cleaned_text
stringlengths 1
200k
⌀ | category
stringclasses 7
values |
---|---|
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda eng mazali salatlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Brinza va bodringli salat — oddiy, yengil va juda mazali yegulik bo'lib, u har qanday dasturxonni bezaydi. Ushbu salat to'g'ri ovqatlanishga rioya qiladigan va parhez tutadiganlar uchun mos keladi, chunki u kam kaloriyaga ega. Qizil karamning yaxshi tomoni shundaki, u deyarli har qanday salatga yorqin ranglar qo'shishi mumkin. Ushbu salat sizning dasturxoningiz uchun haqiqiy bezakka aylanadi. Kartoshkali salat — mazali va to'yimli bo'ladi. Bunday salatni ham iliq, ham sovuq holida iste'mol qilish mumkin. Bu har qanday issiq ovqatga qo'shimcha bo'la oladi. Karam va sabzavotlarga ega ushbu salat — vitaminlarga juda boydir. Ayniqsa bahor faslida ko'proq ushbu salatni tayyorlab vitaminlarga to'yinib olishingizni maslahat beramiz. Agar sizning ovqatalanish ratsioningizda oqsil kamlik qilayotgan bo'lsa, unda makkajo'xori va pishloqli salat tayyorlashingizni maslahat beramiz. O'zingizni sabzi, makkajo'xori va bodringli foydali salat bilan siylang. Bunday salat mazli va to'yimli bo'lib, shuningdek vitaminlarga ham boydir. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Toshkent shahar hokimiyati Raqamli rivojlanish departamenti fevral oyida «Xalq nazorati» xizmatini ishga tushirdi . «Gazeta.uz» loyiha rahbari Oybek Niyozovning ushbu xizmatning maqsad va vazifalari, nima uchun u haqiqatan ham shaharni obod qilishi mumkinligi to'g'risidagi maqolasini havola etadi. Ushbu xizmat fuqarolarning maishiy muammolari va shaharning infratuzilmaviy kamchiliklarini hal qilishga qaratilgan. Uning yordami bilan toshkentliklar yo'llarning holatidan shikoyat qilishlari, buzilgan lift yoki ishlamaydigan svetofor haqida ma'lum qilishlari mumkin. Biz muammolar haqidagi ma'lumotlarni tegishli idoralarga yetkazamiz va ular ushbu muammolarni hal qilishadi. Bu kabi xizmatlar Janubiy Koreya, Estoniya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda mavjud. Agar fuqaro ma'lum bir kam ta'minlangan oilaga ijtimoiy turar joy ajratish kerakligini so'rab murojaat qilsa, biz bu murojaatni rad etamiz. Xohlamaganimiz uchun emas, balki bu kabi muammolar xizmatning maqsadlari va vazifalariga mos kelmasligi sababli. Bunday muammolarni shahar ma'muriyati, xalq qabulxonalari, prezident portali va boshqa davlat idoralariga murojaat qilish orqali hal qilish osonroq va samaraliroq. Dastlab biz «Xalq nazorati» xizmatini 2020 yil 1 avgustda ishga tushirmoqchi edik. Ammo uni ishga tushirish vaqtini kechiktirishga to'g'ri keldi, chunki dastlabki konsepsiya noto'g'ri edi. Platformaning birinchi versiyasida barcha shikoyatlar bitta ma'lumotlar bazasiga tushardi va qo'lda saralanardi. Xuddi pochta qutisi kabi edi. Biz bu yetarli darajada qulay va samarali emas degan qarorga keldik va muammolar dastur tomonidan saralanib, darhol o'z manziliga yetib borishi uchun jarayonni avtomatlashtirish ustida ishlay boshladik. Keyin biz shahar idoralari xodimlariga platformadan qanday foydalanish kerakligini tushuntirdik. Ular bizga fikr-mulohazalarini bildirishdi, shundan so'ng biz xizmatni yanada takomillashtirdik va interfeysni iloji boricha tushunarli va estetik jihatdan yaxshiroq qilishga harakat qildik. Natijada, xizmatning ishga tushirilish vaqti yana ikki marta orqaga surildi va faqat fevral oyida faoliyatni yo'lga qo'ydik. Xizmatdan foydalanish bo'yicha davlat idoralari xodimlari uchun trening. Foto: Toshkent hokimiyati. «Xalq nazorati» ishga tushirilgan kuni bizda foydalanuvchilar soni katta edi. Serverning ishdan chiqishi sababli foydalanuvchilar ro'yxatdan o'ta olishmadi. Bir necha soat ichida biz muammoni bartaraf qildik va ro'yxatdan o'tish qayta tiklandi. Nosozlik bo'lishiga qaramay, birinchi kuni 382 kishi tizim ro'yxatidan o'tishdi. Biz platformani yaxshilashga ulgurdik: asosiy dasturiy xatolarni aniqladik, ro'yxatdan o'tishdagi muammolarni bartaraf qildik va serverni ishonchli qildik — endi biz server to'satdan ishdan chiqmasligini aniq bilamiz. Ishga tushirilgandan so'ng, biz ba'zi idoralar fuqarolarning muammolarini bartaraf etishda mas'uliyatsizlik bilan yondashayotgani bilan to'qnash keldik. Bundan tashqari, shahar idoralarining ayrim xodimlari ushbu platforma qanday ishlashini darhol tushunishmadi, natijada, aholi so'rovlari uzoq vaqt javobsiz qoldi. Xizmatning eski ish uslublariga nisbatan bitta muhim ustunligi bor: u hujjatlar bilan ortiqcha rasmiyatchilikni talab qilmaydi va shahar idoralari xodimlariga fuqarolar bilan onlayn muloqot qilishda yordam beradi, bu ularning muammolarini hal qilishni tezlashtiradi. «Xalq nazorati» xizmati ishga tushgunga qadar aholining muammolari qog'oz jurnallarga qayd etilgan. So'ngra ular «suv yo'q», «gaz yo'q», «yo'llardagi chuqurlar» va boshqalar kabi toifalarga bo'lingan. Keyin ma'lumotlar qo'lda Excel hujjatga kiritilgan. Shundan so'ng, hujjat mas'ul idoralarga yuborilgan. Har bir shahar idorasi, shuningdek, o'z daftarlarini yurgizishgan. Ular ham xuddi yuqorida aytilgani kabi daftarga yozilgan muammolarni qayta Excel hujjatga kirgizishgan. Natijada, hammaning o'z daftarlari va hujjatlari bo'lgan. Muammolarni qayd etish, ularning hal qilingan-qilinmaganligini aniqlash juda qiyin edi. Butun jarayon judayam uzoq — ba'zan bir necha oy davom etgan. «Xalq nazorati»da hamma narsa oson: yagona ma'lumotlar bazasi, har bir idora uchun shaxsiy kabinetlar, muammolar onlayn keladi, ularni bir-ikki marta tugmaga bosish orqali ko'rish va yechilganini belgilash mumkin. Platforma o'zi muammolarni saralaydi va kerakli idoraning shaxsiy kabinetiga yo'naltiradi. Idoralar muammoni unutishidan saqlab turuvchi taymerlar mavjud. Va eng muhimi, shikoyat muallifi o'zi tasdiqlamaguncha, muammoni hal qilingan deb belgilashning imkoni yo'q. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, platforma fuqarolarning maishiy muammolari va shaharning infratuzilmaviy kamchiliklarini hal qilishga qaratilgan. Agar sizning liftingiz buzilib qolsa, biror bir joyda svetofor ishlamay qolsa yoki atrofingizda kerakli yo'l belgilari bo'lmasa, agar siz yo'llardagi chuqurlarni payqasangiz yoki suv, gaz, elektr toki o'chib qolsa — «Xalq nazorati» bu muammolarni hal qilishda yordam beradi . Har bir shikoyat Toshkentning interaktiv xaritasida qayd etiladi, bu tizimdagi muammolarni aniqlashga yordam beradi. Masalan, shaharning biror bir joyida yo'llarning sifati to'g'risida o'nlab shikoyatlar bo'lsa, bu poytaxt ma'muriyatiga ushbu joydagi yo'l infratuzilmasi yanada samarali va tizimli yechimlarga muhtoj ekanligidan darak beradi. Tizimda ro'yxatdan o'tish uchun fuqarolar pasport ma'lumotlarini kiritishlari kerak. Amaldagi qonunchilikka binoan, biz anonim murojaatlarni ko'rib chiqa olmaymiz. Bundan tashqari, agar fuqarolar muammo haqida boshqa idoralarga xabar berishga harakat qilsalar, ular o'zlarining pasport ma'lumotlarini ham taqdim etishlari lozim. «Xalq nazorati»ga kelib tushgan murojaatning qanday ko'rib chiqilishini faraz qilamiz. Masalan, mobil ilovada siz «O'chib ketgan piyodalar yo'l chiziqlari» muammosi toifasini tanladingiz, manzilni tanladingiz va ariza yubordingiz. U darhol kerakli tashkilotga, bu holda — Yo'l harakatini tashkillashtirish markaziga (YHTM) yuboriladi. YHTM bizning tizimimizdan muammo to'g'risida, uning manzili, shikoyat matni va ilova qilingan bo'lsa, o'chirilgan yo'l chiziqlari fotosurati (fotosuratni yuborish shart emas, lekin bu muammoning yechimini tezlashtiradi) haqida ma'lumot oladi. Keyin manzilga xodimlar yuboriladi, ular yo'l chiziqlarini yangilaydi va natijani suratga oladi. Natijada, muammo hal qilinganligi to'g'risida xabar olasiz. Siz muammo haqiqatan ham hal qilinganligini tasdiqlashingiz yoki xabarnomani bekor qilishingiz va muammoni qayta ko'rib chiqishga yuborishingiz mumkin. Muammoni hal qilish uchun ijrochiga 10 kun beramiz. Ammo u ushbu muddatni uzaytirilishi sababini majburiy tushuntirish sharti bilan uzoqroq muddatga o'zgartirishi mumkin. Hozir muammolarning mohiyatiga qarab, ularni hal qilish uchun aniq muddat belgilash ustida ishlayapmiz. Biroq, masalan, svetoforni ta'mirlash vaqt, yo'llardagi chuqurlarni yamash esa mablag' talab qiladi. Shunday holatlar ham bo'ladiki, muammolarni ma'lum idoraga yuborgan bo'lishimizga qaramay, ish baribir bajarilmaydi. Bunga sabab sifatida turli omillarni keltirishimiz mumkin: ba'zi idoralar hali tizimga to'liq o'rganmagan, ba'zilari xodimlarning yetishmasligi sababli muammolarni hal qilishga ulgurmaydi, qayerdadir esa mas'uliyatsizlik xalaqit beradi. Biz bu kabi muammolarni hal qilishga harakat qilamiz: idoralar bilan uchrashuvlar o'tkazamiz, platforma qanday ishlashini ko'rsatamiz va mahorat darslarini tashkil qilamiz. Biz vaqt o'tishi bilan fuqarolarning «Xalq nazorati»ga keladigan va xizmat bilan bog'liq barcha muammolari o'z vaqtida va to'g'ri yo'l bilan hal etiladi deb umid qilamiz, ammo hozircha har doim ham bu ishning uddasidan chiqolmayapmiz. Bundan tashqari, biz moderatorlarni — vazifasi munozarali vaziyatlarga ob'ektiv javob berish bo'lgan manfaatsiz tomonni yolladik. Moderatorlar ariza beruvchining rozi bo'lmagan masalalarini qayta ko'rib chiqishadi. Ular shikoyatchining arizasi va javobini, chatdagi yozishmalarni o'rganishadi va nihoyat, arizani qayta ko'rib chiqishga yuborish yoki ishni bajarilgan deb topish to'g'risida qaror qabul qilishadi. Moderator ariza beruvchiga o'zining qarori to'g'risida xabar beradi. Ijrochilarga fuqarolarning muammolarini hal qilganligi uchun to'lov olish taqiqlanadi. Agar ariza beruvchidan pul talab qilinsa, bu haqda «Xalq nazorati» xizmatining o'zi (moderator ko'rib turgan suhbatda yoki muammoni yopishda) orqali xabardor qilish kerak. Bundan tashqari, saytning yuqori qismida «Xatolik haqida xabar berish» tugmasi mavjud. U o'sha yerning o'zida muammolar haqida xabar berish mumkin bo'lgan Telegram botiga olib o'tadi. Keling, farazdagi misollarni bir yoqqa surib qo'yamizda, hayotiy misollarni keltiramiz. Yaqinda Yunusobod tumanidan bizga murojaat kelib tushdi. Nafaqaxo'rning aytishicha, yomg'ir paytida kanalizatsiya tizimining yomon ishlashi sababli uning hovlisi ifloslangan suv bilan to'lgan. Foto: Toshkent hokimiyati. Uning suvoqava idorasiga qilgan murojaatlari javobsiz qolgan, shuning uchun u «Xalq Nazorati»ga yozishga qaror qiladi. Natijada, «Toshkent shahar suv ta'minoti» xodimlari platformaning shaxsiy kabinetidagi arizani ko'rishdi va murojaatchining muammosini bir kunda bartaraf etishdi. Foto: Toshkent hokimiyati. Boshqa bir murojaat Mirzo Ulug'bek tumanidan kelib tushdi. Ko'p qavatli uylarning birida liftni almashtirish ishlari to'rt oyga cho'zilgan. Ushbu uyda yashovchi fuqaro shu vaqt davomida odamlar to'qqizinchi qavatga qorong'ilikda zinadan chiqishlari kerakligi haqida yozgan. Uy egalari orasida bo'lgan nafaqaxo'rlar uchun zinadan ko'tarilish ayniqsa qiyin. «Xalq nazorati»ga qilingan murojaatdan so'ng lift 20 kun ichida o'rnatildi. Uchtepa tumani To'qimachi ko'chasida yo'lning o'rtasida ichidan yog'och tayoq chiqib turgan ochiq chuqur bor edi. Foto: Toshkent hokimiyati. Bu haydovchilar va piyodalar uchun xavfli edi — chuqurga osongina tushib ketish yoki uni bosib o'tish mumkin edi. Odamlar bu haqda «Xalq nazorati»ga yozishdi va 24 soat ichida chuqurlar yamaldi. Foto: Toshkent hokimiyati. Albatta, har doim ham barcha muammolar hal etilmaydi. Yuqorida sanab o'tilgan sabablarga qo'shimcha ravishda, biz fuqarolarga yordam bera olmagan yana bir misolni keltiramiz. Chilonzor tumanidagi turarjoy hovlisidan birida yangi asfalt yotqizilgan, ammo transport harakatini tinchlantirish uchun hech qanday to'siqlar ko'zda tutilmagan. Natijada haydovchilar juda tez harakatlanib, piyodalar uchun xavf tug'dirgan. Ushbu muammo to'g'risida «Xalq nazorati»ga murojaat kelib tushgan, fuqaro bir nechta sun'iy noteksliklar («yotiq politsiyachi») o'rnatishni so'ragan, hatto taxminiy o'rnatish nuqtalari xaritasini ilova qilgan. Bir qarashda ajoyib g'oya. Ammo buning iloji yo'q, «yotiq politsiyachi» o'rnatish masalasi hokimiyat vakolatiga kirmaydi. Turar-joy binolarining hovlilari XUMSHga tegishli bo'lib, ushbu hududda «yotiq politsiyachi» o'rnatish to'g'risida qaror shirkat tomonidan qabul qilinishi kerak. Bundan tashqari, ularni o'rnatish xarajatlari XUMSHning o'zlari tomonidan qoplanishi kerak. Agar katta yo'lda to'siq o'rnatish zarur bo'lsa, biz arizani qabul qilib, YHXBBga yuborishimiz mumkin edi, ammo hokimiyat idoralari XUMSHga ta'sir ko'rsatish uchun qonuniy huquqqa ega emaslar. Biz murojaat etuvchiga unga ushbu muammoni hal qilishda yordam berolmasligimizni aytdik. Javoblarimizda biz har doim qaysi idora muammoni hal qilishi mumkinligini ko'rsatamiz va ularning huquqiy normativ hujjatlari asoslariga havolalarni taqdim qilamiz. Hozirgi asosiy muammo — omnikanal chipta tizimining (OCHT) yo'qligi. OCHT — bu hokimiyat bilan o'zaro aloqaning barcha kanallaridan fuqarolarning so'rovlari to'planadigan tizim. «Xalq nazorati» bilan parallel ravishda hokimiyatning ishonch telefoni va elektron pochta orqali ish olib boriladi va ushbu kanallarning har biri aholi murojaatlarini va ularning tarixini bir-biridan alohida saqlaydi. Agar bizda OCHT bo'lsa, barcha so'rovlar muammo qay yo'l — telefon, elektron pochta yoki to'g'ridan -to'g'ri platformaga yozish orqali bildirilganligidan qat'iy nazar, bitta onlayn ma'lumotlar bazasiga tushishi mumkin edi. OCHTni yaratish bizning maqsadimiz. Yana bir muammo shundaki, ko'plab idoralar onlayn platformaga o'tishga tayyor emas. Ular daftarlar va Excel hujjatlarga o'rganib qolishgan va zamonaviy texnologiyalarga moslashishlari qiyin kechmoqda. Biz suv, gaz yoki elektr quvvati uzilishi to'g'risida ogohlantirish tizimini yaratishni rejalashtirmoqdamiz. Hozir odamlarga qiyin, chunki kommunal xizmatlar to'satdan o'chishi mumkin. Buni toshkentliklar, masalan, biror bir ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan bo'lsa, masalan, uch kun ichida suvning o'chirib qo'yilishini aniq bilishlari uchun to'g'irlamoqchimiz. Ba'zida avariyalar sodir bo'ladi va shu sababli biror bir joyda chiroq o'chadi. Odatda, odamlar nima bo'lganini va elektr qachon tuzatilishini bilishmaydi. Agar ular «Xalq nazorati»da ro'yxatdan o'tishgan bo'lsa va hodisa ta'sir qilgan uylarda yashashsa, bizning ogohlantirish tizimimiz bu haqda ularga xabar beradi. Biz platformaning imkoniyatlarini doimiy ravishda kengaytirishga harakat qilmoqdamiz. Dastlab bizda 60 toifadagi muammolar mavjud edi, ammo biz hududiy ekologiya boshqarmalari, «O'zbektelekom» va boshqalarni uladik. Xizmatning imkoniyatlari doimiy ravishda o'sib boradi. Bundan tashqari, biz ushbu xizmatni nafaqat Toshkent aholisi, balki mamlakatning barcha fuqarolariga yordam beradigan darajada butun mamlakat bo'ylab miqyosini kengaytirmoqchimiz. Aprel oyi oxirida xizmatga 1363 ta so'rov kelib tushdi. Ulardan 352 tasi ijobiy hal qilindi, 724 tasi turli sabablarga ko'ra hal qilinmadi, 126 tasi takrorlanganligi, ma'lumot yetishmasligi va boshqa sabablarga ko'ra rad etildi. Hozircha Yashnobod tumani eng faol hisoblanadi. U yerdan 295 dan ortiq arizalar kelib tushgan. Undan keyin Yunusobod (276) va Mirzo-Ulug'bek (250) tumanlari murojaatlar soni bo'yicha faollik ko'rsatishyapti. Ko'pincha yo'llar bilan bog'liq muammolar paydo bo'ladi. Foydalanuvchilarning 57 foizi yo'llardagi nosozliklar ustidan shikoyat qilmoqda. Foydalanuvchilar orasida juda faol fuqarolar bor. Masalan, bir foydalanuvchi 70 dan ortiq so'rov yuborgan. Xizmatdan kompyuter yoki smartfon yordamida sayt orqali foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, Android va iOS uchun mobil ilova ham mavjud. Bizning xizmat shahar idoralari uchun emas — odamlar uchun. Siz «Xalq nazorati» xizmati orqali muammo haqida xabar berganingizda, Toshkentni obodroq qilasiz. | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda Hayit bayrami uchun pishiriqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Agar siz qarsildoq va mazali qush tilini yoqtirsangiz, unda uni ushbu retsept bo'yicha tayyorlab ko'ring. Asalli qiyomga ega noodatiy qush tili — bayram dasturxoni uchun ayni muddao. "Muraveynik" — bu oddiy va mazali shirinlik bo'lib, uni har kim o'ziga xos tarzda bezatishi mumkin. Qolaversa ushbu pishiriq ko'pchilikka bolalikdan tanish. Mayin biskvit, plombir muzqaymog'ini eslatuvchi krem, qulupnay — bularning hammasi fransuz qandolatchilari tomonidan o'ylab topilgan «Freze» tortida mavjud. Chak-chak ko'p masalliqlarni talab qilmaydigan, ammo juda mazali yegulik! Bu shirinligimizni ta'bingizga qarab har xil yong'oqlar, lola-qizg'aloq yoki quritilgan mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin. Shirin va mazali bo'g'irsoqlarni Ramazon Hayit bayramida tayyorlash qadim zamonlardan berin davom etib keladigan an'ana hisoblanadi. Oshirma xamirdan tayyorlangan ushbu bulochkalar , sizni qiziqarli shakli va oddiy retsepti bilan xursand qilishlari aniq. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
2019 yil iyul oyida O'zbekiston IIV YHXBB tomonidan yo'l harakati qoidalari (YHQ) buzilganligi haqidagi videoyozuvlarni qabul qilish uchun maxsus veb-sayt ishga tushirildi: dyhxx.ejarima.uz . Videoni yuborish orqali huquqbuzardan undirilgan jarima hisobiga BHMning 5% miqdorida mukofot olish mumkin. 2021 yil 1 yanvargacha YHXBB qoidabuzarliklar bo'yicha faqat avtomobil videoregistratoriga olingan videoyozuvlarini qabul qildi. Ammo endilikda istalgan videokameradan, jumladan, kuzatuv kameralari va mobil telefonlarga olingan videoyozuvlarni ham ilova qilish mumkin. Muddat — uch kun. Videoyozuv YHQ buzilishi aniqlangan paytdan boshlab uch kundan kechiktirmasdan yuborilishi kerak. Unda aniq sana va vaqt ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Aniq qayd etilgan qoidabuzarlik . Videoda sodir etilgan qoidabuzarlik, transport vositasining markasi va davlat raqami ko'rinishi va aniq ajratila olinishi kerak. Davomiyligi — ikki daqiqagacha. Tizimga 120 soniyagacha bo'lgan videoyozuvlarni yuklash mumkin. Uzunroq videolarni qisqartirish mumkin. Videoga boshqa o'zgartirishlar kiritish qat'iyan man etiladi. Yaxshi tasvir . Ruxsat etilgan minimal o'lcham 720×480 piksel. Tasvir o'lchamlari qanchalik baland bo'lsa, shuncha yaxshi. Tavsiya etilgan fayl formati — MP4. Avtoturargoh qoidalari buzilganida ikkita video . To'xtash va to'xtab turish qoidalari buzilganini yuborish uchun bir vaqtning o'zida ikkita video ilova qilinishi kerak. Ikkinchisi birinchisidan kamida 10 minut o'tgach suratga olinishi kerak. Qarorga ko'ra, DYHXX ma'muriy inspektorlari uch kun ichida murojaatni ko'rib chiqishlari va qaror qabul qilishlari kerak. Videoni yuklagan kishiga qabul qilingan qaror to'g'risida javob 15 kun ichida elektron tarzda berilishi kerak. Ariza beruvchiga jarima to'g'risidagi buyruq chiqarilgan kuni BHMning 5% miqdorida mukofot belgilanadi. 2021 yil may oyi holatiga ko'ra bu mablag' 12250 so'mni tashkil etadi. Videoyozuvda ko'rsatilgan har bir tasdiqlangan qoidabuzarlik uchun mukofot beriladi . Agar bitta videoning o'zida beshta huquqbuzar ko'rsatilsa, murojaatchiga besh baravar mukofot beriladi: 5×12,250 = 61,250 so'm. Mukofotni quyidagi tartibda olish mumkin: Mukofot huquqbuzar jarimani to'lagandan keyingina to'lanadi. Ma'muriy javobgarlik to'risidagi kodeksning 332-moddasiga binoan YHQni buzganlik uchun jarimani to'lash uchun 60 kun beriladi. Ammo amaliyot shuni ko'rsatadiki, jarimani to'lash sezilarli darajada kechikishi mumkin, shuning uchun rag'batlantirishni to'lash ham kechikadi. dyhxx.ejarima.uz saytiga kirib, telefon raqamingizni kiritishingiz kerak. Ushbu raqamga tasdiqlash kodi bilan SMS-xabar yuboriladi. So'ngra ism-sharifingiz, telefon raqamingiz va manzilingizni ko'rsatgan holda shaxsiy ma'lumotlar to'g'risidagi shaklni to'ldirish kerak. Endi SMS yubormasdan saytga yana kirish uchun akkauntga parol qo'yish mumkin. Yo'l harakati qoidabuzarliklari qayd etilgan yangi videoyozuvni yuklash uchun "Yuklash" tugmasini bosish kerak. Paydo bo'lgan oynada videoni tanlash va uning yuklanishini kutish kerak. Yuklangan videoni o'rnatilgan ichki playerda ko'rish mumkin. "Qoidabuzarliklar" bo'limida, shuningdek, transport vositasining raqamini ko'rsatish va huquqbuzarlik tafsilotlarini tavsiflash lozim, bu inspektorga tafsilotlarni tushunishga yordam beradi. So'ngra, "Joyi va vaqti" bo'limida qoidabuzarlik sodir bo'lgan taxminiy manzilni kiritish va xaritada o'sha joyni ko'rsatish kerak. Shundan so'ng, videoga geografik koordinatalar biriktirilishi uchun "Koordinatalarni qo'lda kiritish" katagini belgilash kerak. Keyin qoidabuzarlik sodir bo'lgan sana va vaqtni ko'rsatish kerak. "Rag'batlantirish" bo'limida to'lov turini tanlash yoki uni xayriya tashkilotiga yuborish yoki rad etish va tizimda qoldirish kerak. "Ko'rish" bo'limida to'ldirilgan ma'lumotlarni tekshirish kerak va keyin "Yuborish" tugmasini bosish lozim. Shundan so'ng, ariza tugallangan hisoblanadi, "Ko'rib chiqish kutilmoqda" statusini oladi va ko'rib chiqish uchun DYHXX inspektoriga yuboriladi. Ariza topshirilganidan so'ng DYHXX inspektori tomonidan ko'rib chiqilishi uchun o'z navbatini kutadi. Navbat kelganda, xodim jarima to'g'risida qaror chiqaradi yoki arizani rad etadi. Bunda, murojaatchi ariza ko'rib chiqilishi to'g'risida SMS-xabar oladi. Qoidabuzar jarimani to'laganda, ariza jo'natuvchiga status o'zgarganligi va o'tkazilgan mukofot haqida SMS-xabar ham keladi. Qoidabuzarlikning videoyozuvi ko'rib chiqilishi jarayonida ariza turli statuslarda bo'ladi. Ko'rib chiqish kutilmoqda — ariza inspektor tomonidan ko'rib chiqilishi kutilmoqda. Ko'rilmoqda — inspektor arizani ochgan, lekin ko'rib chiqishni tugatmadi. Rad etildi — ariza DYHXX inspektori tomonidan rad etildi. Ko'rib chiqildi — ariza ko'rib chiqildi va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi qaror shakllantirildi. Yetkazilmadi — qoidabuzarlik to'g'risidagi ma'lumot texnik muammolar tufayli "Ma'muriy amaliyot" tizimiga qaror shakllantirish uchun yuborilmay qoldi. To'lov kutilmoqda — huquqbuzar tomonidan to'lovni kutish. To'landi — ushbu qaror bo'yicha jarima to'langan va ariza beruvchiga mukofot o'tkazilgan. Bekor qilindi — qoidabuzarlik to'g'risida qaror chiqarildi, lekin keyinchalik sud tomonidan bekor qilindi. Talablarga javob bermasligi . Qoidabuzarlikning o'zi yoki transport vositasi raqami yomon tasvirlangan sifatsiz videoyozuvlar rad etiladi. Shuningdek, videomuharrirlarda ishlov berilgan videolar qabul qilinmaydi. Videoyozuvdagi va rasmiylashtirilgan arizadagi vaqt to'liq mos kelishi kerak, aks holda u qabul qilinmaydi. Takroriy qoidabuzarlik . Agar inspektor tomonidan ushbu qoidabuzarlik bo'yicha ma'muriy ish qo'zg'atilgan bo'lsa, ariza rad etilishi mumkin. Sud qarori bilan. Qoidabuzar qaror ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. Agar sud uning foydasiga hal bo'lsa, qaror bekor qilinadi. Qoidabuzarlik haqida xabar berishning shartlaridan biri bu videoda sana va vaqtning bo'lishi shartidir. Uni smartfonga standart mobil ilovalarda qo'shib bo'lmaydi. Ammo iOS va Android uchun Timestamp Camera mobil ilovasi yordamida siz videoni suratga olish paytida osongina vaqt belgisini qo'shishingiz mumkin. Misol: IIV YHXBB ariza jo'natuvchining to'liq anonimligi va xavfsizligini kafolatlaydi. Tizimda ariza beruvchining shaxsiy ma'lumotlari yashiringan, shuning uchun qoidabuzarliklarni ko'rib chiqayotgan DYHXX inspektorlari va huquqbuzarning o'zi ularni ko'rmasligi kerak. Mukofot, huquqbuzar jarimani to'laganidan so'ng darhol tizim tomonidan inson omilisiz o'tkaziladi. | advice |
«Gazeta.uz» nashri «Xorijdagi o'zbekistonliklar» loyihasi doirasida chet el oliygohlarida o'qiyotgan yoki xorijda ta'lim olib, hozir ishlayotgan o'zbekistonliklar bilan suhbat uyushtiradi. Bunda ularning chet eldagi hayoti, nega xorijiy ta'limni tanlaganligi, ularning boshidan o'tgan sinovlar haqida so'z boradi. Loyihaning navbatdagi mehmoni — Dilshod Davronov. Dilshod Davronov 1992 yil Buxoro viloyatida tug'ilgan. U 8-sinfgacha Buxoro shahridagi 30-son maktabida, 8-sinfdan boshlab esa 19-son iqtidorli bolalar uchun maktab-internatida ta'lim olgan. 2009 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti»ga o'qishga kirgan. 2014 yilda bakalavrni bitirgach biroz muddat Tashqi iqtisodiy faoliyat, investitsiyalar va savdo vazirligida faoliyat yuritgan hamda shu bilan birga Diplomatiya universitetining magistratura bosqichida ta'lim olishni boshlagan. Biroq 2015 yilda magistratura va ishini tashlab Vengriyaning Budapesht shaxridagi Markaziy Yevropa Universitetiga — magistratura bosqichida ta'lim olish uchun ketgan. 2016−2018 yillarda amerikaning Morgan Stanley investitsion bankida Credite Risk Management bo'limida tahlilchi va yetakchi tahlilchi lavozimlarida ishlagan. 2018 yildan buyon Germaniyaning Frankfurt shaxrida VTB Europe SE investitsion bankida Associate lavozimida faoliyat yuritib kelmokda. Ixtisosligi — ko'chmas mulk sohasidagi investitsion loyihalarni moliyalashtirish. — O'rta ta'limni Buxoro viloyatida sobiq Turk litseyi asosida tashkil etilgan Iqtidorli bolalar maktab-internatida olganman. Ushbu muassasa matematika va fizika yunalishlariga ixtisoslashgan bulib, o'quvchilari 90 yillarning oxiri va 2000 yillarning boshlarida bir necha yil ketma-ket fan olimpiadalarida Respublikada sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishgan. Keyinchalik ko'pchilikka tanish Qorako'l litseyi bu borada oldinlab ketgan. Men o'zim ham o'qish davrida matematika va ingliz tili fanlaridan olimpiadalarda ishtirok etib, tuman va viloyat boskichlarida sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lganman. 2009 yilda 16 yoshimda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakultetiga budjet asosida o'qishga qabul qilinganman. Diplomatiyada o'qish davrida 2012 yilda Koreyaning AJOU universitetida talabalar almashinuv dasturi asosida o'qishga ham muvaffaq bo'lganmiz. Foto: Dilshod Davronovning shaxsiy arxividan — O'qish davrida o'qishni bitirgach davlat ishida ishlash, shu bilan birgalikda ilmiy faoliyat bilan shug'ullanib, kelajakda doktorlik darajasini olib, yarim stavka asosida universitetda dars berish maqsadim bor edi. Shu sababli xam o'qish davrida ustozlarimizning ko'maklari asosida 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, jumladan Yaponiya, Xindiston, Rossiya va Koreya nashrlarida, hamda 1 ta ilmiy monografiya chop ettirganmiz. So'ng 2014 yilda bakalavrni bitirgach, Diplomatiyaning magistratura bosqichiga qabul qilinganman, shu bilan bir vaqtda o'sha paytdagi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida (keyinchalik bu vazirlik bir necha bor qayta tashkil etildi) yarim stavka asosida ishlaganman. Biroq tez orada magistraturada o'qish sifatining bakalavrdagidan ham pastligi, ko'pchilik shunchaki magistr diplomi uchun o'qishi hafsalamni pir qilgan. Davlat ishida ham juda ko'p narsa kutganimdek bo'lib chiqmagan. Ilmiy salohiyat talab etiladigan deyarli hech narsa bilan shug'ullanmaganmiz. Asosan haddan ziyod qog'ozbozlik, foydasiz va tuganmas hisobotlar bilan band bo'lganmiz. Ishdagi sovet tuzumiga xos korporativ muhit hamda oylik maoshning juda kamligi haqida gapirmasam ham bo'ladi. Shu vaqt mobaynida, Rossiyaning Oliy iqtisodiyot maktabi (Vыsshaya shkola ekonomiki) tomonidan tashkil etilgan «Jahon iqtisodiyoti» yo'nalishi bo'yicha xalqaro olimpiadada ishtirok etib, sovrinli o'rinni egallaganim uchun mazkur universitetning magistraturasiga imtihonsiz qabul qilinganman. Qolaversa, Vengriyada joylashgan Markaziy Yevropa Universitetining (Central European University) «Global iqtisodiy siyosat» (Global Economic Policy) mutaxassisligi bo'yicha magistratura dasturiga to'liq grant asosida o'qishga qabul qilinganman. Markaziy Yevropa Universiteti Amerikaning oliy ta'lim muassasi bo'lgani, Yevropa emas, balki Amerika ta'lim tizimi asosida faoliyat yuritishi hamda mazkur ta'lim dargohida Amerikaning juda ko'p top universitetlarining (Garvard, Stenford, Prinston kabi) professorlari dars berishi sababli shu universitetda o'qishni davom ettirishga qaror qilganman. Shuning uchun ham Diplomatiyadagi magistraturamni 2-semestrda, shu bilan birgalikda o'sha paytdagi ishimni xam o'z xohishim bilan tashlab ketganman. — Diplomatiyada o'qib yurganimda bir nechta ustozlarimizdan, xalqaro toifadagi mutaxassislardan (Ulug'bek Hasanov kabi) ta'lim olish baxtiga muyassar bo'lganmiz. U insonlar qay darajada o'z sohalarining mutaxassisi ekanligi, intellektual darajasining yuqoriligi, bir nechta chet tillarida bemalol ma'ruzalarni o'qiy olishlarini hamda ajoyib insoniy hislatlarini ko'rib juda havas qilganman va ular kabi yetuk mutaxassis, yaxshi inson bo'lishni niyat qilganman. Shu sababli ham bilimimni oshirish, dunyo ko'rib, o'z dunyoqarashimni kengaytirish hamda xalqaro tajriba orttirish maqsadida chel elga ketishga qaror qilganman. Foto: Dilshod Davronovning shaxsiy arxividan — Motivatsiya bor, albatta. Magistraturada o'qish davrida xalqaro moliyaviy bozorlar sohasiga qiziqish paydo bo'lgan va universitetda asosan shu sohaga taalluqli fanlarni tanlashga harakat qilganman, qolaversa qo'shimcha mustaqil ravishda mazkur sohaga doir adabiyotlar va onlayn kurslarda o'qiganman. 2-kursdaligimda Amerikaning Morgan Stanley investitsion bankining Credite Risk Management bo'limiga tahlilchi sifatida ishga kirib, u yerda juda ko'p amaliy tajriba orttirishga muvaffaq bo'lganmiz. U yerda Morgan Stanleyning ko'chmas mulk sohasiga kiritilgan 2 milliard dollardan oshiq kredit investitsiyalari hamda derivativlardan tashkil topgan portfelni nazorat qilganman. Ish jarayonida ham juda aqlli va muvaffaqiyatli insonlar bilan tanishganmiz. Ularning aqlli va muvaffaqiyatli bo'lishlari hamda yuqori lavozimlarni egallashlariga qaramasdan samimiy, kamtar va o'z yordamini ayamaydigan insoniy hislatlarni o'zlarida jam qila olishganini ko'rib, shular kabi bo'lishga intilganmiz va hozirgi kunda ham shu maqsad sari harakat qilmoqdamiz. Yana bir motivatsiyalardan biri bu — iloji boricha ko'proq davlatlarga sayohat kilib, u yerlardagi har xil bekgraund (tajriba, o'tmish, hikoya — tahr. ) ega bo'lgan insonlar, mahalliy madaniyat va vaziyat bilan tanishish, yangicha tajriba va sarguzashtlar orkali o'z dunyoqarashimni yanada kengaytirish. — Chet elga chiqib birinchi anglab yetgan narsam, chet el ta'lim tizimining, jumladan Markaziy Yevropa Universitetida O'zbekiston ta'lim tizimiga nisbatan bir necha o'n barobar rivojlangan ekanligi bo'lgan. Butun dunyodan kelgan kursdoshlarim bilan muzokaralar jarayonida O'zbekistonning ta'lim tizimi ba'zi bir yo'nalishlarda hattoki Markaziy Osiyoning xamda Afrikaning ba'zi bir mamlakatlaridan xam qoloqligini anglab yetish juda alam qilgan o'shanda. Markaziy Yevropa Universitetida asosiy e'tibor ta'limning sifatiga, berilayotgan bilimlarning qay darajada zamonaviy talablarga javob berishi xamda ularning amaliyotda kanday qo'llanilishiga qaratiladi. O'qish jarayonida juda ko'p keys stadilar (case study) ko'rib, tahlil qilib chiqiladi. Qolaversa, talabalar qiziqishlariga va kelajakdagi maksadlariga qarab fanlarni tanlash huquqiga ega bo'ladi. Plagiatga juda qattiq qarashadi va ozgina bo'lsada plagiatga yo'l qo'yish talabaning o'sha fandan «yiqilishiga» hamda hattoki o'qishdan butunlay chetlatilishiga ham olib keladi. O'qishga formada kelish, konspekt, ma'naviyat soatlari kabi bemani narsalar yo'q. Qolaversa, chet elda dekanatning «lyubimchik» talabalari degan tushuncha yo'q. Aniqrog'i, hamma talaba birdek «lyubimchik», kimnidir o'g'li yoki jiyani bo'lishmasa ham, ijtimoiy tadbirlarda qatnashib universitet ma'muriyatining xizmatini qilmagan bo'lsa ham. Talabalar bilimini baholash barcha uchun birdek adolatli hamda xolis, ba'zi hollarda esa anonim tarzda amalga oshiriladi. Shuningdek talabalar ham professorlarning ta'lim berish faoliyatini baholashadi va «qoniqarsiz» baho olgan professorlar kelasi semestrdan ishdan chetlatiladi. Foto: Dilshod Davronovning shaxsiy arxividan — Bir qancha o'zgarishlar bo'ldi, albatta. Shu jumladan, qilinadigan ishlar haqida oldindan emas, balki qilib bo'lgandan so'ng gapirish, shunda ham iloji boricha baland-parvoz so'zlarsiz, qolaversa, boshqalarning shaxsiy hayotiga hurmat bilan munosabatda bo'lish, ularning dini, irqi, jinsi, madaniyati va siyosiy qarashlarini (sizniki bilan to'g'ri kelmasa-da va uni qabul qilmasangiz-da) hurmat qilish, shaxsiy qarashlar bilan professional munosabatlarni aralashtirmaslik kabi ko'nikmalarga o'rgandim. — Eng katta qiyinchilik osh uchun sariq sabzi topish bilan bog'lik bo'lgan (kuladi). Boshqa jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmaganmiz. — Germaniyaning Frankfurt shahriga 2018 yilda ish yuzasidan ko'chib kelganman. Hozirgi kunda VTB Europe SE investitsion bankining Investment Banking boshqarmasida Associate lavozimida faoliyat yuritaman. Asosiy ixtisosligim ko'chmas mulk sohasidagi investitsion loyihalar bilan shug'ullanish. Shu bilan birgalikda ba'zida loyihalarni moliyalartirish (Project Finance), likvid bo'lmagan yuqori xatarli kreditlashga (Illiquid High Yield Lending, Leveraged Finance) oid loyihalar/tranzaksiyalar bilan shug'ullanaman. — Bu yerda ham jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmaganman. Frankfurt xalqaro shahar bo'lganligi uchun, nemis tilini umuman bilmasligim ham deyarli hech qanaqa qiyinchilik tug'dirmagan. Biroq keyinchalik mahalliy tilni o'rganishni boshlaganmiz. Nemis xalqi juda yaxshi xalq. Qolaversa, bu yerda xar bir sohada tizim juda aniq va yaxshi ishlaydi. Shuning uchun ham moslashib ketish katta kiyinchilik tug'dirmaydi. — Sir (kuladi). Shuni aytishim mumkinki, investment banking sohasida faoliyat yurituvchilarning daromadi asosan 2 qismdan iborat bo'ladi. Birinchisi, oldindan belgilangan oylik maosh bo'lsa, ikkinchisi, xodimning faoliyatiga bog'liq (Performance-based) bonus to'lovi. Bonusning miqdori bir yillik maoshga teng bo'lishi mumkin. Umuman olganda to'lov miqdori aksariyat boshka soha vakillarinikiga nisbatan yuqori. Biroq shuni ham aytib o'tish joizki, investment banking raqobat eng yuqori bo'lgan sohalardan biri hisoblanib, ishga kirgandan so'ng haftasiga o'rtacha 80−100 soat ishlanadi. Yuqori aqliy-tahliliy mehnat talab qilinadi va buni barchaning xam sog'lig'i ko'taravermaydi. — Hozirga qadar 30 ta davlatda bo'ldim, asosan Yevropa davlatlari. Bu yerda birinchi bo'lib e'tiborimni tortgan va menga juda yoqadigan jihati, Yevropada insonlar juda samimiy, kamtar, o'zaro hurmatli va intellektual rivojlangan. Toshkentda tez-tez uchratib turadigan «pont"larni bu yerda deyarli ko'rmaysiz. Bu yerda bir-biriga asosan insoniy hislatlariga va shaxsiy yutuqlariga qarab baho berishadi, qanaqa oiladan kelib chiqqani, ustidagi kiyimi yoki tagidagi mashinasini qiymatiga emas, qancha daromad topishi yoki kimlar bilan o'tirib-turishiga qarab ham emas. Germaniya bilan Vengriya o'rtasidagi farqqa keladigan bo'lsak: Vengriya sobiq sovet tuzumi ta'siri ostida bo'lan davlat va bu tarixiy fakt ba'zi bir jabhalarda o'z izini qoldirgan. Qolaversa, nemislar vengerlarga nisbatan do'stonaroq. Va albatta, Germaniya iqtisodiy hamda hayot sifati borasida Vengriyaga nisbatan ancha rivojlangan. Foto: Dilshod Davronovning shaxsiy arxividan — Unaqasi bo'lmagan hali. — Ota-onam barcha ota-ona kabi o'z bolasidan xavotir olib, doim bunaqa qarorlarga biroz konservativ yondashuvda qarashadi. Hattoki Diplomatiyaga topshirishimga ham boshida biroz qarshi bo'lib, «Bolam, unaqa joyga kirish juda qiyin, Moliyaga topshirsang bo'lmaydimi?» deyishgan. Ularga Moliyaga topshiraman deb, Toshkentga kelib to'g'ri Diplomatiyaga borib hujjat topshirganman. Haqiqatni esa ular imtihondan 1−2 kun oldin bilishgan. Allohga behisob shukur, budjet asosida o'qishga kirib, ularni yuzlarini yorug' qilish nasib etgan o'shanda. Chet elga ketish qarorimni ham uydagilar boshida uncha ma'qullamay, biroq vaziyatni va kelajakdagi rejalarim tushuntirganimdan so'ng qo'llab-quvvatlashgan. Hozirda esa tezroq kaytishimni xohlashadi. — O'zbekistonga yaqin yillarda qaytish rejam yo'q. Biroq ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Balki taqdir taqozosi bilan qaytishimga to'g'ri kelib qolishi ham mumkin. — Avvalambor, inson oliy maqsadini aniqlab olishi zarur. Qolaversa, tavakkal kilishdan ko'rqmaslik kerak. Agar inson doimo harakatda bo'lib, o'z ustida ishlashda davom etsa, qayerda bo'lishidan qat'iy nazar muvaffaqiyatlarga erisha oladi, deb ishonaman. — Avvalambor, chet elga chiqsam hammasi yaxshi bo'lib ketadi, mo'maygina daromad topaman degan fikrdan xalos bo'lish kerak. O'zbekistonda qolib xam yuqori ilmga erishgan, juda yaxshi daromad topadigan va muvaffaqiyatlari bo'yicha dunyoning yetakchi universitetlari bitiruvchilaridan qolishmaydiganlar juda ko'p. Masalan, biz bilan deyarli bir vaqtda Diplomatiyada o'qigan va hozirda o'sha yerda ta'lim berayotgan yaxshi do'stimiz Muhammadali Eshonqulovni namuna qilib o'tmoqchiman. Yoki chet elning nufuzli universitetlarida o'qib, o'z o'rnini topa olmay O'zbekistonga qaytishga majbur bo'lganlar xam talaygina. Shuning uchun yuqorida aytib o'tganimdek, niyatni to'g'ri qilish kerak, oliy maqsadni aniqlab olish kerak va o'z ustida (nafaqat hard skills, balki soft skills borasida ham) ishlashdan to'xtamaslik kerak. Umuman olganda esa, chet elda ta'lim olgan ma'qul deb xisoblayman. Ayniqsa, agar maqsad shunchaki diplom olish emas, balki ilm olish bo'lsa, unda magistratura va doktorantura bosqichlarini, albatta, chet elda o'qish zarur. O'zbekistonda magistratura va doktorantura qilish bu umrni va moliyaviy resurslarni bekorga zavol qilish bilan deyarli barobar, deb bilanam. Bu mening shaxsiy fikrim. Foto: Dilshod Davronovning shaxsiy arxividan — O'zbekistonda moliya sohasida ishlab ko'rmaganman. Shuning uchung aniq bir maslahat berishga ojizlik kilaman. Biroq, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek qanaqa soha bo'lishidan qat'iy nazar, yutuqqa erishish uchun inson o'sha sohadagi eng zo'r mutaxassislardan bo'lishga intilishi, o'z ustida to'xtamasdan ishlashi, sabrli bo'lishi zarur. Ishni, yo'nalishni tanlashda uning moddiy tomonlari hamda «prestiji» uchinchi yoki to'rtinchi darajali mezon bo'lishi kerak. Birinchi mezon esa insonni o'zining qiziqishi va qobiliyati. — Nimadan afsuslanasiz? — Yetarlicha kamchilik va xatolarga yul qo'yganmiz, lekin hech narsadan afsuslanmayman. Hammasi yaxshilikka bo'lgan, deb o'ylayman. — Xorijda nima sizni tushkunlikka tushirib qo'ygan edi? — Hech narsa o'ta tushkunlikka tushirmagan. Biroq ba'zida xohlagan vaqtimda ota-onamni ko'rolmasligim, bag'rimga bosolmasligim, bobom-buvimlarni ziyorat qilib, duolarini ololmasligim ozgina ko'nglimni xijil qiladi. — Agar 10 yil ortga qaytish mumkin bo'lganda qaysi xatoyingizni takrorlamas edingiz? — Vengriyada magistraturada o'qishni boshlaganimda, O'zbekistondagi ta'lim sifatining naqadar qoloqligini anglab yetib, bakalavrni ham chet elda o'qisam bo'lar ekan degan fikrlar kelgan vaqt bo'lgan. Biroq Diplomatiyada o'qiganimdan hech ham afsuslanmayman. Chunki u yerda juda yaxshi insonlar bilan tanishib, ba'zilari bilan do'stlashish baxtiga muyassar bo'lganman, ham mutaxassis sifatida, ham shunchaki inson sifatida ajoyib ustozlardan ta'lim olib, ular kabi bo'lish uchun qancha motivatsiyalar olganmiz. Diplomatiya kareramda as qotadigan xalqaro darajadagi bilimni berolmagan bo'lsa-da, inson sifatida shakllanishimda juda muhim ro'l o'ynagan. Xudo xohlasa, kelajakda yetuk mutaxassis bo'lib yetishganimda bir kun kelib shu ta'lim dargohida dars berib, o'z bilim va tajribamni yoshlar bilan bo'lishish nasib qiladi degan niyatim bor. — 5 yildan so'ng Dilshod Davronov o'zini qayerda va qanday holatda ko'radi? — Hoynahoy, boshqa davlatda bo'lsam kerak. Aynan investment banking sohasida bo'lmasa ham, biroq moliya sektoridagi boshqa bir sohada (masalan, consulting yoki private equity funds) faoliyat boshlashim ehtimoli ham bor. — Agar tilla baliq tutib olsangiz undan O'zbekiston uchun nima so'ragan bo'lar edingiz? — Shu savolga javob bermay (kuladi). Og'abek Samisov suhbatlashdi | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda qulupnaydan tayyorlangan pishiriqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Juda original va noodatiy ko'rinishli tartni oq va qora shokoladdan tayyorlab ko'rdik. Ustini esa mavsumga qarab, har xil mevalar, shu jumladan qulupnay bilan bezatish mumkin. Og'izda erib ketuvchi qulupnayli pechenelar. Bunday pishiriq ayniqsa bolajonlarni juda quvontirib yuborishi shubhasizdir. Oson tayyorlanadigan qulupnay va tvorogli tort. Bundan yaxshiroq yana nima bo'lishi mumkin? Ushbu desert aniq sizning sevimli shirinliklaringiz orasidan joy oladi. Qulupnaylik trayfl bir necha daqiqada tayyor bo'ladigan xushbo'y ajoyib shirinlikdir. Ta'tib ko'rishni istaysizmi? Ushbu ideal desert ortiqcha urunishlarsiz oddiy masalliqlardan tayyor bo'ladi. Semifredo — ham sufle, ham muzqaymoqqa o'xshash italyancha muzqaymoq bo'lib, oddiy masalliqlardan tayyorlaniladi. Shirinlikni sevib iste'mol qiluvchilar uchun jazirama kunlarda bunday muzqaymoq ayni muddao bo'lishi aniq. Bu shirinlikni tayyorlashda xohlagan mevalaringizdan foydalanishingiz mumkin. Biz uni qulupnaydan tayyorladik. Kunlar isishni boshlaganda bu yaxna shirinlik ayni muddaodir. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda salqin ichimliklar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Moxito — muz bo'lakchalarini o'z ichiga olgan, gazli salqin ichimlik bo'lib, nordon laym yoki limon va xushbo'y yalpiz aralashmasi hisoblanadi. Ichimlik proporsiyasini o'z ta'bingizga qarab o'zgartirishingiz mumkin. Kompot — foydali va mazali ichimlik bo'lib, uni barcha mavsumda tayyorlash mumkin, ayniqsa yozda unga teng keladigani yo'q. Ammo ushbu ichimlikni tayyorlashda e'tiborga olish kerak bo'lgan kichik sirlar mavjud. Bolalaringizni qanday xursand qilishni bilasizmi? Ularga mazali va foydali sutli kokteyl tayyorlab bering. Buning uchun sizdan faqatgina 3 ta masalliq, blender va yaxshi kayfiyat talab etiladi. Qulupnayli moxito — bu klassik moxitoning qulupnay ta'miga ega eng zo'r varianti. U o'zining ajoyib rezavor meva ta'mi bilan ajralib turadi va uy sharoitida oson tayyorlanadi. Hozirgi kunda ommalashgan va sevib iste'mol qilinadigan ichimliklardan biri bo'lmish, «Oreo» milksheykining retseptini bugun sizlarga taqdim etamiz. Qulupnay va yalpizli limonad nafaqat mazasi, balki ajoyib yorqin ko'rinishi bilan ham kayfiyatni ko'tara oladi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda piknik uchun tayyorlasa bo'ladigan yeguliklar retseptlarini taqdim etadi. Oddiy xamirdagi sosiskalar yordamida chiroyli va qiziqarli taom pishirish mumkin, bu nafaqat mazali, balki o'zgacha ko'rinishga ham ega. Somsanining qiymasi faqatgina go'shtli bo'lishi kerak deb kim aytdi? Bizlarda sabzavotli somsaning ajoyib varianti mavjud. Xushbo'y, nihoyatda mazali bo'lmish mana bunday bananli non hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Qarsildoq va yumshoq xamirdagi sersuv go'sht juda ishtahaochar bo'lib, bunday yegulikni ham issiq, ham sovuq holida iste'mol qilish mumkin. Ajoyib ko'rinishga ega qo'ziqorinli tezpishar pirojkalar — yaqinlaringizni hayratda qoldirishi aniq. Ichiga pishloq solingan bulochka — pogacha tayyorlab ko'rishingizni maslahat beramiz. Ushbu bulochkalar katta-yu kichikka birdek yoqadi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda bolalar uchun tayyorlasa bo'ladigan qiziqarli va mazali taomlar ro'yxatini taqdim etadi. Rang-barang chuchvaralar dasturxonga o'zgacha ko'rk berib, kayfiyatni ko'tarib, ishtahani ochib yuboradi. Ushbu pechene uchun shakarsiz xamir tayyorlanadi, ammo yong'oqli shirin nachinka buni to'ldiradi va biz noodatiy ta'mga ega bo'lamiz. Tayoqchalarda pishirilgan tovuqli kabobchalar bolalarning eng sevimli taomlaridan biridir. Ushbu taom ovqatlanishdan bosh tortadigan bola uchun ajoyib topilma bo'la oladi. Sizga eng sevimli amerikancha fast-fudni uyda tayyorlashni taklif etamiz. Mazali xot-dogni nonushta yoki kechki ovqat uchun tayyorlash mumkin. Banan va rezavor mevalardan tayyorlaniladigan bu muzqaymoq juda mazali bo'lib, hech bir mashhur brendli muzqaymoq unga tenglasha olmaydi. Bunday pankeyklarni nonushta paytida sut qo'shib, yong'oq va rezavor mevalar bilan birga iste'mol qilsa ham bo'ladi. Bunday nonushtadan na kattalar, na kichkintoylar bosh torta oladi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
O'tgan yil yoz oyining oxirlari — 29 avgust kuni Toshkent metrosining yer usti Halqa yo'li hamda Yunusobod yo'nalishiga qo'shilgan ikki bekat ish faoliyatini boshladi. Shuningdek, 26 dekabr kuni metroning Sergeli yo'nalishi ham ishga tushirildi. Ma'lumotlarga ko'ra , metroda dushanba-juma kunlari metrodan bir kunda 330 ming, shanba-yakshanba kunlarida esa 150 ming nafar inson tashiladi. Metrodan foydalanadigan kishilarning barchasi ham bekatlarning nomi-yu, ularning yo'nalishlaridan to'liq xabardor bo'lmasligi mumkin. "Gazeta.uz" muxbirlari bugungi kunda metro bekatlaridagi yo'l ko'rsatkichlarning holati qay darajada ekanligini o'rganishdi. Metro yo'nalishi o'tgan yilning 29 avgust kuni ochilganida uning bekatlarining nomi raqamlar bilan ifodalangan edi (2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-bekat). Faqatgina bitta bekatg "1-bekat" deb emas, balki "Do'stlik-2" deya nom berilgan. O'zbekiston temir yo'llarining 2019 yil 23 avgust kuni bergan ma'lumotiga e'tibor qaratadigan bo'lsak , bekatlar nomi "Do'stlik", "Ohangaron", "Tuzel", "Iltifot", "Rohat", "Yangiobod" hamda "Qo'yliq" deya nomlanganini ko'rishimiz mumkin. Mazkur metro yo'nalishi ochilgan vaqti ham, hozir ham poyezdlarning oldida "Qo'yliq" degan yozuv bor, biroq Qo'yliqdagi bekat peshtoqida "7-bekat" deya yozib qo'yilganligi e'tiborga molik jihat. Biz avvalroq bu holat vaqtinchalik ekanligi, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi toponimik komissiya ularni nomlashi kerakligi haqida yozgan edik . Foto: Prezident matbuot xizmati. Avvalroq, Sergeli yo'nalishidagi metro bekatlarni dastlab "Choshtepa", "Toshkent halka yo'li", "Sergeli", "Afrosiyob", "Qipchoq" va "Chinor" deb nomlash rejalashtirilgani, ammo kutilganidan farqli o'laroq, Sergeli yo'nalishining bekatlariga Qo'yliq yo'nalishi kabi "Bekat-1", "Bekat-2" va h.k. deb nom berilgani haqida ham yozganmiz . So'zni yer usti Halqa yo'lidan boshladik va endi shundan davom ettiramiz. Mazkur metro bekatlariga (shuningdek, Sergeli yo'nalishidagi metro bekatlariga) kunning sovuq vaqtida chiqsangiz sovuqni, issiq vaqtida chiqsangiz esa issiqni his qilasiz. Ochilganiga yaqinda 1 yil to'ladigan ushbu bekatlariga sovutgichlar o'rnatilish rejasi bor yoki yo'qligi bizni qiziqtirdi. Yer usti Halqa yo'lida poyezdlarni kutib oluvchi va jo'natuvchi Nigora Soatova yaqin orada sovutgichlar qo'yilishi haqida aytib o'tdi. Halqa yo'li bekatlariga chiqish va bekat ichiga kirish oralig'ida bo'lgan joyda o'rnatilgan sovutgichlarning (konditsioner) oldida insonlar poyezd kelguncha kutib turishi esa e'tiborimizni tortdi. Halqa yo'lining 3-bekatidan tushib ko'rganmisiz? Chiqish eshigidan ko'cha tomonga chiqadigan kishi yo'lning piyodalar uchun mo'ljallangan joyiga o'tishi uchun "zebra" yo'laklari ham, chorraha ham o'rnatilmagan. Kuniga minglab insonlar o'tadigan joy va avtomobil yo'li oralig'ida yo'lovchilar o'tishi uchun yo'laklar bo'lmasligi ajablanarli, shunday emasmi? Bu holatni shahar hokimligi nazorat qilishi kerak. Avval ham, Toshkent metrosining Sergeli va Halqa yo'li yo'nalishlarining ba'zi bekatlariga olib boradigan piyodalar o'tish joylari yo'qligi, chorrahalarda svetoforlar yo'qligi, piyodalar infratuzilmasi va harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun sharoitlar talabga javob bermasligi haqida yozgan edik . Halqa yo'lida poyezdga minar ekansiz e'tiboringiz bevosita poyezd ichiga o'rnatilgan zamonaviy yo'l ko'rsatkichlariga tushadi. Siz u yerdan bekatlar nomini ham izlashingiz mumkin. Qiziq tomoni shundaki, unda faqat yer usti metro bekatlarining nomlari ko'rsatilgan. E'tiborimizni tortgan jihat esa Yunusobod yo'nalishi bo'ldi. Ekranda mazkur yo'nalishning eng oxirgi bekati "Shahriston" etib ko'rsatilgan. Vaholanki, Halqa yo'li bilan bir kunda Yunusobod yo'nalishining yangi ikki bekati — "Yunusobod" va "Turkiston" bekatlari o'z ishini boshlagan. Biroq bu yo'nalishlarning ekranga kiritilmagani bizni hayron qoldirdi. Sergeli yo'nalishida yangi ishga tushirilgan 5 ta bekatning ushbu xaritaga kiritilmaganini esa biroz kechroq ishga tushgani bilan izohlash mumkindir balki. Halqa yo'lidagi safarimizni Yunusobod yo'nalishida qurilgan yangi bekatlarda davom ettirishga qaror qildik. Yunusobod metro yo'nalishining davomi qurilishi O'zbekiston prezidentining 2016 yil 7 noyabrdagi farmoniga asosan boshlandi. Yo'nalishning dastlabki oltita bekati 2001 yilda foydalanishga topshirilgan edi, ammo u hududning aholisi nisbatan zichroq joylashgan joylarga tutashgan emas edi. "Yunusobod" va "Turkiston" bekatlarining ochilishi bilan yo'nalish 3 kmga uzaytirildi. Yo'nalishning uzaytirilishi 103,8 million dollarga baholandi. Bu yerdagi yo'l ko'rsatkichlari borasida muammo yo'q. Biroq yuqoriroqda ta'kidlangan bir jihatni yana takrorlashga majburmiz: bu yerda ham Sergeli yo'nalishidagi 5 ta bekat ko'rsatilmagan. Chilonzor yo'nalishidagi oxirgi bekat ko'rsatkichlar bo'yicha "Olmazor" bekati bo'lib turibdi. "Turkiston" yo'nalishidan to'g'ri "Ming o'rik" bekati tomon yo'l olganimizda e'tiborimizni bir jihat tortdi va avvalgilaridan ham ajablantirdi desak mubolag'a bo'lmaydi. "Ming o'rik" bekatidan "Turkiston"ga qarab ko'rsatilgan yo'nalish ko'rsatkichlari bir bekatda ikki xil berilgan . Bekatga oddiy zina va eskalator orqali tushishingiz mumkin. Agar eskalator orqali tushilsa va Yunusobod yo'nalishidagi ko'rsatkichlarga qaralsa bunda barchasi joyida — oxirgi bekat "Turkiston" etib ko'rsatilgan. Ammo siz oddiy zina tomondan tushsangiz yoki yuqorida ko'rsatilgan joydan yurganingizda ko'rsatilgan bekat ko'rsatkichlari "Turkiston"ni emas, balki so'nggi bekat sifatida "Shahriston"ni ko'rsatadi. Maqola avvalida aytilganidek metro yo'nalishlarini yaxshi bilmaydigan insonda ushbu holatda savol tug'ilishi tabiiy — "bu yerdan "Turkiston"ga borsa bo'ladimi yoki yo'qmi?", degan. Darvoqe, "Ming o'rik" bekatiga tushishda ekranlarda ko'rsatilgan yo'nalishlarda ham so'nggi bekat — "Shahriston". Bu narsa istalgan insonni ajablantirishi, savol tug'dirishi tabiiy, albatta. "Olmazor" bekatidagi yo'l ko'rsatkichlari borasida muammo yo'q. Barcha yo'nalishlar to'g'ri ko'rsatilgan. Turkiston yo'nalishi ham, Halqa yo'li ham aniq berilgan. Siz qaysi bekatdan almashishingiz borasida ham ko'rsatkichlar to'g'ri. Sergeli yo'nalishi aynan "Olmazor"da ko'rsatilgan. Yuqorida "Olmazor" bekatida barchasi aniqligi haqida aytib o'tdik. U yerda Yunusobod yo'nalishiga "Amir Temur xiyoboni" bekatidan "Yunus Rajabiy" bekatiga o'tish kerakligi belgilab qo'yilgan. Biroq "Yunus Rajabiy"dagi yo'l ko'rsatkichlari ajablanarli. U yerda ko'rsatilgan bekatlar orasida "Yunusobod" va "Turkiston" yo'q. Barcha fotolar: Yevgeniy Sorochin / "Gazeta.uz" Deylik, metro yo'nalishini yaxshi bilmaydigan kishi "Olmazor"dan "Turkiston"ga bormoqchi. U "Amir Temur xiyoboni"dan "Yunus Rajabiy" bekatiga o'tib qaysi tomondan "Turkiston"ga borish uchun yo'l ko'rsatkichlariga qaraganida tushunarsiz holatga duch kelishi tabiiy. Unda "xo'sh, bu yo'nalish meni "Turkiston"ga olib boradimi, yo'qmi?", degan savolning yuzaga kelishi bor gap. Balki bu kabi holatlar boshqa bekatlarda ham bordir. Biz shunchaki o'zimiz ko'rgan va ajablangan jihatlarni sizga namoyish etdik. Toshkent metropolitenidan ushbu vaziyatning to'g'rilanishini, metro yo'lovchilaridan esa turli savollar tug'ilganda boshqa yo'lovchilardan bekatlarni so'rab, harakatlanishlarini so'rab qolamiz. Og'abek Samisov va Yevgeniy Sorochin tayyorladi | advice |
Tibbiyot fanlari nomzodi E'zozbek Rizayevning Sog'liqni saqlash vazirligiga bergan intervyusida ta'kidlashicha , yozgi shamollashlarga ko'pincha odamning o'zi sababchi bo'ladi. Masalan, tashqarida issiq havoda terlab, so'ng muzdek, konditsionerli xonaga kirib olinadi. Konditsionerdan chiqayotgan sovuq havo oqimi esa tananing yallig'lanishiga sabab bo'ladi. Rizayevning aytishicha, buning natijasida butun tana a'zolari og'riydi, hatto bosh og'rig'idan bemor boshini qimirlatolmay qoladi. Konditsioner sovug'i bosh sohasini zararlasa, meningial simptomlar kelib chiqishi ham mumkin. «Konditsonerni tana haroratiga mos sovuqlikka qo'ysa bo'ladi. Masalan, sovuq havoning inson uchun me'yoriy holati 18 daraja hisoblanadi. Agar havo harorati juda issiq bo'lsa, bu haroratni ozgina tushirish mumkin. Shuningdek, imkon qadar ish stoli konditsionerdan uzoqroqda bo'lishi kerak. Undan chiqayotgan sovuqlik oqimini tepaga yoki pastga yunaltirib qo'ying, to'g'ridan-to'g'ri tanaga urmasligi kerak», — deydi u. Ma'lumotga ko'ra, konditsioner yaqinida o'tirgan odamning tomog'i quruqshaydi, uning ko'zi yoshlanishi, og'zida temir ta'mini tuyishi mumkin. Agar konditsioner uchun to'g'ri joy tanlab o'rnatilsa va undan chiqayotgan harorat darajasi me'yorida bo'lsa, hech kim kasallanmaydi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, konditsionerdan foydalanayotganlar issiq kunlarda ko'cha bilan uy ichidagi haroratning farqi 4−5 darajadan oshmasligiga e'tibor berishlari kerak. «Konditsionerdan muntazam foydalanadigan uy bekalari va ofis xodimlari quyidagilarni bilib olishlari kerak. Konditsoner havo filtrlari bir yilda kamida 2 marotaba tozalanishi kerak. Konditsioner feni o'zidan xonadagi havoni aylantirishi natijasida havo tarkibida bo'lgan barcha changlar va kasallik tarqatuvchi mikroblar filtrda qolib ketadi va havo tozalanadi. Agarda filtrlar o'z vaqtida tozalanmasa ular to'ladi va xavo tozalanish o'rniga ifloslanadi hamda o'tkir virusli va o'tkir respirator kasalliklarning sababchisi bo'ladi. Doimo sovuq havo oqimini his etish immunitet pasayishiga olib keladi. Buning natijasida kishi tez-tez shamollaydi», — dedi E'zozbek Rizayev. Konditsionerlar havoning kirishi va chiqishini ta'minlaydigan ventilyatsiyasi bor xona va binolarga o'rnatish uchun mo'ljallangan. Bunday sharoitda ularning inson salomatligiga salbiy ta'siri kam bo'ladi, deya ta'kidladi E'zozbek Rizayev. Bino yoki xonada ventilyatsiya mavjud bo'lmasa, konditsioner xona havosini bir necha marotaba qayta-qayta sovutadi va quritadi. Havo kislorod bilan to'yinmaydi. Bu esa salomatlikka salbiy ta'sir ko'rsatadi. «Konditsionerli xonada muntazam o'tirib ishlaydigan xodimlar ust kiyimlariga ham e'tibor berishlari kerak. Ularning kiyimlari tabiiy matodan, o'ziga namlikni yengil singdira oladigan bo'lgani ma'qul» — deydi u. Ko'pchilik konditsionerlarda havoni tozalab beruvchi biofiltrlar o'rnatilgan. Ular har 3 oyda yangilanib turishi kerak. Konditsionerda xavfli bakteriyalar, viruslar, chang kanalari va allergenlar mavjud. Allergiya, nafas siqish kasali borlar changli havodan nafas olsa, ahvoli yomonlashib qolishi mumkin. Konditsionerda nafas tizimi infeksiyalarini ko'zg'atuvchi mikroorganizmlar to'planib qolishi ehtimoli bor. Havo namlanishi va namlik darajasining pasayishiga vazifasini bajaruvchi havoni namlantiradigan uskuna qo'yish lozim. Mutaxassisning ta'kidab o'tishiga ko'ra, oddiy maishiy konditsionerni vaqti-vaqti bilan (ayniqsa, qish mavsumida uzoq ishlatilmay yotganidan keyin) tozalash kerak. Unda to'plangan changlar tozalagich (filtr)larga o'tirib qoladi va shu holda ishlatiladigan bo'lsa, xonaga changli havo tarqatadi. Bu esa har xil kasalliklar keltirib chiqaradigan bakteriyalar ko'payishi uchun juda qulay sharoitdir. «Og'ir pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradigan mikroblar ham turli sovutish vositalarini "yaxshi ko'radi". Shunday ekan, konditsioner zararsiz ishlashi uchun uning tozaligiga ham e'tibor bering. Har uch xaftada changyutgich yordamida konditsionerni tozalang yoki suvda yuvib turing. Shu kabi tavsiyalarga amal qilgandagina u sizning salomatligingizga ziyon yetkazmaydi», — deya qo'shimcha qiladi tibbiyot fanlari nomzodi E'zozbek Rizayev. | advice |
