cleaned_text
stringlengths 1
200k
โ | category
stringclasses 7
values |
---|---|
Yil boshidan buyon O'zbekistonga mazut importi ikki barobar oshdi. Bu haqda Bojxona qo'mitasining "Gazeta.uz" o'rgangan ma'lumotlaridan kelib chiqadi. Yanvar-iyul oylarida 843,64 ming tonna mazut olib kelindi, bu o'tgan yilning shu davriga (416,5 ming tonna) nisbatan 427,1 ming tonnaga ko'p. Joriy yil yanvarida import o'tgan yilnikiga nisbatan 10,2 barobar kam bo'ldi โ 8,5 ming tonna. Shu bilan birga, iyunda olib kelish 22 marta (2023-yil iyuniga nisbatan) โ 5,6 ming tonnadan 123,5 ming tonnagacha, iyulda esa โ 4,75 ming tonnadan 934,7 ming tonnagacha (19,6 marta) oshdi. Bu O'zbekiston gaz qazib olish (elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun asosiy yoqilg'i) kamayib borayotgani fonida elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun issiqlik elektr stansiyalarida ko'proq mazut ishlata boshlaganini (yoki kelayotgan qish uchun zaxiralaganini) ko'rsatishi mumkin. "Issiqlik elektr stansiyalari" matbuot xizmatining "Gazeta.uz"ga ma'lum qilishicha, IESlarda mazut qishda ishlatiladi. O'tgan yilning yetti oyida olib kelish qiymati 142,5 million dollarni, joriy yil boshidan esa 334,9 million dollarni (2,3 barobar ko'p) tashkil etdi. Manba: Bojxona าัะผะธัะฐัะธ O'zbekistonga suyuq, asosan, issiqlik yoqilg'isi importi ham keskin oshdi. Isitish moyi (tim qora va yorug'i) burnerlar, maishiy va sanoat isitish qozonlari, shu jumladan, issiqxonalar uchun ishlatiladi. Yanvar-iyulda 19 ming tonna yonilg'i yetkazib berildi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 barobar ko'p. Hajmning deyarli 95 foizi aprel oyiga to'g'ri keldi, o'shanda 17,9 ming tonna yonilg'i yetkazib berilgan. Bu davrdagi olib kelish qiymati 7,2 million dollarni tashkil etgan bo'lsa, o'tgan yilning yanvar-iyul oylarida bu miqdor 1,16 million dollarga yetgandi. O'tgan yili O'zbekiston mazutni har kg uchun 64โ73 sentdan sotib olgan bo'lsa, bu yil 45โ50 foiz arzonga โ 35โ37 sentdan (import narxi 65,8 sentdan bo'lgan yanvar oyidan tashqari) oldi. Joriy yilning yanvarida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Toshkent shahrida atmosfera havosini tezda normal holatga keltirish choralarini taklif qilgan edi . Poytaxtda ishlayotgan issiqlik punktlarida mazutdan zaxira yoqilg'i sifatida foydalanish taqiqlangani shular jumlasidandir. O'shanda ta'kidlanishicha , kuz-qish mavsumida aholiga markazlashgan issiqlik yetkazib berish uchun mavjud issiqlik markazlari tomonidan qo'shimcha yoqilg'i sifatida mazut yoqilg'isidan foydalanish atmosfera havosining keskin ifloslanishiga hamda aholini e'tirozlariga sabab bo'lmoqda. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, dekabr oyida Toshkent shahridagi olti issiqlik markazlarining to'qqizta qozonxonasida 3 ming tonna mazutdan foydalanilgan. Mazut og'ir neft yoqilg'isi deb ataladi, u o'zida neftni distillash paytida olingan qoldiqni, uning ikkilamchi mahsulotlarini va gaz kondensatini jamlaydi. | economy |
17-avgust kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Afg'onistonga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda bosh vazir matbuot xizmati. Tashrif doirasida Kobul shahrida Afg'oniston bosh vaziri v.b. Abdul G'ani Barodar, uning ma'muriy masalalar bo'yicha o'rinbosari Abdul Salom Xanafiy, siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Abdul Kabir va tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutakiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazildi. Unda davlatlar o'rtasidagi aloqalar do'stlik, hamkorlik va yaxshi qo'shnichilik tamoyillariga asoslangani, O'zbekiston Afg'onistonga Markaziy Osiyoning uzviy va ajralmas qismi sifatida qarashi qayd etildi. Uchrashuvlarda Afg'oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, energetika sohasidagi samarali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, mis, temir, neft-gaz konlarini birgalikda o'zlashtirish loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, transport-logistika, qishloq va suv xo'jaligi, ta'lim, hududlararo munosabatlarlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, o'zaro savdo aylanmasini 2024-yilda 1 mlrd dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 mlrd dollarga yetkazish bo'yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi, buning uchun ishga solinmagan resurslarni o'zaro manfaatli asosda amaliyotga izchil tatbiq etish lozimligi alohida ta'kidlandi. Bunda ikki tomonlama investitsiyalarni himoya qilish hamda imtiyozli savdo to'g'risidagi bitimlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta turtki berishi ma'lum qilindi. Abdulla Aripov hamda Abdul G'ani Barodar afg'onistonlik va o'zbekistonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi. Ma'lum qilinishicha, 1-oktabrdan ikki mamlakat o'rtasida Imtiyozli savdo kelishuvi ishga tushadi. Ushbu hujjat doirasida kelishilgan 14 xil mahsulotga import bojlari bekor qilinadi va eksportyorlar uchun qulaylik yaratiladi. Afg'onistondan qishloq xo'jaligi mahsulotlari importini yanada oshirish maqsadida fitosanitar ruxsatnoma berish tartibi yengillashtirildi, deyiladi xabarda. 1-avgustdan Ayritom-Xayraton chegara posti 24 soatlik ish rejimiga o'tkazilgan. Xalqaro Termiz savdo markaziga tashrif buyuruvchilar uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi va barcha soliqlardan ozod etiladi. Afg'onistonlik tadbirkorlarni O'zbekistonda faol ishlashi uchun ikki davlat o'rtasida investitsiyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoya qilish to'g'risidagi kelishuv imzolandi. O'zbekiston hukumati delegatsiyasi Kobul shahrida tashkil etilgan O'zbekiston-Afg'oniston biznes forumi hamda Made in Uzbekistan ko'rgazmasining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etdi. Ko'rgazmada O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarning tekstil, charm-poyabzal mahsulotlari, gilamlar, meva-sabzavotlar, elektrotexnika va kabel mahsulotlari, avtomobil va qishloq xo'jaligi texnikasi, metallurgiya, neft-kimyo va boshqa ko'plab turdagi tayyor mahsulotlari namoyish etilmoqda. 17-avgust kuni ish boshlagan Made in Uzbekistan ko'rgazmasi 21-avgustga qadar davom etadi. Mart oyida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kobulda Afg'oniston muvaqqat hukumati bilan muzokaralar o'tkazgandi . Ular muloqotda Afg'onistondagi savdo, tranzit, investitsiyalarni rivojlantirish, suv resurslaridan foydalanish sohasidagi hamkorlik va boshqa masalalarga to'xtalgan. | economy |
Qoraqalpog'iston Respublikasida shamol elektr stansiyalari va sanoat korxonalari qurilishi boshlandi, savdo majmualari ishga tushirildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati. Shu munosabat bilan o'tkazilgan marosimda Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog'istonning iqtisodiy rivoji haqida so'zladi. Qayd etilishicha, hududda so'nggi 5 yilda sanoat, tadbirkorlik va infratuzilma sohalarida 50 dan ortiq imtiyoz va yengillik berilgan. Xususan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun to'g'ridan-to'g'ri yer ajratish huquqi faqat Qoraqalpog'istonda joriy qilingan. Qiymati 50 milliard so'mdan yuqori loyihalarga infratuzilma ham tortib berilmoqda. Imtiyozlar hisobiga o'tgan davrda tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion so'mdan ziyod mablag' qolgan. Hududda ishbilarmonlik infratuzilmasini yaxshilash uchun 44,5 trillion so'm mablag' yo'naltirilgan. Natijada oxirgi yillarda 25 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik subyekti paydo bo'lgan. 2023-yilda 345 million dollarlik 1400 dan ortiq loyiha amalga oshirilib, 10 mingdan ziyod yangi ish o'rni yaratildi. 2024-yilning birinchi yarmida 730 million dollar xorijiy investitsiya o'zlashtirildi. Qoraqalpog'istonda chet el kapitali bilan tashkil etilgan korxonalar soni ham ko'payib bormoqda. 2017-yilda 73 ta xorijiy va qo'shma korxona bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda ularning soni 175 taga yetdi, deyiladi xabarda. Hozirda hudud iqtisodiyotiga turtki beruvchi qariyb 9,5 milliard dollarlik 120 dan ortiq yangi yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar 2025โ2028-yillarda bosqichma bosqich ishga tushiriladi. Natijada 20 mingdan ortiq yangi ish o'rni, 12 trillion so'mlik ishlab chiqarish quvvati va budjetga 500 milliard so'm qo'shimcha tushum yaratiladi. Davlat rahbari qurilishi boshlanayotgan va ishga tushirilayotgan majmualarning ahamiyati haqida to'xtaldi. O'zbekistondagi iqtisodiy o'sish sur'atlari energetika sohasida ulkan vazifalarni qo'ymoqda, dedi u. So'nggi yillarda 2 milliard dollar investitsiya hisobiga quvvati 2,6 gigavatt 10 ta quyosh va shamol stansiyalari ishga tushirildi. Yil yakuniga qadar qo'shimcha 1,5 gigavatt quvvatlar tarmoqqa ulanib, "yashil" energiya ulushi 15 foizga yetkaziladi. Bundan tashqari, umumiy qiymati 19 milliard dollar bo'lgan 18,6 gigavattli 32 ta "yashil" loyiha amalga oshirilmoqda. Prezident bunda Qoraqalpog'istonning hissasi katta ekanini ta'kidladi. Nufuzli tadqiqot institutlari hisob-kitoblariga ko'ra, Qoraqalpog'istonda 680 gigavatt quyosh, 120 gigavatt shamol energiyasi salohiyati bor. 2030-yilga qadar Qoraqalpog'istonda 11 milliard dollar to'g'ridan to'g'ri investitsiya hisobiga jami 10,3 gigavatt quvvatga ega 10 ta yirik shamol elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Bu loyihalar to'liq ishga tushishi hisobiga yiliga 35 milliard kilovatt soat "yashil" energiya olinadi. Quvvat uzatishda barqarorlikni ta'minlash uchun Qo'ng'irot, Beruniy va Qorao'zak tumanlarida jami 400 megavattli 3 ta elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etiladi. Bugun ushbu loyihalarning bir nechtasi bo'yicha qurilish ishlari boshlanmoqda. Birinchisi, Xitoyning "Sany Renewable" kompaniyasi tomonidan Qo'ng'irot tumanida quriladigan qiymati 1,2 milliard dollarlik, 1 gigavatt quvvatli shamol elektr stansiyasi (SHES). Ikkinchisi, Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi bilan hamkorlikda Beruniy va Qorao'zak tumanlarida tashkil etiladigan qiymati 250 million dollarlik 100 megavatt elektr energiyasini saqlash tizimiga ega 200 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasi. Kelgusida ularda yiliga 4 milliard 200 million kilovatt soat yoki 1 million 750 ming xonadonning bir yillik iste'moliga teng "yashil" energiya ishlab chiqariladi. Natijada qariyb 1,3 milliard metr kub tabiiy gaz tejaladi va atmosfera zararlanishi qariyb 2 million tonnaga qisqaradi. Bu bilan bir paytda Qo'ng'irot tumanida shamol turbinasi qismlari, minoralari va parraklarini ishlab chiqarish bo'yicha korxonalar qurilishi ham boshlanmoqda. Natijada yiliga 1000 megavatt quvvatli shamol turbina qismlari va 120 ta minorani ishlab chiqarish mahalliylashtirilib, 100 million dollarlik import o'rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlanadi. Bundan tashqari, Nukus tumanida 24 million dollar investitsiya hisobiga yiliga 20 million dona isitish radiatorlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi. Shu kunlarda sanoat, qishloq xo'jaligi, turizm va xizmat ko'rsatish sohalarida 62 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirilmoqda. Marosimda ulardan ikkitasi โ Beruniy tumani va Nukus shahridagi yirik savdo majmualari ochildi. Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, yangi inshootlarning qurilishi va faoliyatini boshlab berdi. | economy |
Shavkat Mirziyoyevga Qoraqalpog'istonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari taqdimot qilindi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati. Qayd etilishicha, oxirgi 7 yilda Qoraqalpog'istonda 17,8 trln so'mlik 6 ming 784 ta loyiha amalga oshirilgan. Ularning natijasida 56 mingta ish o'rni yaratilgan. Shu davrda 2,8 mlrd dollarlik eksport qilingan. Bu yil respublikada umumiy qiymati 874 mln dollarlik 470 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog'istonda xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 9,5 mlrd dollarlik 124 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan qariyb 1,8 mlrd dollarlik 10 tasi davlat rahbariga taqdimot qilindi. Loyihalarga Xitoy, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Rossiya, Ispaniya kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Ular energetika, issiqlik ta'minoti, tog'-kon va kimyo sanoati, qurilish materiallari, xizmat ko'rsatish va boshqa tarmoqlarni qamrab oladi. Masalan, Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda Nukus shahrida markazlashgan issiqlik ta'minoti tizimini yaxshilash, Ispaniya investitsiyasi ishtirokida Qorao'zak tumanida quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish, germaniyalik investorlar tomonidan Nukus tumanida misni qayta ishlash va kabellar ishlab chiqarish loyihalari rejalashtirilgan. Mazkur 124 ta loyiha natijasida 20 mingdan ortiq aholi ish bilan ta'minlanadi. Davlat rahbari ishbilarmonlarni qo'llab-quvvatlash, loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta'kidladi. | economy |
Markaziy bank 2024-yilning ikkinchi choragi uchun iste'mol kayfiyati indeksini (IKI) taqdim etdi, deb xabar qildi regulyator matbuot xizmati. Iste'mol kayfiyati indeksi โ har oy o'lchanadigan va e'lon qilinadigan iste'molchilar ishonchining o'lchovi. U ikki qismdan iborat: iste'molchilarning joriy iqtisodiy vaziyatga bahosi va kutilmalari. Iste'molchi kayfiyati aholi iste'molni qanchalik ko'paytirish/kamaytirishga tayyorligini belgilaydi. Tadbirkorlar iste'molchilarning kayfiyati va ularning xarid qilish niyatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish, import yoki sotish rejalarini eng samarali tarzda tuzishi va marketing hamda reklamani tashkil etishi mumkin bo'ladi. Ko'rsatkich o'tgan chorakka nisbatan 0,7 foiz punktga kamaydi โ 70,3 punktgacha. Indeksning pasayishiga respondentlarning kelajakda daromadlar o'sishi (-0,7 foiz) bo'yicha kutilmalari biroz pasaygani sabab bo'ldi. Indeksning pasayishiga qaramay, respondentlarning qariyb uchdan ikki qismi kelgusi choraklarda o'z daromadlari oshishini kutmoqda. Buni iqtisodiyotda aholi daromadlarining o'sish sur'atlari yuqori darajada saqlanib qolayotgani bilan izohlash mumkin, deb ta'kidladi Markaziy bank. Respondentlarning 26,4 foizi (+1,4 foiz) daromadlari o'zgarishini kutmayapti. O'tgan chorak bilan solishtirganda, respondentlarning barcha guruhlarida daromadlarning o'sishiga oid kutilmalar biroz kamaydi, ammo daromad pasayishini kutayotganlarning ulushi past darajada โ 10 foizni tashkil etdi. Daromadlari 10 million so'mdan yuqori bo'lgan shaxslar daromad o'sishiga optimistik, eng past daromadga ega respondentlar esa (3 million so'mgacha) pessimistik qaramoqda. Bundan tashqari, kreditlarga bo'lgan ehtiyoj (-1,2) va jamg'arishga bo'lgan moyillik (-1,3) kamaydi. Birinchi chorakda (yanvar-mart) respondentlarning ko'pchiligi pulning katta qismini uyni ta'mirlash (23,7 foiz), ta'lim (24,7 foiz), davolanish (20,3 foiz), avtomobil (12,3 foiz) va oilaviy tadbirlarga (11,5 foiz) sarflaganini aytdi. Katta xarajatlarga kelsak, uy ta'miri (29,7 foizga), uy-joy (6,2 foizdan 10,6 foizga o'sish) va avtomobil (12,3 foizdan 14,3 foizga o'sish) sotib olishni istaganlar ko'proq bo'lgan. Ikkinchi chorakdagi so'rov natijalariga ko'ra, vaziyat o'zgargan. Uy-joy sotib olganlar ulushi birinchi chorakka nisbatan 6,2 foizdan 5,8 foizga, avtomobil xaridi 12,3 foizdan 10,5 foizga qisqargan. Keyingi oylarda uy-joy sotib olishni xohlovchilar ulushi ham 10,6 foizdan 9,3 foizga kamaygan, avtomobillarda โ 14,3 foizdan 11,6 foizgacha. Shuningdek, mebel sotib olish (5,3 foizdan 4,3 foizga), elektron qurilmalar (4,8 foizdan 3,5 foizga), oilaviy tadbirlar (11,5 foizdan 9,2 foizga), davolanish (20,3 foizdan 20,1 foizga) va ta'lim (24,7 foizdan 20,5 foizgacha) bilan bog'liq xarajatlar ulushining kamayishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, to'y marosimlari (7,7 foizdan 8,4 foizga), sayohat (5,2 foizdan 6,5 foizga) va uy-joylarni ta'mirlash (23,7 foizdan 25,8 foizga) xarajatlari ulushi keskin oshdi. So'rovda qatnashgan daromadi 3 million so'mgacha va 10โ15 million so'mgacha bo'lganlar orasida yaqin oylarda kredit olmoqchi bo'lganlar kamaygan, daromadi 3โ10 million so'mgacha bo'lgan boshqa guruhlarda kreditlarga talab bir muncha o'sishi kuzatilmoqda. Respondentlarning qariyb 37 foizi umuman jamg'armasi yo'qligini aytdi. Ularning 5 foizdan kamrog'i jamg'armalari olti oydan ko'proqqa yetishini va taxminan 5 foizi โ uch oydan olti oygacha yetishini ta'kidladi. | economy |
14-avgust kuni Shavkat Mirziyeyov Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida farmon imzoladi. Davlat rahbari matbuot xizmati taqdirlanganlarning ro'yxatini keltirib o'tdi . Biz, shuningdek, 104 nafar ishbilarmon "Faol tadbirkor" ko'krak nishonini olgani haqida ham yozdik . | economy |
O'zbekiston prezidenti farmoyishi bilan, qator tadbirkorlar "Faol tadbirkor" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi . Ularga bu mukofot "mamlakat iqtisodiyotida barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko'tarish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, sohaga ilg'or innovatsion, "yashil" va raqamli texnologiyalarni joriy etish, sarmoyalar hajmini ko'paytirish, ish o'rinlari yaratishga qo'shgan munosib hissasi, shuningdek, biznesda erishayotgan salmoqli natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun" berilgani qayd etildi. | economy |
O'zbekistonda 576,1 ming nafar taksi haydovchisi o'zini o'zi band qilgan shaxslar sifatida rasman ro'yxatdan o'tgan. Bu haqda Soliq qo'mitasi xabar qildi . Yil boshidan 15-avgustgacha agregatorlar orqali 166 milliondan ortiq qatnov uchun 3 trln so'mlik fiskal chek berilgan . 1-mart holatiga (18,3 mln qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan. Aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan edi. Bugungi kunda integratsiyani yakunlagan agregatorlar soni 142 tani tashkil etmoqda. Avval norasmiy ishlab kelgan yarim mln nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo'lovchi tashish sohasida o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro'yxatdan o'tgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat ko'rsatadi, bu mart oyidagi ko'rsatkichlarga nisbatan 2 barobar ko'p. Bir martalik yo'lovchi tashishning o'rtacha narxi 18 003 so'mni tashkil etgan. Yo'l kiraning 75,3 foizi naqd ko'rinishida to'langan. Taksi haydovchilarining 99,2 foizi erkaklar hisoblanadi. Ular eng ko'p Nexia, Cobalt, Lacetti, Spark va Matiz haydaydi. Qo'mitaning qayd etishicha, to'lovlarni fiskallashtirish o'zini o'zi band qilgan haydovchilarning daromadlari haqida ma'lumot olish imkonini bermoqda. Ularning yil boshidan to 15-avgustgacha bo'lgan daromadi quyidagicha taqsimlangan: 1 71 nafar haydovchining daromadi 100 mln so'mdan oshgan. "Bu raqamlar norasmiy bandlik va mehnatga haq to'lashning yashirin shakllarini legallashtirishning natijalarini yaqqol ko'rsatib turibdi. Taksi bozorida yashirin aylanmalar ulushini kamaytirish โ bu haydovchilar va yo'lovchilarning huquqlari qonun bilan himoyalangan adolatli va shaffof bozorni yaratish yo'lidagi muhim qadam", โ deyiladi Soliq qo'mitasi xabarida. Eslatib o'tamiz, 2022-yilning 1-sentabrdan 2025-yilga qadar taksi haydovchilari o'zini o'zi band qilgan shaxslar sifatida qaralishi va ularning faoliyati litsenziya asosida amalga oshirilishi haqida qaror qabul qilingandi . O'sha vaqtda Toshkent shahar transport boshqarmasi o'zini o'zi band qilgan haydovchilar litsenziya varaqasini qayerdan va qay tartibda olishlari borasida ma'lumot bergandi . | economy |
Shavkat Mirziyoyev 12-avgustdagi qarori bilan Janubiy Koreyadan oltita Hyundai Rotem tezyurar elektropoyezdini xarid qilish loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy parametrlarini tasdiqladi. Poyezdlarni Koreya Eksimbanki mablag'larini jalb qilgan holda xarid qilish rejalashtirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 220,03 million yevroga baholanmoqda. Kelishuv doirasida O'zbekiston 21,3 million yevro, "O'zbekiston temir yo'llari" kompaniyasi 13,5 million yevro, Koreya Eksimbanki esa 185,18 million yevro ekvivalentida 40 yilga, shu jumladan, 10 yillik imtiyozli davrga qarz beradi. Loyihani amalga oshirish muddati 6 yil โ 2024-yildan 2030-yilgacha. Yangi poyezdlar yiliga 1,31 million yo'lovchini tashishi kutilmoqda. Loyihaning o'zini oqlashi 25,1 yil deb baholanmoqda. Loyihani amalga oshirish va kreditdan maqsadli foydalanish uchun mas'ul bo'lgan ijro etuvchi organlar etib "O'zbekiston temir yo'llari" va uning tarkibidagi "Temiryo'lekspress" korxonalari belgilandi. Qarz va foizlarni "Temiryo'lekspress" to'laydi. Milliy bank kredit hisob-kitoblari bo'yicha moliya agenti bo'lib, u Koreya tomonidan vakolatli bank bilan bitimlar tuzish huquqini oladi. Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov qarzlarni qayta kreditlash bo'yicha bitim tuzishi mumkin bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Hyundai Rotem poyezdlarini "Toshkent โ Xiva" temiryo'li uchun sotib olish rejalashtirilgan. Poyezd 7 ta vagondan iborat bo'lib, 351 yo'lovchini sig'dira oladi va soatiga 250 km tezlikka ega. Qarorda qayd etilishicha, 465 km uzunlikdagi "Buxoro โ Urganch โ Xiva" temiryo'lini joriy yil yakuniga qadar, "Miskin โ Nukus" temiryo'lini 2026-yil yakuniga qadar elektrlashtirish rejalashtirilgan. Tezkor aloqa yo'lga qo'yilgandan so'ng Toshkentdan Xivagacha deyarli ikki baravar tezroq (hozir โ 13 soatdan ortiq) yetib borish mumkin bo'ladi. | economy |
Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi Orient Group Management xoldingiga nisbatan ish ochdi, deya xabar qildi qo'mita matbuot xizmati. Qo'mita ma'lumotlariga ko'ra, Orient Group Management kompaniyasi ustav fondini ko'paytirish hisobiga Highway Logistics Center transport-logistika markazining 45 foiz ulushiga egalik qila boshlagan, biroq monopoliyaga qarshi organning roziligini olmagan. "Raqobat to'g'risida"gi qonunning 26-moddasiga muvofiq, bunday operatsiyalarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi talab qilinadi. Qo'mita maxsus komissiyasi tomonidan Orient Group Management kompaniyasiga nisbatan ish qo'zg'atilib, qonunning 26-moddasini buzganlikda aybdor deb topilgan va jarima solingan. Orient qarorga e'tiroz bildirish uchun sudga murojaat qilgan, deyiladi xabarda. Bundan tashqari, qo'mita 23-iyul kuni O'zbekiston-O'mon investitsiya kompaniyasiga (UOIC, 75 foizi O'mon investitsiya idorasiga tegishli, 25 foizi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasiga tegishli) ham ish ochgan. Kompaniya monopoliyaga qarshi organning roziligisiz Highway Logistics Center`ning ustav fondidan 45 foiz ulush olgan. U ham jarimaga tortilgan. Highway Logistics Center 2017-yil 8-sentabrda tashkil etilgan bo'lib, ustav kapitali 185,67 mlrd so'm. May oyining boshida kompaniya Logistics Orient (99%) va Jahongir Jetibayevich Polatovga tegishli edi. Polatov, shuningdek, quyidagi kompaniyalarga yoki aksiyalariga egalik qiladi: Hozirda aksiyalar quyidagicha taqsimlangan: Logistics Orient (50,86 foiz), O'zbekiston-O'mon investitsiya kompaniyasi (49,12 foiz), Jasur Alisherovich Sultonov (0,02 foiz). Orient Group Management kompaniyasi Rauf Mirzayevich Komiljanov (44,99 foiz, Garant Bank aksiyadori ham), Saken Jetibayevich Polatov (33,5 foiz, Orient Group asoschisi, Orient Finans Bank kuzatuv kengashi raisi) va Payzullajon Rahmatullayevich Mirzayev (16 foiz, Orient Group asoschisi) tegishli. Kompaniya, shuningdek, Makro (Darvoza Savdo) supermarketlar tarmog'i va Bektemir metall konstruksiyalari zavodiga egalik qiladi. | economy |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 13-avgust kuni bo'lib o'tgan majlisda yangi tahrirdagi (amaldagisi 2002-yilda qabul qilingan) "Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to'g'risida"gi qonun loyihasini birinchi o'qishda qabul qildi, deb xabar qildi quyi palata matbuot xizmati. Qonun loyihasini Markaziy bank raisi o'rinbosari Abrorxo'ja Turdaliyev tushuntirdi . Hujjatni ishlab chiqish 2022โ2026-yillarda Yangi O'zbekistonni rivojlantirish davlat dasturida ko'zda tutilgan. Loyiha 2023-yil oktabr oyida yakunlanishi kerak edi. Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan hujjatda aholi omonatlarini kafolatlash tizimini isloh qilish va xalqaro standartlarga moslashtirish ko'zda tutilgan. Jahon banki ekspertlari omonatlarni kafolatlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiqligini o'rganib chiqdi. Samarali omonatlarni sug'urtalash tizimining 16 asosiy tamoyilidan sakkiztasi amaldagi qoidalarga muvofiq bajarilmaydi, deyiladi ularning hisobotida. Hisobotda Fuqarolar omonatlarini kafolatlash jamg'armasi tomonidan omonatlarni to'liq himoya qilish borasidagi muammolar qayd etilgan. Shu sababli, fuqarolar "bankning moliyaviy ahvoli va operatsion risklar bilan qiziqmagan holda" yuqori foiz stavkasida pul investitsiya qilishdan manfaatdor. Shu bilan birga, eng ko'p yakka tartibdagi mijozlarga xizmat ko'rsatuvchi Xalq banki davlat kafolatlaridan foydalanadi. Bu moliyaviy xizmatlar bozoridagi raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda, deya qayd etgan xalqaro ekspertlar. O'zgartirishlarga ko'ra, omonatlarni to'liq (100 foiz) kafolatlashdan voz kechish taklif etilmoqda. Bu tizim O'zbekistonda 2009-yilda o'sha paytda mavjud bo'lgan iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yumshatish maqsadida joriy etilgan . Bu mexanizm boshqa mamlakatlarda ham vaqtinchalik joriy qilingan, biroq bugungi kunda 108 davlatdan faqat O'zbekiston, Turkmaniston va Belarus omonatlarning to'liq kafolatlash tizimini saqlab qolgan. Boshqa mamlakatlarda bank omonatini qoplashning maksimal quyidagicha miqdori belgilandi: Qozog'istonda โ 43 ming dollar ekvivalentida, Ozarbayjonda โ 17,7 ming dollar, Rossiyada โ 15,4 ming dollar, Turkiyada โ 14 ming dollar, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida โ 100 ming yevrogacha o'sish. O'zbekistonda bir bankdagi bir omonatchi, jumladan, tadbirkorlar uchun maksimal miqdorni 200 million so'mdan (taxminan 15,9 ming dollar) ko'p bo'lmagan miqdorda belgilash taklif qilinmoqda. Ya'ni, omonatchi turli banklardagi har bir omonat uchun 200 million so'mgacha to'lov kafolatiga ishonishi mumkin (masalan, 35 ta bankda omonat qo'yishda bu 7 milliard so'mgacha). Tahlillarga ko'ra, bu miqdor omonatchilarning banklardagi mablag'larining 99,7 foizini qoplaydi. Moliyachi Otabek Bakirovga ko'ra, bu to'g'ri ko'rsatkich, ammo muammo barcha yirik omonatlar kam sonli omonatchilar qo'lida jamlangan. "Afsuski, bir necha ming omonatchilar O'zbekistondagi jami omonatlarning mutlaq katta qismiga egalik qilishadi. Markaziy bank agar shu ma'lumotni e'lon qilsa , hammaga tushunarli bo'lardi. 16 yildan beri o'zgarmagan, butunlay eskirgan kafolat tizimi mayda va o'rta omonatchilarni emas, ko'proq milliarderlarning omonatlarini kafolatlagan, raqobatni emas, konsentratsiyani rag'batlantirgan, yirik omonatchilarda riskka befarqlikni parvarishlagan", โ dedi u. Yangi kompensatsiya miqdori qonun kuchga kirgunga qadar ochilgan depozitlarga tatbiq etilmaydi. Ya'ni, mavjud omonatlarni, ularning miqdoridan qat'i nazar, kafolatlashning to'liq tizimi saqlanib qoladi. Bundan tashqari, bunday limitning belgilanishi banklarni fuqarolik javobgarligidan ozod qilmaydi; Ya'ni 200 million so'mni davlat qoplaydi, qolganini omonatchi bankdan talab qilishi mumkin. Bundan tashqari, o'zgartirishlarda bank litsenziyasi bekor qilinganda kompensatsiya to'lashni boshlash muddatini 2 oy 23 kundan 7 ish kuniga qisqartirish taklif etilmoqda. Omonatlarni kafolatlash jamg'armasining maqsadli ko'rsatkichi depozit bazasining 5 foizi miqdorida belgilangan. Jamg'arma notijorat davlat organi shaklidagi Omonatlarni kafolatlash agentligini tashkil etish va uning vakolatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Jamg'arma taqchilligining oldini olish uchun agentlik kuzatuv kengashi Markaziy bank bilan kelishilgan holda maxsus ajratmalar kiritish, davlat budjetidan kreditlar, Markaziy bank krediti va boshqa manbalar hisobidan mablag'larni jalb qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Omonatlarni kafolatlash agentligi xodimlari depozit ma'lumotlarining to'g'riligini tekshirish maqsadida Markaziy bank tomonidan o'tkaziladigan tekshirishlarda mutaxassis sifatida ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi. Jamg'armaning badallar hisobidan shakllantiriladigan mablag'lari yetarli darajada bo'lishini ta'minlash va inflyatsiya oqibatida yo'qotishlarni qoplash maqsadida mazkur mablag'larni 7 kun ichida yuqori likvidli, past riskli, pulga aylantirilishi mumkin bo'lgan aktivlarga joylashtirish huquqini berish taklif qilinmoqda. Abrorxo'ja Turdaliev agentlik vakolatlarining kengaytirilishini tushuntirdi, chunki jamg'arma hali ham fuqarolar omonatlarini kafolatlash bo'yicha siyosatga ega emas, faqat omonatlarni yo'qotganlik uchun kompensatsiya to'lash bilan cheklanadi. Endi agentlik "to'lov kassasi" (PayBox) mandatidan "to'lov kassasi plyus"ga (PayBox+) o'tadi (shuningdek, "yo'qotishlarni minimallashtiruvchi" va "xavfni minimallashtiruvchi" ham mavjud). Hozirda omonatni sug'urtalovchi faqat sug'urtalangan depozitlar bo'yicha sug'urta da'volarini to'lash uchun mas'ul bo'lsada, endi u yuzaga kelishi mumkin bo'lgan bank inqirozlarining oldini olish uchun muayyan hal qilish funksiyalari kabi qo'shimcha mas'uliyatlarga ega bo'ladi. Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bank tizimi barqarorligini ta'minlash, aholi va tadbirkorlar mablag'larini saqlash, ularga "banklar yopilgan taqdirda mablag'larini yo'qotishdan qo'rqmasdan" o'z faoliyatini yuritish imkonini beradi va muhimi, "xalqning bank tizimiga ishonchini mustahkamlaydi". Otabek Bakirov, shuningdek, fuqarolarning o'z karta va omonatlaridan boshqa banklardagi o'zining karta va omonatlariga pul mablag'larini bepul o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lishini taklif etdi (JSHSHIRga bog'langani uchun bu texnik jihatdan imkonli). "Bu nafaqat ertaga qonun kuchga kirgandan keyingi stresslarni yumshatadi, banklar o'rtasida omonatlar uchun raqobatni ham kuchaytiradi". | economy |
Shavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni O'zbekistonda faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Faktoring โ kelajakdagi daromadni pulga ayirboshlash. Masalan, siz yirik savdo tarmoqlariga mahsulot yetkazib beruvchisiz. Bir necha yil davomida oziq-ovqat yetkazib berasiz va yetkazib berilgan partiya uchun to'lovni kutasiz. Ko'pincha to'lov yetkazib berilgan paytdan boshlab 2โ4 hafta kechikish bilan amalga oshiriladi, bu esa aylanma mablag'ni muzlatib qo'yadi. Va bu yerda faktoring-kompaniya, masalan, bank, mikromoliya tashkiloti yoki faktoring tashkiloti paydo bo'lishi mumkin, ular hisobvaraq-fakturani olishda yetkazib beruvchiga barcha summani, masalan, 3% chegirma bilan to'laydi. Bunday vaziyatda hamma yutadi: chakana sotuvchi tovarni oladi, yetkazib beruvchi o'z pulini oladi, faktoring kompaniyasi o'z komissiyasini โ partiya uchun to'langan va qoplangan summa o'rtasidagi farqni oladi. Farmonga ko'ra, faktoring tashkilotlari nobank kredit tashkiloti sifatida Markaziy bankda ro'yxatdan o'tgandan keyin ushbu faoliyat bilan shug'ullanishi mumkin. Hozirda Markaziy bank Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirish bo'yicha qonun loyihasini ishlab chiqdi. 2025-yil 1-yanvardan kredit tashkilotlariga faktoring shartnomalari bo'yicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sotish (refaktoring) imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, mijozning kontragenti norezident bo'lganda, faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga ruxsat etiladi. Kelgusi yildan boshlab pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bo'yicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi. Shuningdek, voz kechilgan huquqqa bo'lgan talabnomalarning ustuvorligini ta'minlash maqsadida pul talabnomasidan voz kechish to'g'risidagi xabarnomalar garov reyestrida ro'yxatga olinadi. Bundan tashqari, qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasi va to'lov amalga oshiriladigan mamlakat o'zgartirilishi mumkin emas. Prezident faktoring xizmatlari uchun elektron platformani joriy etishni tasdiqladi. Faktoring platformasi quyidagi xususiyatlarni taqdim etadi: Shuningdek, platforma "Elektron hukumat" tizimi, elektron hisobvaraq-fakturalar ma'lumotlar bazasi, elektron tovar-transport yuk xati tizimi, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSOYAZAT) bilan integratsiya qilinadi. Banklar va mikromoliya tashkilotlari tashabbusi bilan Faktoring milliy assotsiatsiyasi tashkil etilmoqda. 2025-yil 1-yanvardan eksport kontrakti bo'yicha debitor qarzdorlikni sotib olish to'g'risidagi shartnoma asosida: 2026-yil yakuniga qadar davlat ulushi mavjud banklar tomonidan ko'rsatilgan faktoring xizmatlari ulushini jami moliyalashtirish hajmida 3 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. | economy |
Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni kambag'allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi, deb xabar berdi uning matbuot xizmati. Aytilishicha, 2020-yilda joriy qilingan tizim natijasida uzoq yillar og'ir vaziyatda bo'lgan 3 milliondan ziyod odamning sharoiti yaxshilanib, kambag'allik darajasi 17 foizdan 11 foizga tushgan . Shu bilan birga, kelgusi uch yilda kambag'allik darajasini 11 foizdan 7 foizga qisqartirish maqsad qilingan. Ammo hozirgacha bo'lgan tizim bilan natijadorlikni oshirish qiyin, dedi prezident. Uning ta'kidlashicha, kambag'al oilani tanlashda aniqlik, ularni bu holatdan olib chiqish va mablag' ajratishda yaxlitlik yetishmayapti. Shu munosabat bilan 12-iyul kuni Farg'ona viloyatida o'tgan yig'ilishda davlat rahbari bu borada yangicha yondashuvlar kerakligi, endi kambag'allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bir tizimda bo'lishini aytgan edi. Taqdimotda ushbu ikki sohani mutanosib rivojlantirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. Unga ko'ra, tahlillardan kelib chiqib, kambag'allikni aniqlash mezonlari va manzilli ro'yxati shakllantiriladi. Jumladan, unga "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"dagi hamda kambag'allikka tushish xavfi yuqori bo'lganlar kiritiladi. Bunday oilalar "mahalla yettiligi" va faollari tomonidan ovoz berish yo'li bilan tasdiqlanadi. Kambag'allikdan chiqarishga qaratilgan barcha ijtimoiy xizmat va yordamlar "Inson" markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Kambag'allik omillarini o'rganish uchun ijtimoiy himoya va bandlik masalalarida 8 ta yo'nalishda yagona savolnoma ishlab chiqiladi. Shu asosida oilalarning imkoniyatlari baholanib, 3 ta toifaga ajratiladi. Har bir oilaga individual yondashilib, "oyoqqa turishi"ga ko'maklashiladi. Shu tariqa kambag'allik darajasi yuqori bo'lgan mahallalar ro'yxatini shakllantirish ham rejalashtirilmoqda. IHMA va hokimliklar tomonidan har yili 50 ta mahalla tanlab olinib, ular kambag'allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirib boriladi. Taqdimotda qayd etilishicha, hokim yordamchilariga 20 dan ortiq vazifa yuklatilgani sababli kambag'allikni qisqartirish masalasi ikkilamchi darajaga tushib qolgan. "Endi hokim yordamchilarining faoliyati qayta ko'rib chiqilib, asosiy e'tibor kambag'allikni qisqartirish va ular bandligini ta'minlashga qaratiladi", โ deyiladi xabarda. Yig'ilishda har yili kambag'allikni qisqartirishga 14 trillion so'm yo'naltirilayotgani, lekin bu mablag' 40 turdagi moliyaviy vositalar orqali 10 ga yaqin idora tomonidan berilayotgani ham ko'rsatib o'tildi. Yagona yondashuv yo'qligi bois bu tizim ham o'zgartiriladi. Xususan, mablag'lar hudud, tuman va mahallalar kesimida kambag'al oilalar sonidan kelib chiqib, mos ravishda agentlik va hokimliklar tomonidan taqsimlanadi. Bunda mablag'lar, birinchi navbatda, oilani kambag'allikdan chiqarishga yo'naltiriladi. Kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar ijrosi bo'yicha 3 bosqichda โ mahalla va tuman, viloyat hamda respublika darajasida monitoring tashkil qilinadi. Bu borada jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi. Ish o'rinlarini zaxiralash amaliyoti o'rniga ehtiyojmand kishilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi . Bo'sh ish o'rinlarini to'liq raqamlashtirish, buyurtmachini kasanachi va frilanserga bog'laydigan onlayn platforma tashkil qilish kutilmoqda. "Ishga marhamat" monomarkazlarida kambag'al fuqarolarni xizmatlar sohasida zamonaviy kasblarga o'rgatish yo'lga qo'yiladi. "Oxirgi yillarda to'plangan tajriba va odamlarning ehtiyojidan xulosa qilib, kambag'allikni qisqartirishni yangi bosqichga olib chiqish kerak. Ehtiyojmand insonlarning xohishi va imkoniyatini qo'llab-quvvatlab, hayotga, jamiyatga olib kirish zarur. Umuman, har qanday ijtimoiy yordam pirovardida bandlikka bog'lanishi shart", โ dedi Shavkat Mirziyoyev. | economy |
