joylarda oʻtkazilgan qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat maʼmurlari, harbiy boshliqlar, ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Ularda mamlakatning iqgisodiy va siyosiy axvoliga oid masalalar muhokama etilib, qarorlar qabul etilgan va tadbirlar belgilangan. Mas., 1403-yilda Kavkazning Baylaqon shahrida chakirilgan kengashga olimu fuzalolar taklif etilgan. Ulardan mamlakatni boshqarishda, xususan, uning obodonligi yoʻlida amalga oshiriladigan xayrli ishlar – jamoat binolari va inshootlar qurilishlarida oʻz maslahatlari bilan koʻmak berishlari soʻralgan. T.davrida oʻtkazilgan qurultoy, kengash, shohona qabullar va dabdabali saroy marosimlariga oʻrta asrlar davlatchiligining oʻziga xos anʼanalari mujassam etilgan. Tantanali izdahom tartibiyu qoidalaridan tortib, aʼyonlarning toʻyona libosu oʻrinlarigacha eʼtibor berilgan. Masalan, pacmiy marosimlarda amir ulumaro, beklar begilar, amirlar, noʻyonlar, sardorlar, ulus, tumonot va qoʻshunot amirlari, shuningdek, mingboshilar, yuzboshilar mansab va martabalariga qarab hukmdorning soʻl tomonidan; sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo mashoyix, ulugʻ va oliy tabaqadagi kishilar oʻng tarafidan oʻrin olganlar. Devonbegi va vazirlar – taxt roʻparasidan, kalontarlar (shahar hokimlari), kadxudolar (qishloq oqsoqollari) vazirlarning orqasidan joy olgan. Bahodurlar, qilichboz yigitlar – taxt orqasida, uning oʻng tarafidan, qorovullar esa, taxt orqasining chap tarafidan oʻrin olishgan. Amir Temur hayotlik davridayoq davlatni boshqarish uslubiga bagʻishlangan maxsus asar yaratilib, u „Temur tuzuklari“ nomi bilan shuhrat topgan. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi (yoʻnalishi) va vazifalari, vazir va qoʻshin boshlikdarini saylash, sipoxlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqa bayon etiladi. Shunday qilib, T.da davlat tuzilishi, qonunqoidalarni tartibga solish bilan bir katorda, oliy dargoh hayoti bilan bogʻliq anʼanalar ham qaror topgan. Mamlakat obodonligi. Amir Temur va T. mamlakat mustaqilligi, elyurt osoyishtaligi va uni obod etishga katta ahamiyat berdilar. Bu davrda Chingizxon hujumi va moʻgʻullarning betoʻxtov bosqinlari oqibatida vayronaga aylangan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Banokat (Shohruxiya) kabi qad. shaharlar, kdlʼa va istehkomlar qayta tiklandi, yaʼni shaharlar va qishloqlar qad koʻtardi. Markaziy shaharlar va ularning tevarak atrofida kurkam maʼmuriy, maʼrifiy va jamoat binolari, suv inshootlari qurilib, bogʻu boʻstonlar barpo etildi (qarang Amir Temur bogʻlari). Daryo va soylardan yirik sugʻorish tarmoqlari qazib chiqarilib, minglab gektar qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirildi, sugʻorma dehqonchilik maydoni kengaytirildi. Soliq tizimining tartibga solinishi bilan mamlakat iktisodiyotining asosi boʻlgan dehqonchilik, hunarmandchilik hamda ichki va tashqi savdo rivojlandi. Sohibqiron Kesh shahriga alohida eʼtibor berib, uni Turkiston diyorining maʼnaviy markaziga aylantirishga harakat qiddi. Bu shahar „Qubbat ulilm valadab“ („Ilm va adabning gumbazi“) deb yuritildi. Samarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgach, unda Isfahon, Sheroz, Xalab, Xorazm, Buxoro, Nasaf va Keshning meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar (Boʻstonsaroy, Koʻksaroy), masjidlar, maqbara va xonaqohlar qurildi. 1403—04 yillarda Samarqandda boʻlgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan. 14-asrning oxiri – 15-asrlarda Samarqandda kurkam va muhtasham binolardan tashqari, turlituman hunarmandlar mahallalari yuzaga keldi. Klavixoning yozishicha, hunarli birorta kishining Movarounnahrni tark etishiga yoʻl qoʻyilmagan. Aksincha, Amir Temurning amri bilan Damashqning eng mohir toʻquvchilari, Xalabilaning mashhur paxta yigiruvchi va Anqaraning movut toʻquvchilari, Turkiya va Gurjistonning zargarlari, xullas, kasbhunar sohasida qaysi shaharda nom chiqargan hunarmand boʻlsa, SamarqaNdga koʻchirilib kelingan. Shaharda turli mazhab va dinlardagi kishilar yashagan. Amir Temurning obodonchilik faoliyati anʼanaga aylanib, uning vorislari tomonidan davom ettirilgan. Temuriy shahzodalar, nufuzli amiru vazirlar, viloyat va ulus hokimlari, hatto ayrim malikalar oʻz shaxsiy mablagʻlarining kattagina qismini masjidu madrasalar, xonaqohu shifoxonalar, hammomu bozorrasta (chorsu)lar, rabotu karvonsaroilar, suv inshootlariyu bogʻrogʻlar barpo etishga sarf qilganlar. Masjid va madrasalar, shifoxona va xonaqoxlarning sarfu xarajati uchun ekin maydonlari, tegirmon, objuvoz, moyjuvoz va doʻkonlar vaqf etilib, mudarrisu talabalarga dahʼyak (maosh) belgilangan. Hirot, Mashhad, Balx va Marv sh.lari va qasabalarining obod etilishida Shohrux Mirzo hamda Ulugʻbekning onasi Gavharshod begimshsht hissalari katta boʻlgan. Masalan, 1410-yil Hirotda 2 Madrasa, xonaqoh va hashamatli saroy bino qilingan. Hirotning Saripuli Injil mavzeida 1432-yilda qad koʻtargan Madrasa, Mashhadning Jome masjidi Gavharshod begimning nomi bilan bogʻliq. Ushbu madrasalar qurilishiga Qavomuddin meʼmor Sheroziy boshchilik qilgan. Shayx Shahobuddin ibn Shayx Ruknuddin madrasaga bosh mudarris qilib tayinlangan. 15-asrda Movarounnahrda, xususan, Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Toshkent va boshqa shaharlarda binokorlik ishlariga, ayniqsa, Mirzo Ulugʻbek katta ahamiyat bergan. Uning davrida Madrasa, masjid, xonaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroilar qad koʻtargan. Qabriston va ziyoratgoxlar obod etilgan. Bu davrda shahar obodonchiligi, xususan, meʼmorligi rivoj topgan. Samarqand Registoni qayta rejalashtirilib, unda Madrasa, 210 gumbazli Koʻkaldosh jome masjidi, karvonsaroy, Muqatta masjidi, Mirzoiy hammomi qad koʻtargan. Bu ulkan va noyob qurilishlar orasida 15-asrning 20 yillarida Samarqandda bino qilingan Ulugʻbek rasadxonasi alohida oʻrin tutadi. 15-asrda Xuroson shagʻarlari, ayniqsa, uning poytaxti Hirotning obod etilishi sulton [[Husayn Boyqaro va uning vaziri Alisher Navoiy nomlari bilan bogʻliq. Xurosonda, xususan, Hirot va uning tevarak atrofida Navoiy va uning safdoshlari tashabbusi bilan 300 dan ortiq jamoat binolari (masjid, Madrasa, maqbara, xonaqoh, hammom, shifoxona, saroy, koʻshk, istirohat bogʻlari, rabotlar) hamda sugʻorish inshootlari (hovuz, koʻprik, band – suv omborlari) barpo etilgan. Qurilishlarning aksariyati Navoiyning bevosita homiyligi bilan yoki uning mablagʻiga amalga oshirilgan. Xondamirning yozishicha, Navoiy 52 rabot, 19 hovuz, 16 koʻprik, 9 hammom va bir nechta Madrasa, masjid, shifoxona va xonaqohlar qurdirgan. Movarounnahr va Xurosonning T. davri binokorligida shifoxonalar, hammomlar va istirohat bogʻlari alohida oʻrin tutadi. Bunday inshootu istirohat maskanlari Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharqsa 8—9-asrlardayoq qad koʻtarib, 15-asrda esa Samarqand, Buxoro, Gurganj, Toshkent, Marv, Hirot, Gʻazna, Ray, Hamadon va Isfahon kabi Sharqning nufuzli shaharlarida barpo etilgan. Mana shunday shifoxonalardan biri temuriy malikalardan Mulkat ogʻo tomonidan qurilgan Dor ushshifoga mavlono Darvishali bosh hakim etib tayinlangan. Barcha muolaja ishlari unga topshirilgan. Shifoxonalarda maxsus dorixonalar boʻlib, doripazlar bemorlar uchun doridarmonlar tayyorlab berganlar. Bu davrda Hirot Dor ushshifosi, ayniqsa kahhollari (okulist) gʻoyat shuhrat topgan. Navoiyning inoyati bilan yetishib chiqqan Gʻiyosuddin Muhammad, Nizomuddin Abdulhay, Darvishali, Muhammad Yusuf, Abdulhay Tuniy, Muhammad Muʼin kabi mashhur tabiblar uzoq vaqt faoliyat koʻrsatganlar. Umuman, Navoiyning homiyligida 12 ming tolibi ilm, olim, tabib, shoir, muzahhib, musavvir, zargar, duradgor va binokorlar kamol topgan. Saltanatda hukm surgan nisbatan barqarorlik, yirik shahar va viloyatlarda amalga oshirilgan obodonchilik, sugʻorma dehqonchilikning kengayishi bilan mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim oʻrin tutgan hunarmandchilik va tovarpul munosabatlari rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda shakllangan 3 qism (ark, shahriston va rabod)li voha shaharlari kengayib, koʻp darvozali yagona mudofaa devori bilan oʻralgan yangi qiyofadagi yirik va gavjum shaharlar qad koʻtargan. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Toshkent, Kesh(Shahrisabz), Shohruxiya, Termiz, Nasaf va Axsikat kabi shaharlar oʻzining topografik qiyofasi, aholisining kasbikori, ichki va xalqaro tashqi tijorati bilan oʻrta asrlar Sharqining namunali hunarmandchilik va gavjum savdo markazlariga aylangan. Hunarmandchilikning turli tarmoklari rivoj topib, shaharlarning tarixiy topografiyasi tubdan oʻzgargan. Ularda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, guzar, koʻchakoʻy, bozor rastalari, toqu ravok, li, gumbazli timlar —chorsular qad koʻtargan. Koʻpgina yirik shaharlarda „zargaron“ („zargarlik“), „misgaron“, „suzangaron“(„ignasozlik“), „sovutsozon“, „sangtaroshon“ („toshtarovchi“), „shishapazon“, „charmgaron“(„koʻnchilik“) kabi maxsus hunarmandchilik mahallalari tashkil topgan. Hunarmandchilik sohasida toʻqimachilik, kulolchilik, chilangarlik va binokorlik yetakchi oʻrin tutgan. Samarqandda, ayniqsa, qogʻoz ishlab chiqarish. alohida ahamiyat kasb etgan. Shahar yaqinida Obirahmat anhori sohilida qogʻoz ishlab chiqariladigan maxsus objuvozlar va korxonalar joylashgan (qarang Noshirlik). Tashqi savdo va pul munosabatlari Xitoydan Oʻrta dengiz boʻylari tomon yoʻnalgan qad. karvon yoʻli kesib oʻtgan yuyat ulkan hududda yagona saltanatning barpo etilishi bilan bu xalqaro muloqot yoʻlida T. shubhasiz sarbonlik qilish imkoniga ega boʻlishgan. Ular savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini taʼminlashga, Sharq va Gʻarb mamlakatlariaro savdo va elchilik aloqalarini har tomonlama kengaytirishga jiddiy eʼtibor berishgan. T.davrida Xitoy, Hindiston, Tibet, Oltin Oʻrdaga tobe Rusiya, Volga boʻyi, shuningdek, jan. Sibir bilan muntazam savdosotiq qilingan. Xitoydan, asosan, shoyi, chinni, gavhar va mushk; Hindistondan ip mato, nil(boʻyoq), muskat yongʻogʻi, qalampirmunchoq, dolchin va anbar; Rusiya va Sibirdan qimmatbaho moʻyna, teri va mum olib kelinardi; Yevropadan gazmollar, movut va koʻpgina boshqa tovarlar keltirilgan. Samarqanddan chet mamlakatlarga: boʻz, duxoba, shoyi gazlama, qogʻoz, quruq meva, guruch, paxta va kalava (yigirilgan ip) va boshqa chiqarilgan. Tashqi savdoni kengaytirishda T.ning turli mamlakatlar bilan olib borgan elchilik aloqalari muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 15-asrning 20— 40y.larida Shohrux va Ulugʻbek idora etgan davlatlar bilan Xitoy, Tibet va Hindiston oʻrtasida muntazam elchilar almashib turilgan. 1418-yilda Ardasher boshliq Shoxrux elchilari katta karvon bilan Xitoyda boʻlgan. 1419-yilda esa, bunga javoban Li Di va Jong Ku Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi boʻlib kelganlar. 1420-yil Shohrux va Ulugʻbek 530 nafarli elchilik karvonini Xitoyga joʻnatishgan. Shohrux elchilariga Shodixoja bilan amir Koʻkcha, Ulugʻbek elchilariga esa Sultonshoh bilan Muhammad baxshi boshchilik qilgan. Bu davrda T. Tibet va Hindiston bilan ham elchilik munosabatlarini oʻrnatishgan. 1421-yil Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar kelgan. 1441—42 ylarda Shohrux Hindistonga Bijayanagar saroyiga tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshliq elchilarni yuboradi. U Kermon, Hurmuz va Fors qoʻltigʻi orqali Hindistonga qilgan sayohatini yozib qoldirgan. 14-asrning oxiri va 15-asrning 1yarmida T. davridagi iqtisodiy taraqqiyotga (hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo) mamlakatda oʻtkazilgan pul islohotlari turtki boʻlgan. Dastlab, Amir Temur, soʻngra ayrim T. mamlakatda yagona pul birligini joriy etishgan. Amir Temur vazni 6 g li „tanga“ va 1,5 g li „miri“ deb yuritiladigan 2 xildagi kumush tangalarni zarb etgan. Bu kumush tangalar Suyurgʻatmishxon va Sulton Mahmudxon nomlari bilan Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon va Iroqning 40 dan ortiq yirik shaharlarida chiqarilgan. Shohrux Astrobod, Buxoro, Dom/on, Isfahon, Kushoniya, Kermon, Qum, Nishopur, Marv, Samarqand, Sabzavor, Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Hirot, Sheroz va boshqa shaharlarda oʻz nomi bilan kumush tangalar zarb etib, pulning ichki savdodagi muomalasini tartibga solgan. Bu borada 1428-yilda Ulugʻbek oʻtkazgan fulusiy (mis) pullar islohoti ayniqsa katta ahamiyat kasb etgan. Mehnatkash aholini ichki chakana savdoga kengroq jalb etish maqsadida Ulugʻbek mahalliy hokimiyatning yengil vazndagi barcha chaqa pullarini man etgan. Bir vaqtning oʻzida u Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya va Andijonda zarbxonalar barpo qilib, bir xil vazndagi salmokdor fuluslar zarb ettirib, muomalaga chiqargan. Xalqoʻrtasida Ulugʻbekning chaqalari „fulusi adliya“, yaʼni „adolatli chaqa“ nomi bilan shuhrat topgan. Shu bilan birga Ulugʻbek tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida „tam/a“ – savdo bojini bir muncha koʻpaytirgan. T.da ichki va tashqi savdoning kengayishi, kasbhunar tarmoklarining rivoj topib, hunarmandchilik mahsulotlari hajmining ortib borishiga turtki boʻlgan. Dehqonchilik va sugʻorish ishlari Mamlakatning iqtisodiy hayotida dehqonchilik asosiy oʻrin tutgan. Shu bois T. dehqonchilikning bosh omili boʻlgan sugʻorish ishlariga katta ahamiyat berishgan. 14-asrning oxiri – 15-asrning 1yarmida Movarounnahr va Xurosonda yirik sugʻorish tarmoqlari qazilib, korizlar, suv omborlari – bandlar va hovuzlar barpo etilib, suv tanqis viloyat va vohalar, shahar, qishloklarning suv taʼminoti yaxshilangan. Qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirilib, obikor yerlarning maydoni kengaytirilgan. Yangiyangi qishloqlar, chorbogʻlar va sayilgoh boʻstonlar barpo etiladi. Amir Temur Samarqand vohasi, poytaxt va uning tevarak atrofini obod etilishi ga alohida eʼtibor bergan. Obirahmat, Mazdahin, Bozor, Korand va Nahri jadid kabi sugʻorish tarmoklari orqali obod etilgan qishloqlarning soni 72 taga yetgan. Yangi qishloqlarning bir qismi Sharqning mashhur shaharlari: Damashq, Qohira, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan ulugʻlangan. Sohibqiron Xuroson, Eron, Kavkaz va boshqa viloyatlarda ham bir qancha yirik sugʻorish ishlarini amalga oshirgan. Uning farmoni bilan Murgʻob daryosidan 20 dan ortiq sugʻorish tarmoqlari qazilib, Marv vohasi qayta obod etilgan. 1401-yil Kavkazning Baylaqon mavzeida Arake daryosidan chiqarilgan Barlos kanali zamonasining yirik irrigatsiya inshootlaridan biri boʻlgan. Kanalning uz. 10 farsax (60–70 km) boʻlib, kemalar qatnay olgan. Shogʻrux va Ulugʻbek hukmronligi davrida sugʻorish ishlari yanada kengaygan. Dashtlarga suv chiqarilib, boʻz yerlar oʻzlashtirilgan. Xususiy sohibkorlar esa, hatto birikki yil davomida soliq va toʻlovlardan ozod etilgan. Bu davrda T. Samarqand, Qashqadaryo, Marv vohalari, Tuye vodiysi va Xirotda yirik sugʻorish inshootlari barpo etilib, dehqonchilik maydonlarining suv taʼminotini tubdan yaxshilashgan. Mas., Angor kanali qayta tiklanib, Zarafshon daryosi suvining bir qismi Kashqadaryo vohasiga tashlangan. Moʻgʻullar tomonidan vayron etilgan Murgʻob daryosining bosh toʻgʻoni – Sultonband tiklanib, Marv sh. va vodiysi suv bilan toʻla taʼminlangan. Mirzo Ulugʻbek tomonidan Buxoroning Somonjuq dashtiga suv chikarilib, yangi yerlar oʻzlashtirilgan. Navoiyning tashabbusi bilan Tuye viloyatida Turuqband suv ombori qurilib, undan 10 farsax masofada kanal orqali Mashhadga suv keltirilgan. Bu davrda qishloq xoʻjaligida gʻallakorlik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilikka ahamiyat berilgan. Chorvachilikda – yilqichilik, qorakoʻlchilik, tuyachilik muhim oʻrin tutgan. T.davrida mulkchilik munosabatlari yanada takomillashgan. Mulkning, asosan, 4 shakli: „mulki devon“ (davlat yerlari), „mulk“ (xususiy yerlar), „mulki vaqf“ (madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar) va „jamoa yerlari“ boʻlgan. T. yerlarining katga qismi davlat mulki hisoblangan, ularni „suyurgʻol“ yoki „tarxon“ tarzida inʼom qilish keng tarqalgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shohrux davrida Xorazm – Shohmalik; Fargʻona – Mirzo Ahmad; Tus, Mashhad, Obivard, Nisoni qamragan Xuroson – Boysungʻur; Kobul, Gʻazna va Qandahrr viloyatlari Mirzo Qaydu bahodirning suyurgʻoli edi. Suyurgʻol yorligʻiga ega boʻlgan viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga nomigagina karam boʻlib, odatda, ular deyarli mustaqil boʻlishgan. Tarxonlik yorligʻini olgan mulkdorlar barcha soliq, toʻlov va majburiyatlardan ozod etilgan. Tarxonlik amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Shu boisdan davlat soligʻidan tushadigan daromadning talaygina qismi tarxonlar qoʻlida toʻplangan. Mamlakatning siyosiy hayotida ular gʻoyat katta kuchga aylangan. 15-asrda yer maydonlari, suv manbalari, doʻkon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor rastalari, karvonsaroylar va boshqa Madrasa, masjid, xonaqoh, shifoxonalarga biriktirilib, ular „mulki vaqf“ deb yuritilgan. Ulardan tushgan daromad xayriya ishlariga (masjid, Madrasa, shifoxona xarajatlari; jihozi; mutavalli, mudarris, tabib va talabalar uchun) sarf etilgan. Davlat yoki vaqf, tarxon yoki suyurgʻol yerlarda koranda boʻlib mehnat qiluvchi ziroatchilar „muzaraʼ“ deb atalgan. Ularning hissasi yer egasining urugʻlik, omoch, hoʻkiz, ot va arava kabilar bilan taʼmin etishiga qarab, 1/3, 1/4 yoki 1/5 hajmda belgilangan. Sugʻorma dehqonchilik yerlardan „mol“ soligʻi olingan. Daryo, buloq va koriz suvlari bilan sugʻoriladigan obikor yerlardan „mol“ soligʻi hosilning 1/3 (33%) miqdorida undirilgan. Lalmi yerlardan hosilning 1/6 dan to 1/8 miqdorida soliq solingan. Mulk yerlarining bir qismi „ushr“ miqdorida soliq toʻlagan. Bunday yerlar ilmfan, maʼrifat va maʼnaviy hayotning namoyandalari (sayyid, xoja, ulamo, shayxlar) tasarrufida boʻlgan. Masalan, 15-asrning yirik mulkdori Xoja Ubaydulloh Ahror 1300 ushriy mulkidan har yili Samarqand hokimi Sulton Ahmad xazinasiga gʻallaning oʻzidan 80 ming botmon (1 botmon – 20 kg) miqdorida ushr toʻlagan. Yuqorida qayd etilgan soliklardan tashqari fuqarodan soliq yigʻuvchi (muxassilona), hosilni belgilovchi (sohib jamona), kirimni boshqaruvchilar (zobitona, „dorugʻona“), suv taqsimlovchi („mirobona“) kabi toʻlovlar undirib olingan. Shuningdek, aholi favqulodda xarajatlar uchun „avorizot“ va „tavojjuhoti xorijiy“ kabi odatdan tashqari soliqlarni xam toʻlagan. Madaniy hayot 15-asr va 16-asr boshlarida Samarqand, Hirot, Buxoro va Gʻijduvon kabi bosh shaharlarda Amir Temur anʼanalari davom ettirilib, olimu muhandis, shoiru bastakor, meʼmoru binokor va naqqoshu musavvirlarning guruhi toʻplangan edi. Movarounnahrda, xususan, Samarqandda ilmfan va sanʼatning taraqqiyotida Ulugʻbek va uning atrofida yigʻilgan olimlarning oʻrni va hissasi nihoyatda buyukdir. Movarounnahr va Xurosonning boy va serqirra madaniyatiga, islom dunyosining maʼnaviy anʼanalariga suyangan hamda oʻz davrining madaniy tajribalaridan toʻla foydalana bilgan Ulugʻbek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa, uning maʼnaviy kamolotida ilmfanning va sanʼatning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. U mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda ilmiy ishlar bilan shugʻullandi. Ilmiy munozaralar oʻtkazdi. Ulugʻbek Movarounnahr shaharlarini, xususan, Samarqand va Buxoroni ilmu maʼrifat dargohiga aylantirishga intildi. Uning farmoni bilan Buxoroda (1417), Samarqandda (1417—20) va Gʻijduvonda (1433) madrasalar barpo qilindi. Hatto, Buxoro madrasasining darvozasiga: „Bilim olish har bir musulmon ayolu erkakning burchidir“, degan kalima yozib qoʻiilgan. Bu madrasalar zamonasining dorilfununi hisoblanib, ularda Qurʼon, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonunqoidalari), riyoziyot (mat.), handasa (geom.), joʻgʻrofiya (geogr.), ilmu aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi kabi dunyoviy ilmlar ham oʻqitildi. Samarqand madrasasida Shamsuddin Havofiy, Qozizoda Rumiy, Gʻiyosuddin Jamshid, Ulugʻbek, Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dare berishgan. Bu davrda Samarqandda Ulugʻbek madrasasidan tashqari Xonim, Firuzshoh, Shohmalik, Xojabek, Mirabduvali va Qutbiddin Sadr nomli madrasalar ham qad koʻtargan. 15-asrda Movarounnahr va Xurosonda tarix fani xam rivoj topdi. Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfizoriy, Davlatshoh Samarqandip va boshqa koʻpgina tarixchilar Samarqand yoki Hirotda yashab ijod qildilar. „Zubdat attavorix“ muallifi Hofizi Abru, „Matlai saʼdayn va majmai bahrayn“ nomli asarni yozgan Abdurazzoq Samarqandiy oʻz asarlarini Amir Temur va T. hukmronlik qilgan davrga bagishladilar. Mirxond „Ravzat ussafo“ va Xondamir „Habib ussiyar“ oʻz asarida Sulton Husayn hukmronlik qilgan davr voqealarini bayon qildi. Muiniddin Isfizoriy esa Hirot tarixini yezdi. T.davrida adabiyot badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pogʻonaga koʻtarildi. Nasr va nazmda koʻplab nodir asarlar yaratildi. Bu davrda zamonasining yetuk shoiru adiblari: Qutb, Sayfi Saroyi, Xaydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfip va boshqa yashab ijod qiladilar. Durbekning „Yusuf va Zulayho“ dostoni, Atoiy devoni, Lutfiyning „Zafarnoma“ va „Gul va Navroʻz“ dostonlari shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridandir. Bu davrda oʻzbek shoirlari ichida Lutfiy alohida oʻrin tutdi. Navoiyga qadar oʻzbek sheʼriyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir oʻtmagan. U oʻzbek tilida asarlar, fors tilida qasidalar yezdi. Bu davr badiiy adabiyoti taraqqiyotida Abduraqmon Jomiy hamda Alisher Navoiyning xizmati gʻoyat buyukdir. 15-asrda ilmfan va adabiyot bilan bir qatorda kitobat sanʼati, yaʼni qoʻlyozma asarlarni koʻchirib yozish va u bilan bogʻliq boʻlgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik (lavha chizish) va sahhoflik (muqovasozlik) sanʼati ham nihoyatda taraqqiy etadi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini koʻpaytirish ogʻir mehnat va koʻp vaqt sarf etiladigan mushkul ish boʻlgan. Ayniqsa, nafis kitob yaratish oʻta murakkab va juda mashaqqatli bir jarayon boʻlib, u qogʻozrez (qogʻoz tayyorlovchi), xattot, musavvir, lavvoh kabi bir necha xil mutaxassislarning mehnati va malakasi bilan bogʻliq edi. 15—16-asrlarda bir qancha isteʼdodli xattot, musavvir, lavvohlar yetishadi. Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashhadiy, Sultonali Xandon, Mirali Qilqalam, Xalvoiy, Rafiqiy shular jumlasidandir. 15-asr va 16-asr boshlarida T.da tasviriy sanʼat ham taraqqiy topadi. Kamoliddin Behzod, Mirak Naqk, osh, Qosimali, Mahmud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh va Shoh Muzaffar kabi moʻyqalam sohiblari yetishadi. Behzod asos solgan Hirot musavvirlik maktabi ulkan yutuqlarga erishadi. Bu davr tasviriy sanʼat obidalari oʻzining mavzui va voqeliligiga qarab portret, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat boʻlgan. Bizgacha Jomiy, Navoiy, Abdulla Xotifiy, Behzod, [[Husayn Boyqaro, Bobur va Shayboniyxon portretlari saqlanib qolgan. 14—15-asrlarda musiqa sanʼati taraqqiyotida xdm yangi bosqich boʻldi. Bu davrda yangi kuy va qoʻshiqlar, cholgʻu asboblari va musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Mahoratli sozandalar, bastakorlar va hofizlar yetishadi. Abduqodir Nayi, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli Gʻijjakiy, Qosim Rabboniy, Darvesh Ahmad Qonuniy, Xoja Yusuf Andijoniy, Us tod Shodiy, Najmiddin Kavkabiy shular jumlasidandir. Omilkor musiqachilar bilan bir qatorda Ulugʻbek, Navoiy, Jomiy va Binoiy kabi mutafakkir va shoirlar ham musiqa sohasida ijod qildilar. Masalan, Ulugʻbek „bulujiy“, „shodiyona“, „axloqiy“, „tabriziy“, „usuli ravon“ va „usuli otligʻ“; Navoiy „isfahoniy“ kuylarini ijod qiladi. Jomiy va Binoiy musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratdilar. Shubhasiz, musiqa sanʼati ham 14— 15-asrlarda sanʼatning boshqa turlari va sheʼriyat bilan uzviy aloqada yangi taraqqiyot pogʻonasiga koʻtariladi. Mohir sanʼatkormashshoklar, bastakor va hofizlar yetishadi, nodir va bebaho sanʼat asarlari vujudga keladi. Shunday qilib, Amir Temur asos solgan davlat Qad. Sharqda 3 yoʻnalishda (oʻtroq dehqonchilik, dasht chorvachiligi va shaharsozlik) shakllangan sivilizatsiyalar qorishgan TuronTurkiston hududlarida rivoj topib qiyomiga yetgan davlatchilikning nodir namunasi edi. Biroq 15-asr oxirida T. oʻrtasida avj olib ketgan ixtiloflar, ayrim viloyat hokimlarining uzluksiz oʻzaro kurashlari shaharlarda hunarmandchilik va savdosotiqqa zarar yetkazib, vohalarda dehqonchilik xoʻjaliklarini xonavayron qilgan. Bunday ogʻir ahvolda davlatning iqtisodiy va maʼmuriy hayotida muhim mavqega ega boʻlgan yuqori tabaqa vakillarining bir kismi T. ga nisbatan sotqinlik yoʻlini tutdi. Bu asnoda Fargʻona hokimi Bobur saltanatini shayboniylardan himoya qilish va uning barqarorligini saqlab qolish yoʻlida astoydil kurashgan. Biroq bunday sharoitda Bobur ham uz Vatanini tark etib, oʻzga yurtlarga yuzlanishga majbur boʻddi. U avval Afgʻonistonni, soʻngra Shimoliy Hindistonni boʻysundirib, Boburiylar saltanatiga asos soldi. Bu davlat T. davlatchiligi udumlarini davom ettirib, 3 asrdan ortiqroq hukm surdi. Bu davr mobaynida Hindiston yuksalgan va ravnaq topgan (qarang Boburiylar davlati). Adabiyotlar Ad.:Abdurazzoq Samarqandiy, Matlai saʼdayn va majmai baxrayn, T., 1969; Ibn Arabshoh, Ajoib ulmakdur fi axbori Temur, T., 1992; M irza Muxammad Xaydar, Tarixi Rashidi. T., 1996; Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1996; Ahmedov B., Ulugʻbek, T., 1989; Fayziyev T., Mirzo Ulugʻbek avlodlari, T., 1994; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995; Muhammadjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1996;3axidov P., Arxitekturnie tayni observatorii Ulugbeka, T., 2003. Yana qarang Temuriylar davlati Amir Temur, Shohrux, Ulugʻbek, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo, Manbalar Tarix Oʻzbekiston tarixi Turkiy sulolalar Musulmon sulolalari
39,093
3255
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shayboniylar
Shayboniylar
Shayboniylar — (; ) — Buxoro xonligida hukmronlik qilgan oʻzbek sulolasi, oʻrta asrlardagi Movarounnahr va Janubiy Turkiston hukmdorlari oilasidan. U urugʻning ismini Chingizxonning nabirasi Shibon avlodi Chingizid Muhammad Shayboniydan olgan, garchi Muhammad Shayboniy va uning bevosita avlodlaridan hech biri hech qayerda hukmronlik qilmagan. Shayboniylar va Shiboniylar Shayboniyxonning o‘zi ham Jo‘jixonning o‘g‘illaridan biri bo‘lgan Shibon avlodi ekanligini hisobga olib, ayrim tadqiqotchilar Shayboniylar va Shiboniylar o‘rtasida farq qilmaydi. Shunga ko‘ra, O‘rta Osiyoda Shayboniylar sulolasining hukmronligi Jo‘ji ulusidan Shiboniylar sulolasi hukmronligining davomi sifatida eʼtirof etiladi. Tarixchi olim, tarix fanlari doktori T.Sultonov ana shu nuqtai nazarga sodiq qolgan holda, Muhammad Shayboniyxonning bevosita avlodlari hech qachon rasman hech qayerda hukmronlik qilmaganligini yozadi. Shuning uchun XVI asrda hukmronlik qilgan sulolaning toʻgʻri yozilishi. Movarounnahrda, markazi avval Samarqandda, keyin Buxoroda — Muhammad Shayboniyxon avlodlari sifatida Shayboniylar emas, balki Shiboniylar (Siboniylar), Jochining oʻgʻli Shibon (Sibon) avlodlari sifatida. Kelib chiqishi Shayboniyxon Abulxayr davlatini qayta tiklashga boʻlgan bir qancha muvaffaqiyatsiz urinishlardan soʻng Oʻrta Osiyodagi temuriylar shaharlarini egallashga qaror qiladi. 1499-yilda Movarounnahrni zabt etishga kirishdi va 1500 — 1501-yillarda ularning poytaxti Samarqandni temuriylardan bosib olib, Shayboniylar davlatiga asos soldi. Butun Movarounnahrva Xuroson ustidan oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. Shayboniyxon oʻz davlati tashkil topgan paytdan to vafotigacha qoʻshni davlatlarning koʻpchiligi bilan doimiy urushda boʻlgan. U doimiy ravishda Sharqiy Dashti Qipchoq choʻllarida qozoq koʻchmanchi lagerlarida bosqinlar uyushtirgan, Safaviylar bilan oʻz davlatini kengaytirish uchun kurashgan. 1510-yil dekabrda Muhammad Shayboniyxon Marv yaqinida eron shohi Ismoil I Safaviy tomonidan magʻlubiyatga uchradi va oʻldiriladi. Shayboniyxonning amakisi Kuchkunjixon (hukmronligi 1510 — 1530) vafoti va uning o‘g‘li Abu Saidxon (1530 — 1533) qisqa muddat hukmronligidan so‘ng Shayboniyning jiyani Ubaydullaxon (hukmronligi 1533-1540) davlat boshlig‘i bo‘ldi. Shayboniylar temuriylarni Chingiziylar xonlari taxtini egallab oluvchilar, deb hisoblab, Xuroson va temuriylarning ikkinchi poytaxti Hirot uchun safaviylar bilan doimiy kurash olib bordilar. Sulola Abdullaxon II (1557 — 1598, 1583-yilda xon taxtiga o‘tirdi) hukmronligi davri xon hokimiyatining sezilarli darajada kuchayishi bilan xarakterlanadi. Abdullaxon II vafoti va uning oʻgʻli Abdulmoʻminxon oʻldirilishi hamda Pirmuhammadxon II vafotidan keyin Shayboniylar sulolasi barham topdi. Oxirgi shayboniy Pirmuhammadxon II davlatning kichik bir qismiga egalik qilgan; oʻsha yili u oʻzaro kurashda vafot etdi. Shayboniylardan keyin 1601-yilda hokimiyat tepasiga Ashtarxoniylar keldi. Shayboniylar Movarounnahrda Shayboniyxon, Shohbudog‘ Sultana o‘g‘li, Abulxayrxon o‘g‘li Movarounnahrda1501-1510 Suyunchxoʻjaxon, Abulxayrxonning oʻgʻli, Toshkent sultoni 1503 — 1525, Xon Movarounnahrda 1510. Kuchkunjixon, Abulxayrxon oʻgʻli, Sulton Turkiston 1501 — 1512, Xon Movarounnahrda 1510 — 1530. Abu Saidxon, Kuchkunjixonning oʻgʻli, Xon Movarounnahrda1 530 — 1533 Ubaydulloxon, Mahmud Sulton oʻgʻli, Sulton Buxoriy 1512 — 1533, Xon Movarounnahrda 1533 — 1539. Pirmuhammadxon, Jonibek Sultonning oʻgʻli, Sulton Balxa 1546 — 1566, Sulton Buxoriy 1550 — 1551, Xon Movarounnahrda1556 — 1561. Iskandarxon, Jonibek Sultonning oʻgʻli, Sulton Miankalya 1512 — 1533, Sulton Kermine 1529 — 1533, Xon Movarounnahrda1561 — 1583 Abdullaxon II, Iskandarxonning oʻgʻli, Sulton Qarshi 1552 — 1554, Sulton Buxoriy 1555 — 1556, 1557 — 1561, Sulton Kermine 1556 — 1561, Xon Buxoriy 1561 — 1583, Xon Movarounnahrda 1583 — 159-yillar. Abdulmoʻminxon, Abdullaxon II oʻgʻli, Sulton Balxa 1582 — 1583, Xon Balxa 1583 — 1598, Xon Movarounnahrda 1598-yil. Pirmuhammadxon II, Isfandiyor Sultonning oʻgʻli, Xon Movarounnahrda 1598 — 1601 Shayboniylar Buxoroda Mahmud-sulton, Shohbudogʻ-sulton oʻgʻli, Abulxayrxon Sulton Buxoriy oʻgʻli 1501 — 1511. Ubaydullaxon, Mahmud Sulton oʻgʻli, Sulton Buxoriy 1512 — 1533, Xon Movarounnahrda 1533 — 1540. Abdulazizxon, Ubaydullaxon o‘g‘li, Xon Buxoriy 1540 — 1550 Muhammad Yor-sulton, Suyunch Muhammad-sultonning oʻgʻli, Sulton Buxoriy 1550, 1551 — 1554 Burhon-sulton, o‘g‘li Muhammad Rahim-sultona, o‘g‘li Ubaydulloxon Sulton Buxoriy 1551 — 1555, 1556 — 1557 yillar. Abdullaxon II, Iskandarxonning oʻgʻli, Sulton Qarshi 1552 — 1554, Sulton Buxoriy 1555 — 1556, 1557 — 1561, Sulton Kermine 1556 — 1561, Xon Buxoriy 1561 — 1583, Xon Movarounnahrda 1583 — 159-yillar. Manbalar Adabiyotlar Materiali po istorii Sredney i Sentralnoy Azii XXIX vv., T., 1988; Istoriya Uzbekistana (XVI—Pervaya polovina XIX veka), t. 3, T., 1993; Oʻzbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1qism, T., 2000; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001. Muhammad Solih, Shayboniynoma, T., 1989; Hofiz Tanish alBuxoriy, Abdullanoma (1—2kitoblar), T., 1999— 2000; Mirzo Muxammad Haydar, Tarixi Rashidi, T., 1996. Turkiy sulolalar Musulmon sulolalari Buxoro Buxoro xonlari Buxoro xonligi
5,266
3259
https://uz.wikipedia.org/wiki/Afg%CA%BBoniston
Afgʻoniston
Afgʻoniston, Afgʻoniston Islom Amirligi (2021-yilning 15-avgustigacha Afgʻoniston Islom Respublikasi) — Janubi-Gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik oʻrniga koʻra Yaqin Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming km2. Aholisi 32 mln. 225 ming 560 kishi (2019-y). Poytaxti — Kobul shahri. Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy tuzilishiga koʻra 34 viloyatga boʻlinadi. Eron, Pokiston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi — 137 km. Shuningdek, Afg'onistonning yutuq tomonlaridan biri, qorako'l terisi tayyorlash bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi. Tabiati Afgʻoniston hududining 4/5 qismini togʻlar va yassitogʻliklar egallagan. Shimoli-Gʻarbida Paropamiz, Safedkoʻh, Bandi Turkiston, Shimoli-Sharqida Hindikush togʻ tizmalari, asosan, kenglik boʻylab yoʻnalgan. Markazining asosiy qismini Hazorajat va Gʻazni-Qandahor yassitogʻliklari egallagan boʻlib, ularga gʻarbiy hamda janubiy tomonlardan boshqa togʻliklarning tizmalari qoʻshilib ketgan (Bandi Bayon, Chixilabadalon, Zang tizmasi, Koʻhi Xurd, Mazor va boshqa). Mamlakat hududining janubiy va janubi-gʻarbiy qismlari baland tekisliklardan iborat boʻlib, ularda Registon va Garmsir qumli hamda tosh-gilli Dashti Morgʻo choʻllari joylashgan. Botiqlarda koʻllar va shoʻrxoklar mavjud (Sabari, Puzak, Gaudi-Zira va boshqalar). Afgʻonistonning janubi-sharqiy chegarasi boʻylab Sulaymon togʻlarining gʻarbiy tizmalari choʻzilgan. Afgʻonistonda foydali qazilmalar kam oʻrganilganiga qaramay, u yerda toshkoʻmir (Ish pushta, Kar kar, Darayi Soʻf, Karux va boshqa konlar), tabiiy gaz (Xoʻja gugurtak), temir rudasi (Palangsor), xrom rudasi (Shadal ketkay), oltin (Argandab, Sanglech, Nuraba), berilliy (Darayi-Pech, Darayi-Nur), qoʻrgʻoshin-rux (Farinjol, Mirzaka), mis rudasi (Jigdalay), osh va tosh tuzlari, oltingugurt hamda qimmatbaho tosh konlari mavjud. Hirot va Bomiyon viloyatlarida maʼdanli suv buloqlari ochilgan. Afgʻoniston hududining katta qismi quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlib, iqlimi kontinental. Yozi issiq va quruq (iyulning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 32—35 °C, togʻlarda 10— 14 °C), kishi iliq, togʻlarda sovuq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 0ye dan 8 °C gacha; — 30 °C sovuqlar ham kuzatiladi, togʻlarda 0 °C dan past, ayozli kunlar koʻp boʻladi). Yillik yogʻin miqdori shimoliy hududlarda 170 — 280 mm, choʻl hududlarida 40 — 50 mm, togʻ yon bagʻirlarida 800 mm gacha boradi. Yirik daryolari — Amudaryo va uning irmogʻi — Panj hamda Hilmand, Farrohrud, Herirud, Murgʻob va boshqa Qobul daryosi Hind okeani havzasiga quyiladi. Daryolarning suvlaridan sunʼiy sugʻorishda hamda elektr energiya hosil qilishda foydalaniladi. Mamlakat sugʻorma dehqonchilik hududlarida boʻz va toʻq boʻz tuproq hamda sur-koʻngʻir tuproklar tarqalgan. Katta qismini qumli tuproq egallagan. Asosan choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shimoli-sharqiy va sharqiy qismlaridagi togʻlarda keng bargli (2000-2400 m li balandlikda) hamda ignabargli (3300 — 3400 m gacha boʻlgan balandlikda) oʻrmonlar mavjud. Afgʻonistonda yovvoyi hayvonlardan boʻri, sirtlon, tulki, qoplon, ayiq, jayron va boshqalar uchraydi. Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy boʻlinishi Aholisi Shimoliy Afgʻonistonda baʼzi viloyatlarda oʻzbeklar keng tarqalgan boʻlib ular hozirgacha oʻzbek tilida gaplashishadi. Bunday shahar va viloyatlarga misol: Samangan; Shibirgʻon; Mozori-Sharif; Maymana; Qunduz. Afgʻoniston — koʻp millatli mamlakat. Unda turli til guruhiga kiradigan 30 dan ortiq millat va elatlar yashaydi. Aholining deyarli yarmi afgʻon (pushtun) lar (8 mln.dan ortiq kishi). Tojiklar (4,5 mln.), oʻzbeklar (3 mln.ga yaqin), hazoralar (1,5 mln.dan ortiq), turkmanlar, qirgʻizlar, choraymoqlar, balujlar ham bor. Oʻzbeklar asosan Juzjon, Balx, Foryob, Qunduz, Taxor, Samangon, Hirot va qisman Bagʻlon viloyatlarida istiqomat qiladi. Shaharlarda kam joylashgan. Mozori-Sharif, Shibirgʻon, Maymana, Oybak, Toluqon, Qunduz hamda Toshqoʻrgʻon shaharlarida aholining koʻpchiligini tashkil etadi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 da salkam 30 kishi. Davlat tili pushtu va dariyil Aholining 85 % islom dinining sunniylik va 15 % shialik yoʻnalishlariga mansub. Aholiningʻ 18 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Qobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot, Jalolobod, Qunduz, Bag`lon. Tarixi Hozirgi Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 1-mingʻ yillikda bir qancha mayda davlatlar boʻlgan. Baqtriya ularning eng kuchlisi edi. Ular uzoq asrlar davomida Ahamoniylar, salavkiylar, Arab xalifaligi, g`aznaviylar, moʻgʻullar, temuriylar, boburiylar, safaviylar hukmronligi ostida boʻlgan. 1747-yilda Ahmadshoh Durroniy Xuroson, Seiston, Sind, Balujiston, Panjob, Kashmir va Balxni, shuningdek Amudaryoning soʻl sohilidagi ayrim hududlarni egallab, birinchi bor mustaqil Afgʻoniston davlatiga asos soldi. Lekin u 1818-yilda bir qator xonliklar (Kobul, Qandahor, Hirot va Peshovar)ga boʻlinib ketdi. 1825-yilda Kobul hokimi Doʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun davlat qilib birlashtirishga harakat qildi, lekin bunga Angliyaning bosqinchilik urushlari toʻsqinlik qildi (1838 — 42, 1878 — 80 yillardagi urushlar). Angliya Afgʻonistonni oʻz mustamlakasiga aylantira olmadi, lekin 1879-yilda tashqi siyosat uning nazorati ostiga oʻtdi. 19-asr oxiri — 20 — asr boshlarida Afgʻonistonda markazlashgan davlatni shakllantirish jarayoni yakunlandi. Birinchi Jahon urushida Afgʻoniston oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. Qulay xalqaro sharoitning vujudga kelishi Afgʻoniston amiri Omonulloxonga 1919-yil 28-fevralda Afgʻonistonni mustaqil deb eʼlon qilishga imkon berdi. 1919 — 28 yillarda Omonulloxon mamlakatda qoloqlikni bartaraf qilish va ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. 1923-yilda Afgʻonistonning birinchi konstitutsiyasi eʼlon qilindi. 1929-yilda Angliya tomonidan uyushtirilgan isyon natijasida Omonulloxon taxtdan ketdi. Hokimiyatni muxolifat kuchlari rahbarlaridan biri, Bachai Saqo (amir Habibullo nomi bilan) egalladi va u barcha islohotlarni bekor qildi. Lekin shu yilning oʻzida Bachai Saqo hokimiyati agʻdarib tashlandi. Taxtga oʻtirgan Nodirshoh hukumati mamlakatni jadal rivojlantirish yoʻlini davom ettirdi. 1933-yil taxtga uning oʻgʻli Muhammad Zohirshoh oʻtirdi. II Jahon urushi davrida Afgʻoniston betaraflikni saqlab qoldi. Urushdan keyingi yillarda davlat tizimini demokratlashtirish, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish uchun muxolifat harakati kuchaydi (1947, 1950 — 51 yillardagi chiqishlar, 1965 — 66 yil Kobul shahridagi namoyishlar). 1973-yil 17-iyuldagi qon toʻkilmay oʻtkazilgan davlat toʻntarishi natijasida monarxiya tugatildi va mamlakat respublika deb eʼlon qilindi. Chuqur islohotlarni oʻtkazishga soʻz bergan Muhammad Dovud hukumati oʻz vaʼdasini bajarmadi. Mana shunday sharoitda 1978-yilning 27-aprelda yana davlat toʻntarishi amalga oshirildi. Hokimiyatga Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi va mamlakat Afgʻoniston Demokratik Respublikasi, 1987-yildan Afgʻoniston Respublikasi nomini oldi. N. Taraqqiy hokimiyati salkam bir yarim yildan keyin H. Amin tomonidan agʻdarildi, uning oʻzi oʻldirildi. Mamlakatda qirgʻinbarot boshlandi. Lekin H. Amin hokimiyati ham uzoqqa bormadi. U 1979-yil 27-dekabrda agʻdarildi hamda hokimiyat avval B. Karmal, 1986-yildan Najibullo rahbarligidagi Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi va Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. 1978-yil aprel toʻntarishidan keyin Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi mavjud sharoitni hisobga olmasdan amalga oshira boshlagan islohotlar afgʻonlarning asrlar davomida shakllangan anʼanalari va urf-odatlariga zid edi. Bu, ayniqsa, yerga egalik qilishda va undan foydalanishda, taʼlim tizimida hamda ayollarning jamiyatda tutgan oʻrnida yaqqol koʻzga tashlanar edi. Shuning uchun ham islohotlarning aksariyati xalqqa chuqur norozilik tugʻdira boshladi. Bu esa mamlakatdagi hamda Pokiston va Erondan boshpana toptan afgʻon muxolifat kuchlariga qoʻl keldi. Keyinchalik Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi yuqoridagi xatoliklarini tuzatishga harakat qildi. Lekin vaqt qoʻldan boy berilgan, mamlakat ichidagi nizolar chuqurlashgan edi. Mana shunday sharoitda Afgʻoniston hukumatini qoʻllab kelayotgan, shuningdek oʻz tashqi siyosatini kommunistik mafkurani dunyo boʻylab yoyish orqali taʼsir doirasini kengaytirish asosida qurgan SSSR qoʻshinlarining 1979-yil 25-dekabrda. Afgʻoniston ga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar xalqlar tomonidan keskin qoralandi. Koʻp yillik urush mamlakatga 20 mlrd. dollar zarar yetkazdi. 1 mln. afgʻon halok boʻldi, 4 mln. kishi chet ellarga bosh olib ketdi. 1989-y, fevralda sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketildi. 1992-yil aprelda Najibullo hokimiyati agʻdarildi. Islomiy kuchlar hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu yildan mamlakat Afgʻoniston Islom Davlati deb atala boshladi. Sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketgandan keyin ham mamlakat juda muhtoj boʻlib turgan siyosiy tinchlik va iqtisodiy qayta qurish davriga oʻta olmadi. Mamlakatda ichki fuqarolar urushi boshlanib, u sovet bosqinchilaridan koʻra kattaroq vayronagarchilik olib keldi. „Tolibon“ harakatining oʻzaro kurashga qoʻshilishi Afgʻonistonda yangi vaziyatni vujudga keltirdi. Bu harakatning harbiy kuchlari 1994-yil kuzida dastlabki muvaffaqiyatga erishdi. 1996-yil 27-sentabrda ular Kobulni ishgʻol qilib, prezident B. Rabboniy va G. Hikmatyor hukumati agʻdarib tashlanganini, mamlakatda shariat qonun-qoidalariga asoslangan „chin islom boshqaruvi“ joriy etilganini bildirdi. B. Rabboniy bilan Hikmatyor hukumati Mozori Sharifga borib oʻrnashdi. 1996-yil 27-sentabr kuni Afgʻonistonning sobiq prezidenta M. Najibullo sud qilinmay qatl etildi. 1996-yil 10-oktabrda mamlakat shimolida toliblarga qarshi koalitsiya tuzildi. Xinjon shahrida harbiy rahbarlar — Afgʻoniston R. Doʻstum, Afgʻoniston Sh. Masʼud, Afgʻoniston K. Xaliliy harbiy ittifoq haqida bitam imzoladilar va Oliy mudofaa kengashi (OMK) tuzdilar. OMK shimolidagi 9 viloyatning oʻziga xos hukumati boʻlib, uning qarorgohi Mozori Sharif edi. Bu hukumat avvalgi barcha davlat tuzilmalari ishlay berishini, chet ellardagi diplomatiya va konsullik vakolatxonalari Afgʻoniston manfaatlarini himoya qilishini maʼlum qildi. 1997-yil iyunida OMK tarqatilib, uning oʻrniga Afgʻoniston Birlashgan islom najot fronti tuzildi. Front toliblar bilan muzokara oʻtkazishga tayyor ekanini bildirdi. 1997-yil oktabrda „Tolibon“ harakati mamlakatning nomi Afgʻoniston amirligi deb oʻzgartirilganini rasmiy eʼlon qildi. 1999-yil oxirida toliblar mamlakat hududining 80 % dan ortigʻini nazorat qilar edi. Toliblar maʼmuriyatini 3 davlat: Pokiston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tan olgan. Jahon hamjamiyati prezident B. Rabboniy boshchiligidagi Afgʻoniston hokimiyatini hamon birdan-bir qonuniy hukumat deb tan oladi. BMT da ham B. Rabboniy hukumatidan vakil qatnashadi. Iqtisodiy raqobatchilik va etnik kelishmovchilik kabi omillar ham Afgʻonistondagi har xil jamoa va qabilalar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirdi. Soʻnggi 20 yil ichida boʻlib oʻtgan voqealar Afgʻonistonda kuch bilan hech nimaga erishib boʻlmasligini, faqat oʻzaro kelishuv natijasida tinchlikka erishish va mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni qanoatlantiruvchi hokimiyat oʻrnatish mumkinligini koʻrsatdi. Afgʻonistonning yaqin qoʻshnilaridan boʻlmish Oʻzbekiston ana shularni eʼtiborga olib, Afgʻoniston muammosini tinch bartaraf etishga intilib keldi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta I. Karimov 1993-yil BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida bu mamlakatdagi chigal ahvolga jahon jamoatchiligining eʼtiborini qaratdi, 1995-yil 50-sessiyada bu muammoni bartaraf qilish xususidagi takliflarini bayon etdi. 1997-yil Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta Afgʻonistonga chegaradosh 6 mamlakat hamda AQSH va Rossiya ishtirokida muloqot oʻtkazish tashabbusi bilan chikdi. Shu tashabbus amalga oshib, „6+2“ guruhi tashkil etildi. Uning birinchi uchrashuvi oʻsha yil 16-oktabr da Nyu-Yorkda boʻldi. Nihoyat, 1999-yil 19-iyulda Toshkentda shu guruhning navbatdagi uchrashuvi oʻtkazildi. Unda Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, shuningdek AQSh va Rossiya vakillari qatnashdi, BMT shafelik qildi. Unda Afgʻonistondagi nizolashayotgan tomonlar: „Tolibon“ harakati va Afgʻoniston Birlashgan fronti moʻtabar namoyandalari ishtirok etishi katta voqea boʻldi. Anjuman nihoyasida „Afgʻonistondagi mojaroni tinch yoʻl bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida“ Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi. Deklaratsiya „Tolibon“ bilan Birlashgan front oʻrtasida va ular b-i „6+2“ guruhi aʼzolari oʻrtasida bevosita muloqatni yoʻlga qoʻyishga asos boʻldi. BMT Xavfsizlik Kengashi „6+2“ guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlarini yuqori baholadi. Qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi BMT hujjati maqomini olgan. Afgʻoniston— 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil oktabrda oʻrnatilgan. Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari. Afgʻoniston islom jamiyati (Rahbari — Burhoniddin Rabboniy); Afgʻoniston islom partiyasi (Rahbari — Gulbiddin Hikmatyor); „Tolibon“ harakati (Rahbari — Mulla Muhammad Umar); Afgʻoniston Milliy islom harakati (Rahbari — Abdul Rashid Do`stum); Afgʻoniston milliy najot jabhasi (Rahbari — Sibg`atulloh Mujaddadiy); Afgʻoniston ozodlik islom harakati (Rahbari — Abdu Rasul Sayyof); Afgʻoniston milliy islom jabhasi (Rahbari — Sayid Ahmad Giyloniy); Afgʻoniston islom birligi partiyasi (Rahbari — Muhammad Haliliy). Ammo hozirgi kunda zikr etilgan partayalarning aksariyati Pokiston hududida joylashgan boʻlib, Afgʻoniston hududida esa „Tolibon“ harakati bilan Shimoliy Ittifoq qolgan. Shimoliy Ittifoq tarkibiga „Afgʻoniston islom jamiyati“, „Afgʻoniston islom birligi partiyasi“, „Afgʻoniston ozodlik ittifoqi harakati partiyasi“, „Afgʻoniston milliy islom harakati“ siyosiy partiyalari va ularga qarashli kuchlar kirgan. Xoʻjaligi Afgʻoniston — Agrar mamlakat. Uning xoʻjaligi koʻp tarmoqli. Mamlakatning shimoliy viloyatlarida, Kobul atroflarida hamda Qandahor va Hirot viloyatlarida kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari bir oz rivojlangan. Afgʻoniston iqtisodiy jihatdan dunyoda eng qoloq va kambagʻal mamlakatlarning biridir. Yalpi milliy mahsulotning 4/5 qismi qishloq xoʻjaligida yaratiladi. Afgʻoniston iqtisodiyotining asosini sugʻorma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi tashkil etadi. Sugʻorma dehqonchilik Qunduz, Ko`kcha, Balx, Daryoyi-Safed, Murg`ob daryolarining vodiylarida rivojlangan boʻlib, u yerlarda bugʻdoy, arpa, sholi, joʻxori, paxta, kunjut, qand lavlagi yetishtiriladi. Nangarhar viloyatida sholi, joʻxori bilan bir qatorda shakarqamish, sitrus mevalari ham yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlarning asosiy qismi Qobul, Hirot, Argandab hamda shimoliy va gʻarbiy viloyatlardagi daryo vodiylariga toʻgʻri keladi. Sabzavotchilik va polizchilik keng tarqalgan. Mamlakatda qishloq xoʻjaligiga yaroqli 17 mln. gektar yer boʻlib, uning 8 mln. gektari haydaladigan yerlardir. Sugorma yerlar 2,5 mln. gektarni tashkil etadi. Gʻallaning yalpi hosili 4 — 5 mln. tonna boʻlib, uning deyarli yarmi bugʻdoy, 1/6 qismi — arpa. Paxta (yiliga 200 ming t), sabzavot va poliz ekinlari (yiliga 200 ming t), uzum (yiliga 500 ming t), meva, zaytun (yiliga 150 ming t) yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻychilik asosiy oʻrin egallaydi. Qoʻylarning 1/4 qismi qorakoʻl qoʻylaridan iborat. Echkichilik, yilqichilik, tuyachilik ham rivojlangan. Parrandachilik xam mavjud. Sugorma dehqonchilik hududlarida pillachilik rivojlangan. Mamlakatda 3 mln.ga yaqin kishi koʻchmanchilik bilan turmush kechiradi. Sanoat asosan mahalliy xom ashyoga asoslangan boʻlib, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan yengil va oziq-ovqat sanoati barpo qilingan. Elektr energiyasi Mozori Sharifdagi quvvati 36 ming kVt li, Kobul, Gulbahor, Qandahor, Hirot va Bagʻlondagi quvvati 2 ming kVt li issiklik elektr stansiyalarda hosil qilinadi. Kobul daryosida GES kaskadi (har biri 100 ming kVt li uchta va 15 ming kVt li bitta) mavjud, janubida Hilmand daryosida (100 ming kVt gacha boʻlgan), uning irmogʻi Argandabda 15 ming kVt li, Qunduz daryosida 15 ming kVtli „Puli-Xumri“ elektr stansiyalar barpo etilgan. Shim.dagi sanoat (gaz, neft, koʻmir, tosh tuzi va boshqalar) korxonalari 1997-yilning oʻrtalarigacha mahsulot ishlab chiqardi. Kobulda metallsozlik, yogʻochni qayta ishlash, qurilish mate-riallari, ip gazlama, charm poyabzal korxonalari, Mozori Sharifda azot oʻgʻitlari zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Puli-Xumrida sement zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Jalolobod, Balx, Qandahorda jun gazlama fabrikasi, Aqcha-da charm poyabzal korxonasi mavjud. Oziq-ovqat sanoati korxonalari deyarli barcha shaharlarda joylashgan. Sanoat markazlari — Kobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot. Afgʻonistonda gilamdoʻzlik yaxshi rivojlangan. Balx, Jauzjon, Faryob, Badxiz, Hirot, Farroh viloyatlirida qoʻlda gilam toʻqiladi. Afgʻoniston chetga hoʻl va quruq mevalar, teri va charm, qorakoʻl, paxta, jun, gilam, moyli urugʻlar, shifobaxsh oʻtlar, tabiiy gaz chiqaradi. Chetdan turli mashina va jihozlar, neft mahsulotlari, shinalar, toʻqimachilik mollari, dori-darmon, tamaki, qand, choy, bugʻdoy, tayyor kiyimlar oladi. Temir yoʻl transporti rivojlanmagan (bundan uzunligi 11 km boʻlgan Kushka-Torgundi temir yoʻl istisno). Asosiy transport turi —avtomobil transporta. Avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 20 ming km boʻlib, uning 3 ming km asfaltlangan. Transport vositasi sifatida ot-eshak hamda tuyalardan keng foydalaniladi. Kobul va Qandahor shaharlarida xalqaro aeroportlar mavjud. Pul birligi — Afg`oni. Maorif, matbuot, tibbiy xizmat va ichki hayotga tegashli boshqa sohalarga soʻnggi yillardagi urush sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Shu bois hozirgi kunda bu sohalarga oid biron bir maʼlumot mavjud emas. Adabiyoti Afgʻoniston adabiyotining rivojida pushtu va fors-kobuliy tilidagi xalq ogʻzaki ijodining taʼsiri katta. 10 — 15 — asrlar mumtoz adabiyotining namoyandalari Rudakiy, Firdavsiy, Saʼdiy va boshqa shoirlar ijodiyotini Eron, A, Tojikiston xalqlari oʻzlarining umumiy adabiy merosi deb hisoblaydilar. 15-asrda yashab ijod etgan Boyazid Ansoriy saj (qofiyali nasr) uslubidagi asarlarida diniy-falsafiy, ijtimoiy fikrlarini bayon etdi. Uning izdoshlari, „ravshaniy shoirlar“ nomi bilan mashhur boʻlgan Davlat Lohoniy, Mulla Arzoniy, Mirzaxon Ansoriylar 17-asrda Afgʻoniston adabiyotida ijtimoiy va demokratik mayllarni targʻib qildilar. 17 — 18-asrlarda Xushholxon Hattak, Abdurahmon Rahmonbobo, Abdulhamid, Abdulqodirxon Hattak, Kozimxon Shaydo, Pirmuhammad Kokar, Ahmadshoh Durroniy kabi zabardast shoirlar yetishib chiqdi va Afgʻoniston adabiyoti rivojida sermahsul davr boshlandi. Afgʻoniston adabiyotaga fors-tojik va oʻzbek adiblaridan Umar Xayyom, Hofiz, Jomiy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Bedil ijodi barakali taʼsir oʻtkazdi. 19-asrda afgʻonlarning ingliz bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashi Hyp Sohib, Nuriddin, Hamid Kashmiriy kabi yozuvchilar ijodida aks ettirildi. Mahmud Tarziy 20-asr boshlarida taniqli maʼrifatparvar boʻlgan. Oʻsha paytda Solih Muhammad, Gʻulom Muhiddin Afgʻoniy va boshqa muhim ijtimoiy muammolar xaqida yozdilar. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Peshovarda nasrchilik rivojlana boshladi. Mavlaviy Axmad afgʻon adabiyotida hikoyanavislikka asos solganlardan biri boʻladi. U pushtu tilida „Odamxon va Durxoniy“ ertagi asosida qissa va „Afgʻon ganjinasi“ hikoyalar toʻplamini yezdi. Ahmadshoh Rizvoniy sheʼr va hikoyalar ijod etdi. Afgʻoniston mustaqillika erishgach (1919), adabiyotda maʼrifatparvarlik mavzui ustun boʻldi, vatanparvarlik ruhidagi asarlar dunyoga keldi. Turli adabiy uslub va yoʻnalishlar bir-biri bilan qoʻshila bordi. 1937-yilda Kobuldagi „Anjumane adabiy“, Qandahordagi „Pushtu“ jamiyatlari birlashuvi natijasida „Pashtu tolina“ (Afgʻon akademiyasi) tashkil topdi. Akademiya olimlari pushtu tilidagi adabiyot va sanʼatni rivojlantirish bilan shugʻullandilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin tuzilgan „Bedor yoshlar“ tashkiloti aʼzolari matbuotda va adabiy asarlarda jamiyatda jiddiy oʻzgarishlar qilish va mamlakatni ogʻir iqtisodiy ahvoldan qugkarish talablarini ilgari surdilar. Aning mashhur yozuvchilari: Abdurauf Benavo, Gul Pocho Ulfat, Nurmuhammad Taraqqiy, Gʻulom Hasan Sofiy, Qiyomiddin Xodim, Sadikulla Rishgin, Abdulhaq Betob, Xalilulla Xaliliyil Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 4 — 3 ming yillarda barpo etilgan Mundigak manzilgohi qoldiqlari saqlanib qolgan. Yunon-Baqtriya podshohligi davri meʼmorligi va sanʼatida ellinizm taʼsiri seziladi. Baqtra yaqinida, Bomiyon daryosi vodiysida 1 — 8- asrlarga mansub budda ibodatxonalari, ehrom va haykallari saqlanib qolgan. Bomiyon majmuining eng eʼtiborli qismi Buddaning qoyaga ishlangan bahaybat haykalidir. Bu davrda zargarlik, shisha va metalldan badiiy buyumlar yasash ham rivojlandi. Afgʻoniston oʻrta asrlar meʼmorligi va sanʼatida Eron hamda Turkiston meʼmorligi va sanʼati bilan oʻxshashligi koʻp. Gʻaznaviylar davri (977— 1186)dagi mahobatli binolarda ayvonlar, peshtoqlar paydo boʻldi. Istyohkom shaharlar, hashamatli saroylar, masjidlar, makbaralar qurildi. 12-asr meʼmoriy obidalaridan Gʻazna atrofidagi minoralar alohida ahamiyatga ega. Jom qishlogʻi yaqinidagi minoraning ulugʻvorligi, mutanosibligi, undagi nafis naqshni meʼmorlik durdonasi desa boʻladi. Temuriylar hukmronligi davrida qurilish ishlari avj oldi. Shaharlar qurish doirasining kengligi, binolarning dabdabali shakllari, ularning bezaqdorligi — bu davr meʼmorligi va sanʼatining asosiy xususiyatidir. Hirotda katta qurilish ishlari olib borildi. Jome masjidi tiklandi, shahar atrofida bogʻlar, saroylar qurildi. Masjid, Madrasa, maqbara, minora va boshqalardan iborat kurkam Musallo majmuasi tashkil topdi. Balxdagi Xoʻja Abu Nasr Porso maq-barasi (15-asr) mashhur. 11 — 15-asrlarda amaliy-badiiy bezak sanʼati ravnaq toddi. Metall, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, gilam toʻqish keng rivojlandi. Hirot, Qandahorda ishlangan patnis, latan, koʻza, shamdon, qalamdon, qurol-aslaxa, egar-jabduklar kurkam va nafis. Hirotning gilamlari oʻzining koʻp rangli geometrik va oʻsimliksimon naqshlari bilan mashhur. Bu yerda miniatyura sanʼati juda rivojlandi. Shoxrux va uning oʻgʻli Boysungʻur homiyligidagi kutubxonada Firdavsiyning „Shohnoma“, Nizomiyning „Xamsa“, Saʼdiyning „Boʻston“ kabi mumtoz asarlarini Turkiston va Erondan keltirilgan xattotlar koʻchirdi, musavvirlar bezadi. Hirot miniatyura maktabi rasmlari koʻrkamligi, nafisligi, rangdorligi va mohirona tuzilgan kompozitsion qurilishi bilan ajralib turadi. Hirotda Mirak Naqqosh (Behzodning ustozi), Behzod kabi mashhur musavvirlar ijod qildilar. 16- asr obidalari orasida Bobur maqbarasi diqqatga sazovor. 18- asr obidalaridan Ahmadshoh Durroniy maqbarasi mashhur. Milliy sanʼatning rivojlanishida 1921-yilda Kobulda tashkil etilgan tasviriy, amaliy sanʼat va hunar maktabi katta rol oʻynadi. Abdulgʻofur Breshna va uning shogirdlari, Gʻavsiddin, Xayr Muxammad, Vafo va boshqa ijodida manzara, maxalliy ozodlik kurashi tarixidan olingan voqealar, xalq hayotini koʻrsatuvchi lavhalar katta oʻrin egallaydi. Portretchi rassom Humoyun E`timodiy ijodida koʻproq oʻrta asr miniatyurachiligi oʻrin olgan. Afgʻon xalqi amaliy sanʼatining anʼanalari xam saqlanib kelmoqda. Teatri 10 — 12-asrlarda Gʻaznaviy shohlar saroyida ommaviy tomoshalar qoʻyish rasm boʻlgan edi. Xalq orasida ayiqboz, maymunboz va qoʻgʻirchoqbozlar tomosha koʻrsatib kelishgan. Afgʻoniston mustaqillikka erishgach, havaskorlik teatr truppalari paydo boʻldi, keyinroq Kobulda Yevropa tipidagi birinchi teatr ochildi. Ichki siyosiy ziddiyat kuchayishi natijasida 20-yillar oxirida teatr yopildi. 1941-yil xalq tomoshalari boshqarmasi tashkil etildi. Koʻchma truppalar asosida „Poxini nindore“ (40-yillarning oʻrtalarida) va „Di Kobul nindore“ (1947) maydonga keldi. Kobul teatrlari tarixiy mavzuda Afgʻoniston Karimiyning „Vatanga sadoqat“, Y. Koʻhzodaning „Ahmadshoh bobo“, zamonaviy mavzuda Afgʻoniston Breshnaning „Soliqchi“, G. M. Ayyubiyning „Nomaʼlum odat qurbonlari“, Afgʻoniston Benovaning „Maktabdosh doʻstlar“. Afgʻoniston Ixlosning „Akramxon va Laʼlixon“, R. Latifiyning „Kumush shamdonlar“ asarlarini sahnalashtirdi. Afgʻon xalqi orasidan M. Afgʻoniston Ravnaq, Besad, Isir, Mash`al, Habiba, Jayla, Raʼno singari aktyorlar yetishib chiqdi. 1956-yil Kobulda teatr maktabi ochilgan. Musiqasi Afgʻoniston musiqasi rang-barang taronalarga boy Xalq musiqasida bir ovozli, bayt qoʻshiqlar keng tarqalgan; chorbayt, gʻazal kabi anʼanaviy va yangi shakldagi janrlar mavjud. Afgʻon va qashqar ruboblari, dilrabo, dilnavoz va tanbur kabi torli sozlar koʻp. Sanʼat arboblaridan — sozanda-xonanda Usto Gʻulom Husayn va Usto Mamad Umar, shoir, xonanda-bastakor Hofizulla Hiyol va Jamil Zalond, Salim Sarmast va Faqir Nangolay kabi bastakor-mehtarlar, Xadicha Parvin, Hamida Ruxshona, Qubra Jilo, Abduraim Sarbon, Abduvahob Mamadiy, Sora Zalond singari xonandalarning nomi koʻp mamlakatlarda maʼlum. 1965-yil mamlakatda birinchi musiqa maktabi ochildi. Kobuldagi Akademiya birinchi afgʻon qoʻshiqlari toʻplami („Pashtani san-diri“)ni nashr etdi. Oʻzbekiston sanʼatkorlari Afgʻonistonda, afgʻon artistlari (Usto Gʻulom Husayn, Hofizulla Hiyol) Oʻzbekistonda koʻp marta gastrollarda boʻlishgan. Mamlakatning taniqli musiqachilari orasida Qosim Afgʻon, Muhammadin Zayxeya va boshqa bor. 2021-yil mart oyida Afgʻoniston taʼlim vazirligi tomonidan 12 yoshdan katta boʻlgan qizlarga erkaklar oldida qoʻshiq kuylash taqiqlandi. Manbalar Osiyo BMT aʼzolari
25,671
3260
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bangladesh
Bangladesh
Bangladesh Xalq Respublikasi (Gono Projatontri Bangladesh) — Janubiy Osiyodagi davlat. Hind okeanining Bengaliya qoʻltigʻi boʻyida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 4 viloyatga boʻlinadi, ular 19 okrug (distrikt)ni oʻz ichiga oladi. Maydoni 144 ming km2. Aholisi 204 422 000 kishi (8o'rin). Poytaxti — Dakka shahri. Davlat tuzumi Bangladesh — unitar respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. 1972-yilgi konstitutsiyaga binoan davlat boshligʻi — prezident. Bangladeshda bir palatali parlament — Milliy majlis ish olib boradi. Uning 330 deputati mamlakat prezidenti kabi 5 yil muddatga saylanadi. Ijrochi hokimiyatni prezident hukumat bilan birgalikda boshqaradi. Tabiati Mamlakat Gang, Brahmaputra oʻrtacha harorat 26 °C. Eng iliq oy aprelda harorat 33° dan 36° gacha boʻladi. Dunyodagi eng nam iqlimlardan biri shu yerda. Mamlakatning koʻp qismiga yiliga oʻrta hisobda 1525 mm gacha yogʻin yogʻsa, ayrim togʻ oldi hududlariga 5080 mm gacha yogʻadi. Musson davri (iyun—sentabr) eng seryogʻin paytdir. Daryolarda timsoh, toshbaqa, baliqdar bor. Bangladesh hududining 15 % ga yaqini doimo yashil oʻrmonlar bilan qoplangan. Ularda bambuk va rotang daraxtlari (palmaning bir turi) koʻp. Madxupur va Sundarban changalzorlarida yoʻlbars va mushuksimonlarning boshqa turlari, togʻli joylarda fil, qoplon va karkidonlar uchraydi. Aholisi Aholisining 98% bengallar. Biharlar, santallar, munda, oraon, chakma, marma, kxas qabilar ham yashaydi. Rasmiy tili — bengal va ingliz tillari. Aholining 85% musulmon. Bangladesh tugʻilish va aholining zichligi jihatidan dunyoda eng yuqori oʻrinlardan birida turadi. Shahar aholisi 24% ni tashkil etadi. Eng katta shaharlari: Dakka, Chittagong Rajshahi. Aholisi 2022-yil ma'lumotlariga ko'ra 169,8 mln kishi dunyoda 8 o'rin. Dunyoda musulmonlar soni bo'yicha 3 o'rin turadi. Tarixi Bangladesh hududi (sobiq Sharqiy Bengaliya)da dastlabki davlat miloddan avvalgi 7 — 6- asrlarda paydo boʻlgan. Vanga davlati (keyinchalik Bangla; davlatning hozirgi nomi ham shundan kelib chiqqan) shularning biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 4-asrdan milodiy 5-asrgacha Bangladesh hududi turli gʻind saltanatlari tarkibida boʻldi. 6-asrda u Gʻarbiy Bengaliya bilan yagona Bengaliya davlati boʻlib shakllandi. 13-asr boshlarida Dexli sultonligining musulmon sultonlari uni bosib olishdi. Shu tufayli bu yerda musulmon dini tarqaldi (ilgari hindu dini ustun edi). 16-asrda boburiylardan Akbarshohni Hindistonga qoʻshib oldi. 18-asr boshlarida Bangladesh hududi mustaqil boʻldi, 1757-yildan inglizlar qoʻliga oʻtdi, soʻngra Angliyaning Hindiston mustamlakasi tarkibidagi Sharqiy Bengaliya viloyatiga aylandi. 1947-yil Hindiston mustaqillikka erishgach, bu yerda ikki davlat — Pokiston va Hindiston vujudga kelishi munosabati bilan Sharqiy Bengaliya Assom okrugiga qoʻshilib, Pokistonning yangi viloyati sifatida „Sharqiy Pokiston“ nomini oldi. Biroq Gʻarbiy Pokiston bilan boʻlgan iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar 1971-yilda Bangladeshning mustaqil deb eʼlon qilinishiga olib keddi. 1974-yildan Bangladesh — BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26-mart — Mustaqillik kuni. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatik munosabatlarni 1992-yil oktabrda oʻrnatgan. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Bangladesh ishchi-dehqon xalq ligasi; Xalq ligasi; Bangladesh millatchi partiyasi; Milliy xalq partiyasi; Milliy partiya. Milliy ishchi ligasi kasaba uyushmasi birlashmasi; Ishchi va xizmatchilarning birlashgan kengashi; Bangladesh kasaba uyushmalari markazi. Xoʻjaligi Bangladesh — agrar mamlakat. Mehnatga layoqatli aholining 80% qishloq xo'jaligi bilan mashgʻul. Ishlanadigan yerning 50% dan yiliga 2 — 3-marta hosil olinadi. Ammo qishloq xo'jaligi mamlakat aholisining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirolmaydi. Doimiy boʻlib turadigan tabiiy ofatlar, ayniqsa suv toshqinlari qishloq xo'jaligi ishlarini qiyinlashtiradi. Asosiy ekinlari sholi (ishlanadigan yerning 90%ga ekiladi), jut, choy (umumiy maydoni 47 ming ga), bugʻdoy, shakarqamish, dukkakli ekinlar, moyli ekinlar (raps, kunjut, xantal, arahis va boshqalar) ham yetishtiriladi. Chorvachilik kam rivojlangan. Qoramol (asosan ulov uchun), echki, qoʻy, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoat mamlakat ehtiyojining juda oz qismini qondiradi. Asosan qihsloq xo'jaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Asosiy tarmoqlari — toʻqimachilik (ayniqsa, jut va ip gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, yogʻ, tamaki, sholi, choy). Jundan mahsulot ishlab chiqarishda Hindistondan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Qogʻoz, kimyo, neft mahsulotlari, sement, mashinasozlik va sanoatning boshqa tarmoqlari korxonalari bor. Energetika mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Bir yilda 8,1 mlrd. kVt-s elektr energiya hosil qilinadi. Transporti Yuklarning koʻpi suv yoʻllari orqali tashiladi. Temir yoʻlining uzunligi 2,7 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 193 ming km. Eng katta dengiz portlari — Chittagong va Chalna. Chetga jun, teri mahsulotlari, choy, baliq chiqaradi. Xalqaro aeroporti — Dakka shahrida. 1988-yil va 1991-yildagi suv toshqinlari transport va kommunikatsiya tizimiga katta ziyon yetkazgan. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari — AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy. Pul birligi — taka. Maorifi Ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Bangladesh aholisining 75% dan koʻprogʻi savodsiz. Bolalarning 60%ga yaqini boshlangʻich maktabga qatnaydi. Dunyoviy maktablardan tashqari diniy maktablar ham bor. Texnika kollejlariga oʻquvchilar kamroq kiradilar. Bangladeshda 6 universitet (eng kattalari Dakka va Rajshaxi shaharlarida), bir qancha institutlar, jumladan politexnika, toʻqimachilik institutlari, qishloq xo'jalik akademiyasi bor. Bengaliya akademiyasi, atom energiyasi, qishloq xo'jalik va oʻrmonchilik, iqtisodiyot, tibbiyot, huquq va xalqaro munosabatlar ilmiy tadqiqot muassasalarida tadqiqot ishlari olib boriladi. Dakkada markaziy ommaviy va universitett kutubxonalari, 2 muzey mavjud. Matbuoti Radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Bangladeshdagi yirik gazetalar — "Ozodi" (bengal tilidagi kundalik gazeta, 1960-yilda tashkil etilgan), "Bangladesh-observer" ("Bangladesh sharhlovchisi", 1949), "Bangladesh tayme" ("Bangladesh vaqti", 1949), "Doynik Bangla" ("Kundalik Bengaliya", 1964). Davlat axborot agentligi — "Bangladesh Sangbad Sangasta" 1972-yil va xususiy agentlik — "Istern nyus Eyjensi" 1970-yilda tuzilgan. Bangladesh radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi davlat qaramogʻida. Adabiyoti Bangladesh adabiyoti bengal tilida bengal adabiyoti an’analari asosida rivojlanmoqda. 10 — 12-asrlarda tuzilgan diniy mazmundagi madhiyalar toʻplami — "Chorjapod" bengal tilidagi ilk yozma yodgorlik hisoblanadi. 16— 17-asrlarda she’riyat gullab yashnadi. Oʻrta asrlarda turli ilohlarga bagʻishlangan rivoyat, dostonlar katta ahamiyat kasb etdi. Musulmon shoirlardan Davlat Qozi va Sayid Alaol birinchi bor dunyoviy mavzularga murojaat qildilar hamda Bengaliyadagi hindu va musulmon madaniyatini bir-biriga birlashtirdilar. Musulmon adiblar arab va fors she’riyati uslublari, oʻxshatmalaridan, musulmon an’analariga aloqador ohang va voqealardan barakali foydalandilar. Bu yoʻnalish 17-asrda vujudga keddi va 19 — 20-asrlarda Mir Musharraf Husayn, Koykobod, Nazrul Islom, Abdul Fazl, Abdul Qodir kabi yozuvchilar uni yuksak choʻqqiga koʻtarishdi. Fylom Mustafo, Ravshan Yazdoni, Jasimuddin kabi shoirlar, jamoat arbobi va shoira Begum Sufiya Kamol 20-asr Bangladesh adabiyotining eng mashhur vakillaridir. Shoirlardan Shamsur Rahmon, Hasan Hafizur Rahmon va boshqalarlar ijtimoiy mavzularda qalam tebratdilar. 19 — 20-asr bengal adabiyotining yirik namoyandasi P. Tagordir. Uning ijodi butun Hindiston adabiyotiga ta’sir oʻtkazgan. Sh. Chottopaddhayya (1876 www.ziyouz.com kutubxonasi 83—1938), B. Bondopadhayya (1896-1950) kabi yozuvchilar uning maktabidan yetishib chiqqanlar. Bangladesh mustaqillikka erishgandan soʻng qisqa pesa va hikoyalar, vatanparvarlik va muhabbatni madh etuvchi she’rlar yetakchi janr boʻlib qoldi. Ijtimoiy masalalar, fuqarolik jamiyati, insonparvarlik mavzularida nasriy asarlar yuzaga keldi. Me’morligi va san’ati Bangladesh hududida 7—12-asrlarga mansub shahar va ibodatxonalarning vayronalari, 12 — 13-asrlarda bino qilingan masjid, Madrasa va maqbaralar saqlanib qolgan. 16— 17-asrlar me’morligi islom uslubi qoidalariga moslangan. Ingliz mustamlaka hukmronligi davrida an’anaviy uslubdagi binolar (Dakkadagi "Yudduzli masjid", 18- asr) bilan bir qatorda ingliz neoklassikasi uslubidagi yangi imoratlar (Dakkadagi bank binosi, 19- a.) paydo boʻldi. Shaharlarda zamonaviy uslubdagi jamoat, uy-joy, sanoat binolari qad koʻtardi. B.da qadimdan bezakli amaliy san’at (toʻquvchilik, kashtachilik, yogʻoch va fil suyagi oʻymakorligi) rivojlangan. Tasviriy san’atda ilgʻor yoʻnalish davom etmoqda. Kino san’ati 1959-yildan rivojlana boshladi ("Shunday kun kelar" filmi, rejissor J. Kardar). Manbalar Osiyo Bangladesh BMT aʼzolari
8,892
3262
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xitoy
Xitoy
Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 — 中华人民共和国 — -{Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó}-), XXR — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng koʻp va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Sharqda Tinch okeanning Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni 9,6 mln. km². Aholisi 1 milliard 425 million kishi (2024). Poytaxti — Pekin shahri. Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 muxtor rayon va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Xitoy Xalq Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1988-yil 4-dekabrda qabul qilingan; 1988, 1993, 1999-yillarda ayrim tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiyaga koʻra, Xalq vakillari Umumxitoy majlisi (XVUM) davlat hokimiyatining oliy organi. XVUM davlat boshligʻi — XXR raisi (2012-yildan Si Jinping) va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni XVUM amalga oshiradi. XVUM provinsiya, muxtor rayon, markazga boʻysunuvchi shaharlar va qurolli kuchlar tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat. XVUMning doimiy ishlovchi organi Doimiy qoʻmitadir. XVUM vakolat muddati 5 yil Ijroiya hokimiyatni Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi. U XVUM va uning doimiy qoʻmitasi oldida hisob berib turadi. Davlat kengashining vakolat muddati 5 yil Tabiati XXR, asosan, moʻtadil va subtropik mintaqalarda (janubiy qismida kichikroq hudud tropik mintaqada) joylashgan. Tabiati jihatidan Sharqiy Osiyoda joylashgan sharqiy va Markaziy Osiyoda joylashgan gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Mamlakatning sharqi dengiz boʻyi pasttekisliklari, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bilan band. Xitoyning gʻarbi esa baland togʻlik, kata tizmalar, keng yassitogʻlik va botiqlardan iborat. Xitoy qirgʻoq chizigʻining uz. 15 ming km chamasida. Kichik qoʻltiq va buxta koʻp. Yirik yarim orollari: Shandun va Lyaodun. Xitoy — murakkab orografiyaga ega boʻlgan togʻli oʻlka. Mamlakatning janubi-gʻarbida Tibet togʻligi, undan shimolroqda Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklar mintaqalari va atrofi togʻlar bilan oʻralgan Sharqiy Xitoy pasttekisliklari yaqqol ajralib turadi. Tibet togʻligi Xitoyning eng baland qismidir (oʻrtacha bal. 4500 m ga yaqin). Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklari gʻarbda bir-biridan Sharqiy Tyanshan togʻlari bilan ajralgan. Qashqar tekisligi va Jungʻariya tekisligini oʻz ichiga oladi. Ularga janubi-sharqdan Turfon soyligi (tubi dengiz sathidan 154 m past) tutashgan. Sharqroqda esa Gashun Gobisi, Alashan va Ordos plato va tekisliklari, ular orasida Beyshan, Alashan va Inshan togʻlari joylashgan. Sharqiy Xitoy pasttekisliklari, asosan, Sariq dengiz sohili boʻylab shimolidan jan.ga choʻzilgan va tog tizmalari bilan oʻralgan. Xitoyda foydali qazilmalardan toshkoʻmir va yonuvchi slanes, neft, temir va marganets rudalari, boksit, qalay, volfram, simob, mis va polimetall rudalari, oltin, toshtuz konlari bor. Xitoy iqlimi gʻarbda kontinental, sharqda, asosan, mussonli. Mavsumlar davomida havo temperaturasining farqi katta. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Xarbinda —20,4°, Pekinda —4,6°, iyulniki xuddi shu joylarda 23° va 26°. Yillik yogʻin Sharqiy Xitoyda 500–2000 mm (koʻp qismi yozda yogʻadi). Gʻarb va shimoli-gʻarbga tomon ikdimning kontinentalligi ortib boradi. Yoz issiq (Turfon botigʻida iyulning oʻrtacha temperaturasi 34°), kish sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Xitoy shimolida (Xaylar) — 28°, gʻarbida (Urumchi) — 14,9°. Yillik yogin 250 mm dan kam, Qashqar tekisligi va Saydamda 50 mm dan kam. Tibet togʻligida kish juda sovuq, yozi esa salqin. Gartokda (Hind daryosining yuqori qismi) yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 11,8°, iyulniki 11,8°. Traning sutka davomidagi farqi katta. Kuchli shamollar esadi. Xitoyning baland togʻlarida muzliklar bor, lekin yogʻin kamligidan ularning maydoni katta emas (100 ming km² chamasida). Tuproqlari Xitoyning sharqiy qismida chimli podzol, qoʻngʻiroʻrmon, sariqjigarrang, sariq va har xil qizil tuprokdar, dare vodiylarida esa allyuvial tuprokdar tarqalgan. Dengiz sohidlarida shoʻrlangan tuprokdar uchraydi. Xitoy gʻarbiy qismining tuprogʻi choʻlga xos kashtan, qoʻngʻir, sur tusli qoʻngʻir tuproklar, togʻ oldi tekisliklari va togʻlarda boʻz, togʻkashtan va togʻoʻtloq, Tibet togʻligida esa sovuq choʻlga xos tuprokdar. Xitoyda daryo koʻp. Mamlakat sharqidagi daryolar sersuv va ularda kema qatnaydi. Yiriklari — Yanszi, Xuanxe, Sungari, Chjutszyan. Mekong, Saluin, Braxmaputra daryolarining bir qismi ham Xitoydan oqib oʻtadi. Xitoy gʻarbida daryolar kamsuvli, ayrimlari yozda qurib qoladi. Ularning yiriklari — Yorkend va Oqsuv. Koʻl koʻp; asosiylari — Kukunor, Duntinxu, Poyanxu. Xitoyning sharqiy qismida juda xilma-xil (25 mingdan ziyod) oʻsimlik turi mavjud. U yerda aholi qadimdan zich yashaganligidan oʻrmon, asosan, togʻli yerlarda qolgan. Pasttekisliklarning hammasi ekinzor va bogʻ. Yanszi daryosi quyi oqimidan janubida doim yashil subtropik, eng janubida tropik oʻrmon va mangra chakalakzorlari mavjud. Xitoyning gʻarbiy qismida yuksak oʻsimliklarning turi 5 mingdan oshadi. Xingan togʻlari etagidagi dashtlarda boshokdi oʻtlar, Tibet togʻligidagi choʻllarda oʻt va butalar oʻsadi. Togʻ vodiylari subalp oʻtlokdari va oʻrmonli dashtdan iborat. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Umurtqalilarning 3500 turi (shundan 400 turga yaqini sut emizuvchilar) va qushlarning 1000 dan ziyod turi bor. Xitoyning janubiy va janubi-gʻarbida tropik mintaqaga xos hayvonlardan har xil maymunlar, lemur, lori, karkidon, tapir, yoʻlbars; sharqida uchqir, mangust, qoplon va hokazo uchraydi. Xitoyning shimoli-sharqida Sibir tayga faunasiga xos hayvonlar, choʻllarda ot, qulon, jayran, ikki urkachli tuya, yumronqoziq, dasht va togʻ dashtida kiyik, qumsichqon, yovvoyi qoʻy, echki, turli yirtqich va sudralib yuruvchilar yashaydi. Bir necha qoʻriqxona bor. Tabiat hodisalari Vaqti-vaqti bilan Xitoyda tayfunlar boʻlib turadi, 2021-yil 25-iyulda Xitoyning sharqidagi Chjensyan provinsiyasiga In-fa tayfuni yopirildi. Tayfun episentri yaqinida shamol tezligi soniyasiga 38 metrgacha yetgan. Aholisi Xitoy — koʻp millatli davlat. Jami aholining 95 % i xitoylar; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub boʻlgan 56 xalqdan iborat. Xitoylarning koʻpi mamlakatning sharqiy qismida yashaydi. Xueylar (7 mln.ga yaqin) ham xitoy tilida soʻzlashadi. Xitoyning shimoli-gʻarbida turkiy tillar guruhiga mansub xalqlar — uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar, salorlar va boshqa, shimoliy va shimoli-sharqidagi dasht va chala choʻllarda mongol guruhiga kiruvchi xalqlardan mongollar, dunsyanlar, tular, shimoli-sharqida tungus manjur xalqlari, gʻarbi (Tibet) va janubi-gʻarbida tibet-birma xalqlari, janubida tai tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va boshqa yashaydi. Sintszyanning janubi-gʻarbida pomir tojiklari xam bor. Dindor xitoylar buddizm (shimoliy tarmogʻi), daosizm va konfutsiychilikka eʼtiqod qiladi. Tibetlar va mongollarning dini — buddizm-lamaizm. Xueylar va turkiy guruhga kiruvchi xalqlarning koʻpchiligi islom dinining sunna mazhabiga eʼtiqod qiladi (pomir tojiklari ismoiliya mazhabida). Rasmiy til — xitoy tili. Yirik shaharlari: Shanxay, Pekin, Tyantszin, Lyuyda, Uxan, Chunsin va boshqa Aholining pensiya yoshi Xitoyda tugʻilish surʼatining pasayishi va umr davomiyligining oʻsishi kuzatilmoqda. Ekspertlarning fikricha, pensiya yoshi oshirilmasa, mamlakatda iqtisodiy oʻsish sekinlashadi va ishchi kuchi yetishmasligi boshlanadi. Xitoy hukumati aniq raqamlarni keltirgani yoʻq. Hozirda Xitoyda erkaklar mehnat faoliyatini 60 yoshda yakunlaydi. Xizmat koʻrsatish sohasida ishlaydigan ayollar pensiyaga 55 yoshda, jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan ayollar esa 50 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin. Xitoyda pensiyaga chiqish borasidagi yosh chegaralari 1950-yillarda belgilangan boʻlib, oʻshandan buyon oʻzgartirilmagan. Bu vaqt ichida esa mamlakatda oʻrtacha umr davomiyligi uzaygan: 1949-yilda oʻrtacha umr davomiyligi Xitoyda 40 yosh boʻlgan; 2019-yilda esa bu koʻrsatkich 77,3 yoshni tashkil qilgan. Tarixi Shimoliy Xitoy hududida ilk ibtidoiy madaniyat qoldiqlari, Pekin yaqinida ilk paleolit davri manzilgohdaridan toshga aylangan sinantrop qoldiqlari topilgan. Xitoyda oʻrta paleolit davriga mansub Xetao (Ordos) madaniyati, sunggi neolit davriga mansub Yanshao va Lunshan madaniyatlari, ayniqsa, mashhur. Yanshao madaniyatida (taxminan mil. av. 3 ming yillik urtalaridan 2ming yillik oʻrtalarigacha) odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan birga dehqonchilik va chorvachilik bilan ham shugʻullanganlar. Xitoyda ibtidoiy jamoa tuzumi jez davrigacha davom etgan. Soʻnggi 20 yil ichida Taklamakon choʻli atrofida 5—6 ming yillik tarixga ega boʻlgan jasadlar, mato boʻlaklari, sopol idish va boshqa topilganligi Xitoyning gʻarbiy hududida ham nihoyatda qadimiy madaniyat boʻlganligidan dalolat beradi. Mil. av. 1766—1122-yil Xuanxe daryosining oʻrta oqimlarida dastavval Shang, keyinchalik In deb nomlangan (ShangIn davri) ilk davlat tuzumi tashkil topgan. In davlati uzoq yillar davomida qoʻshni qabilalar bilan urush olib borganligi tufayli mil. av. XI asrga kelib, uning hududi birmuncha kengaydi. In davrida madaniyat rivojlandi, Oy kalendarining belgilari, yozuv — hozirgi xitoy iyeroglif yozuvining ibtidosi paydo boʻldi. Shu davrda In davlatining gʻarb tomonida Chjou deb nomlangan qabila kuchayib, oʻz davlatini tashkil qildi (mil. av. 1122—256) va In davlatini bosib oldi. Djou davlati gʻarbiy Djou (mil. av. 1122—771) va Sharqiy Djou (mil. av. 770—256) kabi 2 qismga boʻlingan. Ushbu davrda quldorlik yanada rivojlandi. Djou qabilasi bosib olgan katta hudud dastlabki Djou vanlari tomonidan oʻz qarindoshlari, yaqinlari va lashkarboshilariga boʻlib berildi. Shu sababli keyinchalik bu hududlarda bir-biri bilan kurash olib borgan bir qancha podsholiklar paydo boʻldi. Kurash davomida ayrim yirik podsholiklar vujudga keldi. Bu podsholiklar Djou vanlarining hokimiyatini tan olmay qoʻydi. Shundan keyin ular oʻrtasida ikki yarim asr davomida urushlar yuz berdi. Bu davr kurashuvchi yoki urushuvchi davlatlar davri (Django davri — mil. av. 475—221) deb nomlandi. Mazkur davrda urush Sin, Chin, Chu, Xan, Jao, Vey, Yan kabi 7 davlat orasida yuz berdi. Django davrida temir ishlab chiqarish, undan kurol yasash tez rivojlandi. Bu hol dehqonchilik taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Hunarmandchilik ixtisoslasha boshladi, savdo-sotiq taraqqiy etdi, shaharlar qurildi va u devorlar bilan oʻraldi. Yerga xususiy egalik paydo boʻldi. Sinfiy qarama-qarshilik va turli podsholiklar oʻrtasida avj olgan siyosiy kurash mafkurada ham oʻz aksini topdi. Mil. av. VI-III asrlarda konfutsiychilik, daosizm, moizm (faylasuf Motszi taʼlimoti) va boshqa falsafiy oqimlar shakllandi. Django davrida podsholiklar oʻrtasida olib borilgan urushlar Sin podsholigining gʻalabasi bilan tugallandi. Natijada Xitoyda birinchi markazlashgan Sin imperiyasi (mil. av. 221—207) barpo etildi. Imperiyaning asoschisi va birinchi imperatori Sin Shixuandi mamlakatni birlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan qator islohotlar oʻtkazdi. Uning davrida xunlarga qarshi mudofaa devorini qurish maqsadida shimolidagi podsholiklar devorlari birlashtirilib, Buyuk Xitoy devori barpo etildi. Ogʻir zulmga javoban xalq gʻalayonlari koʻtarilib, mil. av. 206-yilda Sin imperiyasi tugatildi. Lyu Ban (Gao dzu) yangi sulola va imperiya — Birinchi Xan imperiyasiga (mil. av. 206—mil. 25 ylar) asos soldi. Xan imperiyasi davrida yirik savdo markazlari (Loyan, Chendu, Xandan, Lindzi) paydo boʻldi, tovar-pul munosabatlari, ichki va tashqi savdo rivojlandi. Sharqiy Turkiston orqali gʻarbga — Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga boradigan savdo yoʻli rivojlantirildi (qarang Buyuk ipak yoʻli). Bu davrda quldorlikning eng yuqori darajaga koʻtarilishi Gʻarbiy Xan imperiyasida ijtimoiy ziddiyatlarning avj olishiga sabab boʻldi. Dehqon, askar va qullarning qoʻzgʻolonlari ommaviy tuz oldi (bu qoʻzgʻolonlar tarixga „qizil qoshlar“ va „yashil oʻrmon odamlari“ qoʻzgʻoloni nomi bilan kirgan). 25 yil qoʻzgʻolonchilar poytaxt Chanʼanni egallagandan soʻng Gʻarbiy Xan imperiyasi tugatildi. Zamindor zodagonlar qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurash mobaynida Lyu Syu boshchiligida Soʻnggi (Ikkinchi yoki Sharqiy Xan) imperiya (25—220)ga asos soldilar. 27 yil „qizil qoshlar“ qoʻzgʻoloni bostirilgan boʻlsada, Lyu Syu faqat 37 yilga kelibgina mamlakatni birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 184—204 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlaridan soʻng imperiya inqirozga uchradi. Shundan keyingi uch yarim asr davomida Xitoy mayda podsholiklarga boʻlinish holatida boʻldi. 220-yilga kelib Sango nomini olgan uch davlat — Uch podsholik [Vey (220-265), Shu (221-263), U (222-280)] paydo boʻldi. 265-yil Uch podsholik davri tugab, mamlakat Gʻarbiy Szin sulolasi hukmronligi ostida birlashdi (265—316). Lekin 316-yilda koʻchmanchi xalqlar Szin imperiyasini tor-mor qilib butun Shimoliy Xitoyni bosib oldi. Natijada Shimoliy Xitoyda turli davrlarda 16 ta noxitoy podsholiklari hukm surdi. Xitoy zodagonlarining koʻp qismi shimolida Janubiy Xitoyga koʻchib oʻtib, Sharqiy Szin sulolasi (317—420)ni barpo etdilar. Noxitoy podsholiklar oʻrtasida 100 yildan ortiq davom etgan oʻzaro urushlar natijasida Toba Vey (Shimoliy Vey) davlati (386—534) gʻolib chiqib, butun Shimoliy Xitoyni oʻz qoʻl ostida birlashtirdi. 4—6-asrlarda budda yer egaligi rivojlandi. Buddizm Xitoyga milodiy I asrda Hindistondan Gʻarbiy va Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan. 420—581 yillarda Janubiy va Shimoliy sulolalar (Nanbey chao) xukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatning janubida Sun (420—479), Chi (479-502), Lyang (502-557), Chen (557—589), shimolida Shimoliy Vey (386-534), Sharqiy Vey (534-550). Shimoliy Chi (550577), Gʻarbiy Vey (535-557), Shimoliy Chjou (550-581) kabi davlatlar paydo boʻldi. Janubidagi davlatlar xitoylar tomonidan, shimolidagi davlatlar esa xitoy boʻlmagan xalqlar tomonidan tashkil etildi. 581-yilda Xitoydagi mayda davlatlarni birlashtirish asosida Suy sulolasi (581—618), 618 yilda Tan sulolasi (618—907) hokimiyat tepasiga keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, etnik jihatdan Tan sulolasi turklarga aloqador boʻlganligi sababli dastlabki mazkur sulola turklar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. VII asr oxirida Tan imperiyasi harbiy jihatdan yuksaldi, bosqinchilik urushlari olib bordi. 630-yil Sharqiy Turk xoqonligi, 657-yil Gʻarbiy turk xoqonligiga zarba berilishi natijasida Sharqiy Turkistondagi davlatlar 100 yilga yaqin Xitoyga qaram boʻlib qoldi. 751-yil Tan armiyasi Talas jangida arablar tomonidan magʻlubiyatga uchragach, imperiya gʻarbga qilmoqchi boʻlgan yurishdan voz kechishga majbur boʻldi. Uygʻur xoqonligi davri (745—840)da esa uning taʼsiri ostiga tushib qoldi. VIII asr oʻrtalaridan markaziy hokimiyat bilan chekka viloyat hokimlari oʻrtasida kurash kuchaydi, 874—901 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlari natijasida Tan imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Soʻngra tarixda turli toʻdalar kurashi va mamlakatning mayda hokimliklarga boʻlinib ketishi bilan mashhur boʻlgan U day shigo („Besh sulola 10 ta hokimlik“, 907—960) deb nom olgan davr boshlandi. 960 yil sarkarda Chjao Kuanin soʻnggi Chjou (951—960) sulolasini agʻdarib tashlab Sun imperiyasi (960—1279)ga asos soldi. Bu imperiya davrida Xitoy hududi shimda Buyuk Xitoy devoridan, gʻarbda Xuanxe daryosining yuqori qismidan, janubida Vyetnam chegarasidan nariga oʻtmadi. Shimoliy va shimoli-sharqda Xitoy hududining talay kismini Lyao kidanlar davlati, SiSya tangutlar davlati bosib oldi. Sun imperiyasi bu davlatlarga kumush va shoyi bilan xiroj toʻlab turdi. Xitoyga bostirib kirgan chjurchjenlar 1125-yil Lyao imperiyasini tor-mor etib, chegaralari Xuanxe daryosi boʻylab oʻtadigan Szin davlatini barpo etdilar. 1141-yil Sun imperiyasi Szin davlatining vassaliga aylandi. XIII asrning 1-oʻn yilligida moʻgʻullar Xitoyni istilo qilishga kirishib, 1279-yilda uning barcha xududini bosib oldilar. Xitoy va Tibet xalqlari moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi (1271—1368; Xitoyda 1280-yildan) ostida yashadi. Xitoy xalqining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi olib borgan koʻp yillik kurashi XIV asr oʻrtalarida Min sulolasi (1368—1644)ning vujudga kelishi bilan yakunlandi. XVI asrda Xitoyda yevropaliklar paydo boʻldi. 1557-yil Portugaliya Xitoyning Aomin xududini „ijara“ga oldi. Sinfiy qarama-qarshilik, hukmron guruhlarning ichki kurashlari, Manjuriyaning janubida yashovchi chjurchjen qabilalari (XVII asr boshlaridan manjurlar)ning hujumlari natijasida XVII asr boshida Min imperiyasi chuqur inqirozga yuz tutdi. 1628—45 yillardagi dehqonlar urushi natijasida Min sulolasi barham topdi. Xitoyni manjur bosqinchilari bosib oldi. Hokimiyat manjurlarning Sin sulolasi (1644—1911) qoʻliga oʻtdi. Sin imperiyasi bosqinchilik siyosatini olib borib, Ichki Moʻgʻuliston (1636), Jungʻariya xonligi (1757), Sharqiy Turkiston (1760), Tibet (XVIII asr oxiri) hisobiga oʻz xududini ancha kengaytirdi. Sharqiy Turkistondagi Yorkend va Jungʻoriya xonliklari yoʻq qilindi. Sharqiy Turkiston Sintszyan — „Yangi chegara“ nomi bilan Sin imperiyasiga qoʻshib olindi. Sin imperiyasida dehqonlarning antimanjur qoʻzgʻolonlari avj oldi. XVII-XVIII asrlarda Sin imperiyasi bilan rasmiy munosabatlar urnatishda muvaffaqiyatga erisha olmagan gʻarb davlatlari, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya XVIII asr oxirlaridan Xitoyga tazyiq oʻtkaza boshladi. Ingliz savdogarlari Xitoyga koʻplab afyun keltira boshladilar. 1839-yilga kelib ingliz-xitoy munosabatlari keskinlashdi va 1840—42 yillarda Angliya bilan Xitoy oʻrtasida birinchi „afyun“ urushi boʻlib oʻtdi. Natijada inglizlar Xitoyda bir qator imtiyozlarni qoʻlga kiritdilar. 1842-yil Nankin shartnomasiga koʻra, Xitoy Angliya savdosi uchun 5 ta portini ochishga, Syangan (Gonkong) o.ni Angliyaga berishga, tovon toʻlash, savdo imtiyozlari va boshqa berishga majbur boʻldi. XVIII asr oxirlaridan Sin imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Sinfiy va milliy ziddiyatlar kuchaydi. 1844-yil Xitoy AQSh hamda Fransiyaga ham shunday imtiyozlar beradigan shartnomalarni imzolashga majbur boʻldi. Xitoy yarim mustamlaka mamlakatga aylana boshladi. Ayni vaqtda Xitoyning turli viloyatlarida xalq ommasining manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgolonlari avj oldi. 1850-yil taypinlarning liniy mazhabi manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang Taypin qoʻzyuloni). Mazkur qoʻzgʻolondan keyin Sharqiy Turkistonda ham umumiy xalqqoʻzgoloni yuz berdi. Natijada ushbu mamlakat 14 yil davomida mustaqil boʻldi. 1856-yil Angliya, soʻngra Fransiya Xitoydagi mavqelarini yanada mustahkamlash maqsadida Xitoyga qarshi yangi urush ochdilar (ikkinchi „afyun“ urushi). Ular 1858-yil shimolidagi Dagu fortlarini egallab, Tyantszin va Pekinga jiddiy xavf soldilar. Sin hukumati taslim boʻldi. 1860-yil Angliya-Fransiya ekspeditsiyasi Pekinni ishgʻol qildi. 1860-yilgi Pekin shartnomalariga koʻra, Xitoy Angliya bilan Fransiyaga katta tovon toʻlashga, Buyuk Britaniyaga Szyulun (Koulun) orolining bir qismini berishga, chet el savdosi uchun Tyantszinni ochib qoʻyish va boshqa shartlarga rozi boʻldi. 1860-yillardan Angliya, Fransiya va AQSh Sin hukumatiga taypinlarga qarshi kurashda yordam bera boshladi. „Afyun“ urushlari va taypinlar qoʻzgʻolonining bostirilishi natijasia Angliya, AQSh va Fransiya Xitoydagi mavqelarini mustahkamlab oldi. 1884—85 ylardagi Xitoy-Fransiya urushida Xitoy yengildi. Oʻsha yillari Xitoyning Yaponiya bilan munosabatlari yomonlashdi. Yaponiya 1874-yilda Tayvanni bosib olishga urindi. 1879-yilda Ryukyu orollarini egalladi. 1894-yil esa Yaponiya-Xitoy urushi boshlandi. Xitoy bu urushda yengildi. Urush natijasida shu davrgacha Xitoy qoʻl ostida boʻlgan Koreya mustaqillikka erishdi, Tayvan oroli va Penxuledao orollari Yaponiyaga berildi. Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Chor Rossiyasi Xitoyning bir qancha hududini „ijara“ga oldilar va Xitoyda oʻz taʼsir doiralarini barpo etdilar. Xitoyning boshqa davlatlar tomonidan bosib olinishi va Sin hukmdorlarining taslimchilik siyosati Xitoyda katta norozilikka sabab boʻldi. 1894-yil Xitoyda Sun Yatsen boshchiligida inqilobiy demokratik harakat maydonga keldi. 1899-yil yirik antiimperialistik Ixetuan qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Imperialistik davlatlar (Buyuk Britaniya, Germaniya, AvstriyaVengriya, Fransiya, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Italiya) Xitoyga karshi intervensiya boshlab, 1900-yil avgustda Pekinni ishgʻol qildilar. 1901-yil 7-sentabrda chet davlatlar bilan Xitoy oʻrtasida „Yakunlovchi bayonnoma“ imzolanib, Sin imperiyasi yarim mustamlakaga aylantirildi. XX asr boshida Xitoy yarim mustamlaka mamlakat namunasi edi. 1905-yil Sun Yatsen Yaponiyada Tunmenxoy inqilobiy partiyasini tuzdi. 1910-yilga kelib shahar va qishloqlarda qoʻzgʻolonlar yangidan avj oldi. Xitoyda temir yoʻl qurilishini chet el monopoliyalariga topshirilishiga qarshi 1911-yil sentabrda Sichuanda boshlangan harakat hukumatga qarshi qoʻzgʻolonga qoʻshilib ketdi. Bu qoʻzgʻolonlar Sinxay inqilobining boshlanishiga sabab boʻldi. 1911-yil dekabrda Sun Yatsen 16 yillik emigratsiyadan qaytib keddi. 1912-yil 1-yanvarda Xitoy rasman respublika deb eʼlon qilindi. 1912-yil 12-fevralda Sin sulolasi agʻdarilib, monarxiya bekor qilindi. Inqilobiy viloyatlar vakillarining Nankindagi majlisida Sun Yatsen Xitoy respublikasining muvaqqat prezidenti qilib saylandi. Ammo shimolidagi xitoy pomeshchiklari va harbi{| doiralari Yuan Shikay boshchiligida inqilobiy jan.ga qarshi harbiy harakatlarni boshladi. 1912-yil 25-avgustda Sun Yatsen tarafdorlari Gomindan partiyasini tuzdilar. Xitoyda Shimoliy Xitoy va Janubiy Xitoy hukumatlari paydo boʻldi. Birinchi jahon urushi (1914—18) davrida Yaponiya Xitoyga nisbatan oʻz ekspansiyasini kuchaytirdi. Pekinning Antanta davlatlari bilan bogʻlangan militaristik hukumati 1917-yil avg.da Germaniyaga qarshi urush eʼlon kildi. Janubiy Xitoy hukumatini 1917-yil sentabrdan 1919-yilgacha Sun Yatsen boshqardi. Xitoydagi inqilobiy harakatning rivojlanishida xitoy xalqining 1919-yil may—iyun oylaridagi mustamlakachilarga qarshi chiqishlari („Toʻrtinchi may“ harakati) muhim bosqich boʻldi. 1921-yil iyulda Shanxayda Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP)ning 1taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Sun Yatsen XKP va ishchidehqon harakati bilan yaqinlashish yoʻlini tanladi. 1923-yil fevraldan Sun Yatsen yana Guanchjouda Janubiy Xitoy hukumatini boshqardi va Milliy inqilobiy armiya (MIA)ni tuzdi. 1924-yil kuzda inglizlar Xitoy muxolifatchi kuchlar bilan birgalikda Sun Yatsen hukumatini agʻdarib tashlamoqchi boʻldilar, lekin MIA va ishchi otryadlari bu harakatni bostirdilar. 1925—27 yillarda Xitoyda kommunistlar rahbarligida inqilob boʻldi. 1925-yil 1-iyulda Guanchjou hukumati oʻzini Milliy hukumat deb eʼlon qildi. 1925— 26 yillarda MIA Guansi, Guychjou provinsiyalari va Xunan provinsiyasining janubiy qismida inqilobiy hokimiyat oʻrnatdi. Shundan keyin kommunistlar bilan gomindanchilar oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Kommunistlar sovet hukumati, Chan Kayshi boshchiligidagi gomindanchilar AQSh yordamiga suyandi. Sovet hukumati yordamidan toʻla foydalanish maqsadida kommunistlar oʻz bazalarini shim.ga koʻchirishni lozim topdi. Shu bois 1926-yil iyulda MIA shim.ga yurish boshladi. 1927-yil martda XKP rahbarligida qoʻzgʻolon koʻtargan Shanxay ishchilari shaharni ozod qildilar. Tez orada Nankin ham ozod etildi. Gomindanning oʻng qanoti MIA Bosh qoʻmondoni Chan Kayshi boshchiligida 1927-yil 12-aprelda Shanxay va Nankinda, soʻngra Guanchjouda toʻntarish qildi. 1927-yil 18-aprelda Nankinda aksilinqilobiy „Milliy hukumat“ tuzildi. 1927-yil iyulda Uxanda ham aksilinqilobiy toʻntarish oʻtkazildi. Koʻp oʻtmay chap qanot gomindanchilar ham ularga taslim boʻldi. XKP qonundan tashqari deb eʼlon qilindi. Xitoy milliy inqilobi magʻlubiyatdan soʻng gomindan reaksion diktaturasi qaror topdi. Xitoyning koʻp qismida gomindan hukmronligiga qaramasdan ayrim qishloq rnlarida XKP rahbarligida Xitoy Qizil armiyasi otryadlari, oʻsha davrda sovetlar deb ataluvchi inkilobiy demokratik hokimiyat oʻchokdari (asosan, Janubiy va Markaziy Xitoyda) tuzildi, demokratik tadbirlar amalga oshiriddi. 1931-yil noyabrda Juyszin shahri (Szyansi provinsiyasi)da Xitoy soveta rnlari vakillarining 1Umumxitoy sʼyezdi boʻlib, u Xitoy Sovet Respublikasi (XSR)ning MIK va Muvaqqat markaziy hukumatini sayladi, XSR konstitutsiyasi loyihasini qabul qiddi. 1930—33 yillarda Xitoy Qizil Armiyasi gomindan qoʻshinlarining 4 yirik yurishini qaytardi. 1931-yil oxirida yapon qoʻshinlari Shim.Sharqiy Xitoyni ishgʻol qilib, 1932-yilda Manchjou Go qoʻgʻirchoq hukumatini tuzdi. 1933-yil yapon qoʻshinlari deyarli qarshiliksiz Jexe provinsiyasini bosib oldi. 1933—34 yillarda Chan Kayshi Xitoy sovet rnlariga qarshi 5yirik yurish kildi. Xitoy Qizil Armiyasi (XKP MK bilan birga) Markaziy Xitoyni tashlab shimoli-gʻarbga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi (1934-yil oktabr — 1936-yil noyabr) va Shensi hamda Gansu provinsiyalari chegarasiga chiqdi. 1936-yil Yaponiya agressiyasi xavfining kuchayishi va keng xalq ommasining noroziligi gomindan rahbarlarini Xitoy Qizil Armiyasiga qarshi kurashni toʻxtatishga majbur etdi. 1937-yil iyulda Yaponiya butun Xitoyni bosib olish rejasini amalga oshirishga kirishdi. Urushning birinchi oylaridayoq yaponlar Xitoyning katta qismini, jumladan, Beypin (Pekin), Tyantszin, Shanxay va boshqa shaharlarini bosib oldi. Xitoy xalkining yapon bosqinchilariga qarshi ozodlik urushi (1937—45) boshlandi. Xalqning tazyiqi ostida gomindan rahbarlari 1937-yil 23-sentabrda XKP bilan gomindan oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilganligini maʼlum qildi. Yapon qoʻshinlari 1937-yil iyuldan 1938-yil oktabrgacha Shimoliy Xitoyning barcha hududini, Markaziy Xitoyning bir qismini, shuningdek, Janubiy Xitoyning muhim dengiz boʻyi rnlarini bosib oldi. XKP yaponlar bosib olgan rayonlarda partizanlik harakatini keng avj oldirdi. Sovet Armiyasi oʻtkazgan Manjuriya strategik operatsiyasi (1945) natijasida Shim.Sharqiy Xitoy va Ichki Mongoliya yapon militaristlaridan ozod etildi. 1945-yil 2-sentabrda Yaponiya soʻzsiz taslim boʻldi. 1945-yil 13-oktabrda Chan Kayshi hukumati qoʻshinlari ozod kilingan hududlarga hujum boshladi. Gomindan hukumati va XKP harbiy harakatlarni toʻxtatishga kelishgan (1946-yil 10-yanvar) boʻlsa ham 1946-yil iyulda Chan Kayshi tarafdorlari butun mamlakat miqyosida fuqarolar urushini yana boshlab yubordi. AQSH chankayshichilarga har tomonlama yordam koʻrsata boshladi. Biroq Xitoy Xalq ozodlik armiyasi gomindanchilarga karshi muvaffakiyatli janglar olib borib, 1948—49 yil yanvar butun Shim.Sharqiy Xitoy, Shimoliy Xitoyni, Shim.Gʻarbiy Xitoyning koʻp qismini, Markaziy Xitoyning Yanszi daryosigacha boʻlgan yerlarini ozod kildi. 1949-yil kuzga kelib Xitoy Xalq ozodlik armiyasi hujumni davom ettirdi va Shim.Gʻarbiy Xitoy va Markaziy Xitoyni, Janubiy va Jan.Gʻarbiy Xitoyning katta qismini ozod qildi. Chan Kayshi toʻdasi esa Tayvanga qochdi. 1949-yil 1-oktabrda Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tuzilganligi eʼlon qilindi. Sharqiy Turkiston, Ichki Mongoliya va Tibet ham ushbu respublikaga kiritiddi.. XXR tuzilgach, davlatni boshqarishni oʻz zimmasiga olgan Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy rahbariyati va XKP XXRning bosh yoʻli — mamlakatda sotsialistik jamiyat qurish ekanligini eʼlon qildi va xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, sotsializmning sovet modeli negizini yaratish yoʻlini tanladi. 1951-yil Xitoy hududini gomindanchilardan ozod etish (Tayvan va Penxuledaodan tashqari) tugallandi. 1952-yil XXR hukumati joylarda xalq hokimiyati organlarini tuzish, gomindanchilarni yoʻqotish, yirik kapitalni musodara qilish boʻyicha katta ishlarni amalga oshirdi. 1953-yil agrar islohotlar oʻtkazildi. 300 mln.ga yakin yersiz va kam yerli dehqonlar va ularning oilalariga sobiq zamindorlar yerlari boʻlib berildi. 1953—54 yillarda mahalliy va markaziy hokimiyat organlariga umumiy saylovlar boʻldi. 1954-yil sentabrda Umumxitoy xalq vakillari majlisining 1sessiyasi boʻlib, XXR konstitutsiyasi qabul qilindi. 50-yillarning 2-yarmida Mao Szedun boshchiligidagi XXR rahbarlari 1958— 60 yillarda „katta sakrash“ (besh yil mobaynida sanoat ishlab chiqarishini 6,5 marta, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini 2,5 marta koʻpaytirish) yoʻlini tutdilar. Barcha qishloq xoʻjaligi kooperativlari „xalq kommunalari“ga aylantirildi. 1966—76 yillarda „madaniy inkilob“ amalga oshirildi. Mao Szedun shaxsiga sigʻinish avj oldi. Xavfsizlik organlari va armiya ishtirokida, shuningdek, siyosiy jihatdan chiniqmagan oʻquvchi yoshlar va talabalardan tuzilgan xunveybinlar („qizil qoʻriqchilar“) hamda szaofanlar („gʻalayonchilar“) otryadlari yordamida Mao Szedun koʻrsatmasiga binoan minglarcha masʼul partiya va davlat xodimlari va ziyolilar ishdan olinib, surgun qilindi yoki uy qamogʻida sakdandi. Provinsiya va uyezdlarda partiya qoʻmitalari va xalq tomonidan saylangan hokimiyat organlari amadda tarkatib yuboriddi va tepadan tayinlanadigan, armiya vakillari asosiy rol oʻynagan „inqilobiy qoʻmitalar“ bilan almashtirildi, xalq xoʻjaligidagi tanglik yanada chukurlashdi. Xitoy KPning bu siyosati (keyinchalik Xitoyda keskin tankidga uchragan) Mao Szedun vafoti (1976)dan keyin qayta koʻrib chikildi. Bunda iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali 21-asr oʻrtalariga kelib Xitoyni yuksak darajada rivojlangan davlatga aylantirish vazifasi qoʻyildi. Korxonalarning xoʻjalik yuritish faoliyatidagi mustaqilligi oshirildi, koʻp ukladli iktisodiyotga ruxsat berildi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida Xitoyda „ochiq iqshsodiy rnlar“ va „maxsus iktisodiy hududlar“ tashkil etildi. 1990-yillarning boshlaridan Xitoy KP tomonidan amalga oshirilayotgan „sotsialistik bozor xoʻjaligi“ga oʻtish shakllandi. Xitoyning Buyuk Britaniya bilan tuzgan bitimi (1989)ga muvofiq Syangan (Gonkong) Xitoyga oʻtdi va XXRning maxsus maʼmuriy rayoni makrmini oldi. Xitoy 1971-yildan BMT aʼzosi (1945-yil SanFransisko konferensiyasida BMT ustaviga gomindan hukumati vakili imzo chekkan. XXR tuzilgach, uning BMTdagi oʻrnini Tayvan noqonuniy ravishda egallab kelgan, XXR esa bu tashkilotda vakillikdan mahrum qilingan edi. 1971-yil 25-oktabrda BMTning Bosh Assambleyasi XXRning qonuniy huquklarini tiklash va BMT hamda uning barcha organlaridan Tayvan vakillarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi). Xitoy 1991-yil 27-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil 2-yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1-oktabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1949). Siyosiy partiya va tashkilotlari, Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi, kasaba uyushmalari. Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP, 1921-yil tuzilgan; Bosh kotibi Xu Szintao. 50,3 mln. aʼzosi bor); Gomindan inqilobiy qoʻmitasi, 1948-yil asos solingan; Xitoy Demokratik ligasi, 1941-yil tuzilgan; Xitoy Demokratik milliy qurilish assotsiatsiyasi, 1945-yil tuzilgan; Xitoy Demokratiya taraqqiyotiga koʻmak beruvchi assotsiatsiya, 1945-yil tashkil etilgan; Xitoy dexkrnishchilar demokratik partiyasi, 1947-yil asos solingan; Chjungo chjigun dan (Xitoy adolatga intilish partiyasi), 1925-yil tuzilgan; Szyusan syuye she (3-sentabr jamiyati), 1946-yil tuzilgan; Tayvan muxtoriyati demokratik ligasi, 1947-yil asos solingan; Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi; 1949-yil tuzilgan. Umumxitoy kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925-yil tuzilgan. Xoʻjaligi Xitoy — industrialagrar mamlakat. 1949-yil xalq inqilobidan soʻng xalq xoʻjaligini tiklashga kirishdi va dastlabki 5 yil ichida yuksak natijalarga erigddi. Ammo undan keyingi 20 yildan ortiq davr ichida iqtisodiyoti nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldi. 1978-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlar mamlakat iqgisodiyotini rivojlanish yoʻliga olib chiqsi. Iktisodiy oʻsish surʼati yiliga oʻrta hisobda 8—10 %, xususiy mulkchilikka asoslangan tarmoqlarda 30 % ga oshdi. 1980-yillar oxirida yalpi ichki mahsulot hajmi 2 baravar koʻpaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash muammosi hal boʻldi. 1990-yillar oxirqsa yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 49 %, qishloq xoʻjaliginiki 19 %, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 32 %ni tashkil etdi. Sanoatida koʻp tarmoqli mashinasozlik [stanoksozlik, qishloq xoʻjaligi va transport mashinasozligi, traktorsozlik, avtomobilsozlik (2003-yil 4 mln. 443 ming 700 dona avtomobil ishlab chiqarildi), elektr energetikasi va boshqa sanoat jihozlari, elektron buyum va priborlar, shuningdek, velosiped, tikuv mashinalari, soat va boshqa ishlab chiqarish], kimyo, qora metallurgiya muhim mavqega ega. Sanoatning asosiy tarmoqlaridan — toʻqimachilik [ipgazlama (1996-yil 22,1 mlrd. metr), shoyi, jun gazlama ishlab chiqarish], oziqovkat sanoati rivojlangan. Issiqlik energetika bazasining asosi — koʻmir. U, asosan, Xitoyning shimoliy va shimoli-sharqida qazib olinadi (1993-yil 1149 mln. tonna). Neft mamlakatshimoli-gʻarbi va shimoli-sharqida qazib olinadi (142 mln. tonna). Xitoy shimoli-sharqida yonuvchi slanets konlari, Sichuan soyligi va Saydam tekisligida gaz konlari bor. Yiliga oʻrtacha 1654 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr styalarida). Poʻlat (yiliga 86 mln. tonna), rangli metallar (alyuminiy, mis, rux, qoʻrgʻoshin, qalay, surma) eritiladi. Sement (490 mln. tonna), mineral oʻgʻit (27 mln. tonna) ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik ham katta ahamiyatga ega [eng qad. tarmoqlari — yigiruvtoʻquv, keramika (chinni va fayans) va uyroʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarish]. Xitoy Badiiyhunarmandchilik buyumlari bilan ham mashhur. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerning 93 mln. gektari (mamlakat hududining 10 %) ishlanadi, 49 % sugʻoriladigan yerlar. Ekin maydonining 2/3 qismini sholi, bugdoy, batat, kartoshka egallaydi, 18 % ga texnika ekinlari (paxta, soya, yer yongʻoq, choy, tamaki, jut, shakarqamish, qand lavlagi va boshqalar) ekiladi. Shuningdek, tariq, arpa, grechixa ham yetishtiriladi. Xitoyning janubidagi dengiz sohillari va Sichuan soyligida shakarqamish, sharqiy va markaziy rnlarida choy oʻstiriladi. Tung va lak daraxtlari ham oʻstiriladi. Tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda koʻp tarmoqli bogʻdorchilik (sitrus mevalar, ananas, banan, mango, olma, nok va hokazo) rivojlangan. Ayrim rayonlarda tokchilik bilan shugʻullaniladi. 1992-yil 443 mln. tonna gʻalla, 5 mln. tonnaga yaqin paxta yetishtirildi. Chorvachilikda Xitoyning har bir yirik rayoni oʻziga xos yoʻnalishga ega. Sharqiy Xitoyda choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan, ish hayvonlari koʻpaytiriladi. Ichki Mongoliya, SintszyanUygʻur muxtor rnining shimoliy qismi va Tibetda yaylov chorvachiligi (qoʻychilik, qoramolchilik, yilqichilik) asosiy oʻrinda. 1996-yil 109 mln. qoramol, 452 mln. choʻchqa, 127 mln. qoʻy boʻlgan. 1992-yil 29 mln. tonna goʻsht, 5 mln. tonna sut tayyorlangan. Yanszi va Chjutszyan daryolari havzalarida tut ipak qurti, Shim.Sharqiy Xitoyda va Shandunda dub ipak qurti boqiladi. Xitoy dunyoda tabiiy shoyi yetishtiruvchi yirik davlatlardan biri. Xitoy baliqva b. dengiz hayvonlarini ovlashda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Chuchuk suv havzalarida va sholipoyalarda baliqchilik ham keng tarqalgan. Xitoyda yogoch tayyorlanadi, yovvoyi oʻsimlik mevalari va shifobaxsh oʻtlar yigʻiladi. Transporti Transport yoʻli transportning asosiy turi. Ularning uz. 73 ming km. Xitoyning sharqiy portlari temir yoʻl orqali Mongoliya, Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Yevropa mamlakatlari bilan bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari uzunligi 1,278 mln. kilometr. Soʻnggi yillarda tez yurar avtomobil yoʻllari qurish rivojlangan. Ularning uz. 8733 km. Ichki suv yoʻllarining uz. 150 ming km dan ortiq. Yirik dengiz portlari: Shanxay, Dalyan, Sinxuandao, Sindao, Guanchjou (Xuanpu bilan), Tyantszin (Singan bilan). XXRning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar havo yoʻllari bilan bogʻlangan. Tashqi savdosi Xitoy chetga koʻmir, choy, baliq, toʻqimachilik xom ashyosi, shoyi mahsulotlari, traktor va avtomobil, volfram rudasi, elektron, toʻqimachilik va mashinasozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, murakkab hisoblash texnikasi, neft, gʻalla, kimyoviy oʻgʻit, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — yuan. Tibbiy xizmati Xitoyda 1978-yildan boshlab oʻtkazila boshlagan iktisodiy islohotlar natijasida tibbiy xizmat koʻrsatish tarmogʻida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi. Ilgari yopilgan tibbiyot oʻquv yurtlari va tibbiy muassasalar qayta tiklandi va yangilari ochildi. 1999-yil mamlakatda 310 ming kasalxona va boshqa davolash maskanlari faoliyat koʻrsatdi. Kasalxonalardagi oʻrinlar soni 2,91 mln., tibbiy xizmatchilar soni 4,42 mln., jumladan, shifokorlar soni 1,41 mln.dan oshdi. Mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan sanitariyaepidemiologiya styalar soni 5907 dan, ulardagi xizmatchilar soni 220 mingdan, tibbiyot muassasalari soni 2724 va ulardagi xizmatchilar soni 73 ming kishidan oshdi. XXRda xalq tabobati man etilmagan. Aksincha, unga eʼtibor kuchaytirilgan. Ushbu sohada maxsus oʻquv maskanlari, shifoxonalar, dorixonalar mavjud. Koʻp xitoy shifokorlari oʻz faoliyatlarini garb, xalq tabobat uslubi asosida olib boradilar. Barcha dorixonalarda xalq tabobati negizida yaratilgan doridarmonlar sotiladigan boʻlimlar mavjud. Xalq tabobatiga doyr maxsus qoʻllanma va adabiyotlar ham teztez nashr qilinib turadi. Xalq maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. XXR tashkil topgunga (1949) qadar aholining 80 % savodsiz boʻlgan. Xalq hokimiyati oʻrnatilgandan soʻng maorif tizimida tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Lekin „madaniy inqilob“ yillarida maorif tizimi ham tanglikka uchradi. Uni amalga oshirish vaqgida deyarli barcha oʻquv yurtlari yopildi, savodsizlikni tugatish boʻyicha ishlar toʻxtatildi. Xalq maorifi tizimida 1985-yildan boshlangan islohotlar asosida mamlakatda 9 yillik majburiy taʼlim joriy etildi. U boshlangʻich (oʻqish muddati 5 yil) va oʻrta umumiy taʼlim maktabidan iborat. Oʻz navbatida oʻrta umumiy taʼlim maktabi 1 va 2 bosqichli boʻlib, ularda oʻqish muddati 5 yoki 6 yil Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va kasb-hunartexnika bilim yurtlari mavjud. Oliy oʻquv yurtlarida 4,13 mln. talaba taʼlim oladi (1999). Yirik oliy oʻquv yurtlari: Pekin universiteti, Nankin universiteti, Shanxaydagi Tunszi va Fudan universitetlari, Pekindagi „Sinxua“ politexnika instituti, Pekin aviatsiya, mashinasozlik institutlari, oʻlka va muxtor rn markazlaridagi universitetlar va boshqa Yirik kutubxonalari: Pekin milliy kutubxonasi (4,5 mln. asar), Xitoy Fanlar akademiyasining markaziy kutubxonasi (2,6 mln. asar), Nankin kutubxonasi (2,4 mln. asar), Shanxay kutubxonasi (7,1 mln. asar) va boshqa Muzeylari: Pekindagi saroy muzeyi, Xitoy muzeyi, Xitoy tarixiy muzeyi, Tyantszin tarix muzeyi, Shanxaydagi tibbiyot tarix muzeyi, Shanxay muzeyi, Pekindagi geol. muzeyi, oʻlka va muxtor rnlardagi muzeylar va boshqa Xitoylar Xitoy fanlar akademiyasi (1949), Tibbiyot Fanlar akademiyasi (1956), Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi institut va ilmiy tadqiqot muassasalarida hamda oliy oʻquv yurtlarida olib boriladi. Xitoyda, shuningdek, Oʻrmonchilik akademiyasi, Xitoy anʼanaviy tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituta, Geol. fanlari akademiyasi, Transport yoʻlilar vazirligi ilmiy tadqiqot instituta, Choʻyan va poʻlat markaziy instituti, Rangli metallar markaziy akademiyasi, Neft qidiruv va qazish y.t. instituti, toʻqimachilik ilmiy tadqiqot instituti ham faoliyat koʻrsatadi. 1999-yil Xitoyda 2,71 mln. kishi ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullandi. 1981-yildan tadqiqotchilarga bakalavr, magistr va fan doktori kabi ilmiy darajalarni berish tizimi joriy etildi. Barcha ilmiy tadqiqotlar XXR Davlat kengashi huzuridagi fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Xitoyda bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Banyue tan“ („Suhbat“, 2 haftada 1 marta chiqadigan jurnal, 1980-yildan), „Beyszin jibao“ („Pekin gazetasi“, kundalik gazeta, 1950-yildan). „Venxuey bao“ („Adabiy oqim“, kundalik gazeta, 1937-yildan), „Guanmin jibao“ („Yoruglik“, kundalik gazeta, 1949-yildan), „Guansi jibao“ („Guansi gazetasi“, kundalik gaz.), „Gunjen jibao“ („Ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta, 1949-yildan), „Jenmin jibao“ („Xalq gazetasi“, kundalik gazeta, 1948-yildan), „Nanfan jibao“ („Janubiy gazeta“, kundalik gazeta, 1952-yildan). „Pekin revyu“ („Pekin sharhi“, haftalik siyosiy va nazariy jurnal, 1958-yildan), „Sintszyan jibao“ („Sintszyan gazetasi“, kundalik gaz.), „Sichuan jibao“ („Sichuan gazetasi“, kundalik gazeta, 1952-yildan), „Szinszi jibao“ („Iqtisodiy gazeta“, haftada 6 marta chiqadigan gazeta, 1983-yildan), „Syushi“ („Haqiqatga intilish“, jurnal), „Chjungo sinnyan bao“ („Xitoy yoshlari“, haftada 4 marta chiqadigan gazeta, 1951-yildan), „Chjungo shaonyan bao“ („Xitoy pionerlar gazetasi“, kundalik gazeta, 1951-yildan), „Shanxay star“ („Shanxay yulduzi“, ingliz tilidagi gazeta, 1992-yildan). Sinxua rasmiy axborot agentligi 1931-yil 7-noyabrda tashkil etilgan, dastlab Qizil Xitoy agentligi deb nomlangan; 1937-yildan hozirgi nomda. Milliy radioeshittirish xukumat xizmati 1947-yil tuzilgan. Markaziy televideniyega 1958-yil asos solingan. 1993-yil dekabrda mamlakatda 500 dan ortiq televizion stya ishladi. Adabiyoti Xitoy adabiyoti jahonda eng qad. adabiyotlardan biri boʻlib, uch ming yillik anʼanalarga ega. Qadimgi Xitoy adabiyotining birinchi yirik sheʼriy asari „Shitszin“ („Qoʻshikdar kitobi“, mil. av. 11—6-asrlar) xalq qoʻshiqlari va diniy marosim madhiyalari majmuasidan iborat. Mil. av. 1-ming yillikka mansub badiiy nasr falsafa, tarix, geogr. va boshqalarga doyr asarlar bilan uzviy bogʻliq („Shan shu“ — „Tarixiy rivoyatlar kitobi“ va boshqalar). Sima Syanning (mil. av. 1-asr) „Shi szi“ („Tarixiy xotiralar“) kitobi Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220-yillar) nasrining yirik yodgorligi hisoblanadi. Sheʼriyatning muhim qismini tashkil etgan lirik va satirik xalq qoʻshiqlari (yuefu)da xalq hayoti oʻz ifodasini topgan. 4-asr oxiri — 5-asr boshlarida yashagan yirik novator shoir Tao Yuanmin (365—427) sheʼriyati hayot haqidagi falsafiy mushohadalardan iborat boʻldi. Mamlakatni Tan sulolasi (618— 907) birlashtirgach, adabiyot rivoji uchun qulay sharoit yaratildi. Xuddi oʻsha davrda ven yan — xitoy adabiy tili uzilkesil shakllandi. 7—10-asrlarda Chen Szian, Van Vey sheʼrlari mashhur boʻldi. Adabiyotning yanada taraqqiy etishida Li Bo, Du Fu va Bo Szyuyi kabi shoirlarning taʼsiri katta boʻldi. 8—9-asrlarda novella janrida yuksak yutuqlarga erishildi (Yuan Chjen, Bo Sinszyan, Li Gunszo), 10—13-asrlarda shoirlardan Van Anshi, Su Shi, Lyu Yun, L u Yu, shoira Li Sinchjao mashhur boʻlgan. Ouyan Syu tarixiy va falsafiy mavzuda asarlar yaratdi. Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (1280—1368)da shaharlar rivoj topdi. 13-asrda mamlakat shimoliyda qahramonlik va maishiy mavzularda musiqiy drama janri vujudga keldi. 14-asrda epopeyaroman janrining shakllanishi adabiyotda muhim voqea boʻldi. 16-asr oxirlaridan nasr yangi boskichga koʻtarildi, tarixiyfantastik, ijtimoiymaishiy romanlar yaratildi. Xitoyni manjurlar bosib olgan (1644)dan keyin muxolif kayfiyatdagi shoirlar paydo boʻldi, maʼrifatparvarlik ruhi avj oldi. Klassik roman choʻqqisi boʻlib maydonga kelgan Sao Syuetsin (taxminan 1715—62)ning „Qizil koʻshkdagi uyqu“ romanida zodagonlarning axloqiy va iqtisodiy tushkunligi ifodalandi. Yangi davr adabiyoti (19-asr oʻrtalari — 1917) manjurxitoy zodagonlari, imperialistik davlatlar zulmiga qarshi ozodlik harakatini, jamiyat tushkunligini aks ettirdi. Gʻarb madaniyati bilan birinchi tanishuv boshlandi. 1900-yillarning boshlaridagi inqilobiy koʻtarilish koʻpgina adiblar ijodida oʻz ifodasini topdi. 1919-yilda boshlangan „4-may“ ozodlik harakati davridan eʼtiboran eng yangi adabiyot vujudga keldi. Bu adabiyotning idk yirik namoyandasi Lu Sin (1881 — 1936) asarlarida oddiy kishilar Xitoy adabiyoti tarixida birinchi marta asar qahramonlari qilib qalamga olindi. 1922-yilda „Ijod“ guruhiga uyushgan adiblar romantik ruxda asarlar yaratdilar. 20-yillar boshlaridan sheʼriyatdagi soʻzlashuv tiliga asoslangan yangi shakl klassik sheʼriyat shakllarini siqib chiqardi. Xitoy xalqining yapon bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik urushi (1937) davrida vatanparvarlik ruhida yozilgan kichik hajmdagi asarlar keng yoyildi. Yaponiya tormor etilgach (1945), adabiyot mamlakatni demokratik rivojlantirish uchun kurashni avj oldirdi. Xitoy Kompartiyasi rahbarligida xalqning ozodlik uchun kurashiga yordam beradigan inqilobiy adabiyot rivojlana boshladi. 1949-yil XXR tashkil kilinishi sotsialistik qurilishni aks ettiradigan, yangi kishini tarbiyalashga xizmat qiladigan yangi adabiyot rivojiga imkon yaratdi. Chjao Shuli (1906—70)ning „Sanlivan qishlogʻi“, Chjou Libo (1908—79)ning „Poʻlat oqim“ roman larida ishchi va dehqonlarning yangi hayoti va mehnati ifodalandi. Tarixiyinqilobiy syujetlarda romanlar (Yan Moning „Yoshlik qoʻshigʻi“) yaratildi. 50-yillarning boshlarida tinchlik va xalklar doʻstligi mavzularida, ayniqsa, sheʼriyatda muhim asarlar ijod qilindi. Lekin 1958-yilda „inkilobiy romantizm bilan inqilobiy realizmning uygʻunligi“ Xitoy adabiyotida birdan bir ijodiy metod deb eʼlon qilindi. Amalda esa ijod axlidan xaspoʻshlab aks ettirish, voqealarni ideallashtirish talab qilindi. 60-yillar oʻrtalaridan „madaniy inqilob“ boshlanishi munosabati bilan yangi badiiy asarlar yaratilmay qoʻydi, tarjima asarlarini nashr etish toʻxtatildi, koʻpgina adabiybadiiy jurnallar yopildi. Xitoy yozuvchilari uyushmasi (1953-yildan tashkil qilingan)ning faoliyati ham, asosan, toʻxtab qoldi. 1970-yillarning boshlaridan adabiy hayotda bir oz jonlanish yuz berdi. „Madaniy inqilob“ yillarida quvgʻinga uchragan yozuvchi va shoirlarning katta guruhi oklandi, ularning faoliyati qayta tiklandi. Ular tomonidan yozilgan asarlar nashrdan chikarildi. Xalqning ongini bozor munosabatlariga moslashtirish, oʻtgan davrga tanqidiy yondoshish, milliylikni saqlab qolish kabi masalalar yangi adabiyotning asosiy gʻoyasiga aylandi. Jahon adabiyotining xitoy adabiyotiga boʻlgan taʼsiri kuchaydi. 1977-yildan pyesa, sheʼr, nasriy va publitsistik asarlar paydo boʻla boshladi. Bu yillarda yaratilgan asarlarda oʻn yillik tartibsizliklar davridagi turmush ochib beriddi. Nasr, ayniqsa, hikoya janri jonlandi. Lyu Sinuning „Sinf rahbari“, Van Menning „Sartarosh hikoyasi“, Ju Chjitszyuanning „Kutilmagan voqea“ kabi hikoyalari shuhrat qozondi. Qissalardan Shen Junning „Oʻrtacha yosh“, Ye. Veyminning „Daryoda moʻljalsiz suzish“, L u Yanchjouning „Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi“ ajralib turadi. Shuningdek, Chjou Ketsinyaning „Syuy Mao va uning qizlari“, Vey Veyaning „Sharq“, Li Chjunning „Xuanxe sharqqa qarab oqadi“, Gu Xuaning „Nilufar gullari vodiysida“ romanlari paydo boʻldi. Meʼmorligi Xitoy hududida mil. av. 4— 1-ming yillikka oid manzilgohlar saqlangan. Mil. av. 2ming yillikda devorlar bilan oʻralgan, ibodatxona va saroylari boʻlgan shaharlar paydo boʻldi (poytaxt Anyan shahri saroyi xarobalari). Sinchli binolar qurilgan. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida meʼmorlik va shaharsozlik prinsiplari shakllandi. Mamlakat markazlashgan yagona Sin davlatiga birlashtirilgach (mil. av. 221—207), Buyuk Xitoy devorini asosiy qismi qurildi. Sin va Xan davrlari (mil. av. 206— mil. 220)da 2— 3 qavatli uylar, yirik saroylar qurildi. Mil. av. 3-asrgacha murakkab konstruksiyali ulkan saroylar, katta koʻprik, maqbara, darvozalar qurildi (Sichuan provinsiyasi, Yan uyezdidagi Gaoi syuye). 3—6-asrlarda buddizm taʼsiri natijasida kõp yarusli ibodatxona — pagodalar barpo etildi (Xenan provinsiyasida, 523). 7—12-asr xitoy meʼmorligi shakllarning qatʼiyligi va mahobatliligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Loyan, Chanʼan shaharlari, saroy va ibodatxona majmualari (Utayshan togʻlaridagi Foguan ibodatxonasi, 857), pagodalar (Sianya yaqinidagi Dayanta yoki „Yovvoyi gʻozlar“ katta pagodasi, 652). Sun davlati davrida Xitoy meʼmorligiga shakllarning nihoyatda nafis va mutanosibligi xos (Kayfindagi Teta yoki „Temir“ pagoda, 1041—48). Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (13—14-asr)da yuanlar davlati poytaxti Dadu (keyinchalik Pekin)da binolar ansambli qayta qurildi, saroy majmualari yaratildi. 19-asr 2-yarmida Shanxay, Tyantszin, Nankin, Guanchjou kabi yirik shaharlarda Yevropa tipidagi eklektik binolar paydo boʻldi (Ixeyuan bogʻidagi Sinyanfan saroy paviloni, Pekindagi kutubxona). 20-asr 80-yillaridan zamonaviy qurilish konstruksiyalari milliy meʼmoriy anʼanalar bilan uygʻunlashtirilib, yirik bino va inshootlar bunyod etildi. Tasviriy sanʼati Xitoyning kad. sanʼat yodgorliklari mil. av. 3ming yillikka mansub. Xitoyning kup joylaridan nafis ishlangan sopol idishlar, jez va nefritdan ishlangan va shakli hamda guli har xil boʻlgan buyumlar, hayvonlarning In davriga mansub toshdan ishlangan haykalchalari, Chjou davri (mil. av. 11—3-asr)ga mansub amaliybezak sanʼati asarlari topilgan. Mil. av. 1-ming yillikdan qilich sopi, mebel tayyorlashda lokdan foydalanila boshlandi. Mil. av. 4—3-asrlarga oid shoyiga tush bilan rayem solingan asar saqlangan. Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220) makbaralaridan mifologiya va dunyoviy mavzudagi relyef hamda yozuvlar, odam, uy hayvonlari tasvirlangan sopol idishlar, oltin va kumush bilan bezatilgan jez buyumlar topilgan. 4-asrdan budda gʻor ibodatxonalari haykal va devoriy rasmlar bilan bezatildi (Yungan, Lunmin, Mayszishan). Bu davrda rassom Gu Kaychji va xattot Van Sichji ijod qildilar. Tan (618907) va Sun (9601270) sulolasi davrida Xitoy sanʼatining barcha turi ulkan yutuklarga erishdi. Bu davrda xalq hayotini haqqoniy aks ettiruvchi monumental rangtasvir paydo boʻldi; rassomlikning shoyi matoga tush yoki boʻyoq bilan rayem solish turi shakllandi. U Daotszi, Van Vey, Yan Liben, Chjou Fan, Xan Gan va boshqa Tan davrining mashhur rassomlari boʻlgan. Amaliy bezak sanʼati rivojlandi. Szindechjen chinni manufakturasida tayyorlangan mahsulotlar chet elga chiqarildi va jahonga mashhur boʻldi. 16-asrdan badiiy kashtadoʻzlik va toʻquvchilik rivojlandi. 19-asr 2-yarmida Xitoyning yarim mustamlakaga aylanishi ijtimoiy va madaniy hayotda qaramaqarshiliklar vujudga keltirdi, tasviriy sanʼatda turgʻunlik koʻzga tashlandi. Shu davrda Yevropa sanʼati taʼsirida moyboʻyoq rassomligi paydo boʻldi. 19-asr oxiridan rassomlar milliy klassikani ijodiy rivojlantirish yoki uni Yevropa uslubi yutuqlari bilan uygʻunlashtirishga intildilar. 20-asrning 20—30-yillarida yogʻoch gravyurasi paydo boʻldi. XXR tashkil boʻlgach (1949), Xitoy tasviriy sanʼati jadal surʼatda rivojlana boshladi. Bu davrda Szyan Yan, Xuan Chjou, Ye Syanyuy, Yan Chjiguan va boshqa samarali ijod qildilar. „Madaniy inqilob“ yillari Xitoy rassomligi inqirozi davri boʻldi. 1976-yildan soʻng qayta tiklana boshladi. Rassomlar oʻz faoliyatlarini takomillashtirish yoʻllarini qidira boshladilar. Xitoyda Si Bayshi, Syuy Beyxun, Pan Tyanshou, Li Kuchat, Lyu Xaysu, Guan Shanyue va boshqa rassomlar mashhur. Zamonaviy tasviriy sanʼatida turli oqim va yoʻnalishlar mavjud. Musiqasi Xitoy musiqa madaniyati jahonning eng qad. musiqa madaniyatlaridan biri. Uning manbai mil. av. 2ming yillikdayoq muayyan darajada rivojlangan qad. qoʻshiq va raqslarga borib taqaladi. „Shitszin“ („Qoʻshiqlar kitobi“, mil. av 11—6-asrlar)da 3000 xalq qoʻshigʻi, marosim madhiyalari toʻplangan boʻlib, xalq qoʻshiq sanʼatining muhim yodgorligidir. Xitoy xalq musiqasi bir ovozli boʻlib pentatonikaga asoslangan (mil. av. 7-asrda shakllangan). Keyinchalik 7 va 12 ovozli sistema paydo boʻldi. Asosiy musiqa cholgʻulari (anʼanaviy xitoy orkestri, odatda, 100 ga yaqin, cholgʻudan tashkil topadi): torli — se, sin, pipa, erxu, sixu, banxu; puflama — syao, paysyao, di, sona, shen; urma — gong, qoʻngʻiroqcha, baraban, tarelkalar. Nota yozuvidagi (iyeroglif tizimi) birinchi professional asar — „Yulantsu“ („Tanho orxideya“) pyesasidir (muallifi Syu Min, 6-asr). 8-asrda balet sanʼati rivojlana boshladi. 12—13-asrlarda dramatik dialog, orkestr joʻrligida kuylash, pantomima va raqsni oʻzida mujassamlashtirgan xitoy operasi shakllandi. 17-asrning oʻrtalaridan Sharqiy Xitoyda orkestr musiqasi rivojlandi. 19-asr bilan 20a oraligʻida Yevropa musiqasi taʼsiri sezildi. 1927-yil konservatoriya ochildi. Xitoy musiqasiga boshqa mamlakatlar musiqa sanʼati yutukdarini olib kirishga intiluvchi „Yangi xitoy musiqasi“ deb nomlangan ilgʻor musiqa harakati paydo boʻldi. Kompozitorlar Ne Er (1912 35; ommaviy vatanparvarlik qoʻshiqlar muallifi), Si Sinxay (1905 — 45), Xuan Szi (1904—38), Chjanshu (1908—38) yangi musiqa asoschilaridir. 1953-yil Xitoy kompozitorlar uyushmasi tuzilgan. Pekin, Shanxay, Shenyan, Chendu, Tyantszin, Sian, Guanchjou shaharlarida konservatoriyalar ishlaydi. Xitoyda dirijyorlar Li Demun, Xuan Itszyun, Yan Lyankun, Xan Chjunsze, Chjen Syaoin, kompozitorlar Li Xuanchji, Lyu Chji, Syuy Sisyan, Syuy Vey, Chju Szyaner, Chjan Juy, Chjen Syufen, ijrochisolistlar Lu Chunlin, Lyu Dexay, Van Gotun, Shen Chjungo, vokalchilar Chjan Syuan, Vey Sisyan, Xu Sunxua, Van Kun, Li Guilar mashhur. Soʻnggi chorak asr davomida musiqa sanʼatida katta yuksalish yuz berdi. Ayniqsa, zamonaviy estrada janri tez rivojlandi. Yoshlar oʻrtasida gʻarb musiqasiga boʻlgan intilishning kuchayishi har xil yoshlar ansambllari tashkil topishiga olib keldi. Yevropa musiqa ohanglari bilan milliy musiqa ohanglarining qoʻshilib ketishi kuzatildi. Musiqa ijro etishda zamonaviy musiqa cholgʻularidan foydalanish keng tarqaddi. Teatr sarchashmalari xalqning qoʻshiqraqs ijodi, turli marosim va oʻyinlar bilan bogʻliq tomoshalardan boshlanadi. Xandavri (mil. av. 3-asr — mil. 3-asr)da shaharlar va hunarmandchilikning rivoji teatr sanʼati taraqqiyotiga taʼsir etdi. Tan davri (7— 10-asrlar)da buddizm xitoy adabiyoti va sanʼatiga, xususan, raqs sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatdi. 8-asr oʻrtalarida imperator Syuantszun saroyida „Nokzor“ („Liyuan“) teatr maktabi tashkil qilindi. 10—12-asrlarda professional aktyorlar truppalari vujudga keldi. 13— 14-asrlarda teatr sanʼati takomillashdi. 17—19-asrlarda muayyan xudud bilan bogʻlangan mahalliy teatr janrlari (banszi, sintsyan, yuetszyuy va boshqalar) paydo boʻldi. 19-asr oʻrtalarida mahalliy teatrlar negizida teatrning yangi shakli — Pekin musiqali dramasi shakllandi; u keyinchalik xitoy umummilliy klassik musikali dramasiga aylandi. 20-asr boshlarida zamonaviy drama teatri shakllandi (asosan, Yevropa drama sanʼati taʼsirida). 1907-yilda birinchi drama truppasi — „Koʻklamgi majnuntol“ („Chunlyushe“) tashkil qilindi. Oʻsha yili „Kuklam quyoshi“ („Chunyanshe“) professional teatri ham tashkil topdi. 1927-yil Shanxayda ilgʻor teatr arboblari, dramaturg va aktyorlar „Janubiy jamiyat“ („Nantoshe“)ga birlashdilar. 1930— 40 yillardagi yirik dramaturglar: Sao Yuy, Go Mojo, Xun Shen, Tyan Xan, Ouyan Yuysyan, Sya Yan va boshqa 1930-yilda Sud teatr arboblari ligasi tuzildi. 30ylarda zamonaviy drama teatr saxnalarida rus va Gʻarbiy Yevropa dramaturglarining pyesalari qoʻyildi (N.V.Gogol, A. N. Ostrovskiy, M. Gorkiy, G. Ibsen va boshqalarning pyesalari). XXR tashkil etilgach (1949), teatr sanʼatida islohot oʻtkazildi, klassik dramalar qayta koʻrib chiqildi. 1952-yilda 1Umumxitoy teatr va drama koʻrigida islohotga yakun yasaldi. 1963—64 yillarda teatrda inqilob oʻtkazish, klassik pyesalarni „zamonaviy inqilobiy pyesalar“ bilan almashtirish masalasi kun tartibiga qoʻiildi, natijada professional jamoalar keskin kamayib ketdi. „Madaniy inkilob“ davri teatr sanʼati uchun ham tushkunlik davri boʻldi. 1976-yildan soʻng teatr taraqqiyoti yangi bosqichga oʻtdi. Oʻz asarlarida xayotni real aks ettiruvchi yosh isteʼdodli dramaturglar yetishdi. Zamonaviy va tarixiy mavzularda koʻplab pyesalar yaratildi. Kinosi Xitoyda birinchi film 1913-yil yaratilgan („Soxta erxotinlar“). 1920—30-yillarda progressiv yoʻnalishdagi filmlar ishlab chikarildi („Baliqchi qoʻshigʻi“, „Yoʻl“, „Chorraha“ va boshqalar). 1940-yillarda Xitoy kinematografchilari ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan filmlarni suratga oldilar („Sungari daryosida“, „Bahorgi suvlar sharqqa oqadi“, „Sakkiz ming li, oy va bulutga yoʻl“ va boshqalar). 1938-yil sentabrda tuzilgan Yanan kinoguruhi ozod etilgan hududlarda „Yanan va 8armiya“, „Doktor Norman Betyun“, „Nannivan“ kabi hujjatli filmlar yaratdilar. 1946-yil Xitoy shimoli-sharqining ozod etilgan rnlarida Dunbey (Shimoli-sharq) studiyasi (keyinchalik Chanchun) tashkil etildi. „Xitoy kizlari“ (rej.lar Lin Szifen va Chjay Syan), „Poʻlat askar“ (rejissyor Chen In), „Oq sochli qiz“ (rej.lar Van Bin va Chjan Shuyxua), „Partiya kizi“ (rejissyor Lin Nun), „Tinchlik yoʻlida“ (rejissyor Xuan Szolin) filmlari 1950-yillardagi eng yaxshi filmlardir. 1950-yil Pekin shahrida kinematografiya instituti tashkil etilgan. 1960-yillarning oʻrtalaridan filmlar ishlab chiqarish kamaydi. 1967—69 yillarda deyarli barcha studiyalar oʻz faoliyatlarini toʻxtatdi, faqat bir nechtagina hujjatli film chiqarildi. 1976-yildan keyin kino ishlab chiqarish astasekin tiklana boshladi. 1980-yillarda qishloq hayoti mavzusidagi „Yuelyan qishlogʻidagi qahqaxa“, „Syuy Mao va uning kizlari“, „Qishloqqa muhabbat“ va boshqa filmlar yaratildi. „Sian hodisasi“, „Nanchan qoʻzgʻoloni“ filmlarida inqilob tarixidan muhim lavhalar aks ettirildi. „Qon har doim qaynoq“, „Koʻprik ostida“ filmlari hozirgi zamon yoshlari, ularning muammolariga bagʻishlandi. Shuningdek, Lu Sin, Mao Dun, Lao She asarlari asosida ham filmlar yaratildi. „Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi“, „Oʻrtacha yosh“, „Yilqichi“ kabi filmlarda xitoy xalqining maʼnaviy goʻzalligi va mehnatsevarligi haqida hikoya qilinadi. Xitoyda badiiy hamda hujjatli filmlar bilan bir qatorda multiplikatsion va ilmiyommabop filmlar ham ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari Rasmiy nomi Xitoy Xalq Respublikasi. Poytaxti — Pekin shahri. BMT aʼzosi. Xitoy Gʻarbiy Osiyoda joylashgan boʻlib, maydoni 9,6 mln. km2 ni tashkil etadi. Osiyodagi yirik davlat hisoblanadi, jahonda esa maydoni jihatidan Кanada va Rossiyadan keyin 3-oʻrinda turadi. Xitoy quruqlikda 14 davlat bilan chegaradosh, ular: Afgʻoniston, Butan, Myanma(Birma), Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Laos, Mongoliya, Nеpal, Pokiston (talash hudud boʻlgan Кashmir), KXDR, Rossiya, Tojikiston va Vyеtnam. Chegaralarning umumiy uzunligi 22 117 km. Dengiz boʻylab esa Shimoliy Koreyadan Vyetnamgacha, Gʻarbiy Xitoy dengizi, Koreys koʻrfazi, Sariq dengiz va Janubiy Xitoy dengizi, Tayvan oroli bilan Tayvan boʻgʻozi orqali 14 500 kilometr uzunlikda tutashgan. Xitoyni 1949-yildan Kommunistlar partiyasi boshqarib keladi. Xitoy faqat bir partiyali mamlakat hisoblanadi. Tarixi Geografiyasi Bambukzorlar Xitoyda bambukning 500 ga yaqin turlari mavjud, oʻrmonlarining 3 foizi bambuklardan tashkil topgan. Qalin qamishzorlarni Xitoyning 18 provinsiyasida uchratish mumkin. Bambuklar asosan hayvonlarga ozuqa boʻladi, shuningdek, sanoat korxonalarida ham ishlatiladi. Xuanxe (Sariq daryo) Xitoydagi ikkinchi buyuk daryo, uzunligi 5464 km. Xuanxe yoki Sariq daryo oʻta tezlik bilan oqadi. Bu daryoda 1642-yilda 300 ming kishi oqib halok boʻlgan Lushan togʻlari Xitoy tamaddunining oʻchogʻi sanaladi. Maydoni 5 ming kvadrat kilometrga teng bu togʻlar mamlakat janubi, Tszyansi provinsiyasining Intan shahri yaqinida joylashgan. SHimolda Xitoyning eng uzun daryosi — Yantszi bilan chegaradosh. Janub tomondan mamlakatning eng katta chuchuk suvli daryosi — Poyaku suvlari bilan yuviladi. Lushan togʻlari 2000-yillik tarixga ega boʻlib, ular ilk bora xitoy solnomalarida tilga olingan. Qadimda bu erda sehr-jodu bilan shugʻullanishgan va shu bois Lushan togʻlari xudosizlar manzili xisoblangan. Daosizm va buddizm oqimlari vujudga kelgach, oqim asoschilari bu erga ilk maktab va akademiyalarni qura boshlagan. Qurilmalarning ayrimlari shu davrga qadar saqlanib qolgan. Qoʻriqxona necha yuz yillardan buyon oʻz goʻzalligi bilan butun dunyoni oʻziga maftun qilib keladi. Uni madh etuvchi 4 mingdan ziyod sheʼr va dostonlar bitilgan.1996-yildan YUNYeSKOning jahon meroslarini saqlash qoʻmitasi tomonidan unga quyidagicha baho berilgan: "Lushan togʻlarining dunyoviy merosi shundaki, u xitoy millatining maʼnaviy-madaniy qadryatlari bilan bevosita bogʻliq. Xitoy xalqining qadriyatlari tabiat bilan uygʻunlashib ketganday goʻyo. U yirik madaniy manzarani aks etdiradi. 2007yili Lushan togʻi Milliy bogʻ sifatida tan olinib, jahon meroslarining roʻyxatiga kiritilgan. 1998-yilda esa geologik park sifatida YUNYeSKO xalqaro tarmogʻiga kiritilgan. Bu tarmoqqa 28 geoparklar kiritilgan boʻlib, ularning 7 tasi Xitoyda joylashgan. Iqtisodiyoti Xitoy Xalq Respublikasi aholisining soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 2009-yil maʼlumotiga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1,329 mlrd kishini (Syangan MAR va Tayvan provinsiyasi, Aomen rayonidan tashqari) tashkil etdi. U hozirda dunyo aholisining 21 % ni tashkil etmoqda. Xitoy aholisining oʻrtacha zichligi 1 kv. kilometr ga 137 kishini tashkil etadi. Xitoy aholisi uning hududi boʻylab bir tekisda joylashmagan boʻlib, Sharqiy Xitoyning dengiz oldi rayonlarida aholining zichligi 1 kv. kilometr ga 410 kishidan ortiq aholi toʻgʻri kelsa, Markaziy Xitoyda aholining zichligi 1 kv. kilometrga 200 kishidan ortiq toʻgʻri kelsa, gʻarbiy Xitoyning togʻli hududlarida bu koʻrsatkich 1 kv. kilometr ga 20 kishidan ham kam kishi toʻgʻri keladi. 2010-yilda Xitoyning yalpi ichki mahsuloti Yaponiyadan yuqori boʻlib, dunyoda AQShdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Xitoy potentsial supergohlardan biri hisoblanadi. Dini Xitoyning anʼanaviy dini konfusiylik, koʻpchilik daosizm va buddizm diniga sigʻinishadi. Xitoyliklar orasida islom va xristian dinlariga ham eʼtiqod qiluvchilari bor. Xuey, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, tatar, oʻzbek, tojik, dunsyan, salar va baoan xalqlari musulmonlar hisoblanadi. Tibetliklar, moʻgʻullar, tai va yugurlar lamaizm diniga eʼtiqod qilishadi. Vetveylar buddizmga eʼtiqod kilishadi, myao va yaolar xristian diniga eʼtiqod qilishadi, koʻpchilik daurlar, orochonlar va evenklar shamanizmga eʼtiqod qilishadi. Madaniyati Xitoy haqidagi maqolalar Galereya Manbalar Osiyo BMT aʼzolari
61,829
3263
https://uz.wikipedia.org/wiki/Hindiston
Hindiston
Hindiston (rasman: Hindiston Respublikasi (Bhārat Gaṇarājya)) – Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3 214 km, gʻarbdan sharqqa 2 933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, gʻarbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni – 3,3 million km. Aholisi – 1 428 627 663 kishi (2023). Poytaxti – Nyu-Dehli. Maʼmuriy jihatdan 28 ta shtat va 8 ta ittifoq hududidagi bolinadi. Davlat tuzumi Hindiston – federativ respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1950-yil 26-yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2022-yil 25-iyuldan Droupadi Murmu). U parlamentning ikki palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari aʼzolaridan iborat saylovchilar hayʼati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata – Shtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa) dan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Hindiston qirgʻoqlari kam parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston yarim orol va Hindgangtekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum togʻlarining bir qismini oʻz ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitogʻlik. Hindiston yarim orolning deyarli hammasini Dekan yassitogʻligi egallagan (sharqqa tomom 900 m dan 300 m gacha pasayib boradi). Hindis-tom yarim orol shimolda allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland togʻ tizmasi – Himolay (Hindistonda balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va Qoraqurum togʻlari Hindistonni shimoldan toʻsib turadi. Hindistonda foydali qazilmalardap toshkoʻmir, temir rudasi, titam, oltin, tabiiy gaz, marganets, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, meft, slyuda, qoʻrgʻo-shin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mus-sonli iqlim. Iyun – oktabrda issiq va nam, noyabr- fevralda quruq, salqin, mart – mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning 70-90% yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat va Himolay togʻlarining shamolga roʻpara yom bagʻirlarida 5000- 6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng seryogʻin joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston yarim orolning markaziy qismida 300-500 mm. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 15° (shimolda), 27° (janubiy da), may oyiniki hamma joyda 28- 35°, ayrim vaqtlarda 48°. Togʻlarda oʻrtacha temperatura yanvarda – G, −8°, iyulda 18-23°. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi Jamna, Hind (gʻoqori oqimi), Braxma-putra (quyi oqimi), Narmada, Goda-vari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Tuproqlari Hindiston hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitogʻligida qora, Hindgang tekisligi va dengiz boʻyi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay togʻlari yom bagʻrida togʻ-jigar rang, sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon. podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan yuqoriga almashinib boradi. Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% oʻrmon. Himolay togʻlarinish quyi yon bagʻirlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqaragay, oqqaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va Braxmaputra del-talari, Sharqiy Himolay togʻ oldi doim yashil oʻrmonlardan iborat. Hindistonda oʻsimliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlikning yarmidan koʻpini uchratish mumkin. Hayionot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars, mangusg va boshqa hayvonlar yashaydi, ilomning deyarli barchaturi mavjud. Mamlakatda 75 ta milliy bogʻ va 420 dan ortiq qoʻriqxona mavjud. Yirik milliy bogʻlari: kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, „Gullar vodiysi“ (UttarPradesh), Sariska va boshqalar. Aholisi Hindiston – dunyoda eng koʻp millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72% hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida soʻzlashuvchi xalqlar – hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubda, asosan, dravid tillarida, shimoliy va Shimoli-sharqida tibetbirma tillarida soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar – hind va ingliz tillari. Aholining koʻpchiligi (73%) hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom (16%), xristian (6%), sikhizm (2,5%) va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bom-bay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kan-pur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau. Tarixi Arxeologik topilmalar Hindistonda odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi – 2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan shahar madaniyati vujudga kelgan (qarang Xarappi madaniyati). Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida shimoli-gʻarbdan Hindistonga oriylar kirib kslib, avval Pan-job, keyinchalik Gang daryosi nodiysida joylashdilar. Miloddan avvalgi 6-asrda shimoliy Hindistonning sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Maga-y\"adavlati boʻlgan. Miloddan avvalgi 6-4-asrlarda iqtisodiy taraqqiyot qad. hind jamiyatida turmush sharoitlarini ancha oʻzgartirdi. Kullar va yollanma ishchilarning mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujudga keldi. Miloddan avvalgi 4-asr oʻrtalarida Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi magadha davlati tasarrufida boʻlgan. magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daresi havzasining bir qis-mini Axomaniilar bosib oldi. Miloddan avvalgi 327-325 yillarda Hindistonga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi. Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Mauriylar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho Ashoka hukmronligida qariyb butun Hindiston va hozirgi Afgʻonistonning bir qismi Mauriylarga qarashli edi. Milodiy 1-asrda Hindiston shim.ning katta qismi kushonlar qoʻl ostiga oʻtdi (qarang Kushon podsholigi). Kushonlar davlati yemirilgach, 4-asrda Hindiston shimolda yana Magadha dalvati ravnaqtopdi. Keyinchalik Guptalar sulolasi davrida shimoliy Hindistonning talaygina qismi – sharqda Bengaliya qoʻltigilan garbda Panjob va Katxiyavar yarim orolgacha boʻlgan hudud Magadha davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda Dekapda Vakata-ka, Pallavlar, Vanga kabi davlatlar mavjud boʻlgan. 2-4-asrlarda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan. 6-12-asrlarda Hindistonda bir necha davlat mavjud boʻlgan. 7-asrning 1-yarmida mahalliy podsholardan biri Harsha Hindiston shimoldagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30 yil hukm surdi. 8-asr boshlarida arablar Sindni bosib oldilar. 11-asr boshlarida Mahmud Gʻaznaviy Hindiston shimoliga bir necha marta hujum qilib, Panjobning bir qismini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. 12-asr oxiri – 13-asr boshlarida Hindiston shimolini Gʻuriylar davlati hukmdori Muhammad Gʻuriy zabt etdi. Uning oʻlimidan soʻng Gʻuriy noiblaridan biri Qutbiddin OyboqDe^li sultonligiga asos soldi. 14-15-asrlarda hind rojalarining hokimiyati saqlangan Rajputana (qarang Rojasthon) dan tashqari Hindiston shimolda mustaqil Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva hamda Dekanning shimolda Baxmoniy sul-tonligi paydo boʻldi. Afgʻonlarning Loʻdiylar sulolasi hukmronligi davri (1451 – 1526)da Gang daryosi vodiysining talaygina qismi sultonlikka qoʻshib olindi. 15-asr oxirida Hindistonga dastlabki yev-ropalik mustamlakachilar – portugallar kirib keldi va 16-asrning 1-yarmida ular dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526-yil aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur panipatdagi jangda Ibrohim Loʻdiyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu davlat 1858-yilgacha mavjud boʻldi). 17-asr boshlarida Hindistonga Angliya va Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyalari suqilib kirdi va portugallarni Hindiston bilan olib borayotgan dengiz savdosidan mahrum qilib, mamlakatda qator faktoriya (savdo-sotiq punktlari) ocha boshladi. 1664-yil fran-suzlarning Ost-Indiya kompaniyasi ham tashkil etildi. Boburiylar oʻrtasidagi oʻzaro ichki kurash ingliz va fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyalariga Hindistonda harbiy ekspansiya uyushtirish imkonini berdi. Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu ikki kompaniya oʻrtasida Jaiubiy Hindistonda boʻlib oʻtgan janglar (1756-63) natijasida Angliyaning OstIndiya kompaniyasi gʻolib chiqib, Bengaliyani zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini oʻz vassallariga aylantirdi. 1803-yil Dehli bosib olingach, boburiy podsholar inglizlar Ost-Indiya kompaniyasiga mutlaq qaram boʻlib qoldi. 1833-yil Ost-Indiya kompaniyasi savdotashkiloti sifatida gugatilib, unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuk-latildi. Hindiston sskin-asta Buyuk Britani-yaga qishloq xoʻjaligi xom ashyosi yetkazib beradigan bazaga aylanib qoldi. 19-asr oʻrtalarida mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻo-lonlari boʻlib oʻtdi. 1857-59 yillarda boʻlib oʻtgan mashhur sipohiylar qoʻzgʻo-loni (qarang Hindiston xalq qoʻzgʻoloni) Hindistonning keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 1858-yil Ost-Indiya kompani-yasi tugatilib, Hindistonni bevosita Buyuk Britaniya idora qila boshladi. 19-asrning 80-yillaridan mamlakatda xalqning norozilik namoyishlari, mitinglar, ish tashlashlar avj oldi. 1885-yil qator millii tashkilotlar birlashib, Hindiston milliy kongressi (HMK)ga uyushdi. 20-asr boshlari unda B. Tilak boshchili-gida soʻl demokratik oqim shakllandi. 1905-08 yillarda milliy ozodlik harakati yanada avj oldi. Ayniqsa, 1908-yilgi Bombay ish tashlashi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Buyuk Britaniya hukumati milliy ozodlik harakatini diniy jamoa belgilari boʻyicha boʻlib tashlashga harakat qildi va 1906-yil Musulmonlar ligasi partiyasining paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. Unga qarshi hindularning Hindu maxasabxa (hindularning buyuk ittifoqi) siyosiy tashkiloti tuzildi. Birinchi jahon urushi davri (1914-18)da Hindiston metropoliya tomonida urushda qatnashdi. 1918-yildan mustamlakachilikka qarshi kurash yanada avj oldi. Bu davrda HMK rahbarlaridan biri boʻlgan M. K. Gandi mustamlakachilarga qarshi kurashning satʼyagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik koʻrsatish) shaklini targʻib qildi. Gandi taʼlimoti – gandizm HMK partiyasining rasmiy mafkurasiga aylandi. Ingliz mustamlakachilarining Amritsar qirgʻini (1919-yil aprel)dan soʻng dekabrda HMK itoat qilmaslik kampaniyasini avj oldirdi. 1918-22 yillarda ishchilar harakati kuchaydi. 1920-yil Bugun Hin-distop kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1923-27 yillarda milliy ozodlik harakati vaqgincha susaydi. 1927-yil HMKda antiimperialistik kurashni faollashtirish tarafdorlarini birlashtirgan soʻl qanot vujudga keldi. Unga J. Neru va S.Ch. Bos rahbarlik qildilar. 1929-30 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni antiimperi-alistik harakatni yangi bosqichga koʻtardi. 1930-yil HMK M.Gandi rah-barligida yana boʻysunmaslik kam-paniyasini boshlab yubordi. 1931-yil martda HMK rah-barlari mustamla-kachi hukmron doi-ralar bilan muzokara boshladi. Har ikki tomon kelisha olmagach, boʻysun-maslik kampaniyasi davom ettirildi (1934-yilgacha). 1935-yil Angliya parlamenti Hindistonni boshqarish toʻgʻrisida hujjat (qonun) qabul qildi. Bunga koʻra, viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz mustamlakachilari qoʻlida qolaverdi. Mamlakatda bu reaksion hujjatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1936-yil HMK imperialistik kuchlarga qarshi yagona front tuzish vazifasini ilgari surdi. Ikkinchi jahon urushi (1939-45) davrida Hindiston antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi. Urush soʻnggida Hindiston bilan Angliya imperializmi oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar keskin kuchaydi. 1946-yil boshida armiya, flot va aviatsiyada inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar boʻlib oʻtdi. 1946-yil 18-23-fevralda Bombaydagi harbiy dengizchilar qoʻzgʻoloni inqilobiy harakatning yuqori choʻqqisi boʻldi. Angliya huku-mati milliy harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946-yil bahorda Hindistonga dominion maqomini berishga qaror qilganligini eʼlon qildi. 1946-yil avgustda J. Neru boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. Milliy ozodlik haraka-tining avj olib ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari Hindistondan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1947-yil 15-avgustda Hindiston hududida ikki mustaqil davlat – Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) dominionlari vujudga keldi. Hindistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J. Neru boʻldi. 1950-yil 26-yanvarda Hindiston suveren respublika deb eʼlon qilindi. Mamla-katda agrar islohotlar oʻtkazila boshlandi. Sanoatda davlat sektorini yaratish va uni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligida zamindorlik yer egaligini tugatish yoʻllari bel-gilandi. 1964-yil mayda J. Neru vafotidan soʻng HMK partiyasining ahvoli ogʻirlashdi. 1965-yil kuzda Hindiston – Pokiston mojarosi yuz berdi. 1966-yil Toshkent uchrashuvitsya imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat oʻrtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos boʻldi. 1966-yil yanvarda L. B. Shastri vafotidan soʻng J.Neruning qizi – I. Gandi Hindiston Bosh vaziri boʻldi. 1977-yil martda parlamentga oʻtkazilgan saylovda Janata parti (partiyasi) gʻolib chiqdi. Bu HMKning keyingi 30 yil (1947-77) mobaynidagi birinchi yirik magʻ-lubiyati edi. Janata parti yetakchisi M. Desai Hindiston Respublikasining toʻrtinchi Bosh vaziri boʻldi. 1977-yil martdagi magʻlubiyatdan keyin HMK partiyasi inqiroz davrini boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha koʻzga koʻringan rahbarlari Janata partiga oʻtib ketdi. 1978-yil yanvarda sobiq Bosh vazir I. Gandi va uning bir qancha tarafdorlari HMK dan chiqib, yangi partiya – HMK(I)ni tuzdilar. 1980-89, 1991-96 yillar va 2004-yildan HMK [1978-yildan HMK (I)] hokimiyat tepasida. Hindiston – 1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 26-dekabrda UzR suverenitetini tan olgan va 1992-yil 18-martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 26-yanvar – Respublika kuni (1950) va 15-avgust – Mustaqillik kuni (1947). Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyush-malari Hindiston milliy kongressi (I) partiyasi, HMK (1885-yil 28-dekabrda tashkil etilgan)dagi boʻlinishdan keyin 1978-yil yanvarda tuzilgan; Bxaratiya janata parti, Janata parti (1977-yil tuzilgan)ning boʻlinishi natijasida 1980-yil aprelda tashkil etilgan; Janata dal partiyasi, 1988-yil 11-oktabrda tuzilgan; Hindiston Kommunistik partiyasi, 1925-yil 26-dekabrda asos solingan; Hindiston Kommunistik partiyasi (marksistik), 1964-yil noyabrda tuzilgan. Umumhindiston kasaba uyushmalari kongressi, 1920-yil tuzilgan; Hindiston kasaba uyushmalari milliy kongressi, 1947-yil asos solingan; Hind kasaba uyushmalari markazi, 1970-yil tashkil etilgan. Xoʻjaligi Hindiston – agrar-industrial mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi rivojlangan oʻnta davlat qatoriga kiradi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 25%, sanoat 30%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 45% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti koʻp ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni tashkil etuvchi davlat sektori harbiy sanoat tarmoqlari, atom energetikasi, transport va aloqada yetakchi oʻrin egallaydi. Qishloq xoʻjaligida mayda dehqon xoʻjaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8 mln.dan ortiq fermer xoʻjaligi bor. Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar) mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil etadi; shundan 141 mln. gektari faqat ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki marta hosil olinadi). Qishloq xoʻjaligi maydonining 20% sugʻoriladi. Mamlakatda aholi soni koʻp boʻlishiga qaramay, uning qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilibgina qolmay, koʻp qismini eksport ham qiladi. Qishloq xoʻjaligi dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari – sholi, bugʻdoy, tariq, duk-kakli don ekinlari va moyli oʻsimliklar. Hindiston shakarqamish, yer yongʻoq, choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajoʻxori, tamaki, qalam-pir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va hokazo) yetishtiriladi. Xda kokos palmasi, banan, sit-rus va boshqa mevali daraxtlar ham oʻsti-riladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi, tuya, par-randa boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Oʻrmon xoʻjaligida qimmat-baho yogʻoch tayyorlanadi. Sanoatida marganets, slyuda (du-nyoda oldingi oʻrinlardan birida), toshkoʻmir, titan, temir rudasi, ol-tin, tabiiy gaz, xromit neft, bok-sit va boshqa qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 380 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi issiqlik elektr stansiyalarida, 1/7 qismi GESlarda); AESlar ham bor. Yetakchi sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik (aso-san, jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati. Neftni qayta ishlash, se-ment, qogʻoz, shisha-oyna ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Qora va rangli metal-lurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan. Dunyodagi axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi korxonalarning yarmidan koʻpi Hindistonda joylashgan. Yadroviy texnologiyalar va koinotni zabt etish boʻyicha yetakchi oʻrinda. Hindistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda va hunarmandchilik korxonalari beradi. Transporti Transportida temir yoʻl transporti muhim rol oʻynaydi. Transport yoʻlilar uzunligi 75 ming km (15% elektrlashtirilgan). Avtomobil yoʻllari uzunligi 3 mln. km dan ortiq. 1984-yil Kalkutta shahrida met-ropoliten ishga tushgan. Mamlakatda kemalar qatnaydigan daryo yoʻllari soni 14 ta. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 90% dengiz yoʻllari orqali amalga oshiriladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 10366 ming t ded-veyt. Yirik dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin, Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo yoʻllari orqali bogʻlangan. Asosiy aeropor-tlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay, Bxubaneshvar, maduray shaharlarida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat qiladigan 90 ta aeroport mavjud. Tashqi savdosi Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, isteʼmol mollari va boshqa oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – Hindiston rupiyasi. Tibbiy xizmati Mamlakatda sogʻliqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qoʻllaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida, 16 tish vrachlari kollejlarida va 12 boshqa tibbiyot bilim yurtlarida, oʻrta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda koʻplab tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona va ambulatoriya tarmoqlari mavjud. Asosiy kurort maskanlari: Gujarot shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman, Maharashtra shtatidagi Madha, Marv, Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va boshqa Hindistonda ikki turdagi sogʻliqni saqlash muassasalari mavjud. Biri xususiy sogʻliqni saqlash, ikkinchisi davlat sogʻliqni saqlash xizmatlari. Hindistonda oʻziga xos farq bilan tan olingan 6 ta tibbiyot tizimi mavjud. Bular Ayurveda, Sidda, Unani, Yoga, Naturopatiya va Gomeopatiya. Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari Hindiston mustaqillikka erishgan paytda mamlakat aholisining 96% savodsiz boʻlgan. 1949-yilda qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy talim joriy etildi. 2005-yilda savodxonlik darajasi 52% ga yetdi. Mamlakatda katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish maqsadida maxsus maktablar ochilgan boʻlib, ularda 120 mln. kishi shugʻullanadi. Hindistonda xalq taʼdimi tizimi maktabgacha taʼlim muassasalari, boshlangʻich va kichik asosiy maktab, toʻliqsiz oʻrta va toʻliq oʻrta maktabdan iborat. Malakali ishchilar hunar bilim yurtlarida tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 5-6 yil va oʻqish pulli. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xusu-siy oʻquv yurtlari ham mavjud. mamlakatda 219 universitet va institut hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik va qadimgi oliy oʻquv yurtlari: Bombay universiteti, Kalkutta universiteti, Chennay universiteti va boshqa asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxona (1902-yil tashkil etilgan), Dehlidagi ommaviy kutubxona (1951), Chennaydagi ommaviy markaziy kutubxona (1896) va boshqa Mamla-katda 460 dan ortiq muzey faoliyat yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat muzeyi (1851-yil tashkil etilgan), Dehlidagi hozirgi zamon sanʼati milliy galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi shahridagi Sanʼat muzeyi, Kalkuttadagi Hindiston muzeyi (1814), Birla Texnologiya muzeyi, Bombaydagi Gʻarbiy Hindiston muzeyi, Dehlidagi J. Neru (1964), M. Gandi (1948) memorial muzeylari. Hindistonda ilmiy tadqiqotlar universitet va maxsus markazlarda, ilmiy jamiyat va assotsiatsiyalarda, fanlar aka-demiyalarida olib boriladi. Hindiston milliy fanlar akademiyasi eng yirik ilmiy muassasa hisoblanadi.institutlarga Ilmiy va sanoat tadqiqotlari ksngashi, Atom energiyasi boʻyicha komissiya, Qishloq xoʻjaligi tad-qiqotlari boʻyicha Hindiston kengashi, Tibbiyot tadqiqotlari boʻyicha Hindiston kenga-shi, Universitetlarni mablagʻ bilan taʼminlash komissiyasi, Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti rahbarlik qiladi. Hindiston ilmiy kongressi assotsi-atsiyasi Hindistonning eng ommaviy ilmiy jamiyatidir. Hindistonda 130 maxsus ilmiy tadqiqot muassasasi, 700 dan ortiq ixtisoslashgan laboratoriya ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Mamlakatda ilmiy tadqiqot bilan 2,5 mln. kishi shugʻullanadi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Hindistonda 84 tilda umumiy adadi 51 mln. nusxadan iborat 19 ming gazeta, 35 mln. nusxadan iborat 18 ming jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Indian ekspress“ („Hind eksprsssi“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1932-yildan), „Xindustan tayms“ („Hindiston vaqti“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1923-yildan), „Tayms of In-dia“ („Hindiston vaqti“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1838-yildan), „Steytsmen“ („Davlat arbobi“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1875-yildan), „Neshnl gerald“ („Milliy xabarchi“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1938-yildan), „Nav bharat tayms“ („Yangi Hindiston vaqti“, hind tilidagi kundalik gazeta, 1947-yildan), „Naya patx“ („Yangi yoʻl“, oylik adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jurnal, 1954-yildan), „Forin affers riports“ („Xalqaro munosabatlar xabarchisi“, ingliz tilidagi oylik jurnal, 1952-yildan), „Hayot“ (urdu tilidagi haftanoma, 1963-yildan), „Hindu“ (ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1878-yildan), „Hindustan“ (hind tilidagi kundalik gazeta, 1933-yildan), „Blits“ („Chaqmoq“, ingliz, urdu, hind, marathiy tillaridagi haftalik jurnal, 1941-yildan). Press Trast of Indiya, Hindistondagi eng yirik axborot agentligi (PTI), 1947-yil tashkil etilgan; Yunayted Nyus of Indiya (YUNI), Hindiston matbuot axborot agentligi, 1961-yil tuzilgan. Umumhindiston radiosi 1936-yildan, Umumhindiston televideniyesi 1976-yildan ishlaydi. Radioeshittirishlar 1927-yildan, telekoʻrsatuvlar 1959-yildan boshlangan. Adabiyoti Hind adabiyotining 3 ming yildan koʻproq anʼanasi vedalar – sanskrit tilidagi diniy gimnlardan boshlanadi. Miloddan avvalgi 10-4-asrlarda xalq ogʻzaki ijodida yirik epik dos-tonlar – „Mahabharata“ va „Ramaya-na“ shakllandi. Qadimgi hind adabiyoti yodgorliklari – puranlar muqaddas matnlari bu dostonlar matnlariga yaqin. Qadimgi hind ertaklari toʻplamlaridan „Panchatantra“, „Xitopadesha“, „Vetalapanchavinshati“, „Shuksaptati“ mashhur. Mualliflik adabiyoti milodiy 1-asr boshlarida paydo boʻldi. Sanskritadabiyotining buyuk shoiri va dramaturgi Kalidasatr. Bxasa (3-4-asr) va Shudraka (5-6-asr) ham mashhur dramaturg boʻlishgan. Sanskrit adabiyotida Bxo-vabxugi (8-asr) ham sezilarli iz qoldirdi. Dandin (7-asr)ning „Oʻn shahzoda sar-guzashti“ romani sanskrit badiiy nasrining choʻqqisi hisoblanadi. Mil.ning dastlabki asrlaridan dravid tillari (qarang Dravidlar)da, jumladan, tamil tshshtgi adabiyot (qarang Tamil adabiyoti) rivojlandi. taxminan 7-asrdan oʻrta asrlar adabiyotining tarixi boshlanadi. Sanskrit va tamil tilidagi adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda ham adabiyot vujudga keldi. Yangi hind adabiyoti dravid va yangi hind-oriya tillarida 1-ming yillik oxiridan rivojlana boshladi. Keyinroq esa kashmir va sindh adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi adabiyot shakllana boshladi. Musulmon davlatlarining paydo boʻlishi va islom dinining keng tarqalishi natijasida Hindistonning fors tilidagi adabiyoti yuzaga keldi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil va boshqalar). Shoirlardan Vali (17-18-asr), Mir Toqiy, Mirzo Gʻolib va boshqa urdu sheʼriyatining eng yaxshi namunalarini yaratdilar. 19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik hara-katining rivojlanishi natijasida adabiyotda \ind maʼrifatparvarlik davri boshlandi. Bu davr adabiyotida Dinobondxu Mittro, Premchand Mit-tro, Bonkimchondro Choddopaddqay va Bengaliyaning boshqa yozuvchilari samarali ijod qildilar. Ayni vaqtda ingliz tilida ijod qilgan dastlabki shoirlar (G. L. V. Derozio, K. Gosh, T. Datt)ning sheʼrlarida ingliz romantizmining taʼsiri seziladi. 20-asrning 20-yillarida mustaqillik uchun kurash \ind adabiyotining markaziy mavzusi boʻlib qoldi. Bu davrning buyuk yozuvchisi bengaliyalik R. Tagor boʻldi. Fors va urdu tillarida ijod qilgai shoir M.Iqbol oʻz asarlarida yuksak badiiylikka erishdi. 1930-yillarning oʻrtalarida taraqqiypar-nar yozuvchilarning \arakati vujudga keldi. 20-asrning 30-yillarida Hindistonda ingliz tilidagi nasr paydo boʻldi (M. R. Anand, N. K. Narayan, X. Chattopa-dxaya va boshqalar). 1936-yil Iremchand, M. R. Anand va Sajjod Zohirlar tashabbusi bilan Hindistop taraqqiyparvar yozuvchilar assoniatsiyasi tuzildi. Gan-dizm adabiyotga chuqur taʼsir koʻrsatdi. Inqilobiy romaitik oqim shakllana boshladi (Joʻsh Malihobodiy). Sheʼriyat shakllari yangilandi, nasr tez rivojlana boshladi. Ayni vaqtda deka-dentlik oqimlari \am paydo boʻldi (I.Joʻshi, M.Varma). Hindistonning mustaqillikka erishishi (1947) ilgʻor adabiyo-tning rivojlanishiga yordam berdi. Mustamlakachilik qoldiqlarini yoʻqo-tish uchun kurash va iqtisodiyotning yuksalishi ilgari qoloq boʻlgan bir qator adabiyotlarning rivojlanishiga qamda yangi adabiyotlarning shakllanishiga imkoniyat tugʻdirdi. Hindistonning milliy tillaridagi adabiyotlar bilan bir qatorda ingliz tilidagi adabiyot \am rivojlangan. 1940-60 yillarda Hindistonda ind progressiv adabiyot namo-yandalari A. S. Jafri, S. K. Chouxan, Xoʻja Ahmad Abbos, Yashpal, A. N. Kas-mi, A.Nagar va boshqa oʻz asarlarida mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy muam-molarni koʻtarib chiqib, jamiyatdagi eng lolzarb masalalarni \al etishga daʼvat etdilar. Milliy adabiyot vakillaridan B.Bxattachoriya, M. R. Anand, M.Bondopaddxay, T. Bondopaddxay, G.Singx, R. V. Desai, R.Krishnamur-ti, R. A. Maxadevan, Vshʼchatxol va boshqa oʻz asarlarida mamlakatda iqtisodiy istiqlolga erishish, qashshoqlikni bar-taraf etish, savodsizlikni tugatish, xalqning maʼnaviy darajasini oshirish kabi muammolarni koʻtarib chiq-dilar. Progressiv yozuvchilar Sh. Chou-xan, X. Dvidedining gʻoyaviy estetik qarashlari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy \odisa va jarayonlar bilan cham-barchas bogʻlangan. Yozuvchi I.Joʻshi \ind adabiyotida „psixologik adabiyot“ vakili sifatida namoyon boʻldi. Yozuvchi va dramaturg V.Prabxakara oʻz asarlarida mustaqil Hindistonning ijtimoiy muammolarini \aqqoniy tarzda tasvirladi. 1980-90-yillarda M.Rakesh, Kamleshvar, B. Saxni, J.Kumar, Dug-gal, A.Pritam, K.Azmi, Saksena, Vimal va boshqa adiblar samarali ijod qildilar (yana q. Xsh") adabiyoti). Meʼmorligi Hindistonda miloddan avvalgi 3-1ming yilliklar-dayoq mudofaa, xoʻjalik va turar joy binolari, bogʻ va suv \avzalari boʻlgan yirik sha\arlar (Sang\ol, Lot\al, Mathura, Pataliputra) qurilgan. Miloddan avvalgi 4-2-asrlarda ulkan qalʼa, saroylar (Patali-putradagi podsho Ashoka saroyi), diniy ashyolarga moʻljallangan inshoot – stupalar, memorial ustun (stambxa)lar, gʻor ibodatxonalari (Karlida, miloddan avvalgi 1-asr; Ajantat, miloddan avvalgi 2-asr – milodiy 7-asr) va monastirlar, ehromlar yaratilgan. Milod boshlarida budda ibodatxonalarining yangi turlari (Sangida yer ustiga qurilgan toʻrt kolonnali peshay-vondan iborat kub shaklidagi ibodatxona, 5-asr; Ellorda yaxlit qoyatoshni oʻyib ishlangan ibodatxona, 8-asr) paydo boʻldi. 6-7-asrlarda ibodatxonalarning silliq minora shaklidagi shimoliy (Madya-Pradesh shtatida joylashgan Kxajuraxo ibodatxonalar majmuasidagi Kandarya Maxadeo va Bxubaneshvar shahridagi Mukteshvara ibodatxonalari) va zinasimon minora shaklidagi janubiy (Ma-xabalipuramdagi Dxarmarajaratxa ibo-datxonasi) turlari shakllandi. Shu davrda Banoras shahrida \indular ibodatxonalari qurildi; shaqarda 1500 ga yaqin ibodatxona bor. 13-asrdan Dexli sultonligi davrida yirik saroy ansambllari, masjid, gumbazsimon maqbara, minoralar (Dexdidagi Qutb Minor deb atalgan minorali Quvvatul-Islom masjidi, 1 193 yildan qurila boshlangan) \amda musta\kam qalʼa devorlari bilan oʻralgan shaqarlar (Siri, Jaqonpa-no, Tugʻlaqobod, Feruzobod; ammasi 14-asrda oz. Deqli xududida) qurildi. Boburiylar davlati tashkil boʻlgach, Hindiston meʼmorligi yuksak choʻqqilarga erishdi: sha\ar va qalʼa qurilishi sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi (Agra, Ajmer, Ollo\oboddagi qalʼalar, „Fate\pur-Sekri“ shaar-qalʼasi, 1569-84), qubbasimon maqbaralar (De\lidagi Xumoyun maqbarasi, 1565; Agra shahri yaqinidagi Tojmahal) qurildi. Qurilishda marmar eng koʻp ishlatiladigan qurilish materialiga ailandi. Ayni paytda Hindistonning ayrim hududlarida meʼmorlikda mahalliy kolorit saqlanib qoldi (Asarvdagi Dadagarir buloq paviloni, 16-asrda., Datiyadagi Bir Singx Deo saroyi, 17-asr boshi). 16-asrda yaratilgan Haydaroboddagi Chor Minor Zafar arki, uning yaqinidagi Makka masjidi, Ahmadoboddagi chayqalib turadigan minoralar ulkan tarixiy obidalardir. 17-asrda „Marvarid“ nomi bilan atalgan masjid, Jahongirshohning marmardan qurilgan maqbarasi, Dehlidagi Rang Mahal saroyi, durlar bilan bezatilgan masjid, sikhlarning Amritsardagi sajdagohi – Oltin ibo-datxona bunyod etildi. Baromi (Roja-sthon), Kanarak (Orissa), Kajuraxo (Madhya-Pradesh)dagi ibodatxonalar hind meʼmorligining bebaho yodgorliklariga aylandi. 19-asrda eski shaharlar (Kalkutta, Madras, Bombay) rivojlandi va Yevropa meʼmorligi uslubidagi inshootlar bunyod etildi. Mustaqillikka erishgach, mamlakatni industrlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qurilishlar avj oldi. Yangi shaharlar qurildi (Chandigarx, 1951-56, Le Korbyuzye boshchiligidagi meʼmorlar guruhi; Bxilai, 1963-yildan qurila boshlangan, hind meʼmorlari guruhi). Zamonaviy binolardan yiriklari: Kalkuttadagi bank (1969, meʼmor A.Gupta), M.Gandi muzeyi (1960-63, meʼmor Ch. Korrea), Kanpur shahridagi Texnologiya instituti (1963, meʼmor A.Kanvinde), Bombaydagi „Tojmahal“ mehmonxonasi (1975). Tasviriy sanʼati Hindiston janubda tosh davriga oid gʻorlardagi rasmlar, qiz-dirilgan loydan tayyorlangan buyumlar, zargarlik bezaklari saqlangan. Mohenjodaro, Xarappa va Hind daryosi havzasining markazlarida miloddan avvalgi 3-2-ming yillikda ilk sinfiy jamiyat sanʼati rivojlandi (hayvon va mifologik obrazlar tasvirlangan boʻrtma muhrtumorlar, haykalcha va boshqalar). Miloddan avvalgi 4-2asrlarda toshdan yodgorliklar tayyorlandi (Didarganjadan topilgan maʼbudalar haykali, Sarnatxadan topilgan „Sherali kaptel“). Milodiy 1- 5-asrlarda Kushon podsholigi davrida Gandxara badiiy maktabiga mansub buddaviy haykallar yasash rivojlandi. 5-7-asrlarda devoriy rassomlik gul-lab yashnadi (Ajantadat gʻor ibodatxonalar). 10- 12-asrlarda bronza haykal-taroshligi keng tarqaldi [raqs tushayo-tgan Shiva (Natarajan) haykalchasi]. 13-asrdan Dehli sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati davrida amaliy bezak sanʼati va kitob mini-atyurasi taraqqiy etdi. Oʻrta asrlarda Hindistonda miniatyura sanʼati rivojlandi. Dastlabki hind miniatyura maktablaridan gujarot maktabi mashhur boʻlgan. 16-asrda miniatyura sanʼatining boburiylar maktabi vujudga keldi. Bu maktab vakillari tasvirning haqqoniy boʻlishiga intildi; tarixiy risolalarga bezaklar yaratish, portret va ani-malistik janrlar keng tarqaldi. mustamlakachilik davrida Hindiston professional sanʼati deyarli rivojlanmadi, xalq hunarmandchiligi (gilam toʻqish, kash-tachilik, toʻqish, fil suyagi va yogʻoch oʻymakorligi, qadama naqsh, tanga zarb qilish va boshqalar) taraqqiy etdi. 19-asr oxi-ridan zamonaviy rassomlik vujudga keldi (R. R. Varma). 20-asr boshlarida, „Bengaliya uygʻonish davri“da koʻp ras-somlar milliy anʼanalarni saqlab qoldilar (rangtasvirchilar A.Tagor, N.Bos, S.Ukil; haykaltarosh V. P. Kar-markar va boshqalar). Hindiston tasviriy sanʼatida turli oqim va maktablar, jumladan modernistik oqim rivojlangan. Ras-somlar D. P. R. Choudxuri, B. N. Jija, S. N. Banerji, haykaltaroshlar K. Sen, Ch. Kar, P. D. Gupta, grafiklar X. Das va boshqa milliy sanʼat anʼanalarida asarlar yaratdilar. Hindistonda amaliy bezak sanʼati ham rivojlangan. Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega boʻlib, dunyoda eng qadimgi va oʻziga xos shakllardan tashkil topgan. Uning ildizlari xalq bayram va diniy marosimlari, Xarappa madaniyati (ayniqsa, Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan bevosita bogʻliq. Hindistonning qadimgi yozma yodgorliklari („Vedalar“ – „Rigveda“, „Samaveda“, „Atharvaveda“ va „Yajur-veda“; miloddan avvalgi 2-1 ming yilliklari)da diniy madhiyalar oʻz aksini topgan. Musiqashunoslar Hindistonda mumtoz musi-qaning yuzaga kelishini bevosita „Sa-maveda“ bilan bogʻlashadi. Uning falsafiy-estetik va nazariy mezonlari Bharataning sanskrit tilida yozilgan „Natyashastra“ risolasida asoslab berilgan (taxminan milodiy 3-4-asrlar), Matanganing „Brihadeshi“ risolasida (5-7-asrlar) hind mumtoz musiqasi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. sharangadevaning „Sangitaratnakar“ 7 jildli toʻplamida (13-asr) hind ragalari, ularning parda va ritmik tuzilishi, milliy musiqa sozlari va boshqa masalalar yoritilgan. Ramamatyaning „Svaramelakalanidhi“ (16-asr) hamda hind olimlarining boshqa risolalarida musiqiy tovushlar (thath) tizimi koinot quvvati sifatida yuzaga kelgan tovush (nada)lar hamda olam taraqqiyoti mahsuli boʻlmish usullar birlashuvi maʼnosida talqin etiladi. Kosmologik tasavvurlar asosida Kuyesh tizimining 7 ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta asosiy parda, ular negizida 22 yarim tondan kam boʻlgan interval (shrutilar) tizimi yuzaga kelgan. 13-asrdan boshlab Shimoliy Hindiston musiqa madaniyati Markaziy va Urta Osiyo xalqlarining badiiy anʼanalari, musulmon sanʼati taʼsirida rivojlanib borgan. Buning natijasida hind mumtoz musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi: shimoliy („hindustani“) va janubiy („karnatak“). Janubiy Hindiston musiqa uslubi (karnatak) asosan anʼanaviy xonan-dalik sanʼati bilan ajralib turadi, unda ragalar negizida diniy qoʻshiqchilik janrlari – kirtan, pada (bastakorlar Purandaradasa, 15-16-asrlar; Kshetrayn, 17-asr), kriti (mumtoz ashulaning asosiy turi; Shyam Shastri, Muttusvami Dikshitar, Tyagaraja ijodida ravnaq topgan, 18-19-asrlar), yengil mumtoz musiqa janrlari – tillana (18-asr), javalli (19-asr) va boshqa keng oʻrin olgan. Shimoliy Hindiston mumtoz musiqasida eng muhim lirik janrlardan „dhrupad“ (Svami Haridas, Miyan Tansen, 16-17-asrlar), xonandalikda, soʻngra sozandalikda ham ishqiy va shirin kayfiyatni aks ettiruvchi, virtuozli „xayal“ (manbalarda uning asoschisi Amir Xus-rav Dehlaviy hisoblanadi) janrlari keng oʻrin olgan. Mumtoz musiqa sohasida „thumri“, „gʻazal“, „kavalli“, soʻfiyona „kalam“, shuningdek, „dadra“, „tappa“, „tarana“lar ham mavjud. Hind mumtoz musiqasi, musiqiy folklor, raqs sanʼati shakllari asosida anʼanaviy musiqiy teatr turlari – jatra, yakshagana, tamasha va boshqa tashkil topgan. Mumtoz raqs turlariga bharat natyam, kathakali, kath-ak, manipuri, odissa va boshqa kiradi. Hind xalq musiqa ijodi turlarining boyligi va rang-barangligi Hindistonda turli millat vakillarining istiqomat qilishi, ular koʻp tillarda soʻzlashuvi bilan belgilanadi. Xalq musiqa cholgʻularidan urma dhol, dholak, damaru, udukkai, puflama kombu, singh, tiruchinnam, karnay, murali, mohori, nagasar, torli-chertma ekta-ra, dutara, tuntune, jantar, torlikamonli kamaycha, banam, sarinda va boshqa keng oʻrin olgan. Professional musiqa sozlaridan vina, setor, sarod, tampura, sarangi, nay, bansuri, sur-nay, shohnay, nagasvaram, fisgarmoniya, pakhovaj, tabla, mridanga, gha-tam va boshqa ommalashgan. Hindistonda milliy ozodlik harakati va mustamlakachilikka qarshi kurashning kuchayishi (19-asrning 1-yarmi va 20-asrning oʻrtalari) milliy musiqa madaniyatining rivojlanishida muhim davrni boshlab berdi. Rabind-ranat Tagorning ijodi yorqin sahifa boʻlib qoldi. Faol ziyolilar orasida milliy musiqa merosini oʻrganishga qiziqish kuchaydi. Yangi oʻquv yurtlari ochildi, jamoa tashkilotlari tashkil etildi: Madras (hozirgi Chennay)da musiqa akademiyasi (1928), Kerala sanʼat markazi (1930), Xalq sanʼatini saqlash Bengaliya jamiyati (1932), Dehlidagi Gandharva Mahavidyalay musiqa instituti (1939) va boshqa Vishnu Narayyana Bhatkhande, Vishnu Digam-bar Paluskar, Chinnasvami Mudalyar, Subbarama Dikshitar kabi musiqashunos olimlar hind musiqa madaniyatini rivojlantirishda oʻz ilmiy asarlari bilan katta hissa qoʻshdilar. Hindiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach (1947), hind musiqasining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Teatrlarda yangi musiqali spektakllar qoʻyildi (Shila Vatsning „Qotgan yer“, Gʻulom Haydarning „Boʻysunmas Pan-job“, S.Shankarning „Poyezd“, G. D. Madgulkarning „Ram haqida qissa“ va boshqalar). Kino musiqasi kompozitorlik ijodini rivojlantirishda muhim omil boʻlib qoldi, unda milliy va Gʻarbiy Yevropa maktablarining uslubiy omillari uygʻunlashgan. natijada kompozitorlar tomonidan kino uchun xalqqa manzur kuy va qoʻshiqlar yaratildi. 1960-90 yillarda A.Vishvas, H.Kumar, S.Choudhuri, R.Barman, Ravi, Naushad, Xayyom, Madan Mohan kabi kompozitorlar kinomusiqa janrida ijod qilishgan, hozirgi kunda Shankar va Jeykishan, Lakshmikant Pyarelal, S. D. Barman, Anu Malik kabi kompozitorlar bu sohada faol ijod qilmoqda. Ular bastalagan kuy va qoʻshiqlarni Talat Mahmud, Gita Datt, Shamshod Begum, Manna Dey, Lata Mangeshkar, Muham-mad Rafi, Mukesh, Asha Bhonsle, Usha Mangeshkar, shuningdek, Kumar Sanu, Alka, Yagnik, Anuradha Paud-val, Sonu Nigam, Udit Narayyan, B.Subramaniam, Kavita Krishna Murthi, Ar Rahmon Hariharan, Adnan Sami va boshqa ijro etishgan. Mumtoz musiqa ijrochiligida Ravi Shankar (setor), Bismilloh Xon, Ali Akbar Xon, Amjat Ali (sarod), Hariprasad Chaurasiya (nay), Pandit Ram Narayyan (sarangi), Pandit S. R. Vyas va Malikarjun Mansur (xonanda-raga), Subbulakshmi, Kishori Amonkar, Sandhya Mukerji (xonanda-raga), Mukesh Sharma (sarod), Irshad Xan (setor va surbahor), ustad Zokir Huseyn va Ilmas Huseyn Xon (tabla), Jagjit Singh (xonan-da-gʻazal), Gʻulom Ali (xonanda-gʻazal), Gulfam Ahmad (sarod va rabab) va boshqa mashhur. Hindistonda musiqa maktablari va kollejlari, universitetlarda musiqa fakultetlari mavjud. Musiqa sanʼati sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari, sanʼatkorlarning ijrochilik faoliyatini muvofiklashti-ruvchi tashkilotlar, musiqa sanʼatiga oid konferensiya, forum, festivallarni tashkil etuvchi idoralar faoliyat koʻrsatmokda; bular orasida – Dehli musiqa, raqs va drama akademiyasi (Sangit Natak Akademi), Bombay ijrochilik sanʼati milliy markazi, Chennay musiqa akademiyasi mashhur. Milliy musiqa madaniyatining turli xil shakllarini targʻibot etishda Umumhindiston radiosi bosh vazifani bajarmoqda. Teatri Hindistonda xalq teatr tomoshalari qadim zamonlardayoq paydo boʻlgan. Ular qabilalarning turli urf-odatlari, oʻyin va raqslari asosida vujudga kelgan. Xalqteatrining asosiy shakllari \ozirgacha yetib keyagan. Aksariyat teatr tomoshalarining asosini qadimgi ind epik dostonlar – „Ramayana“ va „Ma-habharata“tn olib oʻynaladigan sa\-nalar tashkil qilgan. Uning eng koʻp tarqalgan syujeti dostonlar qahramonlari – Rama va Krishna hayotidan olingan lavhalardan iborat. Anʼanaviy teatrlarning yorqin va taʼsirli vositalaridan biri raqsning bharat-natyam, kat\akaliy, kathak, manipuriy kabi turlaridir. Janubiy Hindistondagi koʻp geatrlarning xoreografik asosini bharat-natyam va kathakaliy, Shimoliy Hindistondagi tsatrlar xoreografik asosini kathak va manipuriy tashkil qiladi. Gʻarbiy Bengaliya va Oris-sada jatra lirik dramasi mashhur. Bunda tomoshalar ochiq joyda oʻtkazilgan, sahna va dekorapiyalar boʻlmagan. Xalq teatrlari Hindistonning boshqa rayonlari – Maharashtra (tomosha), Kashmir (joshi), Rojasthon (svangi)da ham boʻlgan. Hind mumtoz teatri taraqqiyo-tida xalq teatrlarining taʼsiri kuchli boʻldi. Uning gullagan davri Bxasa, Kalidasa va Shudraka ijodi bilan bogliq. 12 – 13-asrlarda Hindiston mumtoz dramasi tanazzulga uchradi. 16-asrda Mala-bar sohillarida spektakllar tunda bayramlarda qoʻyiladigan diniy mavzudagi teatr paydo boʻldi. Bu teatrning sodda turi – tulal 18-asrgacha saqlandi. 19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik harakatining kuchayishi, milliy ongning oʻsishi Yevropa tipilagi teatrni vujudga keltirdi. Bengal, hind, marath tillarida dramaturgiya yaratildi. 1872-yil bengal dramaturgi G.Ghosh Milliy teatrga asos soldi. U hind teatr sanʼati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. 19-asrning 2-yarmi – 20-asrning 1-yarmida hind teatrida yangi shakllarning paydo boʻlishi hind yozuvchisi R.Tagor nomi bilan bogʻliq. 20-asrning 40-yillari professional va havaskor teatr jamoalari vujudga keldi; ular Xalq teatrlari assotsiatsiyasi (1943-yil asos solingan)ga birlashdilar. Mustamlakachilik tuzumining soʻnggi yillari mustamlakachilikni qoralovchi teatr tomoshalarining turli shakllari paydo boʻldi. Hindiston mustaqillikka erishgach, milliy madaniyat, jumladan, teatr sanʼati rivoj topdi. 1953-yilda Musiqa, raqs va drama akademiyasining ochilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Kalkuttada „Bohurupiy“, „Star“, „Rangmahal“, „Mi-nerva“, Teatr markazi, „Tarun opera“, Dehlida „Yangi teatr“, Bombayda „Dramatik Vint“ teatrlari mashhur. Shuningdek, Ollohobod, Chennay, Bano-ras, Puna va boshqa shaharlarda ham doimiy teatrlar mavjud. Qoʻgʻirchoq teatri ham teatr tomoshalarining eng qadimgi turlaridan biridir. Soya teatri keng tarqalgan. Kinosi Hindistonning ilk filmi 1912-yilda ishlangan („Roja Xarishchandra“, rejissor D. G. Pxalke). Dastlabki ovozli kino 1931-yil ekranga chiqdi („Dunyo nuri“, rejissor A.Iraniy). 1930-yillarda, milliy ozodlik harakati avj olgan davrda ilgʻor ijtimoiy goyalar bilan sugʻorilgan „Devdas“ (1935, rejissor P. S. Baruat), „Kutmagan edilar“ (1936), „Qoʻshnilar“ (1939, ikkalasining rejissor V.Shantaram) kabi s|>ilmlar yaratildi. 1947-yil Axborot va radioeshittirish vazirligi huzurida kinematografiya boʻlimi tashkil etildi. Xalq hayetini haqqoniy aks ettirgan filmlar paydo boʻldi („Yer farzandlari“, 1946, rejissor Xoʻja Ahmad Abbos; „Mazlumlar“, 1949, rejissor N.Ghosh). 1950-yillarda zamonning muhim ijtimoiy masalalariga bagishlangan „Daydi“ (1951, rejissor R.Kapur). „Ikki bigha yer“ (1953, rejissor B.Roy), „Yoʻldosh“ (1953, rejissor X. A. Abbos) yaratildi. Rejissor S.Reyning „Yoʻldagi qoʻshiq“ (1955), „Yengilmaganlar“ (1957), „Apulning dunyosi“ (1959)dan iborat kinotrilogiyasi jahon kino sanʼatida muhim voqea boʻldi. Usha davrda rejissor G.Datt „Qogʻoz gullar“, „Chanqoqlik“, „Oy nuri“ filmlarini yaratdi. 1960-yillarda koʻngilochar musiqali filmlar yara-tadigan Bombay studiyasidan farqli oʻlaroq real voqelikni aks ettiruvchi filmlar tayyorlaydigan Kalkutta kino maktabi vujudga keldi („Xor“, 1975; „Parashuram“, 1978, ikkalasining rejissor M.Sen; „Raqib“, 1970; „Uzoq momaqaldiroq“ 1973, ikkalasining rejissor S.Rey; „Mantxan“, 1977, rejissor Sh. Benegal). 1970-yillarda rejissor Ya. Chop-raning „Shoʻʼla“, „Qayerdadir, qachondir“, produser R.Kapurning „Bobbi“, rejissor R.Reddining „Dafn marosimi“ filmlari ekranga chiqdi. 1980-yillarda rejissor M.Kumarning „Inqilob“, rejissor B. R. Chopraning „Yonayotgan poyezd“, rejissor A.Gopalakrishnanning „Yuzma-yuz“, rejissor G.Aravindoning „Oridad“ filmlari shuhrat qozondi. 1990-yillarda rejissor A.Chopraning „Dsvona dil“, produser M.Kumarning „Be-tob“, „Yarador“ kabi vatanparvarlik goyalari bilan sugorilgan filmlari ekrapga chiqli. Kino aktyorlaridan B.Saxni, D.Ananl, D.Kumar, M.Kumari, Raj, Rishi va Karishma Kapurlar (q Kapurlar tiasi), S.Nirgis, A.Bachchan, Amirxon, Shohruhxon, Salmanxon, R.Mukerji, A.Patel, M.Dikshid va boshqa mashhur. Hindistonda hujjatli filmlar ham chiqarilali. 1960-yil Puna shahrida Kinematografiya instituti ochilgan. 1954-yildan Bombayda xar yili Butun Hindiston kinofestivali oʻtkaziladi. Hiid kino sanʼati vakillari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkentdagi kinofsstinallarida faol qatnashib, koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritganlar. Hindistonda yiliga 1000 dan ortiq film yaratiladi va u jahonda yaratilayotgan filmlarning 14% ni tashkil etadi. Manbalar Havolalar Rasmiy sayti Osiyo BMT aʼzolari