2020 yilda Abdulla Qodiriyning «O'tkan kunlar» romani ingliz tilida taqdim etildi. Tarjimanig muallifi amerikalik tarjimon va tadqiqotchi Mark Riz bo'ldi. Mark Riz O'zbekiston bilan birinchi marta 1994 yilda, Qo'qonga Amerikaning «Tinchlik Korpusi» (Peace Corps) dasturi doirasida ko'ngilli sifatida kelganida tanishgan. U ikki yil davomida 23-sonli maktabda ingliz tilidan dars berdi, shuningdek, o'zbek tilini o'rgandi. U o'z intervyularidan birida ko'plab oddiy amerikaliklar hali O'zbekiston haqida to'liq tasavvurga ega emasliklarini aytdi. Uning fikriga ko'ra, «Tinchlik Korpusi» kabi dasturlar ikki xalq o'rtasidagi o'zaro aloqalarni rivojlantiradi. Qo'shma Shtatlarga qaytib, u Vashington universitetida Turkiy tillar va adabiyot ixtisosligi bo'yicha tahsil oladi, o'zbek va uyg'ur tillarini chuqur o'rgana boshlaydi. Mark Abdulla Qodiriyning faoliyati bilan o'zining ustozi — professor Elza Sirtiut orqali tanishdi. Markning so'zlariga ko'ra, u Toshkent va Sietl shaharlari o'rtasida birodarlik munosabatlarini o'rnatish tashabbuschilaridan biri bo'lgan. Sirtiutning rahbarligida Mark qadimiy turkiy tilning qadimgi shakllaridan biri bo'lgan O'rxun yozuvini o'rgandi. U chig'atoy tilini ham o'rgandi. «O'tkan kunlar» tarjimasi uchun asos sifatida Mark 1926 yilda nashr etilgan matnning asl nusxasidan foydalangan. — Men xalqaro maktabda dars berishni juda xohlardim, biroq rus maktabida dars berishni istamadim. Hatto 90 yillarning boshlarida ham rus va o'zbek tillarining maqomi bo'yicha bahslar bo'lardi. Ko'plab hamkasblarim menga: «Rus tilini o'rgansang yaxshi bo'lardi, chunki u bilan sen postsovet hududining boshqa mamlakatlarida ishlashing mumkin bo'ladi» deyishardi. Ammo men doim o'zbek tiliga sodiq qolganman. Rus tili ajoyib til. Men rus adabiyotini yaxshi ko'raman, ammo Qo'qonda rus tilida gaplashishni qo'pollik deb bildim. Shohimardonga birinchi bor kelganimda, u yerda Ikkinchi jahon urushi medallari ko'ksini bezab turgan, chopon kiygan oqsoqolni uchratdim. U mening oldimga keldi va qo'limni siqib o'zbek tilidan: «Qayerdan siz, mehmon?» deb so'radi. «AQShdan» — deb javob berdim o'shanda. U biz haqimizda faqat filmlarda ko'rganligini aytdi. «Siz men jonli ko'rgan birinchi amerikaliksiz», — deya qo'shimcha qildi u. Bu voqea menda kuchli taassurot qoldirdi. O'zbek tilini o'rganishimning uzoq yo'li shu tarzda boshlandi. «Tinchlik korpusi» tajribasi menda javoblardan ko'ra ko'proq savollar qoldirdi. Besh ming kishi bilan juma namoziga chiqish baxtiga muyassar bo'ldim. Odamlar 74 yil ichida birinchi marta o'zlarining e'tiqodlarini ochiqchasiga ifoda etishdan qanchalik hayajonlanganlarini ko'rdim. Men havodagi eyforiyani his qilardim. 90-yillar qiyin va biroz xavfli edi. O'shanda ko'cha zo'ravonligi sabab ko'proq ehtiyot bo'lish kerak edi. Ammo boshqa tomondan, Arizonada o'sgan va universitetda post-kolonial tadqiqotlarni o'rgangan mendek bir yigitga yangi Respublikaning shakllanishini kuzatish kabi baxt nasib etdi. — Eng qiyin qismlar — Qodiriy «ko'cha tili»ni ifodalagan joylar bo'ldi. Roman ustida ishlay turib, Qodiriy romanga asl tilni singdirish uchun qishloqma-qishloq kezgan. Men Toshkentda yashaganimda, bu so'zlar va iboralarni tushunishim osonroq bo'lgan, ammo vaqt o'tishi bilan ular unutilib ketadi. Tarjima ustida ish boshlaganimda, manbalarim cheklangan edi. Hatto 2004 yilda ham men qiyinchiliklarga duch kelardim. 1960 yil nashr etilgan Sovet davridagi O'zbek tilining izohli lug'atidan foydalanganman, ammo zamonaviy tarjimonlar bilan taqqoslaganda mening manbalarim baribir ham cheklangan edi. O'zgarishlarga qaramay, men hali ham juda yaxshi zamonaviy o'zbek-ingliz lug'atini ko'rmadim. Shunday qilib, men mahalliy mutaxassislarga suyandim. Bu tarjima uchun 15 yil sarflanganining sabablaridan biri. U yoki bu jumla yoki so'z haqidagi fikrlari uchun mutaxassislarga murojaat qilardim, so'ng tahlil qilardim va tarjimaga qaytardim. Ba'zan ular bergan maslahatlar butunlay noto'g'ri bo'lib chiqardi. Rostini aytsam, hatto tarjimaning so'nggi variantini nashriyotga yuborishdan bir kecha oldin ham tuzatishlar kiritganman. So'ngra, roman nomini ingliz tilida gapiradigan o'quvchiga qanday qilib to'g'ri taqdim etish haqida o'ylardim. Oxir-oqibat men asarning asl o'zbekcha nomini qoldirdim, lekin, shuningdek, «Bygone Days» deb qo'shimcha qildim. Dunyo ozgina o'zbek tilini o'rgana olish imkoniga ega bo'lishini xohladim. Qur'onni o'qiyotganingizda, Qur'on o'qiysiz, uni boshqacha nom bilan atamaysiz. «Shohnoma» deysizmi yoki «Shohlar kitobi»mi? Butun tarjima davomida shunga o'xshagan qarorlarni qabul qilishimga to'g'ri keldi, shuning uchun ba'zan o'zbek tilidagi so'zning o'zini qoldirib, unga izoh berdim. Masalan, «bread» emas, balki «non» . Bularning barchasini O'zbekistonning o'ziga xos muhitini saqlab qolish uchun qildim. — Bir muncha vaqt odamlar uchun O'zbekistonga viza olish qiyin edi. Bu tanqid emas, shunchaki hayot haqiqati, siyosat. Bo'lib turadi. Shuning uchun menda hamkorlik qilish imkoniyati bo'lmagan. Mutaxassis yo'qligi nimasi bilan xavfli? O'zbek tilida gaplashmaydigan chet elliklar yo'qligining xavfi nimada? O'zbekiston bo'yicha mutaxassis bo'lish juda qiyin bo'lgan tizim paydo bo'ladi. Ammo so'nggi to'rt yil ichida men haqiqatan ham bu borada o'zgarishning guvohi bo'ldim. Mening Yozuvchilar uyushmasiga — a'zoligiga ega bo'lish qiyin bo'lgan tashkilot — qabul qilinishim — bu global hamjamiyatga moslashishimiz uchun imkon qadar ko'proq yangi va turli ovozlarga muhtoj ekanligimizni tan olishdir. Bundan tashqari, mendan qo'lyozmani sotib olmoqchi bo'lganlar ham bo'ldi. Mening o'zbek tilim yetarlicha yaxshi emas deganlar ham bo'ldi. Ammo men romanni ingliz tiliga, o'z ona tilimga tarjima qildim. Badiiy tarjimon bo'lish uchun, avvalo, inson ma'lum bir jamiyat madaniyatini iloji boricha aniq aks ettirish uchun yetarlicha tushunchalarga ega yozuvchi bo'lishi kerak. — Aniq bir narsa deyolmayman, chunki buning uchun chuqur tarixiy tadqiqotlar o'tkazishim kerak, ammo Qodiriy shu roman sababli o'ldirildi. Agar bu sotsialistik realizm romani bo'lsa, demak u muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu u o'tmishni eslashga harakat qilgani uchun sodir bo'ldi. U ota-bobolarini eslashga harakat qildi. O'limini oqlash uchun unga qarshi ilgari surilgan dalillardan biri uni monarxist deb atashganligi edi. Jadidlarni kim o'ldirganligidan qat'iy nazar, ular jadidlarning yaxshi sotsialist ekanligiga ishonmagan. Romanni ilk bor o'qishni boshlaganimda, men dastlab Otabekni odatdagi Sovet qahramoni sifatida qabul qilganman, ammo diqqat bilan qarasangiz, uning so'zlari sotsialistning so'zlari emas. Xuddi shu narsa Yusufbek-hoji bilan ham tanishganda ko'zga tashlanadi. — Bu sotsialistik realizm deb ta'kidlash qiyin. Ko'pchilik mening fikrimga qo'shilmaydi. Romanda «o'zbek» so'zi bitta holatda, O'zbek oyim nomida ishlatilgan, degan fikrlar bor, men bunga qo'shilmayman. Uchinchi qismda, Musulmonqul Chirchiq ostida mag'lub bo'lganda, Qodiriy qipchoqlar va o'zbeklar birodarlar singari quchoqlashganini yozadi. Shu bilan birga, Qodiriy «O'tkan kunlar» asarini yozish uchun bir necha yil sarflaganini ham bilamiz. Ehtimol, uning 1920 yillar boshidagi o'zbek bo'lish nima ekanligi haqidagi tushunchasi o'sha paytga borib o'zgargandir. Jadidlarni oddiy bir tashkilot emas, balki ilhom manbasi, deb bilaman. Ular madaniy fenomen edi. Agar taqqoslash uchun Harlem Uyg'onish davri adabiyotining oltin davrini olsak, Harlemni Amerika madaniyatining markazlaridan biriga aylantirgan shoirlar, musiqachilar va rassomlarning turli spektrlarini ko'rishimiz mumkin. Jadidchilikka nazar tashlasangiz, ular ham turlicha dunyoqarashga ega bo'lishgan va menimcha Qodiriy, ayniqsa, madrasada tahsil olganligi bilan spektrning boshqa tomonida turadi. Ba'zi jadidlar uchun madrasalarda ta'lim olish odatiy hol edi. Jadidlarning bir qismi ulamolar edi, ular Turkiyada bo'lgani kabi zamonaviy musulmon respublikasida islohot o'tkazmoqchi bo'lgan diniy rahbarlar edi. Jadidlar kommunist va ateist bo'lgan degan taxminlar ham mavjud. Men Qodiriy ateist bo'lganiga ishonmayman. Men boshqa jadidlar haqida gapira olmayman, chunki men ular bo'yicha ixtisoslashgan emasman, ammo Islom dini «O'tkan kunlar»ni qamrab olgan. Qodiriy o'z xalqini tanqid qilgan degan tanqidlar mavjud, ammo romanning butun mohiyati ham shunda. Romanda birinchi eshitadigan tovushingiz bu — azon. Bu birinchi jumla. Va eng oxirgi jumlalardan biri — bu janoza. Go'yoki Qodiriy islohot g'oyasining tug'ilishi va o'lishi haqida gapirayotgandek va bu shubhasiz Islom bilan bog'liq. Shuning uchun, men uning ateist bo'lganiga ishonmayman. Ehtimol, oktabr inqilobidan keyin unda xonlar va amirliklarning eski tartibi ag'darilishiga umid uyg'ongandir. Ehtimol, Qodiriy boshqa jadidlar singari bolshevik inqilobini jamiyatdagi tartibning o'zgarishi deb bilgandir. Ammo Qodiriy bolsheviklarga umid bilan qaragan taqdirda ham, uning umidi 1926 yilda roman oxiriga kelib so'nadi. Romanning oxiri sizga bu haqda juda ko'p narsalarni aytadi: oxirida Yodgorning o'g'illaridan biri bosmachi bo'lib ketadi. Otabek ruslarga qarshi urushda halok bo'ladi. Qodiriy shu tarzda, vaqt bilan o'ynaydi, deb o'ylayman. Bu o'tmish haqidagi roman muallifning bugunini kelajakka ogohlantirish sifatida tasvirlaydi. Bu qarshilik haqidagi roman, xotira va yo'qotish haqidagi roman. Bu sotsialistik realizm romani emas. Yana bir boshqa fikr bor. Ba'zilar «Obid Ketmon»ni sovet sotsialistik realizmi romani sifatida talqin qiladilar. Ehtimol shundaydir, biz buni aniq bilmaymiz. Qodiriy shaxsan o'zi bunday g'oyani ilgari surganligi to'g'risida bizda hujjatli dalillar yo'q. 1920-yillarda u allaqachon maqolalari uchun qamoqda edi. Balki jadidlar sotsializmga yana bir imkoniyat berib, keyin ko'ngli qolgandir. Qodiriy bilan ham shunday bo'lgan. Menimcha, asar oxiriga kelib Qodiriyning hafsalasi pir bo'lgan, bu esa romanning yakunida aks etadi. U fuqarolar urushi, ocharchilik va mintaqadagi boshqa barcha keskin o'zgarishlarni boshidan o'tkazdi. Ehtimol, u uchun so'nggi falokat O'zbekiston va Qozog'iston SSRlarining tuzilishi bo'lishi mumkin, chunki Sovetlar hokimiyatining o'rnatilishi hokimiyat jadidlar qo'liga o'tishini anglatmas edi. Menimcha, u madaniyatning gomogenizatsiya (mahalliy madaniyatning yetakchi tashqi madaniyat tomonidan yutib yuborilishi — tahr. ) qilinishidan xufton bo'lgan. Yusufbek-xoji butun roman davomida tojik tilida gaplashadi. O'zbek oyim yahudiy domla haqida gapiradi. Sovet tizimida aynan ana shu turli ta'sirlar dunyosi asta-sekinlik bilan gomogenizatsiya qilinadi. — Ulardan biri monarxik qarashlar. Men romanning barcha versiyalarini o'qimaganman, lekin Qodiriy hayoti va ijodi bilan yaxshi tanish bo'lgan Bahodir Karimov bilan suhbatlashganman. U barcha versiyalarni, ayniqsa 1950-yillardagi nashrlarni yaxshi biladi. 30-yillardan 50-yillarga qadar «O'tkan kunlar» sevgi haqidagi romanga aylantirilgan. Menimcha, bu sovet mafkurasini joriy etishga urinish edi. Chunki sevgi haqidagi roman — xavfsizdir . Shuningdek, keyingi versiyalarda Yusufbek-hojining so'zlaridan Turkiston suvlarini ifloslantirganlar haqidagi ayblovlar olib tashlangan. 1950-yillarga qadar «O'tkan kunlar»ni saqlash noqonuniy bo'lganini yodda tutishimiz zarur. Odam buning uchun qamalmagan bo'lishi mumkin, ammo bu uning g'oyaviy jihatdan pok emasligining isboti sifatida unga qarshi ishlatilgan. Rostini aytaman, men romanning barcha versiyalarini o'qimaganman, lekin ba'zilarini o'qiganimdan va mutaxassislar bilan suhbatlarimdan shuni aytishim mumkinki, 1933-yildan keyin roman ommaga mustamlakachilik siyosatining tanqidi emas, balki muhabbat haqida yozilgan asar sifatida taqdim etilgan. — Aniqki, Otabek — jadid. Men har doim ham fikrlariga qo'shilmaydigan Adib Xalidning ta'kidlashicha, jadidlar har doim ham o'z mafkuralarini tavsiflash uchun jadid atamasidan foydalanishmagan. Ba'zida bu ulamolar tomonidan ishlatiladigan epitet bo'lgan: «yangi bu», «yangi u», «jadid bu», «jadid u», «bu yangi, yangi, yangi narsalar haqida gapirishni davom etadigan yigitlar». Jadidchilik — bu ijtimoiy hodisani tushunish uchun ishlatiladigan atama. Shunday qilib, mening tushunchamda jadidchilik tashkilot emas, ilhomdir. 2021 yilda Abdulla Qodiriy haqidagi tushuncha sovet olimining tushunchasidan farq qiladi. Sovet olimlari bu narsalarni yashirishga harakat qilishardi, chunki bu ularga qarshi ishlatilishi mumkin edi, xuddi Amir Temurni o'rganish kabi. Jadidchilik turli tarixiy davrlardagi turli odamlar uchun turli narsalarni anglatadi. Ikkinchi bob — har qanday dissertatsiyadagi eng ko'p tarjima qilingan bob; har doim dastlabki bob batafsil tahlil qilinadi, ammo keyinchalik Otabekning qarashlari qanday o'zgarganligi tahlil qilinmaydi. Abdulla Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy menga Otabek muallif qarashlarining avtobiografiyasi ekanligini aytgandi. Otabek — bu Abdulla Qodiriy va uning dunyoga munosabati. Ikkinchi bobda xon qiziga munosib yigitning: «Agar mening qanotlarim bo'lganida, men Qo'qon xoni yoniga uchib borib, Rossiyada amalga oshirilgan har bir islohotni amalga oshirgan bo'lardim» deya ta'kidlashini ko'ramiz. Toshkent bosib olinishidan 20 yil oldin, 1840-yillardagi Rossiya imperiyasiga nazar solib, «Otabek aynan nimani amalga oshirmoqchi edi?», deb o'yga tolish mumkin. Ehtimol, Qodiriy o'zining 1920-yillari haqida yozgan bo'lishi mumkin. Balki, u jadid sifatida g'oyalar qabristoniga ishora qilayotgandir. Vaqt bilan o'ynab turib, u kelajak avlodni yaqinlashib kelayotgan xavf-xatarlardan ogohlantirayotgandek go'yo. — Hasanali. U har doim Otabek va Kumushga sodiqligicha qoladi. U men birga o'sgan kovboylarni biroz eslatib turadi. U otini minib, to'g'ri ish qilish uchun kerakli joyga shoshiladi. Ikkinchi qahramon — Usta Olim. Bilasizmi, u biroz Naqshbandiy tariqatida bo'lgan so'fiyga o'xshaydi. U sharob ichishni yaxshi ko'radi. Usta Olim o'zining tasavvufi bilan Yusufbek-hoji namoyish qiladigan Islomning an'anaviy va institutsional shakliga qarama-qarshi o'rinda turadi. Ehtimol, aslida so'fiy bo'lish shuni anglatgandir. Qodiriy ushbu qahramonni qanday yaratganligi menga juda yoqadi. — Men bu haqda o'zbeklardan ko'p eshitganman va juda hayratlanganman, ammo bu yaxshilikka bo'ldi, chunki bu tarjimani madaniy o'ziga xoslikni aks ettirgan maksimal darajadagi haqiqatga yaqinlashtirishga yordam berdi. Otabek haqiqatan ham katta xatolarga yo'l qo'yadi. U doimo Toshkent va Marg'ilon o'rtasida, o'z uyida bo'lmaydi. Islom doirasida u Zaynab oldidagi erlik majburiyatlarini bajarmaydi. Zaynabning oilasi Otabekdan ajrashishini talab qilishga haqli, ammo Zaynab tunlari yolg'iz tong ottiradigandek taassurot uyg'onadi. «Kundoshlik» yo'q. Uning ikkinchi nikohga rozi bo'lishi fojiaga sabab bo'ladi, bu fojiada Yusufbek-hoji ham aybdor. Men buni Otabekning ojizligi deb bilaman. — Menimcha, Qodiriy O'zbek Oyim obrazida qoloqlik timsolini aks ettirgan. Voz kechilishi lozim bo'lgan eskirgan qarashlar. O'zbek oyim «andi»ga ishonadi, Kumushni sevikli o'g'lini sehrlab qo'ygan marg'ilon jodugari deb biladi. U jadidlar kurashmoqchi bo'lgan johillik ramzini o'zida mujassam etgan. O'zbek oyim, shuningdek, o'g'lining baxtidan ko'ra ko'proq «mahallada duv-duv gap» haqida qayg'uradi. U muqobil emas va oxir-oqibat Kumush uyining ostonasida paydo bo'lganida, «Marg'ilon jodugari»ning go'zalligiga maftun bo'lib, Zaynabni chetga surib qo'yadi va endi uni: «Zaynabni nima qilsam ekan?» degan fikr o'ylantiradi. Zaynab — ushbu hikoyada haqiqatan ham yutqazgan qahramon. Umuman olganda, menga Zaynab juda yoqadi. U Toshkentning eng chiroyli ayoli edi. U o'zini baxtli qila oladigan odamga turmushga chiqishi, farzand ko'rishi, uzoq, boy oilaviy hayotga ega bo'lishi mumkin edi. Ammo u bularning hech biriga ega bo'la olmadi. Aqldan ozdi. Kumush Zaynab bilan so'z o'yinlari o'ynab, unga qo'pol munosabatda bo'lgan paytlar ham bo'lgan. — Bill Myurrey ishtirokidagi «Ustaraning qirrasi» (The Razor's Edge) filmini misol keltiraman. Bu filmni albatta ko'rishingiz kerak. Birinchi jahon urushidan so'ng, Myurreyning personaji urush dahshatlarini boshidan o'tkazganidan keyin Tibetga sayohat qiladi va ilm izlab, o'nlab kitoblarni mutolaa qiladi. Rohib bilan uchrashib, unga: «Men tog' cho'qqisida o'tirib, donolikka erishish uchun barcha kitoblarimni o'zim bilan oldim», deydi. Shunda rohib unga tog' yo'li bo'ylab muqarrar qor bo'ronlaridan boshpana tomon yo'lni ko'rsatadi. Shunday qilib, Myurrey barcha kitoblari bilan toqqa ko'tariladi va o'sha yerga yetib borgach, to'rtta ustunni topadi. Uy yo'q, tom yo'q, atrofda qor bo'roni. Tirik qolish uchun Myurrey barcha kitoblarini yoqishga majbur bo'ladi. Xulosa: donolik kitoblarda va boshqa narsalarda emas, donolik ка boshqa yo'llar bilan erishiladi. Menimcha, Qodiriy ma'naviy kayfiyatda bo'lgan: inson moddiy narsalarni qidirganda, dunyo unga xohlagan narsasini bermaydi. Moddiy bo'lmagan narsalarni izlash kerak. Ammo sizga to'g'risini aytishim kerak. Bugun bir yosh talaba mendan: «Siz «O'tkan kunlar»ni o'qib, hamma narsani tushundingizmi?» deb so'radi. Men: «Yo'q, albatta yo'q», dedim. Men «Oq kit» asarini o'n martalab o'qiganman, u juda ajoyib, mening sevimli romanlarimdan biri. Shuningdek, Folkner, Prust ham. Ushbu mualliflarni tushunish uchun ularning asarlarini o'n martalab o'qish kerak. — Albatta. Men propagandachi emasman va hatto O'zbekiston hukumati bilan yaxshi munosabatlar o'rnata olamanmi yoki yo'q, bu meni qiziqtirmaydi. Men har doim o'zim ishongan narsamni aytaman va rostini so'zlayman. Shavkat Mirziyoyev prezident bo'lganida men unga shubha bilan qaradim. Bunga haqli ham edim. Bundan tashqari, menda mamlakat kelajagi uchun qo'rquv paydo bo'ldi. Men tanimaydigan yangi inson bilan ahvol yanada yomonlashishi mumkinmi deb o'ylab qoldim. Men o'zim uchun har qanday holatda siyosatdan uzoqroq turaman deb qaror qilganman, ammo jadidlar to'g'risida prezident Mirziyoyevga bog'lagan holda gapiraman. Islohotlar haqiqatan ham boshlanganiga chinakam ishonishga majbur qilgan bir qancha voqealar bo'ldi. Bir kuni ertalab hamkasbimdan xabar oldim. U menga shunday deb yozgan edi: «Men sizga videorolik yuboraman, siz ko'zlaringizga ishonmaysiz». Men video tomosha qilyapman, unda prezident Mirziyoyev bir guruh mullalar bilan suhbatlashmoqda. U juda tez gapirardi, uni tushunishim qiyin edi. O'shanda u: «Eshitib qo'yinglar, agar sizlarda "kundoshlik" borligini bilsam, bu noqonuniy, sizlarni ishdan bo'shataman» dedi. So'ngra esa u «O'tkan kunlar»ga murojaat qildi: «Buyuk adiblarimizdan biri Abdulla Qodiriy ko'pxotinlilikning zarari haqida gapirgan». Men quloqlarimga ishonolmasdim. Yana bir voqea — Vashingtonda O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vaxabov bilan uchrashuv. Men Bi-bi-siga intervyu berdim, keyin elchixonaga taklif qilishdi. O'sha paytda elchi endigina akkreditatsiyadan o'tgan edi. Men shubha bilan qarardim, u yerda dunyoqarashi tor, sovet tipidagi odam bilan uchrashaman deb o'yladim. Elchixonaga kirib esa, «Xudoyim, bu yigit yosh va odamlarga ochiq» deb o'yladim. Men dunyodagi eng obro'li akademiyalardan biri bo'lgan Harbiy-dengiz kuchlari akademiyasida ishlaganman. Bu dunyodagi kirish eng qiyin bo'lgan universitet, chunki unga kirish uchun sizga prezident, vitse-prezident, mudofaa kotibi, senator yoki kongressmenning tavsiyanomasi kerak. Men chindan ham yaxshi rahbarlarni uchratganman va yaxshi rahbar qanday bo'lishi kerakligini bilaman. Shunday qilib, ro'paramda elchi Vaxabov тuр арди va u aniq sovet diplomati emas edi. O'sha paytda men «sobiq Sovet» (former Soviet) iborasini ishlatishni to'xtatishim kerakligini angladim. Bu endi dolzarb emas. Bu faqat mamlakat tarixining ma'lum bir qismiga nisbatan ishlatilishi kerak. Keyin o'zimcha o'yladim: «Bu yangilik». Men Garvard, Jorjtaun, Oksford bitiruvchilari — yosh xodimlar va mehmonlarga e'tibor qaratdim. Ularning ba'zilari haqiqatan ham yirik biznesmenlar va bankirlar edi. Men o'ylardim: «Yigirma yil davomida AQSh va Yevropadagi barcha almashinuv dasturlari o'z samaralarini beribdi: o'zbek истонлик лар с овет tipiga umuman o'xshamagan shaxslarni tarbiyalashibdi ». Bu O'zbekistonning kelajagi. Bu kelajakda qaror qabul qiluvchi shaxslar. Umid qilamanki, Vaxabov ulardan biri. O'zbekistonning AQShdagi elchixonasida Mark Rizga «Do'stlik» ordeni topshirilmoqda. Shubhasiz aytishim mumkinki, elchixona har qachongidek ham faol ishlayapti. Bu Mirziyoyev unga kun tartibini amalga oshirishda vakolat berganidan dalolatdir. Gap faqat Vaxabovda emas. Vaxabov nihoyatda iste'dodli kadr, ammo aynan uning rahbariyati u amalga oshirayotgan ishlarni qilishga ruxsat bergan. Men haqiqiy o'zgarishlarni ko'ryapman. O'zbekiston bir qadam oldinga, ikki qadam orqaga tashlamoqda. Bu islohot jarayonida sodir bo'ladigan holat. O'zbekistonliklar islohot nima ekanligini o'zlari hal qiladigan ijtimoiy shartnoma shakllanib bormoqda. Bino yoki boshqa bir narsalarning qurilishiga qarshi chiqishlar — 15 yil oldin bu kabi ishlar hech kimning xayoliga kelmagan. Men Karimov rejimini tanqid qilayotganim yo'q. Men shunchaki hamma narsa global miqyosda o'zgarganligini aytyapman, O'zbekiston hukumati globallashuvga moslashmoqchi bo'lsa, o'zgarishi kerakligini tan oldi. Ha, men qamoqqa tushishdan qo'rqmasdan o'z fikrlarini ifoda eta oladigan erkin jurnalistlar va bloggerlarni ko'rmoqchiman, lekin prezidentga ham og'ir yuk meros bo'lib qoldi deb o'ylayman. U ulkan tizimni meros qilib oldi. Menimcha, u haqiqatda bu tizimni qayta isloh qilmoqchi, lekin [ushbu tizimni boshqarishga] o'zingiz urinib ko'ring. Nima qilasiz, butun O'zbekiston hukumatini ishdan bo'shatasizmi? U amalga oshirmoqchi bo'lgan ishlar asos yaratmoqda. Avvalgi rahbariyatga hurmat izhor qilgan holda shuni aytish lozimki, mamlakat hamma narsani qayta boshlashiga to'g'ri keldi. Lekin ortingizda yangi tizimni yaratish bo'yicha kam bo'lsa ham tajriba bor. Odamlar o'zgarishlarni xohlashadi, lekin o'zgarishlar ularning shartlari asosida amalga oshishi kerak. Sizning jamiyatda konservativroq qatlam mavjud. 90-yillarda men ro'mol o'ragan ayollarni ko'rmasdim. An'anaviy musulmoncha urf-odatlarni ko'rish uchun Qo'qonga yoki Marg'ilonga borish kerak edi. Endi buni Toshkentda ham ko'ryapman. Toshkentda ilgari odamlar ko'ylak va yubka kiyib yurishardi, ammo hozirda Islomning konservativ namoyishini ko'proq ko'ryapman. Men bundan qo'rqmayman, lekin bu shunchaki belgi. Men aslida qo'rqayotgan narsamni hazil bilan izhor qilaman: Toshkent o'zgaryapti, lekin o'zgarmayapti. Toshkentda o'zgarmagan bir narsa shundaki, o'zbeklar avvallari qanday bo'lishgan bo'lsa, shundayligicha qolishgan, ammo ularga endilikda o'zlarining fikrlarini va o'zliklarini namoyon qilishlari uchun ruxsat berildi. Men O'zbekistonning qora kunlarini ko'rganman. Hozir sizlar amalga oshirayotgan islohotlar 1930-yillardagi jadidlarning orzusi. Ular mustaqil respublika haqida orzu qilishardi. Siz 1991 yilda mustaqillikka erishdingiz, ammo islohotlarni hozir amalga oshiryapsizlar. Jadidlar turli e'tiqodlarga ega edilar, ammo ular o'zbeklarning o'zbeklar ovozida gaplashishini, o'zlarining hikoyalarini o'zlari aytib berishni xohlashardi. Mark Riz Chilonzorda mahalliy rassom Abdulla Qodiriyning she'rini chizgan devor oldida. Agar ayol ro'mol o'rashni xohlasa, unda «gap yo'q», bu mening ishim emas, bu uning qarori. Ayol qanday qaror qilsa, u shunday kiyinadi. Faqat umid qilamanki, eri uni majburlamagan. Meni ushbu islohotlarda tashvishga soladigan yagona narsa — odamlar o'zlari qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lishlari. Men konservatizm yoki liberalizm tarafdori emasman. Men faqat o'zbeklar o'zlarining hikoyalarini o'zlari aytib berishlarini istayman, aks holda ularning hikoyasini boshqalar aytib beradi. — Men rivojlantirishni xohlagan dasturim bor. Bu «Muloqot» madaniy dasturi. Men uning ustida ko'p yillar davomida ishlayapman. Uning doirasida Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» asarini tarjima qilmoqchiman, Netflix platformasi uchun «O'tkan kunlar» filmi ssenariysini yaratmoqchiman va «O'tkan kunlar» bo'yicha materiallarni maktab tizimida joriy etish uchun moslashtirmoqchiman, shunda romandagi qadriyatlar butun maktab tizimiga tarqaladi. Propaganda sifatida emas, balki bolalar o'zlarining milliy adabiyotlarini bilishlari uchun. Men propaganda qilishni xohlamayman. Men bolalar ko'proq o'qishlarini va kimning avlodi ekanligini bilishlarini istayman. Hamma mendan so'raydi: «O'tkan kunlar»ni qanday sotib olsam bo'ladi?» deb. Men ularga: «Sotib olishning keragi yo'q», deb aytaman. Men vazirliklar bilan kitoblarni bepul taqdim etish bo'yicha muzokaralar olib bormoqdaman, faqat ularni sotuvga chiqarmaslik va maktablarga tarqatish sharti bilan. O'quvchilar kutubxonalarda, maktablarda tarjimani bepul olishlarini istayman. O'zbekiston hukumati maktabdagi o'quvchilarda kitobning nusxasi bo'lishi uchun asarni kichik tirajlarda chop etishni subsidiyalashtirsa ham bo'ladi. Men hammaga aniq tushuntirdim: men kitobni faqat sayyohlarga yoki tadbirkorlarga sotaman. Ushbu loyiha to'liq o'zimning hisobimdan moliyalashtirilgan. Men loyihaga juda ko'p pul va vaqt sarfladim va undan bir sent ham ishlamadim. Men sotganimdan ko'ra ko'proq kitoblar berib yubordim. Men talabalar ustidan pul ishlay olmayman. Mening kitobimni o'qishni istagan qaysidir bir qishloqlik bola buning uchun 25 dollar to'lashi kerakligini tasavvur ham qila olmayman — hech ham! Men juda aniq aytdim: menga yordam kerak. Bilasizmi, menga juda ko'p maqtovlar keladi: «Mark, endi qaysi kitobni tarjima qilmoqchisiz?». Men «Bilmayman, menga yordam kerak», deyman. Menga grant yoki boshqa rasmiy moliyalashtirish yo'lini bering. O'ylaymanki, buni O'zbekiston hukumati tushunadi. Menimcha, O'zbekiston menga o'xshagan ko'plab xorijiy mutaxassislarni jalb qilishi kerak. Hamkorlik — bu yaxshi. Siz odamlardan yangi g'oyalar olasiz, professional va yaxshi inson sifatida rivojlanasiz. Hamkorlikdan qo'rqmaslik kerak, uni izlash kerak. Intervyuni Jahongir Azimov va Davlat Umarov tayyorlashdi. | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda yozgi taomlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Juda oddiy, ammo, shu bilan birga, juda mazali va nordon Chalop sho'rvasi sizni befarq qoldirmasligi aniq. Ushbu taomni yozgi taomnomangizga kiritishingiz mumkin. Tovuq go'shtidan qilinadigan kabobchalarni nafaqat ochiq olovda, balki gaz pechida ham tayyorlash mumkin. Bunday yegulik juda sersuv va to'yimli bo'lib pishadi. Ajabsanda yoki ajabsandali — kavkazcha mashhur taomlardan biri bo'lib, bunda sabzavotlar dimlab pishiriladi. Ushbu taomning klassik retseptiga baqlajon, bulg'or qalampiri, piyoz va pomidorlar kiradi. Qiymali ratatuy — bu oddiy taomning to'yimli varianti bo'lib, uni qiyma ajoyib tarzda to'ldirib turadi. Turkcha ratatuyni albatta tayyorlab ko'ring, ayniqsa hozir — sabzavotlar mavsumida. Kuk-si bu urva va unga qo'shiladigan bir necha xil aralashmalardan iborat bo'lgan yaxna taom. Unga qo'shimcha qilib bodringli, karamli, pomidorli va go'shtli salatlar solinadi. Yozning jazirama kunlarida ba'zan ishtaha umuman yo'qoladi. Shunday paytda ko'pchilikka sevimli bo'lgan yaxna sho'rva -okroshka as qotadi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda yozgi yengil salatlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Brinza va bodringli salat — oddiy, yengil va juda mazali yegulik bo'lib, u har qanday dasturxonni bezaydi. Ushbu salat to'g'ri ovqatlanishga rioya qiladigan va parhez tutadiganlar uchun mos keladi, chunki u kam kaloriyaga ega. Qizil karamning yaxshi tomoni shundaki, u deyarli har qanday salatga yorqin ranglarni qo'shadi. Ushbu salat dasturxoningizning haqiqiy bezagiga aylanadi. Karam va sabzavotlarni o'zida mujassam etgan ushbu salat — vitaminlarga juda boydir. Ayniqsa bahor faslida ko'proq ushbu salatni tayyorlab, vitaminlarga to'yinib olishingizni maslahat beramiz. O'zingizni sabzi, makkajo'xori va bodringdan iborat foydali salat bilan siylang. Bunday salat mazali va to'yimli bo'libgina qolmay, ko'plab vitaminlarga ham boy. Gruzinchadan tarjima qilinganda «ko'klam» degan ma'noni anglatuvchi ushbu salat haqiqatdan ham juda mazali ta'mga ega va sersuv hisoblanadi. Eng asosiysi u oddiy masalliqlardan tez va oson tayyorlanadi. Bugun bizlar xonadoningizga rayhon va yalpiz solib tayyorlanadigan betakror ta'mni ulashuvchi baqlajonli salat retsepti bilan tashrif buyuramiz. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda issiqqina pishiriqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Kurnik — qadimdan shohona taom deb hisoblangan juda mazali pirog. Biz sizlarga kurniklarni porsiyalarga bo'lgan holda tayyorlashingizni tavsiya etamiz. Nachinkaga ega bunday pirojkalar to'yimli nonushta yoki yegulik o'rnini bosa oladi. Ushbu noodatiy pishiriq istalgan bayram dasturxoniga mos keladi. Qolaversa bunday chiroyli va to'yimli rulet barchaga, ayniqsa, erkaklarga maqul keladi. Juda tez tayyorlaniladigan va mazali bunday yegulik yosh-u qariga birdek yoqishi aniq. Pishloqli naychalar ajoyib nonushta vazifasini bemalol uddalay oladi. Uyda pishirilgan pirojkalar ko'pchilikning eng sevimli pishiriqlaridan biri desak adashmaymiz. Ularning qiymasini har xil masalliqlardan tayyorlash mumkin bo'lib, masalan, karamli, qo'ziqorinli, qiymali va hokazo. Tez tayyorlaniladigan va ishtahaochar ko'rinishga ega bo'lmish pishloq va tvorogli qatlamachalar kutilmagan mehmon kelganda sizni qo'llab-quvvatlaydi. Ta'm jihatidan bunday pishiriqlar oddiy pirojkalardan unchalik ham farq qilmasada, ammo tashqi ko'rinishi bilan qiziqish uyg'otishi aniq. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda qarsildoq sneklar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Uyda tayyorlangan chipslar hech qanday qo'shimchalarsiz 100 foiz tabiiy mahsulot. Bunday chipslar juda mazali bo'lib, ularni qo'rqmasdan bolalarga ham bersangiz bo'ladi. Tabiiy, past kaloriyali, mazali olmali chipslar — mazali va foydali yegulik tarafdorlari uchun ajoyib topilma. 20 daqiqa ichida tayyorlanadigan bunday chipslarni albatta tayyorlab ko'ring. Tez tayyorlanadigan, shu bilan birga mazali gazak tayyorlashni istaysizmi? Unday bo'lsa lavash va pishloqdan ajoyib chipslar tayyorlab ko'ring. Pomidor va rayhon uyg'unligidan hosil bo'lgan ta'm hech kimni befarq qoldirmasligi sir emas. Bunday krekerlarni pishirayotganda undan taraladigan hid esa sizni xuddi Italiyaga eltgandek bo'ladi. Bunday suxariklardan gazak sifatida, shuningdek salat va suyuq taomlarga qo'shimcha sifatida foydalanish mumkin. Gaz pechida tobida qizarib pishgan no'xatlar sizga yoqishi aniq. Har xil ziravorlar solib, har safar yangicha ta'mlarga ega bo'lishingiz mimkin. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda nonushta uchun tvorogdan tayyorlangan yeguliklar ro'yxatini taqdim etadi. Agarda bir xil sirniklani yeyaverish me'dangizga teggan bo'lsa, unda pishloq qo'shiladigan, shirin bo'lmagan mana bunday sirniklardan tayyorlab ko'ring. Tvorogli vatrushkalar — barchaga tanish uyda oshirma xamirdan tayyorlanadigan ajoyib pishiriq. Tvorogli quymoqlar — haqiqiy uy taomlaridan biri hisoblanadi. Ularni nonushtaga yoki desert sifatida dasturxonga tortishingiz mumkin. Tez tayyorlaniladigan va ishtahaochar ko'rinishga ega bo'lmish pishloq va tvorogli qatlamachalar kutilmagan mehmon kelganda sizni qo'llab-quvvatlaydi. Tvorog qo'shib pishiriladigan bunday pishiriqlar ko'pchilikka bolaligidan tanish bo'lib, u ba'zilarning sevimli pishiriqlaridan biri bo'lsa ajab emas. Foydali nonushta tayyorlash umuman qiyin emas. Buning uchun bizga faqat banan, tvorog va oddiy yogurt kerak bo'ladi. Bu tayyorlaniladigan taom juda osonligiga qaramay, juda mazalidir. Bu tvorogli somsalardan pishirishga, to'g'ri biz unchaliki odatlanmaganmiz. Lekin, ikkilanmasdan siz bir marotaba pishirib ko'ring va juda mazali ta'mdan bahramand bo'lgan bo'lasiz. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, mahkam jipslangan niqob yoki ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini sezilarli darajada oshiradi, deya xabar berdi The New York Times. CDC tadqiqotiga ko'ra, qo'shma niqob yo'tal oqibatida ajralib chiqadigan zarrachalarning 92,5 foizini ushlab qola olishi aniqlandi. Bitta tibbiy niqobning o'zi esa zarrachalarning taxminan 42 foizini to'sib qola olgan. «Niqoblar agar yaxshi va to'g'ri taqilsa ular juda samarali», — dedi CDC direktori Roshel Valenski. Mutaxassislar, shuningdek, burun sohasida simi mavjud bo'lgan niqoblarni tanlashni, shuningdek, niqob yuzga mahkam o'rnashib turishi va bo'shliqlarni kamaytirishi uchun quloqqa taqish uchun ilmoqlar bog'lashni tavsiya etishmoqda. Foto: CDC и нфографикаси. Mahkamlashning yana bir samarali yo'li, niqob ustidan maxsus ushlagich yoki neylon mato taqish, deya ta'kidlaydi mutaxassislar. Maxsus niqob ushlagich. CDC infografikasi. Tibbiy niqoblardan foydalanish yuqumli kasalliklarning, jumladan, COVID-19'ning oldini olish bo'yicha JSST tomonidan tavsiya etilgan chora-tadbirlar majmuiga kiritilgan . Niqob taqishdan tashqari, JSST qo'llarni tez-tez yuvish va gigiyenadan foydalanish, masofani saqlash zarurligini ta'kidlaydi. | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda stakanda dasturxonga tortiladigan desertlar retseptlarini taqdim etadi. Stakandagi desert trayfl — bu mazali, chiroyli, qulay, shuningdek, agar uni mikroto'lqinli pechda tayyorlasangiz, tez tayyorlanadi ham. Syutlach uyda tayyorlanadi va turk restoranlari va kafelarida desert sifatida tortiladi. Bu shirinlikni issiq yoki to'liq sovutilgan holda tanovvul qilishingiz mumkin. Mehmonlar va oila a'zolariga bemalol taqdim etsa bo'ladigan oson va tez tayyorlanadigan desert retsepti. Qolaversa, ushbu desert kichkintoylar va qomati to'g'risida qayg'uradiganlarga ham ma'qul keladi. Yangi qaymoq va shokoladdan tayyorlanadigan oddiy va mayin desert retseptini taqdim etamiz. Ikki xil shokolad uyg'unlashuvi shirinlik sevuvchilarga manzur kelishi aniq. Karamelli krem va marshmellouga ega ajoyib va noodatiy desert tayyorlashingizni maslahat beramiz. Ushbu shirinlikni tayyorlash juda oson bo'lib, uni tayyorlashda bolalarni jalb etib, birgalikda fantaziya qilishingiz ham mumkin. Krem-bryule bu ichi qaynatma krem va usti karamelli ko'rinishga ega bo'lgan fransuzcha shirinlik bo'lib, juda lazzatli ta'mga ega desak hech ham mubolag'a bo'lmaydi. Oddiy mikroto'lqinli pechda ham mazali desertlardan tayyorlash mumkin. Biz tayyorlagan bugungi shirinlik ham mayin, ajoyib ko'rinishli va qahva ta'miga to'yinib pishadi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda xushbo'y issiqina ichimliklar ro'yxatini taqdim etadi. Agarda Siz ham shokolad ishqibozlaridan biri bo'lsangiz, unda mana bunday issiq shokoladli ichimlik sizga yoqadi. Bunday ichimlik ayniqsa salqin kunlarda qizitib, badanni yayratadi. Xushbo'y sitrusli choy — har qanday faslda ham ichish mumkin bo'lgan ajoyib tanlovdir. Yangi damlangan bu ichimlik sizning kayfiyatingizni ko'tarib, kerakli vitaminlar bilan ta'minlaydi. Qishning sovuq oqshomlarida uyda o'tirib, nafaqat qizdiruvchi, balki kayfiyatni ham ko'taruvchi ichimliklardan bahramand bo'lishga nima yetsin. Mana yomg'irlar mavsumi boshlanib, kunlar yana sovib qoldi. Bunday kunlarda biz kayfiyatni ko'taruvchi ajoyib ichimliklardan tayyorlashni maslahat beramiz. Qish, ayni shamollash mavsumida zanjabilli choy iste'mol qilishning ayni fursati. Lekin hamma ham bunday mazali va foydali ichimlik tayyorlashni bilmasa kerak. Shirchoy bu sutdan tayyorlaniladigan taom bo'lib, u ajoyib nonushta bo'la oladi. Chunki sut vitaminlar manbai ekanligi hech kimga sir emas. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda qiymadan tayyorlangan noodatiy taomlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Brizol — oddiy, shu bilan birga juda nafis ta'mga ega taom bo'lib, kundalikda va har xil bayramlarda ham dasturxonga ko'rk bag'ishlaydi. Ushbu « uyalar » kotletlarning o'rnini bosuvchi ajoyib taom bo'lib, ular juda mazali va sersuv bo'lib pishadi. Do'lma tugishni xush ko'rmaydiganlar yoki erinadigan pazandalarimiz uchun juda ajoyib do'lma retsepti. Kotletlarni pomidor va pishloq bilan pishirib, taomnomangizga xilma-xillik kiriting. Ushbu taom juda mazali va to'yimli bo'lib, uni istagan garnir bilan dasturxonga tortsa bo'ladi. Izmircha kotletlar — tayyorlash uchun oddiy masalliqlarni talab qiluvchi, Turkiyaning barcha oshxonalarida tayyorlaniladigan taomlardan biridir. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Shaxsni ushlash jarayoni qanday o'tishi kerak? Ushlab turilgan shaxsning qanday huquqlari bor? Unga nisbatan jismoniy kuch qo'llanilishi mumkinmi? Shaxs qancha muddatga ushlab turilishi mumkin? O'z haq-huquqlarini bilish ularning buzilishidan saqlanishga yordam beradi. Dastlab, ushlab turish nima ekanligiga aniqlik kiritamiz. Ushlab turish ma'muriy huquqbuzarlik yoki jinoiy faoliyat bilan shug'ullanishga barham berish maqsadida qo'llaniladi. Shunga ko'ra, ushlab turishning ikki turi mavjud: ma'muriy ushlab turish va jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turish . Bundan tashqari, IIO xodimlari shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo'lmagan kishining shaxsini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlariga borishini so'rashlari mumkin. Huquqiy terminologiyani tushunish qiyin bo'lishi mumkinligini inobatga olib, biz professional huquqshunos Xushnudbek & Partners yuridik firmasining hamkori Diyorbek Kimsanovdan ushlab turish jarayonida huquqlar buzilishining oldini olish to'g'risida so'zlab berishni so'radik. Shaxsni ushlab turish jarayonining qonuniy asoslari va huquqiy normalari to'g'risida batafsilroq ma'lumot «Ma'muriy yo'l bilan ushlab turish» va «Jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi shaxsni ushlab turish» bo'limlarida keltirilgan. Diyorbek Kimsanov oddiy odam uchun protsessual qonunчилиk ни tushunish haqiqatan ham qiyinligini tan oladi. Istisnosiz barcha holatlarda birinchi qoida, bu — qonun talablariga rioya qilishdir . Qarshilik ko'rsatmaslik lozim, ammo shu bilan birga, masalani «norasmiy» yo'l bilan yechish bo'yicha takliflar kabi ehtimoliy provokatsiyalarga tushib qolmaslik kerak. Mansabdor shaxsdan hujjatlarni taqdim etishini so'rang, ismini, familiyasini va lavozimini (hujjat raqami, nishoni) yozib oling yoki eslab qolishga harakat qiling. Odatda hujjatlar va nishonlarni suratga olishga ruxsat berilmaydi. To'g'ridan-to'g'ri savol bilan aniqlik kiriting: sizni ushlashdimi va ushlab turish (to'xtatish, murojaat qilish, tintuv qilish va h.k.) uchun qanday asoslar mavjud. Agar ushlab turish tasdiqlansa, huquqbuzarlik, ushlab turish, ko'zdan kechirish va h.k.lar haqida bayonnomalarni tuzish jarayonida advokatning ishtirokini talab qilish lozim. Agar ushlab turish ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzish uchun amalga oshirilayotgan bo'lsa, bayonnomani nima uchun joyida tuzishning iloji yo'qligi sababiga oydinlik kiritishni so'rash mumkin. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, ushlab turish yoki IIOga olib borish asoslarini muhokama qilish ba'zi hollarda foydasiz bo'lishi mumkin . Qonunda belgilangan ushlab turish muddati tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga chaqirtirilgan paytdan boshlab hisoblab chiqilishini inobatga olsak, bunday tortishuv asossiz kechiktirishga olib keladi. Yaxshisi qarindoshlaringizga xabar berishni iltimos qiling yoki ularga o'zingiz qo'ng'iroq qiling, qayerga olib borilayotganingizni ayting va advokat yollashni so'rang. Agar siz aniq bir qonunbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan bo'lsangiz, sabr qiling va sukut saqlang , mansabdor shaxslarga tushuntirishlar bermang yoki advokatingiz kelguniga qadar hujjatlarni imzolamang. Siz o'zingizga qarshi guvohlik berishga majbur emassiz . Qonunda beriladigan ko'rsatmalarning hajmi va muddatida cheklovlar yo'qligi bois siz barcha mavjud dalillardan foydalanib, vaziyatni batafsil tavsiflashingiz mumkin. Bundan tashqari, qonun sizning yaqinlaringiz yoki sizga hamroh bo'lgan boshqa odamlarning sizning foydangizga guvohlik berishini cheklamaydi . Shunday qilib, siz ularni guvohlik bayonnomasini to'ldirishga jalb qilishingiz mumkin. Siz o'z ona tilingizda guvohlik va tushuntirish berish huquqiga egasiz , shuningdek, tarjimonning yordamidan bepul foydalanishingiz mumkin (va hatto kerak bo'lsa, uni rad qilishingiz mumkin). Siz gapiradigan tilda barcha og'zaki va yozma guvohliklar berilishi, hujjatlar shu tilda rasmiylashtirilishi yoki tashqi manbadagi tarjimon tomonidan tarjima qilinishi lozim. Siz, shuningdek, lotin (yoki kirill) yozuvida matnni o'qiy olmasligingizni ham ko'rsatishingiz mumkin. Tushuntirishlar berish va bayonnomani to'ldirish — sizning huquqingizdir. Siz har qanday tushuntirish berishdan bosh tortish huquqiga egasiz. Shunga qaramay, bayonnomani imzolash tavsiya etiladi, chunki mansabdor shaxs sizning rad etishingizni ko'rsatgan holda xolislar bilan bayonnomani rasmiylashtirishi mumkin. Agar siz bayonnomani to'ldirmagan bo'lsangiz yoki bo'sh joy qoldirgan bo'lsangiz, bo'shliqni чизи қ ( Z ) bilan to'ldiring. Albatta, bayonnomada ushlanish vaqtini ko'rsating va advokat ishtirokida ishni ko'rib chiqish to'g'risida rasmiy iltimosnoma bering. Biror nimani imzolashdan oldin, hujjatning mazmuni bilan tanishib chiqing va sizga huquq va majburiyatlar tushuntirilmagan bo'lsa, shuningdek, noroziliklarni ko'rsating. Shunday qilib, siz mansabdor shaxsni ma'muriy ish bo'yicha qaror qabul qilishiga to'sqinlik qilib, barcha hujjatlarni sudga topshirishga majbur qilasiz, chunki Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 245-moddasiga muvofiq, huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etgan ishlar to'g'ridan-to'g'ri sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Bayonnoma nusxasini olish huquqi (hozircha) qonunchilikda ko'zda tutilmagan, ammo bu hujjatni kameraga rasmga olishga to'sqinlik qilmaydi. Imkon boricha qonunda yoki ushlab turishni amalga oshiruvchi organning mahalliy harakatlarida yoki boshqa protsessual harakatlarda aniq taqiqlanmagunga qadar jarayonni diktofonga yoki mobil telefoningiz kamerasiga yozib boring . Agar bunga to'sqinlik qilinsa, bu haqda bayonnomada qayd eting. Har doim o'z advokatingizni jalb qiling. Davlat tomonidan taqdim etilgan advokat xizmatidan voz kechishga haqqingiz bor (qonunda mansabdor shaxsdan advokat ishtirok etishi talab qilinadigan holatlar ko'zda tutilgan) yoki undan boshqa advokatni yollash uchun iltimosingizni qarindoshlarga yetkazishni so'rang. Shuningdek, sizning yashash joyingizdan kelib chiqib, ishni ko'rib chiqish uchun rasmiy iltimosnoma berish mumkin. Huquqbuzarliklarning ayrim turlari, masalan, transport va yo'l xo'jaligi sohasidagi huquqbuzarliklarning aksariyati transport vositalarini ro'yxatdan o'tkazish joyida ham ko'rib chiqilishi mumkin. Agar siz mansabdor shaxsning xatti-harakatlaridan norozi bo'lsangiz yoki u o'z vakolatlarini suiiste'mol qilmoqda deb taxmin qilish uchun asoslar bo'lsa, shu joyning o'zida uning harakatlaridan noroziligingizni ma'lum ishonch telefonlari (102, 1007, 1000 va boshqalar)ga qo'ng'iroq qilib, bildirishingiz mumkin. Shuningdek, siz hozircha ushlab turilmaganingiz va huquqlaringiz cheklanmaganligi bois o'zingiz bilgan huquqshunosga qo'ng'iroq qilishingiz va u bilan maslahatlashishingiz mumkin. MJtKning 285-moddasiga binoan ma'muriy yo'l bilan ushlab turish quyidagi hollarda qo'llaniladi: MJtKning 288-moddasiga binoan, ma'muriy yo'l bilan ushlab turish uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas , alohida zarurat munosabati bilan qonun hujjatlarida boshqacha muddatlarning belgilanishi bundan mustasno. Agar shaxs o'zining shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlarni yashirsa yoki MJtKning 288-moddasida ko'rsatilgan ma'muriy huquqbuzarliklardan birini sodir etgan bo'lsa, u holda 24 soatdan ko'p bo'lmagan muddatga ushlab turilishi mumkin. Ma'muriy yo'l bilan ushlab turish muddati huquqbuzarni bayonnoma tuzish uchun olib kelish paytidan boshlanadi, mast holdagi shaxslar uchun esa — ular hushyor tortgan vaqtdan boshlanadi. MJtKning 287-moddasiga binoan, agar kamida bitta asos bo'lsa, ma'muriy yo'l bilan ushlab turish: Shaxs tegishli organ tomonidan qaysi ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etganida ushlab turilishi mumkinligi bilan MJtKning 287-moddasida tanishish mumkin. Ma'muriy yo'l bilan ushlab turishda MJtKning 289-moddasiga binoan shaxsni ko'rikdan o'tkazish va ashyolarni ko'zdan kechirish mumkin. Shaxsni ko'rikdan o'tkazish ichki ishlar organlarining, harbiy soqchilik, havo transportining, bojxona organlari, Milliy gvardiya organlari va chegara qo'shinlarining vakolatli shaxslari, shuningdek, shunga vakolati bo'lgan boshqa organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shaxsni ko'rikdan o'tkazish ko'rikdan o'tkazilayotgan shaxs bilan bir jinsda bo'lgan shaxslar tomonidan va shu jinsdagi ikkita xolis guvoh ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin. Ashyolarni ko'zdan kechirib chiqish shunga vakolati bo'lgan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin: Ashyolarni, ov qilish va baliq tutish qurollarini, qo'lga kiritilgan mahsulotlar va boshqa buyumlarni ko'zdan kechirish, odatda, shu ashyo va buyumlar kimning mulki yoki egaligida bo'lsa, o'sha shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. Kechiktirib bo'lmaydigan hollarda, mazkur ashyolar, buyumlarni mulkdorsiz (egasisiz) ikkita xolis guvoh ishtirokida ham ko'zdan kechirib chiqilishi mumkin. Huquqbuzarlarni ushlash, shaxsiy ko'rikdan o'tkazish yoki ashyolarini ko'zdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyolar bo'lmish ashyo va hujjatlar MJtKning 287 va 289-moddalarida nazarda tutilgan organlarning mansabdor shaxslari tomonidan olib qo'yiladi. Olib qo'yilgan ashyo va hujjatlar ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar ko'rib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qo'yish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish ko'rib bo'linganidan keyin esa, uni ko'rib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoxud yo'q qilib yuboriladi, ashyolar haq to'lab olib qo'yilgan taqdirda esa — sotib yuboriladi. Olib qo'yilgan orden, medal, faxriy unvonning ko'krakka taqiladigan nishoni qonuniy egasiga qaytarib beriladi, basharti, egasi noma'lum bo'lsa, unda tegishli organga jo'natiladi. Ashyo va hujjatlar olib qo'yilgan taqdirda bu xususda bayonnoma tuziladi yoki ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomaga yoxud buyumlarni ko'zdan kechirib chiqish yoki ma'muriy yo'l bilan ushlab turish haqidagi bayonnomalarga tegishli yozuv yozib qo'yiladi. MJtKning 286-moddasiga binoan, ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko'ra, u ushlab turilgan joy haqida uning qarindosh-urug'lari, advokat, ish yoki o'qish joyidagi ma'muriyat xabardor qilib qo'yilishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgani haqida uning ota-onasi yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslar albatta xabardor qilinadi. Ushlab turilgan shaxs ushlab turish to'g'risidagi bayonnomani imzolashdan bosh tortishi mumkin. MjtKning 273-moddasiga binoan, agar ushlab turilgan shaxs ish ko'rib chiqilayotgan tilni bilmasa, tarjimon orqali ish materiallari bilan to'liq tanishish va ishni mohiyati bo'yicha ko'rib chiqish chog'ida qatnashish huquqi , shuningdek o'z ona tilida so'zlash huquqi ta'minlanadi. MJtKning 286-moddasida: «Ma'muriy yo'l bilan ushlab turish to'g'risida bayonnoma tuzilib, unda: bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnoma tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; ushlab turilgan shaxs haqidagi ma'lumotlar; uni ushlab turish vaqti, joyi va uning asoslari ko'rsatiladi» deyilgan. Bayonnoma uni tuzgan mansabdor shaxs va ushlab turilgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ushlab turilgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga shu haqda yozib qo'yiladi. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 194-moddasiga binoan, agar shaxs ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarliklarni to'xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki ko'rsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida bo'lish to'g'risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmasa, bazaviy hisoblash miqdorining (BHMning) ½ qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida bir shaxs tomonidan takror sodir etilsa, BHMning ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi. Jinoyat-protsessual kodeksining (JPK) 220-moddasiga binoan, qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan qo'llaniladi. Gumon qilinayotgan shaxs uning jinoiy faoliyat bilan shug'ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yo'q qilib yuborishining oldini olish maqsadida ushlab turiladi. Agar JPKning 221-moddasida ko'rsatilgan quyidagi asoslardan kamida bittasi bo'lsa, shaxs jinoyatda gumon qilinuvchi sifatida ushlab turilishi mumkin: «Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qonunning 18-moddasiga binoan Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagi shaxslarni ushlash huquqiga ega: Shu bilan birga, deputatlar, Oliy Majlis Senati a'zolari, ombudsman va biznes-ombudsman, sudyalar va prokurorlar ushlab turilishi mumkin emas, chunki ular JPKning 223-moddasiga binoan ushlash chog'ida immunitet huquqiga ega. Ushbu shaxslar jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo'lga tushgan holatlar bundan istisno. «Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qonunning 18 - moddasiga ko'ra , ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgan bo'lsa, uning yaqin qarindoshlariga yoki boshqa qonuniy vakillariga darhol xabar berilishi kerak. JPKning 226-moddasida ko'rsatilganidek, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlab turish muddati gumon qilinuvchi IIOga yoki boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga olib borilgan paytdan boshlab 48 soatdan ошма слиг и kerak . Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilsa, ushlab turish sudning qarori bilan qo'shimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin. Ushlab turish muddati tugashidan oldin , agar asoslar bo'lsa, ushlab turilgan shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun olib kelish, unga ayblov qo'yilishi kerak, u so'roq qilinishi kerak (JPKning 109−112-moddasi) va jazo chorasi borasida qaror berilishi lozim (JPKning 236−240-moddalari). Istisno holatlarda sud ushlab turilgan gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish, uy qamog'ida saqlash yoki garov puli tarzidagi jazo choralarini qo'llashi mumkin. Bunda, gumon qilinuvchiga uшла н gaн kundan boshlab 10 kun ichida ayblov qo'yilishi kerak. Aks holda, jazo chorasi bekor qilinadi va shaxs qamoqdan yoki uy qamog'idan ozod qilinadi va garov puli garov to'lovchiga qaytariladi. Jinoyat ishi qo'zg'atilgandan so'ng va qamoqqa olishning butun muddati davomida ish olib boruvchi surishtiruvchi va tergovchi o'z vakolatlari doirasida jinoyat sodir etish holatlarini aniqlash, hibsga olish asosini tekshirish uchun tergov harakatlarini amalga oshirishi mumkin. JPKning 222-moddasiga binoan jinoyatni sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash ichki ishlar organlari xodimlari va tergovga qadar qadar tekshiruvni, surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshiruvchi boshqa organning xodimi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. JPKning 38 va 39−1-moddalariga muvofiq, ularga quyidagilar kiradi: Bundan tashqari, JPKning 222-moddasi qoidalariga muvofiq, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxs asoslar mavjud bo'lgan taqdirda muomalaga layoqatli har qanday shaxs tomonidan ushlanib va yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinishi mumkin. Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga binoan, Fuqaroning o'z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo'lish va ularni amalga oshirish, o'zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya'ni o'n sakkiz yoshga to'lgach to'la hajmda vujudga keladi. Agar shaxs voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o'tsa, nikohdan o'tgan vaqtdan e'tiboran to'la hajmda muomala layoqatiga ega bo'ladi. JPKning 224-moddasiga ko'rsatilganidek, shaxsni ushlayotgan vakolatli xodim o'zini tanishtirishi (lavozimi, unvoni va ismi-sharifini) shart va ushlab turilgan shaxsning talabiga ko'ra shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart. So'ng xodim gumon qilinuvchiga ushlanish sababini aytishi kerak. Keyin uning huquqlari borasida tushuntirish beradi ( ushlangan shaxs qanday huquqlarga egaligini quyida kўри ш mumkin ). Keyin ushlab turilgan shaxsdan yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilinishi shart. JPKning 224-moddasiga binoan, ushlayotgan vakolatli shaxs shaxsiy tintuv yoki olib qo'yishni amalga oshirishga haqlidir. Buning uchun unda gumonlanuvchida qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo'lishi kerak. Shaxsiy tintuv o'tkazish yoki olib qo'yish to'g'risidagi bayonnoma ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so'ng xolislar hozirligida tuzilishi mumkin. Ma'lumot uchun, olib qo'yish — bu jinoiy ish uchun ahamiyatli bo'lgan predmet va hujjatlarni olishdir. JPKning 162-moddasiga binoan, shaxsiy tintuv hamda narsa va hujjatlarni olib qo'yish tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mutaxassis hamda xolislar ishtirokida o'tkazilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror gumon qilinuvchi нинг ushlab turilgan joyi to'g'risida darhol oila a'zolaridan biriga, ular bo'lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoxud o'qish joyiga ma'lum qilishi shart. JPKning 224-moddasiga binoan ushlab turilgan shaxs advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon qilish yoki xabar berish huquqiga ega. Ushlab turilgan shaxs u nimada gumonlanayotganini bilishga haqli. Unga u bergan ko'rsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o'ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi bildirilishi shart. Ushlab turilgan shaxsga himoyachiga ega bo'lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish huquqi kafolatlangan, bundan tashqari, u, shuningdek, o'zining himoyalanish huquqini shaxsan o'zi amalga oshirishi mumkin. Shuningdek, ko'rsatuv berishdan bosh tortish ham mumkin. JPKning 49-moddasiga binoan, himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo'lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi. Agar ushlangan shaxs ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa, u holda uning huquqlari birinchi so'roqdan oldin tarjimon ishtirokida tushuntirilishi kerak. JPKning 48-moddasiga binoan, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxs ushlanganidan keyin yigirma to'rt soatdan kechiktirmay so'roq qilinishini talab qilish haqqi bor. «Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qonunning 21 va 22-moddalariga binoan IIO xodimi agar kuch ishlatilmaydigan usullar ichki ishlar organi xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlamasa , shaxsan o'zi yoki bo'linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo'llash huquqiga ega bo'ladi. Jismoniy kuch quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin: Shu bilan birga, IIO xodimi gumonlanuvchini jismoniy kuch ishlatilish niyati to'g'risida aniq ifodalangan holda ogohlantirishi kerak. Ushbu ogohlantirishning imkoni bo'lmagan yoxud ularning qo'llanilishini kechiktirish fuqarolarning va ichki ishlar organi xodimining hayoti va sog'lig'iga bevosita xavf tug'diradigan hamda boshqa og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan hollar bundan mustasno. Ichki ishlar organi xodimi har qanday zararni minimallashtirishga harakat qilishi shart. «Ichki ishlar to'g'risida"gi qonunning 23-moddasiga binoan, ichki ishlar xodimi bir qator hollarda , shu jumladan yashirinishga urinayotgan yoki qurolli qarshilik ko'rsatishi mumkin bo'lgan shaxsni ushlashda maxsus vositalardan foydalanish huquqiga ega . Gumon qilinuvchini ushlash jarayonida IIO xodimlari quyidagi maxsus vositalardan foydalanish huquqiga ega: Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko'rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko'rinib turgan yoki ma'lum bo'lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni qo'llash mumkin. Bundan ularning qurolli qarshilik ko'rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sog'lig'iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo'lib hujum qilganligi hollari mustasno. Bundan tashqari, kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini, transport, aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzmasdan o'tkazilayotgan g'ayriqonuniy yig'ilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qo'yishlarni bartaraf etish chog'ida maxsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning qo'llanilishi taqiqlanadi. Maxsus vositalarning qo'llanilishi uchinchi shaxslarning hayoti, sog'lig'iga xavf tug'dirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak. Ichki ishlar to'g'risidagi qonunning 24-moddasida IIO xodimi faqat quyidagi hollarda o'qotar quroldan foydalanish huquqiga ega deyilgan: Ichki ishlar organining xodimi o'qotar qurolni qo'llashdan oldin ogohlantirishi shart, bundan uning hayotiga yoki fuqarolarning hayotiga bevosita xavf tahdid solayotgan hollar mustasno. Qonunda ayollarga, nogironlik belgilari ko'rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko'rinib turgan yoki ma'lum bo'lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan , maxsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning qo'llanilishi taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko'rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sog'lig'iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo'lib hujum qilganligi hollari mustasno. O'qotar qurol qo'llanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi mumkin bo'lsa, ichki ishlar organi xodimi ko'p fuqarolar to'planganda uni qo'llash huquqiga ega emas. Ushbu qonunning 21-moddasiga ko'ra, jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki o'qotar qurol qo'llanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam ko'rsatilishi, shuningdek imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam ko'rsatish choralari ko'rilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma to'rt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 5-moddasida hech kim qiynoqqa solinmasligi yoki shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan muomala yoki jazoga duchor qilinmasligi kerak deb aytilgan. 1995 yilda O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning 1-moddasiga binoan, odamga ma'lumot olish yoki jazo qo'llash uchun axloqiy yoki jismoniy azob berish qiynoqqa solish deb hisoblanishi mumkin. Bundan tashqari, O'zbekiston prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi farmoniga binoan, jinoyat ishini ko'rib chiqayotganda, qiynoq, psixologik va jismoniy bosim va boshqa jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi munosabatlarni qo'llash orqali olingan ma'lumotlar dalil sifatida qabul qilinmaydi. 2020 yil may oyida qabul qilingan Jinoyat-protsessual kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi qonunga binoan ushlab turish paytida ba'zi protsessual harakatlar videokameraga yozilishi shart. JPKning 224-moddasiga binoan, bunga quyidagilar kiradi: Agar ushbu protsessual harakatlarni bajarishni kechiktirib bo'lmaydigan bo'lsa, ularni videoyozuv orqali qayd etmasdan amalga oshirishga yo'l qo'yiladi. Mazkur qoida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ binosida amalga oshiriladigan ushlab turishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Shaxsni ushlash videoyozuv orqali qayd etilmagan bo'lsa, ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinganidan so'ng videoyozuvdan foydalangan holda uning protsessual huquqlarini tushuntirish shart. Ushlab turilgan shaxsga videoyozuv uni namoyish qilish orqali tanishtiriladi. Shaxsni yalang'ochlash bilan bog'liq shaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etish taqiqlanadi. Ушла нgaн shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so'ng huquqni muhofaza qiluvchi organning navbatchisi yoki boshqa xodimi JPKning 225-moddasida keltirilgan barcha ma'lumotlarni ko'rsatgan holda ushlab turish bayonnomasini boshliqning ko'rsatmasiga binoan darhol tuzishi kerak: Bayonnomani ushlab turishning asosliligini tekshirish vazifasi topshirilgan ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi, ushlab keltirgan vakolatli shaxs yoki fuqaro, ushlangan shaxs va xolislar imzo chekib, tasdiqlaydi. Agar ushlab turilgan shaxs bayonnoma yoki keltirilgan gumon bilan rozi bo'lmasa, u «Tanishdim, lekin rozi emasman» deb bayonnomani imzolashga haqli. Jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan ushlangan shaxs ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so'ng u ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida saqlanishi shart yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasiga joylashtiriladi. Ushlab turilganlarni ayrim joylarda istisno tarzida maxsus moslashtirilgan binolarda, dengiz va daryo kemalarida esa maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yo'l qo'yiladi. JPKning 230-moddasiga binoan, ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan birinchi xoli uchrashuvga birinchi so'roqqacha ruxsat beriladi . Qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga ushlab turilgan shaxslar saqlanadigan joyning ma'muriyati ushlab turish to'g'risidagi materiallar qaysi tergovchi yoki surishtiruvchining ish yurituvida bo'lsa, faqat o'sha tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsati asosida ijozat beradi, himoyachi bilan uchrashuv bundan mustasno. Jinoyat- protsessual kodeksning 234-moddasiga binoan ushlab turilgan shaxs quyidagi holatlarda ozod qilinishi kerak: Ushlab turilgan shaxsni ozod qilish surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshlig'i tomonidan amalga oshiriladi. Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining ushlab turilgan shaxsni ozod qilish haqidagi qarori yoxud sudning uni ushlab turish muddatini uzaytirish to'g'risidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash haqidagi ajrimi qonunda belgilangan ushlab turish muddati ichida ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushmasa, ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshlig'i bu shaxsni ozod qiladi va uning ozod qilinganligi to'g'risida prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga bildirish xati yuboradi. Zarur hollarda ushlab turilganlar saqlanadigan joyning ma'muriyati ozod qilingan shaxslarning yashash joyiga tekin jo'nab ketishini ta'minlaydi; ularning iltimosiga ko'ra, ushlab turilganlar saqlanadigan joyda bo'lgan vaqti haqida ma'lumotnoma beradi. Agar shaxs noqonuniy ushlab turilgan bo'lsa, unda unga yetkazilgan zarar, JPKning 235-moddasiga muvofiq to'liq qoplanishi shart. | advice |
Fevral oyining boshida Rossiyaning SIMETRA transport kompaniyasi Samarqand hokimiyatiga 2031 yilgacha bo'lgan Samarqand aglomeratsiyasi va shahar yo'lovchi transportining bosh rejasini ishlab chiqish konsepsiyasini ko'rib chiqish uchun taqdim etdi. Jamoat transporti sohasidagi yechimlar bo'yicha kompaniya direktori Vladimir Valdin «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida postsovet shaharlarining umumiy «kasalliklari», Samarqand va Toshkent muammolari hamda Samarqandning bosh rejasi haqida gapirdi. Vladimir Valdin. Foto: apluss.ru. Samarqand shahrining bosh rejasini ishlab chiqish to'g'risidagi ma'lumotlar shahar transport idorasi tomonidan O'zbekiston transport vazirligi va SIMETRA bilan birgalikda yaratilgan samarkand-transport.uz maxsus veb-saytida mavjud. Samarqand shahri va shahar atrofidagi hududlar aholisi o'zlarining mulohazalari va istaklarini qoldirishlari,kelgusida Samarqand aglomeratsiyasining transport tizimi qanday bo'lishi haqidagi qarashlari bilan bo'lishishlari, shuningdek ularni eng ko'p tashvishga solayotgan muammolarni bildirishlari mumkin. Kompaniya faoliyati to'g'risida SIMETRA transportni modellashtirish bozorida 15 yildan buyon ishlab kelmoqda. Muhandislar, iqtisodchilar, IT-mutaxassislar, matematiklar va yo'l harakatini tashkillashtirish bo'yicha mutaxassislardan iborat jamoa transportni rejalashtirishni ishlab chiqish bilan shug'ullanadi, IT-yechimlarni taklif qiladi, ilmiy tadqiqotlar olib boradi. SIMETRA Rossiya, MDH mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharqning bir qator shaharlari uchun transport bosh rejalarini ishlab chiqqan. Bundan tashqari, kompaniya Rossiyaning yagona kompleksda transportning barcha turlari, shu jumladan dengiz, daryo va quvur tarmoqlari orqali yuk tashishni ko'zda tutuvchi milliy transport modelini ishlab chiqdi. — Transport bosh rejasi — bu shahar bosh rejasining transport komponentidir. U transport tizimining barcha tarkibiy qismlarini o'z ichiga oladi: jamoat va individual transport va transport infratuzilmasi. Ularni bir-biridan alohida ko'rib chiqish mumkin emas. Bosh reja multimodal matematik transport modeliga asoslangan. «Multimodal» so'zi harakatning barcha turlari — piyoda, velosipedda, jamoat va xususiy transportda harakatlanish inobatga olinganligini anglatadi. Muhimi shundaki, biz mashinalar harakatini emas, balki odamlar yoki yuklarning harakatini e'tiborga olamiz. Axir, mashinalar o'z-o'zicha harakat qilmaydi, ular kimnidir yoki nimanidir tashishadi. Samarqandning bosh rejasi 2031 yilgacha bo'lgan muddat г а ishlab chiqiladi. Biz ishlab chiqish ishlarini sentyabrda yakunlaymiz. Ishlab chiqishning davriyligi 10 yil — bu normal muddat. Rossiyada 15 yilga rejalashtirish odatiy hol. Biroq, eng yaxshi rejalar ham vaqt o'tishi bilan rejalashtirilmagan kamchiliklarga to'qnash keladi. Shu sababli, so'nggi besh yillik reja haqida faqat qolipda gapirish mumkin. Eng ko'p ishlanadigan davr bu — birinchi 5 yillikdir. Keyinchalik shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yetarlicha katta o'zgarishlar yuz berishi mumkin. Bu o'zgarishlar doimiy ravishda o'zgartirishlarni, moslashishlarni talab qiladi. Bu esa aynan model asosida qilinishi mumkin va shart. Model — bu bosh rejaga kiritilgan parametrlarni hisoblash uchun ishlatiladigan asosiy vosita. Kelajakda modeldagi ma'lumotlar doimiy ravishda aniq tartibga solinishi kerak: xuddi amalga oshirilgan barcha dastlabki rejalar kabi dastlabki rejalarda ko'rsatilmagan bo'lsada shahar sharoitidagi barcha o'zgarishlarni ham aks ettirish kerak. Modelni bir marta va bir umrga yaratish mumkin emas. Ushbu vositadan qanday foydalanishni bilish lozim. Model yaratishda dastlabki ma'lumotlar maxsus dastur (PTV Traffic Suite PT)ga yuklanadi. Bu sof geografik ma'lumotlardan tortib, juda maxsus bo'lgan ko'plab ma'lumotlar qatlamidir. O'lchovlar amalga oshiriladi, ularning ma'lumotlari ham modelga kiritiladi. Model parametrlari shu tarzda moslashtiriladi. Modelni yaratish — bu shaharning raqamli egizagini yaratishdir. Yuqori sifatli kalibrlashda egizak model ko'chada nima sodir bo'layotgan bo'lsa, shuni ko'rsatadi. Agar ma'lumotlarni to'g'ri kiritgan bo'lsak, aytaylik, payshanba kuni soat 16:00da derazadan tashqariga qarab, biz dastur shu vaqt va joy uchun ko'rsatadigan bandlikni ko'ramiz. Qisqacha aytganda, kalibrlash jarayoni derazadan tashqarida har qanday vaqtda, yo'lovchilar yoki transport oqimida sodir bo'layotgan hodisalarning deyarli xuddi o'zini ekranda «ko'rish» imkoniyatini beradi. Biz yechimlar to'plamini ekspert baho berish yo'li bilan aniqlaymiz, ularni ushbu vositaga joylashtiramiz va «agar … bo'lsa, nima bo'ladi» tamoyili asosida ssenariylarni tuzamiz. Shu tarzda eng maqbul ssenariy tanlanadi. Biz tashilgan odamlarning soni yoki tashilgan yuk miqdori bilan ifodalanadigan transport effektini taqqoslaymiz. Kelajakda matematik modeldantadbirlarni rejalashtirishda foydalanish mumkin. Modelning o'zi shu vaqt ichida yuz beradigan barcha o'zgarishlarni inobatga oladi. Ularni kiritish, aks ettirish va bularning barchasini hisoblash mumkin. Keyin rejalashtirish yo'nalishlari bo'ylab taklif qilingan o'zgarishlar kiritiladi va model ularni hisoblab chiqadi. Shu tarzda olingan ma'lumotlarga asoslanib, qo'llaniladigan yechimlarga qarab shahar xaritasidagi transport aloqalari qay darajada to'g'ri va maqbul ishlashi borasida xulosa qilish mumkin. Dasturiy ta'minotning o'zi ilgari hisoblangan va to'plangan statistik ma'lumotlar, xulq namunalari asosida transport muhitida o'zgarishlar yuz bergan taqdirda ma'lum bir ijtimoiy qatlam vakili o'zini qanday tutishini yoki biroz boshqacha tashkil etilganda ko'chaning asosiy «xususiyatlaridan» biri qanday o'zgarishini hisoblashga imkon beradi. Masalan, har bir yo'nalish uchun to'rt qatorli shartli ko'cha mavjud. Ulardan har birini tramvayga yoki maxsus ajratilgan qator bo'ylab (BRT) avtobusga ajratish mumkin. Ushbu qatorlarning har biri bir yo'nalishda bir soat ichida 10−15 ming kishini «o'tkazish и » mumkin. Yoki avtobusni umumiy tirbandlikda o'z holicha qoldirish mumkin. Shunda amaliyotdan kelib chiqadiki, shaharda maksimal o'tkazuvchanlik tezligi soatiga taxminan avtomobillar bo'yicha 800 kishini tashkil etadi (maksimal 1400 mashina, lekin bu yo'lni o'zgartirmasdan va svetoforni tartibga solmasdan shahar tashqarisidagi yo'ldagi ideal holat). To'rt qator bu — 3200 kishi. Avtoulovlar orasida harakatlanuvchi avtobuslar yana 2000 ga yaqin yo'lovchi qo'shadi , ya'ni ideal sharoitda оdaт ий режиmda ги to'rt qator yakkalangan bitta qatordan kamroq odam va yuk tashiydi. Bundan tashqari, ajratilgan qatordagi avtobusni alohida boshqarish imkoniyatining borligi muhim — u o'z chizig'i va signallar bo'yicha harakat qiladi. Bu sxema munitsipalitet tomonidan boshqariladi. Haydovchining vazifasi — «rulni burish», to'xtash joylarida yo'lovchilarni nazorat qilish, svetoforlarning ko'rsatgichlari va signallarini kuzatish. Shu bilan birga, shaxsiy transport vositalaridagi odamlarning barchasi — har biri o'ziga xo'jayin. Ularning soni haddan ortiq ko'paysa, tuzilmani boshqarishning imkoni bo'lmaydi. Mutlaqo hamma yerda — Rossiyada, O'zbekistonda, Yaponiyada yoki Nayrobida ham shu holat. Aslida, tirbandlik shu tarzda paydo bo'ladi. — Shahar qurilishi, uning ko'cha yo'llari tarmog'i, alohida maydonlarining rejalashtirish xususiyatlari to'g'risida ma'lumotlar kiritiladi. Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo'yicha juda katta hajmdagi ma'lumotlar joriy vaziyatga va prognoz davrida ma'lum bo'lgan rejalarga muvofiq kiritilmoqda. Sotsiologik tadqiqotlar ma'lumotlari juda muhim. Bu so'rovnomaga kiritilgan fuqarolar guruhlariga qarab transport talabining turli qatlamlarini aniqlashga imkon beradi. Shahar va aglomeratsiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy ma'lumotlari, jinsiy-yosh tarkibi, bandlik ma'lumotlari kiritiladi. Garchi hozirda uyali ma'lumotlar mavjud bo'lgan dunyoda, so'rovnomalar qimmat, uzoq va tushunarsiz degan tushunchalar paydo bo'lgan bo'lsada, bizda sotsiologik tadqiqotlar bilan shug'ullanuvchi butun bir bo'lim mavjud. Uyali ma'lumotlar haqiqatan ham katta hudud bo'ylab odamlarning transport harakatlarini baholashga imkon beruvchi qimmatli ma'lumot manbalaridan biridir. Ammo ular ma'lum bir kartaning ma'lum bir egasi bir kvadratdan boshqasiga o'tganidan tashqari hech qanday ma'lumot bermaydi. Bu shahar bo'ylab modellashtirish uchun qo'llanilmaydigan quruq xabar. Bir kishi ikki yoki uchta SIM-kartaga ega bo'lishi mumkin. Uyali ma'lumot operatori uchun bu uchta shaxs. Operatorlarning o'zlari ularni ajratish ning deyarli imkoni yo'qligini aytishmoqda. Uyali aloqa ma'lumotlari transport modellarini yaratish uchun yetarli emas, xuddi sun'iy yo'ldosh xaritalari shaharni rivojlantirishni yoki shaharda biror bir faoliyatni rejalashtirish uchun yetarli bo'lmagani kabi. Ko'chalarning nomlari, uylarning manzillari bor. Ko'chalar bo'ylab avtobus yo'nalishlari yotqizilgan, yer osti qatlamlarida esa kommunikatsiyalar, yer osti suvlari va boshqa ko'p narsalar mavjud. Bu ma'lumotlarning barchasini bir joyda to'plash kerak. — So'rovnomaning o'zini o'tkazish uchun shart emas. Siz mutaxassislar tomonidan tayyorlangan savollarni berasiz, odamlar ularga javob berishadi. Bu ular nimani afzal bilishlarini tushunishga imkon beruvchi dastlabki ma'lumotlar. Ammo har qanday o'zgarishlarni, shu jumladan model bo'yicha hisoblanganlarni amalga oshirish bosqichida odamlar bilan ishlash juda zarur. Chunki odam konservativ. U odatdagi turmush tarzini o'zgartiruvchi barcha o'zgarishlarga kuchli tanqid bilan qaraydi. «Nima uchun mening manzilimgacha borgan avtobus bu yerda bekor qilindi?». Uni boshqa ikkita avtobus qo'yilgani, endilikda avtobuslarni almashtirgan holda yetib olish hattoki yanada tezroq bo'lgani qiziqtirmaydi. Og'riqli deb qabul qilinishi mumkin bo'lgan har qanday o'zgarishlarning mantiqiy asoslarini raqamlar va faktlar bilan izohlash kerak. — Mentalitetni inobatga olish kerak. Savollar provokatsion bo'lmasligi kerak. O'ylaymanki, bunday nozik savollar berilganda, miqdordan miqdorgacha juda keng doirani belgilash lozim. Bundan tashqari, «og'riqli» savollarni to'g'ridan-to'g'ri bermaslik yo'li bilan qaysidir darajada aniq javob olish mumkin. Masalan, odam transportga qancha pul sarflashini so'rasa bo'ladiku. Agar bu raqam oyiga 400 mingga teng bo'lsa, u holda bu kishi kamida yo'nalishli taksida yuradi. Va agar yarim million yoki undan ko'p bo'lsa — katta ehtimol bilan u avtomobil egasi. Javobni aniqlashtirish va barcha «agar"lardan xalos bo'lish uchun so'rovnomaning boshqa yordamchi savollari yordam beradi. Ular psixologlar ishtirokida tuziladi. Samarqandda tadbirlarga tayyorgarlik bosqichida bizda samarkand-transport.uz sayti ishga tushirildi, bu yerda odamlar o'z xohish-istaklarini sahifadagi maxsus forma orqali yozishlari mumkin. Barcha postsovet shaharlarida va mamlakatlarda bir xil «kasalliklar» bor. Ularni davolash usullari allaqachon ma'lum. Asosan, ushbu usullar Yevropa va Osiyodagi xorijiy davlatlarda sinovdan o'tkazilgan va namuna sifatida olingan. Biz bor imkoniyatlarning eng yaxshisini birlashtirishga harakat qilamiz va shaharda mavjud bo'lgan iqtisodiy va transport modeliga qarab qo'llaymiz. — Hamma yerda yondashuv bir xil. Bu «agar …bo'lsa, nima bo'ladi» tamoyili bo'yicha rejalashtirish. Biz ssenariylar to'plamini tanlaymiz va tadbirlar majmuasining multimodal matematik transport modeliga ta'sirini hisoblab, mablag' jihatidan eng maqbul variantni tanlaymiz. Albatta, juda qimmat variantni taklif qilish mumkin. Bu ulkan effekt beradi, ammo butun respublikani xonavayron qiladi. Shuning uchun, albatta, byudjetga mos keladigan variant tanlanadi. Bunda «ssenariyli» yondashuv qo'llaniladi: tadbirlar majmui har biri baholanishi kerak bo'lgan ssenariylarni shakllantiradi. Ssenariyni amalga oshirishdan olinadigan iqtisodiy samara, zarur bo'lgan pul miqdori bilan birgalikda bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida yo'lovchilar va yuk tashuvchilarga «qaytadigan» vaqtni inobatga olgan holda odamlarga vaqtni qaytarish uchun sarflanishi lozim bo'lgan pul hajmiga qarab hisoblanadi. Axir, har birimizning vaqtimiz o'z narxiga ega bo'lgan eng qimmat va qayta tiklanmaydigan manba. — Qoida bo'yicha uch xil ssenariy ajratiladi: minimal, optimal, maksimal. Minimal — bu zaruriy qarorlarni qabul qilishning minimal darajasi, ularsiz transport tizimi — butun shahar organizmi to'xtab qoladi va kollaps tomon harakat qiladi. Bundan tashqari, minimal yechimlar minimal xarajatlarga mos keladi: hech bo'lmaganda avtobus xaritasini Internetga yuklash, svetoforlarni sozlash. Bu shahar byudjeti miqyosida juda arzon turadi. Masalan, onlayn avtobus yo'nalishi xaritasi aslida juda arzon. Hokimiyat mutaxassisi ushbu ma'lumotlarga ega va ma'lumotlarni bu tarzda tushirish odatdagi ish rejimida amalga oshirilishi mumkin yoki yo'lovchining mobil telefoni ekranida avtobus belgilari «yurishi» uchun mutaxassislarning qo'shimcha kuchlari talab etiladi. Svetoforlar, albatta, ko'proq xarajat talab qiladi. Nazoratchilar uchun eng yaxshi variantni va ularni bitta zanjirga bog'lashning yechimini taklif qilishimiz kerak. Ammo bu ham juda qimmat tadbir emas, ayniqsa, uning berishi mumkin bo'lgan natijasiga nisbatan. Optimal ssenariy, mumkin bo'lgan eng past iqtisodiy xarajatlar bilan maksimal transport ta'sirini nazarda tutadi va odatda, o'rta shahar uchun yuzlab individual tadbirlarni o'z ichiga oladi. «Optimal» so'zining o'zidan hamma narsani tushunsa bo'ladi. Maksimal ssenariy, umuman olganda, amalga oshiriladigan va asosan, matematikada sinab ko'rilgan ekspertlarning maqsadli takliflaridir. Ular birgalikda eng qimmat rejani shakllantiradi, garchi, albatta, «optimal»ga kiritilmagan «maksimal»ning individual choralarini amalga oshirish ham mumkin. — Iqtisodiy foyda vaqtda. Biz odamlarga vaqt topishga yordam beramiz. Vaqt — bu bizdagi eng qadrli, yagona bebaho va qaytarib bo'lmaydigan narsa. Biz odamlarga harakatlanish uchun kamroq vaqt sarflashga imkon beramiz. Har birimizning vaqtimiz qandaydir pul qiymatida ifodalanadi. Shunday odamlar borki, ularning vaqti juda qimmat turadi va ular juda tez harakatlanishlari kerak. Ular uchun qandaydir maxsus yechimlar mavjud. Ko'pchilik odamlar uchun vaqt birligi taxminan teng ravishda hisoblab chiqilgan pul ekvivalentiga ega. Bosh reja tufayli butun jamiyat qancha vaqtni tejashini ko'rib chiqsak, bir kunlik, bir yillik ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishamiz. Masalan, 100 million daqiqa tejaldi. Mazkur shahar yoki mintaqa uchun umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlardan ma'lum bo'lgan bir daqiqaning narxini tejalgan vaqtga ko'paytiramiz va biz ijtimoiy-iqtisodiy samara кўрсат к ichiga ega bo'lamiz. — Ha, vaqt jon boshiga to'g'ri keladigan daromadga qarab hisoblanadi. Buning uchun biz mavjud statistik va prognoz ma'lumotlaridan foydalanamiz. Prognoz qilish bilan shug'ullanuvchi va insonning soati, daqiqasi besh-o'n yildan keyin qancha turishi mumkinligini hisoblovchi organlar bor. Axir, reja bir-ikki yilga emas, balki uzoq muddatga tuziladi. Shuning uchun uning «hayoti»ning butun davrini tashkil etadigan iqtisodiyot hisoblab chiqiladi. Odatda, to'g'ri tanlangan tadbirlar majmuasi ishga tushgan paytda mutlaqo astronomik miqdorlar olinadi. Misol uchun, agar har bir kishi kuniga uch daqiqani tejasa, yarim million shahar miqyosida bu ko'p nollarda ifodalanadi. Ularning soni o'zbek pullaridagi nollardan ko'proq. — Shaharlar, taxminan bir xil motorizatsiya darajasidan — ming kishiga 150 tadan avtomobil to'g'ri kelishidan kelib chiqqan holda bitta modallik asosida loyihalashtirilgan. Bu model ma'lum darajagacha, boshqariladigan sotsialistik tizim bo'lguniga qadar ishlagan. Kvartallar malakali ravishda rejalashtirilgan, ammo ular hech qachon yakunlanmagan, deyarli har doim «ijtimoiy qatlam» aziyat chekardi. Avval yo'llarni, so'ngra uy-joyni rejalashtirishgani juda to'g'ri. Ammo tobora o'sib borayotgan defitsit rejalarni nafaqat o'z vaqtida, balki umuman amalga oshirishga imkon qoldirmasdi. Hozir, barcha postsovet shaharlarida transport infratuzilmasi qurilishlardan orqada qolmoqda. Bu hayot tarzi va iqtisodiy tizimdagi o'zgarishlarning natijasidir. Eski tizim qulab tushganda, rejalar tizimi ўрni ni quruvchilarning manfaatlari egalladi . Natijada, shaharlar xaotik ravishda o'sdi,ularning transport tizimi, transportni rejalashtirish bilan shug'ullanishni deyarli to'xtatishdi. Avtomagistrallardan tashqari. Yorqin kapitalistik kelajak faqat avtomobillashtirilgan ko'rinish kasb etardi. Ammo avtomobilizatsiya juda tez aqlga siqqan va aqlga sig'maydigan chegaralardan oshib ketdi. Ya'ni, aslida muammo bitta, biroq u juda ulkan muammo. — Ushbu infratuzilmaning bir qismi bo'lgan transport infratuzilmasi va jamoat transporti noqulay va ortiqcha band bo'lib qolyapti. Odamlar jamoat transportiga ishonishmaydi, chunki u ishonchsiz. Ular shaxsiy mashinalarga o'tishadi. Ular yo'llarni to'sib qo'yishadi, tirbandliklar ko'payadi (har kim o'zi uchun bo'lgan o'sha «avtoolomon» xulq-atvorining oqibatlarini eslang). Tirbandliklar shaxsiy transportning ham, jamoat transportining ham harakatini sekinlashtiradi. Hozircha Toshkentda qancha mashina yurayotganinini hisoblaganimiz yo'q, ammo his qilinishicha har 1000 kishiga 300−350 ta mashina to'g'ri keladi, har kuni viloyatlardan kelayotgan mashinalarni qo'shib hisoblaganda. — Ko'chalarga qarab, bunday deyish mushkul. Raqamlar hali katta emasligi yaxshi. Hali kim o'zarga o'ynash mumkin. Hozirda bu O'zbekiston uchun chegara belgisi hisoblanadi. Hozir biz to'g'ri rejalashtirish va tashkiliy qarorlarni qabul qilishimiz kerak. Tashkiliy qarorlar ba'zi bir usullar bilan odamlarni har birimiz va ularning o'zining manfaatlariga mos keladigan harakatlarni qilishga majbur qilish ga undashi kerak . Xaotik harakatlanishni albatta tartibga solish kerak. Hozirgi umumiy haydash uslubi harakatlanishning qanday tuzilganligidan kelib chiqqan. Avtotransport vositalarining ko'payishi bilan bu juda katta muammolarga olib keladi. Samarqandda men shunday misol keltirdim. О илаda б иринчи avtomobil birinchi farzand tug'ilishi bilan paydo bo'ladi. Bungacha ota-ona jamoat transportidan foydalanishgan va, ko'p ehtimol bilan, bu ularni to'la qoniqtirgan . Ular shikoyat qilishlari mumkin bo'lsada, chidash mumkin bo'lgan. Bola tug'ilishi bilan bu holatga chidab bo'lmaydi. Ayniqsa, jamoat transporti «Isuzu» kabi kichik hajmli modellar bilan taqdim etilgan bo'lsa. Yosh sog'lom odam unga chiqmaydi. Qo'lda bola bilan bu juda qiyin, bolalar aravachasi bilan esa umuman imkonsiz. Taksida — «aylanib yurolmaysiz». Axir, zamonaviy dunyoda kichkina bolanijuda ko'p joylarga olib borish kerak bo'ladi. Yana bir spetsifik Sharqiy muammolardan biri — piyodalar infratuzilmasi va ariqlar. Piyodalar infratuzilmasini hech kim nazorat qilmaydi. Ariqlarni yuqoridan yopish mumkin. Masalan, Olmaotada ular odamlarning o'tish yo'llarida to'sib qo'yilgan. Shuning uchun, aravachali onalar u yerda juda ko'p. — Tabiiyki, ha. Qozog'istonda ajoyib ariq tizimi mavjud. Men buni ko'pincha janubiy shaharlarimizga, masalan, kuchli yomg'ir bilan to'lib toshadigan Krasnodar, Rostovga tavsiya qilaman. Bu ajoyib shahar kanalizatsiyasi. Yomg'ir o'tdi, suv ariqqa oqdi va daryoga tushdi. Ammo bu tizim shunday tashkillashtirilishi kerakki, odamlarning yurishiga xalaqit bermasin. Biror kishi shunchaki ariqni sezmasligi va oyog'ini sindirib qo'yishi mumkinligi haqida gapirmasa ham bo'ladi. O'ylaymanki, bu yerda odamlar refleks darajasida ehtiyot bo'lishadi. Ular shahar muammolarini bilib, oyoqlari ostiga qarashadi. Ammo oyoq ostiga qarab, qo'shniga urilib ketish mumkin. Bolali odamlar uchun esa bu juda jiddiy to'siq. — Gap egalik qilishda emas, foydalanishda. Mening Piterda mashinam bor, odatda men undan haftada ikki-uch marta shaharda, faol ravishda — yozda shahar tashqarisiga sayohat qilishda foydalanaman. Tizim shunday ishlab chiqilishi kerakki, mashinadan foydalanish shunchaki foydasiz, samarasiz bo'lsin. Jamoat transporti ko'rinishida qulay alternativa bo'lishi kerak. Chunki shahardagi yerlardan eng nooqilona foydalanish — ularni mashinalar turargohi uchun berish дир. Avtoturargoh to'langan taqdirda ham, ushbu yer uchastkasi shahar uchun juda katta mablag' talab qiladi — avtomashina egalari to'xtash joyi uchun to'laganlaridan ancha qimmat. Garchi, albatta, bepul to'xtash joylari, ayniqsa shahar markazlarida, bo'lmasligi kerak. Avtoturargohlar o'rniga хи ёбонлар, foydali narsalar qurish mumkin edi. Bitta to'xtash joyi manevrni hisobga olgan holda kamida 25 kv.m. Ko'p qavatli uyda yashash uchun odamga kamida 16 kv.m. kerak. Bundan tashqari, har bir mashina kamida ikkita to'xtash joyini talab qiladi — uy va ish yaqinida. Bu 50 kv.m faol shahar aylanmasidan olib tashlangan yerlardir. — Hududga bog'liq. Agar bu ko'p qavatli uy bo'lsa, unda, ehtimol, bu yer egalikda emas. Agar u shaxsiy bo'lsa, egasining joyi bor. Bu shahardagi holatdan yiroq. Shuning uchun turli variantlar bo'lishi mumkin. Masalan, aholi zich joylashgan hududlarda ham, qimmatbaho kvartiralarning xaridorlari o'zlarining «tulporlari» uchun «qoziqqa» o'zlarining uylari bilan bir xil bozor kursi bo'yicha haq to'lashlari mumkin. Vaqtinchalik yechimlar bo'lishi mumkin, doimiy yechimlar bo'lishi mumkin. Bepul avtoturargoh bepul pivo uchun navbatga o'xshaydi. U har doim bo'ladi. Toshkentda meni hayratga solgan narsa — bu hovli bilan o'ralgan avtoturargoh. Bunday avangardizmni boshqa joyda ko'rmaganman. Demak, bu yerda Rossiyaga qaraganda ancha kam avtomobillar bo'lsada, mashinalar to'xtab turadigan hovlilar mavjud. Ammo hovli, avvalambor, yashash uchun joyku. Shaharda har 1000 aholiga atigi 250 ta mashina to'g'ri kelishini hisobga olsak, o'tishning iloji yo'q. Agar 500 tagacha o'ssachi? Samarqandda biz Qorasuv massividagi yangi binolarning faqat bitta maydonidagi hovlilarni ko'zdan kechirdik. U yerda mashinalar ko'p emas, juda ko'p. Chunki jamoat transporti uchun moslashtirilmagan butun bir hudud loyihalashtirilgan. Bu ham postsovet kasalligi. Hamma narsa quruvchilar sotib olishi uchun berilgan. Ammo ular uchun transport infratuzilmasi bilan shug'ullanish foydali emas. Ularga ijtimoiy infratuzilma ham kerak emas, garchi bu sohada hokimiyat investitsiya shartnomalarini tuzishda ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lsa ham. Ammo transport infratuzilmasi hozirgi kunda ijtimoiydan ko'ra muhimroq. Chunki, agar Sizda yaxshi transport bo'lsa, istalgan joyga — bolalar bog'chasiga, poliklinikaga, maktabga, shahar bog'iga yetib olishingiz mumkin . Ushbu muassasalarni hovli ichida qurmasa bo'ladi. Ammo bu asosiy ehtiyojlar — maktab, bolalar bog'chasi, poliklinika, bozor yoki universal do'kon — baribir ham uydan uncha uzoq bo'lmagan masofada joylashgan bo'lishi kerak. Jamoat transportida bu joylarga yetib olish sharoitlari ham qulay bo'lishi kerak. Samarqanddagi Qorasuv massivi. Foto: Vladimir Valdin. — Biz odamlarga vaqtni qaytarishga yordam beramiz. Bu transportning eng muhim mahsulotidir. Transport tizimi qanchalik yaxshi ishlasa, A nuqtadan B nuqtaga shuncha tezroq o'tasiz va bir xil vaqt birligida ancha uzoqroq harakat qilishingiz mumkin. Shunday sezilmas mahsulot — mobillik paydo bo'ladi. Bu kengayib borayotgan bo'shliq atrofida harakat qilish qobiliyatidir. Bugun Toshkentda men yana bir bor dezintegratsiyalashgan transport tizimi nima ekanligini his qildim . Men deyarli butun metroni kezishga ulguraman deb o'ylagandim, lekin faqat yarmidan o'tdim. Chunki Sergeli va Qo'yliq o'rtasida transport juda yomon ishlaydi, garchi masofa kulgili bo'lsa ham. Bundan tashqari, ushbu yo'nalish uchun mos transportni hali topish ham kerak. Bu o'sha mobillikning tarkibiy qismidir. Bu masofaga men shartli Berlinda, Praga yoki hatto tarmoqni tashkil qilish nuqtai nazaridan ideal bo'lmagan Istanbulda ham yarim soat vaqt sarflagan bo'lardim. Toshkentda men bunga bir soatdan ko'proq vaqt sarfladim. — Samarqandda bu narsa bor, lekin ko'lami kichikroq. Menimcha, bu har qanday sharqiy shahar muammosi. Ushbu sharq bozori keng yoyilgan va hech nima bilan tartibga solinmagan. Nazariy jihatdan, rejalashtiruvchilar har bir bozorda mashina uchun joy ajratishlari kerak edi, shunda jamoat va tranzit transporti bu yerda qoldirilgan shaxsiy mashinalar tufayli tiqilib qolmasdi. Tabiiyki, yo'l harakati politsiyasi va ularning kuzatuv texnik vositalarining yordamisiz emas. Albatta, bu muammoni hal qilish mumkin. Va bu zarur, ammo hech kim bu bilan hech qanday darajada shug'ullanmayotganga o'xshaydi. — Ha. Bundan tashqari, avtoturargoh shunday qurilishi kerakki, undagi navbatning dumi yo'l ustida bo'lmasligikerak. U kirish joyidagi navbat tez tarqalishi uchun yo'ldan geometrik jihatdan yetarlicha uzoqroq bo'lishi kerak (hamdabozorning o'ziga yetarlicha yaqin bo'lishi lozim, haydovchilar o'z mashinalarini «yaqinroq» joyda qoldirmasliklari uchun). Mashinada bo'lgan odam uchun qo'shimcha 500 metrni bosib o'tish muammo emas — aravachalari va sumkalari bo'lgan piyodalarga esa aksincha. Va, albatta, eng qulay joyda jamoat transporti to'xtash joyi bo'lishi kerak — hatto mashinasiz ham bozorga kelish qulay bo'lishi kerak. Bugungi kunda esa hamma narsa odamlar faqat mashinada yurishlari uchun qilingan. Atrof-muhitning o'zi odamlarni doimiy ravishda avtomobil boshqarishga majbur qiladi. — Xuddi shunday. Demak, jamoat transportini rivojlantirish zarur, chunki har qanday yo'lning o'tkazuvchanlik chegarasi bor. Shahar atrofidagi bitta qator soatiga 800 ga yaqin avtomobilni o'tkazadi, magistral yo'llarda — 1200−1400. Bu biz hisobga olishimiz kerak bo'lgan chegara. Agar bizda bozordagi to'xtash joyida 800 ta mashina qolgan bo'lsa va ularning hammasi birdan chiqib ketsa, ular shunchaki bu qatorni to'sib qo'yishi mumkinligidan kelib chiqishimiz zarur. Aytgancha, transport modeli har bir vaqt oralig'ida qancha odam va avtomashina bozorda bo'lishni xohlashini va u yerda bo'la olishini juda aniq hisoblash imkonini beradi. Va bu ko'rsatkichdan avtoturargohning imkoniyatlarini va konfiguratsiyasini hisoblash uchun foydalanish mumkin. Harakatga moslashish kerak emas. Harakatni boshqarish kerak. Bularning barchasi hisoblab chiqilgan, bularning hammasini oldindan ko'rish, hisoblash va sozlash mumkin. Bozorlarda yuzaga kelgan vaziyatni faqat politsiya usuli bilan tartibga solish mumkin. Hozirda transport «To'xtash va mashinani qoldirish taqiqlanadi» belgisi ostida to'xtab turibdi, ammo politsiya yo'q. — Samarqandda transport tizimi sust tashkil etilgan. Ko'cha va yo'l tarmog'i, yomon emas, yaxshi ulanishga ega. Ulanish — bu aslida yerda bosib o'tilishi kerak bo'lgan masofa bilan A nuqtadan B nuqtagacha bosib o'tilishi kerak bo'lgan havo masofasining nisbati. Siz to'g'ri emas, ko'chalar bo'ylab harakatlanasiz. Shaharda chorrahalar qanchalik ko'p bo'lsa va ular orasidagi masofa qancha kichik bo'lsa, yer bo'ylab masofa shunchalik qisqaradi va ulanish nisbati birlikka yaqinlashadi. Samarqandda bu holat yomon emas. Ammo harakatlanish haqida savol tug'ilganda, jamoat transporti faqat egasi uchun ishlashi aniqlanadi. Yo'lovchilar esa ikkinchi darajali . Jamoat transporti kun davomida ishlaydi. Kechki soat 7 da u g'oyib bo'ladi. Men o'zim ustimda rejalashtirilmagan tajriba o'tkazdim. Rejalashtirilmagan, chunki bu paytda transport kelmasligi xayolimda ham yo'q edi. Chunki bekatdagi marshrut ko'rsatgichida ushbu yo'nalishning so'nggi avtobusi bu yerdan soat 20:46 da o'tishi aytilgan. Natijada, soat 19:03da avtobus bekatiga kelib, 20:15da taksida ketdim. Tajribani oxirigacha yetkazish uchun yana turgan bo'lardim, natija allaqachon aniq bo'lsa ham. Ammo muzlab qoldim. U yerda katta hajmli avtobuslar yo'q. Harakati cheklangan odamlar uchun mo'ljallanmagan «Isuzu» bor. Yana «Damas» bor — quvnoq mashina. Men unga minishni juda xohladim, lekin ish tartibim imkon bermadi. Avtoturargohda «Damaslar» parkini ko'rish baxtiga muyassar bo'ldim. Juda katta chumolilar to'dasiga o'xshaydi. Foto: Vladimir Valdin. Jamoat transportidan tramvay bor. U soat 19.00dan keyin ishda qoladigan yagona transport vositasidir. Ammo uning uzunligi taxminan 7 kilometr bo'lgan bitta marshruti bor. Ikkita marshrut bor edi, lekin yana rejalashtirish muammosi — ikkinchi marshrutni qurishdi va darhol kapital rekonstruksiya qilish uchun yo'lni yopishdi. Ko'rinib turibdiki, Samarqandda faol hayot kechki 7 dan keyin tugamaydi. Aslida, markazda soat 22:00 da, ommaviy talab uchun mo'ljallangan korxonalar yopilganda tugaydi. Avvalo, bu ovqatlanish va ko'ngil ochar ob'ektlar. Shu sababli, transport odamlarni yetkazishga ulgurish uchun kamida 21:00 gacha ishlashi kerak. Va bu, aytmoqchi, o'zaro bog'liq ta'sir. Agar transport kechgacha ishlasa, u holda korxonalar uzoqroq ishlaydi. Quyidagi qoida mavjud: agar transport yaxshi ishlasa, u biznesni o'ziga jalb qiladi. Masalan, Yevropaning ko'plab shaharlarida markaziy ko'cha bor. Ko'pincha bu tramvay va piyodalar uchun uzunligi 2−3 km gacha bo'lgan ko'cha. Bu ko'chalarda har doim juda ko'p do'konlar bor — katta do'konlar ham, kichik biznes ham. Bu tom ma'noda o'z transportiga ega universal do'kon. Demak, jamoat transporti biznesni rivojlantirishga yordam beradi va to'g'ridan-to'g'ri soliqlar orqali g'aznani to'ldirishga yordam beradi. Samarqand shahridagi jamoat transporti tizimi bu mashina bilan omadi chopmaganlar uchun transport, majburiy yovuzlikning bir turi. Undan foydalanib hech qanday zavq olish mumkin emas. Samarqand — sayyohlik shahri. O'ylashimcha, u yerda sayyohlar Toshkentga qaraganda ko'proq. Ammo odamlar qanday qilib qayerga borishni bilishmaydi va taksida yurishadi. Undan qanday foydalanish ham dastlab tushunarsiz. Aniqlashimizcha, «qo'lda» tutilgan har qanday taksi 5000 so'mga manzilgacha eltadi. Ushbu mashinalarning katta qismi shahar bo'ylab aylanib yurishadi. Ular o'zlarini juda spetsifik tutishadi, avariyaviy holatlarni keltirib chiqarishadi. Odamlar tom ma'noda bir kosa yovg'on sho'rva uchun ishlashadi va shu besh ming so'mni bir-biridan yulib olishadi. Buning fonida jamoat transporti deyarli mavjud emas yoki uning qanday harakatlanayotgani noma'lum. — Toshkent meni juda hayratga soldi. To'liq dezintegratsiyalangan transport tizimi. Avtobuslar o'z-o'zicha. Metro o'zi-o'zicha. Bundan tashqari, bekatlar shunday loyihalashtirilgan va tashkil qilinganki, eng yuqori darajadagi odam to'planishidan hech kimga bo'lmagan holatlargacha bo'lishi mumkin — bir bekatda olomon, ikkinchisida — bo'shliq. Yangi bekatlarning hech birida oddiy yerusti transporti aloqasi mavjud emas. Umuman hech qanday harakatlanish tashkillashtirilmagan. Faqatgina Sergeli yo'nalishidagi «Bekat-3» — bu transportdan transportga o'tish va harakatlanish tashkillashtirilgan yagona joy. To'g'risi, men yo'nalishlar, ular qayerga va qanday tartibda yurishini chuqur o'rganmadim (ularning hech biri menga to'g'ri kelmadi). Boshqa barcha metro bekatlari shaharning transport xaritasida tom ma'noda «havoda osilgan». Bu yerda avtobuslar kechki soat 9gacha ishlaydi, hech bo'lmaganda ularga munosib minish mumkin. To'g'ri, ular avtobus bekatiga qadar borishlari kerak, shunda odamlar — aravacha va og'ir narsalar bilan ularga chiqa olishadi. Ammo infratuzilma yo'qligi sababli hammajoylarda to'xtayveradilar. Past polli avtobuslar sotib olingan, lekin bekatlar sotib olinmagan. Bu yerda bekatlar «qo'nish maydonidan» boshqa hamma narsaga o'xshaydi. U ko'proq do'konga o'xshaydi. Unda odamlar o'tirishadi, muloqot qilishadi, biror narsa sotishadi. Moskva va Sankt-Peterburgda bekatlardagi do'konlardan voz kechishgan, garchi ularda biror bir kichik savdo bo'lishi mumkin. Bekatlar shunday tashkillashtirilishi kerakki, avtomobil haydovchilarni jalb qilmasligi lozim . Agar avtomobil haydovchilari orasida eng mashhur mahsulot (sigaret) bekatlarda ekanligini bilsangiz, ularnibekatlarda sotilishini taqiqlashingiz kerak. Yoqilg'i quyish shoxobchalarida sotib olishsin. — Intellektual transport tizimi — bu juda umumlashtirilgan va ko'p qirrali konsepsiya bo'lib, transportda ITni qo'llashning turli jihatlarini o'z ichiga oladi. Sirtda joylashgan oddiy yechimlar mavjud. Toshkentda siz «Yandeks» mobil ilovasini ochishingiz va jamoat transportida A nuqtadan B nuqtagacha qanday o'tishni ko'rishingiz mumkin. Garchi u yoki bu avtobusning qachon kelishini «Yandeks»da ko'rishning imkoniyati yo'q. Shu bilan birga, «Yandeks.Transport» tizimining o'zi aynan shuning uchun mo'ljallangan. Samarqandda hatto avtobus yo'nalishini ham qo'yib bo'lmaydi. Onlayn rejimdagi bekatlar haqidagi barcha ma'lumotlardan faqat ularning nomlarinigina ko'rish mumkin. Hech bo'lmasa avval shunday sxemani yuklash kerak. Aytganimdek, bu deyarli hech qanday xarajat talab qilmaydi. Keyingi qadam, avtobuslarning joylashishini «priyomniklar»dan uzatadigan bort uskunalarini ulashdir va odamlar o'z yo'nalishlaridagi avtobus qayerdaligini ko'rishadi. Axir, shunday bort uskunalari, Toshkentda bordir? — Bu yo'lovchi uchun yo'nalishdagi raqobat muammosi, natijada yo'lovchining o'zi zarar ko'radi. Umuman olganda, tashuvchilar pulni daromaddan emas, balki kilometr uchun olishlari kerak. Agar jamoat transporti biror joyda bo'sh yursa, bu tashuvchining muammosi emas, balki mijozning — shaharning muammosi. Bu shuni anglatadiki, shahar bu joyda yo'lovchilar oqimini ta'minlamagan , kerak bo'lmagan joylarda transport xizmatini buyurgan. Bu borada Toshkent metrosi juda yaxshi misoldir. «Igna tushsa, odam boshiga tushadi»gan bekatlar bor, qo'shni bekatlar esa bo'sh va siz «au» deb baqira olasiz. Transport tizimi shunday rejalashtirilganki, u odamlarni ba'zi bir joylarda to'plab, noqulaylik tug'diradi, boshqa joyda esa infratuzilma shunchaki ishlatilmaydi. Masalan, «O'zbekiston» bekati — bu chiroyli bekat, chiroyli zal. Bo'm-bo'sh. Keyingi «Navoiy» bekatida odamlar juda ko'p, chunki transportdan transportga o'tish bekati. Bu metroning uzoq masofali transport sifatida ishlashidan dalolat beradi. Qisqa masofalar uchun xalq u yerga kam tushadi, chunki harakatlanish noqulay. Hamma ham zinapoyadan ko'tarila olmaydi, undan tashqari odam yerosti jonzodi emas, u «metro»ga tushishi kerak emas, lekin borishi kerak bo'lgan yerga yetib olishi lozim. Va agar yerustida ishonchli alternativa mavjud bo'lsa, maksimal ehtimollik bilan u tanlanadi. Metroga bo'lgan bu kabi munosabat va metropoliten bilan bog'liq vaziyat shunchaki noto'g'ri rejalashtirilgan transport tizimidir. Asosan, yerusti transportida faolroq ishtirok etish kerak va avtobus yo'nalishlari tarmog'ini shunday qayta taqsimlash lozimki, metropolitenning tirbandligi hisobga olinishi, odamlar uzoq masofaga yurishlari uchun metroga yetib borishida qulayroq bo'lishi kerak. Shunda, umuman olganda, metroda yo'lovchilar oqimi ham oshadi. Umuman olganda, metro transport turlaridan biridir. U shunchaki qurilishi eng uzoq va eng qimmat va ishlatish eng qimmat sanalgan transportdir. U haqiqatan ham ko'p emas, balki juda ko'p odam tashish kerak bo'lgan yerda o'rinlidir. Bunday og'ir artilleriya, albatta, shunchalik ko'p odamlarni yerustida tashish imkoni bo'lmagandagina ishlatilishi kerak. Boshqa barcha holatlarda, yerusti transportlari eng maqbul hisoblanadi. Aytgancha, yerusti transporti yechimlaridan farqli o'laroq, jahon amaliyotida metropolitenning rivojlanishi odamlarning muhim qismini shaxsiy transportdan jamoat transportiga jalb qilishiga olib kelgan holatlar mavjud emas . Vladimir Valdin «Gazeta.uz»ga bergan intervyusining davomida O'zbekistonning aholi punktlarida va tor shahar ko'chalarida tezlikni pasaytirish zarurmi, daromad rejasini nima uchun yomonligi va piyodalarning ustuvorligi jamoat transportlarining ustuvorligidan nega past bo'lishi lozimligi borasida gapiradi. | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda ayollar bayrami uchun mazali salatlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bu salatdagi no'xat o'rniga konservalangan loviyadan solib, 5−10 daqiqa ichida mazali salat tayyorlash mumkin. «Kapreze» qanday salat ? Bu motsarella pishlog'ining sersuv bo'lakchalari, yaxshi pishgan pomidor va xushbo'y rayhon yaproqchalaridan tashkil topgan juda mazali salatdir. Bayramga ham sanoqli kunlar qolgan bo'lsada, lekin ko'pchilik bayram dasturxonini bezatish va taomlar tayyorlash bo'yicha rejalar tuzishni boshlab yuborgan bo'lsa ajab emas. Sizlarga tovuq va suxarikli salat retseptini taqdim qilamiz. Oddiy va mazali salat sizga yoqishi aniq. Sizlarga qizil boshli karam va rukkoladan tayyorlaniladigan yengil va foydali salat tayyorlashni o'rgatamiz. Bu salat vitaminlarga juda ham boy bo'lib, ko'pchilikka yoqishi aniq. Mazali fransuzcha salat — organizm uchun haqiqiy vitaminlar manbai bo'la oladi. Kam vaqt sarflab, mazali yegulikdan bahramand bo'lamiz. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda ko'katli pishiriqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Chepalgash an'anaviy chechen yeguligidir. Ushbu nonlar mazali, yumshoq va xushbo'y bo'lib pishadi. Siz ularni hali sovumay turib iste'mol qilishingiz kerak. Ayniqsa issiq shirin choy bilan zo'r ketadi. Hozir o'lkamizda bahor. Bu esa organizimimiz foydali vitamin va ko'katlarni talab qiladi degani. Shunday foydali vitaminlarni siz ko'katli somsadan olishingiz mumkin. Bahorda tayyorlash kerak bo'lgan taomlardan biri — bu ko'katli qatlama . Qizartirib qovurilgan qarsildoq qavatli xamir va issiq choyga hech kim befarq qolmaydi. Bunday pishiriq birinchi tatib ko'rishingizdanoq sizning eng sevimli yeguligingizga aylanishi aniq. Tayyorlash jarayoni oddiy va tezligi sabab ham ularni bemalol ertalabki nonushtaga ham, kechki ovqatga ham tayyorlash mumkin. Vaqtingizni bekor sarflamay, mana bunday ajoyib yeguliklardan tayyorlang. Chunki buning uchun kerakli masalliqlarning barchasi har kimning sovutgichidan topiladi. Ko'katli somsani faqatgina qatlamali xamirdan tayyorlash shart emas. Yupqa qilib yoyilgan oddiy xamirdan u yanada mazaliroq bo'lib pishadi. Uning ichidagi masalliqlardan roxatlanishingizga esa hech nima halaqit qila olmaydi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Texnopark kompaniyasi 2020 yilning fevral oyida Italiyaning Pietro Fiorentini kompaniyasi texnologiyalari asosida Osten aqlli gaz xisoblagichlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi. Kompaniya matbuot xizmati rahbari Nargiz Shoislomova hisoblagichlarning qanday tuzilgani va ishlashi bilan bog'liq savollarga javob berdi. Ko'rsatkichlarni o'zgartirish Osten hisoblagichlari bejizga «aqlli» deb nomlanmaydi. Har bir hisoblagich haroratni to'g'irlovchi korrektor bilan jihozlangan va kalibrlangan. Qishda gaz zichlashadi, yozda esa kengayadi. Kalibrlash iste'mol qilinadigan gaz hajmini hisoblashga ta'sir qilmagan holda muvozanatni saqlab turadi. Ya'ni, Osten aqlli gaz hisoblagichlari faqat o'zi o'tkazadigan gazni hisoblaydi. Shuning uchun, hisoblagichlarning to'g'ri o'rnatilishi juda muhimdir. Buni qanday amalga oshirish esa har bir hisoblagichga biriktirilgan rus va o'zbek tillaridagi yo'riqnomalarda ko'rsatilgan. Unda ko'plab savollarga javob topish mumkin. Gaz hisoblagichlari esa bepul o'rnatiladi. Hisoblagichlarning qulflanib qolishi Hisoblagich to'silib qolishining birinchi sababi — bu gaz iste'moli uchun qarz, ya'ni hisobdagi pulning yetishmasligi. Texnopark gaz hisoblagichlarini ishlab chiqaradi, ammo gaz bilan ta'minlamaydi, iste'molni hisobini obib bormaydi yoki haq olmaydi. Shu sababli, kompaniya qarzlar qayerdan kelib chiqqanligi, jarimalar qanday hisoblanganligi yoki hisobda pul bor yoki yo'qligi borasidagi savollarga javob bera olmaydi. Hisoblagichni qulfdan chiqarish Hisoblagichni qulfdan chiqarish o'zbek tilidagi bosqichma-bosqich ko'rsatmalarda 9-betda va rus tilida tasvirlangan yo'riqnomalarda 19-sahifada ko'rsatilgan. Jarayon 10 bosqichni o'z ichiga oladi. Hisobda pul tugab, gaz ta'minoti o'chirilganda, to'lovni amalga oshirish kerak. Shundan so'ng, telefonga maxsus kod keladi. Kod yo'riqnomaga muvofiq tarzda hisoblagichga kiritilishi kerak. Ushbu kodni kiritishdan oldin barcha gaz iste'mol qilish moslamalarini (gaz plitalari, barcha turdagi qozonlarni) o'chirib qo'yish kerak bo'ladi . Kodni kiritgandan olti daqiqa o'tgach, yana gaz ta'minoti tiklanadi. Ushbu olti daqiqa davomida hisoblagich gaz quvurini tekshiradi. Bu xavfsizlik qilinadi. Ko'pgina fuqarolar jarayonni murakkab deb hisoblashadi va to'lovdan keyin ta'minot avtomatik ravishda davom etishini xohlashadi. Ammo bu texnologiya nuqtai nazaridan mumkin emas. Aqlli texnologiyalar birinchi navbatda xavfsizlikni ko'zda tutadi. Masalan, fuqaroning uyida gaz ta'minoti uzib qo'yildi. Uydan chiqayotib, u «konforka»ni buramaydi yoki «kotyol»ni yoniqligicha, gaz quvuri moslamasini ochiqdigicha qoldirdi. Ijarachi hisobni mobil telefon bilan to'laydi va ta'minot avtomatik ravishda ishlashni byuoshlaydi. Ayni paytda «konforka» gaz o'tkazadi. Bunday holatda har qanday uchqun alangalanishi mumkin. Aqlli hisoblagich texnologiyasi buni hisobga olgan holda, barcha gaz iste'mol qiluvchi moslamalar o'chirilganligini tekshiradi. Shuning uchun, unga kod kiritilganidan keyingina gaz kelishi boshlanadi. Texnopark shuningdek, gaz hisoblagichini o'zingiz ochishga harakat qilmasligingizni so'raydi. Bu hisoblagichning qulflanib qolishi holatining ikkinchi sababidir. Barcha savollar bo'yicha kompaniyaning xizmat ko'rsatish yoki aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Texnopark saytida gaz hisoblagichlariga bag'ishlangan bo'limda uning klapanini qanday ochish kerakligi haqida to'liq ma'lumotlar va video mavjud. Kompaniya shuningdek Telegram kanalini yo'lga qo'ydi, bu yerda mutaxassislar kodni o'zi kiritishda qiynalganlarga bosqichma-bosqich ko'rsatma berishadi. Texnopark xodimlari Pietro Fiorentini mutaxassislari bilan birgalikda klapanni ochish uchun zarur jarayon zanjirini soddalashtirish ustida ishlamoqda. Kompaniya mart oyining oxiriga qadar ushbu jarayonning sezilarli darajada soddalashtirilib, jamoatchilikka taqdim qilinishiga umid qilmoqda. Xizmat ko'rsatish va Call-markazi Call-markaz haftaning yetti kunida ham 24 soat davomida ishlaydi. Ilgari, markazlar ma'lum bir ish tartibiga ega bo'lgan bo'lsa, hozirda fuqarolarning ko'plab murojaatlari va talablariga ko'ra, u doimiy ravishda ishlamoqda. Oldin qo'ng'iroqlarni qabul qilish limiti 20 bo'lgan bo'lsa, hozirda navbat 150 tagacha qo'ng'iroqqa ko'paytirilgan. Ko'pgina fuqarolar xizmat ko'rsatish markaziga qo'ng'iroq qilib, qo'ng'iroq avtomatik ravishda uzilib qolayotganidan shikoyat qilishmoqda. Tarmoq 50 ta qo'ng'iroqni o'z ichiga oladi. Agar abonent 151 bo'lib call-markaziga qo'ng'iroq qilgan bo'lsa, tizim qo'ng'iroqni bekor qiladi. Bu shuni anglatadiki, hozirda tarmoqda 150 ta qo'ng'iroq mavjud. Operatorlar navbat bo'yicha abonentlar bilan suhbatlashadi. Barcha savollar bo'yicha siz saytga, Telegram-kanalga murojaat qilishingiz va xizmat yoki aloqa markaziga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. Xalkaro press-klub navbatdagi soni ham gaz soxasiga va yangi urnatilayetgan aklli Osten xisoblagichlarga bag'ishlangan . Xizmat ko'rsatish markazi telefon raqami: (+998) 71−210−70−70 . Sayt: texnopark.uz Reklama huquqlari asosida. | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda Navro'z bayrami uchun noodatiy taomlar ro'yxatini taqdim etadi. Agar siz qarsildoq va mazali qush tilini yoqtirsangiz, unda uni ushbu retsept bo'yicha tayyorlab ko'ring. Asalli qiyomga ega noodatiy qush tili — bayram dasturxoni uchun ayni muddao. Quritilgan mevalar bilan to'ldirilgan rogaliklar yumshoq va qarsildoq bo'lib chiqib, shakarsiz ham juda mazali bo'ladi. Bunday rogaliklar uchun xamir retsepti esa juda oddiy. Yopgan non — Markaziy Osiyo xalqlarining an'anaviy nonidir. Hech qanday bayram o'zbekcha yopgan nonsiz o'tmaydi. Bugun esa uni oddiy gaz pechida pishirish qanchalik osonligini ko'rsatamiz, ular tandirda pishganday qarsildoq, bir xil tiniq, paxmoq bo'lib chiqadi. Ushbu palovni «Bayramona» deb atashlari bejizga emas — axir bu taom bayramona dasturxonga to'liq loyiqdir. Ammo palovni mazali qilb pishirish uchun siz bir nechta sirlarni bilib olishingiz kerak. Ushbu foydali va mazali salatni rediska, shivit va ko'k piyozdan foydali salat tayyorlash mumkin. Bayram dasturxoni uchun u ayni muddao bo'ladi. Ko'katli somsani faqatgina qatlamali xamirdan tayyorlash shart emas. Yupqa qilib yoyilgan oddiy xamirdan u yanada mazaliroq bo'lib pishadi. Uning ichidagi qiymasidan roxatlanishingizga esa hech nima halaqit qila olmaydi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda sog'lom turmush tarzini tanlaydiganlar uchun taomlar ro'yxatini taqdim etadi. Tovuq va pomidordan tayyorlanadigan ushbu spagetti uyingizni xushbo'y isga to'ldiradi. Bunday taom o'zining tez tayyorlanishi bilan qulay, qolaversa bunday spagetti parhez tutayotganlarga ham mos keladi. Tovuq go'shti va qo'ziqorin solib pishiriladigan bulg'orilar oddiy do'lmalarga nisbatan anchagina parhezbop hisoblanadi. Shunga qaramasdan ta'm va ko'rinish jihatidan ulardanda yaxshiroq bo'lib chiqadi. Bunday baliqli kotletlar shu darajada mayinki, og'izda erib ketganini ham sezmay qolasiz. Bunday taom o'z qomatiga ahamiyatli va har tomonlama foydali taomlardan iste'mol qiluvchilarga juda asqotadi. Bunday yengil sho'rvani tayyorlash uchun 30 daqiqa vaqt kifoya qiladi. Unga solinadigan qovoqcha esa taomning yanada mayinroq chiqishini ta'minlaydi. Sabzavotlar va tovuq solib pishirilgan guruchli taom juda to'yimli bo'lib, issiqligida ham, ertasi kuni isitib yeyishga ham juda qulay. Grechkali lapsha o'zida nafaqat kerakli miqdordagi uglevodlarni, balki to'liq oqsilni ham saqlaydi. Agar unga brokkoli va qo'ziqorindan solinsa, to'yimli tushlik tayyor deyavering. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