Oliy Majlisi Senatining 15-avgustdagi yig'ilishida Tadbirkorlik kodeksi ma'qullandi, deya xabar bermoqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati ( video ). Bugungi kunda O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi 5 mingga yaqin hujjat mavjud. Ularning nihoyatda ko'pligi amalda qo'llashda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda va bu tadbirkorlarning asosli e'tirozlariga sabab bo'lmoqda. budjet va iqtisodiy islohotlar qo'mitasi raisi Erkin Gadoyevning aytishicha, shu maqsadda 100 dan ortiq qonunchilik hujjati, jumladan, 9 ta qonun Tadbirkorlik kodeksiga birlashtirilmoqda. 2022-yilda prezident korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo'llab-quvvatlash bo'yicha alohida yondashuvni e'lon qilgandi. O'sha paytda korxonalar yillik aylanmasi bo'yicha toifalarga ajratilishi rejalashtirilgan edi: O'tgan yilning fevral oyida prezident kichik (yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar), o'rta va yirik korxonalarga bo'lingan tadbirkorlikning yangi tasnifi to'g'risidagi qarorni imzolagandi . Erkin Gadoyevning aytishicha, yangi kodeksda tadbirkorlik subyektlari ishchilar soni va yillik aylanma mablag'iga qarab uch toifa: kichik, o'rta va yirik tadbirkorlarga ajratish joriy etilmoqda (tadbirkor mezonlardan biriga javob berishi kifoya: xodimlar soni yoki aylanma mablag'). Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqi berilmoqda (hozirda ular 88 ta faoliyat turi bilan shug'ullanishi mumkin). Kodeks yakka tartibdagi tadbirkorlar shug'ullanishi mumkin bo'lmagan faoliyat turlarini ham belgilab beradi. Kodeks ilovasida tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni kamaytirish maqsadida 38 ta davlat organining 147 ta nazorat funksiyalari va biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida o'tkaziladigan 20 turdagi tekshiruvlar ro'yxatlari tasdiqlangan. Ro'yxatga kiritilmagan barcha tekshiruvlar esa biznes-ombudsman bilan kelishilgan tartibda amalga oshiriladi. Davlat nazoratining 4 ta shakli belgilanib, shundan faqat ma'lumotlarni tahlil qilish va tekshiruvda aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan tadbirkorga nisbatan huquqiy ta'sir chorasi qo'llanilishi mumkin. Bunda: Kodeks bilan barcha talablarni o'z ichiga olgan Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar reyestri hamda tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlarning yagona reyestrini shakllantirish va oshkor etish nazarda tutilmoqda. Bunda Majburiy talablar reyestriga kiritilmagan talablar bo'yicha javobgarlik belgilash taqiqlanishi nazarda tutilgan. Tadbirkorlarga qo'shimcha majburiyatlarni yuklashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga qabul qilingandan keyin bir yil davomida o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish taqiqlanishi belgilanmoqda (yengillashtiruvchi normalardan tashqari). Subsidiyalar prezident qarori bilan joriy etiladi, uni berish tartibi esa hukumat tomonidan belgilanadi. Ularning asosiy yo'nalishlari belgilanadi va "yagona darcha" prinsipi asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ajratiladi. Davlat korxonalariga raqobatni cheklovchi to'g'ridan-to'g'ri soliq, bojxona va boshqa turdagi imtiyoz va preferensiyalar berish taqiqlanadi. Kodeksda ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy korxona, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari ro'yxati va ularni, jumladan nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashning mexanizmlari ko'rsatib o'tilgan. O'zbekiston adliya vaziri o'rinbosari Alisher Karimovning aytishicha, ushbu toifaga ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan tadbirkorlik turlari ham (jumladan, maishiy chiqindilarni qayta ishlash, yig'ish, zararsizlantirish, ko'mish, saqlash va boshqalar) ham ko'zda tutilgan. Senator ushbu ro'yxatga tozalash inshootlari qurilishi, filtrlar o'rnatishni ham kiritishni taklif qildi. Yagona javobgar ayol kishi bo'lsa yoki boshqaruv organida kamida 1/3 qismini ayollar tashkil qilsa yoxud ustav fondidagi ulushi 50 foizdan ortig'i ayollarga tegishli bo'lsa, bu korxona ayollar tadbirkorligi toifasiga kiritiladi. Xuddi shunday tartib yoshlar tadbirkorligiga ham tegishli. "Bugungi kunda 42 mingga yaqin kichik va o'rta tadbirkorlik subyektiga xotin-qizlar rahbarlik qilayotgan bo'lsa, 243 ming yakka tartibdagi tadbirkorning 140 mingdan ortig'i yoki 42 foizi ayollardir", โ dedi senator Malika Qodirxonova. Bundan tashqari, biznesga "ishlamaydigan korxona" maqomini berish mezonlari belgilanadi. Senat raisi Tanzila Narbayeva hozirda davlat rahbari va tadbirkorlar o'rtasidagi an'anaviy ochiq muloqotga katta tayyorgarlik ko'rilayotganini ta'kidladi. "Ushbu kodeksning qabul qilinishi tadbirkorlarimizni qiziqtirgan tizimli masalalarni samarali hal etishga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz", โ dedi u. Tadbirkorlik kodeksi 2021-yildan buyon ishlab chiqilmoqda. Amaldagi loyiha hujjatning uchinchi talqini bo'lib, uning oldingi versiyalari 2022-yilning may va sentabr oylarida taqdim etilgan. Shunday qilib, kodeksda korxonalar o'z bizneslarini yuritish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlar va talablarni bir joydan olishlari mumkin. | economy |
Shavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risidagi farmonni imzoladi. 1 sentabrdan boshlab O'zbekistonda pensiya va nafaqalar 15 foizga oshiriladi. 1-oktabrdan budjet sohasi xodimlarining ish haqi 10 foizga, o'quv va tibbiyot xodimlarining ish haqi 15 foizga oshiriladi. Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori (+10%) va BHM (+10,3%) ham belgilandi. Bundan tashqari, quyidagi pensiya va nafaqalar ham 15 foizga oshiriladi: | economy |
Prezident 6-avgust kuni "Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to'g'risidagi qarorni imzoladi. Markaz O'zbekiston va Qozog'iston hukumatlari tomonidan 2023-yil 9-noyabrda imzolangan uning faoliyatini tartibga solish to'g'risidagi bitimga muvofiq tashkil etilmoqda. Uni tashkil etish uchun Sirdaryo tumanidagi 50 gektar sug'oriladigan yer uchastkasi qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlar toifasiga o'tkazilmoqda. Shu bilan birga, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida Sirdaryo viloyati hokimligiga 2026-yil 1-yanvarga qadar yer fondi toifasi o'zgartirilayotgan yer uchastkasining ikki baravari miqdorida yangi yer uchastkalari o'zlashtirish hamda sug'oriladigan yerlar toifasiga o'tkazish topshirildi. Markaz faoliyatini boshqarish "Sirdaryo" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" unitar korxonasiga yuklatildi. Markazning faoliyat ko'rsatish muddati 30 yil va ushbu muddat keyinchalik qonunga muvofiq uzaytirilishi mumkin. Faoliyati davomida uning ishtirokchilariga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi. Markaz hududida "yagona darcha", interaktiv mexanizmlarga asoslangan bojxona, sertifikatlashtirish, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank va valyuta ayirboshlash, uyali aloqa, shuningdek, mijozlar uchun tibbiyot, mehmonxona, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish hamda boshqa xizmatlar yo'lga qo'yiladi. Markazda faqat O'zbekiston va Qozog'istonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqarish sertifikati nazorati ostida sotiladi. O'zbekiston hududida bo'lgan xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uning hududiga alohida nazorat o'tkazish punkti orqali kirishi mumkin bo'ladi. Markaz hududida shaxslar, transport vositalari va yuklar erkin harakatlanadi. Qozog'iston va u orqali tashrif buyuruvchi chet el fuqarolari uchun markaz hududiga maxsus nazorat o'tkazish punkti orqali vizasiz tartibda, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish, 15 kun mobaynida hududda bo'lish va kirgan nazorat punkti orqali chiqish imkoniyati yo'lga qo'yiladi. | economy |
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bo'lib o'tgan muzokaralar yakunlariga izoh berdi, deb xabar qildi O'zbekiston rahbari matbuot xizmati. "Biz ko'p qirrali munosabatlarimizda yangi sahifa ochdik โ Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini o'tkazdik. Ushbu format davlatlararo hamkorlikning eng yuqori darajasining ifodasi bo'lib, mamlakatlarimiz va xalqlarimizning yaqin aloqalari, ularning barcha yo'nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga qat'iy intilishini yaqqol namoyon etadi", โ dedi O'zbekiston prezidenti. Muzokaralar chog'ida parlamentlarning ikki palatasi ishtirokida Parlamentlararo forum tashkil etish masalasi ko'rib chiqildi. Savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq va suv xo'jaligi, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo'yicha aniq kelishuvlarga erishildi. Yuk tashish hajmini oshirish uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni yaratish, avtomobil va temir yo'llarni qurish va modernizatsiya qilishni jadallashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi. "Biz Transkaspiy yo'nalishi va "Shimol-Janub" koridoridan samarali foydalanish masalalarini ko'rib chiqdik, Transafg'on temiryo'li qurilishi doirasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdik. Chegarada yangi nazorat-o'tkazish punktlarini ochish masalasi ishlab chiqildi", โ dedi Qozog'iston prezidenti. Yana bir strategik yo'nalish โ oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash. Ikki mamlakat hududida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berish bo'yicha aniq kelishuvlarga erishildi. Suvdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari belgilab olindi. Tomonlar transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanish masalalarida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi. Yakunda Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi yakunlari va erishilgan kelishuvlar O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi do'stlik va yaxshi qo'shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. | economy |
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) "Gazeta.uz"ga mutaxassislar tomonidan 2024-yilning iyul oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari tahlilini taqdim etdi. Tahlilda aytilishicha, iyul oyida Toshkent shahrida o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etgan bo'lsa, to'liq ta'mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlarining biroz oshishi kuzatilgan. Xususan, poytaxtda o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari iyun oyidagiga nisbatan o'rtacha 0,7 foizga pasaygan bo'lsa, to'liq ta'mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha 0,3 foizga oshgan. O'rtacha ta'mirlangan uy-joy ijarasi . 2024-yilning iyul oyida o'rtacha ta'mirlangan 1 xonali uylar uchun ijara narxlari iyun oyidagiga nisbatan (0,2 foiz) oshgan bo'lsa, 2โ4 xonali uylarning ijara narxlari pasaydi. Xususan, o'rtacha ta'mirlangan 2 xonali uylar uchun 0,4 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,1 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 1,6 foizga. O'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali โ 273 AQSh dollari, 2 xonali โ 335 AQSh dollari, 3 xonali โ 379 AQSh dollari, 4 xonali โ 420 AQSh dollari), Olmazor (1 xonali โ 288 AQSh dollari, 2 xonali โ 343 AQSh dollari, 3 xonali โ 417 AQSh dollari, 4 xonali โ 451 AQSh dollari) tumanlarida taklif etilgan bo'lsa, eng qimmat ijara narxlari Yakkasaroy (1 xonali โ 348 AQSh dollari, 2 xonali โ 438 AQSh dollari, 3 xonali โ 574 AQSh dollari, 4 xonali โ 604 AQSh dollari) va Mirobod (1 xonali โ 334 AQSh dollari, 2 xonali โ 433 AQSh dollari, 3 xonali โ 557 AQSh dollari, 4 xonali โ 713 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi. To'liq ta'mirlangan uy-joylar ijarasi . 2024-yilning iyul oyida to'liq ta'mirlangan 1 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan o'rtacha ijara narxlari iyun oyidagiga nisbatan pasaygan bo'lsa-da, 2 xonali, 3 xonali hamda 4 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan o'rtacha ijara narxlarining oshishi kuzatildi. Mazkur davrda 1 xonali uy-joylar ijarasi 1,5 foizga arzonlashgan, biroq 2 xonali uy-joylar ijarasi o'rtacha 0,9 foizga, 3 xonali uy-joylar ijarasi 1,2 foizga, 4 xonali uy-joylar ijarasi 0,6 foizga qimmatlashgan. To'liq ta'mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali โ 341 AQSh dollari, 2 xonali โ 400 AQSh dollari, 3 xonali โ 506 AQSh dollari, 4 xonali โ 591 AQSh dollari) va Uchtepa (1 xonali โ 359 AQSh dollari, 2 xonali โ 438 AQSh dollari, 3 xonali โ 552 AQSh dollari, 4 xonali โ 671 AQSh dollari) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali โ 447 AQSh dollari, 2 xonali โ 736 AQSh dollari, 3 xonali โ 1042 AQSh dollari, 4 xonali โ 1300 AQSh dollari) va Yakkasaroy (1 xonali โ 443 AQSh dollari, 2 xonali โ 658 AQSh dollari, 3 xonali โ 388 AQSh dollari, 4 xonali โ 1170 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi. "Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb skreping (web scrabing) orqali olingan ochiq ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024-yilning iyun oyi uchun 49,4 mingta va iyul oyi uchun 52,6 mingta ma'lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 6 foizlik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshirildi", โ deyiladi institut tahlilida. | economy |
7-avgust kuni Afg'onistonda qayta tiklangan Naybobod temiryo'l stansiyasi ochildi. Tiklash ishlari "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan Termiz mintaqaviy temiryo'l uzeli va "So'g'diyona Trans" shu'ba korxonasi bilan hamkorlikda Afg'oniston temiryo'l boshqarmasi o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirildi, deya xabar berdi O'TY. 2023-yilning noyabrida O'zbekiston va Afg'oniston temiryo'l kompaniyalari rahbarlari Hayraton โ Naybobod โ Mozori Sharif temiryo'lining bir qismini ta'mirlashga kelishib olgandi . "O'zbekiston temir yo'llari" rahbari Zufar Narzullayev ta'mirlash ishlarini "sifatli, qulay narxda va 50 foizlik chegirma bilan amalga oshirishga" va'da bergan. Kompaniya Hayratondan Mozori Sharifgacha bo'lgan liniya qurilishini 2010-yil noyabr oyida yakunlagan. Uning uzunligi 75 km, loyiha qiymati esa 129 mln dollarni tashkil etgan. Kompaniyaning "So'g'diyona Trans" shu'ba korxonasi 2011-yil dekabr oyida Afg'onistonda ushbu liniyadan foydalanish va xizmat ko'rsatish maqsadida ochilgan. Marosim davomida Naybobod stansiyasiga birinchi yuk vagonlari keldi, bu "mintaqaning transport infratuzilmasini rivojlantirishda yangi bosqichning boshlanishini anglatadi", deyiladi xabarda. Qayta tiklangan liniyasining ochilish marosimida prezidentning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va "O'zbekiston temir yo'llari" rahbarining birinchi o'rinbosari Hikmatulla Rahmetov ishtirok etdi. Afg'oniston tomonini bosh vazir o'rinbosari Mulla Abdulg'ani Barodar, Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo, jamoat ishlari vaziri Al-haj Muhammad Iso, jamoat ishlari vazirining temiryo'l masalalari bo'yicha o'rinbosari Al-haj Baxtulrahmon Sharafat va boshqa amaldorlar ishtirok etdi. Mansabdorlar o'z chiqishlarida Afg'onistonning mintaqaviy yuk logistikasidagi muhimligini ta'kidladi. "Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan mamlakat Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan o'z hududidan o'tadigan avtomobil va temiryo'l yo'nalishlari orqali bog'lashda muhim rol o'ynaydi. Shu nuqtai nazardan, o'zbek temiryo'l mutaxassislari tomonidan tiklangan Naybobod stansiyasi Rossiya, Qozog'iston, Xitoy va Yevropa mamlakatlaridan Afg'oniston orqali Pokiston, Hindiston va boshqa Janubiy Osiyo mamlakatlariga yuklarni tashish uchun muhim markaz bo'ladi", โ deya ta'kidladi O'TY. Mozori Sharif โ Kobul โ Xarlachi yo'nalishi bo'ylab Transafg'on temiryo'li qurilishi loyihasini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e'tibor qaratildi. "Ushbu loyiha mintaqadagi logistika aloqalarini sezilarli darajada yaxshilash va savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishga imkon beradi", โ deyiladi xabarda. Tadbir yakunida Afg'oniston tomoni o'zbekistonlik hamkasblariga 75 km uzunlikdagi temiryo'l liniyasi va Naybobod stansiyasida ta'mirlash-tiklash ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Ikkala tomon ham barcha ishtirokchilar uchun o'zaro manfaatli bo'ladigan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdorligini qayd etildi. | economy |
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko'ra, iyul oyida O'zbekiston avtomobil bozoridagi faollik oshgan. O'zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyatni muntazam tahlil qilib boradi. Iyul oyi yakunlariga ko'ra, respublikada avtotransport vositalarining umumiy savdosi 17,4 foizga o'sib, deyarli 102 ming donaga yetdi. Yillik ko'rsatkichda (2023-yil iyulidan) faollik 29,4 foizga kamaydi. Iyul oyida yengil avtomobillar savdosi 18,6 foizga oshib, 92 ming donaga tashkil etdi. Yil davomida yengil avtomobillar bozori ham pasayib, sotuvlar 30 foizdan ko'proq kamaydi . Yengil avtomobillar savdosining hududiy dinamikasi shuni ko'rsatadiki, iyul oyida eng katta o'sish Namangan, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida kuzatilganini ko'rsatmoqda, ushbu viloyatlarda o'sish mos ravishda 52 foiz, 36 foiz va 29 foizni tashkil etdi. Birlamchi yengil avtomobillar bozorida iyul oyida sotuvlar o'tgan oyga nisbatan 17 foizga, ya'ni oy avvalgiga qaraganda 4 mingdan ortiq avtomobilga oshdi. Yillik hisobda faollik 12 foizga pasayishi kuzatildi. Iyul oyida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentida sotish hajmining o'sish tendensiyasi ham davom etdi. Xususan, bunday avtomobillar savdosi 17,5 foizga oshdi. Yillik ko'rsatkichlarda faollikning pasayishi 6 foizga kuzatilmoqda. Yengil xorijiy avtomobillar segmenti turg'unligi davom etmoqda. O'zbekiston bozorida xorijiy yengil avtomobillar bozori o'sishni boshladi. Iyul oyida ushbu segmentdagi savdo 9,6 foizga o'sdi va 2,6 ming donani tashkil etdi, bu o'tgan oyga nisbatan 200 ta xorijiy avtomobilga ko'pdir. Faoliyatning nisbatan kichik o'sishi yillik ko'rsatkichlarda sotuvlar hajmining pasayishini qoplamaydi, bu o'tgan yilga nisbatan qariyb 46,5 foizni tashkil etdi. Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi vaziyat sotish hajmining yillik pasayishi tendensiyasini saqlab, savdo dinamikasining o'sishi bilan tavsiflanadi. Xususan, iyul oyida yengil avtomobillar ikkilamchi bozoridagi faollik o'tgan oyga nisbatan 19,6 foizga oshdi. Hisobot davrida ushbu segmentda 61,5 mingga yaqin avtomobil sotildi. Umuman olganda, sotuvlar yil davomida 37 foizga kamaydi. Iyul oyida yengil elektromobillar segmenti savdolarning o'sishini ko'rsatdi. Sotish hajmi 3,4 ming donani tashkil etdi, bu iyun oyiga nisbatan 390 dan ortiq avtomobilga ko'p. Shu bilan birga, o'tgan yilning iyul oyi darajasiga nisbatan elektromobillar savdosi 28 foizga oshdi. O'zbekistonda elektromobillarning birlamchi bozorida oy davomida sotuvlar 11,2 foizga o'sdi, ikkilamchi bozorda esa 18,2 foizdan ortiq o'sish kuzatilgan. Yillik ko'rsatkichda foydalanilgan elektromobillar savdosi uch baravar ko'paydi. Eslatib o'tamiz, birinchi yarim yil yakuniga ko'ra, O'zbekistonda yengil avtomobillar savdosi 580 ming donani tashkil etdi, bu 2023-yilning yanvar iyun oylaridagi ko'rsatkichdan 19 foizga kam. Buni haydalgan (ikkilamchi bozordagi) mashinalarga talabning kamayishi bilan emas, balki avtomobillarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonlarining murakkablashishi va avtomobilni ro'yxatdan o'tkazish va qayta ro'yxatdan o'tkazish narxining oshishi bilan ham izohlash mumkin , deya ta'kidladi ITIM tahlilchilari. Avvalroq "Gazeta.uz" birinchi yarim yillikda avtokreditlar berish hajmi ikki barobardan ko'proqqa โ 18,5 trillion so'mdan 8,9 trillion so'mgacha, shuningdek, kreditlashning umumiy hajmidagi ulushi 40,2 foizdan 19,7 foizgacha kamaygani haqida xabar bergan edi . Shu fonda mikroqarz va mikrokreditlar berish 1,5 barobar oshdi. Ipoteka kreditlarini olish sekinlasha boshladi. | economy |
O'zbekistonda quyosh panellarini o'rnatishda yer va mol-mulk solig'i imtiyozlaridan to'liq foydalanish bo'yicha cheklov bekor qilinadi. Shavkat Mirziyoyev 12-avgust, dushanba kungi yig'ilishda Soliq qo'mitasiga shunday ko'rsatma berdi . 2023-yil 1-apreldan boshlab qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun quvvati 100 kVtgacha bo'lgan uskunalar o'rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu uskuna uchun mol-mulk solig'i, u egallab turgan uchastka uchun yer solig'i (Soliq kodeksi 428-moddasi) va ishlab chiqarilgan energiyani sotishdan olingan foyda solig'ini to'lashdan ozod qilingan . Prezidentning joriy yil 10-yanvardagi qarori bilan imtiyozlar berish tartibiga o'zgartirishlar kiritilgan. Xususan, umumiy quvvati 100 kVt gacha bo'lgan QTEM qurilmalarini o'rnatgan va foydalanuvchi shaxslar foydalanishga topshirilgan kundan boshlab 3 yil muddatga quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod qilinadi: Agar qurilmalar o'rnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo'lmagan quvvatini tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o'rnatilgan bo'lsa, ushbu kichik bandda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab o'n yil muddatga qo'llanadi. Jismoniy shaxslar umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatganda imtiyozlar har bir obyekt bo'yicha bir marotaba qo'llanadi. Bunda soliq imtiyozlarining yillik miqdori jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i bo'yicha โ BHMning ikki baravaridan (680 ming so'm), jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'i bo'yicha esa โ BHMdan (340 ming so'm) oshmasligi lozim. Biroq ushbu o'zgartirishlar hali Soliq kodeksiga kiritilmagan, shuning uchun ham ularni amalda qo'llash mumkin emas. Prezident iqtisodiyot majmuasi rahbariyatiga (bosh vazir o'rinbosari Jamshid Qo'chqorov rahbarligida) aholi va tadbirkorlar uchun energiya tejovchi uskunalar va quyosh batareyalari xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish topshiriqlarini ham berdi. | economy |
Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirish to'g'risida farmonni imzoladi. Hujjat "aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'lamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, shuningdek, pedagog va tibbiyot xodimlari mehnatini qo'shimcha rag'batlantirish"ga qaratilgan. Farmon bilan 2024-yil 1-sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda: 2024-yil 1-oktabrdan boshlab: budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Davlat budjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplanadi. Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan kam bo'lmagan holda to'lashni ta'minlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etiladi. | economy |
O'zbekistonda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun xususiy sektor jalb etilishi mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda ushbu masalani o'rganib, tegishli takliflar kiritishga ko'rsatma berdi . Fevral oyida prezidentga O'zbekistonning energetik xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari taqdimot qilingandi . Xususan, 1-oktabrga qadar kamida beshta tumanda aholiga suyultirilgan gaz (propan) yetkazib berish funksiyasini xususiy operatorga o'tkazish taklif etilgan. Shuningdek, taklilar gaz va elektr energiyasi tariflarini isloh qilish va ijtimoiy normalarni joriy etish, 49 mlrd dollarlik elektr energiyasini xarid qilish bo'yicha kelishuvlarni qayta rasmiylashtirish, Samarqand shahrida elektr energiyasini taqsimlash va sotish bo'yicha investorlarni jalb qilish va boshqalarni o'z ichiga olgandi. Tabiiy va suyultirilgan gazni iste'molchilarga yetkazib berish bo'yicha monopoliyani bekor qilish va past bosimli gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish 2024-yilgi davlat dasturidan o'rin olgan . 24-may holatiga ko'ra, O'zbekistonda 4,26 mln oila va 81 mingdan ortiq korxona tabiiy gaz oladi. Suyultirilgan gaz 3,73 mln iste'molchiga (46,7 foiz), shuningdek, 2917 nafar ulgurji iste'molchiga yetkazib beriladi. 1-maydan boshlab aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi 1 kg uchun 1120 so'mdan 1600 so'mga, 2025-yil 1-apreldan esa 2000 so'mga ko'tariladi. Avgust oyi boshida "Gazeta.uz" propan narxi keskin oshgani haqida xabar bergandi . O'zbekiston tovar-xom ashyo birjasi (UzEx) ma'lumotlariga ko'ra, suyultirilgan gaz (propan) narxi 1-iyun kuni bir tonna uchun 5,2 mln so'mni tashkil etgan bo'lsa, 1-iyulda bir tonna uchun 6,02 mln ััะผ ะฝะธ tashkil qilgan, 31-iyulga kelib bu ko'rsatkich 7 mln so'mga ko'tarilgan, ya'ni oyiga 25 foizga, ikki oyga 44 foizga oshgan. Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi vaziyatni o'rganayotganini bildirgan. Shuningdek, qo'mita narxlarning oshishi mumkinligi oldindan prognoz qilingani va bu haqda regulyatorni (Energetika vazirligi) 15-iyul kuni xabardor qilganini ma'lum qilgan. 11-avgust kungi savdolar yakunlariga ko'ra, bir tonna propan narxi 7,85 mln so'mga ko'tarilgan . | economy |
Amerikaning Sierra Nevada Corporation xususiy kompaniyasi O'zbekiston bilan oltita Pilatus PC-12 samolyotini restavratsiya qilish bo'yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi saytida qayd etilgan . Oldin imzolangan shartnoma bo'yicha 64,24 million dollarlik buyurtma samolyotlarni xizmatga qaytarish, soha vakillarini qo'llab-quvvatlash va oltita PC-12 samolyoti uchun pudratchi logistika yordamini ko'zda tutadi. Ish O'zbekistonda amalga oshiriladi va 2027-yilning 7-avgustiga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shartnoma AQShning Xorijiy harbiy savdo dasturi doirasida amalga oshiriladi. Qurol eksportini nazorat qilish to'g'risidagi qonunning 3-bo'limiga ko'ra, agar prezident rasmiy ravishda "bunday qilish Qo'shma Shtatlar xavfsizligini kuchaytiradi va dunyo tinchligiga yordam beradi" deb hisoblasa, Qo'shma Shtatlar mudofaa mahsulotlari va xizmatlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga sotishi mumkin. Shartnoma imzolanayotgan vaqtda Xorijiy harbiy savdo trast fondidan 26 million dollardan ortiq mablag' ajratilgan. Ushbu fond odatda mijozlardan olingan to'lovlar uchun ishlatiladi . Shartnoma bo'yicha pudratchi Ogayo shtati Rayt-Patterson havo kuchlari bazasidagi Havo kuchlarining hayotiy aylanmasini boshqarish markazidir. 2021-yil noyabr oyida Uzbekistan Airways Milliy aviakompaniyasi Shveysariyaning Pilatus Aircraft samolyot ishlab chiqaruvchisining birinchi samolyoti โ Pilatus PC-12 ni ishlatishni boshladi . 2021-yil avgustida Tolibon Kobulni egallab olganida O'zbekiston chegarasini kesib o'tgan samolyotlar orasida bir nechta PC-12 ham bo'lgan . Pilatus PC-12 bir dvigatelli turbovintli samolyotdir. PC-12 odatda korporativ reaktiv yoki mintaqaviy reaktiv sifatida ishlatiladi. Sierra Nevada Corporation samolyotlarni modifikatsiyalash va integratsiyalashuvi, kosmik komponentlar va tizimlar hamda kiberxavfsizlik va sog'liqni saqlash uchun tegishli texnologiya mahsulotlariga ixtisoslashgan amerikalik xususiy aerokosmik va ichki xavfsizlik pudratchisidir. | economy |
13-avgust kuni Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida yangi oqova suvlarni tozalash inshooti qurilishi loyihasini ishlab chiqish bo'yicha bitim imzolash marosimi bo'lib o'tdi, deya xabar berdi "O'zsuvta'minot" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati. Unda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Abu Dhabi Sustainable Water Solutions (SWS) kompaniyasi vakillari va "O'zsuvta'minot" korxonasi rahbari v.b. Axmad Suvonqulov ishtirok etdi. Loyiha doirasida "Surum" mahalla fuqarolar yig'ini hududida sutkasiga 1 mln (keyinchalik 1,5 mln) kub metr quvvatga ega zamonaviy oqova suv tozalash inshooti va 42 kilometrli oqova suv kollektorlarini qurish ishlari ko'zda tutilgan. Loyiha SWS va texnologik hamkorlari sifatida tanlangan Suez (Fransiya) va Marubeni (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi. obyektda oqova suvlarni tozalash bilan bog'liq jarayonlarini samarali monitoring qilish va boshqarishni ta'minlaydigan SCADA (ma'lumotlarni boshqarish va yig'ish) va GIS (geoinformatsion) tizimlari joriy etiladi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish natijasida oqova suv tozalash jarayoni samaradorligi yanada oshirish va resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni ta'minlash kutilmoqda. Xususan, 10 mln kVtdan ko'proq elektr energiya iqtisod qilinishi reja qilingan. Loyiha Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi sanitar-epidemiologik va ekologik holatni va 1,5 millionga yaqin aholining oqova suv xizmatini yaxshilaydi, 500 mingdan ortiq aholi hamda 100 dan ortiq korxona-tashkilotlar markazlashgan oqova suv xizmati bilan ta'minlanadi. Tadbirda so'zga chiqqan Axmad Suvonqulov ushbu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi samarali va uzoq muddatli hamkorlikni ta'minlashini ta'kidladi. Shuningdek, ichimlik suvi ta'minoti va oqova tizimini rivojlantirish bo'yicha boshqa loyihalarni ham amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. Ma'lumot uchun, Abu Dhabi Sustainable Water Solutions โ Abu Dabidagi (BAA) oqova suvlarni yig'ish, tozalash va qayta ishlatishning yagona tashkilotchisi hisoblanadi. Kompaniya tomonidan har kuni 1,3 mln kub metrdan ortiq oqova suv 200 dan ortiq nasos stansiyalari va 42 ta tozalash stansiyalari tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan 12 ming km uzunlikdagi keng tarmoq orqali yig'iladi. | economy |
Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati. Ma'lum qilinishicha, so'nggi besh yil ichida 25 dan ortiq mahsulot bo'yicha raqobat muhiti yaxshilangan. 7 ta faoliyat turi bo'yicha raqobatni cheklovchi eksklyuziv huquqlar bekor qilingan. Davlat ishtirokidagi korxonalar 42 foizga kamayib, tadbirkorlik subyektlari soni 1,6 barobar ko'paygan. O'tgan yili "Raqobat to'g'risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasiga qo'shimcha ta'sirchan vakolatlar berildi. Shu asosida olib borilgan o'rganishlarga ko'ra, ayrim tashkilotlarda raqobatga zid qarorlar qabul qilish, to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzish, savdoda ustun mavqedan foydalanish kabi holatlar bor. Shu bois sohadagi ishlar qamrovi va samaradorligini oshirish maqsadida Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, bozorga kirishni erkinlashtirish, tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish bo'yicha navbatdagi qadamlar belgilanadi. Hujjat tadbirkorlarning bozorlarga erkin kirishini qiyinlashtiruvchi normativ-huquqiy moddalar va ortiqcha talablarni bekor qilishi rejalashtirilmoqda. Tartibga solish yukini qisqartirishga qaratilgan yengilliklar joriy etiladi, jumladan, ruxsat beruvchi jarayonlar va litsenziyalar javobgarlikni majburiy sug'urtalash bilan almashtiriladi. Tabiiy monopoliya sohalarida mustaqil bozor regulyatorlari joriy etiladi. Tabiiy monopoliya sohalari bilan o'zaro bog'langan va raqobatni rivojlantirish imkoniyati bo'lgan tovar bozorlarida tabiiy monopoliya subyektlari ishtiroki cheklanadi. Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raisi Xalilillo To'raxo'jayev. Bundan tashqari, to'g'ridan-to'g'ri amalga oshiriladigan davlat xaridlari ko'lami qisqartirilib, davlat xaridlari raqobatli usullarga to'liq o'tkaziladi. Raqobatni cheklovchi individual xususiyatga ega davlat yordami, shu jumladan, eksklyuziv huquq, imtiyoz, preferensiya va yengilliklar bekor qilinadi. Davlat organlari axborot tizimlarini o'zaro integratsiya qilish orqali ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari shakllanishi zanjirining barcha bo'g'inlarini raqamli monitoring qilish yo'lga qo'yiladi. Raqobatga qarshi kelishuv va xatti-harakatlar, til biriktirish holatlari haqida ma'lumot taqdim etgan shaxslarni oshkor etmaslik va mukofotlash tizimi joriy etiladi. Konsepsiyani amalga oshirish natijasida energetika, neft-gaz, suv xo'jaligi, yo'l qurilishi, temir yo'l va aeroport xizmatlari kabi qator sohalarda 17 turdagi davlat monopoliyasini bosqichma-bosqich tugatish choralari ko'riladi Bundan tashqari, davlat xaridlarida raqobatga zid harakatlarning oldi olinib, bu jarayonlarning shaffofligi ta'minlanadi. Tovar-xomashyo birjalarida takliflar ko'paytirilib, xaridorlarning tanlash imkoniyati kengaytiriladi. Prezident iqtisodiyotdagi davlat ulushini qisqartirish, ayrim funksiyalarni bosqichma-bosqich xususiy sektorga o'tkazish zarurligini ta'kidladi. U tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobat holatini doimiy tahlil qilib, tartiblarni takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritib borish vazifasini qo'ydi. Oxirgi uch yil davomida joylarda raqobat qonunchiligiga zid bo'lgan 2000 dan ortiq xatti-harakatlar aniqlangan. Aksariyat hollarda bu mahalliy hokimliklar va vazirliklarning hujjatlari hisoblanadi. Shu bois Raqobat qo'mitasining hududiy boshqarmalari ishini jonlantirish, kadrlar malakasini oshirish zarurligi ko'rsatib o'tildi. | economy |
Toshkent hokimligi turar joy massivlarini renovatsiya qilish bo'yicha rejalashtirilgan masala yuzasidan bayonot berdi. Bir kun avval shahar hokimi Shavkat Umurzoqov qarori bilan hokimlik huzuridagi "Toshkent invest" kompaniyasining kompleks rivojlantirish va obodonlashtirish loyihalari amalga oshiriladigan hududlar chegaralarini belgilash bo'yicha takliflari ma'qullangani xabar qilingandi . Partiyalar renovatsiyaga shoshilmaslik va fuqarolar huquqlari buzilishining oldini olishga chaqirgandi. Shahar hokimiyati bayonotida qayd etilishicha, qaror "aholining murojaatlari, binolarning holati hamda boshqa obyektiv sabablarni inobatga olgan holda, shahar ma'muriyati tomonidan fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan huquqlarini ta'minlaydigan, SHNQ (shaharsozlik normalari va qoidalari โ tahr.) me'yorlari va aholining manfaatlarini aks ettiruvchi zamonaviy mexanizmni joriy etish" to'g'risida qabul qilingan. "Renovatsiya loyihasining maqsadi uy-joy fondini yangilash, avariya holatidagi uy-joylarning ommaviy paydo bo'lishining oldini olish, hududlarni alohida ko'p qavatli uylar kesimida emas, balki yaxlit rivojlantirish orqali fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat" โ deyiladi xabarda. "Loyihani amalga oshirishda "binolarning avariyaviylik darajasi va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, iqtisodiy va energetik samaradorligi, eskirgan ko'rinishi va hududning umumiy me'moriy rivojlanishiga mos kelmasligi hisobga olinadi". O'zbekiston Konstitutsiyasida nafaqat har bir shaxsning uy-joyga bo'lgan huquqi, balki xavfsiz yashash huquqi ham o'z aksini topgan bo'lib, davlat uy-joy qurilishini rag'batlantiradi va uy-joyga bo'lgan huquqni ro'yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratadi, deya ta'kidlanadi hokimlik xabarida. "O'zbekiston shaharsozlik me'yorlari va qoidalari zamonaviy talablarga javob beradigan mehnat, yashash va dam olish joylarining qulayligini ta'minlashga doir talablarni belgilaydi. Renovatsiya ishlari faqat vakolatli tashkilotlar tomonidan avariya holati tasdiqlangan obyektlarda va faqat aholining roziligi bilan amalga oshiriladi. Muhimi: madaniy yoki me'moriy meros obyektlarida renovatsiya amalga oshirilmaydi", โ deyiladi xabarda. Hokimlik Toshkentda qurilgan uylarning foydalanish muddati 50 yilga mo'ljallanganini ta'kidlab, "aksariyat hollarda kapital ta'mirlash imkoniyati yo'qligi, foydalanish muddati tugayotganini" bildirdi. "Barchamiz tushunamizki, renovatsiya dasturini talab qiladigan uylarning aksariyati o'z umrini yashab bo'lgan yoki yaqin yillarda shaharsozlik me'yorlari bo'yicha yashashga yaroqsiz bo'lib qoladi", โ deyiladi bayonotda. "Binolarning texnik holati bilan bog'liq xavf, ayniqsa, mamlakat va umuman mintaqaning seysmikligiga ta'sir qiluvchi barqaror iqlim o'zgarishi tufayli jiddiy tashvish uyg'otadi. Vaziyatni xolisona baholasak, ushbu uylarni hozirgi holatida foydalanishda qoldirish muqarrar ravishda poytaxtda avariyaviy uy-joylarining ommaviy paydo bo'lishiga olib keladi", โ deya qo'shimcha qildi hokimlik. Renovatsiyaga tushgan hududlar mahalliy aholi murojaatlari asosida taklif etilgan va reja tuzilgan. Shuningdek, murojaatlarda keltirilgan uy-joylarning dastlabki tahlili ularning yuqoridagi shaharsozlik me'yorlari talablariga javob bermasligini tasdiqladi, deya xulosa qildi hokimlik. Loyihani amalga oshirish mexanizmi "juda soddalashtirilgan", deya bildirdi hokimlik va uni keyingi xabarlarda batafsil tushuntirishga ishontirdi. Vaziyat va masalaga qiziqayotganlarga "Toshkent invest" kompaniyasi veb-sayti (tashkentinvest.com) va 71 210โ01โ63 telefon raqami orqali bog'lanish tavsiya etildi. | economy |