45,506
3264
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yaponiya
Yaponiya
Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) — Sharqiy Osiyoning Tinch okean sohilidan sharqda , kun chiqish tomondagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga qariyb 9.13 ming km²ga choʻzilgan; Yaponiyaning eng yirik 4 ta orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu. Yaponiyaning tabiiy boyliklari deyarli juda kam davlatning atrofini Tinch okean o'rab turganligi tufayli mamlakatning tuprog'ida yod moddasi yetarlicha hisoblanadi. Shimolidan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydon 377,8 ming km². Aholisi 126 mln. kishi (2021). Poytaxti — Tokio shahri. Yaponiya maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi. Davlat tuzumi Yaponiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi hokimiyat 1947-yil 3-mayda kuchga kirgan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — imperator (1989-yildan Akihito). Konstitutsiyaning 1-moddasiga koʻra, u "davlat va xalq birligi ramzi"dir. Imperator oilasining yer aʼzolari imperatorlik taxti uchun merosxoʻr hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator mustaqil hokimiyatga ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador boʻlgan har qanday faoliyati Vazirlar mahkamasi maslahati va maʼqullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Tabiati Yaponiya moʻtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi —30 ming km ga yaqin. Xonsyu orolining janubiy sohili, Shikoku va Kyushu orollarining qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp; bu yerda murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan oʻralgan. Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab ayrim qismlarda joylashgan. Hokkaydo oroldagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi (Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu orolning shimoliy qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Yaponiyadagi eng baland vulkan — Fudziyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu orolning markaziy qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp smrelyefli va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib turadi. Shikoku orolning eng baland joyi 1981 m (Ishizuchi choʻqqisi), Kyushu orolniki 1788 m (Kuju vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995-yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan). Yaponiyadagi 150 vulqondan 40 tachasi soʻnmagan. Vulkanli rayonlarda mineral va termal buloklar koʻp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud. Iqlimi mussonli, shimolida moʻʼtadil, janubida subtropik, Ryukyu orollarida asosan tropik ikdim. Hokkaydo orolda, Sapporoda yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 22°, Okinavada yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki musson Yaponiya hududiga sovuq havo olib keladi va koʻp yogʻin keltiradi. Yiliga 30 martagacha tayfun boʻladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, oʻrtacha yillik yogʻin 1800 mm; Hokkaydo orolning sharqida yillik yogʻin 800–1200 mm, Sekoku va Kyushu orollarida 3000 mm, baʼzi joylarda 4000 mm gacha. Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 6 tasining uzunligi 200 km dan oshadi, jumladan, Sinano daryosining uzunligi 367 km tayfun vaqtida daryolar toshadi. Koʻpgina daryolarning suvi sugʻorishga va gidroenergiya resurslari sifatida sarflanadi. Mayda koʻl koʻp va ular ichimlik suvi manbai boʻlib xizmat qiladi. Eng katta koʻl — Biva (maydon 670,2 km², chuqurligi 103,8 m). Tuproqlari shimolida podzol va oʻtloqibotqoq, janubida qoʻngʻir oʻrmon, subtropik va tropiklarda sariq va qizil tuproq. Tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan. Yaponiya hududining 67% oʻrmon va butazorlardan iborat; oʻrmonlarining 41,4% ekib oʻstirilgan. Jami 700 turdan koʻp daraxt va buta hamda 5599 tur oʻt oʻsimligi oʻsadi. Endemik oʻsimlik koʻp. Oʻrmonlar, asosan, igna bargli va keng bargli daraxtlardan iborat. Yaponiyada sut emizuvchi hayvonlarning 132 turi, qushlarning 490 turi, sudralib yuruvchilarning 110 turi mavjud. Yaponiya qirgʻoqlariga tutash dengiz suvlarida baliqlarning 3000 ga yaqin turi, mollyuskalarning 1200 dan ortiq turi yashaydi. Aholisining 99% dan koʻpi yaponlar. Xokkaydo orolda mamlakatning eng qadimiy aholisi — aynular (50 ming kishi atrofida) saqlanib qolgan. Shuningdek, koreys, xitoy va boshqalar yashaydi. Rasmiy til — yapon tili. Asosiy dinlari — sintoizm va buddizm; konfutsiylik va daosizm aqidalari katta taʼsirga ega. Xristianlik, islom va hinduizmga eʼtiqod qiluvchilar ham mavjud. Xristianlik XVI asr oʻrtalaridan, islom XIX asr oxiridan kirib borgan; xristianlar 1,5 mln ga yaqin, musulmonlar 100 ming kishi chamasida. 1935-yil Tokio va Kobe shahrilarida dastlabki masjidlar qurilgan. 1956-yildan Yaponiya musulmonlar uyushmasi va 1966-yildan Yaponiya islom markazi mavjud. Aholining 77% shaharlarda yashaydi (2002). Yirik shaharlari: Tokio, Yokohama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto. Tarixi Yaponiya hududida qadimiy odam izlari paleolit davriga oid. taxminan mil. av. 8000—300 yillarda neolit davri madaniyati — jomon (idishlarga bitilgan ipsimon naqshlarga qarab nomlangan) mavjud boʻlgan. Oʻsha davr moddiy yodgorliklarini oʻrganish Yaponiyaning qadimiy aholisi, asosan, Janubiy Sharqiy Osiyodan kirib borganini koʻrsatadi. Mil.av. 2-ming yillik mobaynida janubiy moʻgʻul tipidagi qabilalar kelgan. Mil.av. 1 ming yillik arafasida Yaponiyada asosiy qismini aynlar tashkil etgan etnik aholi tarkib topdi. Mil.av. V-IV asrlarda dehqonchilik, chorvachilik rivojlangan, metall qurollar qoʻllanilgan. Mil.ning boshlarida ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi; qulchilik paydo boʻldi. IV asr oʻrtalarida tashkil topgan yirik qabilalar ittifoqi — Yamato asoshida ilk yapon davlati tarkib topdi. V asrdan iyeroglif yozuvi, VI asrdan buddizm tarqaldi. Yamato hukmdorlari tashqi aloqalarda "tenno" unvonini qoʻllay boshlagan. Bu unvon hozirgacha ham saqlangan va Yevropa tillariga "imperator" soʻzi bilan tarjima qilinadi. 646-yil yer davlat mulki deb eʼlon qilindi, aholi esa davlat chek yerlari egasiga aylandi. Yarim erkin dehqonlar zodagonga qaram dehqonlar bilan tenglashtirildi. Xitoydagi Tan davlati tipida markaziy maʼmuriyat tuzildi. 710 yilda birinchi doimiy poytaxt — Nara qurildi, 794-yilda poytaxt Kioto (Heyan)ga koʻchirildi. VIII asrda mamlakat janubidagi avstronezlarning singdirilishi natijasida yapon millati shakllandi. X asrda davlat chek yer egaligi tizimi barham topib, aslzoda va ibodatxonalarning yermulklari (shoen) yerga egalikning asosiy shakliga aylandi. XI asrdan sardorlar boshchiligida harbiy zodagonlar guruhlari tashkil topa boshladi. 12-asrning oʻrtalarida Honshudan shimoli-sharqda Minamoto, janubi-gʻarbda Tayra ulardan eng yirigi edi. Bu xonadonlarning oʻzaro kurashi 1185-yilda Tayraning magʻlubiyati bilan tugadi. 1192-yilda shimoli-sharqliklar oʻz sardorlari Yoritomo Minamotoni shogun (sarkarda) unvoni bilan davlatning hukmdori deb eʼlon qildilar. Imperator sulolasi shogunlar hukmronligini xalq oldida qonuniy boʻlishini kafolatlab turish uchun nomigagina saqlab qolindi. Qarorgohi Kamakura shahrida joylashgan syogunlarga harbiylar tabaqasi (busi) va shaxsiy vassallar (ular maʼmuriy mansablarni egalladilar) asosiy tayanch boʻldi. Busi tabaqasining quyi qismi mayda harbiy dvoryanlar — samuraylardan iborat edi. Xitoy va Koreyani zabt etgan moʻgʻullar 1274 va 1281-yillarda Yaponiyaga qarshi ekspeditsiyalar uyushtirdilar, lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dengizda paydo boʻlgan kuchli tayfun moʻgʻul qoʻshinlarini halok qildi. Yaponiya tarixida bu tayfun "kamikaze" ("ilohiy shamol") nomini oldi. XIII asrdan savdo va hunarmandchilik korporatsiyalari (dza) soni orta boshladi. 14—16-asrlarda syoendan yirik zamindorlik — knyazlikka oʻtildi. 15—16-asrlarda deyarli uzluksiz dehqonlar qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. 1485—93 yillarda boʻlib oʻtgan Yamashiro qoʻzgʻoloni ulardan eng yirigi edi. 15—16-asrlarda Yaponiya bilan Xitoy va Koreya oʻrtasida savdosotiq avj oldi. 16-asrning oʻrtalaridan Yaponiyaga kirib kelgan yevropalik missionerlar xristianlikni tarqata boshladilar. 1603-yil Ieyasu Tokugava (1542—1616) syogun deb eʼlon qilindi va uning qarorgohi Edo (hoz. Tokio)ga koʻchirildi. Tokugava syogunlari sulosasi mamlakatni 1867-yilgacha boshqardi. Ularning hukmronligi davrida Yaponiya markazlashgan monarxiya davlatiga aylandi. Hukumat qatʼiy qoidalar bilan 4 tabaqa tizimi (samuray, dehqon, hunarmand va savdogarlar)ni oʻrnatdi. Tokugava hukumatining yevropaliklar ekspansiyasi va xristianlik xalq harakatining mafkurasiga aylanayotganligiga qarshi qator tadbirlarni koʻrishi natijasida Yaponiya qariyb 2,5 asr mobaynida "yopiq" davlatga aylandi. Shu yoʻl bilan mamlakat mustamlaka boʻlishdan saqlanib qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlari Tokugavalar Yaponiyasi uchun eng yuksalish davri boʻddi. Bu davrda aholining savodxonlik darajasi jahon miqyosida ham ilgʻor oʻringa chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida manufakturalar paydo boʻla boshladi. 1854—58 yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya bilan tuzilgan Ansey shartnomalariga koʻra, Yaponiya oʻz holicha ajralib yashash siyosatidan voz kechishga majbur boʻddi va suvereniteti cheklangan holda jahon bozoriga qoʻshildi. 1867—68 yillarda Yaponiyada dehqonlar, shahar kambagʻallari, savdosanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi baʼzi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqdi. Natijada burjua inqilobi — Meyji isin sodir boʻldi, shogun hukumachi agʻdarildi va hokimiyat imperator Mutsuxito (1867—1912 ylarda hukmronlik qilgan) qoʻliga oʻtdi. Shu davrdan boshlab Yaponiya imperator va uning hukumati boshchiligida tub ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy islohotlar yoʻliga oʻtib, tezlashgan modernizatsiya orqali gʻarb davlatlari darajasiga yetishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. 1869-yilda poytaxt rasman Tokioga koʻchirildi. 1871—72 yillarda knyazliklar tugatilib, oʻrniga prefekturalar tashkil etildi, avvalgi 4 tabaqa oʻrniga 3 tabaqa [oliy dvoryanlar (sobiq zodagon knyazlar, saroy aslzodalari), dvoryanlar (barcha sobiq samuraylar), oddiy xalq (bunga savdosanoat korchalonlari ham kiritildi)] taʼsis etildi. Barcha tabaqalarning tengligi, kasb tanlash va mamlakat boʻylab koʻchib yurish erkinligi haqida qonunlar qabul qilindi. 1872 —73 yillarda oʻtkazilgan yer islohotidan keyin yer, asosan, dvoryan yer egalari va boy dehqonlar qoʻliga oʻtdi. 1873-yildan mamlakatda yil sanasini belgilashda imperator hukmronlik qilgan davr nomi bilan bir qatorda grigoriy kalendari ham joriy etildi. 1879-yil birinchi siyosiy partiya tuzildi. 1868—85 yillarda xususiy sarmoya yordamida qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga ishlov beradigan 1300 korxona qurildi. 1889-yil imperatorga mutlaq vakolatlar beruvchi konstitutsiya qabul qilindi, 1890-yilda parlament taʼsis etildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yaponiyaning hukmron doiralari agressiv tashqi siyosat tuta boshlab, 1894-yilda Koreyada qoʻtarilgan dehqonlar qoʻzgolonini bostirish niqobi ostida u yerga qoʻshin yubordi va Xitoy bilan boʻlgan urush (1894—95) natijasida Tayvan va Penxuledao orollarini, rusyapon urushi (1904—05) oqibatida esa Shimoliy Saxalinni egalladi. Yaponiya va Buyuk Britaniya oʻrtasida 1902, 1905 va 1911-yillarda imzolangan shartnomalar asosida oʻzaro hamkorlik harbiy-siyosiy ittifoq darajasiga qoʻgarildi va ikki tomon Koreya hamda Xitoyda oʻz mavqelarini yanada mustahkamladi. 1910-yil avgustda Yaponiya Koreyani oʻz mustamlakasiga aylantirdi. Yapon monopoliyalari Janubiy Manjuriyani, keyinroq Xitoyning boshqa rayonlarini oʻz taʼsir doirasiga kiritdi. Birinchi jahon urushi boshlanishidan Yaponiya hukmron doiralari Uzoq Sharqdagi oʻz mavqelarini yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun foydalandilar. 1914-yil 23-avgustda Yaponiya Olmoniyaga qarshi urush ochdi va oktabrda Olmoniyaga qarashli Marshall, Mariana, Karolina orollarini, shuningdek, Xitoyning Shanʼdun provinsiyasini u yerda Olmoniya ijaraga olgan hudud bilan birga bosib oldi. Yaponiyaning mustamlakachilik siyosati kuchayib 1918—22 yillarda Uzoq Sharqdagi Rossiyaga qarashli bir qancha oʻlkalarni ishgʻol etib turdi. 1920-yildan Yaponiya iqtisodiyotida tushkunlik boshlanib, u 1925-yilgacha davom etdi. 1925-yil 20-yanvar dan Yaponiya bilan sobiq SSSR oʻrtasida oʻzaro munosabatlarning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida Pekin konvensiyasi imzolandi. 1926-yil 25-dekabrda Yaponiya taxtiga imperator Hirohito (1901—89) oʻtirdi. 1929—33 yillarda boʻlgan jahon iqtisodiy inqirozi natijasida vujudga kelgan holatda Yaponiyada harbiyfashistik diktatura oʻrnatishga intiluvchi oʻta reaksion "yosh ofitserlar" guruhi faollashdi. 1931-yil Yaponiya Manjuriyani bosib olishga kirishdi. 1933—36 yillarda Xitoyga qarshi agressiyani kuchaytirdi. 1936-yil 25-noyabrda Yaponiya fashistlar Germaniyasi bilan "Antikomintern pakti"ni imzoladi. 1937-yil iyulda Xitoyni bosib olish uchun urush boshladi va 1938-yil uning butun sharqiy qismini bosib oldi. Yaponiya qoʻshinlari shoʻro armiyasi tomonidan Hasan koʻli yonida (1938) va XalxinGol jangi (1939)da tormor keltirilgach, Yaponiya hukumati Yevropa davlatlari va AQSHning Janubiy Sharqiy Osiyodagi mustamlakalariga hujum qilishga oʻtdi. 1940-yil Hindixitoyning shimoliy qismini bosib oldi. Shu yil 27 sentabrda Olmoniya, Italiya va Yaponiya oʻrtasida "Uchlar pakti" imzolandi. Ikkinchi jahon urushida Olmoniya va Italiya ittifoqchisi sifatida qatnashdi. 1941-yil 7-dekabrda Yaponiya AQShning PyorlXarbordagi harbiy bazasiga hujum qilishi bilan Ikkinchi jahon urushiga kirdi. 1942-yilYaponiya imperiyasi Buyuk Britaniya va Fransiyaning Janubiy Sharqiy Osiyodagi koʻplab mustamlakalarini egallab ulkan hududni oʻz nazoratiga oldi. Ammo 1943-yildan egallagan hududlarini yoʻqota boshladi. 1945-yil AQSH harbiyhavo kuchlari Yaponiyaning Hiroshima (6-avgust) va Nagasaki (9-avgust) shahrilariga atom bombasi tashladi. Sovet hukumati 1945-yil 9-avgustda Yaponiyaga qarshi Manjuriya strategik operatsiyasini boshladi. 1945-yil 2 sentabrda Yaponiya soʻzsiz taslim boʻlganligi toʻgʻrisidagi aktga imzo chekdi va uning hududini ittifoqchilar nomidan AQSH qoʻshinlari okkupatsiya qildi. 1946—48 yillarda boʻlib oʻtgan Tokio sud jarayonida asosiy yapon harbiy jinoyatchilari jazoga tortildi. Urushdan soʻng Yaponiyada tub siyosiy va ijtimoiyiqgisodiy islohotlar oʻtkazilib, qurolli kuchlar va oʻng tashkilotlar tarqatib yuborildi, dvoryan yer egaligi tugatildi, avvalgi monopolistik konsernlar qayta tashkil etildi. 1947-yilgi konstitutsiyaga binoan mamlakat xalqaro mojarolarni qurol kuchi bilan hal qilishdan va shu maqsadda qurolli kuchlar tuzishdan voz kechdi. 1951-yil 8 sentabrda Yaponiya bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqalar davlatlar oʻrtasida San Fransisko sulh shartnomasi imzolanib, mamlakat suvereniteti tiklandi hamda Yaponiya bosib olgan barcha mustamlakalaridan voz kechdi. Shu yili Yaponiya bilan AQSH oʻrtasida imzolangan xavfsizlikni kafolatlash toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra, Yaponiyada AQSH harbiy bazalari joylashtirildi. 1956-yil 19 oktabrda SSSR bilan Yaponiya oʻrtasida urush holatiga barham berish, diplomatiya munosabatlarini tiklash toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzolandi. 1950-yillar boshidan Yaponiya iqtisodiyoti tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1960-yillarning oxiriga kelib "yapon moʻʼjizasi" atamasi paydo boʻldi va u yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarish hajmi boʻyicha kapitalistik dunyoda 2-oʻringa chiqdi. 1990-yillarda Yaponiya jahon miqyosidagi eng katta sarmoyador davlatga aylandi. Yaponiya — 1956-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 23-dekabr — imperator tugʻilgan kun (1933). Oʻzbekiston suverenitetini 1991-yil 28-dekabrda tan olgan va 1992-yil 26-yanvarda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari Liberaldemokratik partiya, 1955-yil asos solingan; Yaponiya demokratik partiyasi, 1996-yil tuzilgan; Yangi Komeyto partiyasi, 1964-yil tashkil etilgan; Yaponiya Sotsialdemokratik partiyasi, 1945-yil asos solingan; Yaponiya Kommunistik partiyasi, 1922-yil tashkil etilgan; Yangi konservativ partiya, 2002-yil tuzilgan. Yaponiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi — Shinrengo, 1989-yil 21-noyabrda Yaponiya kasaba uyushmalari Bosh kengashi (1950-yil tuzilgan) va Umumyapon xususiy korxonalar xodimlari kasaba uyushmasi (1987-yil tashkil etilgan)ning qoʻshilishi natijasida tuzilgan. Xoʻjaligi Yaponiya — iqtisodiy qudrati boʻyicha jahonda AQShdan keyingi oʻrinda turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan xom ashyo va yoqilgʻiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib beruvchi mamlakat. Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortigʻini ishlab chiqarish bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari hamda "sakkizlik" davlatlarida yetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 38%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 60% ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,3 trillion AQSH dollariga teng (2003). Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati kabi tayanch tarmoqlar chetdan olinadigan xom ashyo hamda texnologiyaning eng yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay yangidan barpo etildi. Energetika sanoati ham asosan, chetdan keltirilgan neftga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 1,097 trillion kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati issiqlik elektr stansiyalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr stansiyalariga toʻgʻri keladi (2002). 2003-yil 52 atom elektr stansiyasi ishladi. Yaponiya sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Kon sanoatida koʻmir, gaz, temir va mis rudasi, pirit, rux, qoʻrgʻoshinrux, marganets, kumush, oltin, simob, kaolin, talk va hokazo qazib olinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati yuksak taraqqiy etgan. Avtomobillar, maishiy texnika, elektron asboblar, aloqa vositalari, kema, poʻlat, sement, plastmassa, sintetik tola, robot ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, biotexnologiya mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor tarmoqlaridandir. Yaponiya sanoati 4 asosiy rayon: Keyxin (Tokio, Kanagava), Chukyo (Aychi, Mie), Hanshin (Osaka, Hiogo), Kita Kyushu (Fukuoka)ga boʻlingan. Mazkur rayonlarda jami sanoat mahsulotining 40% dan ortigʻi ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida hosildorlik boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlardan birida boʻlib, u yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Iqtisodiy faol aholining 4,2% qishloq xoʻjaligida band. Hududining 12,9% yoki 4,8 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi. Dehqonchilikda asosiy ekin — sholi (2002-yil 11 mln. t sholi yetishtirilgan). Shuningdek, kartoshka, sabzavot, oz miqdorda bugʻdoy va dukkakli don ekinlari ekiladi. Mevachilik, bogʻdorchilik, chorbogʻ xoʻjaligi rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi; pillachilik va baliqchilik rivojlangan. Yaponiyada 3000 dan ortiq baliq ovlash portlari boʻlib, dunyo boʻyicha ovlanadigan baliq va dengiz jonivorlarining 15% shu portlarga toʻgʻri keladi. Transporti Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5,5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uz. 1,2 mln. km, shu jumladan, 4,4 ming km tezyurar magistrallar. Yaponiyalarning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan. 1964-yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "Shinkansen" poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 km) Honshu va Hokkaydo orollarini birlashtiradi. Ichki suv yoʻllarining uz. 1770 km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg. tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate. Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 km. Tashqi savdosi Yaponiya chetga mashina va uskunalar, metall buyumlar, elektronika, kimyo mahsulotlari, elektrik asboblar chiqaradi; chetdan sanoat xom ashyosi, mineral yoqilgʻi, oziq-ovqat va toʻqimachilik mahsulotlari oladi. 2003-yil Yaponiyaning importi 383,3 mlrd. AQSH dollarini, eksporti 417,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi hamda Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — iyena. Tibbiy xizmati Aholi salomatligining koʻrsatkichlari boʻyicha Yaponiya jahonda yetakchi oʻrinda turadi. 2001-yil 1,85 mln. oʻrinli 167,5 ming shifoxona va poliklinika boʻlgan (har 100 ming aholiga 1458 oʻrin). Yaponiyada 255,7 ming vrach, 90,8 ming tish vrachi, 217,4 ming farmatsevt faoliyat olib boradi. Har 100 ming kishiga 201,5 vrach toʻgʻri keladi. Yaponiyada oʻz issiq suv manbalariga ega boʻlgan 3023 kurort bor. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Yaponiyada maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Maktabgacha tarbiya bolalar bogʻchalarida (8389 xususiy bogʻchada 1,4 mln., 5785 davlat bogʻchasida 367,8 ming tarbiyalanuvchi) amalga oshiriladi. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻqish majburiy va bepul. Taʼlimning birinchi bosqichi 6 yillik boshlangʻich maktab (2003-yil 23,6 ming maktabda 7,2 mln. oʻquvchi). Ikkinchi bosqich 3 yilliq kichik oʻrta maktab (2003-yil 11,1 ming maktabda 3,74 mln. oʻquvchi). 16—18 yoshli bolalar 3 yillik katta oʻrta maktab (2003-yil 5,4 ming maktabda 3,8 mln. oʻquvchi)da taʼlim oladi. Oliy taʼlim universitet, professional kollej va texnika institutlaridan iborat. 2004-yil mamlakatdagi 709 untda 2,8 mln. talaba oʻqidi, 84,2 ming oʻqituvchi ishladi. Untlarning 542 tasi xususiy. Yirik untlari: Tokio universiteti, Kioto universiteti, Osaka universiteti (1886-yil tashkil etilgan) va boshqalar Yaponiyada ilmiy tekshirish ishlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQSH dollari hajmida mablagʻ sarflanadi va bunda xususiy sektor yetakchi mavqega ega. Yaponiya sohasida 756,3 ming kishi band. Ulardan 430,6 ming kishi ilmiy tadqiqotlarni xususiy kompaniyalar, 280,7 ming kishi untlar, 44,9 ming kishi ijtimoiy tashkilotlarda olib boradilar. Yirik ilmiy tekshirish institutlari: aviakosmik texnika, metallar, elektronika boʻyicha kompleks tadqiqotlar, kosmos va astronavtika, elektr energetikasi, avtomobilsozlik, ixtiro va yangiliklar, Nomura kompleks, Mitsubisi kompleks institutlari. Yaponiyada 2711 ommaviy kutubxona, 3599 muzey, 79 hayvonot bogʻi, 79 akvarium, 90 botanika bogʻi bor. Yirik kutubxonalari: Milliy parlament kutubxonasi (7,9 mln. asar), Tokio universiteti kutubxonasi. Yirik muzeylari: Tokiodagi milliy muzey(1871-yil tashkil etilgan), Milliy ilmiy muzey, Imperator saroyi, Kiotodagi milliy muzey (1889) va Milliy hoz. zamon sanʼat muzeyi (1963), Nagoyadagi Tokugava badiiy muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Yaponiyada 70,8 mln. nusxada 166 milliy va mahalliy kundalik gaz. chiqadi. Yiriklari: "Iomiuri" ("Reporter", 1874-yildan) "Asaxi" ("Chiqayotgan quyosh", 1879-yildan), "Mayniti" ("Kundalik gazeta", 1872-yildan), "Nihon keyzay simbun" ("Yaponiya iqtisodiy gazetasi", 1876-yildan), "Sankey simbun" ("Sanoatiqtisodiy gazetasi", 1950-yildan). Shuningdek, 4178 oylik va haftalik jurnal, byulleten chiqadi. Yiriklari: "Bungey syudzyu" ("Adabiybadiiy almanax", 1923-yildan), "Dziyu minsyu" ("Liberaldemokratiya", 1955-yildan), "Kurashi to seyji" ("Hayot va siyosat"), "Sekay" ("Koinot", 1946-yildan), "Tyuo koron" ("Markaziy sharh", 1886-yildan), "Ekonomisuto" ("Iqtisodchi", 1923-yildan), "Bunka xyoron" ("Madaniy sharh"), "Gekkan shakayto" ("Sotsialdemokratik partiya oynomasi", 1957-yildan). Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo Susin (1945-yildan) va Jiji Sushin (1945-yildan). Radioeshittirish 1925-yildan va telekoʻrsatuvlar 1953-yildan olib boriladi. Yaponiya radiotelevideniye korporatsiyasi yarim hukumat tashkiloti hisoblanadi. 1925-yil tashkil etilgan. 222 xususiy aʼzoni birlashtirgan Tijorat eshittirishlar milliy assotsiatsiyasi 6900 teleradiostyani boshqaradi (1996). Adabiyoti Adabiyoti qadimdan mavjud boʻlgan xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiq, afsona va boshqalar) zaminida vujudga kelgan. Afsona, ertak, tarixiy rivoyat va qoʻshiqlardan iborat "Kojiki" ("Qadimgi hodisalar yilnomasi", sintoizmning muqaddas kitobi hisoblanadi) toʻplami ilk marta 712 yilda tuzilgan. Bu asar yapon tilida bitilgan birinchi manba hisoblanadi. 759 yil 4516 folklor va 500 ga yaqin muallifning asarlaridan iborat yapon sheʼriyati antologiyasi — "Manʼyosyu" ("Koʻp asrlik qoʻshiqlar toʻplami") yaratildi. 9-asrning oʻrtalarida birinchi adabiy nasriy asar — "Taketorimonogatari" yaratiddi. 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida adiba Murasaki Sekibu (978—1016) yaratgan "Genjimonogatari" ("Shahzoda Gendzi haqida qissa") asari Yaponiya mumtoz adabiyotining choʻqqisi boʻldi. 12—16-asrlarda harbiy epopeyalar yaratildi, badiiy kundaliklar keng tarqaldi, sheʼriyat antologiyalari tuzildi. 14— 15-asrlar xalq ijodiyoti va Budda rivoyatlari asosida bir.pardali dramalar (niqob teatrlari uchun) yozildi. 16-asrdan shahar adabiyoti paydo boʻldi. Hunarmandlar, savdo ahliga mansub shoirlarning toʻplamlari tuzildi. 17—19-asrning 60-yillarida adabiyotda demokratik gʻoyalar avj oldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida yirik dramaturg Takamatsu Mondzaemon samarali ijod qildi. Matsuo Basyo (17-asr), Kobayasi Issa (18-asr oxiri — 19-asr boshi) sheʼriyatning xokku janrida asarlar yaratdilar. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida nasr yanada yuksaldi. 19-asrning oʻrtalaridan yapon adabiyotida sentimental roman janri vujudga keldi, yevropalik mualliflarning asarlari tarjima qilina boshlandi. Shimey Ftabatey (1864—1909) "Suzuvchi bulutlar" romani bilan yapon adabiyotida tanqidiy realizmga asos soldi. Roka Tokutomi, Soseki Natsume va boshqalarning asarlarida ham tanqidiy realizm gʻoyalari oʻz aksini topdi. 20-asrning boshlaridan sheʼriyatda Yevropa sheʼriyatining taʼsiri va romantik gʻoyalar koʻzga tashlandi. Realist yozuvchilar asarlarida ijtimoiy tanqid asosiy oʻrin oldi. E.Zolya ijodi taʼsirida naturalizm uchun kurash harakati boshlandi. 1930—40 yillar adabiyotida "muqaddas urush"ni yoqlovchi apologetik gʻoya hukmron boʻddi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda bir qancha yapon yozuvchilari oʻz asarlarida "barqaror qadriyatlarni" izlash maqsadida milliy adabiyotning koʻp asrlik anʼanalariga murojaat qildilar. Dzyunʼitiro Tanidzakining "Mayda qor" (1943—48), Yasunari Kavabataning "Mingta turna" (1951), "Eski poytaxt" (1961—62) romanlari shu toifadagi asarlar boʻlib, ularda kuchli ichki lirizm va goʻzallikning mumtoz talqini aks etdi. Shu bilan birga 1967-yil Yukio Misimaning goʻyoki yapon madaniyatiga xos boʻlgan jangovarlik anʼanalarni tiklashga chorlovchi trilogiyasi ("Vatanparvar", "Xrizantema" va "Shahid boʻlgan qahramon ovozi") yaratildi. Adabiyotda sengoxa oqimi qaror topgach, shu oqim vakillari boʻlgan turli goyaviyestetik yoʻnalishdagi yozuvchilar oʻz ijodlarida inson shaxsiyatini qaror toptirish manfaatlari yoʻlida militarizm va anʼanaviylikni inkor etdilar. Shu oqim vakillarining urush mavzuiga oid asarlari, jumladan, Shohey Ookaning "Daladagi olovlar" (1951), Hiroshi Nomaning "Boʻshliq mintaqasi" (1952), Shusaku Endoning "Dengiz va zahar" (1957) romanlari yaratildi. Yosie Xottaning "Yolgʻizlik maydoni" asarida (1951) urushdan keyingi yapon ziyolilari haqida hikoya qilinadi. 1950— 60 yillar yapon adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri Yasushi Inouedir. Uning "Tempyoning cherepitsali tomi" (1957) va "Samarqandga sayohat" (1969) tarixiy asarlari Buyuk ipak yoʻlida amalga oshirilgan maʼnaviy muloqot va Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlariga bagʻishlangan. 1960—70 yillarda ilmiy fantastika va detektiv roman janri rivojlandi. 1960—80 yillar yapon adabiyoti realistik va modernistik gʻoyalarning oʻzaro harakat va kurashlarida rivojlandi. Bu davrda adiblardan Gomikava Jumpey, Ishikava Takuzo, Kayko Takeshi, Oe Kenzaburo oʻz roman va qissalarida ijtimoiy va axloqiy muammolarni koʻtardilar. Yaponiya adabiyotida Hiroshima fojiasi mavzusi keng oʻrin oldi (Hotta Yoshiyo, Ibuse Masuji, Oda Makoto). Kobo Abe asarlarida realizm va fantastika uygʻunlashgan holda falsafiy masalalar bayon etildi. Yaponiyada xitoy madaniyati taʼsirida xitoy tilida ham adabiyot rivoj topgan. 14— 15-asr va 17—19-asr boshlarida yuksalgan. Yaponiya adabiyotning yirik vakillari boʻlgan Ryunoske Akutagava, Kobo Abe, Yasunari Kavabata (1968-yil Nobel mukofochi sohibi), Kendzaburo Oe (1994-yil Nobel mukofochi sohibi) Murakami Haruki, B.Yosimoto kabi yozuvchilarning asarlari jahonda mashhur. Meʼmorligi Qadimiy yaponlarning turar joylari yarim yertoʻlalar boʻlgan va uning tomi yogʻoch va qamish bilan yopilgan. Mil. boshlarida yogʻoch sinchli uylar qurila boshladi. (Ise shahridagi sintoistlar ibodatxonasi, 3—7-asrlar). 3—6-asrlarda podsholar uchun aylana va taqa shaklida ulkan qoʻrgʻon (kafun)lar bunyod etilgan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan xitoy va koreys meʼmorligi uslubida monastir, pagoda, ibodatxona va saroylar bunyod etilgan (Nara shahridagi Xoryuji monastiri, 7-asr; Kito shahri yaqinidagi Byodoin saroyi, 11-asr). 8-asrda Xitoy shaharsozligi uslubida Heyjokyo (hoz. Nara) va Heyan (hoz. Kito) shahrilariga asos solindi. 14—16-asrlarda landshaft meʼmorligi, xitoycha bogʻparklar bunyod etish sanʼati, qalʼa va saroy devorlariga rasm chizish rivojlandi. 16-asrdan shahar mudofaa inshootlari xandaq va gʻisht devorlar bilan oʻraldi. Shu davrda hoz.gacha saqlanib qolgan anʼanaviy yapon turar joyi shakllandi. 16-asrdan Edo (hoz. Tokio) shahrida qurilish avj oldi. 19-asr oxiridan shaharsozlik rivojlandi, sanoat korxonalari qurish koʻpaydi, qurilishda gʻisht, keyinchalik temirbeton va metall ishlatila boshlandi. Yapon meʼmorlari (Tatsuno Kingo, Katayama Otokuma) binokorlikda Yevropa uslubidan foydalandilar yoki anʼanaviy yapon uysozligi shakllarini Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi shakllari bilan uygʻunlashtirdilar. 20-asrning 20-asrlari oxiri Le Korbyuzye taʼsirida funksionalizm uslubi yoyila boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) Yaponiya shaharlari vayron boʻldi; 50-yillardan qurilish keng koʻlamda avj oldi. Milliy meʼmorlik shakllarini zamonaviy konstruksiyalar bilan uygʻunlashtirish natijasida yapon meʼmorligi jahonda mashhur boʻldi (Hiroshimadagi Tinchlik memorial parki, 1949—56; Okayama shahridagi Kurashiki shahar zali, 1960; Kofudagi Yamanashi binosi, 1966; hammasining meʼmori Tange Kenzo; Tokiodagi Metropoliten festival xoll, 1960—61, meʼmor Mayokava Kunio; Tokioning Shinjuku rayonidagi maydon ansambli va transportyoʻlovchilar tuguni, 1960—67, meʼmor Sakakura Jundo; Kioto shahridagi Xalqaro konferensiyalar markazi saroyi, 1966—70 yillar boshi, meʼmor Sachio Otani). 18yozgi olimpiada oʻyinlari (1964) va "EKSPO70" koʻrgazmasining oʻtkazilishi munosabati bilan yirik shaharlar, jumladan, Tokio va Osaka markazlari rekonstruksiya qilindi, Tokioda ikki olimpiada majmuasi (Yoyogi, meʼmor Tange Kenzo; Komazava, meʼmorlar Murata Masasiko va Ashihara I.), Osakada bosh pavilon koʻrgazmasi (meʼmor Tange Kenzo) qurildi. 1960-yillar oxirida yuksak seysmik hududligiga qaramay, osmonoʻpar binolar bunyod etildi (Tokio, Osaka va boshqalar shaharlarda). Yaponiyada milliy meʼmorlik anʼanalarining rivojlanishi K.Maekava, Yo.Taniguti, K. Tange, K. Kurokava va boshqalar mashhur meʼmorlar faoliyati bilan bogʻliq. Tasviriy sanʼati Yaponiya sanʼatining qadimiy yodgorliklari jomon madaniyati davri (mil.av. 8—1-ming yilliklar oʻrtalari)ga mansub. Mil.av. 1-asrda tayyorlangan bronza buyumlar, sopol idish namunalari saqlangan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan ibodatxonalar yaratildi va ular budda dinidagi mashhur personajlar tasvirlangan haykalchalar bilan bezatildi (Nara shahridagi Xoryudzi, Yakusidzi monastirlaridagi haykallar). Ilk oʻrta asrlarda rang-tasvir va haykaltaroshlikda portret janri shuningdek, teatr niqoblari sanʼati rivojlandi. Yaponiya rang-tasviri buddizm hamda Xitoy sanʼati taʼsirida taraqqiy etdi. 11—12-asrlarda oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻldi. Bu davrda Fujivara Takayoshi, Fujivara Nobuzane va Toba Sojo kabi rassomlar mashhur boʻldilar. 12—13-asrlar rang-tasviridagi portretlar oddiyligi va ifodaliligi bilan ajralib turadi (Fujivara Takanobuning "Minamoto Yoritoma portreti"). 14—15-asrlarda budda sektasining dzen maktablarida tush rang-tasviri rivoj topdi [Josetsu, Shubun, Toy Oda (Sessyu taxallusi bilan mashhur) manzaralari]. 15-asrda dunyoviy professional rang-tasvir shakllandi. Kano maktabi (asoschisi Kano Masanobu) va Tosa maktabi (asoschisi Tosa Matsunobu) asarlarida xitoy mumtoz rang-tasviri oʻz aksini topdi. 15—17-asrlarda bezak yozuvi sanʼati yuqori darajaga erishdi (Sotatsu Tavaraya, Ogata Korin). Bu davrda choy tarqalishi munosabati bilan kulollik va chinni buyumlar tayyorlash avj oldi. 17-asr boshlarida yogʻochga rangli gravyura ishlash sanʼati — ukiyyoe yapon sanʼatining yetakchi turiga aylandi (Moronobu Hishikava, Harinobu Suzuki, Utamaro Kitagava, Hokusay Katsushika, Hiroshige Ando kabi ustalar). 17—19-asrlarda miniatyura haykaltaroshligining oʻziga xos turi hamda kiyimlar uchun tugmailgak bezaklar yasash rivojlandi. Yapon amaliy bezak sanʼati (kashtadoʻzlik, mato toʻqish, loklangan buyumlar tayyorlash. toʻr toʻqish) buyumlari katga mahorat bilan tayyorlandi. 19-asr oxirlaridan Yevropa sanʼati taʼsirida moyboʻyoq rang-tasvir — "yoga" rivojlana boshladi (Asai Chu, Kuroda Seyki va boshqalar). Bu sohalagi rassomlar ijodida impressionizm, fovizm taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi (Umexara Ryudzaburo, Yasun Sotaro.). 20-asr 1-yarmida abstrakt sanʼat, ekspressionizm, syurrealizm taʼsiri seziladi. "Nihonga" rang-tasvir ustalari Tomioka Tessey, Yokoyama Taykon, Takuechi Seyho kabilar milliy anʼanalar ruhida asarlar yaratdilar. 1920—30 yillarda Okamoto Toki, Otsuki Genji, Yorimoto Shirin, Yanase Masamu, Suzuki Kenji kabi rassomlar samarali ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin rassomlar ijodidan ijtimoiy muammolar keng oʻrin oldi; koʻp asarlar Hiroshima va Nagasakidagi atom bombasidan halok boʻlganlar fojiasiga bagʻishlandi (Maruki Iri va Toshiko, Mita Genjiro, Sakurai Makoto, Fukuda Shinsey, Ono Tadashige, Ueno Makoto). Zamonaviy yapon tasviriy sanʼatida grafika demokratik va ommaviy sanʼat turi sifatida mashhur. Taniqli rassom N.Hirayama ijodida Buyuk ipak yoʻli manzaralari muhim oʻrin tutadi. Tasviriy sanʼatda turli oqim va yoʻnalishlarning koʻpligi koʻzga tashlanib turadi. Musiqasi Musiqasi qadimiy anʼanalarga boy boʻlib, oʻz taraqqiyoti jarayonida xitoy va koreys, hind va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalqlari musiqa madaniyati taʼsirida boyigan; u mehnat, turmush, diniy marosimlar bilan bogʻlangan. Qoʻshiqlar bir ovozli, qoʻsh metrlar ustun. Musiqiy cholgʻu asboblari xilmaxil: chertib chalinadigan — shamisen (lyutnya), koto (13 torli sitra); puflama — nokan, shakuhachi (fleytalar), soo (lab organi), hichiriki (goboy turi); zarbli — tayko, kotsuzumi, otsuzumi (barabanlar), shoko (gong). Professional musiqa diniy harakatlar va teatr bilan bogʻliq boʻlgan; uning sarchashmalari 6—7-asrlarga borib taqaladi. 14-asrda teatrning noo sanʼati (qoʻshiq, raqs, cholgʻu asboblar joʻrligida ijro etiladigan deklamatsiya), 16— 17-asrlarda dzyoruri qoʻgʻirchoq teatri musiqasi va kabuki (mumtoz yapon teatri turlaridan biri) musiqasi shakllandi. Yaponiyada musiqa sanʼatini rivojlantirishda Musiqa tadqiqotlari instituti (1879-yil tashkil etilgan, 1886-yildan Tokio musiqa maktabi) muhim rol oʻynadi. 1897-yil yapon simfonik orkestrining birinchi konserti boʻlib oʻtdi. Yevropada musiqa taʼlimini olgan Yamada Kosaku, Nobutoki Kiyoshi, Kiyose Yasuji, Matsudayra Yoritsune kabi kompozitorlar kompozitorlarning yangi federatsiyasi (1930-yildan Yaponiya zamonaviy musiqa uyushmasi)ni tuzdilar. Oʻz ijodlarida milliy anʼanalarga suyangan holda,Yevropaning kompozitsion usullariga ham murojaat etdilar. 1960—80 yillarda Mamiya Mitio va Akutagava Yasusi kabi kompozitorlar folklor va yapon mumtoz musiqasidan keng foydatandilar. 1940-yillarning oxiridan Seki Akiko rahbarligida antiimperialistik xarakterdagi "Yaponiyaning kuylovchi ovozlari" ommaviy xor harakati keng yoyildi. 1950-yillarning oxiridan avangardizm taʼsiri koʻzga tashlana boshladi, eksperimental musiqa turlari tarqaddi. Hoz. davrda ommaviy va mumtoz musiqa bilan birga milliy musiqa turlari yoyilgan. Folklor musiqasini yigʻish, oʻrganish va tarqatishga alohida eʼtibor beriladi. 1970-yillarda karaoke (boʻsh orkestr) havaskorlar ijrochiligi paydo boʻlib, u aholi orasida juda ommalashdi. Kompozitorlardan Noda Teruyaki, Hachimura Yoshio, Ikebe Shinitiro, ijrochi dirijyorlardan Abe Komei, Masashi Ueda, Vatanabe Akeo, Ivaki Hiroyuki, Moro Takashi, pianinochi Tanaka Keyko, skripkachi Kubo Yoko mashhur. Yaponiyada 20 dan ortiq simfonik orkestr, kamer cholgʻu ansambli, xor jamoalari va boshqalar bor. Tokioda Davlat musiqa akademiyasi (1887-yildan), 20-asr musiqasi instituti (1957-yildan), Milliy nafis sanʼat va musiqa universiteti, Toxo oliy musiqa maktabi faoliyat koʻrsatadi. Teatri Teatr sarchashmalari qadimiy xalq dehqonchilik bayramlarida koʻrsatilgan tomoshalardan boshlanadi. 7—8-asrlarda gigaku va bugaku deb nomlangan musiqali raqs tomoshalari paydo boʻldi; ular yapon mumtoz teatrining shakllanishiga yordam berdi. 8—12-asrlarda sangaku musiqali raqs tomoshalari keng yoyildi. 12-asr boshlarida musiqali tomoshalarning yangi turlari’— dengaku va sarugaku rivojlandi. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida yapon teatrining yangi turi — noo teatri (musiqa, raqs va dramatik harakatlardan iborat) vujudga keldi. 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida Kiotoda dzyoruri qoʻgʻirchoq teatri va kabuki teatri, 19-asr oxiri — 20-asr boshlari teatrning yangi turlari — simpa va sinkokugeki paydo boʻldi. 20-asr boshlarida Yevropa teatri taʼsirida singeki teatr yoʻnalishi (hoz. drama teatri) shakllandi. 20-asrning 1-choragida Tokioda "Rodo gekidan" nomidagi birinchi ishchi teatri faoliyat koʻrsatdi. Keyinchalik Tokioda "Sukizi shogekijo" va "Hayuza" teatrlari vujudga keldi; ularning repertuaridan milliy dramaturglar Kobo Abe, Koyama Yushi pyesalari oʻrin oldi. 1947-yil "Mingey" teatri oʻz faoliyatini boshladi. Teatr qoshida "Mingey" kinostudiyasi ishladi. 1966-yil Tokioda "Kokuritsu gekijo" milliy teatr markazi tashkil etildi va u anʼanaviy janrlarni saqlash va rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. Yaponiyaning zamonaviy teatr sanʼati anʼanaviy teatr (bugaku, noo, kabuki, joruri) va Yevropa tipidagi teatr (drama, opera, balet)ga boʻlinadi. Bugaku teatrining anʼanalari mumtoz musiqa va raqsning rivojlanishida asos boʻldi. Teatr artistlaridan Kita Minoru, Hosho Motomasa Kuro, Itimura Manzeamon, Nakamura Kanzaburo, Nakamura Utaemon, Nakamura Bungori, Matsumoto Koshiro, Mizutani Yayeko, Shimada Shogo, Tatsumi Ryutaro va boshqalar mashhur. Kinoshi. Yaponiyada birinchi badiiy film 1899-yilsuratga olingan. 1903-yil Tokioda birinchi doimiy kinoteatr, 1908-yil birinchi kinostudiya tuzildi. 1923-yildan Kioto shahri kino markaziga aylandi. 1931-yil birinchi ovozli film ("Qoʻshni ayol va xotinim", rejissor Gosho Heynosku) yaratildi. 1936-yil Mizoguchi Kenji "Elegiya Naniva" va "Gionlik opasingillar" filmlarini yaratdi. 1930-yillarda "YA. filmlar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda 2-oʻrinni egallab turdi. Urushgacha boʻlgan kinofirmalar ("Toho", "Shinko" va boshqalar)ning asosiy filmlari militaristik mazmunda boʻlgan. Urushdan keyingi yillarda yapon kinoshida Imai Tadashi, Yamomoto Satsuo, Kinoshita Keysuke va boshqalar rejissorlar ijodi bilan bogʻliq boʻlgan ilgʻor gʻoyalar oʻz aksini topdi. Ular oʻz filmlarida Hiroshima fojiasi, mehnatkashlarning ogʻir hayoti haqida hikoya qildilar. 1950—60 yillardagi eng yaxshi filmlar: "Rashomon" (1950), "Qizil soqol" (1964; ikkalasining rejissor Kurasava Akira), "Har qalay biz yashayapmiz" (1951, rejissor Imai Tadashi), "Hiroshima bolalari" (1952) va "Yalang orol" (1960; ikkalasining rejissor Sindo Kaneto). 1960-yillardagi mashhur rejissorlar: Yamamoto Satsuo, Koboyashi Masaki, Imai Tadashi. 1960—70-yillarda koʻproq hujjatli filmlar shuhrat qozondi. S.Ogava, N. Suchimoto, M.Miyagi kabi ijodkorlar oʻz filmlarida zamonning nizoli muammolarini koʻtarib chikdilar. 1958-yildan boshlab "Toey" kinokompaniyasi ishlab chiqara boshlagan multiplikatsion filmlar butun jahonga tarqaldi. 1970—80 yillarda yapon kinosi televideniye bilan raqobat natijasida inqirozli holatda boʻlsada, "19 yoshli yalangʻochlar" (1970, rejissor Shindo Kaneto), "Jangchi sharpasi" (1982, rejissor Kurosava Akira), "Loyqa daryo" (1981, rejissor Kohay Oguri), "Narayama haqida afsona" (1983, rejissor Imamura Sohey) kabi filmlar yaratildi. Keyingi yillarda T. Kitano, M.Syou, S.Ivai, N.Takenaka kabi mashhur kino ijodkorlari yetishib chiqdi. 1969—96 yillar davomida namoyish etilgan "Janob Tora" seriali yaponlar orasida mashhur. Yapon kinoshida Yamada Isuzu, Mifune Toshiro kabi aktyorlar shuhrat qozongan. "Nikkatsu", "Shotiku", "Toho", "Toey" va boshqalar kinokompaniyalar faoliyat yuritadi. Oʻzbekiston — Yaponiya munosabatlari Yaponiya ( Nippon, Nihon, rasmiy. Nippon-kóku, Nihon-koku) — Sharqiy Osiyodaga orol mamlakat. Yaponiya BMT, Katta sakkizlik va OTIHning aʼzosi hisoblanadi. Ushbu yuqori taraqqiy etgan mamlakat, YaIM hajmiga koʻra jahonda AQSh va Xitoydan soʻng uchinchi oʻrinni egallaydi. Siyosiy tuzilmasi Yaponiya konstitutsion monarxiya hisoblanadi. Yaponiya konsitutsiyasi 3-may 1947-yilda kuchga kirdi va asosan AQShning okkupatsion kuchlari tomonidan tuzilgan edi. Yaponiya Konstitutsiyasining to'qqizinchi moddasi mamlakatni urush olib borish hamda qurolli kuchlarga ega boʻlish huquqidan mahrum etadi. Ammo, aslida esa, Yaponiya oʻz armiyasiga egadir — Yaponiya mudofaa kuchlari. Imperator Konstitutsiya boʻyicha Yaponiyaning voris imperatori — bu, „mamlakatning va xalqning birligi timsolidir“. Mamlakatdagi barcha farmoyish va qarorlar Kabinetning koʻrsatmasiga qarab amalga oshiriladi va Kabinet ularning majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Mavjud huquqiy nazariyalarga koʻra, imperator — natsiyaning ruhoniy yetakchisidir, lekin u mamlakatning boshligʻi hisoblanmaydi (va shundan kelib chiqqan holda, Yaponiya — deyarli respublikadir). Lekin ushbu nazariya umum qabul qilinmagandir. 1990 yildan boshlab Yaponiyaning imperatori boʻlib Akihito hisoblanadi (eraning nomi — Heysey). Parlament Yaponiya parlamenti ikki palatadan tashkil topgandir: Namoyondalar palatasi va Maslahatchilar partiyasi. Namoyondalar palatasi 4 yilga saylanadigan 480 ta deputatdan iboratdir. Yosh tsenzi — 25 yosh. 180 ta deputat partiya roʻyxati boʻyicha saylanadi. Maslahatchilar palatasi 6 yilga saylanadigan 252 ta deputatdan iboratdir. Yosh tsenzi — 30 yosh. 98 ta deputat hukmron partiyadan bosh vazirning roʻyxati boʻyicha saylanadi. Hukumat 2007 yil 25-sentabr kuni Shinzo Abening boʻshashi haqidagi daʼvosi qondirildi hamda butun kabinetning tarqatilganligi eʼlon qilindi. Yangi bosh-vazir etib Yasuo Fukuda tayinlandi. Shinzo Abe 2006 yilning 26-sentabr kuni bosh-vazir etib tayinlangan edi va lavozimdan ketishi haqida 2007 yil 12-sentabr kuni xohish bildirgan edi. Ketishining asosiy sababi deb, u tomonidan ishlab chiqilgan terrorizmga qarshi kurash rejasining demokratik partiya tomonidan qoʻllab-quvvatlamasligida deb koʻrsatgan, ammo, press-konferentsiyadan soʻng xuruj qilgan asab tarangligi kasalligi hamda uning gospitalizatsiya etilganligi, uning ushbu qarorga kelishiga undaganligini tan oldi. Ajdodlar davomchisi, yaʼni, sobiq TIV vaziri Shintaro Abening oʻgʻli va 1957-1960-yillar davomida bosh-vazir boʻlgan Nobusuke Kisining nabirasi boʻlmish Abe, avvalroq LDPning general kotibi oʻrinbosari hamda hukumatning stats-kotibi lavozmini egallagan edi va bungacha YaLDPning rahbari hisoblangan Koyzumining oʻrnini egallagan edi. Avvalgi bosh-vazir boʻlib Junitiro Koizumi hisoblangan edi (u ham Liberal-demokratik partiya lideri hisoblanar edi). U, partiyaning navbatdan tashqaridagi sessiaysida rahbar etib tayinlangandan soʻng hukumatni boshqarishni 2001 yilning aprel oyida boshlagan edi (avvalroq — Pochta vaziri). U toʻrt yil ichida kabinetda uch marotaba radikal almashishlarni amalga oshirdi. Oxirgi marotaba ushbu almashishni 2005 yil 31-oktabr kuni amalga oshirdi. 2005 yil 11-sentabr kuni navbatdan tashqari saylovlarda YLDP parlamentdagi 480 ta oʻrindan 296 tasini qoʻlga kiritdi. Koyzumining oʻzi esa, sentabr oyida YaLDPning rahbari etib qayta saylandi. Koyzumi, 2006-yilning noyabr oyida oʻz lavozimining muddati tugagandan soʻng, hokimiyatdan ketishini maʼlum etib oʻtgan edi, lekin bu ancha vaqtliroq sodir boʻlib oʻtdi. Siyosiy partiyalar Liberal-demokratik partiya (自由民主党 jiyu: minsyu to:) Demokratik partiya (民主党 minshu to:) Sof hukumat partiyasi (公明党 ko:mey to:) — CGP, Clean Government Party. Kommunistik partiya (共産党 kyo:san to:) Ijtimoiy-demokratik partiya (社会民主党 shakay minshu to:'') Sud tizimi Sud tizimining eng yuqori organi — bu Yaponiya Oliy sudidir va u, boshqa mamlakatlardagi konstitutsion sudlar singari baʼzi nokonstitutsion hisoblangan huquqiy normalarni inkor etish vakolatiga egadir. Geografiya Yaponiya Tinch okeanining gʻarbiy qismidagi orollarda joylashgan. Eng katta orollari: Hokkaydo, Honshu, Shikoku, Kyushu. Aholisi Regionlar Tarixan Yaponiya sakkizta regionga boʻlinadi: Hokkaydo, Tohoku, Kanto, Chubu, Kansay (Kinki), Chugoku, Shikoku va Kyushu. Birgina Hokkaydo prefekturasidan iborat boʻlgan Hokkaydo regionidan tashqari, har bir region bir nechta prefekturalarni oʻz ichiga oladi. Maʼmuriy boʻlinish Yaponiya prefekturalari Yaponiya 47 ta prefekturalarga boʻlingandir (ISO 3166-2 tartibi boʻyicha koʻrsatilgan): Yaponiya shaharlari Oʻnta eng yirik shaharlari Tokio (8 444 531) Iokogama (3 575 515) Osaka (2 640 097) Nagoya (2 214 958) Sapporo (1 875 862) Kobe (1 524 463) Kioto (1 469 427) Fukuoka (1 402 040) Kavasaki (1 315 865) Saytama (1 185 030) Iqtisodiyot Yuqori texnologiyalar (elektronika, robototexnika) kuchli rivojlangan. Bundan tashqari avtomobilsozlik ham yaxshi rivojlangan. Qishloq ho'jaligi davlat tomonidan subsidiya etiladi. "Shinkansen" tezyurar temir yoʻl toʻri mavjuddir. Eksport tuzulmasi: kompyuterlar, elektrotexnika, avtomobil. Import tuzilmasi: ximikatlar, yoqilgʻi, ruda va boshqa xom-ashyo, oziq-ovqat mahsulotlari. Xalq xoʻjaligining asosiy sektorlari: Hizmatlar sferasi 61 % Sanoat 37 % Qishloq hoʻjaligi 2 % Ish bilan taʼminlanganlik Ishsizlik darajasi 4,2 %. Aviasozlik 1962-yil mamlakatda birinchi fuqarolar (tijorat) samolyoti qurildi. 2003-yili Yaponiyada aviatsiya sohasini rivojlantirish boʻyicha 428 million dollarlik hamda 2008-yilgacha moʻljallangan milliy dastur qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida hukumat „Mitsubishi Heavy Industries“ bilan hamkorlikda birinchi milliy reaktiv yoʻlovchi avialayneri ustida ish boshladi. Energetika Atom energetikasi 2006-yil koʻrsatkichiga binoan, umumiy elektroenergiya ishlab chiqarishning 30 %i Yaponiya AESlari hissasiga toʻgʻri keldi. Mamlakat yadro yoqilg'isining 60 %ini Avstraliya va Kanadadan oladi. Yaponiya isteʼmol qiladigan uranning umumiy miqdori 8,7 ming tonnani tashkil etadi. YaIM 2004 YaIMning oʻsishi 1,9 % ni tashkil etdi. 2005-yil YaIM 1,3 % ga oʻsdi va 4,96 trln dollarni tashkil etdi. (aholi jon boshiga 38,9 ming dollar). 2006-yilning birinchi yarim yilligida iqtisodiyotning oʻsishi bir qancha tezlashgan. Nobel laureatlari Fizika: Hideki Yukava (1949), Shinitiro Tomonaga (1965), Esaki Reona (Leo Esaki) (1973), (2002). Kimyo: Kenichi Fukui (1981), Hideki Shirakava (2000), Ryoji Noyori (2001), Koichi Tanaka (2002). Tibbiyot: Susumu Tonegava (1987). Adabiyot: (1968), (1994). Tinchlik uchun mukofot: Eysaku Sato (1974). Madaniyat Eramizning soʻnggi I ming yillikning oxiridan boshlab Yaponiyada adabiyot nihoyatda tez sur’atlar bilan rovjlana boshladi va u hozirgi kunlargacha yetib kelgandir (masalan, Yaponiya madhiyasining matni IX-X asrlar bilan belgilanadi). II ming yillik boshlarida mavjud boʻlgan rassomlik sanʼati va arxitekturasi hozirgi paytgacha saqlanib qolgan. Yaponiya madaniyatining shakllanishi davrida unga Xitoy madaniyati, Meydzi Restavratsiyasidan keyin esa — Gʻarbiy Evropa madaniyati katta taʼsir koʻrsatgan. XX asrlarda esa Yaponiya multiplikatsiya va komikslar butun jahon koʻlamida muvaffaqiyatlar qozondi. Tashqi siyosat Xitoy Yaponiya TIV boshligʻi Taro Aso, hammani lol qoldirgan holda, Xitoy Yaponiya uchun tahdid oʻchogʻi degan soʻzi bilan chiqish qildi va u shu bilan birga shundoq ham tang va chigal boʻlib turgan Xitoy va Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi. KXDR Yapon kalendari Bayramlar Izohlar Adabiyotlar Anarina N. G. Sakralnaya telesnost yaponskoy xudojestvennoy veshi // Vesh v yaponskoy kulture. M.: Vost. lit., 2003, s. 185-201. Grigoreva T. P. Ponimanie iskusstva v Yaponii // Grigoreva T. P. Dvijenie krasoti: Razmishleniya o yaponskoy kulture. M.: Vost. lit., 2005, s. 180-192. Xiroaki Sato. Samurai // Xiroaki Sato. Samurai: Istoriya i legendi. SPb. 1999, s.10-26 A. Meщeryakov. Istoriya sake // A. N. Meщeryakov Kniga yaponskix simvolov. M., 2003, s.419-431 Donald Richi. Potseluy v Yaponii // Mir po-yaponski. SPb., 2000, s. 79-83 Rolan Bart. Xokku // Bart R. Imperiya znakov. M.,2004, s. 87-109 Ye.S. Shteyner. Fenomen cheloveka v yaponskoy traditsii // Chelovek i kultura: Individualnost v istorii kulturi. M., 1990, s. 164—190 Havolalar Yaponiyaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Osiyo
50,285
3265
https://uz.wikipedia.org/wiki/Koreya%20Xalq%20Demokratik%20Respublikasi
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yoki Shimoliy Koreya — Koreys yarimorolida, Janubiy Koreya shimolida joylashgan mamlakatdir. Maydoni 120,54 ming km². Aholisi 23 486 550 kishi. Poytaxti — Pxenyan. 9 ta maʼmuriy provinsiyaga va 4 ta markazga boʻysunuvchi shaharlar (Pxenyan, Keson, Xamxin, Chxonjin). Davlat boshligʻi — prezident. Davlat hukumatining yuqori organi va qonun chiqaruvchi organi — bir palatali Yuqori Xalq yigʻini hisoblanadi. 1948-yil Kim Ir San rahbarligida Mehnat partiyasi MK hukumati shakllandi. 1958-yilda qishloq va shaharlarda ijtimoiy shakllanish tugallandi. 1972-yil dekabrda KXDRning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Iqtisodiyoti Asosiy sanoat tarmoqlari: qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, yogʻochni qayta ishlovchi, kimyo va neft kimyosi, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoat tarmoqlari bor. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik ustun turadi. Yerlarga ishlov beriladi va sugʻoriladi. Sholi, texnika ekinlari, dukkaklilar, paxta, tamaki va boshqalar yetishtiriladi. Plantatsiyalarda jenshen, bogʻdorchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Yirik shoxli qoramollar, choʻchqachilik, parrandachilik, baliqchilik tarmoqlari bor. Temir yoʻllarning uzunligi — 4915 km dan ortiq, shundan 3500 km elekrtlashtirilgan, avtomobil yoʻllari — 31200 km dan ortiq. Dengiz portlari: Vonsan, Chxonjin, Nampxo, Xinnam. Tashqi aloqalar aylanmasining hissasi 80 % dan ortiq. Metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, togʻ-kon sanoati mahsulotlari, baliq mahsulotlari, mevalar eksport qilinadi. Hamkorlari: Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Germaniya. Pul birligi-vona.KXDR xalq hukumati yillarida mustamlaka mamlakatdan industrial-agrar sotsialistik mamlakatga aylandi. Iqtisodiy rivojlanishi sotsialistik mamlakatlar bilan hamkorlikda olib borildi. Sanoat xissasiga sanoat mahsulotlari va qishloq xoʻjalikning ¾ qismi toʻgʻri keladi. Elektr energiyasi ishlab chiqariladi, koʻmir, temir, rux, molibden, volfram, qoʻrgʻoshin, mis, alyuminiy, magniy, oltin, grafit, pirit, tuz qazib chiqariladi. Yadro dasturi Shimoliy Koreya uzoq yillardan buyon oʻz qoʻshnilari va AQSHga raketa sinovlari orqali poʻpisa qilib keladi. Biroq bu yoʻl bilan Shimoliy Koreya oʻz maqsadiga erishadi deb boʻlmaydi. Pxenyan taxminiy yillik 28 milliard dollar daromadining asosiy qismini qurollanishga sarflaydi. Shu sababli mamlakat iqtisodiyoti boshi berk koʻchaga kirib qolganiga ancha boʻlgan. Agar qiynalib qolsa, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar bilan muzokara stoliga oʻtirib, ortiq qurollanishni davom ettirmaslikka soʻz bergan holda, oziq-ovqat va boshqa koʻmaklarni olib keladi. Oʻzini biroz tiklab olgandan soʻng, qurollar ustida ish olib borishni yana davom ettiradi. Shimoliy Koreya bu manevrdan ancha vaqtdan buyon foydalanib kelmoqda. Aslida esa Pxenyan biror qurol ustidagi tadqiqotlarni muvaffaqiyatli yakunlamagan. Mabodo, biror bir sinovi muvaqqiyatli chiqsa, bu raketalar AQSH yoki Janubiy Koreyaga qarshi qaratilganini daʼvo qilib, ularni choʻchitishga harakat qiladi. Xaqiqatda esa bu sinovlar bilan oʻz boshiga faqat tashvish orttiradi. Shimoliy Koreya bu strategiyani tanlashiga sabab, SSSR qulagandan soʻng pushti-panohidan ajralib qolgan shimolliklar iqtisodiyotida daxshatli jarlik paydo boʻldi. Koʻpchilik bu inqiroz tez orada hukumatni qulatib, Koreya yarimorolini birlashishiga sabab boʻladi deb taxmin qilgan edi. Hukumat esa, tabiiy ravishda, hokimiyatni oʻz qoʻlida saqlab qolish uchun har narsaga tayyor edi. Kim Chen Ir hukumati mavjud vaziyatda biror tashqi kuch mamlakat ichkarisiga suqilib kirib, inqilob koʻtarishidan doimo xavotirlanardi. Janob Kimga tashqi davlatlarni Shimoliy Koreya ichki ishlariga aralashishdan tiyilishiga sabab boʻladigan oʻzgacha strategiya zarur edi va hukumat hokimiyatdan ajrab qolmaslik uchun yadro quroli ustida ish boshlab yubordi. Mana 20 yildirki, Shimoliy Koreyaning oʻzini qiynab boʻlsada yuritayotgan yovvoyi, ojiz va ahmoqona strategiyasi ish berib kelmoqda. Koreya xalq demokratik respublikasi, KXDR (Choson Minjujuui Inmin Konghwaguk) — Uzoq Sharkda, Koreya yarim orolning shimoliy va qisman materikda, 38-paralleldan shimolida joylashgan davlat. Maydoni 120,54 ming km. Aholisi 21,96 mln. kishi (2001). Poytaxti — Pxenyan shahri Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (province)ra va viloyat maqomiga ega boʻlgan 2 shahar (Pxenyan va Keson)ga. boʻlinadi. Rasmiy tili — koreys tili. Yirik shaharlari: Pxenyan, Hamxin, Vonson, Xinnam. Davlat tuzumi. KXDR — sotsialistik davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1972-yil 27-dekabrda qabul qilingan. Unga keyinchalik oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan. Quyidagi hokimiyat organlari amal qiladi: Oliy xalq majlisi (OXM) va uning Doimiy kengashi, Mudofaa qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi (sobiq Maʼmuriy kengash), joylardagi xalq majlislari va xalq qoʻmitalari. Prezident lavozimi va Markaziy xalq qoʻmitasi bekor qilingan. Ularning vakolatlari OXM va uning Doimiy kengashiga taqsimlandi va qisman Vazirlar Mahkamasiga topshirildi. Mudofaa qoʻmitasining raisi (1993-yil 9-apreldan Kim Chen Ir) oliy davlat lavozimi boʻlib, KXDRning siyosiy, harbiy va iqtisodiy kuchlariga rahbarlik qiladi. Tarixi. Konstitutsiyaga binoan, KXDR — "Suveren sotsialistik davlat" boʻlib, oʻz faoliyatida Chuchxe gʻoyalariga amal qiladi ("Chuchxe" — mustaqillik maʼnosini bildiradi hamda "inqilob va qurilishdagi" barcha masalalarni oʻz kuchlariga tayanib, mamlakat voqeligiga monand ravishda mustaqillik mavqeida hal qilishni koʻzda tutadi). Xalqommasi "buyuk dohiy" Kim Ir Senga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalanib keldi, uning vafotidan soʻng oʻgʻli va vorisi Kim Chen Irga itoatgoʻylik ruhida tarbiyalana boshladi. KXDRda juda qattiq intizomga rioya etiladi, aholi har qanday tashqi taʼsirdan muhofaza qilinadi. 1945—48 yillarda Shimoliy Koreyada yer islohoti oʻtkazildi, sanoat, transport, aloqa, banklar, tashqi savdo davlat ixtiyoriga olindi. 1950—53 yillardagi urush mamlakatga katta zarar yetkazdi, xoʻjalik qurilishini toʻxtatib qoʻydi. Urushdan keyingi yillarda Sharqiy Yevropa, sobiq SSSR, Xitoy koʻmagi bilan 200 ga yaqin xalq xoʻjaligi inshootlari qurildi. Shahar va qishloqsa sotsialistik islohotlar tugab (1958), industriyalash sohasidagi asosiy vazifalar hal etilgach (1970), mafkoʻraviy, texnikaviy va madaniy inqilobni jadallashtirish yoʻli boshlandi. Janubiy bilan oʻzaro kurash keskinlashgan sharoitda xoʻjalik va mudofaa qurilishini bab-baravar olib borish, mustahkam moddiy-texnika bazasini vujudga keltirish vazifasi qoʻyildi (1980). Milliy bayramlari — 16-fevral — Kim Chen Irning tugʻilgan kuni (1942); 15-aprel — Quyosh bayrami (Kim Ir Senning tugʻilgan kuni, 1912); 9-sentyabr — KXDR tashqil etilgan kun (1948). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 7-fevralda oʻrnatgan. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari K. Mehnat partiyasi, 1945-yilda asos solingan. 1946-yilgacha K. Kommunistik partiyasi. 1946-yilda Shim.dagi Yangi xalq partiyasi hamda Jan.dagi Xalq va Yangi xalq partiyalari bilan birlashib, Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi va Janubiy Koreya Mehnat partiyasi vujudga keldi. 1949-yilda ular yagona Koreya Mehnat partiyasi boʻlib birlashdi; K. Sotsial-demokratak partiyasi, 1945-yilda tuzilgan, K. Birlashgan demokratik vatan frontiga kiradi; Chxondogyo—Chxonudan partiyasi (Samoviy yoʻl dini yosh doʻstlari partiyasi),1946-yilda asos solingan, K. Birlashgan demokratax vatan frontiga kiradi; K. Birlashgan demokratik vatan fronti — K. vatanparvar partiyalari va tashqilotlarining umummilliy fronti, mamlakat birligi va demokratik rivojlanishi uchun kurash shiori ostida 1949-yilda tuzilgan. K. birlashgan kasaba uyushmalari, 1945-yilda tuzilgan. Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasiga kiradi. Iqtisodiyoti KXDR — industrialagrar mamlakat. Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatda ogʻir industriya asoslarini yaratish: metallurgiya, energetika, konchilik, kimyo, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, stanoksozlik korxonalarini barpo etish yoʻli tutildi. Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat va kooperativ xoʻjaliklari tashqil etildi. Oziq-ovqat sanoati, hunarmandchilik va mahalliy sanoat korxonalari mavjud. Bu yerda rangli, qora, asl metallar, toshkoʻmir, temir rudasi, volfram, qoʻrgʻoshin-rux, molibden, alyuminiy rudalari, grafit, magnezit va boshqa foydali kazilmalarning zahiralari bor. Iqtisodiyotining asosi ogʻir sanoat, yetakchi tarmoqlari — elektr energetika, qora va rangli metallurgiya, konchilik va kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashinasozlik; yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 53,5 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Lekin shunga karamay, 2000-yil arafasida xalq xoʻjaligi tang ahvolga tushib qoldi: iqtisodiyot boshi berk koʻchaga kirib qolgan, sanoat notekis rivojlangan, texnikaning rivoji orqada qolgan, isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi past, elektr energiya, yoqilgi, xom ashyo, oziq-ovqat tanqis. Don yetishtirish qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosini tashqil etadi. Sholi (haydaladigan yerlarning 50%) va makkajoʻxori — asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlaridir. Bugʻdoy, arpa, soya, paxta, qand lavlagi, kartoshka, tamaki va boshqa ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, parrandachilik, baliqchilik, pillachilik mavjud. Kesonda jenshen plantatsiyalari bor. Chorvachilik unchalik rivojlanmagan. Mamlakat butun hududining 18%, yaʼni 2,27 mln. ga yerda dehqonchilik qilinadi, 9 mln. ga yer oʻrmon bilan qoplangan. Keyingi yillarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi surunkali inqirozga duchor boʻddi. Donli ekinlar, avvalo asosiy mahsu-lot boʻlmish sholi hosili pasayishi aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashni mushkullashtirdi. Mamlakatda aholini oziq-ovqat va xalq isteʼmol mollari bilan belgilangan meʼyorda taʼminlash tizimi saqlangan. Yuklarning 90% yaqini temir yoʻlda tashiladi. Transport yoʻlilar uzunligi — 9 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 23 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 951 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Vonsan, Chxonjin, Nampxo va boshqa Pxenyan yaqinidagi Sunan degan joyda xalqaro aeroport bor. Amnokkan, Chxonchxongan, Tedongan va Tumangan daryolarining quyi oqimida kema qatnaydi. Tashqi savdosi unchalik rivojlanmagan. Chetga, asosan, xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, suyuq yoqilgʻi, koks, prokat, paxta tolasi, oʻgʻit, xalq isteʼmol mollari sotib oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Xitoy, Rossiya va boshqa Pul birligi — vona. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Yaponiya hukmronligi davrida maktabda darslar yapon tilida oʻqitilgan. 1945-yildan yangi 4 yillik maktablar ochildi. Darslar ona tilida yangi dastur asosida olib boriladigan boʻldi. 1958-yildan oʻqish bepul. 1975-yildan majburiy 11 yillik taʼlim joriy etilgan. KXDRda 10 mingdan koʻproq umumiy taʼlim maktabi, 600 texnika bilim yurti va 200 dan ortiq oliy oʻquv yurti bor. Eng yirik oliy oʻquv yurti — Kim Ir Sen nomidagi Pxenyan universiteti. Pxenyanda KXDR Fanlar akademiyasi va Hamxinda uning filiali, Tibbiyot fanlari, Qishloq xoʻjaligi fanlari, Ijtimoiy fanlar, Oʻrmon-tex-nika akademiyalari mavjud. Kutubxona va muzeylari: Davlat markaziy kutubxonasi (1947), Fanlar akademiyasi kutubxonasi (1952), Markaziy tarix muzeyi, K. inqilob muzeyi (1948), Ozodlik urushi muzeyi (1953), Etn. muzeyi (1956), Nafis sanʼat markaziy muzeyi. Vonsan, Hamxin, Sarivon va boshqa shaharlarda ham muzeylar bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Asosiy gazeta va jurnallari: "Koreya" (koreys, rus, xitoy, ingliz, fransuz va ispan tilida nashr etiladigan oylik jurnal, 1956-yildan), "Nodon Sinmun" ("Ishchi gazetasi", kundalik gazeta, 1945-yildan), "Minchju Choson" ("Demokratik Koreya", kundalik gazeta, 1946-yildan) "Choson inmingun" ("Koreya xalq, armiyasi", kundalik gazeta, 1948-yildan), "Chxollima" ("Qanotli ot", oylik jurnal, 1959-yildan), "Killochja" ("Mehnatkash", oylik jurnal, 1946-yildan), "Choson yesul" ("Koreys sanʼati", oylik jurnal) va boshqa K. Markaziy telegraf agentligi 1946 i. tashqil etilgan. K. Markaziy radio qoʻmitasi va Markaziy televideniyesi mavjud. Radioeshittirishlar koreys, shuningdek, rus, ingliz, fransuz, ispan, yapon, xitoy tillarida olib boriladi. Pxenyanda telemarkaz 1967-yildan ishlaydi. Adabiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyin Shimoliy K.da adabiyotni sotsialistik realizm yoʻlidan rivojlantirish ragʻbatlantirildi. 1946-yilda koreys yozuvchilari Shimoliy K. Adabiyot va sanʼat arboblari assotsiatsiyasiga birlashdi. Katta avlod bilan bir qatorda yosh shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular "yangi turmush"ni, "SSSR bilan doʻstlik"ni madh etishdan boshqa ilojlari yoʻq edi. Shunday sharoitda ham isteʼdodli qalam sohiblari xalq tarixini haqqoniy yoritishga intildilar. Cho Gi Chxon "Pektusan togʻi" dostonida yaponiyalik bosqinchilarga qarshi xalq harakatini, Chxve Myon Ik, Chxon Se Bon hikoya va ocherklarida, Li Gi Yon "Yer" romanida qishloq turmushini aks ettirdi. Li Buk Myon, Xvan Gon va boshqa yozuvchilar ishchilar haqida asarlar yaratishdi. Shoirlar orasida Pak Phar Yan, Min Byon Gyun, Pak Se Yon, An Nyon Mon, Cho Gi Chxon 1950—53 yillar urushi haqida vatanparvarlik ruhidagi asarlar yozishdi. Urushdan keyin roman adabiyotning asosiy janri boʻlib qoldi. Yun Se Jun, Chxon Se Bon va boshqa dolzarb zamonaviy muammolarni koʻtarib chikdi. Li Gi Yon, Chxve Myon Ik, Pak Txe Von tarixiy romanlar yaratishdi. 60-yillardan esdalik adabiyoti keng yoyildi. Keyingi yillarda dunyo yuzini koʻrgan salmoqli asarlar orasida koʻpchilik boʻlib yozilgan "Qon dengizi", "Soqchining taqsiri" kabi asarlarni koʻrsatish mumkin. Meʼmorligi 1940-yillar oxiridan shaharsozlik rivojlandi. Pxenyanning bosh rejasi ishlab chiqildi. 1950—53 yillardagi urushda vayron boʻlgan shaharlar (Hamxin, Vonsan, Sarivon, Keson, Nampxo va boshqalar) qayta tiklandi. Sanoat va gidrotexnika inshootlari, maktab, kasalxona, madaniyat saroylari qurishga kirishildi. Dastlabki paytlarda oʻrta asr koreys meʼmorligi anʼanalaridan foydalanildi (Pxenyan Katta teatri). 60-yillarning 2-yarmidan yangi qurilish materiallari va konstruksiyalari joriy etildi, ixcham rejalangan, qulay va chiroyli binolar (Kim Ir Sen nomidagi universitet) qad koʻtardi, tipovoy loyihalar asosida koʻp qavatli turar joylar qurildi. Qishloq joylarda kottejlar, blokli va seksiyali uylar barpo etilgan. Kurortlar qurilishiga eʼtibor berildi. Meʼmorlar orasida Kim Jon Xi, Li Xyon, Pak Ik Xvan. Sin Sun Gen va boshqalarlarni koʻrsatish mumkin. 1954-yilda K. meʼmorlar uyushmasi tuzilgan. Tasviriy sanʼati 1946-yilda tashqil etilgan Adabiyot va sanʼat arboblari assotsiatsiyasi milliy rangtasvirni tiklashni maqsad qilib olgan edi. 1950—53 yillardagi urush davrida rassomlar, asosan, tashviqot-targʻibot ruhidagi varaqa va plakatlar yaratishdi. Milliy anʼanalarni davom ettirish bilan birga zamonaviy mavzularga murojaat etayotgan rassomlar orasida Li Chxon, Chxve Gen, Li Sok Xo, Kim Yon Jun, Chon Yon Man, haykaltaroshlardan Mun Sok O, Cho Gyu Bonlar bor. Qad. kulollik, chinnisozlik, suyak va yogʻoch oʻymakorligi, bambuk tolasidan toʻquvchilik, kashtachilikda xalq amaliy sanʼati saqlanib qolgan. 1953-yilda rassomlar uyushmasi tuzilgan. Musiqasi K. ozod etilgandan keyin (1945) dastlab ommaviy qoʻshiqlar rivojlandi. Xalq qoʻshiqlarini yigʻish, oʻrganish va ommalashtirishga kirishildi. 1946-yil Musiqachilar uyushmasi tuzildi. Katta shaharlarda musiqa oʻquv yurtlari (Pxenyanda konservatoriya), konsert zallari, musiqali teatrlar ochildi. Filarmoniya, katta simfonik orkestr va boshqa musiqa jamoalari tashqil etildi. Simfonik va kantata-oratoriya janrlari, xalq mu-siqiy dramasi (chxangik), zamonaviy opera (kagik) va balet rivoj topdi (kompozitorlar Li Myon San, Xvan Haq Kin, Li Gon U, Pak Ton Sil, Kim Yon Gyu). Teatri 1947—49 yillarda Pxenyanda Davlat teatri (hozirgi "Chxollima" davlat drama teatri), Davlat xalq badiiy teatri (hozirgi Pxenyan shahri teatri), K. xalq armiyasi huzuridagi truppa ochildi. Viloyatlarda teatrlar ishlab turibdi. Maishiy, tarixiy asarlardan tashkari, Yaponiya mustamlaka hukmronligi yillaridagi ozodlik harakatiga ba-gʻishlangan pyesalar sahnalashtirilgan ("Pusan", "Pochxonbo mashʼali", "Onamiz" kabi spektakllar). Kinosi 1947-yil kinostudiya tashqil etildi, uning asosida badiiy va hujjatli filmlar studiyasi ochildi (1958). KXDRda birinchi badiiy film — "Mening vatanim" 1949-yilda ishlab chiqarildi. 1950-yilda "Domna pechi", "Chegarachilar" filmlari yaratildi. Shimoliy — Janubiy urushi yillarida "Yosh partizanlar", "Ona yurt himoyachilari" va boshqa filmlar suratga olindi. 1957-yil "Ogainilar" rangli filmi yaratildi. 1959-yil Pxenyan teatr va kino instituti ochildi. 1961-yil KXDR kinematografchilar uyushmasi tashqil etildi. Keyingi yillardagi eng yaxshi koreys filmlari orasida "Sadoson qalʼasi haqidagi rivoyat", "Ayriliqda yashab boʻlarmi", "Humo qushi", "Qizil gul", "Besh aka-uka", "Oʻrmon shovqini" va boshqa bor. Oʻzbekiston — KXDR aloqalari. 1994-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi bilan KXDR oʻrtasida iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikka oid huquqiy negizni yaratish sohasidagi ish davom etayotir. 1995-yilda oʻzbek va koreys tomonlari "Havo qatnovi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim" va "Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik haqida bitim" deb atalgan hujjatlarni kelishib oldilar. Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-sotiq yoʻlga qoʻyila boshladi. Tovar aylanmasi 1998-yildagi 2,3 mln. AKSH dollaridan 1999-yilda 6,7 mln. dollarga yetdi. Oʻzbekiston Respublikasida KXDR sarmoyasi ishtirokida 2 ta shoʻʼba korxona va 2 ta qoʻshma korxona roʻyxatga olingan. Chunonchi, "Rinrado", "K. U. Rinrado", "Choson-Sik-reksul" va "Safar" korxonalari xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish, xarid qilish va sotish bilan shugʻullanadi. Manbalar Shimoliy Koreya
17,712
3266
https://uz.wikipedia.org/wiki/Koreya%20Respublikasi
Koreya Respublikasi
Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國, ), ) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Poytaxti – Seul shahri aglomeratsiyasi aholisi boʻyicha jahonda ikkinchi oʻrinda turadi. Koreya jahonning eng qadimgi tamaddunlaridan biridir; uning hududida Quyi Paleolit davridayoq odamlar yashaganligi maʼlum. Uch Koreys Qirolligining 668-yildagi birlashuvidan to 1910-yilgacha koreys xalqi yaxlit mamlakatda yashadi. Koreya boʻlinishidan soʻng 1948-yili Janubiy Koreya davlati yaratildi. Koreys Urushidan keyin Koreya Respublikasi iqtisodiyoti kuchli oʻsishni boshidan kechirib, mamlakat Katta Yigirmatalik safiga kirdi. Bugungi kunda Janubiy Koreya Toʻrt Osiyo Barslaridan biri, deb hisoblanadi. Janubiy Koreya BMT, JST, OECD, APEC kabi tashkilotlar aʼzosi, AQShning yaqin hamkorlaridan biri boʻlib, xalqaro siyosatda faol qatnashadi. Janubiy Koreya iqtisodiyoti yuqori texnologiyalar va qulay infratizimga asoslangan, Samsung, LG, Hyundai-Kia kabi koreys shirkatlari elektronika, avtomobil, kema, mashina va robotlar ishlab chiqarishadi. Janubiy Koreya shuningdek taʼlimi ilgʻor mamlakatlardan biri boʻlib, aholisi ilmiy savod darajasi boʻyicha jahonda birinchi, matematik savod boʻyicha esa ikkinchi oʻrinda turadi. Tarixi Arxeologik topilmalar daliliga asosan Koreyslar Koreya yarimorolini Ilk Paleolit davrida egallagan. Koreya tarixi eramizdan avvalgi 2333-yil Tanginning afsonaviy tarzda Koʻchoʻsonga asos solishi bilan boshlanadi. Tanginning qirolligi „Choʻson“ deb atalgan (ammo, hozirgi kunda yaqin davrdagi Choʻson sulolasidan farqlash uchun Koʻchoʻson yoki Qadimgi Choʻson deb ataladi). Koʻchoʻson Koreya yarimoroli shimoli va Manjuriyaning bir qismini egallashgacha kengaydi. Xitoyning Han sulolasi bilan bir necha urushlardan keyin, Koʻchoʻson parchalanib, bir necha davlatlarga boʻlinib ketdi va Koreyaning Uch Qirollik Timsoli davriga olib keldi. Uch Qirollik timsoli davri davomida Buyo, Okcho, Doʻngyo va Samhan birlashmasi Koreya yarimoroli va janubiy Manchuriyani egallab oldi. Aynan shu davrda Uch Qirollik ravnaq topdi. Uch Qirollik davri Eramizdan avvalgi 57-yillarda Uch Qirollik boshlandi va Silla 668-yilda Koguryo ustidan yarimorolni birlashtirguncha kengayib bordi. Bu davrda Koguryo, Pekche, Silla va Kaya yarim orolga hukmronlik qildi. Lekin Koʻruryo umuman olganda uch qirollikning eng kuchli va eng kattasi edi. Eng gullagan davrida Koʻguryo Manjuriyadagi Xitoy yerlariga hujum qildi va egallab olib katta yerga hukmronlik qildi. Koguryo Vey, Shuy va Tang kabi xitoylar bilan bir necha marta jang qildi va chekindi, 668-yil, Shilla-Tang ittifoqi vaqt oʻtishi bilan qirollikni qulatishga olib keldi. Eramizdan avvalgi (e. a.) II asrda Xitoy yozuvi („hanja“) ieroglifni qabul qilishi, eramizning IV asrida Buddizmning kirib kelishi Koreyaning Uch Qirolligiga teran taʼsir koʻrstatdi. Koreyslar keyinchalik ushbu taʼsirni Yaponiyaga oʻtkazdi. 667-yilda Uch Qirollikning Silla tomonidan birlashtirilishi Shimol-Janubiy Davlat davriga olib keldi. Koreya yarimorolini Silla, Manchuriyani esa Balhe boshqardi. Birlashgan Shilla davri Koreyaning madaniyati eng rivojlangan, yaʼni madaniy uygʻonish davri hisoblanadi. Shoirlik va sanʼatga dalda berildi. Birlashgan Silla tinch munosabat olib bordi chunki Soʻng Sulolasi aggressiv emas edi. Bu davr davomida Koreya va Xitoy oʻrasida munosabatlar yaxshi boʻldi. 935-yilda Birlashgan Silla ichki nizolar taʼsirida parchalanib ketdi va oxirgi qirol Koʻryoga taslim boʻldi. Koryo Qirolligi Koryo davlatiga 918-yilda asos solingan va 936-yilda butun yarim orolni birlashtirib yagona davlatga aylantiriladi. „Koryo“ soʻzi hozirgi „Koreya“ nomiga asos boʻldi. Bu sulola vakillari yarimorolni 1392-yilgacha oʻz qoʻl ostilarida ushlab turadilar. Ushbu sulola vakillari boshqaruvi davrida tegishli qonunchilik asoslari ham ishlab chiqildi. Buddizm butun yarimorol boʻylab keng tarqaldi. Ammo 1231-yildan oʻsha davrda juda ham kuchli boʻlgan moʻgʻullar imperiyasi Koryo davlatiga hujumlarni boshlaydi, 25 yillik qarshilikdan soʻng Koryo qiroli moʻgʻullarga taslim boʻlishga majbur boʻladi. 80 yil davomida Koreya mooʻgʻullar boshqaruvi ostida yashaydi. XIV asrninig oʻrtalariga kelib moʻgʻullar imperiyasi asta-sekin kuchsizlana boshlaydi, har xil ichki kurashlar tufayli tanazzulga yuz tuta boshlaydi, bu esa albatta Koryo qiroli Konminga qoʻl keladi va mustaqillikni qoʻlga kiritib moʻgʻullarni mamlakat hududidan quvib chiqaradi. Xitoyda Yuan sulolasi tanazzulga yuz tutib Min sulolasi davlati boshqaruviga kelganda Koreya davlati yangi sulola vassali ekanligini tan oladi (1368-yilda). Shunday boʻlsa-da Koreya armiyasi generali Li Son Ge zimdan Yuan sulolasini qoʻllab quvvatlab turadi, bu esa albatta oʻz natijasini beradi. Kerakli madadni olgan Li Son Ge Koryo sulolasini tugatib Choʻson nomi ostida 1392-yilda yangi davlatga asos soladi. Choʻson qirolligi Choson davlati poytaxti sifatida Xanson shahri (hozirgi Seul) tanlanadi. 1394-yilda esa rasmiy din sifatida Konfutsiylik qabul qilinadi (Konfutsiylik diniga dastlab Xitoyda Konfutsiy degan odam asos solgan). XV asrda esa Qirol Sejong tomonidan hozirgi koreys alifbosi „Hangul“ga asos solinadi. Choson 1582-yildan 1598-yilgacha yaponlarning doimiy hujumlaridan biroz kuchsizlanadi. 1627- va 1636-yillarda Manjuriyada qaror topgan Sin sulolasining Chosonga qilgan hujumlaridan soʻng Choson davlati Sin imperiyasi vassaliga aylanadi. Sin imperiyasi Xitoydagi Min sulolasini tugatib taxtga kelgan yana bir Xitoyni boshqargan sulolalardan biri. Davlat ichki boshqaruvida konfutsiylarning taʼsiri juda ham kuchayib ketadi, bu ham davlatning tanazzulga yuz tutishiga sabab boʻladi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Yaponiya namunasidagi gʻarblashish (yevropalashish) islohotlari keng quloch yoyadi. Ayniqsa bu islohotlarda zodagon Pak Kyu Su faol qatnashadi, ammo uning oʻlimidan soʻng bu islohotlar toʻxtab qoladi. 1893—1895-yillarda Koreyada inqilobiy harakatlar boshlanadi. Inqilobchilar qirol maʼmuriyatidan yaponlarga qarshi Xitoydan madad soʻrashni talab qiladilar, shundan soʻng qirol Xitoydan yordam soʻraydi. Xitoy oʻz armiyasining bir qismini koreyslarga yordam uchun joʻnatadi. Bu esa Xitoy va Yaponiya urushini keltirib chiqaradi (1894—95-yillarda boʻladi). Natijada urush Yaponiya gʻalabasi bilan tugaydi, Koreya esa amalda Yaponiya protektorati ostiga tushib qoladi. Yaponiya anneksiyasi 1904-yilda rus-yapon urushi boshlanadi. Garchi Koreya rasmiy ravishda urushda qatnashmagan boʻlsa-da, barcha dengiz va quruqlikda olib borilgan urushlar qisman Koreya hududida yoki chegarasida olib borildi. Urush Manjuriya hududiga koʻchganda Koreya hududi butunlay yapon askarlari qamali ostida qoladi. Koreyaning boʻlinishi Rus-yapon urushi tugagandan soʻng, garchi koreys-yapon tinchlik sulhi tuzilgan boʻlsa-da, amalda Koreya Yaponiya protektorati ostiga oʻtadi va deyarli mustaqilligini yoʻqotadi. 1910-yilga kelib Yaponiya Koreyani toʻliq bosib oladi, natijada Koreya toʻliq Yaponiyaga oʻtadi. 1945-yilda Yaponiyaning II jahon urushida magʻlubiyatga uchrashi, Koreyadagi yaponlar boshqaruvining barham topishiga olib keladi. Ammo Koreyaning shimoliy qismini SSRI, janubiy qismini esa AQSh eggalab oladi. Janubiy Koreya tarixi 1945-yilda SSRI va AQSh Koreyani birgalikda boshqarish toʻgʻrisida shartnomaga qoʻl qoʻyishadi. Ikki katta davlat Koreyani 38-parallel chizigʻidan boʻlishib olishadi. 1950—53-yillarda boʻlib oʻtgan Koreya urushi Shimol va Janub oʻrtasida harbiysizlashtirilgan hudud oʻtkazilishiga sabab boʻladi. Shunday qilib bir butun Koreya davlati shimolda Kommunistik boshqaruvli Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va janubda kapitalistik boshqaruvga ega boʻlgan Koreya Respublikasiga boʻlinib ketadi. Birinchi respublika Koreya Respublikasiga 1948-yil 15-avgustda asos solingan. Li Sin Man esa KRning birinchi prezindeti etib tayinlanadi, ayni shu yilning 9-sentabrida Kim Ir Sen boshchiligidagi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) tashkil topadi. 1948-yil KRning birinchi konstitutsiyasi ham qabul qilinadi. Birinchi Respublika boshqaruv davri BMT, Xitoy va SSRIning qurolli kuchlarining faol ishtiroki bilan boʻlgan Shimoliy va Janubiy Koreya urushi bilan taʼriflanadi. Bu urush natijasida ikkala koreys davlati ham katta moddiy va iqtisodiy talafot koʻradi. Birinchi respublika 1960-yili aprel inqilobidan soʻng tugatiladi. Ikkinchi respublika Talabalar inqilobidan soʻng vaqtinchalik davlat boshqaruviga Ho Chon ismli shaxs keladi. 1960-yil 29-iyulda saylov boʻlib oʻtadi va unda Demokratik partiya gʻalaba qozonadi. Bu esa Ikkinchi Respublikaning boshlanishiga sabab boʻladi va prezident etib Yun Bo Son saylanadi. Harbiy hukumat Ikkinchi Respublika Davlat boshliqlarining muvaffaqiyatsiz olib borgan siyosati harbiylarga yoqmaydi, bu esa harbiylarning koʻtarilishiga sabab boʻladi. 1961-yili harbiy toʻntarish boʻladi va davlat tepasiga general-mayor Pak Chon Hi keladi. Harbiylar hukumati davlatni demokratik boshqaruvga oʻtkazishlikka hayrihox boʻladi, bu esa 1963-yilda saylovga olib keladi. Saylov natijalariga koʻra general Pak Koreya Respublikasi prezidenti etib saylanadi. Uchinchi respublika Uchinchi Respublika davrida Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi tuziladi. Koreya Respublikasi oʻz hududida AQSh harbiy bazalarining joylashiga qonuniy tarzda ruxsat bergandan soʻng, AQSh bilan boʻlgan aloqalari yanada kuchayadi. Undan tahsqari, Koreya Respublikasi AQSh harbiylarining Vyetnamda olib borgan urushida 320 000 askar bilan quvvatlab turadi, yaʼni Koreya Respublikasi oʻz harbiylarini Vetnamga AQSh harbiylariga yordam berish uchun yuboradi. Bu esa oʻz natijasini bermay qolmaydi, AQSh Koreya Respublikasini har tomonlama qoʻllab-quvvatlay boʻshlaydi. Iqtisodiyot tezlik bilan koʻtarila boshladi, ayrim iqtisodiy islohotlarning oʻtkazilishi yalpi milliy mahsulotining oʻsishiga olib keladi. Toʻrtinchi respublika Toʻrtinchi respublika 1972-yli Yusin konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan boshlanadi. Bu konstitutsiya prezidentlik boshqaruvini yanada mustahkamlaydi va keng vakolatlar beradi. Bu davr juda tez oʻsib borayotgan Koreya Respublikasi iqtisodiyotining regressiyaga uchrashi bilan xarakterlanadi. Beshinchi respublika 1979-yilda general Pak oʻldirilishi bilan Koreya Respublikasida uzoq yillarga choʻzilgan siyosiy inqiroz boshlanadi. 8 yil davomida xalq demokratiya uchun kurash olib boradi. Uzoq davom etgan kurashlardan soʻng 1987-yilda Koreya Respublikasida demokratik saylovlar oʻtkaziladi. 1988-yilda Seulda Olimpiada oʻyinlari oʻtkaziladi. Shu yillarda Xitoy va Sovet Ittifoqi bilan aloqalar tiklanadi. 1992-yilda demokratik yoʻl bilan Kim Yon Sam saylanadi. Ammo uning boshqaruvi davrida davlat amaldorlari orasida poraxoʻrlik judayam kuchayib ketadi, bu esa davlatning yana siyosiy inqiroz yoqasiga olib kelinishiga sabab boʻladi. 1997-yil Koreya Respublikasi uchun juda ham muvaffaqiyatsiz yil boʻladi. Koreya Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishi pastlashib boradi, von (Koreya Respublikasi pul birligi) qadri tushib ketadi. Turizm oqimi ham ozayib boradi. 1998-yil fevral oyida prezidentlik saylovi oldidan iqtisodiy va demokratik islohotlar oʻtkazishi, Shimoliy Koreya bilan aloqalarni tiklash toʻgʻrisida vaʼdalar bergan Kim De Chjun yangi prezident etib saylanadi. 1998-yilning oʻrtalariga kelib Koreya Respublikasi oxirgi 20 yil ichida uchramagan iqtisodiy inqiroz boshlanadi, ishsizlik va inflatsiya (pul qadrsizlanishi) kuchayib ketadi. Ammo prezident oʻz vaʼdalarini bajarishi tufayli tez orada yana Koreya Respublikasi iqtisodiyoti koʻtarila boshlaydi. Shimoliy Koreya bilan ilk marta aloqalar oʻrnatiladi. 2000-yilda Koreya Respublikasi prezidenti shaxsan KXDRga rasmiy tashrif buyuradi, bu esa ikki davlat orasida ozgina boʻlsa-da iliqlikni vujudga keltiradi. Aynan shu prezident boshqaruvi davrida Yevropa Ittifoqi bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar yanada rivojlanadi. 2002-yil prezident Kim De Chjunga tinchlik yoʻnalishi boʻyicha Nobel mukofoti topshiriladi. 2002-yilda esa yangi prezidentlik saylovlari oʻtkaziladi, unda No Mu Xyon gʻalaba qozonadi. Uning prezidentlik boshqaruvi davrida Koreya Respublikasi iqtisodiyoti ancha rivojlanadi. Ammo 2004-yil 12-martda Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi (Koreya Respublikasi parlamenti) vakillari Prezident No Mu Xyonni poraxoʻrlik va ayrim shaxslarga siyosiy homiylikda ayblab unga qarshi ovoz beradilar. Biroq prezidentni qoʻllab=quvvatlab turuvchi Uri siyosiy partiyasi Parlamentning prezidentga qarshi ovozlarini boykot qiladi. Bu holat mamalakatda parlament saylovlarining muddatdan avval oʻtkazilishiga sabab boʻladi va 2004-yil 15-aprelda saylovlar oʻtkaziladi. Saylov natijalariga koʻra Uri partiyasi parlamentdagi 299 oʻrindan 152 oʻrinni egallaydi. 18 yil deganda parlamentda bir partiya koʻpchilik mandatni egallaydi. Ammo 2005-yilda oʻtkazilgan saylovlarda Uri partiyasi parlamentddagi koʻpchilik mandatini yoʻqotadi. 2008-yilda oʻtkazilgan saylov natijalariga koʻra Seul shahrining sobiq hokimi Li Myon Bak prezident etib saylanadi. Joylashuvi va iqlimi Geografik joylashuvi Koreys yarimoroli Osiyoning sharqiy oxirida joylashib, uzunligi 1100 killometrni tashkil etadi. Gʻarbdan Tinch okeani bilan, shimoldan esa Xitoy va Rossiya bilan chegaradosh. Koreyaning sharqiy tomonida Sharqiy Dengiz boʻlib, uning ortida Yaponiya joylashgan. Yerining 70 foizini togʻlar egallab, qirgʻoq yoqalab 3000 minga yaqin orolchalar tarqalgan. Koreyaning yer maydoni 222 ming 154 km2 boʻlib, kattaligi taxminan Buyuk Britaniya yoki Ruminiyaga teng. Ushbu maydonning 45.5 % yoki 100 ming km2idan qishloq xoʻjaligida foydalanish mumkin. Togʻli tumanlar butun maydonning taxminan uchdan ikki qismini tashkil etib, Portugaliya, Mojariston yoki Irlandiya maydonicha desa boʻladi. Tebeksan togʻ zanjiri shaqiy qirgʻoq boʻylab choʻzilib, Sharqiy dengiz kuchli toʻlqinlari tomonidan yuvilib turadi. Ushbu zarba ostida katta qoya va qoya orolchalar paydo boʻlgan. Gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlar esa qiya jarlik. Jarliklar boʻylab qirgʻoqlari moʻjizona kesilgan bogʻozli yaqin orollar joylashgan. Yarimorolda shunday koʻp daryo va tasvirlar chizilgan togʻlar borki, shunga koreyslar koʻpincha oʻz davlatini chiroyli tillarang parchalarga qiyoslashgan. Togʻning eng baland choʻqqisi Shimoliy Koreyada joylashgan Pektusan boʻlib, Xitoy chegarasi boʻlab dengiz sathidan 2744 m balandlikka koʻtarilgan. Pektusan togʻida oʻchgan vulqonlar boʻlib, uning ogʻzida „Chonji“ deb nom olgan katta koʻl paydo boʻlgan. Bu togʻ Koreya ruhi hisoblanib, Koreya Respublikasining madhiyasi matnida bu haqda eslatilgan. Nisbatan katta boʻlmagan Koreya yarimorolida yetarlicha koʻp katta va kichik daryolar oqadi. Ushbu suv arteriyalari koreyslar hayot tarzi va mamlakatini sanoatlashitirishda muhim rol egalladi. Koreyaning eng katta ikki daryosi – bu Naktongkang (525 km) va Koreya poytaxti Seuldan oʻqib oʻtadigan Hankang (494 km). Hankang daryosi uzoq tarixda uning qirgʻoqlarida rivojlangan aholiga muhim ahamiyatga ega boʻlganidek bugungi kunda ham zich aholining hayotida muhim ahamiyatga ega. Koreyaning uch tomonini yuvib turuvchi dengizlar ham aholi hayotida uzoq davrlardan beri muhim rolga ega boʻldi. Shuning uchun ham dengizshunoslik va kemasozlik sanoati tez rivojlandi. Iqlimi Koreya iqlimi – moʻtadil, bir-biridan keskin farq qiladigan toʻrt faslga ega. Bahor qisqa boʻlishiga qaramasdan juda ham yoqimli va quyoshli boʻladi. Yozda esa issiq va namlik yuqori boʻlib, iyul oylarida yomgʻirga boʻy boʻladi. Kuz fasli yorqin tilla va qizil ranglar bilan boʻyalib ajoyib rang-barang panoramani yaratadi. Qish sovuq va quruq kelib vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Janubi-gʻarbdagi Jeju-do oroli yumshoq subtropik iqlimga ega. Koreya tumanlari oʻrtasidagi harorat farqi juda katta, oʻrtacha hisobda 6 °C dan 16 °C gacha boʻladi. Yilning eng issiq oʻyi boʻlgan avgustda esa harorat 19 °C va 35 °C orasida boʻladi, eng sovuq oyi yanvarda esa harorat minus 8 °C gacha tushib ketadi. Bahor faslining boshlarida shamol Xitoyning shimoliy qismidagi choʻllaridan sariq qum va tuproqlarni uchurib keladi. Ammo aprel oyi oʻrtalarida haqiqiy bahor nafasini his qilish mumkin boʻladi, togʻlar va maysazorlar esa ajoyib gullarga boʻyalgan boʻladi. Shu vaqtda dehqonlar dalalarni guruch ekishga tayyorlaydi. Koreyslarning yil fasllari orasida sevimlisi boʻlgani kuz odamni tetiklashtiradigan havo va musaffo osmonga ega boʻladi. Kuz – hosillarni yigʻishtirish vaqti hamda turli bayram va tarixiy anʼanalarga boy fasl. Hukumati Koreya hukumati uchta qismga boʻlingan: ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimyati. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar davlat darajasida faoliyat koʻrsatadi. Mahalliy vazifalarni ijro etuvchi boʻlimdagi turli vazirliklar amalga oshiradi. Mahalliy hokimyat yarim-muxtor boʻlib, oʻzining ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi boʻlimiga ega. Sud hokimiyati davlat va mahalliy darajada faoliyat koʻrsatadi. Koreya hukumatining tuzilishi Koreya Respublikasining konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Bu hujjat 1948-yil kuchga kirgandan buyon bir necha marta tahrir qilindi. Ammo bir necha palata xususiyatlari oldingidek qoldi; Ikkinchi Koreya Respublikasidan tashqari barcha hukumat mustaqil bosh ijro etuvchi – prezidentga ega boʻldi. Puxta uch hokimiyatli tizim bu tekshiruv va muvozanatning ehtiyotkor tizimidir. Masalan, konstitutsiyaviy sudning sudyalari qisman ijro etuvchi, qisman qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan tayinlanadi. Shuningdek, impichment rezolutsiyasi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan berilib, sud hokimiyati soʻnggi qarorni qabul qiladi. Iqtisodiyoti Janubiy Koreyaning 1997-yildagi inqirozgacha boʻlgan ildam iqtisodiy rivoji „Sharqiy Osiyo Moʻjizasi“ deb atalgan. Uch dekada shiddatli iqtisodiy rivojlanish kambagʻal agrar mamlakatni dunyodagi oʻn ikkinchi iqtisodiy-eksport davlatiga aylantirdi. 1996-yil 12-dekabrda Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT)ga qabul qilinishi haqiqatan Koreya iqtisodiyotining avjiga chiqqan payti boʻldi. Koreyaning bunday tez rivoji yuqori darajadagi jamgʻarma va sarmoyaga katta yordam berdi, shuningdek milliy taʼlimning taraqqiy topishiga ragʻbat boʻldi. Shuning evaziga bugungi kunda bir qancha yosh oʻgʻil-qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlarida taʼlim olishmoqda. Lekin rivojlanishga boʻlgan yoʻl oson boʻlmadi. Bu yoʻlga erishish turli qiyinchiliklarni yengib oʻtishni talab etdi. 1945-yili Yaponiya qaramligidan ozod boʻldanidan soʻng milliy iqtisodiyotni rivojlantirish xalqning hayot-mamot masalasiga aylandi. Tabiiy boyliklarning cheklanganligi, ichki bozorning zaifligi va iqtisodiy rivojlanish tajribasiga ega boʻlmasligiga qaramay, Koreya milliy iqtisodiyotning barqaror va mustaqil rivojlanishini amalga oshirdi. 1950—1953-yillarda boʻlib oʻtgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning oʻzaro urushib ikki qismga boʻlinishi Koreya tuprogʻida buzgʻunchilik va alamli xotiralarni qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1,5 mlnni tashkil etadi. Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxlarida 3,1 mlrd AQSh dollarini tahskil etdi. Janubiy Koreyaning urushdan koʻrgan zarari 1953-yilgi Milliy Yalpi Mahsulot (YMM)ning 85%ini tashkil etdi. Urushdan keyingi qayta tiklanish davrida (1953-1960-yy) rivojlanish darajasi xorijiy davlatlarning yordamlari boʻlishiga qaramay past boʻldi. Shunday boʻlsa-da, 1953-yildan 1995-yilgacha oʻrtacha Milliy Yalpi Mahsulot oʻsishi 7,6%ni tashkil etdi, bu esa 21 marta oʻsganligidan dalolat berdi. Bu vaqt davomida aholi yillik oʻsishi 2,2%, YMM real daromadi aholi boshiga 5,6%ni, yani 9,3 marta oʻsishni tahskil etdi. 1953-yildan 2007-yilgacha Janubiy Koreya YMM 2,3 mlrddan 1,2 trln AQSh dollariga oʻsdi. Aholi boshiga YMM daromadi qiymati 67 AQSh dollaridan 24 600 dollarga oʻsganini koʻrsatadi. 1960-yillarda boshlangan iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish sohasida oʻz aksini topti, asosan avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, elektronika, kemasozlik, tekstil va poʻlatni qayta ishlash sohalari bunga misol boʻla oladi. Koreyaning oʻsha davrdagi iqtisodiy ishlash tizimini quyidagicha izohlash mumkin. 1961-yildan boshlanib 1979-yilga qadar davom etgan qoʻmondon Pak Jong Hi davlat rahbarligi davrida dunyodagi mavjud siyosiy ziddiyat sababli Janubiy Koreyaga gʻarb davlatlari va Yaponiya sarmoya qila boshladi. Davlat koreys tilida „cheboʻl“ deb ataluvchi katta korxonalarni rivojlantirish maqsadida chet eldan kelgan sarmoyani ular uchun quyi foizlarda foydalanishiga ruxsat berildi. Bunga asos katta korxonalarning rivojlanishi, keyinchalik kichik va oʻrta biznesning rivojlanishiga sabab boʻlishiga ishonch edi. Qoʻmondon Parkning eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiy rivojlanish siyosati 5 yillik rejalar asosida muvoffaqiyatli amalga oshirildi. Iqtisodiyot asosiy qismini qishloq xoʻjaligi tashkil qilgan yillar ham boʻlgan. Endilikda esa Janubiy Koreya qayta ishlash sohasi bilan gʻururlansa boʻladi, chunki 1997-yilning oʻzida YMM ning 25,7%ini ishlab chiqarish tashkil etti. 1997-yilgi YMM 5%ga, 1996-yil 6,8%ga, 1995-yil esa 8,9%ga oʻsish kuzatilgan edi. 1998-yil YMM oʻsishi 6,7% manfiy koʻrsatkichni tashkil etti. Buning asosiy sababi 1997-yilda Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy boʻhron oqibatidadir. Xorijiy sarmoyadorlarning Xitoy kabi boshqa rivojlanayotgan davlatlarga sarmoyalarini koʻchirishi bilan iqtisodiy ahvol yanada salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga qaramay, 1999-yil YMM oʻsishi 10,9%, 2000-yil 9,3%, 2001-yil 3%, 2002-yil 6,3%ni, 2007-yil 4,8%ni va miqdori 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etti. Fan-texnikasi Janubiy Koreyaning elektronika va mashinasozlik shirkatlari jahonda yetakchi oʻrinlardadir; ular qatoriga LG, Samsung va boshqalar kiradi. Butun dunyodagi LCD monitorlarning 50%i aynan Janubiy Koreyada tayyorlanadi. Samsung va LG mobil telefon ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchi shirkatlardandir. Janubiy Koreya aholisi elektronikadan eng koʻp foydalanuvchi xalqlar qatoriga kiradi. Internetdan foydalanuvchilarning foiz nisbatdagi soniga koʻra birinchi oʻrinda turadi. 2020-yilgacha har bir koreys xonadonida kamida bitta robot boʻlishi rejalashtirilgan. Bu reja orqali Koreya aholisining keksayishi va shu tufayli ishchi kuchi hamda askarlar soni kamayishi muammolari qisman hal qilinishi koʻzda tutilgan. Koreya Respublikasi Rossiya bilan fazoviy hamkorlik olib bormoqda, bu hamkorlik doirasida „Arirang-1“ va „Arirang-2“ nomli sunʼiy yoʻldoshlar uchirildi. 2008-yilning 8-aprelida Koreya oʻzining birinchi fazogiri – Yi So-yeonni koinotga uchirdi, u rus orbital kemasi „Soyuz TMA-12“da ishladi. Aholisi Aholi soni – 51 814 400 nafar (2022). Zichlik 533 kishi. Janubiy Koreya aholisining katta qismini koreyslar tashkil etadi. Bundan tashqari mamlakatda kamida 300 ming nafar xitoyliklar istiqomat qilishadi. Janubiy Koreyaliklar oʻrtacha 81.6 yil umr koʻrishadi. Deyarli hamma koreys tilida soʻzlashadi, maktablarda ikkinchi til oʻlaroq ingliz, yapon, xitoy, olmon va boshqa tillar oʻrgatiladi. 2020-yil maʼlumotlariga koʻra Janubiy Koreya aholisining 56 foizi dinsizdir. Qolgan aholi oʻzini yo xristian, yoki buddist, deb koʻrsatgan; boshqa dinlar nihoyatda kam tarqalgan. Madaniyati BTS – K-pop, rap, rock yoʻnalishlarida muvaffaqiyat qozonib kelayotgan eng mashhur guruhlardan biri. Jamoa aʼzolari Jimin, Jung Kook a V oʻzlarining chiroyi bilan nafaqat koreys balki, xitoy, yapon, thai, hind va shu jumladan oʻrta osiyolik qizlarni ham eʼriboriga tushgan. Janubiy Koreya ommaviy madaniyati Osiyo qitʼasi va umuman dunyoda yoyilmoqda. XXI asrda paydo boʻlgan bu fenomen koreys toʻlqini deb nomlandi. Bu fenomen oʻz ichiga K-pop (koreys pop) musiqasi, koreys teleseriallari va filmlarini oladi. Zamonaviy texnologiyalarning koreyslar hayotiga chuqur kirib borgani ularning madaniyatiga kuchli taʼsir qildi. Koreys yoshlari orasida videooʻyinlar shunchalik ommalashganki, matchlar hatto telekanallarda ham namoyish etiladi (misol sifatida Arirang kanalida tez-tez koʻrsatiluvchi Starcraft translatsiyalarini keltirish mumkin). Sporti 1988-yil Yozgi Olimpiada oyinlari va 2002-yil futbol boyicha Jahon Chempionatining juda ham yuqori saviyada oʻtkazilishi Koreya Respublikasi sporti tarixidagi eng katta yutuqlardan biri hisoblanadi. 17-Futbol Jahon Chempionati 3-ming yillikda birinchi boʻlib Koreya va Yaponiyada oʻtkazildi. Binobarin, bu Osiyo qitʼasida birinchi bor futbol Jahon Chempionatining oʻtkazilishi boldi. Va eng muhimi, Koreya Respublikasi milliy futbol terma jamoasi birinchi bor yarim finalgacha yetib keldi. Albatta, bu juda ham gʻaroyib hodisa boʻlib, koʻpchilikni hayratga soldi. Janubiy Koreyalik futbolchilarning ajoyib ishtiroki Koreyaning xalqaro arenadagi oʻrnini jadal ravishda yuqorilatdi va Koreya tovarlarining talabi oshdi. Albatta muxlislarning oʻrni ham juda katta boʻldi. Koreyalik muxlislar oʻzlariga „Red Bulls“ degan nomni shior qilishib oʻz futbolchilarini qoʻllab quvvatlashda charchamadilar va butun dunyoni hayratga soldilar. 2002-yil futbol Jahon chempionati oʻyinlarini 3,6 mln muxlis stadiondan turib va milliardlab muxlis oynai jahon orqali tomosha qilishga muvaffaq boldilar. Koreya maydoni boʻyicha ham, aholining soni boʻyicha ham katta davlatlar qatoridan joy olmagan boʻlsa-da, janubiy Koreya futbolchilarining ishtiroki yuqori boldi. Koreya terma jamoasi 6 marta futbol jahon chempionati final bosqichlariga chiqqan bolib, ulardan 5 marotabasi ketma-ket boʻlgan. Bu esa – misli koʻrinmagan voqeadir. Bunaqasi hali Osiyoda boʻlmagan. Koreya sportning boshqa turlarida ham juda ajoyib natijalarni koʻrsatmoqda: short-trek, yengil atletika (marafon), dzudo, taekvando, boks, erkin va klassik kurash, kamon otish, stend oʻtish, badminton, gandbol va chim ustida xokkey sport turlari bular safidandir. Jahon klassikasi darajasidagi Koreya beysbolchilari AQSh va Yaponiyada juda ham mashhurdir. Pak Chan Ho „Houston Astros“ safida juda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan boʻlsa, Kim Ben Hen „Florida Marlins“, So Je Ung – esa „Tampa Bay Devil Rays“ safidadir. Qolaversa bir necha koreys futbolchilari Yevropa va Yaponiya klublarida toʻp surishadi. Shuningdek, Koreya golf boʻyicha ham oʻz yutuqlari bilan faxrlanadi. Koreya golfchilari Pak Se Ri, Kim Mi Hen, Han Hi Von va Greys Pak hozirga kelib butun dunyoga mashhur boʻlib ulgirgandir, chunki ular bir necha bor LPGA turniri va AQSh ochiq chempionati gʻoliblari boʻlishgan. 2002-yil golfchi Choy Ken Dju ketma-ket PGA ikki titulini qoʻlga kiritgan. Janubiy Koreyalik tennischilar ichida birinchi bor xalqaro turnir gʻolibi Li Hen Tek boldi. 2003-yil yanvar oyida Li Hen Tʼek „Adidas International“ turnirida birinchi oʻrinni egalladi. Bu turnir Sidneyda (Avstraliya) boʻlib oʻtgan. Hozirgi paytda Koreya hukumati mamlakatda sportni rivojlantirish maqsadida 5 yillik rejani amalga oshirmoqda (2003-2008-yy). Uning uchun 2,8 trillion KRV ajratilgan ($2,3 mlrd). Bu reja sportning deyarli barcha turlarini rivojlantirishga moʻljallangan boʻlib va qoʻshimcha professional sport, yangi sport texnologiyalarini ishlab chiqish va koʻplab sport inshootlarini qurishga ham yoʻnaltirilgan. Koreyada ommaviy sport turlari bu – futbol, basketbol, voleybol va anʼanaviy sport turi bolgan belbogʻ kurashdir (SSIRIM). Bu sport turlari juda ham koʻp muxlislarni jalb qiladi. Bundan tashqari alpinizm, yugurish, badminton, suzish, aerobika, stol tennisi, bouling, skvosh, tennis va golf ham ommaviy sport turlaridir. Alpinistlarning juda ham koʻp boʻlganligidan koreyslarning nafaqat sportga boʻlgan qiziqishini, balki tabiatga boʻlgan muhabbatini ham koʻrish mumkin. Qolaversa mamlakat maydonining 70%i togʻli qismdan iboratdir. Sport sohasidagi muhim aspektlardan biri bu Shimoliy Koreya bilan boʻlgan munosabatlarni ijobiylashtirish va oʻzaro almashuv dasturlarni amalga oshirishtir, zero sport bu tinchlik va doʻstlik elchisidir. Shimoliy Koreya sportchilari Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan ikkita katta xalqaro musobaqalarda ishtirok etganlar, 2002-yil Pusan yozgi Osiyo oʻyinlarida va 2003-yil Tegu yozgi Universiadasida. Koreys kurash sanʼati taekvondo – milliy sport turi boʻlib, hozirga kelib butun jahonda mashhurdir. Bu sport turi bilan 40 mln odam shugʻullanib kelyapti. 2000-yil Sidney Olimpiada oʻyinlarida esa, taekvando Olimpiada sport turlari ichiga qoʻshildi. 2003-yil mart oyiga kelib Janubiy Koreya sport sohasini rivojlantirish yoʻlida dunyoning 23 davlati bilan shartnomalar imzoladi. Sport almashunuvlari 43 Milliy Olimpiya qoʻmitalari bilan olib borilmoqda. 2008-yil Pekin yozgi Olimpiada oʻyinlarida esa Janubiy Koreya, ajralmas Koreys Yarimoroli nomidan bitta bayroq ostida ishtirok etish niyatidadir. Manbalar Havolalar UZBEKKOREA.COM: Koreyadagi Oʻzbekistonliklar Korea.net: Gateway to Korea (Ingliz tilida) Koreya milliy statistika boshqarmasi Janubiy Koreyaning asosiy shaharlari (sunʼiy yoʻldoshdan koʻrinishi va geografik koordinatalari) Osiyo Janubiy Koreya‎ BMT aʼzolari
28,987
3269
https://uz.wikipedia.org/wiki/Maldiv%20orollari
Maldiv orollari
Maldiv (, Dhivehi Raa’je), Maldiv Respublikasi (, Dhivehi Raajjeyge Jumhooriyyaa) — Janubiy Osiyoda, Hind okeanining shimoli-gʻarbiy qismidagi Maldiv orollarida joylashgan davlat. Shri Lanka orolining janubi-garbida. Maydoni 298 km2. Aholisi 324 ming kishi (2012). Poytaxti — Male shahri. Maʼmuriy jihatdan 20 orollar guruhiga boʻlinadi. Davlat tuzumi Maldiv — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1968-yil 11-noyabrda kuchga kirgan, unga 1972 va 1997-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, aholi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi (1978-yildan Moʻmin Abdul Qayyum). Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament (majlis). Ijroiya hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan vazirlar mahkamasi amalga oshiradi. Tabiati Maldiv arxipelagi 2 mingdan ortiq kichik orol (atoll)dan iborat, shundan 200 tasida odam yashaydi. Orollarning aksariyati marjon qoyalar bilan oʻralgan. Iqlimi ekvatorga xos, mussonli. Havo harorati 24—30°. Yomgʻir koʻp yogʻishiga qaramay (yiliga 2500 mm gacha) chuchuk suv yetishmaydi. Kokos palmasi, banan, sitruszorlar bor. Non daraxti oʻsadi. Aholisi Aholisining 99% maldiv (divexi)lar, shuningdek, arablar va malayyalar ham yashaydi. Asosiy dini — islom. Rasmiy tili — maldiv (divexi) tili. Shahar aholisi 30%, birdanbir shahar — Maleda istiqomat qiladi. Tarixi Miloddan avvalgi 3—1-asrlarda Seylon va Hindistondan singallar, hindlar kelib oʻrnashgan. Ular budda diniga eʼtiqod qilgan. 5—12-asrlarda arablar va forslar kelgach, islom dini Tapqalgan, 1153-yilda islom sultonligi vujudga kelib, Didi sulolasi 1968-yilgacha hukmronlik qildi. Sultonlik 1558-yildan portugallarga, 17-asrning 2-yarmidan gollandlarga qaram boʻldi. 1796-yildan Buyuk Britaniya hukmronligi oʻrnatildi, 1887-yil dekabrda uning protektoratiga aylandi. 1965-yilda toʻliq mustaqillikka erishdi. 1968-yil]]da esa ruspublika deb eʼlon qilindi. Maldiva 1965-yildan BMT aʼzosi. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari yoʻq. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1994-yil 7-dekabrda oʻrnatdi. Milliy bayrami — 26-iyul — Mustaqillik kuni (1965). Xoʻjaligi Maldiv — iqtisodiy qoloq mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda baliqchilikning ulushi 13 %, sayyoxlik 18 %, xizmat koʻrsatish sohasi 20 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 23,7 % va sanoat ulushi 7,7 % ni tashkil etadi. Baliq ovlash flotida 4 mingdan ortiq kema bor. Dengizdan chigʻanoq, marvarid, marjon ham olinadi. Qishloq xoʻjaligining asosi — kokos palmasi. Sholi va sabzavot, sitrus mevalar, mango, banan, batat, yams ham yetishtiriladi. Chorvachiligi yoʻqdarajada: bir oz parranda boqiladi. Sanoati bir necha mayda ustaxonalardan iborat (baliq Maldiv baliqchilari okeanda baliq ovlamoqdalar. ovlash kemalari quriladi, toʻr toʻqiladi, meva konservalari tayyorlanadi, marjonlardan bezaklar qilinadi, kokos yongʻogʻi qayta ishlanadi, baliq uni ishlab chiqariladi, uy-roʻzgʻor asboblari yasaladi va hokazo). Xorijiy sayyoxlik rivojlangan: yiliga 150 mingga yaqin sayyoh kelib-ketadi. Yuklar asosan kemalarda tashiladi. Savdo flotida 60 dan koʻproq kema bor. Asosiy dengiz porti — Male. Xulule orolida aeroport bor. Chetga quritilgan va dudlangan baliq, badiiy hunarmandchilik buyumlari, kokos palmasi mahsulotlari sotiladi. Chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari, neft mahsulotlari keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Hindiston, AQSh, Tailand, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Singapur, Shri Lanka. Pul birligi — rufiya (Maldiv rupiyasi). Maorifi Mamlakat katta yoshdagi aholisining aksariyati savodsiz. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 5 yil (bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi), oʻrta maktabda 5 yoki 6 yil Boshlangʻich maktabda maldiv tilida, oʻrta maktabda ingliz tilida oʻqitiladi. Quyi kasbhunar maktabi ham bor. Oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari yoʻq. Yoshlar oʻrta maxsus va oliy taʼlim olish uchun Hindiston va Shri Lankaga boradilar. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Maldivda nashr etiladigan asosiy gazetalar: „Aafathis“ ["Yangi tong", maldiv (divexi) va ingliz tilidagi kundalik gaz.], „Maldivz nyus bulletin“ („Maldiv yangiliklari byulleteni“, ingliz tilidagi haftanoma), „Xaviru“ ["Oqshom", maldiv (divexi) va ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1979-yildan]. XANS agentligi, yangiliklar mahkamasi, 1989-yil tashkil etilgan. Axborot va radioeshittirish departamenta 1978-yil tuzilgan. Maldivlar ovozi, hukumatning radioeshittirish xizmati, 1962-yil asos solingan. Maldivlar televideniyesi, 1978-yildan koʻrsatuvlar olib boradi. Manbalar Osiyo Maldiv Respublikasi BMT aʼzolari
4,566
3271
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nepal
Nepal
Nepal yoki rasmiy nomi Nepal Federativ Demokratik Respublikasi— Janubiy Osiyoda, Himolay togʻining markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 140,8 ming km². Aholisi 29,2 million kishi (2022). Poytaxti — Katmandu shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 zonaga, zonalar esa tumanlarga boʻlinadi. Davlat tuzumi Nepal — konstitutsiyali monarxiya. 1990-yil 9-noyabrda qirol tomonidan eʼlon qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — qirol (2001-yildan Gyanendra Bir Bikram Shoh Dev). Qonun chiqaruvchi hokimi-yatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Milliy kengash), ijroiya hokimiyatni qirol va bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati N. hududining aksar qismini Himolay togʻlari egallaydi. Shim,-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon 2 togʻ tiz-masi choʻzilgan. N.ning shimoliy va sharqiy chegaralarida Jomolungma (Everest, Yer yuzidagi eng baland choʻqqi, 8848 m) va Kanchenjanga (8585 m) togʻlari joylashgan. Oldingi tizmalar ancha past (Mahabharata, 2959 m gacha, Sivalik, 2277 m gacha). Togʻlar oraligʻida koʻpgina vodiy va havzalar bor. Ularning eng kattasi — Katmandu vodiysi. Janubida Hindgangtekisligining shimoliy chekkasi yotadi. Iklimi baland mintaqaga xos subekvatorial mussonli. Janubida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 15°, soyliklarda 0—10°, 4 ming m dan yuqorida yilning koʻp vaqtida temperatura manfiy. Iyulning temperaturasi janubda 30°, soyliklarda 20°, 4,5—5 ming m balandliklarda 10°. Janubiy togʻ etaklari va yon bagʻirlarida yiliga 2000 mm dan ortiq, soyliklarda 1500 mm dan kam yogʻin tushadi. Daryolari joʻshqin, katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Yirik daryolari: Karnili, Gandak, Kosi, Baghmati. Himolay etaklari va janubiy yon bagʻirlarida musson iklimli oʻrmonlar, bot-qokliklarda changalzorlar, qiyaliklarning oʻrta qismida doim yashil oʻrmonlar, 3 ming m dan yuqorida igna bargli oʻrmonlar, 4 ming m dan yuqorida changalzorlar, subalp va alp oʻtloqlari bor. Hayvonot dunyosi boy va xil-ma-xil. Changalzorlarda fil, yoʻlbars, leopard, karkidon, toʻngʻiz, turli may-munlar, qushlardan toʻtiqush, tovus uchraydi. Zaharli ilon koʻp. Togʻlarda himolay ayigʻi, qor qoploni, arhar va yovvoyi echkilar yashaydi. Lantang, Sagarmatha, Chitauen milliy bogʻlari bor. Aholisi hind va tibet-xitoy tili oilasining 60 til va shevasida soʻzlashadi (shundan 14 tasi oʻz yozuviga ega). Asosiy xalqi nepallar (52,3%) mamlakatning markazi va janubi-gʻarbida yashaydi. Maytxillar, bxojpurlar, ta-manglar, tharular, nevarlar ham bor. Davlat tili — nepal tili. Aholining 90% ga yaqini hinduilikka eʼtiqod qiladi, 7,5% budda, 2% ga yaqini is-lom dinida. 10%ga yaqin aqoli shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Katmandu, Biratnagar, Patan, Bhaqtapur. Tarixi Miloddan avvalgi 1-ming yillikning oʻrtalarida togʻ etaklaridagi changalzorlarda videx, shakya, malla, lichchhavlarning qabila birlashmalari yashagan. Mezolit davrida togʻ vodiylariga negr-avstraloid va mongoloid qabilalari (nevar, kirati va boshqa xalqlarning ajdodlari) kelib oʻrnashgan. Milodning dastlabki asrlarida N. (Katmandu) vodiysida Nevar davlati paydo boʻlgan. U hind madaniyati taʼsirida rivojlangan, Tibet va Xitoy bilan aloqa oʻrnatgan. 15-asrda Nevar bir necha mayda davlatlar (Bhadgaon, Patan, Katmandu, Jumla, Palpa va boshqalar)ga boʻlingan. N.ning sharqiy qismida birlashgan kirati va limbu qabilalari joylashgan edi. Hindistondan N.ga koʻplab hind-oriy aholisining koʻchib kelishi (12-asr) va ularning mahalliy magar, gurung va boshqa qabilalar bilan aralashib ketishi natijasida kxas-kura (hozirgi Nepal) tilida soʻzlashuvchi kxas xalqi shakllana boshladi. 15—16-asrlardakxaslar N. hududida eng yirik etnik gu-ruhga aylandi. 16—17-asrlarda kxas-ma-garlarning Gurkh davlati kuchaydi. Uning hukmdori Ram Shoh (1605—32 yillar hukmronlik qilgan) hokimiyatni markazlashtirish maqsadida bir necha maʼmuriy islohlar oʻtkazgan, qonunlar toʻplamini mukammallashtirgan. Narayan Prithvi davri (1742—69)da Gurkh davlatiga qoʻshni davlatlar qoʻshib olinib, markazlashgan N. davlati paydo boʻldi. 18-asr oxiriga kelib, N. hududi gʻarbda Kashmir, sharqda Sekkimgacha kengaydi. 18-asrning 2-yarmidan N.ga Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi xavf sola boshladi. 1814-yil kompaniya gurkhlarni ingliz chegara postlariga hujum qilishda ayblab, N.ga urush eʼlon qildi. N. qoʻshinlari inglizlarning harbiy kuchlariga qarshi tura olmadi. 1816-yil N. Angliya bilan asoratli shartnomaga imzo chekdi. Shartnomaga koʻra, Katmanduda Angliyaning rezidenti boʻlishiga ruxsat etildi; mamlakatning tashqi siyosati butunlay inglizlar nazorati ostiga oʻtdi. 1846-yilda kompaniya Rana urugʻi boshligʻi Jang Baxrdirga davlat toʻntarishi oʻtkazib, hokimiyatni egallashda yordam berdi. Qirol nomigagina davlat boshligʻi boʻlib qoldi. Rana uru-gʻidan chiqqan hokimlar tashqi siyosatda inglizlar koʻrsatmasiga muvofiq ish koʻrdilar. N.ning tashqi davlatlardan ajratib qoʻyilganligi, mamlakat boyliklari chet elga olib ketilishi, mamlakatning geografik va iqtisodiy jihatdan ajralganligi ishlab chiqa-ruvchi kuchlarning rivojlanishiga toʻsqinlik qildi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Osiyo mamlakatlaridagi milliy ozodlik kurashining muvaffaqiyatlari va mustamlakachilik siyosatining inqirozi N. xalqiga qaramlikdan qutulish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Hindistondagi nepallik siyosiy muhojirlarning faoliyati kuchaydi. Kalkuttada N. milliy kongressi partiyasiga asos shtili (1947). Rana hukmronligiga qarshi birlashgan front tuzildi va uning harakati natijasida Rana hukmronligi tugatildi (1951). 1951-yil 18fevraldabosh vazir mansabining nasldan naslga utishi bekor qilindi. N.ning muvaqqat kon-stitutsiyasida partiya va tashkilotlar tuzish huquqi, umumiy saylov huquqi eʼlon qilindi. 1959-yil parlamentsaylo-vida N. kongressi partiyasi gʻalaba qozondi. Bu hukumat yer islohoti oʻtkazish, maʼmuriy apparatni va sud ishlarini qayta tashkil etish, mexnatkashlar ahvo-lini yaxshilashga vaʼda qildi, lekin ularni amalga oshira olmadi. Ijtimoiy va iqtisodiy nizolar keskinlashgan sharoitda qirol Mahendra Bir Bikram Shoh Dev (1955—72 yillar N. qiroli boʻlgan) parlament va hukumat aʼzolarini tarqatib, butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi (1960-yil 15-dekabr). Barcha siyosiy partiya va tash-kilotlarning faoliyati taqiklandi. Yangi konstitutsiya (1962)ga muvofiq, N.da panchayatlar — mahalliy va mar-kaziy hokimiyat (Milliy panchayat) ijroiya organlari tartibi oʻrnatildi. Hukumat nazoratidagi dehqonlar, ishchilar, yoshlar, xotin-qizlar, bolalar tashkilotlari tuzildi. Balogʻatga yetmaganlarni nikoxdan oʻtkazish, turli mehnat majburiyati, majburiy mehnat shakllari taqiqlandi, kasta (tabaqa) tizimi bekor qilindi. N. — 1955-yildan Qoʻshilmaslik harakati, 1956-yildan BMT aʼzosi. N. qirolligi 1992-yil 2-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami — 28-dekabr — qirol tugʻilgan kun (1945). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari 1961-yil 5-yanvarda qirol farmoni bilan mamlakatdagi barcha siyosiy partiyalar taqikdangan edi. 1979-yil 2-mayda kup partiyali tizimga qaytish masalasi yuzasidan milliy referendum oʻtkazildi. 1990-yil 11-aprelda siyosiy partiyalarning oshkora faoliyatiga ijozat berildi. Asosiy partiya va kasaba uyushmalari: Milliy demokratik partiya, 1990-yil mayda asos solingan; N. kongressi partiyasi, 1947-yilda tuzilgan, 1960-yil dekabrda taqiqlangan, 1990-yil apreldan yana oshkora fa-oliyatboshlagan; N. kommunistik partiyasi, 1991-yilda tuzilgan. N.ning barcha kasaba uyushmalari 1990-yil 11-apreldan oshkora faoliyat koʻrsata boshladi. Xoʻjaligi N. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 60%, sanoat va qurilishning ulushi 14%. Iqtisodiy faol aholining 92% agrar sohada band. Qishloq xoʻjal i gining asosiy mahsuloti — sholi. N.da shakarqamish, jut, choy, tamaki, yer yongʻoq, xantal, bugʻdoy, makkajoʻxori, soya, sitrus mevalar, arpa, javdar, kartoshka, kora bushoy, tof sholisi, beda, ziravorlar ham yetishtiriladi. Ularning baʼzilari 4 ming m balandlikda ekiladi. N. shimolda qoʻtos, szo (qoʻtos bilan sigirning duragayi), qoʻy, echki, oʻrta va janubiy qismida zebusimon sigir va buyvol boqiladi. Qoramoldan, asosan, ulov sifatida foydalaniladi. Togʻ oʻrmonlarida yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati aksariyat kichik va yarim kustar korxonalardan iborat. Ularda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanib, oziqovqat va keng isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Birganj, Biratnagarda qand-shakar, Janakpurda tamaki, sholi oqlash va boshqa oziq-ovqat korxonalari, jut va ip gazlama fabrikalari bor. Yogʻochsozlik, qogʻoz, kimyo, charm poyab-zal, gʻishtcherepitsa ishlab chiqarish, temirchilik korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Foydali qazilmalar — koʻmir, oltin, ohaktosh, temir ruda, slanets, mis, qoʻrgʻoshin, slyuda, magnezit, talk, oxra konlari topilgan boʻlsa ham, deyarli oʻzlashtirilmagan. Ulardan oz miqdorda kustar usudda qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 740 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Transporti sust taraqqiy etgan. Avtomobil va ot-ulov yoʻllari uzunligi — 7007 km, tor izli temir yoʻl uzunligi — 104 km; 42 km.lik osma yoʻl bor. Hindiston, Bangladesh, Myanma, Pokiston, Tailand bilan aviatsiya qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. N. chetdan mashina-uskunalar, neft mahsulotlari, sanoat mollari, avtomobillar, ularning ehtiyot qismlari, stanoklar, elektr asboblari, qurilish materiallari oladi. Chetga gilam, jut va ip gazlamadan tayerlangan buyumlar, sholi, xom teri, moyli ekinlar mahsuloti, dorivor oʻtlar, ziravorlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari chiqaradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Hindiston (tovar aylanmasining 30% dan koʻprogʻi), Germaniya, Yaponiya, Xitoy, AQSH, Shveysariya, Belgiya, Singapur. Chet el sayyoxligi va alpinizm rivojlangan. Pul birligi — ne-pal rupiyasi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 1950-yillarning boshida mamlakat aholisining 96% savodsiz edi. 2000-yil arafasida aholining savodxonlik darajasi 40% ga yetdi. N.da oʻrta taʼlim umumiy, kasb-hunar va sanskrit maktablariga boʻlinadi. Q.X., texnika, oʻrmonshunoslik, konchil i k maktablari, tibbiyot va ped. bi-lim yurtlari bor. Eng yirik ilmiy va oʻquv markazi — Tribhuvan nomidagi universitet boʻlib, uning xuzurida 11 kollej (Milliy kollej, Trichandra kolleji, savdo-sotiq, huquq, sanskrit kolleji va boshqalar) tashkil etilgan. N. Qirollik akademiyasi adabiyotshunoslik, tilshu-noslik, sanʼatshunoslik, madaniyat, N. tarixiga oid kitoblar, dareliklar, lugʻatlar nashr etadi. Katmanduda Milliy kutubxona, Tribhuvan nomidagi universitet kutubxonasi, Markaziy kutubxona, N. Milliy muzeyi bor. Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi N.da 400 dan koʻproq gaz. va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: "Avaj" ("Ovoz", nepal tilida chiqadigan haftalik gaz.), "Arati" ("Chirok", nepal tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1966-yildan), "Arpan", ("Fi-doyilik", nepal tilida chiqadigan haftanoma, 1964-yildan), "Gorkxapatra" ("Gurkxlar gazetasi", nepal tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1954-yildan), "Kommoner" ("Oddiy inson", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1954-yildan), "Mazerlend" ("Vatan", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1957-yildan), "Nepali" ("Nepallik", hind tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1958-yildan), "Rayzning Nepal" ("Tiklana-yotgan Nepal", ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gazeta, 1965-yildan) "Samiksha" ("Tanqid", nepal tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1958-yildan). Rashtriya Samachar Samiti — RSS milliy axborot agentligi 1962-yilda tuzilgan. N. radiosi 1951-yildan, N. televideniyesi 1986-yildan ishlaydi. Adabiyoti N. adabiyoti sanskrit, nepal va nevar tillarida. Qad. adabiy yodgorliklar — epigrafika (milodiy 1-ming yillikning oʻrtalari), vashsha-vali, mahatmya — "Svayambhu purana" (10-asr), "Nepali mahatmya" (11 — 15-asrlar) sanskrit tilida yaratilgan. 15-asrdan boshlab dunyoviy adabiyot yuzaga keldi. Poeziyada stuti janri (xudo va qirol oilasi shaʼniga toʻqilgan madhiyalar) asosiy oʻrinni egalladi, ishqiy lirika rivojlandi. 18-asrgacha "Mahabharata", "Ramayana" va puranalardan dramalar uchun syujetlar olindi. 19-asrda nepal tilining davlat tiliga aylanishi bilan nepal adabiyoti yaratila boshladi. Basanta, Indiras, Yadunath, Ragxunath, B. Kesari kabi shoirlar anʼanaviy syujet (Krishna hayoti ta-rixi va boshqalar)dan foydalandilar. Bxanubhaqta Acharya ijodi sheʼriyatda yangi bosqich boʻldi. 19-asr boshida nasriy asarlar ham yozila boshladi (Matsyend-ranatha toʻgʻrisida rivoyat" va boshqalar). 1888-yil maʼrifatparvar Motiram Bhatta N.da birinchi oynoma — "Gurkha Bharat ji-van"ga asos soldi. 20-asrda shoir Dx. Koirala birinchi boʻlib oddiy inson mav-zuiga murojaat qildi. N. adabiyoti hind chhayavadasi (romantizmi) va ingliz romantikasi taʼsirida rivojlandi. G. Maynali, P. Shalisher, B. Bhikshu, K. Malla, B. Tivari, M. Koirala, B. P. Koirala, Gothale va boshqalarning oʻrta va quyi tabaqa aholi xayoti tasvirlangan hiko-yalari bosilib chiqdi. Rudraraj Pan-deyning "Rupmati", "Sevgi", "Gunohini yuvish", Ramirasadning "Taqdir gar-dishi" romanlarida maʼnaviy kamolotga yetish gʻoyasi aks ettirilgan. 30-yillarda dramaturg B. Sama oʻz pyesalari ("Men", "Sevgiga bagʻishlangan")da yosh bolalar nikohi va xotin-qizlar xuquqsizligiga qarshi chiqdi. 1951-yil Rana sulolasining agʻdarilishi N. adabiyotida ham oʻz aksini topdi. 50-yillar sheʼriyatida barcha irq hamda xalqdar oʻrtasida tinchlik va birodarlik gʻoyalari kuylandi. Nevar tilidagi adabiyot 14-asr oxiridan boshlab rivojlandi. 15-asrda tarixiy voqeanomalar, afsona va rivoyatlarga boy vanshavallar yaratildi. Nevar tiliga sanskrit, fors va arab tilidagi asarlar, "Ming bir kecha" va boshqa tarjima qilindi. Yozuvchi Nishthanand Bajracharya (1858—1935) diniy asar — "Aʼlo donishmandlik"ni sanskritchadan tarjima qildi (1909) va Budda xayotiga oid "Cheksiz ufklar" nasriy asarini yezdi. 1925-yil asos solingan "Buddha dharma patrika" jurnal nevar adabiyotining rivojlanishiga turtki berdi. 1951-yilga kelib, Rana sulolasi agʻdarilgach, nevar adabiyoti keng rivojlanish imkoniyatiga ega boʻldi. Chet ellarga ketgan koʻpgina adiblar vatanga kaytdi. 1951-yil "Nevar tili jamiya-ti" tuzildi, u nevar tilida asarlar nashr etdi. Sudarshan Sramaren, Satya-mohan Joʻshi, Hemlal Joʻshilar tari-xiy dramalar yaratdilar. Ishvarananda Shresthacharya "Koʻzgu", "Sovuq qon" romanlarida shahar oʻrta tabaqasining ogʻir hayotini tasvirladi. Shoirlardan D. Shrestxa, K. Chandra, Kxvabilu va boshqa vatanparvarlik ruhida sheʼrlar yozdi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Qad. N.da Katmandu yaqinida Bodxnath va Svayambxunath ibodatxonalari (ikkovi ham miloddan avvalgi 3-asrga mansub) katta toshlardan yarim gumbazli, minorali qilib qurilgan. 15—18-asrda barpo etilgan ibodatxonalar hindlarning jimjimador galereyali, gumbazli ehromlari (Patandagi Krishna-Mandir, 15—17-asrlar)ni ham, xitoylarning rangdor yogʻoch oʻymakorli pagoda (Bhak-tapurdagi "55 derazali saroy", 1697; Nyatapol ehromi, 1700—08) larini ham eslatadi. 19-asr oxiridan fors va arab, 20-asr boshlarida Yevropa neoklassik meʼmorligi taʼsiri sezila boshladi. 1950-yildan Katmandu, Janakpur va boshqa shaharlarda zamonaviy binolar qurila boshladi. Oʻrta asr N. haykaltaroshligi Hindistonning Guptalar sulolasi hukmronligi davridagi sanʼati va Gandha-ra sanʼati, rassomchiligi esa (11 — 14-asrlardagi qoʻlyozmalardagi miniatyuralar) Shimol-Sharqiy Hindiston rassomchiligi bilan yaqin. 16—17-asrlar sanʼati radjput (Hindiston), shunin-gdek, boburiylar miniatyura maktabi bilan bogʻlangan. 15—18-asrlarda matoga solingan rasmlar (tibetcha "tanka" sanami toifasida) keng tarqaldi. 20-asr rassomchiligi "Bengaliya Uygonish dav-ri" hamda Yevropa realistik rassomchiligi taʼsirida rivojlandi. N.da qadimdan yogʻoch va suyak oʻymakorligi, bambukdan savat toʻqish, kulolchilik, jun va shoyi gazlamalar, gilamlar toʻqish, oltin va kumush takinchoklar yasash urf boʻlgan. Teatri va musiqasi. Qadimdan teatrlarda xalq tomoshalari — nritya (nach)lar koʻrsatilgan. Har bir xalqnint ramziy maʼnodagi raqs tomoshalari boʻlgan: devi nritya, ghatu nritya (xudolar va afsonaviy qaxramonlar hayoti) va bara mase (nikoh, hosil bayramlari va boshqalar). 15—18-asrlardagi xalq raqs tomoshalari 20-asrda hozirgi shaklini oldi. "Mahakali", "Harisiddha", "Pachali", "Kankeshvari", "Ghanteshvari" kabi xalq tomoshalari tez-tez koʻrsatilgan. Bhaktapur shahridagi Suvarna Malla sa-royida "Nav Durga", "Mahalakshmi" va boshqa tomoshalar qoʻyilgan. 3 soat davom etgan tomoshada aktyor 8—10 ibora ay-tib, xor joʻrligida shu soʻzlarning maʼnosini oʻyin bilan ochib bergan. Turli xalq tomoshalari taʼsirida N. mumtoz teatr janri — gitinatya (xoreografik spektakl) paydo boʻldi. 20-asr 40-yillarida bir pardali drama rivojlandi. Dramaturgiyaning rivojlanishiga karamay, doimiy dramatik teatr boʻlmagan, qavaskorlik truppalari tomoshpar koʻrsatar edi. 1973-yil oxirida musiqali raqs havaskorlar jamoasi majoziy gitinatya "Himoya"ni qoʻydi. Unda xudolar va afsonaviy qahramonlar bilan bir qatorda zamonaviy qahramonlar ham ishtirok etadi. 70-yillarda bu jamoa professional truppaga aylantirildi. Keyinli yillarda mualliflar voqelikni tasvirlay boshladilar. N. radiosi xuzuridagi yarim havaskor teatr jamoasi zamonaviy spektak-llar koʻrsatadi. 1973-yilda professional musiqa jamoasi tashkil etildi. Qirollik akademiyasi huzurida musikd, xalq raqs va ashula boʻlimi bor. Zamonaviy kompozitorlar orasida Shiva Shankar, Nata Kaja va boshqa mashhur. Gallereya Manbalar Osiyo Nepal BMT aʼzolari
17,390
3272
https://uz.wikipedia.org/wiki/Pokiston
Pokiston
Pokiston (), Pokiston Islom Respublikasi (, Islami Jamhyriya Pakistan) — Osiyo janubida, Hindiston yarim orolining shimoli-gʻarbidagi davlat. Maydoni 803,9 ming km2. Aholisi — 242 923 845 kishi (2022). Poytaxti — Islomobod shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 provinsiya, federal poytaxt hududi va federal hukumat tomonidan boshqariladigan qabilalar hududiga boʻlingan. Allama Iqbal — Pokiston xalq shoiri. Vataniga qoʻshimcha ravishda u Eron, Kürdistan va Iroqda ham mashhur boʻlib, u Iqbol-e Laxori. Davlat tuzumi Pokiston — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi islom respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1973-yil qabul qilingan, 1977-yil taqiqlangan va 1985-yil 30-dekabrda qayta tiklangan. Davlat boshligʻi — prezident u 5 yil muddatga saylanadi va ketma-ket 2-martadan ortiq saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Milliy assambleya), ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident tayinlaydi. Tarixi Pokiston hududida odam paleolit davri oxiridan boshlab yashab keladi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning boshida Hind daryosi va irmoqiari vodiysida jaxrnning eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri — Harappa madaniyatita mansub dastlabki davlatlar paydo boʻldi. Miloddan avvalgi VI asr oxirida bu yerlar qadimgi Eronning Axomaniylar saltanati tarkibiga qoʻshib olindi. Miloddan avvalgi 327—326 yillarda makedoniyalik Aleksandr zabt etdi. Uning vafotidan soʻng bu yerlar Mauriyalar imperiyasigi qoʻshilib ketdi. Miloddan avvalgi II asrning boshida Pokiston hududida Hind-yunon podsholigi deb ataladigan davlat vujudga keddi. Milodiy I-III asrlarda Hind daryosi xavzasi Kushon imperiyasiga qoʻshib olindi. Purushapura shahri (hozirgi Peshovar) uning poytaxti boʻldi. Kushon podsholigi parchalangandan soʻng, hozirgi Pokistonning gʻarbiy qismlari sosoniylar, sharqiy qismlari guptalar saltanatiga qoʻshilib ketdi. V asrning 2-yarmida bu yerda eftaliylar hokimiyati oʻrnatilib (VI asr oʻrtalariga kadar), Sakala shahri (hozirgi Siyalkot) mamlakat poytaxti boʻlgan. 664-yilda arablar Hind daryosi vodiysiga bostirib kirdilar. 711—13 -yillarda Muhammad ibn Qosim qoʻmondonligidagi qoʻshinlar Sind va Panjobning janubiy qismini egalladi. Shu tariqa Pokiston hududida islom dini tarqala boshladi. 750-yil Umaviylar xalifaligi agʻdarilgach, Sind mustaqil davlatga aylandi. 11-asr boshlariga kelib, hind daryosi havzasini Gʻaznaviylar, 12-asrda Gʻuriylar, 13-asr boshlarida Dehli sultonligi egalladi. Betoʻxtov urushlar, isyonlar va chet el bosqinlariga qaramay, Hind daryosi havzasidagi Lohur, Moʻlton, Peshovar, Tatta kabi yirik shaharlar muhim iqtisodiy va madaniy markazga aylanib, bir qator mamlakatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻlgan. Ularning bu mavqei Boburiylar davlati davrida ham saqlangan. 1707-yilda shoh Avrangzeb vafotidan soʻng Hind daryosi havzasi eron, afgʻon va mahalliy zamindorlarning kurash maydoniga aylandi. 18-asr oʻrtalarida hozirgi Pokiston hududi — afgʻon shohi Ahmadshoh Durrojiy tasarrufiga oʻtdi. 18-asrning 60-yillarida Panjobda bir nechta sultonliklar vujudga keldi, maharoja Ranjit Singx (1799—1839-yillarda hukmronlik qilgan) ularni yagona davlatga birlashtirdi. Boburiylar saltanatining inqirozga yuz tutishi, ichki urushlar, eron va afgʻon hukmdorlarining bostirib kirishlari ingliz mustamlakachilarining bosqinchilik rejalari amalga oshishiga yordam berdi. Ular 1843-yil Sindni, 1845—49 yillarda Panjobni, 1854, 1876, 1879, 1893-yilda Balujiston va Sharqiy Pushtun qabila hamda sultonliklarini bosib oldi. Pokiston xalqlarining milliy ozodlik harakati 20-asr boshlarida ayniqsa kuchaydi (1896—1908-yillarda Sinddagi Hurlar qoʻzgʻoloni, 1919—21 yillarda che-garadagi pushtun qabilalari qoʻzgʻolo-ni, 1930-yildagi Peshovar qoʻzgʻoloni va boshqalar). 1947-yil 14-avgustda Pokiston mustaqil deb eʼlon qilindi. Pokistonning birinchi general gubernatori qilib Musulmonlar ligasining rahbari va Pokiston ozodligi harakatining yoʻlboshchisi Muhammad Ali Jinna (1876—1948) saylandi. Mustamlakachilik asoratidan qutulib, davlat mustaqilligini saqlash, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va shu maqsadda islohotlar oʻtkazish Pokiston siyosiy hayotining muhim masalasi boʻlib turar edi. Hukmron Musulmonlar ligasi partiyasining rahbariyati Gʻarbiy Pokiston za-mindorlari va sarmoyadorlarining ma-vqeini mustahkamlashga intildi. Buning ustiga Pokiston rivojlanishining asosiy muammolari hal etilmasligi sababli aholining koʻp qismi bu partiyadan yuz oʻgira boshladi. Mazkur partiya ichida fraksiyachilik kurashi kuchaydi va dastlabki muxolifotchi partiyalar vujudga keldi. Iqtisodiy qiyinchiliklarning tobora chigallashib borishi vatanparvar zobitlar orasida norozilikni keltirib chiqardi. Hukmron doiralar oʻrtasida kurash keskin tus ola boshladi. 1951-yil 16-oktabrda Pokiston Bosh vaziri Liyoqat Alixon (1895—1951) oʻldirildi. Oʻsib borayotgan siyosiy beqarorlik sharoitida Pokiston harbiy bloklar — 1954-yil 8-sentabrda SEATO, 1955-yil 23-sentabrda Bagʻdod pakti (1959-yil avgustdan — SENTO)ga aʼzo boʻldi. Hokimiyatni qoʻlda saqlab qolish maqsadida Musulmonlar ligasi rahbarlari bir oz yon berishga majbur boʻldilar. Jumladan, 1954-yil bengal tili urdu tili bilan bir qatorda davlat tili deb tan olindi. 1955-yil Musulmonlar ligasi va Birlashgan front vakillaridan iborat koalitsion hukumat tuzildi. 1956-yil 29-fevralda taʼsis majlisi Pokistonning yangi konstitutsiyasini qabul qildi. Unga koʻra, Pokiston Federativ Islom Respublikasi deb atala boshladi. 1958-yil 7—8-oktabrda harbiy toʻntarish oʻtkazildi, konstitutsiya bekor qilindi, barcha siyosiy partiyalar taqiqlab qoʻyildi. 27-oktabrdan qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni general M.Ayyubxon prezidentlik vazifasini oʻz zimmasiga oldi. 1962-yil hukumat ishlab chiqqan yangi konstitutsiya eʼlon qilindi. Unga koʻra, Pokistonda boshqaruvning prezidentlik shakli joriy etildi. 1962- va 1965-yilda M.Ayyubxon mamlakat prezidenta etib saylandi. 1965-yil sentabrda Pokiston bilan Hindiston oʻrtasida Kashmir masalasida qurolli toʻqnashuv boʻlib oʻtdi. 1966-yil 4—10-yanvarda Toshkentda Pokiston prezidenti bilan Hindiston Bosh vaziri uchrashdi. Toshkent deklaratsiyasi (1966) nomli tarixiy hujjatning har ikki mamlakat tomonidan imzolanishi natijasida nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishga yoʻl ochildi. 1968-yil oxiri — 1969-yil boshida Pokistondagi vaziyat keskinlashdi. Mamlakatdagi muxolifatchilik harakati kuchaydi. 1969-yil 25-martda M.Ayyubxon prezidentlik lavozimidan voz kechdi va hokimiyatni Pokiston armiyasining bosh qoʻmondoni general A. M. Yahyoxonga topshirdi. Yana harbiy holat eʼlon qilindi, qonun chiqaruvchi majlis, markaziy va provinsiya hukumatlari tarqatib yuborildi, konstitutsiya bekor qilindi. 1970-yil dekabrda Pokiston tarixida birinchi marta umumiy saylov oʻtkazilib, Sharqiy Pokistonda Mujibur Rahmon boshchiligidagi Avomi lig partiyasi va Gʻarbiy Pokistonda Z. A. Bxutto boshchiligidagi Pokiston xalq partiyasi golib chiqdi. Avomi lig partiyasi Sharqiy Pokistonga regional muxtoriyat berilishini talab qildi. Pokiston rahbarlari buni rad etishdi. Natijada mamlakatda siyosiy tanglik roʻy berdi. Pokiston rahbarlarining bedodliklariga javoban 1971-yil 26-martda Sharqiy Pokiston Pokistondan ajralib chiqib, Bangladesh Xalq Respublikasi deb eʼlon qilindi. Sharqiy Pokistondan Hindistonga koʻplab qochoqlarning oʻtib ketishi Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida urush kelib chiqishiga sabab boʻddi. 1971-yil 16-dekabrda Dakkada Pokiston askarlari taslim boʻldi. 20-dekabrda A. M. Yahyoxon isteʼfoga ketishga majbur boʻldi va hokimiyatni Pokiston xalq partiyasining rahbari Z. A. Bxuttoga topshirdi. 1974-yil martda Pokiston Bangladesh Xalq Respublikasini tan oldi, SEATOdan chiqdi, bularning hammasi Hindiston yarim oroldagi vaziyatning moʻtadillashuviga olib keldi. Pokiston ichki hayotida ham muhim oʻzgarishlar yuz berdi. 1972-yil 24-aprelda harbiy holat bekor qilindi, 1973-yil 14-martdan yangi konstitutsiya kuchga kirdi. Siyosiy partiyalar faoliyati tiklandi. 1977-yil navbatdagi parlament saylovi oʻtkazilib, Pokiston xalq partiyasi parlamentdagi deyarli 80% oʻrinni oldi. Z. A. Bxutto boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 9 ta muxolifatchi partiyadan tuzilgan Pokiston milliy alyansi saylov natijalarini tan olmadi. Qayta saylov oʻtkazishni, hukumatning isteʼfoga chiqishini talab qildi, mamlakatda tartibsizliklar boshlandi. Siyosiy beqarorlik va iqtisodiy qiyinchiliklar ortib borayotgan sharoitda butun hokimiyatni armiya shtabi boshligʻi general M.Ziyoulhaq oʻz qoʻliga oldi. 1984-yil 19-dekabrda referendum oʻtkazilib, unda hukumat olib borayotgan islomlashtirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash masalasi qoʻyildi. Natija ijobiy boʻldi va Ziyoulhaq keyingi 5 yilga mamlakat prezidenti deb eʼlon qilindi. 1988-yil 29-mayda Ziyoulhaq qonun chiqaruvchi organlarni tarqatib yubordi, markaziy va provinsiya hukumatlarini isteʼfoga chiqardi, ularni poraxoʻrlik va jinoyatda aybladi. M.Ziyoulhaq yangi hukumatga shaxsan oʻzi boshchilik qildi. 1988-yil 17-avgustda prezident aviatsiya falokatida halok boʻldi. Konstitutsiyaga muvofiq, senat raisi Gʻulom Is’hoqxon prezident lavozimini egalladi. 1988-yil 16-noyabrda Milliy majlisga oʻtkazilgan saylovda Pokiston Xalq partiyasi gʻolib keldi va uning rahbari Benazir Bxutto xonim boshchiligidagi hukumat tuzildi. Yangi hukumat favqulodda holatni bekor qildi, kasaba va talaba uyushmalari faoliyatiga ruxsat berdi, Ziyo-ulhaq davrida qamalgan siyosiy mahbuslarni ozod qildi. 1990-yil 24-oktabrda Milliy assambleyaga oʻtkazilgan navbatdan tashqari saylovda Islom demokratik alyansi gʻolib chiqdi. Uning rahbari Miyon Muhammad Navoz Sharif bosh vazir boʻldi. 1993-yil 6-oktabrda oʻtkazilgan navbatdan tashqari parlament saylovida Pokiston xalq partiyasi koʻpchilik ovoz oldi. B.Bxutto xonim rahbarligidagi koalitsion hukumat tuzildi. Fa-ruk. Ahmadxon Lagʻariy Pokiston prezidenta etib saylandi. 1997-yil 3-fevralda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari parlament saylovi natijasida yana M. M. Navoz Sharif bosh vazir boʻldi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirdi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik manfaati uchun dam olish kuni jumadan yakshanbaga oʻtkazildi. Hukumat isrofgarchilikka qarshi, mablagʻlarni tejash uchun kurashdi, yuqori amaldorlarning imtiyozlarini chekladi. 1997-yil 2-dekabrda prezident F. A. Lagʻariy oʻz ixtiyori bilan lavozimidan voz kechdi. Konstitutsiyaga koʻra, davlat rahbari vazifasini vaqtincha Senat raisi Vasim Sajjod bajara boshladi. 1997-yil 31-dekabrda mamlakat prezidenti etib Muhammad Rafik Tarar saylandi. 1999-yil 12-oktabrda davlat toʻntarishi boʻlib, butun hokimiyat general Parviz Musharraf boshliq harbiylar qoʻliga oʻtdi. P. Musharraf N. Sharifni qamoqqa oldi va 2001-yil 20-iyunda prezident M. R. Tararni lavozimidan chetlatdi, oʻzini mamlakat prezidenti deb eʼlon qildi. Pokiston — 1947-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 20-dekabrda tan olgan va 1992-yil 10-mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14-avgust — Mustaqillik kuni (1947). Tabiati Pokiston hududining shimoliy va shimoli-gʻarbiy qismini, asosan, togʻlar va qirlar egallagan, sharqiy va janubi-sharqiy qismi esa Hind tekisligi (Hindgang tekisligining bir qismi)dan iborat. Pokistonning janubi-sharqini Tar choʻlining gʻarbiy yarmi egallagan. Hind daryosi havzasining tekislik qismida Panjob va Sind tabiiy, tarixiy-madaniy viloyatlari bor. Mamlakat hududining katta qismini Hindukush, Himolay va Eron togʻ tizmalari egallagan (eng baland joyi Tirichmir choʻqqisi, 7690 m). Hind vodiysiga yaqinlashgan sayin togʻ tizmalari pasayib boradi va togʻlararo yirik havzalar — Koʻhat, Bannu, Peshovar vodiysiga aylanadi. Hindukush va Himolay togʻlarida muzliklar bor. Pokistonning sharqiy pasttekislik qismi Hindiston platformasining shimoli-gʻarbiy chekkasida va togʻliq qismi Oʻrta dengiz burmali mintaqasida joylashgan. Foydali qazilmalardan neft, gaz, koʻmir, temir, polimetall, surma, barit, oltingugurt, toshtuz, gips, magnezit, xromit, marganets, mis, qoʻrgʻoshin va boshqalar bor. Iqlimi va ichki suvlari Iqlimi, asosan, tropik, shimoli-gʻarbida subtropik, quruq kontinental. Yanvarda oʻrtacha harorat Hind tekisligida 12—16 °C (Arabiston dengizi sohillarida 20 °C gacha), shimoldagi togʻ tepaliklarida sovuq — 20 °C gacha. Iyulning oʻrtacha harorati janubiy va janubi-sharqdagi choʻllarda 35 °C gacha, sohilda 29 °C atrofida, gʻarbdagi togʻ va yassitogʻlarda 20—25 °C, 5000 m balandlikda 0 °C. Yillik yogʻin sohilda 150-200 mm, Sindda 100- 200 mm (Tar choʻlining baʼzi joylarida 50 mm gacha), shimoli-gʻarbdagi vodiy va yassi togʻlarda 250-400 mm, shimoldagi togʻlarda 1000-1500 mm. Mamlakat hududining katta qismi Hind daryosi havzasiga mansub, gʻarbiy qismidagi daryolar Arabiston dengiziga yoki berk havzaga (Balujistonda) oqadi. Eng katta daryosi Hind va uning irmoqlari. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi, yezda sersuv, sugʻorishda foydalaniladi. Oʻrmonlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi Tuproqlari — mamlakat tekislik qismida boʻz, boʻz-jigarrang, Tar choʻlida qumli, togʻ etaklarida jigarrang va qoʻngʻir tuproq. Oʻsimliklari, asosan, chala choʻl va choʻlga xos. Hind daryosi boʻylari toʻqayzor, deltasi va dengiz sohili mangra chakalakzorlaridan iborat. Tar choʻlida kserofil butalar va dagʻal oʻtlar oʻsadi. Balujiston togʻlarida archazorlar bor. Pokiston shimolda — 1500-3000 m balandliklarda keng bargli va igna bargli daraxtlar. Oʻrmonlar mamlakat hududining 3% ni tashkil etadi. Hayvonot dunyosi xilma-xil: togʻlarda qoplon, yovvoyi qoʻy va echki, gizol, tekisliklarda sirtlon, chiyaboʻri, toʻngʻiz va eshak, har xil kemiruvchilar uchraydi. Parranda koʻp. Hind daryosida timsoxlar yashaydi. Arabiston dengizi baliqqa boy. Kirthar va Laʼl Suxantra milliy bogʻlari, qoʻriqxonalar bor. Aholisi Aholisi, asosan, panjobilar; pushtunlar, sindhiylar, baluch (baluj)lar ham yashaydi. Pokistonning shimoliy qismida togʻli xalqlar — kxoʻ va koʻhistoniylar istiqomat qiladi. Rasmiy til — urdu va ingliz tillari. Aholisining 98% qismi islom diniga, qolganlari zardushtiylik, hinduiylik dinlariga eʼtiqod qiladi. Aholining 57% 12 ta yirik shaharda yashaydi. Yirik shaharlari — Karochi, Lohur, Faysalobod, Haydarobod, Ravalpindi, Peshovar, Moʻlton. Yirik shaharlar Yirik shaharlarning jugʻrofiy joylashuvi Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Pokiston Xalq partiyasi, 1967-yil asos solingan; Pokiston Milliy Xalq partiyasi, 1986-yil tuzilgan; Pokiston musulmonlar ligasi, 1906-yil tashkil etilgan; Pokiston demokratik partiyasi, 1969-yil asos solingan; Jamoati Islomiy, oʻta oʻng diniy jamoa partiyasi, 1941-yilda tuzilgan. Umumpokiston kasaba uyushmalari fe-deratsiyasi, 1947-yilda tuzilgan; Qavmiy mazdur mahaz („Milliy ishchi fronti“), 1961-yildatuzilgan; Pokiston mehnatxalq byurosi, 80-yillarning oʻrtalarida Pokiston xalq partiyasining ishchilar harakatidagi qanoti sifatidatuzilgan; Pokiston milliy ishchi federatsiyasi, 1968-yilda tu-zilgan; Pokiston milliy kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1962-yil 60 ga yaqin yi-rik fabrika kasaba uyushmalarining birlashishidan tashkil topgan. Xoʻjaligi Pokiston — sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. 1947—91 yillarda mamlakat iqtisodiyoti tarkibida chuqur oʻzgarishlar sodir boʻldi — ishlab chiqarish zamonaviy shakl va uslublarga oʻtdi, yalpi ichki mahsulot 5 baravar oshdi. Iqtisodiyotdagi bu natijalarga asosan davlatning iqtisodiy siyosati — xususiy ishbilarmonlikni boshqarish va ragʻbatlantirish hamda davlat sektorining faoliyati tufayli erishildi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi — 22,3%, sanoatning ulushi — 16%. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy faol axrlining 60% band. Dehqonchilik — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi. Mamlakat hududining 1/4 qismi qishloq xoʻjaligi uchun yarokli, shundan 3/4 qismi sugʻoriladi, ayrim joylarda yiliga 2—3-marta hosil olinadi. 50—70-yillardagi agrar islohotlarga qaramay, anʼanaviy agrar munosabatlar — zamindor yer egaligi va yerdan foydalanishning mayda dehqon (ko-randa) shakli saqlanib qolgan. Hind da-ryosi havzasida dunyoda eng katta sugorish sistemalaridan biri bunyod etilgan. Dehqrnchilikdagi asosiy ekinlar: bugʻ-doy, sholi, arpa, makkajoʻxori, texnika ekinlaridan moyli ekinlar, paxta, shakarkamish va boshqa Bogʻdorchilikda mango, banan, olma, sitrus mevalar, oʻrik, uzum, anor, anjir, pista yetishtiriladi. Shuningdek, kartoshka, piyoz, sarimsoq, qalampir, pomidor, karam, qovoq, tarvuz va boshqa ekiladi. Chorvachilik yalpi ichki mahsulotning 8,3% ni taʼminlaydi. Pokistonda qoramol koʻproq. Buyvol, echki, qoʻy, tuya, ot ham boqiladi. Soʻnggi yillarda shaharlar atrofida goʻsht va sut chorvachiligi, parrandachilik rivojlandi. Baliqovlashdan keladigan foyda eksport tushumining taxminan 3% ni tashkil etadi. Sanoati Pokistonga mustamlakachilik davridan bir necha kichik toʻqimachilik fabrikasi, qand zavodi, temir yoʻl va mexanika ustaxonasi meros boʻlib qolgan. 50-yillarda sanoatlashtirish siyosatining asosiy mazmuni yengil sanoatni, avvalo toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishdan iborat boʻldi. 1952-yilda Sanoatni rivojlantirish davlat korporatsiyasi faoliyat boshladi. 1955-yilda Suyi (Balujiston)da yi-rik tabiiy gaz konini oʻzlashtirishga kirishildi. Kon sanoati jadal surʼatlar bilan, baʼzi yillarda 20% gacha oʻsdi. Mamlakat janubiy (Sind provinsiyasi)da neft konlarining ochilishi va ishga tushirilishi natijasida neft qazish hajmi 4 baravar oshdi. Hozirgi neft ishlab chiqarish (yiliga taxminan 2,5 mln. tonna) mamlakat ehtiyojining 25—30% ni qoplaydi. 50—80-yillarda zavod va fabrikalarning umumiy soni 1,4 mingdan 5 mingga, ularda ishlovchilar soni esa — 200 mingdan 500 mingga yetdi. Qayta ishlash sanoati, ayniqsa, tez rivojlandi. Sanoat markazlari hisoblangan Karochi va Lohur yoniga Faysalobod, Haydarobod, Moʻlton, Ravalpindi shaharlari qoʻshildi. Vah, Taksila, Daudxeyl, Naushexra kabi yangi sanoat markazlari vujudga keldi. Sanoatning asosini metallugiya va mashinasozlik tashkil etadi. Kime sanoati taxminan 300 korxonadan iborat. Klmyo-farmatsevtika sanoati (100 dan ortiq korxona) alohida sohaga aylandi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi tez surʼatlar bilan rivojlandi. Oziq-ovqat sanoati yirik soha hisoblanadi. Tib-biyot asbob-uskunalari, sport anjomlari sanoati rivojlangan. Poligrafiya sanoati, asosan, oʻrta va kichik bosmaxonalardan iborat. Charmpoyabzal sanoati korxonalari barpo etilgan. Kosibchilik va hunarmandchilik (mato, charm, metall, yogʻoch, aqikdan buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Gidrostya, is-siklik va atom elektr styalarida yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transportida avtomobil transporta asosiy oʻrinni egallaydi. Mamlakat ichkarisida tashiladigan yukning 3/4 qismi avtomobil transportida, 1/4 kis-mi temir yoʻlda va 0,1% — xavo transportida tashiladi. Transport yoʻli uzunligi — 9 ming km, avtomobil yoʻllari — 140 ming km. Tashki savdo yuklari, asosan, dengiz va havo transportida, qisman avtomobil transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 514 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Karochi va Kosim. Aeroportlari Karochi, Ravalpindi, Lohur shaharlarida. Tashqi savdosi Pokiston chetga guruch, paxta, ip, ip gazlama, gilam, charm, baliq va boshqa sotadi. Oʻsimlik yogʻi, choy, neft, kimyo mahsulotlari, oʻgʻit, umumiy mashinasozlik tovarlari, elektr anjomlari, poʻlat, choʻyan, choy, qurolyarogʻ va hokazo sotib oladi. Asosan, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — Pokiston rupiyasi. Sogʻliqni saqlash Mustaqillik yillarida Pokiston sogʻliqni saqlash sohasida maʼlum yutuqlarga erishdi: tibbiyot muassasalari va xodimlari koʻpaydi. Kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar olib borish tizimi tashkil topdi. 40-yillarning oxirida 1,4 ming vrach boʻlib, hamshiralar yoʻq edi. 90-yillarning boshida vrachlar soni 55 mingga yaqin, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari 40 ming, hamshiralar 20 mingga yetdi. Vrachlar va oʻrta malakali tibbiyot xodimlari tibbiyot universitetida, 6 kollej va 9 tibbiyot muassasasida tayyorlanadi. Sanitariya meʼyorlariga moye keladigan ichimlik suvning yoʻkligi jiddiy muammo. Kanalizatsiyadan 6—7% aholi foydalanadi. Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari Pokistonda umumiy taʼlim haqida qonun qabul qilinmagan. Pokiston umumtaʼlim maktablari tuzilishi quyidagicha: boshlangʻich maktab (1—5-sinflar); toʻliqsiz oʻrta (6—8-sinflar); oʻrta (9— 10-sinflar); oliy (yuqori) maktab (11 —12-sinflar). Oliy (yukrri) oʻrta maktabni, shuningdek, oraliq kollejni tugatganlar oliy oʻquv yurtlariga kirish xuquqiga ega. 90-yillar oʻrtalarida 168 ming maktab, 690 kollej, 23 universitet boʻlgan. Barcha turdagi maktablarda 16,9 mln., kollej larda 610 ming, universitetlarda 76 ming kishi oʻqidi. Oʻqituvchilar soni: barcha turdagi maktablarda — salkam 550 ming, kollejlarda — 56 ming, universitetlarda — 6 ming. Maktab oʻqituvchilari maxsus maktablar, ‎institut va kollejlarda tayyorlanadi. Yirik universitetlari: Karochidagi Karochi universiteti (1951), Tibbiyot fanlari universiteti (1983), Lohurdagi mu-handislik-texnologiya universiteti (1961), Islomoboddagi Qaid-ye-Aʼzam universiteti (1965), Xalqaro Islom universiteti (1980), Lohurdagi Panjob universiteti (1882). Fanning rivojlanishini rejalashtirish bilan Fan va texnika qoʻmitasi, fan yutuqlarini joriy etish bilan Fan va texnika tadqiqotlari kengashi shugʻullanadi. Eng yirik ilmiy muassasalari: Pokiston fan taraqqiyoti assotsiatsiyasi, Pokiston fanlar akademiyasi, Atom energiyasi komissiyasi, Atmosferaning yuqori katlamlari va kosmik fazoni tadqiq etish qoʻmitasi, Geofizika ilmiy tadqiqot ‎instituti, Paxtachilik ilmiy tadqiqot ‎instituti va boshqa Bundan tashqari, tibbiyot, iqtisodiyot, xalqaro munosabat, adabiyot va til masalalarini oʻrganuvchi ixtisoslashgan ilmiy ‎institut va jamiyatlar mavjud. Yirik kutubxonalari: Qaid-ye- Aʼzam universiteti kutubxonasi, Karochi universiteti kutubxonasi, Panjob universiteti kutubxonasi, Hamdard fondi kutubxonasi, Markaziy kotibiyat kutubxonasi, Pokiston milliy kutubxonasi (Islomobod). Yirik muzeylari: Karochidagi Pokiston milliy muzeyi, Lohur muzeyi, Peshovar muzeyi, Lohur qalʼasi muzeyi, Milliy muzey (Islomobod) va boshqa Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Pokiston hududida chiqqan dastlabki gazeta „Koʻxi nur“ gazeta (1850, Lohur)dir. 1990-yillar oʻrtalarida 2,5 mingga yaqin gazeta va jurnal chiqqan. Yirik gazetalari — urdu tilida: „Jang“ (1937-yildan), „Imroʻz“ („Bugun“, 1948-yildan), „Mashriq“ („Sharq“, 1963-yildan), „Navaye vaqt“ („Davr ovozi“, 1940-yildan); ingliz tilida: „Doon“ („Tong“, 1942-yildan), „Pakistan tayms“ („Pokiston vaqti“, 1947-yildan), „Muslim“ („Musulmon“, 1979-yildan), „Star“ („Yulduz“, 1951-yildan) va boshqa Assoshieyted Press of Pakistan, hukumat axborot agentligi (1947-yildan), Pokiston Press Interneshnl, hukumat taʼminotidagi xususiy axborot agentligi (1956-yildan), Yunayted Press of Pakistan, xususiy axborot agentligi (1949-yildan) faoliyat koʻrsatadi. 1947-yil Lohur va Peshovarda radiostya boʻlgan. 90-yillar oʻrtalarida 22 radiostya va oʻtkazgich ishladi. Radiostyalar mamlakatning asosiy tillarida kuniga 302 soat eshittirish beradi. Xalqaro xizmat Osiyo, Afrika va Yevropaning 71 tilida ishlaydi. Ularni Pokiston radioeshittirish korporatsiyasi (hukumat mahkamasi, 1947-yildan) nazorat qiladi. Telekoʻrsatuv 1964-yildan boshlangan, 5 telemarkaz ishlaydi. Ularning ishiga Pokiston televideniye korporatsiyasi (1967-yildan) rahbarlik qiladi. Adabiyoti Pokiston adabiyoti urdu, panjobiy, sindhiy, pushtun, baluch, bra-guyi, shuningdek, arab, fors, guja-ratiy, ingliz va boshqa tillarda yaratilgan yozma badiiy merosdan iborat. Ming yillar mobaynida Hindiston xalqlari yaratgan folklor va yozma adabiyot Pokiston va Hindistonning umumiy boyligidir. Pokiston tashkil topgan davrda Pokiston xalklari adabiyotining rivojlanishi turlicha boʻlgan, urdu, sindhiy va panjob adabiyoti rivojlangan edi. Pokistonning Hindistondan ajratilishi dastlab adabiyot rivojiga maʼlum darajada sal-biy taʼsir qildi — nashriyotlar, ada-biy jurnallar yopildi, yozuvchilar tashkilotlari tarqab ketdi. 1949-yilda Pokiston taraqqiyparvar yozuvchilari assotsiatsiyasi tashkil etildi, lekin tez orada taqiqlandi. 1959-yilda Pokiston yozuvchilari gildiyasi tuzildi. Hamma tillarda sheʼriyat ustun, urdu va sindhiy ada-biyotlarida nasr birmuncha rivojlangan. Professional teatrning yoʻkligi tufayli dramaturgiya uncha rivojlanmagan. „Pokiston badiiy akademiyasi“ (Islomobod), „Urdu akademiyasi“ (Karochi), „Ikbol akademiyasi“ (Lohur) va boshqa badiiy ilmiy tadqiqot muassasalari mumtoz ada-biyotni chop etish, Pokiston xalklari tillariga tarjima qilish kabi ishlarni olib boradi. Urdu adabiyotining atokli vakillari — Fayz Ahmad Fayz (1911—84), Joʻsh Malihobodiy (1896—1982), Ahmad Nadim Qosimiy (1916), Forigʻ Buxoriy (1918—97), Ahmad Faroz (1926) va boshqa Realist adiblar S. H. Mantoʻ (1912—55), Gʻulom Abbos (1909—88), Mirzo Adib (1914). Mumtoz Mufti (1905—95) hikoya janrining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshdi. Soʻnggi oʻn yillarda shoiralar Kishvar Nahid (1940), Ado Jaʼfariy (1924), Fahmida Riyoz (1946), Zuxra Nigoh, shoirlardan Habib Jolib, Iftixor Orif va boshqa salmoqli asarlar yaratdilar. instituti-zor Husayn, Anvar Sajjod (1935), Jamila Hoshimiy va boshqa adiblar oldingi safga chiqdilar. Romannavislardan Aziz Ahmad, Xadija Mastur, ShavkatSiddiqiy, Intizor Husaynlarning nomi mashhur. Urdu tilida „Afkor“, „Sip“, „Funun“, „Avroq“, „Tulu-yeafkor“ adabiy jurnalari chop etiladi. Sindhiy adabiyotining vakillari — shoirlar Bevas, Ayoz Shayx, Murod Ali Kozim, haydar Baxsh Jatoʻy, sindhiy nasrining asoschisi Mirza Kalich Beg va boshqa 20-asr 2yarmida mashhur adiblar safiga Jamiluddin Abru, Tanvir Ab-bosiy, Qurbon Ali Bugtiy, Ammar Jalil, Rasul Baxsh Palejoʻ, Rashid Bhattiy kelib qoʻshildi. Sindhiy ada-biyotshunosligi rivojlangan. 1955-yildan „Mexran“ adabiy jurnal nashr etiladi. Pushtu (pashtu) adabiyotida hikoyanavislar Master Abdulkarim, Vali Muhammad Toʻfon, Qalandar Moʻmand, Mir Maxdishoh Maxdi, Samandar Xon Badarshaviylarning asarlarida romantika alomatlari bor. Amir Hamza Shinvoriy, Samandar Xon Badarshaviy („Shoirlar shohi“ unvoniga sazovor boʻlgan), Fazl Xon Shaydo, Rasul Raso, Abdulxoliq Xoliq va boshqa shoirlar mashhur. „Pushtu“, „Nangialay“, „Rahbar“, „Al-Falloh“ kabi adabiy jurnallar chop etiladi. Panjob sheʼriyatini yangilashda Sharif Kunjahiy, Ahmad Rohiy, Boqi Siddiqiy, Orif Abdul Matin, Salim Kashar, Salimur-Rahmon Kiyaniy va boshqalarning xizmati katta. Soʻnggi oʻn yilliklarda Mushtoq Safiy, Anis Na-qiy, Sulton Mahmud Oshufta, Safdar Mir, Rashid Anvar, Tanvir Buxoriy kabi shoirlar yetishib chikdi. Axmad Salim, Zafar Lashariy, Xanif Chou-dhuriy, Faxr Zamon, Mustansar Ta-rar, Ehson Betalviylarning nasriy asarlari mashhur. Panjob tilida „Panj darya“, „Panjabi zaban“ adabiy jurnallari nashr etiladi. Baloʻch adabiyoti 20-asrning 60—70-yillaridan shakllandi. Tanikli shoirlari — Ozod Jamoldiniy, Zaxur Muhammad Sayd Hoshimiy, Gul Xon Nosir. Zamonaviy sheʼriyat vakillari — Muhammad Ishoq Shamim, Qozi Abdulrahim, Abdulhakim Haqgoʻ, Murod Sahar, Malik Muhammad Taqiy va boshqa Tanikli adiblari — M. X. Unka, Malik Muhammad Panoh, Surat Xon Marriy, Zafar Ali Zafar, Muhammad Beg Baloʻch, Muhammad Sodiq Ozod va boshqa Baloʻch tilida „Uman“, „Naukin daur“, „Ulus“ va boshqa adabiy jurnallar chop etiladi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Pokiston hududidan miloddan avvalgi 4—3-ming yilliklarga oid eneolit makonlari (tosh va xom gʻishtdan qurilgan uylar)ning qol-diklari, geometrik naqshlar va hayvonlarning sxematik tasvirlari bilan bezatilgan sopol idishlar, mis va bronza taqinchoqlar, ayollar va hayvonlarning haykalchalari topilgan. Kushon podsholigi davridan qolgan yodgorliklar (stupalar, ibodatxonalar) bu yerda madaniyat yuksak darajaga koʻtarilganini koʻrsatadi (ibodatxonalar haykaltaroshlik asarlari, budda haykallari, devoriy rasmlar bilan bezatilgan). 7—8-asrdan eʼtiboran meʼmorlik islom dini taʼsirida rivojlana boshladi. Dehli sultonligi davrida Lohur, Moʻlton, Peshovar, Tatta kabi shaharlarda xashamatli saroylar, maqbara va masjidlar quriddi. Shaharlar mustah-kam qalʼa devorlari bilan oʻraldi (16— 17-asrlardagi Lohur qalʼasi, 18-asrdagi Haydarobod qalʼasi). Pokistonning oʻrta asr meʼmorligiga qoʻshni Markaziy Osiyo, Eron va Afgʻoniston mamlakatlari meʼmorligigining taʼsiri katta boʻldi. Baland peshtoqli ayvonlar masjidlarning tarkibiy qismiga aylandi (Tat-tadagi Shox, Jahon masjidi, 17-asr), Lohur masjidlari Dehli va Agradagi masjidlarga oʻxshab ketadi (Lohurdagi Badshohiy masjid, 1674-yil). Boburiylar davrida maqbaralarning bezaklari boyidi va bora-bora Oʻrta Osiyo usuliga oʻxshab ketdi (Tattadagi Shurfa Xon maqbarasi, 1638-yil). Boburiylar salta-natining tanazzulga uchrashi (18-asr), eron, afgʻon, yevropa bosqinchilarining hujumlari oqibatida umuman madaniy hayotda, ayniqsa, meʼmorlik va tasviriy sanʼatda tushkunlik roʻy berdi. Pokiston tashkil topgandan keyin (1947) mamlakatda qurilish ishlari avj oldi, yangi shaharlar, yangi poytaxt — Islomobod (grek meʼmori K. A. Doksiadis) bunyod etildi. Zamonaviy meʼmorlikda „xalqaro uslub“ ustuvor boʻlib, u sodda shakllardan tashkil topadi (Islom-oboddagi yangi masjid, parlament binosi, meʼmor A.Yakobson; „Shahrizo-da“ mehmonxonasi, meʼmor J.Ponti). Pokiston hududidagi qad. madaniyat markazlarida oʻtkazilgan qazilmalar shuni koʻrsatadiki, Pokistonda qadimda rassomchilik keng rivojlangan. Oʻrta asrlarda saroylar, masjid va ibodatxona devorlari rasmlar bilan bezatilgan. Arablar bilan birga xattotlik sanʼati ham ki-rib keldi — masjid, makbaralarni xattotlik yozuvi bilan bezay boshladilar. Tatta va Haydarobod shahrilari oʻrta asrlarda qoʻlyozma va miniatyura yaratish markaziga aylandi. Boburiylar davrida, ayniqsa Akbarshoh va Jahongir-shoh davrida „Boburiylar miniatyura maktabi“ tashkil topdi. Mustaqillik davrida tasviriy sanʼat rivojlanishi yangi bosqichga oʻtdi. Keksa rassomlar miniatyura anʼanalarini davom et-tirdilar — A. R. Chugʻtay, Alloh Baxsh, S. F. Rahamin ijodida Yevropa rassomchiligi va oʻrta asr miniatyurasi qoʻshilib ketgan; X-M. Sharif — miniatyura, X.Yusuf — xattotlikda, Gʻ.Ali — grafika sohasida ijod qilmoqda. Z.Ogʻa, Sadiqayn, Sh. Ali, Guljiy, D.Naqsh, A.Parviz kabi rassomlar zamonaviy modernizm oqimining vakillaridir. Musiqasi 1947-yilgacha bevosita hind musiqa sanʼati bilan birgalikda (jumladan, Shimoliy Hindistonning „hindustoniy“ uslubida) rivojlanib kelgan. Hozirda Pokiston mumtoz musiqasida „raga“, qahramonlik dostonlari, „naat“, „hamd“ va „soʻfiyona“ (diniy ashula yoʻllari), ishqiy mavzudagi „gʻazal“, „qavvali“ (ishqiy-diniy mavzudagi badihaviy vo-kal-cholgʻu janri), panjobliklarda „ma-hiyya“ (toʻy marosim qoʻshiqlari), „tap-pa“ (lirik aytishuvlar) mashhur. Musiqa cholgʻularidan tabla, nogʻora, pakhavaj (urma cholgʻular), torli-chertma sarud, ra-bab, setar, tampura, svaramandal, kamonli sarangi, puflama nay, bansuri, shexnay kabilar keng tarqalgan. Basta-korlarning kinofilmlar uchun urdu va panjob tillarida yaratgan kuy va qoʻshiqlari ham xalq orasida alohida eʼzozga ega. Zamonaviy sanʼatkorlardan Amanat Ali Xon, Bare Gʻulom Ali Xon, Xoji Gʻulom Farid Sabri (bastakor va xonan-dalar), Ravshan Ara Begum, Mehdi Hasan, Nusrat Fateh Ali Xon, Malikaye Ta-rannum Nurjahon, Obida Parvin, Farida Xonim, Iqbol Bonu, Neyyara Hyp (mumtoz musika ijrochilari), estrada xonandalaridan Adnan Sami, Hasan Jahongir, Mehnaz va boshqa mashhur. Islomoboddagi „Lok Birsa“ (Xalq musiqa merosi) ‎instituti, Lohurdagi „Al-Hamra“ sanʼat markazi, Pokiston musiqa jamgʻarmasi va boshqa muassasalar milliy musiqa sanʼa-tining rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Kinosi Pokiston kinematografiyasining tarixi mamlakat mustaqillikka erishishidan avval Hindistonda yaratilgan musulmoncha ruhdagi filmlardan boshlanadi. Pokistonning birinchi hujjatli filmi 1948-yilda yaratildi. Birinchi badiiy film 1948-yilda ishlab chiqarilgan („Teriy yad“, rejissor D.Sardoriy Laʼl). „Shunday kun keladi“ (1958, rejissor A.Qardar), „Nido“, „Sima“ (1967, rejissor Sh. Malik) kabi filmlarda xalq hayoti, orzu-umidlari haqqoniy aks ettirildi. Keyingi yillarda „Muhabbat yozi“ (rejissor M.Parviz), „Raqqosa“ (rejissor X.Tariq), „Tuygʻu“ (rejissor N.Salom) kabi filmlar yaratildi. 90-yillarning oʻrtalarida yiliga 200 tagacha hujjatli film ishlab chiqarildi. Pokistonning oʻnlab filmlari xalqaro mukofotlar olgan („Hind daryosi“, „Lohur shahri“, „Bir akr yer“ va boshqalar). Pokistonda 10 dan ortiq kinostudiya mavjud. Yiliga urdu, panjobiy, sindhiy, pushtu, gujaratiy va siraykiy tillarida 90—120 film ishlab chiqariladi. Mamlakatda 800 dan ortiq kinoteatr bor. Taniqli rejissorlar — N. Islom. P. Malik. X. Askariy. Yu. Malik; taniqli aktyor va aktrisalar — Badari Munir, Babra Sharif, Shabnam, Nadim, M.Qurayshiy. Pokiston turli xalqaro, shu jumladan, Toshkentda oʻtkazilgan xalqaro kinofestivallarda qatnashgan. Manbalar Osiyo BMT aʼzolari Pokiston