«Gazeta.uz» 2021 yil 1 apreldan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o'zgarishlar ro'yxatini taqdim etdi. Dayjest Adliya vazirligi va Norma.uz ma'lumotlari asosida tayyorlandi. Quyida ularni to'liqligicha e'tiboringizga havola etadi. 1 apreldan tadbirkorlar barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o'tkazish huquqiga ega bo'ladi . Bu turdagi xizmat bilan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlar shug'ullanishi mumkin. 1 apreldan boshlab: Bunda mulkdorning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud bo'lgan holatlarda operatsiyaning summasi va to'lov shaklidan qat'i nazar, mijozni tekshirish choralari ko'rilishi lozim . «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining : Veterinariya sohasida: «Zootexnik», «veterinar-shifokor», «feldsher-veterinar», «usta-chavondoz», «ot parvarishlovchi», «taqachi» mutaxassisliklari uchun shifokor, hamshira, trener va sportchilarga tenglashtirilgan darajada oylik maoshlar to'lanadi . Xalq ta'limi vazirligi tizimida: Oliy ta'lim tizimida: Tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisining faqat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazilishiga nisbatan qonunchilikdagi mavjud cheklovlar bekor qilinadi . Intellektual mulk ob'ektlarini davlat ro'yxatiga olish muddatlarini keskin qisqartirish imkoniyatlarini yaratuvchi tezkor ekspertiza tartibi joriy etiladi. Olis va chekka hududlardagi pochta aloqasi ob'ektlarida kamida 13 ta turdagi davlat xizmati autsorsing asosida tashkil etiladi . 2021 yil 1 apreldan boshlab pivo mahsulotlarining markalanishi majburiy bo'ladi . Shuningdek, quyidagilar amalga oshiriladi: Yangi tartib doirasida uy-joy narxlarini pasaytirish maqsadida: 1 apreldan boshlab prezidentning 2017 yil 14 martdagi «Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-3860 -son Farmoni o'z kuchini yo'qotadi . Tegishli ravishda, ushbu sanadan boshlab unda nazarda tutilgan quyidagi soliq imtiyozlarining amal qilishi to'xtatiladi: Davlat xaridlari ijrochisining muassislari to'g'risidagi ma'lumotlar Moliya vazirligi va DSQ axborot tizimlari o'rtasidagi axborot almashinuvidan foydalangan holda davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritiladi . NNTlar faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinadi. U prezident huzuridagi Jamoatchilik palatasi, O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladi. Indeks natijalari ularning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi. NNTlar faoliyatining ochiqlik indeksini ishlab chiqish va to'liq amaliyotga joriy qilish adliya organlariga yuklatiladi . Respublikaning seysmik faol hududida joylashgan mavjud bino va inshootlar, ko'p qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholash uchun elektron texnik pasportlar bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi . | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda 6 xil mazali pastalar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Vegetariancha pastani tayyorlashdan osoni yo'q. Va bu faqatgina pomidor qaylali spagetti bo'lishi shart emas. Makaronlar barcha sabzavotlar bilan a'lo darajada uyg'unlashadi. Taomni yanada mazali qiladigan tarkibidan biri bu albatta qaylasidir. Qaymoq va qo'ziqorinli qaylada pishirilgan pasta tez tayyorlanib, taomnomangizni yangilashga xizmat qiladi. Mazali, to'yimli va asosysi esa foydali. To'liq donli pasta bilan tayyorlangan bunday taomdan so'ng organizm kerakli vitamin va minerallarga ega bo'ladi. Ajoyib, ishtahaochar tomat sousida pishgan, tunets balig'idan tayyorlangan italyan pastasi retsepti. Sousli makaronlar tez va oson pishadigan taomlardan biri bo'lgani uchun, tushlikka nima tayyorlashni bilmay turganlarga asqotishi aniq. Ishtahaochar, juda xushbo'y va mazali makaronlarni bugun tovuq va baqlajonlardan tayyorlaymiz. Bu taomni bir marotaba tayyorlab ko'rsangiz bas, so'ng uni qayta va qayta yegingiz kelaveradi. Bunday taomni tayyorlash juda oson bo'lib, ko'p masalliq ham talab etilmaydi. Har kuni go'shtli taomlar tayyorlashdan charchadingizmi? Unda bugungi retseptimizga nazar tashlang. Go'shtsiz, ammo juda mazali taom . Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, ta'lim kontrakti to'lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxs soliq imtiyozlari olsa bo'ladi . Imtiyozlarning mazmuni shundaki, fuqarolarning OTMlarda ta'lim olish uchun ajratilgan daromadlari soliqqa tortilmaydi . Ushbu imtiyoz yaqin qarindoshlar, ya'ni aka-uka va opa-singillar, xola, amaki va boshqalarning shartnomalarini to'lashga qo'llanilmaydi. Davlat OTMlari va O'zbekistonda akkreditsitatsiyadan o'tgan oliygohlarda o'zining o'qishi, yigirma olti yoshga to'lmagan farzandlarining yoki turmush o'rtog'ining o'qishi uchun yo'naltiriladigan mablag'larga soliq chegirmasi beriladi. Masalan, fuqaro 5 mln so'm ish haqi oladi, bundan 1 mln so'mni 26 yoshga to'lmagan farzandining kontrakti uchun OTM hisobiga o'tkazyapti. Demak, kontrakt uchun yo'naltirilgan 1 mln so'mdan soliq undirilmaydi. Qolgan 4 mln so'mdan soliq olinadi. Quyidagi manbalar hisobidan o'qish uchun to'lov amalga oshirilganda, jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi taqdim etiladi : Soliq imtiyozi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to'g'risidagi deklaratsiyasini soliq xizmati organlariga topshirgan holda yoki soliq to'lovchining to'lov manbaiga (ish beruvchi) yozma arizasi asosida olinishi mumkin. Agar soliq imtiyozi ish joyidan qo'llanilsa, jismoniy shaxs quyidagilarni tashkilot buxgalteriyasiga taqdim etadi: Bu holda, tashkilot buxgalteriyasi kontrakt to'lash uchun ajratilgan mabg'lani maoshdan ushlab qolib, OTM hisobiga tushuradi. Daromadlarning 50 foizidan ko'prog'ini ushlab qolinishi man etiladi. Agar soliq chegirmasi shaxsning jami yillik daromadi to'g'risidagi deklaratsiyasi asosida qo'llanilsa, quyidagilarni turar joyidagi soliq organlariga taqdim etadi: Jami yillik daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyani elektron shaklda soliq to'lovchining shaxsiy kabinetida , ro'yxatdan o'tgan pochta orqali yoki soliq idorasiga shaxsan tashrif buyurib topshirilishi mumkin. Soliq chegirmasini olish bo'yicha fuqaro arizasi bir oy ichida ko'rib chiqiladi, deya xabar berdi DSQ vakili «Gazeta.uz»ga | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda qahvadan tayyorlangan shirinliklar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Oddiy va ishtahaochar bu pishiriq issiqina choy yoki qahva bilan juda yaxshi ketadi. Pari-Brest — qaynatma xamir va kremdan tayyorlangan nafis fransuz shirinligi sanaladi. Ta'm jihatidan eklerlarga juda o'xshab ketib, halqachasimon ko'rinishda bo'ladi. Shokolad va qahva solib tayyorlaniladigan tezpishar tort har qanday dasturxonga ham fayz bag'ishlaydi. Issiqina choy bilan qahva ta'mi ufurib turadigan mazali pechenelardan iste'mol qilib, o'zingizni siylang. Bunday shirinlikdan so'ng esa yaxshi kayfiyatga ega bo'lishingiz kafolatlanadi. Oshxonangizda bor mahsulotlardan pishirsa bo'ladigan oddiy qahvali pirog retseptini tayyorlab qo'ydik. Bu pirog oilaviy choy ichishlar uchun juda mos keladi. Sizlarga mayin va yoqimli qahva ta'mili, vaznga umuman xavf tug'dirmaydigan shirinlikdan tayyorlab ko'rishni tavsiya qilamiz. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda asosiy taomni o'rnini bemalol bosa oladigan iliq salatlar ro'yxatini taqdim etadi. Nemischa salat Qaynatilgan kartoshka va vetchinadan tayyorlaniladigan bu salat Germaniyada juda ham mashhur bo'lib, tayhorlanilishi oddiy bo'lsada, ammo ta'mi juda ham mazali. Rediska solingan kartoshkali iliq salat Tez tayyorlaniladigan mazali yeguliklardan tanovvul qilishni istasangiz, unda mana bunday ajoyib salat retsepti sizga ko'maklashadi. Baqlajon va tovuqdan iliq salat Barcha salatlardan tayyorlab ko'rib, qandaydir yangicharoq retsept qidirish payidamisiz? Unday bo'lsa baqlajon va tovuqli iliq salat retsepti sizga qo'l keladi. Bunday to'yimli salat bemalol asosiy ovqatning ham o'rnini bosa oladi. Pomidor va baqlajonli iliq salat Ushbu sabzavotli salat — iliq holida ham, sovuq holida ham betakror va mazali. Sersuv pomidor, qovurilgan mayin va xushbo'y baqlajon, qarsildoq shirin bulg'or qalampiri — doimo bir-biri bilan ajoyib tarzda uyg'unlashadi. Steyk bilan tayyorlangan iliq salat Steyk bilan tayyorlangan bunday iliq salatni asosiy taom sifatida ham bemalol iste'mol qilish mumkin. Har xil masalliqlardan foydalanilgani va ajoyib ko'rinishi bilan bu salat hech kimni befarq qoldirmaydi. Rimcha salat 3 xil masalliqlardan tayyorlaniladigan juda mazali salat tayyorlashni sizlarga tavsiya. Go'sht, qo'ziqorin va rukkoladan tayyorlaniladigan bu salat bemalol ovqatning o'rnini bosa oladi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Koronavirus pandemiyasi sababli O'zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz bo'lgan shaxslar jarimaga tortiladi . Niqoblar matoli bo'lishi kerakmi yoki aholi tibbiy niqoblardan foydalanishi kerakmi? Matoli niqoblar tibbiy niqoblarga qaraganda kamroq o'rganilgan va ularning qaysi biri yaxshiroq ekanligigi hakida aniq ma'lumot yo'q. Mutaxassislarning tavsiyalari tibbiyot xodimlar uchun shaxsiy himoya vositalarining yetishmayotganligiga asoslanmoqda va bir martalik niqoblarni ular uchun asrash kerak degan fikr berilmoqda . «Meduza» matoli niqoblarni sotib olishga yoki tikishga qaror qilganingizda nimalarni bilish kerakligi borasida tavsiyalar bilan bo'lishdi. «Gazeta.uz» ushbu maqolaning tarjimasini sizga havola etadi. Yodda tutilishi lozim bo'lgan eng muhim narsa shundaki, tibbiy muassasalardan tashqarida taqilgan har qanday niqoblar birinchi navbatda atrofdagilarni kasallikdan himoya qilish uchun mo'ljallangan bo'lishi kerak. Hozir matoli niqoblar odamlarni virus yuqishidan saqlashi yoki saqlamasligini ta'kidlashimiz uchun ma'lumotlar juda kam. Ba'zi mamlakatlardagi rasmiy tavsiyalarga ko'ra, asosan koronavirus simptomlari bo'lmagan va tibbiy muassasalardan tashqarida bo'lgan odamlar (agar belgilangan masofani saqlashning iloji bo'lmasa) matoli niqoblarni taqishlari kerak. Bunday tavsiyalar, masalan, Amerika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi hamda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilmoqda (xavf ostida bo'lgan odamlar va koronavirusga xos alomatlari bo'lgan odamlar bundan mustasno — ular, JSST fikriga ko'ra, tibbiy niqob taqishlari kerak). Rossiya iste'molchilar huquqini nazorat qilish tashkiloti tibbiy niqoblarni emas, balki aynan gigiyenik niqoblarlarni taqish majburiyatini ta'kidlab o'tgan. Buyuk Britaniyada tibbiy yoki matoli niqob taqishni taklif qilishmoqda . Biroq, Yevropa kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi esa tibbiy niqoblarni tanlagan ma'qul deb hisoblaydi. Hatto matoli niqob tarafdorlari ham COVID-19 bilan og'rigan bemorlarni parvarish qiluvchi yoki ular bilan bir xonada yashovchi odamlar aynan tibbiy niqob taqishlari kerakligini ta'kidladilar. Tibbiy niqoblar meltblaun yoki spanbonddan tayyorlanadi . Bu materiallar to'qilmagan deb nomlanadi va maxsus birikmani tekis yuzaga purkash orqali hosil qilinadi. O'z navbatida, matoli niqoblar qandaydir tarzda to'qilgan mahsulotlardan tayyorlanadi. Tibbiy niqoblar tibbiyot muassasalarida uzoq vaqtdan beri qo'llanilib kelinmoqda va ularning yuqumli kasalliklardan samarali saqlashi isbotlangan . Ma'lumotlarga ko'ra, ba'zi matoli niqoblar nazariy jihatdan tibbiy niqoblar bilan taqqoslanishi mumkin. Biroq, matoli niqoblarini o'rganish jarayonida, aksariyat hollarda ularning hayotdagi samaradorligi emas, balki o'zida virus bo'lishi mumkin bo'lgan tomchilarni o'tkazmasligi kabi asosiy xususiyati o'rganilgan . Bu olimlar asosan har bir kishi matoli yoki tibbiy niqob taqqanda kasallanish holatlarini taqqoslaganini emas, balki mato tomchilarni qanchalik yaxshi ushlab turishini tekshirganligini anglatadi. Ba'zida sinovlar uchun maxsus apparatdan, ba'zida odamlardan foydalanilgan. Muammo shundaki, real hayotda niqoblardan foydalanganda, yakuniy samaradorlikka ta'sir qiluvchi turli xil omillar aralashishi mumkin: bunday niqoblardan foydalanish odamlar uchun noqulayligi va niqoblarni taqish qoidalariga rioya qilmaslikdan tortib niqoblarning tez namlanib qolishi va ularning samarasiz bo'lib qolishigacha. Shu sababli, ushbu turdagi tadqiqotlarning har qanday natijalari tanqidiy nuqtai nazar bilan qabul qilinishi kerak. Matolarni tanlash bo'yicha aniq tavsiyalar berish qiyin, chunki turli tadqiqotlarda, hatto shaklan bir xil matolar ham juda xilma-xil natijalar berdi . Tadqiqotlarda aniq bir narsa qayta-qayta ko'rsatiladi : iplarning zichligi qanchalik kuchli bo'lsa, ya'ni har bir santimetr kvadrat uchun qancha ko'p ip ishlatilgan bo'lsa, mato shunchalik tomchilarni kam o'tkazadi. Shu bilan birga, ushbu ko'rsatkich matoning samaradorligiga qatlamlar sonidan ham ko'proq ta'sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, qalin matolarning bir qatlamidan qilingan niqob, odatiy dokadan qilingan ikki qavatli niqobdan yaxshiroq, hatto bu ikki niqobdagi har bir kvadrat santimetrdagi iplar yig'indisi bir xil bo'lgan taqdirda ham. Niqoblarda har kvadrat santimetrga 118 ip to'g'ri kelishi kerak. Agar niqob tomchilarni yaxshi filtrlamasa, bunday niqob nafaqat yordam bermaydi, balki ahvolni yanada yomonlashtirishi ham mumkin. Kichik bir tadqiqotda shunday mato katta tomchilarni parchalagyotganligi ko'rinadi . Natijada, umuman niqobsiz gaplashgandan ko'ra ko'proq tomchilar hosil bo'lgan. Nazariy tomondan olib qarasa, bu holat jiddiy zarar yetkazishi mumkin, chunki kichikroq tomchilar havoda uzoqroq turadi, yerga tushmaydi va infeksiyaning potensial manbai bo'lib qoladi. Boshqa tomondan, agar mato juda qalin va undan nafas olish qiyin bo'lsa, havo ochiq qolgan yon tomonlar orqali chiqishi mumkin va niqobning o'zi tezda namlanadi va samarasiz bo'lib qoladi. Niqob tikilgan matoning qanchalik qalinligini tekshirish uchun u orqali yorug'likka boqib ko'rish kerak — qanchalik zichroq bo'lsa, u yorug'likni shunchalik yomon o'tkazadi. Niqob tanlashda e'tiborga olish kerak bo'lgan muhim jihatlardan yana biri — unda nafas chiqarish klapani bo'lmasligi kerak . Matoli niqoblar atrofdagilarni virusni tarqatuvchi, biroq hali alomatlari sezilmayotgan odamdan himoya qilish uchun mo'ljallangan . Nafas chiqarish klapani esa nafas chiqayotgan havoni filtrlamasdan o'tishiga imkon beradi (shu tarzda nafas olish osonroq) va odam filtrlangan havoni yutishi uchun nafas olayotganda yopiladi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti qo'lda tikilgan niqob kamida uch qatlamdan iborat bo'lishini taklif qiladi : Amerika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi kamida ikki qatlamli mato bo'lgan niqoblardan foydalanish afzal deb hisoblaydi. Yuqorida tilga olingan sharh mualliflari paxta, muslin va flaneldan ko'p qavatli niqoblar (kamida ikki qavat va eng yaxshisi uch yoki to'rtta) tayyorlashni maslahat berishadi. Ammo shunday kombinatsiyani tanlash muhimki, bir muncha vaqt o'tgach ham tinchgina nafas olish imkoni bo'lsin. Yana esda tuting: odatdagi dokaning ikki qatlami qalin paxta matosidan samarasizroqdir. Uy sharoitida tikilgan niqobda, masalan, oddiy simdan yasalgan metall ushlagichni ishlatish yaxshiroq hisoblanadi , shunda u burunga yopishib turadi. Niqob, odatda, mahkam o'rnashishi kerak (lekin iplar orasidagi masofani ko'paytirmaslik uchun tortilishi ham kerak emas). Agar niqob yaxshi taqilmasa, garchi estetik nuqtai nazardan hamma uchun ham mos kelmasada, niqob ustidan neylon paypoqni o'tkazib olish tavsiya qilinadi . Yuqorida tilga olingan sharh mualliflari ushbu saytda niqobni uy sharoitida tayyorlash bo'yicha ko'proq tavsiyalar berishadi. Maslahatlar, shuningdek, AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining veb-saytida hamda Angliya jamoat salomatligi agentligining veb-saytida mavjud. Matoli niqob siz uchun viruslar manbai bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va samarali bo'lishini ta'minlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi: Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, niqoblar bu chora-tadbirlarning faqat bir qismidir va masalan, odam niqob taqsa ham, belgilangan bir-ikki metr masofani saqlash qoidalariga amal qilishi tavsiya etiladi. Oldinroq «Gazeta.uz» Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga asoslanib, himoya niqoblaridan to'g'ri foydalanish bo'yicha tavsiyalar bilan bo'lishgan edi. | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda limondan tayyorlanadigan shirinliklar ro'yxatini taqdim etadi. Limonli kurd — limon sharbati solingan qaynatma krem hisoblanadi. Bunday kremni tartlarga, har xil pishiriq va hatto tortlarga ham surtib ishlatish mumkin. Bu keks uchun kerakli masalliqlarning hammasi bitta idishga solinadi, mikserda ko'pirtirilib, gaz pechida pishirib olinadi. 40 daqiqadan so'ng esa mazali yegulikdan bahramand bo'lish mumkin. Bunday shirinlik juda tez tayyorlanib, o'zining ta'mi, momiqliligi va ustining qarsildoqliligi bilan sizlarga yoqishi aniq. Bu mashhur amerikancha shirinlik bo'lib, ushbu pishiriqlar yumshoq qumoq xamir, shirin va nordon asosdan iborat. Ularni tayyorlash qiyinchilik tug'dirmaydi, natijasi esa albatta sizni qoniqtiradi. Ertalabgi nonushtada yorqin va tillarang ishtahaochar murabbolar issiq choy bilan ayni muddaodir. Limon va apelsindan iborat ushbu murabbo juda tez tayyorlanib, mevalar uzoq muddat qaynatilishiga hojat yo'q. Eng oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan limonli pechenelarning ichi yumshoqqina bo'lib pishadi, ta'mi esa sizni lol qoldirishi aniq. Limonning nordongina ta'mi bilan juda ham mazali chiqadigan bu pishiriq barchaga yoqadi degan umiddamiz. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
OAV sohasi mutaxassisi, GlobalVoices (Niderlandiya) xalqaro nashriyotining bosh muharriri Filip Nubel jurnalist Filipp Gajiliga bergan intervyusida ommaviy axborot vositalari va blogerlikning rivojlanishi o'zbekistonliklarning zamonaviy dunyoga moslashishi uchun qanday yordam berishi haqida gapirib berdi. — Men GlobalVoices'ning bosh muharririman, ya'ni 40 ta tilda chop etiladigan barcha nashrlar bilan ishlayman. Shuning uchun, albatta, men hamkasblarim nashrimizda yozadigan materiallarni o'qib turaman. O'zbekistonga kelsak, bu axborot faolligi Facebook va Telegram'ga o'tgan mamlakatlardan biri, shu sababli menga juda qiziq. — Menimcha, hammasi hissiyotlar bilan bog'liq. Bundan tashqari, ko'plab blogerlar o'zlarini yulduz deb bilishadi. Shunday ekan, demak, siz ta'sirchan bo'lib, yorqin obraz yarata olishingiz kerak. Axborot kuchli hissiyotlar ta'siridan o'tishi kerakmi? Menimcha, bunda har xil manbalar, turli fikrlar, ularni taqdim etish usullari muhimroq hisoblanadi. Bu jarayonlarning barchasi hukumatning taklifi bilan kechayotganligiga kelsak, tanqidning borligi har qanday holatda ham yaxshi deb o'ylayman. Tanqid mavjud bo'lsagina jamiyat rivojlana oladi. Biz jamiyatda sodir bo'layotgan jarayonlarni ko'rishimiz lozim, bizga buni adolatli va malakali yorituvchi mutaxassislar kerak. Ammo, albatta, birinchi navbatda, ularning hissiyotlarga beriluvchanligi emas, balki haqiqatan ham xilma xil fikrlari muhimdir. — 2000 yildan 2006 yilgacha men Bishkekda yashadim va, albatta, qo'shni mamlakatlarda sodir bo'layotgan voqealardan xabardor bo'lganman. O'sha paytda O'zbekiston yopiq mamlakat edi, demakki, boshqa mamlakatlarda bundan 20 yil oldin boshlangan jarayonlar sizning mamlakatingizda endigina boshlandi. Sizda barcha jarayonlar muzlatilgan edi, endilikda hammasi qayta tiklanmoqda. Haqiqiy bloger bo'lish qanchalik qiyin ekanligini tushunish muhim. Barcha yangiliklardan xabardor bo'lish, o'qimishli va mas'uliyatli bo'lish kerak. Auditoriya esa muammo emas, u asta-sekin o'sib boraveradi. Qozog'istonlik bloger menga bergan intervyusida avvaliga uning blogerligi hazil sifatida o'ylab topilganini va hozirda u muvaffaqiyatga erishgan qozog'istonliklarni taklif qilib, ular bilan intervyu olib borishini, har hafta dastur chiqarayotgani, hamjamiyat tuzgani va ko'plab obunachilari borligini, ular hayotda uchrashib, muhim masalalarni — din, G'arb, mavqe, genderga bo'lgan munosabatlarni muhokama qilishlarini aytib berdi. — Bu konferensiya uchun mavzu! Darhaqiqat, ko'plab mamlakatlarda auditoriya jihatidan ommaviy axborot vositalari bilan bemalol raqobatlasha oladigan blogerlar bor; bu haqiqiy ta'sir ko'rsatish instituti. Ammo blogerdan bir xil mas'uliyat va malakani kutish adolatsizlikdir. Axir u shunchaki odam, nashriyotda esa hatto yurist faoliyat ko'rsatayotgan butun bir jamoa ishlaydi, faktlarni tekshirish darajasi butunlay farq qiladi. Umuman olganda, OAV imkon qadar informativ va muvozanatli bo'lishi kerak, blogerlar esa fikrlarni bildirishlari va izohlar berishlari kerak. Bu har xil vazifalardir va bu ikkala yo'nalish ham jamiyatda bir vaqtda mavjud bo'la olishi muhim. — Gapni uzoqdan boshlayman: men uzoq muddat Xitoyda yashaganman, u yerda advokatlar, muharrirlar va sudyalar bilan ishladim. Xitoyda «Agar sizda sud jarayoni kechayotgan bo'lsa, advokat emas, balki bloger yollang» degan naql bor. U nima haqida? Sud tizimiga va qonuniy ravishda adolatga erishish imkoniyatiga ishonchning yo'qligi to'g'risida. Bu esa ko'plab mamlakatlarda sodir bo'layotgan hodisalarning mohiyatidir. Hokimiyatga ishonmayotganlar va muammolarini qandaydir tarzda hal qilishni istaganlar, boshqa yo'l bilan adolatni ta'minlashga yordam beradiganlarga murojaat qilishadi, ularga ichidagi borini to'kib socha olishadi va barcha muammolar birdaniga hal bo'ladi. Bu so'zsiz, har kim o'z vazifasini adashtirgan butun jamiyatning muammosidir. Adolat bo'lishi kerak. Agar siz sudda qatnashayotgan bo'lsangiz, siz advokat yollaysiz. Agar sudga ishonmasangizchi? Shunda odamlar vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilishadi va masalan, blogerga murojaat qilishadi. Ammo u xolis yondashmasligi, tamagir, hatto yolg'onchi ham bo'lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, bloger advokat, sudya, prokuror rolini o'ynaydi, ammo bunday mas'uliyatni bo'yniga olish huquqiga ega emas. U aslida nima bo'lganini qayerdan biladi? Kim haq va kim nohaqliginichi? U yozgan narsalar — shunchaki inflyuyenserning fikri, ammo nega darhol yugurib, uning aytganlarini bajarishadi? Bu kabi aralashuv mening ijtimoiy hayotimni butunlay va adolatsiz ravishda yo'q qilishi mumkin. Siz blogersiz, demak siz OAVmi? Yo'q. Siz blogersiz, demak siz advokatmisiz? Yo'q. Siz blogersiz — siz sudyami? Yo'q. Siz shunchaki o'z izohlaringizni berishingiz kerak. Blogerning izohlari oddiy bir fikrlardan biri, ammo agar u hukm sifatida taqdim etilsa va hukumat ushbu hukmni o'ylamasdan harakatga ko'rsatma sifatida qabul qilsa, bu juda xavfli. — Buni boshqacha ham ta'riflash mumkin: XIX asrda aynan yozuvchilar fikrlar yetakchisi bo'lgan. Nazarimda, fikrlar yetakchisi hamma joyda, har qanday sohada bo'lishi mumkin, uning maydoni har qanday joyda bo'lishi mumkin, u o'zini televizor, ijtimoiy tarmoqlar, san'at orqali ifoda etishi mumkin. G'arbda, hayratlanarli bo'lsada, bu hali ham televideniye sohasi vakillari hisoblanadi. Bundan tashqari, bunday odam krossplatformal — bir nechta vazifani bir vaqtda bajaruvchi bo'lishi mumkin. Bloger esa — u shunchaki o'z blogiga ega. — Qo'shilaman. O'zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar mashhurligining shiddatli ortishi sababi ham shunda, bu mutlaqo tabiiy va ijobiy jarayon. Bundan tashqari, televideniyening muammosi shundaki, ijtimoiy tarmoqlardan farqli o'laroq, u tinglovchilar bilan muloqotga kirishmaydi. — Bizning nashriyot qirqta tilda ish olib boradi va mualliflar hamda tarjimonlarning aksariyati ko'ngillilar. Ammo maqolalarni ko'rib chiqadigan va tahrir qiladigan 25 nafar muharrir bor va ular muayyan miqdorda pul olishadi. Chunki bizning mualliflarimiz g'oya, istak, ma'lumotlarga ega bo'lishlari mumkin, ammo shu bilan birga bularning barchasini to'g'ri tatbiq qilolmasliklari ham mumkin. — Ko'plab mualliflarimiz 20 yoshdan 60 yoshgacha va o'zlarining daromad manbalariga ega. Ammo ular o'zlarining ishlaridan tashqarida biror narsa haqida yozishni xohlashadi, ularning ijodkorlikka ishtiyoqlari baland. Va bu barqarorlikning asosidir. Bizda ikki turdagi mualliflar bor: birinchisi biz uchun doim yozadi, ular yillar davomida imkon qadar yozib kelishadi, bu ularning qadriyatlaridan biridir. Ikkinchisi esa tajriba, shuhrat va imkoniyatlarga ega bo'lishni istagan yosh mutaxassislar. Ular ikki-uch yil yozib, yo'q bo'lib ketishadi. Lekin eng qizig'i nimada, bilasizmi? Bir necha yil o'tgach, ularning ko'plari hayotlarining muayyan bosqichlarini bosib o'tib, universitetni tugatib, hayotda qandaydir barqarorlikni qo'lga kiritib, birinchi turdagi mualliflar sifatida qaytib kelishadi. — Bu juda munozarali mavzu — OAV modelining inqirozi hisoblanadi. Internet paydo bo'lishi bilan eski tizim (obunachilar, reklama va adad) hamma joyda qulab tushdi. Hamma bir-biridan so'ray boshladi: qanday yo'l tutamiz? Fransiya misolini keltira olaman. U yerda ikkita mashhur nashriyot bor edi: biri biz kabi donorlar va ko'ngillilar bilan ishlardi, ikkinchisida ko'ngillilar bilan bir qatorda professional jurnalistlar guruhi va obuna tizimi mavjud edi. Sifatli materiallarni o'qishni istasangiz — to'lang. Shunday qilib, umuman notijorat nashr yopildi, ikkinchisi esa hali hanuz ishlamoqda. Bu ikkita biznes strategiyasini birlashtirishib, muvaffaqiyatga erishgan kamdan-kam uchraydigan omadli muvozanatning misolidir. Yangi voqelikda nafaqat qiyinchiliklar, balki afzalliklar ham mavjud: o'quvchingizni qanchalik yaxshi bilsangiz, shunchalik yaxshi reklama tanlashingiz mumkin. Hozir biz o'quvchi haqida juda ko'p ma'lumotlarga egamiz, uning dolzarb ehtiyojlarini osongina va mukammal darajada taxmin qilishimiz mumkin. — Supermahalliy yangiliklar muvaffaqiyat qozongan. Bir manzil bo'yicha ishlaydigan loyihalar mavjud va odamlar bunga qiziqishadi — chunki biz dunyodagi hamma narsalar haqidagi yangiliklarning hayotimizdagi o'rnidan charchadik, ammo hali ham oldimizda yuz berayotgan hodisalarga qiziqamiz. Shuningdek, kontekst va ma'lum bir hodisaning boshqa hodisalar bilan qanday bog'liqligini, jarayonning umumiy ko'rinishini global miqyosda ko'rishga yordam beradigan yangiliklar bugun qimmatli. Bugungi kun o'quvchisi taltayib ketgan, bizda juda ko'p manbalar, tillar, formatlar mavjud; miya men charchadim, bas, deydi. Shuning uchun, tushuncha va tushuntirish beruvchi va har birimizga tegishli bo'lgan, shunchaki bilishimiz zarur bo'lgan yangiliklar ko'proq muvaffaqiyatga erishadi. — Asosiy muammo — loyiha yaratuvchisi, uning qarashlari va maqsadlari bilan donor o'rtasidagi abadiy ziddiyat. Ishlash uchun sizga pul kerak, ammo uni kimdan olishni va kimdan olishning imkoni yo'qligini bilish ham muhimdir. Shuning uchun donorni o'zgartirishga va aniq axloq kodeksiga ega bo'lishga doimo tayyor bo'lish zarur. Bu juda muhim, chunki sizning imijingiz va sizni qanday qabul qilishlari donor bilan ham bilan bog'liq. Agar siz mustaqil bo'lishni istasangiz, ularni o'zgartirishingiz kerak. Bu ko'pincha majburan sodir bo'ladi, chunki donorlarning o'zlari loyihaga bo'lgan qiziqishni yo'qotadilar. Ya'ni, bu doimiy kurash. Yoqimsiz, biroq foydali jarayon. Pul bo'lmasa nima qilasiz? Yoki loyihani yopasiz, yoki uni qayta ko'rib chiqasiz, yoki uning dolzarbligiga ishonch hosil qilasiz va u uchun kurashishni davom ettirasiz. — GlobalVoices yaratilayotganda ko'pgina mamlakatlarda internet ancha qulaylashdi va ko'pchilik o'z tillarida yozishni boshladilar. Dunyo muloqot qilayapti, siz esa bu haqda bilmayapsizmi? Bu bizning eski shiorlarimizdan biri. Yana bir narsa — nashriyot asoschisi amerikalik, u amerikaliklarga ular koinotning markazi emasligini, Qo'shma Shtatlardan tashqari xilma-xil dunyo borligini ko'rsatmoqchi edi. Ammo bularning barchasi ingliz tilida bo'lmaganligi sababli, G'arb buni e'tiborsiz qoldirdi. Dastlab bizning manbamizda boshqa tillardan ingliz tiliga tarjimalar qilinar edi, keyin boshqa tillar qo'shildi. Nima uchun ko'ngillilar tarjima uchun vaqtni sarflaydilar? Nima uchun bizda 40 ta til bor? Chunki odamlarga bu qiziq. Bizning tuzilma ko'p jihatdan gorizontal, chunki biz pul uchun ishlamaymiz. Barcha tarjimonlarimiz va muxbirlarimiz faollardir. Faollik pulga qarshi emas, lekin faollik uchun pul beshinchi yoki oltinchi o'rinda, asosiysi — fikrni izhor qilishdir. Pulchi? Bo'lsa — a'lo, bo'lmasa — hechqisi yo'q. Yana ikkita muhim masala bor. Agar biz pul olsak: bizga kim va nima uchun to'laydi? Bizda qat'iy axloq qoidalari mavjud va biz uni zamon talablariga javob beradigan darajada yangilab boramiz. Shu bilan birga, har qanday homiyni ushbu qoidalarimizda toblashimiz kerak. So'nggi bir necha yil ichida donor bilan nima sodir bo'lganini ko'rishimiz kerak. Biz ular bilan aloqador bo'lishni xohlaymizmi? Biz buni jamiyatimizda muhokama qilamiz. Agar biz donorimizga ishonsak va pul biz uchun asosiy narsa emas degan shartga ko'nsak, biz demokratik tamoyillarimiz va nomimiz uchun xotirjam bo'lishimiz mumkin. — Neytralitet — ideal holat. Hech bo'lmaganda hammamizning o'z his-tuyg'ularimiz va o'tmishimiz borligi uchun ham. Shuning uchun men «muvozanat» so'zini yaxshi ko'raman. Agar siz hammaga o'z fikrini bildirish imkonini yaratsangiz, vaziyatni ko'rsatsangiz, kontekstni bersangiz, o'quvchi ham to'g'ri xulosa chiqarish imkoniyatiga ega. Alohida shaxslarning foydasiga xizmat qilish esa nomaqbul yo'l. Ommaviy axborot vositalarining maqsadi targ'ibot emas, balki axborot berishdir. OAV jamiyat uchun ishlaydi va agar kuchli shaxsiy qiziqish bo'lsa, unda bunday ommaviy axborot vositalari PR xizmatiga aylanib qoladi. Afsuski, korrupsiya hamma joyda bor, bu bizning tabiatimizning bir qismidir. Gap uning miqdorida, shuning uchun ham axloq qoidalari va qonunchilik bor, shuning uchun ham kimgadir bog'liq bo'lmaslik juda muhim: har bir kishidan 20 dollardan olish, bir kishidan bir million olishdan yaxshiroqdir. O'zbekistonda men ochiqlikni ko'rayapman, turli ovozlar paydo bo'lgan, siz cheklovlardan erkinlikka tomon harakatlanayapsizlar. Bu yo'lda ko'plab xavf-xatarlar mavjud, shuning uchun ko'pchilikning qo'rquvi o'rinli, ammo baribir qo'rqishning hojati yo'q: sizning harakatingiz bag'rikenglik madaniyatiga olib kelishi kerak. Agar shunday bo'lsa, nafaqat mamlakat, balki butun mintaqa yutuqqa erishadi. Axir, dunyo murakkab va o'zgaruvchan, va uning butun xilma-xilligiga ko'nikish kerak. Shunda siz ushbu global voqelikka kirasiz va bu integratsiya siz va qo'shnilaringizga foyda keltiradi. Ushbu integratsiya qanchalik muvaffaqiyatli bo'lishi, avvalambor, adolat, iqtisodiy rivojlanish va demokratiyani kafolatlovchi samarali islohotlarga bog'liq. Filip Nubel — poliglot, sharqshunos, tarjimon, siyosatshunoslik va ommaviy axborot vositalari bo'yicha xalqaro ekspert. Qirq tilda, shu jumladan o'zbek tilida chop etiladigan GlobalVoices xalqaro notijorat OAV bosh muharriri. | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda foydali nonushtalar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bunday quymoqlar ichiga asoslardan solinmaydi, ularning o'zi sersuv bo'lib pishadi. Hatto oddiy tuxumni ham har xil usullarda pishirib, yangicha nonushtaga ega bo'lish mumkin. Tuxumlarni bir marotaba bo'lsa ham pomidorlar ichiga solib pishirib ko'ring, ta'midan lol qolasiz. Tayyorlash jarayoni 20 daqiqadan ham kam vaqtni oluvchi «Grekcha salat» deb ataluvchi quymoqni tayyorlashni tavsiya qilamiz, uglevod miqdori kam, oqsilga esa juda ham boy taom. Nonushtalar va batonchalar siz o'ylaganingizdan ham foydaliroqdir. Bunday batonchalar faqatgina 3 xil mahsulotlardan tayyorlaniladi xolos. Pishloq solib tayyorlaniladigan buday vaflilardan tayyorlab ko'rganmisiz? Nonushtaga siz bulardanda tezroq tayyorlaniladigan, shu bilan birga foydaliroq retsept topa olmaysiz. Mazali va juda yumshoq ta'mli bugungi bo'tqani qovoq va guruchdan tayyorlaymiz. Bunday yegulikdan avvallari buvilarimiz juda ko'p tayyorlashgan. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Bugungi kunda COVID-19 gumon qilinganda yoki hatto aniq tashxis qo'yilgan biror kasallik hollarida ham ko'pincha kompyuter tomografiyasi (KT) amalga oshiriladi. Xulosada keltirilgan foizlarda o'pkaning zararlanish hajmi yoziladi. Bu raqamlar odamni qo'rqitib yuborishi mumkin. Biroq KTdagi natija har doim ham kasallikning og'ir kechayotganini anglatmaydi va chora ko'rish uchun sabab bo'lmasligi mumkin. «Meduza» KT natijalarining o'ziga xos jihatlarini izohlaydi. Kompyuter tomografisi aslida rivojlangan infeksiya tufayli o'pkaning qaysidir foizi yomon ishlayotganini anglatadi. Koronavirus bilan kasallanganda o'pka zararlanganini tavsiflashda shifokor odatda rentgenologiyada «xira shisha» va/yoki «konsolidatsiya» deb nomlanadigan o'zgarishlarni ko'radi. Ular tomirlar va alveolalar o'rtasidagi to'siq buzilganligi sababli paydo bo'ladi va alveolalar tomirlardan kelgan suyuqlik bilan to'ladi. «Ammo alveolalarning barchasi ham hattoki "xira shisha" zonasidagi alveolalar ham to'liq suyuqlik bilan to'lgan bo'lmaydi, — deydi Kareliya Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining nurli diagnostikasi bo'yicha bosh mutaxassisi, rentgenolog Anna Belozerova. — Shuni aytish lozimki, "xira shisha" sohalarida gaz almashinuvi sezilarli darajada to'sqinlik bilan kechadi». Natijada nafas olish qiyinlashadi. Shifokorlar ba'zi hollarda, masalan, bemorni qaysi bo'limga — oddiy yoki reanimatsiya bo'limiga yotqizish to'g'risida qaror qabul qilishda yoki shifokor uchun kasallik dinamikasini ko'rish muhim bo'lganda o'pkaning zararlanish darajasini bilishlari kerak bo'lishi mumkin. Ammo qaror qabul qilishda shifokorlar KT natijalarini yaxshilashni o'z oldilariga maqsad qilmaydilar — ular organizm faoliyatining boshqa ko'rsatkichlariga e'tibor qaratishadi. Ha. Koronavirus bilan kasallanganda o'pkaning zararlanishi haqida gapirganda, ko'pincha biz u bilan birga rivojlanayotgan pnevmoniyani, ya'ni o'pka yallig'lanishini nazarda tutamiz. Bu boshqa kasalliklarda ham kuzatilishi mumkin. Masalan, pnevmoniya grippning asorati bo'lishi mumkin va bu albatta, KTda ham ko'rinadi. Ammo sizda eng oddiy ORVI bo'lsa, ehtimol o'pkada o'zgarishlar bo'lmasligi mumkin (yoki pnevmoniya bilan emas, balki boshqa kasalliklar bilan bog'liq yoki normal qo'rsatkichning bir ko'rinishi bo'lishi mumkin). Aslida, bu savolga aniq javob berish qiyin. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bir xil tomografik tekshiruv natijalariga ega odamlarning ahvoli sezilarli darajada farq qilishi mumkin, shu bilan birga, o'pkada jiddiy zararlanishi bo'lgan odam mavjud alomatlar tufayli kasalxonaga tushishi ehtimoli ko'proq bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, kasallik belgilari paydo bo'lishining dastlabki kunlarida KT hech bir o'zgarishni ko'rsatmasligi ham mumkin. Yoki aksincha: o'zgarishlar kasallikning tashqi belgilari paydo bo'lishidan oldin ham ko'rinishi mumkin. Kasalxonadan chiqqandan so'ng esa, nihoyat, o'zi nafas olayotgan odamning KTSi kasalxonaga qabul qilingandagi holatidan ko'ra yomonroq bo'lishi mumkin, chunki o'pka hali tiklanishi kerak, ammo endilikda virus o'pkaga zarar yetkazmaydi. Kasallik turli xil kechgan odamlarning tomografik tekshiruvlarini taqqoslaganda, o'pkaning ko'proq zararlanishi tashxisning yomonlashishini anglatadi , ya'ni o'lim xavfi ortadi . Ammo bu faqat dastlabki tadqiqotlar va har qanday holatda ham «xavfning oshishi» 100% kafolatni anglatmaydi. «KT ma'lumotlariga asoslanib bashorat qilish zoye ketgan mehnatdir», — deydi Anna Belozerova. — Erta-indin vaziyat keskin o'zgarishi mumkin". Zararlanish darajasini «ko'z bilan o'lchash» mumkin. Ushbu yondashuv «empirik vizual shkalasi» deb ham ataladi. «[KTda] o'pka bir millimetrlik qadamlar bilan kesmalangan», — deb tushuntiradi Anna Belozerova. — Biz [jarohatlanish darajasini] kesmalar davomiyligi bilan baholaymiz, ularni multfilm kabi tomosha qilamiz". Rossiyada o'pka zararlanishining darajalari beshta toifaga bo'lingan: Zararlanish darajasini yangi tomograflarda ishlaydigan va hamma narsani avtomatik ravishda hisoblab chiqadigan maxsus dastur yordamida ham tekshirish mumkin. «Men «empirik vizual shkala»dagi taassurotlarimni dastur bergan natijalar bilan taqqosladim, — deydi Anna Belozerova. — Agar yuklama og'ir bo'lgan bo'lsa va bemorga bir necha daqiqa sarflangan bo'lsa, men eng yomon holatda taxminan 10%ga adashgan bo'laman. Agar vaziyat yaxshiroq bo'lsa, unda men 2−3 foizga adashganman. Bu tashxis qo'yishda katta ahamiyat kasb qilmaydi». Nurli va instrumental diagnostika bo'yicha bosh mutaxassis Sergey Morozovning ta'kidlashicha, qabul qilingan ko'rsatkich — bu shifokorlar uchun yetarlicha batafsil baho. «Zararlanishning aniq foizi talab qilinmaydi», deydi Morozov. «Bu klinik ahamiyatga ega emas». Bundan tashqari, mutaxassisning fikricha, zararlangan sohani avtomatik ravishda hisoblash vositalari juda katta cheklovlarga ega, chunki «koronavirus davrida organizm ko'pincha polimorfdir. Turli xil belgilar kombinatsiyasi bo'lishi mumkin va barcha algoritmlar ham zararlanish darajasini aniq baholay olmaydi, ayniqsa bakterial infeksiya biriktirilganda». Boshqacha qilib aytganda, dastur uchun koronavirus davrida pnevmoniyani KTda turli xil ko'rinishda namoyon bo'lishi qiyinchilik tug'diradi. Natijalar bilan (shaxsan yoki masofaviy maslahat olish orqali) shifokorga murojaat qiling. Biroq birgina KT natijalari koronavirus bilan kasallangan odam kasalxonaga yotqizilishi yoki uyga qo'yib yuborilishi kerakligi borasidagi qarorga asos bo'la olmaydi. Shuning uchun shifokor sizning umumiy ahvolingizni baholaydi. Yana bir tavsiya: KTda tekshirishni talab qilishdan oldin haqiqatan ham shu narsa sizga kerakmi yoki yo'qmi, o'ylab ko'ring. Kasallik alomatlari bu tadqiqot beradigan natijadan ancha muhimroqdir. «Ko'p tanishlarim va do'stlarim [koronavirus bilan kasallanganda] nima qilishni so'rab menga murojaat qilishadi, — deydi Sergey Morozov. — Ularga faqatgina birlamchi holatlardagina klinikaga borish yoki tez yordam chaqirish kerakligini aytganman. Asosan, men KT qilmaslikni, uyda tinchgina yotishni, haroratni pasaytirish uchun paratsetamol ichishni, ahvoli yomonlashgan taqdirda — shifokorga murojaat qilishni maslahat beraman». Asoratlar bo'lishi mumkin va kimlarda bu hol yuz berishini taxmin qilish qiyin. Ammo aynan o'pkaning zararlanishiga qarshi qandaydir maxsus kurashish usullari va bunga ehtiyoj ham yo'q. O'zingizni maksimal darajada yaxshi his qilish uchun har qanday holatda, ayniqsa, kasallik qiyin kechgan bo'lsa, reabilitatsiyadan o'tish muhimdir. Oldinroq ш ифокор-ftiziatr Nadejda Shklovets koronavirusdan tuzalgandan keyin shug'ullanish kerak bo'lgan nafas mashqlari va tiklanish jarayoni bo'yicha o'z maslahatlari bilan o'rtoqlashgan edi. | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali va to'yimli sho'rvalar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Mampar — mazali va juda to'yimli suyuq taomlardan biri bo'lib, tayyorlash jarayoni ham umuman qiyinchilik tug'dirmaydi. Mana bunday frikadelkali sho'rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi. Bunday taom nafaqat mazali, balki juda to'yimli hamdir. Shuningdek uning o'zgacha usulda tortilishi, siz va yaqinlaringizga yoqishi aniq. Fransuz taomlari bejizga dunyo bo'yicha sevib tanovvul qilinmaydi. Chunki hatto piyozdan qilingan taom ham juda tansiq ta'mda chiqadi. Bunday tobida qaynab pishgan sho'rvaga dudlangan tovuq go'shti o'zgacha maza baxsh etadi. Ularga qo'shimcha qilib, nonni sarimsoqpiyoz bilan birga quritib olib tortishingiz ham mumkin. Sizlarga mazali va to'yimli, yumshoqqina xamirlardan solib pishiriladigan tovuq sho'rva retseptini taqdim etamiz. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali va to'yimli toblatmalar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Oddiy sendvichlarni ham original ko'rinishda va noodatiy ta'mda tayyorlash mumkin bo'lib, ana shulardan biri sendvich-toblatmadir . Qarsildoq non va erigan pishloq birgalikda ajoyib uyg'unlikni tashkil qilib, yosh-u qariga birdek yoqishi aniq. Kartoshka va qo'ziqorin solib pishiriladigan toblatma juda to'yimli va mazali taomdir. Buning uchun esa ko'p vaqt va mehnat talab etilmaydi. Kartoshka, dudlangan go'sht va pishloq qo'shib pishirilgan mazali toblatmamizning ta'mi umuman o'zgacha bo'lib, odatdagilaridan farq qiladi. To'yimli taom, lekin tez tayyorlaniladigan retsept qidirayotgan bo'lsangiz, unda shu retsept aynan siz uchun. Qovoq va qiyma qo'shilmasidan hosil bo'ladigan bu taom qanchalik mazali ekanligini hatto tasavvur ham eta olmaysiz. Bir qarashda noodatiy bo'lgan bu taomdan pishiring va yaqinlaringizni xursand qiling. Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma juda mazali ta'mda bo'lib, to'yimli tushlik yoki kechki taom bo'la oladi. Dolchindan ko'proq olmali pishiriqlar tayyorlashda foydalanamiz. Ammo bugungi dolchin qo'shib tayyorlaniladigan taomimiz , sizning eng sevimli taomingizga aylanishiga ishonchimiz komil. Kechki ovqat uchun tez tayyorlaniladigan bugungi toblatma ajoyib ta'mi bilan sizga yoqishi aniq. Sabzavotlar va rayhonning xushbo'y hidi esa yaqinlaringizning ishtahasini ochishi turgan gap. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali va to'yimli pitssalar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Yupqa va mayin, mazali asos bilan boyitilgan mana bunday pitssa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Oddiy lavash xamiridan ajoyib va mazali pitssa tayyorlash mumkin. Bunday lavashning asosini esa xohishingizga qarab o'zgartirishingiz ham mumkin. Motsarella pishlog'i bilan pishiriladigan «Pepperoni» pitssasi mashhur va eng sevimli pitssalardan biri hisoblanadi. Hozir esa uni uy sharoitida qanday tez va oson tayyorlash mumkinligi haqida gapirib beramiz. Pitssalar har xil ko'rinishda bo'ladi. Ammo tayyorlash texnikasi o'sha-o'sha: xamir yoyilib, masalliqlari teriladi. Ushbu pitssa o'zgacha ko'rinishga ega bo'lganiga qaramay, ta'mi barchaga tanish bo'lgan pitssalardan qolishmaydi. Bu pitssaning tarkibi juda oddiy bo'lib, uni quyidagilar tashkil qiladi: motsarello pishlog'i, pomidor va unga takrorlanmas ifor bag'ishlovchi rayhon yaproqchalari. Xuddi qahvaxonalarda tortiladigan yupqa xamirli pitssalarning asl retseptini taqdim etmoqchimiz. Bunday xamirni tayyorlash juda oson. Ushbu pitssa o'zining ta'mi bilan katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz Zira.uz pazandachilik sahifasi bilan hamkorlikda to'g'ri ovqatlanish tartibi va sog'lom turmush tarziga oid retseptlar jamlanmasini taqdim etadi. Sog'lom turmush tarzi yoki to'g'ri ovqatlanish tartibiga rioya qiluvchilar juda yaxshi bilishadiki, gaz pechida pishirilgan sabzavotlar qovurilgan va dimlanganlariga nisbatan foydaliroq hisoblanadi. Gaz pechida pishirilgan tovuq ham sabzavotlarning sharbatiga to'yinib pishadi. Bu italyancha mazali taom oila a'zolaringizga ham yoqishi aniq. Xumus — Yaqin Sharq oshxonasiga tegishli yegulik hisoblanadi. U o'zida ko'pgina oqsillarni saqlashi sabab ham, juda to'yimli, shuningdek foydali ham hisoblanadi. Unga qizil lavlagi solinsa juda ishtahaochar ko'rinishga ham kiradi. Bu usulda tayyorlangan xumus ni nonga surtib yeyish, asosiy ovqatlarga qo'shimcha sifatida tortish ham mumkin. Foydali va mazali yegulikni bor-yo'g'i 3 xil mahsulotlardan tayyorlash mumkin. Banan, suli parchalari va yeryong'oqli pastalardan tayyorlanilgan batonchalar juda to'yimli bo'lib, ularni 2 oygacha saqlash mumkin. Vafli — nonushta uchun ajoyib yegulikdir. Bu retsept sizga suli parchalari va olmali pyuredan kaloriyasi past vaflilar tayyorlashga ko'maklashadi. Ularni tayyorlab mazali qaylalar yoki ho'l mevalar bilan iste'mol qilishingiz mumkin. Ularni iloji bo'lsa, gaz pechida, silikon qolipchalarda pishiring. Bu yorqin rangdagi sho'rvadan tayyorlashni hozir ayni payti. Sho'rva juda mayin, xushbo'y va past kaloriyali bo'lib, 1 kishilik miqdori 175 kKal ni tashkil etadi. Xohishga qarab, uni muzlatib qo'yish ham mumkin bo'lib, bunda uni bir oygacha saqlash imkoniyati mavjud. Parhez tutishni xohlovchilarning ko'pchiligi parhez vaqtida shirinliklarni iste'mol qilish mumkin emas deb hisoblashadi. Ammo bu retsept asosida tayyorlanilgan sabzili tortdan iste'mol qilish barchaga birdek tavsiya qilinadi. Shirin, mazali va asosiysi semirtirmaydigan tort retsepti. Bu taom dasturxonga o'zgacha ko'rk bag'ishlashi sabab ham, uni bayram dasturxonlariga ham atab tayyorlash mumkin. Quritilgan olxo'ri bilan dimlab pishirilgan go'sht juda yumshab pishadi, ishtahaochar ko'rinishi esa barchani ishtahasini ochib yuboradi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz va Zira.uz sahifalari hamkorlikda oldindan tayyorlab, muzlatib qo'ysa bo'ladigan yeguliklar jamlanmasini taqdim etadi. Mol go'shtidan tayyorlangan kotletlar, ko'pchilikning sevimli taomi sanaladi. Kotletlar ни tayyorlash unchalik ham qiyin emas, faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi ularni mehr bilan pishirish kerak bo'ladi xolos. Bunday kotletlarni oldindan tayyorlab, muzlatgichda saqlash mumkinligi ko'pincha bo'sh vaqti kam kishilarga qo'l keladi. Ichi yumshoqqina, usti qarsildoq, pishloqning xushbo'y isiga to'yintirilgan bu kotletlar og'zingizda erib ketadi. Bu usulda tayyorlangan kotletlar oddiy kotletlarga nisbatan juda mazali, tayyorlanishi esa ular bilan deyarli bir xil. Aytgancha, bunday kotletlarni tayyorlab, 3 oygacha muzlatgichda saqlashingiz mumkin. Bunday rus oshxonasi taomlaridan hali tayyorlab ko'rmagan bo'lsangiz, unda hozir buning ayni fursati. Ertalabgi nonushtada yumshoqqina, issiq vareniklar tayyorlab, hammani xursand qiling. Bolalarga qiziqroq bo'lishi uchun ularni bolajonlaringiz bilan birga tayyorlang. Bu ularga juda yoqadi. Bunday vareniklarni ham oldindan tayyorlab, yelim xaltachalarga solib chiqish va muzxonada saqlash mumkin. Chuchvara bizlarning sevimli milliy taomlarimizdan biri bo'lib, uni tayyorlash biroz vaqt talab qilishi mumkin. Ammo uyda tayyorlangan chuchvaraga do'konlardagi tayyor mahsulotlarning hech biri teng kela olmaydi. Tugilgan чучvaралар ни konteyner yoki yelim xaltaga solib, muzxonada ancha vaqtgacha saqlash mumkin. Granolali batonchalar — cho'ntakbop ko'rinishdagi tayyor nonushtalar bo'lib, uni xohlagan vaqtda ustidan iliq sut yoki yogurt solib iste'mol qilsa bo'ladi. Bunday yegulikni tayyorlash oson bo'lib, ular bir haftagacha yaxshi saqlanadi. Uning tarkibiga suli yormasi va xohlagan yong'oq yoki quritilgan mevalardan ham qo'shishingiz mumkin. Mazali va foydali bo'lmish yeryong'oqli pastani uyda tayyorlash usulini bilasizmi? Bu juda ham oson. Bu borada qovurilgan yeryong'oq asosiy mahsulot sanaladi. Bu juda xushbo'y va to'yimli shirinlik bo'lib, pechene va nonga ham surtib yeyishga juda qulaydir. Pishiriqlarga yeryong'oqli pasta qo'shib yangi ta'mlar yaratish mumkin. Bizlarning eng sevimli pishiriqlarimizdan biri bu — somsalardir. Qatlamali va mazali somsalarning asosi bu xamir bo'lib, bu retseptda siz uning tayyorlanish sirlari bilan tanishishingiz mumkin. Agarda uning xamirini oldindan tayyorlab muzlatgichga solib qo'ysangiz, kutilmagan mehmon kelganida ham shoshilib qolmaysiz. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda yangi yil pishiriqlari retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Zanjabilli pechene — ommalashgan yangi yil shirinligidir. Bu pecheneni pishirishga ijodiy yondashib, yangi yil gulchambaragini yasashni taklif qilamiz. Sizga Medovik tortining oddiy retseptini taklif etamiz, klassikidan farqli o'laroq, u ko'rjlarni birma-bir yoyib chiqishni talab qilmaydi. Shirin pishiriqlarni sevuchilar, ehtimol, bolalikdagi eng mashhur lazzatlardan biri bo'lgan «Stolichniy» keksi ta'mini eslashadi. Hozir pishiriqlar tanlovi juda xilma-xil bo'lib ketganiga qaramay, ko'pchilik yana o'zlarining sevimli shirinliklarining ta'mini his qilishni istashadi. Mana bunday ko'rinishli pishiriqlar bir qarashdayoq odamni o'ziga qiziqtirib qo'yadi. Vanilli mayin biskvit va quyultirilgan sutli kremdan tashkil topgan bu shirinlik katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq. Ushbu tartning noodatiyligi shunda-ki — tart barcha sevib ulgirgan zanjabilli pechenelar bilan bezaladi. Bunday tartdan hech kim bosh tortmasligi aniq. Rezavor mevali jemga va shokoladli krem-chizga ega bunday kapkeyklar bayramni ajoyib va unutilmas qila oladi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Rosselxoznadzor 18 dekabrdan boshlab Rossiyaga O'zbekistonning Farg'ona viloyatidagi yettita korxonadan pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berdi, deb xabar qildi idora matbuot xizmati. Qayd etilishicha, ushbu korxonalar mahsulotlarida 2020 yilda YeII ga a'zo davlatlarning karantin ostidagi ob'ektlar, shuningdek, pomidorning jigarrang burishgan virusi aniqlanmagan. Pomidorlarni quyidagi korxonalarga olib kirishga ruxsat beriladi: Qalampirni olib kirishga ruxsat berilgan korxonalar: «Ushbu qaror O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqarish maydonlarini o'rganish va respublikaning ko'rsatilgan mintaqasidagi issiqxonalarning holatini tahlil qilish natijalari to'g'risida berilgan ma'lumot asosida qabul qilindi», deyiladi xabarda. Farg'ona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirishga taqiq 26 noyabrdan joriy qilingan edi. | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda karamdan tayyorlangan mazali va foydali salatlar ro'yxatini taqdim etadi. Qizil boshli karam va rukkoladan tayyorlaniladigan yengil va foydali salat vitaminlarga juda ham boy bo'lib, ko'pchilikka yoqishi aniq. Bodring va karamli salat Bu salatga xohlagan mahsulotlardan solib, salatni yanada mazaliroq qilish mumkin. Masalan, yashil no'xat, makkajo'xori yoki pomidor. Asosiysi, nima solsa ham bu salat juda xushta'm chiqadi. «Koul Slou» bu karamdan tayyorlanadigan amerikancha salat bo'lib, uni asosan burgerlar va grillda pishirilgan go'sht bilan tanovvul qilishadi. Bir necha daqiqani oluvchi karam va pomidordan ajoyib salat . Bunday salatni tushlikka yoki kechki ovqatga tayyorlang va iste'mol qiling. Meksikancha salat yozgi ratsion uchun juda qo'l keladi. Juda yorqin va ishtahaochar bu salat vitaminlarga boyligi bilan sizni xursand qiladi. Konservalangan loviya va makkajo'xoridan tayyorlaniladigan salat juda to'yimli bo'lib, ovqat o'rnini ham bemalol bosa oladi. Sabzavotlardan tayyorlangan bu salat nafaqat foydali, balki juda yengil va lazzatli ta'mda chiqadi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda siz hech ham tayyorlab ko'rmagan 7 ta noodatiy desert retseptlarini taqdim etadi. Zefirni uy sharoitida tayyorlash mumkin bo'lsa kerak deb biror marta o'ylab ko'rganmisiz? Zira bilan hamma narsani uddasidan chiqasiz. Buning uchun biroz sabr va vaqt bo'lsa kifoya, qarabsizgi ajoyib shirinlik dasturxoningizga ko'rk bag'ishlaydi. Keyk-pops — shokoladli glazur bilan qoplangan, tayoqchaga tiqilgan biskvitli koptokchalar bo'lib, bunday ajoyib desertni tanavvul qilish hech kimga qiyinchilik tug'dirmaydi. Ularni hatto yo'lda ham iste'mol qilish mumkin. «Ptiche moloko» torti «Ptiche moloko» torti — ancha yillardan beri sevimli bo'lib kelayotgan shirinliklardan biri hisoblanadi. Uning tez va oson tayyorlanilishiga esa ko'pchilikning ishongisi kelmaydi. Tayoqchali merenga bezesi Umuman olganda bu shirinlikni qandolatchilar uchun haqiqiy topilma desak bo'ladi. Ular tayyorlanish jihatidan oson, lekin o'z qonun qoidalariga ega. Pechene «Yurakchali odamchalar» Pechenelar juda oddiy va mazali bo'lib, ularni tayyorlash uchun faqatgina odamcha va yurakcha shaklidagi kesish uchun mo'ljallangan qolipchalar kerak bo'ladi. Ha-ha, bu sizni kuldiradigan yoki o'yga soladigan o'sha pechenelar . Bu yerda sizning bashoratlar haqidagi g'oyalaringiz umuman chegara bilmaydi. Masalan, siz insonlarga biron-bir yaxshi tilaklardan tilashingiz ham mumkin. «Yurakcha» torti Harflar yoki raqamlar ko'rinishadagi tortlar ommaviy urfga aylangan tortlar hisoblanadi. Ular Isroillik pazanda-qiz Adi Klingxofer sharafi bilan shunday mashhur bo'lib ketdi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