Birinchi yarim yillik yakunida Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi o'z foydasini o'tgan yilning shu davriga nisbatan 5,4 barobarga oshirdi. Bu haqda kompaniya "Gazeta.uz"ga ma'lum qildi. Kompaniya aktivlari 18,6 trillion so'mga o'sdi, bu 2023-yilning birinchi yarmidagi ko'rsatkichdan 1 foizga ko'pdir. Tashuvchining daromadi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 12,9 foizga oshib, 7,6 trln so'mni, o'z kapitali esa 8 trln so'mni (+5,8 foiz) tashkil etdi. So'mdagi tushumlar 7,3 trln so'mdan 8,1 trln so'mga oshgan, biroq dollarda 664,7 milliondan 645,9 millionga kamaygan. Muntazam yuk tashuvlaridan olingan daromad 6,2 trln so'mdan 7,04 trln so'mga, muntazam bo'lmagan tashuvlardan olingan daromad 503,4 mlrd so'mdan 531,4 mlrd so'mga ko'tarildi. Bu ko'rsatkichlar dollar hisobida qisqardi. Xorijiy va mahalliy havo kemalariga yonilg'i quyish bo'yicha tushumlar keskin โ 519,8 mln so'mdan 27,7 mlrd so'mgacha o'sdi, biroq bu 2022-yilning birinchi yarmi (53,8 mlrd) va 2020-yildagidan (96,3 mlrd) kam. Boshqa daromadlar qariyb ikki baravarga โ 89,3 mlrd so'mdan 172,3 mlrd so'mga oshgan. Kompaniyaning yanvar-iyun oylaridagi sof foydasi 269 mlrd so'mni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga (49,7 mlrd so'm) nisbatan 440,8 foizga ko'pdir. Daromadning rekord darajada o'sishiga moliyaviy faoliyatga sarflangan xarajatlarning qisqarishi asosiy omil bo'ldi โ bu ko'rsatkich 1,2 trln so'mdan 552,4 mlrd so'mgacha qisqargan, deb yozadi KAP DEPO investitsiya kompaniyasi. So'mdagi xarajatlar 7,3 trln so'mdan 7,8 trln so'mga oshgan, dollarda esa 659,3 mln dollardan 620,6 mln dollarga kamaygan. Salbiy kurs farqlari bo'yicha xarajatlar 748,9 mlrd so'mdan 391,5 mlrd so'mga, ijobiy kurs farqlari bo'yicha daromadlar esa 512,3 mlrd so'mdan 268,9 mlrd so'mga kamaydi. Korxonaning taqsimlanmagan foydasi chorak yakuniga ko'ra 118,2 mlrd so'mni tashkil etdi (o'sish 2,3 barobar). 2023-yilning mos davrida qoplanmagan zarar 149,9 mlrd so'm bo'ldi. Yillik hisobda uzoq muddatli bank kreditlari 8 trln so'mdan 7,1 trln so'mga qisqardi. Eslatib o'tamiz, 2020-yildagi pandemiya yilida aviakompaniya minus 755,7 mlrd so'm ko'rsatkich bilan rentabellik bo'yicha davlat kompaniyalari orasida ikkinchi o'rinni egallagandi. O'tgan yili Uzbekistan Airways 5 milliondan ortiq yo'lovchi tashigan . | economy |
Termiz davlat pedagogika institutining 2 mlrd so'mlik tender savdosi natijalari bekor qilindi, deya xabar qildi Raqobat qo'mitasi. Qayd etilishicha, Raqobat qo'mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Termiz davlat pedagogika instituti tomonidan 2024-yil 11-iyulda boshlang'ich qiymati 2 mlrd so'mlik o'tkazilgan tender savdosi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Qo'mita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan o'rganishda, buyurtmachi (Termiz davlat pedagogika instituti) tomonidan institutining yangi qurilayotgan o'quv binosiga mebellar xarid qilish uchun boshlang'ich qiymati 2 mlrd 2 mln 382 ming 125 so'mlik tanlov savdosi o'tkazilgan. Tender savdosida buyurtmachi tashkilot (xarid komissiyasi) tomonidan ishtirokchilar ("STEKLOPLASTIK" MCHJ, "GLOBAL TEX PROM SERVIS" MCHJ," MUHAMMADALI SAVDO SANOAT SERVIS" MCHJ, "FAROVON-FAYZ" XK, "NEATEST" MCHJ va "OMAD XAMROX MEZON" MCHJ) taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini nisbiy qiymati ishlab chiqilmagani ma'lum bo'lgan. Ishni ko'rib chiqish natijasida "Raqobat to'g'risida"gi qonunining 29-moddasi (Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar) talablari buzilishi alomatlari yuzasidan buyurtmachiga (Termiz davlat pedagogika instituti) nisbatan ish qo'zg'atilib, ishni ko'rib chiqish yakuni bo'yicha Qo'mita ko'rsatmasi bilan tender savdosi natijalari bekor qilindi. | economy |
Bosh vaziri Abdulla Aripov 3-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining majburiy raqamli markirovkalash lozim bo'lgan tovarlarning chakana savdosini tartibga solish to'g'risidagi qarorini imzoladi. Soliq qo'mitasi 2024-yil 1-sentabrga qadar alkogol, tamaki va pivo mahsulotlari, maishiy texnika va dori vositalari chakana savdosi bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlarning Asl belgisi milliy axborot tizimidan ro'yxatdan o'tgani hamda raqamli markirovkalash talablariga rioya etilayotganini nazoratga oladi. Ushbu mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlar o'z faoliyatini to'xtatmoqchi bo'lganda, tuman (shahar) soliq inspeksiyasini bir oy oldin xabardor qilishi kerak. Bunda soliq inspektori uch ish kunida yig'imlarning to'liq to'langani hamda ombordagi mahsulot qoldiqlarini xatlovdan o'tkazadi. Soliq qo'mitasiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar qalbaki raqamli markirovkalangan yoki kontrafakt mahsulotlarni import qiluvchi, ishlab chiqaruvchi hamda ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlik joriy etishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Mazkur mahsulotlar ham musodara qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Soliq qo'mitasida 7 ta shtat birligidan iborat alohida tuzilma tashkil etiladi. U raqamli markirovkalash qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishi, yashirin ishlab chiqarish faoliyati va qalbaki tovarlar tarqalishiga qarshi kurashish orqali soliq tushumlarini to'liq ta'minlashi zarur. Bundan tashqari, 2024-yil 1-noyabrga qadar raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarning ulgurji savdosini faqat naqd pulsiz shaklda sotish talabini belgilaydigan hujjat loyihasi ishlab chiqish topshirildi. Qaror bilan majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Xususan, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassaga ulangan shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to'g'ri o'qishni va aniqlashni ta'minlovchi maxsus qurilmalarning narxlari sun'iy ravishda oshib ketishining oldini olishi kerak bo'ladi. Shu bilan birga, marketpleyslar uchun markirovka qoidalari buzilganda javobgarlik choralarini joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Maqsad birjalar va elektron savdo maydonchalarida sotuvchilar uchun Asl Belgisi tizimida ro'yxatdan o'tishni majburiy qilishdan iborat. Yanvar oyidan boshlab mazkur tizimda sotuvchi ishtirokini tekshirishni joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, markirovkalanadigan mahsulotlarni sotish vaqtida skanerdan o'tkazilgandan keyingina xarid chekini chop etish tizimini joriy qilish reja qilingan. Tadbirkorliklarning barqarorlik reytingi bo'yicha baholashda markirovkalash talablarining bajarilishini inobatga olish taklif etilmoqda. Import qilinayotgan va markirovkalanadigan mahsulotlarni bojxonada markirovkalangan holda erkin muomalaga chiqarishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda. Bojxona deklaratsiyasida tovarlar va xizmatlarning identifikatsiya kodini (MXIK) ko'rsatish ham taklif etilmoqda. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasiga 1-dekabrga qadar "Savdo to'g'risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi. | economy |
Urganch xalqaro aeroporti 5-avgust kuni uchish-qo'nish yo'lagi kapital ta'miridan so'ng ochildi. Shu kuni kechqurun u birinchi samolyotni qabul qildi. Soat 11:00 da samolyotlarning uchib kelishi va uchib ketishiga qo'yilgan barcha cheklovlar bekor qilindi. Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan uchayotgan 146 nafar yo'lovchili birinchi HY57 reysi soat 21:55 da qo'ndi, deb xabar qildi Uzbekistan Airports matbuot xizmati. Perronda turgan aeroport rahbariyati va xodimlari ikki hafta ichidagi ilk samolyot qo'nishini qarsaklar bilan qarshi oldi. Layner havo arkasi va milliy musiqa bilan kutib olindi. Yo'lovchilar, jumladan, xorijlik sayyohlar uchun xorazmcha nonlar tortildi. Aeroport 20-iyul kuni faoliyatini vaqtincha to'xtatgandi. Ikki hafta ichida uzunligi 3000 m va eni 45 m bo'lgan uchish-qo'nish yo'lagi qoplamasi almashtirildi va mustahkamlandi, ikkinchi va uchinchi yurish yo'laklari kapital ta'mirlandi. Bu aeroportga Boeing787 va AirbusA330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qilish va, o'z navbatida, Urganch shahriga reyslar soni va yo'lovchilar oqimini ko'paytirish imkonini beradi, deyiladi xabarda. Urganch aeroportidagi uchish-qo'nish yo'lagining avvalgi kapital rekonstruksiyasi 1997-yilda amalga oshirilgan edi. Chiziqning qisman shikastlangan qismlari 2018-yilda ta'mirlangan. Rekonstruksiya loyihasining pudratchisi "Urganch yo'llardan muntazam foydalanish" DUK, bosh loyihachisi Niiat injiniring kompaniyasi bo'ldi. Qoplamaning laboratoriya tadqiqotlari Transport vazirligi huzuridagi Transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tahliliy-sinov bo'limi tomonidan amalga oshirildi. Eslatib o'tamiz, bir kun avval Urganch aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga o'tkazish bo'yicha tender o'tkazilishi e'lon qilingan edi . Yangi uchish-qo'nish yo'lagi, yangi terminal va boshqa inshootlar qurish rejalashtirilgan. Urganch aeroporti taqdim etgan fotolar: | economy |
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov 1-avgust kuni tadbirkorlar bilan o'tkazilgan davra suhbatida O'zbekistonga elektromobillar importiga bojlar joriy etilishini qo'llab-quvvatladi . Savdo-sanoat palatasi rahbari elektromobillarni olib kirishda boshqa davlatlardagi boj stavkalarini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, AQSh rasmiy diler yo'qligi va standartlarga mos kelmasligi sababli Xitoydan import qilingan elektromobillarga 102,5 foizlik boj joriy qilgan. Yevropa mamlakatlarida bu ko'rsatkich 38,1 foizga, Turkiyada 58 foizga, Braziliyada 10 foizga teng bo'lib, 2026-yilda 35 foizga ko'tariladi. Turkiya bojlarni joriy etgandan so'ng, BYD kompaniyasi mamlakatda 1 milliard dollarlik zavod qurish rejasini e'lon qilganini u ta'kidladi. Vahobovning fikricha, avtomobil sanoati mamlakat uchun malakali kadrlar shakllanishiga zamin yaratadi. "Gap ish o'rinlari yoki monopoliya haqida emas. Agar u yerda kelajak avlod mehnat qilsa, o'sha joydan malakali mutaxassislar yetishib chiqadi. Shu yillar mobaynida Asakadagi zavodda 100 mingdan ziyod kishi ishlagan. Tanishlarimning 15 nafari Germaniyada ishlaydi va 3000 yevrodan 5000 yevrogacha maosh oladi", โ dedi u. Vahobov jurnalistlarga murojaat qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash masalasiga "kengroq qarash"ni va faqat mashinalarni sotishnigina emas, balki ularni tushunishni so'radi. Savdo-sanoat palatasi rahbari 2023-yilda O'zbekistonda 430 ming, Turkiyada 1,1 million dona avtomobil ishlab chiqarilganini ma'lum qildi. "Turkiyada atigi beshta brend โ Renault, Ford, Hyundai, Togg ishlab chiqaruvchilari faoliyat yuritmoqda. Va u yerda avtomobillarga boj miqdori bozor qiymatining 100 foizini tashkil qiladi va dvigatel hajmiga bog'liq. Agar Turkiya o'z bozorini shunday himoya qilayotgan bo'lsa, u bizdan orqada qolayotgan davlat hisoblanadimi? Bundan tashqari, 37 foizlik hashamat solig'i bor", โ dedi va ADM Jizzakh avtomobil ishlab chiqaruvchisi rahbarining taklifini "100 foiz" qo'llab-quvvatlashini aytdi. Savdo-sanoat palatasining ta'kidlashicha , nol darajali bojlarning saqlanib qolinishi Xitoy elektromobillarini "sifatsiz xizmat ko'rsatish va hech qanday kafolatlarsiz" ommaviy ravishda importiga olib keladi. Alixpartners konsalting kompaniyasi hisob-kitoblariga ko'ra, 2030-yilga borib Xitoyning 137 ta ishlab chiqaruvchisidan 19 tasi qoladi. "Tabiiyki, qolgan bankrot kompaniyalar o'z elektromobillarini bojxona to'lovlari bo'lmagan mamlakatlarga olib kirishga harakat qiladi. Iste'molchilar mahalliy sharoitga mos kelmaydigan va sifatli xizmat ko'rsatilmaydigan elektromobillarni sotib olib, katta xarajat qilishi mumkin," โ deyiladi palata xabarida. Vahobov akkumulyatorlarni utilizatsiya qilish masalasiga ham to'xtalib o'tib, O'zbekistonda bu yo'nalishda hali hech qanday loyiha yo'qligini aytdi. Batareyalarni qayta ishlash va yangi texnologiyalarni jalb qilish loyihalari uchun jamg'arma yaratish uchun elektromobillar uchun bojlarni gibrid avtomobillar darajasiga ko'tarish taklif qilinmoqda. KIA va Chery avtomobillarini ishlab chiqaruvchi ADM Jizzakh avtomobil zavodi 2027-yil o'rtalariga qadar O'zbekistonda gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda . Investitsiyalar hajmi 550 million dollarga, budjetga tushumlar esa 700 million dollarga yetishi kutilmoqda, bu esa kompaniyaga mamlakatdagi eng yirik soliq to'lovchilarning 5 taligiga kirishga imkon beradi. Uning rahbari avvalroq O'zbekistonga elektromobillar importi uchun bojlarni qaytarishni taklif qilgan edi. Shuningdek, u avtomobillarni rasmiy dilerlar orqali sotish tartibini qaytarishni so'ragandi . Iqtisodchi Otabek Bakirovning aytishicha , ro'yxatda bojlar joriy qilingan mamlakatlar va mintaqalar dunyodagi eng yirik avtomobil bozorlari hisoblanadi. Bu bozorlarning har birida Yevropa va AQSh misolida o'nlab, Turkiya va Braziliya misolida kamida o'nga yaqin avtomobil ishlab chiqaruvchilari mavjud. "Ya'ni sanalgan bozorlarda importni hisobga olmaganda ham, ishlab chiqaruvchilarning o'zida raqobat darajasi haddan ziyod yuqori. Masalan, Vahobov mehr bilan tilga olgan Turkiyada bozorda eng katta ishlab chiqaruvchi Renault'ning ulushi 25 foizga bormaydi. O'zbekistondagi monopollashgan konsentratsiyani sanalgan bozorlardagi raqobat koeffitsiyenti bilan umuman solishtirib bo'lmaydi", โ dedi u. Uning so'zlariga ko'ra, sanab o'tilgan mamlakatlarda tarifsiz to'lovlar hajmi "palata raisi keltirgan va atayin qo'rqinchli qilib ko'rsatilgan raqamlardan ancha farqlanadi". AQShning boj kiritish bo'yicha (ayniqsa Tramp davrida) tashabbuslari doim qattiq tanqid ostiga olingan va bu bo'yicha konsensus yo'q, dedi Bakirov. Xuddi shu narsa Yevropa Ittifoqida ham kuzatilmoqda. U iqtisodchi Behzod Hoshimovning so'zlariga to'xtalar ekan , "hech qursa shu mamlakatlar darajasida ochiq bozorga ega bo'lganimizda ham mayli edi", deb ta'kidladi. "Eng qashshoq mamlakatlardan bir bo'la turib bizdan karrasiga boy mamlakatlarning yutuqli emas, xatoli qadamlaridan o'rnak olishga urinishlar rosti achinarli", โ deb yozadi u. Behzod Hoshimov, o'z navbatida, Asakadagi avtomobil zavodi "O'zbek iqtisodiyoti va ayniqsa O'zbek sanoati uchun katta to'siq va o'lpon bo'lgan va bo'lib qolishini" ta'kidladi . "U zavodni himoyalashga qo'llangan choralarni millionlab odamlar o'nlab yillardan beri to'lab kelmoqda. Asakadagi zavod โ samarasizlik va Karimov davridagi noto'g'ri iqtisodiy siyosatni mujassam qiluvchi ramz. Xuddi shunday chuqurlarga o'chiq ko'z bilan ketayotganimiz achinarli", โ dedi u. U, shuningdek, AQShga avtomobil importiga boj stavkasi 2,5 foiz ekanligini ta'kidladi. | economy |
Iyun oyida O'zbekiston dunyodagi eng yirik oltin xaridorlaridan biriga aylandi, deb xabar bermoqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council). Oy davomida jahon markaziy banklarining zaxiralari 12 tonnaga oshdi. Oltin sotib olish hajmi 31 tonnani, sotish 18 tonnani tashkil etdi. Qimmatbaho metallning asosiy xaridorlari O'zbekiston Markaziy banki va Hindiston Zaxira banki bo'ldi โ har biri 9 tonnadan. Polsha โ 4 tonna, Qatar โ 3 tonna, Iordaniya va Chexiya โ har biri 2 tonnadan, Turkiya โ 1 tonna oltin sotib oldi. Iyun oyida oltin sotish bo'yicha yetakchi Singapur Markaziy banki bo'ldi โ 12 tonna. Qozog'iston Milliy banki 6 tonna oltin sotdi. Yil boshidan buyon O'zbekiston tomonidan sotilgan oltinning sof hajmi qariyb 7 tonnani tashkil qildi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha mamlakat uchinchi o'rinni egalladi va Tailand (10 tonna) va Filippin (25 tonna)dan keyin joylashdi. Qimmatbaho metallning asosiy xaridorlari Turkiya, Hindiston va Xitoy bo'ldi. Iyun oyida O'zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 293,7 million dollarga kamayib , 36,34 milliard dollarni tashkil etdi. Oltinning fizik hajmi 9,3 tonnaga oshdi, ammo valyuta zaxiralari deyarli 800 million dollarga kamaydi. Iyunda oltin narxi bir unsiya uchun 2350 dollardan 2325 dollargacha (-1%) pasaydi. Ammo 1-avgust kuni oltin narxi tarixiy eng yuqori darajaga ko'tarilib , bir troy unsiyasi uchun 2501 dollardan oshdi. | economy |
1-avgust kuni prezident topshirig'i bilan Raqobat qo'mitasi va Bosh prokuraturaga "metan narxining yuqori chegarasini" bekor qilish va bozorni erkinlashtirish buyurilgandi. Qo'mita 2-avgust kuni gaz shoxobchalarida tezkor monitoring o'tkazdi . Qo'mita monitoringi respublikaning 1450 ta gaz to'ldirish shoxobchalarida bo'ldi. Natijalarga ko'ra, ularning 71 foizi โ 1064 ta holatda metan gazining chakana narxi 3750 so'm holatda saqlanib qolgan. 25 foizi โ 370 ta holatda esa narxlar 3800โ3950 so'mgacha (+200 so'm) ko'tarilgan. Qolgan 4 foizda AGTKSHlar ish faoliyatida bo'lmagan. "Bugungi kunda metan gazi narxlarining keskin oshishiga sabab bo'luvchi omillar mavjud emas", โ deyiladi qo'mita xabarida. Shuningdek, propan gazi narxlari 20 foiz holatda โ 5500 so'mni, 65 foizida โ 5500โ6000 so'mni, 5 foizida โ 6500 so'mni ko'rsatgan. Raqobat qo'mitasi shoxobchalar o'zaro kelishib yoki ustun muzokara kuchini suiiste'mol qilish orqali narxlarni asossiz oshirsa, ularga nisbatan narxlarni tushirish bo'yicha majburiy ko'rsatmalar berilishi hamda moliyaviy jarimalar qo'llanishi mumkinligini qo'shimcha qildi. Qo'mita hozirda birja savdolarida propan mahsulotining narxlariga ta'sir etuvchi omillarni o'rganmoqda. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan narx manipulyatsiyalari va boshqa raqobatga zid harakatlar aniqlansa, ularga nisbatan ta'sirchan huquqiy ัะพัะฐ ะปะฐั qo'llanadi. Eslatib o'tamiz, avvalroq xabar qilinganidek , bosh vazir Abdulla Aripov yig'ilishda metan narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinishini ma'lum qildi. Endi non va g'alla narxlarini erkinlashtirishda bo'lgani kabi, bu sohada ham narxlarni raqobat asosida barqarorlashtirish choralari ko'riladi, davlat bu sohada narx belgilashga aralashmaydi. | economy |
Iqtisodchi, Nyu-York universiteti professori Behzod Hoshimov "Gazeta.uz"ga bergan intervyusida nima uchun ba'zida Singapur "iqtisodiy mo''jizasi" sabablari xato talqin qilinishi haqida gapirib o'tdi. "Singapurning rivojlangani haqida yoki ularning sobiq bosh vaziri Li Kuan Yuning gapi bilan aytganda, qanday qilib "uchinchi dunyodan birinchi dunyoga kelib qolgani" haqida Li Kuan Yuning o'zi va boshqa odamlar tomonidan kitoblar yozilgan. Uning kitobidagi narrativ hozirgi zamonda dominant bo'lib qolgan", โ deydi u. Iqtisodchining ta'kidlashicha, hayotdagi ko'p voqealarda mavjud vaziyat qanday bo'lgani emas, uning qanday yozilgani, kim tomonidan yozilgani asosiy narrativ bo'lib qoladi. Dunyoda turli tarixiy jarayonlar haqida turlicha narrativlar mavjud. "Albatta, Singapur sobiq bosh vaziri, uning People's Action Party, ya'ni insonlar harakati partiyasi ko'p islohotlar qilgan, ko'p to'g'ri ishlar qilgan, juda izchil va yaxshi ishlashgan. Lekin, masalan, kitobni o'qisangiz [Li Kuan Yuning "Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga" kitobi nazarda tutilmoqda โ tahririyat], sizda shunday bir taassurot uyg'onib qolishi mumkinki, o'sha iqtisodiy rivojlanishni qandaydir ma'noda bosh vazirning stolida yaratishgan, Singapurdagi har bir jarayon qo'lda tuzilgandek tuyuladi. Shuningdek, barcha jarayonlar bir-biriga ulanib ketgandek tuyuladi", โ deydi Behzod Hoshimov. U o'z fikrini tushuntirish uchun Stiv Jobsning Stenford universiteti bitiruvchilari oldida qilgan ma'ruzasidagi fikrlarini misol qilib keltirdi. Bu ma'ruzada Stiv Jobs universitet talabalariga o'zining hayot yo'li haqida gapirib beradi va hayotning ko'p nuqtalarini faqat orqaga qarab bog'lasa bo'ladi, oldinga qarab bog'lash mumkin emas deydi. O'shanda uning argumenti quyidagicha edi: Men kalligrafiya o'qiganman, keyin esa Apple kompyuterlaridagi kalligrafiyani kiritganman, keyin uni Microsoft olgan, shuning uchun bizda turlicha shriftlar bor, lekin o'sha vaqtda kalligrafiya o'qiyotganimda keyinchalik kompyuterda menga yordam bo'lishi haqida o'ylamaganman, faqat hozir ortga qarab turib voqealarni bog'layman. Behzod Hoshimovning ta'kidlashicha, xuddi shu kabi inson emas, mamlakatlarning rivojlanish tarixi haqida ham shunday narrativ bo'lib qolishi mumkin. Mamlakatlar muvaffaqiyatga erishganda, qachondir nimadir qilganini muvaffaqiyat omili sifatida ko'rsatish kabi xato fikrlash mavjud, xuddi barchasi bir ongli ravishda qilingan, mantiqiy va uzviy bir g'oya bo'lgandek tuyuladi. "Qandaydir muvaffaqiyatga erishgan inson bo'lsa "u ertalab shug'ullanardi, shuning uchun boyib ketgan" kabi narrativlar ko'p. Mamlakatlar ham bundan istisno emas. Li Kuan Yuning kitobida shu narrativ bor ekani va uni ko'pchilik haqiqatdek qabul qilgani uchun yozgandim. Va aynan nima haqida gapirgandim, masalan, Singapurda Iqtisodiy rivojlanish qo'mitasi degan tashkilot bor, u yerga borsangiz sizga ekskursiya qilib berishadi. U ekskursiyada esa sizga mana port bor, bu portni janob bosh vazir ishga tushirdi, shu portni deb savdo ochildi, turli narsalar bo'ldi, keyin yana nimadir qildik, Jurongda sanoat parki qurdik va hokazo deyishadi", โ deydi iqtisodchi. Uning aytishicha, yuqoridagi kabi holatlarga qaramay, Singapur tarixini o'qisangiz, shu mamlakatning o'z gazetalari Jurongdagi sanoat parki nechadir yil u yerda ish boshlash uchun bironta ham korxonani topa olmagani haqida yozgan. Bunday narsalar esa uzviy tarixdan tushirib qoldiriladi. Muvaffaqiyat esa "mana shunga ko'zimiz yetgan edi" qabilida talqin qilinadi. "Mening nazdimda Singapurda ko'p ishlar qilingan va to'g'ri qilingan. Shu jumladan, bozor iqtisodiyoti uchun qilingan. Bozor iqtisodiyoti resurslarni to'g'ri taqsimlashi oqibati shu narsa bo'lgan. Masalan, barcha import bojlari nol bo'lgan. Masalan, Singapur havo yo'llari va aeroporti o'rtasida nizo kelib chiqadi, chunki aeroport boshqa reyslarni arzonga qo'ysa, Singapur havo yo'llarining daromadlari kamayadi va odamlar ishsiz qoladi, va hokazo. O'sha vaziyatda Li Kuan Yu "menda mamlakat miqyosida aeroport va qandaydir korxonani saqlab qolish dilemmasi bor edi va men mamlakat tomonini tanladim" deydi. Shunday narsalarda intuitiv to'g'ri fikrlar ham qilgan", โ deydi Behzod Hoshimov. Lekin bular orqali kimdadir mamlakat rivojlanishi uchun milliy aviakompaniya kerak yoki qandaydir sanoat parki kerak degan fikr paydo bo'lishi mumkin. "Men Singapur ularsiz ham, yoki ularga qaramasdan ham rivojlangan, demoqchi bo'lgandim. Ular mamlakat rivojlanishini tezlashtirganmi, yoki bunga to'sqinlik qilganmi, hali aniq emas. Yuqorida aytganimdek, qandaydir boy odam pulini noto'g'ri taqsimlab, ortiqcha xarajat qilsa, bunga qaramasdan turib shuni o'ziga ep ko'ra olishi mumkin. Lekin bu shunday qilsak biz ham boyib ketamiz degan fikrga olib kelishi mumkin", โ deya fikrini yakunladi iqtisodchi. Intervyuni to'liq quyidagi quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin. | economy |
Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo'yicha davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihasi bo'yicha tenderning birinchi bosqichi e'lon qilindi. U O'zbekiston hukumati tomonidan Uzbekistan Airports kompaniyasi, Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabariga ko'ra , loyiha "Qurish, foydalanish, topshirish" (Build-Operate-Transfer โ BOT) modeli bo'yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bunday loyihalarni amalga oshirishda tajribaga ega bo'lgan manfaatdor kompaniyalar ishtirok etishga taklif etiladi. Bugungi kunda Urganch aeroportiga 8 ta aviakompaniya muntazam reyslarni, 40 ga yaqin aviakompaniya charter reyslarni amalga oshirmoqda. 2023-yilda aeroport 590 ming yo'lovchiga xizmat ko'rsatgan bo'lsa, 2024-yilda yo'lovchi tashish hajmi 17 foizga oshishi kutilmoqda. Dastlabki prognozlarga ko'ra, DXSH davrida yo'lovchilar tashish hajmi yiliga o'rtacha 7,5 foizga o'sadi. Modernizatsiya loyihasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: Eslatib o'tamiz, 20-iyuldan 5-avgustgacha aeroport uchish-qo'nish yo'lagini kapital rekonstruksiya qilish uchun yopilgandi . 5-avgust oqshomida u ta'mirdan so'ng ilk parvozini amalga oshiradi. Prezidentning 2022-yil apreldagi farmoni bilan 2023-yil oxirigacha Toshkent xalqaro aeroporti va samaradorligi past bo'lgan boshqa aeroportlarni, shuningdek, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarini modernizatsiya qilish va DXSH boshqaruviga o'tkazish rejalashtirilgan. | economy |
O'zbekistonda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 25โ30 foizgacha qismi "yashil" stansiyalar hissasiga to'g'ri kelmoqda, deya xabar qildi Energetika vazirligi. Qayd etilishicha, mamlakatda 2021-yildan boshlab bugungi kunga qadar 10 ta "yashil" elektr stansiya โ 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi (jami quvvati 2 ming 500 megavattdan ortiq) ishga tushirildi. Bundan tashqari, umumiy quvvati 2 ming 200 megavattdan ziyod bo'lgan gidroelektr stansiyalari ham mavjud. "Bundan 3 yil oldin O'zbekiston elektr energetika tarmog'ida qazib olinadigan yoqilg'ida ishlovchi elektr stansiyalar (IES) ulushi 90 foiz atrofida bo'lgan bo'lsa (10 foizi GESlar), oxirgi yillarda ishga tushirilgan "yashil" elektr stansiyalar hisobiga bu ko'rsatkich 70 foizgacha tushdi. Ya'ni, bugungi kunda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 25โ30 foizgacha qismi "yashil" stansiyalar hissasiga to'g'ri kelmoqda", โ deyiladi vazirlik xabarida. 2024-yilning birinchi yarmida quyosh hamda shamol elektr stansiyalari 1 mlrd 600 mln kVtยทsoat , gidroelektr stansiyalar 4,1 mlrd kVtยทsoat (jami 5,7 mlrd kVtยทsoat) elektr energiyasi ishlab chiqardi. Buning natijasida 1 mlrd 727 ming kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilib, atmosferaga 2 mln 400 ming tonnaga yaqin zararli gazlar chiqishining oldi olindi. Vazirlik ta'kidlashicha, mazkur 1 mlrd 600 mln kVtยทsoat elektr energiyasi 1 mln 300 mingdan ortiq xonadonning 6 oylik ijtimoiy normasini tashkil qiladi. O'zbekistondagi ko'mir yoqilg'isiga ixtisoslashtirilgan ikkita elektr stansiyalari bilan taqqoslanadigan bo'lsa, 2023-yilning aprel โ iyul oylarida ko'mir stansiyalar orqali 2,06 mlrd kVtยทsoat elektr ishlab chiqarilgan. 2024-yilda "yashil" stansiyalar quvvati oshirilgani hisobiga ko'mir stansiyalar orqali ishlab chiqarish hajmi kamaytirilgan. Ya'ni, 2024-yilning aprel โ iyul oylari davomida ko'mir stansiyalardan 1 mlrd 660 mln kVtยทsoat (400 mln kVtยทsoat yoki 19,4 foiz kam) elektr energiya ishlab chiqarilgan. 2023-yilning aprel โ iyul oylarida elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun IESlarda 5 mlrd 60 mln kub metr tabiiy gaz, 86,5 ming tonna mazut, 1 mln 608 ming tonna ko'mir yoqilg'isi ishlatilgan bo'lsa, 2024-yilning aprel โ iyul oylarida 4 mlrd 760 mln kub metr tabiiy gaz (300 mln metr kub yoki 5,9 foiz kam), 2,5 tonna mazut (84 ming tonna yoki 97,1 foiz kam), 1 mln 162 ming tonna ko'mir (446 ming tonna yoki 27,7 foiz kam) yoqilgan. Vazirlik qayd etishicha, zamonaviy energiya samarador issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirilishi hisobiga ularda yoqilg'i sarfi kamayib, ishlab chiqarish hajmi ortishiga erishilgan. Misol uchun, 2020-yilda issiqlik elektr stansiyalarida 60,8 mlrd kVtยทsoat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo'lib, bunda shartli yoqilg'i sarfi 333,8 gr/kVtยทsoatga teng bo'lgan. Ishga tushirilgan zamonaviy energiya tejamkor issiqlik elektr stansiyalari hisobiga 2023-yilga kelib ishlab chiqarish hajmi 69,6 mlrd kVtยทsoatga yetdi (8,8 mlrd kVtยทsoat yoki 14,5 foiz ko'p), shartli yoqilg'i sarfi esa 307,1 gr/kVtยทsoatga (26,7 gr/kVtยทsoat yoki 8 foiz kam) teng bo'ldi. "Umuman olganda, hozirgi kunda O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan umumiy elektr energiyasining 25โ30 foiz qismi quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hissasiga to'g'ri kelmoqda. 2030-yilga qadar "yashil" elektr stansiyalar ishga tushirib borilishi hisobiga umumiy ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 40 foizdan ortig'i quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hissasiga to'g'ri kelishi rejalashtirilgan", โ deyiladi Energetika vazirligi xabarida. | economy |
Iqtisodchi, Nyu York universiteti professori Behzod Hoshimov "Gazeta.uz"ga bergan intervyusida nima uchun matni deyarli bir xil bo'lgan konstitutsiyalar turli mamlakatlarda turlicha ishlashini tushuntirdi. Jurnalist unga quyidagi savol bilan murojaat qildi: "Tom Ginsburg bilan suhbatingizda konstitutsiyalar nima uchun kerakligi haqida gap boradi. Bundan tashqari, o'zingiz ham konstitutsiya haqida fikr bildirasiz va yozasiz. AQSh konstitutsiyasi haqida bir hazilomuz gap bor: AQSh konstitutsiyasi mamlakat eng ko'p eksport qilgan narsalardan biri deyishadi. AQSh konstitutsiyasiga eng o'xshash hujjatlardan biri, masalan, Uganda konstitutsiyasi hisoblanadi. Lekin bu konstitutsiya Ugandani AQSh kabi boyitib yubormadi. Siz bular orasida qanday farq bor deb o'ylaysiz?" Behzod Hoshimovning qayd etishicha, bu haqda fikrlaganda, bir muhim jihat aytib o'tilishi lozim, ya'ni AQSh konstitutsiyasi yozilayotgan vaqtda asosiy savol "Qanday qilib mamlakatni boyitib yuboramiz?" bo'lmagan. Asosiy masala qanday qilib erkinlik va xavfsizlikni barqaror ravishda ta'minlash bo'lgan. "Ular (AQSh konstitutsiyasi mualliflari โ tahr. ) o'qigan va badavlat odamlar guruhi bo'lgan. Ular yana urush bo'lsa yoki kolonializm bo'lsa, bu muammolarga olib kelishini bilgan. Ular qanday qilib farzandlarimizning va vatandoshlarimizning haqlarini barqaror ravishda ta'minlay olamiz deyishgan. Qandaydir rivojlanib ketib, Angliyadan boy bo'lib ketaylik, degan narsani ular orzu ham qilishmagan", โ deydi Behzod Hoshimov. Iqtisodchining ta'kidlashicha, AQSh konstitutsiyasi yozilishi jarayonida bunday mulohazalar deyarli mavjud bo'lmagan. Boyish unchalik muhim masala emasdi va eng muhimi ma'lum bir doira vakillarining erkinligini ta'minlash bo'lgan. "Erkinlik deganda ham, ularning vaqtida erkinlik nazarda tutilgan, ya'ni gap oq erkaklarning erkinligi haqida ketmoqda. Shuning uchun maqsad boyish emas. Ugandaga keladigan bo'lsak, men nafaqat Ugandaniki, balki deyarli barcha konstitutsiyalar AQSh konstitutsiyasiga o'xshab yozilgan deb o'ylayman", โ dedi u. Mutaxassis fikrlarini tushuntirish uchun AQSh konstitutsiyasi yozilishi bilan bog'liq voqeani misol qilib keltirdi. Hozirgi AQSh Oliy sudi sudyasi Nil Gorsuchning kitobi ana shu jarayonlarda yangragan eng mashhur iqtiboslardan biri bilan nomlanadi: "Respublika bo'ldi, agar siz uni saqlab qola olsangiz (A Republic, if you can keep it)". "Bu iqtibos qayerdan keladi? Bir guruh oq erkaklar tomonidan AQSh konstitutsiyasi yozilib, bandlari kelishilgach, ular tarqalayotganda bir qariroq ayol mualliflardan birini to'xtatib: "Janob, nima bo'ldi? Monarxiya bo'lamizmi yoki jumhuriyatmi? Bu diskussiya nima bilan tugadi, balki Jorj Vashington qirol bo'lar?" deb so'raydi. U odam esa jumhuriyat bo'ldi, agar biz uni saqlab qololsak, deb javob beradi", โ deya voqeani tasvirladi iqtisodchi. Behzod Hoshimovning ta'kidlashicha, konstitutsiya qog'ozga tushirilgan so'zlar hisoblanadi va unga ma'no beruvchi narsa kuchning taqsimoti sanaladi. Bu hujjatni yozgan odamlarda esa uning "siyohi qurib bo'lmasidan" avval ham bu hujjat qanchalik ko'pga cho'zilishi, u qanchalik ishlab keta olishi bo'yicha xavotirlar mavjud bo'lgan. "Shuning uchun Ugandadagi konstitutsiya ishlamasligi normalroq, AQShniki ishlayotgani esa qandaydir mo''jizaviy narsa. O'zi qog'ozda yozilgan narsa qanday qilib hayotda ishlashi metafizik ma'noda qiyin, qiziq narsa-da. Shuning uchun ham konstitutsiyani ko'chirishdan ko'ra uning ma'nosini anglash [qiyinroq]", โ deydi u. Iqtisodchi, shuningdek, fikrini tushuntirish uchun mashhur iqtisodiy siyosatchi Duglas Nortdan quyidagi iqtibosni keltirdi: "Tiyib turish tizimlari qachon ishlaydi? Qachonki elita o'shani o'zi uchun yozsa. Agar elita xalq uchun konstitutsiya yozsa va o'zi uchun istisno qilsa, demak, bu ishlamaydi". "Ya'ni AQSh konstitutsiyasi ishlab, boshqa qaysidir mamlakat konstitutsiyasi ishlamasligidagi farq unda nima yozilganida emas. Ixtiyoriy konstitutsiya, ixtiyoriy qonunlar jildi qanday bo'lishidan qat'i nazar, hukmi va kuchi bor insonlarga taalluqli bo'lsa hamda ular shu narsaga bo'ysunishga majbur bo'lsa, u narsa yaxshi yozilgan, lekin hukmi bor qatlam uchun ishlamaydiganidan ko'ra ancha yaxshi. Agar ishlamasa, u narsa konstitutsiya emas, Duglas Nortning ta'riflari shu", โ dedi u. Uning aytishicha, ba'zi tuzumlarda konstitutsiya elita va ba'zi insonlar uchun istisno qilinadi, ba'zi tuzumlarda esa konstitutsiya ichki elitar qonun-qoidalar hisoblanadi. Aynan mana shu sifat bilan tuzumlar farqlanadi. "AQSh konstitutsiyasi ham yozilayotganda hech kim ayollar ovoz berishga haqli ekani haqida o'ylamagan. Yoki qora tanli insonlarning qullikdan ozod etilishi haqida gap yo'q. Shuning uchun ham bu AQSh aholisining kichik bir doirasini tashkil qiluvchi, oq tanli, yer egalari bo'lgan erkaklar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun bo'lgan deyapman", โ deb ta'kidladi Behzod Hoshimov. Unga ko'ra, keyinchalik hujjatdagi ma'no dastlabki o'ylangan ma'nodan ko'ra ancha kengaygan. Lekin mualliflar konstitutsiyani yozayotgan vaqtda faqatgina 13 ta koloniyadagi bir necha yuz mulkdor o'zaro nizolarga bormasligi uchun qonun-qoidalar yozib olishni nazarda tutgan. Mulk nizolari bo'lsa, hal qilish uchun sud degan tashkilot tuzilgan, uning sudyasi qanday saylanishi va qanday lavozimidan ketishi kelishilgan. Munosabatlarning shunday institutlar orqali hal qilinishini hujjatlashtirish uchun konstitutsiya yozilgan. "Hozir, masalan, Ugandada qanday boyisak bo'ladi degan savol bilan [konstitutsiya] yozishadi. Lekin o'sha vaqtda bu juda ham primitiv hujjat edi. Lekin men konstitutsion tarix bo'yicha mutaxassis emasman, Ginsburg kabi olimlar kitoblarini o'qiganman, ular bilan suhbatlashganman. Hozirgi gaplarimni o'sha tadqiqotlar va yozuvlar iste'molchisi sifatida gapiryapman", โ dedi iqtisodchi. Jurnalist esa Behzod Hoshimovga to'ldiruvchi savol bilan murojaat qildi: "Demak, konstitutsiya yozilayotganda asosiy ma'no o'sha elita munosabatlarini tartibga solish va o'sha elitaning o'rniga keluvchilar qanday munosabatlarga kirishishini o'ylab yozilganmi?" "Juda to'g'ri gap. O'sha elita ketganidan so'ng keyingi guruh kelganida eski elitaning haqlari himoyalanishi nuqtai nazaridan ham yozilgan. O'sha vaqtda hamma yerda, jumladan, AQShda ham kim kuchli bo'lsa, barcha iqtisodiy resurslar ham o'shanga tegishli bo'lardi. Mavjud elitar qatlamning asosiy qo'rquvi esa o'z mulklarining noqonuniy musodara qilinishi edi va ular bunga qarshi vositalar yaratishga harakat qilishgan. Masalan, Jorj Vashington eng katta yer egalaridan biri edi. Ular nima qilsak bizning va farzandlarimizning mulkini markazdagi insonlar istalgan vaqtida tortib ololmaydi, deb o'ylashgan", โ dedi Behzod Hoshimov. Intervyuni to'liq quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. | economy |
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida mintaqaning besh yetakchisi bilan uchrashuvda Markaziy Osiyoga iqtisodiy yordam paketini e'lon qilmoqchi. Bu haqda hukumat vakillariga tayanib The Japan Times nashri xabar berdi . Yordam paketi Rossiya hududini chetlab o'tib, Kaspiy dengizi orqali Markaziy Osiyo va Yevropani bog'lashi kutilayotgan yangi savdo yo'lini yaratishga qaratilgan. Yaponiya bosh vaziri Qozog'istonning Ostona shahrida C5+1 sammiti doirasida O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. 9โ12-avgust kunlari Kishida O'zbekiston, Qozog'iston va Mo'g'ulistonga tashrif buyuradi. Jiji Press xabariga ko'ra, sammit yakunlari bo'yicha Yaponiya va Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari qo'shma bayonotida qonun ustuvorligi muhimligini ta'kidlaydi. Kishida, shuningdek, mintaqaga dekarbonizatsiya, logistika tarmoqlarini rivojlantirish va inson resurslarini rivojlantirishda yordam berishni va'da qiladi. Iyul oxirida AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo'yicha yordamchisi Jeyms O'Brayen Vashington Rossiya va Xitoyni chetlab o'tib, Armaniston va Ozarbayjon hududlari orqali Markaziy Osiyodan jahon bozorlariga yangi quruqlik yo'lagi yaratish imkoniyatini ko'rib chiqayotganini aytgandi . Uning so'zlariga ko'ra, bu Amerikaning Markaziy Osiyo davlatlariga jahon bozorlariga chiqishda o'z yo'lini tanlash imkonini berishga qaratilgan sa'y-harakatlarining bir qismidir. | economy |
2024-yilning birinchi yarmida O'zbekistonda berilgan iste'mol va avtomobil kreditlari hajmi 2 barobar kamaydi. Bu Markaziy bankning "Gazeta.uz" o'rgangan ma'lumotlarida aks etadi. O'zbekistonliklar kamroq kredit ola boshladi . Yanvar-iyun oylarida aholi tomonidan 45,27 trillion so'm kredit mablag'lari olindi, bu 2023-yilning birinchi yarmiga (45,95 trillion) nisbatan 1,5 foizga yoki 677,6 milliard so'mga kam. Ushbu hajmning 8,91 trillion so'mi (umumiy kreditlash hajmining 19,7 foizi) avtokreditlar hissasiga to'g'ri keladi, bu o'tgan yilning shu ko'rsatkichidan (18,49 trillion) 51,8 foizga (2 barobardan ortiq) kam. Taqqoslash uchun: 2020-yilning birinchi yarmida berilgan avtokreditlar hajmi 2,3 trillion so'mni (jami ko'rsatkichning 18,3 foizi), 2021-yilda โ 4,2 trillion so'mni (18,3 foiz), 2022-yilda โ 7,5 trillion so'mni (27,6 foiz), 2023-yilda โ 18,5 trillion so'mni (40,2 foiz) tashkil etgan, 2024-yil yanvar-iyun oylarida esa 8,9 trillion so'mga (19,7 foiz) kamaygan. Ta'lim kreditlari ham kam ajratila boshlandi โ 398,6 milliard so'm, bu 2023-yilning yanvar-iyun oylaridagi ko'rsatkichdan (636,6 milliard so'm) 1,6 barobar kam. Umuman olganda, iste'mol kreditlari hajmi 2,1 baravarga โ 19,57 trillion so'mdan 9,37 trillion so'mga kamaydi. Ipoteka kreditlash biroz pasaydi โ 6,95 trillion so'mdan 6,88 trillion so'mgacha. 2021-yilning shu davrida 3,5 trillion so'm, 2022-yilda 6,5 trillion so'm yo'naltirilgandi. Iste'mol kreditlarining qisqarishi fonida mikroqarzlar va mikrokreditlarga bo'lgan talab qariyb 1,5 barobar โ 18 trillion so'mdan 26,8 trillion so'mgacha, kreditlashning umumiy hajmidagi ulushi esa 39,2 foizdan 59,2 foizgacha o'sdi. Alohida olganda, mikroqarzlar ajratilishi qariyb 13 trillion so'mdan 18,8 trillion so'mga, mikrokreditlarniki esa 5,04 trillion so'mdan 7,78 trillion so'mga oshdi. 2024-yil 1-yanvardan mikroqarzlarning maksimal miqdori 50 million so'mdan 100 million so'mga oshirilganidan keyin mikroqarz hajmi ham oshdi. 2023-yilning birinchi yarmidagi moliyaviy barqarorlik tahlilida MB umumiy kreditlash o'sish sur'atlaridan bir necha baravar yuqori bo'lgan avtokreditlash hajmining o'sishidan xavotir bildirgandi. MB ma'lumotlariga ko'ra, bu avtokreditlashning konsentratsiya darajasini oshiradi, banklarni shoklarga nisbatan zaifroq qiladi va inqiroz yoki avtoulovlarni keskin arzonlashishi davrida kreditlar bo'yicha to'lov intizomining yomonlashishiga hamda sezilarli kredit yo'qotishlariga sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek, banklar avtokredit ajratish talablarining yengillashtirishi natijasida yuzaga kelgan avtokreditlarning yuqori o'sish sur'atlari avtoulov bozorida talab hajmini yanada rag'batlantirdi. Avtoulov bozoridagi mavjud yuqori talab sharoitidagi cheklangan ichki taklif va avtoulov importidagi yuqori bojxona stavkalari narxlarning o'sishiga va asosiy jamg'arish aktivlaridan biri sifatida shakllanishiga sabab bo'lib keldi. Shu bilan birga, avtoulovlarning investitsion jozibadorligi oshgan holda spekulyatsion jarayonlar ortib bormoqda, deyiladi sharhda. Avtomobil kreditlari bo'yicha qarzga xizmat ko'rsatish koeffitsiyenti 2022-yilning shu davriga nisbatan 2023-yilning birinchi yarmida 56 foizdan 69 foizgacha โ 13 foiz punktga oshdi , ya'ni qarz oluvchilar o'z daromadlarining o'rtacha shunday foizini kredit va foizlarni to'lash uchun ajratdi. Taqqoslash uchun: bu davrda ipoteka kreditlari bo'yicha qarzga xizmat ko'rsatish koeffitsiyenti 36,7 foizdan 46 foizga o'sgan, mikroqarzlar bo'yicha esa 12 foizdan 10 foizga kamaygan. Shu munosabat bilan, 2024-yil 1-iyuldan boshlab MB barcha kreditlar (shu jumladan, mikroqarzlar) bo'yicha qarz yuki darajasini 60 foizlik ko'rsatkichda belgiladi , 2025-yildan boshlab esa uni 50 foizgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda . Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 2023-yil sentabr oyida bank tizimi uchun xavf tug'dirishi sababli "avtokreditlash yuqori sur'atda o'sayotgani"dan xavotir bildirgandi . | economy |