32,902
3273
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tojikiston
Tojikiston
Tojikiston (), Tojikiston Respublikasi (tojikcha. Ҷумҳурии Тоҷикистон) — Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014). Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh. Poytaxti — Dushanbe shahri. Maʼmuriy jihatdan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga boʻlinadi. Tojikistonning dengizga chiqish imkoniyati yoʻq. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon. Bosh Vazir: Qohir Rasulzoda. Davlat tuzumi Tojikiston — respublika, unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1994-yil 6-noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1994-yildan Emomali Rahmon), u Tojikiston fuqarolari tomonidan 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlisi Oli, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligida Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati Tojikiston togʻli mamlakat, hududining 93 % ini 300 m dan 7495 m balandlikkacha boʻlgan togʻlar, shuningdek, Oʻrta Osiyoning eng yirik togʻlari — Tyan-Shan va Pomir sistemasiga kiradigan togʻlar egallaydi. Hududining qariyb yarmini 3000 m dan baland boʻlgan togʻliklar tashkil etadi. Daryo vodiylarining kengaygan joylari va togʻ oraligʻidagi soyliklar tekisliklardan iborat, shimolda Qurama tizma togʻlari (Boboiob togʻi, balandligi 3769 m) va Moʻgʻultogʻ togʻlari (1624 m) joylashgan. Tojikiston markaziy qismida Olay tizma togʻlari (gʻarbiy qismi, 5539 m), Turkiston (5509 m), Zarafshon (5489 m, Chimtargʻa togʻi), Hisor va Qorategin tizma togʻlari (4643 m) va Zarafshon vodiysi (Turkiston va Zarafshon tizma togʻlari orasida), janubi-gʻarbiy qismida (Hisor-Olay tizma togʻlarining janubda va Pomirning gʻarbida) unchalik baland boʻlmagan Bobotogʻ, Oqtogʻ, Qoratogʻ, Teraklitogʻ, Sarsarak, Rangontogʻ, Ilonlitogʻ va boshqalar bor. Ushbu togʻlardan ayrimlari janubiy va janubi-gʻarb tomonga pasaya borib, Panj va Amudaryo qirgʻoqlarigacha qoʻshilib ketgan tekisliklardan iborat. Yuqoridagi tizma togʻlar oraligʻida Hisor, Vaxsh, Yovon, Quyi Kofarnihon, Surxob (Qizilsuv) va Yaxsuv vodiylari joylashgan. Tojikiston janubi-sharqiy qismida Pomir togʻlari qad koʻtargan (Tojikistonning eng baland joyi — 7495 m). Uning markazida Muzkoʻl tizma togʻlari va janubi-gʻarbda Shimoliy va Janubiy Alichur tizma togʻlari joylashgan. Foydali qazilmalari Tojikiston hududida Oʻrta va Janubiy Tyanshan, Pomir burmali tizimlari hamda 2 yirik togʻlararo botiq (Fargʻona va Tojikiston depressiyalari) bor. Pomir va HisorOlay tizma togʻlarida togʻ billuri, oltin, kumush, simob, surma, mishyak, volfram, molibden, toshtuz, asbest, koʻmir, neft, tabiiy gaz, temir, rux, qimmatli toshlardan laʼl, lojuvard, marmar konlari mavjud. Oʻnlab mineral buloqlar, shu jumladan, Garmchashma shifobaxsh bulogʻi mashhur. Iqlimi va ichki suvlari Iqlimi kontinental. Yanvarda oʻrtacha harorat vodiy va togʻ yon bagʻirlarida 2 °C dan —2 °C gacha, Pomirda —22 °C. Iyulning oʻrtacha harorati vodiylarda 30 °C, Pomirda 10 °C, eng yuqori harorat 48 °C gacha (Vaxsh vodiysi va Quyi Panjda). Yillik yogʻin miqsori Hisor tizma togʻlarining shimoliy yon bagʻirlarida 1600 mm gacha. Tojikiston markazi va janubda yoz va kuzda quruq issiq shamol va qisman garmsel, janubda afgʻon shamoli esadi. Asosan, Pomir hududida mingdan ortiq kattakichik muzliklar bor. Daryo koʻp, uzunligi 10 km dan ortiq boʻlgan daryolar 947 ta. Ular, asosan, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryosi havzalariga mansub. Faqat Sharqiy Pomirdagi Oqjilgʻa, Qorajilgʻa va Muzkoʻl daryolari berkkoʻl — Qorakoʻlga quyiladi. Tojikistonda 930 koʻl boʻlib, aksariyati Pomir va Xisor-Olay tizma togʻlari etagida joylashgan. Sarez, Yashilkoʻl, Iskandarkoʻl, Kattakoʻl koʻllari, Qayroqqum, Norak, Farhod, Kattasoy, Moʻminobod va boshqa suv omborlari bor. Tuproqlari va hayvonot dunyosi Tojikiston janubi-gʻarbi va shimoldagi pasttekisliklarda och kulrang, togʻ yon bagʻirlarida tabiiy kulrang, toʻq kulrang yoki jigarrang tuproqlar uchraydi. Shimoliy va Hisor-Olay etaklari tuproqlari och jigarrang, yuqoriroqda tabiiy jigarrang tuproqlar. Gʻarbiy Pomir soyliklarida toʻq kulrang, Sharqiy Pomirda esa choʻl tuproqlari mavjud. Tojikiston hududida oʻsimliklarning 4,5 mingdan ortiq turi oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida, shuningdek, Qurama, Zarafshon, Hisor tizma togʻlarida butazor va archazor, Dangʻara, Moʻminobod, Xovaling, Chubek va Farxor atrofidagi togʻ va togʻ yon bagʻirlarida pista, yongʻoq, anor, olcha, oʻrik, nok, tut, bodom, doʻlana, jiyda, archa va boshqa yovvoyi mevali daraxtlar kabi o'simliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi boy. Sut emizuvchilarning 84, qushlarning 346, sudralib yuruvchilarning 44, hasharotlarning 10 mingdan ortiq, baliqlarning 40 turi mavjud. Yovvoyi hayvonlardan toʻngʻiz, yovvoyi echki, arxar, kiyik, ayiq, sugʻur, qushlardan tovushqon, kaklik, chil, qirgʻovul, bedana va boshqalar mavjud. Janubi-sharq va shimoldagi togʻlarda qoplon, boʻri, tulki, jayra, qashqaldoq, ilon, yovvoyi mushuk, togʻ echkisi, kiyik, parrandalardan burgut, oʻrdak, laylak va boshqalar jonivorlar uchraydi. Tabiatni qoʻriqlash maqsadida Polvontoʻqay, Romit, Dashtijum qoʻriqxonalari va botanika bogʻlari tashkil etilgan. Aholisi 2010-yili Tojikiston Respublikasining aholi soni 7 mln. 565 ming kishini tashkil qildi. Erkaklar soni 3 mln. 813 ming, ayollar esa 3 mln. 752 ming. Shu maʼlumotga tayangan holda, 1,000 erkak kishi uchun 984 ayol toʻgʻri keladi. 2013-yil 1-aprelda Tojikiston aholisi 8 000 000 kishini tashkil qildi. Tojikiston aholisi jadallik bilan koʻpaymoqda, 1959-yilda 1 mln. 981 ming kishi edi, 1989-yilda esa — 5 mln. 109 ming, 2016-yilda esa — 8 mln. 551 ming kishini tashkil qildi. Tarixi Oʻrta Osiyo, jumladan, hozirgi Tojikiston hududidan soʻnggi paleolit davriga oid qurollar topilgan. Qadimda Baqgriya davlati vujudga keladi. Keyinchalik Tojikiston hududida Ahamoniylar hukmronligi oʻrnatildi. 329-yilda makedoniyalik Aleksandr Makedonskiy qoʻshinlari bostirib keldi, xalq unga qattiq qarshilik koʻrsatdi. Natijada Tojikiston hududining bir qismi Salavkiylar davlati tarkibiga, soʻng hududning aksariyat qismi Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirdi. Kushon imperiyasi davrida yirik sugʻorish kanallari qurildi, shaharsozlik, hunarmandchilik yuqori darajaga koʻtarildi, ayniqsa, qoʻshni mamlakatlar bilan savdosotiq va ijtimoiy aloqalar rivojlana bordi. Yunon yozuvi asosida kushon yozuvi paydo boʻldi. 5—6-asrlarda Oʻrta Osiyoning sharqiy qismini koʻchmanchi xioniy qabilalari, soʻngra eftaliylar egallab oldi. 6-asr 2-yarmida Tojikiston hududi Turk xoqonligi tarkibiga qoʻshib olindi. 8-asr oʻrtalarida arablar bostirib kelishi natijasida islom dini joriy qilina boshlandi. 9—10-asrlarda Tojikiston hududi Tohiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, 9—13-asrlarda Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar, Gʻuriylar, Qoraxitoylar, Xorazmshohlar davlatlari tarkibida boʻlgan. Tojikiston hududiga bostirib kirgan Chingizxon qoʻshinlari (1219—21) aholining qattiq qarshiligiga duch keldi (Xoʻjandda Temur Malik boshchiligidagi xalq qarshiligi va boshqa). Moʻgʻullar istilosi iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotga jiddiy zarar yetkazdi. 14-asrning 2-yarmiga kelib, xoʻjalik qaytadan tiklana boshladi. Tojikiston hududi bu davrda Amir Temur va Temuriylar, 16-asrda esa Shayboniylar saltanati tarkibida boʻldi. Soʻngra Buxoro amirligi qoʻl ostiga oʻtib, 19-asrning boshlarida Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi oʻrtasida taqsimlandi. 19-asrning 2-yarmida podsho Rossiyasi tomonidan zabt etildi. Rossiyada Oktabr toʻntarishi (1917)dan soʻng aholining jiddiy qarshiligiga (Ibrohimbek, Eshon Sulton, Davlatmandbiy, Fuzayl Maxsumlar boshchiligida) qaramasdan, Tojikiston bolsheviklar tomonidan bosib olindi. 1917-yil noyabr — 1918-yil fevralda Shimoliy Tojikistonda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi va u Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Tojikistonning qolgan hududi Buxoro amirligi tarkibida boʻldi. 1920-yil Buxoro bosqinidan keyin BXSR tashkil etildi. 1924-yil Oʻrta Osiyo respublikalarini „milliy davlat chegaralanishi“ deb atalgan boʻlib tashlash natijasida Tojikiston Oʻzbekiston SSR tarkibida muxtor respublika, 1929-yil esa SSSR tarkibida ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1991-yil 9-sentabrda mustaqillik toʻgʻrisida deklaratsiya eʼlon qilindi va „Tojikiston Respublikasi“ nomi tasdiqlandi. Ittifoq tugatilib, Tojikiston 1991-yil sentabrda mustaqillikka erishgach, turli etnik, diniy va mahalliy urugʻ aymoqchilik guruhlari oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar boshlandi, bu esa mamlakat siyosiy hayotida beqarorlikka olib keldi. Nihoyat, 1997-yilda oʻzaro muxolif kuchlar milliy murosaga kelib, tinchlik oʻrnatildi. Tojikiston — 1992-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 6-yanvarda tan olgan va oʻsha yil 1-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9-sentabr — Mustaqillik kuni (1991). Siyosiy partiyalari va harakatlar Tojikiston xalq demokratik partiyasi, 1994-yil xalq partiyasi nomi bilan taʼsis etilgan, 1997-yildan hozirgi nomda; Tojikiston kommunistik partiyasi, 1924-yil tuzilgan, 1992-yil yanvarda tugatilib, mart oyida qayta tashkil etilgan; Tojikiston uygʻonish va milliy birlik harakati; Adolatxoh partiyasi, 1996-yil tuzilgan; Agrar partiya, 1999-yil taʼsis etilgan; Tojikiston islom uygʻonish partiyasi (Hizbi nahzati islomii Tochikiston), 1978-yil yashirin ravishda tashkil etilgan, 1991-yildan oshkora faoliyat yuritadi; Tojikiston demokratik partiyasi, 1990-yil tuzilgan; Tojikiston sotsialistik partiyasi, 1996-yil taʼsis etilgan. Qishloq xoʻjaligi Tojikiston agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 25 %, sanoatniki 35 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 40 %. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 4,3 mln. gektar, shundan ekinzorlar 827631 gektar, yaylovlar 3,2 mln. gektar. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — dehqonchilik boʻlib, jami qishloq xoʻjaligi mahsulotining 65 % ni beradi. Unda paxtachilik, ayniqsa, ingichka tolali paxta yetishtirish yetakchi oʻrinni egallaydi. Bogʻdorchilik, uzumchilik, pillachilik rivojlangan. Moyli ekinlar, zigʻir, kartoshka, sabzavotpoliz ekinlari, yemxashak ekinlari ekiladi, gʻalla va sholi ham yetishtiriladi. Togʻ oldi va togʻ mintaqalarining sugʻoriladigan yerlarida tamaki, Hisor va Vaxsh vodiylarida yorongul ekiladi. Sitrus mevalar yetishtirish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Tojikistonning barcha hududlarida, ayniqsa, togʻ yon bagʻirlarida chorvachilik rivojlangan: qoramol, qoʻy, echki, parranda, yilqi boqiladi. Sanoati Sanoatining yetakchi tarmoqlari: yengil (paxta tozalash, ip gazlama, shoyi, tikuvchilik, gilam toʻqish), oziq-ovqat (meva konservasi, yogʻmoy va boshqa), rangli metallurgiya (rangli va noyob metall rudalari qazib chiqarish va boyitish, alyuminiy ishlab chiqarish. va boshqa), konchilik, kimyo sanoati (mineral oʻgʻit, plastmassa ishlab chiqarish.), mashinasozlik, metallsozlik. Tojikistonda osh tuzi, qoʻngʻir koʻmir, neft, gaz qazib olinadi; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Elektroenergetika sanoati rivojlangan: Norak, Rogʻun va boshqa GESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 17 mlrd. kVtsoat). Transport Temir yoʻl uzunligi 490 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 13 ming km. 1991-yilda tashkil etilgan „Tajikistan Airlines“ va „Somon Air“ aviatsiya kompaniyalari samolyotlari muntazam ravishda MDH mamlakatlarining Moskva, Samara, Novosibirsk, Olmaota, Bishkek, Ashxobod va boshqa shaharlarga hamda BAA (Sharja), Pokiston (Karochi), Afgʻoniston (Qobul), Eron (Mashhad), shuningdek, Xoʻjand va Xorugʻga uchadi. Dushanbe va Xoʻjand shaharlarida xalqaro aeroport bor. Eksport va import Eksport — 1,6 mlrd doll. (2008-yil). Tojikiston chetga alyuminiy, paxta, elektr energiyasi, noyob metall va toshlar, rangli rudalar, hoʻl meva va sabzavot, teri, jun chiqaradi. Asosiy eksport qiluvchi davlatlari — Niderlandlar 36,7 %, Turkiya 26,5 %, Rossiya 8,6 %, Eron 6,6 %, Xitoy 5,7 %. Import — 3,7 mlrd doll. (2008-yil). Chetdan isteʼmol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari oladi. Import qiluvchi asosiy davlatlari — Rossiya 32,3 %, Xitoy 11,9 %, Qozogʻiston 8,8 %, Oʻzbekiston 4,7 %. Pul birligi — somoniy. Tibbiy xizmati 90-yillardagi siyosiy boshboshdoqlik bu sohaga ham jiddiy taʼsir qildi. Mutaxassislarning bir qismi respublikani tark etganliklari bois, ushbu soha jiddiy zarar koʻrdi. Ayni paytda xalqaro hamjamiyatning koʻmagi asosida respublikada tibbiyot sohasi rivojlana boshladi. „Zumrad“ (Isfara), Obigarm, Xoʻjaobigarm, Shambari, Qoratogʻ, Xavotogʻ, Garmchashma sanatoriy va kurortlari muhim shifobaxsh maskanlardir. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari Maorifi boshlangʻich, toʻliqsiz oʻrta, umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridan iborat. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Tojikiston universiteti, politexnika, qishloq xoʻjaligi., sanʼat, tibbiyot, pedagogika institutlari, Koʻlob va Xoʻjand pedagogika institutlari. Bundan tashqari turli vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalar (veterinariya, dehqonchilik, epidemiologiya va gigiyena institutlari kabilar) bor. Respublikadagi ilmiy tadqiqotlar Fanlar Akademiyasi tarkibidagi ilmiy tadqiqot institutlari va markazlar doirasida amalga oshiriladi. 1999-yil Tojikistondagi 8 yirik oliy oʻquv yurtlarining tashabbusi bilan tuzilgan Fan va maorifni rivojlantirish uyushmasi ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy va oʻrta oʻquv yurtlari jamoalarini birlashtirdi. U yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqib uni oliy va oʻrta taʼlim tizimiga joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, xalqaro taʼlim andozalarini Tojikiston oliy va oʻrta taʼlim tizimiga joriy etishga, bu sohada xalqaro tajriba ayirboshlashga koʻmaklashish kabi ishlar bilan shugʻullana boshladi. Tojikistonda Firdavsiy nomidagi Tojikiston davlat kutubxonasi, Tojikiston Fanlar akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi va mingdan ortiq, ommaviy kutubxona; 15 davlat muzeyi (Dushanbada Tarix-oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeyi, S. Ayniy nomidagi adabiyot muzeyi, Panjakentda A. Rudakiy nomidagi respublika tarix-oʻlkashunoslik muzeyi va boshqalar) bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Tojikistonda bir qancha gazeta va jurnali nashr etiladi. Asosiylari: „Jumhuriyat“ (tojik tilida chiqadigan gazeta, 1925-yildan „Idi tojik“, 1955—91 yillarda „Tojikistoni Soveti“ nomida chiqqan), „Xalq ovozi“ (oʻzbek tilida chiqadigan gazeta, 1929—91 yillarda „Sovet Tojikistoni“ nomi bilan chiqqan), „Sadoi mardum“ („Xalq ovozi“, gazeta, 1992-yildan), „Biznes i politika“ („Biznes va siyosat“, gazeta, 1994-yildan); adabiy-badiiy jurnalilar: tojik tilida „Sadoi Sharq“ („Sharq ovozi“), „Madaniyati Tojikiston“ („Tojikiston madaniyati“), rus tilida „Pamir“ („Pomir“) va boshqalar. Tojikiston axborot agentligi (hozirgi „Xovar“ axborot agentligi) 1933-yilda tashkil etilgan. Tojikistonda radioeshittirishlar 1928-yildan, Dushanbe televizion markazi 1959-yildan ishlay boshlagan. Adabiyoti Tojik xalqining adabiyoti va madaniyati juda qadimgi va boy tarixga ega. Tojik yozma adabiyotining manbalari hozirgi Eron, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo hududida yaratilgan qadimgi xalq ogʻzaki ijodidan boshlanadi. 9—15-asrlarda forsiy (dariy) tilidagi mumtoz adabiyot tojik va forsiy xalqlar tarixiy-madaniy taraqqiyotining hosilasi edi. Tojik adabiyoti bir necha davrni oʻz ichiga oladi: 1-davr — forslar va tojiklar uchun umumiy boʻlgan fors tilidagi 9—15-asrlar adabiyoti; 2-davr — asosan, Oʻrta Osiyo hududida 16— 19-asrning 1-yarmida mavjud boʻlgan tojik adabiyotini; 3-davr — 19-asrning 2-yarmidan 20-asrning 30-yillarigacha boʻlgan tojik adabiyotini; 4-davr — 20-asrning 30-yillaridan hozirgacha boʻlgan tojik adabiyotini oʻz ichiga oladi. 9— 10-asrlarda fors-tojik tilidagi adabiyot, ayniqsa, tez rivojlandi, shu sababli bu davr haqli ravishda tojik mumtoz sheʼriyatining „oltin asri“ hisoblanadi. Somoniylar davlatining markazi Buxoroda fors tilidagi sheʼriyat asoschisi Abu Abdulloh Rudakiy ijod qildi. Sheʼriy, nasriy, falsafiy-taʼlimiy asarlarda qadimgi xalq anʼanalari va qahramonlik voqealari, adolatli shohlar obrazlari qalamga olina boshladi. Abu Shukur Balxiy, Abulhasan Kisoiy, Daqiqiy ijodlarida insoparvarlik va adolat goyalari targʻib qilinib, zulm qoralandi. 10-asr oxiri va 11-asr boshlarida forstojik shoiri Abulqosim Firdavsiy oʻzining oʻlmas „Shohnoma“sini yaratdi. 10-asr oxirida Eron va Oʻrta Osiyoga sufizm gʻoyalari kirib kelib, shu asosda diniy-falsafiy taʼlimotlar, jumladan, ismoiliylar oqimining adabiyotga taʼsiri kuchaydi. Ismoiliylarning gʻoyalari shoir va mutafakkir Nosir Xisrav ijodida aks etdi. 13-asr boshlarida moʻgʻullar bosqini adabiy va falsafiy goyalarning rivojiga 2 asr davomida katta zarba bergan boʻlsada, Hindistonning shimoliy (Xusrav Dehlaviy), Eronning janubiy (Saʼdiy va uning zamondoshlari), Kichik Osiyo (Jaloliddin Rumiy)da fors tojik tilidagi adabiyot rivoji davom etdi. 15-asrga kelib Oʻrta Osiyoda adabiy-falsafiy hayot asta-sekin tiklana bordi. Hirot madaniy va adabiy hayot markaziga aylandi. Bu yerda, ayniqsa, temuriylar hukmronligining soʻngti yillarida atoqli shoir va adiblar toʻplangan edi. Adabiy harakat boshida fors tojik shoiri Abdurahmon Jomiy va oʻzbek shoiri Alisher Navoiy turar edilar. 16-asrdan tojik adabiyoti fors tilidagi adabiyotlarning umumiy oqimidan ajralib, mustaqil rivojlandi. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlarida tojik adabiyotida maʼrifatparvarlik oqimi vujudga keldi. Bu oqimning asoschisi tojik va oʻzbek xalqlarining mutafakkiri Ahmad Donish edi. Shoir va yozuvchilardan Rahmatullo Vozeh, Shamsiddin Shohin (1859—93), Muhammad Hayrat (1878-1902) gʻoyaviy jihatdan Ahmad Donishga yaqin edilar. Tojik maʼrifatchilik adabiyotida yangi janrlar (realistik hikoya, falsafiyromantik qissa va boshqalar) paydo boʻldi, adabiy til xalq tiliga yaqinlasha boshladi. 20-asrning boshlarida Sadriddin Ayniy, Toshxoʻja Asiriy, Siroj Hakim kabi yozuvchilar maʼrifatchilik adabiyoti anʼanalarini davom ettiribgina qolmasdan, adabiyotni xalq hayotiga yaqinlashtirishda katta ishlar qildilar. 1920—30 yillarning boshlarida Abulqosim Lohutiy ijodi muhim oʻrin egalladi. Bu davrda S Ayniy „Odina“ (1924), „Doxunda“ (1930) kabi nasriy asarlarini yaratdi. 30-yillar boshida adabiyotga Mirzo Tursunzoda, Jalol Ikromiy, Abdusalom Dehotiy, Rahim Jalil, Hakim Karim, Mirsaid Mirshakar, Sotoʻm Ulugʻzoda va boshqalar kirib keldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida tojik adabiyoti ham butun kuchini fashizmga qarshi kurashga qaratdi. Urushdan keyingi yillarda M. Tursunzodaning „Hindiston qissasi“ sheʼriy majmuasi (1947— 1948), „Hasan aravakash“ (1954), „Osiyo sadosi“ (1956), „Jonginam“ (1960), „Gangadan Kremlgacha“ (1970) dostonlari, Mirsaid Mirshakarning „Jilovlanmagan Panj“ (1949), „Togʻlik qizning ishqi“ (1961—62), „Muhabbatning varaqlari“ (1975) toʻplamlari va „Vatan farzandlari“ pyesasi, Foteh Niyoziyning „Vafo“ (2 qismdan iborat, 1949—58), „Qurolsiz sarbozlar“ (1985), Sotim Ulugʻzodaning „Yangilangan yer“, Rahim Jalilning „Shoʻrob“ romanlari nashr etildi. 1980—90 yillar adabiyotga yozuvchi va shoirlarning yangi avlodi kirib keldi. Bu davrda Moʻmin Qanoatning „Sino beshigi“ (1980), „Olovli muhabbat“ (1985) dostonlari, Loiq Sheralining „Oq kun“ (1984), „Dil uyi“ (1986), „Oftobboron“ (1988), „Mozor toshi“ (1996) sheʼriy toʻplamlari, Bozor Sobirning „Tun kiprigi“ (1981), „Oftobnihol“ (1982), „Tatib, tuyib“ (1987) sheʼriy majmualari, Gulnazar Keldiyevning „Langar“ (1984), „Daryo oʻzani“ (1986), Gulruxsor Safiyevaning „Ixlos“ (1980), „Sugʻd alangasi“ (1981), „Boxtar ruhi“ (1987) sheʼriy toʻplamlari va „Sabzabahor ayollari“ romani (1991) yaratildi. 1990-yillardan keyin adabiyotga kirib kelgan Farzona, Iskandari Xatloniy va yana koʻplab yosh qalamkashlar tojik adabiyotining rivojida muhim oʻrin tutadi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Tojik xalqining badiiy madaniyati qoʻshni xalqlar, ayniqsa, oʻzbeklar madaniyati bilan oʻzaro bogʻliqlikda rivojlangan. Tojikiston hududidan topilgan tasviriy sanʼat yodgorliklarining eng qadimgisi Sharqiy Pomirdagi mezolit (mil. av. 15—10 ming yilliklar) davriga oid qoyatosh suratlaridir. Jumladan, Panjakentdan topilgan qoya suratida arfa chalayotgan qiz tasvirlangan (7—8-asrlar). 5—8-asr boshlarida Tojikiston hududida devor va minoralar bilan shahristonga ega boʻlgan shaharlar paydo boʻldi. Mintaqada islom dini tarqalgach, Tojikiston meʼmorligida masjid va madrasalar, minora, maqbara va xonaqohlar qad koʻtardi. 9—10-asrlardan qurilishda pishiq gʻisht ishlatila boshlandi. 11—12 asrlarda Mozori Sharifda Muhammad Basharo maqbarasi, 14—15-asrlarda Ust rushonada Koʻk gumbaz masjidi, 11—12 va 15-asrlarda Konibodomda Muslihiddin maqbarasi barpo etidsi. 14-asr oxiri — 15-asrlarda monumental bezak sanʼatida yogʻoch va ganchga naqsh oʻyish, sirlangan va sirlanmagan sopol, yogʻoch va ganchga tuxumli tempera bilan naqsh solish, zardoʻzlik va boshqalar keng tarqaldi. Tojikiston meʼmorligi 1 qavat paxsa yoki xom gʻishtli uysozlikdan bosh reja asosida qurilayotgan shaharlargacha boʻlgan taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. 1930-yillarda Dushanbe, Xoʻjand, Koʻlob, Konibodom shaharlari bosh reja asosida qurila boshladi. 1930—40-yillar boshlaridagi shaharsozlikda Oʻrta Osiyo meʼmorligi elementlari boʻlgan klassitsizm shakllari ustunlik qildi. 50-yillarning 2-yarmida sharq anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan binolar paydo boʻla boshladi. 1960-yillardan soʻng Tojikiston meʼmorlari kichik mavzelar barpo etishga oʻtdilar. Sanoat rivojlanishi tufayli Qoʻrgʻontepa, Tursunzoda, Norak, Yovon singari yangi zamonaviy shaharlar qad koʻtardi. Dushanbedagi „Tojikiston“ mehmonxonasi (1975, meʼmori A. I. Onishchenko), kinokonsert zali (1985, meʼmori S. M. Sutyagin) kabi zamonaviy muhtasham binolar barpo qilindi. Tojikistonda zamonaviy tasviriy sanʼat 20-asrning 20-yillarida vujudga kela boshladi. Ilk rassomlar siyosiy va tashviqiy plakatlar, hajviy jurnalilar uchun bezaklar yaratish, oʻquv darsliklari va badiiy asarlarni bezash bilan shugullandilar. Ikkinchi jahon urushi davrida grafika, plakat va ayniqsa, karikatura rivojlandi. 40-yillar oxiri va 50-yillarda tasviriy sanʼat janrlari koʻpaydi, rassomlar mahorati oshdi. 1947-yil Respublika tasviriy sanʼat muzeyining ochilishi bunga yaxshi sharoit yaratdi. Peyzaj janrida I. Abdurahmonov, F. Solmonov, S. Zaxarov salmoqli muvaffaqiyatga erishdilar. Keyinchalik yetishib chiqqan rassomlar I. Raximov, X. Xushvaqtov, 3. Habibullayev, A. Aminjonov, haykaltaroshlar A. Gʻaniyev, K. Jumagazin, grafik rassomlar K. Turenko, X. Rasulov, D. Safoyevpar hayotiy mavzularda ijod qildilar. X. Xushvaqtovning „Xorugʻ“, „Olay vodiysi“, „Pomir togʻlarida“, 3. Habibullayevning „Gʻijjak“, „Yaylovda bahor“ asarlari zoʻr mahorat bilan yaratilgan. 1990-yillar Tojikiston tasviriy sanʼatida milliy anʼanalarni, zamonaviy badiiy gʻoyalarni chuqurroq singdirishga asosiy ahamiyat berildi. Chunonchi, rassom S. Qurbonov ijodiga tojik xalqining tarixi, milliylik ildizlari, urf-odatlari goʻzal shakllarda romantik badiiy uslubda aks ettirilgan. Tojikiston xalqining koʻp asrlik tasviriy va amaliy sanʼatida bezak asosiy yoʻnalish boʻlgan. M. Xushmuhamedov, A. Haydarov, A. Kamelin, A. Raximov, M. Beknazarovlar milliy meros anʼanalarini birmuncha yangilagan holda mana shu yoʻnalishda ijod qilmoqdalar. P. Falbov, S. Sharipov, A. Sayfiddinov kabi rassomlar bu sohada yangi yoʻnalish yaratish yoʻliga tushib oddilar. L. Irismetova, M. Nosirova, M. Qodirova, M. Qurbonova, 3. Davlatshoyeva, D. Mamajonova, N. Hamidova, S. Saidova singari isteʼdodli ayol rassomlar yetishib chikdi. Tojikiston zamonaviy haykaltaroshligi (A. Bikasiyon, V. Odinayev, J. Toshmatov asarlari)da ham yangi yoʻnalish boshlangani seziladi. A. Lohutiy (haykaltarosh I. Milashevich), Mirzo Tursunzoda (haykaltarosh A. Bikasiyon) haykallari, B. Gʻafurov byusti (haykaltarosh I. Ivanov), Dushanba shahridagi „Vaxdat“ memoriali (1999), Qoʻrgʻontepadagi Ismoil Somoniy haykali (1999) shundan dalolat beradi. Amaliy sanʼat sohasida — kulolchilikda A. va boshqa Mavlonovlar, S. va S. Soxibovlar, M. Mirzoyev; naqqoshlikda M. Olimov, K. Gayurov; yogʻoch oʻymakorligida Yu. Baratbekov, A. Yoʻldoshev, A. Yahyoyev; kashtachilikda Z. Baxriddinovalar samarali ijod qilmoqsalar. 1998-yil Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalila Tojikiston rassomlarining badiiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda Tojikiston istiqbol davri tasviriy sanʼati keng namoyish etilgan. Tojikiston Meʼmorlar uyushmasi 1936-yil, Rassomlar uyushmasi 1933-yil tashkil etilgan. Tojikiston badiiy sanʼat xodimlari Dushanbedagi Davlat-Badiiy kollejida tayyorlanadi. Koʻpgina tojik sanʼatkorlari Oʻzbekiston sanʼat institutlari va bilim yurtlarida taʼlim olgan. Musiqasi Anʼanaviy musiqa madaniyati boy va xilma-xil. U bir necha mahalliy uslubdan tashkil topgan. Sugʻd viloyatida azaldan yonmayon yashab kelgan tojik va oʻzbek xalqlarining musiqa anʼanalari oʻzaro qorishib ketgan. Ikkala qardosh xalq musiqa ijodida mehnat, maishiy va morosim qoʻshiqlari („Mayda“, „Yoryor“, „Naqsh“ „Alla“, „Boychechak“, „Sadr“, „Marsiya“ kabi), lirik qoʻshiqlar („muxammas“, „bayt“ va boshqalar), laparlar, bastakorlar ashula va kuylari (Sodirxon hofiz Bobosharifov va boshqa), xalq va professional sozlardan dutor, gʻijjak, chang, nay, surnay, qoʻshnay, doyra va boshqa asosiy oʻrin tutadi. Xatlon viloyatida „Falak“ („Falaki“) qoʻshiq turkumlari lirik-falsafiy mazmundagi forscha sheʼrlarga yakkaxon xonanda tomonidan soz joʻrligida aytiladi. Shu yerda yashayotgan oʻzbek (laqay)larning musiqa anʼanalari Oʻzbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo musiqa uslubiga yaqin: doston va terma janrlari, doʻmbira, changqoʻngʻiz, choʻpon nay ijrochiligi va h.k. Togʻli badaxshon muxtor viloyatida istiqomat qilayotgan vanchlik, yazgulemlik, rushonliklar kabi elatlarda oʻyin qoʻshiq va kuylari („Aspakbozi“, „Rupsak bazay“ kabi), musiqiy tomosha („Bobo safar“ „Moʻgʻulbozi“), „Dehqonnoma“ kabi mehnat qoʻshiqlari, „Chorbaytxo“, „Gʻazalxo“ kabi lirik qoʻshiqlar, ayollar ijodida — „Bulbulik“, „Dargilak“ kabi lirik aytimlar, cholgʻulardan esa soʻrnak (choʻpon nay), vanch dutori, pomir rubobi, blandzikom va boshqa mashhur. Mumtoz musiqa (maqom, ashula yoʻllari, cholgʻu kuylar) asosan shahar Xoʻjand va boshqalarda shakllangan. 20-asr oʻrtalaridan Fartna-Toshkent maqom yoʻllari bilan birga Buxoro Shashmaqomn ijrochiligi ham rivoj topgan (F. Shahobov, Sh. Sohibov, B. Fayzullayev va boshqalar). Tojikistonda dastlabki musiqa oʻquv yurtlari 1929-yil Xoʻjandda, 1934-yil Dushanbeda tashkil etilib, 1939-yilda birinchi tojik operasi „Vose qoʻzgʻoloni“ (kompozitor S.A. Balasanyan) namoyish qilindi. Tojikistonda Sugʻd viloyat musiqali komediya teatri, davlat filarmoniyasi, „Gulshan“ estrada ansambli (1966-yildan), Borbad nomidagi konsert saroyi faoliyat koʻrsatadi. Bastakorlardan Aqmad Boboqulov, Boymuxdmmad Niyozov, Maʼrufxoʻja Bahodurov, xonandalardan Zafar Nozimov, Hanifa Mavlonova, Shohista Mullajonova, Joʻrabek Murodov, Joʻrabek Nabiyev, Nigina Raupova, Mastona Ergasheva, Davlatmand Xolov, Daler Nazarov, Afzalsho Shodiyevlarning tojik sanʼatini rivojlantirishdagi hissalari katta. Teatri Yevropacha tipdagi tojik teatri dastlab 1919-yilda Xoʻjandda, keyinchalik Konibodom, Oʻratepa va Isfarada havaskorlik teatrlari tarzida paydo boʻddi. 1929-yil Dushanbeda havaskorlik toʻgaragida Tojik davlat drama teatri nomi bilan 1-professional teatr (hozirgi Lohutiy nomli teatr) tashkil etildi. 1932-yil Xoʻjandda musiqali drama teatri ish boshladi. Ularda zamonaviy mavzudagi asarlar sahnalashtiryddi. A. Usmonovning „Kurash“, K. Yashinning „Yondiramiz“, J. Ikromiyning „Dushman“, M. Tursunzodaning „Hukm“, M. Aminzodaning „Sharaf“ pyesalari koʻrsatildi. Firdavsiyning „Shohnoma“si asosidagi „Rustam va Suhrob“, jahon mumtoz dramaturgiyasining „Otello“, „Makr va muhabbat“ asarlari Lohutiy nomli teatr sahnasida namoyish etildi. Aktyorlardan M. Qosimov, L. Zohidova, T. Fozilova, A. Burhonov, X. Rahmatullayev, G. Vallamatzoda, B. Tojiboyeva, balet raqkrsasi M. Sobirova va boshqa mashhur. Rudakiy nomidagi Xorugʻ va S. Valizoda nomidagi Koʻlob musiqali drama teatrlari jamoalari Tojikistonda teatr sanʼatining rivojiga muhim hissa qoʻshdilar. Kinosi Tojikiston kinematografiyasi 1929-yil vujudga keldi. Dushanbega 1-poyezd kelishiga bagʻishlangan kinojurnal suratga olib koʻrsatildi. 1930-yil „Tojikkino“ birlashmasi tashkil etildi. 1932-yil „Amirlar oʻlgan chogʻda“ birinchi badiiy filmi yaratildi. 1939-yil „Bogʻ“ (rejissor N. V. Dostal), „Doʻstlar qayta uchrashganda“ (rejissor K. Yormatov) nomli dastlabki ovozli badiiy filmlar yaratildi. 40-yillarda harbiy vatanparvarlik mavzuidagi hujjatli filmlar („Temurning qasami“, „Tojikiston farzandi“ va boshqalar) suratga olindi. 1957-yil rejissor B.A. Kimyogarov S. Ayniyning „Doxunda“ tarixiy qissasini, soʻng M. Tursunzodaning „Hasan aravakash“ dostonini ekranlashtirdi. Shundan soʻng bir kator badiiy filmlar — „Doʻstim Navruzov“ (rejissorlar Sh. Qiyomov, N. Litus), „Togʻdagi chirok“ (rejissor B. Dolinov), „Bir qizni uchratdim“ (rejissor R. Ya. Perelshteyn), „Oʻgʻlim uylanmoqchi“ (rejissor T. Sobirov) badiiy filmlari yaratildi. 1960—70 yillarda yetishib chiqqan M. Qosimov, M. Oripov, S. Hamidov, V. Ahadov, B. Arabov kabi rejissorlar kinematografiyaga yangi mavzu va uslublar olib kirdilar. Ularning „Nisso“, „Togʻlarda yuragim qoldi“, „Koʻhna masjid yonidagi uchrashuv“, „Joʻra sarkor“, „Uchinchi qiz“ kabi filmlari muvaffaqiyat qozondi. 1970—1980-yillarda qator badiiy va hujjatli filmlar suratga olindi. D. Xudonazarov („Yoshlikning birinchi tongi“), Yu. Yusupov („Jinoyatchi va oqlovchi“) kabi rejissorlar mashhur boʻldi. Tojik kinosini rivojlantirishga rejissorlardan K. Yormatov, N. Tillayev, artistlardan M. Qosimov, 3. Doʻstmatov, M. Vohidov, ssenariychilardan M. Tursunzoda, S. Ulugʻzoda, M. Mirshakar va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Oʻzbekiston — Tojikiston munosabatlari Manbalar tojikistonga patent atmenit buldimi youtube.com Havolalar Sayt prezidenta Tadjikistana Sayt parlamenta Tadjikistana Ministerstvo inostrannix del Tadjikistana Gosudarstvenniy komitet statistiki Tadjikistana Nalogoviy komitet pri pravitelstvo Respubliki Tadjikistan Ministerstvo zdravooxraneniya Tadjikistana Ministerstvo obrazovanie Tadjikistana Natsionalniy bank Tadjikistana Novosti Tadjikistana Informatsionniy portal Tadjikistana „TJinform.com“ Oʻrta Osiyo Tojikiston BMT aʼzolari
30,293
3274
https://uz.wikipedia.org/wiki/Turkmaniston
Turkmaniston
Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan Respublikasy) — Markaziy Osiyodagi suveren davlat boʻlib, shimoli-gʻarbda Qozogʻiston, shimol va sharqda Oʻzbekiston, janubi-sharqda Afgʻoniston, janubdan Eron, janubi-gʻarbda va gʻarbdan Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. Ashxobod — mamlakatning poytaxti va eng yirik shahri. Mamlakat aholisi 6 millionni tashkil etadi, bu Oʻrta Osiyo respublikalarining eng pastidir. Turkmaniston Osiyodagi eng kam aholisi boʻlgan davlatlardan biridir. Turkmaniston fuqarolari Turkmanistonliklar deb nomlanadi. Turkmaniston asrlar davomida sivilizatsiyalar chorrahasida boʻlgan. Oʻrta asrlarda Marv islom dunyosining buyuk shaharlaridan biri boʻlgan va Buyuk Ipak yoʻlidagi muhim toʻxtash joyi, XV asr oʻrtalarigacha Xitoy bilan savdo-sotiq uchun foydalanilgan karvon yoʻli edi. 1881-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan qoʻshib olingan Turkmaniston keyinchalik Oʻrta Osiyoda boshqa davlatlar kabi bolsheviklarga qarshi harakat qildi. 1925-yilda Turkmaniston Sovet Ittifoqining tarkibiy respublikasi, Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkmaniston SSR) ga aylandi; 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mustaqillikka erishdi. Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Mamlakatning katta qismini Qoraqum choʻllari qamrab olgan. 1993-yildan 2017-yilgacha fuqarolar davlat tomonidan elektr energiyasi, suv va tabiiy gazni bepul olishgan. Suveren Turkmaniston davlatini Prezident S.N 2006-yilda vafotigacha umrbod boshqargan. Uning o'g'li 2007-yilda prezident etib saylangan (u ilgari vitse-prezident, keyin prezident vazifasini bajaruvchi boʻlgan). 2022-yil 12-martda o'tkazilgan saylovlarda Gurbanguli Berdimuhamedovning o'g'li Sardor berdimuhamedov 72.97 % ovoz olib, prezidentlikka saylandi. Davlat tuzumi Turkmaniston — betaraf davlat. 1995-yil 12-dekabr Turkmanistonga betarafligi kuni. Amaldagi Konstitutsiyasi 1999-yil 18-mayda qabul kilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2022-yildan Sardor Berdimuhamedov). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati Turkmaniston hududining aksariyati tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʻli)da joylashgan. Faqat janubida tepaliklar va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Kaspiy dengizining T.ga qarashli janubiy qirgʻoklari kam parchalangan, shimolida Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Turkman qoʻltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken yarim orollari va kum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli. T. janubida Kopetdogʻ togʻlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo choʻqqisi), undan shimoli-gʻarbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) togʻlari joylashgan. Janubi-sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) oʻrtasidan Murgʻob daryosi oqib oʻtadi. Chekka janubi-sharqda Hisor tizmasining Koʻhitang tarmogʻi (bal. 3139 m — T.ning eng baland nuktasi) bor. T.ning gʻarbida Krasnovodsk platosi, shimoli-gʻarbida Ustyurt platosining janubiy chekkasi, undan janubida esa Orqa Oʻzboʻy burmali rayoni yotadi. Kaspiy boʻyi pasttekisligida Nebitdogʻ (39 m), Boyadogʻ (134 m), Qumdogʻ, Manjuqli (27 m) va boshqa qirlar koʻtarilib turadi. Kopetdogʻ tekisligidan shimoliy va shimoli-sharqda Qoraqum choʻli, Amudaryo va Tajan daryolari oraligʻida Janubi-Sharqiy Qorakum choʻli joylashgan. T.ning janubiy qismida tez-tez zilzila boʻlib turadi. Muhim qazilma boyliklari — neft va gaz; kumir, mirabalit, oltingugurt, kora va rangli metall, mis, alyuminiy, simob, molibden konlari aniklangan. Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq, qor kam yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-sharqda —5° dan Atrek daryosi atrofida 4° gacha, baʼzi yillarda Toshhovuz viloyatida absolyut minimal temperatura —32° gacha. Iyulda shimoliy sharqda 28°, janubida 32°, absolyut maksimal temperatura 49,9° gacha. T. hududining 80 %da doimiy oqar suv yoʻq; janubiy va sharqiy hududlardagina daryolar bor. Eng katta va sersuv dare — Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengacha borgan —900 km. Koʻllarning aksariyati shoʻr. Chuchuk suvli Yasxan koʻli Nebitdog shahrini ichimlik suv bilan taʼminlaydi. Tuproqlari — Ustyurt, Krasnovodsk, Orka Unguz platolarida surqoʻngʻir, togʻ etaklari, togʻ yon bagʻirlarining quyi qismida, togʻ oldi tekisliklarida, togʻlarning quyi mintaqasida boʻz tuproq, yuqorirokda toʻq boʻz, togʻ tepalarida togʻqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum choʻlining aksariyatini qum egallagan; pastqam joylarda taqir, shoʻrxok, daryo vodiylarida oʻtloqiboʻz va allyuvialoʻtloqi tuproklar bor. T. hududining taxminan 2 % sugʻoriladi. T.ning oʻsimlik va hayvonot dunyosi xilmaxil. Qumli choʻllarda oq va qora saksovul, qandim, cherkez, quyonsuyak, astragal kabi butalar, shoʻrxok yerlarda yulgʻun, sarisazan, shoxilak va boshqa, daryo vodiylaridagi toʻqaylarda bachki teraktol va jiydazorlar, Kopetdogʻ oldi choʻllarida va qirlarda shuvoq va har xil efemer oʻtlar, togʻlarning 1500 m dan yuqori qismida archa, Gʻarbiy Kopetdogʻ daralarida yovvoyi tok, olma, olcha, bodom, anor, yongʻoq, anjir, pista daraxtlari oʻsadi. Hayvonot dunyosi — choʻlda quyon, boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayran, togʻlarda qoplon, arxar, morxoʻr, Amudaryo vodiysida toʻngʻiz, kiyik, qirgʻovul va boshqa yashaydi. Daryo va suv omborlarida baliq koʻp. T. hududida Badxiz, Krasnovodsk, Repetek va boshqa qoʻriqxonalar bor. Aholisining aksariyati turkmanlar; shuningdek, rus, uzbek, qozoq, tatar, ukrain, armanlar ham yashaydi. Shahar aholisi 45 %. Rasmiy til — turkman tili. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yirik shaharlari: Ashxobod, Turkmanobod, Toshhovuz, Mari, Turkmanboshi. Tarixi Turkmaniston hududi qadimda Axomaniylar davlati, Iskandar Maqduniy istilosidan soʻng vujudga kelgan Salavkiylar davlati, Parfiya, Yunon-Baqtriya podsholigi, Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar davlati, Somoniylar, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati, Moʻgʻullar davlati tarkibida boʻlgan. 14-asrning 70—80-yillaridan Turkmaniston hududi Temuriylar tasarrufiga oʻtgan. 16-asr oxiri — 17-asrda Xiva va Buxoro xonliklariga qaram boʻldi, bir qismi Eron tarkibiga oʻtib qoldi. 1869—85 yillarda Turkmaniston hududini Rossiya bosib oddi. 1917-yil noyabr —dekabrda sovet hokimiyati oʻrnatildi, 1918-yil 30-aprelda Turkiston muxtor sovet sotsialistik respublikasi tashkil etilgach, Turkmanistonning asosiy qismi (Kaspiyorti viloyati, 1921-yil avgustdan Turkmaniston viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924-yil Oʻrta Osiyoda „milliy davlat chegaralanishi“ deb atalgan boʻlib tashlash siyosati natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil topdi va SSSR tarkibiga kiritildi. Shundan keyingi yillarda turkman xalqi KPSSning qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, mamlakatni industriyalash siyosati va qatagʻonlar azob-uqubatlarini tortdi. 1991-yil oktabrda Mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qilindi, mamlakat Turkmaniston deb atala boshladi. Turkmaniston —1992-yildan BMT aʼzosi, 1993-yil 7-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatik munosabatlar oʻrnatgan. Milliy bayrami — 27-oktabr — Mustaqillik kuni (1991). Siyosiy partiyasi. Rasmiy ravishda 1 partiya roʻyxatga olingan: Turkmaniston demokratik partiyasi (sobiq Kommunistik partiya negizida 1991-yil tuzilgan). Xoʻjaligi Turkmaniston — agrar industrial mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 50 %, qishloq xoʻjaligi.niki 18 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 32 %. Sanoatining yetakchi tarmoklari: gaz va neft qazib chiqarish, energetika, kimyo, mashinasozlik, yengil (qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash), oziq-ovqat (yogʻmoy, vinochilik), binokorlik materiallari sanoati. Buzmayin GRES, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Turkmanobod, Mari, Gugurtdogʻda issiqlik elektr styalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 10,5 mlrd. kVt soat elektr energiya hosil qilinadi. Neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash T.ning gʻarbiy rnlarida olib boriladi, Cheleken gʻarbida dengiz tubidan neft qazib olinadi. Asosiy gaz konlari: Gazoʻchoq, Naip, Shatlik, Gugurtdog va boshqa Neftni kayta ishlash tarmogʻida benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, bitum, elektrodli koks, kir yuvish vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat, yod, brom, oltingugurt, mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli alyuminiy ishlab chikariladi, mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida teplovoz va avtomobillar taʼmirlanadi, markazdan qochirma neft nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz plitalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, jun va ipak gazlama, trikotaj ishlab chiqarish., qorakoʻl oshlash, pillakashlik, tikuvchilik, koʻnchilik, poyabzal korxonalaridan iborat. Yogochsozlik, poligrafiya, shisha sanoati ham muhim oʻrin oladi. Asosiy sanoat markazlari: Ashxobod, Toshhovuz, Turkmanobod, Mari, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Bayramali va boshqa Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Unda paxtachilik asosiy oʻrin egallaydi. Vohalarda va togʻ yon bagʻirlarida yetishtiriladi (asosan, ingichka tolali paxta). Donli ekinlardan bugʻdoy, arpa, sholi, oq joʻxori va makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va uning irmoqlari boʻylarida subtropik ekinzorlar (anor, zaytun, anjir, bodomzorlar) bor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligi.ning muhim tarmogʻi hisoblanadi. Togʻli joylarda qoramol, qoʻy, echki, yilqi boqiladi, tekisliklarda qorakoʻlchilik va tuyachilik, Turkmanobod, Ashxobod, Mari viloyatlarida pillachilik, suv havzalarida baliq xoʻjaligi rivojlangan. Transporti Transport yoʻli uzunligi 2,12 ming km, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uzunligi 13,6 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar uz. 11,6 ming km. Asosiy dengiz porti — Turkmanboshi. Turkmanboshi — Boku, Bekdash — Boku yoʻnalishi boʻyicha temir yoʻlli dengiz paromi mavjud. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema katnaydi. Truboprovod transporti mavjud. Neft va gaz quvurlari, jumladan, Vishka — Turkmanboshi, Cheleken — Turkmanboshi neft quvurlari mavjud. T. chetga tabiiy gaz, neft va neft mahsulotalari, paxta, mineral oʻgʻit va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, kora metallar, transport vositalari, kiyimkechak, poyabzal, don, kandshakar oladi. Rossiya, Ukraina, Oʻrta Osiyo mamlakatlari va Qozogʻiston bilan savdo qiladi. T.ning Oʻzbekiston Respublikasi bilan tashki savdo aylanmasi 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 17,3 % ortdi va Oʻzbekiston Respublikasining tashki savdosidagi ulushining 1,3 % ni tashkil etdi. Pul birligi — manat hisoblanadi Tibbiy xizmati Davlatga karashli tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Ashxobod tibbiyot institutida tayyorlanadi. Mashhur kurortlari: Bayramali, Feruza iqlimiy, Archman balneologiya va Mullaqora balchiq bilan davolash sanatoriylari. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari Maorifi boshlangʻich, toʻliqsiz oʻrta va umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan iborat. Oʻrta maxsus taʼlim oʻquv yurtlari turli kasblarni oʻrgatadi. T.da bir qancha oliy oʻquv yurti, jumladan, Ashxobodda T. universiteta, politexnika, qishloq xoʻjaligi., pedagog, sanʼat, tibbiyot, xalq xoʻjaligi va boshqa institutlar, Turkmanobodda pedagogika instituti mavjud.institutlar uning tarkibidagi institutlardan tashqari Sil kasalliklari instituti, Koʻz kasalliklari instituti, Nevrologiya va fizioterapiya instituti, Radiologiya va rentgenologiya instituti, Onkologiya instituti, Chorvachilik va veterinariya instituti, Tuproqshunoslik instituti va boshqa ilmiy muassasalarda olib boriladi. T.da T. davlat kutubxonasi bir qancha teatr, sirk, 15 davlat muzeyi, shu jumladan, Ashxobodda T. tarixi muzeyi, tasviriy sanʼat muzeyi, „Nisa“ tarixiymadaniy qoʻriqxona va boshqa madaniymaʼrifiy muassasalar mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi T.da 20 ta gaz. va jurnali, jumladan, rus tilida „Neytralnoʻy Turkmenistan“ („Betaraf Turkmaniston“), turkman tilida „Turkmenistan“ gaz.lari nashr etiladi. T.davlat axborot agentligi (TURKMANPRESS), T. milliy teleradiokompaniya faoliyat yuritadi. T.da muntazam radioeshittirish 1927-yildan, televizion koʻrsatuvlar 1959-yil noyabrdan boshlangan. Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyotidan boshlangan. Oʻrta Osiyo xalklarining mushtarak asari boʻlmish „Kitobi dadam Qurqut“ oʻgʻuz elati hayotini tasvirlaydi. „Shohsanamgʻarib“, „Sayot va Hamro“, „Goʻroʻgʻli“, „Layli va Majnun“, „Yusuf va Zulayho“ kabi dostonlarning turkman variantlari keng tarqalgan. 18-asrda turkman shoirlari nazm tilini xalq tiliga yaqinlashtirdilar. Mahtumquli adabiyetda yangi yoʻnalishni boshlab berdi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Durdi Shoir, Saidiy, Ziloliy, Misqinqilich, Andalib, Shaydoiy, Ozodiy, Gʻoyibiy, Kamina turkman adabiyoti rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 19-asrda yashab ijod etgan turkman shoirlari ijodida lirika yetakchi janr boʻldi. Asl muhabbatni madh etuvchi „Zuhro va Tohir“ dostonining muallifi Mullanafas turkman adabiyotidagi lirika janrining yorqin namoyandasidir. 20-asr 20-yillarida badiiy nasrchilik rivojlana boshladi. Shoir va yozuvchilardan Yoqub Nosirli, B. Kerboboyev, N. Sarixonov, A. Durdiyev, X. Deryayev, dramaturglardan A. Karliyev, B. Omonov va boshqa adiblar hikoya, qissa, roman va pyesalarida xalq hayoti, quvonch va tashvishlarini haqqoniy tasvirlashga intildilar. 1934-yil T. yozuvchilar uyushmasi tashkil etildi. 1928-yildan yozuvchilarning oylik adabiybadiiy jurnali nashr etila boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillari turkman adiblari bosqinchilarga qarshi xalq nafratini ifodalovchi nazmiy va nasriy asarlar yaratdilar. Jumladan, Yo. Nosirlining „Leytenantning oʻlimi“, P. Nurberdiyevning „Vatanparvar chol“ dostonlari, K,. Seytliyevning sheʼrlari, D. Xoldurdining „Oqxalatli qiz“ dostoni va boshqa asarlarda urush va turkman xalqining front orqasidagi fidoiyligi oʻz aksini topgan. Urushdan keyingi turkman adabiyotida tinchlik uchun kurash, odamlar oʻrtasidagi munosabat asosiy mavzu boʻldi. 50-yillarda A. Otajonov, M. Saidov, K. Qurbonnapasov, A. Xaydov va boshqa adabiyotga kirib keldilar. 60—70-yillardan yirik nasriy asarlar adabiyetda yetakchi oʻrin egalladi. Qilich Quliyevning „Qora karvon“, Beki Seytoqovning „Birodarlar“, X. Deryayevning „Qismat“ romanlari va boshqa yaratiddi. B. Kerboboyev, X. Ismoilov, M. Garriyev, K. Tangriquliyev, A. Boymurodovlar bolalar adabiyetiga qiziqarli asarlari bilan hissa koʻshdilar. 20-asrning 2yarmida yirik nasriy asarlar adabiyetda yetakchi oʻrin egalladi. B. Xudoynazarov, A. Kurbonov, O. Okmamedov, Ya. Mametyev, T. Jumageldiyev va boshqa adiblarning romanlari bosilib chikdi. A. Murodov, U. Abdullayev, J. Allakov, R.Rajabovlar adabiyotshunoslik va adabiy tanqid sohasida barakali ijod qildilar. Boshqa xalqlar adiblari, jumladan, oʻzbek yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini turkman tiliga tarjima qilishga katta ahamiyat berib kelindi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Turkmaniston hududida qad. manzilgoxlar (Ashxobod yaqinidagi Jaytun va Passajiktepa) qoldiqlari saqlanib qolgan. Bundan tashkari, yirik qishloklarning qoddiqlarini ham uchratish mumkin (Namozgohtepa, Ulugʻtepa, Oltintepa). Turli davrlarda mustahkam devorlar bilan oʻralgan shaharlar (Marvdagi Erkqalʼa, Kaushut yaqinidagi Elkentepa) vujudga kelgan. Mil. 5— 7-asrlarda xom gʻisht va paxsadan qoʻrgʻonlar, 2 qavatli koʻshklar qurildi. 11 — 12-asrlarda shaharlarda masjid, Madrasa, karvonsaroy, timlar, maqbaralar, turar joy mahallalari barpo etildi (Abu Sayd maqbarasi, Abulfazl maqbarasi va boshqalar). Pishiq gʻishtdan mahobatli imoratlar qurilib, tomi gumbaz shaklida ishlana boshladi. 12-asrda binolarni bezashda bir tomoni sirlangan gʻisht va koshindan foydalanish rayem boʻldi. Maqbaralar oʻziga xos meʼmoriy shaklda bunyod etilgan. Marvdagi Sulton Sanjar matsbarasi, Koʻhna Urganchdagi Najmiddin Kubro maqbarasi, Faxriddin Roziy matsbarasi, Sulton Takash maqbarasi va boshqa sirkorlik va naqshkorlik usulida serhasham bezatilgan. Marvdan Xorazmga borish yoʻlidagi Oqchaqalʼa, Choshqalʼa, Doyaxotin karvonsaroyi ichki hovlisining 4 tomoni peshayvonli qilib qurilgan. 14—15-asrlarda Temuriylar davri meʼmorligiga xos mahobatli va peshtokli binolar qurila boshladi. 19-asr 2yarmida Krasnovodsk, Ashxobod, Chorjoʻy, Bayramali, Qizilarvot kabi yangi shaharlar paydo boʻldi. Ammo koʻchmanchi qabilalar hamon kigiz oʻtovda yashar edi. 20-asrning oʻrtalaridan turkman meʼmorlari uyjoy qurilishida issiq iklim sharoitini qisobga ola boshlagan boʻlsalar, 1948-yil Ashxobod zilzilasidan soʻng shaharsozlikning T. uchun alohida usullarini ishlab chiqdilar. 60—70-yillar meʼmorligida sodda shakllarga intilish kuchaydi, 70— 80-yillarda meʼmorlik bilan bezak sanʼatini birga qoʻshib, atrofdagi manzaraga moslashuv tamoyillari ustunlik qila boshladi (A. Ahmedov va F. Ahmedov rahbarligida ijodiy jamoalar loyihalagan „Ashxobod“ mehmonxonasi, „Ayna“ restorani, Davlat banki, Qurilish banki binolari). Badiiy hunarmandlikda kulollik (8-asrdan qolipaki naqshlangan sirsiz sopol idishlar), badiiy toʻquv, zargarlik, gilamdoʻzlik rivojlangan. Ayniqsa, 18—20-asrlarda geometrik shaklli naqshlar bilan bezatilgan kizil, jigarrang, taka, salor, yovmut gilamlari badiiy kimmati bilan mashhur boʻlgan. Zamonaviy tasviriy sanʼat T.da 19-asrning 2yarmida paydo boʻla boshladi. N.N.Karazin, K.S.Mishin, Nazar Yovmutiy turkmanlar turmushining ijtimoiy jihatlarini ifodalashga harakat qildilar. 20-asrning 20-yillarida „Sharq sanʼati zarbdor maktabi“ ochilgach, T.da professional badiiy taʼlim yoʻlga qoʻyildi. Shu maktabda tahsil olgan B. Nurali, S.N.Beklarov, keyinchalik ularning safiga qoʻshilgan Yu.P.Daneshvar, I. Klichev, A. Hojiyev, A. Quliyev, N. Xoʻjamuhamedov, A. va Ch. Omongeldiyevlar tasviriy sanʼatni rivojlantirishga muhim hissa qoʻshdilar. 20-asrning 2yarmida turkman badiiy sanʼatida grafika, dastgoh gravyurasi, natyurmort, avtoportret, teatr va kino bezakchiligi kabi janrlar rivoj topdi. Istiklol yillari T. tasviriy sanʼatida milliylikka eʼtibor kuchaydi. Dastgoh rangtasviri, grafika, maxrbatli haykaltaroshlik rivojlandi. Keksa avlod vakillaridan I. Kdichev, A. Almamedov, shuningdek, Sh. Akmuhammedov, A. Muhammedov, Ya. Bayramov, J. Amandurdiyev, Ch. Amandurdiyev, G. Guseynov, A. Murodaliyev, K. Nurmurodov va boshqa samarali ijod qilmoqdalar. Chunonchi, Sh. Akmuhammedov ijodida oʻtmish bilan hozirgi kunning uzviy bogʻliqligini koʻrsatish, milliy estetik tamoyillarni ifodalash, Ya. Bayramov ijodida dadil novatorlik, atrof muhitni, umuman hayotni falsafiy talqin qilishga intilish seziladi. 1939-yil T. Rassomlar uyushmasi va 1994-yil Milliy Badiiy akademiya tashkil etilgan. Musiqasi Anʼanaviy shakllari qad. ironii elatlar musiqa ijodi hamda turkoʻgʻiz qabilalarining musiqa anʼanalari negizida qaror topgan. Parfiya poytaxti Niso, Margʻiyona poytaxti Marv, Saraxsdan topilgan arxeologik yodgorliklari islomgacha boʻlgan musiqa madaniyati (musiqa cholgʻulari) haqida tasavvur beradi. Saljuqiylar davlati davri (11—12-asrlar)da turkmanlarning musiqa madaniyati ravnaq topdi. Turkman xalq qoʻshikdari orasida dehqon jamoalari hayotiga xos mavsum marosim qoʻshiqlari („Yilan oyni“, „Chemche gelin“, „Ximmil“, „Xeshelle“ va boshqalar), shuningdek, oilaviy marosim va maishiy („Xushroy“, „Edemekrem“, „Oʻlan“, „Azadi“, „Chapak“, „Zikir“, „Xuvdi“, „Agi“) qoʻshiqlari, bayram va sayillarda ayollar ijro etadigan „Lyale“, „Mavrike“ kabi janrlar keng oʻrin olgan. Musiqa cholgʻulari orasida qad. xizlavuk, juljul, gopuz (changqoʻbiz) hamda puflama tuyduklar, doirasimon deprek, dutor va gʻijjaklar mavjud. Ayniqsa, turkman dutor kuylari (Qirqlar, Saltikdar, Muqamlar) shakli murakkabligi, nolalarga boyligi bilan ajralib turadi. Milliy professional musiqa yoʻllari turkman baxshi va sozandalar ijodida namoyon boʻladi. Baxshilar dutor (dutor va gʻijjak, baʼzida gargituyduklar) joʻrligida qahramonlik va ishqiy mavzudagi („Goʻroʻgʻli“, „Nejeb oʻgʻlon“, „Sayot va Hamro“, „Shohsanam va Gʻarib“ kabi) dostonlarni mahorat bilan, maxsus kuylash usullaridan keng foydalanib ijro etadilar. 1929-yil Ashxobodda badiiy texnikum musika boʻlimi bilan birga ochildi (1935-yildan musiqa bilim yurtiga aylantirilgan). Ilk turkman kompozitorlari A. Kuliyev, V. Muxatov, D. Ovezovlar yetishib chikdi. 1929-yil simfonik orkestr, 1934-yil xor, 1941-yil Opera va balet teatri tashkil etildi. 1941—45 yillarda „Zuhro va Tohir“, „Shohsanam va Gʻarib“ operalari, „Aldar koʻsa“ baleti yaratildi. Kompozitor A. Shaposhnikov bilan V. Muxatovning „Kamina va qozi“ hajviy operasi, M. Ravich bilan N. Muxatovning „Zoʻraki tabib“ baleti, A. Quliyev, A. Shaposhnikov, V. Ahmedovning orkestr uchun yozgan konsertlari 50—60-yillardagi turkman musiqasining yutugʻi boʻldi. 70—80ylarda turkman musiqasi uslubida yangi siljish sodir boʻldi. Kompozitorlardan Ch. Nurimov („Garmselning oʻlimi“, „Qoʻhitang fojiasi“ baletlari, simfonik konsertlari), N. Xolmamedov (vokal qoʻshiklari), A. Agajikov („Soʻna“ va „Taxdikali tun“ operalari, „Feruza“ baleti), R. Ollayorov (oratoriya va simfoniyalari) yangi ifoda usullaridan foydalandilar. Ch. Ortiqov, D. Nuriyev kabi yosh kompozitorlar ijod kila boshladi. Ijrochilar orasida dirijyor X. Allanurov, xonandalardan A. Annaquliyeva, M. Quliyeva, M. Shaxberdiyeva, raqqos va raqqosalardan G. Musayeva, A. Pursiyanovlar mashhur. Ashxobod va Toshhovuzda musiqali drama teatrlari, Ashxobodda Milliy konservatoriya, Ashxobod, Mari va Turkmanobodda musiqa va sanʼat bilim yurtlari, turli shaharlarda musiqa maktablari bor. Teatri 1918-yildan havaskor teatr toʻgaraklari tuzila boshladi. 1926-yil dastlabki millim drama studiyasi tashkil etildi. Unda dramaturglar K. Burunov, A. Kaushutov, rejissor Yu. Alimzoda dare berdilar, Suray Murodova, A. Qulmamedov, K. Berdiyev, O. Durdiyeva, K. Qulmurodov va boshqa aktyorlar tahsil oldilar. 1929-yil shu studiya negizida turkman teatri (xoz. Mullanafas nomidagi drama teatri) barpo etildi. Unda B. Kerboboyevning „Yuksalish“, A. Karliyevning „Ayna“ pyesalari va chet el dramaturglarining asarlari sahnalashtiriddi. Mari, Karki, Qizilarvot va boshqa shaharlarda yangi teatrlar ochildi. 20-asrning 2yarmida turkman teatrlarida G. Muxtorov, K. Seytliyev, B. Omonov, Q. Quliyev, A. N Ostrovskiy, U.Shekspir pyesalari qoʻyildi. Teatr jamoalari orasida Ashxoboddagi yosh tomoshabinlar teatri, Maridagi Kamina nomli drama teatri, Turkmanoboddagi musikali drama teatri, sanʼat arboblaridan B. Omonov, A. Durdiyev, M. Cherkezov, M. Kirillov, S. Otayeva, T. Gʻafurova, N. Suyunova, M. Aymedovalar mashhur. Kinosi 1926-yil kinofabrika tashkil etildi, keyinchalik u „Turkmanfilm“ga aylantirildi (hozirgi A. Karliyev nomidagi kinostudiya). Shu yerda dastlabki hujjatli filmlar — „Oq oltin“ (1929, rejissor A. Vladichuk), „Choʻlda birinchi“ (1932, rejissor M. Bistritskiy), „Misli koʻrilmagan voqea“ (1936) yaratildi. Dastlabki badiiy filmlar — „Unutib boʻlmaydi“ (1931, rejissor D. Poznanskiy), „Yetti yurak“ (1935, rejissor N. I. Tixonov), „Men qaytaman“ (1935, rejissor A. Ledashchev), „Dursun“ (1940, rejissor Ye. IvanovBarkov) ekranga chiqarildi. 40—50-yillarda yaratilgan filmlar („Olisdagi kelin“, „Keksa Ashirning hiylasi“, „Oila nomusi“, „Birinchi imtihon“) muvaffaqiyat qozonmadi va tanqidga uchradi. 60-yillarda voya ga yetgan X. Narliyev, K. Yazxonov, M. Qurbonklichev, Ya. Saidov, M. Suyunxonov kabi yosh rejissorlarning ijodi kinematografiyani jonlantirdi. B. B. Mansurovning „Musobaqa“ filmi (1964) goyaviy yetukligi, ifoda vositasining taʼsirchanligi bilan ajralib turadi. Unda murakkab insoniy muammolar tarixiy voqealar asosida hal etilgan boʻlsa, oʻsha rejissorning „Chanqovni bosish“ filmida (1967) mazkur muammolar zamonaviy voqeliqda ifodalab berilgan. „Mahtumquli“ (1968) va „Maqom sirlari“ (1974) filmlari tarixiy shaxslarga bagʻishlangan. X. Narliyevning „Qoraqum, soyada 45°“ (1983) filmida gazchilarning hayoti tasvirlangan. Yosh rejissor X. Kakaboyevning „Otam qaytsinchi, kurasan“, X. Narliyevning „Jamol daraxti“ filmlari turkman kinematografiyasining soʻnggi yillardagi yutuqla]ei jumlasiga kiradi. Oʻzbekiston — Turkmaniston adabiy va madaniy aloqalari Oʻzbek va turkman xalqlari azaldan iqtisodiy, madaniy va adabiy aloqada boʻlib kelganlar. Alisher Navoiyni turkman xalqi Mir Ali nomi bilan tanigan, uning asarlari shoir hayot chogʻidayoq turkmanlar orasida mashhur boʻlgan. Navoiy gʻazallarini turkman baxshilari hozirgi kungacha ham kuylab keladilar. Xiva madrasalarida tahsil olgan turkman mumtoz shoirlari Ozodiy, Mahtumquli, Andalib Navoiyni oʻzlariga ustoz deb bilganlar. Ayni paytda Mahtumqulining sheʼrlarini bilmagan va kuylamagan oʻzbek xrfizi yoʻq desa boʻladi. Andalib oʻzining „Layli va Majnun“, „Yusuf va Zulayho“ dostonlarini Navoiy va Durbek asarlaridan taʼsirlanib yozgan. Mahtumqulining tanlangan sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida bir necha marta nashr etildi. Gʻafur Gʻulom va Berdi Kerboboyev, Abdulla Qahhor va Beki Seytoqov, Zulfiya va Tovshan Esanova, Asqad Muxtor va Qora Seytliyev kabi oʻzbek va turkman yozuvchishoirlari oʻrtasidagi doʻstlik adabiy aloqalar tarixida muhim oʻrin egallaydi. B. Kerboboyevning „Dadil qadam“, „Oysulton“, „Nebitdogʻ“ romanlari, X. Deryayevning „Qismat“ romanepopeyasi, Mullanafas, Andalib, Kamina, B. Kerboboyev sheʼrlari, Ota Kavshutovning „Nebitdogʻ etaklarida“ romani, Q. Quliyevning „Qora karvon“ romani, T. Togʻanovning „Durlar xazinasi“ qissasi va boshqa asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Turkman dramaturgiyasining „Mahtumquli“ (B. Kerboboyev), „Oila nomusi“, „Kim aybdor?“ (X. Mutalov) singari namunalari oʻzbek teatrlarida sahnalashtirilgan. Oʻz navbatida, H.X,.Niyoziyning „Boy ila xizmatchi“, A. Qaxdorning „Shohi suzana“, B. Rahmonovning „Yurak sirlari“, Sayd Ahmadning „Kelinlar qUzgʻoloni“ pyesalari turkman teatrlarida namoyish qilindi. Turkman adiblarining (B. Kerboboyev, J. Orazov, B. Seytokrv, O. Otajonov va boshqalar) Oʻzbekiston, oʻzbek shoir va adiblarining (Gʻ.Gʻulom, Shayxzoda, Mirtemir) Turkmaniston mavzuidagi asarlari muhim. Havolalar Sayoxat znachit puteshestvie  — Fotografii Turkmenistana, Uzbekistana, Kazaxstana Oʻrta Osiyo BMT aʼzolari
26,154
3277
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jazoir
Jazoir
Jazoir Demokratik Xalq Respublikasi (, Al-Jumhuriyatu l-Jazoiriyatu d-Dimuqrotiyatu sh-Shaʼbiya) — Afrikaning shim,-gʻarbidagi davlat, Magʻrib mamlakatlaridan biri. BMT aʼzosi Mayd. 2381,7 ming km. Aholisi — 37,9 mln. kishi (2013). Poytaxti — Jazoir shahri. Jazoir hududi maʼmuriy jihatdan 47 viloya (viloyat) va Katta Jazoir poytaxt okrugiga boʻlinadi. Davlat tuzumi Jazoir — respublika. Amaldagi konstitutsiya 1996-yil 28-noyabrdagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (1999-yildan A. Buteflika). U umumiy va toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 1-marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali Milliy xalq majlisi. Ijrochi hokimiyat — prezident boshchiligidagi Vazirlar kengashi. Tabiati Jazoir Atlas togʻlarining markaziy qismida va Sahroi Kabirda joylashgan. Oʻrta dengiz sohili subtropik, qolgan qismi tropik mintaqada. TelAtlas, Sahroi Kabir Atlasi tizmalari, Ores va Varsenis togʻlarini chuqur daralar kesib oʻtgan. Togʻ oralaridagi tekislik va platolarda shoʻr kul (sebx)lar, Shimoli-sharqdagi katta past-tekislikda qumliklar uchraydi. Janubi-sharqda zinapoyasimon platolar bilan oʻralgan Axaggar vulqon togʻligi (Taxat choʻqqisi 3005 m) joylashgan. Qumli (Katta Gʻarbiy Erg, Katta Sharqiy Erg, Igidi, Shesh va boshqalar) va toshloq, katta choʻllar bor. J.da neft, tabiiy gaz, uran, temir, qoʻrgʻoshin va rux rudalari, fosforit, simob qazib olinadi. Jazoir neft zaxirasi boʻyicha Afrikada 3-oʻrinda (200 ga yaqin neft va gaz konlari bor). J.ning shimolda iqlim subtropik, Oʻrta dengiz iqlimi, qishi seryomgʻir, iliq, yozi issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi sohilda 12°, togʻ oraligʻidagi tekisliklarda 5°, iyulniki 25°. Eng yuqori tempatura hamma joyda 40° dan baland. Yozda quruq shamol va qattiq qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Noyabr-yanvarda yogʻingarchilik koʻproq boʻladi. Yillik yogʻin Tel-Atlasda 400-800 mm, Kabiliya togʻlarida 1200 mm gacha. Qishda qor togʻ choʻqqilarida 10—20 kungina saqlanib turadi. Sahroi Kabir qismida iyulning oʻrtacha tempaturarasi 30°, yillik yogʻin 200-400 mm. Sahroi Kabirda choʻl iqlimi, yillik yogʻin 50 mm dan kam. Tempaturaning sutkalik farqi 30° ga yetadi. Qumli boʻron boʻlib turadi. Quruq daryo oʻzanlari — vodiy koʻp. Eng kattasi — Shalif (uz. 700 km). Daryolarda qisqa vaqtli toshqinlar boʻlib turadi. J.ning shimoldagi vodiylarda toʻgʻon, suv omborlari va GESlar qurilgan. Sugʻorishda foydalaniladi. Sahroi Kabirda yer osti suvlarining zaxirasi katta. Shimoliy J.da jigarrang tuproqlar, balandlik mintaqalarida esa jigarrang va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari tarqalgan. Togʻ etaklarida shoʻrxoklar uchraydi. Sahroi Kabirda toshloq choʻl tuproqlari, shamolda koʻchib yuruvchi qumlar bor. Sohillarda Oʻrta dengizga xos oʻsimliklar, togʻlarning 800-1000 m balandliklari oraligʻida doimiy yashil butazorlar, zaytun, xandon pista, undan yuqorida poʻkak daraxti, dub, qaragʻay, archa, sarv va b. oʻsadi. 1500-2000 m balandlikda tuyya va archazorlar, 2000 m dan yuqorida kedrzorlar bor. TelAtlasdan janubda chala choʻl oʻsimliklari, Sahroi Kabir qumlarida shoʻra, efemer oʻsimliklar oʻsadi. Arslon, qoplon, gʻizol, tuyaqush, baklanning koʻpi qirib yuborilgan. Shimoliy Jazoirda maymun, toʻngʻiz, quyon, Sahroi Kabirda sirtlon, chiyaboʻri, tulki, gʻizol va jayronlar uchraydi. Kemiruvchilar, yirtqich qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar (chigirtka) va b. koʻp. Aholisi asosan jazoir arablari (83 %) va barbarlardan iborat. Yevropaliklar ham bor. Shahar aholisi — 51,7 %. Rasmiy tili — arab tilining jazoir lahjasi. Arab va barbarlar islom dinining sunna mazhabida. Yirik shaharlari: Jazoir, Vahron, Qusantina, Annoba. Tarixi Jazoir hududidan topilgan quyi va oʻrta paleolit davriga mansub tosh qurollar bu yerda 300—400 ming yil ilgari ibtidoiy odamlar yashaganidan dalolat beradi. Mil. av. 12-asrda finikiyaliklarning birinchi manzilgohlari paydo boʻlgan. Mil. av. 3-asrda Jazoir hududida vujudga kelgan Numidiya davlatida shaharlar qurilgan, dehqonchilik rivojlangan. Keyinchalik u Rimning bir mil. av. 46 yil). Rimliklar hukmronligi vaqtida lotin tili, 2-asrdan xristian dini tarqaldi. 5-asrda Jazoir hududini vandamar, 6-asrda vizantiyaliklar egallagan. 7-asrda Jazoir Arab xalifaligi tarkibiga qoʻshib olindi. Barbarlar islom dinini qabul qildi. 8-asrga kelib, Magʻribda bir necha sultonliklar Arab xalifaligidan ajralib chiqdi. Bulardan eng yirigi xorijiylar imomatlpgp edi. Keyinchalik bu yerda fotimiylar, ziyoriylar, hammodiylar davlati vujudga keldi. 11-asrda ikki yirik arab qabilasi (Banu Hilol va Banu Sulaymon)ning Jazoirga kirib kelishi arablashtirishni tezlashtirdi. Mamlakatning gʻarbiy qismida Al-Murobitun, keyinchalik Al-Muvahhidun davlati paydo boʻldi. 16-asr boshlarida Jazoirning qirgʻoqboʻyi shaharlarini ispanlar bosib oldi. Jazoir zamindorlari mamlakatni himoya qilishda „dengiz qaroqchilari“ deb nom chikargan aka-uka Barbarossaaan yordam surashdi. Lekin Xayruddin Barbarossa (1519—46 yillar xukmronlik qilgan) harbiy tartib oʻrnatib, oʻzini turk sultonining noibi deb eʼlon qildi. 16-asrning 2-yarmida Jazoir Usmonli turk saltanatining qirolligi (viloyati)ga aylantirildi. Yuqori tabaqa vakillari tomonidan saylangan dey (yoʻlboshchi) Bobo Ali turklarga boj toʻlamay, mustaqil boʻlib oldi (1711). Yevropa davlatlari Jazoir mustaqilligini tan olib, u bilan shartnoma tuza boshladilar. Lekin fransuzlar dey armiyasini yengib (1830), mamlakat poytaxti — Jazoirni egalladi. Mamlakat ichkarisida amir Abdulkrdir boshchiligidagi kabilalar fransuzlarga qattiq qarshilik koʻrsatdi. Lekin bu harakat bostirildi. Fransiya hukumati yevropaliklarga Jazoir yerlaridan foydalanishga ruxsat berdi. Mamlakatda yevropalik ishchilar, xizmatchilar va ziyolilar soni orta boshladi. Ammo mahalliy aholining siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va yevropaliklar tuzgan tashkilotlarga aʼzo boʻlishi man qilingan edi. 20-asr boshlarida yosh jazoirliklar harakati boshlandi. Bu harakat qatnashchilari jazoirliklarga Fransiya fuqarolarining siyosiy huquqlari berilishini talab qildilar. Birinchi jahon urushi yillarida jazoirliklar Fransiya armiyasiga safarbar qilindi, bu esa mahalliy aholi noroziligini yanada kuchaytirdi. Mustamlakachilar hukumati ozodlik harakati tazyiqi ostida ayrim jazoirliklarga (sarmoyador, mansabdor va yer egalariga) oʻzini oʻzi boshqarish organlariga saylovda ishtirok etishlariga rozilik berdi (1919). 1926-yil Fransiyadagi jazoirlik ishchilarning koʻpchiligi „Shimoliy Afrika yulduzi“ nomli milliy inqilobiy tashkilotga birlashdi. Lekin bu tashkilot 1929-yildan Parijda, 1936-yildan J.da yashirin ishlashga majbur boʻldi. 1931-yil tuzilgan Ulamolar uyushmasi madaniyat va taʼlimning arab tilida olib borilishini talab qilib chiqdi. Natijada mahalliy aholi birmuncha siyosiy erkinliklarga, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga aʼzo boʻlish huquqiga ega boʻldi. Siyosiy tashkilotlar J.ni tinch yoʻl bilan demokratlashtirish tarafdorlari tashkiloti — Musulmonlar Kongressi (1936-yil tuzilgan)ga birlashdi. Ammo Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan mamlakatda reaksiya kuchayib, bir necha partiyalar faoliyati taqiqlab qoʻyildi. Mamlakatda ishsizlar tobora koʻpaydi. Bu esa mustamlaka tuzumiga karshi norozilikni yanada kuchaytirdi. 1947-yil Jazoirning togʻli joylarida partizan otryadlari (fidoyilar) paydo boʻldi. 1954-yil martda „Birlikda harakat qilish inqilobiy qoʻmitasi“ tuzilib, keyinchalik u Milliy ozodlik fronti (MOF)ga aylantirildi. MOF sekin-asta qurolli qoʻzgʻolonga tayyorlandi. 1954-yil 1-noyabr da qoʻzgʻolon boshlandi. Fransiya hukumati qoʻzgʻolonni bostirish uchun J.dagi armiyasining sonini koʻpaytirdi. Jazoir Milliy ozodlik armiyasi (JMOA, 1954-yil tuzilgan) barcha vatanparvarlar bilan birlashib, mustamlakachilarga qattiq qarshilik koʻrsatdi. 1958-yilda JMOA rahbarlari bilan Marokash va Tunis hukmron partiyalari vakillari ishtirokida Tanjer va Tunis shaharlaridagi anjumanda tuzilgan Jazoir Respublikasining Muvaqqat hukumatini Osiyo va Afrikaning koʻpgina davlatlari tan oldi. J.dagi milliy ozodlik kurashini bostira olmagan Fransiya xukumati yon berishga majbur boʻddi. 1962-yil 18-martda Evian sh.da tuzilgan shartnomaga muvofiq urush harakatlari toʻxtatilib, Fransiya Jazoirdan oʻz armiyasini, Sahroi Kabirdan harbiy bazalarini olib ketdi. 1962-yil oʻtkazilgan saylovda Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. Respublikaning birinchi hukumatini Axmad Bin Bella boshqardi. 1963-yil avgust konstitutsiyasiga binoan prezidentlik va yakka partiyalik tizimi joriy qilinib, Ahmad Bin Bella prezident deb eʼlon qilindi. Shundan soʻng teskarichi kuchlar qoʻzgʻolon uyushtirdi va bu qoʻzgʻolon vaqti-vaqti bilan 1965-yilgacha davom etdi. Agrar islohot oʻtkazilishining choʻzilib ketishi, mamlakatda ishsizlik koʻpligi natijasida aholi oʻrtasida hukumatga qarshi norozilik paydo boʻldi. 1965-yil 19-iyunda armiya Bin Bellani hokimiyatdan chetlatdi. Hokimiyat Inqilobiy Kengash qoʻliga oʻtdi va Xuari Bumiddin rahbarligida yangi hukumat tuzildi. Inqilobiy Kengash Amerikaning neft trestlari ustidan nazorat oʻrnatdi (1967), Fransiyaning 12 bankidan 11 tasini (1968) va chet el (asosan Fransiya) sanoat kompaniyalarini davlat ixtiyoriga oldi. 1979-yildan buyen prezident lavozimini egallab kelgan Sh. Binjadid 1992-yilda isteʼfoga chiqdi. 1995-yil 16-noyabrda oʻtkazilgan saylovda Liamin Zerual, 1999-yil 15-aprelda oʻtkazilgan saylovda Abdulaziz Buteflika prezident etib saylandi. Jazoir — 1962-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 30-iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1-noyabr — Inqilob kuni (1954). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari 1989-yilgacha Milliy ozodlik fronti mamlakatdagi birdan-bir partiya edi. Oʻsha yili boshqa partiyalarning faoliyatiga ham ijozat berildi. Asosiy partiyalari: Milliy ozodlik fronti, 1954-yil tuzilgan; Sotsialistik kuchlar fronti; 1963-yilda tuzilgan; Madaniyat va demokratiya uchun birlashma, 1989-yilda asos solingan;Jazoir bayrogʻi. Milliy demokratik birlashma, 1997-yilda tuzilgan; „AnNaxda“ harakati, 1990-yilda tashkil etilgan; Islom najot fronti, 1989-yilda asos solingan; Tinchlik uchun kurashuvchi jamiyat harakati, 1990-yilda tuzilgan, 1997-yilgacha Islom jamiyati harakati deb atalgan; Milliy islohotlar harakati, 1999-yilda asos solingan. Jazoir mehnatkashlari umumiy ittifoqi kasaba uyushmasi 1956-yilda tuzilgan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkiloti va Arab kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi aʼzosi. Xoʻjaligi Jazoir — sanoati (xususan kon sanoati) nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 37,7 %, qishloq xoʻjaligining ulushi — 14,9 %. Jazoir Afrika mamlakatlari ichida tabiiy gaz chiqarish, uzum yetishtirish va vino tayyorlashda, neft qazib olish, bugʻdoy, arpa yetishtirish va zaytun moyi tayyorlashda, sitrus mevalari yetishtirishda yetakchi oʻrinda turadi. Jazoir mustaqillikka erishgandan soʻng iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirish yoʻliga oʻtdi. Iqtisodiyotda davlat sektori ustun mavqeni egallaydi (yalpi ichki mahsulotning salkam 80 %). Ammo davlat korxonalarining aksariyati oʻz quvvatining 40—50 % atrofida ishlaydi. Yengil va oziq-ovqat sanoatida xususiy sarmoya ustun — 70— 90 %, qurilishda 60 %, xizmat koʻrsatish, ulgurji va chakana savdoda 80 % gacha. Sanoatda neft (yiliga oʻrtacha 35 mln. tonna), gaz (163 mlrd. m3), temir rudasi, fosfat va rangli metallar qazib olish va ularni qayta ishlash yetakchi tarmoqlarga aylangan. Temir va qoʻrgʻoshin rux rudalari, toshkoʻmir, birmuncha miqdor mis rudasi ham qazib olinadi. Bir yidda 17,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqarish sanoati metallurgiya, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika tarmoqlari, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Oziq-ovqat, ayniqsa vinochilik, tamaki, konserva sanoati, zaytun yogʻi ishlab chiqarish rivojlangan. Toʻqimachilik, metall ishlash korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, sholi, javdar, makkajoʻxori va b. don ekinlari ekiladi. Ammo tabiiy sharoitlari gʻoyat qulay boʻlishiga qaramay, qishloq xoʻjaligi mamlakat oziq-ovqat ehtiyojining atigi ʻ/3 qismini taʼminlaydi. Yiliga donli ekinlar hosili 4—5 mln. tonnani tashkil etadi. J.da sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi. Vohalarda tokzor, zaytunzor va xurmozorlar bor. J.da qoramol (1,5 mln.ga yaqin), qoʻy (15 mln.), echki, tuya boqiladi. Baliqchilik rivojlangan. Poʻkakbop dub poʻstlogʻi, eng yaxshi nav qogʻoz ishlab chiqarishda ishlatiladigan alfa oʻti (dunyoda 1-oʻrin) terib olish yoʻlga qoʻyilgan. 1980-yillar oxiridan mamlakatda xoʻjalikni bozor iqtisodiyoti iziga koʻchirishga kirishiddi. Islohot doirasida davlat xoʻjaliklarining mustaqilligi kengaytirildi, ularning bir kismi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi va xususiy kishilar qoʻliga berildi. Xorijiy sarmoyani faol jalb etish siyosati olib borildi. Agrar islohat oʻtkazilishi natijasida sotsialistik tipdagi davlat xoʻjaliklari tarqatib yuborildi va ular oʻrnida 22 mingga yaqin mayda koperativlar tuzildi. Yerlarning bir qismi yakkahol dehqonlarga topshirildi. Transportida temir yoʻl muhimahamiyatga ega (4,3 ming km, shundan 240 km elektrlashtirilgan). Asosiy temir yoʻl magistrali Ujda (Marokash) — Vahron — Jazoir — Qusantina — Gardimav (Tunis). Avtomobil yoʻllarining uz. 88 ming km. Asosiy magistral sohil boʻylab ketgan. Neft va gaz quvurlari bor. Dengiz transporti tashki savdo uchun xizmat qiladi. Muhim dengiz portlari: Jazoir, Vahron, Annoba, Bajoiya, Arzev. Havo transporti rivojlangan. 31 ta aerodrom bor. Xalqaro ahamiyatga ega aeroportlari Jazoir, Annoba va Vahron shaharlarida. Jazoir chetga neft, gaz, vino, sitrus mahsulotlari, tamaki, poʻkak, qogʻoz va b. chiqaradi. Chetdan mashinalar, sanoat uskunalari, oziq-ovqat (don, sut, goʻsht), kiyim-kechak va b. keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya. Pul birligi — dinor. Sogʻliqni saqlash. 1974-yildan mamlakatda bepul tibbiy xizmat joriy etilgan. 40 mingdan ortiq oʻrinli 200 ga yaqin kasalxona va tibbiy muassasa bor. Mamlakatda 7,6 ming shifokor ishlaydi. Shifokor va dorishunoslar Jazoir universitetida tayyorlanadi. Oʻrta malakali tibbiy xodimlarni 20 tibbiyot maktabi yetishtirib chiqaradi. Universitetlarning tibbiyot fakultetlarida, sogʻliqni saqlash, gigiyena, tropik oftalmologiya, stomatologiya ilmiy tadqiqot institutlarida tibbiyotga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. Jazoir mustaqillikka erishgach, maorif sohasida katta yutuqlarga erishildi. 7 ta universitet, 170 ta boshqa oliy oʻquv yurtlari, 700 ta hunar-texnika taʼlimi markazlari bor. Mamlakatdagi umumtaʼlim maktablarida 260 mingdan ortiq oʻquvchi, oliy oʻquv yurtlarida 200 ming talaba taʼlim oladi. Eng yirik kutubxonasi — Jazoir sh.dagi Milliy kutubxona (1 mln.ga yaqin asar). Yirik muzeylari — Jazoir Milliy muzeyi (1930), Antik dunyo yodgorliklari milliy muzeyi (1897) va b. Asosiy ilmiy muassasalar Jazoir sh.da. Yadro tadqiqot instituti (1966), Okeanografiya instituti, Astronomiya, astrofizika va meteorologiya rasadxonasi, Biokimyo instituti mavjud. Tibbiyot muammolari bilan Rakka qarshi markaz, Paster instituti (parazitologiya va mikrobiol.), gigiyena, traxoma va tropik oftalmologiya, stomatologiya institutlari shugullanadi. Veterinariya, vinochilik texnologiyasi, chigirtkaga qarshi kurash muammolari Milliy agronomiya institutida oʻrganiladi. I. t.larni rivojlantirish va kadrlar tayerlashda Jazoir universiteti va uning Vahron hamda Qusantinadagi filiallari yetakchi rol oʻynaydi. Turli soha mutaxassislari Jazoir sh.dagi maxsus maktablar (politexnika, pedagog, jurnalistika, savdo va b.)da tayyorlanadi. Matbuoti, radio eshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jurnallari: „Al-Mujohid“ („Kurashchi“, 1963-yildan arab tilida va 1965-yildan fransuz tilida chiqadigan gaz.), „Ash-Shaab“ („Xalq“, 1962-yildan arab tilida chiqadigan gaz.), „Revolyuson afriken“(„Afrika inqilobi“, 1963-yildan fransuz tilida chiqadigan jurnal), „Revolyuson e travay“ („Inqilob va mehnat“, 1963-yildan fransuz va arab tilida chiqadigan oylik jurnal), „Aljeri—aktyualite“ („Jazoir — soʻnggi xabarlar“, 1965-yildan fransuz tilida chiqadigan gaz.), „Al-Jumhuriya“ („Respublika“, 1963-yildan arab tilida chikadigan gaz.,), „Jurnal ofisyel de la Repyublik Aljeryen Demokratik e Popyuler“ („Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining rasmiy gazetasi“, 1962-yildan fransuz va arab tillarida chiqadi). Jazoir rasmiy axborot agentligi — Aljeri PressServis 1961-yilda tuzilgan. Jazoir radiotelevideniyesi 1962-yildan ishlaydi. Radioeshittiruv arab, kabil, fransuz tillarida, telekoʻrsatuv arab va fransuz tillarida olib boriladi. Adabiyoti arab, kabil va fransuz tillarida. Arab va kabil tillaridagi adabiyot ispan va turk mustamlakachilariga karshi kurash davri (16— 18-asrlar)da yuzaga kelgan. 19-asr adabiyotida J.da millatlarning shakllanishi va fransuz mustamlakachilariga tobe boʻlib qolish jarayoni aks etdi. Xalq ogʻzaki ijodi rivojlandi. 20-asrda mustamlakachilarni fosh etuvchi asarlar paydo boʻldi. „Xalqning diniy sheʼriyat xazinasi“ toʻplami arab tilida birinchi bor nashr etildi (1928). Arab soʻzlashuv tilining Jazoir lahjasida yaratilgan hamda tabaqachilik sarqitlari va mustamlakachilikni qoralovchi drama asarlari, novellalar katta muvaffaqiyat qozondi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr adabiyotida xotin-qizlar erkini himoya qilish Ahmad Rido-Huxuning „Makkalik qiz“ romanida, Jazoir xalqining kelajak uchun olib borayotgan qahramonona kurashi Mustafo al-Ashraf va Abdulloh Naqliy dramalarida oʻz ifodasini topdi. Mufdi Zakariya yozgan milliy madhiya (1958) inqilobiy ruh bilan sugʻorilgan. Fransuz tilidagi adabiyot 20-asrning 20-yillarida shakllandi. U dastlab turmushning turli koʻrinishlarini, Ikkinchi jahon urushi arafasida va undan keyin mahalliy xalq ongining oʻsib borishini aks ettirdi. 50—60-yillarda Jazoir vatanparvarlarining fransuz qamoqxonalarida azob chekishini koʻrsatuvchi asarlar yaratildi (Mezian Nuriddinning „Gangrena“, Anri Allegning „Asirlikdagi jangchilar“ va b.). 1963-yil Jazoir Yozuvchilar uyushmasi tuzildi, 1964-yildan „Novombr“ („Noyabr“) adabiy jurnal chiqa boshladi. Jazoir adabiyotining eng yaxshi namunalari (Muhammad Dibning „Katta xonadon“ romani va b.) oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Meʼmorligi Dengiz boʻylarida Finikiya, Rim, Vizantiya davriga oid ibodatxona, teatr, zafar toqi, koʻprik, hammom, bozor, turar joy harobalari, Gippon, Kartenna va Timgad shahar qoldiqlari saqlanib qolgan. Oʻrta asr shahar koʻchalari qingʻir-qiyshiq, tor boʻlib, ularda ark („kasba“), masjid, Madrasa, rasta va saroylar (Qalʼa-BeniHammaddagi majmua) koʻplab qurilgan. 10-asrdaJazoir sh.ga, 12— 13-asrlarda Tlemsen sh.ga asos solindi. Jazoir va Qusantinada turk hokimlarining 16—18-asrlarga oid saroy va bogʻlari saqlangan. Turar joylar shaharda 2—3 qavatli qilib gʻishtdan, qishloqda bir qavatli qilib loyguvaladan (tomlari tekis qilib) solingan. 1930-yildan Jazoir, Vahron, Annoba kabi shaharlarda Yevropa meʼmorligi (M. Korbyuzye gʻoyasi) taʼsirida koʻp qavatli uy-joy va jamoat binolari qurildi. Jazoir mustaqillikka erishgach, maʼmuriy binolar, universitet majmuasi (meʼmori O. Nimeyr), maktab va turar joylar qurish tezlashdi. Tasviriy sanʼati Jazoir hududidan neolit davriga xos qoyalarga ishlangan odam va jonivor tasvirlari, ov hamda marosim manzaralari va b. rasmlar, rimliklardan qolgan mozaika qoldiqlari topilgan. Oʻrta asr inshootlari (12—13-asr masjidlari) ganch oʻymakorligi va koshinkorlik bilan ziynatlangan. Jazoir zamonaviy tasviriy sanʼati fransuz rassomlari ishtiroki va taʼsirida rivojlangan. Jazoirlik moʻyqalam ustalari orasida aka-uka Muhammad va Umar Rasimlar, Temam Ranem, X. Benanbur, M. Buzid, M. Aldan mashhur. 20-asrning 20—30-yillariga kelib tasviriy sanʼatda mahalliy rassomlar ijodi ustunlik qila boshladi. 60—90-yillarda baʼzi rassomlar realistik mavzuda, ayrimlari esa abstrakt uslubda ijod qildi. Qad. amaliy bezak sanʼati (kandakorlik, oʻymakorlik, toʻqimachilik, kulolchilik, zargarlik) anʼanalari zamonaviy ruhda rivojlanayotir. Mahalliy meʼmorlar, rassom, haykaltarosh va amaliy sanʼat ustalari Jazoir sh.dagi Milliy meʼmorlik va nafis sanʼat maktabida (1881-yil asos solingan) tarbiyalanadi. Musiqasi arab musiqasining mahalliy-hududiy uslublaridan biri boʻlib, 7—8-asrlarda umaviylar, 10-asrda Andalusiya (arab Ispaniyasi), 15—16-asrlardan boshlab turk musiqa anʼanalari taʼsirida shakllangan. Koʻchmanchi va oʻtroq jazoirliklar musiqa folklorida tuya boquvchilarining qoʻshiklari — „huda“, toʻy marosim qoʻshiklaridan „zajal“, lirikishqiy — „layali“, „mavval“, diniy aytimlaridan „risa“, „zikr“ marosim turkumi, „agʻani ramazon“, „agʻani mavlud“ qoʻshiqlari, mumtoz ashula — „muashshax“ va boshqalar vokal janrlar keng tarqalgan. Jazoir anʼanaviy kasbiy musiqaning asosiy janri — nuba turkumi 8—9-asrlardan tarkib topgan boʻlib (mashhur bastakor, xonanda va sozanda Ziryod maktabi), har bir nuba 5 asosiy qism (Btayxi, Msaddar, Bashraf, Darj, Insiraf yoki Xlas)dan iborat. Jazoir mumtoz musiqasida 3 mahalliy uslub farqlanadi: Jazoir (poytaxt, markaziy), Tlemsen va Kustantaniya (Qusantina). Kustantaniya nuba turkumi eng qad. hisoblanadi va yaratilgan joyiga nisbatan „alQarnatiya“ (Grenada) deb ham ataladi. Nuba turkumi tarkibida rasd (rost), nava (navo), charka (chorgoh), irak (iroq), sika (segoh), hsin (husayniy) kabi oʻzbek maqomlariga nomdosh nubalar mavjud. Nuba ijrochiligida torli cholgʻulardan ud, kamonli rabob, qonun, puflama cholgʻulardan — nay, urma cholgʻulardan — darbukka, tor, daff va naqqora, 20-asrdan boshlab (turk madaniyati taʼsirida) yevropa sozlari (skripka, alt, violonchel, klarnet) ham keng qoʻllaniladi. Anʼanaviy mumtoz va xalq musiqa janrlari oʻzaro yaqinlashuvi tufayli 20-asrdan yangi ommabop musiqa uslubi taraqqiy etdi. Sozanda va bastakor Hoji Muhammad al-Anqo bu uslubning yorqin namoyandasidir. Xonandalardan Zerok Muhammad, Muhammad Tobil, Maryam Vafo, sozandalardan Bin Hamza, Saad, Bilqosim, Xalfalar mashhur. Jazoir sh.da Milliy musiqa instituti mavjud. Teatri Jazoir xalqining qadimgi oʻyinlari, diniy marosimlarida teatr sanʼati nishonalari boʻlgan. Birinchi Jazoir teatr truppasi (arab tilida) 20-asrning 20-yillarida tashkil topgan. Uning asoschisi — 100 dan ortiq pyesa yozgan dramaturg, aktyor va rejissyor R. Ksentini. Uning „Bu-Borma“, „Istanbuldagi amakim“, „Zed-Alex“ va b. pyesalari mashhur. Ksentinining izdoshi B. Muhiddinning „Xoinlar“, „Xushomadgoʻylar qabilasi“ pyesalarida ozodlik gʻoyalari koʻtarildi. Muhiddin truppasi A. Nakli, Molyer, Sofokl va Ibsenlarning asarlarini sahnalashtirdi. Koʻp aktyorlar Milliydemokratik inqilob (1954)da qatnashdilar va keyinchalik chet el (Tunis)ga oʻtib ketishga majbur boʻldilar. Ular Tunisda badiiy dasta tuzdilar. Mamlakat mustaqillikka erishgach, 1962-yilda shu dasta asosida aktyor va rejissyor M. Kotib boshchiligida Jazoir milliy teatri tashkil etildi. Kinosi Milliy kinematografiya Milliy-demokratik inqilob davri (1954—62) da yuzaga keldi. 1957-yil milliy ozodlik fronti kinematografiyaga tayyorlov maktabini ochdi, 1961-yil esa muvaqqat inqilobiy hukumat maxsus kino boʻlimini tashkil etdi. Bu tashkilotlar ozodlik uchun kurashga bagʻishlangan bir qancha hujjatli va tashviqiy filmlar ishlab chiqarishga sharoit yaratdi. 1962-yildan Jazoir kinematografiyasi ancha kengayib, badiiy filmlar ham ishlab chikarila boshladi. 1967-yil Milliy kinematografiya savdo va sanoati boshkarmasi (1974-yil Jazoir xronika xizmati bilan birlashtirilgan) tashkil etilgan. „Jazoir shahri uchun kurash“, „Auresdan esgan shamol“, „Olovli yillar solnomasi“, „Dekabr“, „Qochqin“, „Sir kaliti“, „Meros“, „Birinchi qadam“, „Kelin“ kabi lentalar Jazoir kinematografiyasining eng yaxshi filmlaridir. Ularda ozodlik harakati tarixi, dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalar, xotin-qizlar ozodligi muammolari koʻtarilgan. Yana qarang Oʻzbekiston — Jazoir munosabatlari Manbalar Afrika BMT aʼzolari Arab davlatlari
24,003
3278
https://uz.wikipedia.org/wiki/Benin
Benin
Benin Respublikasi (fra. République du Bénin) (1975-yilgacha Dagomeya) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 6 viloyatga boʻlinadi. Maydoni 112,6 ming km2. Aholisi 9,598,787 kishi (2012). Poytaxti Porto-Novo shahri. (prezident va hukumat qarorgohi Kotonu shahrida). Davlat tuzumi Benin — respublika. Amaldagi konstitutsiya 1990-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident, u 5 yil muddatga saylanadi, yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament — Millat majlisi. Ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Benin qirgʻoqlari kam parchalangan. Sohil boʻyida dengizdan ajralib hosil boʻlgan bir qancha sayoz koʻllar bor. Benin maydonining koʻp qismi—500 m balandlnkkacha boʻlgan plato. Eng baland joyi—635 m (shimoli-gʻarbdagi Atakora tizmasida). Jan.da kengligi 50–100 km boʻlgan soqil boʻyi payettekisligi bor. Maʼdan boyliklari yaxshi oʻrganilmagan. Neft, temir rudasi. oltin, olmos konlari bor. Iqlimi — ekvatorial iqlim. Yanvarda oʻrtacha harorat 24 °C, iyulda 30 °C. Yiliga 1000–2000 mm yogin yogʻadi. Asosiy daryosi — Veme, quyi oqimi kema qatnoviga yaroqli. Qizgʻish laterit tuproqlar koʻp. Oʻsimliklari asosan baland boʻili oʻtlar oʻsadigan savannalardan, sohnl boʻyi doimiy yashil sernam tropik oʻrmonlardan iborat boʻlib, u mamlakat hududiiing 20% ni egallaydi. Savannalarda karkidon, qoplon, sirtlon va boshqalarlar bor. Aholisi Beninda asosan fon, maxe, aja, ivi, aizo, filopi. fulbe, so.mba, bariba kabi etnik guruhdagi xalqiar yashaG1di. Asosiy etnik guruh fon yoki dayo meyanlar boʻlib, ular barcha aholining 25% ni tashkil qiladi va mamlakat janubiy da yashaydi. Shaharlarda yevropaliklar (asosan, fransuzlar), suriyaliklar, livanliklar va boshqalarlar uchraydi. Rasmiy tili — fransuz tili. Aholining 70% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; 15% xristianlar, 13% musulmonlar. Eng katta shaharlari — Kotonu, Porto-Novo, Abomey. Tarixi Dagomeya qirolligi 17-asrdan 19-asr boshlarigacha Shimoliy Beninda hukm surdi va yevropaliklar bilan qul savdosi tufayli katta daromad olib turdi. 1851-yilda fransuzlar qirollik bilan savdo shartnomasi tuzdilar va astasekin Dagomeya ustidan nazorat oʻrnatdilar. 1890—93 yillarda Fransiya bu hududni bosib oldi. 1904-yilda Dagomeya Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. Mamlakat aholisining mustamlakachilarga qarshi doimiy kurashi natijasida u 1958-yilda Fransiya Hamjamiyati tarkibida muxtoriyatga ega boʻldi. 1960-yilda toʻliq mustaqillikka erishdi va Dagomeya Respublikasi deb nomlandi. Mamlakatda etnik guruhlarning koʻpligi haddan tashqari siyosiy beqarorlikka olib keldi, natijada fuqaro va harbiy hokimiyatlar tez-tez almashinib turdi. 1970-yildagi saylov natijasida mamlakat shimoliy va janubiy vakillaridan iborat prezidentlik kengashi saylandi. Biroq, 1972-yildagi harbiy toʻntarish natijasida inqilobiy harbiy kengash tuzildi. Bu kengash marksizmleninizm mafkurasiga amal qilib, sotsialistik yoʻldan borishini eʼlon qildi. 1975-yilda mamlakat Benin Xalq Respublikasi deb atala boshladi. 1977-yilgi konstitutsiyasiga binoan 1979-yilda Inqilobiy harbiy kengash tarqatib yuborildi va saylov oʻtkazildi. Mamlakat 1990-yildan boshlab Benin Respublikasi deb ataladigan boʻldi. 1996-yilda koʻp partiyalilik asosida prezident saylandi. Benin 1960-yildan — BMT aʼzosi. 1992-yil 14-yanvarda Respublikasining suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami 1-avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari "Beninning uygʻonishi" partiyasi (1990), Demokratiya va taraqqist uchun milliy ittifoq partiyasi, "Umumiy ishimiz" partiyasi, Demokratik yangilanish partiyasi (1990), Sotsialdemokratik partiya. Demokratiya va milliy birdamlik uchun ittifoq partiyasi, Yangilanish va rivojlanish uchun harakat jabhasi partiyasi (1990). Kasaba uyushmalari: Benin mehnatkashlari kasaba uyushmalari milliy birlashmasi, Mustaqil kasaba uyushmalari markazi. Xoʻjaligi Benin — agrar mamlakat. Qishloq xo'jaligida paxta yetishtirishga ixtisoslashgan (yiliga 70 ming t). Palma yosh, tamaki, makkajoʻxori, sholi, tariq, yams, yer yongoq, dukkaklilar, banan, mango yetishtiriladi. Yaylov chorvachiligi yaxshi rivojlangan: qoramol, qoʻy va echki hamda parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Oʻrmonlarida qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati Sanoati zaif. uning yalpi milliy mahsulotdagi ulushi 9% ga ham yetmaydi. Mamlakatda asosan qishloq xo'jaligi xom ashyosini qayta ishlaydigan korxonalar bor. Pobe, Kotonu va boshqa shaharlarda palma yogʻi zavodlari, Porto-Novo va Kotonu yaqinida sovun zavodlari, shuningdek turli joylarda paxta tozalash zavodlari, toʻqimachilik fabrikalari, chet ellarda tayyorlangan detallardan avtomobil yigʻish korxonalari, sement va elektr lampa zavodlari, binokorlik materiallari korxonasi bor. 45 mln. kVts elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Hunarmandchilik rivoj topgan. Asosiy sanoat markazlari — Kotonu, Porto-Novo, Paraku. Transporti Temir yo'llar (uzunligi 578 km), avtomobil yoʻllari (uzunligi 8,4 ming km), jumladan qaggiq qoplamali yoʻllar mavjud. Kotonuda dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Benindan chetga paxta, palma yogʻi, tamaki chiqariladi. Chetdan turli mashina va asbobuskunalar, keng isteʼmol mollari, oziq-ovqat, toʻqimachilik va neft mahsulotlari keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, AQSh, Germaniya. Pul birligi — Afrika franki. Maorifi 1972-yil Beninda majburiy bepul boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oliy taʼlimni Kotonu universiteti (1970-yil tashkil etilgan) va chet ellarda oladilar. Bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, Porto-Novoda Milliy kutubxona, Kotonuda universitet kutubxonasi va muzey, Abomeyda tarixiy muzey bor. Matbuoti Radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. "BeninPress enformason" — Benin press agentligining haftalik byulleteni, "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Benin" jurnal, "Krua dyu Benin", "Gazet dyu Golf", "Nason" ("Millat"), "Travayer" ("Mehnatkash") gazetalari nashr etiladi. Beninpress hukumat axborot agentligi (1973-yildan), Benin radioeshittirish va tslekoʻrsatuv hukumat boshqarmasi (1975-yildan) mavjud. Adabiyoti Beninda yashovchi xalqlar boy va rangbarang ogzaki ijod namunalarini yaratganlar. Fon xalqlarining ogʻzaki ijodiyoti birmuncha yaxshi oʻrganilgan. Unda ertaklar, maqol va matallar bilann bir qatorda Benin davlati tarixini aks ettiruvchi afsonalar katta oʻrin oladi. Zamonaviy adabiyot fransuz tilida 20-asr 30-yillarida shakllandi. P. Xazumening „Dogisimi“ tarixiy romani (1937, Fransiya akademiyasining mukofoti), M. Kenumning „Mamlakatdagi vaziyat“ (1938), „Uch afrika afsonasi“ va boshqa asarlari yaratildi. Milliyozodlik harakati yillarida A. Tevoyojrning „Dargazab Afrika“ (1958), O. BeliKenumning „Abadiy tuzoq“ (1960), P. Joakinning „Negr hikoya qiladi“ (1954) toʻplami va boshqa asarlar yaratildi. Mustaqillikka erishilgandan soʻnggi davrda sheʼriyat yetakchi oʻrin oddi. P. Joakin, R. Xazume („Afrika gullari“ sheʼriy toʻplami, 1966) shuhrat qozondi. R. Dogbening „Mono suvlari“ (1963), „Mahkumlar qirgʻogʻi“ (1964) asarlarida vatanparvarlik, insoniylik, urushga nafrat goyalari kalamga olingan. Dramaturgiya rivojlana boshladi. J. Pliyning „KondoAkula“ tarixiy dramasi (1966) fransuz mustamlakachilariga qarshi kurashga bagʻishlapgan. Ijtimoiy illatlar (poraxoʻrlik, toʻrachilik)ni fosh etuvchi „Shaxsiy kotiba“ komediyasi (1973)da Gʻarbiy Afrika dramaturgiyasi uchun yangi „ishlab chiqarish“ mojarosi tasvirlangan. Axloqiydiniy masalalariga oid „Baxtning qoʻlga kiritilishi“ essesi (1982), „Oshiq shimpanze“ hikoyalar toʻplami (1977) ham uning qalamiga mansub. 1980-yilda Benin sheʼriyati antalogiyasi nashr etildi. Meʼmorligi, tasviriy sanʼati, teatri Benindagi turar joylar toʻgʻri burchakli yoki doira shaklida guvaladan qurilgan, tomi poxol yoki xashak bilan boʻgʻotli qilib yopilgan. Saroy va ibodatxonalar ham shu tarzda, ammo kattaroq qilib qurilgan. Qishloq va shaharchalardagi imoratlar tartibsiz joylashgan. Keyingi oʻn yilliklarda Benin poytaxti — Porto-Novoda yangi koʻkalamzor shoh koʻchalar barpo etildi, ayrim jamoat binolari, 1 va 2 qavatli turar joylar qurildi. Ularni qurishda anʼanaviy meʼmoriy shakllardan, naqshlar va yogʻoch haykallardan foydalanilgan. Boy va oʻziga xos badiiy hunarmandchilik qadimdan yuksak darajada boʻlgan: kulolchilik, quyuvchilik, yogʻoch oʻymakorligi, fil suyagidan turli buyumlar yasash, kashtachilik, matoga naqsh va gul solish sanʼati azaldan rivojlangan. Mum modellarga bronza va kumushdan odamlar hamda jonivorlarning tasvirlari, ov manzaralarioʻi tushirish rasm boʻlgan. Benin teatr sanʼatiga liniy urfodatlar va rasmrusumlar, imoishoralar (paitomimalar) va shahri k. asos boʻlgan. 20-asrda sshlarning toʻgaraklari pyesalarni saqnalashtira boshladi. Drama va opera teatrlari tashkil etildi. Hududiy bo'linishi Manbalar Benin BMT aʼzolari
8,900
3279
https://uz.wikipedia.org/wiki/Botsvana
Botsvana
Botsvana, (Botswana), Botsvana Respublikasi () — Janubiy Afrikadagi davlat. Maydoni 600,4 ming km2. Aholisi 2 098 018 kishi (2012). Poytaxti – Gaborone shahri Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi. Mamlakat hududining 17 % qoʻriqxona va milliy bogʻlardan iborat. Har yili 300 mingga yaqin turist kelib ketadi. Pul birligi – pula. Davlat tuzumi Botsvana – respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1966-yil 30-sentyabrda qabul qilingan va keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat va hukumat boshligʻi – prezident. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi – Milliy assambleya (parlament). Milliy assambleya spiker va 45 deputatdan iborat. 40 deputatni aholi umumiy saylov yoʻli bilan saylaydi, 4 deputatni respublika prezidenta tayinlaydi, bosh prokuror lavozimiga koʻra parlament aʼzosi hisoblanadi. Ijrochi hokimiyat prezident, vitseprezident va hukumat tomonidan amalga oshiriladi. 15 aʼzodan iborat maslahat organi – qabila boshliqlari palatasi ham bor. Tabiati Botsvana Kalahari berk botigʻi va uning atrofidagi platolarni egallagan. Yer yuzi tekislik, sharqi bir oz pastibaland. Oʻrtacha baland joyi – 800–1000 m, gʻarbda 1200 m gacha boradi. Kembriygacha paydo boʻlgan jinslardan tarkib topgan zamin ustida yuqori boʻr va kaynozoy yotqiziqlari yotadi. Kumir, asbest, marganes, misnikel rudalari, olmos, tuz kabi qazilma boyliklari bor. Iqlimi quruq subtropik, shimolda tropik iqlim. Oʻrtacha temperatura yanvarda 21–27 C°, iyulda 16 C°. Yiliga 250–600 mm yogʻin yogʻadi. Limpopo daryosi irmoqlari oʻtadigan qizilqoʻngʻir tuproqli yerlarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Arslon, qoplon, chiyaboʻri, sirtlon, zebra, jayran, kaltakesak, ilon kabi xilma-xil jonivorlar bor. Milliy bogʻlari: Imsbok, Chobe, Nskay-Pan . Aholisi Aholisi, asosan, bantu tillari guruhiga kiruvchi tavanalardir (jami aholining 75%). Shimoli-sharq va choʻl hududlarda bushmenlar yashaydi. Bir necha ming yevropaliklar bor. Aholining 62% xristianlar; 32% anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Aholining 24,1% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili – ingliz va setsvana yoki tsvana tillari. Yirik shaharlari – Gaborone, Frensistaun, Lobatsi. Tarixi Botsvananing 19-asrgacha boʻlgan tarixi kam oʻrganilgan. Qoyalarda saqlanib qolgan rasmlardan maʼlum boʻlishicha, B.ning tub aholisi bushmenlar (sanlar) koʻchmanchi boʻlib yashaganlar, ovchilik va yovvoyi daraxt mevalarini yigʻish bilan shugʻullanganlar. Taxminan milodiy 8-asrda rivojlanishning yuqoriroq pogʻonasidagi bantular bushmenlarni Kalahari choʻli ichkarisiga surib tashlaganlar. Botsvananing hozir asosiy aholisi tsvanalar avval hozorgi Transvaalda yashagan. Shimoldan bostirib kelgan xalqlar qisuvida ular 17-asr oxiri – 18-asr boshlarida Botsvanaga kelib qolganlar. 19-asr boshlarida ular bir necha mustaqil qabila ittifoqdariga birlashdilar. Janubiy zulular bilan boʻlgan urushlar Botsvanani gʻorat qildi. 1820-yil Botsvanada yevropaliklarning birinchi xristian missiyasi ochildi. Keyinchalik ingliz mustamlakachilari Janubiy Afrikani qoʻlga kiritishda Botsvanadan harbiystrategik baza sifatida foydalandilar. Angliya 1885-yil hozorgi Botsvanani Bechuanalend nomi bilan oʻz protektorata deb eʼlon qildi. Aslida u mustamlakaga aylantirilgan edi. Botsvana aholisi mustamlaka zulmiga qarshi uzluksiz kurashib keldi. Bu kurash 20-asrning 1930-yillarida avj olib ketdi. Ikkinch jahon urushida inglizlarning Yaqin Sharq va Yevropadagi harbiy operatsiyalarida 10 ming tsvana ishtirok etdi. Urushdan keyin Afrikada boshlangan milliy ozodlik harakati protektoratdagi ozodlik harakatiga katta taʼsir qildi. Angliya Botsvanaga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berishga majbur boʻldi. 1966-yil 30-sentyabrda Bechuanalend Botsvana nomi bilan mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Botsvana Afrika qitasining janubiy qismida mustaqillik bayrogʻini koʻtargan birinchi davlat boʻldi. 1966-yil oktyabrdan BMT aʼzosi. Milliy bayrami: 30-sentyabr – Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1966). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Botsvana demokratik partiyasi, hukmron partiya, 1962-yilda asos solingan; Liberal partiya, 1983-yil tashkil etilgan; Botsvana xalq partiyasi, 1960-yilda asos solingan; Botsvana milliy fronti, 1965-yilda tuzilgan; Botsvana mustaqilligi partiyasi, 1962-yilda asos solingan; Botsvana kongressi partiyasi, 1998-yilda tuzilgan. Botsvana kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1976-yilda tashkil etilgan. Xoʻjaligi Botsvana – kon sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning negizini tashkil etadi. Unda aholining 75 % band. Chorvachilik – xoʻjalikning eng muhim tarmogʻi. Qoramol, echki, qoʻy, ot, eshak va xachir boqiladi. Joʻxori, tariq, makkajoʻxori, bugʻdoy, dukkaklilar va boshqalar ekiladi. Mamlakatdagi yevropalik fermer xoʻjaliklarida yer yongʻoq, tamaki, kartoshka, kungaboqar, sitrus mevalar, paxta ham yetishtiriladi. Sanoati Sanoati mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin rivojlana boshladi. Mis, nikel, marganes, asbest, olmos (1995-yil 18,5 mln. qirot), koʻmir qazib olish yoʻlga qoʻyildi. Lobatsida mol soʻyish va konserva tayyorlash fabrikasi bor. Suyak uni, yogʻ, sovun va pivo ishlab chiqaradigan kichik korxonalar mavjud. Bir yilda 929 mln. Kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Transport Botsvanada temir yoʻl uzunligi 900 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 15 ming km ga yaqin (uning 4,5 ming km qattiq qoplamali). Asosiy aeroporti – Gaborone shahrida. Botsvana chetga marganes rudasi, olmos, mis, nikel, chorvachilik mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mexanizmlar va asbobuskunalar, don, un, toʻqimachilik mahsulotlari, tayyor kiyimlar, keng isteʼmol mollari, qishloq xoʻjaligi asboblari, neft mahsulotlari va boshqalar keltiradi. Matbuoti Radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Botsvanada chiqadigan asosiy gazeta va jurnallar: „Botsvana gardian“ („Botsvana posboni“, ingliz tilidagi haftalik xususiy gazeta, 1982-yildan), „Botsvana deyli nyus“ („Shu kunning yangiliklari“, setsvana va ingliz tillaridagi kundalik hukumat gaz., 1964-yildan), „Riporter“ („Muxbir“, ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1984-yildan), „Terisano“ („Maslahat“, ingliz va setsvana tilida chiqadigan oylik gazeta), „Kutlvano“ („Hamjihatlik“, setsvana va ingliz tilida chiqadigan oylik jurnal). Botsvana matbuot agentligi (BOPA), hukumat axborot agentligi hisoblanadi; 1981-yilda asos solingan. Botsvana radiosi 1965-yilda tashkil etilgan. Botsvana telekoʻrsatuvi uyushmasi mavjud. Xalq maorifi va ilmiy muassasalari 1970-yillarning boshlarida boshlangich maktabda oʻqish haqi 2 baravar qisqartirildi; 1976-yil setsvana yoki tsvana tilini oʻrganish, 1980-yildan bolalar uchun 6 yoshdan bepul majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Boshlangʻich maktablar – 7 yillik; oʻrta maktablar – 5 yillik, pulli. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich va toʻliq oʻrta maktablar negizida hunartexnika taʼlimi amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. bilim yurtlarida tayyorlanadi. 1982-yil Gaboroneda Botsvana davlat unta tashkil etilgan (3 mingga yaqin talaba taʼlim oladi). Bundan tashqari Botsvana qishloq xoʻjalik kolleji (1967), universitet huzuridagi Taraqqiyot va madaniy tadqiqotlar milliy instituti ham bor. Gaboroneda Botsvana kutubxonasi (1968) va Milliy arxiv (1967), milliy muzey va badiiy galereya (1968), Mochudida etnografiya muzeyi (1976) ishlaydi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Mamlakat shimoli-sharqidagi Ramokgveban harobalarining qoldiqlari asosida qilingan taxminlarga koʻra, Botsvana aholisi qadimda balandligi 4,5 m ga yaqin devorli choʻziq doirasimon tosh uylar qurgan, tomini „baliq suyagi“ toifasidagi gʻishtin hoshiya bilan bezagan, yoniga kesik konus shaklida 9 m gacha balandlikdagi minora tiklagan. Mahalliy aholi suv manbalari atrofidagi manzilgoxlarda yashaydi. Qoziq devor bilan oʻralgan qoʻrgʻonda 5–6 kulba muayyan tartibqoidasiz erkin joylashtiriladi. Aksariyati sirtidan tirgaklar bilan mustahkamlangan konus shaklidagi kulbalardan iborat. Toʻqima devorlar loy bilan suvalib, oqlab qoʻyiladi. Odatda kulbaning derazasi boʻlmaydi, poli yer. Ahyonahyonda tosh yoki gʻishtdan qurilgan, derazali va guvala pechli toʻrtburchak uylar uchraydi. Gaboroneda temirbeton konstruksiyalardan jamoat va savdo-sanoat binolari qurilmoqda. Yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Munchoq, mis sim va temirdan ayollar zebziynat buyumlari yasaladi. Qush va hayvonlar tasvirlangan sopol idishlar uchraydi. Poxoldan toʻqilgan xaltachalarga rangdor naqshlar solinadi, hayvon terisidan gilamchalar yasaladi. Musiqasi Botsvana musiqiy madaniyata mamlakatda yashovchi xalqlarning xilma xil musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. Cholgʻu asboblari ham xilma xil. Botsvanada kvadi yoki losib deb ataladigan tor, sekokvane deb ataladigan surnaysimon asbob, segankuru deb ataladigan nay, ditlak deb ataladigan fleyta keng tarqalgan. Jonivorlarning shoxlaridan ham musiqa asbobi sifatida foydalaniladi. Botsvanada qoʻshiq bilan raqsni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Turlituman marosim va rasmrusum qoʻshiqlari albatta raqs bilan birga ijro etiladi. Keyingi vaqtda zamonaviy musiqiy shakllar ham rivojlana boshladi. Musiqa kadrlarini Gaboronedagi universitet kolleji tayyorlaydi. Botsvana milliy muzeyida musiqa asboblarining boy majmuasi toʻplangan. Manbalar Botsvana BMT aʼzolari
9,280
3280
https://uz.wikipedia.org/wiki/Burkina%20Faso
Burkina Faso
Burkina Faso (Bourkina Faso) (1984 yil avgustgacha Yuqori Volta Respublikasi) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Mayd. 274,2 ming km. Aholisi 10,4 mln. kishi (1990-yillar oxiri). Poytaxti Uagadugu shahri. Maʼmuriy jihatdan 45 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi Amaldagi konstitutsiya 1991-yil 2-iyundagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi va cheklanmagan miqdorda qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy assambleya. Ijrochi hokimiyat — prezident va u tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Tabiati Yer yuzasi qiradirlardan iborat 200–500 m gacha balandlikdagi plato. Jan.gʻarbidagi togʻlar 750 m gacha boradi. Iqlimi — subekvatorialmusson, shimoliy hududlarida quruq mavsum 8—10 oy davom etadi. Oʻrtacha oylik temperatura 2426° dan 30—35° gacha. Yiliga 500–1000 mm gacha yogin yogadi. Asosiy daryolari — Qora Volta va Oq Volta. Tuproqlari qizil va qizilqoʻngʻir, laterit tuproqlar. Oʻsimliklari savannaga xos, ayrim joylarida oʻrmon va butazorlar uchraydi. Hududining 9% oʻrmon. Savannalarda arslon, qoplon, fil, buyvol, kiyik kabi hayvonlar saqdanib qolgan. Jan.da sese pashshasi tarqalgan. Milliy bogʻlar va qoʻriqxonalar, jumladan mamlakat sharqida DublBe, Kurtyagu, Arli milliy bogʻlari bor. Aholisi Aholisining asosiy qismi (50%) mosilar; lobi, fulbe, bobo va b. xalqlar ham yashaydi. Aholining 50%dan koʻprogʻi mahalliy anʼanaviy dinlarga, 40% musulmon diniga eʼtiqod qiladi; qolganlari xristianlar. Shahar aholisi 9%ni tashkil etadi. Rasmiy tili — fransuz tili. Tarixi Arxeologiya topilmalariga Karaganda, Burkina-Fasoda neolit davrida odamlar yashagan. Shimoli-gʻarbda qad. istehkomlar va quduqlar, Yatenga atrofida ovchilar va yovvoyi jonivorlar tasvirlangan qoya rasmlari topilgan. 11-asrda Burkina Faso hududida mosilar davlati tarkib topa boshladi. 14-asrda Uagadugu, Yatenga va b. davlatlar boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida fransuz mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. 1904-yil Burkina Faso Fransiyaning Yuqori SenegalNiger mustamlakasi tarkibiga qoʻshib olindi. 1919 yil Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibida alohida maʼmuriy birlik qilib ajratildi, lekin 1932 yil Fransiya Burkina Faso hududini Fil Suyagi Qirgʻogʻi, Niger va Fransiya Sudani mustamlakalari oʻrtasida boʻlib yubordi. 1947-yil Burkina Faso avvalgi chegaralarda Fransiyaning "dengiz ortidagi hududi" sifatida tiklandi, 1958 yil dekabrda Burkina Faso davlat makrmini oldi va Fransiya Hamdoʻstligi tarkibida muxtor respublika deb eʼlon qilindi. 1960 yil 5 avgustda mustaqillikka erishdi. 1984 yil 4 avgustdan Burkina Faso deb atala boshladi. M. Yameogo Yuqori Volta Respublikasi (hoz. BurkinaFaso)ning birinchi prezidentidir. 1983 yilgacha bir necha marta davlat toʻntarishi boʻldi. 1983 yil 4 avgustda hokimiyat"tepasiga T. Sankara boshchiligidagi Milliy inqilob kengashi keldi. 1987 yilda esa Burkina Fasoda navbatdagi davlat toʻntarishi boʻlib, kapitan Blez Kompaore boshchiligidagi Xalq fronti hokimiyatni qoʻlga oldi. B. Kompaore—1991 yil 1 dekabrdan mamlakat prezidenti. 1991-yil mamlakatda koʻp partiyali tizim joriy etildi. Burkina Faso—1960 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetami 1992-yil 25-yanvarda tan olgan. Milliy bayrami — 4 avgust— Inqilob kuni (1983). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Demokratiya va federatsiya uchun alyans, 1990 yilda tuzilgan partiya; Afrika demokratik birlashmasi partiyasi; Demokratiya va taraqqiyot kongressi partiyasi, 1996 yilda tuzilgan; Ilgor vatanparvarlar milliy konventi — Sotsialdemokratik partiya, 1991 yil tuzilgan; Demokratiya va taraqqiyot partiyasi, 1993 yilda tuzilgan; Xalq fronti, turli siyosiy va ijtimoiy tashkilotlar uyushmasi, 1987 yilda tuzilgan. Burkina Faso bosh mehnat konfederatsiyasi, 1988 yilda tuzilgan; Burkina Faso mehnatkashlari kasaba birlashmasi, 1958 yilda tashkil etilgan. Iqtisodiyoti Burkina Faso — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 40%, sanoatning ulushi —14%. Ekin maydonining 75%ga gʻalla ekiladi. Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari: paxta, yer yongʻoq, moyli palma, shakarqamish, sholi, batat, loviya. Dare baliqchiligi bilan shugullaniladi. Yaylov chorvachiligi ustun. 4 mln.ga yaqin qoramol bor. Yiliga 68 ming t goʻsht yetishtiriladi. 100 ga yaqin korxona, jumladan yogoch tilish, paxta tozalash, toʻqimachilik, yogʻsovun, charmpoyabzal, sholi oklash korxonalari, kushxonalar bor. Simob, oltin, marganes, nikel, marmar qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 157 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Chetga qoramol, chorvachilik mahsulotlari, paxta, yer yongʻoq, sabzavot, kunjut urugi sotadi. Chetdan mashina va asbobuskunalar, oziq-ovqat, neft maqsulotlari oladi. Avtomobil yoʻllarining uz. 4,6 ming km, temir yoʻl uzunligi — 1155 km. Tashqi savdo-sotiqdagi mijozlari: Fransiya. Kotd’Ivuar; Germaniya, Kanada, AQSH, Niderlandiya bilan ham yaqin aloqa bogʻlagan. Xalqaro aeroportlari: Uagadugu, BoboDiulaso. Pul birligi — Afrika franki. Tibbiy xizmati Burkina Fasoda davlatning 9 shifoxonasi va 400 dan ortiq boshqa tibbiy muassasalar bor. 3,6 mingoʻrinli shifoxonalarda 150 shifokor, 800 dan ortiq hamshira va akusher ishlaydi. Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari Mustaqillik eʼlon qilinguncha (1960) aholi savodsiz edi. Istiqlol sharofati bilan maorifni rivojlantirish rejasi qabul etildi. Qishloqlarda 3 yillik taʼlim markazlari ochildi, majburiy bepul boshlangʻich taʼlim yoʻlga qoʻyildi. Burkina Fasoda davlat maktablari bilan bir qatorda pulli xususiy maktablar ham bor. 6 yoshdan boshlab bolalar uchun 6 yillik boshlangʻich, qishloq joylarda 3 yillik toʻliqsiz boshlangʻich maktablar mavjud. Toʻliqsiz oʻrta maktab (kollej) 4 yillik, toʻliq oʻrta maktab (litsey) 7 yillik. Boshlangʻich maktab negizida 4 yillik quyi hunartexnika taʼlimi, 7 yillik oʻrta texnika taʼlimi yoʻlga qoʻyilgan. Boshlangʻich maktablar uchun oʻqituvchilar ped. bilim yurtlarida 3 yil davomida, oʻrta maktablar uchun oʻqituvchilar universitetda tayyorlanadi. Burkina Fasoda Uagadugu universiteti (1969 yilda Oliy taʼlim markazi sifatida tashkil etilgan, 1974 yildan universitet maqomini olgan), Kino va telekoʻrsatuv oʻquv instituti bor. Mamlakatdagi yirik ilmiy muassasalar: Ilmiy tadqiqot markazi, Tropik qishloq xoʻjaligi instituti, Ilmiytexnika tadqiqotlari byurosi, konchilikgeol. direkiiyasi, Tropik oʻrmon texnika markazi (1963), Milliy pedagogika instituti, Paxta va toʻqimachilik instituti, Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar markazi va b. Unt huzuridagi kutubxona, Milliy pedagogika institutining kutubxonasi, Ilmiy tadqiqotlar markazi huzuridagi kutubxona, Konchilikgeol. direksiyasining kutubxonasi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Burkina Fasodagi yirik gaz. va jurnal lar: "Sidvaya" ("Haqiqat", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1984 yildan), "Byulten de lajans denformason dyu Burkina" ("Burkina axborot agentligining byulleteni", fransuz tilida chiqadigan haftalik jurnal), "Jurnal dyu jyodi" ("Payshanbalik gazeta", fransuz tilidagi haftalik gaz., 1991 yildan), "Maten" ("Tong", fransuz tilidagi haftanoma, 1992 yildan), "Pen" ("Mamlakat", fransuz tilidagi kundalik gaz., 1991 yildan). Burkina Faso axborot agentligi 1963 yilda tashkil etilgan. Burkina milliy radioeshittirishi hukumat agentligi. Burkina Faso milliy telekoʻrsatuviga 1963 yilda asos solingan. Adabiyoti 20-asr 60-yillarining oʻrtalaridan boshlab fransuz tilida rivojlanaboshladi. R. Nikyemningxalqogʻzaki ijodi uslubidagi "Gʻaraz" romani 1967 yilda bosilib chikdi. P. Dabire oʻzining "Samsoa" romanida mosilarning qishloq hayotini tasvirladi. S. Kulibali sheʼr va romanlari bilan mashhur boʻldi. A. Kere sheʼrlari ona yurt tabiatini madh etadi. F. Passer, E. Savadogo, J. Yu. Bazye va b. milliy adabiyotni rivojlantirishga hissa qoʻshdilar. 1984 yilda nashr etilgan "BurkinaFaso sheʼriyati antologiyasi"ga kirgan asarlar mamlakatning oʻtkir ijtimoiysiyosiy muammolarini aks ettiradi. Yosh shoirlar urushga qarshi, yer yuzida tinchlikni saqlash mavzularini qalamga olmoqdalar. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Burkina Faso xalqlari (moyey, bobo, fulbe va b.)ning turar joyi konus shaklidagi doirasimon yoki yassi tomli toʻgʻriburchakli 4—5 xonali uylardan iborat. Baʼzi xalklarning mustahkamlangan turar joylari 2—3 qavatli yassi tomli doirasimon minoralarni eslatadi. Guvaladan doirasimon qilib tiklangan don omborlarining devorlariga "koʻz tegmasin" deb ayollar, toshbaqalar va echkemarlar tasviri tushirilgan. Guvaladan yassi tomli mayejidlarni minora va mezanalar bilan birga qurish odat boʻlgan. Ayrim imoratlarning peshtoqiga kiyik shoxlari va turli naqshlar solingan yogʻochlar ilib qoʻyiladi. Hoz. fransuz meʼmorlari loyihasi asosida zamonaviy binolar qurilmoqda. Bronzadan yasalgan buyumlarda oʻsimlikka oʻxshatib naqsh solingan sanʼat asarlari yaratiladi. Milliy kiyim-kechaklarga moviy rangda turli naqshlar tikiladi. Musiqasi Burkina Fasodagi koʻpgina xalqlarning musiqiy anʼanalari xilmaxil. Kishloq jamoalarida mehnat jarayonlari, bayram marosimlari, diniy rasmrusumlarga bagishlangan turlicha musiqiy uslub va yoʻsinlar bor. Koʻpincha musiqa, rake va qoʻshiq birga ijro etiladi. Bayram marosimlarida ijro etiladigan koʻpgina qoʻshiqlarda ajdodlar ruhiga murojaat etilib, sihatsalomatlik, omonesonlik va moʻl hosil boʻlishi haqidagi tilaklar aytiladi. Cholgʻu asboblari: nay, doʻmbira, chang, gʻijjak va hayvon shoxlaridan yasalgan karnay kabilar. Keyingi yillarda zamonaviy musiqani rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Uagadugudagi milliy teatr va milliy folklor dastasi, bir qancha estrada ashula va raqs dastalari mavjud. Kinosi 1969 yilda Uagaduguda boʻlib oʻtgan 1Umumafrika kinofestivali milliy kinematografiyaning rivojlanishiga turtki boʻldi. Birinchi toʻliq metrajli film 1972 yilda yaratilgan. Keyinchalik "Yarash yoʻli", "Xudoning inʼomi", "PokoPoko" kabi filmlar yuzaga keldi. Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Burkina Faso BMT aʼzolari
10,007
3281
https://uz.wikipedia.org/wiki/Burundi
Burundi
Burundi, Burundi Respublikasi (frans. République du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 27,8 ming km2. Aholisi 6,4 mln. kishi (1990-yillarning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura shahri. Ma’muriy jihatdan 15 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi Burundi — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. 1996-yil 25-iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida 1992-yilgi Konstitutsiyaning amal qilishi va Millat majlisi hamda partiyalarning faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan. Sentabr oyida Millat majlisi va partiyalarning faoliyati qayta tiklandi. 1998-yil 18-iyulda Millat majlisi oʻrniga Oʻtish davri millat majlisi tuzildi. Tabiati Burundi Sharqiy Afrika togʻligining shim.gʻarbida joylashgan. Kembriygacha hosil boʻlgan kristall va metamorfik jinslar yer yuzasiga chiqib yotadi. Relefi, asosan, yassitoglik. Sharqida, Nil va Kongo daryolari havzasi oʻrtasida balandligi 2000–2500 m boʻlgan suvayirgʻich tizma bor. Yassitogʻlik janubi-sharqda Malagarasi daryosi vodiysiga tik jarliklar hosil qilib tushgan. Aholisi Aholining 62% katoliklar, 32% mahalliy an’anaviy dinlarga amal qiladi, 6% musulmonlar. Rasmiy tili kirundi va fransuz tillari. Aholining 6,3% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Bujumbura, Gitega, Muramvya. Tarixi Burundi hududida qadimdan bantu va pigmeylar qabilasi, 15—16-asrlarda efioid toifasiga mansub urushqoq kuchmanchichorvador qabilalar yashagan. Manbalarga koʻra, hozirigi kunda Burundi hududida 1558-yilda dastlabki podsholiklar tashkil topgan. Ntare 1-mayda xonliklarni birlashtirib, kuchli davlatga asos solgan. Viloyatlarni shahzodalar idora qilgan. 19-asr oxirlarida mamlakatga yevropalik missionerlar kirib keldi. 1899-yilda Burundi Germaniya Sharqiy Afrikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Birinchi jahon urushi vaqtida Burundini Belgiya armiyasi egalladi (1916). Versal sulh shartnomasi, Millatlar Ittifoqi qaroriga muvofiq Burundi Urundi nomi bilan Belgiya ixtiyoriga oʻtdi. Davlatni Belgiya rezidenti nazoratida podsho (mvami) boshqardi. Mustamlakachilar aholini kofe, paxta kabi eksport tovarlar yetishtirishga majbur qildi. Burundi aholisi mustamlakachilarga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi. Bu kurash 2 jahon urushidan soʻng Afrikada boshlangan millim ozodlik harakati ta’sirida avj olib ketdi. 50-yillar oxirida Burundidagi ozodlik harakati tashkiliy tuye ola boshladi. Mamlakatda siyosiy tashkilotlar paydo boʻldi. 1959-yil tuzilgan milliy taraqqiyot va birlik partiyasi Burundiga oʻzini oʻzi boshqarish huquqi berilishini, keyinchalik mustamlaka tuzumini tugatishni talab qildi. Xalq partiyaga xayrixohlik bildirdi. Belgiya hukmronlari ozodlik kurashini boshqarish maqsadida mahalliy boshqaruv organlari tuzishga rozilik berdi. Ayni vaqtda turli partiya va tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro nizo qoʻzgʻadi, qabmlalarnibir-biri bilan urishtirib qoʻydi. Biroq mehnatkash omma ozodlik kurashini susaytirmadi. Oxiri mustamlakachilar Burundi mustaqilligini e’tirof etishga majbur boʻldi. 1962-yil 1-iyulda mustaqil deb e’lon qilindi. 1966-yil noyabrda monarxiya agʻdarilib, respublika e’lon qilindi. 1962-yildan BMT a’zosi. 1992-yil 6-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetini tan olgan. Bayramlari Milliy bayrami — 1-iyul, Mustaqillik kuni (1962). Siyosiy partnyalari va kasaba uyushmalarv. Birlik va milliy taraqqiyot partiyasi (UPRONA), 1959-yilda asos solingan; Burundida demokratiya uchun front, 1986-yilda asos solingan. Burundi mehnatkashlari ittifoqi kasaba uyushmasi, 1967-yilda tuzilgan. Xo'jaligi Burundi — iqtisodiy jihatdan suyet taraqqiy qilgan afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 13% ni sanoat, 48,5% ni qishloq xo'jaligi beradi. Mehnatga layoqatli aholining 90% qishloq xo'jaligi. (asosan dehqonchilik va chorvachilik)da band. Bugʻdoy, oq joʻxori, makkajoʻxori, banan, tariq, maniok, choy ekiladi. Kofe va paxta Burundining asosiy eksport ekinlaridir. Qoramol, echki, qoʻy boqiladi. Tanganika koʻlidan baliq ovlanadi. Burundi sanoati endi rivojlanish bosqichiga kirdi. Mamlakatda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan oʻrta va kichik sanoat korxonalari bor. Kofe va paxta tozalash, yer yongʻoq yogʻi ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi uskunalari, sovun, lakboʻyoq zavodlari va poyabzal, mebel fabrikalari bor. Transportlari Burundida t. i. yoʻq. Ichki va tashkl yuklar avtomobil yoʻllari (uzunligi 6,3 ming km) hamda suv va havo yoʻllari orqali tashiladi. Tanganika koʻlida kemalar qatnaydi (asosiy porti Bujumbura). Chetga kofe, paxta, koʻnteri mahsuloti, qoramol, qalay konsentrati chiqaradi va chetdan toʻqimachilik, oziq-ovqat, neft mahsulotlari, transport vositalari keltiradi. Belgiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar bilan savdo qiladi. Ijtimoiy soha Pul birligi — Burundi franki. Tibbiy xizmati, xalq maorifi, madaniy ma’rifiy va ilmiy muassasalarn. B.da 4,5 mingdan ortiq oʻrinli 30 ga yaqin kasalxona va 120 dan ziyod tibbiy markaz bor.1962-yilgacha aholining 98% savodsiz boʻlgan. 1967-yildan davlat maktablarida oʻqish bepul. Burundida 6 yillik boshlangich maktablar, 6—7 yillik oʻrta maktablar bor. Maktab oʻqituvchilari Bujumburadagi universitet va oliy pedagogika maktabida tayyorlanadi. Burundida qishloq xo'jaligi instituti (1958-yili tashkil etilgan) ham bor. Ilmiy muassasalari Qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari instituti, Gidrometeorologiya milliy markazi, Tibbiyot boʻyicha tadqiqot laboratoriyasi. Bujumburada universitet kutubxonasi va ommaviy kutubxona, Gitega shahrida Milliy muzey ishlaydi. Bujumburada Burundi madaniy markazi ochilgan. Matbuoti Radnoeshitgirishi va telekoʻrsatuvi. Burundidagi asosiy gazeta va jurnallar: "Renuvo dyu Burundi" ("Burundi tiklanishi", fransuz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1978-yildan), "Ubumve" ("Birlik", kirundi tilida chiqadigan haftalik gaz., 1971-yildan), "Byulleten ekonomik e finanse" ("Iktisodiy va moliyaviy byulleten", fransuz tilida oyiga 2-marta chikali), "Gid" ("Yoʻlnoma", fransuz va kirundi tilida chiqadigan oylik axborot byulleteni, 1970-yildan) "Kyultyur e sosete" ("Madaniyat va jamiyat", har chorakda fransuz tilida chiqadigan jurnal, 1978-yildan). Burundi matbuot agentligi — BAP 1976-yilda tuzilgan. Burundi milliy radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi 1960-yilda tashkil etilgan. Me’morligi va tasviriy san’ati Xalqning turar joylari aksariyati xodachalardan sinch qadalib, orasiga shoxshabba, qamish va xashak oʻrab yasalgan yumaloq kulbalardan iborat, tomi ham xashak bilan yopiladi. Kulba ichi qamish bordon bilann boʻlinadi. Qishloq qoʻrgʻonlari tepalnklar va qir yon bagʻirlariga tarqoq holda joylashgan. 50-yillardan toʻgʻri burchakli, peshayvon va derazali turar joylar paydo boʻldi. Tomini qoʻsh nishabli qilib yopish odat tusiga kirdi. Bujumbura shimolda zamonaviy yevropacha binolar qurila boshladi. Badiiy hunarmandchilikda boʻyra, savat, idish, qopqoq kabi turli hajm va shakldagi narsalar toʻqish rivojlan’ gan. Buyumlar har xil naqshlar bilan bezatiladi. Yogʻochdan odamlar va hayvonlarning haykallarini, qalqon va oʻqdonlarni, gʻiloflarni yasaydilar. Musiqasi Burundi an’anaviy musiqiy madaniyati qoʻshiqjanrlari, cholgʻu asboblari ijro uslubi xilma - xilligi bilan ajralib turadi. Turli rasmrusumlar, dafn marosimi va farzand tugʻilishiga bagʻishlangan oʻziga xos musiqalar mavjud. Mamlakat mustaqillikka erishgach, san’at an’analari muntazam ravishda oʻrganila boshladi, bir necha ashula va raqs ansambllari tuzildi. Manbalar Afrika Burundi BMT aʼzolari
7,393
3282
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kamerun
Kamerun
Kamerun (ing. Cameroon, frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing. Republic of Cameroon, frans. République du Cameroun) — Markaziy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi Gʻarbda Atlantika okeanining Biafra qoʻltigʻi bilan tutash. Maydon 475,4 ming km, aholisi 28,2 mln. kishi (2023). Poytaxti Yaoundé shahri. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (province)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi Kamerun — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-yil 2 iyundan kuchga kirgan, unga 1995-yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi -prezident (1982-yildan Pol Biyya). U umumiy, toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati Kamerun ekvatorial va shimoliy subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Yer yuzasi shim.ga tomon pasayib boradigan yassitogʻlik (1500–2000 m). Kamerun markazida Adamaua platosi bor (eng baland joyi 3008 m). Biafra qoʻltigʻi sohilida Kamerun vulkanik massivi (4070 m) ajratib turadigan pasttekislikning kengligi 150 km cha. Qazilma boyliklari: temir rudasi, oltin, boksit, qalay, titan, neft, tabiiy gaz. Iqlimi janubida ekvatorial, nam iqlim. Oʻrtacha temperatura fevral yoki martda 24— 28°, iyulyo avgustda 22°—24°. Yillikyogʻin ichki hududlarda 1500–2000 mm, sohilda 3000 mm dan ortiq (Kamerun massivining gʻarbiy va janubi-gʻarbiy yon bagʻirlarida — 10000 mm gacha). Kamerunning boshqa qismida iqlim — ekvatorial-mussonli, seryomgʻir, qishi quruq. Oʻrtacha temperaturaa 19°—24°, shimolida 26°—33°. Yillik yogʻin 500 mm gacha. Daryolari koʻp va sersuv, ostonali, gidroenergiyaga boy. Koʻplarida kema qatnay olmaydi. Hududining ʻ/, qismiga yaqini oʻrmon. Janubiydagi qizgʻish-sariq ferralit tuproqda doim yashil oʻrmonlar, sohilda mangra chakalakzorlari bor. Qimmatbaho yogʻoch beradigan daraxtlar (qizil, temir daraxt va b.) koʻp. Shimolidagi qizil-qoʻngʻir va qora tropik tuproklarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Oʻrmonlari daraxtlarda yashaydigan hayvonlar (maymunlar va b.), fil, suv aygʻiri, timsoh, ilon, qushlar va turli hasharotlarga boy. Qoʻtos, karkidon, kiyik, jirafa, arslon, gepard va b. koʻp. Hay-vonlarni saqlab qolish uchun Benue, Bubanjida, Vaza milliy bogʻlari va Bafia, Ja, Duala-Edea, Kampo qoʻriqxonalari barpo etilgan. Aholisining koʻpchiligi bantu (duala, balundu, basa va boshqa), sharqiy bantoid (bamileke, bamum, tikar va b.) til oilalariga mansub. Rasmiy tillar — fransuz va ingliz tillari. Aholisining 45% qad. diniy eʼtiqodni saqlagan, 35% qismidan ortigʻi xristian (asosan, katolik), 20% sunniy musulmon. Aholining 41 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Duala, Yaunde, Bafusam, Morva, Garva va boshqa. Tarixi Kamerun hududidan oʻrta va yuqori paleolit davriga oid tosh qurollar topilgan. Kamerunda dastlab pigmeylar yashab, ovchilik, chorvachilik va ibtidoiy dehqonchilik bilan shugʻullangan. 16-asrning 2-yarmidan Kamerunga portugallar, gollandlar, 18-asr boshlaridan ingliz, fransuz, nemis, amerika din daʼvatkorlari (missionerlar) va savdogarlari kela boshladi. Ular kamerunliklarga tuz, gazmol, idish-tovoq, mis quymasi, spirtli ichimliklar olib kelib sotishgan. Yevropaliklar Kamerundan fil suyagi, palma moyi, murch va boshqa olib ketgan. 17— 18-asrlarda Shimoliy Kamerunda Mandora sultonligi tashkil topdi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida fulbe koʻchmanchilari Shimoliy va Markaziy Kamerunda bir necha musulmon davlatlarini tuzdilar. 18-asrda Markaziy Kamerunda shakllangan Bamum davlati fulbelarga qarshi kurashdi. 18—19-asrlarda Markaziy va Janubiy Kamerunda yana bir qancha davlatlar paydo boʻldi. 20-asr boshlarida Germaniya Kamerunning shimoliy va markaziy qismlariga hukmronlik qila boshladi. Birinchi jahon urushi davrida ingliz-fransuz qoʻshinlari Kamerun hududini Germaniyadan tortib oldi (1916). Sharqiy Kamerun Fransiya, Gʻarbiy Kamerun Buyuk Britaniya nazoratiga oʻtdi. Mahalliy aholining ommaviy tashkiloti — Nigeriya va Kamerun Milliy kengashi (1944) hamda Kamerun xalklari ittifoqi partiyasi rahbarligida Kamerun xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi. Nihoyat, 1960-yil 1 yanvarda Sharqiy Kamerun mustaqilligi eʼlon qilinib, 13 no-yab.dan Kamerun Respublikasi deb yuritila boshladi. 1961-yil 1 oktabrda Gʻarbiy Kamerunning Kamerun Respublikasiga birlashuvi natijasida Kamerun Federativ Respublikasi (KFR) tuzildi. Mamlakat iqtisodiyotini koʻtarish choralari koʻrildi: yagona pul va oʻlchov birligi qabul qilindi; barcha siyosiy partiyalar Kamerun milliy ittifoqiga birlashtirildi. Ittifoqning 1-sʼyezdida KFRni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 1972-yil 20 maydagi referendum natijasida KFR Kamerun Birlashgan Respublikasi deb ataldi. 1984-yil 25 yanvardan boshlab Kamerun Respublikasi deb ataladigan boʻldi. Kamerun — 1960-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 20 may — respublika eʼlon qilingan kun (1972). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Respublikani himoya qilish harakati, 1991-yilda tuzilgan; Kamerun xalqi demokratik birlashmasi, 1966-yilda asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy ittifoq, 1991-yilda tuzilgan; Ijtimoiy demokratik front, 1990-yilda asos solingan; Kamerun xalqlari ittifoqi, 1991-yildan oshkora ishlay boshlagan. Kamerun mehnatkashlari kasaba uyushmasi tashkiloti, 1972-yilda tuzilgan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi. Xoʻjaligi Kamerun — agrar mamlakat. Markaziy Afrika mintaqasida iqtisodiy koʻrsatkichlari jihatidan oʻrtacha daromadli mamlakatlar guruhiga kiradi. 1980—90-yillarda yalpi ichki mahsulotning oʻrtacha yillik oʻsish surʼatlari 7%ni tashkil etdi. Sanoat ildamroq rivojlanishi tufayli yalpi ichki mahsulot tarkibi oʻzgardi: sanoatning solishtirma salmogʻi 44%, qishloq xoʻjaligi salmogʻi 24% boʻldi. Sanoati Kamerunda neft qazib oladigan va uni kayta ishlaydigan, alyuminiy, charmpoyabzal, toʻqimachilik va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Qimmatli nav yogʻoch (temir yogʻoch, qizil yogʻoch) eksport qilishda Kamerun dunyoda 6-oʻrinda turadi. Mustaqillik yillarida mamlakat oʻzini oziq-ovqat bilan toʻla taʼminlabgina qolmay, chetga ham sota boshladi. Elektr energiyaning yarmiga yaqini suv kuchi va yarmidan koʻprogʻi yoqilgʻi yordamida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 2,6 mlrd. kVtsoat ). Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Ekinzorlarning 50% dan koʻprogʻi oziq-ovqat ekinlari, 30% eksportbop ekinlar bilan band. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, sholi, maniok, yams, makabo, taro, banan, yer yongʻoq, sabzavot, shakarqamish, dukkaklilar. Kakao, kofe, kauchuk, tamaki, paxta, choy, moyli palma va b. ham yetishtiriladi. Kamerun shimoliy va gʻarbida koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik muhim rol oʻynaydi. Qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, parranda boqiladi. Ichki suv havzalari va Biafra qoʻltigʻida turli baliqlar ovlanadi. Transporti Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning 70% temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi. Temir yoʻlning uzunligi 1175 km, avtomobil yoʻllarining uzunligi — 65 ming km. Asosiy dengiz porti — Duala, daryo porti — Garva, xalqaro aeroportlar — Yaunde, Duala, Garvada. Kamerun chetga neft, yogʻoch, paxta tolasi, kauchuk, banan, yer yongʻoq, moyli palma mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, keng isteʼmol mollari, yoqilgʻi hamda moylash materiallari va b. oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Niderlandiya, Fransiya, AQSH, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Ispaniya. Pul birligi — Afrika franki. Tibbiy xizmati Kamerunda shifokorlar Yaunde sh.dagi universitet tibbiyot-sanitariya markazida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼri-fiy muassasalari 6—12 yoshdagi bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Taʼlim Sharqiy Kamerunda fransuz, Gʻarbiy Kamerunda ingliz tilida olib boriladi. Bolalarning 85% oʻqishga jalb etilgan. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. Hunar-texnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida tashkil etilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Yaunde universiteti (1962), Oliy politexnika maktabi (1971), Oliy jurnalistika maktabi (1970), Milliy qishloq xoʻjaligi kolleji, Milliy maʼmuriy maktab, Milliy sport instituti, Oliy aloqa maktabi va b. Ilmiy muassasalari: Ilmiy va amaliy tadqiqotlar kengashi (1962), Fan-texnika tadqiqotlari milliy byurosi (1965), Fan rivojiga koʻmaklashish uyushmasi (1972), Afrika tillarini oʻrganish mintaqa ilmiy tadqiqot markazi, Qishloq xoʻjaligi tadqiqot instituti, Demografiya tadqiqotlari instituti, Geogr. milliy instituti, Konchilik-geol. tadqiqotlari byurosi (1959), Paxta instituti va b. Kutubxonalari: Yaundeda milliy arxiv (1952), Yaunde universiteti kutubxonasi, Oliy normal maktab kutubxonasi, Yaundedagi milliy kutubxona, Demografiya tadqiqotlari institutining kutubxonasi va b. Ebolovda Markaziy Kamerun xalqlari sanʼati muzeyi, Bafusamda bamilike sanʼati muzeyi, Fumbanda bamum sanʼati muzeyi bor . Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Kamerunda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Kamerun tribyun" ("Kamerun minbari", ingliz va fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1974-yildan), "Kamerun autluk" ("Kamerun istiqboli", ingliz tilidagi xususiy gazeta, 1971-yildan), "Kamerun nuvo" ("Yangi Kamerun", fransuz tilidagi xususiy gazeta, 1984-yildan), "Kamerun tayms" ("Kamerun vaqti", ingliz tilidagi xususiy gazeta, 1960-yildan), "Ofjektif" ("Maqsad", fransuz tilidagi oylik jurnal, 1979-yildan). Kamnyus — hukumat axborot agentligi 1978-yilda tashkil etilgan. Kamerun radio va telekoʻrsa-tuvi — hukumat mahkamasi, 1988-yilda tuzilgan, umuman radioeshittirishlar 1955-yildan olib boriladi. Adabiyoti Xalq ogʻzaki ijodiyoti Kamerun xalqi hayotida muhim rol oʻynaydi. 20-asr boshlarida bamum yozuvi paydo boʻlib, bu yozuvda tarix, tibbiyot va dinga oid 3 asar yaratildi. 30-yillardan mahalliy (bulu, duala) tillarda badiiy asarlar (asosan, folklor harakterida) yaratila boshladi. Hoz. adabiyoti, asosan, fransuz, qisman, ingliz tillarida boʻlib, milliy ozodlik harakati bilan chambarchas bogʻlangan. Koʻpchilik yozuvchilar moziyga murojaat etsalar ham, ularning asarlarida 20-asr 50-yillaridagi ozodlik kurashining taʼsiri sezilib turadi (E.E. Yondonning "Kamerun! Kamerun!" sheʼriy toʻplami va boshqa). Romannavislar jamiyatning turli qatlamlari hayotini koʻrsatdilar, mustamlakachilikni tanqid qildilar (Mongo Betining "Shafqatsiz shahar", "Tugallangan missiya" romanlari va h.k.). Kamerun mustaqillikka erishgach, Kamerun madaniyati jamiyati, Kamerun shoirlari va adiblari uyushmasi tuzildi. 1963-yildan madaniyat masalalarini yoritadigan "Abbia" jurnal chiqa boshladi. Adabiy asarlarda eskilik sarqitlari (koʻp xotinlik, qalin olishberish)ni fosh etish, ozodlik kurashi tarixi, yangi turmush qiyinchiliklari va b. mavzular asosiy oʻrin tutadi. Dramaturgiya durust muvaffaqiyatlarga erishdi. Shoirlardan R. Filombe, F. Senga-Kyuo, F. Bebey va b. xalq ogʻzaki ijodiyoti anʼanalarini davom ettirish bilan birga hozirgi zamon muammolarini ham qalamga oladilar. S. M. Eno-Belinganing lirik-falsafiy sheʼrlardan iborat "Negrcha niqoblar" toʻplami keyingi yillardagi salmoqli asar boʻldi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Loy, tosh, yogoch va bambukdan qilingan aylana, toʻgʻri burchakli, qamish tomli kulbalar, idishga oʻxshatib loydan qurilgan 6–8 m li konussimon uylar koʻp. 19-asr oxirida yirik shaharlar (Yaunde, Duala) vujudga keldi, ularda arabcha va yevropacha uslub qorishib ketgan binolar qad koʻtardi. Keyingi yillarda zamonaviy meʼmoriy inshootlar mahalliy meʼmorlarning loyihalari asosida ham qurila boshladi (Dualadagi "Kokotye" mehmonxonasi, savdo palatasi; Yaundedagi prezident qarorgohi, fransuz madaniy markazi, vokzal binolari). Kamerun xalqlari oʻrtasida yogʻoch oʻymakorligi (uy jihozlari, yogʻochdan yasalgan odam, hayvon haykalchalari va ularga naqsh solish) rivojlangan. Zamonaviy yogʻoch oʻymakorlaridan Mombe Massanga, uning ugli G. Muafo, shuningdek, Isam Kanko eng mashhurlaridir. Musiqasi Kamerun aholisining milliy tarkibi xilma-xilligi musiqa madaniyatining oʻziga xosligini belgilaydi. Cholgʻu asboblari ham turlicha: urma cholgʻulardan katta-kichik barabanlar, ksilofon, balafon; torli-tirnama sozlardan ngombi, mvet, molori va b.; puflama sozlardan kakaki, sanri kabilar. Har bir xalqning qushiqlari, cholgʻu dastalari tarkibi, ijro uslubi har xil. Ayrim tumanlarda mehnat jarayoniga joʻr buladigan musiqa: baliqchilar qoʻshigʻi, makkajoʻxori uqalovchi ayollar qoʻshigʻi va b. mavjud. Ayrim qoʻshiqlar yakkaxonlikda, boshqalari joʻr ovozlikda hamda koʻp ovozliqda ijro etiladi. Koʻpgina qoʻshiqlarni raqsdan ajratib boʻlmaydi. Pigmeylarning qoʻshiq-raqs anʼanasi ham oʻziga xos. Ularning "mvet" musiqa tomoshalari gʻoyat jozibador. Xalq musiqa ijodi bilan birga anʼanaviy professional (saroy) musiqa janrlari ham rivoj topgan. 20-asrda Yevropa va Amerika musiqasining taʼsiri kuchaydi. Zamonaviy kompozitorlar, dirijyorlar, sozandalar yetishib chikdi, ashula va rake ansambllari tashkil topdi. Kamerun musiachilar va kompozitorlar uyushmasi tuzildi (1972). Folklor namunalarini toʻplash va oʻrganish yoʻlga qoʻyildi. Teatri Kamerun xalqlari oʻrtasida qadimdan raqs-musiqa oʻyinlari — pantomimalar odat boʻlgan. Ayrim raqslar baʼzan tomosha sahnasiga aylanib, xalq, teatriga oʻxshab ketadi. 1955-yil Yaundeda yosh artistlar uyushmasi tashkil etildi. Truppa rahbari S. Avona oʻzining "Ebutuning uylanishi", "Ishsiz" pyesalarini sahnalashtirdi. 1961-yilda Dualada Kamerun xalq, teatri ochildi. Keyinchalik tashkil etilgan "Afrika avangardi" dramatik truppasi mahalliy mualliflarning asarlarini saqnalashtirdi. Yaunde va Dualada havaskor jamoalarning koʻriklari, sanʼat festivallari oʻtkazildi. Filmi Kamerunda yaratilgan dastlabki filmlar etn. tusida edi: "Tam-tam Parijda" (1963, rejissyor T. Sita-Bella), "Bambilikening katta uyi" (1966, rejissyor J. P. Ngassa). 1966-yilda Axborot vazirligi huzurida kino boʻlimi ochildi. 1973-yilda kino sanoati jamgʻarmasi taʼsis etilib, filmlar yaratish uchun shu jamgʻarmadan mablagʻ berila boshladi. Rejissyor J. P. Dikong-Pipaning "Shoxlar" (1964) va "Otamni qaytarib beringlar" (1965) qisqa metrajli filmlaridan keyin "Begona bola" (1975), "Ozodlik qadri" (1979) filmlari shuhrat qozondi. Rejissyor. D. Kamva "Belanchak" va "Bizning qizimiz" nomli hajviy filmlar yaratdi. Manbalar Kamerun BMT aʼzolari
14,227
3283
https://uz.wikipedia.org/wiki/Markaziy%20Afrika%20Respublikasi
Markaziy Afrika Respublikasi
Markaziy Afrika Respublikasi (MAP) (Republigue Centrafricaine) — Markaziy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 623 ming km². Aholisi 3,5 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bangi shahri Maʼmuriy jihatdan 16 prefekturaga boʻlinadi. Davlat tuzumi Markaziy Afrika Respublikasi — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994-yil 28-dekabrda umumxalq referendumida maʼqullangan va 1995-yil 7-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Vazirlar Kengashini boshqaruvchi bosh vazirni prezident tayinlaydi. Tabiati Mamlakat hududining katta qismini Azande qiri (balandligi 600–900 m) egallagan. Qirda keng vodiylar va balandligi 1300–1400 m li gumbazsimon togʻlar koʻp. Olmos, uran rudasi, lignit, temirli kvarsit konlari bor. Iklimi ekvatorial mussonli iqlim; issiq, yozi seryomgʻir. Eng issyak, oyi (mart)ning oʻrtacha temperaturasi 26—ZG, eng salq-in oyi (shimolida dekabr yoki yanvar, janubida iyul yoki avgust)niki 21—25°. Yillik yogʻin shimolidan jan.ga tomon 1000–1200 mm dan 1600–1800 mm gacha ortib boradi. Mamlakat janubiy chegaralari boʻylab MARning asosiy daryosi — Ubangi (Kongo daryosining oʻng irmogi), shimoliy qismidan Chad koʻliga quyiluvchi Shari daryosi irmoqlari oqib oʻtadi. Daryolar toʻlib oqqan davrda kema qatnaydi. Oʻsimliklar qoplami, asosan, savanna, ayrim joylari esa yilning quruq faslida bargini toʻkuvchi siyrak daraxtli tropik oʻrmonlardan iborat. Mamlakatning janubiy qismida daryo sohillari boʻylab doim yashil oʻrmonlar, eng chekka janubidagi qizilsariq laterit tuproqlarda sernam ekvatorial oʻrmonlar oʻsadi. Hayvonot dunyosi boy va xilmaxil. Yirik hayvonlardan fil, karkidon, buyvol, kiyik, jirafa, yirtqichlardan arslon, qoplon, qashqir, sirtlon yashaydi. Oʻrmonlarda maymun koʻp. Daryolarda timsoh uchraydi. Har xil qushlar, ilonlar, kalta-kesaklar, hasharotlar, janubida setse pashshasi bor. Andre-Feliks, Bamingi-Bangoran, Sen-Floris milliy boglari barpo etilgan. Aholisi Aholisining aksari qismini sango tili shevalarida soʻzlashuvchi banda, gbayya, ngbandi, zande xalqlari tashkil etadi. Mamlakat janubida bantu tili oilasiga mansub xalqlar (azande, ngiri, maka va boshqalar) yashaydi. Pigmey kabilalari, shimolida Sudan arablari ham bor. Rasmiy tili — fransuz tili. Aholining aksariyati mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, xristianlar, musulmonlar ham bor. Aholining 47% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bangi, Berberati, Bosan-goa, Bambari. Tarixi MARning eng qadimgi tarixi yetarlicha oʻrganilmagan. Bir vaqtlar bu yerda pigmeylar yashaganligi haqida rivoyatlar bor, keyinroq boshqa negroid qabilalar ham paydo boʻlgan. 19-asrda hozirgi Markaziy Afrika Respublikasi hududining shimoli-gʻarbiy qismi Bagirma va Vadai davlatlari, 90-yillarda esa Rabbax davlati tarkibiga kirgan. 1900-yilga kelib Fransiyaning Ubangi-ShariChad mustamlakasi tarkibiga, keyinroq boshqa fransuz mustamlakalari bilan Fransiya Ekvatorial Afrikasi tarkibiga kiritilgan. 1914-yilda Ubangi-Shari (hozirgi Markaziy Afrika Respublikasi) Chaddan ajratildi. 1958-yil Ubangi-Shari Fransiya Hamjamiyati tarkibidagi muxtor respublika deb eʼlon qilindi va Markaziy Afrika Respublikasi deb atala boshladi. 1960-yil 13-avgustdan mustaqil davlat. MARda 1966-yil harbiy toʻntarish sodir boʻlib, polkovnik J. Bokassa prezident lavozimini egalladi. 1976-yilda Markaziy Afrika Respublikasi konsti-tutsiyali monarxiyaga aylantirildi va Markaziy Afrika imperiyasi nomini oldi. Bokassa I imperator boʻldi. 1979-yil yana bir toʻntarish natijasida imperator agʻdarib tashlandi, mamlakat yana respublika deb eʼlon kdlindi. 1981-yil MARda navbatdagi harbiy toʻntarish roʻy berdi. Hokimiyat Milliy tiklanish harbiy qoʻmitasi qoʻliga oʻtdi. Kon-stitutsiyaning amal qilishi toʻxtatildi. 1993-yil 22-avgust va 19-sentabrda boʻlib oʻtgan umumiy saylovda Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat parti-yasining rahbari Anj-Feliks Patasse 6 yil muddatga prezident etib saylandi. Yangi konstitutsiya qabul etildi, fuqaro hukumati faoliyat koʻrsata boshladi. Markaziy Afrika Respublikasi 1960-yil sentabrdan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1-dekabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1958). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat partiyasi, 1979-yilda tuzilgan; Markaziy Afrika demokratik uyushmasi partiyasi, 1987-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va tarak,qiyot uchun ittifoq partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Demokratiya va rivojlanish uchun harakat partiyasi, 1993-yilda barpo etilgan; Markaziy Afrika Res-publikasi ozodligi uchun harakat partiyasi. Markaziy Afrika mehnatkashlari kasaba uyushmasi 1981-yilda tuzilgan. Iqtisodiyoti Markaziy Afrika Respublikasi — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yal pi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 41,6%, ishlab chiqaradigan sanoat ulushi 8,8%, kon sanoati ulushi 2,9%ni tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholining 85% qishloq xoʻjaligida band. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining asosiy qismini mayda dehqon xoʻjaliklari beradi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: maniok, tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, sholi, banan, dukkaklilar. Eksport uchun paxta, kofe, shuningdek yer yongʻoq, kunjut, moyli palma, geveya, tamaki ekiladi. Chor-vachilikda qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Daryolardan baliq ovlanadi. Mamlakatning janubi-gʻarbiy qismidagi oʻrmonlarda eksport uchun qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Sanoatida konchilik asosiy oʻrinni oladi: olmos va uran qazib olinadi. Markaziy Afrika Respublikasi sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan mayda korxonalar (paxta va kofe tozalash, yogʻmoy, un, sut-pishlok, zavodlari va boshqalar)dan iborat. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, boʻyoq fabrikalari, gʻishtfayans, kislorod-atsetilen, taxta tilish zavodlari va boshqa korxonalar bor. Yiliga 96 mln. kVtsoatdan koʻproq elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Mamlakatda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllarining uz. 23,7 mingkm. Xalqaro yuklarning 95% dare orqali tashiladi. Okeanga chiqiladigan suv yoʻllari eng muximidir. Kongo-Ubangi, Kongo-Sanga daryolari havzalari katta ahamiyatga ega. Bangi, Zinga, Salo va Nola portlari, Bangida xalqaro aeroport bor. Markaziy Afrika Respublikasi chetga olmos, paxta, kofe, yogʻoch chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon, yoni-lgʻi keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Benilyuks mamlakatlari, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya. Pul birligi — afrika franki. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 1962-yil mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga majburiy taʼlim joriy qilingan. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Barcha maktablarda bolalar fransuz tilida oʻqitiladi. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati 6 yil 4 yillik umumiy taʼlim kollejlari toʻliqsiz oʻrta, 7 yillik litseylar toʻliq oʻrta maʼlumot beradi. Hunar maktablari, kasb-hunar texnika bilim yurtlari, texnika kollejlari va litseylari ham mavjud. Bangida universitet (1969-yilda tashkil etilgan) va Oliy normal (ped.) maktab, toʻliq oliy maʼlumot bermaydigan bir qancha oliy maktablar bor. Ilmiy muassasalari: Bangida ilmiytexnika tadqiqot byurosi (1948), Demografiya tadqiqot markazi, Paster instituti (1961), Paxta va toʻqimachilik sanoati ilmiy tadqiqot instituti, Markaziy Afrika Agronomiya tadqiqot instituti (1948, Bukokoda). Bangi universiteti, Bukokodagi Agronomiya tadqiqot instituti va Bangidagi ilmiytexnika tadqiqotlari byurosi kutubxonalari mavjud. Bangida mamlakat tarixiy yodgorliklari, cholgʻu asboblari muzeyi, Bartelemi Bogenda muzey, sanʼat va hunarmandchilik milliy markazi bor. Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi Asosiy gazetalari: "Jurnal ofisel de la Repyublik Santrafri-ken" ("Markaziy Afrika Respublikasining rasmiy gazeta", fransuz tilida chiqadigan hukumat xabarnomasi, 1974-yildan), "Songo" (sango xalqi tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1986-yildan). Markaziy Afrika axborot agentligi hukumat axborot agentligi boʻlib, 1974-yilda tashkil etilgan; Markaziy Afrika radioeshittirish va televideniye xizmati, 1958-yilda tuzilgan, telekoʻrsa-tuvlar 1974-yilda boshlangan. Adabiyot va San'ati Asosan, folklor shakllari: ishqiy koʻshiqlar, yor-yorlar, ovchi qoʻshiqlari urf boʻlgan. Eng tanikli yozuvchisi Pyer Maxombo Bambote — "Afrika qahramoni sharafiga marsiya" (Patris Lumumbaga bagʻishlangan) va "Ikki to-gʻam qoʻshigʻi" dostonlarining muallifi. Bu yozuvchi bir necha hikoya va bir pardali pyesalar ham yozgan. Meʼmorligi, tasviriy sanʼati, musiqasi Markaziy Afrika Respublikasi hududida qadimgi masjidlar va arabcha uslubdagi uylar saqlanib qolgan. Odatda, xalqning turar joylari — doirasimon yoki toʻrtburchak shaklida guvaladan va sinchli qilib, tomi juda tik nishabli tarzda qurilgan. 19-asrdan yevropacha imoratlar kurila boshladi. Keyingi vaqtda Bangi, Berberati, Bangasu va boshqa shaharlarda zamonaviy meʼmorlik usullarida koʻp qavatli maʼmuriy binolar va turar joylar qurildi. Amaliy va tasviriy sanʼat turlaridan yogʻoch oʻymakorligi, toʻquvchilik, kulollik, metall va fil suyagidan uzuk, marjon shodalari, bilaguzuklar yasash rivojlangan. Palma yaproklari, poxol va oʻtdan savat, bordon, qalpoq, sumkalar toʻqiladi. Buyvol va timsoh terisidan xaltacha, kartmon, kitob muqovalari yasaladi. Hunarmandlar maktabi tashkil topgan. Xalq marosimlari xor boʻlib aytiladigan qoʻshiqlar va niqob kiyib ijro etiladigan ommaviy raqslar bilan oʻtadi. Yakkaxon baxshilar tarixiy dostonlar, masallar, rivoyatlar va ishqiy qoʻshiklarni ijro etishadi. Professional sozandaxonandalar ijodi alohida oʻrin oladi. Ndumu deb ataladigan doʻmbra, makembe deb ataladigan qoʻngʻiroq, ngombi deb ataladigan 2 torli arfa, qaqildoq kabi musiqa asboblari bor. Bangida milliy sanʼat maktabi boʻlib, unda musiqa, raqs, drama asoslari oʻrgatiladi. Milliy muzeyda xalq sanʼati va anʼanalari boʻlimi ishlaydi. Manbalar Markaziy Afrika Respublikasi BMT aʼzolari