13 iyun kuni Oliy va maxsus o'rta ta'lim vazirligi talabalar o'qishni ko'chirishi onlayn tarzda, transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshirilishi haqida xabar bergan edi. Arizalar 15 iyuldan beshinchi avgustgacha qabul qilinadi. Ariza topshirishdan oldin kerakli hujjatlarni tayyorlash maslahat beriladi: jpg, jpeg, png, pdf elektron formatida pasport nusxasi , akademik ma'lumotnoma yoki reyting daftarchasi yoki transkript talab etiladi. Bundan tashqari, asos bo'luvchi qo'shimcha hujjatlar nusxasini yuklash mumkin. «Gazeta.uz» o'qishni boshqa OTM yoki fakultetga ko'chirish bo'yicha qo'llanmani taqdim etadi. Ariza topshirish jarayonini boshlash uchun, foydalanuvchi transfer.edu.uz saytiga kiradi va «Ro'yxatdan o'tish» tugmasini bosadi. Paydo bo'lgan ro'yxatdan o'tish sahifasida telefon raqami, elektron pochta manzili va maxfiy parol o'rnatiladi. «Yuborish» tugmasi bosiladi. So'ngra, ko'rsatilgan telefon raqamiga maxsus tasdiqlash SMS-kodi keladi, uni besh daqiqa ichida kiritish kerak. Ro'yxatdan o'tish jarayoni «Ariza topshirish» bo'limida boshlanadi. «Maqsad» punktida «O'qishni ko'chirish» tanlanadi. Fuqarolik bo'limida foydalanuvchi kerakli davlatni tanlaydi, namuna uchun suratda «O'zbekiston Respublikasi fuqarosi» tanlandi. O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti asosida ma'lumotlar to'ldiriladi: seriya, raqam va JSHSHIR. JSHSHIR raqam namunasi. Foto: Uzimei.uz Kiritilgan pasport ma'lumotlari asosida tizim avtomatik tarzda foydalanuvchining familiyasi, ismi, sharifi, jinsi va tug'ilgan sanasini aniqlaydi. Foydalanuvchi tomonidan yashayotgan davlat, viloyat, tuman va manzil kiritiladi. Ta'lim to'g'risida ma'lumot to'ldirish namunasi. Bu bosqichda foydalanuvchi ayni paytda ta'lim olayotgan ta'lim muassasasi haqida ma'lumotlar kiritadi: muassasa joylashgan davlat, nomi, ta'lim shakli, ta'lim turi, o'qishga kirgan yil, ta'lim yo'nalishi, kurs. «Keyingisi» tugmasi bosilib keyingi bosqichga o'tiladi. So'nggi bosqichda ko'chirish maqsad qilingan ta'lim muassasasi ko'rsatiladi. Ko'chirish maqsad qilingan ta'lim muassasasi ayni paytda ta'lim olinayotgan OTMga yo'nalishi va mutaxassisligi bo'yicha to'g'ri kelishi kerak. O'qishni ko'chirishni rejalashtirganlar uchun eslatma: qaysi yo'nalishlarda ko'chirish mumkin va qaysilarida mumkin emas. Foto: Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Telegram kanali, @eduuz Maqsad qilingan ta'lim muassasasi «Ta'lim muassasasi» punktida tanlanadi, suratdagi namuna — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. Ta'lim shakli, ta'lim turi, yo'nalishi (fakultet, namuna — kompyuter injiniringi) tanlanadi. So'ngra, o'qishni ko'chirish sababi ko'rsatiladi. Bir muassasa ichida faqat fakultetni ko'chirish uchun «Ta'lim ma'lumotlari» va «O'qishni ko'chirish» bo'limida bir xil OTM va ko'chirish maqsad qilingan fakultet ko'rsatiladi. Ma'lumotlar kiritilib bo'lingach, kerakli hujjatlarni taqdim qilish kerak: jpg, jpeg, png, pdf elektron formatida pasport nusxasi , akademik ma'lumotnoma yoki reyting daftarchasi yoki transkript talab etiladi. Bundan tashqari, ko'chirish sababiga asos bo'luvchi qo'shimcha hujjatlar nusxasini yuklash mumkin, ular asosida o'qishni ko'chirish komissiyasi qaror qabul qilishi mumkin. Fayllar yuklanib bo'lgach, «Ushbu ko'chirish tartibi bilan tanishib chiqdim» punktida rozilik belgisi qo'yiladi. Ro'yxatdan o'tish yakunlandi. Ariza «Mening arizam» bo'limida joylashgan. Agar foydalanuvchi arizasida xatolik aniqlasa yoki boshidan boshlashni xohlasa, buni «Arizani tahrirlash» bo'limida amalga oshirish mumkin. Arizalar beshinchi avgustga qadar qabul qilinadi . Beshinchi avgustdan 30 avgustgacha arizalar ko'rib chiqiladi va fuqarolarga javob xati yuboriladi. | advice |
26 iyul kuni Telegram messenjerining mobil ilovalari 6.3 versiyasiga yangilandi . Android va iOS foydalanuvchilari uchun bir qator o'zgarishlar taqdim etilgan: videoavatarlar, ikki gigabaytgacha fayllar almashuvi, yangi chatlarni avtomatik tarzda arxivlash, foto va videolar tahrirlash menyusida yuzni yaxshilash, yangi musiqa pleyeri va, eng ko'p kutilgan yangilik hisoblangan, videoko'ng'iroqlar. Avval Gazeta.uz muharrirlari videoqo'ng'iroqlarni beta-versiyada sinovdan o'tkazgan edi . Ayni paytda uni faqatgina iOS foydalanuvchilari sinov tariqasida ishlatishlari mumkin. Undan foydalanish uchun qo'yidagi amallarni bajarish kerak: Videoqo'ng'iroq orqali bog'lanmoqchi bo'lgan foydalanuvchida ham ushbu amallar bajarilgan bo'lishi kerak. Videoqo'ng'iroqlarni yoqish namunasi. Video: Beta Info Telegram-kanali Telegram Android/iOS 6.3 va Telegram Desktop 2.2.0 versiyalari endilikda videoavatarlani qo'llab-quvvatlaydi. Endi profil rasmi nafaqat statik surat, balki videorolik ham bo'lishi mumkin. Video maksimal davomiyligi — 10 soniya. Shuningdek, videoga turli xil effektlar o'rnatish va statik avatar sifatida ishlatiladigan kadrni tanlash mumkin. Videoavatarlar ishlashi namunasi. Video: Beta Info Avval messenjerda faqat 1.5 gigabaytgacha bo'lgan fayllarni yuborish mumkin edi. Endilikda bu cheklov ikki gigabaytgacha oshirildi. «Maxfiylik va xavfsizlik» bo'limida yana bir funksiya paydo bo'ldi. U sizning kontaktlar ro'yxatingizda bo'lmagan foydalanuvchilardan kelgan xabarlarni avtomatik tarzda chatlar arxiviga joylashtiradi. Va ulardan kelgan xabarlar ovozsiz bo'ladi. Foydalanuvchi ularni arxivdan chiqarmaguncha, chatlar u yerda qoladi. Sozlamani faollashtirish uchun «Nastroyki» (Sozlamalar) — «Konfidensialnost» (Maxfiylik) — «Archive and Mute» (Arxivlash va tovushni o'chirish) punktini faollashtiring. Foto: Beta Info Odam yuzi mavjud bo'lgan foto va videolarni tahrirlash vaqtida yuz terini yaxshilash funksiyasi paydo bo'ldi. Foto: Telegram Blog Telegram Andoid 6.3 versiyasida musiqa pleyerining dizayni yangilandi. Foto: Telegram Info Bundan tashqari medifayllar chatlar ro'yxatida kichik miniatyura shaklida ko'rinadi. Messenjerning Android versiyasida video tahrirlash menyusida videolarni qisqartirish va burish mumkin, masalan: vertikal videoni gorizontal holatga keltirish. | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda hayit bayrami uchun pishiriqlar ro'yxatini taqdim etadi. Ko'katli qatlama Qizartirib qovurilgan qarsildoq qavatli xamir va issiq choyga hech kim befarq qolmaydi. Bunday mazali qatlamalar dasturxondan tez g'oyib bo'la boshlashadi. Kabob-somsa Og'izda eriydigan yumshoq xamir , xushbo'y asosi va taomning antiqa ko'rinishi bayram dasturxoningiz ko'rkiga ko'rk bag'ishlaydi. Sabzavotli somsa Qarsildoq qatlamali xamiri va sersuv asosi. Ushbu retsept barchaga yoqishi aniq, chunki u juda oson tayyorlanadi, qolaversa juda mazali. «Parmuda» somsasi Bunday somsani uyda tayyorlash juda oson. Ularni odatda tandirda tayyorlashlariga qaramay, gaz pechida tayyorlasa ham juda mazali bo'lib chiqadi. Gaz pechida pishirilgan go'shtli belyashilar Xamiri yumshoq va juda mazali, asosi esa sersuv va xushbo'y bo'lib pishadi. Taomni mazasiga tan berishingiz uchun uni bir marotaba tayyorlab ko'rishingizning o'zi kifoya. Shokoladli profitrolilar Ushbu shokoladli pirojniylar bayram stolini bezab, shirinlik va shokoladga befarq bo'lmagan isnonlar uchun ajoyib desert bo'la oladi. Tez tayyorlanadigan tvorogli pirog Ushbu pirogni hattoki boshlang'ich pazandalar ham tayyorlay oladilar. Tvorogli pirogni tayyorlash uchun sizdan kam vaqt va kuch ketadi. Gaz pechida pishirilgan qush tili Bu — yog'da qovurilib pishgan yuqori kaloriyaga ega qush tilining butkul teskarisi. Shunga qaramay u maza va qarsildoqlikda yog'da qovurilganidan qolishmaydi. Shokoladli glazur bilan bezatilgan yong'oqli pishiriqlar Bunday shirinlik ajoyib ko'rinishi bilan har qanday dasturxonga ko'rk bag'ishlabgina qolmasdan, ta'mi bilan ham ko'pchilikning qalbidan chuqur joy egallaydi. «Napoleon» torti Eng mazali va chiroyli pishiriqlardan biri bu Napoleon torti bo'lib, u bayram yoki tadbirlarda dasturxon bezagiga aylanishi shubhasizdir. Juda yumshoq asalli tort (Medovik) Aynan mana shu retsept bo'yicha tayyorlangan «Medovik» torti mayin va ajoyib bo'lib pishadi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda kechki ovqat uchun eng mazali taomlar retseptlarini taqdim etadi. Uy sharoitida ham bunday taom tayyorlash juda oson bo'lib, buning uchun faqatgina — qozon, go'sht, va sabzavotlar, asosiysi juda ham kam vaqt kerak bo'ladi. Xushbo'y, qaynoqina kartoshka va go'sht bilan tayyorlangan jarkop juda to'yimli taomlarimizdan biri hisoblanadi. Bunday ko'rinishdagi yegulik kattayu kichikka birdek manzur bo'lib, bayram va har kunlik dasturxonni bezab turadi. Bu taom juda to'yimli bo'lib, tez tayyorlanishi va ajoyib ta'mi tufayli kechki ovqat uchun juda to'g'ri tanloav bo'la oladi. Bu taom nafaqat mazali, balki ishtaha ocharligi sabab ham, uni bayram dasturxonlarida tayyorlashingiz ham mumkin. Kechki ovqat uchun tez tayyorlaniladigan ushbu toblatma ajoyib ta'mi bilan barchaga yoqishi aniq. Sabzavotlar va rayhonning xushbo'y hidi esa yaqinlaringizning ishtahasini ochishi turgan gap. Guruch va sabzavotlar bilan pishirilgan tovuqli taom Sabzavotlar va tovuq solib pishirilgan guruchli taom juda to'yimli bo'lib, issiqligida ham, ertasi kuni isitib yeyishga ham juda qulay. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda tez tayyorlanadigan juda mazali salatlar retseptlarini taqdim etadi. Loviya va suxariklardan qilingan salat Yengil va nafis ko'rinishli bu salat har qanday dasturxonga fayz bag'ishlashi shubhasiz. Maroqandcha pomidorli salat Eng oddiy masalliqlardan oliy ta'mli salat retsepti. Ba'zi bir ziravorlar solinishi sababning ta'mi salat betakror bo'ladi va bir necha daqiqa ichida tayyorlaniladi. Oddiy ozdiruvchi salat Sabzavotlardan tayyorlanilgan bu salat juda yengil bo'lib, ozdirish xususiyatiga ham ega. Qisqichbaqa tayoqchalardan mazali salat Bir vaqtning o'zida ham qarsildoq va mayin ta'mni o'zida aks ettiruvchi bu salat kechki taom uchun ham bayram stoli uchun ham ajoyib tanlov bo'la oladi. «Mujskoy kapriz» salati Mujskoy kapriz salati resatoranu kafelarda eng ko'p buyurtma beriladigan, ko'pchilikka sevimli bo'lgan salatlaridan biridir. Bunday salatni uyda tayyorlash ko'pi bilan 15 daqiqa vaqtingizni oladi. Meksikancha salat Meksikancha salat yozgi ratsion uchun juda qo'l keladi. Juda yorqin va ishtahaochar bu salat vitaminlarga boyligi bilan sizni xursand qiladi. «Smak» salati Bu salat uncha ko'p masalliqlarni talab qilmaydi, unga kerakli mahsulotlar deyarli hammaning muzlatgichidan topiladi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda juda mazali va to'yimli nonushtalar retseptlarini taqdim etadi. Suluguni solib pishirilgan sirniklar Pishloq qo'shiladigan, shirin bo'lmagan mana bunday sirniklarni kechqurun tayyorlab qo'yib, muzxonada saqlansa, nonushtaga pishirib iste'mol qilish mumkin. Tovada pishirilgan pishloqli xachapuri Agar kechki payt ozroq harakat qilib, xamir qorib, pishloqli xachapurilarni tugib, muzlatkichga yuborsa, nonushtaga issiqqina to'yimli nonchalar iste'mol qilish mumkin. Yeryong'oq va bananli batonchalar Faqatgina 3 xil mahsulotdan tayyorlanadigan ushbu batonchalarni germetik yelim qog'ozga solib, 4−5 kun sovutkichda, 2 oygacha muzlatkichda saqlash mumkin. Piyozli qatlamalar Piyozli qatlama bu ham non, ham pishiriq o'rniga iste'mol qilsa bo'ladigan juda mazali va to'yimli yegulik hisoblanadi. Uni kechqurun tayyorlab, ertalab issiq choy bilan iste'mol qilishga nima yetsin. Sosiskali bulochkalar Tayyor xamirdan tayyorlangan sosiskali bulochkalar vaqtingizni chinakamiga tejashi aniq. Ularni kechqurun o'rab, muzlatkichga qo'yib, tongda esa pishirib, dasturxonga qo'ysa bo'lgani. Foydali nonushta — bankadagi mazali suli yormasi Juda mazali, ham foydali xususiyatlarga ega nonushta . Bundan tashqari, bunday nonushtani tayyorlashda 5 daqiqa vaqt kerak bo'lsa, ular sovutkichda 3−5 kungacha saqlaniladi. Turshakli sirniklar Turshak qo'shib pishiriladigan sirniklardan xushbo'y vanil hidi taralib turadi, quritilgan o'rik esa ularning ta'mini yanada boyitadi va mazali qiladi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli masofadan turib o'qishga majbur bo'lgan deyarli barcha bolalar uchun internet zaruratga aylandi. Ota-onalar texnologiya bolaning akademik va ijodiy muvaffaqiyatlariga, jismoniy va ruhiy salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatishidan qo'rqishlari tabiiy. Ikki farzandning otasi, restorator Pavel Georganov «Gazeta.uz» bilan bolalar foydalanayotgan internet-kontent nazorati, axborot xavfsizligi va ota-onalarning nazorati qanday ishlashi to'g'risidagi fikrlarini o'rtoqlashdi. Pavel Georganov. Foto: «Gazeta.uz». Mening qizim Yeva 12 yoshda, o'g'lim Filipp esa 9 yoshda. Qizim smartfon, planshet va kompyuterdan, kichkinam planshet va oddiy telefondan foydalanadi. Bundan tashqari, ular Smart TV orqali YouTube tomosha qilishadi, o'g'lim esa PlayStation o'ynaydi. Qizimga tug'ilgan kunida kompyuter sovg'a qildim. U pandemiyaga qadar uning ahamiyatini tushunmas edi, yaqindagina noutbukiga sho'ng'ib, internet bilan tanishdi. Bolalarga ma'lum yoshgacha smartfonlar kerak emasligiga ishonchim komil. To'qqiz yoshli bolaga oddiy aloqa vositasi bo'lgan joyda smartfon nimaga kerak? Smartfon olib berish uchun qilinadigan barcha iltimoslar sayr qilish o'rniga undagi o'yinlarni o'ynash va YouTubedagi videolarni tomosha qilish uchun aslida. Hozircha negaligini tushunmasamda, biroq o'g'lim 12 yoshga to'lganida unga smartfon kerak bo'lar, deb taxmin qilayapman. Ba'zan men bilan bog'lanishi zarur bo'lib qolganida aloqa bo'lmay qolishi mumkinligini o'ylayman. Ammo ko'pincha biz o'zimiz uchun buni o'ylab chiqaramiz. Bolalarning qayerdaligini bilish uchun menda alohida GPS-trekerlar — kuzatuvchi moslamalar bor. Ularni cho'ntakka solib qo'yish yoki kalitlarga osib qo'yish mumkin, ammo hozircha men ulardan foydalanmayman. Bizning oilada planshetlar, smartfonlar va kompyuterlar (kichik ekranlar) uchun bolalarga kuniga jami uch soat ajratilgan. Karantin paytida men ularning PlayStationda o'ynash va televizorda YouTube tomosha qilishlari uchun vaqtni cheklamayman, ammo bu ularning 20 soatlab televizor tomosha qilishlari yoki o'yin o'ynashlari mumkinligini anglatmaydi. Farzandlarimning nima bilan shug'ullanishlarini yaxshi bilaman, chunki men ko'p vaqtimni ular bilan o'tkazaman. Bolalarning o'qishi boshlanganida, o'qishdan tashqari internetdan foydalanish kuniga uch soat bilan cheklanadi. Bundan tashqari, maktab paytida ular o'z qurilmalaridan faqat ertalab soat 7 dan kechki 10 gacha foydalanishlari mumkin. Farzandlarim o'z vaqtlarini to'g'ri taqsimlashni, vaqtning har bir oralig'idan zavqlanishlarini va telefonsiz zerikib qolmasdan, usiz dam olishni o'rganishlarini istayman. Aks holda, hayot qulayliklariga to'yguncha o'rganib qolib, oddiy qiyinchiliklarni ham yengib o'tishlari mushkul bo'ladi. Ko'rish qobiliyatim susayganidan so'ng men bolalarni nazorat qilish haqida o'ylay boshladim. Ko'ryapmanki, bolalar birinchi va ikkinchi sinfdaliklarida ko'zoynak taqib yurishyapti. Farzandlarim uchun bu holatni kechiktirishni juda xohlayman, shuning uchun, men ularni kichik ekranlar bilan tanishishlarini iloji boricha kamaytirishga va ulardan foydalanish vaqtini cheklashga harakat qilaman. Ota-ona nazorati deganda quloqqa yomon eshitilishi mumkin, ammo uni hammamiz qo'llashimiz kerak. Bu bolalarni band qilayotgan internet manbalar kontentining odob chegarasidan o'tmasligini nazorat qilish va cheklashga imkon beradi. Bu telefonni titkilash emas, balki bolalar xavfsizligi va ularning nimalar bilan band ekanligini tushunishdir. Ota-onalar nazorati uchun qo'shimcha qurilmalarni o'rnatishga hojat yo'q. Belgilangan qurilmalar uchun internetdan foydalanish vaqtini, uning qamrov zonasida cheklovlar bo'lsada, internet-router orqali nazorat qilish usullari ham mavjud. Ota-onalar nazorati telefonlarda mavjud. Faqatgina qo'shimcha ilovalarni o'rnatish kerak, xolos. Ular bepul. Android va iOS operatsion tizimlarida ota-onalar nazorati uchun o'zining ilovalari mavjud. Hatto bola va uning ota-onasi turli operatsion tizimlardan foydalanayotgan bo'lsalar ham ota-onalar nazoratini o'rnatish mumkin. Masalan, men Android-telefonidan foydalanaman, kompyuterim esa Windows operatsion tizimida ishlaydi. Qizimning smartfonini iCloud orqali boshqaraman. Agar ota-onaning barcha qurilmalari iOSda, bolada esa Android bo'lsa, unda Apple Android qurilmalarini boshqarish uchun IPhone ning 9 yoki undan yuqori versiyalarida Google Family Link ilovasini o'rnatishga imkon beradi. iOS da ota-onalar nazoratini o'rnatish uchun sozlamalarda «Screen time» («Ekran vaqti»)ni yoqishingiz kerak. Bu haqida batafsil ma'lumot Apple kompaniyasining qo'llab-quvvatlash saytida keltirilgan. Androidda ota-onalar nazoratini sozlash uchun Google Family Link (ota-onalar uchun ) ilovasini yuklab olish, so'ngra bolalarning qurilmalariga Google Family Link ( bolalar uchun ) ilovasini o'rnatish kerak. Ota-onalar bolalarning qurilmalaridan kelgan kod raqamini oladi, bola to'g'risidagi asosiy ma'lumotlarni kiritadi. Shunda telefonning barcha funksional ilovalariga kirish imkoni paydo bo'ladi. Ota-onalar nazorati ilovalari Google-akkauntga yoki Apple IDga bog'lanadi. Shunga ko'ra, ushbu nazorat ma'lum operatsion tizimda ishlayotgan bola akkauntidan kirilgan barcha qurilmalarga tegishli. Agar bola boshqarilayotgan qurilmada yangi akkaunt yaratmoqchi (ochmoqchi) bo'lsa, ota-onalarga xabar keladi, biroq, mazkur jarayon boshqarilmayotgan qurilmada amalga oshirilsa, unda ota-ona bu haqida bilmaydi. Ammo bugungi kunda barchamiz o'z akkauntlarimizga bog'liqmiz. Androidda ota-onalar nazorati imkoniyatlari juda keng. U bolaning telefonini qayerda bo'lishidan qat'i nazar uni bloklash va blokdan chiqarish, bolaning qayerda ekanligini va «harakatlar» tarixini ko'rish imkonini beradi. Bolaga smartfondan foydalanish uchun qo'shimcha vaqt berish, kimlarga qo'ng'iroq qilishi mumkinligini tanlab berish mumkin. Telefonni avtonom boshqarish uchun, albatta, internet yoqilgan bo'lishi kerak. Shu yo'sinda, ota-onalar nazorat tizimiga o'zgartirishlar kiritishlari va xabarlarni qabul qilishlari mumkin. Ikkala operatsion tizim ham yosh chegarasini sozlashga imkon beradi, shunda bola «market»da katta yoshdagi auditoriya uchun mo'ljallangan dasturlarni ko'rmaydi. Mening roziligimsiz bolalar biror bir dasturni smartfon yoki planshetga o'rnatolmaydilar. Menga ilovani o'rnatish haqida so'rov keladi va men qaror qabul qilaman. Xabarlarni ko'rish uchun o'rnatilgan funksiyalar mavjud emas. Bu kuzatuv tizimi emas va bu eng to'g'risi. Men bolalarning yozishmalarini o'qimayman, chunki men ular bilan do'st bo'lishga urinaman. Men qidiruv tizimidan bolalar qaysi ma'lumotni qidirganliklarini kuzatmayman, biroq buni ham amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, qidiruv tizimiga kiritilayotgan so'zlarni va ularning hosilalarini qidirish uchun filtrlarni o'rnatish mumkin. Mening bolalarim Smart TVdan tez-tez tomosha qiladigan YouTube kontenti Apple IDga yoki Google akkauntga bog'langan «qayd yozuvi» orqali boshqariladi. PlayStation kontentida bolalarim uchun cheklovlar yo'q, chunki hamma narsani o'zim nazorat qilaman. Ularning o'zlarining akkauntlari yo'q. Ammo bu, bolalar akkauntini yaratish mumkin emasligini anglatmaydi. PlayStationda akkaunt sozlamalari kompyuter sozlamalariga o'xshash. Oldin ma'mur (administrator) akkauntini, so'ngra esa bolalar akkauntini yaratish kerak. Tizim yoshi, o'ynash mumkin bo'lgan vaqt oralig'ini va bir kunda necha marotaba o'ynash mumkinligi cheklovlarini qo'yishga imkon beradi. Farzandlarim ijtimoiy tarmoqlarda ro'yxatdan o'tmagan. Faqatgina Yevada kuniga internet uchun ajratilgan uch soat vaqtdan 65 daqiqa TikTok uchun vaqt bor. Menimcha, bu unga ijodiy rivojlanishi uchun foydali. Qizim tug'ilgan kunida Instagramda ro'yxatdan o'tish uchun sovg'a sifatida ruxsatimni so'rayapti. Oldinlari yoshini inobatga olgan holda unga ruxsat bermas edim. Yaqinda 13ga kiradi, bu esa ushbu ijtimoiy tarmoqlarning qoidalariga ko'ra, ulardan foydalanishi mumkinligini anglatadi. Ammo men 16 yoshga qadar kutishga qaror qildim. Instagram sun'iy hayot haqidagi taassurotni yaratadi, hayotning qiymati to'g'risidagi tushunchalarni o'zgartiradi va ijtimoiy tarmoqning kontentini tanlash orqali odamda o'ziga nisbatan ishonchsizlik uyg'otadi. Yoziladigan izohlarni esa gapirmasa ham bo'ladi. Menimcha, bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan himoya qilish kerak. Ularda shafqatsizlik haddan ziyod ko'p. U hatto eng beozor narsalarda ham yashiringan. Hatto kattalar ham izohlarda qoldiriladigan haqoratli so'zlarga har doim ham tayyor emaslar. Bolaga esa bu holat jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Yeva Instagramdagi shafqatsizliklar haqida biladi, lekin men unga tushuntirishga harakat qilib, nimani nazarda tutayotganimni tushunmaydi. Uning aytishicha, u oqni qoradan ajrata oladi. Ammo u 12 yoshda va bu mening tushuntirishlarimni u o'zicha tushunayotgan vaziyat. Qizimda Telegram faqat uning kompyuteriga o'rnatilgan, chunki katta ekranda o'qish osonroq. Men bilan bog'lanish uchun WhatsAppdan foydalanadi, chunki u O'zbekistonda kamdan-kam hollarda ishlatiladi va qizimda doimiy yozishish imkoniyati yo'q. Ota-onalar nazorati tufayli bolalarning ma'lumotlari tarqalishi xavfi yo'q, chunki u ma'lum qurilma yoki akkauntga bog'langan. Boladan unga ikki yoki uchta noqulay savollarni berib, kerakli ma'lumotlarni olish qiyin bo'lmaydi. Bunday hollar ko'pincha firibgarlar bilan sodir bo'lib turadi. Shuning uchun men bolalarni axborot xavfsizligiga o'rgata boshlayapman. Masalan, qaysi davlat yoki shahardan ekanligini aytishning hech qanday yomon tomoni yo'qligini tushuntiraman. Ammo ism yoki manzilni aytish ortiqcha bo'ladi. Biroz keyinroq moliyaviy, jinsiy va boshqa firibgarliklar borligini tushuntiraman . Ota-onalarning raqamli nazorati — tarbiyaning ajralmas qismidir. Ammo bular bir-birining o'rnini bosadigan narsalar emas. Albatta, bolalarim men kontentni nazorat qilishimni bilishadi. Bu haqda aytish kerak, chunki rostgo'ylik hamma narsaning asosidir, ammo ko'pincha bu narsa qiyin kechadi. Yaxshi xabar shundaki, bu jarayon faqatgina bolalar katta bo'lgunga qadar juda qiyin. Ehtimol, bolalar 16 ga to'lganida ota-ona nazoratini olib tashlashga majbur bo'larman. Bu yoshga qadar, men internetning imkoniyatlarida ko'p narsalar ortiqcha ekanligini tushuntirishga va ma'lumotlarni ajratadigan didni tarbiyalashga harakat qilaman. Ota-ona nazorati o'rnini bosishi kerak bo'lgan narsa — bu do'stlikdir. Bolalar bilan do'stlik hamma narsani hal qiladi. Ularga biror narsa tushunarsiz bo'lsa, mendan maslahat so'rab kelishadi. Men hamma narsani tushuntiraman va bu ularga men bilan teng sharoitda bo'lishlariga imkon beradi. Men qo'rquv uyg'otadigan oila boshlig'i emasman, balki boshqacha oila boshlig'iman. Men ko'p narsani taqiqlamayman, lekin bolalardan meni oldimda ba'zi narsalarni tinglamasliklari yoki tomosha qilmasliklarini so'rashim mumkin. Taqiqlar bolaning taqiqlangan narsalarga yanada ko'proq singishga harakat qilishiga olib keladi. Men o'z farzandlarini bilmaydigan ota emasman. Biz bir-birimizning hayotimizda bormiz. Bolalarning hayoti va sog'lig'i uchun xavfli jamoalarga kirishlari uchun o'z farzandini bilmaslik kerak. O'z farzandini qanday qilib bilmaslik mumkin? | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda qish mavsumi uchun tayyorlab qo'ysa bo'ladigan yeguliklar ro'yxatini taqdim etadi. Qishga salat: pomidorli qaylada pishirilgan baqlajonlar Baqlajonli salat qishga yopib qo'yishga ajoyib retsept hisoblanadi. Baqlajon va pomidorlarning uyg'unligi esa ajoyib ta'mni kasb etadi. Uyda tayyorlanilgan lecho Lecho — yorqin ko'rinishga ega, yozda pishadigan barcha mazali sabzavotlarni o'zida mujassam etgan yegulik hisoblanadi. Lechoni issiq non bilan yeyish, ovqatlarga qo'shimcha gazak sifatida tortish mumkin. Qishga sabzavotli aralashmalarni muzlatib qo'yish Muzlatilgan sabzavotlar qish faslida mazali taomlardan bahramand bo'lish uchun ajoyib yegulik sanaladi. Muzlatish jarayonida sabzavotlardagi vitaminlar va minerallar saqlanib qolib, ta'mini ham o'zgartirmaydi. Paketga solingan sabzavotlarni muzlatgichdan olasiz va qozonga solasiz, qarabsizki mazali taom tayyor. «Tayyor sotuvdagidek ta'mli» qovoqchali ikra Qovoqchali ikra — qishga g'amlab qo'yish uchun ajoyib yegulik, u huddi sotuvdagidek mazali chiqishi uchun faqatgina retseptga rioya qilinsa bo'lgani. Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlanilgan qayla Baqlajon va qizil bulg'or qalampirlaridan tayyorlaniladigan bunday qayla , quyuq bo'lib, go'shtli taomlar bilan iste'mol qilishga juda yaxshi. Baqlajonli ikra Baqlajonli ikra ko'pchilikning eng sevimli yeguliklaridan biri bo'lib, deyarli hamma uni qishga yopib qo'yishga harakat qiladi. Baqlajonli ikraning eng ishonchli, shu bilan birga mazali retseptini taqdim etamiz. Yong'oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli aralashma (miks) Sovuq qish faslida immunitetni ko'tarib, viruslarga qarshi kurashuvchanlikni oshirishda yong'oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli « koktel » yordam beradi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil bulochkalar retseptlarini taqdim etadi. Yumshoq, nihoyatda xushbo'y va mazali bo'lmish sarimsoq piyozli bulochkalarni endilikda taomlar bilan birga tortishingiz mumkin. Beygllar bu isroilcha bulochkasimon pishiriq bo'lib, nonushtalarini xilma-xil qilishni xohlovchilarga juda qo'l keladi. Yurakchasimon bulochkalar juda yumshoq bo'lib, ta'mi ham juda yoqimlidir. Ularni tayyorlash juda oson bo'lib, unchalik ko'p masalliqni ham talab qilmaydi. Tvorogli bulochkalar — ajoyib ko'rinishga ega, uyda tayyorlash mumkin bo'lgan eng mazali pishiriqlardan biri bo'lib, tayyorlash jarayoni umuman qiyinchilik tug'dirmaydi. Nafis ta'm va xushbo'y isga ega yeryong'oqli bulochkalardan siz ham pishirib ko'ring va oila a'zolaringizni bir dasturxon atrofiga jamlang. Ko'pchilikka jemli yumshoqina bulochkalar bolaligini eslatib yuborsa ajab emas. Bunday bulochkalarni xohlagan jem yoki murabbola bilan tayyorlash mumkin. Pishloq va ko'katli bulochkalarni tayyorlashda faqatgina bitta muammoga duchor kelasiz, u ham bo'lsa ular pishgandan so'ng bir pastda tugab qolishidir. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil kotletlar va ular uchun garnirlar ro'yxatini taqdim etadi. Kotletlarni pomidor va pishloq bilan pishirib, taomnomangizga xilma-xillik kiriting. Ushbu taom juda mazali va to'yimli bo'lib, uni istagan garnir bilan dasturxonga tortsa bo'ladi. Sersuv va mazali kiyevcha kotletlar , oddiy kotletdan qiymadan emas, savalangan tovuq filesidan tayyorlanganligi bilan ajralib turadi. Uni tayyorlash oson bo'lib, sizdan ko'p vaqt talab qilmaydi. Baliq go'shtidan tayyorlangan kotletlar juda mazali bo'lib, shu bilan birga ular juda parhezbop taom hamdir. Kartoshkali kotletlar — juda ajoyib ko'rinishdagi yegulik bo'lib, ularni asosiy taom sifatida ham, taomga qo'shimcha garnir sifatida ham tortish mumkin. Bunday kotletlarga juda oddiy masalliqlar sarflanilsa ham, ta'mi esa juda mazalidir. Mol go'shtidan tayyorlanilgan kotletlar , ko'pchilikning sevimli taomi sanaladi. Kotletlarni tayyorlash unchalik ham qiyin emas, faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi mehr bilan pishirish. Bunday yegulikni go'shtli taomlar, kotletlar yoki shunchaki qaylaning o'zi bilan ham birga tortish mumkin. Agarda siz garnirlarga rang-baranglik kiritmoqchi bo'lsangiz, unda sabzavotlardan tayyorlaniladigan bu mazali salat juda qo'l keladi. Taomlarga qo'shimcha guruchli gazaklar har doim bir xil bo'lsa, darrov me'daga tegishi aniq. Shu sababli ham sizlarga sabzavotlar qo'shib pishiriladigan guruchli taomning retseptini taklif qilamiz. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Sog'liqni saqlash vazirligining o'quv-tarbiya muassasalari bo'yicha bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Inobat Ahmedova maktab o'quvchilarining immuniteti zaif bo'lishining sabablari va ovqatlanish ratsioni qay tartibda bo'lishi kerakligi haqida o'z tavsiyalarini berdi . Maktab o'quvchilaridagi immunitet zaifligiga ko'pincha vitaminlar tanqisligi, yomon uyqu va doimiy psixologik stress sabab bo'ladi. Keling, immunitetni kuchsizlantiradigan omillarni ko'rib chiqamiz. Uydagi ijobiy psixologik mikroiqlim bolalar salomatligining muhim shartidir. Siz bolaga baland ovozda gapirmasligingiz, tez-tez tanbeh bermasligingiz kerak. Maktab o'quvchisining psixologik holatini barqarorlashtirishning eng yaxshi usullari bu do'stlar bilan uchrashish, sevimli mashg'ulotlari bilan shug'ullanish, ota-onalar bilan film tomosha qilish, o'yin o'ynash va sayohat qilish kabilardir. Maktab yoshidagi bolalarining organizmi ma'lum ritmlarga moslashadi. Shuning uchun uxlash, ovqatlanish, o'ynash, yurish va mashq qilish uchun vaqt topish juda muhimdir. Immunitetni yaxshilash uchun bolani yoshligidanoq rejimga ko'niktirish yaxshiroqdir. Turli yoshlarda ertalab turish, tushlik qilish, uy vazifasini bajarish va yotishga tavsiya etilgan vaqt mavjud. Kichik maktab yoshidagi bola kechqurun soat 21:00da yotishi va ertalab soat 7:00da turishi kerak, kattaroq o'quvchilar keyinroq, soat 22:00da yotishlari mumkin. To'liq kunlik dam olish immunitetga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Uyqu paytida bola organizmidagi metabolizm tezroq bo'ladi, shuning uchun bolalar bu soatlarda yaxshi o'sadi. Maktab o'quvchilari orasida pala-partish ovqatlanuvchi bolalarning soni yildan yilga ortib boryapti. Yarim tayyor fastfud taomlar va o'quv jarayoni bilan bog'liq bo'lgan og'ir yuklama ko'pincha bolalarga zarur bo'lgan vitamin va minerallarni ovqatdan olishiga to'sqinlik qiladi. 7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan davrda bolaning tanasida bir vaqtning o'zida o'sish va o'rganish vazifalari turganini unutmaslik kerak. Bu esa ota-onadan alohida e'tibor talab etadi. Bola kuniga kamida 4 marta ovqatlanishi kerak. Soat 7:30—8:00 da nonushta (uyda, maktabga ketishdan oldin), 10:30—11:30 da maktabda issiq nonushta, 14:00—15:00 da maktabda tushlik yoki uyda 19:00—19:30 da kechki ovqat. Agar bolada ozg'inlik yoki ortiqcha vazn bo'lsa, ovqatlanishni sozlash uchun shifokor maslahati zarur. Sport bilan shug'ullanadigan o'quvchining ovqatlanishi jismoniy mashqlar hajmini hisobga olgan holda tuzatilishi talab etiladi. Yodlangan tuzni doimiy iste'mol qilish, suv ichish rejimiga amal qilish va ovqatlanish ratsionida vitaminlarga boy bo'lishi kerak. Immunitetni oshirishga tabiiy antioksidant bo'lgan asal va viruslarga qarshi samarali kurashadigan sarimsoq yordam beradi. A vitamini bilan boyitilgan sabzi va shirin kartoshkani, sitrus mevalari va brokkoli S vitamini hamda gripp va nafas yo'llarining yuqumli kasalliklariga qarshi kurashishda yordam beradigan Ye vitaminiga boy yong'oqlar, albatta, bolalar ratsionida bo'lishi maqsadga muvofiq. To'g'ri ovqatlanishni tashkil qilishdagi birinchi qadam ovqatlanish madaniyatiga rioya qilishdir. Nonushta, tushlik, kechki ovqat muntazam bo'lishi va jadvalga muvofiq bo'lishi kerak. | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda qovoqdan tayyorlanadigan pishiriqlar retseptlarini taqdim etadi. Bulochkalar gaz pechidan nozik, yumshoq va hatto quyosh kabi yorqin bo'lib chiqadi. Mazasi esa barchaga manzur kelishi aniq. Ajoyib nafis ta'm va xushbo'y hidli mana bunday keksni tayyorlash uchun qovoqdan foydalanamiz. Ammo keksda qovoqning borligi umuman sezilmaydi, ishonavering. Yumshoq va juda shirin, qovoqli pyuredan tayyorlangan rulet kremi qaymoqli pishloqdan tayyorlanilib, ta'mi chizkeykka o'xshab ketadi. Qovoqlar tugab qolmasdan bunday ruletlardan tayyorlashni tavsiya qilamiz. Qovoqdan nafaqat somsa va manti pishirish, balki juda mazali, xushbo'y va antiqa qovoqli tart ham pishirish mumkin. Qovoqli pyuredan tayyorlanilgan keks juda shirin va yumshoq chiqadi. Pishganidan so'ng uning ichiga qovoq solingan deb hech kim o'ylamasligi aniq. Qovoqli pyure solib tayyorlaniladigan ajoyib maffinlar — juda mazali, xushbo'y va yorqin bo'lib, ularni hatto kichkintoylar ham sevib iste'mol qilishadi. Juda foydali hisoblanmish mana bunday vaflilar barchaga birdek yoqishi aniq. Bunda qovoqning mavjudligi umuman sezilmay, aksincha ajoyib bir ta'm beradi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda go'shtli taomlar ro'yxatini taqdim etadi. Turkcha usulda pishirilgan no'xat Mazali va xushbo'y isga ega turk oshxonasiga mansub taom — turkcha usulda pishirilgan no'xot. Bu taom shunday natijani beradiki, bunda siz sarflagan vaqtingizga umuman achinmaymiz. Go'sht va sabzavotlar bilan dimlab pishirilgan qizil loviya Qizil loviya solib pishiriladigan bu taom juda to'yimli va foydali taom ham hisoblanadi. Go'sht Say Uy sharoitida ham bunday taom tayyorlash juda oson bo'lib, buning uchun bizga — qozon, go'sht, va sabzavotlar, asosiysi juda ham kam vaqt kerak bo'ladi. Qaymoq-pishloqli qaylada pishirilgan go'shtli taom Hildirab pishgan mana bunday ko'rinishdagi taom har qanday ob-havoda ham kayfiyatingizni ko'tarishi aniq. Bunda go'shtni kesish shart ham emas, o'zi yoyilib ketadi. Sabzavotlar bilan pishirilgan go'sht Bozor rastalari turli-tuman sabzavotlaru ko'katlar bilan limmo-lim bo'lib, bunday mazali taom tayyorlashning hozir ayni payti. Iskandar-kabob Taomning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u doim yogurt yoki nordon qayla bilan birga dasturxonga tortiladi. Bu esa go'shtning ta'mini yaqqol bildirishga yordam beradi. Gaz pechida pishirilgan qo'y kuragi Bunday usulda tayyorlangan go'sht hil-hil bo'lib pishadi va og'izda erib ketadi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda kuzgi pishiriqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Guruchli mini kurniklar Uyda tayyorlanilgan, smetanada qorilib pishgan kurniklar juda mazali va albatta to'yimli bo'lib pishadi. Boloneze pitssa-ruleti Italiyadan pitssaning oddiy retseptini qarshi oling. Oson tayyorlanadigan, mazali va o'zining noodatiy ko'rinishi bilan barchani o'ziga rom etuvchi ajoyib taom. Kartoshkali turkcha pide Turkcha pideni nafaqat go'sht bilan, balki kartoshka va pishloq bilan ham tayyorlash mumkin. Qolaversa, o'z ta'bingiz va muzlatgichda bor narsalarga qarab asosini o'zgartirishingiz ham mumkin, albatta. Qatlamali xamir va tovuqdan tayyorlangan «qopchalar» Oddiy qatlamali xamir va tovuq go'shtidan original ko'rinishdagi pishiriqlardan tayyorlash mumkin bo'lib, buning uchun ko'p vaqt ham, mablag' ham talab etilmaydi. Qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko'katli o'ramalar Tayyorlash jarayoni oddiy va tezligi sabab ham ushbu o'ramalarni bemalol ertalabki nonushtaga ham, kechki ovqatga ham tayyorlash mumkin. Pishloqli pechenelar Pishloqli pechenelar — yoshu qariga birdek yoquvchi yeguliklardan biridir. Ular har qanday taomga ajoyib qo'shimcha vazifasini o'taydi. Go'sht va karamli rasstegaylar Bu retsept asosida tayyorlangan rasstegaylar juda yumshoq bo'lib pishadi va ta'mi esa o'sha bolaligimizdagi rasstegaylarni eslatib yuboradi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
«Mazmunli karantin» loyihasi davomida sizga TED|Uzbek Language jamoasi tomonidan o'zbek tilidagi subtitrlar joylashtirilgan TED chiqishlari va TED-Ed darslarini havola qilib boramiz. Videolarda o'zbek tilidagi subtitrlar avtomat ravishda yoqilgan. Agarda o'zbek tilidagi subtitrlar chiqmayotgan bo'lsa, sozlamalar qismidan uni yoqishingiz va o'zbek tilini tanlashingiz kerak. Rik Elias aviahalokatga uchragan samolyotning oldi o'rindig'ida edi. O'shanda samolyot 2009 yil yanvarda Nyu-Yorkdagi Hadson daryosiga favqulodda qo'ngan. Samolyot qulashi davomida uning ongidan nimalar kechdi? TED platformasida u o'z hikoyasini birinchi marta ommaga oshkor qiladi. Ming yillar davomida Angliya xalqi bronzadan asboblar va zargarlik buyumlari yasashda hamda savdo-sotiq uchun pul sifatida foydalangan. Biroq miloddan avvalgi 800 yil atrofida, vaziyat o'zgarishni boshladi: bronzaning qiymati pasayib, ijtimoiy tanglik va iqtisodiy inqirozni — retsessiyani keltirib chiqardi. Xo'sh, retsessiyaga nima sabab bo'ladi? Richard Kofin zamonaviy bozorlarimizga ta'sir ko'rsatadigan iqtisodiy tebranishlar haqida ma'lumot beradi. «TED Talk» dunyoning turli burchagidagi yorqin fikr namoyondalarining ommalashuvga munosib g'oyalarini («Ideas worth spreading») almashishlari uchun yaratilgan o'ziga xos platforma vazifasini bajaradi. 1984 yili TED (Technology, Entertainment, Design) birinchi marta tashkil etilganda, unda texnologiya, san'at va dizaynga oid mavzular muhokama qilingan. Bugungi kunga kelib esa, TED doirasida dunyoning 110 tilida atrof-muhit masalalaridan tortib, san'at sohasigacha bo'lgan mavzular qamrab olingan. | advice |
«Mazmunli karantin» loyihasi davomida sizga TED|Uzbek Language jamoasi tomonidan o'zbek tilidagi subtitrlar joylashtirilgan TED chiqishlari va TED-Ed darslarini havola qilib boramiz. Videolarda o'zbek tilidagi subtitrlar avtomat ravishda yoqilgan. Agarda o'zbek tilidagi subtitrlar chiqmayotgan bo'lsa, sozlamalar qismidan uni yoqishingiz va o'zbek tilini tanlashingiz kerak. Ingliz tili juda tez sur'atlarda dunyo tiliga aylanmoqda va tarjima texnologiyalari ham yildan-yilga yanada yaxshilanib boryapti. Xo'sh, shunday bir paytda nega chet tilini o'rganishimiz zarur? Jon MakVorter, lingvist va Kolumbiya universiteti o'qituvchisi, chet tillarini o'rganish muhimligining 4 ta sababini keltiradi. Insoniyat tarixi davomida «sub'ekt» mavzusi shoirlarni qog'oz bilan qalam olishga, faylasuflarni keng maydonda bahslashishga yetaklagan. Mavhum tafakkur daryosida suzish og'ir, balki yunon tarixchisi Plutarx aynan shu sabab ham ushbu mavzuni yoritishda kema haqidagi afsonani qo'llagan. Emi Adkins Plutarxning Tesey kemasi haqidagi hikoyasini so'zlab beradi. «TED Talk» dunyoning turli burchagidagi yorqin fikr namoyondalarining ommalashuvga munosib g'oyalarini («Ideas worth spreading») almashishlari uchun yaratilgan o'ziga xos platforma vazifasini bajaradi. 1984 yili TED (Technology, Entertainment, Design) birinchi marta tashkil etilganda, unda texnologiya, san'at va dizaynga oid mavzular muhokama qilingan. Bugungi kunga kelib esa, TED doirasida dunyoning 110 tilida atrof-muhit masalalaridan tortib, san'at sohasigacha bo'lgan mavzular qamrab olingan. | advice |
«Mazmunli karantin» loyihasi davomida sizga TED|Uzbek Language jamoasi tomonidan o'zbek tilidagi subtitrlar joylashtirilgan TED chiqishlari va TED-Ed darslarini, hamda O'zbekistonda tashkillashtirilgan TEDx loyihalaridan chiqishlarni havola qilib boramiz. Xorijiy tildagi videolarda o'zbek tilidagi subtitrlar avtomat ravishda yoqilgan. Agarda o'zbek tilidagi subtitrlar chiqmayotgan bo'lsa, sozlamalar qismidan uni yoqishingiz va o'zbek tilini tanlashingiz kerak. Farhodning sog'lom o'g'li to'satdan kasallikka chalinadi. Buning sababini tushunish maqsadida ko'plab shifokorlarga murojaat qilishadi, ammo Muhammadalidagi (Farhodning o'g'li) o'zgarishlarni hech kim tushuntirib bera olmaydi. Lekin, aniqsizlik mehribon otani to'xtatib qolmaydi. Oxir-oqibat «autizm» tashxisi qo'yilgan Muhammadali otasini o'z hayotini autist bolalar huquqlari uchun kurashga bag'ishlashga undadi. Jamiyatni ijtimoiy inklyuzivlik sari o'zgartirish vaqti kelganligi haqidagi hikoya. «Tanganing ikki tarafi bor», — deyiladi maqolda. 2 daqiqa ichida Derek Sivers ushbu maqolning hayotiy ekanligini kutilmagan misollarda tasdiqlab beradi. «TED Talk» dunyoning turli burchagidagi yorqin fikr namoyondalarining ommalashuvga munosib g'oyalarini («Ideas worth spreading») almashishlari uchun yaratilgan o'ziga xos platforma vazifasini bajaradi. 1984 yili TED (Technology, Entertainment, Design) birinchi marta tashkil etilganda, unda texnologiya, san'at va dizaynga oid mavzular muhokama qilingan. Bugungi kunga kelib esa, TED doirasida dunyoning 110 tilida atrof-muhit masalalaridan tortib, san'at sohasigacha bo'lgan mavzular qamrab olingan. | advice |
«Mazmunli karantin» loyihasi davomida sizga TED|Uzbek Language jamoasi tomonidan o'zbek tilidagi subtitrlar joylashtirilgan TED chiqishlari va TED-Ed darslarini, hamda O'zbekistonda tashkillashtirilgan TEDx loyihalaridan chiqishlarni havola qilib boramiz. Xorijiy tildagi videolarda o'zbek tilidagi subtitrlar avtomat ravishda yoqilgan. Agarda o'zbek tilidagi subtitrlar chiqmayotgan bo'lsa, sozlamalar qismidan uni yoqishingiz va o'zbek tilini tanlashingiz kerak. Steysi Kramer bir qarashda xavfli va halokatli tuyuladigan hayotiy tajribaning bebaho sovg'aga aylanishi haqidagi ta'sirli hikoyani so'zlab beradi. So'z qanchalik eski bo'lsa, uning tarixi ham shunchalik uzun va qiziqarlidir. «True» so'zi qadimgi ingliz tilidan kelib chiqqan bo'lib, u «betroth» (nikohlamoq), «truce» (yarashuv) va … «tree» (daraxt) kabi so'zlar bilan bitta ildizga ega. Gap shundaki, daraxtlar chidamlilik va sodiqlik timsoli bo'lgan, va bunday ma'nolarni aynan «true» (rost) so'zi bera oladi. Jina Kuk «true» va «tree» so'zlari o'rtasidagi poetik munosabatlarni ta'riflab beradi. «TED Talk» dunyoning turli burchagidagi yorqin fikr namoyondalarining ommalashuvga munosib g'oyalarini («Ideas worth spreading») almashishlari uchun yaratilgan o'ziga xos platforma vazifasini bajaradi. 1984 yili TED (Technology, Entertainment, Design) birinchi marta tashkil etilganda, unda texnologiya, san'at va dizaynga oid mavzular muhokama qilingan. Bugungi kunga kelib esa, TED doirasida dunyoning 110 tilida atrof-muhit masalalaridan tortib, san'at sohasigacha bo'lgan mavzular qamrab olingan. | advice |
«Mazmunli karantin» loyihasi davomida sizga TED|Uzbek Language jamoasi tomonidan o'zbek tilidagi subtitrlar joylashtirilgan TED chiqishlari va TED-Ed darslarini, hamda O'zbekistonda tashkillashtirilgan TEDx loyihalaridan chiqishlarni havola qilib boramiz. Xorijiy tildagi videolarda o'zbek tilidagi subtitrlar avtomat ravishda yoqilgan. Agarda o'zbek tilidagi subtitrlar chiqmayotgan bo'lsa, sozlamalar qismidan uni yoqishingiz va o'zbek tilini tanlashingiz kerak. Ushbu qisqa maruzada, Arianna Xaffington ulkan g'oyalarni uyg'otishi mumkin bo'lgan kichkina g'oya bilan bo'lishadi. U yaxshi uyquning quvvati haqida gapiradi. Har kuni kam uxlashimizni aytib, maqtanish o'rniga, u ko'zlarni yumib, holatni butunligicha ko'rishimizga chaqiradi. To'laqonli uyqu orqali biz samaradorlikni oshirimiz, ko'proq baxtga erishishimiz va yaxshiroq qarorlar qabul qilishimiz mumkin. Agar siz tirik va to'laqonli inson bo'lsangiz, katta ehtimol bilan siz hayotingizda bir necha bor qayg'uni his qilgansiz. Lekin «qayg'u» o'zi nima va biz u bilan nimadir qila olamizmi? Kortni Stivens haligacha o'rganilayotgan bu tuyg'u va uning foydasi haqida so'zlab beradi. «TED Talk» dunyoning turli burchagidagi yorqin fikr namoyondalarining ommalashuvga munosib g'oyalarini («Ideas worth spreading») almashishlari uchun yaratilgan o'ziga xos platforma vazifasini bajaradi. 1984 yili TED (Technology, Entertainment, Design) birinchi marta tashkil etilganda, unda texnologiya, san'at va dizaynga oid mavzular muhokama qilingan. Bugungi kunga kelib esa, TED doirasida dunyoning 110 tilida atrof-muhit masalalaridan tortib, san'at sohasigacha bo'lgan mavzular qamrab olingan. | advice |
«Mazmunli karantin» loyihasi davomida sizga TED|Uzbek Language jamoasi tomonidan o'zbek tilidagi subtitrlar joylashtirilgan TED chiqishlari va TED-Ed darslarini, hamda O'zbekistonda tashkillashtirilgan TEDx loyihalaridan chiqishlarni havola qilib boramiz. Xorijiy tildagi videolarda o'zbek tilidagi subtitrlar avtomat ravishda yoqilgan. Agarda o'zbek tilidagi subtitrlar chiqmayotgan bo'lsa, sozlamalar qismidan uni yoqishingiz va o'zbek tilini tanlashingiz kerak. Imogen Heap «Bardosh ber» nomli yorqin qo'shig'ining qisqartirilgan versiyasini kuylab beradi. Ba'zida og'zaki nutqda grammatik qoidalarga rioya qilmasligimiz mumkin. Qaysi gap to'g'ri: «Itim bilan aylangani chiqdim» yoki «Itim bilan aylangani chiqdik» deyishmi? Qanaqadir farqi bormi o'zi? Andrea Kalyude preskriptiv va deskriptiv lingvistik maktablarining asrlar davomidagi bahslarini kuzatib keladi. Ushbu maktab vakillari masalaga turlicha yondashishadi. «TED Talk» dunyoning turli burchagidagi yorqin fikr namoyondalarining ommalashuvga munosib g'oyalarini («Ideas worth spreading») almashishlari uchun yaratilgan o'ziga xos platforma vazifasini bajaradi. 1984 yili TED (Technology, Entertainment, Design) birinchi marta tashkil etilganda, unda texnologiya, san'at va dizaynga oid mavzular muhokama qilingan. Bugungi kunga kelib esa, TED doirasida dunyoning 110 tilida atrof-muhit masalalaridan tortib, san'at sohasigacha bo'lgan mavzular qamrab olingan. | advice |
«Mazmunli karantin» loyihasi davomida sizga TED|Uzbek Language jamoasi tomonidan o'zbek tilidagi subtitrlar joylashtirilgan TED chiqishlari va TED-Ed darslarini, hamda O'zbekistonda tashkillashtirilgan TEDx loyihalaridan chiqishlarni havola qilib boramiz. Xorijiy tildagi videolarda o'zbek tilidagi subtitrlar avtomat ravishda yoqilgan. Agarda o'zbek tilidagi subtitrlar chiqmayotgan bo'lsa, sozlamalar qismidan uni yoqishingiz va o'zbek tilini tanlashingiz kerak. Ushbu oddiy 3 daqiqalik chiqishda, doktor Laura Trays sehrli «rahmat» so'zining do'stlar orasidagi munosabatni yaxshilashi, ularni tiklashi va boshqalarning siz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini bildirishi mumkinligi haqida gapiradi. Sinab ko'ring. Ba'zilar Shekspir asarlarini o'zi yozganmi, u o'zi aslida yashaganmi, degan savollarga berilishadi. Buyuk ingliz yozuvchisining o'zi ham xuddi asarlari kabi o'ylab topilgan bo'lishi mumkinmi? Natalya Sent-Kler va Aaron Uillyams stilometriya lingvistik metodi orqali ushbu masalaga qanday qilib oydinlik kiritish mumkinligi haqida aytib berishadi. «TED Talk» dunyoning turli burchagidagi yorqin fikr namoyondalarining ommalashuvga munosib g'oyalarini («Ideas worth spreading») almashishlari uchun yaratilgan o'ziga xos platforma vazifasini bajaradi. 1984 yili TED (Technology, Entertainment, Design) birinchi marta tashkil etilganda, unda texnologiya, san'at va dizaynga oid mavzular muhokama qilingan. Bugungi kunga kelib esa, TED doirasida dunyoning 110 tilida atrof-muhit masalalaridan tortib, san'at sohasigacha bo'lgan mavzular qamrab olingan. | advice |
«Mazmunli karantin» loyihasi davomida sizga o'zbek tilidagi TED chiqishlari va TED-Ed darslarini, hamda O'zbekistonda tashkillashtirilgan TEDx loyihalaridan chiqishlarni havola qilib boramiz. Bugun Khan Academy asoschisi Salmon Xonning 2011 yilda TED anjumanidagi chiqishini o'zbek tilida ko'rishingiz mumkin. Ushbu chiqishning tarjimasi va dublyaji Khan Academy O'zbek jamoasi tomonidan amalga oshirilgan. Khan Academy asoschisi Salmon Xon ushbu ta'lim markaziga nima uchun asos solganligi, matematika va boshqa fanlardan ta'lim berish uchun videodarslarning muhimligi haqida gapiradi. U interaktiv darslarning ta'sirini ko'rsatadi va o'qituvchilarni noan'anaviy dars o'tish uslublaridan foydalanishga chaqiradi. Shunday uslublardan biri talabalar yoki o'quvchilarga ma'ruzalarni uyda video orqali tomosha qilish va uy vazifalarini sinfxonalarda o'qituvchi yordamida qilishdir. «TED Talk» dunyoning turli burchagidagi yorqin fikr namoyondalarining ommalashuvga munosib g'oyalarini («Ideas worth spreading») almashishlari uchun yaratilgan o'ziga xos platforma vazifasini bajaradi. 1984 yili TED (Technology, Entertainment, Design) birinchi marta tashkil etilganda, unda texnologiya, san'at va dizaynga oid mavzular muhokama qilingan. Bugungi kunga kelib esa, TED doirasida dunyoning 110 tilida atrof-muhit masalalaridan tortib, san'at sohasigacha bo'lgan mavzular qamrab olingan. | advice |
O'zbekistonda 18 maydan boshlab poyezdlar qatnovi qisman tiklandi . Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi hamda Farg'ona vodiysiga poyezd qatnovlari qayta yo'lga qo'yildi. Shuningdek, Toshkent shahridan Nukus, Urganch va Termiz shaharlariga aviaqatnovlar tiklandi . Bundan tashqari, 1 iyundan «yashil» va «sariq» toifadagi hududlar o'rtasida ichki turizm qayta yo'lga qo'yildi . Tabiiyki, fuqarolar mamlakat bo'ylab safarga chiqishda samolyot va poyezdlardan foydalanishlari mumkin bo'ladi. Shuning uchun, aeroport va vokzallarda sanitariya-gigena me'yorlari va talablari qat'iy joriy etilgan holda, u yerlarga kirayotgan yo'lovchilarning tana harorati tekshiriladi. Poyezd va samolyotlarda yo'lovchilarning himoya niqoblari va qo'lqoplarda bo'lishi talab etiladi. Ular orasida ijtimoiy masofani saqlash belgilangan. Bundan tashqari, yo'lovchilar xavfsizligini saqlash maqsadida samolyot va poyezdlarda yo'lovchilar uchun o'rinlar soni kamaytirilgan. «Gazeta.uz» safarga chiqayotgan fuqarolar uchun qo'shimcha ehtiyot choralarini tavsiya etadi. Agar sizda koronavirus infeksiyasining alomatlari bo'lsa, siz yoki siz yaqindan muloqot qiladigan shaxslardan kimdir koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bo'lsa, unda safarga chiqmaslik tavsiya etiladi . Bundan tashqari, AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari koronavirus faol tarqalayotgan joylardan boshqa hududlarga yoki kasallik tarqalayotgan hududlarga safarlarni amalga oshirmaslikni maslahat beradi. Agarda safarga chiqsangiz, barcha qoidalar va cheklovlarga so'zsiz amal qiling. Birinchi navbatda, barcha aeroportlarda va vokzallarda, samolyot va poyezdlarda o'rnatilgan qoidalar hamda cheklovlarga qat'iy rioya qiling. Aeroport yoki vokzalga reysdan ancha oldin kelib, ko'p vaqt qolib ketmang. Uydan chiqishdan oldin tana haroratingizni tekshiring. Belgilangan tartibga ko'ra, tana harorati odatdagidan yuqori bo'lgan yo'lovchilar reysga qo'yilmaydi. Iloji bo'lsa, chiptalarni kassalarda emas, onlayn xarid qiling. Aeroport yoki vokzalda kontaksiz to'lovlardan foydalaning. Barcha jamoat joylaridagi kabi aeroport va vokzallarda, samolyot va poyezdlarda ijtimoiy masofalanish qoidalariga amal qiling: Aeroport va vokzallarda himoya niqoblaringizni va qo'lqoplaringizni yechmang. Tibbiy niqobingiz namlansa yoki yirtilsa, darhol yangisiga almashtiring. Tibbiy niqoblar va himoya qo'lqoplaridan to'g'ri foydalanish bo'yicha tavsiyalarga rioya eting. Samolyot va poyezd o'rindiqlari yoki xavfsizlik kamarlarini kun davomida bir necha kishi ushlashi mumkin. Shuning uchun, safar vaqtida qo'llaringizi yuzingizi tekkizmang va ularni tozalab turing. Qo'llarni yuvish yuqumli kasalliklar bilan zararlanishni 16 foizga kamaytirishi mumkin, deyiladi AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tadqiqotlarida. Agar suv va sovun bo'lmasa, tarkibida 60 foizdan ko'proq alkogol bo'lgan qo'l sanitayzerlaridan ham foydalansa bo'ladi. Qo'l sanitayzerlari qo'lga sepilganidan so'ng, suyuqlikning qo'lda qurishiga ishonch hosil qilish kerak, aks holda mikroblar yo'qolmasligi mumkin. Ba'zi yo'lovchilar nam salfetka yoki sanitayzerlar bilan o'rindiq, stol, hojatxona tutqichlari va boshqa narsalarni artib, tozalashga harakat qilishadi. Tibbiyot xodimlari The New York Times nashriga bunday harakatni maslahat berishmasliklarini aytishgan. Ular stollarning ustiga qog'oz qo'yishni va shu orqali noutbuk yoki yo'lovchining boshqa jihozlari har qanday yuzalarga tegishining oldini olish mumkinligini aytishgan. Shifokorlar hojatxona eshigini ochganda va yopganda qog'oz sochiqlarni ishlatishni maslahat berishgan. Mutaxassislar ovqatni stollarning ustiga to'g'ridan-to'g'ri qo'ymaslikka, o'rindiqlar tutqichlarini ushlamaslikka e'tibor berish kerakligini aytishgan. Parvoz yoki poyezd yurishi davomida o'z o'rningizni ehtiyojsiz tark etmang. Ushbu tartib poyezdlar va samolyotlarda ham o'rnatilgan. Agar safar davomida sizda shubhali kasallik alomatlari paydo bo'lsa, o'z o'rningizdan turmasdan, poyezd yoki samolyot ekipajiga xabar bering. Hojatxonaga bormoqchi bo'lsangiz, sizning o'rindig'ingizga eng yaqin joylashgan hojatxonaga boring. Samolyotga minish yoki samolyotdan chiqishda odamlar gavjumlanib qolishiga yo'l qo'ymang. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining ta'kidlashicha , samolyotda bo'lish infeksion jihatdan ofis yoki savdo markazida bo'lishdan ko'ra xavfsizroq. Chunki, deyarli barcha zamonaviy samolyotlarda yaxshi havoni tozalash tizimi o'rnatilgan . Ushbu havoni tozalash tizimlari havoda yuzaga keladigan mikroblarning 99 foizini tozalashi aytilgan. Sizning immunitetingiz qanchalik sog'lom bo'lsa, kasallikka chalinishingizning ehtimoli shunchalik past bo'ladi. Shuning uchun, shifokorlar 6 soatdan 8 soatgacha uxlashni, meva va sabzavotlar yeyishni maslahat berishgan. | advice |