2024-yilning yanvar-iyul oylarida O'zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trillion so'mni (e'lon qilingan kundagi Markaziy bank kursi bo'yicha qariyb 2 milliard AQSh dollarini) tashkil etdi, deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligining "Gazeta.uz" o'rgangan ma'lumotlarida . Avvalroq birinchi chorakda defitsit 19,8 trillion so'mdan oshgani , ikkinchisida esa 14,1 trillion so'mgacha pasayib ketganini xabar qilgan edik. Iyulda xarajatlar va daromadlar o'rtasidagi farq 2,5 trillion so'm โ yil boshidan beri minimal ko'rsatkichni tashkil etdi (maksimum fevralda bo'lgandi โ 7,2 trillion so'm). Davlat budjeti to'g'risidagi qonunga muvofiq, u 2024-yil uchun defitsit bilan 10,3 trillion so'm yoki YAIMga nisbatan 0,7 foizga, davlat maqsadli jamg'armalari budjeti defitsiti esa 30,56 trillion so'mga (YAIMga nisbatan 2,3 foiz) rejalashtirilgan edi. Sobiq deputat Doniyor G'aniyevning avvalroq tushuntirishi bo'yicha, yil boshida budjet xarajatlari asosan gaz subsidiyalari va qish oylarida soliq tushumlarining sekinlashishi tufayli daromadlardan oshib ketadi. "Yilning ikkinchi yarmi, yozga kelib bizning asosiy ekinlarimiz o'sishni boshlaydi qishloq xo'jaligida, faoliyat maydan boshlanadi, shu bilan buyog'i g'alla, paxta bo'lib ketadi. Bundan tashqari, bizning eng katta tushadigan daromadlarimiz โ dividend sifatida olamiz โ Navoiy kon-metallurgiyamiz bor, Olmaliq kon-metallurgiya zavodlarimiz bor va boshqa zavodlardan olinadigan, adashmasam, umumiy 40 trillion so'mga yaqin dividendlarimizning hammasi yilning ikkinchi yarmida olinadiโฆ Ya'ni daromadlarimiz yilning ikkinchi yarmiga kelib sezilarli o'sishni boshlaydi. Shuning hisobiga o'zi doim birinchi yarimyillikda defitsitlar yuqori bo'lishi aniq", โ dedi u iyun o'rtalarida birinchi chorakdagi budjet defitsitini muhokama qilar ekan. Xuddi shu vaqtda, uning so'zlariga ko'ra, birinchi chorakda davlat budjeti defitsiti 19,8 trillion so'mni tashkil etdi va bu prognoz ko'rsatkichidan 30 trillion so'mga kam bo'ldi. Ko'rsatkichning pasayishi ijtimoiy sohaga sarflangan xarajatlarning kamayishi bilan bog'liq. "Bu xarajatlar kamayishi nimaning hisobiga bo'ldi, degan savollar bo'ldi. Endi bularning [hukumat] aytishi bo'yicha, bu maqbullashtirilayotgan xarajatlar emas, hali bu pullar ishlatilgani yo'q, biz bu pullarga tegishni rejalashtirmayapmiz, deyishdi", โ degandi u. O'shanda Doniyor G'aniyev budjetida 550 milliard so'm bo'lgan, biroq halicha xorijiy oliy o'quv yurtlariga stipendiya olish uchun tanlov e'lon qilmagan "El-yurt umidi" fondi masalasini ko'tardi. Taqqoslash uchun: o'tgan yili fond aprel oyida tanlov e'lon qilgan va talabalar viza olishga muvaffaq bo'lgandi. Biroq iyun oyi o'rtalarida talabalarga xorijiy universitetlardan taklifnomalar kelib tushgan bo'lsa-da, hali tanlov e'lon qilinmagan edi. Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov may oyi boshida budjet taqchilligining inflyatsiyaga bevosita ta'sirini ta'kidlagan , biroq regulyatorda bu ko'rsatkichni pasaytirish vositalari yo'qligini tan olgandi. "budjet taqchilligining maqbul darajadan yuqori shakllanishi pul-kredit ko'rsatkichlarimizga , makroiqtisodiy barqarorlikka va, eng muhimi, inflyatsiyaga bevosita ta'sir qiladi โฆ Bir narsani tushunish kerak โ inflyatsiya darajasini saqlab qolish va maqsadli ko'rsatkichga tushirish โ iqtisodiy sektordagi barcha uchun asosiy vazifa. Buning uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan barcha zarur choralar ko'rilmoqda. Bu masalalarni haftada kamida bir marta muhokama qilamiz", โ degandi u. Iqtisodiyot va moliya vazirligi faqat davlat budjeti mablag'lari daromadlari va xarajatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etadi. Shuningdek, davlat budjetining o'zi, shuningdek, davlat maqsadli jamg'armalarining budjetlari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armalari va Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi (suveren jamg'arma) mablag'larini o'z ichiga olgan kengaytirilgan konsolidatsiyalashgan budjet ham mavjud. Eslatib o'tamiz, 2024-yilgi konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 4 foiz yoki qariyb 52,6 trillion so'm miqdorida tasdiqlangan (daromadlar 375,03 trillion so'm, xarajatlar 427,64 trillion so'm bo'lishi kutilmoqda). Davlat budjetining daromadlari 270,4 trillion so'm, xarajatlari โ 280,7 trillion so'm, taqchilligi โ 10,3 trillion so'm miqdorida prognoz qilinmoqda. 2023-yilda O'zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti defitsiti rekord daraja โ 59 trln so'mni tashkil etib , avvalgi yillardagi ko'rsatkichlardan ancha yuqori bo'ldi. O'tgan yil oxirida hukumat xarajatlar chegarasini ushlab turolmagani sababli parlament orqali limitni oshirgandi. | economy |
Iqtisodchi, Nyu York universiteti professori Behzod Hoshimov "Gazeta.uz"ga bergan intervyusida Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish O'zbekistonga nima berishi haqidagi savolga javob berdi. Jurnalist unga quyidagi savol bilan murojaat qildi: "JSTga kirish bizga o'zimizni o'zimizdan himoya qilish uchun kerak, degan fikr bildirgansiz. Nima uchun bunday?" "Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lgan mamlakatlar qandaydir qoidalarga va'da bergan mamlakatlar, desak bo'ladi. O'sha va'dalardan biri o'z korxonalariga chet el korxonalariga nisbatan imtiyozlar bermaslik sanaladi. Chet el korxonalari uchun ham, mahalliy korxonalar uchun ham bir xil o'yin qoidalari amal qilishi kerak. Bu tashkilotning falsafasiga ko'ra, istasa โ bojni oshirib, istasa โ qandaydir talablar qo'yish adolatsiz", โ deya ta'kidladi Behzod Hoshimov. Uning aytishicha, bu falsafa ham bir kunda paydo bo'lmagan. XX asrda qo'l qo'yilgan Tariflar va savdo bo'yicha umumiy kelishuvda (GATT) davlatlar "biz-birimizning mahsulotlarimizga nisbatan qandaydir bojlar, talablar qo'yib borsak, bu hammamizga zarar keltiradi, barchamiz bir-birimizning korxonalarimizga nisbatan bir xil sharoit qilsak, o'shanda boyiymiz", degan fikrga kelgan. Bu kelishuvgacha bo'lgan tarix ham bor, lekin ma'no aynan shunda bo'lgan, deydi iqtisodchi. Keyinchalik ko'pgina boshqa mamlakatlar, yangi mustaqil bo'lgan davlatlar "o'sha kelishuvga biz ham kirsak bo'ladimi?" deya so'ragan. Ular esa "sizlar ham biz qo'ygan talablarga rozi bo'lsangiz, albatta, kirsangiz bo'ladi", deb javob qaytargan. Globalizatsiya kuchaygan vaqt โ 90-yillardan beri juda ko'p mamlakatlar, dunyoning deyarli barcha davlatlari bu tashkilotga a'zo bo'lib ulgurgan. "Shu jumladan, bir-birini uncha yoqtirmaydigan mamlakatlar ham u yerda: Rossiya ham, Xitoy ham, AQSh ham u yerda. Tashkilotning funksiyalaridan biri mamlakatlar orasidagi nizolarni qoshidagi mahkama orqali hal qilish sanaladi. Masalan, nisbatan kichik mamlakatlar, shu jumladan, Filippin o'zidagi korxonalarga nisbatan AQSh adolatsiz harakatlar qilayotganini aytib, bir necha bor bu mamlakatni sudga olib borgan", โ deydi iqtisodchi. Uning aytishicha, O'zbekistonda savdo siyosati o'ta noaniq sanaladi. "Endi O'zbekistonga qaytsak, nima uchun bu tashkilot bizni o'zimizdan himoya qiladi? Bizda savdo siyosati juda ham noaniq. Bir kun bu narsaga, ikkinchi kuni boshqa narsaga boj qo'yiladi, keyingi kuni bunday talablar qo'yiladi, bashorat qilish qiyin, o'zgaruvchan desak ham bo'ladi. Kon'yunktura yoki boshqa narsaga qarab o'zgaradi", โ deydi Behzod Hoshimov. Unga ko'ra, ikkinchi omil dunyoning barcha qismida mahalliy ishlab chiqaruvchilar hokimiyatlarga bosim o'tkaza olgani va hozir ham shunday qila olishi hisoblanadi. Ular "bizni muhofaza qilishingiz kerak, himoya qilmasangiz, ishchilarimiz ko'chada qoladi" kabi qo'rquvlar ishlatadi. Shu qo'rquv va bosimlardan halos bo'lish uchun, jumladan, AQSh shu tashkilotni yaratgan. "O'sha qo'rqituvchi korxonalar Kongressga kelib, ularni qo'rqitsa ham, ular "biz bojlarni oshirib bergan bo'lardik, lekin baribir o'sha tashkilot bojlarimizni nollashtirib yuboradi", โ deydi. Lekin aslida bu narsa AQSh fuqarolarining farovonligini muhofaza qilmoqda. O'zbekistonda ham, ayniqsa, bizdek davlat eng katta ishlab chiqaruvchi bo'lgan joyda JST ishlab chiqaruvchilar tomonidan bosimga qarshi himoya qobig'i kabi ishlaydi. Masalan, qaysidir katta ishlab chiqaruvchi kelib, "mana menda shuncha ishchi bor, mana bunday qaror qabul qilmasak bo'lmaydi", โ deydi. Hukumat esa bu narsa zarar ekanini biladi, lekin, masalan, ayniqsa, demokratik mamlakatlarda ular lobbilar orqali ta'sir o'tkazishadi", โ deydi iqtisodchi. Masalan, AQShda po'lat ishlab chiqaruvchilar Pensilvaniya shtatida joylashgan. Shuning uchun Pensilvaniya shtatidan bo'lgan bironta senator po'latga bo'lgan bojlarni nollashtirish taklifini ilgari surmaydi. Pensilvaniyalik po'lat ishlab chiqaruvchilar u yerdan bo'lgan har bitta senator yoki kongressmenni bosim ostida ushlaydi. Ular "biz butun oilamiz bilan sizning kelasi safar saylanmasligingiz uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", โ deyishadi. Hukumatni mana shunday narsalardan asrash uchun shunday kelishuvlar mavjud sanaladi. "Agar tashkilotga a'zo bo'lsak, bu, birinchidan, bizni ham o'zgaruvchan savdo siyosatidan ketishimizga majburlaydi. Hozir barchasini o'zimiz bemalol o'zgartirsak, unda har bir a'zo mamlakatga nima qilmoqchi ekanimizni aytishimizga to'g'ri keladi. Lekin buning asl maqsadi o'zimizning foydamiz hisoblanadi. Chunki, bilamizki, erkin savdo mamlakatlarni boyituvchi narsa sanaladi. Shuning uchun ham tor doiradagi manfaatdor guruhlarning savdo siyosatiga bo'lgan kuchini zaiflashtirish uchun tashkil qilingan bu tashkilot O'zbekistonni ham, ya'ni bu ish bilan shug'ullanishi lozim bo'lgan deputatlarni shunday bosimlardan holi qiluvchi vosita, deb hisoblasak bo'ladi", โ deya fikrini yakunladi Behzod Hoshimov. Intervyuni to'liq quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin: | economy |
Toshkent xalqaro aeroporti uchish zalining "steril" hududi yana 2000 kvadrat metrga kengaytirildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati. Yangi maydon kutish zalidagi Art bazar savdo nuqtalarining chap tomonida ochildi. Loyihaga ko'ra, ushbu hududda o'rindiqlar bilan jihozlangan keng kutish maydoni hamda fudkort tashkil etish ko'zda tutilgan. Ayni paytda E-auksion platformasidagi savdolar natijalariga ko'ra ikkita kompaniya bilan shartnomalar tuzildi, ulardan biri aeroportda The Border by Teriyaki restoranini, ikkinchisi o'z hududida to'rtta brendni: Hardee's, Pizza Hut, La Croissanterie va Pinkberry'ni birlashtiradi. Tez orada restoranlarning qurilishi boshlanadi. Hozircha fudkortga mo'ljallangan joylar tez orada ish boshlaydigan brendlarning logotiplari tushirilgan bannerlar ortida yashiringan. Hozirda yangi zalda o'zbek Caffelito tarmog'ining qahva burchagi joylashgan bo'lib, u yerda yo'lovchilar uchun issiq va sovuq ichimliklar, shirinliklar va yangi pishiriqlar taqdim etiladi. Qo'shimcha zalning qurilishi umumiy jo'nash zalini B5-B6-B7 chiqish yo'laklari bilan ulash imkonini berdi. Bundan tashqari, kelajakda kelayotgan va ketayotgan yo'lovchilar oqimini ajratib turuvchi alohida galereya va pastki zaldan bortga chiqish yo'laklarini ochish mumkin bo'ladi, deya qayd etdi aeroport matbuot xizmati. Eslatib o'tamiz, ayni paytda Toshkent aeroportida 2025-yil oxirigacha davom etadigan rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Xalqaro aviaqatnovlar terminali maydoni ikki barobar kengayadi, jo'nab ketish hududiga kirish yo'llari o'zgaradi, uchib kelish va uchib ketish zallari yagona majmuaga birlashtiriladi, terminalning ikkinchi qavatida ochiq terrasa paydo bo'ladi. | economy |
Raqobat qo'mitasi raisi Halilillo To'raxo'jayevning 5-avgustdagi buyrug'i bilan Tok Bor kompaniyasi ustun mavqega ega deb e'tirof etildi. Hujjatda qayd etilishicha "Tok bor" MCHJning elektromobillar va gibrid avtomobil vositalarini quvvatlash xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etgan. Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan uch kunlik muddatda "Tok bor" MCHJga tegishli xabarnoma yuborish topshirildi. Ma'lumot uchun, ustun mavqe โ bu tovar yoki moliya bozorida xo'jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo'jalik yurituvchi subyektlarga bog'liq bo'lmagan holda unga o'z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatish, tegishli bozorga boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holat. Agar kompaniya yoki shaxslar guruhining bozor ulushi 40 foiz yoki undan yuqori bo'lsa, shuningdek, boshqa hollarda mahsulot yoki moliya bozoridagi ustun mavqe tan olinadi. Hozirda ustun mavqega ega bo'lgan kompaniya mahsulot yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilishi kerak. Reyestrga kiritilgan korxonalar monopoliyaga qarshi yuqori yoki monopolistik past narxlardan foydalanishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha harakatlarini nazorat qilish maqsadida har chorakda monopoliyaga qarshi organga o'zlari reyestrga kiritilgan xizmatlar turiga qo'llaniladigan narxlar to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etadilar. | economy |
O'zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1-avgust holatiga ko'ra, iyul oyida 1,06 milliard dollarga o'sgan holda 37,4 milliard dollarni (+2,9 foiz) tashkil etdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank. Bu statistikaning butun davri uchun rekord ko'rsatkichdir. Regulyator ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan oyda xorijiy valyutadagi zaxiralar yana 781,5 mln dollarga โ 8,47 mlrd dollardan 7,69 mlrd dollargacha kamaygan (iyun oyida 796,9 mln dollarga kamaygan). Yil boshidan beri (yanvar-iyul) valyuta zaxiralari 1,68 milliard dollarga kamaydi, bu, jumladan, 2019-yilda mamlakat chiqargan 500 million dollarlik suveren yevroobligatsiyalar bo'yicha qarzni to'lash hisobiga sodir bo'ldi. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi yana 310 ming troy unsiyaga (9,64 tonna, iyun oyida 9,3 tonnaga o'sgan) โ 12,05 million troy unsiyaga (374,8 tonna) oshdi. Oltin zaxiralari qiymati yana 1,84 milliard dollarga oshib, 27,32 milliard dollardan 29,16 milliard dollargacha yetdi. Iyul oyida oltin kotirovkalari unsiya uchun 2325 dan 2445,76 (2480 gacha) dollarga (+5,2%) oshdi. Shuningdek, 35,3 mln dollarlik AQSh g'azna obligatsiyalari ham zaxirada turibdi. Avvalroq regulyator oltin-valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilishga kirishgani va xorijiy mamlakatlarning davlat obligatsiyalarini sotib ola boshlaganini ma'lum qilgandi . Zaxiralarning o'sishiga qaramay, u 12 oylik importni qoplashga yetadi (ilgari 20 oy edi). Ta'kidlash joizki, Markaziy bank o'z zaxiralarida amalda davlat budjetining bir qismiga aylangan O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi aktivlarini ham ko'rsatadi. Uning hajmi ochiqlanmaydi. S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi avvalroq jamg'arma aktivlarini Markaziy bank zaxiralaridan chiqarib tashlayotganini ma'lum qilgandi , chunki "jamg'arma aktivlari birinchi navbatda monetar yoki to'lov ehtiyojlari uchun emas, balki fiskal ehtiyojlar uchun mo'ljallangan". Hisob-kitoblarga ko'ra, oltin narxining tushishi kutilayotgani va joriy hisob raqamining taqchilligi davom etayotgani sababli O'zbekistonning foydalanish mumkin bo'lgan valyuta zaxiralari 2027-yilgacha qisqaradi. Markaziy bankning monetar oltin zaxiralari oltin-valyuta zaxiralari umumiy hajmining 80% dan ortig'ini tashkil etadi. Markaziy bank O'zbekistonda qazib olinayotgan oltinni sotib olishda ustuvor huquqqa ega. U oltinni mahalliy valyutaga sotib oladi, keyin esa intervensiyasining o'zbek so'miga ta'sirini qoplash uchun dollarni mahalliy bozorda sotadi. | economy |
2024-yilning birinchi yarmida O'zbekiston aholisining umumiy daromadlari 399,2 trillion so'mga yetdi, deya xabar bermoqda prezident huzuridagi Statistika agentligi. Umumiy daromadlar โ bu aholi farovonligi darajasini ko'rsatadigan asosiy ko'rsatkichlardan biri. U nafaqat mehnat va o'z-o'zini ish bilan ta'minlashdan olingan daromadlardan, balki mulkdan (foizlar, dividendlar, royaltilar va boshqalar) va o'tkazmalardan (pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, pul o'tkazmalari) daromadlardan ham iborat. Nominal o'sish sur'ati 18,4 foizni, real o'sish sur'ati 8,6 foizni tashkil etdi. O'tgan yilning yanvar-iyun oylarida bu ko'rsatkichlar mos ravishda 18,3 va 6,5 foizni tashkil qilgandi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar olti oyda 15,9 foizga (real ko'rsatkichda โ 6,3 foizga) โ 9,3 mln so'mdan 10,8 mln so'mga (oyiga 1,8 mln so'm) oshdi. Bu 2022-yilgi pandemiyani hisobga olmaganda (0,7 foiz) so'nggi olti yildagi eng past ko'rsatkichdir. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida o'rtacha respublika darajasidan yuqori ko'rsatkich qayd etilib, u 22,1 mln so'mdan 28,7 mln so'mgacha, Navoiy viloyatida 14,1 mln so'mdan 16,6 mln so'mgacha, Buxoro viloyatida 10,6 mln so'mdan 11,8 mln so'mgacha va Toshkent viloyatida 9,8 mln so'mdan 10,8 mln so'mgachani ko'rsatdi. Eng past ko'rsatkichlar Qoraqalpog'istonda โ 7,26 mln so'm, Namangan viloyatida โ 7,4 mln so'm va Surxondaryo viloyatida โ 8 mln so'mni tashkil qildi. Aholi jon boshiga daromadlarning eng yuqori real o'sishi Toshkent shahri (14,7 foiz), Navoiy (7,9 foiz) va Samarqand (6,4 foiz) viloyatlarida qayd etildi. Surxondaryoda o'sish atigi 0,3 foizni tashkil etdi. Hududlar o'rtasidagi farq kattalashdi. Yil davomida eng boy uchta va eng kambag'al uchta mintaqa o'rtasidagi aholi jon boshiga daromadlar farqi 2,28 baravardan 2,5 baravarga oshdi. Taqqoslash uchun: 2020-yilda bu farq 2,15 baravarga teng edi. Toshkent va Qoraqalpog'iston o'rtasidagi daromadlar farqi 3,43 baravardan 3,95 barobarga yuqoriladi. Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilar va mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlar) ulushi 62,1 foizdan 60,6 foizga kamaydi. Yollanma ishchilarning daromadlari o'tgan yilning birinchi yarmidagi 22,1 foizga nisbatan 19,1 foizga, yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadi 15,6 foizga nisbatan 12,3 foizga oshgan. Shu bilan birga, transferlardan (pul o'tkazmalari, nafaqalar, pensiyalar, stipendiyalar) daromadlar ulushi 28,5 foizdan 27,8 foizga kamaydi. | economy |
Markaziy bank 31-iyuldan boshlab xorijiy valyutalarning o'zbek so'miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi . AQSh dollari kursi uch savdo sessiyasida qariyb 93 so'mga pasayib, 12 541,04 so'mni tashkil qildi. Bu 12-martdan beri minimal ko'rsatkich (12 534,01 so'm). Yil boshidan buyon milliy valyuta atigi 1,6 foizga devalvatsiyaga uchradi (butun 2023-yil davomida u 9,7 foizni tashkil etgan). Seshanba kuni tijorat banklarida dollar 12 480 so'mdan 12 570 so'mgacha bo'lgan kursda qabul qilindi (faqat BRB, "Turonbank", "Mikrokreditbank" va O'MBda). Sotish kursi 12 600 so'mdan (Garant Bank, Apex Bank va "O'zsanoatqurilishbank") 12 635 so'mgacha o'zgardi. So'm kursining mustahkamlanishi jahonda pul o'tkazmalari, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmining o'sishi va moliyaviy sharoitlarning yumshashi fonida ro'y bermoqda. 2024-yilning birinchi yarmida O'zbekistonga pul o'tkazmalari hajmi 25 foizga oshib , 6,5 milliard dollarni tashkil etdi (ayrim qabul qiluvchilar o'zlari olgan dollarlarni so'mga aylantiradi, bu esa milliy valyutaga talabni rag'batlantiradi). Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov bu mamlakatga valyuta oqimining sezilarli darajada oshishiga olib kelganini va valyuta kursini barqarorlashtirish imkonini berganini ta'kidladi . "Mazkur ijobiy tendensiyalarning davom etishi hisobiga yil yakunida to'lov balansining joriy operatsiyalar hisobvarag'i taqchilligining qisqarishi kutilmoqda", โ dedi u 25-iyul kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida. Markaziy banklar foiz stavkalarini pasaytiradi degan taxminlar fonida yetakchi global moliyaviy sharoit yumshay boshladi. Bu tadbirkorlar, jumladan, tijorat banklarining tashqi resurslarni jalb qilish imkoniyatlarini oshiradi. Ya'ni banklar va xo'jalik yurituvchi subyektlar nisbatan "arzon" xorijiy valyutadagi kreditlarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo'ladi, ularning bir qismini so'mga aylantirish mumkin, bu esa milliy valyutani mustahkamlaydi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmining o'sishi. Bundan tashqari, MB ma'lumotlariga ko'ra, yilning birinchi yarmida O'zbekistonga kiritilgan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hajmi 5,3 milliard dollargacha oshgan, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 36,6 foizga ko'p. Yanvar-iyun oylarida tashqi savdo aylanmasi 8,5 foizga oshib , 31,8 milliard dollarni tashkil etdi. Eksport 5,5 foizga (23 foizdan ) โ qariyb 13 milliard dollarga, oltinni hisobga olmaganda esa 10,9 foizga (12,5 foizdan), import o'sishi 10,6 foizga (17 foizdan) โ 18,8 milliard dollargacha sekinlashdi. Shu bilan birga, salbiy savdo balansi 4,7 milliard dollardan 5,8 milliard dollarga oshdi. Moliyachi Otabek Bakirovning fikricha , valyuta savdosining pasayishiga davlat kompaniyalari uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi ustidan nazorat , import jarayonining murakkablashishi va birjadan tashqari valyuta operatsiyalarining o'sishi sabab bo'lishi mumkin. "Gazeta.uz"ning bank tizimidagi manbasi valyuta savdolari hajmining pasayishiga ushbu uch omil ta'sir ko'rsatishi mumkinligini tasdiqladi. Suhbatdoshning qo'shimcha qilishicha, korxonalar va jismoniy shaxslardan chet el valyutasini yetkazib berish (valyuta sotish) o'tgan yilning mos davriga nisbatan oshgan. Dollar indeksi joriy yil boshiga nisbatan kuchliligicha qolayotgan bo'lsa-da, inflyatsiya sekinlashgani sababli AQSh Federal rezervining foiz stavkasini pasaytirish ehtimoli ortib bormoqda, bu esa dollarni o'tgan oyga nisbatan zaiflashtirmoqda, deb ta'kidladi MB 25-iyuldagi taqdimotida. | economy |
2024-yil iyun oyida O'zbekistonning yirik korxonalarida gaz qazib olish 3,54 milliard kub metrgacha kamaydi, deyiladi Statistika agentligining "Gazeta.uz" o'rgangan sanoat ishlab chiqarishi bo'yicha hisobotida . Bu 2023-yil iyun oyiga (3,6 milliard) nisbatan 4,3 foizga (160,7 million kub metr), 2022-yil may oyiga (4,06 milliard) nisbatan 12,8 foizga kam. Birinchi yarimyillikda ishlab chiqarish hajmi 22,36 milliard kub metrni tashkil etdi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 5,1 foizga yoki 1,2 milliard kub metrga kam. O'tgan oy Energetika vazirligi so'nggi to'rt yil ichida ishlab chiqarishning rekord darajada pasayishini Qandim gazni qayta ishlash zavodi va Jarquduq gazni kompleks tayyorlash qurilmasidagi "rejalashtirilgan ta'mirlash ishlari" va boshqa texnologik sabablar bilan izohlagan edi. Ammo gaz qazib olishning pasayishi bir necha yillardan beri davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda elektr energiyasining 75โ80 foizi gaz yoqish hisobiga ishlab chiqariladi. Yirik energiya ta'minoti korxonalari (ularning aksariyati gazda ishlaydi) tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarish iyun oyida 5,68 milliard kVt/soatgacha kamaygan, bu o'tgan yilning iyuniga (6,5 milliard) nisbatan 810,8 million kilovatt/soatga (-12,5 foizga) kam. Yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarish 36,84 milliard kVt/soatgacha kamaygan, bu 2023-yilning olti oylik ko'rsatkichidan 3,25 foizga yoki 1,23 million kVt/soatga kam. Avvalroq Energetika vazirligi Statistika agentligining may oyida elektr ishlab chiqarish kamayishi bo'yicha ma'lumotlarini izohlab, quyosh va shamol elektrostansiyalari hisobiga elektr ishlab chiqarishning o'sishi 5,8 foizni tashkil etganini bildirgandi . Ta'minot kamayishi tariflar oshganidan keyingi "tejamkorlik" bilan izohlangan. Biroq Energetika vazirligi muntazam ravishda har oylik/kunlik hisobda stansiyalar bo'yicha ishlab chiqarish ma'lumotlarini e'lon qilmayapti. Oylik neft qazib olish 59,6 ming tonnani tashkil etdi (-6,4% yoki 2023-yil iyunigacha minus 4100 tonna). Olti oyda ishlab chiqarish 364,6 ming tonnani tashkil etdi (o'tgan yilning shu davriga nisbatan -6,8%). Bu fevral oyidan beri minimal ko'rsatkich (59 ming tonna). Iyun oyida 105,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi, bu 2023-yil iyun oyiga (46,2 ming) nisbatan 5,5 foizga ko'p. Olti oylik taqqoslashda o'sish atigi 3,6 foizni tashkil etdi โ 650,9 ming tonnadan 674,5 ming tonnagacha. O'tgan oyda dizel yonilg'isi ishlab chiqarish 99,6 mingdan 115,2 ming tonnaga (+15,7%) oshdi. O'tgan yilning yanvar-iyuniga nisbatan bu ko'rsatkich 7,4 foizga kamaygan โ 499,6 ming tonnani tashkil etgan. Oylik ko'mir qazib olish rekord darajada 737,5 ming tonnaga (+220,4 ming tonna) o'sdi, bu o'tgan yilning iyun oyidagi hajmdan qariyb 1,5 barobar ko'p. Yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarish 5,9 foizga oshib, 2,64 million tonnani tashkil etdi. O'tgan yili O'zbekiston eksport qilganidan ko'ra ko'proq gaz import qilgan. Ta'minotdagi farq 165 million dollardan oshgan va bu farq o'sishda davom etmoqda. "Gazeta.uz" mamlakat ichidagi ulkan gaz zaxiralariga qaramay, bu holatga olib kelgan omillarni tahlil qilgandi . Biz O'zbekistondagi eng yirik gaz ishlab chiqaruvchi "O'zbekneftgaz" kompaniyasi gaz qazib olishni ko'paytirish uchun yuzlab million dollar sarmoya kiritayotgani, biroq hajm baribir pasayayotgani haqida yozgan edik . O'zbekiston va Rossiya gaz va elektr energiyasini sezilarli darajada oshirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda . | economy |
Markaziy bank boshqaruvi 25-iyuldagi yig'ilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to'g'risida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda regulyator matbuot xizmati. Qayd etilishicha, bazaviy inflyatsiyaning pasayishi va inflyatsion kutilmalar dinamikasi energiya tariflari oshirilishining inflyatsiyaga ikkilamchi ta'siri kutilganidan past bo'layotganini ko'rsatib, yil yakunida inflyatsiya prognoz koridorining quyi chegaralarida shakllanishi bo'yicha ishonchni oshirmoqda. Nisbatan qat'iy pul-kredit sharoitlari ishlab chiqarishning ijobiy tafovutini qisqarib borishiga va talab tomondan inflyatsion bosimning pasayishiga xizmat qilmoqda. Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to'g'risida qaror qabul qildi. Oxirgi marta stavka o'tgan yilning mart oyida o'zgartirilgandi , o'shanda u 15 foizdan 14 foizga tushgandi. MB stavkasi 2015-yilning 1-yanvaridan 2017-yilning 24-iyuniga qadar 14 foizdan past bo'lgan, o'shanda u 9 foiz edi . Ta'kidlanishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatildi. Tashqi bozorlardagi narxlar dinamikasi ham import inflyatsiyasiga pasaytiruvchi ta'sir ko'rsatishda davom etmoqda, deyiladi xabarda. Shuningdek, oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasining pasayishi hamda almashuv kursi barqarorligi aholining inflyatsion kutilmalariga ijobiy ta'sir ko'rsatib, iyun oyida sezilarli pasayishiga olib keldi. Bu esa, kutilmalar tomonidan inflyatsiyaga bosimlarni pasayib borishiga sharoit yaratadi. Bazaviy inflyatsiyaning pasayuvchi dinamikasi davom etib, iyunda 5,9 foizga teng bo'ldi va yil boshidan 2,6 foiz bandga pasaydi. Bu energiya tariflari o'zgarishining ikkilamchi ta'siri kutilganidan past bo'lgani bilan izohlanib, inflyatsiyaning kelgusida ham pasayuvchi trendining davom etishiga ishora bermoqda Regulyatorga ko'ra, 2024-yildagi bazaviy inflyatsiya tendensiyasi va inflyatsion omillar ta'sirining kutilganidan pastroq bo'lishi hisobiga inflyatsiya prognozi pasayish tomonga qayta ko'rib chiqildi. Yil yakunida umumiy inflyatsiyaning 9 foiz atrofida shakllanishi va 2025-yil oxirida 5 foizlik target darajasiga yaqinlashishi kutilmoqda. 2024-yilning II choragida iqtisodiy o'sish tezlashishda davom etib, I yarim yillikda iqtisodiyot real hisobda 6,4 foizga o'sdi. Sanoat, qurilish va xizmatlar sohalaridagi yuqori faollik iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlamoqda. "Yuqori investitsion faollik, xususan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy va xususiy kapital qo'yilmalari yalpi investitsion talabni oshishida muhim omillardan bo'lmoqda. Tadbirkorlarning iqtisodiy faolligi va ishbilarmonlik kayfiyati bo'yicha indekslarda so'nggi ikki oyda nisbatan pasayish kuzatilgan bo'lsada, ijobiy natijalar saqlanib qolmoqda", โ deyiladi xabarda. Yilning II yarmida ham yuqori investitsion va ishlab chiqarish faolligining saqlanib qolishi fonida yil yakuni bo'yicha real YAIM o'sishi prognozi 5,7โ6,2 foizgacha oshirildi. Aholi va tadbirkorlik subyektlari xarajatlaridagi tarkibiy o'zgarishlar ta'sirida yalpi iste'mol talabining ma'lum ma'noda maqbullashishi prognoz qilinmoqda. Markaziy bank xabarida aytilishicha, iqtisodiyotda nisbatan qat'iy pul-kredit sharoitlarining saqlanib qolayotganligi yalpi talab va taklif o'rtasidagi muvozanatni ta'minlashga xizmat qiladi. Natijada, bugungi kunda shakllangan 0,5โ0,6 foizlik YAIM ijobiy tafovutining yil yakuniga qadar yopilishi va inflyatsiyaga oshiruvchi ta'siri pasayishi kutilmoqda. Asosiy savdo hamkorlardagi yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlari hamda jahon narxlarining qulay kon'yunkturasi sharoitida eksport tushumlari va pul o'tkazmalari hajmlarining dastlabki prognozlarga nisbatan yuqori sur'atlarda o'sishi taxmin qilinmoqda. 2024yilning II choragida iqtisodiyotga turli kanallar orqali valyuta oqimining sezilarli oshishi kuzatilib, so'm almashuv kursining barqarorlashishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. "Bank tizimi umumiy likvidligi, jamg'armalar va kreditlar hajmi dinamikasi nisbatan qat'iy pul-kredit sharoitlari saqlanib qolayotganligini ko'rsatmoqda. Bu, o'z navbatida, so'mda jamg'arish jozibadorligini oshirib, aholi omonatlarida yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlab boradi", โ deyiladi xabarda. Shu bilan birga, yil yakuniga qadar inflyatsion kutilmalarning joriy dinamikasi davom etishi bo'yicha ayrim noaniqliklar hamda xizmatlar bazaviy inflyatsiyasi yuqoriligi bilan bog'liq inflyatsiyani oshiruvchi xatarlar ham saqlanib qolmoqda. Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetiga erishishga qaratilgan nisbatan qat'iy pul-kredit siyosatini amalga oshirishda davom etadi. Bunda, asosiy stavka bo'yicha kelgusi qarorlar inflyatsiya dinamikasi va prognozi, inflyatsion kutilmalar hamda makroiqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha kelgusi davr ma'lumotlari asosida qabul qilinadi. Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko'rib chiqish bo'yicha navbatdagi yig'ilishi 2024-yil 12-sentabrga belgilangan. | economy |
Sud "Navoiyazot"ning Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasiga qarshi da'vosini qanoatlantirmadi . 11-iyun kuni Raqobat qo'mitasi "Navoiyazot"ga monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani yuzasidan ish qo'zg'atgandi . Ma'lum qilinishicha, qo'mita korxona ishlab chiqargan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja orqali sotilishida narx manipulyatsiyasi holatlarini aniqlagan. Buning oqibatida taklifning sun'iy ravishda kamaytirilishi narxlarning o'rtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshishiga olib kelgan. Xususan, qo'mita ma'lumotlariga ko'ra, "Navoiyazot" ishlab chiqarilgan karbamid, sulfat ammoniya va superfosfatning to'liq hajmlarini sotuvga qo'ymagan. Mineral o'g'itlarning barcha turlari bo'yicha davlat korxonasi ustun mavqega ega va tegishli reyestrga kiritilgan. Bundan tashqari, qo'mitaning ta'kidlashicha, davlat kompaniyasi polivinilxlorid va formalin narxini manipulyatsiya qilgan. Ularga nisbatan ham monopol tovarlarni faqat birja orqali sotish talablari mavjud. Monopoliyaga qarshi organning xulosasiga ko'ra, 2021โ2023-yillarda "Navoiyazot" yuqorida qayd etilgan barcha turdagi 57,2 ming tonna mahsulotni auksionga qo'ymagan, bu esa narxlarning oshishiga olib kelgan. Narxlarni oshirib yuborishdan korxonaning asossiz foydasi 20,5 milliard so'mga baholanmoqda. Ushbu faktlar asosida qo'mita "Navoiyazot"ga nisbatan ish ochgandi. Korxonaga qonunbuzarliklarni bartaraf etish va kelgusida ularning oldini olish bo'yicha ko'rsatma berilgan. "Navoiyazot"ning ta'kidlashicha, qo'mita avvalroq kompaniyaning 2018โ2023-yillardagi faoliyatini o'rganib, korxona asossiz daromad olganini bildirgan. Shundan so'ng "Navoiyazot" Toshkent shahri tumanlararo ma'muriy sudiga ariza bilan murojaat qilgan va sud o'tgan yilning 8-noyabrida shikoyatni qanoatlantirib, qo'mita komissiyasining qarorini haqiqiy emas deb topgan. Joriy yilda qo'mita kompaniyaning 2021โ2023-yillardagi faoliyatini qayta o'rganib chiqqan va birjalarda yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni sotish bo'yicha talablar buzilganini aniqlagan. Tashkilot Raqobatni qo'llab-quvvatlash jamg'armasiga 20,5 milliard so'm miqdoridagi asossiz daromadni undirishga qaror qilgan. "Navoiyazot" monopoliyaga qarshi organ va fond birjasini "korxonada mavjud texnologik jarayonlardan kelib chiqqan holda" belgilangan hajmda va muddatlarda kimyoviy mahsulotlar birjaga chiqarilmagan holatlar to'g'risida yozma ravishda muntazam xabardor qilib borishini ma'lum qilgan. Kompaniyaning qayd etishicha, holat qasddan qilinmagan. Yetkazib beruvchi ma'lumotlariga ko'ra, 2021โ2023-yillarda birjaga 3,29 million tonna mineral o'g'it qo'yilgan, shundan 2,37 million tonnasi xarid qilingan. Kompaniya asossiz daromadni undirish maqsadida ushbu qarorni haqiqiy emas deb topish uchun sudga murojaat qilgan. Biroq, Raqobat qo'mitasining ma'lum qilishicha, 23-iyul kuni Toshkent tumanlararo ma'muriy sudi "Navoiyazot"ning monopoliyaga qarshi organ qarori ustidan shikoyatini rad etgan. Avvalroq Raqobat qo'mitasi "Lukoyl" shu'ba korxonasini "Raqobat to'g'risida"gi qonun talablarini hamda birja auksionlarida yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish qoidalarini buzganlikda aybdor deb topgandi . Qo'mita asossiz olingan daromadni qaytarishga qaror qilgandi . | economy |
2024-yilning yanvar-iyun oylarida O'zbekistonga transchegaraviy pul o'tkazmalari hajmi 25 foizga oshdi. Bu haqda 25-iyul kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma'lum qildi , deb xabar beradi "Gazeta.uz" muxbiri. Pul o'tkazmalari hajmi 6,5 milliard dollarni tashkil etdi (2023-yilning yanvar-iyun oylarida bu ko'rsatkich 5,2 milliard dollar bo'lgan ). Bu MBning dekabr va aprel oylaridagi dastlabki prognozlaridan ikki baravar ko'p (hozirgi 25 foiz o'rniga 11โ12 foiz kutilgandi). Unga ko'ra, mehnat migratsiyasi geografiyasi kengayishda, naqd pul tushumlari esa diversifikatsiyalanishda davom etmoqda. Xususan, Rossiyaning ulushi 2022-yildagi 81โ82 foizdan 77 foizga โ 4,95 milliard dollarga kamaygan . "[Rossiyadan] pasayish kuzatilmoqda, biz buni pul o'tkazmalari sonida ko'ryapmiz. Biz nafaqat summani, balki qanday summa va qancha tranzaksiya bo'layotganini ham ko'ryapmiz, u yerda ham pasayish kuzatilmoqda", โ dedi Mamarizo Nurmuratov. Qozog'istondan tushumlar 347 million dollarga, AQShdan 271 million dollarga (+43 foiz), Janubiy Koreyadan 267,3 million dollarga (+90 foiz) oshdi. Bundan tashqari, Germaniya (+64%) va Polshadan (+93%) pul o'tkazmalari oqimi ko'paydi. Eslatib o'tamiz, 2022-yil oxirida Rossiyaning pul o'tkazmalaridagi ulushi qariyb 87 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2023-yilda ko'rsatkich 78 foizga kamaygan . O'tgan yil oxirida Jahon banki Rossiyadan O'zbekistonga pul o'tkazmalari hajmining bosqichma-bosqich qisqarishini qayd etgan edi . Bu Rossiyadagi o'zbekistonlik mehnat muhojirlari soni qisqargani, so'm kursining rublga nisbatan mustahkamlangani va rubl inflyatsiyasi bilan izohlangan. Eslatib o'tamiz, yanvar oyida Shavkat Mirziyoyev 100 mingga yaqin fuqaroni tashkiliy ravishda xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish uchun o'qitishni tashkil etish bo'yicha topshiriq bergan edi. Keyinchalik Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniya, shuningdek, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardagi 50 mingta vakansiya uchun tanlov e'lon qilgandi . Mehnat migrantlarini qo'llab-quvvatlash va o'qitish bo'yicha ham yangi chora-tadbirlar joriy etilmoqda. | economy |