10,115
3285
https://uz.wikipedia.org/wiki/Chad
Chad
Chad (Tchad), Chad Respublikasi (République du Tchad) – Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni −1284 ming km². Aholisi −9 mln.ga yaqin kishi (2002). Poytaxti – Njamena shahri. Maʼmuriy jihatdan 28 prefekturaga boʻlinadi. Davlat tuzumi Chad – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1996-yil 31-martda kabul kilingan. Davlat boshligʻi prezident (1991-yildan Idriss Debi), u umumiy tugʻri va yashirin ovoz berish yuli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy majlis va Senat) parlament, ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazirni tayinlaydi. Tabiati Chad hududining koʻp qismi balandligi 250–400 m bulgan yassi tekislikdan iborat. Mamlakat shimoliy qismi Sahroi Kabir choʻlida joylashgan, janubiy Sohil deb ataluvchi chul va chala chul landshaftli savanna va Sudan tabiiy oblastining bir qismini egallaydi. Chekka shimolda Tibasti togʻligi bor (eng bal. joyi 3415 m, Emi-Kusi togʻi). Mamlakat shimoli-sharqida Ennedi va Erdi platolari, janubi-sharqiy qismida Vadai massivi joylashgan. Chadda boksit, diatomit, kaolin, neft, qalay, uran, oltin konlari bor; Chad kulidan soda va tuz olinadi. Iqlimi shimolda tropik choʻl iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 15°, iyulniki 30° gacha (ayrim hollarda 50° gacha borishi mumkin). Oʻrtacha yillik yogʻin 100–250 mm. Jan.da ekvatorial mussonli iklim. Qish mavsumi (oktabr— noyabrdan aprel—maygacha) quruq. Oʻrtacha temperatura eng sovuq oyda 21°, eng issiq oyda 33°, oʻrtacha yillik yogʻin (250–1000 mm) shimoldan janubga tomon ortib boradi. Shimolidadoimiy oqar daryolar yoʻq. Jan.da kema qatnaydigan yirik daryosi – Shari. Mamlakatning gʻarbiy chegarasida Chad koʻli joylashgan. Shimoliydagi toshloq choʻllarda tikanakli yarim buta va butalar, vohalarda tok, xurmo oʻstiriladi. Chekka janubda qizilqoʻngʻir tuproqlarda savannalar mavjud, baobab daraxti ham uchraydi. Savannalarda yirik sut emizuvchi hayvonlar – fil, jirafa, kiyik, buyvol, karkidon; yirtqichlardan – arslon, leopard, sirtlon, chiyaboʻri bor. Shari daryosining yuqori oqimida maymunlar uchraydi. Qushlardan tuyaqush, saqoqush, qizilgʻoz bor. Ilon, kaltakesak va hasharot koʻp. Hayvonlarni muhofaza qilish va oʻrganish uchun Zakuma milliy bogʻi tashkil etilgan. Aholisining 1/3 qismidan koʻprogʻini sharinil tillarida soʻzlashuvchi xalqlar, 1/3 qismini arablar tashkil etadi. Chad koʻlining janubda chad tillarida soʻzlashuvchi mubi, xausa, massa xalqlari, Kamerun bilan chegaraga yaqin joylarda mbum xalqi yashaydi. Rasmiy tillar – fransuz va arab tillari. Aholining yarmidan kupi mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari musulmon sunniylar; xristianlar ham bor. Yirik shaharlari – Njamena, Mundu, Abeshe. Tarixi Chad hududida odam qadimdan yashab kelgan. 9-asrda Chad koʻli havzasida Kanem davlati paydo boʻlgan. Kanem davlati tanazzulga uchragach, 14-asr oxirida Bornu davlati tashkil topdi. 19-asr oxirigacha hozirgi Chad hududining turli qismlarida Vadai (14-asr), Bagirmi (16-asr), Rabbah (19-asr) davlatlari vujudga keddi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Chad koʻli havzasini Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya egallab olishga intildilar. 1900-yil Chad Fransiyaning harbiy hududi deb eʼlon qilindi. Uning ayrim qismlarini bosib olish 1914-yilgacha davom etdi. 1904-yil Chad hududi UbangiShari – Chad mustamlakalari federatsiyasi (1910-yildan Fransiya Ekvatorial Afrikasi) (FEA) tarkibiga kirgan. 1914-yil Chad Ubangi-Sharidan ajratib olinib, FEAning alohida mustamlakasiga aylantirildi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) Chad „Ozod Fransiya“ harbiy qismlari tuziladigan hududga aylandi. Urushdan keyingi yillarda Chadda milliy ozodlik harakati avj oldi. 1946-yil Chad FEA tarkibida Fransiyaning „dengiz ortidagi hududi“ga aylandi. 1947-yil tuzilgan Chad ilgʻor partiyasi Chad mustaqilligi uchun olib borilgan kurashga rahbarlik qildi. 1957-yil Chadda afrikaliklardan iborat hukumat kengashi tuzildi. 1958-yil 28-noyabrda Chad Fransiya Hamjamiyati tarkibidagi respublika deb eʼlon kshshndi. Milliy ozodlik harakati avj olishi natijasida Fransiya hukumati Chadga mustaqillik berdi. 1960-yil 11-avgustda Chad mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1975-yil harbiy toʻntarish boʻlib, hukumat tarqatib yuborildi. Shu paytdan boshlab mamlakatdagi turli harbiysiyosiy guruhlar oʻrtasida bir necha bor qurolli toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi. 1990-yil dekabrda hokimiyat tepasiga Idriss Debi boshchiligidagi Milliy qutqarish vatanparvarlik harakati keldi va u koʻp partiyaviylik demokratik tuzumni joriy etish yoʻlini tanladi. Chad 1960-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1993-yil12-yanvarda tan olgan, 1994-yil 16-sentabrdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 11-avgust – Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy uyushma, 1992-yil tuzilgan; Taraqqiyot va yangilanish milliy ittifoqi; Milliy qutqarish vatanparvarlik harakati, 1990-yil tuzilgan; Yangilanish va demokratiya uchun ittifoq, 1992-yil asos solingan; Chad milliy ozodlik fronta, 1965-yil tashkil etilgan. Chad kasaba uyushmalari birlashmasi, 1988-yil tuzilgan. Iqtisodiyoti Chad – iktisodiy jihatdan zaif rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 39%, sanoat va qurilishniki 15%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 46% ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi – iqtisodiyotning asosi. Chadning asosiy tarmogʻi – dehqonchilik. Mahsuloti chetga chiqariladigan asosiy ekini paxta. Shuningdek, yer yongʻoq, sholi, bugʻdoy, tariq, joʻxori ekiladi; xurmo oʻstiriladi. Aholining 1/3 Qismi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvadorlik bilan shugʻullanadi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Daryolari hamda Chad va boshqa koʻllarda baliq ovlanadi. Sanoati yaxshi rivojlanmagan. Uning asosiy tarmogʻi – toʻqimachilik. Oziqovqat sanoatida goʻsht, un, sholi oqlash, yogʻ, shakarqand, pivo pishirish zavodlari bor. Chad koʻlidan osh tuzi va soda qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 92 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uzunligi – 32,7 ming km, temir yoʻl yoʻq. Logone va Shari daryolarida 1 yilda 3 oy kema qatnaydi. Njamenada xalqaro aeroport bor. Chad chetga paxta, qoramol, goʻsht, teri chiqaradi; chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, transport vositalari oladi. Tashqi savdoda Portugaliya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Yaponiya bilan hamkorlik qiladi Maorifi va ilmiy muassasalari CH.da 8 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Taʼlim fransuz tilida olib boriladi. Boshlangʻich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlangʻich maktab 6 yillik. Oʻrta maktabda oʻqish 7 yil Oʻrta texnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida maktab va intlarda amalga oshiriladi. Oliy taʼlimni Njamenadagi Chad universiteti beradi. Chad muassasalari: Paxta va toʻqish instituti, Milliy gumanitar fanlar instituti, planetariy, qishloq xoʻjaligi byurosi, ilmiy texnika byurosi, geogr. tadqiqot styasi va boshqa Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Chadda fransuz tilida „InfoChad“ („Chad axboroti“) kundalik byulleten chikadi (1964-yildan). Chad axborot agentligi 1964-yilda tashkil etilgan. Chad milliy radiosi hukumat radiostyasi hisoblanadi; 1955-yil tuzilgan. Chad televideniyesi, hukumat xizmati. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Chad xududidan paleolit va neolit davriga oid kryatoshlarga ishlangan rasmlar topilgan. Chadning oʻtroq aholisi Logone va Shari daryolari vodiylaridagi kichikroq shaharchalarda istiqomat qiladi. Aholi qishloklarda tomi choʻqqisimon, devorlari loy bilan suvalgan doirasimon va toʻgʻriburchakli kulbalar quradilar. Shaharlarda ichki hovlili, yassi tomli, atrofi kungurador devor bilan oʻralgan uylar barpo etadilar. Chad janubda 8—10-asrlarga oid qad. madaniyat yodgorliklari (keramika buyumlari, odam va hayvon tasvirlari tushirilgan sopol va bronza haykalchalar, odamning loydan tayyorlangan boshlari) topilgan. Chadda qadimdan amaliybezak sanʼatining toʻquvchilik, kashtachilik, kandakorlik, kulolchilik kabi turlari rivojlangan. Musiqasi Chad xalqlarining xalq qoʻshiqlari pentatonikaga asoslanadi; raqslardan mdomlang (ovchilar raqsi), ndon mbessi, bayyan, nʼdason (marosim raqsi), sai, basaka (bayram raqsi) turlari keng tarqalgan. Cholgʻu asboblari: zarbli – baraban (3 barabandan iborat ansambl mashhur), shaqildoq, koʻngʻiroqcha, ksilofonlar; puflama sozlar – algaita (goboy turi), kamigsdan yasalgan klarnet va boshqa Professional ansambllarda puflama sozlar barabanlar bilan birga ishlagiladi. 1970-yil Milliy rake ansambli tashkil etilgan. == Maʼmuriy boʻlinishi == Mamlakat 14 ta prefekturaga boʻlingan. Eng katta shaharlari: Njamena (687000 odam) Sarh (129600 odam) Mundu (117500 odam) Abeshe (95800 odam). Aholi Eng katta xalqlari: saralar va arablar (jami 200 etnik guruh istiqomat qiladi). Aholining 50%i musulmon, 30%i xristian, 20%i – butparast. 1977 – 4,16 mln. odam 2003 – 9,25 mln. odam Tarix Oʻrta asrlarda hozirgi Chad hududida Kanem davlati mavjud boʻlgan, unda musulmon tujjorlari oʻz tadbirkorliklarini yuritishgan. XIX asr Rabbaxa mamlakati. 1900-1960 – fransuz mustamlakasi. 1900da Chad fransuz harbiy hududi, deb eʼlon qilingan. 1910da Fransuz Ekvatorial Afrikasiga kirdi. 1914da Chad yana alohida mustamlakaga aylandi. 1958-1960 – mustaqillikka erishish. 1958 noyabrida mamlakat Fransuz hamkorligi doirasida cheklangan avtonomiyali respublikaga aylandi. Mustaqillik 1960 11-avgustda eʼlon qilindi. 1960da mustaqillikka erishilgandan soʻng Chadda keyinchalik fuqarolik urushlarini keltirib chiqargan shimoliy arab musulmonlari va janubdagi afroxristianlar orasida qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Mamlakatning birinchi prezidenti Fransua Tombalbay boʻldi (1975da harbiy toʻntarish paytida oʻldirilgan). 1960-1979 – hokimiyat tepasida janubliklar turishdi (keyinchalik esa – shimolliklar). 1990 – Liviya koʻmagiga tayanuvchi Idris Debi diktaturasi. 2005 – Sudan bilan urush holati. 2006 13-aprel – Oʻzgarishlar uchun Birlashgan Front aʼzolari poytaxtni shturm qilishga urinishdi. Inqilobchilar Sudan yordamida diktatorni agʻdarib, demokratik saylovlar oʻtkazishmoqchi edilar. Hukumat shturmni bosishga muvaffaq boʻldi. Joʻgʻrofiya Mamlakat hududida yirik Chad koʻli mavjud. Siyosat Ichki siyosat Davlat boshligʻi – prezident, shuningdek qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni vazifasini olgan. 2005 yil 6-iyundagi referendumda qabul qilingan Konstituciyaviy oʻzgarishlarga koʻra, prezident toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 5 yilga saylanadi va cheksiz marta qayta saylanashi mumkin. Qonun chiqaruvchi organ – Milliy qurultoy. Tarkibi – 155 deputat, ular toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 4 yil mudddatga saylanadi. Bu saylovlar soʻnggi marta 2002 yilda oʻtkazilgandi. 2005-yilda qabul qilingan Konstituciyaviy oʻzgartirishlar yuqori palata – Senatni bekor qildi. Chadning ichki siyosiy hayoti afrikalik va arab etnik guruhlari orasidagi toʻqnashuvlar bilan xarakterlanadi, respublikada bir necha aksilhukumat guruhlar mavjud. Mamlakat sharqida Sudanning Darfur viloyatidagi vaziyat ahvolni beqarorlashtiradi, natijada Chadga 200 ming darfurlik qochqinlar koʻchib kelishdi, bundan tashqari, Chad hududini darfurlik qoʻzgʻolonchilar oʻzlarining bazasi, deb qabul qilishadi. Darfurda esa anchagina chadlik inqilobchilar yashirinishadi. Tashqi siyosat Iqtisodiyot Chad Afrikaning eng qashshoq mamlakatlari sirasiga kiradi. Iqtisodiyot asosi – qishloq xoʻjaligi (YaIM 40%i), yetakchi sohalar paxtachilik va qoramolchilik hisoblanadi. Boksitlar, uran, qoʻrgʻoshin konlari bor, neft topilgan. 2003da Doba neft konini Kamerunning Atlantika okeani boʻyidagi Kribi porti bilan bogʻlovchi neft tarmogʻi rasman ishga tushdi. Bu tarmoq xalqaro byudjet evaziga qurilib, tushajak daromadni faqatgina ijtimoiy sohaga sarfash majburiyati berilgan. Sogʻliqni saqlash Madaniyat va taʼlim Turizm Afrika Chad BMT aʼzolari
11,867
3286
https://uz.wikipedia.org/wiki/Komorlar
Komorlar
Komorlar (Comoros Federativ Islom Respublikasi) — Hind okeanidagi Qamar orollarida joylashgan davlat. Qamar orollari tarkibiga Ngazija (avvalgi nomi GrandKomar), Nzvani (avvalgi nomi Anjuan), Mvali (avvalgi nomi Moxeli), Maore (avvalgi nomi Mayotta) orollari va bir qancha mayda orollar kiradi. Maydoni 2,170 ming km. Aholisi 821 625 kishi (2021). Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi. Poytaxti — Moroni shahri. Davlat tuzumi Qamar orollari — federal respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2001-yil 23-dekabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident, u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi, hukumatga ham boshchilik qiladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament (ittifoq assambleyasi), ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Orollar vulkanlardan hosil boʻlgan, marjon qoyalar bilan oʻralgan. Harakatdagi vulkanlar bor. Balandligi 2560 m gacha (Ngazija oroldagi Qargala vulkani, mamlakatning eng yuqori nuqtasi). Iqlimi tropik, issiqva sernam. Sohilda oʻrtacha temperatura 23—28°, togʻlarda 18° ga yaqin. Yillik yogʻin 1100– 3000 mm. Togʻ yon bagʻirlarida qalin tropik oʻrmonlar, togʻ etaklarida savanna va butazorlar bor. Aholisi Aholisining 95% qamarlar yoki antaloatra xalqi. Ular arablarning malagasilar va Sharqiy Afrika sohilidagi xalklar bilan chatishuvi natijasida hosil boʻlgan. Bundan tashqari, bantu tillaridan birida soʻzlashuvchi makualar hamda arab, malagasi va fransuzlar ham yashaydi. Hindiston va Pokistondan borib qolganlar ham bor. Rasmiy tillar — qamar, fransuz va arab tillari. Aholisi, asosan, qamar tilida soʻzlashadi. Qamarlarning aksariyati islom dinining sunniy mazhabida. Aholining 75% ga yaqini sohil boʻyidagi tekisliklarda va togʻ yon bagʻirlarida istiqomat qiladi. Asosiy shaharlari — Moroni, Mutsamudu, Fomboni. Tarixi 15—19-asrlarda orollarda musulmon sultonlari hukmronlik qilgan. Orollarga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1598-yilda gollandlar borgan. 19-asrda Fransiya bu orollarni bosib olib, mustamlakaga aylantirgan. 1946-yil Qamar orollari Fransiyaning Madagaskar mustamlakasi tarkibidan mustaqil maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. 1961-yilda Fransiyaning "dengiz orti \ududi"; 1968-yilda ichki oʻzinioʻzi boshqaruv maqomini oldi. 1975-yil 6-iyulda Qamar orollari deputatlar palatasi oʻz tashabbusi bilan mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. 1978-yil 1-oktabrgacha mamlakat Qamar orollari Respublikasi, soʻngra Qamar orollari Federal Islom Respublikasi deb ataddi; 2002-yildan hozirgi nomda. 1999-yil 30-aprelda polkovnik Azali Assumani rahbarligidagi harbiy toʻntarish natijasida prezident Tojiddin bin Said Massunde hokimiyatdan chetlashtirildi, 1996-yilgi konstitutsiya bekor qilindi, barcha davlat muassasalari tarqatib yuborildi. Muvaqqat konstitutsiya amal qila boshladi. 1999-yil 6-mayda Azali Assumani oʻzini prezident deb eʼlon qildi. Qamar orollari — 1975-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6-iyul — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1975). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Yangilanish va demokratik harakat partiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Taraqqiyot uchun milliy birlashma partiyasi, 1996-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va taraqqiyot uchun harakat partiyasi. Qamar orollari muxtor kasaba uyushmalari ittifoqi, 1996-yil tuzilgan. Iqtisodiyoti Qamar orollari qoloqagrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini eksportga ixtisoslashtirilgan qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 40%, sanoatniki 14%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 46%. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: vanil, chinnigul, ilang-ilang (gulidan essensiya va parfyumeriya sanoati uchun moy olinadigan da; raxt), kokos palmasi, dolchin, kofe. Ichki ehtiyoj uchun sholi, makkajoʻxori, maniok, yams, batat, shakarqamish, banan yetishtiriladi. Qoramol, echki va qoʻy boqiladi, baliq ovlanadi. Urmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, sovun, spirtsiz ichimliklar, roʻzgʻor asboblari ishlab chiqaruvchi korxonalaridan iborat. Putssolan (yoʻl qurish va sement ishlab chiqarish uchun kerakli xom ashyo) qazib olinadi. Yiliga 31 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (teri, yogʻochni qayta ishlash, savat toʻqish) keng yoyilgan. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 875 km (76% qattiqqoplamali). Asosiy dengiz porti — Mutsamudu shahri Chetga vanil (eksport boʻyicha dunyoda 2-oʻrinda), essensiya, chinnigul, kokos palmasi yongʻogʻi va magʻzi chiqaradi, chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashinauskuna oladi. Tashqi savdoda Fransiya, AQSH, Germaniya, Madagaskar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — qamar franki. Maorifi Mustaqillik eʼlon qilinishi arafasida (1975) 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan edi, ammo bu ish amalga oshmadi. Davlat maktablari bilan bir qatorda musulmon ruhoniylariga qarashli diniy maktablar ham boʻlgan. Darslar fransuz tilida, diniy maktablarda arab tilida oʻtilgan. Mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin bolalar 4 yoshdan madrasaga qatnab, 2 yilda davomida Qurʼonni oʻrgana boshlaydilar. Boshlangʻich maktab 6 yillik, toʻliqsiz oʻrta maktab 4 yillik, toʻliq oʻrta maktab (litsey) 7 yillik. Mahalliy tilda oʻqitish joriy etilgan. Anʼanaviy boshlangʻich diniy maktablarda arab alifbosidan tashqari, qishloq xoʻjaligi bilimlari va gigiyena oʻrgatiladi. Kasbhunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizida amalga oshiriladi. Ped. bilim yurtlarida oʻqituvchilar tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlari yoʻq. Yoshlar oliy taʼlimni xorijda oladilar. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Mamlakatda "AlVatvon" ("Vatan") hukumat haftalik gazeta (1985-yildan), fransuz tilida haftalik "Qamar Orollari gazetasi" chiqadi. Qamar matbuot agentligi hamda 1975-yilda tashkil etilgan va hukumat tomonidan nazorat qilinadigan Qamar radiosi faoliyat yuritadi. Manbalar Komorlar BMT aʼzolari
5,913
3287
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kongo%20Respublikasi
Kongo Respublikasi
Kongo Respublikasi (République du Congo) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 342 ming km². Aholisi 2,9 mln. kishiga yaqin (2001). Maʼmuriy jixatdan 10 viloyat (region)ra boʻlinadi. Poytaxti — Brazzavil shahri Davlat tuzumi Davlat boshligʻi — prezident (1997-yildan Deni Sassu-Ngesso). Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament (Milliy oʻtish kengashi). Ijroiya hokimiyat — hukumatga prezident boshchilik qiladi. Tabiati Kongo Respublikasi hududi, asosan, Kongo botigʻida joylashgan. Mayombe togʻlari (balandligi 930 m gacha) kambar (eni 40– 50 km) dengiz boʻyi pasttekisligiga parallel yotadi. Mamlakatning shimoli-gʻarbi tekislik boʻlib, unda ayrim togʻlar qad koʻtargan (Nabemba choʻqqisi — 1000 m). Kongo Respublikasining qolgan qismi botqoqlashgan allyuvial tekisliklardan iborat. Iqlimi issiq; shimoliy sernam ekvatorial, janubiy quruq subekvatorial iqlim. Eng issiq oyi (aprel)ning oʻrtacha temperaturasi 24—27°, eng salqin oyi (iyul)niki 20—25°. Yillik yogʻin 1500–2000 mm, janubiy chekkasida 1200–1400 mm. Daryo koʻp, hammasi sersuv. Yiriklari Kongo.va uning oʻng irmoqlari — Ubangi, Sanga, Likvala, Alima. Kema katnaydi. Qizil-sariq ferralitli tuprok,larda qimmatbaho yogʻoch beradigan (limba, okume va boshqalar) oʻrmonlar, janubida savannalar mavjud. Hayvonlardan maymun, fil, begemot, qoplon yashaydi; parranda turlari koʻp. Timsoh, ilon, hasharotlar (jumladan, setse pashsha va h.k.) uchraydi. Kongo Respublikasida Lefini qoʻriqxonasi va Odzala milliy bogʻi bor. Aholisi bantu tili oilasiga mansub xalqlar (kongo, teke, mboshi, sanga, bobangilar)dan iborat. Tropik oʻrmonlarda pigmey qabilalari yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Aholining 46% shaharlarda yashaydi. Dindorlar — katoliklar, protestantlar, bir qismi anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, musulmonlar ham bor. Yirik shaharlari: Brazzavil, Nkayi, Lubomo, Mosenjo. Tarixi Arxeologiya topilmalarining dalolat berishicha, Kongo Respublikasi hududida paleolit va mezolit davrlarida Niari daryosi vodiysida odamlar yashagan, Mpila va Mpiaka degan manzilgoxlar boʻlgan. taxminan milodning dastlabki asrlarida bantular Kongo daryosi xavzasiga koʻchib kelgan va bu joyda yashovchi pigmeylarni surib chiqargan. Shu davrga oid temir anjomlar topilgan. 1482-yilda portugal dengizchisi Diogu Kan bu yerga kelib tushganida majusiy bantu xalqlaridan kongo, vili, yombelar (Kongo daryosining quyi oqimida), tekelar (Malebodan shim.rokda) va boshqa yashagan. Ular oʻrmondan yer ochib, dehqonchilik qilar (supurgi, dukkakli ekinlar, yams ekishgan), aholining bir qismi baliqchilik bilan shugʻullanar, hunarmandchilik (toʻquvchilik, kulollik, temir va mis eritib, turli idish va asboblar yasash) rivojlangan edi. Kongo Respublikasi hududida vililar yashaydigan sohilda Loango, tekelar yashaydigan Malebo atrofida Teke (Tio) davlatlari vujudga kelgan. Ular bilan yevropaliklar oʻrtasida aloqa oʻrnatila borgan, qul savdosida hamkorlik qilingan. 19-asr oxirida Kongo daryosi havzasida fransuzlar paydo boʻlgan. Ekspeditsiya qoʻmondoni P. Savornyan de Brazza 1880-yilda Nkuna manzili (hozirgi Brazzavil shahri)ga asos soldi. 1880-yildan Kongo Respublikasi Fransiya protektorati, 1886-yildan mustamlakasiga aylantirildi. 1903-yildan Oʻrta Kongo Respublikasi deb nomlandi. Kongo Respublikasi 1960-yil 15-avgustda mustaqillikka erishdi. Shu yilning 20-sentabrdan BMT aʼzosi, 1969-yil 30-dekabrda Xalq respublikasi deb eʼlon qilindi. 1991-yildan mamlakat Kongo Respublikasi Respublikasi deb atala boshladi. Milliy bayrami —15-avgust — Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Kongo Respublikasi mehnat partiyasi, 1969-yilda tuzilgan; Kongo Respublikasi demokratiya va mushtarak rivojlanish harakati, 1990-yilda asos solingan; Demokratiya va rivojlanish uchun birlashma, 1990-yilda tashqil etilgan; Demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot uchun birlashma, 1990-yilda tuzilgan; Birlashgan demokratik kuchlar, 1994-yilda asos solingan; Ijtimoiy demokratiya uchun Afrikaaro ittifoq partiyasi. Kongo Respublikasi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1964-yilda tuzilgan, Afrika kasaba uyushma birligi tashqilotiga va Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasiga kiradi. Iqtisodiyoti Kongo Respublikasi — agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi, konchilik va oʻrmonchilik tashqil etadi. Faol aholining 60% qishloq xoʻjaligida band. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, baliqchilikning ulushi — 14%, sanoat va qurilishning ulushi — 37%. Neft va yogʻoch asosiy tabiiy boyliklaridir. Neft qazib chiqarish, yogʻochsozlik va oziq-ovqat tarmoqlarida 300 dan koʻproq yirik va oʻrta korxona bor. Bundan tashqari, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, mis, qalay, olmos, oltin, kaliy tuzi qazib olinadi. Daryolar boʻyiga qurilgan GESlar elektr energiyaning asosiy qismini hosil qilib beradi (1 yilda 482 mln. kVt-soat). Yer fondining juda oz qismini ekinzor va yaylovlar tashqil etadi. Qishloq xoʻjaligi kamhosil boʻlib, aholining oziqovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Ichki ehtiyoj uchun maniok, batat, yams, taro, tariq, makkajoʻxori, sholi, sabzavot yetishtiriladi. Eksport uchun moyli palma, banan, kofe, kakao, sitrus oʻsimliklar, geveya oʻstiriladi, shakarqamish, yer yengʻoq, tamaki ekiladi. Kongo Respublikasida 802 km temir yoʻl, 15 ming km avtomobil yoʻli bor (1,5 ming km qattiq qoplamali). Yagona dengiz porti — Puent-Nuar, daryo porti — Brazzavil, xalqaro aeroportlari — Brazzavil va Puent-Nuarda. Kongo Respublikasi chetga neft, yogʻoch, qurilish materiallari, olmos, palma magʻzi va yogʻi, kofe, kakao, tamaki, qand-shakar, rangli metall rudalari chiqaradi. Chetdan mashina, transport vosita va jihozlari, keng isteʼmol mollari, oziq-ovqat keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Fransiya, Ispaniya va boshqa Pul birligi— Afrika franki. Tibbiy xizmat. Tibbiy xizmat tizimi davlat tasarrufida. Har bir tumanda kasalxona, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi, tibbiyot markazi bor. Bezgak, oshqozon-ichak va sil kasalliklari tarqalgan. Vrachlar, asosan, Fransiya va Senegalda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Mamlakatda 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan, hamma turdagi oʻqish bepul. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda 7 i. Brazzavilda milliy universitet bor. Ilmiy muassasalari: Ilmiy texnika tadqiqotlari milliy kengashi, Kongo Respublikasi mahsuldorligini oshirish byurosi, Tropik oʻrmonni oʻrganish markazi va boshqa Brazzavilda universitet kutubxonasi, milliy muzey hamda uning arxivi va kutubxonasi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Kongo Respublikasida bir qancha gaz. nashr etiladi. Yiriklari: "Mveti" ("Yulduz" fransuz tilidagi kundalik gaz., 1977-yildan), "Bakento ya Kongo" ("Kongo xotinqizlari", fransuz tilida 3 oyda 1-marta chiqadigan gaz.), "Vua de la klass uvriyer" ("Ishchilar sinfi ovozi", fransuz tilida 1 yilda 6-marta chiqadigan gaz.), "Jenes e revolyuson" ("Yoshlar va inqilob", fransuz tilidagi haftalik gaz., 1977-yildan), "Kombattan ruj" ("Qizil jangchi", fransuz tilidagi oylik gaz.), "Smen afriken" ("Afrika haftasi", fransuz tilidagi gaz., 1952-yildan). Kongo Respublikasi axborot agentligi 1962-yilda tuzilgan. Kongo Respublikasi milliy radioeshittirish va telekoʻrsatuviga 1962-yilda asos solingan. Adabiyoti Kongo Respublikasida kadimdan boy xalq ogʻzaki ijodiyoti mavjud. Yozma adabiyot Ikkinchi jahon urushidan keyin fransuz va lingal tillarida paydo boʻldi. Sheʼriyat, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. J.B.Tati-Lutarning lirik sheʼrlari vatanga muhabbat ruhi bilan sugʻorilgan. Shoir J.F. Chikayya yozma sheʼriyatni yuksak darajaga koʻtardi. Uning "Qora qon", "Qorin", "Afrika ertaklari" va boshqa sheʼriy kitoblarida xalqning ozodlik va tenglik uchun kurashi — Afrika takdiri haqida oʻylar, xalq tuygʻulari aks ettirilgan. M. Sindaning sheʼriy asarlarida ham mustamlakachilikka qarshi kurash mavzui yangradi. Ayni vaqtda nasriy asarlar ham keng rivojlandi. J.Malonganing qullar hayotiga bagʻishlangan "Mpfumu Ma Mazono afsonasi" va tengsizlikka qarshi kurash mavzuini ifoda etgan "Yurakdagi armon" romanlari Kongo Respublikasi nasrining yutugʻi hisoblanadi. Dramaturgiya sohasida S.Bemba, P.Loni, F.Muangassa, L.Ambili va boshqa ijod qiladilar. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Xalq turar joylari, asosan, toʻgʻri burchakli, tomi ikki nishabli kulbalardan iborat. Marosim oʻtkaziladigan binolar naqsh solingan yogʻoch taxtalar bilan bezatilgan. 19-asr 2-yarmidan shaharlarda yevropacha binolar qurila boshladi. Brazzavil, Puent-Nuar va boshqa shaharlarda muhtasham ibodatxona, mehmonxona va maʼmuriy binolar qad koʻtardi. Yogʻochdan haykalchalar yasash, oʻymakorlik, qovoq va sopol idishlar ishlash, ularni naqsh bilan bezash rivojlangan. Hozirgi zamon sanʼatida "PotoPoto" rassomlik maktab-ustaxonasi muhim rol oʻynaydi (1951-yil fransuz rassomi va etnografi P.Lods tashqil etgan). Bu maktab-ustaxona mahalliy anʼanalarga asoslangan; manzaralarni aniq tasvirlovchi, ranglardan jozibador koʻrinishlar hosil qiluvchi noyob uslubdagi kartinalar (guash, akvarel) yaratilgan. Xalq hunarmandchiligi rivoj topgan. Musiqasi qadimdan mavjud. Kongo Respublikasida yashaydigan xalqlarning musiqa madaniyati koʻproq folklor bilan bogʻliq. Baka, babinga va boshqa qabilalarning musiqasi ovchilik, dehqonchilik mavzuini ifodalaydi. Qoʻshiq va raqslar ham koʻpincha qishloq xoʻjaligi ishlari yoki ov vaqtida ijro etiladi. Baraban, fleyta, chang vositasida xabar va yangiliklar tarqatiladi. Mustaqillik yillarida Afrika xalqlari va folklori musiqasiga qiziqish kuchaydi. Kuy va qoʻshiqlar, asosan, barabanda (toku, lokuka, loʻngoʻngu va boshqalar) orkestr joʻrligida ijro etiladi. Keyingi yillarda zamonaviy musiqa rivojlandi. 1966-yilda tashqil etilgan Kongo Respublikasi milliy baleti, asosan, xalq raqslarini ijro etadi. Teatri Kongo Respublikasida yashagan qad. xalqlarning ovchilik, baliqchilik va turmush mavzuidagi anʼanaviy raqslari va marosimlarida teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. Shu asosda va Yev ropa zamonaviy teatr sanʼati uslubidan foydalanib, 1965-yil Brazzavilda Kongo milliy teatri barpo etildi, unda sahnalashtirilgan G. Oyono-Mbianing "Uch oshiq — bir qayliq", Gi Menganing "Koko Mbalening dekchasi", "Orakul", L.Ambilining "Vatanparvar" pyesalari shuhrat qozondi. Kinosi 70-yillarning boshida hujjatli filmlar chiqarildi. 1974-yil birinchi toʻliq metrajli badiiy film — "Qalin puli" (rejissyor S.Komiba) yaratildi; film Kongo Respublikasi yozuvchisi J.Malonganing "Mpfumu Ma Mazono afsonasi" romani asosida ekranlashtirildi. 1977-yil Kongo Respublikasida kinematografiya milliy boshqarmasi tashqil etildi. Uning "Ibodatxona", "Jangchilar" (rejissyor J.M.Chissuku) filmlari yaxshi koʻtib olindi. 1980—90-yillarda ham bir qancha badiiy filmlar yaratildi. Ma'muriy-hududiy bo'linishi Kongo Respublikasi 12 departamentga bo'linadi, 2 poytaxt shahari mavjud ular Barazzavil va Puent-Nuar shahri. Manbalar Kongo Respublikasi BMT aʼzolari
10,941
3288
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kongo%20Demokratik%20Respublikasi
Kongo Demokratik Respublikasi
Kongo Demokratik Respublikasi (Kongo Demokratik Respublikasi) poytaxti — Kinshasa shahri. BMT aʼzosi Kongo (Conqo), Kongo Demokratik Respublikasi (République Démocratique du Conqo; 1971—97 yillarda Zair Respublikasi) — Markaziy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 2345,4 ming km². Aholisi 65,71 mln kishi (2012). Poytaxti — Kinshasa shahri Maʼmuriy jihatdan 11 viloyat (province)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi K. — respublika. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat va Oʻtish parlamenti tomonidan qabul etiladigan dekret qonunlar orqali prezident amalga oshiradi. Ijroiya hrkimiyatni ham prezident amalga oshiradi; u hukumat aʼzolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Tabiati K. hududi Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning ekvatorial va subekvatorial mintaqalarining qirlar bilan oʻralgan Kongo botigʻida joylashgan. Kongo botigining eng past (300–350 m) allyuvial tekislik qismi mamlakatning markazi va gʻarbidadir. Jan.da balandligi 700–1000 m dan 1200–1300 m gacha boʻlgan supasimon platolar bor. Shaba viloyatidagi Mitumba togʻlari (1889 m), Maniqa (1679 m) va Kundelungu (1772 m) platolari keng tektonik botiklar bilan ajralgan. Sharqiy chegarasi boʻylab balandligi 2000–3000 m li top;ar joylashgan. Eng baland joyi — K. va Uganda chegarasidagi Ruvenzori togʻi (5109 m). Sunmagan vulkanlar bor. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Foydali qazilmalardan mis, kolbalt, rux, uran, qalay, temir, volfram va marganets rudalari, boksit, oltin, kumush, platina, olmos, nikel, molibden, koʻmir va boshqa qazib olinadi. Iqlimi mamlakat shimolida (3° shahri k. bilan 3° j. k. oraligʻi) ekvatorial, hamisha seryogʻin, janubida va chekka shimoliy da subekvatorial, yozi seryogʻin, qishi quruq, Kongo botigʻi va uning atrofidagi platolarda eng issiq oy — martning oʻrtacha temperaturasi 24—28°, eng salqin oy — iyulning oʻrtacha temperaturasi 22— 25°. Sharqi va janubi-sharqidagi togʻlarda iqlim salqinroq. Shaba viloyatida temperatura iyulda 16°, oktabrda 24°. Yillik yogʻin ekvatorial mintakada 1700–1800 mm dan 2000–2200 mm gacha, sharqidagi togʻlarda 2500 mm va undan koʻproq; chekka janubida 1000–1200 mm, eng shimolida 1300–1500 mm. Daryolari koʻp va sersuv. Eng katta daryosi — Kongo va uning irmoqlari. Mamlakat xududining 9/10 qismi Kongo daryosi havzasida joylashgan. Deyarli hamma daryolarida ostona va sharsharalar bor, gidroenergiya resurslari nihoyatda katta. Daryolarning maʼlum qismlaridagina kema qatnaydi. K.da Kivu, Tanganika, Mveru, Tumba va boshqa koʻllar bor. K.ning shimoliy qismida podzollashgan laterit tuproq. Botqoqlashgan tuproklarda doimiy yashil ekvatorial sernam oʻrmonlar bor. Janubiy qismida va eng chekka shimolidagi kizil tuproklarda, asosan, boʻyi baland oʻtli savannalar, daryo boʻylarida esa galereyali oʻrmonlar oʻsadi. Janubi-sharqiy chekkasidagi qizil-qoʻngʻir tuproqli yerlarda barg toʻkuvchi siyrak savanna oʻrmonlari bor. Sharkdagi togʻlarda balandlikka koʻtarilgan sari mintaqalar oʻzgarib, sernam ekvatorial oʻrmonlardan baland togʻ ekvatorial oʻtloqlarigacha almashinib boradi. Ruvenzori togʻida abadiy qor va muzliklar bor. Oʻrmonlarda qimmatbaho yogʻochli qizil, sariq, eben, limba, agba kabi daraxtlar, yogʻli palma, kauchuk beradigan oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi juda boy. Oʻrmonlarda har xil maymun, toʻngʻiz; savannalarda fil, karkidon, buyvol, jayran, gʻizol, zebra, jirafa, arslon, qoplon, gepard, chiyaboʻri, sirtlon, begemot (daryo va koʻllarda), qushlarning turli xillari, timsoh, zaharli ilonlar, baliq va hasharotlar (setse pashsha, termitlar) koʻp. Milliy bogʻlari — Virunga, Garamba, Salonge, Kaxuzi-Biyego va boshqa Aholisi K.da 300 dan ortiq qabila va elatlar: luba, kongo, ruanda, azonda, bangi, tva va boshqa bor. Aholining 30% ga yaqini yirik shaharlarda yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili; suaxili tillari, shuningdek, 20 dan koʻproq lahja bor. Aholining yarmiga yaqini mahalliy dinlarga, qolganlari xristian diniga eʼtiqod qiladi. Muhim shaharlari: Lubumbashi, Mbuji-Mayi, Kisangani, Kananga, Bukavu, Likasi, Matadi, Kikvit. Tarixi Hozirgi K. hududida quyi paleolit davriga oid manzilgoxlar va tosh qurollar topilgan (Kasai, Lualaba, Luapula daryolarining yuqori oqimi). Yevropaliklar bu yerga kelishidan ancha avval Bakuba davlati hukm surgan, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Soʻng Baluba, Lunda va shahri k. oʻndan ortiq mayda davlatlar mavjud boʻlgan. Aholisi ovchilik, baliqchilik, dehqonchilik, temir va mis rudalarini eritish ishlari bilan shugʻullanib kelgan. 15-asr oxirida portugʻallar (D.Kan ekspeditsiyasi) Kongo daryosi havzasiga oʻrnashib olib, uni qul bozoriga aylantirdi (15—19-asrlar mobaynida u yerdan 13 mln. dan ortiq qul Amerikaga olib ketildi). Mahalliy xalq mustamlakachilarga, mahalliy amaldorlarga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi (1890-92, 1895-96, 1897-1900, 1901—07). 19-asr 70-yillarida Belgiya qiroli Leopold II har xil nayranglar bilan katta hududni bosib oddi. Bu hudud "Ozod Kongo davlati" nomi bilan Leopold II mulkiga aylantirildi (1885). 1908-yil mazkur hudud kompensatsiya evaziga Belgiya ixtiyoriga berilgach, Belgiya Kongosi nomi bilan uning mustamlakasiga aylandi. Hokimiyatni general-gubernator idora qildi. Qul savdosi va ekspluatatsiyaning kuchayishi natijasida mahalliy aholi kamayib ketdi (1884-yil 30 mln; 1915-yil 15 mln.). Shunga qaramay, mamlakatda mustamlakachilarga qarshi harakat toʻxtamadi. Birinchi jahon urushi yillarida va urushdan keyin mustamlakachilar mamlakat tabiiy boyliklari (oltin, olmos, mis va shahrik.)ni qazib olib, tashib keta boshladi. Kongo Demokratik Respublikasining eksportga moʻljallangan sohalari (kauchuk, kofe, kakao), konchilik va sanoatning kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik, qurilish materi-allari kabi tarmoqlari, transport va energetika rivojlanib bordi. Katanga, Leopoldvil, Kasai va Kivu viloyatlari asosiy sanoat markazlariga aylandi. Yirik shaharlar qad koʻtara boshladi. Ikkinchi jahon urushi davrida Belgiya Kongosi AQSH va Buyuk Britaniyaga harbiystrategik xom ashyo (mis, kalay, kobalt, rux, uran va boshqalar) yetkazib beradigan manbaga aylantirildi. Urushdan keyin 40-, ayniqsa, 50-yillarda mehnatkashlarning mustamlaka zulmiga qarshi harakati keskin tus oldi. Af-rikaliklar kasaba uyushmalari tuzish huquqiga erishdilar(1946). Koʻpgina madaniy-maʼrifiy tashqilotlar toʻzilib, ular keyinroq siyosiy partiyalarga aylandi. Bu partiyalar milliy ozodlik harakatini uyushtirib, Belgiya hukumatidan mustaqillik berishni talab qildi. Nihoyat, Belgiya bu talabni qondirishga majbur boʻldi. 1960-yil 30-iyunda mustaqil K. Respublikasi eʼlon qilindi. Kongo milliy harakati partiyasi rahbari Patris Lumumba bosh vazir, J. Kasavubu prezident lavozimini egalladi. 1960-yil sentabrda K. Respublikasi BMTga qabul qilindi. Respublika rahbarlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar mamlakat mustaqilligiga rahna sola boshladi. 1960-yil yevropaliklarni himoya qilish bahonasi bilan K.ga Belgiya qoʻshinlari bostirib kirdi. Bosqinchilarni daf qilish uchun Lumumba iltimosi bilan K.ga BMT armiyasi kiritildi. Lekin bu armiyaning sustkashligi natijasida milliy hukumat hokimiyatdan chetlatilib, vatanparvar rahbarlar taʼqib qilindi. Lumumba vahshiyona oʻldirildi (1961-yil yanvar). Vatanparvarlar mustaqillik kurashini toʻxtatmadilar. Ularning tazyiqi ostida parlament chaqirilib, S. Adula boshliq yangi hukumat tuzildi (1961-yil iyul). 1964-yil K. Demokratik Respublikasi deb eʼlon qilindi. 1965-yil 25-noyabr da hukumat armiya qoʻliga oʻtdi. Uning bosh qoʻmondoni general-leytenant S.S.Mobutu mamlakat prezidenti deb eʼlon qilindi. Parlament yana tarqatildi, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari faoliyati taqiklandi. Keyingi yillarda ichki siyosiy ahvol keskinlashdi. 1997-yil davlat toʻntarishi natijasida prezident Mobutu lavozimidan chetlatildi. Demokrat kuchlar uyushmasining rahbari Loran-Dezire Qabila hokimiyat tepasiga keldi. 2001-yildan mamlakat prezidenti — Jozef Qabila. Milliy bayrami — 30-iyun — Mustaqillik kuni (1960). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari K. ozodligi harakati, 1998-yil tuzilgan; Demokratiya uchun kongoliklar uyushmasi, 1998-yil tashqil etilgan; Inqilob xalq harakati, 1967-yilda asos solingan; Demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot ittifoqi, 1982-yilda tuzilgan; Federalchilar va mustaqil respublikachilar ittifoqi, 1990-yilda tuzilgan. K. mehnatkashlar milliy birlashmasi, birlashgan kasaba uyushma markazi, 1967-yilda asos solingan. Xoʻjaligi K. — kon va rangli metallurgiya sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Xoʻjaligi tashqi bozor uchun mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyosi ishlab chiqarishga moʻljallangan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 31,4%, konchilik sanoati ulushi 26,9%, savdo va xizmat koʻrsatish ulushi 33,9%. Sanoati Iqtisodiy faol aholining 13% sanoatda band. Shaba viloyatida mis, marganets, Kipushida rux, Lualaba daryosi va Tanganika kuli ora-ligʻida qalay, Shimoli-sharqda oltin, Chikapa va Kasai daryolari havzasida olmos qazib chiqariladi. Eng yirik GESlar Shabada, Kongoning quyi oqimida 300 ming kVt li GES qurilgan. Rangli metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, sement, kimyo, oʻrmonchilik, yogʻoch tilish, kemasozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, qand-shakar sanoati korxonalari hamda yogʻ, pivo, un zavodlari, tamaki fabrikalari, Matadi, Kinshasada kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari, Mvandada neftni qayta ishlash zavodi bor. Asosiy sanoat markazlari: Kinshasa, Lumumbashi. Qishloq xoʻjaligi Iqtisodiy faol aholining 76% qishloq xoʻjaligida band. Yirik plantatsiya va chorvachilik xoʻjaliklari bilan birga yarim natural mayda dehqon xoʻjaliklari mavjud. Yirik xoʻjaliklar yetishtirgan mahsulot (palma yogʻi, kakao, geveya, kauchuk, kofe, choy va boshqalar) eksport qilinadi. Ichki ehtiyojlar uchun maniok, banan, sabzavot, sholi, makkajoʻxori, sizal, tariq, shakarqamish, paxta, batat ekiladi. Qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi, baliq ovlanadi. Oʻrmon boyliklaridan yetarli foydalanilmaydi. Eksport uchun qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Moy olish uchun yovvoyi palma mevasi teriladi. Umuman, qishloq xoʻjaligi ichki ehtiyojni qondirmaydi. K.da 16 ming km ichki suv yoʻli, 5,4 ming km temir yoʻl, 154 ming km avtomobil yoʻli bor. Dengiz portlari: Matadi va Boma. Kinshasa va Lubumbashida xalqaro aeroport bor. Mineral xom ashyo eksport mollarining 80% ini tashqil etadi. Chetga mis, kobalt, rux, qalay, oltin, olmos, palma moyi va yongʻogʻi, kofe, choy, kauchuk, yogʻoch chiqaradi. Chetdan mashina-uskunalar, metall buyumlar, dori-darmon, transport vositalari, oziq-ovqat, gazlama, yoqilgʻi keltiradi. K., asosan, Belgiya, Lyuksemburg, AQSH, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — K. franki. Tibbiy xizmati K.da yuqumli kasalliklar keng tarqalgan. 1990-yillarning boshlarida 4324 shifoxona, shu jumladan, 402 umumiy kasalxona, 300 dan ortiq tugʻruqxona, 500 dan koʻproq dispanser, 12 tibbiyot markazi, 19 klinika, 5 sil va 3 ruhiy bemorlar kasalxonasi, 28 leprozoriy (moxovxona) boʻlgan. Ularda 2143 vrach, 20 ming tibbiy hamshira va doya ishladi. Vrachlar Kinshasa, Lubumbashi, Kisangani universitetlarida, oʻrta tibbiy xodimlar Kinshasadagi tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 1968-yildan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich va oʻrta taʼlimning 1-pogʻonasi bepul. Darslar fransuz tilida; boshlangʻich maktabda mahalliy tillardan foydalaniladi. Boshlangʻich maktab — 6 yillik, oʻrta maktab — 6 yillik. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. K.da 19 davlat, 70 xususiy texnikum, 14 ped. bilim yurti boʻlib, ularda oʻqish muddati — 3—4 yil Oliy oʻquv yurtlari: Kinshasa universiteti (1954), Kisangani universiteti (1963), Lubumbashi universiteti (1955), Nafis sanʼat akademiyasi, Yangambidagi agronomiya fanlari instituti va Kinshasadagi pedagogika instituti, shuningdek, ayrim texnikumlarning 5 yil oʻqitiladigan baʼzi fakultetlari ham oliy maʼlumot beradi. Ilmiy muassasalari: Kinshasada — Markaziy Afrika ilmiy tadqiqot instituti (1975), Tropik tibbiyot instituti (1899), Kongo geogr. instituti (1949), Atom energiyasi markaziy komissarligi (1959), geol. tadqiqotlari byurosi, Lubumbashida K. tarix jamiyati (1974) bor. Kutubxonalari: Kinshasa milliy universitetining markaziy kutubxonasi (1954), Lumumbashi universitetining kutubxonasi (1955), Kisangani universitetining kutubxonasi, Kinshasadagi xalq kutubxonasi (1932), Kinshasadagi arxiv (1949). Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.da 50 dan ortiq gaz. va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: "Boyoma" (kundalik gaz.), "Mjumbe" (kundalik gaz., 1963-yildan), "Potansye" ("Imkoniyat", fransuz tilidagi kundalik gaz., 1982-yildan), "Elima" (fransuz tilidagi kundalik gaz., 1928-yildan) va boshqa K. matbuot agentligi hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1957-yil tashqil etilgan. Radio va televideniye hukumatga karashli. Yirik shaharlarda 9 radiostansiya va poytaxtda telestansiya bor. Adabiyoti fransuz tilida va mahalliy luba, lingala, kikongo va boshqa tillarda rivojlanib borayotir. K. xalqi qad. va boy folklor anʼanalariga ega. Xalq ogʻzaki ijodi namunalarini yozib olish va nashr etish 19-asr oxiridan boshlandi. Belgiyalik daʼvatkorlar xristian dinini targʻib qilish maqsadida mahalliy tillarda gaz. va maktablar uchun darsliklar nashr etdi. Bu milliy adabiyotning shakllanishiga yordam berdi. Yosh K. adabiyoti, asosan, mustamlakachilar va cherkov nazorati ostida rivojlandi. Ayrim yozuvchilargina milliy mustakillik uchun kurashga chorlovchi asarlar yarata oldi (P. Kabongo sheʼrlari va A. R. Bolambaning "Qora ayolning evolyusiyasi masalasi" asarlari va boshqalar). 1920—50 yillar K. adabiyotida diniy sheʼriyat katta oʻrin tutdi. Bu adabiyotning ayrim vakillari (A. Isambu, O. Ngongo) mustamlakachilikni fosh etuvchi asarlar yezdi. Mamlakat mustaqilligi eʼlon qilinishi arafasida P. Lumumba va boshqalarning haqiqiy milliy ozodlik uchun kurashga chorlovchi siyosiy mavzudagi sheʼrlari bosildi. Nasrda folklor va axloqiy-diniy mavzudagi hikoyanavislik salmoqli oʻrin tutadi. "Bobolarimiz", "Sokin jang", "Muhabbat gʻalabasi" (D. Mutombo), "Oq odam kelgach..." (A.R. Bokvango), "Kunda Kalumbi — Afrika qizi" (F. Edm) qissalari, "Negrlar hayoti sahnalari" hikoyalar toʻplami K. adabiyotining yirik namunalaridir. Keyingi yillarda dramaturgiya rivoj topdi. A.Monjita, Bondekve, J. Dizazi pyesalari shuhrat qozondi. Ngal Mbvil a Mpangning "Jambatist Viko" va "Adashish" romanlari afrikalik ziyolilarning xalq bilan oʻzaro munosabatlari muammosiga bagʻishlangan. Tiunamo-Vumbaning hikoyalari, Batukezanga Zamenganing qissalarida ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Shaba viloyati va boshqa joylarda togʻ qoyalariga oʻyib ishlangan rasmlarda odamlar, jonivorlar va oʻsimliklar tasvirlangan, ular neolit davriga mansub deb taxmin qilinadi. Koʻpgina Afrika mamlakatlaridagidek K.da ham uylar chetan devorli, baʼzan loydan kvadrat yoki aylana qilib solingan va usti poxol, pichan, shox-shabba bilan yopilgan. Daryo boʻylarida yashovchi baliqchilarning uylari qoziqlar ustiga qurilgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridan Kinshasa, Boma, Mbandaka, Likasi, Kisongaki, Lubumbashi va boshqa shaharlarda koʻp qavatli uylar tropik iqlimga moslab qurildi. Keyingi yillarda metall konstruksiyalardan va boshqa yangi qurilish materiallaridan foydalanila boshladi. Shahar chekkalariga bir xil koʻrinishdagi baraksimon uylar qalashtirib tashlangan. Xalq sanʼatida yogʻoch haykalchalar ishlash keng rasm boʻlgan. Naqshli yogʻoch niqoblar ishlashga ahamiyat beriladi. Bu niqoblarda xilma-xil kayfiyat (iztirob, gʻazab, quvonch va boshqalar) ifodalanadi. Mustamlaka tuzumi yillarida K. haykaltaroshligida yevropalik ustalarga taqlid avj oldi. 1940-yillarning oxiriga kelib dastgoh rassomligi vujudga keldi: A. Montita manzara, A. Kiabelua portret asarlari yaratdi. Bir guruh rassomlar rangdor bezak kompozitsiyalari ustida ish olib bordi. Kinshasada meʼmorlik instituti va Plastik sanʼati instituti ishlaydi. Yogʻoch va sopol idishlar tayyorlash, palma tolasidan rangdor mato, savat, boʻyra toʻqish taraqqiy etgan. Odam qiyofasidagi cholgʻu asboblari, oʻymakorlik uslubidagi mebel, oʻq yoy va turli asboblar yasash avj olgan. Hunarmandchilik rivojlangan. Haykaltaroshlik va rassomlik oʻziga xos tarzda endigina rivojlana boshladi. Musiqasi K. hududida Baluba, Bushong, Kongo, Lunda va boshqa davlatlar tashqil topishidan avval bakongo, mongo, balengola, lokele, bangala, bateke, baluba va boshqa xalqlarning professional musiqa madaniyati shakllanib, rivojlana boshlagan. Musiqa anʼanalari naqadar xilma-xil boʻlmasin, bantu va pigmeylarning musiqiy madaniyati alohida ajralib turadi. Xalq bayramlarida qatnashgan baxshi shoirlar yoʻlboshchilarning qahramonligi va donoligini madh etgan. K. orkestri ngoma, ikonko, toku, lokuka nogʻoralaridan, lira, arfa, sitra, truba, fleyta, burgu va boshqa cholgʻulardan iborat. Nogʻoradan turli xabarlar berishda foydalaniladi, shuningdek, u qoʻshiqchi va raqqosalarga joʻr boʻladi. "Nogʻora tili"ga yoshlikdan oʻrgatiladi. Milliy kuylarni gitara, saksofon va boshqa Yevropa asboblari joʻrligida ijro etgan professional orkestrlar K.da gitara uslubi deb nom olgan. Mehnat jarayonlari (baliq ovlash, eshkak eshish, dehqonchilik ishlari) paytida qoʻshiq aytish va raqs tushish odat boʻlgan. Mashhur xonandalari: Lvambo Makiadi, Tabu Ley, Abeti Masikinl, Mpongo Lav va boshqa 1968-yil Kinshasada Milliy musiqa va teatr sanʼati akademiyasi tashqil topgan. Professional kadrlar Milliy sanʼat institutida tayyorlanadi. Teatr sanʼati xalq udumlari va bayramlari asosida qadimdan rivojlanib kelgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa madaniyati taʼsirida dastlab havaskorlar toʻgaragi, soʻng dramaturgiya vujudga keldi. Rassom va dramaturg A. Monjita Leopoldvilda K. folklori ligasi truppasi — "Lifoko"ni tuzdi. Truppa 1960-yil oʻrtalarigacha sahnalashtirilgan ertaqlar va turmush syujetlari asosida tomosha koʻrsatgan. Mustaqillik yillarida havaskorlar teatrlari yanada rivojlandi. Ular repertuaridagi "Ngongo Lyutete" (D.Bolamba), "Uganda zahmatkashlari" (M.Andren), "Ngombe" (A.Monjita) va boshqa pyesalarda tarixiy, tarbiyaviy va diniy mavzudagi voqealar aks etgan. Yangi tashqil etilgan "Oʻn ikkilar teatri"da qoʻyilgan "Optimist", "Saylov siri" va boshqa pyesalarda ijtimoiy ziddiyatlar, oʻtmish sarqitlari tanqid qilingan. 1969-yil Kinshasada milliy teatr truppasi tuzildi. Bu truppaning "Ohular otilmasin", "Qora masih yoki Simon Kimbangu" spektakllarida atrof muhitni muhofaza qilish muammolari koʻtarilgan, mustamlakachilik asoslari fosh etilgan. Bu truppa professional teatr — Milliy teatr kompaniyasiga aylantirildi, uning huzurida 2 truppa: milliy balet va drama truppalari mavjud. Ularning ishlarida Afrikaga xos koloritni saqlash bilan birga zoʻr ifodali ijroga alohida eʼtibor beriladi. B.B.Dadyening "Janob TogʻoNini", G.Oyono-Mbianing "Yana bir ogohlantirish" pyesalari, Molyer va Gogol asarlari bunga misol boʻla oladi. K.da milliy kinematografiya endigina rivojlana boshladi. Tarixi XV-XVI asrlarda hozirgi Kongo hududlarida Teke, Laongo davlatlari bo'lgan. 1875 yilda fransuzlar mustamlakaga aylantira boshladi. 1891 yilda Fransuz Kongosi tashkil topdi. 1910 yilda Fransuz Ekvatorial Afrikasi tuzilgan vaqtda mustamlaka hududi ikkiga bo'lindi - Gabon (garbiy qism) va Kongo (sharqiy qism). Kongo 1960 yilda mustaqillikka erishdi. Geografiyasi Foydali qazilmalari Hayvonat olami Siyosiy tizimi Hududiy bo'linishi Kongo Demokratik Respublikasining 2005-yilgi konstitusiyasida 26 provinsiyaga bo'linadi. Hozirda mamlakatda 26 provinsiya bor. Avallari 11 viloyat bo'lgan. Janubiy Kivu Shimoliy Kivu Yuqori Kongo Quyi Kongo G'arbiy Kasai Sharqiy Kasai Ituri Ekvatorial provinsiya Katanga (Shaba) Bandundu Sharqiy provinsiya Asosiy shaharlar Bandundu Boma Bukavu Ilebo Isiro Kalemie Kananga Kikvit Kindu Kinshasa Kisangani Kolvezi Likasi Lubumbashi Matadi Mbandika Mbanza-Ngungu Moba Mobaye-Mbonga Mbuji-Mayi Ubundu Iqtisodi Tashqi savdosi Aholisi Qurolli kuchlari Manbalar Kongo Demokratik Respublikasi BMT aʼzolari
20,089
3289
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kot-d%CA%BCIvuar
Kot-dʼIvuar
Kot-dʼIvuar Respublikasi () yoki Fil Suyagi Qirgʻogʻi — Gʻarbiy Afrikada, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Maydoni 322,5 ming km². Aholisi 26 378 274 kishi (2020). Poytaxti — Yamusukro shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 ta viloyatdan, viloyatlar oʻz oʻrnida 81 departamentdan iborat. Davlat tuzumi Kot-dʼIvuar — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000-yil 23-iyuldagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2011-yildan Alassan Uattara). U toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Millat majlisi (bir palatali parlament) amalga oshiradi. Uning 225 deputatlari umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Viloyatlar Tabiati Kot-dʼIvuar ekvatorial va subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Gvineya qoʻltigʻining sohili gʻarbda tik va qoyali, sharqda asosan tekis, koʻrfazlarida kema qatnashi mumkin. Yer yuzasi janubida pasttekislik, shimolida plato (500–800 m). Gʻarbida esa mamlakatda eng yuqori choʻqqi hisoblangan Nima togʻi (1752 m) bor. Oltin, boksit, neft, temir rudasi, qalay va kolumbit, olmos va marganets ruda konlari bor. Iqlimi Iqlimi — janubida ekvatorial, doim sernam, qolgan hududlarda subekvatorial iqlim, janubida eng issiq oylar (dekabr—aprel)da oʻrtacha temperatura 27—28°, eng salqin oylar (iyul—sentabr)da 23—24°, shimolida 30° (aprel) va 25° (avgust— sentabr). Yillik yogʻin sohildagi pasttekisliklarda 1300–2300 mm, shimolida 1100– 1800 mm. Asosiy daryolari: Kavalli, Sasandra, Bandama, Komoe. Hayvonot dunyosi juda boy va xilma-xil (maymun, fil, begemot, qoplon, sirtlon, boʻri, chiyaboʻri, oxu va boshqalar) Janubida ekvatorial oʻrmonlar, shimolida savannalar. Milliy bogʻlari: Komoe, Tai, Maraxue va boshqa Aholisi Aholisi asosan, kva, kru, volta, mande til guruhiga mansub bate, baule, anvi, sindfo, malinke, dan, lobi va boshqa 2 mln.dan ortiq ajnabiylar bor. Aholisining yarmidan koʻprogʻi mahalliy anʼanaviy dinlarga, qolganlari islom va xristian dinlariga eʼtikrd qiladi. Rasmiy til — fransuz tili. Mamlakatning markaziy qismi, Abidjan shahri va uning atroflarida aholi zich joylashgan. Aholisining taxminan 41% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Abidjan, Bvake, Dalola, Man, Korxogo. Tarixi Arxeologiya topilmalarining dalolat berishicha, Kot-dʼIvuar hududida tosh asrida odamlar yashagan. Daryo sohillarida neolit davriga oid ustaxonalar, ish qurollari va sopol idishlar topilgan. taxminan miloddan avvalgi 3—2-ming yilliklarda savannada, keyinroq oʻrmon zonasida ham dehqonchilik vujudga kela boshlagan. Shimolida dehqonchilik bilan birga chorvachilik ham rivojlangan. Yovvoyi mevalarni yigʻish, ovchilik, baliq ovlash katta ahamiyatga ega boʻlgan. Oʻrta ayerdarda temirchilik keng ommalashgan (temir eritish oʻchoqlari topilgan), oltin qazib olingan (avvaliga bu oʻlka Oltin qirgʻoq deb atalgan), metallsozlik, kulolchilik, toʻqimachilik va boshqa rivojlangan. Shimoliy va sharqdan oʻtuvchi Gʻarbiy Afrika savdo yoʻllarida shaharlar, manzilgohlar paydo boʻlgan. 11-asrda asos solingan Kong manzilgohi Gʻarbiy Afrikaning karvon yoʻllarida yirik savdo markazlaridan biriga aylangan. 15-asr oxirida Kot-dʼIvuar hududida portugallar va boshqa yevropaliklar paydo boʻddi. Ular qul olib ketishdan tashqari, fil suyagi va boshqa boyliklarni taladilar. 1842—43 yillarda Fransiya Gran-Basam va Asinini, keyinchalik sohildagi boshqa joylarni bosib oldi. 19-asrning 80-yillarida mamlakat ichkarisiga bostirib kira boshladi. 1893-yildan Kot-dʼIvuar Fransiya mustamlakasi. 1895—1958-yillarda esa Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibida boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1950—51 yillarda mustamlakachilar zulmiga qarshi xalq ommasining yirik chiqishlari boʻlib oʻtdi. Ozodlik harakati natijasida Fransiya hukumati yon berishga majbur boʻldi. 1957-yildan mamlakat hududiy assambleyasi (1958-yildan Qonun chiqaruvchi assambleya) umumiy saylov yoʻli bilan saylanadigan va Hukumat kengashini tuzadigan boʻldi. 1958-yil 28-sentabrda oʻtkazilgan referendumga koʻra, davlat maqomini (Fransiya hamjamiyati aʼzosi sifatida) olishga muvaffaq boʻldi. Afrika mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlarining yanada avj olishi natijasida Fransiya hukumati 1960-yil 11-iyulda mahalliy hukumat bilan bitim tuzishga majbur boʻldi; bu bitimga koʻra, 1960-yil 7-avgustda Kot-dʼIvuarning mustaqilligi eʼlon qilindi. Oʻsha yili sentabrdan u — BMT aʼzosi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, Fransiya hamjamiyati aʼzoligidan chikdi. Lekin hukumat Fransiya bilan siyosiy, iqtisodiy va harbiy aloqalarini saqlab qoldi. 1985-yilda qabul qilingan qarorga muvofiq, Kot-dʼIvuar geografik atama emas, balki mamlakatning nomi ekanligi va chet tillarga tarjima qilinmasligi taʼkidlandi. 1983-yilda mamlakat poytaxtini Abidjandan Yamusukroga koʻchirishga qaror qilindi. Milliy bayrami — 7-avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Kot-dʼIvuar demokratik partiyasi, 1946-yilda tuzilgan; Ivuar mehnatkashlar partiyasi, 1990-yildan oshqora ishlay boshlagan; Ivuar xalq jabhasi, 1982-yilda tuzilgan, 1990-yildan oshqora ishlay boshlagan; Respublikachilar birlashmasi, 1994-yil tashqil etilgan; Sotsial-demokratlar ittifoqi, 1990-yildan oshqora ishlay boshlagan. Kot-dʼIvuar mehnatkashlar umumiy ittifoqi kasaba uyushmasi, 1962-yilda tuzilgan. Afrika kasaba uyushma birligi tashkilotiga va Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi. Iqtisodiyoti Kot-dʼIvuar — agrar mamlakat. Sanoati nisbatan durust rivojlangan, Gʻarbiy Afrika mamlakatlari oʻrtasida ayrim sanoat tarmoqlari (yogʻoch tayyorlash, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati)ning ishlab chiqarish darajasi ancha yuqori. Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligida yerdan jamoa boʻlib foydalanish saqlanib qolgan. Qishloq xoʻjaligi yalpi milliy mahsulotning 35,7 % ni, eksport tushumlarining 70% dan koʻprogʻini taʼminlaydi. Mehnatga layoqatli aholining 30% qishloq xoʻjaligi da band. Agrotexnikasi oddiy. Dehqonchilik qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi: geveya, kofe, moyli palma, kakao, gʻoʻza, banan, ananas, sitrus mevalar oʻstiriladi. Kofe yetishtirish va eksport qilish boʻyicha jahonda 3-oʻrinda, kakao boʻyicha esa 4-oʻrinda turadi. Ichki isteʼmol uchun yams, maniok, sholi, makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq va boshqa yetishtiriladi. Chorvachiligi sust rivojlangan; shimoliy savanna oʻtloqlarida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, uy parran-dasi boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoati Sanoati yalpi milliy mahsulotning 26% ni ishlab chiqaradi. 700 dan koʻproqishlab chiqarish korxonalari, shu jumladan, xorijiy sarmoya ishtirokidagi bir necha qoʻshma korxona bor. Chetga chiqariladigan xom ashyo va chetdan keltiriladigan yarim fabrikatlarga ishlov beruvchi sanoat korxonalari rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 2,3 mlrd. Kilovatt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Oziq-ovqat va tamaki, energetika, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, metallsozlik, kimyo va yogʻ-moy, neft qazib olish va uni qayta ishlash, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, qurilish materiallari, kauchukni qayta ishlovchi va plastmassa ishlab chikaruvchi, konchilik va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Chetdan keng isteʼmol mollari keltirishni kamaytirish va eksport qilish maqsadida yirik yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziqovqat sanoati korxonalari barpo etila boshladi. Asosiy sanoat markazlari: Abidjan, Bvake va boshqa Transporti Transportining asosiy turlari — dengiz va avtomobil transporti. Dengiz yuklari, asosan, xorijiy kompaniyalarning kemalarida tashiladi. Transport yoʻlining oʻz. — 1314 km, jumladan, Abidjan — Uagadugu temir yoʻlning oʻz. — 625 km. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 55 ming km. Dengiz portlari: Abidjan, San-Pedro. Abidjan va Yamusukroda xalqaro aeroportlar bor. Eksport Mamlakat chetga paxta, kauchuk, kofe, kakao va undan tayyorlangan mahsulotlar, yogʻoch, olmos, palma yogʻi, ananas, banan chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, oziq-ovqat va boshqa isteʼmol mahsulotlari, qora metallar prokati, oʻgʻitlar keltiradi. Savdosotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Niderdandiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Nigeriya va boshqa Turizm rivojlanmokda. Pul birligi — afrika franki. Tibbiy xizmat Davlat sogʻliqni saqlash tizimi mavjud. Aholiga tibbiy xizmatni kasalxonalar, turli tibbiyot markazlari va koʻchma otryadlar koʻrsatadi. Vrachlar Abidjan universitetining tibbiyot fakultetida va chet ellarda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Maktablarning aksariyati davlat qaramogʻida. Ularda oʻqish bepul. Katolik missiyalar xususiy maktablar ochishgan. Boshlangʻich va oʻrta maktablar, texnika litseylari, turli kollejlar, ped. maktablari bor. Oʻqituvchilar ped. maktablari va oliy maktablarda tayyorlanadi. Abidjanda universitet (1958-yilda asos solingan), Ijtimoiy fanlar markazi (1960-yildan), Tropik oʻrmonchilik markazi (1962), Kofe va kakao tadqiqot stansiyasi, Geofizika stansiyasi, Okeanografiya tadqiqot markazi, kauchuk, tropik tadqiqot, gigiyena va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari, Milliy muzey, Etn. muzeyi, Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Munitsipal kutubxona va boshqa mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Mamlakatda bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Asosiylari: "Alif" (islom muammolarini aks ettiruvchi oylik gazeta). "Vua" ("Yoʻl", fransuz tilidagi kundalik gazeta), "Demokrat" (fransuz tilidagi haftalik gazeta), "Kontinan" ("Qitʼa", fransuz tilidagi kundalik umumafrika gazeta, 1980-yildan), "Notr tan" ("Bizning vaqt", fransuz tilidagi haftalik gazeta), "Nuvel orizon" ("Yangi ufq", fransuz tilidagi haftanoma), "Fraternitematen" ("Qardoshlik tongi", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1964-yildan), "Eritaj" ("Meros", fransuz tilidagi haftanoma, 1994-yildan), "Reformater" ("Islohotchi", fransuz tilidagi oylik jurnal, 1993-yildan). Kot-dʼIvuar matbuot agentligi (AIP) 1961-yilda, Ivuar radio va televideniyesi 1963-yilda tuzilgan. Kot-dʼIvuar da radioeshittirish 1949-yildan (fransuz va 10 mahalliy tilda), telekoʻrsatuvlar 1963-yildan olib boriladi. Adabiyoti Kot-dʼIvuardagi anya, baule, senufo va boshqa xalqlarda xalq ogʻzaki ijodi qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, baule xalqining folklori alo-hida ajralib turadi. Griot deb ataluvchi baxshilar qoʻshiq va ertaqlarni aytib yurishadi. Folklor anʼanalari asosida fransuz tilida yozma adabiyot rivojlandi. K.dʼI. adabiyotining shakllanishida folklorchi, romannavis Bernar Dadyening xizmati katta. Uning mustamlakachilikka qarshi asarlari mashhur. Yozuvchi Ake Loba (asli ismi Abobo Baule)ning "Kokumbo — qora talaba" va "Daryo ustidagi nayzalar" romanlari, Sh. Nokaning "Shamol shiddatli edi" romani, "Quyosh, qora nuqta" poemasi, Sidiqi Dembelening "Boqibegʻamlar" romani 20-asr 2-yarmiga xos ijtimoiy muammolarni aks ettirdi. J. M. Bonini, Moris Kone va boshqalarlarning sheʼriy toʻplamlari nashr qilindi. Meʼmorligi Mamlakatning jan., oʻrmon qismi xalqlari turar joylarni yogʻochdan va ikki nishabli tomini palma shoxlari bilan yopib, toʻgʻri burchakli qilib quradilar. Buale va anya xalqlari choʻziq doirasimon uylar atrofini bostirma bilan oʻraydi. Shim.-gʻarbda devori shox-shabba bilan toʻqilib, loy suvoqli va konussimon tomi poxol bilan yopilgan doirasimon uylar keng tarqalgan. Mamlakat sharqida yassi tomli toʻgʻri burchaqli guvalak uylar koʻproquchraydi. Kot-dʼIvuar markazidagi uylarning devorlari geometrik naqshlar, inson va hayvon tasvirlari bilan bezalgan. Mamlakat mustaqillikka erishgach (1960), mahalliy aholi uchun 1—4 qavatli turar joy loyihalari ishlab chiqildi. Koʻp qavatli binolarning quyi qismida savdo markazi, mehmonxona, restoranlar joylashtirildi. Abidjandagi Hyp al-Hayot markazi (meʼmor A. Laje, J. P. Lyupi, J. Mas), alyuminiy bilan ziynatlangan ehromsimon maʼmuriy bino (meʼmor R. Olivyeri, muhandis R. Morandi), Mandagi "Shalola" meqmonxonasi (meʼmor M. Dyusharm, Larra, J.-P. Mino) va boshqa Sa-sandra va Asinidagi mehmonxonalar tomi poxod bilan yopilgan qadimgi uylar shaklida barpo etildi. Turli shaharlarda madaniyat markazlari, tim bo-zorlar goʻzal usulda qurilgan. Qurilishda temir-beton, shishadan foydalaniladi, binolarga mahalliy hunarmandlar bezak beradi. Tasviriy sanʼati Haykaltaroshlik Kot-dʼIvuar xalqlari tasviriy sanʼatining eng goʻzal sohasidir. Marosimlarda ishlatiladigan yogʻoch niqoblar, odam gavdalari nozik did va mahorat bilan yasaladi, ularning shakli yo nafis yoki vahimali boʻladi. Boʻyoq va naqshlar niqoblarning taʼsirchanligini oshiradi. Roʻzgʻor buyumlari va uy eshiklari oʻymakorlik usulida ishlanadi. Oltin, mis, jezdan zeb-ziynat asboblari yasash, qul toʻqimachiligi, kashtachilik, kulolchilik rivojlangan, uylarning devorlariga turli rasm, gullar, qush va hayvonlarning suratini solish odat boʻlgan. Musiqasi Kot-dʼIvuar xalqlarining baʼzilari qadimgi Musiqiy anʼanalarga ega. Chunonchi, dan xalqi boshliqlarida truba va barabandan iborat katta orkestrlar boʻlgan. Danlarning koʻp qoʻshiqlari muayyan marosim va odatlar bilan bogʻlangan. Masalan, qabila boshligʻi sharafiga zia, jamoa ishlari vaqtida kotava degan qoʻshiqlar aytilgan. Baule xalqida maʼbudalarni sharaflovchi va ajdodlar ruhini eslatuvchi qoʻshiklar keng tarqalgan. Ayollar qoʻshigʻi tovushning joʻshqin tebranishi bilan ajralib turadi. Malinke xalqi griotlari — jeli qoʻshiqlarining sheʼriy matnlari gʻoyat musiqiydir. Mustaqillik yillarida zamonaviy musiqa rivojlana boshladi. Koʻpgina ijodiy jamoalar, jumladan, "Makakumani" folklor guruhi (qabilalararo jamoa) katta ish qilayotir. Abidjandagi Milliy sanʼat instituti tarkibida Milliy musiqa va raqs konservatoriyasi, Milliy musiqa maktabi, Xalq sanʼati va hunarmandchiligi departamenti bor. Abidjan universiteti, gumanitar tadqiqotlar markazi, Afrika sanʼatini oʻrganish markazi xalq musiqasi va raqsini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Teatri Xalq ijodiyoti namunalarini ijro etuvchi griotlarning xattiharakatlarida aktyorlik nishonalari bor edi. Zamonaviy teatr Dakarda 20-asrning 30-yillarida vujudga keldi, havaskorlik toʻgaraklari tuzila boshladi. 1933-yilda B. Dadye "Shaharlar" deb atalgan birinchi pyesani yozdi. 1938-yilda Mahalliy teatr tashqil etildi. Unda sahnalashtirilgan F. J. Amonning "Bussatye yoki qora folbin siri", "Pinhona toʻy" pyesalarida turmush sarqitlari, G. Koffining "Bizning xotinlar", "Mening erim", "Qaytish qoʻshigʻi" hajviy pyesalari mustamlakachilik zulmini fosh qildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin "Gezabo", "Ikare" teatr jamiyatlari jamoalari, Abidjan universitetining "Niqoblar va roʻdapolar" truppasi mahalliy dramaturglardan M. Berte, E. Derven, A. Koffi asarlarini anʼanaviy Afrika teatri ruhida sahnalashtirdilar. 1967-yilda Milliy sanʼat instituti huzurida yarim professional truppa ish boshladi. B. Dadyening "Togʻo-Nini janoblari", G. OyonoMbianing "Uch oshiq, bir qayliq", G. Goning "Tussio" asarlari uning eng yaxshi spektakllari boʻldi. "Tam-tam. Ovoz va badan" spektakli anʼanaviy Afrika teatrining izlanishlarini aks ettirdi. Kinosi Kot-dʼIvuar kino sanʼati mustaqillik yillarida rivojlana boshladi. Rejissyor T. Bassorning "Yolgʻizlik qumtepalarida" qisqa metrajli lentasi birinchi film boʻldi. Uning "Pichoq ushlagan ayol" filmida afrikaliklarning gʻarb tamadduni bilan toʻqnashuvi koʻrsatilgan. "Musofirlar uchun konsert" filmi (rejissyor D. Ekare) milliy kinoga shuhrat keltirdi, unda pul ishlash uchun Yevropaga borgan afrikaliklarning ogʻir qismati muammosi koʻtarilgan. Milliy kinoning asoschilaridan biri A. Dyupark "Muna yoki rassomning orzusi", "Oila" filmlarida muhim masalalarni oʻrtaga tashladi. Keyingi yillarda ijod kila boshlagan yosh rejissyorlar "Muazzinning daʼvati" (E. Vodio), "Kanday yangiliklar bor" (G. M. Bala), "Jelli" (K. Fadika), "Aja Tio" (J. L. Kula) kabi qiziqarli filmlarni yaratdilar. Havolalar Kot-d’Ivuar Respublikasi hukumati rasmiy sayti Kot-d’Ivuar Respublikasi prezidentining rasmiy sayti Manbalar Afrika mamlakatlari Kot-dʼIvuar BMT aʼzolari
15,980
3290
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jibuti
Jibuti
Jibuti, Jibuti Respublikasi (Republigue de Djibouti) — Afrikaning shimoli-sharqidagi davlat. Maydon 23,4 ming km. Aholisi 988 ming kishi (2020). Poytaxti — Jibuti shahri. Maʼmuriy jihatdan Jibuti tumani va 4 okrugga boʻlinadi. Davlat tuzumi J. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 15 sentabrda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (1999-yildan Ismoil Umar Gellex). Qonun chiqaruvchi hokimiyati — bir palatali parlament — Millat majlisi. Ijroiya hokimiyati — prezident va hukumat (Vazirlar kengashi). Tabiati J. hududi shimoli-gʻarbda Adan qoʻltigʻiga tutash, qirgʻoqlari unchalik parchalanmagan. Birdan bir yirik qoʻltigʻi — Tajura mamlakat hududiga 58 km kirib boradi. Yer yuzasida keng togʻli joylar va lavaizlari qolgan past platolar uchrab turadi, oʻchgan vulqonlarning konuslari koʻzga tashlanadi. Shimoli-sharqda Danakil togʻ tizmasining etaklari (Muso Ali choʻqqisi, 2022 m — mamlakatning eng baland nuqtasi) joylashgan; J. hududining Tajura qoʻltigʻidan gʻarb va janubidagi qismi Afar botigʻi doirasida. Mamlakatning markaziy qismini toshloq, qumloq yoki tuproqli vodiylar egallaydi, ularning pastkam joylarida shoʻr koʻl koʻp. Bu koʻllarning eng kattasi dengiz sathidan 153 m pastdagi As-sal koʻlidir. Iqlimi tropik, quruq, iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 27°, iyulniki 35°. Yogʻin juda kam yogʻadi: yiliga Assal koʻli sohilida 45 mm dan Jibuti shahri atrofida 130 mm gacha. Doimiy oqadigan daryolari yoʻq. Oʻsimlik qoplami choʻl va yarim choʻlga xos oʻt-oʻlan va butalardan iborat. Danakil tizmasi choʻqqilarida va shamolga roʻpara yon bagʻirlarida qora archa, zaytun daraxtlari, mimoza va akas oʻsadigan siyrak oʻrmonlar, vohalarda palmalar uchraydi. Hayvonot dunyosi nochor: voxalar atrofida yirik sut emizuvchilardan oriks kiyiklari, sirtlon, chiyaboʻri, oʻrmonlarda maymunlar yashaydi. Qirgʻoqqa yaqin suvlarida baliq koʻp. Milliy bogʻlari: Day, Maskali-Mussha. Aholisining 90% ga yaqini kushit tillarida soʻzlashuvchi xalqlardan: shimoliy va shimoli-gʻarbda afarlardan, janubida va janubi-sharqda issa, ishaq va gadaburslardan iborat. Poytaxtda asosan issalar, yevropalik (fransuz, italyan, grek)lar va arablar yashaydi. Rasmiy tili — arab va fransuz tillari. Tub joy aholining aksariyati islomning sunniy mazhabiga, yevropaliklar xristian diniga, afarlarning bir qismi mahalliy anʼ-anaviy dinga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi — 81%. Yirik shaharlari: Jibuti, Dikkil, Ali-Sabiye, Tajura, Obok. Tarixi J. hududida saqlanib qolgan irrigatsiya inshootlarining qoldiqlariga qaraganda, aholi qadim zamonlarda dehqonchilik bilan shugʻullangan. Mil. av. 3-asrda bu yerga hind, yunon, fors savdogarlari va Janubiy Arabiston arablari kela boshlagan. 7-asr islom dini tarqalishi munosabati bilan J. arab musulmon sultonlariga qaram boʻlib qolgan. 16-asrda Somali yarim orol portugal, turk va mahalliy aholi oʻrtasidagi shiddatli urushlar maydoniga aylangan paytda J. portugallar hokimiyati izmiga oʻtdi. 17-asrda yana arablar xukmronligi oʻrnatildi. Tub joy aholi koʻchmanchi hayot kechirgan. Boshqaruvchilar va savdo-sotiq tabaqasi arablar boʻlgan. 19-asr oʻrtalarida Suvaysh kanali qurilishi munosabati bilan Yevropa davlatlari J.ni qoʻlga kiritishga intildilar. 1832-yilda Fransiya J. hududining bir qismini egallab oldi. Kanal ochilgach (1869), J.ning ahamiyati yanada oshdi. 1881—85 yillarda Fransiya asta-sekin butun J.ni oʻz izmiga oʻtkazdi va hozirgi Jibuti sh.ni qura boshladi. 1887-yilda Fransiya mahalliy sultonlar bilan bir qancha shartnomalar tuzish orqali bu yerni oʻz mustamlakasiga aylantirdi va uning boyliklarini oʻzlashtirishga kirishdi, Jibuti sh.ni Qizil dengiz boʻyidagi muhim savdo portiga aylantirdi. Bu yerda yirik harbiy-dengiz bazasi barpo etildi. 1896—1946-yillarda mamlakat Fransiya Somalisi nomi bilan atalib keldi. 1946-yilda u Fransiyaning "dengiz orti hududi" deb eʼlon qilindi. 1967-yilda Fransiyaning Afar va issalar hududi nomini oldi. J. aholisi mustaqillik uchun zoʻr berib kurashdi. Bu kurashda aholining barcha tabaqalari birlashdi. J. ozodligi harakati deb atalgan yashirin tashkilot tuzildi. 1975-yilda issa va afar xalqlarining siyosiy tashkilotlari oʻzaro ittifoq tuzib, haqiqiy mustaqillik uchun kurashni kuchaytirdilar. Nihoyat, Fransiya 1977-yilda J.ga mustaqillik berishga majbur boʻldi va u J. Respublikasi deb ataldi. J. — 1977-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27 iyun — Mustaqillik kuni (1977). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Taraqqiyot uchun xalq birligi, hukmron partiya, 1979-yilda tuzilgan; Demokratax yangilanish partiyasi, 1992-yildan oshkora faoliyat olib boradi; Birlik va demokratiyani tiklash fronti, 1991-yil asos solingan. Kasaba uyushmalari markazi — Mehnat umumiy birlashmasi 1992-yil J. mehnatkashlari umumiy birlashmasi oʻrnida tashkil etilgan. Iqtisodi J. chetdan oziq-ovqat, sanoat mollari, asbob-uskuna va boshqalar oladi. Chetga goʻsht, tirik qoramol, charm va xom teri chiqaradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Efiopiya, Italiya, Yaponiya, Keniya. Pul birligi — J. franki. Xoʻjaligi va sanoati BMT tasnifiga binoan J. — iqtisodiy jihatdan nisbatan kam rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Yalpi milliy mahsulotda xizmat koʻrsatish tarmogʻi oʻrtacha 77%, sanoat va qurilish 17%, qishloq xoʻjaligi 3%ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligining asosiy yoʻnalishi — koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilikdir. Qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishga yaroqli yerlar 6 mingdan koʻproq. J. har yili oziq-ovqat mahsulotlarining 90% dan koʻpini chetdan keltiradi. Baliqchilik, marvarid, korall, bulut (suv jonivori) ovlash, dengiz suvini bugʻlatib tuz olish rivojlangan. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — kofe, xurmo, meva va sabzavot. Yalpi ichki mahsulotning 2,4% ni beruvchi sanoat oziq-ovqat mahsulotlari, koʻnchilik buyumlari, qurilish ashyolari ishlab chiqaruvchi mayda korxonalardan, mexanika va tikuvchilik ustaxonalaridan iborat. Elektr stansiyalar, neft kompaniyalari, transport (qisman) va aloqa, maʼdanli suv zavodi, sut zavodi va omixta yem zavodi davlatga qarashlidir. 1 yilda oʻrtacha 176 mln. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Transporti Transport — mamlakat iqtisodiyotining eng rivoj topgan tarmogʻi. Yaxshi jihozlangan kema tuzatish korxonalari boʻlgan Jibuti porti Hind okeani havzasining gʻarbiy qismidagi eng muhim portlardan biridir. Yiliga 2,5 mln. tonna yuk qabul qilib olinadi va joʻnatiladi. Temir yoʻl uzunligi — 106 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 3,1 ming km, shundan 281 km qattiq qoplamali. Madaniyati J.da yagona pulli maorif tizimi joriy etilgan. Bu tizim boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta maktablarni, 3 litseyni oʻz ichiga oladi. Oliy oʻquv yurtlari yoʻq. Oliy ilmiy-texnika institutida (1979-yilda tashkil etilgan) J. tabiati, tabiiy zaxiralari, arxeologiyasi va anʼ-anaviy madaniyatini oʻrganish ishlari olib boriladi. Haftalik xukumat gaz. — "Revey de Jibuti" ("Jibutining uygʻonishi"), "Nason de Jibuti" ("Jibuti xalqi") haftanomasi, "Jibuti ojurdyui" ("Bugungi Jibuti") oynomasi va "Karfur afriken" ("Afrika chorrahasi") katolik jurnal nashr etiladi. J. axborot agentligi 1979-yil tashkil etilgan. J. radio eshittirish va televideniyesi hukumat nazoratida; 1956-yil asos solingan. Manbalar Jibuti Respublikasi BMT aʼzolari
7,227
3291
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ekvator%20Gvineyasi
Ekvator Gvineyasi
Ekvator Gvineyasi (Ekvator Gvineyasi Respublikasi) — Afrika ekvatorida, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Tarkibiga materik qism — Rio Muni hamda Bioko orol va boshqalar mayda orollar kiradi. Maydoni 28,1 ming km. Aholisi 498,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Malabo shahri Maʼmuriy jihatdan 7 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Ekvator Gvineyasi — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 17-noyabrdagi referendumda maʼqullangan; 1995-yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident; u umumiy ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi va yana bir necha marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament (xalq vakillari palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Ekvator Gvineyasi kontinental qismining yer yuzasi balandligi 600–900 m boʻlgan togʻliklar (eng baland joyi 1200 m), sohili kambar pasttekislik. Bioko vulkanli orolida mamlakatning eng baland joyi —SantaIsabel choʻqqisi (3008 m) bor. Iqlimi ekvatorial, doim sernam. Oylik oʻrtacha temperatura 24° dan 28° gacha. Yogʻin miqdori yiliga 2000 mm dan ziyod, orollarda 2500 m gacha. Daryo koʻp, hammasi sersuv va serostona, faqat quyi qismida kemalar qatnaydi. Asosiy daryosi — Mbini. Oʻsimliklari qizilsariq laterit tuproqdarda oʻsuvchi doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlardan iborat. Oʻrmonlarda qimmatbaho yogʻoch olinadigan 150 dan ortiq daraxt turi — moyli va kokos palmalari, temir daraxti, okume va boshqalar oʻsadi. Hayvonot dunyosi boy va xilmaxil: maymun, kiyik, mangust, gʻizol, fil, qoplon va boshqalar yashaydi. Aholisi Aholisining aksariyatini bantularga mansub fang va bubi xalqlari tashkil etadi. RioMuni sohilida benga, kombu, lenge va boshqalar xalqlar yashaydi. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning asosiy qismi katoliklar; protestantlar ham bor. Aholining bir qismi anʼanaviy mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 29,2%. Muhim shaharlari: Malabo, Bata. Tarixi 1472-yil boshida Portugaliyaning Fernando Po boshchiligidagi ekspeditsiyasi Gvineya qoʻltigʻidagi orolga kelib tushdi (keyinchalik bu orol Fernando Po nomi bilan ataldi; 1979-yildan Bioko o.) va uni oʻz mulki deb eʼlon qildi. 1592-yildan orollarni mustamlakaga aylantirish harakati boshlandi. 1778-yildan u Ispaniya Gvineyasi nomi bilan Ispaniya mulki boʻlib qoldi (1843-yildan Ispaniya orolda mustahkam oʻrnashib oldi). Mamlakatning materik qismi — RioMuni Ispaniya va Fransiya mulkiga aylandi (ular oʻrtasidagi chegara 1900-yil belgilab olindi). Ekvator Gvineyasi aholisi koʻp yillar mobaynida oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashib keldi. Ayniqsa, bu kurash 20-asrning 30-yillari oxiridan jiddiy tus oldi. 1960-yil Ispaniya hukumati Ekvator Gvineyasining mustamlaka maqomini bekor qilishga majbur boʻldi va uni Ispaniyaning "dengiz orti" provinsiyasiga aylantirilganligini eʼlon qildi. 1964-yil unga "ichki muxtoriyat" maqomini berdi. Milliy ozodlik harakatining avj olishi natijasida 1968-yil 12-oktabrda mamlakat Ekvator Gvineyasi nomi bilan mustaqillikka erishdi. Ekvator Gvineyasi 1968-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 17-yanvarda tan olgan va 1993-yil 24-iyunda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 12-oktabr — Mustaqillik kuni (1968). Siyosny partiyalari Sotsialdemokratik partiya, 1991-yil tuzilgan; Ekvator Gvineyasi demokratik partiyasi, 1987-yil tuzilgan; Liberaldemokratik konvent; Sotsial demokratiya uchun konvergensiya; Sotsialdemokratik xalq konventi. Iqtisodiyoti Ekvator Gvineyasi — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon hoʻjaligi 46%, sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 21% ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi — mamlakat iktisodiyotining asosi. Mehnatga layoqatli aholining 80% qishloq xoʻjaligida band. Dehqonchilik va yogoch tayyorlash muhim rol oʻynaydi. Eksport uchun kakao, kofe, banan, moyli palma yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun maniok, batat, yer yongʻoq, makkajoʻxori, sholi, sitrus mevalar, sabzavot ekiladi. Oʻrmonda yovvoyi moyli palma mevalari yigʻiladi, qimmatbaho yogoch tayyorlanadi. Chorvachilik sust rivojlangan. Baliq ovlanadi. Sanoati, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat. Palma moyi ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, yogʻoch tilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 20 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosyl qilinadi. Avtomobil yoʻllary uz. 2,7 ming km. Dengiz portlari — Bata, Malabo. Chetga kofe, kakao, yogʻoch chiqaradi. ChetDan oziqovqat, mashina va jihozlar, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Kamerun, AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — KFA franki. Tibbiy xizmati Ekvator Gvineyasida 1100 oʻrinli 20 ga yaqin kasalxona, 150 dyspenser, 600 dan ziyod qishloq tibbiyot punkti bor. Vrachlar chet elda tayyorlanadi. Xalq maorifi Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktab 8 yillik. Toʻliq oʻrta maʼlumot olish uchun 9— 11sinflarda 3 yil oʻqish lozim. Turli hunar maktablari bor. Malaboda maʼmuriy xizmatchilar maktabi va oʻqituvchilar tayyorlash (boshlangʻich maktablar uchun) maktabi, Bata shahrida oʻrta maxsus maʼlumot beruvchi Politexnika instituti faoliyat koʻrsatadi. 1980-yildan Malabo va Batada Ispaniya universitetining sirtqi taʼlim filiallari ishlaydi. Oliy maʼlumotli kadrlar chet elda tayyorlanadi. Malaboda kutubxona bor.,Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ekvator Gvineyasida "Afrika 2000" jurnal (3 oyda 1-marta ispan tilida), "Vos del pueblo" ("Xalq ovozi", ispan tilida) gaz., "ElSol" ("Quyosh") haftanomasi (ispan tilida) nashr etiladi. Ekvator Gvineyasi milliy radiosi hukumat radiostyasidir. Ekvator Gvineyasi milliy televideniyesi, telekoʻrsatuv xizmati, Malabo shahrida joylashgan. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Xalq turar joylari yogʻochdan toʻgʻri burchakli qilib quriladi va tomi ikki nishabli boʻlib, palma yaproqlari bilan yopiladi. Shaharlar, asosan, tartibsiz qurilgan 1 qavatli uyLardan iborat boʻlib, katta maydonni egallaydi (Malabo va Bata shahrilarida 2—3 qavatli). 20-asrning boshlarida ayrim binolar soxta gotika uslubida, 60-yillarda zamonaviy Yevropa meʼmorligi ruhida (Malabodagi aeroport va telegraf, Bata shahridagi radiostya, sʼyezdlar saroyi va boshqalar) qurildi. Ekvator Gvineyasida yogʻoch oʻymakorligi (turli raqslarda kiyish uchun niqoblar, dumaloq barabanlar tayyorlash), yogʻochdan geometrik naqshlar bilan bezatilgan qoʻngʻiroqchaga oʻxshash (lebo) musiqa asboblari yasash rivojlangan. Manbalar Afrika Ekvator Gvineyasi BMT aʼzolari
6,649
3292
https://uz.wikipedia.org/wiki/Eritreya
Eritreya
Eritreya, Eritreya Davlati — Shim.Sharqiy Afrikadagi davlat, BMT aʼzosi. Qizil dengizga tutash. Maydoni 117,6 ming km²ga yaqin. Aholisi 4,465 mln. kishi (2002). Poytaxti Asmera shahri Maʼmuriy jihatdan 8 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Eritreya — mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-yil 24-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1993-yildan Isayyas Afevork), u Milliy assambleya tomonidan saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident boshchiligidagi Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati Eritreya hududining katta kismini togʻli Eritreya platosi (eng baland joyi 2989 m, Soira togʻi) egallagan; janubi-sharqida Afar soyligi joylashgan. Iqlimi subekvatorial, choʻl iqlim. Yillik oʻrtacha temperatura 23° dan 37° gacha, eng yuqori temperatura 45° (Yerning eng issiq rayonlaridan biri). Yillik yogʻin 50–200 mm. Oʻsimliklari choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Aholisi Eritreyada tigrai, tigre, afar, saxo va boshqalar xalqlar yashaydi. Rasmiy tillar — tigrai va arab tillari. Dindorlari, asosan, xristianmonofistlar va sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 16,3%. Muhim shaharlari: Asmera, Massaua, Keren. Tarixi 13—16-asrlarda hozirgi Eritreyaning katta qismi Efiopiya davlati tarkibida boʻlgan. 1882-yil Qizil dengiz sohilidagi Aseb porti, 1885-yil Massaua porti va sohil boʻyidagi aholi yashaydigan bir qancha qishloqlarni Italiya egallab oldi. 1890-yil Italiya Qizil dengiz sohilidagi oʻzining barcha mulkini Eritreya mustamlakasiga birlashtirdi (Eritreya lot. tilidagi Qizil dengiz nomidan kelib chiqqan). 1896-yilgi ItaliyaEfiopiya shartnomasiga muvofiq, E. chegaralari belgilab olindi. 1935-yil E. Efiopiya bilan birga Italiya Sharqiy Afrikasi mustamlakasi tarkibida boʻldi. 1941-yil bahorda E. inglizefiop qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi; 1952-yilgacha ingliz harbiy maʼmuriyati boshqardi. 1952-yil federatsiya aʼzosi sifatida Efiopiya tarkibiga kirdi. 1962—87 yillarda E. Efiopiya tarkibida provinsiya, soʻng maʼmuriy rayon. 1950-yillardan E. ozodlik xalq fronti boshchiligida Efiopiya markaziy hokimiyatidan ajralish uchun qurolli kurash avj oldi. 1991-yil qoʻzgʻolonchilar Asmera shahrini ozod qildilar. 1993-yil 24-mayda E. rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. E. — 1993-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 24-may — Mustaqillik kuni (1993). Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari Demokratiya va adolat uchun xalq fronti, 1970-yil tuzilgan. 1994-yilgacha E. ozodlik xalq fronti deb nomlangan. Kasaba uyushmalari haqida maʼlumotlar yoʻq. Xoʻjaligi Eritreya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 12,3%, qishloq xoʻjaligi 8,4% ni tashkil etadi. Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi (dehqonchilik va chorvachilik). Mehnatga layoqatli aholining 80% qishloq xoʻjaligida band. Asosan, bugʻdoy, arpa, tariq, makkajoʻxori, dukkaklilar, sabzavot va qovun ekiladi, kofe yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, echki, qoʻy, tuya, parranda boqiladi; baliq ovlanadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, tikuvchilik, kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, sement. Oltin, neft, mis, temir rudasi, nikel, xrom, slyuda, titan konlari bor. Dengizdan tuz qazib olinadi. Transport yoʻli uzunligi 306 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 3,9 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 21% ni tashkil etadi. Dengiz portlari: Aseb, Massaua. E. chetga tuz, teri, sement, sitrus mevalar, xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, isteʼmol mollari va boshqalar oladi. Tashqi savdoda Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Italiya, Sudan, Somali, Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — nakfa. Madaniyati. E.ning Asmera shahrini italyan mustamlakachilari Italiya shaharlariga oʻxshatib barpo etishga harakat qilganlar. Asmerada unt, Katta masjid va Katoliklar sobori bor. qadimiy Massaua shahri oʻzining goʻzal plyajlariga ega boʻlgan sharq shahridir. Asmera shahridan dengiz tomon yuriladigan yoʻldagi tepaliklarda mashhur kopt (qibt) monastirlari koʻzga tashlanadi. Monastirlarning aksariyati 15-asrda qurilgan boʻlib, ularning eng mashhuri Debre Bizen monastiri (14-asr)dir. Monastirlar kunduzi ziyoratchilar uchun ochib qoʻyilgan. Eritreyada 1991-yildan "Xades Eritra" ("Yangi Eritreya") hukumat gaz. haftada 2-marta tigrai va arab tillarida, 1994-yildan "Eritrean proufayl" ("Eritreya koʻrinishi") haftanomasi ingliz tilida nashr etiladi. "Eritreya xalqi ovozi" hukumat radiostyasi va ER1CHTV huqumat telestyasi ishlaydi. Eritreya BMT aʼzolari
4,487
3293
https://uz.wikipedia.org/wiki/Efiopiya
Efiopiya
Efiopiya (የኢትዮጵያ ፌዴራላዊ ዴሞክራሲያዊሪፐብሊክ (yeʾĪtiyoṗṗya Fēdēralawī Dēmokirasīyawī Rīpebilīk), Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi), Habashiston (Efiopiyannng Sharqda tarqalgan ikkinchi nomi) — Shimoliy-Sharqiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Maydoni 1227 ming km². Aholisi 115 mln. kishi (2022). Poytaxti – Addis Ababa shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 shtatga boʻlinadi. Davlat tuzumi Efiopiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 22-avgustda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2001-yildan Girma VoldeGiorgis), u parlament tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq vakillari kengashi (parlamentning quyi palatasi), ijrochi hokimiyatni Bosh vazir va hukumat amalga oshiradi. Parlament – Federal majlis 2 palata: Federatsiya kengashi (yuqori palata) va Xalq vakillari kengashi (quyi palata)dan iborat. Tabiati Efiopiya hududining aksari qismi subekvatorial mintaqada boʻlib, katta qismini Efiopiya togʻligi (balandligi 2000–3000 m) egallaydi (eng baland joyi 4623 m, RasDashen togʻi). Mamlakat janubi-sharqidagi chuqur graben EfiopiyaSomali platosi (balandligi 1500 m gacha)ni togʻlikdan ajratib turadi. Shimoli-sharqda Afar botigʻi (botiqdagi Assal koʻlining sathi dengiz sathidan 116 m past) bor. Efiopiyada oltin, platina, mis, nikel, marganets rudalari, tabiiy gaz, kaliy guzi va boshqalar bor. Iqlimi shimoliy va sharqida tropik choʻl va chala choʻl iqlim, qolgan qismida subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 13° – 19° (Addis-Abeba). Oʻrtacha yillik yogʻin 150–160 dan 1500–1800 mm gacha (ayrim joylarda 50 mm dan kam). Asosiy daryolari: Koʻk Nil, VebiShebeli. Bir qancha koʻl bor; eng yirigi – Tana koʻli. Tuproklari Efiopiya togʻligi yon bagʻirlarida qizil qoʻngʻir va togʻ toʻq qizil tuproq, moʻʼtadil mintaqada togʻ qoramtir tuproq, sovuq mintaqada ishqorsizlangan tuproq, qurgʻoqchil sharqiy va janubiy chekkalarida qoʻngʻir va qizil qoʻngʻir, koʻpincha toshloq tuproqlar mavjud. Efiopiyaning shim., sharqiy va janubiy qismi butazorli choʻl va chala choʻl, choʻlga aylangan savannalardan iborat. Daryo vodiylarida doim yashil oʻrmonlar bor. Efiopiya togʻligining gʻarbiy va janubiy gʻarbiy yon bagʻirlari tropik oʻrmon. Hayvonot dunyosi xilmaxil: yirik sut emizuvchilar (kiyik, jirafa, buyvol, begemot, fil, zebra, togʻ echkisi) koʻp. Yirtqich hayvonlardan arslon, qoplon uchraydi; har xil maymunlar, qushlar yashaydi. Milliy bogʻlari: Avash, Gambela, Simen va boshqalar. Aholisi Efiopiya aholisining 3/4qismini amxara va oromolar tashkil etadi; shuningdek tigrai, galla, tigre, sidimo va boshqalar xalqlar ham yashaydi. Rasmiy til – amxara tili. Dindorlarning aksariyati musulmonlar va xristianlar. Shahar aholisi 11,5%. Yirik shaharlari: Addis-Abeba, Xarar (Xarer), Nazret (Adama). Tarixi Efiopiya hududidan topilgan arxeologik topilmalar yoshi taxminan 2 mln. yilga yaqin. Miloddan avvalgi asrlarda Efiopiya hududida somxom va boshqalar til guruhlariga mansub xalqlar yashagan. Mil. boshlarida Shimoliy Efiopiya hududida Aksum podsholigi mavjud boʻlgan. 5–6-asrlarda xristianlikning monofislik yoʻnalishi mamlakatdagi hukmron dinga aylandi. 7-asrda arablarning Shimoliy va Sharqiy Afrikaga bostirib kirishi va Arab xalifaligining paydo boʻlishi natijasida Aksum podsholigi inqirozga uchradi. 13-asrdan bu hududda Efiopiya podsholigi mavjud boʻlgan. 18-asr oxiri – 19-asr 1-yarmida oʻzaro urushlar natijasida bir qancha knyazliklarga boʻlinib ketdi. 19-asrning 50-yillari Kuaralik Kasa mamlakatni birlashtirishda muhim rol oʻynadi [1855-yiloʻzini Teodros (Fyodor) II nomi bilan imperator deb eʼlon qilgan]. 1867-yil Buyuk Britaniya Efiopiyaga qarshi urush boshladi. Urushda Efiopiya armiyasi yengildi (1868), lekin ingizlar xalq ommasining qattiq qarshiligiga uchrab, mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 19-asrning 70–80-yillari Efiopiya Misr va Sudan bilan urush olib bordi. Urushlar natijasida Efiopiyaning kuchsizlanganidan foydalangan Italiya 1882-yil Assab, 1885-yil Massaua portlarini bosib oldi. 1889-yilgi bitim boʻyicha Efiopiya Italiya protektoratiga aylandi. 1890-yil boshida Italiya Qizil dengiz boʻylaridagi oʻzi egallagan yerlarni Eritreya mustamlakasiga birlashtirdi. 1895-yil italyan qoʻshinlari Efiopiyaga yana hujum qildilar. 1896-yilI martdagi jangda Efiopiya qoʻshinlari italyanlarni tormor keltirdi. 1896-yil 26-oktabrda tuzilgan sulh shartnomasiga koʻra, Italiya Efiopiyaning toʻla mustaqilligini tan oldi. Imperator MenelikII davri (1889–1912)da mamlakatni markazlashtirish nihoyasiga yetdi va bir qator qoʻshni viloyatlar Efiopiyaga qoʻshib olindi. Uning oʻlimi (1913)dan soʻng hokimiyat uchun kurash avj oldi. 1930-yil Xayle Selassiye I E. imperatori boʻldi. U bir qancha islohotlarni amalga oshirdi (1931-yil mamlakatning birinchi konstitutsiyasini qabul qildi). 1935–36 yildagi Italiya-Efiopiya urushi natijasida Italiya Efiopiyani egalladi va uni "Italiya Sharqiy Afrikasi" mustamlakasi tarkibiga kiritdi. 1941-yil yanvar da inglizefiop qoʻshinlari Sudan hududidan Efiopiyaga kirib, italyan qoʻshinlariga qarshi hujum boshladilar va 1941-yil oxirida Efiopiyani italyan qoʻshinlaridan ozod qildilar (harbiy harakatlarda qatnashgan ingliz qoʻshinlari mamlakatdan 1954-yil chiqib ketdilar). 1942-yil mamlakatda qulchilikni taqiqlash va qullarni ozod qilish toʻgʻrisida farmon eʼlon qilindi. 1952-yil BTM Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq Italiyaning sobiq mustamlakasi – Eritreya federativ asosda Efiopiyaga qoʻshildi. 1962-yil Eritreyaning federativ maqomi imperatorlik hukumatining tazyiqi bilan bekor qilindi va u Efiopiya bilan toʻliq birlashdi. 20-asr 60– 70-yillarida turli ijtimoiy qatlamlarning faolligi kuchaydi. Agrar islohotlar haqidagi masalani hal etishning choʻzilishi, 1973-yildagi qurgʻoqchilik va yuz minglab kishilarning ochlikdan halok boʻlishi, narxnavoning oshib, yuqori amaldorlar oʻrtasida poraxoʻrlikning avj olishi 1974-yil boshiga kelib monarxiya tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tangligini kuchaytirdi. 1974-yil fevralda ish tashlash va namoyishlar boshlandi. U mehnatkashlarning monarxiyaga qarshi inqilobiga aylanib ketdi va 1974-yil 12-sentabrda Xayle Selassiye I agʻdarib tashlandi. 1975-yil martda mamlakat respublika deb eʼlon qilindi va Sotsialistik Efiopiya deb ataddi, 1987-yil sentabrdan Efiopiya Xalq Demokratik Respublikasi, 1991-yil iyundan Efiopiya, 1995-yil avgustdan Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi deb nomlandi. 1993-yil mayda mustaqillik uchun olib borgan 30 yillik kurashdan soʻng Eritreya Efiopiyadan ajralib chiqdi va oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Efiopiya – 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 2-yanvarda tan olgan va 1996-yil 15-iyulda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 28-may – Tinchlik va demokratiya oʻrnatilgan kun (1991-yil 28-mayda Efiopiya xalqlari inqilobiy demokratik fronti hokimiyat tepasiga kelgan). Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari Hamda kasaba birlashmalari Efiopiyada tinchlik va demokratiya uchun muqobil kuchlar ittifoqi, 1993-yil tashkil etilgan; Efiopiya demokratik birlik partiyasi, 1984-yil asos solingan; Efiopiya xalklari inqilobiy demokratik fronti, 1989-yil tuzilgan. Efiopiya kasaba uyushmalari, 1977-yil tashkil etilgan. Iqtisodiyoti Efiopiya – agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 12%, qishloq xoʻjaligi 55%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 33%ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotda yetakchi rol oʻynaydi. Mehnatga layoqatli aholining 85%ga yaqini qishloq xoʻjaligida band. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekini – arpa, teff (tariqning bir turi), makkajoʻxori, bugʻdoy, yer yongʻoq, kungaboqar. Shuningdek, shakarqamish, paxta, tamaki yetishtiriladi. Sabzavot xam ekiladi. Sitrus mevalar, oʻrik, shaftoli, anor, banan oʻstiriladi. Eksport uchun kofe yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, xachir, tuya bokiladi. Parrandachilik, oʻrmon asalarichiligi rivojlangan. Oʻrmonlarida qimmatbaho yogoch tayyorlanadi. Sanoatida oziq-ovqat, yengil, neftni qayta ishlash, metallsozlik, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal tarmoqlari yetakchi. Yiliga oʻrtacha 1,28 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Eng yirik GES – Fincha. Hunarmandchilikda toʻquvchilik, teri, suyak va yogʻochni qayta ishlash rivojlangan. Platina, oltin, marganets rudasi, kaliy tuzi, kvars qumi qazib olinadi. Transporti Efiopiyada temir yoʻllar uzunligi – 0,78 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi – 19,4 ming km. Tashqi savdo yuklari asosan, Jibuti porti orqali amalga oshiriladi. Efiopiya chetga kofe, teri xom ashyosi, dukkakli donlar, moyli uruglar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashina va jihozlar, isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Italiya, Yaponiya, Jibuti bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – bir. Tibbiy xizmati Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish davlat davolash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Vrachlar Addis-Abebadagi universitetning tibbiyot fakulteti va Gonderdagi tibbiyot kollejida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Taʼlim tizimi 6 yillik boshlangʻich va 6 yillik oʻrta maktabdan iborat. 7–12 yoshdagi bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Oʻqish amxara tilida olib boriladi. Hunartexnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari 2 yil lik oʻqituvchilar institutida, oʻrta maktab oʻqituvchilari untlar, Addis-Abebadagi pedagogika institutida tayyorlanadi. Addis-Abebada milliy unt, Bahr-Darda politexnika instituti, Jimmada qishloq xoʻjaligi instituti bor. Qishloq xoʻjaligi institut va kollejlari mamlakatning boshqa shaharlarida ham bor.institutlar milliy universitet huzuridagi qishloq xoʻjaligi stansiyalari, efiop tadkiqotlar instituti, geofizika rasadxonasi, oʻrmon tadqiqotlari instituti, xaritagrafiya va geogr. instituti, geol. tadqiqotlari boʻlimida olib boriladi. Shuningdek, Addis-Abebada qishloq xoʻjaligi instituti, Afrika chorvachiligi tadqiqot markazi, Efiopiya geol. xizmati, Jimma yaqinida kofe seleksiya ilmiy tekshirish stansiyasi mavjud. Yirik kutubxonalari: Addis-Abebadagi universitet kutubxonasi, Addis-Abebadagi milliy kutubxona. Addis-Abebada Arxeologiya muzeyi, Desse shahrida muzey bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Efiopiyada bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Addis zemen" ("Yangi vaqt", amxara tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1941-yildan), "Yezareitu Itiopiya" ("Bugungi Efiopiya", amxara tilidagi haftalik gazeta, 1952-yildan), "Yekatit ("Fevral", amxara va ingliz tillaridagi bezakli jurnal), "Meskerem" ("Sentabr", amxara tilida har choraqda chiqadigan nazariy jurnal, 1980-yildan), "Efiopian gerald" ("Efiopiya xabarnomasi", ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1943-yildan). Hukumatga qarashli Efiopiya axborot agentligi 1964-yil tashkil etilgan. Efiopiya radiosi, hukumat radioeshittirish xizmati, 1941-yil tuzilgan; Efiopiya televideniyesi, hukumat xizmati, 1964-yil asos solingan. Adabiyoti Efiopiya adabiyoti koʻp tilli. Efiopiya da yozuv va epigrafika miloddan avvalgi 5-asrda sabey tilida yaratilgan. Gyoez tilidagi efiop adabiyoti 4–7-asrlarda yuzaga keldi. 6-asrda yunon tilidan gyoez tiliga xristian va gnostitsizm adabiyotiga oid bir qancha asarlar tarjima qilingan. 8–12-asrlarda efiop adabiyoti tushkunlikka uchradi. 13 –15-asrlarda arab tilidagi koʻplab asarlar tarjima qilindi. 14-asrda "Shohlar shuhrati" nomida asar yaratildi. Imperator Naod oʻrta asrning yirik shoiridir. Gyoez tilidagi adabiyot 15– 16-asrlarda yuksak darajada rivojlandi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchisi Zere Yakob diniydogmatik traktlar va madhiyalar toʻplamini yaratdi. 16–19-asrlarda Efiopiya adabiyoti 6 til (gyoez, arab, amxara va boshqalar)da rivojlandi. Hozirgi zamon amxara tilidagi efiop adabiyotining asoschisi Afeuork Gebre Iyesus (18681947) hisoblanadi. U 1908-yil birinchi badiiy asar – "Qalb bilan tugʻilgan tarix" romanini yaratdi. 1920– 30 ylardagi koʻzga koʻringan yozuvchilardan biri Xiruy Volde Selassiye (1889–1939)dir. Efiopiya adabiyotining taraqqiyoti Kabbede Mikael, Mekonnin Endalkachou va boshqalar maʼrifatparvar yozuvchilar faoliyati bilan bogʻliq. 1950–60 yillarda yozuvchilar Taddese Liben, Birxanu Zerixun, Abu Guben, shoir va dramaturglar Mengistu Lemm, Segaye Gebre Medxinlarning voqelikni real aks ettiruvchi asarlari bosilib chiqdi. 1974-yil monarxiya tuzumi agʻdarilgach, Aseff Gebre, Maryam Tesemm, Ayalnex Mulatu sheʼrlari mashhur boʻldi. Birxanu Zerixun, Segaye Gebre Medxin, Bealyu Girma kabi adiblar samarali ijod qiddilar. Adabiyotga yosh yozuvchilar guruhi kirib keldi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Efiopiya hududidan eng qadimiy (miloddan avvalgi 2-ming yillik) davrlarga oid qoyatosh suratlari, hoʻkiz, odamning boʻrttirib ishlangan tasvirlari topilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida togʻli platolarda qadimiy sharq sanʼati tipidagi sanʼat gullabyashnadi; qoʻrgʻon, ibodatxona, shoxlar haykallari, hayvonlar tasviri yaratildi. 1-ming yillikning 1-yarmi va oʻrtalarida Aksum podsholigi ravnoq topgan davrda mahobatli saroylar, koʻp qavatli minora shaklidagi tosh stela va taxtlar, toʻgʻonlar, suv omborlari, turar joy binolari qurildi. Aksumda xristianlik yoyilgan (4-asr oʻrtalari)dan keyin monastir majmualari va bazilikali cherkovlar yaratildi (DebreDamo majmuasi, 6-asr). Keyinchalik (13–14-asrlarda) Lalibedda qoyatoshlarni oʻyib cherkovlar yaratildi, freska, rang-tasvir asarlari, naqshlar bilan bezatildi. 14-asrda shohning BetAmxara qarorgohidagi ibodatxona va monastirlar hashamatliligi bilan shuhrat qozondi. 14-asrdan kopt, suriyamesopotamiya, arman sanʼatlari taʼsirini oʻzida mujassam etgan efiop miniatyurasi rivojlandi. 17-asrda mamlakatning yangi poytaxti–Gonder shahri qurildi. Shaharda mahalliy va Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi uslubida toshdan 2 qavatli qasrsaroylar qurildi. Efiopiyada anʼanaviy xalq turar joyi, asosan, aylana shaklida, tomi konussimon holda shoxshabbadan toʻqilib, loy bilan suvaladi yoki toshdan loy bilan ishlanib toʻgʻri burchakli, usti yassi qilib quriladi. Mamlakat janubda gumbazsimon kulbalar koʻp. 19-asr 2-yarmi – 20-asr boshlarida shaharlar (Addis-Abeba), yoʻl, koʻprik, kasalxona, maktab, GESlar barpo etildi. 1954–56 yillarda Addis-Abeba shahrini qayta rekonstruksiya qilish rejasi tasdiqlandi. 1955-yil milliy teatr binosining yaratilishi Efiopiya madaniy hayotida katta voqea boʻldi. 1960–80 yillarda ham bir qancha inshootlar barpo etildi. Yiriklari: Afrika uyi (1961), Milliy bank (1973–76), kasalxona majmuasi, pochtamp, "VebiShebeli" mehmonxonasi (hammasi Addis-Abeba shahrida) va boshqalar Efiopiyada professional sanʼat rivojlanmoqda. Rassomlardan Afevork Tekle, Gebe Kristos Desta, Abdul Rahmon Sharif, haykaltarosh Taddese Mamecha va boshqalar mashhur. Efiopiya aholisi qadimdan kulollik, poya va poxoldan turli roʻzgʻor anjomlari toʻqish, kandakorlik, kashtadoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, charmga gul solish va h.k. bilan shugʻullanib keladi. Musiqasi Efiopiya musiqasi Misr madaniyati taʼsirida rivojlandi. Aholining etnik jihatdan xilmaxilligi ham Efiopiya musiqa folklorining turlituman boʻlishiga taʼsir koʻrsatgan. Torlitirnama betena, qirar, kamonli mesinko, turli puflama (vashint, imbilta, malakat) va urma (atamo, negarit va boshqalar) musiqa cholgʻulari mavjud. 5–6-asrlarda diniy (xristian) koʻp ovozli qoʻshiq va raqslar keng tarqalgan. Ulardan asosiylarini 6-asrda avliyo Yared tizimga solib, qogʻozga tushirgan. Keyinchalik monastirlar qoshida xonandalik maktablari tashkil topgan. Efiopiyada musiqa madaniyati anʼanalarini sayyor shoirqoʻshiqchilar – azmarilar davom ettirib kelganlar. 20-asrning boshlaridan ilk puflama sozlar orkestrlari paydo boʻlgan, kompozitorlar oʻz ijodlarida milliy musiqa anʼanalarini gʻarb musiqa madaniyati yutuqlari bilan uygʻunlashtirishga intildilar (Konyatta Iofataxa Negusse, Aleka Melaku BeggoSeu va boshqalar). Ayni vaqtda 1950–60 yillarda anʼanaviy efiop musiqasiga qiziqish ortdi. 1952-yildan folklorni oʻrganish boʻyicha jidsiy ish boshlandi. Milliy musiqaga bagʻishlangan dastlabki musiqashunoslik ishlari yuzaga keldi. Musiqa taʼlimiga ham eʼtibor kuchaydi: Addis-Abebadagi universitetda sanʼat fakulteti, 1963-yil universitet huzurida Badiiy ijod markazi tashkil etildi. Shu yili Addis-Abebada Milliy musiqa maktabi ochildi. Teatri Efiopiya xalqlarining teatr sanʼati sarchashmalari anʼanaviy rasmrusumlardan boshlangan (toʻy, dafn marosimlari va boshqalar). 20-asr boshlarida umumiy taʼlim maktablari bilan birga maktab teatrlari ham paydo boʻldi. 20-asrning 30-yillari "Vatan himoyachilari ittifoqi" teatri faoliyat koʻrsatdi. 1950-yil Addis-Abebada havaskorlik festivali oʻtkazildi. 1955-yil poytaxtda birinchi professional teatr ochildi (70-yillar oʻrtalaridan Milliy teatr). Uning repertuaridan milliy dramaturglar pyesalari, V.Shekspir, N.V.Gogol asarlari tarjimalari keng oʻrin oldi. Efiopiyada targʻibot teatri, teatrlashtirilgan ommaviy xalq bayramlari va folklor sanʼati ommalashgan. Kinosi 1970-yillarning oʻrtalarigacha asosan, qisqa metrajli hujjatli filmlar ishlab chiqarilgan. Xususan, rejissyor S.Bekelening "Qizil mavjudot" (1968), "Ijtimoiy majmua" (1970), "Afrika kinosining hozirgi holati" hujjatli filmlarida muhim ijtimoiy muammolar koʻtarildi. 1974-yil birinchi qisqa metrajli badiiy film – "Guma" (rejissyor M.Papatakis) yaratildi. "Kurash davom etmoqda" (1975, rejissyor M.Papatakis) nomidagi birinchi toʻliq metrajli hujjatli film jiddiy muammo – agrar islohotlarga bagʻishlandi. Rejissyor M.Papatakisning "Oʻtmish gʻamtashvishlari, kelajakka yoʻl" hujjatli filmi (1977)da jabrlangan xalqning koʻp asrlik tarixi aks ettirildi. "Uch ming yillik hosili" badiiy filmi (1976, rejissyor Xayle Girma), "Kurash – gʻalaba, gʻalaba–kurash" (1978, rejissyor M.Papatakis), "Gʻalabaga yoʻl" (1981, rejissyorlar Taseze Jarra, Getachou Tarekegen) hujjatli filmlari yaratildi. 1979-yil Milliy kinematografiya markazi tuzildi. Mamlakatda 40 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga oʻrtacha 3–4 hujjatli film ishlab chiqariladi. Afrika Efiopiya BMT aʼzolari
18,005
3294
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gambiya
Gambiya
Gambiya Afrika janubida joylashgan katta boʻlmagan davlat. Senegal davlati bilan chegaradosh. Gambia (Gambia Respublikasi) poytaxti — Banjul shahri. BMT aʼzosi. Umumiy maydoni taxminan 11 000 kvadrat kilometr boʻlgan mamlakat Afrika qitʼasidagi eng kichik davlatdir. Etimologiyasi "Gambiya" toponimi Gambiya daryosi degan maʼnoni anglatuvchi Kambra/Kambaa soʻzlaridan kelib chiqqan. E. M. Pospelovning yozishicha, Gambiya gidronimi birinchi marta Yevropa manbalarida 1455—1456-yillarda Galbiya imlosida tilga olingan boʻlib, bu mahalliy nomning yevropacha moslashuvi boʻlsa kerak. Shuningdek, toponim sererlar orasida foydalaniladigan guruchning maxsus turi — gamba nomidan kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin. Tarixi IX-XVI asrlar: musulmon va portugallar taʼsiri Arab savdogarlari IX va X asrlarda Gambiya hududi haqida dastlabki yozma manbalarda maʼlumot berganlar. X asrda musulmon savdogarlari va olimlari G‘arbiy Afrikaning bir qancha savdo markazlarida jamoalar tashkil etishdi. Ikkala guruh ham trans-Saxara savdo yoʻllarini egalladilar, bu esa mahalliy aholining oltin va fil suyagi bilan bir qatorda qul sifatida katta eksport savdosiga, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar importiga olib keldi. XI-XII asrlarga kelib Takrur (markazi shimolda Senegal daryosida joylashgan monarxiya), qadimgi Gana va Gao kabi qirollik hukmdorlari islomni qabul qilib, oʻz saroylarida arab tilini yaxshi biladigan musulmonlarga lavozim berganlar… XIV asrning boshlarida bugungi Gambiya deb ataladigan hududning aksariyati Mali imperiyasining bir qismi boʻlgan. Portugallar bu hududga XV asr oʻrtalarida dengiz orqali yetib kelishgan va xorijliklar bilan savdoda hukmronlik qila boshladilar. Ingliz va fransuz mustamlakachiligi 1588-yilda Portugaliya taxtiga daʼvogar, Krato aʼzosi Antonio Gambiya daryosidagi eksklyuziv savdo huquqlarini ingliz savdogarlariga sotdi. 1618-yilda Angliya qiroli Jeyms I ingliz kompaniyasiga Gambiya va Oltin qirgʻoq (hozirgi Gana) bilan savdo qilish uchun ruxsat berdi. 1651—1661-yillarda Gambiyaning ayrim qismlari — Gambiya daryosidagi Avliyo Endryu oroli, shu jumladan Fort Yakob, Avliyo Meri oroli (hozirgi Banjul) va Fort Jillifri — Kurlandiya va Semigaliya gersogligi hukmronligi ostiga oʻtdi. Mustamlakalar rasman 1664-yilda Angliyaga berilgan. XVII asr oxiri va XVIII asr davomida Britaniya va Fransiya imperiyalari Senegal daryosi va Gambiya daryosi mintaqalarida siyosiy va tijorat hukmronligi uchun doimiy kurash olib bordi. Avgust Keppel boshchiligidagi ekspeditsiya 1758-yilda Senegal qoʻlga kiritilgandan soʻng u yerga kelganda Britaniya imperiyasi Gambiyani egallab oldi. 1783-yilgi Versal shartnomasi asosida Buyuk Britaniyaga Gambiya daryosiga egalik qildi, biroq fransuzlar daryo boʻyidagi Albreda anklavini saqlab qolishdi. Bu hudud ham nihoyat 1856-yilda Buyuk Britaniyaga berildi. Qullik (XVII-XIX asrlar) Transatlantik qul savdosi amalga oshirilgan uch asr davomida bu umumiy mintaqadan uch millionga yaqin odam qul qilib olingan. Transatlantik qul savdosi boshlanishidan oldin qabilalararo urushlar natijasida qancha odam qul qilib olingani maʼlum emas. Qul qilinganlarning aksariyati boshqa afrikaliklar tomonidan yevropaliklarga sotilgan: baʼzilari qabilalararo urushlar asirlari edi; baʼzilari toʻlanmagan qarzlari tufayli sotilgan qurbonlar, boshqalari esa oddiygina odam oʻgʻirlash qurboni boʻlgan. Savdogarlar XVIII asrda Gʻarbiy Hindiston va Shimoliy Amerikada mehnat bozori kengayguncha odamlarni Yevropaga xizmatkor sifatida ishlash uchun yuborganlar. 1807-yilda Birlashgan Qirollik butun imperiyasida qul savdosini bekor qildi. Shuningdek, u Gambiyadagi qul savdosini tugatishga urinib koʻrdi. Atlantikada Qirollik dengiz flotining Gʻarbiy Afrika eskadroni tomonidan toʻxtatilgan qul kemalari ham Gambiyaga qaytarildi, qul boʻlgan odamlar Gambiya daryosi boʻyida joylashgan Makkarti orolida yangi hayot qurishlari rejalashtirildi. Inglizlar 1816-yilda Baturst (hozirgi Banjul) harbiy postini oʻrnatdilar. Geografiyasi Gambiya Afrika qitʼasining gʻarbiy sohilida joylashgan boʻlib, 11295 km² maydonni egallagan. Gambiya daryosi boʻyida joylashgan. Sohildan tashqari, Gambiya yigirma baravar katta boʻlgan Senegal bilan oʻralgan, chegaraning umumiy uzunligi 740 km. Mamlakat koʻpincha anklav deb ataladi. Gʻarbdan uni Atlantika okeani yuvib turadi, qirgʻoq chizigʻi 80 km. Mamlakat maydoni 11000 km² boʻlib, shundan 10000 km² quruqlik, 1000 km² suv yuzasi. Gambiya shuningdek, 4000 km² kontinental shelfga va 10,500 km² boʻlgan 200 milya qirgʻoq eksklyuziv iqtisodiy zonasiga ega. Iqlimi Gambiya iqlimi Gʻarbiy Afrikada qishloq xoʻjaligi uchun eng qulay iqlim hisoblanadi. Iqlimi subekvatorial, quruq (noyabrdan maygacha) va yomgʻirli (iyundan oktyabrgacha). Quruq mavsumda Sahroi Kabirdan esadigan quruq shamol Harmattan deb ataladi. Gambiyadagi qishlar yogʻingarchiliksiz yumshoq, quyoshli kunlar koʻproq. Noyabrdan maygacha havo harorati +21 dan +27 ° C gacha, nisbiy namlik — 30 dan 60% gacha. Yoz oylarida oʻrtacha harorat +27 dan +32 ° C gacha. Yomgʻirli mavsum iyun oyida boshlanadi va oktyabrda tugaydi. Umuman olganda, sohilda tungi harorat ichki hududlarga qaraganda yuqori. Mamlakatning aksariyat qismida yogʻingarchilik 1000 mm dan oshmaydi, hatto yomgʻirli davrda ham quyoshli kunlar hukm suradi. Manbalar Afrika Gambiya BMT aʼzolari
5,325
3295
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gana
Gana
Gana (Ghana), Gana Respublikasi (Republic of Chana) — Gʻarbiy Afrikada, Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi qadimgi davlat (mil. 4—13-asr boshi); hozirgi Mavritaniyaning janubiy qismi va Mali Respublikasining gʻarbiy qismini oʻz ichiga olgan. G. aholisi mande xalqlari guruhiga mansub soninkelardan tashkil topgan. Poytaxti Akkra shahri. BMT aʼzosi Davlat poytaxti — Kumbi-Sale shahri G- aholisi dehqonchilik, chorvachilik, metallni qayta ishlash bilan mashgʻul boʻlgan. G.ning eng taraqqiy etgan davri 9—11-asr oʻrtalariga toʻgʻri keladi. 13-asr boshida Mali (G.ning janubdagi viloyati) hokimlari kuchayib, G. hududida Mali davlatini barpo etganlar. Hozrigi Gana davlati nomi G. dan olingan. Maydon 238,5 ming km. Aholisi 18,1 mln. kishi (1997). Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi G. — respublika. Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi. Amaddagi konstitutsiyasi 1992 yil 28 apreldagi referendumda maʼqullangan va 1993 yil 7 yanvarda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident. U to'g'ri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi va yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 200 deputatdan iborat bir palatali parlament ixtiyorida. Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati G. Shimoliy yarim shar subekvatorial mintaqasining savanna va nam tropik oʻrmonlar doirasida joylashadi. Sohil qismi past, qumli, lagunalar koʻp. Hududining anchagina qismi bal. 150–300 m li tekislik. Markazida Ashanti (300 m) va Kvaxu (Ak-vava togʻi, 788 m) platolari, sharqida Togo togʻi bor. Iqpimi — ekvatorial-musson, janubi-gʻarbida ekvatorial iqlim. Martning oʻrtacha temperaturasi 27—32°, avgustniki 23—26°. Yillik yogʻin sohilning gʻarbi, shimoliy va markazda 1000– 2000 mm, sohilning sharqi va Akkrada 650–750 mm. Noyabr—dekabrda Sahroi Kabirdan quruq va issiq shamol esib turadi. Daryolar koʻp, ostonali, seryomgʻir mavsumda kemalar qatnaydi. Eng katta daryosi — Volta. Bosumtvi (34 km, chuq. 71 m) G.dagi yagona koʻldir. Maydonining 10%i oʻrmon. Qimmatbaho daraxtlar (vava, maxagoni, utile, makore va b.), sohilda mangra chakalakzorlari koʻp. Hayvonlardan fil, arslon, buyvol, gippopotam, sirtlon, maymun, kiyik, qushlar, ilon (kobra, mamba), hasharot (sese pashshasi) va b. bor. Milliy bogʻlari — Mole, Ditya va b. Aholnsining 73% i niger-kongo tillari guruhiga mansub xalqlardir (ashanti, fanti, adangme, eve); shimoliy viloyatlarida gur tillari guruhiga kiruvchi xalklar (moyey, gurma, grusi, tem va b.) yashaydi. Davlat tili — ingliz tili. Aholining aksariyati mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, xristianlar, musulmonlar ham bor. Shahar aholisi 33%. Yirik shaharlari — Akkra, Kumasi, Tema, Takoradi, Keyp-Kost. Tarixi Yevropaliklar kirib kelmasdan ilgari ham (15-asr) G.da qishloq xoʻjaligi va madaniyat rivojlangan. Qitʼaning ayrim joylari bilan savdo-sotiq qilingan. G.ga dastlab portugallar kelib, juda koʻp oltin (oltin koʻpligi uchun bu yer Oltin Qirgʻoq deyila boshlangan) va qul olib ketgan. Keyinchalik ingliz (1553), golland (1595), shved (1640), daniyalik (1642), nemis (1682) savdogarlari kelgan. Angliya raqiblarini sekin-asta surib chiqarib. Ashanti va uning atrofidagi xududlarni oʻzining mustamlakasi deb eʼlon qildi (1901). Inglizlar oltin va olmos tashib keta boshladi. Aholi kakao yetishtirishga majbur qilindi. G. xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashi tinimsiz davom etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu kurash ayniqsa kuch a idi. 1949 yil iyunda tuzilgan Konvent xalq partiyasi G.ga mustaqillik berilishini talab qiddi. 1956 yil inglizlar Oltin Qirgʻoqqa dominionlik berdi. 1957 yil 6 martda Oltin Kfi p-gʻoqGana (4—11-asrlarda Gʻarbiy Sudandagi Gana davlati nomidan) nomi bilan mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1960 yil 1 iyuddan G.—respublika. G. 1957 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 28 oktabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6 mart — Mustaqillik kuni. Siyosiy partnyalarm, kasaba uyushmasi. Milliy demokratik kongress partiyasi, 1992 yil tuzilgan; Xalq milliy konvent partiyasi, 1992 yil tashkil etilgan; EGLE partiyasi, 1992 yilda tuzilgan; Yangi vatanparvarlik partiyasi, 1992 yilda tashkil. etilgan. G. kasaba uyushmalari kongressi, 1957 yilda asos solingan. Xoʻjaligi G.— agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 41,4%, sanoatning ulushi 14,2%. Sanoatida kon sanoati ahamiyatli. Foydali qazilmalardan oltin, ol-mos, boksit, marganes rudasi qazib olinadi, yiliga oʻrtacha 6,1 mlrd. Kilovatt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Dengiz sohili lagunalaridan tuz olinadi. Qayta ishlash sanoatida alyuminiy, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari mavjud. Temada alyuminiy eritish, poʻlat quyish, neftni qayta ishlash, avtomobil shinalarini taʼmirlash, ximikatlar, boʻyoq tayyorlash zavodlari, toʻkimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor . Qishloq xoʻjaligi. G. dunyoda yetishtiriladigan kakaoning 28,0% ini beradi. Eksport uchun yana kofe, kopra (kokos yongʻogʻi magʻizi), banan, sitrus mevalar, yer yongʻoq ham yetishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun maniok, yams, batat, taro, tariq, sorgo, makkajoʻxori, sholi, zaytun, sabzavot va b. yetishtiriladi. Shakarqamish e kil ad i. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Dengizdan baliqovlanadi. Temir yoʻllarning uz.— 1285 km, avtomobil yoʻllari — 36,7 ming km. Asosiy dengiz portlari — Tema, Takoradi. G. chetga kakao, yogʻoch materiallar, mineral xom ashyo (oltin, olmos, boksit, marganes rudasi), turli mahsulotlar chiqaradi. Chetdan mashina va transport vositalari, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki oladi. AQSH, Yaponiya, BuyukGana poytaxti — Akkra sh. Britaniya, Germaniya, Niderlandiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — sedi. Maorifi va nlmiy muassasalari 1961 yildan 6—15 yoshli bolalar uchun bepul majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich, oʻrta maktablar, hunar bilim yurtlari, ped. bilim yurtlari bor. Xususiy maktablar ham ochilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Akkradagi G. universiteti (1948), Kumasidagi Aniq va tabiiy fanlar universiteti (1951), Keyp-Kostdagi universitet kolleji (1962) va b. Ilmiy muassasalari: Ijtimoiy va tabiiy Fanlar akademiyasi, Ilmiy va industrial tadqiqotlar kengashi, 10 ilmiy tadqiqot instituta, 14 ilmiy jamiyat; Milliy kutubxona, G. milliy muzeyi (1957), Milliy tabiiy fanlar muzeyi, Botanika bogʻi bor. Matbuoti, radnoeshittnrnshi va telekoʻrsatuvn G.da bir qancha gaz. va jurnal lar nashr etiladi. Yiriklari: "Gani-an tayme" ("Gana vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1958 yildan), "Deyli grefik" ("Kundalik voqealar", ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1950 yildan), "Ivning nyus" ("Kechki yangiliklar", haftalik kechki gaz., 1974 yildan), "Mirror" ("Koʻzgu", haftalik hukumat gaz., 1953 yildan), "Ekspiriyens" ("Tajriba", xotin-qizlar uchun haftalik gaz., 1991 yildan). G. axborot agentligi — hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1957 yilda tashkil etilgan. G. davlat ra-dioeshittirish korporatsiyasi mamlakatdagi barcha radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. Radio-eshittirishlar 1961 yildan, telekoʻrsatuvlar 1965 yildan olib boriladi . Adabiyoti G. xalqlarining yozma adabiyoti asrimiz boshlarida ingliz tilida vujudga kela boshpadi. A. Axum, E. Samson, A. Ajaye, K. Xeyford, S. D. Mene, G. B. Bannerman, R. Ye. G. Armattu va b. publitsistlarning kitob va maqolalari keng tarqaldi. 20—50-y.larda yaratilgan adabiy asarlarning asosiy mavzui tarix va etn.ga oid. G. R. Akkuaning "Fanta xalqi" dostoni, J. B. Dan-kvning "Uchinchi ayol" pyesasi, K. Fiavaning "Beshinchi laguna", "Anlo tarixining sahifalari" dramalari va b. asarlari G. xalqlarining milliy birligini tushunish va anglashda katta ahamiyatta ega. Shu davrda tarjima adabiyoti ham paydo boʻldi. 1957 yildan keyin ijtimoiy va siyosiy mavzularga qoʻl urildi. Poeziya, dramaturgiya, proza rivojlandi. Yangi ijtimoiy va siyosiy mavzular vujudga keldi. G. xalqlari boy folklor anʼanalariga ham ega. Meʼmorchiligi va tasviriy savʼati. G.da uy-joy qurilishi qadimgi anʼanalar asosida rivojlangan (loy-guvalalardan aylana va toʻrtburchak shaklida ishlanib, tomini palma shoxi, poʻstloq, poxol va shiferlar bilan konusga oʻxshash yoki ikki nishabli qilib berkitishgan). Xoz. G.da mahalliy kabila boshliqlarining saroylari saqlangan, ular loydan qurilib (bal. 5 m gacha), ustuni va devorlari geometrik oʻyma naqshlar bilan bezalgan. Akkra, Kumasi kabi katta shaharlarda temir-beton, alyuminiy va oynalardan qurilgan zamonaviy koʻp qavatli binolardan iborat yangi kvartallar barpo etilgan . G.da zargarlik, kulolchilik, toʻquvchilik, yogʻochsozlik, fil suyagi oʻymakorligi urf boʻlgan, oltin, kumush va bronzadan badiiy buyumlar yasash rivojlangan. Bezak buyumlar, yarogʻ-aslahalar, vazalar ishlanadi. G.da mustaqillik eʼlon qilingach, professional sanʼat shakllanib, badiiy kurgazmalar tashkil etildi. Zamonaviy sanʼatkorlar realistik uslubda ijod qila boshladilar (haykaltarosh va rassom Kofi Antubam, rassomlar E. R. Sviting, A. O. Bartimeus va b., grafikachi J. D. Okaye). G.da Madaniyat va sanʼat instituti, Achimota (Akkra yaqinida) kolleji qoshidagi Badiiy maktab, Kushasida meʼmorlik va kurili sh, hunarmandlik maktablari bor. Teatri Raqs sanʼati keng tarqalgan. Barcha tomoshalar raqssiz oʻtmaydi. Asrimizning 20-y.larida G.da koʻchma konsert guruxlari vujudga keldi. 1962 yil G. universiteti qoshida Musiqa va drama maktabi tashkil etildi (raqs fakulteti ham bor). Xalq raqs ansambli tuzildi (1962). 1958 yil shoira E. Sazerlend tashkil qilgan drama studiyasi 1963 i. universitetga qoʻshilib, musiqa va drama maktabi bilan hamkorlikda "Shoh Edip" (Sofokl), "Hamlet" (Shekspir)ni sahnalashtirdi. Rejissyor F. Morisso-Lerua "Teatr-klub" truppasini (1961), Milliy drama jamiyatining yarim professional jamoasi (1965)ni tuzdi. G.da A. Bukananing xususiy truppasi, "Oʻyinlar uyi" yarim professional teatri mahshur. Kinosi Dastlabki badiiy filmi — "Ozodlik keldi" (nigeriyalik kinematografchilar bilan hamkorlikda 1967 yilda yaratilgan). 1963 yilda kinostudiya qurildi, davlat kino korporatsiyasi tuzildi. (1968), "Oʻz ishingdan qolma" (1971) va b. filmlar yaratildi. Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Manbalar Afrika Gana BMT aʼzolari
10,182
3296
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gvineya
Gvineya
Gvineya (Guinee), Gvineya Respublikasi (République de Guinée) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Mayd. 246 ming km. Aholisi 7,4 mln. kishi (1990-yillar oxiri). Poytaxti Konakri shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 viloyat (provinsiya)ga, viloyatlar 35 prefekturaga boʻlinadi. Davlat tuzumi G.— respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 23 dekabrda kuchga kirgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (L. Konte; 1998-yil qayta saylangan). U umumiy yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Konun chiqaruvchi hoki-miyatni Millat majlisi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Gvineya hududi subekvatorial mintaqada. Qirgʻoqlari parchalangan. Relyefi, asosan, oʻrtacha baland (800–1000 m) va past togʻlar, yassi platolardan (300–400 m) iborat. Eng baland joyi — Nimba togʻi, 1752 m. Okean sohili tor pasttekislik. Foydali qazilmalardan boksit, temir, olmos, oltin va b. bor. Iklimi ekvatorial-musson, issiq, yozi sernam. Eng issiq oyning (mart yoki aprel) oʻrtacha temperaturasi 27—30°, eng baland joylarida 23° gacha, eng salqin oyniki (avgust) 24—26°, balandliklarda 18° gacha. Oʻrtacha yillik yogʻin 1200–4000 mm. Yomgʻirli mavsum mamlakat shimolida 5 oy, janubida 7—10 oy. Daryolari koʻp va sersuv. Asosiy daryolari: Gambiya, Bafing, Niger va Konkure. Gvineya hududi qizil, qizil-sariq tuproqli. Eng koʻp oʻsimligi — savanna. Sohilda mangra oʻrmonlari bor. Gvineyada tartibsiz ovlash natijasida fil, gippopotam, kiyik, yovvoyi choʻchqa, qoplon, gepard kabi hayvonlar kam qolgan. Maymun, ilon, har xil qush, baliq, hasharotlar (jumladan, sese pashsha) juda koʻp. Aholisi Gvineyada fulbe, malinke, susu va boshqa xalqlar yashaydi. Davlat tili — fransuz tili. Aholining 89% musulmon, 1,5% xristian, qolgani mahalliy dinlarda. Shahar aholisi 25,6%. Yirik shaharlari: Konakri, Kindia. Tarixi Hoz. hududining bir qismi Gana (taxminan 4—13-asrlar) va Mali (taxminan 13—16 a lar) kabi oʻrta asr davlatlari tarkibiga kirgan. 1725-yilda Gʻarbiy Afrikaning shimolidan kirib kelgan koʻchmanchi chorvador fulbe kabilasi Futa-Jallonda harbiy feodal davlat tuzgan. 15-asr oʻrtalarida Gvineyada dastlabki yevropaliklar paydo boʻlgan. Koʻp oʻtmay uning qirgʻoq boʻyi yerlari mustamlakachilar qoʻl ostiga oʻtgach, ular 19-asrgacha minglab mahalliy aholini qul qilib Amerikaga olib borib sotgan. 19-asrda fransuzlar Gvineyani tobe etish uchun keskin kurash olib bordi. Fransiya bu kurashda gʻalaba qozondi va 1880—90-yillarda uni bosib oldi. 1895-yil Fransiya Gvineyasi nomi bilan alohida mustamlakaga aylantirildi. Gvineya xalqi mustamlakachilarga qarshi uzoq vaqt kurashib keldi. 19-asrning 70—90-yillarida malinke xalqining kurashini, Futa-Jallondagi qoʻzgʻolonlarni (1900) fransuzlar qiyinchilik bilan bostirdi. 1904-yilda Gvineya Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Hukumatni fransuz gubernatori boshqardi. Birinchi jahon urushidan soʻng G.da yevropaliklarning banan, ananas, kofe plantatsiyalari paydo boʻla boshladi. Keyinchalik sanoat korxonalari (asosan konchilik sanoati) vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Gvineyada milliy ozodlik harakati avj olib ketdi. 1945—46 yillarda mamlakatda siyosiy partiyalar, toʻgaraklar tuzildi. Afrika Demokratax Birlashmasining seksiyasi sifatida 1947-yilda tashkil topgan Gvineya Demokratik partiyasi mustamlakachilikka qarshi boʻlgan barcha kuchlarni birlashtirish vazifasini oʻz zimmasiga oldi. 1958-yil 2 oktabr referendumiga muvofiq Gvineya mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. 1978-yildan 1984-yilgacha G. Xalq Revolyutsion Respublikasi deb ataldi. 1984-yil aprelda Gvineya Respublikasi nomini oldi. Gvineya 1958-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993-yil 24 iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami —2 oktabr— Mustaqillik kuni (1958). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmasi. Gvineya xalqi birlashmasi (1992-yilda tuzilgan), Birlik va taraqqiyot partiyasi (1992-yilda tuzilgan), Taraqqiyot va yangilanish uchun ittifoq partiyasi (1998-yilda tuzilgan). Gvineya mehnatkashlari kon-federatsiyasi (1984-yil tuzilgan) mamlakatning yagona kasaba uyushmasi markazidir. Xoʻjaligi Gvineya— kon sanoati nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 28%, sanoat ulushi 27,5% (jumladan, kon sanoati ulushi 23,9%)ni tashkil etadi. Mustaqillikka erishgach, Gvineya milliy iqtisodiyoti ancha tez oʻsa boshladi. Ajnabiylarga qarashli kompaniyalar, banklar, elektr stansiyalar, bir qancha korxonalar davlat ixtiyoriga olindi . Qishloq xoʻjaligi — Gvineya iqtisodiyotining negizi. Mehnatga qobiliyatli aholining 74% qishloq xoʻjaligida band. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — kofe, banan, ananas, sholi; shuningdek oqjoʻxori, makkajoʻxori, tariq, maniok, batat, yer yongʻoq va boshqa ekinlar ham ekiladi. Eng muhim texnika ekini — yogʻli palma. Chorvachilik — qishloq xoʻjaligida qoloq tarmoq; qoramol, qoʻy va echki boqiladi, baliq ovlanadi. Elektr energiyaning koʻpini GESlar beradi. Yiliga 521 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Gvineyada gugurt-tamaki va toʻqimachilik kombinatlari, gʻisht, mebel, avtomobil va velosiped yigʻish, konserva, yogʻ, sabzavot-meva konservalash, yogʻoch tilish zavodlari bor. T. i. uz.—662 km, avtomobil yoʻllari uzunligi—28,4 ming km. Muhim avtomagistrali Konakri, Kindia, Kankan, Beyla, Nzerekore shaharlari orqali oʻtadi. Yirik dengiz portlari: Konakri, Kamsar. Mamlakat ichkarisida yuklarning kupi Milo daryosida tashiladi. Gvineya chetga alyuminiy oksidi, kofe, banan, olmos, oltin, boksit, palma yogʻi, ananas, temir ruda chiqaradi. Chetdan asbob-uskuna, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtomobil, neft mahsulotlari, metall buyumlar, oziq-ovqat va b. oladi. AQSH, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Kamerun bilan savdo qiladi. Pul birligi — Gvineya franki . Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy muassasalari. Gvineyada aholini emlash va kambagʻallarga tibbiy xizmat — bepul. Shifokorlar Konakri politexnika institutining tibbiyot fakultetida va chet ellarda tayyorlanadi. Mustaqillik eʼlon qilingan paytda katta yoshli aholining 90% savodsiz, odiy oʻquv yurtlari yoʻq edi. 1968-yilda savodsizlikni tugatish milliy boshqarmasi tuzildi, boshlangʻich maktabda milliy tillar oʻqitila boshladi. 7 yoshdan boshlab bolalar uchun 6 yillik majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oʻrta maktab 6 yillik. Hunartexnika taʼlimi malakali ishchilar tayyorlaydi. Oliy uquv yurtlari: Konakri politexnika instituti. Kankan politexnika instituti, Fulayya qishloq xoʻjaligi instituti. I.-t. ishlari Konakri i.-t. va hujjatlashtirish instituti, Kindia mikrobiologiya instituti, Kankan sholi, Kindia meva institutlari, okeanshunoslik, geliofizika va tropik iqlim sharoitida konstruktiv materiallarni sinash ilmiy tadqiqot markazida olib boriladi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekursatuvi. Gvineyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Jurnal ofisyel de Gine" ("Gvineya rasmiy gazetasi", fransuz tilidagi hukumat xabarnomasi, oyiga 2 marta chiqadi), "Xoroyya" ("Qadr-qimmat", fransuz tilidagi haftalik gaz., 1961-yildan chikadi), "Fonike" (oylik jurnal, 1974-yilda asos solingan). Gvineya matbuot agentligi 1960-yilda tuzilgan. Gvineya radioeshittirish va telekursatuvi xizmati hukumatga qarashli. Milliy telekursatuv 1977-yil maydan buyon berib boriladi. Adabiyoti Gvineya xalklari folklor namunalariga boy. Yozma adabiyotida qasida tarzida yozilgan dostonlar keng tarqalgan. Tarixiy va diniy mavzulardagi qasidalardan baʼzilari (Muhammad Ali Tyamning "Xoja Umar hayoti", 1935) xalq orasida mashhur. Gvineya adabiyotida yangi poeziya qad. anʼanalar asosida fransuz tilida tarkib topdi. Keyta Fodeba siyosiy mavzudagi "Afrikada tong", "Yarim kecha" (1950) dostonlarini xalq afsonalari asosida yaratgan. Ray Otra (Mamadu Traore) mustamlakachilikka karshi sheʼrlar yezdi ("Ozodlik sari" tuplami). Oʻz ijodini avtobiografik qissa ("Qora bola", 1953) bilan boshlagan Kamara Ley "Qirolning qarashi" modernistik romanini, "Haykal koʻzlari" hikoyasini nashr ettirdi. "Faralako", "Assiatu sentyabrda" romanlarining muallifi E. Sisse mustaqillik uchun kurash gʻoyasini ilgari surgan. A. Fanturening "Tropiklar doirasi" va "Saxel qoʻshinidagi kishi" romanlarida mustamlakachilikdai keyingi voqelik muammolari koʻtarilgan. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Gvineya xalqlarining qad. turar joylari yumaloq shaklda qurilib (oʻtovga oʻxshash), tomi qamish bilan yopilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi binolar qurilishida zamonaviy meʼmorlik namunalari yaqqol koʻrindi. Bu binolarda xonalarni quyoshdan saklovchi bugʻot, panjaralardan foydalanilgan. Mustaqillik yillarida Konakrida jamoat va sanoat binolari: politexnika instituti, stadion, radiomarkaz, bosmaxona va boshqa qurildi. Gvineya hududidan odam va hayvonlarning haykalchalari, uyma bezakli va buyalgan yogʻoch buyumlar, odamlarning yogʻoch shakllari (afsonaviy hayvon boshli, geometrik shaklli), yogʻoch va suyakdan yasalib turli rangga boʻyalgan niqoblar (diniy marosimlarda kiyilgan) topilgan. Qamishdan buyum yasash (turli rangga boʻyalgan sumka, yelpigʻich, savat va b.), geometrik hoshiyali rangdor matolar tuqish rivojlangan. Gvineyada professional sanʼat rivojlanmagan . Teatr sanʼati qad. Qishloq bayramlarida yuzi va tanalari boʻyalgan, serhasham kiyim va niqoblardagi raqqoslar oʻyini koʻpincha teatr tomoshalariga aylanib ketadi. 1948-yil Gvineya shoiri K. Fodeba Parijda "Afrika baleti" ansamblini tuzdi. Shu asosda "G. Afrika baletlari" tashkil topdi (1958). 1964-yilda "Joliba" millim ansambli tuzildi. Har yili badiiy havaskorlar toʻgaraklarining koʻrigi oʻtkaziladi. Viloyatlarda bahordan kuzgacha drama, folklor, balet, qoʻshiq musobaqalari oʻtkazish odat tusiga kirgan. Mamlakatda yiliga 2—3 film yaratiladi. 30 ga yaqin kinoteatr bor. Manbalar Gvineya BMT aʼzolari
9,843
3298
https://uz.wikipedia.org/wiki/Keniya
Keniya
Keniya yoki Kenya (), Kenya Respublikasi () — Sharqiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Maydon 582,6 ming km. Aholisi 30,7 mln. kishi (2001). Poytaxti Nairobi shahri. Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat (province)ra va poytaxt okrugiga boʻlinadi. Davlat tuzumi Kenya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1969-yilda qabul kilingan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1978-yildan Daniel arap Moi). U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yilga saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va Millat majlisi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident, vitse-prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati Kenya Sharqiy Afrika yassitogʻligi (sharqda bal. 500 m va gʻarbda bal. 1500 m) Shimoli-sharqiy chekkasida joy-lashgan. Hind okeani sohili uzilma togʻlardan iborat, tik va kam parchalangan. Jan.dan shim.ga tomon kengayib (50–200 km) boradigan tekislik bor. Unga tutash botiqning atrofi togʻ tizmalari (sharqda Aberder, bal. 400 m gacha, gʻarbda May va Elgeyo, bal. 3000 m gacha) va soʻngan vulkanlar (Kenya togʻi, 5199 m — Kenyadagi eng baland choʻqqi), Viktoriya koʻli boʻylari kambar tekislik bilan oʻralgan. Trona, oltin, kianit, diatomit, ohaqtosh, grafit, polimetall ruda konlari topilgan. K. ekvator iqlim mintaqasidajoylashgan. Sohilda harorat issiq (iyulda oʻrtacha temperatura 24—25°, yanvarda 27°), yassitogʻlikda salqinroq. Yillik yogʻin miqdori Shimoli-sharqda 250 mm dan janubi-gʻarbda 1500–2000 mm gacha. Ekvator yaqinida seryomgʻir mavsum: mart—aprel va noyabr—dekabr Daryolari kam suvli, qisqa, ayrimlaridagina kema qatnaydi. Yiriklari: Tana, Galana. Oqmas koʻl koʻp (eng kattasi — Rudolf). Mamlakatning sharqi va Shimoli-sharqi jigarrang-qizil lateritlashgan, toshloq, kamhosil, aksar shoʻr tuproqli. Shim.-gʻarbi va janubi-sharqi qizil-qoʻngʻir, Viktoriya koʻli boʻylari oʻtloqi qizil-qoʻngʻir, Hind okeani sohili qora va boʻz tuproqli. Kenya shimolida tikanli oʻrmonlar va butazorlar, choʻlga aylanayozgan savannalar, gʻarbida boʻydor oʻtli savannalar, togʻ etaklarida sernam tropik oʻrmonlar, togʻlarda oʻtloqlar bor. Yovvoyi hayvonlardan fil, karkidon, zebra, buyvol, jirafa, arslon, maymunlar, daryolarda timsoh, begemotlar uchraydi. Kenyada qoʻriqxona va milliy bogʻlar (Savo, Sibilon, Maun-Kenya, Meru, Aberder va b.) koʻp. Aholisining 66% ni benue-kongo tillarida soʻzlashuvchi xalqlar tashkil etadi. Ularning yiriklari: kikuyyu, luxya, kamba, kisii, meru va boshqa. Kenyada hindlar, yevropaliklar, arablar va b. ham yashaydi. Rasmiy tillar — suaxili va ingliz tillari; aholining 1/2 qismi mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari xristianlar, musulmonlar va b. Jami aholining 25,3% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Nayrobi, Mombasa, Nakuru, Kisumu. Tarixi Kenya hududida ilk paleolit davrida manzilgohlar boʻlgani maʼlum. Ayrim tadqiqotchilar dastlabki odamzot shu yerda paydo boʻlgan, deb hisoblaydilar. Hoz. aholisining koʻpchiligi 14—19-asrlarda Afrikaning turli joylaridan kelgan bantu va nilot qabilalaridan tarqalgan. Mil. av 5—6-asrlarda K.ga yunon, misr, xitoy, arab dengiz sayyohlari va savdogarlar kelib ketib turgan. 7—8-asrlarda qishloqlar, 11 — 15-asrlarda shahar-davlatlar paydo boʻldi. 16-asrda portugallar Kenyaning sharqiy qismini bosib oldi. 18-asrda bir necha arab sultonliklari vujudga keldi va qul savdosi rivojlandi. Buyuk Britaniya qul savdosiga qarshi kurash bahonasi bilan K.ga suqilib kela boshladi. 19-asr oxirida K. Buyuk Britaniya qoʻl ostiga oʻtdi. Mustamlakachilar mahalliy aholidan unumdor yerlarni tortib oldi. Afrikaliklar maxsus ajratilgan joylarda yashashga majbur etildi, irqiy kamsitildi. 1920-yilda K. Buyuk Britaniya mustamlakasi deb eʼlon qilindi. Shundan keyin mustamlakachilikka qarshi harakat qiluvchi siyosiy tashkilotlar (Kikuyyu tashkiloti va b.) tuzilib, ular majburiy mehnat bekor qilinishi, soliqlar qisqartirilishini, maorif tizimi yaxshilanishi va tortib olingan yerlar qaytarib berilishini talab qildi. Ikkinchi jahon urushi davrida K. oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosi yetkazib beruvchi manbaga aylantirildi, kenyalik askarlar Buyuk Britaniya mustamlaka qoʻshinlari safida Yaqin Sharq va Birma (hoz. Myanma)dagi urushda qatnashdilar. 40-yillar oxirida ozodlik harakati yanada kuchaydi. 1952-yilda qurolli qoʻzgʻolon boshlandi. Qoʻzgʻolon 4 yil davom etdi. Mustamlakachilar qoʻzgʻolonni bostirib vatanparvarlardan 11 ming kishini oʻldirdi, 100 mingga yaqin kishini qamoqqa oldi. 1960-yil tuzilgan K. afrikaliklar milliy ittifoqi (KANU) K. mustaqilligini talab qildi. 1961-yil Krnun chiqaruvchi kengashga oʻtkazilgan saylovda KANU 67% ovoz oldi. 1963-yil mayda yangi Millat majlisiga oʻtkazilgan saylovda ham KANU gʻolib chiqib, J. Keniata boshchiligida birinchi milliy hukumat tuzildi. 1963-yil 12-dekabrda K. mustaqil davlat, 1964-yil 12-dekabrda esa respublika deb eʼlon qilindi Kenya — 1966-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12-dekabr — Mustaqillik kuni (1963). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Demokratik partiya, 1992-yilda tuzilgan; K. afrikaliklar milliy ittifoqi (KANU), 1960-yilda asos solingan; Milliy rivojlanish partiyasi, 1994-yilda tuzilgan; Sotsial-demokratik partiya, 1992-yilda asos solingan; Ford-Asili va Ford-K. partiyalari, 1992-yil oktabrda tuzilgan. K. kasaba uyushmalari markaziy tashkiloti, 1965-yilda tuzilgan. Iqtisodiyoti Kenya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 24%, sanoatning ulushi — 10% gayaqin. Iktisodiyotining asosi - q.h., uning mahsuloti mamlakat eksportining 3/4 qismini tashkil etadi. Kenya mustaqillikka erishgach, yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xoʻjaligining ulushi tobora pasayib, sanoat va savdoning ulushi oshib, natural ishlab chiqarish ulushi kamaydi. Qishloq xoʻjaligida aholining 70% band. Asosiy ekinlari — kofe, choy, sizal, piretrum, paxta, sholi, bugʻdoy, shakarqamish; ichki ehtiyojlar uchun makkajoʻxori, maniok, tariq, joʻxori, arpa yetishtiriladi. Sut chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik rivojlangan. Qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Baliq ovlanadi va yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar va hunarmandchilik ustaxonalaridan iborat. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, avtomobil yigʻuv, koʻnchilik, kimyo, neftni qayta ishlash, taxta tilish va metallsozlik, qogoz sanoati korxonalari, sement zavodlari ham bor. Konchilik sanoatida flyuorit, tabiiy soda, diatomit, kaolin, gips, kianit, asbest, osh tuzi qazib chiqarish ustun. Birmuncha miqdorda mis, qoʻrgʻoshin, kumush qazib olinadi. Yirik sanoat markazlari: Nayrobi, Mombasa, Kisumu, Nakuru, Tika, Eldoret shahri Energetika soxasida gidroelektr stansiyalariningsalmogʻi katta. Tana daryosi boʻyida Gitaru, Kamburu, Kindaruma GESlari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 3,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Transporti 3 ming km temir yoʻl, 62 ming km avtomobil yoʻli bor (shundan 4,5 ming km asfaltlangan). Asosiy dengiz porti — Mombasa. Nayrobi va Mombasada xalqaro aeroportlar bor. Kenya chetga kofe, choy, neft mahsulotlari, tamaki, piretrum, sizal, meva va sabzavot, kalsinirlangan soda, goʻsht, teri, sement va h.k. chiqaradi. Chetdan sanoat va transport uskunalari, oziq-ovqat va kimyo mahsulotlari, qora va rangli metall, neft, dori-darmon va h.k. oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlar — Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Yaponiya, Niderlandiya. Tashqi sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — Kenya shillingi. Tibbiy xizmat Sogʻliqni saqlash tizimiga davlat rahbarlik qiladi. Yuqumli kasalliklar (bezgak, ichburugʻ, yuqumli gepatit, ich terlama va b.) keng tarqalgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Nayrobi universitetida, oʻrta malakali tibbiy xodimlar Tibbiy tayyorgarlik markazi va tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari K.da boshlangʻich maktab 7 yillik va bepul. Bolalar 6 yoshdan ingliz tilida oʻqitiladi. 4-sinfdan boshlab suaxili tili.oʻrgatiladi. Oʻrta maktab 6 yillik. Mamlakatda 16 ming boshlangʻich, 2,5 ming oʻrta maktab bor.. Ilk hunar-texnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 2—6 yillik savdo, tijorat, hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va veterinariya hunar bilim yurtlari va maktablarida, shuningdek, korxonalarda amalga oshiriladi. Oʻrta texnika taʼlimi kichik oʻrta maktab negizida kollejlarda tashkil etilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Nayrobidagi Milliy universitet, Egerton universiteti, Nayrobidagi universitet kolleji. Yirik kutubxonalari: Milliy universitet kutubxonasi, Nayrobidagi Yodgorlik kutubxonasi, universitet kolleji kutubxonasi, Mombasadagi ommaviy kutubxona; muzeylari: Nayrobidagi K. milliy muzeyi, Kitale sh.dagi Gʻarbiy K. milliy muzeyi, Mombasadagi muzey va b. Kenyada 20 ga yaqin ilmiy muassasa, jumladan, Nayrobida K. industrial tadqiqot instituti, Milliy qishloq xoʻjaligi laboratoriya, Tibbiyot tadqiqotlari laboratoriya, Sil kasalliklari tadqiqot markazi, Q.x. tadqiqot markazi, Tibbiy tadqiqot instituti, Sharqiy Afrika instituti, Afrika tarixini oʻrganuvchi xalqaro institut, Nyanza viloyatida paxta tadqiqoti stansiyasi, Ru-iruda kofe tadqiqoti markazi, Kerichoda choy tadqiqoti instituti va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Kenyada 60 ga yaqin gaz. va jurnal nashr etiladi. Eng muximlari: „Deyli neyshn“ („Millatning kundalik gazetasi“, ingliz tilida, 1960-yildan), „Kenya leo“ („Bugungi Kenya“, suaxili tilidagi kundalik gaz., 1983-yildan), „Kenya tayme“ („Kenya vaqti“, ingliz tilidagi kundalik gaz., 1982-yildan), „Pipl deyli“ („Xalq kundalik gazetasi“, ingliz tilida, 1998-yildan), „Standard“ („Bayroq“, ingliz tilidagi gaz., 1902-yildan), „Taifa leo“ („Hozirgi millat“, suaxili tilidagi kundalik gaz., 1960-yildan), „Dram“ („Doʻmbira“, ingliz tilidagi oylik jurnal, 1956-yildan), „Target“ („Maqsad“, ingliz tilidagi jurnal, 1964-yildan).’ K. axborot agentligi (KNA) 1963-yil dekabrda tashkil etilgan. K. radioeshittirish korporatsiyasi 1989-yilda tuzilgan. Radioeshittirishlar 1927-yildan, telekoʻrsatuvlar 1962-yildan olib boriladi. Adabiyoti asosan, ingliz tilida, shuningdek, kikuyyu, masai, suaxili va b. mahalliy tillarda folklor negizida rivojlanib kelayotir. Umuman K.da yozma adabiyot 17-asrda suaxili tilida yuzaga keldi. Unda qahramonlik, diniy va b. mavzudagi dostonlar muhim oʻrin tutadi. Etnograf olim, milliy-ozodlik harakatining rahbari J. Keniata xalq afsonalari, ertaklari, rivoyatlarini qayta ishlab eʼlon qildi. Oʻzi ham „Kenya togʻiga qarab“ (1936) va „Mening xalqim — kikuyyu“ (1942) kitoblarini yozib nashr ettirdi. 19— 20-asrlarda ham, asosan, nazm rivojlandi. Nasriy asarlar 50-yillar oxirida yuzaga kela boshladi. M. Gikaruning „Quyosh oʻlkasi“, V. Itotening „General May May“, J. Kariukaning „May May hibsda“, M. Gateruning „Ikki olam farzandi“ qissalarida inglizlarning K.ni mustamlakaga aylantirishi va demokratik kuchlarning ozodlik uchun kurashi koʻrsatilgan. J. Ngugining ingliz tilidagi romanlari („Yigʻlama, boʻtam“, „Oramizdagi daryo“) va „Qora darvish“ pyesasi eʼlon kilingan. Keyingi yillarda B.O.Vandera, E.Xinga, M.Alot, M.Mvangi, A.Kadambe, D.Karoka, L.Kibera, M.Ruxena kabi yosh yozuvchilar adabiyot maydoniga oʻz ovozlari va yangi mavzular bilan kirib keldilar. Ngugi Va Txiongoning „Qonli yaproklar“ va „Sanamdagi iblis“ romanlari ayniqsa diqqatga sazovor. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Kenya hududida ilk oʻrta ayerlarga oid mahalliy madaniyat yodgorliklari: doyra tosh devorlar, sagʻana ehromlari, arikdarning qoldiqlari saqlangan. Dengiz sohilida Gedi, Malindi, Ungvana, Mnarani, Takva, Mombasa kabi shaharlar paydo boʻlgan. 14— 15-asrlarda arab meʼmorligi uslubida mudofaa istehkomlari, masjidlar, bozorlar barpo etilgan. 16-asrda portugʻallar meʼmorligiga xos uslubda qurilgan qasr va Vasko da Gama tosh kolonnasi saqlangan. 20-asrdan shaharlar ingliz va nemis meʼmorlari loyiqasi asosida temir-beton konstruksiyalar va yangi qurilish metallaridan foydalanib qurila boshladi. Binolarda lentasimon deraza, peshayvon, oftob toʻsqichlar, rangli sopol plitalar keng qoʻllanilgan (mas, Milliy teatr, texnika kolleji va b.). Kishlok, larda doyra qilib loy bilan suvalgan, usti xashak bilan yopilgan sinchli uylar koʻproq uchraydi. Keyingi yillarda qurilgan inshootlardan Mombasadagi „Okeanik“ mehmonxonasi, Nayrobidagi gospital, koʻp qirrali 26 qavatli minorasi va aylanuvchan restorani boʻlgan Keniata majlislar zalini koʻrsatish mumkin. Badiiy hunarmandchilikda yogʻochni oʻyib va kuydirib naqsh solish, marosim raqslari uchun teridan niqob, mis va jezdan zeb-ziynat buyumlari, loy va qovoqsan idishlar, yogʻoch qoʻgʻirchoqlar, sopoldan jonivorlar haykalchalarini yasash, poxoldan savat toʻqish keng avj olgan. Musiqasi Kenya musiqiy madaniyati mamlakatda yashovchi turli elatlar musiqasini oʻz ichiga oladi. Shu tufayli ohanglar, uslublar, cholgʻu asboblari ham xilma-xil. Xalq udumlari va ma-rosimlarida ashula, raqs va musiqa boʻlishi shart. Cholgʻu asoboblari orasida turli-tuman nogʻora, doyra va surnayni eslatuvchi asboblar, oʻziga xos arfa, litungu, nay va b. bor. Koʻpincha xonandaning oʻzi arfa chalib ashula aytadi va badihachilik usulida qoʻshiq toʻqiydi. 20-asr oxirida yevropacha musiqaning taʼsiri kuchaydi. K. mustaqillikka erishgach, havaskorlik ijodiyoti ayniqsa rivoj topdi, musiqa tashkilotlari tuzildi. Sharqiy Afrika konservatoriyasi, Nayrobi musiqa jamiyati, „Bomas“ ashula va raqs guruhi, radio va televideniyening cholgʻu asboblari orkestri musiqa madaniyatini rivojlantirishda, milliy kadrlar tayyorlashda katta rol oʻynay boshladi. Teatri Tub aholi tomoshalarida raqs sanʼati qadimdan rivojlangan. 20-asr boshlarida Kenyada ingliz havaskor teatri truppalari vujudga keldi. 1948-yildan Nayrobida ingliz professional teatri, 1952-yildan Milliy teatr ishlaydi. Kenya mustaqillikka erishgach, afrika va hind teatrlari paydo boʻldi. Teatrni xalq ommasiga yaqinlashtirishga intilgan J. Mpaxlele „Chemchemi“ („Chashma“) truppasini tuzib, unga rahbarlik qildi va bir qancha pyesalarni muvaffaqiyatli sahnalashtirdi. „Tausi“ drama klubi (1963) mahalliy mualliflarning maishiy mavzudagi pyesalarini qoʻyish bilan shuhrat qozondi. Milliy teatrning kenyaliklardan birinchi direktori — Set Adagala rahbarligida drama maktabi ochildi. Uning talabalari ishtirokida tashkil etilgan Milliy teatr truppasi mamlakat boʻylab tomosha koʻrsatib yuradi. Manbalar Keniya BMT aʼzolari
14,381
3299
https://uz.wikipedia.org/wiki/Lesoto
Lesoto
Lesoto (Lesotho), Lesoto Qirolligi (Kindom of Lesotho) — Janubiy Afrikadagi davlat. Hamma tomoni JAR xududi bilan oʻralgan. Maydoni 30,3 ming km². Aholisi 2,177 mln. kishi (2001). Poytaxti — Maseru shahri Maʼmuriy jihatdan 10 okrug (district) ga boʻlingan. Davlat tuzumi Lesoto — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yilda qabul qilingan (2001-yil martda tuzatishlar kiritilgan). Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi — qirol (1996-yildan Letsiye III). Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament — Millat majlisi va se-natdan iborat. Ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Lesoto togʻli mamlakat, Basuto platosida (oʻrtacha balandligi 2300–3000 m) joylashgan. Platoni sharq va janubiy tomondan Drakon togʻlari oʻrab turadi. Iqlimi tropik, quruq kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 25—26°, iyul-niki 10°, biroq tez-tez sovuq boʻlib turadi, togʻlarga qor tushadi. Yillik oʻrtacha yogʻin 750–1000 mm. Daryolari gidroenergiyaga boy; eng kattasi — Oranj. Tuproqdari mamlakat gʻarbida qumli, unumsiz, sharqida unumdor, vulkan tuproqlar. Lesoto dashtlarida gʻallasimon oʻsimliklar oʻsadi; Drakon togʻlarida butazorlar, oʻtloqlar bor. Aholisining 98%ga yaqini afrikaliklar, asosan, suto xalqi, shuningdek, zulular, inglizlar va boshqa yashaydi. Rasmiy til — sesuto va ingliz tillari. Aholining koʻp qismi (70% dan koʻprogʻi) xristian (katolik, protestant)lar, qolgan qismi anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 19%. Yirik shaharlari: Maseru, Leribe, Mafeteng. Tarixi Lesoto davlatining qad. tarixi kam oʻrganilgan. 17—18-asrlarda mamlakat tub aholisi—bushmenlar shimolidan kelgan sutolar tomonidan siqib chiqarildi va qabila boshligʻi Moshesh 1 hokimiyati ostiga birlashtirildi. 1836-yildan Lesotoni burlar va yevropaliklar (inglizlar) egallay boshladi. 1884-yil Lesoto rasmiy ravishda Buyuk Britaniyaning Basutolend protektoratiga aylantirildi va Buyuk Britaniya Lesotoda "bevosita boshqarish" tizimini joriy etdi. Oqibatda Basutolend Buyuk Britaniyaning Janubiy Afrikadagi sanoati va mustamlakalari uchun arzon ishchi kuchi manbaiga aylanib qoldi. 1907-yil Basutolend taraqqiyparvar uyushmasi tashkil topdi. Bu tashkilot maorif, savdo-sotiq va boshqa sohalarda bir qator islohotlar oʻtkazdi. Keyinroq Kambagʻallar ligasi tuzildi. U xalq hayotini demokratlashtirish va mustamlakachilikni tugatishni talab qildi hamda Basutolendni zoʻrlik bilan oʻziga qaram qilib olmoqchi boʻlgan Janubiy Afrika Ittifoqi (1961-yildan JAR) irqchilariga qarshi qattiq kurash olib bordi. Ikkinchi jahon urushi davrida minglab sutolar Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqdagi urushda ingliz qoʻshinlari tomonida qatnashdi. Urushdan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1952-yil Basutolendda birinchi siyosiy partiya—Basutolend Afrika kongressi (BAK) tuzildi. 1960-yil oʻtkazilgan saylovda BAK negizida tashkil etilgan Kongress partiyasi gʻalabaga erishdi va mahalliy hokimiyat organlari tashkil topdi. 1965-yil kuchga kirgan konstitutsiyaga muvofiq, Basutolend oʻzini oʻzi ichki boshqaruv huquqiga ega boʻldi; parlamentga saylov oʻtkazildi. Lesoto Jonatan bosh vazir qilib tayinlandi. 1966-yil 4-oktabrda Basutolend mustaqillikka erishdi va shu yili qabul qilingan yangi konstitutsiyaga binoan, Basutolend Lesoto Qirolligi deb atala boshladi. Lesoto — 1966-yil 17-oktabrdan BMT aʼzosi. Lesoto xukumati demokratik kuchlar harakatini bostirish maqsadida JAR hukumati bilan aloqalarni yanada mustahkamlash tadbirini koʻra boshladi. 1970-yil 27-yanvarda boʻlib oʻtgan parlament saylovida Milliy partiya magʻlubiyatga uchradi. Shundan keyin Lesoto Jonatan favqulodda holat joriy etdi, saylov natijalarini bekor qildi, konstitutsiya faoliyatini toʻxtatdi. 1973-yilda favqulodda holat bekor qilindi. 1990-yilda hokimiyatni harbiylar qoʻlga oldi. 1993-yilda keyingi 23 yil mobaynida birinchi marta demokratik saylov oʻtkazildi, unda parlament saylandi. Harbiy kengash ijroiya hokimiyatni fuqarolardan iborat hukumatga top-shirdi. Milliy bayram — 4-oktabr Mustaqillik kuni (1966). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Basuto milliy partiyasi, 1959-yilda tuzilgan; Basuto kongressi partiyasi, 1959-yilda asos solingan; Marematlu ozodlik partiyasi, 1962-yilda tuzilgan; Lesoto kongressi demokratiya uchun partiyasi, 1997-yilda asos solingan; Lesoto bir-lashgan demokratik partiyasi; 1969-yilda tuzilgan. Lesoto erkin kasaba uyushmalari kongressi faoliyat koʻrsatadi. Iqtisodiyoti Lesoto — Afrikada iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakatlardan biri. Mehnatga layoqatli aholining koʻpgina qismi JARga borib ishlashga majbur. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 12%, qishloq xoʻjaligi ulushi 12,3%. Qishloq xoʻjaligi zaif, qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning 10%ga ekin ekiladi. Qoramol, qoʻy, angora echkisi, ot, xachir, eshak boqiladi. Dehqonchilikda makkajoʻxori, oq joʻxori, bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka va sabzavot yetishtiriladi. Sanoatida olmos qazib oladigan, shaʼm, oʻgʻit, gʻisht, gilam, kiyim-kechak, mebel ishlab chiqaradigan, televizor yigʻadigan korxonalar bor. Kulolchilik, toʻquvchilik birmuncha rivojlangan. 1 yilda oʻrtacha 1 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Kumir, kvars, uran konlari bor. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 5200 km (2100 km qattiq qoplamali). Poytaxtdan JAR chegarasigacha 1,7 kmli temir yoʻl qurilgan. Milliy aviakompaniya va Maseruda xalqaro aeroport bor. Tashqi savdoda eksportning 85% va importning 90% JARga toʻgʻri keladi. Chetga qishloq xoʻjaligi mahsuloti, jun va jun mahsuloti, chorva mollari, olmos chiqariladi; chetdan sanoat mollari, oziq-ovqat, neft, mashina-uskunalar keltiriladi. 1986-yilda muomalaga kiritilgan milliy pul birligi — loti (maloti) bilan bir qatorda JAR pul birligi — randdan bemalol foydalaniladi. Tibbiy xizmati va maorifi Vrachlar chet elda tayyorlanadi. 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Boshlangʻich taʼlim bepul, oʻrta va oliy taʼlim pulli. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 7— 8 yil, oʻrta maktabda 5 yil Roma shahrida milliy universitet, Maseruda qishloq xoʻjaligi kolleji, geol. xizmati, qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasi, universitet kutubxonasi, davlat kutubxonasi va arxivi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Kundalik gazetalari yoʻq. Davriy nashrlaridan yiriklari: "Lesoto tudey" ("Lesoto bugun", ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1986-yildan), "Moyeletsi oa basuto" ("Basuto maslahatchisi", sesuto va ingliz tilidagi haftanoma, 1933-yildan), "Mochochonono" ("Kometa", sesuto va ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1974-yildan), "Leseliniana la Lesoto" ("Lesoto nuri", sesuto va ingliz tilida 2 haftada chiqadigan gazeta, 1863-yildan). Lesoto milliy radioeshittirish xizmati mavjud. Radiostansiyalari sesuto hamda ingliz tillarida eshittirish olib boradi. 1971-yildan telekoʻrsatuvlar boshlangan. Lesoto Hukumat axborot agentligi 1983-yildan ishlaydi. Meʼmorligi Asosiy aholisi (sutolar) tartibsiz qurilgan katta-katta qishloqlarda yashaydi. Doirasimon turar joylar tosh yoki xom gʻishtdan tiklangan va qamish bilan kuloh shaklida yopilgan. Toʻgʻri burchakli uylar ham tosh yoki xom gʻishtdan qurilgan, tomi 2 nishabli yoki 4 nishabli kilib yopilgan. Uy devorlari qizil yoki sariqrang bilan boʻyalgan va geometrik naqsh ishlangan. 20-asr 2-yarmida Maseruda zamonaviy bino va inshootlar (aeroport, Ichki ishlar vazirligi, mehmonxona va boshqa binolar) qurildi. Tasviriy sanʼati Lesoto hududida qoyalarga bitilgan yozuv va naqshlar sakdangan. Ular bushmenlarning ijodi deb taxmin qilinadi. Badiiy xunarmandchilik, ayniqsa, yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Roʻzgʻor buyumlari (koʻza, quti, bolishlar)ga turli shakllarda naqsh solinadi. Yogʻoch haykalchalar va sopol idish (choynak, guldon)lar yasaydilar. "Karossa" deb ataluvchi poʻstinlarni munchoklar bilan bezatadilar. Rangli munchoqlardan marjon shodalar tayyorlaydilar. Musiqasi Sutolar hayotida musiqa muhim ahamiyatga ega. Cholgʻu asboblari juda xilma-xil boʻlib, ulardan yakka ijrochilikda ham, qoʻshiq yoki raqs joʻrligida ham foydalaniladi. Musiqa folklorida qoʻshiqlarning 2 guruhi mavjud: ka maoto deb ataluvchi guruhga mansub qoʻshiqlar aytilganida raqs tushiladi va mehnat jarayonini aks ettiruvchi sahnaviy harakatlar qilinadi. Xo engoye guruhidagi qoʻshiqlar harakatsiz ijro etiladi. Jangda halok boʻlgan botirlar taqsirini tasvirlovchi qoʻshiq ijro etilganida erkaklar jangovar ruxdagi raqsga tushadilar. Tabiat hodisalariga bagʻishlangan qoʻshiqlar, toʻy va diniy qoʻshiqlar, madhiyalar, marsiyalar, albatta, musiqa joʻrligida ijro etiladi. Lesoto poytaxti - Maseru shahri. BMT a'zosi Manbalar Lesoto BMT aʼzolari
8,672
3300
https://uz.wikipedia.org/wiki/Liberiya
Liberiya