4 iyun kuni Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiya Davlat Dumasi deputatlarining messenjerni bloklashni to'xtatish bo'yicha taklifiga izoh berib, "Hozir Telegram jamoasi har oyda zo'ravonlik va terror uchun ommaviy chaqiruvlarni tarqatishga o'n minglab urinishlarning oldini olmoqda. Yozishmalar maxfiyligini to'liq saqlagan holda, Telegram maxfiylik siyosati doirasida butun dunyodagi terroristik harakatlarning oldini olish uchun mexanizmlar ishlab chiqdi", — dedi . "Gazeta.uz" Telegram messenjerida maxfiylik va xavfsizlik sozlamalarini o'rnatish bo'yicha tavsiyalarni taqdim etadi. Messenjerning asosiy maqsadlaridan biri — foydalanuvchilarga xavfsiz xabar almashish platformasini yaratish deb ta'kidlaydi Durov. 2019 yilning 5 sentabr kuni kompaniya telefon raqamni yashirish funksiyasini kiritgani haqida xabar bergan edi. Qo'yida berilgan amallar va sozlamalar messenjerning "Nastroyki"("Sozlamalar") — "Konfidensialnost"("Maxfiylik") — "Nomer telefona"("Telefon raqami") bo'limida amalga oshiriladi. Bu funksiya "Konfidensialnost"("Maxfiylik") — "Nomer telefona"("Telefon raqami") bo'limida joylashgan. Foto: Telegram Desktop "Kto vidit moy nomer telefona"("Telefon raqamimni kimlar ko'rishi mumkin") va "Kto mojet nayti menya po nomeru"("Telefon raqamim orqali kimlar topishi mumkin") bo'limlari o'zaro bog'liq: ikkinchisini sozlash uchun "Kto vidit moy nomer telefona"("Telefon raqamni kimlar ko'rishi mumkin") bo'limida "Moi kontaktы"("Mening kontaktlarim") elementi o'rnatilgan bo'lishi kerak. Natijada, sizni o'z kontaktlari ro'yxatiga qo'shgan foydalanuvchilar sizning ham kontaktlaringiz ro'yxatida bo'lsagina, o'zaro raqamlarni ko'rish mumkin bo'ladi. "Istisnolarni kiritish"("Dobavit isklyucheniya") bo'limiga qo'shilgan kontakt va foydalanuvchilarga yuqorida keltirilgan sozlamalar ta'sir qilmaydi. Telegram messenjeri sozlamalardan kelib chiqqan holda foydalanuvchining tarmoqda faol bo'lgan so'nggi vaqtini ko'rsatadi. Sozlama "Nastroyki"("Sozlamalar") — "Konfidensialnost"("Maxfiylik") — "Poslednyaya aktivnost"("So'nggi faollik") bo'limida joylashgan va qo'yidagi turkumlarga bo'linadi: aniq qiymat — aniq vaqtni ko'rsatadi, misol: "So'nggi faollik: 19:00 da"; "yaqinda onlayn edi" — foydalanuvchi yaqin orada onlayn bo'lganini ko'rsatadi; "bir hafta ichida onlayn edi" — foydalanuvchi so'nggi haftaning noma'lum kunida onlayn bo'lgan; "bir oy ichida onlayn bo'lgan" — foydalanuvchi oxirgi bir oyning noma'lum kunida so'nggi marotaba onlayn bo'lgan. "Oxirgi faollik vaqtini kimlar ko'ra oladi" sozlamasida uchta element mavjud: "Vse"("Hamma") — so'nggi onlayn vaqtni hamma ko'rishi mumkin. "Moi kontaktы"("Mening kontaktlarim") — so'nggi onlayn bo'lgan vaqtni faqat foydalanuvchi tomonidan abonentlar ro'yxatiga kiritilganlar ko'ra oladi. "Nikto"("Hech kim") — tarmoqda faol bo'lgan vaqtni hech kim ko'ra olmaydi. "Istisnolarni kiritish"("Dobavit isklyucheniya"), "Vsegda pokazыvat" bo'limiga kiritilgan foydalanuvchilari so'nggi faol vaqtni ko'rishlari mumkin bo'ladi. Telegram messenjerida har bir foydalanuvchi o'zining profiliga "Nastroyki"("Sozlamalar") — "Izmenit profil"("Profilni tahrirlash") bo'limida fotosurat o'rnatishi mumkin. Shu bilan birga, bu suratni kimlar ko'ra olishini "Konfidensialnost"("Maxfiylik") — "Fotografiya profilya"("Profil fotografiyasi") bo'limida belgilasa bo'ladi. "Vse"("Hamma") — hamma ko'rishi mumkin, "Moi kontaktы"("Kontaktlarim") — faqat foydalanuvchi kontaktlar ro'xatiga kiritganlar ko'ra oladi. "Dobavit isklyucheniya"("Istisnolarni kiritish") bo'limida "Vsegda zapreat"("Doimo taqiqlash") belgisi o'rnatilgan foydalanuvchilar, yuqorida eslatib o'tilgan sozlamalarga qaramasdan, sizning profilingizdagi rasmlarni ko'ra olmaydi. Messenjerda boshqa foydalanuvchi yoki kanaldan xabar uzatilganda xabar manbasi ko'rsatilgan bo'ladi . Uzatilgan xabarlar manbasining ko'rsatilishini "Nastroyki"("Sozlamalar") — "Konfidensialnost"("Maxfiylik") — "Pereslannыye soobeniya"("Uzatilgan xabarlar") bo'limida sozlash mumkin. Xabar manbasiga havola "Kto mojet ssыlatsya na moy akkaunt pri peresыlke soobeniy"("Xabarlarimni uzatganda kimlar profilimga havola berishi mumkin") bo'limida "Vse"("Hamma") sozlamasi o'rnatilgan bo'lsa, istalgan kishi sizdan uzatilgan xabar orqali profilingizni ko'rishi mumkin. "Moi kontaktы"("Mening kontaktlarim") elementi profilingizni faqat sizning foydalanuvchilar ro'yxatiga qo'shilgan kontaktlar ko'ra olishini anglatadi. "Nikto"("Hech kim") elementi o'rnatilgan bo'lsa, hech kim sizning profilingizni uzatilgan xabar orqali ko'ra olmaydi. 2017 yilning 30 mart sanasida Telegram kompaniyasi messenjerga ko'ng'iroqlar amalga oshirish imkoniyatini kiritganini xabar bergan edi. Xabarda ma'lum qilinishicha, sizga kimlar qo'ng'iroq qilishi mumkinligini belgilasa ham bo'ladi. Buning uchun "Konfidensialnost"("Maxfiylik") — "Golosovыye zvonki"("Ovozli qo'ng'iroqlar") bo'limida kerakli sozlamani o'rnatish kifoya: "Vse"("Hamma") — sizga hamma qo'ng'iroq qilishi mumkin. "Moi kontaktы"("Kontaktlarim") — ovozli qo'ng'iroq orqali siz bilan faqat sizning kontaktlaringiz ro'yxatiga qo'shilgan foydalanuvchilar bog'lanishi mumkin. "Nikto"("Hech kim") — sizga hech kim qo'ng'iroq qila olmaydi. "Zvonki" ("Qo'ng'iroqlar") bo'limining istisnolar menyusi: "Dobavit isklyucheniya" — istisnolarni kiritishni anglatadi. Bu sozlama yuqorida eslatib o'tilganlar bilan o'zaro bog'liq va kim sizga qo'ng'iroq qilishi mumkinligini alohida belgilaydi. Buning uchun "Dobavit"("Qo'shish") tugmasini bosib kerakli foydalanuvchilarni tanlash kifoya. "Kto mojet zvonit mne"("Menga kimlar qo'ng'iroq qilishi mumkin") bo'limining "Nikto"("Hech kimbiri") sozlamasi o'rnatilgan vaqtdagi istisnolar holati Agarda "Kto mojet zvonit mne"("Menga kimlar qo'ng'iroq qilishi mumkin") bo'limida "Vse"("Hamma") yoki "Moi kontaktы"("Mening kontaktlarim") elementi o'rnatilgan bo'lsa, istisnolar menyusi qo'yidagi ko'rinishda bo'ladi: "Kto mojet zvonit mne"("Menga kimlar qo'ng'iroq qilishi mumkin") bo'limining "Vse"("Hamma") va "Moi kontaktы"("Mening kontaktlarim") sozlamasi o'rnatilgan vaqtdagi istisnolar holati. Bu holatda "Vsegda zapreat"("Har doim taqiqlash") orqali kaysi foydalanuvchilarga sizga qo'ng'iroq qilish taqiqlanganini belgilash mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar bir-birlarini Telegram messenjeri doirasadagi guruh va kanallarga taklif qilishlari mumkin. Bu funksiyani ham "Konfidensialnost"("Maxfiylik") bo'limida sozlash mumkin, sozlama "Konfidensialnost"("Maxfiylik") — "Gruppы i kanalы"("Guruhlar va kanallar") bo'limida joylashgan va ko'rinishi qo'yidagicha: "Kto mojet priglashat menya v gruppы i kanalы"("Kimlar meni guruh chatlariga va kanallarga qo'sha oladi?") menyusidagi elementlar: "Vse"("Hamma") — istalgan kishi sizni guruh va kanallarga qo'sha oladi. "Moi kontaktы"("Kontaktlarim") — faqat sizning kontaktlaringiz ro'yxatida mavjud bo'lgan foydalanuvchilar sizni guruh va kanallarga qo'shishi mumkin. Boshqa sozlamalar kabi, bu bo'limda ham istisnolarni kiritish mumkin: "Vsegda razreshat"("Har doim ruxsat berish") — kimlarga sizni guruh va kanallarga qo'shishga ruxsat berilganligini belgilash. "Vsegda zapreat"("Har doim taqiqlash") — belgilangan foydalanuvchilarga sizni guruh va kanallarga qo'shishni taqiqlash. Telegram messenjerida shaxsiy profil telefon raqam orqali ro'yxatdan o'tkaziladi. Ro'yxatdan o'tish va shaxsiy profilga kirish SMS-kodlar orqali amalga oshiriladi. Ro'yxatdan o'tish vaqtida ko'rsatilgan raqamga kod keladi va uni dasturga kiritish kerak. 2015 yilning 8 aprel kuni Telegram o'z blogida ikki bosqichli kirish tizimini taqdim etdi . Bu degani, agar ikki bosqichli verifikatsiya o'rnatilgan bo'lsa, profilga kirish uchun nafaqat raqamingizga kelgan SMS-kodni, balki qo'shimcha verifikatsion parolni ham kiritish kerak. Maxsus tizim foydalanuvchilar profillarining qo'shimcha ximoyasi bo'lib, u qo'yidagicha o'rnatiladi. "Konfidensialnost"("Maxfiylik") — "Dvuxetapnaya autentifikatsiya"("Ikki bosqichli tekshiruv") bo'limida shaxsiy elektron pochtani kiriting. Keyin, ko'rsatilgan pochtaga Telegram tomonidan maxsus kod yuboriladi va uni messenjerga kiritish kerak bo'ladi. Ikki bosqichli kirish tizimi | advice |
Oliy ta'lim vazirligi axborot xizmati abituriyentlar o'qishga kirish uchun hujjatlarni onlayn tarzda topshirishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Bunda abituriyentlar uchun uydan chiqmagan holda mobil telefon yoki kompyuter yordamida onlayn ro'yxatdan o'tish imkoniyati yaratildi. "Gazeta.uz" Davlat test markazining rasmiy abitur.dtm.uz veb-sayti orqali ro'yxatdan o'tish bo'yicha qo'llanmani taqdim etadi. My.gov.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tish uchun maqola so'ngida videoinstruksiyani ham ko'rishingiz mumkin. Abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro'xatdan o'tadi. Tizimga kirish uchun telefon raqam va maxfiy kalit so'zni kiritish kerak. Foto: Davlat test markazi YouTube-kanalidan olingan Telefon raqam yetti raqamli formatda kiritiladi va sakkizta belgidan kam bo'lmagan kalit so'z kiritilib, "Kirish" tugmasi bosiladi. Shundan so'ng, kiritilgan telefon raqamiga maxsus SMS-kod keladi va u besh daqiqa ichida kiritilib, tasdiqlanishi kerak. Tizimga kirgandan so'ng pasport ma'lumotlarini to'ldirish so'raladi. Birinchi satrda abituriyent o'zining identifikatsiya raqamini kiritishi kerak. Identifikatsion raqam pasportning pastgi qismida joylashgan va 14 ta raqamdan iborat. Identifikatsion raqamning pasportda joylashishi. Foto: Spot.uz Keyingi qatorlarda pasport seriyasi, pasport raqami va abituriyent millati kiritiladi. "Shaxsiy ma'lumotlarimdan foydalanishga roziman" bo'limini tasdiqlab, "Saqlash" tugmasini bosish kerak. Keyingi bosqichda abituriyent tugatgan ta'lim muassasasi haqidagi ma'lumotlarni to'ldiradi: muassasa turi, davlat, viloyat, tuman, muassasa nomi, ta'lim muassasasini tugatgan yili, hujjat seriyasi va raqami. Agar abituriyent imtiyozga ega bo'lsa, shaxsiy ma'lumotlarni kiritib bo'lgach, bosh sahifada joylashgan "Imtiyozlar 2020" bo'limida o'z imtiyozlari haqidagi ma'lumotlarni kiritishi mumkin. Imtiyozlar bo'limida nogironligi bo'lgan shaxslar, harbiy qism qo'mondonligi tavsiyanomasiga ega, ko'zi ojizlar, chet tili sertifikatiga ega abituriyentar o'z imtiyozlarini kiritadi. Boshqa turdagi imtiyozlar tegishli idoralardan olingan ma'lumotlar asosida to'ldiriladi. Chet tili sertifikatini kiritish namunasi: Agar abituriyent chet tili sertifikatiga ega bo'lsa qo'yidagi ma'lumotlarni to'ldirishi kerak: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, amal qilish muddati, chet tili turi, sertifikat turi, darajasi va hujjat rasmi. So'ng, "Saqlash" tugmasini bosish kerak. Shaxsiy ma'lumotlar va, agar mavjud bo'lsa, imtiyozlar to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritib bo'lgach, abituriyent OTMlarni tanlash mumkin. Suratda faqat uchta yo'nalish ko'rsatilgan. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berishicha , abituriyentlar beshta yo'nalish tanlashlari mumkin. Yo'nalish tanlash qo'yidagicha amalga oshiriladi: Ta'lim shaklini tanlanash: kunduzgi, sirtqi yoki kechgi. Ta'lim tilini tanlash: o'zbekcha, ruscha, qoraqalpoqcha. Test topshirish grafikasini tanlash: lotincha yoki kirillcha. Birinchi tanlagan OTMga va yo'nalishga qarab, mos bo'lgan yana to'rtta OTM va ularning yo'nalishini tanlash imkoni beriladi. Test topshirish hududi: abituriyent test topshirish uchun o'ziga qulay bo'lgan viloyatni tanlaydi. "Saqlash" tugmasi bosiladi. Keyin ro'yhatdan o'tish paytida ko'rsatilgan telefon raqamiga maxsus SMS-kod keladi va uni qo'yidagi bo'limga kiritish kerak: Shundan so'ng, abituriyent qayd varaqasi shakllanadi. Agar abituriyent tizimga kirish parolini yo'qotib qo'ysa, parolni tiklash bo'limi orqali parolini tiklashi yoki o'zgartirishi mumkin. Test sinovlari tashkil etilayotgan o'quv yilidan avvalgi yillarda ta'lim muassasalarini tugatgan abituriyentlarning test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida, (hozirda 111 500 so'm) to'lov amalga oshirish kerak bo'ladi. Ariza to'ldirilgach, abituriyent qayd varaqasining quyi qismida invoys hosil bo'ladi va to'lovni belgingan muddatda to'lash shart . To'lovni elektron to'lov tizimlari (click, payme, upay, paynet va boshqalar) yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin. Nogironligi bo'lgan yoki davlat ta'minotidagi shaxslar bu to'lovni amalga oshirmaydi . Ma'lumotlar to'liq va to'g'ri kiritilgach, telefon raqamiga "Siz ro'yxatdan o'tdingiz" mazmunida sms-xabar keladi. Abituriyent ro'yxatdan o'tish muddati tugagunga qadar (20 iyulgacha) imtiyozlarini, tanlagan ta'lim yo'nalishlarini, doimiy yashash manzilini va tugatgan ta'lim muassasasini o'zgartirishi mumkin. OTMlarga hujjatlarni interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali topshirsa ham bo'ladi — my.gov.uz . | advice |
Elektron raqamli imzoni endilikda Davlat xizmatlari agentligi idorasiga tashrif buyurmasdan onlayn tarzda olish mumkin . «Gazeta.uz» elektron imzoni onlayn olish bo'yicha qo'llanmani taqdim etadi. E-imzo saytining quyidagi bo'limida «Ariza shaklini to'ldiring» tugmasini bosganda, dastlabki ma'lumotlarni kiritish oynasi paydo bo'ladi. Bu yerda foydalanuvchi o'zining STIR raqami, telefon raqami va rasmda keltirilgan himoya kodini kiritishi kerak. Telefon raqam foydalanuvchi nomiga (pasportiga) rasmiylashtirilgan bo'lishi shart. STIR raqamni foydalanuvchi Elektron soliq xizmatlari saytining ushbu bo'limida aniqlashi mumkin. Kiritilishi kerak bo'lgan ma'lumot: hujjat turi, seriyasi, raqami, tug'ilgan sana va rasmdagi himoya kodi (matn). Ma'lumotlar to'ldirilib bo'lgach, «Izlash» tugmasi bosiladi. Ro'yxatdan o'tish jarayoniga qaytib, STIR va telefon raqam kiritilgach, keyingi sahifaga «Keyingi qadam» tugmasi orqali o'tiladi. Ikkinchi sahifada ma'lumotlarni kiritishdan oldin E-IMZO moduli o'rnatilishi so'raladi. Elektron raqamli imzo (ERI) ishlashi uchun kompyuterda ERI moduli o'rnatilgan bo'lishi kerak. «E-IMZO dasturini yuklab olish» tugmasi bosilganda, yangi sahifa ochiladi va u yerda foydalanuvchi o'ziga kerakli modulni tanlaydi: brauzer yoki ilova. E-IMZO modulini yuklab olish namunasi. Modul o'rnatib bo'lingandan so'ng quyidagi oyna paydo bo'ladi va bu yerda foydalanuvchi «Da» tugmasini bosishi kerak. Modul o'rnatilib ishga tushgandan so'ng, foydalanuvchi pasport rasmini (ma'lumot va foto joylashgan sahifa) hamda pasportini qo'lida ushlab tushgan rasmini yuborishi kerak. Pasport bilan selfi-suratda ma'lumotlar aniq o'qiladigan va tiniq bo'lishi kerak. Shuningdek, pasport bilan selfi-surat oyna effekti uslubida gorizontal shaklda burilib qolgan bo'lishi mumkin: matn o'ngdan chapga o'qib bo'lmaydigan bo'lib qoladi. Bu muammo ayrim smartfon va kameralarda uchrab turadi va bunaqa surat qabul qilinmaydi. Pasport rasmi Pdf, Png, Jpg, Jpeg, formatida bo'lishi va maksimal hajmi 5 megabaytdan oshmasligi kerak. «Vыberite fayl» tugmasi bosilib, kerakli rasm tanlanadi. Pasport bilan selfi surat ham avvalgi qoidalarga amal qiladi va yuklash usulida ham farq yo'q. So'ngra Pfx kalit fayli yaratilib saqlanadigan disk «Diskni tanlang» menyusida belgilanadi va kalit nomi avtomatik tarzda o'rnatiladi. Yakuniy bosqichda parol o'rnatiladi va takroran «Parolni takrorlash» maydonida terilib, «*.pfx faylni yaratish va davom etish» tugmasi bosiladi. Foydalanuvchi arizadagi ma'lumotlar to'g'riligini tekshirib, «So'rov yuborish» tugmasini bosadi. Keyin E-IMZO moduli oynasi paydo bo'lib, parol kiritishni so'raydi. Maxfiy parol kiritilgach, «OK» tugmasi bosiladi. Agar parol to'g'ri kiritilsa, ariza qabul qilinadi va foydalanuvchi kuyidagi mazmunda xabar oladi: Shu bilan birga, ro'yxatdan o'tish paytida kiritilgan telefon raqamga qo'yidagi mazmunda SMS-xabar keladi: Murojaat yuborilgandan so'ng Davlat xizmatlari markazi xodimi 8 ish soati ichida uni ko'rib chiqadi. Ariza yuborilgandan so'ng sakkiz soat ichida to'lov qilinishi kerak, aks holda u bekor qilinadi. To'lov Click, Payme yoki Paynet orqali amalga oshirilishi mumkin. Jismoniy shaxslar uchun to'lov eng kam ish haqqining 7% — 15 610 so'mni tashkil qiladi, yuridik shaxslar uchun — 22 300 so'm (eng kam ish haqqining 10%). Ariza yuborilib, to'lov qilingandan so'ng uning holatini e-imzo.uz sayti orqali «Ariza topish/tasdiqlash» bo'limida tekshirish mumkin. Ariza raqamini kiriting va rasmdagi kodni tasdiqlab, «Qidirish» tugmasini bosing. Agar ariza ko'rib chiqilib, qabul qilingan bo'lsa sertifikat paydo bo'ladi. Foydalanuvchi ma'lumotlar to'g'riligini tekshirib, «Tasdiqlash» tugmasini bosishi kerak. Agarda ariza topilmasa, uning raqami to'g'ri kiritilganini tekshiring. Shuningdek, ariza to'ldirish jarayonida xatoliklarga yo'l qo'yilgan bo'lsa, ariza ko'rib chiqilmaydi va ro'yxatdan o'tish vaqtida ko'rsatilgan telefon raqamga ariza qabul qilinmaganligi haqida SMS-xabar keladi. ERI tayyor va sertifikatni yuklab olish mumkin. Uning amal qilish muddati — ikki yil . | advice |
2 sentyabrdan boshlab 2020−2021 o'quv yili OTM bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishga qabul qilish uchun test sinovlari o'tkaziladi. «Gazeta.uz» abituriyentlarga javoblar varaqasi bilan ishlash uchun qo'llanmani taqdim etadi. Test sinovlari boshlanishidan oldin o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlar to'g'ri kiritilganini tekshiring. Shu orqali, javoblar varaqasi o'zingizga tegishli ekanligini ham tekshiring. So'ng, test topshiradigan fanlar majmuangiz bilan tanishing. Test topshiriqlari kitobidagi fanlar majmuasining ruxsatnomada ko'rsatilgan fanlar bilan mosligini tekshiring. Agar javoblar varaqasi sizga tegishli bo'lmasa yoki test topshiriqlari kitobidagi fanlar mos kelmasa guruh nazoratchisiga xabar bering. Undan keyin, test toshpiriqlari kitobining nuqsonsizligini tekshiring: Agar test topshiriqlari kitobida nuqson borligi aniqlansa, guruh nazoratchisiga xabar bering. Test sinovlari boshlangandan so'ng, nazoratchilar e'tirozlarni ko'rib chiqishmaydi. Javoblar varaqasi va test topshiriqlari kitobi nuqsonsizligini tekshirganingizdan so'ng, o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni yozing va imzolang . Test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga familiya, ism va otasining ismи ни yozib, imzo qo'yiladi. Shaxsiy ma'lumotlar kiritilganidan so'ng, javoblar varaqasiga test topshiriqlari kitobi raqamini yozib, bo'yash kerak. Undan so'ng, javoblar varaqasiga variant raqami bo'yaladi. Test sinovlari boshlanguniga qadar test materiallari bilan ishlash taqiqlanadi. Belgilangan vaqt doirasida test topshiriqlari kitobini yechib, o'zingiz to'g'ri deb topgan javoblarni javoblar varaqasiga belgilang. Bunda, test topshirig'i raqamiga mos doirachalarni belgilashga e'tibor bering. Abituriyentlar javoblar varaqasining to'g'ri to'ldirilishi uchun shaxsan o'zi javobgar hisoblanadi. Abituriyent test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanishi mumkin. Test sinovi davomida tarqatilgan ko'k rangli sharikli ruchkadan foydalaning. Har bir test topshirig'iga faqat bitta javobni belgilang. Doirachalarni to'g'ri belgilang. Abituriyentlar quyidagi hollarda test sinovlaridan chetlatiladi: Abituriyentlarning huquq va majburiyatlari : Abituriyent test sinovi natijasidan norozi bo'lsa, yozma tartibda apellyatsiya komissiyasiga ariza topshirishi mumkin. | advice |
O'zini o'zi band qilgan shaxslarni ro'yxatga olish maxsus mobil ilova, ya'ni soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Davlat soliq qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan qo'llanma orqali, mobil ilovani qanday yuklab olish va ro'yxatdan o'tish jarayoni bilan tanishishingiz mumkin. «Gazeta.uz» ushbu qo'llanmani taqdim etadi. Soliq organlarida o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish uchun smartfon qurilmasiga Play Market orqali « Soliq » mobil ilovasini yuklab olish kerak bo'ladi. Ma'lumot uchun, ushbu mobil ilova faqat Android telefonlari uchun mavjud , App Store ga ilova yuklanmagan. Lekin Soliq qo'mitasi «Gazeta.uz»ga ushbu ilovani iOS operatsion tizimi uchun tez orada ishlab chiqarilishini ma'lum qildi. Ilovani yuklab olgandan so'ng, uni oching va «O'zini o'zi band qilish» bo'limini tanlang. So'ng, o'zingizning shaxsiy identifikatsiya raqamingizi (JSHSHIR-PINFL) kiriting yoki elektron raqamli imzo (ERI) kaliti orqali shaxsingizni tasdiqlang. JSHSHIRni pasportingizdan bilib olishingiz mumkin. JSHSHIRni aniqlash tartibini bilmasangiz, «Yordam kerakmi?» bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin. JSHSHIRni kiritganingizdan so'ng (agar siz avval soliq organlarida o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz), navbatdagi «Shaxsini tasdiqlash» oynasi ochiladi. Unga telefon raqamingizni kiriting. Shundan so'ng siz kiritgan telefon raqamiga SMS tarzda tasdiqlash kodi yuboriladi. Mobil telefoningizga kelgan SMS xabardagi tasdiqlash kodini kiritganingizdan so'ng, «Ro'yxatdan o'tish» tugmasini bosing. Siz kiritgan ma'lumotlar asosida elektron ariza shakllanadi. Agar sizning elektron raqamli imzo kalitingiz bo'lsa, unda «Eri orqali ro'yxatdan o'tish» ni tanlang. Bunda jarayon tezroq amalga oshadi. «ERI»ni olish bo'yicha qo'llanma . Ochilgan Ariza oynasida ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lgan faoliyat turini tanlang. Ba'zi holatlarda, kerak bo'lsa bir nechta xizmat (ish) turini tanlash mumkin. Faoliyat turini tanlagandan so'ng ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lgan faoliyat joyi (tuman yoki shahar)ni tanlashingiz mumkin. Kiritilgan ma'lumotlar to'g'riligini tekshirib bo'lganigizdan keyin, «Ro'yxatdan o'tish»ni tanlang. Shundan so'ng, o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kodga ega ma'lumotnoma shakllanadi. QR kodli ma'lumotnomani xohishga ko'ra yuklab olib, qog'oz shaklida chiqarib olish mumkin. Buning uchun «Ma'lumotnoma» oynasidagi «Ko'rish» yoki «Yuklab olish» bo'limini tanlashingiz kerak bo'ladi. Ma'lumotnomaning namunasi: Ko'rsatilgan barcha harakatlarni bajarganingizdan keyin, «o'zini o'zi band qilgan» maqomini rasman ro'yxatdan o'tkazish tugatiladi — qonuniy faoliyat uchun imkoniyat faollashadi. «Ma'lumotnoma» oynasida ro'yxatdan o'tish bilan birga 2020 yil uchun ijtimoiy soliqni bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida (111 500 so'm) to'lash imkoni mavjud. Buning uchun tegishli savolning «Ha» bo'limini tanlash va paydo bo'lgan oynadagi so'rov bo'yicha plastik karta raqami hamda muddatini kiritish lozim. Ijtimoiy soliqni ixtiyoriy elektron to'lov tizimi orqali amalga oshirish mumkin. | advice |
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomalarga majburiy almashtirish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi. Ularni 20 daqiqa mobaynida YHXB Ro'yxatdan o'tkazish va imtihon olish bo'limlarida ( manzillar ) va davlat xizmatlari markazlarida almashtirish mumkin. Kutish vaqti navbatga bog'liq. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish arizasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)da ham to'ldirsa bo'ladi. Ko'pgina haydovchilar karantin cheklovlari sharoitida ushbu xizmatdan foydalanishni ma'qul ko'rishlari mumkin. Ushbu xizmatdan Toshkentning Mirzo Ulug'bek, Mirobod, Uchtepa, Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor va Yashnobod tumanlari, Buxoro, Jizzax, Qo'qon, Navoiy, Namangan, Termiz, Farg'ona, Xiva va Chirchiq shaharlari, shuningdek, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari, Jizzax viloyat Do'stlik tumani, Buxoro viloyat Qorako'l tumani, Andijon viloyat Andijon tumani va Farg'ona viloyat So'xd tumanlari aholisi foydalanishlari mumkin. Ariza beruvchilar tayyor guvohnomalar uchun davlat xizmatlari agentligiga kelishlari kerak xolos. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali sayti orqali qanday qilib ariza berish kerakligini batafsil tushuntiramiz. Muhim ma'lumot: YHXB ma'lumotlar bazasida barcha guvohnomalarning to'liq ma'lumotlari mavjud emas. Bu haqida faqatgina ariza berilganidan so'nggina bilish mumkin. Odatda, ma'lumotlar bazasida 2006 yil guvohnoma namunalari mavjud. Agar guvohnoma oldinroq berilgan bo'lsa, arizani onlayn tarzda topshirish imkoniyati bo'lmasligi mumkin. Bu vaziyatda davlat xizmatlari markaziga yoki Ro'yxatdan o'tkazish va imtihon olish bo'limlariga borish kerak bo'ladi. (Agar siz YAIDXPda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz yoki sizda ERI bo'lsa, darhol pastdagi «Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish» bo'limiga o'tishingiz mumkin.) 1. my.gov.uz saytiga kiring va «Ro'yxatdan o'tish» ni tanlang. Tizim sizni avtomatik tarzda id.gov.uz saytiga o'tkazadi. 2. Fuqarolik to'g'risidagi ma'lumotni ko'rsatib, elektron raqamli imzo (ERI)siz ro'yxatdan o'tish usulini tanlang. Agar sizda ERI bo'lsa, ro'yxatdan o'tishingiz shart emas. O'zingizning shaxsiy identifikatsiya raqamingizni (JSHSHIR) kiriting. Uni pasportdan topish mumkin: u pastki qatorda joylashgan va 14 ta raqamdan iborat. Keyin seriya va pasport raqamini ko'rsating. 3. Shundan so'ng, Sizning pasport ma'lumotlaringiz avtomatik ravishda ko'rsatilgan sahifaga o'tasiz. Keyin kontakt ma'lumotlarini to'ldirishingiz lozim: login, parol, ro'yxatdan o'tganlik bo'yicha manzil (u avtomatik tarzda ko'rsatiladi), elektron pochta manzilini va tasdiqlash kodi SMS xabar bilan yuboriladigan mobil telefon raqamingizni kiritishingiz kerak. Tasdiqlash kodi tegishli oynaga kiritilganidan so'ng ro'yxatdan o'tish tugallanadi. Tizim foydalanuvchini ro'yxatdan o'tish tugaganligi to'g'risida xabardor qiladi, akkaunt holati «haqiqiy» bo'lmaydi. Ma'lumotlarni tasdiqlash uchun elektron raqamli imzoning (ERI) shaxsiy sertifikatini taqdim etish kerak. U har qanday davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi . ERIni shuningdek e-imzo saytida onlayn olish mumkin. Ma'lumot uchun, «Gazeta.uz» ERIni onlayn olish bo'yicha qo'llanmani taqdim etgan edi. Haydovchilik guvohnomalari 10 yil muddatga beriladi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik va avtomotoransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasi yaroqsiz hisoblanadi. 1. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng, my.gov.uz saytiga qaytib, shaxsiy kabinetingizga kiring (Menyudagi «Kirish» bo'limi). 2. Qidiruv satriga «haydovchilik guvohnomalarini» so'zini kiriting. «Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish» xizmatini tanlang. Keyingi sahifada «Xizmatdan foydalanish» tugmasini bosing. 3. So'ng ariza shaklini ikki bosqichda to'ldirish kerak: tizim avtomatik ravishda ariza beruvchining JSHSHIRni, ismi sharifini va propiska bo'yicha yashash manzilini kiritadi. Foydalanuvchilar yashab turgan davlat, viloyat va tuman haqidagi ma'lumotlarni va istiqomat qilayotgan uy raqamini kiritishlari zarur. 4. Shundan so'ng, haydovchilar to'ldirish shart bo'lgan bo'limlarga quyidagi ma'lumotlarni kiritishlari kerak bo'ladi: eski haydovchilik guvohnomasi kim tomonidan berilganligi; eski haydovchilik guvohnomasi seriyasi; eski haydovchilik guvohnomasi raqami; oldingi guvohnomaning berilgan sanasi; shaxsiy telefon raqami. 5. Keyin, guvohnoma kategoriyasini tanlab, arizani yuborish kerak bo'lgan ikkinchi bosqichga o'ting. Keyingi sahifada kategoriya turi, kategoriya berilgan sana va kategoriya bo'yicha alohida belgilar (agar bo'lsa) to'g'risidagi ma'lumotlar kiritiladi. Kategoriya to'g'risidagi ma'lumotlar berilganidan keyin, «Soxranit» («Saqlash») tugmasi bosiladi va tizim sizni oldingi sahifaga qaytaradi. Unda siz ma'lumotlar to'g'riligini tekshirib, «Yuborish» tugmasini bosasiz. 6. Shundan so'ng, ariza beruvchining ko'rsatilgan elektron manziliga va telefon raqamiga uning arizasi qabul qilinganligi, shuningdek elektron xizmatlar (Click, Payme, Upay, Paynet va boshqalar) yoki bank orqali to'lanishi mumkin bo'lgan hisob rekvizitlari ko'rsatilgan so'rovnomaning «To'lov amalga oshirilishi kutilayotgan» holati tasdiqlanganligi to'g'risida xabar kelishi kerak. Xizmat narxi 0,7 bazaviy hisob miqdorini 0,7 (156 100 so'm ) tashkil etadi. Invoysning amal qilish muddati cheklanmagan. 7. To'lov amalga oshirilgandan so'ng, ariza beruvchi yangi namunadagi guvohnomani olish uchun yuqoridagi ro'yxatda keltirilgan eng yaqin davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi mumkin. Bunda eski namunadagi guvohnomani taqdim etish shart. Bu yerda ular suratga tushishni taklif qilishadi. Vaqtni tejash maqsadida operatordan ma'lumotlar bazasida saqlanadigan pasportdagi fotosuratdan foydalanishni so'rash mumkin. | advice |
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati 1-sinfga qabul jarayoni 6 iyuldan boshlanishi haqida ma'lum qilgan edi . Pandemiya sharoitini inobatga olgan holda, 1-sinfga o'quvchilarning hujjatlari quyidagicha qabul qilinadi: 6−31 iyul kunlari — biriktirilgan mikrohudud doirasida; 1−25 avgust kunlari — maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib mikrohududdan tashqari. Shuningdek, pandemiya sharoitida ota-onalarning maktablarda to'planib qolishini oldini olish maqsadida Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o'quvchilarning hujjat topshirish jarayoni qabul.maktab.uz orqali (5 iyuldan) onlayn navbat asosida amalga oshiriladi. Dastur Toshkent shahrida muvaffaqiyatli tatbiq etilsa, keyingi o'quv yilidan boshlab boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy qilinadi, deyiladi vazirlik xabarida. « Gazeta.uz » 1-sinfga hujjat topshirish uchun qabul.maktab.uz saytida onlayn navbatga yozilish bo'yicha qo'llanmani taqdim etadi. Qo'llanma Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan . 1-sinfga qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: Direktor nomiga ariza; Bolaning tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi; Ota-onaning pasport nusxalari; Bolaning sog'lig'i to'g'risida tibbiy ma'lumotnoma; Bolaning 3,5×4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati; 2020 yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoshga to'lmagan, 1-sinfda o'qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta'lim muassasasining pedagog va psixologi tomonidan bolani maktabda o'qishga tayyorlash bo'yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. Ro'yxatdan o'tish jarayonini boshlash uchun qabul.maktab.uz saytiga kirib, «Qabulga yozilish» tugmasini bosish kerak. Foto: qabul.maktab.uz sayti Hozirda xizmat faqat Toshkent shahri uchun bo'lganligi sabab, boshqa viloyatni tanlash iloji yo'q. So'ngra, foydalanuvchi farzandining tumani va maktab raqamini (nomini) tanlash kerak. So'ngra maktab direktori bilan qabul sanasini va vaqtini tanlash kerak. Keyin, tug'ilganlik guvohnomasining seriyasi, raqami va tug'ilgan kuni to'g'risidagi ma'lumotlarni to'ldirish kerak. Qidirilgan ma'lumot topilmagan taqdirda bolaning familiya, ismi va otasining ismini kiriting. Eslatma : markazlashgan baza tizimiga farzandingiz to'g'risida ma'lumotlar kiritilgan/kiritilmaganligini tekshirish uchun «Ma'lumotlar ba'zasidan qidirish» tugmasi bosiladi. Foydalanuvchi farzandining familiyasi, ismi va sharifini kiritib bo'lgach, aloqa uchun telefon raqamini qoldiradi. Maxsus himoya kodini kiritib, «Saqlash» tugmasi bosiladi. Asosiy ma'lumotlarni to'ldirib bo'lgach, hujjatlar mavjudligini tasdiqlash kerak. Agar hujjat mavjud bo'lsa uning yonida belgi qo'yiladi. Paydo bo'lgan oynada «Qabul qilaman» punkti oldida tasdiqlash belgisi qo'yiladi va «Saqlash» tugmasi bosiladi. So'ngra hujjatlarni tasdiqlash bo'limidan keyin joylashgan «Saqlash» tugmasi bosiladi. Ma'lumotlar qabul qilingandan so'ng, ularni yuklab olish tugmasi paydo bo'ladi. «Yuklab olish» tugmasini bosib, qabul uchun hujjat nusxasini olish mumkin. Hujjat namunasi. Foto: qabul.maktab.uz Endi foydalanuvchi ushbu hujjat asosida belgilangan sana va ko'rsatilgan vaqtda kerakli ta'lim muassasasiga farzandi bilan borishi kerak. Ushbu hujjat esa navbatga yozilganligi haqida tasdiqlash qog'ozi hisoblanadi. | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda tovuq filesidan tayyorlangan eng mazali va sersuv taomlar retseptlarini taqdim etadi. Baqlajon va pishloq bilan pishirilgan tovuq go'shti Bunday taomni tayyorlash juda maroqli va qiziqarli. Tovuq go'shti, baqlajon va motsarella pishlog'i uyg'unlashuvi juda mazali ta'mni hosil qiladi. Tovuqdan tayyorlangan Stir fray taomi Ushbu taomda tovuq ozroq shirin ta'mga ega bo'lib pishadi, ammo quruq bo'lib qolmaydi. Sabzavotlar esa qarsildoq va juda mazali bo'lib pishadi. Tovuqning lahm sonidan qozon-kabob Ushbu taomni bizning retseptimiz bo'yicha albatta tayyorlab ko'ring va kechki ovqat yoki tushlik uchun oltin rangli kartoshka va huddi shunday tusga ega sersuv tovuq go'shtiga to'la taom yarating. Xantalli sous bilan tortiladigan qarsildoq tovuq Qarsildoq bo'lib pishadigan tovuq go'shtini o'zgacha sous bilan birga dasturxonga tortamiz. Tez va oson tayyorlaniladigan ushbu yegulik taomnomaga yangilik kiritishga yordam beradi. Qaymoq-qo'ziqorinli qaylada pishirilgan tovuq filesi Qaymoqli qaylada pishiriladigan tovuq filesi juda tez tayyorlaniladi. Bunday taom takrorlanmas ta'mda bo'lib, bir martadayoq ko'nglingizga yoqishi shubhasiz. Qaylada pishirilgan tovuq va baqlajonli taom Tovuq filesi va baqlajon birga pishirilganda, ajoyib ta'mli taom tayyorlanilar ekan. Bunga siz ham ishonch hosil qilishingiz mumkin. Ko'zachada pishirilgan tovuq Ko'zachalarda tayyorlaniladigan bu taom juda mazali bo'lib, ajoyib ko'rinishi bilan ko'pchilikni qiziqtirsa ajab emas. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Fizika bo'yicha «Nobel» mukofoti bu yil yana astrofizikadagi kashfiyotlar uchun berildi . Uch nafar olim mukofotni o'zaro taqsimlashdi. Rodjer Penrouzga «Nobel» qora tuynuklarning paydo bo'lishi umumiy nisbiylik nazariyasining ishonchli bashorati bo'lishi mumkinligini isbotlaganligi uchun berildi. Raynxard Gensel va Andrea Gez galaktikamiz markazida o'ta massiv qora tuynukni topgani uchun sazovor bo'lishdi. «Gazeta.uz» astrofizik Po'lat Tajimuratovdan buning nima uchun muhimligini tushuntirishni so'radi. 1915 yilda Albert Eynshteyn yangi fizik nazariyani — umumiy nisbiylik nazariyasini taklif qildi. U butun olam tortishish (gravitatsiya) hodisasini fazo-vaqtning эгрилиги билан izohladi. Eynshteyn o'zining nazariyasining dalillaridan biri sifatida Nyuton nazariyasi doirasida tushuntirishning iloji bo'lmagan Merkuriy orbitasining aylanishi bo'yicha hisob-kitoblarini taklif qildi. Keyinchalik, Eynshteyn nazariyasi 1919 yilda to'liq quyosh tutilishi paytida Kuyosh yaqinida yorug'lik nurlarining egriligini kuzatish orqali sinovdan o'tkazildi. Eynshteyn nazariyasining tenglamalari juda murakkab va ularning aniq yechimini faqat bir nechta oddiy hollar uchun olish mumkin. Bunday yechimlarning birinchisi — nemis olimi Karl Shvarsshild tomonidan olingan ifoda tabiatda qora tuynuklar — fazo-vaqtni undan xatto yorug'lik ham chiqib keta olmaydigan darajada eguvchi o'ta zich jismlar — mavjudligini ko'rsatdi. Eynshteyn Shvarsshildning yechimida hech qanday xato topmadi, lekin uni faqat matematik nuqtayi nazardan taajjubli holat deb hisobladi. Qora tuynuklar matematik jihatdan to'g'ri ekanligiga qaramay, ular Eynshteynning fikriga ko'ra tabiatda mavjud bo'lishi mumkin emas edi. 1965 yilda Rodjer Penrouz matematik usullardan foydalanib, agar Eynshteyn nazariyasi to'g'ri bo'lgan taqdirda, u holda katta massali yulduzlar umrining oxirida qora tuynuklarga aylanishi shartligini isbotlay oldi. Shunday qilib, agar nazariya to'g'ri bo'lsa, unda qora tuynuklar haqiqatda mavjud bo'lishi kerak. Bundan tashqari, Penrouz qora tuynuklarning o'zini batafsil tasvirlab bera oldi va buning uchun o'ziga xos ilmiy «til» — Penrouz diagrammalarini yaratdi. Diagrammalar bugungi kungacha har xil turdagi qora tuynuklarni tasvirlashning eng sodda va yaqqol usuli bo'lib qolmoqda. Raynxard Gensel va Andrea Gez galaktikamizning markazidagi hududni — A* O'qotarni («yulduzchali O'qotar A» deb ataladi — tahr. ) bir-biridan mustaqil ravishda 1990-yillarning boshidan beri kuzatib kelishmoqda. Katta teleskop massivlari yordamida ular Somon Yo'lining markaziga ulkan gaz va chang bulutlari orqali nazar tashlab, kuzatuvlar olib borishga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu kuzatuvlarni qayta ishlash natijalari shuni ko'rsatdiki, galaktika markazi yaqinida yulduzlar harakatini faqat markazda nihoyatda katta massa joylashgan bo'lsa (Quyoshdan 4,5 million marta og'irroq) tushuntirish mumkin. Uning tortishish kuchi juda katta bo'lishi kerak, bu yaqin yulduzlarni galaktikaning markazi atrofidi atigi bir necha o'n yilliklar ichida bir marta aylanishga majbur qiladi. Taqqoslashimiz uchun — Quyosh har 250 million yilda bir to'la aylanishni amalga oshiradi. Bu kabi ob'ektning roli uchun yagona nomzodlar supermassiv qora tuynuklar edi — bu qora tuynuklarning o'lik yulduzlardan emas, balki birlamchi modda to'plamlaridan hosil bo'lgan maxsus turi. Aynan shu kashfiyotlar uchun Penrouz, Gensel va Gez Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi. Penrouz o'z mukofotini yarim asrdan ko'proq vaqt kutishiga to'g'ri keldi. Gensel va Gez bu qadar uzoq kutishmadi, lekin baribir juda ko'p intiq bo'lishdi. Nima uchun? Gap shundaki, yaqin vaqtgacha qora tuynuklar faqat nazariy tushunchalar bo'lib qolaverdi. Bizning qahramonlarimiz kashfiyotlari bitta katta «agar»ga asoslangan edi: agar qora tuynuklar haqiqatan ham mavjud bo'lsa, bularning bari haqiqat bo'ladi. Qora tuynuklar tabiatda yo'qligi va Eynshteyn nazariyasi takomillashtirishlarga muhtojligining kichik bo'lsa-da extimoli mavjud edi. Biroq, so'nggi besh yil ichida fizikada birvarakayiga ikkita ajoyib voqea yuz berdi: gravitatsion to'lqinlarni LIGO va VIRGO loyihalari tomonidan qayd etilishi umumiy nisbiylik nazariyasiga yana bir dalil qo'shdi. Bundan tashqari, Messier 87 galaktikasining markazida joylashgan supermassiv qora tuynukning suratini olgan Hodisalar gorizonti teleskopining muvaffaqiyati, tabiatda qora tuynuklar mavjudligini isbotladi. Va bu tabiiy ravishda shartli «agar»ni mustahkam ishonchga aylantirdi. Darhaqiqat, uzoqdagi qora tuynuklarning bizga nima qizig'i bor? Katta yulduzlar o'limining bizga daxldorligi qanaqa? Ushbu kashfiyotlardan bizga qandaydir amaliy foyda bormi? Hozir bu kashfiyotlarning biz uchun to'g'ridan-to'g'ri amaliy foydasi yo'q. Ammo ma'lumotlarini olish uchun Gensel va Gez guruhlari eng qiyin masalalarni yechishlari, tasvirlarni olish texnologiyalarini takomillashtirishlari va ma'lumotlarni qayta ishlash uchun kuchli algoritmlarni ishlab chiqishlariga to'g'ri keldi. Aynan ularning shu bilvosita natijalari biz uchun juda muhimdir. Natijalarning bir qismi allaqachon ko'proq «dunyoviy» ishlarda foydalanilmoqda, qolgan qismi esa endi o'zlashtirila boshlandi. Penrouz kashfiyoti bunday bilvosita amaliy natijalarga ega emas. Ammo agar Penrouzning aynan shu ishi bo'lmaganida, galaktika markazi va Hodisalar gorizonti teleskopi (u bizni juda uzoq ob'ektlarni suratga olishga o'rgatdi) tadqiqotlari bo'lmasligi mumkin edi. | advice |
Jismoniy shaxslarning yer solig'ini to'lash so'ngi muddati 15 oktyabr kuni belgilangan. Bu haqda Davlat soliq qo'mitasi ma'lumot berdi . Agar biron sababga ko'ra soliqni belgilangan muddatdan kechroq to'lashga to'g'ri kelsa, soliq organlari tomonidan to'lovni kechiktirgan har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida jarima undiriladi. Jismoniy shaxslar uchun yer solig'i yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organning (kadastr agentligi) ma'lumotlari asosida yer uchastkasining maydoni va uy joylashgan hudud bo'yicha belgilangan stavkalarga ko'paytirib aniqlanadi. Yer uchastkasi joylashgan hududning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo'lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilash huquqiga ega. Toshkent shahrida 4-hududda joylashgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yerlarga fuqarolardan 2020 yil uchun undiriladigan yer solig'ining bazaviy stavkalari 1 kv.m uchun 567,2 so'm etib belgilangan. 400 kv.m (4 sotix)*567,2=226 880 so'm . Demak, Toshkent shahrining 4-hududida joylashgan 4 sotix yer maydoni uchun 1 yillik yer solig'i 226 880 so'm. Yoki Andijon viloyatining qishloq hududi uchun yer solig'ining bazaviy stavkalari 1 kv.m uchun 133,4 so'm etib belgilangan. 800 kv.m (8 sotix)*133,4=106 720 so'm . Demak, Andijon viloyatining qishloq hududida joylashgan 8 sotix yer maydon uchun 1 yillik yer solig'i 106 720 so'm. Hududlarning yer solig'i uchun bazaviy stavkalarini bu yerda topsa bo'ladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to'lovchining tanlovi bo'yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin. Soliq imtiyozlariga ega bo'lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi. | advice |
Yanvar-sentyabr oylari davomida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflar o'rtacha 6,3 foizga oshdi. 2019 yilning sentyabr oyigacha nisbatan oladigan bo'lsak, tovarlar va xizmatlar narxlarining o'rtacha o'sishi 11,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo'mitasi ma'lumot berdi . Bu yilning yanvar-sentyabr oylari davomida narxlarning eng ko'p o'sishi aprel oyiga to'g'ri keldi ( 1,7 % ), narxlarning umumiy pasayishi, ya'ni deflyatsiya holati iyun ( -0,2% ) va iyul ( -0,3% ) oylarida kuzatildi. Tovarlar va xizmatlar asosiy guruhlari kesimida qarab o'tsak, yanvar-sentyabr oylari davomida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari 3,1 foizga , nooziq-ovqat mahsulotlar 2,1 foizga , xizmatlar 1,1 foizga oshdi. O'tgan yilning sentyabr oyiga nisbatan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar, shuningdek, xizmatlar narxlarining o'sishi mos ravishda 7,5 foiz, 2,8 foiz va 1,4 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining eng ko'p o'sish holati aprel oyida kuzatildi ( 1,4% ) va narxlarning pasayishi iyun ( -0,5% ) va iyul ( -0,6% ) oylariga to'g'ri keldi. Oziq-ovqat mahsulotlari alohida guruhlarga bo'linadi: non mahsulotlari; go'sht, parranda go'shti va baliq; sut mahsulotlari; mevalar, sabzavotlar va kartoshka; shakar, choy va boshqa mahsulotlar; tuxum; yog' va moylar; alkogolsiz ichimliklar; spirtli ichimliklar. Bu yilning yanvar-sentyabr oylarida non mahsulotlari narxlari o'sishining eng yuqori darajasi aprelda qayd etilib, ushbu guruh tovarlari narxlari o'rtacha 4,3 foizga ko'tarilgan. Ushbu guruh narxlarining yanvar-sentyabr oylari davomidagi o'rtacha oylik o'sish sur'ati 1,4 foizni tashkil etdi. Go'sht, parranda go'shti va baliq mahsulotlari narxlarining oy davomidagi yuqori o'sishi sentyabrda (3,8%), past sur'atlarda o'sishi esa yanvar, iyun va iyul oylarida qayd etilgan (0,4 foizdan). Go'sht mahsulotlari narxlari oy davomida o'rtacha 3,8 foizga (yil boshidan 14,2%) qimmatlashdi. Bu yilning yanvar-sentyabrida meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining oy davomidagi yuqori o'sishi aprelda (6,6%), pasayishi esa iyun oyida (-8,4 foizgaga) qayd etilgan. Sentyabr oyida guruh narxlarining o'sish sur'ati 3,0 foiznini tashkil etdi. Joriy yilning sentyabr oyida ushbu guruh mahsulotlaridan anor (15,5%), karam (14,1%), shaftoli (14,2%) va banan (14,0%) narxlari sezilarli darajada qimmatlashdi. Shu bilan bir qatorda, pomidor (-6,4%), bulg'or qalampiri (-6,3%), limon (-6,1%), olma (-1,4%) narxlarining arzonlashganligi qayd etildi. Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining eng ko'p o'sish holati sentyabr oyida kuzatildi ( 0,4 % ) va narxlar o'sishining eng kichik qiymati yanvar oyiga ( 0,1% ) to'g'ri keldi. Nooziq-ovqat mahsulotlari alohida guruhlarga bo'linadi: kiyim-kechak; oyoq kiyim; mato va yigirilgan iplar; maishiy to'qimachilik mahsulotlari; madaniy mollar; qurilish materiallari; dori-darmonlar; shaxsiy gigiyena mahsulotlari; avtomobillar uchun yoqilg'i; asosiy maishiy mahsulotlar va elektr jihozlari; tamaki mahsulotlari; zargarlik buyumlari; yuvish va tozalash vositalari; shaxsiy transport. 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida nooziq-ovqat mahsulotlarning o'rtacha oylik o'sish sur'ati 0,6 foizni tashkil etdi. 2020 yilning sentyabrida nooziq-ovqat mahsulotlarning asosiy guruhlari orasida narxlarning oy davomida o'sishi bo'yicha yetakchi o'rin avtomobillar uchun yoqilg'i narxlariga tegishli bo'lib, bunda narxlarning 3,4foizga o'sishi kuzatilgan. Xizmatlar narxlarining eng ko'p o'sish holati mart va may oylarida kuzatildi ( 0,2 foizdan ), qolgan oylarda narxlarning o'sishi 0,1 foizdan bo'ldi. Xizmatlar alohida guruhlarga bo'linadi: maishiy xizmatlar; uy-joy kommunal xizmatlari; yo'lovchi tashish transporti xizmatlari; aloqa xizmatlari; madaniyat muassasalari xizmatlari; sport xizmatlari; dam olish xizmatlari; tibbiy xizmatlar; ta'lim xizmatlari. Joriy yilning sentyabr oyida tariflarning o'sishi bo'yicha yetakchilik yo'lovchi tashish transporti xizmatlariga tegishli bo'lib, narxlar oy davomida 1,6 foizga, shu jumladan, havo transporti 0,9 foizga, temir yo'l transporti 0,3 foizga, avtomobil transporti xizmatlari 2,1 foizga qimmatlashdi. Pandemiya sharoitida aholining to'lov qobiliyatini mustahkamlash maqsadida, mamlakatning davlat oliy ta'lim muassasalarida shartnoma asosida kunduzgi o'qish uchun tayanch to'lov miqdoriga chegirmalar qo'llanilganligi ta'lim sohasidagi xizmatlar umumiy narxlarining o'rtacha 2,3 foizga pasayishiga olib keldi. Umumiy hisobda, bu yilning yanvar-sentyabr oylarida narxlarning o'sishi bo'yicha yetakchi pog'onalarni davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xizmatlari (15,2%), dam olish (8,8%), maishiy xizmatlar (8,3%), shuningdek, yo'lovchi tashish transporti xizmatlari (8,0%) narxlari band etdi. | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda yangi yil uchun salatlar ro'yxatini taqdim etadi. Yangi yil dasturxoni uchun o'ziga xos va qiziqarli salat retseptini taqdim etamiz. Mahsulotlarning kombinatsiyasi sizni quvontiradi, tashqi ko'rinishi esa o'zgacha bayram muhitini qo'shadi. Aynan hozir ko'pchilik Yangi yil dasturxoniga nimalar tayyorlasam ekan deb, o'ylab yuribdi. Mana bunday g'oya esa sizlarga manzur keladi degan umiddamiz. Steyk bilan tayyorlangan bunday iliq salatni asosiy taom sifatida ham bemalol iste'mol qilish mumkin. Har xil masalliqlardan foydalanilgani va ajoyib ko'rinishi bilan bu salat hech kimni befarq qoldirmaydi. Bu sevimli salatni bir xil ko'rinishda tayyorlash joningizga tekkan bo'lsa, unda bizning ruletsimon shaklda tayyorlab, yaqinlaringizni hayron qoldiring. Bunday salatni aylana shaklda tayyorlasangiz, undagi barcha qavatlar ko'rinib, yanada ishtahaliroq chiqadi. Qisqichbaqa tayoqchalaridan tayyorlangan salat ham xuddi «Olive» kabi yangi yil dasturxonidan o'z o'rnini egallashga ulgurgan. Bunday salat tez va oson tayyorlanib, kerakli masalliqlar esa deyarli har bir ro'zg'ordan topiladi. Eng mazali va ko'pchilikning ajralmas salatlaridan biri bu « Olive » salatidir. Bunday salatsiz hech qaysi bayramni, ayniqsa yangi yil oqshomini tasavvur etolmaymiz. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda har kunlik issiq ovqatlar ro'yxatini taqdim etadi. Beyti kebab — o'zining ko'rinishi bilan ishtahani qitiqlaydigan, bir mata ta'tib ko'rgandan so'ng undan yana va yana iste'mol qilging kelaveradigan turkcha taomlardan biridir. Italyancha taomlarni xush ko'ruvchilar uchun quyuq pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti retseptini taqdim etamiz. Bunday usulda pishirilgan taom go'shti yumshoq, ta'mi ham ajoyib, brokkoli karami esa qarsildoq bo'lib, barcha vitaminlarini saqlab qoladi. Tovuq filesidan tayyorlangan xushbo'y va mazali lo'la kaboblar — juda oson tayyorlaniladigan taom bo'lib, hatto pazandachilikdan umuman xabari yo'q insonlar ham uni bemalol tayyorlay oladilar. Ajoyib, ishtahaochar tomat sousida pishgan, tunets balig'idan tayyorlangan italyan pastasi retsepti. Kunjutga belab pishirilgan mana bunday tovuqli taom nafaqat dasturxoningizga ko'rk bag'ishlaydi, balki eng sevimli taomlaringizdan biriga ham aylanishi aniq. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
2021 yil yanvaridan boshlab Toshkent shahridagi jamoat transportlarida imtiyoz asosida transportda harakatlanish huquqiga ega bo'lgan yo'lovchilar — o'quvchilar, talabalar va nafaqaxo'rlar uchun transport kartalari joriy etildi. 25 dekabr kuni Toshkent transport departamenti «Gazeta.uz»ga naqd to'lovlar bekor qilinmasligi to'g'risida xabar berdi . Bundan tashqari, transport kartalariga bosqichma-bosqich o'tish uchun «Toshshahartransxizmat» AJ yo'lovchi tashish operatori oylik yo'lovchi chiptalarni bugungi ko'rsatkichning 50% miqdorida chiqarishni rejalashtirmoqda. Fevral oyidan boshlab yo'lovchi chiptalarini sotish to'xtatiladi. Shunga qaramay, yo'riqnoma transport kartalariga o'tuvchi barcha jamoat transporti yo'lovchilari uchun dolzarbligicha qolmoqda. Transport kartasi nima? Qanday transport kartalari mavjud? Imtiyozli transport kartasi oddiy transport kartasidan nimasi bilan farq qiladi? Transport kartasini qayerdan sotib olish mumkin? Transport karta balansini qanday to'ldirish mumkin? Transport kartasi orqali to'lov qanday amalga oshiriladi? Kartani uyda unutib qoldiribman. Qanday yo'l tutishim kerak? SMS-xabarnoma xizmatini qanday faollashtirish mumkin? Mobil telefon orqali to'lov qanday amalga oshiriladi? Men transport kartamni yo'qotib qo'ydim. Unda juda ko'p pul bor edi. Qanday yo'l tutishim kerak? Menda smartfon yo'q. Balansimni qanday bilishim mumkin yoki yo'qolgan taqdirda kartani bloklashim mumkinmi? Mening kartam ishdan chiqdi. Nima qilish kerak? Qisqa muddatga mehmonlarim kelishdi. Ularga ham transport karta kerakmi? Transport to'lovlari orasida 6 daqiqa nima degani? Agar ikki daqiqadan so'ng boshqa avtobus yoki metroda bo'lsam, unda nima bo'ladi? Men telefon raqamimni o'zgartirdim. Transport kartasini yangi raqamga qanday bog'lash mumkin? Tarif rejalari Men tarif sotib olmoqchi emasman. Bir martalik yo'l haqini to'lay olamanmi? Men transport kartasini sotib olishni xohlamayman. Aloqasiz yo'l haqini to'lashning boshqa usullari bormi? Yagona transport kartasi — bu NFC texnologiyasiga ega aloqasiz karta. Unda amal qilish muddati — uch yil ekanligi ko'rsatilgan. Karta unda ko'rsatilgan oy oxirigacha amal qiladi. Karta 2022 yil dekabr oxirigacha amal qiladi. Kartaning orqa qismida QR-kod mavjud. U atto.uz saytiga «olib kiradi», u yerda ro'yxatdan o'tishingiz va agar kartangiz telefon raqamiga bog'langan bo'lsa, uning ma'lumotlarini bilib olishingiz mumkin. Hozirda transport kartasidan «Toshshahartransxizmat» kompaniyasining avtobuslarida (yashil avtobuslarda) va barcha metro stansiyalarida to'lovni amalga oshirish mumkin. Kelgusida transport kartasi imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Hozircha faqat bir turdagi transport kartasi mavjud — aholi uchun ko'k rangli karta. Yangi yildan boshlab «Toshshahartransxizmat» va Toshkent transport boshqarmasi imtiyozli harakatlanish huquqiga ega bo'lgan yo'lovchilar — o'quvchilar, talabalar va nafaqaxo'rlar uchun transport kartalarini joriy etishi ko'zda tutilgan. Ushbu kartalar tegishli ravishda yashil, sariq va qizil ranglarda bo'ladi. Imtiyozli harakatlanuvchilar uchun transport kartasi karta egasining nomiga va yo'lovchiga imtiyozli harakatlanish huquqini beruvchi hujjat — nafaqa yoki talabalik guvohnomasiga bog'langan bo'ladi. Muhim ma'lumot. 16 yoshga to'lmagan shaxslarga qonuniy vakilning pasporti, bolaning tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnoma va ma'lumotni tasdiqlovchi hujjat bo'yicha transport kartasi beriladi. «Imtiyozchi"lar uchun transport kartasi tarif rejasini 50% chegirma bilan — yarim narxda sotib olish huquqini beradi. Aholi transport (ko'k) kartalarini metro chiptaxonalaridan va oylik yo'lovchi chiptalarini sotib olish shahobchalaridan xarid qilish mumkin. Shaharda 90ga yaqin shunday shahobchalar mavjud. Hozirda bunday chiptalar 15 ming so'm turadi, shundan 5 ming so'mi transport kartasi balansiga o'tkaziladi. 11 dekabr kuni bo'lib o'tgan brifingda Transport boshqarmasi boshlig'i va «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi Anvar Jo'rayev imtiyozli harakatlanuvchilar uchun transport (yashil, sariq va qizil) kartalarini oylik yo'lovchi chiptalarni sotish joylarida (tumanlar bo'yicha shahobchalar ro'yxati ) yoki «Toshshahartransxizmat» ofisida olish mumkinligini ta'kidladi ( manzil ). TSHTX tushuntirishicha, «imtiyozchilar» uchun kartalar metro chiptaxonalarida sotilmaydi, chunki talabalar va nafaqaxo'rlar hujjatlarni taqdim etishlari kerak, kassalar esa bir vaqtning o'zida nafaqaxo'rlarni ro'yxatdan o'tkazishga va yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishga ulgurmaydi. O'quvchilar, talabalar va nafaqaxo'rlar ATTO aksiyasi doirasida imtiyozli transport kartalarini bepul olishadi. Ular faqat tarif rejasini sotib olishlari kerak. Tarif rejalari to'g'risida quyida ma'lumot keltiriladi. Metropolitenning barcha kassalarida, oylik yo'lovchi chiptalarni sotish shahobchalarida va Uzcard kompaniyasiga qarashli infokiosklar tarmog'ida. Infokiosklarda Kapitalbank deb yozilgan. «Kapital Bank»ga tegishli infokiosklar sizga to'g'ri kelmaydi. Bu infokiosklarda transport kartasi balansini tekshirish mumkin, lekin uni to'ldirib bo'lmaydi. «Kapital Bank» infokiosklarini UzCard infokiosklaridan interfeys orqali ajratish mumkin. «Kapital Bank»da fon oq rangda va xizmat ikki tilda. UzCard ko'k fonda va uch tilda. Infokiosklar xaritasi ATTO Uz ( Android , Apple ) ilovasida «Kiosklar» bo'limida, shuningdek atto.uz saytida mavjud. Infokiosklarda bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: Balansni to'lov ilovalari, shu jumladan, bank ilovalari orqali ham to'ldirish mumkin. ATTOning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, ushbu funksiya quyidagi dasturlarda mavjud: Click, Payme, Apelsin, MyUzcard, UPay, Ipak Yo'li Mobile, MKB Mobile («Mikrokreditbank»), OSON, Tenge Lite (Tenge bank), Universal Mobile («Universalbank»), Ravnaq Bank, InfinBank, Aloqa Mobile, Savdogarbank Mobile, My Uzcard, Davrbank, Hamkor Mobile, Agrobank Mobile, PSB («O'zsanoatqurilishbank»). To'lov dasturlari orqali karta balansini to'ldirish uchun қ идирuв satrida lotin harflarida «ATTO» so'zini tering , transport kartasi raqamini kiriting. Balansni shuningdek, ATTO.Uz ilovasi ( PlayMarket , AppStore ) yordamida to'ldirish mumkin. Buning uchun asosiy menyuda «Balansni to'ldirish»ni tanlash va bank kartasini qo'shish orqali uni ilovaga bog'lash yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritib, uni saqlamasdan balansni to'ldirish kerak. Avtobusda kartani mobil yoki statsionar validatorga bosish kerak. Odatda bu ish konduktorlar tomonidan amalga oshiriladi. ATTO yo'lovchilardan boshqa yo'lovchilarning kartalari bilan adashtirib yubormasliklari uchun konduktorlarga kartani bermasliklarini so'raydi. Metroda kartani turniketdagi validatorga bosish va yashil belgini kutish kerak. Agar validator ekrani qizil rangda yonsa, karta balansi salbiy bo'lishi yoki karta bloklangan bo'lishi mumkin. Sariq rang, oxirgi to'lovdan 6 daqiqadan kam vaqt o'tganini anglatadi. Svetoforning ranglari bizning yo'riqnomamizda tag'in ham keltiriladi, shuning uchun to'lov holatini tekshirishning ushbu usulini «svetofor» deb ataymiz. Agar siz transport kartangizni uyda unutgan bo'lsangiz yoki uni cho'ntagingizda izlashni xohlamasangiz, yo'l haqini mobil telefoningiz orqali to'lashingiz mumkin. Avvalo, ATTO.Uz ( PlayMarket , AppStore ) mobil ilovasini yuklab olish va o'rnatish zarur. Keyin dasturda ro'yxatdan o'tish kerak. Buning uchun kod bilan SMS-xabar keladigan telefon raqamini kiritish kerak. Transport kartangiz ma'lumotlarini kiritganingizda, u ushbu telefon raqamiga va shu qurilmadagi dastur tizimiga ulanadi. Endi kartani boshqa qurilmadagi ilovaga bog'lay olmaysiz. Mobil qurilmaning operatsion tizimiga qarab, asosiy menyuda mobil telefon orqali to'lash usullari ro'yxati keltirilgan: «Metroda QR-kod orqali to'lash» va OS Android qurilmalari uchun «NFC orqali to'lash» hamda iOS qurilmalari uchun «Metroda QR-kod orqali to'lash». Chap tomonda — Androidda ilova interfeysi, o'ngda — iOSda. SMS Info xizmati ulanmagan. Muhim ma'lumot. Agar transport kartasi SMS-xabarnoma xizmatiga ulanmagan bo'lsa, metroda ham, avtobusda ham yo'l haqini mobil telefoningiz bilan to'lay olmaysiz. Agar siz to'lovni doim mobil telefoningiz orqali amalga oshirmoqchi bo'lsangiz, SMS-xabarnomani faollashtirishingiz kerak. Aynan shu joyda eng qiyin jarayon boshlanadi. SMS-xabarnoma xizmati foydalanuvchilar uchun bepul. Barcha xarajatlar ATTO tomonidan qoplanadi. Uni oylik yo'lovchi chiptalarni sotish shahobchalarida (tumanlar bo'yicha shahobchalar ro'yxati ), yer usti metrosining kassalarida (ayni paytda Xalqa yo'lining barcha bekatlarida) ulash mumkin. SMS-xabar xizmatini yerosti bekatlari kassalarida faollashtirishning imkoni yo'q, chunki ko'rsatilgan telefon raqamiga tasdiqlash kodi bilan SMS-xabar kelishi kerak. SMS-xabarnoma xizmatini atto.uz saytida joylashuv manzillari ko'rsatilgan infokiosklarda va mobil ilovaning «Kiosklar» bo'limida faollashtirish ham mumkin. Muammo shundaki, barcha terminallarda ushbu funksiya ishlamaydi yoki terminallarning barisi ham ishlamaydi. ATTO kompaniyasi ta'kidlashicha, SMS-xabarnoma xizmatini ulashga imkon beradigan deyarli barcha infokiosklar sariq rangga ega va Kapital Bankga tegishli. Ularda «Kapital bank» yozilgan, lekin ular UzCardga tegishli. Muhim: SMS-xabarnoma xizmatini faqatgina UzCard infokiosklari orqali yoqtirish mumkin. «Kapital Bank» infokiosklarini UzCard infokiosklaridan interfeys orqali ajratish mumkin. «Kapital Bank»da fon oq rangda va xizmat ikki tilda. UzCard ko'k fonda va uch tilda. Sizga kartani qabul qiluvchi moslama bilan jihozlangan infokiosk kerak — unga shunchaki karta kiritiladi xolos. Kartani «yutib oladigan» infokiosk emas. Infokiosk orqali SMS-xabarnoma xizmati shu tarzda faollashtiriladi: SMS-xabarnoma ulandi, ATTO.UZ mobil ilovasi esa o'rnatildi. Endi to'lovni mobil telefonda amalga oshirish mumkin. Avtobusda harakatlanish uchun telefon orqali to'lash Muhim ma'lumot. Agar sizda iPhone bo'lsa, siz avtobusda telefoningiz bilan to'lay olmaysiz. Avtobusda faqat Android telefon bilan to'lovni amalga oshirish mumkin, chunki to'lov ATTOda Apple mahsulotlarida bo'lmagan NFC tizimi orqali o'tadi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, iOS mobil telefonlarida NFC ulanishi uchun Apple kompaniyasi sertifikatini olish zarur. Ushbu jarayon ATTOning istiqbol rejalaridan biri, biroq u juda uzoq davom etishi mumkinligi kompaniya tomonidan ta'kidlanmoqda. Avtobusda Android telefoni orqali to'lash uchun quyidagilar kerak: To'lov holatini «svetofor» usuli yordamida tekshiramiz. Hozircha statsionar validatorlarning hammasi ham NFC to'lovlarini qabul qilmaydi. Buning uchun barcha statsionar validatorlarning dasturiy ta'minotini yangilash zarur. ATTO naqd to'lovlarni bekor qilish e'lon qilingan vaqtga kelib, barcha qurilmalarni yangilashni va'da qilmoqda. Metroda to'lovlarni Android va iOS qurilmalari bilan amalga oshirish mumkin. To'lov variantlarini tahlil qilamiz. Android qurilmalarida NFC to'lovlari Android qurilmalari metroda NFC va noyob QR-kod yordamida to'lashga imkon beradi. Buning uchun Internet zarur. Agar siz Metrotelecom abonenti bo'lmasangiz (metro stansiyalarining yer osti yo'laklarida internetga kirish imkoni yo'q), unda ba'zi operatsiyalarni yer ustida bajarish kerak. NFC orqali to'lovni amalga oshirish uchun quyidagilar kerak: Metrotelecom abonentlari metroning yer osti metro yo'laklarida dastlabki ikki qadamni bajarishlari mumkin. Yerusti yo'laklarda barcha funksiyalar faol internet bilan ishlaydi. Metro yo'l haqini QR-kod orqali telefonda to'lash — Android va iOS QR-kod orqali to'lov faqat metroda, Android va iOS mobil qurilmalarida ishlaydi. QR-kod orqali to'lash uchun ham internetga ulanish talab qilinadi. Agar siz Metrotelecom abonenti bo'lmasangiz, operatsiyalarning bir qismi yer ustida bajarilishi kerak. QR-kod orqali to'lovni amalga oshirish uchun quyidagilar kerak: Turniketdagi QR-kod rideri (o'qish moslamasi) yuqoridagi ko'k rangli doirada, uning ostida validator joylashgan. Metrotelecom abonentlari metroning yer osti metro yo'laklarida dastlabki ikki qadamni bajarishlari mumkin. Yerusti yo'laklarda barcha funksiyalar faol internet bilan ishlaydi. Muhim ma'lumot. Metro uchun QR-kodlari faqat tanlangan metro bekatida amal qiladi. Kartani bloklash. 