Prezident 23-iyul kuni zargarlik buyumlari ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini ta'minlashga doir farmonni imzoladi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati. 2025-yil yakunigacha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning yillik ishlab chiqarish hajmlarini 1 milliard dollarga, eksport ko'rsatkichini esa 100 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Hujjatga muvofiq, 2024โ2026-yillarda Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan, Toshkent shahrida ikkita zargarlik markazi tashkil etilib, u yerlarda tadbirkorlar uchun zarur infratuzilma yaratiladi. 2025-yil 1-yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat ko'chmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga bo'lgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini bo'lib-bo'lib to'lash shartlarida realizatsiya qilish choralari ko'riladi. Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib to'lash sharti bilan sotishda: ๏ธ1-avgustdan xorijiy ko'rgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqiladigan tayyor zargarlik buyumlarini "vaqtincha olib chiqish" bojxona rejimiga joylashtirishda yig'im BHMning 1 baravari (340 ming so'm) miqdorida undiriladi. 2024-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-oktabrgacha O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi. 1-noyabrdan boshlab xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona to'lovlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lmagan zargarlik buyumlarini chakana sotuvga qo'yish va sotish taqiqlanadi. Biroq bu tartib 2024-yil 1-sentabrgacha rasmiylashtirilgan (kirim qilingan) zargarlik buyumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalari litsenziya asosida eksport qilinadigan maxsus turdagi tovarlar ro'yxatiga kiritiladi. Asillik inspeksiyasining xulosasi bo'lmagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini O'zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish man etiladi. Jismoniy shaxslarga og'irligi 200 grammgacha bo'lgan kumushdan hamda 65 grammgacha bo'lgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yo'lovchi bojxona deklaratsiyasini to'ldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq bo'lganlarini yo'lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O'zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi. Eslatib o'tamiz, 2023-yil noyabr oyida prezident farmoni bilan qiymati 100 mln so'mgacha bo'lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to'ldirmasdan olib chiqishga ruxsat berilgan edi . 2027-yil 1-yanvargacha O'zbekistonga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi. 2025-yil 1-yanvargacha Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida zargarlik buyumlarining asilligini tezkor tekshirish bo'yicha xizmatlarni ko'rsatuvchi shoxobchalar faoliyati yo'lga qo'yiladi. | economy |
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 25-iyul kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida asosiy stavkaning 14 foizdan 13,5 foizga tushirilishi "pul-kredit sharoitlarining qat'iylik darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmasligini" aytdi. "Bugungi qarordan keyin [stavka pasaytirilishi] Markaziy bank to'liq pul-kredit siyosatini yumshatish va asosiy stavkani pasaytirish sikliga o'tdi, degan xulosaga kelishga biroz erta. Chunki shakllanayotgan makroiqtisodiy sharoitlar, inflyatsiya kutilmalari va joriy inflyatsiya biz uchun eng muhim ko'rsatkichlar hisoblanadi. Bugun biz bu bosqich to'liq boshlandi, deb ayta olmaymiz, chunki geoiqtisodiy noaniqliklar ko'p, cheklovlar ko'p", โ dedi u. Uning so'zlariga ko'ra, 2025-yilning mayigacha nisbatan yuqori darajadagi inflyatsiya (9 foizgacha) saqlanib qoladi, shuning uchun regulyator pul-kredit siyosatini yumshatishga o'tmoqda, deyish mumkin emas, ya'ni bu qaror pul-kredit sharoitlarining qat'iylik darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi va uning "cheklovchi" xarakteri saqlanib qoladi. "Agar vaziyat biz kutgandan yaxshiroq bo'lsa, biz asosiy stavkani ko'rib chiqishga tayyormiz. Biroq hozir bunday tendensiya boshlandi, deb ayta olmaymiz", โ deya qo'shimcha qildi MB rahbari. Mamarizo Nurmuratovning ta'kidlashcha, ayni damda "bu qarorni iqtisodiyotda bazaviy inflyatsiyaning barqaror pasayish tendensiyasi shakllangani va inflyatsiyani yil oxirigacha prognoz darajasiga tushirish uchun yetarli shart-sharoit yaratilganining e'tirofi sifatida baholash to'g'ri bo'ladi". "Asosiy stavkani pasaytirish bosqichiga to'liq o'tish ko'p jihatdan o'rta muddatli istiqbolda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash bo'yicha pul-kredit va makroprudensial siyosat doirasida belgilangan chora-tadbirlarning to'liq amalga oshirilishi va samaradorligiga bog'liq", โ dedi u. Regulyatorning asosiy maqsadi joriy yil oxirigacha inflyatsiya darajasini 9 foizga kamaytirish va o'rta muddatli istiqbolda 5 foiz ko'rsatkichiga erishishdir. Markaziy bank payshanba kuni stavkani 13,5 foizga tushirdi . Oxirgi marta stavka o'tgan yilning mart oyida o'zgartirilgandi , o'shanda u 15% dan 14% gacha kamaygan. Oxirgi marta Markaziy bank stavkasi yetti yil avval โ 2017-yilning 24-iyunigacha 14 foizdan pastroq bo'lgan, o'sha payt u 9 foizni tashkil qilar edi . Markaziy bank asosiy stavkasi โ pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Banklararo pul bozoridagi foiz stavkalari, shuningdek, Markaziy bank tomonidan bank tizimiga likvidlikni taqdim etish bevosita asosiy stavkaga bog'liq. Shunday qilib, asosiy stavka iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasiga, shuningdek, aholi va biznesning iste'mol va investitsion (sarmoya kiritish) qarorlariga ta'sir ko'rsatgan holda ichki talab va inflyatsiya darajasi o'zgarishida ahamiyat kasb etadi. O'z navbatida, tijorat banklari asosiy stavkaning trayektoriyasini kuzatib, pul bozoridagi likvidlik yaqin kelajakda arzon yoki qimmatlashishini tushunadi. Tabiiyki, bu esa, banklarni o'z mahsulotlari va xizmatlari narxlarini o'zgartirishga undaydi (masalan, aholi va tadbirkorlardan jalb etiladigan omonatlar va ularga ajratiladigan kreditlar bilan bog'liq xarajatlar). Agar iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining o'sish sur'ati jiddiy tezlashsa va Markaziy bank asosiy stavkani ko'tarsa, ushbu holat banklar tomonidan depozit va kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirish ehtimolini yuzaga keltiradi. Bu esa, banklararo (joriy likvidlikni ta'minlash maqsadida banklar bir-birlariga pul mablag'larini ma'lum bir foiz evaziga taqdim etadigan bozor) va umuman olganda pul bozorida mablag'larni jalb etish bilan bog'liq xarajatlarning oshishiga olib keladi. Inflyatsiya darajasi hamda asosiy stavkaning pasayishi banklararo pul bozorida pul mablag'larini jalb etish arzonlashishiga, bu esa yuqori bo'lmagan foiz stavkalarida kreditlar ajratish orqali aholi va tadbirkorlar uchun moliyaviy manbalarning maqbullashishiga sabab bo'ladi. Foiz stavkalarining pasayishi bank bozoridagi raqobatga ham juda bog'liq. | economy |
24-iyul kuni Troll.uz blogi muallifi Umid Gafurov mazkur tender bo'yicha o'z savollarini e'lon qildi . Uning eslashicha, 2023-yilning sentabr oyida Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan portlash oqibatida BYD Uzbekistan kompaniyasiga tegishli bo'lgan avtomobillarga turli xil shikast yetgan . O'shanda kompaniya "xavfsizlik va atrof-muhitni saqlash" muhimligini ta'kidlab, barcha shikastlangan avtomobillar utilizatsiya qilinishini aytgandi . 2024-yilning aprel oyida BYD Uzbekistan Factory tomonidan 5,7 mlrd so'mlik turli shikastlangan 850 ta avtomobilni ta'mirlash bo'yicha ochiq tender e'lon qilingandi . Gap to'rt eshikdagi engil, o'rta va og'ir shakldagi pachoqlanishlarni bo'yamasdan bartaraf etish haqida ketmoqda. Gafurov ushbu 850 ta mashina bilan portlashdan zarar ko'rgan va utilizatsiya qilinishi kerak bo'lgan mashinalar o'rtasida bog'liqlik bor-yo'qligiga qiziqdi. "Umuman olganda, avtomobil ishlab chiqarish va tayyor avtomobillarni Xitoydan olib kelib sotish bilan shug'ullanuvchi korxona nima sababdan 900 ta avtomobilni tuzatish uchun tender e'lon qilmoqda?" โ deb yozgan u. Kompaniya matbuot xizmati Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo'lgan portlash vaqtida "o'sha yerda saqlanib turgan bir qator BYD avtomobillari" shikastlanganini ma'lum qildi. "Vakolatli huquq-tartibot idoralari tomonidan rasmiy tergov-surishtiruv ishlari yakunlangandan so'ng BYD Uzbekistan Factory tomonidan jiddiy shikastlangan avtomobillar (2 dona) utilizatsiya qilish uchun omborga jo'natildi", โ deyiladi xabarda. Shikastlangan mashinalarning aniq soni oshkor etilmagan. Ta'kidlanganishicha, yengil zarar yetgan (kuzovning ayrim qismlarida kichik pachoqlanish, tirnalish izlari) avtomobillarning bir qismi, shuningdek, Xitoydan tashib kelish vaqtida yengil shikastlanishlari bo'lgan avtomobillar kelgusida ta'mirlash uchun ajratib olingan. Aynan shu maqsadda aprel oyida BYD Uzbekistan Factory tomonidan BYD avtomobil kuzovlarini ta'mirlash xizmatlarining xaridi bo'yicha ochiq tender e'lon qilingan. Ta'mirga muhtoj bo'lgan avtomobillarning shikastlanish darajasi tender tanlovi uchun texnik topshiriqda ko'rsatilgan talablarga asosan tasdiqlandi, deyiladi xabarda. Kompaniya ta'mirlangan barcha avtomobillar ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik sinovdan o'tkazilganini ma'lum qildi. "Ushbu avtomobillar tizim korxonalarining ichki ehtiyojlari uchun va shuningdek, shu korxonalarning xodimlari o'rtasida ta'mirlash ishlari to'g'risida to'liq ma'lumot berilgandan so'ng, zavod kafolati saqlangan holda chegirmali narxlarda sotilmoqda", โ deyiladi xabarda. Ishlab chiqaruvchining ma'lumotlariga ko'ra, yil boshidagi BYD Chazor va BYD Song Plus modellari 2024-yil avlodiga yangilangan. "Avtomobilning ishlab chiqarilgan yili va yangi avlodini, uning yangilangan tashqi ko'rinishi (feyslifting) va VIN-kodi orqali oson bilib olishingiz, shuningdek, avtomobillarning yuqorida keltirilgan hodisalardan oldin yoki keyin ishlab chiqarilgan yoki import qilinganligini aniqlashingiz mumkin. Shaffoflikni ta'minlash uchun tiklangan avtomobillarning to'liq VIN-raqamlari ro'yxati taqdim etilgan ( havola )", โ deya qo'shimcha qildi kompaniya. BYD Uzbekistan Factory qo'shma korxonasi "o'z faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashga sodiqligini" ta'kidladi. Eslatib o'tamiz, "O'zavtosanoat" va Xitoyning BYD Auto kompaniyasi O'zbekistonda avtomobillarini to'liq siklda ishlab chiqarishni tashkil etishga kelishib olgandi . Bungacha tomonlar avtomobil bozorini o'rgangan. 2022-yilning 29-dekabrida "O'zavtosanoat" (60 foiz ulush) va "BYD Europe B.V." (Niderlandiya, 40 foiz) qo'shma korxonasi BYD Uzbekistan Factory`ni tashkil etgan. 2023-yil 26-sentabrda O'zbekiston hukumati va investor o'rtasida loyihani amalga oshirish bo'yicha kelishuv imzolangan. BYD brendi 2023-yil boshidan buyon O'zbekistonda rasman namoyish etilmoqda. 27-iyundan zavod BYD Chazor va BYD Song Plus avtomobillarini ishlab chiqarishni boshladi . Prezidentga qilingan 10-iyuldagi taqdimotda O'zbekiston BYD bilan V, S va budjet avtomobillarini ishlab chiqarish bo'yicha kelishuvga erishgani aytilgandi . Ularning namunalari xitoylik hamkorlar sinovidan o'tkazish uchun laboratoriyaga topshirilgan. Avvalroq zavod 3 ta yangi model: E2, Seagull va Yuan`ni ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. | economy |
Iyunda Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi ombor quruvchilari "Shaharsozlik to'lqini" O'zbekiston yosh arxitektorlar uyushmasi a'zolari uchun obyekt bo'ylab ekskursiya uyushtirdi. 20 000 kvadrat metr maydonni egallagan logistika ombori ko'tarma kranlar ishlab chiqarishga mo'ljallangan "Pod'yomnik" zavodi o'rnida qurilgan. 1990-yillarda mazkur sanoat korxonasi bir necha qismlarga bo'lib yuborilgan. Bir muddat hudud o'z holiga tashlab qo'yilgan, eski zavodning bir burchagida hatto Ichki ishlar vazirligining xizmat itlari ham saqlangan, deydi CMWP Uzbekistan qurilish loyihalarini boshqarish bo'limining loyiha direktori Andrey Shmelkov. Bir necha yil avval sobiq zavodning qariyb 4 gektarini Balton Trading Asia logistika kompaniyasi sotib oldi. Zavod sexlaridan biri negizida binolar qurilishini ekologik baholash bo'yicha BREEAM standartlariga muvofiq ombor qurildi. Yangi Toshkent bosh arxitektori avvalroq "Gazeta.uz"ga bergan intervyusida shahardagi har bir binoning quruvchisi BREEAM sertifikatini olishga harakat qilishi zarurligini ta'kidlagan edi. Arxitektorlar uchun Balton omborida tashkil etilgan ekskursiyada ishtirok etgan "Gazeta.uz" muxbiri Sabina Bakayeva xalqaro "yashil" standartlar o'zi nima ekanligi, ularga amaliyotda qanday rioya qilinishi, ombor kabi ko'zga tashlanmaydigan obyektga "yashil kartochka" nima uchun kerakligi haqida hikoya qiladi. Butun dunyoda "yashil" binolar beshta asosiy xalqaro standartlarga muvofiq baholanadi. Sertifikatlar loyihaga ham, qurib bitkazilgan obyektlarga ham berilishi mumkin. Ayni vaqtda, loyiha uchun sertifikat olish bino foydalanishga topshirilgandan keyin baholashdan o'tishni kafolatlamaydi. BREEAM โ Building Research Establishment Environmental Assessment Method yoki binoning samaradorligini ekologik baholash usuli โ bu 1990-yilda Britaniyaning BRE Global tashkiloti tomonidan binolarning ekologik samaradorligini baholash maqsadida ishlab chiqilgan "yashil" binolarni baholashning ixtiyoriy reytingi. Ushbu usul Yevropaning atrof-muhit va iqlimga salbiy ta'sirni kamaytirishga qaratilgan ilg'or qurilish amaliyotlarini o'z ichiga oladi. BREEAM salomatlik va farovonlik, energiya ishlab chiqarish usullari, foydalanilgan qurilish materiallari, yerdan foydalanish va ekologiya, atrof-muhitning ifloslanishi va boshqa shu kabi mezonlar asosida baholaydi. Binoga umumiy baho besh ballik shkala asosida shakllantiriladi: bazaviy, yaxshi, juda yaxshi, a'lo va qoyilmaqom. Turli manbalarga ko'ra, bugungi kunda dunyoda 600 mingdan ortiq binolar BREEAM sertifikatiga ega. Ikki milliondan ortiq bino sertifikatlashdan o'tkazish uchun ro'yxatga olingan. Balton Trading Asia ombori ham ular sirasiga kiradi. CMWP Uzbekistan ma'lumotlariga ko'ra, Toshkentdagi yana ikkita bino โ IT-Park va Summit biznes markazi โ allaqachon mos ravishda juda yaxshi va qoyilmaqom reytingi bilan BREEAM sertifikatini olib ulgurgan. Foto: Shuhrat Latipov / "Gazeta.uz". LEED โ Leadership in Energy and Environmental Design yoki energiya tejamkorlik va yashil loyihalash bo'yicha yetakchilik โ bu yashil qurilishga taalluqli binolarni ixtiyoriy sertifikatlash tizimi. Ushbu usul 1998-yilda "yashil" binolar bo'yicha Amerika kengashi tomonidan ishlab chiqilgan. Sertifikat qurilishda eng samarali va ekologik toza loyihalash usullaridan foydalanilganligini tasdiqlaydi. Energiyani tejash, ichimlik suvidan foydalanish samaradorligi, uglerod gazi chiqindilarini kamaytirish, atrof-muhit va binodagi ichki muhit sifatini yaxshilash hamda resurslarni boshqarish shular jumlasidan. LEED 100 balllik shkalada to'rtta darajani taklif qiladi: bazaviy, kumush, oltin va platina. "Yashil" binolar bo'yicha Amerika kengashi ma'lumotlariga ko'ra, hozirda dunyo bo'ylab 197 ming bino sertifikatlangan. Toshkentda Parkent Plaza turar-joy majmuasi va Trilliant biznes markazi LEEDสผning bazaviy va oltin standartiga mos keladi, deya qayd etadi CMWP. Zamonaviy san'at markazi va Davlat san'at muzeyi ayni paytda sertifikatlash jarayonidan o'tkazilmoqda. Trilliant biznes markazi. Foto: Yevgeniy Sorochin / "Gazeta.uz". EDGE โ Excellence in Design for Greater Efficiencies (Samaradorlikni oshirish uchun dizayndagi takomillashuv) โ bu Jahon banki guruhiga bo'ysunuvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan "yashil" qurilish standartidir. Sertifikat ichimlik suvi va energiya tejamkorlik, shuningdek, qurilish materiallarining uglerod izini baholaydi. EDGE uchta baholash darajasiga ega: CO2-neytral binolar uchun bazaviy, ilg'or va eng yuqori daraja. Hozirda Toshkentdagi NUR turar-joy majmuasi aynan shu standart bo'yicha sertifikatlash bosqichida. WELL โ 2013-yilda Kaliforniyadagi Xalqaro quduq muhandisligi instituti tomonidan ishlab chiqilgan, o'z yo'nalishi bo'yicha ilk qulay ichki muhit standarti hisoblanadi. Standart faqat binodan foydalanuvchilarning salomatligi va farovonligiga ixtisoslashtirilgan. U havo, suv, yoritish, harorat qulayligi, jamiyat va innovatsiya kabi mezonlarni qamrab oladi. WELL sertifikati 25 mln kishi ishlayotgan va yashayotgan 74 mingga yaqin tijorat va turar joy binolariga berilgan . Standart obyektlarni to'rt balli shkala bo'yicha bronzadan platinagacha bo'lgan darajalarda baholaydi. O'zbekistonda hozircha WELL sertifikati egalari yo'q. Fitwell โ 2017-yilda AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan ishlab chiqilgan inson salomatligini saqlash standartidir. U jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlash maqsadida faol hayot tarzi uchun zarur qulayliklar tashkil etishga yo'naltirilgan. Standart binoning joylashuvi va unga kirish imkoniyati, tashqi makon, ish va umumiy foydalanish joylari, suv ta'minoti va favqulodda vaziyatlarga shayligini baholaydi. Binolar bittadan uchtagacha yulduzlar bilan baholanadi. O'zbekistonda Fitwell standartiga ega obyektlar ham hozircha mavjud emas. Andrey Shmelkovning so'zlariga qaraganda, Balton Trading Asia oldida palletli saqlash va logistika operatsiyalariga mo'ljallangan zamonaviy quruq ombor qurish vazifasi turgan edi. Dunyodagi barcha omborlarning asosiy qismini ana shunday omborlar tashkil qiladi. "Yuk konteynerlari odatda muayyan miqdordagi palletlar uchun mo'ljallanadi. Butun boshli global logistika yuklarni tashish va saqlash qulay kechishi uchun muayyan miqdordagi palletlarga qadoqlash asosiga qurilgan", โ deydi Andrey Shmelkov. Mutaxassisning fikricha, omborning zamonaviy O'zbekistondagi ko'plab arxitektura loyihalaridan ajralib turuvchi o'ziga xos xususiyati โ mavjud obyektning qayta qurilganligidir. Uning qurilishi uchun kompaniya ko'tarma kran zavodi sexini buzmaslikka, balki uni chuqur qayta ta'mirlashga qaror qildi. Loyiha ustida dastavval Rossiya arxitektura kompaniyasi ishlagan. Biroq keyinroq loyihani to'liq qayta ishlashni arxitektura bo'yicha akademik Muhammad Vohidov boshchiligidagi o'zbekistonlik mutaxassislar jamoasiga topshirishga qaror qilindi. Foto: CMWP Uzbekistan. Zavodning angari bir qavatli binodan iborat edi. Tom qismi ustunlar va temir-beton konstruksiyasi โ yirik binolarda tom qoplamalarini qurishda foydalaniladigan to'sinlarning yig'ma konstruksiyasi yordamida ko'tarilgan. Tom gumbaz shaklidagi oynalardan ishlangan yorug'lik fonari bilan bezatilgan. Zavodning ustun jihati havo aylanishini ta'minlovchi minorasida edi. Undagi ventilyatorlar tashqaridan havoni so'rib olgan va yerosti kanallari orqali haydab, uni sovitib turgan. Shundan keyin sovitilgan havo zavod binosi ichkarisiga kirgan. O'tgan asrda, foydalanish mumkin bo'lgan sovitish tizimlari mavjud bo'lmagan sharoitda, havo shunday sovitilgan. Foto: CMWP Uzbekistan. Quruvchilar ustunlar va to'sinlarni saqlab qolishga qaror qildi. O'rganishlar natijalariga ko'ra, konstruksiyaning katta qismi qoniqarli holatda bo'lib, zarur mustahkamlash ishlari olib borilgandan so'ng bino zamonaviy konstruktiv hisob-kitoblarga mos keldi. "Hamma narsa demontaj qilib bo'lingan, ustunlar va konstruksiyadan boshqa hech narsa qolmagan paytda, Toshkentda ikkita kuchli zilzila sodir bo'ldi, โ deb eslaydi Andrey Shmelkov 2023-yil 21 va 23-martdagi yer silkinishlari haqida. โ Biz allaqachon hamma narsani mustahkamlab bo'lgan edik, shunga qaramay, konstruksiyalarning hammasi ham hali gorizontal ulanishlar bilan bog'lanmagan edi. Shunda biz hammasi yaxshi ekanligiga ishonch hosil qildik". Mutaxassisning fikricha, omborlarda eng muhim va qimmat narsa pol hisoblanadi . Omborning qanchalik yaxshi yoki yomonligi unga qarab baholash mumkin. Binoning boshqa har qanday tarkibiy qismlarini ta'mirlash va qayta ta'mirlash mumkin, lekin agar polning hisob-kitobi noto'g'ri olinsa, bu har doim ombor faoliyatida muammo tug'diradi, chunki ishlab turgan binoda poydevori noto'g'ri qurilgan pollarni ta'mirlash deyarli imkonsiz. "Bu yerda binoning vaznidan tashqari har birining og'irligi 800 kg bo'lgan 22 mingta pallet mavjud. Barchasini ko'paytirsangiz, bu juda og'ir konstruksiya, โ deb tushuntiradi Andrey Shmelkov. โ Yaxshi pol qilish uchun birinchi navbatda asosni tayyorlash kerak: tuproqni shibbalash yoki uni almashtirish. Agar tuproq yomon bo'lsa, pol plitasi cho'kishi mumkin". Omborlarda yerto'lalar bo'lmasligi kerak. Pol plitasi ostidagi har qanday bo'shliq tuproq cho'kishi va polda nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun havoni sovutishga mo'ljallangan yerosti kanallari loyihalashtiruvchilar oldiga murakkab vazifa qo'ydi. Ularni gidravlik bolg'a bilan yo'q qilishga to'g'ri keldi. Buning uchun quruvchilar ustunlarni kanallar poydevorigacha ochib qo'ydi. Keyin tuproq shag'al va qum qatlami bilan almashtirilib, shibbalandi. Yerosti kanallarini yo'q qilish. Foto: CMWP Uzbekistan. "Ishonchli hujjatlar yo'qligi bois ko'p hollarda bu yerda qanday kommunikatsiya o'tganini bilolmadik. Ular sovet davrida qurilganligi sababli, hammasi qanday to'g'ri kelsa, shunday qurilgan. Qandaydir chizmalar bo'lgan taqdirda ham ular hech qanday geologik asos, kommunikatsiya sxemalariga ega emasligi ma'lum bo'ldi โ hech narsaga ishonib bo'lmasdi. Qazib ko'rmaguningizgacha u yerda nima borligini bilolmaysiz. Biz har safar yangi bo'shliqlarga duch kelardik. Bu muddatni biroz kechiktirdi. Bundan tashqari, ustunlarni mustahkamlash odatdagi vazifa emas va yetarlicha mashaqqat talab qiladi, chunki bo'shliqlarni tuproq qatlami bilan to'ldirib shibbalash ham shunday. Biroq biz kerakli tuproq zichligi hosil qilinganiga ishonchimiz komil bo'lguniga qadar sinovlarni to'xtatmadik va shundan keyingina polni yotqizdik", โ deydi Shmelkov. Mustahkam qoplamali pollar โ ombor qurilishidagi yana bir katta vazifa, deydi ekspert. Dunyoda buning ikkita usuli keng qo'llaniladi: mustahkam ustki qoplamali beton va polimerli quyma pollar. Ikkinchi usulning narxi birinchisiga qaraganda bir necha baravar baland. Foto: Balton Trading Asia. "Ko'pchilik odatda beton pol yotqizadi va bu ko'ngildagidek chiqmagan taqdirda, ustidan polimer pol qilinadi. Beton pol uchun tijorat sinfidagi beton ishlatiladi. U GPS mayoqlari yordamida lazer yotqizish usuli bilan quyiladi, shunda pol bir xil tekislikda bo'ladi. Xuddi shu usuldan foydalangan holda tijorat sinfidagi betonning ustiga "topping" quyiladi โ bu betonning yuqori qatlamining sinfini sezilarli darajada oshiruvchi maxsus shaklda suriladigan maxsus qorishma. Bu texnologiyada juda ko'p nyuanslar bor, chunki beton kimyoviy reaksiya hisoblanadi. Zavoddan olib kelishda u quyuqlashishi yoki juda suyuq holatda kelishi mumkin. Agar qoplamaning biror yeri shikastlansa, yamaladi, biroq kvadrat metr uchun bunday ta'mirning narxi bir kvadrat metr pol narxidan bir necha baravar qimmat, chunki ikki komponentli tarkibdan foydalaniladi", โ deydi Andrey Shmelkov. Omborni sovitish va isitish to'liq quyosh panellari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hisobiga ta'minlanadi. Ular sutkasiga 260 kVt quvvat ishlab chiqaradi. Andrey Shmelkovning so'zlariga ko'ra, iyun boshidagi issiq kunda, birgina ombor sovitish va yoritishni hisobga olgan holda shahar elektr tarmog'idan atigi 30 kVt energiya iste'mol qilgan. Bunday minimal iste'mol bir nechta yechimlar bilan izohlanadi. Birinchi navbatda, loyihalashtiruvchilar yorug'lik fonari โ bino tomiga o'rnatilgan oynalardan voz kechishga qaror qilishdi, chunki bunday katta shishali maydon sovutish va isitish xarajatlarining 20 foizga oshishiga olib kelgan bo'lardi. Ombordagi optimal harorat 16โ24 daraja iliqni tashkil etishi lozim. Andrey Shmelkovning so'zlariga ko'ra, O'zbekistonning keskin kontinental iqlimiga xos bo'lgan kunning turli vaqtlarida haroratning keskin o'zgarishi energiyani tejash imkonini beradi. Shunday qilib, kechasi, tashqarida +25 daraja bo'lganda, ventilyatorlar tashqi havoni so'rib, 20 darajaga qadar sovutadi. Kun davomida, tashqarida harorat +45 ga ko'tarilganida, havo oqimi yopiladi. Foto: Balton Trading Asia. "Ombordagi kislorod miqdori yetarli, degan hisob-kitobimiz bor. Havoni aralashtirib turuvchi maxsus ventilyatorlar o'rnatganmiz. Kun davomida ko'chadan issiq havo olmaymiz, lekin tunda, havoni sovutish uchun kamroq resurs talab qilinadigan paytda olingan havodan foydalanamiz. Kunduzi bizda quyosh panellari ishlab chiqaradigan elektr energiyasi hisobiga omborni sovutadigan chiller ishlaydi. Shunday qilib, ombor energiya resurslarini sezilarli darajada tejaydi va kunduzi tungiga qaraganda kamroq elektr energiyasini iste'mol qiladi, bu shahar tarmoqlari uchun ham yaxshi, chunki yozda kunduzgi vaqtlarda elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyoj tundagiga qaraganda yuqoriroq bo'ladi", โ tushuntiradi Andrey Shmelkov. Quyosh panellarini loyihalashtiruvchilar odatdagidek tomga emas, balki avtoturargoh ustiga o'rnatishga qaror qilishdi. Buning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, panellar avtoturargohda soya manbai bo'lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, estetik jihatdan chiroyli ko'rinadi. Va nihoyat, eng muhimi, tomga tunuka yotqizilgan. Bu juda qimmat turadi, shuning uchun quyosh panellarini o'rnatishda tavakkal qilmaslikka qaror qilingan. Foto: Balton Trading Asia. Tomning turi iqlimga qarab tanlangan, deb tushuntiradi Andrey Shmelkov. O'zbekistonda bugungi kunda asosan uch turdagi tom yopish qo'llaniladi: profnastil, membranali tom va sendvich panellar. Birinchi material yaxshi ustalarni talab qiladi, ikkinchisi O'zbekistonda hali qo'llanilmaydi, bizning iqlim sharoitida u o'zini qanday tutishi noma'lum. Sendvich panellar โ eng keng tarqalgan material. Balton omborida fasad qoplamasida ishlatilgan. Ushbu material tom yopishda bitta kamchilikka ega. "Sendvich panellarda qulf bor. Isitilganda panel kengayadi. U devorda bo'lganida, qandaydir tarzda o'z vazni ostida qayta turadi. Gorizontal holatda esa, ayniqsa, bunday katta maydonda (bizda uzunligi 200 metr) bo'lsa, u holda tomning kengayishi shunday bo'ladiki, issiqda u bir necha santimetrga "uzoqlashadi", lekin uni dastlabki holatga qaytishga majburlaydigan kuch yo'q. Shundan keyin tom oqadi. Tunuka tomning ikkita burmasi bor. Tom kengayganida, bu ikkita burma birlashadi, shundan keyin prujina kabi ajraladi va tomning mahkamligi buzilmaydi. Uning o'zi harorat ta'siri ostidagi kengayishni qoplaydi", โ deydi Andrey Shmelkov. Foto: CMWP Uzbekistan. Ayrim ko'p yillik o'simliklar binoning yangi funksiyasiga xalal berishiga qaramay, hududdagi barcha daraxtlar saqlab qolingan. Ularni kesmaslik maqsadida loyihalashtiruvchilar doklar โ tovarlar yuk mashinalariga ortiladigan joylarning joylashuvini o'zgartirishga qaror qilishdi. "Sanoat obyekti hisoblansa-da, bu yerda 200 ga yaqin daraxt bor, lekin ishni boshlashimizdan avval 100 tadan kamroq edi", โ ta'kidlaydi Andrey Shmelkov. ""Yashil" sertifikat olish โ juda mashaqqatli ish. Avvaliga bu qarorlarning hammasini loyihaga kiritish kerak, keyin qurilish jarayonida ularning bajarilganiga ishonch hosil qilish kerak. Shuning uchun qurilish bosqichida biz qayta ishlatiladigan material hisobini alohida olib bordik, g'isht yoki betondan qayta foydalanishga harakat qildik. Masalan, saralangan eski g'ishtdan quruvchilar uchun vaqtinchalik dushxonalar va kiyinish xonalari qurishda foydalanildi", โ deydi Andrey Shmelkov. Qayta qurish jarayonida jamoa oldida turgan loyiha, qurilish va muhandislik bilan bog'liq barcha muammolarni hisobga olinsa, haqli savol tug'iladi: hammasini buzib, noldan qurish arzonroq tushmasmidi? "Bizda yaxshi masofada joylashgan ustunlar, hozir ishlab chiqarilmaydigan yaxshi to'sinlar bor edi โ nima uchun ulardan foydalanmasligimiz kerak?! Albatta, yangi bino qurish bunchalik qimmatga tushmasdi, chunki ustunlarni mustahkamlash, yerto'lalarni tugatish, tuproqni almashtirish va shibbalash โ bu juda katta ish", โ deya sanab o'tdi Andrey Shmelkov. Biroq BREEAM "yashil" sertifikati ko'rsatkichlarining taxminan 75 foizi jamiyatga, atrof-muhitga ta'sirni, xodimlar yoki binodan foydalanuvchilar uchun qulaylikni baholaydi va 25 foizigina energiya tejamkorligiga to'g'ri keladi, deb tushuntiradi ekspert. Shahar bog'i hududidagi qurilish. "Binoni buzib tashlagan taqdirimizda, "yashil" sertifikatni boshqa mezonlarga ko'ra olgan bo'lardik. BREEAM mezonlari xilma-xil va siz turli ko'rsatkichlar yordamida ball to'plashingiz mumkin. Yomg'ir suvini yig'ish tizimlari, devorlarning muayyan ko'rsatkichdan yuqori issiqlik izolyatsiyasi, qulay yo'llar, CO2 chiqindilari va boshqalar bo'yicha bandlar mavjud. Har bir ko'rsatkich o'z salmog'iga ega. Bundan tashqari, bu salmoq mintaqaga qarab farq qiladi. Masalan, Yevropada qayta tiklanadigan energiya uchun O'zbekistondagiga qaraganda kamroq ball beriladi, chunki bu yerda u iqtisodiyot uchun muhimroq", โ deydi Andrey Shmelkov. BREEAM yomg'ir suvi o'tkazuvchanligini ham hisobga oladi, deya qo'shimcha qiladi mutaxassis. Agar butun maydonga beton quyilgan yoki asfaltlangan bo'lsa, yomg'ir suvi shaharning drenaj tizimi uchun katta yuklamaga aylanadi va tabiatda suvning normal aylanishiga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun yomg'ir suvi tuproqqa tushishi muhim. Loyihalashtiruvchilar hududdagi maysazorlar va daraxt tanasini o'rab turuvchi gulxonalarga qo'shimcha ravishda avtoturargohlardan biriga maysazor panjarasini yotqizishga qaror qilishdi. Bir tomondan, bu suvning tuproqqa tushishiga imkon beradi, boshqa tomondan, loy hosil bo'lmaydi. Moskvadagi turar joy hovlisi avtoturargohdagi maysazor panjarasi. Foto: Vikipediya. Andrey Shmelkovning qo'shimcha qilishicha, "yashil" sertifikat mijozlar bilan ishlashda binolarning jozibadorligini oshiradi. Agar xalqaro ishlab chiqaruvchi O'zbekistonga mahsulot yetkazib berishga qaror qilsa, u zamonaviy omborni tanlaydi, chunki ekologik standartlar va tasnif, xususan, omborlar misolida, mohiyatan obyekt sifatining xalqaro belgisidir. Sifatli dizayn, aniq navigatsiya va omborni boshqarishning zamonaviy kompyuterlashtirilgan tizimi logistika operatsiyalarini tezlashtiradi. Bundan tashqari, global brendlar uchun xodimlar uchun qulaylik, ularning xavfsizligi, shuningdek, mahsulot xavfsizligi va atrof-muhitga ta'siri ham katta ahamiyatga ega. Andrey Shmelkovning so'zlariga ko'ra, omborni boshqarish tizimi logistika operatsiyalarining buyurtmani shakllantirishdan tortib ombordan do'konga yetkazib berishgacha bo'lgan butun zanjirini kuzatish imkonini beradi. "Aytaylik, tish pastasi palleti keldi. Do'konga butun boshli pallet kerak emas, bir nechta quti kerak. Muayyan do'kon uchun buyurtma yaratiladi, tizim bu buyurtmalarni taqsimlaydi, odamlar ularni yig'adi, kichik yuk mashinalariga joylashtiradi va do'konlarga yetkazib berish boshlanadi. Tizim qayerda va nimani olish kerakligini ko'rsatish bilan cheklanib qolmaydi. U doimiy ravishda tovarlar oqimini tahlil qiladi va ularni javonlarga joylashtiradi, shunda tez-tez olinadigan narsa pastroq, kamroq olinadigan narsa yuqoriroqda joylashadi. Shunday qilib, ombor imkon qadar samarali ishlaydi, chunki logistikada pul tezlikka bog'liq. Agar siz ombor qursangiz, lekin tovarlarga xizmat ko'rsatish uzoq vaqt talab qilsa, u holda juda raqobatbardosh va texnologik jihatdan rivojlangan logistika biznesi kulingizni ko'kka sovuradi". Foto: Balton Trading Asia. Omborlarni qurishga investitsiyalarning qaytimi 6โ8 yilni tashkil etadi, deydi Andrey Shmelkov. Agar kompaniya barcha logistika operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshirsa, maydonni ijaraga berish bilan solishtirganda kvadrat metr uchun rentabellik yuqoriroq bo'ladi. Umuman olganda, ekspertning fikricha, hatto ombor singari ko'zga tashlanmaydigan binoning qayta qurilishi ham obyektning qiymatini oshiradi. "O'zbekistonda qayta qurilgan loyihalar deyarli yo'q. Esimda, Toshkentga kelganimda tarixiy binolar: ular nima maqsadda foydalanilgan va bugungi kunda qanday holatda ekanligi haqida hikoya qilingan katalog kitob sotib olgandim. Bu kitobda sovet davrida sharqona uslubda qurilgan hammomni topdim. U yerda obyekt buzib, avtoturargohga aylantirilgan, deb yozilgan edi. Ko'pincha quruvchi kompaniyalar obyektga kelganlarida, maydonni tekislaydilar va butunlay yangi bino quradilar. Menimcha, bu nafaqat shaharsozlik nuqtai nazaridan, balki binoning kapitallashuvi nuqtai nazaridan ham noto'g'ri, chunki binoning o'z tarixiga ega bo'lishi uning o'ziga xosligini oshiradi. Albatta, sanoat maydoni โ bu Sagrada Familia emas. U juda ko'p cheklovlarga to'qnash keladi. Biroq kelajakda ushbu bino ham arxitektorlar uchun allaqachon xizmatini o'tab bo'lgan va endilikda foydalanilmayotgan sanoat obyektlarida arxitektura, qurilish va muhandislik yechimlari namunasi bo'lib xizmat qilishi mumkin , bundan tashqari, bu resurslarga oqilona munosabatda bo'lish namunasi hamdir". | economy |
2024-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko'ra, O'zbekistonda nominal hisoblangan o'rtacha oylik ish haqi yillik ko'rsatkichda 17,4 foizga (2023-yilning yanvar-iyun oylaridan hisoblaganda) โ 4,33 million so'mdan 5,09 million so'mga oshdi, deyiladi Statistika agentligining hisobotida . Oxirgi uch oyda ko'rsatkichning o'sishi 3,5 foizgacha sekinlashdi (inflyatsiya hisobga olinganda โ 0,2 foizgacha), ya'ni so'nggi chorakda real ish haqi deyarli oshmadi. Taqqoslash uchun: yanvar-mart oylarida o'rtacha nominal ish haqi 7,7 foizga oshgan (inflyatsiya hisobga olinganda โ 6,1 foiz). 2023-yilning birinchi va ikkinchi choraklarida o'sish sur'atlari 5,8 foiz va 5,6 foizni tashkil etgan (inflyatsiya hisobga olinganda โ 3,5 foiz va 4,6 foiz). Nominal hisoblangan ish haqi yuridik shaxslarning (qishloq xo'jaligi korxonalari va kichik biznes subyektlari bundan mustasno) ma'lumotlari asosida hisoblanadi. O'rtacha ish haqini aniqlashda mehnat daftarchalari bo'lgan ishchilarning daromadlari, shuningdek, shaxsiy daromad solig'i va kasaba uyushma jamg'armasiga badallar to'langan holda ularga beriladigan nafaqalar, ish haqi, rag'batlantirish va kompensatsiya to'lovlari hisobga olinadi. Hududlar kesimida birinchi yarimyillikda eng yuqori o'rtacha nominal ish haqi Toshkent shahrida saqlanib qoldi, u yerda yillik ko'rsatkich 20,2 foizga (2023-yil yanvar-iyun oylaridagi 27,1 foizga nisbatan) โ 7,02 million so'mdan 8,45 million so'mgacha o'sdi. Keyingi o'rinlar quyidagicha: Navoiy viloyati โ 5,7 million so'mdan 6,6 million so'mga (+16,2 foizdan 17,5 foizga), Toshkent viloyati โ 4,4 million so'mdan 4,9 million so'mga (+12,9 foizdan 18,9 foizga), Andijon viloyati โ 3,8 million so'mdan 4,4 million so'mga (+17,6 foizdan 22,7 foizga) va reytingdagi o'rnini yaxshilagan Qoraqalpog'iston โ 3,6 million so'mdan 4,165 million so'mga (+14,7 foizdan 21,9 foizga). U Buxoro viloyatini quvib o'tdi โ 3,7 million so'mdan 4,163 million so'mga (+11,9 foizdan 21,5 foizga). Qashqadaryo viloyati oxirgi o'rinda โ 3,2 million so'mdan 3,63 million so'mga (+15,6 foizdan 13,6 foizga). Poytaxt va hududlar o'rtasidagi ish haqi farqi kengayishda davom etmoqda. Xususan, eng yuqori (Toshkent) va eng kam (Qashqadaryo) ish haqi o'rtasidagi farq 2,19 barobardan 2,32 barobarga oshdi. 2023-yil yakuniga ko'ra bu ko'rsatkich 2,25 barobar, 2022-yilda โ 2,18 barobar, 2021-yilda โ 2,06 barobar, 2020-yilda esa 1,97 barobarni tashkil qilgan. Faoliyat turlari bo'yicha eng yuqori o'rtacha ish haqi bank, moliya va sug'urta sohalarida bo'lib, 12,45 million so'mdan 14,4 million so'mgacha o'sdi, biroq bu sohada o'sish sur'ati pasaydi (34,3 foizdan 16,1 foizga). Axborot va kommunikatsiya sohasi 23,2 foiz โ 12,4 million so'mga (2023-yil yanvar-mart oylaridagi o'sish 46,1 foiz), tashish va saqlash โ 7,73 million so'mga (20,6 foizdan 38,4 foizga), sanoat โ 6,2 million so'mga (16,1 foizdan 17,7 foizga) oshdi. Ish haqi bo'yicha savdo qurilish sektorini ortda qoldirdi โ 5,86 million so'm (+24,6 foiz) va 5,44 million so'm (+2,3 foiz). May-iyun oylarida qurilish sohasida ish haqi 7 foizga va 0,5 foizga kamaydi. Eng past o'rtacha oylik ish haqi hamon sog'liqni saqlash sohasida โ 2,29 million so'mni (o'tgan yilgi 14,6 foizdan 20,9 foizga) va ta'lim sohasida โ qariyb 3,5 million so'mni (15 foizdan 17,5 foizga) tashkil etmoqda. O'qituvchilar va shifokorlar ish haqining o'sish sur'ati ham biroz sekinlashdi, shu sababli bu sohalarda ish haqi va respublika darajasi o'rtasidagi tafovut ortdi. Xususan, agar 2022-yilning yanvar-mart oylarida ta'lim sohasida ish haqi respublika darajasidan 27,1 foiz punktga past bo'lgan bo'lsa, 2024-yilning birinchi choragida bu tafovut 31,3 foiz bandiga ko'tarildi. Bundan tashqari, ushbu ikki sohada eng ko'p xodim ishlaydi โ ta'limda 37,9 foiz va sog'liqni saqlashda 16,7 foiz (sanoatdan keyin โ 18,3 foiz). budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oxirgi marta o'tgan yilning 1-dekabrida oshirilgan edi. | economy |