Liberiya (Liberia), Liberiya Respublikasi (Republic of Liberia) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Maydoni 111,4 ming km². Aholisi 3,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Monroviya shahri Maʼmuriy jihatdan 14 graflik (country) va 4 xudud (territory) ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Liberiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1986-yil kabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1997-yil 2-avgustdan Ch. Teylor). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palatadan iborat: vakillar palatasi va senat. Tabiati Sohili birmuncha parchalangan pasttekislik, koʻp joylarida tokembriy kristalli zamini yer yuziga chiqib yotadi. Yer yuzasi mamlakat ichkarisiga tomon balandlashib, Leon-Liberiya qiriga ulanib ketadi. Eng baland joyi 1381 m (Kolaxun togʻi). Te-mir, olmos, oltin, boksit, grafit, marganets, uran konlari bor. Iklimi issiq va sernam. Oylik oʻrtacha temperatura 24° atrofida. Yillik yogʻin ichki rayonlarida 1500–2000 mm, sohilda 5000 mm gacha. Daryo koʻp; ularning aksari Leon-Liberiya qiridan boshlanib, Atlantika okeaniga quyiladi. Katta daryolari: Mano, Loffa, Sent-Pol, Sent-Jol, Sess va boshqa Liberiya hududining 1/3 qismi doim yashil kalin ekvatorial oʻrmonlar. Tuprogʻi qizil-sariq laterit tuproq. Qi-zil, palisandra, kauchuk (geveya) va boshqa qimmatbaho daraxtlar usadi. Kofe daraxti, moyli palmalar ham bor. Liberiyaning Gvineya Respublikasi bilan che-garadosh qismlari baland boʻyli oʻtlar oʻsuvchi hamda akatsiya va baobabli savannadan iborat. Sohili mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Savannalarda buyvol, kiyik, qoplon, toʻngʻiz va boshqa uchraydi. Oʻrmonlarda maymun, ilon, qush, hasharotlar (setse pashsha) koʻp. Sapo milliy bogʻi va boshqa koʻriqxonalar bor. Aholisining koʻpchiligi mande xalqlari (kpelle, loma, mano va boshqalar) tillarida soʻzlashuvchi oʻzaro yaqin xalqlardan iborat. Liberiyaning janubiy qismida va sohilda Gvineya guruhiga mansub xalqdar (kru, grebo, kran, gere va boshqalar), shimoli-gʻarbida atlantika guruhi tiliga mansub xalqlar (gola, kisi va boshqalar) yashaydi. Aholining 2% amerikalik negrlar av-lodlari. Shahar aholisi 46%. Rasmiy til — ingliz tili. Aholining aksari mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari musulmon va xristian. Yirik shaharlari: Monroviya, Ganta, Byukenen, Harper, Robertspor. Tarixi Liberiya xalqining qad. tarixi kam oʻrganilgan. 15-asrning 2-yarmidan hozirgi Liberiyaning sohil qismida yevropaliklar (portugallar, gollandlar, inglizlar, fransuzlar) paydo boʻla boshladi. 1821-yil AQShdan kelgan bir guruh sobiq qul negrlar mahalliy qabila boshliklaridan Mesurado burunini sotib oldilar. Bu yerda AQSH prezidenti J. Monro sharafiga Monroviya nomi bilan manzilgoh barpo qilindi. Keyinchalik bir qator aholi yashaydigan hudud Liberiya nomini oldi. 1834—36 yillarda Merilend, Bassa-Kov, Grinvill kabi shaharchalar paydo boʻldi. 1839-yil 1-aprelda mazkur manzilgohlarning (Merilend bundan istisno, u 1857-yil Liberiya respublikasiga qoʻshildi) barchasini federatsiya asosida birlashtiruvchi Liberiya Hamdoʻstligi tuzshtdi. 1847-yil 26-iyulda Liberiya respublika deb eʼlon qilindi. Oʻzlarini amerikalik liberiylar deb atagan muhojirlar davlat idoralarida va iqtisodiyotda hukmron mavqeni egalladilar. Lekin mamlakat iqtisodiyoti deyarli chet elliklar taʼsirida edi. 1918-yil boshlarida Liberiya Birinchi jahon urushi (1914—18) da Antanta tomonida qatnashdi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) yillarida Liberiya 1944-yilda fashizmga qarshi koalitsiyaga qoʻshildi. Urushdan keyin Liberiya hukumati mamlakatdagi tub aholi bilan amerikaliklarning avlodlari oʻrtasidagi tengsizlikni tugatish maqsadida "birlashish siyosati", shuningdek, mamlakatda yagona xalq — liberiylar yashashligini eʼlon qildi. 1945-yil tub aholi erkaklariga saylash va davlat muassasalarida ishlash huquqi berildi. 1980-yilda S Dou boshchiligidagi askar va kichik zobitlar davlat toʻntarishi uyushtirdilar. Hokimiyat Xalq najot kengashi qoʻliga oʻtdi. 1989-yilda Milliy vatanparvar jabhasi Charlz Teylor boshchiligida prezident S. Douning isteʼfoga chiqishini talab qilib, qurolli kurash boshladi. 1990-yil 2-sentabrda "Liberiya kelajagiga bagʻishlangan milliy anjuman"da muvaqqat hukumat tuzildi va prezident S. Dou agʻdarib tashlandi. 1993-yil iyulda mamlakatdagi uch siyosiy kuch oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi bi-timni imzoladi. Saylovgacha oliy hokimiyatni boshqaruvchi Davlat kengashi tuzildi. Lekin belgilangan mud-datda mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga erishilmadi. 1995-yil 19-avgustda bir-biriga qarshi boʻlgan 5 guruh yetak-chilari mojarolarni tinch yoʻl bilan hal etish toʻgʻrisidagi yangi bitimni im-zoladilar. Oʻtish davri uchun yana hoki-miyatning oliy organi — Davlat kengashi tuzildi va u umumiy demokratik saylov oʻtkazishga tayyorgarlikni boshladi. 1997-yil 19-iyulda oʻtkazilgan say-lovda mamlakat prezidenta va parlamenta saylandi. Liberiya — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26-iyul— Mustaqillik kuni (1847). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Milliy vatanparvar partiya, Liberiya milliy-demokrat partiyasi, Umumliberiya koalitsiyasi partiyasi — uchchalasi 1996-yilda tuzilgan, Birlik partiyasi, 1997-yilda asos solingan. Liberiya kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1980-yilda tuzilgan. Iqtisodiyoti Xoʻjaligi Liberiya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 17%, shu jumladan, konchilik sanoatining ulushi 10%. Xoʻjalikning yetakchi tarmogʻi — tabiiy kauchuk ishlab chiqarish va temir ruda qazib olish (Afrikada 1-oʻrinda). Liberiya xududining 35% ishlanadi, 2% yaylov, 33% oʻrmon. Dehqonchilikda maniok, batat, sholi ekiladi. Moyli palma, kakao, tropik mevalar, shakarqamish ham yetishtiriladi. Yovvoyi kofe mevasi teriladi. Sino daryosi vodiysida bananzorlar bor. Chorvachilik sust rivojlangan. Savannalarda kammahsul qoramol, baʼzi oʻrmonli joylarda va sohillarda qoʻy va echki, choʻchqa boqiladi. Dengizda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho turdagi daraxtlar yogʻochi tayyorlanadi. Sanoati Liberiyada konchilik sanoati birmuncha rivojlangan. Bomi-Xilsdan, Nimba togʻi etaklaridan, Mano daryosi vodiysidan temir rudasi temir yoʻl orqali portlarga keltiriladi. Loffa daryosi havzasida olmos, qis-man oltin qazib olinadi. Ishlab chiqaruvchi sanoati neftni qayta ishlash, sement va yogʻoch tilish, palma moyi, alkogolsiz ichimliklar korxonalari, kiyim-kechak, poyabzal fabrikalaridan iborat. Yiliga oʻrtacha 450 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Hunar-mandchilikda uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Transportning asosiy turi — avtomobil transporta. Transport yoʻli uz. — 560 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 8500 km. Dengiz savdo floti dunyodagi yirik savdo flotlaridandir. Liberiya jahon kema qatnovi tizimida alohida mavqega ega. Soliqning juda ozligidan foydalanib, bir qancha mamlakatlar kompaniyalarining kemalari Liberiya bayrogʻi ostida suzadi. Bundan Liberiya har yili 20 mln. dollargacha daromad oladi. Yirik portlari: Monroviya, Byukenen, Marshall, Harper. Robertsfild (Monroviyadan 60 km) va Monroviyada xalqaro aeroportlar bor. Liberiya chetga temir ruda, kauchuk, olmos, kofe va kakao, yogʻoch va taxta chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, toʻqimachilik va neft mahsulotlari, oziq-ovqat keltiradi. Tashqi savdoda AQSH, Niderlandiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Liberiya dollari. Sogʻliqni saqlash asosan davlat ixtiyorida. Vrachlar Liberiya universitetida, tibbiyot milliy institutida tayyorlanadi. Maorifi va ilmiy muassasalari Liberiyada amerikacha oʻqish tartibi joriy etilgan, oʻqish ingliz tilida olib boriladi. 4—6 yoshdagi bolalar bogʻchalarda tarbiyalanadi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda 6 yil Rasman 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Davlat maktablarida oʻqish bepul, oliy oʻquv yurtlarida pulli. Oliy oʻquv yurtlari: Monroviyadagi davlat universiteti (1862, 1951-yildan universitet), Kattington universitet kolleji (1889), Texnologiya kolleji (1978). Ilmiy muassasalari: Suakokodagi markaziy tajriba stansiyasi (1946), Harbeldagi tropik tibbiyot instituti, geogr. va qora metallurgiya jamiyati va boshqa Liberiya davlat universitetining kutubxonasi, Monroviyada hukumat ku-tubxonasi, Milliy va Afrika muzeylari bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Liberiyada bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Deyli observer ("Kundalik kuzatuvchi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1981-yildan), "Gerald" ("Xabarchi", ingliz tilidagi gaz., 1987-yildan), "Sandi pipl" ("Yakshanbada xalq", ingliz tilidagi gaz.,), "Sandi ekspress" ("Yakshanba ek-spressi", ingliz tilidagi gaz.,) "Laybirian star" ("Liberiya yulduzi", ingliz tilidagi haftalik jurnal, 1954-yildan). Liberiya axborot agentligi 1978-yilda tuzilgan. Liberiya radioeshittirish tizimi hukumat radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar xizmati boʻlib, 1960-yil tashkil etilgan. Adabiyoti Kru, vai, malinke va boshqa xalqlar, ingliz tilida soʻzlaydigan amerikalik negrlarning avlodlari folklor (ertak, afsona, masal, maqol va boshqalar)ga boy. 1957-yil nashr etilgan "Grebo qabilasining tarixiy afsonalari va folklori" kitobida uning ayrim namunalari berilgan. 19-asrning 30-yillarida M.D.Bukre vai xalqi tilida shu xalqning ilk tarixini yezdi. Zamonaviy adabiyot ingliz tilida rav-naq topdi. Adabiy kuchlar Yozuvchilar jamiyati atrofiga toʻplanishgan. Bayti Mur ("Yulduz changi" sheʼrlar toʻplamining muallifi), Liberiya universitetining professor R. T. Dempster (Liberiya adabiyoti antologiyasini tuzgan), yozuvchi Doris Benks Xenris, shuningdek, Edip Brayt ("Kundalik" pyesasining muallifi) Liberiyaning mashhur adiblari hisoblanadi. Liberiya adiblarining eng yaxshi asarlari mustamlakachilarni krralaydi, vatanga muhabbat tuygʻularini tarannum etadi. Meʼmorligi va xalq sanʼati Liberiyaning markaziy hududlarida turar joylar, asosan, aylana, qisman toʻrtburchak sinchli kulbalardan iborat. Bu kulbalar loy bilan suvaladi, tomi, odatda, poxol, shox-shabba bilan yopiladi. Devorlari naqsh, yogʻoch oʻymakorligi bilan be-zatiladi. Sohillardagi shaharlarda (Monroviya va boshqa shaharlarda) 2—3 qavatli sinchli yogʻoch uylar (devorining pastki qismi betondan), shuningdek, ayvonli tosh uylar koʻp. Keyingi yillarda yirik jamoat binolari zamonaviy Yevropa meʼmorligi uslubida kurila boshladi. Turli diniy marosimlarda kiyiladigan kiyimlarning bir qismi boʻlib xizmat qiladigan yogʻoch ni-qoblar koʻp tayyorlanadi. Bu niqoblarning baʼzilarida xalqning etnik xu-susiyatlari, ayrimlarida masharabozlik unsurlari koʻrinadi. Xalq sanʼati turlari orasida yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, toʻquvchilik, mayda-chuyda metall anjomlar tayyorlash keng tapqalgan. Musiqasi Liberiya xalqlarining musiqa sanʼati folklordan iborat. Nikoh, mehnat qoʻshiqlari, alla, marsiya kabi qoʻshiq turlari bor. Urma cholgʻular, torli-chertma sozlar keng tarqalgan. Musiqa asboblari orasida sansa (Afrika pianinosi), naysimon, trubasimon sozlar ham bor. 1963-yil Liberiya drama va madaniyat jamiyati tuzilgan. Mazkur jamiyat qoshida xonanda va sozandalar guruhi tashkil etilgan. Jamiyatning Kenema qishlogʻidagi maktabida boʻlajak artist va musiqachilar taʼlim oladi. "Kizga oʻrmondan muhabbat keldi" xalq musiqali dramasi shuhrat qozondi. Kinosi 1959-yilda yaratilgan "Liberiya — istiqbol mamlakati" nomli hujjatli kinolenta Liberiyaning birinchi filmidir. Shundan keyin "Umid qishlogʻi", "Oʻrmon boyligi", "Taqdir yillari" hujjatli filmlari yaratildi. Manbalar Afrika Liberiya BMT aʼzolari
11,551
3301
https://uz.wikipedia.org/wiki/Liviya
Liviya
Liviya, Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jumhuriyati (Al-Jamahiriya al-Arabiya al-Libiya ash-Shaʼbiya alIshtirokiya) — Shimoliy Afrikadagi davlat. Maydoni 1759,5 ming km². Aholisi 5,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Tripoli shahri Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (baladiyya)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Liviya — jamahiriya (xalq ommasi davlati). Konstitutsiyasi yoʻq. Rahbar organ — Inqilobiy (Tarixiy) rahbariyat. Qonun chiqaruvchi organ — umumiy xalq kongressi. Ijrochi hokimiyat — hukumat vazifasini bajaruvchi Oliy Xalq qoʻmitasi. Davlat boshligʻi — Liviya inqilobi rahbari, Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi boshligʻi Muammar Qazzofiy (Kaddafiy). Tabiati Liviya hududining 98% subtropik chala choʻl (shimolida) va tropik choʻldan (janubida) iborat. Qirgʻoq chizigʻi nisbatan tekis. Eng katta va yagona qoʻltigʻi — Sidra. Liviya yer yuzasining koʻp qismi plato (balandligi 200–600 m). Janubida Tibasti togʻligining tarmoqlari (balandligi 2286 m gacha) bor. Mamlakatning sharqiy kismini Liviya nuli egallagan. Geologik jihatdan Liviya hududi Afrika platformasi shimoliy yon bagʻrining bir qismidan iborat. Tokembriy kristalli jinslar yer yuziga chiqib yotadi. Soyliklar choʻkindi jinslar bilan tulgan. Liviyaning markaziy qismida yosh vulkan jinslari koʻp. Yuqori boʻr — paleogen yotqiziqlari orasida neft konlari bor; gaz, temir rudasi, fosforit va boshqa qazilma boyliklar ham mavjud. Iqlimi tropik, choʻlga xos iqlim. temperaturalarning mavsumiy va sutkalik farqi katta. Mamlakat shimolida subtropik iqlim, Oʻrta dengizga xos. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida 11 — 12° va janubida 15—18° gacha, iyulniki shimolida 27—29° va janubida 32—35°gacha, eng yuqori temperatura (50° dan oshadi) Liviya choʻlining markazida. Yillik yogʻin mamlakat shimolida 250–350 mm dan (Tarobulus al-Gʻarbda) 400–625 mm gacha (Kirenaikada). Issiq va kuruq hamsin shamoli esib turadi. Doim oquvchi daryolari yoʻq. Yer osti suvlari yuza joylashgan yerlarda vohalar bor. Kuruqoʻzanli vodiy koʻp. Sohildagi boʻz va boʻz-jigarrang tuproqli yerlarda akatsiya, tamariks, makvis, kedr, sarv; jan.roqda dagʻal ut va buta usadi. Chul qismida oʻsimlik juda siyrak. Hayvonot dunyosi, asosan, sudralib yuruvchilar (ilon, kaltakesak)dan iborat; chayon kup. Shimolida sirtlon, kash-qir, tulki, quyon uchraydi. Vodiylarda kushlar bor. Milliy bogi — Kuf. Aholisi Aholisining 98% arablar. Barbar, tuareg va tubular, yirik shaharlarida yevropalik (asosan, italyan)lar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom (musulmonlarning aksari sunna mazhabida). 90% aholi mamlakatning shimoliy qismida, choʻlda siyrak, bir qismi koʻchmanchi. Ahrlining 82% shaharlarda yashaydi (1990). Yirik shaharlari: Tarobulus al-Gʻarb va Bingʻozi. Tarixi Liviya hududida odam qadimdan yashab keladi. Ming yillar davomida ibtidoiy jamoa tuzumi xukm surgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida Liviya gʻarbida Leptis-Magna, Sabrata va Ea degan Finikiya manzilgoxlari vujudga keldi. 7-asrda Liviya sharqida yunonlarning shaharchalari paydo boʻldi. Shulardan muximi Kirena. Keyinchalik Liviya hududining bir qismi Kirenaika deb yuritildi. Miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalarida Liviyaning gʻarbiy qismi Karfagen qoʻl ostiga oʻtdi. Miloddan avvalgi 6-asr oxiri va 5-asr boshlarida Kirenaikaning bir qismini Axomaniylar davlati, keyinchalik makedoniyalik Aleksandr qoʻshinlari bosib oldi. Miloddan avvalgi 2-asrda uni Rim egallagan. 6-asrdan Liviya Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-asrda Liviya Arab xalifaligiga qoʻshib olingan. Liviyaga juda koʻp arab qabilalari koʻchirib keltirilishi natijasida mahalliy aholi arablar bilan chatishib ketgan. Islom dini keng tarkalgan. Liviya 16-asrdan 1912-yilgacha Usmonli turk saltanati tarkibida boʻldi (faqat 1711 — 1835-yillari Liviyani mahalliy Karamanli sulolasi boshqardi). 1911 — 12 yillardagi Italiya-Turkiya urushidan soʻng Liviyaning sohil boʻyi hududlarini Italiya egalladi. Mahalliy aholi Italiya mustamlakachilariga qattiq qarshilik koʻrsatdi. Birinchi jahon urushi davrida Italiya oʻz qoʻshinlarining bir qismini Liviyadan olib chiqib ketishga majbur boʻldi. Italiya qoʻl ostida faqat Hims, Tarobulus al-Gʻarb va Bingʻozi shaharlari qoldi. Bu vaqtda Kirenaika hududi Sanusiya tariqati qoʻl ostida edi. 1918-yil Tarobulus al-Gʻarbtaniya respublikasi eʼlon qilindi. Italiya hukumati oʻz mustamlakalaridan ajralib qolishdan qoʻrqib, Sanusiya tariqati boshligʻi Idris as-Sanusiyni Kirenaika hukmdori deb tan olishga, Tarobulus al-Gʻarbtaniya respublikasiga muxtoriyat huquqi berishga majbur boʻldi. 1922-yil Idris as-Sanusiy Kirenaika va Tarobulus al-Gʻarbtaniya amiri deb eʼlon qilindi. Italiyada hokimiyat fashistlar qoʻliga oʻtgach (1922), Liviyani butunlay boʻysundirish uchun urush harakatlari yana boshlab yuborildi. Mahalliy aholi koʻplab qatl qilindi. Juda koʻp yerlar italyan kelgindilariga boʻlib berildi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ustidan Italiya nazorati oʻrnatildi. Bunga qarshi Liviyada ozodlik harakati yanada avj olib ketdi. Italiya qiyinchilik bilan Tarobulus al-Gʻarbtaniya (1928), Fetssan (1930)ni bosib oldi. 1939-yilga kelibgina Kirenaika, Tarobulus al-Gʻarbtaniya va Fetssan Italiya tarkibiga kiritildi. Ikkinchi jahon urushi davrida Italiya mustamlakalarini kengaytirish uchun Liviyadan baza sifatida foydalanishga urindi. Liviyada harbiy bazalar, katta tosh yoʻllar qurildi, portlar qayta tiklandi, mustamlaka qoʻshinlari tuzildi. Ikkinchi jahon urushida fashist qoʻshinlari magʻlubiyatga uchray boshlagach, ItaliyaGermaniya qoʻshinlari Liviyadan butunlay olib chiqildi. 1942-yil oxiri — 1943-yil boshida esa fransuz askarlari Fetssanni, ingliz askarlari Kirenaika va Tarobulus al-Gʻarbtaniyani egalladi. Shu vaqtdan Liviya Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy maʼmuriyati qul ostiga oʻtdi. Liviya takdiri haqidagi masala dastlab 1945—48 yillarda Tashqi ishlar vazirlari kengashi (Ikkinchi jahon urushidan keyin yarash bitimlarini tayyorlash maqsadida taʼsis etilgan xalqaro organ)da, soʻngra BMTda muhokama qilindi. 1949-yil noyabrda BMT Bosh Assambleyasi Liviyaga 1952-yil 1-yanvardan mustaqillik berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1950-yilda chaqirilgan Milliy taʼsis majlisi Liviya konstitutsiyasini qabul qildi. 1951-yil 24-dekabrda mustaqil Liviya Qoʻshma Podshohligi (tarkibida Kirenaika, Tarobulus al-Gʻarbtaniya, Fetssan vilo-yatlari boʻlgan federatsiya) tuzilganli-gi eʼlon qilindi. 1963-yilda Liviya unitar davlat deb eʼlon qilindi. Ayollarga saylov huquqi berildi. Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayoti hamon yirik zamindorlar, qabila shayxlari qoʻlida edi. Demokratik harakatlar qattiqqoʻllik bilan bostirilar edi. 1969-yil 1-sentabrda yashirin siyosiy tashkilot aʼzolari — yesh armiya ofitserlari guruhi monarxiyani agʻdarib tashlab, Liviya Arab Respublikasi (LAR) tuzilganligini eʼlon qildilar. Mamlakatni boshqarish Inqilobiy qoʻmondonlik qoʻmitasi qoʻliga oʻtdi. Liviyada "Liviya islom sotsializmi" qurilishi eʼlon qilindi. 1970-yilda barcha chet davlatlarning harbiy bazalari LAR hududidan chiqarib yuborildi. 1972-yilda mamlakatda yagona siyosiy tashkilot — Arab Sotsialistik Ittifoqi tuzildi. 1977-yilda "Xalq hokimiyati" tartiboti eʼlon qilindi, mamlakatning nomi oʻzgartirilib, Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi deb ataldi. Oliy xalq kongressining 1979-yil 1—2-martdagi favqulodda sessiyasi qarori bilan Muammar Qazzofiy rasmiy ravishda davlat hokimiyat tizimidan tashqari turuvchi, amalda esa rahbar organ boʻlmish Inqilob rahbariyati boshligʻi boʻlib qoldi. Liviya 1955-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1-sentabr — Inqilob Kuni (1969). Liviyada Siyosiy partiyalar yoʻq. Liviya Jamahiriyasi ishlab chiqaruvchilar kasaba kongresslari uyushmasi umumiy kongressi 1972-yilda tuzilgan. Iqtisodiyoti Liviya rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Iqtisodiyotning asosi — neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash sanoati. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,6%, qishloq xoʻjaligining ulushi 5,5% (1989). Sanoati neft va gaz konlari, neftni qayta ishlash, sement, metallurgiya, oziq-ovqat (zaytun moyi, meva va baliq konservalari, tamaki mahsulotlari), toʻqimachilik (jun gazlama), koʻnchilik korxonalaridan iborat, bir necha elektr stansiyalari bor. Yiliga oʻrtacha 9,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Sanoat korxonalarining koʻpchiligi Tarobulus al-Gʻarb, Bingʻozi va boshqa sha-harlarda joylashgan. Misurotada yirik metallurgiya majmuasi, boshqa shaharlarda quvur, elektr simlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, traktor va avtomobil yigʻuvchi zavodlar bor. Hunarmandchilik rivojdangan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar oʻrmonlar bilan birga 4,2 mln.ga (2%). Asosiy ekinlari: arpa va bugʻdoy. Sabzavot, meva (apelsin, mandarin, xurmo, uzum), yer yongʻoq, zaytun, tamaki ham yetishtiriladi. Liviya Sahroi Kabiridagi aholining asosiy mashgʻuloti — chorvachilik. Qoʻy, echki, qoramol, tuya, yilqi, eshak boqiladi. Sohil yaqinidagi suvda baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Transporti Liviyada temir yoʻl yoʻq. Avtomobil transportining ahamiyati katta, uning uz. — 28 ming km, neft quvurlarining uz. — 3,4 ming km. Eksport qilinadigan neft va chetdan keltiriladigan yuklar dengiz transpor-tida tashiladi. Dengiz flotida 26 kema, shu jumladan, 12 tanker bor. Yirik portlari: Tarobulus al-Gʻarb va Bingʻozi. Tarobulus al-Gʻarb, Bingʻozi va Sabha shaharlarida xalqaro aeroportlar bor. Liviya chetga neft va neft mahsulotlari, shuningdek, gaz, sitrus mevalar, teri, kimyoviy mahsulotlar va boshqa chikaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, oziq-ovqat, maʼdanli oʻgʻit, qurilish materiallari va boshqa keltiradi. Tashqi savdoda Italiya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Koreya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Liviya dinori. Tibbiy xizmati Shifokorlar Bingozidagi universitetning tibbiyot fakultetida, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari maxsus maktablarda tayyorlanadi. Tibbiy xizmat tizimi asosan davlat qaramogʻida. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 1975-yildan 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda 6 yil Barcha bosqichlardagi taʼlim — bepul. Liviyada 10 universitet, 17 oliy oʻquv yurti, 14 ilmiy tadqiqot markazi bor. 1975-yilda Afrikadagi eng yirik neft tadqiqotlari laboratoriya tashkil etilgan. Tarobulus al-Gʻarbda Davlat kutubxonasi (1917) va universitet kutubxonasi, Bingʻozida Xalq kutubxonasi, Bingʻozi universiteti kutubxonasi bor. Tarobulus al-Gʻarbda arxeologiya, etn., islom, tabiat tarixi muzeylari, Leptis-Magna, Sabrata va boshqa shaharlarda qad. tarix muzeylari mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. L.da nashr etiladigan yirik gaz. va jurnallar: "Al-Fajr alJadid" ("Yangi tong", arab tilidagi kundalik gaz., 1978-yildan), "Al-Jamahiriya" (arab tilidagi haftalik gaz., 1980-yildan), "Az-Zahf al-Axdar" ("Yashil hujum", arab tilidagi haftalik gaz., 1980-yildan), "Al-Muntijun" ("Ishlab chiqaruvchi", arab tilidagi haftalik gaz., 1978-yildan), "Jeysh ash-Shaʼb" ("Xalq armiyasi", arab tilidagi oylik jurnal, 1971-yildan). Jamahiriya axborot agentligi (JANA) — rasmiy axborot mahkamasi boʻlib, 1965-yildan faoliyat koʻrsatadi. Radioeshittirish korporatsiyasi 1957-yilda tuzilgan. Telekoʻrsatuv xizmati 1968-yilda tashkil etilgan. Adabiyoti Arab istilosidan soʻng 7-a, 8-asr boshlarida Liviyada adabiyot umumarab madaniyati asosida rivojlandi. Ammo 16-asrdan L. adabiyoti tushkunlikka uchradi, 17—18-asrlarda Umar al-Farid, Ahmad al-Bahluliy kabi shoirlar kad. arab sheʼriyati anʼanalarini davom ettirdilar. 19-asr oxirida arab mamlakatlarida vujudga kelgan mada-niy uygʻonish harakati 20-asrning 1-yar-migacha Liviyaga ham taʼsir oʻtkazdi. Bu davrda ozodlik, maʼrifat va ijtimoiy mavzular Liviyaning mumtoz sheʼriyati uchun muhim boʻldi. Ahmad ash-Sharif, Mustafo bin Zikriy, Sulaymon alBaruniy va boshqa shoirlar qasidalarida mustamlakachilarga qarshi kurash mavzui keng ifoda etildi. Ahmad Rafiq al-Mahdum, Ibrohim al-Us t a Umar kabi shoirlarning 30—40-yillardagi asarlari xalqning Italiya bosqinchilariga qarshi kurashiga bagʻishlandi. L. mustaqillikka erishgandan soʻng adabiyot maydoniga Ali Sidqi Abdulqodir, Ahmad Fuod Shinnib, Ali ar-Ruqayn va boshqa shoirlar kelib qoʻshildi. 40—50-yillarda hikoyanavislik yuzaga keldi. Uning bosh mavzui — chinakam mustaqillik va ijtimoiy tenglik uchun kurashdan iborat boʻldi. Mustafo al-Misuratiy, Abu Harrus, Muhammad Afif, Tolib ar-Roviy kabi yozuvchilar oʻz asarlariga oddiy xalq vakillari — badaviylar, baliqchilar, fallohlar va hunarmandlarni bosh qahramon qilib oldilar. Keyingi yillarda Jumʼa al-Faroniy, Ahmad an-Nuayriy, Abdulhafiz al-Mayar kabi shoir va yozuvchilar adabiyot maydoniga kirib keldilar. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati qad. Neolit davriga mansub qoyaga ishlangan rasmlar (fil, bizon ovi manzarasi) topilgan. Finikiya sanʼati yodgorliklari (miloddan avvalgi 1-ming yillik) orasida loydan ishlangan haykallar, qora lok bilan har xil gul va suratlar so-lingan keramika buyumlari, shisha idishlar uchraydi. Mozaika va haykallar bilan bezatilgan Yunon, Qad. Rim, Vizantiya inshootlarining vayronalari saqlangan. Arab istilosi (7-asr oxiri, 8-asr boshlari)dan keyin tor koʻchali, 1 va 2 qavatli yassi tomli, hovlili uylar qurilgan, 18—19-asrlarda koshin va oʻyma naqshlar bilan bezatilgan koʻp gumbazli machitlar paydo boʻldi. Italiya xukmronligi yillarida (1912— 43) shaharlarda yev-ropacha kvartallar barpo etildi. Liviya mu-staqillikka erishgach, maktab, kasalxona, turar joy va maʼmuriy binolar zamonaviy tipda qurila boshladi. Geometrik shakllardagi naqshlar bilan bezatilgan gilamlar, bosma yoki kashtali charm va oʻymakorlik, zargarlik buyumlari xalq amaliy sanʼati qad. anʼanalarga boyligidan dalolat beradi. Musiqasi Liviya va qoʻshni Magʻrib mamlakatlarining musiqasi koʻp asrlar davomida oʻzaro hamohang rivojlanib keldi. Shu sababli mazkur mamlakatning musiqa madaniyati (musiqa asboblari, janrlari, parda oʻlchovlari) mushtarakdir. Liviya musiqasi tarixiga oid maʼlumotlar deyarli yoʻq. Mamlakat tub aholisi — barbarlar musiqasida ohang, sheʼr va raqs oʻzaro qovushib ketgan. Surnay, rubob, ud, qonun, tor kabi cholgʻu asboblari keng yoyilgan. Azon aytish, Qurʼon suralarini oʻqishda aloxida musiqiy ohang beriladi. Maqamlar tizimi ham rivojlangan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Yevropa musiqasi taʼsir eta boshladi. Konsert ijrochiligi, estrada musiqasi kabi yangi shakllar paydo boʻldi. Mustaqillikka erishilgach (1951), musikaga eʼtibor kuchaydi. Teatr va musiqa ishlari bosh boshqarmasi tuzildi (1973). Milliy folklor ansambli shuxrat qozondi. Tarobulus al-Gʻarbdagi sanʼat va hunarmandchilik maktabi, Bingʻozidagi universitetda musika kadrlari tayyorlanadi. Teatri Xalq tomosha anʼanalariga aylanib qolgan "Fonusxayol", qoʻgʻirchoq teatrlari va oʻziga xos ogʻzaki jurnal (koniakl axborot) Liviyada zamonaviy teatrning paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. 1935-yil Darnada Muhammad Abulhodi birinchi teatr truppasini tuzdi va bu truppa Misr, Yevropa teatri sanʼati taʼsirida rivojlandi. Liviya mustaqillik yillarida qator havaskorlik toʻgaraklari va professional uyushmalar: milliy musikali drama truppasi, Abdulhamid al-Mijrob rahbarligida Tarobulus al-Gʻarbdagi "Al-Amal", Misurotadagi "At-Toj-al-Fiddi" va boshqa paydo boʻldi. 1951-yil Mustafo Muhammad Lamir Milliy teatr uyushmasi (aktyor va dramaturglar birlashmasi) — birinchi Liviya teatrini tuzdi. Bu teatr re-pertuaridan Molyer, N. V. Gogol, hozirgi zamon Misr va Liviya dramaturglari asarlari mustahkam oʻrin oldi. Keyingi yillarda bir qancha xalq musiqa-raqs guruxlari ishlay boshladi. 1963-yil Tarobulus al-Gʻarbda musiqa-drama bilim yurti tashkil etildi. Bingʻozida xalq teatri truppasi, Tarobulus al-Gʻarb va Darna shaharlarida milliy teatrlar mavjud. Manbalar Liviya BMT aʼzolari Arab davlatlari
15,758
3302
https://uz.wikipedia.org/wiki/Madagaskar
Madagaskar
Madagaskar (, ) Madagaskar Respublikasi (malagasicha: Republika Malagasy, frans: République de Madagascar) — Hind okeanining gʻarbida, Afrikaning janubi-sharqiy qirgʻogʻidan 400 km sharqdagi Madagaskar o. va unga yondosh mayda orollarda joylashgan davlat. Maydoni 595,8 ming km². Aholisi 16 mln.ga yaqin kishi (2001). Poytaxti—Antananarivu shahri Maʼmuriy jihatdan 6 muxtor regionga boʻlinadi. Davlat tuzumi Madagaskar — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 12-sentabrda qabul qilingan, 1998-yil 15-martda unga tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002-yildan Mark Ravalomana). U toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat —2 palatali parlament (Millat majlisi va Senat). Ijroiya hokimiyatni prezident tayinlaydigan bosh vazir va hukumat amalga oshiradi. Tabiati Qirgʻoqlari bir oz egri-bugri. Sharqiy sohilida qumtepalar bor, gʻarbiy qirgʻogʻini marjon riflari oʻrab olgan. Janubiy va shimoliy qirgʻoqlari baland va tik. Orol shimolidan jan.ga tomon 800 km choʻzilgan. Baland plato deb atalgan yassitoglik paleozoy oxirida Afrika materigidan ajralgan. Aksar qismining balandligi 800–1200 m, sharqiy chekkasi 1500 m. Orolning eng baland qismi uning shimolidagi Saratanana vulkanli massivida (2876 m). Soʻngan vulkan koʻp. Tez-tez zilzila boʻlib turadi, issiq buloklar bor. Grafit, xromit, kvars, slyuda, uran, oltin, qimmatbaho tosh va h.k.larning yirik konlari bor. Temir rudasi, toshkoʻmir, boksit zaxiralari mavjud. Iqlimi tropik, shimoli-gʻarbida ekvatorial mussonli, sharqiy soxilida issiq va sernam. Oʻrtacha oylik temperatura 13— 20° dan 27—33° gacha. Yillik yogʻin 500– 3000 mm va undan ortiq. Daryo koʻp, noyabr—aprelda sersuv. Daryolarning quyi oqimida kema qatnaydi. Yirik daryolari: Sufia, Betsibuka, Maxavavi, Manguki, Unilaxi. Eng katta koʻli — Alautra. Baland platoning tuprogʻi qizil ferralit, kam unum. Vulkan jinslari ustida unumdor qora tuproqlar, sohillarda qizilsariq va qizil ferralit, jigarrang-qizil lateritlashgan, qizil-koʻngʻir tuproklar tarqalgan. Bu yerdagi oʻsimlik turlarining aksar qismi — mahalliy, jaydari oʻsimliklar (ravenala, angrekum orxideyasi). Sohilda palmazorlar, gʻarbida tikanli daraxt va butazorlar bor. Hududining 10% ga yaqini oʻrmon. Hayvonlari: lemur va tenrek, yirtqichlardan viverralar (mangusta, fossa) bor. Qushlardan yashil toʻti, koʻk kaptar, sesarka, sultontovuq va h.k. yashaydi. Hameleon, gekkon, boʻgʻma ilon, timsoh kabi sudraluvchilar bor. Noyob va nodir hayvonlarni saqlash maqsadida Singi-dyu-Bemaraxa, Saratanana, Zahamena, Anduxaxelu, Andringitra qoʻriqxonalari, Ambr, Isalu milliy bogʻlari tashkil etilgan. Aholisining 99% ga yaqini malagasilar. Fransuzlar, qamarliklar, arablar, hindlar, pokistonliklar ham yashaydi. Rasmiy tillari — malagasi va fransuz tillari. Aholining 45% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; 50% xristian, qolgan qismi musulmon. Aholining 22% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Antananarivu, Tuamasina, Maxadzanga, Anseranana, Fianaransua, Tuliara, Ansirabe. Tarixi Miloddan avvalgi 10—6-asrlarda orolga indonezlar, polinezlar, melanezlar, keyinchalik arablar va Afrikaning sharqiy sohilidan bantu xalqlari kelgan. 14-asrda Madagaskar markazida Imerina davlati tashkil topdi. 16—17-asrlarda Madagaskarning gʻarbida sakalava, sharqida betsimisaraka va markazida betsileularning davlatlari boʻlgan. 19-asrda ular markazlashgan Malagasi (yoki Madagaskar) qirolligi tarkibiga kirgan. 19-asrning 40—70-yillarida iqtisodiyot va madaniyat rivojlandi. 1883-yil fransuz qoʻshinlari bostirib kirdi. Qonli urushlardan soʻng Madagaskar hukumati Fransiya protektoratini tan olishga majbur boʻldi (1885). 1896-yildan Madagaskar Fransiya mustamlakasiga aylangach, mamlakat Fransiyaning agrar xom ashyo bazasi boʻlib qoldi. Biroq malagasi xalqi mustaqillik uchun kurashni toʻxtatmadi, milliy ozodlik harakati, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan soʻng keng avj oldi. 1947-yilgi qurolli qoʻzgʻolonni fransuz qoʻshinlari bostirdi, lekin vatanparvarlar bilan mustamlakachilar oʻrtasidagi toʻqnashuv 2 yilgacha davom etdi. 1958-yil Madagaskar Fransiya hamjamiyati tarkibidagi muxtor Respublika deb eʼlon qilindi. 1960-yil 26-iyunda Madagaskar mustaqillikka erishdi. 1975-yildekabrdan mamlakat Madagaskar Demokratik Respublikasi deb atala boshladi. Hukumat siyosiy mustaqillikni mustahkamlash va iqtisodiy mustaqillikka erishish, mehnatkashlar ahvolini yaxshilash yoʻlini tutdi. 1992-yildan Madagaskar Respublikasi deb ataldi. Madagaskar 1960-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 4-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi. Milliy bayrami — 26-iyun — Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Madagaskar mustaqilligi kongressi partiyasi, 1958-yil tuzilgan; Madagaskar mustaqilligi uchun milliy harakat partiyasi, 1958-yil asos solingan; Madagaskar taraqqiyoti uchun harakat partiyasi, 1972-yil tashkil topgan; Vundzi ("Milliy birlik xalq shijoati") partiyasi, 1973-yil tuzilgan; Hayotbaxsh kuchlar qoʻmitasi, 1991-yil asos solingan; Madagaskar yangilash avangardi, 1993-yil tuzilgan; Fixaonana partiyasi, 1993-yil tashkil topgan. Inqilobiy malagasi mehnatkashlari kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1977-yil tuzilgan; Madagaskar mehnatkashlari kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1956-yil asos solingan. Xoʻjaligi Madagaskar — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 28,3%, sanoatning ulushi 14,6%. Qishloq xoʻjaligi Madagaskar iqtisodiyotining asosini tashkil qiladi. Ekin maydonining 60% dan ortiq shemila sholi yetishtiriladi. Shuningdek, maniok, makkajoʻxori, paxta, batat, yer yongʻoq, kartoshka va boshqa ekiladi. Eksport uchun kofe, vanil, qalampirmunchoq, shakarqamish, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilikda, asosan, qoramol (zebu), qoʻy, echki, choʻchqa, tovuq boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoati Konchilik sanoati rivojlangan. Xromit, grafit, slyuda, kvars, temir, urantoriy rudalari, kam uchraydigan va suvda erimaydigan metallar qazib olinadi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan (un tortish, sholi oqlash, goʻshtkonserva, qand-shakar, tamaki) korxonalar koʻp. Bir necha mayda issiklik elektr stansiyalari va GESlar, ip gazlama fabrikalari, sement zavodi bor. Yiliga oʻrtacha 430 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Sanoat markazlari: Antananarivu, Tuamasina, Ansirabe, Maxadzanga. Avtomobil — mamlakat transportining asosiy turi. Avtomobil yoʻllarining uz. —40 ming km, temir yoʻl uz. —1 ming km. 18 dengiz porti bor; asosiylari Tuamasina va Maxadzanga. Madagaskar chetga kofe, qalampirmunchoq, vanil, sholi, qand, goʻsht va goʻsht-konserva, baliq, sizal, grafit, slyuda chikaradi. Chetdan mashina va qurilmalar, qurilish ashyolari, neft mahsulotlari, gazlama, oziq-ovqat oladi. Tashki savdoda Fransiya, Germaniya, AQSH, Yaponiya, Italiya, JAR bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — malagasi franki. Tibbiy xizmati Madagaskarda davlat tibbiy xizmati tizimi mavjud. Poytaxt universiteti huzuridagi milliy tibbiyot maktabi 5 yilda vrachlar tayyorlaydi. Maxsus maktablarda oʻrta malakali tibbiyot xodimlari taʼlim oladi. Maorifi va ilmiy muassasalari Mustaqillikka erishilgandan keyin 1975-yildan boshlab xalq maorifini tubdan qayta qurishga kirishildi. 4 yillik toʻliqsiz oʻrta maktab va toʻliq oʻrta maʼlumot beradigan litseyni oʻz ichiga oluvchi oʻrta taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablarida oʻqish bepul. Xususiy maktablar ham bor. Quyi hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida, oʻrta texnika taʼlimi 7 yil davomida boshlangʻich yoki 3 yil davomida toʻliqsiz oʻrta maktab negizida amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtlari: Antananarivuda universitet (1961), milliy aloqa va telekommunikatsiya instituti, Milliy elektrotexnika instituti, Ped. instituti, Qishloq joylarda ishlash uchun kadrlar tayyorlash instituti, Anserananada Oliy politexnika maktabi, Maxadzangada savdo dengizchiligi milliy maktabi. Antananarivuda Malagasi akademiyasi (1902), Geol. xizmati, Madagaskar geogr. milliy instituti (1945), Rasadxona, Agronomiya tadqiqoti instituti, Tropik veterinariya tadqiqot instituti va boshqa ilmiy muassasalar, Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Munitsipal kutubxona, Milliy arxiv, Badiiy va arxeologiya muzeyi, Milliy tarix muzeyi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Madagaskarda bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Jurnal ofisyel de la Repyublik de Madagaskar" ("Madagaskar Respublikasi rasmiy gazetasi", fransuz va malagasi tillarida chiqadigan xaftalik hukumat xabarnomasi, 1883-yildan), "Imungu vauvau" ("Yangi Imungu", malagasi va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1955-yildan), "Maresaka" ("Yangiliklar", malagasi tilida chiqadigan kundalik gaz., 1954-yildan), "Saxi" ("Mardona", malagasi tilida chikadigan kundalik gaz., 1958-yildan), "Sosialisma mpiasa" ("Sotsializm va ishchi", malagasi tilida chiqadigan oylik gaz., 1980-yildan), "Revyu de l’O-sean Endyen" ("Hind okeani muammolari boʻyicha jurnal", fransuz tilida chikadigan oynoma, 1980-yildan). "Taratra" milliy axborot agentligi, hukumat mahkamasi, 1977-yilda asos solingan. Malagasi milliy radioeshittirishi, hukumat mahkamasi, 1931-yilda tashkil etilgan. 1967-yildan telekoʻrsatuvlar beriladi; Malagasi milliy televideniyesi mavjud. Adabiyoti Adabiyoti 19-asrning 2-yarmidan malagasi va fransuz tillarida rivojlana boshladi. Malagasilarning qad. ogʻzaki ijodiyoti turli sheʼr va qoʻshiqlardan, afsona va ertaklardan iborat boʻlgan. Dastlabki yozma adabiy yodgorliklari 12-asrda malagasi tilida arab yozuvidagi tarixiy yilnomalardan iborat. Lotin alifbosi joriy etilganidan keyin (1823) adabiy til rivojlana boshladi. 1835-yilda Bibliya malagasi tiliga tarjima qilindi. 1870 va 1877-yillarda ertaklar toʻplamlari, 1870-yilda liniy madhiyalar toʻplami nashr etildi. 1860—80 yillarda paydo boʻlgan davriy matbuotda dastlabki nasr va nazm asarlari eʼlon qilindi. 1872—83-yillarda F. Kallening "Qirollar tarixi" nomli koʻp jildli tari-xiy asari, A. Ravuadzanahari va S. Radzaunaxning ilk romanlari bosilib chiqsi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida anʼanaviy sheʼr shakllari takomillashtirildi va yangicha shakllar ishlab chiqildi. Koʻpgina shoir va yozuvchilar "Basivava" va "Lakulusi Vulamena" jurnallari tevaragida birlashib, "Vi, vatu, sakelika" jamiyatiga kirdilar. 20-yillar oxirida J. J. Rabearivelu, Sh. Radzuelisulu va Ni Avana kabi yozuvchilar millim madaniyatni saqlab qolish harakatiga boshchilik qildilar. Adabiyotda oʻziga xos adabiy shakllar himoya qilindi, mamlakat tabiati, xalq urf-odatlari, oʻtmish qahramonlarining jasorati madh etildi. 40-yillar atoqli malagasi adibi E. D. Andriamalalaning ijodiy faoliyati barq urgan davr boʻldi, uning "Daʼvat", "Suv parisi", "Gard", "Makr", "Mamnu neʼmat" romanlari paydo boʻldi. Mustaqillik yillari adabiyoti, asosan, malagasi tilida rivojlandi, zamonaviy jamiyatdagi murakkab jarayonlarni tasvirlovchi asarlar yaratildi. 70—80-yillar nasri va nazmida mustamlakachilik qoldiklari, turli millat vakillarining oʻzaro munosabatlari, xalqlarning teng huquqlilik, milliy mustaqillik yoʻlidagi kurashi aks etdi. Meʼmorligi Madagaskar xalq meʼmorligida umumiy tomonlar boʻlsa ham, lekin turli joylarda oʻziga xos xususiyatlarga ega: Madagaskar orolining shimoli-gʻarbidagina doirasimon kulbalar unda-bunda uchrab turadi. Sernam tropik viloyatlarda qoziq oyokli yogʻoch uylar qurilib, tomi palma barglari bilan yopilgan, qurgʻoqchil joylarda kamish uylar, orolning shimoli-gʻarbiy qismida poxol tomli bambuk uylar quriladi. Mamlakatning moʻʼtadil iqlimli markaziy qismida 1—2 qavatli uylar oq yoki kizil tuproqdan barpo etiladi, tomiga poxol yoki cherepitsa yopiladi. Shamoldan asrash uchun eshik va derazalar faqat gʻarb va shimoliy tarafga oʻrnatiladi. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida shahar qurilishi rivojlandi. 20-yillarda fransuz meʼmori G. Kasen Antananarivu, Tamatava, Ansirabe shaharlarini qayta qurish loyihalarini tuzdi. Saroylar, cherkovlar, maqbaralar yevropacha eklektizm uslubida kurila boshladi. 60-yillardan imoratlarni zamonaviy sodda shakllarda beton konstruksiyalardan foydalanib, oynavand qilib qurishga, ularga quyosh nurini toʻsuvchi moslamalar oʻrnatishga oʻtildi. Tasviriy sanʼati Hunarmandchilikda yogʻoch oʻymakorligi, badiiy toʻqimachilik keng tarqalgan. Tasviriy va bezak sanʼati uslub jihatdan koʻproq Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya uslubiga oʻxshaydi. Sakalava va maxafali xalqlari qabristonlarda marhumlarning yogʻochdan oʻyib ishlangan qiyofalarini, qush tasvirlari yoki 2–5 m balandlikdagi "alualu" ustunlarini oʻrnatadilar. Yogʻochdan yasalgan roʻzgʻor asboblariga oʻyma naqshlar solinadi, buqa, qush va afsonaviy jonivorlar tasviri tushirilib, rangbarang qilib boʻyaladi. Shakarqamish va oddiy qamishdan toʻqilgan boʻyra, qalpoq, savatlarning, rafiya palmasi tolasidan toʻqilgan ziynatli gazmollarning gullari ham uslub jihatdan oʻshalarga oʻxshab ketadi. Zamonaviy rangtasvir esa xalq sanʼati anʼanalari ruhida rivojlanib borayotir. V. Ravelunanushi - Razafimbelu, E. Rabeshaxala, L. Radzunush, Ranivushun kabi rassomlar yetishib chiqqan. Musiqasi Madagaskar musiqiy madaniyati ildizlari qad. malagasi-polinez madaniyati bilan bogʻliq. Zamonaviy musiqasi Hind okeani orollari, avvalo Indoneziya xalqlarining musiqiy anʼanalari, shuningdek, Afrika, Arabiston, Yevropa (asosan, Fransiya) madaniyatining oʻziga xos tarzdagi birikuvidan iborat. Cholgʻu asboblari juda xilma-xil. Koʻpgina qoʻshiqohanglari choʻziq va mayin. Bir necha asrlardan beri davom etib kelayotgan "xiragasi" deb atalgan raqs-qoʻshiq tomoshalari, ayniqsa, ommalashgan. Antananarivudagi Madagaskar drama va xalq sanʼati institutida boshqa fanlar qatori anʼanaviy qoʻshiq va raqs darsi ham joriy etilgan. P. Ralaiarimanana rahbarligidagi Madagaskar ashula va raqs ansambli mashhur. 20-asr boshlarida kompozitorlik ijodiyoti shakllanib, J. D. Rambemanatara, B. Rabaridzauna kabi mahalliy mualliflar tanildi. Kinosi Birinchi malagasi filmi — "Gitram Balafotssi" 1957-yilda yaratilgan. Haqiqiy milliy kinematografiya 1972-yildan keyin vujudga keldi. 1973-yilda "Gʻaroyib voqea" nomli badiiy film (rejissyor B. Ramanpi), 1975-yilda toʻla metrajli "Qaytish" (rejissyor S. Randrasina) filmi ekranga chiqdi. 1976-yilda Malagasi kino boshqarmasi tuzilib, uning huzurida oʻquv filmlari markazi tashkil etildi. Bu markaz sogʻliqni saqlash va tabiatni asrash muammolari haqida kartinalar yarata boshladi. Keyingi yillarda Madagaskar kinochilari sakalava xalqining milliy bayramiga bagʻishlab "Fitampoa" (rejissyor J. K. Raaga), yoshlarning diniy aqidalarga qarshi kurashi haqida "Madagaskar yoshlari" (rejissyor Randrinarisun) toʻla metrajli filmlarini chiqarishdi. Mamlakatda 50 ta kinoteatr bor, chet ellardan yiliga 200 ta film sotib olinadi. Hududiy bo'linishi Manbalar Madagaskar BMT aʼzolari
14,790
3303
https://uz.wikipedia.org/wiki/Malavi
Malavi
Malavi (Malawi), Malavi Respublikasi (Republic of Malawi) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Maydoni 118,5 ming km². Aholisi 17,6 mln. kishi (2018). Poytaxti — Lilongve shahri Maʼmuriy jihatdan 3 viloyat (region)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Malavi — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 17-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1994-yildan Bakili Muluzi), u umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, faqat bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis, ijroiya hokimiyatni esa prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Tabiati Malavi hududining koʻp qismini 3 ming m gacha balandlikdagi yassitogʻlik egallaydi. Mulanje massivi deb atalgan yassitogʻlik chuqur botiqlik sari tik tushib boradi, uning tubida Nyasa koʻli joylashgan. Toshkoʻmir, boksit, apatit konlari bor. Niobiy rudasi, berilliy, oltin, grafit, asbest, qalay, titan, stronsiy, muskovitli mayda konlar maʼlum. Iqlimi — ekvatorial, mussonli: yozi seryogʻin (noyabrdan aprelgacha), qishi quruq. Eng iliq oyi (noyabr)ning oʻrtacha temperaturasi balandliklarda 20—30°, past joylarda 27° gacha, eng salqin oyi (iyul)ning temperaturasi 14— 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin 750–1500 mm. Nyasa koʻlidan oqib chiqadigan Shire (Zambezi irmogʻi) daryosi dare va koʻl tarmoqlarining asosini tashkil qiladi. Janubi-sharqda kattagina Shirva shoʻr koʻli joylashgan. Shimolidagi toqqa xos qizil tuproqlarda mavsumli nam tropik oʻrmonlar, qolgan joylarda, jigarrangqizil lateritli tuproklarda kserofit tropik oʻrmonlar, baobab aralash akatsiya savannalari, palma aralash park savannalari usadi. Dare vodiylarida silsilali oʻrmonlar mavjud. Fil, buyvol, karkidon, har xil kiyiklar, zebra,jirafa, arslon, qoplon, gepard, chi-yaboʻri, sirtlon kabilar yashaydi. Hayvonot dunyosini koʻriqlash maqsadida Nika, Livande, Lengve, Kasungu milliy bogʻlari tashkil etilgan. Aholisi Aholisi, asosan, bantu xalqlarining sharqiy guruhiga mansub. Markaziy rayonlarda malavi, janubida makua, lomve, vayao, suaxili va boshqa xalqlar yashaydi. Aholining yarmiga yaqini mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, 40% xristian va 10% musulmon. Chiche-va (malavi) va ingliz tillari — rasmiy. Aholining 9% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Blaktayrlimbe, Zomba, Lilongve. Tarixi Malavida qadimdan bantu tili guruhiga mansub qabilalar yashaydi. 15-asr oxirlarida Nyasa kuli atrofida Malavi kabila uyushmalari yuzaga kelgan. 19-asrning 2-choragida Malavi xududiga janubidan ngoni, janubi-sharqdan va Mozambikdan vayao qabilalari kelib joylashgan. 19-asrning 60-yillaridan yevro-paliklar kela boshladi. 1891-yilda Malavi Angliyaning Nyasalend protektorati deb eʼlon qilindi. Mamlakat Angliyaning boshqa mustamlakalariga ishchi yetkazib beradigan makonga aylantirildi. 1915-yil mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. Garchi u bostirilsada, milliy ozodlik harakati davom etdi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillari va urushdan keyingi davrda milliy harakat kuchaydi. 1944-yil Malavida dastlabki siyosiy tashkilot — Nyasalend Afrika kongressi (NAK) tuzildi. U tub aholining ijtimoiy huquklarini kengaytirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. 50-yillar boshlarida NAK Markaziy Afrika mamlakatlaridagi milliy ozodlik kurashini boshqardi. Rodeziya va Nyasalend federatsiyasi tuzilgach (1953), bu federatsiyani tarqatish va Nyasalendga mustaqillik berishni talab qildi. Milliy ozodlik harakati 1959-yil qoʻzgʻolonga aylandi. Mustamlaka hokimiyati qoʻzgʻolonni shafqatsizlik bilan bostirdi, rahbarlarini konslagerlarga joʻnatdi. Lekin milliy ozodlik harakatini tuxtata olmadi. 1959-yil NAK oʻrniga Malavi kongressi partiyasi tuzildi. 1961-yil mustamlakachilar yon berishga majbur boʻldi. Malavida konstitutsiya joriy qilinib, barcha nyasalendliklarga saylov huquqi berildi. 1961-yil saylovda qonun chiqaruvchi kengashdagi koʻpchilik oʻrinni Malavi kongressi partiyasi oldi. 1963-yil Rodeziya va Nyasalend federatsiyasi tarqatib yuborildi. 1964-yil 6-iyuldan Nyasalend Malavi nomi bilan mustaqil davlat boʻldi. 1966-yiliyudsa Malavi Respublikasi eʼlon qilindi. 1971-yildan 1994-yilgacha Malavidagi birdan bir siyosiy partiya — Malavi kongressi partiyasining raisi Xastings Kamuzu Banda Malavi prezidenti buldi. 1994-yil 17-mayda mamlakat tarixida birinchi marta kup partiyali asosda prezident va parlament saylovi oʻtkazildi. Birlashgan demokratik front partiyasining raisi Bakili Muluzi prezident lavozimiga saylandi. Malavi — 1964-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6-iyul — Mustakillik kuni (1964). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Malavi kongressi partiyasi, 1959-yilda tuzilgan; Birlashgan demokratik front partiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan; Demokratiya uchun alyans siyosiy uyushmasi, 1992-yilda asos solingan. Malavi kasaba uyushmalari kongressi, 1964-yil tashkil etilgan. Iqtisodiyoti Malavi — iqtisodiy jihatdan qoloq agrar mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda q.h.ning ulushi 28%, sanoatning ulushi 14,5%. Iqtisodiyotning negizi — qishloq xoʻjaligi Jami qishloq xoʻjaligi mahsulotining 85%ni mayda dehqon xoʻjaliklari yetishtiradi. Choy, tamaki, yer yongʻoq, shakarqamish, paxta, tung, kauchuk, ichki ehtiyoj uchun makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq, sholi, maniok, kartoshka ekiladi. Chorvachiligi suyet rivojlangan. Qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Koʻl va daryolarda baliq ovlanadi. Sanoat, asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Sement, qand zavodlari, tamaki, toʻqimachilik, paxta tozalash, tikuv fabrikalari, hunarmandchilik ustaxonalari bor. Oʻrmon xoʻjaligida qurilishbop yogʻoch tayyorlanadi. Yiliga 414 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Transporti unchalik rivojlanmagan. Transport yoʻli uz. — 789 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 11,4 ming km, shundan 2,8 ming km asfaltlangan. Lilongve va Chilena shaharlarida xalqaro aeroportlar bor. Malavi chetga tamaki, choy, qand-shakar, qimmatbaho yogʻoch, yer yongʻoq, jun, teri, tung moyi, paxta sotadi, chetdan oziq-ovqat, qora va rangli metall, neft mahsulotlari, gazlama sotib oladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, JAR, Yaponiya, Germaniya, Zimbabve, AQSH. Pul birligi — kvacha. Tibbiy xizmat tuzilmasida davlat sogʻliqni saqlash muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxona va kasalxonalar ham bor. Mamlakatda 200 vrach ishlaydi. Shifokorlar chet ellarda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaiiymaʼrifiy muassasalari 19-asr oxirlarida xristian daʼvatkorlari mamlakatda da-stlabki maktablarni ochishgan. Mustaqillik eʼlon qilingan paytda (1964) katta yoshdagi aholining 90% savodsiz boʻlgan. 1990-yillarga kelib savodsizlik darajasi 61%. Boshlangʻich taʼlim 8 yillik, oʻrta taʼlim 4 yillik. Quyi kasb-hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 1 yil davomida hunarmandchilik maktablarida, oʻrta kasb-hunar taʼlimi esa oʻrta maktab negizida 3 yil davomida texnika instituti va bilim yurtlarida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab uchun oʻqituvchilar ped. bilim yurtlarida, oʻrta maktab uchun oʻqituvchilar esa universitet va Blantayrlimbedagi ped. kollejida tayyorlanadi. Zom-bedagi universitetning turli shaharlarda fakultet va kollejlari bor. Mazkur universitetning kutubxonasi, Lilongveda M. milliy kutubxona mahkamasi, Zombeda Milliy arxiv va uning kutubxonasi, Lilongveda Britaniya Kengashining kutubxonasi, Blantayrlimbeda Malavi muzeyi, Zombeda Malavi geol. mahkamasi, Malavi ilmiytarixiy jamiyati, Blantayrlimbeda Malavi tibbiyot uyushmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari va ularning turli sohalardagi tadqiqot hamda tajriba stansiyalari mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Malavida nashr etiladigan yirik gazeta va jurnallar: "Malavi gavernment gazett" ("Malavi hukumat gazetasi", ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1894-yildan), "Deyli Tayme" ("Har kungi vaqt", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1895-yildan), "Afriken" ("Afrikalik", ingliz va chicheva tilida 2 haftada bir marta chiqadigan gazeta, 1950-yildan), "Malavi nyus" ("Malavi yangiliklari", ingliz va chicheva tillarida chiqadigan yakshanbalik gazeta, 1959-yildan), "Zis iz Malavi" ("Bu—Malavi", ingliz va chicheva tillarida chiqadigan oylikjur., 1964-yildan). Malavi ax-borot agentligi (MANA) Axborot departamenta nazoratida, 1966-yil asos solingan. Malavi radioeshittirish korporatsiyasi, yarim tijorat mahkamasi, 1964-yilda tuzilgan. Adabiyoti Adabiyoti ingliz tilida rivojlana boshlagan. Malavi mualliflarining dastlabki asarlari 1930-yillarda bosilib chiqdi va maʼrifiy tusda boʻldi. Ularda mamlakatda yashovchi xalqlarning tari-xi haqidagi maʼlumotlar, afrikalik yoʻlboshchilarning tarjimai hollari tavsifi, tartibqoida majmualari, nasihatlar, tavsiyalar, amaliy maslahatlar bayon etilgan (S.Ntaraning "Afrika kishisi", "Acheva xalqi tarixi", E.V. Chafulumiraning "Bizning oila" asarlari). Shu toifadagi asarlar hozir ham nashr etilayotir, ammo 60-yillardan boshlab roman va qissa ustunlik qila boshladi. L.Kayiraning oʻz hayotidan yozgan asarlari orasida "Jingala" romani avlodlarning oʻzaro munosabati muammosiga, "Davlat mulozimlari" romani yosh ziyelilarning hayotdagi oʻrni masalasiga bagʻishlangan. Keyingi yillarda O.Kachingve, D.Rubadiri kabi adiblar muhim ijtimoiy voqealar silsilasida ayrim insonning takdirini haqqoniy tasvirlaydigan asarlar yaratishdi. Meʼmorligi va tasviriy saiʼati Malavi xalqlarining qad. madaniyati haqida koʻp narsa maʼlum emas. Oʻnlab km ga choʻzilgan koʻhna irrigatsiya inshootlarining qoldiqlarigina topilgan. Nyanja va cheva xalqlarining asosiy manzilgohlari toʻsiq bilan oʻralgan va imoratlar zich qurilgan qishloqdan iborat boʻlgan. Ngoni elatining kulbalari sirtiga taqasimon ogʻilxonalar qurilgan va toʻqima devorli uylar tarzida joylashtirilgan. Uy devorlari loy bilan suvaladi va kulohsimon tomiga xashak yoki qamish yopiladi. Keyinroq uylar toʻrtburchakli va derazali qilib kurila boshlagan, toʻqima eshiklar oʻrnatilgan. Ayrim uylarning devorlariga qizil va oq boʻyoklar bilan jonivorlar tasviri yoki naqshlar ishlangan. Devorlarni yomgʻir va quyosh nuridan saqlash uchun uy atrofiga peshayvonlar qurilgan. 20-asrning 2-yarmidagina shaharlarda zamonaviy binolar paydo boʻldi. Badiiy hunarmandchilikning kulolchilik va yogʻoch oʻymakorligi turlari yoyilgan. Sopol idishlar qizil rangga boʻyaladi, baʼzan grafit bilan jilo beriladi. Yogʻochdan turli buyumlar va idishlar yasaladi, ularga jonivor va qush tasviri tushirilib, qizil va qora rangga boʻyab qoʻyiladi. Musiqasi 20-asr oʻrtalarigacha Malavida anʼanaviy musiqa ustun boʻlgan. 50-yillarda radio va grammofon yozuvi tufayli amerikacha ommaviy musiqa va turli janubiy afrikacha uslublar tarqaldi. Kongodan gitara, Lotin Amerikasidan afrikalashtirilgan lumba uslubi kirib keldi. Musiqadagi tashqi taʼsir bilan ichki rivojlanish birga qoʻshilib, yangi musiqiy uslublar yuzaga keldi. Mamlakatning siyosiy hayoti va xalq turmushini aks ettiruvchi yangi qoʻshiq va raqslar yaratiddi. Malavi xalqlari orasida rubobni eslatuvchi bir torli mngoli gʻijjagi, zeze deb ataluvchi yassi sitra, shuningdek, puflab chalinadigan nkangala va gubo, chang kabi cholgʻu asboblari keng yoyilgan. Birinchi jahon urushidan keyin lipenga (uzunchoq qovokdan yasalgan surnay), mahalliy materialdan yasalgan harbiy doʻmbira paydo boʻddi. Xalq tabiblari bemorlarni davolashda musiqa va raqsdan foydalanishadi. Qizlarni uzatishda yor-yor aytish keng ommalashgan. Hozirgi paytda "kvela" uslubi, ayniqsa, keng urf boʻlgan. Unda mahalliy musiqiy anʼanalar yevropacha ommaviy musiqa bilan qorishib ketgan. Manbalar Malavi BMT aʼzolari
11,571
3304
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mali
Mali
Mali, Mali Respublikasi (République du Mali) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Maydoni 1,24 mln. km², aholisi 19 mln. kishi (2020). Poytaxti — Bamako shahri. Maʼmuriy jihatdan Bamako hududi va 8 viloyat (region)ga boʻlingan. Davlat tuzumi Mali — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 12-yanvardagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (1992-yildan Alfa Umar Konare). Umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xokimiyatni Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Tabiati Mali hududining koʻp qismi Shimoliy yarim sharning tropik mintaqasida. Yer yuzasining 90% dan koʻprogʻi tekislik, qolgan qismi togʻlardan va qoyalar orasidagi oʻyiq kamarlardan iborat. M.ning shimoliy qismida Gʻarbiy va Markaziy Sahroi Kabirning tosh, qumtosh va shagʻalli choʻllari joylashgan. Niger daryosining oʻrta oqimi keng allyuvial tekislik. M.da boksit, temir va marganets rudalari, tuz, ohaktosh, fosforit, kaolin, olmos, oltin, qalay, polimetall rudalar, uran konlari bor. Iqlimi — tropik, issiq va quruq; janubiy chekkasida — subekvatorial. Yillik oʻrtacha temperaturasi 28—29°. Oʻrtacha yillikyogʻin 150–1500 mm. Daryolari — Senegal, Niger va ularning irmoqlari. Mali hududining 1/2 qismi butazor, savanna; qizgʻish-qoʻngʻir tuproqli yerlarda boshokli oʻsimliklar, akatsiya, palma va baobab, qizil laterit tuprokdi yerlarda Senegal kayyasi, terminaliya va boshqa daraxtlar usadi. Janubiy chekkasida savanna oʻrmonlari, daryo boʻylarida galereya oʻrmonlari bor. Shimoliy choʻl va chala choʻllarda ohu, gʻizol, jirafa, gepard, sirtlon, savannalarda kiyik, arslon, qoplon, chiyaboʻri, fil, timsoh, begemot, qushlar yashaydi. Daryo va koʻllarda baliq koʻp. Termitlar, yovvoyi asalari, setse pashshasi va boshqa hasharotlar tarqalgan. Oʻsimliklar va hayvonlarni qoʻriklash uchun Bukl-dyu-Baule milliy bogi tashkil etilgan. Aholisi Malida bambara, soninke, malinke, fulbe, diula, sanu, shuningdek, xasonke, kachoro, senufo, dogon, bobo, moyey, Sahroi Kabirda tuareglar, arablar yashaydi. Aholisining 80% islom, qolganlari xristian va mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — fransuz tili. Aholining qariyb 70% mahalliy bambara tilida soʻzlashadi. Aholining 25,5% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bamako, Mopti, Segu, Sikaso. Tarixi Mali — Gʻarbiy Afrikada oʻrta ayerlarda vujudga kelgan davlatlardan biri. Mamlakatga Shimoliy Afrika savdogarlari kirib kelishi bilan islom dini yoyilgan (8-asr). 19-asrning oxiridan Gʻarbiy Afrikaning markaziy hududi Fransiya mustamlakasiga aylandi. Mahalliy aholi mustamlakachilarga qarshi qattiq kurashdi. 1894-yil Niger va Senegal daryolarining yuqori va oʻrta oqimlaridagi yerlari Fransiya Sudani nomi bilan Fransiya mustamlakasi. 1895-yildan Fransiya Sudani Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kirdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Fransiya Sudanida ozodlik harakati kuchaydi. 1946-yil oxirida tashkil topgan Afrika demokratik birlashmasi seksiyasi — Sudan Ittifoqi partiyasi milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi, demokratik islohotlar oʻtkazish uchun kurash boshladi. Sudan Ittifoqi Fransiya Gʻarbiy Afrikasi mamlakatlariling taraqqiyparvar kuchlari va Fransiya Umummehnat konfederatsiyasi tarkibidagi kasaba uyushmalari koʻmagida mamlakatda yetakchi siyosiy kuch boʻlib qoldi. 1957-yil uning deputatlari Territorial assambleyada birinchi marta koʻp ovoz olishga muvaffaq boʻldilar. 1958-yil 28-sentabrda qabul qilingan Fransiya konstitutsiyasiga muvofiq, Fransiya Sudani Sudan Respublikasi nomi bilan Fransiya Hamjamiyati tarkibiga kirdi. 1959-yil Sudan Respublikasi bilan Senegal Respublikasining birlashuvidan Mali Federatsiyasi tashkil topdi. U 1960-yil iyunda Fransiya Hamjamiyati doirasida mustaqillikka erishdi. 1960-yil 20-avgustda Senegal Respublikasi Federatsiyadan chikdi. Federatsiyaning tarqalib ketishi munosabati bilan Sudan Respublikasining Qonun chiqaruvchi assambleyasi 1960-yil 22-sentabrda Sudan Respublikasini M. Respublikasi nomi bilan suveren va mustaqil davlat deb eʼlon qildi va u Fransiya Hamjamiyatidan chikdi. Sudan Ittifoqi partiyasining bosh kotibi M. Keyta respublika prezidenta boʻldi. 1968-yil noyabrdagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni M. Traore (1979—91 yillarda prezident) boshchiligidagi Milliy ozodlik harbiy qoʻmitasi egalladi. 1979-yil M. boshkaruvning fuqarolik shakliga oʻtdi. 1991-yil 25-martda davlat toʻntarishi sodir boʻldi. Hokimiyatni qoʻlga olgan A. T. Ture boshchiligidagi Xalqni qutqarish qoʻmitasi demokratik islohotlar oʻtkazishga kirishdi. 1992-yil 1-yarmida oʻtkazilgan koʻp partiyali asosdagi parlament va prezident saylovi fuqarolar boshqaruviga oʻtishni nihoyasiga yetkazdi. M. Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 24-yanvarda tan oldi. Milliy bayrami — 22-sentabr — Mustaqil kuni (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Malida demokratiya uchun alyans — Panafrika ozodlik, birdamlik va adolat partiyasi (ADEMA), 1990-yilda tuzilgan; Mali taraqqiyot va tiklanish partiyasi, 1991-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va rivojlanish partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Demokratik tashabbus milliy kongressi partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Demokratiya va taraqqiyotuchun birlashma, 1991-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va mehnat uchun birlashma partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Taraqqiyot uchun demokratik kuchlar ittifoki partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Demokratiya va tarak,qiyot partiyasi, 1991-yil tashkil etilgan; Sudan ittifoqi — Afrika demokratik birlashmasi partiyasi, 1946-yilda tuzilgan, 1968-yilda taqikdangan, 1992-yildan yana oshkora ishlay boshlagan. Mali mehnatkashlari milliy birlashmasi kasaba uyushmasi, 1963-yilda asos solingan. Iqtisodiyoti Mali — afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi — 55%, sanoatning ulushi — 12%. Iqtisodiy faol ahvolining 75% qishloq xoʻjaligida band. Teztez boʻlib turadigan qurgʻoqchilik mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi. Qishloq xoʻjaligida yerga jamoa egaligi us-tun. Mamlakat hududining salkam 9% haydaladigan va boʻz yerlar, koʻp yillik ekinzorlar, 24% yaylov va pichanzorlar, 3,6% oʻrmon va butazorlar, qolgan qismi choʻllardan iborat. 90 ming ga yer sugʻoriladi. Haydaladigan yerlarda donli ekinlar, yer yongʻoq va paxta, shuningdek, kanop, makkajoʻxori, choy, tamaki, sholi, shakarqamish, shahar atroflarida sabzavot va meva, hamma joyda oq joʻxori, fonio, yams, maniok yetishtiriladi. Mali — Gʻarbiy Afrikadagi yirik chorvachilik mamlakatlaridan biri. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda mebel va boshqa ehtiyojlar uchun yogʻoch tayyorlanadi. Daryolar, irmoklar va koʻllarda baliq ovlanadi. Mustaqillik yillarida maʼdan qazib olish yoʻlga qoʻyilib, qayta ishlash sanoatining 30 dan koʻproq korxonasi barpo etildi. Biroq mahsulot ishlab chiqarish hajmi jihatidan hunarmandchilik hamon ustun. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash tarmogʻiga toʻgʻri keladi. Paxta tozalash, sholi oqlash, yer yongʻoq va chigit yogʻi, sabzavot va meva konservalari zavodlari bor. Toʻqimachilik kombinatlari, kanop, koʻn-poyabzal, sement zavodlari barpo etilgan. Keyingi yillarda velosiped va moped, tranzistor yigʻish, metall konsturkiiyalar, mebel, kemasozlik korxonalari, traktor taʼmirlash ustaxonalari barpo etildi. Yiliga oʻrtacha 200 mln. kVtsoat dan koʻproq elektr energiya hosil qilinadi. Malida asosiy transport turi — avtomobil. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 18 ming km, shundan 3 ming km qattiq qoplamali. Temir yoʻllari uzunligi — 720 km. M.ning dengizga chiqish yoʻli yoʻq. Tashqi savdo yuklari Senegal va Kot-d’Ivuar orqali tashiladi. Mamlakatda 10 aeroport, jumladan, Bamakoda xalqaro aeroporti bor. M. chetga paxta, yeryongʻoq, chorva va baliq mahsulotlari, gazlama, kalava ip, oltin, olmos sotadi. Chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, qurilish materiallari, kimyoviy mollar va boshqa oladi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Kot-d’Ivuar, Senegal, Gana. Pul birligi — Afrika franki. Tibbiy xizmati Tibbiy yordam davlat muassasalarida amalga oshiriladi. Vrachlar Milliy tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Mali hududida dastlabki diniy maktablar 14-asrda paydo boʻldi. 15—16-asrlarda Tombuktu va Jen-neda Afrikadagi eng koʻhna musulmon universitetlari ishlay boshlagan. Dastlabki dunyoviy maktablar 19-asrning 2-yarmida ochildi, ammo ular juda oz boʻlgan. Mamlakat mustaqilligi eʼlon qilingan (1960) paytda fransuzcha uslubda tashkil etilgan maktab tizimi 6 yillik boshlangʻich, 7 yillik oʻrta va kasb-xunar taʼlimidan iborat edi. 1962-yilda 6 yosh dan boshlab 5 yillik, 1968-yilda 9 yillik majburiy taʼlim joriy qilindi. Quyi kasb-hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 3 yil davomida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻquvchilari pedagogika institutlarida, toʻliqsiz oʻrta maktab oʻqituvchilari normal maktablarda, toʻliq oʻrta maktab oʻqituvchilari Oliy normal maktabda tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlari: Bamakoda pedagogika instituti (Oliy normal maktab), Milliy oliy maʼmuriy maktab, Milliy muhandislar maktabi, Milliy tibbiyot maktabi, Katibugudagi qishloq xoʻjaligi politexnika instituti. Bamakoda Milliy kutubxona, Munitsipal kutubxona, ijtimoiy fanlar instituti huzurida Milliy muzey, zootexnika tadqiqot markazi, Moxovga qarshi kurash tadqiqot instituti, Tropik oftalmologiya instituti, Milliy tropik agronomiya va oziq-ovqat ekinlari instituti va uning tadqiqot stansiyalari, Milliy mevachilik markazi, Tombuktuda Tarixiy tadqiqot va hujjatlashtirish markazi va uning qad. arab qoʻlyozmalari arxivi, Sholikorlik tadqiqot markazi, Milliy xalq sogʻligʻini saqlash sohasidagi tadqiqot instituti bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Malida nashr etiladigan yirik gaz.lar: "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Mali" ("Mali Respublikasi rasmiy gazetasi", hukumatning fransuz tilida chiqadigan xabarnomasi), "Kibaru" ("Yangiliklar", bambara tilida chiqadigan oylik gaz., 1972-yildan), "Oror" ("Tong", fransuz tilida oyiga 2-marta chikadigan gaz., 1990-yildan), "Essor" ("Yuksalish", fransuz tilida chikadigan kundalik gaz., 1949-yildan; bambara va fransuz tillarida ilovalari chiqariladi). Mali mat-buot va reklama agentligi (AMAPP), 1977-yilda tashkil etilgan. Mali radio-eshittirish va televideniye xizmati, davlat nazoratida, 1957-yilda asos solingan. Adabiyoti Mali xalq ogʻzaki ijodi boy va rangbarang. Xalq afsonalarini toʻplash va nashr etishga 20-asrning 30-yillarida kirishildi. Hozirgi adabiyoti, asosan, ʻ fransuz tilida. Tarixchi I. M.Uan oʻzining tarixiy romanlari ("Fadimata, choʻl malikasi" va boshqalar) bilan hozirgi zamon M. adabiyotining asoschisi hisoblanadi. 20-asr 2-yarmidagi yirik yozuvchilaridan biri, jamoat arbobi Fili-Dabo Sissokoning "Qizil Savanna" romanida Birinchi jahon urushi davrida mahalliy ziyolilarning vujudga kelishi, tuareglarning fransuz bosqinchilariga qarshi qoʻzgʻoloni bayon qilingan. Malida yosh shoirlar yetishib chikdi. 60-yillar oxiri va 70-yillar boshlarida Mali adabiyotida folklor asarlari (tarixiy afsonalar, ertaklar va h.k.)ni qayta ishlash davom ettirildi ("Kala Jata" va boshqalar). Mali mustaqillikka erishgach, proza va poeziya gurkirib rivojlana boshladi. Meʼmorligi va amaliy sanʼati Mali hududidan neolit davriga mansub madaniyat yodgorliklari topilgan (kryalarga bitilgan yozuvlar, gʻor devorlariga ishlangan ov, urush manzaralari hamda raqslar tasvirlangan rasmlar va boshqalar). Qishloqlarda kulbalar somonli loy ("banko")dan doyra shaklida, sinchli, derazasiz, kulohsimon va tomi kamishdan; shaharlarda toʻgʻri burchakli qilib quriladi, tomlari loy, tunuka yoki shifer bilan yopiladi. 11 —16-asrlarda M.da shahar qurilishi rivojlandi (Niani, Gao, Tombuktu, Jenne va boshqalar), ular mustahkam devorlar bilan oʻraldi. Jamo-at binolari (Tombuktudagi saroy), masjidlar (Tombuktu, Mopti, Jen-neda) qurildi. Mustamlakachilar xukmronligi davrida Gʻarbiy Yevropa eklektikasiga xos binolar yuzaga keldi (soborlar, hukumat muassasalari va boshqalar). 20-asrning 2-yarmidan zamonaviy binolar kurila boshladi. Oʻymakorlik sanʼati rivojlangan. Yengil yogʻochlardan marosim niqoblari, odam va hayvon shakllari, stullar, eshiklar, idish va taroqlar, mis bu-yumlar yasaladi, ilon va timsoh terisidan sumka, kamarlar tikiladi. 20-asr oʻrtalaridan zamonaviy sanʼat vujudga keldi. Rassom B. Keyta asarlari bunga misoldir. Musiqasi mamlakatda yashovchi turli xalqpar musiqiy madaniyati krrishmasidan tarkib topgan. Baʼzilari qad. anʼanalarga ega boʻlib, oʻrta asrlardagi Mali imperiyasi davridan boshlangan. Saroy musiqasi belgilari saqlanib qolgan. Mali xalqdarining cholgʻu as-boblari orasida koʻra deb ataluvchi 21 torli arfa, nʼgoni deb ataluvchi 4 torli gitara, bala deb ataluvchi yogʻoch chang, shuningdek doʻmbira, tabele kabilar bor. Senufo xalqi xor usulida qoʻshiq aytishni sevadi, yogʻoch chang orkestrlari, turli ansambllar mavjud. Anʼanaviy musiqa ijrochilaridan S. Bazumana, F. Dembe mashhur. 20-asrda I. Soumaro, A. Soumaro kabi bastakorlar yetishib chiqqan. Teatri Msli xalqlarida qadimdan sahna tomoshalari (niqobda rake tushish, qoʻshiqlar kuylash, turmush hangomalari), dehqonchilik ishlari, qishloqlardagi bayramlar, udumlar bilan bogʻliq tomoshalar koʻrsatish odat boʻlgan. Bambaralarning koteb xalq teatri guruhlari 20-asrning 30—40-yillarida Bamako koʻchalarida tomoshalar koʻrsatgan. 50-yillardan zamonaviy shakldagi havaskorlar teatri vujudga kela boshladi. Mali mustaqillikka erishgach, bu teatr ommaviy tus oldi. Uning sahnasida respublika turmushi dolzarb mavzularidagi pyesalar qoʻyila boshladi. 1962-yildan havaskor sanʼatkorlarning musobaqa koʻrigi muntazam oʻtkazib kelinadi. 1963-yilda Bamakoda Milliy sanʼat instituti tashkil topdi. Institut huzuridagi drama boʻlimi teatrlar uchun kad-rlar tayyorlaydi. Kinosi 1963-yilda haftalik kinoxronikalar tayyorlash uchun guruxlar tuzildi. 1977-yilda tashkil etilgan Milliy kino markazi badiiy va hujjatli filmlar chiqara boshladi. M.da 1960-yillarning boshidan xronik filmlar suratga olingan. 1965-yil S. Sissening "Inson va sanamlar" hujjatli filmi yaratildi. 70-yillarda yaratilgan qisqa metrajli filmlar: "Tyemanning kaytishi" (rejissyor D. Kuyate), "Bir umrning besh kuni", "Qita janubida qora bayroq", "Baara" (hammasining rejissyor S. Sisse). Malining yetakchi rejissyor hisoblangan S. Sissening "Mehnat" filmi ijtimoiy muammolarga bagishlangan. Keyingi yillarda yaratilgan filmlar: "Mahbus" (rejissyor S. Kulibali), "Hammasi tamom boʻldi" (rejissyor K. Dyente), "Biz hammamiz aybdormiz", "Kryadagi duel" (rejissyor I. Traore) va boshqa Mamlakatda 20 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 1—2 badiiy film yaratiladi. Manbalar Mali BMT aʼzolari
14,748
3305
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mavritaniya
Mavritaniya
Mavritaniya (Mauritanis), Mavritaniya Islom Respublikasi (Al-Jumhuriya al-Islomiya al-Mavritaniya, République Islamique Mauritanie) — Afrikaning shimoli-gʻarbidagi davlat. Maydoni 1031 ming km². Aholisi 4,3 mln. kishi (2022). Poytaxti — Nuakshot shahri Maʼmuriy jihatdan 12 viloyat (region) ga boʻlinadi, poytaxti — Nuakshot shahri muxtor okrug (district) sifatida ajratilgan. Davlat tuzumi Mavritaniya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1992-yildan polkovnik Maauyya uld Sidi Ahmad Tayya). U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi va bir necha marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 2 palatali parlament (Milliy assambleya va Senat). Ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi, bosh vazirni prezident tayinlaydi. Tabiati Mavritaniyaning koʻp qismi Gʻarbiy Sahroi Kabirning qumli va toshloq choʻllari, Atlantika okeaniga tutash sohili pasttekislik. Yer yuzasida pasttekisliklar va uncha baland boʻlmagan platolar koʻp. Mamlakat hududi tokembriy jinslaridan tarkib topgan qad. AfrikaArabiston platformasiga mansub. Mis, temir rudalari, shuningdek, toshtuz, gips, fosforit konlari bor. Iqlimi tropik choʻl iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16—20°, iyulniki 30—32°. Eng yuqori temperatura 40—45°. Sharqdan tez-tez issiq shamol esib turadi. Yillik yogʻin 50–100 mm. Mavritaniyada Senegaldan boshqa oqar daryolari yoʻq. Ekinlarni sugʻorishda daryo, yer osti va buloq suvlaridan foydalaniladi. Choʻllarda butalar, akatsiya va boshqa oʻsadi. Mavritaniyada sudralib yuruvchilar, kemiruvchilar koʻp; chiyaboʻri, fenek tulkisi, gʻizol, kiyik va boshqa bor. Qirgʻoq suvlari ovlanadigan baliklarga boy. Bandargon milliy bogʻi mavjud. Aholisi Mavritaniya tub aholisining 80% dan koʻprogʻini mavrlar tashkil etadi. Ular arab tilining hasaniyya shevasida soʻzlashadi, shuningdek, barbarzenagalar, fulbe, volof, tukuler, soninke va boshqa xalqlar yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Rasmiy din — islom. Aholining 39% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari — Nuakshot, Nuadibu, Zuerat, Kaedi. Tarixi Mavritaniyaning qad. va oʻrta asrlar tarixi kam oʻrganilgan. 4—11-asrlarda Mavritaniyaning janubiy qismi Gʻarbiy Afrika (Gana va boshqalar) davlatlari tarkibida boʻlgan. 13—14-asrlarda Mavritaniyaning janubiy qismi Mali davlatiga qoʻshilgandan keyin arablar hukmronligi kuchaydi. 15-asrdan Mavritaniyaga portugallar, ispanlar, gollandlar, inglizlar, fransuzlar kelib, qul, oltin, sirach olib keta boshladi. 1783-yilgi Versal sulhiga koʻra, Mavritaniya sohillari tamoman Fransiyaga tobe boʻlib qoldi. 1903-yilda Fransiya Mavritaniyani oʻz protektoratiga aylantirdi. 1920-yil mamlakat rasmiy ravishda Fransiya mustamlakasi deb eʼlon kdlindi. Mavritaniya xalqi mustamlakachilarga karshi muntazam kurashib keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Mavritaniyada ozodlik harakati kuchaydi. 1946-yildan Mavritaniya Fransiyaning "dengiz ortidagi hududi". 1958-yildan Fransiya hamjamiyati tarkibida oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublika. 1960-yil 28-noyabr da Nuakshotda mustaqil Mavritaniya Islom Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. 1961-yil mayda Mavritaniya konstitutsiyasi qabul qilindi. 1991-yildan mamlakatda koʻp partiyali tizimga oʻtiddi. Mavritaniya tashqi siyosatda bloklarga qoʻshilmaslik, barcha mamlakatlar bilan hamkorlik tamoyiliga sodiq. Mavritaniya 1961-yil noyabrdan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 28-noyabr — Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Respublikachilar sotsialdemokratik partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Demokratiya va birlik yoʻlidagi birlashma, 1991-yilda tashkil topgan; Mavritaniya uygʻonish partiyasi, 1991-yilda asos solingan. Mavritaniya mehnatkashlari ittifoqi — birlashgan umummilliy kasaba markazi, 1961-yilda tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi. Iqtisodiyoti Mavritaniya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi (baliqchilik bilan birga) ulushi 30%, sanoat ulushi 19,2%. Ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif rivojlangan. Mustaqillikka erishilgach, hukumat qishloq xoʻjaligi va baliqchilikni jadal rivojlantirish, xorijiy sarmoya qoʻyishni ragʻbatlantirish tadbirlarini koʻrdi. Konchilik sanoati rivoj topgan. Qayta ishlash sanoati oziq-ovqat (baliq va goʻshtni qayta ishlash, qandshakar va konserva ishlab chiqarish), kimyo, neft mahsulotlari, koʻnchilik, tikuvchilik, gilamdoʻzlik tarmoqlaridan iborat. Dengiz suvini chuchuklashtirish kurilmasi oʻrnatilgan. Yiliga 140 mln. kVt/soat elektr energiya qosil qilinadi. Anʼanaviy hunarmandchilikni rivojlantirish ragʻbatlantiriladi. Sanoat korxonalarining aksariyati Nuakshot shahrida joylashgan. Koʻpchilik aholi band boʻlgan qishloq xoʻjaligi zaif. Uning asosiy tarmogʻi — koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik. Qoramol, tuya, qoʻy, echki, eshak, ot boqiladi. Baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Senegal daryosi boʻyida va vohalardagina dehqonchilik qilinadi. Hududining 2/5 qismi yaylov. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, batat, dukkaklilar, sholi, yer yongʻoq, xurmo va boshqa Akatsiya daraxtining muayyan turlaridan ajralib chiqadigan yopishqoq modda — gummiarabik (arab yelimi) eksport ahamiyatiga ega. Tez-tez boʻlib turadigan qurgʻ-oqchilik qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Temir yoʻllari uzunligi —0,7 ming, avtomobil yoʻllari uzunligi —8 ming km dan ortiq. Asosiy dengiz portlari va xalqaro aeroportlari — Nuakshot va Nuadibu. Senegal daryosining quyi oqimida kema qatnaydi. Mavritaniyadan chetga temir rudasi, oltin, gips, baliq va baliq mahsulotlari, chorva, teri va boshqa chiqariladi. Mavritaniyaga chetdan sanoat mollari, neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, oziq-ovqat keltiriladi. Tashqi savdoda Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, AQSH, XXR bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — ugiya. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Boshlangich taʼlim majburiy hisoblanadi, biroq bolalarning oz qismi maktabga qatnaydi. Mavritaniyada 1214 boshlangʻich va 51 oʻrta maktab bor. Oʻqish muddati: boshlangʻich maktabda 6 yil, oʻrta maktabda ham 6 yil Boshlangʻich maktablarda darc arab tilida, oʻrta va oliy maktablarda fransuz tilida olib boriladi; boshlangʻich maktablarda fransuz tili ham oʻrgatiladi. Oliy oʻquv yurtlari: Nuakshotda universitet (1983), Ped. instituti (1971), Oliy maʼmuriy maktab. Butilimit shahrida Oliy islom tadqiqot instituti (1961) bor. Yoshlarning aksariyati Fransiya, Senegal va boshqa mamlakatlarning untlariga borib oʻqiydi. Mavritaniyada konchilik sanoati ilmiy tadqiqot markazi, sabzavotchilik ilmiy tadqiqot instituti, bir necha qishloq xoʻjaligi tajriba stansiyasi, Ped. hujjatlashtirish markazi (1962) bor. Nuakshotda Milliy kutubxona (1961), Milliy arxiv (kutubxonasi bilan, 1955) va Markaziy ommaviy kutubxona mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Mavritaniya da chiqadigan asosiy nashrlar: "Ash-shaab" ("Xalq", 1975-yildan, arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik hukumat gaz.), "Pyopl" ("Xalq", fransuz va arab tillarida yiliga 6-marta chiqadigan gaz.), "Jurnal ofisyel" ("Rasmiy gaz.", fransuz tilida haftasiga 2-marta chiqadigan hukumat xabarnomasi). Mavritaniya radioeshittirish va telekoʻrsatuv xizmatiga 1958-yilda asos solingan; arab, fransuz va mahalliy tillarda eshittirish va koʻrsatuvlar olib boradi. Mavritaniya axborot agentligi 1975-yilda tuzilgan boʻlib, 1990-yilgacha Mavritaniya matbuot agentligi deb atalgan; u hukumat nazoratida. Adabiyoti mumtoz arab tilida, arab tilining hasaniyya shevasida va barbar tilida. Arablar kelishidan avval barbar qabilalarining xalq ogʻzaki ijodiyoti mavjud boʻlgan va u rivojlanib kelayotir. Mumtoz arab tilida dastlabki diniy va tarixiy mazmundagi asarlar 11-asrdan maʼlum. Hasaniyya shevasida qaxramonlik dostonlari va musiqiy sheʼrlar yaratilgan. 16-asrda mumtoz arab tilida dunyoviy sheʼriyat vujudga keldi. 17— 18-asrlarda U.Razga, Bu Fumuayn, Mavritaniya al-Yadali, 19-asrda U at-Telba, U. Muhamdi, U. ash-shayx Sidiya kabi atoqli shoirlar ijod qildi. Zamonaviy shoirlar orasida Al-Muxtor al-hamid, Xatri ibn-Xatri, Ualla Abnilar bor. Bakken sheʼrlari mahalliy shevada va mumtoz shaklda yozilgan. Meʼmorligi, tasviriy va amaliy sanʼati Mamlakat janubida neolit davriga mansub oʻnlab istehkomli manzilgohlar (tepaliklarda tosh devor bilan oʻralgan tosh uylar) topilgan. Barbarlarning eni 15 m gacha, balandligi 2 m li "shusha" deb atalgan doirasimon kabristonlari miloddan avvalgi 1ming yillikka oid deb hisoblanadi. Milodiy 7—11-asrlarda savdo yoʻllarida, quduqlar atrofida bogʻlar, tosh uylar va mayejidlar paydo boʻlib, barbar manzilgohlari hosil boʻlgan va ular asta-sekin shaharlarga aylanib borgan. 11 —12-asrlardan Mavritaniya hududida toʻgʻri burchakli, yassi tomli, ichki hovlili uylar, chorsi minorali masjidlar qurilgan. Gʻarbda imoratlar gʻishtdan gul solib qurilsa, sharqda binolar sirti suvaladi, kiraverishi qizil-oq rangda naqshlanadi. 20-asrda Nuakshot, Nuadibu shaharlarida yevropacha imoratlar barpo etildi, ayrim shaharlar oʻrta asr qiyofasida qolgan. Neolit davriga oid sanʼat asarlari (qoya toshlarga oʻyib chizilgan rasmlar, "shusha"lar) saqlangan. Oʻrta asrlarda Mavritaniya hududida arab barbarlarning madaniyati rivoj topgan. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari (metall, sopol, charm, yogʻoch va boshqalardan buyumlar yasash) mavritan sanʼatining oʻziga xos uslubida rivojlangan. Zargarlik va kulolchilik ravnaq topgan. Musiqasi Mavritaniya musiqa madaniyati mavrlar, barbarzenagalar va negroid xalqlarining turli anʼanalarini oʻz ichiga oladi. Griotlar sanʼati anʼanaviy mavritan musiqasining eng yorqin va rivojlangan qatlamidir. Ularning cholgʻu asboblari orasida 4 torli udni eslatuvchi tidinit, 12—14 torli arfaga oʻxshash qovoq poʻstlogʻidan yasalgan ardin ajralib turadi. Bayram va diniy marosimlarda zamzayya (surnay) va neffar (nay) joʻrligida koʻpchilik boʻlib aytiladigan qoʻshiqlar yangraydi. Bundan tashqari, 1 torli ud va rubobda kuylar ijro etiladi. Keyingi yillarda yevropacha zamonaviy kuylar, ayniqsa, estrada sanʼati urf boʻldi. Kinosi Mustaqillikka erishilgunga qadar Mavritaniyaning oʻz kino sanʼati yoʻq edi. 1967—68 yillarda mahalliy rejissyor Med Xondo dastlabki qisqa metrajli filmlarini suratga oldi. 1971 va 1974-yilda uning "O quyoshi" hamda "Qoʻshningiz, negritoslar" filmlari va 1980-yilda "Vest-Indiya" filmi ekranga chiqdi. Xondo ijodi boshqa mavritan rejissyorlari va aktyorlari taqdiriga katta taʼsir oʻtkazdi. Jumladan, kinorej. va aktyor Sidney Sokxonaning "Alloh yetimlari", "Millati — muhojir", "Safrana yoki Gapirish huquqi" filmlari muhojirlik muammosiga bagʻishlangan. Mavritaniya tabiati, anʼanalari va musiqiy madaniyatiga bagʻishlangan rangli hujjatli filmlar ham suratga olingan. Manbalar Mavritaniya BMT aʼzolari Arab davlatlari
10,809
3306
https://uz.wikipedia.org/wiki/Marokash
Marokash
Marokash, Marokash Qirolligi (Al-Mamlaka al-Magʻribiya yoki Al-Magʻrib al-Aksa, maʼnosi — uzoq gʻarb) — Afrikaning shimoli-gʻarbidagi davlat. Maydoni 446,5 ming km². Aholisi 38,4mln. kishi (2022). Poytaxti—Rabot shahri. Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Marokash — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-yilda qabul qilingan, unga 1992 va 1996-yil referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1999-yildan Muhammad VI). U bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi hamda lavozimidan boʻshatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati Marokash hududining aksar qismini togʻlar, baland tekisliklar va plato (meseta)lar egallaydi. Janubi-gʻarbdan Shimoli-sharq tomon Atlas togʻlari choʻzilgan, uning eng baland nuqtasi — Tubqol togʻi (4165 m). Atlantika okeani sohili — yirik pasttekisliklar. Oʻrta dengiz sohilining koʻp qismi togʻlik, qulay buxtalari bor. Janubiy va janubi-sharqdagi Sahroi Kabir choʻli qumloq va toshloqlan iborat. Marokash hududida zilzilalar boʻlib turadi. Kobalt, marganets, qoʻrgʻoshin, pyx, barit, mis, temir rudalari, toshtuz, koʻmir konlari bor. Marokash koʻp qismining iqlimi subtropik; iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°— 28°, yanvar niki 10°—12°, togʻlardagi iqlim — kontinental. Oʻrtacha yillik yogʻin togʻlarda va shimolida 1000 mm ga yaqin, janubida 200 mm gacha. Koʻp daryolari yozda qurib qoladi. Asosiylari: Muluya, Sebu, Umm-urRobia. Quruq oʻrmon va butazorlarning tuproklari jigarrang. Shimolidagi sohil tekisliklari va togʻ orasidagi soiliklar hamda vodiylarning qumloq, gilli qoramtir tuproklari gʻoyat umumdor. Oʻrmonlar, asosan, togʻlarda saqlanib qolgan va Marokash hududining salkam 12% ni tashkil etadi. Qurgʻoqchil dasht, chala choʻl va choʻllarda alfa oʻti, shuvoq va doktorin, Oʻrta dengiz sohilida makvis butalari oʻsadi. Hayvonlardan quyon, yovvoyi choʻchqa, chiyaboʻri, ilon, toshbaqa, shuningdek, amfibiyalar, parranda, ha-sharot va chayonlar bor. Togʻlarda makaka maymun, sirtlon, pantera, togʻ daryolarida xonbaliq uchraydi. Dengizdan baliq ovlanadi. Aholisi Aholisining asosiy qismi — marokashlik arablar va barbarlar. Fransuzlar, ispanlar, portugallar va yahudiylar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Shahar aholisi 45,5%. Yirik shaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokash, Fos, Miknas, Tanjer va boshqa Tarixi Hozirgi Marokash hududida azaldan liviy qabilalari (qad. barbarlar) yashab, ovchilik va chorvachilik, qisman dehq-onchilik bilan shugʻullangan, Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirlarida sohilda finikiylarning bir qancha jamoalari paydo boʻlgan; bu jamoalar keyinchalik Karfagen qoʻl ostiga, Karfagen yemirilganidan keyin (miloddan avvalgi 2-asr) Shimoliy Marokash Rim imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. Ana shu davrda yirik dehqonchilik paydo boʻldi, shaharlar vujudga keddi. Birok, Marokashning kup kismida urugʻchilikqabilachilik tuzumi xukmron edi. 5-asrda Marokashning shimoliy kismini vandallar, 6-asrda Vizantiya bosib oldi. 702—711 yillarda Marokash hududi arab xalifaligiga qoʻshib olindi. Mamlakatda arab tili va islom dini tarqala boshladi. 788 yil Marokashdagi birinchi davlat — Idrisiylar davlati tashkil topdi. 9-asrning 20-yillarida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. 13-asrning 2-yarmida Marokashda hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda qishloq xoʻjaligi ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos shahri madaniyat markazi boʻlib qoldi. Birok, 15-asrda mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan Marokash hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi. 17-asr oxiri va 18-asr boshlarida marokashliklar yevropaliklarni Marokashdan, asosan, haydab chiqardilar. 19-asrning 40-yillaridan Yevropa davlatlarining qoʻshinlari yana kirib kela boshladi — 1844-yil Fransiya, 1859-yil Ispaniya Marokash hududining bir qismini bosib oldi. Yevropa davlatlarining mamlakat ichkarisiga kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik, parokandalikka barham berish, shuningdek, toʻxtovsiz qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873— 94) bir qancha islohot oʻtkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy zavodlar, yangi portlar quriddi). 1907-yil Fransiya qoʻshinlari Marokashning Shimoli-sharqidagi Vujda shahri atroflarini, soʻngra Kasablanka shahri va Shauya viloyatini, Ispaniya Melilya shahri atroflarini bosib oldi. Bunga javoban mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1912-yil tuzilgan Fransiya-Marokash (30-mart) va Fransiya-Ispaniya (27-noyabr) shartnomalariga koʻra, Marokash hududining katta qismi (80%)da Fransiya, kichikrok, shimoliy va janubiy qismlarida Ispaniya protektorati oʻrnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona boʻlib qoldi. Marokash xalqi bosqinchi davlatlarning hukmronligiga qarshi umumiy qoʻzgʻolon koʻtardi. 1921-yil rif qabilalari Abdulkarim rahbarligida Rif viloyatida ispanlar qoʻlidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil Rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Fransiyaning birlashgan kuchlari bilan boʻlgan shiddatli janglardan keyin Rif Respublikasi tormor qilindi (1926). Birok, Fransiya zonasidagi qabilalar mustamlakachilarga karshi qattiq qarshilik koʻrsatishni davom ettirdilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida ozodlik harakati kuchayib ketdi. 50-yillarning boshida esa norozilik harakatiga keng xalq ommasi qoʻshildi. Fransiya protektorati hokimlari milliy ozodlik harakati qatnashchilarini quvgʻin ostiga oldi. 1952-yil 8-dekabrda Kasablankada ommaviy namoyish qatnashchilaridan yuzlab kishilar oʻldirildi, minglarcha kishi qamoqqa olindi. 1954 va 1955-yillarda Marokashda yana ish tashlashlar va namoyishlar boʻlib oʻtdi. Dunyodagi boshqa ilgʻor kuchlar Marokash xalqining milliy ozodlik harakatini qoʻllab quvvatladilar. Oqibatda Fransiya protektorata Marokashda milliy hukumat tuzish uchun rozilik berishga (1955-yil 7-dekabr) va uning milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi (1957-yil 2-mart). 1956-yil 7-aprelda Ispaniya protektorata ham bekor qilindi, 1957-yil 1-yanvarda Tanjer Marokash tarkibiga qoʻshildi. 1962-yil dekabrda Marokashning birinchi konstitutsiyasi qabul etildi, 1963-yil mayda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. Xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi, ishsizlar sonining koʻpayishi oqibatida mamlakat ichkarisida ahvol keskinlashib ketdi. Natijada hukumat aʼzolari tez-tez almashinib turdi. "Istiqlol" partiyasi parokandalikka uchradi. Partiya ichida boʻlinish roʻy berdi; uning soʻl qismi Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi nomi bilan ajralib chikdi (1959). 1964—65 yillarda yirik shaharlarda iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, tub iqtisodiyijtimoiy oʻzgarishlar oʻtkazilishi shior’?1ari ostida ish tashlashlar va ommaviy mitinglar boʻlib oʻtdi. Lekin bu harakatlar qurol kuchi yordamida bostirildi. 1965-yil 7-iyunda Marokashda fav-qulodda holat eʼlon qilindi, qirol hukumat isteʼfosini qabul qildi, parlamentni tarqatib yubordi va qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi. 1970-yil iyulda favqulodda holat bekor qilindi. 21 va 28-avgustda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. 1972-yil 1-martda referendum boʻlib, yangi konstitutsiya qabul qilindi, parlament va hukumatning huquqlari bir oz kengaytirildi. Qirol Hasan II iqtisodiy va siyosiy islohotlar zarurligini anglab, 1973-yilda bir qancha iqtisodiy tadbirlar oʻtkazilishini eʼlon qildi. Xalq-aro maydonda betaraflik siyosatini oʻtkaza boshladi. Konstitutsiyaga 1992-yilda kiritilgan oʻzgartirishlarga bi-noan, parlamentning hukumat faoli-yati ustidan nazorati kuchaytirildi, Marokashning inson huquqlariga sodikligi mustahkamlandi. Marokash 1956-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993-yil 11-oktabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30-iyul — Taxt kuni (1999). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Istiqlol partiyasi, 1943-yil tashkil etilgan; Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi, 1959-yil tuzilgan; Taraqqiyot va sotsializm partiyasi, 1974-yil asos solingan; Konstitutsiyachi ittifoq, 1983-yil taʼsis etilgan; Xalq harakati partiyasi, 1959-yil tuzilgan; Milliy demokratiyu partiya, 1981-yil asos solingan; Xalq milliy harakati, 1991-yil tashkil etilgan; Mustaqil milliy uyushma, 1978-yil taʼsis etilgan; Xalq kuchlari sotsialistik ittifoqi, 1974-yil tuzilgan; Sotsialdemokratik harakat, 1996-yil asos solingan. Marokash mehnatkashlari umumiy ittifoqi, 1960-yil tashkil etilgan; Marokash mehnat ittifoqi, 1955-yil tuzilgan; Demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1978-yil asos solingan. Iqtisodiyoti Marokash — agrar mamlakat boʻlib, sanoat va, ayniqsa, konchilik birmuncha rivojlangan. Iqtisodiyotida yirik qishloq xoʻjaligi fermalari va zamonaviy sanoat korxonalari bilan bir katorda qad. sektor — yarim natura va mayda tovar dehqon xoʻjaliklari katta oʻrin tutadi. Mustaqillikka erishilgandan keyin Marokash hukumati iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarini rivojlantirish, milliy xoʻjalikni tarmoq, hudud jihatidan va tuzilmaviy nisbatlar jihatidan tartibga solish siyosatini yurgiza boshladi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 18%, sanoatniki 19,6%ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi — Marokash iqtisodiyotining negizi. Ekiladigan yerlar 7,5 mln. gektardan ortiq, bu yerlarning koʻp qismiga donli ekinlar ekiladi. Iqtisodiy faol aholining 50% qishloq xoʻjaligida band. Yalpi ichki mahsulotning 1/5 va eksportning 1/3 qismini q.h. taʼminlaydi. Dehqonchilik mahsulotining yarmidan koʻprogʻini donli ekinlar beradi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq va sholidan yaxshi hosil olinadi. Kartoshka, qand lavlagi, pomidor, paxta, dukkaklilar ham yetishtiriladi; tokzorlar, zaytunzorlar, sitruszorlar koʻp. Jami yer fondining 28% (12,5 mln.ga)ni yaylov va oʻtloklar, 12% ni oʻrmon va butazorlar tashkil etadi. Barcha haydaladigan yerlarning 95% mamlakat shimolida joylashgan. Mayda falloh xoʻjaliklari bilan bir katorda yirik mexanizatsiyalashgan serdaromad hoʻjaliklar ham mavjud. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, tuya boqiladi. Baliqchilik va parrandachilik rivojlangan. Oʻrmonlarda poʻkakli dub qobigʻi va evkalipt yogʻochi, palma bargi tayyorlanadi. Sanoati Marokashning ishlab chiqarish sanoatida iktisodiy faol aholining 23% band. Marokashda dunyodagi fosfat xom ashyosi zaxiralarining 70% joylashgan. Uni qazib olish sohasida Marokash dunyoda 3-oʻrinda, eksport qilish jihatidan 1 -oʻrinda turadi. Marokash sanoatining toʻqimachilik, koʻnchilik, kimyo, neft kimyosi, farmatsevtika va sement sanoati tarmoqlari durust rivojlangan. Bu soha milliy xom ashyo zaxiralaridan unumli foydalanish maqsadida, asosan, eksport uchun tayyor va chala mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan. Yangi qurilgan oʻnlab korxonalar sanoatning tarkibiy tarmoqlari qiyofasini ancha oʻzgartirib yubordi. Mamlakatda kazib olinadigan fosfarit negizida kimyo sanoati rivoj topdi, qand va sement zavodlari, rangli metallurgiya korxonalari barpo etildi. Yiliga oʻrtacha 9,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 70-yillarning oʻrtalaridan boshlab chetdan keltiriladigan xom ashyo, chala tayyor mahsulot va asbob-uskunalardan foydalanuvchi korxonalar ham qurildi. Gazlama va kiyim-kechak, avtomobil va elektron sanoati uchun qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar shu jumlaga kiradi. Hunarmandchilik sohasi iqtisodiyotda muhim oʻrin egallaydi. Oziq-ovqat va toʻqimachilik ishlab chiqarish sanoatining eng yirik tarmoqlaridir. Unda baliq, sabzavot, meva konservalash, un-yorma, qand-shakar, sut zavodlari bor. Toʻqimachilik sanoati tarkibidagi korxonalarning aksariyat qismi mayda va oʻrta fabrikalardan iborat. Fos shahrida yirik toʻqimachilik kombinati qurilgan. Rabotda va koʻhna shaharlarda hunarmandlar koʻproq gilamdoʻzlik bilan shu-gʻullanadi. Ogʻir sanoatning muhim tarmogʻi boʻlmish kimyo sanoati, asosan, fosfat xom ashyosini qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Fosfor kislota va kimyoviy oʻgʻit olish uchun Safi yaqinida qurilgan kimyo zavodlari yiliga 4 mln. t dan ortiq fosforitni qayta ishlaydi. Bo-shqa tarmoqlardan Muhammadiya va Sidi-Krsimdagi neftni qayta ishlash zavodlari va boshqa shaharlardagi 9 ta sement zavodi (eng yirigi Kasablankada), 7 ta metall ishlash va avtoyigʻuv zavodini koʻrsatib oʻtish mumkin. Nadordagi poʻlat prokat sexi, asosan, armatura ishlab chiqaradi. Chet el sayyoxligi rivojlangan. Mamlakat ichkarisida yuk tashishda temir yoʻl asosiy rol oʻynaydi. 2000 km t.yildan 867 km elektrlashtirilgan. Asosiy temir yoʻl magistrali Marokash—Kasablanka — Rabot — Fos — Vujda Marokashning garbiy va sharqiy qismlarini Jazoir va Tunis bilan tutashiradi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 60 ming km. Marokashda 27 aerodrom bor, shundan 10 tasi xalqaro toifadagi aeroportdir. Tashki savdo yuklarining 95% dengiz orqali tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 586 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari: Kasablanka, Safi, Muhammadiya, Agʻodir, Tanjer. Marokash chetga, asosan, sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosi — fosforit, rangli metall rudalari, sitrus meva, baliq va uning konservasi, sabzavot, meva va ularning konservasi, fosfor kislota, oʻgʻit, poʻkak, kalava ip, jun, teri, goʻsht va boshqa chiqaradi. Chetdan neft, oziq-ovqat, sanoat asbobuskunalari, isteʼmol bu-yumlari, kimyoviy mahsulotlar, gʻalla, qand-shakar keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Ispaniya, Rossiya, Germaniya, Italiya. Pul birligi — Marokash dirhami. Tibbiy xizmati Davlat tibbiy muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar Rabot va Kasablanka universitetlarining tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 859 yil Fosda Afrikada birinchi musulmon universiteti ochilgan. Mamlakatda musulmon diniy maktablari boʻlgan. Fransuzlar hukmronligi davrida (1912-yildan) davlat dunyoviy maktablarining 2 turi (yevropaliklar va mahalliy aholi uchun) bor edi. 1956-yil mustaqillik eʼlon qilingan paytda bolalarning 17% maktabga qatnagan. Mustaqillikka erishilgach, maorifni rivojlantirish, milliy mutaxassislar tayyorlash, savodsizlikni tugatish choralari kurila boshladi. 1963-yilda bolalarni 6—7 yoshdan 13—14 yoshgacha majburiy oʻqitish haqida qonun qabul qilindi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 5 yil, oʻrta maktabda 7 yil Oliy oʻquv yurtlari: Rabotda Muhammad V nomidagi universitet (1957), Fos shahrida Karauin nomidagi musulmon universiteti (859),Muhammad bin Abdulloh nomidagi universitet (1973), Kasablankada Hasan II nomidagi universitet (1975), 12 ta institut va kollej, Kasablanka va Titvonda nafis sanʼat maktabi, Kasablankada tibbiyot maktabi. Ilmiy muassasalari: Rabotda Sharif ilmiy instituti, agronomiya tadqiqotlari milliy instituti, Muhammad V nomidagi universitet huzurida ilmiy tadqiqot markazi, Marokash geogr. milliy qoʻmitasi, Milliy gigiyena instituti (Rabotda), Okeanografiya instituti (Kasablankada), bir qancha ilmiy jamiyatlar. 1977-yil Qirollik akademiyasi tashkil etilgan. Kasablankada Munitsipal kutubxona, Rabotda markaziy kutubxona arxivi bilan, universitetlarning kutubxonalari, Tanjer, Fos, Titvon shaharlarida kutubxonalar bor. Rabotda antik sanʼat va arxeologiya muzeyi, Fosda qurol-yarogʻ muzeyi, Titvonda arxeologiya, sanʼat va folklar muzeyi, Kasablanka va Tanjerda muzeylar mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Marokashda 20 ga yaqin gazeta va bir kancha jurnal nashr etiladi. Eng yiriklari: "Al-Alam" ("Bayroq", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1946-yildan), "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilida chiqadigan kundalik hukumat gazeta, 1971-yildan), "Al-Bayon" (arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1972-yildan), "Ad-Demokrati" ("Demokrat", arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1982-yildan), "Al-Magʻrib" ("Gʻarb", fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1977-yildan), "Opinon" ("Fikr", fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1965-yildan), "Risolat alUmma" ("Millat risolasi", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1983-yildan), "Lyam alif" (fransuz tilida chiqadigan oylik jurnal, 1966-yildan). Magʻrib Arab Press — MAP — xukumat axborot agentligi 1959-yilda tuzilgan. Marokash radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi, hukumat mahkamasi. Radioeshittirishlar arab, ingliz, fransuz tillarida olib boriladi. Adabiyoti Marokashda adabiy asarlar arab, barbar, fransuz tillarida yaratilib keldi. Mumtoz arab tilidagi adabiyot umumiy arab adabiyoti yoʻlidan, ayniqsa, Ispaniya (Andalusiya) arab adabiyoti taʼsirida rivojlandi. Mahalliy arab laxjasidagi va barbar tilidagi xalq ogʻzaki ijodiyoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. 12—14-asrlar sheʼriyatida siyosiy hajviya asosiy oʻrinni egalladi (Ibn Xobbus, Ibn Habbaza, Ibn al-Muraxxal, Ibn Ru-shayd kabi shoirlar). Nasrda koʻproq tarixiy mavzuda va uzok, mamlakatlarga sayohat qilgan sayyohlar toʻgʻrisida (rixla janrida) asarlar yaratildi (asosiy vakili — Ibn Batuta). 13-asr boshlarida badiiy yilnomalar yaratish anʼanaboʻlib, 19-asrgacha davom etdi. 15— 16-asrlarda Marokash adabiyotida koʻproq mash-xur kishilar hayotiga bagʻishlangan asarlar, rivoyatlar vujudga keldi. 16—18-asrlar sheʼriyatida bir tomondan, tasav-vuf lirikasi, ikkinchi tomondan gedonizm (Ibn Zakur ijodida) tarq-aldi. Mumtoz arab sheʼriyati anʼanalari Marokash adabiyotida 20-asrning oʻrtalarigacha davom etdi. 16-asrdan boshlab Fosda Andalusiya xalq poeziyasi anʼanalari, Marokash shahri va uning atrofida mahalliy xalq janri (grix) rivojlana boshladi. Xalq sheʼriyati musiqa va kuy bilan mustahkam bogʻlangan. Marokashning arab va fransuz tillaridagi hozirgi zamon adabiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatining yuksalishi taʼsirida rivojlana boshladi. A. Benjellun ("Bolalikda" va boshqalar) va M. Safriui ("Moʻʼjizalar doʻkoni" va boshqalar) kabi yozuvchilarning asarlarida xalq hayoti mavzui yoritildi. 50-yillarda fransuz tilida yozilgan romanlar salmokli oʻrinni egalladi (M. A. Lahbobiyning "Umid qoʻshiqlari" va "Zulmatdan ziyoga" asarlari). 60-yillar adabiyotida dramaturgiya paydo boʻldi. Arab tilida ham nasriy asarlar yozila boshladi (A. K. Gʻallabning "Yetti eshik", Lahbobiyning "Tashna avlod" va boshqalar). Bu davrda M. adabiyotiga M. Buallu, M. Znibera, A. J. Sximiy, A. Baqqoliy kabi isteʼdodli yoshlar kirib keldi. 1960-yilda yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Zamonaviy adiblardan T. Benjellun, M. Xayriddin, M. Sabbogʻ, A. as-Salom, A. Larua, M. Barrada va boshqa mashhur. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Marokash hududida neolit davriga oid koya rasmlari (fil, kiyik, qush tasvirlari), miloddan avvalgi 1ming yillikka mansub aylana tosh qabristonlar, keyinroq ishlangan qizil sirli sopol idishlar saqlangan. Miloddan avvalgi 1-asr— milodiy 3-asrga oid Rim davri shaharlari (Volyubilis, Tamud, Tingis) harobalarida meʼmoriy obidalar, naqsh va haykallar qoldiklari uchraydi. Milod boshlarida barbar sanʼati rivoj topdi. Marokash Hududi arab xalifaligiga qoʻshilgach, arab badiiy anʼanalari va uslublari kirib keldi, musulmon meʼmorligi rivojlandi. Oʻrta asrlarda bu oʻlkada minorali, toʻgʻri toʻrtburchakli devor bilan oʻralgan shaharlar vujudga keldi (Miknas, Rabot, Fos), bir necha ibodatxonali gumbazlari muqarnas va sergʻovakli machitlar, saroylar qurildi. Muhim binolar tosh va yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan (Kutubiya machitining mi-norasi, 1184—99), 11 —13-asrlarda shaharlar harbiy maqsadlarda mustahkamlandi, qalʼalar qurildi. Binokorlikda tosh, loy, gʻishtdan keng foydalanidsi. 13—14-asr meʼmorligida, ayniqsa, bezakka alohida eʼtibor qilindi, binolar oʻyib naqsh ishlangan marmar, yogʻoch, koshin, sopol va oyna mozaika bilan bezatildi, vitrajlar ishlandi (Tosdagi Katta machit, 12—13-asr, Fosdagi Attarin madrasasi, 1323—25). 16— 17-asr madaniyat yodgorliklari, ayniqsa, nafis va boy bezaklari bilan diqqatga sazovor (Marokash shahridagi maqbaralar majmui, 16-asr 2-yarmi). 19-asrda Fos, Miknas, Marokashda ichki hovlili muhtasham saroylar qurildi. Koʻpgina shaharlarda 1—2 qavatli, ichki hovlili turar joylar 20-asrgacha ham saqlangan. Shaharlardan tashqarida tomi poxol bilan kulohsimon qilib yopilgan, qamish devorlari loy bilan suvalgan uylar koʻp qurilgan. Oʻrta asrlarda Marokashda shoyi, kundal matolar toʻqish, gilamdoʻzlik, kulollik, jezni badiiy ishlash avj olgan. Marokash Fransiya taʼsiri ostida boʻlgan yillarda mamlakatda yevropacha kvartallar qurildi. 1950-yillardan Marokashda zamonaviy uylar qurila boshladi. Marokash mustaqillikka erishgach (1956), shinam mehmonxonalar, villalar, kasalxonalar, koʻp qavatli turar joylar barpo etildi. Rabot va Kasablanka, ayniqsa, gurkirab rivoj topdi. Mustaqillik yillarida shaharlar bosh reja asosida qayta kurila boshladi. Marokashlik meʼmorlar mahalliy sharoitga moslab, milliy anʼanalar ruhida ishlagan loyihalar asosida turar joylar, jamoat binolari, sanoat inshootlari keng koʻlamda qurila boshladi. Marokash uchun yangilik boʻlgan tasviriy sanʼat rivoj topdi (E. Azaguri, J. F. Zevako kabi meʼmorlar, M. A. Idrisiy, M. Ammar kabi rassomlar, haykaltarosh X. bin Saloh ijodi diqqatga sazovor). Rabot, Kasablanka shaharlarida amaliy sanʼat ustalarining shirkatlari tashkil qilingan. Gilamdoʻzlik, charmni kashta bilan bezash sanʼati rivoj topgan, zargarlik, kandakorlik, mis idish va buyumlarni qadama naqsh bilan bezash sanʼati ham keng tarqalgan. Musiqasi barbar va arab madaniyatlaryning oʻzaro taʼsirida rivojlangan. Asl barbar musiqa sanʼati namunalari Marokash qishloklaridagina saqlanib qolgan. Musiqa sheʼriyat va raqs bilan uzviy bogʻlangan. Qoʻshiq bilan ijro etiladigan ommaviy raqslar keng tarqalgan. Marokashning Shimoli-sharqida yashaydigan barbarlarda axidu va janubi-gʻarbda yashaydigan barbarlarda axuax musiqiy uslublari shakllangan. Axidu kuylari ixcham diapazonli, xromatizmga boy, axuax kuylari yevropacha anʼanalarga yaqin, diapazoni keng. Barbarlarning musiqiy asboblari: kasba (nay), arxanim, bendir, tarija, skripka va boshqalarlardan iborat. Arab musiqa sanʼati turli-tuman boʻlib, arab mumtoz (aloʼ va samoʼ) va xalq (grix) musiqalarini oʻz ichiga oladi. Aloʼ va samoʼ kuylari baʼzan birbiriga yaqin boʻlsa ham, lekin mat-nda ular keskin farq qiladi. Aloʼ — dunyoviy, saroy sanʼati boʻlib, asosini mumtoz arab sheʼriyati tashkil etadi. Samoʼ — diniy mazmundagi madhiya, mavlud, qasidalardir. Oddiy kishilar qoʻshiqlari — grixlar qiroatga asoslangan. Musiqa asboblaridan ud, lira, rubob, mizmor va boshqa tarqalgan. Xalq ijodida zikr katta urin egallagan. Maqamlarning oʻziga xos magʻribcha uslubi shakllangan. Kompozitorlardan M. Benis, A. Auatif, M. Shakruniy, sozanda (qonun) va musiqashunos S. Sharqiy mashhur. Marokashda Milliy musiqa, raqs va drama sanʼati konservatoriyasi (Rabotda), Milliy musika va rake maktabi (Titvonda) ishlaydi. 1960-yildan Marokashda har yili milliy musiqa festivali oʻtkaziladi. Teatri Marokash teatr sanʼati xalq marosimlari, rasmrusumlari va oʻyinlari asosida vujudga kelgan. 12-asrdan soya va qoʻgʻirchoq teatrlari, xonanda, sozanda, raqqos va jonglyorlardan iborat sayyor aktyorlarning tomoshalari urf boʻldi. 19-asr oxirlarida miyerlik va suriyalik truppalar gastrol bera boshladi. Fransuz va ispan hukmronligi davri (1912—56)da xususiy uylardagi xonaki sahnalarda koʻpgina tomoshalar qoʻyildi. Baʼzi havaskor aktyorlar Yevropada taʼlim olib keldilar. 1923-yil Fosda uyushgan truppa 1929-yilgacha (rahbari dramaturg va rejissor Abdulla bin Shakrun) xaloyiq oldida tomosha koʻrsatdi. Shu shaharda Malikul Fosiy va Abdulvahob Shaviy boshchiligidagi truppalar ishladi, Sale, Tanjerda ham kichik truppalar tuzildi. 1956-yildan keyin teatr sanʼati rivojida yangi bosqich boshlandi. Kasablankadagi (Toyib Saddiqining Munitsipal teatri) va Rabotdagi (Ahmad Badri boshchiligidagi Milliy teatri) yetakchi teatrlarda Yevropa, arab dramaturglarining asarlari sahnalashtirildi. 1961-yil radiola birinchi professional truppa tashkil topdi. Marokashda 100 dan ortiq havaskorlik teatrlari mavjud. 1960-yildan Marokash shahrida Marokash sanʼati festivallari oʻtkazildi. 1959-yil Rabotda ochilgan Drama sanʼati markazida aktyorlar va sahna xodimlari ham tayyo-rlanadi. 1962-yildan Musiqa, raqs va drama sanʼati milliy konservatoriyasi ishlay boshladi. Arab davlatlari
24,235
3307
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mozambik
Mozambik
Mozambik (Mocambique), Mozambik Respublikasi (República de Moçambique) — Afrikaning jan,sharqiy sohilidagi davlat. Maydoni 801,6 ming km². Aholisi 19,4 mln. kishi (2001). Poytaxti — Maputu shahri Maʼmuriy jihatdan 11 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Maputu shahri ham viloyat maqomiga ega. Davlat tuzumi Mozambik — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1990-yil 30-noyabrda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1986-yildan Joakim Albertu Chissano). U umumiy yashirin tugʻri ovoz berish yuli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Respublika Assambleyasi (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat prezident zimmasiga yuklatilgan. U Vazirlar Kengashiga rahbarlik qiladi, vazirlarni, shu jumladan, bosh vazirni tayinlaydi. Tabiati Qirgʻoqning umumiy uz. 3000 km ga yaqin. Qirgʻoqlari qoyali, tik, oʻrtacha balandlikda, janubida past, yassi, ayrim joylarda botqoqliklar bor. Mamlakatning shimoliy qismida Sharqiy Afrika yassitogʻligi joylashgan, u gʻarbdan sharqqa zinapoyasimon pasay-ib boradi. Hududning kattagina semiki Mozambik payettekisligi egallaydi. Foydali qazilmalardan kumir, uran va temir rudalari, asbest, fosforit, slyuda, oltin, sharqda berilliy, niobiy, tantal, litiy ruda konlari bor. Mozambikning shimoliy qismida iqlim subekvatorial mussonli, janubida tropik, passatli. Mozambik payettekisligida yanvarning Urtachi temperaturasi 26°—30°, iyulniki 15°—20°, yassitogʻlikda (qish va yezda) 3°—5° dan past. Yillik yogin 750–1000 mm, sohilda 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Zambezi, Limpopo, Savi, Ruvuma. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Yirik sut emizuvchilar, asosan, qoʻriqxona va milliy bogʻlarda saqlanib qolgan. Chunonchi, Gorongoza milliy bogʻida fil, begemot, arelon, timsohlar, Marrumeu qoʻriqxonasida kafr buyvollari yashaydi. Oʻrmonlarda maymun kup. Turli ilon va qushlar uchraydi. Mozambikda Ba-nine, Zinave, Bazaruto milliy boglari ham bor. Aholisi Aholisi, asosan, bantu tili oilasiga mansub xalqlar (makua, tsonga, malavi, shona)dan iborat. Mozambikning shimoliy qismida sharqiy bantu xalqlari, janubiy qismida janubiy -sharqiy bantu xalqlari yashaydi. Yevropa va Osiyodan kuchib kelganlar (portugallar, hindlar, pokistonliklar), arablar, mulatlar ham bor. Rasmiy til — portugal tili. Mahalliy tillardan — shimolida imakua va chinyanja, janubida chishona va shangoalan tillarida koʻproq gaplashiladi. Aholining 70% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; qolganlari xristian va musulmonlar. Aholining 17% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Beyra, Maputu, Nampula. Tarixi Mozambikning eng qad. aholisi bushmenlar va gottentotyaaranr. Keyinchalik Mozambikga bantu tilida soʻzlashuvchi qabilalar kelib oʻrnashgan. Milodiy 1ming yillikning oxiri va 2-ming yillikning boshlarida Mozambik hududida Monomotap davlati vujudga keldi. 8-asrdaarablar, 16-asr boshlarida portugallar bostirib keldi. 1629-yilgi ogʻir shartli bitimdan soʻng Monomotap davlati Portugaliyaga tobe boʻlib qoldi. 17—18-asrlarda Portugaliya mustamlakachilari Mozambik hududida qul savdosi bilan shugʻullandi. 1752-yildan Portugaliyaning Sharqiy Afrika sohilidagi yerlarida generalkapitan boshliq mustamlaka maʼmuriyati taʼsis etildi. 1909-yil Portugaliya Janubiy Afrika Itti-foqi maʼmuriyati bilan har yili Mozambik mahalliy aholisidan 100 ming ishchini Transvaaldagi kumir va oltin konlariga majburan yuborish haqida konvensiya tuzdi. 1920-yil Mozambikdan kelgan afrikalik talabalar Lissabonda vatanparvarlar tashkiloti — Afrika ligasini tuzdi. Keyinchalik Mozambikda Afrika assotsiatsiyasi, mozambikliklar assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlar yuzaga keldi. Bu tashkilotlar mustamlakachilikka qarshi tuzilgan edi. 1925-yil transport ishchilari va dokerlar, 1949-yil Lorensu-Markish (hozirgi Maputu)da ishchi va dokerlarning ish tashlashlari boʻlib oʻtdi. 1964-yil 25-sentabrda Mozambikni ozod qilish fronti - FRELIMO (1962-yilda tuzilgan) rahbarligida quroldi qoʻzgʻolon boshlandi. Portugaliya qoʻshinlariga qarshi qurolli kurash jarayonida FRELIMO oʻz armiyasini tuzdi va dastlab Kabu-Delgadu, Nyasa okruglarida, 1968-yildan Tete okrugi atrofida jang boshladi. 1973-yil oxirida mamlakat hududining ʻ/4 qismi FRELIMO nazoratiga oʻtdi. 1974-yil 25-aprel da Portugaliyada fashis-tlar istibdodi agʻdarilgach, 1974-yil 5-sentabr dan Portugaliya muvaqqat hukumati bilan FRELIMO oʻrtasida muzokara olib borildi va 20-sentabrda Mozambikda hokimiyat muvaqqat hukumat qoʻliga oʻtdi. 1975-yil 25-iyunda Mozambik rasman mustaqil davlat maqomiga ega boʻldi. 1990-yil noyabrgacha mamlakat Mozambik Xalq Respublikasi, soʻng Mozambik Respublikasi deb ataldi. Mozambikni ozod qilish fronti hamda respublika hukumati keng ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlarni nazarda tutgan dastur ishlab chiqsi va uni amalga oshirishga kirishdi. Biroq portugallar koʻplab ketib qolishi natijasida malakali mutaxassislar yetishmay qoldi. Koʻpgina sanoat korxonalari toʻxtadi, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari huvillab qoldi. Tashqi qarz oshdi, tashqi savdo qiyinlashdi. FRELIMO partiyasi sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga intilib, muhim iqtisodiy va ijtimoiysiyosiy tadbirlar oʻtkazdi. Anʼanaviy xususiy xoʻjaliklarga keng yoʻl ochildi. Qoʻshilmaslik va barcha mamlakatlar bilan doʻstlik tashqi siyosatga asos qilib olindi. Mozambik — 1975-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 27-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi. Milliy bayrami —25-iyun — Mustaqillik kuni (1975). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Mozambikni ozod qilish fronti (FRELIMO) partiyasi, 1962-yil 25-iyunda tuzilgan; Mozambik milliy qarshiligi partiyasi, 1976-yilda asos solingan. Mozambik mehnatkashlari tashkiloti kasaba uyushmasi, 1983-yilda tashkil etilgan. Iqtisodiyoti Mozambik — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 46%, sanoatning ulushi 27%. Mozambikda yer fondi 78,3 mln. gektarni tashkil etadi, uning 44,4 mln. gektari pichanzor va yaylov, 19,4 mln. gektari oʻrmon va siyrak oʻrmon. Dehqonchilikka yaroqli 15 mln. gektar yerning faqat 5—6 mln. gektaridan foydalaniladi, qurgʻoqchilik yillarida bundan ham kamayadi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida moyli palma, yer yongʻoq, kungaboqar asosiy oʻrin oladi. Maputu, Beyra, Nampula shaharlari atrofida oziq-ovqat mu-ammosi qisman banan, loviya, pomidor va boshqa sabzavot hisobiga hal etiladi. Inyambane va Nampula viloyatlarida maniok, Zambeziya va Maputu viloyatlarida makkajoʻxori, oq joʻxori koʻproq ekiladi. Eng muhim ekinlar qatoriga keshyu yongʻogʻi, paxta, shakarqamish, kopra, sitrus mevalar kiradi va koʻp qismi eksport qilinadi. Sizal, jut, tamaki, choy ham yetishtiriladi. Chorvachiligi, asosan, ichki isteʼmolni taʼminlaydi. Setse pashshasi boʻlmagan Gaza, Maputu viloyatlari, shuningdek, Manika va Sofala vilo-yatlarining bir qismi muhim chorvachilik makonlaridir. Qoramol, echki, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Dengizda baliq va boshqa suv jonivorlari ovlanadi. Sanoatining asosiy tarmoqlari, oziq-ovqat va yengil sanoat, energetika, neft sanoati, kimyo sanoati, kora metallurgiya, qurilish materi-allari sanoati va boshqa Maputu va Beyra shaharlarida un, arahis,kungaboqar yogʻi, pivo, qandshakar, baliq konserva, goʻsht va keshyu yongʻogʻini qayta ishlash korxonalari bor. Shimoyodagi meva konservalari va sharbat ishlab chiqarish zavodi Afrikadagi eng yirik shunday korxonalardan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi 40 ta toʻqimachilik korxonasidan 14 tasi Maputuda joylashgan. Ularda paxta, shuningdek kopra, sizal va jutdan turli buyumlar ishlab chiqariladi. Beyrada paypoq fabrikasi, Shimoyoda jutdan qopqanor, Nakalada sizaldan yoʻgʻon va ingichka arqonlar toʻqiydigan fabrika bor. Maputu poyabzal fabrikasi yiliga 1 mln. juft Maputu shahridagi milliy teatr, oyoq kiyim ishlab chiqaradi. Maputu, Beyra, Nampula, Shimoyo, Inyamin-geda yogʻochsozlik va mebel fabrikalari, sellyulozaqogʻoz kombinati mavjud. Maputudagi mashinasozlik korxonalarida va-gonlar ishlab chikariladi, avtobus, mototsikl, velosiped, sovitkich yigʻiladi, kabel ishlab chiqariladi, kemalar taʼmirlanadi. Maputu, Dondo, Nakalada sement zavodlari bor. Toshkoʻmir, mis, siyrak metalli rudalar, diatomit qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 490 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mozambikning asosiy transport yoʻllari Mozambik portlari orqali qoʻshni mamlakatlar — Zimbabve, Malavi, Esvatini va JAR oʻrtasida tranzit yuk tashilishini taʼminlashga xizmat kiladi. Transport yoʻli — transportning eng muhim turi. Uzunligi 3843 km. Avtomobil yoʻllari tarmogʻining uz. 39 ming km. Beyra — Mutare neft kuvuri qurilgan. Asosiy dengiz portlari: Maputu, Beyra, Nakala, Kelimane. Xalqaro aeroportlari: Mavalane (Maputuda) va Beyra. Mozambik chetga mayda qisqichbaqa, keshyu yongʻogʻi, kopra, sitrus mevalar, choy, paxta, sizal, yogʻoch sotadi. Chetdan mashina va uskunalar, oziq-ovqat, pishloq, isteʼmol buyumlari, neft mahsulotlari oladi. Tashqi savdodagi mijozlari: Portugaliya, JAR, AQSH, Yaponiya, Ispaniya. Pul birligi — metikal. Mustaqillik eʼlon qilinganidan soʻng aholiga tibbiy xizmatni yaxshilash choralari koʻrildi: xususiy kasalxona va dispanserlar davlat ixtiyoriga olindi, bepul tibbiy xizmat joriy etildi, baʼzi doridarmonlar bepul beriladigan boʻldi; aholini qizamiq, bezgak, sil kasalligiga karshi emlash yoʻlga qoʻyildi. Maputuda bezgak va boshqa yuqumli kasalliklarni ta-dqiq qiluvchi xalqaro markaz ochilgan. Maputu universitetining tibbiyot fakultetida vrachlar tayyorlanadi. Mozambiklik yoshlar chet ellardagi tibbiyot oliy va oʻrta oʻquv yurtlarida ham taʼlim olib kelayotir. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Mozambik mustaqillikka erishgach (1975), maorif ishlari avj oldi. Savodsizlikni tugatish va katta yeshdagilarga taʼlim berish milliy boshqarmasi tuzildi, muallimlar tayyorlovchi 6 oylik maxsus kurslar ochildi. Yagona dunyoviy xalq taʼlimi davlat tizimi, umumiy majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Hunartexnika taʼlimi kengaytirildi. Maputu yakinidagi Matol shahrichasida hunartexnika bilim yurti, Nampulada industrial ped. texnikumi, Beyra, Tete, Maputu, Imoyro, Shakva va boshqa shaharlarda hunartexnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlari kurildi. Mozambikdagi 6 ta maxsus oʻquv yurti qishloq xoʻjaligi uchun mexanizatorlar tayyorlaydi. Mazkur oʻquv yurtlari va maktablar uchun oʻqituvchilar E. Monddane nomidagi universitetda va maxsus markazlarda tayyorlanadi. Koʻpgina yoshlar chet ellarga borib oʻqib keladi. Maputuda E. Mondlane nomidagi universitet, pedagogika instituti, Mozambik ilmiytadqiqotlar instituti, astronomiya va meteorologiya rasadxonasi, paxta tadqiqoti instituti, sogʻliqni saqlash instituti, geol. va konchilik xizmati bor. Maputuda milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Geol. xizmati kutubxonasi, Munitsipal kutubxona, Axborot va hujjatlashtirish markazining kutubxonasi, Nampulada industrialped. texnikumining kutubxonasi mavjud. 1980-yil Maputuda ishchilar uchun mamlakatda birinchi ommaviy kutubxona ochildi. Maputuda etn. va tabiat tarixi muzeyi, geol. muzeyi, Inkilob muzeyi, Milliy tarix muzeyi, Milliy sanʼat muzeyi, Beyrada Etn. muzeyi, Nampulada Badiiy galereya bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Mozambikda bir necha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Vanguarda" ("Avangard", portugal tilida chikadigan oylik gazeta, 1989-yildan), "Diariu di Mozambik" ("Mozambik kundalik gazetasi", portugal tilida chikadigan gazeta, 1981-yildan), "Domin-gu" ("Yakshanba", portugal tilida chikadigan yakshanbalik gazeta, 1981-yildan), "Kampu" ("Dala", portugal tilida chiqadigan oylik gazeta, 1984-yildan), "Notisiash" ("Yangiliklar", portugal tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1926-yildan), "Tempu" ("Vaqt", portugal tilida chiqadigan oylik jurnal, 1970-yildan). Mozambik axborot agentligi hukumat axborot agentligi boʻlib, 1975-yilda tuzilgan. Mozambik radiosi qukumatga qarashli radiostansiya, 1975-yilda asos solingan. Mozambik televideniyesi, hukumat xizmati, 1981-yilda tuzilgan. Adabiyoti Mozambik xalqlarining folklori koʻp janrli va koʻp tilli boʻlishiga qaramay, kam oʻrganilgan va yozma adabiyotda toʻliq ifodalanmagan. Ammo koʻpgina shoir va yozuvchilarning ijodida folklorning taʼsiri sezilib turadi. Mozambikda madaniy va ijtimoiy oʻzlik namoyon boʻlishining ilk shakli jurnalistika boʻlgan. Jurnalistika 20-asr boshlarida portugal mustamlakachilari oʻtkazayotgan maʼnaviy qorishish siyosatiga qarshi norozilik ifodasi tarzida paydo boʻldi. 1918-yilda asos solingan "Bradu afrikanu" haftanomasining afrikaliklar uyushmasi mu-stamlakachilikka qarshi ruxda boʻlib, unda aka-uka Juan va Joze Albazini hamda atoqli jurnalist, Mozambik adabiyoti asoschisi E. Diash hamkorlik qildilar. Mozambikda badiiy adabiyot portugal tilida 20-asrning 20-yillarida paydo boʻldi, unda 2 ta — mustamlakachilikka tarafdor va unga qarshi yoʻnalish tarkib topdi. Xalqchil adabiyot namoyandalari J. Albazini ("Gʻam-gʻussa kitobi"), R. di Noronya va boshqa mustaqillik ruhida kitoblar yozishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Mozambik adabiyotida realistik tamoy-il kuchaydi. J. Kraveyrinye va Noemiya di Sozning otashin sheʼrlari, Mozambik dush Santushning joʻshqin publitsistikasi xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. J. Diashning hikoyalar toʻplami — "Godido" qullarcha itoatgoʻylikni itqitib tashlashga chaqirdi. Key-ingi yillarda L. Bernardu Onvana va O. Mendish qurolli kurash bosqichlari, shoirlardan R. Nogar, E. Gebuza, S. Viyeyra atrof dunyoni qayta qurish haqida yozdilar. Adabiyotning badiiy shakli oʻzgarib, tili soʻzlashuv nutqiga yaqinlashib borayotir. Yozuvchilar ma-xalliy bantu guruhi tili ga tobora tez-tez murojaat qila boshladi. Meʼmorligi, tasviriy va amaliy sanʼati. umba togʻi yon bagʻirlaridagi suratlar Mozambik hududidagi eng qad. yodgorliklardir. Ular ohularning, yalangʻoch va kiyimli odamlarning qizil boʻyoqda tasvirlangan rasmlaridan iborat. Oʻrta asrlardan bir qancha shaharlarda portugal istehkomlari (Mozambik shahridagi qalʼa, Mozambik o.dagi San-Sebash-tyan qalʼasi) qolgan. Zamonaviy meʼmor A. Guyedish loyihasi asosida qurilgan murakkab tuzilishdagi turar joylar va jamoat binolari (Chikumbandagi qishloq xoʻjaligi maktabi, Inyambanedagi kottej va boshqalar) shaharlar meʼmoriy qiyofasiga oʻziga xoslik baxsh etgan. Odatda, Mozambik xalqlarining uylari 2 to-ifada quriladi. Dengiz sohilida turar joylar yogʻoch va chiviqlardan, toʻgʻri burchak tarhli qilib solinadi va ustidan loy bilan suvaladi, tomi 2 tomonga nishab qilib, oʻt-oʻlan bilan yopiladi. Mamlakat ichkarilarida esa uylar dumaloq, oʻrtasiga ustun oʻrnatilib, tomi konus shaklida qamish va shox-shabba bilan yopiladi. Uy devorlariga koʻpincha rangbarang boʻyoklarda jonivorlar suratlari va turli rasmlar solinadi. Derazalarga naqshlar tushiriladi. 20-asrning 2-yarmida shaharlarda yevropacha imoratlar kurila boshladi. Amaliy va tasviriy sanʼatida yogʻochdan erkak va ayollarning, bola koʻtargan onalarning haykalchalarini, turli shakllarni yasash, savat va bordon toʻqish, zarang idishlar yasash va ularni bezash odat boʻlgan. Oshqovoq poʻstlogʻidan idishlar qilinadi, sopol idishlarga botiq va boʻrtma naqshlar tushiriladi. Uy eshiklari, mebellar oʻymakorligi urf boʻlgan. 19-asrning 40-yillaridan milliy rangtasvir maktabi vujudga kela boshladi (birinchi rassom ayol Bertina Lopish). 50-yillarda bir guruh rassom va haykaltaroshlar voyaga yetdi (rassomlar V.G. Malangatan va A. Chissanu, haykaltarosh N. Langa, rangtasvirchi V. Mankeu, Mashaana, Mukaveli va boshqalar). Musiqasi Mozambik musiqiy madaniyati qad. Xalq urf-odatlari, toʻytomoshalar, chaqaloq tugʻilishini nishonlash kabi marosimlar musiqasiz oʻtmaydi. Qoʻshiq, raqs, mashshoqlik xalq kundalik hayotiga singib ketgan. Urib chalinadigan asboblar xilma-xil boʻlsa ham, ammo ksilofon asosiy oʻrinda turadi, uning 50 dan ortiq turi mavjud. Ansambllarda doʻmbira va ksilofondan tashqari, qarsildoq, shiqildoq va qoʻngʻiroqlar katta oʻrin tutadi. Puflama cholgʻular orasida bambuk va qamish naylar, suyak va yogʻoch hushtaklar, burgʻular, tilchali-klavishli chol-gʻulardan mbira, bir torli sozlardan kamonsimon chitende, katimbva, gʻijjakka oʻxshagan takare, rebeka va boshqa, koʻp torli sitra (bangue, pango) ommalashgan. Musiqiy asboblar chalish, asosan, erkaklarning ishi boʻlsa, qoʻshiqlarni erkaklar ham, ayollar ham aytaveradi (ammo aralash xor kamdankam uchraydi). Mozambikda anʼanaviy musiqa bilan bir qatorda arab va portugal musiqiy madaniyati taʼsiridagi qoʻshiq va raqslar ham paydo boʻldi. Musiqa sanʼatini targʻib qilish uchun Milliy qoʻshiq ansambli tuzilgan. Kinosi Dastlabki hujjatli lentalar: "Nachingvea" (1974) va "Rovumdan Maputugacha" (1975)da milliy ozodlik kurashidagi gʻalabalar aks ettirildi. Ularda savodsizlikni tugatish, turmushdagi poklik va ozodlik mavzulari ham aks etgan. 1975-yilda tuzilgan Milliy kino instituti filmlar ishlab chiqarish va prokat qilish, kino axborot tarqatish va boshqa mamlakatlar bilan kino ayirboshlash bilan shugʻullanadi. "Yigirma besh" (1977, rejissyor Z.S. Korrea va S. Lukash), "Mustaqillik yili" (1978, rejissyor F. Silva), "Leopold" operatsiyasi" (1980, rejissyor K. di Soza), "Ozod ovozlar" (1981, rejissyor J. Koshta) salmoqli filmlar jumlasiga kiradi. "Mueda: qirgʻinbarot xotiralari" (1980, rejissyor R. Gerra) deb atalgan birinchi tuda metrajli badiiy film milliy ozodlik kurashini ifodalaydi. Birinchi rangli film "Kuyla, birodarim" (1982) milliy musiqiy festivallarga bagʻishlangan. Multfilmlar ham yaratila boshladi. Hududiy bo'linishi Mozambik 11 provinsiyaga bo'linadi. Mamlakat poytahti — Maputu (1200 min. kishi.). Yirik shahari: Beyra (412 588 kishi.), Nampula (230 min. kishi.), Inyambane (150 min. kishi.), Tete (100 min. kishi.). Asosiu portlari: Beyra, Nakala, Kelimane. Manbalar Mozambik BMT aʼzolari
17,709
3308
https://uz.wikipedia.org/wiki/Namibiya
Namibiya
Namibiya (Namibia), Namibiya Respublikasi (Republic of Namibia) — Afrikaning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 825,4 ming km². Aholisi 1,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Vindxuk shahri Maʼmuriy jihatdan 13 tuman (district)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi Namibiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990-yil 9-fevralda qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1990-yildan Sem Nuyoma). Konstitutsiyaga binoan u umumiy toʻgʻriovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Ammo konstitutsiyaga 1998-yilda kiritilgan tuzatishga muvofiq Sem Nuyoma uchun prezident lavozimida boʻlish muddatini cheklash bekor qilindi. Konun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali parlament (Milliy assambleya va Milliy kengash). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi. Tabiati Namibiyaning qirgʻoq chizigʻi tekis. Yer yuzasining aksari qismi balandligi 900–1500 m yassitogʻlik boʻlib, daryo vodiylari va tektonik botiklar mavjud. Eng baland joyi 2600 m (Brandberg togʻi). Yassitogʻlikning sharqiy va shimoliy chekkalari qiya, gʻarbiy chekkasi esa sohil boʻyi tekisligi — Namib choʻliga tik tushgan. Namibiyaning markazi va janubidagi keng bukilma quyi kembriy yotqiziqlari bilan toʻlgan. Foydali qazilmalardan mis, germaniy, qoʻrgʻoshin-vanadiy, marganets, qalay, volfram konlari bor. Oltin, kumush, uran rudalari, oltingugurt, rux, sohildan va dengizning sohilga yaqin qismidan olmos xdm qazib olinadi. Iklimi tropik, juda quruq. Eng issiq oyi — yanvarning oʻrtacha temperaturasi 18—27°, eng salqin oyi — iyulniki 12—16°. Yillik yogʻin sohilda 10–15 mm, shimoli-sharqida 500 – 700 mm. Koʻpgina daryolarida faqat yomgʻir yoqqan vaqtda suv oqadi. Yirik daryolari: Oranj, Zambezi va Kunene. Namibiya hududining koʻp qismida tropik choʻl va qizgʻish qoʻngʻir tuproq. Namib choʻlida oʻsimlik juda siyrak. Yassitogliklar kserofit butazorlar bilan qoplangan. Balandroq joylar chala choʻl va choʻl savannasidan iborat. Hayvonlardan endemik kemiruvchilar, hasharotxoʻrlar, naytish yashaydi. Viverralar, kiyik, sirtlon uchrayhbhhhbggyyuuuuuuhhhghhhdi. Hayvonlarningayrim turlari faqat milliy bogʻlar va qoʻriqxonalarda saqlanib qolgan, milliy bogʻlarning eng kattasi — Etosha milliy bogʻi. Aholisi Namibiya tub joy aholisining aksari qismi bantu tillari oilasiga mansub elatlardan iborat. Gottentot, togʻlik damara va bushmenlar ham yashaydi. Yevropaliklar aholining 7%ni tashkil etadi. Rasmiy tili - ingliz tili. Axrlining 90% xristianlar, qolgan qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 25%. Yirik shaharlari: Vindxuk, Uolfish-Bey, Sumeb, Kitmansxup, Ochivarongo. Tarixi Qadim zamonlarda Namibiya hududida ovchilik va yovvoyi daraxt mevalarini terish bilan shugʻullanuvchi bushmenlar, koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullanuvchi gottentotlar hamda togʻlik damaralar yashagan. taxminan 16-asrdan Namibiya hududiga bantular (gerero, ambo, kavango, yeye, tsvana va boshqalar) kirib kela boshladi. Gererolarning asosiy mashgʻuloti chorvachilik boʻlgan. 18-asr oxirlarida ularni dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanuvchi ambolar jan.ga surib yubordi. Namalar bilan togʻlik damaralar (gottentotlarning bir guruhi) esa mamlakat janubida oʻrnashib oldi. 19-asr boshlarida Kap mustamlakasidan koʻchib kelgan orlamlar koʻpgina gerero qabilalarini oʻzlariga boʻysundirib oldi. Hozirgi Namibiya sohiliga dastlab 1484-yilda portugal dengizchilari kelib tushganlar, shundan soʻng bir necha asrgacha yevropaliklar bu yerlar bilan deyarli qiziqmaganlar. Faqat 1802-yildan inglizlar Oranj daryosidan shim.roqda oʻzlarining dast-Vindxuk shahri koʻchalarida.labki missiyalarini tuzdilar. 1878-yilda Buyuk Britaniya Okaxanjada qalʼa qurib, Uolfish-Bey atrofini oʻz mulki deb eʼlon qildi. 1884-yilda Germaniya Namibiya hududini Germaniya Jan.-Gʻarbiy Afrikasi (JGʻA) nomi bilan oʻzining protektoratiga aylantirdi. Mus-tamlakachilar oʻz hukmronligini oʻrnatishda afrikalik qabila boshliqlarining oʻzaro adovatidan foydalan-dilar. Gottentot, mbanderu va koua qabilalari mustamlakachilarga eng koʻp qarshilik koʻrsatdilar. Birinchi jahon urushi davri (1914—18)da JGʻAni Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) bosib oldi. Urushdan keyin u Millatlar Ligasi ixtiyoridagi mandatlar tarkibiga ki-ritildi. 1920-yilda JGʻAni boshqarish mandati JAIga berildi. Shu vaqtdan JAIdagi irqiy tartiblar JGʻAga ham joriy boʻldi. 1925-yilda JGʻAda Qonun chiqaruvchi assambleya tuzilib, deputatlikka faqat oq tanlilar saylandi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan keyin barcha mandat hududlari BMTning xalqaro vasiyligi tarkibiga kiritilishiga qaramay, JAI (1961-yildan - JAR) JGʻAni BMT vasiyligiga berishdan bosh tortib keldi. 1949-yilda esa bu hududni JARning viloyati deb eʼlon qildi. 1946-yildan JGʻA masalasi BMTning turli organlarida muhokama qilinib, JARning JGʻAga nisbatan mustamlakachilik siyosati qoralandi. 1966-yilda Bosh Assambleya qabul qilgan rezolyusiyada JGʻA xalqining oʻz taqdirini oʻzi hal qilish va mustaqillikka boʻlgan huquqlari qayd qilin-di, JGʻAni boshqarish uchun JARga berilgan mandat bekor qilinib, bundan keyin bu hududni boshqarish BMTga yuklatildi. 1967-yilda JGʻAni boshqarish uchun BMTning maxsus Kengashi tuzildi va komissar tayinlandi (ammo 1990-yilgacha Namibiyani JAR boshqardi). 1968-yilda BMT Bosh Assambleyasi JGʻA xalq-ining istagini hisobga olib, JGʻA no-mini Namibiya deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi va BMTga aʼzo davlatlarni namibiyalik vatanparvarlarga yordam berishga daʼvat etdi. 1960-yilda tuzilgan SVAPO, (Jan.Gʻarbiy Afrika xalq I tashkiloti) tub joy aholining milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi. 70-yillarning oxirlaridan bu tashkilotning faolligi kuchaydi. U N.ga darhol mustaqillik berilishini va demokratik xalq hukumati tuzilishini talab qildi. Nihoyat, 1990-yil 21-martda Namibiya mustaqil deb eʼlon qilindi va Namibiya Respublikasi deb yuritila boshladi. Namibiya — 1990-yildan BMT va Afrika Birligi tashkiloti aʼzosi. 1991-yil 25-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami — 21-mart — Mustaqillik eʼlon qilin-tan kun (1990). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Jan.-Gʻarbiy Afrika xalq tashkiloti (SVAPO), partiya, 1960-yilda asos solingan; Turixalle demokratik alyansi, partiya, 1977-yilda tuzilgan; Demokratlar kongressi, partiya, 1999-yilda tashkil etilgan; Birlashgan demokratik front, 1989-yilda tuzilib, 1993-yilda partiyaga aylantirilgan. Namibiya ishchilari milliy ittifoqi kasaba uyushma birlashmasi, 1971-yilda tuzilgan. Xoʻjaligi Namibiya konchilik sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Konchilik sanoati Namibiya iktisodiyotining negizidir. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoati 21,6%, qishloq xoʻjaligi va baliqchilik 15,4%, qayta ishlash sanoati 6,2%ni tashkil etadi. 20-asrning 90-yillarida har yili salkam 800 ming karat olmos, 1600 kg oltin, 90 t dan ziyod kumush, 72 ming t rux, 33 ming t mis, 35 ming t qoʻrgʻoshin, shuningdek, koʻp miqdorda uran rudalari, kalay, marganets, volfram, vanadiy, oltin-gugurt qazib olindi. Rangli metallurgiya korxonalari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 1 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Vindxuk, Sumeb va UolfishBeyda yirik issiklik elektr stansiyalari bor. Kunene daryosida 320 MVt kuvvatga ega boʻlgan GES qurilgan. Konchilikka bogʻliqboʻlmagan ishlab chiqarish sanoati unchalik yaxshi rivojlanmagan. Chetdan keltirilgan qismlardan mashina va uskunalar yigʻadigan zavodlar, yogʻochsozlik korxonalari, baliq uni va konservalari ishlab chiqariladigan zavodlar, tyulen yogʻini qayta ishlaydigan fabrika, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyalashgan yirik tovar fermer (asosan, chorvachilik) xoʻjaliklari ustun. Qorakoʻlchilik asosiy oʻrinni egallaydi. Qoramol ham boqiladi. Mamlakat hududining 46% oʻtloq va yaylovlar bilan band. Yerlarning atigi 1% sunʼiy sugʻorishsiz ekin ekishga yaroqli. Bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, supurgi, sabzavot yetishtiriladi. Dengiz boʻyi aholisi baliqchilik bilan shugʻullanadi. Temir yoʻllar uz. 2,4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 41,9 ming km, shundan qattiq qoplamali yoʻllar — 4,5 ming km. Dengiz portlari: Uolfish-Bey, Lyuderits. Vindxuk yaqinida xalq-aro aeroport bor. Oʻz mahsulotining eksport qilinadi. Sanoat va isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojning 80% import hisobiga qondiriladi. Chetga mineral xom ashyo (olmos, uran, turli metallar), chorvachilik mahsulotlari (goʻsht, goʻsht konservalari, baliq) chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-us-kuna, keng isteʼmol mollari, qurilish materiallari keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, AQSH. Pul birligi — Namibiya dollari. Zamonaviy tibbiyot va maorif tizimlari endigina yoʻlga qoʻyila boshladi. Vindxukda Texnika kolleji bor. Il-miy muassasalari: Vindxukda Ilmiy jamiyat, Meʼmorlik instituti, Uolfish-Beyda Ekologiya tadqiqoti departamenti, Vindxukda qishloq xoʻjaligi departamenti. Vindxukda xalq kutubxonasi, Arxiv va uning kutubxonasi, Davlat muzeyi, Svakop-mund va Lyuderits shahrida muzey bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Namibiyada nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: "Algemayne saytung" ("Umumiy gazeta", nemis tilida chiqadigan kundalik kechki gaz., 1915-yildan), "Namib tayme" ("Namib vaqti", ingliz, nemis, afrikaans va por-tugal tillarida haftada 2-marta chikadigan gaz., 1958-yildan), "Namibian" ("Namibiyalik", ingliz tilida chika-digan gaz., 1985-yildan), "Nyu ira" ("Yangi davr", ingliz tilida haftada 2-marta chiqadigan hukumat gaz.), "Republikeyn" ("Respublikachi", afrikaans, ingliz va nemis tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1977-yildan), "Namibiya tudey" ["Bugungi Namibiya", ikki haftada 1-marta Luanda (Angola)da chika-digan jurnal, 1977-yildan], "SVAPO informeyshn bulletin" ("SVAPO axborot byulleteni", oyiga 1-marta chikali). Namibiya axborot agentligi (NAMPA) 1987-yilda tashkil etilgan. Namibiya radioeshittirish korporatsiyasi, radioeshittirish va telekoʻrsatuv mahkamasi, 1979-yilda tuzilgan. Xalq sanʼati Namibiya hududidan qad. qoya rasmlari topilgan. Ular maʼdan boʻyoqlar bilan yoki oʻyma usulda bajarilgan. Bir necha ming yillar avval bushmenlar va ularning ajdodlari chizgan bu rasmlarda xilma-xil hayotiy voqealar (ov va jang manzaralari, diniy marosimlar, afsona qahramonlarining ishlari) tasvirlangan. 1907-yilda Brandberg togʻi yaqinidagi Maak gʻoridan topilgan qoya naqshi jahonga mashhur boʻlib, miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalariga mansubligi aniklandi va u "Oq ayol" deb nomlandi. Namibiyada anʼanaviy turar joylar ibtidoiy (doira shaklidagi devorlari oʻt, shox-shabba, hayvon terilari bilan yopilgan) chaylalardan iborat. Chayla oʻrtasiga ustun qoʻyilib, tomi poxol bilan yopiladi. Namibiyada badiiy xunarmandchilik (kulolchilik, kashtachilik), metalldan qurol, zeb-ziynat (taqinchoq va h.k.) yasash keng tarqalgan. Manbalar Namibiya BMT aʼzolari
10,927
3309
https://uz.wikipedia.org/wiki/Niger
Niger
Niger (Niger), Niger Respublikasi (République du Niger) —Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Maydoni 1267 ming km². Aholisi 22,36 mln. kishi (2020). Poytaxti — Niamey shahri Maʼmuriy jihatdan 7 departamentga, ular okruglarga, okruglar kommunalarga boʻlinadi. Davlat tuzumi Niger — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1999-yil 18-iyuldagi referendumda maʼqullangan. Konstitutsiyaga binoan, davlat boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Niger hududining koʻp qismi Sahroi Kabirda, balandligi 200–500 m gacha boʻlgan plato. Eng baland joyi 2022 m (Air platosida, Idukaln-Tages togʻi), janubi-gʻarbi Niger daryosining oʻrta oqimidagi vodiy. N.da oltin, uran, qalay rudalari, volfram, niobiy, temir, koʻmir, fosforit, platina konlari bor. Chad kuli soyligida osh tuzi qatlamlari topilgan. N.ning shimoliy va Shimoli-sharqida iklim choʻl tropik, janubiy va janubi-gʻarbida subekvatorialdir. Eng salqin oylari — dekabr, yanvarda oʻrtacha temperatura 20—24°, eng issiq oyi — mayda 32— 34°. Oʻrtacha yogʻin shimoliy va Shimoli-sharqda 100 mm dan kam, janubiy va janubi-gʻarbda 600–800 mm. Jan.-gʻarbida mamlakatdagi yirikdaryo— Niger oqiboʻtadi. Janubiy va janubigʻarbida akatsiya, baobab, dum-palma, qovun daraxti va boshqa oʻsadi. Shimoliy savanna va choʻl oʻsimliklaridan iborat. Yovvoyi xayvonlardan sher, fil, buyvol, jirafa, kiyik, chiyaboʻri, sirtlonlar bor. "Dubl-Be" ("W") milliy bogʻi tashkil etilgan. Aholisi Nigerda aholining 50% ga yaqinini xausa elati tashkil etadi. Songay va jerma, kanuru va tubu, tuareg, fulba va boshqa ham yashaydi. Aholining taxminan 90% i islom diniga, bir qismi xristian diniga, qolganlari esa mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — fransuz tili. Asosiy shaharlari: Niamey, Agades, Zinder, Maradi, Taxva. Tarixi Niger hududida qadimdan aholi yashab kelgan. Air togʻligi, Tener choʻli, Agades shahridagi arxeologik qazishmalarda neolit davriga mansub ashyolar topilgan. Qad. odamlar yovvoyi mevalarni terib kun kechirganlar, ovchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Milodiy 1-asrda Saxroi Kabirning jan.ga rimliklar kirib kelgan. Arab va barbar savdogarlari kelishi bilan islom dini tarqalgan. 7—19-asrlarda N.ning ayrim qismlari oʻrta asr Gʻarbiy Sudan davlatlari — Songay va Kanem tarkibida boʻlgan. 18-asr urtalarida Niger daryosining sohillari tuareglar qul ostiga utgan. 19-asrda N. hududida yevropaliklarning bir necha ekspeditsiyasi boʻlgan. 1898-yildan fransuzlar N.ni mustamlaka qilishga kirishdilar. 1901-yil N. Fransiya Gʻarbiy Afrikasi (FGʻA)ga kiruvchi Yuqori Senegal tarkibiga qoʻshib olindi. 1922-yildan N. FGʻAning alohida maʼmuriy birligi qilib ajratildi. Mustamlakachilar majburiy mehnattartibotini joriy qidsilar. N. xalqi mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolonlar koʻtardi (1905,1906—14, 1914— 17). Mustamlakachilarga qarshi kurash 1-va 2-jahon urushlari oʻrtasidagi davrda ham davom etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati boshlandi. 1946-yil Niger taraqqiyparvar partiyasi (NTP) tuzildi. 1947-yil Fransiyaning "dengiz orti hududi" maqomini oldi. 1951-yil NTPning soʻl qanoti Jibo Bakari rahbarligida partiyadan ajralib chiqib, N. demokratik ittifoqini tuzdi. Uning nomi 1958-yil Savaba (Ozodlik) deb oʻzgartirildi. 1957-yil J. Bakari N. huku-mat kengashining bosh vaziri etib saylandi. 1958-yil 28-sentabrda Fransiyaning yangi konstitutsiyasi loyihasi haqidagi referendumda Savaba N.ga mustaqillik berilishini talab qildi. 1958-yil 18-dekabrda N. Fransiya Hamjamiyati tarkibida oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublika deb eʼlon qilindi. 1959-yilda N. Res-publikasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. 1960-yil 3-avgustda N. mustaqil respublika deb eʼlon qilin-di va u Hamjamiyatdan chikdi. 1960-yil noyabrda Milliy majlis yangi konsti-tutsiyani kabul kildi va NTP rahbari A. Diorini respublikaning birinchi prezidenti etib sayladi. N.da bir partiyali tizim karor topdi. Barcha ja-moat tashkilotlari NTP nazorati ostiga oʻtdi. 1961-yilda Fransiya bilan siyosiy, iqtisodiy va harbiy hamkorlik haqida bitim imzolandi. Fransiya N.ning tashqi savdosi, moliyasi, mudofaasi, maorif tizimi ustidan nazoratni saqlab qoldi. Ijtimoiy-iqti-sodiy soxalarda xalqning ahvoli yaxshilanmadi, ommaning noroziligi kuchaydi. 1974-yil 15-aprelda, 1996-yil 27-yanvarda sodir boʻlgan harbiy toʻntarishlar ham aholining ahvolini yaxshilashga olib kelmadi. Nihoyat, 1999-yil 9-apreldagi harbiy toʻntarish natijasida mamlakat prezidenti Ibrohim Barre Maynassar oʻddirildi, Milliy majlis va hukumat tarqatib yuboriddi, 1966-yil konstitutsi-yaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyildi. 1999-yil 11-aprelda tasdiklangan Milliy yarash kengashi mayor Dovud Malam Van-keni davlat va hukumat boshligʻi etib tayinladi. 1999-yil 18-iyuldagi referendumda yangi konstitutsiya maʼqullandi. 1999-yil 24-noyabrdagi saylovda Mamadu Tanja prezident etib saylandi. Niger — 1960-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18-dekabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1958). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Taraqqiyot jamiyati milliy harakati — Nassara, 1988-yil 2-avgustda tashkil etilgan; Demokratik va sotsi-al konvent, 1991-yilda tuzilgan; Demokratik tiklanish uchun mustaqil milliy ittifoq, 1996-yilda tashkil etilgan; Milliy ittifoq va taraqqiyot partiyasi — Salama; Demokratik va taraqqiyparvar vatanparvarlar itti-foqi partiyasi. N. mehnatkashlari kasaba uyushmalari birlashmasi, 1960-yilda asos solingan. Xoʻjaligi Niger — agrar mamlakat. Mus-tamlakachilik hukmronligi davrida iqtisodiyot, asosan, yer yongʻoq yetishtirishga ixtisoslashgan edi. 1960-yillardan xujalikni davlat tomonidan tartibga solish kuchaydi, davlat va aralash korxonalar mavqei mustahkamlandi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 12%, qishloq xoʻjaligi ulushi 37,5% ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi eng qoloq tarmoq qisoblanadi. Aholining 80% dan koʻprogʻi shu sohada band. Tovar mahsulotining asosiy qismini mayda anʼanaviy yarim natural dehqon xoʻjaliklari beradi. Niamey va uning atro-fida yirik mexanizatsiyalashgan xoʻjaliklar tashkil topa boshladi. De-hqonlarning oʻzaro yordam uyushmalari tashkil etildi. Yer yongʻoq, paxta, sholi yetishtiruvchi kooperativlar paydo boʻldi. Niger uchun yaroqli 15 mln. gektar yerdan (mamlakat hududining 12% ga yaqini) 42% haydaladigan va boʻz yerlar, 53% yaylov, 4% oʻrmon. Dehqonchilik mamlakat janubiy va janubi-gʻarbida rivojlangan. Atigi 12 ming ga maydon sugʻoriladi, bu joylarda irrigatsiya inshootlari barpo etilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, nyebe, maniok, shuningdek, bugʻdoy, makkajoʻxo-ri, shakarqamish, batat va boshqa N.da koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik ustun. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot va eshak boqiladi. Savannalar qovjirashining oldini olish va yaylovlarni saqlab qolish uchun yangi oʻrmonlar barpo etilgan. Niger va Komadugu-Yobe daryolarida, Chad koʻlida baliq ovlanadi. Sanoati Nigerda uran, qalay, gips, osh tuzi, soda qazib olinadi. Niger sanoati mahsulotining 3/4 qismini oziq-ovqat korxonalari beradi. Mara-di, Magaria va Matameydagi yogʻ zavodlari 130 ming t yer yongʻoqni qayta ishlaydi. Zinderda yer yongʻoq tozalaydigan 3 ta zavod, un-yorma korxonasi, Niameyda sut zavodi va sovitkichli kushxona, Tillaberi va Niameyda sholi oklash fabrikalari, Niamey va Maradida pivo zavodlari bor. Toʻqimachilik fabrikasi, 5 ta paxta tozalash korxonasi, koʻnchilik zavodi mavjud. Binokorlik materiallari (sement, sopol taxtachalar), kimyo mahsulotlari (sovun, upa-elik va dori-darmon) ishlab chiqariladi. Avtomashina kuzovi va tirkamalari yigʻiladi, mebel va mayda qishloq xoʻjaligi anjomlari va boshqa ishlab chiqariladi. Kashtachilik, koʻnchilik, kulolchilik ichki bozorda muhim oʻrin oladi. Yiliga oʻrtacha 168 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Mamlakat ehtiyoji uchun za-rur elektr energiyaning 50% Nigeri-yadan olinadi. Nigerda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari uzunligi 19 ming km, shundan 3 ming km asfalt -. langan. Niger daryosida kemalar katnaydi. Niamey va Agadesda xalqaro aeroport bor. Chetga uran ekstraktlari, ti-rik mol va chorvachilik mahsulotlari, arahis yogʻi, paxta, sabzavot chiqaradi, chetdan neft mahsulotlari, don, transport vositalari va asbob-uskunalar keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Nigeriya, Jazoir. Pul birligi — Afrika franki. Tibbiy xizmati Nigerda 3500 ga yaqin oʻrinli 300 dan ortiq davolash muas-sasasi, 140 vrach xizmat koʻrsatadi. Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy ishlar va-zirligi sogʻliqni saqlashning marka-ziy organi hisoblanadi. Maorifi, madaniy-maʼrifiy va il-miy muassasalari. Mamlakat aholisining 90% savodsiz. Maktab yoshidagi bolalarning 21% oʻqishga jalb etilgan. N. maorif tizimi fransuz tizimi taʼsirida tashkil topdi. 6—7 yoshdan boshlab bolalar boshlangʻich maktabda 6 yil oʻqiydi. Oʻrta maktab — 7 yillik. Davlatga qarashli boshlangʻich maktablardan tashqari xususiy maktablar ham bor. Oʻqituvchilar normal (ped.) bi-lim yurtlarida 4 yil mobaynida tayyorlanadi, 4 yillik va 1 yillik ped. kurslari ham bor. Maradidagi texnika li-seyi, Agadesdagi konchilik bilim yurti hunar-texnika taʼlimi beradi. Zinderda feldsher va sanitarlar tayyorlovchi milliy maktab, Niameyda so-gʻliqni saqlash maktabi, fuqaro avia-siyasi va meteorologiya maktabi bor. Oliy oʻquv yurtlari: Niamey universiteti, milliy maʼmuriy kollej. Universitet huzu-rida Mat. tadqiqot instituti, Ijtimoiy fanlar tadqiqot markazi, Geol. tad-qiqotlari byurosi ishlaydi. Bundan ta-shqari, Afrika Birligi Tashkilotining tilshunoslik, tarix va ogʻzaki anʼanalar tadqiqot markazi, agronomiya tadqiqotlari milliy instituti, veterinariya laboratoriya va boshqa mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Nigerda nashr etiladigan gaz. va jurnallar: "Saxel" (fransuz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1960-yildan), "Saxel ebdo" (fransuz tilida chiqadigan hukumat haftanomasi, 1961-yildan), "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Nijer" ("Niger Respublikasining rasmiy gazetasi", fransuz tilida 2 haftada bir marta chiqadigan hukumat xabarnomasi, 1933-yildan), "Nijerama" (har chorakda chiqadigan jurnal). Niger matbuot agentligi milliy ax-borot agentligi boʻlib, 1987-yilda tashkil etilgan. "Saxel ovozi" radio stansiyasi hamda N. radioeshittirish va tele-koʻrsatuv hukumat xizmati mavjud. Meʼmorligi va badiiy hunarmandchiligi. Niger daryosi yuqori oqimida yashovchi oʻtroq xalqlarning yashash joyi guvaladan toʻrtburchak qilib qurilgan yassi tomli uylardan iborat. Mamlakat janubi-gʻarbida poxol kulbalar, sharqida esa guvala va toshdan kurilib tomi xa-shak bilan yopilgan uylar koʻp. Don omborlari doyra shaklida guvaladan 3 m gacha balandlikda kurilib, tepasidan tuynuk krldiriladi. Koʻchmanchi aholi (tuareglar, fulbelar) teri bilan yopilgan chodirlarda yashaydi. Shahar meʼmorligi — sudancha uslubning bir turi. Turar joy va masjidlar somonloy (banko)dan kuriladi. Zinder, Taxua va boshqa joylardagi turar joylar toʻgʻri burchakli rejada, palma ustunlardan gumbazli qilib yoki ikki nishabli qamish tomli kilib tiklanadi. Peshtoqiga oʻziga xos qabariq naqshlar solinadi. Niamey va boshqa shaharlarda yevropacha zamonaviy uy-joy va maʼmuriy binolar qurilgan. Mamlakat poytaxti va uning atrofida, xausa elati istiqomat qiladigan viloyatlarda bosma rangdor naqsh solingan charm buyumlar — xaltalar, egarjabduqlar, shippaklar, idishlar, hatto marjonlar yasaladi. Hamma joyda temirchilik, zargarlik, toʻquvchilik tarqalgan. Bronza va kumushdan qadama naqsh solingan pichoqlar, kumush bilaguzuklar va shokilalar, ot yuganlari tayyorlanadi. Kulolchilik buyumlari orasida botiq naqshli idishlar ajralib turadi. Rangdor (qizil, oq, zan-gori) gazlamalar, qovoq poʻstidan yasalgan idishlar ishlab chiqariladi. Teatri Musulmon bayramlari kunlarida sayoq qiziqchilar qishloklarda yogʻoch qoʻgʻirchoqlarni oʻynatib, mashara-bozlik qilishlari qadimdan davom etib keladi. 20-asrning 50-yillarida tashkil etilgan madaniyat markazlarida kichik teatr truppalari ishlay boshladi. Niameydagi madaniyat markazining direktori Dandobi Mahaman N.ning dastlabki dramaturglaridandir. Uning "Echkining sarguzashtlari" va "Kabrin Kabra afsonasi" kabi pyesalarini mamlakatning juda koʻp havaskorlik jamoalari sahnalashtirgan. 1964-yildan buyen har yili oʻtkaziladigan yoshlar haf-tasida mamlakatning barcha viloyatlaridan kelgan drama va folklor truppalari musobaqalashishadi. Kinosi N. mustaqillikka erishganidan keyin kino ishlab chiqarish rivojlana boshladi. 1962-yilda "Toʻy" deb atalgan birinchi film dunyoga keldi (rejissyor M. Alassan). Ushbu rejissyorning "Ganjaning oʻlimi" degan multfilm i 1966-yil Dakarda oʻtka-zilgan Jahon afrikalik negrlar sanʼat va madaniyat festivalida sovrin oldi. Shundan keyin "Tovlamachining qaytishi", "Men — nefman", "Kabaskabo", "Uchrashuv", "Qora bulutlar", "Ziyoratchi", "Sexrgar", "Xotin, villa, mashina, pul" kabi filmlar yaratildi. Manbalar Niger BMT aʼzolari
12,941
3310
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nigeriya
Nigeriya
Nigeriya (), Nigeriya Federativ Respublikasi () — Gʻarbiy Afrikada Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan davlat. Maydoni 923,8 ming km². Aholisi 129,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Abuja shahri Maʼmuriy jihatdan 36 shtat (state) va poytaxt okrugiga boʻlinadi. Davlat tuzumi N. — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1999-yil 29-mayda qabul qilingan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka aʼzo. Davlat boshligʻi prezident (1999-yildan Olusegun Obasanjo). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi va yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (ikki palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.bilmiman Tabiati Sohili kam parchalangan kambar pasttekislikdan iborat. Yer yuzasi shim.ga tomon balandlashib bo-radi. Yoruba, Ud i, Jos platolari (eng baland joyi 1735 m) bor. Platolardan janubida Niger va Benue daryo vodiylari joylashgan. Sharqiy qismining relyefi togʻlik, ayrim choʻqqilarining balandligi 2000 m dan ortiq. N. hududi tektonik jihatdan Afrika platformasi tarkibiga kiradi. Zaminining metamorfik jinslari mamlakat maydonining 50% ni tashkil etgan. Ular tarkibida to-kembriy gneyslari, magmatit, amfibolit, kvarsit va slanetslar uchraydi. Sohil yaqinidagi botiqlar dengiz va kontinent choʻkindilari bilan toʻlgan. N.ning Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Toshkoʻmir, lignit va qoʻngʻir ko'mir, niobiy (kolumbit), kalay, volfram, molibden, temir, boksit, marganets, asbest, qoʻrgʻoshin, rux va uran rudasi konlari topilgan. Mamlakatning shimoli-gʻarbida oltin konlari ham bor. Iqlimi ekvatorial mussonli iqlim. Shimolida dekabrdan martgacha quruq shamollar esib turadi. Bahorda deyarli hamma joyda yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 500– 4000 mm. Ichki mintaqalarda eng issiq oy (aprel yoki may)ning oʻrtacha temperaturasi 25— 33°, eng salqin oy (dekabr yoki yanvar)niki 20—27°. Yirikdaryolari: Niger va uning irmoqlari hamda Komadugu-Yobe. Ni-gerda kema qatnaydi. Chad koʻliga quyiladigan daryolari qurgʻoqchil mavsumda juda sayozlanib qoladi. Tuproklari qizil-sariq, laterit, qizil laterit, qizil-qoʻngʻir, qora tusli va allyuvial tuproklar. Oʻsimliklarining aksari tropik oʻrmon va savannalardan iborat. Sohili kambar mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Daraxtlarni koʻplab qirqish natijasida tabiiy Urmonlar, asosan, qoʻriqxonalarda saqlanib qolgan. Hayvonot dunyosi boy: fil, karkidon, krp-lon, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, kiyik, jirafa va boshqa yashaydi. Ahrlisi. N.da turli tillarda so'zlashuvchi 200 ga yaqin xalq bor. Gvineya tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — yoruba, igbo, ijo va nupelar koʻpchilikni tashkil etadi. N.da xausa tilida soʻzlashuvchi xalqlar anchagina. Kanuri, fulbe xalqlari ham yashaydi. Sharqiy bantoid tillarida soʻzlashuvchi xalqlardan ibibio va tivlar bor. Shahar aholisi — 35,2%. Aholisining yarmiga yaqini islom diniga, qolgan qismi xristian va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tillari — ingliz va fransuz tili. Yirik sha-harlari: Lagos, Ibadan, Ogbomosho, Kano, Ivo, Kaduna, Port-Harkort, Ilorin, Za-riya, Onicha va boshqa Tarixi Hozirgi N. xududida dastlabki aholi manzilgohlari paleolit davrida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 4—3-ming yillikdayoq bu joylarda silliklangan va sayqallangan tosh boltalar va sopol idishlar yasalgani maʼlum. 1-mingyillikda moddiy madaniyat nisbatan yuqori darajada boʻlgan. Milodiy 8—10-asrlarda N. hududida xausa xalqining shahar-davlatlari (Kano, Katsina, Zariya va boshqalar) vujudga kelgan. Benin qirolligi oʻsha davrdagi eng yirik davlatlardan biri boʻlgan. 13-asrda hozirgi N. hududiga fulbe qabilalari kelib, ular tezda xausalar bilan aralashib ketgan. N. hududiga yevropaliklardan dastlab portugallar kelgan (1472). 1553-yilda N. soxdllariga dengiz tarafdan inglizlar kirib bordi. Yevropalik mustamlakachilar "qora tanlilarni ov qilib", N. xa-lklarining tabiiy taraqqiyot jarayonini susaytirdi. 1849-yil Beninda ingliz konsulligi paydo bo'ldi. 1861-yilda inglizlar Lagosni egalladilar. 1870-yillar oxirida mustamlakachilar Niger daryosi havzasida katta hududga o'rnashib oldilar. 1885-yilda "Oyl-rivers protektorati" (1893-yildan Niger sohili protektorati*) tuzildi. 1906-yilda uning tarkibiga Lagos ham qushib olindi, shundan soʻng "Jan. Nigeriya mustamla-kasi va protektorati" deb atala boshladi. 1914-yil 1-yanvardan hozirgi N. hududi "Nigeriya mustamlakasi va protektorati" nomini oldi. 20-asr boshidan inglizlar N.dan arzon mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyolari manbai sifatida foydalana boshladilar. Mustamlakachi maʼmurlarning jabr-zulmi va bedodligiga qarshi tez-tez gʻalayonlar boʻlib turdi. Birinchi jahon urushi (1914—18) dan soʻng N.da dastlabki ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar paydo boʻla boshladi. 1920-yilda Gʻarbiy Afrika Milliy kongressining Nigeriya boʻlimi tashkil etildi. 1922-yilda N.da birinchi siyosiy partiya — Milliy demokratik partiya tuzildi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshida yangi ommaviy tashkilotlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45) da chetdan tovar keltirish keskin kamaydi, natijada mahalliy sanoatning oʻsishiga sharoit tugʻildi. Teri oshlash, ip-gazlama toʻqish, meva va sabzavotni qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar N.ga oʻz ichki ishlarini oʻzi boshqarish huquqi va siyosiy mustaqillik berilishini talab qila boshladi. 1944-yil avgustda dastlabki Umumnigeriya siyosiy partiyasi — Nigeriya va Kamerun Milliy kengashi (1962-yildan Nigeriya fuqarolari Milliy kengashi) tuzildi. 1940-yillar boshida N.da kasaba uyushmalari vujudga kela boshladi. 1945-yilda hali yaxshi uyushmagan ishchilarning birinchi ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1950—51 yillarda yana yangi partiyalar tuzildi. 1958-yil oktabrda Londonda boʻlgan konstitutsion konferensiyada N.ning barcha joylaridan kelgan vakillar N.ga mustaqillik berishni Buyuk Britaniyadan talab qildilar. 1960-yil N.ga Britaniya Hamdoʻstligi tarkibida mustaqillik berildi. Shu yili N. BMTga qabul qilindi. 1963-yil 1-oktabrdan N. federativ respublika deb eʼlon qilindi. 1964-yil 30-dekabrda federal parlamentga saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzildi. Ammo hukumat aholining turmush darajasini oshirish haqidagi vaʼdalarini bajarmay, milliy manfaatlarga zid siyosat yuritganligi ilgʻor kuchlarning norozilik kayfiyatini qoʻzgʻatdi. 1966-yil 15-yanvarda harbiy toʻntarish boʻlib, federal harbiy hukumat tuzildi. 1966-yil 29-iyulda yana harbiy toʻntarish boʻldi. Yangi hukumat federativ idora usulini darhol tikladi. Ammo, shundan keyin ham ketma-ket harbiy toʻntarishlar sodir boʻlib, mamlakatning ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Nihoyat, 1999-yil 20-fevral kuni parlament saylovi va oʻsha yil 27-fevralda prezident saylovi boʻldi. Harbiylar hokimiyatni yangi saylangan prezident Olusegun Obasanjoga topshirdilar. Milliy bayrami — 1-oktabr — Mustaqillik kuni (1960). N. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 11-martda tan oldi va oʻsha yil 28-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari Demokratiya uchun ittifoq partiyasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Umumxalq partiyasi, 1998-yilda tuzilgan; Xalq de-mokratik partiyasi, 1998-yilda asos so-lingan. N. mehnat kongressi, mamlakatning yagona markaziy kasaba uyushma tashkil oti, 42 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtirgan, 1978-yilda tuzilgan. Xoʻjaligi va iqtisodiyoti N. — yirik sanoat salohiyatiga ega boʻlgan afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulot va tashki savdo qajmi jihatidan Afrikada 2-oʻrinda (JARdan keyin) turadi. Yalpi ichki mahsulotning yarmi sanoatda, taxminan 30% qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasida ishlab chikariladi. N. dunyoda neft eksport qiluvchi 10 ta yirik mamlakat jumlasiga kiradi, neft qazib olish sohasida Afrikada birinchi oʻrinni egallaydi. Qishloq xoʻjaligi —mamlakat iqtisodiyotining asosi, iqtisodiy faol aholi yarmidan koʻprogʻining tirikchilik manbai. Eng ommaviy deh-qonchilik shakli jamoa dehqonchiligidir. Mamlakatdagi 8 mln.ga yaqin fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 90% ni beradi. Haydaladigan yerlarning anchagina qismida oziq-ovqat ekinlari, asosan, ildizmevali va donli ekinlar yetishtiriladi. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, shakarqamish, sabzavot va hoʻl mevalar muhim oʻrin oladi. Eksport uchun moyli palma, kakao, yer yongʻoq, kauchukli oʻsimlik, paxta yetishtiriladi. Chorvachilik, asosan, shimolida va quruq savannalar mintaqasida rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Shimolida yilqichilik, janubida choʻchqachilik va hamma mintaqalarda parran-dachilik bilan shugʻullaniladi. Daryolarda, Chad koʻli va Gvineya qoʻltigʻi suvlarida qimmatbaho baliq turlari koʻp bulsada, baliq ovlash unchalik rivojlanmagan. Baliqchilik mahsulotlari mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Oʻrmon xoʻjaligidagi asosiy yogʻoch zaxiralari Niger daryosi etaklarida va janubi-sharqiy dengiz so-hilida joylashgan.Daraxtzorlar 23 ming km² ni tashkil etadi. Oʻrmonlar tartibsiz kesilishi natijasida qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar kamayib ketdi. Mamlakatda oʻrmon xoʻjaligini tiklash tadbirlari ishlab chiqildi, yogʻoch eksport qilish taqiklandi. Sanoatida konchilikasosiy oʻrinni egallaydi. Neft va tabiiy gaz, shuningdek, qalay va niobiy rudalari, toshkumir, temir rudasi va boshqa baʼzi turdagi foydali kazilmalar — N. konchilik sanoatining asosiy xom ashyo negizi. Ozroq miqdorda volfram, tantal, toriy, sirkon, uran, oltin, polimetall rudalar va boshqalarlar ham qazib olinadi. Xilma-xil nometall kazilmalar orasida ohaktosh, kaolin, qurilishbop qum, shagʻal bor. Mahalliy temir ruda, toshkoʻmir, ohaktosh va utga chidamli gilmoya negizida metallurgiyani rivojlantirishga kirishildi. Jumladan, 2000-yil oxirida Ajaokutda Tropik Afrikadagi eng yirik metallurgiya kombinatining birinchi navbati qurib bitikazildi. Neftni qayta ishlash zavodlari, "Pejo", "Folksvagen", "Fiat" va boshqa avtomobil zavodlarining yigʻuv liniyalari bor. Yiliga 9—10 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Niger daryosi buyidagi Kainji va Jebba GESlari, mamlakat janubidagi yirik shaharlarda joylashgan issiklik elektr markazlari elektr energetikaning asosini tashkil qiladi. Nigeriya sanoati tuzilmasida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari yetakchi rol oʻynaydi. N.da 95 ta toʻqimachilik fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari bor. Ob-juvoz zavodlarida palma, yer yongʻoq va chigit yogʻi ishlab chiqariladi. Tamaki, meva-konserva, goʻsht-sut, qand-shakar ishlab chiqarish korxonalari, tegirmonlar mavjud. Yogʻochsozlik sanoati Sapeldagi yirik yogʻoch tilish, faner ishlab chiqarish kombinatidan, Epadagi kombinat va boshqa 400 mayda yogʻoch tilish korxonalaridan iborat. N.ning yirik shaharlarida mebel fabrikalari, gugurt va sellyuloza-qogʻoz korxonalari barpo etildi. Mamlakat janubidagi Nkala-gu, Port-Harkort, Abeokut, Kalabar, Emen shaharlarida sement, asbestsement taxtalar va quvurlar ishlab chiqarish zavodlari joylashgan. Lagos mashinasozlik va metall ishlash tarmoklarining yirik markazidir. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan. Transporti Avtomobil va temir yoʻl transporti yetakchi oʻrinda. Tashiladigan yuklarning 80% dan koʻprogʻi ularning hissasiga toʻgʻri keladi. Transport yoʻlilar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yoʻllari — 124 ming km. Gʻarbiy (Lagos—Kano) va Sharqiy (Port-Harkort—Kaduna) temir yoʻl magistrallari dengiz sohilini mamlakatning ichkari tumanlari bilan tutashtiradi. Neft quvurlari uz. — 3000 km. Asosiy suv yoʻli — Niger daryosi va uning irmoqlari boʻlib, ularda de-yarli yil boʻyi kemalar qatnaydi. Ichki suv yoʻllarining uz. — 7,4 ming km. Asosiy dengiz portlari: Lagos (Apapa va TinKan-Aylende), Port-Harkort, Bonni, Forkados, Burutu, Varri. Havo transporti Ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshladi. Lagos, Kano va Ilorinda xalqaro aeroportlar bor. Tashqi savdosi Chetga, asosan, neft, kakao, kauchuk, palma yongʻogʻi magʻzi, xom teri chiqariladi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, isteʼmol mollari, oziq-ovqat va boshqa keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Braziliya. Pul birligi — nayra. Tibbiy xizmati Davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan birga aralash va xususiy shifoxonalar ham bor. Federal sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakat mikyosida ommaviy profilaktika tad-birlarini oʻtkazish, mutaxassislar tayyorlash, tibbiyotdagi huquqiy qonunqoidalarga rioya etilishi uchun masʼul. Davolash va kasalliklarning oldini olish muassasalariga shtatlarning sogʻliqni saqlash vazirliklari bevosita rahbarlik qiladi. Vrachlar Ibadan, Lagos, Ife, Enugu, Beninsiti, Zariyadagi tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Tibbiy hamshiralar, doyalar, tish vrachlari va texniklari tayyorlanadigan oʻnlab maktablar bor. Lagos, Kadun, Ibadan, Uzuakoli shlarida tibbiyot ilmiy tadqiqot markazlari mavjud. Lagosda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bezgakka qarshi kurash xalqaro markazi ishlaydi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari N. mustaqillikka erishganidan keyin maorifni rivojlantirishga eʼtibor berila boshladi. Katta yoshdagi aholi savodsizligini tugatish maqsadida qisqa muddatlikurslar ochildi. 1976-yilda 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy 6 yillik boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oʻqish mahalliy va ingliz tillarida olib boriladi. Oʻrta maʼlumot 5 yillik. Xususiy oʻrta maktablar ham bor. 2—5 yillik hunar-texnika maktablarida malakali ishchilar, 4 yillik politexnikum va texnologiya kollejlarida esa oʻrta texnik xodimlar tayyorlanadi. 29 universitet bor. Zariya, Lagos, Ibadan, Ife, Nsuk-ka universitetlari eng yirik oliy oʻquv yurtlari hisoblanadi. Oʻqish — bepul. Koʻpgina universitetlarning sirtqi boʻlimlari bor. N. pedagogika tadqiqotlari kengashi, untlarning pedagogika fakultetlari, institutlari va tadqiqot markazlari, oshirilgan darajadagi baʼzi ped. kollejlari maorif va ped. fanlari sohasida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi. Ilmiy muassasalari: Lagosdagi N. fanlar akademiyasi (1977-yilda tashkil etilgan), Tibbiyot ilmiy tadqiqot kengashi (1974), Milliy okeanografiya va dengiz tadqiqotlari instituti (1975), Ibadandagi N. ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (1950), Federal oʻrmonchilik markazi (1954), Tropik oʻsimliklar baynalmilal instituti (1975), Oshodidagi Federal sanoat tadqiqotlari instituti (1955), Beninsitidagi palma yogʻi instituti (1939), Moordagi Federal qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari markazi (1910), Vomdagi Federal veterinariya markazi (1924), Samarudagi qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari instituti (1924) va boshqa Yirik kutubxonalari: Ibadan, Lagos universitetlarining kutubxonalari, Ife, Lagos, Beninsiti, Jos, Ilorin va boshqa shaharlardagi kutubxonalar, N. Milliy kutubxonasi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. N. matbuoti — Tropik Afrikadagi dastlabki va eng rivojlangan matbuot. Ingliz va mahalliy tillarda 20 dan koʻproq gaz. va 10 haf-tanoma nashr etiladi.Koʻp nusxada chiqadigan eng nufuzli gaz.lar: "Gardian" ("Posbon", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1982-yildan), "Deyli sketch" ("Kundalik bayon" ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1964-yildan), "Deyli tayme" ("Kunduzgi vaqt", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1925-yildan), "Iroxin yoruba ("Yoruba xalqi yangiliklari", yoruba tilida chiqadigan gaz., 1945-yildan), "Nayjirian observer" ("Nigeriya kuzatuvchisi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1968-yildan), "Nayjirian tribyun" ("Nigeriya minbari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1949-yildan), "Neshnl konkord" ("Milliy totuvlik", kundalikgaz., 1980-yildan), "Nyu nayjirian" ("Yangi nigeriyalik", ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1965-yildan). N. axborot agentligi (NAN), hukumat axborot agentligi, 1978-yilda tashkil etilgan. Hukumatga qarashli N. federal radiokorporatsiyasi 1978-yilda tuzilgan. N. telekoʻrsatuv xizmatiga 1976-yilda hukumat tomonidan asos solingan. 8 shtatda shtat hukumatlari qaramogʻidagi radio va telemarkazlar bor. Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti bilan uzviy bogʻlangan. Yoruba, ibo, xausa tillarida adabiy anʼanalar vujudga kelgan. Zamonaviy N. adiblarining koʻpchiligi ingliz tilida yozadi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida publitsistika shakllandi. 20-asr 20—40-yillarida va-tanparvarlik sheʼriyati (N. Azikiyove, D. Osadebey) yuzaga keldi. 30-yillarga kelib, dramaturgiya paydo boʻldi va xristian cherkovlari faoliyati bilan bogʻlangan bibliya mavzuida pyesalar yaratildi. 30—40-yillarda N.ning baʼzi shaharlari (Onicha)da kitob bozorlari paydo boʻldi. S. Ekvenzining ijtimoiy muammolarga bagʻishlangan "Shahar odamlari" (1954) romani va A. Tutuolaning yoruba folklori motivlari asosidagi "Mayxoʻr" (1952), "Ruhlar oʻrmonidagi hayotim" kabi asarlari N. prozasida yangi bosqich boʻldi. T. Alukoning "Qarindoshlar" (1968) romanida insonparvarlik gʻoyalari oʻz aksini topdi. O. Egbunaning "Uylanish masalasi" romanida zamonaviy axloqning anʼanaviy urf-odatlar bilan toʻqnashuvi muammosi koʻtarilgan. Yosh adiblardan Ch. Achebening "Yemirish vaqti keldi", "Notinch hayot", "Xudoning oʻqyoyi" asarlari N. prozasining rivojlanish yoʻlini koʻp jihatdan belgilab berdi. 70—80-yillardagi dramaturgiya va sheʼriyat ijtimoiy mazmun bilan boyidi, ularda yangi zamon nishonalari oʻz aksini topa boshladi (V. Shoyinkaning "Idanre" poemasi, "Oʻrmon raqsi", "Yoʻl" pyesalari, K. Okigboning "Osmon darvozasi", "Labirintlar" sheʼriy kitoblari va boshqalar). 90-yillarda yangi isteʼdodli qalam sohiblari adabiyotga ki-rib keldi. "Blek Orfyu" va "Okike" kabi adabiy jurnallar nashr qilinadi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Xalq meʼmorligi tabiiy iqlim sharoitiga moslashgan. Jan., janubi-sharq, janubi-gʻarbdagi tropik oʻrmonlarda uylar toʻgʻri toʻrtburchakli shaklda yogʻoch, loy, toʻqima novdadan quriladi, tomi ikki nishabli qilib, poxol va palma barglari bilan yopiladi. Markaziy N.da binolar aylana shaklida devori loydan, tomi poxol, shox-shabbadan konus shaklida ishlanadi. Savanna va chala choʻllarda uylar loydan toʻgʻri burchakli qilib, tomi yassi qilib quriladi. 13— 15-asrlarda shaharlar reja asosida qurildi. 14-asrda shimolida islom dini tarqalgach, masjidlar barggo qilindi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa meʼmorligining taʼsiri kuchaydi. Binolar haykal, naqshlar bilan koʻproq bezatiladi. N. mustaqillikka erishgach, beton va metalldan qurilgan imoratlar quyosh toʻsqichli, peshayvonli va pan-jarali qilib milliy uslubda qurila boshladi (Ibadan universiteti binolari, Kadunadagi Oliy sud binosi va boshqalar). Mu-handis va meʼmorlar Yevropada, shuningdek, Lagosdagi texnologiya kollejining, Nsukka va Zariya universitetlarining meʼmorlik fakultetlarida tayyorlanadi. N. shimolida topilgan Nok madaniyati mahsuli boʻlgan goʻzal haykaltaroshlik va oʻymakorlik asarlari miloddan avvalgi 1-ming yillikka mansub deb hisoblanadi. Mil. boshlarida Ife va Benin sanʼatining ilk namunalari — sopol va bronza haykallar ishlangani maʼlum. N. xalqlari yogʻochdan sanamlar, ajdodlar, cha-vandozlar, bolali ayollar haykalchalarini qadimdan yasab kelganlar. N.da yangi tasviriy sanʼatni rivojlantirishda A. Onabolu, O. Idax, F. Idexen, F. Idubor, B. Envonvu kabi haykalta-rosh va rassomlar salmoqli xizmat qildi, ularning asarlarida mahalliy anʼanalar davom ettirilgani va zamonaviy Yevropa sanʼati yutuqlari ijo-diy oʻzlashtirilgani koʻzga tashlanadi. Rassomlar orasida D. Nvoko, Yu. Gril-lo, J. Akolo, A. Ekong, A. Lasekan va boshqa shuhrat qozongan. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Yaxlit yogʻochdan odam va hayvon qiyofasi tasvirlangan, goʻzal naqsh solinib, manzaralar oʻyib ishlangan roʻzgʻor anjomlari, gʻaroyib shakldagi sopol, shisha va charm idishlar, zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Bida oynasozlari naqshli idishlar, Kano zargarlari oltin va kumush bezaklar, naqshli bilaguzuklar yasaydilar. Benin-Sitida bronza quymalar va fil suyagi oʻymakorligi anʼanalari sak^panib qolgan. Niqob (marosimlarda, karnavallarda taqiladi), oʻyma naqshli kursilar tayyorlash, matolar toʻqish, kashtachilik, naqqoshlik sanʼati rivoj topgan. Novda, poxol va qamishdan savat hamda bordon toʻqish, yogʻochdan yelpigʻich, qovoq poʻstlogʻidan turli guldor idish va qoshiqlar yasash keng tarqalgan. Musiqasi N. musiqiy madaniyatining xilma-xilligi bu yerdagi xalq anʼanalarining xususiyatlari bilan bogʻliq. Professonal musiqa sanʼati oʻrta asrlarda tarkib topgan. Qabila kek-salari rahbarligida yoshlar marosim raqslari va qoʻshiqlarini, sozandalik sirlarini oʻrganar edi. Arab sayyohlarining guvoxlik berishicha, oʻrta asr hukmdorlari saroylarida sozanda, xonanda va raqqosalarni saqlaganlar. 19-asrda mustamlakachilik siyosati va xristian daʼvatkorlarining faoliya-ti oqibatida bir qancha mahalliy dinlar bilan birga diniy musiqa ham yoʻq boʻlib ketdi. Yevropa musiqasining taʼsiri kuchaydi. N. cholgʻu asboblari orasida baraban eng koʻp tarqalganidir. Yelkaga osiladigan naqsh va haykalchalar bilan bezatilgan bir membranali, qoʻltiq ostiga osiladigan ikki membranali barabanlar, ngedegvu deb ataladigan chang mavjud. Arablar orqali nay, qoʻshnay, doyra, ud, sitra, algant kabi cholgʻu asboblari kirib kelgan. Mustaqillikka erishilganidan soʻng professional musiqa madaniyati rivojlandi. N.da oʻziga xos kompozitorlar maktabi vujudga keldi. A. Yuba, F. Sovande, S. Akpabot, A. Bankole, A. Fiberezima va boshqa kompozitorlar mashhur. Folklor anʼanalaridagi spektakllarda xalq qoʻshiklari va musiqasi yangraydi. Yubaning "Oʻrmon parilari", "Abiku" va "Alatangana" raqs dramalari bunga misol boʻla oladi. T. Oyelana "Adufe", "Qondagi sexr" spektakllariga musiqa yozdi. N.ning dastlabki operasi — "Orukoro" Fiberezima qalamiga mansub. Teatri N.da yashovchi xalqpar anʼanaviy teatr tomoshalarining asosini maishiy va marosim raqslari tashkil etadi. Qishloqlardagi bayram va tan-tanali ayyomlarda milliy libos va niqob kiyib yurishgan, afsonaviy mazmundagi oʻyinlar oʻtkazib kelingan. Ularda tabiat kuchlarini ifodalovchi ilohlar, ajdodlarning arvohlari, afsona qahramonlari ishtirok etgan. 19-asr oʻrtalarida shu asosda zamonaviy teatr shakllana boshladi. Yoruba teat-rining asoschilaridan biri, shoir va qoʻshiqchi Xubert Ogunde 1944—45 yillarda sayyor teatr jamosini tashkil etib, uning uchun nasihat va targʻibot ruhidagi pyesalarini yozdi. Mustaqillik yillarida bu truppa professional sayyor jamoaga aylandi. Dramaturg va rejissyor Duro Ladipning 60-yillarda tuzgan teatr truppasi keyinchalik "Milliy teatr" nomini oldi. Havaskorlik drama teatrlarida esa Yevropa drama-turgiyasi va sahna texnikasidan foy-dalanila boshladi. Bir qancha shtatlarda yangi jamoalar tuzilgan. == Kinosi == 1945—47 yillarda bir necha hujjatli lentalar suratga olindi. 1960-yillar boshida rejissyor Sh. Olushola televideniye uchun bir qancha adabiy asarlarni va teatr spektakllarini ekranlashtirdi. Shundan keyin yaratilgan hujjatli filmlarning ayrimlari Toshkentdagi xalqaro festivallarda namoyish etidsi. Birinchi toʻla metrajli filmi "Ikki kishi va echki" (1966) dir. "Shaxu Garbay" (1971), "Ikki taqdir" (1972), "Loray bobo" (1973), "Ovu-Arusun" (1974), "Qora maʼbuda" (1977), "Aye" (1979), "Pul hukmronligi" (1981), "Ozodlik uchun" (1981) va boshqa badiiy filmlar yaratildi. Mamlakatda 200 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 6—8 badiiy film ishlab chiqariladi. Nigeriya (Nigeriya Federativ Respublikasi) poytaxti — Abuja shahri. BMT aʼzosi Manbalar Nigeriya BMT aʼzolari