78−140−08−08 telefon raqamiga — Qo'llab-quvvatlash xizmatiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. Yoki kartani ATTO.Uz ilovasida bloklash mumkin. Kartani topgan kishi bloklangan karta bilan to'lov qila olmaydi. Muhim ma'lumot. Agar sizning kartangiz ATTO.Uz ilovasiga bog'lanmagan bo'lsa, kartani topgan shaxs uni mustaqil bog'lashi mumkin. Transport kartalarini ATTO.Uz ilovasiga faqat bitta qurilmada ulash mumkin. Agar siz mobil ilovadan foydalanishni xohlamasangiz, xavfsizlik maqsadida SMS-xabarnoma xizmatini yoqishingiz mumkin. Shunda transport kartasi yo'qolgan taqdirda, uni topgan kishi, SMS-xabarnoma xizmati ulangan telefon raqamiga yuboriladigan kodni kiritmasa, kartani ATTO.Uz ilovasida ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Muhim ma'lumot. Ilova orqali kartani bloklash uchun uning balansi 1400 so'mdan kam bo'lmasligi kerak, aks holda ochiladigan menyuda «Bloklash» funksiyasi paydo bo'lmaydi. Pul mablag'larini yangi kartaga qaytarish uchun ATTO ofisiga ( joylashuv ) borishga to'g'ri keladi. Ammo kompaniyada buni vaqtinchalik deyishmoqda. Yaqinda foydalanuvchilar mablag'ni kartadan kartaga o'tkaza oladilar, keyin pulni qaytarish uchun ofisga borishning hojati bo'lmaydi. Kartani blokdan chiqarish uchun ochiladigan menyuda «Blokdan chiqarish»ni tanlash lozim. Agar siz transport kartangizni yo'qotib qo'ysangiz, ATTO Call-markazi — 78−140−08−08 raqamiga murojaat qiling. Balansni Infokiosklarda (infokiosklar xaritasi atto.uz saytida mavjud), barcha metro chiptaxonalarida, oylik chiptalarni sotish shahobchalarida yoki ATTO Call-markazlariga qo'ng'iroq qilish orqali bilish mumkin. Kartaning ishlamay qolishi ikki sababga ko'ra sodir bo'lishi mumkin: karta mexanik ta'sir tufayli yoki elektromagnit hamda harorat ta'sirida shikastlangan. Transport kartalari foydalanuvchilari kartalarni saqlash va ulardan foydalanishda ehtiyot bo'lishlari darkor. Kartani mobil telefon, maishiy va ofis jihozlari bilan birga, shuningdek metall buyumlar va boshqa magnit tashuvchilar / qurilmalar yonida saqlash tavsiya etilmaydi. Bular jahon standartining qoidalari. Agar transport kartasi baribir buzilgan bo'lsa, kartani almashtirish bo'yicha ko'rsatmalar olish uchun ATTO Call-markazi — 78−140−08−08 raqamiga murojaat qilish kerak. Buzilgan transport kartasini almashtirish uchun foydalanuvchi birinchi marta murojaat qilganida yangisi bepul taqdim etiladi. Eski kartadagi mablag' yangisiga o'tkaziladi. Agar mehmonlar transport kartasini sotib olishmasa, har bir yo'lovchi uchun to'lovlar oralig'ida 6 daqiqa kutish kerak bo'ladi. Dastlab, bu yo'lovchi tasodifan yo'l haqini ikki marta to'lamasligi uchun zarur bo'lgan. Boshqa sabablari ham bor. ATTO kompaniyasida bu haqda quyidagi izoh keltirildi: «Biz kartaga insonning shaxsiy vositasi sifatida qaraymiz. Agar Sizda qog'oz harakatlanish chiptasi bo'lsa, undan ikki yoki uch kishi bir vaqtning o'zida foydalanmaydi. Agar transport kartasi har bir yo'lovchining transport uchun to'lashning individual vositasi sifatida shakllanmasa, rejalashtirilgan cheksiz va ko'chma tariflarining funksionalligi deyarli imkonsiz bo'ladi ». Bundan tashqari, ATTO mutaxassislari jamoat transportidan foydalanishni tahlil qilish va ushbu ma'lumotlarni transport departamentiga taqdim etish uchun yo'lovchilar qanday harakatlanayotganini ko'rishlari kerak, bu esa o'z navbatida yangi yo'nalishlarni ochadi, yo'lni o'zgartiradi, foydasiz yo'nalishlarni yopadi va yangi tarif rejalarini joriy qiladi. Kompaniyada, transport kartalaridan bir vaqtning o'zida bir nechta yo'lovchilarning foydalanishi statistikani buzadi, deyilmoqda. To'lovlar orasidagi 6 minutlik cheklov bitta validator orqali amalga oshirilgan to'lovlarga qo'llaniladi. Uch eshikli avtobuslarning aksariyati allaqachon bitta statsionar validator bilan jihozlangan, har bir konduktor mobil validatorga ega. Hozirgi kunda bir yo'nalishning statsionar va mobil validatori endilikda turli xil qurilmalar hisoblanadi. Aslida, bir avtobusda turli xil validatorlar orqali ikki kishilik to'lov amalga oshirilishi mumkin. ATTO uch eshikli avtobuslarning barcha eshiklariga statsionar validatorlar o'rnatilganda, bitta validator asosiy, qolgan ikkitasi esa qo'shimcha sifatida qabul qilinishini xabar qildi. Muhim ma'lumot. Metropolitenda 6 daqiqalik limit ham bitta validatorga tegishli. Agar yo'lovchi validatorda muvaffaqiyatli to'lov (yashil tasdiq belgisi)ni ko'rsa, unda tranzaksiya muvaffaqiyatli bo'lgan. Turniketning qotib qolishi to'lov amalga oshmaganligini bildirmaydi. К артаni boshqa validatorga bosishning keragi yo'q — bunda siz ikki marotaba yo'l haqini to'laysiz. Metro nazoratchisi yo'lovchini boshqa turniketga yo'naltirmasdan, uni karta bosilgan turniket orqali o'tkazishi kerak. Navbatchi nazoratchiga to'lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini transport / bank kartasini yoki telefonni ochilmagan turniketdagi validatorga qayta bosib isbotlash mumkin. Validator ekranida yo'l haqi to'lovining aniq vaqti ko'rsatiladi. Dastlab, uchta nuqtani bosish yo'li bilan kartani ilovadan o'chiring. Ilovani o'chirib tashlang va yangi telefon raqamiga ro'yxatdan o'tish orqali qayta ulang. Transport kartani ro'yxatdan o'tkazing. SMS-xabarnoma xizmatini yangi telefon raqamiga ulash uchun infokioskda SMS-xabarnomani o'chiring va uni qayta ulang. 1 yanvardan boshlab Toshkent transport boshqarmasi 5, 10, 15, 20 va 30 kunlik tarif rejalarini joriy qilmoqda. Muhim ma'lumot. Yanvar oyida faqat 30 kunlik tarif rejasini xarid qilish mumkin bo'ladi. 30 kunlik tarif rejasi oylik chipta narxiga teng: Tarif rejalaridan foydalanishda harakatlanish va transportdan transportga o'tishlar soni cheklanmaydi. Ammo bu bir vaqtning o'zida bir nechta yo'lovchilar uchun haq to'lash mumkinligini anglatmaydi. ATTO ta'kidlashicha, bugungi kunda bir necha kishi bir oylik yo'l chiptasidan ham foydalana olmaydi. Tasavvur qilaylik. Sizda transport kartasi bor va 5 kunlik to'plam sotib olingan. Do'stingiz bilan avtobusga chiqdingiz va ikki kishi uchun bitta transport kartasi bilan to'lamoqchi bo'ldingiz. Siz kartani mobil yoki statsionar validatorga bosib, o'zingiz uchun yo'l haqini to'ladingiz. Agar 6 daqiqadan so'ng siz xuddi shu validatorga kartani bosib, do'stingiz uchun ham to'lamoqchi bo'lsangiz, kartangizdan 1400 so'm yechib olinadi. Agar balansda mablag' bo'lmasa, karta qora ro'yxatga kiritiladi. Ammo, agar siz kartani o'sha avtobusdagi boshqa validatorga bossangiz, u holda to'lov tarif rejasi doirasida hisoblanadi. Metroda ham xuddi shu qoida qo'llaniladi, chunki har bir turniket qolganlaridan mustaqil validator hisoblanadi. Muhim ma'lumot. Oyning birinchi kunidan oxirgi kunigacha foydalanishga mo'ljallangan an'anaviy yo'lovchi chiptalaridan farqli o'laroq, transport kartalarining tarif rejalari birinchi tasdiqlash kunida (n) faollashtiriladi. Bu nimani anglatadi? Aytaylik, siz 1 yanvar kuni 30 kunlik tarif rejasini sotib oldingiz, ammo 15 yanvargacha jamoat transportidan foydalanishni boshlamaysiz. Demak, 15 yanvar — bu birinchi tasdiqlash kuni va tarif 15 fevralda tugaydi. Men uchun tarif rejasini sotib olish har doim ham foyda keltirmaydi. Boshqa to'lov yo'llari bormi? Ha. Shunchaki transport karta balansini to'ldiring va yo'l haqini belgilangan tarif bo'yicha to'lang — har bir manzil uchun 1400 so'm. Tarif rejasini oldindan sotib olib, uni yoqishdan oldin belgilangan tarif bo'yicha to'lay olamanmi? Yo'q. Agar siz 5, 10, 15, 20 yoki 30 kunlik tarif rejasini sotib olgan bo'lsangiz, sizda belgilangan tarif bo'yicha to'lov rejimiga o'tish imkoni yo'q. Men talaba / nafaqaxo'r / maktab o'quvchisiman. Yilning faqat ma'lum oylarida tarif rejasini sotib olish men uchun manfaatli. Demak, men bir martalik yo'l haqini — har bir manzil uchun 1400 so'm to'lashim uchun aholi ko'k kartasini sotib olishim kerakmi? Imtiyozli karta uchun tarif rejasini sotib olish shart emas. U ham 1400 so'm to'lanishi orqali aholi oddiy kartasi kabi bir xil tarzda ishlatilishi mumkin. Muhim ma'lumot. Nafaqaxo'rlar, talabalar va o'quvchilar uchun transport kartalarining faqat tarif rejalarida 50% chegirma mavjud. Agar siz imtiyozli transport kartasi uchun tarif rejasini sotib olmasangiz, u holda belgilangan tarif bo'yicha — 1400 so'm to'laysiz. ATTO buni bugungi kunda nafaqaxo'rlar, talabalar va maktab o'quvchilari faqat oylik chiptani sotib olishda imtiyozga ega ekanligi bilan izohladilar. Bir martalik to'lov amalga oshirilganda bu toifadagi fuqarolar belgilangan tarif bo'yicha to'lovlarni amalga oshiradilar. Juda muhim. Siz ATTO.Uz mobil ilovasida NFC va QR-kod orqali kunlik tarif rejalarida yo'l haqini to'lay olmaysiz. Operator buni tarif rejasini sotib olgan yo'lovchining yo'l haqini telefon orqali to'lashi mumkinligi, transport kartasini esa boshqasiga berishi mumkinligi bilan izohlaydi. Shuningdek, hozircha tarif rejalarini bank kartasiga bog'lab bo'lmaydi. Bu funksiya keyingi yil paydo bo'lishi mumkin. Ha. 1400 so'mlik bir martalik yo'l haqini yuqorida yoki quyida ko'rsatilgan har qanday qulay usulda to'lashingiz mumkin. Bor! Siz Humo, Visa, MasterCard va boshqa kontaktsiz bank kartalari bilan metroda va avtobusda yo'l haqini to'lashingiz mumkin. ATTO avtobuslardagi barcha statsionar validatorlar bank karta to'lovlarini qabul qilishini ta'kidladi. Mobil validatorlarda ba'zan nosozliklar kuzatiladi. Muammo hal qilinmoqda. Metroda aloqasiz bank kartalari bilan yo'l haqini to'lashda muammolar yo'q. Muhim ma'lumot . Statsionar validatorlar faqat uch eshikli avtobuslarda mavjud. QR kodi yordamida telefon orqali metroda to'lov — Click Pass, PaymeGO QR-kod bilan to'lovni Click va Payme to'lov ilovalari orqali hatto oflayn rejimda to'lashingiz mumkin. Shunchaki, QR-kodini olish uchun Click Pass yoki Payme GOni tanlang va smartfon ekranidagi QR-kodni turniketdagi QR-kod-riderga ko'rsating. Payme xodimlarining xabar berishicha, hozircha tizim Buyuk Ipak Yo'li va Hamid Olimjon metro bekatlarida ishlayapti. Bir necha oy ichida kompaniya boshqa bekatlarni ham qamrab oladi. Click kompaniyasining ta'kidlashicha, hozircha Click Pass orqali to'lovni faqat Oloy bozori yo'lagidagi Abdulla Qodiriy metro bekatida to'lash mumkin. Boshqa bekatlarni qamrab olish ishlari olib borilmoqda. QR-kod-rider ko'k doirachada. Hozirda Toshkent transport boshqarmasi Kalyon Ulaştırma transport kompaniyasi bilan birgalikda poytaxt uchun transportning bosh rejasini yaratish va transfer tarif rejalari konsepsiyasini tayyorlash ustida ishlamoqda (ular bilan transportdan transportga o'tish arzonroq bo'ladi). | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda quritilgan mevalardan tayyorlangan yeguliklar ro'yxatini taqdim etadi. Qora olxo'rili dimlangan mol go'shti oilaviy dasturxoningiz yoki bayramona tushligingiz uchun ajoyib tanlov bo'ladi. Quritilgan mevalar go'shtning ta'mi va xushbo'yligiga ko'proq urg'u berib, uning ta'mini yanada o'tkirroq qiladi. Yong'oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli « kokteyl ». Bu ajoyib shirinlikni tayyorlash uchun ko'p vaqt va mehnat talab etilmaydi. Eng asosiysi esa sifatli masalliqlarning mavjudligidir. Quritilgan mevalar go'shtga nozik shirin ta'm va sharbat beradi. Ushbu taom tez va oson tayyorlanadi va uni nafaqat issiq taom, balki gazak sifatida tanovvul qilish ham mumkin. Guruchli bo'tqa nafaqat to'yimli va foydali, balki mazali ham bo'lishi mumkin. Ushbu taom nonushta uchun ajoyib variant: tez, mazali va butun kun uchun energiya bilan ta'minlaydi. Ushbu pirog mevali tartning yana bir varianti bo'lib, u har xil ko'rinishga ega bo'lishi mumkin. Yorqin tusga ega bunday pirog har qanday bayram dasturxonini ajoyib tarzda bezab turadi. Bu granola o'zining apelsin-yong'oqli ta'mi bilan sizga juda yoqsa, uning to'yimliligi esa kun davomida tetik yurishingizda yordam beradi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda saharlik va iftorlik uchun taomlar ro'yxatini taqdim etadi. Ushbu pirojkalar xamirturushsiz va juda yumshoq, xushbo'y, mazali va eng muhimi, zararli emas. Saharlik uchun ayni muddao. Ushbu tez tayyor bo'ladigan pirog — saharlikka tayyorlash uchun juda qulay, tayyorlanishi kam vaqtni talab qiladi, ammo juda mazali bo'lib chiqadi. Pishloq va tuxumli sloykalar nonushta uchun juda mos keladigan ajoyib pishiriqdir. Ushbu qarsildoq sloykalarni tayyorlash uchun muzlatgichda tayyor xamir va juda oz vaqt kerak bo'ladi. Guruchli bo'tqa nafaqat to'yimli va foydali, balki mazali ham bo'lishi mumkin. Ushbu taom nonushta uchun ajoyib variant: tez, mazali va butun kun uchun energiya bilan ta'minlaydi. Sizlarga klassik uslubdagi Vengriyacha shirin bo'lmagan, go'shtli quymoqni taklif etamiz. Bunday quymoqlar mazali va to'yimli bo'lib, organizimingizni to'q tutadi. Ushbu xushbo'y sho'rva limon bo'lagi bilan dasturxonga tortiladi, so'ngra limon sho'rvaga siqib iste'mol qilinadi. Bunday sho'rvani tayyorlash juda oson, qolaversa tanovvul qilinganidan so'ng og'ir his qoldirmaydi. Bedana tuxumi ushbu taomga o'zgacha ta'm taqdim etib, uni yanada mazaliroq qiladi. Mahsulotlar oddiyligiga qaramay, taom noodatiy va qiziqarli bo'lib chiqadi. Fransuzcha usulda pishirilgan go'sht — juda ko'p afzalliklarga ega taomdir. Ushbu taom ishtahaochar ko'rinishga ega bo'lib, tez tayyorlanadi va asosiysi har doim o'xshaydi. Ushbu « uyalar » kotletlarning o'rnini bosuvchi ajoyib taom bo'lib, ular juda mazali va sersuv bo'lib pishadi. Ushbu tovuqli sho'rva ham juda mazali, to'yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Ramazon oyi davomida musulmonlar kun bo'yi ro'za tutib, yeb-ichishdan tiyiladilar va kech tushishi bilan taom iste'mol qiladilar. Ammo ayrim holatlarda iftor mahalida haddan tashqari ko'p ovqat yeyish kuzatiladi. Uzoq vaqt och va chanqoq holda yurgan kishining birdaniga me'yoridan ortiq taom iste'mol qilishi salomatlikka zarar keltirishi mumkin. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ro'za paytida sog'lom ovqatlanish bo'yicha ba'zi maslahatlar bilan bo'lishdi . Ushbu maslahatlarga amal qilib, kishi ortiqcha vaznni yo'qotishi va qon bosimi hamda organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishi mumkin. Ramazon oyi paytida organizmning sog'lom bo'lishi uchun kerakli ozuqalarni iste'mol qilish uchun vaqt chegaralanganligi sababli, parhezning sog'lom va sifatli bo'lishi juda muhim. Ushbu maslahatlarga Ramazon oyi tugagandan keyin ham rioya qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu yil odamlar kuniga o'rtacha 15−16 soat ro'za tutishlariga to'g'ri keladi. Kunduzi havo harorati yuqori bo'lgan paytda salqin va soyali joylarda qolish hamda quyoshda uzoq yurmaslik tavsiya etiladi. Iftorlik va saharlik orasida ko'p miqdorda suv iching. Kunduz kunlari havo harorati yuqori bo'lishi ko'p terlashni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, kun davomida yo'qotilgan suyuqlikning o'rnini qoplash kerak bo'ladi. Buning uchun esa kamida 10 stakan suv ichish tavsiya etiladi. Suv iste'molini suvga boy mahsulotlarni tanovul qilib ham oshirish mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida ho'l mevalardan yeyish mumkin. «Achiq-chuchuk» salatida ham suvga boy bodring va pomidorlar bor. Sho'rva yoki toza sabzavotli salatga o'xshagan sersuv ovqatlarni ham iste'mol qilish mumkin. Tarkibida kofein mavjud bo'lgan kofe, choy, kola kabi ichimliklardan voz kechib turing, chunki kofein ba'zilarni hojatxonaga yugurtirishi mumkin, bu esa inson organizmidagi suvning kamayishiga (degidratsiya) olib keladi. Shuningdek, gazlangan shakarli ichimliklar kaloriyaga boy bo'lishini esdan chiqarmang. Kun davomida juda ko'p harakat qilish organizmning ko'p miqdorda suv yo'qotishiga olib kelishi mumkin. Qisqa sayrlar yoki qisqa muddatli chigalyozdi mashqlari sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Kun bo'yi harakatsiz o'tirish ham tavsiya qilinmaydi. Og'izni yopishdan oldin ovqat yeyish muhim. Saharlik paytida yengil ovqatlaning. Bu ayniqsa ro'za tutishni maqsad qilgan katta yoshdagilar, o'spirinlar, homilador ayollar va bolasini oziqlantirayotgan onalar hamda bolalar uchun ham muhim. Yengil nonushta sifatida sabzavotlar, tarkibida uglevod mavjud bo'lgan butun donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) va/yoki tuxum kabi oqsilga boy mahsulotlarni iste'mol qilish mumkin. Sekinroq va ehtiyojingizga mos ravishda ovqatlaning. Ko'p miqdorda ovqat yeyish jig'ildon qaynashi (me'da qaynashi, zarda) va bezovtalikni keltirib chiqarishi mumkin. Saharlik uchun ovqatlarga misol: Iftorlik paytida sog'lom va me'yorida ovqatlanib, quvvatingizni to'ldirib oling. Ro'zani uchta xurmo yoki suv bilan ochish iftorlikni boshlashning an'anaviy va sog'lom yo'li hisoblanadi. Xurmo odam tanasidagi ko'pchilik a'zolarning to'g'ri faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydigan kletchatkaga boy ozuqa. AQShdagi Cornell University mutaxassislarining yozishicha , organizmga ovqat kirishidan oldin suv ichish tanani suyuqlik bilan oziqlantirishning eng yaxshi yo'lidir. Lekin ro'zani ochiboq birdaniga ko'p suv ichib yubormang. Bir vaqtning o'zida ko'p miqdorda suv ichish inson salomatligi uchun xavfli hisoblangan suv intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin. Organizmni muhim vitaminlar va ozuqa moddalari bilan ta'minlash uchun iftorlik uchun menyuga ko'plab sabzavotlarni qo'shing. Shuningdek, organizmni quvvat va kletchatka bilan ta'minlaydigan butun donli (yanchilmagan va tozalanmagan) mahsulotlarni iste'mol qiling. Pechda yoki grilda pishirilgan yog'siz go'sht, terisiz tovuq va baliq tanovul qilish orqali organizmingizni sog'lom oqsillar bilan boyitishingiz mumkin. Umuman olganda, yog' va shakarga boy, qovurilgan hamda qayta ishlangan mahsulotlardan o'zingizni tiying. Sekinlik bilan tanovul qilish sizga haddan ortiq ko'p ovqat yemaslikka yordam beradi. Iftorlikdan so'ng ko'p shirinlik yeyishdan o'zingizni tiying. Ramazon paytida ko'p iste'mol qilinadigan shirinliklar tarkibida katta miqdorda shakar siropi bo'ladi. Shirinlik sifatida suvga boy bo'lgan mavsumiy mevalarni, jumladan olma yoki tarvuz iste'mol qilish mumkin. Iftorlik uchun ovqatlarga misol: Yog'larga boy bo'lgan mahsulotlar, ayniqsa yog'li go'sht, qatlamali xamirdan, yog'/margarin yoki saryog' qo'shilgan xamirdan tayyorlangan mahsulotlar iste'molini kamaytirish kerak. Qovurishning o'rniga ovqat tayyorlashning boshqa usullari: bug'da pishirish, sousda pishirish, kichik miqdordagi yog'da qovurib, pechda pishirish kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Tarkibida katta miqdorda tuz bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilmang: sosiska, qayta ishlangan va tuzlangan go'sht va baliq mahsulotlari, tuzlangan bodring, zaytun mevasi, tuzli pishloqlar, gazak mahsulotlar, turli xil tayyor kreker, salat, sous (mayonez, ketchup, xantal). Ovqat tayyorlayotganda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan olib tashlash tavsiya etiladi. Pishirilayotgan ovqatlarning ta'mini yaxshilash uchun turli xil o'tlardan foydalanish mumkin. 1-tur qandli diabet bilan og'rigan bemorlarga ro'za tutmaslik maslahat beriladi. 2-tur qandli diabet va gipertoniya kasalliklari borlar o'z holatlarini parhez yoki dorilar bilan nazorat qila olgan taqdirda ro'za tutishlari mumkin. Ular bu borada o'z shifokorlari bilan maslahatlashishlari kerak. | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda saharlik va iftorlik uchun taomlar ro'yxatini taqdim etadi. Saharlik uchun shakar solinmay pishiriladigan sirniklar ayni muddao. Tvorog va ko'katli sirniklarga pishloqning solinishi ularni yanada mazaliroq va to'yimliroq chiqishini kafolatlaydi. Saharlikka tayyorlasa bo'ladigan juda mazali galetalar retseptini taqdim etamiz.Tavsiya: agar xamir va asosni bir kecha oldin tayyorlab qo'ysak, ishimiz anchagina yengillashadi. Qizartirib qovurilgan qarsildoq qavatli xamir va issiq choyga hech kim befarq qolmaydi. Bunday mazali qatlamalar dasturxondan tez g'oyib bo'la boshlashadi. Menemen — pomidor va bulg'or qalampiri bilan pishiriladigan turklarning milliy nonushtasi hisoblanadi. Turkiyada nonushtaga asosan ana shu taom ko'proq tortiladi. Yumshoq va mazali, oshirma xamirdan tayyorlanib, ichiga qiyma va pishloq uyg'unlashtirilgan bu pirog ishtahani ochib, kayfiyatni ko'tarishi aniq. Oson tayyorlaniladigan va juda ajoyib ko'rinishga ega bu taomni tovuq go'shtidan tayyorladik. Har xil ta'mli taomni xohlovchilar esa tovuq o'rniga kurka go'shtidan solishlari ham mumkin. Sabzavotlardan ham xohlaganingizni ishlatishingiz mumkin. Mana bunday frikadelkali sho'rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi. Chashushuli — gruzincha milliy taomlardan biri bo'lib, mol go'shtidan tayyorlanib, pomidorli qayla bilan birga past olovda dimlab pishiriladi. Uyda, o'z qo'llaringiz bilan pishirilgan xonim esa hammasidan ham a'lodir. Ishonavering, bizning retsept bo'yicha tayyorlang va bunga o'zingiz guvoh bo'ling. Batafsil fotoretseptlarda hammasini ko'rib oling. Bunday taomni tayyorlash juda maroqli va qiziqarli. Tovuq go'shti, baqlajon va motsarella pishlog'i uyg'unlashuvi juda mazali ta'mni hosil qiladi. Ha aytgancha, pomidorli qayla esa ushbu taomga sersuvlik baxsh etadi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda saharlik va iftorlik uchun taomlar ro'yxatini taqdim etadi. Lavashdan tayyorlaniladigan pishirig'imizning tayyorlanilishi shu darajada oson va oddiy bo'lib, ta'mi esa juda ham ajoyibdir. Qiyma sifatida ichiga xohlagan masalliqlaringizdan solishingiz ham mumkin. Pide — bu milliy turkcha yegulik bo'lib, pitssaga ham, pirogga ham o'xshab ketadi. Bu pishiriq pitssadan farqli o'laroq juda yumshoq chiqadi. Bunday pishiriqdan hali tayyorlamagan bo'lsangiz, unda hozir buning ayni fursati. Bu tuxum va qiymadan tayyorlaniladigan universal taom bo'lib, asosi sifatida esa xohlagan masalliqlaringizdan foydalanishingiz mumkin. Oson tayyorlaniladigan, ammo shu bilan birga mazali bo'lmish lavashli naychalar retseptini taqdim etamiz. Ularni ketchup yoki xohlagan sous bilan birga tortishingiz mumkin. Gruzincha xachapurilarning yana bir turi bu — Megrelcha xachapurilar bo'lib, uning nafaqat ichiga, balki ustiga ham pishloqdan sepilishi bilan farq qiladi. Frikadelkalarga parmezan pishlog'i solinadi va pomidorli qayla bilan birga tortiladi. Xohishga qarab siz 4 ta katta pomidorlardan foydalanishingiz ham mumkin. Tovuq filesidan tayyorlangan xushbo'y va mazali lo'la kaboblar — juda oson tayyorlanadigan taom bo'lib, hatto pazandachilikdan umuman xabari yo'q insonlar ham uni bemalol tayyorlay oladilar. Jazirama kunlarda ba'zan ishtaha umuman yo'qoladi. Shunday paytda ko'pchilikka sevimli bo'lgan yaxna sho'rva — okroshka as qotadi. Do'lma — bu ko'pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo'lib, hozir yosh tok barglaridan uni tayyorlashning ayni paytidir. Oddiy masalliqlar solinadigan taomni umuman boshqa ko'rinish va ta'mda chiqishini xohlasangiz, unda bizning bu usul aynan siz uchun. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
14 iyundan boshlab nominal qiymati 2 000 so'm va 20 000 so'm bo'lgan banknot ko'rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqarildi . Ushbu banknotlar mavzusi (tematikasi) «Buyuk Ipak yo'li» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixiga bag'ishlangan. Mustaqil O'zbekistonning milliy valyutasi «so'm»ning qog'oz pullari 1994 yil 1 iyundan boshlab chiqarila boshlangan. So'nggi 5 yil ichida yangi nominallar — 2 000, 10 000, 20 000, 50 000 hamda 100 000 so'mliklar ham muomalaga kiritildi. «Gazeta.uz» internet hozirgidek ommalashmagan 1990-yillarda chiqarilgan va 2013 yildan keyingi banknotlarni eslaydi. Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi qiymati 1 so'm bo'lgan banknoti o'lchami 120×62 mm bo'lgan . Banknotning orqa tomonida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta teatri binosining fasad qismi va maydondagi favvora tasvirlangan. Mazkur banknot 2020 yil 1 martga qadar muomalada bo'lgan. 1994 yil chiqarilgan ushbu 3 so'mlik qiymatga ega banknotning ham o'lchami 120×62 mm bo'lgan. Uning o'rtasida sarg'ish fon bilan Buxoro shahridagi «Chashmayi ayub» tarixiy-me'moriy yodgorligi tasvirlangan. 3 so'mlik banknot ham 2020 yil 1 martga qadar muomalada bo'lgan. Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 5 so'm bo'lgan banknoti 142×69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning markaziy qismida Buxoro shahridagi «Minorai Kalon» yodgorligining memoriy lavhasi tasviri ustida ko'k rangda O'zbekiston gerbi joylashgan. Uning orqa tomonida Toshkent shahrining Milliy bog'ida Alisher Navoiyga bag'ishlab o'rnatilgan me'moriy-haykaltaroshlik kompozitsiyasi tasvirlangan. 5 so'mlik banknot 2020 yil 1 martga qadar muomalada bo'lgan. Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi qiymati 10 so'm bo'lgan banknoti 142×69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning orqa tomonida Samarqand shahridagi tarixiy-me'moriy yodgorlik — «Temuriylar maqbarasi» («Go'ri Amir») aks ettirilgan. Banknot 2020 yil 1 martga qadar muomalada bo'lgan. Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi qiymati 25 so'm bo'lgan banknoti 142×69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknot orqa tomonida Samarqand shahridagi «Shohi Zinda» me'moriy yodgorligi tasvirlangan. Mazkur banknot 2020 yil 1 martga qadar muomalada bo'lgan. Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi qiymati 50 so'm bo'lgan banknoti 142×69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning orqa tomonida Samarqand shahridagi «Registon» tarixiy-me'moriy ansambli tasvirlangan. Mazkur banknot 2019 yil 1 iyulga qadar muomalada bo'lgan. Markaziy bankning 1994 yil namunasidagi qiymati 100 so'm bo'lgan banknoti 142×69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning orqa tomonida Toshkent shahridagi «Xalqlar do'stligi» saroyi aks ettirilgan. Mazkur banknot 2019 yil 1 iyulga qadar muomalada bo'lgan. Markaziy bankning 1997 yil namunasidagi qiymati 200 so'm bo'lgan banknoti 144×78 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknot orqa tomonining markazida Samarqand shahridagi «Sherdor» madrasasining peshtoqidan asos qilib olingan quyosh ko'tarib ketayotgan sher tasviri bor. Mazkur banknot 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo'lgan. Markaziy bankning qiymati 500 so'm bo'lgan 1999 yil namunasidagi banknoti 144×78 mm o'lchamdagi qog'ozda tayyorlangan. Banknot orqa tomonining markazida ot minib turgan Amir Temurning haykali tasvirlangan. Mazkur banknot 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo'lgan. Qolgan banknotalarning barchasi hozirda muomalada amal qilmoqda. Markaziy bankning qiymati 1000 so'm bo'lgan 2001 yil namunasidagi banknoti 144×78 mm o'lchamdagi qog'ozda tayyorlangan. Banknot orqa tomonining markazida Temuriylar tarixi muzeyi binosi tasvirlangan. 2013 yilning 1 iyulidan boshlab Markaziy bank qiymati 5000 so'm bo'lgan yangi pul biletlarini muomalaga chiqardi. Qiymati 5000 so'm bo'lgan pul biletlari 144×78 mm. o'lchamdagi himoyalangan qog'ozda tayyorlangan. Banknotning markazida «Oliy Majlis» me'moriy binosi, bino gumbazining tepasida O'zbekiston Respublikasining rangli bayrog'i tasvirlangan. 2017 yilning 10 martidan boshlab Markaziy bank qiymati 10 000 so'm bo'lgan banknot ko'rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqargan. 10 000 so'mlik pul belgilari 144×78 mm. o'lchamdagi himoyalangan qog'ozda tayyorlangan. Oq rangli sathning chap tarafidan qog'oz qatlamida «Darcha» va «3D» effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi o'tkazilgan. Banknotning markazida «Senat» me'moriy binosi tasvirlangan. 2017 yilning 22 avgustidan boshlab Markaziy bank qiymati 50 000 so'm bo'lgan banknot ko'rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi. 50 ming so'mlik pul belgilari 144×78 mm. o'lchamdagi himoyalangan qog'ozda tayyorlangan. Banknotning markazida Toshkent shahridagi «Anjumanlar saroyi» me'moriy binosi tasvirlangan. 2019 yilning 25 fevraldan boshlab qiymati 100 000 so'm bo'lgan banknot ko'rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarildi. Banknot old tomonining chap qismida Mirzo Ulug'bek haykali tasvirlangan. Orqa tomonining markazida esa Mirzo Ulug'bek observatoriyasini ko'rish mumkin. Iyun oyining o'rtasida muomalaga chiqarilgan 2 000 va 20 000 so'mlik qiymatga ega banknotalar haqida batafsil quyidagi havolada o'qishingiz mumkin. | advice |
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda pishirishni talab etmaydigan sovuq desertlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. «Oreo» pechenelaridan tayyorlanadigan juda mazali tortni tatib ko'rishni taklif etamiz. Bunday desert ajoyib ko'rinishga ega bo'lib, hatto bayramona shirinlikni ham to'liq o'rnini bosa oladi. Pechenedan tayyorlanadigan «Kartoshka» pirojniylarini pishirish talab etilmaydi. Ushbu shirinliklar ham juda mazali, ham oson tayyorlanadi. Bunday mazali desert tayyorlash uchun gaz plitasi yonida turish shart emas. Tayyorlanishi esa juda oson — buning uchun bizga pechene, tvorog, banan va shokolad kerak bo'ladi. Qaymoq va shokoladdan tayyorlanadigan oddiy va mayin desert retseptini taqdim etamiz. Tayyorlanishi uchun bir necha daqiqalar kerak bo'lsa-da, mussning yaxshi qotishi uchun bir necha soat ketadi. Desertga biron-bir shirin narsa tayyorlash uchun issiqdan yoki shunchaki gaz pechi tepasida uzoq vaqt turish yoqmayaptimi? Unda ushbu retsept sizga as qotishi aniq. Oson tayyorlanadigan lazzatli va yumshoq chizkeyk . Ushbu «mo'jiza» butun oila uchun ajoyib shirinlik bo'la oladi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov 27 iyun kuni o'zining «Allamjonov aybdor» nomli kitobi nashr qilinganini e'lon qildi . Bloger, ijtimoiy faol Mirzayor Erkinov «Gazeta.uz» uchun maqolasida ushbu kitobda berilgan asosiy fikrlar va qiziqarli voqealar tafsiloti haqida yozadi. Navoiy ko'chasi bo'ylab quloqchinda mahalliy «Flyin Up» rok guruhining «Dunyolar» qo'shig'ini tinglab borarkanman, Komil Allamjonovning «Allamjonov aybdor» kitobi so'nggi betlarini varaqlayman. Qo'shiqdan bir parcha beixtiyor e'tiborimni tortadi: «Dunyo qulaydi, Ongimiz ochilsa…» Qadamlarim meni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosi yaqiniga, aniqrog'i uning mahobatli ustunlari yaqiniga eltadi. Quloqchinni olib, bir kitobga, bir bu binoga nazar solaman. Yaqin-yaqingacha matbuot anjumanlari, turli shov-shuvlar, muhim o'zgarishlar markazi bo'lgan imorat devorlari o'z bag'rida qanday sirlarni yashirib turibdi? Ayniqsa, uning sobiq rahbari Komil Allamjonov bu sirlarning bir uchini o'zining ilk badiiy kitobida ochib qo'yganligi qiziqishlarga yana qiziqish qo'shadi. So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning o'zbek segmenti «Allamjonov aybdor» asarini muhokama qilmoqda. «Allamjonov aybdor» kitobi muallifga ko'ra «pandemiya davrida, uyda bekor o'tirganda» yozilgan, 2021 yil 21 mart sanasida to'liq tahrirdan chiqarilgan. Komil Allamjonov so'zboshida o'z asarini yagona sababdan — «o'zi istagan insonlarga — o'n beshdan o'ttiz yoshgacha bo'lgan…» hayot yo'lini belgilovchi turli savollar bilan o'ylanayotgan yoshlarga muhim fikrlarini yetkazish uchun yozganini keltiradi. Media-oshxona insaydlaridan bexabar do'stlarimiz bilan kitobda keltirilgan e'tiborga molik jihatlar, ma'lumotlarni birma-bir bo'lishamiz. Asarning ilk bobi Allamjonovning bolalik xotiralari va uning O'zbekiston matbuot va axborot agentligiga (O'zMAA) rahbar sifatida tayinlanishi atrofidagi voqealar bilan boshlanadi. Tashkilotga yangi kelgan rahbar (maqomi bo'yicha vazirga teng) «tadbirlardan birida bosh vazirning birinchi o'rinbosari Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov bilan uchrashib qolgani», Ramatovning «bor-yo'qligi bilinmaydigan, mudroq tashkilot borligini birdaniga eslolmagani»ni yozadi. Muallif bob oxirigacha O'zMAA agentligi xodimlari, tashkilot qoshidagi muassasa, nashriyotlar bilan munosabatlar to'g'risida hikoya qiladi. Muallif tashkilot faoliyatiga to'xtalib, «O'zMAA hech qachon jurnalistlarni himoya qilmagan. U jazolovchi organ edi», deya ta'kidlaydi. Komil Allamjonov keyingi bobda taniqli davlat amaldorlaridan biri, ko'p yillar davomida Davlat soliq qo'mitasi rahbari bo'lib faoliyat olib borgan, voqealar bayon etilgan yillar — 2005−2006 yillarda FVV vaziri Botir Parpiyevning «jiyani» ekanligi haqidagi «mish-mishlar» qanday paydo bo'lganligiga to'xtaladi: «Oldiniga FVVga ishga oldi, keyin Bojxona qo'mitasiga, undan keyin Soliq xizmatiga. Bu bolaning nimasiga ishonadi? Qarindoshi ekani aniq! Qarabsizki, bu bola generalning jiyani ekan, shuning uchun uni ko'tar-ko'tar qilyapti, degan mish-mishlar tarqaldi. Bu gaplarga mixday dalil ham topildi, Parpiyev — andijonlik, otasi Marg'ilondan. Mening bobom ham asli farg'onalik. Demak, amaki-jiyanmiz! Vodiyda hamma bir-biriga qarindosh, begonasi yo'q». Uning yozishicha, Botir Parpiyev Allamjonov o'zining «jiyani» ekanligini «Uzmetronom.com» nashri e'lon qilgan maqoladan bilib olgan. «Men ketdim, lekin intizomga o'rgatgani, bergan saboqlari uchun Botir Rahmatovichdan (Parpiyev — tahr. ) haligacha minnatdorman… Bunday olganda, u meni rostdan ham o'z jiyanidek tarbiyaladi». Ushbu bobda Allamjonov O'zbekistonning birinchi prezidenti, Islom Karimovning davlat boshqaruvidagi siyosati bo'yicha ham o'z mulohazalarini bildiradi. «Islom Abdug'aniyevich "bo'lib tashla va hukmronlik qil" degan siyosatni olib borar, vazir o'rinbosarlari rahbariga nisbatan doim kishi bilmas oppozitsiyada bo'lardi. Karimov shu yo'l bilan o'ziga kerakli ma'lumotni yig'gan bo'lishi mumkin…». 3-bobda Allamjonov yana bolalik xotiralariga — 90 yillarga qaytadi va «musaffo osmon» g'oyasining davlat mafkurasiga aylantirilganligini eslaydi: «"Musaffo osmon" g'oyasi davlat mafkurasiga aylandi. Urushsiz, tinch yashasak bo'ldi, olam guliston. Ammo bu g'oya juda bo'sh edi. Unda super boylarning paydo bo'lishi ko'zda tutilmagandi. Davlat rahbariyati boyvachchalar jamiyat osoyishtaligini buzishidan qo'rqardi. Mayli, foyda ko'rsang ko'r, faqat ikki quloch tijorat do'konidan nariga o'tma! Mashina ol, uy sol, topgan tillangni uch litrli bankada saqla, lekin oligarx bo'laman, deb xayolingga ham keltirma». Komil Allamjonov bir necha boblarda «Soliq-info» va shu yillardagi majburiy obuna siyosati, o'zining ashaddiy tanqidchisi Sergey Yejkovning (Uzmetronom.com nashri bosh muharriri — tahr. ) «faktlari ancha bo'sh» maqolalariga to'xtalib o'tadi. U o'sha davrlarda (2008 yillar) gazetalarni hech kim sotib olmagani, nashrlar yopilib ketmasligi uchun davlat o'zi bosh-qosh bo'lib, deyarli barcha gazetalarga obunani tashkil qilib berganini yozadi. ««Soliq-info»ning ixtiyoriy xaridorlari ham ko'p edi. Gazeta buxgalterlarga ma'qul keldi, ularning doimiy ish quroliga aylandi. Ular, ya'ni «Soliq-info»ga o'z xohishi bilan obuna bo'lganlar haqida hech kim bilmaydi. Lekin DSIning (Davlat soliq inspeksiyasi — tahr. ) «obuna bo'lish shart» degan qo'ng'iroqlaridan norozilar hamma yoqqa shov-shuv ko'tardi». Allamjonov yana bir loyihasi BEM avval Odil Turdiqulov va uning hamkorlari, direktori Nodira Vohidovalarning mehnati evaziga dunyoga kelganini, boshida ular buxgalterlik hisob-kitobiga oid dastur loyihasini Savdo-sanoat palatasi (SSP) bilan hamkorlikda, Alisher Shayxov (o'sha vaqtda SSP rahbari — tahr. ) rahbarligi ostida ishlay boshlashganini yozadi. «Yigitlarning aytishicha, SSP ulardan qarz bo'lib qolgan. Shunda men ularni DSQ bilan ishlashga og'dirib oldim. Biz dasturni takomillashtirib, BEM deb atadik». Muallif 2013 yilda Garvard universitetida siyosatshunoslik kurslarida o'qiganini, u «xohlagan odam pulini to'lab qo'yib, kirishi mumkin bo'lgan kurslar» ekanligini, kursdagi vazifalarni bajarishga Toshkentdan yordam olganini yozadi. «Toshkentda ingliz tili o'qitadigan o'quv kurslarini ochib qo'ygandim. Ikki mamlakatning soatlari o'rtasidagi tafovut menga juda qo'l keldi. Uyga berilgan topshiriqni Toshkentga jo'natardim… Darsda beriladigan savollarga javoblarni ham tayyor yozib jo'natishar, yaxshilab yodlab olsam bo'lgani». «Garvarddagi ta'lim esa har bir talabani mustaqil fikrlovchi daho darajasiga ko'tarishga qaratilgan. Bolani analitik fikrlashga o'rgatmasak, faqat birovning topshirig'ini yaxshi bajarishga yaraydigan o'rtamiyona xodim bo'lib voyaga yetadi… Davlat ta'lim tizimida esa ahvol haliyam o'sha-o'sha — mazmun emas, shakl muhim: davomat, bir xil tashqi ko'rinish, namunali xulq, uy vazifalarni vaqtida bajarish…» Komil Allamjonov «Avtotest» loyihasining ibtidosi haqida shunday hikoya qiladi: «Biz ko'pgina test savollardan tuzilgan rang-barang animatsion dastur ishlab chiqdik. Uni «GAI»ga olib borib, tugmachali apparatlarning o'rniga kompyuterga shuni o'rnataylik, degan taklif berdim…Xullas, «GAI»dagilar kompyuterlar sotib olib, biz ishlab chiqqan dasturni o'rnatishdi. Dasturni «Avtotest» deb nomladik… Loyiha Ikromovga (o'sha paytda bosh vazir o'rinbosari Adham Ilhomovich Ikromov — tahr. ) ma'qul keldi… Ikromov shu masalada majlis o'tkazdi va Vazirlar Mahkamasi respublikadagi barcha avtomaktablar «Avtotest» dasturi bo'yicha o'qitishi kerak, degan qarorga keldi». Allamjonov ushbu loyiha ortidan «yaxshigina pul topganini» aytadi. «Bundan buyon ham tinchgina, hech qanday boshog'riqsiz o'sha disklarimizni sotib yuraversak bo'lardi. Lekin men bir ishkal chiqarmasdan o'tira olarmidim?! Xullas, innovatsion avtomaktab ochishni o'ylab qoldim», — deb yozadi u. «Shu loyihani deb men yomonotliq bo'ldim, gap-so'zlar sha'nimga jiddiy ta'sir qildi… Yaxshilik qilaman desangu, seni hech kim tushunmasa. Xatti-harakatlaringni shunaqa oyog'ini osmondan qilib ko'rsatishadiki, yovuzligingga o'zing ishonib ketasan». Muallif yana bir loyihalaridan biri «Milliy TV» telekanali ochilishi haqida shunday deydi: «Men doim "shaxsiy MTRK" egasi bo'lishni xohlardim… Ammo Gulnora Karimovaning davrida buning iloji bo'lmagan, xususiy telekanalni faqat yuqoriga o'ta yaqin odamlargina ochishi mumkin edi… Gulnora o'z mavqeyi bilan birga Markaz TV telekanalidan ham ayrildi… Litsenziya olindi. Lekin kadrlar yig'ishga juda qiynaldik. Markaz TVdan keyin hech kim xususiy telekanalda ishlashni xohlamas edi». Komil Allamjonov bir necha yil taqiqda bo'lgan san'atkorlar ham «Milliy TV» telekanalida chiqishganini eslaydi. «Ancha vaqt taqiqda bo'lgan Yulduz Usmonova Milliy TV tufayli efirga qaytdi. Ko'p yillik taqiqlardan so'ng Obid Asomov ekranga chiqarildi. Juda uzoq yillardan beri Sherali Jo'rayev va 15 yil davomida efirda ismi ham tilga olinmagan Ozoda Nursaidova ekranga qaytdilar. Yangi Prezident (Shavkat Mirziyoyev nazarda tutilmoqda — tahr. ) bilan taqiqlar davri ham tugadi». Allamjonov dunyoga mashhur Forbes jurnalida o'zi haqida maqola qanday chiqarilganligiga lo'nda javob beradi: «Pul bilan» . U dastlab Forbes`ning ruscha nashri bilan yozishmalarni boshlaydi va nashrning veb-talqinidagi intervyu uchun 5 ming dollar atrofida ketishini yozadi. Veb-talqindagi maqola ayrim sabablarga ko'ra o'chib ketganidan so'ng u AQShning o'ziga borib, «otning kallasidek» pul sarflab, nashrning bosma jurnal shaklida chiqishiga ham muvaffaq bo'ladi. «Saida Shavkatovna ham meni "Forbs" orqali tanigan… "Buni qaranglar, oligarxmish-a…" — dedi Saida tanishganimizda. Maqolaning tepasida kichkina qilib, "promo" deb yozib qo'yilganiga hech kim e'tibor bermaydida». Musahhihlar kitobxonni o'ziga xos intrigada ushlab turish vajidanmi yoxud muallifning jiddiy shaxslar ismlari keltirilgan yoki u tomonidan ochiqlash uchun «hali mavridi kelmagan"idanmi, ba'zi ma'lumotlarni qora chiziq ostiga bekitadi. Komil Allamjonov bundan ikki yil avval yopilishi muhokamalar markazida bo'lgan «Turon-24» axborot agentligi faoliyati va uning tugatilishi bilan bog'liq holatga shunday oydinlik kiritadi: «2018 yilda «Turon-24» axborot agentligi loyihasiga kirishdim… Undan oldin O'zA bilan hamkorlik qilishga urinib ko'rdim, lekin o'xshamadi. Almisoqdan qolgan beso'naqay targ'ibot mashinasini epaqaga keltirgandan ko'ra yangisini yaratish osonroq ekan. Men «Turon-24»ga jurnalistika yulduzlarini yig'dim». «Prezidentning matbuot kotibi bo'lib ishlayotgan paytim edi. Tan olish kerak, loyihadan asosiy maqsad davlat rahbarining siyosati va islohotlarini ilgari surish bo'ldi ». «Xullas, «Turon-24″ uch oygina ishladi. Tuhmatga, (shu o'rinda muallif bir necha so'zdan iborat fikrlari ustidan qalam tortadi) tayyor emasdim. Shuning uchun loyihani vaqti-soati kelguncha to'xtatib turadigan bo'ldik» («Turon-24» agentligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari uning faoliyati tugatilganidan bir necha oy o'tib, qisqa tanaffuslar bilan ko'rinish berib turdi). Komil Allamjonov, shuningdek, uch oy muddat faoliyat yuritgan «Toʻgʻri.uz» sayti taqdiriga ham to'xtaladi. U sayt Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqjo'jayev tashabbusi bilan ochilganligini, hokimdan qanday maqsadda ushbu loyihani boshlaganini so'raganda, Ortiqxo'jayev «Men o'zimni himoyalashim kerak» deb javob berganini ta'kidlaydi. «Qanday qilib o'zini himoyalamoqchi bo'lganini haligacha tushunmayman. Bunday mavqedagi amaldorning qo'l ostida OAV bo'lmasligi kerak, odamlar unga ishonmaydi. Shahar bilan bog'liq har qanday negativ xabarning uchi hokimga borib taqaladi. Agar sayt tanqidga ko'z yumsa, uni kim o'qiydi. O'zini hurmat qilgan jurnalist shaharda shuncha muammo turib, hokimni maqtayvermaydi. Bu loyihaning uzoqqa bormasligi aniq edi». Komil Allamjonov prezident matbuot kotibi bo'lib ishlagan davrini eslab, faoliyatida toliqqanini, ishdan ketish uchun ikkita ariza yozgani haqida aytadi. U prezident matbuot xizmati rahbari bo'lgan vaqtda, so'ng AOKA rahbari sifatida tayinlanganida OAV hamda so'z erkinligi masalalari bo'yicha o'zgarishlar amalga oshirilgani haqida bir necha boblarda («AOKA. OAVdagi o'zgarishlar», «Aybdor — Allamjonov», «Milliy TV», «Matbuot kotibi» boblarida) yozadi. Allamjonov o'z kitobida Saida Mirziyoyeva AOKA direktorining o'rinbosari etib tayinlanganiga ham to'xtaladi. «Qandayligini bilmadimu, lekin Prezident cheklov bilan bog'liq bu o'yinlarni sezibdilar, shekilli. Chunki bitta qaror bilan fitnalardan himoya qilib qo'ydilar. AOKA direktorining o'rinbosari etib qizlari Saidani tayinladilar. O'shanda bu qaror menga qanot berdi». Muallif 2019 yil sentyabrda bloger Nafosat Olloshukurova bilan bog'liq vaziyatni ham nazardan qochirmagan: «Ha, qonunchiligimizda sovet davridan qolgan, o'z joniga qasd qilishga moyil odamni majburiy davolatish bilan bog'liq modda haliyam bor ekan… O'shanda xorazmlik amaldorlarni "jazolovchi psixiatriya" usullarini qo'llaganlikda ayblashdi. Rostdan ham, yaqin o'tmishimizda hukumatga ma'qul kelmay qolgan odamni bemalol jinnixonaga tiqib qo'yish mumkin edi, asosan dissidentlarni shunaqa qilishardi». «Ko'pchilik hamkasblardan farqli o'laroq, men uni aqldan ozgan deb hisoblamayman. O'shandayoq uning niyati "tazyiqqa uchrab", chet eldan siyosiy boshpana so'rash bo'lsa kerak, degan fikr xayolimdan o'tgandi». Allamjonov Shavkat Mirziyoyev tomonidan so'z erkinligini rivojlantirish bo'yicha harakatlar faqat imij uchun qilinmayotganligini ta'kidlaydi. «O'zbekiston Prezidenti tomonidan So'z Erkinligining e'lon qilinishi demokratik davlatlarning ko'zi uchun o'ylangan quruq rasmiyatchilik emas. Bu ongli ravishda qo'yilgan muhim strategik qadam bo'lib, uning yordamida korrupsiyani yenga boshlash mumkin edi… Prezident sutkasiga 25 soat ishlagan taqdirda ham, hamma mansabdorlarni shaxsan nazorat qilishning iloji yo'qligini juda yaxshi bilgan, deb o'ylayman». Komil Allamjonov AOKA loyihasi ikki yilga mo'ljallanganligini, uning oldida ikkita vazifa bo'lganligini ta'kidlaydi. Birinchisi — davlat idoralarida matbuot xizmatlari ishini yo'lga qo'yish, ikkinchisi — «"telefon huquqini yo'qotish", jurnalistlarni islohotga ishontirish, ularning ichki senzorini yo'qotish». «Bugungi vaziyatdan kelib chiqadigan bo'lsak, AOKA tizim sifatida o'z vazifasini bajarib bo'ldi, unga ehtiyoj qolmadi, deb hisoblayman. Bizning yangi demokratiyamizda OAVning ustidan nazorat qiladigan organga zarurat yo'q». Kitobning so'nggi boblarida muallif sog'liqni saqlash (COVID-19 karantini qanday o'tkazilgani, SSV bilan gidroksixloroxin masalasidagi tortishuvlar, keyinchalik xabarlar sayti va reklama platformasiga aylangan Koronavirus Info kanali haqida), ta'lim tizimi bilan bog'liq voqealarga to'xtalib o'tadi. Ushbu maqolani yozib tugatayotgan vaqtimda O'zbekistonda Twitter va TikTok kabi ijtimoiy tarmoq platformalari faoliyatida sekinlashuv kuzatildi . Foydalanuvchilar esa baribir VPN ilovalari yordamida o'z sahifalariga kirishda davom etmoqdalar. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi faollar ham o'z munosabatini bildirib ulgurdi . Ularning ko'pchiligi, xususan, jurnalistlarda, bu so'z erkinligi, fikr bildirish huquqiga to'g'ridan-to'g'ri tahdid ekanligini yashirmayapti. «Allamjonov — aybdor» kitobining so'nggi bobi «Jurnalistlarga so'z erkinligi kerak emas» deya nomlanadi va ta'bir joiz bo'lsa, davlat va jamiyat o'rtasidagi umumiy manzara, ko'prik bo'luvchi so'z erkinligi holatini ushbu fikrlari bilan ifodalab berishga harakat qiladi: «Agar hozir axborot erkinligiga nuqta qo'yadigan bo'lsak… islohotlar natijasida hamma erishganlarimiz yo'qqa chiqadi. Chunki so'z erkinligi — ana shu islohotlarni ilgari surayotganlar uchun qo'shimcha, yordamchi ko'z demakdir». Komil Allamjonov asar so'ngso'zida shunday yozadi: «Kitobimni supermenlar emas, oddiy yoshlar o'qishini aytdim. O'zim ham supermen emasmanku, hammaga o'xshagan odamman». «Allamjonov — aybdor» nechog'liq oson hazm qilinadigan, digital zamon tilida yozilgan bo'lmasin, unda ilgari surilgan g'oyalar, qalamga olingan xotiralar o'quvchi tasavvurida uning super «meni»ni shakllantiradi. Muallif va muharrirlar jamoasi har bob so'ngida yangi zamon o'zbek siyosatchisi va tadbirkori tomonidan amalga oshirilgan loyihalarning foydasi, ijobiy jihatlariga to'xtaladiyu, tosh bosuvchi, muhim hujjatli faktlarni keltirmaydi. Bu kitobni to'la o'qib chiqqan bo'lsada, ziyrak kitobxonlarda qator savollarni ochiq qoldiraveradi: Allamjonov haqiqatdan aybdormi yoki o'zidan qurbon yasayaptimi? Allamjonov aytganlariga ishonsa bo'ladimi? U xolislik chegarasidan o'tib ketmadimi? Bularning barini o'z mavridi kelganda bilib olarmiz. Shu onda men yana «Flyin Up» guruhining pauzada turgan qo'shig'ini davom ettiraman: «Ostimda, ichimda cheksiz bu osmon Ko'rinmas faqat ko'zga… …Nechun kera-a-ak aldov? Hayotning o'zi sinov". Muallifning fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifodalamasiligi mumkin. | advice |
Uch yil oldin JSST ba'zi odamlarning vaksinalarga ishonchsizligi masalasini 2019 yilda hal qilinishi kerak bo'lgan o'nta global muammolar qatoriga kiritgan edi . Koronavirus pandemiyasi, so'ngra emlash uchun dori vositalarining yaratilishi muammoni yanada kuchaytirdi: ayrim fuqarolarning emlanishni istamasligi butun jamiyat hayotiga ta'sir qilmoqda. Ko'pgina odamlar ko'pincha u yoki bu yangiliklarni «uchinchi shaxs orqali» olib, ilmiy asosga ega bo'lmagan dalillarni keltirishadi. Dunyo bo'ylab bir-biridan mustaqil bo'lgan olimlar koronavirus mavjudligini isbotladilar. Pandemiya davomida 4 million kishi infeksiyadan vafot etdi. Virus jiddiy asoratlarni, shuningdek, keyingi hayot sifatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan «postkovid sindromi» ni keltirib chiqarishi mumkin. Jons Xopkins universiteti ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yil 7 iyulgacha dunyoda 184,6 milliondan ortiq odam koronavirusga chalingan va deyarli to'rt million kishi vafot etgan. Olimlar koronavirusni haqiqatdan ham mavjudligiga ishonch hosil qilish uchun uni o'rganib chiqib bo'lishgan. «Xabr» nashrining hisob-kitoblariga ko'ra, har kuni turli mamlakatlarda koronavirus haqida 10 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etiladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bu SARS-CoV-2 virusi keltirib chiqaradigan o'tkir nafas yo'li infeksiyasi hisoblanadi. Virus to'g'ridan-to'g'ri yuqtirish yoki organizmning immun reaksiyasi orqali turli organlarga ta'sir ko'rsatadi. Kasallik ham yengil, ham og'ir kechishi mumkin, eng keng tarqalgan asorati bu — virusli pnevmoniya. Koronavirus haqida nashrlar sonining yil bo'yicha taqsimlanishi. Foto: «Xabr». Koronavirus paytida tromblar yuzaga kelishi xavfi oshadi , bu esa miokard infarkti, qon tomirlari, tromboz va o'pka emboliyasining kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki , tromblar ko'pincha semizlik kasalligiga uchragan, yoshi katta, harakatsiz bo'lgan va saraton kasalliklariga ega odamlarda muammo tug'dirishi mumkin. Tadqiqotlardan birida olimlar COVID-19 bilan kasallanganlar va grippga chalinganlarni taqqosladilar. Birinchi infeksiyadan so'ng o'lim va bir qator jiddiy kasalliklarning rivojlanish xavfining ortganligi aniqlandi. Masalan, buyrak va yurak yetishmovchiligi hamda kasalliklar 1,5 baravar, nafas olish to'xtashi deyarli 2 baravar, o'tkir tromboemboliya va ensefalit xavfi 3 marta oshgan. Koronavirus bemorlarning taxminan 10−15 foizida «uzoq kovid» (yoki «postkovid sindromi») ga aylanadi. Tanishlarining hech biri kasal emasligi haqidagi dalillarga amal qilish noto'g'ri, chunki virusni yuqtirganlar haqidagi ma'lumotlar turli mamlakatlarning davlat va mustaqil nashrlari tomonidan e'lon qilinib boriladi. Vaksinalar ishlab chiqarilishi boshlanganidan buyon odamlar orasida vaksinatsiya jarayonlari va ularda qo'llanilayotgan preparatlar haqida turli xil yolg'on xabarlar tarqalgan. AQShning yirik jamoaviy sog'liqni saqlash tizimi bo'lgan NYC Health + Hospitals koronavirus infeksiyasiga qarshi qo'llanilayotgan vaksinalar haqidagi eng mashhur feyklar va noto'g'ri farazlar borasida dalil keltiradi. Feyk: COVID-19 vaksinalari xavfli, chunki ular juda tez ishlab chiqarilgan. Haqiqat: Vaksinaning xavfsizligi va samaradorligi ilmiy jihatdan isbotlangan. COVID-19 vaksinalari klinik sinovlardan va xavfsizlik bo'yicha tekshiruvlardan o'tgan , ayrimlari hozirgacha sinov jarayonida. Noto'g'ri faraz : COVID-19 vaksinasi juda jiddiy nojo'ya ta'sir va allergik reaksiyalarga olib keladi. Haqiqat: Koronavirusga qarshi vaksina boshqa vaksinalar kabi jiddiy bo'lmagan nojo'ya ta'sirga olib kelishi mumkin. Charchoq, bosh og'rig'i, og'riq yoki in'eksiya qilingan joyida qizarish va mushak yoki bo'g'inlarda og'riqlar kuzatilishi mumkin. Bunday nojo'ya ta'sirlar yoqimsiz bo'lsa ham, ular sizning organizmingiz o'zini COVID-19 dan himoyalash uchun o'z faoliyatini boshlaganini anglatadi. Qo'llanilayotgan vaksina tarkibidagi moddalarga allergik reaksiyalar kuzatilgan odamlar emlanmasligi kerak. Noto'g'ri faraz : Menda COVID-19 ning og'ir ko'rinishi bilan kasallanish xavfi yo'q, shuning uchun menga emlanish kerak emas. Haqiqat: Kasallik xavfiga qay darajada moyil ekanligingiz muhim emas, chunki siz baribir virusni yuqtirishingiz va uni tarqatishingiz mumkin. Vaksinadan foydalanish imkoniyati kengayganidan so'ng, imkon qadar ko'proq kattalarni emlash, jamoaviy immunitetni yaratish, aholini virusdan himoya qilishga yordam beradi. Feyk: Vaksina tufayli men COVID-19 ga chalinishim mumkin. Haqiqat: Siz vaksina bilan emlanganingizdan so'ng vaksina sababli COVID-19 ga chalina olmaysiz. Tasdiqlangan COVID-19 vaksinalarining hech birida tirik virus zarralari mavjud emas. Vaksinada COVID-19 ni yuqtirishga olib keladigan komponentlar ham yo'q. Noto'g'ri faraz : Men COVID-19 bilan kasallanib, tuzaldim. Menga vaksina kerak emas. Haqiqat: Siz koronavirusga chalinib, tuzalgan bo'lsangiz ham emlanishingiz kerak. Mutaxassislar antitanachalar qayta chalinishga qarshi ximoya qila olishi haqida ma'lumotga ega emas. Sizda barcha alomatlar o'tganidan va sizga tavsiya etilgan izolyatsiya muddati tugaganidan so'ng emlana olasiz. Feyk: Vaksina bilan birgalikda odamlarga kuzatuv mikrochiplari joylashtiriladi. Haqiqat: Vaksinada mikrochiplar yoki kuzatuv moslamalari yo'q. Ushbu feyk internetda paydo bo'lgan va bunga vaksinalarda mikrochiplar bor degan yolg'on da'volar sabab bo'lgan. Noto'g'ri faraz: COVID-19 ga qarshi emlanganimdan so'ng, endi niqob taqishim shart emas. Haqiqat : Emlanishdan keyin siz niqob taqishni davom ettirishingiz va ijtimoiy masofani saqlashingiz kerak. Agar siz emlangan bo'lsangiz ham, COVID-19 xavfsizlik ko'rsatmalariga rioya qilishingiz kerak. Vaksina sizni COVID-19 dan himoya qiladi, ammo mutaxassislar siz virusni tashuvchisi bo'lib qolasizmi va boshqalarga yuqtirishingiz mumkinmi, bilmaydilar. | advice |