UzAuto Motors tarixidagi so'nggi Chevrolet Lacetti avtomobili Andijon viloyati Asaka shahridagi zavod konveyeridan chiqdi. Bu Gentra nomi bilan tanilgan, 2013-yildan beri ishlab chiqarilgan yangilangan modelning 487104-donasi bo'ldi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. Modelning o'zini ishlab chiqarish 2008-yilda boshlangan. Dastlab zavod avtomobilni yiliga 11 222 dona ishlab chiqargan bo'lsa, 2023-yilda bu ko'rsatkich 89 565 taga yetgan. "O'tgan 10 yil davomida u ko'plab avtomobil ixlosmandlari uchun ishonchli va qulay avtomobil bo'lib, xalq avtomobiliga aylanib ulgurdi", โ deyiladi xabarda. Kompaniya Lacetti "xalq qalbidan munosib o'rin olganini" ta'kidlab, barcha mijozlar va hamkorlarga minnatdorchilik bildirdi. 487104 raqami va "Alvido, Lacetti" yozuvi tushirilgan oxirgi qora avtomobil zavod xodimlarining olqishlari ostida konveyerdan chiqdi. | economy |
"Toshkent issiqlik markazi" MCHJga 2,5 mlrd so'mdan ortiqcha olingan daromadni qaytarish yuzasidan ko'rsatma berildi, deb xabar berdi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi matbuot xizmati. Qo'mitaning Toshkent shahridagi hududiy boshqarmasi "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tizimidagi "Toshkent issiqlik markazi" (TIM) faoliyati ustida o'rganish o'tkazdi. Unda kompaniyaning 2021โ2023-yillar davomida iste'molchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi narxlari (tariflari) qanday shakllangani va qo'llanganiga urg'u qaratildi. Qayd etilishicha, TIM tabiiy monopoliya subyekti hisoblanib, u ishlab chiqargan issiqlik energiyasi narxlari Toshkent shahri moliya organi tomonidan tasdiqlangan. Unga ko'ra, har bir Gkal uchun 13,3 metr kub suv sarflanishi belgilangan. Ammo kompaniya tomonidan real xarajatlar o'rganilganda, me'yor 14,01 metr kubga (+0,71) oshirilgani aniqlangan. Buning ortidan jamiyat tomonidan 4 million 728 ming 85 metr kub ortiqcha suv sarflangan, oqibatda 2023-yil davomida 2,5 milliard so'mdan ortiq asossiz daromad olingan, deyiladi xabarda. Holat yuzasidan qonunchilik talablari buzilgani alomati bilan TIMga nisbatan o'rnatilgan tartibda ish qo'zg'atildi. Natijasi yuzasidan ortiqcha olingan daromadni ixtiyoriy ravishda iste'molchilarga qaytarish yuzasidan ko'rsatma berildi. | economy |
Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi Knauf Gips Buxoro kompaniyasini bozorda ustun mavqega ega kompaniya sifatida tan oldi. Bu haqda qo'mita matbuot xizmati xabar qildi . Qo'mita gipsokarton mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bozorini tahlil qilib, kompaniyaning ulushi 40 foizdan oshganini aniqladi. Shundan kelib chiqib, Knauf Gips Buxoro "Raqobat to'g'risida"gi qonunning 13-moddasiga asosan ustun mavqega ega deb topildi. Knauf Gips Buxoro 2006-yil iyul oyida tashkil etilgan. Ta'sischilari Knauf International Gmbh (75%) va Deg โ Deutsche Investitions Und Entwicklungsgesellschaft MbH (DFI moliyaviy rivojlanish instituti va KfW Group nemis banki shu'ba korxonasi) hisoblanadi. 2023-yilning dekabr oyida Raqobat qo'mitasi Yandex Go`ni taksi agregatorlari bozorida 86,3 foiz ulush bilan O'zbekistonda ustun mavqe ega bo'lgan kompaniyalar ro'yxatiga kiritgandi . Hozirda ushbu reyestrda 94 ta kompaniya mavjud. Yaqinda qo'mita "Lukoyl" shu'ba korxonasi va "Navoiyazot"dan monopol mahsulotlarni sotish tartibini buzgani sababli asossiz daromadlarni undirish to'g'risida qaror qabul qilgan. Ma'lumot uchun, ustun mavqe โ bu tovar yoki moliya bozorida xo'jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo'jalik yurituvchi subyektlarga bog'liq bo'lmagan holda unga o'z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatish, tegishli bozorga boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holat. Agar kompaniya yoki shaxslar guruhining bozor ulushi 40 foiz yoki undan yuqori bo'lsa, shuningdek, boshqa hollarda mahsulot yoki moliya bozoridagi ustun mavqe tan olinadi. Hozirda ustun mavqega ega bo'lgan kompaniya mahsulot yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilishi kerak. Reyestrga kiritilgan korxonalar monopoliyaga qarshi yuqori yoki monopolistik past narxlardan foydalanishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha harakatlarini nazorat qilish maqsadida har chorakda monopoliyaga qarshi organga o'zlari reyestrga kiritilgan xizmatlar turiga qo'llaniladigan narxlar to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etadilar. | economy |
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O'zbekiston hukumatining mamlakat moliya bozorlarini mustahkamlash va barqaror bozorga yo'naltirilgan energetika sektorini rivojlantirish bo'yicha tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash uchun umumiy qiymati 400 million AQSh dollari bo'lgan ikkita qarzni ma'qulladi. Bu haqda bank "Gazeta.uz"ga ma'lum qildi. "Xususiy sektorning faol ishtiroki O'zbekistonning iqtisodiy o'sishi va transformatsiyasi uchun juda muhim ahamiyatga ega", โ dedi OTBning Markaziy va G'arbiy Osiyo bo'yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov. "Ushbu dasturlar qo'llab-quvvatlaydigan islohotlar tartibga soluvchi organlar va kompaniyalar uchun barqaror ichki moliyaviy bozorlarni yaratish va iqlim o'zgarishi masalalarini hal qilgan holda energiyaga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish orqali rivojlanishni rag'batlantirishda o'z rolini o'ynashi uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi". " Energetika sektorini isloh qilish dasturi" ning 2-kichik dasturi uchun ajratiladigan 300 million AQSh dollari miqdoridagi karz xususiy sektor investitsiyalarini rag'batlantirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish maqsadida energetika sektorining tuzilishi, huquqiy-me'yoriy bazasi va boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan siyosat choralarini amalga oshirish uchun budjet yordamini taqdim etadi. Dastur uglerod chiqindilarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish bo'yicha islohotlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu islohotlar sirasiga elektr energiyasi bozorini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi, raqobatni rivojlantirish va shaffoflikni ta'minlash uchun mustaqil energetika regulyatorini yaratish, markaziy xarid va chakana savdo funksiyalarini ajratish va yangi tashkil etilgan mustaqil tashkilotlarga o'tkazish hamda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni oshirish, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va mamlakatning elektr uzatish va tarqatish tarmog'ini modernizatsiya qilish bo'yicha energetika sektori bosh rejasi kiradi. " Moliya bozorlarini rivojlantirish dasturi "ning 2-kichik dasturi uchun ajratiladigan 100 million AQSh dollarli miqdoridagi qarz moliyaviy operatsiyalar va xizmatlarni optimallashtirish uchun bozor sharoitlarini yaxshilashga, shuningdek, O'zbekistonning kapital va pul bozorlari o'sishi uchun talab va taklifni tartibga solishga qaratilgan regulyator va institutsional islohotlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu kichik dastur doirasida qo'llab-quvvatlanadigan asosiy tashabbuslar sirasiga kapital bozorini tartibga solish bo'yicha barcha vakolatlarni ixtisoslashtirilgan tartibga soluvchi organga berish, kapital bozori bilan bog'liq barcha me'yoriy hujjatlarni birlashtiruvchi taklif etilayotgan qonun, shaffoflikni ta'minlash va o'rganish imkonini berish uchun Internetda kompleks bozor ma'lumotlarini nashr etish va yashil va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun obligatsiyalarni chiqarishni va kapital bozoriga kirishni osonlashtirish uchun fintex uchun "tartibga solish qumdoni" rejimini qo'llab-quvvatlovchi davlat qarzi to'g'risidagi qonun kiradi. Ma'lumot uchun, O'zbekiston OTBga 1995-yilda a'zo bo'lgan va o'shandan beri bank mamlakatga 12,5 mlrd AQSh dollari miqdorida qarz, grant va texnik ko'mak taqdim etgan. | economy |
Beshta gugurt ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlari sifatsiz ekanligi aniqlandi, deb xabar berdi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi matbuot xizmati. Qo'mitaga savdo tarmoqlarida sifatsiz gugurt mahsulotlari sotilayotgani yuzasidan kelib tushgan murojaatlarga asosan nazorat xaridlari tashkil etilgan. Bu uchun beshta savdo belgisi ostidagi gugurt mahsulotlari tanlab olinib, ularning namunalari GOST 1820โ2001 standarti talablariga nomuvofiqligi aniqlangan. Jumladan, namunalarda minimal gugurt cho'pi soni 11โ17 donaga kam bo'lgan. Buning ortidan Up-Match MCHJ (Jeep) 150 million so'mlik mahsulot sotib, iste'molchilardan 44 mln 700 ming so'm ortiqcha mablag' olgan. Atlas-Invest esa 66,5 million so'mlik gugurt sotgan va olingan ortiqcha mablag' 20,5 million so'mni tashkil etgan. Raqobat qo'mitasi mazkur MCHJlarga bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar berdi. "Ko'rsatma talablari o'z vaqtida bajarilishi ta'minlandi. ya'ni sifatsiz gugurt mahsulotlari savdo rastalaridan olindi", โ deyiladi xabarda. Shuningdek, ortiqcha olingan mablag'larni iste'molchilarga qaytarish yoki gugurtlarni sifatlisiga almashtirish chora-tadbirlari ham belgilandi. Bundan tashqari, sifatsiz chiqqan Avion, "Fesko" va Viktory savdo belgilari ostidagi gugurtlar xorijiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgani aniqlandi. Hozirda ularga nisbatan ham belgilangan tartibda chora ko'rish ishlari olib borilmoqda, deb yozdi qo'mita. Ma'lumot o'rnida, GOST 1820โ2001 standarti talablari bo'yicha 4 (2/3) formatdagi gugurtlarning alohida qutilarda eng ko'p to'ldirilishi 40 dan 60 donagachani tashkil etishi, eng kam to'ldirilishi esa 37 dan 52 donagacha bo'lishi shart. | economy |
31-iyul, chorshanba kuni O'zbekistondagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari YouTube xizmatining ishlashi yomonlashgani va ayrim videolar sekin yuklanayotgani haqida xabar berdi. "Gazeta.uz" izoh uchun bog'langan Raqamli texnologiyalar vazirligi (RTV) matbuot xizmati YouTube "odatiy rejimda" ishlayotgani va "uning O'zbekistonda ishlashi sekinlashmayotganini" ma'lum qildi. RTV matbuot kotibi Sherzod Axmatovning so'zlariga ko'ra, shu kunlarda Rossiya OAVlari yozayotgan Rossiyada videohosting tezligining sekinlashgani bilan bog'liq vaziyat "O'zbekistonga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi". "Agar bir mamlakatda YouTube sekinlashsa, magistral tarmoq o'chirilgan bo'lsa ham, bu O'zbekistonga hech qanday ta'sir qilmaydi. Bu boshqa onlayn xizmatlarga ham tegishli. Mamlakat bir davlatga bog'lanmagan va internetni bir nechta davlatdan sotib oladi", โ deb tushuntirdi RTV matbuot xizmati rahbari. Shuningdek, u YouTube`ga egalik qiluvchi Google`da keshlash serverlari mavjudligiga e'tibor qaratdi. 26-iyul kuni Rossiya Davlat dumasining axborot siyosati qo'mitasi rahbari Aleksandr Xinshteyn kompaniyaning "harakatsizligi" tufayli YouTube`ning yuklanish tezligi 40 foizgacha pasayganini ma'lum qildi . Uning so'zlariga ko'ra, xizmatning rossiyaliklar tomosha qiladigan asosiy mazmunining taxminan 80 foizi RFdagi Google serverlarida saqlanadi. Ular doimiy texnik xizmat ko'rsatishni talab qiladi, sanksiyalar tufayli kompaniya bu ishni amalga oshirmaydi. Xinshteynning qo'shimcha qilishicha, Google bilan hamkorlik qiluvchi Rossiya ma'lumotlar markazlari yaqin kunlarda kompaniya bilan "kulrang sxemalar" bo'yicha ishlashni to'xtatish niyatida. Bu YouTube`ning yuklanish tezligi 70 foizgacha pasayishiga olib keladi, dedi u. | economy |
1-avgust kuni O'zbekistonda may oyi oxirida avtomobillar uchun metanning bir kubometri uchun 3750 so'm miqdorida belgilangan maksimal chakana narxining amal qilish muddati tugadi (1-iyungacha narx 3350 so'm edi). Internet foydalanuvchilarining xabar berishicha, ayrim yonilg'i quyish shoxobchalarida narxlar 3950โ4250 so'mgacha ko'tarilgan , vaholanki, ayrim viloyatlarda gaz hamon 3750 so'mdan sotilmoqda. Moliya vazirligining "Daryo"ga ma'lum qilishicha , endilikda tadbirkorlar yonilg'i narxini o'zlari belgilaydi. Gaz "zapravka" egalaridan birining "Gazeta.uz"ga ma'lum qilishicha, ularga " narxlarni ko'tarmaslik haqida og'zaki ko'rsatma " kelib tushgan va hujjat taqdim etish va'da qilingan. "Gazeta.uz" Energetika vazirligi bilan bog'landi, biroq ular narx oshishiga izoh bermadi. Ijtimoiy tarmoqlarda propan narxining ko'tarilgani haqida xabarlar ham bor. O'zbekiston tovar-xom ashyo birjasi (UzEx) ma'lumotlariga ko'ra, suyultirilgan gaz (propan) narxi 1-iyun kuni bir tonna uchun 5,2 mln so'mni tashkil etgan bo'lsa, 1-iyulda bir tonna uchun 6,02 mln so'm ะฝะธ tashkil qilgan, 31-iyulga kelib bu ko'rsatkich 7 mln so'mga ko'tarilgan, ya'ni oyiga 25 foizga, ikki oyga 44 foizga oshgan. Xuddi shu xarajat yanvar oyi boshida, metan yonilg'i quyish shoxobchalarining yopilishi yoki cheklanishi tufayli narxlar ko'tarilgan edi. Agar iyul oyining dastlabki ikki haftasida propan 1200โ1600 tonna oralig'ida birja savdolariga qo'yilgan bo'lsa, 15-iyuldan boshlab hajm 1000 tonnadan oshmadi va hatto 800 tonnadan pastga tushdi. Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi tovar-xom ashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining (propan) qo'yilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o'rganishlarni olib borayotganini bildirdi . | economy |
Shavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda hukumatning iqtisodiyot, moliya va kambag'allikni qisqartirish kompleksidagi ustuvor vazifalarini belgilab berdi . Prezident Farg'ona viloyati misolida "juda katta resurslar hali ishga solinmaganini" ta'kidladi. Davlat rahbari bundan buyon tuman hokimlarining o'z hududida mahsulotni ko'paytirish bo'yicha hisobdorligi bo'lishini aytdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hududiy ishlab chiqarishni ko'paytirish bo'yicha 10 ta hisobdorlik ko'rsatkichini belgilash topshirildi. U Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G'ijduvon tajribalari o'zini oqlaganini hisobga olib, ularga "yangi sur'at bag'ishlash zarurligini" ta'kidladi. Jumladan, hali 4 ming 122 ta mahallada ixtisoslashuv darajasi pastligini qayd etdi. Yil yakunigacha " Sayxunobod tajribasi " doirasida xonadonbay ishlash tizimi asosida har bir mahalladagi xonadonlar uchun moliyaviy paket qilib berilishi belgilandi. Bu orqali 495 ming aholi bandligini ta'minlash kutilmoqda. Mutasaddilarga ikkinchi yarim yillikda "Oilaviy tadbirkorlik" dasturi qamrovini 1,5 barobar oshirib, 4 trln so'm ajratish topshirildi. Yil yakunigacha kamida 50 ta yangi mikro-moliyalash tashkilotini ochib, ularni kreditlashga 1 trln so'm resurs berish vazifasi qo'yildi. "Uychi tajribasi", ya'ni tadbirkorlar va biznes bilan shug'ullanish istagidagi aholi bilan manzilli ishlash tizimi asosida tuman hokimlari tadbirkorlar bilan, banklar esa mijozlari bilan muntazam uchrashib, ularga biznesini kengaytirishga ko'maklashishi belgilandi. Bunda tuman hokimi infratuzilma masalasi, bank esa moliyaviy ko'mak masalasi bilan shug'ullanadi. Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga tadbirkorlar bilan manzilli ishlash hisobiga yil yakunigacha 670 ming aholi bandligini ta'minlash muhimligini qayd etdi. Tadbirkorlar bilan mahallabay ishlash bo'yicha "G'ijduvon tajribasi" asosida tuman hokimlariga yil yakuniga qadar 1 mingta mahallada vertikal o'sadigan sanoat binolarini tashkil qilish topshirildi. Bunday binolarda xonadonlarda tashkil qilingan, lekin kengayish imkoni bo'lmagan ishlab chiqarishlar uchun sharoitlar yaratiladi. Ushbu sanoat markazlarining ikkinchi va undan yuqori qavatlarida ishlayotgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi. Prezident tuman darajasida katta loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan "Zarbdor tajribasi" asosida sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida kamida 5โ7 tadan "drayver" loyiha ishlab chiqish zarurligini aytdi. Ular tumanlardagi sanoat zonalari, bo'sh turgan davlat obyektlariga joylashtiriladi. Eng yaxshi loyihalarga joriy yilda 500 mlrd so'm ajratilishi belgilandi. Bu orqali yana 150 ming ish o'rni yaratish mumkin. Umuman, aytilgan 4 ta tajribani qo'llagan holda yil yakunigacha 2 mln 416 ming aholi bandligini ta'minlash rejasini tasdiqlash topshirildi, deyiladi xabarda. Prezident 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko'payganini aytgandi . budjet daromadlari 113 trln so'mga yetib, 14 foizga o'sgan, 1,6 mln aholi rasmiy band bo'lgan. Mazkur yig'ilishda bosh vazirning 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo qo'llash va 10 nafar hokimni ishdan olish bo'yicha taklifini qo'llab-quvvatlandi . | economy |
Sirdaryo viloyati Avtomobil yo'llari boshqarmasi tizim tashkilotlari amalga oshirgan boshlang'ich qiymati 37 mlrd so'mdan ortiq bo'lgan davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo'mitasi xabar qildi . Xususan, Raqobat qo'mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyat Avtomobil yo'llari boshqarmasi tizim tashkilotlarida "Raqobat to'g'risida"gi va "Davlat xaridlari to'g'risida"gi qonunlari hamda sohaga oid boshqa me'yoriy hujjatlar ijrosi yuzasidan 2024-yilning mart-iyul oylarida o'rganish ishlari o'tkazildi. O'rganishlar natijasida boshqarmaning tizim tashkilotlari: Boyovut, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos va Guliston tumanlarida joylashgan unitar korxonalari tomonidan o'tkazilgan boshlang'ich qiymati 37 mlrd so'mdan ortiq bo'lgan 67 ta xaridlarda "Raqobat to'g'risida"gi hamda "Davlat xaridlari to'g'risida"gi qonunlar talablari buzilganligi holatlari aniqlandi. Jumladan, ushbu o'tkazilgan davlat xaridlarida "Davlat xaridlari to'g'risida"gi qonunda belgilangan dastlabki malaka tanlovi, xarid qilish tartib-taomili, tanlashni o'tkazish talablari buzilishiga yo'l qo'yilgan. Shuningdek, "Raqobat to'g'risida"gi qonunda belgilangan savdolarda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan harakatlar sodir etilgan. Qo'mitaning ta'kidlashicha, aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan Sirdaryo viloyati Avtomobil yo'llari boshqarmasi tizim tashkilotlariga nisbatan tegishli tartibda ish qo'zg'atilib, bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar berildi. | economy |
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkor Toshkent shahridagi davlat idoralari vakillari bilan ochiq muloqot chog'ida yuridik shaxslar uchun yangi elektr energiyasi standartini bekor qilishni so'radi. "Sherzod aka, (Soliq qo'mitasi boshlig'i Kudbiyev), katta rahmat sizga. Qo'mita so'nggi 2โ3 yil davomida bevosita tadbirkorlar bilan ish olib borganidan so'ng soliq tizimi tartibga tushdi-ku. Lekin men bu yerda boshqa qo'mitalar va vazirliklarni kutgandim. Qani ular? Energetika vazirligi qani? Raqobatni rivojlantirish qo'mitasi qani? Bizni eng qiynayotgan muammo o'sha yerda-ku", โ deydi Perfect Invest Business asoschisi Ulug'bek Sultonov. Unga ko'ra, elektr energiyasi va gazdan foydalanishning yangi qoidalarida (Vazirlar Mahkamasining 31-maydagi qarori bilan tasdiqlangan) yuridik shaxslar elektr energiyasidan belgilangan limitning 10 foizidan ortiq miqdorda elektr energiyasi iste'mol qilganda shartnomada ikki baravar tarif to'lashi belgilab qo'yilgan. Tadbirkor bu qoidani bekor qilishni so'radi. "Hatto xorijiy ekspertlar ham buni baholab, bu tartib ishlab chiqaruvchilarni jazolashdir, deb aytishdi. Biz prezidentga qoidalarning 85 va 150-bandlarini aytaylik, ularni bekor qilishsin. Energetika vazirligi tizimdagi aybini tadbirkorlar bilan, 2โ3 baravar to'lovlar orqali yopmoqchi. Soliq qo'mitasiga o'xshab o'z tizimini isloh qilsin", โ dedi Ulug'bek Sultonov. Uning aytishicha, yuridik shaxslar ikki oy davomida oldindan to'lov qilinsa, eski tariflar bo'yicha to'lashi mumkin, ammo bu avgust oyidan boshlab tadbirkorga yuklama bo'ladi. Tadbirkorni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov (suratda o'rtada) qo'llab-quvvatladi. Normativlarning 150-bandiga ko'ra, reaktiv quvvat iste'molchilari tomonidan yetarli miqdorda kompensatsiya qilinmagani sababli tarmoqlarda faol energiyaning qo'shimcha yo'qotishlari uchun qayta hisob-kitoblar joriy tarifning uch baravari miqdorini tashkil etadi. Tadbirkor bu normani ham bekor qilishni so'radi. Jurnalist Shuhrat Shokirjonovning xabar berishicha , tadbirkorlar elektr energiyasi limiti oshib ketganda ikki baravar to'lay boshlagan. "[Yuridik shaxslarga] 1 kVt/soat uchun 900 so'm qilingandi. Limitni abonent o'ziga o'zi belgilagan va predoplata qilgan. Aytaylik, oyiga 5000 kVt/soat. Limitdan oshsa, 960 so'mdan to'lashgan. Endi limitdan oshsa, 1 kVt/soatni 1800 so'm qilishibdi", โ deb yozdi u. Uning so'zlariga ko'ra, shu sababdan ko'plab tadbirkorlar limit belgilamay to'lab yurgan. "1-iyundan boshlab o'ziga limit belgilamaganlardan 100 kVt/soatdan uyog'ini 1800 so'mdan yechyapti va pul tugab o'chirilyapti ekan", โ deydi u. Iqtisodchi Behzod Hoshimov iyun oyi boshida Energetika vazirligining bu qarorini "juda qimmat xato" deb atagandi . Uning ta'kidlashicha, jismoniy shaxslar uchun ham energiya juda katta subsidiyalashgan narxda, ishlab chiqarish xarajatlaridan bir necha barobar arzon narxda beriladi. "Buning sababi: moliyaviy qiynalganroq qatlamdagi insonlarga davlat tomonidan sal yordam bo'lishi uchun. "Ijtimoiy norma" deb atalgan limitdan ko'proq iste'mol qilsalar narx oshar edi, o'sha oshgan narx ham xarajatlarni mutlaq qoplamasa-da, qandaydir ma'noda subsidiyani daromadi ko'proqlarga kamroq berishda edi. Bu yerda faraz shuki, ko'proq energiya iste'mol qiladiganlar odatda boyroq va ularga "ijtimoiy narxlarda" bir necha barobar arzonga boshqa soliq to'lovchilar hisobidan elektr bilan ta'minlash xato edi", โ deya ta'kidladi u. Uning so'zlariga ko'ra, xuddi shu sxemani yuridik shaxslarga nisbatan qo'llash "mutlaqo xato". "Chunki, birinchidan, shundoq ham yuridik shaxslar to'laydigan narx xarajatlardan yuqoriroq. Ya'ni mantiqan yuridik shaxslar ishlatgan har bir kilovatt energiyadan, energetik kompaniyalar foyda olishadi. Jismoniy shaxslarda teskarisi, har bir uyda yoqilgan kilovatt soat svet uchun davlat โ ya'ni soliq to'lovchilar orasidagi farqni kompensatsiya qilishadi. Yuridik korxonalarda esa teskarisi โ qancha ko'p yoqishsa โ shuncha foyda", โ deb yozdi u. Lekin bu qarorning asli eng yomon tarafi iqtisodiy shikastida, deydi iqtisodchi. Uning so'zlariga ko'ra, O'zbekistondagi eng katta muammolardan biri "o'rtacha firmaning kichikligi"dir. Ya'ni bizda, boshqa mamlakatlardan farqli o'laroq, korxonalarni nufuzi ortishi juda qiyin masala, deya tushuntirdi u. | economy |
O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O'zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi . Xususan, Chuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqaruvchi Tulpar Motors zavodi ishga tushirildi. Xususan, u yerda Cobalt, Onix va Tracker rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yig'iladi. Kabar.kg ma'lum qilishicha , shu bugunning o'zida Chuy viloyatining Moskva tumanida Tulpar Motors avtomobil yig'ish zavodining rasmiy ochilishi bo'lib o'tdi. Tadbirda Qirg'iziston Iqtisodiyot va savdo vaziri o'rinbosari Aynura Usenbekova va UzAuto Motors bosh direktori Bu Anderson ishtirok etdi. O'zbek ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda ish boshlagan zavodda yengil avtomobillardan tashqari Isuzu shassisi asosidagi yuk avtomobillari, Isuzu D-MAX pikaplari, SAZ LE60 past polli shahar avtobuslari va SAZ HD50 shaharlararo avtobuslari ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Zavod quvvati yiliga 10 ming, keyinchalik 30 ming dona avtomobilgacha kengaytiriladi. Ishlab chiqarish mingdan ortiq ish o'rni bilan ta'minlaydi. Zavod qurilishi 2023-yilning may oyida boshlangan bo'lib, uning umumiy maydoni 4,5 gektarni tashkil etadi. Bundan tashqari, ikki mamlakat prezidentlari Farg'ona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt bo'lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi. Ushbu stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Qirg'izistonga yetkazib berilishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, Qora-Balta shahrida tikuv-trikotaj mahsulotlari va mato ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Korxonaga zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilib, o'rnatildi. "O'zbekiston va Qirg'iziston prezidentlari ushbu loyihalar mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar", โ deyiladi O'zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida. | economy |
Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo'lgan bosh rejasi loyihasida poytaxtning yangi hududi โ Yangi Toshkentni qurish ko'zda tutilgan. Shahar 20 ming gektar maydonni egallaydi. 1000 gektar maydondagi dastlabki yer uchastkalari joriy yilda sotuvga chiqariladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash bo'limi boshlig'i Saidazim Sharipov 25โ28-aprel kunlari poytaxtda bo'lib o'tgan "CAEx Real Estate 2024" ko'rgazmasida ma'lum qildi. "Gazeta.uz" muxbiri Sabina Bakayeva Saidazim Sharipov bilan Yangi Toshkentning chegaralari, shahar planirovkasi, poytaxtning yangi ma'muriy birligining energetika tizimi, transporti va ekologiyasi haqida suhbatlashdi. Foto: Yevgeniy Sorochin / "Gazeta.uz". Suhbatning video versiyasiga havola โ matn oxirida. โ Yangi Toshkent hududi mavjud Toshkentning sharqiy qismi bilan tutashadi. Toshkentning sharqiy chegarasi 4P12 avtomagistrali bilan belgilanadi. Shu yerdan Yangi Toshkentning g'arbiy qismi boshlanadi. Shimoliy chegara Yangibozor shahrining quyi chegaralarida tugaydi. Sharqiy chegara Qorasuv daryosi bo'ylab o'tadi. Janubda shahar taxminan Toshkent tugaydigan joyga borib tutashadi. Manba: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi. โ Prezidentga 20 ming gektarning Toshkent tomoniga tutash yana 5 ming gektarlik hudud bilan umumiy konsepsiyasini taqdim etdik . Hozirda 6 ming gektarlik hudud uchun birinchi bosqichning bosh rejasini ishlab chiqdik. Ushbu 6000 gektarlik hudud ichida 1000 gektarning batafsil planirovkasi loyihasi tayyorlandi. Ya'ni, bu yil sotuvga qo'yilishi ko'zda tutilgan yer uchastkalari 1000 gektarlik hudud ichida joylashadi. 2024-yil 13-may holatiga ko'ra, ikkita yer uchastkasi allaqachon sotuvga qo'yilgan. Yangi Toshkentning bir qismi vizualizatsiyasi. Manba: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi. โ Toshkent โ juda betakror shahar. Unda siz shahar planirovkasining shaharsozlik tarixida mavjud barcha turlarini uchratasiz. Shaharning markaziy qismi asosiy o'q bo'ylab magistral ko'chalarga ega radial uslubda, qolgan qismi esa katak (ko'chalar to'g'ri burchak ostida kesishgan) uslubda planirovka qilingan. Bizda sovet mavzelari, kichik tumanlar, rejalashtirilgan va tarixiy mahallalarni ham uchratish mumkin. Toshkent shahri va xalqaro tajribani o'rganib, shuni aytishim mumkinki, diagonaliga kesib o'tgan asosiy ko'chalar bilan katak uslubidagi planirovka bugungi kunda shahar makonini tashkil etishning eng samarali yo'li hisoblanadi. Barselonadagi diagonal ko'chalar bo'ylab joylashgan mavzelar uslubidagi planirovka. Planirovkaning barcha shakllari qulay harakatlanishni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Masalan, radial planirovka miloddan avvalgi II asrdan beri ma'lum, lekin XV-XVIII asrlarda ommalashgan. Asosiy shaharlar aynan shunday planirovka asosida qurilgan. Keyinchalik sovet shaharlarini qurishda ushbu an'ana davom ettirildi. Biroq, muammo shundaki, radial shahar shaharning aholiga zarur bo'lgan barcha asosiy funksiyalari markazda joylashgan, turar-joy binolari esa markaz atrofida joylashgan holdagina piyodalar uchun qulay. Radial planirovkaning mohiyati shundan iboratki, har bir shaxs o'ziga kerakli xizmatlarga eng qisqa yo'l bilan yetib olish imkoniga ega bo'ladi. Sanoat inqilobidan keyin shaharsozlar motorli transport vositalarida harakatlanishni osonlashtirish maqsadida katakli planirovkadan foydalana boshladilar. Shundan so'ng planirovkaning katak-diagonal shakli rivojlana boshladi. Qiziqarli misollar qatoriga Barselona va AQSh poytaxti Vashingtonni kiritish mumkin. Bunda katak shaklida joylashgan mavzelarni diagonal ko'chalar kesib o'tadi, shunda chorrahalarda nafaqat chapga va o'ngga burilish, balki diagonal bo'ylab ham harakat qilish mumkin. Ushbu shakllarni o'rganar ekanmiz, ularni birlashtirish kerak, degan xulosaga keldik. Shunga qaramay, katakli planirovka asos qilib olinadi. Vashington shahri planirovkasi. Manba: AQSh Kongressi kutubxonasi. Ekologik karkas, piyodalar va velosiped infratuzilmasini shakllantirish uchun jamoat bog'lari, qirg'oq, velosiped va piyodalar infratuzilmasini birlashtirgan organik karkasni yaratamiz. Yangi Toshkent hududida bir necha o'n yillar davomida shakllangan mahallalarni saqlab qolamiz. Ularni umumiy konsepsiyamizga qo'shish niyatidamiz. Shaharning ayrim joylarida hududda shakllangan tarixiy mahallalarga alohida to'xtalib o'tiladi. Biz nusxa ko'chirish istagida emasmiz, balki tarixiy shaharni zamonaviy versiyada eslatib turmoqchimiz. โ Mavzelarning o'lchami turlicha bo'lgan turli shaharlarning o'ziga xos afzallik va kamchiliklari bor. Ko'chalar qanchalik zich bo'lsa, asfaltlangan hudud shunchalik ko'p bo'ladi . Masalan, Amerikaning Portlend shtatida mavzelarning o'lchami 60 metr. Portlend shahri planirovkasi. Qiziqarli misol โ 120 ga 120 metr o'lchamdagi mavzelarga ega bo'lgan Barselona. Bu piyodalar uchun qulay, biroq avtomobil foydalanuvchilari uchun unchalik qulay emas. Shuning uchun ular superblokka o'xshash yechim taklif qilib, shaharni isloh qilishmoqda. Bunda bir nechta bloklar bitta superblokga birlashtiriladi, uning ichida to'g'ridan-to'g'ri kesib o'tiladigan yo'l bo'lmaydi va avtomobillar harakati taqiqlanadi, ushbu superblok aholisini tashish bundan mustasno. Bu yondashuv Barselonada juda yaxshi ishlaydi. Barselona. Foto: city4people.ru Nyu-Yorkda mavzelarning o'lchami taxminan 275 ga 120 metrni tashkil qiladi. Bular piyodalarga mo'ljallangan tor ko'chalar bilan ajratilgan juda uzun bloklardan tashkil topgan. Biroq, kamchiliklari ham bor: 120 metr piyodalar uchun qulay bo'lishiga qaramay, avtomobillar uchun juda qisqa masofa. Shuning uchun Nyu-Yorkda bir tomonlama harakat juda ommalashgan โ bu transport muammosini hal qiladi. Nyu-York. Manba: Google Maps. Endi, keling, Toshkentdagi mavzelar o'lchamini tahlil qilib ko'ramiz. Sovet kichik tumanlarining taxminiy o'lchami 700 metrni tashkil qiladi. Barselonaning superbloklari singari, ularda mashinalar uchun hech qanday o'tish joyi yo'q. Mavze ichidagi ko'chalar yo boshi berk, yo bo'lmasa transportni chapga yoki o'ngga yo'naltiradi. Manba: Google Maps. Shunday mahallalar borki, ularda 60โ100 metr o'lchamli mavzeni ajratuvchi ko'chalar kesishmasi shakllangan. Eski mahallalarda to'g'ri chiziqli ko'chalarni topish qiyin, biroq Eski shaharni bir necha mahallaga ajratib turuvchi asosiy ko'chalarning umumiy o'lchamiga qaralsa, ular orasidagi masofa taxminan 400โ600 metrni tashkil qiladi. Toshkent shahridagi "Eshonguzar" mahallasi. Manba: "Yandeks" xaritalari. Mavzelar uchun turli o'lchamlarni tahlil qilar ekanmiz, mavzening o'lchami 400โ500 metr bo'lsa, piyodalar va transport uchun qulay bo'ladi, degan xulosaga keldik. Mavze ichida odam 5 daqiqadan kamroq vaqt ichida mavzening jamoat transporti va turli xizmatlar mavjud bo'lgan istalgan qismiga yetib borish imkoniga ega bo'ladi. Biz Barselona tajribasini o'zimizga olib, mintaqamizga moslashtirdik. Bizda bu supermahalla shaklida bo'ladi. Uning ichida odamlar, piyodalar, velosipedchilar, shu mahalla aholisi uchun qulay makon yaratiladi. Shaxsiy transport vositasi uchun to'g'ridan-to'g'ri kesib o'tish cheklanadi. Manba: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi. Shuningdek, 15 daqiqalik shahar konsepsiyasini joriy etish niyatidamiz. Bunda tezyurar transport (metro, tramvay, BRT โ tezyurar avtobus) bekatlari va xizmatlar (do'konlar, poliklinikalar, dorixonalar, maktablar, bolalar bog'chalari) piyoda 15 daqiqada yetib olish mumkin bo'lgan radiusda joylashadi. โ Me'moriy uslublar binolarning vazifasi, joylashuvi va turlaridan kelib chiqqan holda turlicha bo'ladi. Biz Yangi Toshkent me'morchiligini XXI asr zamonaviy o'zbek me'morchiligi deb bilamiz. Bu zamonaviy arxitektura, shu bilan bir vaqtda, O'zbekiston me'morchiligining boy tarixiga ishora qiladi. Bu bir necha ming yilliklar davomida shakllangan va mintaqaning iqlim xususiyatlarini hisobga olgan zamonaviy materiallar va an'anaviy yondashuvlar va elementlarning sintezidir. Ana shu asosiy elementlarni birlashtirib, O'zbekistonning zamonaviy me'morchiligiga ega bo'lamiz. Manba: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi . โ Arxitektura va shaharsozlikda jamoat joyi va xususiy joy, shuningdek, semi-private (yarim xususiy) va semi-public (yarim jamoatchilik) deb ta'riflanuvchi o'tib ketiladigan joy kabi tushunchalar mavjud. Foto: Yevgeniy Sorochin / "Gazeta.uz". Hammasi bo'lib to'rtta toifa mavjud: An'anaviy o'zbek me'morchiligi haqida gap ketsa, unda asosan xususiy va yarim xususiy joy turlaridan foydalanilgan. Bu bizning mintaqamizning o'ziga xosligi. Bu din, mentalitet va, tabiiyki, issiq iqlim bilan bog'liq. Bu yerda gap asosan mikroiqlimni saqlab qolish maqsadida qurilgan ixcham hovlilar haqida bormoqda. Ular qanchalik kengaysa, salqinlikni saqlash imkoni shunchalik kamayadi. Manba: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi. Shahar yuqoriga ko'tarilar ekan, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalari imkoniyatlari vositasida makonni kengaytirar ekanmiz, uning o'ziga xos xususiyligini yo'qotamiz. Bu juda falsafiy mavzu, chuqurlashishni istamayman. Biroq savolingizga qisqacha javob berish uchun quyidagilarni aytish bilan cheklanaman. Biz Yangi Toshkentda ekologik toza shahar qurmoqchimiz. Gap nafaqat yashil shahar haqida, balki zamonaviy materiallar, zamonaviy qurilish usullaridan foydalanish haqida bormoqda, zero ular yordamida hovli qurmay mikroiqlim, mikromakon, shaxsiy makon yaratish mumkin. Tabiiyki, hamma joyda faqat ochiq yoki yopiq joylar qurishni istamaymiz. Bu binoning vazifasiga qarab aralash bo'ladi. Manba: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi. โ Ekologik tozalik qurilishning barcha sohalariga taalluqli. Ko'pchilik buni yashil maydonlar va istirohat bog'lari sifatida tushunadi, biroq bu faqat bitta tarkibiy qism va buni hisobga olamiz. Loyihaga ko'ra, Yangi Toshkent hududining 23 foizi umumfoydalanishga mo'ljallangan yashil maydonlar uchun ajratiladi . Bundan tashqari, bizda tashkilotlarga o'z hududining bir qismini daraxt ekish uchun ajratish talabi qo'yiladi. Masalan, universitet hududining 50 foizi yashil maydonlar yaratish uchun ajratilishini talab qilamiz. Va bu ko'rsatilgan 23 foizdan tashqari, chunki universitet hududi yarim jamoat joyi bo'lib, unga kirish hamma uchun ham ochiq bo'lmaydi. Xususiy hududlarni hisobga olganda, yashil maydonlar salmog'i 23 foizdan sezilarli darajada oshadi. Hozirda sokin jamoat bog'i qurilishini boshladik, toki odamlarda ko'chaga chiqish, sayr qilish va xordiq chiqarish imkoni bo'lsin. Bu butun Yangi Toshkent asosiy yashil karkasining bir qismi hisoblanadi. U sun'iy kanalga hamda istirohat bog'larida uchratish mumkin bo'lgan boshqa turli xususiyatlarga ega bo'ladi. Ushbu ekologik tuzilma butun Yangi Toshkent hududini qamrab oladi. Ya'ni, siz sayrni bog'ning bir qismida boshlab, velosipedda kanal va bog' bo'ylab shaharning boshqa qismiga yetib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, har bir blokning jamoat bog'i ko'rinishidagi o'ziga xos yashil hududi bo'ladi. Manba: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi. Ekologik tozalik, shuningdek, shahar bo'ylab qanday transport vositalari harakatlanishi bilan bog'liq. Biz jamoat transportiga ustunlik berish, shu tariqa atmosferaga chiqindilar va shaxsiy avtomobilga qaramlikni kamaytirish istagidamiz. Ekologik tozalik aloqa va binolar qurilishida qanday materiallardan foydalanishimizga bog'liq. Buning uchun muayyan standartlar mavjud. Loyihalashtiruvchilar va quruvchi kompaniyalar ekologik tozalik me'yorlariga rioya qilishlari va ushbu standartlarning minimal talablariga javob berishlari uchun shunday talablarni belgilashni rejalashtirmoqdamiz. Ekologik tozalik qanday resurslardan foydalanishimiz, chiqindilarni qanday qayta ishlashimiz va shahar infratuzilmasini qanday tashkil qilishimizga bog'liq. Infratuzilma jihatidan ekologik toza bo'lishi uchun issiqlik, sovuqlik va elektr energiyasini bir vaqtda ishlab chiqaradigan trigeneratsion qozonxonalar qurishni rejalashtirganmiz. Quyosh energiyasidan foydalanish ham rejamizda bor. Bunga erishish uchun Yangi Toshkentdan tashqarida quyosh elektr stansiyalari quriladi. Qolaversa, keyinchalik modernizatsiya qilish orqali mavjud gidroelektr stansiyalar energiyasidan foydalanishni ham rejalashtirganmiz. Yangi Toshkent vizualizatsiyasining bir