23,232
3311
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ruanda
Ruanda
Ruanda (Rwanda), Ruanda Respublikasi (République Rwandaise) – Sharqiy Afrikadagi davlat. Maydoni 26,3 ming km². Aholisi 7,4 mln. kishi (2002). Poytaxti – Kigali shahri. Maʼmuriy jihatdan 12 prefektura (prefecture)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi Ruanda – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 5 mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000-yildan Pol Kagame). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Oʻtish davri milliy majlisi, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Ruanda yer yuzasi vodiylar bilan parchalangan yassitogʻlik (1500–2000 m), asosan, tokembriy kristalli va metamorfik jinslardan iborat. Yassitogʻlikning 2500–3000 m gacha koʻtarilgan gʻarbiy chekkasi Kivu koʻliga tik tushgan. Shimoli-gʻarbda Virunga vulkanli togʻi (eng baland nuqtasi Karisimbi togʻi, 4507 m) joylashgan. Iqlimi subekvatorial, mavsumiy nam iklim. Yillik oʻrtacha temperatura 20–21°, yogʻin 1000–1500 mm (Virunga togʻlarida 2000 mm gacha). Daryo tarmogʻi zich, yirik daryosi – Kagera Nil havzasiga mansub. Togʻ kizil tuproklarda savanna tipidagi oʻsimlik koʻp, togʻ yon bagʻirlari doim yashil oʻrmonlar bilan krplangan. Yirik hayvonlarning koʻpchiligi Kagera (kiyikning har xil turlari, buyvol, karkidon, zebra, sher, fil, begemot, timsoh) va Virunga (togʻ gorillasi) milliy bogʻlari hamda qoʻriqxonalarda saqlanib qolgan. Aholisi Aholisining aksariyatini bantu tillarida soʻzlashuvchi ruanda, rundi xalqlari va tva pigmeylari tashkil etadi. Bundan tashqari, asosan, shaharlarda suaxili, luba va sudan arablari, vallonlar va boshqa yashaydi. Rasmiy tillar – kinyaruanda, fransuz va ingliz tillari. Aholining 3/5 qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. 2/5 qismi – xristian (asosan, katoliklar), ozroq sunniy musulmonlar ham bor. Shahar aholisi 5,8%. Yirik shaharlari: Kigali, Butare, Nyanza, Giseni. Tarixi Ruandaning qad. va oʻrta asrlar tarixi kam oʻrganilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, mil. 2ming yillikning 1-yarmida bu joyga xutular, taxminan 16-asrda tutsi koʻchmanchi chorvadorlari koʻchib kelgan. 16-asrda tashkil topgan ilk davlat tuzilmasiga oliy hukmdor (mvami) boshchilik qilgan, tutsilar ustunlik mavqeida boʻlgan. Shimolidagi xutularning alohida manzilgoxlari mvami hokimiyatini tan olishdan bosh tortgan. 19-asr 2-yarmida Ruanda xududida markazlashgan davlat paydo boʻldi. U Kigeri Rvabugiri qirolligi davri (1853– 95)da birmuncha yuksalib, chegarasi kengaydi. Uning vorisi Yuxa Musinga davri (1895– 1931)da mamlakatni mustamlakachilar bosib oldi. 1890-yillarda Ruandaga nemislar kirib kela boshladi. Kirol Musinga nemis rezidentligini tan oldi. Ruanda Germaniya Sharqiy Afrikasiga qoʻshib yuborildi. Birinchi jahon urushi yillarida Ruandani Belgiya qoʻshinlari ishgʻol qildi (1916). Urushdan soʻng Ruanda qoʻshnisi Burundi bilan Belgiyaning RuandaUrundi mandatli hududiga aylantirildi. 1925-yilda esa u maʼmuriy jihatdan Belgiya Kongosi bilan birlashtirilib, alohida vitsegeneral gubernatorlikka ajratildi. 1946-yil dekabrda BMT RuandaUrundini Belgiya vasiyligidagi hududdeb eʼlon qiddi. 50-yillarningoxiridan ozodlik harakati avj oldi. Xutu ozodlik harakati (Parmexutu), Ruanda milliy ittifoqi va boshqa partiyalar tashkil topdi. 1960-yil oxirida Ruanda muvaqqat hukumati, 1961-yil 28 yanvarda monarxiya tugatilib, Ruanda respublikasi tuzildi. 1961-yil parlament saylovida Parmexutu partiyasi gʻalaba qozondi. 1962-yil 1 iyulda Ruanda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1990-yil oktabrda asosan tutsi elatidan tashkil topgan Ruanda vatanparvarlik fronti Uganda hududidan harakat boshlab, xutu elatiga mansub J. Xabiarimana rejimini agʻdarib tashlashga urindi. Bu harakat xutu va tutsilar oʻrtasidagi etnik mojaro tusini oldi. 1993-yil prezident J. Xabiarimana aviatsiya falokatida halok boʻldi. 1994-yil 17 iyulda Ruanda vatanparvarlik fronti oʻtish davri uchun milliy birlik hukumati tarkibini eʼlon qildi. Mamlakat aholisining koʻpchiligini tashkil etuvchi xutu elatiga mansub Paster Bizimungu 5 yil muddatga Ruanda prezidenta etib tayinlandi. 2000-yil 17 aprelda xukumat bilan parlamentning qoʻshma majlisida tutsi elatining vakili Pol Kagame prezident lavozimiga saylandi. Ruanda – 1962-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami – 1 iyul – Mustaqillik kuni (1962). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Demokratiya va taraqqiyot uchun respublikachilar milliy harakati, 1975-yil tashkil etilgan; Respublikachilar demokratik harakati, 1957-yil tuzilgan; Ruanda vatanparvarlik harakati 1987-yil asos solingan; Xristiandemokratik partiya, 1990-yil tashkil topgan. Ruanda mehnatkashlari millim kasaba uyushma birlashmasi, 1985-yil asos solingan. Iqtisodiyoti Ruanda – agrar mamlakat. Iqtisodiyotning asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi, bu tarmoq eksport kilinadigan ekinlar mahsuloti yetishtirishga va qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Sanoatning konchilik, qayta ishlash va gidroenergetika tarmoklari vujudga kela boshladi. 1997-yil yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 36%, sanoatning ulushi 24%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 40%ni tashkil kildi. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti mamlakat eksportining 80%ni tashkil qiladi. Ayni vaqtda qishloq xoʻjaligi oldiga mamlakatni oziq-ovqat bilan toʻla taʼminlash vazifasi qoʻyilgan. Mayda xususiy yer egaligi ustun. Mamlakat hududining 42% (1,25 mln.gektar) yerida dehqonchilik qilinadi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: oq joʻxori, batat, maniok, loviya, makkajoʻxori, kartoshka, banan, sholi. Eksport uchun kofe (baland togʻli joylarda "arabika", pastroq va issiq joylarda "robusta"), choy, piretrum, shuningdek, paxta yetishtiriladi, xin daraxti ekiladi. Yaylov chorvachiligida qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa, xonaki parranda boqiladi. 13 ming ga tabiiy oʻrmon, 90 ming ga daraxtzor bor. Baliqchilik suyet rivojlangan. Sanoatida konchilik muhim oʻrin olgan. Mamlakat markaziy va gʻarbiy qismlarida qalay, shimolida volfram, Ruxengeri atrofida tantalit, berilliy, oltin kazib olinadi. Kofe, choy, tamakini kayta ishlaydigan, spirtsiz ichimliklar, qandshakar, charm, gugurt, poyabzal, plastmassa buyumlar, kir yuvish va kosmetika vositalari, boʻyoqlar ishlab chiqaradigan, tikuvchilik, korxonalari bor. Sement va gʻisht zavodlari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 166 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Temir yoʻlilar yoʻq. Yuk tashishda avtomobil transporti asosiy rol oʻynaydi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 8,1 ming km. Kigali yaqinida Kamembe xalqaro aeroporti bor. Chetga kofe, choy, mineral xom ashyo, xinin, piretrum, xom teri chikaradi, chetdan isteʼmol mollari, transport vositalari va mashinauskunalar, issiklik va elektr energiyasi, binokorlik ashyolari oladi. Tashqi savdodagi hamkorlari: Belgiya, Germaniya, Fransiya, AQSH va boshqa Pul birligi – ruanda franki. Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiy muassasalari Davlat kasalxonalari bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Butare universitetining tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Xalqtabobati masalalari (asosan, mamlakatdagi shifobaxsh oʻsimliklarni oʻrganish) bilan shugʻullanuvchi tadqiqot markazi tuzilgan. Davlatga qarashli dastlabki dunyoviy oʻquv yurtlari 1950-yillarda ochildi. Zamonaviy maorif tizimi 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy va bepul taʼlimni joriy etish toʻgʻrisidagi 1985-yil krnuniga asoslanadi. 8 yillik oʻrta maktabda kinyaruanda tilida oʻqitiladi, fransuz tili ham oʻrgatiladi. Oliy maktabda taʼlim fransuz tilida olib boriladi. Kasbhunar va texnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 6 yil davomida amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtlari: Ruanda universiteti (1963-yilda asos solingan), Milliy pedagogika instituta (1966), Tibbiyot instituti (1969), Texnika kolleji (1959), Iqtisodiyotstatistika instituti (1975). universitet kutubxonasi, Ruanda Geologiya mahkamasining kutubxonasi, Butareda Milliy muzey mavjud. Bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, Ruanda Madaniyat akademiyasi ishlaydi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi "Kinyamateka", ("Gazeta", kinyaruanda va fransuz tillarida 2 haftada bir marta chikadigan gaz., 1933-yildan), "Revyu dialog" ("Muloqot jurnali", fransuz tilida chikadigan oylik jurnal, 1967-yildan), "Relev" ("Oʻrinbosar", hukumat axborot mahkamasi tomonidan fransuz tilida chiqariladigan oylik jurnal, 1976-yildan). Ruanda axborot agentligi hukumat mahkamasi boʻlib, 1977-yil tashkil etilgan. Ruanda radiosi (1961-yil tashkil etilgan) va Ruanda televideniyesi hukumat nazoratida ishlaydi. Adabiyoti Adabiyoti ogʻzaki xalq ijodiyoti, ayniqsa, sheʼriyatdan boshlangan. Turli davrlarga mansub tanikli shoirlari: Maguta (17-asr), Bagozori, Musare, Semidorogo (18-asr), Bamenya, Bikvakvanya, Sekarama, Munyanganzo (19-asr). Ruandaning yozma adabiyoti 20-asrda vujudga keldi. Uning asoschisi – faylasuf sotsiolog A. Kagame xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalarini toʻplagan, fransuz, kinyaruanda tillarida ilmiy asarlar nashr etgan va ona tilida dostonlar yozgan. Fransuz tilida ijod qiluvchi adib J. S. Naygizikining "Ruanda eskapadasi", "Oʻttiz yoshimdagi kulfatlarim" romanlari mashhur. 20-asrning oxirlarida adabiyot maydoniga kirib kelgan adib Viktoriya Kantengva, Agnes Niyonkinda fransuz tilida, shoir B. Nkiylinngon kinyaruanda tilida ijod qila boshladi. Dramaturgiyasi ilk rivojlanish bosqichida turibdi (J. S. Naygizikining "Optimist" pyesasi va boshqalar). Meʼmorligi va amaliy sanʼati Ruanda xalqlarining asosiy turar joylari aylana tarxli, yogʻoch sinchli, qamish tomli guvalak kulbalardan iborat. Ayrim joylarda gʻishtdan ikki nishabli, cherepitsa tomli, peshayvonli va derazali uylar ham qurilgan. Faqat Kigali va Butare shaharlarida yevropacha uylar paydo boʻla boshladi. Badiiy hunarmandchilikda savat, boʻyra, gilam toʻqish va roʻzgʻor anjomlari yasash, ularga oq, qora, qizil gullar solish, yogʻochsozlik, kulolchilik rivojlangan. Musiqasi Musiqa madaniyati xutu va tutsilar hamda tva pigmeylari musiqasini oʻz ichiga oladi, cholgʻudan koʻra tovush ustunlik qilishi uning oʻziga xos xususiyatidir. Qoʻshiq turlari xilma-xil – yakkaxonlik bilan yoki koʻpchilik boʻlib aytiladigan qoʻshiqlar, erkaklar va ayollar qushiqlari. Cholgʻular orasida torli, shu jumladan, 7–8 torli inanga deb atalgan sitra, umuduli yoki umunaxi, 1 torli iningiti skripkasi, qamish, bambuk yoki yogʻochdan yasalgan 2 – 4 teshikli umvirongi, kiyik shoxidan yasaladigan ixembe fleytasi, 1 membranali ingaraba, 2 membranali ingana barabanlari, shuningdek, turli qoʻngʻiroq, shaqildoqlar bor. Ruanda musiqa madaniyati kup jihatdan uz anʼanalarini saqlab krlgan va unda, umuman, Yevropa musiqasining taʼsiri juda kam. Manbalar BMT aʼzolari Ruanda
10,566
3312
https://uz.wikipedia.org/wiki/San-Tome%20va%20Prinsipi
San-Tome va Prinsipi
San Tome va Prinsipi (São Tomé e Príncipe), San Tome va Prinsipi Demokratik Respublikasi (República Democrática de São Tomé e Príncipe) — Gvineya qoʻltigʻidagi San Tome va Prinsipi orollari va ularga yondosh mayda orollarda joylashgan davlat. Afrika gʻarbiy sohili yaqinida. Maydoni 964 km². Aholisi 170,4 ming kishi (2002). Poytaxti — San Tome shahar. Maʼmuriy jihatdan 7 okrug (distrito)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi San Tome va Prinsipi — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-yildan F.B. Melu de Menezesh), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana bir marta kayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament — Milliy majlis va ijrochi hokimiyatni prezident tayinlaydigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Orollar vulkan faoliyati natijasida hosil boʻlgan. Eng baland joyi PikodeTome — 2024 m (San Tome o.da). Iqlimi SanTome o.da tropik (quruq va yomgir mavsumlari bilan). Prinsipi o.da ekvatorial, doim nam. Oʻrtacha oylik temperatura 23—27°. Yillik yogʻin 1000–3000 mm gacha. Deyarli yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Nam tropik oʻrmonlar va mangro chakalakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, turli qushlar, kaltakesak, buqalamun, ilonlar uchraydi. Dengizda baliq, qisqichbaqa, krevetka, langust, ustritsa kabilar bor. Aholisi Aholisi, asosan, santomeliklar boʻlib, ular Afrikadagi bantu tilida soʻzlashuvchi turli xalqlar (ovimbundu, ambundu va boshqalar)ning oʻzaro va qisman portugallar bilan chatishuvi natijasida hosil boʻlgan. Portugallar ham yashaydi. Rasmiy til — portugal tili. Dindorlarning 90% ga yaqini xristian (katolik)lar, shuningdek, musulmonlar va anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Shahar aholisi 44,1%. Muhim shaharlari: SanTome, Santu Antonyu, Portu Alegri, Ribeyra Afonsu. Tarixi 1470—71 yillarda San Tome o.lariga Portugal dengiz sayyohlari kelib, bu yerlarni Portugaliya mulki, deb eʼlon qildilar. 1485-yildan odamlar koʻchib kela boshladi. Ular Yevropadan surgun qilingan portugallar va afrikalik qullar edi. 16-asr boshlarida qalin oʻrmonlar kesilib, shakarqamishzorlar barpo etishga kirishiddi. Asr oxiriga borib shakar eksport qilishda SanTome Afrikada birinchi oʻringa chiqdi. 1517-yil va undan keyingi yillardagi qullar qoʻzgʻoloni natijasida 16-asr oxirida Amador boshchiligida qullar davlati qisqa muddat mavjud boʻldi. 1735-yil Prinsipi o. ham Portugaliya imperiyasiga qoʻshib olindi. 18—19-asrlarda San Tome va Prinsipi orollarida qullar kuchi bilan kofe va kakao plantatsiyalari barpo etildi. 1951-yil Portugaliya San Tome va Prinsipini oʻzining dengiz orti viloyati deb eʼlon qildi. 1953-yil mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtardi ("Batep qoʻzgʻoloni"), biroq u shafqatsizlik bilan bostirildi. 1960-yil muhojirlikda San Tome va Prinsipini ozod qilish qoʻmitasi (1972-yildan San Tome va Prinsipini ozod qilish harakati) tuzildi va u mustaqillik uchun kurash boshladi. 1972-yil Portugaliya San Tome va Prinsipiga mahalliy muxtoriyat maqomini berdi. San Tome va Prinsipi 1975-yil 12-iyuldan mustakil respublika, 1975-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 iyul — Mustaqillik kuni (1975). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi San Tome va Prinsipini ozod qilish harakati — Sotsialdemokratik partiya, 1960-yil asos solingan; Mustakil demokratik harakat partiyasi, 1992-yil tuzilgan; Demokratik konvergensiya partiyasi — "Mushohada" guruhi, 1990-yil tashkil etilgan. San Tome va Prinsipi mehnatkashlar milliy tashkiloti kasaba uyushmasi, 1989-yil tuzilgan. Xoʻjaligi San Tome va Prinsipi — iqtisodiy jihatdan zaif, agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Eksport uchun kakao, kofe, moyli va kokos palmalari, banan yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun tariq, maniok, makkajoʻxori, yams ekiladi. Chorvachilik sust rivojlangan (qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki, xonaki parranda boqiladi). Dengizdan baliq, toshbaqa va boshqa hayvonlar ovlanadi. Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydigan, ohak va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan hamda yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Keramika va gʻisht zavodlari, tikuvchilik fabrikasi ham qurilgan. San Tome va Prinsipida tor izli temir yoʻl va aeroport bor. Asosiy dengiz portlari: San Tome, Santu Antonyu va Portu Alegri. Chetga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va neft mahsulotlari, sement, avtomobil va boshqa sanoat mollari keltiradi. Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya, AQSH, GFR, Angola bilan savdo qiladi. Pul birligi — dobra. Maorifi 6—12 yoshdagi bolalarning oʻqishi majburiy. Davlat qaramogʻidagi oʻquv yurtlaridan tashqari xususiy va diniy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktab 4 yillik, oʻrta maktab 7 yillik. Oxirgi 2 yilda bolalar chet el oliy oʻquv yurtlariga kirishga tayyorlanadi. Darslar portugal tilida olib boriladi. Hunar taʼlimi boshlangʻich yoki toʻliqsiz oʻrta maktab negizida 5—6 yil davomida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. oʻquv yurtlarida, urga maktab oʻqituvchilari chet ellarda tayyorlanadi. Vrachlar chet ellardagi oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Milliy tarix muzeyi (1976) va oʻlkashunoslik muzeyi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz.lari: "Diariu da Respublika" ("Respublika gazetasi", hukumat haftanomasi, 1836-yildan), "Labor" ("Mexnat", oyiga 2 marta chiqadigan gaz., 1990-yildan), "Notisiash" ("Yangiliklar", hukumat nashr etadigan gaz., 1991-yildan). STP Press axborot agentligi 1985-yil tuzilgan. San Tome va Prinsipi televideniyesi, hukumat telekoʻrsatuvi. Adabiyoti Garchi forro deb ataluvchi mahalliy kreol tili mavjud boʻlsa ham, adabiyot portugal tilida 19-asrning 2-yarmida yuzaga keldi. Sheʼriyatning asoschisi — K. da Koshta Alegri. Uning "Sheʼrlar" kitobida irqiy xurofotlardan norozilik goyalari aks etgan, "Qora dunyo" qadriyatlari madh qilingan. F.J.V. Tenreyru bu mavzularni rivojlantirdi. 20-asrning 50—60 yillarida adabiyotga kirib kelgan shoirlar A. du Espiritu va A. T. Medeyrush milliy ozodlik harakatida faol ishtirok etdilar. Ular oʻz ijodida xalq ogʻzaki ijodi anʼanalarini zamonaviy badiiy ifoda shakllari bilan qoʻshishga intildilar. Asr oxirlarida yaratilgan hikoya, qissa, roman va pyesalar xalq hayotini aks ettirdi (F. Reyshning "Plantatsiya" romani, "Qogʻozboy toʻra" pyesasi va boshqa asarlar). Manbalar San-Tome va Prinsipi BMT aʼzolari
6,416
3313
https://uz.wikipedia.org/wiki/Seyshell%20orollari
Seyshell orollari
Seyshel orollari, Seychelles (Seychelles), Seyshel Orollari Respublikasi (Seychelles Respublikasi) (Republic of Seychelles) — Hind okeanida, Afrikaning sharqiy sohili yaqinidagi Seyshel va Amirant orollari, Aldabra, Farquar va boshqa orollarda joylashgan davlat. Maydoni 405 km². Aholisi 80,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Viktoriya shahri. (Mae orolda). BMT aʼzosi Davlat tuzumi Seyshel orollari — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yil 18 iyunda maʼqullangan va unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi — prezident (1977-yildan Frans Alber Rene), u toʻgʻri umumiy saylov yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Tabiati Seyshel orollari materikdan, ayrimlari marjonlardan hosil boʻlgan. Eng bal. joyi 905 m (Mae orolda). Yirik orollari — Mae, Siluet, Praslen, LaDig. Iqlimi subekvatorial, dengiz iqlimi. Oʻrtacha oylik temperatura 26—28°. Yillik yogʻin 4000 mm gacha (asosan, yezda). Marjon orollari tarkibidagi ohaktoshlar namni oʻzida saqlamaydi, shu sababli ularni xoʻjalik jihatidan oʻzlashtirib boʻlmaydi. Yirik orollarning ichki hududlarida doim yashil tropik oʻrmonlar saqlanib qolgan, ularda faqat mahalliy jaydari oʻsimliklar (jumladan, seyshel palmasining qad. turi) oʻsadi. Bahaybat filsimon toshbaqa va qush koʻp. Aldabra, Kuzen va boshqa rezervatlar, SentAnn dengiz milliy bogʻi bor. Aholisi Aholisining aksariyati seyshelliklar yoki kreollar (asosan, koʻchib kelgan fransuzlar va afrikalik qullarning avlodlari, umumiy soni 65 ming kishi); hindlar, malagasilar, xitoylar, inglizlar ham yashaydi. Rasmiy tillar — kreol, ingliz va fransuz tillari. Aholining 90% xristiankatolik, qolganlari — musulmon, hindular va konfutsiychilar. Shahar aholisi 55,3%. Tarixi Seyshel orollari qad. arab va hind dengiz sayyoxlariga maʼlum boʻlgan. 1609-yil bu orollarga ingliz dengiz sayyohlari kelib tushgan. 18-asr oʻrtalarida fransuzlar bosib olib, Fransiya moliya vaziri Moro de Seshell nomi bilan atashgan. 1794-yil uni inglizlar egallab olgan. 1903-yildan Buyuk Britaniya mustamlakasi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi tinimsiz kurash olib bordi. 20-asr oʻrtalarida siyosiy partiya va kasaba uyushmalari tuzildi, ular xalqning ozodlik yoʻlidagi kurashiga boshchilik qildi. 1970 i. Seyshel orollariga ichki muxtoriyat berilib, Qonun chiqaruvchi assambleya tuzildi, 1976-yil 29 iyunda mustaqillikka erishdi. Seyshel orollari 1976-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18 iyun — Millat kuni (1993). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Demokratiyu partiya, 1992-yil tuzilgan; Seyshel xalqi taraqqiyot fronti, 1978-yil tashkil etilgan; Seyshel milliy partiyasi, 1993-yil asos solingan. Seyshel ishchilari ittifoqi federatsiyasi kasaba uyushma birlashmasi, 1978-yil tuzilgan. Iqtisodiyoti Seyshel orollari — agrar mamlakat. Baliq ovlash va xorijiy sayyohlik muhim ahamiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash ulushi 4,1%, sayyohlik ulushi 12,3%, sanoat va kurilishning ulushi 20,5%. Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Kokos palmasi, kofe, tamaki, meva, sabzavot, moyli ekinlar, ziravorlar, choy yetishtiriladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Kopra va vanilni qayta ishlaydigan, efirli moylar, kokos tolasidan turli buyumlar, sovun ishlab chikaradigan va choy qadoqlaydigan kichik korxonalar, yogʻoch tilish zavodi, bir kancha oziqovqat korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 126 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli yoʻq. Avtomobil yoʻllari uzunligi 345 km. Orollar orasida mahalliy kemalar qatnaydi. Mae orolda xalqaro aeroport bor. Seyshel orollari chetga kopra, shuningdek, dolchin yogʻi va dolchin, vanil, muzlatilgan va konservalangan baliq, toshbaqa kosasi, granit chiqaradi, chetdan sanoat mollari, oziq-ovqat oladi. AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Yaponiya, Singapur bilan savdo qiladi. Pul birligi — seyshel rupiyasi. Maorifi Xalq taʼlimi tizimi ingliz, qisman fransuz tizimlari taʼsirida shakllangan. 1980-yil 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy 9 yillik taʼlim joriy etilgan, u 6 yillik boshlangʻich va 3 yillik toʻliqsiz oʻrta maktabni oʻz ichiga oladi. Zamonaviy taʼlim tizimi 6 yillik boshlangʻich, 3 yillik toʻliqsiz oʻrta va 2 yillik toʻliqoʻrta maktabdan iborat. Toʻliqoʻrta maktabda oʻquvchilar ilmiy bilimlarni oʻrganishdan tashqari unumli mehnat bilan ham shugʻullanadi. Toʻliq oʻrta maktab negizida ped. kolleji, 9 yillik majburiy maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari ishlaydi. Yoshlar oliy taʼlimni chet ellarda oladilar. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Gazeta va jurnallari: "Neyshn" ("Millat", kreol, fransuz va ingliz tillarida chiqadigan hukumat gazeta), "Ofishl gazett" ("Rasmiy gazeta", hukumat xabarnomasi), "Pipl" ("Xalq", kreol, fransuz va ingliz tillarida nashr etiladigan oylik jurnal), "Eko dez il" ("Orollar aks sadosi", fransuz, kreol va ingliz tillarida chiqadigan diniy jurnal). Seyshel matbuot agentligi, milliy axborot agentligi, 1979-yil tuzilgan. 1941-yildan ingliz, fransuz va kreol tillarida radioeshittirish olib boriladi. Hukumat nazoratidagi Seyshel radio va televideniyesi xizmati 1983-yilda tuzilgan. Manbalar Seyshell orollari BMT aʼzolari
5,364
3315
https://uz.wikipedia.org/wiki/Somali
Somali
Somali (somalicha: Soomaaliya) poytaxti — Mogadisho shahri. BMT aʼzosi. Somali Demokratik Respublikasi (Jamhuuriyadda Dimoqraadiga yeye Soomaaliya) — Shimoliy Sharqiy Afrikada, Somali yarim orolda joylashgan davlat. Maydoni 638 ming km². Aholisi 15,89 mln. kishi (2020). Poytaxti — Mogadisho shahri Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (region)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Somali — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990-yil qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan muvaqqat prezident Abdulqossim Salad Hasan). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament (Oʻtish milliy majlisi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Antik davrda Somali muhim savdo markazi edi. Bu qadimgi Punt erining eng ehtimoliy joylaridan biri. Oʻrta asrlarda mintaqaviy savdoda bir qancha qudratli Somali imperiyalari, jumladan Ajuran sultonligi, Adal sultonligi va Geledi sultonligi hukmronlik qilgan. 19-asr oxirida Somali Sultonliklar, Italiya va Britaniya imperiyasi tomonidan mustamlaka Sulton, ham Maxsus Sultonning mustamlaklari singari Somali Sulton.Yevropa mustamlakachilari qabila hududlarini ikkita mustamlakaga birlashtirdilar, ular Italiya Somalilendi va Britaniya Somalilendi protektorati. Shu bilan birga, ichki hududlarda Muhammad Abdulloh Hasan boshchiligidagi darveshlar Habashiston, Italiya Somalilendi va Britaniya Somalilendiga qarshi yigirma yil davom etgan toʻqnashuvda qatnashdilar va nihoyat 1920-yilda Somaliland kampaniyasida magʻlubiyatga uchradilar. Italiya hukmron Majiertin Sultonligi va Xobyo Sultonligiga   Sultonlik  yurishini  muvaffaqiyatli olib borganidan soʻng  hududning shimoli-sharqiy, markaziy va janubiy qismlarini toʻliq nazorat ostiga oldi. 1960-yilda bu ikki hudud fuqarolik hukumati ostida mustaqil Somali Respublikasini tashkil qilish uchun birlashdi. 1969-yilda Oliy Inqilobiy Kengash aʼzosi Siad Barre hokimiyatni qoʻlga oldi va Somali Demokratik Respublikasini tuzdi va mamlakat shimolidagi Somaliland mustaqillik urushini shafqatsizlarcha bostirishga urindi. SRC keyinchalik 22 yil o'tib, 1991 yilda, Somali fuqarolar urushi boshlanishi bilan qulab tushdi va Somaliland tez orada mustaqilligini e'lon qildi. Somaliland hali ham Somalining shimoli-g‘arbiy qismini nazorat qiladi, bu uning hududining 27% dan sal ko‘proq qismini tashkil qiladi. Bu davrdan boshlab koʻpchilik hududlar odat va diniy huquqqa qaytdi. 2000-yillarning boshlarida bir qator muvaqqat federal ma'muriyatlar tashkil etildi. O'tish milliy hukumati (TNG) 2000 yilda tashkil etilgan, so'ngra Somali qurolli kuchlarini qayta tiklagan vaqt federal hukumati (TFG). 2006-yilda AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Efiopiya aralashuvi bilan TFG yangi tashkil etilgan Islom sudlari ittifoqi (ICU)dan mamlakatning janubiy mojaro zonalarining koʻp qismini nazorat qilishni oʻz qoʻliga oldi. Keyinchalik ICU ko'proq radikal guruhlarga bo'linib ketdi, jumladan jihodchilar al-Shabob bu mintaqani nazorat qilish uchun TFG va uning AMISOM ittifoqchilari bilan kurashdi. 2012-yil oʻrtalariga kelib qoʻzgʻolonchilar oʻzlari egallab olgan hududlarning katta qismini yoʻqotdilar va doimiyroq demokratik institutlarni izlash boshlandi. Shunga qaramay, qoʻzgʻolonchilar Somalining markaziy va janubiy qismining koʻp qismini nazorat qiladi va hukumat nazorati ostidagi hududlarda taʼsirga ega boʻlib, Jilib shahri isyonchilarning amalda poytaxti sifatida faoliyat yuritadi. 2012-yil avgust oyida yangi vaqtinchalik konstitutsiya qabul qilindi Somalini federatsiya sifatida isloh qildi. Oʻsha oyda Somali Federal hukumati tuzildi va al-Shabob u yerda tez-tez hujumlar uyushtirganiga qaramay Mogadishoda qayta qurish davri boshlandi. Somalining jon boshiga yalpi ichki mahsuloti dunyodagi eng past koʻrsatkichlardan biri boʻlib, eng kam rivojlangan mamlakatlar guruhiga kiradi. 2019-yilda Somali dunyodagi eng past  HDI ga ega bo‘lgan va o‘sha yili Somali aholisining 69 foizi qashshoqlik chegarasida yashagan. 2020 yil holatiga ko'ra, Somali Mo'rt davlatlar indeksida ikkinchi o'rinda turadi. U asosan chorvachilik, xorijda ishlaydigan somaliliklarning pul oʻtkazmalari va telekommunikatsiyalarga asoslangan norasmiy iqtisodiyotni saqlab qoldi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Arab Ligasi, Afrika Ittifoqi, qoʻshilmaslik harakati va Islom Hamkorligi Tashkiloti aʼzosi. Tabiati Qirgʻoq chizigʻi kam parchalangan, sohilining aksari pasttekislik. Somali hududining markaziy qismini 500–1500 m balandlikdagi plato egallagan. Uning shimoliy chekkalari balandlashib borib, massivlarga boʻlingan. S. Afrika platformasining shimoli-sharqida joylashgan. Eng baland joyi — Shimbiris togʻi (2406 m). Pyezokvars, tantal, niobiy, qalay, urantoriy, temir ruda va toshtuz konlari bor. Iklimi ekvatorial, mussonli, qurgʻoqchil. Shimolida tropik choʻl va chala choʻl iqlim. Yillik yogʻin janubiy va gʻarbda 500–600 mm, sharqda 100 mm gacha. Yomgʻir, asosan, aprel—iyul va oktabr— dekabr oylarida yogʻadi. Shimolida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 25—30°, iyulda 32°. Asosiy daryolari — Juba va VabiShabalining quyi oqimida kema qatnaydi. Hududining katta qismi choʻl. Tuprogʻi qizgʻishqoʻngʻir va qizilqoʻngʻir. Oʻsimlik siyrak. Daryo vodiylari va janubiydagi sohilda tropik oʻrmonlar, togʻlarda efir moyli daraxt va butazorlar, vohalarda xurmo va kokos palmazorlari bor. Janubi-gʻarbdagi savanna va chala choʻllarda kiyik, zebra, qoʻtos, jirafa, arslon, qoplon, sirtlon, chiyaboʻri, fil, toʻngʻiz, daryolarda timsoh, oʻrmonlarda maymunlar yashaydi. Zaharli ilon, kush koʻp. Aholisining koʻpchiligi — somalilar (95%); arablar, afrikalik bantular va boshqa ham yashaydi. Rasmiy til — somali va arab tillari. Shahar aholisi 37,2%. Hukmron din — islom. Yirik shaharlari — Mogadisho, Hargeysa, Berbera, Kisimayo, Baydabo. Tarixi Harakat ash shabab Somali hududi qadimda Punt deb atalgan, bu yerda paleolit davridayoq manzilgohlar boʻlgan. Mil. 1-asrda yirik shaharlar paydo boʻlib, ularning aholisi arab, hind va yunonlar bilan savdo qilgan. 7—8-asrlarda musulmon arablar koʻchib kela boshlagan. 12—16-asrlarda Zeyla (Adal), Ifat, Hadya va boshqa sultonliklar boʻlgan. 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida ular mayda amirliklarga boʻlinib ketgan. 17—19-asrlarda Somali hududining bir qismi Ummon, Zanjibar sultonligi, Turkiya qoʻl ostida boʻlgan. 19-asr oxirida Somali yarim orolni qoʻlga kiritish uchun Yevropa davlatlari oʻzaro kurash boshladi. 20-asr boshlariga kelib Somali uch davlat (Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya) mustamlakasiga aylandi. Mustamlakachilik hukmronligiga qarshi 1899—1920-yillarda bir necha marta qoʻzgʻolon koʻtarildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Italiya armiyasi Britaniya S.sini bosib oldi. 1941-yil boshlarida ingliz askarlari bu yerlardan Italiya armiyasini surib chiqarib, okkupatsiya tartibini oʻrnatdi. Urush yillarida dastlabki siyosiy tashkilotlar tuzildi. Urushdan soʻng milliy ozodlik harakati avj oldi. 1960-yil sobiq Britaniya va Italiya S.lari birlashib, mustaqil Somali Respublikasi tashkil etildi. Ammo mamlakatda turli kuchlar oʻrtasidagi oʻzaro kurash toʻxtamadi. 1969-yil harbiy toʻntarish sodir boʻldi, prezident A. A. Shermark oʻldirildi. S. Demokratik Respublika deb eʼlon qilindi, hokimiyat harbiylar qoʻliga oʻtdi, general Muhammad Siad Barre prezident boʻldi. Bir qancha ilgʻor islohotlar oʻtkazildi. 1991-yil yanvarda hukumat qoʻshinlari bilan muxolifatchi guruhlar oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar natijasida Birlashgan S. kongressi (BSK) hokimiyatni qoʻlga oldi, prezident M. S. Barre lavozimidan chetlatildi, Ali Mahdi Muhammad muvaqqat prezident etib tayinlandi. Oʻsha yil noyabrda BSK fraksiyalari oʻrtasida mojaro chiqdi. General Muhammad Farah Aydid boshchiligidagi fraksiya muvaqqat prezident tarafdorlariga qarshi qurolli harakat boshladi. Urugʻqabilachilikka asoslangan guruhlarning mojarosi mamlakatda davlat hokimiyatining barbod boʻlishiga olib keldi. 1992-yil oktabrda S. shimolida BMT tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi. 2000-yil may — avgust oylarida Jibutining Arta shahrida Afrika va Yevropa davlatlari vositachiligida oʻtkazilgan anjumanda S.dagi turli urugʻlarning vakillari Oʻtish milliy majlisi — parlamentni sayladilar, shu parlament mamlakatning muvaqqat prezidentini sayladi. Somali — 1960-yildan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 1-iyul — Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari va guruhlari, kasaba uyushmalari. Birlashgan S. kongressi, harbiy-siyosiy guruh, 1989-yil tuzilgan; S. inqilobiy sotsialistik partiyasi, 1976-yil taʼsis etilgan; S. milliy alyansi, harbiy-siyosiy guruh, 1992-yil tashkil qilingan. S. kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1977-yil tuzilgan. Xoʻjaligi Somali — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi. ulushi 59%, sanoat ulushi 10%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 30 % dan ziyod. Iqtisodiyotning asosini qishloq xoʻjaligi, jumladan, koʻchmanchi chorvachilik tashkil etadi. Tuya, qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Qishloq xoʻjaligida makkajoʻxori, oq joʻxori, yer yongʻoq, sholi va boshqa ekiladi. Chetga sotish uchun banan, shakarqamish, paxta, tamaki yetishtiriladi. Sohilda baliq ovlash rivojlangan. Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi. xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydigan ayrim korxonalardan iborat. Kisimayodagi goʻsht kombinati, Mogadishodagi sut zavodi, Laskoraydagi baliq konserva zavodi, Jouhardagi qandshakar zavodi ularning eng yiriklaridir. Toʻqimachilik, koʻnchilik, metall ishlash, paxta tozalash, yogʻ, binokorlik materiallari va boshqa korxonalar ham bor. Hunarmandchilik (zargarlik, qurolsozlik, suyak oʻymakorligi, toʻquvchilik, teri ishlash) rivojlangan. Oz miqdorda niobiy rudasi va toshtuz qazib olinadi. Transport yoʻli yoʻq. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi 2 ming km. Asosiy dengiz portlari: Berbera, Mogadisho, Kisimayo, Merka. Mogadishoda xalqaro aeroport bor. Chetga tirik chorva (eksportning 80% dan ortigʻi), banan, goʻsht, xom teri, goʻsht va baliq konservasi, qimmatbaho yogʻoch turlari chiqaradi. Chetdan sanoat mollari, mashina va transport uskunalari, neft mahsulotlari oladi. Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Italiya, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — somali shillingi. Tibbiy xizmati Aholiga tibbiy yordam davlat davolash muassasalarida koʻrsatiladi (1970-yildan bepul.) Vrachlar Milliy universitetning tibbiyot fakultetida va chet ellarda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 20-asr boshlarida diniy va asr oʻrtalarida oʻrta maktablar ochila boshladi. 1974-yil majburiy 8 yillik taʼlim joriy etildi. Shundan soʻng quyidagi taʼlim tizimi vujudga keldi: 5—6 yoshli bolalar uchun diniy maktab, 7 yoshdan boshlab 4 y.lik boshlangʻich, 4 y.lik toʻliqsiz oraliq, 4 y.lik toʻliq oʻrta maktab. Boshlangʻich maktab uchun oʻqituvchilar oraliq maktab negizida 3 yil davomida, oraliq maktab uchun oʻqituvchilar esa 4 yil davomida tayyorlanadi, hunartexnika tayyorgarligi 2—4 yil davomida amalga oshiriladi. Mogadishodagi S. milliy universiteti (1954)da darslar somali, arab, ingliz va italyan tillarida olib boriladi. Mogadishoda industrial, tibbiyot, dengizchilik va baliqchilik, veterinariya, islom maktablari, Burao va Hargeysada texnika kollejlari bor. Ilmiy muassasalari: Madaniyat akademiyasi (1972), Haritagrafiya departamenti (1966), S. taraqqiyot va boshqaruv instituti (1966), Geol. departamenti (1964), Markaziy qishloq xoʻjaligi. ilmiytadqiqrt stansiyasi (1965), Gigiyena va kasalliklarning oldini olish laboratoriya va boshqa Milliy universitet kutubxonasi va boshqa kutubxonalar, Mogadishoda milliy muzey mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gazetalari "Xiddigta Oktobar" ("Oktabr yulduzi", somali tilida chikddigan kundalik xukumat gazeta, 1973-yildan), "Xorseyd" ("Ilgʻor", italyan va arab tillarida chikddigan xukumat haftanomasi, 1965-yildan), "Xegan" ("Sergak", ingliz tilida chikddigan xdftalik gazeta, 1978-yildan). S. milliy axborot agentligi (SONNA) hukumatga karashli boʻlib, 1963-yilda tashkil etilgan. S. radioeshittirish xizmati, Hargeysa radiosi, Mogadisho radiosi somali, arab, amhara, italyan, suaxili, fransuz va afar tillarida eshittirish olib boradi. Milliy telekoʻrsatuv xizmati 1983-yildan ishlaydi. Adabiyoti Somalilarning ogʻzaki ijodiyoti boy. Turli davrlarda sulton ViilVaal (16-asr), Raage Ugas (19-asr oxiri — 20-asr oʻrtalari), milliy qahramon Muhammad bin Abdullo Sayd alXasan (1860—1920), Ali Dux, Kaman Bulxan (19-asr oxiri — 20-asr 40 yillari), lashkarboshi Ismoil Mire (1884—1950) kabi shoirlar mashhur boʻlgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin shoir Abdullohi Sulton (Timoadde), Abdullohi Qarshe (milliy madhiya muallifi), shoir va dramaturglar Husayn Ali Farah, Ali Sugulle, Hasan shayx Moʻmin milliy ozodlik va vatanparvarlik ruhida asarlar yozishdi. Qosim Hiloliy Skiffo, Abdulloqi Issa Sangub, Musohoji Ismoil Galal joʻshqin sheʼrlar bilan maydonga chikdilar. Nuriddin Farahning "Qiyshiq qobirgʻadan", Farah Muhammad Jomi Aulning "Jaholat — muhabbatning dushmani", Muhammad Daxir Afraxning "ManaFay" asarlari dastlabki somali romanlaridir. 20-asr oxirlarida Muhammad Ibrohim, Muhammad Xashi Dama, Abdi Qays kabi adiblar ijod qila boshladilar. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Oʻtroq aholi novdadan toʻqib, sirti loy bilan suvalgan kulbalar va bostirmasimon sinchli imoratlar ("mondullo"), koʻchmanchilar esa novdadan toʻqilgan, somon, tuya terisi va boʻyra bilan qoplangan yigʻma oʻtovlar ("aggal"), sohil aholisi toʻrtburchak, yassi tomli, ikki nishabli uylar ("yarish") quradilar. 8-asrdan port shaharlarda arab meʼmorligi ruhida ohaktoshchigʻanoqdan binolar, masjidlar barpo etilgan. Zeyladagi machit (12-asr), Mogadishodagi ArbaRukun (1268), Faxriddin (1269), Abdul Aziz (1307), Bravadagi Abukar Said (15—16-asrlar) masjidlarining qoldiklari, Mogadishodagi minora (1238) saqlangan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida shaharlar qurilishi qorishiq meʼmorlik ruhida olib borildi. 60 yillardan boshlab shaharlarni rejalash va obodonlashtirish ishlari tartibga solindi, uyjoy qurilishi rivojlandi. Bu ishlarga X. Diri va boshqa meʼmorlar boshchilik qildi. Jamoat va sanoat inshootlari qurildi, milliy ozodlik kurashi qahramonlari sharafiga obidalar qoʻyiddi. S.da tasviriy sanʼat uncha rivojlanmagan. Qad. yodgorliklar — mil. av. 1ming y.lik — 600 yillarga mansub qoyalarga oʻyib ishlangan yoki boʻyoq bilan chizilgan jonivorlarning rasmlari, tosh qabrlar, naqshlangan yodgorlik toshlari saqlangan. 1960-yildan keyin maxsus taʼlim olmagan boʻlsa ham rang-tasvirdan xabardor rassomlar ishlay boshladi. Us t a Abdi Muhammad mahalliy mavzularda manzarali kompozitsiyalarni chizadi, rassom Soʻfiy xalq turmushi, mahalliy urfodatlarni ifodalaydi. Badiiy hunarmandlikda yogʻochsozlik katta oʻrin egalladi. Yogʻochdan turli roʻzgʻor anjomlari, egar, bolalar oʻyinchoklari yasalib, ularga murakkab naqshlarsolinadi. Novdadan guldor savat, kajava, turli idish, bezaklar yasaladi. Kulollik, koʻnchilik rivojlangan. Koʻchmanchilarda buqa, fil, karkidon terisidan egarjabduq, juzdon, soyabon, qin yasash odat boʻlgan. Musiqa madaniyati qadim zamonlarda vujudga kelgan. Oʻrta asrlardagi S. musiqasida arab madaniyatining taʼsiri seziladi. Bir qancha xalqdarda, ayniqsa, koʻchmanchilarda mehnat jarayoni va xalq turmushi bilan bogʻliq boʻlgan qad. musiqa shakllari hali ham saqdanib qolgan. Ov bilan bogʻliq musiqiy janrlar keng tarqalgan. Hayvon qiyofasiga kirib ijro etiladigan, ov boshlanishiga, yomgʻir mavsumiga, nikoh toʻyiga, farzand tugʻilishiga bagʻishlangan anʼanaviy raqs va qoʻshiklar bor. Qishloq joylarda dala ishlari, tuya sugʻorish bilan bogʻliq qoʻshiqlar yoniga siyosiy voqealarga bagʻishlangan qoʻshiqlar (xess) qoʻshildi. Cholgʻu asboblari — chapua barabani deb atalgan marosim cholgʻusidan tashqari dumaari, medonde, nasaro deb atalgan kattakichik barabanlar mavjud. Kinaanda udni, shareyero gitarani, seyeze bir torli skripkani eslatadi. Zamonaviy musiqada yevropacha sanʼatga, koʻprok, estrada janrlariga anʼanaviy shooba, berey va boshqa uslublar singdirib yuborilgan. M. A. Sanguba, A. Naji, Ali Jerir kabi kompozitorlar, Mugʻammad Jama Jof, Ali Elmi kabi xonandalar, Xadida Abdullohi Dalles, Harera Ismani Duniya kabi shoiraqoʻshiqchilar mashhur. Mogadishodagi Milliy teatrda musiqa festivallari oʻtkaziladi, Muhammad Issa rahbarligidagi S. raqs ansambli (1971-yilda tuzilgan) xorijiy mamlakatlarda gastrolda boʻladi. Somali BMT aʼzolari
16,271
3317
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sudan
Sudan
Sudan, Sudan Respublikasi (Jumhuriya asSudan) — Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 2,5 mln. km². Aholisi 37,09 mln. kishi (2002). Poytaxti — Hartum shahri Maʼmuriy jihatdan 26 shtatga boʻlinadi. Davlat tuzumi S — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998-yil 30-iyunda kabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1993-yildan Umar Hasan Ahmad alBashir), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi. Tabiati S hududining katta qismi bal. 300–1000 m boʻlgan plato; shimolida uning talaygina qismida Liviya va Nubiya choʻllari, janubida Markaziy Afrika togʻligi (eng baland joyi — Kinyeti togʻi, 3187 m), gʻarbda Darfur va Kordofan platolari, sharqda Efiopiya togʻligining etaklari joylashgan. Kizil dengiz sohili — ensiz pasttekislik. Mis, oltin, xromit, temir, marganets rudalari, neft, marmar, gips konlari bor. Iklimi — shimolida tropik choʻl iqiimi, issiq va qurgʻoqchil, janubida ekvatorial, mussonli. Hartumda oʻrtacha temperatura yanvarda 22°, iyulda 33°. Iillik yogʻin shimolida 20 mm gacha, mamlakat oʻrta qismida.100–300 mm, janubida 1000 mm dan ortiq. Asosiy daryosi — Nil va uning irmoklari — Oq Nil va Koʻk Nil. Daryolardan ekinzorlarni suyurishda, yuk tashishda va gidroenergiya olishda foydalaniladi. S. janubidagi baland boʻyli oʻtlar oʻsuvchi savannalarda qizil ferralit va alferrit tuproklar, shim.roqdagi choʻlga aylangan quruq savannalarda qizilqoʻngʻir va qizgʻish qoʻngʻir tuproklar, ayrim joylarda qoramtir ogʻir tuproqlar tarqalgan. Tropik, gidromorf va allyuvial tuproqlar ham uchraydi. Janubida va togʻlarda tropik oʻrmonlar bor, baobab va akatsiya koʻp. Hayvonot dunyosi boy: kiyik, gʻizol, jirafa, fil, qoplon, arslon, begemot va boshqa, qushlardan tuyaqush, marabu, sesarka, sudralib yuruvchilardan piton, daryolarda timsoh, har xil baliklar bor. Boma, Dinder, Nimule, Sautern milliy bogʻlari, Erkovit qoʻriqxonasi tashkil etilgan. Aholisi Aholisining aksariyati arablar. Nil vodiysida nubiylar, shimoli-sharqida bejalar, shuningdek, dinka, azande, nuer, shilak xalqlari ham yashaydi. Shahar aholisi 35%. Rasmiy til — arab tili. Rasmiy din — islom. Xristianlar ham bor. Yirik shaharlari: Hartum, Omdurman, Shimoliy Hartum, PortSudan, Juba, AlUbayd. Sudan davlati asosan arab inglis tilida gaplashadi. Tarixi S. hududida tosh davridan odam yashay boshlagan. Mamlakatning katta qismi (qadimda Kush mamlakati, 7-asrdan Nubiya) da qad. misrliklarga yaqin boʻlgan somxom va kushit qabilalari istiqomat kilganligi maʼlum. Mil. av. 2ming yillikda janubidan kelgan negroid qabilalar ularga qoʻshilib ketgan. Mil. av. 16— 12-asrlarda S. Misrga tobe boʻlgan. Mil. 6-asrda xristianlik tarqala boshladi. 7-asrga kelib, S.da Aloa, Mukurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo boʻldi. 7-asr oʻrtalaridan arablar kirib kela boshladi. Natijada mamlakat shimoliy va gʻarbiy hududlarida islom dini va arab madaniyati tarqaldi. 14-asr oxiri — 16-asr boshlarida musulmon davlatlari (Darfur, Sennar sultonliklari va boshqalar) vujudga keldi. 1820—22 yillarda S.ning katta qismini Misr hukmdori Muhammad Ali bosib oddi. S. garchi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan boʻlsada, amalda Misr mulkiga aylandi. 19-asrning 60y.lari oxiri — 70 yillarboshlaridan S.da Buyuk Britaniya taʼsiri kuchaya boshladi. Ingliz mustamlakachilarining shafqatsiz zulmiga qarshi xalq ommasi koʻp marta qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang Mahdiychilar qoʻzgʻoloni). 1899-yil inglizlar S.ni Buyuk Britaniya bilan Misrning mushtarak mulki (kondominium) deb eʼlon qiladigan bitimni Misrga majburan imzolatdi. S. rasman AngliyaMisr Sudani deb atala boshladi. S. amalda Angliyaning mustamlakasiga aylanib, uning asosiy paxta bazasi boʻlib qoldi. Sharqsa milliy ozodlik kurashi yuksalgan sharoitda S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar tuzildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida S. harbiy qismlari Eritreya, Misr, Liviya, Tunisda fashist davlatlari qoʻshinlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. Urushdan keyin mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1955-yil noyabrda ingliz va Misr qoʻshinlari Sdan olib ketiddi. 1956-yil 1-yanvarda S. mustaqil davlat deb zlon qilindi. 1958—64 yillarda Sda diktatorlik rejimi oʻrnatildi. 1969-yil davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni J. Nimeyri boshliq harbiylar qoʻlga oddi. 1972-yil S janubi muxtoriyat maqomini olgach, 17 yillik fuqarolar urushiga chek qoʻyildi. 1980-yildan, ayniqsa, islom qonunchiligi butun mamlakatga joriy etilganidan (1983) keyin, janubida yana fuqarolar urushi boshlandi. 1985-yilda Nimeyri rejimi agʻdarib tashlandi va 1986-yilda S alMaxdi boshchiligida koalitsion hukumat tuzildi, siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. 1989-yil harbiy toʻntarish sodir boʻlib, Milliy najot inqilobiy qoʻmondonligi Kengashi oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ boʻlib oldi, u 1993-yil Umar Hasan Ahmad alBashirni mamlakat prezidenta etib tayinladi va oʻzini oʻzi tarqatib yubordi. 1999-yil 1-yanvardan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. 2000-yil 13—22-dekabrda prezident va parlament saylovlari oʻtkazildi. U.H.A. alBashir yana S. prezidenti etib saylandi. S. 1956-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1-yanvar — Mustaqillik kuni (1956). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari AlUmma ("Millat") partiyasi, 1945-yil asos solingan; Birlashgan demokratik partiya, 1967-yil tuzilgan; Milliy kongress partiyasi, 1999-yil tashkil etilgan. S. ishchi kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1950-yil asos solingan, Xalqaro arab kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Afrika kasaba uyushma birligi tashkilotiga kiradi. Iqtisodiyoti S. — qoloq agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi.ning ulushi 46,3%, sanoatning ulushi 22,8%, xizmat koʻrsatish soqasining ulushi 30,8%. Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% band boʻlib, eksport tushumining 95% ni taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi da foydalaniladigan 8,4 mln. gektar yerning 2,6 mln. gektari sugʻoriladigan, 5,4 mln. gektari lalmi yerlardir. Paxta eng muhim eksport ekini boʻlib (Afrikada Misrdan keyin 2oʻrin), Gezira, Oq va Koʻk Nil, Atbara vodiylarida yetishtiriladi. Kordofan platosi, Koʻk Nil va Atbara vodiylarida kunjut, Darfur va Kordofan platolarida yer yongʻoq, hamma vohalarda oq joʻxori, tariq ekiladi, shimolida xurmo yetishtirilady va makkaisano bargi terib olinadi. Texnika ekinlaridan shakarqamish va boshqa yetishtiriladi. Aqoqiyo (arab yelimi) yetishtirishda dunyoda yetakchi oʻrinda turadi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, tuya, xachir, yilqi va boshqa boqiladi. Sanoatida mehnatga layoqatli Agʻolining 5% band boʻlib, u asosan mahalliy qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash va yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Oziqovqat sanoatida yogʻ, sut, qandshakar, konserva zavodlari, yengil sanoatda toʻqimachilik, poyabzal, paxta tozalash, shuningdek, mashinasozlik va metallsozlik, kemasozlik, neft, sement, mineral oʻgʻit ishlab chiqarish. korxonalari bor. Oz miqdorda oltin, uran, xrom, temir, marganets rudalari va gips qazib olinadi. Keyingi davrda neft qazib chiqarish koʻpaydi. Dengiz suvidan tuz ajratib olinadi. Yiliga oʻrtacha 1,33 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Hartum, Omdurman, PortSudan, Atbara, VodiyMadoni. Transport yoʻli uzunligi 5,5 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 21,4 ming km. Asosiy dengiz porti PortSudan. Nil va uning irmoqdarida kema qatnaydi. Hartumda xalqaro aeroport bor. Chetga paxta, xom neft, oq joʻxori, aqoqiyo, yer yongʻoq, kunjut, chorva mollari chikaradi, chetdan mashina va uskuna, bugdoy, neft mahsulotlari, transport vositalari, doridarmon oladi. Saudiya Arabistoni, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh, Yaponiya, BAA bilan savdo qiladi. Pul birligi — sudan dinori. Tibbiy xizmati Vrach va farmatsevtlar Hartum universitetining davolash va farmatsevtika ftlarida, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari 14 tibbiyot maktab va kollejlarida tayyorlanadi. Shimoliy Hartumda oʻrta maʼlumotli veterinariya mutaxassislari tayyorlaydigan 2 yillik institut (maktab) bor. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 19-asrgacha S. shimolida 2—3 yillik musulmon maktablari boʻlgan. Mustamlakachilar kelgach, ingliz taʼlim tizimi namunasidagi 4 yillik boshlangʻich, 4 yillik oraliq, 4 yillik oʻrta maktablar tuzila boshladi. 1970-yil maktab tizimi isloh. qilinib, 7—13 yoshdagi bolalar uchun 6 yillik boshlangich, 6 yillik oʻrta (3 yillik toʻliqsiz va 3 yillik toʻliq) maktab joriy etildi. Qizlar maktabida uyroʻzgʻor va tikuvchilik ham oʻrgatiladi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ped. oʻquv yurtida, toʻliqsiz oʻrta maktab oʻqituvchilari ped. markazlarida 2 yil davomida tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich va toʻliqsiz maktab negizida 4 yil davomida olib boriladi. Hartum universiteti, Qohira universitetining Hartum filiali, Omdurmandagi islom instituti, Juba universiteti, VodiyMadonidagi Gezira universiteti kabi oliy oʻquv yurtlari, shuningdek, 2—3 yil davomida oʻrta maxsus taʼlim darajasida maʼlumot beradigan bir kancha institut va kollejlar (Hartum politexnika instituti, tibbiyot kolleji va boshqalar) ham bor. Hartum universitetining kutubxonasi, Omdurmandagi Ommaviy kutubxona, Hartumda Milliy muzey, Etn. muzeyi, Tabiat tarixi muzeyi, Meroeda Muzeyqoʻriqxona mavjud. Ilmiy tadqiqotlar universitetlarning laboratoriyalarida, Afrika va Osiyo institutida, Hartumdagi sanoat tadqiqotlari institutida, bir qancha vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalarda olib boriladi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi S.da bir kancha gaz. va jurnali nashr etiladi. Yiriklari: "AlAyyom" ("Kunlar", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1953-yildan), "AlQuvvat alMusallaxa" ("Qurolli kuch lar", kundalik gazeta, 1969-yildan), "Assahafa" ("Matbuot", arab tilida chikadigan kundalik gazeta, 1962-yildan), "Sudan standard" ("Sudan bayrogʻi", ingliz tilida haftasiga 2 marta chikadigan gazeta, 1973-yildan), "Sudan nush" ("Bugungi Sudan", ingliz tilida chiqadigan oylik jurnali, 1976-yillan). S. axborot agentligi (SUNA) hukumat axborot mahkamasi, 1970-yil asos solingan. Davlat Milliy radioeshittirish va telekoʻrsatuv korporatsiyasi mavjud. Adabiyoti Koʻhna S. tamadduni (sivilizatsiyasi) Qad. Misr va yunon madaniyatlari bilan bogʻliq ravishda rivojlangan. 7-asrdan arab tili singib, adabiy asarlar shu tilda yozila boshladi. 17—18-asrlarda Hammad ibn Muhammad ibn Ali alMumayux va Muhammad alJaali kabi atoqli shoirlar ijod qildilar. 19-asr xalq sheʼriyatida (X. Abu Sinna, Umm Museymasxonim, Bint alMakkaviy va boshqalar) chet el istilochilariga qarshi kurash, arablar birligiga daʼvat ohanglari yangraydi. Mumtoz adabiyot namoyandalaridan Muhammad Sayd alAbbosiy, Abdulloh Abdurahmon, Husayn azZahra ijodi ajralib turadi. Yahyo asSalaviy Nil vodiysi xalqlarini "birgalikda kurashish"ga chaqiruvchi sheʼrlari bilan mashhur boʻldi. 20-asrning 10—20y.larida milliy matbuot yuzaga keldi. 30-yillarda Abu Jukkud, Ali Ahmadoniy, Hamza alMalik Tunbul, Yusuf Bashir atTijoniy kabi shoirlar adabiyotni rivojlantirdilar. Muhammad Ahmad Mahjub va Abdulhalim Muhammadlar qissa va roman janrida ijod qila boshladilar. 20-asrning 2-yarmida shoirlardan Toj asSirr Hasan, Jili Abdurahmon, Jaʼfar Hamid alBashir, Muhammad Miftoh alFayturiy, yozuvchilardan Usmon Ali Hyp, Abu Bakr Xolid, atTayib Zarruk ijtimoiy mavzularda asarlar yozishdi. S.da xalq, ogʻzaki ijodi ham keng yoyilgan. Shimoliy S.da folklar janrlari boshqa arab mamlakatlari ogʻzaki ijodiga, janubiy S.da esa tropik Afrika madaniyati namunalariga oʻxshash. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Ilk neolit davri (mil. av. 7ming yillik oxiri — 4ming yillik boshlari)ga oid loydan ishlangan hayvon qaykalchalari, sopol idishlar, qoyaga ishlangan suratlar topilgan. Mil. av. 2ming yillikda S. sanʼati Qad. Misr madaniyati oʻzanvda rivojlangan. Mil. av. 1ming yillik oxiridan moddiy madaniyatda oʻziga xos belgilar paydo boʻla boshlagan. Mil. av. 22—18-asrlarda xom gʻishtdan toʻgʻri burchakli kulbalar, zodagonlar uchun koʻp xonali uylar (Areykada), ibodatxonalar (Sulba va Kavada), istehkomlar (Semna, Kummada), sagʻanalar barpo etilgan. S.da xristianlik tarqalishi bilan (mil. 6-asrning 2-yarmi) meʼmoriy uslubi va devoriy rasmlari kopt sanʼatiga yaqin boʻlgan cherkovlar qurila boshladi. 15—16-asrlarda Gʻarbiy S. meʼmorligining Sharqiy Afrika oʻrta asr tosh meʼmorligiga oʻxshash jihatlari koʻp boʻlgan. 19—20-asrlarda Qizil dengiz boʻylarida marjon ohaktoshlaridan tiklangan uylar, S. janubidagi negroid qabilalarida loy va shoxshabbadan toʻqima qilib yasalgan, tomi oʻt va poxol bilan yopilgan kulbalar aholining asosiy turar joyi boʻlgan. 20-asr oʻrtalarigacha zamonaviy imoratlar faqat Hartum, PortSudan, Atbara va boshqa yirik shaharlarda qurildi. 1956-yildan sanoat va turar joy binolarini loyiha asosida keng koʻlamda barpo etish, shaharsozlikni tartibga solish ishlari olib boriddi, jahon meʼmorligi tajribasidan foydalanishga harakat qilindi. 20-asr oʻrtalaridan tasviriy sanʼatda dastgoh rassomligi milliy maktabi vujudga keldi, unda mahalliy bezak va yevropacha anʼanalarni birga qoʻshish odat tusiga kirgan. Keyingi yillarda M. Kua, A. Hamid kabi haykaltaroshlar, X. Abbos, M. O. Bashir kabi rassomlar, A. A. Borxan kabi grafika ustalari yetishib chikdi. S. tasviriy va amaliy sanʼatida yogʻoch va loydan haykalchalar yasash keng tarqalgan. Shimoliy S. arablari orasida kandakorlik, teridan turli anjomlar yasash, janubiy xalqdarida pichoqchilik, badiiy toʻqimachilik anʼanaviy mashgʻulot hisoblanadi. Musiqasi koʻpgina xalqlarning musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. S. cholgʻu asboblari xilmaxil. Lirashmon torli tambur va uning turlari — kisir (nubiylarda), benebene (Gʻarbiy S.da), bangiya (Sharqiy Sda), tom (Janubiy Sda); torlikamonli umkiki, tor (toʻrtburchak doira), turli barabanlar — dolyuka (loy baraban), dingir (suv toʻddirilgan baraban), taba va boshqa Janubiy S.dagi dinka, nuer, shilluk va boshqa xalqlarning baraban ansambllari bor. Puflab chalinadigan asboblar: zumbara (metall nay), penax (qovoq poʻsti), garin (shox), qamish naylar va boshqa Gʻarbiy Sdagi koʻpgina qoʻshiqlar raqs bilan birga ijro etiladi. Xasis, jarrari, mardum raqsqoʻshiklari koʻchmanchi chorvador turmushi va mehnati bilan bogʻliq. Shuningdek, qiroat, azon, madhiya, zikr kabi janrlari ham mavjud. Mixera bitAbbud, Sharifa bitBilol kabi xonandalar vatanni, mustaqillik yoʻlidagi kurashchilarni madh etuvchi qoʻshiklari bilan mashhur boʻlgan. Keyingi yillarda mamlakat janubiy bilan shimoliy anʼanalari yaqinlashuvi natijasida turli musiqiy uslublarning oʻzaro taʼsiri kuchaydi. Milliy folklor ansambli, Musiqa va teatr instituti tashkil topdi. Musiqa arboblaridan kompozitor va xonandalar Muhammad alAmin, I. alKoshif, M. Vardi, A. Shuraxbil, kompozitor va dirijyor A. Marjonni koʻrsatish mumkin. Teatri Sudan teatr sanʼati arab madaniyati ruxida. 1936-yil Teatr jamiyati tashkil etilib, u avval maktablarda ish olib bordi. 1940-yildan ommaviy spektakllar namoyish eta boshladi. 1950-yil jamiyat negizida drama va musiqa truppalari arab tilida spektakllar qoʻiishga kirishdi. 1961-yil Zamonaviy Sudan teatri, Hartum truppasi va xalq raqs ansambllari ishladi. Yosh sanʼatkorlar Misr va Italiya badiiy maktablarida taʼlim oladilar. Kinosi 1968-yil oʻquv va voqeiy filmlar ishlab chiqaradigan kino boshkarmasi tashkil etildi. 1960—70 yillarda toʻla metrajli "Umid va orzular" (rejissor arRashid Mavdi), "Avlodlar kurashi", "Akauka mojarosi" (rejissor A. Hoshim), "Afrika, inqilob bongi" (rejissor Sulaymon) badiiy filmlari yaratildi. Filmlarni kinoprokat va import qilish bilan xususiy firmalar shugʻullanadi. Sudan BMT aʼzolari Arab davlatlari
15,722
3318
https://uz.wikipedia.org/wiki/Esvatini
Esvatini
Esvatini () yoki Esvatini Qirolligi (; 2018-yilgacha Svazilend deb atalgan) — Janubiy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 17,4 ming km². Aholisi 1.16 million kishi (2020). Poytaxti — Mbabane shahri. Hukumat Mbabane shahrida, Qirol qarorgohi va qonun chiqaruvchi organlar Lobamba shahrida joylashgan. Davlat tuzumi Esvatini — konstututsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Mamlakatda qirol tomonidan inʼom qilingan va davlat tuzumi asoslarini mustahkamlaydigan bir qancha konstitutsiyaviy hujjatlar amal qiladi. Davlat boshligʻi — qirol (1986-yildan Msvati III). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Majlis palatasi va Senat), ijrochi hokimiyatni qirol tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Yer yuzasini gʻarbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi Veld platosi (bal. 1445 m gacha) egallagan. Asbest, toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari, barit, olmos konlari bor. Ikdimi qurgʻoqchil. Subtropikdan tropikka oʻtib turuvchi iqlim hukmron. Oʻrtacha oylik temperatura qishda 12—15°, yozda 20—24° gacha. Yillik yogʻin sharqda 500-700 mm, gʻarbda 1200-1400 mm. Serostona daryo koʻp, ular katta gidroenergiya zaxiralariga ega. Kizil va sariq tuproqlarda savanna va kserofit butalar usadi. Hayvonot dunyosi Sharqiy Afrika savannalariga xos. Sut emizuvchilardan „koʻk“ buyvol, burama shoxli kiyik, zebra, begemotlar, Quyi Veld daryosida timsohlar bor. Milliy bogʻi va Malotoj sharsharasi mashhur. Aholisining asosiy qismini bantu tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — svazi va zulular, shuningdek, tsongalar tashkil etadi. Qolganlari— yevropalik va afrikaner (bur)lar. Rasmiy til — ingliz va svazi tillari. Dindorlarining aksariyati xristian, salkam 3 qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 34 %. Muhim shaharlari: Mbabane, Manzini. Tarixi 1830-yillar oxirida Esvatini xududida yirik svazi qabilalari shakllandi. Keyinchalik ular bilan zulu va boshqa qoʻshni qabilalar oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlib turdi. 1836-yilgi gʻalaba natijasida svazilar mustaqilligi saqlanib qolsi. 30-yillar oxirida mamlakat shimolda yangi yerlar qoʻshib olindi va svazi urugʻlari birlashtirildi. 1840-yillar boshida yevropalik mustamlakachilar — inglizlar, burlar, portugallar Esvatiniga koʻz olaytira boshladilar. Burlar, ayniqsa, faol harakat qilib, qirol Msvatidan kattagina yerlarni arzon narxda sotib oddilar. 1894-yil mamlakat hududi burlarning Transvaal respublikasi tarkibiga kiritildi. 1899—1902-yillardagi inglizburlar urushidan soʻng Buyuk Britaniya mulki, 1903-yildan esa uning protektorati deb eʼlon qilindi. Esvatini aholisi milliy ozodlik uchun toʻxtovsiz kurashdi. 1920-yillar oxiri — 1930-yillar boshida mahalliy ziyolilarning dastlabki tashkilotlari paydo boʻldi. 50-yillar oxiri — 60-yillarda mustamlakachilarga qarshi kurash yanadi kuchaydi. 1963-yil Buyuk Britaniya Esvatiniga cheklangan oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi. 1968-yil 6-sentabr kuni Esvatini Hamdoʻstlik tarkibidagi mustaqil konstitutsiyali monarxiya deb eʼlon qilindi. Esvatini — 1968-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6-sentabr — Mustaqillik kuni (1968). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Ngvane milliy ozodlik kongressi, 1962-yilda tuzilgan; Imbokodvo milliy harakati, 1964-yil asos solingan; Esvatini birlashgan fronti, 1962-yil tashkil etilgan; Esvatini taraqqiyparvar partiyasi, 1960-yil tuzilgan. Esvatini kasaba uyushmalari federatsiyasi 1980-yil tuzilgan. Xoʻjaligi Esvatini — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 10 %, sanoat ulushi 42 %, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 48 %. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik ustun. Makkajoʻxori, shakarqamish, sitrus mevalar, sholi, oq joʻxori, dukkaklilar, yer yongʻoq, ananas, paxta, tamaki yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan, yogʻoch tayyorlanadi. Asbest, toshkoʻmir va barit qazib olinadi. Esvatini sanoati qishloq va oʻrmon xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydi. Qandshakar, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, sellyuloza, meva konservalash, unyorma korxonalari bor. Suyak uni ishlab chiqarish fabrikasi, elektr asboblari, mineral oʻgʻit ishlab chiqarish, televizor yigʻuv zavodlari, bosmaxona barpo etilgan. Hunarmandchilikda sayyohlar uchun esdalik sovgʻalar tayyorlash rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 415 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli uzunligi 301 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 3,8 ming km. Chetga qandshakar, mineral oʻgʻit, yogʻochtaxta, paxta, sitrus mevalar, ananas, sholi, asbest chiqaradi. Chetdan mashina, uskuna va transport vositalari, neft mahsulotlari oladi. AQSH, Buyuk Britaniya, JAR bilan savdo qiladi. Pul birligi — lilangeni. Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 7-yil (6 yoshdan), oʻrta maktabda 5-yil (3-yil quyi oʻrta va 2-yil yuqori oʻrta maktabda oʻqitiladi). Boshlangʻich maktabning kichik sinflarida darslar svazi tilida, yuqori sinflari va oʻrta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktabni bitirganlar universitetga kirish huquqiga ega boʻladilar. Boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan (1—3-yil). Manzinidagi 2 ta ped. kolleji boshlangʻich maktab va quyi oʻrta maktab uchun oʻqituvchilar tayyorlaydi. 1964-yil Kvalusenida (Manzini yaqinida) Esvatini davlat universiteti, en: University of Eswatini (UNESWA) tashkil etilgan. Manzinida milliy kutubxona (1972), Lobamba shahrida Milliy muzey (1972) va boshqa bor. Ilmiy tadqiqotlar bilan Loufeld (1964-yilda asos solingan), Malkernsdagi qishloq xoʻjaligi (1959), Mpisidagi chorvachilik tajriba stansiyalari, shuningdek, Mbabanedagi geol. departamenti shugʻullanadi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Esvatini da nashr etiladigan asosiy gazetalar: „News from Eswatini“ („Esvatini yangiliklari“, haftanoma), „Svazi news“ („Svazi xalqi yangiliklari“, haftanoma, 1983-yildan), „Eswatini Observer“ („Esvatini kuzatuvchisi“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1981-yildan), „Times Of Swaziland“ (1968-yildan beri) „Esvatini vaqti“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, (1897-yildan), „Tikxatsi Temasvati“ (svazi tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1983-yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Esvatini radioeshittirish va axborot xizmati 1966-yilda tuzilgan; hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Esvatini televizion korporatsiyam, 1978-yil asos solingan. Madaniyati Esvatiniliklarning milliy kiyimlari guldor gazlama va hayvon terilaridan tikiladi, marjonlar bilan bezatiladi. Musiqa asboblari xilmaxil: kamonchali (koʻpincha osh qovoq poʻstiga oʻrnatilgan torlar), puflab chalinadigan (kiyik shoxidan yasalgan) asboblar, barabanlardan iborat. Manbalar Havolalar Afrika BMT aʼzolari
6,794
3319
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tanzaniya
Tanzaniya
Tanzaniya yoki Tanzania (), Tanzania Birlashgan Respublikasi () — Sharqiy Afrikadagi davlaTanzania Materikning Tanganika qismini hamda Zanzibar va Pemba orolarini oʻz ichiga oladi. Maydoni 945,1 ming km². Aholisi 50 mln atrofida (BMT hisoboti. 2013). Poytaxti — Dodoma shahri Maʼmuriy jihatdan 25 viloyat (materikda 20, Zanjibar orolda 3, Pemba orolda 2) (region)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi Tanzania — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1977-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi—prezident (2000-yildan Benjamin Uilyam Mkapa), u u mumiy saylov yoʻli bilan toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 5 yil muddatga saylanadi va yana 1 muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament — Milliy majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Mamlakat orol qismining 1979-yil tasdikdangan va 1985-yil kuchga kirgan konstitutsiyasiga binoan Zanjibar va Pemba olari Tanzania tarkibida muxtoriyatdan foydalanadi. Tabiati Tanzanianing sharqida, 900 km ga choʻzilgan Hind okeani qirgʻogʻida mayda qoʻltiklar bor. Hududning katta qismi Sharqiy Afrika yassitogʻligida joylashgan. Yassitogʻlikning sharqiy chekkasida Pare (eng baland joyi 2464 m), Usambara (2570 m), Uluguru (2653 m) va boshqa toglar bor. Sharkiy Afrika uzilmasida (bal. 1000 m) kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Soʻngan (Kilimanjaro, bal. 5895 m) va harakatdagi vulkanlar bor. Togʻ etagi bilan Hind okeani sohilidagi pastgekisliklar orasida yassi plato (200–500 m) joylashgan. Oltin, olmos, platina, nikel, mis, rux, kobalt, uran, qoʻrgʻoshin, volfram konlari aniklangan. Iklimi ekvatorial mussonli, issiq. Eng issiq oy (oktabr yoki noyabr)ning oʻrtacha temperaturasi yassitogʻlikning ichkarisida 20—22°dan 25— 27° gacha, eng sovuq oy (iyul yoki avg).ning oʻrtacha temperaturasi 12—15°dan 20—22° gacha. Togʻlarda balandlik mintaqalari mavjud. Yillik yogʻin 500–700 mm dan 1000–1500 mm gacha, eng kupi bilan 1500 mm atrofida. Boshqa davlatlar bilan boʻlgan chegaralarda Viktoriya, Tanganika, Nyasa koʻllari bor. Asosiy daryolari — Pangani, Rufiji, Ruvuma. Qurgʻoqchil mavsum 5—7 oy. Tuproklarining aksariyati jigarrang-qizil (ferralit va alferrit), eng qurgʻoqchil joylarda qizilqoʻngʻir, baʼzan shoʻrlangan tuproqlar. Sohil va ayrim botiqlarda qora gidromorf tuproqlar uchraydi. Hayvonot dunyosi turlituman: fil, qora karkidon, begemot, buyvol, zebra, jirafa, yirtqichlardan arslon, qoplon, sirtlon, chiyaboʻri, pavian maymunlari va boshqa Timsoh va ilonlar ham uchraydi. Qush koʻp. Serengeti, Ngorongoro, Arusha, LeykManyara, Mikumi, Ruaxa, Kilimanjaro, Rungva milliy bogʻlari va qoʻriqxonalari bor. Mamlakat janubdagi Selus milliy bogʻi dunyodagi eng katta milliy bogʻlardan biridir. Aholisi Tanzaniada 120 dan ortiq xalq yashaydi. Aholining koʻpchiligi benuekongo tillarida soʻzlashuvchi sharqiy bantu xalklariga mansub. Ularning aksariyatini nyamvezi, suaxili, xexe, bena, pogoro, makonda va boshqa elatlar tashkil qiladi. Dindorlari — xristianlar, musulmonlar; qolganlari mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiluvchilar. Davlat tillari — suaxili va ingliz tillari. Shahar aholisi 24,4%. Yirik shaharlari: Dorussalom, Zanjibar, Tanga, Mvanza, Arusha, Dodoma. Tarixi Tanzania hududida odam qadimdan yashab kelgan. Bu yerda 2 mln. yil avval yashagan odam suyaklari va qoʻpol tosh qurollar topilgan. Tub aholisi bushmen va gottentot qabilalariga qardosh xalklar boʻlgan. Ular ovchilik va yovvoyi mevalarni yigʻish bilan kun kechirgan. Mil. 1ming yillik boshlarida bantu va nilot qabilalari dehqonchilik uchun yaroqpi yer va chorva uchun yaylov izlab bu yerga kelib qolgan. 7—8-asrlarda Tanzanianing materik qismiga, Zanjibar va unga yaqin orollarga arablar koʻchib kela boshlagan. 16-asrda bu yerda portugallar paydo boʻlib, Afrika qitʼasini mustamlakaga aylantirish uchun Zanjibardan harbiy tayanch hudud sifatida foydalangan. 18-asrda Ummon sultonligi arablari portugaliyaliklarni surib chiqargan. 19-asr boshlarida Zanjibar o. va Tanzania sohili Maskat sultonligi kuliga oʻtgan. 1856-yil Maskat sultonligi parchalanishi tufayli Zanjibar sultonligi tashkil topdi. 1884-yil Tanzanianing materik qismini Germaniya bosib oldi. 1890-yil Zanjibarda Angliya protektorati oʻrnatildi. 1jahrn urushidan keyin Tanzanianing materik qismi (Tanganika nomi bilan) Buyuk Britaniya mandatidagi hudud, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa BMT vasiyligidagi inglizlar boshqaradigan hudud boʻlib qoldi. Mahalliy aholining mustamlakachilarga qarshi kurashi (188889, 189197, 190507-yillardagi xalq qoʻzgʻolonlari) Ikkinchi jahon urushidan keyin ayniqsa kuchaydi. 1961-yil 9 dekabrda Tanganika,1963-yil 10 dekabrda Zanjibar mustaqil deb eʼlon qilindi. 1964-yil 26 aprelda Tanganika bilan Zanjibar Tanzania Birlashgan Respublikasini tuzdilar. Tanzania — 1961-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26 aprel — Ittifoq kuni (1964). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Qayta qurish va taraqqiyot uchun milliy konvensiya partiyasi, 1992-yil tuzilgan; Birlashgan fuqarolar fronti partiyasi, 1992-yil asos solingan;Inqilobiy partiya (Chama Cha Mapinduzi CHCHM), hukmron partiya, 1977-yil tashkil etilgan. Tanzania ishchilari ittifoqi (Juvata) kasaba uyushmasi, 1978-yil tuzilgan. Xoʻjaligi Tanzania — agrar mamlakat . Yalpi ichki mahsulotda q.h.ning ulushi 56%, sanoatniki 15%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 29%. Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% dan koʻprogʻi shugʻullanadi va eksport tushumining 85% taʼminlanadi. Dehqonchilikka yaroqli yerlarning 25% ga ekin ekiladi. Asosiy q.h. ekinlari: sizal, chinnigul, paxta, kofe, choy, keshyu yongʻogʻi, kokos palmasi, qalampirmunchoq va boshqa Ichki ehtiyoj uchun bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, maniok, dukkaklilar, moyli oʻsimliklar, shakarqamish, banan va boshqa mevalar yetishtiriladi. Qoramol, echki, qoʻy, parranda boqiladi, sohilda baliqovlanadi. Togʻlardagi tropik oʻrmonlarda (Tanzaniada jami 31 mln. gektar oʻrmon bor) yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati sust rivojlangan. Mustaqillik yillarida konchilik sanoatida olmos qazib chiqarish rivojlandi. BukRif va Lupada oltin, Minjinguda fosforit, Karagve va Ngarada qalay va volfram, Chambongoda magnezit, shuningdek slyuda, osh tuzi, qurilish materiallari, temir ruda qazib chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Yiliga oʻrtacha 912 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, qogʻoz va yogʻochsozlik tarmoklarida 500 dan ortiq korxona mavjud. Moshi, Kidati, Morogoro, Kagerada yirik qand zavodlari, Moshi, Bukobada kofe, Amani, Tukuyuda choy, Dorussalom, Arusha, Iringa, Dodoma, Mvanzada un ishlab chiqarish. korxonalari, Dorussalomda neftni qayta ishlash zdi, Tanga, Tabora, Dorussalomda 40 ga yaqin yogʻoch tilish korxonasi bor. Metallurgiya va metall ishlash tarmoqlari endigini rivojlanayotir. Qadimdan mavjud boʻlgan hunarmandchilik mustaqillik yillarida yangi pogʻonaga koʻtarildi. Ichki yuklar temir yoʻl va avtomobil transportida, tashqi yuklar esa Transport yoʻli va dengiz transportida tashiladi. Transport yoʻli uzunligi 3,6 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi— 88 ming km. Avtomobil Zanjibar va Pemba o.larida asosiy transport turidir. Dorussalom bilan Bvana-Mkuba (Zambiya) oʻrtasida tranzit neft quvuri qurilgan. Viktoriya koʻlida kema qatnaydi. Asosiy dengiz portlari: Dorussalom, Tanga, Mtvara, Lindi. Dorussalom va Arushada xalqaro aeroport bor. Tanzania chetga kofe, paxta, keshyu yongʻogʻi, chinnigul, sizal, olmos, tamaki, choy va boshqa sotadi. Chetdan mashina va uskuna, yoqilgʻi, oziq-ovqat, kimyoviy mollar va boshqa sotib oladi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Keniya, BAA, Hindiston, Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqa bilan savdo qiladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Pul birligi — Tanzaniya shillingi. Tibbiy xizmati Tibbiyot xodimlari Dorussalomdagi untning tibbiyot fakultetida va chet ellarda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari Tanzaniada boshlangʻich maktab 7 yillik boʻlib, 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiydir. Dars suaxili tilida olib boriladi. 3sinfdan ingliz tili oʻrgatiladi. Oʻrta maktab 6 yillik. Yuqori sinflarda iqtidorli bolalar untga kirish uchun tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida quyi hunartexnika oʻquv yurtlari va kurslarda 1—4 yil va hunartexnika maktablarida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktabning quyi sinflari uchun oʻqituvchilar boshlangʻich maktab negizida 3 yil davomida, boshlangich maktabning yuqori sinf oʻqituvchilari esa toʻliqsiz oʻrta maktab negizida 2 yil davomida tayyorlanadi. Oʻrta maktab oʻqituvchilari Dorussalomdagi untda, Karagvedagi milliy pedagogika institutida va bir qancha ped. kollejlarida tayyorlanadi. Tanzaniada oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Dorussalomdagi universitet 1961-yil universitet kolleji tarzida tashkil etilib, 1970-yil universitet makrmini olgan. Ilmiy ishlarni Milliy ilmiy tadqiqot kengashi muvofiklashtirib boradi. Mvanzada Sharqiy Afrika tibbiy tadqiqotlar instituti, Tangada Sharqiy Afrika bezgak va yuqumli kasalliklar instituti, Zanjibarda dengiz balikchiligi muammolarini oʻrganish tadqiqot tashkiloti, Dorussalomda Sharqiy Afrika meteorologiya markazining Tanzaniya boʻlimi, Arushada q.h. zararkunandalariga qarshi kurash tadqiqot instituti, Dodomada hayvonlar va jonivorlar tadqiqot instituti, Zanjibarda folklor va Afrika tillari tadqiqot markazi va boshqa ilmiy muassasalar bor. Dorussalomda Milliy kutubxona (1967), Universitet kutubxonasi, Milliy muzey (1937), Zanjibar davlat muzeyi (1925), Dorussalom yaqinida Etn. muzeyqishlogʻi (1966), Dorussalomda Tibbiyot muzeylab., Dodomada Geol. muzeyi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Asosiy gaz. va jurnalilari: "Deyli nyus" ("Kun yangiliklari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1972-yildan). "Uxuru" ("Ozodlik", suaxili tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1961-yildan). "Mzalendo" ("Vatanparvar", suaxili tilida chiqadigan yakshanbalik gaz.,1972-yildan), "Gazet of Yunayted Ripablik" ("Birlashgan respublika gazetasi", ingliz tilida chiqadigan hukumat haftanomasi, 1964-yildan), "Mfanyakazi" ("Ishchi", suaxili tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1964-yildan), "Kiongozi" ("Rahbar", suaxili tilida chiqadigan katolik gazeta, 1950-yildan), "Mvanga" ("Hyp", suaxili tilida chiqadigan oylik jurnali, 1986-yildan). Tanzania axborot agentligi (Shixata) hukumat axborot mahkamasi, 1976-yil asos solingan. Tanzania radiosi — hukumat mahkamasi, 1956-yil tuzilgan; Tanzania Zanjibar radiosi — hukumat mahkamasi, 1964-yil tashkil etilgan; Zanjibar televideniyesi,Adabiyoti suaxili va ingliz tillarida rivojlanmokda. Suaxili adabiyoti tarixi 18-asrdan boshlanadi. Islom dini ruhidagi mumtoz adabiyotda nazm ustun boʻlib, tarixiy, falsafiy va tarbiyaviy mazmundagi dostonlar, ishqiy va siyosiy sheʼrlar yaratildi. 19-asrda suaxili adabiy tili xalq tiliga yakinlashtirilib, arab yozuvidan lotin alifbosiga oʻtildi. Gaz.lar nashr etilib, ularda adabiy asarlarga ham oʻrin berildi. Sayd Aydarus, Sayd Abdalla, Muyaka bin Xoʻja alHasani, Mvan Kuponi— 18—19-asrlar suaxili adabiyotining tanikli namoyandalaridir. Yangi adabiyotning atokli vakili R. Shaaban (1909 —62) falsafiy, adabiy esse va etyudlar, siyosiy makrlalar ("Meninghayotim", "Kusadikika", "Adili va uning akaukalari", "Siti binti Saad") ni yezdi. Umar Hayyom ruboiylarini tarjima qildi. Tanzania adabiyotining shakllanishi va rivojida jahon adabiyotidan suaxili tiliga tarjima qilingan asarlarning roli katta (maye. U. Shekspir, L. Tolstoy va boshqa ijodi). Ingliz tilidagi adabiyot 20-asrning 60y.larida yuzaga keldi. Bu tilda yozilgan J. Mbondening "Makonde hayoti" romani va ertaklar toʻplami, P. Palanchoning "Oftobdagi oʻlim" romani, G. Ruxumbika, G. Kalimugogo, M. Njeru, R. Ngetening roman va qissalari, B. Tejani, R. Roberte, S. Nguzo, K.Xaulining sheʼrlari diqqatga sazovor. Dramaturgiya janrida X. Menson barakali ijod qildi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Hind okeani sohilida 8-asrdan arablar bilan forelar asos sola boshlagan Kilva, Chvaki, SongaManara, Kva va boshqa port shaharlari 13—14-asrlarda ravnaq topdi, ammo 16-asrda portugaliyaliklar bu shaharlarni vayron qilib tashladilar. Ularda qurilgan koʻpdankoʻp saroy va mayejidlar (KilvaKisivanidagi jome mayejid), turar joylarning krldiklari saqlanib qolgan. 19-asr oxiridan port shaharlar (Dorussalom), savdo markazlari (Moshi, Dodoma), yevropalik meʼmorlarning loyihalari asosidagi imoratlar (Moshidagi madaniy markaz, 1948—50, meʼmori E. May) qurildi. 1964-yildan keyin rejali ravishda jamoat binolari va turar joylar qurishga kirishildi (Dorussalomdagi universitet majmuasi, Markaziy milliy kutubxona, Kivukonidagi kollej binolari). Qishloqlarda aholining turar joylari asosiy shakli shoxshabba, oʻt va novdadan toʻqilgan chaylalardan iborat. Tanzanianing ayrim joylarida yukrri paleolit va neolit davriga mansub qoyatoshlarga chizilgan rasmlar saqlangan. Yogʻoch va loydan ishlangan haykallar koʻp uchraydi, ularda odamlar yoki hayvonlar, jang va ov manzaralari, niqoblar tasvirlangan. 1964-yildan xalq sanʼati anʼanalari ruhidagi milliy rangtasvir maktabi vujudga kela boshladi. S. J. Ntiro, V. Macha, F.K.Mzangi, T. F. Abdalla kabi rassomlar yetishib chiqdi. Amaliy bezak sanʼatining yogʻoch oʻymakorligi, badiiy toʻqish va kulollik turlari rivojlangan. Musiqasi Tanzaniadagi koʻp sonli xalklardan qar birining oʻziga xos musiqasi bor. Hayotiy va diniy marosim, urf-odat va udum musiqasi keng tarqalgan. Cholgʻu asboblari joʻrligidagi qoʻshiqlar koʻpincha raqs bilan birga ijro etiladi. Musiqa asboblari: ngoma (baraban), kiyik shoxidan yasaladigan baragumu (truba), bambuk va qamishdan yasaladigan filimbi (fleyta), skripkaga oʻxshash torli zeze, litungu va enanga (sitralar), marimba va mbira (ksilofonlar), qoʻngʻiroq, hushtak, tartarak va boshqa Gʻarb musiqasi taʼsirida turli popmusiqa shakllari rivojlanib bormokda. Madaniyat va yoshlar ishlari vazirligining musiqa va teatr seksiyasi xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalarini toʻplash, oʻrganish va milliy musiqiy asboblar toʻplamini yaratish bilan shugʻullanadi. Professional musiqa xodimlari Dorussalomdagi untning sanʼat, musiqa va teatr ftida, konservatoriyada, Changombedagi sanʼat kollejida tayyorlanadi. Kompozitorlar E. Makala, D. Mbilini, L. Fillipo, barabanchilar M. Mnonyusa, T. Nyambo, X. Vaziri, ksilofonchilar A. Omari, A. Matitu, Saidi Ali, teze ijrochilari M. Nganza, K. Mutondi mashhur. Teatri va kinosi Mustamlakachilik yillarida Tanzania hududida inglizlarning havaskorlik truppalari boʻlgan. Mustaqillikka erishilgach, afrikaliklardan iborat jamoalar tuzilib, suaxili va ingliz tillarida spektakllar qoʻyildi. 1967-yil Dorussalom universitetida teatr boʻlimi ochildi. Davlat kinokorporatsiyasi tashkil etilgan, 1972-yildan kinostudiya ishlay boshladi. Badiiy filmlardan "Yoʻqsul kishining kurashi" (1973, rejissyor O. Kitana) diqqatga sazovor. Afrika Tanzaniya BMT aʼzolari
14,951
3320
https://uz.wikipedia.org/wiki/Togo
Togo
Togo (Togo Respublikasi, Repudlique Togolaise) – Gʻarbiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Maydoni 56,8 ming km². Aholisi 5,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – Lomé shahri. Maʼmuriy jihatdan 5 viloyat (reqion)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi Togo – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 27 sentabrdagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi–prezident (1967-yildan Gnasingbe Eyadema). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Tabiati Togo Gvineya qoʻltigʻining shimoliy sohilida joylashgan va dengiz boʻyi akkumulyativ pasttekisligidan, markaziy qismi tekislik va 200–400 m balandlikdagi platodan iborat. Eng baland joyi Togo togidagi Bauman choʻqqisi (986 m). Shimoli-sharqda Atakoro tizmasi bor. Shimoli-gʻarbiy chekkasida Oti daryosi vodiysi joylashgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, oltin, marmar, osh tuzi, fosforit, xromit, boksit bor. Iklimi subekvatorial. Oʻrtacha oylik temperatura 20–25° dan 28–32° gacha, yillik yogʻin sohilda 600–800 mm dan tekislik va markaziy platoda 1200–1700 mm gacha. Yirik daryolari: Mono va Oti yogʻingarchilik mavsumida sersuv. Togo koʻli goyat xushmanzara. Baland oʻsadigan savannalar, dare vodiylarida doim yashil oʻrmonlar bor. Yirik hayvonlardan fil, arslon, qoplon, kiyik, chiyaboʻri, jirafa, begemot, timsoh va boshqa, oʻrmonda maymun, ilon koʻp. Hayvonot dunyosini mugʻofaza qilish uchun Kve, Keran milliy boglari, Fazao, Malfakasa va boshqa qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Aholisi Togoda 45 ga yaqin xalq va etnik guruh bor; mamlakat janubiy va markaziy qismida kva tillarida soʻzlashuvchi xalk^ar (eve, yoruba, mina va boshqalar), qirlarda va ayniqsa Gana bilan chegaraga yaqin joylarda togo, shimolda chokossi xalklari, Togo shimoliy va markaziy qismida gur tillarida soʻzlashuvchi xalklar (kabre, gurma, tem, somba, kotokoli, basari va boshqalar), shuningdek fransuz va livanliklar ham yashaydi. Rasmiy til – fransuz tili. Aholining yarmidan koʻprogʻi mahalliy anʼanaviy dinlarga, qrlganlari xristianlik va islomga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 30,8%. Yirik shaharlari: Lome, Sokode, Vogan, Kpalime, Atakpame. Tarixi Arxeologiya topilmalari Togo hududida odam qadimdan yashaganligi va moddiy madaniyat darajasi yuqori boʻlganligidan darak beradi. 15-asr oʻrtalarida portugaliyaliklar bu yerga kelib, kora tanli qullarni Amerikaga sotish uchun olib keta boshlaganlar. 17– 18-asrlarda qul savdosi avj olishi natijasida Togoning janubda aholi kamayib, bu hol mamlakat tarixiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. 19-asrning 2yarmiga kelib, yirik davlat uyushmalari (jan.da Eve uyushmasi, shimolda kotokoli va chokossi musulmon qabilalari uyushmasi) paydo boʻldi. 19-asr oxirida Togo hududini mustamlakachilar bosib ola boshladi. 1884-yil Germaniya komissari Naxtigal Togo koʻli yonidagi Eve uyushmasining hukmdori Mpla 111 bilan protektorat haqida bitim imzoladi. Natijada Togo hududining katta qismida l hukmron boʻlib oldi. 1891–1901-yillarda mamlakat janubda mustamlakachilarga karshi qoʻzgʻolonlar boʻldi. Birinchi jahon urushida Germaniya magʻlubiyatga uchrashi natijasida Buyuk Britaniya Togoning gʻarbiy qismini, Fransiya sharqiy qismini idora qilishga mandat oldi. 1946-yil Sharqiy va Gʻarbiy Togo BMTning Buyuk Britaniya va Fransiya boshqaruvidagi vasiylik hududi deb eʼlon qilindi. Ikkinchi jahon urushidan keyin fransuz Togosida milliy mustaqillik harakati kuchaydya, unga Togo Birlik qoʻmitasi boshchilik qildi. 1956-yil fransuz Togosi Fransiya Hamjamiyati tarkibida oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublika deb eʼlon qilindi. Britaniya Togosi 1956-yil referendum natijasida inglizlarning Oltin Qirgʻoq (1957-yildan mustakil Gana davlati)ga qoʻshildi. 1960-yil 27 aprelda Togo mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. Togo – 1960-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1993-yil 10 noyabrda tan olgan. Milliy bayrami – 27-aprel – Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Togo xalqi birlashmasi partiyasi, 1969-yil tuzilgan; Yangilanish uchun harakat qoʻmitasi partiyasi, 1991-yil tashkil etilgan; Adolat va demokratiya yoʻlidagi ittifoq partiyasi, 1991-yil asos solingan; Demokratiya va taraqqiyotni qoʻllab quvvatlash birlashmasi partiyasi; Yangi kuchlarni muvofiklashtirish partiyasi, 1993-yil tuzilgan. Togo mehnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1973-yil asos solingan. Xoʻjaligi Togo – agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 32%, sanoatniki 23%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 45%. Qishloq xoʻjaligida agʻolining 3/4 qismi band. Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 3,5 mln. gektar. Hududining 41% haydaladigan yer va koʻp yillik ekinzorlar, 36%ga yaqini oʻtloq va yaylov. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – dehqonchilik. Ichki ehtiyoj uchun maniok, yams, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, sholi, eksport uchun kofe, kakao, ham ichki ehtiyoj, ham chetga sotish uchun paxta, moyli ekinlar, kokos palmasi, yer yongʻoq, kanakunjut va boshqa yetishtiriladi. Chorvachilik sust rivojlangan. Oz miqdorda qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, uy parrandasi boqiladi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq ovlanadi. Yovvoyi mevalarni terish va ovchilikning ahamiyati katta. Sanoatining yangi tarmoqlari mustaqillik yillarida (konchilik, kimyo, toʻqimachilik, metallurgiya, sement) vujudga keldi, sanoat ishlab chiqarish. surʼatlari oshdi. Asosan, mayda korxonalar mavjud, hunarmandchilik rivojlangan. Lome poytaxt zonasi, shu jumladan dengiz porti zonasi asosiy ishlab chiqarish. markazidir. 70-yillarning oxiridan Togoning shimoli-sharqiy qismida ham sanoat rivojlana boshladi. Mamlakat janubdagi Xaxotoe, Akumape, Kpogame atroflarida fosforit, Gnaulu atrofida dolomit, marmar, dengiz sohilidagi Anexo shahri yaqinida osh tuzi qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 93 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Ishlab chiqarish. sanoati kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, poʻlat quyish, metall ishlash va boshqa mayda korxonalardan iborat. Lome yaqinida yiliga 1 mln. tonna neftni qayta ishlaydigan zd bor. Bundan tashqari, sement, metallurgiya, plastmassa buyumlar, kislorod va atsetilen, gugurt, lokboʻyoq ishlab chiqarish. zavodlari qurilgan. Atakpame yaqinida yigiruvtoʻquv kombinati ishlaydi. Transporti Temir yoʻli uzunligi 395 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 12 ming km, Lome shahridan 9 km uzoklikda yirik dengiz porti mavjud. Havo transportida xalqaro yoʻlovchilar va pochta tashiladi. Lome shahri yaqinida Tokuen xalqaro aeroporti bor. Togo chetga fosforit, sement, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, kandshakar, guruch, sut mahsulotlari oladi. Asosan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, jumladan, Fransiya hamda Kot d’ Ivuar, Nigeriya va boshqa mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi KFA franki. Maorifi va ilmiy muassasalari Togo mustaqilligi eʼlon qilingandan keyin 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilindi. Boshlangʻich maktab 6 yillik, umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqish muddati 7 yil: toʻliqsiz oʻrta maktab (kollej)da 4 yil va toʻliq oʻrta maktab (litsey)da 3 yil Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida, oʻrta texnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida 3–6 yil davomida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari 2 ped. (normal) bilim yurtida 1–3 yil davomida, oʻrta maktab oʻqituvchilari esa pedagogika institutida tayyorlanadi. Oliy taʼlim Lomedagi Benin universiteti (1965-yildan kollej, 1970-yildan unt) da olinadi. Universitet tarkibida tibbiyotbiol. fakulteti, adabiyot maktabi, tibbiy fanlar maktabi, huquq va boshqaruv oliy maktabi, iqtisodiyot va biznes oliy maktabi, oliy muhandislik maktabi, oliy qishloq xoʻjaligi. maktabi, sogʻliqni saqlash va biol. fanlari instituti, tibbiyot maktabi, milliy pedagogika instituti, oliy jurnalistika instituti bor. Toʻliqsiz oliy maʼlumot beradigan bir qancha kollejlar: Kpalimeda agronomiya sohasida kasb taʼlimi maktabi (1901), Lomeda meʼmorlik maktabi (1975), Milliy maʼmuriy maktab (1958), Sokodeda Texnika kolleji ham bor. Togolar Benin universiteti, Demografiya muammolari tadqiqot instituti, Afrika xalqaro huquq institutida, Lomedagi Toʻqimachilik va paxta tadqiqot instituti (1948), Milliy ilmiy tadqiqot instituti (1965), Ilmiy texnika tadqiqot byurosi (1949), Tropik agronomiya tadqiqot institutida olib boriladi. Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi, Milliy muzey ham bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Togoda nashr etiladigan gaz. va jurlar: "Jurnal ofisyel de la Repyublik Togolez" ("Togo Respublikasining rasmiy gazetasi", hukumatning fransuz tilidagi kundalik xabarnomasi), "Togopress" (fransuz, eve va kabre tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1962-yildan), "Togo dialog" (hukumatning oylik jurnali), "Evey dyu Travayer Togole" ("Togo meqnatkashlarining uygʻonishi" (1 oyda 2 marta chiqadigan gaz.,). Togo matbuot agentligi 1975-yil tashkil etilgan. Togo (Xalqaro) radioeshittirishi – Lome radiosiga 1953-yil, Togo (Milliy) radioeshittirishiga 1979-yil asos solingan. Meʼmorchiligi va tasviriy sanʼati Togo qishloqlari koʻpincha qir yon bagʻirlariga joylashgan boʻlib, muayyan rejasiz qurilgan. Oʻrmonlar orasida doyra shaklida loydan qurilgan konussimon poxol tomli uylar uchraydi. Togli va janubiy viloyatlarda uylar yogʻochdan toʻrt burchakli, tomi yassi yoki ikki tomonga nishab qilib, laguna sohillarida esa qoziq oyoklar ustiga quriladi. Shim,da atrofi devor bilan oʻralgan, bir necha 2–3 qavatli uylardan iborat qoʻrgʻonlar quriladi, Lome, Anexo, Kpalime, Sokode, SansanneMongo shaharlarida maʼmuriy markazlar va yangi turar joy mavzelarida yevropacha binolar zamonaviy material hamda konstruksiyalardan qurilgan. Togo janubda yashovchi xalklar yogoch oʻymakorligi sohasida goʻzal sanʼat asarlari yaratganlar. Ajdodlarning siymolari, "ibeji" deb atalgan juft haykalchalar shaklining mayinligi va nozikligi bilan ajralib turadi. Temir, yogoch, loydan yasalgan haykallar (urush xudosi Guning tasviri) va muqaddas hayvonlarning tasvirlari mashxur. 1960-yillardan milliy rassomlik maktabi vujudga kela boshladi. Yevropada va mahalliy rassomlik maktablarida taʼlim olgan rassom va haykaltaroshlar (P. Ayi, F. Sambiani, D. Gbenon, E. Dablya, R. Dalakena, L. F. Togbunu, D. Xunse va boshqalar) oʻz asarlarida xalklar turmushi va hayotiy muammolarni aks ettiradilar. Badiiy hunarmandlikda yogoch, metall va fil suyagi oʻymakorligi, badiiy kashtachilik, savat toʻqish keng tarqalgan. Teatr sanʼati Togo xalqlarining madaniy merosi, chunonchi anʼanaviy urfodat va marosimlar, xalq bayramlari asosida shakllangan. Griotlar – sayyor baxshilar, xonanda va sozandalar ijodi xalq teatrini vujudga keltirish va rivojlantirishda boy manba boʻlib xizmat qildi. Ularning koʻngilochar hajviy tomoshalarida xasislik, yolgʻonchilik, riyokorlik mazax qilinardi. 20-asrning 40-yillarida zamonaviy teatr rivojlandi. Maktablarda havaskorlik toʻgaraklari tashkil etildi. 60-yillarda havaskor teatr jamoalari paydo boʻldi. 1963-yil dramaturglar M. Aytnard va D. Ananu rahbarligida Togo yoshlarining teatr va folklor guruhi faoliyat boshladi. Lomedagi "Agokoli" yarim professional truppasi 70–80-yillarda ayniqsa mashhur boʻldi. 1974-yil davlat koʻmagi bilan teatr, balet va musiqa seksiyalaridan iborat professional Togo milliy truppasi tuzildi. 1970-yildan drama sanʼati va xalq qoʻshiqlari koʻrikfestivallari oʻtkaziladi. Afrika Togo BMT aʼzolari
11,363
3321
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tunis
Tunis
Tunis (), Tunis Respublikasi ( al-Jumhuriya at-Tunisiya) — Shimoliy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 164,2 ming km². Aholisi 11,5 mln. kishi (2018). Poytaxti — Tunis shahri Maʼmuriy jihatdan 25 viloyatga bulinadi. Davlat tuzumi T. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1959-yil 1 iyunda qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1987-yildan Zayn alObidin bin Ali), u umumiy toʻgʻri va yashirish ovoz berish yuli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 2 muddatga kayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Tabiati Yer yuzasining aksari qismi tekislik, ayrim joylarda qirlar uchraydi. Shimoliy va shimoli-gʻarbiy qismini Atlas togʻlarinnng sharqiy tarmoklari (TelAtlas, Tunis tizmalari va boshqalar) egallaydi. Tunis tizmasining gʻarbiy qismida mamlakatdagi eng baland nukga — Shambi choʻqqisi (1544 m) bor. Togʻlar oraligʻida platolar, shimolda Tunis payettekisligi va janubi-gʻarbda Tunis sohili, Tunisning markaziy qismida Shott deb atalgan shurxok botiq joylashgan. Foydali kazilmalardan fosforit, temir, qoʻrgʻoshin, marganets va rux rudalari, simob, magniy va kaliy tuz konlari bor. Saxroi Kabirda neft va gaz zaxiralari aniklangan. Iklimi Oʻrta dengiz atrofiga xos subtropik ikdim, yozi issiq va quruq, qishi nisbatan salqin, nam; chekka janubda tropik choʻl iqlimi, Sahroi Kabirdan garmsel (sirokko shamoli) esib turadi. Oʻrtacha temperatura yanvarda 10°, iyulda 26°, janubda yanvarda 21°, iyulda 33°. Yillik oʻrtacha yogʻin 400-1500 mm, Tunis tizmasidan janubda 100- 200 mm. Dare kam, yirik daryosi — Majarda (uz. 460 km). Tuproq va oʻsimliklari, asosan, Oʻrta dengiz atrofiga xos. Togʻlardagi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarida aralash oʻrmonlar, qolgan hududdagi kulrang va jigarrang tuproqlarda choʻl va chala choʻlga xos oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi: shimolda qoplon, toʻngʻiz, alqor, chala choʻllarda qoraqulok,, gepard, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, yovvoyi mushuk bor; qushlar, sudralib yuruvchilar koʻp. Hasharotlardan, ayniqsa chigirtka qishloq xoʻjaligi. ekinlariga zarar yetkazadi. Oʻrta dengizdan baliq ovlanadi. Ashkyol, JabelBuXedma va boshqa milliy boglari, qoʻriqxona va rezervatlar tashkil etilgan. Aholisining 97% dan koʻprogʻi tunislik arablar, 1%dan ortigʻi barbarlar, ozroq yevropalik (fransuz, italyan va boshqalar)lar. Rasmiy til — arab tili. Fransuz tili ham tarqalgan. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 61%. Yirik shaharlari: Tunis, Sfaks, Sus, Bizerta, Qayravon. Tarixi Tunis hududida ilk paleolit davridan odam yashab keladi. Mil. av. 4—2ming yilliklarda dehqonchilik va chorvachilik taraqqiy etib, istehkomli manzilgohlar vujudga kelgan. Mil. av. 12-asrda Tunisga yunonlar, keyinroq finikiyaliklar kirib keldi. Finikiyaliklar tomonidan Tunisda asos solingan shaharlar ichida Karfagen yirik shahardavlatga aylangan. Mil av. 264—146 ylardagi Puni uruioʻari natijasida Karfagen davlati barham topgan. Tunis Rim imperiyasining Afrikadagi mulkiga aylangan. 439 yil barbarlar va qoʻzgʻolonchi dehqonlar koʻmagida Karfagenni vandamar bosib olgan. 534 yil Tunis Vizantiyaga tobe boʻlgan. T. tub aholisining ozodlik kurashiga 647 yil T. hududiga kirib kelgan musulmon arab qoʻshini yordam bergan. 670 yil arablar Qayruvon shahriga asos soldilar (keyinchalik bu shahar Shimoliy Afrikaga islom dinini yoyish markazi boʻlib qoldi), 698 yil ular Karfagenni, 703 yil esa T.ni butunlay egalladilar. 800 yil Tunis Abbosiplar xalifaligidan ajralib chiqib, Agʻlabishshr sulolasi hukmronligidagi mustaqil davlatga aylandi. 909 yil barbar qabilalarining qoʻzgʻoloni natijasida T.da ismoiliylarning Fotimiylar davlati barpo etildi. 1535-yil Tunisni Ispaniya bosib oldi, 1574-yil turklar ispanlarni quvib chiqarib, Tunisni Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib oldi. Biroq turk sultonlari Tunisni nomigagina idora qilar edi. 1591-yildan T.ni Tunis deylari, keyinchalik Murodiylar sulolasi (1612—1702) beylari boshqardi. 1705-yil Husayniylar sulolasi beylari mustaqil T. davlatini barpo etdilar. 1861-yil Tunis liberal islohotchisi Xayriddin atTunisiy tashabbusi bilan dastlabki konstitutsiya (Dustur) qabul qilindi. 1881-yil fransuz qoʻshinlari Tunisni bosib oldi. 1934-yil Habib Burgʻiba vatanparvar kuchlarni birlashtirib, Yangi dustur — soʻl millatparvar partiyasini tuzdi, shu partiya milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) va undan keyin T.dagi milliy ozodlik xarakati kuchaydi. 1952—54 yillarda shaharlardagi umumiy ish tashlash sharoitida Tunis ozodlik armiyasi (1952-yil Yangi dustur partiyasi tomonidan tuzilgan) harakat boshladi. 1954-yil 31 iyulda Fransiya Tunisga ichki muxtoriyat berishga majbur boʻldi. 1955-yil 3 iyunda imzolangan konvensiyaga binoan Tunisni idora qilish milliy hukumat qoʻliga oʻtdi. 1956-yil 20 martda Fransiya Tunis mustaqilligini tan oldi. 1957-yil monarxiya tugatildi va respublika eʼlon qilindi. H. Burgʻiba prezident etib saylandi. Tunis — 1956-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 26 dekabrda tan olgan va 1992-yil 26 noyabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 20 mart — Mustaqillik kuni (1956). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Yangilanish harakati partiyasi, 1939-yil tuzilgan, 1993-yilgacha Tunis kommunistik partiyasi deb atalgan; Demokratik konstitutsiyaviy birlashma partiyasi, 1934-yil Dustur partiyasining parchalanishi natijasida tuzilgan, 1964-yilgacha Yangi dustur, 1988-yilgacha Sotsialistik dustur partiyasi deb atalgan; Xalq birligi partiyasi, 1973-yil tashkil etilgan; Demokrat sotsialistlar partiyasi, 1977—78 yillarda asos solingan; Demokratik birlashuv ittifoqi, 1988-yil tuzilgan; Sotsialliberal partiya, 1988-yil tashkil etilgan. Tunis umumiy mehnat birlashmasi kasaba uyushma markazi, 1946-yil asos solingan. Xoʻjaligi Tunis — konchilik va kayta ishlash sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Tabiiy resurs zaxiralari oz boʻlishiga qaramay, Afrikadagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Yalpi ichki maxsulotda qishloq xoʻjaligi. va baliq ovlashning ulushi 11,7%, kon sanoatining ulushi 4%, ishlab chiqarish. sanoatining ulushi 18,5%. Qishloq xoʻjaligida aholining 60% band. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 8 mln. gektarga yaqin. 3,2 mln. gektari ekinzor, 2,6 mln. gektari yaylov, 150 ming ga yer sugʻoriladi. Gʻalla yetishtirish va yaylov chorvachiligi muhim ahamiyatga ega. Asosiy ekinzorlari mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqida joylashgan. Bugʻdoy, arpa, sitrus mevalar, zaytun, xurmo, sabzavot, uzum, bodom, qand lavlagi, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, qoramol, eshak, xachir, tuya boqiladi. Parrandachilik sanoat asosida tashkil etilgan. Tel togʻlarida oʻrmon mahsulotlari, ayniqsa, poʻkakli daraxt poʻstlogʻi, janubda qogʻoz sanoatida ishlatiladigan alfa oʻti yigʻiladi. Hammomot va Qobis qoʻltiqlarida, Karqanna o.lari sohilida baliq ovlanadi. Sanoatida kon, elektrotexnika, tikuvchilik, toʻqimachilik, charmpoyabzal tarmoklari va xizmat koʻrsatish sohasi rivojlangan. Oziq-ovqat, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari bor. Kon sanoatida neft, fosforit, temir, rux rudasi qazib chiqarish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish. sanoati korxonalarining aksariyati mamlakatning shimoli-sharqiy Femida barpo etilgan. Chekka rayonlarda sement ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyilgan. Yiliga oʻrtacha 6,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (gilam va savat toʻqish, kulolchilik, mis va jezdan bezak buyumlarni yasash) rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi 2,2 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 22,5 ming km. Asosiy dengiz portlari: Tunis, Sfaks, Bizerta, Qobis, Sexira. Tunis shahri. yaqinida xalqaro aeroport bor. Tunis chetga neft va neft mahsulotlari, gazmol, zaytun yogʻi, vino, fosforit chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat va keng isteʼmol mollari oladi. Fransiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — tunis dinori. Tibbiy xizmati Davlatga qarashli davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Aholining 90% bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega. Vrachlar 3 oliy tibbiyot oʻquv yurtida tayyorlanadi. Tibbiy hamshira, doya, laborant va boshqa tibbiy xodimlar tayyorlash uchun maxsus maktablar ochilgan. Milliy onkologiya instituti (1969), Paster instituti (1906), Oilani rejalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi, Tunis universiteti huzuridagi Milliy kardiologiya instituti tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Taʼlim tizimi fransuzcha uslubda tashkil etilgan. Keyingi yillarda uni arablashtirishga harakat qilina boshladi. Boshlangʻich maktab 6 yillik (6—12 yoshli bolalar uchun majburiy), umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7 yillik boʻlib, u 3 yillik quyi va 4 yillik yuqori oʻrta maktabdan iborat. Boshlangʻich maktab negizida 4 yillik hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan. Mamlakatda 50 ga yaqin ft va oliy oʻquv yurtlari bor. Eng yiriklari: Poytaxtdagi Tunis universiteti (1960), Milliy maʼmuriy maktab (1949), Milliy musiqa, raqs va xalq sanʼati konservatoriyasi, Sanʼat, meʼmorlik va shaxdrsozlik texnika instituti, Milliy agronomiya instituti. Ilmiy muassasalarning aksariyati poytaxtda joylashgan. Tunis universiteti tarkibida iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar markazi, Ilmiy va texnik tadqiqotlar instituti (1969), Yadro tadqiqotlari markazi (1966), Milliy texnika instituti (1969), Milliy onkologiya instituti (1969), Milliy led. tadqiqotlari instituti (1971) bor. Bundan tashqari, Milliy arxeologiya va sanʼat instituti (1957), Milliy agronomiya tadqiqotlari instituti (1914), Milliy veterinariya tadqiqotlari instituti, Milliy okeanografiya va baliqchilik instituti (1924), Dengiz suvlaridan foydalanish va irrigatsiya markazi (1963), Milliy oʻrmonchilik instituti va boshqa ilmiy muassasalar mavjud. Kutubxonalari: Milliy kutubxona (1883), Ommaviy kutubxona (1965). Muzeylar: Bardo milliy muzeyi (1888), Karfagen milliy muzeyi (1964), Islom sanʼati muzeyi va boshqa. Madaniyati Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi T.da koʻpgina gazeta va jurnallari nashr etiladi. Yiriklari: „AsSaboh“ („Tong“, arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1951-yildan), „ArRayi“ („Fikr“, arab tilida chiqadigan haftalik ijtimoiysiyosiy gazeta, 1977-yildan), „Renuvo“ („Yangilanish“, fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1932-yildan), „AtTariq alJadid“ („Yangi yoʻl“, arab tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1981-yildan), „AlVaxda“ („Birlik“, arab tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1981-yildan), „AlHurriya“ („Ozodlik“, arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1934-yildan), „Dialog“ („Muloqot“, fransuz tilida chiqadigan ijtimoiysiyosiy haftanoma, 1974-yildan), „AlFikr“ („Tafakkur“, arab tilida chiqadigan oylik adabiy jurnali, 1955-yildan), „AlMaraa“ („Ayol“, arab va fransuz tillarida oyiga 2 marta chiqadigan jurnali, 1961-yildan). Tunis Afrik Press (TAP) axborot agentligi, Tunisdagi yetakchi gazetalar, radio va televideniyening akdiyadorlik jamiyati, 1961-yil asos solingan. Radioeshittirish 1936-yildan, telekoʻrsatuv 1966-yildan olib boriladi. Ularni Tunis radioeshittirish va televideniye davlat mahkamasi nazorat qiladi. Adabiyoti Tunis hududida mil. av. 1ming yillikda puni, soʻng lotin tilida rivojlangan. Apuley, Avgustin kabi mashhur adiblar Shimoliy Afrikadan chiqqan boʻlsada, Tunisning oʻz adabiyoti faqat musulmon arab hukmronligi davrida arab tilida vujudga keldi. 10—11-asrlarda Ibn Xani alAndalusiy va Ali atTunisiy Ibrohim alXusriy, Ibroqim arRakik va Abdulaziz alTaʼrifiy kabi shoir va yozuvchilar, 14— 15-asr boshlarida atokli mutafakkir Ibn Xaddun ijod kiddilar. 15-asrdasufiylar adabiyoti vujudga keldi. 15—16-asrlarda arab tilining Tunis shevasida nazm janri ustun boʻlgan xalq adabiyoti shakllandi. 19-asr adabiyotida milliy ozodlik kurashi ruhi sezila boshladi. Muhammad ashShodli Xaznadar ijodida bu ruh, ayniqsa, yaqqol namoyon boʻldi. 20-asr boshlarida T. adabiyotida dastlabki romanlar (Saloh Suvisiyning „AlXayra va Siroj alLayla“ romani) paydo buldi. 20—30-yillarda hozirgi zamon T. adabiyotining asoschisi shoir Abulqosim ashShobbiy, hikoyanavis AliadDuʼajiy, shoir va publitsist Tohir Haddad asarlari mashhur boʻldi. Mahmud alMesadiy, Muhammad alLarusi alMutviy, Muhammad alMarzukiy kabi yozuvchi va dramaturglar adabiyot rivojiga barakali hissa qoʻshdilar. T. mustaqillikka erishgach, shoir, yozuvchi va dramaturg Mustafo alForsiy ijodi kamol topdi. 1960-yillarda T. adabiyotiga arab va fransuz tillarida ijod qiluvchi yozuvchi va dramaturglar kirib keldi. 20-asr oxirlarida Hasan Nasr („Yomgʻirli tunlar“ hikoyalar toʻplami), Izzeddin Medaniy („Nol inson“ romani, „Gʻaroyib hodisalar“ hikoyalar toʻplami), Mahmud Tunsiy (hikoya va lirik sheʼrlar), Muhammad Saloh alJabriy („Zamira hayotidan bir kun“ qissasi), Abdurahmon Amar („Sevgi va inqilob“ qissasi, „Besh qahramon“ pyesasi) va boshqa yozuvchi hamda dramaturglar ijodi diqqatga sazovor. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Tunis hududidan kapsa madaniyati sanʼat yodgorliklari (qoyatoshlarga ishlangan jonivor va odam tasvirlari, ov manzaralari, sopol idishlar) topilgan. Finikiylar davridan ibodatxona, daxma va binolarning, rimliklar davridan shahar xarobalari (Dugga, TuburboMayus va boshqalar) saqlanib qolgan. Ularda teatr, amfiteatr, hammom, sirk, turar joy, oromgoxlar boʻlganligi seziladi. Oʻrta asrlarda musulmon meʼmorligi (masjid, minora va saroy binokorligi) shakllandi. Qayruvon, Sfaks, Sus, Monastir, Tunisda minorali masjidlar, shoh saroylari qurildi, istehkomlar, sharsharalar, suv omborlari barpo etildi (Qayruvondagi Sidi Oqba masjidi, 9-asr, Tunisdagi Bab alJadid, Bab alMinora tosh darvozalari, 13-asr). 11 — 15-asrlarda meʼmorlik ispanmagʻrib, 16—19-asrlarda turk sanʼati oqimida rivojlandi. 20-asrda shaharsozlikka fransuz meʼmorlari boshchilik qildi, ular mahalliy binokorlik anʼanalarini Yevropa ratsionalizmi tamoyillari bilan uygʻunlashtirishga intildi. Mustaqillik yillarida yetishib chiqqan O. K. Kakub, X. Amara va boshqa tunislik meʼmorlar zamonavii konstruksiya va materiallar (temirbeton, shisha, metall, plastmassa va yogʻoch)dan foydalanib uyjoy va jamoat binolarining loyihalarini tuza boshladilar. Tunis shahridagi yangi turar joy binolari, „Dyu Lak“, „Afrika“ mehmonxonalari, Monastir shahridagi „Palma“ mehmonxonasi, ayniqsa, muvaffaqiyatli chiqqan. Tunis zamonavii tasviriy sanʼatiga 12-asrning 90-yillarida asos solindi. 20-asrning 20—30-yillarida Yaxyo Turkiy, Hodi Hayoshiy, Amar Farhod kabi musavvirlar shaklan mukammal, mazmunan milliy sanʼat asarlari yaratdilar. Hozirgi zamon tasviriy sanʼatida realistik va modernistik oqimlar mavjud. Realizm yoʻnalishidagi rassomlardan Ali bin Salim, Hodi Turkiy, Hotam Mekkiy, grafikami Ibrohim adDaxak, modernizm oqimidagi haykaltarosh Hodi Selmiy, rangtasvirchi va grafik Zubayr Turkiy va boshqa mashhur. T. zamonavii amaliy bezak sanʼatining asosiy turlari gilam toʻqish, kashtachilik, toʻr toʻqish, kulolchilik, zargarlik va kandakorlikdan iborat. Musiqasi Musiqasi uzoq yillar davomida finikiy, yunon, rim, ayniqsa, arab va turk madaniyati taʼsirida rivojlanib keldi. T.musiqasi Magʻrib mamlakatlari madaniyatida alohida ahamiyatga ega. Badaviylar anʼanalari negizida marosim va mehnat qoʻshiqlari, shoirbaxshilar ijodi rivoj topdi. Mumtoz musiqasi Andalusiya (Ziryob) maktabi taʼsirida qaror topgan. Turkumli janr nuba muayyan maqam (lad)larga asoslanib, cholgʻu badihaviy muqaddima (istiftax), maʼlum usullarda ijro etilayotgan vokal (avʼyat, btayxi, baruel, taushiyya, dardj va boshqalar) hamda cholgu (msaddar, dxoul kabi) qismlardan iborat. 24 mumtoz nubadan hozirda T. da 13 tasi saqlangan. Qasida, muvashshax, shuningdek, diniy musika shakllari — zajal, zikr, turk madaniyati taʼsirida bashraf (cholgu kuy)lar keng oʻrin olgan. Milliy sozlari: ud, torlikamonli rabab, qonun, naysimon kasba, zurna (surnay turi), doirasimon tar va bendir, toʻrtburchak daf, darbuka, tbala (baraban turlari). Mustaqillikka erishilganidan soʻng musiqa madaniyatiga eʼtibor kuchaydi. 60-yillarda simfonik orkestr, milliy ansambllar tashkil etildi. Tunis folklor ansambli, Bizerta mumtoz musiqa ansambli, „Rashidiya“ jamiyati orkestri (hozirgi radio orkestri) ishlay boshladi. Anʼanaviy musiqa bilan birga musiqa madaniyatining yevropalashgan shakllari yoyila bordi. Musiqa kadrlari oliy va oʻrta musiqa oʻquv yurtlari, jumladan, Tunisdagi Milliy musiqa, raqs va xalq sanʼati konservatoriyasi, Sfaksdagi konservatoriyada tayyorlanadi. Bastakor, ijrochi va musiqashunos Saloh alMahdiy, bastakor va udchi M. alJamusiy, xonandalar U. Karim, Sh. Alaviy, Abdulhaq Tarialar mashhur. Har yili oʻtkaziladigan Karfagen musika festivali folklor sanʼatining jahon markaziga aylandi. Teatri Xalq oʻyinlari va bayramlarida, sayyor qiziqchilarning sanʼatida teatr unsurlari boʻlgan. 13-asrdan soya va qoʻgʻirchoq teatrlari yoyildi. 1826-yil Italiyadan kelgan truppa tunislik tomoshabinlarni Yevropa teatri bilan tanishtirdi. 1860—75 yillarda dastlabki teatr binolari qurildi. 1893-yil livanlik dramaturg Shukri Gʻanimning „Antara“ spektakli sahnalashtiriddi. 1908 i. Sulaymon alKardaxiy birinchi T. teatriga asos soldi, 1913-yil u „AshShaxama alArabiya“ va „Aladab“ jamoalariga boʻlinib ketdi. 1921—22 yillarda misrlik rejissyor Jorj Abyad „Arab teatri“ni tashkil etdi. 1955-yil ish boshlagan Munitsipal teatri doimiy truppa va katta repertuarga ega edi. Mustaqillikka erishilgach (1956), 1959-yil tashkil etilgan teatr maktabi (rahbari Hasan Emerli) tez orada Drama markazi (rahbari Muhammad Aziza)ga, 1982-yil Drama sanʼati intiga aylantirildi. 1960—70 yillardan Sus, Sfaks, Bizerta, AlQof, Qayruvon, Qafsa shaharlarida teatrlar ishlay boshladi. 1960-yildan Monastir shahrida Magʻribdagi barcha teatrlarning festivallari, Hammomotdagi teatr markazida (1964-yil tashkil etilgan) va koʻhna Karfagen xarobalarida Xalkaro teatr festivallari oʻtkaziladi. Kinosi 1897-yil Sh. Shikli dastlabki kinoseanslarni tashkil etdi. 1907-yil doimiy kinoteatr ochildi. 1922-yil Sh. Shikli qisqa metrajli „Zuhra“, 1924-yil esa toʻliq metrajli „Ohu koʻzlari“ filmlarini suratga oldi. Mustamlakachilik davrida gʻaroyibsarguzasht filmlar — „Etikdoʻz Maʼruf“ (1921, rejissyor R. Dessor), „Yasmina“ (1926, rejissyor A.Yugon), „Kayruvonlik telba“ (1939, rejissyor J. A. Krezi, arab tilidagi birinchi film), „Bim“ (1949, rejissyor A. Lamoris) va boshqa yaratildi. 1946—54 yillarda Tunisda „Afrika“ kinostudiyasi ishladi. Mustaqillik koʻlga kiritilganidan keyin T. filmlar ishlab chiqarish. va prokat qilish aksiyadorlik jamiyati tuzildi (1957), qisqa metrajli xronika filmlari bilan bir qatorda milliy ozodlik kurashiga va ijtimoiy masalalarga bagishlangan „Tong“ (1966), „Qoʻzgʻolonchi“ (1967), „Fallohlar“ (1970) kabi badiiy filmlar yaratildi. 70—80-yillarda yaratilgan filmlar orasida ishchilar hayoti va kurashini tasvirlovchi „Sejnan“ (rejissyor A. Bin Ammar), Fransiyadagi arab muhojirlari takdiriga oid „Elchilar“ (rejissyor N. Xtariy), kichik qishloq hayotining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi „Sirtlon quyoshi“ (rejissyor R. Baxiy), tunislik ayollar hayotidan olingan „Aziza“ (rejissyor A. Bin Ammar), shuningdek, „Kechuv“ (rejissyor M. B. Mahmud), „Farishtalar“ (rejissyor R. Baxiy) kabi filmlar bor. Manbalar Afrika Tunis BMT aʼzolari Arab davlatlari
19,313
3322
https://uz.wikipedia.org/wiki/Uganda
Uganda
Uganda, Uganda Respublikasi (; ) – Sharqiy Afrikadagi davlat. Maydoni 236 ming km². Aholisi 34,6 mln. kishi (2014). Poytaxti – Kampala shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 viloyat (reqion)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi Uganda – respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 8 oktabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (1986-yildan Yoveri Museveni), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati Ugandaning tabiati goʻzal va iqlimi yumshoqligi sababli „Afrika durdonasi“ deb ataydilar. Uganda Sharqiy Afrika yassitogʻligida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, 1100–1500 m balandlikdagi togʻlar uchrab turadigan tekislikdir. Eng baland joyi – Margerita choʻqqisi (5109 m). Choʻqqilarni doim muz qalpogʻi qoplab yotadi. Jan.sharqdagi Elgon vulkani va janubigʻarbdagi Virunga guruhi vulkanlari soʻnib qolgan. Temir, mis, kobalt, polimetall rudalar, noibiy, sirkoniy, apatit, oltin, qalay, volfram, asl toshlar, toshtuz va boshqa konlar topilgan. Ugada iqlimi–ekvatorial, mussonli. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida 18,5°dan 22°gacha. Yillik yogʻin 750–1500 mm. Koʻl va dare koʻp, shu jumladan, Afrikadagi eng katta Viktoriya koʻlining shimoliy qismi Ugandaga qarashli. Daryolarining kupi Nilga quyiladi. Tuproqlari, asosan, qizilferralitli, qurgʻoqchil joylarda esa temirli qizilqoʻngʻir tuproq. Ugandada savanna, tog oʻtloklari koʻp, ayrim joylarda barg toʻkuvchi va doim yashil oʻrmonlar saqlanib qolgan. Ularda daraxtlarning 400 ga yaqin turi, jumladan, qimmatbaho nav daraxtlar oʻsadi. Hayvonot dunyosida fil, jiraf, arslon, leopard, begemot, buyvol, zebra, kiyik, maymun kabi sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar (timsoh, ilon), hasharotlar bor, baliq koʻp. Kobarega, Ruvenzori milliy bogʻlari va qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Aholisi Aholisining 99% dan kuprogi afrikaliklar. Ular orasida eng kupi bantu tillari guruhiga mansub xalqlar (ganda, soga, nyankole, gishu, nyaruganda va boshqalar) bulib, mamlakat markazi va janubda, nilot xalklari (turkona, lango, acholi va boshqalar) shimolda yashaydi. Rasmiy tillar – suaxili va ingliz tillari. Shahar aholisi 12,5%. Ahsshining 65% – katolik va protestantlar, 15% – musulmonlar; qolgan qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Yirik shaharlari: Kampala, Jinja, Mbale. Tarixi Uganda hududida odam quyi paleolit davridan yashay boshlagan. Mil. 1-ming yillikda Kongo gʻarbidagi oʻrmonlardan kelgan bantular va shimoli-sharqdan kelgan kuchmanchi nilot kabilalari Uganda aholisining uzagini tashkil etgan. 13–14-asrlarda (ayrim maʼlumotlarga kura, 10–11-asrlarda) koʻllar oraligʻida ilk Kitara davlati paydo boʻlgan. 16-asrda Uganda bir necha mustaqil daylatlar (Unoro, Nkore, Toro va boshqalar)ga parchalanib ketgan. 19-asrning urtalarida 14-asrda tashkil topgan Buganda davlati kuchaydi. 19-asrning 60-yillarida bu yerga yevropaliklar suqilib kira boshladi. Ular mahalliy qabila va diniy jamoalar urtasida nizo va urush chiqarish yuli bilan ularni zaiflashtirib, uz taʼsir doiralariga utkazib oldilar. 1890-yil Angliya–Germaniya shartnomasiga binoan, Buyuk Britaniya Buganda va butun Uganda hududida bemalol harakat qilish huquqini oldi. 19-asrning 90-yillari – 20-asr boshlarida bu davlatlar ustidan Britaniya protektorati urnatildi, ular Uganda protektoratining muxtor provinsiyalariga aylandi. Birinchi jahon urushi boshlangan paytda Buyuk Britaniya butun Uganda xududini zabt qilib olgan edi. 20–30-yillarda boshlangan ozodlik harakati Ikkinchi jahon urushidan keyin ayniqsa avj oldi. 1952-yil Uganda Milliy kongress siyosiy partiyasi tuzildi. Bu partiya 1953–55 yillarda Buyuk Britaniyaning uz mustamlakachilik hokimiyatini mustaqkamlash maqsadida Uganda, Keniya va Tanganikadan iborat Sharkiy Afrika Federatsiyasiga birlashtirish yoʻlidagi urinishlariga qarshi ommaviy harakatga rahbarlik qildi. 1962-yil 9 oktabrdan Uganda mustaqil davlat. Kabaka (vorisiy hukmdor) Mutesa II davlat boshligʻi boʻlib qoldi. 1967-yil Milton Obote prezident buldi. 1971-yil 25 yanvarda general Idi Amin boshchiligida harbiy toʻntarish boʻlib, Obote lavozimidan olib tashlandi. Milliy majlis va xukumat tarqatib yuborildi. Siyosiy partiyalar faoliyati taqiklandi. 1971-yil fevraldan Idi Amin prezident deb eʼlon qilindi. Iqtisodiyotni „ugandalashtirish“, qishloq xoʻjaligini isloh qilish yoʻli boshlandi, armiya 3 baravar koʻpaytirildi. Ammo bu siyosat qiyinchilikka uchradi, eksport va import izdan chikdi, ekin maydonlari qisqardi, ishsizlik kuchaydi, norozilikoshdi. 1979-yil Moshi (Tanzaniya) da Milliy ozodlik fronti (MOF) tuzildi. Amin armiyasi Tanzaniyaga hujum qilganida MOF otryadlari Tanzaniya armiyasi yordamida Amin armiyasini tormor etdi. MOF muvaqqat hukumat tuzdi. 1980-yil 10–11 dekabrda Milliy majlisga saylov oʻtkazildi, unda Uganda Xalq Konfessi gʻalaba qildi, partiya rahbari M. Obote yana prezident boʻlib qoldi. Hukumat „bozor munosabatlari“ usullarini joriy etib, mamlakatni mushkul ahvodsan olib chiqish choralarini koʻrdi. 1985-yil harbiy toʻntarish boʻlib, M. Obote lavozimidan olib tashlandi. Harbiy kengash davlat hokimiyatining oliy organiga aylandi. 1986-yil Uganda Milliy qarshilik koʻrsatish armiyasi rahbarlari hokimiyatni qoʻlga oldilar. 1996-yil prezident va parlament saylovlari oʻtkazildi. 2000-yil 29 iyundagi referendumda aholi koʻp partiyali tizimga qarshi chiqdi va prezident Y. Museveni boshchiligidagi „Harakat“ siyosiy tashkilotigina mamlakatga rahbarlik qilishini yokdadi. Anʼanaviy partiyalarga ruxsat berilgan, ammo ularning faoliyati cheklab qoʻyilgan. Yangi partiyalar tuzish taqiqlangan. Uganda 1962-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami – 9 oktabr – Mustaqillik kuni (1962). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari „Harakat“ , siyosiy tashkilot, Milliy qarshilik koʻrsatish harakati asosida 1998-yil tuzilgan; Demokratik partiya, 1956-yil asos solingan; Konservativ partiya, 1979-yil tashkil etilgan; Uganda xalq kongressi, 1960-yil tuzilgan. U kasaba uyushmalari milliy tashkiloti, 1974-yil tashkil etilgan, 16 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi, Afrika kasaba uyushma birligi tashkilotining aʼzosi. Iqtisodiyoti Uganda – iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 44%, sanoatning ulushi 17%. Mamlakat iqtisodiyotining asosi boʻlgan qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% dan koʻprogʻi band. Dehqonchilik uchun yaroqli boʻlgan 4 mln. gektarning 1/3 qismidangina foydalaniladi. Asosan, kofe, kakao oʻstiriladi, paxta, choy, shakarqamish, tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, maniok, batat, banan, yams, tamaki va boshqa ekiladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Koʻllarda baliq ovlanadi; yogʻoch tayyorlanadi. Sanoatida konchilik asosiy oʻrin oladi. Kilembeda miskobalt ruda koni va boyitish fabrikasi bor; volfram, apatit, ohaktosh va fosforit qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 795 mln. Kilovatt-soat elektr energiya xrsil qilinadi. Nil boʻyidagi OuenFole GES, Kilembedagi GES, kichik issiqlik va dizel elektr stansiyalari bor. Uganda sanoatida 10 dan ortiq odam ishlaydigan 800 ga yaqin korxona bor. Jinjada mis eritish va poʻlat quyish, Tororoda asbotsement, superfosfat, Ximada sement zavodlari, turli joylarda oziq-ovqat (un, yogʻ, pivo, konserva), yengil (toʻqimachilik, qogʻoz, koʻnpoyabzal, tikuv), yogʻochsozlik, farmatsevtika, rezinatexnika, avtotaʼmirlash va yiguv (radiopriyomnik va sovitkich ishlab chiqarish) korxonalari mavjud. Muhim sanoat markazlari; Jinja, Kamlala, Mbale, Lira. Transporti Temir yoʻli uzunligi – 1,2 ming km. Avtomobil yoʻllari uzunligi – 27 ming km ga yaqin. Entebbeda xalqaro aeroport bor. Chetga kofe, paxta, choy, mis, charm va teri sotadi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, neft va neft mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari oladi. Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya, Niderlandiya, Keniya, Hindiston bilan savdo qiladi. Pul birligi – uganda shillingi. Tibbiy xizmati Sogʻliqni saqlash tizimi aralash: davlat davolash muassasalari bilan birga xususiy shyfoxonalar ham bor. Vrachlar Makerere universitetining tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari Majburiy taʼlim yoʻq. Boshlangʻich maktab 7 yillik. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Oʻrta maktab 6 yillik: 4 yillik toʻliqsiz va 2 yillik toʻliq maktabdan iborat. Darslar, asosan, ingliz tilida olib boriladi. Boshlangʻich maktabning 4 sinfi negizidagi hunartexnika va qishloq xoʻjaligi maktablari, toʻliqsiz oʻrta maktab negizidagi oʻrta texnika va qishloq xoʻjaligi kollejlari yoshlarga kasbhunar taʼlimi beradi. Oʻqituvchilar kollejlari boshlangʻich maktablar uchun, Milliy ped. kolleji esa toʻliqsiz oʻrta maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlaydi. Kampaladagi Makerere universiteti (1922-yilda asos solingan, 1949-yildan Universitet kolleji, 1970-yildan milliy Universitet maqomini olgan) oliy taʼlim beradi, unda gumanitar, ijtimoiy fanlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmonchilik, tabiiy fanlar, pedagogika ftlari mavjud. Tijorat va texnika kollejlari ham bor. Yirik kutubxonalari: Universitet kutubxonasi (1940), 200 tarmoq kutubxonasidan iborat Birlashgan ommaviy kutubxona. Kampalada Uganda muzeyi va Oʻrmon muzeyi (1922), Entebbeda Geol. muzeyi, Botanika bogi (1898), Ovchilik va baliqchilik muzeyi, akvarium va boshqalar bor.institutlar Kampaladagi qishloq xoʻjaligi tadqiqot stansiyasi (1937), davlat kimyo labratoyiya, paxtachilik ilmiy tadqiqot stansiyasi, Entebbedagi veterinariya tadqiqot markazi (1926), geol. xizmati va mineral resurslar boʻlimi, oʻrmonchilik boʻlimida olib boriladi. Universitet huzuridagi ijtimoiy tadqiqot instituti, Milliy taʼlim instituti (1964), Uganda jamiyati (adabiyot, tarix, madaniyat sohalarida), ayrim muzeylar va Botanika bogʻida ham ilmiy ishlar olib boriladi. U hududida Sharqiy Afrika mintaqaviy ilmiy tadqiqot muassasalari: dare baliqchiligi tashkiloti (1948, Jinja), tripanosomozlar tadqiqot tashkiloti (1949, Tororo) va virusologiya instituti (1949, Entebbe) ishlaydi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Ud a nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: „Ikveytor“ („Ekvator“, ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1981-yildan), „Mkombozi“ („Xaloskor“, ingliz tilidagi oylik jurnal, 1982-yildan), „Munno“ („Doʻstingiz“, katoliklarning luganda tilidagi xaftalik gazeta, 1911-yildan), „Nyu viji“ („Yangi nuqtai nazar“, hukumatning ingliz tilidagi haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 1986-yildan), „Sitizen“ („Fuqaro“ ingliz tilidagi haftalik gazeta), „Star“ („Yulduz“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1984-yildan), „Taifa empia“ („Yangi millat“, luganda tilidagi kundalik gazeta, 1953 ydan). Uganda axborot agentligi hukumat agentligi boʻlib, u 1972-yil tashkil etilgan. Uganda radiosi hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Uganda televideniye xizmati tijorat xizmati boʻlib, hukumat tomonidan nazorat qilinadi; 1962-yil tuzilgan. Adabiyoti 20-asr boshlarida alifbo joriy etilgach, Uganda xalqlari tillarida adabiyot rivojlana boshladi. Ilk davrda M. Nsimbi, E. Kavere, A. Kaggva, G. Gmotoka va boshqalarlarning tarixiy qissa, sarguzasht romanlari, melodramalari paydo boʻldi. 1948-yil „Istafriken literatur byuro“ nashriyoti tashkil etilishi bilan adabiyot rivojida yangi bosqich boshlandi. 50-yillarda O. p Bitek (193 1–82)ning „Tishing oq boʻlsa, kulaver!“ dostoni, I. V. Lubambulaning sheʼrlari, J. Kaddu, E. Kaverening romanlari, T. Bazzarabizening sarguzasht qissalari nashr etildi. Ingliz tilidagi adabiyot tez rivojlana boshladi. B. Kimenye, A. Mazrui, R.Serumaga, X. O. Kuletaning hikoya va romanlari mashhur boʻldi. T. lo Liyong koʻp janrlarda barakali ijod qildi. 70–90-yillar adabiyotida ijtimoiy oʻtkir, dolzarb masalalar koʻtarilib chiqildi. P. Nazaretning „Jigarrang rido ostida“, B. Lubeganing „Xoʻrlanganlar“, O. Kulining „Fohisha“ romanlari bunga misoldir. Sheʼriyatda vatanparvarlik ruhiyati, adolatsizlikdan norozilik kayfiyati kuchli. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Aksariyat xalq ommasi aylana tarxli xoda va novdalardan konussimon yasalib tomi poxol va oʻtoʻlan bilan yopilgan kulbalarda yashaydi. Kulbalar yonida agʻdarilgan savat shaklidagi toʻqima donxonalar barpo etiladi. Qabila boshliqlari (kabakalar)ning daxmasi yoʻgʻon xodalardan konus shaklida yasaladi va poxol bilan qoplanadi. Dastlabki yevropacha (devorlari oklangan va tomi 2 nishabli va cherepitsali) turar joylar 1870-yillarda qurildi. Kampala va Entebbeda masjidlar, cherkovlar qad. koʻtardi. 20-asrning 60-yillaridan yangi qurilish materiallaridan foydalanib uyjoy, maktab, kasalxona, sanoat inshootlari, koʻp qavatli maʼmuriy binolar qurishga kirishildi. Ugandada badiiy hunarmandchilik orasida yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik ayniqsa rivojlangan. Mebel, cholgʻu asboblariga naksh solinadi. Lub, qamish, palma tolasi, novda, poxol, oʻt, papirusdan savat, boʻyra, qalqon, devor, turli idishlar yasaladi. 1936-yilda rassomlik maktabi tashkil etildi. Zamonaviy haykaltaroshlardan J. Kakoosa, G. Maloba, rangtasvirchilardan M. O. Buluma, I. Kalanzi, D. Sebegal, grafikachi rassom V. Envaki va boshqa Yevropadagi eng yangi oqimlar taʼsirida ijod qila boshladilar. Musiqasi qad. va boy anʼanalarga ega. Uganda xalklarining tillari, urfodatlari, turmush tarzi turlicha boʻlgani tufayli musiqasi ham xilmaxil. Har bir elatga xos ohanglar va usullar mavjud. Urfodat, mehnat, marosim, sevgi qoʻshiqlari, qahramonlarni madh etuvchi qoʻshiqlar kabi janrlar rivojlangan. Davra boʻlib va yakka tarzda aytiladigan qoʻshiklar bor. Koʻpchilik xalklarning musiqasi pentatonikaga, oddiy va murakkab vazn oʻlchovlariga asoslangan. Cholgʻu asboblari: 8 torli arfa (ennanga), 8 torli lira (endonga), 1 torli skripka (endigidi), kamon (sekitulege), nay, truba, baraban, chang va sh.k. Ugandada „Afrikaning yurak urishi“ milliy folklor ansambli, Embayre changchilar ansambli va boshqa musiqiy jamoalar bor. Tanikli musiqa arboblari: kompozitor J. Kgambiddva, sozanda Ye. Mulinda, xonanda J. Katumba, musiqashunoslar – B. Mubangizi, K. Sempebva va boshqa Musika kadrlarini Uganda milliy universitetining sanʼat fakulteti, milliy musiqa departamenti va milliy kollej tayyorlaydi. Teatri Birinchi jahon urushidan keyin ingliz havaskorlik teatri taʼsirida Afrikaning oʻziga xos teatr sanʼati vujudga keldi. 20-asrning 50-yillarida barcha havaskorlik toʻgaraklari teatr gildiyasiga birlashdi, uning tashabbusi bilan Kampalada milliy teatr binosi kurildi. Mamlakat mustakilligiga bagʻishlangan „Qora darvesh“ spektakli (Ngugi Van Tiongo pyesasi asosida) Uganda yarim professional teatri tarixini boshlab berdi. Mashhur jamoalari: birinchi professional jamoa „TIETR limited“, „Afrika artistlari uyushmasi“, „Kampala shahri artistlari“ va boshqa Ularning repertuarida mahalliy mualliflar – Viklif Kiyinja va Bayron Kanadva pyesalari bilan birga jahon mumtoz dramaturgiyasining asarlari ham bor. Manbalar Afrika Uganda BMT aʼzolari
14,919
3323
https://uz.wikipedia.org/wiki/Zambiya
Zambiya
Zambiya ( Zambiya Respublikasi (Republic of Zambia) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 752,614 km2. Aholisi 14,222,233 kishi (2013). Poytaxti — Lusaka shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Zambiya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1996-yilda qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. U umumiy va toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Prezident Vazirlar Mahkamasi raisi hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va bir palatali parlament — Milliy assambleya, ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati Zambiya Sharqiy Afrika yassitogʻligida, Janubiy yarim sharning subekvatorial mintaqasida joylashgan. Hududida togʻ va tepaliklar uchraydi, aksar qismining balandligi — 1000–1350 m. Eng baland joyi — Muchinga togidagi Mumpu choʻqqisi (1893 m). Keng yassi botiqlarining koʻpi Sharqiy Afrika siniqlari zonasiga kiradi. Zambiyada mis, rux, qoʻrgʻoshin, vanadiy, temir, uran rudalari, marganets, grafit, oltin, qalay, toshkoʻmir konlari bor. Iqlimi subekvatorial. Zambiyada yil davomida aniq uch mavsum kuzatiladi: issiq va quruq (avgust—oktyabr), iliq va sernam (noyabr— aprel), quruq va salqin (may—iyul). Eng issiq oy (oktyabr)ning oʻrtacha harorati 23—27 °C, eng salqin oy (iyul)niki 15—20 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin janubda 700 mm dan shimolda 1400 mm gacha. Yirik daryolari: Zambezi va uning irmoqlari — Kafue va Luangva. Daryolari serostona boʻlganidan kemalar daryolarning baʼzi joylaridagina qatnaydi. Zambezi daryosida Viktoriya sharsharasi bor. Eng yirik koʻli — Bangveulu; Tanganika koʻlining janubiy, Mveru koʻlining sharqiy qismi ham Zambiya hududida. Yogʻin koʻproq yogʻadigan joylardagi qizil laterit tuproqli yerlar mavsumiy sernam tropik oʻrmon va baland oʻsadigan oʻtli savannalardan iborat. Quruq iqlimli joylarida jigarrang qizil va qizilqoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Mamlakat hududining 1/2 qismini siyrak daraxtli quruq tropik oʻrmonlar egallagan. Savannalarda fil, buyvol, karkidon (2 turi), zebra, kiyik, arslon, qoplon, chiyaboʻri va boshqalar bor. Qush va sudraluvchilar (jumladan nil timsohi, kobra va boshqalar) koʻp. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Setse pashshasi chorvachilikka katta ziyon yetkazadi. 20 ga yaqin milliy bogʻi (Kafue, Sioma Ngvezi, Shimoliy va Janubiy Luangva va boshqalar) bor. Aholisi Aholisining 99% bantu oilasining turli guruhiga mansub afrikaliklar; asosiylari bemba, tonga, lozi, lunda, malavi va boshqa Yevropaliklarning aksariyati ingliz va afrikanerlar. Osiyoliklar ham bor. Rasmiy til — ingliz tili. Aholisining 80%i xristianlar boʻlib, ularning koʻplari mahalliy anʼanaviy dinlarga ham eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 42%. Tarixi Zambiya hududida uzoq oʻtmishda odamlar yashagani maʼlum. Aniklangan yodgorliklar paleolit davriga mansub. Kabve shahri atrofida ibtidoiy inson suyaklari topilgan. Guisho bulogʻi yaqinida va Nachikufu gʻorida istiqomat qilgan kishilar ov va yovvoyi mevalarni terish, baliqchilik bilan shugʻullanganliklari aniklangan. 17—18-asrlarda Zambiyada bantu tilida soʻzlashuvchi qabilalar hukmronlik qilgan. Bu davrda dehqonchilik, chorvachilik va temirchilik rivojlangan. 18-asr oxirida Zambiyaga portugallar, keyinchalik inglizlar kirib kelgan paytda kichikkichik davlatlar va qabila uyushmalari boʻlgan. Ularning moddiy madaniyati yuqori darajada rivojlangan edi. 19-asrning 90 yillarida Zambiyani Britaniyaning S. Rode boshchiligidagi Janubiy Afrika kompaniyasi bosib olib, dastlab ikki hududga boʻlib boshqardi. 1911 yil bu ikki hudud Shimoliy Rodeziya nomi bilan birlashtirildi. 1924 yil Shimoliy Rodeziya Britaniya protektorati deb eʼlon qilindi. Yirik mis va polimetall ruda konlari topilishi bilan konchilik sanoati rivojlandi, shaharlar va temir yoʻllar qurila boshladi. Anʼanaviy dehqonchilik tanazzulga uchrab, dehqonlar xonavayron boʻldi. 20—30 yillarda mustamlaka tuzumiga qarshi uyushgan holda kurash boshlandi. 1935 va 1940 yillari mis konlarida yirik gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Noroziliklar qurol yordamida bostirildi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Shimoliy Rodeziyada mustamlakachilarga qarshi kurash kuchaydi. Bunga Afrika milliy kongressi, Afrika kon ishchilari kasaba uyushmasi rahbarlik qildi. 1953 yil Rodeziya Federatsiyasi va Nyasalend tuzilib, unga Shimoliy Rodeziya ham qoʻshib olindi. 1958 yil Zambiya milliy kongressi Afrika milliy kongressidan alohida partiya boʻlib ajralib chiqdi. Keyinchalik uning asosida K. Kaunda rahbarligida Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi tuzildi (1959). 60 yillar boshida mamlakatda federatsiyadan chiqish va mustaqil davlat tuzish uchun kurash kuchaydi. Natijada Shimoliy Rodeziya 1964 yil yanvarda oʻzini oʻzi idora qilish huquqini oldi. 24 oktabrda esa mustaqil Zambiya Respublikasi deb eʼlon qilindi va prezidentlikka K. Kaunda saylandi. 1968—69 yillarda Zambiya hukumati mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida eng yirik chet el savdo, sanoat va mis konlari kompaniyalari ustidan nazorat oʻrnatdi. 1973 yildagi konstitutsiyaga koʻra, "Zambiya insonparvarligi" siyosiy dasturi qabul etildi. U xususiy mulkchilikni saqlab qolgan holda oddiy inson ehtiyojlarini toʻliq qondirish maqsadini qoʻydi. 1991 yil koʻp partiyali asosdagi saylovda F. Chiluba prezidenta etib saylandi. 1964 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1994 yil 1 fevralda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 24 oktabr — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1964). Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Koʻp partiyali demokratiya uchun harakat, 1990 yilda tuzilgan; Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi, 1959 yilda tuzilgan; Zambiya demokratik kongressi, 1995 yil tuzilgan; Milliy partiya, 1993 yil tuzilgan; Zambiya kun tartibi, 1996 yil asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun anjuman, 2001 yilda Koʻp partiyali demokratiya uchun harakat partiyasi parchalanishi natijasida tuzilgan. Zambiya kasaba uyushmalari kongressi 1965 yilda tuzilgan, Umum Afrika kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi. Xoʻjaligi va iqtisodiyot Zambiya mustamlakaga aylangan davrdan uning iqtisodiyoti dunyo bozoriga, asosan, Buyuk Britaniyaga fakat mis va polimetallar yetkazib berishga ixtisoslashib, xoʻjaligining boshqa tarmoqlari kon sanoatiga xizmat kilib keldi. Yalpi ichki mahsulotda togʻkon sanoati 9%, ishlab chiqarish sanoati 31,8%, qishloq xoʻjaligi 18% ni tashkil etadi. Sanoati. Togʻkon sanoati va rangli metallurgiya rivojlangan. Zambiya mis rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Mis 6 yirik kondan kazib olinadi. Mis bilan birga kobalt, kumush va oltin ham chiqadi. Polimetall rudalari va kadmiy, gips, talk va qurilish materiallari konlari ham bor. I.ch. sanoati rangli metallurgiya korxonalaridan tashqari oziqovqat, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, metallsozlik, sement sanoati tarmoqlaridan iborat. Tegirmonlar va novvoyxonalar, kushxonalar, qand zavodlari, sut mahsulotlari, sariyogʻ, mol yogʻi va oʻsimlik moyi ishlab chiqarish korxonalari, tamaki korxonalari ishlaydi. Kafueda toʻqimachilik, Lusakada paxta tozalash fkalari bor. Kime va neftni qayta ishlash sanoati oʻgʻitlar, boʻyoqlar, loklar, avtoshinalar, plastmassa va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Qogʻoz sanoati rivojlanmoqda. Chilanga va Ndoladagi sement zavodlari binokorlik ashyolari sanoatida yetakchilik qiladi. KapiriMposhida oyna va shisha idishlar ishlab chikaruvchi zavodlar, Luanshyeda elektr simlari, kabel, shpatlar, mis va alyuminiy buyumlari, Lusakada qora metallardan turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zdlar mavjud. Mashinasozlik korxonalari orasida eng yirigi — Livingstondagi avtomobil yigʻuv zdidir. Radioapparatlar, qishloq xoʻjaligi anjomlari ishlab chiqaruvchi zdlar ham bor. Bir yilda oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chikariladi. Qishloq xoʻjal i gida mamlakat iqtisodiy faol aholisining 76% band. Gʻallachilik — dehqonchilikning asosi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini makkajoʻxori boʻlib, u Lunda, Mazabuka, Tonga platosi, Barotsa tekisligi, Luangva daryosi vodiysi yerlarida, tariq va joʻxori Luapula, Shimoliy va Shimoli-gʻarb viloyatlarida, Luangva, Zambezi daryolari vodiylarida yetishtiriladi. Oz miqdorda bugʻdoy ekiladi, u ichki ehtiyojning atigi 10% ini qondiradi. Sholi, paxta, yer yongʻoq, soya, kungaboqar, shakarqamish, tamaki, choy, kofe, meva ham yetishtiriladi. Mamlakat oziqovqatga boʻlgan ehtiyojlarini oʻzi qoplay olmaydi. Chorvachilikdagi mollar asosan yaylovda boqiladi. Yaylovlarda oziq kamligi va setse pashshasining koʻpligi chorvachilikni rivojlantirishga yoʻl qoʻymaydi. Mamlakatda goʻsht, sut va sut mahsulotlari yetishmaydi. Zambiya hududining 17% ga yaqini oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlardagi qaragʻay, evkalipt daraxtlaridan asosan konchilikda shpal va mustahkamlagich sifatida foydalaniladi, rodeziya tiki (qattiq yogʻoch) ichki bozorni taʼminlaydi va chetga sotiladi. Oʻrmonlardagi daraxtlarni kesish va qayta ishlash bilan davlat kompaniyalari shugʻullanadi. Baliqchilik — afrikalik aholining anʼanaviy mashgʻuloti. Baliq, asosan, Bangveulu, Mveru, Chishi, Tanganika koʻllarida, Kafue, Zambezi, Lua pula daryolarida, Lukanga botqokligida ovlanadi. Zambiya chetga mis, rux, kobalt, qoʻrgʻoshin chiqaradi. Chetdan mashina va asbobuskunalar, yoqilgʻi, kimyo mahsulotlari, oziqovqat oladi. Asosiy mijozlari: AQSH, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — kvacha. Sogʻliqni saqlash. Davlatga qarashli davolash muassasalari bepul. Bundan tashqari Lusaka va Kopperbeltda xususiy tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Vrachlar Zambiya universiteti huzuridagi tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari Zambiya mustaqillikka erishgach, boshlangʻich maktablarda afrikalik bolalar yevropaliklar bilan birga oʻqitila boshladi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 yillik boshlangʻich maktabda oʻqiydi. Boshlangʻich maktabning 1— 4sinflarida darslar ona tilida, soʻng ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktab 5 yillik. Boshlangich maktablar uchun oʻqituvchilar kichik (toʻliqsiz) oʻrta maktab negizida ped. bilim yurtlarida 2—3 yil davomida tayyorlanadi. Kichik oʻrta maktab oʻqituvchilari esa toʻliq oʻrta maktab negizida ped. kollejlarida 2 yil davomida, toʻliq oʻrta maktab oʻqituvchilari universitetda tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi hunar maktablarida va hunarmandchilik oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi. Lusakada universitet (8 ft), KitveNkanada uning filiali bor. Z.da yana bir qancha institut va kollejlar, shu jumladan Milliy ijtimoiy boshqaruv instituti, amaliy hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish kolleji (hammasi Lusakada), boshqa shaharlarda ham turli kollejlar mavjud. Yirik kutubxonalari: Lusakada universiteti kutubxonasi, kutubxonalar maxdamasi, milliy arxivi, shahar ommaviy kutubxonasi. Ndola va Kitve Nkanada ommaviy kutubxonalar bor. Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy muzeyi, Milliy mustakillik birlashgan partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar. Ilmiy muassasalari: Lusakada Milliy ilmiy tadqiqot kengashi, Geol. xizmati, Zambiya universiteti huzuridagi Afrika tadqiqotlari instituti, Ped. tadqiqot byurosi, Chilanida Balikchilik markaziy tadqiqot instituti, Mazabukada Markaziy veterinariya styasi, KitveNkanada Oʻrmontexnika tadqiqot byurosi, Tibbiyot tadqiqot byurosi va b. Bir qancha ilmiy jamiyat va uyushmalar bor. Transporti Zambiyada 2 temir yoʻl liniyasi boʻlib, ular davlat tomonidan boshqariladi. Temir yoʻlning uz. — 2,2 ming km. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 37,4 ming km, shundan 14 ming km qattiq qoplamali. Ichki suv yoʻllarining uz. — 2250 km. Ichki porti Tanganika koʻlidagi Mpulungu portidir. Zambiya hududi orqali Dor ussalom—Ndola neft quvuri oʻtkazilgan. Xalqaro aeroportlari: Lusaka, Ndola, Livingstonda. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Zambiyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Zambiya gavernment gazett" ("Zambiya hukumat gazetasi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1911 yil tashkil etilgan), "Zambiya deyli meyl" ("Zambiya kundalik xabarlari", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1960), "Tayme of Zambiya" ("Zambiya vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1943), "Intanda" ("Yulduz", tonga tilidagi oylik gazeta, 1958), "Sandi tayme of Zambiya" ("Zambiyaning yakshanba vaqti", ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1965), "Yus" ("Yoshlar", ingliz tilida qar chorakda chiqadigan jurnal, 1974). 3. Axborot agentligi 1969 yil tuzilgan. 3. radioeshittirish xizmati 1966 yil tashkil etilgan boʻlib, hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Telekoʻrsatuvlar Lusaka sh.dan olib boriladi. Adabiyoti Zambiya adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti anʼanalari asosida rivojlanmoqda. J. Chivalening bemba va luba xalqpari tillaridagi "Markaziy bantularning tarixiy tuzuklari" kitobi (1962) va J. Musapuning "Alamango" dostonlar toʻplami (1962) adabiy hayotda muhim voqea boʻldi. Biroq mahalliy tillardagi badiiy adabiyot unchalik ommalashmadi. 70 yillarda Zambiya yozuvchilarining ingliz tilidagi asarlari paydo boʻldi. D. Mulayshoning "Soqovlar tili" romani mashhur boʻldi. Unda zamonaviy jamiyat axlokiy muammolari majoziy tarzda tasvirlangan. M. Lisvaniso tahriri ostida "Zambiya ovozlari" nomi bilan qisqa hikoyalar majmuasi, G. Pirining "Taqdir qismati", "Qaltis qiliq" romanlari va b. asarlar bosilib chikdi. P. Mulenga, M. Kasese, O. Simpson, Anna Shtigler, R. Bapti kabi shoirlar, Ch. Vyas, U. Saidi kabi yozuvchilar mashhur boʻldi. 1978 yilda 3. yozuvchilarining milliy uyushmasi tuzilib, barcha adiblar unga birlashdilar. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Zambiyaning shimoliy va sharqiy mintaqalarida qoya toshlariga chizilgan turli rayem va tasvirlar topildi, ularning ilk namunalari mil. av. 4-ming yillikka Lusaka shahridagi zamonaviy bino. Subligi qayd etilgan. Maʼdan boʻyoqlar (aksari qizil, sariq, oq, qora rangda) bilan tushirilgan tasvirlarda jonivor (fil, kiyik, tuyaqush)lar, odamlar qiyofasi va ov manzarasi gavdalantirilgan. Zambiyadagi turar joylar, asosan, xashak va qamishdan aylana tarhli qilib qurilgan, devorlari loy suvoqli chaylasimon uylardan iborat boʻlib, ularning tomi qamishdan kulohiy shaklda ishlangan, boʻgʻoti ostida ayvoncha hosil qilinadi. Uy devori loy bilan suvalib, rangbarang qilib boʻyaladi. Z.ning 20-asr boshlarida qad koʻtargan shaharlari — Lusaka, Livingston, Ndola erkin loyihada, koʻchalari keng, atrofiga temir beton va xom gʻishtlardan kam qavatli imoratlar qurilgan. Kafue daryosi qirgʻogʻida shu nomda sanoat markazi barpo etilgan. Viktoriya sharsharasi yonida qurilgan sayyoxdar majmui milliy turar joy uslubida bezatilgan. Zambiyaning kasbiy sanʼati yaqinda paydo boʻldi. Rassomlardan R. Sililo alohida ajralib turadi. Uning moʻyqalamiga mansub xalq tarixi va zamonaviy qishloq turmushi manzaralari Lusakadagi muzeyni bezab turibdi. Rangtasvir va haykaltaroshlik ustalari G. Tayali, R. Sichalve, rassomlar B. Kabamba, F. Chinyama, R. Kausu, B. Kalulular ijodi tahsinga sazovor. 3. sanʼat markazi har yili tasviriy va amaliy sanʼat asarlari tanlovini oʻtkazib turadi. Musiqasi. Afrikalik boshqa xalklar kabi 3. xalkining musiqa sanʼatida ham koʻshiq, raqs va soz chambarchas boigangan. Toʻptoʻp boʻlib tushiladigan ngoma raqsi, barabanlar joʻrligidagi ichila raqsi rayem boʻlgan. Allalar, toʻy marosim qoʻshiqlari, marsiyalar keng tarqalgan. Diniy marosim qoʻshiq va raqslari (zikr tushish, insjinslarni kuvish, jinlar bazmi kabi) hamon uchrab turadi. Mamlakatga yevropaliklar kelishi bilan (18— 19-asrlar) xristian munojatlari ommalasha boshladi, afrikacha va yevropacha musiqa uslublari qorishgan qoʻshiqchilik shakllandi, qoʻshni xalqlarning musiqa va qoʻshiqlari ham kirib kela boshladi. Mustaqillikka erishilgandan keyin mamlakatda koʻpgina musiqa jamoalari vujudga keldi. Lusaka radiosi dastasi, akauka Makoma kvarteti, "Salibchilar" kvarteti shular jumlasidan. Anʼanaviy musiqa ijrochilaridan — sozandalar M. Mataliyana, A. Mulena, E. Manda, xonandalar D. Mazuka, P. Maddilarni koʻrsatish mumkin. Rok musiqasi, disko, reggi kabi zamonaviy ommabop uslublarda ijod qiluvchi vokalcholgʻu ansambllaridan "Katta oltin oltilik", "Sehrgar", "Maoma"lar mashhur. Zambiya madaniyat mahkamasi anʼanaviy sanʼatni saqlash va rivojlantirish, ijodiy jamoalar tashkil etish bilan shugʻullanadi. Teatri 1964 y.ga qadar Shimoliy Rodeziyada yevropalik havaskorlarning teatr guruhlarigina boʻlgan. 7 shaharda litltietr deb atalgan kichikkichik teatr binolari boʻlgan. Mustaqillik eʼlon qilingandan keyin Afrika teatr jamoalari vujudga keldi, 3. sanʼat uyushmasi tuzilib, unga dramaturgrej.lar G. Lumpa va K. Nkxata rahbarlik qildi. Esxilning "Oresteya" pyesasi mahalliy folklor uslubidagi musiqa va raqslar bilan sahnalashtirildi. Jo de Graftning "Oʻgʻil va qizlar" spektakli qoʻyildi. Zambiyada professional teatr yoʻq. Koʻpgina teatr jamiyatlari, guruxlari va klublar bor. Ularning ko'pi milliy teatr sanʼati uyushmasi va Zambiya teatr sanʼati ittifoqiga kiradi. Turlituman truppa va dastalar mamlakat ichkari tumanlariga borib tomoshalar koʻrsatadi. Truppalar repertuaridan mumtoz asarlar, zamonaviy Yevropa va Amerika dramaturglarining pyesalari asosiy oʻrin olgan. Koʻpincha falsafiy, baʼzan diniy mavzudagi asarlar sahnalashtiriladi. Manbalar Afrika Zambiya BMT aʼzolari
17,250
3324
https://uz.wikipedia.org/wiki/Zimbabve
Zimbabve