"Gazeta.uz" "Xorijdagi o'zbekistonliklar" loyihasi doirasida chet el oliygohlarida o'qiyotgan yoki xorijda ta'lim olib, hozir o'sha yerda ishlayotgan o'zbekistonliklar bilan suhbat uyushtiradi. Ushbu suhbatlarda ularning chet eldagi hayoti, nega xorijiy ta'limni tanlaganligi, ularning boshidan o'tgan sinovlar haqida so'z boradi. Loyihaning navbatdagi mehmoni — Kamilla Yenikeyeva. Kamilla Yenikeyeva Samarqanddagi maktabda, uni bitirgach viloyatdagi Yuridik kollejida o'qishni davom ettirgan. Kollejni qizil diplom bilan bitirgach, ikki yil Oliy ta'lim muassasasiga o'qishga kira olmagan. 2013 yilda Samarqand davlat chet tillari institutining yapon filologiyasi fakultetiga o'qishga kirgan. 3-kursda grant asosida 1 yilga Yaponiyaga o'qishga ketadi, so'ng esa Samarqandga qaytib kelib, o'qishini davom ettirdi. 2019 yildan esa Yaponiyaning Sukuba universitetida "Jahon madaniy me'rosi" fakultetida tahsil oladi. Ayni vaqtda ushbu universitetning 2-kurs magistranti bo'lib, madaniy me'ros, arxeologiya, turizm, YUNESKO va boshqa tashkilotlar faoliyatini o'rganmoqda. O'qishni bitirgach, 2022 yilning aprel oyidan Yaponiyadagi xalqaro konsalting kompaniyasi Accenture`da IT-konsalting bo'limi mutaxassisi bo'lib ishlaydi. O'zbek, rus, ingliz, fransuz va yapon tillarini biladi. — Samarqandda tug'ilib, voyaga yetdim. Maktabda ko'proq ikkita fanga qiziqardim: biri Konstitutsiya va huquq bo'yicha edi. Uning qanday nomlanganini aniq eslay olmayman. Ikkinchisi esa — matematika. Matematika bo'yicha fan olimpiadalarida qatnashib, g'olib ham bo'lganman, kelajakda yurist bo'lishni ham orzu qilganman. Odatda ertalab barvaqt uydan chiqib, kechqurun kech qaytardim. Bunga ikki narsa sabab bo'lgan: birinchidan, men o'zbek sinfida o'qiganman va ona tilimda bo'lmagan mavzularni o'zlashtirish uchun qo'shimcha mashg'ulotlarga qolishga to'g'ri kelardi. Ikkinchidan esa maktabdan tashqari balet, badiiy gimnastika, shaxmat, musiqa maktabiga va fransuz tilidan mashg'ulotlarga qatnardim. Kollejda o'qiyotgan vaqtimda SamDUning Yuridik fakultetida tahsilni davom ettirmoqchi edim, biroq afsuski, o'sha vaqtda fakultet yopilib ketdi va oilam menga Samarqanddagi Chet tillari institutiga (SamDCHTI) kirishimni maslahat berdi. 16 yoshda kollejni qizil diplom bilan tamomladim, biroq shundan keyin ikki marta ingliz tili filologiyasi yo'nalishiga o'qishga kira olmadim. To'g'risini aytsam, o'shanda menda filologiyada o'qishga sira ham xohish yo'q edi, bu menga qiziqarli tuyulmagan. Uchinchi urinishda SamDCHTIning yapon filologiyasiga kirdim. Bu safar tilni o'zim tanladim. Nima uchun aynan yapon tilini tanlaganimning tarixi uzun va butun tafsilotlarga berilmoqchi emasman. Yapon filologiyasiga kirganimdan keyin deyarli barcha tanishlarim yapon tili bilan qayerda ishlay olishimni tushunishmaganidan birinchi kursdan keyin o'qishni ingliz filologiyasiga ko'chirishimni maslahat berishardi. Yapon tilini o'rganishni boshlashim bilanoq u menga juda yoqdi va uni o'rganish qiyin kechdi deyolmayman. 2-kursdaligimda Notiqlik san'ati tanlovida respublikada to'rtinchi va Markaziy Osiyoda 5-o'rinni qo'lga kiritdim. 3-kursda Yaponiyaga 2 ta grant yutib oldim: 2 haftalik va 1 yillik. 3-kursdan keyin ushbu grant asosida Yaponiyaga ketishim uchun bir yilga SamDCHTIdagi o'qishdan ketishimga to'g'ri keldi, chunki menga akademik ta'til berishmadi. Bir yildan keyin o'qishga qaytdim va Samarqanddagi o'qishimni davom ettirdim. Foto: Kamilla Yenikeyevaning shaxsiy arxividan 4-kursda o'qishdan bo'sh vaqtlarimda gidlik va tarjimonlik bilan shug'ullandim, shuningdek, MEXT stipendiyasi (magistratura/doktoranturaga o'qishga kirish huquqi bilan stajyor-tadqiqotchi) uchun Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasiga hujjat topshirdim. Bakalavrdagi o'qishim tugashidan yarim yil avval Yaponiya hukumatining stipendiyasini olish uchun barcha imtihon va tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o'tganimni bildim va Yaponiyaga ketishga tayyorgarlikni boshladim. Bu orada SamDCHTIdagi o'qishimni tamomlab, gidlik qildim. Parallel ravishda bir necha loyihalarda ishladim. Dastavval, Yaponiyadan kelib, O'zbekistonda film tasvirga olgan guruh bilan, keyin yapon televideniyesi bilan Samarqandda sayyohlik ko'rsatuvlarini tasvirga olish bo'yicha, so'ngra Toyoto loyihalaridan birida va hokazo. Kamilla Yenikeyeva (o'rtada), Akmal Burxonov (chapdan birinchi) va Yaponiyadan kelgan delegatsiya. — Yaponiyaga birinchi marotaba ikki haftaga, keyin esa SamDCHTI talabasi sifatida bir yil muddatga bordim. Yapon filologiyasida o'qiganligim bois ushbu mamlakatni, uning tili, madaniyati va odamlarini yanada yaxshiroq o'rganishim uchun hech bo'lmasa yarim yil — bir yil u yerda yashash men uchun muhim edi. Lekin ko'proq vaqtga ketish rejamda yo'q edi, chunki O'zbekistonda davlat ishida ishlashni xohlardim. Men imkon qadar ko'proq o'rganib, olgan bilimlarimni o'z Vatanimda qo'llashni rejalashtirgandim. 4-kursda o'qiyotgan vaqtimda 1 yil yetarli emas, degan qarorga keldim va magistraturada o'qishni davom ettirish haqida o'ylay boshladim hamda tilni o'rganish uchun muhitning muhimligi sababli Yaponiyada o'qishni davom ettirishga qaror qildim. Aynan shu narsa meni yana grantga hujjat topshirishga va imtihonlarga tayyorlanishga turtki berdi, chunki grant mening yagona imkoniyatim edi. — Asosiy maqsadlarim — tajriba orttirish va yaponlar orasida yapon tilini o'rganish edi . Eng katta motivatsiya esa O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi o'zaro aloqalar sohasida yaxshi mutaxassis bo'lish orzusi edi. Men turizm sohasini, xalqaro aloqalar sohasini, shuningdek, bu ikki mamlakat bilan bog'liq turli loyihalarda ishlash imkoniyatlarini ko'rib chiqdim. Bu orzuimni ro'yobga chiqarish uchun menga birinchi navbatda yapon va ingliz tillarini yaxshi bilish, shuningdek, O'zbekiston va Yaponiyada o'qish hamda ishlash bo'yicha tajriba orttirish muhim edi. — Ayni vaqtda ikkinchi magistraturada 2-kurs talabasi hisoblanaman. Ha, albatta motivatsiya bor, hatto aytishim mumkinki, ular yanada kuchaygan. Bundan tashqari, yangi maqsadlar paydo bo'ldi, ulardan biri dasturlashni o'rganish edi. Foto: Kamilla Yenikeyevaning shaxsiy arxividan Yaponiyaga ko'chib o'tgandan so'ng, men IT sohasiga qiziqishni boshladim, mustaqil ravishda bir nechta onlayn kurslarni o'tdim va dasturlash tillari, ma'lumotlar tuzilmalari, algoritmlar va boshqalarni o'rgana boshladim. Ma'lum vaqtdan so'ng, men Google kompaniyasi (Tokiodagi ofisi) ta'lim dasturlaridan biriga hujjat topshirdim. Ushbu dasturga kirish baxtiga muyassar bo'ldim. Mashg'ulotlardan tashqari, menga har hafta yozgan kodlarimni tekshiradigan, uni takomillashtirish bo'yicha maslahatlar beradigan va umuman menga yordam ko'rsatadigan mentor — Software Engineer taqdim etishdi. O'qish davomida men ko'plab muhandislar, ishlab chiquvchilar, loyiha menejerlari bilan uchrashdim. Mashg'ulotlar, murabbiy bilan ishlash va Google xodimlari bilan muloqot tufayli qiziqish faqat oshib bordi. Bu qiziqish ish qidirish yo'nalishini belgilab berdi va men magistraturani tugatganimdan so'ng (kelasi yilning mart oyida) IT-konsalting sohasida, ushbu sohadagi yetakchi kompaniyalardan biri Accenture`da ish boshlayman. Tabiiyki, motivatsiya va maqsadlar faqatgina o'qish va ishlash bilan bog'liq emas, biroq shaxsiy hayot, oila, xobbi haqida odatda juda kam gapiraman. — Ayni vaqtda men Sukuba universitetida tahsil olyapman, bu Yaponiyaning TOP-10 OTMlari qatoriga kiruvchi, mamlakatdagi eng yirik universitetlardan biri hisoblanadi. Universitetda 10 mingga yaqin bakalavr hamda 7 mingga yaqin magistrant va doktorantlar tahsil olishadi. O'qituvchilar va xodimlarning umumiy soni 4500 kishidan oshadi. Universitet dunyoning 61 mamlakatidagi 316 ta universitet va institutlar bilan ilmiy hamkorlikka ega. Bundan tashqari, Sukuba universitetida dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan 2500 dan ziyod xorijiy talabalar tahsil olmoqda. Sukuba shahriga kelgan birinchi kunimni eslayman, taksi haydovchisidan (o'shanda bu yerda taksi narxi qancha ekanligini bilmasdim) meni University of Tsukuba`ga olib borishini so'ragan edim. U esa mendan universitetning aynan qaysi qismiga olib borishi kerakligini so'radi. Avvaliga bu savolga tushunmadim, chunki Samarqandda odatda institut nomini aytsangiz, sizni manzilga olib borishadi. Ammo keyin ma'lum bo'lishicha, butun shaharning uchdan bir qismi — universitet, qolgan uchdan bir qismi esa butun dunyodan kelgan olimlar ishlaydigan son-sanoqsiz tadqiqot markazlaridan iborat ekan. Universitetning hududi shunchalik katta ediki, men birinchi kunlarda adashib qolardim va bir darsdan ikkinchisiga ulgurish uchun turli binolar orasida velosipedda yurishimga to'g'ri keldi. Men sezgan juda ko'p farqlar bor, hatto nimadan boshlashni ham bilmayman va ularning hammasini sanay olishimga shubham bor. Universitetga kirish . Abituriyent universitetda o'qish yoki o'qimasligi yiliga bir martagina topshirish imkoniyati bo'lgan 70 ta savolli testlarga bog'liq emas. Universitetlar tanlovi juda katta, ham davlat, ham xususiy universitetlar mavjud. Abituriyent turli OTMlarga hujjat topshirishi mumkin. Bunda faqat universitet tanlanadi, bilishimcha, mutaxassislikni keyinchalik yoki o'qish davrida ham tanlash mumkin, hatto mutaxassislikni butunlay o'zgartirish mumkin (albatta, o'ziga yarasha juda ko'p qoidalar mavjud). Ko'pchilik davlat universitetlariga kirishni xohlaydi, chunki ularda o'qish xususiylariga qaraganda arzonroq, lekin ularga kirish qiyinroq. Bundan tashqari, ular universitet reytingiga ham qarashadi, chunki kelajakdagi karera shunga bog'liq: eng yaxshi universitet bitiruvchilari eng yaxshi kompaniyalarda ishlaydi va umuman olganda, ularga nisbatan jamiyatda boshqacha munosabat mavjud. Shunchaki qandaydir bir universitetga kirish oson, eng yaxshi universitetlardan biriga kirish esa qiyin. Bu yerda talabalik mustaqil hayotning boshlanishi degani. Abituriyentlar kamdan-kam hollarda o'z ona shaharlaridagi universitetni tanlaydilar, albatta, ayrimlar bor, lekin hozirgacha men bilgan barcha talabalarning 95% ga yaqini boshqa prefekturalardan kelgan . Ular uyning yaqinligiga emas, balki ta'lim darajasi va kelajakdagi salohiyatga qarashadi. 18 yoshida avvaliga yotoqxonaga joylashadilar, bir yil-yarim yildan so'ng ijaraga olingan kvartiraga ko'chib o'tgan talabalar mustaqil yashashni boshlaydilar. Talabalik hayotining o'zi. Asosiy mashg'ulotdan tashqari, talabalar sport seksiyalarida yoki qandaydir to'garakka qatnashadi. Talabalik hayoti faqat o'qish bilan chegaralanmaydi. Va meni ajablantirgani shundaki, ba'zi sport seksiyalari talabalari sport bilan professional darajada shug'ullanishadi va hatto ushbu sport turidan Olimpiya o'yinlaridan medallar olib kelishadi. Farqlardan yana bir — fanlarni tanlash . Talabalarning o'zlari fanlarni va dars jadvallarini tanlaydilar. Dastavval diplom olish uchun qancha kredit ballar to'plash kerakligi va tanlangan yo'nalishdagi fanlar bo'yicha qancha umumiy kreditlar yig'ilishi kerakligi tushuntiriladi. Qolgan barchasini talabaning o'zi rejalashtiradi. Talabaning o'zi nechanchi kursda qaysi fanlarni o'qishini tanlaydi. Mutaxassislikni tanlash . Hamma universitetlarda shundayligiga ishonchim komil emas, lekin asosan kirishdan oldin mutaxassislikni tanlash shart emas. Ba'zi universitetlarda u bakalavrning 2 yoki 3-kursida belgilanadi. Bu talabaga turli fanlarni o'rganish va qaysi mutaxassislikni tanlashni xohlashini tushunib yetish imkoniyatini beradi. — Asosan, bakalavr yoki magistr darajasini olish uchun kerakli miqdordagi kreditni yig'ish kerak. University of Tsukuba`da yiliga ikki semestr bor: bahor va kuz, ularning har biri 3 qismga: A, V, S ga bo'linadi. O'quv yili aprel oyida boshlanadi, A, V davomida asosan ma'ruzalar va seminarlar bo'lib o'tadi, C da esa intensiv (biror fanni tez, lekin intensiv tarzda o'zlashtirish mumkin bo'ladi — ba'zida kuniga 6−7 soat). Kerakli miqdordagi kreditlarni yig'ishdan tashqari, tadqiqot o'tkazish va diplom ishini yozish ham muhim ahamiyatga ega. 4-kurs (bakalavrlar uchun) va 2-kurs (magistratura) o'quv yilining boshida talabalar ish qidirishni boshlaydilar. Odatda 1 semestr davomida ko'pchilik birorta ham fanni olmasdan, kun bo'yi shu bilan band bo'ladi. Hujjatlar o'rtacha 40−60 ta kompaniyaga topshiriladi, lekin ba'zilar bir necha taklif olish va ulardan birini tanlash uchun o'qishni bitirishdan yarim yil avval 80−100 ta kompaniyaga hujjat topshirib qo'yadi. — Yetarlicha o'zgardi deb o'ylayman. Birinchi navbatda, men yashagan jamiyatda umumiy me'yor sifatida qabul qilingan to'g'ri/noto'g'ri/ yoki chiroyli/noo'rin va hokazo narsalar har doim ham boshqa jamiyatda bir xil bo'lavermas ekan. Boshqa odamlarda boshqacha qarashlar, qadriyatlar, go'zallik tushunchalari va hokazo bo'lishi mumkin. Men shuni tushunishni, o'zgalarning nuqtai nazarini qabul qilishni va hurmat qilishni o'rgandim. Foto: Kamilla Yenikeyevaning shaxsiy arxividan Men tabiatga nisbatan mutlaqo boshqacha munosabatda bo'la boshladim . Menda aynan nima o'zgarganini tasvirlash qiyin, lekin Yaponiyaga ko'chib o'tganimdan keyin tabiatdan bahramand bo'lishni, uni qadrlashni va unga g'amxo'rlik qilishni o'rgandim. Men moddiy narsalarni kamroq qadrlay boshladim . Ilgari, men tez-tez biror narsa sotib olishni xohlardim: kiyimlar, texnika, kosmetika va boshqalar. Endi men atrofimdagi keraksiz narsalardan xalos bo'lishga va menga kerak bo'lmagan narsani olmaslikka harakat qilaman. Men ko'proq taassurotlar, his-tuyg'ular va yoqimli onlarni to'plashga ko'proq sarmoya kiritishni boshladim. Tartibliroq bo'ldim . Reja daftarlari, maqsadlar va rejalar kundaligi kundalik hayotimning bir qismiga aylandi. — Umuman olganda, hammasini atrofdagi odamlar yordami bilan yengib o'tsa bo'ladi. Albatta, men ko'p narsani o'rganishim va ko'p narsalarga ko'nikishim kerak edi, lekin 3 ta eng qiyin narsalarni sanashim kerak bo'lsa, men quyidagilarni aytgan bo'lardim: — Aniq miqdorini aytmayman, lekin aytishim mumkinki, konsalting kompaniyalari juda yaxshi oylik to'laydi, hatto mahalliy o'lchovlar bo'yicha ham. Ish haqidan tashqari 2 turdagi bonuslar ham bor. Ba'zi ishchilarning bonuslari ularning ish haqidan oshib ketishi mumkin, bundan tashqari, ijtimoiy paket va turli qo'shimcha to'lovlar ham bor. — Yaponiyaga kelganimdan keyin men ijtimoiy tarmoqlarda juda kam vaqt o'tkazdim. Instagram`da izohlarning yo'qligining alohida sababi yo'q. Aslida, o'z sahifamda fikrlarim, taassurotlarim, sayohatlarimdan hikoyalar bilan bo'lishishni boshlash haqida ko'p o'ylaganman, lekin boshlamadim. Rostini aytsam, men bunda o'zim uchun biror ma'no yoki foyda ko'rmayapman, menimcha, bunga sarflaydigan vaqtni boshqa biror narsaga ajratishim mumkin. Foto: Kamilla Yenikeyevaning shaxsiy arxividan — Ha, mening orzuim — barcha mamlakatlarga sayohat qilish va barcha qit'alarga tashrif buyurish, shuningdek, bir necha mamlakatlarda yashab ko'rish. Afsuski, men juda kam mamlakatlarda bo'lganman: Qozog'iston, Qirg'iziston, Janubiy Koreya, Rossiya, Vengriya, Italiya, Chexiya, Avstriya, Tailand, Tayvan, Malayziya. Ba'zilarida va ko'pgina shaharlarda men bir necha bor bo'lganman. Yaponiyani hisoblamayman, men prefekturalarning yarmidan ko'pini (olis Ogasavara va Okinava orollari bilan) va 60 dan ortiq shaharlarda bo'ldim . — Yo'q, unaqasi bo'lmagan. — Men 17 yoshimdan beri chet elda o'qish haqida gapirganman, shuning uchun ular bir necha yillik uzoq munozaralardan so'ng ko'nishgan. Albatta, 17 yoshimda ular meni nafaqat chet elga, hatto Toshkentga o'qishga ham qo'yib yuborishmagan. Ammo 21 yoshdan boshlab ular asta-sekin qo'yib yuborishdi, avvaliga 2 hafta, keyin 1 yil, keyin 3 yilga. — Qisqa vaqtga — albatta, o'ylaymanki bir marta emas. Men vatanimni, oilamni, do'stlarimni sevaman va sog'inaman. Men ularni ko'rishga boraman va oilam meni oldimga ham kelishiga umid qilaman. Biroq hozircha uzoq muddatga qaytish rejasi yo'q. — Uchib ketishdan oldin safardan maqsad nima ekanligini aniq belgilab olishni maslahat bergan bo'lardim. Maqsad qo'ying va qanday odam bo'lib qaytmoqchiligingiz, nimani o'rganishni xohlashingizni tasavvur qiling. Safar oldidan, albatta, borayotgan mamlakatning tilini, madaniyatini o'rganing va umuman, safardan avval iloji boricha ko'proq ma'lumot to'plang. Agar maqsad o'qish bo'lsa, u holda bor e'tiboringizni unga qarating va qo'yilgan maqsadlar haqida unutmang. Ayrimlar o'qish uchun ketganligini, yaxshi mutaxassis bo'lishni orzu qilganligini yoki o'z biznesini ochish uchun tajriba orttirmoqchi bo'lganligini unutib, bu yerda iloji boricha ko'proq pul topish uchun past malakali ishlarda ishlashni boshlaydilar. Men buni yomon narsa deb aytmayman, shunchaki, o'qishni tashlab ketish, ishning bu darajasida qolib ketish va yosh vaqtida imkoniyatlarni boy berish juda oson. — Yapon filologiyasini o'rganadiganlar uchun ko'proq mashq qilishni, yapon tilidan foydalanish mumkin bo'lgan har qanday imkoniyatni izlab topishni maslahat berardim. Institutning xalqaro bo'limi menga ajoyib tajriba berdi, juda kam odam ko'ngilli tarjimon bo'lishni va kun bo'yi bepul tarjima qilishni xohlardi, lekin o'rganish uchun ko'p narsa bor edi. Bundan tashqari, har doim iloji boricha aniq maqsadlar qo'ying va bir yil, 5 yil va hokazoda nimaga erishishni xohlayotganingizni biling. IT-konsalting sohasida men faqat keyingi yildan ishlay boshlayman, shuning uchun maslahat berishim qiyin. Foto: Kamilla Yenikeyevaning shaxsiy arxividan Qisqa savol-javoblar: — Men O'zbekiston va qo'shni davlatlar bo'ylab yetarlicha sayohat qilmaganimdan afsuslanaman. Gid bo'lib ishlagan va ko'plab shaharlarni kezgan bo'lsam ham, yaqin-atrofdagi juda chiroyli joylar qolib ketdi, men esa ularga bormaganman, deb hisoblayman. — Bu yerda Samarqand oshi yo'q! Umuman hech qayerda. Va Samarqand noni ham . Rossiya va AQShdagi o'zbek restoranlari, do'konlari, mahallalari haqida eshitganimda, Yaponiyada bunday joylarning yo'qligidan xafa bo'laman. — Deyarli hech qaysi. Garchi, ehtimol o'zim ulg'aygan uyda ko'proq vaqt o'tkazgan bo'lardim. Har doim unga xohlagan vaqtimda qaytishim mumkinligiga ishonardim, lekin bu yil u buzib tashlandi va endi men hech qachon unga qaytolmayman. — Birinchi navbatda sog'lom, baxtli va oilam bilan Yaponiya, Yevropa yoki Kanadada yashashni istayman. Konsalting sohasida ishlashimga ishonchim komil emas, lekin ishim IT bilan bog'liq bo'ladi deb o'ylayman. — Yashash, tibbiyot, ta'lim darajasi balandroq bo'lishini . Har bir fuqaroning hech bo'lmaganda eng zarur ehtiyojlari: gaz, elektr energiyasi, toza suv , mamlakatdan chiqmasdan ishlash va oilasini ta'minlash imkoniyati, ta'lim olish imkoniyati bo'lishini. Shaharlar yashil bo'lishini, ko'proq parklar bo'lishi , barcha shaharlar qulay hamda beton va plastmassadan yasalmagan bo'lishini. Qolaversa, qanchalar xudbinlik bo'lmasin, mamlakatdagi madaniy va tarixiy merosning saqlanishini so'ragan bo'lardim . Bundan boshqa muhimroq muammolar ko'p bo'lganida ham, men baribir, shuni aytib o'tardim. Tarixiy shaharlarimiz tez o'zgarib bormoqda, aksariyat xalqaro ekspertlarning fikricha, yaxshi tomonga emas. Mening shaxsiy fikrimcha, Samarqand va Buxoroda bo'lishi kerak bo'lgan muhit faqat Xivada saqlanib qolgan va menimcha, ko'pga emas. Ko'plab yodgorliklarni qayta tiklashga kelsak, men bu haqda soatlab gapirishim mumkin, lekin bu kimga kerak?! Og'abek Samisov suhbatlashdi. | advice |
Ko'pchilik koronavirusga qarshi vaksinalarning samaradorligiga shubha bilan qaraydi va ishlab chiqaruvchini tanlash borasida ko'p mulohaza qilishadi. «Gazeta.uz» emlashga oid asosiy savollarni mutaxassislarga berishda davom etmoqda. Molekulyar genetik, biotexnolog, biologiya fanlari doktori va O'zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazi direktori o'rinbosari Alisher Abdullayev ZF-UZ-VAC2001 xitoy-o'zbek vaksinasining III bosqich klinik sinovlari qanday o'tkazilayotgani, nima uchun O'zbekiston bu preparatni boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha oldin ommaviy ishlatishga ruxsat berganligi va koronavirusga qarshi vaksinalar qanchalik yaxshi o'rganilgani haqida gapirib berdi. — Buning sabablari ko'p bo'lishi mumkin. Ulardan biri, masalan, XXRning o'z qonunlari, vaksinadan foydalanish uchun ruxsat olish uchun ko'proq vaqt talab qiluvchi o'z byurokratik mexanizmlari bo'lishi mumkin. Mamlakatimizda, ehtimol, bu jarayon biroz tezroq kechar. Hukumatimiz odamlarni tezroq emlashdan juda manfaatdor, shuning uchun biz bu jarayonni iloji boricha qisqa fursatlarda tugatishga harakat qildik. Shunga qaramay, bu bosqich bizdan ancha uzoq vaqt talab qildi, biz kuniga 24 soat ishlashimizga to'g'ri keldi. Xitoyda tirik organizmlarda vaksinalarning toksikligi va xavfsizligini o'rganishni qamrab olgan klinikgacha bo'lgan sinovlar o'tkazildi. Buning uchun turli hayvonlardan foydalanildi. Butun dunyoda vaksinalar ishlab chiqilishi va tadqiq qilinishi bo'yicha maxsus protokol mavjud. Ushbu protokol JSST va vaksinalar ishlab chiqilishini nazorat qiluvchi boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan. Biz vaksina mazkur reglamentga muvofiq ishlab chiqilganligi to'g'risida dalillar oldik. Bizga, shuningdek, Xitoy aholisi orasida o'tkazilgan klinik sinovlarning ikki bosqichidan olingan namunalar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Ushbu tadqiqotlar davomida preparatning xavfsizligi ham tasdiqlandi. Etika qo'mitasi va Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari vaksina tasdiqlanishidan oldin barcha sinovlarni o'tkazdilar. Shu jumladan, ular Xitoy tomonidan e'tirof etilgan barcha xususiyatlarni tasdiqladilar. Xuddi shu tajribalar bizda ham o'tkazildi. Bizning mutaxassislarimiz ham uni hayvonlarda sinab ko'rishdi. Mazkur vaksinaning mutlaq xavfsizligi tasdiqlandi. Faqat shundan keyingina III bosqich klinik sinovlari uchun ruxsat olindi. Ishontirib aytishim mumkin, bizning mutaxassislarimiz hamma narsani sinchkovlik bilan o'rganib chiqishdi va agar zarracha shubha bo'lganida edi, ijobiy xulosa berishmas edi. III bosqichni o'tkazishga ruxsat olishdan oldin ham, Innovatsiya vazirligining ko'plab xodimlari, jumladan vazir va vazir o'rinbosari vaksinani o'zlarida sinab ko'rishdi. Ular ham olimlar, fan doktorlari va haqiqiy olimlar kabi vaksinani birinchi bo'lib o'zlarida sinab ko'rishdi. Uchinchi bosqich vaksina sinovdan o'tkazilganidan bir oy o'tgachgina boshlandi. Mamlakatimiz rahbariyati o'zbek-xitoy vaksinasi bilan emlanganiga ko'pchilik shubha qiladi. Ishontirib aytishim mumkin-ki, men 2020 yil oxiri va 2021 yil boshida o'z ixtiyori bilan vaksina olgan Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi va vazirliklarning ko'p xodimlarini bilaman. III bosqich klinik sinovlarining asosiy maqsadi — koronavirusga nisbatan vaksinaning samaradorligini baholash. Bizning Ilg'or texnologiyalar markazining jamoasi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda yakuniy bosqich ustidan ikkitomonlama mavhum tadqiqot o'tkazmoqda. Tadqiqot yakunlanganidan so'ng natijalar ma'lum qilinadi. Olimlar emlanganlar guruhidan qancha odam koronavirus bilan kasallanganligini va bu kasallikdan qanday omon qolganligini ko'rib chiqadilar. Bu ma'lumotlar platsebo qabul qilganlar natijalari bilan solishtiriladi. Ideal holatda, emlangan guruhdagi koronavirus yuqtirganlar foizi platsebo olgan guruhdagilarga nisbatan juda kichik bo'lishi kerak. Ammo bizda bu ma'lumotlar hozircha yo'q, tadqiqot davom etmoqda. Hozirda qatnashuvchilarning hech biri, jumladan, O'zbekistonda ishlaydigan Xitoydan kelgan shifokorlar va hamkasblarimiz ham ko'ngillilarning qaysi biri platsebo va qaysisi vaksina olganini bilishmaydi. Barcha ampulalar Xitoyda kodlangan. Bizda III bosqich doirasida haqiqiy vaksina va platsebo olganidan keyin koronavirus yuqtirgan bemorlar haqida ma'lumotlar yo'q, biz buni faqat tadqiqot oxirida bilamiz. Ammo shuni aytishim mumkinki, xitoy-o'zbek vaksinasining ikki yoki uch dozasini olgan, men bilgan odamlarning 90% dan ko'prog'i kasal bo'lmagan. — Ha. Bu JSST nazorati ostida. Sinovlar tugagach, turli tashkilotlarning vakillari natijalarni ma'lum qilishadi. Ma'lumotlar 2022 yil aprelda ma'lum qilinadi. — Xuddi shu yoshdagilar. — Katta yoshdagilarni emlash bo'yicha reglament mavjud. Iyul oyida Xitoy 3−17 yoshli bolalarda bu vaksinani sinashni boshladi. — Xitoy bu ma'lumotni yashirmaydi. Ular internetda e'lon qilinadi . — Yo'q, menda bu haqda ma'lumot yo'q. — Menda ma'lumot yo'q. Lekin men ular tadqiqot olib borayotganini bilaman. Va ular virusning turli yangi variantlariga qarshi vaksinaning samaradorligi bo'yicha tadqiqotlar o'tkazgan. Izoh: 15 iyul kuni vaksina ishlab chiqaruvchisi preprintni e'lon qildi (mualliflar tomonidan taqriz beriladigan ilmiy jurnalda tadqiqot ishining nashr etilishidan oldin yoki keyin ochiq manbada e'lon qilingan na'muna — tahr.). Unda 100 milliondan ortiq dozalar (emlanganlar soni emas) Xitoy va O'zbekistonda qo'llanilgani keltirilgan. Vaksinauz Telegram-kanalining xabar berishicha , 9 iyul holatiga ko'ra, O'zbekistonda bu vaksinaning 3,2 milliondan ortiq dozasi ishlatilgan va Xitoyda 90 milliondan ortiq odam uni olgan. May oyida bu vaksinaning «alfa» va «beta» variantlarga qarshi samaradorligi to'g'risida maqola chiqarildi. Yaqinda esa ular vaksinning «delta» variantiga qarshi samaradorligi haqida preprint e'lon qilishdi. U 1,2 ga tushadi. Bu juda yaxshi ko'rsatkich. Preprintda, shuningdek, «beta» variantiga qarshi ushbu vaksinaning samaradorligi ikki baravar past ekanligi ko'rsatilgan. Bu dastlabki ma'lumotlar, ammo vaksina ishlaydi. Ba'zi vaksina ishlab chiqaruvchilarda yangi variantlarga qarshi samaradorlik olti baravar kamroq. — Bu JSST tomonidan tasdiqlangan va favqulodda foydalanish uchun ruxsat berilgan vaksinalar ro'yxati. Bu mazkur vaksinalar favqulodda holatlarda, pandemiyada ishlatilishi mumkinligini ko'rsatadi. Ammo har bir mamlakat favqulodda holatlarda foydalanish uchun boshqa vaksinalarni tasdiqlash huquqiga ega. JSST tomonidan tasdiqlangan preparatlar COVAX dasturi bo'yicha o'z vaksinasi bo'lmagan mamlakatlarga yetkazilishi mumkin. Bu ro'yxat mamlakatlarni vaksinalar bilan ta'minlash kafolatidir. Hamma mamlakatlar ham COVAX dasturi bo'yicha vaksinalarni yetkazib berishga ulgurmaydi. Preparatlar ham cheklangan miqdorda yetkazilishi mumkin. Shu sababli, mamlakatlar JSST tomonidan to'liq tasdiqlanmagan vaksinalarni qo'llash bo'yicha chora-tadbirlar va qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Davlatlar birinchi navbatda o'z xalqining hayotini saqlab qolishdan manfaatdor. — Vaksinalarni ishlab chiqish va tasdiqlash odatda bir necha yilni oladi. Ammo pandemiya doirasida bu jarayonlarni tezlashtirish qarori qabul qilindi. Odatda, birinchi navbatda klinikgacha bo'lgan tadqiqotlar, so'ngra klinik tadqiqotlar bosqichma-bosqich o'tkaziladi. Ammo ko'pgina ishlab chiqaruvchilar klinik sinovlarning uch bosqichini birlashtirdilar: birinchi bosqich hali yakullanmasdan, ikkinchi bosqichni boshlashdi va hokazo. Xitoy-o'zbek vaksinasida esa reglamentga amal qilinmoqda. Shuning uchun bizda uzoqroq. Bundan tashqari, bizning vaksina Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan favqulodda foydalanish uchun tasdiqlangan preparatlarga nisbatan kechroq ishlab chiqilgan. — Albatta, odatda, zaiflashtirilgan yoki o'ldirilgan virus bilan emlanish maqsadga muvofiqdir. Klassik vaksinalar shunday qilingan. Ammo unda ishlab chiqarish butunlay boshqacha. Bu juda murakkab va ko'p vaqt talab qiladi. Sinovlar juda uzoq muddatli. O'zbek-xitoy vaksinasida faqat inson hujayralari bilan aloqada bo'ladigan virusning retseptor qismini o'z ichiga olgan rekombinant oqsildan foydalaniladi. Aynan unga nisbatan antitanachalar ishlab chiqariladi. Bu virus hujayralarga kirishining oldini oladi. U hech nima bilan aloqa qila olmaydi. Shubhasiz, boshqa qismlar ham ahamiyatga ega, lekin asosiy aloqa retseptor oqsili bilan bo'ladi. Agar u bloklansa, virus inson tanasiga, uning hujayrasiga kira olmaydi. — Har qanday holatda ham virus organizmga kiradi. Tanangizga har kuni ko'plab viruslar kiradi. Biroq, siz kasal bo'lmaysiz. Chunki tanada xotira bor. Nima uchun bolalar nima bo'lsa ham og'ziga soladi? Chunki ular shu tarzda tashqi dunyo bilan aloqada bo'lib, immunitetni rivojlantiruvchi tashqi agentlarni qabul qilishadi. Agar sizda immunitet bo'lmasa, siz har kuni kasal bo'lar edingiz va shu kungacha tirik qolishingiz dargumon bo'lar edi. Organizmimizga virus va bakteriyalar kirganda, u kurashadi. Koronavirus bilan ham xuddi shunday. Agar siz kasallanib bo'lgan yoki emlangan bo'lsangiz va siz kasallikning faol bosqichida bo'lgan odam bilan aloqada bo'lsangiz, u sizga virus yuboradi, lekin siz kasal bo'lmaysiz. Koronavirus sizning organizmingizga tushadi, lekin tana uni tezda taniydi va yo'q qiladi. — Agar siz kasal odam bilan gaplashsangiz, qanday qilib virusni yuqtirmasligingiz mumkin? Virus tanaga baribir kiradi, lekin uning ko'payishi uchun sharoit bo'lmaydi, chunki antitanachalar spayk-oqsilni to'sib qo'yadi. Unda ko'payish uchun sharoit bo'lmadimi, demak, siz kasal bo'lmaysiz. Spayk-oqsil hujayraga yopishib olish uchun kerak. Hujayraga kirganda, u o'z genetik materialini yuboradi. Agar u hujayra bilan bog'lanmasa, uning genetik materialni kiritadigan joyi bo'lmaydi. Ehtimol, virus qisman hujayraga kiradi, lekin immunitet tizimi bu hujayrani taniydi va uni virus bilan birga o'ldiradi. Immun tizimi shunday tuzilgan. U to'siq yaratadi. Tanada juda ko'p himoya to'siqlari mavjud, ular orasida teri, shilliq qavatdagi turli vositalar va boshqalar bor. Evolyutsiya davrida inson tanasi o'ziga himoya yaratdi. Bizning tariximizda ko'plab viruslar bo'lgan. Va bu, shuningdek, odamning genetik holatiga — siz ota-bobolaringizdan olgan genlarning kombinatsiyasiga ham bog'liq. | advice |
«Tolibon» harakati 1994 yilda tashkil etilgan. Harakatning asoschisi Mulla Umar bo'lib, u 2013 yilgacha (o'limiga qadar) toliblar yetakchisi bo'lgan. Bir ko'zi ojiz bo'lgan harbiy rahbarning o'limini uning sheriklari faqat 2015 yilda tan olishgan. O'shandan beri «Tolibon» o'z rahbarini ikki marta o'zgartirgan. O'tgan hafta Afg'onistonning butun hududini nazorati ostiga olgan toliblar mamlakatning yangi rahbariyatini tanishtirish niyatida. Hozirda «Tolibon»ning yetakchilari kim va ular haqda nimalar ma'lumligi to'g'risida «Gazeta.uz» so'z yuritadi. Haybatulla Ohundzoda. Foto: Voice of America / Wikimedia Commons «Tolibon» harakati vakillari ro'yxatida birinchi bo'lib tashkilotning amaldagi oliy rahbari Haybatulla Ohundzoda turadi. 1980 — yillardagi Sovet kampaniyasi paytida u mujohidlar safida jang qilgan, ammo uning front chizig'idagi janglarda qatnashgani haqida ma'lumot yo'q. Ohundzoda 1994 yilda tuzilganiga ko'p bo'lmagan «Tolibon» safiga qo'shilib, harakat asoschisi mulla Muhammad Umarning ishonchli kishilaridan biriga aylangan. 1996 yilda «Tolibon» Afg'onistonda hokimiyatga kelganida, Ohundzoda harbiy sudni boshqargan va Oliy sud raisining o'rinbosari bo'lgan. Aytilishicha, u jinoyatga qo'l urganlarni toliblar tomonidan o'rnatilgan qattiq jazolarga hukm qilgan (masalan, o'g'rilik uchun qo'llarni kesish). Afg'onistonda toliblar rejimi ag'darilgandan so'ng, Ohundzoda Pokistonga ko'chib, turli madraca, Islom diniy maktablarida dars bergan. 2013 yilda Tolibon asoschisi mulla Umar o'ldirilgan. Axtar Muhammad Mansur guruhning yangi rahbari etib saylangan va Ohundzoda uning o'rinbosarlaridan biriga aylanib, «Tolibon»ning terroristik hujumlarini uyushtirishda asosiy shaxslardan biri bo'lgan. 2016 yilda Mansur Pokistonda halok bo'lgan. Bir necha kundan keyin Ohundzoda harakatning yangi rahbari deb e'lon qilingan. Ohundzoda guruhning oliy qo'mondoni sifatida siyosiy, harbiy va diniy ishlar bilan shug'ullanadi. Mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, Ohundzodaning oldiga «Tolibon»ni birlashtirish vazifasi qo'yilgan edi, chunki Mansur davrida harakat ichida kelishmovchiliklar va hatto qurolli to'qnashuvlar boshlangan. Ular Ohundzodani kamtarin inson sifatida qayd etib, toliblarning avvalgi yetakchisidan farqli o'laroq, Afg'onistondagi vaziyatni tinch yo'l bilan hal qilish uchun muzokaralarga rozi bo'lishi mumkin, deb taxmin qilishgan. Ammo harakat a'zolari uning tinchlik sulhini tuzishga rozi bo'lmasligini ta'kidlashgan. «Tolibon»da Ohundzoda omma oldida ko'rinishni yoqtirmaydigan konservativ diniy ulamo sifatida tanilgan, deydi afg'onistonlik jurnalist Sami Yusufzay. Bundan tashqari, uning so'zlariga ko'ra, toliblar Ohundzodadan sudyalik vazifalari bo'yicha o'tmishi uchun qo'rqishadi. «Tolibon» rahbariga ham suiqasdlar bo'lgani haqida ma'lumotlar bor. Matbuot uning o'limi haqida bir necha bor xabar bergan (shu jumladan koronavirusdan ham), lekin ular tasdiqlanmagan. Avgust oyi boshida «Tolibon» rasmiy vakili Zabihulla Mujohid Ohundzodaning toliblar yetakchisi bo'lib qolishini, diniy, siyosiy va harbiy masalalarda hal qiluvchi so'zga ega ekanligini aytgan. Mulla Abdul G'ani Barodar. Foto: «O'zbekiston 24» lavhasi. Tolibonning «yuzi»ga aylangan Abdul G'ani Barodar 1968 yilda Afg'oniston markazidagi Uruzgan provinsiyasida tug'ilgan. U Qandahorda o'sgan va Sovet qo'shinlari Afg'onistonga bostirib kirgandan keyin ularga qarshi janglarda qatnashgan. Taxminlarga ko'ra, aynan o'sha paytda Barodar mulla Umar bilan tanishgan. SSSR qo'shinlarini Afg'onistondan olib chiqqanidan so'ng, Barodar Umar bilan birgalikda Qandahorda madrasa ochgan va keyinchalik «Tolibon» asoschilaridan biriga aylangan. «Islom amirligi» paytida u «Tolibon»ning asosiy harbiy strateglaridan biri bo'lib, terroristik va harbiy operatsiyalarni muvofiqlashtirish va moliyalashtirishga mas'ul bo'lgan. 2001 yilda AQSh qo'shinlari Afg'onistonga bostirib kirganida va «Tolibon» rejimini ag'darganida, Barodar mudofaa vazirining o'rinbosari bo'lib ishlagan. «Tolibon» Afg'onistonda mag'lub bo'lganidan so'ng, Barodar Pokistonga qochib ketgan. Uni AQSh ko'magida hokimiyatga kelgan Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay bilan murosa tarafdori deb atashgan. Ammo 2009 yilda Barodar Amerikaning Newsweek jurnaliga bergan intervyusida amerikaliklar Afg'onistondan chiqib ketmaguncha, «Tolibon» qurollarini tashlamasligini aytgan. Barodar «Tolibon»ning asosiy muzokarachisi bo'lib qolmoqda. Aynan u G'arb davlatlari vakillari va Afg'onistonning sobiq hokimiyati bilan tinchlik muzokaralarini olib borgan. U AQSh bilan 2020 yil boshida amerikalik qo'shinlarni olib chiqish bo'yicha shartnomani imzolagan. Hujjatni tayyorlash uchun u o'sha paytda Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari bo'lib ishlagan Mayk Pompeo bilan uchrashgan, o'sha paytdagi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali gaplashib, Oq uy rahbari bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplashgan birinchi «Tolibon» yetakchisiga aylangan. Barodar bilan shaxsan uchrashgan afg'onistonlik jurnalist Sami Yusufzay uni xotirjam, juda diplomatik odam deb ta'riflagan. Sirojiddin Haqqoniy. Foto: fbi.gov Sirojiddin — Jaloliddin Haqqoniyning o'g'li. Jaloliddin Haqqoniy Sovet qo'shinlari bilan jang qilgan va bu jangda Amerika maxsus xizmatlari tomonidan qo'llab-quvvatlangan. Uning vafoti 2018 yilda e'lon qilingan. Toliblarga qo'shilishdan oldin Jaloliddin o'zining «Haqqoniy tarmog'i» terrorchilik guruhini tuzgan. Jaloliddinning o'g'li Sirojiddin Haqqoniy 2015 yilda «Tolibon» safiga qo'shilgan. Bungacha u otasining tashkiloti safida jang qilgan. AQSh uni olti kishi halok bo'lgan Kobuldagi mehmonxonada sodir bo'lgan terakt va o'sha yili Afg'oniston prezidenti Hamid Karzayga qilingan suiqasdda gumon qilib qidirmoqda. Kichik-Haqqoniy Afg'oniston janubi va janubi-sharqidagi hududlarni nazorat qilardi. Ammo so'nggi yillarda, AQSh harbiylari ma'lumotiga ko'ra, u harbiy rejalar bo'yicha mas'ul bo'lgan. AQSh Federal tergov byurosi «Tolibon» qo'mondoni Sirojiddin Haqqoniy qo'lga olinishiga olib kelishi mumkin bo'lgan ma'lumot uchun 5 mln dollar taklif qilmoqda. «Haqqoniy tarmog'i»ning yetakchisi 2020 yilda The New York Times `da «Biz, Tolibon, nimani istaymiz» nomli maqolani e'lon qilgani bilan ham mashhur. 2010 yilda esa u o'zining 144 sahifadan iborat «Mujohidlar manfaati uchun urush darslari» kitobini nashr etgan. Unda u boshni tanadan judo qilish va xudkush-terroristlarning portlashlarini qo'llab-quvvatlagan, shuningdek G'arb musulmonlarini olomon bilan qo'shilib ketishga, sochni oldirib, G'arb kiyimlarini kiyishga va «sabrli bo'lishga» undagan. RBK. Uning suratlari ochiq manbalarda mavjud emas. Guruhdagi yana bir muhim shaxs va harakatning eng yosh rahbarlaridan biri — «Tolibon» asoschisi Muhammad Umarning to'ng'ich o'g'li Muhammad Yoqub hisoblanadi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra, Yoqub 1990 yilda tug'ilgan. Xuddi otasi kabi Yoqub mulla maqomini olgan, 2013 yilda Umar vafotidan keyin mashhur bo'lib ketgan. Garchi u Umarning vorisi sifatida «Tolibon» rahbari sifatida tan olingan bo'lsa-da, hozirda u harakatning qurolli kuchlarini boshqaradi. Yoqub 2013 yilda harakatning boshqa vakillari bilan ziddiyat tufayli otasining o'rnini egallay olmagani taxmin qilinadi. U jangarilarga rahbarlik qilishdan tashqari, «Tolibon»ning hozirgi rahbari o'rinbosarlaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda harakat rahbari COVID-19 bilan kasallanganida Yoqub vaqtincha tashkilot rahbari vazifasini bajaruvchi bo'lgan. Shu bilan birga, «Tolibon» Afg'onistonni qo'lga kiritishi bilan u birinchilardan bo'lib harakat jangarilarini afg'on harbiylari va hukumat a'zosiga zarar yetkazmaslikka chaqirib, mamlakatdagi bozor va do'konlarning barqaror ishlashini kuzatishni talab qilgan. Britaniya Qirollik mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI) ma'lumotlariga ko'ra, Yoqubni Afg'oniston hukumati bilan tinchlik muzokaralarini qo'llab-quvvatlagan «shartli bosiq» «Tolibon» qanotiga kiritish mumkin. RUSI uni Saudiya Arabistoniga yaqin deb ataydi. Afg'onistonlik jurnalist Frad Bejanning so'zlariga ko'ra, u Pokistondagi islomiy maktablarda tahsil olgan. Mulla Abdul Hakim. Foto: / TGhazniwal/twitter.com Qandahor viloyatida tug'ilgan, 54 yoshda. 2020 yilda muzokaralar olib borish bo'yicha lavozimni egalladi. Bungacha u «Tolibon»ning asosiy siyosiy organi joylashgan Kvetta shahrida islomiy diniy maktabni boshqargan. «Tolibon» hukmronligi davrida u Qandahor sudida sudya bo'lib ishlagan va dars bergan. Besh yil oldin u sud ishlari boshlig'i etib tayinlangan, shundan so'ng u ko'plab fatvolar chiqargan. Aytilishicha, u sheriklari orasida huquqiy va diniy masalalarda eng bilimdon hisoblanadi. Pokistondagi Darul-ulum-Xakaniya madrasasini tamomlagan, Ohundzodaning ishonchiga sazovor bo'lgan yetakchilardan biri. | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali kishlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Yumshoq qumoq xamirdan tayyorlangan ushbu pishloq va tvorogli pirog barchaga manzur kelishi aniq. Uni ham issiq, ham sovuq tarzda dasturxonga tortish mumkin. Ushbu pirogning afzalligi shundaki, unga xohlagan mahsulotlaringizdan solishingiz mumkin: kurka go'shti, kolbasa, bulg'or qalampiri, makkajo'xori va boshqa masalliqlar. Bu sabzavotli kish — haqiqiy bayramona kayfiyatni taqdim etuvchi taom desak hech ham adashmaymiz. Pirogimiz juda to'yimli bo'lsa-da, uni yegan sari yana yeging kelaveradi. Kish bu usti ochiq mazali pirog bo'lib, asosiga xohlagan turdagi go'sht mahsuloti, tuxum, qaymoq va pishloq kabi mahsulotlardan solinadi. Usti ochiq pirog yoki kish — bu qumoq xamir va asos sifatida turli xil masalliqlar birlashmasidir. Ushbu retseptda esa tunets balig'i va ismaloqdan foydalanilgan. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |
Tokioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) qozog'istonlik Daniyar Kaysanovni mag'lub etib, olimpiada o'yinlarining bronza medaliga sazovor bo'lgan edi . Sportchining murabbiyi Olim Hikmatov «Gazeta.uz»ga intervyusida murabbiylarning sportchilar hayotidagi o'rni, sportda natija ko'rsatish uchun muhim bo'lgan omillar, Bekzod Abdurahmonovning olimpiadadagi ishtiroki va Olimpiada medalining ahamiyati haqida gapirdi. Foto: Olim Hikmatovning shaxsiy arxividan (chap tomonda — Olim Hikmatov). — Bolalikda erkin kurash bilan shug'ullanib yurganimda O'zbekiston terma jamoasi yetakchisi edim. O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi musobaqalarga tez-tez borib turardik. Jumladan, ikki marta Bolgariyaga borish nasib qilgan. Shuningdek, Afg'onistonda bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi musobaqada qatnashganman. O'smirlikda ko'plab yutuqlarga erishganim va menda yetakchilik qobiliyati mavjudligi bilan maqtana olaman. Murabbiyim Aleksandr Borisovich Pyatigorskiyga juda havas qilardim. U kishi men uchun ideal shaxs edi: adolatli, mehnatkash, vijdonli va o'z ishining professional ustasi. Faoliyatimni bir oz erta yakunlab, murabbiyimga yordam berishni boshladim. Bolalarni astoydil shug'ullantirdim, sekin-asta yigitlarimiz natija ko'rsatishida ko'maklashdim. — 10-sinf oxirida otam meni sport jurnalisti bo'lishimni xohlaganlar va hatto «O'zbekiston sportchisi» gazetasida 2−3 ta maqolam chop etilgan. Keyinchalik termamiz murabbiylari sportdagi foliyatimni davom ettirmoqchi bo'lsam, Jismoniy tarbiya va sport universitetiga kirishni, jurnalist bo'lishni istasam, Jurnalistika fakultetiga hujjat topshirishim kerakligini aytishdi. Yakunda otam bilan maslahatlashgan holda, murabbiy bo'lishni maqsad qilib, Jismoniy tarbiya va sport universitetini tanladim. O'ylashimcha, agar murabbiy bo'lmaganimda, jurnalist bo'lardim. — Ba'zida ko'plab sportchilar ota-onasidan ko'ra ko'proq murabbiyiga quloq solishadi. Shunday holatlar bo'lganki, ota-onalar yonimga kelib, farzandlari ustidan shikoyat qilishgan. Ular murabbiylar orqali farzandlarini tarbiyalashga harakat qilishardi. Sport zaliga kelgan bola atrofga qaraydi va hamma murabbiyga quloq tutayotganini ko'radi. Keyin o'zi ham o'zgarib, nisbatan qo'rquvni his etadi. Masalan, murabbiy o'ziga quloq solmagan sportchini zaldan haydab yuborishi mumkin, uyda esa biladiki, ota-onalar bunday qilishmaydi. Aytishim kerak, murabbiy ikkinchi otadek bo'ladi. Ayrim bolalar ota-onalaridan-da ko'proq murabbiyga ishonadilar . Shuningdek, ota-onalar farzandlari bilan kam ko'rishishlarini aytib o'tish kerak. Masalan, ertalab 30 daqiqa va kechasi ozgina vaqt. Sportchi esa murabbiy bilan hamma vaqt birga bo'ladi: musobaqalarga boradi, 2−3 haftalab yig'inlarda qatnashadi. Shuning uchun o'zaro yaqin bo'lib qolishadi. Foto: Olim Hikmatovning shaxsiy arxividan. — Biz sportchilarga bolalikdan mehnatkash, haqgo'y, madaniyatli bo'lishni va gigiyena qoidalariga rioya qilishni uqtiramiz. Masalan, men doimo maktabda a'lo baholarga o'qishlarini, uy yumushlarida ota-onalariga yordam berishlarini buyuraman. Mashg'ulotlarda esa boshidan oxirigacha shug'ullanishlarini va bor kuchlarini sarflashlarini tayinlayman. Agar bularning hammasini qilsa, ularning boshqa ortiqcha vaqtlari bo'lmaydi. Ko'chada behuda vaqt sarflashmaydi, nomaqbul ishlarga qo'l urishmaydi. Shogirdlarimga kechasi soat 21:00 dan keyin o'rtoqlari bilan ko'chada yurmasliklarini aytaman. Ularga hamisha «siz ko'chada kimnidir xafa qilish uchun emas, sportda natija ko'rsatish uchun shug'ullanasizlar», deb aytaman . Qanday inson bo'lmasin katta yoshdagilarni hurmat qilish kerak. O'ylaymanki, shogirdlarim orasida tarbiyasizlari yo'q. — Mehnatkash, adolatli va albatta, o'z va'dalarida turishlarini talab qilaman. Shuningdek, mashg'ulotlarga vaqtida kelishni, ayrim sabablarga ko'ra kela olmaydiganlar qo'ng'iroq qilib, ogohlantirib qo'yishlarini aytaman. Kechasi o'z vaqtida uxlash ham qat'iy qoidalardan biri. Bularsiz natijaga erishib bo'lmaydi. Bolalarga har doim aytaman: asosiysi, yaxshi inson bo'lib yetishish. Keyin natija ko'rsatish. — O'z maqsadlari sari oxirigacha intilish, murabbiy ko'rsatmalariga amal qilish va mashg'ulotlar tugagandan keyin ham shaxsiy mashg'ulotlarni olib borish lozim. Ishlash, ishlash va yana ishlash. Masalan, Bekzod Abdurahmonovni misol qilib olsak, u bolalikdan mashg'ulotlarga birinchi kelib, oxirgi bo'lib ketardi. Texnikasi bo'yicha undan kuchlilar ham bor edi, ammo uning ruhi sinmadi va o'z ustida ishlashda davom etdi. Shuning evaziga mana katta yutuqlarga erishdi. Foto: Olim Hikmatovning shaxsiy arxividan. — Bilasizmi, oldimizga ko'plab iqtidorli yigitlar kelishadi. Bu yigitdan zo'r kurashchi chiqadi, deb o'ylaysiz. Biroq ular bolalikda g'oliblikka erishgach, o'z ustilarida ishlamay qo'yishadi, kam shug'ullanishadi. Aksincha, nisbatan kuchsiz ko'ringan toifa egalari tinmay mehnat qilishadi, tartibga amal qilishadi va shu tufayli katta yutuqlarni qo'lga kiritishadi. Iqtidor va mehnatni o'zida jamlagan sportchilar kam. — Menimcha, meni tartibli va adolatli ekanligimni aytishsa kerak. — Bekzod Abdurahmonov misolida aytadigan bo'lsam, o'smirlik paytida uning texnikasini birgalikda rivojlantirganmiz. Kuchli tarkibga ega edik, jamoamizda do'stona muhit hukm surardi, bu ham qo'l kelgan. O'smirligida uni hech kim musobaqaga olib bormasdi, shu vaqtda men uni va boshqa yigitlarni yoshlar o'rtasidagi turnirlarga olib borardim. O'ylaymanki, u shu tufayli yo'qolib qolmadi va mehnat qilishdan to'xtamadi. O'shanda jamoamiz kuchli bo'lganiga qaramasdan, shogirdlarim orasidan hech kimni terma jamoaga jalb etishmasdi, terma jamoa ustozlari yoshlar musobaqalari uchun tarkibga faqat o'zlarining shogirdlarini kiritishardi. Men esa shogirdlarimni yoshlar o'rtasidagi turnirlar uchun tez-tez Turkiyaga olib borardim. Bekzodga «u murabbiy bilan ishlama, bizning safimizga qo'shil», deganlar ham bo'lgan, lekin u buni rad etgan va 2008 yilda AQShga ketgan, o'shanda ham mendan ruxsat olib ketgan edi. 2014 yilda esa qaytib kelgan. Foto: Olim Hikmatovning shaxsiy arxividan. — Olimpiadaning birinchi davrasida u puerto-rikalik Franklin Gomes bilan to'qnash keldi. Men Bekzodga kuchli ekanligini, raqibini yaxshi bilishini va yutishi lozimligini, ayrim taktik rejalarni uqtirdim. U 10:0 hisobida g'alaba qozondi. Afsuski, ikkinchi davrada ikki karra jahon chempioni Zaurbek Sidakov bilan bellashib, mag'lubiyatga uchradi. Keyin Gvineya-Bisau vakili Augusto Midanani mag'lub etdi. Uchinchi o'rin uchun bahsdan oldin raqibi Daniyar Kaysanov qanday kurashishini ko'rsatdim va u bilan qanday bellashish kerakligini uqtirdim, natijada Bekzod qozog'istonlik raqibining ustidan g'alaba qozondi. Olimpiadada karantinda bo'ldik. Kun bo'yi bir xonada o'tirardik, lekin yigitlarga bu yaxshilikka ekanligini, ruhiy jihatdan tushkunlikka tushmasliklari lozimligini tushuntirishga intildik. — Shogirdingiz 12:0 hisobida oldinda borsa, tushunasizki, u albatta, yutadi va bunga jiddiy qaramaysiz, chunki bir-ikki daqiqada bahsni boy berib qo'yish qiyin. Biroq ertasi kuni Olimpiada medaliga erishganini va O'zbekiston tarixida qolganini his etasiz. Olimpiya o'yinlaridagi har qanday medalning qiymati yuqori. Shunday bo'ladiki, yigitlar 2−3 martalab jahon chempioniga aylanishadi, ammo ularda Olimpiada medali bo'lmaydi. Aksincha voqeliklar ham kuzatiladi, ya'ni yirik turnirlarda g'olib bo'lmagan atletlar Olimpiada medaliga ega chiqishi mumkin. Olimpiada medali bu tarixda qolish deganidir. — Bizni oldinda keyingi yili Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari kutmoqda. 2023 yilda esa Parij Olimpiadasiga litsenziya taqdim etuvchi musobaqa bor. Foto: Olim Hikmatovning shaxsiy arxividan. Oldinroq «Gazeta.uz» taekvondochi Ulug'bek Rashitovning murabbiyi Pavel Xan , bokschi Bahodir Jalolovning murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov hamda og'ir atletikachi Akbar Jo'rayevning murabbiyi Bahrom Mendibayevlar bilan intervyularni e'lon qilgan edi. | advice |
24 oktabr kuni O'zbekiston prezidenti saylovlari bo'lib o'tadi. Qoidaga ko'ra, saylovchilar asosan doimiy yashash joylari bo'yicha saylov uchastkalariga biriktiriladi va o'sha yerda ovoz berishlari kerak bo'ladi. Lekin, turli sabablarga ko'ra doimiy yashash manzili bo'yicha istiqomat qilmayotgan fuqarolar o'z saylov uchastkalarini o'zgartirishlari ham mumkin. «Gazeta.uz» saylov uchastkasini aniqlash va o'zgartirish bo'yicha qo'llanmani e'tiboringizga havola etadi. Buning uchun siz uyingiz yoki ish joyingizni tark etishingiz shart emas. Shunchaki Markaziy saylov komissiyasi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yo'lga qo'yilgan xizmatga o'tib, buni amalga oshirishingiz mumkin. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab etilmaydi, avtomatik tarzda bir zumda ma'lumotlar taqdim etiladi va xizmat bepul. Suratlarni kattalashtirish uchun ularning ustiga bosing. Buni ikki usulda aniqlash mumkin: 1. Markaziy saylov komissiyasi veb-cahifasi orqali Havola orqali o'tsangiz, yuqoridagi suratda ko'rsatilganidek sahifa ochiladi. Uchastka manzilini aniqlashda faqat pasport seriyasi va raqami, tug'ilgan kun sanasi, oy va yilni kiritish talab etiladi. Ma'lumotlarni kiritganingizdan so'ng, mana bunday sahifaga o'tiladi. MSK sayti orqali saylov uchastkangiz aniqlashda uchastka raqami, manzili, telefon raqami va xattoki xaritada joylashuvi ham aks ettiriladi. 2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali My.gov.uz portali yordamida saylov uchastkasini aniqlashni istasangiz, saytning Xizmatlar bo'limidan «Saylov uchastkasini aniqlash» xizmatini tanlashingiz lozim. Ushbu holatda ham uchastkani aniqlashda faqat pasport seriyasi va raqami, tug'ilgan kun sanasi, oy va yilni kiritish so'raladi. MSK saytidan farqli o'laroq, portalda faqat uchastka raqami va manzilini bilib olishingiz mumkin. Xarita va telefon raqamlari esa ko'rsatilmaydi. Agar Saylovchilarning yagona elektron ro'yxatidagi saylov uchastkasi haqidagi ma'lumotlar sizning amaldagi doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manzilingizga to'g'ri kelmasa, u holda siz maxsus so'rovnomani to'ldirish orqali saylov uchastkangizni o'zgartirish bo'yicha murojaat yuborishingiz mumkin. Buning uchun siz my.gov.uz portalidagi «shaxsiy kabinet"ingizga kirishingiz lozim. Ushbu portalda ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, unda OneID tizimi orqali ro'yxatdan o'ting. Ushbu tizimda ro'yxatdan o'tish bo'yicha savollarga javoblarni quyidagi havolada olishingiz mumkin. Shundan so'ng, my.gov.uz portalidagi xizmatlar orasidan «Saylov» bo'limini tanlaysiz. Keyingi sahifada suratdagi kabi holat aks etadi. Ularning orasidan Saylov uchastkasini almashtirish xizmatini tanlaysiz. Keyin esa ilk qadamda batafsilroq ma'lumotlar talab etiladi. Familiya, ism va otangizning ismi, tug'ilgan sanasi, pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami, JSH SHIR (jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsion raqami), telefon raqami kiritiladi. Qolaversa, so'rovnomaga saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi) bilan birga tushgan rasmi ilova qilinadi. Shundan so'ng, qatnashadigan hudud, tuman va saylov uchastkasini kiritishingiz lozim. Ma'lumotlar kiritilgach, keyingi qadamda telefon raqamingizni tasdiqlash kodi yuboriladi. Uni kiritib, arizani yakunlash qismiga o'tasiz. Shundan so'ng, so'rovnomada ko'rsatilgan doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manzilining kadastr raqamiga muvofiq sizga o'zgartirilayotgan saylov uchastkasi haqidagi ma'lumot dastlabki tarzda tanishib chiqish uchun ko'rsatiladi. Ma'lumotlarni yana bir bor tekshirib bo'lgach, tasdiqlashingiz mumkin. So'rovnoma «UNICON.UZ» DUK qoshida tashkil etilgan Call-markaz operatori tomonidan 1 ish kuni ichida tekshirib chiqiladi. Saylov uchastkasini o'zgartirish bo'yicha interfaol xizmat natijasi bo'yicha QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma'lumotnoma YAIDXPda rasmiylashtiriladi hamda uni elektron shaklda yuklab olish va chop etish imkoniyati mavjud bo'ladi. Saylovga besh kundan kam muddat qolganida berilgan so'rovlarni ko'rib chiqish rad etiladi. Saylov uchastkangizga o'zgartirish kiritilgani yoki yo'qligini aniqlash maqsadida birinchi ko'rsatilgan havolalar ( 1 , 2 ) bo'yicha saylov uchastkangizni qaytadan tekshirishingiz ham mumkin. Oldinroq, «Gazeta.uz» 14−20 oktabr kunlari saylovda muddatidan oldin ovoz berish mumkinligi haqida xabar berib , buni qanday amalga oshirish kerakligi haqida ma'lumot bergan edi . | advice |
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali va sersuv kotletlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Ushbu kotletlar juda nozik bo'lib pishadi. Bu retseptda piyoz yo'qligi bizni xayron qoldirgandi, lekin taomni ta'tib ko'rgach, unga piyoz kerak emasligini tushunib yetdik. Izmircha kotletlar — Turkiyaning Egey hududidan kelgan bo'lib, tayyorlash uchun oddiy masalliqlarni talab qiluvchi, mamlakatning barcha oshxonalarida uchratsa bo'ladigan taomlardan biridir. Tovuqli kotletlarni yanada sersuv va xushbo'y qilib tayyorlashni xohlasangiz, qiymasiga karam qo'shing. Retsept ustidan tajriba o'tkazsangiz ham bo'ladi — oq karam o'rniga qizil karamni yoki maydalangan yangi sabzini qo'shishingiz mumkin. Kotletlarni pomidor va pishloq bilan pishirib, taomnomangizga xilma-xillik kiriting. Ushbu taom juda mazali va to'yimli bo'lib, uni istagan garnir bilan dasturxonga tortsa bo'ladi. Kartoshkali kotletlar — juda ajoyib ko'rinishdagi yegulik bo'lib, ularni asosiy taom sifatida ham, taomga qo'shimcha garnir sifatida ham tortish mumkin. Bunday kotletlarga juda oddiy masalliqlar sarflangan bo'lsa-da, ta'mi juda mazali bo'lib pishadi. Mol go'shtidan tayyorlanilgan kotletlar ko'pchilikning sevimli taomi hisoblanadi. Kotletlarni tayyorlash unchalik ham qiyin emas — faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi mehr bilan pishirish kerak bo'ladi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15 | advice |