qismi. Manba: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi. Biz yangi shaharni har xil turdagi ma'lumotlarni o'zida jamlaydigan aqlli shahar sifatida ko'ramiz. Uning tahliliga asoslanib, barchaga โ piyodalarga, velosipedchilarga, jamoat transporti va avtomobil foydaluvchilariga qulay bo'lishi, hamma narsada muvozanat saqlanishi uchun shahar sharoitlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish imkoniyatiga ega bo'lamiz. โ Bu qanday amalga oshiriladi, men javob bera olmayman, chunki bu mening soham emas. Lekin, shuni aytishim mumkinki, barcha yer uchastkalariga barcha infratuzilma โ elektr, issiqlik va sovuqlik, ichimlik suvi ta'minoti, kanalizatsiya o'tkaziladi. Har bir yer uchastkasi kamida bir tomondan aloqa tarmoqlariga kirish imkoniga ega bo'ladi. Quruvchi kompaniyalar infratuzilmaga koridor qurishlari talab etilmaydi. Hozirda yo'l ham quryapmiz, chunki bu ham yer uchastkalariga kirish imkoniyati. โ Biz nafaqat Yangi Toshkent, balki uni poytaxt bilan bog'lovchi transport tizimini ham ko'rib chiqyapmiz. Yangi Toshkent mustaqil shahar sifatida faoliyat yuritsa-da, aholini hududiy jihatdan cheklash imkonsiz. Toshkent, Parkent, Chirchiq, Nurafshon, Ohangaron shaharlari aholisi Yangi Toshkent tumani bilan bog'lanadi. Shuning uchun transport tizimini mintaqaviy miqyosda ko'rib chiqish lozim. Umumiy transport oqimi qanday harakatlanadi, jamoat transporti qanday rivojlanadi, uni Toshkent metropolitenining mavjud liniyalari bilan qanday bog'lash mumkin โ bularning barchasi ustida ishlayapmiz. Biz bunga nafaqat Toshkent aholisi, balki butun mintaqa uchun qulaylik yaratish nuqtai nazaridan yondashamiz. Konsepsiya bosqichida asosiy magistral liniyalarni ko'rib chiqdik. Endilikda transport bo'yicha mutaxassislar bilan birgalikda jamoat transportini alohida muhokama qilyapmiz. Uni to'g'ri tashkil qilmasak, 15 daqiqalik shahar, piyoda yetib olish imkoniyati va ekologik tozalik haqidagi butun konsepsiya amalda ishlamaydi. Jamoat transporti yo'nalishlari va bekatlarini oldindan belgilab qo'yganmiz. Yangi Toshkentning asosiy transporti โ tramvay. U O'zbekiston metro liniyasini "Do'stlik" bekatidan davom ettiradi. U yerdan Yangi O'zbekiston ko'chasining boshiga โ hozirda golf klubi joylashgan qismiga boradi va shu ko'cha bo'ylab Yangi Toshkent bilan bog'lanadi. Manba: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi. Yangi O'zbekiston ko'chasi va Yangi Toshkent chegarasida butun Toshkent aglomeratsiyasi โ Toshkent va Yangi Toshkent, Chirchiq, Parkent, Yangibozor va boshqa shaharlar uchun transport xabini qurishni rejalashtirganmiz. Ushbu xabdan tramvay liniyalari Yangi Toshkentning asosiy ko'chalari bo'ylab tarqaladi. Shuningdek, mavjud 4P12 avtomobil yo'li bo'ylab Bardonko'l tomon Ohangaron yo'liga olib boruvchi tramvay liniyasini yotqizishni ham rejalashtirganmiz. Ushbu yo'nalishlar to'g'ri belgilandimi, shu yo'nalishlar bo'ylab [tramvay izini] yotqizish to'g'ri bo'ladimi yoki qayta ko'rib chiqish yaxshiroqmi, aniqlab olish maqsadida xorijlik transport mutaxassislari bilan ularni muhokama qilyapmiz. Mutaxassislarning dastlabki sharhlariga ko'ra, asosiy karkas to'g'ri yotqizilgan. Hozirda mavzelar ichidan o'tadigan yo'nalishlar ustida ishlayapmiz. Ularda tramvay va avtobus harakatlanadi. Bu qurilishning birinchi bosqichiga mo'ljallangan rejalar bo'lib, ular amalga oshirilgach, Yangi Toshkent shimolida to'laqonli shaharning barcha funksiyalariga ega ma'muriy tuman paydo bo'ladi. U Toshkentning shimoliy qismiga tutashadi. Manba: Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi. Ikkinchi bosqichda biznes mavzesini quramiz. U Toshkentning markaziy qismiga ulanadi. Buning uchun Toshkent va Yangi Toshkentni mavjud metro liniyalari bilan bog'laymiz. Uchinchi bosqichda Yangi Toshkentning janubida zamonaviy sanoat, qishloq xo'jaligi va IT sohalariga mo'ljallangan innovatsion tuman barpo etiladi. โ Poytaxtni oziqlantiradigan Qodiriya degan suv tozalash inshooti mavjud. Dastlabki bosqichda Yangi Toshkent filtrlash stansiyalari quvvatini oshirgan holda unga ulanadi. Shuningdek, ichimlik suvini Ugom daryosidan yetkazib berishni rejalashtirganmiz. Elektr ta'minoti uchun 100 foiz qayta tiklanadigan energiya manbalariga tayanishni rejalashtiryapmiz. GESlar quvvatini oshirgan holda ulardan taxminan 1200 MVt energiya olamiz. Yangi Toshkent shimoliy chegarasidan tashqarida quriladigan quyosh elektr stansiyalarida yana 400 MVt energiya ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Illyustrativ surat: TrinaTracker. Trigeneratsiya qozonlari qo'shimcha mahsulot sifatida yana 400 MVt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Ushbu qozonlarning asosiy vazifasi โ issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdan iborat. U issiq suv va isitish uchun, yozda esa sovutish uchun ishlatiladi. Qishda ular issiqlik ishlab chiqaradi va uni mavzelarga yetkazib beradi. Yozda mavzelardagi maxsus jihozlar issiqlik energiyasini sovuqlikka aylantiradi. Loyihamiz gazlashtirishni nazarda tutmaydi. Hamma narsa elektr energiyasi bilan ishlaydi. โ Har xil turdagi bioyoqilg'i bilan. Shulardan biri โ presslangan paxta chiqindilari. โ Ha. โ Issiqlik yo'qotilishi asosan quvurlarning eskirgan issiqlik izolyatsiyasi tufayli yuzaga keladi. Hisob-kitoblarga tayanilsa, markazlashtirilgan isitish har doim alohida tashkil etilgan isitish moslamalariga qaraganda tejamkor bo'ladi. Ekologik toza resurslar โ qayta tiklanadigan manbalardir. Aytaylik, ko'mir va tabiiy gaz qazib olinadi, lekin qayta tiklanmaydi. Bioyoqilg'i esa qayta tiklanadigan manba. Bu boshqa mahsulot ishlab chiqarishning yon mahsuloti: paxta yetishtiriladi va bu chiqindilar paxtaning qo'shimcha mahsuloti sifatida qolib ketadi. Chiqindilarni yoqish ham ekologik jihatdan toza. Bu amaliyot Yevropada juda keng qo'llaniladi, chunki ular xorijiy energiya manbalaridan mustaqil bo'lishni xohlashadi. Shuning uchun, ekologik tozalikka erishish maqsadida shunday yondashuvlarni o'ylab topishadi. Ularning yoqilishiga kelsak, yoqish jarayoni ekologik toza bo'lishi uchun chiqindi gazlar yaxshi filtrlanishi kerak. Shunda u ekologik toza bo'ladi. To'g'ri, CO2 ishlab chiqariladi, lekin u filtrlar yordamida tutib qolinishi kerak. Bunga Vena yaxshi misol bo'la oladi. Shahar yashash uchun dunyodagi eng qulay shahar hisoblanadi. Adashmasam, shahar ichida to'rtta chiqindi yoqish zavodi bor. Ular havoga zararli moddalar chiqarmaydi, chunki filtratsiya bor. Bu zavodlar yaqinida faqat yoqilayotgan material โ chiqindi hidigina tarqaladi. Yoqilganidan keyin gaz ko'zga tashlanmaydi. Ko'pincha bug'langan suv chiqadi. Bu juda yuqori texnologik jarayon. Aslini olganda, mana shu narsa ekologik tozalik deyiladi. Resursiga kelsak, qayta tiklanmas bo'lishiga qaramay, eng ekologik toza yoqilg'i โ yadro yoqilg'isidir. Yadro yoqilg'isi haqida gap ketsa, hamma qo'rqib ketadi. To'g'ri, bu radiatsiya, bu yadro, lekin atmosferaga hech qanday chiqindi chiqmaydi. Ya'ni, energiya ishlab chiqarishning har bir bosqichida jarayonni atmosfera uchun zararli qilayotgan muammolarni topish kerak. Ular uchun har doim yechim topiladi. Yevropa havo ifloslanishining oldini olish uchun ushbu zamonaviy texnologiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshiryapti. โ To'g'ri, suv kelgusida tanqis bo'ladigan resurs. Mavjud ekotizimga zarar yetkazmaslik uchun bularning barchasini qayta-qayta puxta o'ylab ko'rish kerak. Chunki bu turli xil manipulyatsiyalarga berilmaslik kerak bo'lgan asosiy element. Tabiiyki, ichimlik suvini tog'lardan olish juda nozik masala, chunki Yangi Toshkentdan biz suv olishni rejalashtirgan tog'li hududlargacha taxminan 60 km. Bu jarayon ushbu 60 km atrofidagi butun hududning barcha tabiiy jarayonlari va hayotiy faoliyatiga ta'sir qiladi. Shuning uchun, birinchi bosqichda, bu variantning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga solib ko'rmagunimizcha, mavjud filtrlash inshootlariga ulanib turamiz. Biz ham bu masalaga yetarlicha ehtiyotkorlik bilan yondashamiz. Mahalliy sharoitda sohani yaxshi biladigan mutaxassislar, xorij tajribasini o'rganish va amalga tadbiq etish uchun xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda masalani o'rganish ko'p vaqt talab etadi. โ Bu aynan quruvchi kompaniyalar talablar ro'yxatidan chiqarib tashlashni istaydigan talablar. Chunki bu qurilish hajmi, turar-joy va tijorat kvadrat metrlari bilan bog'liq. Bizning bosh rejamizda bularning barchasi muvozanatlashtirilgan. Butun dunyo bo'ylab o'rtacha optimal aholi zichligi har gektarga 100 kishini tashkil qiladi. Bu ko'rsatkich oshsa, infratuzilma, transport va yo'llarga yuklama ancha katta bo'ladi. Zichlik me'yoridan past bo'lgan taqdirda esa shahar samarali ishlamaydi. Ushbu raqamlarga asoslanib, biz butun shaharni rejalashtiramiz. Albatta, aholi zichligi 100 dan kam bo'lgan hududlar ham, har gektarga 100 kishidan ko'p bo'lgan hududlar ham bo'ladi. Biroq, bizning ijtimoiy infratuzilmamiz alohida hududlardagi aholi zichligiga qarab hisoblanadi. Maktablar va bolalar bog'chalari soni va ulardagi o'rinlar soni ular joylashgan hududlarga bog'liq. Maktablar, bolalar bog'chalari va poliklinikalar ko'proq bo'lgan hududlar ham bo'ladi. Aholi zichligi past bo'lgan taqdirda esa maktablar kamroq bo'ladi. Shu bilan birga, maktablar va bolalar bog'chalari mos ravishda 500 va 300 metr piyoda masofada joylashgan bo'ladi. | economy |
"Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Adliya vazirligi. Qarorga ko'ra, investor Sayar LLC kompaniyasi (AQSh) tomonidan investitsiya loyihasi doirasida Sayar green MCHJ shaklidagi xorijiy korxona ta'sis etilgan. U loyiha kompaniyasi bo'lib xizmat qiladi. ๏ธInvestitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida investor, loyiha kompaniyasi va hukumat โ Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o'rtasida tuzilgan investitsiya shartnomasi tasdiqlandi. Shu munosabat bilan 2024-yil 1-avgustdan tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo'ladigan tibbiyot chiqindilari to'liq hajmda loyiha kompaniyasiga topshiriladi . Shu sanadan e'tiboran loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarda tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinishi ta'minlanadi. Bunda issiqlik energiyasi boshqa shaxslarga ham belgilangan tartibda yetkazib berilishi mumkin. Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda joylashgan barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo'ladigan tibbiyot chiqindilarini loyiha kompaniyasiga to'liq yetkazib berish bo'yicha talabga rioya etmaslik sanitar osoyishtalik va chiqindilarni to'plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish davomida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik hisoblanadi . | economy |
Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi shu'ba korxonasi bo'lgan Lukoil Overseas Supply and Trading (Kipr) korxonasi O'zbekistonda narx manipulyatsiyaga yo'l qo'ygani isbotlandi, deb xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi. Avval xabar berganimizdek , ushbu korxonaga birja orqali mahsulotlarni sotishda texnik oltingugurt narxi manipulyatsiyasi (buning ortidan uning narxi o'rtacha 10 foizdan 50 foizgacha ko'tarilgan) alomatlari bilan ish ochilgandi. Xususan, 10-iyunda texnik oltingugurtning birja narxi 220,9 ming so'm bo'lsa, 20-iyun kuni bir tonnasi 276,6 ming so'mga ko'tarilgan. 28-iyunda narx 52 ming so'mgacha pasaygan, keyingi savdo sessiyasida esa bir tonna uchun 280 ming so'mga oshgan. Kompaniyaga nisbatan "Raqobat to'g'risida"gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan nizomni buzganlik belgilari bilan ish qo'zg'atilgan. Raqobat qo'mitasining yangi ma'lumotlariga ko'ra, kompaniya ushbu qonun va nizomni buzgani tasdiqlangan. Shu sababli asossiz olingan malbag'ni qaytarish qarori qabul qilingan. "Qonun buzilishlarini bartaraf etish va keyinchalik yo'l qo'ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatma berildi", โ dedi qo'mita. Lukoil Overseas Supply and Trading LTD 2010-yil aprel oyida bir qator gaz konlarining mahsulot taqsimoti bo'yicha kelishuvlarni amalga oshirish jarayonida qo'shma mahsulotlarni sotish uchun marketing kompaniyasi sifatida tashkil etilgan . O'zbekistonda texnik oltingugurt birja bozoriga 2015-yilda kirgan. Bugungi kunda kompaniya "O'zbekneftgaz" bilan birgalikda texnik oltingugurt bozorida ustunlik qiluvchi korxonalar reyestriga kiritilgan . Texnik oltingugurt o'g'itlar, pestitsidlar, rezina buyumlar, farmatsevtika, bo'yoqlar, portlovchi moddalar va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llanadi. Oltingugurt neft va gazni qayta ishlashda, qog'oz, to'qimachilik mahsulotlari va plastmassa ishlab chiqarishda ham ishlatiladi. | economy |
Toshkent shahri ko'chalarida 1-iyungacha qonuniylashtirilmagan reklama obyektlari (konstruksiyalari) demontaj qilinadi. Bu poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning 16-iyuldagi tashqi reklama va axborot obyektlarini tartibga solish to'g'risidagi qarorida nazarda tutilgan. Spot nashrining yozishicha , egalari yangi shakldagi reklama joyi pasporti uchun ariza topshirmagan obyektlarning avvalgi hujjatlari o'z kuchini yo'qotgan deb topiladi. Vazirlar Mahkamasi pasportlarni 1-aprelga qadar almashtirishni belgilagan, ammo keyinroq muddat 1-iyungacha uzaytirilgan. Demontaj ishlari hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan amalga oshiriladi va u jarayonni bevosita amalga oshirish uchun tanlov asosida pudratchi kompaniya tanlaydi. obyektlar elektr ta'minotidan uziladi va Milliy gvardiya xodimlari ish paytida jamoat xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi, deyiladi hokimlik xabarida. Demontaj qilingan konstruksiyalar 30 kun davomida saqlanadi. Agar ular ushbu muddatda mulkdorlar tomonidan olib ketilmasa, ular belgilangan tartibda utilizatsiya qilinadi va sotiladi. Mablag'lar shahar budjetiga yo'naltiriladi. Noqonuniy obyektlarni buzish ishlari yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish hamda sohada shaffoflikni ta'minlashga qaratilgan "Tashqi reklama" raqamli monitoring elektron tizimining ochiq versiyasi ishga tushiriladi. Unda, shuningdek, reklama va axborot obyekti hamda uning mulkdori qidirilayotgani haqidagi e'lon ham joylab boriladi. O'tgan yilning avgust oyida Raqamli rivojlanish departamenti Toshkent shahridagi tashqi reklamani o'z nazoratiga olishini ma'lum qilgan edi. O'shanda poytaxtdagi 11 mingta reklama obyekti egalari to'lovlarni umuman to'lamagan. "Gazeta.uz" muammo nimada, reklama dizayn-kodi qanday bo'lishi va Toshkentni qay tariqa ko'zni quvontiruvchi shaharga aylantirish mumkinligini o'rganib chiqqandi . | economy |
Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi "Ipotekabank" reklamasida qonun buzilishini aniqladi. Qayd etilishicha, qo'mita o'z vakolatlari doirasida joylashtirilayotgan reklama axborotlarining qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o'rganish va tahlil ishlari olib borgan. Natijada "Ipotekabank" ATIB Instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Super nomli omonat turining yillik foiz stavkasini 26 foiz deb ko'rsatganini aniqlagan . Ammo ushbu omonat turida naqd pulda hisoblangan depozitning foiz stavkasi dastlabki 3 oy uchun 26 foizdan, undan keyingi 3 oy uchun 14 foizdan hisoblanishi, onlayn depozit esa mos ravishda โ 26,09 va 14 foizdan ekani ma'lum bo'ldi, deyiladi xabarda. Ya'ni faqat dastlabki 3 oyda 26 foizdan pul mablag'lari berilgan, ijtimoiy tarmoqdagi reklama axborotida esa omonatning shu kabi "muhim shartlari" ochib berilmagan . "Reklamaning bunday ko'rinishda bo'lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg'ituvchi yoki chalg'itishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin", โ deb yozdi Raqobat qo'mitasi. Holat yuzasidan " Raqobat to'g'risida "gi va " Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida "gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan "Ipotekabank"ka nisbatan ish ochilgan. Maxsus komissiya bank nomaqbul (noto'g'ri) reklamaga yo'l qo'ygan, deb topdi va jarima qo'llashga qaror qildi . Bundan tashqari, kelgusida bu kabi harakatlarni takrorlamaslik bo'yicha ko'rsatma berildi. | economy |
Shavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda davlat budjetiga soliq va boshqa tushumlarni ta'minlash masalasini muhokama qildi . Davlat rahbari soliqlar bo'yicha "reja"ni bajarish uchun tadbirkorlar ortiqcha to'lovlarga majburlansa, hokimlar va soliq xodimlarini jazolashini aytdi . Uning so'zlariga ko'ra, ishlab chiqarish va daromadni faqat tadbirkorlarga yordam berish orqali oshirish mumkin. Bosh prokuraturaga bu kabi holatlarni nazoratga olish topshirildi. Yil boshidan 67 ta tumanda tushum 1,5 karra oshgan. Masalan, Baxmal, Jalaquduq, Forish, Qo'rg'ontepa va Guliston tumanlarida o'sish 2 baravar bo'lgan. Lekin Nukus, Oqdaryo, Qiziriq, Mingbuloq, Mirzo Ulug'bek, Qibray, Toyloq tumanlari, Namangan va Zarafshon shaharlarida o'sish sur'atlari qolgan hududlardan ancha orqada ekani, Shumanayda esa umuman o'sish bo'lmagani ko'rsatib o'tildi. Mutasaddilarga soliq tushumlarida o'sish past bo'lgan ushbu hududlarga borib, ajratilgan kredit, subsidiya, davlatdan berilgan resurslar samarasini tahlil qilish topshirildi. Tahlil yakunlariga ko'ra ushbu hududlar hokimining birinchi o'rinbosari va soliq rahbarlari faoliyatiga baho beriladi. 2023-yilda tadbirkorlarga 90 trillion so'm bojxona va soliq imtiyozi, subsidiya va kompensatsiya taqdim etilgan. Mutasaddilarga yil yakunigacha 10 trillion so'mlik asossiz xarajatlarni maqbullashtirish choralarini ko'rish topshirildi. Endilikda imtiyoz va subsidiyalar maqsadli ko'rsatkich bilan bir yilga berilishi, natijasiga qarab muddati cho'zib berilishi yoki umuman bekor qilinishi belgilandi. May oyi oxirida subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini ta'minlash bo'yicha respublika komissiyasi tuzilgandi . U iqtisodiyotga va sog'lom raqobat muhitiga ta'sirini tahlil qilish asosida barcha mavjud imtiyozlarni "tubdan qayta ko'rib chiqish" bo'yicha takliflar tayyorlashi kerak. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingiga qarab imtiyozlar berish tartibi belgilangan . B va undan yuqori reytingga ega bo'lgan tadbirkorlar qo'llab-quvvatlash choralariga umid qilishi mumkin. O'zbekistonda ikki yil ichida davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar miqdori besh baravarga โ 5,63 trillion so'mdan 29,25 trillion so'mga (2,5 milliard dollar) oshgan . 18 trillion so'm gazni sotib olish va sotish o'rtasidagi farqni qoplashga, 1,72 trillion so'mi issiqlik energiyasiga yetkazilgan zararni qoplashga, 1,02 trillion so'mi geologiya-qidiruv ishlariga yo'naltirilgan. | economy |
Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi O'zbekistonning Buxoro viloyatidagi ikkita energetika loyihasining 35 foiz ulushini sotdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati. Kelishuvni imzolash marosimi 17-iyul kuni O'zbekiston energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov ishtirokida bo'lib o'tdi. China Southern Power Grid International kompaniyasi qurilayotgan Bosh va Jongeldi shamol elektr stansiyalari ulushining xaridoriga aylandi. Bitim ACWA Power va China Southern Power Grid International o'rtasida Markaziy Osiyodagi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan birinchi qo'shma loyiha bo'ladi. Umumiy quvvati 1 GVt bo'lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish qiymati 1,3 mlrd dollar. Kelishuv shartlari oshkor etilmagan. 2022-yil dekabr oyida Saudiya kompaniyasi xitoylik hamkorlar bilan ACWA Power kompaniyasining Saudiya Arabistoni va "Bir kamar va yo'l" tashabbusi mamlakatlarida qayta tiklanadigan energiya loyihalarini moliyalashtirish, investitsiya qilish va qurish bo'yicha kelishuvlarni imzolagandi. ACWA Power bir qator xalqaro tashkilotlardan Bosh va Jongeldi shamol elektr stansiyalarini amalga oshirish uchun mablag' to'pladi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va uning hamkorlari shamol elektr stansiyalarini qurishga 520 million dollar va elektr tarmoqlari uchun 47 million dollar ajratdi. Osiyo taraqqiyot banki kompaniyaga yana 174 million dollar ajratdi . Eslatib o'tamiz, China Southern Power Grid International kompaniyasi Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida 600 MVt quvvatga ega gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda . | economy |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Milliy banklararo protsessing markazini (Humo) xususiylashtirish boshlanganini ma'lum qildi . Davlat ulushining 100 foizi "muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish" usuli asosida uch bosqichda sotiladi. Maslahatchi Deloitte xalqaro kompaniyasi bo'lib, aktivni baholash uchun "Katta to'rtlik" guruhiga kiruvchi (Deloitte`dan tashqari) xalqaro kompaniya jalb etiladi. Qiziqish bildirishnomalari 22-avgustgacha qabul qilinadi. Milliy banklararo protsessing markazi 2018-yil sentabr oyida prezident qarori bilan tashkil etilgan . Hujjatda ta'kidlanganidek, chakana to'lovlarni qayta ishlash bo'yicha davlat protsessing markazining mavjud emasligi milliy to'lov tizimining xavfsizlik darajasini pasaytiradi, to'lov infratuzilmasini yagona integratsiyalashuviga imkon bermaydi va bitta monopoliya tizimining hukmronligiga olib keladi. Humo to'lov tizimi o'sha paytdagi yagona protsessing markazi โ xususiy tuzilma bo'lgan Uzcard dasturiy ta'minotidagi katta nosozlikdan so'ng paydo bo'lgan. Kompaniyaning ustav kapitali 155,4 mlrd so'm. Ayni paytda 27 milliondan ortiq Humo kartalari chiqarilgan bo'lib, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ortiq bankomatlar o'rnatilgan. Prezidentning 30-noyabrdagi qarori bilan Markaziy bankning bosh axborot markaziga tegishli bo'lgan Humo to'lov tizimidagi davlat ulushi to'liq DABAga o'tkazilgan . "Gazeta.uz"ga agentligi matbuot xizmati tizimining agentlikka o'tkazilishi xususiylashtirish bilan bog'liq emasligini bildirgandi. Markaziy bank balansida banklararo protsessing markazining mavjudligi manfaatlar to'qnashuviga olib kelishi mumkin, deyilgandi agentlik xabarida. Biroq prezidentning 19-apreldagi qarori bilan to'lov tizimi davlat aksiyalari yoki aksiyalar paketlari ochiq kimoshdi savdosiga qo'yilishi kerak bo'lgan 247 ta kompaniya ro'yxatiga kiritilgan. | economy |
O'zbekiston va Qirg'iziston hukumati turizmni rivojlantirish doirasida "Dugoba" alpinistlar lagerini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 18-iyul kuni "O'zbekiston 24" telekanalining "Menimcha" ko'rsatuviga bergan intervyusida ma'lum qildi. Qayd etilishicha, viloyat delegatsiyasi Qirg'izistonga borib, ikki davlat tadbirkorlari o'rtasidagi hamkorlik bo'yicha yangi reja va loyihalarni belgilab olgan. "Ikkinchisi, hamkorlikda turizmni kuchaytirish va rivojlantirish. Buning uchun bizda eng katta resurslarimizdan biri โ Shohimardon bor. Bu Qadamjo-Shohimardon yo'nalishidan hamkorlikda foydalanish. Qolaversa, ilgari juda ham mashhur bo'lgan "Dugoba" alpinistik lagerini birgalikda tiklamoqchimiz", โ dedi viloyat hokimligi rahbari. 18โ19-iyul kunlari Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan O'zbekistonga tashrif buyurdi va Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda energetika, transport va to'qimachilik sohalarida hamkorlik bo'yicha qator yirik loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdi . Davlat rahbarlari, shuningdek, keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to'g'risida qo'shma bayonot va yana 16 ta hujjat imzoladi . Issiqko'ldagi kurort-hordiq xo'jaligi obyektlari bo'yicha hukumatlararo bitim shular jumlasidan. " Dugoba " tog' lageri Qirg'izistondagi O'zbekiston anklavi bo'lgan Shohimardon, shuningdek, Botken viloyatining Qadamjo shahri yaqinida joylashgan. obyekt archa o'rmonlari hamda qoyali va qorli cho'qqilar bilan o'ralgan bo'lib, ular orasida Ohunboyev (5200 m), Materei (5010 m), Frunze (4550 m) va boshqa cho'qqilar ajralib turadi. 1982-yilda Uchqo'rg'on o'rmon xo'jaligi hududida tashkil etilgan tog' lageri O'zbekiston SSRga uzoq muddatli foydalanish uchun berilgan . 1997-yilda "Dugoba" tog' lageri Qirg'izistonga qaytarilgan. Hozirda lagerda bir nechta dam olish maskanlari mavjud bo'lib, ularning xodimlari 2018-yil avgust oyida chegara muammolari haqida xabar berishgan . Ularning so'zlariga ko'ra, xorijlik sayyohlar O'zbekiston va Qirg'iziston chegarasidagi nazorat-o'tkazish punktidan o'tishda qiyinchiliklarga duch kelgan. | economy |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "ToshuyjoyLITI" loyiha instituti ustav kapitalidagi davlat ulushining 61,6 foizini muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida sotish jarayoni boshlanganini ma'lum qildi . Xususiylashtirish agentligining konsultanti โ Abrau Capital. "ToshuyjoyLITI" AJ turli maqsadlardagi bino va inshootlarni, muhandislik tarmoqlari, avtomobil yo'llari va yo'l infratuzilmasini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Institut, shuningdek, qurilishda me'yoriy hujjatlarni, fuqarolik inshootlarining seysmik chidamliligi, fuqarolik inshootlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish, bino va inshootlarning texnik holatini tekshirish ishlarini olib boradi, bino va inshootlarning yuk ko'taruvchi konstruksiyalarini tiklash va mustahkamlash loyihalarini ishlab chiqadi, zilzilaga chidamli binolarni qurish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini, shu jumladan, loyiha-qidiruv ishlarini olib boradi. "ToshuyjoyLITI" hukumatning 2010-yildagi qarori bilan Markaziy Osiyodagi yetakchi zilzilaga chidamli turar-joy va jamoat binolarini loyihalash instituti โ Toshkent zonal namunaviy va eksperimental loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti hamda turar-joy va fuqarolik binolarini loyihalashga ixtisoslashgan bosh institut โ Toshkent shahri miqyosidagi binolarni loyihalash institutini birlashtirish orqali tashkil etilgan. DABA, shuningdek, "Uzinjiniring" respublika loyiha instituti ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganini ham e'lon qildi . Konsultant yana Abrau Capital bo'ladi. "Uzinjiniring" kompaniyasi loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, shu jumladan, DTIA/DTIH hamda TIA/TIHni ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarni texnik boshqarish va O'zbekiston standartlari sohasidagi normativ hujjatlarga moslashtirish bilan shug'ullanadi. Institut iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalarini (loyihalashtirishga doir qismda) texnik jihatdan kuzatib boradi, loyihalarni tender savdolari tashabbuskorlari bilan birgalikda olib boradi va ularga hamrohlik qiladi. Shuningdek, tarmoq idoralari tomonidan ishlab chiqilgan geologiya, yoqilg'i-energetika kompleksi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati obyektlarini modernizatsiya va texnik rekonstruksiya qilish konsepsiyalarini ko'rib chiqadi va muvofiqlashtiradi. Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo'lgan kompaniyalar va ularning aksiyadorlari (ishtirokchilari) davlat korxonasi yoki ustav kapitalida davlat ulushi bo'lgan jamiyat bo'lmasligi kerak. Ular, shuningdek, YeI va AQSh, yirik xalqaro taraqqiyot banklarining ommaviy sanksiyalar ro'yxatiga kiritilmagan bo'lishi lozim. Ikkala davlat aktivlarining xaridorlari kompaniyalarning asosiy faoliyatini kamida besh yil davomida saqlab qolishi kerak. | economy |
Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan AVO Bank AJga nisbatan moliyaviy jarima qo'llandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi xabar qildi . Qo'mitaga bank ko'rsatayotgan xizmatlari haqida noto'g'ri reklama tarqatayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda bank saytining bonuslar sahifasida yangi mijozlarga 250 ming so'mdan berilishi, ammo bu naqd pul ko'rinishida bo'lmasligi, aksincha mobil ilovada bonus ball sifatida ko'rinishi aytiladi. O'rganishlarda haqiqatdan ham ushbu pul mablag'larini mijozlarning hisobraqamlariga to'g'ridan-to'g'ri o'tkazib berish imkoni mavjud emasligi ma'lum bo'ldi. Shu bilan birgalikda, AVO Bank`ning reklama axborotlarida ham bir qator kamchiliklar aniqlandi, deb yozdi qo'mita. Jumladan, ayrim manbalarda bank kredit kartasi 0 foiz stavkada ekani ta'kidlangan. "Vaholanki, AVO Bank AJning AVO Platinum kredit kartasi mablag'laridan foydalanish shartlariga ko'ra, mijozlarning ushbu kredit kartalari orqali amalga oshirgan xarid summalari uchun 45 kun davomida foizlar hisoblanmasligi, xarid amalga oshirilgan sanadan 45 kun o'tgach ushbu pul mablag'lari uchun belgilangan tartibda kredit foizlari hisoblanishi ma'lum bo'ldi", โ deyiladi xabarda. Yuqoridagilar yuzasidan AVO Bank`ga nisbatan reklama va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilik talablari buzilgani sabab moliyaviy jarima qo'llash yuzasidan qaror qabul qilindi. Avvalroq Raqobat qo'mitasi "Ipotekabank"ni ham jarimaga tortgani xabar qilingandi . Bank xizmatlarini reklama qilishda "chalg'ituvchi", "nomaqbul" usuldan foydalangan va axborotida omonatning muhim shartlarini ochib bermagan, deb topgandi qo'mita. | economy |
18-iyul kuni "O'zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi prezident farmoni [PF-102-son] qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram kanali xabar qildi . Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-sentabrdan kirish turizmi faoliyatini amalga oshiruvchi rezident bo'lgan turoperatorlarni xorijiy mamlakatlardan respublikaga turistlarni olib kelishda aylanma mablag' bilan ta'minlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi tomonidan respublika tijorat banklari orqali milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi ochiladi . Bunda: Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-avgustgacha Qoraqalpog'iston Respublikasida ro'yxatga olinib, litsenziyaga ega bo'lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo'lmagan yuqori o'tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig'imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat etiladi. 2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi . Turizm qo'mitasi tomonidan ro'yxati shakllantiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va ko'rgazmalarida turizm sohasidagi tadbirkorlar, hunarmandlar, madaniyat va san'at vakillari ishtirok etadi. Bunda, 2025-yil 1-yanvardan: | economy |
Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Andijon biokimyo zavodi ustav kapitalidagi 96 foiz davlat aksiyalar paketi 101,3 mlrd so'mga Jasminye Gold Group MCHJga sotildi, deya xabar berdi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi. Ushbu jarayonga Abrau capital kompaniyasixususiylashtirish bo'yicha konsultant sifatida jalb etildi. Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma'qullangan. Ma'lumot o'rnida, 2023-yilda Andijon biokimyo zavodi tomonidan 1 mln dal spirt ishlab chiqarilgan bo'lib, sof foydasi 10,1 mlrd so'mni, sof aktivlari 71,5 mlrd so'mni va jami majburiyatlari 17,3 mlrd so'mni tashkil qilgan. Jasminye Gold Group saytida yozilishicha , korxona artemiya (bo'g'imoyoqlilar turkumiga kiruvchi qisqichbaqasimonlar turi โ tahr.) sistalarini Orol dengizi suvlarida yig'ib olish va qayta ishlash bilan faoliyat ko'rsatadi. | economy |
Farg'ona viloyatida hududiy rahbarlarning mas'uliyatini oshirish bo'yicha yangi tizim joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev juma kuni Quvada bo'lib o'tgan yig'ilishda ma'lum qildi, deya xabar berdi uning matbuot kotibi Sherzod Asadov. Viloyat hokimi va uning barcha o'rinbosarlari, shuningdek, viloyatdagi 19 ta tuman va shahar hokimlari har kuni besh nafar tadbirkor va xorijiy investorlarni qabul qilib, ularning muammolarini hal etishi kerakligi ta'kidlandi. Ular, shunindek, har hafta televideniye, radio orqali aholi va tadbirkorlarga bo'layotgan o'zgarishlarni aytib borishi kerak. Yil yakunida ularning faoliyati sarhisob qilinib, tegishli chora ko'riladi, dedi davlat rahbari. Viloyat kengashi deputatlari ham komissiya tuzib, har bir raqamni nazoratga olishi muhimligi qayd etildi. Yig'ilishda Farg'ona viloyati oxirgi yetti yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o'sishi bo'yicha mamlakatda oxirgi o'rinda ekani ta'kidlandi. Bir qator korxonalarda ishlab chiqarish hajmi pasaygan, ayrimlari faoliyatini to'xtatgan, ayrimlari ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlar faoliyat ko'rsatmayapti, boshqalarida aylanma va ish o'rinlari to'g'risida ma'lumotlar yo'q, bu esa yashirin faoliyatdan dalolat beradi. Prezident bu holatlarning barchasini o'rganib, tadbirkorlarning "soyadan" chiqishiga ko'maklashishni topshirdi. | economy |
Iyun oyida O'zbekiston avtomobil bozorida sotuvlar pasaydi, deb xabar qilmoqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. O'tgan oyda mamlakat bo'ylab jami avtomobil savdosi 13,6 foizga kamayib, qariyb 87 mingtaga etdi. Yillik hisobda (2023-yil iyuniga qaraganda) faollik 1,4 barobar qisqardi. Markazning fikricha, bu dinamika qisman mavsumiy omillarga bog'liq bo'lishi mumkin, chunki yozgi mavsum an'anaviy ravishda ishbilarmonlik faolligining pastligi bilan xarakterlanadi. Yilning dastlabki uch oyida yengil avtomobillar savdosi keskin pasaygan bo'lsa, may oyida 14 foizga o'sgan. Biroq iyun oyida sotuvlar hajmi yana 13,3 foizga โ 77,6 ming donagacha qisqardi, bu 2021-yil dekabridan beri minimal ko'rsatkichdir (o'shanda sotuvlar 60 ming donadan kamroqqa tushgandi). Yil davomida yengil avtomobillar bozori ham 1,4 barobar qisqardi. Hududlar kesimida eng katta pasayish Surxondaryo va Andijon viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog'istonda kuzatildi โ o'rtacha 22 foiz. Olti oyda o'tgan yilning shu davriga nisbatan ijobiy dinamika Xorazm va Navoiy viloyatlarida kuzatildi โ o'rtacha 7 foizga. Birinchi yarim yil yakuniga ko'ra, O'zbekistonda yengil avtomobillar savdosi 580 ming donani tashkil etdi, bu esa o'tgan yilning shu davridagi ko'rsatkichga nisbatan 19 foizga past. Bu nafaqat oldin ekspluatatsiyada bo'lgan avtomobillarga talabning pasayishi bilan, balki avtomobillarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonlarining murakkablashishi hamda rasmiylashtirish va qayta ro'yxatdan o'tkazish qiymatining oshishi bilan ham izohlanadi, deb ta'kidladi ITIM tahlilchilari. Savdolarning umumiy pasayishining 97,3 foizi foydalanilgan avtomobillarda kuzatildi. Talablarning qattiqlashishi va ro'yxatdan o'tkazish tartiblarining qimmatlashishi oldi-sotdi bitimlari sonining qisqarishiga ta'sir qildi, bu esa, o'z navbatida, avtomobil bozorida umumiy savdo ko'rsatkichlariga aks ta'sir qilgan bo'lishi mumkin, deyiladi sharhda. Iyun oyida 51,5 ming dona minilgan yengil avtomobil sotildi, bu may oyiga nisbatan 15,3 foizga kamdir. Bu 2021-yil dekabridan beri minimal ko'rsatkichdir. Umuman olganda, yil davomida savdo hajmi 1,6 baravardan ortiq kamaydi. Iyun oyida yangi yengil avtomobillar sotuvi may oyiga nisbatan 9 foizga kamayib, 26 ming donadan oshdi. Yil davomida ushbu segmentdagi faollik atigi 5,3% ga kamaydi. Shunday qilib, yangi yengil avtomobillarning birlamchi bozori ikkilamchi bozorga nisbatan ancha barqaror dinamikani ko'rsatmoqda. Iyun oyida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni sotish sur'ati pasayishda davom etdi. O'zbekistonliklar mahalliy avtomobillarni may oyiga nisbatan 10 foizga kamroq xarid qildi. Yillik ko'rsatkichlarda faollikning biroz pasayishi kuzatilmoqda โ 0,8% ga. O'zbekiston bozorida xorijiy yengil avtomobillar bozori turg'unlik belgilarini namoyon etmoqda. Iyun oyida ushbu segmentdagi sotuvlar atigi 0,4 foizga o'sdi va 2,4 ming dona atrofidani tashkil etdi. Faollikning nisbatan kichik o'sishi yillik hisobda sotuvlarning sezilarli pasayishini qoplamaydi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan qariyb 34 foizni tashkil etdi. Iyunda yengil elektromobillar segmenti sotuvlarning pasayishini namoyon etdi. Sotuvlar hajmi 3 ming donaga yetdi, bu esa may oyidagiga nisbatan 800 dan ortiqqa kamdir (-27%). Shunga qaramasdan, elektromobillar savdosi o'tgan yilning iyun oyi darajasiga nisbatan 1,3 baravarga oshdi. Agar O'zbekistonda elektromobillar birlamchi bozorida sotuvlar bir oy ichida sezilarli darajada โ 28 foizga qisqargan bo'lsa, ikkilamchi bozorda buning aks tendensiyasini kuzatilmoqda. Bu segmentda mart oyidan buyon faollikning o'sishi qayd etilmoqda. Iyun oyida bu ko'rsatkich 2,4 foizni tashkil etdi. | economy |
10-iyul kuni "budjet mablag'laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi prezident farmoni [PF-100-son] qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram kanali xabar qildi . Farmonga ko'ra, quyidagilar amalga oshiriladi: 2024-yildan O'zbekistonning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga erishish dasturlarining ijrosi har yili Hisob palatasi tomonidan baholashdan o'tkaziladi hamda natijalari yuzasidan prezidentga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot kiritiladi. Farmonga muvofiq, 2025-yildan davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablag'lar bo'yicha ma'lumotlar tegishli xalq deputatlari kengashlariga taqdim etiladi. Bunda xalq deputatlari mahalliy kengashlarining hududlarga davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalaridan ajratilayotgan mablag'lar bo'yicha so'rovi va nazorati yo'lga qo'yiladi. Har chorakda Hisob palatasi tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari bo'yicha taqdim etilgan axborotlar hukumatning majlislarida muhokama qilib boriladi. 2025-yil 1-yanvardan moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda "Xavflarni boshqarish" qo'mitalari tuziladi. | economy |