Zimbabve (Zimbabwe), Zimbabve Respublikasi (Republic of Zimbabwe) — Afrika janubdagi davlat. BMT aʼzosi. Mayd. 390,76 ming km. Aholisi 11,5 mln. kishi (2001). Poytaxti Harare shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 viloyat (province)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi Zimbabve – respublika. Avvalgi nomi – Janubiy Rodeziya. Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi. 1980-yilda mamlakat mustaqillikka erishgach, Zimbabve Respublikasi deb ataladigan boʻldi. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yilda qabul qilingan, unga 1987 va 1989-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (1987-yildan R. G. Zimbabve gerbi. Mugabe). U toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi va cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament. Uning vakolat muddati – 5 yil Ijroiya hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Prezident hukumatga boshchilik qiladi, vitseprezidentlarni va vazirlarni tayinlaydi. Tabiati Zimbabvening katta qismini tokembriy kristall jinslaridan tuzilgan Matabele va Mashona platolari egallagan (eng baland joyi – Inyanga togʻi, 2596 m). Hududi aksar qismining bal. – 800–1500 m. Platolar shimoida Zambezi daryosi vodiysiga, janubda esa Limpopo daryosi vodiysiga zinapoyasimon pasayib tushadi. Foydali qazilmalari: xrom, litiy, temir, mis, qalay rudalari, oltin, toshkoʻmir, asbest. Iklimi mamlakatning shimoliy qismida ekvatorial mussoili, janubda tropik passatli iqlim. Eng issiq oyi (yanvar)ning oʻrtacha temperaturasi 21–27°; eng salqin oyi (iyul)niki 10–17°. Oʻrtacha yillik yogʻin janubi-gʻarbda 300–700 mm dan Inyanga togʻi sharqiy etaklarida 1000–2000 mm gacha. Yirik daryolari: Zambezi, Limpopo va Sabi. Zambezi daryosining oʻrta oqimida yirik Kariba suv ombori bor. Aksari qismi jigarrang tuprokli yerlarda oʻsadigan savannalardan iborat, janubiy quruq dashtlar. Hayvonot dunyosi xilmaxil: kiyik, buyvol, jirafa, zebra, fil, karkidon, sher, begemot, qoplon, sirtlon, boʻri va boshqalar. Zimbabveda umumiy maydoni 26 ming km milliy bogʻ va noyob hayvonlar saqlanadigan qoʻriqxonalar bor. Yiriklari – Xvange, Matusadona, Viktoriya-Fole, Mana-Puls va boshqalar. Aholisining 90% mashona va matabele elatiga mansub afrikalik bantular; yevropaliklar, osiyoliklar ham bor. Shahar aholisi 26,4 %. Rasmiy tili – ingliz tili. Dindorlarning aksariyati xristianlar va mahalliy anʼanaviy dinlarga ibodat qiluvchilar. Yirik shaharlari: Harare, Bulavayo, Gveru, Kvekve, Kadoma, Mutare, Masvingo. Tarixi Zimbabve hududidan topilgan qad. buyumlar (sopol idishlar, toshdan yasalgan mehnat qurollari) paleolit davriga taallukli. 12–17-asrlarda bu yerda Monomotapa davlati mavjud boʻlgan. Arxeologik topilmalar (turar joylar, irrigatsiya inshootlari va boshqalar.) buning dalili boʻla oladi. 16-asrda shu davlat portugal mustamlakachilarining xurujini qaytardi. 18-asrda Limpopo va Zambezi daryolari oraligʻida mashona qabilasi hukmronlik qilgan. 19-asr 50–60yillarida Zimbabvega ingliz mustamlakachilari bostirib kira boshladi. 1889-yil Angliya qirolichasi Viktoriya "Britaniyaning Janubiy Afrika kompaniyasi" ("British Saut Afrika kompani", 1888-yil S. Rode tomonidan tuzilgan)ga Zimbabve hududi ustidan maʼmuriy rahbarlik qilish huquqini berdi. S. Rode tabele qabilasining oliy boshligʻi Lobenguladan foydali kazilmalarni kazib olish uchun ruxsatnoma ham oldi. 1893-yil ingliz qoʻshinlari mamlakatni bosib oldi va uni Rode sharafiga Janubiy Rodeziya deb atay boshladi. Afrikaliklar mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qoʻzgʻolon koʻtarib chiqishdi, ayniqsa 1896– 97 yillarda juda katta qoʻzgʻolon boʻlib, mustamlakachilar uni shafqatsizlik bilan bostirdi. 1923-yil Zimbabve "oʻzini oʻzi idora qiladigan" mustamlaka maqomini oldi. Ogʻir ekspluatatsiya, soliklar afrikaliklar tinkasini kuritib, mustamlakachilarga qarshi gʻazabini kuchaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng mustamlakachilikka qarshi harakat avj olishi bilan Angliya hukumati 1953-yil Rodeziya va Nyasalend federatsiyasini tuzdi. 1963-yilga kelganda bu federatsiyaga putur yetib, mamlakatda ozodlik harakati avj ola boshladi. 1965-yil ozchilikni tashkil etgan yevropaliklardan tuzilgan Yan Smit hukumati koʻpchiliqdan iborat afrikaliklar huquqini poymol etib, Janubiy Rodeziyani "mustaqil" deb eʼlon qildi. 1969-yil mamlakatda irqchilikni mustahkamlashga qaratilgan yangi "konstitutsiya" qabul qilindi. Smit hukumatining siyosati afrikaliklarning qattiq qarshiligiga duchor boʻldi. 1974-yil Milliy majlisga oʻtkazilgan saylovni afrikaliklar boykot qildilar. 1974-yil dekabrda Lusaka (Zambiya)da Afrika Milliy kengashi, Zimbabve afrika xalqi ittifoqi, Zimbabve afrikaliklar milliy ittifoqining rahbarlari Janubiy Rodeziya mahalliy aholisining tub manfatlarini ifoda etgan konstitutsiyey konferensiya chaqirishni talab etdilar. Mazkur uchrashuv qatnashchilari kelishib, oʻz tashkilotlarini birlashtirib, yagona partiya – Afrika Milliy kengashini tuzishga ahd qildilar. Janubiy Rodeziya mahalliy aholisining irqchilik tuzumiga qarshi ozodlik harakatini Afrika birdamligi tashkiloti, barcha taraqqiyparvar kuchlar quvvatladi. 1976-yilda tuzilgan hamda Afrika Milliy kengashi bilan Zimbabve afrika xalqi ittifoqini oʻz ichiga olgan Zimbabve vatanparvarlik fronti bu kurashning kuchayishiga koʻmaklashdi. 1978-yilda Ya. Smit bilan afrikalik qoʻgʻirchoq arboblar oʻrtasida "ichki ahvolni tartibga solish" toʻgʻrisida bitim tuzildi. 1979-yil aprelda oʻtkazilgan soxta saylov natijalarini xalqaro miqyosda hech kim tan olmadi. Oʻsha yil dekabrda Londonda boʻlib oʻtgan konferensiyada boʻlgʻusi konstitutsiya va saylov oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib olindi. 1980-yildagi saylovda vatanparvar kuchlar gʻalaba qozondi. 1980-yil 18 aprelda mustaqil Zimbabve Respublikasi eʼlon qilindi. 1987-yilgi saylov ham shu kuchlar gʻalabasi bilan yakunlandi. Zimbabve – 1980-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami – 18 aprel – Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1980). Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini 1992-yil 27 yanvarda tan olgan. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Zimbabve afrikaliklar milliy ittifoqi – Vatanparvarlik fronti, 1963-yilda asos solingan; Zimbabve birligi harakati, 1989-yil tuzilgan; Zimbabve afrikaliklar milliy ittifoqi, 1977-yil tashkil etilgan; Zimbabve konservativ uyushmasi, 1962-yilda asos solingan, 1984-yilgacha Rodeziya fronti, Respublika fronti deb atalgan; Birlashgan partiyalar, 1994-yilda tuzilgan. Zimbabve kasaba uyushmalari kongressi – Birlashgan kasaba uyushma markazi. Taʼsis kurultoyi 1981-yil fevral–martda boʻlib oʻtgan. Xoʻjaligi Zimbabve Afrikaning iktisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlaridan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 33%, qishloq xoʻjaligi 19,5%ni tashkil etadi. 1991-yilda eʼlon qilingan iqtisodiyot tarkibini qayta qurish dasturida davlat nazoratini kamaytirish, tashki savdo faoliyatini erkinlashtirish, foydadan olinadigan soliqni pasaytirish, erkin savdo mintaqalarini ochish koʻzda tutilgan. Sanoati Mahsulot ishlab chiqarish va konchilik sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Bu tarmoqdar mahsulotining 90% eksport qilinadi. Sanoati oziqovqat, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, kimyo, avtomobil yigʻuv, metallurgiya hamda konchilik tarmoklaridan iborat. Gveru va Masvingo atrofida xromit, Zvishavani yaqinida asbest, Mxangurada mis, Shangani konlarida nikel, oltin qazib chiqariladi. Mahalliy ehtiyoj uchun toshkoʻmir va temir rudasi, qalay, kumush, volfram va boshqalar qazib olinadi. Energetikasi Zambezi daryosidagi Kariba GESdan va sanoat mintaqalaridagi issiklik elektr styalaridan iborat. Yiliga oʻrtacha 7,6 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalari Harare va Bulavayo shlarida joylashgan. Kadomada toʻqimachilik, Kvekveda qora metallurgiya korxonalari, Gveru, Kvekveda ferroxrom ishlab chiqarish, KamativiDeteda qalay eritish va tozalash, Alyaskada mis zavodlari bor. Ferukdagi neft mahsulotlari zavodi Yaqin Sharqdan keltirilgan xom neftni qayta ishlaydi. ShervudBlokdagi yirik kombinat ammiak va nitratammoniy zavodlarini oʻz ichiga oladi. Harare, Senent va KollinBaukda sement zavodlari bor. Qishloq xoʻjaligi Asosiy ekinlari: makkajoʻxori (ekinzorlarning 60–70%), paxta, tariq, oq joʻxori, yer yongʻoq, sholi. Shimoli-sharqiy, shimoli-gʻarbiy viloyatlarida, Markaziy hamda sharqiy Mashonalend va Masvingodagi tovar mahsulot ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarda tamaki, Kadoma, Chinxoyi va Mxangura hududida paxta, shimoli-gʻarbdagi Chirundu hududida va mamlakat janubi-sharqida shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachilikda, asosan, goʻshtbop qoramol boqiladi. Mamlakat janubiy va markazi eng muhim intensiv chorvachilik hududidir. Oʻrmonzorlarning asosiy qismi mamlakatning gʻarbida boʻlib, koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi. Transporti Engmuhimtransport turi – temir yoʻl Uning uz. 12,8 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 85,2 ming km. Neft quvurlari uz. 288 km. Harareda xalqaro Kentukki aeroporti bor. Zimbabve chetga tamaki, oltin, ferroqotishma, paxta, asbest, nikel, mis rudalari, kandshakar, mol goʻshti va boshqalar sotadi. Chetdan mashinalar, transport uskunalari, kimyo sanoati mahsulotlari, xom ashyo va yoqilgʻi sotib oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Italiya, Yaponiya va Afrikadagi qoʻshni mamlakatlar. Pul birligi – Zimbabve dollari. Sogʻliqni saqlash Zimbabveda davlatga qarashli va xususiy davolash muassasalari mavjud. Mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin goʻdaklarning nobud boʻlishini, yuqumli kasalliklarni kamaytirish, xalq sihatsalomatligini yaxshilash choratadbirlari kurila boshladi. Shifokor va hamshiralar Harare universiteti kolleji huzuridagi tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari Mustaqillik arafasida aholining 75% savodsiz edi. 1981-yildan majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilindi. Katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish harakati kuchaytiriddi. 80yillarda quyidagi maorif tizimi karor topdi: 5–6 yoshli bolalar uchun maktabgacha sinflar; 7 yoshdan 7 yillik boshlangʻich maktab; 6 yillik oʻrta maktab. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida hunar bilim yurtlarida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. bilim yurtlari va kollejlarda tayyorlanadi. Harareda oʻrta maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlaidigan yangi ped. kolleji ochilgan. Hararedgi Zimbabve universitetining 9 fakultetida 3 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi, 564 oʻqituvchi dars beradi. Unt xuzurida intlar, shu jumladan Ped. instituti, bir necha kollej bor. Yirik kutubxonalari: Hararedagi Zimbabve universitetining kutubxonasi, Parlament kutubxonasi, qirolicha Viktoriyaning memorial kutubxonasi, Bulavayoda Zimbabve Milliy kutubxonasi, Ommaviy kutubxona va boshqalar Muzeylari: Harare va Bulavayodagi Zimbabve Milliy muzeylari, Hararedagi Zimbabve Milliy galereyasi, Gverudagi tarix muzeyi, Mugaredagi arxeologiya, tarix, etn. muzeylari. Harareda qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadqiqotlar kengashi (uning tarkibida 7 institut va 8 tadqiqot hamda tajriba styasi), shuningdek, Gerbariy va botanika bogʻi, Veterinariya ilmiy tadqiqot laboratoriyasi, Urmontexnika tadqiqot markazi, Obhavoni oʻrganish xizmati, Geol. xizmati, Zimbabve ilmiy kengashi, Tamakishunoslik tadqiqot markazi, Paxtachilik tadqiqot markazi, bir kancha ilmiy jamiyat va uyushmalar bor. Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi Asosiy gazeta va jurnallari: "Gerald" ("Xabarchi" ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1891-yildan), "Kronikl" ("Voqealar", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1894-yildan), "Sandi meyl" ("Yakshanba xabarnomasi", ingliz tilidagi yakshanbalik gazeta, 1935-yildan), "Faynenshl gazett" ("Moliyaviy gazeta", ishbilarmon doiralarning ingliz tilidagi haftanomasi, 1970-yildan), "Zimbabve nyus" ("Zimbabve yangiliklari", ingliz tilidagi oylik jurnal, 1974-yildan), "Zimbabve gavernment gazett" ("Zimbabve hukumat gazetasi", ingliz tilidagi haftanoma). Zimbabve Afrikaaro axborot agentligi (ZIANA) 1981-yildan faoliyat koʻrsatadi. Zimbabve radioeshittirish korporatsiyasi – davlat radio va telekoʻrsatuv xizmati 1964-yilda tuzilgan. Adabiyoti Zimbabve adabiyoti ingliz tilida, shuningdek, shona va matebele tillarida rivojlanmoqda. Shona va matebele xalkdarining qad. boy folklor anʼanalri bor. Afsonalar, ertaklar, qoʻshiqdar, maqollar xalq tarixi va donishmandligini ifodalaydi. 1957-yilda S. Mutsvayroning "Fezo" kitobi chiqquncha, asosan, oq tanli yozuvchilarning 19-asr oxirida vujudga kelgan ingliz tilidagi adabiyoti haqidagina gapirish mumkin. Oq tanli yozuvchilar asarlarining asosiy mavzui dastlabki kelgindilarning hayoti va sarguzashtlari edi. Ayrim asarlardagina ijtimoiy ohanglar yangraydi. A. Sh. Kripe "Gʻamgin diyor" (1911) va "Sohil daraxtlari yurti" (1913) romanlarini tub joy aholiga xayrixohlik bilan yozgan. 50-yillar oxiriga kelib mahalliy tillarda lotin alifbosidagi asarlar paydo boʻldi. Afrikalik yozuvchilar anʼanaviy turmush tarzi bilan zamonaviy – yevropalashgan turmushning toʻqnashuvlari haqida yozadilar. Mustaqillik eʼlon qilingach, adabiyot rivojlana boshladi. Afrikalik yozuvchilar zamonaviy badiiy janrlar – roman, qissa, hikoyalarga murojaat etmoqdalar. Ch. Mungoshining "Yomgʻir yogʻa qol" romanida afrikalik dehqonlarning nochor ahvoli tasvirlangan. V. Katiyoning "Yer farzandi" romanida yoshlarning Qarshilik harakatiga qoʻshilishi, irqchilik tartiblariga qarshi kurashi ifodalangan. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Zimbabvening turli joylarida paleolit davriga mansub qoya rasmlari saqlangan. Rasmlarda odam va hayvonlar, Zimbabve xalqlarining urfodatlari aks ettirilgan. Gematitdan yasalgan dunyodagi birinchi "qalam" – qoʻngʻir va qizgʻish tayoqchalar Matopo togʻidagi Bambata gʻoridan topilgan. 19-asr Monomotapa davlati (14–17-asrlar) madaniyati taraqqiyoti qoldiqlari – Zimbabve, Inyanga majmualari, Dxlo-Dxlo, Kami kabi tosh istehkomlari harobalari topilgan. Qalin granit devorlar, qushlar tasvirlangan tosh ustunlar, sopol idishlarning qoldiqlari saqlangan. Zimbabve qishloqlarining tarhlari qad. majmualarni eslatadi (turar joy va xoʻjalik binolari paxsa devor bilan oʻralgan). Turar joylar orasida tomi konussimon aylana kulbalar koʻp. 19-asr oxirlaridan shaxmat taxtasi shaklida loyihalashtirilgan kam qavatli gʻisht binolardan iborat shaharlar qurildi. 1950yillardan keyin Harare, Bulavayo va boshqalar shaharlarda zamonaviy koʻp qavatli binolar kurila boshladi. Keyingi yillarda 20–30 qavatli maʼmuriy binolar qad koʻtardi. Badiiy hunarmandchilikdan yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik (geometrik naqsh bilan ziynatlangan hurmacha, koʻzalar), savat toʻqish taraqqiy etgan. 20-asrning 60-yillarida professional tasviriy sanʼat vujudga keldi. Rassomlar orasida kishilarga va oʻz vatani tabiatiga muhabbat ifodalangan realistik asarlarning mualliflari S. Songo, J. Ndandarika, T. Mukarobgvalar ajralib turadi. Haykaltaroshlar (T. Dube, Y. Likoto, B. Mteki) Afrika haykaltaroshligiga xos timsollarni va anʼanaviy xususiyatlarni saqlashga harakat qiladilar. Zimbabveda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat asarlari koʻrgazmalari muntazam tashkil etiladi. Musiqasi Zimbabvening musiqiy madaniyati turli xalkdarning, asosan, shonlarning musiqa sanʼatini oʻz ichiga oladi. Musiqa anʼanalari Zimbabve, soʻngra esa Monomotapa davlati qad. madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Bu davlatning ijtimoiy turmushida marombe deb atalgan saroy xonanda va sozandalari muhim rol oʻynagan. Nayni eslatuvchi va torli mbira, kalimba, chipendani, chimazambi, chitembe sozlari, nogʻoraga oʻxshash baraban keng rasm boʻlgan. Shonlarning musiqiy madaniyatida koʻpchilik boʻlib qoʻshiq ijro etish (xorlar, cholgʻu ansambllari) ustunlik qiladi. 20-asr 2yarmidan afroyevropacha oʻziga xos uslublar ommalashdi. Musiqa masalalari bilan, asosan, Sanʼat ishlari kengashi shugʻullanadi. Zimbabveda Harare va Bulavayo musiqa kollejlari bor. Teatri Mustamlakachilik davrida yevropaliklarning bir necha havaskorlik teatr birlashmasi bor edi. 1950-yillar oxiridan tub joy aholi orasida teatr havaskorlik sanʼati rivojlana boshladi. 1961-yilda zulularning teatr guruhi Solsberi (Harare)da U. Shekspirning "Makbet" asarini sahnalashtirdi. "Umabata" nomi bilan qoʻyilgan bu asar voqealari Zululendda sodir boʻlgan, deb talqin etildi. Unda afrikaliklarning ohanglari va raqslaridan foydalanildi. 1980yillardagi yangi pyesalar (T. K. Tsodzoning shon tilidagi "Shanuko", B. Chidyamatambaning "Zimbabve ovozi" va boshqalar)da eng muhim ijtimoiy muammolar koʻtarildi, ijtimoiy tengsizlik, zolimlarning muttahamligi, qabilaviy bidʼatlar fosh etildi. Oʻtmish sarqitlarini fosh etuvchi "Mukadet oilasi" teleserialining muallifi va ijrochisi S. Madzikatire ayniqsa mashhur boʻldi. ZIMMIY, ahl azzimma (arab.– musulmonlar himoyasidagi aholi) – oʻrta asr arab xalifaligidagi musulmon boʻlmagan xalklar (asosan, yaxudiy va xristianlar). Zimbabvelar bilan tuzilgan shartnomata koʻra, arab qoʻmondonligi ularning molmulki va oʻzlarining daxlsizligini himoya etgan hamda diniy urfodatlariga ijozat bergan. Buning evaziga Zimbabvelar davlat xazinasiga jizya va xiroj toʻlab turishgan. Zimbabve atamasi dastlab Muhammad (sav)ning arab qabilalariga yuborgan nomalarida (629–630 yillar) va Qurʼonning 9surasida uchraydi. 11-asrda al-Mavardi Zimbabve rioya qilishi lozim boʻlgan 6 majburiy va maqbul shartni bayon etgan: Muhammadni, musulmonlar dinini yomonlamaslik, musulmon ayollarga tegajogʻlik qilmaslik va ular bilan nikohda boʻlmaslik, musulmonlarni boshqa dinga oʻtishga ogʻdirmaslik, musulmonlar bilan jang qilayotgan tomonga yordam bermaslik. Zimbabvening bu shartlardan birortasiga rioya qilmasligi uni homiylikdan mahrum etadi, qonundan tashqari holatga qoʻyadi. Maqbul shartlar: kiyimda musulmonlarnikidan ajratib turuvchi belgilar boʻlishi, musulmonlar uyidan baland uy qurmaslik, musulmonlar bor joyda oʻzining muqaddas kitobini baland ovozda oʻqimaslik, ular oldida sharob ichmaslik, oshkora ravishda xoch taqmaslik va choʻchqa boqmaslik, marhumlarini imijimida dafn qilish, zotli ot va tuyalar minmaslik. Bu shartlar tuzilgan shartnomaga kiritilgan boʻlsagina ular majburiy edi, ularni buzish Zimbabveni homiylikdan mahrum qilish uchun asos boʻla olmasdi, lekin jazolanishi kerak edi. Oʻrta asrda boshqa dinga eʼtiqod qiluvchilar ilk islomdagiga qaraganda koʻproq siquvga olingan boʻlsada, tashqi siyosiy va harbiy omillar taʼsir qilgan vaqtlardan boshqa paytlar musulmonlarning Zimbabvega munosabati toqat qilarli darajada edi. Orqasida hech qanday tashqi kuch turmagan yahudiylarning ahvoli bir muncha yaxshi boʻlgan. 19-asrda Yevropa davlatlari Usmon imperiyasida xristianlarning ahvoli haqidagi masaladan imperiyaning ichki ishlariga aralashish uchun bahona sifatida foydalandi, xristianlar esa oʻzoʻzidan ular taʼsirini oʻtkazuvchilarga aylanib qoldi. Natijada xristianlarga munosabat yomonlashib Suriya va Livanda 1860-yil qonli toʻqnashuvlar kelib chiqdi. Hoz. kunda Zimbabve tushunchasi amalda emas, musulmon mamlakatlarida turli dinga eʼtiqod qiluvchi fuqarolar umumiy qonunga boʻysunadilar. Manbalar Afrika Zimbabve BMT aʼzolari
18,962
3340
https://uz.wikipedia.org/wiki/Islom%20Karimov
Islom Karimov
Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentyabr, Toshkent shahri) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan. Hayoti va faoliyati Islom Karimov xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (1967) tugatgan. Mehnat faoliyati Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi („Tashselmash“) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—1989-yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Siyosiy faoliyati 1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi (1990—1992), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir. Ilmiy faoliyati Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning „Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli“ (1992), „Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang“ (1993), „Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli“ (1993), „Bizdan ozod va obod Vatan qolsin“ (1994), „Istiqlol va maʼnaviyat“ (1994), „Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir“ (1995), „Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari“ (1997), „Barkamol avlod orzusi“ (1998), „Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari“ (1998), „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ (1998), „Olloh qalbimizda, yuragimizda“ (1999), „Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“ (2000), „Tinchlik uchun kurashmoq kerak“ (2001), „Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari“ (2002) Yuksak ma'naviyat–yengilmas kuch (2008) va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan. Xorijiy davlatlarga tashriflar Quyida Prezident Islom Karimovning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan: Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning davlat mukofotlari. Oʻzbekiston Sovet davridagi davlat mukofotlari Chet el davlatlari mukofotlari va faxriy unvonlari Vafoti Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi. Oilasi Otasi — Abdugʻani Karimov, (1894—1967) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan. Onasi — Sanobar Karimova, (1902—1982) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan. 1965-yilda millati ukrain boʻlgan Natalya Petrovna Kuchmaga uylangan. 1970-yilda ajrashgan. Bu nikohdan Pyotr ismli oʻgʻli bor. Opasi — Karimova Mexriniso Abduganievna (1920-yil tugʻilgan). Akasi — Karimov Omonullo Abduganievich (1922-yil tugʻilgan). Akasi — Karimov Ibod Gʻaniyevich (1926—2015), professor. Akasi — Karimov Arslon Abduganievich (1931—1989). Akasi — Karimov Ikrom Abduganievich (1933—1976). Akasi — Karimov Quddus Gʻaniyevich, (1934—1995), professor. Ukasi — Karimov Xurshid Abduganievich (1941—2009). 1971—2016-yillar oraligʻida Tatyana Akbarovna Karimova bilan nikohda. Qizi — Gulnora Karimova, diplomat. 2015-yilda moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, 5 yilga qamalgan. Turmush oʻrtogʻi Mansur Maqsudiy, tadbirkor. 2 nafar farzandi bor: oʻgʻli Islom va qizi Imon. Qizi — Lola Karimova-Tillayeva, diplomat. Oʻzbekistonning UNESCOdagi doimiy vakili sifatida ishlagan. Turmush oʻrtogʻi — Tillayev Timur Hakimovich, tadbirkor. 3 nafar farzandi bor: oʻgʻli Umar, qizlari Maryam va Safiya. Xotirasi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga asosan, quyidagilar: 2016-yil oktyabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi; Toshkent shahri, Yashnobod tumanining Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan jome masjidga „Islom ota jomeʻ masjidi“ deb nom berildi; Shuningdek: „Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish toʻgʻrisida“gi qaror qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan: Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish; Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovda gʻolib deb topilgan haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar boʻlib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida oʻrnatish; Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil boʻyicha joylashtirish; Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish; Quyidagi muassasa va obyektlarga: Toshkent davlat texnika universitetiga; Asakadagi avtomobil zavodiga; Fargʻona shahridagi Sanʼat saroyiga; Toshkent xalqaro aeroportiga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy koʻchalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish; har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentyabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish; oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish; Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish; Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish haqida koʻrsatmalar berildi. 2018-yil 17-oktyabrda Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi yonida, Islom Karimov nomli xiyobon tashkil etilib, uning markazida Karimovning haykali oʻrnatildi. Adabiyot Eʼtirof (oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1995; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 3-j. (Mustaqil Oʻzbekiston tarixi), T., 2000; Islom Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998; Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Oʻzbekistan Prezidenti, T., 1996; Levitin L., Uzbekistan na istoricheskom povorote, M., 2001; Seriya vojdi narodov — XX vek, M., 1996; Murod Sharifxoʻjayev. Formirovanie otkritogo grajdanskogo obщestva v Uzbekistane, T., 2002; Amerikaga tashrif — Vizit v Ameriku, T., 2002. Manbalar Havolalar Islom Karimov tarjimai holi www.press-service.uz Oʻzbekiston yetakchilari Oʻzbekiston qahramonlari Islom Karimov Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Samarqandda dafn etilganlar
9,053
3367
https://uz.wikipedia.org/wiki/MC%20Shod
MC Shod
MC Shod - Dilshod Gʻiyosovning (1986 yili 3 mayda tugʻilgan) ijodiy taxallusi boʻlib, u shu ism ostida Kvartet guruhi va TV hamda radioda chiqishlar qilgan. Tarjimai hol Dilshod 1985-yili Toshkentda tugʻilgan. Yunusobod tumanidagi 105-maktabda boshlangʻich va oʻrta taʼlimni olgan. Soʻng O`zMUning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. Hozirda shu oliy oʻquv yurti talabasi. Ijod MC karyerasini Sezam radiosida boshlagan. Radioga kuryer sifatida ishga olinib, yarim yil ichida muharrir eʼtiboriga tushdi. Shundan soʻng Mr. Joker bilan birgalikda tandem ijod boshladi va DJ Rustambek hamda Saidaʼlo Isroilov bilan Kvartet guruhini tuzishdi. Hozir Mr. Joker bilan "Marka" keyinchalik "Marka-Z" guruhida faoliyat yuritadi. U guruhda rap partiyalarini ijro etadi. Bir qancha ommabop radioeshittirishlarda ishtirok etib kelmoqda. Filmografiyasi Film
853
3368
https://uz.wikipedia.org/wiki/MC
MC
MC (inglizchadan Master of Ceremonies, Bayramlar Ustasi, emsi deb talaffuz qilinadi) — bayram-tadbir yigʻinlarida o`rtakashlik qiluvchi shaxs. Toʻy-maʼrakalardagi oʻrtakashdan farqli oʻlaroq, disko-shoularni yoki koncertlarni olib boradi. Bunda u tomoshabinlar bilan interfaol muloqotda boʻladi, tomoshani qizdirib turadi va hk. MC soʻzi hip-hop janrida ijod qiluvchilarga nisbatan ham qoʻllaniladi (MC Shod kabi). Qoʻshimcha Hip-hop MC`lar Musiqa
453
3370
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kvartet%20%28guruh%29
Kvartet (guruh)
Kvartet — oʻzbek pop guruhi. DJ Rustambek, DJ Saidaʻlo, MC Shod hamda Mr Jockerdan tashkil topgan. Aʼzolar DJ Saidaʼlo — (Otabek) DJ Rustambek — (Rustam) Mr Jocker — (Javlon Asatullayev) MC Shod — (Dilshod Gʻiyosov) Tarix Guruh Sezam radiosida RJlik qiluvchi DJ Rustambek va Saidaʼlo tashabbusi bilan tuzilib, unga MC Shod va Mr Jocker jalb etilgan. Birinchi qoʻshiq sifatida Brigada serialining saundtregining hajviy rimeyki ijro etilgan. Jamoat eʼtibori "Kvartet" koʻp bora tele va radioefirga chiqqan. Telekoʻrsatuvlarning birida (Oʻzbekiston telekanalida) guruh zamonaviy pop-musiqa vakillari sifatida taklif qilinib, „milliy mentalitetga toʻgʻri kelmaydigan“ faoliyat uchun tanqid etilgan. „Kvartet“ aʼzolari ekstsentrik sifatida eʼtiborga tushishgan. Diskografiyasi Singllari Kliplari Filmografiyasi Film Havola Kvartet guruhining rasmiy sayti Musiqa Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar
910
3371
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kabo-Verde
Kabo-Verde
Kabo-verde (Savo Verde), Kabo-Verde Respublikasi (República de Cabo Verde) — Atlantika okeanida, Gʻarbiy Afrika sohili yaqinidagi Yashil Burun orolarida joylashgan davlat. 10 ta yirik va 5 ta mayda orolni oʻz ichiga oladi. Mayd. 4,033 ming km. Aholisi 405 ming kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 14 tuman (conselho)ra boʻlinadi. Poytaxti — Praya shahri. Davlat tuzumi Kabo Verde — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-yildan P. V. Piresh). U umumiy, toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — umumiy saylov yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadigan Milliy assambleya (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Orollar, asosan, vulkanlardan hosil boʻlgan. Qirgʻoqlari tik va qoyali; qulay tabiiy gavanlari kam. Relyefi — asosan, togʻli. Eng baland choʻqqisi 2829 m (Fogu orolda). Iqlimi — tropik, passat. Oʻrtacha oylik temperatura 22°— 27°. Yillik yogʻin 100 – 250 mm. Bot-bot qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Daryolari kam. Oʻsimligi choʻl va chala choʻlga xos. Hayvonot turlari oz. Dengiz qushlari koʻp. Qirgʻoq atrofi suvlari baliqqa boy. Fosforit, binokorlik materiallari, jumladan, gips konlari bor. Aholisining 62% mulatlar, 35% afrikaliklar (fulbe, balante, manjaklar); shahar aholisi 30%. Rasmiy tili — portugal tili. Aholining 98% — katoliklar. Tarixi Kabo Verde joylashgan Yashil Burun orollarini Portugaliya ekspeditsiyalari 1456 va 1460-yillar orasida kashf etgan. Oʻsha paytgacha bu yerda odam yashamagan. Afrikadan qullar, Portugaliyadan dehqonlar koʻchirib keltirildi. 1495-yil Portugaliya mustamlakasi deb eʼlon qilindi. 15—16-asrlarda bu xudud Afrikaning Gvineya soqili yonidagi qul savdosi markazlaridan biriga aylandi. Qul savdosi tanazzulga uchrashi bilan (1876 i. tamoman man etildi) bu yerdan AQSH va b. mamlakatlarga koʻchib ketish ommaviy tus oldi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan keyin Portugaliya va uning ittifoqdoshlari Kabo Verdening port va aerodromlaridan Gvineya-Bisau, Angola va Mozambikdagi milliy ozodlik kuchlariga qarshi kurashda oraliq baza sifatida foydalandi. 1951-yilda Portugaliyaning "dengiz ortidagi viloyati" maqomini oldi. 50-yillardan Kabo Verdeda milliy ozodlik harakati kuchaydi. Bu harakat Portugaliya mustamlakasi Gvineya-Bisau xalqlarining ozodlik kurashi bilan chambarchas bogʻliq boʻldi. Bu kurashga Gvineya va Kabo Verde mustaqilligi afrikaliklar partiyasi (PAIGK, 1956-yil tashkil topgan) rahbarlik qildi. 1972-yilda Portugaliya Kabo Verdega "mahalliy muxtoriyat" huquqini berdi. 1974-yil 24 aprelda Portugaliyadagi fashizm rejimi agʻdarib tashlangach, PAIGK bilan Portugaliya muvaqqat hukumati oʻrtasida Kabo Verde ga 1975 i. 5 iyuldan mustaqillik berilishi haqida bitim imzolandi. 1974-yil dekabr oxirida oʻtish davri hukumati tuzildi. 1975-yil 30 iyunda Xalq milliy majlisiga birinchi saylov oʻtkazildi. Kabo Verde oʻsha yili iyulda Afrika Birligi Tashkilotiga, sentabrda BMT ga qabul qilindi. 1975-yil oxiriga kelib, Kabo Verde 60 davlat bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. 1986-yil 6 fevralgacha mamlakatning nomi portugalchadan tarjima qilinib, Yashil Burun o.lari deb atab kelindi. Kabo Verde 1992-yil 16 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami — 5 iyul — Mustaqillik kuni (1975). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Kabo Verde mustaqilligi afrikaliklar partiyasi (PAIKV), 1956-yilda tuzilgan; 1981-yildan hozirgi nomda; Demokratiya uchun harakat, 1990-yilda asos solingan. Kabo Verde mehnatkashlari milliy birlashmasi — kasaba markazi, 1978 i. da tashkil toptan. Xoʻjaligi Iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 11%, sanoatning ulushi 10%. Iqtisodiy faol aholining 80% qishloq xoʻjaligida band. Tez-tez boʻlib turadigan qurgʻoqchilik qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojlarini qoplamaydi. Mustaqillik eʼlon qilingach, mustamlakachilik oqibatlarini tugatish choralari koʻrildi; milliy taraqqiyot jamgʻarasi tuzildi, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish favqulodda dasturi ishlab chiqildi, kooperatsiyaning turli shakllarini rivojlantirishga, sanoat korxonalari barpo etishga kirishildi. Qishloq xoʻjaligi. Aholining anʼanaviy mashgʻulotlari — dehqonchilik va baliqchilik. Ichki ehtiyoj uchun makkajoʻxori, kartoshka, dukkakli don ekinlari, maniok, noʻxat, qizil qalampir, pomidor ekiladi. Eksport uchun kakao, banan, shakarqamish, yer yongʻoq, tamaki, kanakunjut, indigo yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qoʻy boqiladi. Baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Sanoati dengiz mahsulotlarini qayta ishlash, tuz qazib olish va b. korxonalardan iborat. Spirt (shakarqamishdan), sovun, oʻsimlik moyi va sement ishlab chikaradigan korxonalari bor. Eksport uchun tuz va putssolan qazib olinadi. Hunarmandchilik rivojlangan. Temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllarining uz. 5,6 ming km. Yiliga oʻrtacha 36 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy porti — Mindelu (San-Visenti o.da). Sal o.da yirik aerodrom bor. Asosan, Portugaliya, Niderlandiya, Ispaniya, Fransiya bilan savdo qiladi. Chetga baliq, banan, qandshakar, tuz sotadi. Chetdan oziq-ovqat, mashina-uskunalar, neft mahsulotlari keltiradi. Pul birligi — Kabo Verde eskudosi. Xalq taʼlimi 1960-yillarning oxirida aholining 90% dan koʻprogʻi savodsiz boʻlgan. Maktab tizimi Portugaliya taʼsirida shakllandi. Maktablarda taʼlim portugal tilida olib boriladi. Mustaqillikka erishilgandan keyin (1975), 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy taʼlim joriy etildi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 4 yil, oʻrta maktabda 5 yil qilib belgilandi. Oʻrta maktab ikki bosqich: 2 yillik tayyorlov sinflari va 3 yillik katta oʻrta maktab (litsey) dan iborat boʻldi. 1980-yillarning boshidan maktab tizimi yangidan tuzildi. Maktabda oʻqish muddati 11 yil, 6 yil asosiy maktabda, 3 yil toʻliqsiz oʻrta maktabda va 2 yil toʻliq oʻrta maktabda oʻqiladi. Toʻliq oʻrta maktabda gumanitar, tabiiy-ilmiy, texnika boʻlimlari bor. Mamlakatda 3 ped. bilim yurti va industrial maktab ishlaydi. Oliy oʻquv yurti yoʻq. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Kabo Verdeda bir qancha gaz. va jur". nashr etiladi. Asosiylari: "Boletin informativu" ("Informatsion byulleten", haftanoma, 1976-yildan), "Boletin ofisial da Republika di Kabo-Verde" ("Kabo-Verde Respublikasi rasmiy byulleteni", hukumat haftanomasi), "Voj di povu" ("Xalq ovozi", hukumatning portugal tilida chiqadigan haftalik gaz., 1975-yildan),"Raizesh" ("Ildizlar", portugal tilida har chorakda chiqadigan adabiy jurnal, 1977-yildan), "Tribuna" ("Minbar", haftada 2 marta chiqadigan gaz., 1984-yildan), "Unidadi i luta" ("Birlik va kurash", oylik jurnal, 1976-yildan). Kabopress agentligi xukumat axborot agentligidir. Kabo Verde radiotelevideniyesi hukumat ixtiyorida. "San-Visenti ovozi" xukumat radiostansiyasi 1975-yil tashkil etilgan. Adabiyoti Adabiyoti portugal va kreol tillarida. Mahalliy kreol tilida boy ogʻzaki adabiyot shakllangan. Xalq sheʼriy va qoʻshiq ijodiyotining shakllaridan biri — mornlar (muhabbat va ayriliq haqidagi mungli qoʻshiqlar) ayniqsa keng tarqalgan. Bu mavzular Kabo Verde adabiyotida anʼanaga aylandi. E. Tavarish, P. Kardozu va b. shu janrda ijod kildilar. Jorji Barboza madaniy-maʼrifiy va adabiy jurnallar tashkilotchilaridan biri boʻldi. O. Alkantar "Shikino" va M. Lopish "Sharqiy shamol fosh etadi" romanlarida ijtimoiy motivlar, birinchi marta ijtimoiy tengsizlik mavzui kalamga olindi. A. Fonseka sheʼrlarida portugal "mustamlaka jannati"ni fosh etdi. Shoir Kabverdiano Dambara kreol tilida ijod qilib, xalqlarning mustaqillik uchun kurashini kuyladi. A. A. Gonsalvishning qissalari, M. Ferreyraning romanlari 60—70-yillarda Kabo Verde adabiyotida salmoqli asarlar boʻldi. 80—90-yillar adabiyotida eskilikni inkor etish va buzish bilan cheklanmay, yangilik yaratishga intilish tamoyillari boʻrtib koʻrindi. Romanu di Meluning portugal va kreol tillarida nashr etilgan "Qopqora" romani bunga misol boʻla oladi. Manbalar Afrika Kabo-Verde BMT aʼzolari
8,205
3372
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kipr%20Respublikasi
Kipr Respublikasi
Kipr (yunoncha: Kypros, turkcha: Kibris, arabcha: Qubrus), Kipr Respublikasi (yunoncha – Kypriaki Dimokratia, turkcha – Kıbrıs Cumhuriyeti) – Gʻarbiy Osiyoda, Oʻrta dengizning sharqiy qismidagi Kipr orolda joylashgan davlat. Maydoni 9251 km². Aholisi 1,227,900 kishi (2022). Poytaxti – Nikosiya shahri Maʼmuriy jihatdan 6 okrug (district)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Kipr – respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1960-yilda qabul qilingan va keyinchalik tuzatish hamda qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi prezident (1993-yildan Glafkos Kliridis). Prezident kiprlik yunon jamoasi, vitse-prezident kiprlik turk jamoasi tomonidan toʻgʻri saylov yoʻli bilan 5 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Vakillar palatasi (yunon va turk jamoalari vakillaridan iborat bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va vitse-prezident boshkaradi hamda hukumat (Vazirlar Kengashi)ni tayinlaydi. Prezident hukumatga boshchilik qiladi. Tabiati Qir va togʻ koʻp, sharqi pasttekislik. Shimoliy qirgoklari tik va serqoya. Shimoliy sohili boʻylab Kireniya (1023 m gacha) va Karpas tizmalari (364 m gacha) joylashgan. Kipr hududining markaziy va janubiy qismida Troodos togʻ massivi bor (eng baland joyi 1951 m). Shimoliy va janubdagi tizmalarni keng Mesaoriya tekisligi (balandligi 200 m gacha) ajratib turadi. Qazilma boyliklardan xromit, temir va mis rudalari, asbest va boshqa bor. Iqlimi subtropik Oʻrta dengiz iqlimi. Yozi issiq (25—35°), qishi yumshoq (10—15°), seryogʻin. Yillik yogʻin tekislikda 300–500 mm, togʻlarda 1000–1300 mm. Togʻ etaklari va tekisliklarda doim yashil butazorlar, Kireniya va Karpas tizmalarining ohaktoshli janubiy yon bagʻirlarida dasht oʻsimliklari oʻsadi. Kipr hududining 18% oʻrmon: dub, sarv, halab qaragʻayi, togʻ vodiylarida yulgʻun, sambit oʻsadi. Ilon, toʻngʻiz, kaltakesak, buqalamun, kalxat, burgut va boshqa bor. Aholisining 78% kiprlik yunonlar, 18% kiprlik turklar. Inglizlar, arablar, armanlar, italyanlar ham yashaydi. Yunon va turk tillari – rasmiy. Yunonlar pravoslav, turklar islom diniga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 68%. Tarixi Kipr hududida odam neolit davridan yashaydi. Miloddan avvalgi XV—XI asrlarda Kiprni axeylar, IX asrda finikiylar, VIII asr oxirida ossuriylar, VI asrda ahomaniylar bosib oldi, 333—323-yillarda makedoniyalik Aleksandr, 294—258-yillarda Ptolemeylar davlati, 58 yildan Rim imperiyasi qoʻl ostida boʻldi. Rim imperiyasi qulagach (milodiy 395 yil), Kipr Vizantiya tarkibiga oʻtdi. 648-yil orolni arablar, 1191-yil salibchilar egalladi. 1489—1571-yillarda Venetsiya, 1571-yildan Usmonli turk davlatiga qaram boʻldi. XIX asrda kiprlik yunonlarning Kiprni Yunonistonga qoʻshish harakati paydo boʻldi. 1878-yil Kiprni Buyuk Britaniya bosib oldi. 1925-yil Kipr Angliya mustamlakasi maqomini oldi. 1931-yil ingliz hukmronligiga qarshi stixiyali qoʻzgʻolon boshlandi, lekin uni mustamlakachilar shafqatsizlik bilan bostirdi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—1945) 20 mingdan ortiq kiprlik ingliz qoʻshinlari safida Germaniyaga qarshi urushda qatnashdi. Urushdan keyin K.da milliy ozodlik harakati avj olgach, Buyuk Britaniya yon berishga majbur boʻldi. 1960-yil 16-avgustda Kipr mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. Makarios III prezident, F. Kichik vitse-prezident etib saylandi. K.dagi yunon va turk jamoalari oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, mamlakat prezidenta kiprlik yunonlardan va vitse-prezidenti kiprlik turklardan saylanar edi. Biroq 1963-yilda kiprlik yunonlar bilan kiprlik turklar oʻrtasidagi munosabat keskinlashib, natijada ikkala jamoaning birgalikdagi faoliyati toʻxtadi. 1965-yilda yunon jamoa palatasi bekor qilindi. 1967-yil dekabrda kiprlik turklar „Muvaqqat turk maʼmuriyati“ni tuzdilar. 1983-yilda „Shimoliy Kipr turk respublikasi“ eʼlon qilindi, ammo Shimoliy K. turk respublikasi K. Respublikasi hukumati tomonidan tan olinmagan. 1964-yil martdan buyon bu yerda BMT qoʻshinlari turibdi. Xalqaro hamjamiyat vositachiligida K. muammosini bartaraf etish yuzasidan jamoalar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilyapti. Kipr 1960-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 2001-yilda oʻrnatgan. Milliy bayrami – 1-oktabr – Mustaqillik kuni (1960). Kipr – Oʻrta yer dengizidagi Kipr orollarida joylashgan davlat. 1960-yil 16-avgustda Buyuk-Britaniyadan mustaqillik olgan, Britaniya hamkorligi aʼzosi. Yunon va turk jamoalari oʻrtasida toʻqnashuvni keskinlashuvi tufayli dekabr 1967-yilda „muvaqqat turk maʼmuriyati“ tuzilgan. 1975-yil 13-fevralda orolning shimoliy qismida, jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan Turkiya federativ davlati eʼlon qilingan, u 1983-yil 15-noyabrda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi deb atalgan. Maʼmuriy boʻlinishi: 6 okrugdan iborat. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan 1960-yil 16-avgustda qabul qilingan Konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi – Prezident. U aholini 80% ni tashkil etuvchi yunon jamoasi tomonidan saylanadi. Vitse-prezident turk jamoasi tomonidan saylanadi. Ularning vakolat muddati 5 yil. Parlamenti – Vakillar palatasi, 80 ta deputatdan iborat. Ularning 56 tasi yunon jamoasi, 24 tasi turk jamoasi tomonidan saylanadi. 1963-yil dekabrdan boshlab turk jamoasi saylovda ishtirok etmayapti. Ijro hokimiyati Prezident va vitse-prezident tomonidan amalga oshiriladi. Ular hukumat – Ministrlar Kengashini tayinlaydi va uni boshqaradi. Turk jamoasi hukumatda ishtirok etmaydi. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Demokratik partiya (shu nomdagi yunonlar partiyasi 1976-yilda, turklar partiyasi 1992-yilda tuzilgan); Demokratik yigʻin, 1976-yilda asos solingan; Sotsial-demokratlar harakati, 2000-yilda Yagona markaz demokratik ittifoqi asosida tuzilgan; Liberal partiya, 1986-yilda barpo etilgan; Birlashgan demokratlar, 1996-yilda tuzilgan; Milliy birlik partiyasi, 1975-yilda turk jamoasi asos solgan; Ijtimoiy ozodlik partiyasi, 1976-yilda turk jamoasi toʻzgan; K. mehnatkash xalq ilgʻor partiyasi (AKEL), 1926-yildan 1941-yilgacha faoliyat koʻrsatgan Kipr kommunistik partiyasining vorisi sifatida 1941-yilda tuzilgan; Respublikachi turk partiyasi, 1970-yilda asos solingan. Kasaba uyushma birlashmalari: Umumkipr mehnat federatsiyasi, 1946-yilda tuzilgan; Kipr mehnatkashlar konfederatsiyasi, 1944-yilda tuzilgan; K. turk kasaba uyushma federatsiyasi (Turksen), 1954-yilda asos solingan; Kipr inqilobiy kasaba uyushmalari federatsiyasi (Devish), 1976-yilda tuzilgan. Xoʻjaligi Kipr – agrar-industrial mamlakat. Iqtisodiyotda xizmat koʻrsatish sohasining salmogʻi katta. Yalpi ichki mahsulotda bu sohaning ulushi 47%, qishloq xoʻjaligi ulushi 8%, sanoatning ulushi 20%. Mamlakat maydonining 65% ishlanadi, shundan 12% sugʻoriladi. Asosiy ekinlari – bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, dukkakli va poliz ekinlari. Oʻzum, bodom, yongʻoq, sitrus, zaytun, paxta, tamaki, sabzavot ham yetishtiriladi. Togʻlarda qoʻy, echki, choʻchqa, qoramol boqiladi. Pillachilik rivojlangan, sohillarda baliq, suv jonivorlari ovlanadi. Mahalliy maʼdan zahiralari asosida konchilik sanoati mavjud. Asosan, eksport uchun mis, temir, xrom rudalari, marmar, asbest, gips qazib olinadi. Ishlab chiqaruvchi sanoat kichik-kichik toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, vinochilik, yogʻ, tamaki, konserva va boshqa korxonalardan iborat. Sement ishlab chiqariladi. Larnaka shahrida chetdan keltirilgan neft asosida ishlovchi neft mahsulotlari zavodi bor. 1 yilda oʻrtacha 2,1 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (temirchilik, kulolchilik) rivojlangan. Chet el sayyohligi tez surʼatda rivojlanib, xorijiy valyuta tushumining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Kiprda ishlab turgan 17 mingdan koʻproq offshor kompaniya yiliga oʻrtacha 200 mln. dollar daromad keltiradi. Asosiy transport turi – avtomobil. Avtomobil yoʻllari oʻz – 10,2 ming km dan ortiq, shundan 4,2 ming km ga yaqini asfaltlangan. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy dengiz portlari – Famagusta, Limasol. Xalqaro aeroportlari – Nikosiya, Larnakada. Chetga, asosan, maʼdanli xom ashyo, sitrus mevalar, oʻzum mahsulotlari, kartoshka, tayyor kiyim va boshqa chiqaradi, chetdan mashina va asbobuskuna, oziq-ovqat, kimyoviy moddalar, neft mahsulotlari oladi. Savdo-sotikdagi mijozlari: Yevropa Ittifoqi davlatlari va arab mamlakatlari. Pul birligi – kipr funti. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Mamlakatda yunoncha va turkcha taʼlim tizimlari mavjud. Yunoncha tizim: 6—14 yoshdagi bolalar uchun taʼlim majburiy, bepul. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda ham 6 yil Oliy taʼlim chet elda, asosan, Yunonistonda olinadi. Bir qancha oʻquv yurtlari – ped. akademiyasi, texnika instituti, oʻrmon-texnika instituti va boshqa toʻliq oliy maʼlumot bermaydi. Turkcha tizim: 6—15 yoshdagi bolalar uchun taʼlim majburiy, bepul, boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda ham 6 yil Ped. kolleji bor. Nikosiyada K. ilmiy tadqiqot markazi (1967-yildan), Kiprni oʻrganish jamiyati (1936-yildan), K. geogr. jamiyati (1968-yildan) va boshqa ishlaydi. Nikosiyada Faneromeni ommaviy kutubxonasi, maorif vazirligining kutubxonasi, Famagusta shahrida ommaviy kutubxona, shuningdek, K. muzeyi, Tarix muzeyi, Xalq sanʼati va lapidariy muzeyi, Larnaka, Limasol, Famagusta shaharlarida muzeylar bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.da bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: „Agon“ („Koʻrash“, yunon tilidagi kundalik gazeta, 1964-yildan), „Alitiya“ („Haqiqat“, yunon tilidagi kundalik gazeta, 1951-yildan), „Birlik“ (turk tilidagi kundalik gazeta, 1980-yildan), „Filelefteros“ („Liberal“, yunon tilidagi kundalik gazeta, 1956-yildan), „Xalqin sesi“ („Xalq ovozi“, turk tilidagi kundalik gazeta, 1941-yildan), „Haravgi“ („Tong“, yunon tilidagi kundalik gazeta, 1956-yildan), „Neos dimokratis“ („Yangi demokrat“, yunon tilidagi jurnal). K. axborot agentligi 1976-yilda tashkil etilgan. K. radioeshittirish korporatsiyasi hukumat radio va televideniye tijorat xizmati boʻlib, 1953-yil tashkil etilgan. Radioeshittirish 1953-yildan, telekoʻrsatuv 1957-yildan olib boriladi. Adabiyoti yunon va turk tillarida. Yunon tilidagi K. adabiyoti yunon adabiyoti bilan oʻzviy bogʻliq holda taraqqiy etgan. Stasinning „Kipr dostonlari“ (miloddan avvalgi 6-ming yillik), Afroditani sharaflovchi „Gomer madhiyalari“ K. adabiyotining ilk namunalaridir. 8—10-asrlarda shakllangan K. shevasidagi „Digenis Akrit“ eposi (XII—XIII asrlar), „Ishqiy lirika“ (XIV—XV asrlar) va boshqa folklor asarlari yozib olingan. Yozma adabiyot 19-asr oxiri – 20-asr boshlaridan rivojlana boshladi. V. Mixailidis sheʼrlarida xalqning ingliz mustamlakachilariga qarshi koʻrashi aks etdi. XX asr boshlarida yozuvchilar N. va M. Nikoladislar, shoirlardan T. Piyeridis, T. Antias va boshqalarning asarlarida oʻtkir ijtimoiy muammolar aks etdi. 1960-yilda mustaqillikka erishilgach, Kipr yozuvchilari yosh davlatning eng dolzarb muammolarini yoritdi. 1968-yildan keyin yozuvchi Y. Filippu-Piyeridis va shoir A. Piliotis adabiyotda yetakchi rol oʻynadi. P. Lyasidis K. shevasida xalq sheʼriyati anʼanalarini davom ettirdi. Turk tilidagi Kipr adabiyotida, asosan, sheʼriyat rivojlandi. Kenzi va Sukuti Ismoil ogʻa, Hasan Xilmi Afandi, Myuftyu Roji va boshqa XIX asrning taniqli shoirlaridir. Nozif Sulaymon Ebe oʻgʻli, Urkiye Mine, Mahmud Levent va boshqa taraqqiyparvar yozuvchilar hisoblanadi. Dramaturgiya F. Korkut, Yu. Ulutug va boshqa ijodida rivojlandi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati K.ni moʻzey orol deb ataydilar. Hozirgi Kipr hududida ilk neolit (Xirokitiya manzilgohidagi doirasimon turar joylar) va jez (turli rasmlar solingan sopol idishlar, tosh butlar, jez buyumlar va hokazo) davrlariga oid yodgorliklar topilgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmidan idishlarni odam, hayvon, oʻsimliklar surati va boshqa bilan bezashda oq, qizil, qora ranglardan foydalanila boshlandi. Soʻnggi jez davridan (miloddan avvalgi 1400—1050-yil) shaharlarning qoldiqlari, goʻzal rasmlar solingan keng ogʻizli koʻzalar, zargarlik buyumlari, fil suyagiga ishlangan boʻrtma naqshlar va boshqa saqlangan. Miloddan avvalgi 4-asr – milodiy 4-asrlarda meʼmorlik va tasviriy sanʼat mumtoz yunon va ellin sanʼati, keyinchalik Rim sanʼati taʼsirida rivojlandi. Qushlar, nilufar guli tasvirlangan idishlar shu davrga mansub. 13—15-asr cherkovlari gotika uslubida qurildi. 1960-yillardan meʼmorlik, rassomlik, grafika tez rivojlana boshladi. Xalq sanʼatida yogʻoch oʻymakorligi, kulollik, kandakorlik (kumushdan zarb qilish), toʻr toʻqish va kashtachilik rivojlangan. Musiqasi qad. Vizantiya imperiyasi chegaralarini himoya qilgan jangchilar haqidagi qoʻshiqlar, fransuz, turk va ingliz hukmronligi davrida paydo boʻlgan, ozodlikni madh etuvchi lirik qoʻshiklar hanuzgacha saqlangan. K.da yunon va turk qoʻshiqlari, cholgʻu asboblari keng tarqalgan. 20-asr boshlarida professional musiqa madaniyati paydo boʻla boshladi. Solomon va Yangos Mixailidislar K.da dastlabki va mashhur kompozitorlardir. S. Mixailidis Limasolda konservatoriyaga (1934), K.da birinchi sim-fonik orkestrga (1938) va Nikosiyada konsert jamiyatiga asos soldi. U sim-fonik, kamer asarlar yaratdi. Ya. Mixailidis koʻplab ommaviy qoʻshiqlar, simfonik asarlar va boshqa yaratgan. Zamonaviy kompozitorlardan A. Limburidis, G. Kotsonis, S. Violaris, K. Kosteaslarni koʻrsatish mumkin. Kiprda 4 konservatoriya, bir qancha shaharlarda musiqa bilim yurtlari, havaskor xor jamoalari, ashula va raqs ansambllari bor. Manbalar Yaqin Sharq Kipr BMT aʼzolari
13,438
3373
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bruney
Bruney
Bruney, Bruney Dorussalom (نڬارا بروني دارالسلام, Brunei Darussalam) — Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat. Kalimantan orolining shimolda joylashgan. Maydoni 5,765 km2, aholisi 436,786 kishi (2011). Poytaxti —Bandar-Seri-Begavan shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi. Pul birligi — Bruney dollari.Sultonini esa 2000ga yaqin super car bor. Davlat tuzumi Bruney — konstitutsiyali monarxiya (sultonlik). Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1959-yil 29-sentabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — sulton. Mamlakatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyat toʻlatoʻkis uning qoʻlida. Sulton Bruney musulmonlarining diniy boshligʻi ham hisoblanadi. Sulton huzurida bir necha maslahat organlari bor. 1962-yildan buyen amal qilayotgan favqulodda holat sababli mamlakatni boshqarish faqat sulton dekretlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ijroiya hokimiyat ham sultonga va hukumatga qarashli. Sulton ayni vaqtda bosh vazir hamdir. Tabiati Bruney hududining koʻp qismi tekislikdan iborat boʻlib, janubda uning balandligi 300 m gacha boradi. Bruneyning eng baland nuqtasi 1841 m boʻlib, u mamlakat sharqidagi Bukit Pagon togʻidir. Iqlimi — ekvatorial. Butun yil davomida havo harorati 26 °C atrofida. Yiliga 2000–4000 mm yogʻin yogʻadi. Hududining 75 % dan koʻprogʻi doimiy yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, xil maxil daraxtlar oʻsadi. Hududining 20 % botqoqlik va butazorlardan iborat. Daryolari: Temburon, Belayt, Tutong va Bruney. Aholisi Aholisi asosan malayyalar (66,5 %), shuningdek indonez tillarida soʻzlashuvchi kedayan, dusun, melanav, iban kabi mahalliy guruhlardan, xitoylar, hindlardan iborat. Bir necha ming ingliz ham yashaydi. Aholining yarmidan koʻprogʻi — musulmonlar. Shaharlarda aholining 90 % yashaydi. Rasmiy tili — malayya va ingliz tili. Ma'muriy hududiy bo'linishi Bruney toʻrtta okrugka boʻlinadi, nomlanishi daera: Belayt, Bruney-Muara, Temburong, Tutong Tarixi Bruney 14-asrda, chamasi, hozorgi Indoneziyada hukm surgan Majapaxit imperiyasiga tobe boʻlgan. 15-asrda Bruney hukmdori Alakber Tata ismli shaxs Muhammad nomini olib, Bruneyning birinchi sultoni boʻldi. 16-asrning 1-yarmida sultonlik gʻoyat ravnaq topdi, Kalimantanning butun shimoliy sohili va bir qancha qoʻshni orollarni buysundirdi. 1580-yilda Bruneyni ispan mustamlakachilari bosib oldi. Garchi ular haydab chiqarilgan boʻlsa ham, Bruney qudratiga putur yetgan va u faqat Shimoliy Kalimantannigina saqlab qolgan edi. 19-asr boshlarida Bruney qaroqchilarning eng yirik markazlaridan va qul savdosi bozorlaridan biri boʻlib qoldi. Biroq Angliya borabora Bruneyni oʻziga qaram qilib oldi. 1888-yil Bruney Angliya protektoratiga aylandi. 1906-yilda neft konlari ochilishi munosabati bilan ingliz noibi tayinlandi. 1941—45 yillarda Bruney Yaponiya tomonidan bosib olindi. 1948—59 yillarda uni ingliz gubernatori idora qildi. 1984-yil 1-yanvarda Bruney mustaqillikka erishdi. Bruney 1984-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1996-yil 23-iyunda oʻrnatilgan. Milliy bayrami: 23-fevral — Milliy kun (1984). Xoʻjaligi Asosiy tarmoqlari — neft qazib olish (yiliga 10 mln. tdan ortiq) va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish (yiliga 12 mlrd. m3), kauchuk yetishtirish va oʻrmonchilik. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 41,6 %, qishloq xoʻjalik ulushi 2,1 %. Gaz suyultirish zavodi, taxta tilish, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik (toʻquvchilik, yogʻoch va kumushdan buyumlar, yogʻoch kemalar yasash va hokazo) rivojlangan. Asosiy ekini sholi; kauchukli oʻsimliklar, palma daraxtlari oʻstiriladi. Qoʻtos, echki, choʻchqa boqiladi; ovchilik, baliqchilik bilan shugʻullaniladi. Transporti Transportning asosiy turi — kema qatnovi. Avtomobil yoʻllarining uznligi — 2200 km, temir yoʻli uzunligi — 19 km. Asosiy dengiz porti — Bandar-Seri-Begavan va Muara. Chetga neft va neft mahsulotlari, kauchuk, suyultirilgan tabiiy gaz, yogʻoch sotadi. Chetdan sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, mashinalar, asbob uskunalar va boshqalar oladi. Savdo-sotiq sohasidagi mijozlari: Janubiy Koreya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Singapur va boshqalar. Ijtimoiy soha Tibbiy xizmat va maorif ishlari mustaqillikdan keyin rivojlana boshladi. Bruneydagi 967 oʻrinli 10 gospital, 5 dispanserda 197 shifokor va 27 tibbiy hamshira xizmat koʻrsatadi. Mamlakatda malayya, ingliz va xitoy tilida oʻqitiladigan maktablar bor. Diniy maktablar ham mavjud. Maktablarda taʼlim bepul, 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy. Boshlangʻich maktablarda oʻqish 6 yil, oʻrta maktablarda 7 yil 1994-yil Bruneyda 151 bolalar bogʻchasi (11698 tarbiyalanuvchi), 47 maktab (69242 oʻquvchi), 2 institut (320 talaba) va 1 universitet (1138 talaba) bor edi. Bruney milliy birlashgan partiyasi (1986-yilda tuzilgan) mavjud. Bruneyda yagona kasaba uyushma birlashmasi yoʻq. Faqat tarmoq kasaba uyushmalari ish olib boradi. Matbuoti Bruneydagi asosiy gazeta va jurnallar: „Pelita Bruney“ („Bruneyningbesh yillik rejasi“, malayya tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1956-yilda asos solingan), „Salom“ (malayya va ingliz tilida 2 haftada 1-marta chiqadigan gazeta, 1953-yilda tashkil etilgan), „Borneo bulletin“ („Borneo byulleteni“, ingliz tilida chiqadigan haftalik byulleten, 1953-yilda asos solingan), „BruneyDorussalom nyus letter“ („BruneyDorussalom axborot byulleteni“, ingliz tilida chiqadigan jurnali). Bruney davlat radio va telekoʻrsatuvi 1957-yilda tashkil etilgan. Manbalar Janubiy-Sharqiy Osiyo Bruney BMT aʼzolari
5,488
3374
https://uz.wikipedia.org/wiki/Myanma
Myanma
Myanma, Myanma Ittifoqi Respublikasi (Republic of the Union of Myanmar) — Janubiy-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 678,5 ming km². Aholisi 42 mln. kishi (2002). Poytaxti — Neypido shahri Maʼ-muriy jihatdan 7 millim viloyat va 7 maʼmuriy viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi Myanma — respublika. 1994-yil 9-apreldagi Myanma Ittifoqi Respublikasi konstitutsiyasi amal qiladi. Konsti-tutsiyaga binoan, davlat boshligʻi — prezident, qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millat majlisi; ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Parlament saylovigacha davlat va qonun chiqaruvchi hokimiyatning oliy organi Tinchlik va taraqqiyot davlat kengashidir. Davlat toʻntarishi va namoyishlar Davlat toʻntarishiga 2020-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlari paytida saylovchilar roʻyxatlarining soxtalashtirilishi sabab boʻlgan. Harbiylarning saylovlardagi firibgarlikni tekshirish boʻyicha talablariga saylov komissiyasi, prezident va parlament javob berishdan bosh tortgan. Shu bois harbiylar hokimiyatni egallashga va demokratiya nomidan favqulodda holat joriy etishga qaror qilgan. Saylovlarda rahbarlari harbiylar tomonidan hibsga olingan hukmron «Milliy Liga demokratiya uchun» partiyasi gʻalaba qozongan. Natijada hokimiyat Myanma qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni Min Aun Xlaynga oʻtgan. 2021-yil 1-fevral kuni harbiylar Myanmadagi hokimiyatni qoʻlga kiritishdi va boshqalar qatorida Prezident Vin Min va Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori, davlat maslahatchisi Aun San Su Jini hibsga olishdi. Mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilindi. Harbiy toʻntarishdan soʻng fevral oyining boshida ommaviy norozilik va ish tashlashlar boshlangan Myanmada internet deyarli butunlay uzib qoʻyildi. Xavfsizlik xizmati xodimlari yakshanba kuni shimoliy Kachin shtati poytaxti Michina shahrida namoyishchilarni tarqatib yuborish paytida oʻq uzishgan. Baʼzi yirik shaharlarda, shu jumladan Yangonda harbiy texnikadan foydalanilgan. Hokimiyatning harbiylar tomonidan egallab olinishiga rozi boʻlmagan aholi ommaviy ish tashlash oʻtkazdi. Bozorlar va supermarketlar, shuningdek, yirik savdo markazlari butun mamlakat boʻylab oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 2021-yil 3-mart sanasi Myanmada harbiylar hokimiyatni qoʻlga kiritgan 1-fevraldan buyon qayd etilgan eng qonli kun boʻldi. Mamlakatda harbiy toʻntarish boshlanganidan buyon hammasi boʻlib 38 kishi vafot etgan, 1200 dan ortiq odam hibsga olingan. Birgina 3-mart kuni namoyishchilarni tarqatish paytida xavfsizlik kuchlari kamida 23 kishini otib oʻldirgan, 100 ga yaqin odam jarohat olgan, oʻldirilganlarning aksariyati boshidan oʻq yegan. 1-fevraldan buyon hukumatning harbiylar tomonidan egallab olinishiga qarshi oʻtkazilayotgan namoyishlarda kamida 840 kishi halok boʻldi. Namoyishlarni bostirish paytida minglab odamlar jarohatlangan, harbiylarning hokimiyatda qolishiga qarshi oʻz noroziligini bildirgan 4500 ga yaqin fuqaro, jumladan, siyosatchilar, inson huquqlari himoyachilari, jurnalistlar, oʻqituvchilar hibsga olingan. Tabiati Myanma — asosan, togʻli mamlakat. Eng baland joyi 5881m (Khaqaborazi togʻi). Sharqida Shan togʻligi va uning dengiz boʻyigacha choʻzilgan tizmalari, gʻarbida Rakxayn (Arakan-Yoma), Patkay va boshqa tizmalar bor. Togʻlarning zamini kembriygacha paydo boʻlgan kristalli va choʻkindi jinslardan tarkib topgan. Iravadi tekisligi quruqlik, daryo, koʻl va dengiz yotqizik^lari qoplagan depressiyadan iborat. Muhim qazilma boyliklari: neft, qalay, volfram, kumush, mis, qimmatbaho toshlar, qoʻrgʻoshin va pyx, tabiiy gaz va boshqa Iklimi issiq, oʻzgaruvchan nam iqlim. Eng issiq oy — aprelning oʻrtacha temperaturasi 30—32°, yanvar niki 13—15° dan (shimolda) 20—25° gacha (janubda); togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻirlariga 6000– 6500 mm gacha yogʻin tushadi. Seryogʻin oylari iyun—oktabr Mart va aprel eng qurgʻoqchil va issiqoylardir. Daryolari musson yomgʻirlari mavsumida toʻlib oqadi. Har yili toshqinlar boʻlib turadi. Eng katta daryolari — Iravadi, Saluin. Koʻl kam, eng yirik koʻli — Inle. Togʻli joylarda tarkibida oziq moddalari kam oʻrmon tuproklari, sariq-qoʻngʻir va kizil tuproklar tarqalgan. Qurgʻoqchil markaziy viloyatlarda yuvilgan qizgʻishqoʻngʻir tuproklar, savanna tuproklari, shuningdek, jigarrang tuproklar koʻproq uchraydi. Hududining 60% oʻrmon. Togʻlarning seryogʻin quyi mintaqalarida doim yashil tropik oʻrmonlar (palma, bambuk, kashtan, sarv, qaragʻay va boshqalar), yuqorirokda dub, 1200 m dan boshlab igna bargli oʻrmonlar, butazorlar, oʻtloklar, tekisliklarda barg tashlaydigan tropik oʻrmonlar, ayrim joylarda tik daraxti oʻrmonlari, savannalar, daryo deltalari hamda sohillarida mangra chakalakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, bugʻu, tapir, jayra, pantera, mangusta, yoʻlbars, boʻrsiq, fil va ayiklar yashaydi. Har xil parranda, sudralib yuruvchilar va baliq koʻp. Aholisi Myanma — koʻp millatli davlat. U yerda 76 ga yaqin millat va elat bor. Myanma (birmaliklar), karen, shan, chin, kachin, mon va boshqa xalqlar yashaydi. Hindlar, xitoylar, yevropaliklar (asosan, inglizlar) ham bor. Aholi notekis joylashgan. Rasmiy tili — myanma tili. Dindorlari, asosan, buddaviylar (70%),hindu va xristian jamoalari ham bor. Yirik shaharlari: Yangon, Mandalay, Molamyan.musulmonlarni 2017 yilda qirib otib vaxshiylarcha uldirishgan Tarixi Myanmadagi eng qad. arxeologiya yodgorliklari quyi paleolit davriga oiddir. Neolit davrida hozirgi mon xalq-ining ajdodlari — monkxmerlar qabilasi yashagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda shimoldan tibetbirma qabilalari kelib oʻrnashgan. Mil. boshlaridan bu yerda shahardavlatlar paydo boʻla boshladi (Arakan, Shrikshetra, Ramanadas va boshqalar). 7—9-asrlarda Iravadi vodiysiga. Xitoyning shimoli-gʻarbi va janubiy -gʻarbidan hozirgi myanmaliklarning ajdodlari koʻchib kelgan. Myanmalar 9— 12-asrlardan bir butun xalq sifatida tashkil topa boshladilar. 11 —13-asrlarda Myanma hududida Pagan davlati mavjud boʻlib, budda dini qaror topdi. Arxeologiya qazilmalari va tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, Pagan davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik, diniy adabiyot, musiqa, sheʼriyat, naqqoshlik sanʼati, meʼmorlik rivoj topgan. 13-asr oxiriga kelib, Pagan davlati tanaz-zulga uchray boshladi. Ichki ziddiyatlar, oʻzaro nizo va janglar, moʻgʻullar bosqini Pagan inqirozini tezlashtirdi. Myanma yana mayda davlatlarga boʻlinib ketdi. 14—17-asrlarda tarqoq davlatlar oʻrtasida kurash kuchayib, natijada Ava davlati boshqa davlatlar ustidan gʻolib chiqdi. 16-asrdan Myanmada yevropalik (portugal, golland, ingliz) savdogarlar va istilochilar paydo boʻldi. 18-asr 2-yarmida yuqori Myanmada Konbaunlar davlati paydo boʻldi. U qoʻshni mayda davlatlarni oʻziga boʻysundirdi. Konbaunlar davlatida tarqoqlik tugatildi. Barcha yerning davlat mulkiga aylanishi markazlashgan hokimiyatning asosiy moddiy negizi boʻlib qoldi. Konbaunlar davlati Hindixitoydagi eng kuchli davlatga aylandi. 1785-yilda Arakan, 19-asr 1-yarmida Manipur va Assam Myanmaga qoʻshib olindi. Bu davrda madaniyat, sanʼat va adabiyot rivojlandi. Hashamatli qasr va saroylar, ma-hobatli budda ibodatxonalari qurildi, birinchi teatr, bosmaxona tashkil etildi. 19-asr dan ingliz mustamlakachilari Myanmani bosib olishga kirishdilar. 1824-yil 5-martda Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi Myanmaga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim viloyatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852-yil mamlakatda mon, shan va karen xalqlari gʻalayon koʻtardi. Shu vaqtda Ost-Indiya kompaniyasi Myanmaning Pegu viloyatini egalladi. 1885-yil inglizlar mustaqil Ava davlatini yengib, butun Myanmani oʻz mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshib oldi. Mustamlakachilar barcha hosildor yerlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920-yil talabalarning Yangondagi birinchi gʻalayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turtki boʻldi. 1930—32 yillarda mustamlakachilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Milliy ozodlik harakati 30-yillarning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi. Mustamlakachilar xalq gʻalayonlarini toʻxtatish maqsadida Myanmani Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilolmadi. 1942-yilda Myanmani Yaponiya bosib oldi. Myanma xalqi yapon bo-sqinchilariga qarshi kurashdi. 1944-yilda Myanma xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodligi antifashist ligasini tuzdi. Aun San va Ne Vin boshchiligidagi Milliy armiya va xalq lashkarlari bosqinchilarga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakachilar Myanma hukumati rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtirib, Aun San va uning bir necha safdoshini oʻldirdilar (1947). Shunga qaramay, vatanparvarlar ichki va tashqi reak-siyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. Nihoyat, Angliya Myanma milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi va taʼsis majlisi oʻtkazishga rozilik berdi (1947-yil yanvar). 12-fevralda Myanmadagi turli xalqlar vakillari Panlone kon-ferensiyasida mustaqil davlat — Birma Ittifoqini tuzish toʻgʻrisida kelishib oldilar (1989-yilgacha mamlakat shu nom bilan ataldi). 1947-yil 24-sentabrda boʻlib oʻtgan taʼsis majlisi Myanma konstitutsiyasini qabul qildi. 17-oktabrda imzolangan shartnomaga binoan, Myanma Britaniya imperiyasidan chiqsi. 1948-yil 4-yanvarda rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. U Nu rahbarligida hukumat tuzildi. 1962-yilda bir guruh zobitlar davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Hukumat general Ne Vin boshchiligidagi Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. 1988-yil mart— avgust oylaridagi ommaviy xalq gʻalayonlari natijasida Ne Vin va uning tarafdorlari isteʼfoga chikdi. Oʻsha yil 18-sentabrda harbiy toʻntarish boʻlib, hokimiyat Qonuniylik va tartibni tiklash Davlat kengashi qoʻliga oʻtdi. 1992-yildan kengashga rahbarlik qilib kelayotgan general Tan Shve mamlakatda parlament saylovi oʻtkazilgandan keyin hokimiyatni fuqaro hukumati qoʻliga topshirishini bildirgan. Myanma —1948-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasibilan diplomatiya munosabatlari 2001-yil fevralda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 4-yanvar — Mustaqillik kuni (1948). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Xalqozodligi antifashist ligasi, 1945—47 yillarda mustamlakachilarga qarshi xalq kurashiga boshchilik qilgan, 1988-yilda qaytadan tuzilgan; Demokratik partiya, 1988-yilda tashkil etilgan; Xalq demokratik partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Demokratiya uchun milliy liga, 1988-yilda tuzilgan; Milliy birlik partiyasi, 1962-yilda tashkil etilgan, 1988-yilgacha Birma so-sialistik dasturi partiyasi deb atalgan. Dehqonlar birligi tashkiloti kasaba uyushmasi, 1969-yilda tuzilgan Markaziy xalqdehqonlar kengashi negizida 1977-yilda tashkil etilgan; Ishchilar birligi tashkiloti kasaba birlashmasi, 1977-yilda tuzilgan; Myanma kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1988-yilda asos solingan. Xoʻjaligi va sanoati Myanma — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi E,7s, sanoatning ulushi — 8,7%. Kddimdan sholi yetishtirish bilan mashhur (yiliga 13 mln. tonna). Aholining 2/3 qismidan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida band. Qishloq xoʻjaligi Myanma iqtisodiyotining negizidir. Sholikorlik, asosan, Myanma janubda rivojlangan. Bugʻdoy, tariq, makkajoʻxori, yer yongʻoq, kunjut, dukkakli ekinlar ham yetishtiriladi. Bogʻlar (sitrus mevalar, banan, ananas, mango), poliz ekinlari, choy plantatsiyalari, shakarqamish, tamaki, gʻoʻza ham anchagina maydonni egallaydi. Ayrim qishloq xoʻjaligi ekinlaridan 2—3-marta hosil olinadi. Chorvachiligida koramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Koramol va fillardan oʻrmonlarda yogʻoch tashishda foydalaniladi. Ichki suv havzalari va dengizda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho (ayniqsa, tik va kauchuk) daraxtlar koʻp. Sanoatida konruda, neft qazib olish, energetika, oziq-ovqat va toʻqimachilik tarmoqlari asosiy oʻrin oladi. Qoʻrgʻoshinrux kombinati, neftni qayta ishlash va metallurgiya zavodlari bor. Yiliga oʻrtacha 3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Iravadi daryosining yuqori oqimi, Rakxayn (Arakan) tizmasi, Pegu togʻlari, Shan platosining gʻarbiy va janubiy qismlarida yogʻoch tayyorlanadi. Dengiz portlari va yogʻoch oqiziladigan daryo boʻylarida taxta tilish va yogʻochsozlik korxonalari qurilgan. Neft, tabiiy gaz, kumush, qalay, rux, mis, qoʻrgʻoshin va qimmatbaho tosh qazib olinadi. Asosiy sholi oqlash markazlari: Yangon, Basseyn, Pegu, Xintada, Molamyan. Toʻqimachilik sanoati Yangon, Inseyn va Meyt-xiladagi davlat va xususiy korxonalardan iborat boʻlib, ularda shoyi va ip gazlama, qopqanor, neylon gazlamalar ishlab chiqariladi. Kemasozlik, avtomobil va traktor yigʻish, sement va sovungarlik zavodlari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatga chetdan mashina va asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, xom ashyo va materiallar, oʻgʻit, oziq-ovqat keltiriladi. Dengiz va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yogʻochtaxta, rangli metallar, qimmatbaho toshlar eksport qilinadi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Xitoy, Tailand, Singapur, Hindiston, Yaponiya, Gonkong, Malayziya va Yevropa hamjamiyati mamlakatlari. Pul birligi — kyat (mahalliy nomi — chja). Transporti Temir yoʻllar uz. 3,1 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 23,5 ming km. Daryo va dengizlarda kema qatnaydi. Eng koʻp yuk Iravadi daryosida tashiladi. Yangon—Tuante, Pegu—Sita-un kanallarida ham kema qatnaydi. Asosiy portlari: Yangon, Basseyn, Molamyan, Situe. Poytaxtida xalqaro aeroport bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Myanmada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Asosiylari: "Botataun" ("Ilgʻor", myanma tilida chikadigan kundalik gazeta, 1958-yildan), "Gardian" ("Posbon", ingliz tilida chiqadigan oylik gazeta, 1953-yildan), "Myanma Alin" ("Yangi Myanma nuri", ingliz va myanma tillarida chikadigan kundalik gazeta, 1963-yildan), "Dochaunda" ("Bizning talaba", myanma tilida chikadigan yoshlar oylik jurnal), "Myavadi" (joy nomi, myanma tilida chiqadigan adabiybadiiy jurnal, 1952-yildan), "Pati-yeyya" ("Partiya turmushi", myanma tilida chikadigan oylik jurnal, 1964-yildan). Myanma axborot agentligi (MNA) hukumat xizmati boʻlib, 1963-yilda tuzilgan. Myanma radio va televizion xizmat 1946-yilda tashkil etilgan. Televideniye (rangli) 1980-yildan ishlay boshlagan. Adabiyoti Mil. boshlariga oid palma yaprokdari, toshlarga bitilgan sheʼriy va nasriy yozuvlar Myanmaning kad. adabiy anʼanalaridan darak beradi. Myanma adabiyotining paydo boʻlishi va shakllanishi 9—13-asrlargatoʻgʻri keladi. 14— 16-asrlarda Myanma mumtoz sheʼriyati rivojlandi. Shin Maxatilavunta, Shin Ma-haratatara, Shin Oun Nouning diniy dostonlarida oʻsha davr hayoti, tabiat goʻzalligi aks ettirilgan. Navadeyja, Natshinnaun, Taunbila Sxayado (16— 17-asrlar) sheʼriy shakllarni (mogun, pou, echxin va hokazo) takomillashtirdilar. 18-asrning 2-yarmi va 19-asrda mumtoz sheʼriyat anʼanalarini davom ettirgan U Toy, Levetoundara kabilar sheʼriyatda samarali ijod qildilar. 18-asrda pali, sanskrit, hindi tillaridan tarjimalar qilindi. 18-asr oxirida milliy dramalar shuhrat qozondi. Shoir, harbiy boshliq U. Sa Tailand eposi va xalq rivoyatlari asosida dramalaryozdi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Myanma adabiyotida Jeyms Xla Jo, U Ji, U Lat kabi adiblar yangi roman janrini rivojlantirdilar. Hozirgi zamon romanlarining paydo boʻlishi Pi Mou Nin nomi bilan bogʻliiq ("Kechki quyosh"). Max Sxvey romanlarida ("Onamiz") ijtimoiy mavzular aks ettirilgan. 20-asrning 1-yarmi adabiyotida xalqning mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik kurashi ifodalangan. Vatanparvarlik harakati tashkilotchilaridan biri yozuvchi Takin Kodo Xmayndir. U Ba Chxou, U Yan Aun kabi adiblar ijodida jamiyat hayotining turli tomonlari ochib berilgan. Koʻp yozuvchilar buddizmni tashviq qildi. Myanma mustaqillikka erishgach (1948), yozuvchilar adabiyotni yangi gʻoya va mavzu bilan boyitdilar (Da-goun Taya, Tin Mou). Turli avlodga mansub adiblar (Ma Ma Le, Aun Lin va hokazo) jahon adabiyoti tajribasi va Myanma nasrchiligining eng yaxshi anʼanalari negizida badiiy shakllarni ta-komillashtirdi, muhim ijtimoiy, axloqiymaishiy muammolarni koʻtarib chikdi. Adabiyotda vatanparvarlik, tinchlik uchun kurash, yangi jamiyat qurish kabi yetakchi mavzular keng oʻrin olgan. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Taton, Pi kabi qad. shaharlardagi arxeologik qazishlar natijasida to-pilgan Budda ibodatxonalarining harobalari va bronza buyumlarida hind meʼmorligi hamda sanʼatining taʼsiri koʻzga tashlanadi. Pagan va boshqa shaharlarda oʻrta asrlarga oid koʻpgina sanʼ-at va meʼmorlik yodgorliklari saqlangan. Ananda (1090), Dhamayand (1160), Tabinyu (1144) ibodatxonalari qurilgan. Yodgorliklar mahobatli boʻlib, murakkab jimjimador bezaklarga boy, serxasham. Pagandagi ibodatxonalar yonida qad. kitoblar saqlanadigan kutubxona (tayk)lar boʻlgan. Bulardan eng mashquri Pitakatteykdir (1508). Keyingi davrda qurilgan binolarning meʼmoriy tuzilishida oʻrta asr binolariga nisbatan yangilik yoʻq, faqat hajmining kattaligi bilan farqlanadi. Ular qad. stupalar yoniga qurilgan. Masalan, Yangondagi Shuedagoun stupasi oʻzining ziynatli bezaklari, kattaligi bilan mashhur. Bu Osiyodagi eng baland (107 m) va katta (70000 m2) binolardan biri. U qanotli sherlar, koʻp boshli ilonlar tasviri bilan bezatilgan. Yogʻoch bezaklar ustiga tilla suvi yugurtirilgan. Keyingi yillarda milliy va chet ellik meʼmorlarning loyihalari asosida zamonaviy binolar qurshshi. Myanma haykaltaroshligi (asosan, Budda haykallari)da nafislik va noziklik koʻzga tashlanadi. Hozirgi zamon tasviriy sanʼati, ayniqsa, rassomchiligida milliylikka ahamiyat berilgan (rassom U. Kin Maun, haykaltarosh U Xan Tin va boshqalar). Myanma xalq amaliy sanʼatida uymakorlik, kashtachilik va boshqa mashhur. Musiqasi teatr va raqslar bilan bogʻliq. Uning manbai kad. diniy marosimlarga borib takaladi. Buddaviylikdan ancha oldin (9-asr) cholgʻu musiqa shakllangan. Pagan davlati (11 — 13-asrlar) davrida yuksak rivoji diniy pagoda (qasr) devorlaridagi suratlarda raqqoslar bilan mashshoqlar ifodasida tasvirlangan. Xitoy yilnomalarida esa qoʻshiq va raqslar bilan musika asboblarining tasviri va tavsifi berilgan. Ommalashgan Myanma orkestri — saynvayn 1538-yilda paydo bulgan; to-vushqatori boʻyicha doyra urtasiga terib osilgan 21 baraban (patsayi), ta-yoqcha bilan urib chalinadigan 18 gong, surnaysimon xne, kattakichik zillar (lingvin va kxekvin), 13 eshma ipak tor urnatilgan qayiq shaklidagi arfa — saun, timsoh shaklidagi 3 torli chertma — tounlounsaun, bugʻ shaklidagi potauku, chang shaklidagi pattala, xilma-xil qungʻiroqchalar, tartarak kabi asboblar. Qoʻshiqchi raqqoslar qadimda koʻproq jangovar taronalar ijro qilishgan. Keyingi vaqtda zamonaviy professional musiqa sanʼati rivojlana boshladi. Yangon va Mandalay shaharlarida davlat musiqa va drama maktablari ochilgan. Bu yerda mumtoz myanma va yevropacha musiqiy anʼanalar urganilib, ijodiy rivojlantirilayotir. Teatri Myanmada teatr tomoshalari azaldan diniy marosim va xalq bayramlarining tarkibiy qismi bulgan. Xalq sayillari va intermediya shakllari diniy udumlar va mehnat jarayonlaridan kelib chiqqan. Teatr haqidagi dastlabki maʼlumot 11-asrga oid. Oʻsha davrda qoʻshiq va rake ishtirokidagi musiqiy intermediya, pantomima urf bulgan. Dabdabali diniy tomoshalarga asta-sekin hajviy sahnalar kiritila boshlagan. 15-asrda ertak va diniy rivoyatlarni jonlantiruvchi "nibatking" (misteriya), 16-asrda qoʻgʻirchoq teatri, 18-asr oxirida saroy teatri paydo buddi, yangi janr — "pyaza" shakllandi. Xalq teatrida saqna, parda va dekoratsiyalar bulmas, tomoshabinlar bordon ustida yoki yerda utirishar, zodagonlar tomo-shani tepalikdan kurishar edi. Aktyorlarning liboslariga alohida eʼtibor berilar: qirol, mulozim, rohib va boshqalarlarning kiyimi risoladagidek bulishi shart edi. Teatrga Xitoy va Xindiston sanʼatiningtaʼsiri kuchli bulgan. 19-asr oxirida Yangonda birinchi doimiy teatr binosi qurildi. Myanma mustaqillikka erishgach, barcha yirik shaharlarda koʻchma teatrlar, qishloq joylarda havaskor xalq teatrlari tashkil etildi. Aktyorlar davlat musiqa va drama maktablarida tayyorlanadi. Kinosi 1918-yilda suratxona egasi U On Maun "Byorma film kompaniya" firmasini tashkil etib, "Muhabbat va sharob" filmini suratga oldi (1920). 20-yillarda Yangonda bir necha kinokom-paniyalar vujudga keldi, ular Budda rivoyatlari mavzuidagi kartinalar, melodrama va komediyalar, sarguzasht filmlar chikardilar. 1932-yilda birinchi ovozli film — "Pul sotilmaydi" (rejissyor D. Natshin) suratga olindi. 2ja-hon urushidan oldingi filmlarda in-gliz mustamlakachilariga qarshi kurash ruhi yaqkrl aks etdi. Ikkinchi jahon urushi va yapon okkupatsiyasi davridagi vayronagarchilik, mustaqillikning dastlabki yillaridagi ichki qurolli mojarolar oqibatida kino ishlab chiqarish yaxshi rivoj topmadi. 60-yillarda xususiy kinostudiyalar mahsulotida koʻngilochar filmlar us-tunlik qildi. 1966-yilda davlat kino-kompaniyasi "Sevikli diyor" badiiy filmini yaratdi. Keyingi yillarda ekranga chikarilgan lentalar orasida "Zamonaning zayli" (rejissyor Maun Mo Min), "Yurak tilga kirdi" (rejissyor Tu Kxa), "Muhabbat chamanzori" (rejissyor Yey Van Maun Ji), "Sen bilan faxrlanaman" (rejissyor U Pxo Xan), "Bashorat" (rejissyor Pan Ta Tin) kabi badiiy filmlar eʼti-borga sazovor. Myanmada yiliga 30 dan ziyod badiiy film ishlab chiqariladi. Manbalar Janubiy-Sharqiy Osiyo Myanma BMT aʼzolari
21,421
3376
https://uz.wikipedia.org/wiki/Indoneziya
Indoneziya
Indoneziya (), Indoneziya Respublikasi () — Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malay arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (Gʻarbiy Irian) orolining gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni 1904,6 ming km2. Aholisi 265 mln kishi (2018). Poytaxti — Jakarta shahri. Maʼmuriy jihatdan 26 viloyat (province)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Indoneziya — unitar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1945-yilda 18-avgustda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — 5 yil muddatga saylanadigan prezident (2001-yil iyuldan Megavati Sukarnoputri xonim). Davlat hokimiyatining oliy organi — Xalq maslahat kongressi. U konstitutsiyani tasdiqladi, unga kora oʻzgarishlar kiritildi, prezident va vitse-prezidentni saylashdi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — xalq vakillari kengashidan iborat. U joriy qonun chiqaruvchilik faoliyati bilan shugʻullanadi. Uning 500 deputatidan 462 nafari umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va qolgan 38 nafari (harbiylar fraksiyasi) prezident tomonidan tayinlanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident oʻzi tayinlagan hukumat bilan birga amalga oshiradi. Tabiati Indoneziya ekvatorial kengliklarda joylashgan. Qirgʻoqlari kam parchalangan, botqoqliklar, mangra chakalakzorlari bor. Yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi oʻrtacha baland va pastqam togʻlardan, Yangi Gvineyada qisman baland togʻlardan (eng baland joyi 5029 m), qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orollarda 400 dan ortiq vulkan bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulkan. Tektonik harakatlar tinmagan. Tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi. Neft, koʻmir, temir, marganets, qalay rudalari, boksit, mis, qoʻrgʻo-shin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor. Iqlimi Indoneziyaning katta qismida ekvatorial, Yava orolining sharqi va Kichik Zond orollarida subekvatorial iqlim. Pasttekisliklarda oylik oʻrtacha temperatura 25—27°. Togʻlarda salqinroq, 1500 m dan balandda yer yuzasi baʼzan muzlaydi. Ekvatorial iqlimli joylarda yillik yogʻin 2000–4000 mm, subekvatorial iqlimli joylarda 2000 mm ga yaqin. Daryolari janubi-gʻarbidan boshqa qismida yil davomida sersuv. Eng yiriklari: Kapuas, Barito, Hari, Kampar, Musi, Mamberamo, Digul. Tuproqlari mamlakat hududining 4/5 qismi (asosan, Katta Zond orollari va Gʻarbiy Irian)da sernam oʻrmonlarga xos qizil-sariq laterit va togʻ laterit tuproqlar; tekisliklarda tropik botqoqli va lateritli gley tuproqlar. Sohilidagi mangra chakalakzorlarining tuprogʻi botkrkli. Janubi-sharqidagi tropik oʻrmonlarda qizil laterit, quruq savannalarda qizilqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Pasttekislikda va 1300–1500 m balandlikdagi togʻ yon ba-gʻirlarida doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar (fikus, pandaus va non daraxtlari, palma, paporotniklar, bambuk) usadi. 1300–1500 m va 2600– 3000 m balandlikdagi mintaqa tor-tropik oʻrmonlar (eman, qora qayin, kashtan, qaragʻay), undan yuqorisi butazor va oʻtloqlar bilan qoplangan. Janubi-sharada, asosan, barg toʻquvchi tropik oʻrmonlar (tik daraxti, kazuarin) va savannalar (alang-alang oʻti va yovvoyi shaqarqamish) bor. I.da maymunlar (orangutan, gibbon, makakalar), kar-kidonlar, fil, malay ayigʻi, tapir, banteng buqasi, kaklik, toʻtilar, tim-soxlar (uz. 7 m gacha), kobra va boʻgʻma ilonlar, echkemar va b. bor. I.ning sharqiy qismida xaltali qayvonlar, koʻrshapalak, jannat qushi, kakadu toʻtisi uchraydi. Hasharotlar I.ning hamma qismida mavjud, baliq koʻp. Noyob hayvonlarni saqlash maqsadida Sumatra, Kalimantan, Yava va b. orollarda qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Gunung-Lyoser, Komodo-PadarRinko, Ujung-Kulon va b. Bir necha dengiz bogʻlari va qoʻriqxonalar bor. Aholisi I.da 300 ga yaqin elat va etnik guruh yashaydi. Mamlakat aholisining 96% tili, madaniyati va urf-odatiga koʻra malayyapolineziya til oilasining indonez guruhiga mansub. Bulardan eng yiriklari: yavaliklar, sundlar, maduralar, malayyalar, jakartaliklar, achelar, bataklar, dayaklar va b. Bulardan tashqari, I.da melanezlar, papuaslar, xitoylar, arablar, gollandlar, hindlar va b. yashaydi. Davlat tili — indonez tili. Asosiy din — islom dini. Aholining 80% musulmonlar, 10% xristianlar, qolgan qismi hinduilik, buddaviylik, konfutsiylik va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. I. aholisining 2/3 qismi mamlakat hududining 7% ini tashkil etgan Yava o. da. Aholining 70% qishloqlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Jakarta, Surabayya, Bandung, Semarang, Medan. Tarixi I. — hozirgi tipdagi inson (pitekantrop, yavantrop) shakllangan markazlardan biri. Mil. av. 2-asr ga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayya o. larida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayyu va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduilik va buddaviylik tarqala boshladi. Mil. 7-asrda bir necha mayda davlatlar birla-shib, Shrivijayya imperiyasiga aylandi. 8-asr 1-yarmidaYavada Mataram davlati paydo boʻldi. 1025-yil Shrivijayya inqirozga uchradi. 11-asrning 40-yillarida Mataram Kediri (13-asr dan Singasari) va Jangala davlatlariga boʻlinib ketdi. 1120-yil Kediri ilgari Mataramga qarashli barcha yerlarni birlashtir-di, boshqa orollar ustidan nazorat oʻrnatdi. 13-asr oxirida Singasari yemirilib, uning oʻrnida Majapaxit im-periyasi tashkil topdi (1293— taxminan 1520). Majapaxit imperiyasi oʻrta asrlarda eng yirik umumindonez davlati boʻlgan. 14-asrda Hindiston va Malakkadan I. ga islom dini kirib keldi. Arxipe-lagning koʻp qismini egallagan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga boʻlinib ketgach (16-asr), I. hudu-diga yevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladi. 1602-yil gollandlar I.da Ost-Indiya kompan-piyasiga asos soldi. Bu kompaniya mamlakatning talay qismini oʻziga tobe qilib oldi. 1811-yil I. ni inglizlar bosib oldi. Birok, 1814-yilgi Angliya-Niderlandiya bitimiga kura, I. yana Niderlandiya qoʻliga oʻtdi. I. xalqi ajnabiy istilochilarga qarshi kurash olib bordi. Diponegoro boshchiligida Yavada (1825—30), Imom Bajon yetakchiligida Sumatrada (1830— 39), Acheda (1873—1903) koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar tarixda mashhur. 20-asr boshida milliy ozodlik harakati bir muncha kengaydi. 1908-yil Yavada "Budi utomo" ("Oliy maqsad") nomli birinchi milliy tashkilot paydo boʻldi. Golland mustamlakachilariga qarshi 1923-yil temiryoʻlchilarning umumiy ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1926-yil indonez xalqi mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo u bostirildi. 1927-yil Axmad Sukarno rahbarligida Milliy partiya tuzildi. I. mustaqilligini talab qilib, xalq orasida obroʻ krzongan bu parti-yaning faoliyati takikdandi, Sukarno va uning tarafdorlari qamoqqa olindi (1929). 1931-yildan Milliy partiya I. partiyasi deb nomlandi. 1937-yil milliy inkilob tarafdorlari Indonez xalqi harakati (Gerindo) tashkilotini tuzdilar. 1942—45 yillarda I. ni Yaponiya bosib oldi. Yaponiya Ikkinchi jahon urushida maglubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil I. respublikasi deb eʼlon qilindi (1945-yil 17-avgust). A. Sukarno uning prezidenti qilib saylandi. Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Biroq 1945-yil 6-sentabrda I. ga ingliz, keyinroq golland qoʻshinlari bostirib kirdi. I. xalqi bosqinchilarga qarshi 4 yil kurash olib bordi. Nihoyat, Gollandiya I. mustaqilligini tan olishga majbur buldi (1949-yil noyabr). Biroq u I. mustaqilligiga putur yetkazadigan bitim tuzishga erishdi. I. 16 xududga boʻlibtashlandi; mamlakat "Indoneziya Qoʻshma Shtatlari" nomi bilan yuritila boshladi, Gollandiya I.ning bir qismi (Gʻarbiy Iri-an) ni oʻz koʻl ostida saqlab qoldi. I. xalqi oʻz mamlakatini toʻla ozod qilish uchun kurashni davom ettirdi. 1950-yil 6 avg.da I. unitar (qoʻshma) davlat deb eʼlon qilindi. Hukumat I. uchun asoratli boʻlgan bitimlarni tan olmaslik haqida qaror qabul qiddi (1956-yil aprel). 1957-yilning oxirida I. hukumati mamlakatdagi ajnabiylarga qarashli barcha korxona, plantatsiya va banklarni oʻz nazoratiga oldi. 1957-yil Sukarno davlatning siyosiy va iqti-sodiy apparatini qayta tuzdi. Prezident dekreti bilan 1945-yilgi Konstitutsiya yana kuchga kirdi (1959-yil iyul). Biroq I. hukumati va milliy vatanparvarlarga qarshi qoʻporuvchilik harakati toʻxtamadi. 1956-yil Sumatra va Sulavesida ayirmachilar qurolli isyon boshladi. Hukumat qoʻshinlari xalq ommasining yordami bilan isyonchilarni tor-mor qildi (1961). Gʻarbiy Irianni I. tarkibiga qoʻshib olishni tinch yoʻl bilan hal etolmagach, I. vatanparvarlari golland bosqinchilariga qarshi qurolli kurash boshladi (1962). 1963-yil 1-mayda Gʻarbiy Irian I. Respublikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Prezident Sukarno mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqti-sodiyotni yuksaltirish, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan doʻstlik va hamkorlik yoʻlini tutdi. Ammo ichki siyosiy beqarorlik (harbiylar, ayirmachilar va islom aqidaparastlarining isyonlari), soʻl va oʻng kuchlarning oʻzaro kurashi tobora kuchayishi "1965-yil 30-sentabr" voqealariga olib keldi. Armiya rahbariyatining raqiblari orasidagi ashaddiy murosasiz arboblar kompartiya rahbarlarining madadi bilan davlat toʻntarishi qilishga urindilar. Ularning xattiharakatlari tor-mor etilgach, Sukarno hokimiyatdan chetlashtirildi va "yangi tartib" oʻrnatishga kirishildi. 1966-yilda general Suharto muvaqqat (1968-yildan rasmiy) prezident boʻlib qoldi. Harbiylar boshchiligidagi hokimiyat ichki muxolifatni keskin cheklab, bozor xoʻjaligiga oʻtish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifasini qoʻydi. I. faol tashqi siyosat oʻtkazib, milliy taraqqiyot uchun qulay sharoit taʼminlash yoʻlidan bordi. Yalpi mahsulot ishlab chiqarish ni koʻpaytirish surʼatlari oshdi, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻpaydi. Suharto 6-muddatga prezident etib saylandi, biroq 1998-yil boshlarida mamlakat moliyaviy inqirozga duchor boʻldi. Xalq ommasi, ayniqsa, talaba yoshlar bu kulfatda prezidentni ayblab, koʻchalarda norozilik namoyishlari oʻtkazishdi. Shunday bir vaziyatda Xalq maslahat kongressi Suhartoni 7-muddatga yana prezident etib sayladi. Bu voqea xalqning gʻazabini yanada oshirdi va tinch namoyishlar gʻalayon tusini ola boshladi. Prezidenta ing isteʼfo beri sh i haqidagi ta-lablar kuchaydi. Nihoyat, Suharto isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va konstitutsiyaga binoan 1998-yil 21-may kuni vitse-prezident Burhoniddin Yusuf Habibiy prezident lavozimini egalladi. Ammo uning bu lavozimdagi faoliyati uzoqqa bormadi. Oliy tabaqa arboblarining suiisteʼmollaridan norozi boʻlgan xalq ommasining talabi bilan B. Yu. Xabibiy isteʼfoga chiqarildi. 1999-yil oktabrdan Vohid Ab-durahmon, 2001-yil iyuldan A. Sukarnoning qizi Megavati Sukarnoputri prezident lavozimiga saylandi. I. — 1950-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 17-avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1945). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 23-mayda oʻrnatdi. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Birlik va taraqqiyot partiyasi, 1973-yilda musulmonlarning 4 partiyasi birlashishi natijasida tuzilgan; I. demokratik partiyasi, 1973-yilda 5 partiyaning qoʻshilishi natijasida tuzilgan; Golkar (funksional guruqlar), 1964-yil siyosiy partiyalarga kirmaydigan davlat xizmatchilari, kasaba uyushma, yoshlar, xotin-qizlar, diniy tashkilotlar vakillari ittifoqi sifatida tuzilgan, 1998-yilda partiyaga aylantirilgan; I. demokratik partiyasi (kurashchi), 1998-yilda tuzilgan; Milliy mandat partiyasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Milliy uygʻonish partiyasi, 1998-yilda tuzilgan. Umumindone-ziya mehnatkashlar ittifoqi kasaba birlashmasiga 1973-yilda asos solingan; Umumindoneziya ishchilar itti-foqi ("Ravnaq") kasaba birlashmasi 1992-yilda tuzilgan. Xoʻjaligi I. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi oʻrtacha 17% ni tashkil etadi va bu ulush tobora kamayib bormoqda. Ayni vaktda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi koʻpaymoqda. Bu hol dehqonchilik va chorvachilik intensiv tuye olayotgani bilan ham, ekinzorlar kengayishi, jumladan, kam yerli dehqonlar yangi oʻzlashtirilgan yerlarga koʻchib borishi bilan ham bogʻliqdir. Qishloq xoʻjaligi — I. iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi. Mehnatga yarokli aholining yarmidan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida mashgʻul. I. tabiiy kauchuk (yiliga 1 mln. tonnadan ortiq) va palma yogʻi (yiliga 2 mln. tonna moyli palma mahsulotlari) ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda turadi, tropik daraxt yogʻochidan yasalgan buyumlar, tamaki, kofe (yiliga 400 ming t), choy (250 ming t), ziravordorivorlar, shuningdek, baliq (yiliga 3 mln. tonna ovlanadi) va dengiz mahsulotlari yetkazib beruvchi eng katta davlatdir. Asosiy donli ekin — sholi, makkajoʻxori. Ayrim ekinlardan 2 marta hosil olinadi. Chorvachiligida qoramol (jumladan, buyvol), choʻchqa, echki, qoʻy, yilqi, parranda boqiladi. I. hududining 65% oʻrmon bilan qoplangan boʻlib, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi oʻrtacha 20% ni tashkil etadi. Konchilik sanoati byudjet tushmalarining anchagina qismini taʼminlaydi. Yiliga oʻrtacha 576 mln. barrel neft qazib olinadi. Neft konlari, asosan, Sumatra o. da, shuningdek, Yava dengizi va Makasar boʻgʻozida. I. suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda l-oʻrinda (yiliga 90 mlrd. m3 dan koʻproq gaz qazib olinadi), qalay qazib olishda 2-oʻrinda (30 ming t dan ziyod), nikel qazib olishda 4- oʻrinda (2 mln. tonnadan koʻp) turadi. Kumir, mis, uran rudasining katta zaxiralari mavjud. Oltin, ku-mush, olmos ham qazib olinadi. Mahsulot ishlab chiqarish sanoatining asosini isteʼ-mol mollari: gazlama, tayyor kiyim-kechak, poyabzal, charm buyumlar, roʻzgʻorbop kimyoviy mahsulotlar, oziqovqat tashkil etadi. Sholi okdash, tamaki, qand-shakar, choy, yogʻ, ip gazlama, trikotaj, jut, qurilish materi-allari, farmatsevtika va poligrafiya, konditer korxonalari, mineral oʻgʻit va shina zavodlari bor. Hunarmandchilik rivoj topgan. Ilmfan yutuklari va yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlar: kemasozlik, samolyotsozlik, kimyo, neft kimyosi, avtomobil yigʻish, radioelektronika uzluksiz rivojlanmoqda. Energetika sohasida issiklik va gidroelektrstyalar soni koʻpayib, quvvati oshmoqda. Mintaqada quvvati 200 mVt ga ega boʻlgan birinchi geoter-mal (Yer qaʼridagi issiklikni elektr energiyaga aylantiruvchi) elektr stansiya ishga tushirilgan. Yiliga oʻrtacha 44,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan xorijiy sarmoyani keng jalb etish siyosatini oʻtkazmoqda. 1967—95 yillarda maʼqullangan investitsiyalarning umumiy hajmi 131,4 mlrd. dollarni tashkil etdi, shundan 30 mlrd. dollardan or-tigʻi neft va gaz qazib olishga ishlatildi. Sarmoya, asosan, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gonkong, AQSH, Singapur, Tayvan, Niderlandiya, Janubiy Koreyadan olindi. 1995-yildan milliy taraqqiyotning yangi 25 yillik bosqichini amalga oshirishga kirishildi. Bu tadbir I. ni Osiyo-Tinch okean mintaqasidagi yangi sanoatlashgan mamlakatlar darajasiga koʻtarishi moʻljallangan. I.da dengiz transporti yetakchi oʻrinda, Portlari: Tanjungpriok (Jakar-ta porti), Surabaya, Palembang, Balik-papan, Ujungpan. Dengiz savdo flotida 3130 ming t dedveyt tonnajga ega boʻlgan 2 mingdan ortiq kema bor. Temir yoʻlning uz. 6,6 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 266 ming km. Gʻarbiy Yevropadan Avstraliyaga boriladigan havo yoʻli Jakarta orqali oʻtadi. Eng katta neft quvurlari: Tanjung — Balikpapan va Tempino — Plaju. I. chetga gaz, neft, kauchuk va kauchuk mahsulotlari, qalay, kofe va h. k. chiqaradi. Chetdan isteʼmol mollari, sanoat xom ashyosi, chala tayyor mahsulotlar, mashina va asbob-uskunalar keltiradi. Tashqi savdodagi mijozlari: Yaponiya, AQSH, Singapur, Germaniya. Pul birligi — Indoneziya rupiyasi. Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangich majburiy taʼlim joriy qilingan. Boshlangich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda ham — 6 yil Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy mak-tablar ham bor. 1-va 2- bosqich texnika va tijorat maktablari va shunga oʻxshash oʻquv yurtlari hunar taʼlimini beradi. Oʻqituvchilar 3 yillik ped. maktablari, ped. kollejlari va universitetlarda tayyorlanadi. Jakartadagi I. davlat universiteti (1950-yilda asos solingan), Milliy universitet (1949-yilda asos solingan), Jokyakar-tadagi Islom xususiy universiteti (1945-yilda asos solingan) va boshqa bor. 1967-yilda tashkil etilgan I. fanlar instituti 10 ilmiy tadqiqot instituti, 40 dan ortiq ilmiy muassasa va jamiyatni birlashtiradi. Yirik kutubxonalar: Jakartadagi Ommaviy, Parlament kutubxonalari, Bandung, Bogo-ra, Jokyakarta, Makassar, Medandagi kutubxonalar. Jakartada I. madaniyati muzeyi (1778-yilda asos solingan), Bogorada Zoologiya muzeyi (1894-yilda asos solingan) bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Asosiy gaz. va jurnal lari: "Merdeka" ("Ozodlik", kundalik gazeta, 1945-yildan), "Pelita" ("Mashʼal", kundalik gazeta, 1974-yildan), "Suara karya" ("Mehnatkash ovozi", kundalik gazeta, 1971-yildan), "Biyeniye Indonesia" ("Indoneziya biznesi", kundalik gazeta, 1985-yildan), "Brita buana" ("Jahon yangiliklari", kundalik gazeta, 1970-yildan), "Brita yudxa" ("Harbiy yangiliklar", kundalik gazeta, 1970-yildan), "Indonezian observer" ("Indoneziya sharhi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1950-yildan), "Biznes Nyus" ("Biznes yangiliklari", indonez tilida haftasiga 3 marta chiqadigan byulleten, 1956-yildan), "Sinar" ("Hyp", tadbirkorlarning xaftalik jurnal, 1993-yildan). Antara-Milliy axborot agentligiga 1937-yilda asos solingan. I. Respublikasi radiosi 1945-yilda tashkil etilgan. I. Respublikasi televideniyesiga 1962-yil asos solingan. Adabiyoti I. hududidan 7—8-asrlarda kad. malayya va yava tillarida toshlarga bitilgan yozuvlar topilgan. 9—11-asrlarda yava adabiyoti ravnaqtopdi ("Ramayana", "Arjunaning toʻyi" vab.). 14— 17-asrlarda yavalik yozuvchilar hind mumtoz asarlari (xususan, "Mahabha-rata") va xalq, ijodi taʼsirida tarixiy mavzuda asarlar ("Tantu Pan-gelaran", "Pararaton", "Nagaraker-tagama" va boshqalar) yaratdilar. 15-asr dan Yava va Balida yangi adabiy oʻlchov — macha-pat va yangi sheʼriy shakllar joriy qilinib, folklor bilan bevosita bogʻlangan dostonlar ("Devaruchi", "Pan-ji Angreni", "Damarvulan") paydo boʻldi. Yava adabiyoti anʼanalari 16— 18-asrlardagi sund va madur adabiyotining rivojlanishida namuna boʻldi. 16-asrda dengiz boʻyi shaharlarida malayya tilidagi adabiyot koʻproq rivojlandi. Ache sultonligi (16—17-asrlar)da Hamza Fansuriy, Nuriddin ar-Rapiriy va b. mashhur malayya shoirlari ijod qildilar. 18-asrda mamlakat savdosi ustidan Niderlandiya nazoratining kuchayishi I.ning musulmon davlatlari bilan aloqalarining birmuncha susayishiga olib keldi va natijada malayya tilidagi adabiyetning rivoji vaqtincha sekinlashdi. Ayni vaqtda asosiy adabiy til boʻlib qolgan ache tilida "Malem, Dagang", "Puchut Muhammad" va b. dostonlar yaratildi. 18-asrning 2-yarmi va 19-asrning 1-yarmida yava adabiyoti ravnaq topdi. Bu adabiyetning mumtoz namoyandalari Yasadipura 1, Rongovarsito asarlarida yangi davr Yevropa madaniyati aks ettirildi. I.da milliy ozodlik harakatining boshlanishi bilan malayya tili siyosiy va madaniy jihatdan butun mamlakatning birlashuviga olib keluvchi vosi-ta boʻlib qoldi. 19-asr oxirida malayya tilida paydo boʻlgan matbuot yangi adabiyotning rivojlanishiga katta yordam berdi. Yozuvchilardan Marko Kartodikromo va Semaun birinchi boʻlib roman janrida ijod qildilar. 20-asrning 20—30-yillarida S. T. Alishohbona, Hamka, Rustam Effendi va b. yaratgan asarlar, "Pujanga Baru" badiiy, ijtimoiy va siyosiy jurnalning nashr etilishi I. adabiyoti taraqqiyoti uchun muhim voqea boʻldi. 30-yillar oxirida bir qator yozuvchilar (H. Anvar, Idrus, P. A. Tur, A. Kartamiharja, U. T. Sontani va boshqalar) ijodida realistik tamoyillar kuchaydi. 50-yillar boshlarida baʼzi yirik yozuvchi va dramaturglar asta-sekin Xalq madaniyati jamiyati (LEKRA) atrofiga jipslashdilar. 1965-yil gi voqealardan soʻng bu jamiyat tugatildi. Hoz. zamon I. adabiyotining ilgʻor vakillari realistik anʼnani rivojlantirmoqdalar. V. S. Rendra, T. Moxtar, A. Ro-sidi, G. Poyka sheʼr va hikoyalarida, M. Bushe, P. Vijaya, I. Simaputang romanlarida va b.ning asarlarida I.dagi muhim ijtimoiy muammolar aks etmoqda. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati I. xududida mezolit davri (mil. av. 7—5ming yillik)ga oid hayvon tasvirlari, neolit davriga xos toshga bitilgan yozuvlar (Sulavesi o. janubiydagi toʻngʻiz tasviri, oʻyma naqshli sopol buyumlar) topilgan. Quyi neolit davridayoq pogʻonali qoʻrgʻonlar, dolmen (tosh maqbara)lar, tosh tobutlar, jez buyumlar — odam haykallari, burama naqshli bolta va turli idishlar yaratilgan. Mil. boshlarida Nias, Sumba, Flores o.larida toshdan yasalgan obidalar xrzirgacha yetib kelgan. Keyingi davrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar, hay-kallar dinning kuchli taʼsirida yaratilgan (7—8-asrlarga oid Arjuna, Shri-kandi, Bximo ehromlari, ularda Budda afsonalari asosida yaratilgan boʻrtma haykaltaroshlik asarlari). Yavada barpo etilgan Borobudur ibodatxonasi 8—9-asrlardan qolgan eng yirik yodgorlikdir. Bu ehrom ulkan tosh pi-ramidaga oʻxshab ketadi. Uning aylana-si, bir necha km li supasi diniy syu-jetli rasmlar bilan bezatilgan. Borobudur yaqinida saqlangan haykallar ham diniy mavzular asosida yaratilgan. 8-asr oʻrtalaridan Mataramda hinduilik rasmiy dinga aylangach, binolar — Lar Jongrang (9-asr), (14—15-asrlar) va b. ibodatxonalar hinduilik ruhida qurilgan. 13—15-asrlarda Majapaxit imperiyasi davrida hind madaniyati taʼsiri susayib, mahalliy anʼanalar ahamiyati kuchaydi. 16-asr dan masjid va madrasalar qurila boshladi. 18—20-asrlarda I. shaharlari qurili-shiga Yevropa (ayniqsa, golland) meʼmorligi katta taʼsir koʻrsatdi. Jakar-ta, Bandung va b. shaharlarda maʼmuriy binolar, mehmonxona, institut, kasalxona, stadion, sanoat korxonalari va b. inshootlar funksionalizm ruhida qurildi. Turar joy va jamoat bi-nolari qurilishida tropik iqlim xu-susiyatlari hisobga olindi (Bandungdagi texnologiya instituti va boshqalar). I. sanʼatining yirik markazi — Bali o.da xukmdorlarning qoyalardagi maqbaralari (11 — 12-asrlar) da, 14—15-asrlarga oid ehromlarda devoriy rasmlar saqlangan. Kitob mini-atyurasi ham rivoj topgan. Xalq sanʼati rivojini yogʻochdan qurilgan bi-nolarda, metall, yogʻoch, suyak buyumlar, gulli matolarda koʻrish mumkin. 17-asr dan boshlab, golland mustamlakachilari va b. bosqinchilarning jabr-zulmi I. sanʼati rivojiga putur yetkazdi. Milliy ozodlik harakati taʼsirida zamonaviy sanʼat shakllandi (I. rassomlari uyushmasi, 1937—38 yillari asos solingan). Ozodlik uchun kurash mavzui S. Sujoyono, K. Affandi, B. Abdulloh, I. B. Made va b. rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. Qad. anʼanalarga ega boʻlgan xalq amaliy sanʼati mustaqillik yillarida gurkirab rivojlandi. Musiqa sanʼati Musiqasi hind-yava madaniyati va I.da yashagan boshqa xalqlar madaniyatining rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan. 1ming yillik oxiri va 2ming yillik boshida Yavada rivojlangan musiqa madaniyati Janubiy Sumatra, Bali, Madur va b. orollardagi musika rivojiga ham taʼsir etdi. Qadim zamonlardan musiqa qishloq aholisi turmushiga singib ketgan, hosil yigimi, don yanchish kabi mehnat jarayonlarida qoʻshiq yangrab turgan. Janubiy sharqiy Osiyodagi boshqa musiqiy madaniyatlardan farqli oʻlaroq, indonezlar xor qoʻshiqchiligi anʼanalarini davom ettirib kelayotir. Rivojlangan geterofoniya va koʻp ovozlilik I. mu-siqasiga xos xususiyatdir. Xalq cholgʻu asboblari orkestri gamelan — I. mum-toz musika sanʼatining choʻqqisi hisoblanadi. 16-asrda anʼanalari negizida kronchong musiqa shakli vujudga keldi. I. mustaqillikka erishgach (1945), umummilliy musika madaniyati rivoji uchun qulay imkoniyat tugʻildi. Professional va havaskorlik jamoalari, kamer orkestrlar xalq anʼanalarini rivojlantirayotir. Sujasmina, A. Pasaribu, Susbini va b. tanikli kompo-zitorlar professional musiqa namo-yandalaridir. Jokyakartada musiqa maktabi (1952-yildan), Surakartada konservatoriya hamda milliy mumtoz musika maktabi (1960) ochildi. 1968-yildan Jakartada simfonik orkestr ishlaydi. Teatr sanʼati Teatr sanʼati azaldan xalq bayramlari va diniy marosimlarda oʻtkaziladigan tomoshalardan boshlangan. To-pengdalang (ijrochilar niqob kiyib imo-ishoralar bilan raqsga tushadi) va vayang-orang (qonunlashgan teatr vosi-talariga qatʼiy rioya qilinadi) ka-bilar I. ga xos anʼanaviy teatr shakllaridir. I.da qoʻgʻirchoq va soya tushirish teatrlari ham rivojlangan. Teatr tomoshalarining asosini qad. hind eposlari — "Ramayana", "Mahabhara-ta" dan olingan parchalar, arab rivo-yatlari va mahalliy ertaklar tashkil etgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshida zamonaviy teatrlar tashkil topdi. 50—60-yillarda "Marxaen", "Triskokanten" kabi guruhlar shuxrat qozondi. Ular I. milliy dramaturglari — Utuy Tatang Sontani, Abu Xapifax, Ali Muhammad, Sanusi Pane va b., shuningdek, G. Ibsen, A. P. Chexov hamda N. V. Gogol asarlarini sahnalashtirdi. 50-yillardan Milliy teatr akademiyasi va b. ishlay boshladi. Kinosi Dastlabki filmlar 20-asr 20-yillar oʻrtalarida golland rejissorlari tomonidan suratga olingan. 30-yillar 1-yarmidan xitoylar bilan hamkorlikda I. rejissorlari (Anjar Asmara va boshqalar) indonez tilida ovozli filmlar yara-ta boshladilar. Dehqonlar hayotini aks ettiruvchi "Parex" (1935, rejissor M. Franken), "Yorqin oy" (1937, rejissor A. Balink) singari koʻpgina filmlar aktyorlar Moxtar va Rukiyax ishtiro-kida yaratildi. Yaponlar okkupatsiyasi davrida kinematografiya yapon tashvi-qotiga xizmat qildirildi. Ammo "Yom-gʻir" (rejissor I. Perbatasari) va "Orzularim" (rejissor S. Palindi) filmlarida xalqning milliy xususiyatlarini ifodalashga muvaffaq boʻlindi. Urushdan keyin milliy mutaxassislar yetishib chiqa boshladi, voqeiy filmlar yaratish kuchaydi. Jakartada birinchi davlat kinofirmasi "PFN", xususiy kinofirma "Perfini" tashkil etilishi natijasida koʻplab badiiy filmlar ishlab chiqarildi. "Majruh" (1952), "Turang", "Vatanga qaytish" (1954), "Maktab devori orqasida", "Tilla qoʻngʻiz", "Shafqatsiz gunoh" va b. filmlar ilgʻor gʻoyalarni targʻib qildi. 60-yillar oxiridan milliy kino ishlab chiqarish yana avj ola boshladi. Keyingi yillarda rejissor lardan V. Umboxning "Mitti yulduzlar", "Onajon", "Shaxs", "Bokira kelin", "Toʻy", "Novcha oʻynash", T. Junandining "Onaginam", "Puch orzu", S. Jayning "Harir binafsha-rang tuman", S. Suvardi Hassanning "Baxtsiz oʻgay qiz", "Umidsizlik koʻz yoshlari" kabi badiiy filmlari ma-shhur boʻldi. Oʻzbekiston — Indoneziya munosabatlari Indoneziya (Indoneziya Respublikasi) poytaxti — Jakarta shahri. BMT aʼzosi Siyosati Qurolli kuchlari Hududiy boʻlinishi . Geografiyasi Manbalar Janubiy-Sharqiy Osiyo BMT aʼzolari Indoneziya
26,421
3377
https://uz.wikipedia.org/wiki/Laos
Laos
Laos, Laos Xalq Demokratik Respublikasi (Sathalanalat Pasathipatai Pasacon Lao) — Janub-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim oralning markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 236,8 ming km². Aholisi 5,6 mln. kishi (2001). Poytaxti — Vyentyan shahri Maʼmuriy jihatdan 13 kxueng (viloyat)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi Laos — xalq-demokratik respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 14-avgustda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1998-yildan Khamtay Sipxandon), u Millat majlisi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi, bosh vazir, vazirlar va boshqa mansabdor shaxslarni tayinlash huquqiga ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Millat majlisi (bir palatali parlament) boʻlib, u aholi tomonidan umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyat — bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Tabiati Laos, asosan, togʻli mamlakat. Laosning shimoliy oʻrtacha balandlikdagi togʻ tizmalari va platodan iborat. Trannin togʻligida L.dagi eng baland choʻqqi — Bia togʻi (2820 m) joylashgan. Mamlakat sharqida Annam togʻining Chiongshon tizmasi, janubda Boloven platosi bor. Mamlakat gʻarbi va janubi-gʻarbi allyuvial tuproqli pasttekislikdan iborat. Relyefning karst shakllari tarqalgan. Laosda temir rudasi, qalay, oltin, rangli va noyob metallar, koʻmir, kaliy tuzi, chaqmoqtosh konlari mavjud. Iqlimi subekvatorial, mussonli. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolda 15° dan janubda 23°gacha, iyulniki 28—30°. Togʻlarida qora sovuq boʻlib turadi. Yillik yogʻin togʻlarda 3000 mm gacha, platoda 1600 mm. Noyabr—aprel quruq mavsum, may — oktabr namgarchilik mavsumi hisoblanadi. Yirik daryosi — Mekong; uning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Falokatli suv toshqinlari boʻlib turadi. Tuproqlari, asosan, togʻ laterit tuproqlar. Laos hududining 2/3 kismi oʻrmon (tik, bambuk, dub, qaragʻay, pushti, qora va sandal daraxtlari). Plato va vodiylarida savanna. Hayvonot dunyosi boy: fil, yoʻlbars, krshton, ayiq va boshqa uchraydi. Maymunlar, sudralib yuruvchilardan ilon, kaltakesak, timsoh koʻp. Xilmaxil qushlar, koʻrshapalaklar yashaydi. Aholisi Asosiy aholisi lao (70%); shuningdek kxmu, meo, yao va boshqa xalqlar — xitoylar, vyetnamlar, hindlar va boshqa yashaydi. Rasmiy til — lao (laos) tili. Aholisining koʻpchiligi buddaviylikka, qolganlari anʼanaviy mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi. Aholisining 19% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Vyentyan, Savannakxet, Luang-prabang, Pakse, Thaqxek. Tarixi Laos hududida odam yuqori paleolit davridan yashaydi. Milodiy 1-ming yillikning 1-yarmida Laos hududida kxmerlar davlati — Funanning siyosiy va iqtisodiy taʼsiri kuchli boʻlgan. Funan oʻrniga kelgan Chenla (7— 8-asrlar) va Kambujadesh (9—13-asrlar) davlatlari davrida Laosning janubiy hamda markaziy qismida kalʼalar va shaharlar bunyod etildi. 9-asrga kelib tai va laos feodal knyazliklari paydo boʻldi. 1353-yil horzirgi Laos va Sharkiy Tailanddagi knyazliklar birlashtirilib, markazlashgan Lansang davlati tuzildi. 1707-yil Lansang davlati Luangprabang, Vyentyan knyazliklariga boʻlinib ketib, Siangkxuang (SiyengKuang) knyazligiga qaram boʻlib qoldi (1710). 1828-yil Vyentyanning bir kismi Siyom, 1832-yil Siangkxuangning koʻpgina hududi Vyetnam qoʻl ostiga oʻtdi. 1893-yilda Luangprabang Fransiya protektoratiga aylantirildi. Shundan keyin Sharqiy Tyampatsak va sobiq Vyentyan knyazligi hududi mustamlaka sifatida Fransiya Laosi nomi bilan Hindixitoy Ittifoqi tarkibiga kirdi. Laos xalqi Fransiya hukmronligiga qarshi bir necha marta qoʻzgʻolon koʻtardi (1901—07; 1910—36). 1936—38 yillardagi milliy ozodlik harakati Laos, Vyetnam va Kambodja xalq-demokratik harakati tusini oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida mamlakatni Yaponiya bosib oldi. 1946-yilning boshida fransuz qoʻshinlari Laosni yana ishgʻol qildi. 1950-yil 13-avgustda oʻtkazilgan xalq vakillari sʼyezdila Laos Birlashgan milliy fronti (Neo Lao Itsala) tuzildi. 1953-yil oktabrda Xalq ozodlik armiyasi tazyiqi ostida Fransiya Laosni mustaqil qirollik sifatida tan oldi, biroq 1954-yil Jeneva bitimidan keyingina uning mustaqilligi xalqaro miqyosda tanildi va Fransiya qoʻshinlari bilan Vyetnam xalq koʻngillilari Laosdan olib chiqib ketildi. 1955-yil dekabrda Laos BMTga aʼzo boʻldi. Neo Lao Itsalaning nomi 1956-yil 6-yanvarda oʻtkazilgan 2-sʼyezdda Laos vatanparvarlik fronti (LVF) deb oʻzgartirildi. Biroq 1958-yil hokimiyat Laos oʻng kuchlari qoʻliga oʻtdi. LVF faoliyati taqiqlandi. 1960-yil 9-avgustda qirol armiyasining parashyutchilari bataloni kapitan Kong Le boshchiligida davlat toʻntarishi uyushtirdi va Suvanna Fumaga xukumatni boshkarish topshirildi. 1962-yil 11-iyunda Suvanna Fuma boshliq milliy birlik hukumati tuzildi. Jenevada 14 mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkazilgan xalqaro kengashda (1962-yil 23-iyulda) Laos betarafligi haqidagi Deklaratsiya va Deklaratsiya bayonnomasi imzolandi. 1964-yil 19-aprelda davlat toʻntarishi oʻtkazishga uringan unsurlar hukumatning bir necha aʼzolari katori Suvanna Fumani qamoqqa oldi. Lekin ular butun jahon ilgʻor kuchlarining talabi bilan ozod qilindi. Suvanna Fuma 1964-yil iyunda hukumat tarkibini oʻzgartirishga majbur boʻldi. 1969-yildan Laos ung kuchlari LVFga qarshi harbiy harakatlarni kuchaytirib yubordi. 1971-yil fevral boshida Amerika-Janubiy Vyetnam qoʻshinlari (30 ming kishi) Janubiy Laos hududiga bostirib kirdi, biroq mart oxiridan vatanparvar kuchlar shiddat bilan qarshi hujumga oʻtdilar. 1973-yil 21-fevralda Vyentyanda LVF bilan Vyentyan hukumati oʻrtasida Laosda tinchlik oʻrnatish va milliy birlikka erishish toʻgʻrisida Shartnoma, 1973-yil 14-sentabrda shu Shartnoma bayonnomasi imzolandi. Unda Milliy majlisga saylov oʻtkazish va Milliy birlik hukumatini tuzishga qaror qilindi. 1974-yil koalitsion hukumat tuzildi. 1975-yil 2-dekabrda xalq vakillari anjumani monarxiya tugatilganini va Laos Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganini eʼlon qildi. Mamlakat tinch qurilish yoʻliga oʻtdi. Xalqaro maydonda Laos barcha mamlakatlar bilan hamkorlik va tinchlik yoʻliga amal qila boshladi. Laos hukumati Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 2-yanvarda tan oldi va oʻsha yili 10-sentabrda diplomatiya mu-nosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 2-dekabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1975). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Laos Xalq-inqilobiy partiyasi, 1955-yilda Laos xalq partiyasi nomi bilan tuzilgan, 1972-yil fevraldan hozirgi nomini olgan; Laos Milliy qurilish fronti (Neo Lao Sang Sat), 1956-yil tuzilgan. 1979-yil fevralgacha Laos vatanparvarlik fronti deb atalgan, ommaviy vatanparvarlik tashkiloti. Unga Laos xalq inqilobiy partiyasi rahbarlik qiladi. Front tarkibiga Laos xotin-qizlar ittifoqi, xalq-inqilobiy yoshlar ittifoqi, Talabalar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari kiradi. Laos kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1956-yilda tuzilgan, Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi. Xoʻjaligi Laos — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 53%, sanoat va qurilishning ulushi — 17%. Asosiy tabiiy boyliklari — qimmatbaho yogʻochli oʻrmon va gidroenergiya resurslari. Yiliga 828 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini — sholi (ekinzorning 90%). Makkajoʻxori, paxta, kofe, soya, banan, ananas, sitrus mevalar, kartoshka, sabzavot, shakarqamish, tamaki, ziravor ham yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, buyvol, qoʻy, choʻchqa va boshqa boqiladi. Daryolarida baliq ovlanadi. Sanoatida konchilik ustun. Laos sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydigan kichik korxonalardan iborat. Metall buyumlari fabrikasi, taʼmirlash ustaxonalari, yogʻochsozlik va toʻqimachilik korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari uzunligi 14,1 ming km. Yuklarning aksariyati Mekong daryosida tashiladi. Tashqi savdo uchun Vyetnamning Xayfon va Danang portlaridan foydalaniladi. Laos chetga elektr energiya, yogʻoch, qalay konsentrati, kofe sotadi. Chetdan sanoat asbob-uskunalari, transport vositalari, metall, neft mahsulotlari, sement, guruch oladi. Tashqi savdoda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Yaponiya, Xitoy, Rossiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — kip. Tibbiy xizmati Tibbiy muassasalarning koʻp qismi davlat qaramogʻida boʻlib, ular bepul xizmat koʻrsatadi. Vrachlar Vyentyan tibbiyot institutida va chet ellarda tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari 1976-yildan Laosda taʼlim sohasini isloh qilishga kirishildi. Boshlangʻich va oʻrta maktabda darslar lao tilida olib boriladi. Bepul taʼlim tizimi vujudga keltirilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 5 yil, oʻrta maktabda 6 yil Oʻrta hunar-texnika va ped. taʼlim yoʻlga qoʻyilgan. Vyentyan universiteti, tibbiyot va pedagogika institutlari mavjud. Luangpxabang yaqinida davlat qishloq xoʻjaligi seleksiya stansiyasi, Vyentyanda Milliy kutubxona, shahar kutubxonasi, universitet kutubxonasi, milliy sanʼat muzeyi va boshqa bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Laosda bir necha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Pasason" ("Xalq", kundalik gazeta, 1950-yildan), "Vyentyan may" ("Yangi Vyentyan", kundalik gazeta, 1975-yildan), "Num lao" ("Laos yoshlari", yoshlar gazeta, 1979-yildan), "Alunvan may" ("Yangi tong", jurnal, 1985-yildan), "Kxosana" ("Targʻibotchi", jurnal, 1987-yildan), "Saksa may" ("Yangi taʼlim", jurnal, 1981-yildan), "Xengngan" ("Mehnat", jurnal, 1980-yildan). Kaosan Patet Lao hukumat axborot agentligi, 1968-yilda tuzilgan. Laos milliy radiosi hukumat xizmati boʻlib, 1951-yilda tuzilgan, lao, Vyetnam, tay va kxmer, shuningdek, fransuz va ingliz tillarida eshittirish olib boradi. Laos milliy telekoʻrsatuvi, xukumat xizmati, 1983-yilda tashkil etilgan. Adabiyoti Laos hududidan 13-asr 2-yarmiga mansub dastlabki yozma yodgorliklar topilgan. Lansang davlati (14-asr) tuzilib, buddaviylik tarqalgach, liniy va dunyoviy mazmundagi asarlar ("Shahzoda Xung", "Kxun Bolom haqida doston" va boshqalar) paydo boʻldi. Pankhamning "Sinsay" qahramonlik dostoni 16—17-asrlar Laos adabiyotining yuksak choʻqqisi hisoblanadi. 18-asrda Lansang davlatining yemirilishi (1707) va Laos mustaqilligining barbod boʻlishi (19-asr oxiri) oqibatida Laos adabiyoti tanazzulga uchradi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Laos adabiyoti yangidan rivojlana boshladi. Zamonaviy adabiy asarlar, asosan, mamlakat mustaqilligi uchun kurash tarixiga va yangi turmush qurish muammolariga bagʻishlangan. Some sheʼrlari, Sisan qoʻshiqlari, Khamling Folsenning "Jajji Si" va Dian Savanning "Hayot yoʻli" qissalarida zamon ruhi yoritilgan. Meʼmorligi Milodiy 1-ming yillik oʻrtalari va 2-ming yillik boshlaridan Savannakxet yaqinidagi ibodatxonalar (Ing-Rang va boshqalar) saqlangan. Lansang davlati tashkil topgach (14-asr), budsaviylik tarqaldi va uning taʼsirida oʻziga xos milliy badiiy madaniyat rivojlangan. 16-asrga mansub "vata" (monastir) majmualari (Luangprebangda Siyeng-Txong, 1561; Vyentyanda Fra-Keo, 1565 va boshqalar) mavjud. Ularning tarkibida ibodatxonalar, kutubxonalar, rohiblarning yotoqxonalari, saroylar, turli shakldagi stupalar boʻlgan. Mustaqillik eʼlon qilingach, ham zamonaviy, ham anʼanaviy milliy shakllardan foydalanildi ("Lansang" mehmonxonasi, Ichki ishlar vazirligining binosi va boshqalar). Keyingi yillarda Vyentyan va boshqa shaharlarda zamonaviy uy-joy binolari barpo etildi. Tasviriy sanati. Koʻzalar vodiysi (Trannin yassitogʻligi)dan mil. boshlariga doir kad. sanʼat yodgorliklari — ulkan granit "idish"lar topilgan. Oʻrta asrlarda raqqosalar va boshqalarning haykalchalarini yasash, imoratlarning yogʻoch peshtoqlariga, eshiklarga, deraza eshikchalariga oʻyib gul solish va zarhallash rasm boʻlgan. Laosda dastgohli rassomlik (lokli, moyboʻyoq rangtasviri), grafika, haykaltaroshlik rivojlana boshladi; xalq hayotini tasvirlovchi manzaralar, natyurmortlar paydo boʻldi. Bezak sanʼati, metall ishlash, toʻqimachilik va boshqa keng tarqalgan. Musiqa madaniyatining boshlangʻich davri 12-asrga borib taqaladi. Laos musiqasida xalq anʼanalari saqlangan. L.da 20-asrga qadar nota yozuvi boʻlmasada, adabiyotidagi qonunlar zamirida lam kuylari tizimi shakllangan. Yakkanavozlik (sayyoh ashulachilar va oshiqmaʼshuqlar qoʻshiqlari) hamda antifon tarzida xor qoʻshiqchiligi rivojlangan. Qadimdan mavlum — epik qoʻshiqchilik sanʼati, mavlum luang — musiqaviysahnaviy tomoshalari rivojlanib kelgan. Musiqa asboblaridan eng mashhuri — xen boʻlib, u bambuk naychalaridan yasaladi, shuningdek naysimon, 2 torli gʻijjaksimon va bir kancha urma sozlar ommalashgan. 20-asr 2-yarmidan akkordeon, katta baraban ham odat tusini olgan, kompozitorlik ijodi yuzaga kela boshlagan (Bauntxa-mali, Khamala Nokeo va boshqalar). Teatri Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo teatrlariga oʻxshaydi. Raqs, musiqa, pantomima va dramalarni umumlashtirgan. Laos teatri sahnasida dekoratsiya va butaforiyalar boʻlmasada, tomoshalar qiziqarli oʻtadi. Qirollik baleti, Fonus xayol teatri va qoʻgʻirchoq teatri qadimdan bor. Manbalar Janubiy-Sharqiy Osiyo Laos BMT aʼzolari
12,939
3378
https://uz.wikipedia.org/wiki/Malayziya
Malayziya
Malayziya yoki Malaysia () (Persekutuan Tanah Malaysia) – Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Hududini Janubiy Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy Malayziya (Malayya) Malakka yarim orolning janubda, Sharqiy Malayziya Kalimantal o.ning shimoliy qismida joylashgan. Maydoni 332,8 ming km². Aholisi 22,2 mln. kishi (2001). Poytaxti – Kuala-Lumpur shahri Maʼmuriy jihatdan 13 shtat va 2 federal hududga boʻlinadi. Davlat tuzumi Malayziya – federativ davlat, konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1963-yilda qabul kilingan, unga Malayya federatsiyasining 1957-yilgi konstitutsiyasi asos qilib olingan va keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – oliy hukmdor (podshoh, 2001-yil 12-dekabrdan Sulton Tuanku Sayd Sirojiddin Sayd Nutra Jamolullayl), u 9 malayya kengashida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palatali parlament. Ijroiya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi amalga oshiradi. Tabiati Malayziya ekvator mintaqasida joylashgan. Malakka yarim orolning katta qismini tepaliklar, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (balandligi 1000–2000 m; eng baland joyi – Taxan togʻi, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90 km gacha) pasttekislik. Kalimantan orolining sohillari ham tekislik, oʻrta qismi tepaliklar va 2000–2400 m balandlikdagi togʻlardir. Malayziyadagi eng baland joy – Kinabalu togʻi (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, shimolrogʻida subekvator mussonli iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida 25°–28°, Yillik yogʻin sohillarda 2000–5000 mm. Daryolari (Rajang, Paxang, Baram, Kinabatangan va boshqalar) sersuv. Tuproklari podzollashgan laterit, payettekisliklarda allyuvial tuproklar. Yer yuzasining 3/4 qismi doim yashil nam tropik oʻrmon. Palma, bambuk, togʻlarida eman, dafna va boshqa oʻsadi. Oʻrmon hayvonlari koʻp. Yirik hayvonlardan fil, ikki shoxli karkidon, himolay ayigʻi, yoʻlbars, qoplon, yovvoyi buyvollar, shuningdek, maymun, timsoh, boʻgʻma ilonlar bor. Tropik oʻrmonlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi Taman-Negara, Bako milliy bogʻlarida qoʻriqlanadi. Aholisi Aholisining 54 % malayyalar, 34 % xitoylar, 10 % hindlar va b, davlat tili – malayziya tili, davlat dini – islom. Shahar aholisi 75 %(2018). Yirik shaharlari: Kuala-Lumpur, Jorjtaun, Ipox, JoxorBaru va boshqa Tarixi Malayziya hududida odam ilk paleolit davridan yashaydi. Miloddan avvalgi 3–1ming yilliklarda Malakka yarim orolga Xitoyning janubi-gʻarbidan avstronez qabilalar kelib oʻrnashgan. Milodiy 1ming yillik boshlarida Markaziy Sumatradan malayyalarning ajdodlari koʻchib kelgan. Malakka yarim orol aholisining Hindiston bilan savdo va madaniy aloqalari bu yerda ilk davlatlarning yuzaga kelishida katta ahamiyat kasb etgan. Bunday davlatlar Malakka yarim orolning shi-m.da, daryolarning quyilish joyidagi shaharlarda vujudga kelgan. Bu shahardavlatlar 3–14-asrlarda oʻzidan kuchliroq qoʻshni davlatlarga tobe boʻlgan. 15-asrda va 16-asr boshlarida Malakka yarim orol, Riau arxipelagi va Sumatra orolning sharqiy qismi Malakka sultonligi qoʻl ostida birlashtirildi. 1511-yil Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. Malayziya hududining gʻarbiy qismi – Malayyada bir necha sultonliklar tashkil topdi, bulardan eng yirigi – Joxor 16– 18-asrlarda butun Malayya ni oʻz hokimiyati ostida birlashtirishga harakat qildi. 1641-yil Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-asr oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakachilari taʼsir koʻrsata boshladi. 1786–1888-yillar davomida inglizlar hozirgi Malayziya hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakachilarga karshi urush hamda qoʻzgʻolonlar boʻldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va h. k.). Ikkinchi jahon urushi davrida Malayziyani yapon armiyasi bosib odni. 1943-yil Malayziyada boskinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzildi. 1945-yil 2-sentabrda yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi – xalq qoʻmitalari tuzildi. Koʻp oʻtmay ingliz mustamlakachilari Malayziyaga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibini oʻrnatishga harakat qildilar. Ayni vaqtda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yoʻli bilan putur yetkazishga intildilar. 1946 va 1948-yillardagi konstitutsiya islohotiga koʻra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946-yildan Malayya Ittifoqi va 1948-yildan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946-yil Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948-yil iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga oʻtdi. 1949-yil fevralda malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955-yil Malayya Federatsiyasining qonun chiqaruvchi kengashiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan Uch partiya ittifoqi (1957-yildan Ittifoq partiyasi) gʻalaba qozondi. 1957-yil 31-avgustada Malayya Federatsiyasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1963-yil 9-iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak oʻrtasida Malayziya Federatsiyasi tashkil topganligi toʻgʻrisida oʻzaro bitim imzolandi; 1965-yil Malayziya bilan Singapur hukumati oʻrtasida kelishmovchilik boʻlib, Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib ketdi. Malayziya 1963-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 1-yanvarda UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Malayziyaning milliy bayrami – 31-avgust – Milliy kun (1957). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Umummalayziya islom partiyasi, 1951-yilda tuzilgan; Malayziya xind kongressi, 1946-yilda asos solingan; Malayziya xitoy uyushmasi, 1949-yilda tashkil etilgan; Malayya birlashgan milliy tashkiloti (yangi), 1988-yilda asos solingan; Demokratik harakat partiyasi, 1966-yilda tuzilgan; Milliy front, 1973-yilda 12 partiyaning hukmron koaliiiyasi (ittifoqi) tarzida tashkil etilgan. Malayziya kasaba uyushmalari kongressi, 1949-yilda tuzilgan. Iqtisodiyoti Malayziya – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda ishlab chiqarish sanoatining ulushi – 28,7 %, konchilik sanoatining ulushi – 9,3 %, qishloq xoʻjaligining ulushi – 17,3 %. Malayziyaning asosiy ekini – sholi boʻlsa ham, mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmogʻi kauchuk ishlab chiqarishdir. Bundan tashkari, kokos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan; koramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz qirgʻogʻi yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. Eksport uchun yogʻoch tayyorlanadi. Malayziya sanoatining asosiy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati; konchilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudalari, boksit qazib chiqarish. Malayziya integral sxema, konditsioner, radio va teleapparaturalar ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauchuk, palma yogʻi, qalay eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Hunarmandchilik (ganchkorlik, zargarlik, kashtachilik va boshqalar) rivojlangan. Temir yoʻllari uzunligi 2,2 ming, avtomobil yoʻllari uzunligi 52,5 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji – 2,9 mln. t. dedveyt. D yengiz portlari: Kelang, Jorjtaun, Kuantan, Kuala-Lumpur. Jorjtaun, Kota-Kinabaluda aeroportlar bor. Malayziya chetga neft, elektron va elektrotexnika buyumlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, transport vositalari (jumladan, avtomobil), rezina texnika, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, kiyim-kechak sotadi; chetdan mashina uskuna, sanoat va optika jihozlari, transport vositalari, stanoklar, oziq-ovqat sotib oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, AQSH, Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari, Janubiy Koreya, Xitoy, Tayvan. Pul birligi – ringgit (Malayziya dollari). Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Xalq maorifi tizimi 6 yillik boshlangʻich maktab (6 yoshdan 12 yoshgacha bulgan bolalar uchun), 3 yillik kichik oʻrta maktab va 2 yillik katta oʻrta maktab (katta oʻrta maktab huzurida ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va texnika hamda kasb-hunar taʼlimi boʻlimlari bor) dan iborat. Hunarmandchilik maktablari, oʻrta texnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlarida ham turli kas-blar oʻrgatiladi. Kuala-Lumpur universiteti (1962), Milliy universitet (1970), Texnologiya universiteti (1972), qishloq xoʻjaligi universiteti (1973), Jorjtaundagi universitet oliy taʼlim beradi. Kuala-Lumpurda Milliy kutubxona (1971), Milliy muzey (1963, arxeologiya, etn., zool. majmuasi bilan) bor. Tabiiy kauchukni tadqiq qilish instituti, Malayziya ilmiy tadqiqot instituti, oʻrmonchilik va tropik baliqchilik tadqiqot markazlari, tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti, Ijtimoiy fanlar tarixi jamiyati, Malayya tili va adabiyoti agentligi, Tamil tili jamiyati mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Mamlakatda nashr etiladigan yirik gazetalar: „Berita harian“ („Kun yangiliklari“, Malayziya tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1957-yildan), „Biznes tayms“ („Biznes vaqti“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1976-yildan), „Malay meyl“ („Malayya pochtasi“, ingliz tilida chiqadigan kechki gazeta, 1896-yildan), „Mingguan Malayziya“ („Malayziya hafta ichida“, Malayziya tilida chiqadigan yakshanbalik gazeta, 1964-yildan), „Nanyan shanbao“ („Janubiy dengizlar savdo gazetasi“, xitoy tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1923-yildan), „Star“ („Yulduz“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1971-yildan), „Tamil nesan“ („Tamillar posboni“, taʼmil tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1924-yildan) va boshqa Bernama axborot agentligi, 1967-yilda taʼsis etilgan. Malayziya radiosi 1946-yildan, Malayziya televideniyesi 1963-yildan ishlaydi. Adabiyot Adabiyoti malayya, xitoy, tamil va ingliz tillarida. Malayya tilida yaratilgan adabiyoʻt asosiy oʻrinni egallaydi. 7-asrda tarixiy, huquqiy, diniy mavzulardagi asarlar, avliyo-anbiyolarning qissalari, nasihatgoʻylik adabiyoti yaratila boshladi. Malayya adabiyotining yangi davrini boshlab bergan adib Abdullo ibn Abdulqodir Munshiydir. U oʻzining „Abdullo haqida qissa“ (1849) asarida ijtimoiy tengsizlik, johilliklarni tanqid qiladi. 1925–26 yillarda Sayd Shayx ibn Axmad al-hodining zamonaviy Misr hayotidan olib yozgan „Farida Xonim“ romani maydonga keldi. Keyinchalik Ahmad Navobi bin Muhammad Ali, Ahmad ibn Ismoil va boshqa ham koʻplab asarlar yarata boshladilar. Ahmad bin Hoji Muhammad Rashid Tol ilk bor malayya qahramonlari ishtirokidagi „Haqiqiy doʻst“ (1927), „Bu Salmami?“ (1928) va boshqa romanlar yaratdi. 30-yillarda yaigi indonez adabiyotining taʼsiri kuchaydi; A. Samad bin Ahmad, A. Baxtiyor, R. Mansur va boshqalarning milliy ruhdagi romanlari paydo boʻldi. Xususan, milliy harakat arbobi Abdulloh Siddiqning „Birga kurashaylik“ (1941) romanida vatanpar-varlik va mustamlakachilarga qarshi kurash mavzulari keng yangradi. 50-yillarda adabiyotda asosiy oʻrinni xalq hayotiga bagʻishlangan sheʼr va hikoyalar egalladi. 1950-yil bir guruh qalamkashlar – K. Mas, U. Avang, M. Asraf, A. Samad Ismoil va boshqa „50-yillar avlodi“ adabiyot birlashmasini tashkil etdilar va „Sanʼat jamiyat uchun“ degan shiorni olgʻa surdilar. Milliy ozodlik harakati adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi. Keyingi yillarda A. Samad Sayd („Salina“), A. Vati („Aylana“), A. Ali („Inqiroz“), A. Samad Ismoil („Vazir“), Ibrohim Umar („Chapdagi qadam“), S. Usmon Kelantan („Shimoli-sharqdagi shabada“) va boshqalarning asarlarida muxim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Malayziyada tamil (S. Vadivel, J. Perumal, G. S. Shanmugam), xitoy (Sun Ya, Szyan Jen) va ingliz (Li Kok-Yang, Uy Bun-Seng) tillarida ham adabiyot rivojlanayotir. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Malayziya hududida miloddan avvalgi 1ming yillikning 2-yarmiga oid guldor sopol idish va haykallar (Alor-Gajax va Berxallimadagi tosh yodgorliklar), Klangda va Tembeling daryosi boʻyida harsang terrasalar, sagʻanalar, jez buyumlar topilgan. 7–8-asrlargacha hind namunalariga taqlid qilingan: Budda ibodatxonalari va haykallari tiklangan. Bezak sanʼatida oltin va kumushdan, shoyi, sopoldan foydalanilgan, kashtachilik rivojlangan. 14-asrdan islom dini kirib kelishi munosabati bilan musulmon inshootlari qurish urf boʻldi (Perax, Kedax va Joxorda 17– 18-asrlarda mayejid va maqbaralar qurilgan). 15–19-asrlarda, ayniqsa, kulolchilikda xitoylarning taʼsiri kuchaydi. 16-asrda mustamlakachilar bostirib kelgach, qad. madaniyat tanazzulga uchrab, yevropacha meʼmorlik va sanʼat shakllari joriy etila boshladi. 19-asr 2-yarmida shaharlar (Pinang, Kuala-Lumpur) rivojlandi. Yevropa, Xitoy, Hindiston, musulmon uslublari krrishmasidan iborat imoratlar qurildi. Turar joylar qoziq va toshlar ustiga, yerga yogʻoch hamda bambuk sinchlardan bar-po etildi. 20-asrdan katta shaharlar yonida Tesak, Joxor-Baru, Batter-ert kabi yoʻldosh shaharchalar barpo etila boshladi. Malayyaning „kampong“ deb ataluvchi qishloklari zich tarzda yoki yoʻllar, daryolar, togʻ vodiylari boʻylab joylashtiriladi. Malayziya daryolarida bambuk kulbali sollarni, uyqayiklarni uchratish mumkin. Mamlakatning qad. aholisi boʻlmish changalzor kishilari bambuk va palma yaprokdaridan yasalgan chaylalarda yashaydi. Yangi qishloqlarda gʻisht, temir-beton va yogʻochdan uylar qurilayotir. 20-asr boshlaridan chinni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Xonadonlarda toʻqilgan gazmoldan sarongi deb ataluvchi milliy kiyim va roʻmollar zardoʻzlik usulida tayyorlanadi. Perakda kashtachilik rivojlangan. Kelantan zargarlari zebziynat buyumlari, oʻyma naqshli idishlar, qumgʻonlar, qutichalar yasaydilar. Malayziyaning zamonaviy tasviriy sanʼatida rassomlik, haykaltaroshlik rivojlangan. Hunarmandchilikning kulolchilik, toʻquvchilik, savat toʻqish kabi turlari saqlangan. Kinosi Har yili mamlakatga 1000 tagacha xorijiy film keltiriladi. Bunday sharoitda milliy kinematografiyaning rivojlanishi juda qiyin. Malayziyada dastlabki chinakam milliy kinofilmlar 50-yillarning oxirlarida yaratidsi. Ularning aksariyati anʼanaviy musiqiy dramalardan iborat. Rejissyor, ssenariychi, kompozitor, aktyor va xonanda P. Remli shunday dramalarni saxnalashtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillardagi anchagina kinokartinalar Tailand, Singapur, Filippin, Indoneziya kabi mamlakatlar bilan birgalikda yaratildi. 1981-yilda kinoni rivojlantirish tashkiloti tuzilgan. Badiiy filmlar orasida quyidagilar bor: „Xang Tuax“ (rejissyor F. Mejundar), „Se-merax Padi“ (rejissyor P. Remli), „Yigʻlama“ (rejissyor R. Timoer), „Muhabbat va qoʻshiq“ (rejissyor D. Sulong), „Ertangi kun umidida“ (rejissyor D. Shamsuddin), „Ona, onajon“ (rejissyor A. Mahmud). Oʻzbekiston – Malayziya munosabatlari Sport Malayziyadagi eng takomillashgan sport turi bu badminton, bovling, futbol va skvosh hisoblanadi. Golfga ham hozirgi kunda katta eʼtibor berilmoqda. Malayziyada har yili yirik musobaqalar oʻtkaziladi, xususan 1998-yilda oʻtkazilgan „Hamkorlik Oʻyinlari“ (). Manbalar Janubiy-Sharqiy Osiyo BMT aʼzolari
14,914
3379
https://uz.wikipedia.org/wiki/Filippin
Filippin
Filippin (Philippines), Filippin Respublikasi (tagalcha Republikasining Pilipinas, ing. Republic Philippines) — Janubi-Sharqiy Osiyodagi davlat, Tinch okeandagi Filippin arxipelagida joylashgan. Maydoni 300 ming km². Aholisi 84,526 mln. kishi (2002). Poytaxti — Manila shahri Maʼmuriy jiqatdan 74 viloyat (province)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi F. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987-yil maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-yildan Gloriya Makapagal Arroyo xonim), u toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi, 2muddatga qayta saylanishi mumkin emas. Prezident hukumat boshligʻi ham hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni F. Kongressi (2 palatali parlament — senat va vakillar palatasi), ijrochi xrkimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati F. arxipelagi 7107 oroldan iborat, shundan 800 tasida odam yashaydi. Yiriklari: Luson, Mindanao, Samar, Negros, Palavan, Mindoro, Sebu, Leyte. Mamlakat yer yuzasining aksariyati togʻli (eng baland joyi — 2954 m, Mindanao oroldagi Apo vulkani). Harakatdagi va soʻngan vulkan koʻp. Teztez zilzila boʻlib turadi. Hududning 1/4 qismi pasttekislik. Togʻlar oraligʻida soyliklar va dengiz sohillarida ensiz tekisliklar joylashgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, xromit, marganets, nikel, mis, shuningdek, simob, oltin, kumush, turli qurilish materiallari bor. Iklimi tropik va subekvatorial mussonli. Oʻrtacha oylik temperatura 24—28°, togʻlarda 19°gacha. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1000–4000 mm. Tayfunlar boʻlib turadi. RioGrandedeMindanao, Agusan, Kagayan va boshqa daryolari sersuv va seroyetona. Koʻl kam, eng kattasi Luson oroldagi Bay koʻli. Tuprogʻi, asosan, laterit tipli qizil va sariq, togʻlarda togʻkashtan, dare vodiylarida allyuvial tuproq. 10 ming tur oʻsimlikning 40% endemik. Hududining 46% tropik urmondan iborat. Qimmatbaho yogʻoch olinadigan doim yashil daraxt turi koʻp. Dengiz sohillarida mangro urmonlari mavjud. 1200 m dan baland joylar butazor va oʻgloq bilan band. Hayvon turi kup emas. Iirik sut emizuvchilar yoʻq. Bugʻuning bir necha turi, yovvoyi tungʻiz, mangust uchraydi. Qushlarning 750 dan ortiq turi yashaydi. Sudralib yuruvchi hayvon kup. MayonVolkano, Kanlaon, Maunt Apo va boshqa milliy bogʻlari va quriqxonalari bor. Aholisi F.da oʻzaro yaqin til va shevalarda soʻzlashuvchi 90 dan ziyod elat va qabilalar yashaydi. Ularning yiriklari: bisayya, tagal, ilok, bi. kol, pampangan, pangasinan va boshqa Bundan tashqari, xitoy, osiyolik, yevropalik va amerikaliklar ham bor. Shahar aholisi 56%. Rasmiy tillar — tagal va ingliz tillari. Dindorlari xristian, islom dinlariga eʼtiqod qiladilar. Yirik shaharlari: Manila, KesonSiti, Sebu, Davao. Tarixi F. xududida miloddan avvalgi 2ming yillikda Osiyo qitʼasidan, miloddan avvalgi 1ming yillikda Hindixitoydan borgan, keyinroq Indoneziyadan kelgan janubiy mongoloidlar mahalliy negravstraloidlarni siqib chiqarganlar, qisman ular bilan qorishib ketganlar. 14—15-asrlarda Indoneziya orqali Luson, Sebu orollarida, Sudu arxipelagida islom dini tarqaldi. Bu yerlarda mayda tarqoq hokimliklar, Sulu arxipelagida esa Xolo sultonligi vujudga keldi. 1521-yil Magellan boshchiligidagi Ispaniya ekspeditsiyasi Filippin orollariga yetib keldi. Bu ekspeditsiyani Maktano hokimi Lapulapu tormor etgach (F.da uni mustaqillik uchun kurashning birinchi qahramoni sifatida eʼzozlaydilar), Ispaniya 1564-yil Legaspi boshchiligida yana ekspeditsiya yubordi. Uning otryadi F.ning markaziy va shimoliy qismidagi asosiy orollarning sohillarini bosib oldi, aholining koʻpchiligini (janubdagi musulmonlardan tashqari) xristian diniga kiritdi. 1756—63 yillardagi 7 yillik urush davrida ingliz qoʻshinlari Manila shahri va bir qancha joylarni bir yilgacha egallab turdilar. 19-asrning 2yarmida xorijiy sarmoya yordamida savdosanoat ishlari rivojlana boshladi, ziyolilar voyaga yetdi. Islohot tarafdorlari (X. Risal, M. del Pilar va boshqalar) dastlabki vatanparvarlik tashkilotlarini tuzdilar. 1892-yil A. Bonifasio va boshqa rahbarligida Katipunan deb ataluvchi yashirin vatanparvarlik tashkiloti vujudga keldi, tez orada keskin choratadbirlar koʻrish tarafdori boʻlgan ziyolilar bu tashkilotga qoʻshildi. Katipunan chaqirigʻi bilan milliy ozodlik inqilobi (1896—98) boshlandi. Inqilobchilar 1897-yil 22-martda mustaqil respublikani eʼlon qildilar. AQSH 1898-yil aprelda Ispaniya mustamlakalarini egallash uchun urush boshladi. 1898-yil 12-iyunda F. 2marta mustaqil deb eʼlon qilindi. 1899 — 1901-yillardagi Amerika — Filippin urushi natijasida AQSH F.ni bosib oldi. 1934-yil F. muxtoriyatga ega boʻldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida F. hududini Yaponiya okkupatsiya qildi. 1946-yil 4-iyulda F. mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. F. 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 22-yanvarda tan olgan va oʻsha yil 13-aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 12-iyun — Mustaqillik kuni (1898). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Liberal partiya, 1946-yil tuzilgan; Millatchilar partiyasi, 1907-yil asos solingan, 1972-yil taqiqlangan, 1978-yil yana faoliyat boshlagan; F. kommunistik partiyasi, 1930-yil tashkil etilgan; "F. vatanparvar ommasining demokratiya uchun kurashi" partiyasi, 1997-yil tuzilgan; LakasXristian demokratlar milliy ittifoqi — partiya bloki, 1992-yil tashkil etilgan. F. kasaba uyushmalari kongressi, 1975-yil asos solingan, 39 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi. Xoʻjaligi F. — agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 22%, sanoatniki 32%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 48%. Qishloq xoʻjaligida kichikkichik dehqon xoʻjaliklari koʻpchilikni tashkil qiladi. Yirik plantatsiya xoʻjaliklari ham bor. Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 9 mln. gektar (mamlakat hududining 30%), shundan 1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Dehqonchilik ustun. Eksport uchun shakarkamish, abaka, geveya, kokos palmasi, yer yongʻoq, kofe, kakao, tamaki, tropik va sitrus mevalar yetishtiriladi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari — sholi, makkajoʻxori, batat, maniok, sabzavot. Chorvachiligi rivojlangan: qoramol va buyvol, choʻchqa, echki, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho eksportbop pushti va kizil daraxt yogʻochlari tayyorlanadi. Sanoatida konchilik rivojlangan: nikel, rux, mis, temir, marganets, xrom rudalari, shuningdek, toshkoʻmir, neft, simob, oltin, kumush qazib olinadi. Filippin sanoati qand, sholi oklash, tamaki, yogʻmoy, meva konservalash, kopra, arqon va boshqa korxonalardan iborat. Yogʻochsozlik, mebel va koʻn-poyabzal sanoati ham rivojlangan. Sanoatning kimyo, radioelektronika tarmoklari yuksak surʼatda taraqqiy etmokda. Metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, avtomobil yigʻish), televizor, radiopriyomnik, elektr asboblar, mineral oʻgʻit, rezinatexnika buyumlari ishlab chiqaradigan, neftni qayta ishlaydigan, neft kimyosi, toʻqimachilik, tikuvchilik, "oyna, sement zavodlari bor. Hunarmandchilik kds. tarmoq hisoblanadi. Yiliga oʻrtacha 26,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Manila, Sebu, Davao. Yuklar, asosan, dengiz transportida tashiladi. Temir yoʻli uzunligi 0,9 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 161 ming km. Asosiy dengiz portlari: Manila, Sebu, Batangas, Davao. Manilada xalkaro aeroport bor. F. chetga kandshakar, kopra, kokos moyi, metall rudalari, yogʻoch, mashina va uskunalar, kimyoviy moddalar chiqaradi, chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskuna, transport vositalari oladi. Yaponiya, AQSH, Avstraliya, Indoneziya, Singapur, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni bilan savdo qiladi. Pul birligi — Filippin pesosi. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Vrachlar universitet va tibbiyot institutlarida tayyorlanadi. F.da oʻrta maktablarning yarmidan koʻprogʻi va boshlangʻich maktablarning bir qismi xususiy. Davlatga karashli va xususiy maktablarda pul toʻlab oʻqiladi. Boshlangʻich maktabda oʻqish majburiy va bepul boʻlib, unga bolalar 7 yoshdan qabul qilinadi va 6 yil oʻqitiladi. Oʻrta maktablarda oʻkish muddati 4 yil Darslar ingliz va mahalliy tagal tillarida olib boriladi. Hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi qishloq xoʻjaligi, sanoat, savdo maktablarida amalga oshiriladi. Boshlangich maktablarning oʻqituvchilari ped. kollejlarida tayyorlanadi. Ularning eng kattasi Maniladagi F. normal (ped.) kollejidir. Oliy oʻquv yurtlarining kupi xususiy. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Maniladagi Katolik SantoTomas universiteti (1611), Manila universiteti, Uzok, Sharq universiteti (1928), Sharq universiteti (1946), KesonSiti shahridagi Filippin universiteti (1908). Yetakchi ilmiy muassasalar universitetlar xuzurida tashkil etilgan. Davlat ilmiy muassasalari — Yadro tadqiqotlari markazi (1958), F.taraqqiyot akademiyasi (1973), Kokos palmasi ilmiy tadqiqot instituta, F. fanlar akademiyasi (1976) va boshqa Xalkaro sholi ilmiy tadqiqot instituta bor. Untlar xuzurida yirik kutubxonalar, Manilada Milliy kutubxona ishlaydi. Manilada SantoTomas muzeyi (1682), F. Milliy muzeyi (1901) va Metropoliten sanʼat muzeyi mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.da bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Balita" ("Yangiliklar", tagal tilida chikadigan kundalik gazeta, 1972-yildan), "Manila bulletin" ("Manila byulleteni", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1972-yildan), "Manila ivning post" ("Manila oqshom pochtasi", ingliz tilida chikadigan kundalik kechki gazeta, 1975-yildan), "Manila tayms" ("Manila vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1945-yildan), "Piplz djornel" ("Xalq gazetasi", tagal va ingliz tillarida chikadigan gazeta, 1979-yildan), "Tempo" ("Surʼat", tagal va ingliz tillarida chikadigan kundalik gazeta, 1983-yildan), "Yunayted deyli nyus" ("Kun yangiliklari", ingliz va xitoy tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1973-yildan), "Sulong" ("Olgʻa", oylik byulleten). F. yangiliklar agentligi — davlat axborot mahkamasi boʻlib, 1973-yildan faoliyat koʻrsatadi. Radioeshittirish 1952-yildan, telekoʻrsatuv 1953-yildan boshlangan. Mamlakatdagi barcha radio va telestyalar faoliyati "Neshnl telekommyunikeyshne kommishn" hukumat mahkamasi tomonidan nazorat qilinadi. Adabiyoti F. xalklari va elatlari adabiyoti tagal va boshqa mahalliy tillarda, shuningdek, ispan va ingliz tillarida rivojlanib kelmoqda. F. xalq ogʻzaki ijodiyoti va, ayniqsa, qaxramonlik dostonlarida malayya va indonezyava adabiy anʼanalarining taʼsiri seziladi. 16—19-asrlardagi Ispaniya hukmronligi davrida ispan tilida diniynasihat ruhidagi adabiyot vujudga keldi. Zamonaviy tagal adabiyotining asoschisi F. Baltasar (taxallusi Balagtas)ning "Florante va Laura" dostoni (1838) mashhur. 1856-yil M. de Kastroning tagal tilida bosilib chiqqan birinchi romani "Urban va Felisa" (1863)dan keyin 20-asrning 1yarmida V. ErnandesPenya, L.K. Santos romanlari, X. Korasan de Xesus, A.V. Ernandes sheʼrlari, A. V. Ernandes, D. Rosario, F. Galauran hikoyalari paydo boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sheʼriyat va hikoya navislik yanada rivoj topdi. A.V. Ernandesning "Shayton yigʻi", "Vahshiy qushlar", F. Galauranning "Bir qisim guruch", N. Karavananing "Kizil uydagi farishta" romanlari ijtimoiy va maishiy mavzularga bagashlandi. Ispan tilidagi adabiyot rivojida X. Risal romanlari ("Menga tegishma", "Flibustyerlar") katta ahamiyatga ega boʻldi. 20-asrning 1yarmida S. Apostol, F. Gerrero, K.M.Rekto va boshqalarlarning vatanparvarlik sheʼriyati mashhur boʻldi. Xuddi shu davrda X.G. Vilya, M.E. Argilya, N.V.M. Gonsales, K. Bulosan kabilar ingliz tilida novella va sheʼrlar yaratishdi. 2jaxrn urushidan keyingi davrda E. Okampo, N. Xoakin, E. L. Tyempo va boshqa adiblar yetishib chikdi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Mahalliy aholining anʼanaviy uylari qoziqlar ustiga chaylasimon qilib quriladi, usti palma bargi bilan yopiladi. Mustamlaka davrida shaharlar, istehkomlar, cherkov va saroylar barokko hamda klassitsizm uslubida qurila boshladi (Luson oroldagi SanNikolas cherkovi, 17-asr; Maniladagi SantoTomas universiteti, 1608—15 yil). 19-asr 2yarmi va 20-asr 1yarmida Manila shahrida Yevropa va Amerika meʼmorligi uslubida binolar barpo etildi. F. meʼmorlaridan P. Antonio, S. Konso, L. V. Loksin, A. Nakpil oʻz ijodida ispan meʼmorligi uslubidagi bino va inshootlarni millim ruxda bezashga ahamiyat bera boshladilar (Panay orol Iloilo shahridagi Miagao ibodatxonasi; Maniladagi F. madaniyat markazi, 1969, meʼmor L.V. Loksin). F. hududida miloddan avvalgi 2—1ming yillikka oid sanʼat yodgorliklari saqlanib qolgan. Qadimdan yogʻoch va bambuk oʻymakorligi, toʻqimachilik, metallsozlik, kashtachilik, zargarlik kabi kasblar mashhur boʻlgan. Maniladagi SanAgustin cherkovining oʻymakor yogʻoch eshiklari (1606) va SanIgnasio cherkovining ibodat qilinadigan qismidagi oʻyma naqshlar F. sanʼatining ilk namunalaridir. 19-asrning 2yarmi va 20-asrning 1yarmida dastgoh rangtasviri (X. de Luna, F. Idalgo, F. Amorsolo), haykaltaroshlik (G. Tolentino) paydo boʻddi. F. Roxas portret va manzara, X. Risal rangtasvir va haykaltaroshlik sohasida unutilmas asarlar yaratishdi. F. Amorsolo asos solgan "Anʼanavii maktab" 20-asr oʻrtalariga kelib F. rassomlari akademiyasiga aylandi. 50—60k.larda K.V. Fransisko ijodi kamol topdi. U afsona va rivoyatlarga, ozodlik harakati qaxramonlariga, shuningdek, dehqonlar, baliqchilar, konchilar hayotiga bagʻishlangan koʻpgina devoriy rayem va manzaralar yaratdi. A. MagsaysayXo ismli ayol rassom qishloq xotinqizlarining lobar siymosini tasvirlovchi goʻzal asarlari bilan eʼtibor qozondi. V. Manansala, R. Tabuena, M. Malang Santos, U. Yonson, E. Okampo, A. R. Lus, F. Sobel kabi rassomlar, X. Alkaptara va A.M. Imao, N. Abue kabi haykaltaroshlar milliy realistik anʼanalarni davom ettirdilar. Musiqasi Marosim (harbiy, toʻy), mehnat va boshqa xalq qoʻshiq hamda raqslari azaldan davom etib keladi. Togʻlik va musulmon xalqlarning qad. musiqasi deyarli oʻzgarishsiz saqlangan. 16— 18-asrlarda xristian diniga kirgan va ispanlar taʼsirida boʻlgan xalqlarda esa biroz mahalliylashgan ispancha raqslar (xota, xabanera) tarqala boshlagan. Cholgu asboblari: bambuk va yogoch fleytalar, gonglar, gitarasimon kudyapi, gitgit (skripka turi) va boshqalarlar. Rondalya deb ataluvchi torli milliy orkestr shuhrat qozongan. Professional musiqa 19-asrdan rivoj topdi. 1916-yil F. universiteti huzurida konservatoriya ochildi, keyinroq Manila va KesonSiti shaharlarida musiqa muassasalari va jamoalari tashkil topdi. Kompozitorlar orasida X. Silos, X. Estelya, A. Molina, F. Buenkamina, F. de Leon, J. A. Dadap va boshqa mapghur. Manilada Milliy filarmoniya jamiyati, "Bayanixan" (1956), "Filippineskas" (1958), "Barangay" ashularaqs ansambllari, F. universitetining "Madrigal" kamer xori, Manila simfonik orkestri, F. Madaniyat markazining orkestri, Konsert orkestri ishlaydi. Milliy musika kengashi, kompozitorlar jamiyati mavjud. Teatri Qadimdan davom etib kelayotgan va ashula, raqslar bilan oʻtadigan taomil, rasmrusumlar va ularda gavdalantiriladigan mehnat jarayonlari, toʻy udumlari teatr sanʼati uchun manba boʻlgan. F. professional teatri xitoy, hind, indonez, keyinroq ispan va amerika madaniyati taʼsirida shakllandi. 19-asr oʻrtalarida Manilada havaskorlik teatrlari: Eskosur truppasi (1848) va Lopes Aris truppasi (1852) vujudga kelib, ularda ispan tilidagi sevgi pyesalari (sarsuelalar) sahnalashtirildi. 1914-yil Manilada ingliz tilidagi "Litl tietr" tashkil topdi. Uning aktyorlari ham, tomoshabinlari ham asosan, Manila universitetining talaba va muallimlari edi. F. mustaqillikka erishgach, tagal tilidagi dramaturgiya va teatr rivojlana boshladi. "Barangay teatr gildiyasi" (1939), F. aktyorlar laboratoriya (1959), Meralko teatri, Raj Soliman teatri va boshqa yarim professional jamoalari milliy sanʼat (moromoro, sarsuela va boshqalar) anʼanalarini jahon teatrining eng yaxshi namunalari yutuqlari bilan birga qoʻshishga intiladi. 1972-yil Manilada koʻchma bolalar teatri tashkil etildi. Kinosi 1919-yil rejissor va aktyor X. Nepomuseno milliy kino firma tashkil etganidan soʻng kinofilmlar doimiy ishlab chiqarila boshladi. Tagal tilida "Qishloqi qiz" nomli dastlabki badiiy film yaratildi. "Uch maqtanchoq" (1926) ovozsiz filmlar orasida eng yaxshisi buldi. 1932-yil dastlabki ovozli filmlar ("Qallob", rejissor J. P. Musser; "Oltin xanjar", rejissor X. Nepomuseno) chikarildi. 30-yillardagi eng yirik kino birlashmalari — "Sampagita" va "LVN" chiqargan filmlarda milliy tarix va mifologiya syujetlaridan foydalanildi. shuningdek, "Yirtilgan bayroq", "Zulmat va nur" komediyalari ham yaratildi. 1946-yil tashkil etilgan "Premyer prodakshn" studiyasi koʻngilochar ruxdagi filmlar bilan bir qatorda togʻli qabilalar hayotini tasvirlovchi filmlarni ham suratga oldi. 50—60-yillarda "Xarana", "Dunyoning oxirigacha" (ikkalasining rejissor J. de Leon), "Parij romanei", "Badayo" (ikkalasining rejissor L.V. Avelyana) ekranga chiqarildi. 20-asr oxirlarida yaratilgan "Qaqroq yerni sugʻor" (rejissor O. Buenaventura), "Narkotik chayqovchilarini oʻldiringlar" (rejissor J. Estrada) filmlari dolzarb zamonaviy mavzularga bagʻishlangan. 1960-yillarning oʻrtalaridan Manila kinofestivali utkazib kelinadi. Janubiy-Sharqiy Osiyo Filippin BMT aʼzolari
17,148
3380
https://uz.wikipedia.org/wiki/Singapur
Singapur
Singapur (Singapore) Singapur Respublikasi (inglizcha - Republic of Singapore, malaycha Repablic Singapura) — Janubiy Sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur oroli va unga tutash mayda orollar hamda Malakka yarim orolning janubiy chekkasida joylashgan. Maydoni-640 km². Aholisi-5.637 million kishi (2022). Poytaxti — Singapur shahri. Davlat tuzumi Singapur Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1963-yil qabul qilingan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2017-yil 14-sentabrdan boshlab,Halima Yoqub), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan aholi tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Singapur oroli Joxor boʻgʻozi orqali Malakka yarim oroldan, Malakka va Singapur boʻgʻozlari orqali Indoneziya o.laridan ajralib turadi. Sohillari pasttekislik, bir oz botqoqlashgan, janubi-gʻarbiy sohillarida marjon riflari bor. Relyefi tekislik (bal. 176 m gacha). Iqlimi ekvatorial, mussonli. Oʻrtacha temperatura yanvarda 26°, iyulda 27°. Yillik yongʻin 2600 mm. Katta daryosi — Singapur. Ichimlik suv yetishmaydi, u Malayziyadan keltiriladi. Koʻpgina mayda orollarda odam yashamaydi, ularda tropik oʻsimliklar saqlanib qolgan. Ayrim sohillari mangozorlar bilan band. Aholisining koʻpchiligi xitoylar (76%). Malayyalar (14%), Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Shri Lankadan kelganlar (7%), yevropaliklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tillar — xitoy, ingliz, malayya, tamil tillari. Dindorlari buddaviylik. konfutsiylik, islom, hinduiylik, xristian dinlariga eʼtiqod qiladi. Tarixi 14-asrga oid Xitoy va Yava yilnomalarida bu orol Tumasik (yavacha "masek" — dengiz) deb atalgan. 1275-yil S.ga Yava qiroli Kertanagar qoʻshinlari, 1349-yil Siyom harbiy kemalari hujum qilgan. 1377-yildan orol Yavaga karam boʻlgan, 15-asr boshlarida esa Tan davlatining qiroli Sukotan oʻzini Singapur, Malakka va Malayya hukmdori deb yuritgan, soʻng Joxor sultonligi kuliga oʻtgan. 1819-yil orol inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasiga qaram boʻlib qolgan. 1826—1946-yillarda S. — StreytsSetlments tarkibidagi ingliz mustamlakasi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Singapurni yapon qoʻshinlari egallab turgan (1942— 45). 1959-yildan Hamdoʻstlik tarkibidagi "oʻzini oʻzi boshqaruvchi davlat". 1963—65 yillarda Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1965-yil 9 avgustda undan ajrab chiqib, alohida mustaqil respublikaga aylandi. 1965-yil sentdan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 2 yanvarda tan olgan, 1997-yil 8 aprelda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9 avgust — Milliy kun (1965). 100 yildan ortiq vaqt davomida Singapur hududi Britaniya mustamlakasi boʻlgan (“Boʻgʻozdagi turar-joylar”, “Boʻgʻozlardagi turar-joylar”). Muhim savdo yoʻli Singapur boʻgʻozi orqali oʻtgan boʻlsa-da, bu aholi punktlari rivojlanmaganligicha qolgan, mahalliy aholining asosiy mashgʻulotlari baliqchilik va tabiiy kauchuk ishlab chiqarish boʻlgan (XX asrning birinchi yarmida Singapur va Malayziya ulushiga 20-asrning yarmigacha toʻgʻri kelgan. jahon kauchuk ishlab chiqarish). 1963 yilda Singapur Britaniya imperiyasidan ajralib, Malayziya bilan federatsiya tuzdi. Biroq, Singapur aholisining to'rtdan uch qismi xitoylar edi, Malayziya va Indoneziya bilan munosabatlarning keskinlashishi 1965 yilda Singapurning Malaya federatsiyasidan chiqarilishiga olib keldi. Shu yo‘l bilan mustaqillikka erishgan davlat oldidan bir qancha iqtisodiy muammolar paydo bo‘ldi: oziq-ovqat va chuchuk suv yetishmasligi, mineral resurslarning to‘liq yo‘qligi, sanoatning rivojlanmaganligi, 1968-yilda Britaniya harbiy bazasining olib chiqilishi ishsizlik muammosini yanada kuchaytirdi. . Yirik xorijiy kompaniyalarning mamlakatga kelishini osonlashtirish uchun Singapur hukumati siyosiy va iqtisodiy barqarorlik muhitini yaratdi (arzon ishchi kuchiga ega bo'lgan boshqa mamlakatlardan farqli o'laroq). Li Kuan Yu partiyasi aslida hokimiyatni monopoliyaga oldi, yagona nazorat ostidakasaba uyushmalari hukumati, boshqa kasaba uyushmalari (va undan ham ko'proq kommunistik e'tiqoddagi tashkilotlar) o'lim jazosigacha jazolandi; korruptsiya va giyohvand moddalar savdosi bir xil darajada qattiq javobgarlikka tortildi. Ushbu strategiya juda samarali bo'ldi, dastlabki etti yil ichida yalpi ichki mahsulotning o'sishi 10% dan oshdi, 1972 yilga kelib ishlab chiqarish korxonalarining chorak qismi xorijiy yoki Yaponiya va AQSh hamkorlari bilan qo'shma korxonalar edi, 1975 yilga kelib sanoatning YaIMdagi ulushi. 22% ga yetdi (1965 yildagi 14% dan). Ayniqsa, axborot texnologiyalari, neft-kimyo va elektronika sohalarida kadrlarni kasbiy tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratildi. Agar 1960-yillarda asosiy sanoat mahsulotlari gugurt, baliq ilgagi va chivinli toʻrlar boʻlsa, 1970-yillarda toʻqimachilik, kiyim-kechak va oddiy elektronika eksport qilingan boʻlsa, 1980-yillarning boshlariga kelib Singapur qattiq disklar ishlab chiqarish boʻyicha jahon yetakchisiga aylandi, 1990-yillarda. 1990-yillarda kompozit materiallar, logistika, biotexnologiya, farmatsevtika va mikroelektronika  kabi sohalar rivojlandi. Singapur mavjudligining dastlabki 20 yilida YaIM o'sishi 10% ga yaqin bo'lgan bo'lsa, 1985 yilda 1984 yilga nisbatan pasaydi. YaIM pasayishining bevosita sababi Singapurning eng yirik sanoat guruhlaridan biri Pan-Electric Industries[en] bankrotligi edi. Umuman olganda, bu mamlakatda ishchi kuchining raqobatbardoshligining pasayishi (singapurliklarning daromad darajasi allaqachon rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslangan), Xitoy va boshqa mamlakatlarga tobora ko'proq ishlab chiqarish ob'ektlari ko'chirilishi bilan bog'liq. Hukumat iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi usullarini izlashi kerak edi. 1973 yilgacha Singapurda o'z fond birjasi yo'q edi, korxonalarning aksariyati davlat mulki edi. 1985 yildan boshlab davlat kompaniyalarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish boshlandi, eng katta ulush taklifi 1993 yilda Singapur Telekommunikatsiya kompaniyasining xususiylashtirilishi bo'lib, bu Singapur birjasining bozor kapitallashuvini deyarli uch baravar oshirdi (48,8 milliard AQSh dollaridan 132,7 milliard AQSh dollariga). 1999 yil oxirida Singapur birjasida umumiy bozor kapitallashuvi 434 mlrd. AQSH dollari boʻlgan 370 ta kompaniya roʻyxatga olindi, ularning 27% Temasek Holdings suveren fondi tomonidan nazorat qilindi. Singapurda sanoat bilan parallel ravishda moliya sektori rivojlandi, ammo sekinroq sur'atda. 1968 yilda Osiyo dollari bozori yaratildi va Bank tashkil etildi. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma tashkilotlari. S. demokratik partiyasi, 1980-yil tuzilgan; S. xalq partiyasi, 1994-yil tashkil etilgan; Xal k, harakati partiyasi, 1954-yil asos solingan; Ishchi partiyasi, 1957-yil guzilgan; Birlashgan xalq fronti. 1974-yil 5 iartiyaning qushilishi natijasida tashkil topgan. Kasaba uyushmalari milliy kongressi, 1961 ii. asos solingan. Xoʻjaligi S. — Janubi-Sharqiy Osiyoda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28%, transport va aloqaning ulushi 13,1%, qishloq xoʻjaligi ulushi 0,2%. Sanoatining yetakchi tarmoqlari — aniq mashinasozlik, elektronika, elektrotexnika, optika, keng isteʼmol mollari va murakkab apparatlar (shu jumladan, kosmik tadqiqotlar uchun eksportga moʻljallangan apparatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Chetdan keltiriladigan xomashyo asosida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan. S. zavodlari yiliga 50 mln. tonna neftni qayta ishlash imkoniyatiga ega. Kemasozlik, kema taʼmirlash, samolyotsozlik, metallurgiya, kimyo, turli asbob-uskuna ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, toʻqimachilik, rezina, koʻn poyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga 20,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari — Singapur. Jurong. Qishloq xoʻjaligi Singapurda qishloq xo'jaligi deyarli rivojlanmagan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mamlakat hududining 709 km² dan 1% ga yaqinida, asosan kichik orollardagi shaxsiy fermer xo'jaliklarida yetishtiriladi. Hududning qariyb 3,3 foizini o'rmonlar, shu jumladan qarovsiz bog'lar egallaydi. Mahsulotlar: mevalar, sabzavotlar; parranda go'shti, tuxum. 1. Singapurda baliq ovlash. Sharqiy sohilda joylashgan 3000 m2 maydonga ega Singapur dengiz kompleksi har biri 10 ta tankni o'z ichiga oladi. 10 tonnagacha baliq sig'ishi mumkin. Tanekelar yopiq tizimda ishlaydi, u suvni qayta ishlaydi va yo'q chiqindilarni okeanga chiqaradi. Uglerod chiqindilarini kamaytirish maqsadida fermer xo'jaligi faoliyatining kamida 50% quyosh energiyasidan foydalanadi. Hozirda tanklarning yarmi to‘lgan va baliqlar internet orqali sotilmoqda. uyga yetkazib berish platformasi. Intellektual ferma tizimi, baliq yetishtirishni ko'proq qilishga yordam beradi bashorat qilinadigan va aniq. Tizim avtomatik aniqlash uchun kameralardan foydalanadi akvariumlarda individual barramundi uzunligi va keyin baliq o'rtacha uzunligini hisoblab chiqadi va akvarium aholisining o'rtacha og'irligi. Tizim, shuningdek, ruxsat berish, oziqlantirish paytida baliq o'zini qanday kuzatib boradi optimal ozuqa stavkalarini aniqlash uchun xodimlar. 2. O‘rmon xo‘jaligi. O'rmon daraxtlarning mavjudligi bilan belgilanadi va boshqa erdan foydalanishning etishmasligi. Daraxtlar minimal darajaga yetishi kerak erdagi balandligi 5 metr. Daraxtlar hali bo'lmagan o'rmonlarni qayta tiklash uchun hududlar zarur boʻlgan besh metr balandlikka va oʻrmon ostidagi maydon hajmiga qisqa vaqt ichida erishdi 10 foizga yetganlar ham ko'rsatkichga kiritilgan, chunki bu hududlar vaqtinchalik inson aralashuvi yoki tabiiy sabablar natijasida o'rmon bilan qoplanmagan. Bunda toifaga bambuk va palma daraxtlari o'sadigan hududlar kiradi, agar shunday bo'lsa o'rmon ostidagi balandlik va maydon mezonlarga mos kelishi; o'rmon yo'llari, tozalash va boshqa kichik ochiq joylar; milliy bog'lardagi o'rmonlar, qo'riqxonalar va boshqa muhofaza etiladigan hududlar ilmiy, tarixiy, madaniy yoki ma'naviy qiziqish; shamol to'siqlari, o'rmon kamarlari va daraxtlar koridorlari; 0,5 ga dan ortiq maydon va 20 m dan ortiq kengligibilan; plantatsiyalar asosan ishlatiladi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi S.da bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Asospylari: "Berita harian" ("Kundalik yangiliklar", malayya tilidagi kundalik gazeta, 1957-yildan), "Biznes tayme" ("Ishbilarmonlar vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1976-yildan), "Lyanxe van bao" ("Birlashgan kechki gazeta", xitoy tilidagi kechki kundalik gazeta, 1983-yildan), "Lyanxe szao bao" ("Birlashgan tonggi gazeta", xitoy tilidagi kundalik gazeta, 1983-yildan), "Singapur biznes" ("Singapur biznesi", ingliz tilidagi oylik jurnal, 1977-yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. "Singapur interneshnl media", S. radiosi (1936), S. televideniyesi (1963) kabi radio va telekoʻrsatuv hukumat xizmati mavjud. Havolalar Rasmiy veb-sayt Shahar-mamlakat haqida maʼlumot Janubiy-Sharqiy Osiyo Singapur