Iyun oyida O'zbekiston ko'chmas mulk bozorida ikki oylik o'sishdan so'ng uy-joylar sotuvining sekinlashishi kuzatildi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Aprel-may oylarida ko'chmas mulk bozorida oldi-sotdi bitimlari soni 11 va 9 foizga oshdi, lekin iyun oyida ularning soni 6,4 foizga kamayib, 20,2 mingtani tashkil qildi. Yil davomida (2023-yilning iyuniga ko'ra) sotuvlar deyarli 14 foizga pasaydi. Faollikning tushishi mamlakat ko'chmas mulk bozorining yalpi sekinlashganligini aks ettiradi, deya ta'kidladi ITIM. Hududlar kesimida iyun oyida uy-joy savdosining eng katta pasayishi Sirdaryo (21 foiz), Buxoro (20 foiz) va Andijon (16 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Faollik deyarli 5 foizga oshgan Toshkentda ijobiy dinamika saqlanib qolmoqda. Birinchi yarim yillik yakunlari bo'yicha O'zbekiston ko'chmas mulk bozorida umumiy savdolar soni 5,7 foizga pasaydi. Bu pasayish, ayniqsa, Navoiy viloyatida sezilarli bo'lib, operatsiyalar 26,5 foizga qisqardi. Bu ko'rsatkich Toshkent shahrida 13,8 foizni, Jizzax viloyatida 10,6 foizni tashkil etdi. Olti oy ichida o'tgan yilning mos davri bilan solishtirganda eng ko'p o'sish Andijon viloyatida โ 12,7 foiz, Xorazm viloyatida โ 8,3 foiz va Qashqadaryo viloyatida โ 6 foiz qayd etildi. Iyunda ikkilamchi ko'chmas mulk bozorida uy-joy narxlari o'sish sur'ati sekinlashdi. May oyida narx o'sishi 1,3 foizni tashkil etgan bo'lsa, iyun oyida o'rtacha 0,3 foizga o'sdi. Ammo 2023-yilning iyuniga nisbatan ikkilamchi bozorda narxlar 10 foizga ko'tarildi. Ikkilamchi uy-joy segmentida uy-joy narxining sezilarli o'sishi Xorazm (18,1 foiz), Buxoro (17,1 foiz), Qashqadaryo (16,7 foiz) va Toshkent viloyatida (16 foiz) kuzatildi. Toshkentda esa ikkilamchi bozordagi narxlar bir oyda 1,1 foizga pasaydi. Shayxontohur (0,8 foiz), Yakkasaroy (0,6 foiz) va Olmazor tumanlarida (0,3 foiz) uy joy narxlarida kichik o'sish saqlanib qolgan. Poytaxt ijara bozori may oyida biroz tiklanishdan so'ng, yana pasayish tendensiyasi bilan xarakterlandi. Xususan, Toshkentda ijara narxlari 1,2 foizga pasayib, bir kvadrat metr uchun 8,3 dollarni tashkil etdi. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxlari yuqoriligicha qolmoqda (bir kvadrat metr uchun o'rtacha 10,2 dollar). Nisbatan arzon ijara narxlari esa Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlarida kuzatilib, o'rtacha bir kvadrat metr uchun 6,4 dollarni tashkil etadi. Biroq yil boshidan ijara narxi 9,8 foizga, 2023-yilning mos davriga nisbatan 5,5 foizga pasaygan. O'tgan yilga nisbatan ijara narxida eng sezilarli pasayish Yashnobod va Mirzo Ulug'bek tumanlarida qayd etilgan bo'lsa (12 foizdan yuqori pasayish), Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida narxlar pasayish sur'ati nisbatan pastroq kuzatildi โ 8,3 foiz. Avvalroq Markaziy bank 2023-yilga mo'ljallangan ko'chmas mulk bozori tahlilida uy-joy narxlari keskin oshishi tufayli aholining xarid qobiliyati pasayib, ko'chmas mulkning bozor va fundamental narxlari o'rtasidagi tafovut 24 foizga yetgani haqida xabar bergandi . Kvartiralar asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun emas, balki investitsiya obyekti sifatida ko'proq sotib olina boshlagan. | economy |
Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi "Buxoro hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan ish qo'zg'atdi, deya xabar bermoqda qo'mita matbuot xizmati. Qayd etilishicha, "Bahouddin Naqshband" yodgorlik majmuasi markazi qo'mitaning Buxoro viloyati boshqarmasiga murojaat qilgan. Unda elektr tarmoqlari amalda belgilangan tarifga nisbatan qo'shimcha to'lov hisoblanayotganidan norozi bo'lingan va ushbu masalada amaliy yordam so'ralgan. Boshqarma olib borgan o'rganishlar jarayonida "Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" tomonidan yodgorlik majmuasi markaziga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun yuritilgan hisob-kitoblarda amalda belgilangan tariflarni oshirib qo'llash aniqlangan. Oqibatda majmuaga nisbatan 115 million so'mlik qo'shimcha to'lov hisoblangan. Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko'ra, O'zbekiston hududidagi diniy tashkilotlar 2003-yil 1-sentabrdan boshlab ularga ko'rsatiladigan kommunal xizmatlarga to'lovlarni aholi uchun belgilangan tariflar bo'yicha to'laydi. Avvalroq internetda iste'molchilarning elektr hisoblagichlar ishlatilgan elektr energiyasini oshirib ko'rsatayotgani yoki ijtimoiy me'yor doirasida noto'g'ri to'lovlar olayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalgandi . Raqobat qo'mitasi tomonidan ana shunday muammolarni o'rganish bo'yicha ishchi guruh tuzilgan. | economy |
Respublika hududlaridagi bir qator paxta to'qimachilik va yog'-moy klasterlari "Raqobat to'g'risida"gi qonun talablarini buzgan holda, 20 mlrd so'mga yaqin asossiz daromad olgani aniqlandi, deb xabar berdi Raqobat qo'mitasi. Raqobat qo'mitasi 2024-yil 1-yarimyilligi davomida yuqori likvidli hamda monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlarda kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borgan. Natijada, qo'mita so'zlariga ko'ra, birja savdolarida narxlar sun'iy oshishining oldini olish bo'yicha nazorat o'rnatilgan. Respublikaning 11 ta hududidagi 40 ga yaqin paxta to'qimachilik va yog'-moy klasterlarida o'tkazilgan tekshirishlar davomida yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar bilan bog'liq quyidagi holatlar aniqlangan: "Ushbu omillar oziq-ovqat va trikotaj mahsulotlarining narxlariga bevosita yoki bilvosita ta'sir qilib, ularning iste'mol bozorlarida narxi oshishiga olib kelishi mumkin", โ deyiladi xabarda. Qo'mita ma'lumotiga ko'ra, mazkur holatlar bo'yicha qonun buzilishiga yo'l qo'ygan barcha klasterlarga nisbatan tegishli tartibda ish qo'zg'atilib, javobgarliklar belgilash yuzasidan qaror va ko'rsatmalar berilgan. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda, deya qo'shimcha qildi tashkilot. | economy |
6-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining "Tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi VMQ-387-son qarori qabul qilindi . Hujjatga ko'ra, 2024-yil 1-sentabrdan neft, gaz (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) va gaz kondensatini qazib olish va qayta ishlash uchun litsenziya olishda ko'rsatiladigan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solinadi. Yangi AGTKSHlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish bo'yicha texnik shartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga ko'ra beriladi. Litsenziya yoki ruxsatnoma olish uchun quyidagi qo'shimcha hujjatlar taqdim etilishi kerak: Amaldagi litsenziatlar uchun "UZINFOCOM" avtomatlashtirilgan tizimlariga ulanish talabi 2025-yil 1-yanvardan boshlab majburiy hisoblanadi. | economy |
2024-yil yanvar-iyun oylarida umumiy pul tushumlari 385 trln so'mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 30 foizga o'sdi. Bu bo'yicha Markaziy bank sharhi taqdim etildi . Hisobotga ko'ra, umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi 2023-yil birinchi yarimyilligidagi 38 foizdan 41 foizga o'sib, uning tarkibida savdo va xizmatlar sohasidan terminal tushumlari salmog'i 40 foizdan 45 foizga yuqorilagan. Infografika: Markaziy bank 2024-yil yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 458 trln so'mni (naqd pul tushumlari โ 227 trln so'm, berilgan naqd pullar โ 231 trln so'm) tashkil etgani holda 2023-yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshdi. Banklarga naqd pullar tushumining tarkibiy tuzilishida keskin o'zgarishlar kuzatilmadi. 2024-yil yanvar-iyun oylarida bank kartalariga 468 trln so'm mablag'lar kirim qilindi. Ko'rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshdi va ushbu davrda bank kartalaridagi 107 trln so'm mablag'lar naqdlashtirib olindi. 2024-yil yanvar-iyun oylarida bank kartalariga kelib tushgan mablag'larning 23 foizi naqdlashtirib olingan bo'lib, bu ko'rsatkich 2023-yilning mos davrida 24 foizni (2022-yilda 28 foizni) tashkil etgan. Banklarga tushgan naqd pullarning ularga bo'lgan talab o'rtasidagi farq Markaziy bank tomonidan muomalaga qo'shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta'minlab borildi. Jumladan, Markaziy bank tomonidan 6 oy mobaynida muomalaga qo'shimcha 4,1 trln so'm naqd pullar chiqarildi. 2024-yil 1-iyul holatiga umumiy pul massasidagi naqd pullarning ulushi 21,1 foizni tashkil qilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foiz bandga pasaydi. | economy |
Soliq qo'mitasi sun'iy intellekt (SI) asosida yaratilgan DavrOn deb nomlangan virtual yordamchini ishga tushirdi, deya xabar qilmoqda qo'mita matbuot xizmati. Qayd etilishicha, SI yordamchisi ai.soliq.uz saytida joylashgan bo'lib, soliq to'lovchilarga kechayu kunduz ma'lumot berishga mo'ljallagan. "DavrOn โ samimiy va professional maslahatchi sifatida soliq va soliqqa tortish masalalarida ma'lumotlar hamda personal maslahatlar bera oladi. Virtual yordamchi o'zbek, rus va ingliz tillarida samimiy muloqot qila oladi", โ deyiladi xabarda. Qo'mita ma'lumotlariga ko'ra, yordamchi 3 oy davomida yaratildi, uni takomillashtirish jarayoni "uzluksiz" davom ettiriladi. Shu maqsadda Soliq kodeksi, prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, me'yoriy hujjatlar va yo'riqnomalar, shuningdek, soliq organlarining call-markaziga kelib tushayotgan onlayn-NKT, EHF, elektron raqamli imzo, elektron hisobotlar, markirovka va boshqa xizmatlarga oid savollarga javoblarni o'z ichiga olgan 11 mln belgidan iborat bilimlar bazasi yaratilgan. Virtual yordamchi Soliq qo'mitasining sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan uchinchi xizmatidir. 2022-yilda soliq to'lovchilarni masofadan identifikatsiya qilish bo'yicha Face-ID xizmati joriy etilgan. Bugungi kunda xizmat auditoriyasi 6 mln nafardan ortiq Soliq mobil ilova foydalanuvchilarini qamrab olgan. Face-ID tizimi mukammal ishlashi uchun identifikatsiyadan o'tish fotosurat yordamida emas, balki haqiqatda mavjud inson tomonidan amalga oshirilayotganini aniqlash uchun maxsus model yaratilgan. Soliq ma'murchiligiga xizmat qiladigan yana bir SI โ bu yuk avtotransport vositalari monitoringi tizimi. Kompyuterning ko'rish modeli yuk mashinalarini boshqa texnikalardan ajratish uchun maxsus kameradan olingan tasvirlardan foydalanadi. Keyinchalik, tizim avtotransport vositasi yuk bilan yoki yuksiz harakatlanayotganini aniqlaydi va olingan ma'lumotlarni tahlil uchun yuboradi. Soliq qo'mitasi soliq ma'murchiligi samaradorligini oshirish, shuningdek, soliq to'lovchilarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida SI texnologiyalaridan foydalanishda imkoniyatlarni kengaytirib borishni ko'zlagan, deyiladi xabarda. | economy |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi UzAuto Motors kompaniyasi 8-iyul kuni o'tkazgan davlat xaridida qonun buzilishi holatlarini aniqladi . Unga ko'ra, kompaniya Nexia 2 avtomobillariga butlovchi qismlar sotib olish maqsadida tender o'tkazgan . Boshlang'ich summa 1,5 milliard so'm etib belgilangan, savdo narx tushib borishi tartibida amalga oshirilgan. Unda ikkita korxona ishtirokchi sifatida qatnashgan: Eko Tsem Komplekt Oborudovanie va Eko Lit Metall. Yakunda birinchi korxona 100 ball va 1,3 milliard so'm narx taklifi bilan g'olib bo'lgan. Tender agentlik tomonidan o'rganilganda, ushbu tadbirkorlik subyektlarining rahbar va ta'sischilari affillangani โ yaqin qarindosh ekani aniqlangan. Xususan, ochiq ma'lumotlarda Eko Tsem Komplekt Oborudovanie MJCHning rahbari Asqarov Abduraxim Mutalovich deb ko'rsatilgan bo'lsa, unga raqobat qilishi kutilgan Eko Lit Metall`niki Mutalipov Anvarjon Abduraxim o'g'li hisoblanadi. Ushbu holatda "Davlat xaridlari to'g'risida"gi qonunning bir qator talablari buzilgani sababli buyurtmachiga xarid natijalarini bekor qilish haqida taqdimnoma kiritilgan. Aybdorlarga qonuniy chora ko'rish uchun to'plangan hujjatlar tegishli organga yuborildi, deyiladi xabarda. | economy |
BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlar bilan O'zbekistonda yangi BYD avtomobil modellarini ishlab chiqarish bo'yicha shartnomalar tuzdi, deb xabar berdi "O'zavtosanoat" kompaniyasi matbuot xizmati. 27-iyundan boshlab zavodda BYD Chazor va Song Plus avtomobillari ishlab chiqarila boshlagandi . Prezidentga 10-iyuldagi taqdimotda O'zbekiston BYD bilan B, C va budjet avtomobillarini ishlab chiqarish bo'yicha kelishib olgani aytilgan edi . Ma'lum bo'lishicha, gap BYD Seagull va E2 haqida bormoqda, ularning birinchi namunalari allaqachon laboratoriyalarda sinovdan o'tkazilmoqda. Sertifikat sinovlari uchun modellar UzTest davlat muassasasi qoshidagi "Quality and Safety Testing" sinov laboratoriyalari kompleksiga topshirilgan. Sinovlar umumiy texnik reglament talablari asosida o'tkazilib, elektromagnit moslik, tormoz tizimi samaradorligi, ichki va tashqi shovqin darajasi, isitish va sovutish tizimlari, boshqaruvchanlik va barqarorlik, yoritish tizimi va boshqa ko'plab ko'rsatkichlarni tekshirishni o'z ichiga oladi, deya ta'kidladi "O'zavtosanoat". "O'zavtosanoat" matbuot xizmatining "Gazeta.uz"ga ta'kidlashicha, test sinovlari va bozorni o'rganish jarayoni taxminan uch oy davom etadi. Bundan tashqari, Texnik reglament agentligi bilan hamkorlikda O'zbekiston bozoriga taklif etiladigan avtomobillar uchun yangi standartlarni ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda. Ushbu standartlar xizmat ko'rsatish va kafolat shartlari, xalqaro ekologik standartlarga muvofiqlik, xavfsizlik talablariga rioya qilish, shuningdek, yangi energiya manbalaridagi avtomobil akkumulyatorlarini xavfsiz qayta ishlash va utilizatsiyani o'z ichiga oladi. "Ushbu qadam BYD Uzbekistan Factory zavodining nafaqat o'z mahsulot turlarini kengaytirishi, balki ularning yuqori sifatini hamda barcha zarur xavfsizlik va ekologik standartlarga muvofiqligini ta'minlashga bo'lgan intilishini ko'rsatadi", โ deyiladi xabarda. BYD Seagull BYD 3.0 elektr platformasida qurilgan, aslida u BYD Dolphin modelining kichikroq va soddalashtirilgan versiyasidir. Uning umumiy uzunligi 3780 mm, kengligi โ 1715 mm, balandligi โ 1540 mm, g'ildirak bazasi โ 2500 mm. Standart g'ildiraklari 15 yoki 16 dyuymga ega. Orqa o'rindiq qat'iy ikki kishilik, asboblar ekrani diagonali 5 dyuym, multimedia ekrani esa 12,8 dyuym. Fly paketi old aksda bitta elektr dvigatel bilan jihozlangan, uning quvvati 55 kVt (75 ot kuchi). Batareyasi 38,88 kVt quvvatga ega litiy-temir-fosfat bo'lib, u CLTC siklida (Xitoyda haydash sikli) 405 km masofani bosib o'tish imkonini beradi. Uning Xitoydagi boshlang'ich narxi 9700 dollarni tashkil qiladi. BYD E2 an'anaviy 5 eshikli, 5 o'rindiqli C-klass xetchbeki bo'lib, 2019-yilda debyut qilgan. Konfiguratsiyaga qarab, u 70 kVt yoki 100 kVt (95 va 136 ot kuchi) dvigatel bilan jihozlangan. Batareya quvvati 33โ43 kVt/soat, masofasi 300โ400 km. Xitoyda narxlar 12 210 dollardan 16 290 dollargacha farq qiladi . Eslatib o'tamiz, 2022-avgust oyida "O'zavtosanoat" va Xitoyning BYD Auto kompaniyasi O'zbekistonda avtomobillarini to'liq siklda ishlab chiqarishni tashkil etishga kelishib olgan edi . Bungacha tomonlar avtomobil bozorini o'rgangan. 2022-yil 29-dekabrda "O'zavtosanoat" (60 foiz ulush) va BYD Europe B. V. (Niderlandiya, 40 foiz) BYD Uzbekistan Factory qo'shma korxonasini tashkil etgandi. 2023-yil 26-sentabrda O'zbekiston hukumati va investor o'rtasida loyihani amalga oshirish bo'yicha kelishuv imzolangan. BYD brendi 2023-yil boshidan buyon O'zbekistonda rasman namoyish etilmoqda. | economy |
O'zbekistonda ipoteka kreditlari bozori qisqarmoqda, deyiladi Markaziy bank tahlilida. 2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 6,88 trillion so'm ipoteka kreditlari ajratildi, bu o'tgan yilning birinchi yarmidagi ko'rsatkich โ 7 trillion so'mdan 124,5 milliard so'mga yoki 1,77 foizga kam. Ipoteka krediti oluvchilar soni ham 31 699 tadan 26 201 taga kamaydi. Shu bilan birga, o'rtacha kredit summasi 221 mln so'mdan 262,7 mln so'mga yoki 18,9 foizga oshgan. Banklar o'z mablag'lari hisobidan ko'proq ipoteka kreditlari ajratishni boshladi. Jarayon 2,03 trln so'mdan 2,36 trln so'mgacha o'sdi, biroq davlat dasturi doirasida ajratilgan hajmlar (3,89 trln so'mdan 3,67 trln so'mga) va ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun kompaniya mablag'lari hisobidan kamaydi (1,09 trln so'mdan 847,1 mlrd so'mgacha). Davlat dasturi bo'yicha ipoteka foiz stavkasi o'zgarmadi โ 17,9 foiz, biroq banklar o'z kreditlari bo'yicha stavkalarni 24,3 foizdan 25,1 foizga oshirdi. O'rta yoshdagi (31โ50 yosh) va keksa (50 yoshdan oshgan), shuningdek, ayollar (ularning ulushi 36 foizdan 35 foizga kamaydi) o'rtasida ipoteka kreditlari soni keskin kamaygani e'tiborga molik. Yangi binoda uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari hajmi 3,99 trln so'mdan 3,87 trln so'mga qisqardi, ikkinchi darajali uy-joylar uchun esa birmuncha oshdi โ 2,7 mlrd so'm. Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yil boshidan buyon O'zbekiston uy-joy bozorida savdolar soni 5,7 foizga kamaygani haqida xabar bergandi . Narxlarning o'sish sur'ati sekinlasha boshlagan va o'tgan oyda atigi 0,3 foizga oshgan, Toshkentda esa har kvadrat metr uchun 1142 dollargacha โ 1,1 foizga pasaygan. | economy |
Korzinka supermarketlar tarmog'i O'zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasining "eng arzon narx" iborasi qo'llangan reklama bilan bog'liq da'volariga javoban bayonot bilan chiqdi . 16-iyul kuni Korzinka tarmog'i bosh direktori Rud Pedersen qo'mita rahbariyati bilan uchrashib, may oyida boshlangan "Kundalik xaridlar uchun eng arzon narxlar" dasturi haqida gaplashgan. Kompaniya buni "vaqtinchalik reklama emas, balki yangi narx strategiyasi" deb atadi, bu kunlik xaridlarda tovarlar savati uchun past narxlarni yaratishga qaratilgan. "2024-yil may oyida Korzinka o'zining narx siyosatini o'zgartirish va muntazam amalda bo'ladigan โ "Kundalik xaridlar uchun eng arzon narxlar" dasturini yaratish yo'lida strategik qaror qabul qildiโฆ Iste'molchilarga kundalik xaridlar uchun tovarlar savatiga barqaror arzon chakana narxlarni bir joyning o'zida taqdim etish tarmog'imiz maqsadidir. Bu xaridlar jarayonini osonlashtiradi, qo'shimcha qulaylik yaratadi va, eng avvalo, yurtdoshlarimiz ro'zg'ori uchun moliyaviy bosimni kamaytirishga imkon beradi", โ deyiladi xabarda. "Biz o'zimiz uchun strategik โ birinchi navbatda zarur tovarlarga eng arzon narxlarni muntazam asosda saqlab turish mas'uliyatini qabul qildik", deyiladi bayonotda. Buning uchun kompaniya "supermarketlarda va boshqa chakana savdo nuqtalaridagi narxlarni muntazam ravishda kuzatib boradi". ""Eng arzon narx" katalogida keltirilgan tovarlar savatchasiga eng arzon narxlar belgilanadi va tovarlarning ayrim turlari bo'yicha narxlar ba'zan bozorning boshqa ishtirokchilari bilan teng bo'lishi holatlari uchrab turishi mumkin. Monitoring davomida biz boshqa chakana savdo nuqtalaridagi muntazam chakana narxlarga e'tibor qaratamiz. Raqobatchilarning uzoq muddatli davomiylikka ega bo'lmagan, qisqa muddatli aksiyalari paytida ular savatning ma'lum bir alohida tovarlari bo'yicha biz bilan bir pog'onadan joy olishlari mumkin. Biroq biz shuni qat'iyat bilan ma'lum qilamizki, ushbu ijtimoiy to'plam uchun narx bozorda eng yaxshisi bo'lishi uchun zarur barcha choralarni ko'ramiz", โ deyiladi kompaniya xabarida. Raqobatni rivojlantirish va istemolchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi bilan bo'lib o'tgan tinglovda Korzinka vakillari "jamoatchilikni tarmoqning narxlarni shakllantirish siyosatidagi birinchi navbatda zarur bo'lgan ushbu mahsulotlarga nisbatan jiddiy o'zgarishlar haqida xabardor qilganini ta'kidlab o'tgan". "Biz qonunchilikni hurmat qilamiz hamda reklama, iste'molchilar huquqlariga oid barcha me'yor, qoidalarga rioya qilishda sobitqadammiz va hech qanday qoidabuzarlikka yo'l qo'ymadik, deb hisoblaymiz", โ deyiladi bayonotda. "Biz eng arzon narxlardagi tovarlar tanlovini muntazam asosda va har kun taklif etamiz. Bu mahalliy chakana savdo madaniyatidagi mutlaqo yangicha yondashuv hisoblanadi hamda mijozlarimiz hayotini nafaqat osonroq, balki qulayroq, unumliroq qiladi. Ushbu yondashuv mahalliy bozor uchun yangilik ekanini hisobga olib, biz qo'mitada mazkur vaziyat bo'yicha savollar vujudga kelganini tushunishimiz mumkin va hamkorlikka ochiqmiz, ham o'z pozitsiyamizni oydinlashtirish, ham ijtimoiy mas'uliyatlarni zimmamizga olishdan xursandmiz", โ dedi Rud Pedersen. Korzinka โ O'zbekistondagi eng yirik savdo tarmog'i. Kompaniya 1996-yilda tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda mamlakatning 12 ta hududidagi 150 ta do'konni o'zida birlashtiradi. | economy |
O'zbekiston ko'chmas mulk bozoridagi faollik aprel-iyun oylarida o'tgan yilning shu davriga nisbatan "biroz sekinlashdi". Bu haqda Markaziy bankning Pul-kredit siyosati departamenti tahlilida aytiladi. Ushbu davr uchun oldi-sotdi bitimlari sonining o'sishi kuzatilmadi va bitimlar soni birinchi chorak darajasida qoldi โ 80,1 ming shartnoma (I chorakda 80,2 ming), qayd etildi sharhda. Toshkent shahri (-8%), Buxoro (-10%), Toshkent (-12%) va Navoiy (-26%) viloyatlarida โ o'tgan davrlarda narxlarning yuqori o'sishi sharoitida faollik nisbatan yuqori bo'lgan hududlarda bitimlarning sezilarli qisqarishi davom etmoqda. Faoliyatning sekinlashishi, ehtimol, ko'chmas mulk bozoridagi "vaziyatning barqarorlashuvi" bilan bog'liq, deya xabar berdi Markaziy bank. "Turar-joy bo'yicha taklif oshishda davom etmoqda. Narxlarning muvozanatlashuvi sharoitida xaridorlar tomonidan oldingi davrlarda sotib olingan uy-joylar ikkilamchi bozorda sotuvga yoki ijaraga berilishi bo'yicha e'lonlar joylashtirilmoqda", โ deyiladi tahlilda. Yil boshidan ikkilamchi uy-joylarni sotish bo'yicha e'lonlar soni 12,7 foizga, ijaraga berish bo'yicha esa 18,4 foizga oshgan. Shu bilan birga, Markaziy bankning ta'kidlashicha, talab darajasi "uy xo'jaliklari daromadlarining maqbullashuvi, ipoteka kreditlari o'sish sur'atining sekinlashishi, bazaviy inflyatsion jarayonlar va almashuv kursining nisbatan barqarorlashuvi sharoitida muvozanatlashgan". Spekulyativ talabning kamayishi bozorning to'g'rilanishiga qo'shimcha omil bo'lib xizmat qiladi. Uy xo'jaliklari daromadlarini normallashtirish deganda, katta ehtimol, regulyatorning o'zi ilgari aytganidek , uy-joy narxida daromadga qaraganda sekinroq o'sish sur'ati nazarda tutilmoqda. Barqaror inflyatsiyani hisoblashda, odatda, iste'mol narxlari indeksining kuchli tarixiy o'zgaruvchanligi (masalan, yoqilg'i, meva va sabzavotlar narxlari), aniq mavsumiylik (masalan, sabzavot va mevalar narxlari) bilan tavsiflangan yoki tartibga solinadigan (masalan, spirtli ichimliklar yoki kommunal xizmatlar narxlari) subindekslar chiqarib tashlanadi. Ipoteka kreditlarini maqsadli taqdim etish shaklida uy-joylarning arzonligini oshirish bo'yicha davlat dasturlari, shuningdek, Markaziy bankning makroprudensial choralari "ko'chmas mulk bozoridagi vaziyatning muvozanatlashib borishi"ni qo'llab-quvvatlashi kutilmoqda. MB ma'lumotlariga ko'ra, ikkinchi chorakda turar-joy ko'chmas mulk bozorida narxlarning sezilarli pasayishi kuzatildi. Narxlarning oylik o'sish sur'ati o'tgan yilning shu davriga nisbatan pastroq bo'ldi. Joriy yilning olti oyi davomida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o'sishi so'm indeksida 4,5 foizni (taqqoslash uchun: 2023-yil yanvar-iyun oylarida โ 11,8 foiz), birlamchi bozorda โ 7,2 foizni (10,9 foiz) tashkil etdi. 2023-yilning ikkinchi yarim yilligida kuzatilgan yuqori narx effektining saqlanib qolayotganligi ta'sirida yillik hisobda uy-joy narxlari o'sishi iyun oxirida so'm indeksida 26,3 foizni (dollar hisobida โ 14,7 foiz) tashkil etdi. Birlamchi bozorda narxlarning o'sish sur'atlari nisbatan barqarorligicha qolmoqda. Yillik hisobda birlamchi bozordagi narxlar so'm ekvivalentida 35 foizga, dollar ekvivalentida 22,5 foizga oshdi, deya qayd etdi MB. Turar-joy ijarasi bozoridagi faollik jilovlanib, yil boshidan buyon narxlarda pasayish dinamikasi saqlanib qoldi. Jumladan, Toshkent shahrida turar-joy ijarasi narxlari qolgan hududlarga qaraganda nisbatan tezroq pasaymoqda. Respublika bo'ylab turar-joy ijara narxlari yillik sur'atda iyun oyida so'm indeksida 12,3 foizni (dollar indeksida โ 2,1 foiz) tashkil etdi. Toshkent shahrida turar-joy narxining so'm indeksi yillik 1,2 foizga pasaydi (dollar indeksida โ -10,3 foiz). "Shuningdek, turar-joy xarid qilish va uni ijaraga berish narxlarining o'sish sur'ati o'rtasidagi tafovut kengayishda davom etib, kelgusida bu talabning uzoq muddatli ijaraga o'tishi tufayli mulk qiymatining o'sishini muvozanatlashtirishi mumkin", โ deyiladi MB tahlilida. Ikkinchi chorakda yer narxlarining dinamikasida to'g'rilanish kuzatildi. Toshkent shahrida iyun oyida 1 sotix yer narxi yillik 25,7 foizga oshib, 342 million so'mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun: aprel oyida narx 364 million so'mga yetgan . Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yil boshidan buyon ko'chmas mulk bozorida sotuvlar 5,7 foizga qisqargani haqida xabar bergan edi . Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxining o'sishi sekinlashgan, uning narxi bir kvadrat metr uchun 1142 dollargacha tushgan. Poytaxtda ijara narxi pasayishda davom etmoqda. Birinchi yarim yillikda O'zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi qariyb 2 foizga โ 6,88 trln so'mga, oluvchilar soni esa 17,3 foizga qisqardi . Shu bilan birga, ajratilgan ipoteka kreditlarining o'rtacha miqdori va bank foiz stavkalari ham oshdi. | economy |
Markaziy bank boshqaruvi ikki kompaniyaning litsenziyalarini ularning arizalari asosida chaqirib olish to'g'risida qaror qabul qildi, deb xabar qildi regulyator matbuot xizmati. United Fintech brendi ostida faoliyat yuritgan Qulay Pul xususiy to'lov tizimi operatorining litsenziyasi bekor qilinmoqda. 2021-yil 27-noyabrda kompaniya litsenziya olib , Humo va Uzcard`dan keyin uchinchi to'lov tizimi operatoriga aylangandi. O'sha yilning dekabr oyida United Fintech asoschilari Spot`ga kartalar chiqarishni rejalashtirmayotgani va fintex bozoriga o'zgartirishlar kiritish niyatida ekanini aytgandi . Tizimni ishga tushirish bir necha bor qoldirilgan, aprel oyida esa MB uning faoliyatini olti oyga cheklagandi . Milliy Pochta To'lovlar kompaniyasi 2020-yil may oyida olgan to'lov tashkiloti litsenziyasidan mahrum bo'ldi. Kompaniyaning ta'sischisi UzPost ("O'zbekiston pochtasi") bo'lib, u bungacha Avval to'lov tizimini ishga tushirishni rejalashtirgandi . May oyida MBning Bank nazorati qo'mitasi Payment Aggregation Systems va Yurt Pay to'lov tashkilotlarining litsenziyalarini chaqirib olgandi . Bunga ta'sischilarning kompaniyalar faoliyatini to'xtatish to'g'risidagi qarori sabab bo'lgan. | economy |
S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi ilk bor Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga kredit reytingini berdi . O'zbekistondagi eng yirik korxona O'zbekistonning suveren reytingiga mos keladigan "barqaror" prognozi bilan "BB-" reytingini oldi. S&P tahlilchilari korxonaning o'z kredit portfelini "bb+" darajasida baholadilar, ammo korxona to'liq davlatga qarashli ekani, direktorlar kengashida kuchli vakillik mavjudligi va kompaniya hukumat uchun eng katta daromad manbai hisoblanishi sababli hukumatning mumkin bo'lgan salbiy aralashuvi xavfini qayd etdi. 2023-yilda NKMK 2,9 million troy unsiya (90,2 tonna) bilan oltin qazib olish bo'yicha dunyoda to'rtinchi o'rinni egalladi. 2024-yilda ishlab chiqarishni 3,1 million troy unsiyasiga (96,4 tonna), 2030-yilga kelib esa 3,5 million troy unsiyasiga (108,8 tonna) yetkazish rejalashtirilgan. NKMKda qayta ishlangan oltinning tannarxi bir unsiya uchun 745 dollarni tashkil etadi (jahon bozorlarida qimmatbaho metall 2360 dollardan yuqori narxda sotiladi). Bu dunyodagi eng past ko'rsatkichlardan biri (kombinat vakiliga ko'ra โ eng pasti) hisoblanadi. Bunday past xarajatlar arzon ishchi kuchi, asosan ochiq usulda qazib olish, yuqori sifatli ruda, rivojlangan ishlab chiqarish bazasi va transport hamda ta'mirlash infratuzilmasi (shu jumladan temir yo'llar) bilan bog'liq. Kompaniyaning mineral resurslari taxminan 148 million unsiya (4600 tonna) deb baholanmoqda, bu esa unga uzoq yillar davomida dunyodagi eng yirik oltin qazib oluvchilar qatorida qolish imkonini beradi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishning 60 foizi eng yirik Muruntov-Myutenbey koniga (dunyodagi eng yiriklaridan biri) to'g'ri keladi, ammo u yerdagi har qanday yirik avariya zavodning ish natijalari va pul oqimiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Hozirgi vaqtda qulay oltin narxlari muhitini hisobga olgan holda, NKMK kelgusi yillarda kuchli operatsion va moliyaviy natijalarni ko'rsatadi: S&P tomonidan tuzatilgan EBITDA (foizlar, soliqlar, amortizatsiya va amortizatsiyadan oldingi daromad) 2023-yildagi 3,3 milliardga nisbatan 2024-yilda 3,9โ4 milliard dollarga yetadi. Bu, asosan, agentlikning oltinning o'rtacha narxi 2024-yilda bir unsiya uchun 1944 dollardan 2023-yilda 2150 dollarni tashkil etishini kutishi bilan bog'liq. Tahlilchilar oltin narxi 2025-yilda rekord darajadan 2000 dollargacha, 2026-yilda va undan keyin esa 1700 dollargacha pasayishini kutishmoqda, bu esa EBITDA'ni 2025-yilda 3,5 milliard dollardan 3,6 milliard dollargacha va 2026-yilda 2,6โ2,7 milliard dollarga tushirishi mumkin. Shunga qaramay, kompaniya yiliga 450โ550 million AQSh dollari miqdoridagi nisbatan oddiy kapital xarajatlarini qulay tarzda moliyalashtira oladi, bu esa ishlab chiqarishning uzluksiz organik o'sishini ta'minlashi kerak. NKMK davlat budjetining eng yirik daromad manbai hisoblanadi โ 2023-yilda barcha daromadlarning 16,7 foizi royalti, daromad solig'i va dividendlardan tushgan. Kompaniya o'z daromadining 100 foizdan ortig'ini davlat vakili bo'lgan aksiyadorga taqsimlaydi (masalan, 2022-yildagi Olmaliq KMK misolida bo'lgani kabi davlatga moliyaviy yordam ko'rsatish orqali). Shu bilan birga, kompaniyaning o'z naqd pul zaxirasi bor-yo'g'i 2 million dollarga baholanmoqda โ "bu shunday hajmdagi kompaniya uchun juda kam miqdor". "Biz tushunamizki, NKMK to'plangan barcha naqd pul mablag'larini har oyda dividendlar sifatida hukumatga to'lab boradi, bu esa ish faoliyatida uzilishlar yuz berganda likvidlik tanqisligiga duchor bo'lishiga olib keladi. Vaqt o'tishi bilan biz NKMKdan likvidlikni yanada oqilona boshqarish va g'aznachilikni boshqarish hamda kapital bozorlariga kirish tarixini yaratishini kutamiz, natijada likvidlik uchun pul oqimiga bog'liqlik kamayadi", โ deyiladi hisobotda. Oltinni qazib olish katta miqdorda energiya, kimyoviy moddalar va suvdan foydalanishni o'z ichiga oladi. NKMKning ishlab chiqarish fondlari Qizilqum cho'li hududida joylashganligini hisobga olsak, suv ayniqsa nozik masala hisoblanadi. O'zbekistonning katta qismi, shuningdek, bir qancha qo'shni davlatlar faqat ikkita daryo โ Amudaryo va Sirdaryo va ularning irmoqlari suviga bog'liq. Tez o'sib borayotgan aholi, qishloq xo'jaligi va sanoatning intensiv foydalanishi, katta yo'qotishlar va daryolarni to'ydiradigan muzliklar suvni yaqin yillarda O'zbekistonda asosiy tanqis manbaga aylantirishi mumkin, deydi S&P. | economy |
Yandex Uzbekistan 2024-yilning kuzida mamlakatdagi biznesini rivojlantirish maqsadida Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati "Gazeta.uz"ga ma'lum qildi. Ofis ochilishi jamoani kengaytirish, yangi xizmatlarni tezroq ishga tushirish va mamlakatda faoliyat yuritayotgan xizmatlarni kengaytirishga imkon beradi. Kompaniya, shuningdek, o'zbekistonlik dasturchilar uchun IT-amaliyot dasturini ishga tushirishni reja qilmoqda. Toshkentdagi ofis O'zbekistonda Yandex Go shahar xizmatlarini, ta'lim, ko'ngilochar va boshqa xizmatlarni rivojlantiruvchi xodimlarni birlashtiradi. U ochilgandan so'ng yosh IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun amaliyot dasturlariga qabul qilish boshlanadi. "Amaliyotlar kompaniya uchun ham, O'zbekistonning butun IT-sohasi uchun ham kadrlar zaxirasini yaratishga yordam beradi. Ularning boshlanishi Yandex kompaniyasining IT-ta'lim dasturining bir qismi bo'lib, loyiha doirasida kompaniya qo'shimcha ravishda O'zbekistonda yuqori sinf o'quvchilari uchun yangi Dasturlash maktablarini ochadi", โ deyiladi xabarda. Bundan tashqari, informatika o'qituvchilari uchun dasturlash bo'yicha malaka oshirish kurslarini ishga tushiradi va ularga Python bo'yicha metodik materiallardan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi. Yandex, shuningdek, qizlarni IT-tadbirkorlik sohasida rivojlantirishga qaratilgan Technovation Girls mentorlik dasturini qo'llab-quvvatlaydi va sport dasturlash bo'yicha intensiv treninglar o'tkazadi. | economy |
Raqobat qo'mitasi tomonidan Maxam-Chirchiq AJda ishlab chiqarilgan mineral o'g'it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etilmagani oqibatida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan. Bu haqda qo'mita matbuot xizmati xabar qildi . Oqibatda mineral o'g'it mahsulotlari narxlari o'rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab bo'lgan. Shuningdek, ushbu omil qishloq xo'jaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga bevosita ta'sir qilib, qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagilarga ko'ra, Raqobat qo'mitasi tomonidan Maxam-Chirchiq'ga nisbatan "Raqobat to'g'risida"gi qonuni talablari buzilishi alomatlari bo'yicha ish qo'zg'atildi. "Qo'zg'atilgan ish o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so'ng qo'shimcha axborot beriladi", โ deyiladi xabarda. Korxona saytidagi ma'lumotga ko'ra , u yerda 40 dan ortiq, xususan, karbamid, ammiakli selitra, ammoniy sulfat, KAS, suyuq texnik ammiak, suvli texnik ammiak, konsentrlangan nitrat kislotasi, konsentrlanmagan nitrat kislotasi, katalizatorlar, suyuq va gazsimon ikki oksidli uglerod mahsulotlarini ishlab chiqariladi. | economy |
O'zbekistonda olti oyda 4537 ta iste'molchi tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga 550 mlrd 290 mln so'm zarar yetkazildi, deya xabar bermoqda "O'zenergoinspeksiya" matbuot xizmati rahbari Navro'z Norboboyev. Qayd etilishicha, yanvar-iyun oylarida 163,3 mln metr kub tabiiy gaz (249 mlrd 312 mln so'm) va 220,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan (300 mlrd 977 mln so'm) noqonuniy foydalanilgan. Xususan, 89 ta avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor shoxobchasi, 94 ta issiqxona, 94 ta tekstil korxona va 2 ta ohak ishlab chiqarish sexlari faoliyatida qoidabuzarlik holatlari aniqlangan. "Energiya resurslaridan ayrim tadbirkorlarning noqonuniy foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga hamda energiya resurslar ta'minoti barqarorligiga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda", โ dedi Navro'z Norboboyev. Shu bilan birga, kriptoaktiv va mayning faoliyati bo'yicha iste'molchilar 75 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Aniqlangan holatlar yuzasidan elektr ta'minoti korxonasi tomonidan jami 81 mlrd 604 mln so'm (15 mln 909 ming kilovatt-soat) miqdori qayta hisob-kitob qilingan. AYOQSH va korxonalardan olingan tahlil namunalaridan 91 ta holatda 3 mln 789 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan. Iste'molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar bo'yicha 3382 ta ma'muriy ish rasmiylashtirilgan. | economy |
7-iyul kuni Open Budget tarkibidagi "Mening bog'im" loyihasining 2024-yil 1-mavsumi g'oliblari e'lon qilindi . Loyihaga ovoz berish jarayoni 27-iyun kuni boshlangandi . 15 kun ichida ะป ะพะนะธาณะฐะดะฐ "Ochiq budjet" portali orqali 53 mingtadan ortiq ovoz berildi, yakunda 738 tadan 215 ta tashabbus uchun mablag' ajratilishi belgilandi. า ะพะปะธะฑ bo'lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo'yicha 48,6 mlrd so'm mablag' yo'naltiriladi. โชG'olib deb topilgan loyihalar bilan bu yerda tanishish mumkin. Avvalroq budjetdan "Yashil makon" loyihasiga ajratiladigan mablag'larning kamida 50 foizi "Ochiq budjet" portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan "Mening bog'im" loyihalarini moliyalashtirishga yo'naltirilishi haqida yozgandik . Bu bo'yicha respublikada yashillik darajasini oshirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish to'g'risidagi prezident farmoni qabul qilingan. Aholi tashabbusi bilan "yashil bog'lar" va "yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish bo'yicha maydon manzili va rasmlari ko'rsatilgan holda qiymati 250 mln so'mdan oshmagan tashabbus bildiriladi. Farmonda "Mening bog'im" loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o'tkazilishi belgilangan. 29-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev "Yashil makon" loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o'tgan videoselektor yig'ilishida Ekologiya vazirligiga "Mening bog'im" loyihasini ishga tushirish bo'yicha topshiriq bergandi. Bunga budjetda nazarda tutilgan 50 mlrd so'm ajratilishi aytilgan. | economy |
Subsets and Splits