11,039
3381
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tailand
Tailand
Tailand (Thai), Tailand Qirolligi (Ratcha Anachak Thai, tailar tilida Pratet-Tai) — Janub-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolning markaziy qismi va Malakka yarim orolning shimoliy qismida joylashgan davlat. Maydoni 514 ming km². Aholisi 62,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Bangkok shahari. Maʼmuriy jihatdan 73 viloyat (changwad)ra boʻlinadi. King : Rama X Davlat tuzumi Tailand — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 2016-yil 27 sentabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (1946-yildan Pumipon Adulyadet). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (2 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Hududining yarmi payettekislik, qolgani deyarli togʻlik (Kxuntxan, Tanentaunji va boshqalar)dan iborat. T.ning sharqini Korat platosi egallaydi. Foydali qazilmalardan qalay, volfram, pyx, yonuvchi slanets, qoʻrgʻoshin, plavik shpat, temir, marganets rudalari, surma, barit, asil toshlar, qoʻngʻir kumir, kaliy va toshtuz, gaz, neft konlari bor. Ikdimi subekvatorial, mussonli. Oʻrtacha yillik temperatura tekislik va togʻoldi rnlarida 22— 29°, qishda shimoliy toglarda —10°, —15° gacha pasayadi. Yillik yogʻin 1000–2000 mm. Asosiy daryosi — MenamChaoPraya (Menam). T.ning sharqiy va qisman shimoli-sharqiy chegarasida Mekong, gʻarbiy chegarasida Saluin daryolari oqadi. Ping va Mun daryolari xdvzasida yirik suv ombori bor. Mamlakat hududining 60% ga yaqini oʻrmon bilan qoplangan. Malakka yarim orol va Korat platosining qizil va sariq laterit tuprok,li yerlarida qalin, koʻp yarusli (50–60 m balandlikdagi) subekvatorial nam oʻrmonlar, shimoldagi qizil tuprokli yerlarda tropik oʻrmonlar katta maydonni egallaydi. Janubida bambukzorlar, Korat platosida savanna va butazorlar, dare vodiylaridagi oʻtloqi tuproklarda ham oʻrmonlar bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: T. ramzi boʻlgan oq fil (aksariyati xonakilashtirilgan), odamsimon maymun (gibbon), lemur, malayya ayigʻi, qoplon, yoʻlbars, toʻngʻiz, olmaxon, shimoldagi togʻlarda kiyiklar bor. Qushlardan tustovuq, tovus, toʻtiqush, yovvoyi tovuq va boshqa, botqoqliklarda qarqara, siyom qiziltomoqturnasiuchraydi. Ilonning 100 ga yaqin, kaltakesakning 75 ga yaqin, kapalakning 500 ga yaqin turi bor. Daryolarida baliq, timsoh koʻp. Kxauyay, Txungsalengluay va boshqa milliy boglari, koʻpgina qoʻriqxonalar bor. Aholisining 3/4 qismini tay guruqiga mansub xalqlar (siyom yoki kxontay va boshqalar), 1/5 qismini laolar tashkil etadi. Mamlakat janubda malayyalar, gʻarbi va janubi-gʻarbida karenlar, monlar, janubi-sharqda kxmerlar yashaydi. Rasmiy til — tay tili. Rasmiy din — buddaviylik. Malayyalar islomga, xitoylar budda va daosizmga eʼtiqod qiladi. Katolik va protestantlar ham bor. Shahar aholisi — 18,3%. Yirik shaharlari, Bangkok, Chiangmay, Chonburi. Tarixi T. hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. 1—2-asrlarda monlarning dastlabki davlati vujudga kelgan. 13-asrda shimoldan kelgan tay qabilalari monlar bilan qoʻshilib ketgan; birinchi yirik tai davlati — Sukotai barpo etilgan (1238). 1350-yilda asos solingan Ayutiya (Siyom) qirolligi uning oʻrnini egallagan. 16 va 18-asrlarda Siyom Birma bilan urush olib borgan va biroz vaqt unga tobe boʻlib qolgan. Ozodlik kurashiga 16-asrda Naresuan, 18-asrda Taksin boshchilik qilgan. 19-asr oʻrtalarida Siyom Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH bilan teng huquqli boʻlmagan bitimlar tuzgan. 19-asr Oxiri — 20-asr boshlarida yer islohoti va boshqa islohotlar oʻtkazgan. 1932-yil davlat toʻntarishi natijasida konstitutsiyali monarxiya eʼlon qilingan. 1939-yil mamlakat T. deb yuritila boshladi. 1940-yil T. bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. 1942-yil yanvarda T. AQSH va Buyuk Britaniyaga urush eʼlon qildi. 1943-yilga kelib mamlakat amalda Yaponiya tomonidan okkupatsiya qilindi. T.da ozodlik kurashi kuchaydi. "Ozod Tay" ommaviy yashirin harakati tashkil topdi. 1945-yil 19 avgustda T. Yaponiyaga karshi urushayotgan koalitsiya davlatlariga sulh taklif etdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakatda bir necha marta harbiy toʻntarish boʻlib, notinchlik hukm surdi, hukumatlar almashinib turdi. 1991-yilgi harbiy toʻntarish (1932-yildan buyen 17toʻntarish)dan soʻng Jamoat tartibini saqlash milliy kengashi hokimiyat tepasiga chikdi. T. — 1946-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 5 dekabr — qirol tugʻilgan kun (1927). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 26 dekabrda tan olgan va 1992-yil 6 mayda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Demokratik partiya (Prachatipat), 1946-yil asos solingan; Xalq partiyasi (Ratsadon), 1986-yil tuzilgan; Maʼnaviy kuch partiyasi (Palang tam), 1988-yil tashkil etilgan; Milliy taraqqiyot partiyasi (Chat pattana), 1991-yil asos solingan; Yangi umid partiyasi (Vang may), 1990-yil tuzilgan; Birdamlik partiyasi (Yekkapap), 1989 tashkil etilgan; Adolat va ozodlik partiyasi (Seritxam), 1992-yil asos solingan; Tay milliy partiyasi (chat tay), 1974-yil sobiq hukmron Tailand xalqi birlashgan partiyasi asosida tashkil etilgan. T. mehnat kongressi, 1975-yil tuzilgan; Tay kasaba uyushmalari kongressi, 1982-yil tashkil etilgan. Xoʻjaligi T. rivojlangan agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 12%, sanoatning ulushi 39%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi — 49%. Qishloq xoʻjaligi Mamlakat hududining 38% ishlanadi, shundan 1/5 qismi (2,6 mln. gektar) sugʻoriladi. Asosiy dehqonchilik yerlari Menam vodiysi va Korat platosida joylashgan. Sholi, makkajoʻxori, tapioka, shakarqamish, dukkaklilar, tariq, batat, yer yongʻoq, kanakunjut, choy, kofe, kanop, kokos palmasi, paxta, tamaki, ziravorlar, sitrus mevalar, mango, ananas va boshqa yetishtiriladi. Kauchuk olinadigan daraxtzorlar bor, pillachilik va sabzavotchilik rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, fil, choʻchqa, parranda boqiladi. Ichki suv havzalari va dengizlarda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho tur daraxtlar (tik, yang, sal, eben, sandal va kizil daraxt) tayyorlanadi. Sanoati Mineral xom ashyo zaxiralari negizida konchilik rivojlangan. Qalay, qoʻrgʻoshinrux, volfram va marganets rudalari, neft, plavik shpat, asbest, qimmatbaho toshlar qazib olinadi va qisman qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish. sanoatining asosiy tarmoqlari: oziq-ovqat (sholi oklash, kokos moyi, kandshakar ishlab chiqarish. va boshqalar) va toʻqimachilik (jutdan kanop yigirish va toʻqish). Yogʻochsozlik sanoati va kauchukni dastlabki kayta ishlash korxonalari bor. Asosan import xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar negizida neftni qayta ishlash, kimyo, sement, qogʻoz, metallurgiya, metallsozlik, avtomobil yigʻuv va boshqa korxonalar ishlaydi. Yiliga oʻrtacha 74 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari: Bangkok, Chiangmay. Transport yoʻli uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 62 ming km. Dare va dengiz transporti rivojlangan. Dengiz portlari: Bangkok, Pxuket, Sattaxin. Bangkokda xalkaro aeroport bor. T. guruch, tapioka, kauchuk, qandshakar, qalay va boshqa metall rudalari, asil toshlar, gazlama eksport qiladi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, kimyoviy moddalar, kora metall va isteʼmol mollari sotib oladi. Yaponiya, AQSH, Singapur, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. T. bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi tovar aylanmasi 7,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Pul birligi — bat.. Tibbiy xizmati T.da davlat tibbiy muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar xam bor. Vrachlar 4 ta oliy tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga majburiy bepul taʼlim joriy qilingan. 1977-yildan umumiy taʼlim maktabining yangi tizimi qabul etilgan: boshlangʻich maktab 6 yil, oʻrta maktab 6 yil Darslar tay tilida olib boriladi. Xususiy maktablar ham bor. T.da 13 universitet, jumladan, Bangkokdagi Chulalongkorn (1917), Tammasart (1933), Kasetsart (1943) untlari, Chiangmay shahrida universitet, bir kancha institut va kollej bor. Ilmiy muassasalari: Bangkokda Siyom ilmiy jamiyati, universitetlarhuzuridagi ilmiy tadqiqot markazlari, qishloq xoʻjaligi., ekologiya va boshqa ilmiytadkikrt institutlari. Ayrim ilmiy ishlar xorijiy va xalqaro jam/armalar tomonidan pul bilan taʼminlanadi. Bangkokda Milliy kutubxona (1905), Tammasart va Chulalongkorn untlarining kutubxonalari, Milliy muzey bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. T.da tay, xitoy, ingliz tillarida oʻnlab gaz. va jurnalilar nashr etiladi, muhimlari: "Bangkok post" ("Bangkok pochtasi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1946-yildan), "Deyli nyus" ("Kundalik yangiliklar", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1964-yildan), "Neyshn" ("Millat", ingliz tilida chikadigan kundalik gazeta, 1971-yildan), "Siam rat" ("Siyom mamlakati", tay tilida chiqadigan kundalik kechki gazeta, 1950-yildan), "Siamrat uikli revyu" ("Siyom mamlakatining xafta yangiliklari", tay tilida chiqadigan haftalik), "Sinsyan jibao" ("Yangiliklar", xitoy tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1946-yildan), "Tai rat" ("Tay davlati", tay tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1956-yildan). T. axborot agentligi (TNA) — milliy axborot mahkamasi, 1977-yil tuzilgan. Radioeshittirish 1938-yildan, telekoʻrsatuv 1955-yildan boshlangan. T. milliy radioeshittirish xizmati va T. televideniyesi hukumat nazoratida. Adabiyoti Tay ogʻzaki va yozma ijodiyotining dastlabki yodgorliklari 13-asr oxiriga oid. Ular toshlarga yozilgan yilnomalardan iborat. Mustaqil badiiy ijodiyot tarzidagi adabiyot oʻrta asrlarda yuzaga keldi. Bu davr adabiyoti hind adabiyotining taʼsirida rivojlandi. Buddaviylikning ijtimoiy hayotdagi hukmronligi adabiyotda ham oʻz aksini topdi. Hukmdorlarni taʼriflovchi madxiyalar va diniy rivoyatlar asosiy oʻrin oldi. 18-asr oxirida dunyoviy mavzuga burilish boshlandi. Dastlabki nasriy asarlar yaratildi ("Rachatirat", 1785 va "Uch qirollik hukmronligi", 1802). 19-asr oʻrtalarida adabiy asarlar tilini xalqqa yaqinlashtirish va taqdidgoʻylikdan voz kechib, milliy adabiyotni kamol toptirish harakati boshlandi. Sunton Pu ijodi bunga misol boʻladi. 20-asrning 20—30 yillarida realistik yoʻnalish yuzaga keldi, shu ruhdagi hikoya, qissa, romanlar paydo boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin adabiyotda oilaviy turmush mavzui ustunlik qila boshladi. Siburapning "Kelajakka tik boqib" (1955), Sena Sauvapongning "Iblis" (1957) romanlari, Suvat Varadilok va Lao Kxamxomning hikoyalarida oʻtkir ijtimoiy muammolar koʻtarildi. Akat Damkeng, Luang Vichit Vatakan, Malay Chupinit, Makat Tyanrayong, adiba Dokmaysot va boshqa insonning ahvolruhiyatidagi ziddiyatlarni ifodalovchi asarlar yozishdi. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati T. hududida milodning dastlabki asrlaridan monlarga, biroz keyingi davrdan kxmerlarga mansub ibodatxonalar (Lampxun va Chiangmayda) saqlangan. 13-asrdan buddaviylik ruhidagi milliy sanʼat shakllandi. Shu davrda diniy majmualarning taylarga xos tipi — "vata" vujudga keldi. Savankxalokdagi Chang Lom (13-asr), Sukotaidagi Maxatat (Sukxotxay, 1345) "vata" ibodatxonalari shu jumlaga kiradi. Siyom davlati ravnaq topgan davr (14—19-asrlar)da toʻgʻri burchakli rejalar asosida shaharlar barpo etildi, atrofi gʻisht devor bilan oʻraldi, Bangkok, Ayutiya va boshqa shaharlarda murakkab shaklli "vata" va saroylar qurilib, rangbarang koshin va rasmlar bilan oʻymakorlik usulida ziynatlandi. Shuningdek, Bangkokda qirol Chakri sulolasi katta saroyi (18-asr), Rajabopit ibodatxonasi (18-asr oʻrtalari), Bengamabopit marmar ibodatxonasi (1900) yaratildi. 19-asr oxiridan zamonaviy yevropacha va amerikacha uslubdagi bank, mehmonxona, maʼmuriy binolar kurila boshladi. 1950—70 yillarda mehmonxona, bank, zamonaviy maʼmuriy binolar qurish yanada avj oldi. Neolit va jez davrlaridan Kvay daryosi vodiysida dahmalarga qoplangan sopollar, qoyalarga ishlangan rasmlar, milodning dastlabki asrlaridagi Buddaning mahobatli haykallari saqlangan. Milliy sanʼat 13-asrdan shakllana boshladi. 14—19-asrlarda haykaltaroshlik ravnaq topdi. 19-asr oxiridan Yevropa va Amerika sanʼatining taʼsiri sezildi. 20-asrning 2yarmida ilgʻor sanʼatkorlar (rassomlardan Fua Xarabitak, Tavi Nandakvan, haykaltarosh Xʼyen Yimsari, grafik Manita Pu Ari) zamonaviy anʼanalarga ergashgan holda milliy sanʼat anʼanalarini ham saqlab qolishga intildilar. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari: lokli rangtasvir, charmdoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, badiiy toʻquvchilik rivojlangan. Musiqasi T.da diniy marosim va bayramlar, toʻy, farzand tugʻilishi va boshqa qadimdan qoʻshiq va musiqa bilan nishonlanadi. Fong si deb atalgan tarixiy balladalar keng yoyilgan. Toʻy qoʻshiqlari xat lion janri tarkibiga kiradi. Musiqiy cholgʻu asboblari xilmaxil: 2 torli skripka (sau duong va sau o), 3 torli skripka (sau sam say), 3 torli ud (syoung), sitra (kxim), fleyta (kxliy), damli nay (pinay), barabanlar (txon, ramana, kxlong), gonglar, ksilofon (rapadek) va boshqa 19-asr oxirida yevropacha musiqa va cholgʻu asboblari kirib kela boshladi. 20-asrning 50 yillaridan milliy musiqiy madaniyatni yuksaltirish harakati boshlandi. Zamonaviy kompozitorlardan Montri Tramote, Naris, xonandalardan U. Sukantxamalai, T. Aylin, cholgʻuchilardan T. Konglaitong, N. Tayminlar mashhur. Teatri va kinosi. T.ning mumtoz teatri hindlarning "Ramayana" eposidan boshlangan. 15-asrda taylar bu asarning "Ramakiyan" deb atalgan varianti asosida kon, nang, lakon tomoshalarini yaratdilar. Kon — niqobli pantomima teatri boʻlib, barcha rollarni erkaklar ijro etadi. Niqoblarda qahramonlarning qiyofasi tasvirlangan boʻladi (och koʻk rang — Rama, oq rang — Xonuman va t.k.). Aktyorlar gapirmaydi, matn sahna orqasidan oʻqib turiladi. Tomoshalar orkestr va qoʻshiqchilar joʻrligida olib boriladi. Nang — fonus teatri. Ishtirokchilarning gavdalari buyvol terisidan qora va rangdor qilib yasaladi. Tomosha paytida aktyorlar ishtirokchilarning harakatini qiroat bilan tushuntirib boradilar. Aksariyat hollarda turmushdan olingan sahnalar koʻrsatiladi. Lakon — taylarning mumtoz dramasi boʻlib, undagi matnni aktyorlarning oʻzi gapiradi. Kichik xor esa voqealarni izohlaydi, qahramonlarga taʼrif beradi. Bu teatrda raqs asosiy oʻrinda boʻladi. Lakonning like va nora turlari xoz. zamon tomoshalarida yashab kelmoqda. T.da doimiy teatr yoʻq. Nafis sanʼat departamenta huzurida havaskorlar truppasi tashkil etilgan. T.da har yili 50—70 badiiy film yaratiladi. "Sher naʼrasi" (rejissor S. Jaruchino) va "Qurollangan kishi" (rejissor Yu. Chatri) filmlari shu jumlaga kiradi. Manbalar Tailand BMT aʼzolari
14,596
3382
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vyetnam
Vyetnam
Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam), BCP — Janubi-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolidagi davlat. Maydon 330 ming 991 km2. Aholisi 90 549 390 kishi (2011). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sahari. Davlat tuzumi Vyetnam Sotsialistik Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yil 19-dekabrda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartish va tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi Millat majlisi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident (1997-yildan Chan Dik Liong). Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millat majlisi. Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradiref>Вьетнам. Справочник. М.: Наука, 1993</ref>. Tabiati Mamlakat hududining 80 % dan ortigʻi togʻlar va yassi togʻlardan iborat. Shimolda chuqur daryo vodiylariga boʻlingan Yunnan togʻligi, markaziy va janubiy qismlarida Annam togʻlari tizimining ayrim massivlari (Kontum, Darlak, Mnong va boshqa) joylashgan. Vyetnamning eng baland nuqtasi ham shu yerda — 3280 m. Dengiz sohili pasttekisliklardan iborat, ularning eng kattalari shimolda Xongxa va janubda Mekong daryolari etaklarida. Iqlimi Qishda quruq, yozda seryomgʻir musson subekvatorial. Oʻrtacha harorati shimolda iyulda 27°, 29°, yanvarda 14°, 17° dan janubda 24°,26° gacha. Yillik yogʻin miqdori 1500–3000 mm. Iyun va avgust oylarida tayfunlar boʻlib turadi. Daryo va oʻrmonlari Daryolari sersuv. Ularning eng kattalari — Mekong va Xongxa. Qir va togʻlarda qizgʻish-sariq laterit, daryolarning etaklarida — allyuvial tuproqlar. Vyetnam hududining 40 % oʻrmon bilan qoplangan; togʻlarning quyi yon bagʻirlaridagi doimiy yashil tropik oʻrmonlar balandlikdagi subtropik oʻrmonlarga ulanib ketadi. Yassitogʻliklar va platolarda siyrak savanna oʻrmonlari va butalar oʻsadi. Vodiylarda bambuklar, dengiz sohillarining ayrim joylarida mangra oʻrmonlari uchraydi. Batma-Xayvan milliy bogʻi va koʻpgina qoʻriqxonalari bor. Oʻrmonlarda gibbon, makaka, ayiq va yoʻlbars, katta boʻgʻma ilon, yirik echkemarlar, oq va yashil toʻti, savannalarda hind fili, karkidon, jayran, yovvoyi buqa, jayra, tovus, burgut, delta va botqoqliklarda qizil gʻoz, laylak, qarqara, oʻrdak, yovvoyi gʻoz, daryolarida baliqlar yashaydi. Aholisi Aholisining 86 % vyetnamlar. Tailar, kxmerlar, meo yoki myaolar, man yoki yaolar, xmonglar, xitoylar va boshqa ham yashaydi. Rasmiy tili — Vyetnam tili. Aholining 34 shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning — 55 % buddaviylar, 7 % katoliklar. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Xanoy, Xoshimin, Danang, Xayfon, Namdin. Tarixi Mil. av 1-ming yillikning oʻrtalarida hozorgi Shimoliy Vyetnam hududida vetnamlarning ajdodlari yashagan. Mil. av. III asrda Qizil daryo deltasida ularning ilk quldorlik davlati — Aulak tashkil topgan. Shu davr qadimgi Vetnam xalqi — lakvetlar madaniyatining paydo boʻlishi davri hisoblanadi. Mil. av. 207 yilda Aulak vetlar davlati — Namvet bilan qoʻshilib ketdi. Mil. av. II-I asrlarda Namvetga Xitoyning Xan sulolasi hukmron edi. Bu davlat VII asrgacha Zyaoti, keyin Annam deb nomlanib keldi. Lakvetlar xitoy feodallarining xitoylashtirish siyosati va zulmiga qarshi uzoq vaqt kurashdi va, nihoyat, 939-yilda mustaqillikka erishdi. 968-yilda mamlakat Daykovet (Buyuk Qad. Vet) nomini oldi. Keyinchalik bu davlat Jan-Sharqiy Osiyodagi yirik feodal davlatga aylandi. Li sulolasi davri (1069—1225)da mamlakat Dayvet deb atala boshladi. Poytaxt Tang-Long (hoz. Xanoy)ga koʻchirildi. XVI asrdan boshlab Hindixitoyga Yevropa savdogarlari kela boshladi. Sekin-asta Portugaliya (1535-y), Gollandiya (1631-y), Fransiya (1672-y) savdo-tijorat idoralari paydo boʻldi. Ular savdogarlar bilann missionerlarga tayanib, yarim orolni mustamlaka qilishga kirishdi. XVIII asrda oʻrtalarida butun mamlakatda iqtisodiy tanglik vujudga keldi. Markaziy viloyatlarda dehqonlarning gʻalayonlari kuchayib ketdi. 1771-yilda dehqonlarning eng yirik qoʻzgʻoloni boshlandi. Bu qoʻzgʻolon tarixda Teyshenlar qoʻzgʻoloni nomi bilan mashhur. Mamlakat janubiy qismining hukmdori Nguyen An Teyshenlar qoʻzgʻolonini bostirib, Shimoliy Vyetnamni ham egalladi. 1804-yilda mamlakat Vyetnam nomini oldi. Nguyen An oʻzini Zya Long nomi bilan xoang (imperator) deb eʼlon qildi (1806). Poytaxt Xyue shahriga koʻchirildi. Konchilik rivojlandi, tovar-pul aloqalari kengaydi. Ammo Vyetnam xalqining mustaqil rivojlanishiga mustamlakachi davlatlar tajovuzi toʻsqinlik qildi. Fransiya „missionerlarni himoya qilish“ bahonasi bilan Vyetnamga qarshi urush ochib (1858), 1884-yilda oʻz mustamlakasiga aylantirdi. 1887-yilda Fransiyaning Koxinxin (Janubiy Vyetnam) mustamlakasi, Annam (Markaziy Vyetnam) hamda Tonkiy (Shimoliy Vyetnam) protektoratlari Kamboja va Laos bilan birga Hindixitoy Ittifoqiga birlashtirildi. Chet el hukmronligi oʻrnatilishi davrida va oʻrnatilgandan keyin koʻtarilgan xalq qoʻzgʻolonlari bora-bora milliy ozodlik harakatiga aylanib ketdi va 20-asr boshlarida u yangi bosqichga koʻtarildi. Fransiyada muhojirlikda yurgan Nguyen Ai Kuok (Xo Shi Min) Fransiyaning boshqa mustamlakalaridan kelgan muhojirlar bilan birga fransuz mustamlaka xalqlari Ligasini tuzdi. Shu vaqtda mamlakatda ishchilar harakati ham rivojlana bordi. 1930-yilda Yenbay portidagi vetnamlardan iborat oʻqchi polkning fransuzlarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni milliy ozodlik kurashining avj olishiga turtki boʻldi. Vyetnamning mustaqilikka erishishi Ikkinchi jahon urushi davrida yapon militaristlari Vyetnamni bosib olgach (1940) vatanparvar kuchlar yapon va fransuz mustamlakachilariga qarshi kurashdi. 1941-yil may oyida Vyetnam mustaqilligi uchun kurash Ligasi (Vet-Min) tashkil qilindi. 1944-yil dekabrda qurollangan otryadlar, partizan guruhdari va xalq lashkarlari birlashib, Vyetnam ozodlik armiyasi tuzildi. 1945-yilning mayida ozodlik uchun kurashayotgan hamma kuchlar Vyetnamni ozod qilish armiyasi (keyinchalik Vyetnam xalq armiyasi)ga birlashtirildi. Iyunda Shimoliy Vyetnamning olti viloyati yaponlardan ozod qilindi. Markaziy va Janubiy Vyetnamda partizanlar kurashi hamda ozodlik Umum Vetnam Milliy kongressi qurolli qoʻzgʻolonni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi va Xo Shi Min rahbarligida Milliy ozodlik komiteti (Muvaqqat hukumat) tuzildi. Mamlakatning koʻp qismi mustamlakachilardan ozod qilinib, 1945-yil 2-sentabrda mustaqil Vyetnam Demokratik Respublikasi (VDR) tuzildi. Ikkinchi jahon urushida yapon militaristlari tor-mor qilingandan soʻng 1945-yil dekabrdan boshlab Vyetnamga fransuz mustamlakachilari bostirib kirdi. Ular avval Vyetnam janubida harbiy harakatlarni avj oldirdilar, soʻng butun mamlakat boʻylab bosqinchilik urushini olib bordilar. Fransuz qoʻshinlarining qator magʻlubiyatlari (ayniqsa 1954-yil Denbenfu atrofida) hamda jahondagi tinchliksevar kuchlarning talabi natijasida Fransiya hukumati urushni toʻxtatishga va 1954-yil Jeneva bitimini tuzishga majbur boʻldi. Biroq Janubiy Vyetnam maʼmurlari 1955-yil oktabrda Janubiy Vyetnamni mustaqil respublika deb eʼlon qildi va mamlakatda terrorchi rejim oʻrnatildi. Mamlakat AQSh harbiy bazasiga aylandi. Janubiy Vyetnam vatanparvarlarining diktaturaga qarshi kurashi xalq kurashi tusini oldi. 1964—65 yillarda Janubiy Vyetnam vatanparvarlariga qarshi urush olib borayotgan AQSh VDR ga ham hujum qildi. 1964-yil avgust boshlarida bir necha harbiy istehkom va aholi punktlari, 1965-yil 7-fevraldan VDRning janubiy viloyatlari, keyinchalik butun mamlakat bombardimon qilindi. 1969-yilda Janubiy Vyetnam Respublikasi Inqilobiy muvaqqat hukumati tuzildi. 1973-yil yanvarda Parijda urushni toʻxtatish va Vyetnamda tinchlik oʻrnatish toʻgʻrisida bitim imzolandi. 1976-yil iyulda Shimoliy va Janubiy Vyetnamni birlashtirish tugallandi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi tuzildi. Vyetnam 1977-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 17-yanvarda oʻrnatgan. Milliy bayrami 2-sentabr — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1945). Siyosiy partiyalari Siyosiy partiyasi, kasaba uyushmasn va boshqa jamoat tashkilotlari. Vyetnam Kommunistik partiyasi, 1930-yilda tuzilgan; Vyetnam vatan fronti, VSR siyosiy partiya va jamoat tashkilotlarini birlashtiruvchi yagona front, 1977-yilda tuzilgan; Vyetnam mehnat umumiy konfederatsiyasi, 1929-yilda tuzilgan. Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasiga kiradi. Xoʻjaligi Vyetnam sanoati rivojlangan agrar mamlakat hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo'jaligi va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 36,6 %, sanoatning ulushi — 20,9 %ni tashkil etadi. Sanoati Sanoati tarkibida yengil va oziqovqat tarmoqlari ustun. Juda koʻp kichik sholi oqlash, qand-shakar, pivo va konserva zavodlari, choy va tamaki fabrikalari bor. Xanoy, Namdin, Xayfon, Xoshimin va boshqa shaharlarda toʻqimachilik kombinatlari, trikotaj fabrikalari ishlab turibdi. Elektr energiya asosan issikdik elektr styalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 10,8 mlrd. kVt-soat). Konchilik sanoatida toshkoʻmir, qalay (Kaolang viloyatida), xromit (Kodin), apatit, volfram qazib olinadi. Kaobangda kapay, Langshonda alyuminiy, Txaynguyen, Benxoada poʻlat eritish korxonalari bor. Mashinasozlik mahsulotlari orasida stanoklar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, konchilik mashina-uskunalari, nasoslar, radiopriyomniklar, televizorlar, transport vositalari ishlab chiqarish asosiy oʻrinni oladi. Mashinasozlik korxonalari asosan Xanoy, Xoshimin, Benxoa, Kamfa, Xayziong va Xadong sh.da joylashgan. Qora va rangli metallurgiya, metallni qayta ishlash sanoati mavjud.. Xayfon va Xoshiminda kemasozlik korxonalari, Xanoy, Vetchi, Lamtxao shaharlarida va mamlakat janubida kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Binokorlik materiallari sanoati korxonalari, yogochsozlik va sellyuloza-qogʻoz, kauchukni qayta ishlash korxonalari bor. Qishloq xo'jaligi Qishloq xoʻjaligi sohasida mehnatga layoqatli aholining qariyb 75 % mashgʻul. 5 mln.ga yerda qishloq xoʻjaligi ishlari olib boriladi. Ayrim hududlarda 2—3 marta hosil olinadi. Vyetnamda asosiy qishloq xo'jalik ekini sholi. Batat, maniok, makkajoʻxori, sabzavot, texnika ekinlaridan shakarqamish, choy, tamaki, shuningdek ananas, banan, kofe, kauchuk, efir moyli ekinlar ham yetishtiriladi. Chorvachilikning asosiy tarmogʻi — choʻchqachilik. Bundan tashqari qoramol, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Transporti Temir yo'lning uzunligi — 2,6 ming km, avtomobil yoʻllarining uzunligi — 300 ming km, ichki suv yoʻllarining uzunligi — 40 ming km ga yaqin. Asosiy dengiz portlari: Xoshimin, Xayfon, Danang, Xonggay, Kamfa. Xoshimin va Xanoyda xalqaro aeroportlar bor. Vyetnam chetga neft, koʻmir, sholi, kauchuk, qalay, kofe, baliq hamda dengiz va qishloq xo'jaligi mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft mahsulotlari, oʻgʻit, poʻlat, prokat, sement, paxta, mashina asbob-uskunalari oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, Fransiya, Avstraliya, Germaniya. Pul birligi — dong. Tibbiy xizmati Mamlakatda bepul tibbiy xizmat joriy etilgan. Sharq tibbiyoti xodimlari uyushmasi huzurida keng tarmoqli davolash-farmatsevtika kooperativlari mavjud. Ularning koʻplari huzurida shifoxonalar, bundan tashqari 400 ga yaqin uyezd poliklinikalari va koʻpgina dispanserlar bor. Xalq maorifi Ilmiy va madaniy maʼrifiy muassasalari. Vyetnamning taʼlim tizimi bir necha bosqichdan iborat: birinchi bosqich — maktabgacha taʼlim (bolalar bogʻchalari); ikkinchi bosqich — maktab taʼlimi. 5 yillik boshlangʻich taʼlim 6 yoshdan oʻtgan bolalar uchun majburiy. Mamlakatda 13092 boshlangʻich maktab boʻlib, ularda 9 mln. 725 mingdan ortiq oʻquvchi taʼlim oladi. Oʻrta maktablarda oʻqish 7 yil boʻlib, ularda 3 mln. 815 ming oʻquvchi taʼlim oladi; uchinchi bosqich xunar taʼlimi (hunar-texnika bilim yurtlari); toʻrtinchi bosqich — oliy taʼlim. Mamlakatda 104 oliy oʻquv yurti, jumladan 6 unstitut bor. Ularda 120 mingga yaqin talaba oʻqiydi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Xanoy universiteti (1918-yil tashkil etilgan), Xoshimin universiteti (1917-yil tashkil etilgan), politexnika, adabiyot, tibbiyot-farmatsevtika institutlari. Vyetnam hoz ziyolilarining ancha qismi oliy taʼlimni Oʻzbekistonda olishgan. Toshkentdagi deyarli barcha oliy oʻquv yurtlarida Vyetnam talabalari va aspirantlari taʼlim olgan. Vyetnamda 60 dan ortiq ilmiy tadqiqot muassasasi bor. 1977-yil tashkil etilgan „Ngiado“ institut. markazida matematika, fizika, kimyo, biol. va Yer haqidagi fan sohasida tadqiqotlar oʻtkaziladi. 1977-yilda Fanlar akademiyasi tashkil etilgan. Vyetnamdagi yirik kutubxonalar: Xanoy, Xoshimindagi markaziy va ilmiy kutubxonalar, universitetlarning kutubxonalari. Xanoyda tarix, Vyetnam xalq armiyasi, Inqilob, Xoshiminda milliy muzey, „Amerikalik agressorlarning jinoyatlari“ muzeyi bor. Matbuoti Radioeshittirish va telekoʻrsatuvi. Vyetnamda 30 markaziy va 19 mahalliy nashriyot bor. Mamlakatda 100 dan ortiq gazeta va jurnallar nashr etiladi. Eng yirik gazlar: „Nyan zan“ („Xalq“, kundalik gazeta, 1951-yildan), „Saygon zyay fong“ („Ozodlik“, kundalik gazeta, 1975-yildan), „Xanoy moy“ („Yangi Xanoy“, kundalik gazeta, 1957-yildan), „Fu ni Vetnam“ („Vetnam ayollari“, haftalik gazeta, 1953-yildan), „Lao dong“ („Mehnat“, haftalik gazeta, 1943-yildan); yirik jurnallar: „Vyetnam“ (Vetnam, rus, ingliz, fransuz, ispan tillarida chiqadigan oylik jurnal, 1954-yildan), „Vetnamiz tredyunionz“ („Vetnam kasaba uyushmalari“, ingliz, fransuz va ispan tilida chiqadigan jurnal). 1945-yildan Vyetnam axborot agentligi faoliyat koʻrsatadi. Vyetnam radioeshittirish va telekoʻrsatuvini madaniyat va axborot vazirligi nazorat qiladi. Telekoʻrsatuvga 1966-yil Janubiy Vyetnamda, 1970-yil Shimoliy Vyetnamda asos solingan. Adabiyoti Vyetnamda qadimdan xalq ogʻzaki ijodiyoti rivojlangan. Ilk yozma yodgorliklar 10— 14-asrlarda paydo boʻldi. Oʻrta asrlar adabiyoti buddizm, keyinroq Konfutsiy aqidalari taʼsirida shakllandi. Nguyen Chayning „Ona tilidagi sheʼrlar toʻplami“ (15-asr) bizgacha yetib kelgan Vetnam soʻzlashuv tilidagi eng kad. adabiy yodgorlikdir. 18-asr va 19-asr boshlaridagi adabiyotda Uygʻonish davri anʼanalariga yaqin tamoyillar, inson shaxsiga kuchli eʼtibor ruhi aks etdi. Nguyen Zuning „Tilka-pora qalb nolasi“ dostoni, shoira Xo Suan Xiong qalamiga mansub dilrabo sheʼrlar Vyetnam mumtoz adabiyotining eng yaxshi asarlaridir. 19-asr 2-yarmi sheʼriyatida vatanparvarlik ohanglari ustunlik qildi (Nguyen Din Teu, Nguyen Txong), hajvchilik yoʻllari kuchaydi (Nguyen Kxyuyen, Tu Siong). XX asr boshlari sheʼriyati va publitsistikasi maʼrifatparvarlik va vatanparvarlik gʻoyalarini ifoda etdi. Zamonaviy nasriy janrlar: hikoya, drama, roman paydo boʻldi. 30-yillarda vujudga kelgan „Yangi sheʼriyat“ harakati sheʼr tuzilish tizimini qayta qurishga koʻmaklashdi. Inqilobiy adabiyot yuzaga kela boshladi — To Xiu sheʼrlari, Xo Shi Minning „Bambuk ajdaho“ komediyasi, „Zindon kundaligi“ nazm toʻplami, hikoya va publitsistikasi shu jumlaga kiradi. 20 asr 2-yarmida Vo Xyui Tam, Nguyen Din Txi, Dao By, Nguyen Xong, Nguyen Kxay, Nguyen Min Teuning romanlarida va boshqa yozuvchilarning qissa hamda hikoyalarida vatan himoyachisining qahramonliklari tasvirlandi. Vyetnamning hoz. taniqli shoir va yozuvchilari: To Xiu, Ngo Tat To, Ngo Tuan, To Xoay, Nguyen Din Txi, Nguyen Kong Xoan, Nguyen Van Bong. Meʼmorligi Mishon va Dongziong shaharlarida buddizm va brahmanizmning 7—13-asrlarga mansub minorasimon tosh ibodatxonalari (Mishondagi Bo-KxatRe-Soa ibodatxonasi, 7—10-asrlar; hoz. Kuinyon yaqinidagi „Oltin minora“, „Kumush minora“, „Mis minora“ ibodatxonalari, 11—12-asrlar), Binsonva Guedagi koʻp pogʻonali minoralar, Xanoydagi Konfutsiyga bagʻishlangan „Adabiyot maskani“ deb ataluvchi ibodatxona majmualari (11-asr) saqlanib qolgan. Keyingi davrlarning meʼmoriy obidalari orasida Xanoy yaqinidagi But-Tan (14-asrgacha), Txaybin viloyatidagi Keo (17-asr) ibodatxona majmualari, Xanoy yaqinidagi Dinbang qishlogʻida qurilgan koʻp ustunli inshootlarni (18-asr) koʻrsatish mumkin. 18-asr oxiri — 19-asr boshlariga mansub saroylar oʻymakorlik va lok bilnn bezatilgan (Xyue sh.dagi „Mukammal uygʻunlik saroyi“). Fransuz mustamlakachilari hukmronligi davrida (19-asr oʻrtalaridan) shaharlarda modern va funksionalizm uslublaridagi binolar qurildi. 20-asrning 60—90-yillarida sanoat (Xanoy, Kaobang va boshqa shaharlardagi zavodlar) va jamoat inshootlari (Politexnika instituti, Xo Shi Min mavzoleyi), turar joy dahalari tiklandi vayangilari qurildi. Nguyen Van Nin, Nguyen Kao Luyen, Xoang Ti Tep, Chan Xi Tem va boshqa Vyetnamning yetakchi meʼmorlari hisoblanadi. Tasviriy sanʼati Vyetnam xalqlarining betakror va oʻziga xos badiiy ijodiyoti mil. av. I asrlardan boshlangan. IX-XII asrlardagi monumental haykaltaroshlik gʻoyat nafisligi bilan ajralib turadi (chakelik raqqosa va sozandaning boʻrtma tasviri). 11—15-asrlar haykaltaroshligida hayvonlarning goʻzal va mutanosib qiyofasini yaratish koʻzga tashlanadi. XV-XVIII asrlarda portret rang-tasviri rivojlandi. Vyetnamda qadimdan amaliy bezak sanʼati — metallga gul solish, kulolchilik, kashtadoʻzlik, fil suyagi oʻymakorligi, lok bilan bezash va hokazolarning har xil turlari keng yoyilgan. Hozorgi tasviriy sanʼatda rassomlik va grafika (Liong Suan Ni, Fan Ke An, Nguyen Van Ti, Nguyen Dik-Nung, To Ngok Van va boshqa), haykaltaroshlik (Chan Van Lam) rivoj topgan. Musiqasi Vyetnam professional musiqasida xitoy, shuningdek asosan tyam va budda diniy musiqa madaniyatining taʼsiri seziladi. Milliy operada ashula bilan birga rechitativ, nutq, raqs, imo-ishora ham uchraydi. Cholgʻu asboblari: puflab chalinadigan — bambuk kxen, naysimon shao bau, tiyeu, pidoy va boshqa, goboy toifasidagi piramlang; torli (1 tordan 42 torgacha) — qadimgi bir torli bau, chang toifasidagi txapluk; zarbli — turli barabanlar, gonglar, buben va boshqa, 1945-yildan keyin mamlakat shimolida milliy musiqa madaniyati yuksaldi, ommaviy vatanparvarlik qoʻshiqlari keng yoyildi, katta shakldagi musiqa turlari (oratoriya, kantata, simfoniya) rivojlandi. Opera ommalashdi (kompozitorlar Do Nyuan, Nyat Lay, Nguyen Suan Xoat, Nguyen Neo Tui). 1960-yildan balet yuzaga keldi (kompozitorlar Chan Kuy, Xoan Van, Nguyen Din Tan va boshqa). Xanoyda konservatoriya, musiqa maktablari, opera teatri, simfoniya va xalq cholgʻu asboblari orkestrlari, davlat xori, qoʻshiq va raqs ansambli bor. Teatri Xalq marosimlari Vyetnam teatrining manbaidir. Teo xalq teatri, tuong va kayliong teatrlari ana shu marosimlar zamiridan yetishib chiqqan. Muloyim raqslar, musiqa va qoʻshiqlar ularning ifoda vositasi boʻldi. XX asr boshlarida Xanoyda kitnoy deb atalgan zamonaviy soʻzlashuv uslubidagi drama teatri vujudga keldi. Teatr sahnasida milliy dramaturglarning asarlari („Vijdon azobi“, „Fuong ismli qizning qabri“) va jahon mumtoz dramaturgiyasi namunalari (Shekspir, Moler pesalari) qoʻyildi. 1946—54 yillardagi urush davrida kitnoy aktyorlari harbiy qismlarda „Vatanga sadoqat qasami“, „Vatan uchun jon bermoq“ kabi vatanparvarlik ruhidagi tomoshalarni koʻrsatishdi. 20-asrning oxirgi oʻn yilliklarida teo, tuong, kayliong va ayniqsa kitnoy teatrlarining faoliyati kuchaydi. 1961-yilda oliy drama maktabi ochilgan. Vyetnamda professional va havaskorlik truppalari, anʼanaviy xalq koʻgarchoq teatri mavjud. Birinchi professional qoʻgʻirchoq teatri 1957-yil Xananda tashkil etilgan. Kinosi Vyetnam hujjatli kinosining asoschilari orasida operatorlar Xuang Me, May Lok, Kuang Tuy, Fen Ngiyemlar bor. 1953-yilda kino ishlab chiqarishga rahbarlik qiluvchi milliy birlashma tashkil etildi. 1956-yilda Xanoyda kinostudiya, 1959-yilda Milliy kino maktabi barpo etildi. Film l ar orasida „Ti Xao ismli qiz“ (rejissor Fam Ki Nam), „17-parallel“, „Xanoylik qizcha“ (ikkovining rejissor Xay Nin), „Avgust yulduzi“ (rejissor Chan Dak)ni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston — Vyetnam munosabatlari Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Manbalar Janubiy-Sharqiy Osiyo BMT aʼzolari Vyetnam
19,891
3391
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bahrayn
Bahrayn
Bahrayn (البحرين‎‎) Davlati (مملكة البحرين, Davlat al-Bahrayn) – Janubi-gʻarbiy Osiyoda, Fors qoʻltigʻining Bahrayn orollaridagi davlat (amirlik). Bahrayn tarkibiga 33 orol kiradi, ularning eng kattalari: Bahrayn. Muharrak, Umm-Naasan, Havar. Rasmiy tili – arab tili. Maydoni 695,2 km2, aholisi 1 493 231 kishi (2017). Asosiy aholisi arablar. Shuningdek forslar, pokistonliklar, hindlar ham yashaydi. Aholining 83% shaharlarda istiqomat qiladi. Islom diniga e’tiqod etadi. Poytaxti – Manama shahri. Davlat tuzumi Bahrayn – konstitutsiyaviy monarxiya. Davlat boshligʻi – amir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va bir palatali Milliy Kengash (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. 1973-yil mamlakat konstitutsiyasi qabul qilingan. 1973 – 1975-yillarda konstitutsiyaga muvofiq Milliy Assambleya (parlament) chaqirildi, biroq u 1975-yilda amirning farmoni bilan tarqatib yuborildi. 1992-yilda 40 kishidan iborat Maslahat Kengashi tuzilganligi e’lon qilindi. Uning vazifasi – qonun loyihalari va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining turli sohalari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kengash tarkibini amir belgilaydi. Hududiy boʻlinishi Tabiati Orollar hududi pasttekislikdan iborat, uning balandligi 135 m ga yetadi. Neft, tabiiy gaz konlari bor. Iqlimi tropik iqlimga yaqin. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 16 °C, iyul oyining oʻrtacha harorati 37 °C. Yiliga 90 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Tropik saxgyular koʻp joyni egʻallagan. Tarixi Tabiati nomi miloddan avvalgi 3-mingyilliklardagi manbalarda tilga olinadi. U oʻzining marvarid-durlari bilan mashhur boʻlgan. 1521-yil Portugaliya mustamlakachilari tomonidan bosib olingunga qadar Tabiati 8 asr mobaynida mustaqil arab musulmon davlati boʻlgan. Portugallar bu yerda uzoq tura olmadilar. 1602 – 1783-yillarda Bahrayn Eron hukmronligida boʻldi. 1820-yil va 1861-yildagi Britaniya – Bahrayn bitimlaridan soʻng, u Britaniya imperiyasi izmiga oʻtdi, ya’ni uning mustamlakasiga aylandi. 1971-yilda mustaqillikka erishdi. 1971-yildan BMT a’zosi. Oʻzbekiston bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil mayda oʻrnatgan. Milliy bayrami 16-dekabr Milliy kun (1971-yil). Siyosiy tashkilotlari Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarning faoliyati taqiqlangan. Yashirin tarzda Bahrayn milliy ozodlik fronti (1959-yilda tuzilgan) va Bahrayn xalq fronti (1975) harakat qilmoqda. Xoʻjaligi Iqtisodiyotning asosini neft va gaz zaxiralari tashkil qiladi. Mamlakatda har yili 2–2,5 man. tonna neft va 6 mlrd. kub m gacha tabiiy gaz qazib olinadi. Davlat byudjetm daromadining 70 % ga yaqini neft tufayli taʼminlanadi. Mamlakatda yiliga 14 mln. tonna neft mahsulotlarini qayta ishlaydigan zavod va yirik neft kimyosi (asosan, Saudiya Arabistoni nefti hisobiga ishlaydi), yiliga 200 ming t alyuminiy ishlab chiqaradigan zavod, dunyodagi eng katta kema taʼmirlash korxonalaridan biri, 11 elektr stansiya ishlab turibdi. 100 ga yaqin mayda va oʻrta yengil sanoat va hunarmandchilik korxonalari bor. Konditsionerlar yigiladigan, plastmassa buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladigan, dengiz suvi chuchuklashtiriladigan korxonalar mavjud. Asosiy sanoat markazlari: Manama, Al-Maharraq, Al-Hidd. Qihsloq xoʻjaligi suyet rivojlangan. Yalpi milliy mahsulotning 1 % uning hissasiga toʻgʻri keladi. Xurmo. pista, moyli ekinlar, anjir, sitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talab, asosan, chetdan keltiriladigan mahsulotlar hisobiga qondiriladi. Dengiz hayvonlarini ovlash va marvarid qidirish rivojlangan. Keyingi yillarda byudjet tushumlarini koʻpaytirish maqsadida sayyohlikni ri-vojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Chetga neft mahsulotlari, alyuminiy, neft kimyosi mahsulotlari chiqariladi; chetdan sanoat va qishloq xo'jaligi asbob-uskunalari, transport vositalari, sanoat mollari, oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi. Avtomobil yoʻllari aholi yashaydigan manzillarni bir-biri bilan bogʻlaydi. Ularning uz. 2,6 ming km. Muharrak o.da xalqaro aeroport mavjud. Asosiy dengiz portlari – Manama, Sitra. Tashqi savdoda asosiy mi-jozlari – Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Avstraliya. Pul birligi – Bahrayn dinori. Madaniyati Bahraynda 6 yillik boshlangʻich, 2 yillik oraliq va 3 yillik oʻrta umumiy taʼlim va hunar maktablari bor. Diniy maktablar ham ishlab turibdi. Arab tilida „Al-ayyom“ („Kunlar“), „Axbor al-Xolij“ („Koʻrfaz yangiliklari“), „Al-Jamohir“ („Jamoa“), „Al-Fajr“ („Tong“) gazetalari, „Al-Bah-rayn“ („Bahrayn“), „Sado al-Us bua“ („Hafta aks sadosi“) jurnallari nashr etiladi. 1976-yilda Fors qoʻltigʻi mam-lakatlari mintaqaviy axborot agentligi tashkil etilgan. 1955-yildan radiostansiya arab tilida eshittirishlar olib boradi; 1973-yildan telekoʻrsatuvlar yoʻlga qoʻyilgan. B.da „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviatsiya kompaniyasining vakolatxonasi mavjud. Oʻzbekiston Xotin-qizlar koʻmitasi bilan tadbirkor xotin-qizlar uyushmasining delegatsiyasi 1992-yil may oy ila Manamadagi har yilgi xayriya yarmarkasida qatnashdi. U erda oʻzbek ustalarining sanʼat va rangtasvir asarlari namoyish qilindi. Tashrif chogʻida Oʻzbekiston xotinkizlar qoʻmitasi bilan Bahrayn Ona va bola uyushmasi oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish haqida qoʻshma bayonnoma imzolandi. 1997-yil 17 – 22-fevral kunlari Bahrayn neft va sanoat vazirlign delegatsiyasi Toshkentda mehmon boʻlib, Oʻzbekistonning iqtisodiy va eksport-import imkoni-yatlari bilan tanishdi. Manbalar Havolalar Бахрейн на сайте «Всемирная география» Карта Бахрейна Yaqin Sharq BMT aʼzolari Arab davlatlari Islom monarxiyalari
5,575
3392
https://uz.wikipedia.org/wiki/Eron
Eron
Eron Islom Respublikasi (), qisqacha Eron () — Gʻarbiy Osiyodagi mamlakat. Poytaxti — Tehron shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 86 835 152 kishi (2023). Pul birligi — Eron riali. Maʼmuriy jihatdan 31 ta ustonga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Mashhad, Karaj, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz. Gʻarbdan Iroq (Kurdiston viloyati), shimoli-sharqdan Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya bilan, shimoldan Turkmaniston, sharqdan Afgʻoniston va Pokiston bilan chegaradosh. Eron hududi shimol tomondan Kaspiy dengizi, janubdan Hind okeanining Fors va Ummon koʻrfazlari bilan yuviladi. Eron qadimiy qoʻlyozmalarga koʻra qariyb besh ming yillik boy tarixga ega. Ushbu mamlakat hududidagi ilk davlat — Elam, eramizdan avvalgi 3-mingyillikda Eronning hozirgi Xuziston ustoni hududida vujudga kelgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1979-yil 2—5-dekabrdagi referendumda tasdiqlangan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiya boʻyicha davlatning oliy rasmiy shaxsi — Eron Islom Respublikasi Rahbari (1989-yildan Said Ali Xomanaiy). Undan keyingi oliy rasmiy shaxs — prezident (2021-yildan Ibrohim Raisiy). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Islomiy Kengash majlisi (parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Eron bolalarni qatl qilish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi. Davlat tuzumi Eron Islom Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi 1979-yilning 2-5-dekabr kunlari oʻtkazilgan umumxalq referendum natijalaridan soʻng qabul qilingan. Keyinroq baʼzi oʻzgartirishlar kiritilgan. Rasman Eron — islom respublikasidir. Ushbu mamlakat hozirda dunyoda juda oz boʻlgan teokratik davlatlardan biri. Mamlakat konstitutsiyasiga koʻra, davlatning oliy rasmiy shaxsi — Eron Islom Respublikasi Oliy Rahbaridir. Oliy Rahbar mamlakatning umumiy siyosatini va boshqa jabhalarini nazorat qiladi. Shuningdek, aynan Oliy Rahbar mamlakat qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni, harbiy razvedka rahbari. Oliy Rahbar mulozimlarni davlatning baʼzi yuqori lavozimlariga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi. Bular: Oliy sudlar raislarini, politsiya rahbarini, barcha turdagi qurolli kuchlar qoʻmondonlarini, shunigdek 12 nafar Konstitutsiya qoʻriqchilari kengashidan 6 nafarini. Oliy Rahbar Ekspertlar kengashi tomonidan saylanadi va ushbu kengashga hisobot beradi. 1979-yilning 3-dekabridan 1989-yilning 3-iyunigacha Eron Oliy Rahbari Ruhulloh Xumayniy edi. Uning vafotidan soʻng ushbu lavozimga oʻsha yilning 4-iyun kunidan Ali Xomanaiy tayinladni va U hozirda Eronning amaldagi Oliy Rahbaridir. Mamlakatda ikkinchi rasmiy oliy shaxs — Eron Islom Respublikasi Prezidentidir. Prezident mamlakat konstitutsiyasi garanti, hukumat boshidir. Prezident qarorlari Oliy Rahbar tasdigʻidan oʻtganidan soʻng qabul qilinadi. Eron prezidenti Vazirlar kengashi aʼzolarini tayinlaydi, mamlakat hukumatini nazorat qiladi. Mamlakat prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga toʻlgan fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri umumxalq saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yoʻli bilan oʻtkaziladi va 4 yil muddatga saylanadi. Bir prezident vakolati ikki muddatdan, yaʼni 8 yildan koʻproq boʻlishi mamlakat konstitutsiyasi tomonidan cheklangan. Tabiati Eron Old Osiyo togʻligi mintaqasining sharqiy qismida joylashgan va Eron togligining gʻarbiy qismini egallagan. Eron shimolda Kaspiy dengiziga tutash, janubda Fors va Ummon qoʻltiqlari bilan oʻralgan (ushbu qoʻltiqlardagi Keshm, Xoʻrmuz, Xark va boshqalar orollar Eronga tegishli). Sohillari pasttekislik, ayrim joylari mangra chakalakzorlari bilan qoplangan. Yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi togʻli. Mamlakat hududining chekkalarida Shimoliy Eron, Sharqiy Eron va Janubiy Eron togʻlari joylashgan. Eron togʻlari orasida Elburs togʻlari (Damovand choʻqqisi Eronning eng baland nuqtasidir, 5604 m) va Turkmaniston Xuroson togʻlari alohida ajralib turadi. Eronning janubiy gʻarbida Zagros togʻ tizmasi joylashgan. Chekka tizmalar oralarida 1000–2000 m balandlikdagi yassitogʻliklar bor. Eronning gʻarbida, Armaniston togʻligida soʻngan vulkanlar, ichki yassitogʻliklarda choʻl va landshaftli botiqlar mavjud. Eronning janubiy sohilini Garmsar tekisligi egallagan. Eron neft va gaz zaxiralariga boy. Toshkoʻmir, temir va xrom rudalari, noyob elementlar, polimetall va mis rudalari, boksit, oltingugurt, surma, barit, tuz konlari va boshqalar bor. Iqlimi. Eron hududining katta qismida suptropik, kontinental, Fors va Ummon qoʻltiqlari sohillarida tropik iqlim; yozi issiq, qishi shimolda sovuq, janubda iliq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Tehronda 2’, Jasq shahri (Ummon qoʻltigʻi sohilida)da 19°; iyulniki xuddi shu joylarda 29 va 32°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 mm dan kam, faqat Elburs togʻlari yon bagʻirlarida 2000 mm gacha, Seyiston botigʻida 5060 mm. Eronda daryo kam. Yirik daryolari: Qorun, Safedrud, Atrek, Araks, Hilmand, Shatt ul-Arab. Faqat Qorun daryosida kema qatnaydi. Togʻ oraligʻidagi botiqlarda oqmas koʻllar (Urmiya, Daryochai Namak va boshqalar) bor. Togʻ oldi tekisliklaridagi boʻz tuproqlarda choʻl oʻsimliklari, togʻlardagi qoʻngʻir tuproqlarda dasht oʻsimliklari oʻsadi. Pastliklar shoʻrxok. Elburs togʻlarining shimoliy yon bagʻri keng bargli oʻrmon bilan qoplangan. Eronning janubidagi qizil tuproqlarda savanna turidagi oʻsimliklar oʻsadi. Daryo vodiylari oʻtloq, tuprogʻi allyuvial. Eronning hayvonot dunyosi xilma-xil. Togʻlarda quyon, chiyaboʻri, togʻ echkisi, yoʻlbars, qoplon, jayra, vodiylarda tulki, boʻri, sirtlon, bugʻu, boʻrsiq va boshqalar yashaydi. Mamlakat markazidagi tekislikda kaklik, Fors qoʻltigʻi sohillarida saqoqqush va qizil gʻoz, Kaspiy dengizida qimmatbaho baliq turlari — osyotr va beluga koʻp. Milliy bogʻlari: Kevir, Guliston, Urmiya, Markaziy Elburs va boshqalar Aholisi Soni 2015-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Eron aholisi 78 million 408 ming 412 kishini tashkil etadi. 2011-yilda mamlakatda oʻtkazilgan aholi sonini sanash va roʻyxatga olish natijalariga koʻra, Eron aholisi soni 75 million 149 ming 669 kishini tashkil etgan edi. Aholining oʻrtacha zichligi — 42 kishi/km² ga. 1979-yildan beri Eron aholisi ikki baravarga oʻsdi va 2006-yilga kelib 70 495 782 kishini tashkil etdi. Soʻngi yillarda ushbu rekord oʻsish templari susaygan. 2009-yilning may oyi holatiga koʻra, Eron aholisining 60 % dan oshigʻi 30 yoshga toʻlmagan edi. Aholi orasidagi savodxonlik 85 % dan oshiq va ushbu koʻrsatkich yildan-yilga yaxshi tomonga oʻzgarmoqda. Mamlakat aholisining 70 % dan koʻprogʻi shaharlarda istiqomat qiladi. Eronda tugʻilganlarning 4 milliondan oshigʻi Erondan tashqarida yashaydi. Ularning asosiy qismi 1979-yilda mamlakatda yuz bergan Islom inqilobi dastidan qochganlardir. Ushbu qochqinlar hozirda asosan AQSH, Kanada, Avstraliya va Yevropa mamlakatlarida istiqomat qiladi va deyarli barchasi ushbu mamlakatlar fuqaroligini olgan. 1996-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Eronning oʻzida 1 milliondan oshiq qochqinlar mavjud boʻlgan. Ularning asosiy qismi urush va qiyin iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat tufayli Afgʻoniston va Pokistonning Vaziristoniga kiruvchi viloyatlardan kelgan. Milliy tarkibi Eronda 30 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholisining 75 % dan oshigʻini eroniy tillar va eroniy xalqlar guruhiga kiruvchi xalqlar: forslar, kurdlar, lurlar, mozandaronlar, gilaklar, balujlar, tolishlar, baxtiyoriylar, pushtunlar, tojiklar va boshqalar tashkil etadi. Turkiy tillar va turkiy xalqlar guruhiga kiruvchi ozarbayjonlar va turkmanlar, shuningdek boshqa millatlardan, arablar, armanlar, ossuriyaliklar, gruzinlar, loʻlilar va boshqalar ham yashaydi. Ushbu millatlarning 65 % dan oshigʻini forslar, taxminan 15 % ozarbayjonlar, 10 % kurdlar, 6 % lurlar, 2 % arablar, turkmanlar 2 %, boshqalar 3 %. Diniy tarkibi Eron aholisi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir, yaʼni aholining 98 % ni musulmonlar tashkil etadi. Ulardan 89 % islomning shia mazhabiga, 9 % islomning sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Eronda davlat dini — islom dinining shia mazhabidir. Bahrayn, Iroq va Ozarbayjondagi kabi, Eronda mamlakat dindorlarining yarmidan koʻpi shialik mazhabiga eʼtiqod qiluvchilardir. Eronda ushbu mazhab uchun muqaddas sanaladigan ikki shahar joylashgan. Bular: Mashhad va Qum shaharlaridir. Tarixi Eron hududida odamzod ilk paleolit davridan yashaydi. Eronliklar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar Ossuriya yozma yodgorliklarida keltirilgan. Miloddan avvalgi 834-yilda shoh Salmanasar IIIning sharqqa qilgan yurishini tavsiflovchi mixxat yozuvlarida qadimiy fors tilida soʻzlashuvchi xalqlar istiqomat qilgan Parsua mamlakati qayd etilgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik boshida Eronning janubi-gʻarbida dastlab shahardavlatlar, keyinroq Elam davlati paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 2-ming yillik davomida Eron hududiga hind-eron tillarida soʻzlashuvchi hind-yevropa qabilalari kirib kela boshlagan. Eronning hozirgi nomi oʻsha xalqlar — oriylar nomi (qadimiy eroncha aguapa — „oriylar mamlakati“) dan olingan. Bu davrda Eron hududining bir qismi Ossuriya hukmronligi ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi taxminan 673—672-yillarda Ossuriyaga qarshi koʻtarilgan gʻalayon natijasida Eron togʻligining shimoli-gʻarbiy qismida Midiya davlati paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 550-yil Midiya va Forsiya qirolligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan urush (553— 550)dan soʻng hokimiyat Ahamoniylar sulolasi qoʻliga oʻtdi. Yunonlar, keyinchalik Yevropaning boshqa xalqlari Forsiya nomini mamlakatning barcha qismiga taalluqli deb bilib, uni Forsiya (Persiya) deb atay boshlaganlar (Yevropa adabiyotida bu nom 1935-yilgacha saqlanib kelgan). Gʻarb bilan Sharq oʻrtasidagi savdo yoʻllarida oʻz hukmronligini oʻrnatish maqsadida Ahamoniylar Yunoniston bilan urush olib bordilar. Miloddan avvalgi 330 yil Ahamoniylar davlati Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchradi. Uning oʻlimidan soʻng Eron Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Miloddan avvalgi 3-asr hozirgi Eron va Turkmaniston chegaralarida Parfiya qirolligi vujudga kelib, miloddan avvalgi 2-asr oʻrtalarida Eronning barcha hududi uning tarkibida boʻlgan. Miloddan avvalgi 1-asrdan Parfiya Rim bilan uzoq muddatli urushga kirdi. Milodiy 224-yil Parfiya qaramogʻidagi Forsiya hukmdori Ardasher I Parfiyaning soʻnggi qiroli Artaban V ni urushda yenggach, Sosoniylar davlatini tuzdi. Sosoniylar hukmronligi davrida 3-asr oʻrtalarida moniylik, 5-asr oxirlarida mazdakiylik paydo boʻddi. 7-asrda Eronni arablar bosib oldi va u Arab xalifaligi tarkibiga kirdi. Eronda islom dini tarqalib, 10-asrda aholining koʻp qismi unga eʼtiqod qila boshladi. 9—10-asrlarda Eron hududida noibliklar vujudga keldi. 900 yilda Xuroson va butun Sharqiy Eron Somoniylar qoʻl ostiga oʻtdi, soʻng Sharqiy Eron Oʻrta Osiyoning bir qismi va hozirgi Afgʻoniston hududi bilan birgalikda Gʻaznaviylar davlati tarkibiga kirdi. 11-asrda Eronga turkiy qabila (oʻgʻuz)lar kirib keldi. Ulardan biri — saljuqiylar gʻaynaviylar qoʻshinini tormor qilib, Eronni va unga qoʻshni mamlakatlarni bosib oldi va Saljuqiylar davlatini tuzdi. 12-asr boshlarida Saljuqiylar davlati parchalanib, qator sultonliklar paydo boʻldi. 12-asr oxirida Eron Xorazmshohlar davlatiga qoʻshib olindi. 1220—56 yillarda Eronni moʻgʻullar bosib oldi va 14-asrning oʻrtalarigacha Hulokuiylar davlati tarkibida boʻldi. 14-asrning 30—80-yillarida Xurosonda moʻgʻul va mahalliy zodagonlar zulmiga qarshi Sarbadorlar qoʻzgʻolonlari, 1350-yil Mozandaron va Gilonda Saidlar harakati boʻlib oʻtdi, natijada sarbadorlar va saidlar davlati paydo boʻldi. 16-asr boshida Eronning barcha qismi Safaviylar qoʻliga oʻtdi. 1502-yil shia mazhabi davlat dini deb eʼlon qilindi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida mamlakatning turli qismlarida zodagonlarga qarshi gʻalayonlar, shuningdek, asoratga solingan afgʻon, turkman, kurd, ozarbayjon va boshqa xalqlarning ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Afgʻon qabilalarining 1709—22 yillardagi qoʻzgʻolonlari natijasida 1722-yil ular Safaviylar poytaxti boʻlmish Isfahonni egalladilar. Afgʻon xonlarining hukmronligiga qarshi xalq harakati boshlanib ketdi. 1723-yil Eronning shimoli-gʻarbiy va markaziy viloyatlariga bostirib kirgan turklar quvib chiqarildi. Eron davlati Nodirshoh rahbarligida juda katta imperiyaga aylandi. 1747-yil fitna natijasida shoh oʻldirildi va Eron davlati parchalanib ketdi. 18-asr oxirida zand va qojar xonlari oʻrtasida uzoq davom etgan kurashdan keyin Eronda Qojarlar sulolasi oʻrnatildi. 18-asr oxiridan Eron Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik obʼyektiga aylandi. 19-asrdagi Rossiya-Eron urushlari natijasida muqaddam Eron bosib olgan Kavkazorti hududlari Rossiyaga oʻtdi. 19-asrning 50-yillari oʻrtalarida mamlakatda ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi Bobiylar qoʻzgʻolonlarida oʻz aksini topdi. 19-asrning. 60-yillari — 20-asr boshlarida Eron asosan, Buyuk Britaniya va Rossiyaning yarim mustamlakasiga aylandi. 19-asr oxiridan zulm va ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi 1905—11 yillardagi Eron inqilobining boshlanishiga zamin yaratdi. Natijada konstitutsiya eʼlon qilindi, parlament (majlis) chaqirildi. 1911-yil oxirida Eron inqilobi Angliya va Rossiya tomonidan bostirildi. Birinchi jahon urushi yillari (1914— 18)da Eron urushga kirgan davlatlarning harbiy harakatlari maydoniga aylandi. 1919-yil Eron Buyuk Britaniya tomonidan bosib olindi. Mamlakatda milliy ozodlik kurashi avj oldi. Eron Ozarbayjoni (1920), Gilon va Mozandaron (192021), Xuroson (1921)da kuchli milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtdi. 1921-yil 21-fevralda oʻng kuchlar Rizoxon qoʻmondonligi ostida davlat toʻntarishini amalga oshirdilar. Said Ziyovuddin rahbarligidagi yangi hukumat (ushbu hukumat tarkibida Rizoxon harbiy vazir boʻlgan) demokratik harakat yoyilib ketmaslik choralarini koʻrdi va jamoat tazyiqi ostida 1919-yilgi Angliya—Eron bitimini bekor qildi. 1925-yil 12-dekabrda Taʼsis majlisi Rizoxonni Rizoshoh Pahlaviy nomi bilan Eron shohi deb eʼlon qildi. 1930-yillarning oʻrtalaridan Eron Germaniya bilan aloqalarini kuchaytira boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1941-yil avgustda) Eron hududiga sovet va ingliz qoʻshinlari kiritildi (1945-yil oxiri — 1946-yil mayda olib chiqib ketildi). 1941-yil 16-sentabrda Rizoshoh taxtdan voz kechdi va uning oʻrniga oʻgʻli Muhammad Rizo Pahlaviy oʻtirdi. 1943-yil 9-sentabrda Eron Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi, lekin harbiy harakatlarda qatnashmadi. 1945—46 yillar Eronda kuchli antiimperialistik va demokratik harakatlar avj oldi. Hukumat AQSH va Buyuk Britaniya yordamiga tayanib, bu harakatlarga chek qoʻydi. 1960-yillarning boshlarida mamlakatda ijtimoiy va ichki siyosiy vaziyat keskinlashdi. Shoh hukumati monarxiya tuzumi va harbiy qudratini mustahkamlash maqsadida islohotlar oʻtkazishga kirishdi (agrar islohotlar oʻtkazildi, maorif va sogʻliqni saqlash tizimini yaxshilashga oid ayrim tadbirlar amalga oshirildi). Ammo shoh tuzumining reaksion ichki siyosati, gʻarbparastligi Eronda islom dinining fundamental qadriyatlarini tiklashga intiluvchi ruhoniylarning keskin qarshiligiga uchradi. 1979-yil fevralda monarxiyaga qarshi inqilob natijasida shoh tuzumi agʻdarildi. Inqilobga surgundan qaytgan shialar yetakchisi Oyatullo Humayniy (1964-yil mamlakatdan surgun qilingan) rahbarlik qildi. Muhammad Rizo Pahlaviy mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1979-yil 1-apreldan mamlakat rasmiy ravishda Eron Islom Respublikasi deb nomlandi. 1979-yil oxirida Eron bilan Iroq oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Eron bilan Iroq oʻrtasida Shatt ul-Arab daryosi boʻylab oʻtgan chegara xususidagi janjal qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. 8 yil davom etgan bu mojaro ikki tomonni ham holdan toydirdi. Humayniy vafotidan soʻng (1989) hokimiyat tepasiga kelgan yangi hukumat bir qancha ijobiy islohotlarni amalga oshira boshladi, tashqi siyosatda Eronni xalqaro miqyosda yakkalanib qolish holatidan chiqarish yoʻlini belgiladi. Eron 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 25-dekabrda tan olgan va 1992-yil 10-mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 11-fevral — Islom inqilobi kuni (1979). Siyosiy partiya va tashkilotlari Eron Islom Respublikasi konstitutsiyasiga binoan, Eronda islomga aloqasi boʻlmagan siyosiy partiya va tashkilotlar faoliyati man qilingan. Hozirgi kunda mamlakatning ichki siyosiy hayotida bir qator islom partiya va uyushmalari mavjud boʻlib, ular orasida eʼtiborga loyiq boʻlganlari Kurashayotgan ruhoniylar jamiyati, Islomiy Eron birdamlik partiyasi, Islomiy Eron hamjihatlik partiyasi, Taraqqiyotga xizmat qiluvchilar uyushmasi, Imom Humayniy siyosati tarafdorlari uyushmasidir. Iqtisodiyoti Eron — neft sanoati rivojlangan agrar industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi 21,3 %, sanoat 32,7 % (jumladan, neft va gaz qazib olish 18,7 %)ni tashkil etadi. Sanoatida neft, gaz, koʻmir, xrom, qoʻrgʻoshin, rux, mis, marganets va temir rudalari qazib olish katta ahamiyatga ega. Yiliga oʻrtacha 85 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi korxonalari bor. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Hunarmandchilik (gilam toʻqish, metall buyumlar tayyorlash) bilan ham shugʻullaniladi. Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʻi hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekini — bugʻdoy; shuningdek, arpa, sholi, dukkakli don ekinlar ekiladi. Bogʻdorchilik (oʻrik, shaftoli, anjir, pista, xurmo, behi, anor, sitrus mevalar, yongʻoq va boshqalar), tokchilik, sabzavotchilik va polizchilik bilan mamlakatning hamma qismida shugʻullaniladi. Paxta ekiladi, qand lavlagi, shakarqamish, tamaki yetishtiriladi, choy oʻstiriladi. Chorvachiligida qoʻy, echki, qoramol, eshak, tuya, ot, xachir boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Pillachilik bilan shugʻullaniladi. Fors qoʻltigʻi va Kaspiy dengizida baliq ovlanadi. YUNESKO tomonidan qayd etilgan dunyo sivilizatsiyasi merosiga oid 12 tarixiy yodgorlikning 3 tasi Eronda joylashgan. 2001-yil Eronni 1402160 xorijiy sayyoh ziyorat qildi, xorijiy sayyohlikdan tushgan daromad 1,112 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Pul birligi — rial. Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi Yirik shaharlari Eron aholisining 70 % dan koʻprogʻi shaharlarda istiqomat qiladi. Baʼzi hisob-kitoblarga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2030-yilga kelib 80 % dan oshib ketishi mumkin. Mamlakatda 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 1331 ta turli hajmdagi shaharlar mavjud. 1951-yilda, mamlakatda 201 ta shahar mavjud edi. Eronning sakkiz shahri millioner-shahar maqomiga ega, yaʼni ushbu 8 shaharda 1 milliondan oshiq kishi yashaydi. Eronning poytaxti va eng yirik shahri — Tehron. Ushbu shaharning aholisi 2015-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 8 846 782 kishini tashkil etadi. Tehron aglomeratsiyasida esa 15 200 000 dan oshiq kishi istiqomat qiladi. Aynan Tehronda mamlakat sanoatining yarmidan koʻpi joylashgan. Kattaligi va aholisi soni boʻyicha mamlakatdagi ikkinchi shahar — Mashhad. Ushbu shahar shia mazhabi topinuvchilari uchun muqaddas shahar hisoblanadi va Mashhad aholisi 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra 2 749 374 kishini tashkil etadi. Eronning boshqa millioner shaharlari: Karaj, Isfahon, Tabriz, Sheroz, Qum, Ahvoz. Transporti Transport yoʻlining uz. 7,3 ming km. Ichki yuklarning asosiy qismi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻllarining uz. 167 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 8345 ming t dedveytni tashkil etadi. Fors qoʻltigʻidagi asosiy portlari: BandarAbbos, BandarHumayniy, Bushir, Xark, Obodon, BandarMohshahr; Kaspiy dengizida — Enzeli, Novshahr, Amirobod. Tehron, Sheroz, Isfahon, BandarAbbos, Obodon, Tabrizda xalqaro aeroportlar bor. Eron chetga neft va neft mahsulotlari, gilam, gaz, paxta, meva, teri, metall buyumlar chiqaradi; chetdan oziq-ovqat, mashina va jihozlar, sanoat xomashyosi oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Kuvayt, BAA va boshqalar mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Eronda xorijiy sayyohlik rivojlangan. Tibbiy xizmati Eronda oʻrtacha umr 69 yoshni tashkil etadi. 2003-yil 110797 oʻrinli 730 kasalxona (120 tasi xususiy), 307169 vrach, hamshira va farmatsevt ishladi. Vrachlar universitet va oʻrta maxsus tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. Hozirgi paytda Eronda sogʻliqni sugʻurta qilish yoʻlga qoʻyilmoqda. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Boshlangʻich va oʻrta taʼlim Eronda 5 yillik bepul majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilingan. Ikki bosqichdan iborat 7 yillik oʻrta maktab taʼlimi mavjud. Mamlakatda savodxonlik koʻrsatkichi 85,0 % dan ziyodroq va ushbu koʻrsatkich yildan-yilga yaxshi tomonga oʻzgarmoqda. 2004-yil maʼlumotlariga koʻra, oʻsha yilgi oʻquv yilida mamlakatdagi maktablarda 17 million 196 ming 588 oʻquvchi taʼlim olgan va ushbu koʻrsatkich Eron aholisining tez suratlarda oʻsishi natijasida keskin oshmoqda. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari pedagogik bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari Tehron universiteti qoshidagi pedagogika institutida tayyorlanadi. Oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtlari, muzeylar Oliy maʼlumotli kadrlar Tehron universiteti, Tehrondagi Eron milliy universiteti, Farobiy universiteti, Sheroz, Mashhad, Isfahon, Tabriz, Karaj, Ahvozdagi universitetlarda, Tehron politexnika instituti, Obodon neft instituti va boshqalarda tayyorlanadi. 2004-yil oliy oʻquv yurtlarida 1 million 673 ming 753 talaba oʻqidi va ushbu koʻrsatkichlar ham keskin oʻsmoqda. Institutlar Tehrondagi fan va maorif taraqqiyotini tadqiq etish va rivojlantirish instituti, Eron madaniyati tadqiqot markazi, Sanʼat va arxeologiya tarixi milliy markazida, shuningdek, Tehron, Mashhad, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz universitetlari va boshqa oliy oʻquv yurtlarida ham olib boriladi. Mamlakat yirik kutubxonalari: Tehrondagi Eron Milliy kutubxonasi (1935), Parlament kutubxonasi (1924), har bir universitet qoshidagi kutubxonalar. Madaniyat vazirligi tizimida 1500dan oshiq kutubxona mavjud. Eronda arxeologiya va etnografiya muzeyi, Guliston saroyi muzeyi, Milliy badiiy muzey, Gilamlar muzeyi va boshqa yirik va boy muzeylar mavjud. Matbuot va OAV Eronda matbuot va OAV yaxshi rivojlangan. Mamlakatdagi matbuot, televideniye, radio va boshqa OAV vositalari davlat nazoratida. Eronda besh yuzdan oshiq gazeta va jurnallar nashr etiladi. Asosiy va yirik gazetalari: «Abror» (1985-yildan chop etiladi), «Keyhon» (1942-yildan chop etiladi), «Risolat» (1985-yildan chop etiladi), «Egʻtelot» (1925-yildan chop etiladi), «Ettelote haftagi» (1941-yildan chop etiladi). Islom Respublikasi axborot agentligi (IRNA), 1934-yil tashkil etilgan. „Eron Islom Respublikasi ovozi“ milliy radiosi 1971-yil tuzilgan. Eron televideniyesiga 1971-yil asos solingan. Adabiyoti Eron adabiyotini shartli ravishda 3 bosqichga boʻlish mumkin: qadimiy, oʻrta asr va zamonaviy. Eron adabiyotining ilk namunalari qadimiy fors tilida yaratilgan. Qahramonlik eposining dastlabki koʻrinishlari Ahamoniylar davriga mansub mixxat bitiklarida oʻz aksini topgan. Eron arablar tomonidan zabt etilib (7-asr), uning hududi xalifalik tarkibiga kirgandan soʻng Eron adabiyoti arab tili va islom taʼsirida shakllandi. 9-asrga kelib adabiyotda fors tilining mavqei kuchaydi. 10-asrning 2-yarmidan boshlab fors tili Sharqda sheʼriyat tili darajasiga koʻtarildi. 10—15-asrlar Eron nazmining yuksalish davri hisoblanadi. Bu davrda Firdavsiy, Umar Xayyom, Saʼdiy, Rumiy, Hofiz kabi dunyo adabiyotining yorqin yulduzlari oʻzlarining oʻlmas asarlarini yaratdilar. Ularning sheʼriyatida gumanizm, insonning ulugʻ mavjudot ekanligi, maʼnaviy barkamollik sari intilish gʻoyalari tarannum etildi. Fors adabiyotining durdonasi boʻlmish Firdavsiyning „Shohnoma“ dostoni maydonga keldi. Bu davrda Eron adabiyotining mumtoz janrlari boʻlgan ruboiy, qasida, gʻazal va qitʼa yanada takomillashdi. Shu bilan birga Abdullo Ansoriy, Farididdin Attor va boshqalarning asarlarida sufiylik tariqati gʻoyalari oʻz aksini topdi. Moʻgʻullar tomonidan Eronning ishgʻol etilishi (1220—56) natijasida madaniy hayot inqirozga yuz tutdi. 13-asrning 2-yarmiga kelib Eron adabiyotida madhiya va qahramonlik eposlari rivoj topdi. 16-asr oxiri Eron adabiyotida shia mazhabiga xos marsiya sheʼriy janri shakllandi. Bu davrga kelib Eron mumtoz adabiyoti saroy sheʼriyati doirasida taraqqiy etdi. 17-asr Eron adabiyotida hind uslubi (sabke hindi) ustunlik qila boshladi. Bu hol 18-asrda Eron shoirlari Mushtogʻ Isfahoniy, Sabohiy Bikdeliy Koshoniy, Hotif Isfahoniy va boshqalarning eʼtiroziga uchrab, Eron adabiyotida „bozgasht“ (qaytish) deb atalmish yangi yoʻnalishning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu yoʻnalish ilk Eron mumtoz sheʼriyatiga xos uslubni qayta jonlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlar bilan ifodalanadi. 19-asrda Eron adabiyotida yodnoma va safarnomalar paydo boʻlib, yangi fors nasriy janriga asos solindi. Eronda keng quloch yozgan milliy ozodlik harakati (1905—1921) publitsistika va satirik sheʼriyatning shakllanishiga turtki boʻldi. M. Bahor, A. Lohutiy ijodida adolatsizlikka qarshi kurash gʻoyalari namoyon boʻldi. 20-asrda Eron adabiyotida roman va realistik hikoya janri rivoj topdi. Bu davrda Murtazo Mushfiq Kozimiyning „Qoʻrqinchli Tehron“ (1924), Abbos Kozimiyning „Mashaqqatli hayot“ (1931), Yahyo Davlatobodiyning „Shahrnoz“ (1926), Said Nafisiyning „Farangis“ (1931) nomli asarlari chop etildi. 20-asrning 30-yillarida Eron sheʼriyatiga yangi sheʼriy janr „sheʼri nou“ kirib keldi. Anʼanaviy aruz vaznidan voz kechib, erkin uslubda sheʼr yaratish bu yoʻnalishning xarakterli jihatidir. Eron sheʼriyatidagi yangi yoʻnalishning asoschisi Nimo Yushij (1895—1961) hisoblanadi. 1940—50 yillar nasrda ijtimoiy hayotni aks ettiruvchi bir qator realistik asarlar yaratildi. Sodiq Hidoyat (1903—51)ning „Daydi it“ (1943), „Hoji ogʻo“ (1945), Boʻzoʻrg Alaviyning „Ellik uch“ (1942), „Uning koʻzlari“ (1952) hikoyalari jamoatchilik eʼtiborini qozondi. Islom inqilobidan soʻng Eron adabiyotida ozodlik va inqilobni tarannum etuvchi sheʼrlar, Eron-Iroq urushida qatnashgan jangchilarning mardligi va vatanparvarligini aks ettiruvchi asarlar, diniy yoʻnalishda yozilgan sheʼriy toʻplamlar keng oʻrin oldi. Meʼmorligi Eron hududidagi meʼmoriy yodgorliklar uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Eronda neolit davriga oid paxsadan qurilgan turar joylar (Koshon yonidagi TepeSialk, Sheroz yaqinidagi TaliBakun) topilgan. Midiya qirolligi davri (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmi)da uning poytaxti Ekbatana atrofida (hozirgi Hamadon) istehkom devorlari barpo etilgan. Ahamoniylar davrida saroy meʼmorligi keng rivoj topdi (Pasargada, Persepolis, Suzadagi saroy majmualari). Ahamoniylar saroy meʼmorlik uslubiga hashamatlilik, hayvon haykalchalari bilan bezatilgan baland ustunlar xos. Asosiy qurilish materiallari — xom gʻisht, tosh va yogʻoch. Toʻrtburchak shaklidagi zardushtiylik ibodatxonalari ham shu davrga mansub meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi. Parfiya qirolligi davrida hovli tomoni ochiq ayvonli saroylar qurilgan. Sosoniylar davrida shaharlar tez surʼatlar bilan barpo etila boshlandi. Shaharlar doirasimon yoki toʻgʻri toʻrtburchak tarhli qilib, qalin devor bilan oʻraldi. Bino qurilishida tosh, pishiq gʻisht, yogʻoch ishlatilgan, tom qismi esa yoysimon shaklga ega boʻlgan. Keyinchalik gumbazlar paydo boʻlgan. Sosoniylar davri saroylariga hashamatli ayvon va baland ustunlar xos. Eronning arablar tomonidan zabt etilishi (7-asr) meʼmorlikda yangi uslubdagi binolarning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu davrda koʻplab karvonsaroy, masjid, minora, maqbara, tim, madrasa va hammomlar qurildi. Devor bilan oʻralgan koʻplab shaharlar barpo etildi. Shaharning 4 darvozasini bogʻlovchi 2 asosiy xiyobonning kesishgan nuqtasi saroy, bozor va masjid joylashgan markaziy maydonni tashkil etdi. Baʼzi hollarda shahar markazida ark barpo etildi. 12-asrga kelib masjid qurilishida Eronga xos uslub paydo boʻldi (toʻrt tomoni ayvon va boloxonalar bilan qurshalgan hovli hamda gumbazli bino). Masjid yonida yuqori qismi torayib boruvchi aylana minora qad koʻtardi. Bu paytgacha minoralar sakkiz burchak shaklida qurilgan. 13—14-asrlar oʻrtalarida Eronda madrasa, masjid, xonaqoh va minoradan tarkib topgan yaxlit ansambllar paydo boʻldi. Eron Temuriylar davlati tarkibiga kirgan davr (14—15-asrlar)da meʼmorlikda gumbazlarni koʻk koshin bilan bezash odat tusiga kirdi. Masjid, madrasa va boshqalar binolarning old qismiga koshinlardan rangli zeb berildi (Mashhaddagi Gavharshod begim masjidi, 1405—18, meʼmor Qavomiddin Sheroziy). 14—16-asrlarda shahar qurilishi avj oldi, shahar ansambllari (Yangi Isfahon) bunyod etildi, saroylar devoriy rasmlar, mozaika bilan bezatildi (Isfahondagi Ali Qopu, Chehel Sutun saroylari, Qazvindagi saroylar). Safaviylar davriga kelib, Eron meʼmorligida hashamatlilikka keng oʻrin berildi, binolarni murakkab va koʻrkam naqshlar bilan bezash, ulkan favvoralar qurish rasm boʻldi. Shaharlarda muhtasham majmualar qurish rejasi hayotga tatbiq etildi. Isfahondagi Shoh maydoni atrofida barpo etilgan saroy, masjid, karvonsaroy va bozor yaxlit meʼmoriy ansamblni tashkil etdi. 18—19-asrlarda yuz bergan iqtisodiy inqiroz Eronda qurilish koʻlamining keskin kamayishiga olib keldi. 20-asrga kelib, Eron meʼmorligida yangi shakldagi binolar paydo boʻldi (Tehrondagi universitet binosi, 1930-yillar; Tehron yaqinidagi „Xilton“ mehmonxonasi, 1962). Turar joy, ijtimoiy maskanlar, sanoat majmualari, koʻpriklar qurilishida. oyna, metall va temir-beton konstruksiyalar keng qoʻllandi. Eron meʼmorlari binolarni barpo etishda zamonaviy meʼmorlik uslubi va milliy anʼanalardan foydalandilar (Hamadondagi Ibn Sino maqbarasi, 1952; Mashhaddagi Nodirshoh maqbarasi, 1961; Nishopurdagi Umar Xayyom qabri ustiga qurilgan pavilon1963). Tasviriy sanʼati Eron sanʼati 8 ming yil davomida shakllanib kelgan. Eron hududidan topilgan gʻorlardagi odam, hayvon, oʻsimlik va ov qurollarining devoriy rasmlari tasviriy sanʼatning ilk namunalari sifatida eʼtirof etiladi. Miloddan avvalgi 12—7-asrlarga oid qabrlardan qimmatbaho metalldan ishlangan badiiy bezak buyumlar, bronza haykalchalar topilgan. Ahamoniylar davrida kumush va oltindan yasalgan idishlar, zargarlik buyumlari, tamgʻa, tangalar kandakorlik bilan bezatilgan. Sosoniylar davri tasviriy sanʼatida haykaltaroshlik asosiy oʻrin egalladi (Mozandarondagi bronza byustlar), 9—13-asrlarda amaliy bezak sanʼati rivojlandi. Nishopur, Koshon, Sultonobod kabi shaharlar kulollik markazlari sifatida shuhrat qozondi. Har xil rangli shishalardan idish va buyumlar tayyorlandi. Eron milliy sanʼatining asosiy turlari (gilamchilik, sopol idishlarga chizilgan naqshlar, xattotlik) arablar bosqiniga qadar shakllandi, biroq oʻzining yuksak choʻqqilariga islom dini davrida erishdi. Eron tasviriy sanʼatiga geometrik shakllar, oʻsimlik naqshlari, afsonalardan olingan lavhalar, hayvonlar tasviri xosdir. Gʻarbda fors tasviriy sanʼati miniatyura sifatida tanilgan. Eron rassomlari oʻz asarlarida afsonaviy qahramonlar va shohlarni hamda Eron mumtoz adabiyoti asarlaridagi lavhalarni mohirlik bilan aks ettirdilar. Qurʼon matnlarini bezash sanʼati yuksak choʻqqilarga koʻtarildi. Eron Arab xalifaligi tarkibiga kirgandan soʻng xattotlik sanʼati rivojlandi. Bu sanʼat turining rivojlanishi Temuriylar davriga toʻgʻri keldi. Xattotlikning mohir ustasi Mir Eʼmod Hasaniy Seyfi Gʻaznaviy (1617-yil vafot etgan) boʻlgan. Qojarlar sulolasi hukmronligi davrida xattotlikning „shikastanastaʼliq“ shakli ravnaq topib, hozirgi kunga qadar qoʻllaniladi. 15—17-asrlar miniatyura sanʼatining rivojlanish davri hisoblanadi. Tabriz va Isfahon miniatyura maktablari shuhrat qozondi (yana q. Tabriz miniatyura maktabi, Isfahon miniatyura maktabi). Bu davrda yaratilgan miniatyura asarlari naqshga boy boʻlib, ranglar jilosi va nafisligi bilan ajralib turadi. Eron miniatyuralarida realizm yoʻnalishi ham keng oʻrin olgan. Ushbu uslubning yorqin namoyandasi Rizo Abbosiyning asarlarida urush lavhalari, ayollar siymosi aks ettirilgan. Uning yaratgan miniatyuralari Isfahondagi Chehel Sutun va Ali Qopu saroylari devorlarida muhrlanib qolgan. 19-asrda Eron miniatyura sanʼati gʻarb madaniyati taʼsiri ostida inqirozga uchradi. 20-asr boshlarida Eron rassomligida realizm yoʻnalishi katta oʻrin egalladi. Haykaltaroshlik, rassomlik sanʼati va fafika (ayniqsa, kitob bezagi, reklama plakatlari) yuksala boshladi. Hasan Ali Vaziriy, Muhsin Muqaddam, Abulqosim Sodiqiy kabi rassom va haykaltaroshlar oʻz asarlarida oddiy xalq hayotidan olingan lavhalarni aks ettirdilar. 1920-yil Kamol ul-Mulk Tehronda rassomlik va haykaltaroshlik maktabini tashkil etdi. Zamonaviy tasviriy sanʼat milliy maktabining asoschilaridan biri Akbar Tajvidiy (1925—95)dir. Hozirgi davrda tasviriy sanʼat anʼanalarini Eronning mashhur rassomlari M. Farshchiyon, A. Rustamiyon, P. Kalontariy, Yo.Tabotaboiy, Otashzod va boshqalar davom ettirmoqdalar. Tasviriy sanʼatda modernizm uslubi rivojlandi. 1959-yil Tehronda Bezak sanʼati oliy maktabi ochildi. Xalq sanʼatida yogʻoch, suyak, sadaf oʻymakorligi, kandakorlik rivojlangan (markazi — Isfahon va Sheroz). 2000-yil Eron Badiiyot akademiyasi tashkil etilgan. Islom madaniyati va tasviriy sanʼati boʻyicha turli yirik xalqaro badiiy koʻrgazmalar, xattotlar tanlovlari oʻtkazish keng tus olgan. Musiqasi Eronning mumtoz va xalq musiqasi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. qadimiy davr musiqasi haqida maʼlumotlar saqlanmagan, ammo musiqiy cholgʻu va ohanglar Eron musiqa madaniyatining Mesopotamiya musiqiy anʼanalari bilan chambarchas bogʻliqligini koʻrsatadi. Xalq musiqasida tasnif, tarona, qasida, gʻazal, dastgoh keng tarqalgan. Eron milliy musiqa cholgʻulari: nay (nayilabak, „haft band“, nayianbon), surnay, kamoncha, qonun, setor, rubob, borbat, tor, santur, doira, toʻnbak. 6-asrga kelib saroy sanʼati, bastakorlar ijodi (Borbat va boshqalar) ravnaq topdi, xalq orasida mutriblar (xonandaraqqos) shuhrat qozondi, musiqa nazariyasi shakllandi. Arab istilosi davrida Eron musiqasi arabmusulmon madaniyati taʼsiriga uchradi, bir vaqtning oʻzida arab hamda fors musiqasi unsurlarini oʻzlashtirdi. 13-asrda bastakor, musiqa nazariyotchisi Safiuddin al-Urmaviy mashhur boʻldi. 19-asrning 2-yarmidan boshlab Eron musiqasiga Yevropa musiqasi taʼsir koʻrsatdi, Tehronda Shoh kolleji qoshida Yevropa uslubidagi musiqa maktabi ochildi. 20-asrning 20-yillarida bastakor, Tehron universiteti professori Ali Naqi Vaziriy milliy musiqa taʼlimini yoʻlga qoʻydi, musiqa nazariyasiga oid asar yaratib, musiqa maktabi ochdi. 30-yillarning boshlarida Tehronda Oliy musiqa maktabi (40-yillarda konservatoriyaga aylantirildi)oʻz ishini boshladi, filarmoniya jamiyati (1940), X.Sanjariy rahbarligida simfonik orkestr (1946) tashkil topdi. A. Vaziriy, A. Sabo, A. Rashidiy kabi kompozitorlar mashhur boʻlgan. Hozirgi kunda Eronda, asosan, folklor guruhlari, milliy cholgʻu ansambllari mavjud. Shu bilan birga 20-asr oxirlaridan milliy va Yevropa ohanglarini uygʻunlashtirgan estrada va orkestr ijrosiga ham katta eʼtibor berilmoqda. 1968-yildan Sherozda milliy sanʼat festivallari oʻtkazib turiladi. Musiqa sanʼatini rivojlanishiga Mirzo Abdullo, Darveshxon, Mahmud Karami, Faromirzo Poydur, Abu alHasan Sabo katta hissa qoʻshgan, hozirda Husayn Malik, Tohir Zoda, Shahnoz, Shojarayon kabi sanʼatkorlar mashhur. Teatr sarchashmalari qadimiy marosimlardan boshlanadi. Baʼzi manbalarda qadimiy „bozigar“ (oʻrta asrlardagi masxarabozlar teatrini eslatadi) teatri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saqlanib qolgan. Eronda pantomima, qoʻgʻirchoq va soya teatrlari qadimdan mashhur. Oʻtmishda niqoblar namoyishi va marosim („sade“) tomoshalari uyushtirilgan. 10-asrdan boshlab imom Husayn vafotiga bagʻishlangan diniy yoʻnalishdagi sahnalar qoʻyilgan. 17—18-asrlarda fors tragediyasi turlaridan biri — taʼziya vujudga keldi. 20-asrning 30-yillariga qadar Eronda masxarabozlar teatri mavjud boʻlgan. 1890-yil Tehronda saroy teatri tashkil topdi. 20-asr boshlarida Eronda „Farhang“ („Madaniyat“) teatr hissadorlik jamiyati taʼsis etildi. 1911-yil Eron milliy teatriga, 1917-yil Yevropa uslubidagi Eron komediya teatriga asos solindi. 1929-yildan boshlab Eron teatrlarida ayollar faoliyat koʻrsata boshladi. 1932-yil rassom S. Kermonshohiy Tehronda teatrstudiya tashkil etdi. Ushbu maskan mamlakatning ilgʻor teatr sanʼati markaziga aylandi. 1930—40 yillar teatrlarda, asosan, Yevropa dramaturglarining asarlari sahnalashtirildi. Eron teatr sanʼatining yuksalish davri 1960-yillarga toʻgʻri keldi. 1963-yil Tehronda professional aktyorlarni tayyorlovchi drama studiyasi tashkil etildi, doimiy teatr guruhlari, jumladan „Bugungi teatr“ (rahbari M. Jafariy) va Milliy truppa (rahbari M. Javonmard) paydo boʻldi. 1968-yildan Sherozda har yili teatr festivali oʻtkaziladi. 1979-yilga qadar Eronda varyete teatri ham mavjud boʻlgan. Islom inqilobidan soʻng teatr sanʼati inqirozga yuz tutdi. Hozirgi kunda diniy ruhdagi spektakllarni sahnalashtirish uchun ruxsat berilgan. Ayollarning teatrda faoliyat koʻrsatishi man etilgan. Kinosi 1920-yilda Tehronda birinchi kinoteatr ochildi. 1930-yil komediya janridagi ilk badiiy film yaratildi. 1934-yil dastlabki ovozli film suratga olindi. 1946-yil „Mitrafilm“ (1948-yildan „Forsfilm“) kinostudiyasi tashkil etildi. 1950-yillarda suratga olingan „Port oʻgʻrisi“ filmi mamlakatning eng mashhur kino asariga aylandi. 60-yillarning oxiri — 70-yillarda tarixiy, afsonaviy, muhabbatni tarannum etuvchi film va musiqiy komediyalar, jumladan, „Mozandaron yoʻlbarsi“ (rejissor S. Xachikiyon), „Intizorlik sohili“ (rejissor S. Yosimiy) kabi filmlar yaratildi. 1955-yildan Tehronda xalqaro, 1964-yildan milliy kinofestivallar oʻtkaziladi. 1964-yil Kino sanʼatining oliy kengashi tuzilgan. Usha davrning taniqli rejissorlari I. Kushon, M. Muhsiniy, S. Yosimiy, S. Xachikiyon, Sh. Rafiyo milliy kinematografiyani rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshdilar. 1970-yillarda yiliga 100 dan ortiq badiiy film yaratildi, mamlakatda 500 ga yaqin kinoteatr ishladi. Islom inqilobidan keyingi davrda kino sanʼati inqirozga uchradi. Filmlar ishlab chiqarish hajmi keskin kamaydi (yiliga 30 ta). Mamlakatda aksariyat kinostudiya va kinoteatrlar oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 1980—81 yillar bor-yoʻgʻi 11 film yaratildi. 1980-yillar oxiriga kelib kinematografiya qayta tiklana boshladi. Davlat tomonidan koʻrsatilgan yordam hamda gʻarb filmlariga qoʻyilgan cheklashlar evaziga Eronda oʻziga xos milliy kino yaratildi va iqtidorli kinoartistlar yetishib chiqdi. 1990-yillarning oʻrtalarida Eron filmlari xalqaro miqyosga chiqdi. „Olcha taʼmi“, „Shamol bizni olib ketadi“ (ikkalasining rejissori A. Kiyorustami), „Qandahor“ (rejissor M. Maxmalbof), „Ota“, „Osmon bolalari“, „Jannat rangi“ (uchalasining rejissor M. Majidiy) kabi filmlar Kann, Turin, Berlin va Moskva kino anjumanlarida eʼtiborli sovrinlar sohibi boʻldi. Bu filmlarda davrning ijtimoiy va madaniy muammolari, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar, hayot falsafasi haqqoniy aks ettirildi. Oʻzbekiston — Eron munosabatlari Demografiyasi Eron aholisi 83,500,000 kishini tashkil qiladi. Eroning rasmiy tili fors tilidir, ammo Eronning 16 % aholisi turkiy tilli xalqlardan tashkil topgan. Manbalar Havolalar Sayoxat znachit puteshestvie — Fotografii Irana, Kazaxstana, Uzbekistana, Turkmenistana BMT aʼzolari Osiyo
38,869
3393
https://uz.wikipedia.org/wiki/Aroqiya
Aroqiya
Araqiyeh (forscha: عراقيه, Arāqīyeh deb ham romanizatsiya qilinadi)  – Eronning Bushahr ustonining Farahan shahristoniga qarashli qishloq. 2006-yil aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqning aholisi 30 nafarni tashkil etadi. Manbalar Eron Eron aholi punklari Aholi yashash punktlari Aholi punktlari
316
3394
https://uz.wikipedia.org/wiki/Iordaniya
Iordaniya
Iordaniya yoki Urdun, Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi (, Al-Mamlaka al-Urduniuah al-Hashimiuah) — Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 91,8 ming km2. Aholisi 7,259,932 kishi (2023). Poytaxti — Amman shahri. Maʼmuriy jihatdan 12 muhofaza (viloyat)ga, muhofazalar tumanlarga boʻlinadi. Davlat tuzumi Iordaniya — konstitutsiyali monarxiya. 1952-yil 8-yanvarda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi (keyingioʻzgarishlar bilan). Davlat boshligʻi — malik (podshoh) boʻlib (1999-yildan Abdulloh II bin Talol), u qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — podshoq va Millat majlisi (parlament); u senat va deputatlar palatasidan iborat. Senatni podshoh 4 yil muddatga tayinlaydi (senat tarkibining yarmisi har 2 yilda yangilanib turadi). Deputatlar palatasi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yilga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni podshoh oʻzi tayinlaydigan hukumat — Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiradi. Tabiati Iordaniyaning aksar qismi sharqdan (500 m) gʻarbga tomon (1000–1500 m gacha) balandlashib boradigan yassi-togʻlikdan iborat. Janubidagi Ram togʻi — Iordaniyaning eng baland nuqtasi (1764 m). Mamlakatning gʻarbiy qismida meridian chizigʻiga parallel holda yoʻnalgan chuqur botiq voha — Hor (Alhor) va uning davomi Vodiy al-Arab joylashgan. Hor mintaqasida Iordan daryosi vodiysi va Oʻlik dengizi (suv yuzasi dengiz sathidan 395 m pastda) oʻrin olgan. Bu mintaqaning har ikki tomonida Suriyafalastin togʻlari qad rostlab turadi. Iqlimi Iqlimi — subtropik, quruq iqlim. Yanvarda oʻrtacha harorat 8—14 °C, iyulda esa 24—30 °C ga toʻgʻri keladi, Hor mintaqasi hamda Iordaniyaning choʻl qismida harorat 50 °C gacha koʻtariladi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqsori mamlakatning gʻarbidagi togʻlarda 500–700 mm, sharqida va Hor botigʻida 100 mm ni tashkil etadi. Ichki suvlari Doim oqib turuvchi daryolari kam boʻlib, quruqoʻzanlar va mavsumiy soylar koʻp uchraydi. Iordaniyaning gʻarbiy qismidagi togʻlarda Oʻrta dengiz qirgʻoqlariga xos nabotot xillari oʻsadi, daraxtzor va butazor koʻp. Sharqiy qismida esa, chalachoʻl va choʻl oʻsimliklari, ahyon-ahyonda hurmozorli kichik vohalar uchraydi. Iordaniya hayvonot olami uncha boy emas; sirtlon, choʻl tulkisi, toʻngʻiz uchraydi. Qushlar, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilarning turi koʻp. Azraq milliy bogʻi bor. Aholisi Mamlakat umumiy aholisining 98 % arablar; yahudiylar, armanlar, yunonlar, kurdlar, cherkeslar, chechenlar, dogʻistonliklar, oʻzbeklar, turkmanlar ham yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Mamlakat aholisining 90 % islom diniga, qolgan qismi xristian va yahudiy dinilariga mansubdir. Aholining 71 % shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakatda 5 % ga yaqin badaviylar boʻlib, ular koʻchmanchi hayot tarziga ega. Aholining 70 % ga yaqini xizmat koʻrsatish sohasida, 12 % ishlab chiqarish va torshon sanoatida, qolganlari boshqaruv tizimi, taʼlim, savdo, transport va harbiy sohalarda xizmat qiladi. Yirik shaharlari: Ammon, Az-Zarqa, Irbid, Al-Xalil. Hududiy boʻlinishi Iordaniya hududi 12 ta muhofazaga boʻlinadi. Tarixi Hozirgi Iordaniya hududida dastlab xanaaneylarning somiy qabilalari yashagan. Mil. av. 1 ming yillikda bu hududning bir qismi Isroil va Yahudiya (Iudeya) podshohliklari tarkibida boʻlgan. Mil. av. 1ming yillik oxirida qad. arab davlati — Nabateya podshohligi vujudga keldi. Mil. 2-asrning 30-yillaridan Iordaniya Rim, 4-asrdan Vizantiya imperiyalari, 7-asrdan Arab xalifaligi qoʻl ostida boʻldi. Iordaniyada sekin-asta arab tili va islom dini tarqala boshladi. 11 — 15-asrlarda salibchilar, saljuqiylar, Misr mamluklari bostirib kirdi. 16-asrning boshidan 1918-yilgacha Iordaniya Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻldi. Mamlakat birinchi jahon urushi davrida arab qoʻzgʻolonchi vatanparvarlari tomonidan ozod qilindi. Soʻng hozirgi Suriya hududi bilan birga amir Faysal qoʻl ostiga oʻtdi (1918). 1920-yildan Iordaniya Britaniya mandatidagi Falastinga qoʻshildi. 1921-yil Iordan daryosining sharqiy qismida Hoshimiylar sulolasidan boʻlgan amir Abdulloh rahbarligida Transiordaniya amirligi tashkil topdi. Uning tashqi siyosati, qurolli kuchlari va iqtisodiyoti ustidan Angliya nazorati oʻrnatildi. Hoshimiylar hukmronligini mustahkamlaydigan konstitutsiya qabul qilindi. Ikkinchi jahon urushi davrida Transiordaniya Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharqdagi qarbiy tayanch maydoniga aylantirildi. 1946-yil 25-mayda Transiordaniya Iordaniya nomi bilan mustaqil davlat, amir Abdullox. esa uning podshohi deb eʼlon qilindi. 1948—49 yillardagi Arab-Isroil urushi natijasida Nablus, Bayt-Lahm, Quddusning sharqiy qismi Iordaniyaga qoʻshib olindi. 1967-yil iyunida Isroil Iordaniya urushi natijasida mamlakatning iqtisodiy jiqatdan eng rivojlangan qismi — 6,6 ming km2 hududini Isroil qoʻshinlari bosib oldi. Iordaniya — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1993-yil 13-fevralda oʻrnatilgan. Milliy bayrami 25-may — Mustaqillik kuni (1946). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Iordaniya Xalqbirligi demokratik partiyasi, 1991-yildan oshkora faoliyat yurita boshlagan; I. Kommunistik partiyasi, 1943-yilda tuzilgan, 1951-yilgacha Milliy ozodlik ligasi deb nomlangan; Xalq demokratik partiyasi, 1989-yilda tuzilgan; Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Base), 1947-yilda tashkil topgan, umumarab Baʼs partiyasining mintaqa boʻlimi; Islom harakati fronti, 1991-yilda asos solingan. Iordaniya kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1954-yilda tashkil topgan. Xoʻjaligi Iordaniya dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari qatoriga kirib, iqtisodiyoti asta barqarorlashib borayotgan davlatdir. Mamlakat iqtisodiy faoliyatida davlat sektorining kulami katta. Lekin, xususiy mulkchilik ham keng rivojlangan. Davlat sektoriga, asosan, sogʻliqni saqlash, taʼlim, kommunal xizmat, suv va elektr tarmogʻi, transport, kommunikatsiya va irrigatsiya tarmoklari kiradi. Iordaniya iqtisodiyotida xizmat koʻrsatish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va sayyohlik sohalari jadal surʼatlarda rivojlanayotir. Iordaniya fosfat va ishqor (potash), mis va marganets zaxiralariga va unchalik yirik boʻlmagan neft konlariga ega. Mamlakatda konchilik, energetika, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Sanoati Iordaniya iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan sanaladi. Mazkur tarmoq yalpi ichki mahsulotning 27 % ni beradi. Mamlakatda sanoatning konchilik, energetika, yoqilgʻi, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik tarmoqlari rivojlangan. Konchilik sanoati mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Iordaniya yuqori sifatli fosforit katlamlariga ega boʻlib, uning zaxirasi 1,5 mlrd. tonnadan ortiq. Yiliga oʻrtacha 6—7 mln. tonnadan koʻproq (2000-yilda 10 mln. tonna) fosforit qazib olinadi. Iordaniya dunyoning bu qimmatli xom ashyosiga ega boʻlgan 5 asosiy davlat qatoridan joy olgan. Uning yirik konlari Ammondan 35 km uzoqlikda boʻlgan Ruseyfa, Al-Xasa va Shaydiyada joylashgan. Ichki bozorda bu mahsulotga ehtiyojning cheklanganligi sababli uning katta shemi eksport qilinadi. Fosforit eksporti boʻyicha u dunyoda AQSh va Marokashdan keyin 3-oʻrinda turadi. Mamlakat mineral tuzlarga ham boy. Ularning zaxirasi 40,8 mlrd. tonna boʻlib, 1,8 mlrd. tonnasi kaliy xloridga, 6 mlrd. tonnasi kalsiy xloridga, 11 mlrd. tonnasi osh tuziga toʻgʻri keladi. Shuningdek, brom, magniy oksidi ham qazib olinadi. Iordaniyada mis rudasi (zaxirasi 60 mln. tonna), marganets (zaxirasi 3 mln. tonna), uran (300 ming t), temir rudasi (560 ming t) ham bor. Bulardan tashqari, uning yeri kaolin, gips, ohaktosh, kvarsli qumlar, dolomit, bentonit, dala shpati konlariga ham boydir. Ular, asosan, ichki ehtiyojlarga sarflanadi va bir qismi eksport qilinadi. Iordaniyada kimyo sanoati rivojlangan. Aqabada maʼdanli oʻgʻitlar zavoddi ishlaydi. Yiliga 200 ming tonna ftorli alyuminiy eritadigan, 300 tonna uran oksidi ishlab chiqaradigan bir necha inshootlar ham mavjud. Kir yuvish sodalari, turli xil sovunlar, shampunlar hamda yiliga 7 mln. tonnadan ortiq sement ishlab chiqariladi. Roshadiya, Azraq, Holidiya, Fuheysa va boshqa joylarda sement zavodlari mavjud. Neft mahsulotlari zavodlarida yiliga 4—5 mln. tonna neft qayta ishlanadi. Bunday zavodlarning eng yirigi Az-Zarkada joylashgan. Iordan daryosining vodiysi, Oʻlik dengiz atrofi, Azraq, Ruseyfa, Sarxon, Rish kabi hududlarida bir necha neft konlari bor. Metallni qayta ishlash sanoati keyingi yillardan rivojlana boshlagan. Bir necha armatura zavodi, yiliga 10— 12 ming tonna quvur, 8—10 ming tonna alyuminiy mahsuloti, mayda metall buyumlar (mix, bolt, halqa kabilar) ishlab chiqaradigan zavodlar bor. Iordaniyada sovitkich, gaz plitalar, akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavodlar, qurilish mollari, mebel korxonalari ishlab turibdi. Iordaniyada dori-darmon, sigareta, kulolchilik buyumlari, poyabzal, toʻqimachilik mollari ham ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 3,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Qishloq xoʻjaligi Iordaniya iqtisodiyotida unchalik yuqori mavqega ega emas. Mamlakat hududining atigi 5 — 6 % haydaladigan yerlardir. Bu yerlardan yiliga 4 martagacha hosil olish mumkin, biroq suv tanqisligi bunga imkon bermaydi. Qishloq xoʻjaligi yalpi ichki mahsulotning 10 % ni tashkil etadi. Unda aholining 8—10 % mashgʻul. Qishloq xoʻjaligi yerlari, asosan, Iordan daryosi boʻylari va Transiordaniya yasei tepaliklari atrofida joylashgan boʻlib, sitrus mevalar, olxoʻri, olma, shaftoli, karam, bodring, baqlajon, qovun, pomidor, tamaki kabilar yetishtiriladi. Mamlakatda paxtachilik rivojlangan. Chorvachilik oqsoq tarmoq hisoblanadi. Asosan, qoramol, qoʻy va echki boqiladi, biroq yem-xashakning yetishmasligi, yaylovlarning kamligi bu tarmoqning rivojlanishiga imkon bermaydi. Transporti Iordaniyada avtomobil, temir yoʻl, suv va havo transporti keng rivojlangan. Avtomobil transportida Ammon — Aqaba, Ammon — Quddus, Ammon— Damashq, Mafraq — Iroq chegarasi yoʻnalishidagi yoʻllar muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 9 ming km. Temir yoʻl transportida esa Ammon — Suriya chegarasi, Ammon — Alhosa, Alhosa — Aqaba, Maon — Rasnaqab kabi oʻnlab temir yoʻl liniyalari mavjud. Temir yoʻl uzunligi — 600 km ga yaqin. Suv transportida mamlakatdagi yagona Aqaba portining mavqei katta. Ikkita yirik aeroport — Ammon va Aqaba aeroportlari mavjud. Mamlakat hududidan Kirkuk (Iroq) — Xayfo (Isroil) va Dahron (Saudiya Arabistoni) — Sayda (Livan) neft quvurlari oʻtgan. Iqtisodi Iordaniya chetga asosan fosfat, fosfatli va kaliyli oʻgʻitlar, ishqor, sement, marmar, akkumulyatorlar, toʻqimachilik buyumlari, parafin, lok, boʻyoqlar, tozalash moddalari (soda va sovunlar), qandolatchilik mahsulotlari, mevalar, poliz ekinlari, kimyoviy mollar chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, don, goʻsht va sut mahsulotlari oladi. Ularning 15—20 % ni bugʻdoy, bugʻdoy uni, shakar, goʻsht, sut mahsulotlari, 10 — 15 % ni neft va neft mahsulotlari, 25—30 % ni mashina, asbob-uskuna, elektr jihozlari va mebel tashkil etadi. Iordaniya iqtisodiyotida sayyohlik salmoqli oʻrin egallaydi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Arab davlatlari (asosan, Saudiya Arabistoni, Iroq, Kuvayt), AQSh, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston va boshqalar. Pul birligi — iordan dinori. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Iordaniyada 6 yillik boshlangʻich va 6 yillik oʻrta taʼlim bepul va majburiydir. Oʻquv yurtlari asosan davlatga qaraydi. Xususiy maktablar ham mavjud. Aholining 75 % savodli (mustaqillikdan ilgari 80 % savodsiz boʻlgan). Maorifga har yili mamlakat byudjetining 8—10 % sarflanadi. Mamlakatda Ammon va Irbid universitetlari, bir qancha institut va kollejlar bor. Ularda oʻqish pulli. Ammonda ilmiy tadqiqotlar kengashi, Podshohlik ilmiy jamiyati, Iordaniya arab tili akademiyasi mavjud. Ammonda universitet kutubxonasi, Xalq kutubxonasi, arxeologiya muzeyi, Badiiy galereya, Mozaika muzeyi, Islom muzeyi, Xalq muzeyi ishlaydi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Iordaniyada 1909-yildan boshlab gazeta chiqa boshlagan. Iordaniyada nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: „Al-Axbor“ („Yangiliklar“, kundalik gazeta, 1975-yildan), „Axbor al-Us bua“ („Xafta yangiliklari“, haftalik gazeta, 1959-yildan), „Jordan tayme“ („Iordaniya vaqti“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1975-yildan), „Al Yaqza al-Arabiya“ („Arab uygonishi“, arab tilidagi gazeta, 1991-yildan), „Al Aqso“ (Quddusdagi masjidning nomi, haftalik jurnali, 1970-yildan), „Nido al Vatan“ („Vatan chaqirigʻi“, haftanoma). Iordaniya axborot agentligi hukumatning rasmiy agentligi boʻlib, 1965-yil tashkil etilgan. Iordaniya Xoshimiylar Podshohligi radioeshittirish va telekoʻrsatuv xizmati davlatga qarashli boʻlib, 1959-yilda tashkil qilingan. Radioeshittirishlar arab, ingliz, ispan va ivrit tillarida olib boriladi. Iordaniya telekoʻrsatuviga 1968-yilda asos solingan. Adabiyoti Iordaniya adabiyoti 19-asrgacha umum arab adabiyoti tarkibida rivojlandi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Yusuf Ziyovuddin al-Xolidiy, Naxliya Zarriq, Xalil Baydos, Xalil al-Sakkokiniy va boshqaning maʼrifatparvarlik faoliyati kuchaydi. Birinchi „Adabiy jamoa“ (toʻgaraklar)lar paydo boʻldi. Bu davrda isteʼdodli publitsistlar yetishib chiqdi. 20-asr 1-yarmida Mustafo Vaxba at Till va Ibrohim Tukan sheʼriyatda, Najoti Sidqiy prozada milliy ozodlik gʻoyalarini ifodaladilar. Iskandar alhuri al-Baytajali asarlarida, Muhammad ashshariki, Husni Fariz, Muayyad Ibrohim al-Eroniy sheʼrlarida chuqur ijtimoiy muammolar koʻtarildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatiga bagishlangan sheʼr, hikoya, qissalar paydo boʻldi. Mahmud Sayfiddin al-Eroniy, Iso Annauri, Muhammad Adib al-Amiriy proza janrida asarlar yozishdi. Keyingi yillarda Samira Aʼzam, Abd al-Karim al Karmi (Abu Salma), Muin Bsisu, Nazxat Salom, Ismoil Abd al-Rahmon kabi yozuvchilar, Fariz al-Buhayri, Burhoniddin al-Abushiy kabi shoirlar, Fadva Tukan va Salma al Jausi kabi shoirlar lirikada samarali ijod qildilar. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Meʼmorligi va tasviriy sanʼati juda qadimgi boʻlib, dunyodagi eng koʻhna shaharlar ham Iordaniya hududida joylashgan. Bu yerlarda soʻnggi paleolit (Kilva qoyalaridagi rasmlar), neolit (xom gʻishtdan qurilgan uylar va tosh istehkomlarning krldiklari), eneolit va jez davriga oid yodgorliklar (tosh saganalar, guvala uylar, diniy inshootlar, toshtaroshlik, sopol va zeb-ziynat buyumlari) saqlangan. Mil. av. 4-asrdan eʼtiboran Filadelfiya (hozirgi Ammon), Geras (hozirgi Jerash) shaharlarini loyihalash va qurishda qadimgi meʼmorlik va tasviriy sanʼat anʼanalariga suyanildi. Mil. av. 9-asrga oid meʼmoriy va tasviriy sanʼat yodgorliklari bu oʻlkada Misr, Bobil, Ossuriya mada-niyatining taʼsiri kuchli boʻlganini koʻrsatadi. Rim hukmronligi davrida ulugʻvor ehrom, teatrlar, Vizantiya hukmronligi davrida cherkov, monastirlar qurilgan, koshinkorlik sanʼati avj olgan. Islom dini tarqalishi munosabati bilan mayejidlar qurildi, eski ibodatxonalar mayejidlarga aylantirildi (Qubbat as-Saxra, al-Aqso mas-jidi va boshqa). 8-asrda Mshatta, Xirbet al-Mafjar, Kusayr-Amra kabi hashamatli saroylar barpo etildi. Umaviylar hukmronligi davrida imoratlarni qadama naqshlar bilan bezash va turli suratlar chizish udum boʻldi. 12—14-asrlarga oid qalʼalar, qoʻrgʻonlar saqlanib qolgan. Iordaniyada 20-asrdan zamonaviy maʼmuriy va jamoat binolari koʻrila boshladi. Tasviriy sanʼat uncha rivoj topmagan. Xalq sanʼatida badiiy matolar, kashta, gilam, guldor gazlamalar, sopol, charm, yogʻoch buyumlar tayyorlash rivojlangan. Oʻzbekiston — Iordaniya munosabatlari Havolalar Иорданский клуб Русскоязычный форум по Иордании Иордания и арабские страны Информация об Иордании — промышленность, сельское хозяйство, транспорт, население Конституция Иордании Фоторепортаж из Иордании Иордания Густерин П. В. Иордания — родина христианства Adabiyotlar Густерин П. На родине христианства // Азия и Африка сегодня. — 2006. — № 5. Густерин П. Джераш — Помпеи Востока // Азия и Африка сегодня. — 2006. — № 10. Сычёва Л. Наши люди в Иордании. // «РФ сегодня», 2010, № 16. Helen Chapin Metz, ed. Jordan: A Country Study. Washington: GPO for the Library of Congress, 1989. Manbalar Yaqin Sharq BMT aʼzolari Arab davlatlari
16,164
3395
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kuvayt
Kuvayt
Kuvayt, Kuvayt Davlati baʼzan Quvayt (Davlat al-Kuvayt) — Arabiston yarimorolida, Fors qoʻltigʻining shimoli-gʻarbiy sohilidagi davlat. Maydoni 17,8 ming km². Aholisi 2,04 mln. kishi (2001). Poytaxti — Al-Kuvayt shahri. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi Quvayt — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 16-noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — amir (1977-yildan shayx Jobir al-Ahmad al-Jobir as-Saboh). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va parlament — Milliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyatni amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati Yer yuzasining koʻp qismi gʻarbdan sharqqa pasayib boruvchi plato. Fors qoʻltigʻining sohili botqoqli pasttekislik. Quvayt hududi Afrika— Arabiston platformasining Shimoli-sharqida. Basra - Kuvayt sineklizasida joylashgan. Iqlimi quruq, tropik iqlim. Yanvarning temperaturasi 11°, iyulniki 34°. Yillik yogʻin 100–150 mm. Landshafta: shimoliy qismida toshloq, markaziy va janubiy qismiga tomon qumli choʻl bilan almashinib boradi. Oʻsimlik kam, tuprogʻi boʻz tuproq. Aholisi Aholisining 90% ga yaqini arablar, ularning yarmidan koʻpi muhojirlar. Koʻchmanchi badaviylar, hindistonlik va pokistonliklar, eronliklar ham yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Dini — islom. Aholining 96%i shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: al-Kuvayt va al-Ahmadi. Tarixi Miloddan avvalgi 3-ming yillikkacha Quvayt hududi Bobil, Ossuriya va Eron davlatlari tarkibiga kirgan. Undan keyingi davrlarda esa turli davlatlar oʻrtasida talash boʻlib keldi. VII asr dan Quvayt Arab xalifaligi, XVI asrdan Usmonli turk saltanati tarkibida. XVIII asr oʻrtalaridan Kuvaytda hokimiyat as-Saboh sulolasi shayxlari qoʻlida. XVIII asrning 60-yillaridan Kuvaytga Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi kirib kela boshladi. 1899-yildan Quvayt amalda Buyuk Britaniya tasarrufiga oʻtdi. Kuvayt xalqining kurashi natijasida 1961-yil 19-iyunda Quvayt mustaqillikka erishdi. Hukumat bir necha ilgʻor islohot oʻtkazdi. Mamlakatda siyosiy hayot faollashib, 1967-yilda Quvayt kasaba uyushmalari federatsiyasi tuzildi. Kuvayt hukumati ijobiy betaraflik, hamma mamlakatlar bilan hamkorlik qilish siyosatini rasmiy ravishda eʼlon qildi. 1990-yil 2-avgustda Iroq Quvaytni bosib olib, oʻz viloyati deb eʼlon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan, 29 mamlakatdan iborat koalitsiya kuchlari Kuvaytni 1991-yil 26-fevralda butunlay ozod qildi. Kuvayt 1963-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1994-yil 8-iyulda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25-fevral — Milliy kun (1961). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Kuvaytda siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan. Kuvayt demokratik forumi, muxolifatdagi partiya, 1991-yil 7 muxolifat guruhining birlashuvi natijasida tuzilgan. Kuvayt ishchilari umumiy federatsiyasi kasaba uyushmasi 1967-yil dekabrda tuzilgan. Arab kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi va Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi. Iqtisodiyot Ikkinchi Jahon urushigacha Quvayt iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi koʻchmanchi chorvachilik, sohilda esa dengiz jonivorlarini ovlash boʻlgan, aholining bir qismi savdo-sotiq va xususan, marvarid savdosi bilan shugʻullangan. Urushdan keyin boy neft konlari negizida neft qazish sanoati rivojlandi. 1970-yillarga kelib yalpi milliy mahsulotning salkam 60%, valyuta tushumining 94% neft sanoatiga toʻgʻri keldi. Iroq agressiyasi Kuvayt iqtisodiyotiga, ayniqsa, neft konlariga katta zarar yetkazdi, ammo 1993-yildayoq neft eksportidan olingan mablagʻ urushdan avvalgi darajadan oshib 9,9 mlrd. va 1994-yil 11,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Quvaytda neftdan olinadigan daromadlarning 10% "Kelgusi avlodlar jamgʻarmasi"ga oʻtkaziladi. Asosiy neft konlari: Al-Burkon, Al-Makva, Vafra, Ahmadi. Yiliga 25 mln. tonna neftni qayta ishlab oladigan 3 ta zavod mavjud. Tabiiy gaz ham qazib olinadi. Shuningdek, kimyo (kimyoviy oʻgʻit, ammiak, oltingugurt, kaustik soda, boʻyoq), kemasozlik, metall ishlash (quvur, akkumulyator), oziq-ovqat, qurilish ashyolari sanoati (sement, gʻisht, cherepitsa va boshqalar) ishlab chiqarish kabi tarmoqlari ham rivojlangan. Elektr stansiyalar, dengiz suvini chuchitadigan qurilmalar bor. Temir-tersakdan metall eritadigan, neft sanoati uskunalarini, roʻzgʻor elektr va radio asboblarini taʼmirlaydigan korxonalar, hunarmandchilik ustaxonalari ham mavjud. 90-yillarda neft sanoati yalpi ichki mahsulotning 42% ni, boshqa sanoat tarmoqlari 14,5%, qishloq xoʻjaligi esa 0,3% ni tashkil etdi. 1 yilda oʻrtacha 16,8 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligida hamon koʻchmanchi chorvadorlik ustun. Vohalarda xurmo, bugʻdoy, arpa, sabzavot yetishtiriladi. Umuman, mamlakat hududining atigi 1% qishloq xoʻjaligiga yaroqli. Bu aholinig qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ehtiyojining 50% nigina qondiradi. Oziq-ovqatning koʻp qismi chetdan keltiriladi. Baliq ovlash aholi ehtiyojining 25% ni qondiradi. Quvaytda temiryoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 4 ming km dan ortiq. Dengiz transporti, ayniqsa, tankerlar katta ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Shuvayx (Quvayt), Ash-Shuayba, Mino-al-Ahmadi. Chetga neft va neft mahsulotlari, kimyoviy oʻgʻit, suyultirilgan gaz, asbest quvurlar, sement va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, transport vositalari, qurilish ashyolari, metall va metall buyumlar, oziq-ovqat keltiradi. Kuvaytning bir qancha mamlakatlardagi sarmoyalarning katta qismi koʻchmas mulkka aylantirilgan. Jumladan, Gollandiya va Daniyada Kuvaytga qarashli neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropadagi 9 davlatda 5117 avtomobil yoqilgʻisini quyish tarmoqlari mavjud. Bundan tashqari, Angiyaning "British petroleum", "Midlend", Germaniyanig "Daymler bens", "Folksfagen", "Simens", Ispaniyaning "Taras", Fransiyaning "Pariba" kabi yirik kompaniya va banklari hissadoridir. "Santa-Fe" xalqaro neft kompaniyasi Kuvaytning toʻla xususiy mulki hisoblanadi. Asosiy savdo mijozlari: Yaponiya, AQSh, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Xitoy, arab mamlakatlari. Pul birligi — Kuvayt dinori. Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiy muassasalari Shifokorlar Quvayt davlat universitetida va chet ellarda tayyorlanadi. Davlat oʻquv yurtlarida barcha turdagi taʼlim bepul. Xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 4 yil, oraliq maktabda 4 yil va oʻrta maktabda 4 yil Boshlangʻich va oraliq maktablarda 6— 14 yoshdagi bolalarning oʻqishi majburiy. Mamlakatda 1 oliy oʻquv yurti — Quvayt davlat universiteti (1966-yilda asos solingan) mavjud. Ilmiy muassasalari: Quvayt ilmiy-tadqiqot instituti (1967), qishloq xoʻjaligi tajriba styasi (1953), Arab rejalashtirish instituti (1966)— hammasi Quvayt shahrida. Kuvayt markaziy kutubxonasi (1936), universitet kutubxonasi, Kuvayt shahrida Kuvayt muzeyi va tabiiy-tarixiy muzey bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Kuvaytda bir necha gazeta va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilidagi kundalik gazeta, 1976-yildan), "Arab tayme" ("Arab vaqti", ingliz tilidagi gazeta, 1977-yildan), "Al-Vatan" (arab tilidagi kundalik gazeta, 1974-yildan), "Al-Jamahir" ("Omma", arab tilidagi kundalik gazeta, 1984-yildan), "Al-Kabas" ("Bilim", arab tilidagi kundalik gazeta, 1972-yildan), "Kuweit time" ("Kuvayt vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1961-yildan), "Ar-Risola" ("Maktub", arab tilidagi haftalik gazeta, 1961-yildan), "As-Siyosa" ("Siyosat", arab tilidagi kundalik gazeta, 1965-yildan), "Al-Xadaf" ("Maqsad", arab tilidagi haftalik gazeta, 1961-yildan), "Al-Amal" ("Ishchi", haftalik jurnal), "Al-Arabi" ("Arab", oynoma, 1958-yildan), "Al-Kuvayti" ("Kuvaytlik", haftalik jurnal, 1961-yildan), "At-Talia" ("Ilgor", haftanoma, 1962-yildan). Kuvayt axborot agentligi (KUVA) 1976-yilda tuzilgan. Kuvayt radioeshittirish xizmati 1951-yil, televideniyesi 1961-yil tashqil etilgan. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Faylaka oroldan qad. ibodatxona vayronasi, jez haykalchalar, ioniy kolonnali Satir ibodatxonasi, keramika buyumlari topilgan (miloddan avvalgi III asr). Quvayt shahrining eski uylari 1—2 qanatli boʻlib, tosh va loydan ishlangan hamda tashqi (devon) va ichki (haram)ga ajratilgan. Gumbazli 1 va 2 minorali jome masjidlar (Katta masjid, as-Suk va boshqalar) qurilgan. 1950—60 yillarda shahar qayta qurildi. Sanoat inshootlari barpo etildi. Koʻp qanatli uylar qurilib, koʻchalar koʻkalamzorlashtirildi. Temir-beton va oynadan qurilayotgan koʻp qanatli uylar koshinli, shishaband. Xalq ustalarining sanʼati bezak buyumlarda (yogʻoch kosa, shisha munchoqlar, qimmatbaho tosh koʻzli oʻzuklar, kumush yoki qoʻrgʻoshin qoplab vaqshlangan chilimlar va boshqalar) koʻzga tashlanadi. Musiqasi arab musiqa sanʼati bilan bevosita bogʻlangan. Hanaskorlik musiqa sanʼati rivojlangan. Chet elda oʻqib kelgan musiqa mutaxassislari maktablarda daryo beradi va hanaskorlar orkestrini tashqil qiladi. Yirik milliy professioval orkestr — radio va televideniye orkestri bor. Unga mahalliy bastakorlar musiqa yozib beradi. Teatri 1957-yil Xalq teatri tuzildi. 1959-yildan Arab teatri ishlay boshladi. Uning repertuarini Misr va mahalliy mualliflar pyesalari boyitib keldi. 1964-yil truppani miyerlik rejissor Zakiy Toʻlaymat boshqarib, arab pyesalarini sahnalashtirdi va mamlakatda ilk bor teatr bilim yurtini tashqil etdi. 1963-yil Fors koʻrfazi Kuvayt teatri paydo boʻldi va unda mahalliy dramaturglar asarlari qoʻyildi. 1967-yil yava bir teatr truppasi — Quvayt teatri tashkil etildi. Kinosi 60-yillar boshidan qisqa metrajli voqeiy va hujjatli filmlar suratga olina boshladi. 1971-yil "Shafqatsiz dengiz" (rejissor Xolid Saddiq) badiiy filmi namoyish qilindi. Quvaytning oʻz kinostudiyasi yoʻq. Oʻzbekiston — Quvayt munosabatlari 1994-yil iyulda ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, turli sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvayt oʻrtasida "Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim" kelishib olindi. 1997-yilda Quvayt iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi Nukus va Urganch shaharlarini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun 18 mln. AQSh dollari miqdorida pul ajratdi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonga 6 mln. Kuvayt dinori miqdorida kredit berish haqidagi shartnoma imzolandi; 20 yil muddatga berilgan bu kreditda 5 yillik imtiyozli davr koʻzda tutilgan. 1998-yil 250 ming Quvayt dinori miqdoridagi kredit mablagʻi oʻzlashtirildi. Ikki davlat oʻrtasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bunga Quvayt parlamentida Quvayt — Oʻzbekiston doʻstlik qoʻmitasi tashkil etilgani yaqqol misol boʻla oladi Manbalar Davlatlar Yaqin Sharq Quvayt Monarxiyalar Arab davlatlari Fors koʻrfazi
10,640
3396
https://uz.wikipedia.org/wiki/Livan
Livan
Livan, Livan Respublikasi (, Al-Jumhuriya al-Lubnoniya) — Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida. Maydoni 10,45 ming km². Aholisi 8 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bayrut shahri. Livan maʼmuriy jihatdan 6 muhofaza (viloyat)ga bulingan. Davlat tuzumi Livan — parlamentli respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1926-yil 23-mayda kuchga kirgan, keyinchalik unga tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1998-yildan Emil Laxud). Deputatlar palatasi (parlament) tomonidan 6 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 128 deputatdan iborat Deputatlar palatasi. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan hukumat (Vazirlar Kengashi) amalga oshiradi. Tabiati Qirgʻoqlarining kupi past. Sohili tekislik. Sharqida Livan tizmasi mamlakatning katta qismini egallagan (balandligi 3088 m gacha). Togʻlar, asosan, ohaktosh, qumtosh va boshqalardan tuzilgan. Temir rudasi va qoʻngʻir koʻmir konlari bor. Iklimi subtropik, yozi quruq, qishi sernam. Sohilida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 13°, iyulniki 28°. Yillik yogʻin sohilda 750–1000 mm, togʻlarda 1000 mm dan koʻp. Daryolari qisqa, yozda koʻpincha qurib qoladi. Yirik daryosi AlLitoni. Sohilida qoʻngʻir tuproq, togʻ yon bagʻirlarida boʻz-qoʻngʻir, yuqorirogʻida qoʻngʻir toshloq tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarining aksari butalar. Livan tizmasining yon bagʻirlarida eman, chinor, zarang, halab qaragʻayi oʻrmonlari bor. Hayvonlardan sirtlon, chiyaboʻri, gʻizol, har xil ke-miruvchilar va parrandalar yashaydi. Aholisi Aholisining 90% dan ortigʻi arablar, shuningdek, armanlar, kurdlar, cherkaslar, turklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Aholining 60% musulmon (sunniy, shia, druz), qolgan qismi xristianlar (moruniy, pravoslav, katolik). Aholining 83,7% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bayrut, Tarobulus ash-Shom, Saydo va Zahla. Tarixi Livan hududida odam quyi va yuqori paleolit davridan, oʻtroq xalq miloddan avvalgi 5-ming yillikdan yashaydi; 3— 2 ming yilliklarda qad. Livan hududida finikiyaliklarning shahar-davlatlari Bibl (Jubayl), Tir (Sur), Sidon (Saydo), Berit (Bayrut) va boshqa vujudga keldi. Ular miloddan avvalgi 8—4-asrlarda Ossuriya, Bobil, Axomaniylar davlati va makedoniyalik Aleksandr qoʻl ostida boʻlib keldi. Miloddan avvalgi 2-asrdan Livan hududi Salavkiylar saltanati tarkibida va miloddan avvalgi 64-yildan Rim xukmronligida boʻldi. Milodiy 4—6-asrlarda Livan Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi. 7-asr boshida Livanni sosoniylar, keyinroq arablar egalladi. 7—11-asrlarda Livan bir necha sulola qoʻl ostida boʻldi. Livan 11-asr oxirida salibchilar, 13-asrdan 16-asr boshlarigacha Misr mamluklari hukmronligida boʻldi. 1516-yil Livan Hududi Usmonli turk saltanati tarkibiga kirdi. 17-asrda amir Faxriddin II butun Livan ni birlashtirdi. 1697-yildan Livan Shihobiylar sulolasi qoʻl ostiga utdi. 18-asr oxiri, 19-asr boshlarida hukmronlik qilgan amir Bashir II Shihobiy Livanni markazlashtirish siyosatini qoʻlladi. U mamlakatni Turkiya hukmronligidan ozod qilish niyatida Misr hukmdori Muhammad Ali bilan ittifoqtuzdi. 1861-yil iyunda xalqaro komissiya (Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya, Rossiya, Turkiya) ishlab chiqqan nizomga muvofiq, mamlakat rasman Livan nomini oldi. 19-asrning 50—70-yillarida Livan arab maʼrifatchilik harakati markazlaridan biriga aylandi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Livan Gʻarbiy Yevropa davlatlarining yarim mus-tamlakasiga aylandi; 1918-yil oktabrda Angliya va Fransiya qoʻshinlari Livanni bosib oldi. 1922-yil Livanga Fransiya man-dati Millatlar Ligasi tomonidan tasdiqlandi. 1926-yil mayda qabul qilingan konstitutsiyaga muvofiq, Livan respublika deb eʼlon qilindi. Biroq Fransiya uning tashqi aloqalari va mudofaasi ustidan nazoratni oʻz qoʻlida saqlab qoldi. 1936-yilnoyabrda milliy ozodlik harakati tazyiqi ostida Fransiya hukumati bilan Livan oʻrtasida Livanga 3 yildan keyin mustaqillik berish toʻgʻrisida shartnoma tuzildi. Shartnomaga binoan, Fransiya Livan hududida oʻz qurolli kuchlarini saqlash, Livan tashqi siyosati va ichki ishlariga aralashish huquqiga ega boʻldi, fransuz reaksiyasining aralashuvi bilan Livan ga mustaqillik berish haqidagi shartnoma tasdiqlanmay qoldi. Ikkinchi jahon urushi boshida Fransiya taslim boʻlgach, 1940-yil Livan Italiya bilan Germaniyaning Yaqin Sharqdagi tayanch nuqtasiga aylandi. 1941-yil 8-iyunda "Ozod Fransiya" harakati va ingliz qoʻshinlari Suriya va Livanga bostirib kirdi. Fransiya qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni general Katru Fransiya mandatini bekor qildi, 26-noyabrda u Livan milliy ozodlik harakati talabiga javoban Livan ga mustaqillik berish haqidagi bayonotni tasdikladi. Biroq Livan 1943-yil 22-noyabrdagina haqiqiy mustaqillikka erisha oldi. 1945-yil Livan Arab davlatlari Ligasi tuzilishida ishtirok etdi va shu yili BMTga aʼzo boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ham Fransiya Livanda oʻz hukmronligini saqlab qolishga urinib, bir qancha tadbirlar koʻrdi, biroq Livan hukumati bu mavzuda muzokara oʻtkazishdan bosh tortdi. Buyuk Britaniya va Fransiya oʻz qoʻshinlarini 1946-yil 31-dekabrda Livan hududidan olib chiqib ketishga majbur boʻldi. Livan hukumati 1967-yil iyunda Isroil tajovuziga duchor bulgan Misr va boshqa arab davlatlariga oʻz xayrixoxligini bildirdi va Yaqin Sharkdagi siyosiy ziddiyatlarni tinch yul bilan hal qilish toʻgʻrisidagi BMTning 1967-yil 22-noyabr rezolyusiyasini maʼqulladi. 1968-yildan Livan hududida Falastin qarshilik harakati yuzaga keldi. Oʻsha yili Livanga qarshi Isroil tajovuzi boshlandi. Natijada Livan, ayniqsa, uning janubiy hududlari qattiq zararlandi. 1970-yil 17-avgustda parlament S. Franjyeni prezidentlikka sayladi. Soyib Salom hukumat rahbari boʻldi. Livanning yangi hukumati betaraflik siyosatini ilgari surdi va milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga, mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilashga vaʼda berdi, biroq vaʼdani bajarish oʻrniga demokratik huquq va erkinliklarni cheklashga harakat qildi; bu hol ish tashlash va namoyishlar boshlanishiga sabab boʻldi (1972-yil oxiri — 1973-yil boshlari). 1975-yil apreldan Livanda keskin siyosiy tanglik vujudga keldi. 1975—76 yil Livandagi xristian va musulmon qoʻshinlari oʻrtasida qurollir mojaro boshlandi. Oʻng xristian kuchlar Livanda turgan Falastin qarshilik harakati askarlari bilan, soʻngra musulmonlar bilan qurolli toʻqnashuv chiqardilar. Mamlakat ikkiga boʻlinib qoldi. Arablararo kuchlar (salkam 35 ming askar) Livanga kiritilgandan keyin urush harakatlari toʻxtadi. 1978-yil Isroil qoʻshinlari Livanga bostirib kirdi. BMT Xavfsizlik Kengashining 425-qaroriga binoan, BMT Muvaqqat kuchlari mamlakat janubga ki-ritildi. Isroilning 1982-yil tajovuzi natijasida Livan hududining anchagina qismi 1985-yil gacha egallab turildi. Isroil Livan janubda 10 km ga yaqin kenglikdagi "Xavfsizlik mintaqasi"ni ishgʻol qilib turdi. 1989-yilda mamlakatda yana qurolli mojaro chikdi. Arab mamlakatlari uchlar qoʻmitasi (Jazo-ir, Saudiya Arabistoni, Marokash)ning faol ishtirokida va xalqaro kuchlarning madadi bilan Livan milliy inoklik hartiyasi ishlab chiqildi. Toif bitimi deb atalgan bu hujjatda dav-lat boshqaruv idoralarini shakllantirishning diniy belgilaridan asta-sekin voz kechish koʻzda tutilgan. Shu asosda 1992 va 1996-yillarda parlament saylovi oʻtkazildi. Tashki siyosatda Livan ijobiy betaraflik, bloklarga qoʻshil-maslik siyosatiga amal qiladi. Livan Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan oldi va 1998-yil 22-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 22-noyabr — Mustaqillik kuni (1943). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi, 1950-yilda umumarab Baʼs partiyasining boʻlimi sifatida tuzilgan; Katoib (yoki Livan falanglari) partiyasi, 1936-yilda asos solingan; Taraqqiyparvar sotsialistik partiya, 1949-yilda tuzilgan; Milliy blok, 1943-yilda tuzilgan; Milliy liberal partiya (Erkin vatanparvarlar partiyasi), 1958-yilda asos solingan; Livan kommunistik partiyasi, 1924-yilda tuzilgan. Livan mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi, 1958-yilda asos solingan. Iqtisodiyoti Livan — agrar-industrial mamlakat. Livan iqtisodiyotining asosi bank-moliya faoliyati, savdo va sayyohlik. Yalpi ichki mahsulotda xizmat sohasi, savdo, moliya 50,3%, sanoat va qurilish 17,8%, qishloq xoʻjaligi 9,8% ni tashkil etadi. Sanoati, asosan, toʻqimachilik, oziqovqat, kimyo va farmatsevtika, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash korxonalaridan iborat. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Livanda xunar-mandchilik korxonalari, Tarobulus ash-Shom va Saydoda neftni qayta ishlash zavodlari mavjud. Sement, metallurgiya, metallni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari, ip gazlama kombinati, kand-shakar zavodi bor. Yiliga oʻrtacha 4,7 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 30% band boʻlib, milliy daromadning 10% hosil qilinadi. Bugʻdoy, arpa, tamaki ekiladi, banan, sitrus, zaytun, sabzavot, olma va boshqa mevalar yetishtiriladi. Qoramol, echki, qoʻy, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Livan chetga sitrus mevalar, gazlama, qogʻoz, metall buyumlar chiqaradi; chetdan mashina va uskunalar, yogoch-taxta, oziqovqat, xom ashyo keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamlakatlari, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH. Pul birligi — Livan funti. Transporti Avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uzunligi —7,4 ming km; temir yoʻl uz. — 417 km. Livan hududidan Saudiya Arabistoni va Iroqdan keluvchi neft quvurlari oʻtgan. Dengiz savdo flotining tonna-ji 438 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Bayrut, Tarobulus ash-Shom, Saydo, Juniya. Bayrutda aeroport bor. Tibbiy xizmati Vrachlar Livandagi Amerika universiteti tibbiyot fanlar fakulteti tarkibidagi Oliy tibbiyot maktabi va Fransiya universitetining tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Livanda tibbiy xizmat tizimi asosan xususiydir. Maorifi, madaniy-maʼrifiy muassasalari 1960-yildan davlatga karashli boshlangʻich maktablarda bepul oʻqitish joriy etilgan. Birok, oʻquv muassasalarining yarmidan koʻprogʻi xususiy. Maorif tizimi 5 yillik boshlangich, 4 yillik toʻliqsiz oʻrta va 3 yillik oʻrta maktablardan iborat. Hunar-texnika bilim yurtlari, ped. oʻquv muassasalari mavjud. Bayrutda 4 ta universitet: Livan universiteti (1953), Amerika universiteti (1866), Fransiya avliyo Iosif universiteti (1881), Arab universiteti (1960); Juniyada xususiy universitet (1950) bor. Livan milliy ku-tubxonasi (1921), universitetlar huzurida yi-rik kutubxonalar, Livan milliy muzeyi (1920), Nafis sanʼat muzeyi, Amerika universiteti muzeyi mavjud (hammasi Bayrutda). Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Livanda bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Al-Amal" ("Harakat", arab tilida chikadigan kundalik gazeta, 1939-yildan), "AlAnba" ("Xabar", arab tilidagi haftalik gazeta, 1953-yildan), "Al-Anvar" ("Hyp", arab tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), "Al-Bayroq" (arab tilidagi kundalik gazeta, 1912-yildan), "Ad-Diyor" ("Vatan", arab tilidagi haftalik gazeta, 1941-yildan), "An-Nahor" ("Kun", arab tilidagi kundalik gazeta, 1933-yildan), "An-Nido" ("Chaqiriq", arab tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), "Oryan-jur" ("Sharq kuni", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1971-yildan), "Revey" ("Uygʻonish", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1908-yildan), "As-Sayyod" ("Ovchi", arab tilidagi haftalikjur., 1943-yildan), "At-Tariq" ("Yoʻl", arab tilidagi oylikjur., 1941-yildan), "Al-Us bua-al-Arabi" ("Arab haftasi", arab tilidagi haftalik jurnal, 1959-yildan), "Ash-Shaab" ("Xalq", arab tilidagi kundalik gazeta, 1961-yildan). Milliy axborot agentligi Livan hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1962-yilda tashkil etilgan. Livan radioeshittirish xizmati hukumat qaramogʻida, 1937-yilda asos solingan. Livan telekoʻrsatuv kompaniyasi tijorat telekompaniyasidir (1959). Adabiyoti 7-asrdan Livan adabiyoti umumarab adabiyoti bilan birga rivojlandi. Turklar hukmronligi davrida madaniyat, xususan, adabiyot turgʻunlikda boʻldi. 19-asrda Livanda Misr, Suriya va boshqa arab mamlakatlaridagi singari maʼrifatchilik gʻoyalari keng yoyildi, publitsistika asosiy janr boʻldi, tarjimachilik rivojlandi (Nosif al-Yozijiy, Butrus al-Bustoniy va boshqalar). 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshlarida Livan adabiyotida maʼrifatparvarlik goyalari yanada kuchaydi. Birinchi jahon urushi arafasida Livan adabiyoti taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi: xalqning orzu-umidlarini ifodalovchi va hayot kamchiliklarini tanqid qiluvchi oqim shakllandi. Umar Faxuri, Tavfiq Yusuf Avvod va boshqa yozuvchilar Livan adabiyotida oʻzlarining haqqoniy asarlari bilan tanildilar. Ikkinchi jahon urushi yillari va urushdan keyingi davrda Umar Faxuri, Antuan Tobit va Rauf al-Huriy tomonidan tashkil etilgan "At-Tariq" jurnalda Livanning taraqqiyparvar yozuvchilari faol qatnashdilar. Livan adabiyoti va davriy matbuotida fashizmni, mustamla-kachilikni, ijtimoiy tengsizlikni fosh qilish yetakchi oʻrinni egalladi. Yozuvchi va filolog Morun Abbudning "Kichik bahodirlar", "Qogʻozdagi siyoh" kabi hikoyalar toʻplamlari dehqonlar turmushiga va Livan yoshlarining taqdiriga bagʻishlangan. Arab mamlakatlari ijtimoiy va siyosiy hayotining murakkab tomonlari bir qator qissa, novella, poema va boshqa larda oʻz aksini topgan. Keyingi yillarda Livan adabiyotida yozuvchilarning yosh avlodi katta eʼtibor qozondi. Shoirlardan Al-Xuri, S. Akd, nasrchi S. Idris, Livan Baalbeki mumtoz adabiyot anʼanalarini davom ettirdi. Meʼmorligi Livanda miloddan avvalgi 5—4-ming-yilliklarga mansub toshdan qurilgan mudofaa inshootlari, turar joylarning qoldiqlari topilgan. Mamlakatga arablar kelgach (7-asr), masjid, minora, Madrasa, karvonsaroylar kurila boshladi. 12-asrda salibchilar tomonidan Bofor qasri, monastirlar, cherkovlar bunyod etilgan. Usmonli turk saltanati hukmronligi davrida toʻrk meʼmorligi taʼsiri kuchaydi. Livan mustaqillikka erishgach, shaharlar taʼmirlanib, koʻp qavatli turar joylar, kinoteatr, maktab, klinikalar qurildi. Mahalliy anʼanalar davom ettirildi, ravoqli, peshtoqli yirik bynolar qurishda koʻproq temirbetondan foydalanila boshladi. Tasviriy sanʼati Miloddan avvalgi 5—4-ming yilliklardan naqshin sopol idishlar, 3—2-ming yilliklardan Finikiya sanʼati asarlari — shoh Axiram tosh tobutidagi qabariq tasvir va yozuvlar, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻ saqlanib kalgan. Asrlar davomida binolarga oʻymakorlik va naqsh ishlangan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida H. Su-rurning hayotiy portret va natyurmortlari, X. Salibiyning koʻtarinki ruxdagi kartinalari mashhur boʻldi, ularning ijodi keyingi rassomlarga katta taʼsir koʻrsatdi. 30—40-yillarda realistik yoʻnalish yetakchi oʻrinni egalladi. 50—60-yillarda formalistik oqimlarning taʼsiri kuchli boʻldi (rassomlardan S.Baltekse, P.Kirakosyan, I.Shamut, haykaltarosh Yu.Xoayek va boshqa realistik anʼanalarni davom ettirdilar). Plakat, karikatura, kitob bezash taraqqiy etdi. Amaliy sanʼatda qadama naqsh, metall va yogʻoch buyumlarga sayq-al berish, kandakorlik, kashtadoʻzlik, gilam toʻqish va boshqa rivoj topgan. Musiqasi Musiqasi — qadimgi boʻlib, johiliya davridan birmuncha murakkab cholgʻu kuylar va qoʻshiq turlari shakllangan. Ayniqsa, badaviylarning rechitatsiyali — shargi va dabka nomli jadal surʼatli raqs kuylari ommalashgan. Keyinchalik dialogli atoba, kasbiy yoʻnalishdagi maqam uslubiga mansub murakkab asarlar rivoj topdi. Bayrutda Milliy konservatoriya, uning huzurida kamer orkestr bor. 1956-yilda Livan musiqachi yoshlar jamiyati tuzilgan. U boshlangʻich musiqiy taʼlim, konsertlar uyushtirish bilan shugʻullanadi. 1966-yil Bayrutda joylashgan Amerika universiteti tarkibidagi Oliy sanʼatshunoslik maktabi huzurida musiqashunoslik boʻlimi tashkil etilgan. Livan xalq qoʻshiqlarining ommalashuvida ashulachi Feyruzning hissasi katta. 1966-yildan boshlab har yili oʻtkaziladigan Baʼlabakka festivallari Livan musiqiy hayotida muhim ahamiyatga ega. Teatri Marosim, bayram va boshqalarda qadimdan turli tomoshalar koʻrsatilgan, lekin teatr truppalari 20-asrning 2-yarmidangina paydo boʻldi. Qiziqchi artist Shushu tashkil etgan Milliy teatrda Molyer, Shekspir, Gyote va boshqalarning asarlari qoʻyildi. Bayrutdagi Livan drama teatrida jahon mumtoz adabiyoti namoyandalarining asarlari bilan bir qatorda mahalliy mualliflarning pyesalari ham sahnalashtirilgan. Pyesalar arab, fransuz va ingliz tillarida qoʻyiladi. Livandagi teatrlar xususiy boʻlib, davlatdan moddiy yordam olmaydi. Bayrutda 1965-yil ochilgan Milliy va Bayrut teatrlari, Baʼlabakka festivali teatri (1968) va boshqa teatrlar mavjud. Kinosi Birinchi badiiy film 1929-yil suratga olingan. "Baʼlabakka haro-balari ostida" nomli badiiy film, kinojur.lar va hujjatli filmlar 20-asrning 30-yillarida chet el firmalari buyurtmasi bilan suratga olingan. 60-yillarda "Baʼlabakka", "Niyer ist sa-und", "Alasriy" kinostudiyalari tashkil topdi. Keyingi yillarda "Salom, muhabbat!" (rejissyor M. Salmon), "Shayton arava" (rejissyor J. Kan), "Qayrilgan qanotlar" (rejissyor Yu. Maʼluf), "Gung va muhabbat" (rejissyor A. Bahriy) kabi filmlar tomoshabinlar diqqatiga sazovor boʻldi. Manbalar Yaqin Sharq Livan BMT aʼzolari Arab davlatlari Levant
17,104
3398
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qatar
Qatar
Qatar, Qatar Davlati (دولة قطر, Davlatu Qatar) — Janubiy Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Qatar yarim orolda joylashgan. Maydoni 11,4 ming km². Aholisi 793,3 ming kishi (2002). Poytaxti — Doʻha shahri Davlat tuzumi Qatar — mutlaq monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 2003-yil apreldagi referendumda maʼqullangan va 2005-yildan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — amir (1995-yildan shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy); u qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati Sohil qismi past, marjon riflari bilan oʻralgan. Yer yuzasi choʻl landshaftli tekislikdan iborat (eng baland joyi 56 m), voha kam, ayrim joylari botqoqlashgan tekislik. Neft va tabiiy gaz konlari bor. Iqlimi tropik, quruq iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 32°, eng yuqori temperatura 45".-yillik yogʻin 125 mm chamasida. Qatarda muntazam oqib turadigan daryolar yoʻQatar Choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Aholisi, asosan, mahaliy arablar; qolganlari boshqa arab mamlakatlari, Eron, Pokiston, Hindiston hamda Afrikadan kelganlar. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini islom. Shahar aholisi 91 %. Asosiy shaharlari: Doʻha, UmmSaid, Doʻhan. Tarixi Qatar yarim orolda aholi miloddan avvalgi 3—2-ming-yillikdan yashab kelgan. Qatarni bir necha marta Sosoniylar egallagan. 7—10-asrlarda Arab xalifaligi tarkibida boʻlgan. 10-asrdan Qarmatlar davlatiga kirdi. 13^14-asrlarda Bahrayn amirligi hukmronligi ostida boʻldi. 16-asr boshlarida portugallar, keyinroq usmonli turklar bosib oldi. 18-asrning 2-yarmida Qatar hududida Soniy sulolasi boshchiligidagi kichik sultonlik tashkil etildi. Bu sulola 19-asrning oxirida Qatarni birlashtirdi. 1871 — 1914-yillarda Qatar yana Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida boʻldi. 1916—71-yillarda Buyuk Britaniya protektorati. 1971-yil 1-sentabrda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Qatar — 1971-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3-sentabr — Mustaqillik kuni (1971). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan va 1997-yil 27-noyabrdan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Qatarda siyosiy partiya va kasaba uyushmalari yoʻQatar Xoʻjaligi Qatar iqtisodiyotining asosi — neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash; asosiy neft konlari Doʻhan rayonida joylashgan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 1 %, sanoatniki 49 %, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 50 % ni tashkil etadi. Sanoatida neftdan tashqari, tabiiy gaz ham qazib chiqariladi. Shuningdek, oʻgʻit, neft kimyosi sanoati mahsulotlari, sement ishlab chiqariladi, gaz suyultiriladi. UmmSaid shahrida metallurgiya zavodi ishlaydi. Avtomobillarni taʼmirlash ustaxonalari, alkogolsiz ichimliklar zavodlari bor.-yiliga oʻrtacha 5,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Qishloq xoʻjaligi sust rivojlangan. U ichki ehtiyojning 10 % ni qondiradi. Vohalarda xurmo (finik palmasi) oʻstiriladi; bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, joʻxori, sabzavotlar ekiladi, bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik (qoʻy, echki, tuya boqiladi) mavjud. Sohilga yaqin suvlardan baliq, krevetka ovlanadi, marvarid olinadi. Qatarda temir yoʻl yoʻQatar Avtomobil yoʻllari uzunligi 1,2 ming km (90 % qattiq qoplamali). Gaz va neft quvurlari uz. 550 km dan ziyod. Dengiz savdo flotining tonnaji — 636 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Doʻha va UmmSaid. Qatar chetga neft va neft mahsulotlari, oʻgʻit, sement, suyultirilgan gaz, dengiz mahsulotlari chiqaradi. Chetdan oziqovqat, sanoat jihozlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, BAA, Germaniya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Qatar riali. Tibbiy xizmati, maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Aholi uchun tibbiy xizmat bepul. Vrachlar chet elda tayyorlanadi. Oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Oʻrta umumiy taʼlim va hunartexnika oʻquv yurtlari, universitet bor. Milliy muzey, akvarium, etn. muzeyi, milliy kutubxona faoliyat yuritadi. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Qatarda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „al-Arab“ („Arabcha“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1957-yildan), „Asuak alXolij“ („Koʻrfaz bozorlari“, arab tilidagi oylik jurnal, 1980-yildan), „alVatan“ („Vatan“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1995-yildan), „Galf tayms“ („Koʻrfaz vaqti“, ingliz tilidagi kundalik va haftalik gazeta, 1978-yildan), „ar-Rayya“ („Bayroq“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1978-yildan), „ashSharq“ („Sharq“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1985-yildan). Qatar axborot agentligi hukumat agentligi boʻlib, 1975-yil tuzilgan. „Katar brodkasting servis“ hukumat xizmati 1968-yil, „Katar televiji servis“ telekoʻrsatuv xizmati 1970-yil tashkil etilgan. Qatarda „alJazira“ mustaqil arab yoʻldosh telekanali (1996-yil asos solingan) qarorgohi joylashgan. Manbalar Havolalar Geografiya Yaqin Sharq Qatar BMT aʼzolari Arab davlatlari Islom monarxiyalari
4,860
3399
https://uz.wikipedia.org/wiki/Saudiya%20Arabistoni
Saudiya Arabistoni
Saudiya Arabistoni, (Saudiya Arabistoni Qirolligi) Saudiya Arabistoni Podshohligi (Al-Mamlaka al-Arabiya as-Saudiya) – Osiyoning janubi-gʻarbida joylashgan davlat. BMT aʼzosi boʻlgan bu mamlakat Arabiston yarim orolning taxminan 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarni egallaydi. Maydoni 2,25 million km². Aholisi – 34 218 169 kishi (2019). Bulardan 5,3 million kishi mamlakat fuqarosi hisoblanmaydi. Poytaxti Ar-Riyod shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi Saudiya Arabistoni— mutlaq teokratik monarxiya. Davlat boshligʻi – podshoh, ayni vaqtda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992-yil 1 martda podshoh farmoni bilan 4 yillik muddatga Shoʻro (Maslahat) Kengashi tashkil etilgan. 1997-yilda Shoʻro Kengashi aʼzolarining soni 60 kishidan 90 kishiga yetkazildi. Podshoh Shoʻro Kengashini tarqatib yuborishi va kayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarkatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, asosan, podshoh oila aʼzolaridan tuziladi. Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari faoliyati rasman man etilgan. Tabiati Saudiya Arabistonijanubi-gʻarbda Qizil dengiz, shimoli-sharqda Hind okeanining Fors qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Qirgʻoklari koʻp joyda past, qumloq, baʼzan qingʻirqiyshiq. Saudiya Arabistoni koʻp qismini (1 million km² ga yaqinini) choʻl tashkil qiladi. Platosimon tekisliklar keng tarqalgan (gʻarbga tomon 1000–1300 m ga, sharqqa tomon 200–300 m gacha pasayib boradi). Yer yuzasi quruq daryo vodiylari bilan sezilarsezilmas boʻlinib turadi. Mamlakatning kattagina qismini lavali maydonlar, toshloq choʻllar (homadalar) tashkil qiladi. Qumli choʻllarning eng yiriklari – Nefud, Dahna. RubʼulXolishshx shimoliy qismi barxanlar (200 m balandliklikkacha), tizmali doʻng qumliklardan iborat. Zinasimon qir koʻp. Gʻarbda Qizil dengizga parallel holda bal. 2500–3000 m boʻlgan Hijoz va Asir togʻlari choʻzilib ketgan. Fors qoʻltigʻining sohili boʻylab ayrim joylari botqokdik yoki shoʻrxok qatlam bilan qoplangan AlXasaʼ pasttekisligi joylashgan (kengligi 150 km gacha). Gʻarbda Afrika – Arabiston platformasi fundamentining turtib chiqqan yeri – NubiyaArabiston qalqoni joylashgan boʻlib, u arxey – quyi proterozoy davrlariga mansub gneys va migmatitlar, shuningdek, yuqori proterozoyga oid geosinklinal choʻkindi komplekslaridan (qalinligi 10 km dan ortiq) iborat. Yuqori va quyi proterozoy davriga oid intruziyalar keng rivojlangan: shimoli-sharqiy yoʻnalishda qalqon jinslari platforma qoplamasining qatlamlari ostiga choʻkkan, bu jinslar vend va paleozoydan boshlanib, mezozoy va paleogenni oʻz ichiga oladi. Fors qoʻltigʻining yon bagʻri boʻylab Mesopotamiya chekka egilmasining neogen davriga mansub qalin molasslari rivojlangan boʻlib, uning janubiy chekkasida yirik neft konlari joylashgan. RubʼulXoli sineklizasi ikkinchi neft mintaqasi hisoblanadi. Qalqonning tokembriy davri jinslari orasida temir, xrom, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin rudalari, nodir yer elementlari, berilliy va qalay konlari bor. Iklimi shimolda subtropik, janubda tropik, quruq, keskin kontinental. Yozi juda issiq, qishi iliq. ArRiyodda iyulning oʻrtacha temperaturasi 33°, yanvarda 14°, eng yuqori temperatura 48°, mamlakatning janubda 54° va undan yuqori boʻlishi mumkin. Sohilda bu vaqtda namlik deyarli 100% ga yetadi. Shimolida baʼzan temperatura – 11° gacha pasayadi. Yogʻin miqdori deyarli hamma joyda 100 mm dan kam (yogʻin markaziy hududlarda bahorda, shimoliy hududlarda qishda, janubda yezda nisbatan koʻproq boʻladi), togʻlarda yiliga 400 mm ga yetadi. RubʼulXoli qumli choʻl va boshqa ayrim hududlarda oʻn yillab yogʻingarchilik boʻlmaydi. Asir viloyatidagi togʻlarda yogʻin yiliga 25,5 mm ni tashkil etadi. Jan.ning issiq samum shamoli bahor va yozning boshlarida qum boʻronlariga sabab boʻladi. Muntazam oqib turadigan daryolar yoʻq. Suv uch xil yoʻl bilan: quduqlar, yomgʻir yoki suv toshqini vaqtida hovuzlarga yigʻish va maxsus moslamalar yordamida dengiz suvini chuchuklashtirish orkali olinadi. Saudiya Arabistonida dunyoda eng koʻp chuchuk suv (dunyoda olinayotgan chuchuk suvning 30%) ishlab chiqariladi. Yomgʻir va toshqin suvlaridan toʻliq foydalanish maqsadida 186 ta damba va umumiy hajmi 775 mln.3 boʻlgan hovuzlar kurilgan. Sizot suvlar ehtiyojning 1/3 qismini qondiradi. Tuprogʻi oddiy choʻl tuprogʻidan iborat, hududining katta qismida tuproq qatlami oʻrnini tuz qoplami egallaydi. Shimolida dagʻal subtropik boʻz tuproq, janubda shoʻr tuproq va oʻtloqshoʻrxok tuproqlar mavjud. Oʻsimligi, asosan, choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Ayrim joylarda oq saksovul, yantoq, toshloq choʻllarda lishayniklar, lavali maydonlarda shuvoq, astragal, vodiy oʻzanlarida yakkaterak, akatsiyalar, shoʻr yerlarda yulgʻun, suv boʻylarida va shoʻrroq joylarda galofitlar oʻsadi. Koʻchib yuruvchi qumli choʻllarda deyarli oʻsimlik oʻsmaydi. Namgarchilik koʻp boʻlgan yillari va bahor paytida koʻproq efemer oʻsimliklar oʻsadi. Janubidagi togʻlarda savanna koʻp. Oʻrmon va yaylovlar xukumat tomonidan muhofaza qilinadi. Oʻrmonlar S. A.ning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan va 2,29 mln. gektar maydonni egallaydi. Koʻchuvchi qumlardan saqlash uchun tabiiy himoya chizigʻini shakllantirish maqsadida daraxtlar ekiladi. Har yili koʻchat ekish xaftaligi oʻtkaziladi. Hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, qulon, kiyik, gʻizol, daman, quyon, arab yoʻlbarsi, tuyaqushlar uchraydi. Koʻpgina kemiruvchilar, sudraluvchilar va qushlar yashaydi. Saudiya Arabistoni chigirtkalar makoni hisoblanadi. Qizil dengizda turli xil baliq, toshbaqa va boshqa dengiz hayvonlari uchraydi. Dengiz va quruklikda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va rivojlantirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish hamda rivojlantirish milliy qoʻmitasi tomonidan umumiy maydoni 90 ming km² boʻlgan 15 qoʻriqxona va Asir milliy bogʻi tashkil etilgan. Aholisining 90% ini arablar tashkil qiladi. Hindlar, misrliklar va pokistonliklar, bir necha yuz ming eronlik, fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, iordaniyalik va boshqa ham yashaydi. S. A.da 200—800 ming oʻzbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashmalari – unayza va shammar; qabilalar – harb, mutayr, huzayl, kaxtan, juhayna, muahib, shararat, manasir, banu asad, tanuh, quraysh, banu shaybon. Rasmiy til – arab tili; ingliz tili ham keng tapqalgan. Davlat dini – islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari – Makka va Madina Saudiya Arabistoni dadir. Har yili bu shaxdrlarda 2 mln. dan ortiq musulmon xaj va umra safarida boʻladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari – Ar-Riyod, Jidda, Makka, Madina. Tarixi Saudiya Arabistoni hududida qadimdan (mil. av. 2 ming yillik) koʻchmanchi arab qabilalari yashab kelgan. Mil. 7-asrda Arabiston yarim orolning gʻarbiy qismi (Hijoz)da islom paydo boʻlib, poytaxti Madina shahri boʻlgan ilk musulmon teokratik davlati – Arab xalifaligi yuzaga keldi. 7—8-asrlarda S. A. hududining koʻp qismi Ummaviylar, 8-asrning 2-yarmi – 9-asrlarda Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10—12-astlarda Arabiston yarim orolning bir qismida mustaqil amirlik, sultonliklar paydo boʻlgan. Xijoz Fotimiylar, soʻngra Ayyubiylar, 13-asrning oʻrtalari va 16-asrning boshlarida mamluklarga qaram boʻlgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu yerda oʻz hukmronliklarini saqlab qolishga urinishgan. 16-asr boshlarida Hijozni Usmonli turklar oʻz tasarrufiga olgan. 18-asr ga kelib Najdda vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi paydo boʻldi. Najd oʻzining nisbatan mustaqilligi bilan ajralib turgan. Najd amirliklaridan biri Diriya xokimi Muhammad ibn Saud (Saudiylar sulolasi boshligʻi) 1745-yil Arabistonni vahhobiylik shiori ostida birlashtirishga harakat qildi. 19-asrning boshlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlashtirildi. Bu davlat – birinchi Saudiylar davlati (1745—1811) hisoblanadi. 1811 – 18 yillarda Arabiston yarim orolning koʻp qismi Misr poshosi Muhammad Ali qoʻshinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parchalab yuborildi. 1843-yil Faysal ibn Turki boshchiligida saudiylar mahalliy qabilalar koʻmagida Najdni ikkinchi marta egallashdi. ArRiyod shahri poytaxtga aylantirildi. Barpo etilgan davlat – saudiilarning ikkinchi davlati hisoblanadi (1843—65). 1840-yildan soʻng ham Hijoz turklar qoʻlida qolaverdi. 19-asrning 2-yarmida vahhobiylar davlati Shammar hukmdori boʻlgan Rashidiylar tomonidan bosib olindi. 1902-yil amir Ibn Saud Kuvayt hukmdori Muborak yordamida ArRiyodni egallab, Rashidiylarga zarba berdi, keyinchalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlarning uchinchi davlatiga asos soldi (1902-yildan). Mustamlakachilik maqsadlarini koʻzlagan Buyuk Britaniya 1915-yil dekabrda Angliya – Saudiya bitimining imzolanishiga erishdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurolyarogʻ bilan yordam beradigan boʻldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarshi urushtirishga muyassar boʻlmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari MakMagon bilan Makka (Hijoz) sharifi Husayn oʻrtasidagi maxfiy yozishmalar natijasida bir bitimga kelishilib, unga muvofiq, Husayn arablarni Turkiyaga karshi otlantirishga vaʼda berdi. Buning evaziga Buyuk Britaniya Husayn boshchiligidagi boʻlajak arab davlatining mustaqilligini tan olmoqchi boʻldi. 1916-yil Husaynning oʻgʻli amir Faysal qoʻshinlari ingliz razvedkachisi T. E. Lourens rahbarligida Turkiyaga qarshi harbiy harakat boshladi. 1918-yil Husayn „arablar podshosi“ degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podshosi deb tan olishdi. Birinchi jahon urushi tugagach, Ibn Saud Arabistonni birlashtirishni davom ettiraverdi. 1920-yil u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik oʻrnatdi (Asirning hammasi 1930-yil boʻysundirildi). 1921-yil Shammarni boʻysundirdi. Yangi davlatning kuchayishini xohlamagan Buyuk Britaniya 1922-yil oʻzining gumashtalari (sharif Husaynning oʻgʻillari) – Iroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarshi chiqishga undadi. Saudiylar magʻlubiyatga uchradilar va bu Ibn Saudni 1922-yil Uqayrada Iroq bilan Kuvayt oʻrtasidagi chegarani belgilash haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi. Natijada chegara, yaʼni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924—25 yillarda Ibn Saud Hijozni Najdga qoʻshib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Madina qoʻlga kiritildi. 1926-yil yanvarda u oʻzini Hijoz podshosi, Najd va boshqa qoʻshib olingan viloyatlarning sultoni deb eʼlon qildi. 1927-yil Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olishga majbur boʻldi. 1932-yildan boshlab mamlakat S. A. Podshohligi deb ataladigan boʻldi. 1934-yil S. A. va Yaman oʻrtasida boʻlib oʻtgan va Yamanning magʻlubiyati bilan tugagan urush natijasida S. A. Asir, Jizana va Najdning bir qismini oʻz tarkibiga kiritdi. Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45)da S. A. Germaniya (1941) va Italiya (1942) bilan diplomatik aloqani uzdi, ammo urushda qatnashmadi. Urush oxiriga kelib S. A.da AQSH taʼsiri kuchaya boshladi. 1943-yil AQSH Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi va S. A. ga lendliz (biror shart bilan qarz berish) qonunini joriy etdi. AQShning ARAM KO neft kompaniyasi 1972-yilga qadar neft qazib olish ishlarini bajarib keldi. 1962-yil Saud amaldagi hokimiyatni amir Faysalga topshirishga, 1964-yil 2-noyabrda esa Faysal foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boʻddi. Faysal hukumati xalq xoʻjaligi (yangi sanoat korxonalarini barpo etish va hokazo), xalq taʼlimi sohasida bir qancha islohotlar oʻtkazdi. 1960-yillarning 2-yarmidan S. A. tashqi siyosati 2 xil yoʻnalishda boʻldi. Bir tomondan musulmon davlatlari tashkiloti – Islom paktini tuzib (1966), kommunizmga qarshi harakatni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ikkinchi tomondan Isroil agressiyasiga duchor boʻlgan arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boshladi. 1973-yilgi Yaqin Sharkdagi harbiy tanglik paytida S. A. oʻz qoʻshinlari bilan arab mamlakatlari tomonida turib urushda qatnashdi va Misr hamda Suriyaga qaytarib olmaslik sharti bilan moliyaviy yordam berdi; Isroilni quvvatlayotgan mamlakatlar – AQSH, Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. 1974-yil oktabr oyida Rabotda boʻlib oʻtgan arab mamlakatlari rahbarlarining konferensiyasida S. A. Falastin Ozodlik tashkilotini tan oldi. 1975-yil 25 martda podshox. Faysal oʻldirilgach, uning oʻrniga Xolid ibn Abdulaziz podshoh boʻddi. 1982-yil iyunda PodshohXolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning oʻrniga Faxd bin Abdulaziz taxtga oʻtirdi. S. A. – 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil fev, da oʻrnatgan. Milliy bayrami – 23-sentabr – Podshohlik eʼlon qilingan kun (1932). Xoʻjaligi Iqtisodiyotining asosi – neft va gaz sanoati. Ikkinchi jahon urushiga qadar S. A. xoʻjaligida chorvachilik ustun boʻlgan. Urushdan keyin neft qazib olish va eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daromad 5 yillik rejalar doirasida sanoatni rivojlantirishga katta mablagʻ ajratish imkonini berdi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 53%, qishloq xoʻjaligi ulushi 6%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 41% ni tashkil etadi. Saudiya Arabistoni yalpi xdjmining 35% xususiy sektorga toʻgʻri keladi. Sanoati S. A. neft zaxiralari boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda (35,8 mlrd. tonna), neft qazib chiqarish boʻyicha 2oʻrinda (AQShdan keyin) turadi. Neftning 95% „Saudi ARAM KO“ milliy kompaniyasi tomonidan qazib chiqariladi. S. A.da kuniga 7,5 mln. barrel (2002-yil 308 mln. tonna) neft qazib olinadi. Gaz zaxiralari boʻyicha dunyoda 4oʻrinni egallasada, uni qazib olish boʻyicha Yaqin Sharqda loʻrinda turadi. 1960-yillarning oxiridan neft kimyosi sanoati keng rivojlandi. Metallurgiya (Jidda), qogʻoz (Dammom), oziq-ovqat (Makkadagi yog zavodi, konditer fabrikasi, ArRiyoddagi sabzavot konservalari va Jiddadagi meva sharbati ishlab chiqaradigan fabrika hamda Hufuf va Madinadagi xurmoni qayta ishlash fabrikasi), toʻqimachilik, qurilish materiallari sanoati ham rivojlangan. Jidda, Dammom va ArRiyodda sement zavodlari, Dahronda oynashisha zavodi bor. Bu korxonalarning koʻpchiligi toʻliq yoki qisman (70%cha) „Sabik“ davlat konserniga karashli va u tomonidan nazorat qilinadi. Yiliga oʻrtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. S. A.da hunarmandchilik, shu jumladan, zargarlik korxonalari salmokli oʻrin egallaydi. Qishloq xoʻjaligi bundan chorak asr muqaddam iqtisodiyotning eng qoloqtarmogʻi hisoblangan. 1990-yillardan u juda tez surʼatlar bilan rivojlandi va daromadli tarmoklardan biriga aylandi. Ekin ekiladigan umumiy maydon 1990-yillarningoxirida 1,8 mln. gektarga yetdi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini – gʻalla, sholi. Xurmo, kofe, uzum, mandarin, banan, sabzavot va mevali oʻsimliklar ham oʻstiriladi. Koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan: tuya, qoʻy, echki, qoramol, shuningdek, tovuq boqiladi. Baliqovlash bilan shugʻullaniladi. Yiliga oʻrtacha 698 ming t sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mamlakat oʻz aholisini asosiy oziqovqat mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlaydi. Dengizdan marvarid va marjon olinadi. Har yili Makka va Madinaga keluvchi 2 mln.dan ortiq ziyoratchiga xizmat koʻrsatiladi. Temir yoʻllar uz. 1400 km ni tashkil etadi. Eng yirik temir yoʻl yoʻnalishlari Dammom— Dahron—ArRiyod (562 km), Hufuf—ArRiyod (322 km). Avtomobil yoʻllari uzunligi 159 ming km, undan 100 ming km asfaltlangan; neft quvuri uz. – 3,7 ming km. S. A. Yaqin Sharqda eng kuchli dengiz flotiga ega. Mamlakatdagi asosiy dengiz portlari: Jidda, Yanbo, Jizon, RasTannura, Dammom, Jubayl, Daba va boshqa Mamlakatdagi 25 aeroportdan 3 tasi xalqaro aeroportdir. Havo aloqasi „SaudiArabiyen erlayns“ aviakompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Xalqaro aeroportlari Dahron, Jidda va ArRiyodda. S. A. chetga, asosan, neft va neft mahsulotlari, bugʻdoy, xurmo chiqaradi. Chetdan mashina jihozlari, avtomobil, isteʼmol mollari, transport vositalari, metall, toʻqimachilik buyumlari, qurolyarogʻ oladi. Asosan, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur, Fransiya, Germaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi – S. A. riyoli. Tibbiy xizmati Soʻnggi 30 yil ichida mamlakatda kasalliklarni davolash va oldini olishga qaratilgan keng qoʻlamli investitsiya dasturlarini amalga oshirish tufayli ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Ilgari aholi orasida koʻp uchraydigan sil, bezgak, teri va traxoma kasalliklari deyarli barham topdi. Mamlakatga har yili keladigan ziyoratchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Buning uchun Makkada 7 kasalxona, 40 tibbiy markaz, Minoda 4 kasalxona va 24 tibbiy markaz, Arofatda 3 kasalxona va 43 tibbiy markaz, Muzdalifada 6 tibbiy markaz, Madinada 8 kasalxona va 48 tibbiy markaz mavjud. S. A.da 42625 oʻrinli 290 kasalxona bor. Tibbiy markaz va dispanserlar soni 4000 dan oshadi. 2000-yil 30 544 vrach, 61 214 hamshira va 31977 texnik assistent ishladi. Vrachlarning 17% S. A. fuqarolari, qolganlari misrlik, pokistonlik, malayziyalik va boshqa mutaxassislardir. Eng chekka viloyatlardagi bemorlarni markaziy ixtisoslashgan kasalxonalarga tezkorlik bilan keltirish maqsadida 22 samolyotdan iborat havo ambulatoriyasi mavjud. S. A. Qizil Yarim Oy jamiyatining 154 markazi va 500 Kuchma ambulatoriyasi, 27000 xizmatchisi ham aholiga favqulodda yordam koʻrsatadi. Mamlakat va chet el fuqarolari uchun tibbiy xizmat bepul. Maorifi va madaniy-maʼrifiy muassasalari 1926-yil boshlangʻich majburiy taʼlim va dunyoviy maktablar ochish, 1960-yil qizlarni majburiy taʼlimga jalb etish qaqida qonunlar qabul qilingan. Taʼlim tizimi davlat qaramogʻida boʻlib, mamlakat fuqarolari va chet elliklar uchun ham bepul. Maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlangʻich maktab 6 yillik, oʻrta maktab 2 bosqichli boʻlib, toʻliqsiz oʻrta (3 yil) va toʻliq oʻrta (3 yil) maktabdan iborat. Boshlangʻich maktab negizida hunartexnika maktablari (4 yillik), toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari (2 yillik) ishlaydi. Maktablarda oʻgʻil bolalar va kizlar alohidaalohida oʻqitiladi. S. A.da oʻgʻil bolalar uchun 11191 va qiz bolalar uchun 11441 maktab boʻlib, ularda4,15 mln. bola oʻqiydi, 292 ming oʻqituvchi ishlaydi. Har bir oʻqituvchiga 15 oʻquvchi toʻgʻri keladi. Bu – dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatda xususiy taʼlim muassasalari ham mavjud. Mamlakatda bir qancha oliy oʻquv yurtlari bor. Eng yiriklari: ArRiyoddagi podshoh Saud universiteti (1957), Jiddadagi Abdul Aziz universiteti (1967), Madinadagi I slom tadqiqotlari universiteti (1961), ArRiyoddagi Imom Muhammad ibn Saud islom universiteti (1974), Sharqiy vshgoyatdagi podshoh Faysal universiteti (1974), Makkadagi Umm alKura universiteti (1981), Dahrondagi podshoh Faxd nomidagi neft va minerallar universiteti (1963), ArRiyoddagi Oliy texnologiya instituti va Texnika instituti. Oliy taʼlim beradigan universitet, institut va kollejlarda 297 830 talaba taʼlim oladi. Yirik kutubxonalari: Milliy kutubxona (1968), Saud kutubxonasi, ArRiyod universiteti kutubxonasi, Mahmudiya kutubxonasi, Orif Hikmat kutubxonasi, Madina universiteti kutubxonasi. S. A.da 153 madaniy markaz, madaniyat va sanʼat jamiyati, adabiyot klublari faoliyat koʻrsatadi. 12 ta muzey bor. Ularning eng yiriklari: ArRiyoddagi arxeologiya va xalq merosi milliy muzeyi, AlMasmak kalʼasi muzeyi, Dammomdagi Mintaqaviy muzey va boshqa Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. S. A.da 100 dan ortiq kundalik gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari arab tilida: „AlBilad“ („Mamlakat“, kundalik gazeta, 1934-yildan), „AnNadva“ („Klub“, kundalik gazeta, 1958-yildan), „AlMadinaAlMunavvara“ (kundalik gazeta, 1937-yildan), „ArRiyod“ (kundalik gazeta, 1964-yildan), „AlJazira“ („Orol“, kundalik gaz.), „AshSharqalAusat“ („Yaqin Sharq“, gazeta, 1978-yildan); ingliz tilida: „Arab Nyus“ („Arab yangiliklari“, kundalik gazeta, 1975-yildan). Eng yirik va nufuzli nashriyot „AlYamama“ hisoblanadi. Radioeshittirish 1948-yildan boshlangan, 23 davlat radiostyasi mavjud. Eshittirishlar 4 kanal orkali arab va ingliz tillarida, chet ellarga fransuz, turk, urdu, bengal, fors, oʻzbek, suaxili va indonez tillarida uzatiladi. S. A.da milliy telekoʻrsatuv faoliyati 1965-yildan boshlangan. Makka (1967), Madina (1967), Dammom (1969)da yirik televizion markazlar mavjud. Teleeshittirishlar 2 kanal orqali olib boriladi. Sunʼiy yoʻldosh orqali telekoʻrsatuvlar asosiy axborot manbaidir. 70% teletomoshabinlar undan foydalanadi. Adabiyoti Hozirgi S. A. hududidagi qad. va oʻrta asr adabiyoti arab madaniyati oʻzanida rivojlandi. Hijozda 5— 7-asrlarda badaviylar sheʼriyati (ImruulQayS) rivojlandi, 7-asrning 1-yarmida esa „Qurʼon“ xatga tushirildi. Badaviylar sheʼriyati namunalari va „Qurʼon“ mumtoz arab tilini namoyon etuvchi buyuk manba hisoblanadi. Arab xalifaligi tashkil topishi, 7-asrning 20 yillarida adabiy hayot markazlarining oʻzgarib turishi (Damashq, Bagʻdod, Kohira va boshqalar) S. A.da adabiyot rivojini birmuncha sustlashtirdi. Vahhobiylar mafkurasi va konservativ jamiyat tuzilishi yangi adabiyot rivojini uzok vaqtgacha toʻxtatib qoʻydi. Qoʻshni arab mamlakatlarining taʼsirida 20-asrning 20 yillaridan bir qancha shoir, jurnalist, yozuvchilar yetishib chiqdi. Ularning asarlarida maʼrifatparvarlik, romantik va realistik yoʻnalishlar uygʻunlashgan edi. Muhammad Surur asSabbon va Muhammad Hasan Avvad romantik yoʻnalish asoschilari hisoblanadi. Husayn Sirxan, Muhammad Hasan Fiki, Muhammad alAmir arRumeyxa kabi shoirlar mazkur yoʻnalishda ijod qilgan shoirlardir. Mehnatkash xalq hayotini, jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizliklarni fosh etish Ahmad Abd alGʻafur Attor ijodida muxim oʻrin tutadi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) dan keyingi davr nasrida Amin Salom Rumayha, Abdulla Munaa, Yusuf bin ashShayx Yaʼqub hikoyalari, Hasan Nosif, Abd asSalom Hoshim Hofiz qissalari realistik yoʻnalishga ega. Realist yozuvchilar asarlarida sentimentalizm ruhi kuchli. 1957-yil Abd asSalom Hoshim Hofizning xotin-qizlar huquqini himoya etishga bagʻishlangan „Hijozlik Samro“ nomli birinchi romani nashr etildi. 50 yillardagi publitsistika va adabiy tanqidda Muhammad Hasan Avvad, Abdulla bin Xalis, Saod alBovaridiy, Abdulla Abd alJabbor va boshqa ijodi muhim ahamiyatga egadir. Hikoya janri yaqinda paydo boʻlgan boʻlsa ham, S. A. adabiyotida yetakchi oʻrinni egallaydi. Ahmad asSiboi, Hamid Damanquri hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Ahmad AsSiboining „Egizaklar“ asari bu janrda yaratilgan birinchi asardir. Novella janri ham yangi janrlardan hisoblanadi. Husayn Ali Husayn, Muhammad Ulvan, Ali Xasuna, Siboi Usmon, Muhammad alMansura ashShakxa mazkur janrda samarali ijod qilmoqdalar. 80 yillardagi publitsistika va adabiy tanqidda Ahmad Abd alGʻafur al Attar, Muhammad Abdo Yamanini alohida koʻrsatish mumkin. 1980-yildan podshoh farmoni bilan adabiyot boʻyicha davlat mukofoti taʼsis etilgan. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Odam yuzi tasvirlangan tosh haykalchalar, hayvonlar tasvirlangan tosh relyeflar S. A. hududidagi qad. yodgorliklardan hisoblanadi (mil. av. 7—2-asrlar). Makka va Madinada oʻrta asr arab meʼmorligi yodgorliklari (masjid, Madrasa, minoralar) saqlangan. Hijoz shimolda mil. av. 2 va mil. 1-asrlarga oid nabatiyaliklar shahri vayronalari va qabrlar topilgan. Aholi turmush darajasining yuksalib borishi bilan anʼanaviy loy va xom gʻishtlar oʻrniga zamonaviy qurilish materiallaridan mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda villa va koʻshklar qurildi. Koʻchmanchilarning turar joylari esa echki terisi bilan yopilgan chaylalardan iborat. Yirik shaharlar (Makka, ArRiyod, Madina, Jidda)da jahon andozalariga mos darajada koʻp qavatli uylar, mehmonxona, stadion, aeroportlar mavjud. Zamonaviy qurilishlarda arab milliy meʼmorligi anʼanalari oʻz aksini topgan. Yirik inshootlarning devori koʻpi marmar bilan qoplangan. Kinosi Saudiya Arabistonida hayot tarzi islom dini arkonlari asosida qurilgani sababli kinoteatr va teatrlar yoʻq. Shunga muvofiq, kinematografiya sanʼati rivojlanmagan. Asosan, sport va ijtimoiy xarakterga ega filmlar yaratiladi. Ommaviy tarzda kinofilm va spektakllar namoyish etilmaydi. Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlari Manbalar Yaqin Sharq BMT aʼzolari Arab davlatlari Islom monarxiyalari
24,252